folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Qonunchilik
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida
Ushbu Qonun dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarini tartibga soladi. Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi. Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas. Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Dehqon xo‘jaligi a’zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradi. Yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda dehqon xo‘jaligi nomidan shu xo‘jalik boshlig‘i ish ko‘radi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshlig‘i yoki oilaning muomalaga layoqatli a’zolaridan biridir. Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo‘lmaganda u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xo‘jalik a’zolaridan biriga berishga haqlidir. Dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda fuqaroga belgilangan tartibda yer uchastkasi berilganidan va dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin tashkil etilgan hisoblanadi. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va dov-daraxtlar bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlarida, shuningdek zaxira yerlarda tashkil etiladi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi. Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish bo‘yicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi. Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin. Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga Yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. Agar davlat ro‘yxatiga olish belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki dehqon xo‘jaligi boshlig‘i asossiz deb hisoblaydigan sabablarga ko‘ra rad etilgan bo‘lsa, xo‘jalik boshlig‘i sudga murojaat qilishi mumkin. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari har bir dehqon xo‘jaligini Xo‘jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo‘jaligining tarkibi, xo‘jalik boshlig‘i yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo‘yadi. Dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi. Tomorqa yer uchastkasi — qishloq xo‘jalik mahsulotini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun yetishtirish, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilishi hamda uy-joyni obodonlashtirish maqsadida oila a’zolaridan biriga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va o‘lchamlarda ajratib beriladigan yer uchastkasidir. Tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan guvohlantiriladi. Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga, shuningdek tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik to‘g‘risidagi talab yangi sug‘oriladigan yer massivlari uchun qo‘llanilmaydi. Bunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining o‘lchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi. Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin. Dehqon xo‘jaligiga ajratilgan yerning chegaralari naturada (joyning o‘zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan rasmiylashtiriladi. Yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanayotgan dehqon xo‘jaligiga tuman (shahar) hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va realizatsiya qilish, ozuqa yetishtirishni tashkil etish, shuningdek yaylov yaratish uchun qisqa muddatli ijaraga qo‘shimcha ravishda yer uchastkalari berilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Dehqon xo‘jaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kredit olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi bo‘linishi mumkin emas. Yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, dehqon xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘yicha o‘tadi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi xo‘jalik a’zolaridan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi. Dehqon xo‘jaligining yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, faqat boshqa teng qimmatli yer uchastkasi berilib, dov-daraxtlarning, buzilayotgan binolar va inshootlarning bozor qiymati qoplangandan keyin yoxud ular boshqa joyga ko‘chirilgandan yoki o‘zga binolar va inshootlar qurilgandan keyin hamda boshqa barcha zararlarning (boy berilgan foydani qo‘shgan holda) o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda to‘la hajmda qoplangandan keyin yo‘l qo‘yiladi. Dehqon xo‘jaliklari o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalarini yoki ushbu yer uchastkalarining bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xo‘jaliklarining ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlanib qoladi. Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq yer solig‘i tariqasida undiriladi. Dehqon xo‘jaliklarining suv iste’moli ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi, shuningdek mazkur soliq bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Dehqon xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyatining subyekti tariqasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: o‘ziga berilgan yer uchastkasida dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish; yetishtirilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga mustaqil ravishda baho belgilash; o‘zi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga o‘z xohishi bo‘yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish; xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers bitimlari tuzish; tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish; qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga mo‘ljallangan aksiyalarni sotib olish; o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qo‘yish. Dehqon xo‘jaligi quyidagilarni bajarishi shart: yer uchastkasidan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish; tabiiy obyekt bo‘lmish yerga zarar yetkazmaslik; yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish; yangi berilgan yer uchastkasidan, agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir yil ichida foydalanishga kirishish; agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish; dehqon xo‘jaligining majburiyatlari va qarzlari bo‘yicha to‘la javobgar bo‘lish; xo‘jalik a’zolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash. Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega: dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish; yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish; ishonchnomalar berish; bankda hisobvaraqlar ochish. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining manfaatlari himoya qilinishini va huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashi shart. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi a’zolari: xo‘jalik a’zolari o‘rtasidagi shartnoma shartlariga ko‘ra birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan o‘z ulushini olish; qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilish va ijtimoiy ta’minlanish, shuningdek tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun dehqon xo‘jaligida sarflangan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart. Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligi a’zolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligi: o‘ziga qarashli uy-joylar, xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xo‘jalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek boshqa mol-mulklarga; ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotga; olingan daromadga (foydaga); qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega bo‘lingan boshqa mol-mulkka mulkdordir. Dehqon xo‘jaligining o‘ziga qarashli mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi davlat himoyasidadir. Dehqon xo‘jaligining mol-mulki, agar uning a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning a’zolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli bo‘ladi. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, ko‘paytirish, olish, sotish, uni ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligining hisob-kitob hisobvarag‘idan mablag‘larni faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin. Dehqon xo‘jaligining mol-mulki fuqarolik qonun hujjatlari normalariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xo‘jalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berilganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladilar. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishga haqli. Dehqon xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan va realizatsiya qilayotgan mahsulot sifatiga oid amaldagi normativ va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga oid hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan boshqa talab va qoidalarga rioya etishi shart. Dehqon xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga, shu jumladan ular tomonidan agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turlarini tanlashda, uning narxini va uni realizatsiya qilish yo‘nalishlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida, shuningdek bunday organlar, tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining dehqon xo‘jaligiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmasliklari oqibatida dehqon xo‘jaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak. Yuridik shaxs tariqasida ro‘yxatga olingan dehqon xo‘jaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi korxonalar bilan teng shartlarda amalga oshiradi. Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin. Dehqon xo‘jaligining a’zolari dehqon xo‘jaligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda badallar to‘langan taqdirda davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim. Dehqon xo‘jaligining barcha a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borayotgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat faoliyati hisobini dehqon xo‘jaligi boshlig‘i yuritadi. Dehqon xo‘jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga qo‘shiladi. Qishloq xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida), boshqa qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi korxonasida, muassasasida, tashkilotida ishlayotgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat faoliyati hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘lashi hisobini yuritish tegishincha mazkur kooperativ (shirkat xo‘jaligi), korxona, muassasa va tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligi a’zolariga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Dehqon xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda baho belgilaydi. Dehqon xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiydir. Yuridik shaxs tashkil etgan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari faoliyatni amalga oshirish uchun kredit olishlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlarida, shu jumladan dehqon xo‘jaliklarini kreditni uzishning zarur garov, sug‘urta hamda boshqa kafolatlarini ta’minlagan holda imtiyozli kreditlashga jalb etishlari, shuningdek xususiy kichik tadbirkorlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanishlari mumkin. Dehqon xo‘jaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligi o‘ziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining (ko‘chatzorlarining), ko‘p yillik dov-daraxtlarning, yetishtirilgan mahsulotning, xomashyoning, materiallarning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o‘zining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‘urta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta tovoni oladi. Davlat qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi dehqon xo‘jaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Davlat organlari dehqon xo‘jaligini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishlari lozim. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda: ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari bo‘lmagan hududda dehqon xo‘jaliklari tashkil etilganida uni birlamchi obodonlashtirish (yo‘llar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurish, suv bilan ta’minlash, gazlashtirish, telefonlashtirish, radiolashtirish, yer tuzish, yerlarni melioratsiyalash) ishlarini amalga oshiradi; dehqon xo‘jaliklariga ishlab chiqarish obyektlari va turar joylarni barpo etishda yordam ko‘rsatadi; dehqon xo‘jaligi uchun kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda ko‘maklashadi; navli urug‘lik va qishloq xo‘jalik ekinlarining ko‘chat materiallarini, organik va mineral o‘g‘itlarni, qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalarini yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati ko‘rsatish tizimi orqali texnikaviy xizmat ko‘rsatadi; qishloq xo‘jaligi texnikasi, asbob-uskunalari va ashyo-anjomlarini lizing asosida olishda ko‘maklashadi; chorva mollar va parrandalar boqish uchun shartnoma asosida aralash ozuqa ajratadi, yosh chorva mollar va parrandalar, zotdor qoramollar olishda ko‘maklashadi; dehqon xo‘jaliklarining chorva mollariga veterinariya xizmati ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratadi; dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda ko‘maklashadi; konsalting va axborot xizmatlari ko‘rsatadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari dehqon xo‘jaligiga berilgan yerlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar hamda yerdan samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radilar. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi yuzasidan uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoring o‘tkazishga haqli. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi. Dehqon xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi): xo‘jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta ham xo‘jalik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa; yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganda; belgilangan soliqlar muttasil to‘lanmaganda; agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yangi berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga kirishmagan taqdirda; dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda buzilganda. Dehqon xo‘jaligi: dehqon xo‘jaligi a’zolarining qaroriga binoan; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi). Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi. Dehqon xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi. Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligi mol-mulki yetarli bo‘lmaganda, qonun hujjatlariga muvofiq dehqon xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli mol-mulk bilan solidar ravishda subsidiar javobgar bo‘ladi. Davlat dehqon xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha, dehqon xo‘jaligi esa davlat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik a’zolarining va unda vaqtinchalik asosda ishlayotgan shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga ular mehnat majburiyatlarini bajarish chog‘ida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan dehqon xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. Dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi.
28
24,742
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo‘mitalari va komissiyalari qonunchilik va nazorat-tahlil faoliyatining 2003-yilga mo‘ljallangan rejasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo‘mitalari va komissiyalari qonunchilik va nazorat-tahlil faoliyatining 2003-yilga mo‘ljallangan rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi). Qo‘mitaning asosiy faoliyati quyidagilarga qaratiladi: xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishini ta’minlash; Parlamentlararo Ittifoq, EXHTning Parlament Assambleyasi, Tinchlik uchun kurash Osiyo parlamentlari uyushmasi va Yevropa parlamenti bilan hamkorlik; Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari tomonidan sessiyaga kiritiladigan qonun loyihalarini O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish; ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar, bitimlar va konvensiyalarni ratifikatsiya qilishga doir hujjatlarni tayyorlash; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan inson huquqlariga doir xalqaro shartnomalarni tarjima qilish va e’lon qilishni tashkil etish (Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi bilan birgalikda); Oliy Majlis yo‘nalishi bo‘yicha chet ellarga boruvchi delegatsiyalar va ayrim shaxslarni axborot, ma’lumotnoma va boshqa adabiyotlar bilan ta’minlash. Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari tomonidan tayyorlangan qonun loyihalarida normativ-huquqiy atamalarning qo‘llanilishini tahlil qilish. Amaldagi qonun hujjatlarida normativ-huquqiy atamalarning qo‘llanilishi monitoringini amalga oshirish. Ommaviy axborot vositalarida normativ-huquqiy atamalardan foydalanishning ahvolini o‘rganish (Matbuot va axborot qo‘mitasi bilan birgalikda). Oliy Majlisi Kengashi va sessiyalari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun qo‘mitalar va komissiyalar tomonidan tayyorlanadigan hujjatlarda normativ-huquqiy atamalardan foydalanilishiga doir tavsiyalar va xulosalar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ratifikatsiya qilingan inson huquqlariga doir xalqaro shartnomalarni tarjima qilish va e’lon qilishni tashkil etish (Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi bilan birgalikda).
154
2,093
Qonunchilik
“O‘simliklar karantini va himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘simliklar karantini va himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin. 2. Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
243
476
Qonunchilik
Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
So‘nggi yillarda respublikamizning agrar sektorini xalqaro standartlarga muvofiq hamda mamlakat hududlarining tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga javob beradigan zamonaviy mahalliy va xorijiy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash bo‘yicha faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, birgina 2018-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga, birinchi navbatda, fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishni tashkil etuvchilar va klasterlarga 33,7 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berildi. Bu esa 2017-yilgi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda 1,5 baravarga ko‘p. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalarining 25 foizidan ortig‘i 15 yildan ortiq muddat mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda, shu bois qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini sifatli va arzon texnikalar bilan ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda va davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini sifatli qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, ushbu jarayonga tijorat banklarining moliyaviy mablag‘larini jalb etish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin: mahalliy g‘alla o‘rish va paxta terish texnikalarini yetkazib berishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan foiz stavkasi bo‘yicha va qaytarilish muddati xarajatlar qoplanishi muddatiga qarab 7 yildan 10 yilgacha bo‘lgan qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi hamda moliyalashtirish hajmi Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda belgilanadi; qishloq xo‘jaligi sohasidagi korxonalarning respublikada ishlab chiqarilgan barcha turdagi o‘ziyurar, osma va tirkama texnikalarni xarid qilish uchun kredit va lizing shartnomalari bo‘yicha foiz xarajatlari qisman O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda, foiz xarajatlarini qoplashning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi o‘zgarishiga qarab Moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: a) 2019-yilda, eksperiment tariqasida, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan paxta terish ishlariga jalb qilinadigan paxta terish mashinalari xizmatidan foydalanganlik uchun xarajatlarning 30 foizini qoplab berishni ta’minlasin; b) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda paxta terish mashinalari xizmatiga haq to‘lash xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha eksperiment natijalari asosida 2019-yil 1-dekabrga qadar ushbu amaliyotni mamlakatning boshqa hududlariga tatbiq etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni kiritsin; v) 2019-yil 20-aprelga qadar: mazkur qarorda nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; “O‘zagrolizing” AJ, “O‘zmashlizing” MChJ va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi 2018-yilning IV choragida lizing asosida yetkazib berilgan texnikalar uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga 155,6 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ajratilishini ta’minlasin. 3. AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATBning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3694-son qaroriga muvofiq ularning ustav kapitaliga yo‘naltirilgan mablag‘larning 30 foizini 2019-yilda mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish uchun maqsadli kreditlar ajratishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 4. Belgilansinki, 2019-yil 1-yanvardan 2020-yil 1-yanvarga qadar lizing kompaniyalari va tijorat banklari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i lizing xizmatlari qismida qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan, shu jumladan import qilingan lizing obyektini sotib olish narxi va sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan hisoblanadi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi texnikalari mahalliy ishlab chiqaruvchilariga yillik 5 foiz stavkada, shu jumladan tijorat bankining 1 foiz marjasini inobatga olgan holda maqsadli kreditlar ajratish uchun 50,0 mln AQSh dollarini tijorat banklariga ularning buyurtmanomalari asosida ikki yil muddatga depozit sifatida joylashtirsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: bir oy muddatda 2019 — 2021-yillarda mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berishni moliyalashtirish maqsadida har yili 100 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalari jalb qilinishini ta’minlasin; mamlakatda qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalarining jadal amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‘rnatsin va bunda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJga amaliy yordam ko‘rsatsin. 7. “O‘zagrotexsanoatxolding” va “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatlari hamda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tanlov asosida eng yaxshi takliflarni ajratib olish yo‘li bilan: “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini korxonalarning asosiy faoliyati turini saqlab qolish sharti bilan 1-ilovaga muvofiq; hududiy “Agroservis MTP” MChJning mashina-traktor parklari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini tadbirkorlik subyektlariga baholash qiymatida mashina-traktor parklarining asosiy faoliyati turi (mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish)ni saqlab qolish va 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan 2-ilovaga muvofiq sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 8. Belgilab qo‘yilsinki: “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi ulushini 1-ilovaga muvofiq sotishdan tushgan mablag‘lar “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi; mashina-traktor parklari sotilmagan taqdirda, boshlang‘ich narxni ular sotuvga qo‘yilgan sanadan ikki oy o‘tgach har 15 kunda bosqichma-bosqich 10 foizga kamaytirish mexanizmini qo‘llagan holda, ammo nominal qiymatdan kam bo‘lmagan narxda ommaviy sotuvga qo‘yiladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlarni baholash hamda ularni sotish bo‘yicha tanlovlarni e’lon qilish va o‘tkazishda shaffoflikni ta’minlashda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “O‘zagroservis” AJga har tomonlama ko‘maklashsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda 2021-yilning oxiriga barcha turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasini kamida 40 foizga yetkazishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “O‘zagrolizing” AJ tijorat banklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilish bo‘yicha buyurtmalar portfelini shakllantirsin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida moliyalashtirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, shuningdek, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari ushbu qaror qoidalarining keng yoritilishini ta’minlasin. 14. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
118
9,306
Qonunchilik
Biznesni rivojlantirish uchun kreditlarning stavkasi oshirildi
«Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi (26.02.2019 yilda 3022-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Eslatib oʻtamiz, dastur mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti ogʻir hududlarda amalga oshiriladi (7.06.2018 yildagi PQ–3777-son qaror va sharhga qarang). Shu jumladan, unda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun (150 EKIHgacha), kichik biznes sub’yektlariga (1 000 EKIHgacha) imtiyozli kreditlar ajratish va tadbirkorlik sub’yektlarining investitsiyaviy loyihalarini moliyalashtirish (1 000 EKIHdan ortiq) nazarda tutilgan.  Bunday kreditlarni rasmiylashtirishning aniq shartlari (muddati, imtiyozli davri, foiz stavkasi) va tartibi (zarur hujjatlar paketi va ularning koʻrib chiqilishi, kredit ta’minoti va h.k.) alohida Nizomda qayd etilgan. Havola orqali oʻtib, uning sharhi bilan tanishish mumkin. Tuzatishlar bilan dastur doirasida banklar ajratadigan kreditlarning foiz stavkasi yillik 7%dan 8%gacha oshirildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2019 yildan kuchga kirdi.  Oleg Zamanov.
62
1,163
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DIPLOMATIK PASPORTI BERILADIGAN MANSABDOR ShAXSLAR RO‘YXATIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan 6-ro‘yxat (3-ilova) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari liniyasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga diplomatik lavozimlarga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash uchun yuborilgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga ko‘ra”.
122
757
Qonunchilik
“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘ri
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 26-yanvarda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
250
915
Qonunchilik
DAVLAT VA XO‘JALIK BOShQARUVI ORGANLARINING MA’MURIY BINOLARIDAN OQILONA FOYDALANISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ma’muriy binolaridan oqilona foydalanish, ularning normal ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, “Mustaqillik” maydonidagi ma’muriy binodan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: Toshkent shahar hokimiyati tomonidan “Mustaqillik” maydonidagi ma’muriy binoni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilayotganligi; ma’muriy binoni qurish va rekonstruksiya qilishni yakunlash muddati 2006-yil 15-avgust etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Ma’muriy binoga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari 1-ilovaga muvofiq joylashtirilsin. 3. Belgilansinki, budjetdan moliyalashtiriladigan vazirlik va idoralar binolarda ijara haqi undirilmasdan (kommunal va foydalanish xarajatlaridan tashqari) joylashtiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining markaziy apparati hamda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazini Toshkent shahri “Yoshlik” talabalar shaharchasi, Chimboy 2 ko‘chasi, 96-uy manzilida joylashgan Kino va videotexnika kolleji binosiga joylashtirish to‘g‘risidagi; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bo‘shatilayotgan Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi 55 manzilida joylashgan binoda Kino va video texnika kollejini joylashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 5. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda Mustaqillik maydonidagi ma’muriy binodan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan korxonani tashkil etsin, uni saqlash binoda joylashgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan olinadigan mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining bo‘shatilgan binolari va xonalarini 2-ilovaga muvofiq birja savdolarida belgilangan tartibda sotilishini; “Kafolat” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi va “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi bilan birgalikda ularning binolarining sotilishi munosabati bilan kompaniyalarning ustav jamg‘armalarini belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin. 7. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (alohida bo‘linmalar, shu jumladan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Ipoteka kreditlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot tahlil markazi Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik kompaniyasi “Kafolat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi
113
3,075
Qonunchilik
XALQARO ShARTNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati hamda Ukraina Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida 2007-yil 26-aprelda Toshkent shahrida imzolangan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik qilish haqidagi Bitim tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar. 4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
42
861
Qonunchilik
Qarzdorlar uchun mamlakatdan chiqish tartibi soddalashtirildi
Ijro hujjatlari boʻyicha qarzdor jismoniy shaхslarning chiqish huquqini vaqtinchalik cheklash hamda ushbu jarayonda mas’ul tuzilmalarning oʻzaro munosabatlari boʻyicha yangi tartib tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3196, 12.11.2019 yil). Ilgari amal qilgan nizom oʻz kuchini yoʻqotgan. Ijro ishi boʻyicha qarzdorning mamlakatdan chiqishiga ruхsat beriladigan qarz miqdori 2 BHMdan 5 BHMgacha oshirildi (maqola e’lon qilinganda – 1 115 000 soʻm) . Ya’ni ushbu raqamdan oshadigan miqdorda soʻndirilmagan qarzlari boʻlgan shaхslarning mamlakatdan chiqishi cheklanadi. Hujjatda shuningdek chiqishga cheklov qoʻyish va uni olib tashlashda ayrim tuzilmalar oʻzaro munosabatlarining yangilangan meхanizmi taqdim etilgan. Qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi ma’lumot davlat ijrochisi tomonidan: Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, shuningdek chegara qoʻshinlari boʻlinmalari tomonidan qarzdorga MIBning qaysi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi cheklangani toʻgʻrisida ma’lumot beriladi. Toʻliq aхborotni www.mib.uz saytidan olish mumkin. Bundan tashqari, alimentlar boʻyicha qarzlar soʻndirilishi chiqishni cheklashni olib tashlashga asos boʻlmaydi. Alimentlarni oldindan toʻlash yoki alimentlarni toʻlash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasini tuzish lozim (batafsil – bu yerda).  Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2019 yildan kuchga kirdi.   Lenara Xikmatova.
61
1,480
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 401 nafar, shu jumladan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 96 nafar etib belgilansin. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisiga: zarur hollarda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzilmasini tasdiqlash; boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish; malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’i nazar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan, ular egallagan asosiy lavozimi bo‘yicha mansab maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar belgilash; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati, Qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ularning biridan boshqasiga shtat birliklarini olib berish yo‘li bilan o‘zgartirishlar kiritish; xalqaro amaliyotdan va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun kontrakt asosida jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorini belgilash huquqi berilsin. 3. Belgilab qo‘yilsinki: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat raqobat qo‘mitasi) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart; mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlariga nisbatan qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qo‘mitasi xodimlari uchun nazarda tutilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi saqlanib qoladi; Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan ilgari berilgan hujjatlar va ular qabul qilgan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi hamda uning qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoxud o‘zgartirilmaydi. 4. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga: raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish masalalari yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarga iqtisodiy, moliya, soliq organlari va boshqa organlar xodimlarini jalb qilish huquqi berilsin. 5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2022-yil 1-avgustdan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bo‘yicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud bo‘lmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam bo‘lmagan va ming baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yig‘im undiriladi. 6. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin va uning manbalari quyidagilar etib belgilansin: raqobat va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlarning summasi; raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ko‘rsatmalarini bajarilmaganlik uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan ma’muriy jarima mablag‘lari; xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamg‘armasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bo‘yicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun yig‘imlar; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan da’volar bo‘yicha sud tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablag‘larining 100 foizi; tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi; “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki bo‘lgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish natijasida tushadigan yig‘im summasining 40 foizi; davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali operatori — “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning davlat xaridlari tizimidagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun olinadigan komissiya yig‘imlaridan tushgan mablag‘larning 20 foizi; raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yo‘naltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamg‘armaga qaytariladigan 50 foizi; tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi; Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga qo‘yishdan olingan daromadlar; xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari mablag‘lari va homiylik xayriyalari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. Belgilansinki, Qo‘mita raisi tomonidan boshqariladi va quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining joriy xarajatlarini moliyalashtirishga; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shuningdek ular tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga; jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar faoliyatiga, xalqaro va xorijiy tashkilotlarga haq to‘lash chora-tadbirlarini amalga oshirishga; raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga; raqobatni va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida o‘quv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga; tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga; raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarga. 8. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikki oy muddatda: a) O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda: Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; qonun hujjatlariga raqobat va tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, axborot bermaslik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berish, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi taqdimnomalarini bajarmaslik, shuningdek uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar qo‘llash va ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida Iste’molchilar huquqini himoya qilish agentligini tashkil etish hamda tegishli davlat organlari va muassasalarining shtat birliklarini hamda iste’molchilar huquqini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarini unga o‘tkazish bo‘yicha takliflar kiritsin; v) 2019 — 2023-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin: raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar va jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilg‘or modelini yaratish; tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan vositalari va usullarini joriy etish; raqobatni himoya qilish bo‘yicha oldini oluvchi vositalarni, shu jumladan monopoliyaga qarshi komplaens mexanizmi — birinchi navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni ta’minlash tizimini joriy etish; rag‘batlantiruvchi tariflar shakllantirishning raqobatni kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni qo‘llashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat tomonidan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish; raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish; raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning o‘zida huquqni qo‘llashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish; “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish; Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi bo‘yicha tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) joriy etish; raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga nisbatan ta’sir choralarini ko‘rish tezkorligini oshirish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining kadrlar salohiyatini tizimli ravishda oshirish, oliy o‘quv yurtlari o‘quv dasturlariga raqobat siyosati va raqobat huquqi sohasida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha maxsus yo‘nalishlarni joriy etish; munosib moddiy ta’minot va ijtimoiy sharoitlar borasida ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi turli omillarning oldini olish. 9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axboroti majburiy tarqatiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga; Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ushbu qarorni 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xarajatlari uchun mablag‘lar ajratsin va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritsin; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur pul mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin va 5 ta xizmat, shu jumladan 4 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilasin; Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan ma’muriy binolarini ta’mirlash hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zarur mebel, uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur pul mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin. 13. Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan yig‘imlar va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda tegishliligi bo‘yicha: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tasarrufiga o‘tadigan avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni; ko‘chmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga qayta rasmiylashtirishni amalga oshirsin. 14. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarda ko‘rib chiqiladigan barcha ishlar hamda hujjatlar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. 15. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalarini qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlarining hozirgi joylashgan binolarida joylashtirilishini, zarur hollarda, yangi bino ajratilishini ta’minlasin. 16. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
102
19,119
Qonunchilik
Yangi soliq imtiyozlari aprel va iyul oylaridan amal qila boshlaydi
18.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–476-son Qonun (52-moddasi) bilan Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan. Soliq imtiyozlari joriy etilmoqda 2018 yil 19 apreldan boshlab: 1) Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaхslar – muqobil energiya manbalari oʻrnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan (Soliq kodeksining 275-moddasi) va jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻidan (Soliq kodeksining 290-moddasi) ozod qilinadilar. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma mazkur imtiyozni berish uchun asos boʻladi. 2) YaST boʻyicha soliq solinadigan baza (Soliq kodeksining 356-moddasi) turistik faoliyat sub’yektlari uchun – turistik хizmatlarni onlayn-bronlashtirish va sotish boʻyicha dasturiy mahsulotlarni hamda aхborot tizimlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi. 2018 yil 19 iyuldan boshlab: 1) Paхta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq хoʻjaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaхslar tomonidan bu ishlarni bajarganlik uchun olinadigan daromadlarga yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari hisoblanmaydi (Soliq kodeksining 308-moddasi). 2) Koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklari – yagona yer soligʻi toʻlovchilar, koʻp tarmoqli fermer хoʻjaliklari reyestriga kiritilgan kundan boshlab qishloq хoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa daromad turlari boʻyicha YaSTni toʻlashdan besh yil muddatga ozod etiladi. Ayrim normalar tarkibi kengaytirildi 1) Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (хoʻjalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros ob’yektlari, хotira bogʻlari egallagan yerlar kiradi (Soliq kodeksining 282-moddasi). Ilgari tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tariхiy-madaniy qoʻriqхonalar, хotira bogʻlari, sagʻanalar, arхeologiya yodgorliklari, tariх va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar kirar edi. 2) Davlat organlari – oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish toʻgʻrisidagi da’volar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan, tariхiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulkni jismoniy shaхslar bu mol-mulkka хoʻjasizlarcha munosabatda boʻlgan hollarda jismoniy shaхslardan davlat mulkiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi (Soliq kodeksining 329-moddasi). Ilgari jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan mol-mulkni davlat mulkiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ishlar roʻyхatida ilmiy va madaniy qimmatliklar boʻlmagan. Davlat bojini toʻlash tartibi aniqlashtirildi Notarial harakatlar bajarilganligi uchun davlat boji undirish tartibiga aniqlik va qoʻshimchalar kiritildi (Soliq kodeksining 338-moddasi). Ulardan biri: davlat notarial idorasi binosidan tashqarida – fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chogʻida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji bir baravar miqdorda undiriladi (ilgari – ikki baravar miqdorda). Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Tatyana  Belousova.
67
3,736
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZULGURJISAVDOINVEST” UYuShMASI TUZILMASINI ISLOH QILISh VA FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 2011 YI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi tuzilmasini isloh qilish va faoliyat samaradorligini oshirish to‘g‘risida” 2011-yil 30-martdagi PQ-1514-son qarorini hamda Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdoni tashkil etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 30-martdagi 94-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatining 100-pozitsiyasi “Davlat axborot resurslari nomi” ustunining matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy bazalar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdan tashqari”. 3. Vazirlar Mahkamasining “Iste’mol tovarlari ulgurji savdosi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-martdagi 52-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 24-modda): a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 2-bandda: ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ular tomonidan ulgurji savdoni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq”; uchinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari” hamda “shuningdek viloyatlar “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalarining” so‘zlari chiqarib tashlansin; v) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; g) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. Belgilansinki, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy bazalarning yo‘qotishlardan va nolikvid tovarlar narxini pasaytirishdan ko‘rgan zararlari faqat bazalarning o‘z daromadlari hisobiga qoplanadi”; d) 5-banddagi “Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralariga” so‘zlari chiqarib tashlansin; e) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda: Ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni ro‘yxatdan o‘tkazsin; Ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi ko‘rsatib o‘tilgan hududiy bazalarga qonun hujjatlari talablariga rioya qilishni hisobga olgan holda iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar bersin”; j) 1-ilovada: ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: I bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 1-banddagi “Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarini” va “hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni” so‘zlari “Ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarni” so‘zlari bilan almashtirilsin; 2-bandning birinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3-banddagi “Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va” so‘zlari chiqarib tashlansin; 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; z) 2-ilovada: ilova nomidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari” hamda “shuningdek “Matlubotsavdo” aksiyadorlik kompaniyalarining” so‘zlari chiqarib tashlansin; 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. Ushbu Nizom Ulgurji savdo korxonalari uyushmasiga kiruvchi hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalarning iste’mol tovarlari ulgurji savdosini amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi”; 2-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin; 7-bandning oltinchi xatboshidagi “yoki “Matlubotsavdo” viloyat aksiyadorlik kompaniyalari” so‘zlari chiqarib tashlansin. 16-bandda: birinchi va ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin; uchinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin; ilovadagi “AA №000/00*” so‘zlari, shuningdek unga izoh chiqarib tashlansin.
250
4,467
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qarorini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti to‘g‘risida” 2005-yil 22-aprelda qabul qilingan qarori tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi
89
446
Qonunchilik
T. Q. Qurbonovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida
Ko‘p yillik samarali ijodiy mehnati, respublika televideniyasini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda jamoat turmushida faol qatnashganligi uchun To‘lqin Qurbonovich Qurbonov O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin.
91
239
Qonunchilik
Yana 4 ta viloyatda paхta teruvchilarga ustama joriy qilindi
Buхoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida 2018 yil hosilining qoʻlda terilgan 1 kilogramm paхta хom ashyosi uchun qoʻshimcha 100 soʻm naqd pulda ustama joriy qilindi (5.10.2018 yildagi 798-son VMQ). Eslatib oʻtamiz, joriy yilda terilgan har bir kilogramm paхta uchun terimchilar mehnatiga haq toʻlash stavkalari kontraktatsiya shartnomasi (paхta yigʻim-terimining 3 ta vaqtinchalik bosqichi) boʻyicha bajarilgan majburiyatlar hajmiga bogʻliq boʻladi: Bunda ayrim viloyatlar va tumanlarda (paхta-toʻqimachilik ishlab chiqarish korхonalari faoliyat yuritayotgan hududlardan tashqari) kunlik ustamalar belgilandi: 2018 yil 5 oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston, Buхoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarining ilgari ustama nazarda tutilmagan hududlarida terilgan bir kilogramm paхta хom ashyosi uchun qoʻshimcha 100 soʻm naqd pulda ustama toʻlanadi. Ilgari ustama amal qilgan tumanlarda oʻzgarishlar boʻlmaydi. Bu – muhim! Ustamalar Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan toʻlanishi bois qishloq хoʻjaligi korхonalari bilan yakuniy hisob-kitoblarda hisobga olinmaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.10.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
60
1,271
Qonunchilik
GERMANIYA “KfV” TARAQQIYOT BANKI MABLAG‘LARINI JALB ETGAN HOLDA MOLIYA SEKTORINI QO‘LLAB-QUVVATLASh DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash uchun tijorat banklarining resurs bazasini kengaytirish, shuningdek Germaniya “KfV” taraqqiyot bankining kredit liniyasidan o‘z vaqtida va samarali foydalanish maqsadida: 1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida moliyaviy hamkorlik haqidagi Bitimga muvofiq moliya sektorini qo‘llab-quvvatlash Dasturini amalga oshirish maqsadida Germaniya “KfV” taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga quyidagilarni berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishildi: 0,75% yillik foizli stavka bilan 10 yil imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda 40 yil muddatga jami 17,3 mln. yevro miqdorida kredit liniyasi. Bunda 12,3 mln. yevro miqdoridagi mablag‘lar kichik biznes loyihalarini moliyalashtirishga, 5 mln. yevro esa ipotekani kreditlashga yo‘naltiriladi; mazkur dasturni amalga oshirishda texnik yordam ko‘rsatish uchun 1,5 mln. yevro miqdorida grant. 2. Belgilansinki: mahalliy xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xizmat ko‘rsatish, jumladan savdo sohalaridagi 100 dan 200 kishigacha band bo‘lgan mikrofirmalar, kichik va boshqa korxonalar tomonidan qo‘shimcha ish joylarini yaratish, shuningdek kasanachilikni tashkil etish mazkur dastur doirasidagi kreditlashning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi; kredit liniyalari mablag‘lari Germaniya “KfV” taraqqiyot banki bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda tijorat banklari o‘rtasida mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasidagi kreditlar uchun — UZIBOR (12 oy)ga teng foiz stavkasi va xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — 7% yillik foizli stavka bilan 3 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda 12 yil muddatga berish to‘g‘risida imzolangan shartnomalar asosida Germaniya “KfV” taraqqiyot banki tomonidan tanlab olingan respublikaning tijorat banklariga taqdim etiladi; tijorat banklaridan tushumlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan olinadigan, Germaniya “KfV” taraqqiyot bankiga to‘lanadigan mablag‘lar o‘rtasidagi tafovut summasi ham ushbu Qarorda belgilangan loyihalarni, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa loyihalarni kreditlashga yo‘naltiriladi; Germaniya “KfV” taraqqiyot banki tomonidan foizlar tarzida olingan daromadlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida daromad va mulk soliqlariga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortilishni bartaraf etish to‘g‘risida 1999-yil 7-sentabrdagi Bitimga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqqa tortilmaydi. 3. Belgilansinki, tijorat banklari Germaniya “KfV” taraqqiyot banki kredit liniyasi mablag‘laridan quyidagi kredit turlarini beradi: bitta qarz oluvchiga ekvivalenti 10 ming yevrodan oshmaydigan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki xorijiy valyutadagi mikrokreditlar. Bunda xususiy tadbirkorlarga va yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mikrokreditlar naqd pulda beriladi; bitta qarz oluvchiga 4 yildan 6 yilgacha muddatga, bir yildan ikki yilgacha imtiyozli davrni hisobga olgan holda, ekvivalenti 200 ming yevrodan oshmaydigan miqdorda aylanma mablag‘larini to‘ldirish hamda asosiy vositalarni xarid qilish uchun kichik korxonalar va 100 dan 200 kishigacha band bo‘lgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki xorijiy valyutada naqd pulsiz shaklda beriladigan kreditlar; uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va uy-joy sotib olish uchun bitta qarz oluvchiga ekvivalenti 20 ming yevrodan oshmaydigan miqdorda, shu jumladan naqd pul shaklida ekvivalenti 5 ming yevrogacha — uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun, 1 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda 12 yil muddatga beriladigan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi ipoteka kreditlari. Naqd pulda berilgan mikrokreditlar va ipoteka kreditlari qarzdorlar tomonidan naqd pul shaklida qaytariladi. 4. Quyidagilar kichik biznes loyihalarini naqd pul shaklida mikrokreditlashning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shuningdek issiq-xona xo‘jaligini tashkil etish uchun urug‘liklar xarid qilish, qoramol, parranda, em-xashak va omuxta em, veterinariya preparatlari sotib olish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shu jumladan meva-sabzavot hamda go‘sht-sut mahsulotlarini tayyorlash va birlamchi ishlov berish; mehnat qurollari, xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, furnitura (yordamchi materiallar) sotib olish; hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish; servis xizmatlari va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni, asosan qishloq joylarda rivojlantirish; Germaniya “KfV” taraqqiyot banki bilan kelishilgan holda iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari. 5. Belgilansinki, Germaniya “KfV” taraqqiyot banki kredit liniyasi doirasida ekvivalenti 200 ming yevrogacha xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar kichik korxonalar hamda 100 dan 200 kishigacha band bo‘lgan korxonalar tomonidan mustaqil ravishda bir necha yetkazib beruvchi takliflarini to‘g‘ridan to‘g‘riso‘rab olish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 6. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziriga Germaniya “KfV” taraqqiyot banki bilan Ssuda berish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi shartnomani imzolash vakolati berilsin. 7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
154
5,829
Qonunchilik
10 ta yirik davlat kompaniyasi transformatsiya qilinadi
Prezidentning 12.05.2018 yildagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan. 2,5 yilda 10 ta davlat kompaniyasi transformatsiya qilinadi Xalqaro tajribani inobatga olgan holda 2018-2020 yillarda mamlakatimizda Ustav fondida davlat ulushi ustuvor boʻlgan davlat korхonalari va boshqa yuridik shaхslarni transformatsiya qilish dasturi amalga oshiriladi. Dastavval unga «Oʻzbekneftgaz», «Oʻzkimyosanoat», «Oʻzbekenergo», «Oʻzbekgidroenergo», «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati», «Oʻzbekiston temir yoʻllari» aksiyadorlik jamiyatlari, «Oʻzbektelekom» AK, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK, «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK va AT Xalq banki kiritildi. Dasturni amal qilish muddatlari uzaytirilishi, davlat kompaniyalari roʻyхati – kengaytirilishi mumkin. Dastur doirasida quyidagilar nazarda tutiladi: Shu tariqa, davlat ulushlarini realizatsiya qilish, davlat korхonalarini хoʻjalik jamiyatlariga aylantirish yoki хususiylashtirishning boshqa meхanizmlarini qoʻllash ushbu holda rejalashtirilmayotir. LBMA – Loyiha ofisi Loyiha ofisining funksiyalari LBMAga yuklatilgan. U dasturning strategik maqsadlari va muhim vazifalarni aniqlash va tasdiqlash, uni amalga oshirish masalalarini hal qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasining davlat kompaniyalarining boshqaruv organlarini shakllantirish boʻyicha, Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining davlat kompaniyalariga nisbatan va Moliya vazirligining – Xalq bankiga nisbatan vazifa, funksiya va huquqlari Loyiha ofisiga oʻtkazildi. Loyihani amalga oshirish doirasida Loyiha ofisi oʻz faoliyatini ulardan mustaqil ravishda amalga oshiradi. Loyiha ofisining qarorlari davlat kompaniyalari - dastur ishtirokchilari tomonidan ijro etilishi uchun majburiy hisoblanadi. Bunda Dastur doirasidagi barcha chora-tadbirlar ularning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Loyiha boshqaruviga qayerda oʻqitiladi? Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi Loyiha ofisiga oʻtkazildi. U yerda davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlari loyiha boshqaruvi masalalari boʻyicha oʻqitiladi. Xususan, 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab markazda magistratura ta’lim dasturi asosida “Loyiha boshqaruvi” (“Project management”) mutaхassisligi boʻyicha oʻqitish boshlanadi.  Har yilgi qabul kvotalari toʻlov-kontrakt asosida 40 kishidan iborat boʻladi. Shu bilan bir vaqtda хodimlarni loyiha boshqaruvi hamda davlat хaridlari sohalari boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maхsus kurslari ochiladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi. Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   Oleg Zamanov.
55
2,897
Qonunchilik
OKTYaBR TUMANINING NOMINI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi: Jizzax viloyati hokimining iltimosi qondirilib, Oktyabr tumanining nomi Zafarobod tumani deb o‘zgartirilsin. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdig‘iga kiritilsin.
50
254
Qonunchilik
YaIDXPda ShJBPH hisobvaragʻidan koʻchirma soʻrash mumkin
Ushbu хizmatdan ERI kaliti jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqamini saqlaydigan fuqarolar foydalanishlari mumkin. Xizmat avtomat ravishda amalga oshiriladi. Bepul asosda kechayu kunduz taqdim qilinadi. Uni olish uchun ShJBPH raqamini majburiy koʻrsatgan holda elektron shaklni toʻldirish zarur. Xizmat koʻrsatish uchun boshqa hujjatlar soʻralmaydi. Javob onlayn rejimida foydalanuvchining shaхsiy kabinetiga va elektron pochtaga taqdim qilinadi.
56
456
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-599-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-599-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va uchinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
158
595
Qonunchilik
GIDRIDLANGAN MOYLAR IShLAB ChIQARISh XODIMLARI UChUN XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq gidridlangan moylar ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalarini belgilaydi. 1. Mazkur Qoidalar gidridlangan moylar ishlab chiqarish tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim. 3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mehnatni muhofaza qilish holatini o‘rganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. 5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshiriladi. 6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim: mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish bo‘yicha qoidalarni o‘z ichiga olgan jamoa shartnomasi; Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi; mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari; xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari; mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat); xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi; har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalar. 7. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga asosan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi. 8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi. 9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. 10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak. 12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi. 14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim. 16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. 17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart. 18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart. 19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir. 21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim. 22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar); ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar); shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari; mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari. 23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim. 24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi. 25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim. 26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart: yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi; himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi; himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi; yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno). 27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim. 28. Xodimlar Yog‘-moy va tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2113, 2010-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 205-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim. 29. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim. 30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. 31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart. 32. O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim. 34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim. 35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim. 36. Tibbiy ko‘riklar tashkilotga tibbiyot xizmati ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular bo‘lmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkaziladi. 37. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir. 38. Tashkilot rahbariyati o‘z xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi uchun va majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish natijasida fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi. 39. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi. 40. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim. 41. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim. 42. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim. 43. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi. 44. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi. 45. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak. 46. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. 47. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak. 48. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim. 49. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 50. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani” talabiga mos bo‘lishi kerak. 51. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 52. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak. 53. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 54. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 55. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim. 56. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 57. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 58. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak. 59. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan bo‘lishi kerak. 60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 61. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 62. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak. 63. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak. 64. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak. 65. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak. 66. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak. 67. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak. 69. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak. 70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, o‘rtacha og‘ir ishda 17°C va og‘ir ishda 16°C dan past bo‘lmasligi lozim. 71. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam bo‘lmasligi kerak. 72. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim. 73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim: detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish; shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish; agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash; shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish; tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak. 75. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, bunda shaxsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak. 76. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak. 77. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim. 78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim. 79. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha bo‘lishi kerak. 80. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak. 81. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi. 82. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 83. Gidridlangan moylar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 84. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi: ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash; ishlovchilarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi mahsulotlarni qo‘llash, agar ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmasa ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar ko‘rish; shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash; ishlab chiqarish uskunalarini to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish; birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qo‘llash; xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash; ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash. 85. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart. 86. Ishlab chiqarish jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob-uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim. 87. Ishlab chiqarish jarayoni texnologik hujjatlarga muvofiq olib borilishi lozim. 88. Ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar qo‘llanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi va himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim. 89. Birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni qo‘llashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik me’yorlar tasdiqlangandan so‘ng ruxsat etiladi. 90. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda silkinish, texnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga ta’sir etuvchi mexanik va boshqa zararli ta’sirlar bo‘lmasligi lozim. 91. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi ta’mirlanganidan so‘ng sinovdan o‘tkazilishi hamda uning natijalari uskunaning pasporti va maxsus jurnalda qayd qilinishi lozim. 92. Nazorat uskunalari yechilgan holda ta’mirlanayotganda, ushbu uskunalar zudlik bilan tekshirilgan va ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lgan uskunalar bilan almashtirilishi lozim. 93. Nazorat uskunalari va signal lampalarining joylashishi, ularning ko‘rsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratishi lozim. 94. Avtomat tarzda boshqaruv tarmog‘i markaziy pultida jarayonning texnologik parametri kattaligi, ularni ish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kattalikka yetganligi haqida signal beruvchi qurilmalar joylashtirilishi lozim. 95. Bo‘linish chegarasi bo‘lgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish uchun yuqori va quyi sathlar belgilangan ko‘rsatkich qo‘llanishi lozim. 96. Daraja ko‘rsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanishda, ular singanda xodimlarni jarohatlanishidan saqlovchi moslama qo‘llanishi lozim. 97. Havoda va ishlab chiqarish xonasining avtoklav bo‘limida hamda kompressor stansiyalarida portlash xavfi bor gazlar miqdori doimiy nazorat etilishi lozim. 98. Bo‘linish chegarasi bo‘lgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish lozim. Idishlardagi sath ko‘rsatkichlaridan tashqari ovozli, yorug‘lik va boshqa signalizatorlar qo‘llanishi mumkin. 99. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim. 100. Ishlab chiqarishda sinalmagan yong‘in va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni qo‘llash taqiqlanadi. 101. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak. 102. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim. 103. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 104. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim. 105. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari hamda yong‘inni o‘chirish vositalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. 106. Portlashni oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. 107. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin bo‘lgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi. 108. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim. 109. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va yong‘inni oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilishi kerak. 110. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak. 111. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim. 112. Yoritish va quvvatli uskunalar hamda elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart. 113. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan bo‘lishi shart. 114. Taqsimlovchi qurilmalar izolatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim. 115. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim. 116. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanilishi lozim. 117. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim. 118. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim. 119. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi erga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim. 120. Elektr apparatlari va agregatlarini nolga va erga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. 121. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim. 122. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi. 123. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari erga ulangan bo‘lishi lozim. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yer bilan ulangan bo‘lishi lozim. 124. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim. 125. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi texnologik hujjatlarga hamda mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga muvofiq ta’minlanishi kerak. 126. Ish hududida zararli moddalarning konsentratsiyasi nazoratini amalga oshiruvchi hamda qurilmalarning avariyaviy o‘chirilishini ta’minlovchi gaz tahlil qilish apparatlari o‘rnatilishi zarur. 127. Maxsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki xonalarda o‘rnatilgan maxsus kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda “Yong‘indan xavfli!”, “Chekilmasin!”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi!” kabi ogohlantiruvchi va taqiqlovchi xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 128. Alohida olingan texnologik jarayon (operatsiya)larda ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarining vujudga kelganligi to‘g‘risida o‘z vaqtida xabar berishni ta’minlash maqsadida, gaz tahlil qilish apparatlarida ishlaydigan yorug‘lik va ovoz beruvchi signalizatorlar ko‘zda tutilishi lozim. 129. Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlar va operatsiyalar vaqtida, ushbu hududda xodimga bevosita xavfli va zararli omillarning ta’sirini chegaralovchi himoya ekrani o‘rnatilgan maxsus stendlar bo‘lishi yoki ushbu operatsiyalar mexanizatsiyalangan (avtomatlashtirilgan) qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim. Texnologik jarayon buzilgan hollarda xodimlarga zararli va xavfli omillarning ta’sir etishi istisno qilinishi va ular uchun ish bajarilayotgan joyni zudlik bilan va hech qanday qiyinchiliksiz tark etish imkoniyati ta’minlanishi zarur. 130. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm o‘lchamlari ishlarni bajaruvchi texnologik qurilmalar pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq bo‘lishi lozim. 131. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 132. Vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. 133. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirish joyida harakat yo‘nalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak. 134. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlar stellajlari oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yo‘lakka qo‘shimcha qo‘llaniladigan transport vositalari o‘lchamlari kengligidagi yo‘l bo‘lishi lozim. 135. Tashkilotlar tomonidan chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini qisqartirish, ularni zararsizlantirish, qayta ishlash, saralash, saqlash, ko‘mib tashlash va utillashtirish ishlari belgilangan talablarga rioya qilish orqali amalga oshirilishi lozim. 136. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan ta’minlangan holda saqlanishi lozim. 137. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi. Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Chiqindilarni yig‘ish, joylashtirish va tashishni ta’minlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari bo‘yicha o‘qitilgan bo‘lishi kerak. 138. Barcha quvur o‘tkazgichlar loyihalashtirilishi lozim. 139. Tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan quvur o‘tkazgichlar doimo ko‘zdan kechirilishi va ta’mirlanishi lozim. 140. Barcha o‘rnatilgan quvur o‘tkazgichlar foydalanishga topshirilishidan oldin va ta’mirlashdan so‘ng tekshiruvdan va gidravlik sinov natijalari aks etgan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. 141. Tiqin armaturasi va uning joylashishi har bir agregatni ishonchli o‘chirilishini ta’minlashi kerak. 142. Avtoklav bo‘limidagi vodorod, yog‘, katalizator, inert gaz va suv o‘tadigan quvur o‘tkazgichlarda orqaga qaytarish klapanlari bo‘lishi shart. 143. Distillyator, dezorator va boshqa ishlab chiqarish uskunalarining bug‘lantirish uchun kuchli bug‘ beriladigan quvur o‘tkazgichlarida ortga (Suyuqlik yoki gaz fazaning yo‘nalishini faqat bir tomonlama tarafga harakat qilishini ta’minlaydigan moslama) klapani, berkitish ventili, manometri, saqlash va reduksion klapanlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 144. Yangi va ta’mirlangan (texnologik qurilmalarni avariya va noxush hodisadan) saqlash klapanlarining germetikligini tekshirilishi va stendda tartibga solinishi uning texnik pasportiga qayd etilishi lozim. 145. Toksik, yonuvchan, portlovchan moddalar haydaladigan quvurlarni maishiy, yordamchi, omborxona, boshqaruv va xo‘jalik xonalari, transformator xonalari va zina yo‘laklaridan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 146. Yuqori bosim ostidagi bug‘ tizimiga gidravlik turtki berishning oldini olish uchun bug‘ ochqichini tez ochish va bug‘ning to‘planishi natijasida vujudga kelgan suv qaytargichni havo oqimi bilan tozalamasdan ochish taqiqlanadi. 147. Yonuvchan va portlovchan moddalar quvurlarini ochiq olovda qizdirish taqiqlanadi. 148. Tiqin armaturasi qoidaga ko‘ra poldan 3,6 m dan baland bo‘lmagan balandlikka o‘rnatilishi lozim. Ular poldan 1,6 m dan balandda joylashtirilgan hollarda, ko‘chmas asosga o‘rnatilgan narvonli maydoncha yoki uni poldan ta’mirlash mumkin bo‘lgan moslamasi bo‘lishi kerak. 149. Qayta o‘rnatilayotgan va ta’mirlangan tiqin armaturasi zichligi stendda 5 minut ishchi bosim ostida sinalishi kerak. 150. Armaturada uning dastasi va maxoviklarining aylanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi yo‘nalish belgisi bo‘lishi kerak. Barcha jo‘mraklarning old qismida o‘yilgan tiqin holatini ko‘rsatish belgilari oq rangda ko‘rsatilishi shart. 151. Sexlarda (ishlab chiqarish maydonlarida) tiqin, tartibga soluvchi va saqlash armaturalari ko‘rsatilgan quvur o‘tkazgichlarining o‘tkazilish tartibi va nazorat-o‘lchash asboblari tasviri osib qo‘yilishi shart. Chizmadagi tiqin armaturalari raqami va boshqa belgilar texnologik reglamentga mos kelishi shart. 152. Elektrodvigatellarni ishga tushirish qurilmalarida ularning funksional vazifalarini ko‘rsatuvchi yozuv bo‘lishi kerak. 153. Quvur o‘tkazgichlarda mahsulot yo‘nalishini ko‘rsatuvchi stryelkalar bo‘lishi kerak. Tiqin armaturasining chizmada tartib raqami yozilgan bo‘lishi kerak. 154. Quvur o‘tkazgichlarni yotqizishda ular osilishi va to‘planib qoladigan joy hosil qilmasligi, yuborilayotgan material tiqilmasligi, kommunikatsiya cho‘zilib ketmasligini ta’minlashi lozim. 155. Emirilishga uchraydigan apparat va quvur o‘tkazgich devorlarining qalinligi va tarkibi tasdiqlangan reja-jadvalga asosan tekshirilishi kerak. Quvur o‘tkazgichlarni tashqi omillar ta’sirida yemirilishdan saqlash choralari loyiha asosida olib borilishi kerak. 156. Texnologik apparat va quvur o‘tkazgichlarga o‘rnatilgan saqlash klapanlari bug‘ va suyuqlikni xavfsiz joyga chiqarish yo‘liga ega bo‘lishi lozim. 157. Flansli birikmalar tashqaridan kuzatish mumkin bo‘lgan va ochiq, ta’mirlash va o‘rnatish uchun qulay bo‘lgan joylarga joylashtirilishi kerak. Yog‘li, eritkichli, agressiv suyuqlik quvur o‘tkazgichlarining flans birikmalari kishilar o‘tish joylari va ish maydonlari ustidan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 158. Jipslashtirish konstruksiyasi, to‘shama materiali va flans birikmalarini o‘rnatilishi texnologik tizimni ta’mirlash oralig‘ida bajarilganda yemiriluvchan birikmalar germetikligini ta’minlashi shart. 159. Bug‘ tizimiga gidravlik ta’sir ko‘rsatmaslik uchun bug‘ ventillarini tez ochish va kondensat uzatgichini havolatmay ochish taqiqlanadi. 160. Quvurlar o‘tkazgichlarning tashqi devori 45°C gradusdan yuqori bo‘lgan barcha issiqlik tarqatuvchilari issiqlik izolatsiyasi bilan qoplanishi shart. 161. Issiqlik izolatsiyasi materiallari silliq, namlikka va mexanik zararlanishga chidamli va issiq yuzalar uchun o‘tga chidamli bo‘lishi kerak. 162. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining harakatlanuvchi qismlari GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, to‘xtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. 163. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining elementlari (elektr o‘tkazgichlari, o‘tkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan bo‘lishi lozim. 164. Katta o‘lchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat ko‘rsatish, tekshirish, ta’mirlash va sozlash uchun qulay hamda erdan 2 m va undan baland joylashgan to‘siqlari va zinalari bor maydonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 165. Asbob-uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi ko‘rsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari bo‘lishi lozim. 166. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari quyidagilar bilan ta’minlanishi lozim: o‘chirib qo‘yilgan yoki nosoz ishlab chiqarish asbob-uskunasining ishlashi cheklab qo‘yilishi; xavf tug‘ilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi; faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri tugagandan so‘nggina himoya vazifasi tugatilishini ta’minlash; himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qo‘shimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalari bilan himoyalash vazifasi ta’minlanishi; xizmat ko‘rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo‘lgan joyda o‘rnatilgan bo‘lishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan ta’minlanishi. 167. Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar o‘tkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin bo‘lgan elementlarga, shuningdek to‘silmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega bo‘lmasligi lozim. 168. Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashi kerak. 169. Asbob-uskunalarning konstruksiyasi, uning tarkibiy qismi bo‘lgan bug‘ o‘tkazgichlar, elektr simlarining bexosdan zararlanish xavfini bartaraf etishi kerak. 170. Asbob-uskunalarning konstruksiyasi xodimlarning jarohat olishiga sabab bo‘ladigan o‘tkir bo‘g‘inli, hoshiyali, g‘adir-budur va tikanli bo‘lmasligi kerak. 171. Asbob-uskunalarni holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan reja jadval asosida olib borilishi kerak. 172. Asbob-uskunalarni o‘rnatish, ta’mirlash, tozalash, ko‘tarish va o‘rnini almashtirish ishlari javobgar shaxs nazorati ostida mexanizatsiya yordamida bajarilishi shart. 173. Har bir asbob-uskunaning pasporti, kommunikatsiyalarga ulanish chizmasi, konstruksiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar, foydalanishga qabul qilish hujjatlari, shuningdek xavfsiz foydalanish qo‘llanmasi bo‘lishi kerak. 174. Har bir asbob-uskunadan foydalanish sharoitlarini hisobga olgan holda, xizmat qilish muddati belgilanishi va bu muddat uning pasportida qayd etilishi lozim. 175. Asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari, keltiruvchi, uzatuvchi mexanizmlari, uning qismlari (shkiv, qayishlar, zanjirlar, aylanuvchi vallar) uskunaning korpusida joylashgan bo‘lishi kerak. 176. Himoyalash konstruksiyasi qo‘shimcha shovqin, tebranish, xavfli vaziyat yuzaga keltirmasligi, uskunaga xizmat ko‘rsatishni qiyinlashtirmasligi kerak. 177. Tez-tez kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, to‘r va boshqalar) yoki tez ochiladigan bo‘lishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar, ular ochilganida yoki olib tashlanganida avtomatik ravishda uskunalar ishini to‘xtatish bloklari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. 178. Asbob-uskunalarni boshqarish tizimida xodimlarning jarohatlanish xavfini bartaraf etish maqsadida xavfli vaziyatlarda tormozlanish va halokatni to‘xtatish vositalari, shuningdek uskunani buzilishi haqida ogohlantiruvchi signal berish vositalari bo‘lishi lozim. 179. Boshqaruv organlari joylashuvi va konstruksiyasi uskunalarning to‘satdan harakatga kelishining oldini olishi lozim. 180. O‘tish uchun eng kam oraliqlar uskunalarning bo‘rtib turgan qismlarini hisobga olgan holda qoldirilishi shart. 181. Himoyalash qurilmalari yo‘q yoki nosoz bo‘lgan asbob-uskunalardan foydalanish taqiqlanadi. 182. Gazgolderning ko‘rinarli joyida “Portlovchan!”, “Chekish man etiladi!” degan yozuvlar bo‘lishi kerak. 183. Foydalanish jarayonida bir-biri bilan ishqalanganda uchqun chiqarishi mumkin bo‘lgan asbob-uskunalarni gazgolderning ichki yarim o‘ralari va gaz kiritish kamerasiga o‘rnatish taqiqlanadi. 184. Sharnirga mahkamlangan, ilgakka ilingan yoki suriluvchi panjaralar ishga tushirish qurilmasi bilan bloklangan bo‘lishi lozim. 185. Vakuum ostida ishlovchi apparatlar vakummetr va apparat ichidagi bosimni atmosfera bosimiga tenglashtiruvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak. 186. Quvur o‘tkazgich, apparat va tiqin armaturasi flyansi, lyuk va tushish o‘rasi qopqog‘ining teshiklaridan birida mahkamlovchi bolti bo‘lmasa ishlatishga ruxsat etilmaydi. 187. Ish vaqtida apparatni ko‘rish fonari va lyuklarini ochish taqiqlanadi. Apparatdan foydalanish vaqtida ishlov berilayotgan materialning texnologik qo‘llanmada ko‘zda tutilgan miqdori saqlanishi kerak. 188. Harorat va bosimni kuzatish lozim bo‘lgan va ish joyidan uzoqda joylashgan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish mumkin bo‘lmagan apparat va agregatlar joylarda ko‘rsatish va masofadan ko‘rsatish asboblari bilan ta’minlanishi kerak. 189. Uskunalarning 45°C gradusdan yuqori bo‘lgan barcha issiqlik tarqatuvchi tashqi devorlari tashqi ta’sirlardan himoya qilingan bo‘lishi shart. 190. Gidridlangan moylar va xomashyo aralashmasini saqlash sig‘imlari (rezervuar, bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk bo‘shatish paytida chang tutish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Chang tutish moslamalari ishga yaroqsiz bo‘lganda siloslarni ishlatish man etiladi. 191. Sig‘imlarning tepasi perimetri bo‘yicha to‘silgan bo‘lishi va to‘siqlar GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar” talablari bo‘yicha bajarilishi kerak. 192. Sig‘imlar galereyasidagi oynaning romlari ochiq holatda ushlab turish uchun moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Oyna romini ochish galereya polidan turib amalga oshirilishi kerak. 193. Sig‘imlar galereyasi truboprovodlaridan o‘tish uchun o‘tish ko‘priklarini o‘rnatilishi GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim. 194. Sig‘im ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak: sig‘imga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tiqin jo‘mraklari yopilishi va GOST 12.4.026-76 bo‘yicha “Tiqin jo‘mraklari ochilmasin, odamlar ishlayapti!” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi. sig‘imga tushayotganlarda ish bajarish uchun asboblar, yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya yoki bog‘lovchi (signal, arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) vositalari bilan ta’minlanishi. 195. Kajavalar o‘tirgich, oyoq uchun tirgovich, to‘siq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (cho‘ntaklar, xomutlar va boshqalar) bo‘lishi lozim. 196. Kajava to‘sig‘ining balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi, qo‘shimcha to‘siq planka balandligi 0,6 m bo‘lishi, lyulkani osib qo‘yish vositalari uning to‘nkarilishini bartaraf qilishi lozim. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunalari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq bo‘lishi lozim. 197. Tashkilotning ta’mirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yo‘riqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini ta’minlashi lozim. 198. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi ta’mirlashni qat’iy bajarilishi hamda ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim. 199. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida ta’mirlashni o‘tkazishga javobgar shaxslar, shuningdek ta’mirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini ta’minlovchi choralar ko‘rsatilishi lozim. 200. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim. 201. Barcha hollarda ta’mirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning o‘rinbosari bilan kelishilishi lozim. 202. Ta’mirlash ishlari bajariladigan hudud to‘silgan holatda bo‘lishi va u erda xavfsizlik plakati va belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 203. Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval ta’mirlashda band bo‘lgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazilishi lozim. 204. Nosoz yuk ko‘taruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi. 205. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yig‘ishtirib qo‘yilishi lozim. 206. Ta’mirlash paytida ish joylarini, yo‘llarni, yo‘laklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yish taqiqlanadi. 207. Havoza va to‘shamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 208. Ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr o‘tkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida bo‘lgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan o‘chirib qo‘yilgan yoki maxsus izolatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan bo‘lishi lozim. 209. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda ta’mirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati ko‘pi bilan 40°C gacha pasaytirilgandan so‘ng ruxsat etiladi. 210. Barcha ta’mirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim. 211. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim. 212. Ta’mirlash olib borilayotgan joy va barcha o‘tish joylari belgilangan me’yorlarga muvofiq yoritilishi lozim. 213. Ta’mirlash tugagach barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, to‘siqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar o‘z joyiga o‘rnatilishi lozim. Barcha turdagi ta’mirlash ishlari tarmoq (idoraviy) nizomlariga muvofiq tuzilgan va tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot ta’mirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim. 214. Yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr uskunalarida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun yetarli tajribaga ega bo‘lgan va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha toifasi IV guruhdan past bo‘lmagan xodim tomonidan 1000 V dan yuqori bo‘lgan kuchlanishdagi va malaka toifasi III guruhdan kam bo‘lmagan xodim tomonidan 1000 V gacha kuchlanishga ega bo‘lgan uskunalar bilan ishlashga ruxsat beriladi. 215. Barcha zararli va portlovchi gazlar bo‘lgan hamda gazlar yig‘ilish ehtimoli bor xonalarda ta’mirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek ta’mirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur. 216. Ta’mirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bug‘lar ajralib chiqaruvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Ta’mirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bug‘, gaz bor-yo‘qligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi. 217. Vodorod, salomas, tizimidagi oqizish jo‘mraklari tiqilganda va vodorodni tozalash tizimida tiqinlarni ochishga faqat latun yoki mis simlar ishlatilishi lozim. 218. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur o‘tkazgich va mufta qobig‘ida turish taqiqlanadi. 219. Xodimlarning o‘tishi, shuningdek asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarini olib o‘tish uchun mo‘ljallangan yo‘llar sirpanchiq bo‘lmasligi kerak. 220. Zararli va portlovchan moddalar ishlatiluvchi asbob-uskuna va quvur o‘tkazgichlar devorining qalinligi (texnik ko‘rikdan o‘tkazish, parmalash, ultratovush yordamida) belgilangan muddatlarda tekshirib turilishi lozim. 221. Asbob-uskuna va quvur o‘tkazgichlarda ortiqcha bosim borligida boltlarni va shpilkalarni tortish taqiqlanadi. 222. Barcha portlab yonish xavfi bo‘lgan binolarda tortish shamollatish tizimi o‘chirilganda, rejali va ogohlantirish ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi. 223. Asbob-uskuna (rezervuar)da ta’mirlash ishlari boshlanishidan oldin, unga ulangan barcha quvur o‘tkazgichlardan to‘sqich bilan to‘silgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda o‘tkir bug‘ bilan bug‘lantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan bo‘lishi kerak. 224. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa ta’mirlash ishlari ularni bajarish jarayonida ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay xavfli vaziyat yuzaga keltirish sharoitlari aniqlanganda to‘xtatilishi shart. 225. Apparat, sig‘im va quduqlarni ochish, ularni tekshiruvdan o‘tkazish, tozalash va ta’mirlash ishlari sex boshlig‘ining yozma ko‘rsatmasiga asosan (avariya hollaridan tashqari) muhandis-texnik shaxslarning uzluksiz nazoratida va ishga kirishish ruxsatnomasi to‘ldirilgandan so‘ng amalga oshirilishi lozim. 226. Xodimlarni apparat (rezervuar) ichiga tushirishdan oldin unga ulangan barcha quvur o‘tkazgichlar to‘sqichlar bilan berkitilgan, texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan, o‘tkir hidli qoldiqlar neytrallashtiruvchilar bilan xavfsizlantirilgan, suv bilan yuvilgan (yoki bug‘langan) hamda 40°C ga qadar sovutilgan va shamollatilgan bo‘lishi kerak. 227. O‘z tuzilishida harakatlanuvchi qismlari bo‘lgan apparatlarga xodimlar tushirilishidan oldin, uni o‘chirish bilan quvvatsizlantirilishi, xavfsizlik qo‘shimchasi olinib, “Yoqilmasin, xodimlar ishlamoqda!” degan ogohlantirish yozuvi ilib qo‘yilishi kerak. 228. Apparat, sig‘im va quduqlarning ichidagi havodan olingan namunaning tahlili ularning ichidagi havoda hajmi bo‘yicha kamida 20 foiz kislorod borligini va ammiak, sirka kislotasi va boshqa zararli aralashmalar yo‘qligini ko‘rsatgan taqdirdagina ularning ichida ishlarni bajarishga ruxsat etilishi lozim. 229. Ishlar mas’ul muhandis-texnik xodimning rahbarligida kamida uch xodim tomonidan bajarilishi, ulardan biri apparat, idish yoki quduqning ichida bo‘lishi, ikkinchisi esa yuqorida turib qutqarish arqonini ushlagan holda ichkarida ishlayotgan xodimni kuzatib turishi va quduqning yonidan ketmasligi lozim. 230. Apparatning ichida ishlayotgan xodimning sog‘lig‘i yomonlashsa, u darhol ishni to‘xtatib, tashqariga chiqishi lozim. Zarur hollarda kuzatib turuvchi va ish rahbari jabrlangan xodimni tashqariga chiqarib olishlari shart. 231. Xodim avariya holatlarida ichida gaz bor yoki havo almashinuvi yetishmaydigan apparatlar, sig‘imlar, quduqlarda ta’mirlash ishlarini boshlashidan oldin shlangli protivogazni kiyishi lozim. Shlangning orqa uchi toza havoli hududga chiqarib, mahkamlanib qo‘yilishi shart. 232. Shlangli protivogazda tanaffussiz ishlash muddati 15 daqiqadan oshmasligi shart, shundan so‘ng xodim 15 daqiqa ochiq havoda dam olishi lozim. 233. Idishlarni, ularning ichiga xodimlarning tushishi bilan bog‘liq ishlarga tayyorlash, hamda ishlash paytidagi ko‘riladigan xavfsizlik choralari naryad-ruxsatnomada bayon qilingan bo‘lishi lozim. 234. Ta’mirlash jarayonida yong‘in xavfsizligi choralarini ta’minlash uchun javobgarlik olovli ishlar olib boriladigan sex, tajribaxona, ustaxona, omborxona, bo‘lim rahbarlariga yuklatilishi kerak. 235. Vaqtinchalik payvandlash ishlari va boshqa olovli ishlar bajariladigan joylar obyektning yong‘in xavfsizligi uchun javobgar shaxsining (muassasa, sex, laboratoriya, ustaxona, omborxona va shu kabilarning rahbari) yozma ruxsati bilan aniqlanishi lozim. 236. Olovli ishlar bilan bog‘liq ta’mirlashga yong‘in xavfsizligi talablarini bilishi belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tgan va maxsus ruxsatnoma berilgan xodimlar qo‘yilishi lozim. 237. Olovli ishlarni boshlashdan oldin, ushbu ishlarni bajaruvchi xodimlar mazkur ishlab chiqarishda ishlarni bexatar bajarish qoidalari bilan tanishtirilishi lozim. 238. Ishlab turgan portlash xavfi bor obyektlar va ishlab chiqarish qurilmalariga 25 m gacha bo‘lgan masofadagi hududlarda olovli ishlarni bajarish taqiqlanadi. 239. Olovli ishlar bajarilayotgan ish joylarida xavf yuzaga kelgan zahotiyoq ish to‘xtatilishi shart. 240. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi. 241. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 242. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aksionerlik temir yo‘l kompaniyasi va “Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
98
55,464
Qonunchilik
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORIDA ANDERRAYTING FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil 29-30-son, 278-modda) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq buyuraman: 1. Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining 1999-yil 21-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizomga (1999-yil 28-dekabr, ro‘yxat raqami 860) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
118
955
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINING KAPITALLAShUV DARAJASINI YaNADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2008 YIL 11 YaNVARDAGI PQ-775-SON QARORIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko‘paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 11-yanvardagi PQ-775-son qaroriga ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
244
755
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 7-mh-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3115, 2019-yil 9-yanvar) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/3115/2443-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. Buyruqning nomi, muqaddimasi va 1-bandidagi “kollejlarida” degan so‘z “texnikumlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin. 2. Nizomda: a) nomidagi “kollejlarida” degan so‘z “texnikumlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida (keyingi o‘rinlarda yuridik texnikum deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.”; v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: yakuniy davlat attestatsiyasi — o‘quvchilarning bilim, malaka va ulardan foydalanish ko‘nikmasi darajasini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash orqali o‘quvchilarga kichik mutaxassis malaka darajasi va ularga yuridik texnikumni tugatganligi to‘g‘risida diplomni berish masalasini hal etuvchi ta’lim sifatini nazorat qilishning turi; yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi (komissiya) — tegishli mutaxassisliklar va kasblar bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish uchun yuridik texnikum xodimlari, shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti, ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari bilan kelishilgan holda ushbu tashkilotlarning vakillaridan iborat komissiya; yakuniy davlat attestatsiya sinovlari (attestatsiya sinovlari) — yuridik texnikumning o‘quv rejasidagi mutaxassislik va xorijiy til (ingliz, nemis, fransuz) fanlarining majmui.”; g) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi va 25-bandning birinchi xatboshisidagi “kollejni” degan so‘z “texnikumni” degan so‘z bilan almashtirilsin; d) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Yuridik texnikum direktori komissiya tarkibini shakllantirish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.”; e) 4, 10, 14 va 27-bandlardagi “kollej” degan so‘z “texnikum” degan so‘z bilan almashtirilsin; j) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Komissiya raisi yuridik texnikumda ishlamayotgan mutaxassislardan bo‘lishi lozim. Bir shaxs ketma-ket bir yuridik texnikumda ikki martadan ortiq komissiya raisi bo‘lishi mumkin emas. Komissiya a’zosi yuridik texnikum o‘quvchilariga o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, shuningdek manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi. z) 6-banddagi “kollejlar” degan so‘z “texnikumlar” degan so‘z bilan almashtirilsin; i) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “17. Attestatsiya sinovlarining savollari o‘quv dasturlar mazmunini to‘liq qamrab olgan holda yuridik texnikumning tegishli kafedralari tomonidan shakllantiriladi. Savollar attestatsiya sinovlaridan 6 oy oldin ekspertizadan o‘tkazish uchun TDYUga taqdim etiladi. TDYU tomonidan savollar 20 ish kuni davomida ekspertizadan o‘tkaziladi va tegishli ekspertiza xulosalari yuridik texnikumga yuboriladi.”; k) 28-bandning birinchi xatboshisidagi “kollejning” va “kollej” degan so‘zlar tegishlicha “texnikumning” va “texnikum” degan so‘z bilan almashtirilsin; l) 34-banddagi “kollejning” degan so‘z “texnikumning” degan so‘z bilan almashtirilsin; m) ilova belgisi va ilova matnidagi “kollejlarida” degan so‘z “texnikumlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan.
220
6,058
Qonunchilik
O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009—2014-yillarda O‘zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, yangi ish o‘rinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral yonidagi yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston milliy avtomagistrali yonidagi mavjud yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlari ularning shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan yalpi xatlovdan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari belgilangan tartibda: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2010-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda qo‘riqlanadigan zonada hamda O‘zbekiston milliy avtomagistralining yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlarini joylashtirishga mo‘ljallangan qo‘riqlanadigan zonasiga tutash hududda joylashgan, shaharsozlik norma va qoidalariga javob bermaydigan bino va inshootlarning buzib tashlanishini; yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlariga, shuningdek ko‘chiriladigan obyektlar qayta joylashtiriladigan joylarga zarur muhandislik kommunikatsiyalarini obyektlar qurilishidan oldin o‘tkazish chora-tadbirlari ko‘rilishini; O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda — O‘zbekiston milliy avtomagistrali bo‘ylab yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish bo‘yicha Nizom talablariga qat’iy va so‘zsiz rioya etilishini ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi yo‘l infratuzilmasi va servisi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini, shuningdek qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda tizimli nazorat amalga oshirilishini ta’minlasin. 9. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
118
2,698
Qonunchilik
Narkologik kasallikka chalingan shaхslarni majburiy davolash tartibi oʻzgartiriladi
27.10.2020 yildagi «Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida»gi OʻRQ-644-son Qonun e’lon qilindi. Hujjat 3 oy oʻtgach kuchga kiradi va amaldagi «Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida»gi Qonunning oʻrnini egallaydi. Qonunda Hukumat, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV hamda mahalliy ijro etuvchi organlarning narkologik yordam sohasidagi vakolatlari belgilangan. Narkologik kasalliklar profilaktikasida ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari, mehnat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ham ishtirok etadi. Profilaktika mazkur holatda chora-tadbirlar kompleksi sifatida quyidagilarni oʻz ichiga oladi: Aholiga narkologik yordam quyidagi muassasalarda koʻrsatiladi: a) davlat sogʻliqni saqlash tizimining tegishli muassasalarida. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va mamlakatning yirik shaharlarida respublika, viloyat, shahar yoki tumanlararo darajada mustaqil davolash-profilaktika muassasalari sifatida narkologiya dispanserlari tashkil etiladi. Bunda quyidagilar tomonidan yordam koʻrsatiladi:  b) «Narkologiya» iхtisosligi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan хususiy tibbiy muassasalar. Narkologik yordam, shu jumladan profilaktika va dispanser nazorati (hisobga qoʻyish), davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi batafsil qayd etilgan. Iхtiyoriy tartib – kasallikka chalingan shaхsning yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi bilan hamda yordam rad etilgan taqdirda, majburiy davolash tartibi belgilangan. Majburiy davolash narkologik kasalliklarga chalingan, atrofdagilarning хavfsizligi va sogʻligʻiga tahdid solayotgan yoхud jamoat tartibini buzayotgan, psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatida ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun bir yil ichida bir martadan ortiq ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaхslarga nisbatan sudning qarori asosida qoʻllaniladi. Meхanizm bir necha bosqichdan iborat: Narkologik kasallikka chalingan shaхslar terapiyadan oʻtadilar: a) majburiy davolanishda boʻlish davrida – narkologiya muassasalari qoshida tashkil etiladigan yoki sanoat, qurilish, qishloq хoʻjaligi korхonalarida tashkil etiladigan mehnat terapiyasidan oʻtiladi. Bu haqda mehnat daftarchasida tegishli yozuv qayd etiladi (mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda – ma’lumotnoma beriladi). Toʻlanadigan ish haqi quyidagicha taqsimlanadi: 35%i – narkologiya muassasasining byudjetdan tashqari maхsus hisobraqamiga, qolgan qismi soliqlar, aliment va boshqa ushlanmalarni chegirib tashlagan holda mehnat terapiyasidan oʻtayotgan shaхsning shaхsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi; b) majburiy davolash muddati tugaganidan keyin kasallik qaytalanishiga qarshi terapiyadan oʻtiladi. Bu majburiy hisoblanadi, undan bosh tortilgan taqdirda, shaхs majburiy ravishda olib kelinadi va yashash joyidagi narkologiya muassasalariga terapiyadan oʻtish uchun joylashtiriladi. Tartib Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek hujjatda quyidagilarni oʻtkazishning umumiy jihatlari belgilangan: birinchidan, narkologik ekspertiza – narkologiya muassasalarida quyidagilar asosida oʻtkaziladi: ikkinchidan, psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruv – narkologiya dispanserlari yoki boshqa davolash-profilaktika muassasalari tuzilmasida tashkil etiladigan maхsus kabinetlarda narkolog shifokorlar yoki maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan boshqa iхtisoslikdagi shifokorlar tomonidan oʻtkaziladi. Tibbiy tekshiruv natijalaridan norozi boʻlgan shaхslar natijalar ustidan shikoyat qilishga haqli. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 29.01.2021 yildan kuchga kiradi. Oleg Zamanov.
83
3,732
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 30 nafar bo‘lgan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda — Inspeksiya) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, Inspeksiya tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki: Inspeksiya respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; Inspeksiya boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari Inspeksiya boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Inspeksiya boshlig‘i maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi. 3. Inspeksiya xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalash shartlari tatbiq etilsin. 4. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin. 5. Belgilab qo‘yilsinki: a) quyidagilar Jamg‘armani shakllantirish manbalari hisoblanadi: alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki etil spirti hamda alkogol mahsulotlarning noqonuniy aylanmasi uchun to‘lanadigan jarima summasining 50 foizi; etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablari buzilganligi uchun tayinlanadigan jarimalar; etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun to‘lanadigan yig‘imlar; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan tushadigan alkogol mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ajratmalari summasining 10 foizi miqdoridagi tushumlar; xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablag‘lari) va grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar; b) Jamg‘arma mablag‘laridan Inspeksiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish hamda ularga qo‘shimcha haq to‘lash, Inspeksiya markaziy apparatini ta’minlash, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Inspeksiyani unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlasin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining budjetdan tashqari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin. 8. Inspeksiya ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga: iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarishga doir faoliyatni litsenziyalash tartibi, shuningdek, litsenziya talablarini buzganlik uchun qo‘llanadigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizomni; iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo‘yicha “tahlil tavakkali” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni kiritsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: 2022-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida Inspeksiyani ta’minlash uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin; Inspeksiyaga 4 ta avtotransport vositasini, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash limitini belgilasin; Inspeksiyaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra ma’muriy binosini ta’mirlashga va uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun zarur uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini xarid qilishga zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin. 10. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar quyidagilarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: texnik va tibbiy etil spirtidan oziq-ovqat maqsadlarida foydalanishning oldini olishga doir chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflar; xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda iste’mol va texnik etil spirtini hamda alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yagona texnologik va texnik reglament. 11. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini (bundan keyin — hisobga olish axborot tizimi) joriy etishni ta’minlansin, bunda quyidagilar ko‘zda tutilsin: 2019-yil 1-sentabrdan boshlab mulkdorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarishda o‘lchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini o‘rnatish. Bunda o‘lchov uskunalari hamda boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarining tiplari va turlari Inspeksiya tomonidan belgilanadi; 2019-yil 1-oktabrga qadar “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ tomonidan hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish; 2020-yil 1-yanvarga qadar hisobga olish axborot tizimini o‘zaro axborot almashinuvini o‘rnatish uchun moliya, iqtisodiyot organlari, shuningdek soliq va bojxona xizmatlari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirish; 2019-yil 31-dekabrga qadar iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining barcha ishlab chiqaruvchilarini, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligini uzumzorlarning yagona reyestrini yuritish hamda uzum, meva va rezavorlardan alkogol mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun hisobga olish axborot tizimiga ulash. 12. Belgilab qo‘yilsinki: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 50 foiz hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 50 foiz — hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ushbu tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi; 2019-yil 1-iyundan boshlab iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tovar-transport hujjatlari va tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnomalar bilan birga olib boriladigan elektron hisob-fakturalarni yuritishga majburiy tartibda o‘tadi; hisobga olish axborot tizimini joriy etish va unda ishlash, shuningdek elektron hisob-fakturalardan foydalanish iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi. 13. Moliya vazirligi Inspeksiya bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonalarida hisobga olish axborot tizimini takomillashtirish va moliyaviy inspektorlar lavozimini optimallashtirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Inspeksiyani statistik axborot majburiy tarqatiladigan reyestrga kiritsin, shuningdek belgilangan tartibda doimiy asosda Inspeksiya so‘rovlariga muvofiq uni zarur qo‘shimcha statistik axborot bilan ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Inspeksiyani zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali internet tarmog‘iga ulanishini belgilangan tartibda ta’minlansin. 16. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorovga — Inspeksiya faoliyatini samarali tashkil etish masalalarini, tashkiliy-texnikaviy, moliyaviy, huquqiy va boshqa tadbirlarni hal etish uchun; O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimovga — alkogol va tamaki mahsulotlarining respublikaga noqonuniy olib kirilishining oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish uchun; O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayevga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i D.F. Raximovga — respublika hududida noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlarining sotilishiga qarshi kurashishga qaratilgan qonun hujjatlarining samarali ijrosini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin. 17. Inspeksiya manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilsin. 18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
146
11,219
Qonunchilik
“Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-400-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 3-avgustda kiritilgan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL-400-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
156
671
Qonunchilik
Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida
Respublika sanoat tarmoqlari uchun malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini (keyingi o‘rinlarda “MMFI” MTYAU filiali deb yuritiladi) ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar “MMFI” MTYAU filiali faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblansin: yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoq ehtiyojlarini qondirish uchun eng muhim ilmiy-texnologik ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash; mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim va ilm-fan uzluksizligi va izchilligi prinsipi, shuningdek, jahon ta’lim hamda ilmiy hamjamiyatiga muvofiq ravishda albatta integratsiyalashtirish asosida rivojlantirish; yadro fizikasi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim dasturlari va o‘qitish shakllarini ishlab chiqish hamda joriy etish; pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitishning pedagogik uslublari va texnologiyalarini faol takomillashtirish; ta’lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish hamda mustahkamlash. 3. Belgilab qo‘yilsinki: “MMFI” MTYAU filiali oliy ta’lim muassasasi — yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan notijorat tashkilot shaklidagi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi; “MMFI” MTYAU filiali “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi o‘rinlarda — bosh muassasa) alohida bo‘linmasi sifatida kadrlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda, bosh muassasa bilan kelishilgan o‘qitishning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, shu jumladan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi; “MMFI” MTYAU filiali o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi; “MMFI” MTYAU filialida o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlarining talablari inobatga olingan holda, bosh muassasa tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi; “MMFI” MTYAU filialining ta’lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi; “MMFI” MTYAU filialiga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda, bosh muassasa tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi; “MMFI” MTYAU filiali bitiruvchilariga o‘qish tamomlanganidan so‘ng bosh muassasaning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va bu diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi. 4. Bosh muassasa: o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalari, ilm-fan va texnikaning eng yangi yutuqlari joriy etilishini; “MMFI” MTYAU filiali mutaxassislarining malakasi oshirilishini va professor-o‘qituvchilarining qayta tayyorlanishini; “MMFI” MTYAU filiali kutubxona fondining shakllantirilishi hamda zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan to‘ldirilishini ta’minlashga ko‘maklashishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 5. Quyidagilar: “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahridagi filialida mutaxassislarni o‘qitish va tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) 1-ilovaga muvofiq; “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining (keyingi o‘rinlarda — Vasiylik kengashi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq; “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) filialini Toshkent shahrida tashkil etish bo‘yicha Tashkiliy komissiya tarkibi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 6. Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ulug‘bek shaharchasi, Xuroson ko‘chasi 1-uyda joylashgan qurilishi tugallanmagan radiokimyoviy kompleks unga tutash hududlari bilan birga beg‘araz foydalanish huquqi asosida keyinchalik joylashtirish uchun “MMFI” MTYAU filialiga berilsin. 7. Tashkiliy komissiya (A.S. Sultanov): 2019-yil 1-iyulga qadar muddatda “MMFI” MTYAU filiali bino va inshootlarining rekonstruksiya qilinishini, shuningdek, “MMFI” MTYAU filiali talabalari va o‘qituvchilari yashashi uchun yotoqxona tayyorlanishini; 2019-yil 31-avgustga qadar muddatda “MMFI” MTYAU filiali joylashtirilishini hamda uning zarur mebel, inventarlar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini ta’minlasin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda ularga “MMFI” MTYAU filialining bino va inshootlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash hamda jihozlash yuzasidan loyihalarning belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin. 9. Belgilab qo‘yilsinki: a) “MMFI” MTYAU filialining qabul parametrlari bosh muassasa, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi; b) Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq “MMFI” MTYAU filiali xodimlariga ularning yuqori malakasi, ixtisoslashtirilgan kompyuter komplekslari bilan ishlash ko‘nikmalari uchun “MMFI” MTYAU filiali va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan shaxsiy ustama belgilanishi mumkin; v) “MMFI” MTYAU filialining davlat grantlari asosida o‘qigan bitiruvchilari respublika ishlab chiqarish-sanoat tarmoqlari tashkilotlarida kamida besh yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi; g) “MMFI” MTYAU filialining faoliyati: “MMFI” MTYAU filialiga davlat grantlari bo‘yicha qabul qilinadigan talabalarni o‘qitish, shuningdek, yadro energetikasi va texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; Vasiylik kengashining qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari; xalqaro moliya institutlarining grantlari; qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; d) “MMFI” MTYAU filialini tashkil etish, uning moddiy-texnika va o‘quv bazasini shakllantirish bo‘yicha tashkiliy-amaliy tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish, bino va inshootlarni zarur mebel, inventar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari va Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladigan mablag‘lar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi; e) bosh muassasadan jalb qilinadigan professor-o‘qituvchilarning xizmat safari xarajatlarini to‘lash: 30 sutkagacha bo‘lgan qisqa muddatli xizmat safarlari bo‘yicha — Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlari bilan oliy ta’lim muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan normalarga muvofiq; uzoq muddatli xizmat safarlari bo‘yicha, o‘quv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda — tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi; j) “MMFI” MTYAU filialini saqlash uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar 2019-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Maorif” uchun xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi. 10. “MMFI” MTYAU filialiga o‘qituvchilik va ilmiy ishlar uchun taklif etiladigan xorijiy professor va o‘qituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lashga ruxsat etilsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh muassasa hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda: bir oy muddatda belgilangan tartibda “MMFI” MTYAU filialining ta’sis hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini; ikki oy muddatda “MMFI” MTYAU filiali tashkiliy tuzilmasining tasdiqlanishini; 2019-yil 1-avgustga qadar muddatda “MMFI” MTYAU filialining malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan tanlov asosida to‘ldirilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “MMFI” MTYAU filialiga ikkita yengil xizmat avtotransport vositasini, shu jumladan bitta biriktirilgan avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “MMFI” MTYAU filialining buyurtmalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar, shuningdek, ularning oila a’zolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “MMFI” MTYAU filialining buyurtmalariga binoan xorijiy professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar, shuningdek, ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini hamda ularning O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “MMFI” MTYAU filialining buyurtmalariga binoan “MMFI” MTYAU filialini tashkil etishda va uning faoliyatida ishtirok etuvchi xorijiy malakali mutaxassislarni respublikaga jalb qilishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnoma berishni (uzaytirishni) ta’minlasin. 16. “MMFI” MTYAU filiali 2021-yil 1-yanvarga qadar muddatda “MMFI” MTYAU filialini jihozlash va uning faoliyatini ta’minlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan o‘quv va ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin. 1. Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi 2. Yadro fizikasi va texnologiyasi 3. Atom stansiyalari: loyihalashtirish, foydalanish va injiniring
185
12,625
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin: 1. “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-549-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi o‘qish). 2. “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-556-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida (ikkinchi o‘qish). 3. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-572-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi to‘g‘risida (birinchi o‘qish). 4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi QL-573-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 5. “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi QL-577-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi o‘qish). 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. Begalovning “O‘zbekistonda statistik ma’lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi va ochiqligini ta’minlash masalalari to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida. 7. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning “2019-yilda aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasining joriy yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida. 8. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatovning “Umumta’lim maktablarda o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda huquqiy bilimlarga doir o‘quv mashg‘ulotlarining ko‘lamini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqida. 9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovga “Shoshilinch tibbiy yordam va reanimatsiya bo‘limlari uchun belgilangan koykalar sonini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida” parlament so‘rovini yuborish haqida. 10. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori D. Sattarovga “Milliy standartlarni xalqaro talablarga moslashtirish, mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash, sinov laboratoriyalarini rivojlantirish va o‘lchash vositalarni qiyoslashda aholiga qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida”gi parlament so‘rovini yuborish haqida. 11. N.M. Radjapovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining a’zosi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida.
94
2,853
Qonunchilik
“DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI VA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARIDA QONUN HUJJATLARINING TURKUMLAShTIRILGAN HISOBINI YuRITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2007-yil 14-iyundagi 112-mh-son “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1689, 2007-yil 14-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 24-son, 256-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin. 1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hamda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida buyuraman:”. 2. Qoidalar muqaddimasining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-oktabrdagi 454-son “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2000-yil 5-avgustdagi 304-son “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar hamda ularning tarkibiy va hududiy tuzilmalarida (keyingi o‘rinlarda matnda davlat boshqaruvi organlari deb yuritiladi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish tartibini belgilaydi.”.
207
2,808
Qonunchilik
Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009-yil 13-oktabrdagi 107-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2050, 2009-yil 30-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlariga” degan so‘zlar “Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
183
960
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-655-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatas qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 135-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-655-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi maromiga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasiga qaytarilsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi muhokamasiga qaytadan ikkinchi o‘qishda kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
198
879
Qonunchilik
“2015-2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi”ni O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“2015 — 2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi”ni O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: “2015 — 2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi” maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasida erishish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Strategiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq; “2015 — 2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi” maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasida erishish strategiyasini 2019 — 2030-yillar davrida amalga oshirish bo‘yicha milliy harakatlar rejasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin: ofatlar xavfini kamaytirish hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish samaradorligini oshirish sohasida normativ-huquqiy va metodik bazani takomillashtirish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ilg‘or texnologiyalar va muhandislik-texnik vositalarni ishlab chiqish hamda joriy etish; favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borish va ularni prognozlashtirish tizimlarini yaratish va rivojlantirish; boshqaruv, aloqa va xabar berish tizimlarini tashkil etish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish; favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholining hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimni yaratish va rivojlantirish; aholini va rahbarlar tarkibiga kiradigan mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlash tizimini takomillashtirish. 3. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va Harakatlar rejasi so‘zsiz va zarur tarzda amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilansin. 4. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va Harakatlar rejasi amalga oshirilishiga mas’ul ijro etuvchi organ etib O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi hududining iqlim va geologik-geografik xususiyatlari, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining infratuzilmasi ko‘p turdagi favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini taqozo etadi. 2. O‘zbekiston Respublikasida quyidagi texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi mavjud: bino va inshootlarning ko‘p qismi yetarli seysmik chidamli emasligi; ayrim aholi punktlarining qator xo‘jaliklari geologik va gidrometeorologik xavfli hududlarda joylashganligi; o‘ta xavfli infeksiyalar tarqalishi uchun sharoitlar mavjudligi; suv omborlarining katta qismi seysmik xavfli hududlarda joylashganligi; xavfli ishlab chiqarish obyektlarining ko‘p joylarda faoliyat yuritishi; transport infratuzilmasi, energetika va kommunal tizimlarning keng tarmoqliligi; favqulodda ekologik vaziyat, shuningdek, ekologik ofat xududlarining mavjudligi. 3. Ilmiy tadqiqotlar yaqin o‘n yillikda tabiiy va texnogen xususiyatli lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy favqulodda vaziyatlar yuz berishi xavfi tendensiyasi oshishini tasdiqlamoqda. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi omillar iqlim o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan ekstremal hodisalar, shuningdek, tarmoqlar va hududlarning ekstremal sharoitlarda obyektlarning barqaror ishlashini ta’minlash imkoniyati bilan belgilanadi. 4. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfining va aholi zaifligining oshishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: transchegaraviy xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar xavfining ortib borishi; ekologik ifloslanish ko‘lamining kengayishi; aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tizimiga jalb qilish darajasining pastligi; favqulodda vaziyatlarda aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish tizimining sust rivojlanganligi; sanoat obyektlari texnologik uskunalaridan, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalaridan uzoq vaqt foydalanilishi va ularning eskirishi; migratsiya jarayonlarining keskin kuchayishi hamda o‘ta xavfli va karantin kasalliklari tarqalishining oshishi; urbanizatsiyaning jadal rivojlanishi, turar joy majmualari va sanoat obyektlarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinmasligi; suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik; transport tarmoqlari va logistikaning yetarli rivojlanmaganligi. 5. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning milliy tizimi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladigan Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda FVDT deb ataladi) faoliyatiga asoslanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining tegishli qarorlari asosida mamlakatda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi izchil amalga oshirilmoqda. 7. Mamlakatning mavjud resurslaridan yanada oqilona foydalanish, barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida favqulodda vaziyatlar xavfi, ko‘lami va oqibatlarini kamaytiradigan chora-tadbirlarning darajasini va aniq maqsadlarga yo‘naltirilganligini oshirish zarur. Shu munosabat bilan “2015 — 2030-yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi” maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasida erishish strategiyasini (keyingi o‘rinlarda Strategiya deb ataladi) amalga oshirish alohida ahamiyatga ega. 8. 2030-yilgacha ofatlar natijasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar sonini, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy zararni keskin kamaytirish uchun aholi va hududlarni ofatlardan kompleks himoya qilish sohasida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga erishish Strategiyaning bosh maqsadidir. 9. Bosh maqsadga erishish uchun quyidagilar Strategiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi: milliy manfaatlar va ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni hisobga olgan holda normativ-huquqiy va metodik bazani takomillashtirish; favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borish va prognozlashtirish, xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish; ofatlar xavfini kamaytirish, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mol-mulkiga, hayot faoliyatini ta’minlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashiga tahdid qiluvchi xavflarning barvaqt oldini olish va ogohlantirishning samarali va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish; favqulodda vaziyatlarda harakat qilish salohiyatini oshirish, davlat organlari, fuqarolik jamiyati va xususiy sektorning ushbu sohada boshqarish va hamkorlik qilishining zamonaviy usullari hamda vositalarini joriy etish; innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatiga tatbiq etish; favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini reabilitatsiya qilish, shuningdek, ofat yuzaga kelgan hududda hayot faoliyati sharoitlarini tiklash tizimlarini rivojlantirish; aholining turli toifalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tizimini takomillashtirish. 10. Quyidagilar ofatlar xavfini kamaytirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi: ofatlar xavfi to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish; ofatlar xavfini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; ofatlar xavfini kamaytirish tadbirlariga investitsiyalar kiritish; ofatlar yuz berganda harakat qilishga tayyorgarlikni oshirish. 11. Ofatlar xavfi to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish quyidagilarni nazarda tutadi: yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning tashqi (transchegaraviy) va ichki manbalarini aniqlash va baholash, prognoz materiallarini tayyorlash, zamonaviy geoaxborot texnologiyalari asosida ma’lumotlar bazasini yuritish; yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar xavfi va ular yetkazishi mumkin bo‘lgan zararni baholashning metodologik asoslarini ishlab chiqish; davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va aholining ofatlar xavfini kamaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotga egaligi va xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, ularga bilim berish va ularni o‘qitish; yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish, ularning og‘ir oqibatlarini kamaytirish va reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha aholini o‘qitish, kadrlarni professional tayyorlash dasturlarini yanada takomillashtirishga ko‘maklashish; yuz berishi mumkin bo‘lgan ofatlarning og‘ir oqibatlarini kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish uchun yuz berishi mumkin bo‘lgan xavflar, aholining va hududlarning zaifligi to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanish; jamoat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar orqali favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi axborotni tarqatish maqsadida fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yaxshilash. 12. Ofatlar xavfini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: yangi qonunchilik normalarini ishlab chiqish va mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfini kamaytirish yuzasidan rejalar, respublika va mahalliy strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; ofatlar xavfini kamaytirish borasidagi profilaktik tadbirlarni yangi qonunchilik normalari va ushbu sohada harakat qilish salohiyatini mustahkamlashning tegishli strategiyalari doirasida samarali tashkil etish; texnika xavfsizligi bo‘yicha amaldagi reglament va qoidalarga, shu jumladan, yerdan foydalanish va shaharsozlikni rejalashtirishda yuqori darajada rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar va rag‘batlantiruvchi omillarni takomillashtirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasidagi milliy va mahalliy rejalarni amalga oshirishning borishi va natijadorligi to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish amaliyotini joriy etish; mahalliy darajada ofatlar xavfiga barham berish masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishtirokini kengaytirish va javobgarligini kuchaytirish; ofatlar yuzaga kelishi xavfi ta’siriga uchragan zonalarda qurilish ishlari olib borilishini nazorat qilishga qaratilgan davlat strategiyasini takomillashtirish, amaldagi norma va qoidalarni hisobga olgan holda bunday zonalardan aholini ko‘chirish. 13. Ofatlar xavfini kamaytirish tadbirlariga investitsiyalar kiritish quyidagilarni nazarda tutadi: tarkibiy, notarkibiy va funksional choralar ko‘rish orqali ofatlarga qarshilik qilish salohiyatini mustahkamlashga oid tadbirlarga davlat investitsiyalari va xususiy investitsiyalar kiritilishini kengayirish; avariya-qutqaruv va boshqa maxsus mol-mulkni mahalliylashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish; ofatlar xavfini sug‘urta qilishga oid tadbirlarni tashkil etish; tarkibiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rish orqali ish joylarida favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish salohiyatini oshirish; tarixiy, madaniy va diniy ahamiyatga molik obyektlarni ofatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlarini tashkil etish va qabul qilish; yerdan foydalanish va shaharsozlik sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda ofatlar xavfini baholash hisobga olinishini tashkil etish; sel, toshqinlar, ko‘chkilar va boshqa xavfli tabiiy ofatlar, shuningdek, qurg‘oqchilik bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish; mahalliy sharoitlarda ofatlar xavfini kamaytirishga doir chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan shaharsozlik normalari, qoidalarini, aholi punktlarini rejalashtirish va qurishga oid standartlarni takomillashtirish; ofatlar yuz berganda shoshilinch, malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining salohiyatini oshirish; halokatlar tibbiyoti sohasida o‘qitish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashish; tabiiy ofatlardan jabrlanganlarni ijtimoiy muhofaza qilish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, mexanizmlarini takomillashtirish; korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini hamda ishlab chiqarish resurslarini himoya qilish darajasini oshirish; turizm obyektlarining xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish. 14. Ofatlar yuz berganda harakat qilishga tayyorgarlikni oshirish quyidagilarni nazarda tutadi: favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borish, prognozlashtirish, ularning oldini olish tizimini takomillashtirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aloqa, favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini modernizatsiya qilish va doimiy shay holatda saqlash; FVDT kuch va vositalarining, uning hududiy va funksional quyi tizimlarining shayligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish, FVDT kuchlari va aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga shayligini, rahbarlari tarkibining ko‘nikmalarini oshirish sohasida FVDT hududiy quyi tizimi rahbarlar tarkibining vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish; favqulodda vaziyatlardan keyingi tiklash va reabilitatsiya qilish tadbirlariga ofatlar xavfini boshqarish prinsiplarini joriy etish; ofatlar ta’siriga uchragan hududlardan aholining ko‘chirilishini tashkil etish va amalga oshirish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining salohiyatini mustahkamlash; favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish; ofatlar xavfini kamaytirish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 15. Strategiyaning asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari davlat strategiyalari, rivojlantirish dasturlari, ularni amalga oshirish rejalariga, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimini hamda boshqa sohalarni takomillashtirishga doir dasturiy hujjatlarga integratsiyalashtiriladi. 16. Strategiyani amalga oshirish uchun barcha manfaatdor tomonlar, shu jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, shuningdek, aholi jalb qilinadi. 17. Strategiya Milliy harakatlar rejasiga muvofiq 2019 — 2030-yillar davrida amalga oshiriladi. 18. Barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga moslashishni hisobga olgan holda yuksak samaradorlikka erishish maqsadida Strategiyani amalga oshirish davri quyidagi uch bosqichga bo‘linadi: 1-bosqich: 2019 — 2022-yillar; 2-bosqich: 2023 — 2026-yillar; 3-bosqich: 2027 — 2030-yillar. 19. Har bir bosqich bo‘yicha Strategiyaning vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini hal qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ta’riflovchi tegishli rejalar ishlab chiqiladi. Tegishli bosqichlarga mo‘ljallangan tadbirlar rejalari boshqa strategik va dasturiy hujjatlarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining turli yo‘nalishlari va ofatlar xavfini kamaytirish xususiyatlariga oid vazifalar va tadbirlarini birlashtiradi va inobatga oladi. 20. Keyingi bosqichga mo‘ljallangan tadbirlar rejasini ishlab chiqishda avvalgilarini amalga oshirishda erishilgan yutuqlar va muammolar inobatga olinishi kerak. 21. Milliy harakatlar rejasini amalga oshirishga doir tadbirlar tegishli vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tadbirlar ijrosi uchun mas’ul bo‘lgan boshqa tashkilotlar mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. 22. Ushbu Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilga kelib: yangi tabiiy ofat xavflari paydo bo‘lishining oldi olinishi va ma’lum xavflarning tahdidi kamayishi; favqulodda vaziyatlardan jabrlanganlar soni, shuningdek, ulardan o‘lim darajasi imkon qadar kamayishi; favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik zararlar miqdorlari kamayishi; FVDT faoliyati samaradorligining oshishi, jalb qilinuvchi ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan hududlar to‘liq qamrab olinishi ta’minlanishi; favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borish, prognozlashtirish, axborot almashish, aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning milliy tizimlari takomillashtirilishi; aholini favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish tizimi bilan maksimal qamrab olish ta’minlanishi; favqulodda vaziyatlardan jabrlangan aholining hayot faoliyatini ta’minlash tizimlari yaratilishi va rivojlantirilishi; rahbarlar tarkibiga kiradigan mutaxassislar va aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tizimi takomillashtirilishi kutilmoqda.
152
17,189
Qonunchilik
ELEKTR BILAN ISITISh MAQSADIDA ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANIShNI KELIShISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSR Ittifoqining qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizomga asosan, buyuraman: 1. Ilova qilinayotgan Elektr bilan isitish maqsadida elektr energiyasidan foydalanishni kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab, SSSR Energetika va elektrlashtirish vazirligi va SSSR Gosplani tomonidan tasdiqlangan “Elektr qozonlari va boshqa elektr isitish asboblarining qo‘llanishini kelishish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma” O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilmasin. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-son “Sobiq SSR Ittifoqining qonunga oid hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi) to‘g‘risidagi nizom”ga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 9 son, 105-modda) va 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 3-4 son, 26-modda) muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanish borasidagi davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida texnologik jarayonlarda hamda uylarni isitish va issiq suv ta’minoti uchun elektr energiyasidan foydalanilishini kelishish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom yangi ishga tushirilayotgan va ishlayotgan obyektlarda isitish maqsadida elektr energiyasidan foydalanuvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va elektr energiyasi iste’molchilari bo‘lib hisoblanuvchi yuridik hamda jismoniy shaxslarga taalluqlidir. 2. Iste’molchilar o‘z obyektlarida elektr qozonlari va boshqa elektr isitish asboblarini (bundan keyin matnda elektr isitish asboblari deb yuritiladi) o‘rnatishda loyihalash va qurilish-montaj ishlarini boshlashdan oldin elektr energiyadan foydalanilishini Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “O‘zdavenergonazorat”da (bundan keyin matnda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi deb yuritiladi) va uning hududiy bo‘limlarida kelishishi lozim. 3. Tijorat va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan elektr isitish asboblari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirish organlari tomonidan majburiy tartibda sertifikatlashtiriladi. 4. Elektr isitish asboblaridan foydalanishda elektr energiyasi qo‘llanilishini kelishish uchun arizachi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: elektr isitish asboblarini o‘rnatish zarurligi to‘g‘risida ariza; elektr isitishning qo‘llanishi uchun mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan hollarda texnik-iqtisodiy asoslanish; pasport ma’lumotlari: nomi, turi, quvvati, ishlab chiqaruvchi zavodni ko‘rsatgan holda o‘rnatilishi mo‘ljallanayotgan elektr isitish asboblarining ro‘yxati; muvofiqlik sertifikati; energiya tizimining eng katta yuklamali soatlarida elektro-termik uskunaning yuklamasi kamayishini ta’minlovchi chora-tadbirlarning ro‘yxati, unda yuklamaning kamaytirilayotgan miqdori, yuklama kamayishini nazorat qiluvchi asboblar va uskunalar ko‘rsatilishi lozim. Ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni o‘tkazishdan bosh tortish texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslab berilishi kerak. 5. “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi mazkur Nizom bilan belgilab berilmagan qo‘shimcha hujjatlarning taqdim etilishini talab qilish huquqiga ega emas. 6. Taqdim etilgan hujjatlar to‘plami hujjatlar hajmiga bog‘liq ravishda olingan kunidan boshlab yetti kundan bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. 7. Qabul qilingan qaror haqidagi xabarnoma arizachiga uch kun ichida yozma ravishda topshiriladi, bunda elektr isitish asboblarini o‘rnatishda elektr energiyasi qo‘llanilishini kelishish yuzasidan rad javobi beriladigan bo‘lsa, rad javobining asoslangan sababi ham ko‘rsatilishi lozim. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ilgari arizachiga yozma ravishda bayon qilinmagan yangi kamchiliklar bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 8. Mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilganlardan tashqari elektr isitish asboblaridan texnologik maqsadlarda foydalanilganda, elektr energiyasini qo‘llanilishi kelishilishi lozim: bir donasining quvvati 1000 kW gacha bo‘lgan elektr isitish asboblari uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining hududiy bo‘limlarida; bir donasining quvvati 1000 kW va undan ortiq bo‘lgan elektr isitish asboblari uchun “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasida. 9. Elektr isitish asboblaridan texnologik maqsadlarda foydalanish uchun elektr energiyasi qo‘llanilishini kelishish uchun elektr energiyasi iste’molchilari mazkur Nizomning 2-paragrafida belgilangan hujjatlardan tashqari energiya tashuvchi sifatida elektr energiyasi qo‘llanishining zaruriyatini va uni isitishning boshqa (olovli pechlar, bug‘li isitish, ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish) usuliga almashtirish mumkin emasligini yoki texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiqligini asoslab beruvchi hujjatlarni taqdim etishlari lozim, xususan: a) elektr bilan isitish tanlanganligini texnik-iqtisodiy asosi (bundan keyin matnda TIA deb yuritiladi); b) elektrotermik texnologiyaning turlari ro‘yxatini belgilab beruvchi loyiha yoki loyihaviy topshiriqning texnologik qismidan ko‘chirma (qora va rangli metallarni eritish, metall, mahsulotlar va ashyolarga termik ishlov berish, betonni qizdirish, idishlardagi suyultirilgan gazni isitish, ovqat tayyorlash). 10. Quyidagi hollarda TIAni taqdim etgan holda qishloq xo‘jaligida issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlarga elektr isitish asboblari uchun elektr energiyasi qo‘llanilishini kelishish shart: yosh chorva mollari va jo‘jalarni boqish uchun xonalarda mikroiqlimni yaratishda; emlarni ivitish, sutli idishlarni bug‘latish uchun suvni isitish hamda bug‘ olishda; mevalar, sabzavotlar va urug‘lik donlarni saqlash omborlarida kerakli haroratni ushlab turishda. 11. Quyidagi hollarda TIAni taqdim etmagan holda kelishish amalga oshiriladi: jo‘jalar inkubatsiyasi va mahalliy isitishda; yosh chorva mollarini nurlantirish va mahalliy isitishda; bitta joyda o‘zaro bog‘langan yoki alohida chorvachilik, parrandachilik komplekslari yoki boshqa obyektlarni tashkil etuvchi chorva mollarini va parrandalarni saqlash xonalarida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborlarida, elektr isitish asboblarining o‘rnatilgan umumiy quvvati 400 kW dan yuqori bo‘lganda kiruvchi havoni isitishda; elektr isitish asboblarining o‘rnatilgan umumiy quvvati 30 kW dan yuqori bo‘lganda maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, do‘konlar, poliklinikalar, dorixonalar va boshqa ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish obyektlarini elektr isitish asboblari bilan isitishda; iste’molchilar tomonidan issiqlik manbaidan 600 m va undan ortiq masofada joylashgan, umumiy maydoni 100 m2 dan oshmaydigan ishlab chiqarishga mo‘ljallangan xonalarni (maishiy vagonchalar, ustaxonalar, veterinariya-sanitariya o‘tish joylari, omborlar binolari, artezian quduqlari, tozalash inshootlari, yoqilg‘i quyish stansiyalari) isitish va issiq suv ta’minoti uchun o‘rnatilgan umumiy quvvati 20 kW dan oshmaydigan (sug‘orish stansiyalarida 30 kW dan oshmaydigan) elektr isitish asboblaridan foydalanishda. 12. Qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishlarda elektr isitish asboblari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi hajmi elektr energiyasi iste’molchisi va elektr ta’minoti tashkiloti o‘rtasidagi energiya ta’minoti shartnomasida kelishilgan umumiy hajmiga kiritiladi. 13. Qurilish normalari va qoidalari bilan gazda ovqat tayyorlash ruxsat etilmagan hollardan tashqari, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari mavjud bo‘lgan turar joylarda ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari va tijorat maqsadlarida ishlatiladigan boshqa elektr isitish asboblarini o‘rnatishda elektr energiyasi qo‘llanilishini kelishish lozim. 14. Quyidagi hollarda xonalarni isitish va issiq suv ta’minoti uchun elektr energiyasi qo‘llanilishini kelishish zarur: TIA mavjud bo‘lganda, birlamchi yoqilg‘ini tejash uchun quvvati 10 kW gacha elektr isitish asboblari o‘rnatilganda; qurilish obyektlarida maishiy vagonchalarni, turli kiosklar, pavilonlar, do‘konlarni va boshqa mayda iste’molchilarni hamda tortish podstansiyalari va elektrlashtirilgan temir yo‘l obyektlarini, o‘rnatilgan quvvatidan qat’i nazar, isitishda; o‘rnatilgan quvvatidan qat’i nazar, “Qish-yoz” turidagi konditsionyerlar o‘rnatilganda va ulardan tijorat maqsadlarida isitish uchun foydalanilganda; barcha iste’molchilarga quvvati 10 kW dan yuqori bo‘lgan elektr isitish asboblari o‘rnatilganda. 15. Quyidagilarni isitish va issiq suv ta’minoti uchun kelishish talab etilmaydi: o‘rnatilgan quvvati 30 kW gacha bo‘lgan bir vaqtda ishlaydigan elektr isitish asboblariga doimiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarsiz ishlaydigan va issiqlik manbalaridan 600 m va undan ko‘proq masofada joylashgan suv ta’minoti, sug‘orish, oqovaning mayda nasos stansiyalarini; o‘rnatilgan quvvati 300 kW gacha bo‘lgan elektr isitish asboblariga ega radio, televideniye stansiyalari va kosmik aloqa stansiyalarini, o‘rnatilgan quvvati 25 kW gacha bo‘lgan elektr isitish asboblariga ega radiorele va kabel tarmoqlarining oraliq stansiyalarini; har bir podstansiyada elektr isitish asboblarining quvvati 1000 kW gacha bo‘lgan 110 kW kuchlanishli podstansiyalarning ishlab chiqarish xonalarini; ulangan quvvatidan, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, quruq bug‘ olish uchun (sauna) hammomlarni; har punktida o‘rnatilgan quvvati 10 kW va undan ortiq bo‘lgan elektr isitish asboblariga ega temir yo‘lda bir izni boshqa izga o‘tkazishni masofadan boshqarishni; ventilatsiya oqimi tizimlari tomonidan t = +50 uzatiladigan tashqi havoni isitish uchun qo‘llaniladigan, o‘rnatilgan quvvati 10 kW gacha bo‘lgan elektr kalorifyerlarni o‘rnatishda jamoat binolarini isitish va issiq suv ta’minoti uchun elektr isitish asboblaridan foydalanilganda elektr energiyasi qo‘llanilishini. 16. Issiq suv olish uchun foydalaniladigan elektr isitish asboblari butun yil davomida ishlatiladigan quyoshli issiq suv ta’minoti tarmoqlariga, geliotizimlar tomonidan ta’minlanmaydigan qo‘shimcha issiq suv hajmlari zarurligini tasdiqlovchi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar mavjud bo‘lganda, faqat zaxira manbalari sifatida ulanishi va foydalanilishi mumkin. 17. O‘rnatilgan quvvati 10 kW dan yuqori bo‘lgan elektr isitish asboblari issiqlik akkumulyatorlari bilan jihozlanishi va energetika tizimining eng kam yuklamali soatlarida ishga tushirilishi lozim. Avtomatik qurilmali mazkur issiqlik akkumulyatorlaridan foydalanishni rad etish har bir alohida holatda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslab berilishi lozim. 18. Elektr isitish asboblaridan foydalanilganda, ularni energetika tizimining ertalabki va kechki eng ko‘p yuklamali soatlarida tarmoqqa ulanishiga yo‘l qo‘ymaydigan avtomatik qurilmalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak, iste’molchini, ishlab turgan issiqlik tarmoqlaridan 600 m va undan uzoqroq masofada joylashgan obyektida isitish maqsadida quvvati 2 kW gacha bo‘lgan bitta isitish asbobidan foydalaniladigan hollar bundan mustasno. 19. Elektr isitish asboblari ulanganda, energiya iste’molining hisobini alohida olib borish uchun elektr energiyasini hisobga olish tizimi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. 20. Foydalanishi kelishilgan elektr isitish asboblari va ularning keluvchi simlari Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalariga, Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalariga (2004-yil 9-iyul, ro‘yxat raqami 1383 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 27-son, 317-modda) va Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga (2004-yil 20-avgust, ro‘yxat raqami 1400 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-modda) talablariga hamda mazkur Nizomda bayon etilgan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim. 21. Qo‘lbola (xonaki tayyorlangan) elektr isitish asboblaridan foydalanish man etiladi. 22. Elektr isitish maqsadida elektr isitish asboblaridan foydalanilishda elektr energiyasi qo‘llanilishini kelishishdan so‘ng, elektr uskunalarini energiya tizimining tarmoqlariga ulash uchun energiya ta’minoti tashkilotidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, texnik shartlar olinishi kerak. 23. Elektr isitish asboblarini ulash uchun elektr montaj ishlari, oldindan “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan energiya ta’minoti loyihasiga qat’iy rioya qilgan holda, Iste’molchi obyektlarini elektr ta’minoti loyihalarining kelishuvini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2007-yil 20-oktabr, ro‘yxat raqami 1731 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 43-son, 436-modda) hamda elektr energiyasi hisobini tashkil etish borasida energiya ta’minoti tashkilotlarining talablariga muvofiq bajarilishi lozim. 24. Qo‘llanilishi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan va transformator quvvati oshirilishini talab qiladigan elektr isitish asboblarini tarmoqqa ulash energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlar bo‘yicha amalga oshiriladi. 25. Elektr isitish asboblarini, ularga elektr energiyasi qo‘llanilishini kelishmasdan, energiya ta’minoti tashkilotining tarmoqlariga ulash taqiqlanadi. 26. Elektr isitish asboblarining tegishli texnikaviy holati va xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi, hamda elektr energiyasini iste’mol qilish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibga rioya etilishi uchun javobgarlik obyektlarida mazkur elektr uskunalari o‘rnatilgan iste’molchi zimmasida bo‘ladi. 27. Mazkur Nizom “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda “O‘zstandart” agentligi bilan kelishilgan.
123
14,413
Qonunchilik
“MARKAZIY OSIYO HAMKORLIGI” TAShKILOTINING EVROSIYO IQTISODIY HAMJAMIYATIGA INTEGRATSIYASI TO‘G‘RISIDAGI BAYoNNOMANI (MINSK, 2006 YIL 23 IYuN) RATIFIKATSIYA QILISh HAQIDA
“Markaziy Osiyo Hamkorligi” Tashkilotining Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyasi to‘g‘risidagi Bayonnoma (Minsk, 2006-yil 23-iyun) quyidagi shart bilan ratifikatsiya qilinsin: “Mazkur Bayonnomaga doir ilovalarda nazarda tutilgan quyidagi hujjatlarning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan qo‘llanilmaydi: 1) 1-Ilovadagi: 13 va 15-bandlar. Qozog‘iston Respublikasi Hukumati, Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi 1998-yilda Norin-Sirdaryo suv omborlari majmuasining suv-energetika zaxiralaridan birgalikda va kompleks foydalanish to‘g‘risidagi Bitim (Bishkek, 1998-yil 17-mart); 18-band. Qozog‘iston Respublikasi Hukumati, Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi 1999-yilda Norin-Sirdaryo suv omborlari majmuasining suv-energetika zaxiralaridan birgalikda va kompleks foydalanish to‘g‘risidagi Bitim (Bishkek, 1999-yil 14-aprel — 6-may); 2) 3-Ilovadagi: 4-band. Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitim (Almata, 1994-yil 8-iyul); 9-band. Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi “Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1994-yil 8-iyulda tuzilgan Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Bitim (Almati, 1996-yil 23-avgust); 16-band. Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1994-yil 8-iyulda tuzilgan Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma (Bishkek, 1999-yil 24-iyun); 27-band. Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1994-yil 8-iyulda tuzilgan Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini ta’sis etish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish kiritish haqidagi Bayonnoma (Almati, 2001-yil 5-yanvar)”.
170
2,145
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning rahbariyatining 2002-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning rahbariyatining 2002-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ma’qullansin. 2. Ushbu hisobot Oliy Majlis tasdig‘iga kiritilsin.
97
243
Qonunchilik
QURILISh MATERIALLARI IShLAB ChIQARIShNI RIVOJLANTIRIShNI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish davlat konserni — “O‘zqurilishmateriallari”ni “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasiga o‘zgartirish to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi, shu jumladan unga uyushgan a’zolar ro‘yxatiga hamda kompaniya boshqaruv apparatining xodimlari cheklangan soni 45 kishidan iborat bo‘lgan tuzilmasiga 1 va 2-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin. Kompaniya boshqaruv apparatining kompaniya daromadlari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Kompaniya raisi muassislarning umumiy yig‘ilishida saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. Kompaniya raisining o‘rinbosarlari muassislarning umumiy yig‘ilishida saylanadilar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadilar. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi bilan birgalikda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini qayta taqsimlash va joylashtirishni 3-ilovaga* muvofiq amalga oshirsin, bunda aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armalari miqdorlarini ikkilamchi emissiya yo‘li bilan qaytadan ko‘rib chiqishni ta’minlasin. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-noyabrdagi 555-son qarori bilan “O‘zqurilishmateriallari” konserniga aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarish huquqi berilgan. 3. Belgilab qo‘yilsinki: “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasining ustav jamg‘armasi uning aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat ulushini keyinchalik ushbu aksiyalarni sotib olish huquqi bilan berish hisobiga tashkil topadi; aksiyadorlik jamiyatlarining erkin sotish uchun mo‘ljallangan aksiyalari paketi asosan O‘zbekiston Respublikasining banklariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlariga va jismoniy shaxslariga sotiladi. Aksiyalarning ko‘rsatib o‘tilgan paketlarini sotishdan olingan mablag‘lar aksiyadorlik jamiyatlari korxonalarini rekonstruksiyalashga va texnika bilan qayta jihozlashga yo‘naltiriladi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi: “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasining boshqa ta’sischilari bilan birgalikda bir oy muddatda ta’sis majlisini o‘tkazsin, kompaniyaning kuzatuvchi kengashini tuzsin va ustavini tasdiqlasin; “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasiga aksiyadorlar jamiyatlari aksiyalarini yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida emissiya prospektida belgilangan muddatlarda joylashtirishga va solishga ko‘maklashsin. 5. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan korxonalarni qurish, rekonstruksiyalash, texnika bilan qayta jihozlash va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan tarmoqni rivojlantirishning 1997 — 2000-yillargacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan dasturi 4—9-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin. 6. Quyidagilar bo‘yicha topshiriqlar belgilansin: “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bo‘yicha qo‘shma korxonalarni rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va tashkil etishning 1997—2000-yillargacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan istiqbolli investitsiyalar loyihalarini 5-ilovaga muvofiq ishlab chiqish; 1997—2000-yillarda qurilish materiallarining yangi, yuqori sifatli turlarini 6-ilovaga muvofiq ishlab chiqarishni o‘zlashtirish; 1997—2000-yillarda “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bo‘yicha qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini 7-ilovaga muvofiq ko‘paytirish; “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan import qilinadigan xomashyoning asosiy turlarini respublika korxonalarida 8-ilovaga muvofiq ishlab chiqarishni tashkil etish; O‘zbekiston Respublikasining Yangi zamonaviy qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojini va ularni mahalliy xomashyo resurslari bazasida 9-ilovaga muvofiq ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini o‘rganish. 7. “O‘zsanoatqurilishbank”, O‘zbekiston Respublikasi “Paxtabank” va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga 4, 5-ilovalarda nazarda tutilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiyalash va texnika bilan qayd jihozlashni mablag‘ bilan ta’minlash uchun ustuvor tartibda milliy va chet el valyutasida kreditlar berish tavsiya etilsin. 8. “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi: amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga kiritilgan obyektlarning 4-ilovaga muvofiq muddatlarda foydalanishga topshirilishini; “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi bilan birgalikda istiqbolli investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarining 5-ilovaga muvofiq muddatlarda ishlab chiqilishini ta’minlasin. 9. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “O‘zdavarxitektqurilish” qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakolatli banklar investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlari ekspertizasining 5-ilovaga muvofiq muddatlarda o‘tkazilishini ta’minlasinlar. 10. “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning sug‘urta qilinishi ta’minlasin. 11. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish konserni (“O‘zqurilishmateriallari”) faoliyatini tashkil etish masalalari” to‘g‘risida 1992-yil 24-noyabrdagi 555-son qarori, 5-bandidan tashqari; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“O‘zqurilishmateriallari”) konsernining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1992-yil 25-dekabrdagi 587-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 405-f-son farmoyishining “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni korxonalariga doir qismi. 12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
124
6,073
Qonunchilik
DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN QIShLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINING HISOB-KITOB JAMG‘ARMASI DAROMADLARINI TAQSIMLASh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablag‘ bilan ta’minlashga ajratiladigan kredit resurslari bo‘yicha tushadigan daromadlarini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma daromadlari, Jamg‘arma xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bankdan jalb etilgan kreditlar bo‘yicha hisoblab qo‘shilgan foizlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilgandan keyin, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 428-66-son qarorida belgilangan maqsadlarga yo‘naltiriladi. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) daromad (foyda)larini taqsimlash va ulardan foydalanishni tartibga soladi hamda faqat davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablag‘ bilan ta’minlashga ajratilgan maqsadli mablag‘lar bo‘yicha Jamg‘arma hisob raqamiga tushadigan daromad (foyda)largagina tatbiq etiladi. 1. Jamg‘armaning daromad (foyda)lari Jamg‘armaning moliyaviy agenti (“Agrobank” ATB”)dan Jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ularga Jamg‘arma tomonidan paxta, don, sholi yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablag‘ bilan ta’minlashga ajratilgan maqsadli mablag‘lar bo‘yicha har oylik vositachilik to‘lovlari tarzidagi tushumlar hisobiga shakllantiriladi. 2. Jamg‘arma daromad (foyda)lari hisobi Jamg‘arma buxgalteriyasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri bo‘yicha hisob-kitob-kassa markazida Jamg‘arma belgilangan tartibda ochgan talab qilib olinadigan maxsus ikkilamchi depozit hisob raqamlarida, paxta, don va sholi xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashga ajratilgan maqsadli mablag‘lar bo‘yicha vositachilik to‘lovlarini o‘tkazish uchun alohida yuritiladi. 3. Jamg‘arma vositachilik to‘lovlari tushumlarining Jamg‘arma tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan har qaysi qishloq xo‘jaligi ekini va vaqt davri bo‘yicha har oyda alohida hisoblab qo‘shilishini, hisobga olinishini va nazorat qilib borilishini ta’minlaydi. 4. Vositachilik to‘lovlari tarzida Jamg‘armaning daromadlar bo‘yicha maxsus maqsadli hisob raqamlariga tushadigan mablag‘lar birinchi navbatda Jamg‘armaning davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli xarajatlari uchun Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan jalb etilgan kreditlar bo‘yicha hisoblab qo‘shilgan foizlarni to‘lashga yo‘naltiriladi. 5. Jamg‘arma har oylik daromad (foyda)larining ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilgandan keyin qolgan miqdorining 50 foizgachasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi 428-66-son qarorida belgilangan maqsadlar uchun foydalaniladi. 6. Jamg‘armaning maqsadli hisob raqamlarida ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin qolgan mablag‘lardan: birinchi navbatda – davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni va uzil-kesil hisob-kitoblarni mablag‘ bilan ta’minlashda Jamg‘arma mablag‘larining vaqtinchalik kamomadini qoplash uchun foydalaniladi; yuqorida sanab o‘tilgan to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin qolgan mablag‘lardan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining yozma qaroriga binoan, qishloqda islohotlar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda, shuningdek Ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini shakllantirishda hamda xodimlarni rag‘batlantirishda, moddiy-texnik bazani mustahkamlashda va Moliya vazirligi huzuridagi Jamg‘armaning ko‘zda tutilmagan xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashda foydalanish mumkin. 7. Jamg‘arma daromadlaridan ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi xatboshida belgilangan maqsadlarda foydalanish mablag‘larni Jamg‘armaning maxsus hisob raqamlaridan Moliya vazirligining tegishli hisob raqamlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 8. Jamg‘armaning daromadlar bo‘yicha maxsus maqsadli hisob raqamlaridagi Jamg‘arma daromad (foyda)larining to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi uchun javobgarlik Jamg‘arma direktori va bosh buxgalteri yoki ularning vazifasini bajarayotgan shaxslar zimmasiga yuklanadi. 9. Jamg‘arma daromad (foyda)larining to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
169
5,315
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari A. Kuldashevning “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini
“Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 10-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari A. Kuldashevning “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida eshitish haqidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining taklifi qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi eshituvga tayyorgarlik ko‘rilishini hamda uning o‘tkazilishini tashkil etsin. 3. Ushbu Qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin. 4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
249
942
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-378-son Qonuni)
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1999-yil 29-martdagi 140-son qarorida: a) 1-ilovada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnoma): I bo‘lim 1-bandining uchinchi xatboshidagi “Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; II bo‘limda: 2-band 2.3-kichik bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-bandda: 3.6-kichik bandning ikkinchi jumlasidagi “Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3.10-kichik bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga kartoteka alifbo tartibida (familiyasi, nomi) va ro‘yxatga olish tartib raqami bo‘yicha tuziladi”; III bo‘limda: 2-band 2.1-kichik bandining birinchi xatboshidagi “fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-bandda: “Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3.1-kichik bandda: “fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish alohida Nizom bilan belgilanadi. Murojaatlarni ko‘rib chiqishni tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilish Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq va 4-sxemaga binoan (ilova qilinadi) amalga oshiriladi”; 12-ilovada: birinchi xatboshidagi “Fuqarolarning arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; beshinchi xatboshidagi “Fuqarolarning takliflari” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-sxema quyidagi tahrirda bayon qilinsin: b) 2-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha Namunaviy yo‘riqnoma): 25-bandning beshinchi xatboshidagi “fuqarolar xatlari” so‘zlari “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 26-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bunday murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus bo‘linmalarga yoki ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘lim, kanselyariya (kotib)ga beriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish, shuningdek tashkilotlar rahbarlari tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish tartibi alohida Nizom bilan belgilanadi”; 31-bandning ikkinchi xatboshidagi “Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 36-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshidagi “Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 40-banddagi “fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 42-bandning yettinchi xatboshidagi “fuqarolar xatlari, shikoyatlari va arizalarini” so‘zlari “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; 65-bandning sakkizinchi xatboshidagi “fuqarolar takliflari, arizalari va shikoyatlari” so‘zlari “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin; 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: 3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 18-bandidagi “fuqarolarning murojaatlarida” va “fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va arizalari” so‘zlari tegishli ravishda “jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida” va “ushbu murojaatlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-apreldagi 61-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 4-son, 13-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 6-bandining uchinchi xatboshidagi “fuqarolarni” so‘zi “jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalida joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar ro‘yxatida: a) 80 va 94-bandlarning “Axborotning turi” ustunidagi “fuqarolarning” so‘zi “jismoniy va yuridik shaxslarning” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 101-bandda: “Axborotlar, tadbirlar, voqealar va boshqalar” ustunidagi “Fuqarolarni” so‘zi “Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini” so‘zlari bilan almashtirilsin; “Axborotning turi” ustunidagi “Fuqarolarni qabul qilish, ularning shikoyatlari va boshqa murojaatlarini” so‘zlari “Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ularning takliflari va shikoyatlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 8-bandi “g” kichik bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi”. 17. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 4-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 129-bandining oltinchi xatboshidagi “fuqarolarni” so‘zi “jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
225
7,851
Qonunchilik
Daraхt va butalarni kesishga qachon ruхsat beriladi
Vazirlar Mahkamasining 17.01.2019 yildagi 43-son qarori bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraхtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va kesish hamda daraхtlarni хatlovdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi. Hujjat talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi: Qanday hollarda daraхtlarni kesish mumkin Daraхtlar va butalarni kesishga faqat quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi: Mavjud omillarga qarab daraхtlar va butalarni tag qismidan, tanasining bir qismi (asosiy tanadan ajralib chiqqan qismi) yoki ularning shoхlarini kesib olib tashlashga yoʻl qoʻyiladi. Kesishning har bir turini amalga oshirishga ruхsat berilgan hollarning batafsil roʻyхati belgilangan. Kesish Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining хulosasi asosida amalga oshiriladi.   Daraхtlar va butalarni sanitariya maqsadida tanasining bir qismini va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraхtlarni) kesish bepul amalga oshiriladi; Daraхtlar va butalarni kesish, shu jumladan sanitariya maqsadida kesish uchun хulosa va ruхsatnomalar olish tartibi tegishli Ma’muriy reglament bilan belgilanadi. Daraхtlar va butalarni yuridik va jismoniy shaхslar kesganligi uchun toʻlov undiriladi. Hujjat bilan uning yangi miqdorlari tasdiqlangan (ilgari amal qilganlari – bu yerda). Kesishga ruхsat berilgan daraхtlarning 1,3 m balandlikdagi tanasining diametri (sm)* (daraхtlarni noqonuniy kesishda daraхt tanasining yer bilan tutashgan joyidagi diametri olinadi)      Bitta daraхtni kesish uchun berilgan ruхsatnoma qiymati miqdori (belgilangan EKIH miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)   kam qimmatli daraхtlar turi uchun: aylanta, akatsiya, yapon soforasi, terak va b.**     qimmatli (yogʻochbop) daraхtlar uchun: yongʻoq, pista, bodom, qaragʻay, barcha turdagi archalar, sharq biotasi, eman, chinor, shumtol, oqqayin, kashtan, lola daraхti, magnoliya, forzitsiya, tut va b.**    4 sm gacha 0,2 0,4 4,1 – 8 0,3 0,6 8,1 – 12 0,4 1,0 12,1 – 16 0,6 1,3 16,1 – 20 1,0 1,8 20,1 – 24 1,5 2,5 24,1 – 28 1,8 3,5 28,1 – 32 2,3 4,5 32,1 – 36 3,3 5,5 36,1 – 40 4,4 6,5 40,1 – 44 5,2 8,0 44,1 – 48 6,2 9,5 48,1 – 52 7,2 10,5 52,1 – 56 8,2 11,5 56,1 – 60 9,2 13,5 60,1 – 64 10,5 14,5 64 sm dan ortiq diametrning har bir santimetri uchun toʻlov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi * Butalarning diametri (sm da) ildiz boʻgʻzidan oʻlchanadi. ** Kam qimmatli va qimmatli yogʻochbop daraхtlarning umumiy roʻyхati Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.01.2019 yildan kuchga kirdi. Lenara Xikmatova.
51
2,620
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARINING HARBIY XIZMATChILARIGA TURAR JOYNI IJARAGA OLGANLIK (IJARADA TURGANLIK) UChUN HAR OYLIK PUL KOMPENSATSIYASI TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 30-iyundagi PQ-112-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari yo‘nalishi bo‘yicha turar joy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno): Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravarigacha miqdorda; Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda; O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tumanlar markazlari va aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda to‘lanadi. Oila a’zolari uch kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda (harbiy xizmatchining o‘zini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda harbiy xizmatchining harbiy xizmatni o‘tash joyiga kelgan oila a’zolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonunchilikka muvofiq ijaraga oluvchining oila a’zolari deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq oldingi yashash joyida uy-joy maydonini bron qilgan va bron qilingan uy-joy maydoniga uy-joy maydoni bilan ta’minlanmagan boshqa harbiy xizmatchilarni joylashtirgan, yoxud uy-joy maydonini ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralarining kvartira organlariga bergan harbiy xizmatchilarga ham pul kompensatsiyasi mana shu miqdorlarda to‘lanadi. Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlari ma’muriy chegaralariga bevosita yaqin joylashgan, bir garnizon hududiga kiruvchi tuman ahamiyatiga ega aholi yashash punktlaridagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilariga, ushbu shaharlar (poytaxt va viloyat markazlari) yaqinida turar joyni ijaraga olganligi (ijarada turganligi) uchun pul kompensatsiyasi, haqiqatdagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), harbiy xizmatchi haqiqatda yashayotgan hududiy birlik uchun belgilangan miqdorlarda to‘lanadi. 2. Harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi to‘lash turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab harbiy xizmatni o‘tash joyiga kelgandan keyin amalga oshiriladi. Pul kompensatsiyasi to‘lash: harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida); harbiy xizmatchi qismning shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kundan boshlab; harbiy xizmatchiga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan kundan boshlab to‘liq 12 oy o‘tgandan keyin; harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan kundan boshlab to‘liq 24 oy o‘tgandan keyin to‘xtatiladi. Harbiy xizmatchiga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan, harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasi olingan taqdirda harbiy qismning uy-joy komissiyasi harbiy qismning moliya organiga pul kompensatsiyasini to‘lashni to‘xtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi. Ota-onalari, eri (xotini)ning ota-onalari uy-joy maydonida birga yashayotgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi. 3. Harbiy xizmatchilar pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va kommunal xizmatlar qiymatisiz turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun amaldagi xarajatlar summasini ko‘rsatgan holda komandirga (boshliqqa) raport beradilar. Raportga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: harbiy xizmatchining shaxsiy tarkib ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risida harbiy qism komandiri buyrug‘idan ko‘chirma; O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining tegishli kvartira organlari tomonidan berilgan oldingi xizmat joyi bo‘yicha turar joy maydonini topshirganlik (bron qilganlik) to‘g‘risida belgilangan shakldagi ma’lumotnoma nusxasi; oila boshlig‘ining xizmatni o‘tash joyiga kelishi uchun harbiy xizmatchi bilan kelgan va birga yashayotgan oila a’zolarining tarkibi to‘g‘risida (tug‘ilgan sanasi ko‘rsatilgan holda) harbiy qism shtabining (kadrlar organining) ma’lumotnomasi; nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi. turar joyni ijara olganlik (ijara) shartnomasining soliq xizmati organida hisobga qo‘yilgan nusxasi yoki ko‘chmas mulk ijara shartnomasini hisobga qo‘yilganligi haqida bildirishnoma. 4. Birgalikda nikohda bo‘lgan harbiy xizmatchilarga (xotiniga, eriga) pul kompensatsiyasi xizmatni o‘tash joyidan eri (xotini) turar joy maydoni bilan ta’minlanmaganligi va pul kompensatsiyasi olmasligi haqidagi ma’lumotnoma bo‘lgan taqdirda harbiy xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha ulardan biriga to‘lanadi. Harbiy xizmatchi ayollar bola 2 yoshga to‘lgandan keyin uni parvarish qilish uchun ta’tilga chiqqanlari taqdirda pul kompensatsiyasi butun ta’til davri uchun to‘lanadi. 5. Pul kompensatsiyasi harbiy xizmatchining xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha moliya organi tomonidan o‘tgan oy uchun tarqatish vedomosti bo‘yicha to‘lanadi, bir vaqtning o‘zida harbiy qism komandiri (boshlig‘ining), korxona va muassasaning to‘lanishi kerak bo‘lgan pul kompensatsiyasi summasi va to‘lov qaysi davr uchun amalga oshirilayotganligi ko‘rsatilgan buyrug‘i asosida joriy oy uchun pul ta’minoti to‘lanadi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi ushbu harbiy xizmatchilar ta’minotning boshqa turlariga biriktirilgan harbiy qism, korxona va muassasaning moliya organi tomonidan to‘lanadi. Mudofaa vazirligining korxonalar va tashkilotlardagi harbiy vakolatxonalari harbiy xizmatchilariga pul kompensatsiyalari ular uchun pul ta’minoti tayinlangan harbiy qism, korxona va muassasalarning moliya organi tomonidan to‘lanadi. Pul kompensatsiyasini oluvchi har bir harbiy xizmatchiga alohida shaxsiy hisob varag‘i yuritiladi, harbiy xizmatchiga taqdim etilgan barcha hujjatlar unga tirkab qo‘yiladi. Shaxsiy hisobvaraqlari harbiy qismning moliya organida to‘lovlar tamom bo‘lgungacha va harbiy qismning moliya-xo‘jalik faoliyati hujjatlar bilan taftish qilinishi jarayonida amalga oshirilgan xarajatlarning to‘g‘riligi tekshirilgungacha saqlanadi hamda saqlash muddatlari tamom bo‘lgandan keyin belgilangan tartibda yo‘q qilinishi kerak. 6. Pul kompensatsiyasi miqdorini belgilash chog‘ida hisobga olinadigan oila tarkibi o‘zgargan taqdirda, bu haqda harbiy xizmatchi raport beradi, yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi ushbu o‘zgartirishlar belgilangan tartibda kuchga kirgandan boshlab to‘lanadi. Harbiy xizmatchining aybi bilan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi undan to‘liq miqdorda undirib olinadi. 7. Pul kompensatsiyasi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar: a) smeta-budjet tartibida moliyalashtiriladigan harbiy qismlar, harbiy-ta’lim muassasalari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda — budjet mablag‘lari hisobidan; b) xo‘jalik hisobidagi vazirliklar va idoralarning harbiy qismlarida, muassasalari, korxonalari va tashkilotlarida — o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. 8. Sarflangan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha harbiy qismning moliya organi tomonidan yilning har choragida yuqori turuvchi moliya organiga (ta’minlovchi moliyaviy organga) taqdim etiladi. 9. Pul kompensatsiyasining to‘lanishi to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish harbiy qism komandiriga (boshlig‘iga), korxonalar, muassasalarga va uy-joy komissiyasi raisiga yuklanadi.
181
8,445
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA ELEKTRON ARXIV IShLARINI YuRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 14-apreldagi 11/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1685, 2007-yil 2-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 23-son, 243-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Arxiv ishi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda), “Axborotlashtirish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2004-y., 6-son, 67-modda), “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 136-modda), “Bank siri to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2003-y., 19-son, 174-modda), “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2005-y., 51-son, 373-modda), “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2006-y., 14-son, 112-modda) va “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2004-y., 20-son, 230-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Axborotlashtirish Bosh markazida (keyingi o‘rinlarda ABM deb yuritiladi) elektron arxiv ishlarini yuritish, arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi”. 2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Tijorat banklarida quyidagi elektron ma’lumotlar arxivga olinishi lozim: Elektron to‘lov ma’lumotlarining bazalari mavjud bo‘lgan Bosh banklarda (filiallarda): a) bank amaliyoti kuni elektron ma’lumotlarining to‘liq bazasi; b) muddati tugagan shifrlash va elektron raqamli imzo kalitlari; v) bank amaliyot kuni dasturlari va boshqa alohida foydalanilayotgan dasturlar majmuasi; g) elektron to‘lov hujjatlarini qabul qilish-uzatish jarayoni bo‘yicha elektron jurnal-bayonnomalari; d) elektron pochta orqali qabul qilingan va uzatilgan barcha hujjatlar; e) bank filiallari tomonidan shifrlangan va shifrlanmagan ko‘rinishdagi barcha kiruvchi va chiquvchi elektron to‘lov hujjatlari; j) tijorat banklarining kredit va boshqa bank operatsiyalari borasidagi ma’lumotlari. Tijorat banklarining boshqaruv tizimiga oid ma’lumotlari ham elektron arxivga olinishi shart. Elektron to‘lov ma’lumotlarining bazalari mavjud bo‘lmagan bank filiallarida: a) muddati tugagan shifrlash va elektron raqamli imzo kalitlari; b) bank amaliyot kuni dasturlari va boshqa alohida foydalanilayotgan dasturlar majmuasi; v) elektron to‘lov hujjatlarini qabul qilish-uzatish jarayoni bo‘yicha elektron jurnal-bayonnomalari; g) bank filiallari tomonidan shifrlangan va shifrlanmagan ko‘rinishdagi barcha kiruvchi va chiquvchi elektron to‘lov hujjatlari; d) elektron pochta orqali qabul qilingan va uzatilgan barcha hujjatlar.”. 3. Nizomning 9, 12, 14 va 18-bandlaridan “Elektron to‘lov ma’lumotlarining bazalari joylashgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 4. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” Agentligi bilan kelishilgan.
136
4,005
Qonunchilik
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 14 va 18-moddalariga muvofiq, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘ini huzuridagi taftish komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 5-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 6-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 7-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 8-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 9-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘inining jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 10-ilovaga muvofiq; Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi to‘g‘risidagi nizom 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “O‘zarxiv” tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Fuqarolar yig‘inlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom 13-ilovaga muvofiq ma’qullansin. 4. O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: bir oy muddatda tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli nizomlarning tasdiqlanishini ta’minlashga hamda ularning o‘z faoliyatini mazkur nizomlar asosida tashkil etishiga ko‘maklashish; ikki oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari va faollarining malakasini oshirishga doir o‘quv seminarlarni o‘tkazish; mazkur qarorning amalga oshirilishi monitoringini olib borish hamda 2013-yil yakuni va 2014-yilning 1-yarim yilligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan takliflar kiritish tavsiya etilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, shaharcha, qishloq, ovul va shahardagi mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hududda tadbirkorlik faoliyati subyektlarini, shu jumladan sartaroshxonalar, poyabzal ta’mirlash va tikish bo‘yicha ustaxonalar, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish (ularning faoliyatini tugatish) tartib-taomillari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar. 6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda bir oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan foydalaniladigan muhr va shtamplarning namunalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni o‘tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1999-yil 19-apreldagi 180-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolar yig‘ini faoliyatini tartibga soladi. 2. Fuqarolar yig‘inining: rasmiy nomi:______________________________________________________. manzili:__________________________________________________________. hududi:___________________________________________________________. 3. Fuqarolar yig‘inida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tegishli hududda doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bevosita yoki o‘zlarining saylanadigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishda teng huquqlarga ega. 4. Fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odatlar va an’analarni hisobga olishdan iborat. 5. Fuqarolar yig‘ini davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun hujjatlari bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi. U yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga va shtampga ega bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlarida hisobga olinadi. 6. Fuqarolar yig‘ini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlar bilan kafolatlangan huquq va erkinliklardan foydalanishda, o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda mustaqil bo‘lib, aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan mustaqil qarorlar qabul qiladi. 7. Fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasi fuqarolar yig‘ini organlari hisoblanadi. Fuqarolar yig‘inining organlari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi natijalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan bir oy mobaynida shakllantiriladi. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining namunaviy tuzilmasi (strukturasi) ushbu Nizom ilovasida ko‘rsatilgan shaklda belgilanadi. 8. Fuqarolar yig‘ini faoliyatini o‘z hududida amalga oshiradi. 9. Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi. 10. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy maqsadi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hududidagi fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish, ularning huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdan iboratdir. 11. Fuqarolar yig‘ini quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi: fuqarolar yig‘ini raisini (oqsoqolini), uning o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va a’zolarini saylaydi; fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining va fuqarolar yig‘ini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining mas’ul kotibini (keyingi o‘rinlarda mas’ul kotib deb ataladi) tasdiqlaydi; fuqarolar yig‘ini kengashi va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi; fuqarolar yig‘inining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta’minlashga, tegishli hududni obodonlashtirishga, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi; aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablag‘laridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi; har chorakda kamida bir marta fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari) va maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raislari, shuningdek, ichki ishlar organlari tayanch punktlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha inspektorlari, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarining hisobotlarini eshitadi; har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi, hisobotlarni eshitish yakunlariga ko‘ra ular zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va ish natijalarini tanqidiy muhokama qiladi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beradi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qiladi; tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘yicha uchastka saylov komissiyalarining a’zoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga, shuningdek referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastka komissiyalarining a’zoligiga nomzodlarni referendum o‘tkazish bo‘yicha tegishli okrug komissiyalariga taqdim etadi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; to‘ylar va boshqa marosimlarni o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar beradi; har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yig‘inlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yig‘inlarining hisobotlar to‘g‘risidagi bayonnomalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular ushbu bayonnomalarning hisobini yuritadi, fuqarolar yig‘inlarining murojaatlari ko‘rib chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish masalalari yuzasidan o‘z vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ularning natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hududda tadbirkorlik faoliyati subyektlarini, shu jumladan sartaroshxonalar, poyabzal ta’mirlash va tikish bo‘yicha ustaxonalarni, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarni tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, tegishli hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya jihatidan tozalash, kam ta’minlangan oilalarga ularning uylari va kvartiralarini ta’mirlashda, shuningdek kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yordam ko‘rsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan mablag‘ yig‘ish, yuridik shaxslarning mablag‘laridan shartnoma asosida foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; atrof muhitni muhofaza qilishga ko‘maklashadi; guzarlar barpo etish masalalarini ko‘rib chiqadi; ma’muriy-hududiy birliklar, mahallalarning chegaralarini o‘zgartirish, mahallalar, ko‘chalar, maydonlar va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish haqida tegishli tumanlar, shaharlar davlat organlariga iltimosnomalar kiritadi; yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish tuman, shahar komissiyasiga o‘z vakilini yuboradi; har bir dehqon xo‘jaligini xo‘jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo‘jaligining tarkibi to‘g‘risidagi, xo‘jalik boshlig‘i yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs haqidagi, shuningdek dehqon xo‘jaligining tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etadi; kommunal to‘lovlar undirilishini ta’minlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda shartnoma asosida ko‘maklashadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalardagi yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh tuzishda va to‘y tadbirlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatadi; kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish va voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga to‘lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek, budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash to‘g‘risidagi masalalarni fuqarolar yig‘ini hududi bo‘yicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydi; tegishli hudud doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil bo‘ladi. Fuqarolar yig‘ini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 13. Fuqarolar yig‘ini quyidagi majburiyatlarga ega: o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga rioya qilgan holda amalga oshirish; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga nodavlat notijorat tashkilotlari uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash; faoliyati to‘g‘risida soliq va statistika organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etish; o‘z xodimlari bilan mehnat shartnomasida kelishilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash; qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish. Fuqarolar yig‘ini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 15. Fuqarolar yig‘ini o‘z hududida qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini o‘rganadi va tegishli choralar ko‘rilishi uchun davlat organlariga murojaat etadi. Davlat organlari vakolatiga kiruvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha so‘rovlar yuboradi. Fuqarolar yig‘ini o‘z hududida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 16. Fuqarolar yig‘inlari o‘z hududida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etishga haqli. Maslahat markazi to‘g‘risidagi nizom fuqarolar yig‘ini tomonidan tasdiqlanadi. 17. Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), kengashi tomonidan zaruratga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, tuman, shahar hokimining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir. 18. Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar vakillarining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishiga hovlilar, uylar va ko‘chalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Vakillik normasini fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tegishli komissiya belgilaydi. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak; Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda fuqarolarning hovlilar, uylar, ko‘chalar vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir. 19. Fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) yig‘in raisi (oqsoqoli) yoki raisning (oqsoqolning) o‘rinbosarlaridan (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilaridan) biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. 20. Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkazilgan sana, hozir bo‘lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ning bayonnomasi va qarori fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) va mas’ul kotib tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yo‘qligida, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) ning bayonnomasi va qarori fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) o‘rinbosarlaridan biri va mas’ul kotib tomonidan imzolanadi. 21. Fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari o‘z faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir. 22. Fuqarolar yig‘inining qarorlarini bajarish va fuqarolar yig‘inlari oralig‘idagi davrda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, mas’ul kotib, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisdan iborat fuqarolar yig‘inining kengashi shakllantiriladi. 23. Fuqarolar yig‘ini kengashi: fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqiradi; fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazadi; fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimiga ko‘ra fuqarolar yig‘ini kengashi devonini shakllantiradi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ularning o‘z saylov okruglarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi; ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishda, tegishli hududning, suv ta’minoti manbalarining, turar joylarning, ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati, yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga, hayvonlar saqlashning veterinariya-sanitariya qoidalariga, savdo qoidalari va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish madaniyatiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda tegishli davlat organlariga ko‘maklashadi; xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi; ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi huquqiga rioya etilishini ta’minlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi; yosh avlodni tarbiyalash masalalari yuzasidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi; o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa fuqarolarga patronaj yordamining shu maqsad uchun ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ko‘rsatilishiga ko‘maklashadi; tegishli hududda yashovchi fuqarolar bandligini ta’minlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga ko‘maklashadi; tegishli hududdagi aholining obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bolalar, sport maydonchalarini jihozlash, moddiy-madaniy meros obyektlarini yaroqli holda saqlash, dafn etish joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlashga doir ishlarda ixtiyoriylik asosida qatnashishini tashkil etadi, ushbu maqsadlarda tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organi ajratadigan moddiy mablag‘lardan va boshqa vositalardan, o‘z mablag‘laridan foydalanadi, jamoatchilik yordamini (hasharni) uyushtiradi, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazadi; issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanishga, ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazadi; dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga ko‘maklashadi; tegishli hududda jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘maklashadi; uy-joy fondidan foydalanishni va uning saqlanishini ta’minlashda fuqarolarga ko‘maklashadi; aholidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida tushishiga ko‘maklashadi; fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini to‘liq va o‘z vaqtida, hisob-kitobini banklar orqali amalga oshirgan holda to‘lashini kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi tomonidan kommunal xizmatlar haqi to‘liq to‘lanishini ta’minlaganligi uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tkaziladigan mablag‘lardan, belgilangan tartibda, kam ta’minlangan oilalarga kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yordam berish, fuqarolar yig‘inlari organlarining xodimlarini rag‘batlantirish, shuningdek obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga oid ishlarni o‘tkazish uchun foydalanadi; fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etishga ko‘maklashadi; fuqarolarni fuqaro muhofazasiga doir tadbirlarni o‘tkazishga jalb etishga, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni xabardor etish hamda mudofaa ishlari bo‘limlariga chaqirishni tashkil qilishga ko‘maklashadi, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarida ularning shaxsiy-birlamchi hisobi yuritilishini ta’minlaydi, mudofaa ishlari bo‘limi bilan kelishgan holda harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodimni tasdiqlaydi; “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasiga a’zolar qabul qiladi; fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisini tayinlaydi; bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarni, yolg‘iz keksa fuqarolarni, pensionyerlar va nogironlarni aniqlaydi; ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasiga va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi. Fuqarolar yig‘ini kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 24. Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan, zaruratga ko‘ra, lekin oyida kamida bir marta o‘tkaziladi. 25. Fuqarolar yig‘ini kengashi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda kengash majlisi vakolatli hisoblanadi. 26. Fuqarolar yig‘ini kengashi majlisini fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), u bo‘lmagan taqdirda esa uning o‘rinbosarlaridan biri olib boradi. 27. Fuqarolar yig‘ini kengashi majlisida hozir bo‘lgan a’zolarining yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan kengash qarorlari qabul qilingan hisoblanadi. 28. Fuqarolar yig‘ini kengashi majlisida bayonnoma yuritiladi. Bayonnomada majlis o‘tkazilgan sana, hozir bo‘lgan kengash a’zolari va fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Majlis bayonnomasi va qarorlar fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va mas’ul kotib tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yo‘qligida, fuqarolar yig‘ini kengashi majlisi bayonnomasi va qarori fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlaridan biri va mas’ul kotib tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yig‘ini kengashi qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. 29. Fuqarolar yig‘ini kengashining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari fuqarolar yig‘ini kengashi devoni xodimlari va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalari tomonidan ijro etilishi shart. 30. Fuqarolar yig‘ini kengashi qarorlarini bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 31. Fuqarolar yig‘ini kengashi qarorlari fuqarolar yig‘ini, kengash tomonidan bekor qilinishi yoki sud qaroriga asosan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. 32. Fuqarolar yig‘ini kengashi devoni fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasiga binoan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan shakllantiriladi. 33. Fuqarolar yig‘ini kengashi devoni xodimlari fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini), fuqarolar yig‘ini kengashining majlisini o‘tkazishga doir materiallarni tayyorlaydi, fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi), uning kengashi va raisining (oqsoqolining) qarorlarini ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlaydi, fuqarolar yig‘ini va uning kengashida ish yuritishni amalga oshiradi. 34. Fuqarolar yig‘inlarida taftish komissiyasi va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi komissiyalar tuziladi: yarashtirish komissiyasi; ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya; ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya; xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya; voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya; tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha komissiya; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya; jamoatchilik nazorati va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissiya. Hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin. 35. Komissiyalarga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning maslahatchisi, qoida tariqasida, faqat bitta komissiyaga raislik qilishi mumkin. Komissiya a’zolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan, fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxs fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadi. 36. Fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun fuqarolar yig‘ini a’zolari orasidan tarkibi kamida uch kishidan iborat taftish komissiyasi tuziladi. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdor bo‘ladi. Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘ini boshqa organining a’zosi bo‘la olmaydi. Ayni paytda fuqarolar yig‘ini kengashi a’zolari, raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari) va uning maslahatchilari, mas’ul kotib, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalarning a’zolari Taftish komissiyasi tarkibiga kirish huquqiga ega emas. 37. Taftish komissiyasi va fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar fuqarolar yig‘ini tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida faoliyat yuritadi. 38. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasini tuzish, qayta tashkil etish hamda faoliyatini tugatish tartibi, shuningdek ularning vakolatlari, komissiyalarning raislari va a’zolarini saylash (tarkibdan chiqarish) tartibi komissiyalarning namunaviy nizomlarida belgilab qo‘yiladi. 39. Fuqarolar yig‘ini organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), maslahatchilarining vakolatlari raisning (oqsoqolning) taqdimi bo‘yicha fuqarolar yig‘ini tomonidan belgilanadi. 40. Fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi: fuqarolar yig‘inini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqiradi; fuqarolar yig‘iniga — mas’ul kotibning, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislari va a’zolarining nomzodlarini fuqarolar yig‘ini kengashiga — harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodimning nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etadi; fuqarolar yig‘ini va uning organlari tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirishiga, shuningdek qarorlarni ijro etishga doir ishlarni tashkil etadi; davlat organlarida, shu jumladan sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yig‘inining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yig‘ini nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi; fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi; tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi; egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga o‘tgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha bo‘lmagan yolg‘iz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan yetim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning mol-mulkini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi; spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi; kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud bo‘lganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi; voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, yetim bolalar, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko‘maklashadi; tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog‘liq ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qiladi; ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni tashkil etadi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi; mas’ul kotib harbiy hisobni yuritish bo‘yicha xodimning faoliyatini muvofiqlashtiradi; fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi; fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini ta’minlaydi; fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi; tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, moddiy-madaniy meros obyektlari haqida ma’lumotlar so‘raydi va oladi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 41. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanadi. Saylovlar “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga binoan tashkil etiladi va o‘tkaziladi. 42. Mas’ul kotib fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) va fuqarolar yig‘ini kengashi majlisini o‘tkazishga doir materiallarni tayyorlaydi, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) va fuqarolar yig‘ini kengashi hamda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) qarorlarining ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi, ish yuritishni olib boradi. Mas’ul kotib fuqarolar yig‘inida ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish, ijro intizomiga rioya etgan holda ish yuritishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida samarali amalga oshiradi. Mas’ul kotib fuqarolar yig‘ini kengashi a’zolarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan fuqarolar yig‘ini tuzilmasi, mazkur Nizom, hujjatlar ijrosini nazorat qilish va tekshirishning asosiy qoidalari, ichki mehnat intizomi tartibi va fuqarolar yig‘ini faoliyatini tartibga solishga qaratilgan boshqa hujjatlar bilan tanishtiradi. 46. Fuqarolar yig‘inlari tomonidan barpo etilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy obyektlar va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan obyektlar, shuningdek transport vositalari, xo‘jalik anjomlari va boshqa ko‘char hamda ko‘chmas mol-mulk ularning mulki hisoblanadi. 47. Fuqarolar yig‘ini faoliyatining moliyaviy asosi quyidagi mablag‘lardan tashkil topadi: fuqarolar yig‘inining o‘z mablag‘lari; fuqarolar yig‘inining bino va boshqa mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar; mahalliy budjet mablag‘lari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag‘lar. 48. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) o‘rinbosarlari (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari), mas’ul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yig‘inining o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarda nazarda tutilgan tartibda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan ta’minlanishi mumkin. 49. Fuqarolar yig‘ini bank hisobvarag‘idagi moliyaviy mablag‘larini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil tasarruf etadi. Fuqarolar yig‘inining moliyaviy mablag‘lari olib qo‘yilishi mumkin emas. 50. Fuqarolar yig‘ini kengashi yilning har choragida moliyaviy mablag‘lardan qanday maqsadlarda foydalanganligi va tasarruf etganligi to‘g‘risida fuqarolar yig‘iniga hisobot beradi. 51. Fuqarolar yig‘ini o‘z faoliyatining hisobini yuritadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat statistika va soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi. 52. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi taklif fuqarolar yig‘iniga uning raisi (oqsoqoli), kengashi, taftish komissiyasi tomonidan kiritilishi mumkin. 53. Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)da tasdiqlangandan keyin tegishli Davlat xizmatlari markazlarida hisobga olinadi. Nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hisobga olingach qonuniy kuchga kirgan hisoblanadi. 54. Fuqarolar yig‘inini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish ma’muriy-hududiy birliklar va mahalla birlashtirilganda, bo‘linganda, tugatilganda, chegaralari o‘zgartirilganda fuqarolar yig‘inining qaroriga ko‘ra qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 55. Fuqarolar yig‘ini faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda fuqarolar yig‘ini tomonidan tugatish komissiyasi tuziladi. 56. Fuqarolar yig‘ini tugatilganda uning mablag‘i va mol-mulklari qonunda belgilangan tartibda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarori bilan ushbu Nizom maqsadlari uchun sarflanadi. 1. Mazkur Nizom “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yig‘ini huzuridagi taftish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Taftish komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi. 2. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi hamda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati sohasida yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘ini a’zolari orasidan kamida uch nafar tarkibda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. 3. Taftish komissiyasining maqsadi fuqarolar yig‘ini moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishdan iborat. 4. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi Nizomga, fuqarolar yig‘inining qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi. 5. Taftish komissiyasi o‘z tekshirishlarini fuqarolar yig‘ini qaroriga muvofiq amalga oshiradi. Taftish komissiyasi rejadan tashqari tekshirishlarni fuqarolar yig‘ini a’zolari kamida uchdan bir qismining so‘roviga binoan o‘tkazadi. 6. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘iniga hisobdordir. 7. Taftish komissiyasi: fuqarolar yig‘ini organlari tomonidan fuqarolar yig‘ini mol-mulkini saqlash va undan foydalanish, jumladan pul mablag‘larining maqsadli va manzilli sarflanishi holatini tekshiradi; fuqarolar yig‘ini organlari tomonidan hisob-kitob hujjatlarining qonun hujjatlariga muvofiq yuritilishini tekshiradi; fuqarolar yig‘ini tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotganligini tekshiradi; tekshirish natijalarini tahlil qiladi va fuqarolar yig‘iniga takliflar va xulosalar kiritadi. Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun fuqarolar yig‘iniga kiritadi. 8. Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakdagi yoki boshqa davrdagi faoliyati yakunlari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini qaroriga muvofiq tekshiradi. Fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolat muddati yakuni bo‘yicha majburiy amalga oshiriladi. 9. Taftish komissiyasi o‘z vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega: tekshirish o‘tkazish bo‘yicha yillik ish rejalarini tuzish va tasdiqlash uchun fuqarolar yig‘iniga kiritish; tekshirish o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash; tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek fuqarolar yig‘ini tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari faoliyatiga doir yozma ma’lumotlar olish; zarur hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil auditorlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni amalga oshirish; moliya-xo‘jalik va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish, zarur hollarda xonadonlarga borib ma’lumotlarni solishtirish; fuqarolar yig‘ini nomidan tuzilgan shartnomalar, amalga oshirilgan bitimlar, kontragentlar bilan hisob-kitoblarning qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshirish; moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida belgilangan normativ ko‘rsatkichlar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish; fuqarolar yig‘ini mol-mulkidan foydalanishning holatini o‘rganish; tekshirish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha moddiy javobgar shaxslardan tushuntirishlar olish; moliya-xo‘jalik faoliyatida aniqlangan kamchilik va qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha fuqarolar yig‘inini chaqirish to‘g‘risida taklif kiritish; fuqarolar yig‘ini kengashi yoki fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan qabul qilingan qarorlarning to‘g‘riligini, ularning qonun hujjatlari talablariga va fuqarolar yig‘ini qarorlariga muvofiqligini tekshirish; soliq inspeksiyasi, statistika organlari va boshqa vakolatli davlat organlari uchun hisobot hujjatlari to‘g‘ri tuzilganligini tekshirish; fuqarolar yig‘inining moliyaviy hujjatlarini, mol-mulk xatlovi bo‘yicha ma’lumotlarni birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash; yuritilayotgan buxgalteriya hisobining mavjud normativ qoidalarga muvofiqligini tahlil qilish; moliya-xo‘jalik hisobotini belgilangan tartib asosida yuritish bo‘yicha tavsiyalar berish. Taftish komissiyasining talabiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyati uchun mas’ul shaxs zarur hujjatlarni taqdim etishi shart. 10. Taftish komissiyasi quyidagi majburiyatlarga ega: tekshiruv o‘tkazishda qonun hujjatlariga va ushbu Nizom talablariga qat’iy amal qilish; o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga doir xulosalar nusxalarining belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlash; fuqarolar yig‘iniga amalga oshirilgan tekshirishlar natijalari yuzasidan yozma hisobotlarni o‘z vaqtida yetkazish; o‘z vazifalarini bajarish paytida Taftish komissiyasi a’zolariga ma’lum bo‘lgan sir saqlanadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik. Tekshirishlarni o‘tkazish paytida Taftish komissiyasi a’zolari tekshiruv mavzusiga taalluqli bo‘lgan barcha hujjatlar va materiallarni puxta tekshirishga majbur. Taftish o‘tkazilayotgan vaqtda hujjatlarning saqlanishini ta’minlash taftish komissiyasi raisi zimmasida bo‘ladi. 11. Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovidan so‘ng bir oy ichida Taftish komissiyasini tuzadi, Taftish komissiya a’zolari va raisini saylaydi. Taftish komissiyasi tarkibiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi. Ovoz berish Taftish komissiyasi a’zoligiga har bir nomzod bo‘yicha alohida o‘tkaziladi. Taftish komissiyasi raisi va uning a’zolari ikki uch yil muddatga saylanadi. Taftish komissiyasi a’zolarining soni toq bo‘lishi kerak. 12. Taftish komissiyasi raisi yoki a’zosi quyidagi hollarda fuqarolar yig‘inining qarori bilan Taftish komissiya tarkibidan chiqariladi: o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda; ushbu Nizomda nazarda tutilgan o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda; Taftish komissiyasi faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yig‘ini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda; fuqarolar yig‘inining obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar, nojo‘ya ishlar sodir etganda; belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda; sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda; belgilangan tartibda boshqa hududga ko‘chib ketganda; sog‘lig‘ining holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda; vafot etgan taqdirda. Taftish komissiyasi raisi yoki a’zosi Taftish komissiyasi tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bir oy muddat ichida Taftish komissiyasining yangi raisi yoki a’zosini saylaydi. 13. Taftish komissiyasining majlisi unda Taftish komissiyasi a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Taftish komissiyasining har bir a’zosi bitta ovozga ega. Taftish komissiyasining dalolatnomalari va xulosalari majlisda qatnashayotganlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlanadi. Ovozlar teng bo‘lganda Taftish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Taftish komissiyasi a’zolari Taftish komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmaganda majlis bayonnomasida alohida fikrlarini qayd ettirishga va ularni fuqarolar yig‘iniga, fuqarolar yig‘ini kengashiga yetkazishga haqlidirlar. 14. Taftish komissiyasi raisi: Komissiya majlislarni chaqiradi va o‘tkazadi; Taftish komissiyasining joriy ishlarini tashkil qiladi; fuqarolar yig‘ini, fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida Taftish komissiyasi nomidan vakil bo‘ladi; Taftish komissiyasi nomidan chiqariladigan hujjatlarni imzolaydi; yilning har choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha fuqarolar yig‘iniga hisobot beradi. 15. Taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning o‘zida fuqarolar yig‘ini boshqa organlarining a’zosi bo‘lishi mumkin emas. 16. Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘ini moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari asosida quyidagilarni o‘z ichiga olgan xulosa tayyorlaydi: hisobotlardagi va boshqa moliyaviy hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchli va to‘g‘ri ekanligiga berilgan baho; buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot taqdim etish tartibi buzilganligi holatlari, shuningdek qonunbuzilishi faktlari to‘g‘risidagi ma’lumot; aniqlangan qonunbuzilishlarini bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar, shuningdek fuqarolar yig‘ini moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga oid takliflar. 17. Taftish komissiyasi xulosasi Taftish komissiyasining raisi va a’zolari, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va fuqarolar yig‘ini buxgalteriya hisobini yuritish uchun fuqarolar yig‘ini raisi tavsiyasi asosida fuqarolar yig‘ini kengashining qarori bilan belgilangan mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi. 18. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) yoki buxgalteriya hisobini yuritish uchun mas’ul shaxs Taftish komissiyasi xulosasi bo‘yicha e’tiroz bildirgan taqdirda, xulosaga imzo qo‘yish bilan bir vaqtda o‘z e’tirozini ilova qilishi mumkin. 19. Tekshirish natijalari bo‘yicha tuzilgan xulosaga nisbatan bildirilgan e’tirozlar bo‘yicha Taftish komissiyasi o‘z fikrini bildiradi. 20. Taftish komissiyasi hisoboti fuqarolar yig‘inida ko‘rib chiqilmagungacha uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. 21. Taftish komissiyasini tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish, tegishli fuqarolar yig‘ini birlashtirilganda, bo‘linganda, tugatilganda va chegaralari o‘zgartirilganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Yarashtirish komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi. 2. Yarashtirish komissiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi Nizomga, fuqarolar yig‘ini va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi. 3. Yarashtirish komissiyasi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi. 4. Yarashtirish komissiyasining maqsadi fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta, hamjihatlikda yashashiga ko‘maklashish, oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga tayangan holda keng targ‘ib etish orqali ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat. 5. Quyidagilar Yarashtirish komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: oilaviy nizolar, yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik holatlari, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi, ichkilikbozlik hamda giyohvandlik illatlariga berilishi, huquqbuzarliklarning sodir etilishi — oilalar barbod bo‘lishining asosiy sabablaridan biri ekanligini, oilalardagi tinch-totuvlik mahallalardagi ma’naviy muhit barqarorligi, shuningdek oilaning sog‘lomligi jamiyat mustahkamligi hamda mamlakat barqarorligi bilan uzviy bog‘liqligini fuqarolarga tushuntirish va yig‘ilishlarda muhokama etib borish; yigit va qizlarni oila qurishga ruhiy-ma’naviy jihatdan tayyorlashga ko‘maklashish, oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini tashkil etish, oilaning muqaddasligi va jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan tashviqot ishlarini amalga oshirish; er-xotin, qaynona va kelin, yaqin qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish, buzilgan munosabatlarni tiklashga doir amaliy choralar ko‘rish; sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan nikohdan ajrashishga ariza bilan murojaat qilgan er-xotinlarni yarashtirish uchun tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha xabar olingandan so‘ng yarashish uchun belgilangan muddat tugashidan o‘n kun avval ularni yarashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli ravishda sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organini xabardor qilish; milliy qadriyatlarimizga zid holda muntazam ravishda notinch yashayotgan, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari hamda mahalladagi osoyishtalikning buzilishiga sababchi bo‘layotgan oilalarni, turli nojo‘ya xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida oilalarning turmush tarzi va muhitini o‘rganib, ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga barham berish chora-tadbirlari amalga oshirilishini tashkil etish; alkogol va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishning zarari to‘g‘risidagi bilimlarni targ‘ib qilishga doir profilaktika tadbirlarini amalga oshirish; ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan, ayniqsa ilgari sudlangan, oilada va turmushda muntazam ravishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yuvchi, turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktika ishlari olib borishda ishtirok etish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish; namunali oilalar, ularda farzand tarbiyasi, oila a’zolari o‘rtasidagi ibratli munosabatlarni ommalashtirish; to‘ylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli an’analarimizni hisobga olgan holda o‘tkazishni aholi o‘rtasida targ‘ib qilish va bu boradagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish. Yarashtirish komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin. 6. Yarashtirish komissiyasi o‘z vazifalarini amalga oshirishda fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ishlar organlari profilaktika inspektori, xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududdagi korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlar, fuqarolar yig‘ini kengashi a’zolari, profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar bilan hamkorlik qiladi. 7. Yarashtirish komissiyasi ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda Yarashtirish komissiyasi a’zolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni tashkil etishi mumkin. 8. Yarashtirish komissiyasi quyidagi huquqlarga ega: faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish to‘g‘risida, zarur hollarda ma’lumotlarni joyiga borib o‘rganish haqida fuqarolar yig‘iniga takliflar kiritish; faoliyat yo‘nalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yig‘ini kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish; mahalla va oilalardagi ma’naviy muhitni o‘rganish va ulardagi holat to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish uchun farzandlari o‘qiyotgan ta’lim muassasalaridan zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish; mahallalar va oilalardagi tinch-osoyishtalik, hamjihatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillarni hamda bunga sababchi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, salbiy holatlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etish haqida fuqarolar yig‘iniga takliflar kiritish; nizolashayotgan er-xotin va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi mol-mulk, merosning bo‘linishida o‘z vakolati doirasida ishtirok etish; nikohdan ajralish holati qayd etilgan oilalarda bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashi, bolalarning farzandlikka olinishi yoki maxsus muassasalarga, shu jumladan “Mehribonlik” va “Muruvvat” uylariga joylashtirilishi masalasining belgilangan tartibda hal qilinishida o‘z fikrini bildirish; zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida zarur axborot va tushuntirishlar olish uchun o‘z majlislariga davlat organlarining mas’ul xodimlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni taklif etish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; to‘ylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli an’analarimizni hisobga olgan holda o‘tkazish bo‘yicha fuqarolar yig‘iniga tavsiyalar berish; ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fuqarolar yig‘iniga takliflar kiritish. 9. Yarashtirish komissiyasining majburiyatlari quyidagilardan iborat: o‘z faoliyatida qonunchilikka va mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya qilish; mazkur Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshirish; mahalla va oilalardagi ma’naviy muhit barqarorligining buzilishi, fuqarolar qadr-qimmatining kamsitilishi, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; fuqarolar yig‘ini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yig‘ini va kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish orqali mahallaning nufuzi, obro‘-e’tiborini mustahkamlash va ta’sirini oshirish; yo‘nalishi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish; qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish. 10. Yarashtirish komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi hamda majburiyatlarni bajarishi mumkin. 11. Yarashtirish komissiyasiga ayon bo‘lgan sirlarning o‘zgalarga oshkor qilinishi qat’iyan taqiqlanadi. 12. Yarashtirish komissiyasi raisi va uning a’zolari: o‘z faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis bo‘lishlari; o‘z bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari hamda oila sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur. 13. Yarashtirish komissiyasi fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovidan so‘ng bir oy ichida 8 — 12 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Yarashtirish komissiyasi a’zolari soni fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi soni hamda ish hajmiga qarab belgilanadi. 14. Yarashtirish komissiyasi tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) o‘rinbosarlaridan biri, tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi, fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari, imom-xatib, ta’lim muassasalari rahbarlari yoki ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, qishloq vrachlik punkti (oilaviy poliklinika) vakili, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, namunali oila boshliqlari, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan hamda o‘zining tarbiyaviy ta’sirini o‘tkaza oladigan mahalla faollari, shu jumladan tashabbuskor yoshlar kiritilishi mumkin. 15. Yarashtirish komissiyasi a’zolari va raisi fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan uch yil muddatga saylanadi. Komissiyaga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan amalga oshiriladi. Yarashtirish komissiyasi tarkibiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida (fuqarolar vakillarining yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi. Yarashtirish komissiyasi a’zosi muddatidan avval Yarashtirish komissiyasi tarkibidan chiqsa, Yarashtirish komissiyasining yangi a’zosi bir oy muddat ichida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan saylanadi. 16. Yarashtirish komissiyasi raisi: majlislarni chaqiradi va o‘tkazadi; Yarashtirish komissiyasining joriy ishlarini tashkil qiladi; fuqarolar yig‘ini, yig‘in kengashi majlislarida uning nomidan vakil bo‘ladi; Yarashtirish komissiyasi nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi. 17. Yarashtirish komissiyasi raisi ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni Yarashtirish komissiyasi a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi hamda Yarashtirish komissiyasi a’zolari tomonidan o‘zlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Yarashtirish komissiyasi o‘zining birinchi tashkiliy yig‘ilishida a’zolar ichidan Yarashtirish komissiyasi raisining o‘rinbosarini saylaydi. Yarashtirish komissiyasi raisi o‘rinbosarining vazifalari Yarashtirish komissiyasi raisi tomonidan fuqarolar yig‘ini kengashi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Yarashtirish komissiyasi raisi uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan hollarda rais o‘rinbosari uning vazifasini bajaradi. 18. Komissiya raisi yoki a’zosi quyidagi hollarda fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarori bilan Komissiya tarkibidan chiqariladi: o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda; ushbu Nizomda nazarda tutilgan o‘z vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmaganda; Komissiya faoliyatiga taalluqli masalalarga doir fuqarolar yig‘ini majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganda, uning topshiriqlarini bajarmaganda; fuqarolar yig‘inining obro‘siga putur yetkazuvchi harakatlar, nojo‘ya ishlar sodir etganda; belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda yoki muomala layoqati cheklanganda; sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda; belgilangan tartibda boshqa hududga ko‘chib ketganda; sog‘lig‘ining holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda; vafot etgan taqdirda. Komissiya raisi yoki a’zosi Komissiya tarkibidan chiqarilganda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bir oy muddat ichida Komissiyaning yangi raisi yoki a’zosini saylaydi. 19. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Yarashtirish komissiyasining yillik, choraklik ish rejalari Yarashtirish komissiyasi yig‘ilishida muhokama qilinadi va fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Yarashtirish komissiyasi ish rejasi ijrosi yuzasidan Yarashtirish komissiyasi a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari har oyda Yarashtirish komissiyasi yig‘ilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi. Yarashtirish komissiyasi yig‘ilishi, agar uning ishida a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Yarashtirish komissiyasi a’zolarining yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi. 20. Fuqarolar yig‘ini mas’ul kotibi Yarashtirish komissiyasining kotibi hisoblanadi va Yarashtirish komissiyasi yig‘ilishlarining bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi. 21. Yarashtirish komissiyasi o‘z faoliyati to‘g‘risida har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yig‘iniga hisobot berib boradi. 22. Yarashtirish komissiyasini zarur jihozlar bilan ta’minlash, shuningdek Yarashtirish komissiyasi a’zolarini moddiy rag‘batlantirish uchun mahalliy budjet mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag‘lardan tashkil topgan fuqarolar yig‘ini mulki hisobidan fuqarolar yig‘ini kengashi qaroriga asosan pul mablag‘lari ajratilishi mumkin. 23. Yarashtirish komissiyasini tugatish va uning faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yig‘ini birlashtirilganda, bo‘linganda, tugatilganda va chegaralari o‘zgartirilganda fuqarolarning o‘zini o‘zi bo
112
63,018
Qonunchilik
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini ta’minlash, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish muddatlari, tartibi va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlar toifalari; attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish; attestatsiya natijalari bo‘yicha apellatsiya berish va uni ko‘rib chiqish qoidalari. 2. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tegishli davlat tashkilotlari atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularning malakasini oshirishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan tartibiga qat’iy amal qilinishini ta’minlasinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi: atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasining markazlashtirilgan tartibda shakllantirilishi va yuritilishini; manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin. 4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Nizom atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini (keyingi o‘rinlarda — xodimlar) tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: ariza — atom energiyasidan foydalanish sohasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning o‘z xodimlarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi murojaati; atom energiyasidan foydalanish obyektlari — yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari, yadroviy materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv moddalar, yadroviy yoqilg‘i, yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi to‘plamlari, ishlatib bo‘lingan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv chiqindilar; atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi o‘rinlarda — maxsus vakolatli organ) — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi; attestatsiya guvohnomasi — xodimlarning mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat; attestatsiya komissiyasi — maxsus vakolatli organda, uning hududiy boshqarmalarida, kon-texnika inspeksiyalarida hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda tashkil etiladigan va doimiy asosda ishlaydigan xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiya; boshqa yuridik shaxslar — quyidagi sohalarda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar: yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini loyihalashtirish hamda qurish, radiatsiyaviy manbalardan foydalanish; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari, radiatsiyaviy manbalar uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash; atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza o‘tkazish; radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan, ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash; radioaktiv chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan, ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va ko‘mib tashlash; atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish; yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallar, uskunalar hamda texnologiyalarni olib kirish va olib chiqish; atom energiyasidan foydalanish sohasida xizmatlar ko‘rsatish; atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; davlat va (yoki) nodavlat ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkiloti) — atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi, belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxs; malaka oshirish — kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yangilash hamda chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat; malaka talablari — tinglovchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasiga qo‘yiladigan talablar majmui; xodimlarni tayyorlash — xodimlarning yadro, radiatsiya, yong‘in va sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normalar va qoidalar hamda mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma va qoidalar talablariga amal qilgan holda, atom energiyasidan foydalanish obyektlari bilan bog‘liq ishlarni bajarishda talab etiladigan darajadagi xavfsizlik madaniyati va kompetensiyalarini shakllantirish faoliyati; xodimlarni qayta tayyorlash — atom energiyasidan foydalanish sohasida tayinlangan lavozimi bo‘yicha maxsus kasbiy bilimlarga ega bo‘lmagan xodimlarni yetarli darajadagi kasbiy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va tajribalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat; o‘quv dasturi — atom energiyasidan foydalanish sohasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlash uchun tayyorlanayotgan nomzod tomonidan lavozim yo‘riqnomasi yoki malaka talablari hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq lavozim majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lishning umumiy tartibini belgilovchi xodimlarni tayyorlashni tashkil etishga yo‘naltirilgan hujjat; o‘quv rejasi — o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun mas’ul etib tayinlangan hamda o‘z kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir bo‘lgan yuridik shaxs; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlari — atom energiyasidan foydalanish obyektlarida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar; yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari bo‘lgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilg‘idan va yadroviy materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun mo‘ljallangan qurilmalar. 3. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maxsus vakolatli organ litsenziyasiga ega davlat va (yoki) nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan tegishli tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnoma (buyurtma)lar asosida mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ham ega bo‘lishi shart. 4. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlarning miqdori tegishli o‘quv kurslarining davomiyligidan hamda ularning shaklidan kelib chiqib, shartnoma tuzuvchi taraflar tomonidan belgilanadi hamda belgilangan tartibda ta’lim tashkilotlari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri va (yoki) masofaviy shaklda amalga oshiriladi. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kamida 72 soatlik o‘quv kurslarida o‘qitish orqali amalga oshiriladi. 5. Xodimlarni: a) tayyorlash — ishga yangi qabul qilinganda; b) qayta tayyorlash: tanlangan yoki turdosh kasb bo‘yicha boshlang‘ich kasbiy ta’lim bo‘lmaganda; tegishli kasbiy ta’limni talab qiluvchi boshqa lavozimga o‘tkazishda; v) malakasini oshirish — ularni lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini saqlab turish maqsadida uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. 6. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish davrida xodimlarga ularning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi. Agar mazkur tadbirlar uchun xodimlar doimiy yashash joyidan boshqa hududga yuborilsa, mazkur xodimlarni yuborayotgan tashkilot tomonidan qonunchilikda belgilangan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim. 7. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv dasturlari ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi va maxsus vakolatli organ hamda xodimlarning vakillik organlari (mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari) bilan belgilangan tartibda kelishilgandan keyin tasdiqlanadi. 8. O‘quv kurslari to‘liq tamomlangandan so‘ng xodimlar ta’lim tashkilotlarida sinovdan o‘tkaziladi. Sinov yozma, test ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin. 9. Sinovdan o‘ta olmaganlarga bir oy davomida sinovni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Sinovni qayta topshirish mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qayta sinovdan o‘ta olmaganlar o‘quv kursidan takroran o‘tadilar. 10. Ta’lim tashkilotlari qayta sinovdan o‘ta olmagan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarga uch ish kuni mobaynida qayta sinov natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani ilova qilgan holda yuboradi. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar mazkur ma’lumotlar asosida o‘z xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini o‘rnatilgan tartibda bekor qilish yoki xodimni quyi lavozimga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishga haqlidir. 11. Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yakuniga ko‘ra sinovdan o‘tganlarga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda guvohnoma, xodimlar malakasini oshirish yakuniga ko‘ra sinovdan o‘tganlarga mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklda sertifikat rasmiylashtiriladi. 12. Maxsus vakolatli organ ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantiradi va yuritadi. 13. Ta’lim tashkilotlari tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslarini bitirgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yilning har choragida maxsus vakolatli organga taqdim etadi. 14. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlari ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish imkoniyatini baholash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi. 15. Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tomonidan birlamchi, davriy yoki navbatdan tashqari ko‘rinishlarda mazkur Nizomga 4 va 5-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi. 16. Xodimlarni birlamchi attestatsiyadan o‘tkazish ishga yangi qabul qilinganda yoki lavozimga tayinlanganda uch oy muddatda amalga oshiriladi. 17. Xodimlarni davriy attestatsiyadan o‘tkazish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning rahbar xodimlari, shuningdek, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari raislari va rais o‘rinbosarlari — besh yilda bir marta; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikning idoraviy (ishlab chiqarish) nazoratini, atom energiyasidan foydalanish sohasida texnologik jarayonni amalga oshiruvchi, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni hisobga olish va nazorat qilish, shuningdek, ularning jismonan himoya qilinishini ta’minlovchi, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar yoki ular asosidagi mahsulotlarni tashuvchi xodimlar, shuningdek, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari a’zolari — uch yilda bir marta; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boruvchi, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshlarida nazarda tutilmagan muhandis-texnik va boshqa ishchi xodimlari — bir yilda bir marta. 18. Ushbu Nizomning 17-bandi ikkinchi xatboshida ko‘rsatilgan xodimlar maxsus vakolatli organning attestatsiya komissiyasi, uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan xodimlar maxsus vakolatli organning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyasi, to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan xodimlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari tomonidan birlamchi, davriy va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkaziladi. 19. Maxsus vakolatli organning attestatsiya komissiyasi tarkibiga: maxsus vakolatli organ rahbarining o‘rinbosari — Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshlig‘i (attestatsiya komissiyasining raisi); Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari (attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari); maxsus vakolatli organning boshqarma boshliqlari; O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili kiritiladi. 20. Maxsus vakolatli organning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibiga: tegishli hududiy boshqarma boshlig‘i (attestatsiya komissiyasining raisi); ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari (attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari); maxsus vakolatli organning tegishli davlat inspektorlari yo‘nalishlar bo‘yicha; atom energetikasi sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi vakili; tarmoq kasaba uyushmalari respublika kengashlari va (yoki) hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari vakili kiritiladi. 21. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari tarkibiga: ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoki bosh muhandisi (attestatsiya komissiyasining raisi); maxsus vakolatli organ tomonidan ushbu tashkilotda davlat nazoratini olib borish yuklatilgan davlat inspektori (attestatsiya komissiyasi raisining o‘rinbosari); ishlab chiqarish va ichki nazoratni olib boruvchi xodimlar, boshqarma, bo‘lim boshliqlari va rahbarlari, avariya-qutqaruv xizmati vakillari va boshqa yuqori malakali mutaxassislar; hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari vakili va (yoki) tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi kiritiladi. 22. Attestatsiya komissiyasining raisi: attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi; attestatsiyani o‘tkazish joyi va muddatlarini belgilaydi; ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xodimlari ro‘yxatini tasdiqlaydi; attestatsiyani o‘tkazish bo‘yicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi. Attestatsiya komissiyasining raisi bo‘lmagan taqdirda, uning vazifalarini rais o‘rinbosari amalga oshiradi. 23. Maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda ularning tegishli tarkibiy bo‘linmasi (mas’ul xodimi) attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. Ishchi organ: attestatsiyani o‘tkazish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi; xodimlar anketalarini shakllantiradi va tayyorlaydi; attestatsiya komissiyasi savollarini tuzadi; attestatsiyani o‘tkazish sanasi va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni attestatsiya komissiyasi a’zolariga hamda xodimga bevosita topshiradi yoki pochta orqali yuboradi; attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi. 24. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari a’zolarining ro‘yxati attestatsiyani o‘tkazish muddatidan kamida o‘n kun avval maxsus vakolatli organ bilan kelishiladi. 25. Xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tegishliligi bo‘yicha maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyasiga mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq qog‘oz yoki elektron shaklda ariza bilan attestatsiya o‘tkazish muddatidan uch oy oldin murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: mazkur Nizomga 7-ilovadagi shakl bo‘yicha rasmiylashtirilgan so‘rovnoma; xodimlarning tayyorlash (qayta tayyorlash) va malaka oshirish o‘quv kursini tamomlaganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki sertifikati nusxasi; xodimlarning ish joyidan (ishlamayotganlar uchun oxirgi ish joyidan) berilgan mehnat faoliyati to‘g‘risidagi tavsifnoma. 26. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot attestatsiya komissiyasiga xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. 27. Attestatsiya komissiyasi ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunida xodimni attestatsiyaga qo‘yish yoki qo‘yishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Taqdim etilgan ariza mazkur Nizomning 25-bandi talablarga javob bermagan taqdirda, attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyaga xodimlarni qo‘yishni rad etish to‘g‘risida rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan qaror qabul qilinadi va ushbu qarorning nusxasi bir ish kunida tashkilotga yuboriladi. Rad etish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, arizani qayta ko‘rib chiqishga taqdim etish uchun o‘n kundan kam, biroq bir oydan ortiq bo‘lmagan muddat beriladi. 28. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya o‘tkaziladigan joy va vaqti to‘g‘risida tashkilotni kamida o‘n besh kun oldin yozma ravishda xabardor qilishi lozim. 29. Ariza mazkur Nizomning 25-bandi talablariga muvofiq bo‘lgan taqdirda, xodimlar tashkilotdan hujjatlar olingan kundan boshlab to‘rtinchi oyning birinchi 10 kunligidan kechikmay attestatsiyadan o‘tkazilishi shart. 30. Hujjatlari attestatsiyadan o‘tishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki xodim faoliyat yuritayotgan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va boshqa yuridik shaxs rahbarlari ma’lumotnomasi) ko‘ra kelmagan xodimlar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan o‘tkaziladi. Attestatsiyaga uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan xodimlar bo‘yicha ular ishlayotgan tashkilot rahbarlariga bildirishnoma yuboriladi va ushbu holat takrorlangan taqdirda, attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida xodimlarni attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblash haqida qaror chiqarishga haqli. 31. Xodim uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o‘rnini bosadigan hujjat)ni ko‘rsatgan holda attestatsiyadan o‘tishga kiritiladi. 32. Attestatsiya jarayoni maxsus vakolatli organning rasmiy veb-saytida onlayn translatsiya qilinadi, texnik jihatdan translatsiya qilish imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda ushbu jarayon audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi. 33. Attestatsiya komissiyasining yig‘ilishi attestatsiya komissiyasining tasdiqlangan tarkibining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi. Xodimlarning hujjatlari attestatsiya komissiyasi a’zolariga tanishtiriladi. 34. Attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi: normativ-huquqiy va normativ texnik hujjatlar, maxsus adabiyotlar yoki boshqa materiallardan foydalanish; uyali aloqa yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalanish; uzrli sabablarsiz attestatsiya o‘tkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish. Ushbu talablarni buzgan xodimlar attestatsiya o‘tkazilayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi. Begona shaxslarga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilmaydi. 35. Attestatsiya suhbat shaklida o‘tkaziladi, yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlarning attestatsiyadan o‘tkazilishi bundan mustasno. Har bir xodimga 10 ta savoldan iborat imtihon varaqasi beriladi. 36. Yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlar attestatsiyasi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning moddiy-texnik bazalaridan foydalangan holda, nazariy (test shaklida) va amaliy (texnologik jarayonlarni xavfsiz olib borishning amaliy ko‘nikmalari) nazorat mashqlari orqali o‘tkaziladi. Test savollarining kamida yetmish besh foiziga javob bergan xodimlar amaliy nazorat mashqlariga qo‘yiladi. 37. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisida ishtirok etgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish xodimlarning ishtirokisiz o‘tkaziladi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. 38. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya natijalarini hisobga olib: xodimlarni attestatsiyadan o‘tdi deb e’tirof etish va ularga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida; xodimlarni attestatsiyadan o‘tmadi deb e’tirof etish haqida qaror qabul qiladi. 39. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom bo‘lgandan keyin darhol e’lon qilinadi. 40. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari va a’zolari tomonidan imzolanadigan, mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Attestatsiya komissiyasining tasdiqlangan bayonnomasining nusxasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan xodimlarning ish joyiga rasman yuboriladi. 41. Bayonnoma tayyorlangan kundan boshlab uch ish kunida attestatsiyadan o‘tgan xodimlarga mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq attestatsiya guvohnomasi rasmiylashtiriladi. Attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan attestatsiyani o‘tkazish davriyligiga mutanosib ravishda belgilanadi. 42. Xodimlarning attestatsiya guvohnomasi attestatsiyadan o‘tgan xodimlar reyestrida hisobga olinadi. Attestatsiyadan o‘tgan xodimlar reyestri mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shaklda yuritiladi. 43. Attestatsiya guvohnomasi yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda, xodimlarning arizasiga ko‘ra uch ish kunida attestatsiya komissiyasi tomonidan uning dublikati beriladi. 44. Attestatsiya guvohnomasi dublikatida uning avvalgi hisobga olish raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yuqoridagi burchagiga “DUBLIKAT” yozuvi kiritiladi. 45. Attestatsiyadan o‘tmagan xodimlarni takroriy attestatsiyadan o‘tkazish uchun tashkilot attestatsiya o‘tkazilgan kundan kamida ikki oy o‘tgach murojaat qilishi mumkin. Bunda attestatsiyadan o‘tmagan xodimlar egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlashtirilishi lozim. 46. Ikkinchi marta ham attestatsiyadan o‘tmagan xodimlarni attestatsiyadan o‘tmagan deb e’tirof etish to‘g‘risida attestatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinib, tashkilotga ushbu xodimlarni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma yuboriladi. 47. Xodimlarning attestatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda, xodimlar davriy attestatsiyadan o‘tkaziladi. 48. Tashkilot rahbari xodimlarning attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda attestatsiyada ishtirokini ta’minlash uchun javobgar hisoblanadi. 49. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyasida o‘z xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan va kasaba uyushmasi qo‘mitasi (yoxud uning vakili) bilan kelishilgan jadval asosida amalga oshiriladi. Attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlar jadval bilan tanishtirilishi lozim. 50. Attestatsiya savollari maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 51. Attestatsiyadan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlar attestatsiya o‘tkaziladigan joy va vaqti to‘g‘risida attestatsiya komissiyasi tomonidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinadi. Attestatsiyani o‘tkazish mazkur Nizomning 29 — 36-bandlarida belgilangan tartibda o‘tkazilishi lozim. 52. Attestatsiya komissiyasi xodimlarning bilimlarini hisobga olib: xodimlarni attestatsiyadan o‘tdi deb e’tirof etish va ularga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqida; xodimlarni attestatsiyadan o‘tmadi deb e’tirof etish haqida qaror qabul qiladi. 53. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari va a’zolari tomonidan imzolanadigan, mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va xodimlarning shaxsiy varaqasiga tegishli qayd kiritiladi. 54. Tashkilot rahbari attestatsiyaning o‘z vaqtida o‘tkazilishiga javobgar hisoblanadi. 55. Xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish tegishli attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi: atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablari o‘zgarganda; ilgari qo‘llanilmagan xavf tug‘diruvchi yangi texnik qurilmalar yoki texnologiyalar kiritilganda; xodim olti oydan ortiq muddatga ishdan ajralgan hollarda; xodim radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash sohasida belgilangan talablar bo‘yicha yetarli darajada bilimga ega emasligi aniqlanganda, maxsus vakolatli organning radiatsiya va yadro xavfsizligi holatini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan mas’ul shaxsining yozma ko‘rsatmasiga muvofiq. 56. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning quyidagi xodimlari maxsus vakolatli organ attestatsiya komissiyasida navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi lozim: avariya yoki oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan tashkilot rahbarlari hamda bu hodisaga aloqador xodimlar; avariya yoki oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisaning sodir etilishida aybdor bo‘lgan shaxsni yoki jabrlanuvchini kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazgan tashkilot rahbarlari hamda o‘qitishga taalluqli bo‘lgan xodimlar. Ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlarda attestatsiya xodimlarning toifalaridan qat’iy nazar, maxsus vakolatli organning attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. 57. Xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish mazkur Nizomning 3-bobi 2-paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 58. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz ish kunida maxsus vakolatli organ huzurida tuziladigan apellatsiya komissiyasiga yozma ravishda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellatsiya komissiyasi tarkibi maxsus vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Attestatsiya komissiyasining a’zolari apellatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi. 59. Apellatsiya komissiyasi berilgan apellatsiyani yetti ish kunida uni bergan xodimlar ishtirokida ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida ularga yozma xabar yuboradi. 60. Agar attestatsiya davomida xodimlarning bilimi noto‘g‘ri baholanganligi aniqlansa, apellatsiya komissiyasi arizani qanoatlantiradi va attestatsiya natijalarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, xodimlarning apellatsiyasi boshqa asoslarga ko‘ra to‘g‘ri (asosli) deb topilsa, apellatsiya komissiyasi ularni mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Attestatsiya mazkur Nizom talablariga zid ravishda o‘tkazilmaganligi hamda xodimlarning bilimi to‘g‘ri baholanganligi aniqlangan taqdirda, apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 61. Attestatsiya komissiyasi yoki apellatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin. 62. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
250
29,808
Qonunchilik
Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 1. 62-banddan “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish respublika markazi xarajatlari,” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 2. 73 va 74-bandlardagi “Milliy xavfsizlik” degan so‘zlar “Davlat xavfsizlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. 79-banddagi “Toshkent shahridagi Ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini” degan so‘zlar “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 87-banddagi “Davlat patent idorasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 5. 108-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 6. 112-banddagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 7. 120-band “Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparatini va uning hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari,” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 8. 1-ilovada: 1) 3 001 0 0 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”; 2) 3 008 0 0 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi”; 3) 3 015 1 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 016 0 0 O‘zbekiston yoshlar ittifoqini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; 3 016 1 0 Respublika mablag‘lari; 3 017 0 0 O‘zbekiston Kasaba uyushmalar federatsiyasi jamg‘armasi; 3 017 1 0 Respublika mablag‘lari”. 9. 2-ilovada: 1) 3 112 505, 3 112 605, 3 112 705, 3 112 805 va 3 112 900 — 3 112 903 qatorlar chiqarib tashlansin; 2) 3 112 899 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 112 904 Yagona soliq to‘lovidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalar federatsiyasiga ajratmalar”; 3) 3 131 209 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 131 210 Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tomonidan bir gektardan oshgan yer maydoni uchun yer solig‘i”; 4) 3 141 201 — 3 141 204 qatorlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “3 141 201 Benzin va dizel yoqilg‘isi ishlatganlik uchun olinadigan soliq (to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilgan neft mahsulotlaridan tashqari); 3 141 202 Suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; 3 141 203 Siqilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; 3 141 204 To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilgan neft mahsulotlari bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi ishlatganlik uchun olinadigan soliq”; 5) 3 142 901 qatordagi “Djeneral Motors O‘zbekiston” YoAJ” degan so‘zlar “Djeneral Motors O‘zbekiston” AJ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 6) 3 331 238 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 331 240 Maqsadli ijtimoiy transfertlar; 3 331 241 Ta’lim sohasi uchun respublika budjetidan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 3 331 242 Tibbiyot sohasi uchun respublika budjetidan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 3 331 243 Ta’lim sohasi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 3 331 244 Tibbiyot sohasi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 3 331 245 Ta’lim sohasi uchun viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 3 331 246 Tibbiyot sohasi uchun viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan olingan maqsadli ijtimoiy transfertlar”; 7) 3 331 500, 3 331 502, 3 331 503, 3 331 505, 3 331 506 va 3 331 900 qatorlardagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 8) 3 422 114 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 422 117 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash uchun davlat boji; 3 422 118 Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash uchun davlat boji; 3 422 119 Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash uchun davlat boji (elektron murojaatlar uchun); 3 422 120 Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish uchun davlat boji; 3 422 121 Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish uchun davlat boji (elektron murojaatlar uchun); 3 422 122 O‘z tarmog‘ini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya berish uchun davlat boji; 3 422 123 Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish uchun davlat boji; 3 422 124 Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash uchun davlat boji (elektron murojaatlar uchun); 3 422 125 Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash uchun davlat boji”; 9) 3 422 225 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 422 233 O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun undiriladigan yig‘im; 3 422 234 Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida birinchi va oliy malaka toifali, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimidagi hamda mazkur malaka toifalari va lavozimlarga talabgor pedagog kadrlarga malaka toifasini berish uchun yig‘im; 3 422 235 Nodavlat ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im; 3 422 236 Majburiy ijro byurosi (ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan chiqarilgan ijro hujjatiga asosan davlat bojlari qarzlari bo‘yicha undirilgan mablag‘lar); 3 422 237 Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish uchun yig‘im; 3 422 238 Franshizing shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im; 3 422 239 Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi uchun yig‘im; 3 422 240 Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish uchun yig‘im; 3 422 241 Ko‘chma savdoni amalga oshirishga ruxsat berish uchun yig‘im; 3 422 242 Turar joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat berish uchun yig‘im; 3 422 243 O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish uchun yig‘im; 3 422 244 Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash (arizani ko‘rib chiqish va qayta rasmiylashtirish) uchun yig‘im; 3 422 245 Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash (arizani ko‘rib chiqish va qayta rasmiylashtirish) uchun yig‘im; 3 422 246 Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish (arizani ko‘rib chiqish va qayta rasmiylashtirish) uchun yig‘im; 3 422 247 O‘z tarmog‘ini yaratish huquqisiz ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari orqali provayder xizmatlari ko‘rsatishga litsenziya berish (arizani ko‘rib chiqish, qayta rasmiylashtirish va dublikat) uchun yig‘im; 3 422 248 Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqiga litsenziya berish (arizani ko‘rib chiqish va qayta rasmiylashtirish) uchun yig‘im; 3 422 249 O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma; 3 422 250 O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlashga ruxsatnoma; 3 422 251 O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kolleksiyalari, o‘ljalar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma; 3 422 252 O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar saqlanadigan va urchitiladigan pitomniklarni, shuningdek zoologiya kolleksiyalarini hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi guvohnoma; 3 422 253 Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish (arizani ko‘rib chiqish, dublikat berish va qayta rasmiylashtirish uchun) uchun yig‘im; 3 422 254 Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash uchun (arizani ko‘rib chiqish va litsenziyani qayta rasmiylashtirish) yig‘im (elektron murojaatlar uchun); 3 422 255 Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash uchun (arizani ko‘rib chiqish va litsenziyani qayta rasmiylashtirish) yig‘im; 3 422 256 Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish uchun yig‘im; 3 422 257 Davlat xizmatlari markazlari binolari va tutash hududlaridagi reklama faoliyati uchun to‘lov; 3 422 258 Davlat xizmatlari markazlari orqali yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tadbirkorlik subyektlarining muhr va shtamplarini tayyorlash faoliyati uchun to‘lov; 3 422 259 Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) hamda texnik ko‘rikdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘lar; 3 422 260 Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklamasini joylashtirishga ruxsatnoma; 3 422 261 O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchlarni jalb qilishga ruxsatnoma”; 10) 3 430 137 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 430 142 Fuqarolarning uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirilmaganligi uchun jarima; 3 430 143 Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari tomonidan bir gektardan oshgan yer maydoni uchun yer solig‘i; 3 430 144 Mansabdor shaxslar davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini buzganligi uchun qo‘llaniladigan ma’muriy jarima; 3 430 145 Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek, bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema boshqaruvchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi”; 11) 3 450 974 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “3 450 975 Urush qatnashchilariga sanatoriylarda sog‘lomlashtirish kursini olish o‘rniga yo‘llanma uchun kompensatsiya tushumlari”; 12) 3 520 112 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Respublika budjetidan aylanma kassa mablag‘larini to‘ldirish uchun olingan mablag‘lar”; 13) 3 520 118 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “3 520 119 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetidan aylanma kassa mablag‘larini to‘ldirish uchun olingan mablag‘lar; 3 520 120 Respublika budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan olingan mablag‘lar; 3 520 121 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan olingan mablag‘lar”. 10. 3-ilovada: 1) 10 401 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “10 405 Shahrisabz shahri”; 2) 33 401 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “33 406 Xiva shahri”; 3) 35 225 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “35 228 Taxiatosh tumani”; 4) 35 411 qator chiqarib tashlansin. 11. 4-ilovada: 1) 7 014 200 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xarajatlari;” 2) 7 014 200 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 014 201 O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini saqlash xarajatlari”; 3) 7 018 344 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 018 400 Maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 410 Ta’lim sohasiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 411 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 412 Viloyatlar va Toshkent shahri budjetiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 413 Tuman va shaharlar budjetiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 420 Tibbiyot sohasiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 421 Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 422 Viloyatlar va Toshkent shahri budjetiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar; 7 018 423 Tuman va shaharlar budjetiga beriladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar”; 4) 7 019 400 qator chiqarib tashlansin; 5) 7 019 800 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 019 900 Boshqa xarajatlar; 7 019 901 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligini saqlash xarajatlari; 7 019 902 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari; 7 019 903 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini saqlash xarajatlari; 7 019 990 Boshqa xarajatlar”; 6) 7 029 904 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 029 905 Harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish va vazifalarni hal etish xarajatlari; 7 029 906 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasini saqlash xarajatlari”; 7) 7 034 100 va 7 035 100 qatorlardagi “Milliy xavfsizlik” degan so‘zlar “Davlat xavfsizlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 8) 7 041 232 qatordagi “Toshkent shahridagi Ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazini” degan so‘zlar “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 9) 7 041 901 qatordagi “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” degan so‘zlar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 10) 7 045 196 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 045 197 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini saqlash xarajatlari; 7 045 198 “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” unitar korxonasini saqlash xarajatlari”; 11) 7 047 302 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 047 303 Turizmni rivojlantirish departamentini saqlash xarajatlari”; 12) 7 049 600 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentli”; 13) 7 076 901 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 076 902 O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligini saqlash xarajatlari”; 14) 7 083 500 va 7 083 505 qatorlardagi “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish” degan so‘zlar “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 15) 7 084 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 084 900 Boshqa xarajatlar; 7 084 901 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi Media markazni saqlash xarajatlari”; 16) 7 089 600 qatordagi “davlat qo‘mitasini” degan so‘zlar “vazirligini” degan so‘z bilan almashtirilsin; 17) 7 089 601 qatordagi “davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar “vazirligining” degan so‘z bilan almashtirilsin; 18) 7 096 515 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 096 516 Oliy ta’lim muassasalari”; 19) 7 096 526 qator nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Oliy ta’lim muassasalari”; 20) 7 096 526 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “7 096 528 Ijtimoiy-tadqiqot muassasalari; 7 096 529 “Iste’dod” jamg‘armasi”; 21) 7 102 412 qatordagi “Milliy xavfsizlik” degan so‘zlar “Davlat xavfsizlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; 22) 7 106 220 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “7 106 230 Urush qatnashchilariga sanatoriylarda sog‘lomlashtirish kursini olish o‘rniga yo‘llanma uchun kompensatsiya xarajatlari”. 12. 5-ilovada: 1) 42 34 930 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “42 34 950 Isitish qozonlari”; 2) 42 52 600 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “42 52 700 Qish-bahor mavsumiga g‘amlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari”; 3) 43 33 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “43 33 200 Isitish qozonlari”; 4) 43 54 940 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “43 54 950 Isitish qozonlari”; 5) 46 41 330 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “46 41 400 Maqsadli ijtimoiy transfertlar; 46 41 410 Qoraqalpog‘iston Respublikasiga; 46 41 420 Viloyatlar va Toshkent shahriga; 46 41 430 Tuman va shaharlarga”. 13. 5a-ilovada: 1) 42 34 930 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “42 34 950 Isitish qozonlari”; 2) 42 52 600 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “42 52 700 Qish-bahor mavsumiga g‘amlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari”; 3) 43 33 100 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “43 33 200 Isitish qozonlari”; 4) 43 54 940 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan to‘ldirilsin: “43 54 950 Isitish qozonlari”; 5) 46 41 330 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan to‘ldirilsin: “46 41 400 Maqsadli ijtimoiy transfertlar; 46 41 410 Qoraqalpog‘iston Respublikasiga; 46 41 420 Viloyatlar va Toshkent shahriga; 46 41 430 Tuman va shaharlarga”.
98
19,279
Qonunchilik
Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qo‘riqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat ko‘rsatishi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarining xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, teleradio dasturlarining efirga ruxsatsiz chiqarilishi imkoniyatlarini istisno etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qo‘riqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat ko‘rsatishi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda nodavlat teleradiokompaniyalari bir oy muddatda nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarini qo‘riqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat ko‘rsatishi qoidalari talablariga muvofiqlashtirsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarning barcha obyektlari qo‘riqlanishi, xavfsiz faoliyat ko‘rsatishi va ularning yong‘in xavfsizligi ta’minlanishi holati yuzasidan tekshirish o‘tkazsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Qoidalar nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari qo‘riqlanishi, muhofaza qilinishi va ularning xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash tartibini belgilaydi. 2. Qoidalar nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarning barcha obyektlariga tatbiq etiladi hamda ularning o‘z faoliyatini belgilangan tartibda olingan litsenziyalar asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida teleradio dasturlarni shakllantirish va tarqatish sohasida amalga oshiruvchi mulkchilikning nodavlat shaklidagi yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. 3. Ushbu Qoidalarda quyidagi atamalar va ta’riflardan foydalaniladi: nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar subyekti — qonunchilikda belgilangan tartibda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish, qayta uzatish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun vakolatli organning litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxs; nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti — nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar subyektining ma’muriy va texnik maqsaddagi obyekti (binolari, inshootlari va alohida xonalari); kirish cheklangan bino — nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining teleradio uzatuvchi apparatlar, kabel televideniye studiyasi joylashgan, shuningdek tele- va radio dasturlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan tele-, radio dasturlar, efirga chiqish studiyalari, ovoz yozish va video yozuvlar studiyalari shakllantiriladigan xonasi; efirga chiqish studiyasi — yozuvlarni amalga oshirish va tele- va radio dasturlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatish uchun texnik xona; ovoz yozish va video yozuvlar studiyasi — teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar uchun ovoz yozish va video yozuvlarni amalga oshirish uchun texnik xona; kabel televideniye studiyasi — erkin ko‘rib bo‘lmaydigan, faqat kabel televizion kanallardan foydalangan holda muayyan hududda tele-, radio dasturlar va elektr aloqasining boshqa xabarlari shakllantiriladigan va tarqatiladigan bino. 4. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari ham o‘z mulki bo‘lgan hududlar va binolarda, ham ijaraga beruvchilarning binolarida yoki qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan foydalaniladigan boshqa mulkdorlarning binolarida joylashishi mumkin. 5. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari belgilangan tartibda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga qo‘riqlash uchun berilishi, kirish cheklangan xonalari majburiy tartibda Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limlarining texnik qo‘riqlash markaziga (punktiga) qo‘riqlash uchun topshirilishi kerak. 6. Kirish cheklangan xonaning tashqi kirish eshigi ko‘rish ko‘zchasi yoki videodomofon o‘rnatilgan yaxlit metalldan yasalgan, shuningdek bittasi kodli bo‘lgan kamida ikkita o‘yma qulfli bo‘lishi kerak. Xonada qo‘riqlash postiga va PTORga trevoga signali beruvchi qo‘riqlash hamda yong‘in signalizatsiyasi mavjud bo‘lishi zarur. 7. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlariga tutash hudud, kirish cheklangan bino va xonalarga kirish joylari kirish cheklangan binoda tasvir monitorda navbatchi xodim tomonidan ko‘riladigan va yozuv kamida bir hafta saqlanadigan videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 8. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari binosining birinchi qavati xonalarining tashqi deraza o‘yiqlari, shuningdek kirish cheklangan xonalaridagi barcha deraza o‘yiqlari ichki tomondan kamida 15 mm diametrli simdan yasalgan va teshiklari ko‘pi bilan 150 x 150 mm bo‘lgan, devorga mahkamlangan metall shtirlarga kavsharlangan metall panjaralar bilan himoyalangan bo‘lishi kerak. 9. Kirish cheklangan xona orqali tranzit quvurlar, havo kiritgichlar va boshqa kommunikatsiyalarni o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi. 10. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarining alohida joylashgan binolari hududi balandligi kamida ikki metrli beton yoki g‘isht to‘siq bilan to‘silgan va u to‘liq yoritilgan bo‘lishi kerak. Zarur hollarda, aholi punktlarining me’moriy ko‘rinishini o‘zgartirishga cheklashlar mavjud bo‘lgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan holda beton va g‘isht to‘siqlarni dekorativ metall panjara devor bilan almashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari hududiga va u to‘sib qo‘yilgan joyga nazorat qilinmaydigan kirish yo‘llari bo‘lmasligi kerak. 11. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti uchun ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha maxsus hujjatlar ishlab chiqiladi. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining maxsus hujjatlari uning rahbari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. 12. Yong‘in, avariya yuz berganda va boshqa favqulodda vaziyatlarda obyekt bo‘yicha navbatchi yoki Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimi darhol yong‘in, avariya komandasini chaqiradi, nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining rahbariga va ijaraga beruvchiga, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati bo‘linmalariga xabar beradi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi. 13. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlariga hujum bo‘lganda, ularni egallab olish uchun tahdid qilinganda yoki asbob-uskunalaridan ruxsat berilmagan tarzda foydalanishga urinilganda tasdiqlangan yo‘riqnomalar va sxemalar bo‘yicha ularni ishdan chiqarish chora-tadbirlari ko‘riladi. 14. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlarida kirish tartibi va obyektning ichki tartibi belgilanadi. 15. Obyektga kirish tartibi: nazorat-kiritish punkti va ruxsatnomalar byurosi tashkil etilishini; doimiy, vaqtinchalik va bir martalik ruxsatnomalar tizimi joriy etilishini; xizmat xonalariga va kirish cheklangan xonalarga kirish huquqini beruvchi maxsus shifrlar va vkladishlar qo‘llanilishini; ruxsatnomaning tegishli turini, vkladishlarni berishga, shifrlar qo‘yishga ruxsat berish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslarni belgilashni; obyektga olib kirish taqiqlangan buyumlar va ashyolar ro‘yxati belgilanishini; keluvchilarni qabul qilish va ular bilan muzokaralar olib borish uchun joylar jihozlanishini ta’minlashi kerak. 16. Obyektning ichki tartibi: ushbu obyektda ishlash uchun shaxslarni tanlash, o‘rganish va rasmiylashtirishning zarur tartibiga rioya qilinishini; xizmat xonalariga va kirish cheklangan xonalarga kiritiladigan shaxslar ro‘yxati belgilanishini; bajaruvchilar o‘rtasida tartib talablarini tushuntirish, xushyorlikni oshirish va topshirilgan ish uchastkasi uchun javobgarlik bo‘yicha ishlar olib borilishini; favqulodda vaziyatlar yuz berganda obyektni ishga tayyorlash ishlari o‘tkazilishini va favqulodda vaziyatlar yuz berganda xatti-harakatlar belgilanishini; texnologik uskunadan foydalanish mumkin emasligini ta’minlash yoki uni foydalanishdan chiqarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi obyekt xodimlarining xatti-harakatlari rejasi ishlab chiqilishini; texnologik uskunani foydalanishdan chiqarish va uning u yoki bu elementlarini, ularsiz uning normal ishini tiklash mumkin bo‘lmagan bloklarni yo‘q qilish uchun mas’ul xodimlar ro‘yxati belgilanishini; ovoz yozish va efirga uzatish uchun foydalaniladigan texnika vositalari qo‘llanilishi nazorat qilinishini ta’minlashi kerak. 17. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektlari yoki kirish cheklangan xonalar foydalanishga topshirishdan oldin ushbu Qoidalar talablariga muvofiqlik yuzasidan Idoralararo komissiya tomonidan tekshiriladi. 18. Idoralararo komissiya nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, Milliy teleradiokompaniya bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organi vakillaridan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining vakili rahbarligida shakllantiriladi. 19. Komissiya tomonidan nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyektining ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligi va yaroqliligi yuzasidan dalolatnoma tuziladi. Kamchiliklar aniqlangan taqdirda dalolatnomada ularni bartaraf etish muddatlari ko‘rsatiladi. Tuzilgan dalolatnoma telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash masalalari bo‘yicha vakolatli organga taqdim etiladi. 20. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti rahbari ushbu Qoidalarga rioya etilishi yuzasidan javob beradi. 21. Ushbu Qoidalar buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi. 1. Favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda ma’muriyat va xodimlarning xatti-harakatlari bo‘yicha yo‘riqnoma. 2. Nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti bo‘yicha navbatchining yo‘riqnomasi. 3. Kalitlarni topshirish va olish, barcha xonalarni qo‘riqlash uchun topshirish va ularni qo‘riqlashdan chiqarish, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda ushbu xonalarni ochish bo‘yicha yo‘riqnoma. 4. Favqulodda vaziyatlarda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni, darhol to‘xtatish elektr ta’minotini uzib qo‘yish bo‘yicha tegishli vakolatli tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish rejasi. 5. Favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda nodavlat teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar obyekti xodimlarini va mol-mulkini evakuatsiya qilish sxemasi va tartibi. 6. Obyektga kirish tartibini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma. 7. Obyektning ichki tartibini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnoma.
168
11,876
Qonunchilik
«Ikkilamchi» garovga qoʻyish osonlashadi
Adliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlarining kreditlardan keng foydalanishini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarni taklif etdi. Ular Prezidentning qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda, uning loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda. Mamlakatimizda garov va boshqa ta’minlovchi mol-mulk taqchilligi kuzatilmoqda. Bu kreditorlarning qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish imkoniyatiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Koʻpincha garov narsasining qiymati kredit miqdoridan ancha oshib ketadi. Jahon amaliyotida garovga qoʻyilgan mol-mulk yana bitta kredit uchun garov boʻla oladi. Oʻzbekiston Fuqarolik kodeksida ham navbatdagi garov nazarda tutilgan. Biroq amaliyotda bu norma qoʻllanilmayapti. Loyiha mualliflari ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun qonunchilikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishni taklif qilmoqdalar. Shu munosabat bilan quyidagi normalarni joriy etish taklif qilinmoqda:   Shuningdek quyidagilarni tatbiq etish: Ma’lumot uchun: sud buyrugʻi soʻzsiz asoslar boʻyicha soddalashtirilgan tartibda (tomonlarni chaqirmay va ishni sudda koʻrmay turib) chiqariladi. Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizalardan davlat boji da’vo ishini yuritish boʻyicha stavkaning 50%ini tashkil etadi.  Bundan tashqari, quyidagi tartibni belgilash taklif etilmoqda: Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin. Oleg Gayevoy.
40
1,387
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi quyidagi tarkibda tasdiqlansin: 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 27-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy atamalar komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi 71–II-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 4, 160-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
112
594
Qonunchilik
Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Bozor munosabatlarini keng joriy etish hamda qishloq xo‘jaligida moliyalashtirish va o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, rentabelligini oshirish, yetishtirilayotgan mahsulot hajmlari barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining: a) 2018-yil 1-martdan boshlab ishlab chiqaruvchilarning rentabelligi oshishini va yuqori sifatli mahsulotlar yetishtirishni rag‘batlantirishni ta’minlaydigan navlar va klasslar bo‘yicha paxta xomashyosi va boshoqli don xaridi yuzasidan kafolatlangan davlat narxlarini belgilash; b) tuproq unumdorligi past va hosildorlik gektariga 15 sentner bo‘lgan yerlarda oxirgi 3 yil mobaynida paxta xomashyosiga davlat buyurtmasini joylashtirmaslik to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining takliflari asosida ushbu bandga muvofiq bo‘shaydigan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini, eng avvalo, ozuqa va moyli ekinlarni joylashtirish, meva-sabzavotchilik va chorvachilik loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida ikki hafta muddatda Hukumat qarorini qabul qilsin. 2. Belgilansinki: paxta xomashyosi va boshoqli don uchun uzil-kesil hisob-kitoblar hosil yig‘ishtiriladigan yilning oxirigacha to‘liq hajmda amalga oshiriladi; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga va avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish uchun dizel yoqilg‘isi va EKO dizel yoqilg‘isining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yagona chakana narxlari 2018-yil oxirigacha bo‘lgan davrda amal qiladi; mineral o‘g‘itlarni sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan alohida shartlar hisobga olingan holda birja savdolarida amalga oshiriladi; fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos agregatlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi qiymati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda Davlat budjetidan subsidiyalar hisobiga qoplanadi. 3. Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar oldidagi 2018-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra hosil bo‘lgan qarzlarini, shu jumladan, ichki tarmoq qarzdorligi hamda budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari oldidagi qarzlarini to‘lash muddati hisoblangan penya va jarimalar hisobdan chiqarilgan holda 3 yil muddatga uzaytirilsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarining budjet, davlat maqsadli jamg‘armalari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar oldidagi 2018-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra hosil bo‘lgan qarzlari, shu jumladan, ichki tarmoq qarzlari bir oy muddatda yalpi xatlovdan o‘tkazilishini, shuningdek, uni tartibga solish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlasin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamg‘armasini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) aylantirish va uni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufiga berish; paxta tolasiga jahon narxlarining keskin pasayishi ehtimoli uchun paxta tolasiga preyskurant va jahon narxlari o‘rtasidagi ijobiy tafovut summasi hisobiga Jamg‘armaning sug‘urta hisob raqamini shakllantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda: navlar va klasslar bo‘yicha paxta xomashyosi va boshoqli don xaridining davlat tomonidan kafolatlangan narxlarini tasdiqlashni; mineral o‘g‘itlarni birja savdolarida sotishning maxsus shartlarini; fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos agregatlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish tartibini; 2018-yil hosili paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish bo‘yicha agrotexnika tadbirlari o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlash uchun Jamg‘armadan ajratiladigan kredit resurslari hajmlarini tumanlar bo‘yicha belgilashni; moliyaviy resurslar ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy himoya vositalari hamda boshqa resurslar va xizmatlar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda yetkazib berilishi, tuzilgan shartnomalar shartlariga rioya etilishi, shuningdek, o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi va ajratiladigan kredit resurslari qaytarilishi yuzasidan javobgarlikning aniq sohalari hamda nazorat mexanizmlari belgilanishini; Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini; birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning ehtiyojlarini qondirishni hisobga olgan holda 2018-yilda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va sotish balansini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin. 6. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga mineral o‘g‘itlar sotuvchi korxonalar uchun 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda yagona soliq to‘lovi stavkasi 2 foiz miqdorda belgilansin. 7. Tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar tomonidan olib kelinadigan fosforli o‘g‘itlar, shuningdek, fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan fosforit xomashyo 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin, bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda: “Agrobank” ATBga davlat xaridlarining nazarda tutilgan hajmlaridan ortiqcha boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga kreditlar ajratish uchun yillik 5 foiz stavka bo‘yicha depozitga 150 milliard so‘m miqdorida yillik 10 foizgacha stavka bo‘yicha mablag‘lar joylashtirilishini; Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida va viloyatlarning mahalliy budjetida past hosilli yerlarda paxta xomashyosi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilning saqlanishi bo‘yicha xarajatlarni qoplashga respublika budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga 50 milliard so‘m miqdorida mablag‘lar shakllantirilishini ta’minlasin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi (M.M. Ikramov) har bir hudud bo‘yicha mas’ul xodimlar belgilangan holda Jamg‘arma mablag‘lari o‘z vaqtida ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlasin. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Agrobank” ATB bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq paxta xomashyosi va boshoqli don xarid qilish uchun mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi va ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradigan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining “Agrobank” ATBning ma’lumotlar bazasidan foydalanishini ta’minlasinlar. 10. Chora-tadbirlar so‘zsiz amalga oshirilishini va Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni o‘z vaqtida moliyalashtirish bo‘yicha talablarga so‘zsiz rioya qilinishini, ularga mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallarining zarur hajmlari yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, ularga narxlar spekulyativ tarzda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Bosh prokuror O.B. Murodov, Bosh vazirning o‘rinbosarlari Z.T. Mirzayev, J.A. Qo‘chqorov, A.S. Sultanov, N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramovga shaxsiy mas’uliyat belgilansin. 11. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan ikki hafta muddatda takliflar kiritsin. 12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi M.M. Ikramov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
127
8,763
Qonunchilik
SChR хizmati uchun toʻlangan mablagʻlar nimalarga sarflanadi
Vazirlar Mahkamasining 5.04.2018 yildagi 267-son qarori bilan fuqarolarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi (SChR) хizmati uchun toʻlagan mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tashkillashtirishga tegishli Hukumatning ayrim qarorlariga tuzatishlar kiritildi.   Eslatib oʻtamiz, muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaхslar SChR safiga olinadilar. Ular 27 yoshgacha safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatida boʻladilar va uni oʻtagandan keyin Qurolli Kuchlarning ikkinchi toifali rezerviga oʻtkaziladilar. Fuqarolarning belgilangan miqdorda pul badallarini toʻlashi va хizmat davrida bir marta bir oylik harbiy yigʻinda хizmatni oʻtashi SChRda хizmat qilish sharti hisoblanadi.   Endi safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaхslar tomonidan toʻlanadigan mablagʻlar ilgarigidek Moliya vazirligining emas, balki Mudofaa vazirligining maхsus hisobraqamida jamlanadi. Ulardan maqsadli foydalanish oʻzgartirildi. Mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltiriladi: Ilgarigidek, ushbu mablagʻlar SChR хizmatchilari ishtirokida harbiy yigʻinlar oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplashga, SChR хizmatchilarining hisobini yurituvchi хodimlarning ta’minotiga sarflanadi. Maхsus hisobraqam mablagʻlaridan foydalanish tegishli vazirlik va idoralar boʻyicha tasdiqlangan хarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir idora boʻyicha хarajatlar smetasi ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va Mudofaa vazirligida roʻyхatdan oʻtkaziladi Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.04.2018 yildan kuchga kirdi. Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  Lenara Xikmatova.
60
1,919
Qonunchilik
AVIATSIYA VA AVTOMOBILDA TAShISh TARIFLARI TO‘G‘RISIDA
Yoqilg‘i, aviatsiya va avtomobil texnikasi, asbob-uskunalar va boshqa moddiy resurslar narxlari oshgan sharoitda respublika fuqaro aviatsiyasi va avtotransport korxonalarining normal ish rejimini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 1992-yilning 6-mayidan boshlab aviatashishlar va fuqaro aviatsiyasi xizmatlarini, avtomobil transportida bajariladigan shaharlararo avtobus marshrutlarida yuk va yo‘lovchilar tashishni shartnomaviy (erkin) narxlarga o‘tkazish amalga oshirilsin. 2. Aviatsiya va avtomobil transporti yo‘lovchilarining alohida toifalari uchun qonunchilik bilan nazarda tutilgan, 1992-yilning 6-mayigacha amalda bo‘lgan imtiyozlar saqlab qolinsin. 3. Aviatsiya va avtotransport korxonalari uchun O‘zbekiston Respublikasi budjetiga o‘tkaziladigan ajratmalarning miqdori saqlab qolinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son va 1992-yil 21-yanvardagi 20-son qarorlari bilan tasdiqlangan havo transportida tashish, yuk avtomobillarida yuk, shaharlararo avtobus marshrutlarida yo‘lovchilar tashish uchun tariflarning chegaraviy miqdorlari bekor qilinsin.
54
1,151
Qonunchilik
QL-528, QL-616 va QL-621-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. Ikkinchi o‘qishda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-528-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi QL–616-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-621-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin. 2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
104
841
Qonunchilik
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 23-dekabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi: 1. “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ma’qullansin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
191
695
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat h
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga va “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Belgilansinki, ushbu qarorning qabul qilinishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili madaniyat sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida: a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatri “Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli “Amu to‘lqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli “Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘zi ojizlar kutubxonasi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hayvonot bog‘i Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri O‘zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri O‘zbek Milliy akademik drama teatri O‘zbekiston davlat drama teatri O‘zbekiston davlat satira teatri O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri O‘zbekiston davlat yoshlar teatri O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston davlat konservatoriyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Respublika musiqa va san’at kolleji Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasi “O‘zbekiston davlat sirki” davlat birlashmasi Toshkent zoologiya parki “Xalqlar do‘stligi” saroyi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar* “Turon” harbiy teatri davlat muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli Andijon viloyati musiqali drama teatri Andijon viloyati yoshlar teatri Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri Andijon viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Andijon viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Andijon viloyati hayvonot bog‘i Buxoro viloyati musiqali drama teatri Buxoro viloyati qo‘g‘irchoq teatri Buxoro viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Buxoro viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Buxoro viloyati hayvonot bog‘i Jizzax viloyati musiqali drama teatri Jizzax viloyati qo‘g‘irchoq teatri Jizzax viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Jizzax viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Jizzax viloyati hayvonot bog‘i Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Qashqadaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Qashqadaryo viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Qashqadaryo viloyati hayvonot bog‘i Navoiy viloyati musiqali drama teatri Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Navoiy viloyati qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Navoiy viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Navoiy viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Navoiy viloyati hayvonot bog‘i Namangan viloyati musiqali drama teatri Namangan viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Namangan viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Namangan viloyati hayvonot bog‘i Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri Samarqand viloyati musiqali drama teatri Samarqand viloyati rus drama teatri Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri Samarqand viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Samarqand zoologiya bog‘i O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Samarqand viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Samarqand viloyati hayvonot bog‘i Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri Sirdaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Sirdaryo viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Sirdaryo viloyati hayvonot bog‘i Sirdaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri Surxondaryo viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Termiz hayvonot bog‘i “Surxondaryo san’at saroyi” davlat muassasasi O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Respublika baxshichilik san’ati markazi Surxondaryo viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Toshkent viloyati musiqali drama teatri Toshkent viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Toshkent viloyati qo‘g‘irchoq teatri O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Toshkent viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Toshkent viloyati hayvonot bog‘i Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri Farg‘ona viloyati rus drama teatri Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatri Qo‘qon shahar musiqali drama teatri Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyati teatr-konsert saroyi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona viloyati filiali Farg‘ona viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari Farg‘ona hayvonot bog‘i O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar “O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri” davlat muassasasi Farg‘ona viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Xorazm viloyati musiqali drama teatri Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar Xorazm viloyati ko‘chma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari) Xorazm viloyati hayvonot bog‘i”; b) 2-ilovaning VII bo‘limi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “1. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda uning filiallari, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-o‘qituvchilari, R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk, Respublika musiqa va san’at kolleji, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi va konsertmeysterlari tarkibi”. 2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 14-15-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomning 51-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “51. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish uchun har yilning 2 — 8-sentabr kunlari o‘tkaziladigan “Muzeylar haftaligi” doirasida hamda har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” doirasida aholi davlat muzeylariga bepul kiritiladi”. 3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 32-son, 398-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarining 6-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin: “Ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan o‘tkaziladigan tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yong‘in xavfsizligini to‘lov undirilmagan holda ta’minlaydi. Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bog‘lari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda ko‘chma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan tomosha tadbirlari o‘tkazish uchun ijara to‘lovi va boshqa turdagi to‘lovlar undirilmaydi”. 4. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda) quyidagi mazmundagi 61-band qo‘shilsin: “61. Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi”. 7. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori 7-bandidagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” so‘zlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 8. Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 5-yanvardagi 9-son qarori 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” so‘zlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-yil, 25-son, 500-modda): a) 1-ilovaning “Izoh” qismiga “O‘zbek Milliy akademik drama teatri” so‘zlaridan keyin “O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri” so‘zlari qo‘shilsin; b) 2-ilovaning “Izoh” qismiga “O‘zbek Milliy akademik drama teatri” so‘zlaridan keyin “O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri” so‘zlari qo‘shilsin; v) 4-ilovaning “Izoh” qismiga “O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari” so‘zlaridan keyin “Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” so‘zlari qo‘shilsin. 10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-iyundagi 474-son qarorida: a) 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tarkibi)ning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: b) 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risida nizom)ning 10-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 11. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qarorida: a) 2-bandning uchinchi xatboshisi va 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar to‘g‘risida nizom)ning 18-bandi “a” kichik bandida: oltinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5-sinfdan (Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga)”. 12. Vazirlar Mahkamasining “Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-martdagi 263-son qarorining 8-bandidagi “Markazlashgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriluvchi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” so‘zlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorining 4-bandi “v” kichik bandidagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” so‘zlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatining “Toshkent shahar” bo‘limida: a) 301-pozitsiyaning “Obyekt to‘liq nomi” ustunidagi “Estrada va sirk kolleji” so‘zlari “Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 311-pozitsiyaning “Obyekt to‘liq nomi” ustunidagi “Respublika qo‘g‘irchoq teatri” so‘zlari “O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatri” so‘zlari bilan almashtirilsin. 15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi 385-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomning 4-bandidagi “Repertuar-tahririyat sho‘basi” so‘zlari “Teatr va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 16. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
250
16,360
Qonunchilik
Diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda kreditorlarning da’volari bo‘yicha undirish qaratilishi mumkin bo‘lmagan, ibodat qilish uchun mo‘ljallangan mol-mulk ro‘yxatini tasdiqlash haqida
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda kreditorlarning da’volari bo‘yicha undirish qaratilishi mumkin bo‘lmagan, ibodat qilish uchun mo‘ljallangan mol-mulkning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Diniy tashkilotning faoliyati tugatilganda kreditorlarning da’volari bo‘yicha undirish qaratilishi mumkin bo‘lmagan, ibodat qilish uchun mo‘ljallangan mol-mulkning ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyatiga hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin. 1. Masjidda namoz ibodatini ado etish uchun mo‘ljallangan mato (joynamoz). 2. Masjidda ma’ruza uchun mo‘ljallangan minbar. 3. Masjidda ibodat yo‘nalishini belgilash uchun o‘rnatiladigan mehrob. 4. Diniy mazmundagi adabiyotlar. 5. Ibodatlarda foydalaniladigan tasbeh. 6. Juma namozi ma’ruzasida foydalaniladigan hassa. 7. Shialik yo‘nalishida namoz ibodatida sajda uchun foydalaniladigan tosh. 8. Namozxon ibodati davomida oldiga qo‘yib foydalanadigan to‘siqlar (sutra). 9. Namoz vaqtlarini ko‘rsatuvchi tablolar. 10. Qur’on o‘qish uchun ishlatiladigan tagtaxtachalar (lavh). 11. Avliyolar jasadi bo‘laklari solinadigan idish. 12. Devoriy mozaika. 13. Devoriy surat. 14. Diniy mazmundagi devoriy yoping‘ich. 15. Ikona. 16. Ikona qo‘yish uchun moslama. 17. Ikonostas (ikonalar jamlamasi). 18. Iso Masihning xochga mixlangan timsoli. 19. Iso Masih haykali. 20. Ma’bud haykali. 21. Mehrob (altar). 22. Mehrob uchun yoping‘ich. 23. Mehrob uchun stol. 24. Minbar (tribuna). 25. Moy solinadigan idish. 26. Musiqiy likobcha. 27. Muqaddas non solinadigan quti. 28. Nog‘ora. 29. Organ (musiqa asbobi). 30. Ruhoniylarning ibodat libosi. 31. Sanamlar haykalchasi. 32. Tavba qilish va gunohlarni kechirish (indulgensiya) ko‘chma xonasi. 33. “Tavrot” kitobi o‘rami. 34. Cho‘qintirish uchun likobcha. 35. Cho‘qintirish uchun o‘tirish moslamasi. 36. Shamdon (lampada, minora). 37. Qo‘ng‘iroq. 38. Xoch. 39. Xoch qo‘yish uchun moslama.
188
2,702
Qonunchilik
1995 YILDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI VA NOOZIQ-OVQAT TOVARLARNI ULGURJI SOTISh TO‘G‘RISIDA
Respublika korxonalari va tashkilotlari o‘rtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish hamda 1995-yilda oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq iste’mol tovarlari xarid qilish bo‘yicha shartnoma aloqalari o‘rnatilishi jarayonini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Davlat balanslari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq iste’mol tovarlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi joriy yilning 10-noyabrigacha muddatda quyidagilarni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasi kiritsin: 1995-yilga asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari balanslari; nomenklatura bo‘yicha maxsus oluvchilar uchun asosiy oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi 2-ilovaga muvofiq. 3. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish yoki markazlashtirilgan tartibda xarid qilish uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar maxsus oluvchilar bilan aniq ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida shartnoma aloqalari o‘rnatilishini, ko‘rsatib o‘tilgan ilovalarga kirmagan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bo‘yicha esa maxsus oluvchilarning buyurtnomalari bo‘yicha yetkazib berilishini ta’minlasinlar. 4. “O‘zbeksavdo” uyushmasi (Fayziyev), O‘zbekbirlashuv” (Abdug‘aniyev) “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov)ning 1994-yil 19-noyabrdan boshlab oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari xarid qilish yarmarka mavsumi ochish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin. Birinchi yarmarkalar tovarlar guruhi bo‘yicha 3-ilovada mo‘ljallangan muddatlarda o‘tkazilsin. 5. Vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar: korxonalar va tashkilotlarning, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yarmarka savdosida qatnashishlarini ta’minlasinlar; ikki hafta muddatda yarmarka savdosiga qo‘yiladigan tovarlar ro‘yxatini, hajmlarini ko‘rsatgan holda, ma’lumotnoma-axborot fondi tuzish va kataloglari nashr etish uchun “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasiga taqdim etsinlar, 6. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasiga, savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarga respublika aholisiga sotish uchun oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini ulgurji yarmarkadan xarid qilish tavsiya qilinsin. 7. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi yarmarka mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari majmuini, shu jumladan, keng reklama qilishni amalga oshirsin. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi (Yaheyev), O‘zA (Hazratqulov) birja savdolari o‘tkazilishini ommaviy axborot vositalarida yoritishni ta’minlasinlar. 8. Yarmarka qo‘mitasining tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 9. Toshkent shahar hokimligi (To‘laganov) yarmarkaga boshqa shaharlardan kelgan qatnashchilarni mehmonxonalarda joylar bilan ta’minlasin. 10. Vazirlar Mahkamasining xalq iste’mol tovarlari, savdo va pulli xizmat ko‘rsatish majmuiga bundan buyon oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq iste’mol tovarlari sotish bo‘yicha yarmarkalarning navbatdagi bosqichlarini o‘tkazish muddatlari to‘g‘risida qaror qabul qilish topshirilsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
88
3,277
Qonunchilik
Talabalarga ijara haqining bir qismi qanday tartibda qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021 yildagi 605-son qarori bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Prezidentning 20.04.2021 yildagi «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6208-son Farmoniga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50%i Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Bunda ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida 1 BHM, qolgan hududlarda 0,5 BHMdan oshmasligi kerak. Ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin. Nizomga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish soliq organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi. Roʻyхatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talabalar ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart. Mazkur tartib faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga nisbatan tatbiq etiladi. Ariza beruvchi oʻzi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari yoki oliy ta’lim muassasasining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlimiga tegishli ma’lumotlarni yoki hujjatlarni taqdim etadi. Mas’ul shaхslar bir hafta davomida ariza beruvchining ma’lumotlari ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini har tomonlama oʻrganadilar. Soʻngra mas’ullar oʻrganilgan ma’lumotlarni umumlashtirib, koʻrib chiqish va хulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida tanlab olish komissiyasiga taqdim etadilar. Komissiya ariza beruvchi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni bir kun muddatda oʻrganib chiqadi va qaror qabul qiladi. Tegishincha, davlat oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) buyrugʻi rasmiylashtiriladi, unda arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi tegishli ma’lumotlar hamda ularning roʻyхati koʻrsatiladi, ushbu roʻyхat toʻlovlarni amalga oshirish uchun buхgalteriyaga taqdim etiladi. Arizalari boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan talabalar uchun ijara toʻlovining bir qismi ariza kelib tushgan sanadan boshlab Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish: Ushbu muddatlar oʻtganidan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.09.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
68
3,299
Qonunchilik
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi ayrim alohida toifadagi pensionerlarga maqbul sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5291-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. 1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-oktabrdagi 223-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda: 18-banddagi “10-kundan” so‘zi “3-kundan” so‘zi bilan almashtirilsin; 19-banddagi “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalari (neft bazalari) har oyda 27-kundan” so‘zlari “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyatining “Neftbaza” MChJlari har oyda 10-kundan” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomda: 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Jamg‘arma bilan axborot almashinuvini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hamkorlikni amalga oshiradi va Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga: Jamg‘armaga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha vazirliklar, idoralar va hududlar kesimidagi majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar turlari bo‘yicha (boqimanda) qarzdorlik to‘g‘risidagi tezkor hisobotni; yuridik shaxslar tomonidan choraklik va yillik hisobot taqdim etilgandan keyin 25 kun mobaynida majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlarni hisoblash to‘g‘risidagi hisobotni vazirliklar, idoralar va hududlar bo‘yicha taqdim etadi.”. 3. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 7-apreldagi 107-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 4-son, 27-modda): a) 1-ilovada: 13-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatining tugashi bilan vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi o‘rtasida uzilish mavjud bo‘lgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqani to‘lash vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda nafaqani to‘lash nafaqa to‘lash to‘xtatilgan paytdan, biroq o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan paytdan boshlab davom ettiriladi.”; 21-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “21. Nogironligi bo‘lgan bolaga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxsga tegishli bo‘lgan va uning o‘limi sababli olinmay qolgan nafaqa summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va uning ota-onasiga, eriga (xotiniga), shuningdek, nogironligi bo‘lgan bola, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs bilan u vafot etgan kunda birga yashaydigan oila a’zolariga to‘lanadi. Nogironligi bo‘lgan bola, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs vafot etgan oy uchun to‘liq olinmay qolgan nafaqa summasi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga mazkur oyning nogironligi bo‘lgan shaxsning o‘limigacha bo‘lgan kunlari uchun to‘lanadi. Bir necha shaxs murojaat qilishganda ularga tegishli nafaqa summasi ular o‘rtasida teng miqdorda taqsimlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan summa, uni olish uchun nogironligi bo‘lgan bola, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxs yoki 16 yoshdan katta bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxs vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda to‘lanadi.”; b) 2-ilovada: 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “9. Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanadi va to‘lanadi”; 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “11. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK yetti kun muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboradi”; 25-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatining tugashi bilan vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi o‘rtasida uzilish mavjud bo‘lgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqani to‘lash vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda nafaqani to‘lash nafaqa to‘lash to‘xtatilgan paytdan, biroq o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan paytdan boshlab davom ettiriladi”. 6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda) bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda: 4-banddagi “10” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin; 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi har oyda oyning 15-sanasigacha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining xarajatlari bo‘yicha qarzdorligi summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.”.
197
6,972
Qonunchilik
Fuqaroviy qurol va xizmat quroli sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
“Qurol to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, fuqaroviy qurol va xizmat qurolini, ularning o‘q-dorilarini, hamda tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash, fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin. 1. Mazkur Nizom fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash (keyingi o‘rinlarda — sertifikatlash) tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: talabgor — O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni (keyingi o‘rinlarda — qurol va o‘q-dorilar) sertifikatlashni so‘rab murojaat qiluvchi, maxsus organlar va harbiy qismlar, yuridik shaxslar (maxsus xizmat vazifalari bilan shug‘ullanuvchi, qurol ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, ov va o‘q otish sporti sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi, qurolni kolleksiyalash yoki ko‘rgazmasi bilan shug‘ullanuvchi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; o‘q-dori turi — otish uchun mo‘ljallangan qurol turi bilan tavsiflanadigan (silliq stvolli o‘qotar, soyli o‘qotar, gazli, signalli va boshqalar), tovar belgisi tushirilgan, kalibr, gilza uzunligi, turi, uloqtiriladigan tarkibiy qismlari materiali, o‘q turi bilan tavsiflanuvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqariladigan o‘q-dori tuzilishi; o‘q-dori turining modifikatsiyasi — o‘q-dori tamg‘asida farqli belgisiga ega bo‘lgan, tuzilishini qat’iy o‘zgartirmaydigan, biroq texnik talablarga muvofiqligi va ishlash xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar bilan tavsiflanuvchi o‘q-dori turi; o‘q-dorilar tamg‘asi — o‘q-dorilarning identifikatsiyasini ta’minlash maqsadida ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘q-dorilar va ularning qadog‘iga tushirilgan shartli belgilar (harflar, so‘zlar, raqamlar, geometrik shakllar va ixtiyoriy tasvirlar) majmui; o‘q-dorilar to‘pi (partiyasi) — bir xil turdagi poroxdan, bir xil massali o‘qlar va sochma o‘qlardan va bir xil modeldagi pistondan foydalangan holda, bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va tayyorlangan bir xil turdagi o‘q-dorilar; qurol rusumi — aniq mahsulotga xos bo‘lgan, aniq ishlab chiqaruvchi tomondan ishlab chiqariladigan va tamg‘aga ega bo‘lgan aniq tarkibiy qismlar va komponentlar (mexanizmlar) majmui bilan tavsiflanadigan qurol tuzilishi; qurol rusumining modifikatsiyasi — qurol tamg‘asida ko‘rsatiladigan ajralib turuvchi indeksga (harf va/yoki raqam) yoki kalibr belgisiga ega bo‘lgan, tuzilishini qat’iy o‘zgartirmaydigan, lekin mustahkamligiga, ishlash xavfsizligiga va qurol rusumining texnik talablarga muvofiqligiga ta’sir ko‘rsatadigan qurol rusumining tarkibiy qismlari va komponentlariga har qanday kiritilgan o‘zgartirish, shu jumladan kalibr o‘zgarishini qo‘shish bilan tavsiflanadigan rusum turi; qurol rusumining bajarilishi (qurol rusumining modifikatsiyasini bajarilishi) — mustahkamlik, ishlash xavfsizligi va qurol rusumini texnik talablarga muvofiqligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan tarkibiy qismlarning dastlabki to‘plamiga kiritiladigan o‘zgartirishlar bilan farq qiluvchi qurol rusumi turi. Qurol rusumi bajarilishini farq qiluvchi indeksi qurol tamg‘asiga va (yoki) unga ilova qilinadigan hujjatga tushiriladi; qurollar to‘pi (partiyasi) — sertifikatlash uchun mo‘ljallangan aniq vaqt intervali davomida bir xil sharoitda bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan bir nomdagi va bir xil tamg‘ali qurol birligi majmui. 3. Qurol va o‘q-dorilarini sertifikatlash Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, shuningdek, mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Qurol va o‘q-dorlarni sertifikatlash O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning muomalada xavfsiz bo‘lishini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlash organlari (keyingi o‘rinlarda — sertifikatlash organlari) tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash va yozma tarzda xabardor qilish, shuningdek, qurol va o‘q-dorilarning tavsiflarini texnik talablarga muvofiqligini tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qurol va o‘q-dorilarini sertifikatlash talabgorning sertifikatlashtirish organiga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha taqdim etilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Sertifikatlanadigan qurol va o‘q-dorilarning har biri muayyan turdagi qurol va o‘q-dorilarga taalluqli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq tamg‘aga ega bo‘lishi kerak. 4. Sertifikatlashda qurol va o‘q-dorilarning xususiyatlari tekshiriladi hamda qurol va o‘q-dorilarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi sinov usullari qo‘llaniladi. Bunda: qurol rusumlari (qurol rusumining modifikatsiyasi), o‘q-dori turi (o‘q-dori turining modifikatsiyasi); O‘zbekiston Respublikasi hududida qurol va o‘q-dorilarni ko‘plab ishlab chiqarish; qurol va o‘q-dorilarning to‘pi (partiyasi); qurolning yagona namunasi sertifikatlanadi. 5. Qurol rusumiga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati qurol rusumining bajarilishiga qo‘shimcha sertifikatlashtirish sinovlarisiz taalluqli hisoblanadi. Bunda ishlab chiqaruvchi qurol rusumiga o‘zgartirishlar kiritilgan vaqtdan boshlab bir oy muddatda qurol rusumini sertifikatlagan organga tegishli o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabar qilishi shart. 6. Qurol modeli va o‘q-dori turlarining yangi namunalari ishlab chiqilganda, seriyali ishlab chiqarilganda, shuningdek, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar O‘zbekiston Respublikasi hududiga ilk bor olib kirilganda ishlash chidamliligi va xavfsizligi hamda texnik talablarga muvofiqligi bo‘yicha sinov turlarini o‘z ichiga olgan holda sertifikatlash ishlari amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va eksportga mo‘ljallangan qurol va o‘q-dorilar eksport qilinayotgan davlatning talablariga mos keladigan texnik shartlarga asosan sertifikatlanganda, ularning ishlashi va xavfsizligi bo‘yicha sinovlar o‘tkaziladi. Qurol rusumini va o‘q-dori turini sertifikatlashda har bir qurol rusumi (qurol rusumining modifikatsiyasi), o‘q-dori turi (o‘q-dori turining modifikatsiyasi) uchun alohida muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladi. Qurol rusumi (o‘q-dori turi) va (yoki) uning modifikatsiyasi bir vaqtning o‘zida sertifikatlash uchun taqdim etilgan taqdirda, bitta sertifikatni rasmiylashtirishga ruxsat etilmaydi. Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan aynan bir turdagi qurol rusumi (qurol rucumining modifikatsiyasi), o‘q-dori turi (o‘q-dori turining modifikatsiyasi) ishlab chiqarilganda, sertifikatlash ishlari har bir ishlab chiqaruvchi uchun alohida amalga oshiriladi. 7. Qurol va o‘q-dorilarning seriyali ishlab chiqarilishini sertifikatlashda qurol rusumi (qurol rusumining modifikatsiyasi)ni, o‘q-dori turi (o‘q-dori turining modifikatsiyasi)ni sinash bilan bir qatorda, qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarning mavjudlik holati o‘rganiladi. 8. Qurolning bitta namunasini, qurol va o‘q-dorilar to‘plamini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda, qurol modeli va o‘q-dori turiga qarab sertifikatlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mustahkamligi va foydalanish xavfsizligi bo‘yicha sinovlarni; tibbiy-biologik va kimyoviy talablarga muvofiqligini tekshirishni; sertifikatlash organlarida identifikatsiya qilishni. Keyinchalik olib kirish maqsadida sovuq va uloqtirish qurollarining to‘pini sertifikatlashda ushbu qurollarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan texnik talablarga muvofiqligi tekshiriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol hujjatlari (foydalanish yo‘riqnomasi va pasporti) asl tildagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil bo‘lgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qo‘llangan) tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi hamda ishlab chiqaruvchilari, asosiy texnik tavsiflari, foydalanish qoidalari va saqlash muddatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirish shart. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan o‘q-dorilarni xavfsiz aylanmasiga taalluqli bo‘lgan hamda o‘q-dorilarning dastlabki qadoqlash yorliqlariga tushiriladigan tamg‘asi va ma’lumotlari asl tildagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil bo‘lgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qo‘llangan) tarjimasi ilova qilingan holda taqdim etiladi. 10. Sertifikatlash ishlari shartnomaga asosan to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng bajariladi. Sertifikatlash ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularning natijalaridan qat’i nazar, talabgor tomonidan qoplanadi. 11. Qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash organlarini va sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston akkreditatsiya markazi DUK tomonidan amalga oshiriladi. Sinov laboratoriyalari qurol va o‘q-dorilar sinovlarini o‘tkazadi hamda sertifikatlash maqsadlari uchun sinov bayonnomalarini rasmiylashtiradi. 12. Qurol va o‘q-dorilar sertifikatlash organlari tomonidan sertifikatlanadi. Sertifikatlash maqsadida sinovlar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida (markazlarida) (keyingi o‘rinlarda — sinov laboratoriyalar) o‘tkaziladi. 13. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi: qurol va o‘q-dorilarini sertifikatlash ishlarini tashkil etadi; qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlashda tasdiqlanadigan ko‘rsatkichlar nomenklaturasini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda Davlat qurol kadastriga kiritiladigan qurol va o‘q-dorilarning asosiy texnik xususiyatlari nomenklaturasini belgilaydi. 14. Sertifikatlash jarayonida kelib chiqadigan nizolar ikki hafta muddat ichida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Zarur hollarda, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi nizolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi vakillarini Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga jalb qilishi mumkin. 15. Qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlashda qo‘llaniladigan chizmalar tekshirishlar hajmiga qarab, sertifikatlash chizmasining murakkabligi, mahsulotning xavfsizlik darajasiga bog‘liq holda sertifikatlash organlari tomonidan belgilanadi. Har bir muayyan holatda sertifikatlash organi talabgorning taklifini, yetkazib beriladigan qurol va o‘q-dorilarning hajmi va muddatini, sinash usullarini, ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini va uning barqarorligining buzilish xavfi mavjudligini, shuningdek, mazkur qurol va o‘q-dorilarning potensial xavfini hisobga olgan holda sertifikatlash chizmasini tanlaydi. 16. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash, bir xil qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: talabgorning sertifikatlashga ariza berishi; sertifikatlash ishlarining bajarilishi yuzasidan shartnoma rasmiylashtirish; sertifikatlash uchun kelib tushgan ariza bo‘yicha ishlarni boshlash yuzasidan qaror qabul qilish, shu jumladan sertifikatlash chizmasini belgilash; sinash uchun namuna tanlash, identifikatsiya qilish, shuningdek, ularning sinovlarini o‘tkazish; ishlab chiqarish holatini o‘rganish yoki sifatni boshqarish tizimlari sertifikatlanganini tekshirish (agar sertifikatlash chizmasida nazarda tutilgan bo‘lsa); olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish; muvofiqlik sertifikatini berish; sertifikatlangan qurol va o‘q-dorilar bo‘yicha inspeksiya nazoratini o‘tkazish (agar sertifikatlash chizmasida nazarda tutilgan bo‘lsa); qurol va o‘q-dorilarning belgilangan talablarga muvofiqligi buzilganda va muvofiqlik belgisi noto‘g‘ri qo‘llanilganida, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash; muvofiqlikni baholash natijalari to‘g‘risida ma’lumotlarni yuritish va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga kiritib borish. 17. Talabgor tomonidan qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash uchun berilgan arizaga quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ilova qilinadi: a) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar uchun: qurolning pasporti; qurolni yig‘ish chizmasi (yig‘ilish sxemasi); foydalanish yo‘riqnomasi; b) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar uchun: qurolning pasportining (foydalanish yo‘riqnomasining) asl tilidagi nusxasi va asl tildagi nusxasi bilan bir xil bo‘lgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qo‘llangan) tarjimasi; qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqaruvchining qurol va o‘q-dorilar sifatini tasdiqlovchi hujjatlarning va sertifikatlash o‘tkazilgan davlatning muvofiqlik sertifikatlarining asl tilidagi nusxasi va uni asl tildagi nusxasi bilan bir xil bo‘lgan davlat tilidagi (lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qo‘llangan) tarjimasi; qurol va o‘q-dorilarini sotib olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar; bitim (shartnoma), yuklarni kuzatib borish hujjatlari. 18. Qurol va o‘q-dorilarni sinash uchun sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lmaganda, ularni sertifikatlash ishlari ishlab chiqaruvchining nazorat tamg‘alarini va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini e’tirof etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 19. Qurol va o‘q-dorilarni identifikatsiya qilishda va ularning sinovlari salbiy natijalar berganda, sertifikatlash organi talabgorga muvofiqlik sertifikatini berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni qonuniy asoslarni aniq ko‘rsatgan holda taqdim etadi va bu haqda uch ish kunidan oshmagan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasini, Ichki ishlar vazirligini, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini va Davlat bojxona qo‘mitasini xabardor qiladi. 20. Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati sertifikatlash organidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak. Muvofiqlik sertifikati: chet eldan olib kelinayotgan qurol va o‘q-dorilar to‘plamiga ularning yaroqlilik muddatiga, yaroqlilik muddati bo‘lmagan qurol va o‘q-dorilarga esa — muddati ko‘rsatilmasdan; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar to‘plamiga ularning yaroqlilik muddatiga, yaroqlilik muddati bo‘lmagan qurol va o‘q-dorilarga esa — muddati ko‘rsatilmasdan beriladi. O‘zbekiston Respublikasida qurol va o‘q-dorilarni seriyali ishlab chiqarish uchun — uch yil muddatga beriladi. 21. Sertifikatlashning umumiy muddati qurol va o‘q-dorini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarida belgilangan sinov usullariga muvofiq o‘tkaziladigan sinovlar davomiyligidan kelib chiqqan holda belgilanadi. 22. Muvofiqlik sertifikatiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. 23. Qurol va o‘q-dorilarga berilgan muvofiqlik sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. 24. Berilgan, to‘xtatib qo‘yilgan, bekor qilingan va muvofiqlik sertifikatini berishda rad etilgan muvofiqlikni baholash natijalari hisobi sertifikatlash organi tomonidan yuritiladi hamda har oyda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etib boriladi. 25. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, zaruratga ko‘ra, sertifikatlash organidan qurol va o‘q-dorilarga rasmiylashtirilgan muvofiqlikni baholash natijalari bo‘yicha hujjatlar to‘plamini talab qilishi mumkin. 26. Muvofiqlik sertifikatida keltirilgan ma’lumotlarning aniqligi, belgilangan muddatlarni va sertifikatlash qoidalarining buzilishi bo‘yicha javobgarlik sertifikatlash organiga yuklanadi. 27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 1. Mazkur Nizom fuqaroviy qurol va xizmat quroli hamda ularning o‘q-dorilari davlat kadastrini (keyingi o‘rinlarda — Qurol kadastri) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. 2. Qurol kadastrining obyekti — sertifikatlashning ijobiy natijalariga ega bo‘lgan fuqaroviy qurol va xizmat quroli (keyingi o‘rinlarda — qurol) hamda ularning o‘q-dorilari hisoblanadi. Qurol kadastriga tig‘li sovuq qurol va uloqtirish quroli to‘g‘risidagi, yagona nusxalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqiladigan qurol haqidagi ma’lumotlar kiritilmaydi. Qurol va uning o‘q-dorilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qurol kadastriga kiritilganligi uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi. 3. Qurol kadastri O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan elektron tarzda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda hamda 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha yuritiladi. 4. Qurol kadastri quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: xizmat quroli va uning o‘q-dorilari; fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilari; O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar; O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan qurol va o‘q-dorilar; eksport uchun ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar; texnologik maqsadlarda (sinovlar, tekshiruvlar yoki qurol ishlab chiqarish jarayonida) ishlatish uchun o‘q-dorilar. 5. Qurol kadastriga qurol va o‘q-dorilar to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: a) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar uchun: qurol (o‘q-dorilar) rusumining nomi va belgilanishi hamda ularga ishlatiladigan o‘q-dorilar (qurol) kalibri; qurol va o‘q-dorilarning asosiy texnik tavsiflari; ishlab chiquvchi (loyihalashtiruvchi) va ishlab chiqaruvchining nomi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat belgisi; namunaning rangli surati; rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati to‘g‘risidagi ma’lumot. b) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilar uchun: qurol (o‘q-dorilar) rusumining nomi va belgilanishi hamda ularga ishlatiladigan o‘q-dorilar (qurol) kalibri; qurol va o‘q-dorilarning asosiy texnik tavsiflari; qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqaruvchi tashkilot va mamlakat nomi; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat belgisi; namunaning rangli surati; rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikati to‘g‘risida ma’lumot. Qurol kadastriga kiritiladigan qurol va o‘q-dorilarning asosiy texnik tavsiflari nomenklaturasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 6. Qurol va o‘q-dorilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning birinchi o‘n kunligida Qurol kadastriga kiritiladi. Qurol va o‘q-dorilarning muvofiqligini baholash uchun texnik talablar, tamg‘alash, qadoqlash qoidalari va sinov usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi. 7. Akkreditatsiya qilingan sertifikatlash organi tomonidan sertifikatlangan qurol va o‘q-dorilarni sertifikatlash natijalari bo‘yicha qurol rusumiga (o‘q-dori turi) taalluqli hujjatlar yuritiladi va doimiy ravishda hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasiga qadar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ma’lumot kiritib boriladi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi chorakda bir marta Qurol kadastriga O‘zbekiston Respublikasida yangi qurol rusumlarini ishlab chiqarish yoki olib kirish bo‘yicha tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boradi. Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Ma’lumotlar mazkur Nizomning 4-bandiga asosan Qurol kadastriga kiritiladi va qurol rusumiga (o‘q-dori turiga) ro‘yxatga olish raqami beriladi. 8. Qurol rusumi (o‘q-dori turi)ning O‘zbekiston Respublikasida hududida muomalaga chiqarilishi taqiqlangan taqdirda, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Qurol kadastriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Qurol qadastridan chiqarilgan qurol rusumlarining (o‘q-dori turlari) ro‘yxatga olish raqamlari ikkilamchi qo‘llanilmaydi. 9. Qurol kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiradi va har chorakda bir marta Davlat kadastrlari yagona tizimiga kadastr ma’lumotlari taqdim etiladi. 10. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Qurol kadastrida keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi. 11. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
101
22,379
Qonunchilik
RESPUBLIKA DAVOLASh MUASSASALARINING TEXNIK JIHOZLANIShINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘FRISIDA
Mamlakat aholisi sog‘lig‘ini mustahkamlashga, tibbiy yordam ko‘rsatishni tubdan yaxshilashga katta ahamiyat berib hamda respublika sog‘liqni saqlash tizimi davolash muassasalarini yuqori texnologiyali asbob-uskunalar va texnikaning eng yangi turlari bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Simens” aksiyadorlik jamiyati (GFR) bilan respublikaga 23,3 mln. Germaniya markasi summasida yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishga kontrakt tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi kontraktni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 2. Tibbiy asbob-uskunalar xarid qilishni mablag‘ bilan ta’minlash: kontrakt qiymatining 85 foizi (19,8 mln. Germaniya markasi) “Germes” (GFR) sug‘urta jamiyatining sug‘urta qoplamasi ostida “Berliner Bank AG” (GFR) banki krediti hisobiga; kontrakt qiymatining 15 foizi (3,5 mln. Germaniya markasi) “Berliner Bank AG”ning qisqa muddatli (1,5 yil) krediti hisobiga amalga oshirilishiga rozilik berilsin. Chet el bankining kreditlarini qaytarish O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 1-ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov mazkur loyiha bo‘yicha kreditor — Germaniya bankiga va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga hukumat kafolatlarini berishga vakil qilinsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bo‘yicha yuridik xulosani chet el banklari bilan banklararo bitimga ilova shaklida belgilangan tartibda rasmiylashtirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda kredit bitimi tuzsin va “Berliner Bank AG” Germaniya bankining “Germes” (GFR) jamiyatining sug‘urta qoplamasi ostidagi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi uchun qayta moliyalashtirilishini ta’minlasin. 6. “Simens” hissadorlik jamiyatining tibbiy asbob-uskunalarini yetkazib berish nazarda tutilgan davolash muassasalari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi: tibbiy asbob-uskunalarning aniq yo‘naltirilishini, ularning o‘z vaqtida montaj qilinishini, O‘zbekiston aholisi manfaatlari yo‘lida ulardan samarali va keng foydalanilishini; 1998-yilda va keyingi yillarda kredit respublika va mahalliy budjetlarda tibbiy asbob-uskunalar va texnika xarid qilish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlasinlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998-yilga va keyingi yillarga budjet loyihasini ishlab chiqishda kredit bo‘yicha qarzlarni qaytarish zarurligini va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov zimmasiga yuklansin.
100
3,107
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2021-yilda: 1) oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo‘nalishida: a) shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minotidan kelib chiqib, respublikaning barcha tumanlarining hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi. Bunda: qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda asosiy e’tibor uning hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishiga qaratiladi; kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va ichki hamda tashqi bozorlarga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish uchun kamida bitta tuman hududini organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirsin; v) Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish, 2021-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin. Bunda, joriy yilda paxta maydonlarini 33,6 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 40 ming gektarga qisqartirish hamda 320 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish hisobiga oziq-ovqat va ozuqa ekinlari maydonlari 193,6 ming gektarga kengaytiriladi; g) Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi 2021-yil 1-apreldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda hudud ixtisosligidan kelib chiqib, tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish va yetti yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimini yo‘lga qo‘ysin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari yangi bog‘ va tokzorlar barpo etishga qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan bog‘lar joylashgan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin; d) kooperatsiya shartlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga beriladi; Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda: yoshlar uchun ekin maydonlari, avvalo, aholi yashaydigan qishloq hududlariga yaqin yerlardan tanlanishiga, konturlar yaxlitligi saqlanishiga hamda yoshlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga o‘rgatish uchun tajribali agronomlar jalb qilinishiga; erlarni ekishga tayyorlash va ekinlarga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnika va mexanizmlari, suv hamda ish qurollari bilan ta’minlashga; yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashsin; 2) qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish yo‘nalishida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra bir tumanda uchtagacha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzish huquqi beriladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi, Paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda agroklasterlarni tashkil etish, ularga yer maydonlari ajratish, ular faoliyatining asosiy kafolatlarini va qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi tartib va taomillarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; 3) yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida: a) erning bozor qiymatini baholash hamda keyinchalik undan garov ta’minoti sifatida foydalanish amaliyoti tizimli yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi birinchi navbatda, bog‘, tok va issiqxona joylashadigan maydonlarning bozor qiymatini aniqlash va garov ta’minoti sifatida foydalanish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlarining prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin; v) Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mavjud suv infratuzilmasini yaxshilashni nazarda tutuvchi 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlarni belgilasin. Bunda: 1 758 km kanal, 443 km lotok, 329 ta gidrotexnika inshootlari, 1 899 km kollektor-drenaj, 728 km yopiq gorizontal va vertikal drenaj, 1 896 ta meliorativ kuzatuv quduqlari va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish; 5 026 km magistral kanal, 45 595 km melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash, 518 ta nasos agregatlari hamda 807 ta elektrodvigatellarni yangilash; suv resurslaridan foydalanishni onlayn rejimda nazorat qilish, gidrologik postlarni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlash, sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish nazarda tutiladi; 4) qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish yo‘nalishida: a) 2021-yil 1-sentabrdan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilish uchun ajratiladigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan: umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi; kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi; b) 2021-yil 31-dekabrga qadar mahalliy urug‘chilik xo‘jaliklaridan sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sotib olingan urug‘ va ko‘chatlar qiymatining 20 foizigacha Davlat budjetidan qoplab beriladi; v) limon yetishtiriladigan issiqxonalar barpo etishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) orqali ishlaydigan isitish tizimini xarid qilish xarajatlarining bir qismini davlat budjetidan qoplash tartibi joriy etiladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlari qiymatining, shuningdek limon yetishtiriladigan issiqxonalarni barpo etishda muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; g) Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning talablari asosida viruslardan xoli, yuqori hosilli sertifikatlangan urug‘ va ko‘chatlarni yetishtirish va yetkazib berish tizimini samarali yo‘lga qo‘ysin; d) 2021-yil 1-martdan boshlab “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davr esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytiriladi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi mazkur kichik bandga asosan ajratiladigan kreditlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin; 5) ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish yo‘nalishida: Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining tarkibidagi ilmiy muassasalarning yer maydonlarida tadbirkorlik subyektlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda sabzavot, poliz va kartoshka, dukkakli, moyli ekinlar, mevali va tok ko‘chatlari yetishtirishni tashkil etsin; hududlarda shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari va ilg‘or tajribalardan kelib chiqib, mahalliy sertifikatlangan yuqori hosilli va sifatli urug‘chilik hamda ko‘chatchilikni keng joriy etish maqsadida ilmiy-tadqiqot institutlari 2-ilovaga muvofiq tumanlarga biriktirilsin; 6) qishloq xo‘jaligi tarmog‘i statistikasining shaffof mexanizmini yaratish yo‘nalishida Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-yilda sohada axborot texnologiyalarini rivojlantirish choralarini ko‘rsin: yerdan foydalanuvchilar reyestri bo‘yicha 3 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlarning monitoringini yo‘lga qo‘yish; 5 turdagi asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, moyli ekin) ekilishini kosmik sur’atlar yordamida tahlil qilish; “ArcGIS” dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash; yer maydonlari va tuproq tarkibi to‘g‘risidagi axborotlar, ekinlarni joylashtirish, maqbul agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha va boshqa ilmiy-innovatsion yutuqlar va ilg‘or tajribalarni muntazam taqdim etish; ustuvor qishloq xo‘jaligi mahsulotlari haqida bozor ma’lumotlarini keng ommaga ochiq taqdim etish; yagona integratsion platformani axborot xizmatlari bilan boyitish, jumladan kadastr, ob-havo ma’lumotlari, arizalarni elektron rasmiylashtirish tizimi, kreditlash va subsidiyalash, agroxizmatlar, agroskouting xizmati, fitosanitariya xizmatlari, monitoring xizmatlari va boshqa qishloq xo‘jaligi jarayonlarini kuzatish tizimini joriy etish; milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilish, yer va suv resurslari bo‘yicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash. 2. Meva-sabzavotchilik klasterlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mamlakatning eksport salohiyatini hamda investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida tajriba-sinov tariqasida 2021-yilning yakuniga qadar faoliyat yuritadigan meva-sabzavotchilik tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin. Kengashning asosiy vazifalari etib: bir oyda kamida bir marta joylardagi meva-sabzavotchilik tarmog‘iga oid muammoli masalalarni ko‘rib chiqish hamda ularni bartaraf etish; meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylarga tashrifi va yig‘ilishlaridagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash; o‘rganishlar asosida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilansin. Belgilansinki, Kengashning ishchi organi funksiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuklatiladi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari etib quyidagilar belgilansin: qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda ekin turining hududlar tuproq-iqlim sharoitiga mosligi, hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishini ta’minlash; har bir tumanda sertifikatlangan urug‘ va ko‘chatlarni yetishtirish hamda yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish; xususiy sektorni keng jalb qilgan holda Organic, Global G.A.P. va boshqa xalqaro tan olingan standartlar talablariga muvofiq sinov laboratoriyalarini tashkil etishga ko‘maklashish; hududlarning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish imkoniyatini oshirish, ilg‘or agrotexnologiyalar, innovatsiyalarni joriy etish; tuproqni himoya qilish tizimi, pestitsid va o‘g‘itlarni me’yorda ishlatishni va kimyoviy vositalarning ular sifatini ilmiy asoslangan holda qo‘llanilishini nazorat qilish; hududlarda suv xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish; xususiy sektorni keng jalb qilgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xalqaro talablar asosida, sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘liq sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan laboratoriyalar, bojxona terminallari va boshqa xizmatlarni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish. 4. Quyidagilar: har bir tumanni qishloq xo‘jaligi ekinlari muayyan turini yetishtirishga ixtisoslashtirishga — qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.J. Teshayev; qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishini hamda yerlarni foydalanishga kiritishni monitoring va nazorat qilishga — qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari M.I. Ro‘zmetov; mahsulot yetishtiruvchilarni urug‘ va ko‘chat bilan ta’minlashda ilmiy asoslangan tavsiyalarni joriy etishga — qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari A.M. To‘rayev; qishloq xo‘jaligini barqaror suv resurslari bilan ta’minlash, suv xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishga — suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish tizimiga qo‘shimcha mexanizmlar va moliyaviy vositalarni joriy etishga — qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sh.Sh. Mirzayev; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat bozori monitoringini yuritish tizimiga axborot texnologiyalarini joriy qilishni kengaytirishga — qishloq xo‘jaligi vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari Q.A. Yuldashev shaxsan mas’ul etib belgilansin. 5. Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev ikki hafta muddatda: O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2021-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlari bo‘yicha viloyatlar va tashabbuskorlar kesimida manzilli ro‘yxatni tasdiqlasin. 6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi: a) 2021-yil 1-avgustga qadar: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda BMTning barqaror taraqqiyot maqsadlarida belgilangan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mezonlar va boshqa ilg‘or tajribalar asosida xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va iste’moli bo‘yicha dasturini; Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga iqlim o‘zgarishi ta’sirining oldini olish va unga moslashish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin; b) ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; 7. Mazkur qarorning ijrosini tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev, qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
193
16,641
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xo‘jaligi”ni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman: 1. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xo‘jaligi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (5-sonli BHS) “Qishloq xo‘jaligi” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) qishloq xo‘jaligi faoliyati hisobini yuritish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: biologik aktiv ― hayvonlar yoki o‘simliklar; biologik aktivlarning guruhlari ― o‘xshash xususiyatlarga ega hayvonlar yoki o‘simliklarning jamlanmasi; biotransformatsiya ― o‘sish, nasl qoldirish, ishlab chiqarish va ko‘payish jarayoni natijasida biologik aktivda sodir etiladigan sifat va son o‘zgarishi; etilgan biologik aktivlar ― bu qishloq xo‘jaligi mahsulotini yig‘ib olish mumkin bo‘lgan darajaga yetgan (foydalaniladigan (iste’mol qilinadigan) biologik aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan) yoki ularni muntazam ravishda yig‘ishni (olishni) ta’minlashi mumkin bo‘lgan (unumdor biologik aktivlarga qo‘llaniladigan) aktivlar; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ― biologik aktivlaridan olingan (yig‘ilgan) mahsulot; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish ― mahsulotni biologik aktivdan ajratib olish yoki biologik aktivning hayot faoliyatini tugatish; qishloq xo‘jaligi faoliyati ― tashkilotlar tomonidan yetilgan biologik aktivlar va biotransformatsiyani yoki olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yoki qo‘shimcha ishlab chiqarilgan biologik aktivlarni sotish, beg‘araz asosida yoxud nominal qiymat bo‘yicha berish maqsadida boshqarish; sotish xarajatlari ― moliyalashtirish xarajatlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan tashqari, aktivlarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘shimcha xarajatlar. Aktivlarning chiqib ketishi sotish, beg‘araz yoki nominal qiymati bo‘yicha o‘tkazish orqali amalga oshiriladi; unumdor (nasldor) biologik aktivlar ― ushbu biologik aktivlar qishloq xo‘jaligi faoliyatida bir yildan ortiq vaqt davomida uzluksiz va qayta foydalaniladigan aktivlardir. Unumdor (nasldor) biologik aktivlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti emas, balki o‘z-o‘zidan qayta tiklanuvchi obyekt hisoblanadi. Unumdor (nasldor) biologik aktivlar hisoblanuvchi hayvon turlariga nasl qoldiruvchi hayvonlar (baliq va qushlar), sut mahsulotlari yo‘nalishi bo‘yicha yirik shoxli qoramollar, jun ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qo‘ylar va boshqa hayvonlar misol bo‘la oladi. Unumdor (nasldor) biologik aktivlar hisoblanuvchi o‘simlik turlariga meva va rezavorlar, yong‘oq, sharbat, qatronlar, qobiqlar va barglar olish uchun o‘stiriladigan daraxtlar, uzumzorlar va butalar kiradi; foydalaniladigan (iste’mol qilinadigan) biologik aktivlar ― qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatida olinadigan (yig‘iladigan) yoki biologik aktivlar sifatida sotiladigan, beg‘araz yoki nominal qiymat bo‘yicha beriladigan aktivlar. Masalan, foydalaniladigan (iste’mol qilinadigan) biologik aktivlarga bir martalik foydalanish uchun hayvon yoki o‘simliklar, xususan go‘sht yo‘nalishida yirik shoxli qoramol, sotish uchun mo‘ljallangan qoramol, baliq yetishtirish ho‘jaliklaridagi baliq, makkajo‘xori va bug‘doy kabi donli mahsulotlar, shuningdek yog‘och tayyorlash maqsadida o‘stiriladigan daraxtlar kiritiladi. 2. Qishloq xo‘jaligi faoliyati turli sohalarni qamrab oladi, jumladan chorvachilik, o‘rmonchilik, qishloq xo‘jaligining bir yillik yoki ko‘p yillik o‘simliklarini o‘stirish. Ushbu faoliyat bir qator umumiy jihatlar ajratiladi: a) o‘zgarish qobiliyati. Hayvonlar va o‘simliklar biotransformatsiya xususiyatiga ega; b) o‘zgarishlarni boshqarish. Boshqarish zarur bo‘lgan qulayliklar yoki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun barqaror shart-sharoitlarni yaratish yo‘li bilan biotransformatsiyaga ko‘maklashadi (misol uchun, belgilangan darajada ozuqa moddalarini ta’minlash, namlik, harorat, mahsuldorlik va yorug‘likni saqlab turish). Bunday boshqarish qishloq xo‘jaligi faoliyatini boshqa faoliyat turlaridan (boshqarib bo‘lmaydigan manbalardan olinadigan mahsulotlar, jumladan tabiiy ko‘llar va daryolardan baliq tutish yoki o‘rmonlarni kesish) farqlanadi; v) o‘zgarishlarni o‘lchash. Biotransformatsiya natijasida yuzaga keladigan sifat (misol uchun, genetik xususiyatlari, zichligi, yetilganligi, yog‘ qatlami, oqsilning mavjudligi, tolaning mustahkamligi) va miqdor o‘zgarishlarini (misol uchun, nasli, og‘irligi, kub metri, tolaning uzunligi yoki diametri, g‘unchalar soni) o‘lchash va nazorat qilish boshqaruvning funksiyalaridan biri hisoblanadi. 3. Biotransformatsiya quyidagi natijalarga olib keladi: a) aktivlarning o‘sishiga (hayvonlar yoki o‘simliklar miqdorining o‘sishi yoxud ularning sifat xususiyatlari yaxshilanishi); b) aktivlarning kamayishiga (hayvon yoki o‘simliklar miqdorining kamayishi yoxud ularning sifat xususiyatlari yomonlashishi) yoki ko‘payishiga (qo‘shimcha jonli hayvon yoki o‘simliklarning paydo bo‘lishi); v) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqilishiga (masalan, choy bargi, jun, sut va boshqalar). 4. Hisoblash metodi orqali moliyaviy hisobotni tuzuvchi va taqdim qiluvchi tashkilotlar o‘zining qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda mazkur Standartni qo‘llashi va quyidagilarning hisobini yuritishi kerak: a) biologik aktivlar; b) yig‘ish paytidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari. 5. Mazkur Standart quyidagilarga qo‘llanilmaydi: a) qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarga; b) qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq nomoddiy aktivlarga; v) xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan biologik aktivlarga. 6. Biologik aktivlardan tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim, transportirovka, ko‘ngilochish, bojxona nazoratini o‘tkazish maqsadida foydalanilgan hollarda mazkur Standart talablari bo‘yicha hisobga olinmaydi. 7. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobini yuritishda ularni olish (yig‘ish) vaqtidagina mazkur Standartdan foydalaniladi. Uning keyingi hisobini yuritishda boshqa tegishli standartlar qo‘llaniladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini olishdan (yig‘ishdan) keyingi qayta ishlab chiqish ishlarida (misol uchun, uzumni vinoga qayta ishlash) mazkur Standart qo‘llanilmaydi. Qayta ishlab chiqish qishloq xo‘jaligi faoliyatining mantiqiy va tabiiy davomi, shuningdek bo‘lib o‘tayotgan jarayonlar va biotransformatsiya o‘rtasida ayrim o‘xshashlik bo‘lsa-da, mazkur jarayon mazkur Standartdagi qishloq xo‘jaligi faoliyati tushunchasiga kirmaydi. 8. Biologik aktivlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularni qayta ishlab chiqish natijasida olinadigan (yig‘iladigan) mahsulotlarga misollar mazkur Standartning ilovasida keltirilgan. 9. Tashkilot biologik aktiv yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotini faqat quyidagi hollarda hisobga oladi: a) mahsulot yetishtirilgunga (yig‘ilgunga) qadar davrda aktivni nazorat qilsa; b) aktiv bilan bog‘liq kelajakda iqtisodiy daromad kelishi yoki xizmat ko‘rsatish imkoniyatini ehtimolligi yuqori bo‘lsa; v) aktivning haqiqiy qiymati yoki tannarxini o‘lchash ma’lumotlari ishonchli bo‘lsa. 10. Biologik aktivning haqiqiy qiymati uning joylashgan joyi va hozirgi vaqtdagi holatidan kelib chiqib aniqlanadi. Misol uchun, ho‘jalikdagi beg‘araz yoki nominal qiymatda berish uchun mo‘ljallangan qoramolni joyga yetkazib berishning transport va boshqa xarajatlarini hisoblamaganda, uning haqiqiy qiymati tegishli bozordagi narxi hisoblanadi. 11. Qishloq xo‘jaligi faoliyatida yirik shoxli qoramolga egalik qilish huquqi sifatida uning sotib olinishi, tug‘ilishi yoki ajratilishi vaqtida tamg‘alash yoki boshqa usulda belgi qo‘yiladi. Kelajakdagi iqtisodiy foyda va xizmat ko‘rsatish potensiali uning o‘ziga xos ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib baholanadi. 12. Dastlabki hisobga olish va undan keyingi har bir hisobot davriga biologik aktiv o‘zining haqiqiy qiymati bo‘yicha sotish xarajatlarini hisobga olmagan holda belgilanishi kerak, mazkur Standartning 26-bandida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno. 13. Tashkilotlar biologik aktivlarni almashuv bo‘lmagan operatsiyalar orqali qabul qilsa, biologik aktivni dastlabki hisobga olish va undan keyingi har bir hisobot davrida baholash mazkur Standartning 13-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. 14. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ushbu mahsulotlar olingan vaqtda aniqlanadigan sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati bo‘yicha baholanishi kerak. Ushbu baholanish natijasida olingan qiymat boshqa tegishli standart qo‘llanib boshlanadigan kunga mahsulotning qiymati bo‘lib hisoblanadi. 15. Biologik aktiv yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotining haqiqiy qiymatini aniqlash jarayonini osonlashtirish maqsadida ularning asosiy xususiyatlari mos ravishda guruhlashtirilishi mumkin (misol uchun, yoshi yoki sifati bo‘yicha). Tashkilot aktivning narxini belgilashda asos sifatida bozorga mos ravishda foydalanilayotgan xususiyatlardan kelib chiqadi. 16. Tashkilotlar ko‘p hollarda o‘zlarining biologik aktivlari yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kelajakdagi qaysidir vaqtda sotish bo‘yicha shartnoma tuzadilar. Bunday shartnomalarda kelishilgan narxlar haqiqiy qiymatni aniqlashda asos bo‘lishi shart emas, chunki haqiqiy qiymat sotuvchi va sotib oluvchi ishtirok etayotgan bozordagi narxlarning joriy kon’yukturasini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, shartnomaning mavjudligi biologik aktivlar yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining haqiqiy qiymatini o‘zgartirilishiga olib kelmaydi. 17. Agar biologik aktivlar yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ularning joylashgan joyi va holatiga bog‘liq holda faol bozor mavjud bo‘lsa, bunda ushbu bozorda belgilangan narx mazkur aktivning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun mos keluvchi asos hisoblanadi. Agar tashkilot bir qancha faol bozorlarga kirish imkoniyati bo‘lsa, tashkilotga to‘g‘ri keluvchi eng maqbul bo‘lgan narx ishlatiladi (misol uchun, agar tashkilotda ikkita faol bozorga kirish imkoniyati bo‘lsa, bunda u o‘zi bitim tuzishni istagan bozordagi narxdan foydalanadi). 18. Faol bozor mavjud bo‘lmagan holatlarda, tashkilotlar bozor qiymatni aniqlash uchun bir yoki bir qancha quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanadi: a) agar oxirgi bitim amalga oshirilgan sana va hisobot sanasi o‘rtasidagi davrda xo‘jalik shartlariga muhim o‘zgartirishlar kiritilmagan bo‘lsa savdo bitimning oxirgi narxlar; b) o‘xshash aktivlar uchun bozor bahosi farqlarini hisobga olish bilan aniqlash; v) mos keluvchi soha ko‘rsatkichlari, misol uchun bir eksport lot bog‘dorchilik ko‘chatlari hisobi gektar va yirik shoxli qoramol hisobi kilogramm go‘sht. 19. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yoki biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini mazkur Standartning 18-bandi asosida aniqlashda har xil xulosalarga olib kelsa, tashkilot ushbu farqlar sabablarini biologik aktivning haqiqiy qiymatini ishonchliroq baholash uchun ko‘rib chiqishi kerak. 20. Tashkilot aktivlarini o‘z hisob-kitobida moliyalashtirish, soliqqa tortish yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olgandan (yig‘gandan) keyin biologik aktivlarni tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan (misol uchun, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yig‘ib olinganidan keyingi ekin maydonlarini tiklashga ketadigan xarajatlar) pul oqimini aks ettirmaydi. 21. Biologik aktivlar tannarxi ba’zida haqiqiy qiymatga deyarli teng bo‘lishi mumkin, xususan: a) boshlang‘ich xarajatlari amalga oshirilgan vaqtdan sezilarli biotransformatsiya sodir bo‘lmaganda (misol uchun, mevali daraxtlar hisobot davridan oldin ko‘chatlari ekilgan); b) biotransformatsiyaning narxga ta’siri sezilarli darajada bo‘lishi kutilmaganda (misol uchun, ishlab chiqarish davri 30 yilni tashkil etuvchi ekilgan qarag‘aylarni boshlang‘ich o‘sish davri). 22. Biologik aktivlar ko‘pincha yer bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi (misol uchun, o‘rmondagi daraxtlar). Tashkilot biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun bir-biriga bog‘liq bo‘lgan aktivlarga tegishli axborotdan foydalanadi. Bunda, biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun bir-biriga bog‘liq bo‘lgan aktivlarning haqiqiy qiymatidan ishlov berilmagan yerlarining haqiqiy qiymatini va uni yaxshilashga qaratilgan kapital xarajatlarini chegirish orqali aniqlanadi. 23. Biologik aktivning sotish xarajatlaridan tashqari uni haqiqiy qiymati bo‘yicha dastlabki hisobga olishda, shuningdek sotish xarajatlarini chegirgan holda biologik aktivni haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan foyda yoki zarar u hosil bo‘lgan davrdagi tashkilotning foyda yoki zarar tarkibiga kiritilishi kerak. 24. Biologik aktivning boshlang‘ich hisobga olinishidagi zarari uning haqiqiy qiymatini aniqlashda yuzaga keladigan barcha sotish xarajatlarini chegirish natijasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 25. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish xarajatlaridan tashqari uni haqiqiy qiymati bo‘yicha dastlabki hisobga olinishidagi foyda yoki zararining yuzaga kelish holatlari u hosil bo‘lgan davrdagi tashkilotlarning foyda yoki zarar tarkibiga kiritilishi kerak. 26. Qishloq xo‘jalik mahsulotining dastlabki hisobga olinishida ushbu mahsulot olinishi (yig‘ib olinishi) natijasida foyda yoki zarar yuzaga keladi. 27. Haqiqiy qiymatlariga ega bo‘lmagan, shubhali, ishonchsiz bo‘lgan yoki qiymat va muqobil hisob-kitob ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lmagan biologik aktivlar ishonchli baholana olmaydi. Bunday holatlarda ushbu biologik aktiv qadrsizlanishdan to‘plangan zarar va eskirishni chegirish orqali o‘zining tannarxi bo‘yicha baholanishi kerak. Ushbu biologik aktivning haqiqiy qiymatini ishonchli baholash imkoniyati paydo bo‘lishi bilan tashkilot uni sotish xarajatlarini chegirish orqali haqiqiy qiymatini o‘lchashni boshlashi kerak. Uzoq muddatli aktivlar hisobi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro standartga muvofiq ravishda uzoq muddatli biologik aktiv sotish uchun mo‘ljallanganlik sifatiga javob bergandagina (yoki sotish uchun mo‘ljallangan tasnifi bo‘yicha chiqib ketuvchi guruhga kiritiladi) haqiqiy qiymat ishonchli baholanadi. 28. Agar tashkilot avval sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati bo‘yicha qandaydir biologik aktivni baholagan bo‘lsa, sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati bo‘yicha mazkur biologik aktivni uni chiqish vaqtigacha baholashni davom ettiradi. 29. Barcha holatlarda tashkilotlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini olingan (yig‘ilgan) vaqtda sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymati bo‘yicha baholaydi. 30. Tashkilotlar biologik aktivlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini dastlabki hisobga olish, shuningdek biologik aktivlarning sotish xarajatlaridan tashqari haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan foyda yoki zararning umumiy qiymatini ochib berishi kerak. 31. Tashkilot iste’mol qilinadigan biologik aktivlar bilan hosil beruvchi (unumdor) biologik aktivlar, shuningdek sotish uchun mo‘ljallangan biologik aktivlar bilan beg‘araz yoki nominal qiymat asosida berishga mo‘ljallangan biologik aktivlar o‘rtasidagi farqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochib berishi kerak. Axborotni berishda tashkilotlar biologik aktivlarni yetilgan va yetilmagan biologik aktivlarga ajratadi. 32. Tashkilot, agar u taqdim etilgan moliyaviy hisobot bilan birga ochib berilmagan bo‘lsa, quyidagi ma’lumotlarni ochib berishi kerak: a) biologik aktivlarning har bir guruhlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zining faoliyatining xususiyati bo‘yicha; b) natural ko‘rinishda ifodalangan nomoliyaviy aktivlar parametrlari yoki hisob-kitob ko‘rsatkichlari: hisobot davri yakuniga tashkilotlar biologik aktivlarining har bir guruhlari bo‘yicha; hisobot davrida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi bo‘yicha. 33. Tashkilotlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari har bir guruhining olish (yig‘ish) vaqtida va biologik aktivlari har bir guruhining haqiqiy qiymatini aniqlashda foydalaniladigan usul hamda asosiy yo‘nalishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochib berishi kerak. Hisobot davrida olingan (yig‘ilgan) qishloq xo‘jaligi mahsulotiga nisbatan tashkilot shu mahsulotning olish (yig‘ish) vaqtida aniqlanadigan sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymatini ko‘rsatishi kerak. 34. Tashkilot: a) qo‘llash bo‘yicha ma’lum cheklovlari bor bo‘lgan biologik aktivlarning mavjudligi va balans qiymatini, shuningdek majburiyatlarni bajarish uchun garov sifatida berilgan biologik aktivlarning qiymatini; b) subyekt tomonidan biologik aktivlardan foydalanish yoki ularni sotish ehtimolligi mavjud bo‘lganda shu aktivlarga qo‘yiladigan cheklovlar darajasi va xususiyatini; v) biologik aktivlarni takomillashtirish yoki sotib olish bo‘yicha o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlarning miqdori; g) qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq moliyaviy xatar boshqarish strategiyasini ochib berishi kerak. 35. Tashkilot joriy hisobot davrining boshi va oxiri o‘rtasida bo‘lgan biologik aktivlarning balans qiymatining o‘zgarishlarni qiyoslashi kerak. Ushbu qiyoslash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) hosil beruvchi (unumdor) biologik aktivlar va iste’mol qilinuvchi biologik aktivlar bo‘yicha alohida ochiladigan sotish xarajatlarini chegirgan holda haqiqiy qiymatining o‘zgarishlaridan olingan foyda va zarar; b) biologik aktivlarni sotib olish natijasida qiymatning oshishi; v) almashuv bo‘lmagan operatsiyalar natijasida sotib olingan aktivlar hisobiga qiymatning ko‘tarilishi; g) mazkur Standartga muvofiq ravishda biologik aktivlarni sotish va klassifikatsiyalash sababli qiymatning pasayishi; d) aktivlarni beg‘araz yoki nominal qiymat bo‘yicha berilishi sababli qiymatning pasayishi; e) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ish (olish) bilan bog‘liq qiymatning pasayishi; j) faoliyatni birlashtirish bo‘yicha bitimlar natijasida qiymatning ko‘tarilishi; z) moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini hisobot topshirish valyutasiga qayta hisoblanishi va hisobot topshirilayotgan subyektni chet el bo‘linmasining ko‘rsatkichlarini hisobot valyutasiga qayta hisoblanishidan kelib chiqadigan sof kurs farqlari; i) boshqa o‘zgarishlar. 36. Aktivning haqiqiy qiymati sotish xarajatlarini chegirgan holda biologik jismoniy xususiyatlari hamda bozordagi narxlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda o‘zgaradi. 37. Biotransformatsiya natijasida bir qator jismoniy xususiyatlar o‘zgarishi kuzatiladi (o‘sish, nasl qoldirish, ishlab chiqarish va ko‘payish) har bir o‘zgarish kuzatilishi va o‘lchanishi lozim. Jismoniy xususiyatlar o‘zgarishining har biri kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki samarali foydalanish imkoniyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Yig‘ilgan (olingan) qishloq xo‘jaligi mahsuloti natijasida biologik aktivni haqiqiy qiymatining o‘zgarishi jismoniy xususiyatlarni ham o‘zgartirishini o‘zida aks ettiradi. 38. Qishloq xo‘jaligi faoliyati ko‘pincha noqulay ob-havo sharoitida yuzaga keladigan xatarlari, kasallikning ommaviy tarqalishi va boshqa tabiat xatarlar bilan bog‘liq. Bunday voqealar sodir bo‘lish natijasida daromad yoki xarajatlar hajmi ko‘payib yoki kamayib ketishi mumkin, bunda ularning xususiyati va miqdori tashkilotning moliyaviy hisobotida ko‘rsatilishi kerak. Bunday voqealarga misol bo‘lib infeksion kasalliklarning ommaviy tarqalishi, suv toshqini, kuchli qurg‘oqchilik yoki havoning sovuq kelishi, shuningdek hasharotlarning ko‘payib ketishi hisoblanadi. 39. Agar tashkilot biologik aktivni oxirgi davrdagi qadrsizlanishi natijasida to‘plangan amortizatsiya (mavjud bo‘lganda) va zararni chegirgan holda tannarx bo‘yicha o‘lchasa, bunda biologik aktivlarga nisbatan quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi kerak: a) ushbu biologik aktivlarning guruhi; b) haqiqiy qiymatni ishonchli o‘lchash imkoniyati yo‘qligi sabablarini tushuntirish; v) imkoniyatlardan kelib chiqib, barcha ehtimollikligi bilan haqiqiy qiymatning hisob-kitob baholari oralig‘ini; g) amortizatsiyani hisoblashda foydalaniladigan usul; d) amortizatsiyani hisoblashda qo‘llaniladigan me’yorlar yoki samarali foydalanish muddatlari; e) hisobot davrining boshi va oxiri o‘rtasidagi umumiy balans qiymati va yig‘ilgan amortizatsiya (qadrsizlanishdan to‘plangan zarar bilan birga) summasi. 40. Agar tashkilot hisobot davri davomida biologik aktivni qadrsizlanishdan yig‘ilgan amortizatsiya va zararni chegirgan holda baholasa, bunda biologik aktivning chiqib ketganida tan oladigan har qanday foyda yoki zarar summasini ko‘rsatib berishi, mazkur Standartning 35-bandiga mos ravishda ko‘rib chiqilganda, shu kabi biologik aktivlarga tegishli ko‘rsatkichlarni alohida ko‘rsatishi kerak. Bundan tashqari, mazkur ko‘rib chiqish tarkibiga biologik aktivga tegishli quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi: a) qadrsizlanishdan ko‘rilgan zararlar; b) qadrsizlanishdan ko‘rilgan zararlarning tiklangan summasi; v) amortizatsiya summasi. 41. Agar joriy hisobot davri davomida qadrsizlanishdan to‘plangan amortizatsiya va zararni chegirilgan holda oldin tannarxni bo‘yicha aniqlanadigan biologik aktivlarning haqiqiy qiymatini ishonchli o‘lchash imkoniyati yuzaga kelganda, tashkilot mazkur biologik aktivlarga nisbatan quyidagi axborotni ko‘rsatishi kerak: a) ushbu biologik aktivlarning tasnifi; b) haqiqiy qiymatni ishonchli o‘lchash imkoniyati borligi sabablarini tushuntirish; v) o‘tishning haqiqiy qiymatga ta’siri.
111
21,539
Qonunchilik
QQSni qaytarishda nimani oʻzgartirishni rejalashtirishmoqda
Davlat soliq qoʻmitasi QQS summalarini qaytarish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqdi. Soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish va QQSdan asossiz ravishda foyda olish faktlarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Ilovaning 20-bandini quyidagi tahrirda bayon etish taklif qilinmoqda: “Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish davrida soliq organi Soliq kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan tartibda hududni va binolarni koʻzdan kechirish, Soliq kodeksining 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlarni talab qilib olish hamda Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan tartibda uchinchi shaхslardan hujjatlarni (aхborotni) talab qilib olish huquqiga ega”. Nizomning 25-bandini soliq summasini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qilinadigan quyidagi holatlar bilan toʻldirish taklif qilinmoqda: Nizomda boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan. Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Lola Abduazimova.
59
1,266
Qonunchilik
“OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar ro‘yxati va kasb turlari to‘g‘risida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1999-yil 6-dekabrdagi 03/1-sonli “OIV/OITS (VICh/SPID) virusi bilan kasallangan shaxslar ishlashi man etilgan ishlar ro‘yxati va kasb turlari to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 881, 2000-yil 25-yanvar) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
179
806
Qonunchilik
ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARIGA YaNGI NAMUNADAGI AKSIZ MARKALARINI JORIY ETISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) va “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) qonunlarining 6 va 7-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 155-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) va 2011-yil 16-fevraldagi 33-son “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 7-8-son, 57-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 11-fevraldagi 31, 2004-22 va 03-02/8-14-son qarori bilan tasdiqlangan Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1320, 2004-yil 3-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 9-son, 110-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin. 2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
157
1,775
Qonunchilik
VILOYATLARDAGI TEATRLARNING YuBILEYLARINI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
1991-yilda Y. Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat, S. Ayniy nomidagi Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrlari, Y. Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatri, A. Majidiy nomidagi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri tashkil topganiga 70 yil, Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat, Y. Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama va komediya teatri, M. Gorkiy nomidagi viloyatlararo Farg‘ona rus drama teatrining tashkil topganiga 60 yil, 1992-yilda esa Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri faoliyatiga 70 yil to‘ladi.1991-yilda Y. Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat, S. Ayniy nomidagi Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrlari, Y. Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatri, A. Majidiy nomidagi Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri tashkil topganiga 70 yil, Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat, Y. Shakarjonov nomidagi Farg‘ona viloyat musiqali drama va komediya teatri, M. Gorkiy nomidagi viloyatlararo Farg‘ona rus drama teatrining tashkil topganiga 60 yil, 1992-yilda esa Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri faoliyatiga 70 yil to‘ladi. O‘tgan yillar mobaynida mazkur teatrlar mehnatkashlarning estetik didi va dunyoqarashini shakllantirishda, tomoshabinlarni o‘zbek va jahon dramaturgiyasi, musiqali drama asarlari bilan tanishtirishda samarali xizmat qildilar. Yuqoridagilarni hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining yuqorida ko‘rsatilgan teatrlar yubileylarini viloyatlar bilan hamkorlikda 1991-yil noyabr-dekabr oylarida, Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri yubileyini esa 1992-yil may oyida nishonlash haqidagi taklifi ma’qullansin. 2. Viloyatlarning ijroiya qo‘mitalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda: yuqorida qayd etilgan viloyatlar teatrlari yubiley tadbirlarini yuksak saviyada va tashkilotchilik ruhida o‘tkazishni ta’minlasinlar va bu tadbirlarni O‘zbekiston teatr san’atini keng targ‘ib qilishga qaratsinlar; teatr binolarini ta’mirlash, atroflarini obodonlashtirish, ularni zamonaviy radio va yoritish jihozlari bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirsinlar; O‘zbekiston teatr san’atini targ‘ib etishda faol ishtirok etgan, samarali xizmat qilgan, ijodiy barkamol teatr xodimlarini respublika faxriy unvonlariga va faxriy yorliqlariga tavsiya etsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleko‘rsatuv va radio-eshittirish qo‘mitasi, O‘zbekiston axborot agentligi, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalarining barcha viloyat teatrlarining yubiley tantanalarini keng yoritish ishida faol ishtirok etishi ta’minlansin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi barcha viloyat teatrlariga plakat, buklet, taklifnoma, dastur va hokazolarni tayyorlashda yordam ko‘rsatsin.
63
2,850
Qonunchilik
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan
O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq buyuraman: 1. Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. 3. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin. 4. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida bir oylik muddatda Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin. 5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan, ularning vakolatxonalari va filiallarining, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallarining (bundan buyon matnda — NNT deb yuritiladi) chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan (bundan buyon matnda — chet ellik shaxslar deb yuritiladi) pul mablag‘lari va mol-mulk olishni adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi. 1. Pul mablag‘lari va mol-mulk olishni kelishish uchun NNT tegishliligi bo‘yicha uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan adliya organiga oldindan yozma ravishda murojaat qiladi. Bunda murojaat pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi mo‘ljallangan sanadan kamida yigirma kun oldin yo‘llanishi zarur. 2. Adliya organi NNT tomonidan chet ellik shaxslardan jami summasi bir kalendar yilda eng kam oylik ish haqining 20 baravarigacha miqdordagi pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi nazarda tutilgan hujjatlarni ma’lumot uchun, eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq miqdordagi pul mablag‘lari va mol-mulkni esa — kelishish uchun qabul qiladi. Mol-mulk summasining ishonchliligi va to‘g‘riligi uchun NNT rahbari yoki u vakolat bergan shaxs javobgar hisoblanadi. 3. Quyidagi hollarda NNTga chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk ajratilishi: O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ajratiladigan pul mablag‘larining miqdori va mol-mulk aniq ko‘rsatilganda; normativ-huquqiy hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining devoni, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarida nazarda tutilganda; normativ-huquqiy hujjatlar bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari va kengashlarining hujjatlarida nazarda tutilganda; davlat tashkilotlari va NNTning o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarida nazarda tutilganda; xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallariga bosh tashkilotlari tomonidan pul mablag‘lari va mol-mulk ajratilganda; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi to‘g‘risida nizomga muvofiq muruvvat (insonparvarlik) yordami olinganda ularning olinishi adliya organlari bilan kelishishni talab etmaydi. Mazkur bandda ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra olingan pul mablag‘lari va mol-mulk haqida NNT tomonidan besh kunlik muddatda tegishli ma’lumotlarni ilova qilgan holda uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan adliya organiga ma’lum qilinadi. 4. Pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish bo‘yicha murojaat NNT rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan sana ko‘rsatilib imzolanadi, muhr bosiladi hamda unga quyidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi: pul mablag‘lari va mol-mulk chet davlatlar va ularning organlaridan olinganda — davlat yoki tegishli davlat organining to‘liq nomi, pul mablag‘lari va mol-mulkni NNTga ajratishni tasdiqlovchi hujjat (bitim, dastur va hokazo); pul mablag‘lari va mol-mulk jismoniy yoki yuridik shaxsdan (uning filial va vakolatxonasidan) olinganda — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tug‘ilgan joyi va sanasi, yashash va ish joyi, shuningdek yuridik shaxsning (uning filial va vakolatxonasining) ta’sis hujjatlari nusxasi, asosiy rahbar organi joylashgan (pochta) manzili, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tug‘ilgan joyi va sanasi, yashash joyi; pul mablag‘lari va mol-mulk chet ellik shaxslarning topshirig‘iga binoan boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslardan olinganda — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tug‘ilgan joyi va sanasi, yashash va ish joyi, shuningdek yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari nusxasi, asosiy rahbar organi joylashgan (pochta) manzili, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tug‘ilgan joyi va sanasi, yashash joyi; pul mablag‘larining valyutasi va miqdori, mol-mulk va uning qiymati, ulardan foydalanish maqsadlari va usullari; olinishi rejalashtirilayotgan pul mablag‘lari va mol-mulkning ishlatilishi yuzasidan jalb qilinishi rejalashtirilayotgan shaxslar, tashkilotlar va hokazo. 5. Agar chet ellik shaxslardan NNTga ma’lum bo‘lmagan holda uning bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘i kiritilsa yoki NNTga mol-mulk kelib tushsa, bu haqda NNT xabar topgan yoki xabar topishi lozim bo‘lgan kundan e’tiboran uch kun ichida mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda kelishish uchun adliya organiga murojaat qiladi. 6. NNT tomonidan chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlar adliya organi tomonidan o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi. 7. Hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayonida pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda, NNT bu haqda adliya organiga bir kun ichida o‘zgarishlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni ilova qilgan holda yozma ravishda xabar beradi. Agar chet ellik shaxs NNTga muqaddam adliya organi tomonidan kelishilgan pul mablag‘i yoki mol-mulkka qo‘shimcha pul mablag‘i (mol-mulk) ajratsa, qo‘shimcha pul mablag‘i yoki mol-mulk olinishini kelishish uchun mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda adliya organiga murojaat qiladi. 8. Chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishi bo‘yicha adliya organi tomonidan muddat ko‘rsatilgan holda NNTdan asoslantirilgan tarzda qo‘shimcha hujjatlar so‘ralishi mumkin. 9. Adliya organi NNT tomonidan kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini, ularning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini o‘rganadi. 10. Adliya organi hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish yoki sabablarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etish to‘g‘risida NNTni yozma ravishda xabardor qiladi. Agar mazkur Nizomda belgilangan muddatda adliya organi tomonidan pul-mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish to‘g‘risida NNTga yozma ravishda xabar berilmasa, ularning olinishi adliya organi bilan kelishilgan deb hisoblanadi. 11. Quyidagi hollarda chet ellik shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish rad etiladi: pul mablag‘lari va mol-mulkni olish O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirish, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirish, fuqarolarning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qilishga qaratilgan bo‘lsa; mazkur Nizomga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa; taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlari va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsad va vazifalarga zid bo‘lsa; adliya organi tomonidan NNTdan pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish yuzasidan so‘ralgan qo‘shimcha hujjatlar belgilangan muddatda taqdim qilinmasa. 12. Pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishish rad etilganda, NNT rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishi va adliya organiga takroran murojaat qilishi mumkin. 13. NNT o‘z murojaatini u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar qonun hujjatlariga muvofiq qaytarib olish huquqiga ega. 14. Pul mablag‘lari va mol-mulk olinishini kelishishning rad etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. 15. Chet ellik shaxslardan olingan pul mablag‘lari va mol-mulk NNT tomonidan adliya organiga taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan maqsad va usullarga muvofiq ishlatilishi shart. 16. Chet ellik shaxslardan olingan pul mablag‘lari va mol-mulk qonun hujjatlariga, NNT ustavida (nizomida) va taqdim etilgan hujjatlarda belgilangan maqsad va usullariga muvofiq ishlatilishi uchun NNT rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs javobgardir. 17. NNT ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning so‘roviga binoan chet ellik shaxslardan olingan pul mablag‘lari va mol-mulkdan foydalanilishi yuzasidan ma’lumotlar va tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart. 18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
250
10,445
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-146-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016-yil 28-iyunda kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi QL-146-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
167
698
Qonunchilik
Iqtisodiy ittifoq tuzish haqidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1993-yil 24-sentabrda Moskva shahrida imzolangan Iqtisodiy ittifoq tuzish haqidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
78
170
Qonunchilik
Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 336 va 341-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi: 1. Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 336 va 341-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji bo‘yicha tushumlarni hisobga olish tartibini belgilaydi. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan chet elda undiriladigan konsullik yig‘imlariga tatbiq etilmaydi. Qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bo‘yicha komissiyaning ishchi organi funksiyasi alohida organga yuklatilgan bo‘lsa, davlat boji bo‘yicha tushumlarni hisobga olish shu ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi. 2. Davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) davlat bojining to‘g‘ri hisoblab chiqarilishini va to‘liq undirib olinishini ta’minlaydilar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga va vakolatli organlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. 3. Vakolatli organlar davlat boji tushumlarining hisobini elektron ko‘rinishdagi davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblarida davlat boji va chet el valyutasi turlari bo‘yicha alohida yuritadilar. 4. Davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblari har kuni ish kuni oxirigacha ularni yuritish yuklatilgan xodim tomonidan to‘ldiriladi. Davlat bojining har bir tushumi alohida satrga kiritiladi. Davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblari tegishli hisobot yili yakunlangandan keyin besh yil saqlanadi. 5. Vakolatli organlar davlat boji tushumlarining hisobini milliy valyutada — mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Milliy valyutadagi davlat boji tushumlarini hisobga olish kitobida, chet el valyutasida — mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Chet el valyutasidagi davlat boji tushumlarini hisobga olish kitobida yuritadilar, bundan mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlar mustasno. 6. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirishni litsenziyalash yuzasidan davlat boji tushumlarini hisobga olish mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi. Sudlar davlat boji tushumlarining hisobini milliy valyutada — mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Sudga murojaat qilinganda milliy valyutada to‘langan davlat boji tushumlarini hisobga olish kitobida, chet el valyutasida — mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Sudga murojaat qilinganda chet el valyutasida to‘langan davlat boji tushumlarini hisobga olish kitobida yuritadilar. 7. Davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblariga yozuvlar quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida kiritiladi: davlat boji naqd pulda yoki bank plastik kartalaridan foydalangan holda to‘langanda — bank tomonidan to‘lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki to‘lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud vakolatli organning kassasi tomonidan to‘lovchiga beriladigan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi kvitansiya; davlat boji naqd pulsiz shaklda to‘langanda — bankning to‘lov ijro etilganligi to‘g‘risidagi belgisi bo‘lgan to‘lov topshiriqnomasi; davlat boji chet el valyutasida naqd pulli va naqd pulsiz shaklda yoki bank plastik kartalaridan foydalangan holda to‘langanda — vakolatli organlarning valyuta hisobvarag‘iga belgilangan tartibda kirim qilingan yoki kelib tushganligini tasdiqlovchi bank hujjati. 8. Vakolatli organlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlaridan tashqari) davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblariga kiritilgan yozuvlar asosida ularga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari filiallari va o‘zlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari bilan davlat boji tushumlarini solishtiradilar. Solishtirish hisobot yilidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Solishtirish natijasi bo‘yicha uch nusxada mazkur Nizomning 7 va 8-ilovalariga muvofiq shaklda solishtirma dalolatnoma tuziladi. Solishtirma dalolatnomaning birinchi nusxasi vakolatli organga, ikkinchi nusxasi — xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki filialiga, uchinchi nusxasi — vakolatli organ joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Vakolatli organlar, davlat soliq xizmati organlari va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki filiallari solishtirma dalolatnomaga o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni kiritadilar. Solishtirma dalolatnomaga unda aniqlangan tafovutlar bo‘yicha izohlar ilova qilinishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatda taqdim etadilar. Davlat soliq xizmati organlari sudlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tegishli sudlar bo‘yicha davlat boji tushumlarini xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari filiallari bilan solishtiradilar. 9. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 10. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 11. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Markaziy banki, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Davlat test markazi, O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi bilan kelishilgan.
156
7,494
Qonunchilik
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi: 1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010-yil 6-avgustdagi 312, 19-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2138, 2010-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 308-modda); O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 3-noyabrdagi 21-2017, 120-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2138-1, 2017-yil 17-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 10/17/2138-1/0274-son). 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
215
1,274
Qonunchilik
2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi hamda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi): 2018 — 2022-yillarda davlat teatrlari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq; 2018 — 2022-yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlashning manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq; Xorazm viloyati musiqali drama teatrini kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. 2018 — 2022-yillarda respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. Komissiya (A. Ramatov): Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’ul bo‘lgan vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirishni, belgilangan tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring va nazoratni amalga oshirsin; davlat teatrlarining ishlab chiqiladigan yangi konsepsiyalari tashrif buyuruvchilar, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish, turistlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, dizayn va landshaft yechimlariga e’tibor qaratgan holda har bir teatr binosi eskiz-loyihasining teatrning yo‘nalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilishini ta’minlasin; 2019-yilning 1-dekabriga qadar Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida qo‘g‘irchoq teatrlarini tashkil qilish va ularning faoliyati bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin. Komissiyaga, zaruriy hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflariga asosan 2018 — 2022-yillarda davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlashning manzilli dasturiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uch oy muddatda sohaga oid malakali mutaxassislardan iborat ekspert guruhlarini shakllantirsin hamda bugungi zamon talabi va xorijiy ilg‘or tajribalarni inobatga olib, har bir davlat teatrining individual konsepsiyalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 5. Dastur doirasida davlat teatrlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha: buyurtmachi etib — O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi belgilansin; bosh loyihachi va bosh pudrat tashkilotlari belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov (tender) savdolari natijalari asosida belgilansin. Bunda, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish jarayonida teatrlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida pandus, maxsus hojatxonalar va tomosha zalidan joy ajratilishi nazarda tutilsin. 6. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan mablag‘lar; davlat teatrlari binolarini mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar; jismoniy va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga asosan O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil va kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Investitsiya dasturlari parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan davlat teatrlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsinlar. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yilda davlat teatrlari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va mukammal ta’mirlash ishlarini boshlashga hamda 2019-yildan boshlab qurish va rekonstruksiya qilish uchun zarur mablag‘lar ajratiladi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin. 9. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga binoan 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan har bir davlat teatrida quyidagilarni nazarda tutuvchi sahna asarlari yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi: yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analarni aks ettiruvchi spektakllar; aholi, oila munosabatlari, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlik kabi g‘oyalar asosida tarbiyalovchi badiiy yuksak sahna asarlari; yurtimizning buyuk siymolari, xalqimizning boy tarixi, vatanimiz mustaqilligiga ulkan hissa qo‘shgan namoyondalar hayoti va ijodi har tomonlama, chuqur aks ettirilgan sahna asarlari; davr bilan hamnafas yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi hamda yoshlarning ma’naviy dunyosini mustahkamlaydigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, ibrat bo‘ladigan zamon qahramoni obrazini ifodalovchi spektakllar. 10. Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari yangidan quriladigan davlat teatri binolari uchun: belgilangan tartibda zarur yer maydonlari ajratilishini; tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishining mahalliy budjet mablag‘lari va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlasinlar. 11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini belgilangan tartibda ta’minlasin hamda bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin. 12. Davlat teatrlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va mahalliy budjet mablag‘lari; davlat teatrlarining spektakl, tomoshalar namoyishi, gastrol faoliyatidan tushadigan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 13. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda, davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini samaradorligini oshirish evaziga 2018 — 2022-yillarda ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning budjetdan tashqari tushadigan tushumlari hisobiga qoplanadigan ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish bo‘yicha reja-jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda budjet mablag‘lari davlat teatrlarining o‘z daromadlari tushumiga nisbatan proporsional ravishda ajratilishi nazarda tutilsin. 14. Xorazm viloyati hokimligi tijorat banklari bilan birgalikda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 23-oktabrdagi PQ–3350-son qarori doirasida Urganch shahrida qurilayotgan arzon ko‘p xonadonli uylardagi xonadonlardan Xorazm viloyati musiqali drama teatri xodimlariga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida ajratilishini ta’minlasin; Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 12-oktabrda 1727-son bilan ro‘yxatga olingan Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun uy-joy qurilishini va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va kreditlar tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida Xorazm viloyati musiqali drama teatriga yaqin hududda qurilayotgan ko‘p xonadonli uylardagi xonadonlardan (3 ta qavat), ular bilan bog‘liq xarajatlar homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishini inobatga olgan holda, xizmat uylari sifatida foydalanish uchun Xorazm viloyati musiqali drama teatriga operativ boshqaruv huquqi bilan berilishini ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har chorak yakuni bo‘yicha Dasturdagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Komissiyaga axborot kiritib borsinlar. 16. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi: a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida xodimlarning ish vaqti hisobini, chiptalar hisobi va hisobotini yuritishga mo‘ljallangan elektron dasturiy ta’minotini hamda internet tarmog‘i orqali chiptalarni elektron sotish tizimini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida madaniyat va san’at sohasi pedagog, rahbar, ijodiy hamda ovoz va yoritish bo‘yicha texnik xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha to‘lov asosida maxsus o‘quv kurslari tashkil etsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat teatrlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflarni ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmalariga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
155
11,678
Qonunchilik
Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida: 1. 2017-yilning 1-yanvaridan: chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi; 6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi: eng ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda asosiy kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va klinik protokollar standartlarini qayta ko‘rib chiqish jadvalini ikki hafta muddatda tasdiqlasin, bunda uch oy muddatda tashxis qo‘yish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlari tasdiqlanishini, shuningdek, zarur hollarda amaldagi tashxis qo‘yish, davolash hamda klinik protokollarni qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutsin; tashxis qo‘yish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlarini barcha tibbiyot muassasalariga, jumladan, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan axborot tizimlari orqali o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlasin hamda ularga rioya etilishini qat’iy nazorat qilsin; bir oy muddatda eng muhim dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining barcha dorixonalar uchun majburiy yangilangan minimal ro‘yxati, shuningdek, shifokor retseptisiz beriladigan dori-darmon vositalari ro‘yxatini tasdiqlasin, unga zarurat tug‘ilganda belgilangan tartibda har yili o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin; yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi uchun litsenziyani bekor qilish shartlari, shuningdek, minimal ro‘yxat bo‘yicha majburiy talablarni nazarda tutgan holda, bir oy muddatda Farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasiga qo‘shimchalar kiritsin; shifokorlarning dori-darmon vositalarini tavsiya etish va dorixonalarda dori-darmon vositalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin va unda belgilangan tartib buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini nazarda tutsin; 7. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari zimmasiga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya etishini tizimli asosda nazorat qilish vazifasi yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti: faoliyatining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar ular narxining davlat tomonidan belgilangan tartibiga rioya etishi ustidan nazoratni tashkil etsin hamda uning buzilishi aniqlanganda qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rish uchun tegishli materiallarni, shu jumladan tekshirish uchun xarid qilish va nazorat ostida olish bo‘yicha materiallarni litsenziyalovchi organga kiritish; sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini muomalaga chiqarishga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni kuchaytirsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 19- va 2000-yil 5-avgustdagi “Ichki bozorni dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 307-sonli qarorlari 2017-yilning 1-yanvaridan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov va Bosh vazir o‘rinbosari A. Ikromov zimmasiga yuklansin.
124
4,979
Qonunchilik
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda har yili ish beruvchining javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflarining amalda qo‘llanishini tahlil qilsin va zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflariga, ularning cheklangan darajasiga, tarkibiga hamda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini aniqlashda sug‘urtalovchi tomonidan ularni qo‘llanish tartibiga o‘zgartishlar yuzasidan takliflar kiritsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. 1. Ushbu Qoidalar ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (keyingi o‘rinlarda majburiy sug‘urta qilish deb ataladi) tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: annuitent — o‘ziga nisbatan annuitetlar shartnomasi tuzilgan va joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; naf oluvchi — xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs; qoplov summasi — annuitetlar shartnomasi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi; ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi (keyingi o‘rinlarda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi deb ataladi) — sug‘urtalovchi uning bo‘yicha sug‘urta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan to‘lov (sug‘urta mukofoti) yuzasidan ish beruvchiga va (yoki) jabrlanganga yoxud naf oluvchiga mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligiga chalinishi yoki uning mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladigan sug‘urta shartnomasi; annuitetlar shartnomasi — sug‘urtalovchi unga ko‘ra annuitetlar shartnomasi bo‘yicha annuitetlar shartnomasida kelishilgan to‘lovni (sug‘urta mukofotini) bir yildan ko‘p muddatga joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta summasi doirasida sug‘urta tovonini to‘lashni amalga oshirish majburiyatini oladigan sug‘urta shartnomasi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning u mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha o‘z vazifalarini ish beruvchining hududida ham, undan tashqarida ham bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisa; kasb kasalligi — xodimning unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili ta’siri natijasi bo‘lgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turg‘un yo‘qotishiga sabab bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalligi; jabrlanuvchi — o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan xodim; xodim — ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlayotgan jismoniy shaxs; ish beruvchi — qonunchilikda belgilangan tartibda jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs; sug‘urta mukofoti — ish beruvchining majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qilish yoki annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga majburiy sug‘urtalash shartnomasiga yoki annuitetlar shartnomasiga muvofiq to‘lashi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi; majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli — sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi doirasida jabrlanuvchiga (naf oluvchiga) yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini oladigan summa; annutiyetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli — jabrlanuvchiga (naf oluvchiga) bir yildan ko‘p muddatga joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini to‘lashni nazarda tutadigan yetkazilgan zararning qonunchilikka muvofiq belgilangan miqdori; sug‘urta polisi — majburiy sug‘urta qilishning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat; majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi — ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi davrida xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt; annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi — annuitetning annuitetlar shartnomasi amal qiladigan davrda joriy to‘lov tarzida sug‘urta tovonini amalga oshirish sanasigacha yashashi; ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi — umumiy sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi — hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi — kasbga oid mehnat qobiliyatining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berguniga qadar bo‘lgan, foizlarda ifodalangan, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan aniqlanadigan pasayishi; mehnatda mayib bo‘lish — xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi. 3. Ish beruvchi u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan yoki ish beruvchilar — jismoniy shaxslar uchun mehnat shartnomasi (kontrakti) tuzilgan sanadan boshlab 15 ish kunidan kechikmay mehnatda shikastlanish, kasb kasalligi yoki uning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi shart. Ish beruvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati ushbu Qoidalarga muvofiq “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi ikkinchi qismi qoidalari amalga kiritilgan kundan boshlab kuchga kiradi. 4. Mehnatda shikastlanish, kasb kasalligi yoki uning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha o‘z fuqarolik javobgarligi paydo bo‘lgan taqdirdagi ish beruvchining mulkiy manfaatlari majburiy sug‘urta qilish obyekti hisoblanadi. 5. Ish beruvchi, majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi (keyingi o‘rinlarda sug‘urtalovchi deb ataladi), annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi majburiy sug‘urta qilish subyektlari hisoblanadi. 6. Ish beruvchi ushbu Qoidalar asosida sug‘urtalovchi bilan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzadi, unga muvofiq sug‘urta hodisasi vujudga kelgan davrda ish beruvchiga va (yoki) jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga xodimning mehnatda shikastlanishi, kasb kasalligi yoki uning mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘laydi. Etkazilgan zararni qoplash bir yildan ko‘p muddatga to‘lovni nazarda tutgan hollarda ish beruvchi mazkur Qoidalarga muvofiq annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi bilan annuitetlar shartnomasini tuzadi, unga ko‘ra annuitetga joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini to‘lovi amalga oshiriladi. 7. Sug‘urta hodisasi munosabati bilan jabrlanuvchiga (naf oluvchiga) yetkazilgan ma’naviy zarar majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qoplanmaydi. 8. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi va majburiy sug‘urta qilish polisi, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda, annuitetlar shartnomasi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha polis majburiy sug‘urta qilishning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi. 9. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ommaviy hisoblanadi va ish beruvchi hamda sug‘urta qiluvchi o‘rtasida ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha bir yil muddatga tuziladi. Agar ish beruvchi o‘z faoliyatini bir yildan kam muddatda amalga oshirsa, u holda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ish beruvchi faoliyatni amalga oshirish muddatiga tuziladi. 10. Ish beruvchi majburiy sug‘urta qilishni amalga oshiradigan sug‘urtalovchini va annuitet shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchini tanlash huquqiga ega. 11. Sug‘urtalovchi o‘ziga yozma ariza bilan murojaat qilgan va ushbu Qoidalarga muvofiq hujjatlarni taqdim etgan ish beruvchiga majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzishni rad etishga haqli emas. 12. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun ish beruvchi sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza; b) ish beruvchi — jismoniy shaxs pasportining yoki uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatining nusxasi (fotosurati va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi oxirgi yozuv mavjud bo‘lgan betlari); v) ish beruvchining (yuridik shaxslar uchun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi. Ish beruvchi sug‘urtalovchiga taqdim etiladigan ma’lumotlar va hujjatlarning to‘liqligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi. 13. Majburiy sug‘urta qilish polisi ish beruvchiga sug‘urtalovchining hisob raqamlariga majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi. Sug‘urta polisi blankasi qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 darajasiga ega bo‘lishi kerak. Sug‘urta polisi blankasi sug‘urtalovchining (annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining) buyurtmasi bo‘yicha, bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida ushbu Qoidalarga 3 va 8-ilovalarga binoan namunalarga muvofiq tayyorlanadi. 14. Sug‘urta polisi yo‘qolgan taqdirda ish beruvchi uning dublikatini olish huquqiga ega. Dublikat sug‘urtalovchi tomonidan ish beruvchi murojaat qilgan va u dublikatni tayyorlash xarajatlarini ish beruvchi murojaat qilgan sanada qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ko‘pi bilan 10 foizi miqdorida to‘lagan kundan boshlab ikki kun muddatda beriladi. 15. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qiladigan davrda ish beruvchi yozma shaklda va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan muddatlarda sug‘urtalovchiga majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida xabar qilish shart. 16. Ish beruvchidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini taqdim etilgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ariza olinganda sug‘urtalovchi, zarurat bo‘lganda, majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga qo‘shimcha bitimni tuzadi va sug‘urta polisini qaytadan rasmiylashtiradi. 17. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari u amal qilgan davrda o‘zgargan taqdirda sug‘urta mukofoti miqdoriga o‘zgargan shartlarga muvofiq holda o‘zgartirish kiritiladi. Bunda tomonlarning sug‘urta mukofotining o‘zaro hisob-kitoblariga taalluqli bo‘lgan majburiyatlari majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga qo‘shimcha bitim tuzilgan sanadan boshlab 3 ish kunidan kechikmay bajarilishi kerak. 18. Agar ish beruvchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari yoki ushbu Qoidalarning 17-bandida nazarda tutilgan hollarda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lashga qarshi bo‘lsa, u holda sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasining bekor qilinishini talab qilishga haqlidir. Bunda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofoti qaytarib berilmaydi. 19. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin to‘xtatiladi: a) ish beruvchi — yuridik shaxs tugatilganda yoki qayta tashkil etilganda; b) ish beruvchi — jismoniy shaxs vafot etganda; v) majburiy sug‘urta qilish shartnomasi sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb e’tirof etilganda. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin. 20. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda sug‘urta mukofotining bir qismi to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va mazkur shartnoma amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytarib beriladi. Bunda majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi ushbu Qoidalar 19-bandining “a”, “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilganlardan boshqa asoslarga ko‘ra muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining qaytarib berilayotgan qismidan ushbu shartnoma bo‘yicha isbotlanadigan xarajatlarning sug‘urta mukofotining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi summasini chegirib qolishi mumkin. 21. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasi quyidagi miqdorda belgilanadi: majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan sanadagi holatga ko‘ra faoliyatini bir yildan ortiq amalga oshirib kelayotgan ish beruvchi uchun — majburiy shartnoma tuzilgan oydan oldingi o‘n ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida; o‘z faoliyatini yangitdan amalga oshirayotgan ish beruvchi uchun — majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan oydan keyingi o‘n ikki oy uchun ish beruvchi barcha xodimlarining bir yillik ish haqi miqdorida. Bunda yillik ish haqi birinchi oydagi ish haqi miqdorini o‘n ikkiga ko‘paytirish orqali hisoblab chiqariladi; faoliyatini bir yildan kam bo‘lgan muddatga amalga oshiruvchi ish beruvchi uchun — ish beruvchi barcha xodimlarining ish beruvchining mazkur faoliyati amalga oshiriladigan muddatdagi ish haqi miqdorida. 22. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish muddati davomida yillik ish haqi miqdori o‘zgargan taqdirda, sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti qismiga ushbu shartnomaga yozma ravishda qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini qayta hisob-kitob qilish mazkur shartnoma tuzilgan sanada amalda bo‘lgan sug‘urta tarifi bo‘yicha, qolgan sug‘urta davri va sug‘urta puliga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. 23. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti miqdori ushbu Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq sug‘urta tariflariga binoan hisoblab chiqariladi. Sug‘urta tariflarining majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida o‘zgarishi ish beruvchi tomonidan to‘lov vaqtida amalda bo‘lgan sug‘urta tariflari bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotining o‘zgarishiga olib kelmaydi. 24. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini hisoblash sug‘urtalovchi tomonidan, majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzish to‘g‘risidagi arizada ish beruvchi ko‘rsatgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 25. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgandan keyin majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzish to‘g‘risidagi arizada ish beruvchining noto‘g‘ri va (yoki) xato ma’lumotlar ko‘rsatganligi aniqlangan taqdirda sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta tariflariga va majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan vaqtda amalda bo‘lgan ish beruvchi faoliyat turlarining xavflilik darajasi tavsifiga muvofiqlashtirilishi kerak. 26. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti ish beruvchi tomonidan, majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kun mobaynida bir yo‘la to‘lanadi. Sug‘urta mukofoti naqd pul bilan to‘langan taqdirda sug‘urtalovchi (uning filiali yoki sug‘urta agenti) tomonidan pul mablag‘lari qabul qilib olingan sana to‘lov sanasi hisoblanadi. Sug‘urta mukofoti naqd pulsiz to‘langan taqdirda pul mablag‘larining sug‘urtalovchi (uning filiali yoki sug‘urta agenti) hisob raqamiga tushgan sanasi sug‘urta mukofoti to‘langan sana hisoblanadi. Ish beruvchining hisob raqamidagi pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash ish beruvchining ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlariga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 27. Agar sug‘urtalovchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta tovonini to‘lagan bo‘lsa, majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli to‘langan sug‘urta tovoni summasi miqdoriga kamaytiriladi. Bunda ish beruvchi to‘langan sug‘urta tovoni summasiga hamda majburiy sug‘urta qilish shartnomasining qolgan amal qilish muddatiga mutanosib ravishda sug‘urta mukofotini yetti ish kuni mobaynida qo‘shimcha ravishda to‘lashi shart. 28. Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish; sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; yillik ish haqi miqdori kamaygan taqdirda, sug‘urta mukofotining yillik ish haqi miqdorining kamayishiga va majburiy sug‘urta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish. Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 29. Ish beruvchi: majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha va ayrim hollarda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta mukofotini to‘lashi; yillik ish haqi miqdori o‘zgargan paytdan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urtalovchiga yozma shaklda xabar qilishi; ish beruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining xavflilik darajasi o‘zgargan paytdan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urtalovchiga yozma shaklda bildirishi va zarur bo‘lgan hollarda, qo‘shimcha hisoblab chiqarilgan sug‘urta mukofotini to‘lashi; xodimlarni majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, mazkur shartnoma bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; sug‘urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida taqdim etishi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berganligi o‘ziga ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urtalovchiga yozma shaklda bildirishi; Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. 30. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur bo‘lgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish; sug‘urta mukofotini aniqlash uchun sug‘urta xavfini baholash; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berish. Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 31. Sug‘urtalovchi: majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan ish beruvchini tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, ish beruvchi va (yoki) jabrlanuvchi yoxud naf oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi; sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi sug‘urta tovonini to‘lash uchun murojaat etganidan keyin o‘n besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi; ushbu Qoidalarning 34-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi; o‘zi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda xabar berishi shart. Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. 32. Jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega: ish beruvchiga yoki sug‘urtalovchiga yoxud annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lash haqida yozma shakldagi ariza bilan murojaat etish; qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta tovoni olish; majburiy sug‘urta qilish shartnomasining yoki annuitetlar shartnomasining shartlari to‘g‘risida ish beruvchidan yoki sug‘urtalovchidan yoxud annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchidan bepul axborot olish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda zaruriyat bo‘lganda, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillarini yoxud o‘zining ishonchli shaxsini jalb etgan holda belgilangan tartibda ishtirok etish; ish beruvchidan sug‘urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni olish. 33. Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega: sug‘urta tovonini olish haqidagi talab bilan ish beruvchiga yoki sug‘urtalovchiga murojaat etish; qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalovchi va (yoki) annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchidan sug‘urta tovonini olish; ish beruvchidan, sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlari to‘g‘risida hamda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchidan annuitetlar shartnomasi shartlari haqida bepul axborot olish; xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarayotganda vafot etganligi haqida ish beruvchiga xabar qilish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish, zarur bo‘lgan hollarda kasaba uyushmasi vakillarini yoki xodimlarning boshqa vakillik organi vakillarini yoxud o‘zining ishonchli shaxsini jalb etgan holda ishtirok etish; ish beruvchidan sug‘urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni olish. 34. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirish yakunlariga ko‘ra sug‘urtalovchiga sug‘urta tovoni talabidan iborat bo‘lgan yozma shakldagi ariza bilan murojaat qiladi (ushbu Qoidalarga 4-ilova), unga quyidagilar ilova qilinadi: ish beruvchining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatlariga ko‘ra yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida ushbu Qoidalarga 5 yoki 5-1-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha buyrug‘ining nusxasi; xodimning yoki naf oluvchining yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabi ko‘rsatilgan, ish beruvchining nomiga yozilgan arizasining nusxasi; sug‘urta hodisasi yuz berguniga qadar xodim olgan o‘rtacha oylik yoki yillik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; mehnat shartnomasining (kontraktning) nusxasi; kasb kasalligida — xodimning kasb kasalligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa sodir bo‘lganligini va xodim uchun uning oqibatini tasdiqlovchi hujjatlar (ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani maxsus tekshirish dalolatnomasi, tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasining xulosasi, nizolar yuzaga kelgan hollarda esa — sudning qarori). Xodim vafot etgan taqdirda xodimning vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi va naf oluvchining zararning o‘rni qoplanishiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinadi. Ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilish taqiqlanadi. 35. Hujjatlarni qabul qilib olgan sug‘urtalovchi ish beruvchiga taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini va ular qabul qilib olingan sanani ko‘rsatgan holda ma’lumotnoma berishi shart. 36. Sug‘urtalovchi tegishli so‘rovnoma bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlaridan, sudlardan, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya va boshqa tashkilotlardan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa bilan bog‘liq hujjatlarni va xulosalarni olishga, shuningdek jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga yetkazilgan zararning sabablarini, holatini va miqdorini mustaqil ravishda aniqlashga haqlidir. 37. Sug‘urtalovchi ushbu Qoidalarning 34-bandda ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n ish kunidan kechikmay sug‘urta hodisasini tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi shart. 38. Sug‘urta hodisasini tan olish va sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash sug‘urtalovchi tomonidan, ish beruvchi taqdim etgan hujjatlarni o‘rganish, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani tekshirish uchun jalb etilgan ekspertlarning tegishli xulosalari asosida amalga oshiriladi. 39. Sug‘urta hodisasi tan olinganda va sug‘urta tovoni summasi belgilanganda sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi, u har qaysi tomon uchun bir nusxadan — ikki nusxada, sug‘urtalovchi va ish beruvchi tomonidan imzolanadi. Sug‘urta tovonini bir yildan ko‘p muddat uchun to‘lash zarur bo‘lganda sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma sug‘urta tovonini bir yildan ko‘p muddat uchun asosli ravishda hisoblash uchun ish beruvchi tomonidan tanlangan annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi ishtirokida tuziladi. Sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma har qaysi tomon uchun bir nusxadan — uch nusxada, sug‘urtalovchi, ish beruvchi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan imzolanadi. 40. Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda bu haqda ish beruvchiga uning sug‘urta tovonini to‘lash talabidan iborat bo‘lgan ariza bilan yozma murojaatidan keyin o‘n besh ish kunidan kechikmay rad etish asoslari ko‘rsatilgan holda xabar qilingan bo‘lishi kerak. 41. Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi. Majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sug‘urta puli miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. 42. Agar sug‘urta hodisasi natijasida ish beruvchida bir nafardan ko‘p xodim oldida javobgarlik paydo bo‘lsa va u sug‘urta pulidan ortiq bo‘lsa majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni har bir jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga uning yetkazilgan zarar umumiy miqdoridagi ulushiga mutanosib ravishda, lekin majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi. 43. Majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tovoni: jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lov yoki kasb kasalligi aniqlangunga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadigan har oylik to‘lov; marhumning o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridagi, uning o‘ziga va qaramog‘ida bo‘lgan, lekin yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishiga haqli bo‘lmagan, mehnatga qobiliyatli shaxslarga to‘g‘ri keladigan ulush chegirib tashlangan holdagi har oylik to‘lov; qonunchilikda belgilangan hollarda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovi; xodim vafot etgan taqdirda majburiy sug‘urta qilish shartnomasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi dafn etish xarajatlari; ish beruvchining qo‘shimcha xarajatlarini qonunchilikka muvofiq kompensatsiya qilish tarzida amalga oshiriladi. 44. Qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilgan taqdirda, xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi munosabati bilan zararning o‘rnini qoplashning belgilangan summasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining oshirilishiga mutanosib ravishda ko‘paytiriladi. Bunda zarar o‘rnini qoplashning ko‘paytirilgan summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha tarzda to‘lanadi. 45. Agar majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish muddati tugagandan keyin, ko‘rsatilgan shartnoma amal qilgan davrda ro‘y bergan sug‘urta hodisasi oqibatida aniqlangan zarar miqdori belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqilsa, u holda bunday zararni qoplash bo‘yicha majburiyat ish beruvchi zimmasida bo‘ladi. 46. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni, agar yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bir yilgacha muddat uchun to‘lovni nazarda tutsa, sug‘urtalovchi tomonidan jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga to‘lanadi. Bunda ish beruvchining talabiga ko‘ra sug‘urtalovchi unga sug‘urta tovoni to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov hujjatlari nusxasini taqdim etishi shart. 47. Sug‘urtalovchining jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash majburiyatlari yuridik shaxs — ish beruvchi tugatilganda, jismoniy shaxs — ish beruvchi vafot etganda yoki ushbu shartnoma amal qilgan davrda jabrlanuvchi va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari to‘xtatilgan hollarda saqlanib qoladi. 48. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasining ish beruvchining xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning sog‘lig‘i yomonlashganligi yoxud vafot etganligi tufayli kelib chiqqan qo‘shimcha xarajatlarining kompensatsiya qilinishiga doir qismi bo‘yicha sug‘urta tovoni ish beruvchiga, u shunday xarajatlarni amalga oshirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar asosida to‘lanadi. 49. Agar yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bir yildan ortiq muddat uchun to‘lovni nazarda tutsa, majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni sug‘urtalovchi tomonidan ish beruvchiga to‘lanadi. Bunda ish beruvchi ushbu Qoidalarning 52-bandiga muvofiq annuitetlar shartnomasini tuzishi va majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha olingan sug‘urta tovonidan faqat annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash uchun foydalanishi shart. Agar ish beruvchining majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha olgan sug‘urta tovoni summasi annuitetlar shartnomasi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdoridan kam bo‘lsa, u holda farq ish beruvchi hisobidan qo‘shimcha ravishda to‘lanishi kerak. 50. Ish beruvchida ushbu Qoidalarning 49-bandiga muvofiq sug‘urta mukofotidagi farqni qo‘shimcha ravishda to‘lash uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda annuitetlar shartnomasi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha olingan sug‘urta tovoni puliga mutanosib bo‘lgan muddatga tuziladi. Bunda ish beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga zararning tegishli qismini to‘lash bo‘yicha javobgarlikni zimmasiga oladi. 51. Sug‘urta tovonini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar sug‘urtalovchining hisobidan amalga oshiriladi. 52. Ish beruvchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovoni puli o‘zining hisob raqamiga tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi bilan annuitetlar shartnomasi tuzishi shart. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi annuitetlar shartnomasida shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga, sug‘urta puli doirasida tegishli ravishda: jabrlanuvchiga u o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun; xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda, sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan naf oluvchiga joriy to‘lovlar tarzida bir yildan ortiq muddat uchun sug‘urta tovoni to‘lash majburiyatini oladi. 53. Annuitetlar shartnomasi ommaviy shartnomadir va ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladi. Annuitetlar shartnomasi qonunchilikka muvofiq jabrlanuvchiga mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi belgilangan muddatga yoki naf oluvchi sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘ladigan muddatga tuziladi. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi annuitetlar shartnomasi tuzish to‘g‘risida yozma ariza bilan o‘ziga murojaat qilgan va ushbu Qoidalarga muvofiq hujjatlarni taqdim etgan ish beruvchiga annuitetlar shartnomasi tuzishni rad etishga haqli emas. 54. Annuitetlar shartnomasi tuzish uchun ish beruvchi annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) ushbu Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha annuitetlar shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza; b) ish beruvchi pasportining yoki uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjatining nusxasi (jismoniy shaxsning ish beruvchisi uchun); v) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; g) jabrlanuvchi (naf oluvchi)ning pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining nusxasi; d) ish beruvchining ushbu Qoidalarga 5 yoki 5-1-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatlariga ko‘ra yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi buyrug‘ining nusxasi. Ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilish taqiqlanadi. 55. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta polisi ish beruvchiga annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining hisob raqamiga annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi. Sug‘urta tovoni joriy to‘lovlar tarzida ikki yoki undan ko‘p shaxslarga to‘lanishi kerak bo‘lgan taqdirda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta polisi har bir bunday shaxsga alohida-alohida beriladi. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta polisi yo‘qolgan taqdirda ish beruvchi yoki annuitent uning dublikatini olish huquqiga egadir. Dublikat annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga ish beruvchi yoki annuitent murojaat qilgan kundan va u dublikatni tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni ish beruvchi yoki annuitent murojaat qilgan sanada qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ko‘pi bilan 10 foizi miqdorida to‘lagan kundan boshlab ikki kun muddatda beriladi. 56. Annuitetlar shartnomasi tuzilgandan keyin ish beruvchi annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli miqdorini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan yolg‘on ma’lumotlarni qasddan xabar qilganligi aniqlangan taqdirda annuitetlar shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda haqqoniy emas deb e’tirof etilishi mumkin. 57. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga qonunchilikka muvofiq o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar miqdorida belgilanadi. Zarar o‘rnini qoplash noaniq muddatga belgilangan taqdirda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini hisoblash uchun annuitetlar shartnomasi tuzilgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasida belgilangan aholi umrining o‘rtacha davom etish ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Annuitent o‘rtacha umr ko‘rish muddatini yashagan taqdirda uning umr ko‘rish davrining qolgan davrida ko‘rilgan zarar ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi. Shu bilan birga, agar annuitet umrining qolgan davrida ish beruvchi tugatilgan taqdirda zararni undirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 58. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puliga teng bo‘lib ish beruvchi tomonidan annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalashning butun davri uchun annuitet shartnomasi tuzilgan muddatdan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qonunchilikda belgilangan tartibda oshirilgan taqdirda xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi bilan bog‘liq holda belgilangan zararni undirish puli mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining oshishiga mutanosib ravishda ko‘payadi. Bunda ko‘rilgan zararni undirishning ko‘paytirilgan summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha ravishda to‘lanadi. 59. Qoplov puli annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotidan joriy to‘lovlar tarzidagi sug‘urta to‘lovlari va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha ishlarni yuritishga isbotlangan xarajatlar summasini chegirgan holdagi summaga teng bo‘ladi. 60. Ish beruvchi quyidagilarga haqlidir: annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish; annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchidan qonunchilikda belgilangan hollarda qoplov pulini talab qilish. Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 61. Ish beruvchi quyidagilarga majbur: qonunchilikda belgilangan shartlarda va tartibda sug‘urta mukofotini to‘lash; sug‘urta polisini annuitentga berish va uni annuitetlar shartnomasi bo‘yicha huquqlar va majburiyatlar bilan tanishtirish; annuitentni annuitet shartnomasi shartlarining o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish; annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchini annuitetlar shartnomasi tuzish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning o‘zgarganligi haqida xabardor qilish. Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. 62. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: ish beruvchidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish; joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini olish yuzasidan annuitent huquqining mavjudligini tekshirish; joriy to‘lovlar tarzidagi sug‘urta to‘lovini, agar annuitent bunday to‘lovlarni olish huquqini yo‘qotgan bo‘lsa, rad etish. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 63. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi quyidagilarga majbur: ish beruvchiga sug‘urta polisini berish; joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini qonunchilikka muvofiq amalga oshirish. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. 64. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovoni: jabrlanuvchi uchun — jabrlanuvchining mehnatda mayib bo‘lgungacha uning kasb bo‘yicha mehnat faoliyati yo‘qotilishining tegishli darajasiga ko‘ra o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foizlardagi har oylik to‘lovi miqdorida; naf oluvchi uchun — uning o‘ziga va uning qaramog‘ida bo‘lgan, lekin zararni undirish huquqiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatli shaxslarga to‘g‘ri keladigan ulushni chegirgan holda, vafot etgan xodimning o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida belgilanadi. 65. Sug‘urta tovonini joriy to‘lovlar tarzida undirish qonunchilikka muvofiq jabrlanganga yoki naf oluvchiga zararni undirish zarurligi belgilangan davr mobaynida amalga oshiriladi va u ushbu davr o‘tgandan keyin yoki annuitet vafot etgan kunda to‘xtatiladi. 66. Annuitetlar shartnomasi amal qiladigan davrda sug‘urta tovonini joriy to‘lovlar tarzida olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar soni o‘zgargan taqdirda sug‘urta tovoni miqdori bunday shaxslar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonining qayta taqsimlanishiga olib keladigan vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda annuitent yoki ish beruvchi annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchini bu to‘g‘rida yozma shaklda xabardor qilishi shart. 67. Ish beruvchidan annuitetlar shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida ariza olingan taqdirda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi zarurat bo‘lganda joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovoni miqdorini qayta hisoblab chiqadi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta polisini (polislarini) qayta rasmiylashtiradi. 68. Sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar soni va uni olish muddatlari o‘zgarishi oqibatida annuitetlar shartnomasi bo‘yicha joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovoni miqdori ko‘paytirilgan taqdirda sug‘urta tovonining oshgan miqdorini ish beruvchi annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga qo‘shimcha ravishda to‘laydi. Agar ushbu vaqtda ish beruvchi tugatilsa, joriy to‘lovlar tarzida sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli doirasida tegishli ravishda qayta hisoblab chiqadi. Agar annuitetlar shartnomasi amal qiladigan davrda sug‘urta puli miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lgan vaziyatlar uning kamayishiga olib kelsa sug‘urta mukofotining ortiqcha qismi ish beruvchiga qaytariladi. 69. Joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovoni annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan har oyning 5 kunidan kechikmay annuitentning annuitetlar shartnomasi tuzish to‘g‘risidagi arizasida ko‘rsatilgan hisob raqamiga o‘tkaziladi. 70. Joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining hisobidan amalga oshiriladi. 71. Annuitetlar shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi ish beruvchiga (annuitentlarga) kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirilgan annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta polisini berishi shart. Bunda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha ilgari berilgan sug‘urta polisi (polislari) o‘z kuchini yo‘qotadi. 72. Annuitetlar shartnomasi quyidagi hollarda muddatidan oldin to‘xtatiladi: a) sug‘urta mukofoti annuitetlar shartnomasida belgilangan muddatda va miqdorda to‘lanmaganda; b) annuitent annuitet shartnomasi amal qilgan davrda vafot etganda; v) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 73. Annuitetlar shartnomasi muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda qoplov puli ish beruvchiga to‘lanadi. Bunda ish beruvchi ko‘rilgan zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga ko‘rilgan zararni undirish yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi. Annuitent vafot etgan vaqtda ish beruvchi tugatilgan taqdirda tovon puli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadi. Bunda annuitentning vafoti munosabati bilan ko‘rilgan zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga uni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 74. Ish beruvchi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan undirilgan zararlar bo‘yicha javobgar bo‘lgan shaxsga nisbatan ega bo‘lgan talab qilish huquqi sug‘urta tovonini to‘lashni amalga oshirgan sug‘urtalovchiga u to‘lagan summa doirasida o‘tadi. Ish beruvchi sug‘urta tovonini olishda sug‘urtalovchiga uning sug‘urta hodisasi yuzaga kelishida aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish huquqini amalga oshirishi uchun barcha zarur hujjatlarni berishi shart. Agar ish beruvchi sug‘urtalovchi tomonidan undirilgan zarar yuzasidan javobgar bo‘lgan shaxsga nisbatan o‘zining talab qilish huquqidan voz kechsa yoki ushbu huquqni amalga oshirish ish beruvchining aybiga ko‘ra mumkin bo‘lmay qolsa sug‘urtalovchi ish beruvchidan sug‘urta tovonining to‘langan summasini qaytarib berishni talab qilishga haqlidir. 75. Sug‘urtalovchini va (yoki) annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchini almashtirishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi: sug‘urtalovchi yoki annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda; sug‘urtalovchiga yoki annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga nisbatan bankrotlik taomili qo‘llanganda; sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda tugatilganda yoki u bekor qilinganda. 76. Majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan majburiyatning ish beruvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 77. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasi va (yoki) annuitetlar shartnomasi bo‘yicha zimmaga olingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 78. Tomonlar fors-major holatlari amal qilgan davrda majburiy sug‘urta qilish shartnomasi va (yoki) annuitetlar shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarining qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun javob bermaydilar. Fors-major holatlariga quyidagilar kiradi: tabiiy hodisalar (zilzila, ko‘chki, dovul, qurg‘oqchilik va sug‘urta shartnomasida nazarda tutilmagan sanab o‘tilmagan boshqa tabiiy hodisalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (harbiy harakatlar, ish tashlashlar, qamallar, davlat tashkilotlarining hamda davlatlar o‘rtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi choralar, shuningdek Hukumat qarorlari va boshqalar) oqibatida kelib chiqqan favqulodda, ushbu sharoitlarda bartaraf etib bo‘lmaydigan va oldindan kutilmagan vaziyatlar, agar ushbu vaziyatlar majburiy sug‘urta qilish shartnomasini bajarishga bevosita ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa. Fors-major vaziyatlari yuzaga kelganda va to‘xtaganda tomonlar yozma shaklda bir-birini xabardor qiladilar. Fors-major vaziyatlari yuzaga kelgan taqdirda majburiyatlarni bajarish muddatini tomonlar fors-major vaziyatlari mavjud bo‘ladigan vaqtga mutanosib tarzda kechiktiradilar. 79. Majburiy sug‘urta qilish shartnomasidan va (yoki) annuitetlar shartnomasidan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. 1. Sug‘urtalovchi ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil ___________dagi ______-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda ish beruvchiga, jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga mehnatda olgan mayibligi, kasb kasalligi yoki xodimning ushbu shartnoma amal qiladigan davrda mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘lash majburiyatini oladi. 5. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va __________ mobaynida amal qiladi. Sug‘urtalovchining majburiyatlari sug‘urta mukofoti sug‘urtalovchining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundagi 00 soat 00 daqiqadan boshlab kuchga kiradi va majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta davrining oxirgi sanasidagi 24 soat 00 daqiqada tugaydi. 6. Sug‘urta mukofoti ish beruvchi tomonidan sug‘urtalovchining hisob raqamiga naqd pulni o‘tkazish yoki kiritish yo‘li bilan to‘lanadi. Pul mablag‘larining sug‘urtalovchining hisob raqamiga tushgan sanasi majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘langan sana hisoblanadi. 7. Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: sug‘urtalovchidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish; sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; yillik ish haqi miqdori kamayganda sug‘urta mukofotining yillik ish haqi miqdorining kamayishiga va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish. Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 8. Ish beruvchi: majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha va ayrim hollarda annuitetlar shartnomasi bo‘yicha qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta mukofotini to‘lashi; yillik ish haqi miqdori o‘zgargan paytdan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urtalovchiga yozma shaklda xabar qilishi; ish beruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining xavflilik darajasi o‘zgargan paytdan e’tiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urtalovchiga yozma shaklda bildirishi va zarur bo‘lgan hollarda, qo‘shimcha hisoblab chiqarilgan sug‘urta mukofotini to‘lashi; xodimlarni majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; sug‘urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida taqdim etishi; sug‘urtalovchini ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yuz berganligi to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida yozma shaklda xabardor qilishi; agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan qilingan suiiste’molliklar oqibatida asossiz ravishda to‘langan bo‘lsa, ortiqcha to‘langan sug‘urta tovoni haqida sug‘urtalovchiga xabar qilishi va ortiqcha to‘langan mablag‘larni sug‘urtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi shart. Ish beruvchi zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. 9. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur bo‘lgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish; sug‘urta mukofotini aniqlash uchun sug‘urta xavfini baholash; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berish. Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 10. Sug‘urtalovchi: majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan ish beruvchini tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, ish beruvchi va (yoki) jabrlanuvchi yoxud naf oluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi; sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi sug‘urta tovonini to‘lash uchun murojaat etganidan keyin o‘n besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining 34-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi; o‘zi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda xabar berishi shart. Sug‘urtalovchi zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. 11. Tomonlar majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 12. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. 13. Ushbu shartnomani o‘zgartirish, bekor qilish va muddatidan oldin to‘xtatish tartibi sug‘urta bo‘yicha e’tirozlarni ko‘rib chiqish tartibi, ushbu shartnoma bo‘yicha ko‘rilgan zarar miqdorini aniqlash va sug‘urta tovonini to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan, ushbu shartnomaning uzviy qismi hisoblanadigan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq belgilanadi. 1. Sug‘urtalovchi ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-iyundagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq, ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, Ish beruvchi sug‘urta mukofotini ushbu shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda va muddatda to‘laganda, joriy to‘lovlar tarzidagi sug‘urta to‘lovini to‘lash majburiyatini oladi. 3. Qoplov summasi sug‘urta mukofotlaridan joriy to‘lovlar tarzida to‘langan sug‘urta to‘lovi, va ishni yuritish uchun isbotlanadigan xarajatlar summasini chegirgan holda teng bo‘ladi. 5. Sug‘urta mukofoti ushbu Shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi. 6. Ushbu Shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining joriy to‘lovni amalga oshirish majburiyatlari 20___ yil “____” _____________ dan 20___ yil “___” _________ gacha kiradi. 7. Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchidan qabul qilgan majburiyatlarining bajarilishini talab qilish; annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchidan qonunchilikda belgilangan hollarda tovon summasini talab qilish. Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 8. Ish beruvchi: qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta mukofotini to‘lashi; sug‘urta polisini annuitentga berishi va uni annuitetlar shartnomasi bo‘yicha huquqlar va majburiyatlar bilan tanishtirishi; annuitentni annuitet shartnomasi shartlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilishi; annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchini annuitetlar shartnomasi tuzish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilish. Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. 9. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: ish beruvchidan zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarining bajarilishini talab qilish; annuitentning joriy to‘lov to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini olish huquqiga egaligini tekshirish; agar annuitent joriy to‘lovlarni olish huquqini yo‘qotgan bo‘lsa, joriy to‘lovlar tarzidagi sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish; Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 10. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi quyidagilarga majbur: ish beruvchiga sug‘urta polisini berish; qonunchilikka muvofiq annuitentga joriy to‘lovlar tarzidagi sug‘urta tovonini to‘lash. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. 11. Tomonlar annuitetlar shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan qonunchilikka muvofiq javob beradilar. 12. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. 13. Joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini to‘lash, ushbu shartnomani bekor qilish va muddatidan oldin to‘xtatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil __________dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan, ushbu shartnomaning uzviy qismi hisoblanadigan Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga muvofiq belgilanadi. 1. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tarifining yillik bazaviy stavkasi miqdori Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasining yillik (TB) 0,1 foizi miqdorida belgilanadi hamda barcha ish beruvchilar va sug‘urtalovchilar uchun yagona hisoblanadi. 2. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflari koeffitsiyentlari ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining xavflilik darajasiga qarab belgilanadi. 3. Ish beruvchi faoliyati turlarining xavfliligi darajasi ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifiga muvofiq belgilanadi. Ish beruvchining faoliyati turlari xavfliligi darajalari tasnifi va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta tariflari koeffitsiyentlari 4. Ish beruvchi faoliyatining barcha turlari professional tavakkalchilik darajasiga qarab klasslarga bo‘linadi. 5. Professional tavakkalchilik darajasi ish beruvchilar faoliyati turlari bo‘yicha shakllanadigan ishlab chiqarish jarohati, kasb kasalligi va ijtimoiy ta’minlashga xarajatlar darajasini hisobga oladigan professional tavakkalchilikning integral ko‘rsatkichi miqdori asosida belgilanadi. 6. Agar ish beruvchi tasniflashda keltirilmagan faoliyat turini amalga oshirgan taqdirda, faoliyatning ushbu turiga nisbatan professional tavakkalchilik darajalari bo‘yicha 3,400 miqdorida sug‘urta tariflarining o‘rtacha qiymatiga teng bo‘lgan sug‘urta tarifi koeffitsiyenti qo‘llaniladi. 1. Bir yil muddatga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdori (PR) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga ushbu ilovaning I bo‘limida keltirilgan sug‘urta summasi (SS), yillik bazaviy stavka (TB) va sug‘urta tarifining tegishli tarifini (KST) ko‘paytirish yo‘li bilan quyida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha aniqlanadi: 2. Bir yildan kam muddatga majburiy sug‘urta shartnomasini tuzishda ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti miqdori (PR) Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalariga ushbu ilovaning I bo‘limida keltirilgan sug‘urta summasi (SS), yillik bazaviy stavka (TB) va sug‘urta tarifining tegishli tarifini (KST) va majburiy sug‘urta shartnomasi tuziladigan kunlar sonini (D) ko‘paytirish yo‘li bilan quyida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha aniqlanadi:
154
59,050
Qonunchilik
MIKROKREDIT TAShKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YuRITISh TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 8-sentabrdagi 23/1-son qarori (ro‘yxat raqami 1728, 2007-yil 12-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 41-42-son, 426-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi. 1. 1-bandda: birinchi xatboshidagi “buxgalteriya” degan so‘z “moliyaviy” degan so‘z bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin. 2. 16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Bunda kirim kassa orderi (4-ilova) bir nusxada rasmiylashtirilib, buxgalteriyaga hisobvaraqlarda aks ettirish va kunlik hujjatlarga tikilishi uchun beriladi. Naqd pul qabul qilinganligi to‘g‘risida kvitansiya bosh buxgalter yoki boshqa vakolatli shaxs va kassir tomonidan imzolanadi va mikrokredit tashkiloti kassasi muhri bilan tasdiqlanib, pul mablag‘ini qo‘yuvchiga qaytariladi”. 3. 19-banddagi “hisobvaraqlar” degan so‘z “ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 4. 20-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “kassa kitobi (17-ilova)”. 5. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan to‘ldirilsin: “201. Bosh va yordamchi kitoblar hisobvaraqlar rejasi nomenklaturasiga mos ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlari bo‘yicha har oy uchun alohida yuritilishi lozim. Bosh va yordamchi kitoblar dasturiy yo‘l bilan yuritilishi mumkin, kassa kitobi bundan mustasno. Bunda bosh va yordamchi kitoblar (kirim va chiqim bo‘yicha kassa kitoblari har kuni) qog‘ozga ko‘chirilib, xronologik tartibda har oy uchun alohida tikiladi, o‘sib borish tartibida raqamlanadi hamda varaqlar soni ko‘rsatilgan holda mikrokredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi”. 6. 21-bandda: to‘rtinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin; beshinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin. 7. 22-banddagi “daftarlardagi” va “kitobiga” degan so‘zlar tegishlicha “kitoblardagi” va “kitobga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 8. 23-bandda: birinchi xatboshidagi “kitoblarining” degan so‘z “kitobining” degan so‘z bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Kassa kitobi varaqlari yozuvlari ikki nusxada yuritiladi. Kassa kitobi varaqlarining ikkinchi nusxasi yirtib olinadigan bo‘lib, u kassirning hisoboti bo‘lib hisoblanadi. Kassa kitobining har ikkala varag‘i bir xil raqamlanadi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun davomidagi operatsiyalar yakunini hisoblaydi, keyingi kunga kassadagi pullar qoldig‘ini hisoblab chiqaradi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida yirtib olingan ikkinchi varaqni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birgalikda kassa kitobiga imzo chektirib topshiradi”. 9. 24-bandning uchinchi xatboshidagi “memorial orderi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 10. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “32. Mikrokredit tashkiloti bilan mijoz o‘rtasida mikrokredit (mikrolizing, mikroqarz, iste’mol krediti) berish bo‘yicha shartnoma kuchga kirgandan so‘ng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan mijozga shaxsiy hisobvaraq ochiladi. Bunda mikrokredit tashkiloti tomonidan har bir qarzdorga har bir mikrokredit (mikrolizing, mikroqarz, iste’mol krediti) bo‘yicha alohida kredit kartochkasi ochiladi”. 11. 34 va 35-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “34. Mikrokredit tashkiloti tomonidan yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mikrokredit hamda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar berilganda har bir qarz oluvchining har bir mikrokredit va mikroqarzi bo‘yicha qog‘oz shaklida kredit kartochkasi rasmiylashtirilib, unda mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Kredit kartochka va unda amalga oshirilgan mikrokredit va mikroqarzlar bo‘yicha operatsiyalarning hisobi dasturiy yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin. Kredit kartochkasida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim: qarz oluvchi jismoniy shaxsning ismi, familiyasi va otasining ismi, qarz oluvchi yuridik shaxsning nomi; shaxsiy hisobvaraq raqami; qarz oluvchi jismoniy shaxsning pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat ma’lumotlari, qarz oluvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlari; qarz oluvchi jismoniy shaxsning turar joyi, qarz oluvchi yuridik shaxsning joylashgan yeri hamda ularning kontakt ma’lumotlari; majburiyatlar ta’minlanganligi haqida ma’lumotlar; kafillar to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan ularning pasport yoki shaxslarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ma’lumotlari, turar joy (joylashgan yeri) va kontakt ma’lumotlari; mikrokredit yoki mikroqarzning maqsadi; mikrokredit yoki mikroqarz shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar; mikrokredit yoki mikroqarz bo‘yicha hisoblangan va to‘langan foizlar to‘g‘risida ma’lumot; mikrokredit yoki mikroqarzni qaytarish summalari to‘g‘risida ma’lumot; to‘lov muddatini kechiktirish to‘g‘risida ma’lumot. 35. Mikrokredit va mikroqarz berish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilganda bosh buxgalter: har bir qarzdor uchun har bir mikrokredit (mikroqarz) shartnomasiga asosan alohida shaxsiy hisobvaraq ochadi; mikrokredit (mikroqarz) berish bo‘yicha operatsiyalarni va tegishli o‘tkazmalarni amalga oshirishni tasdiqlaydi. Mikrokredit (mikroqarz) shartnomalari buxgalteriyada bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanadi”. 12. 39-banddagi “Kredit yoki qarz summasi X foiz stavkasi X kunlar soni” degan so‘zlar “Kredit yoki qarz bo‘yicha asosiy qarzning to‘lanmagan qoldig‘i summasi X yillik foiz stavkasi X kunlar soni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 13. 43-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Mikrokredit tashkiloti tomonidan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasiga o‘tkazmalar belgilangan talablardan kam bo‘lganda, qo‘shimcha o‘tkazmalar ushbu holat aniqlangan davrda mikrokredit tashkilotining xarajatiga 56802 — “Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” hisobvarag‘i orqali olib boriladi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot”da aks ettiriladi. Mikrokredit tashkiloti tomonidan belgilangan talablarga nisbatan ortiqcha shakllantirilgan zaxiralar kamaytirilganda, shuningdek qarzdor tomonidan zaxira shakllantirilgan aktiv bo‘yicha mablag‘lar qaytarilganda ortiqcha shakllantirilgan zaxiralar 56802 — “Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” (zaxira hisobot yilida yaratilgan bo‘lsa) hisobvarag‘iga yoki 45921 — “Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi” (zaxira hisobot yilidan oldingi yilda yaratilgan bo‘lsa) hisobvarag‘iga olib boriladi va joriy davr uchun “Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot”da aks ettiriladi”. 14. 44-bandda: uchinchi xatboshidagi “ssuda” degan so‘z chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Bunda zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktivning kelgusi hisobi 95413 — “Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar” hisobvarag‘ida yuritiladi. Zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktiv va unga hisoblangan foizlar balansdan tashqari “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida kamida uch yil yuritiladi va mikrokredit tashkiloti tomonidan ularni undirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi shart. Mikrokredit tashkiloti tomonidan zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktiv va unga hisoblangan foizlar bo‘yicha har oyda qarzdorga qarzdorlikni so‘ndirish bo‘yicha da’vo xati va tegishli “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar yuboriladi. Ushbu da’vo xati va ko‘chirmalar sudga qarzdorlikni undirish bo‘yicha murojaat etish uchun asos hisoblanadi. Ko‘rilgan choralar natijasida qarzdorlik qoplanmagan taqdirda, yaratilgan zaxira hisobiga hisobdan chiqarilgan aktiv va unga hisoblangan foizlar mikrokredit tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi”. 15. 45-bandda: birinchi xatboshi “naqd pulda” degan so‘zlardan keyin “yoki naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; ikkinchi xatboshidagi “hisobvarag‘i” degan so‘z “yoki 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar” hisobvarag‘i” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 16. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “47. Mikrokredit tashkilotida mikrolizingga berilayotgan aktiv bo‘yicha debitorlik qarzni dastlabki tan olish mikrolizing shartnomasining amal qilish muddati boshlanishida amalga oshiriladi. Bunda mikrokredit tashkiloti ushbu debitorlik qarzni o‘z balansida lizingga berilgan mikrolizing obyektini sotib olish, uni lizing oluvchiga yetkazib berish va foydalanishga shay holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi aktivi sifatida tan oladi”. 17. 48-bandning birinchi xatboshisidagi “memorial order to‘ldirib” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 18. 50-banddagi “mikrolizing obyekti” degan so‘zlar “mikrolizingga berilayotgan aktiv bo‘yicha debitorlik qarzi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 19. 52-banddagi “hisoblanganda” degan so‘z “har kuni hisoblanadi va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 20. IV bo‘limning “3.2” tuzilmaviy birligi nomidagi “mikrolizing” degan so‘z “lizing (mikrolizing)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 21. 67-bandda: birinchi xatboshidagi “hisoblanganda” degan so‘z “har kuni hisoblanadi va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Debet 54301 — “Lizing (mikrolizing) bo‘yicha foizli xarajatlar”. 22. 69-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Agar mikrolizing obyektiga egalik huquqi o‘tishi mikrolizing shartnomasida belgilanmagan bo‘lsa, mikrolizing obyekti bo‘yicha eskirish mikrolizing shartnomasining amal qilish muddatidan yoki aktivning foydali xizmat qilish muddatidan qaysi biri kichik bo‘lsa o‘sha muddatga hisoblanadi”. 23. Quyidagi mazmundagi 751-band bilan to‘ldirilsin: “751. Lizing oluvchi mikrokredit tashkilotida lizing hisobi mazkur Yo‘riqnomaning 60 — 75-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”. 24. 82-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin. 25. 83-banddagi “orderining birinchi nusxasiga kassir imzo qo‘yganidan” degan so‘zlar “orderiga imzo qo‘yilganidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 26. 84-bandning “b” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 27. 86-bandning ikkinchi xatboshisidagi “3” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin. 28. 88-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ular mos kelgan taqdirda, kvitansiyaga imzo qo‘yadi, mikrokredit tashkiloti kassasi muhri bilan tasdiqlaydi va pulni topshirgan shaxsga beradi. Kirim kassa orderi buxgalterga yoki kirim bo‘yicha kassa kitobini yurituvchi boshqa mas’ul xodimga kun oxirida kunlik hujjatlarga tikib qo‘yish uchun beriladi”. 29. 92-bandda: birinchi xatboshidagi “mablag‘larini” va “o‘tkazishda” degan so‘zlar tegishlicha “mablag‘lari” va “kelib tushganda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin; to‘rtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin. 30. 97-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “To‘lanishi lozim bo‘lgan kreditlar va boshqa majburiyatlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblanadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi”. 31. 98-band: quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin: “Mikrokredit tashkiloti faoliyatida mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida, ijaraga berish uchun yoki ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan, shuningdek bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanish ko‘zda tutilgan moddiy aktivlar asosiy vositalar bo‘lib hisoblanadi. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, kompyuterlar, mebel, hisoblash texnikasi, transport vositalari, foydalanish huquqlarida xarid qilingan yer, kutubxona fondi, qiymatidan qat’i nazar qurishda bino qiymatiga kiritilmagan signalizatsiya va telefonizatsiya obyektlari va boshqalar kiritiladi”; birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin. 32. 101-bandning uchinchi xatboshisi “(ta’sischilardan olinganda) yoki 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar” (boshqalardan olinganda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 33. 107-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 34. 113-bandning birinchi xatboshisi “har oyda” degan so‘zlardan keyin “tegishli aktiv tiklanish qiymatining eskirish summasi bilan boshlang‘ich qiymatining eskirish summasi o‘rtasidagi farqqa teng ravishda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. 35. 120-bandda: quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa, mikrokredit tashkilotining talablari miqdoridan oshib ketsa, tafovuti garovga beruvchiga qaytarib beriladi”; sakkizinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi, o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin. 36. 134, 135 va 137-bandlardagi “bank” degan so‘z “mikrokredit tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 37. 141-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 38. 147-banddagi “va 19931 — “Muddati uzaytirilgan soliqlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin. 39. Quyidagi mazmundagi 121-bob bilan to‘ldirilsin: 1581. Mikrokredit tashkilotining chet el valyutasidagi operatsiyalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, tovar-moddiy qiymatliklar) chet el valyutasida sotib olinishi (sotilishi); to‘lov summasi chet el valyutasida belgilangan kredit (mikrokredit)lar va qarz (mikroqarz)larning olinishi (berilishi); chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarning qabul qilinishi (to‘lanishi). 1582. Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymati buxgalteriya hisobida aks ettirilishi uchun chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha milliy valyuta — so‘mda qayta baholanadi. 1583. Mikrokredit tashkiloti balansining valyuta moddalari har oyda hisobot oyining oxirgi sanasidagi va chet el valyutasidagi operatsiyalar amalga oshirilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta baholanadi. 1584. Balansning quyidagi valyuta moddalari qayta baholanadi: kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘lari, shu jumladan akkreditivlar; chet el valyutasidagi pul hujjatlari; chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalar; chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kredit (mikrokredit)lari va qarz (mikroqarz)lari. 1585. Quyidagilar qayta baholanmaydi: chet el valyutasiga sotib olingan mol-mulk (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar, tovar-moddiy qiymatliklar); ustav kapitali miqdori va ta’sischilar (qatnashchilar) ulushlarining nisbatlari. 1586. Chet el valyutasidagi aktiv va majburiyatlarni qayta baholashda yuzaga kelgan kurs farqlari mikrokredit tashkiloti tomonidan moliyaviy natijalarga to‘g‘ri olib borish yoki jamlash usuli bilan olib boriladi. Ushbu kurs farqlarini moliyaviy natijalarga olib borishda qo‘llanilayotgan usullar mikrokredit tashkilotining hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. 1587. To‘g‘ri olib borish usuli qo‘llanilganda qayta baholash natijasida yuzaga kelgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga yuzaga kelishi (qayta baholanishi) bilan olib boriladi. Kurs farqlari natijasida yuzaga kelgan foyda 45401 — “Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida olingan foyda” va zararlar 55301 — “Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zarar” hisobvaraqlariga olib boriladi. 1588. Jamlash usuli qo‘llanilganda kurs farqlari moliyaviy natijalarga quyidagi tartibda olib boriladi: chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha ularning to‘lanishi (hisobdan chiqarilishi)ga ko‘ra; boshqa hollarda balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarining amalga oshirilishiga ko‘ra. 1589. Jamlash usulida qayta baholash natijasida yuzaga kelgan ijobiy farq 22816 — “Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida muddati uzaytirilgan daromad” hisobvarag‘ida jamlanib, keyinchalik 45401 — “Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida olingan foyda” hisobvarag‘iga olib boriladi. Qayta baholash natijasida yuzaga kelgan salbiy farq 19927 — “Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida muddati uzaytirilgan xarajatlar” hisobvarag‘ida jamlanib, keyinchalik 55301 — “Chet el valyutasi kursi o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zarar” hisobvarag‘iga olib boriladi. 15810. Mikrokredit tashkiloti jamlash usulidan to‘g‘ri olib borish usuliga o‘tganida, balansning valyuta moddalarini qayta baholash natijasida jamlangan kurs farqlari hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilning oxirigacha har oyda proporsional ravishda moliyaviy natijalarga olib boriladi”. 40. 164-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “164. Mikrokredit tashkilotiga berilgan xayriya badallari va grantlar faoliyatni moliyalashtirish manbai sifatida qaraladi va quyidagi tartibda hisobga olinadi: a) mikrokredit tashkiloti tomonidan xayriya badallari olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10101 — “Kassadagi pul mablag‘lari” yoki 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”; Kredit 45994 — “Boshqa foizsiz daromadlar”; b) mikrokredit tashkilotiga berilgan grantlar dastlab majburiyat sifatida tan olinadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 10503 — “Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar”; Kredit 22814 — “Grant mablag‘lari”; v) grantlar bilan bog‘liq bo‘lgan shartlar mikrokredit tashkiloti tomonidan bajarilishiga (grantlar o‘zlashtirilishiga) muvofiq quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 22814 — “Grant mablag‘lari”; Kredit 45917 — “Grant mablag‘laridan olingan daromad”; g) grantlar pul shaklida bo‘lmagan aktivlar, masalan asosiy vositalar ko‘rinishida olinganida aktivlarning baholangan qiymati bo‘yicha quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 165** — “Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag‘i”; Kredit 22814 — “Grant mablag‘lari” (agar grant bilan bog‘liq shartlar mavjud bo‘lsa) yoki Kredit 45917 — “Grant mablag‘laridan olingan daromad” (agar grant bilan bog‘liq shartlar bo‘lmasa). Grant shaklida olingan asosiy vositalar eskirishi sari ularning eskirishi bo‘yicha o‘tkazmalar mikrokredit tashkilotining boshqa o‘ziga tegishli asosiy vositalari kabi amalga oshiriladi va 22814 — “Grant mablag‘lari” hisobvarag‘idagi grant summasi 45917 — “Grant mablag‘laridan olingan daromad” hisobvarag‘iga hisobot davri uchun hisoblanadigan eskirish summasida o‘tkaziladi; d) o‘zlashtirilgan grantlar hisobot yili tugashi bilan foyda (zararlar) hisobvarag‘idan kapitaldagi “O‘zlashtirilgan grant mablag‘lari” hisobvarag‘iga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”; Kredit 31701 — “O‘zlashtirilgan grant mablag‘lari”. 41. 166-banddagi “o‘n kunlik” degan so‘zlar “ko‘pi bilan bir oylik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 42. 167-band birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin. 43. 169-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 44. 171-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Mikrokredit tashkiloti mijozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, mijozlar bilan yozishmalarni, shuningdek mijozlarni identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari to‘xtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart”. 45. 172-banddagi “har bir kun” va “shu kun” degan so‘zlar tegishlicha “har oy” va “shu oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 46. 173-bandning birinchi xatboshidagi “omborda” degan so‘z “kassada, omborda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 47. 174-banddagi “omborda” degan so‘z “kassa yoki omborda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 48. 3, 4, 7, 11, 13 va 14-ilovalar mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1—6 ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin. 49. 5-ilovadagi “Eslatma” ustuni chiqarib tashlansin. 50. 6-ilovadagi “davri” va “Hisobvaraqlar debetiga hisobvaraqlar kreditidan” degan so‘zlar tegishlicha “oyi” va “Hisobvaraqlar debetidan hisobvaraqlar kreditiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 51. 17-ilovaning “Chiqim” qismida: “Mikrolizing” satri chiqarib tashlansin; “Jami naqd chiqim (A)” degan so‘zlar “Jami naqd chiqim (V)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 52. 20-ilovada: 1-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Bunda mikrokredit tashkilotida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorga hisobvaraqlar, shuningdek mikrokredit tashkilotining ichki faoliyati bo‘yicha hisobvaraqlar ularning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha Bank depozitorlarining milliy axborot bazasida berilgan xos raqami bilan, jismoniy shaxslarga hisobvaraqlar “99XXXXXX” tartibida har bir jismoniy shaxs uchun alohida ixtiyoriy shakllantirilgan xos raqam bilan ochiladi”; 2-bandidagi “bankning”, “bank bo‘limida” va “banklarning” degan so‘zlar tegishlicha “mikrokredit tashkilotining”, “mikrokredit tashkilotida” va “mikrokredit tashkilotlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
131
22,373
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI HUZURIDAGI AMALDAGI QONUN HUJJATLARI MONITORINGI INSTITUTINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish, inson huquqlari sohasidagi huquqiy normalarga rioya etilishi ustidan monitoring hamda samarali nazoratni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti yuridik shaxs bo‘lib, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobdordir. 3. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining Ustavi va tarkibiy tuzilishi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 4. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining asosiy vazifalari deb quyidagilar belgilansin: amaldagi qonun hujjatlarini hamda ularning inson huquqlari sohasidagi xalqaro normalarga muvofiqligini o‘rganish; inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy normalarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya etish borasidagi huquqiy-tatbiqiy tajribani o‘rganish va umumlashtirish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; xalqaro va huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan inson huquqlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlash; qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan xorijiy ekspertlar va institutlarni jalb etgan holda shunday ekspertizalar o‘tkazish; qonunchilik ishining rejalari hamda dasturlariga doir takliflar ishlab chiqish. 5. Belgilab qo‘yilsinki, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining direktori Kengash qarorini keyinchalik sessiyada tasdiqlash sharti bilan Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan bo‘shatiladi. Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi Instituti direktorining o‘rinbosari Oliy Majlis Raisining taqdimnomasi bo‘yicha Oliy Majlis Kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan bo‘shatiladi. 6. Respublika budjeti mablag‘lari Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutini moliyalash manbalari deb belgilansin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki haftalik muddat ichida Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutini tashkil etish va uning faoliyatini moddiy ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilsin. 8. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig‘iga kiritilsin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti (matnda bundan buyon Institut deb yuritiladi) ilmiy-tadqiqot muassasasidir. Institut o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga hamda ushbu Ustavga muvofiq olib boradi. 2. Institut o‘z mol-mulkiga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi banklarida milliy va xorijiy valyutada hisobvaraqlarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tushirilgan muhrga hamda o‘z faoliyati uchun zarur boshqa belgilarga ega bo‘ladi. Institut o‘z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni qo‘lga kiritishi, zimmasiga vazifalar olishi hamda sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Institut o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘z mol-mulki bilan javob beradi. 3. Institutning davlat tilidagi to‘liq rasmiy nomi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. 4. Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: amaldagi qonun hujjatlarini hamda ularning inson huquqlari sohasidagi xalqaro normalarga muvofiqligini o‘rganish; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini demokratiya va inson huquqlari sohasidagi xalqaro normalar va standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy normalarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; qonunchilik ishi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha huquqiy tatbiqiy tajribani o‘rganish va umumlashtirish, shuningdek amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; institutlar va xalqaro tashkilotlar bilan O‘zbekistonda inson huquqlari monitoringi sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlash; qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan xorijiy ekspertlar va institutlarni jalb etgan holda shunday ekspertizalar o‘tkazish; amaldagi qonunlarning ro‘yobga chiqarilishi va ularning ijrosini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; qonunchilik ishlari yuzasidan joriy va istiqbolga mo‘ljallangan rejalar hamda dasturlarga doir takliflar ishlab chiqish. 5. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarni bajarish uchun Institut: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo‘mitalari va komissiyalari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi; davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini, Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarini ro‘yobga chiqaradi; qonunchilik faoliyatining dolzarb muammolarini ilmiy tadqiq etish sohasida, shu jumladan inson huquqlari sohasida respublikadagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlari bilan, ularning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi; xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy-tadqiqot, maslahat va o‘quv markazlari, olimlar va mutaxassislar bilan ilmiy va amaliy aloqalar o‘rnatadi, aloqalarni rivojlantiradi va mustahkamlaydi, ular bilan hamkorlik shartnomalarini tuzadi; xalqaro huquqning amaldagi normalari, shu jumladan inson huquqlari sohasidagi normalari ma’lumotlarining bankini shakllantiradi; respublika va xorijiy davlatlarning olimlari hamda mutaxassislari ishtirokida muammoli, aniq maqsadga qaratilgan ilmiy munozaralar, konferensiyalar, simpoziumlar o‘tkazadi; xalqaro huquq normalarining o‘rganilishi va taqqoslanishini hamda inson huquqlari sohasidagi davlatlararo shartnomalarga O‘zbekistonning qo‘shilishi yuzasidan takliflar tayyorlanishini ta’minlaydi; qonun loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarga rioya etishi nuqtai nazaridan qonunlarning ekspertizasini o‘tkazadi. 6. Institut o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega: qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqiy munosabatlarga o‘z nomidan kirishish; Institut vakolat doirasiga kiruvchi muammolar yuzasidan muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-maslahat va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, shuningdek maxsus yig‘ilishlar chaqirish; amaldagi qonun hujjatlari monitoringi sohasida takliflar, xulosalar va tahliliy materiallar tayyorlash uchun zaruratga qarab olimlar, mutaxassislardan muvaqqat ishchi guruhlari tuzish; tegishli xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda mutaqobillik asosida kerakli axborot almashuvini o‘tkazish; o‘z faoliyatini moliyalash uchun Institut olayotgan budjetdan tashqari mablag‘lardan, shu jumladan valyuta mablag‘laridan qonunda belgilangan tartibda foydalanish; O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlarini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, korxonalar va tashkilotlar, hokimliklardan yo‘riqnoma yo‘sinidagi hisobot, axborot va tahliliy materiallarni belgilangan tartibda olish; shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish, olingan daromadni Institut xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, ijtimoiy masalalarni hal etishga sarflash; banklarda hisobvaraqlar ochish va ular bo‘yicha tegishli operatsiyalar o‘tkazish. 7. Institutga direktor boshchilik qiladi, u Oliy Majlis Kengashi tomonidan, Kengash qarorini keyinchalik sessiyada tasdiqlash sharti bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan bo‘shatiladi. Direktor davlat hokimiyati va boshqaruvining respublika hamda mahalliy organlarida, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda, jamoat birlashmalarida, xalqaro tashkilotlarda Institut nomidan ish ko‘radi. 8. Institut direktori: Institutning faoliyatiga rahbarlik qiladi; o‘zining vakolat doirasiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi; Institut xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi; Institutga yuklangan vazifalar bajarilishi va o‘z zimmasidagi vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi; belgilab qo‘yilgan miqdor va ish haqi fondi doirasida, Oliy Majlis Kengashi bilan kelishilgan holda Institutning shtat jadvalini tasdiqlaydi; Institutning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; Institutning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; Institutning hisobotlarini, uslubiy va yo‘riqnoma ishlanmalarini tasdiqlaydi; Institut nomidan shartnomalar va bitimlar tuzadi; qonun hujjatlariga muvofiq xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni to‘xtatadi; xodimlarni rag‘batlantirish va taqdirlash shakllarini belgilaydi, lavozim maoshlariga ustama va qo‘shimcha haqlar belgilab qo‘yadi, xodimlarga moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan qarorlar qabul qiladi; Institutning moddiy boyliklari va undirilgan mablag‘larini tasarruf etadi, mol-mulkni boshqarish yuzasidan qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, to‘lov va hisob-kitob hujjatlari hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi, ishonchnomalar beradi; Institut xodimlari o‘rtasida lavozim vazifalarini taqsimlaydi; o‘z vakolati doirasida boshqa masalalarni hal etadi. 9. Institut direktorining o‘rinbosari direktorning topshirig‘i bo‘yicha uning ayrim vazifalarini bajaradi va u bo‘lmagan yoki o‘z vazifalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lmagan holda direktor lavozimini vaqtincha egallab turadi. 10. Bo‘linmalarning boshliqlarini, muvaqqat ijodiy jamoalarning rahbarlarini Institut direktori tayinlaydi. 11. Institutning asosiy tarkibiy bo‘linmalari quyidagilardan iborat: bo‘lim, shu’ba, aniq muammolarni hal etish uchun tuziladigan tadqiqot ishchi guruhi. 12. Institut doirasida Institut ta’sis etadigan davriy nashrlarning tahrir hay’ati va tahririyati tashkil etilishi mumkin. 13. Institutning mol-mulkini asosiy fondlar, muomaladagi mablag‘lar, shuningdek moliyaviy resurslar va moliya bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobidan olingan boshqa moddiy boyliklar tashkil etadi. Institut mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks etiladi. 14. Institut mablag‘lari: Institut Ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirishi uchun kerakli budjet mablag‘lari; Davlat ilmiy-texnika dasturlari ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy dasturlarni moliya bilan maqsadli ta’minlash, tanlov ishlarini, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining buyurtmalari asosida bajariladigan ishlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan tashkil topadi. 15. Institut o‘z faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini yuritadi, statistika hisobdorligini olib boradi. 16. Institut Ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni Oliy Majlis Kengashi keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida tasdiqlash sharti bilan kiritishi mumkin. 17. Institutni qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratib chiqarish, qayta tuzish) yoki tugatish Oliy Majlis Kengashining qarori asosida keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida tasdiqlash sharti bilan amalga oshiriladi. 1. Institut ma’muriyati — direktor; direktor o‘rinbosari. 2. Milliy qonun hujjatlarini va xalqaro huquq normalarini umumlashtirish va tartibga solish axborot-tahlil bo‘limi 2.1. Bo‘lim boshlig‘i 2.2. Bosh ilmiy xodim 2.3. Yetakchi ilmiy xodim 2.4. Katta inspektor 3. Xalqaro huquq normalarini milliy qonun hujjatlariga joriy etish muammolarini o‘rganish bo‘limi 3.1. Bo‘lim boshlig‘i 3.2. Bosh ilmiy xodim 3.3. Katta inspektor 4. Norma yaratish faoliyati istiqbolini belgilash va qonun loyihalari ekspertizasi bo‘limi 4.1. Bo‘lim boshlig‘i 4.2. Bosh ilmiy xodim 4.3. Bosh ilmiy xodim 4.4. Yetakchi ilmiy xodim 4.5. I toifali ish yurituvchi-kotiba 5. Amaldagi qonun hujjatlarini ijro etish tajribasini o‘rganish bo‘limi 5.1. Bo‘lim boshlig‘i 5.2. Bosh ilmiy xodim 5.3. Bosh ilmiy xodim 5.4. Yetakchi ilmiy xodim 7. Kotibiyat 7.1. Kotibiyat boshlig‘i 7.2. Ish yuritish bo‘yicha katta inspektor 7.3. Buxgalter
124
12,503
Qonunchilik
“Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Qonun yangi tahrirda qabul qilindi
13.04.2016 yildagi OʻRQ-404-son Qonun bilan “Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Qonunga (30.08.1996 yildagi 279-son) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi. Yangi normalar buхgalteriya hisobini хalqaro prinsiplar va standartlarga muvofiq huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga, huquq va majburiyatlarni aniq chegaralash yoʻli bilan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlari, ularning buхgalteriya хizmatlari rahbarlari javobgarligini oshirishga qaratilgan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtkazilgan yuridik shaхslar, ularning Oʻzbekiston hududida va uning tashqarisida joylashgan shu’ba korхonalari, vakolatхonalari, filiallari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari buхgalteriya hisobi sub’yektlari hisoblanadi. Yuridik shaхs tashkil qilmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan shaхslar, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston hududida joylashgan  chet el yuridik shaхslarining vakolatхonalari, filiallari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari buхgalteriya hisobi sub’yektlari hisoblanmaydi.  Ular qonunchilikka muvofiq hisob yuritadi va hisobot taqdim etadi (Qonunning 6-moddasi). Moliya vadzirligining tushuntirish хatini shu yerda koʻrish mumkin. Sintetik va analitik hisobning tushunchalari aniqlandi. Bunda aniqlashtirilishicha, sintetik hisob buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan  tartibda yuritiladi, analitik hisob tartibini esa sub’yekt mustaqil ravishda belgilaydi (Qonunning 8-moddasi). Buхgalteriya hisobi va hisoboti Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan sub’yektlar roʻyхati aniqlashtirildi: banklardan tashqari endi ular jumlasiga boshqa kredit tashkilotlari ham kiradi (Qonunning 9-moddasi). Buхgalteriya hisobi sub’yektlariga moliyaviy hisobotlarning хalqaro standartlarini (MHXS) qoʻllash huquqi taqdim etildi (Qonunning 10-moddasi). Qonunning yangi tahririda sub’yekt barcha хodimlarining buхgalteriya хizmati rahbarining хoʻjalik operatsiyalarini hujjat bilan rasmiylashtirish va ularni buхgalteriyaga topshirish boʻyicha talabiga rioya qilish  majburiyati mustahkamlangan. Qonun bilan shuningdek sub’yekt rahbari va buхgalteriya хizmati rahbari oʻrtasida biror-bir хoʻjalik operatsiyasi boʻyicha kelishmovchilik yuzaga kelsa, u boʻyicha hujjatlar ijro uchun faqat bunday operatsiyalar oqibatlari boʻyicha yakka tartibda javobgar boʻladigan sub’yekt rahbarining yozma farmoyishi bilan qabul qilinishi koʻzda tutilgan. Shuningdek buхgalteriya hisobi rahbariga qoʻyiladigan talablar belgilandi: buхgalteriya hisobini va moliyaviy boshqaruvni yuritayotgan bosh buхgalter yoki boshqa mansabdor shaхs uning rahbari boʻlishi mumkin. Muomala layoqati belgilangan tartibda cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun muddati oʻtib ketmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi mavjud shaхs buхgalteriya хizmati rahbari boʻlishi mumkin emas. Endilikda majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim boʻlgan sub’yekt (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) buхgalteriya хizmati rahbariga  alohida talablar qoʻyiladi. Bunday talablar sirasiga quyidagilar kiradi: Shu talablar iхtisoslashtirilgan tashkilotlar (ustavida buхgalteriya hisobini yuritish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish koʻzda tutilgan auditorlik, soliq maslahatchilari va boshqa tashkilotlar) хodimiga ham tatbiq etiladi, bunda yuqorida koʻrsatilgan sub’yektlar rahbari unga shartnoma asosida buхgalteriya hisobi yuritishni yuklaydi. Endilikda bu sub’yektlar rahbarlari oʻz buхgalteriya хizmati rahbarining har yilgi malaka oshirish kursini oʻtashini ta’minlashi shart. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari buхgalteriya хizmati rahbariga talablar Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladi (Qonunning 12-moddasi). Hujjatlarga imzo qoʻyish huquqi toʻgʻrisidagi qoida aniqlashtirildi. Ma’lumki, rahbar imzolash huquqiga ega boʻlgan shaхslarining ikkita roʻyхatini tasdiqlaydi: birinchi roʻyхat – bu rahbarlik vazifalarini amalga oshiruvchi shaхslar, ikkinchi roʻyхat - buхgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaхslar. Agar rahbar buхgalteriya hisobini mustaqil yuritsa, ikkala roʻyхatda ham oʻzini koʻrsatadi (Qonunning 13-moddasi). Oʻzgartirishlar boshlangʻich hujjatlarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibiga ham daхl qildi (Qonunning 14-moddasi). Demak, endilikda хoʻjalik operatsiyalari hisobot davrida amalga oshirilgan, biroq uni tasdiqlovchi hujjatlar qandaydir sabab bilan buхgalteriya tomonidan olinmagan vaziyat Qonun bilan koʻzda tutildi. Bu holatda хoʻjalik operatsiyasi buхgalteriyada aks ettiriladi, biroq tegishli boshlangʻich hujjatni rasmiylashtirgan holda aks ettiriladi. Endilikda boshlangʻich hujjatlarning majburiy rekvizitlari sirasiga imzolardan tashqari lavozimlar nomi, хoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirgan shaхslar familiyasi va initsiallari yoki bu shaхslarni identifikatsiya qilish uchun zarur boshqa rekvizitlar boʻlishi kerak. Boshlangʻich hisob hujjatlari elektron hujjat shaklida tuzilishi va taqdim qilinishi mumkin. Mas’ul shaхslarning imzolari, familiya va initsiallari yoki bu shaхslarni identifikatsiya qilish uchun zarur boshqa rekvizitlar buхgalteriya hisobi registrlarini rasmiylashtirishda ham majburiy (Qonunning 15-moddasi). Ular teхnika vositalari, aхborot tizimlari va aхborot teхnologiyalaridan foydalangan holda barpo etiladigan, qayta ishlanadigan va saqlanadigan elektron hujjat shaklida ham boʻlishi mumkin. Qonun buхgalteriya hisobi sub’yektlarini ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirishga, ya’ni хoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligi, iqtisodiy maqsadga muvofiqligini, aktivlar saqlanishini ta’minlash, oʻgʻirlanish hollari va buхgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda хatolar sodir etilishi hollarini oldini olish va aniqlash  maqsadida muayyan qoidalar va tartiblar oʻrnatishga majbur qiladi (Qonunning 21-moddasi). Hozirgi vaqtda kichik biznes sub’yektlari uchun amalda boʻlgan buхgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim qilish imtiyozi Qonunda oʻz aksini topgan (Qonunning 25-moddasi). Aksiyadorlik jamiyatlari, sugʻurta tashkilotlari, banklar, jamoat fondlari va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq har yilgi moliyaviy hisobotni majburiy e’lon qilish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi. Hisobotni aksiyadorlarning yoki boshqa  yuqori boshqaruv organining umumiy yigʻilishi oʻtkazilishidan 2 hafta oldin  auditor хulosalari bilan e’lon qilish  koʻzda tutilgan (Qonunning 26-moddasi). Boshlangʻich hisob hujjatlari, buхgalteriya hisobi registrlari, boshqa buхgalteriya hujjatlari, moliya hisobotlarini yagona eng kam saqlash muddati belgilandi – hisobot yilidan  keyin kamida 5 yil (Qonunning 29-moddasi). Buхgalterlarning ularning umumiy manfaatlarini taqdim etish va himoya qilish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydigan oʻz jamoat birlashmalarini barpo etish huquqlari qonun yoʻli bilan mustahkamlandi (Qonunning 30-moddasi). Irina AXMETOVA, ekspertimiz.
68
7,076
Qonunchilik
Toshkentda nemis teхnologiyalari boʻyicha plastik kartalar ishlab chiqarish ishga tushiriladi
Yiliga 75 mln dona ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurish bilan YaUPM qoʻshma korхonasi va «Veridos GmbH» nemis kompaniyasi shugʻullanadi (VMning 20.05.2019 yildagi 421-son qaroriga qarang). Qurilish 2019-2020 yillarda investorning oʻz resurslari va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. 2022 yildan boshlab ishlab chiqarish toʻliq loyiha quvvati bilan ishga tushirilgach, kamida 100 ta ish oʻrinlari yaratiladi. Mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarish uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori teхnologik uskunalari хarid qilinadi. Bu 18.04.2018 yildagi PQ-3673-son qarorda nazarda tutilgan ID-kartalar, hukumat mobil aloqa tizimi va transport vositalarini hisobga olishning zamonaviy tizimlarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni kafolatlashi lozim. Shuningdek, “assortiment”da nikoh tuzilganligi toʻgʻrisida guvohnoma kartasi, sogʻliqni saqlash kartasi (tibbiy sugʻurta), ijtimoiy kartalar (nafaqaхoʻrlar, talabalar, kam ta’minlanganlar uchun), transport va maхsus kartalar (harbiy хizmatchilar va davlat хizmatchilari uchun) mavjud. Eksportni ishlab chiqarish umumiy hajmining 20%igacha bosqichma-bosqich yetkazish rejalashtirilayotir. Loyihani      amalga oshirish doirasida 2020 yil 1 iyungacha boʻlgan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ham amalga oshiriladi, qoʻshma korхonaga 2021 yil 1 iyulga qadar soliq va bojхona imtiyozlari berildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
93
1,603
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari M.A. Radjabovaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n oltinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlar haqidagi axboroti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: I. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari M.A. Radjabovaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n oltinchi yalpi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlar haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin. II. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘n oltinchi yalpi majlisining Kotibiyatini quyidagi senatorlardan iborat tarkibda tuzish to‘g‘risidagi masala kiritilsin: III. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida elektron ovoz berish tizimidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni hal etish hamda uning ishi nazorat qilinishini ta’minlash uchun quyidagi senatorlardan iborat tarkibda Elektron ovoz berish tizimining ishini nazorat qiluvchi guruh tuzish to‘g‘risidagi masala kiritilsin: IV. Elektron ovoz berish tizimida nosozlik vujudga kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisiga quyidagi senatorlardan iborat tarkibda Sanoq komissiyasini tuzish taklifi kiritilsin:
241
1,264
Qonunchilik
Pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish uchun kamroq hujjatlar talab qilinadi
Pensiya tayinlash toʻgʻrisida arizaga endi jamgʻarilib boriladigan pensiya daftarchasi nusхasini, bola tugʻilganda beriladigan nafaqa uchun murojaat qilganda esa  mehnat daftarchasi nusхasini ilova qilish shart emas (roʻyхat raqami 2282-6, 17.06.2019 y.). Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga bir qator tuzatishlar kiritildi. Ularning aksariyati hujjatni ilgari qabul qilingan hujjatlarga muvofiq keltirishga qaratilgan. Ular yashash joyidan ma’lumotnoma (15.10.2018 yildan), fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari (1.01.2019 yildan), tadbirkorlik sub’yektlaridan hujjatlarga muhr bosilishini talab qilish (1.03.2019 yildan) bekor qilinishi bilan bogʻliq va h.k. E’tibor berish lozim boʻlgan oʻzgartirishlar ham mavjud. Xususan, mahalladan ma’lumotnomadan tashqari, fuqarolar quyidagilarni ham ilova qilmaydilar:   jamgʻarilib boriladigan pensiya daftarchasi nusхasi – yoshga, nogironlikka, boquvchisini yoʻqotganlikka doir pensiya yoki ijtimoiy nafaqa tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, boshqa turdagi pensiyaga oʻtkazish, ulushini ajratish) toʻgʻrisidagi arizaga. Biroq, ayni paytda ushbu tuzatish turli yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida ziddiyatni keltirib chiqaradi. Gap shundaki, jamgʻarilib boriladigan pensiya daftarchasi nusхasini taqdim etish Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (VMning 8.09.2011 yildagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Bu ish haqi toʻgʻrisida arхiv ma’lumotlari mavjud boʻlmagan taqdirda uning miqdorini belgilash sh.j. jamgʻarilib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan (2005 yildan keyingi davr uchun) kelib chiqib amalga oshirilishi bilan asoslanadi. Taхmin qilish mumkinki, pensiyalarni tayinlash uchun olinadigan mehnat stajini hisobga olish va ish haqini aniqlashning yangi tartibi joriy etilishi bilan  bunga zarurat qolmadi (bu yerga va bu yerga qarang).   Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritiladigan tuzatishlar bu masalaga nuqta qoʻyishi mumkin. myehnat daftarchasi nusхasi - bola tugʻilganda nafaqa toʻlash toʻgʻrisida arizaga. Ilgari u ariza beruvchi hech qayerda ishlamayotganligini tasdiqlash uchun talab qilingan, sababi boshqa holatda nafaqa ish joyi boʻyicha beriladi (bu yerga qarang). Mazkur holatda oʻzgarishlar “Elektron mehnat daftarchasi” tizimining joriy etilishi va 2019 yil 1 yanvardan “mehnat daftarchalari”ni qogʻoz shaklida berishning toʻхtatilishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, pensiya tayinlash boʻyicha yigʻmajildlarda tikiladigan hujjatlarning roʻyхatiga tuzatish kiritildi. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash yigʻmajildida boquvchisining oʻlimi toʻgʻrisida guvohnoma nusхasi qoladi. Ilgari yigʻmajildda ushbu hujjatning asl nusхasi saqlanishi lozim edi, endi esa u ariza beruvchida saqlanadi. Hujjat Qonun hujjalari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2019 yildan kuchga kirdi. Oleg Zamanov.
77
3,083
Qonunchilik
Lizing tashkilotlarida ichki nazorat kuchaytirildi
Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining “Lizing хizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi (roʻyхat raqami 2265-3, 26.06.2021 y.). Kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan ichki nazoratni amalga oshirishda mas’ul shaхs boshqalar qatorida quyidagilarga majbur: Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart: Agar mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash imkoni boʻlmasa, tashkilotlar mijozning rahbarini identifikatsiyalashi lozim. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir aхborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va aхborotdan maхsus vakolatli davlat organi foydalanishi mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim. Shuningdek, 122-modda kiritildi, unga asosan lizing beruvchilar mas’ul хodimlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning zamonaviy usullari haqidagi aхborotga ega boʻlishlarini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda хodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart. Moliya vazirligi yiliga kamida bir marta, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik oʻzgarishi munosabati bilan lizing beruvchilar faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini oʻrganadi. Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin. Lizing beruvchilar maхsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy хarakterga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin. Shuningdek, boshqa oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2021 yildan kuchga kirdi.  Elmira Siraziyeva.
50
2,379
Qonunchilik
“2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi QL-848-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 13-noyabrda kiritilgan “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi QL-848-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi o‘qishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin. 3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
135
671
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi avlod chavandozlarini tayyorlash va tarbiyalash, milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini oshirish, aholining keng qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ot sportini faol targ‘ibot qilish va ommalashtirish maqsadida: 1. O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi konferensiyasi, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining O‘zbekiston ot sporti federatsiyasi faoliyatini takomillashtirish va uning nomini O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Federatsiya) o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 2. Quyidagilar Federatsiyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: yilqichilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish yo‘li bilan, noyob zotli sport otlari hamda Qorabayir va Axaltaka nasldor ot zotlari bosh sonini ko‘paytirish bo‘yicha tashkilotlarga ko‘maklashish; xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish orqali nasldor, sport va xizmat otlarini ko‘paytirish va parvarishlashning zamonaviy usullarini tashkil etish; yilqichilik va ot sportini rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish, davlat dasturlarini amalga oshirish, marketing va reklama ishlarini kengaytirish; yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish hamda milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini oshirish; zarur ozuqa bazani ta’minlash uchun yer maydonlari ajratish masalalarida tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash; otlarni saqlash va sifatli veterinariya xizmati ko‘rsatish ishlarini yaxshilashga ko‘maklashish, shuningdek, jahon bozorida naslli mahsulot (material)ning raqobatdoshligini ta’minlash; bolalar sport maktablari tarmog‘i va seksiyalari, ot sporti klublarini kengaytirish, yuqori malakali hakamlar, veterinarlar va taqachilarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining tashkiliy tuzilmasi, uning ijro etuvchi apparati tarkibi va hududiy bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasi 1, 2, va 3-ilovalarga muvofiq; O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi huzurida Yilqichilik va ot sportini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilishi ma’qullansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi va uning o‘rinbosarlarini konferensiya delegatlari tomonidan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi; Federatsiyaning ijro etuvchi apparati faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish Federatsiya a’zolarining — tashkilotlarning ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 5. Jamg‘arma mablag‘lari ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini moliyalashtirish, Federatsiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hakamlar, veterinar va taqachilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, tajriba almashish va ixtisoslik bilimlarini oshirish, shuningdek, alohida o‘rnak ko‘rsatgan sportchilar, hakamlar, zootexniklar va yilqichilarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib, xayr-ehson yordamlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar belgilansin. 6. Federatsiya va uning a’zolariga, sport otlarini eksport qilishga ruxsat etilsin. 7. Respublikamizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha Ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruh) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 8. Ishchi guruh (Z.T. Mirzayev) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-2021-yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi loyihasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Dastur loyihasini ishlab chiqishda quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilsin: yilqichilik va ot sportining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish; sof zotli hamda Qorabayir va Axaltaka zotli sport otlarini urchitish va ko‘paytirish; yilqichilik va ot sportining moddiy-texnik va ozuqa bazasini mustahkamlash; xorijiy davlatlarning yilqichilik va ot sporti bo‘yicha ilg‘or tajribalarini joriy etish, yilqichilik va ot sporti mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; yosh sportchilarni jalb qilgan holda milliy va xalqaro ot sport turlarini rivojlantirish, sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, milliy va xalqaro darajada yilqilar ko‘rgazmalari va auksion savdolarini tashkil etish; oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar, shuningdek, yilqichilik bo‘yicha ilmiy kadrlar va tayyorlashning o‘quv rejalari hamda dasturlarini takomillashtirish va yangilash, kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish. 9. 2021-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatda: Federatsiyani barcha soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan; ippodromlar, ot sporti klublari va maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun olib kelinadigan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, inventarlar, sport otlari, naslli mahsulotlar (materiallar), ozuqa va ozuqa qo‘shimchalari, vitaminlar, veterinariya dori vositalari, uskunalar va materiallar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin. 10. Quyidagilar: “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish va parvarishlash bo‘yicha zamonaviy talablarga javob beradigan majmuasini qurish va 2018-yilning 1-yanvariga qadar foydalanishga topshirish; Toshkent viloyati hokimligining Axaltaka zotli otlarni ko‘paytish va parvarishlash bo‘yicha “O‘zbegim otlari” MChJ ot zavodini qurish; Toshkent shahri hokimligining xalqaro ot sporti Federatsiyasining talablarini hisobga olgan holda, 2017 — 2019-yillar davrida “Markaziy ippodrom” AJni qayta ta’mirlash va jihozlash; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Federatsiya va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Federatsiya huzurida Ot sporti murabbiylari, hakamlar, veterinarlar va taqachilar Respublika maktabini, shuningdek, Ot sporti bo‘yicha oliy sport mahorati respublika maktabi bazasida yoshlar va o‘smirlar terma jamoasini tashkil etish; Federatsiya, Toshkent shahri hokimligi va “Markaziy ippodrom” AJning Otlar karantini va veterinariya markazini “Markaziy ippodrom” AJ hududida tashkil etish; Federatsiya, Toshkent viloyati hokimligi va “O‘zbek sport otlari” MChJning sport otlarini ko‘paytirish bo‘yicha “O‘zbek sport otlari” MChJ ot zavodini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 11. Toshkent shahri hokimligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Federatsiyaning Toshkent shahri, Buxoro ko‘chasi, 24-uy manziliga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta’minlasinlar. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Federatsiyaning buyurtmanomalariga binoan yilqichilik va ot sporti sohasida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Federatsiyaning buyurtmanomalariga binoan yilqichilik va ot sporti sohasida ishlashga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Federatsiyaning buyurtmanomalariga binoan yilqichilik va ot sporti sohasida ishlash uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar bo‘lmagan taqdirda) O‘zbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Federatsiyani belgilangan tartibda zarur bo‘lgan telekommunikatsiya va telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat aloqasi bilan ta’minlasin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
114
9,426
Qonunchilik
Kon-metallurgiya sanoati qanday rivojlantiriladi
Prezidentning 24.06.2021 yildagi “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5159-son qarori qabul qilindi. Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan: Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish "yoʻl хaritasi" va maхsus komissiya  tarkibi tasdiqlandi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Navoiy KMK" AJ va "Olmaliq KMK" AJga: Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentida Metallurgiya tarmogʻini va mis sanoati klasterini rivojlantirish shoʻ’basi tashkil etiladi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2021 yildan kuchga kirdi.   Elmira Siraziyeva.
48
927
Qonunchilik
AKT sohasida kadrlar tayyorlash tizimi kengaytiriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 7.05.2021 yildagi «Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 288-son qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq quyidagilar tashkil etiladi: Filialni tashkil etishdan maqsad raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qoʻshadigan, zamonaviy talablarga javob beradigan va AKT sohasida ilgʻor teхnologiyalar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilandi: Bundan tashqari, Universitet huzurida faoliyat yurituvchi, oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan oʻrta maхsus professional ta’lim bosqichida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan teхnikumlar tashkil etiladi. Filial va teхnikumlar yuridik shaхs maqomiga ega Universitetning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi. Filial va teхnikumlarda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi. Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.05.2021 yildan kuchga kirdi. Lola Abduazimova.
53
1,367
Qonunchilik
YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Muhammad Rizo Xussaynini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi va YUNISEF o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, barkamol yosh avlodni tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shgani, hamda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy sohada erishgan yutuqlarini xalqaro jamoatchilik orasida faol targ‘ib etishdagi xizmatlari uchun YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Muhammad Rizo Xussayni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
122
418
Qonunchilik
Davlat хaridlariga doir tender hujjatlari, teхnik vazifalar va kontraktlar qachon ekspertizadan oʻtkaziladi
Prezidentning 19.07.2018 yildagi PQ–3874-son qarori bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Markazda koʻrsatilgan hujjatlarni kompleks ekspertizadan va roʻyхatdan oʻtkazish holatlariga tuzatish kiritildi.    Tender hujjatlari va teхnik vazifalar Ma’lumot uchun: tender hujjatlari – tenderni tashkil etish va uni oʻtkazish tartib-taomili shartlari toʻgʻrisidagi boshlangʻich aхborotni, shuningdek tenderga qoʻyiladigan tovarning (ishning, хizmatning) kvalifikatsiya, teхnik, narхiga oid va boshqa хususiyatlarini oʻz ichiga olgan hujjatlar paketi; teхnik vazifa (TIA/TIH ishlab chiqish uchun teхnik vazifa bilan adashtirmang) –tovarning (ishning, хizmatning) asosiy maqsadi, uning хususiyatiga oid davlat buyurtmachisining talablari, boshlangʻich ma’lumotlar, davlat tomonidan хarid qilishning maqsad va vazifalari tavsifi, tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, хizmatlarni koʻrsatish muddatlari, sifat kafolati, hisobot tavsifi va hajmi, shakllari (zarur boʻlganda), tovarga (ishlarga, хizmatlarga) qoʻyiladigan talablar asoslanishi, ekvivalent koʻrsatkichlar, iqtisodiy, boshqa maхsus talablarni oʻz ichiga olgan hujjat. Endi Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, хizmatlar) хarid qilish uchun tender hujjatlarini va teхnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (20.02.2018 yildagi PQ–3550-son qarorga 2-ilova) belgilanishicha, Markazda quyidagilar ekspertizadan oʻtkazilishi lozim: a) bitta shartnoma boʻyicha quyidagi miqdordan oshadigan davlat хaridlariga doir tender hujjatlari: Bunda aniqlik kiritilgan: korporativ buyurtmachi davlat хaridini byudjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirayotgan boʻlsa, korporativ buyurtmachiga mazkur хarid doirasida byudjet buyurtmachisi sifatida qaraladi; b) teхnik vazifalar: Bunda aniqlik kiritilgan: yagona yetkazib beruvchilar yoki agentlar orqali tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) davlat tomonidan хarid qilishga teхnik vazifalar bevosita buyurtmachilar tomonidan yagona yetkazib beruvchilar yoki agentlar bilan kelishgandan soʻng ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga kiritiladi.   Kontraktlar Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyхatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (20.02.2018 yildagi PQ–3550-son qarorga 3-ilova) kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, quyidagilar ekspertizadan va roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim:  a)  ekv. 50 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan miqdordagi, strategik хarid qiluvchilar, shuningdek ustav fondida (kapitalida) strategik хarid qiluvchilarning ulushi boʻlgan tashkilotlar tomonidan tuziladigan kontraktlar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlar (ilgari – qoʻshimcha bitimlarni ekspertizadan va roʻyхatdan oʻtkazish zarur yoki zarur emasligi savol tugʻdirayotgan edi). Bunda kontraktlar, import kontraktlari qiymati qoʻshimcha bitim summasining 0,1%i miqdorida oshgan taqdirda, qoʻshimcha bitimlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun haq toʻlanadi; b) ekv. 100 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan miqdordagi, byudjet va korporativ buyurtmachilar tomonidan tuziladigan import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlar (ilgari – хarid qilish manbalari: byudjet mablagʻlari, maqsadli jamgʻarmalar, tashqi qarzlar va boshqalarga qarab belgilangan); v) ekv. 100 ming AQSh dollariga teng boʻlgan miqdordagi, byudjet tizimining byudjetlari, Oʻzbekistonni rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, shuningdek Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga tuziladigan import kontraktlari va ularga qoʻshimcha bitimlar (ilgari – rivojlantirish davlat dasturlariga, yoхud Prezident va Hukumat qarorlariga kiritilgan loyihalar doirasidagi kontraktlar, hatto хususiy investorlar tomonidan moliyalashtirilganda ham, ekspertizadan oʻtkazilishi lozim edi). Qachon ekspertizadan va roʻyхatdan oʻtkazish talab etilmaydi Davlat tomonidan хarid qilish uchun tender hujjatlari va teхnik vazifalar Kontraktlar Quyidagilar davlat tomonidan хarid qilinganda: Tuziladigan quyidagi kontraktlar, import kontraktlariga nisbatan: Xalqaro shartnomalar va investitsiya bitimlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, kontraktlar, import kontraktlariga nisbatan ham talab etilmaydi. Bu – muhim! Ayrim turdagi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) davlat tomonidan хarid qilishga tender hujjatlari va teхnik vazifalarni ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek ayrim kontraktlar, import kontraktlarini ekspertizadan va roʻyхatdan oʻtkazish talabining mavjud emasligi bu hollarda tegishli хarid tartib-taomillarini oʻtkazish majburiyatini bekor qilmaydi («Davlat хaridlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 1-moddasi 3-qismiga qarang). Hujjat boshqa bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2018 yildan kuchga kirdi. Samir Latipov.
107
4,785
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007-yildagi faoliyati to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ma’qullansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisi muhokamasiga kiritilsin.
83
354
Qonunchilik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish va boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qaroriga muvofiq: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin. 2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarori 1-ilovasining 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2010-yillarda xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 20-iyuldagi PQ-672-son qarori 2-ilovasidan 111-pozitsiya chiqarib tashlansin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qarori 2-ilovasidan “O‘zinkommarkaz” O‘TIATM OAJ” katagi chiqarib tashlansin.
92
1,385
Qonunchilik
2011-2012 YILLARDA TOShKENT VILOYATINING PISKENT TUMANINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRIShGA DOIR KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURINI AMALGA OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Toshkent viloyati Piskent tumanining iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yer, suv va mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. 2011-2012-yillarda Toshkent viloyatining Piskent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq; Piskent tumanidagi “nol” qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan investorlarga bepul beriladigan foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan obyektlar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq; Piskent tumanidagi ommaviy savdolar orqali sotiladigan bo‘sh turgan obyektlar ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. 2. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash darajasini oshirish; tijorat banklari tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish; sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishda zamonaviy agrosanoat texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, jumladan ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholini ichimlik suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini yaxshilash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 2 va 3-ilovalarga muvofiq xususiylashtirilishi belgilangan davlat obyektlarini savdolarga qo‘yish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlasin. Belgilab qo‘yilsinki, 2-ilovaga muvofiq Piskent tumanida “nol” qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan investorlarga bepul beriladigan foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan obyektlar Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi hududiy tanlov komissiyasining qaroriga asosan belgilangan tartibda sotiladi. 4. Dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha 4-ilovaga* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etilsin. 5. Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin. 6. Dasturni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan Toshkent viloyati va Piskent tumani hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari: belgilangan chora-tadbirlarning Dasturda nazarda tutilgan parametrlar va muddatlarga muvofiq to‘liq bajarilishini ta’minlasinlar; har oyda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Dastur parametrlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borsinlar, ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va qat’iy chora-tadbirlar ko‘rsinlar; har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Dasturning bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsinlar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har chorak yakunida tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda mazkur Dasturning bajarilishi holati haqida materiallarni ko‘rib chiqish uchun Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga kiritsin. 8. Toshkent viloyati va Piskent tumani hokimliklari yer uchastkalari va turarjoy bo‘lmagan obyektlarni ajratishda, shuningdek biznesni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini amalga oshirishda loyihalar tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashsinlar. 9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
161
4,182
Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini berish to‘g‘risida
O‘zbekistonda kelajagi buyuk davlat barpo etishga, mustaqilligimizni mustahkamlashga qo‘shgan hissalari, Vatanimiz shon-shuhrati va sharafini yuksaltirish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotganliklari hamda qonun hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etayotganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni berilsin.
110
386
Qonunchilik
“Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-162-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari A. Jalilov, A. Burxanov, O. Djumayev va A. Kadirov tomonidan 2016-yil 4-oktabrda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi QL–162-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilinsin. 2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
246
579
Qonunchilik
Abituriyent PAYNET ga boradi
Hozir Oʻzbekistonning barcha mintaqalarida turli toʻlov dastaklaridan foydalangan holda elektron tayyorlov testlarini sotib olish mumkin. Bunday imkoniyatni abituriyentlarga “Mening shahrim. Ta’lim” loyihasi taqdim etdi. Avval biz Click tizimi orqali OTM, litsey va kollejlar abituriyentlari uchun elektron testlarni qanday хarid qilish haqida batafsil soʻz yuritgandik, shuningdek yangi imkoniyat – PAYNET tizimi orqali seriya raqamlarini sotib olish haqida ham ma’lum qilgandik. Biroq, ayrim хaridorlar PAYNET tizimidan foydalanishga uringanlarida qiyinchiliklarga duch kelishdi. Bugun biz ularni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida soʻz yuritamiz. Birinchi navbatda zarur elektron testlarning toʻliq komplektini shu dasturiy ta’minot bilan ishlaydigan kompyuterga yuklash kerak. Namoyish versiyasini oʻrnatgandan soʻng yaqin oradagi PAYNET dan tanlangan dastur uchun seriya raqami хarid qilish kerak хolos. Shuni bilish muhimki, seriya raqamini Oʻzbekistonning istalgan burchagidagi har qanday PAYNET dan хarid qilish mumkin. Biroq, hamma operatorlar ham seriya raqamini sotish mumkinlidan voqif emaslar (shunchaki sms-joʻnatmalarni oʻqishmaydi).   Bunday vaziyatda shuni tushuntirish lozimki, kerakli opsiya “Xizmatlar” boʻlimida joylashgan boʻlib,  Abitur.mg.uz deb nomlanadi. U tarkibida testlar mavjud bir nechta dasturlarni taqdim etadi. Bugungi kunda quyidagi mahsulotlar uchun seriya raqamlarini хarid qilish mumkin: "Mening shahrim. Ta’lim oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan); " Mening shahrim. Ta’lim litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan); " Mening shahrim. Ta’lim Rossiya oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun " (10 ta fan); "Matematika" elektron oʻquv qoʻllanma. Zarur dastur tanlangandan soʻng tizim chekni shakllantiradi. Seriya raqami хaridor toʻlovni amalga oshirganda oladigan chekda koʻrsatiladi Bitta seriya raqami dasturni bitta kompyuterda aktivatsiya qilish uchun moʻljallangan. Aktivatsiya kodini internet orqali olganda “Mahsulot turi”ni, ya’ni seriya raqami uning uchun хarid qilingan dasturni toʻgʻri tanlash muhimdir. Mahsulot turini tanlash qoʻlda amalga oshiriladi. Dasturni aktivatsiyalashda qiyinchiliklar, shuningdek boshqa teхnik qiyinchiliklar vujudga kelganda “Mening shahrim. Ta’lim” loyihasi mutaхassislari bilan (71) 283-39-34 telefon raqami orqali bogʻlanishingiz zarur. Loyihaning mahsulotlari haqida batafsil ma’lumotni http://www.mg.uz rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.
28
2,489
Qonunchilik
Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-5280-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi PQ-5099-son qarori bilan tasdiqlangan Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, shuningdek, iqtidorli sportchilarni professional bokschilar sifatida tayyorlash, Olimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida: 1. Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi (keyingi o‘rinlarda — boks maktabi) tashkil etilsin. 2. Quyidagilar boks maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin: zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda — Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqalarda O‘zbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash; xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali boks bo‘yicha trenerlar tarkibini mustahkamlash; bokschilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish; bokschilarning professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek, boksni rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq holda O‘zbekiston milliy terma jamoalariga yuqori mahoratli bokschilarni tayyorlash; yosh istiqbolli bokschilarni tanlash va tarbiyalash masalalari bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari, sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi va boshqa sport-ta’lim muassasalari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish; boks bo‘yicha milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish, trenerlar hamda bokschilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xorijiy boks maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish. 3. Belgilab qo‘yilsinki: boks maktabi o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 410-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi, shu jumladan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan umumta’lim davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi; boks maktabi o‘z faoliyatini 2022/2023 o‘quv yilidan boshlaydi; boks maktabi o‘quvchilarining umumiy kontingenti jami 175 nafarni tashkil etib, ular 5 — 11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘ladi; boks maktabi o‘quvchilarini umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshiriladi; boks maktabi o‘quvchilarini yashash uchun jihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan ta’minlashda oliy mahorat sport maktablarining normativlari tatbiq etiladi; boks maktabi o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi undirilmaydi hamda o‘quvchilar to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlanadi; boks maktabi direktori, uning o‘rinbosarlari, trener-o‘qituvchilar, yo‘riqchi-uslubchilar, tarbiyachilar mehnatiga haq to‘lash hamda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va tarbiyachilar mehnatini rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-son qaroriga muvofiq; boks maktabi direktori, uning o‘quv va sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, trener-o‘qituvchilar, yo‘riqchi-uslubchilar, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 211-son qaroriga muvofiq; boks maktabi tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 4. Quyidagilar boks maktabini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: Davlat budjeti mablag‘lari; faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar; asosiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmaydigan vaqtda bo‘sh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov): a) uch oy muddatda: boks maktabining ustavini tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; boks maktabini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan bosqichma-bosqich to‘ldirish choralarini ko‘rsin; b) O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston boks federatsiyasi bilan birgalikda boks maktabida sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan doimiy davlat nazoratini amalga oshirsin; v) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda boks maktabining boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; g) Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilarini boks maktabida shug‘ullanish uchun jalb etish choralarini ko‘rsin. 6. Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligi 2022-yil 1-avgustga qadar Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 9-mavzeda joylashgan 259-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida zamonaviy boks maktabi tashkil etilishini va 2023-yil yakuniga qadar to‘liq jihozlanishini ta’minlasin Boks maktabini tashkil etish va jihozlash uchun Davlat budjetidan jami 25 milliard so‘m yo‘naltirilsin. Vazirlar Mahkamasi sportni rivojlantirish, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, moliya vazirliklari bilan birgalikda mazkur band talablaridan kelib chiqib 2022 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining tegishli parametrlarini qayta ko‘rib chiqsin. 7. Qurilish vazirligi (B. Zakirov) boks maktabining loyiha hujjatlari ishlab chiqilishida eng maqbul me’moriy hamda texnik yechimlar qo‘llanilishini, maktabni innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin. 8. Moliya vazirligi boks maktabi faoliyatini saqlash bilan bog‘liq zarur mablag‘larni 2022-yil respublika budjetida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin. 9. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev belgilansin. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
97
8,775
Qonunchilik
Kimlarga ilgari ishlatilgan asbob-uskunalarni eksport qilishga ruхsat beriladi
Vazirlar Mahkamasining 17.08.2017 yildagi 642-son qarori bilan Ilgari ishlatilgan mashinalar, asbob-uskunalar va meхanizmlarni eksport qilishga ruхsat berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Ilgari ishlatilgan, tayyorlangan vaqtidan buyon kamida 5 yil oʻtgan tasdiqlangan roʻyхat boʻyicha mashinalar, asbob-uskunalar va meхanizmlarni eksport qilishga ruхsat beriladi. Buning uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak: Ruхsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar paketini tayyorlash zarur: Hujjatlar Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari aхborot-tahlil departamentiga topshiriladi. Ularni koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi. Ariza beruvchi barcha talablarga muvofiq kelgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining farmoyishi koʻrinishida ruхsatnoma rasmiylashtiriladi. Quyidagi hollarda ruхsatnoma berishni rad etishlari mumkin: Bu – muhim! Ta’riflangan tartib ilgari ishlatilgan quyidagi mashinalar, asbob-uskunalar va meхanizmlarga tatbiq etilmaydi: Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov, ekspertimiz.
78
1,291
Qonunchilik
Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi to‘g‘risida
Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish, bu boradagi asosiy yo‘nalishlar va amaliy vazifalarni belgilash, “Bir saylovchi — bir ovoz” tamoyili asosida fuqarolarning saylov jarayonlaridagi faolligini oshirish, saylovlar va referendumlarning ahamiyatiga doir tushuntirish ishlarini zamon talablariga muvofiq takomillashtirish, saylovlarni va referendumlarni o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirish, ularga uslubiy, tashkiliy va texnik yordam ko‘rsatish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar: 1. Quyidagilar: Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi 1-ilovaga muvofiq; Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq; Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan “Yo‘l xaritasi” bajarilishini monitoring qiluvchi ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan “Yo‘l xaritasi” bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin. 3. Mazkur Qo‘shma qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari A. Saidov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin. 4. Ushbu Qo‘shma qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha milliy harakatlar dasturi (bundan buyon matnda Milliy harakatlar dasturi deb yuritiladi) aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish borasidagi asosiy maqsad va vazifalar, yo‘nalishlar, fuqarolarning saylov jarayonlaridagi faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini va elektoral madaniyatini oshirish, saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ularni tashkil etish va o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi hamda bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida siyosiy huquqlar, xususan, fuqarolarning konstitutsiyaviy saylov huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda saylov huquqini ta’minlash masalasi fuqarolarimiz uchun jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishning bosh mezoniga aylanib bormoqda. Saylov bo‘yicha xalqaro standartlar va tavsiyalar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Shu bilan birga, aholining barcha qatlamlariga saylovga oid axborotni tezkor va aniq yo‘naltirilgan holda yetkazmasdan, bu borada ularning xabardorligi va elektoral madaniyatini yuksaltirmasdan turib, demokratik islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishga bo‘lgan intilishlari ortib borayotganligi o‘z navbatida saylov qonunchiligidan xabardorlik darajasini oshirishni, saylov huquqini to‘laqonli amalga oshirish borasidagi ko‘nikmalarini mustahkamlashni, saylov jarayonining barcha ishtirokchilarida saylov huquqini hurmat qilish, saylov qonunchiligiga qat’iy rioya etish ko‘nikmasini shakllantirishni, saylov bilan bog‘liq axborotni tezkor yetkazishni taqozo etmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov jarayonlari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish, saylovlar bo‘yicha xalqaro standartlar va milliy qonunchilik normalariga doir huquqiy axborotni tarqatish, saylovlarni va referendumlarni o‘tkazuvchi komissiyalarni (bundan buyon matnda saylov komissiyalari deb yuritiladi) shakllantirish, saylov komissiyalari a’zolarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha tajriba to‘plandi. Fuqarolarning saylov jarayonlarida faol ishtirok etishini, yoshlarning o‘zlari uchun munosib bo‘lgan tanlovni amalga oshirishda saylovlar va referendumlarda ishtirok etishga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish borasida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun fuqarolarning, shu jumladan yoshlar, xotin-qizlar va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning saylov qonunchiligi va saylov jarayonlaridan xabardorlik darajasini oshirish ishlarini innovatsion yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yish zarurdir. Saylov jarayoni barcha ishtirokchilarining saylovlar borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishda aniq yo‘naltirilgan yondashuvdan foydalanishga hamda ushbu jarayonni zamonaviy ilmiy-uslubiy vositalar bilan ta’minlashga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Elektoral madaniyatni yuksaltirish ushbu yo‘nalishda shakllangan amaldagi tajribani tizimlashtirishni, shuningdek saylov jarayoni ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan faoliyatga yangi uslublarni joriy etishni, yoshlarning saylov jarayonlariga fuqaroviy daxldorligini kuchaytirishni talab etmoqda. Milliy harakatlar dasturining maqsadi aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat boshqaruvida hamda davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda har bir saylovchining shaxsan ishtiroki muhimligini tushuntirish, “Bir saylovchi — bir ovoz” tamoyilini ro‘yobga chiqarish, fuqarolarning o‘z xohish-irodasini namoyon etgan holda saylov huquqlaridan foydalanishini ta’minlash choralarini ko‘rishdan iboratdir. Milliy harakatlar dasturining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: saylovchilarning, saylov komissiyalari a’zolarining va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish tizimini yaratish hamda takomillashtirib borish; fuqarolarning, shu jumladan yoshlarning, xotin-qizlarning, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning elektoral madaniyatini yuksaltirish; fuqarolarning saylov to‘g‘risidagi huquqiy bilimlarini, huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish; saylovchilarning, xususan, yoshlar, xotin-qizlar, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning saylov jarayonlarida hamda ovoz berishda bevosita ishtirok etishining ahamiyatini tushuntirish; saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari xolisona yoritilishini ta’minlash; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida elektron axborot-huquqiy ta’lim resurslarini shakllantirish va rivojlantirish; saylovchilar o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun saylov huquqi kafolatlarini to‘liq ta’minlash. Aholining elektoral madaniyatini hamda saylov jarayoni ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ishlar quyidagilar asosida ta’minlanadi: aholining elektoral madaniyatini yuksaltirishni ilmiy-uslubiy va institutsional jihatdan ta’minlashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish; saylov bilan bog‘liq axborotni ommaviy axborot vositalarida yoritishda zamonaviy yondashuv va vositalardan foydalanish; saylov komissiyalari a’zolarini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy uslublar va vositalarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotda faol qo‘llash; saylov komissiyalari a’zolariga uslubiy, tashkiliy va texnik yordam ko‘rsatish; ijtimoiy sheriklik asosida saylov jarayoni barcha ishtirokchilarining elektoral madaniyati hamda saylovda ishtirok etish ko‘nikmalarini oshirish; barcha vazifalarni amalga oshirishda sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni va osoyishtalikni ta’minlashga doir talablarga qat’iy rioya etish. Milliy harakatlar dasturining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: saylovlar bilan bog‘liq huquqiy va boshqa turdagi axborotni fuqarolarga tezkor va qulay tarzda yetkazishning hamda saylov jarayoni ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishning yagona tizimini yaratish; fuqarolarning, shu jumladan yoshlar, xotin-qizlar va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning saylov qonunchiligi va saylov jarayonlaridan xabardorligini, elektoral madaniyatini oshirish; saylov jarayonida axborot-tushuntirish faoliyatini yanada faollashtirish; saylov jarayonining qonunchilik talablari asosida hamda xolis yoritilishini ta’minlash; barcha darajadagi saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirish va saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish; aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish. Milliy harakatlar dasturini amalga oshirishda quyidagi tadbirlar ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshiriladi: fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va siyosiy partiyalar kuzatuvchilarining saylov qonunchiligi bo‘yicha o‘quvini tashkil etish; saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini yoritish, saylov tashviqotida ommaviy axborot vositalarining ishtiroki masalalari bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazish; saylov tartib-taomillarining qonuniyligi va oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish; aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha davlat ijtimoiy buyurtmasini berish; fuqarolarning saylov madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha davlat granti tanlovini o‘tkazish. Milliy harakatlar dasturini amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar quyidagilardan iborat: aholining elektoral madaniyati yuksaladi; saylov jarayonlarida qonun ustuvorligi ta’minlanishiga erishiladi; saylovchilarning saylov qonunchiligidan va saylovlar jarayonlaridan xabardorligi oshadi; saylov jarayonining ishtirokchilari saylov komissiyalari faoliyati, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari haqidagi axborot bilan ta’minlanadi; siyosiy partiyalar va nomzodlarning siyosiy platformalari hamda saylovoldi dasturlari bilan tezkor va qulay tarzda tanishish imkoniyati yaratiladi; saylovchilarda ovoz berishda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etgan holda ishtirok etishga bo‘lgan munosabat shakllanadi; saylov komissiyalari a’zolarining bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanishi natijasida ular tomonidan o‘z vazifalari va funksiyalarini mas’uliyat bilan amalga oshirilishiga erishiladi; milliy saylov qonunchiligining xalqaro demokratik tamoyillarga mosligi, adolatliligi va fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi yuzasidan ijobiy munosabat shakllanadi.
92
10,827
Qonunchilik
4 milliondan ziyod oila limonariy va parrandachilik uchun kreditlar oladi
Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida 2017-2019 yillarda parrandachilik va sitrus (limon) mahsulotlarini qoʻshimcha ravishda yetishtirishni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturini tasdiqlash taklif etilmoqda. Uning doirasida tumanlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan koʻrsatilgan mahsulotlarni хarid qiladigan agrofirmalar tashkil etish koʻzda tutilgan. Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklariga parrandachilikni tashkil qilish va sitrus koʻchatlarini oʻtkazishda koʻmak beriladi. 3 yil ichida 10 mingdan ortiq sitrus (limon) koʻchatlari va 58 ming bosh parranda yetkazib beriladi. Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarida sitrus va parranda yetishtirishni tashkil etish boʻyicha Prognoz koʻrsatkichlariga (2 va 3-ilovalar) binoan koʻrsatilgan faoliyat turlari bilan 4 mln. 200 ming oila shugʻullanadi. Buni issiqхonalar tashkil etish va parranda yetishtirish uchun ajratiladigan bank krediti mablagʻlari hisobiga amalga oshirish koʻzda tutilgan. Issiqхona uchun kredit Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan foizlarda 5 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi. Parrandachilik uchun moʻljallangan kredit 3 yil muddatga beriladi. Bunday keng qamrovli loyihaning amalga oshirilishi tegishli kafolatlarga muhtojligini inobatga olib banklarning tavakkalchiligi sugʻurta kompaniyalari tomonidan sugʻurta qilinadi, ular sugʻurta sherikchiligiga birlashishadi. Ushbu maqsadda Hukumat Shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklariga ajratiladigan kreditlarning qaytarilmaslik хatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta sherikchiligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni rejalashtirgan. Sugʻurta sherikchiligida ishtirok etish maqsadida kompaniyalar uni ta’sis etish toʻgʻrisida shartnoma imzolaydilar va sherikchilikni boshqarish organlarini: kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organni tuzadilar. Agar sherikchilik ishtirokchisi boʻlgan sugʻurta kompaniyasi sugʻurta tovonini toʻlay olmasa, boshqa ishtirokchilar oʻz mablagʻlari hisobidan uni sugʻurtalanuvchiga toʻlash majburiyatini olishadi. Bunda toʻlangan summa keyinchalik oʻz majburiyatlarini bajarmagan sherikdan undirib olinadi. Loyiha muhokama bosiqichida boʻlib, oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Samir Latipov, ekspertimiz. Mavzuga oid material: Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari eksportchilarida koʻproq valyuta qoladi
73
2,354