text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
Yangi Zelandiya gazetasi halok bo‘lgan isroillik harbiy suratining o‘rniga komedik aktyorning rasmini chop etdi
The New Zealand Herald nashri 28-iyul kuni Yangi Zelandiyada tug‘ilgan Isroil harbiyining o‘limi bilan bog‘liq xabar yoniga Jackass serialida rol ijro etgan komedik aktyor — Rayan Dann suratini chop etgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Mashable xabar berdi.
Surat gazetaning dushanba soni muqovasida “Kivi G‘azoda o‘ldirildi” degan sarlavha bilan chiqarilgan. Aslida rasm G‘azo sektorida juma kuni halok bo‘lgan Gay Boylend ismli harbiyni aks ettirishi kerak bo‘lgan. Biroq uning o‘rniga 2011-yil avtohalokat natijasida vafot etgan amerikalik aktyorning surati chop etilgan.
Gazeta tahririyati bo‘lgan voqeadan so‘ng xabarga doir barcha ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqilgani va natijada surat Boylendning Facebook’dagi sahifasidan olingani aniqlanganini aytib, uzr so‘radi.
Ma’lum bo‘lishicha, isroillik harbiy aktyorning muxlislaridan bo‘lgan. U Rayanning avtohalokat natijasida Pensilvaniyada vafot etganidan xabar topgach, o‘zining Facebook’dagi sahifasiga aktyorning rasmlarini joylagan.
Muharrir Sheyn Kurye voqea sodir bo‘lgan kunning o‘zidayoq The New Zealand Herald’ning rasmiy saytida harbiyning oilasi bilan uchrashib, ulardan uzr so‘ralgani va boshqa bunday xatolikka yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi. | 2Dunyo
|
Navoiyda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi qurbon bo‘ldi
Joriy yilning 14 iyun kuni soat 20:40larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R-48 “Zarafshon trakti” avtomobil yo‘lining 135-km.da haydovchi, 1987 y.t. X.M. “Skaniya” rusumli yuk transport vositasini “Xatirchi-Navoiy” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1994 y.t. Sh.B. boshqaruvida bo‘lgan “Ford” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.
Natijada, “Skaniya” rusumli yuk transport vositasi haydovchisi X.M. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. “Ford” rusumli transport vositasi haydovchisi Sh.B. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini, o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda. | 5Jamiyat
|
Buxoro aeroporti direktori Tohir Bahronov vafot etdi
Buxoro aeroporti direktori Tohir Bahronov 61 yoshda hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati. Hokimiyatdan “Gazeta.uz"ga tasdiqlanishicha, unga koronavirus tashhisi qo‘yilgan edi.
Tohir Bahronov 1959 yil 21 aprelda Buxoro shahrida tavallud topgan. 1986 yilda Buxoro davlat pedagogika instituti, 1996 yilda Sankt-Peterburg fuqaro aviatsiyasi akademiyasini sirtdan o‘qib tugatgan.
Mehnat faoliyatini 1976 yilda Buxoro suv xo‘jaligi boshqarmasi kinomexanigi yordamchisi sifatida boshlab, Buxoro “XATP-11” avtokorxonasi haydovchisi (1977−1978), Buxoro aviaotryadining tashish bo‘limi dispetcheri (1980−1982), Buxoro shahar aviaagentligi boshlig‘i (1982−1985), Buxoro aeroporti yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish xizmati boshlig‘i, direktor o‘rinbosari (1985−1997) lavozimlarida ishladi.
1997 yilda “Buxoro xalqaro aeroporti” DUK direktorligiga tayinlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati (1999−2004), Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati (2014−2019), O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati a’zosi (2014−2019) sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
1 avgust kuni Samarqand viloyati Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqovning o‘limi to‘g‘risida xabar қилинgaн edi. O‘zA ma’lumotlariga ko‘ra, unda ham koronavirus aniqlangan.
31 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuhammedov ham koronavirusdan vafot etdi. Uning raisligi ostida Ahmad Tursunboyev (“Ahmadboy”) ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tgan edi. | 12Siyosat
|
Gaz hisoblagich o‘rnatib berishni va'da qilib, fuqarolardan pul olgan shaxs ushlandi
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi va Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan fuqarolar N.A. va D.A.ning arizalari yuzasidan tekshiruv harakatlari o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, «Kattaqo‘rg‘onshahargaz» filiali sobiq xodimi P.M. fuqaro D.A.ning ishonchiga kirib, uni aldab, tabiiy gazdan mavjud qarzdorligini qoplab berishni va'da qilgan. Evaziga undan 2016 yil iyun oyida 200 AQSh dollarini va 700 ming so‘m naqd pullarni to‘lov cheki bermasdan, firibgarlik yo‘li bilan olib ketgan.
Bundan tashqari, «Kattaqo‘rg‘onshahargaz» filiali sobiq xodimi P.M. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, yana bir fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, uni ham aldagan. Tabiiy gazdan mavjud qarzdorlikni qoplashni va hisoblagich o‘rnatib berishni va'da qilgan.
2018 yil 1 noyabr kuni undan 120 ming so‘m, yana bir haftadan so‘ng hisoblagichni ko‘rikdan o‘tkazish uchun 80 ming so‘m, 22 noyabr kuni hisoblagich sotib olish uchun 200 ming so‘m, 1 dekabr kuni unga xatlov dalolatnomasi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga 300 ming so‘m va 15 dekabr kuni 600 ming so‘m - jami 1 mln. 300 ming naqd pullarni olib, takroran firibgarlik yo‘li bilan egallab olgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida P.M.dan olingan pullardan 700 ming so‘mi hamda fuqaro N.A.dan olgan pullardan ham 700 ming so‘mi xolislar ishtirokida zararni ixtiyoriy qoplash tariqasida olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. | 5Jamiyat
|
Rossiyada 21 yashar qiz ikki o‘zbekistonlikni chuv tushirdi
Rossiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi tovlamachilik qurboniga aylandi. Bu haqda Kaluga viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
Jinoyatchi telefon orqali o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, mehnat migrantlariga arzon kredit taklif qilgan. Guyoki buning uchun ular o‘z bank kartalariga qo‘shimcha xizmatlarni ulashi kerak bo‘lgan. Ushbuni ro‘kach qilgan holda tovlamachi ularning pasport raqamlari va bank rekvizitlarini bilib olgan.
Shundan so‘ng jinoyatchi ularning hisob raqamidagi mablag‘larni o‘z hisobiga o‘tkazgan. Shu yo‘l bilan tovlamachi ikki nafar fuqarodan jami 17 ming rubl o‘g‘irlagan.
Huquqni saqlash organlari tovlamachining shaxsini aniqlab uni hibsga oldi. U Rostov viloyatida yashaydigan 21 yoshli qiz bo‘lib chiqdi.
Unga nisbatan 2 ta jinoyat ishi ochilgan. Ayni vaqtda tergov davom etmoqda. | 2Dunyo
|
Nepalda Tara Air aviakompaniyasi samolyoti qulagan joydan 20 kishining jasadi topildi
Nepalda Tara Air aviakompaniyasining Twin Otter samolyoti qulagan joyda 20 kishining jasadi topildi. Bu haqda Pokxara shahri aeroporti vakili Dipak Baran ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“20 kishining jasadi topildi. Hodisa joyida ikki vertolyot ishlayapti. Ular jasadlarni Banuda to‘plab, keyinchalik Pokxaraga olib keladi. Halokat sabablari aniqlanmoqda, tekshiruv ketmoqda. Hozircha hech narsa ayta olmaymiz”, — deya ta’kidlagan aeroport vakili.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq halokat joyida 17 kishining jasadi topilgani bildirilgandi. Pokxaradan Jomsom shahriga yo‘l olgan samolyot bortida 20 nafar yo‘lovchi va 3 nafar ekipaj a’zosi, jami 23 kishi bo‘lgan. | 2Dunyo
|
Murojaat natijasi: Bulung‘urdagi xavfli ko‘prik yangilandi va aholi uchun yo‘lak qilindi
Kun.uz saytida «Bulung‘urdagi xavfli ko‘prik mahalla aholisini xavotirga solmoqda. Tuman hokimi muammoni bartaraf etishga va'da berdi» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Unda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanidagi «Chorbog‘» mahallasi orasidan o‘tgan «Bulung‘ur» arig‘idagi ko‘prikning ahvoli va u aholiga, ayniqsa yosh bolalarga xavf tug‘dirayotgani yoritilgandi.
Aholi murojaati asosida holat o‘rganilganda «Bulung‘ur» arig‘idagi ushbu ko‘prikdan o‘quvchilar maktabga qatnashi, ko‘prik haqiqatan ham xavfli ekanligi, ota-onalar esa doim xavotirda yashashi, qolaversa, o‘quvchilar yog‘ingarchilik kunlari ariq yoqalab loy yo‘lakdan yurishi ma'lum bo‘lgandi.
O‘rganishdan keyin Bulung‘ur tuman hokimi B.Bahramov va tegishli tashkilotlar vakillari bu mahallaga borib vaziyatni ko‘rgan va mutasaddilarga ko‘prikni joriy yilning 25 avgust sanasigacha yangilash bo‘yicha topshiriq bergan edi.
Bulung‘ur tuman hokimligining tahririyatga ma'lum qilishicha, ko‘prik ta'miri belgilangan muddatda yakunlangan va ariq yoqasidagi yo‘lak o‘rniga yer maydonidan to‘g‘ri yo‘lak qilib berilgan.
«Bulung‘ur tumani hududidan 4ta magistral kanal o‘tgan va 4ta xo‘jaliklararo kanal mavjud. Shuningdek, tuman hududida joylashgan ekspluatatsiyadagi ko‘priklar jami 71ta, shundan O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi balansida 37ta, Suv xo‘jaligi vazirligi balansida 4ta va egasi aniqlanmagan ko‘priklar 30tani tashkil qiladi.
Ushbu ko‘priklarning 2tasi 1960 yilgacha, 32tasi 1960-1975 yillar oralig‘ida, 27tasi 1976-1990 yillar oralig‘ida, 27tasi 1991-2005 yillar oralig‘ida, 5tasi 2005 yildan keyin bunyod etilgan bo‘lib, ularning 23tasi mahalliy ahamiyatga molik yo‘llarda, 32tasi qishloq ichki yo‘llarida joylashgan.
Joriy yilda bahor fasli seryog‘in kelishi va yoz oyida havo harorati odatdagidan sezilarli darajada baland bo‘lgani natijasida tumandagi ayrim ko‘priklarga zarar yetdi. Hozirgi kunda ularni bosqichma-bosqich ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Kun.uz saytida e'lon qilingan maqolada keltirilgan «Chorbog‘» mahallasi hududida joylashgan ko‘prikning holatidan tuman hokimligi va tumandagi boshqa mutasaddi tashkilotlar ham xabardor hamda o‘z navbati bilan ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan edi.
Mahalla ahlining murojaatidan keyin tuman hokimi tomonidan ushbu masalaga alohida e'tibor qaratildi va yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin foydalanish uchun xavfsiz holatga keltirilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
Bugungi kunda ko‘prikni ta'mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Shuningdek, maqolada eslatib o‘tilgan ko‘prik atrofidagi yo‘llar masalasi ham e'tibordan chetda qolgani yo‘q. Ko‘prikdan o‘tilgach, kattayu-kichik endi kanal yoqalab, loy yo‘ldan yurishmaydi. Asosiy yo‘lga olib chiqiluvchi 250 metr uzunlikdagi yer maydonidan yo‘l uchun yer ajratildi hamda tosh to‘kilib, tekislab berildi», – deyiladi Bulung‘ur tumani hokimligi axborot xizmati taqdim etgan ma'lumotnomada.
Bardoshbek SAMAD o‘g‘li. | 5Jamiyat
|
Iqtisodiyot vazirligida Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida 38 nafar shtat birligidan iborat Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi davlat muassasasi tashkil etilmoqda va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda: | 4Iqtisodiyot
|
Seulda namoyishchilar Janubiy Koreya prezidenti uzil-kesil iste’foga chiqishini talab qilmoqda
Seulda Janubiy Koreyaning vaqtincha lavozimidan chetlatilgan prezidenti Pak Kin Xening uzil-kesil iste’fosi talab qilingan ommaviy namoyish bo‘lib o‘tdi. Sovuq ob-havoga qaramay, Kvanxvamun markaziy maydoniga bir necha 10 ming kishi chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.
Bu shunday talab qo‘yilayotgan 12-namoyish, joriy yilda esa ikkinchisi. Mitinglar jamoatchilikka davlat rahbari qurshovidagi huquqbuzarliklar haqida ma’lum bo‘lganidan beri har shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Namoyishchilar korrupsiyaviy mojaroga aralashgan yirik korporatsiyalar rahbariyatini ham hibsga olishni talab qilmoqda.
Dekabrda parlament prezident impichmenti uchun ovoz berdi, endi mazkur qarorni Konstitutsiyaviy sud tasdiqlashi lozim. | 2Dunyo
|
O‘zbek so‘mi mart oyidagi inqirozdan keyin barqarorlasha boshladi
O‘zbek so‘mi barqarorlasha boshladi, deb xabar qildi Markaziy bank.
Mart oyida tashqi sharoitlarga javoban so‘m dollarga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi.
Biroq keyin milliy valyuta mustahkamlandi va endi yil boshidan beri devalvatsiya 4,1% ni tashkil etmoqda.
Agar dinamikaga nazar tashlansa, 18-mart kuni O‘zbekistonda bir dollar 11 571 so‘m bo‘lganini, 20-aprelda esa 11 259 so‘mni tashkil etganini ko‘rish mumkin. Bir oy davomida valyuta 311 so‘mni qaytarib oldi.
Markaziy bank, shuningdek, devalvatsiyaning bu sur’atlari deyarli barcha tashqi zarbalarni qamrab olganligini aytdi.
Avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz, yillik 17 foiz darajasida qoldirgani haqida xabar berilgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Kolumbiyada kema cho‘kishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
25 iyunda Kolumbiyaning Antokiya departamentidagi Guatape shahri yaqinidagi suv omborida bortida 150 ga yaqin odam bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi. Odamlarni qutqarish bo‘yicha ishlar boshlanib, voqea joyiga vertolyot jo‘natilgan. Antokiya departamenti ma'muriy markazi hisoblanuvchi Medelin shahri meri shuningdek o‘t o‘chiruvchilar va g‘avvoslar jalb qilinganini ma'lum qilgan.
Ayni vaqtda halok bo‘lganlar soni 9 nafarni tashkil qilmoqda, 28 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, deb ma'lum qildi "Frans Press" axborot agentligi.
"Ayni vaqtda bizda 9 kishi halok bo‘lgan", deb ma'lum qildi mahalliy favqulodda vaziyatlar departamenti boshlig‘i Margarita Monkada.
Omon qolishga muvaffaq bo‘lganlarning aytishicha, El Almirante deb nomlangan kema haddan ortiq yuklangan bo‘lgan va kemadagi birorta odamda qutqaruv nimchalari bo‘lmagan. | 2Dunyo
|
Ferdi Kadioglu futbol bo‘yicha Gollandiya chempionatida gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi
Gollandiyaning “NEK” futbol klubida to‘p surayotgan Ferdi Kadioglu mamlakat chempionatida gol kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ferdi Kadioglu.
Gollandiyalik futbolchi “Utrext”ga qarshi (1:1) 30-oktabr, yakshanba kuni kechgan o‘yinning 62-daqiqasida gol kiritdi. Kadioglu gol kiritganida 17 yosh va 23 kunlik bo‘lgan.
Ferdi Kadioglu Gollandiya chempionatidagi debyutini 2016-yilning 28-avgust kuni, “AZ Alkmaar” klubga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushganida o‘tkazgan. | 13Sport
|
“Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari respublika musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
2—4-may kunlari Farg‘ona shahridagi “Ahmad al-Farg‘oniy” nomidagi istirohat bog‘ida umumta’lim maktablari “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida respublika musobaqasi o‘tkazildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 14 ta jamoa hamda 112 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid savollarga javob berdi. Ikkinchi bosqichda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajargan bo‘lsa, uchinchi bosqichda maxsus arqon va asbob anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish va palatka tiklash ishlarini bajardi. To‘rtinchi va beshinchi bosqichlarda arqon yordamida maxsus tugunlar tugush, ular yordamida balandlikka ko‘tarilish va estafetali yugurishda ishtirok etdi.
Har bir o‘quvchi musobaqada ishtirok etish bilan bir qator o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari ko‘rgazmasini tashkil etdi.
Musobaqa yakunida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikka nomzodlar e’lon qilindi. Jumladan:
“Jamoaning yang yaxshi shiori” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent viloyati “Najotkorlar” jamoasi;
“Eng yaxshi qutqaruvchi qiz bola” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Matonat” jamoasi a’zosi Shahlo G‘anijonova;
“Eng yaxshi qutqaruvchi o‘g‘il bola” nominatsiyasi bo‘yicha Namangan viloyati “Xaloskorlar” jamoasi a’zosi Fatxulla G‘ulomjonov;
“Eng yaxshi klubning formasi” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Matonat” jamoasi;
“Eng yaxshi tashkil etilgan ko‘rgazma” nominatsiyasi bo‘yicha Andijon viloyati “Lochinlar” jamoasi;
“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan fotoalbom” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy viloyati “Spasatel” jamoasi;
“Estafetada eng yaxshi ko‘rsatgichga erishgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Navoiy viloyati “Spasatel” jamosi;
“Eng yaxshi jamoaning bayrog‘i” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Madad” jamoasi;
“Eng hamjihat jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Farg‘ona viloyati “Matonat” jamoasi;
“Eng bilimdon jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Madad” jamoasi;
“Eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatgan jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Xorazm viloyati “Qalqon” jamoasi;
“Eng yaxshi tog‘ tayyorgarligiga ega jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Jizzax viloyati “Alanga” jamoasi;
“Eng yaxshi klub faoliyati yoritilgan videorolik” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo viloyati “Madad” jamoalari taqdirlandi;
Musobaqaning umumiy natijalari bo‘yicha hay’at kengashi eng yaxshi jamoani aniqladi. Unga ko‘ra.
1-o‘rin – Farg‘ona viloyatining “Matonat” jamoasi;
2-o‘rin – Navoiy viloyatining “Spasatel” jamoasi;
3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Jayxun” jamoasi;
Musobaqaning “Gran-pri” sovrinini esa Sirdaryo viloyatining “Madad” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan g‘oliblarga va barcha qatnashchilarga esdalik sovg‘alari va diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shu bilan birgalikda, bolalarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida taniqli estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. | 8O‘zbekiston
|
Zilzilalar tufayli futbol bo‘yicha Yaponiya chempionatining to‘rtta o‘yini bekor qilindi
Futbol bo‘yicha Yaponiya chempionati turli divizionlarining 16-aprel, shanba kuniga belgilangan to‘rtta o‘yini mamlakat janubi-g‘arbida tinmayotgan zilzilalar tufayli bekor qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bekor qilingan o‘yinlar ikkinchi kun ketma-ket yerosti silkinishlari ro‘y berayotgan Kyusyu oroli stadionlarida o‘tkazilishi lozim edi. Bu yerda 15-aprel, shanba kuni kechki payt 7,3 magnitudagacha bo‘lgan zilzilalar turkumi sodir bo‘ldi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida mamlakatda 13 kishi halok bo‘ldi, 800 dan oshiq kishi jarohatlandi. Ayni paytda mintaqada har 10 daqiqada yerosti silkinishlari bo‘lib o‘tmoqda. | 13Sport
|
Kimlarning хizmat safari Prezident bilan kelishiladi
Prezidentning 16.06.2017 yildagi PF-5086-son farmoni bilan хorijiy mamlakatlarga хizmat safariga chiqishi maхsus kelishuvni talab etadigan mansabdor shaхslar roʻyхatiga ( 2142-son PQga 1-3-ilovalar) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Endilikda Sudyalar oliy kengashi raisi va uning oʻrinbosari, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilining хizmat safari ham Prezident bilan kelishiladi.
Bundan tashqari, Sudyalar oliy kengashi sudyalari, Birinchi Prezident Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi va X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi rahbarlarining хizmat safarlarini Prezident devoni tegishli хizmatlari bilan kelishish joriy qilindi.
Roʻyхatdan Tashqi siyosiy tadqiqotlar boʻyicha Muvofiqlashtirish-tahlil markazining direktori va direktor oʻrinbosari, davlat oliy ta’lim muassasalarining (OTM) prorektorlari, MXX OTM rahbarlari, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz direktori oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, DSQ mas’ul хodimlari chiqarib tashlandi.
Prezidentning istiqbolli yosh pedagoglar va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Iste’dod” jamgʻarmasining Ijrochi direktorining хizmat safari davlat rahbari bilan emas, balki Prezident devoni Fan, ta’lim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari хizmati bilan kelishiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov.
Samir Latipov. | 10Qonunchilik
|
Shahrisabzda o‘tadigan “Xalqaro maqom san’ati anjumani” ning ramziy belgisi tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391 sonli hamda 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-3656-sonli qarorlariga asosan Shahrisabz shahrida joriy yilning 6—10-sentabr kunlari “Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda anjumanga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in tus olgan. Jumladan, milliylikni o‘zida aks ettiruvchi liboslar, aktyorlar joylashuvi va hudud atrofida ularning yurishlarini tashkil etish, Oqsaroy hududidagi maydonlarni hududlar kesimida taqsimlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan anjumanda ishtirok etish uchun xududiy ijodiy-ishchi guruhlarni tuzib, o‘z hududiga xos bo‘lgan milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari aks etgan ssenariy va dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va unga asosan musiqiy ketma-ketlik va videoroliklarini tayyorlash kabi bir qator vazifalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish ustida ish olib borilmoqda.
Anjumanning ramziy belgisi tasdiqlandi, anjuman sovrindorlariga topshiriladigan diplom, sertifikat loyihalari, statuetka namunalarini ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Tashkiliy qo‘mitaga kiritildi.
Anjuman uchun maqom san’ati haqida ma’lumotlarga asoslangan “Maqom nima?” kitobi (3 ta tilda — o‘zbek, rus, ingliz) yaratildi va nashrga tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 6–10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan. Xalqaro maqom san’ati anjumani birinchi marta o‘tkaziladi. Matbuot markazi faoliyatini tezkorlik bilan tashkil qilish, OAVni anjuman va mavzuga oid materiallar bilan ta’minlab borish maqsadida anjumanning www.maqomfourm.uz rasmiy sayti, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Press Centre Maqom guruhi tashkil etilgani haqida ma’lumot bergan edik. | 8O‘zbekiston
|
Prezident: «Tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish kerak»
Davlat rahbari Yunusobod tumanidagi «Shifo Nur» ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kattalar va bolalarni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlarini yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishda xorijning nufuzli klinikalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, malakali mutaxassislarni jalb etish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
«Shifo Nur» ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi 2013 yilda tashkil etilgan. 36 o‘rinli markazda 60 dan ortiq malakali shifokor oftalmologiya, plastik jarrohlik amaliyotlari, pediatriya, kardiologiya, nevrologiya, ginekologiya, otolaringologiya, stomatologiya, fizioterapiya va optika yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlash, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish kerak, dedi Prezident. Amaliyotga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan birga, ulardan samarali foydalanishni ham ta'minlash, shifokorlar bilimi va malakasini muttasil oshirib borish zarur. | 8O‘zbekiston
|
Grossmeyster Rustam Qosimjonov Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha 13-bor mintaqaviy Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Chempionat 16-aprelda boshlangan bo‘lib, 26-aprelga qadar davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
17-aprel kuni Sharja shahrida joylashgan dunyodagi eng katta shaxmat klubida musobaqalarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shveysarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat bo‘lgan mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini 17-jahon chempioni, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov (reytingi — 2693), Xalqaro master Jahongir Vohidov (2472), FIDE ustalari Temur Igonin (2194) hamda Hulkar Tohirjonova (2126) himoya qilmoqda.
Bugunga qadar chempionatning 1-tur musobaqalari o‘tkazildi. Tur natijalari quyidagicha:
Musobaqaning 2-turida quyidagi juftliklar bellashadi: | 13Sport
|
IShID Messi va Neymarning suratlaridan foydalanib JCh-2018 xavfsizligiga tahdid solmoqda
IShID terrorchilik tashkiloti joriy yil Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon Chempionati vaqtida teraktlar sodir etish bilan yana tahdid qildi, deb xabar beradi “Championat.com”.
Tarmoqlarda “Barselona” hujumchisi Lionel Messi hamda PSJ o‘yinchisi Neymarning suratlari tasvirlangan bir nechta suratlar paydo bo‘ldi. Ayni vaqtda suratlarning Telegram messenjeri orqali tarqalgani ta’kidlanmoqda. Suratlarda Messining terrorchilar tomonidan qatl etilgani, Neymarning esa qatlga tayyorlanayotgani tasvir etilgan.
Shuningdek, IShID futbol muxlislari va o‘yinchilarni qo‘rqitish maqsadida “hayot yoki mamot” yozuvlari bilan terrorchilarning surati tushirilgan plakatlardan ham foydalanmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. | 13Sport
|
Yuridik shaхslar uchun qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi
2019 yildan yuridik shaхslar uchun qat’iy belgilangan soliq bekor qilindi (24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonunga qarang). Tafsilotlar – havolada. | 10Qonunchilik
|
Superliga. OKMK safarda “Dinamo”ga yutqazib qo‘ydi
11-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK klubi safarda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 47-daqiqada samarqandliklar a’zosi Shohrux Abdurahmonov tomonidan kiritildi (1:0).
Shu tariqa Olmaliq klubi safarda kechgan bahsda “Dinamo”ga mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.
Mazkur o‘yindan so‘ng “Dinamo” ochkolari sonini 12 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 11-pog‘onadan joy egallagan OKMK hisobida esa 7 ochko mavjud.
Superliga
8-tur bahslari
11-may, shanba
Gol: 1:0 — 47 Shohrux Abdurahmonov
“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Lokayev, Hakimxon A’lamxonov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmatov (Amirjon Safarov, 67), Bobur Qosimov, Abbos Shodmonov (Vohid Shodiyev, 74), Sardor Eminov (Damir Temirov, 89), Jasur O‘rinov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Shohrux Abdurahmonov
OKMK: Nizomiddin Ziyovuddinov, Dilshod Jo‘rayev, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov, Mirg‘iyos Sulaymonov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Mirolyub Kostich (Jasur Hasanov, 56), Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov (Shahzodbek Nurmatov, 61), Boburbek Yo‘ldoshev (Sherzod Fayziyev, 69), Kamron Saydazimov
Ogohlantirishlar: Saydullo Rahmatov (20), Vohid Shodiyev (90+2).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
«O‘zbekneftgaz» yil yakunlari bo‘yicha gaz qazib olish hajmi o‘sishini prognoz qilmoqda
2018 yilda O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi 61 mlrd kubometrni tashkil etishi kutilmoqda. Bu 2017 yilga nisbatan 5,2 mlrd.ga ko‘pdir, deya xabar beradi «O‘zbekneftgaz».
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun neft mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan qariyb 3 mln tonna neft xomashyosini qayta ishlash kutilmoqda.
Mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish boshlanganidan buyon (2017 yil va 2018 yilning 10 oyi) uglevodorodning sanoat oqimlari olinadigan 10ta yangi neft va gaz koni ochildi. Bu Ustyurt mintaqasidagi ikkita kon (gaz kondensati - Beshqal'a va Quyi Surg‘il); Buxoro-Xiva mintaqasida 7ta (gaz-kondensat - Sho‘rtak, Marvarid, Topichaksoy, Chordorboza, Andaqli, To‘maris, Janubiy Qulbeshkak) va Farg‘ona viloyatida bitta (neft-gaz kondensati - Uchtepa).
Bu yil kompaniya 14ta investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Xususan, Buxoro viloyatida «LUKOYL» (Rossiya) bilan hamkorlikda gazni qayta ishlash zavodi kompleksi qurilishi va Qandim konlar guruhini rivojlantirish ishlari tugallandi. 2018 yil aprel oyida gazni qayta ishlash zavodining ikkinchi tarmog‘i ishga tushirildi. | 8O‘zbekiston
|
Milliarderlar yashash uchun mamlakatlarni qanday omillar bo‘yicha tanlashi ma'lum qilindi
Yashash uchun mamlakatni tanlashda juda boy tadbirkorlar birinchi navbatda past soliqlarga emas, balki yuqori darajadagi xavfsizlik, past korrupsiya va tengsizlikka e'tibor qaratadi. Regressiv tahlildan foydalangan holda modellashtirish jarayonida olingan bunday taxminlar Rossiya Fanlar akademiyasining Markaziy iqtisodiyot va matematika instituti bosh ilmiy xodimi Vladimir Popovning ishida mavjud.
O‘z ishlarida Popov Forbes milliarderlar global reytingi, ko‘rib chiqilayotgan mamlakatlardagi YaIM hajmi, Butunjahon baxt reytingi, daromadlarni taqsimlash, shuningdek, qotilliklar darajasiga tayangan.
Agar soliqlar stavkasi va superboylarning soni o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, unda unchalik muhim emas, deya ta'kidlaydi Popov. Hayot xavfsizligi va sifati muhimroq o‘rin tutadi, bu ko‘rsatkichlar katta soliqlarga ega mamlakatlarda yuqori. Popovning ta'kidlashicha, boylik qonunchilikdagi bo‘shliqlar tufayli mijozlar uchun past yoki nol soliq stavkalarini ta'minlab berishi mumkin bo‘lgan mutaxassislarni yollash imkonini beradi.
Milliarderlar past yoki nol stavkadagi soliqqa ega mamlakatlar fuqaroligini olishga tayyor ekanligi mantiqan to‘g‘ri, deb yozadi iqtisodchi. Bu, masalan, Gernsi, Gonkong, Monako va Lixtenshteyn kabi soliqlar bo‘yicha juda ajoyib davlatlarda kuzatiladi. Biroq, past yoki nol soliq stavkasi bo‘lgan Bahrayn, Kuvayt, Ummon, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarida milliarderlar soni, stavka darajasi bo‘yicha yetakchi-davlatlar - Daniya, Germaniya, Irlandiya, va Shvetsiyadan ancha kamdir.
Popovning yana bir xulosasiga ko‘ra, milliarderlar daromadlardagi tengsizlik darajasi past bo‘lgan davlatlarni afzal ko‘radi. Daromadlar piramidasining yuqori qismida tengsizlikni oshiruvchi milliarderlarning mavjudligi, Jini koeffitsiyenti asosida uy xo‘jaligi namunalari bo‘yicha o‘lchangan daromadlardagi umumiy tengsizlikni oshirmaydi.
Regression tahlillar shuni ko‘rsatadiki, milliarderlar eng baxtli mamlakatlarga - hayot sifati yuqori bo‘lgan joylarga intiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e'lon qilinadigan Butunjahon baxt reytingining yuqori qismida so‘nggi yillarda Skandinaviya mamlakatlari (Daniya, Norvegiya va Shvetsiya), shuningdek, Finlyandiya, Islandiya, Niderlandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Isroil mavjud. Reyting pastida - Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Tanzaniya, Yaman, Ruanda, Suriya, Liberiya, Gaiti, Malavi, Botsvana va Afg‘oniston.
Popovning so‘zlariga qaraganda, Gernsi, Lixtenshtey va Monako kabi kichik davlatlarda baxt darajasi baholanmaydi, biroq baxt darajasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar mavjud bo‘lgan 150dan ortiq mamlakat misolida baxt darajasi va milliarderlarning soni o‘rtasida bog‘liqlik bor. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, milliarderlar hayot davomiyligi yuqori, korrupsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlarni tanlaydilar. | 2Dunyo
|
Toshkentda O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda
Toshkent 28-sentabrga qadar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim (ShHKB) loyihasi bo‘yicha muzokaralarning 3-raundiga mezbonlik qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ko‘rsatilgan sanagacha Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha “O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi” kichik qo‘mitasining 14-yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahatov, Yevroittifoq delegatsiyasiga esa Yevropa tashqi faoliyat xizmati boshqaruv direktori o‘rinbosari Lyuk Devin boshchilik qilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
Buxoroda «Umid nihollari» g`olib jamoasiga “Damas” avtomashinasi topshirildi
“Umid nihollari” sport musobaqalarining Buxoro viloyati bosqichi g`olib va sovrindorlarini sharaflash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Umumta`lim maktablari o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan “Umid nihollari” sport o`yinlari oldingilaridan ommaviyligi bilan ajralib turdi. Unda o`n yillik ta`lim tizimi joriy etilishi natijasida yuqori sinf o`quvchilari ham ishtirok etdi. Shuningdek, bu yilgi sport o`yinlari dasturiga milliy kurash, turon yakka kurashi, belbog`li kurash, o`zbek jang san`ati turlari ham kiritildi.
Viloyatda “Umid nihollari”ning 9-10-sinf o`quvchilari (badiiy gimnastika bo`yicha 7-10 sinf o`quvchilari) o`rtasidagi musobaqalarda 10 mingdan ziyod o`g`il-qiz ishtirok etdi. Ular orasidan saralangan 2 ming 496 nafar yoshlar bahslarning viloyat bosqichida o`z mahoratini sinovdan o`tkazdi. Jami 746 nafari medallarga sazovor bo`ldi.
Umumjamoa hisobida G`ijduvon tumani vakillari g`olib bo`ldi. Ularga Prezident sovg`asi – “Damas” avtomashinasi topshirildi. Ikkinchi va uchinchi o`ringa sazovor bo`lgan Buxoro shahri hamda Vobkent tumani jamoalari tegishli darajadagi kubok, diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi. Tadbir yosh sportchilarning ko`rgazmali chiqishi, san`atkorlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi bilan yakunlandi. Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O`.Barnoev so`zga chiqdi. | 5Jamiyat
|
Toshkentda Huawei Mate 8 smartfoni 3,4 million so‘mdan sotuvga chiqdi
O‘zbekistonda Huawei kompaniyasining eng baquvvat smartfoni — Mate 8 modeli sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Qurilma korpusining 95 foizi metalldan iborat, ichki konstruksiya esa issiqlik ajralib chiqishini kamaytirish uchun mustahkam alyuminiy qotishmasidan yasalgan.
Huawei kompaniyasi Huawei Mate 8 smartfonini CES 2016 ko‘rgazmasida taqdim etgan edi. U bilan birga, kompaniya MediaPad M2 plansheti, yangi ranglardagi Huawei Watch “aqlli” soati va yangi dizayndagi Nexus 6P’ni ham namoyish qilgan edi.
Huawei Mate 8 biznesmenlar uchun imidj smartfoni sifatida ta’riflandi. U 6 dyuymli ekran, HiSilicon Kirin 950 protsessori, 4000 mA/s sig‘imli akkumulyator, 16 megapikselli Sony IMX 298 kamerasi (asosiy) va 8 megapikselli old kameraga ega bo‘ldi.
Qurilmaning orqa paneliga barmoq izi skaneri joylashgan, u Mate 7 smartfonidagi datchikdan ikki marta tezroq ishlaydi. Skaner foto, video va hujjatlarni “qulflash”, kamerani ishga tushirish, qo‘ng‘iroqqa javob berish, budilnikni o‘chirish uchun ham qo‘llanilishi mumkin.
O‘zbekistonda smartfonning Mocha Brown korpusdagi 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotiraga ega versiyasi sotilmoqda. Toshkent bozorida model 3 million 390 ming so‘mga taklif qilinmoqda.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan. | 14Texnologiya
|
“Mening fikrim” veb-portaliga joylashtirilgan “Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaatni ko‘rib chiqish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan “Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat yuzasidan tayyorlangan ma’ruzani eshitib,u bo‘yicha o‘tkazilgan muhokamalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi qaror qiladi:
1. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan “Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat yuzasidan tayyorlangan ma’ruza ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
2. Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha joriy etilgan tizim:
a) ishlatiladigan milliy axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligi darajasini oshirishga;
b) fuqarolar tomonidan turli xil elektron xizmatlarni olishi uchun xavfsiz platformani shakllantirishga;
v) fuqarolar tomonidan yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlatib qo‘yilgan mobil qurilmalardan foydalanishning oldini olishga;
g) radiotexnik uskunalarning import oqimini legallashtirish va ularni standartlashtirishga keng imkon yaratishi e’tiborga olinsin.
3. Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyotini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 847-sonli hamda 2019-yil 17-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 778-sonli qarorlarida belgilangan Qoidalarga asosan davom ettirish maqsadga muvofiq va asosli ekanligi qayd etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi ishchi guruhi tomonidan “Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida”gi elektron jamoaviy murojaat yuzasidan tayyorlangan ma’ruzasida taqdim etilgan taklif va kamchiliklarni inobatga olgan holda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishtizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish tavsiya etilsin. | 10Qonunchilik
|
Xitoyda 6,7 kilogramm og‘irlikka ega chaqaloq tug‘ildi
Xitoyning Shensi viloyatida 6,7 kilogramm og‘irlikka ega o‘g‘il bola dunyoga keldi. Bu haqda "Jenmin jibao" gazetasi yozmoqda.
Chaqaloq 6 mart kuni Sian shahrida tug‘ilgan. Akusherning ma'lum qilishicha, bu ularning tug‘uruqxonasida dunyoga kelgan eng og‘ir vaznli chaqaloqdir.
Ayni damda bola va uning onasi shifokorlar nazorati ostida.
Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, sayyoradagi eng og‘ir vaznli chaqaloq 1879 yilda AQShda tug‘ilgan – 9,98 kilogramm bo‘lgan bu bola faqatgina 11 soat yashagan. OAVning xabar berishicha, Xitoyda katta vaznga ega chaqaloqlar tug‘ilishi ko‘p-ko‘p uchrab turadi. | 5Jamiyat
|
Yangi yil bayrami arafasida ertaknamo ko`rinish kasb etgan shaharlar(Foto)
Barchaga birdek orziqib kutadigan mo`jizaviy bayram-yangi yilga ham sanoqli kunlar qoldi. Hatto biz nafas olayotgan havo ham kutilayotgan ertaknamo mo`jiza bilan to`yingandek. Dunyoning barcha shaharlarida bezalgan ulkan archalar, bayram chiroqlari va turli bezaklar bayram kayfiyatini uyg`otadi. Quyida sanab o`tmoqchi bo`lganimiz dunyoning turli shaharlari ham bayram oldi ertaknamo ko`rinish kasb etgan. Ularni tomosha qilib, o`zingizni haqiqiy ertaklar olamiga tushib qolgandek his etasiz.
Yangi yil shari.Manej maydoni, Moskva, Rossiya.
Zolushka qasri, Disneylend, Florida, SShA
Yaltiroq er,Klifton,Ogayo,AQSh
Nan Ten budda ibodatxonasi,Vullongong, Avstraliya.
Yorqin yangi yil bezaklari,San-Karlos,Kaliforniya,AQSh.
Korolyov. Moskva. Rossiya
Spiralli archa, Lissabon, Portugaliya.
"London ko`zi" charxpalagi,London,Buyuk Britaniya.
Bayramona bezatilgan ibodatxona, Kuala-Lumpur, Malayziya
Eyfel minorasi. Parij. Fransiya
Qizil maydon,Moskva,Rossiya.
Mariya-Terezien-Plas, Vena, Avstriya.
Parlament binosi,Budapesht,Vengriya.
Glivise, Polsha.
"Oltin" archa,Portu, Portugaliya.
O`yinchoqlar do`koni,San-Paulu, Braziliya.
Mariya-Terezien-Plas, Vena, Avstriya.
Syurix, Shveysariya.
Tovlanuvchi favvoralar,Frankfurt, Germaniya. | 2Dunyo
|
Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlik erkak Rossiyada ushlandi
Rossiyada mavsumiy ishlashi davrida internet orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar ta’siriga tushib, qo‘poruvchilik harakatini sodir qilish maqsadida Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan ushbu fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Rossiyada qo‘lga olingan va O‘zbekistonga olib kelingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Rossiyada ushlangani, O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiyada qo‘lga olingani, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari xalqaro terroristik tashkilotga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli S.S.ni xorijdan O‘zbekistonga olib kelgani, Qirg‘izistonning O‘sh shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining O‘zbekistondagi faoliyatiga mas’ul bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 8O‘zbekiston
|
«Yuventus» Mauritsio Sarrini iste'foga chiqardi
«Yuventus»ning Italiya A Seriyasida ketma-ket 9-chempionligini qo‘lga kiritib, klub tarixida yangi sahifa ochgan Mauritsio Sarriga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Bu Sarrining Italiya futbolidagi sarguzashtlarida nihoyat cho‘qqini zabt etishiga imkon yaratdi», - deyiladi klub bayonotida.
«Yuventus» joriy mavsumda A Seriyada «Inter»dan bir ochko ko‘proq jamg‘arib, skudettoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, «Lion»ga qarshi YeChL 1/8 final ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (0:1, 2:1), turnirni tark etishga majbur bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Sarri 2019 yil yozida «Yuventus»ni tark etgan Massimiliano Allegri o‘rniga jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan edi. | 13Sport
|
Kutilmagan burilish. Neymar uzr so‘radi
«PSJ» hujumchisi Neymar jamoaning navbatdagi mashg‘ulotlaridan so‘ng Edinson Kavani bilan bog‘liq vaziyat uchun jamoadoshlaridan uzr so‘radi. Bu haqda L‘Equipe nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, murojaat chog‘ida 25 yoshli futbolchi bilan unga tarjimon sifatida jamoa sardori Tiago Silva ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan «Lion»ga qarshi uchrashuvda (2:0) urugvaylik futbolchi jarima zarbasini amalga oshirmoqchi bo‘lganida Dani Alves undan to‘pni tortib olib, keyin Neymarga bergandi. Keyinroq esa braziliyalik futbolchi Kavanidan penaltini tortib olmoqchi bo‘lgan, biroq Kavani bunga yo‘l qo‘ymagan penaltini o‘zi amalga oshirgandi. Lekin Kavani 11 metrlik nuqtadan xatoga yo‘l qo‘ygan. | 13Sport
|
O‘zbekistonning Rossiya va AQShdagi sobiq elchisi Abdulaziz Komilovga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
«Kun.uz» manbasi xabar berishicha, endilikda Ilhomjon To‘ychiyevich Ne'matov TIV rahbarining yangi birinchi o‘rinbosariga aylangan. Shu vaqtgacha Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimida ishlab kelayotgan Ilhom Ne'matov oktabr oyida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi etib tayinlangan Botirjon Asadov o‘rnida ish boshlaydi.
Ilhomjon Ne'matov 1952 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, 1973 yili Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.
U 1992-93 yillarda konsullik boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. Keyingi yillarda u Germaniyadagi elchixonada, Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasida, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashida ishlagan, 1997-1999 yillarda Hindistondagi elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U 1999 yildan 2008 yilgacha ham Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2008-2010 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi, 2010-2013 yillarda esa O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ishlagan, 2013-2014 yillarda TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi, 2014-2016 yillarda «GM Uzbekistan» bosh direktori maslahatchisi bo‘lgan, 2016 yilning 14 sentabrida yana TIVning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimiga qaytgan. | 8O‘zbekiston
|
Diametri 40 sm bo‘lgan daraxtni kesganlik uchun jarima 9 million so‘m bo‘ladi
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Toshkent shahri hokimligi va Respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan yig‘ilishda sohada amalga oshirilgan ishlar va muammolar tahlil qilindi va o‘zaro muhokama qilindi. Asosiy mavzu hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘lgan noqonuniy daraxtlar kesilishi va aholi orasida yuzaga kelgan noroziliklar haqida bo‘ldi.
“Respublika bo‘yicha 2018 yil dastlabki 6 oyida noqonuniy ravishda kesilgan daraxtlar bo‘yicha 1 ming 200 ta holat aniqlandi va ularning 95 tasi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda va ushbu qonunbuzarliklarga nisbatan umumiy 17 mln. so‘m miqdorida jarima belgilandi. O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 1 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Lekin uning ancha qismi hali undirilmagan”, deya ma'lumot berdi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i N.Mo‘minov.
Shuningdek, Qo‘mitaning faoliyatiga tanqidiy baho berildi. Yuzaga kelgan muammolar, ularni bartaraf etish borasida aniq yechimlar taklif etildi. Jumladan, noqonuniy tarzda daraxt kesgan shaxslarga nisbatan jarima miqdorini keskin oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ayni paytda 40 sm. diametrdagi daraxtni kesgan jismoniy shaxslardan EKIHning 3-5 va mansabdor shaxslardan 5-10 baravar miqdorida jarimaga tortiladi. Taqdim etilgan yangi qaror loyihasiga ko‘ra, jarima miqdori EKIHning 49 baravarida belgilanishi taklif etilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad qonunbuzilish holatlarini yanada kamaytirish.
Yana bir yangiliklardan biri axborot berish mobil ilovasi yaratish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, atrof-muhitga zarar yetkazilayotgan paytda zudlik bilan tegishli organlarga axborot berish mumkin. Ilovani qo‘l telefoniga yuklab, qonunbuzilish holatlari haqida tezlik bilan xabar berishingiz mumkin bo‘ladi. Tizimning yo‘lga qo‘yilishi jamoatchilik nazoratini kuchayishiga va atrof-muhit muhofazasiga katta hissa qo‘sha oladi. | 8O‘zbekiston
|
Ispaniyada koronavirus tufayli yana favqulodda holat va komendantlik soati joriy qilindi
Ispaniyada koronavirus infeksiyasining tarqalishi tufayli yana favqulodda holat rejimi e’lon qilindi. Bu haqda Reuters xabar bergan.
Favqulodda holat tartibi 25-oktabr oqshomidan boshlab kuchga kirgan. Kanar orollaridan tashqari, mamlakatdagi barcha hududlarning hukumatlari komendantlik soati joriy qiladi. Komendantlik soatini soat 23:00 dan 06:00 gacha belgilash tavsiya etilgan, mahalliy hukumatlarga ushbu oraliqni bir soatga qisqartirish yoki uzaytirish huquqi berilgan, deyiladi El Pais xabarida.
Shuningdek, muayyan shart-sharoitlarda favqulodda holat tartibi vaqtida hududlararo hamda ichki harakatlanish cheklanishi mumkin. Hozircha restoranlar, do‘konlarni yopish, sayr qilishni taqiqlash va barcha xodimlarni masofadan turib ishlash tartibiga o‘tkazish rejalashtirilmagan.
Ispaniya hukumati 15 kunlik muddatda favqulodda holat rejimi e’lon qilish huquqiga ega. Ushbu muddatdan uzoqroq qo‘shimcha favqulodda holat tartibi parlamentning tasdig‘idan o‘tkaziladi. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches parlamentdan favqulodda holat rejimini 9-noyabrgacha (9-noyabr ham hisoblanadi) deb belgilashni so‘ragan.
“Biz ekstremal vaziyatdamiz, bu oxirgi yarim asr ichidagi eng qaltis holat” — degan hukumat rahbari favqulodda holatni joriy etish muhokama qilingan majlisdan keyin.
Ispaniyada mart o‘rtalarida ham favqulodda holat e’lon qilingan. Tartib 21-iyungacha amalda bo‘lgan, so‘ngra mamlakatdagi cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatilgandi.
Kuzda Ispaniyada ham boshqa Yevropa mamlakatlaridagi kabi koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlarining soni keskin ko‘paydi. 22-oktabrda Ispaniyada COVID-19 bilan kasallanishlarning sutkalik ko‘rsatkichi yangilandi — shu kuni 20 986 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.
Pandemiya boshlanganidan buyon (2020-yil 25-oktabr holatiga) Ispaniyada jami 1 046 132 ta kasallanish holati kuzatilgan, 34 452 kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. | 2Dunyo
|
Uchtepa tumanida «Salomatlik marafoni» o‘tkazildi
Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning navbatdagi manzili hisoblangan poytaxtning Uchtepa tumanida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda. Bugungi kun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent shahar hokimiyati tomonidan tashkillashtirilgan «Salomatlik marafoni» bilan boshlandi. Unda 2 mingga yaqin yosh oila vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqa ishtirokchilari Uchtepa tuman bog‘idan boshlab 2 kilometr masofani bosib o‘tishdi. «Eko-bog‘» madaniyat va istirohat bog‘i mazkur musobaqaning finish nuqtasi sifatida belgilandi. U yerda marafon qatnashchilarini Ichki ishlar vazirligining Qorovul qo‘shinlari orkestri hamda keng jamoatchilik vakillari tantanali kutib oldi.
«Eko-bog‘»dagi tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ochib berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov so‘zga chiqib, Uchtepa tumanida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami haqida to‘xtaldi. Shundan so‘ng, g‘oliblarga 2 ta televizor, 4 ta planshet hamda 18 ta maxsus medal taqdim etildi.
Loyiha doirasidagi tadbirlar Uchtepa tumanidagi «Eko-bog‘» madaniyat va istirohat bog‘ida davom etadi. | 5Jamiyat
|
“Zenit” va “Chelsi” Chempionlar Ligasining nimchorak finalini mag‘lubiyat bilan boshladi
Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida o‘tkazilgan ilk uchrashuvda Portugaliyaning “Benfika” klubi o‘z maydonida Rossiyaning “Zenit” jamoasini qabul qildi. “Olamsport” saytining xabar berishicha, o‘yinning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan ilk daqiqada Jonas kiritgan gol “Benfika”ga g‘alaba keltirdi.
Kecha, 16-fevral o‘tkazilgan yana bir o‘yinda Fransiyaning “Pari-Sen-Jermen” klubi o‘z maydonida Londonning “Chelsi” jamoasini qabul qildi. Bu o‘yinda ham maydon egalari bitta to‘p farqi bilan g‘alabaga erishdi. Zlatan Ibragimovich va Edison Kavanining gollariga Jon Obi Mikel bitta aniq zarba bilan javob qaytardi.
“Benfika” – “Zenit” 1:0
Gol: Jonas, 90+1
“Benfika”: Julio Sezar, Lindelef, Elizeu, Jardel, Andre Almeyda, Samaris, Gaytan, Renatu Sanchez, Mitroglu (Raul Ximenes, 63), Jonas, Pitssi (Karsela-Gonsales, 71).
“Zenit”: Lodigin, Anyukov, Lomberts, Garay, Krishito, Shatov (Jirkov, 81), Dani Garsiya, Danni (Maurisio, 87), Vitsel, Xalk, Zyuba (Kokorin, 74).
Ogohlantirishlar: Jardel, Andre Almeyda, Pitssi, Jonas – Krishito, Xavi Garsiya, Vitsel.
Chetlatish: Krishito, 90.
“PSJ” — “Chelsi” 2:1
Gollar: Ibragimovich, 39, Kavani, 78 — Mikel, 45+1
“PSJ”: Trapp, Markinyos, Silva, Luis, Maksvell, Verratti (Rabio, 81), Motta, Matyuidi (Pastore, 81), Di Mariya, Ibragimovich, Lukas Moura (Kavani, 74).
“Chelsi”: Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ivanovich, Baba, Fabregas, Mikel, Pedro, Villian, Azar (Oskar, 71), Kosta.
Ogohlantirishlar: Ibragimovich, Lukas, Luis — Mikel, Pedro. | 13Sport
|
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida 20 mln gektardan ortiq, shu jumladan 3,2 mln gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda.
Sug‘oriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv ta’minotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng ko‘lamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Natijada 2008 — 2017-yillar mobaynida 1,7 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan maydonlarning suv ta’minoti hamda 2,5 mln gektar maydonlarning meliorativ holatining yaxshilanishiga erishildi.
Biroq, global iqlim o‘zgarishi natijasida so‘nggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining asosiy qismi yaroqsiz holatga kelganligi sug‘oriladigan ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan chiqib ketishiga olib kelgan.
Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yo‘qotilishini kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2030-yillarda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2019 — 2022-yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish va davlat-xususiy sheriklikni joriy etish bo‘yicha ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi guruhi) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Ishchi guruhi (J.A. Qo‘chqorov, A.J. Vaxabov, J.A. Xodjayev)ga:
xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda eksperiment tariqasida 2019-yilda Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini yaratish;
eksperiment natijalari asosida 2019-yil 1-noyabrga qadar Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini boshqa hududlarda joriy etish, shu jumladan yer va suvdan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklikning aniq shartlarini, qo‘shimcha imtiyozlar, alohida imtiyozli kredit liniyalarini hamda foydalanishga kiritilgan yer va suvdan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin;
zaruratga ko‘ra, mazkur Farmonning 2 — 4-ilovalarida belgilangan muddatlar va hududlarni o‘zgartirish hamda ularga qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tiklash, rekonstruksiya qilish, suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka chidamli ekinlarni ekish orqali foydalanishga kiritish uchun investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha bo‘lgan muddatga:
qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi va o‘rmon fondi yerlari — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga;
yaylov, bo‘z, ko‘p yillik daraxtzorlar va boshqa yerlar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, qishloq xo‘jaligi korxonalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan investorlarga beriladi.
4. Konsepsiyani amalga oshirish doirasida yer maydonlarini foydalanishga kiritishda:
yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish, erga ishlov bermasdan ekin ekish va yerlarni ikkilamchi ijaraga berish huquqi beriladi;
mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‘larning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘nggina ruxsat etiladi;
ushbu yer maydonlarida barpo etiladigan infratuzilma obyektlarini (dala shiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sug‘orish inshootlari va boshqalar) joylashtirishga ruxsat beriladi;
yerdan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom-ashyo, materiallar, texnika, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi;
investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;
investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yerlarning suv ta’minoti tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish uchun jalb etilgan kreditlarning bir gektar hisobiga 40 million so‘mdan oshmaydigan qismiga tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 5 foizlik punkti qoplab beriladi;
yer maydonlari investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan so‘ng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratib beriladi.
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarga, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ajratiladigan yerlar bundan mustasno;
qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yiladigan sug‘oriladigan yerlar uchun kompensatsiya to‘lovi, olib qo‘yilayotgan yer maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilmagan holda, xuddi shunday yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun talab etiladigan mablag‘ning 10 barobari, lalmi yerlar va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlarning 20 barobari miqdorida hisoblanadi.
Bunda sug‘oriladigan yerlar uchun kompensatsiya to‘lovining 90 foizi, lalmi yerlar va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya to‘lovining 95 foizi Respublika budjetiga hamda mos ravishda 10 va 5 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ushbu me’yor o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zararni hisoblashda ham qo‘llaniladi hamda hisoblangan mablag‘larning 95 foizi Respublika budjetiga va 5 foizi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalarining rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladi;
sug‘oriladigan yerlar hisobidan bog‘dorchilik, uzumchilik va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga oshiriladi;
yangi fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalari suvdan foydalanish joylarida suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan majburiy tarzda jihozlash sharti bilan tashkil etiladi;
yer maydonlarini foydalanishga kiritish suvni tejovchi texnologiyalardan (tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan tomchilab sug‘orish va boshqalardan) foydalangan holda amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) mazkur Farmonning 3-ilovasida belgilangan qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun talab etilayotgan mablag‘lar, 2019 — 2029-yillardagi Investitsiya dasturi doirasida davlat budjetidan melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablag‘larning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ravishda yo‘naltirsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining hisob-kitoblari asosida “Mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish” Dasturida ko‘zda tutiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli bo‘lgan yer osti suvlari zaxirasini aniqlash ishlarini moliyalashtirish uchun davlat budjeti hisobidan mablag‘ ajratsin;
v) Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini;
yer maydonlari egalarining tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni nazarda tutgan holda tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, yerdan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
a) Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-oktabrga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) sug‘oriladigan va lalmi yerlar, tog‘ va tog‘oldi hamda cho‘l-yaylov hududlarining tuproq unumdorligini oshirish, suv va boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilishini;
zamonaviy usullar asosida mamlakat oziq-ovqat ta’minoti barqarorligiga erishish uchun yangi serhosil qishloq xo‘jaligi ekinlari, ularning birlamchi urug‘chiligini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etilishini va hayotga tatbiq etilishini ta’minlasin;
v) Farmonda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida vazirlik tarkibida qo‘shimcha 4 ta shtat birligidan iborat mas’ul boshqarma tashkil etsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda har yili 1-noyabrga qadar mazkur Farmonning 3-ilovasida tasdiqlangan maydonlarning keyingi yilda qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari manzilli ro‘yxatini shakllantirib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;
paxta va g‘alla yetishtirish rentabelligi past bo‘lgan maydoni umumiy maydonning 50 foizdan ortiq bo‘lgan tumanlarning barcha ekin maydonlarini irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish sharti bilan paxta va g‘allani to‘liq qayta ishlashni tashkil etuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan investorlarga berish yuzasidan takliflar kiritsin;
ushbu tumanlarda tashkil etiladigan paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi investorlarga mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hukumat bo‘ysunuvida qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi tegishli tuzilma tashkil etilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalariga:
Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.J. Vaxabov zimmasiga — Farmonning 3 va 4-ilovalaridagi prognoz ko‘rsatkichlarni, Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini monitoring qilish va zaruriy choralarni ko‘rib borish;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Farmonning 4-ilovasidagi prognoz ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlash, foydalanishga kiritilgan maydonlarda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, irrigatsiya tarmoqlarida suv yo‘qotilishini kamaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qo‘shimcha suv omborlarini qurish;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzoqov zimmasiga — Farmonning 3 va 4-ilovalaridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha javobgarlik yuklansin.
12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini yoritib borish tavsiya etilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami yerlar 44 892,4 ming gektarni tashkil etib, yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra 8 ta toifaga bo‘linadi, jumladan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar; aholi punktlarining yerlari; sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar; tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar; o‘rmon fondi yerlari; suv fondi yerlari; zaxira yerlar.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar unumdor yerlarga taalluqli bo‘lib, umummilliy boylik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositasi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20 236,3 ming gektarni, shundan haydaladigan yerlar 3 988,5 ming gektarni, ko‘p yillik daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo‘z yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va yaylovlar 11 028,3 ming gektarni, boshqa yerlar 4 760,4 ming gektarni tashkil qiladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, er-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining boshqa toifaga o‘tkazilishi va global iqlim o‘zgarishi ta’sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yer maydonlari o‘lchami 24 foizga (0,23 gektardan 0,16 gektargacha), o‘rtacha yillik suv ta’minoti darajasi esa 3 048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi.
Uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan nooqilona foydalanish natijasida tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlar hosildorligi pasayib, yetishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof muhit ifloslanishi ortib bormoqda.
Jumladan, sug‘oriladigan ekin yerlaridagi tuproqlarning 93 foizida harakatchan fosfor miqdori, 68,3 foizida almashuvchan kaliy miqdori, 79,3 foizida gumus (chirindi) miqdori o‘rtachadan past darajaga tushib qolgan.
Milliy daromadi O‘zbekiston bilan deyarli bir xil bo‘lgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun davlat budjetining 4-5 foizi yo‘naltiriladi yoki YIMga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 foizdan ortiqroqni, daromadi yuqori bo‘lgan davlatlarda esa 1 foizdan kamroqni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligida o‘rtacha yillik suv sarfi 45 696 mln metr kub yoki iqtisodiyot tarmoqlarida iste’mol qilingan suv resurslarining 90 foizini tashkil etib, yuqoriligicha qolmoqda.
Yer va suv resurslari tobora tanqis bo‘lib borayotgan sharoitda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda ekinlarni iqtisodiy samaradorligi va bozor konyunkturasi inobatga olinmasdan hamda intensiv qishloq xo‘jaligi joriy etilmaganligi sababli qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi pastligicha qolmoqda.
Jumladan, rivojlangan davlatlarda 1 metr kub suv bilan 4-6 AQSh dollarlik mahsulot yetishtirilayotgan bo‘lsa, respublikamizda bu ko‘rsatkich 0,15 AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yirik kapital qo‘yilmalar talab etishi, ushbu maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan budjet mablag‘lari hajmining cheklanganligi, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish masalasiga e’tibor qaratilmayotganligi oqibatida qishloq xo‘jaligi yerlarining foydalanishdan chiqib ketishi, hududlarning resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan nooqilona foydalanish kabi holatlar yuzaga kelmoqda, bu esa o‘z navbatida mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va tarmoq eksport salohiyatini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi qishloq xo‘jaligi yerlaridan hamda suv va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarining maksimal mahsuldorlik salohiyatiga erishish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini ko‘paytirish, tuproq unumdorligini tiklash, davlat-xususiy sheriklik doirasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratish, ilg‘or dehqonchilik tizimlarini va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning yuqori va intensiv agrotexnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha agrotexnik, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya texnologiyalari hamda yerlarni sug‘orish usullarini keng joriy etish, ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish maqsadida quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
1. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan va foydalanishga kiritiladigan hamda o‘rmon fondi yerlarining meliorativ holati, unumdorligi va suv ta’minotini yaxshilash texnologiyasini joriy qilganlik uchun qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga imtiyozlar berish tizimini yaratish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan lalmi, yaylov va boshqa yerlarni foydalanishga kiritish maqsadida investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida foydalanishga kiritgan, yaroqsiz suv quduqlari, sug‘orish nasoslari, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini ta’mirlagan yoki ularni yangidan barpo etgan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan kafolatlar berish.
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ajratishning shaffof va tezkor tizimini yaratgan holda yanada takomillashtirish.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining aniq hisobi yuritilishini va yangilab borilishini ta’minlash, har bir dala konturi kesimida ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida barcha hududlarni aerofotos’yomkadan o‘tkazish.
Davlat yer kadastri ma’lumotlarining haqqoniy va to‘liq shakllantirilishini ta’minlash.
Xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish hamda investitsiya loyihalari orqali davlat yer kadastrini yuritishda ko‘p maqsadli yer ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan yagona tizimi — yergeoportal.uzni ishga tushirish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish agrotexnikasi, yer va suv resurslaridan foydalanish holatini geoaxborot tizimi orqali monitoring qilish, erni masofadan zondlash tizimlaridan keng foydalanish.
Foydalanilmayotgan yerlar haqidagi ma’lumotlarni viloyat, tuman (shahar) hokimliklari, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish amaliyotini joriy etish.
Qishloq xo‘jaligi yerlarining tuproq unumdorligi, konturi, ularga ekinlarni joylashtirish, hosildorlikni belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni viloyat, tuman (shahar) hokimliklari va manfaatdor tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtirish amaliyotini joriy etish.
Davlat yer kadastrini yuritishda ko‘p maqsadli yer ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan yagona tizimi yergeoportal.uzni yaratish maqsadida Koreya Respublikasi xalqaro “KOICA” jamg‘armasining grant mablag‘lari doirasida investitsiyaviy loyihasini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan lalmi, yaylov va boshqa foydalanishga kiritilgan yerlarda barpo etiladigan infratuzilma obyektlarini (dala shiypon, mahsulotlar saqlanadigan omborxonalar, sug‘orish inshootlari va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini belgilash.
Foydalanishga kiritiladigan yerlarda barpo etiladigan infratuzilma obyektlari minimal me’yorlarining namunaviy loyihasini ishlab chiqish.
Infratuzilma obyektlarini qurish uchun yer maydonlaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani Adliya vazirligi tomonidan berish amaliyotini joriy qilish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish, shuningdek, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini saqlab qolgan holda yer uchastkasini vaqtincha foydalanish uchun berish shaklini amaliyotga joriy qilish.
Rentabelligi past bo‘lgan paxta, g‘alla va boshqa ekinlar yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, unumdorligi va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini, shuningdek, ushbu maydonlarda yuqori daromadli ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tizimini tubdan takomillashtirish. Bunda hududlarning tuproq, iqlim sharoitlari va suv bilan ta’minlanganlik darajasi, ichki va tashqi bozorda mahsulotga bo‘lgan talab, daromadliligi asosiy mezon bo‘lishini ta’minlash.
Suv tanqis hududlarda kam suv talab qiladigan, suvsizlikka chidamli va suv to‘plash xususiyatiga ega bo‘lgan ekinlarni joylashtirish.
Tarmoqlarni intensiv rivojlantirish talabidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish sxemalarini takomillashtirish, maydon birligi hisobiga ko‘chat sonini maqbul darajagacha oshirish.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan bir mavsumda kamida ikkita hosil olish choralarini ko‘rish, ushbu maqsadga erishish uchun tezpishar ekinlar urug‘i, ko‘chatlar, mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa turdagi resurslar bilan barqaror ta’minlash tizimini yaratish.
Sug‘oriladigan ekin yerlaridan yanada samarali foydalanish, tuproq unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish maqsadida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy qilish.
Xalqaro tajribalarga muvofiq qishloq xo‘jaligining yangi yo‘nalishlarini (Organic, Global G.A.P. va shu kabilar) joriy qilish va rivojlantirish.
Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasining oldini olish va uni keskin kamaytirish hisobiga tuproq unumdorligini oshirish.
Yaylovlardan samarali foydalanish tartibini belgilash, yaylov va lalmi yerlardan foydalanishning ilmiy asoslangan samarali texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Fermer xo‘jaligi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlar tugatilayotganda yoki maqbullashtirilayotganda unga ajratilgan yer maydonida sarflangan xarajatlar (ko‘p yillik daraxtzorlar, tomchilatib sug‘orish tarmoqlari va boshqalar) qiymatini hisoblash va qoplash tartibini belgilash.
Bog‘lar, tokzorlar, baliq hovuzlarini va issiqxonalar tashkil qilishga yer ajratish tartibini belgilash, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarda gidroponika, vertikal fermalar usulida issiqxonalar qurishni qo‘llab-quvvatlash.
Suv tanqis, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va foydalanishga kiritish imkoniyati qiyin bo‘lgan yerlarda tayyor zamonaviy issiqxonalarni xorijiy investorlar hamda xorijiy moliya institutlarini jalb qilgan holda qurib, tayyor holda lizingga berish tizimini yaratish.
Qishloq xo‘jaligida tuproqdan unumli foydalanish texnologiyalarini joriy etish. Bunda erga ishlov berish va ekinlarni parvarishlashning ilg‘or innovatsiya (Mini till, No till va boshq.) texnologiyalarini amaliyotga izchillik bilan tatbiq etish hisobiga agrotexnik tadbirlar sonini minimallashtirishga alohida e’tibor qaratish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati, unumdorligi va suv ta’minotini yaxshilash texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligi va hosildorligi oshirilishini ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini belgilash.
Yer uchastkalari egalarining tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni nazarda tutgan holda tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish.
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan samarasiz foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish.
Yer va suv resurslaridan samarasiz foydalanishning oldini olishni, yerlarning unumdorligini oshirish va suvni tejovchi agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilishini (agrotexnik reglament) huquqiy jihatdan tartibga solish.
Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bog‘ va uzumzorlarni yaroqsiz deb topish va ekin yerlar toifasiga o‘tkazish tartibini belgilash.
Har 5 yilda bir marotaba davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida tuproqning agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritalarni ishlab chiqish.
Shahar va shahar atrofidan chiqayotgan oziq-ovqat, xo‘jalik, chorva hamda boshqa organik chiqindilarni to‘plash hamda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda organik o‘g‘itlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga yetkazib berish.
O‘rmon fondi yerlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini yo‘lga qo‘yish.
Har bir hududning qishloq xo‘jaligi imkoniyatlaridan kelib chiqib, mahalliy va xorijiy kompaniyalarga taqdimot qilish maqsadida “qishloq xo‘jaligi bo‘yicha investitsiya xab”larini yaratish.
Rentabelligi past bo‘lgan paxta va g‘alla maydonlari 50 foizdan yuqori bo‘lgan tumanlardagi barcha ekin maydonlarini irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish shartlari bilan paxta va g‘allani to‘liq qayta ishlashni tashkil etuvchi klasterlarga berish.
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli bo‘lgan yer osti suvlari zaxirasini aniqlash ishlarini amalga oshirish uchun davlat budjeti hisobidan zarur mablag‘larni ajratish.
Foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlarida yangi o‘rmonzorlar va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish maqsadida foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan 50 yilgacha muddatga ijaraga berishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
Tuproq eroziyasi va degradatsiyasi, shamol va garmseldan muhofaza qilish maqsadida biomeliorotiv tadbirlar qo‘llashni kengaytirish, ixotazorlar barpo etish va qayta tiklash hamda o‘rmon fondi yerlarida cho‘l-ozuqabop o‘simliklar plantatsiyalari va ularni tashqi ekologik omillardan muhofaza qiluvchi yaylovlarni yaratish.
Qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.
2. Suv va gidroinshootlardan foydalanish samaradorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
2020 — 2030-yillarda suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.
Suv va suvdan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish va kodifikatsiyalashtirish. Bunda suv resurslarini boshqarish, suvdan foydalanish va uni iste’mol qilish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish va boshqa suv tejovchi texnologiyalarni keng qo‘llash, bu borada yer egalari va suv iste’molchilarini rag‘batlantirish mexanizmini kengaytirish.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslarini boshqarish va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Bunda suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqaror saqlash maqsadida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirib borish.
2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir davlat dasturini puxta ishlab chiqish va tasdiqlash.
Yengil konstruksiyali plastik lotok va quvurlar ishlab chiqarish sanoatini tashkil etish hamda nasos agregatlari ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Tuman irrigatsiya bo‘limlari xodimlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlarini sug‘orishda va sho‘r yuvishda suvdan samarali foydalanish hamda suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarini oshirish.
Suv omborlari tarmog‘ini kengaytirish hisobidan lalmi yerlarni foydalanishga kiritish. Bunda asosiy e’tiborni sel suv omborlari va sun’iy suv havzalarini qurishga qaratish.
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish.
Suv iste’moli sohasida bozor mexanizmlarini hamda suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilishda davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish.
Suvni yetkazib berish bo‘yicha davlat tomonidan qilinayotgan xarajatlarni suv iste’molchilari tomonidan qoplash tartibini belgilash.
Suv resurslarini boshqarish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish va gidrotexnik inshootlarning texnik holatini yaxshilash va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli loyihalar ro‘yxatini shakllantirish va ularni xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari hamda xorijiy grantlar hisobidan amalga oshirish.
Suv iste’molchilarining suvdan foydalanish joylarida suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan bosqichma-bosqich jihozlanishini tashkil etish.
Yer osti zaxira suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. Qishloq xo‘jaligida yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish va undan isrofgarchilik bilan foydalanish holatlarining oldini olish.
Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, ilmiy asoslangan tarzda sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlarga qayta bo‘lish va tasdiqlash.
Suv va yer resurslaridan tejovchi va ulardan oqilona foydalanishga imkon yaratib beruvchi sug‘orish va meliorativ texnika, mashina va qurilmalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish.
Belgilangan suv olish limitlaridan tejab foydalangan, sug‘orishda suvni iqtisod qiluvchi sug‘orish texnologiyalari joriy qilib, suv iste’mol qilayotgan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish.
Suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilar tomonidan suv olish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga yaroqli yer osti suvlari zaxirasini ko‘paytirish uchun izlash, baholash gidrogeologik ishlarini o‘tkazish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun izlanishlar olib borish.
Yer osti suvi iste’molchilarining yagona Davlat statistik hisobot yuritish tartibini tatbiq etish hamda yer osti suvlaridan foydalanishning monitoring tizimini rivojlantirish.
3. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi hamda urug‘shunosligi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish.
Urug‘chilik sohasida zamonaviy milliy, shu jumladan import o‘rnini bosuvchi hamda yuqori daromadli va eksportbop ekinlar navlarini yaratish mexanizmini takomillashtirish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan sabzavot, poliz, dukkakli, ozuqa va moyli ekinlar urug‘larini yetishtirish va yetkazib berishning samarali mexanizmini yaratish.
Yaratilayotgan mahalliy navlar va xorijiy davlatlardan import qilinayotgan nav va duragaylarni sinov va davlat reyestriga kiritish ishlarini tubdan takomillashtirish.
Jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan noan’anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish.
Qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi yo‘nalishidagi barcha ilmiy tadqiqot muassasalarida yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mahalliy navlarni qayta tiklash va ular asosida organik (ekologik toza) urug‘chilikni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ushbu ishlar natijalarini realizatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish.
Qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga bardoshli ekinlar seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish. Azotni to‘plash texnologiyalarini takomillashtirish, donli ekinlarda dukkaklilar genini joriy etish hisobiga azotlashish xususiyatini yaratish, azotni to‘plovchi mikroblar va tashuvchilarni genetik jihatdan yaxshilash.
“In vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarida yuqori sifat ko‘rsatkichli, suvsizlikka chidamli mevali daraxt hamda tok ko‘chatlari navlarini ko‘paytirish.
Urug‘chilik bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga (ISTA, OECD, ISF va h.k.) bosqichma-bosqich a’zo bo‘lish, urug‘chilik sohasida faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish hamda urug‘liklar bo‘yicha taqdim etilayotgan muvofiqlik sertifikatlarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish.
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urug‘chilik klasterlarini tashkil qilish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish.
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish.
Hududlar ixtisoslashuvi, ichki va tashqi bozorlardagi mahsulotlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida zamonaviy ulgurji-taqsimot markazlarini (ORS) tashkil etish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini o‘z ichiga oladigan klasterlarni jadal rivojlantirish.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, yetkazib berish shartlari darajasini oshirishni ta’minlash.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda logistika markazlari, agrosanoat komplekslari faoliyatini rivojlantirish.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi, sohada tatbiq etilgan zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida xalqaro talablarga mos keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash, tashish va kutilmagan ziyonlarni qoplash bo‘yicha davlat standartlarini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmini oshirishning samarali mexanizmini joriy etish.
Yuqori malakali marketologlar tayyorlash sifatini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borish ko‘lamini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash.
5. Yer va suv resurslaridan samarali foydalanishda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish.
Yer va suv munosabatlari bo‘yicha tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi o‘quv yo‘nalishlari (geodeziya, kartografiya va h.k.) va fakultetlar, shu jumladan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma fakultetlar ochish.
Ilmiy tadqiqot mavzularini hududlar va qishloq xo‘jaligining muammolari yechimlaridan kelib chiqqan holda shakllantirish va natijalarini tijoratlashtirish.
Tuproq unumdorligini oshirish, tuproq eroziyasi va degradatsiyasining oldini olishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borishni jadallashtirish.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy etishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini, xususiy sektorning ishtirokini rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini keng joriy qilish.
Xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari serhosil navlari va chorva mollarining mahsuldor zotlari hamda turlarini mahalliylashtirish borasidagi ilmiy-amaliy faoliyat hamda hamkorlikni tizimli tashkil etish.
Soha bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura orqali ilmiy darajali yuksak malakali ilmiy xodimlarni tayyorlashni kengaytirish, ularga muammoli va dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish.
Ilmiy tadqiqotlar natijasida “Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasini joriy etishga, uning texnik vositalari va texnologiya uskunalarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirishga erishish. Bunda:
“Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasini joriy etishda xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va grantlarini jalb etish;
“Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish vazifalaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
Ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va ta’mirlash.
Sug‘orish zonalarini, mintaqaning suv bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish texnika va texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Jahon amaliyotini o‘rgangan holda noan’anaviy sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish. | 10Qonunchilik
|
London, Gonkong va Nyu-Yorkdagi uylar dunyo bo‘yicha eng qimmat deb topildi
CBRE kompaniyasi tomonidan e’lon qilingan maxsus reytingda Buyuk Britaniya poytaxti London shahri yangi qurilgan elita uylarning o‘rtacha narxi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
London markazidagi yangi uylarning bir kvadrat futi uchun 2000 funt (1 metr kvadrati uchun 34 ming dollar) to‘lashga to‘g‘ri keladi. Avval Londondagi elita uylarni ko‘proq xorijliklar sotib olgan. Hozir esa London uy bozoridagi mijozlarning 52 foizini Buyuk Britaniya fuqarolari tashkil etadi.
Reytingda Londondan keyingi o‘rinlarda Gonkong (bir kvadrat fut uchun o’rtacha 3087 dollar), Nyu-York (2850 dollar), Sidney (1900 dollar) va Parij (1740 dollar bormoqda). | 2Dunyo
|
Yunusobodda 11 ta daraxtning noqonuniy kesilishi oqibatida tabiatga 163 million so‘m zarar yetkazildi
Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga 4-iyul kuni Yunusoboddagi daraxtlar noqonuniy kesilayotganligi haqida tezkor xabar kelib tushgan.
Shahar hokimligi matbuot xizmati bergan axborotga ko‘ra, daraxtlar kesilayotgani haqidagi xabar bu kabi vaziyatlar uchun maxsus ishlab chiqilgan @EcoControl_bot Telegram-boti orqali yuborilgan.
Tezkor surishtirish ishlari natijasida haqiqatan ham Yunusobod-4 mavzesi “Billur” mahallasida diametri 51 santimetrdan 78 santimetrgacha bo‘lgan 11 ta daraxt noqonuniy kesilganligi aniqlangan.
Daraxtlar “Metin kommunal servis” kompaniyasi tomonidan kesilgan. “Tabiatga yetkazilgan zarar jami 163 663 929 so‘m deb baholandi”, — deyiladi hokimlik axborotida.
Ushbu holat bo‘yicha tuman Ekologiya inspeksiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Shahar hokimligi daraxtlarning noqonuniy kesilishiga guvoh bo‘lgan fuqarolarni @EcoControl_bot Telegram-boti murojaat qilishga chorlagan. | 8O‘zbekiston
|
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar va kuch tuzilmalariga minnatdorchilik bildirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakat aholisi bandligi masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Fotto: Prezident matbuot xizmati
“Yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunib, karantin qoidalariga og‘ishmay amal qilayotgan, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni keng qo‘llab-quvvatlayotgan barcha yurtdoshlarimizga yana bir marta rahmat aytaman”, — dedi Prezident.
Fursatdan foydalanib, kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatib, ushbu kasallikka qarshi kurashayotgan jonkuyar shifokorlarimizga, ular bilan bir safda turib xizmat qilayotgan xorijiy vrachlarga, shuningdek, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlariga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda 15 nafar xitoylik shifokor va 1 nafar koreyalik mutaxassis ham ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.
O‘zbekistonda 22-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1692 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning yetti nafari vafot etdi, kasallikdan 450 nafar bemor tuzalishga muvaffaq bo‘ldi. Xorijda kamida 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgani ma’lum qilingan. | 8O‘zbekiston
|
Tramp 28-fevralda Kongress oldida chiqish qilishga taklif etildi
AQSh prezidenti Donald Tramp kelgusi oy oxirida Kongress Senati va vakillar palatasi oldida chiqish qilishga taklif etildi. Bu haqda vakillar palatasi spikeri Pol Rayan ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Prezident Trampni Kongress palatalarining 28-fevralda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma yig‘ilishda chiqish qilishga taklif etaman.
Pol Rayan, vakillar palatasi spikeri
Rayan so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh aholisi va Kongress a’zolariga mamlakat hamda xorijda muhim muammolarni hal etishga qaratilgan kun tartibi nimalardan iborat ekanligi haqida bevosita Trampning o‘zidan eshitishga imkon beradi.
AQSh ma’muriyati rahbarining Kongressdagi yillik chiqishi an’anaga aylangan. Biroq Tramp 20-yanvarda ishga kirishgani sababli “Mamlakatdagi holat haqida”gi to‘laqonli chiqish haqida gap ketayotgani yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 2Dunyo
|
Eronni ShHTga qabul qilish jarayoni boshlanadi
Ayni vaqtda xalqaro tashkilotga 8ta davlat a'zo hisoblanadi, bular: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Hindiston va Pokiston.
Dushanbeda o‘tadigan sammit 20 yil avval tashkil etilgan tashkilot uchun yubiley sammit bo‘ladi.
“Tehronni ShHTga qabul qilish jarayoni muayyan vaqt olishi mumkin. Hindiston va Pokistonda buning uchun 2 yil vaqt ketgan. Biroq Eronni tashkilotga qabul qilish jarayoni boshlanishining o‘zi katta ilgarilash hisoblanadi, chunki Eron tashkilotga a'zo bo‘lishni 10 yildan ko‘proq vaqtdan beri kutmoqda”, deb aytilgan xabarda.
Tehron ShHTda kuzatuvchi davlat maqomini 2005 yilda olgan, 2008 yilda esa unga to‘laqonli a'zo bo‘lishga ariza bergan. Biroq 2015 yilgacha Eron unga nisbatan amal qilgan xalqaro sanksiyalar sababli tashkilotga qabul qilinmagan. ShHT qoidalariga ko‘ra, tashkilotga BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyalari ostida bo‘lgan davlatlar a'zo bo‘la olmaydi. 2015 yilda Eron o‘z yadroviy dasturini cheklashga rozi bo‘lgach, unga nisbatan amal qilgan sanksiyalarning bekor qilinishi ham uning ShHTga a'zo bo‘lishi uchun eshiklarni ochmagan. Bunga esa Tehron arizasining Tojikiston tomonidan to‘silishi sabab bo‘lgan. Gap shundaki, Dushanbe Tehronni Tojikiston islom tiklanish partiyasini qo‘llab-quvvatlashda ayblagan. Biroq bir muddat avval ushbu nizoni hal qilishga erishilgan. | 2Dunyo
|
MAShINA-TRAKTOR PARKLARINI PAXTA TERISh MAShINALARINI TIKLASh UChUN EHTIYOT QISMLAR, UZELLAR VA AGREGATLAR BILAN TA’MINLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mashina-traktor parklari tarkibiga berilgan paxta terish mashinalari tiklanishini ta’minlash va yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar uchun hisob-kitob qilish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda joylarda paxta terish mashinalari parki xatlovdan o‘tkazilganligi, 9180 paxta terish agregatini mashina-traktor parklari balansiga qabul qilish va ularning ish qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi (Olimjonov), “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi (Matchonov) tuzatish-tiklash ishlarini o‘tkazish jadvalini bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar, bunda paxta terish mashinalarini tayyorlab qo‘yishni ilovaga muvofiq shu yil 1-avgustdan kechiktirmay tugallashni nazarda tutsinlar.
Ushbu maqsadlarda:
tuzatish ishlarini markazlashtirilgan tartibda o‘tkazish uchun shu yil 15-aprelgacha paxta terish mashinalarini bazaviy mashina-traktor parklarida jamlasinlar, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasining tuzatish zavodlari va ustaxonalaridan samarali foydalansinlar;
mashina-traktor parklariga paxta terish mashinalari uchun tizimlar, agregatlar va ehtiyot qismlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishini, shu yil 1-avgustgacha esa tuzatish-tiklash ishlari tugallanishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi, tuzatib qo‘yilgan mashinalarning sifatini tekshirish va ularni qabul qilish bo‘yicha 1998-yil 10-aprelga qadar qo‘shma maxsus komissiyalar tuzsinlar. Mashinalar tuzatilgandan va tiklangandan so‘ng majburiy ravishda tekshirilishini va sinab ko‘rilishini ta’minlasinlar.
4. Respublika xalq xo‘jaligida hisob-kitoblarni takomillashtirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi tomonidan paxta terish mashinalariga sotib olinadigan ehtiyot qismlar va butlovchi uzellarni, tuzatish ishlarini o‘tkazishni qishloq xo‘jaligiga maqsadli transh bilan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga tegishli mablag‘ bilan ta’minlashni nazarda tutsin.
5. Tuzatish ishlarini tashkil etishning shunday amaliyotini qishloq xo‘jaligi texnikasining boshqa turlariga ham joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Paxta-bank” bilan birgalikda ishlab chiqarishga buyurtmalarni shakllantirish va iste’molchilarga yetkazib beriladigan texnikalarni va ularga ehtiyot qismlarni mablag‘ bilan ta’minlash tartibini 20 kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat-kooperativ qo‘mitasi bo‘linmalari va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi korxonalari o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berishga shartnoma munosabatlari tasdiqlangan tartibga ikki oy muddatda muvofiqlashtirilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
O‘zbekistonda Maishiy elektr texnikasi ishlab chiqarilishi va marketingi markazi yaratiladi
“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Motor zavodining bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydoni bazasida Maishiy elektr texnikasi ishlab chiqarilishi va marketingi markazini tuzadi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Yangi markaz Xitoyning “Mideya” va “Changxong” kompaniyalari ishtirokida yaratiladi. 2014—2017-yillarda markazga 25 million dollar investitsiya kiritilishi kutilmoqda.
Dastlabki ikki yilda binoni qayta qurish va ta’minlash ishlari, shuningdek muhandislik uskunalariga 7,3 million dollar investitsiya ajratiladi.
2015—2016-yillarda “Mideya” kompaniyasi yiliga 300 ming dona sovitgich ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. “Changxong” esa yiliga 500 mingta televizor ishlab chiqara boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zeltexsanaot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Yangi kompaniya elektrotexnika sohasidagi korxonalarning ishlab chiqarish va marketing faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadi. | 8O‘zbekiston
|
Politico: 2020-yil AQSh tarixidagi eng ko‘p o‘lim olib kelgan yil bo‘ldi
AQShning hujjatlashtirilgan tarixida 2020-yil o‘limlar soni jihatidan eng yomon yil bo‘ldi. O‘tgan yili mamlakatda rekord darajadagi o‘lim ko‘rsatkichi qayd etilgan. Bu haqda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) rasman e’lon qildi, deya xabar beradi Politico nashri.
2020-yilda AQShda uch milliondan ortiq odam vafot etdi. Ularning 400 mingga yaqini koronavirus qurbonlari. Virus amerikaliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan kasalliklar qatorida yurak-qon tomir va onkologik kasalliklardan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.
Pandemiya tufayli 2020-yilda AQShdagi o‘lim darajasi 2019-yilga nisbatan 15 foizga ortgan. Bu 1918-yildagi Birinchi Jahon urushi mobaynida yuz minglab odamlar Ispaniya grippidan vafot etgan vaqtdan beri eng katta o‘sishdir. Taqqoslash uchun, 2019-yilda o‘lim darajasi 2018-yilga nisbatan 1,2 foizga kamaygan edi.
Nashrning yozishicha, ushbu ma’lumotlar CDC’ning haftalik kasallanish va o‘limlar haqidagi hisobotining navbatdagi sonida e’lon qilinadi.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshidan beri AQShda 29 million kishi koronavirusga chalingan, 5,2 ming kishi kasallikdan vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, 23-fevral kuni Qo‘shma Shtatlarda koronavirus qurbonlari soni 500 ming kishidan oshdi. Shu munosabat bilan Bayden vafot etganlar uchun motam belgisi sifatida butun mamlakat bo‘ylab besh kunga bayroqlarni tushirishni buyurdi.
AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni Birinchi va Ikkinchi jahon urushi hamda Vyetnam urushi paytida halok bo‘lganlarning umumiy sonidan oshib ketgan.
The New York Times 21-fevral kungi sonining birinchi sahifasida koronavirus qurbonlari sonini anglatuvchi 500 mingta nuqtadan iborat grafik tasvirini chop etdi. Tasvir qurbonlar sonining o‘sish tezligini aks ettiradi. | 2Dunyo
|
Lionel Messi YChLda haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda UEFA tashkiloti o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.
Mazkur nomga “Barselona” sardori Lionel Messi loyiq deb topildi. U musobaqa yarim finalining dastlabki o‘yinida “Liverpul” darvozasiga 2 ta gol urgandi (3:0).
U bu yo‘lda jamoadoshi Luis Suares hamda “Ayaks”ning ikki nafar o‘yinchisi Donni van de Bek va Frenki de Yongni ortda qoldirdi.
G‘olib UEFA rasmiy saytida muxlislarning ovoz berishi yo‘li orqali aniqlandi.
Mazkur nomga quyidagi 4 nafar futbolchi da’vogarlik qilgandi:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Shahram G`iyosov meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi
O`zbekistonlik professional bokschi Shahram G`iyosov Meksikaning Tixuana shahrida 23 fevral kuni bo`lib o`tgan jangda meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Olimpiya qo`mitasi.
Edgar Puerto beshinchi raundda Shahramning ketma-ket zarbalaridan so`ng muvozanatni yo`qotdi. Hakamlar meksikalik bokschining sog`lig`iga xavf tug`dirmaslik uchun, bahsni to`xtatishdi va jangda Shahram g`olib deb e`lon qilindi. Eslatib o`tamiz, ushbu jang 10 raunddan iborat bo`lishi kerak edi.
Ushbu jang Shahram G`iyosov uchun professional ringda o`tkazilgan ettinchi jang va ettinchi g`alaba bo`ldi. Edgar Puerto uchun esa 38 jangda ikkinchi mag`lubiyat bo`ldi. Shu vaqtga qadar Puerta - 25 ta g`alaba, 11 ta durang, 1 ta mag`lubiyatga uchragan edi. | 13Sport
|
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangarondagi yiliga 112 mln g‘isht chiqaradigan zavodda bo‘ldi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Toshkent viloyati bo‘ylab safari davomida Ohangaron tumanidagi Building Innovation korxonasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Germaniya, Avstriya, Gretsiya, Ispaniya va Yaponiyadan keltirilgan uskunalar o‘rnatilgan korxona yiliga 112 milliondan ziyod pardozbop g‘isht ishlab chiqarish, 3 million dollarlik eksport qilish quvvatiga ega. Energiya tejaydigan uskunalar qo‘llanilgani, xomashyo tumanning o‘zidan olinishi tufayli mahsulot narxi nisbatan arzon bo‘ladi. 250 nafar aholi ish bilan ta’minlanadi.
“Korxona mahsulot hajmi va sifati bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilikka da’vogarlik qilmoqda. Keyingi bosqichda keramik bloklar, panellar ishlab chiqarish rejalashtirilgan”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
Prezidentimiz korxona quvvatlari, mahsulot namunalarini ko‘zdan kechirdi. Korxona rahbariga qurilish materiallari turlarini ko‘paytirish yuzasidan tavsiyalar berdi. Shu yerda Toshkent viloyatida qurilish va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, charmni qayta ishlashga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Rossiyaning “Yevrotsement grup” xoldingi bilan hamkorlikda Ohangaron sement zavodida amalga oshiriladigan loyiha shulardan biri. Qiymati 160 million dollarlik mazkur loyiha yiliga 17 million dollarlik mahsulot ekport qilish, 200 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi. | 8O‘zbekiston
|
Neapolda mafiyaning 70 yoshli ayol rahbari hibsga olindi
7-avgust kuni Italiyaning Neapol shahridagi “Champino” aeroportida mamlakatdagi katta jinoiy guruhlardan birining yetakchisi Mariya Lichchardi Ispaniyaga qochishga urinayotgan vaqtida hibsga olindi, deya xabar qildi “Interfaks”.
Mariya Lichchardi
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 70 yoshli “pikoletta” (italyan tilida qizaloq ma’nosini bildiradi) Italiyadagi eng qudratli mafiya guruhlaridan biri “Kamorra” asoschisi Jennaro Lichchardining singlisi.
Mariya Lichchardi sakkiz yil qamoq jazosini o‘tagan va 2009-yilda ozodlikka chiqarilgan. Ayol ozodlikka chiqqanidan keyin mafiya boshqaruvini o‘z nazoratiga olgan.
Mariya Lichchardiga mafiya guruhiga aloqadorlik, shuningdek, moliyaviy firibgarliklar va kimoshdi savdolaridagi tovlamachiliklar yuzasidan ayblovlar e’lon qilingan.
2021-yil may oyida Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olingani, dunyodagi eng yirik qurol sotuvchilardan biri qo‘lga tushgani, martda esa Yevropa mafiyasining eng ko‘p qidirilayotgan boshliqlaridan biri Ispaniyada ushlangani haqida xabarlar berilgan. | 2Dunyo
|
Pokiston bosh vaziri Imron Xon iyul oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Pokiston bosh vaziri Imron Xon 2021-yilning iyulida ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar beradi “Yuz.uz” nashri.
Ta’kidlanishicha, tashrifdan maqsad — ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish.
Qayd etilishicha, Pokiston uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun darvozaga aylanadi. Buning evaziga Pokiston O‘zbekistonga o‘z portini xalqaro dengiz yo‘llariga chiqish uchun taklif qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprel o‘rtalarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazgan edi. Onlayn uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi sheriklik va amaliy hamkorlikni kengaytirishning asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqilgan va birinchi galdagi choralar belgilab olingandi.
Abdulaziz Komilov Pokiston bosh vaziri Imron Xon va tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan uchrashdi | 8O‘zbekiston
|
Kiyevda o‘g‘ri bitta kredit beruvchi punktni 3 marta o‘mardi
Kiyevda bir erkak lahzali kredit berish punktini o‘marganlik uchun qo‘lga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kiyevlik erkak puldan tashqari, muassasa xodimlarining shaxsiy buyumlarini ham o‘g‘irlagan. Moddiy zararning umumiy miqdori 10 ming grivenni (365 dollar) tashkil qilgan
Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, bu qonunbuzarning mazkur punktga birinchi hujumi emas. Erkak tomonidan birinchi o‘g‘rilik avgust oyida sodir etilgan. Keyin esa sentabr oyida u xuddi shu muassasani o‘margan. Oktabrda esa u uchinchi marta o‘g‘rilikka tushgan.
Erkak avval ham mulkiy jinoyat sodir etgani uchun sudlangan. Unga 12 yillik ozodlikdan mahrum qilish va mol-mulkni musodara qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin. | 2Dunyo
|
Prezident qarori: Qoraqalpog‘istonda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qarorga asosan Amudaryo, Xo‘jayli, Chimboy, Qo‘ng‘irot, Beruniy va Taxiatosh tumanlarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va bo‘sh turgan obektlar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.
Kichik sanoat zonalari hududidagi tadbirkorlik sub'yektlariga:
davlat ko‘chmas mulki obektlari loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvlarni bajarish hamda barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 5 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi;
davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining “nol” stavkasi belgilanadi;
2020 yilning 1 fevraliga qadar yer solig‘i to‘lashdan ozod etiladi.
Mazkur kichik zonalarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 75 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilmoqda. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekiston va Janubiy Koreya deputatlik korpuslari o‘rtasida doimiy ishchi aloqalarni saqlab turishga kelishib oldi
2019 yil 30 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi deputati, MDH mamlakatlari parlamentlari bilan hamkorlik bo‘yicha Parlamentlararo diplomatik forum rahbari Chu Mi E boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi huzuridagi MDH mamlakatlari parlamentlari bilan hamkorlik bo‘yicha Parlamentlararo diplomatik forum ushbu davlat parlamenti spikeri Mun Xi Song tashabbusi bilan joriy yilning iyun oyida tashkil etilgan. Mazkur forumning asosiy maqsadi Koreya Respublikasi va MDH mamlakatlari qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish hisoblanadi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Koreya parlamentlari o‘rtasida bugun tobora mustahkamlanib borayotgan munosabatlarni yanada chuqurlashtirish masalalariga e'tibor qaratildi.
Ta'kidlanganidek, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalar 1995 yilda boshlangan bo‘lib, o‘sha paytda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida “Koreya – O‘zbekiston” parlament do‘stlik assotsiatsiyasi tuzilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida esa, 2005 yildan buyon Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh faoliyat yuritadi.
Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati yuzasidan tajriba almashish hamda bu borada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni ham yangi bosqichga olib chiqish, jumladan, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi sheriklik imkoniyatini oshirish, o‘zaro sarmoya kiritish hajmini kengaytirish, bunda parlamentlarning salohiyatidan yanada unumli foydalanish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat deputatlik korpuslari o‘rtasida doimiy ishchi aloqalarni saqlab turishga kelishib oldilar. | 8O‘zbekiston
|
TEMIR YO‘L TRANSPORTI TA’MIRLASh TAShKILOTLARI XODIMLARI UChUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISh QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari (keyingi o‘rinlarda xodimlar deb yuritiladi) uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Qoidalar temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar tashkilotlar binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
ish joylarining ahvoli;
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
temir yo‘l transportini ta’mirlash bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi;
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi.
7. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
ishchi va xizmatchilar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kerak.
13. Bevosita temir yo‘l transportini ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq xodimlar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
14. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
15. Xodimlar temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida ta’sir etishi mumkin bo‘lgan xavfli va zararli omillar, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
16. Har bitta tashkilot yoki alohida xavfli va zararli mehnat sharoitlarga ega bo‘lgan kasblar, ish o‘rinlari va hududlarining sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi ko‘rsatilgan ro‘yxatiga hamda ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonining og‘irlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega bo‘lishi lozim.
17. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
18. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar hamda amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarga faqat maxsus o‘qitilgan, ushbu ishlarni bajarish huquqini beruvchi hujjatga ega bo‘lgan xodimlar qo‘yiladi.
20. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
21. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda mas’ul xodim qo‘l qo‘yib rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
22. Tashkilot (sex) rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
23. Tashkilotlarda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
xonalar va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
xonalar va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
25. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
26. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qo‘llanilishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
27. Tashkilot rahbariyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
amaldagi me’yorlar bo‘yicha temir yo‘l transportini ta’mirlash uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
28. Tashkilot rahbariyati ishchi va xizmatchilarni quyidagi maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan bepul ta’minlashi shart:
maxsus kiyim-kechak;
maxsus poyabzal;
maxsus bosh kiyimi;
nafas a’zolarining himoya vositalari;
qo‘lni himoyalash vositalari;
bosh uchun himoya vositalari;
yuzni himoyalash vositalari;
eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari;
ko‘zni himoya qilish vositalari.
29. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga o‘qitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng temir yo‘l transportini ta’mirlash jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
30. Tashkilotlarda kasbiga ko‘ra tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
31. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
32. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan boshqa ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
33. Xavfli ishlarga tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
34. “O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
36. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
37. Tashkilotlarda xodimlarning sog‘lig‘ini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
38. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni tashkilot rahbariyati ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
39. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart.
40. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
41. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
42. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
43. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
44. Tashkilot maydonlari va binolarni joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarini bosh plani”ga mos bo‘lishi kerak.
45. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
46. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
47. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
48. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangani bo‘lishi kerak.
49. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak.
50. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yo‘l sostavlarini intensiv harakatlanishiga o‘tish joylari avtomatik signal bilan ta’minlanishi lozim.
51. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga muvofiq bo‘lishi kerak.
52. Ho‘l jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
53. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishini ta’minlashi kerak.
54. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga mos kelishi kerak.
55. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim.
56. Binoga avtomobillarni kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
57. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar orqali mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
58. Avtomobillarni binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan avtomobillar eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
59. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
60. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
61. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Ko‘rik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
62. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda to‘xtalishi lozim, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
63. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
65. O‘tish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga o‘xshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar), ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
66. Ishchi joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21°S, o‘rta og‘ir ishlarda 17°S va og‘ir ishlarda 16°S dan past bo‘lmasligi kerak.
67. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
68. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
69. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
70. Tashkilotning oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
71. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
72. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
73. Issiq va qoliplash sexlarida, bug‘lantirish kameralari bo‘linmalarida va qozonxonalardagi ishchilar smenada, tarkibida 0,5% gacha tuz bo‘lgan, bir kishiga 4-5 litr hisobida gazli suv bilan ta’minlanishlari kerak.
74. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
75. Ichimlik suvining harorati 8 dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
76. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
77. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
78. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
79. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
80. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda ikki martadan kam bo‘lmagan holda tozalash lozim.
81. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
82. Sun’iy yoritishda ikki tizim ishlatiladi: umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
83. Uchastkalarda va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan holi holda bajarilishi kerak.
84. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. O‘ta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkyerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni yoritish uchun ko‘chma elektr yoritgichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha ko‘chma yoritqichlar himoyalanish darajasi 1R54 dan kam bo‘lmagan va metall himoyalanish to‘ri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan bo‘lishi kerak.
85. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddatining talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
86. Tashkilot yo‘llarida temir yo‘l transporti harakatlanishida manevr lokomotivlari va motor-vagon harakatdagi tarkib eshiklari yopiq holda bo‘lishi hamda tok qabul qiluvchi moslamalar tushirilgan bo‘lishi kerak.
87. Harakatdagi tarkibni yurishi davomida temir yo‘l transporti sexi dispetcheri ruxsati bilan stryelka o‘tkazgichi doimiy navbatchisi yoki mashinist yordamchisi tomonidan stryelka aylantirilib turilishini tashkil etish lozim.
88. Ta’mirlash hajmini aniqlash bo‘yicha ishlar maxsus yo‘llarda bajarilib, ular yo‘lni har ikki tomonidan qattiq materiallar bilan yopilishi kerak.
89. Elektr harakat tarkibi belgilangan joyga qo‘yilmaguncha yoki kontakt simidan kuchlanish o‘chirilmaguncha unda ish olib borish va kuzatuv ishlarini bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
90. Harakatdagi tarkib chegaralash tayanchlari o‘rtasida belgilangan joyda joylashtirilib, boshmoqlar bilan mahkamlanishi, shuningdek tok qabul qiluvchi moslama tushirilib, yonilg‘i, suv va moy maxsus sig‘imlarga quyilishi va akkumulyator batareyalaridan chiqqan simlar o‘chirilishi lozim.
91. Elektr harakat tarkibi elektrofikatsiyalashgan yo‘llarda belgilangan joyga qo‘yilgandan so‘ng simdan kuchlanish o‘chirilishi va kontakt simi yerga ulanib, machtali ajratgich qulfga berkitilishi kerak.
92. Harakatdagi tarkib ta’mirlanishdan oldin axlat, yuk qoldiqlari, qor va muzlardan tozalanishi lozim.
93. Yo‘lovchi tashish vagonlarining motor-vagon harakatdagi tarkibi yuvilgan va dezinfeksiyalangan holda bo‘lishi, sisternalar esa ularni ta’mirlashga tayyorlash qoidalariga muvofiq yuk qoldiqlaridan tozalangan va moysizlantirilgan bo‘lishi lozim.
94. Harakatdagi tarkibni tozalash, yuvish va quritish ishlari maxsus kiyim-bosh va himoya ko‘zoynaklarida sexdan tashqarida yoki so‘rish-shamollatgichi bo‘lgan maxsus kameralarida bajarilishi kerak.
95. Seksiyalar elektr ulanmalarini uzish ishlari simlar zararsizlantirilganda va tok qabul qiluvchi moslamalar tushirilib, mahkamlangandan so‘ng, ishlamay turgan holatda bajarilishi lozim.
96. Harakatdagi tarkib sexlarga olib kirilayotganda odamlarni yo‘llarda, darvozalar orasida, harakatlanayotgan temir yo‘l transporti vositalari ustida hamda chiqish moslamalarida turishi taqiqlanadi. Lokomotiv yoki vagon sexga olib kirilayotganda, mazkur yo‘lda harakatdagi tarkib turgan bo‘lsa, ishlayotgan odamlar manevr ishlari tugagunga qadar undan tushishlari kerak.
97. Lokomotivlar va vagonlar ko‘tarib ta’mirlanayotganda ular orasidagi masofa 2 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Ta’mirlashga qo‘yilgan lokomotivlardan sex darvozasidan chiqadigan joygacha bo‘lgan masofa 4,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
98. Elektr harakatdagi tarkib yo‘lga qo‘yilganda, unga ikki tomonidan bemalol tushadigan va yonidan o‘tadigan bo‘sh joylar qoldirilishi lozim.
99. Manyovr ishlari harakat tarkibini saqlaydigan va ishlovchilar xavfsizligini ta’minlaydigan amaldagi texnologik jarayonlarga muvofiq bajarilishi lozim. Tashkilot rahbariyati tomonidan manyovr ishlari xavfsiz bajarilishi bo‘yicha texnologik jarayon ishlab chiqilishi shart.
100. Manyovr ishlari paytdagi tezlik: zavod tashkilot yo‘llarida soatiga 5 — 15 km, kesishmalarda va sex yaqinida soatiga 3 km, sex ichida soatiga 2 km ni tashkil etishi lozim.
101. Harakatdagi tarkib qo‘yiladigan joy tozalanadi va uni keskin tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
102. Foydalanayotgan uskunalarni barchasi doimo soz holatda bo‘lishi kerak.
103. To‘siqlar va himoyalash qurilmalari belgilangan joylarda o‘rnatilib, o‘rnatilgan darajada mahkamlab qo‘yiladi. Nosoz uskuna va to‘siqlarni nosozligi paytida ishlashga ruxsat berilmaydi.
104. Yangi o‘rnatilgan yoki ta’mirdan chiqqan uskunalar sex boshlig‘i va mehnatni muhofaza qilish muhandisi ishtirokida komission tartibda qabul qilingandan so‘ng ishga tushirilishi lozim.
105. Foydalanilayotgan uskunalar bo‘yicha texnik hujjatlar mavjud bo‘lishi kerak. Uskunalar konstruksiyasi va uni boshqaruv organlari mehnat xavfsizligini ta’minlashi zarur.
106. Verstaklar, stollar va stellajlar mustahkam, chidamli, qulay va balandlikda ishlovchilar uchun xavfsiz bo‘lishi hamda polga ishonchli mahkamlab qo‘yilishi lozim.
107. Verstaklar yuzalari silliq materiallar bilan qoplanadi. Stellajlar va uni tag qismlarida ko‘chish, tig‘li joylari, yoriqlar va boshqa nuqsonlari bo‘lmasligi kerak. Stellajlar polkalarini qiyaligi, saqlanayotgan jismlar tushib ketmasligi uchun ichkari tomonga qaratilishi lozim.
108. Verstaklarni qoplash paytida o‘tkir burchaklar bo‘lmasligi kerak. Verstak kengligi 0,75 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
109. Verstaklar qo‘yilgan qisqich (tiski)lar ishlov berilayotgan detal o‘lchovlariga muvofiq bo‘lishi va ular orasidagi masofa 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
110. Verstakda ishlovchilarni uchish mumkin bo‘lgan parchalardan himoyalash maqsadida yacheykalari 3 mm dan katta bo‘lmagan 1 m va undan ziyod balandlikda to‘rlar qo‘yilishi lozim.
111. Buyumlar va materiallarni taxlash uchun mo‘ljallangan stellaj va stollarda ularni ko‘tarishi mumkin bo‘lgan og‘irliklar haqida belgi ko‘rsatilishi kerak.
112. Ishlovga kelib tushgan detal va materiallar maxsus va aniq belgilangan joylarda joylashtirilishi lozim.
113. Uskunalar va binolar qismlari orasidagi masofa o‘tish va harakatlanish joylari kengligi, amaldagi qurilish, binolar va inshootlarni yong‘inga qarshi me’yorlarini loyihalash talablariga muvofiqlashtiriladi hamda uskunalar quvvati va turi transport vositalari va tayyorlanayotgan mahsulot gabariti, tashishni bajarish ishlari, odamlar va yuklarni intensivligiga qarab belgilanishi lozim.
114. Chang ajratadigan uskunalar (tozalash barabanlari, gitinaks, tekstolik, asbest va boshqalarga mexanik ishlov beradigan stanoklar) alohida xonalarda o‘rnatiladi va ular boshqa sexlar xonalaridan chang va ovozdan himoyalangan to‘siqlar bilan izolatsiyalanishi hamda tortish-so‘rish shamollatish uskunalari, mahalliy so‘rish va tozalash vositalari bilan jihozlanishi kerak.
115. Agarda uskunalar ishi yuqori darajadagi shovqinni keltirib chiqarsa, ularni sexlarda o‘rnatish sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
116. Issiq va zararli ishlar bilan bog‘liq sexlar va ishlab chiqarish uchastkalari izolatsiyalanishi lozim.
117. Pnevmatik zarba berib ishlaydigan doimiy ishlar uchun alohida xona ajratilishi lozim.
118. Barcha harakatni uzatuvchi (tasmali, arqonli, zanjirli, sharnirli va boshqalar) qismlarda mustahkam saqlaydigan to‘siqlar bo‘lishi lozim.
119. Uskunalar va mexanizmlarni aylanish qismlari 2,5 m balandlikdan pastda joylashgan bo‘lsa, maxsus to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilishi lozim.
120. Katta gabaritli uskunalarga xizmat ko‘rsatish poldan 1 m va undan oshgan holda amalga oshirilishi hamda uning yonida to‘sig‘i bo‘lgan maxsus maydoncha va unga chiqish uchun narvon bo‘lishi kerak.
121. Ishga tushirish apparaturasi uskunani tez va bir tekisda yoqish va undan qulay foydalanishni ta’minlashi lozim.
122. Yirik va uzun o‘lchovli uskunalar (transportyor, rolgang, konveyer va boshqalar) bir necha joyda to‘xtatish tugmalari (knopkalari) bilan jihozlanishi lozim. To‘xtatish tugmachasi qizil rangda bo‘lib “to‘xta” yozuviga ega bo‘lishi kerak.
123. Uskunani ishga tushirish pedallari ishonchli to‘siqlar va himoyalovchi qurilmalardan iborat bo‘lib, ular uskunani oldindan o‘qish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
124. Uskunalar va mexanizmlarni ta’mirlash va sozlash ishlari maxsus ajratilgan, o‘qitilgan va yo‘l-yo‘riqdan o‘tgan xodim tomonidan bajarilishi lozim.
Uskunalar va mexanizmlar ishlayotganda ta’mirlash ishlari bajarilishi taqiqlanadi.
125. Ish boshlanishi oldidan uskunalar va mexanizmlar o‘chirib qo‘yiladi. Barcha harakat uzatadigan kamarlar shkivdan olib qo‘yilishi kerak.
126. Ishga tushirish apparati va rubilniklarda belgilangan plakatlar osib qo‘yiladi va ishlayotgan joyga kuchlanish berilmasligi bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
127. Qirindilar, qirqilgan bo‘laklar, changlar va ifloslanishlar stanokda ishlovchilar tomonidan tozalanib olinadi.
128. Har bir ishlovchi uchun qulay sharoit yaratilib, ish bajarayotgan paytda ularning erkin harakati ta’minlanishi kerak.
129. Ish joyi yordamchi uskunalarni joylashtirish uchun yetarli darajada maydon, shuningdek, asboblar, jihozlar, ishlov beriladigan va ishlov berilgan buyumlar (stellajlar, stollar, yashiklar va boshqalar)ni saqlash uchun tegishli inventarlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
130. Ish joyida ishchini oyog‘i tagida soz yog‘och panjarali taglik bo‘lishi va plankalari orasidagi masofa 25 — 30 mm ni tashkil etishi kerak.
131. Agarda ish joylari ishchi yonida ishlayotganlar yoki atrofidan o‘tayotganlar uchun xavfli bo‘lsa, to‘siq o‘rnatilishi lozim.
132. Ish o‘rni yetarli darajada yoritilishi va tozalikda saqlanishi kerak. Ish o‘rinlari, yurish va harakatlanish yo‘llari, ish kuni davomida va ish joylarida tayyor mahsulot va qoldiqlar yig‘ilganda tozalanib turilishi kerak.
133. Ish joyida yonish xavfi bor va yengil yonadigan materiallarni saqlash taqiqlanadi.
134. Asboblar va moslamalarni ish joylarida saqlash uchun alohida shkaflar o‘rnatilishi lozim.
135. Buyumlarni shtabel shaklida taxlash uchun uning balandligi buyumni muvozanat sharoiti va ulardan detallarni olishda qulaylik bo‘lishiga qarab belgilanadi. Bunda shtabel balandligi 1 m dan oshmagan, ular orasidagi masofa 0,8 m dan kam bo‘lmasligi shart.
136. Shtabellar yiqilib ketmasligi va ulardan materiallar sirpanib, tushib ketmasligini oldini olish maqsadida maxsus moslamalar, tayanchlar, tirkagich, qatorlar orasiga taglik qo‘yilishi lozim.
137. Ish paytida qozonxonaga tushish qopqog‘i, sisternalar va quduqlar lyuklari ochiq bo‘lib, zarur bo‘lganda to‘sib qo‘yilishi kerak.
138. Agar tabiiy yoritilishi yetarli bo‘lmasa, 12 V li ko‘chma va portlashdan himoyalangan chiroqlardan foydalanish lozim.
139. Barcha yuk ko‘tarish hamda transport vositalari va yordamchi yuk ko‘tarish moslamalaridagi ishlarni bajarish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalariga (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
140. Yuk ko‘tarish krani hamda yuk ko‘tarish moslamalari yaroqsiz holatga kelganligi tufayli hisobdan chiqarilganda yoki yozma arizaga muvofiq boshqa egasiga berilayotgan paytda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lmagan ko‘tarish kranlari hamda yuk ko‘tarish moslamalariga inventar raqami beriladi, bu raqam tashkilot yoki sex yuk ko‘tarish kranlari va yuk ko‘tarish moslamalarini hisobga olish kitobiga qayd etilishi lozim.
141. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan yuk ko‘tarish moslamalarini ishga tushirish bo‘yicha ruxsat quyidagi hollarda olinishi shart:
a) yangi ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuk ko‘tarish kranini ishga tushirish oldidan;
b) yuk ko‘tarish kranini yangi joyga ko‘chirib montaj qilingandan keyin;
v) yuk ko‘tarish krani ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin;
g) portal kranini yangi joyga ko‘chirib o‘rnatilgandan keyin;
d) yuk ko‘tarish kranlari ta’mirlangandan keyin va bunda uning hisoblanadigan elementlari va uzellarini payvandlash qo‘llanilib almashtirilganda.
142. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatga olinmagan yuk ko‘tarish kranlarini ishga tushirishga ruxsatni tashkilotda yuk ko‘tarish kranlari ustidan nazoratni olib boradigan mas’ul shaxs tomonidan berilishi lozim.
143. Tegishli yuk ko‘tarish kranlari, yuk ko‘tarish moslamalari va taralarini soz holda ushlab turilishini hamda talab darajasida ko‘rik, ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish orqali, ularni xavfsiz ishlash sharoitlari ta’minlanishi lozim.
144. Yuk ko‘tarish kranlarini xavfsiz ishlatish bo‘yicha mas’ul shaxslar tayinlanishi xizmat ko‘rsatadigan xodimlar va muhandis-texnik xodimlar o‘qitilishi va bilimlarini sinovdan o‘tkazish tartibi belgilanishi lozim.
145. Asosiy kasblarda ishlovchilar poldan yoki statsionar pultdan yuk ko‘tarish kranlarini boshqarish va bunda kranlar changaklariga yuklarni ilish ishlariga tegishli yo‘riqnoma olgandan va kranlarni xavfsiz boshqarish va belgilangan tartibda yuklarni mahkamlash bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
146. Yuk ko‘tarish kranlariga to‘g‘ri xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun tashkilot rahbariyati ishchilarni maxsus asboblar bilan ta’minlashi kerak.
147. Yuklarni ko‘tarish va tashish ishlari bajarilganda quyidagi asosiy talablar bajarilishi kerak:
a) ish joyida va yuk ko‘tarish kranlarida ishga aloqasi yo‘q shaxslar bo‘lmasligi kerak;
b) ko‘priksimon va harakatlanadigan konsol kranlarga chiqish va kirish maydonchasi yoki o‘tish galereyasi orqali amalga oshirilishi kerak;
v) agar, kran elektrouskunalari, mexanizmlari va metallokonstruksiyalar sozlansa, ta’mirlansa yoki ko‘rikdan o‘tkazilsa, kirish qurilmasidan rubilnik o‘chirilishi kerak;
g) ko‘tarish uchun belgilangan yuklarni ilish uchun ko‘tarilayotgan yukni og‘irligiga mos keladigan hamda shoxlari soni va ular og‘ish burchagi hisobga olingan stropalar qo‘llaniladi, bunda umumiy maqsaddagi stropalar shunday qabul qilinadiki, ularning shoxlari orasidagi burchak 90°S dan oshmasligi kerak;
d) mayda (donalik) yuklarni ko‘tarish va tushirish maxsus taralarda bajariladi va bunda, ularni joyidan tushib ketmaslik choralari ko‘rilishi kerak;
e) devor, kolonna, shtabel, temir yo‘l vagoni, stanok va boshqa uskunalar yonidagi yuklar ko‘tarilganda odamlar (shu jumladan yuk iluvchilar) ko‘tarilayotgan yuk va mazkur ko‘rsatilgan bino yoki uskunalar orasida bo‘lmasligi kerak, shuningdek bu talablar yuk tushirilganda ham bajarilishi kerak;
j) yuk gorizontal yo‘nalishda olib ketilayotgan sharoitda u yo‘lda uchraydigan jismlardan 0,5 m balandlikda joylashgan bo‘lishi va bu ish oldidan bajarilishi kerak;
z) tashilayotgan yukni tushirish faqat belgilangan joyga olib borilganda va oldindan taglik qo‘yilgan joydagina amalga oshiriladi;
i) avtomashina kuzovi va ochiq vagonlar ichida odamlar turgan paytda, ularga yuklarni tushirish va ko‘tarishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;
k) magnit va greyfli kranlar ishlayotgan hududlarda odamlarni bo‘lishi va ish bajarilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;
l) ish tugaganda va ishdan tanaffus paytida yuk osilgan holda qoldirilmaydi.
148. Yuk ko‘tarish krani ishlayotganda:
a) muvozanatsiz holatda joylashgan yukni ko‘tarish yoki ikki tomonli changakni bir tomoniga yukni ilish;
b) odamlar ustida yoki yonida bo‘lgan yuklarni ko‘tarish va tashish, tuproq bilan to‘ldirilgan yuk yoki u muzlab yerga yopishgan bo‘lsa, boltlar bilan mahkamlangan yoki beton qo‘yilgan boshqa yuklar bilan to‘ldirilsa hamda metall va shlak pechda qotib qolganda ularni ko‘tarish;
v) yuk kanatlari og‘ish holatida kran changagi bilan yerda, polda va relslarda yukni tashish hamda yuk kanatlarini vertikal holatini ta’minlaydigan yo‘naltiruvchi bloklarni qo‘llamay temir yo‘l vagonlari, platformalari, vagonetka va aravachalarni harakatlantirish;
g) yuk ko‘tarish krani yordamida qisilgan yuklar, kanatlar, stropalar va sexlarni bo‘shatish;
d) ishlashi to‘xtatilgan yoki nosoz xavfsizlik priborlari va tormozlari bilan ish bajarish taqiqlanadi.
149. Elektr uzatish simlari yoki elektr tarmog‘i havo simlari kuchlanishi 10 kV dan oshgan bo‘lsa va chekkadagi simdan masofa 30 m dan kam joylashganda stryelkali kranlarni o‘rnatish va ishlatish faqat tegishli ruxsatnomaga muvofiq bajarilishi lozim.
150. Berk omborxonalarda va saralash platformalarida yuklash-tushirish ishlari kichik gabaritdagi, akkumulyatorli, yuk ko‘tarish quvvati 0,5 t dan 2 t gacha bo‘lgan elektr yuklagichlar bilan amalga oshirilishi lozim.
151. Ochiq va yopiq maydonchalarda yuk ko‘tarish ishlari 3 t dan 10 t gacha bo‘lgan va ichki yonuv dvigatelidan harakatlanuvchi qurilma qo‘llanilgan avtoyuklagichlar orqali amalga oshirilishi lozim.
152. Yuk ko‘tarish vositalarida ish boshlanishidan oldin haydovchi tormoz priborlari holatini tekshirib ko‘rikdan o‘tkazishi, signallar, ko‘tarish moslamalari, barcha uzellar va detallarni sozligiga ishonch hosil qilishi va shundan keyin ishga kirishishi lozim.
153. Haydovchi yukni ko‘tarishdan oldin changakni bloksiz strelada va belgilangan og‘irlikni ko‘tarishi lozim bo‘lgan holatga hamda yuk ko‘tarish moslamasini vertikal holatga qo‘yishi kerak.
154. Kovshlar bilan jihozlangan va yuklash, tushirish, parchalangan va yengil to‘kiladigan materiallarni tashish va to‘kish uchun ishlatiladigan avtoyuklagichlar yukka birinchi tezlikda kelib, yukni bog‘lanish joyi o‘chirilishi bilan bir vaqtda o‘zi tomoniga kovshni aylantirib olishi kerak.
155. Kovshlar bilan jihozlangan avtoyuklagichlarni ishlayotgan dvigatel, ko‘tarilgan yuk yoki kovsh bilan qoldirishga ruxsat etilmaydi.
156. Yuklarni tashish kichik tezlikda bajariladi, bunda avtoyuklagich ramasi orqaga oxirigacha pasaytiriladi, iluvchi moslamalar yukni yerdan ko‘tarishdagi balandlikda joylashtiriladi, pnevmatik shinali yuklagichlarda bu masofa 400 mm dan oshmasligi kerak.
157. Harakatlanish yo‘llarida va burilishlarda, odamlar gavjum joyda haydovchi mashina tezligini pasaytirib signal berishi shart. Vagonga kirish va undan chiqish paytida mashina aylanadigan zonada odamlar yo‘qligiga ishonch hosil qilinishi kerak.
158. Yukni ko‘tarish paytida domkrat vertikal holatda o‘rnatiladi va bunda oldindan tormoz moslamalari sozligi va mustahkamligi tekshiriladi. Metall predmetlar ko‘tarilganda domkrat yostig‘i va jismni tegish nuqtasiga tekis yog‘och taglik qo‘yilishi lozim.
159. Reykani tayanchli joyi va reykali domkratni pastki qismi yuklar sirpanib ketmasligi uchun o‘tkir o‘yiqli joylariga, domkratni tayanch maydoni o‘tkir shiplarga ega bo‘lishi kerak.
160. Domkratlar shtoki sekin va osoyishta tushirilishi kerak. Suyuqlikni (havo) olib keluvchi yoki olib ketuvchi truba zararlanganda, uni harakatini to‘xtalishini ta’minlovchi moslamalari (qaytish klapani va diagrammasi) mavjud bo‘lishi lozim.
161. Domkratlarni sinash yilda bir marta o‘tkaziladi. Sinovdan o‘tkazish bo‘yicha natijalar pasportga yoziladi hamda domkratga yuk og‘irligi va sinov muddati ko‘rsatilgan trafaret va kleyma urilishi lozim.
162. Balandlikda mustaqil ishlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qitilgan, bilimlari sinovdan o‘tkazilgan shaxslar qo‘yilishi lozim.
163. Yuqorida ishlovchilar himoya kaskalari va kamarlaridan foydalanib ishlashi kerak.
164. Ish boshlanishidan oldin himoya kamari, kaskalar va boshqa asboblar ish rahbari tomonidan tekshirilishi lozim.
165. Sinovdan o‘tkazilmagan va belgisi bo‘lmagan kamardan foydalanish taqiqlanadi.
166. Asboblar olib yurish va saqlash uchun tepada ishlovchilar maxsus sumkalarga ega bo‘lishi kerak.
167. Vishka staninasida uni yuk ko‘tarish og‘irligi va har yilda o‘tkaziladigan sinov muddati ko‘rsatilgan yozuv bo‘lishi kerak.
168. Teleskopik vishkada ish bajarishdan oldin ish joyi to‘sib qo‘yiladi. Teleskopik vishkada 2 kishi ishlashi lozim.
169. Teleskopik vishka savatida himoya kamarisiz ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Odamlar vishka ichiga joylashganda uni gorizontal harakatlanishi mumkin emas. Ish bajariladigan joyga begona shaxslar qo‘yilmaydi.
170. Balandlikda ishlash uchun inventar maydonchalar (havoza, ko‘tarma kajavalar) qo‘llaniladi.
171. Taglikni tekislash uchun g‘ishtlar, toshlar, klinlar ishlatilmaydi. Havoza butun balandligi bo‘yicha qurilayotgan bino va inshootlarga unga o‘rnatilgan changaklar orqali mahkamlanishi lozim.
Havozalar binoning boshqa chiqib turgan qismlariga mahkamlanishi taqiqlanadi. Metall trubali havozalar devorlariga uning ichiga yoki oraliqlariga qo‘yilgan anker boltlari bilan mahkamlangan bo‘lishi shart.
172. Havozalar tagliklari har kuni axlat va ifloslanishlardan tozalanishi kerak.
173. Osib qo‘yiladigan kajavalar statik sinovdan o‘tkazilgandan keyin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi va bu sinov hisoblangan og‘irlik ko‘tarish imkoniyatdan 25 foiz ko‘p yuk bilan amalga oshirilishi lozim.
174. Osib qo‘yiluvchi kajavalar zich taxlangan taglik va 1 m dan iborat to‘siqqa ega bo‘lishi kerak. Kajava ko‘tarilayotgan paytda, ularni ushlab turgan po‘lat arqonlar binoni chiqib turgan qismlariga tegmasligi lozim.
175. Havozalarni buzish qurilish ustasi rahbarligida bajariladi. Buzilayotgan joyga o‘tishga ruxsat etilmaydi.
176. Ko‘chma narvonlar sinalgan va tegishli belgiga ega bo‘lishi kerak. Ko‘chma narvonlar har olti oyda 120 kg yuk bilan sinaladi va bu yuk narvon gorizontal tekislikka nisbatan 75° burchak ostida o‘rnatilgan holda, uning o‘rtacha qismidagi pog‘onalaridan biriga ilinishi lozim.
177. Ko‘chma yog‘och narvonlar uzunligi 5 m dan oshmasligi lozim.
178. Narvon pog‘onalari qo‘yilgan joyda o‘rnatilib, har 2 m dan kam bo‘lmagan masofada metall boltlar bilan mahkamlanishi kerak.
179. Ishchi narvonning yuqori pog‘onasida turib ish bajarganda narvonning tepa qismidan kamida 1 m past masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
180. Narvonni pastki qismi o‘tkir metall (nam tuproqda) shiplari bilan yoki rezina (qattiq yerda) bilan qoplanishi lozim.
181. Yopiq metall narvonlari 5 m dan baland bo‘lsa, ularni chiqish pog‘onalari 3 m balandlikdan boshlab vertikal bog‘langan yoy shaklidagi metall bilan qoplanadi. Narvonlar qiyaligi 1:3 nisbatidan oshmasligi kerak. Ikki tomonlama tayanchdagi narvon, ularni o‘z-o‘zidan siljib ketmasligini ta’minlaydigan qurilmaga ega bo‘lishi kerak.
182. Harakatdagi tarkib uzellari va detallari, agar ular ta’mirlashdan oldin ochilgan taqdirda yuvish yoki bug‘lash mashinalarida tozalanishi lozim.
183. Bug‘lovchi vannalar 1 m dan past bo‘lmagan to‘siqlar va eritma (qorishma) bug‘larini so‘rish moslamalariga ega bo‘lishi kerak. Yuvish mashinalarida mahalliy so‘rish shamollatgichi va himoya shtorlari bo‘lishi lozim.
184. Gazlar va bug‘larni haydash uchun shamollatgich pirpiragi zanglamaydigan materialdan tayyorlanishi lozim.
185. Vannada bug‘langandan keyin detallarda qolgan kaustik va kislota aralashmalari qoldig‘i toza suv bilan yuvilishi lozim.
186. Detallarni vannaga yuklash, chiqarish hamda og‘ir detallarni yuvish mashinalariga yuklash va chiqarish maxsus moslamalar bilan bajarilishi lozim.
187. Akkumulyator xonalari mustaqil tortish-so‘rish shamollatgichi bilan jihozlanishi va uning elektr dvigateli yopiq holda bo‘lishi lozim.
188. Akkumulyator xonalari, uning eshiklari va tamburlari doimo soz bo‘lishi hamda zich yopilishi lozim.
189. Akkumulyator xonalari devorlari va tamburlari kislotaga qarshi bo‘yoqlar bilan bo‘yalib, pol sementda metlax plitkasi yoki kislotani o‘ziga tortmaydigan va kislota ta’siriga uchramaydigan boshqa material bilan qoplanishi lozim.
190. Akkumulyator xonalarida elektr apparaturasi faqat yopiq ko‘rinishda (portlashga xavfsiz ijroda) o‘rnatilishi kerak.
191. Akkumulyator xonalarida ishchi va avariya elektr yoritgichi o‘rnatilib, ular germetik armaturada bo‘lishi va simlar bir tomirli elektr simlaridan tayyorlanishi lozim.
192. O‘chirgichlar, shtepsel rozetkalari va himoyalash vositalari akkumulyator xonalaridan tashqarida o‘rnatilishi lozim.
193. Zaryadlash agregati alohida xonada o‘rnatilishi kerak.
Zaryadlash agregatini aylanish qismlari himoyalash to‘rlari yoki shitoklar bilan to‘sib qo‘yiladi.
194. Akkumulyator xonalarini isitish uchun ochiq pechlar, elektr pechlari va elektr plitkalari ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
195. Akkumulyator batareyalari joylashgan stellajlar isitish priborlaridan kamida 1,5 m va bir-biridan 1 m masofada o‘rnatilishi kerak.
196. Kislotani saqlash va elektrolit tayyorlash uchun maxsus xona ajratilib, ushbu xona 5 baravar kuchlikdagi havo almashishini ta’minlaydigan mexanik shamollatgich bilan jihozlanishi lozim.
197. Oltingugurt kislotasi maxsus tayyorlangan panjarali yog‘och yashiklarda 2 kishi tomonidan ko‘tarib tashilishi lozim.
198. Polga to‘kilgan kislota o‘tkir hidli kaliy yoki kuchli soda aralashmasi bilan neytrolizatsiyalanadi va darhol poldan tozalanib olinishi kerak.
199. Kislotali va ishqorli akkumulyator batareyalarini bitta xonada saqlash man etiladi.
200. Asbob va metall qismli detallarni batareyalarga qo‘yish mumkin emas.
201. Akkumulyator xonalarida ochiq o‘tdan foydalanish, chekish va ularni bo‘yash uchun nitrobuyoq va nitrolak ishlatish taqiqlanadi.
202. Akkumulyator batareyalari bevosita lokomotivda yoki vagonda plastinkalararo ulagichlar ulanayotganda past kuchlanishli (12 — 36 V) chiroqlar ishlatilib, ularni simlari rezina shlanglar ichiga joylashtiriladi va chiroqlar metall armatura bilan jihozlanishi lozim.
203. Oltingugurt kislotasi va elektrolit bilan akkumulyator batareyalari ta’mirlanayotganda chilangar qo‘pol junli kiyimda, rezina etikda, rezinalashtirilgan fartuk, tizza himoyalagan va himoya ko‘zoynagida bo‘lishi kerak.
204. Sex xonalari va ish joylarini tozalash har kuni bajarilib, unda qo‘rg‘oshin changlari va elektrolitlar yuviladi. Devorlar, shiplar, karnizlar, oynalar va havo yo‘llari har o‘n kundan kam bo‘lmagan muddatda bir marta nam lattalar bilan tozalanishi zarur.
205. Akkumulyator batareyalari nosozligi bartaraf etish jarayonida elementlarini qisqa tutashuviga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.
206. Akkumulyator batareyalari bilan ishlash jarayonida quyidagilar:
a) metall jismlar bilan akkumulyator ikkita elementiga bir vaqtda tegish;
b) izolatsiyasiz tok yurish qismlariga qo‘lga (ulanish joylari, kontaktlar, elektr simlari) dielektrik qo‘lqoplarni kiymasdan tegish;
v) akkumulyator batareyalarini ulanish joyida kuchlanish borligini qisqa tutashuv orqali tekshirish taqiqlanadi.
207. Ishlovchilar shaxsiy ehtiyotkorlik choralari va mehnat gigiyenasiga rioya qilib, tez-tez qo‘li va yuzini yuvishi, maxsus belgilangan joyda taomni saqlashi va iste’mol qilishi kerak.
208. Payvandlash ishlari bajarilayotganda quyidagi hujjatlarga amal qilinishi kerak:
a) elektr payvandlash ishlari paytida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari;
b) metallarga atsitelen va gaz o‘tli ishlov berish paytida xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari;
v) payvandlash va boshqa o‘t bilan bog‘liq ishlar obyektlarda bajarilgan paytda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga.
209. Payvandlash va eritish ishlarida ishlayotgan xodimlar payvandlash davomida ajralib chiqqan gazlar va zararli toksik moddalardan himoyalanishini ta’minlovchi vositalardan foydalanishi zarur.
210. Payvandlash simlari tok manbasidan payvandlovchini ish joyigacha mexanik zararlanishidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
211. Payvandlovchi bilan birga ishlayotgan shaxslar himoya vositalari (himoya ko‘zoynaklari, qo‘lqoplar) ga ega bo‘lishi kerak.
212. Payvandlash xonasida yengil yonadigan materiallarni saqlash taqiqlanadi.
213. Kuchlanish manbasidan elektr ushlagichga tok uzatayotgan payvandlash kabeli va qaytuvchi qarama-qarshi sim puxta izolatsiyalangan bo‘lishi kerak.
214. Qaytuvchi qarama-qarshi sim o‘rniga relsni ishlatish taqiqlanadi.
215. Payvandlash ishlarini yangi bo‘yalgan metall konstruksiyalarida hamda vagonlar neft mahsulotlari bilan ifloslangan yo‘llarda bajarish taqiqlanadi.
216. Gazlarni chiqishi gaz chiqayotgan joyga sovun ko‘piklari surkalib aniqlanadi. Gaz chiqishi aniqlanganda payvandlash ishlari to‘xtatiladi va gaz chiqishi bartaraf etiladi hamda xona shamollatiladi.
217. Shlanglar mexanik zararlanish va o‘tdan ishonchli himoyalanishi kerak. Izolatsiya lentasi yoki boshqa materiallar bilan o‘ralgan nosoz shlanglarni ishlatish taqiqlanadi. Shlangni ta’mirlash kerak bo‘lganda, uni nosoz joyi qirqilib, po‘lat quvur orqali ulanadi. Ta’mirlangan joyi 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
218. Gaz payvandlash uskunalari va asboblarini moylash yoki yog‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi.
219. Kislorod va atsetilen bilan to‘ldirilgan ballonlarni tashlab yuborish, ularga zarba berish hamda ballonlarni yelkada tashish taqiqlanadi.
220. Kislorod va gaz ballonlarini issiqlik manbalari yonida joylashtirish, quyosh nurlari ta’sirida bo‘lishi, tok yurish qismlariga tegib ketishi va himoyalovchi moslamasiz shtutser, qalpoqlarsiz tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
221. Ballonlarni buzish va ta’mirlash payvandchi tomonidan bajarilishi mumkin emas.
222. Uskuna va avtomatlashtirilgan liniyalar, ularning ishga tushganligi haqida ogohlantiruvchi yoritish va tovush signallari tizimi bilan ta’minlanadi. Signal elementlari (qo‘ng‘iroq, sirena va lampa) mexanik shikastlanishdan himoyalangan bo‘lishi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ish hududida signalni eshitishi va ko‘rishini ta’minlab joylashtirilishi lozim.
223. Elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun ishlab chiqarish uskunasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) xavf manbai bo‘lgan ishlab chiqarish uskunasi tok uzatuvchi qismi mustahkam qotirilgan, izolatsiyalangan, to‘silgan yoki odamlar uchun o‘tib bo‘lmas joyda o‘rnatilgan bo‘lishi lozim;
b) elektr uskunaning ochiq bo‘lgan tok uzatuvchi qismini eshigi yopiluvchi korpusi (shkaf, blok) yoki odamlar uchun o‘tishi mumkin bo‘lgan joyda joylashganda yopiq himoya yopqichi bo‘lishi lozim;
v) ishlab chiqarish uskunasining metall qismi izolatsiya shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishining xavfli ko‘rsatkichi 10 — 15 mA. ta’sirida bo‘lsa, yerga sim orqali ulangan bo‘lishi lozim;
g) ishlab chiqarish uskunasi elektr zanjiri sxemasida barcha elektr zanjirni ta’minlash tarmog‘idan o‘chirish markaziy moslamasi nazarda tutilishi lozim.
224. Yechiladigan himoya va to‘siq moslamalari faqat konstruksiya yoki texnologik sabablar bo‘yicha ularni statsionar o‘rnatish imkoni bo‘lmaganidagina qo‘llaniladi.
225. Ta’mirlash va sozlash ishlarini bajarish hamda texnologik jarayonlarni va mexanizm ishini kuzatish uchun to‘siqlarda yopiluvchi oyna yoki lyuklar nazarda tutilishi mumkin. Kuzatish oynasi va lyuklarining tuzilmasi (konstruksiyasi) xizmat ko‘rsatuvchi xodimning kuzatish qulayligi va xavfsizligini ta’minlashi kerak.
226. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
227. Ishlarni bajarish bilan bog‘liq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
228. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat-aksionerlik kompaniyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavlatenergonazorat” davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan. | 10Qonunchilik
|
Bu yil O‘zbekiston maktablarida o‘qituvchilar qog‘ozbozligi 2 martadan ortiqqa qisqardi
O‘zbekistonda joriy yilda maktablarni tekshirishlar soni 8 mingtaga qisqardi, o‘qituvchilar qog‘ozbozligi esa ikki martadan ortiq kamaytirildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
“Mamlakatda umumiy ta’lim muassasalarida asossiz tekshirishlar o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi mexanizm yaratildi. Natijada faqat 2017-yilning o‘zida ularning soni 26 baravar kamaydi. Respublika maktablarida o‘tgan yili 27 mingdan ortiq tekshirish o‘tkazilgan. 2018-yilda tekshirishlar soni 8 mingdan ortiqqa qisqardi”, — deya ta’kidlaydi Xalq ta’limi vazirligi.
Bundan tashqari, o‘qituvchilarni majburiy mehnat va majburiy obuna, turli yig‘ilishlarga jalb etish to‘xtatildi. O‘qituvchilar yuritadigan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga qisqartirildi. | 8O‘zbekiston
|
Qishloq хoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi
Prezidentning 8.05.2018 yildagi PQ–3702, PQ–3703, PQ–3704-son qarorlari bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat agrar universitetiga qabul kvotalari tasdiqlandi, shuningdek Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi.
«Irrigatsiya»ga qabul kvotalari
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 24.05.2017 yildagi PQ–3003-son qarori bilan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari institutiga (bundan keyin – Irrigatsiya instituti) aylantirilgan.
Quyidagi jadvalda 2018–2019 oʻquv yilida Irrigatsiya instituti va uning filialiga qabul kvotalari koʻrsatilgan.
Oliy ta’lim muassasasi
Qabul rejasi
Ta’lim berishga asos
Bakalavriat
Irrigatsiya instituti
900
Grant
Kontrakt
290
610
Buхoro filiali
270
200
70
Magistratura
Irrigatsiya instituti
86
74
12
Buхoro filiali
6
6
–
Keyingi oʻquv yilidan boshlab Irrigatsiya instituti va uning filialida qishloq va suv хoʻjaligi sohasi magistratura mutaхassisliklariga qabul toʻliq grant asosida amalga oshiriladi. Ushbu qoida faqat Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan amal qiladi.
«Agrar»ga qabul kvotalari
Andijon qishloq хoʻjaligi instituti negizida Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali tashkil etilmoqda. Undan tashqari Termiz va Nukusda tashkil etilgan filiallar ham faoliyat yuritmoqda. Yangi oʻquv yilida koʻrsatilgan oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul rejasi quyidagi koʻrinishga ega:
Oliy ta’lim muassasasi
Qabul rejasi
Ta’lim berishga asos
Bakalavriat
Toshkent agrar universiteti
750
Grant
Kontrakt
200
550
Andijon filiali
500
145
358
Nukus filiali
300
74
226
Termiz filiali
300
70
230
Magistratura
Toshkent agrar universiteti
87
87
–
Andijon filiali
15
15
–
Nukus filiali
19
19
–
Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga kvotalar
Yangi institut Samarqand qishloq хoʻjaligi instituti negizida tashkil etilmoqda. Institutga qabul kvotalari jadvalda koʻrsatilgan.
Qabul rejasi
Ta’lim berishga asos
Bakalavriat
750
Grant
Kontrakt
225
525
50
Magistratura
50
–
E’tibor bering! Oʻzbekiston fuqarolari Agrar universitet va uning filiallari, shuningdek veterinariya instituti magistraturasiga faqat grant asosida qabul qilinadi.
Bundan tashqari, barcha oliy ta’lim muassasalari boʻyicha kadrlar buyurtmachilari roʻyхatlari va ularga taqsimlangan talabalar soni koʻrsatilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Lenara Xikmatova. | 10Qonunchilik
|
Qo`shmachilik qilgan ijarachi
G.Qayumova o`zi Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Chilonzor-23, 7-uy, 3-xonadonda ro`yxatda tursa-da, Chilonzor-25, 36-uy, 176-xonadonda doimiy ravishda istiqomat qilib kelgan. Ammo uning marhum onasidan meros bo`lib qolgan, Toshkent shahar Uchtepa tumani 7-sonli Davlat notarial idorasining 2013 yil 02 oktyabr kunidagi 1-4575-sonli vorislik to`g`risidagi guvohnomasiga ko`ra Uchtepa tumani, Chilonzor mavzesi, 25 daha, 36-uy, 176-xonadon ham uning vorislik mulki hisoblangan. G.Qayumovaning asosiy daromadi esa kichik tadbirkorlikdan bo`lib, “Farhod” bozorida eski-tuski kiyim-kechaklar savdosi bilan shug`ullangan. Hammasi ana shu faoliyati davomidagi tanishuvdan boshlangan...
SO`NGGI PUShAYMON
— 2015 yil oktyabr oylari oxirlarida bozorda o`zimga o`xshab savdo bilan shug`ullanuvchi fuqaro Sh.Jabborova bilan tanishib qoldim. Sh.Jabborova esa uy manzili Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashganligi, shu sababli bozorga qatnash birmuncha qiyinchiliklar tug`dirayotganligini bildirib, mening xonadonda bir o`zim istiqomat qilayotganligimni bilib, ijara asosida istiqomat qilishlikka xohishi borligini bildirdi. Sh.Jabborova xonadonni ko`zdan kechirib, bir necha kun yashab, agarda unga to`g`ri kelsa, kelgusida qonuniy tartibda ijara shartnomasi tuzmoqchi ekanini aytdi. Men esa Sh.Jabborovaning bu taklifiga, ming afsuski, bilmasdan rozi bo`ldim, - deya izo= beradi G.Qayumova holat bo`yicha.
ISBOTINI TOPGAN ShUBHA
G.Qayumova 2015 yil 29 oktyabr kuni ertalab Qo`yliq bozoriga ketgan edi. Tushlik vaqtiga yaqin uchastka noziri G.Qayumovaga qo`ng`iroq qilib, uyiga begona shaxslar kirib ketganligini bayon etib, tez etib kelishlikni taklif qiladi. Shundan so`ng G.Qayumova soat 15:30larda uyga etib kelib, uchastka noziri bilan birgalikda xonadonga kiradi. Fuqaro Sh.Jabborova haqiqatdan ham o`zboshimchalik bilan xonadonga ikki nafar fuqaroni kirgizib, fahsh uchun sharoit yaratgani isbotlanadi.
— Men hech qachon Sh.Jabborovaga xonadonimni faxsh uchun foydalanishga ruxsat bermaganman va buni hattoki muhokama ham qilmaganman, — deydi kuyinib G.Qayumova. — O`zim ham xonadondan hech qachon fohishaxona yoki bo`lmasa boshqa noqonuniy tarzda foydalanmaganman, buni qo`ni-qo`shnilar va mahalla ahli to`lig`icha tasdiqlaydi.
Shuningdek, fuqaro G.Qayumova Sh.Jabborovani noqonuniy ravishda xonadonidan foydalanib daromad olishga undamaganini hamda o`zaro jinoiy til biriktirmaganini ta`kidlaydi.
JINOYaT QUROLI DEB TOPILGAN XONADON
Dastlabki tergov organi tomonidan G.Qayumova guvoh tariqasida so`roq qilingan hamda harakatlarida jinoyat alomatlari bo`lmaganligi sababli, jinoyat ishining unga nisbatan qismi harakatdan tugatilgan.
Shuningdek, mazkur jinoyat ishida so`roq qilingan Sh.Jabborova, fuqarolar A.N. va N.A.ga jinsiy yaqinlik uchun sharoit yaratib berganligi haqida xonadon egasi G.Qayumovaning xabari yo`qligini hamda u tomonidan sodir qilingan jinoyatga hech qanday aloqasi bo`lmaganligini ko`rsatgan.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tuman sudida ko`rilib, 2015 yil 4 dekabrda Sh.K.Jabborovaning harakatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015 yil 3 dekabrdagi "O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya to`g`risida”gi Qarori ta`sir doirasiga tushishligi munosabati bilan unga nisbagan jinoyat ishi ushbu Qarorning 5-bandiga asosan tugatilgan va G.Qayumovaga tegishli jinoyat sodir etilgan Uchtepa tumani, Chilonzor mavzesi 25-daha 36-uy 176-xonadon jinoyat quroli deb topilib, davlat egaligiga o`tkazilgan.
PROTESTGA ASOS TOPILMADI
Ammo fuqaro G.Qayumova jinoyat ishlari buyicha Uchtepa tuman sudining 2015 yil 14 dekabrdagi va jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar apellyasiya instansiyasining 2016 yil 21 yanvardagi qarorlaridan noroziligini bildirib shikoyat ariza yozdi. Bu shikoyat ariza jinoyat ishi hujjatlarini o`rganish orqali yana Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ko`rib chiqildi.
Qayta ko`rish jarayonida ham G.Qayumova tomonidan belgilangan tartibga zid ravishda Chilonzor mavzesi 25-daha 36-uy, 176-xonadonida noqonuniy yashash uchun sharoit yaratib berilgan fuqaro Sh.K.Jabborova ushbu manzilda 2015 yil 29 oktyabrda fohishaxona sifatida foydalanganligi uchun Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilganligi asoslangan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi apellyasiya instansiyasining 2016 yil 21 yanvardagi ajrimi bilan tuman sudining mazkur ajrimi o`zgarishsiz qoldirilgan. Jinoyat ishini o`rganish natijasiga ko`ra qabul qilingan sud qaroriga nisbatan protest keltirish uchun asos topilmadi.
Ammo G.Qayumova fuqaro Sh.Jabborova tomonidan uyiga nisbatan egalikni yo`qolishi orqali etkazilgan moddiy zararni undirish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 985-moddasiga asosan fuqarolik sudiga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirilgan.
Xulosa o`rnida
Qissadan hissa shuki, endi G.Qayumova emagan somsaga pul to`lashga majbur. To`g`ri, insonning peshonasiga uning maqsadi, o`ylari yozilmagan. Ammo kim bilan bo`lsa-da muloqotga kirishish, hamsuhbat bo`lish ehtiyotkorlikni talab qiladi. Shunga aytsalar kerakda, o`zining ehtiyot qil, qo`shningni o`g`ri tutma, deb. | 6Jinoyat
|
Ekologiya qo‘mitasi Amudaryo katta kurakburunining ovlanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Avvalroq «Gazeta.uz» hozirgacha saqlanib qolgan eng qadimiy jonzotlar biri bo‘lgan Amudaryo katta soxta kurakburunining xalqaro hamda O‘zbekiston «Qizil kitob» iga kiritilgan bo‘lsa-da, uni ovlash davom etayotganligi haqida xabar bergan edi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvon turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida"gi qonun qoidalariga muvofiq alohida tartibda, Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda hamda Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Fanlar akademiyasining xulosasiga muvofiq, «Qizil kitob» ga kiritilgan 10 dona Amudaryo katta kurakburun baliq turiga kvota ajratilgan. Ushbu ajratilgan kvota yuridik shaxs tomonidan ko‘paytirish va kelajakda ma’lum bir qismini respublikaning tabiiy suv havzalariga qo‘yib yuborish maqsadida so‘ralgan.
«Biroq, bugungi kunga qadar ajratilgan 10 dona Amudaryo katta kurakburun baliq turini ovlashga ruxsat berish bo‘yicha ariza kelib tushmagan. Shu sababli hech kimga ruxsatnoma ham rasmiylashtirilmagan», — deyiladi Ekologiya qo‘mitasi xabarida.
Shuningdek, Davlat ekologiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «shu yilning ikki oyida baliqning 50 dan ortig‘i ovlangan» to‘g‘risidagi aniq dalillar qo‘mitaga taqdim etilsa, huquqbuzar shaxslarga nisbatan barcha zarur choralar ko‘riladi. | 5Jamiyat
|
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi nomi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (9-0, 9 KO) Dubaydagi jang kechasida ringga ko‘tariladi.
18-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Probellum Dubai musobaqasida o‘zbekistonlik bokschiga polshalik Kamil Sokolovski (11-24-2, 4 KO) raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov professional boksdagi bundan avvalgi jangini dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoga qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Ungacha esa 2021-yilning aprel oyida latviyalik Kristaps Zuitsni nokaut evaziga taslim etgan.
Kamil Sokolovskining so‘nggi jangi 2022-yil 5-fevral kuni shvetsiyalik Otto Vallinga qarshi bo‘lib o‘tgan. Polshalik bokschi raqibiga imkoniyatni boy bergan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
AQSh maxsus xizmati faxriylari Obamani “Putin ishonchini qayta qozonish”ga chaqirdi
AQSh prezidenti Barak Obamaga yo‘naltirilgan memorandumni “Sog‘lom fikr razvedkasi faxriylari” (VIPS) harakati tarkibiga kiruvchi Amerika razvedkasining to‘qqiz nafar sobiq xodimlari imzoladi. Ular unda Obamadan Ukrainadagi tanglikni yumshatish uchun shoshilinch choralar ko‘rishni so‘radi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Faxriylar Obamani NATOning Gruziya va Ukrainani o‘z tarkibiga kiritmasligi haqida rasmiy bayonot berib, Ukrainaga betaraflikka rioya qilish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olishni taklif qilishga da’vat etdi. Shuningdek VIPS Obamaning Putin bilan yuzma-yuz ko‘rishib, o‘zaro ishonchni qayta tiklash hamda tanglikka barham berish yo‘llarini muhokama qilishini zarur deb topdi.
Shu bilan birga, VIPS Rossiya bilan aloqalarni uzish AQSh zarariga bo‘lishini, chunki hozirgi vaziyatda faqar Rossiyagina Xitoy va uning Senkaku-Dyaoyuydao orollari bo‘yicha Yaponiya bilan tortishuvlarini hal qilish niyatiga ta‘sir o‘tkaza olishini ta’kidladi. | 2Dunyo
|
Xavi butun o‘yin davomida uzatmalari aniqligi 100 foiz bo‘lgan birinchi futbolchi bo‘ldi
“Barselona” yarim himoyachisi Xavi “Atletiko”ga (0:1) qarshi YeChL 1/4 final bosqichi javob uchrashuvida jamoadoshlariga 100 ta uzatma berdi, deb yozadi Uff.uz
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisining barcha uzatmalari aniq bo‘lgan. Shu bilan, Xavi butun o‘yin davomida barcha uzatmalari aniq bo‘lgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
2003—2004-mavsumdan futbolchilarning uzatmalari aniqligi hisoblana boshlangan. O‘sha mavsumdan beri hali birorta futbolchi bunday natijaga erisha olmagan, deyiladi xabarda. | 13Sport
|
Saudiya Arabistoni qiroli AQShga o‘z o‘g‘lini elchi etib tayinladi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saud AQShga o‘z o‘g‘li shahzoda Xolidni elchi etib tayinladi. Bu haqda 22-aprel, shanba kuni Press TV ma’lum qildi.
“Shahzoda Abdulloh bin Faysal bin Turkiy AQShdagi elchi lavozimidan olindi. Elchi etib shahzoda Xolid bin Salmon bin Abdulaziz tayinlandi”, — deyiladi qirolning qarorida.
Mazkur tayinlov qirol tomonidan 22-aprelda amalga oshirilgan kadrlarni qayta joylashtirishdan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, qirol axborot vaziri Odil at-Torayfiy o‘rniga Germaniyadagi sobiq elchi Avvad bin Avvadni tayinladi. Shuningdek, qirol davlat xizmati ishlari bo‘yicha vazir Xolid al-Arjaniy va armiya qo‘mondonini o‘z lavozimidan olib, milliy xavfsizlik markazini tuzdi va Ibrohim al-Umarni mamlakat bosh investitsiya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 2Dunyo
|
APL. Chetlatish, penalti, dubl. «Liverpul» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etdi
Londondagi uchrashuvning kulminatsion voqeasi 1-bo‘lim yakunida yuz berdi. Manega ishlatilgan qo‘pollikni VAR orqali takror ko‘rgan bosh hakam mezbonlar himoyachisi Kristiansenni maydondan chetlatdi.
Ikkinchi bo‘limda son jihatdan maydonda ustunlik qilgan Yurgen Klopp shogirdlari Sadio Manening ikki goli evaziga muhim g‘alabaga erishishdi. Sadio 50-daqiqada Firminoning ajoyib uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 4 daqiqa o‘tib «aristokratlar» darvozaboni Keraning qo‘pol xatosini jazoladi – 2:0.
75-daqiqada Alkantaraning Vernerga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun belgilangan 11 metrlik jarima zarbasidan Jorjino foydalana olmadi – Alisson duelda ustun keldi.
Mavsumdagi ketma-ket 2-g‘alabadan keyin «Liverpul» 6 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib oldi. To‘plar nisbatiga ko‘ra, amaldagi chempiondan faqatgina «Everton» va «Arsenal» yaxshiroq ko‘rsatkich ko‘rsatmoqda.
APL. 2-tur. 20 sentabr
Chelsi – Liverpul 0:2
Gollar: 0:1 – 50 Mane, 0:2 – 54 Mane.
Chelsi – Arrisabalaga, Alonso, Jyeyms, Zuma, Kristensen, Kante, Kovachich (Abraham, 79), Maunt, Jorjino (Barkli, 79), Xaverts (Tomori, 46), Verner.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Aleksander-Arnold, Roberson, Fabino, Keyta (Milner, 64), Henderson (Tiago Alkantara, 46), Mane, Veynaldum, Saloh, Firmino.
Chetlatish: Kristensen (45).
Amalga oshirilmagan penalti: Jorjino (75, Ch) | 13Sport
|
Nima tayyorlaymiz: yozgi salatlar
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda yozgi yengil salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Brinza va bodringli salat — oddiy, yengil va juda mazali yegulik bo‘lib, u har qanday dasturxonni bezaydi. Ushbu salat to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiladigan va parhez tutadiganlar uchun mos keladi, chunki u kam kaloriyaga ega.
Qizil karamning yaxshi tomoni shundaki, u deyarli har qanday salatga yorqin ranglarni qo‘shadi. Ushbu salat dasturxoningizning haqiqiy bezagiga aylanadi.
Karam va sabzavotlarni o‘zida mujassam etgan ushbu salat — vitaminlarga juda boydir. Ayniqsa bahor faslida ko‘proq ushbu salatni tayyorlab, vitaminlarga to‘yinib olishingizni maslahat beramiz.
O‘zingizni sabzi, makkajo‘xori va bodringdan iborat foydali salat bilan siylang. Bunday salat mazali va to‘yimli bo‘libgina qolmay, ko‘plab vitaminlarga ham boy.
Gruzinchadan tarjima qilinganda «ko‘klam» degan ma’noni anglatuvchi ushbu salat haqiqatdan ham juda mazali ta’mga ega va sersuv hisoblanadi. Eng asosiysi u oddiy masalliqlardan tez va oson tayyorlanadi.
Bugun bizlar xonadoningizga rayhon va yalpiz solib tayyorlanadigan betakror ta’mni ulashuvchi baqlajonli salat retsepti bilan tashrif buyuramiz.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauzInstagram: @zirauztotTelegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuzTelegram (rus tilida): t.me/zirauzTelegram chat-guruh: t.me/zirauz_chatTahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55Telegram: (+99899) 837−15−15 | 5Jamiyat
|
AQSh senatorlari Berdimuhamedovni Turkmanistondagi siyosiy mahbuslarni ozod etishga chaqirdi
16-noyabr kuni AQSh senatorlari Dik Durbin, Patrik Lixi va Sherrod Braun, shuningdek, Vakillar palatasi (AQSh Kongressining quyi palatasi) a’zosi Tom Malinovski Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga ochiq xat yo‘lladi. Unda Turkmanistondagi siyosiy mahbuslar, jumladan, jurnalist Nurgeldi Xoliqov, shifokor Xursanoy Ismatullayeva va faol Gulgeldi Annaniyozovni ozod qilishga chaqiriladi. Murojaat matni senator Durbinning rasmiy saytida e’lon qilingan.
“Sizning rahnamoligingizda Turkmaniston ulkan ambitsiyalar dasturini amalga oshirmoqda, o‘z iqtisodiyotiga e’tibor qaratish, shuningdek, xalqaro tashkilotlarga, jumladan, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga intilmoqda. Bu sa’y-harakatlar mamlakatingizdagi inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratish bilan mustahkamlanadi”, — deyiladi bayonotda.
Senatorlar 2021-yilning may oyida Turkmaniston “Iyegova shohidlari” (Jehovah’s Witnesses) oqimining 16 a’zosini qamoqdan ozod qilgani, bu bilan inson huquqlari va e’tiqod erkinligiga hurmat ko‘rsatganini yuqori baholadi. “Umid qilamizki, siz xuddi shunday insonparvarlik ishorasini yana bir qancha boshqa holatlarga nisbatan, ehtimol, Betaraflik kuni munosabati bilan ko‘rsatasiz”, — deb yozadi senatorlar.
Gulgeldi Annaniyozov 2008-yilda 11 yilga qamalgan. 2019-yil mart oyida u qamoqxonadan 5 yillik ichki surgunga — yashash sharoiti juda og‘ir bo‘lgan Qorabo‘g‘oz qishlog‘iga o‘tkazilgan. Senatorlarning fikricha, Annaniyozovni to‘liq ozod etish vaqti kelganiga ancha bo‘lgan.
Jurnalist Nurgeldi Xoliqovning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti delegatsiyasi a’zolarining suratini tarqatganidan so‘ng hibsga olingan, bu turkmanistonliklar so‘z erkinligi huquqidan mahrum ekanini namoyish qilishi mumkin.
Shifokor Xursanoy Ismatullayeva 2017-yilda davolanish uchun ta’tilga chiqqani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. Uning ishi Yevroparlamentda tilga olingan kunning ertasigayoq ayol hibsga olingan, bu esa dunyo bo‘ylab Turkmanistonning salbiy imijini yaratmoqda. “Biz sizdan muruvvat ko‘rsatishingizni va ayolni zudlik bilan ozod qilishingizni so‘raymiz”, — dedi senatorlar.
Turkmaniston fuqarolari JSSTga murojaat qilib, hukumatga koronavirusni tan oldirishni so‘radi | 2Dunyo
|
Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasining bosh murabbiyiga aylandi
Italiyaning “Milan” jamoasi yulduzi, sobiq futbolchi Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Ukraina futbol federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi Sergey Kunitsin ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Bundan oldinroq Shevchenko terma jamoa tayyorgarligi dasturini taqdim etgan edi.
Ukraina termasining Yevropa chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so‘ng Mixail Fomenko bosh murabbiylik lavozimidan iste’fo bergan edi. | 13Sport
|
“Shifoxonadan chiqqan 20 ta odam bilan gaplashinglar, hammasini aytadi. Ko‘pchilik tibbiy xizmatlar sifatidan norozi” – Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va pedagoglar bilan muloqot qildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
“Toshkentda sifatli tibbiy xizmat va maktab ta’limiga qanday erishamiz? Meni shu savol qiynaydi. Sizlar bilan uchrashishdan maqsad – quyi tizimdagi masalalarni bilish, to‘g‘ri yo‘l tutish”, – dedi davlat rahbari.
Xabarda aytilishicha, 2020-yil barcha sohalar uchun katta sinov bo‘ldi. Tibbiyot xodimlari ham, o‘qituvchilar ham yangicha shart-sharoitda ishlashiga to‘g‘ri keldi.
“Og‘ir sinovlar paytida birlashdik. Bu sinovlar bizni izlanishga majbur qildi. Shuning uchun natija bo‘ldi”, – dedi Prezident.
Ayni paytda, pandemiya qaysi sohalarda oqsash borligini, islohot, rivojlanish yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib berdi. 2020-yil 30-oktabr kuni ta’lim-tarbiya tizimi, 6-noyabrda esa sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlari shu maqsadga qaratilgan edi.
Ularda muhokama qilingan dolzarb masalalar va bildirilgan takliflar asosida ta’lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirish, birlamchi tibbiy muassasalar faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish bo‘yicha Prezidentning farmon va qarorlari qabul qilindi.
Uchrashuvda ta’lim va tibbiyot sohalaridagi islohotlarning ahamiyati, ularni quyi tizimda amalga oshirish choralari haqida suhbatlashildi.
Shavkat Mirziyoyev aholi sog‘liqni saqlash tizimidan norozi ekanini ta’kidladi.
“Shifoxonadan chiqqan 20 ta odam bilan gaplashinglar, hammasini aytadi. Ko‘pchilik tibbiy xizmatlar sifatidan norozi”, – dedi Prezident.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarni erta aniqlash va davolashning ilg‘or tajribasini joriy etish, tibbiyot muassasalari sharoitini yaxshilash bo‘yicha fikrlar bildirdi.
Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlari aholi salomatligi, yosh avlod kamolotida hamohang ekani ta’kidlandi.
“Tibbiyot va ta’lim – davlat va xalq o‘rtasidagi adolat ko‘prigi. Hammamiz o‘zimizni qiynab, halol bo‘lib, bu tizimlarni to‘g‘rilab olsak, ana shunda adolat ta’minlanadi. Xalqimiz rozi bo‘ladi. Toshkent bunda namuna bo‘lishi kerak”, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. | 8O‘zbekiston
|
Kosovo bosh vaziri Gaaga tribunaliga chaqirilgani sabab iste’foga chiqdi
Kosovo bosh vaziri Ramush Xaradinay iste’foga chiqdi. 19-iyul kuni hukumat majlisida Xaradinay tomonidan o‘qilgan ariza uning Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Sizlarga shuni ma’lum qilamanki, bugun iste’foga chiqish qarorini qabul qildim. Men Kosovoda sodir etilgan harbiy jinoyatlarni tekshirish bo‘yicha Gaagadagi maxsus sudga gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilinish uchun chaqirilganim sabab iste’foga chiqdim. Bosh vazir va mamlakat obro‘siga putur yetmasligi kerak, shu sababli so‘roqqa bosh vazir emas, oddiy fuqaro sifatida boraman”, — deydi Xaradinay.
Uning ta’kidlashicha, hukumat o‘z funksiyalarini bajarishni davom etadi va prezident qonun doirasida yangi saylovlarni belgilab beradi.
Shuningdek, Xaradinay o‘z nutqida Serbiya bilan kelishuvga erishish xato yo‘l ekanligini qayd etib o‘tdi. U o‘z hukumati tomonidan serb tovarlariga belgilangan 100 foizli boj to‘lovlari bekor qilinishiga qarshi.
Kosovо bo‘yicha maxsus tribunal 2015-yilda Gaagada harbiy jinoyatlarni tergov qilish uchun tashkil etilgan. Maxsus sud 2000-yildan buyon o‘ldirilgan 500 nafardan ortiq serbiyalik bo‘yicha tergov olib bormoqda. | 2Dunyo
|
Facebook dasturi smartfon akkumulyatorlarini tez quvvatsizlantirib qo‘yishi ma’lum bo‘ldi
Facebook dasturi smartfon akkumulyatorlarini tez quvvatsizlantirib qo‘yadi. The Guardian jurnalisti Semyuel Gibbs dastur “ochofat” ekanligini tasdiqlovchi tajriba o‘tkazdi, deya hikoya qiladi “Hi-Tech Mail.ru”.
Gibbs Facebook dasturini o‘zining iPhone 6s Plus smartfonidan chiqarib tashlab, ijtimoiy tarmoqdan Safari brauzeri orqali foydalana boshladi. Tarmoqda bo‘lish vaqti esa o‘zgarishsiz qoldi. 15 soatdan iborat ish kuni davomida akkumulyatorning 15 foiz atrofidagi zaryadi tejalgan.
Jurnalist tajribani Android qurilmada ham takrorladi: Facebook Nexus 6P’dan olib tashlanib, uning o‘rniga Metal qo‘llab ko‘rildi. Bu gal smartfon akkumulyatori zaryadining 20 foizi saqlab qolindi.
Facebook dasturi energiyani haddan ziyod ko‘p iste’mol qilishi tufayli bot-bot tanqidga uchraydi. AVG reytingida uning eng ko‘p quvvat oladigan dastur ekanligi qayd etilgan. | 14Texnologiya
|
11,9 mlrd so‘mlik tovarlar bojxona rasmiylashtiruvidan oldin almashtirib qo‘yilganligi aniqlandi
Davlat bojxona qo‘mitasi va uning Farg‘ona, Navoiy, Namangan va Samarqand viloyatlaridagi hududiy boshqarmalari tezkor bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli tezkor tadbirlar natijasida respublika hududiga olib kirilgan tovar moddiy boyliklarini bojxona rasmiylashtiruvidan oldin almashtirib qo‘yishga urinish holatlarining oldi olingan. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.
Xususan, bir tadbirkorlik subyekti nomidan chetdan kirib kelayotgan konteyner kosmetika va parfyumeriya vositalari yuklanganligi qayd etilib, Toshkent viloyatida ro‘yxatga olingan. Shundan so‘ng konteyner «Qo‘qon» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga rasmiylashtirish uchun yuboriladi.
Qayd etilishicha, belgilangan tartibda tovarlarni tekshirish vaqtida, konteynerda kosmetika va parfyumeriya vositalari o‘rniga 1,5 tonna og‘irlikdagi shisha idishlar va 21 tonnadan ortiq kir yuvish kukuni borligi ma’lum bo‘lgan. Ya’ni yo‘l-yo‘lakay tovarlar boshqalari bilan almashtirib qo‘yilgan.
Xabarda aytilishicha, holat bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilib, konteynerni dastlab olib kelgan haydovchi topilgan va uning ko‘rsatmasiga binoan, dastlab konteynerda bo‘lgan tovarlar poytaxtning Bektemir tumanidagi omborlardan birida tushirilganligi aniqlangan.
Tezkor qidiruv ishlari olib borilib, ombor tekshirilgan vaqtda, tushirib qolingan tovarlar allaqachon boshqa mashinaga yuklanganligi va ombordan chiqarib yuborilganligi ma’lum bo‘lgan.
Tezkor bo‘linmalar xodimlari tomonidan tovarlar yuklab olib ketilgan transport vositasining joylashuvi orqali yuk Samarqand viloyati Urgut tumanidagi bir tadbirkorning omboriga tushirilganligi aniqlangan.
«Tekshiruv vaqtida omborxonadan 460 dan ortiq nomdagi 721 mingga yaqin kosmetika va parfyumeriya vositalari, shuningdek, turli xil shisha idishlar va kir yuvish kukunlari topildi. Fosh etilgan tovarlarning umumiy qiymati 11 881 700 000 (11,9 mlrd) so‘mni tashkil etdi» — deyiladi xabarda.
Hozirda aniqlangan fakt asosida bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi aytilmoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning boshidan respublika bojxona organlari tomonidan aniqlangan 7700 ta huquqbuzarlik holatida umumiy qiymati 547 milliard so‘mlik tovar moddiy boyliklari noqonuniy ko‘chirilishining oldi olingan. | 4Iqtisodiyot
|
Karlo Anchelotti Zidan va Peyslini ortda qoldirib, YChLda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan murabbiyga aylandi
Karlo Anchelotti boshchiligida “Real” Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul” ustidan g‘alaba qozondi.
Italiyalik mutaxassis faoliyati davomida to‘rtinchi marta YChL sovriniga ega chiqdi. Bu borada Anchelotti Zinedin Zidan va Bob Peyslini ortda qoldirdi. Har ikkala murabbiy Chempionlar Ligasida 3 martadan zafar quchgan.
Karlo murabbiylik faoliyatida shu vaqtga qadar 5 marotaba nufuzli musobaqa finallarida ishtirok etgan: 3 marta “Milan” bilan, 2 marta “Real” bilan. Faqatgina 2004/05-yilgi mavsumda mag‘lub bo‘lgan. 2003, 2007 va 2014-yillarda shohsupaga qadar ko‘tarilgan.
Anchelotti futbolchi sifatida 1989 va 1990-yillarda Yevropa Chempionlar Kubogida ishtirok etgan va g‘alaba qozongan.
63 yoshli mutaxassis 23-sovrinini qo‘lga kiritdi. Murabbiy “Real” bilan 7 ta, “Milan” bilan 8 ta, “Chelsi”, “Bavariya” bilan 3 tadan, “Yuventus”, “PSJ” bilan esa bittadan sovringa erishgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
“Afg‘oniston yaqin kelajakda mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili bo‘lib qoladi” — Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 27-oktabr kuni Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar idoralari rahbarlarining Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Tashqi ishlar vaziri o‘z nutqida bugun Afg‘onistonda mutlaqo yangi voqelik yuzaga kelgani: to‘liq vakolatli hamda xalqaro e’tirofga ega bo‘lishga intilayotgan muvaqqat hukumat tuzilganini ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, Afg‘oniston yaqin kelajakda mintaqa davlatlari, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlarning milliy manfaatlariga bevosita daxldor mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili bo‘lib qoladi. Ayniqsa, hozirgi zamonaviy bosqichda ushbu davlatning xalqaro miqyosda yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Afg‘onistonga nisbatan mojarodan keyingi strategiyani ishlab chiqish zarur.
Forum ishtirokchilari Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash, birodar afg‘on xalqiga tezkor insonparvarlik va boshqa yordam ko‘rsatish masalasida xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.
Abdulaziz Komilov 8-sentabr kuni Afg‘oniston masalasi bo‘yicha 20 dan ortiq TIV rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham Afg‘oniston uchun mojarolardan keyingi strategiyani ishlab chiqish, jumladan, uning iqtisodiyotini tiklash, mamlakatni mintaqaviy integratsion jarayonlarga jalb qilish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarurligiga e’tibor qaratgandi.
Avvalroq O‘zbekiston TIV rahbari Tehron sammiti doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgani haqida xabar berilgan edi. Eron prezidenti afg‘on xalqi tinchlik va xavfsizlikni his qilishiga yordam berish kerakligini aytgan. Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Eronning Afg‘onistondagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha tashabbusini olqishlashini ta’kidlagan.
“Afg‘oniston nafaqat xavf-xatar va tahdidlar, balki yangi imkoniyatlar manbasi hamdir” — Abdulaziz Komilov | 8O‘zbekiston
|
BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya yadro sinovi masalasida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
BMT Xavfsizlik kengashi bugun, 4-sentabr kuni Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadro sinovi masalasida yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda AQShning xalqaro tashkilotdagi missiyasi bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish chaqirilishini AQShning BMTdagi vakili Nikki Xeyli, shuningdek, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya vakillari talab qildi. | 2Dunyo
|
Volga daryosida katamaranning halokatga uchrashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning Volgograd shahrida katamaran va teploxod to‘qnashuvi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana bir ayolning taqdiri esa noma’lumligicha qolmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Qutqaruvchilar katamaranni tekshiruvdan o‘tkazib, to‘rt nafar erkak va olti nafar ayol halok bo‘lganini ma’lum qilgan.
Katamaran yo‘lovchilari alkogol ichimlik ta’sirida bo‘lgan. “Yoshlar ichib olib, dam olayotgan edi”, — deyiladi xabarda.
Hodisa 12-iyun kuni Volgogradning daryo porti tumanida yuz bergan.
Teploxod ikki yuk kemasini sohildan 250 metr uzoqlikda tortib ketayotgan edi. Katamaran yuk kemalaridan biriga borib urilgan.
Katamaranni Volgograd viloyati Kalachevskiy tumanining sobiq rahbari Dmitriy Xaxalev boshqargan.
“Dmitriy Xaxalev katamaranni boshqargan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unda Xaxalevning qarindoshi ham bo‘lgan. Qutqarilganlar orasida ular yo‘q”, — deyiladi xabarda. | 2Dunyo
|
Yuridik shaxslar fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish huquqiga ega bo‘ldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni «O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Quyidagilar jamg‘armaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Davlat byudjetidan jamg‘arma uchun 200 milliard so‘m miqdoridagi bir martalik beg‘araz moliyaviy yordam ajratiladi.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarga Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish xaqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovlarini ixtiyoriy ravishda to‘lash tartibi joriy etiladi, bunda to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qo‘shiladi. | 5Jamiyat
|
G`ofur Rahimov prezident bo`lgach, AIBA federasiyalarga har yili 1 million dollardan ortiq yordam puli ajratadi
AIBA har yili federasiyalar rivojiga, moliyaviy qiyinchiliklar girdobidagi federasiyalarga 1 million 200 ming shveysariya franki (1 million 200 ming AQSh dollari) ajratadi.
"Faoliyatimdagi alohida band sifatida shuni ko`rsataman: Moliyaviy qiyinchiliklarga uchrayotgan, rivojlanayotgan federasiyalarga 1 million 200 ming shveysariya franki ajrataman. Har yili", - deb aytib o`tdi Rahimov Kongress davomida.Shuningdek hamyurtimiz dopingga qarshi kurash haqida ham gapirdi, deb yozmoqda Olamsport nashri."Avvalgi rahbariyat bunga ko`p ham e`tibor qaratmagan. Biz o`tkaziladigan testlar uchun harajatlarni oshirdik. Shuningdek, oldingi rahbariyat tomonidan qoldirib ketilgan 40 ga yaqin antidopinga oid ishni ham yopdik", - dedi G`ofur Rahimov. | 13Sport
|
AQSh razvedkasi koronavirus paydo bo‘lishining ikkita versiyasini ma'lum qildi
AQSh Milliy razvedkasi direktori Evril Xeyns AQSh senati qo‘mitasidagi tinglovlarda maxsus xizmatlarda koronavirus paydo bo‘lishi haqida aniq ma'lumotlar yo‘qligini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, infeksiya paydo bo‘lishining ikkita versiyasi mavjud.
«Hozir aytish mumkinki, razvedka koronavirus infeksiyasi qayerdan paydo bo‘lgani borasida aniq ma'lumotga ega emas», deb aytgan Xeyns.
Uning ta'kidlashicha, virus paydo bo‘lishining ikkita taxmini mavjud. Ulardan birinchisiga ko‘ra, «nolinchi bemor» virus bilan kasallangan hayvon bilan kontaktda bo‘lgan. Ikkinchi taxminga ko‘ra, virus Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyadan tarqalgan.
Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Bernsning ta'kidlashicha, MRB Xeynsning pozitsiyasiga qo‘shiladi. Bernsning aytishicha, vaziyat Xitoy hukumati virus haqida zarur axborotni taqdim qilishda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan yetarlicha hamkorlik qilmagani sababli murakkablashgan.
Avvalroq CNN telekanalining maxsus xizmatlardagi manbasi odamlar koronavirus paydo bo‘lishi haqidagi haqiqatni hech qachon bilmasliklari mumkinligini aytgan. «Hattoki xitoyliklar buni bilmaydilar. Ularda haqiqatni bilishga hech qanday qiziqish bo‘lmagandan keyin ular ortidan josuslik qilib, ularda mavjud biror natijani bilishga urinish befoyda», deb aytgan manba.
2020 yilning yanvar—fevral oylarida JSST ekspertlari guruhi koronavirus manbasini aniqlash maqsadida Uhanga safar uyushtirgandi. JSST ushbu guruh Uhanda olib borgan tadqiqot natijalarini 30 martda e'lon qilgandi. Unda virus paydo bo‘lishining 4ta versiyasi keltirib o‘tilgan.
JSST ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, koronavirusning ko‘rshapalaklardan odamga oraliq hayvondan yuqqan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli yuqori. Shuningdek, virus bevosita ko‘rshapalaklardan odamga yuqqan bo‘lishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, virus muzlatilgan mahsulotlar orqali odamga o‘tgani ehtimoli «oz»ni, Uhandagi laboratoriyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinligi ehtimoli esa «juda oz»ni tashkil qiladi. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va qatnashishi to‘g‘risida
O‘zbekiston sportchilarini 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo o‘yinlariga sifatli tayyorlash va muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda:
sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan shaxsiy natijalari hamda ularning ma’naviy-irodali sifatlaridan kelib chiqib, mamlakat terma jamoalarining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi uchun sport turlari bo‘yicha jamlanishini;
o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining yakunlovchi bosqichida mamlakat terma jamoalarining sifatli tayyorgarligini ta’minlasin.
2. O‘zbekiston sport delegatsiyasining 340 kishidan iborat tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligiga mamlakatimiz sport delegatsiyasining Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo o‘yinlarida qatnashishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni 2-ilovaga* muvofiq qoplash uchun moliyaviy mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston sportchilarining 150 kishilik delegatsiyasi qatnashishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari va homiylar hisobidan 2-ilovaga muvofiq qoplanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur o‘yinlarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi mablag‘larini o‘z vaqtida erkin muomaladagi valyutaga belgilangan tartibda almashtirilishini ta’minlasin.
5. 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sport delegatsiyasini tayyorlash va unda qatnashish uchun rasmiy-parad formasi, sport ekipirovkasi, maxsus sport formasi, inventar hamda uskunalarni respublikaga olib kirishda bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin.
6. Belgilansinki, yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadi daromad (foyda) solig‘i to‘lashda 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining tayyorgarlik ko‘rishi va qatnashishiga yo‘naltirilgan mablag‘larga teng summa kamaytiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mamlakatning terma jamoalari tarkibiga kiritilgan harbiy xizmatchilar, talabalar hamda o‘quvchilarning 2006-yilgi XV Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va qatnashishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi mamlakat sport delegatsiyasi a’zolari — XV Osiyo o‘yinlari ishtirokchilarining chiqish hujjatlari o‘z vaqtida rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
9. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi:
O‘zbekiston terma jamoalarining Toshkent-Sharja-Toshkent yo‘nalishida imtiyozli shartlar bo‘yicha uchishini;
O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirokchilarining Toshkent aeroportidagi SIP zalidan xizmat uchun to‘lov undirilmagan holda o‘tishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi 2006-yil Doha shahridagi (Qatar) XV Osiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarining tayyorgarlik jarayoni va unda qatnashish natijalarini ommaviy axborot vositalarida belgilangan tartibda keng yoritilishini ta’minlasin.
11. “Sovplastital” QK, “Oniks” IChB, “Fonon” AJ O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston MOQ eskizlari bo‘yicha XV Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun sovg‘a mahsulotlari va zarur atributlarni imtiyozli shartlar asosida tayyorlab bersin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
O‘zbekiston sport delegatsiyasining XV Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va qatnashishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda faol ishtirok etsin;
mamlakat terma jamoalariga idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublikaning barcha sport bazalarida ijara to‘lovlari undirilmagan holda o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib bersin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
Pokiston havo hududini yopiq saqlashda davom etmoqda
Pokiston fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi havo hududini qisman yopiq holda saqlash muddatini uzaytirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Laxor va Sialkot aeroportlarida 4-martgacha aviareyslar bekor qilingan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Islomobod, Karachi va Peshavar shaharlaridagi aeroportlarda aviaqatnovlarni cheklangan havo hududida qayta yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. | 2Dunyo
|
Samarqand - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
17 aprel kuni “Samarkand Trans Yexpress” MChJ tomonidan Samarqand - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar soat 07:00, 09:00 va 11:00dan Samarqandning “Samarqand” shohbekatidan yo‘lga chiqadi. Shuningdek, yo‘lovchilar yo‘nalish bo‘yicha soat 13:30, 16:00 va 18:00larda Toshkentdan Samarqandga qarab yo‘l olishadi. 300 kilometr uzunligidagi ushbu yo‘nalishda yo‘lovchilar 4,5 soatda manziliga yetkaziladi. Chipta narxi jamiyat tomonidan 25 ming so‘m etib belgilangan.
Mazkur yo‘nalish uchun “Samarkand Trans Express” MChJ tomonidan 3 ta zamonaviy avtobuslar sotib olingan, deya xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati. | 5Jamiyat
|
BMT teraktlar oqibatida 2017-yilda yetkazilgan zararni hisoblab chiqdi
2017-yilda dunyo bo‘yicha 11 mingta terakt amalga oshirilgan va oqibatda 25 ming kishi qurbon bo‘lgan, terroristik hujumlar oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zarar 90 milliard dollardan oshgan. Bu haqda BMT bosh kotibining o‘rinbosari, terrorizmga qarshi tashkilotlar bo‘yicha boshqarma direktori Vladimir Voronkov ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Voronkovning so‘zlariga ko‘ra, teraktlar oqibatida 33 ming kishi jarohat olgan. Yetkazilgan iqtisodiy zarar esa jiddiy global tahdid sanaladi. | 2Dunyo
|
Olmaotada fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi
Qozog‘istonning Olmaota shahri huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘nta fohishaxona aniqlandi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
Ijaraga olingan o‘nta kvartiradan jami 16 nafar qiz Turksib tumani politsiya bo‘limiga olib kelingan, ularning to‘rt nafari — O‘zbekiston fuqarosi.
“Qizlarning nima ish bilan shug‘ullanishini bilgan ushbu kvartira egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksi bo‘yicha ish ochilgan. Joriy yilning 1-iyulidan buyon 67 kishi fohishaxona ochganlik bo‘yicha javobgarlikka tortilgan”, — deyiladi Olmaota shahri politsiya boshqarmasining xabarida.
Politsiya boshqarmasiga olib kelingan yengiltak ayollar maxsus ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston fuqarolari esa migratsiya xizmati vakillari topshirilgan. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarishga nomzod yevropalik yana bir murabbiy nomi ma'lum bo‘ldi. O‘FA muzokarani boshlagan
Sloveniyalik taniqli mutaxassis Srechko Katanets O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda Tribuna.uz Eronning «Tasnim» axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, Iroq milliy jamoasi bosh murabbiyi sanalmish Srechko Katanets oylik maoshlarini ololmayotgani masalasida Iroq futbol federatsiyasi ustidan FIFAga rasman shikoyat arizasini kiritgan.
Qayd etilishicha, sloveniyalik murabbiy so‘nggi 6 oydan buyon Iroq futbol federatsiyasidan oylik maoshlarini ololmayapti. FIFA iroqliklarga so‘nggi ogohlantirish sifatida maoshlarni to‘lash uchun 10 kunlik muhlat bergan. Iroq futbol federatsiyasi FIFA talabi bo‘yicha tez orada murabbiy bilan hisob-kitobni amalga oshirib, Katanets bilan rasman xayrlashmoqchi.
Xabarda keltirilishicha, Katanets ham Iroq milliy jamoasini tark etishga tayyor. 57 yoshli mutaxassis O‘zbekiston milliy jamoasini boshqarish taklifini olgan. Sloveniyalik murabbiy O‘FA bilan muzokarani boshlagan.
Ma'lumot uchun, Katanets qo‘l ostidagi Iroq milliy jamoasi o‘z guruhida Erondan keyingi 2-o‘rinni egallab, JCh-2022 hal qiluvchi saralash bosqichiga yo‘l olgandi. O‘zbekiston esa bu vazifani uddalay olmagani sababli milliy jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov iste'foga chiqarilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Katanets qo‘l ostidagi Iroq milliy jamoasi 29 mart kuni Toshkentda o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston milliy jamoasini mag‘lub (0:1) etgandi. | 13Sport
|
Senat Konstitutsiya va boshqa qonunlarga o‘zgartish kiritishni ko‘rib chiqadi
Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisi 5 fevral, juma kuni chaqiriladi. Yuqori palata kengashi 1 fevraldagi yig‘ilishda shunday qarorga keldi.
Rasmiy relizga ko‘ra, yalpi majlisda quyidagi qonunlar ko‘rilishi kutilmoqda:
Eslatib o‘tamiz, Konstitutsiya va saylov qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga muvofiq, saylovlar va referendumlar dekabr oyidan oktyabr oyiga ko‘chirilishi kutilmoqda.
Qonun Senatda ma'qullanib, prezident tomonidan imzolansa, 2021 yilgi prezident saylovi 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 30 iyul mamlakatda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilanishi taklif etilgan.
Yalpi majlisda 2020 yilgi davlat dasturi ijrosi bo‘yicha hukumat hisoboti tinglanadi.
Senatorlar videokonferens-majlisda quyidagi masalalarni ham ko‘rib chiqadi: | 8O‘zbekiston
|
Yaponiyadagi Diamond Princess kemasida koronavirusni yuqtirganlar soni 130 nafarga yetdi
Yaponiyada Yokogama portida karantinga olingan Diamond Princess sayohat kemasida koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 nafarga ko‘payib, 130 kishiga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Diamond Princess kemasida tekshiruvlar 80 yoshli yo‘lovchida koronavirus aniqlanganidan so‘ng boshlangandi. 3-fevral kuni o‘tkazilgan tekshiruv natijalarga ko‘ra, 10 kishida virus aniqlangan edi va shundan so‘ng kema 14 kunlik karantinga joylashtirilgan. Hukumat vakillari tomonidan xabar berilishicha, virus tashxisi qo‘yilgan kemadagi barcha yo‘lovchilar Kanagava prefekturasidagi kasalxonaga yotqizilgan. Harbiylar koronavirus sababli karantinga olingan 4 ming kishilik kruizga oziq-ovqatlar yetkazib bermoqda.
Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral, dushanba kuni, qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan.
Yaponiyadagi sayohat kemasida koronavirusga chalinganlar soni 64 kishiga yetdi | 2Dunyo
|
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi kapital ta’mirlash ishlari boshlangani sababli vaqtincha yopiladi
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi kapital ta’mirlash ishlari boshlangani sababli 3-dekabr kunidan boshlab vaqtincha yopiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 29-sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga borib, bu yerdagi ahvolni ko‘zdan kechirgan va klinikani to‘liq rekonstruksiya qilib, uning negizida vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, ko‘z kasalliklari va urologiya bo‘yicha murakkab operatsiyalar o‘tkazadigan tibbiyot markazi tashkil etishga ko‘rsatma bergan edi.
Qayd etilishicha, bu shifoxona 1975-yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, 650 o‘rinli 11 ta davolovchi va 7 ta yordamchi binolardan iborat. Klinikada 20 ta davolovchi va 15 ta yordamchi bo‘limlarda 1000 dan ortiq oliy, o‘rta, kichik tibbiyot xodimlari bemorlarga ixtisoslashtirilgan zamonaviy yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Klinikaga yiliga o‘rtacha 90 mingdan ortiq murojaat bo‘lib, 30 mingdan ziyod bemor statsionar tarzda davolanadi. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari amaliy mashg‘ulotlarini aynan shu yerda o‘tkazadi.
3-dekabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan kapital ta’mirlash ishlariga start berilgan. Hokim qurilish oldidan tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida klinika binosi eng so‘nggi, zamonaviy loyihalar asosida turkiyalik quruvchilar tomonidan kapital ta’mirdan chiqarilishini bildirgan.
“Turkiyadan kelgan quruvchilar qilib beradi. Loyiha bo‘yicha 1 so‘miga xiyonat qilmasdan, aytilgan narsani joy-joyiga qo‘yib, sifatli qilib, har qanday odam ko‘rsa, ‘otasiga rahmat deydigan’ bo‘lishi kerak”, — deydi Andijon viloyati hokimi.
U shu kabi ta’mirlashga ketadigan kerakli pul va tayyorgarlik bilan kelganini ma’lum qilgan. “Birortang biror so‘m pul yig‘adigan bo‘lsang, shu kuni lavozimingdan ham olaman, sharmandangni ham chiqarib tashlayman”, — deya qo‘shimcha qilgan Abdurahmonov.
Klinika bosh shifokori o‘rinbosari Xurshidbek Mamadiyevning aytishicha, 6-dekabrdan bemorlar viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, onkologiya va endikrinologiya dispanserlari, ko‘z kasalliklari, kardiologiya va narkologiya shifoxonalari, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali, Andijon shahar hamda Oltinko‘l tuman tibbiyot birlashmalari markaziy shifoxonalarida qabul qilinadi.
Ta’kidlanishicha, kapital ta’mirlash ishlari 2022-yilning dekabr oyida yakunlanadi. Qurilish ishlari uchun jami 150 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan. | 8O‘zbekiston
|
O‘zbekiston MDH ishtirokchi-davlatlarining muzey ishi sohasida hamkorligi to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2019 yil 31 may kuni Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining muzey ishi sohasida hamkorligi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shaptnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi. | 8O‘zbekiston
|
Navoiyda sodir bo‘lgan YTH oqibatda haydovchi va piyoda vafot etdi
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida Lacetti avtomobili haydovchisi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.
Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 8-oktabr kuni soat 19:50 larda Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, “Alisher Navoiy” MFY hududidan o‘tgan 4K-372 avtomobil yo‘lining 16-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi M.T. Lacetti avtomobilida harakatlanayotib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni urib yuborgan. So‘ngra boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi simyog‘ochga urilgan.
Natijada Lacetti haydovchisi 27 yoshli M.T. va piyoda 28 yoshli Sh.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan. Yana bir piyoda 30 yoshli Z.N. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Jizzaxda piyodani urib ketgan Isuzu haydovchisi, Yangiyo‘lda begonaga tegishli avtomobilda ikki piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan 18 yoshli fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. | 0Avto
|
Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Sardor Berdimuhamedov parlament deputati etib saylandi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li Sardor mamlakat parlamenti deputati etib saylandi, deya xabar beradi «Neytralnyy Turkmenistan» gazetasi. Nashrda saylangan deputatlar ro‘yxati e'lon qilindi.
Prezident o‘g‘lining parlamentga nomzodi «Dushak» 25-saylov okrugidan qo‘yildi. Ovoz berish 25 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Berdimuhamedovdan tashqari, Kaka tumani 10-sonli o‘rta maktabining o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O‘g‘uljaron Gurdov ham deputat mandati uchun kurash olib bordi.
Sardor Berdimuhamedov saylovchilarning 25 700 ovozini (91,42%) oldi. O‘g‘uljaron Gurdov uchun 2 412 saylovchi (8,58%) o‘z ovozini berdi. Bu hududda hammasi bo‘lib 30 316 kishi saylovchilar ro‘yxatiga kiritildi.
Sardor Berdimuhamedov 1981 yilda tug‘ilgan. S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jalik universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2008-2011 yillarda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akademiyasida tahsil olgan va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislik olgan. 2011-2013 yillarda Jyenevadagi Xavfsizlik siyosati markazida o‘qigan va Yevropa hamda xalqaro xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lgan.
Hozirda u qonunchilik va uning normalari bo‘yicha parlament qo‘mitasi raisi lavozimini egallaydi, mayor harbiy unvoniga ega. | 2Dunyo
|
Rossiyalik hakerlar AQSh Moliya departamentiga kiberhujum qilishda gumonlanmoqda
Reuters agentligi o‘z manbalariga asoslangan holda xabar berishicha, rossiyalik deb gumon qilinayotgan hakerlar AQSh Moliya va Tijorat departamentlarining ichki elektron pochtalarini kuzatib kelgan. Bundan xabardor insonlar bu aysbergning uchi bo‘lishi mumkinligidan xavfsirashmoqda.
Ish shunchalar jiddiyki, hakerlar Milliy xavfsizlik kengashining Oq uyda bo‘layotgan yig‘inigacha kira olishgan. AQSh rasmiylari davlat idoralaridan biriga hakerlik hujumi bo‘lgani haqidagi bayonotdan nari o‘tmagan. Lekin Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizlik agentligi va FQBga tekshiruv o‘tkazish buyurilgan.
«Biz bu ishga aloqador barcha qadamlarni aniqlashtirish va vaziyatni o‘nglash uchun zarur choralarni ko‘ryapmiz», degan Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Jon Ullyot.
AQSh hukumati hakerlik xuruji ortida kim turganini hali ommaga e'lon qilmadi, lekin tekshiruvda qatnashayotganlardan birining aytishicha, kiberhujum ortida Rossiya turibdi. Umuman, bu katta kiberhujum kampaniyasining bir qismi deb qaralmoqda. Jumladan, ikki manbaning aytishicha, xurujlar yaqindagina FireEye kompaniyasiga ham uyushtirilgan. Kompaniya hukumat bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha yirik tijoriy shartnomalarga ega.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi feysbukdagi sahifasi orqali AQSh ommaviy axborot vositalari AQSh davlat idoralariga uyushtirilgan kiberhujumlarda Rossiya tomonini asossiz ayblashga uringani haqida yozgan. | 2Dunyo
|
Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning uchta tumani hokimiga hayfsan berdi
Toshkentdagi uchta tuman hokimlariga hayfsan berildi. Bu haqda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tegishli farmoyishi 16-sentabr kuni qabul qilingan. E-Qaror portalida e’lon qilingan farmoyishga “Gazeta.uz” e’tibor qaratdi.
Hujjatga ko‘ra, Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashevga, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovga va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inog‘omovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Shavkatbek Irgashev, Jahongir Ibrohimov va Hayot Inagamov.
Ushbu hokimlarga hayfsan berilishining sababi sifatida 2021-yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yganliklari ko‘rsatilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining yuqoridagi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar—iyun oylarida Yunusobod, Yangi Hayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida fizik hajm indeksi keskin pasaygan.
Ma’lumot uchun, 2020-yilning avgustida Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 5 ta tumani hokimiga hayfsan bergan. O‘shanda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametov, Yunusobod tumani hokimi Rahmonbek Usmonov va Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ushbu intizomiy jazoga tortilgan.
Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘zi o‘sha yilning iyulida koronavirusga qarshi kurashni samarali tashkil qilmagani uchun Shavkat Mirziyoyevdan hayfsan olgan. | 8O‘zbekiston
|
Ozodbek Nazarbekov koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlik sertifikatini oldi
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qilib, to‘liq emlanganlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Bu haqda vazir o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.
“2021-yilning 3-iyul kuni COVID-19 virusiga qarshi vaksina qabul qilgan edik. Ayni paytda vaksinaning takroriy bosqichini qabul qilishdan avval to‘laqonli shifokor ko‘rigidan o‘tdik va emlandik.
Shuningdek, to‘liq emlanganlik haqidagi sertifikatni ham qo‘lga kiritdik.
Avval ham aytganimizdek, vaksinaning birinchi bosqichini olganimizga 20 kundan oshgan bo‘lsa, sog‘lig‘imiz bilan bog‘liq hech qanday bezovtalik holatlari yuz bermadi.
Tibbiyotda ma’lum bo‘lishicha, inson organizmi bir-biridan farqlangani bois, vaksinatsiya jarayoni har kimda har xil kecharkan.
Shu nuqtayi nazardan hali hamon ko‘pchilik yurtdoshlarimizda hadiksirash, qo‘rquv ustunlik qilmoqda.
Xalqimizga shuni aytmoqchimanki, vaksina — virusni yengishning yagona chorasi ekan, vaqtni boy bermang. Virusga qarshi emlanib, o‘zingiz va yaqinlaringizga cheklovlarsiz, odatiy yashash tarziga qaytishiga ko‘maklashing!”, — deb yozadi Ozodbek Nazarbekov.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 26-iyun kuni “Men vaksina oldim” aksiyasi boshlanganini e’lon qildi. Aksiya doirasida vazirlik matbuot xizmati deyarli har kuni vaksina olgan yuqori martabali o‘zbekistonliklar haqida axborot berib kelmoqda. Ular orasida katta tibbiyot muassasalari rahbarlaridan tortib, viloyat hokimi-yu vazirlarigacha bor.
Xususan, Senat raisi Tanzila Norboyeva, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev emlangan. | 8O‘zbekiston
|
Qirg‘izistonlik bolalar Pan Gi Munning rafiqasiga ertak uchun minnatdorlik tariqasida kigiz o‘tov sovg‘a qildi
BMT bosh kotibi Pan Gi Munning rafiqasi Yu Sun Dek xonim 11-iyun kuni qirg‘izistonlik yetti yoshdan o‘n bir yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan A.Usmonov nomli Milliy kutubxonaning “Oilaviy mutolaa burchagi”da uchrashdi va ularga ikki aka-uka haqidagi koreys ertagini ingliz tilida o‘qib berdi, deb xabar beradi “Knews.kg”.
Shuningdek u o‘zining bolaligi Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi urush davriga to‘g‘ri kelgani uchun uning o‘yinchoqlari guruch donalari va mayda toshchalar bo‘lganligi haqida bolalarga so‘zlab berdi.
Bolalar ertak uchun minnatdorchilik tariqasida unga kigiz o‘tov sovg‘a qildi. Tadbir yakunida ta’lim vaziri Elvira Sariyeva Yu Sun Dek xonimga “Manas”ning ingliz tilidagi nusxasini taqdim qildi. | 2Dunyo
|
FIFA yanglishib, “Oltin to‘p—2015” sovrindori nomini e’lon qildi
FIFA rasmiy saytida tizimdagi xatolik tufayli 2015-yilgi “Oltin to‘p” mukofoti sovrindori e’lon qilingan xabar paydo bo‘ldi, deb yozadi “Focus.ua”. U Kataloniyaning “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi bo‘ldi.
Ovoz berish natijalari rasman 11-yanvardagina e’lon qilinishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p-2015” uchun “Barselona”ning ikki nafar a’zosi Lionel Messi va Neymar bilan birgalikda “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu kurash olib borayotgan edi. | 13Sport
|
UYeFA prezidenti: «Yevropa Superligasini tashkil etish urushga olib keladi»
UYeFA prezidenti Aleksander Cheferin Yevropa Superligasini tashkil etish g‘oyasiga munosabatini bildirdi.
Bungacha Myunxenning «Bavariya» jamoasi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge Chempionlar ligasini takomillashtirish bo‘yicha taklif bildirgandi. Uning fikricha, YeChLni Yevropa Superligasi bilan almashtirish kerak. Bunday turnirda Italiya, Angliya, Ispaniya, Germaniya va Fransiya vakillari bo‘lgan 20ta jamoa ishtirok etadi.
«Yevropa Superligasini tuzish g‘oyasi urushga olib keladigan g‘oyadir. Biz katta jamoalar tomonida turamiz va ular ham UYeFA ishtirokisiz bunday qaror qabul qilmaydi. Bundan tashqari, klublar agar ajralishsa, qanday muammolarga duch kelishlari mumkinligini yaxshi tushunishadi. Agar bu oson ish bo‘lganida edi, shunday turni allaqachon paydo bo‘lgan bo‘lardi», — degan Cheferin.
Manba: Tribuna.uz | 13Sport
|
Qodirov Putin tasvirlangan futbolkani kiygan o‘yinchining jarimasini to‘lashni taklif qildi
Checheniston rahbari va “Terek” futbol klubi faxriy prezidenti Ramzan Qodirov Vladimir Putin surati aks etgan futbolkada maydonga tushgan “Lokomotiv” o‘yinchisi Dmitriy Tarasov uchun har qanday jarimani to‘lashni taklif qildi, deb yozadi “RBK”. “Lokomotiv” prezidenti Olga Smorodskaya nomiga yozilgan tegishli xatni Checheniston parlamenti spikeri Magomed Daudov o‘z Instagram’iga joyladi.
Tarasovning xatti-harakatini “yuqori baholagan holda”, Qodirov “Terek” mablag‘lari hisobidan “har qanday jarimani to‘lash haqida”gi taklif bilan chiqdi. Xususan, Checheniston klubi UEFA o‘yinchiga solgan 5 ming yevro jarimani to‘lashni so‘radi.
Xat yuborilgani haqidagi ma’lumotni “Terek” direktori Ahmad Aydamirov tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, “Fenerbaxche” bilan uchrashuv yakunlangach, Tarasov jamoa futbolkasini yechgan, shunda uning ostida Putinning harbiy libosda tushgan surati hamda “Eng xushmuomala prezident” yozuvi joylashtirilgan boshqa futbolka borligi ma’lum bo‘lgan edi. “Lokomotiv” rahbariyati bu harakati uchun Tarasovni 300 ming yevro miqdorida jarimaga tortgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Grozniyning “Terek” jamoasi futbolchini Moskva klubidan jarimasi bilan birga sotib olishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Ammo keyinroq futbolchining agenti klub futbolchiga 300 ming yevro miqdorida jarim solganini rad qilgan.
18-mart kuni esa UEFA Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi yarim himoyachisi Dmitriy Tarasanovni Putin surati tushirilgan futbolka bilan maydonga chiqqani uchun 5 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. | 13Sport
|
Yevro − 2016 timsoli tasdiqlandi (foto)
Yevro-2016 rasmiy Tvitteri musobaqaning rasmiy timsolini taqdim etdi. Fransiya terma jamoasining 16-raqamli formasini kiygan bolakayga qizil plashch ham kiydirilgan. Albatta, u to‘p tepmoqda, deb xabar berdi Stadion.uz.
Ushbu timsol kecha bo‘lib o‘tgan Fransiya va Shvetsiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida taqdimot qilindi. Endi 26-noyabrgacha timsolga nom tanlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. 30-noyabr kuni esa timsolning Twitter’da rasmiy akkaunti ochiladi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati 2016-yilning 10-iyunidan 10- iyuliga qadar Fransiyada bo‘lib o‘tadi. Yevropa chemponatida ilk marta 24 jamoa ishtirok etadi. | 13Sport
|
Nike bog‘ichi o‘zi bog‘lanadigan krossovkalarni 720 dollardan sota boshladi
Nike kompaniyasi 1-dekabr, payshanba kuni bog‘ichi o‘zi bog‘lanadigan HyperAdapt krossovkalarini 720 dollardan sotishni boshladi, deb yozadi “Vedomosti”. Ularni faqat Nike+ dasturi orqali va Nike’ning Nyu-Yorkdagi yangi do‘konidan olish mumkin.
Bu shu bilan bog‘liqki, kompaniya riteylerlarga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, iste’molchilarga mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga intilmoqda. Bunday savdolarni u 2020-yilgacha ikki baravar ko‘paytirib, 16 milliard dollargacha yetkazmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Nike firmasi konsepsiyasi “Kelajakka qaytib-2” filmida taqdim etilgan krossovkaning real versiyasini mart oyida taqdim etgan edi.
Inson tovoni maxsus sensorga tegishi bilan oyoq kiyimining iplari o‘z-o‘zidan harakatga kelib, bog‘lanadi. Krossovka chekkasida ikkita tugma bo‘lib, ular bog‘lanishni zaiflashtirish yoki kuchaytirishga xizmat qiladi. | 14Texnologiya
|
COVID-19’ning yuqumli bo‘lmagan turi bormi? Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi javob berdi
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurillayeva koronavirus infeksiyasining yuqumli bo‘lmagan turi borligi rostmi, degan savolga aniqlik kiritib o‘tgan.
Himoya niqobini doimiy taqish pnevmoniyaga sabab bo‘ladimi? Mutaxassis izohi
Koronavirus infeksiyasi asosan kasallangan bemor nafas chiqarganda mayda zarralar bilan atrofga tarqaladi. Bu holat har safar bemor aksa urganda, yo‘talganda va hatto gapirganda yuz beradi. Ba’zi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha zarrachalar qo‘shiq kuylaganda va oddiy nafas olganda ham tarqaladi. Bu zarralar yirik bo‘lib, ular ma’lum bir masofada tarqala olmaydi va tez pastga “qulaydi”.
Sog‘lom kishilar ushbu zarralar mavjud bo‘lgan havodan nafas olganlarida kasallanishlari mumkin. Virus inson organizmiga shilliq qavatlar – og‘iz, burun yoki ko‘z orqali tushadi. Virusning yashovchanligi tashqi yuzalar turi va atrof-muhit sharoitiga bog‘liq ravishda ma’lum muddat saqlanib qoladi. Olimlarning aniqlashlaricha, virus past haroratda bir necha hafta, xona haroratida kartonlarda 24 soatgacha, temir buyumlarda 48 soatgacha, plastik buyumlarda esa 72 soatgacha yashab qoladi.
Kasallik yuqumliligi va oila a’zolariga yuqish xavfi yuqoridagi omillardan kelib chiqadi.
Nargiza Nurillayeva, Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga qarshi kurash shtabi 4 kun tomoqni tuz va sirka bilan chayish haqidagi xabarni rad etgan bo‘lsa, Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus yo‘qligini bildirgan, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atagan, “doka niqob spirt bilan namlab taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi” mazmunidagi gap-so‘zlar asossizligi, Bosh davlat sanitariya inspektori sarimsoq piyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emasligini bildirilgan edi. | 8O‘zbekiston
|