folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Ariana Grande o‘z konsertida yuz bergan teraktni izohladi | Manchester Arena standionidagi konserti chog‘ida terakt sodir bo‘lgan amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande voqeadan afsusda ekanligini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Barbod bo‘ldim. Chin ko‘ngildan juda, juda achinyapman. Aytishga so‘zim yo‘q”, — deb yozdi Grande o‘z Twitter’ida.
Avvalroq xonandaning vakili Jozef Karozzu Grande jabr ko‘rmaganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, IShID terrorchilik guruhi Britaniyaning Manchester shahrida yuz bergan terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi. Terakt qurbonlari soni so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 27 kishiga yetdi. | 57 | 572 |
Madaniyat | Mahatma Gandidan malika Dianagacha: Afsonaviy shaxslar haqida hikoya qiluvchi 5 ta biografik film (video) | Afsonaviy Mahatma Gandining hikoyasidan tortib, malika Diananing og‘ir hayoti haqidagi hikoya qiluvchi kartinagacha tomosha qiling.
“Gandi” (1982)
Ben Kingsli ijro etgan Hindistonning eng mashhur arboblaridan biri – Mahatma Gandi hayotiga bag‘ishlangan biografik film. Zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini rad etgan, urushlar va odamlarning zulmiga qarshi chiqqan rahbar insoniyat xotirasida uzoq saqlanib qoldi. U o‘ylab topgan “zo‘ravonliksiz qarshilik” taktikasi esa haqiqiy insonparvarlik namunasiga aylandi.
Film rejissori britaniyalik Richard Attenboro, biroq suratga olishda to‘rtta davlat ishtirok etdi: Buyuk Britaniya, Hindiston, AQSh va Janubiy Afrika. 1983-yilda kartina sakkizta “Oskar” va beshta “Oltin globus” haykalchasini qo‘lga kiritdi, kino tanqidchilari va tomoshabinlarning maqtovli sharhlarini olgan ushbu film, albatta, e’tiborga loyiqdir.
“Pushti rang hayot” (2007)
Marion Kotiyyarning Olivye Daanning bilan ishtirokidagi ta’sirli kartina. Film Edit Piafning kambag‘al bolaligidan dunyoga mashhurlikkacha bo‘lgan qiyin va mashaqqatli martaba yo‘li haqida hikoya qiladi. Bolaligida onasi bo‘lajak qo‘shiqchidan voz kechadi va qiz esa deyarli ko‘r edi. Lekin o‘ziga bo‘lgan ishonch va musiqaga bo‘lgan ishtiyoq unga muvaffaqiyat qozonishiga va butun dunyodagi millionlab odamlarning qalbini zabt etishga yordam berdi. Marion Kotiyyar filmdagi ishi uchun “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida “Oskar” oldi.
“Jeki” (2016)
Rejissor Pablo Larrain suratga olgan film AQShning birinchi xonimi va Amerikaning eng mashhur ayollaridan biri – Natali Portman rolini ijro etgan Jaklin Kennediga bag‘ishlangan. Butun dunyo Prezident Jon Kennedining rafiqasining metinligi va o‘zini tuta bilishiga qoyil qoldi, lekin bu ayol haqiqatan ham nimani boshdan kechirganini va nimani his qilganini hech kim tasavvur qilmasdi. Filmdagi roli uchun Natali Portman uchta “Oskar” nominatsiyasini oldi va eng yaxshi liboslar dizayneri bo‘yicha BAFTA mukofotiga sazovar bo‘ldi.
“Bogemiya rapsodiyasi” (2018)
Queen guruhi va uning asoschisi Freddi Merkyurining hikoyasi Brayan Singer tomonidan suratga olingan. Ajoyib biografik film tomoshabinlarga ham, mutaxassislarga ham manzur bo‘ldi: kartina to‘rtta “Oskar” va ikkita “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi. Filmning “Ularning musiqasidan ko‘ra ajoyib narsa – ularning hikoyasi” shiori suratga olingan biografik filmni eng ajoyib tarzda tavsiflaydi.
“Spenser” (2021)
Pablo Larrainning yana bir filmi Kristen Styuart ijro etgan qalblar malikasi, malika Dianaga bag‘ishlangan. Film 1990-yillar boshida Ledi Di shahzoda Charlz bilan nikohini tugatishga qaror qilgan uch muhim kun haqida hikoya qiladi. Voqea Angliyaning sharqida joylashgan Sandringem qirollik mulkida Rojdestvo bayramlarida bo‘lib o‘tadi.
Kristen Styuartning ijrosi va uning britancha talaffuzidan nafaqat muxlislar, balki kino tanqidchilari va Amerika kino akademiyasining a’zolari ham mamnun bo‘ldi – ular Styuartni “Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida “Oskar”ga nomzod qilib ko‘rsatishdi. | 105 | 3,014 |
Madaniyat | Hayotini fitnessiz tasavvur qila olmaydigan Gollivudning mashhur ayollari (foto) | Ko‘pgina yulduzlar sog‘lom turmush tarzini olib boradi va hamisha ajoyib ko‘rinish uchun turli mashg‘ulotlarga qatnaydi, ammo ulardan faqat bir nechtasigina sportga chinakam ishtiyoqlidir. Grazia nashri hayoti davomida muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanib kelayotgan mashhur ayollar ketma-ketligini taqdim etdi.
Jennifer Lopes
53 yoshli Jennifer Lopes eng mashhur sportchi yulduzdir. U ko‘plab ayollarni sport bilan shug‘ullanishga undaydi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, qo‘shiqchining qiyofasiga qoyil qolmaslik mumkin emas.
Maksimal natijalarga erishish uchun u kardio, kuch mashqlari, intervalli mashg‘ulotlar va raqs bilan shug‘ullanadi. Lopez ozg‘in bo‘lish tarafdori emas, u vazn yo‘qotishdan ko‘ra ko‘proq mushaklariga ishlov beradi.
Uning ratsionida juda ko‘p oqsilli mahsulotlar mavjud, ammo qahva va spirtli ichimliklar yo‘q. Ba’zida Jenni mushaklarning yengilligiga erishish kerak bo‘lganda kam uglevodli parhezni boshlaydi va asosan yog‘siz go‘sht va yashil sabzavotlarni iste’mol qiladi.
Xolli Berri
56 yoshli Xolli Berri yana bir ishtiyoqli sport muxlisasidir. Aktrisa uzoq vaqtdan beri boksni yaxshi ko‘radi, hozir u bilan shug‘ullanadi. Biroq Xolli bitta sport bilan cheklanib qolmaydi va boshqa narsalar qatorida yuguradi, yoga bilan shug‘ullanadi va yuqori intensivlikdagi kardio mashqlarini bajaradi.
Aktrisa interval bilan ovqatlanish va keto parheziga rioya qiladi, yog‘li ovqatlarni afzal ko‘radi. Shuningdek, kamdan-kam hollarda mazali taomlar bilan parhezni buzadi: sendvich va makaron mahsulotlarini deyarli iste’mol qilmaydi. Ammo shirinlik va tortlardan faqatgina bayramlarda tanovul qiladi.
Jennifer Eniston
Jennifer Enistonning qiyofasi ko‘p yillar davomida umuman o‘zgarmaydi. 53 yoshli aktrisa xuddi 30 yil avvalgidek nozik va nafosatli. Aktrisa faol hayot tarzi bilan shug‘ullanadi va ko‘p yillar davomida sog‘lom odatlarga qat’iy amal qiladi. Kunning birinchi qismida Eniston sport zaliga boradi, u yerda shaxsiy murabbiy bilan shug‘ullanadi: u kuch mashqlarini bajaradi, yuguradi va yoga bilan shug‘ullanadi. Jennifer faqat kletchatka va oqsilga boy foydali mahsulotlar iste’mol qiladi.
Elza Pataki
Kris Xemsvortning rafiqasi Elza Pataki sportchi va nozik qomati bilan faxrlanishi mumkin. Elza, turmush o‘rtog‘i ikkisi sport bilan shug‘ullanadi va u hayotini sportsiz tasavvur qila olmaydi.
Pataki yoshligidan sport bilan shug‘ullangan. Ko‘rinishidan, u uzoq vaqt davomida o‘zining ideal qomatini bugungi kungacha mukammallikka yetkazishda davom etmoqda. Elza boksini yaxshi ko‘radi. Shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanishga harakat qiladi, lekin ba’zida shirinliklarga ustunlik beradi. Asosiysi, hamma narsada me’yorni unutmaydi.
Viktoriya Bekhem
Viktoriya Bekhem ko‘pincha o‘ta nozikligi tugayli anoreksiyani targ‘ib qilishda ayblanadi. Biroq 48 yoshli dizayner aslida sport bilan juda ko‘p shug‘ullanadi, bu uning qomatini bir xilda saqlaydi. Viktoriya kardio mashg‘ulotlariga e’tibor qaratadi. Ratsioniga sabzavot va baliqni kiritgan, ammo sut mahsulotlarini umuman iste’mol qilmaydi.
Pink
Xonanda Pink o'z chiqishlarida akrobatikaning shunday mahoratini namoyish etadiki, uni faqat muntazam shug‘ullanadigan sportchilargina bajara oladi. Xonanda deyarli har kuni sport bilan shug‘ullanadi. U yoga va kuch mashqlarini bajaradi. Qo‘shiqchi o‘simlik mahsulotlarini afzal ko‘radi, ba’zida go‘sht iste’mol qiladi. Agar u zararli narsalarni, masalan, shirinlik yoki fastfud iste’mol qilishni xohlasa, albatta, ularni ham tanovul qiladi.
Izabel Gular
Izabel Gular ko‘plab modellardan o‘zining atletik qomati bilan ajralib turadi. U aqldan ozar darajada sportning muxlisasi va hatto ta’tilda ham kunni mashg‘ulot bilan boshlaydi. Bu yugurish, tennis, kikboksing yoki Pilates bo‘lishi mumkin. Model sportning faqat to‘g‘ri ovqatlanish bilan birgalikda samara berishiga ishonch hosil qilgan, shuning uchun u zararli ovqatlardan o‘zini tiyadi.
Nikol Sherzinger
Nikol Sherzingerning mashqlari xilma-xildir. U deyarli sportning barcha turli bilan shug‘ullanadi. Bunga ishonish qiyin, lekin ko‘p yillar oldin Nikol ovqatlanish buzilishidan aziyat chekdi. Uning holati ma’lum nuqtada juda og‘irlashdi. Shundan so‘ng u ratsioniga iloji boricha sog‘lom mahsulotlarni kiritishga harakat qildi. Nikol shakar va kofeinni deyarli qabul qilmaydi. Biroq ba’zida shirinliklarga ustunlik beradi, albatta, me’yorni unutmagan holda. | 80 | 4,351 |
Madaniyat | “Qasoskorlar” yulduzi vanihoyat yangi smartfon sotib oldi. Kris Evans yetti yil foydalangan iPhone 6s’ga bag‘ishlab post qoldirdi | “Qasoskorlar” filmidagi Kapitan Amerika roli bilan mashhurlikka erishgan amerikalik aktyor Kris Evans o‘ziga iPhone 13 sotib oldi. U yetti yildan buyon iPhone 6s’ni ishlatib kelayotgandi. Evans Twitter’dagi sahifasiga eski smartfoniga bag‘ishlangan vidolashuv postini joylashtirdi.
Aktyor iPhone 6s qurilmasi “o‘lib qolgani” uchun yangi smartfon sotib olishga majbur bo‘lgan.
“Qasoskorlar” yulduzi tunda telefonni quvvatlantirishga bo‘lgan urinishlarni, nuqtalar paydo bo‘ladigan suratlarni, 100 foizli quvvat birdaniga 15 foizga tushib ketishini unutmasligini ta’kidlagan.
“Home tugmasini sog‘inib qolaman”, — deydi Evans. Apple 2016-yilda iPhone 7 ni taqdim etganidan beri ushbu tugmadan qisman voz kecha boshlagan, iPhone X bilan esa uni butunlay olib tashlagandi.
“Bu juda ham yovvoyi sayohati bo‘ldi. RIP, qadrdonim”, — deb yozadi aktyor.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar Evansning postidan ta’sirlanishgan. Ko‘pchilik aktyor endi sifatli suratlarni joylab borishini qayd etgan.
Skrinshot: “Pravilamag”
Skrinshot: “Pravilamag”
Skrinshot: “Pravilamag”
Skrinshot: “Pravilamag” | 129 | 1,089 |
Madaniyat | Jorj Klunini rafiqasi tashlab ketdi | Jordj Klunining rafiqasi Amal ikki farzandi —Ella va Aleksandrani olib, turmush o‘rtog‘ining uyidan chiqib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, er-xotin o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan va ular ajrashish arafasida turibdi. Ularning oilaviy do‘stlari Kluni xotinini qaytarish uchun qo‘ldan kelgan hamma ishni qilayotganini aytgan.
Ayni paytda aktyor o‘zining Britaniyadagi uyida yashamoqda, turmush o‘rtog‘i Amal esa bolalar bilan Italiyaga ketgan.
Ular ajrashgan taqdirda 520 million dollarga teng mol-mulkni bo‘lib olishlariga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Jord Kluni yurist Amal Alamuddinnga 2014-yilda uylangan bo‘lib, ularning Ella va Aleksandr ismli egizak farzandlari bor. | 35 | 716 |
Madaniyat | Aka-uka Vaynshteynlarning kompaniyasi 289 million dollarga sotildi | Lantern Capital kompaniyasi aka-uka Vaynshteynlarning Weinstein Company kompaniyasini 289 million dollarga sotib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Endi Lantern Capital kompaniyasi Weinstein Company’ning 277 ta filmi va televizion dasturi ustidan ishni nazorat qiladi. Xususan, yangi xo‘jayinlar bir nechta taqdim etilmay qolgan filmning taqdirini hal qilishi kerak.
Kompaniyaning aynan qanday rivojlanishi hozircha noma’lum. Yangi xo‘jayinlar faqat kompaniyaning nomi Weinstein Company’dan Lantern Entertainment’ga o‘zgarishi hamda Nyu-York, Dallas va Los-Anjelesda vakolatxonalar ochilishi haqida ma’lum qilgan. | 66 | 627 |
Madaniyat | Britaniyalik xonanda Ed Shiran ruhiy salomatligini saqlab qolish maqsadida telefondan foydalanmaslikka qaror qildi | Britaniyalik qo‘shiqchi Ed Shiran ruhiy salomatligini saqlab qolish uchun telefonidan foydalanishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Xonanda bu haqda The Collector’s Edition podkastiga so‘zlab berdi.
Xonanda smartfondan foydalanishi ortidan o‘zini xafa va tushkun his qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamisha yomon kayfiyatda bo‘lgan, shuning uchun qurilmadan foydalanishni cheklashga va odamlar bilan kamroq muloqot qilishni boshlashga qaror qildi. Hozirda musiqachi asosan elektron pochtadan foydalanadi.
Shiran 2015-yildan beri telefon ishlatmaydi. U ushbu qurilmadan voz kechishni hayotidagi eng yaxshi qarorlardan biri deb biladi. Endilikda qo‘shiqchi kuniga o‘nga yaqin elektron xabarga javob beradi, natijada kamroq stressni boshdan kechiradi. Shu bilan birga, do‘stlari bilan tez-tez uchrashib turgan xonanda ularni ham smartfonlarga bog‘lanib qolganini payqadi. | 114 | 866 |
Madaniyat | Kanizaning onasi chiroqsiz qoldi, Muqaddas xavotirda, Rayhondan minnatdorchilik. Mashhurlar karantinda nimalar bilan band? (foto+video) | O‘zbek san’atkorlari va sportchilari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 8-aprel kuni ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va foto postlar joyladi.
Fazliddin G‘oyibnazarov shifokorlarni bugungi kun qahramonlari deb atab, ularga minnatdorchilik bildirib, video lavha joyladi.
View this post on Instagram
Xonanda Kaniza karantin vaqtida onasinining uyida chiroq yo‘qligidan shikoyat qilib, video post joyladi.
View this post on Instagram
Xonanda Rayhon karantin vaqtida xizmat qilib yurgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
Xonanda Hulkar Abdullayeva kecha jonli ijroda “Paqa-paq” qo‘shig‘ini Zoom orqali kuylagan edi, bugun muxlislariga she’r o‘qib berdi.
View this post on Instagram
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan kuylangan “Go‘zal hayot” taronasini sahifasiga joyladi. Ozodbek Nazarbekov xonandaga bu uchun minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva “Sevimli” kanalda jonli ijroda konsert berishini ma’lum qilib, video post joyladi.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev ancha yillar oldin kuylagan “Qaytar dunyo deydilar” deb nomlangan qo‘shig‘ini bugun joyladi.
View this post on Instagram
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva bir yoshdan oshgan o‘g‘li Abubakr Siddiq sho‘xligi tufayli ko‘p yiqilayotganidan xavotirlanib, “bu xavfli emasmi?”, deya muxlislaridan maslahat so‘rab, post qoldirdi.
View this post on Instagram
Bugun duet bo‘lib kuylangan qo‘shiq va kliplar premyera qilinadigan kun bo‘ldi. Munisa Rizayeva hamda Yamin Band “Armon” deb nomlangan videoklipini premyera qildi.
Ali Otajonov hamda Dilmurod Sultonov esa “Dili boshqa” deb nomlangan qo‘shiqni premyera qildi.
O‘zbek boks yulduzlari Shahram G‘iyosov maqsad va toza niyatlar, albatta, amalga oshishi haqida, Bahodir Jalolov do‘st deganda nimani yoki kimni tushunasiz, degan mazmunda va Isroil Madrimov shunchaki oddiydina suratdan iborat post joyladi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 135 | 2,354 |
Madaniyat | Yoshga bog‘liq bo‘lmagan moda: 60 yoshdan oshgan eng zamonaviy yulduzlar (foto) | Yorqin ko‘ylaklar, dekolteli bezaklar, baland poshnali tuflilar va rang-barang printlar bilan 60 yoshini (kimdir hatto 80 yoshini ham) qarshi olgan eng zamonaviy ayollar qanday kiyinishlarini va yoshliklarida bo‘lgani kabi betakror ko‘rinishini ko‘rishingiz mumkin.
Imon, 66 yosh
Birinchi supermodellardan biri va Devid Bouining bevasi har doim benuqson ko‘rinishga harakat qiladi: 18 yoshida uni Nayrobi ko‘chasida fotograf ko‘rganida ham, 64 yoshida vaqti-vaqti bilan ommaviy tadbirlarda paydo bo‘lganda ham shov-shuvga sabab bo‘lgan.
Unga hamma narsa yarashadi. Nafaqat yoshligida, balki 60 yoshdan keyin ko‘pchilik juda yorqin yoki ochiq kiyimlardan qo‘rqadi. Lekin Imonning 60 yosh ajoyib davr ekaniga dalil bo‘lib, uning yorqin oqshom qiyofasi, naqshli liboslari, leopard nusxa yubkalari, rang-barang va qalin mo‘ynali paltolari, tikilgan kostyumlari va hatto toplari ham barcha qizlar uchun ilhom manbai bo‘la oladi.
Opra Uinfri, 68 yosh
Teleboshlovchisi Opra Uinfri tarixdagi birinchi qora tanli ayol milliarder, o‘z kinostudiyasi, mashhur jurnali va hatto kabel telekanaliga ega. Umuman olganda, Opra feminizmning yorqin namoyandalaridan biri bo‘lib, u ayol kishi nafaqat muvaffaqiyatga erishishi, balki dunyodagi eng nufuzli insonlardan biri bo‘lishi mumkinligini nafaqat so‘z, balki amalda ham isbotlagan.
Tadbirda u paydo bo‘lganda, barchaning diqqati unga qaratiladi — nafaqat xarizmasi, balki ajoyib liboslari bilan ham hammaning e’tiborini tortadi.
Meril Strip, 72 yosh
Meril Stripning karerasi qariyb yarim asr davomida rivojlanib bormoqda va yillar davomida aktrisa umuman sekinlashmoqchi emas. Aktrisa bir necha o‘n yillar avvalgidan ham muvaffaqiyatliroq, ammo o‘ttiz yil avvalgidan kam emas. Yoshligidan u keng ko‘ylaklarni va kostyumlarni, yorqin zargarlik buyumlarini afzal ko‘rar edi.
Hozirda ham Meril Stripning liboslari muntazam ravishda turli tadbirlardagi eng muvaffaqiyatli obrazlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Dayan Kiton, 76 yosh
Amerikalik aktrisa va “Eng yaxshi rol uchun” mashhur uchta mukofot — “Oskar”, “Oltin globus” va BAFTA g‘olibi yoshligida o‘zining shaxsiy uslubini topdi. Dayan — qora rangni yaxshi ko‘radi va bu rang unga juda yarashadi.
U klassik kostyumlar, galstuklar, ko‘ylak va jiletlarni afzal ko‘radi — xuddi uni butun dunyoga tanitgan Vudi Allen filmidagi Enni Xoll roli kabi.
Xelen Mirren, 76 yosh
Xelen Mirren kiyim tanlashda o‘zini cheklamaydi: na yorqin ranglarda, na ochiq kesilgan va bo‘yinbog‘larda, na tor uslubda. Xelen jozibali liboslarni yaxshi ko‘radi va ularning rangini zargarlik buyumlari bilan to‘ldiradi, charm va shaffof to‘rlarni mohirlik bilan uyg‘unlashtiradi.
Bunday rang-barang obrazlarga qarab, uning egasi yoshi haqida ba’zi komplekslarga ega deb aytib bo‘lmaydi.
Jeyn Fonda, 84 yosh
Jeyn Fonda 80 yoshning chegarasini bosib o‘tdi va hali ham davrimizning eng zamonaviy aktrisalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Uning asosiy xususiyatlari — noodatiy dekor, naqshlar va yorqin ranglar. Katta tadbirlarda yulduz yorqin materiallar va shaffof matolarni afzal ko‘radi.
Kichikroq tadbirlarda Jeyn kostyumlarni mukammal o‘rnatilgan kurtkalar yoki bluzka va keng shimlar bilan birlashtirishga moyil bo‘lib, ikkalasi ham nafis va aktrisaning yosh ko‘rinishga hissa qo‘shadi. | 79 | 3,245 |
Madaniyat | Tomoshabinlar “Mo‘jizalar maydoni” ko‘rsatuviga hadya qilingan yeguliklarga talashmoqda (video) | Rossiyaning “Birinchi” kanali orqali “Mo‘jizalar maydoni” ko‘rsatuviga sovg‘a qilingan yeguliklar taqdiri qanday yakunlanishi haqidagi videoni namoyish etdi.
Videoda boshlovchi Leonid Yakubovichga sovg‘a qilingan yeguliklarga ko‘rsatuvdan so‘ng tomoshabinlar tashlanib, paketlarga solayotganini ko‘rish mumkin.
Ko‘rsatuvning ushbu soni 15-fevral kuni efirga uzatilgan. | 95 | 369 |
Madaniyat | “Kalmar o‘yini” yulduzi Li Jon Je serialning davomi haqida so‘zlab berdi | Janubiy Koreya seriallarining barcha muxlislari “Kalmar o‘yini” loyihasining davom etishini intiqlik bilan kutmoqda. Rejissor Xvan Don Xyok tomonidan suratga olingan serial butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Netflix tarixidagi eng mashhur loyiha kompaniyaga 900 million dollar daromad keltirgan.
Shu sabab bo‘lsa kerak muxbirlar “Kalmar o‘yini” seriali qahramonlarini nima kutayotganini bilishga urinmoqda. Serialda Son Gi Xun sifatida rol ijro qilgan aktyor Li Jon Je o‘zi gavdalantirgan qahramonning taqdiri ikkinchi mavsumda qanday kechishi mumkinligi haqidagi taxminlari bilan bo‘lishdi.
Li Jon Je
“So‘nggi qismlarda mening qahramonim Gi Xun jiddiyroq bo‘lib qoldi, shu sababdan u yanada dadilroq bo‘ladigandek tuyulyapti menga. Ammo u haddan ortiq qat’iyatli bo‘lsa, odamlar filmni tomosha qilish davomida zerikib qoladi. Shu bois u o‘zidagi alomatlik va quvnoqlikni o‘ldirmaydi, degan umiddaman”, — degan Li Jon Je.
Avvalroq Netflix “Qog‘ozli uy” serialining koreyscha remeykiga buyurtma bergani, unda “Kalmar o‘yini” yulduzi suratga tushishi haqida xabar berilgandi. | 72 | 1,077 |
Madaniyat | Aktyor va prodyuser Farhod Badalovning onasi vafot etdi | Aktyor, rejissor va prodyuser Farhod Badalovning onasi vafot etdi. Bu haqda “Shov-shuv.uz” sayti muallifi Jasur Hamroyev Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Bu yigitning o‘z volidai muhtaramasining oyoqlarini yuvib, o‘pgani aks etgan suratlari internetda bir necha oy ilgari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Kim ‘barakalla’ dedi, kim rosa tanqid qildi...”, — deb yozadi Hamroyev.
“Bugun bu onaxon jonini Yaratganga uzatdi... U endi oramizda yo‘q. Ulgurib qolganingiz armon bo‘lmaydi... Har on g‘animat! Hayot, ota-ona, do‘stlar... g‘animat! Farhod, sizga va oila a'zolaringizga sabr tilayman”, — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 55 | 798 |
Madaniyat | “Senga oshiqman” seriali efirdan olingani uchun Sharof Muqimov Ishanini obrazi bilan mashhur Radhika Madanni klipiga chaqirmadi | Xonanda Sharof Muqimov “Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘iga klip olib, unda Ishani obrzasi bilan tanilgan hindistonlik Radhika Madanni olib chiqishi haqida aytib o‘tgandi.
Klip lavhalari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘la boshlagach esa unda “Senga oshiqman” serialidagi Ishani emas, balki o‘zbekistonlik Jamila G‘ofurova ko‘rinish bergani aniq bo‘ldi. Jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘lanib, unga o‘z va’dasini eslatdi.
“Klipda Ishanini o‘ynatish rejasi bor edi. Biroq o‘sha vaqtdagi oilaviy muammolar, onamning vafoti sabab ruhiy tushkunlik sabab bu reja ortga surilib boraverdi. Boz ustiga ‘Senga oshiqman’ seriali o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydi degan tanqidlar paydo bo‘ldi va u efirdan olindi. Shuncha xarajat qilib, keyin Radhika Madan suratga tushgan klipni telekanallarimiz badiiy kengashidan o‘tkaza olmasakchi, degan fikr bilan bu ishni qilmadik”, — deb tushuntirish bergan Sharof Muqimov
Ma’lum bo‘lishicha, Jamila G‘ofurova “Kel-kel” emas, “Sayyora” nomli klipda suratga tushgan.
“Bu qo‘shiq 20 yillar muqaddam ‘Aprel’ guruhi tomonidan kuylangandi. Men uni Xusniddin Xudoyorov bilan duet tarzida kuyladim. Uning klipida bir necha yillik do‘stim Jamila G‘ofurova suratga tushdi. ‘Niqob’, ‘Armon’, ‘Egizaklar’ filmlarida birga rol o‘ynaganimizdan keyin, muxlislar Jamila G‘ofurova bilan navbatdagi chiqishimizni istayotgandi. Yaqin kunlarda klipni ularning hukmiga havola qilamiz”, — deb oydinlik kiritdi Sharof Muqimov. | 127 | 1,446 |
Madaniyat | Tohir Sodiqov qizini o‘zidan zo‘r bo‘lmagan san’atkorga turmushga bermasligini aytdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov konserti arafasida “Darakchi” nashriga bergan intervyusida qizini o‘zidan zo‘r bo‘lmagan san’atkorga bermasligini ta’kidladi. Bu haqda “Kun” nashri xabar berdi.
Bo‘lajak kuyovining san’atkor bo‘lishini istashi-istamasligi haqida berilgan savolga Tohir Sodiqov shunday javob bergan:
Ochig‘i, ba’zida ayolimga juda achinaman. Chunki biz, san’atkorlar, bilan yashash juda qiyin. Kunimiz tartib bilan o‘tmaydi. Shularni bilganim uchun qizimning onasi singari qiynalishini istamayman.
Sodiqovning ta’kidlashicha, nima bo‘lganda ham uning aytgani emas, “taqdir buyurgani bo‘ladi”.
Yana bir gap — agar Tohir Sodiqovdan o‘tadigan san’atkor bo‘lmasa, unga qizimni bermayman, — deydi “Bolalar” guruhi solisti.
Aynan qanday san’atkor “Tohir Sodiqovdan o‘tgan” deb hisoblanishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Tohir Sodiqov 7—9-mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida konsert beradi. | 84 | 943 |
Madaniyat | “Lolagulim” dramasi suratga olindi | Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Panda Production films studiyasi tomonidan “Lola gulim” badiiy filmi suratga olindi.
Ssenariy mualliflari Azamat Ahrorov, Shuhrat Shon, postanovkachi rejissyor Azamat Ahrorov, operator Rustam Yo`ldoshev. Filmda aktyorlardan Tesha Mo`minov, Said Muxtorov, Ra`no Zokirova, Muyassar Berdiqulova, Mirolim Qilichev, Anvar Azimov, Shavkat Komilov va boshqalar rol ijro qilishgan.
Mazkur film drama janrida ishlangan bo`lib, unda oilaga qilingan xiyonat mudhish voqealarga sabab bo`lishi, ota va bola munosabatlari aks ettiriladi. | 34 | 569 |
Madaniyat | “Forsaj” yulduzi Jeyson Stetxem Turkiyadagi o‘q o‘tmaydigan villada dam olmoqda | “Forsaj” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Jeyson Stetxemning Turkiyadagi hashamatli mehmonxonalardan birida dam olayotgani paparatssi nishonidan chetda qolmagan, deb xabar beradi Hurriyet.
Ma’lum qilinishicha, rejissor Gay Richining “Besh ko‘z” nomli filmida suratga tushish bahonasida Turkiyaga borgan aktyor Antalyadagi lyuks villalardan biri bo‘lgan Regnum Carya Hotel’ga joylashgan.
Uch qavatli binoda beshta yotoqxona, garderob, barbekyu qilish uchun terrasa, SPA-markaz va bar bilan birga alohida hovuz ham bor. O‘q o‘tmaydigan derazadan go‘zal manzara ko‘rinib turadigan mazkur villa mijozlari, shuningdek, shaxsiy haydovchi va vertolyot transferi xizmatidan ham foydalanishi mumkin. 2019-yilning avgust oyida aynan ushbu villada amerikalik xonanda Jennifer Lopes konsert bergan, 2015-yilda esa G20 sammiti bo‘lib o‘tgan. | 79 | 839 |
Madaniyat | Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartiradi. Uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda | Netflix striming servisi butun dunyoda mashhurlikka erishgan “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan tashrif qog‘ozidagi telefon raqamni tahrirlaydi. Bunga ushbu telefon raqamning haqiqiy egasi kuniga minglab qo‘ng‘iroq va SMS olayotgani sabab bo‘lgan, deb yozadi Esquire.
Janubiy Koreya shousining qahramonlari og‘ir moliyaviy qiyinchilikka uchragan bo‘lib, katta pul mukofoti uchun omon qolish o‘yinida ishtirokini tashrif qog‘ozidagi raqam orqali tasdiqlashi kerak. Ushbu raqamning haqiqiy egasi so‘zlariga ko‘ra, hozirda unga kecha-yu kunduz noma’lum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, o‘yinga qo‘shilishga tayyorligini bildirmoqda, buning oqibatida telefon quvvati yarim kunga ham yetmayapti.
Reuters’ning ma’lum qilishicha, raqami “tarqalib ketgan” ayol tadbirkor Kim Gil Yon bo‘lib, shuningdek, u matnli xabarlar ham yog‘ilib kelayotganidan shikoyat qilgan. Shu bilan birga, ayol mijozlari bilan aloqalari sabab raqamini o‘zgartira olmaydi.
Yuzaga kelgan tushunmovchilik uchun ayolga dastlab 480 dollar miqdorida kompensatsiya taklif qilingan, keyinroq ushbu summa 4,2 ming dollarga chiqqan, ammo u rad etgan. Bundan tashqari, Janubiy Koreya prezidentligiga nomzod Xeo Kyong Yang tadbirkordan uning telefon raqamini 84 ming dollarga sotib olish taklifini bergan, biroq u ham rad javobini olgan.
Noma’lum shaxslar qo‘ng‘irog‘idan serialda ko‘rsatilgan raqamdan bittaga farq qiluvchi telefon raqami egalari ham jabr ko‘rmoqda. Netflix hozirda tomoshabinlardan “Kalmar o‘yini”dagi tashrif qog‘ozida ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilmaslikni so‘rayapti. Kompaniyadagilarning aytishicha, ular ataylab shouda so‘nggi sakkizta raqamni ko‘rsatgan, biroq uni terish vaqtida prefiks avtomatik qo‘shilib qolishini bilmagan.
Avvalroq Jeff Bezos Netflix’ni “Kalmar o‘yini” uchun maqtagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
“Kalmar o‘yini” — butun dunyoni zabt etayotgan Janubiy Koreya seriali. Internet fenomeniga aylangan kartinani ko‘rish uchun 7 sabab | 139 | 1,942 |
Madaniyat | “O‘zbekkino” yosh kinoijodkorlarning PROlogue festivali uchun arizalar qabul qilishni boshladi | “O‘zbekkino” milliy agentligi PROlogue — yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III respublika festivalini e’lon qildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yosh iste’dodlarni izlab topish, ularning ijodini qo‘llab-quvvatlash va professional malakasini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan festivalda 35 yoshgacha bo‘lgan kinoijodkorlar so‘nggi ikki yil mobaynida suratga olgan, umumiy vaqti 30 daqiqadan oshmaydigan qisqa metrajli badiiy yoki hujjatli-badiiy filmlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Arizalar 15-sentabrgacha qabul qilinadi, filmlar 1-oktabrga qadar saralab olinib, 16—20-noyabr kunlari ularning namoyishlari o‘tkaziladi.
21-noyabr kuni festival g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. G‘oliblar maxsus sovrinlar va diplomlar bilan taqdirlanadi.
Jumladan, “Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film” uchun bosh sovrin, “Eng yaxshi ssenariy”, “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng yaxshi operatorlik ishi” bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
2017-yildan boshlab xorijiy kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan qisqa metrajli filmlar ham festival asosiy dasturidan tashqarida namoyish etiladi. | 94 | 1,171 |
Madaniyat | Bugun “Theatre.uz” to‘rtinchi xalqaro teatr festivali boshlanadi | Yurtimiz madaniy hayotidagi yana bir yirik tadbirlardan biri “Theatre.uz/2013” to‘rtinchi xalqaro teatr festivali bugun o‘z eshiklarini ochadi.
Bugun, 20-oktabr, soat 17:00 da O‘zbekiston Yoshlar teatrida O‘zbekiston va Isroil teatr ijodkorlarining hamkorlikdagi loyihasi – “Happy End” spektakl premyerasi bilan festivalning ochilish marosimi bo‘ lib o‘tadi. Mazkur spektakl asari isroillik dramaturg Ido Netanyaxu qalamiga mansub. Uni O‘ zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Nabi Abdurahmonov sahnalashtirgan.
“Art Week Style.uz” san’at haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu festivalda 6 ta xorijiy spektakl, respublikamiz viloyatlari teatr jamoalarining 6 ta, poytaxtimiz teatrlarining 8 ta hamda bitta hamkorlikdagi spektakli namoyish etiladi. Shuningdek, xorijiy teatr ustalaridan 4 ta mahorat darslari ham tashkil etiladi.
Bu yilgi “Theatre.uz” festivalida Litva, Rossiya, Isroil, Tojikiston davlatlaridan kelgan teatr jamoalari ham ishtirok etadi. Festival doirasida Germaniya, Belorussiya va Fransiyadan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan an’anaga aylangan mahorat darslari hamda Nina Mazur, Yelena Liopo kabi teatrshunos tanqidchilar bilan ijodiy uchrashuvlar O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida o‘tkaziladi.
“Theatre.uz/2013” xalqaro teatr festivalining to‘ liq dasturi bilan mtu.uz manzili orqali tanishishingiz mumkin. | 64 | 1,355 |
Madaniyat | Shahzoda: “Turkvision'ga ona bo‘lganim sababli bora olmadim” | Ozarbayjonning “Vzglyad” nashri o‘zbek xonandasi Shahzoda (Zilola Musayeva) bilan eksklyuziv suhbat uyushtirdi. “O‘zbek musiqasining malikasi – Shahzoda” nomli suhbat mazkur saytga 24-fevral kuni joylangan bo‘lib, uni salkam ikki kunda bir yarim ming atrofida foydalanuvchi o‘qigan.
Skrinshot: “Daryo”
Unda dastlab turkiy xalqlarning boy va mazmundor musiqasi haqida so‘z yuritilib, jumladan, “Yalla” ansambli ham eslangan. Zamonaviy o‘zbek qo‘shiqchiligida Shahzodaning ham o‘rni borligi ta’kidlanib, uning hayoti va ijodi xususida qisqacha ma’lumot berilgan.
Savol-javoblarda xonanda o‘zining keng fikrli, mulohazali ekanligini namoyon etgan. Boshqa turkiy tilli xalqlar, jumladan, ozarbayjon musiqasiga qiziqishi borasida so‘ralganida, Shahzoda bu yurtda ham do‘stlari borligi, ular bilan sohaga oid fikrlarni almashib turishini bayon etgan. Ozarbayjon va o‘zbek xalqlarini musiqa va qo‘shiqlarda aks etuvchi sharqona mentalitet birlashtirib turishiga urg‘u bergan.
Sayt muxbiri matbuotda birinchi “Turkvision” tanlovida O‘zbekistondan Shahzoda ishtirok etishi haqida xabarlar paydo bo‘lganligi, ammo Shahzodaning tanlovda qatnashmaganligi sababi bilan qiziqqan. Xonanda mazkur tanlovga hakam sifatida taklif etilganligi, ammo oilaviy hayotidagi quvonchli voqea – ikkinchi farzandini dunyoga keltirganligi bois bora olmaganligini aytgan. Shuningdek, u Turkvision shu paytgacha turkiy xalqlar hamkorligida o‘tkazilgan eng yirik tadbirlardan biri bo‘lganligini, uning ahamiyati katta ekanligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, intervyuda xonandaning oilaviy hayoti va qiziqishlari, O‘zbekiston va Ozarbayjon musiqachilarining hamkorlikda ijod qilishi kabi mavzular ham chetlab o‘tilmagan.
Bularning barchasi o‘zbek san’atining xorijda, jumladan, qardosh xalqlarda ham qadrlanayotganligini anglatadi. | 60 | 1,800 |
Madaniyat | Sabina Mustayeva “Golos.Deti” loyihasi finaliga chiqdi | O‘zbekistonlik Sabina Mustayeva Rossiya “Birinchi kanali”ning “Golos.Deti” musiqiy loyihasi finaliga chiqdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sabina loyihaning avvalgi sonida finalga chiqolmagan edi, biroq “Birinchi kanal” yana bir saralash bosqichini o‘tkazib, yosh iqtidorlarga yana bir imkon berishga qaror qildi.
Bu bosqichda to‘qqiz ishtirokchi qatnashdi. Bular – Daniil Furman, Mariya Mirova, Yevdokiya Malevskaya (Dima Bilan jamoasi), Yekaterina Bizina, Katrina-Paula Diringa, Saida Maxametzyanova (Pelageya jamoasi), Alina Arakelova, Yelizaveta Marochkina va Sabina Mustayeva (Maksim Fadeyev jamoasi).
Har bir ishtirokchi hakamlar e’tiboriga bittadan qo‘shiqni havola qildi. Finalchilarni teletomoshabinlar, telefon qo‘ngiroqlari va sms-xabarlari orqali aniqlab berishdi.
Sabina Mustayeva Freddi Merkyurining “Somebody to Love” qo‘shig‘ini ijro etdi. Zaldagi tomoshabinlar ushbu ijroni gulduros qarsaklar va “barakalla” degan hayqiriqlar bilan qarshi olishdi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Sabina Mustayeva 66 foiz ovoz olib, loyihaning 17-aprel kuni jonli efirda bo‘lib o‘tadigan finaliga yo‘llanma oldi.
Finalda quyidagi ishtirokchilar qatnashadi: Yevdokiya Malevskaya, Sofiya Kvratsxeliya, Aleksey Zabugin, Matvey Semishkur, Mixail Smirnov, Saida Maxametzyanova, Eduard Rediko, Yaroslav Sokolikov va Sabina Mustayeva. | 54 | 1,350 |
Madaniyat | Madonna Brit Awards mukofotini topshirish marosimida zinadan yiqilib tushdi | 56 yoshli amerikalik xonanda Madonna Londonda bo‘lib o‘tgan o‘ttiz beshinchi Brit Awards musiqiy mukofotini topshirish marosimidagi chiqishida zinadan yiqilib tushdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Uzun yopinchiqda bo‘lgan Madonna Living For Love qo‘shig‘ini ijro etib, shohsupaga ko‘tarilgan. Reja bo‘yicha raqqoslardan biri uning ustidagi kiyimni mahorat bilan sug‘urib olishi kerak bo‘lgan, biroq buning o‘rniga Madonnaning o‘zi orqaga ketib qolgan. Zinaning uchta pog‘onasidan yiqilgan qo‘shiqchi sahnaga qulagan.
Madonna yiqilishi bilan qo‘shiq aytishdan to‘xtagan, biroq taxminan bir daqiqa o‘tgach u o‘ziga kelgan va chiqishini davom ettirgan. | 75 | 661 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov o`zbekistondan o`g`irlangan san`at asarlarini qaytarishni boshladi | Madaniyat vazirligi 1991 yildan to shu kunga qadar mamlakatimizdan o`g`irlab ketilgan san`at asarlari va me`moriy obidalar parchalarini mamlakatga qaytarib olish jaraënini boshladi. Bu haqda Milliy matbuot markazi xabar bermoqda.
Asarlarni qaytarish eng avvalo Farg`ona viloyat O`lkashunoslik muzeyidan o`g`irlanib Londonda kim oshdi savdosiga qo`yilgan rassom Aleksandr Volkov asaridan boshlanagan. Aleksandr Volkov mazkur asarni 1932 yilda yaratgan va “Jo`xorizor shovqini” deb nomlagan. Asar Londondagi MakDugalls auksioniga qo`yilgan bo`lgan. Aytilishicha, O`zbekiston davlat muzeyidan o`g`irlanib AQShda savdoga qo`yilgan XIX-XX asrlarga tegishli so`zanani ham qaytarish jaraëni boshlangan. Bu so`zana almashtirib qo`yilgan bo`lgan. O`g`irlangan san`at asarlarini O`zbekistonga qaytarish bo`yicha harakatlar Ozodbek Nazarbekov vazir bo`lganidan so`ng boshlangan. | 85 | 868 |
Madaniyat | BOLALAR UChUN YaNGI YIL ShOUSI | 15 dan 25 dekabrga qadar “Planetariy”da yulduzli Yangi yil shousi o`tkaziladi. Bolalar mazkur shou davomida sayyoralarni kuzatish, yangi yil kayfiyatini his qilish hamda sovg`alarni qo`lga kiritish imkoniga ega bo`lishadi. Bu haqda Afisha.uz axborot kanali xabar bermoqda. | 31 | 272 |
Madaniyat | Mahmudxo‘ja Behbudiy: Bizni kemirguvchi illatlar | “Azon.uz” Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizni kemirguvchi illatlar” sarlavhali maqolasini taqdim qildi. Maqola 1915-yili “Oyina” jurnalining 13-sonida chop etilgan.
Bizni kemirguvchi illatlar deganda, zaxm-u maraznimi gumon etarsiz? Yoyinki, sil, silariya (o‘pka sili) va maxavliknimi dersiz? Yo‘q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh (jon azobi), bevoya, xonavayron va g‘arib etguvchi bir dard, biz – turkistoniylarni shahri va qishloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizg‘acha istilo etib, butun tirikligimizg‘a sorilgan va bizni inqirozg‘a va tahlikag‘a va jahannamg‘a yumalaturg‘on to‘y, azo ismindagi ikki qattol dushmanni derman.
Atomizdan mehribon Tangrimiz jalla va a’lo Qur’oni karimda “Lo talaqqu bi yadikum ala tahlikkatihi”, ya’ni o‘z qo‘llaringiz ila o‘zingizni tahlikaga otmangiz, der. Biz bo‘lsa, badbaxtona va Xudoning amrig‘a bo‘yun qo‘ymasdan kofirona bir suratda to‘y va azo degan, yo‘q bo‘lushimizg‘a sabab bo‘lgan odatlarga boru yo‘qimizni sarf va isrof etarmiz…
Ma’lum bir shaharda yahudiylar ba’zan o‘luklarini oqshom elitib ko‘marlar. Na uchun? Kunduzi ishdan qolarlar. Biz bo‘lsa, o‘luk va to‘y uchun haftalar, hatto, oylar ila ishdan qolurmiz. Holbuki, shore’i a’zam, payg‘ambari akram sallollohi alayhi vasallam hazratlari o‘lganni tez ko‘mub va ko‘mgandan so‘ngra tez tarqalib, ishg‘a ketmoqg‘a va o‘lukxona xalqini uch kundan ziyoda ta’ziya tutmasg‘a, qaro kiymasg‘a, kir, falokat bo‘lmasg‘a amr etarlar. Ey xalq! Ey musulmonlar! Biz na uchun Xudo va rasulni so‘zig‘a va o‘zimizni na’fimizg‘a amal qilmaymiz? Biz devonami? Biz taklifdan tashqarimi? Xudo uchun so‘ylangiz? Biz nima?
Shariat kitoblaridan “Faroiz, ya’ni Xudoni buyrug‘i degan kitoblarg‘a: “O‘lukni molidan avvalan o‘lukg‘a kerakli muvofiq sunnat va isrofsiz kafan qilib, dafn qilmoqg‘a sarf qilinsun, so‘ngra qarzi berilur. So‘ngra ortgan mollarni – varasasig‘a muvofiqi shariat taqsim qilinib berilur”, – deyilgan ekan, biz bil’aks kafandan so‘ngra qarzga bermay va hatto, sag‘ir va benavo xotunlarni merosini yirtish, azoyi, sadaqa, xayrot, bilmayman, nimalar ujrasi deb, qarzdan vorisidan ilgari taqsim qilib olarmiz. Besh-olti ma’raka va xudoyi, 8-10 jum’a oqshomi deb butun mahalla va qishloq xalqig‘a palov berarmiz. Ba’zi bir bechora sag‘ir va mushtipar ayollar merosdan va haqlaridan noqis olurlar. Ba’zi qarzxohlarni haqqi xudoyi va xayrot, noxudoyi va sharrot sababi ila kuyub ketar. Bechora o‘lukni zimmasi qarzdan qutulolmay qolur. Xudo uchun aytingiz, bu xayrotmi, bu xudoyimi?
Besh-olti kun so‘ngra bu xudoyi va xayrotlar uchun varasani haqqi bo‘lgan mol va yerlar sotulur. Berilgan dangga adras, azoyi va g‘anilarni olgan yirtish va sadaqalari uchun berilur. Endi bechora varisa darbadar, ham otadan, ham vatandan ayrildi-ketdi. Bir o‘rtahol, bir bechora faqir o‘lar. Oning g‘ani yaqini o‘lukni egasi bo‘lub, varisa molini “obro‘y” etarman, deb isrof va barbod etar. Natijada bechora varisa darbadar.
Astag‘furillo, subhonollo. Bizni qilaturgon aqlsizligimizni qaysi millat qilur? Nikoh, xatna, bu ikki balo shundog‘ qattiq bir illatki, o‘lmaguncha qutulub bo‘lmaydur. Shaharlarda o‘rtahol, ya’ni o‘turarg‘a xona va bog‘i bor bir kishi nikoh uchun ikki ming so‘m sarf etar va o‘g‘ul xatnasi uchun hech bo‘lmaganda ming so‘m. Har bir benavo kishi bu mavridlarga 200 so‘mdan 1000 so‘mgacha sarf etar. Boy va zo‘raki boylar esa besh ming, o‘n minglab sarf etar. Oxiri nima bo‘lur? Nima bo‘lur deysiz? Ota-bobosidan qolgan mulk va vatanini o‘z ixtiyori ilan zo‘raki boyni o‘zi o‘lgandan so‘ngra bir yahudiy yo bir armani ajnabiyg‘a sotib, to‘y va ta’ziya qarzini berar. O‘zi sotmaganda sudg‘a sotilur. Mana, yuqoridagi sarlavhada “Bizni kemirguvchi illatlar” degan odatlarimiz, shu to‘y va ta’ziya ismindagi devonaligimizdan iboratdur.
Bir do‘konchi, bir gulkor, bir faqirhol, bir kosib uchun bu to‘y va ta’ziyalar o‘lumdan qatig‘durki, muning uchun bechora har kun o‘lur. Har kun o‘lgon ilada qutulmas. O‘zidan so‘ngra ahlu ayolig‘a bu yo‘qsullik va bu musibatni meros qo‘yar. Xo‘b, yaxshi, o‘z molini to‘y va ta’ziyag‘a isrof etsun, barbod etsun, ko‘zi chiqsun. Hay, bonka oqchasini, birov pulini na uchun barbod etar. Bu devonalikni u tarafi emasmi? Bu hol ila 20-30 sana o‘tsa, yer va havlilar ajnabiylarg‘a o‘tub, aksar xalqimiz gadoylik darajasig‘a inur. Ellik sana muqaddam yer sotilsa, bir musulmon olardi, endi boshqalar olur. Mana, endi biz shu hol ilan yana yigirma – o‘ttuz yil o‘tkarsak, xalqimizni yarmidan ziyodasi vatansiz, yersiz darbadar bo‘laturgoni ma’lum va oshkordur. Bir havlida, bir ro‘zg‘orda, masalan, ikki o‘g‘ul, ikki qiz bor. Ato o‘lsa, ani moli to‘rt bo‘lunur. Alarni har birig‘a nikoh va xatna va o‘lum mavridlari muqarrardur. O‘zlarini zamoncha ilmi va hunari yo‘qki, konturg‘a, mahkamag‘a, bonkag‘a kirib vazifa olsa. Endi noiloj attorlik va yo baqqollik va u bo‘lmasa, muzdurlik va mardikorlik qilishi lozim kelib, bu ishlardan faqat alarni qorni to‘yadur. Ortdurmoqqa yo‘q. Muning ustig‘a to‘y va ta’ziya degan dahshatlik balolar kelgandan so‘ngra bu aziz oila va ro‘zg‘org‘a yonib kul bo‘lmoqdan boshqa iloj yo‘qdur.
Biz bir tanob yerimizni 200 so‘m sotib to‘y qilmoqchi bo‘lsak, “erni xo‘b pulg‘a urdum” deb majnunona shodlanurmiz. Insonni bu qadar ahmoqligi ajibdur. Bizg‘a lozimki, to‘y va ta’ziyalarni kichik qilib va holimizcha harakatda bo‘lub, kelar zamonamizni o‘ylayluk. Valloh, xoru zoru munqariz bo‘lmoq ertag‘a oftobni chiqishidek muqarrardur… | 48 | 5,412 |
Madaniyat | Ko‘zguning narigi tarafida. 4-iyul – Lyuis Kerrollning “Alisaning mo‘jizalar mamlakatidagi sarguzashtlari” kitobi nashr etilgan kun (galereya) | Alisa qiziqarli sayohati bilan hammamizga yaxshi tanish bo‘lsa kerak. Kimgadir kitobi, kimgadir multfilmi, yana kimgadir kinosi orqali. Bugun, 4-iyul kuni jahon adabiyotining sara namunalaridan biri bo‘lgan “Alisaning mo‘jizalar mamlakatidagi sarguzashtlari” asari ilk marta nashr etilgan kun. “Daryo” sana munosabati bilan qiziqarli faktlar va asar uchun ishlangan film va multfilmlarning fotojamlanmalarini taqdim etadi.
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” multfilmidan lavha
Kitob bolalar adabiyotini qaysidir ma’noda o‘zgartira olgan va unga quvnoqlik baxsh eta olgan asar sifatida baholanadi. Unda bolalar mo‘jizalar orqali tarbiyalanadi. Muallifi Charlz Lyudvij Dodson (ko‘proq Lyuis Kerroll nomi bilan tanilgan) kitob bilan bog‘liq ko‘plab sarguzashtlarni boshidan kechirgan va bularning barchasini asar qahramonlarining hayoti bilan bog‘lagan.
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” multfilmidan lavha
Kerroll Oksforddagi Krayt-Chyorch kollejida matematika fanidan dars bergan. Kollej dekani Genri Liddellning qizi esa Alisa edi. Morgan kutubxonasi adabiy va tarixiy qo‘lyozmalar kuratori yordamchisi Kerolin Veganing aytishiga qaraganda, kollej xodimlarining bari kampusda yashagan. Shuning uchun ham Kerroll ko‘pincha bolalarga ertak aytib berishni o‘z zimmasiga olardi.
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” multfilmidan lavha
1862-yilning yozida Kerroll Temza bo‘yidagi sayr chog‘ida Alisa Liddell va uning ikki nafar singlisiga fantastik hikoyani so‘zlab beradi. Biroq u hech qachon bolalar yozuvchisi bo‘lish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Qizlar Kerrolldan hikoyani yana va yana davom ettirishni talab qiladi. Shu bois u Alisaning yangi sarguzashtlari haqida hikoyalar to‘qiy boshlaydi.
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” multfilmidan lavha
Hikoyalar Alisa Liddellga juda yoqib tushdi va o‘qituvchisiga ularni qog‘ozga tushirishini so‘radi. Kerroll ancha vaqt o‘tib, “Alisaning yer tagidagi sarguzashtlari” deb nomlangan qo‘lyozmani taqdim etdi. Buni yozuvchi o‘z kundaligida ta’kidlagan. Hikoyalar yaxlit bir roman sifatida yig‘ilgach, Alisaga bayram tuhfasi sifatida sovg‘a qilinadi.
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” multfilmidan lavha
Kerroll o‘z asarini nashrga tayyorlaganda hikoyalar ikki barobar ko‘payadi, “Telbanamo shlyapachi” va “Cheshir mushugi” haqidagi qissalar qo‘shiladi. “Telbanamo shlyapachi” obrazi asarga bolalar qistovi bilan kiritilgan.
Mazkur kitob nashr etilishdan hech qachon to‘xtamagan. U 176 ta tilga tarjima qilingan. Asarning davomi, ya’ni “Alisaning ko‘zgu ortidagi sarguzashtlari” nashr etilganiga yetti hafta o‘tmay sotib tugatilgan.
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” multfilmidan lavha
1863-yil bahor oyida avtor kitobni qayta yozib, o‘z do‘sti Jorj Makdonaldga tahrir uchun yuboradi. Yangi kitobini Rojdestvo bayramiga taqdim etadi va 1865-yil 4-iyul kuni Lyuis Kerroll taxallusi bilan Macmillan and Co britaniya nashriyotida chop etiladi. Asar misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishdi. Kitobni birinchi nashri “Lyuis Kerrolldan Alisaning mo‘jizalar mamlakatidagi sarguzashtlari” deb nomlangan bo‘lib, unga Jon Tenniyel rasm chizgan. Ikkinchi kitobi “Alisa oyna ortida” – olti yildan so‘ng 1871-yilda chop etildi. Ikki ertak ham bir asrdan oshgan bo‘lsa-da, hanuzgacha bolalarning sevimli ertagi bo‘lib kelmoqda. Alisa Liddellga sovg‘a qilingan qo‘lyozma Britaniya kutubxonasida saqlanib kelinmoqda.
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” multfilmidan lavha
Asarga ishlangan multfilmdan tashqari 2010-yilda Walt Disney Pictures kinokompaniyasi tomonidan ishlangan “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” fantastik-sarguzasht filmi ham tomoshabinlarga taqdim etildi. Kartina rejissori Tim Byorton bo‘lib, unda Jonni Depp, Enn Hetuey, Helena Bonem Karter kabi aktyorlar bosh rollarni ijro etgan. Film premyerasi 5-mart 2010-yilda AQShda bo‘lib o‘tdi. Quyida filmga oid fotosuratlar bilan tanishasiz.
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” filmidan lavha
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” filmidan lavha
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” filmidan lavha
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” filmidan lavha
“Alisa mo‘jiza mamlakatida” filmidan lavha | 142 | 4,022 |
Madaniyat | Instagram: Kasalxona qurayotgan Yulduz Usmonova, Ra’no Shodiyevaning qizi oila qurdi, Ozod Xurramovni qo‘llayotgan mashhurlar | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shahzoda Muhammedova qaynonasining uyida sigir sog‘ayotgani aks etgan videoni folloverlariga ko‘rsatib, ularni hayron qoldirdi.
Jahongir Otajonov o‘g‘li Muhammad bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
“Dizayn” kulgi jamoasi konsert berish uchun Moskva shahriga uchib ketdi.
Nilufar Usmonova Buxoroda to‘y xizmatida bo‘ldi.
Ra’no Shodiyevaning qizi Rahshona nikohdan o‘tdi.
Nargiza Salmonova Istanbuldan ko‘rinish berdi.
Yulduz Usmonova, Saida Rametova va Ilhom Farmonov Samarqanddagi to‘yda xizmatda bo‘ldi.
“Sahar” guruhi yakkaxoni Anvar Jo‘rayev rafiqasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
O‘zbek shou-biznesi vakillari kasal yotgan tiktoker Ozod Xurramovni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Lola yangi suratini muxlislari e’tiboriga havola etdi hamda uni “Bugun ajoyib kun” deb nomladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonova turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev bilan bolalar shifoxonasi qurdirayotgani haqidagi xabar tarqaldi.
Akbarxo‘ja Rasulov dengiz bo‘ylab sayrga chiqdi.
Munisa Rizayeva Moon Band guruhi bilan birga “Qaytmaydi kech” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.
Qo‘shiqqa klip ham suratga olinmoqda. Munisa klipda ashaddiy jinoyatchi qiyofasida namoyon bo‘ladi.
Gulsanam Mamazoitova Jizzaxda kafeda o‘tirgan kelin-kuyovning oldiga kutilmaganda borib, ularni quvonchli kun bilan tabrikladi. | 125 | 1,435 |
Madaniyat | Xitoy kinokompaniyalari rahbarlari O‘zbekistonga keladi | “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Xitoy elchisi Sun Litsze bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda kinematografiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eng sara filmlarni Xitoy hududida, xitoylik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan filmlarni O‘zbekistonda namoyishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston kinematograflarining Xitoydagi yirik kinofestivallarda, jumladan, Shanxay xalqaro kinofestivali va Fudjo shahrida o‘tkaziladigan Ipak yo‘li xalqaro kinofestivalida ishtirok etishi masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, aprel oyining boshida Xitoy kinokompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifiga doir tashkiliy ishlar kelishib olindi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 55 | 894 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” seriali orqali tanilgan aktyor Piter Von vafot etdi | “Taxtlar o‘yini” teleserialida o‘ynagan britaniyalik aktyor Piter Von 93 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Interfaks” Daily Mail gazetasiga tayanib.
“U xotirjam holatda, o‘z oilasi davrasida hayotdan ko‘z yumdi”, — dedi marhum aktyorning agenti.
Von 75 yildan ortiqroq vaqt davomida turli teatr postanovkalarida, shuningdek, televideniye va kinoda rollar ijro etdi.
Eng katta mashhurlikni Vonga “Taxtlar o‘yini” serialidagi meyster (olim va tabib) Eymon Targariyen roli hamda 1970-yillarning “Suli bo‘tqasi” komediyali serialidagi roli keltirdi. | 68 | 544 |
Madaniyat | “E’tirof — 2015” taqdimotidan fotoreportaj | Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 21-dekabr kuni “E’tirof — 2015” milliy mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. “Sayyod.com” sayti mazkru marosimdan fotoreportaj uyushtirdi. | 42 | 199 |
Madaniyat | “Garri Potter” filmida rol ijro etgan aktyor Jim Tavare jiddiy avariyadan so‘ng reanimatsiyaga tushdi | Britaniyalik aktyor Jim Tavare jiddiy avariyadan so‘ng shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga tushdi. Bu haqda uning rafiqasi Laura Facebook orqali ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Tavare ro‘paradan to‘qnashuv bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda uning 15 ta qovurg‘asi, bo‘yni, ko‘krak qafasi, o‘ng oyog‘i singan, o‘pkasi teshilgan. Aktyorga ikki marta qon quyilgan, uni operatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Jim Tavare “Garri Potter va Azkaban mahbusi” filmidagi “Teshik doshqozon” mehmonxonasining egasi roli bilan tanilgan. | 101 | 554 |
Madaniyat | “To‘ydan keyin faqat mening filmlarimda rol o‘ynaydi”. Aktrisa Shahzoda Muhamedova rejissor Azamat Ahrorovga turmushga chiqmoqda | Aktrisa Shahzoda Muhamedova aktyor va rejissor Azamat Ahrorovga turmushga chiqishi haqida turli xabarlar paydo bo‘ldi. Mazkur gap-so‘zlarga aniqlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad Azamat Ahrorov bilan bog‘landi.
— Siz va aktrisa Shahzoda Muhamedova o‘rtasida ijodiy hamkorlik qachondan boshlangan?
— Bundan ikki yil avval, 2014-yili “Yuragim seniki” nomli film suratga olganman. O‘sha filmdan ijodiy hamkorligimiz boshlangan edi. Shundan so‘ng “Notanish qotil” nomli rejissorlik ishimda ham u bilan birgalikda bosh rollarni ijro qilganmiz.
— Demak, muhabbatingiz tarixi 2014-yilda boshlangan ekanda?
— Yo‘q, biz unda faqat ijodiy hamkor va do‘st edik. “Notanish qotil” filmining tasvirga olish ishlari vaqtida unga muhabbatimni aytib, qo‘lini so‘raganman.
— To‘y kuni aniq bo‘ldimi?
— To‘y kuni aniq emas. To‘y, menimcha, 2016-yil oxiri yoki 2017-yil boshlarida bo‘lsa kerak.
— Aktrisa Shahzoda Muhamedova sizga turmushga chiqqanidan so‘ng ham aktrisalik faoliyatini davom ettiradimi?
— Ha, faqat mening filmlarimda rol o‘ynaydi.
— Boshqa filmlarda-chi?
— Ko‘ramiz. Asosan o‘zimning filmlarimda rol o‘ynashini xohlayman. Boshqa filmlarga kelsak, ularning ssenariysiga qarab, maslahatlashib, biror fikr bildiramiz.
— Ayni kunlarda Muhamedova bilan birgalikda suratga tushishni rejalashtirgan loyihalaringiz bormi?
— Yaqinda xuddi shunday lohiha sabab ishchi nomi “Sen uchun” deb nomlangan filmning syomkasi uchun Shahzoda va ijodiy jamoamiz bilan birga Xitoyga ketyapmiz. Xitoyga sayohatimiz 19-avgust kuni boshlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 128 | 1,687 |
Madaniyat | Bolaligidanoq filmlarda suratga tusha boshlagan Gollivud yulduzlari (foto) | Kimdir o‘z iste’dodi, yana boshqalar ota-onasining kinoga aloqadorligi tufayli bolaligidanoq suratga tushish maydonchalarida ulg‘aygan. Ular nafaqat jarayonda ishtirok etgan, balki mashhurlikka ham erishgan.
Jodi Foster
Jodi ikki yoshida ekranlarda paydo bo‘lgan. Keyinchalik reklama roliklari va hattoki seriallarda ham aktrisalik qobiliyatini namoyon etgan. 10 yoshida esa “Napoleon va Samanta” nomli katta filmda Maykl Duglas bilan rol ijro etgan. Keyinchalik Jodi 14 yoshida “Taksi haydovchisi” filmidagi ishtiroki bilan mashhurlikka erishdi.
Natali Portman
Nataliga ham omad 13 yoshida kulib boqqan. U “Leon” filmidagi roli bilan mashhurlikka erishgan. Portman keyinchalik ham o‘z karyerasini davom ettirdi va bir qancha muvaffaqiyatli kartinalarda rol ijro etib kelmoqda.
Elizabet Teylor
Elizabet 10 yoshida kinodagi faoliyatini boshlagan. U ilk bora “Inson har daqiqada dunyoga keladi” filmida rol ijro etgan. 1949-yilda esa “Kichkina ayollar” kartinasi ham unga mashhurlik keltirgan. Shundan keyin bir necha taniqli rejissorlar bilan birga ishlagan.
Elayja Vud
Ko‘pchilik Elayjani “Fakultet”, “Yaxshi o‘g‘il” va “Nort” kabi filmlardan ham eslaydi. Ammo Elayjaning ilk roli undan ham avval suratga olingan filmda bo‘lgan. Garchi bosh rol bo‘lmasa-da, “Kelajakka qaytish” filmida ishtirok etgan.
Dryu Berrimor
U kitob o‘qishdan ham avval kinolarda rol o‘ynay boshlagan. Biroq Dryuning dastlabki ijod namunalari unga mashhurlik keltirmagan. Ammo “O‘zga sayyoralik” filmi yosh aktrisaga muvaffaqiyat keltirdi. Shundan so‘ng uni komediyadan tortib, dramalargacha taklif etishdi.
Leonardo Di Kaprio
Gollivud yulduzlari orasida mashhurlikka juda erta erishgan aktyorlardan biri 10 yoshida o‘z faoliyatini boshladi. U “Lessining yangi sarguzashtlari” serialida debyut qilgan. Shundan so‘ng uning aktyorlik karyerasi boshlangan.
Kristian Beyl
Kristian Beyl 12 yoshida “Mio, bolajonim Mio” filmida rol ijro etgan. Garchi ushbu film unga mashhurlik keltirmagan bo‘lsa-da, keyinchalik taklif qilingan rollar unga shon-shuhrat keltirdi.
Kristen Danst
Kristenning karyerasi muvaffaqiyatga boy. U 8 yoshida birinchi marta filmda rol ijro etgan. Shundan so‘ng mashhur aktyor Tom Kruz va Bred Pitt bilan bitta loyihada ham ishtirok etgan. Aktrisaning iste’dodi e’tiborsiz qolmadi. Eng taniqli rejissorlar aktrisani bir qancha filmlarga taklif etmoqda. | 74 | 2,350 |
Madaniyat | Instagram: Komadan chiqa olmayotgan Zohid Risqiyev, Mitti vaynerning Kia avtomobilini pachoq qilishdi, Zarina Yo‘ldosheva avariyaga uchradi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Iroda Iskandarova sahifasida marhum san’atkor Davron G‘oyipovning xotirasiga atalgan post qoldirdi.
Jahongir Poziljonov Adham Soliyevning “Laylo” taronasini ijro etmoqda.
Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva avtohalokatga uchraganini ma’lum qildi. U muxlislariga ahvoli yaxshi ekanini, faqat bu holatdan juda qo‘rqib ketganini va stress bo‘lganini aytdi.
Shuningdek aktrisa undan hol-ahvol so‘rab, xabar olgan muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
Mittivine jamoasi vayneri Farhod Mannopov KIA avtomobiliga katta tezlikdagi mashina kelib urilgani haqida muxlislariga gapirdi. Instabloger qahva olishga borib kelguncha shu holat bo‘lganini, yo‘lda ehtiyot bo‘lish kerakligini ham ta’kidladi.
Xonanda Rayhon G‘aniyeva yangi surati bilan ko‘rinish berdi va muxlislariga yo‘lidan hech qachon to‘xtamasligi haqida gapirdi.
Turkiyalik taniqli oshpaz Burak O‘zdemir Umra safarini ado etdi.
Raqqosa Parizoda sahifasiga to‘y xizmatlaridagi faoliyatidan lavhalar joyladi va yana yiqilib tushgani haqida gapirdi.
Xonanda Lola Jizzaxdan qovun sotib olayotgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi.
Shuningdek, Lola hamkasbi Yorqinxo‘ja Umarov bilan duet kuylayotganini ma’lum qildi.
Xonanda Dilfuza Ismoilova to‘y xizmatlariga borgani aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi.
Turk aktyori Murat Yildirim sahifasiga rafiqasi bilan tushgan suratini joyladi va ota bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, u qiziga Miray deb ism qo‘yganini va juda baxtli ekanini aytdi.
Aktrisa, instabloger Nigina Jabborova 8-oktabr kuni tug‘ilgan kunini nishonladi.
Xonanda Shahzoda yangi surati bilan ko‘rinish berdi va insonning baxti yuragi bilan bir xil bo‘lishi haqida gapirdi.
Salimboyvachchaning qizi Nilufar Abduvaliyeva restoran ochishni hamda notariusda ham faoliyat yuritishni orzu qilgani haqida gapirib berdi.
Shohjahon Jo‘rayev fotoradarga tushgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi.
“Ummon” guruhining sobiq a’zosi Zohid Risqiyevning turmush o‘rtog‘i Kamola Ortiqova xonandaning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
“Menga keladigan bo‘lsak, men yaxshiman. Shifoxonadan chiqqanman, dadasini kutyapmiz. Hammaga duo uchun rahmat. Yaxshi xabar bo‘lsa aytaman, lekin o‘sha-o‘sha, o‘zgarish yo‘q. Hammadan iltimos, duo qilinglar. Hali ham koma holatidalar”, — deydi xonandaning rafiqasi.
Shuningdek “Ummon” guruhining yana bir a’zosi Shohrux ham Zohid Risqiyevning ahvolini so‘rab yozayotgan muxlislariga, uni davolayotgan shifokorlarga minnatdorlik bildirdi va uning ahvoli hali ham og‘ir ekanini, komadan chiqmaganini aytdi. Xonanda Jasur Rafiqovnining ahvoli yaxshi ekani haqida ham gapirgan.
Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova Dubayda fotosessiya uyushtirdi. | 139 | 2,792 |
Madaniyat | CNN Madonnaning Tramp sha’niga haqoratlari tufayli efirni uzib qo‘yishga majbur bo‘ldi | Madonna AQSh poytaxtida bo‘lib o‘tgan Donald Trampga qarshi mitingda ikki bor prezidentni haqorat qilgani uchun mazkur tadbirni yoritayotgan CNN telekanali efirni uzib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Efirni olib boruvchi yangragan haqoratlar uchun teletomoshabinlardan uzr so‘radi va telekanal xonanda aynan nima demoqchi bo‘lganini bilmaganini ta’kidladi.
Madonna o‘z chiqishi chog‘ida hamfikrlarini “zulmatni birgalikda yengib o‘tish va qo‘rqmasliklari, yolg‘iz emasliklarini ko‘rsatish” uchun birlashishga chaqirdi. Shuningdek, Express Yourself qo‘shig‘ini ijro etdi va uning matnini Tramp sha’niga haqoratlar bilan to‘ldirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 86 | 830 |
Madaniyat | Malayziyada Despacito qo‘shig‘i taqiqlandi | Internetda tinglanishi bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatgan Despacito qo‘shig‘i Malayziya davlat radio va televideniyesida taqiqlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Puerto-Rikolik xonandalar Luis Fonsi va Deddi Yanki tomonidan kanadalik Jastin Biber bilan jo‘rlikda kuylangan qo‘shiq muqaddam internetda 4,6 milliard marta eshitilib, yangi rekord o‘rnatgan edi.
Malayziyada ushbu qo‘shiqning taqiqlanishiga sabab sifatida xitning matni “axloqsiz” ekanligi ko‘rsatildi.
Taqiq faqat davlat axborot kanallariga tegishli. U striming va xalqaro servislar, jumladan, YouTube’ga taalluqli emas.
Shunga qaramay, Malayziya rasmiylari xususiy radiostansiyalarini ham qo‘shiqni mustaqil ravishda senzuraga tortishga chaqirdi. | 42 | 726 |
Madaniyat | Rossiyalik prodyuser Alla Pugachyovaning chekish odati uni “o‘rtamiyona qo‘shiqchi”ga aylantirganini aytdi | “Laskoviy may” guruhi prodyuseri Andrey Razin Alla Pugachyova haqida ba’zi salbiy fikrlarini aytib o‘tdi, deb yozadi “MK.ru”. U 69 yoshli xonandaning qo‘shiqchilik qobiliyatlarini tanqid qildi.
Prodyuser Primadonna dasturxon atrofida qo‘lida sigareta ushlab turgan suratini e’lon qildi. Razinning aytishicha, Pugachyova yoshlik chog‘larida, hatto farzandini katta qilayotgan paytlarda ham chekib kelganidan doim hayratlangan.
Razinning ishonch bilan ta’kidlashicha, aynan ushbu zararli odat Primadonnani “o‘rtamiyona qo‘shiqchi”ga aylantirgan, chunki uning ovozi keskin o‘tirib qolgan. Ammo u xonandaning ovozi ilgari dunyodagi eng yaxshi ovozlardan biri bo‘lganini tan oldi.
Xabari so‘ngida u muxlislariga o‘zining qo‘shiqlarini tinglashni maslahat berdi. “Chekmaydigan, ammo juda nafis qo‘shiqchi Andrey Razinning ovozini tinglang”, — deya xulosa qildi u. | 106 | 858 |
Madaniyat | Alisher Navoiy kinoteatri “Baron” filmidan keyin o‘rindiqlarni ko‘paytirishga qaror qildi | “Kinorama.uz” nashri Alisher Navoiy nomli kinosaroy direktori o‘rinbosari Husniddin Ergashev bilan suhbat o‘tkazdi. Intervyu chog‘ida direktor o‘rinbosari “Baron” filmining kinosaroyda namoyish etilishi bilan bog‘liq ba’zi tafsilotlarni aytib o‘tdi.
“Kinosaroyga 3200 nafar odamni birdan qabul qila olamiz. ‘Baron’ filmidan keyin bu ham kam ekanligiga amin bo‘ldik. Zallarimizdagi o‘rindiqlar sonini ko‘paytirishni hayotning o‘zi taqozo qilib qo‘ydi. O‘sha kunlari ‘Baron’ filmi uchun 8000 dan ortiq odamlarni qabul qildik, undan tashqari 700 ga yaqin tomoshabin filmni ko‘rmasdan uylariga qaytishga majbur bo‘ldi. Ularga to‘g‘ri tushuntirib, keyingi kunga kelishini iltimos qildik”, — dedi u.
Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, “Baron” filmi hali ham tomoshabin kirishi jihatidan kinosaroydagi old filmlardan biri hisoblanadi.
“Tarbiyaviy ahamiyati kuchli bo‘lgani uchun ham bu film haligacha zallarimizda namoyish qilinmoqda. Ammo videoqaroqchilar tomonidan tarqatilgani tomoshabinlarning keskin kamayishiga sabab bo‘ldi”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.
Eslatib o‘tamiz, rejissor Rustam Sa’diyevning yangi — “Baron” nomli filmining Alisher Navoiy nomli kinosaroy (“Panorama”)dagi namoyishlariga 24-yanvar kuni 7,5 ming tomoshabin kelgan edi.
Avvalroq Alisher Navoiy nomli kinosaroy direktori o‘rinbosari “Baron” filmining qo‘lga chiqib ketishiga kinosaroyning aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi. | 89 | 1,390 |
Madaniyat | Yulduzlarning o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan farzandlari (foto) | Muxlislar tomonidan bir-biriga haddan ortiq o‘xshashi ta’kidlanadigan mashhurlar va ularning farzandlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Milla Yovovich va Ever Gabo Anderson
Rejissor Pol Andersonning qizo Ever onasi Milla Yovovichga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi.
Devid va Romeo Bekhemlar
Devid va Romeoning birga tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqqa joylanganidan keyin foydalanuvchilar ularning shunchalik o‘xshashligidan hayratda qolgan. Romeoning ko‘rinishidan tashqari tanlovi ham otasinikiga o‘xshaydi. U ham Devid singari futbol va modellik biznesida o‘zini sinab ko‘rishni istaydi.
Jennifer Lopes va Emma Entoni
Muxlislarning ta’kidlashicha, katta bo‘lgani sayin Emma tobora onasiga o‘xshab boryapti.
Jizel Byundxen, Benjamin va Vivyen Bredi
Jizel va Tomning farzandlari ko‘rinish jihatidan ko‘proq onasiga o‘xshaydi.
Jud Lou va Raff Lou
Judning farzandi Raffning ko‘rinishiga nazar tashlab, uning otasiga ikki tomchi suvdek o‘xshashini payqash mumkin.
Nikol Richi va Xarlou Medden
Xarlouning malla sochlari, teri rangi va katta ko‘zlari Nikolga o‘xshashini bilish qiyin emas.
Julianna Mur, Kaleb va Liv Freyndlix
Julianna Murning farzandlari mallasoch ekaniga qaramay, yuz tuzilishlari onasiga o‘xshab ketadi.
Keyt Moss va Lila Moss
Lila Moss Milan moda haftaligi doirasida Fendi va Versace’ning hamkorlikdagi ko‘rgazmasida haqiqiy yulduzga aylangan. Omadi chopgan yosh modelga nazar tashlagan ko‘pchilik Keyt Mossning yoshligini xotirlagan.
Riz Uizerspun va Ava Fillipp
Riz Uizerspun va Ava Fillipp shunchaki o‘xshamaydi, balki egizaklardek taassurot qoldiradi.
Goldi Xoun va Keyt Xadson
Kinosanoatga bitta Goldi Xoun kamlik qilgan chog‘i, uning o‘ziga o‘xshaydigan qizi Keyt Xadsonni quchoq ochib kutib olgan.
Sindi Kroufpord va Kayya Gerber
Kayyaning ko‘rinishi ham aksariyat yulduzlarning farzandi singari onasinikiga o‘xshaydi. | 71 | 1,848 |
Madaniyat | Instagram: Eridan pul olmaydigan Asal Abdullayeva, Shahnoza Otaboyevaga atalgan syurpriz, Parizodaning telefoni topildimi? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Sevara Nazarxon konsert berish uchun Milanda bo‘lganini ma’lum qildi va inson qancha sayohat qilsa ham, yetarli bo‘lmasligini aytdi.
Parizoda telefonini topa olmaganini, shuning uchun yangi IPhone sotib olganini aytdi va muxlislaridan telefoniga hushyor bo‘lishini so‘radi.
Xonanda Ziyoda muxlislariga Antaliyadan salom yo‘lladi va oilasi bilan nonushta qilgani aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Aktyor, xonanda Alisher Uzoqov uzoq tanaffusdan keyin “O‘tgusidir” nomli taronasini va ushbu taronaga ishlangan videoklipni muxlislariga namoyish qildi.
Aktrisa Mashhura Zulfiqorova yangi suratini e’lon qildi.
Yulduz Turdiyeva Ozarbayjonda Kaspiy dengizi bo‘ylab sayr qilayotganini obunachilariga ko‘rsatdi.
Xonanda Malika Ravshanova qizi bilan oilasi uchun nonushta tayyorlagani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.
Aktrisa Bahora Arslonova o‘g‘li Halid bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Xonanda Ruxshonaning o‘g‘li Shukurbek 6 yoshga kirdi, u tug‘ilgan kunni qanday nishonlaganini muxlislariga namoyish qildi.
Lola farzandlari bilan Antaliyadagi sayohatidan navbatdagi videoni obunachilariga ko‘rsatdi.
Muqaddas Sa’dullayeva qizlari bilan tushgan suratini e’lon qildi. Shuningdek, u har bir oilada tinchlik va hotirjamlik bo‘lishini muxlislariga tiladi.
Shahnoza Otaboyeva 21-avgust kuni tug‘ilgan kunini nishonladi, xonanda yaqin insonlari, aktrisa Muyassar Berdiqulova, aktyor Mirolim Qilichev va boshqalar uni tabriklagani aks etgan videoni namoyish qildi.
Xonanda Lola Ahmedova yangi suratini sahifasiga joyladi va muxlislariga kuni xayrli bo‘lishini tiladi.
Nilufar Usmonova onasining “Sog‘inganda borolmayman” nomli taronasiga raqs tushganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Aktyor Shohrux Hamdamov yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi va inson qadri bo‘lmagan joydan ketishi, ikkinchi imkoniyatni bermasligi kerakligini aytdi.
Xonanda Hulkar Abdullayeva muxlislariga yangi videosi bilan ko‘rinish berdi.
Turkiyada oilasi bilan dam olayotgan Madina Mumtoz Uludag‘ o‘rmonining manzarasini va sayohatga borgan joylarini obunachilariga namoyish qildi.
Asal Shodiyeva o‘g‘li Baxtiyor bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Aktyor Yigitali Mamajonov xonanda Bonuning retro yo‘nalishida suratga olinayotgan klipida suratga tushmoqda.
“Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova yangi obrazda ko‘rinish berdi.
Turk aktyori Emre Kiviljim yangi surati bilan ko‘rinish berdi va muxlislariga salom yo‘lladi.
Sevinch Mo‘minova “Ashxobod” sayilgohidagi konsertga qizi Leyla bilan birga bordi va uni muxlislariga tanishtirdi.
Aktyor, teleboshlovchi Jahongir Xo‘jayev rafiqasi Asal Abdullayeva undan umuman pul so‘ramasligi, mashinasini ham o‘zi sotib olgani haqida gapirdi.
Ra’no Shodiyeva muxlislariga akasi bilan to‘yda tushgan videosini e’lon qildi.
Shu bilan birga, aktrisa nevarasi Imron bilan tushgan ilk suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, Ra’no Shodiyeva o‘g‘li Amirxonning mashhur rus xonandasi Yuriy Shatunov ijrosidagi “Beliye rozi” nomli taronasini sevib tinglashini aytgan. Ra’no Shodiyeva xonadonidagi shodiyonada ushbu taronani xonanda Tohir Sodiqov kuylagan.
Aktrisa Jamila G‘ofurova 6 yil Uspenskiy nomidagi musiqa maktabida tahsil olgan qizi Shirinni boshqa maktabga o‘tkazayotgani haqida muxlislariga aytdi.
Zohirshoh Jo‘rayev to‘y xizmatlarining birida qo‘shiq kuylagani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, xonanda Samarqanddagi to‘y xizmatlarining birida aktyor, teleboshlovchi Samarqand Hamroqulov bilan birga xizmat qilganini ma’lum qildi.
Oilasi bilan Turkiyada sayohatda bo‘lgan xonanda Ziyoda yangi videosini muxlislariga namoyish qildi va muxlislariga hech qachon tushkunlikka tushmaslik kerakligini, hayot go‘zal ekani haqida gapirdi.
Xonanda Asilbek Ne’matulloh farzandlari bilan birga tushgan videosini obunachilariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Rayhon Asadova muxlislariga kelinlik libosidagi fotossesiya jarayonini namoyish qildi.
Zarina Nizomiddinova akasining uyida tushgan surati bilan ko‘rinish berdi.
Aktrisa xolavachchasi Kamola Oripovaning chaqalog‘i bilan ilk marta ko‘rishgani aks etgan videoni ham e’lon qildi.
Ulug‘bek Rahmatullayev kuzdagi konsertiga tayyorlanayotganini ma’lum qildi, xonanda “Atirgulim” nomli taronasini jonli ijroda kuylaganini obunachilariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Durdona Qurbonovaning yangi mashinasini qachon yuvishi haqida so‘raganlarga hazil tariqasida javob qaytardi, ya’ni u mashinasini yuvdirish uchun olib kelgani haqida aytgan.
Turkiyaning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Neslihan Atagul uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan barcha muxlislariga yaxshi tilaklarini aytdi va minnatdorchilik bildirdi. | 122 | 4,755 |
Madaniyat | Instagram: Asal Shodiyevaning qaynonasi bilan munosabati, Italiyaga ketgan Zohirshoh, 15 yillik orzusi ushalgan Ozoda | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Hulkar Abdullayeva sahifasiga hayot go‘zalligi haqida post joyladi.
Turkiyada tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan Jahongir Otajonov o‘g‘li bilan tushgan suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Tohir Sodiqov Dubayning bahavo tabiati qo‘ynida hordiq chiqarmoqda.
Zohirshoh Jo‘rayev esa boshqa hamkasblaridan farqli o‘laroq, Italiyaning Milan shahri tomon yo‘l oldi.
Xonanda Anvar Sobirov qizining 22 yoshni qarshilagani bilan tabrikladi.
Xonanda Munisa Rizayeva folloverlari bilan yangi suratini bo‘lishdi.
Aktrisa Sitora Alimjonova sahifasiga farzandi bilan kechki sayrga chiqqanligi haqida surat joyladi.
“Qora niyat” seriali bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Eda Eje sahifasiga yangi suratini joyladi.
Dubay sayohatidagi Asal Shodiyeva muxlislari bilan jonli efirda Burak yoki Nusretning restoraniga borishni istamasligi haqida gapirdi. Shuningdek, u qaynonasi Zebo Navro‘zovaning nega sayohatga borolmaganligi sababini ham ochiqladi.
Xonanda Ozoda Nursaidova 15 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida qo‘shiq kuylash baxtiga musharraf bo‘ldi. | 117 | 1,252 |
Madaniyat | Linkin Park solistining bevasi uning o‘limidan 36 soat avval olingan videoni e’lon qildi (video) | Linkin Park guruhi yakkaxoni Chester Benningtonning bevasi Talinda uning o‘z joniga qasd qilishidan sal oldinroq olingan videoni e’lon qildi. Rolikni u Twitter’ga joyladi.
“Uning o‘limidan atigi 36 soat avval depressiya biz uchun mana shunday ko‘ringan edi. U bizni juda qattiq yaxshi ko‘rardi, va biz ham uni yaxshi ko‘rardik”, — deya izoh yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli musiqachi 20-iyul kuni o‘z uyida o‘lik holda topilgan edi. Tibbiy ekspertiza uning o‘z joniga qasd qilganini tasdiqladi.
This is what depression looked like to us just 36 hrs b4 his death. He loved us SO much & we loved him. #fuckdepression #MakeChesterProud pic.twitter.com/VW44eOER4k
— Talinda Bennington (@TalindaB) September 16, 2017 | 96 | 714 |
Madaniyat | Ikki o‘g‘li bilan bedarak yo‘qolgan britaniyalik aktrisa Shan Bleykning uyidan uch kishining jasadi topildi | 5-yanvar, seshanba kuni “Ist-End fuqarolari” teleserialidagi ishtiroki orqali tanilgan britaniyalik 43 yoshli aktrisa Shan Bleykning uyidagi bog‘dan uch kishining jasadi topildi. Aktrisa o‘tgan yilning 13-dekabr kuni ikki o‘g‘li — 8 yoshli Zaxariy va 4 yoshli Amon bilan birgalikda daraksiz yo‘qolgandi, deya xabar beradi “Vesti”.
“Londonning Irit tumanidagi Bleyklarga tegishli uyda o‘tkazilgan tintuv chog‘ida bog‘ hududidan uchta jasad topilganini afsus bilan ma’lum qilamiz. Jasadlar shaxsini aniqlash hozircha amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, ish joyidan siljiganini qayd etish mumkin. Shanning oilasi ham xabardor qilingan”, — deya ta’kidlagan Skotlend-Yard vakillari.
Bleyk va uning o‘g‘illari yo‘qolganidan so‘ng uch kun o‘tib politsiya aktrisaning jazmani va bolalarning otasi bo‘lmish Artur Simpson-Kentni so‘roq qilgan, biroq tergovchilar bilan muloqotdan so‘ng u g‘oyib bo‘lgandi. Shundan so‘ng politsiya qotillik bo‘yicha ish qo‘zg‘adi. | 107 | 948 |
Madaniyat | Foto: 2020-yilda farzandli bo‘lgan turk aktyorlari | Turk kinosanoati vakillarining ayrimlari karyerasida pandemiya sabab o‘sishlar kuzatilmasa ham shaxsiy hayotida esda qolarli voqea-hodisalar ko‘plab yuz berdi. Kimlardir o‘z juftini topgan bo‘lsa, boshqalarning oila a’zolari soni yana bittaga ko‘paydi.
Berguzar Korel va Xalit Ergench
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Xalit Ergench va uning rafiqasi Berguzar Korelning farzandi 2020-yilning 8-mart kuni dunyoga kelgan.
Ikkinchi farzandiga juftlik Xon deb ism bergan. 3,5 kilo vazn bilan dunyoga kelgan bolakay bo‘yining uzunligi 51 sm tashkil qilgan.
Jansu Tosun va Erkan Kolchak Kostendil
O‘zbek muxlislariga “Chuqur” serialidagi Vartolu roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor 2020-yilning yozida ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan. Rafiqasi Jansu 13-iyun kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Juftlik ilk farzandiga Marsel deb ism qo‘ygan.
Saadet Aksoy va Pamir Kiraner
“Muhtasham yuz yil” serialining yana bir yulduziga ham 2020-yilda onalik baxti nasib qilgan. Saadet va Pamirning qiz farzandi yanvar oyida dunyoga kelgan.
Ayshejan Tatari va Edip Tepeli
Maftunkor turk aktrisasi Ayshejan Tatari 2020-yilda birinchi marta ona bo‘lgan.
Didem Dayidjiog‘lu va Nejip Memili
“Chuqur” serialida Jumali rolini gavdalantirgan Nejip Memili ham 2020-yilda ilk bor ota bo‘lgan. | 50 | 1,284 |
Madaniyat | O‘ziga ishonchi past, duduq qizchadan Gollivud yulduzigacha bo‘lgan yo‘l: Emili Blantning aktrisalik faoliyati haqida | “Qattiqqo‘l xonim” filmining sujeti o‘zingni to‘liq ishga bag‘ishlamasdan turib, yuksaklikka erisha olmaysan, g‘oyasiga asoslangan. Moda jurnali rahbarining eng yaxshi yordamchisi bo‘lish uchun qiyin yo‘lni bosib o‘tish kerak. Ushbu filmda qo‘rs yordamchi rolini o‘ynagan Emili Blant real hayotda ham uzoq yo‘lni bosib o‘tdi va jahon kinosining yulduzlaridan biriga aylandi.
Bolaligidagi duduqlanishi Emiliga omad keltirdi
Emili Blant Londonning janubi-g‘arbiy qismida advokat va sobiq aktrisa oilasida tug‘ilgan. 14 yoshgacha u duduqlanishdan aziyat chekdi. Bu muammodan qutulish uchun u aktyorlik darslariga qatnay boshlaydi. Keyinchalik shu narsa sabab dastlab tarjimon bo‘lishni xohlagan bo‘lsa-da, uning joyi sahnada ekanini tushundi
“Qattiqqo‘l xonim” filmidagi roli
“Men haqiqatan ham aktrisa bo‘lishni xohlamasdim va bunga ataylab qarshilik ham qilganman. Doimo gapirish shart bo‘lgan ishim bo‘lishini tasavvur qila olmasdim”, — deydi Emili. Ammo bu muammo, aksincha muvaffaqiyatga hissa qo‘shdi.
“Duduqlanish menga ko‘p jihatdan ta’sir qilgan. Siz hamdardlikni o‘rganasiz va odamlarni diqqat bilan kuzatasiz, chunki ko‘pincha gapira olmaysiz. Suhbatdoshingizning har bir jihatini o‘rganib chiqasiz, u sizni masxara qiladimi yoki tushunadimi? O‘ylaymanki, bu meni yanada ziyrak qildi”, — deydi Emili.
Hozirda aktrisa Amerika duduqlanish institutini faol qo‘llab-quvvatlaydi va bu muammoga e’tiborni jalb qilish uchun uning konferensiyalarida qatnashadi. “Nutqingiz sizni kim ekanligingizni belgilamaydi. Duduqlanish — bu siz emas, balki sizning bir qismingiz xolos”, — deydi aktrisa bu kasallikka chalingan odamlarga.
U o‘z karyerasini professional rol bilan boshlagan
16 yoshida Emili xususiy kollejning drama, violonchel va qo‘shiqchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdi. U 2000-yilda Edinburg xalqaro festivalida boshqa talabalar bilan birga chiqish qildi. Aynan o‘sha yerda agent Kennet Makreddi e’tiboriga tushdi va u bilan kelgusida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi.
Emili “Qirollik oilasi” filmida Gven Kavendish roli bilan professional debyutini boshladi. Keyin Evening Standard gazetasi unga “Eng yaxshi yosh aktrisa” unvonini berdi. Shundan keyin teatrda ham ko‘plab rollarni ijro etdi. Misol uchun, Chichester festival teatrida “Romeo va Julietta” spektaklida bosh rolni o‘ynadi.
Odamlarni tushuna olish qobiliyati tufayli u ta’sirchan va murakkab personajlarni yaxshi o‘rgandi
“Mening muhabbat yozim” dramasida Temsin rolida
“Mening muhabbat yozim” dramasida rol o‘ynagan aktrisa e’tiborga tushdi. Emili va uning hamkasbi o‘z qahramonlarini chuqur anglaganliklari uchun maqtovga sazovor bo‘lishdi. Blant ikkinchi marta Evening Standard tomonidan “Eng istiqbolli yosh aktrisa” deb topildi.
2006-yilda Emili Blant ota va qiz o‘rtasidagi murakkab munosabatlar haqida hikoya qiluvchi “Gideonning qizi” filmida rol o‘ynadi. Uning qahramoni Natasha tashqi tomondan xotirjam ko‘rinsa-da, aslida otasidan juda g‘azablangan va ranjigan. Ushbu ko‘p qirrali, murakkab roli tufayli Blant “Oltin globus” mukofoti sovrindori bo‘ldi.
“Qattiqqo‘l xonim” filmidagi rolni Emili parvozga kechikkani tufayli qo‘lga kiritgan
“Qattiqqo‘l xonim” filmida Emili rolida
Ammo o‘sha yillardagi eng katta mashhurlikni unga moda jurnali rahbarining katta yordamchisi roli keltirdi. “Qattiqqo‘l xonim” filmi ajoyib muvaffaqiyatga erishdi. Blant esa Britaniya akademiyasining “Eng yaxshi ikkinchi plandagi ayol roli” mukofotiga nomzod bo‘ldi.
Emili bu rol uchun kastingdan qanday o‘tganini shunday eslaydi: “Kasting Los-Anjelesdagi Fox Studios’da bo‘lib o‘tdi va meni butunlay hayratda qoldirdi. Chunki bu men uchun yangilik edi, u paytda 22 yoshda edim. O‘shanda qanchalik asabiylashganimni yaxshi eslayman, chunki parvozga kechikayotgandim”.
En Xeteuey, Emili Blant va Meril Strip “Qattiqqo‘l xonim” filmida
“Men biror joyga kechikib borishni yomon ko‘raman. Ammo bu menga yordam berdi: kastingda juda bezovtalandim. O‘sha kayfiyatimda asabiy yordamchi roliga juda mos tushdim”, — deydi aktrisa.
Emili yangi roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun 3 oygacha sport zalidan chiqmagan
“Ertangi kun” filmidagi Rita rolida
Qiyinchiliklar va mag‘lubiyat har doim g‘alaba va omad bilan yonma-yon keladi. Emili bosh rolni o‘ynagan “Bo‘ri odam” filmi tanqidga uchradi. U hatto barcha davrlarning eng muvaffaqiyatsiz filmlaridan biri deb topildi.
Ammo aktrisa tushkunlikka tushmadi, “Ertangi kun” filmini suratga olishga to‘liq 3 oy tayyorgarlik ko‘rdi. Blant hech bir mashg‘ulotni o‘tkazib yubormadi: gantel, sprint, yoga, tross, gimnastika.
Natija esa shunga arzirdi: film katta muvaffaqiyat va ko‘plab ijobiy baho oldi. Emili Teen Choice Awards mukofotining “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida g‘olib chiqdi.
“Poyezddagi qiz” filmidagi Emilini o‘z eri ham tanimagan
“Poyezddagi qiz” filmida Reychel roli
Yana bir triller “Poyezddagi qiz” sujeti sayozligi uchun qattiq tanqid qilindi. Ammo Emili ommaviy ravishda ushbu filmning najoti deb nomlandi. Rolling Stone jurnali Blantning ijrosini yuqori baholab, uni xarakterga chuqur kirib boradigan mahoratli aktrisa deb atadi.
Aktrisaning eri Emilining ushbu filmdagi roli haqida shunday deydi: “Umrimda birinchi marta bu mening xotinim ekanligini unutib qo‘ydim”. Aktrisaning o‘zi bu roli haqida shunday fikrda: “Men uning kulgili ko‘rinishini xohlamadim. Bu qahramonning atrofida bo‘lish yoqimsiz, noqulay va hatto xavfli bo‘lib tuyulishi kerak edi”.
“Men bu mavzuni keng o‘rganishim kerak edi, eng to‘g‘ri yo‘l u kabi muammoga duch kelgan odamlar haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilish edi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, film portret emas, balki triller. Tomoshabinni ishontira olish kerak”, — deb eslaydi Emili.
Aktrisaga turmush qurish taklif qilinganda atrofdagilar ham yig‘lab yuborgan
Ko‘plab muxlislar yulduzli juftliklar hayotini hayajon bilan kuzatishadi. Xuddi shunday Emilining amerikalik aktyor Jon Krasinski bilan munosabatlari ham ko‘pchilikni qiziqtiradi. Juftlik 10 yildan ortiq birga, hammasi restorandagi umumiy hazildan boshlangan.
O‘sha paytda Emili “Qattiqqo‘l xonim” filmidagi roli bilan tanilgan edi. Jon Emili bilan tasodifiy to‘qnash kelishidan oldin uni kuzatgan, qizdan ko‘zini uzolmagan. Tanishganlaridan bir yil o‘tmay, sevishganlar unashtirilgan.
Krasinski Emiliga turmush qurishni taklif qilgan o‘sha lahzani juda yaxshi eslaydi: “O‘shanda hamma yig‘lagan: men, Emili va atrofdagilar. Menimcha, odamlar nima bo‘layotganini unchalik tushunishmagan, shunchaki biz yig‘laganimiz uchun ko‘zlariga yosh kelgandir. Ammo zo‘r bo‘lgan edi”. Hozirda er-xotinning ikkita qizi bor — Heyzel va Violet.
Emili erini xafa qilmaslik uchun “Sokin joy” filmi ssenariysi haqida gapirmaydi
Emili va Jon “Sokin joy” filmida
2018-yilda juftlik tomoshabinlar ham uzoq vaqtdan beri kutgan maqsadiga erishdi. Bu Emili va Jon er-xotin rolini o‘ynagan “Sokin joy” filmi edi. Filmga Krasinskiyning o‘zi rejissorlik qildi. Avvaliga turmush o‘rtoqlarning hech biri Emili bosh rolda bo‘lishini rejalashtirmagan. Ammo ssenariyni o‘qib chiqqach, Blant erini unga bosh rolni berishga ko‘ndirgan.
“U ssenariy yozayotganda men emas, boshqalar uni tanqid qilishi muhim edi. Chunki men juda to‘g‘riso‘zman. Menda hammada bo‘ladigan diplomatiya yo‘q”, — deb eslaydi aktrisa kulib.
“Sokin joy” filmidagi Evelin Ebbot rolida
Juftlik filmni qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda dunyo bo‘ylab sayohat qildi va tok-shoularda bir-birlari bilan hazillashishi ularning mashhurligini oshirdi. Emili “Sokin joy” filmidagi roli uchun Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotiga sazovor bo‘lganida, bu g‘alabani turmush o‘rtog‘i bilan baham ko‘rgan holda eri va hamkasbiga minnatdorlik bildirdi.
Hozirda Emili Blant 2023-yilda ekranga chiqishi kutilayotgan taniqli rejissor Kristofer Nolan va uning jamoasi tomonidan suratga olinayotgan “Oppengeymer” nomli biografik filmda suratga tushmoqda. | 117 | 7,831 |
Madaniyat | “PROlogue — 2018” xalqaro kino festivali g‘olib va sovrindorlari aniqlandi (foto va video) | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida to‘rt kun davom etgan “PROlogue — 2018” xalqaro kino festivali g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash hamda tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki qismga bo‘lingan mazkur tadbirdan jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” uchun maxsus reportaj tayyorladi.
Tadbirning ikkinchi qismida festival g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro kinofestivalning “Eng yaxshi qisqa metrajli film” nominatsiyasida Janubiy Koreyalik rejissor Chong Gil Xan 2018-yilda suratga olingan “Mening ismim” deb nomlangan qisqa metrajli filmi bilan g‘olib deb topildi.
“PROlogue — 2018”da “Eng yaxshi milliy qisqa metrajli film” nominatsiyasi g‘olibi rejissor Shokir Xoliqovning “Choy” deb nomlangan kartinasi bo‘ldi.
“Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi Klod Le Peyp hamda Yuber Sharuellarning “Kichkina fermer” filmiga nasib etdi. Ushbu film Fransiyalik rejissor Yuber Sharuel tomonidan 2017-yilda suratga olingan.
“PROlogue — 2018”ning “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi o‘zbek rejissorining filmida bosh rolni ijro etgan aktrisaga nasib etdi. Bu nominatsiya g‘olibi rejissor Sarvar Karimovning “Sarvqomat dilbarim” kartinasida bosh rolni ijro etgan Madina Talipbek bo‘ldi. Ushbu kartina O‘zbekiston va Qirg‘iziston kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan bo‘lib, xalqaro kinofestivalda O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan yagona to‘liq metrajli badiiy film edi.
Festival mehmonlari intizorlik bilan kutgan “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi esa rejissor Temirbek Birnazarov tomonidan suratga olingan “Tungi avariya” filmi bosh rol ijrochisi Akilbek Abdikalikovga nasib etdi.
“Eng yaxshi operator” deya Eronlik operator Mohammed Fakuri rejissor Sattar Chamani Golning “Golnesa” filmi uchun taqdirlandi.
Xalqaro kinofestival hakamlari “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasi g‘olibi deya “Meni yolg‘iz qoldirma” kartinasi rejissori Ayda Begichni e’lon qilishdi. “PROlogue — 2018”da Ayda Begich “Eng yaxshi film uchun Gran Pri” mukofotiga ham loyiq ko‘rildi.
“Milliy kinematografiyani rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun”– rejissor Qamara Kamalova, O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Po‘lat Saidqosimovlar ham taqdirlanishdi.
“Jahon kinematografiyasni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” uchun esa Rossiyalik rejissor Vladimir Menshov taqdirlandi.
“Qisqa metrajli filmlar xalqaro hakamlar hay’atining maxsus sovrini” “Ustoz” filmi rejissor Mars Orinbasarov hamda “Asan” filmi rejissori Berik Jahanovlarga nasib etdi.
PROlogue IV Xalqaro kino festivali O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekkino“ milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. | 90 | 2,781 |
Madaniyat | Anjelina Joli to‘yida farzandlari rasm chizib bezatgan kelin ko‘ylakni kiygani ma’lum bo‘ldi | Anjelina Joli va Bred Pitt o‘z to‘ylarini ommadan sir tutgan bo‘lsa-da, baxtli lahzalari muhrlangan kadrlar bilan bo‘lishishga qaror qildi, deb yozadi People jurnali.
People va Hello! jurnallari juftlikning to‘yidan olingan suratlarni chop etishdi. Ularda Jolining o‘ziga xos kelin ko‘ylak kiyganini ko‘rish mumkin. Gap shundaki, uning kelinlik libosi farzandlarining chizmalari bilan bezatilgan.
Versace atelyesi tikuvchisi Luiji Massi ko‘ylak va fatani yaratishda aktrisaning farzandlariga tegishli g‘oyalar va rasmlardan foydalandi. Bolalarning qo‘lda chizilgan rang-barang rasmlari oq fatani va ko‘ylak etagini bezagan.
Eslatib o‘tamiz, Anjelina Joli va Bred Pitt 23-avgust kuni turmush qurdi. Tantanada kinoyulduzlarning farzandlari ham ishtirok etdi. Joli mehrob yoniga o‘z o‘g‘illari Meddoks va Paks hamrohligida borgan, Zaxara va Vivyen gul yaproqlarini sochgan, Shaylo va Noks esa uzuklarni keltirgan.
To‘y Fransiyadagi Chateau Miraval qo‘rg‘onida 20 nafar eng yaqin qarindoshlar va do‘stlar davrasida bo‘lib o‘tgan. | 92 | 1,026 |
Madaniyat | Instagram: Ishchisiga uy olib beradigan Munisa Rizayeva, onasini eslab yig‘lagan Rayhon, Ahad Qayumdan “1 mlrd so‘mlik” she’r | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Turk aktrisasi Maryam Uzerlining sahifasiga uning yangi surati joylandi.
Sitora Farmonova har bir sayohatning o‘ziga xos maqsadi bo‘lishi haqida yozib qoldirdi.
Komik aktrisa Halima Ibragimova turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabriklash jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi.
Aktrisa So‘g‘diyona Azimova onasi bilan tushgan suratini “Jannatim” deb nomladi.
Nilufar Usmonova tadbirlarda ma’muri unga buyurtma qo‘shiqlarni qanday yetkazishi aks etgan surat bilan bo‘lishdi.
Rayhon G‘aniyeva sahifasiga turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan tushgan suratini joyladi.
Shuningdek, u YouTube kanallardan biriga bergan intervyusida onalar haqida gapira turib, bir necha yil avval vafot etgan onasi aktrisa Tamara Shokirovani eslab, yig‘lab yubordi.
AQShda yashovchi o‘zbekistonlik aktyor Sherzod Saidaliyev Chikago aeroportidan ko‘rinish berdi.
Munisa Rizayeva savob ishga qo‘l urgani haqida muxlislariga so‘zlab berdi. Xonandaning aytishicha, u ma’lum sabablarga ko‘ra uysiz qolgan ishchisiga uy olib bermoqchi.
Rossiyalik xonanda Alsu turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Ahad Qayum sahifasiga hazil tariqasida yozilgan she’rni o‘qib, ushbu holat videosini joyladi va videoni “1 milliard so‘mlik she’r”, deb nomladi.
Katta o‘lchamdagi noodatiy taomlari va doim tabassum qilib turishi bilan dunyoga tanilgan turkiyalik oshpaz Burak O‘zdemir 24-mart kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. U 26 yoshni qarshi oldi. | 125 | 1,584 |
Madaniyat | Buxorodagi 7 ta qadimiy obida YuNESKO merosi ro`yxatiga kiritilishi uchun hujjatlar tayyorlandi | Bugungi kunda Buxoro viloyatida 829 ta moddiy madaniy meros ob`ektlari davlat muhofazasiga olingan. Shundan 287 tasi arxeologiya yodgorliklari, 507 tasi arxitektura ob`ektlari, 17 tasi monumental san`at hamda 18 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi. Ular orasidan 7 ta madaniy meros ob`ektlarini YuNESKOning Umumjahon merosi ro`yxatiga kiritish bo`yicha nomzodlik hujjatlari tayyorlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Bular:
Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualari, Vobkent minorasi va Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura ob`ektlari hamda qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlari.
Ushbu obidalarni YuNESKOning Umumjaxon merosi ro`yxatiga kiritish bo`yicha nomzodlik hujjatlari xalqaro mezonlar asosida tayyorlanmoqda va bunga O`zbekiston Madaniyat vazirligi, YuNESKO ishlari bo`yicha milliy komissiya, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti jalb qilingan. | 95 | 946 |
Madaniyat | Xonanda Gven Stefani va musiqachi Gevin Rossdeyl salkam 13 yillik turmushdan so‘ng ajrashishga qaror qildi | Amerikalik taniqli xonanda Gven Stefani va uning turmush o‘rtog‘i, britaniyalik musiqachi Gevin Rossdeyl ajrashishga qaror qildi. Bu haqdagi hujjatlar Kaliforniya shtatidagi sudlardan biriga taqdim etilgan, deya xabar berdi “TASS” agentligi.
Stefani ajrim sababi sifatida er-xotin o‘rtasida “yengib bo‘lmas tafovutlar” mavjudligini ko‘rsatib o‘tgan. Salkam 13 yillik turmush davomida uch nafar farzandli bo‘lgan mashhur juftlik Los-Anjelesda yashab kelayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida: No Doubt guruhi yakkaxoni Stefanining shaxsiy jamg‘armasi 80 million, Buyuk Britaniyaning Bush rok-guruhi musiqachisi Rossdeylniki esa 35 million dollarni tashkil etadi. | 106 | 653 |
Madaniyat | Moskvada o‘zbekistonlik rejissor Shuhrat Abbosovning yubiley kechasi o‘tkazildi | Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Markaziy kinochilar uyida 18-yanvar kuni o‘zbekistonlik taniqli rejissor Shuhrat Abbosovning 85 yoshga to‘lishi munosabati bilan yubiley kechasi o‘tkazildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Tadbir Kinematografistlar uyushmasi, Rossiya kinoaktyorlar gildiyasi ko‘magida tashkil qilindi. “Shu kuni sahnada kino va shou-biznes sohasining eng mashhur vakillari o‘zbek rejissorini qutladi”, — deb yozadi gazeta.
O‘zbekiston xalq artisti, rejissor Shuhrat Abbosov 16-yanvar kuni 85 yoshga to‘ldi. U “Mahallada duv-duv gap” (1960), “Sen yetim emassan” (1962), “Toshkent — non shahri” (1967), “Otamdan qolgan dalalar” (1997) kabi filmlarni suratga olgan, “Shum bola” (1977) filmida ssenariy muallifi sifatida qatnashgan. | 79 | 760 |
Madaniyat | “Sadoqatsiz” Ispaniyada eng ommalashgan turk seriali deb topildi | Turk kinosanoti vakillari Jansu Dere va Melis Sezen ishtirokidagi Medyapim kompaniyasi tomonidan suratga olingan “Sadoqatsiz” seriali Ispaniyada mashhurlikka erishdi.
Kollaj: “Daryo”
Jurnalist Birsen Altuntashning ma’lum qilishicha, serial 2 million 357 ming tomoshabin va 18,1 foiz auditoriya bilan rekord qo‘ygan. Qo‘shimcha qilinishicha, “Sadoqatsiz” ro‘yxatdagi undan avvalgi ijod namunasidan 7,7 ballga farq qilgan. Shunday qilib, mazkur serial 2018-yil iyuldan buyon Ispaniyadagi eng yetakchi loyiha bo‘lgan. Unda bosh qahramonni gavdalantirgan Jansu Dere esa 24 soat davomida Ispaniyaning eng ko‘p muhokama qilingan ayollari ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, “Sadoqatsiz” Turkiyada ham reytingda eng yuqori natijalarni qayd qilgan seriallardan hisoblanadi. Birinchi mavsumi yakuniga yetgan loyihaning yangi qismlari 2021-yilning oktabr oyida efirga uzatilishi kutilmoqda. Turkiyaning radio va televideniye kengashi tomonidan “yoshlar orasida oilaviy qadriyatlarni noto‘g‘ri idrok qilishni targ‘ib qilayotgani” sabab bir necha marta jarima solinganiga qaramay, “Sadoqatsiz” efirga uzatilayotgan vaqt TVda yuqori reytingni qayd qilgan. | 64 | 1,150 |
Madaniyat | Mashhurligi va kassabopligi bo‘yicha originalini ham ortda qoldirgan davomli filmlar | Yangi filmning har bir kichik muvaffaqiyati uning davomi chiqishini deyarli kafolatlaydi. Ba’zida esa filmning keyingi qismlari mashhurlikda orginalidan ham o‘zib ketishi mumkin.
“Qora ritsar” (2008)
“Qora ritsar” — Kristofer Nolanning Betmen trilogiyasining ikkinchi qismi. Mahoratli rejissorlik, qiziqarli sujet va, albatta, Xit Lejerning ajoyib aktyorlik ishi kartinaning muvaffaqiyatini oldindan belgilab berdi va birinchi filmidan ham o‘zib ketdi. Kartina ijodkorlarga bir milliarddan ortiq daromad, 2 ta “Oskar” va butun dunyo bo‘ylab muxlislar muhabbatini keltirdi.
“O‘rgimchak odam: Uydan uzoqda” (2019)
2002-yilda “O‘rgimchak odam”ning 1-qismi omadli chiqdi, undan o‘tish oson ish emas edi go‘yo. Marvel kompaniyasining 2017-yilgi “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” filmi ajoyib aktyorlar (Tom Holland, Zendeya, Marisa Tomey) va superqahramon hikoyasiga yangicha qarash bilan ekranlarga chiqdi. Uning 2019-yilda chiqqan davomi esa katta muvaffaqiyatga erishdi: film tomoshabinlar va tanqidchilarni birdek o‘ziga tortdi, filmning kassasi ushbu superqahramon haqida oldingi barcha filmlarni ortda qoldirdi.
“Uddalab bo‘lmas topshiriq: Natija”
“Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasi va kelishgan aktyor Tom Kruz muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. Tryukli sahnalarning sifati va kaskadyorlarning murakkabligi tobora ortib bormoqda, hikoyaning ko‘lami esa hayratlanarli. “Natija”dan oldingi film muvaffaqiyatidan o‘zib ketdi, tomoshabinlar va tanqidchilarning eng yuqori baholarini oldi, shuningdek, franshizadagi barcha filmlar ichida eng yuqori daromad keltiruvchi filmga aylandi.
“O‘yinchoqlar tarixi 2” (1999)
O‘yinchoqlar tarixi multfilmi tomoshabinlar tomonidan sevib tomosha qilinadi va ko‘pchilik har bir qism o‘ziga xos tarzda ajoyibligini ta’kidlasa kerak. O‘n yildan keyin ham Vudi, Baz Laytyer va boshqalarning sarguzashtlarini tomosha qilish kishiga zavq bag‘ishlaydi. Sevimli qismni ajratib ko‘rsatish juda qiyin, ammo tanqidchilar bir ovozdan ikkinchisiga ovoz berishdi. Ushbu qismda ijodkorlar animatsiyani takomillashtirib, qahramonlar o‘rtasidagi munosabatlarga yanada chuqurroq bera olgan.
“Tor: Ragnyarok” (2017)
Ushbu filmdan oldin muxlislar muhabbatini ko‘proq Loki qozongan edi. Yangi zelandiyalik rejissor Taika Vaytiti skandinav xudosining hikoyasiga yangi hayot bag‘ishlay oldi va uni boshqacha ko‘rinishda taqdim etdi. Hazil, hayajon va kutilmagan sujet burilishlari tomoshabinlarni befarq qoldirmadi va tanqidchilar bu yondashuvni to‘g‘ri deb hisoblashdi. 3-“Tor” birinchi 2 qismdan ham kassa, ham tomoshabinlar reytingi bo‘yicha o‘zib ketdi.
“Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi” (2003)
2004-yilda mazkur film 11 ta “Oskar”ga ega bo‘ldi, mashhurligi bo‘yicha avvalgi “Uzuklar hukmdori: Ikki qal’a” filmini ortda qoldirdi va tarixda abadiy qoldi. Tolkinning zamonaviy grafikasi, ko‘lami va pishiq sujeti zamonaviy davrning eng sevimli va qayta ko‘rsa-da maza qiladigan franshizalardan birini berdi.
“Logan” (2017)
2013-yilgi “Rosomaxa: O‘lmas” filmi odatiy komiks filmi edi. Ammo Logan hikoyasining so‘nggi bobi franshiza muxlislarining qalbini zabt etdi. Bu film nostandart drama bo‘lib, unda qahramonlar koinot taqdirining hakamlari emas, balki kasal bo‘ladigan, his qiladigan va o‘ladigan oddiy odamlardir.
“Hayot-mamot o‘yinlari 2” (2013)
Syuzan Kollinzning romani asosida suratga olingan “Hayot-mamot o‘yinlari”ning 1-qismi prokatga chiqib, mashhurlikka erishgach, muxlislar 2-qismni intiqlik bilan kutishgan edi. IMDb reytingiga ko‘ra, 2-qism birinchisiga qaraganda mashhurroq bo‘lib chiqdi: tomoshabinlarning sevgisi yuqori reytinglar va kassa tushumlarining ortishi bilan tasdiqlanadi. | 84 | 3,642 |
Madaniyat | Milliy kino fondi veb-sayti va milliy filmlar veb-portali yaratiladi | O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet jahon axborot tarmog`ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarori chiqarildi.
Qarorga ko`ra, milliy veb-resurslar soni o`sishi, shuningdek, ularni Internet jahon axborot tarmog`ida ilgari surish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish ko`zda tutilgan.
Ushbu qarorda "O`zbekkino" Milliy agentligiga ham bir qator vazifalar topshirilgan:
• O`zbekiston Milliy kino fondi veb-saytini yaratish;
• Milliy filmlar veb-portalini yaratish va uni Internet jahon axborot tarmog`ida ommalashtirish.
Qarorda O`zbekiston Milliy kino fondi veb-sayti hamda milliy filmlar veb-portalini yaratish va uni Internet jahon axborot tarmog`ida ommalashtirish vazifasi 2020 yilning 1 iyuliga qadar amalga oshirilishi belgilangan. | 68 | 827 |
Madaniyat | Xonanda Jasur Umirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi. U voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanmoqda | Xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh.M.ning nomusiga teggani yuzasidan 2020-yilning 9-oktabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Bu bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani, ishda to‘plangan dalillar asosida xonandaga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda) bilan ayb e’lon qilinib, sudning 21-dekabr kunidagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgani, jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori tomonidan nazorat qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.
Samarqand viloyati prokuraturasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, jinoyat ishi tergovi yakunlanib, 5-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudiga yuborilgan.
“Tergov davomida ayblanuvchi Jasur Umirovning aybi maqbul dalillar bilan to‘liq tasdiqlanganligi bois u Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda) bilan, shuningdek, fuqaro A.Z. va Sh.Q.lar Jinoyat kodeksining 241-moddasi 2-qismi (jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi) va boshqa moddalari bilan ayblandi. 2021-yilning 5-yanvar kuni jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudiga yuborildi”, deyiladi Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lumotida.
Avvalroq bu ish bo‘yicha xonanda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida litseyning birinchi kursini endigina tamomlagan, voyaga yetmagan qizning nomusiga teggani, IIB esa xonandaga nisbatan jinoiy ish ochishni rad etgani, Bosh prokuratura qaror qonuniyligini tekshirishi ma’lum qilingandi. Shundan so‘ng Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv tayinlangani haqida xabar bergandi. | 131 | 1,981 |
Madaniyat | Olmaotada “Yevrosiyo” kinofestivali ochildi (foto) | Olmaotada XI “Yevrosiyo” xalqaro kinofestivali va I “Shaken yulduzlari” Olmaota xalqaro kinofestivali ochildi. Ular 19-sentabrdan 25-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Unga mehmonlardan mavritaniyalik kinorejissor Abdurahmon Sissako, rossiyalik kinoshunos Kirill Razlogov taklif etildi.
“Yevrosiyo” kinofestivalining prezidenti Ayman Musaxojayev, “Shaken yulduzlari” kinofestivalining prezidenti esa qozog‘istonlik aktyor va rejissor Asanali Ashimov bo‘ldi.
“Tengrinews”
19-sentabr, shanba tongida “Eurasia Kids” bolalar kinofestivali ham ochilib, unda qizil yo‘lakchadan Qozog‘istonning yosh yulduzlari o‘tdi.
“Tengrinews”
“Tengrinews”
“Tengrinews”
“Tengrinews” | 50 | 696 |
Madaniyat | 2 oy deganda Turkiyadan ko‘rinish bergan Nargiza Salmonova, koronavirusga test topshirgan yana bir san’atkor. Instagram’dan daraklar | 13-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Moskva ko‘chalarida mashinada sayr qilayotgan Zarina Nizomiddinova.
View this post on Instagram
Rayhon folloverlarini karantin qoidalariga rioya etishga chaqirdi.
View this post on Instagram
Adiz Rajabov ham muxlislarini tushkunlikka tushmaslikka chaqirdi.
View this post on Instagram
Turkiyaga turmushga chiqqan aktrisa Nargiza Salmonova uzoq muddatdan so‘ng Instagram’da ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Dilso‘z folloverlarini uyda qolishga chorlagan holda oilaviy suratlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Gulchehra Eshonqulova uning kinoga qaytish haqidagi istagiga turmush o‘rtog‘i qanday munosabatda ekanligini hazil tariqasida bildirdi.
View this post on Instagram
Yulduz Turdiyeva marhum qaynanasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uni yodga oldi.
View this post on Instagram
Burak O‘zchivit Bodrumdagi hordiq aks etgan suratni sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Umidaxon yosh qizchaga “aylanib”, folloverlariga kayfiyatni ko‘taruvchi videorolik tayyorladi.
View this post on Instagram
Luiza Rasulova orzuga erishish yo‘lida ba’zan qurbonliklar ham qilishga to‘g‘ri kelishi haqida mulohaza yuritdi.
View this post on Instagram
“Million” kulgi jamoasi a’zosi Alisher Botirov ham ko‘ngil xotirjamligi uchun koronavirusga test topshirganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram | 132 | 1,663 |
Madaniyat | Foto: Xonanda Jahongir Otajonovning 2016-yilgi konserti videoga olinmaydi | Xonanda Jahongir Otajonovning 2016-yil 3—5-iyun kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘ladigan “Ishtiboh” nomli konsert dasturining videosi muxlislar e’tiboriga havola qilinmaydi. Xonandaning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, konsert dasturida tasvirchilar guruhi ishlamaydi.
Konsertga tayyorgarlik jarayoniga ikki oydan ziyodroq davom etayotgan va dastur taqdimotiga hech qancha vaqt qolmagan bo‘lsa-da, Jahongir Otajonov repetitsiyalarda o‘z sozandalariga nisbatan talabchanlikni biroz bo‘lsa-da kamaytirayotgani yo‘q.
Jahongir Otajonov bo‘lajak konsertida, o‘z tinglovchisini topib ulgurgan mashhur taronalari bilan bir qatorda, sakkizta yangi qo‘shiqni muxlislar e’tiboriga havola qiladi.
Quyida konsertoldi jarayonlaridan tayyorlangan fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin. | 73 | 794 |
Madaniyat | Brijit Makron: Fransiya prezidenti ortida turgan ayol haqida nimalarni bilamiz? | Emmanuel Makron siyosiy maydonda o‘zini qanchalik dadil tutsa, uning barcha g‘alabalari ortida nafaqat uning, balki uni 25 yildan beri ilhomlantirib kelayotgan ayol — Brijit Tronyening ham mehnati yotgani shunchalik yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Eri Emmanuel Makron saylanishidan oldin 64 yoshli (o‘sha paytda) Brijit Tronye o‘z intervyusida 2017-yilgi saylovlarda g‘alaba qozonishga umid qilayotganini hazil aralash aytgandi: “Axir 6 yildan keyin 70 yoshga to‘laman”. Makronning rafiqasi hech qachon shaxsiy ambitsiyalarini yashirmagan: albatta, uning Emmanueli g‘alaba qozongan saylovlardan so‘ng, u kelajakda Fransiyaning birinchi xonimi rasmiy lavozimiga zamin yaratish niyatida.
2016-yil iyul oyida Fransua Ollandning jamoasida moliya vaziri bo‘lib, o‘zining siyosiy ambitsiyalarini amalga oshirish uchun deyarli hech qanday imkoniyatga ega bo‘lmagan 38 yoshli Emmanuel Makron o‘zining birinchi mitingini o‘tkazishga qaror qildi. Tadbir joyi sifatida siyosatchi Seynning chap qirg‘og‘idagi zamonaviy maydonni tanladi.
Olomon kelishidan bir necha soat oldin Emmanuel o‘z jamoasi, o‘zining siyosiy harakati — En marche (na o‘ngga, na chapga, balki Makronning o‘zi ta’kidlashicha, butun respublikani tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan markaziy harakat)ga a’zo amaldorlar qarshisida mashq qildi. “Biz — umid partiyasimiz”, dedi siyosatchi o‘zining bir nechta tinglovchilari oldida.
Makronning nutqini goh-gohida “Ovozingizga e’tibor bering, pasaytirmang” kabi ogohlantirishlar bilan hokimona ayol ovozi to‘xtatib turardi. Bu Brijit Makronning ovozi edi, go‘yo teatr direktori yosh aktyorga maslahat berayotgandek edi. Keyin Emmanuel muloyimlik bilan undan so‘raydi: “Azizam, menga nutqimdagi kamchiliklarni aytib tur. Gaplarim juda cho‘zilib ketyaptimi?” Shundan keyin u hech ikkilanmasdan, butun olomon oldida tan oladi: “Brijit har doim mening nutqlarim juda uzun ekanligini aytadi”.
Emmanuel Makron rafiqasining teatr sohasidagi iste’dodi prezidentlik poygasining bo‘lajak favoritining keyingi shov-shuvli chiqishlarida markaziy rol o‘ynadi. Shu tariqa Makron Yelisey saroyiga g‘alaba bilan kirganidan so‘ng, darhol Brijitni barcha qoidalarga muvofiq taqdirlay boshladi. Aniqrog‘i, xalqning shubhalariga qaramay, unga Fransiyaning birinchi xonimi sifatida alohida siyosiy maqom berdi.
Makrondan oldin saylangan birorta ham prezident bunday qilmagan, biroq Emmanuel qat’iy: bugungi kunda Brijitning faoliyati maxsus Shaffoflik Xartiyasi bilan tartibga solinadi.
Brijit e’tiborni qaratmoqchi bo‘lmagan narsa Emmanuel bilan 25 yosh farqi. Hozir u 68 yoshda. Eri prezident etib saylanishidan oldin u xususiy iyezuit maktabida lotin va fransuz adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan va Emmanuelning o‘zi bir paytlar uning o‘quvchisi bo‘lganini yashirmagan.
Brijit Tronye Fransiya shimolidagi Amyenda, shahar bo‘ylab tarqalgan mashhur mahalliy qandolatchilik do‘konlariga ega burjua oilasida tug‘ilgan. 20 yoshida u bankir Andre-Lui Ozierga turmushga chiqadi. Bu nikohdan Brijit uch farzand ko‘rdi. O‘qituvchi bo‘lishdan va nufuzli iyezuit maktabiga kirishdan oldin u Pas-de-Kaledagi Savdo-sanoat palatasida matbuot kotibi bo‘lib ishlagan.
Brijit ilk bor Emmanuel bilan tanishganida yigitcha 15 yoshda edi. Brijitning o‘rtancha qizi esa u bilan bir sinfda o‘qigan. Bo‘lajak sevishganlar teatrlashtirilgan spektakl yaratish davomida yaqinlashib ketadi: Emmanuel intiluvchan aktyor edi, Brijit esa drama to‘garagini boshqargan.
Bir paytlar mashhur juftlik haqida “Les Macron” nomli kitob nashr etgan yozuvchilar Kerolayn Derrier va Kendis Nedelekka Brijit: “Men uni hech qachon o‘quvchim deb hisoblamaganman”, deb tan oldi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar haqida mish-mishlar tarqalgach, Emmanuelning ota-onasi bolani Parijdagi nufuzli litseyga jo‘natishadi. Ammo sevgi, sir emaski, vaqtga ham, masofaga ham bo‘ysunmaydi.
O‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, sevishganlar turmush qurishdi. To‘y Le-Tuke plyaj kurortidagi shahar hokimiyatida bo‘lib o‘tdi.
To‘ydagi nutqi davomida Emmanuel Brijitning ota-onasi va farzandlariga ularning nikohini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Yosh kuyovning tan olishicha, u va uning sevgilisi “odatiy juftlik” bo‘lmasa ham, ular “haqiqiy juftlik”. Brijitning bugungi kunda yettita nabirasi bor. Albatta, ular Emmanuelni bobo deyishmaydi, lekin ular unga inglizcha yoqimli so‘z bilan — “daddy” deb murojaat qilishadi.
Brijit birinchi marta 2014-yilda Emmanuel Fransua Olland sotsialistik hukumatida moliya vaziri lavozimiga tayinlanganida e’tibor markaziga tushgan edi. Qizig‘i shundaki, u Parijdagi eng yaxshi katolik maktablaridan biridagi o‘qituvchilik faoliyatini to‘xtatmadi va o‘z shogirdlariga faqat bitta gapni aytdi: “Siz ko‘p narsalarni eshitasiz — ham haqiqat, ham yolg‘on. Lekin men bular haqda hech qachon gapirmayman”.
Shunga qaramay bir yil o‘tgach, Brijit baribir maktabni tark etdi. U o‘zini erining karyerasiga bag‘ishlamoqchi ekanligini aytdi. Shundan so‘ng darhol yig‘ilishlarida qatnasha boshladi va tez orada Iqtisodiyot, Moliya va sanoat vazirligining ajralmas qismiga aylandi.
Brijit adabiyot va teatrga telbalarcha oshiq bo‘lib, Parijdagi barcha madaniy tadbirlarda vazirning rafiqasi sifatida doimiy ravishda qatnashardi. U eriga aloqalar o‘rnatishda yordam berdi, hatto bir oqshomda ikkita ijtimoiy tadbirni tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi. Yillar davomida uning erini qo‘llab-quvvatlashi kuchaydi va Makron jamoasidagi insayderning so‘zlariga ko‘ra, Brijit hali ham uning orqasida tog‘ kabi turibdi.
Bugungi kunda Makron xotinini faol ravishda omma oldiga olib chiqadi va paparatssilarga ularni birga suratga olish hamda minglab fotosuratlarini gazeta va jurnallarda nashr etish imkonini beradi. Fransiya Nikolya Sarkozi davridan beri bunday xatti-harakatlarni ko‘rmagan.
Er-xotinning to‘yida haydovchilik qilgan va hozirda Makron jamoasi a’zosi bo‘lgan fransuz iqtisodchisi Mark Feratsi ularning munosabatlarini shunday ta’riflaydi: “Ha, ular oddiy juftlik emas. Ammo ular bir-birini 20 yil oldin sevib qolishgan va o‘shandan beri his-tuyg‘ulari kuchaygan. Ularning hikoyasi juda oddiy va shuni tan olish kerakki, odamlar mana shunday bir-birini juda qattiq sevib qolishlari mumkin, ularning sevgisi esa hech qachon so‘nmaydi”. | 79 | 6,231 |
Madaniyat | Saida Rametova ikki yaqini koronavirusdan vafot etgani hamda turmush o‘rtog‘i ham juda og‘ir kasal bo‘lgani haqida gapirdi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist, teleboshlovchi Shohira Hamro tashkillashtirdi.
Aktrisa Saida Rametova suhbat davomida ko‘krak saratoniga chalingani haqida o‘g‘li eshitib shokka tushib qolgani, opasi va qayinsinglisi koronavirusdan vafot etgani haqida gapirib berdi.
Bolamga kasal bo‘lganimni aytganimdan so‘ng, bolam shoshib-pishib, shokka tushib qoldi. Nimagadir aytgim keldi. Xuddi ularni boshqa ko‘ra olmaydigan, hattoki operatsiyaga ham yeta olmaydigan, hech kimga hech qanday gapimni ayta olmaydigandek tuyuldi.
Opam rahmatli bir hafta ichida hech kimga hech narsa ayta olmasdan koronavirusdan vafot etdi. Keyin qayinsinglim ham shu kasaldan vafot etdi. Jumadulla ham juda og‘ir kasal bo‘ldilar. Hammasini ichimga oldim, yig‘ladim-yig‘ladim, qo‘limdan hech nima kelmadi, kuyundim. Turkiyadagi shifokorlar depressiyaga tushib qolganimni, ko‘p siqilganimni aytishdi. O‘sha uchun barcha gaplarimni bolamga, yaqinlarimga aytib qolay deb, kasal bo‘lganimni ularga aytgandim.
Saida Rametova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Saida Rametova qanday kasallikka chalingani haqida so‘zlab berdi (video) | 130 | 1,243 |
Madaniyat | Instagram: Falastinliklarni qo‘llab-quvvatlagan Yulduz Usmonova, Ayshvariya Rayning O‘zbekistondagi qiyofadoshi, Toshkent markazida hayvonot bog‘i ochgan aktyor | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Turk aktrisasi Fahriye Evjen folloverlarini bayram bilan tabrikladi.
Xonanda Imron Instagram’dagi jonli efirga bog‘langan muxlisasiga “Yomon qiz” qo‘shig‘ini ismiga moslab kuylab berdi.
Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i xeyterlarga murojaat yo‘lladi.
Badiiy so‘z ustasi Botir Muhammadxo‘jayev Toshkent markazida kichik hayvonot bog‘i ochgani tufayli san’atda tanaffus qilayotgani haqida so‘zlab berdi.
Shahzoda barcha muxlislarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
“O‘zbekiston” telekanali boshlovchisi Nargiza Azizova uni ko‘pchilik Bollivud yulduzi Ayshvariya Rayga o‘xshatishi haqida so‘zlab berdi.
Farhod Alimov va Rayhon ham folloverlariga bayram munosabati bilan iliq tilaklarni yo‘lladi.
Otabek Mirzaxolov Dilshod Mirzamurotovni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, obrazdagi suratlari bilan bo‘lishdi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojarolarga munosabat bildirib, bayram ham tatimayotganini ma’lum qildi.
Munisa Rizayeva singlisi Karimani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Avvalroq xonanda singlisiga Porsche Taycan avtomobilini sovg‘a qilgan edi. | 160 | 1,245 |
Madaniyat | Fransiyada Fantomas rolini o‘ynagan aktyorning qabri talon-taroj qilindi | Fantomas komediya trilogiyasida ayni qahramon rolini o‘ynagan aktyor Jan Mare qabri noma’lum shaxslar tomonidan talon-taroj qilindi. Bu haqda Le Croix nashri xabar qilmoqda.
Jan Marening qabr toshidan “Sohibjamol va maxluq” filmidagi maxluq aks ettirilgan bronza haykali qo‘porib olib ketilgan.
Ma’lum qilinishicha, haykalning o‘g‘irlangani 2016-yil 7-yanvar kuni aniqlangan. To‘rt ming yevroga narxlanayotgan haykal 35 kilogramm og‘irlikda bo‘lib, uning balandligi 60 santimetr bo‘lgan.
Kadr: YouTube
Bronza quymasi haykaltaroshlik san’ati bilan ham shug‘ullanib kelgan Marening hozirgacha saqlanib qolinmagan ijodi asosida yaratilgan. Aktyorning qabrida bu kabi ikkita haykal, sherning boshini aks etuvchi bronza niqobi, qanotli va shoxli katta sfinks haykali o‘rnatilgan edi. | 72 | 781 |
Madaniyat | “Qirolicham”, “Onam, kasalman demang” va ijoddagi sukunatdan so‘ng muxlislar e’tiboriga havola etilgan boshqa xit qo‘shiqlar (video) | O‘zbek shou-biznesi olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramay turli sabablarga ko‘ra san’atda ma’lum muddat tanaffus qilib ijod qilishdan chetlashgan san’atkorlar ham bor. Ularning ayrimlari shu tanaffusdan keyin san’atni tark etganini e’lon qilsa, ayrimlari yana muvaffaqqiyatga erishadi va ular kuylagan taronalar millionlab muxlislarning qalbini zabt etadi.
Muzaffar Abduazimov
Xonanda Muzaffar Abduazimov O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Ommaviy tadbirlar rejissurasi fakultetida tahsil olgan. Bolaligidan san’atga qiziqa boshlagan xonanda 1991—1992-yillarda ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini havaskor sifatida kuylab yurgan. O‘zining ilk ijodini esa 1997-yil “Kelinchak” qo‘shig‘i bilan boshlaydi.
Uning ijodidagi eng xit taronalardan biri 2000-yilda ijro etgan “Oh deyman” taronasi hisoblanadi. “Dard”, “Galdi qalam qoshli yor” qo‘shiqlari ham muxlislarning qalbidan joy oldi. Muzaffar Abduazimov 2016-yilga qadar ijoddan to‘xtamadi va shu yilning so‘nggida kasbiy tanaffus e’lon qildi. U 2021-yil ijodga qaytdi va yangi taronalar ustida ishlay boshladi va xonandaning 2022-yilda muxlislariga taqdim etgan “Onam, kasalman demang” nomli taronasi xit darajasiga chiqdi. Ijodkor hozirda bu qo‘shig‘ini turli xil shodiyonalarda ijro etadi. Ushbu taronaga ishlangan videoklip esa YouTube’da hozirga qadar 5 millionga yaqin ko‘rishlar soniga ega.
Mustafo
Mustafo taxallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Zohid Yusupov 1984-yil 23-sentabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Maktabni tugatganidan so‘ng u san’atkor Alisher Ro‘zmetovga shogird tushadi va xonandalik sirlarini o‘rganadi. Mustafoning ilk taronasi 2009-yilda kuylangan “Bizni yor kichkinadir” taronasi hisoblanadi. Shu orada u Sardor Rahimxonga musiqadan saboq oladi. O‘sha yillarda xonandaning “Arazchi xonim” qo‘shig‘i xitga aylanadi. Bundan tashqari “Olma-olma” hamda “Samolyot” qo‘shiqlari ham xit taronalar safiga kiradi. Xonanda 2020-yildan keyin ijodiy tanaffus qiladi, shundan keyin uning 2022-yilda muxlislariga taqdim etgan “Qirolicham” taronasi xit darajasiga chiqdi. Taronaga ishlangan videoklip YouTube’da hozirga qadar 3 milliondan ortiq ko‘rilgan.
Anvar Jo‘rayev (Sahar guruhi)
Xonanda Anvar Jo‘rayev 1999-yilda “Sahar guruhi”ni guruhini tuzadi. Keyinchalik guruhning “Meni izlama”, “Yomg‘ir” taronalari xit darajasiga chiqadi va millionlab muxlislarning qalbidan joy oladi. Anvar Jo‘rayev 2004-yilda o‘z guruhi bilan ijod qilish maqsadida Qozog‘istonga boradi. Keyinchalik O‘zbekistonga qaytgan “Sahar” guruhi 2009-yilda musiqiy albomini muxlislariga taqdim etadi va shundan keyin ijodiy tanaffus e’lon qiladi. Guruh tomonidan 2022-yilda “Unutganim yo‘q” taronasi taqdim etiladi va bu musiqa tez orada xit darajasiga chiqadi.
Jahongir Otajonov
Jahongir Otajonov san’atkorlar oilasida tavallud topgan. Amakisi Ortiq Otajonovdan musiqa sirlarini o‘rgangan xonanda 1-sinfidan poytaxtdagi Glier nomidagi musiqa maktabiga o‘qishga boradi. Maktabni bitirganidan so‘ng esa O‘zbekiston davlat konservatoriyasini bitiradi. Jahongir Otajonov ijodidagi “Arazlamang” “Oq kabutarlar” va “Dog‘man” taronalari xit dadarjasiga chiqqan. Xonandaning ijodida bir muddat xit qo‘shiqlar ko‘zga tashlanmadi. U 2018-yilda “Qaddi baland” taronasiga ishlangan klipni muxlislariga namoyish etadi. Ushbu tarona tez fursatda xit darajasiga chiqadi va muxlislar tomonidan e’tirof etiladi. “Qaddi baland” taronasiga ishlangan videoklip YouTube’da hozirga qadar 5 million marta ko‘rilgan.
Dildora Niyozova
Xonanda Dildora Niyozova san’atning estrada yo‘nalishidagi ijodini 2000-yilda boshlagan. Bolaligida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ashaddiy muxlisi bo‘lgan va uning qo‘shiqlarini ijro etib yurgan. Dildora Niyozova ijrosidagi “Ishonma” va “Olma” taronalari xit bo‘lgan. Xonanda 2018-yilda “Armon bo‘ldi” nomli xit taronasi bilan ijodga qaytadi. Ushbu tarona ko‘plab muxlislarning qalbidan joy olgan. “Armon bo‘ldi” taronasiga ishlangan videoklip YouTube’da hozirga qadar 26 millon marta ko‘rilgan.
Zohirshoh Jo‘rayev
Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev yoshligidan san’at sohasiga qiziqqan va otasidan musiqa sirlarini o‘rgangan. Xonanda ijodga kirib kelganidan so‘ng “Menmi o‘shal”, “Yuragimdasan”, “Mani deya” kabi taronalarini muxlislariga havola etgan. Zohirshoh Jo‘rayev 2013-yilda “Mani deya” taronasiga ishlangan videoklipni namoyish etadi va shundan keyin uning ijodida sokinlik kuzatilgan. Xonanda 2017-yilda “Yaxshi ko‘rib qoldimda” nomli taronasi bilan ijodga qaytadi va ushbu tarona chiqqanidan so‘ng millionlab muxlislarning qalbidan joy oladi. Ushbu taronaga ishlangan videoklip YouTube’da 13 milliondan ortiq ko‘rishlar soniga ega. Shundan keyin uning ijrosidagi “Dilozorim”, “Seni sog‘inib”, “Sevdim” nomli taronalar muxlislarga taqdim etildi.
Ravshan Sobirov
Dastlab “Bolalar” guruhining a’zosi, keyinroq yakkaxon xonanda sifatida tanilgan Ravshan Sobirov 2000-yilda ijodining cho‘qqisiga chiqdi va uning taronalari millionlab muxlislarning qalbidan joy oldi. Xonanda ijro etgan “Sen yig‘lama”, “Nega aytgin”, “Askar” va “Setora” guruhi bilan birga kuylagan “Xayr maktabim” taronasi o‘sha davrning eng xit taronalari safiga kirgan. Uzoq muddatli ijodiy tanaffusdan keyin Ravshan Sobirovning “Sog‘indim de” nomli taronasi muxlislariga havola qilindi va tez orada xit darajasiga chiqdi. | 132 | 5,299 |
Madaniyat | Toshkentda “Manzura” butikining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto) | 3-may kuni Toshkentda xonanda Manzuraning yangi butiki ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xonandaning yaqinlari va do‘stlari ishtirok etdi. U yerda o‘zbek estradasi vakillaridan Ulug‘bek Rahmatullayev, Oybek va Nigora, Umidaxon, Sherzod Saidaliyev (Sherzod Bin), Farrux Komilov, Shoira Otabekova va boshqalarni uchratish mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, Navoiy ko‘chasida joylashgan “Manzura” butikidan ham ayollar, ham erkaklar liboslarini xarid qilish mumkin. | 69 | 472 |
Madaniyat | O‘zbekistondagi yulduzlarning mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shgan kadr ortidagi ijodkorlarni qo‘llash maqsadida “YulduzKor” loyihasi ishga tushirildi | “Sayyod.com” sayti g‘oyasi asosida tashkil qilingan va ayni damda hech qayerda o‘xshashi yo‘q bo‘lgan “YulduzKor” mukammal mualliflik realiti-shousining suratga olish ishlari 9-noyabr kuni boshlandi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
“YulduzKor” mashhurlarni yulduz bo‘lishida o‘rni katta bo‘lgan va hamisha kadr ortida qoladigan ijodkorlar musobaqasi bo‘lib, kasting orqali turli ijodkorlar ikki guruhga yig‘iladi, ya’ni shu ikki guruhning har birida bittadan shoir-bastakor, liboskor, bo‘yokor-turmakkor, suratkor va videokorlar bo‘ladi.
Har ikki guruhga bittadan xonanda biriktirilib, ular hammasi uchta shartdan o‘tadi. Mazkur shartlarning bajarilishiga har biri uchun bir hafta — jami uch hafta ajratiladi. Shuningdek, har bir shart uchun chegaralangan mablag‘ butun guruhga beriladi. Shartlar, albatta, mashhurning faoliyati doirasida bo‘ladi.
Uch hafta o‘tgach, ikki guruhdan eng ko‘p ball yiqqan har bir yo‘nalishdagi ijodkordan bittasi tanlanib, bir guruh qilinadi va bu guruh finalda xuddi shu tariqa keyingi mavsumda ishtirok etib, saralab olingan boshqa bir kuchli guruh bilan bellashadi.
Natijada san’at olami bir yilda bitta “YulduzKor” guruhi bilan ta’minlanadi. Lekin bu loyihada g‘olib yoki mag‘lub tushunchasi bo‘lmaydi, zero uch hafta davomida har bir ijodkorga xalqqa o‘z ijodini taqdim etish uchun reklama imkoniyati berilgan bo‘ladi.
Loyihada ishtirok etish uchun, asosan, yosh ijodkorlarga imkoniyat beriladi. Hozircha har bir guruhda beshtalik: liboskor, bo‘yokor-turmakkor, videokor, shoir-bastakor va suratkor ishtirok etadi.
“YulduzKor” faqatgina bir soha doirasida bo‘lmay, unga aynan xonandalar bilan bog‘liq turli ijodiy soha vakillari yig‘iladi va ularning har biriga yuklatilgan shartda ishtirok etishi uchun vazifa o‘ylab topiladi. Albatta u shart xonanda faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.
“Sayyod.com” mazkur loyihada dizaynerni liboskor, fotografni suratkor, parikmaxer-vizajistni turmakkor-bo‘yokor, klipmeykerni esa videokor deb “o‘zbekonalashtirishga qaror qilgan”.
“YulduzKor” loyihasining birinchi mavsumida ikki guruh yig‘ilib, ularga ikki xonanda biriktirildi. Guruhni yig‘ish va unga xonandani biriktirishda ikki meva: olma va nok qur’a sifatida yordam berdi. Hozirda xonandalar Kaniza va Shoira Otabekova o‘z guruhlari bilan birinchi shartni o‘tamoqda va deyarli har kuni suratga olish ishlari qizg‘in ketmoqda.
Ularga ajratilgan mablag‘ miqdori, belgilangan vazifalar va ish jarayoni haqidagi ma’lumotlar bilan “Sayyod.com”da tanishishingiz mumkin. | 147 | 2,506 |
Madaniyat | Komil Yormatov tavalludiga 118 yil to`ldi | O`zbekiston xalq artisti, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi, atoqli kinorejissyor va ssenarist Komil Yormatov 1903 yil 2 may kuni Tojikistonda tavallud topgan. 1931 yili S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya institutini tamomlagan. 1941 yildan “O`zbekfilm” kinostudiyasida badiiy rahbar sifatida ishlay boshlagan.
Komil Yormatov ijodi davomida “Muhojir”, “Alisher Navoiy”, “Abu Ali ibn Sino”, “Opa-singil Rahmonovalar”, “Ikki dil dostoni”, “Osiyo ustidagi bo`ron”, “Nodirabegim”, “Paxtaoy” kabi filmlarni suratga olgan. 1978 yilda Toshkentda vafot etgan.
Bugun atoqli kinorejissyor va ssenarist Komil Yormatov tavalludiga 118 yil to`ldi. | 41 | 661 |
Madaniyat | “Unga turmushga chiqmayman”. Shahlo Ahmedova Shahram G‘iyosov bilan munosabatlari haqida so‘zlab berdi | Xonanda Shahlo Ahmedova Instagram’dagi Stories orqali muxlislarining barcha qiziqtirgan savollariga javob berdi.
“Har bir ishda mashaqqatli damlar bo‘ladi. Sizda qanday qiyinchiliklar bo‘lgan?” degan savolga javoban xonanda o‘tgan yili “Yozgi yomg‘irlar” klipi uchun litsenziyasi olib qo‘yilgani haqida gapirdi:
“O‘tgan yili ‘Yozgi yomg‘irlar’ klipi uchun litsenziyam olib qo‘yildi. Biroq bu mening foydamga ishladi. Birinchidan, juda ajoyib piar bo‘ldi, ikkinchidan men o‘zimni yangi sohada sinab ko‘rdim. Qanday soha ekanligi haqida yaqinda bafurja so‘zlab beraman. Omadsizlik bu haqiqatan ham muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘l”, — deydi xonanda.
View this post on Instagram
Shahloga yo‘llangan savollar orasida “Sevgidan kuyganmisiz?” degan mazmundagilari ham bo‘ldi.
“Sevib qolmaganman hali, sevgidan kuyish tuyg‘usi men uchun tushunarsiz”, — deb javob berdi ushbu savolga xonanda.
Shahlo Ahmedovaning fikricha, o‘z ishini qiladiganlar har doim ham atrofdagilarga yoqavermaydi. Shuning uchun bunday insonlarni ko‘p tanqid qilishadi.
“To‘yga yoki boshqa marosimga chaqirsak, kelasizmi?” degan savolga xonanda “To‘y va marosimlarda qo‘shiq kuylamayman”, deb javob berdi.
Stories’dagi muloqotdan ma’lum bo‘lishicha, Shahlo Ahmedova yoshlaridagi 11 yillik farqqa qaramay opasi Lola bilan sirlashadi.
View this post on Instagram
Xonandaning muxlislaridan biri undan “Agar Shahram G‘iyosovga turmushga chiqsangiz, to‘yga chaqirasizmi?” deb so‘radi.
“Men unga turmushga chiqmayman, biz axir do‘stmiz-ku! Bunaqa gaplarni yozishni bas qiling, iltimos”, — deb yozdi Shahlo Ahmedova ushbu savolga javoban. | 102 | 1,628 |
Madaniyat | SanJay Sherali Jo‘rayev oilasi unga “Karvon”, “Gulbadan” kabi qo‘shiqlarning cover-versiyasini aytishni taqiqlaganini ma’lum qildi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Karvon”, “Gulbadan” kabi qo‘shiqlari cover-versiyasini kuylagan xonanda SanJay 26-noyabr kuni Intellektual mulk qo‘mitasiga chaqirildi. Xonandaning ma’lum qilishicha, Sherali Jo‘rayev oilasi tomonidan qo‘mitaga mualliflik huquqi buzilayotgani yuzasidan murojaat qilingan.
“Birinchidan, men ‘Karvon’ qo‘shig‘i yuzasidan she’r muallifi Usmon Azim bilan shaxsan gaplashganman. Ikkinchidan, istalgan qo‘shiqni istalgan xonanda ijro etyapti. Nimaga Shohruhxon aytadi, Jahongir Otajonov aytadi, ularga hech kim hech narsa demaydi, lekin men aytsam bo‘lmaydi? Chunki bu Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘i-da, qolganlarning ishi yo‘q. ‘Karvon’, ‘Gulbadan’ va hali chiqarishga ulgurmagan ‘Atirgulim, atringni soch’ qo‘shiqlarini men boshqa aytmasligim kerak ekan. Butun dunyoda hamma qo‘shiqlar cover qilib aytiladi, lekin O‘zbekistonda hech qachon bir-birini ko‘ra olmaydi, bir-birini qo‘llab-quvvatlay olmaydi. Aziz muxlislarim, bundan keyin mendan ‘Karvon’, ‘Gulbadan’ va hali chiqishga ulgurmagan ‘Atirgulim, atringni soch’ qo‘shiqlarimni so‘ramanglar, bularni boshqa aytmaymiz. Bu qo‘shiqlarni Sherali Jo‘rayev oilasi bilan birga Usmon Azim yostig‘ining tagiga qo‘yib, u dunyoga o‘zlari bilan olib ketsin, men roziman shunga”, — deydi xonanda. | 138 | 1,283 |
Madaniyat | Toshkentda “Yoshlik bahori” festivalining gala-konserti o‘tkazildi (foto) | Toshkentdagi “Turkiston” saroyining yozgi maydonida “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari va simfonik musiqa festivalining gala-konserti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
2014-yildan “Yoshlik bahori” respublika yosh opera ijrochilari va simfonik musiqa festivali keng ko‘lamli musiqiy-madaniy tadbirlar qatoridan joy oldi. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturiga muvofiq o‘tkazilgan ushbu festival O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etildi.
Festivalning joriy yil mart—aprel oylarida o‘tkazilgan saralash bosqichlarida 50 dan ziyod xor guruhlari va yakkaxon opera ijrochilari ishtirok etdi. Ulardan yigirma nafardan ortig‘i yakuniy gala-konsertda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, 90 nafar iste’dodli yosh musiqachi saralab olinib, O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestri tarkibiga kiritildi. Aynan ushbu yosh iste’dod sohiblari festivalning birinchi gala-konsertini muvaffaqiyat bilan o‘tkazib, milliy va jahon opera san’atining eng yaxshi asarlarini tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi.
– Opera asarlari yaratgan bastakorlarning mashaqqatli mehnati tahsinga loyiqdir, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Ismoil Jalilov. – Shu bilan birga, asarni ijro etadigan san’atkordan ham katta mahorat talab etiladi. Asar mahorat bilan ijro etilsagina uning asosiy g‘oyasini tinglovchi qalbiga yetkazish mumkin. Gala-konsert mamlakatimizda iqtidorli yoshlar ko‘pligini, opera san’ati esa jadal rivojlanib borayotganini yaqqol ko‘rsatdi.
Ishtirokchilar nafaqat milliy, balki xalqaro tanlov va mukofotlar g‘olib hamda sovrindorlari ekani tadbirning nufuzini yanada oshirdi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri yakkaxon ijrochilari Ramiz Usmonov va Samandar Aliyev ham bor. Yosh ijrochilarning milliy va xalqaro opera san’ati an’analarini boyitish hamda munosib davom ettirishga qo‘shgan hissasi nafaqat O‘zbekiston, balki xorijiy davlatlarda ham e’tirof etilgan. 2011-yilda Competizione dell'Opera xalqaro xonandalar tanlovida 150 nafardan ziyod ishtirokchi orasida birinchi o‘rinni egallagan Rahim Mirzakamolov, “Nihol” mukofoti sovrindori, 2013-yilda o‘tkazilgan “Romansiada” xalqaro xonandalar tanlovi g‘olibi Umid Isroilovning ijrosi opera ixlosmandlarida katta taassurot qoldirdi.
Festivalning kichik yoshli ishtirokchilari ham tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Masalan, italiyalik kompozitor D. Kachchinining “Ave Mariya” kompozitsiyasini ijro etgan V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi xor jamoasining chiqishi barchaga manzur bo‘ldi.
Festivalda O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestrining turli musiqiy asboblarda turli davrlarda yozilgan mumtoz hamda zamonaviy musiqa asarlarini mahorat bilan ijro etishi ham tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. | 73 | 2,911 |
Madaniyat | Video: O‘zbekistonlik taniqli sportchilar va shou-biznes yulduzlari saylovga chorlamoqda | O‘zbekistonlik taniqli sportchilar va san’atkorlar ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z obunachilarini 24-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida faol ishtirok etishga chorlab, videomurojaatlar e’lon qila boshladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti saylovida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Narzullo Oblomurodov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov nomzod sifatida ishtirok etadi. | 88 | 595 |
Madaniyat | “Muzlagan” filmi aprel oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Alisher Uzoqovning “Muzlagan” filmi aprel oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Aprel oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Muzlagan” filmidan keyingi o‘rinlarni Jahongir Ahmedovning “Asal oyi”, Ikrom Alining “Komila”, Ruslan Ibragimovning “Egizak oshiqlar”, Rustam Halilovning “Amerikalik”, filmlari band etgan.
Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Merosxo‘r”, “Yuragimdasan”, “Yolg‘on girdobi” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
1-o‘rin. “Muzlagan” (komediya)
Rejissor — Alisher Uzoqov
2-o‘rin. “Asal oyi” (komediya)
Rejissor — Jahongir Ahmedov
3-o‘rin. “Komila” (drama)
Rejissor — Ikrom Ali
4-o‘rin. “Egizak oshiqlar” (jangari komediya)
Rejissor — Ruslan Ibragimov
5-o‘rin. “Amerikalik” (komediya)
Rejissor — Rustam Halilov | 99 | 936 |
Madaniyat | Toshkentda “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” filmining taqdimoti o‘tkaziladi | Joriy yilning 19-aprel kuni soat 18:00 da Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” nomli badiiy filmning taqdimot marosimi o‘tkaziladi, bu haqda “Azon.uz” xabar qiladi.
Mazkur film “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissor Abduxalil Mignarov tomonidan yaratilgan.
Filmda hijriy uchinchi, milodiy to‘qqizinchi asrdagi tarixiy davr tasvirlanadi. Bu vaqtda Movarounnahrda ilm va ma’rifat yuksak darajada rivojlangan edi. Muhaddislik ilmi ham misli ko‘rilmagan darajada ravnaq topgan. Mana shu davrda musulmon olamidagi taniqli olti hadisnavisdan biri — Imom Abu Iso Muhammad Termiziy dunyoga keladi. Filmda uning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati haqida hikoya qilinadi. | 75 | 722 |
Madaniyat | Daydi bola daftari. Dikkensning “Oliver Tvist” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Charlz Dikkensning “Oliver Tvist” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Menimcha, har bir kitobga qiziquvchi inson bolaligida “Tom Soyer”dan tashqari albatta “Oliver Tvist”ni ham o‘qigan bo‘lsa kerak. Bu kitob bilan ilk bor buvimning kutubxonasida tanishganman. Roman juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egaligidan tashqari, insoniyatni o‘ylantiradigan juda ko‘p savollarga javob izlaydi.
Asar haqida
“Oliver Tvist” – buyuk ingliz yozuvchisi Charlz Dikkensning ikkinchi va, menimcha, eng mashhur romani. Dikkens ingliz adabiyotida birinchi bo‘lib bosh qahramon sifatida yosh bolani tanlagan. Asar 1837-yil fevraldan 1839-yil martgacha Bentley’s Miscellany adabiy jurnalida Jorj Krukshenkning rasmlari bilan nashr etilgan. Shuningdek, 1838-yil oktabrda alohida kitob holida chiqarilgan.
Syujet
Oliver Tvist – onasi uni tug‘ishi bilan vafot etgan – yetim bola. U sharoiti juda og‘ir mahalliy cherkovdagi bolalar uyida o‘sadi. Qaysarligi uchun yetimxona xo‘jayini Oliverni tobutkashga shogird qilib yuboradi. U yerda bola katta shogird bilan janjallashib qoladi.
“Oliver Tvist” filmidan kadr
Shogird bilan janjaldan so‘ng Oliver Londonga qochib ketadi va u yerda jinoyatchi Jek Doukinz bilan tanishadi. Jinoyatchilar to‘dasiga ayyor yahudiy Feygin boshchilik qiladi. Ularga sovuqqon qotil va o‘g‘ri Bill Sayks qo‘shiladi. Oliverning 17 yoshli qiz do‘sti, jinoiy to‘daning a’zolaridan biri Nensi unga mehr ko‘rsatadi. Jinoyatchilarning rejalarida esa Oliverni cho‘ntakkesar qilib tarbiyalash bor edi.
Tahlil
“Oliver Tvist” syujeti shunday tuzilganki, kitobxonlarning diqqat markazida real hayot voqeligiga duch kelgan yosh bola bo‘ladi. U hayotining birinchi daqiqalaridanoq yetim edi. Oliver nafaqat yaxshi yashash sharoitidan mahrum, balki adolatsiz taqdirga qarshi juda yolg‘iz va ojiz bo‘lib o‘sdi.
Dikkens ma’rifatparvar bo‘lgani sababli o‘sha paytdagi qashshoqlar yashagan g‘ayriinsoniy sharoitga katta e’tibor qaratgan. Chunki qashshoqlik boshqa odamlarning bunday toifadagi odamlarga befarqligi kabi dahshatli narsa emas. O‘sha davr Angliyasidagi adolatsizlik tufayli kambag‘allar azob chekardi, ular abadiy xo‘rlanishga mahkum edi. Yetim va nochor bolalarni uy-joy, oziq-ovqat, ish bilan ta’minlashga mo‘ljallangan ishchi uylari qamoqxonalarga o‘xshab ko‘rinardi. Bolalar oilalaridan ajratilgan va u yerda zo‘rlik bilan ushlab turilgan, oziq-ovqat bilan juda kam ta’minlangan, ortiqcha va foydasiz ishlarni qilishga majburlangan.
Londonga qochgach, Oliverning hayoti “ko‘cha”ning qo‘lida qoladi. Ma’lumki, taqdiri hech kimni bezovta qilmaydigan bunday ko‘cha bolalari aksariyat hollarda jamiyat tanasidagi yaraga – daydi va jinoyatchilarga aylanadi. Ular yashab qolish uchun jinoyatda ishtirok etishga majbur bo‘ladi. Bu olamda esa shafqatsiz qonunlar hukmronlik qiladi. O‘g‘il bolalar tilanchi yoki o‘g‘rilarga aylanadi, qizlar esa tanasini sotib pul topadi. Ko‘pincha ular tabiiy o‘limdan o‘lmaydi, balki umrini qonun sirtmog‘ida yakunlaydi. Omadlirog‘ining esa umri qamoqda chiriydi.
Romanda Charlz Dikkens Londonning jinoiy jamiyatini oddiygina qilib tasvirlaydi. Bu jamiyat poytaxt hayotining ajralmas qismi deb hisoblangan. Yozuvchi o‘quvchiga bolalarning ruhi jinoyatlarga moyil emasligi haqidagi asosiy fikrni yetkazishga harakat qiladi va buni uddalaydi. Chunki bolalar ma’naviy poklikni aks ettiradi, deb hisoblaydi muallif. Ular shunchaki zamon va jamiyatning qurbonlari edi. “Oliver Tvist”ning asosiy qismi shu g‘oyaga bag‘ishlangan.
“Oliver Tvist” filmidan kadr
Shu bilan birga, yozuvchini ko‘p savollar tashvishga soladi: insonning fe’l-atvori shakllanishiga, shaxsiyatining shakllanishiga nimalar ta’sir qiladi? Tabiiy moyilliklari va qobiliyatlarimi, kelib chiqishimi yoki ijtimoiy muhitmi? Nega kimdir oliyjanob va odobli, kimdir esa yomon va noinsof jinoyatchiga aylanadi? Bu savollarga javob berish uchun Dikkens Nensi obrazini syujetga kiritadi. Bu jinoyat olamiga juda yosh kirgan qiz. Ammo bu uning mehribonligi va oliyjanobligiga to‘sqinlik qilmaydi. Aynan u Oliverni noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarishga harakat qiladi.
Asarda Dikkens qarovsiz qolgan bolalar psixologiyasi, ularning hayot tarzini yaxshi ochib beradi. London ko‘chalarida Oliver bilan birga daydib yurasiz go‘yo. Muallif bolalarni jinoyatga yoki yaxshilikka undovchi omillarni yagona kontekst ostida to‘qnashtira oladi. Hanuz javob topa olmagan savolimni sizga berib, tahlilni tugatmoqchiman: asar tragediya bilan yakunlanganida ham shunchalik mashhur bo‘lishi mumkinmidi?
Xulosa
“Oliver Tvist” – buyuk Dikkensning eng mashhur romani. Yetim bo‘lib qolgan, Londonning xarob mahallalarida yurgan bolakay hikoyasi. Kichkina qahramonning taqdiridagi vaziyatlar, uning yo‘lidagi ko‘plab uchrashuvlar, qiyin va xavfli sarguzashtlar. Ijtimoiy roman bugungi kunning ham dolzarb muammolari aksidir. Shuning uchun ham bu asar kitobxonlar orasida hozirgacha juda mashhur bo‘lib, xalq kitobiga aylanib ulgurgan.
Iqtiboslar
Shunday kitoblar bo‘ladiki, ularning muqovasidan boshqa yaxshi tomoni bo‘lmaydi;
Yerga shu kungacha yog‘gan yoki yog‘adigan yomg‘ir boshqa birovning ichidagi olovni o‘chira olmaydi;
Yepiskopdan kiyimini tortib oling, diniy ulamoning bosh kiyimini olib qo‘ying – shunda ular kim bo‘ladi? Odamlar. Oddiy odamlar! Ba’zida qadr-qimmat va hatto muqaddaslik shunchaki kiyim-kechakka bog‘liq xolos;
Rassomlar xonimlarni asliga qaraganda chiroyliroq qilib chizadi, aks holda ular buyurtmasiz qoladi.
“Oliver Tvist” filmidan kadr
Qiziqarli faktlar
- Dikkens juda irimchi odam edi. U hamma narsaga uch marta teginardi – omad keltiradi deb; juma kunini baxtli kun deb hisoblardi; navbatdagi romanining oxirgi qismi chiqqan kuni u albatta Londonni tark etardi;
- Dikkens kitob yozayotganida har 50 satrdan keyin bir stakan issiq suv ichardi;
- Yozuvchi yodgorliklardan nafratlangan. Adibning vasiyatiga binoan uning sharafiga haykal o‘rnatilishi taqiqlangan;
- Har doim shimol tomonga qarab uxlar edi. U buyuk asarlarini yozayotganda ham shimolga qarab o‘tirardi.
Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida
Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida
“Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman
“Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida
Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida
“Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida
“Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida
O‘smirlikdan o‘tish qiyinchiliklari va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida
“Qancha urinma, og‘ritganda og‘riydi”. Xaruki Murakamining “Norvegiya o‘rmoni” romani haqida
Xolokost dahshatlari yosh bolakay ko‘zi bilan. “Yo‘l-yo‘l pijamali bola” romani haqida
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. | 60 | 7,023 |
Madaniyat | “NAFOSAT - BO`STONIM MANIM” X RESPUBLIKA KO`RIK–FESTIVALI ELLIKQAL`ADA BO`LADI | O`zbekiston, Qoraqalpog`iston, Turkmaniston va Tatariston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori Otajon Xudoyshukurov xotirasiga bag`ishlab o`tkaziladigan an`anaviy “Nafosat - bo`stonim manim” X Respublika ko`rik – festivali 2017 yil 28 oktyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumani Bo`ston shaxrida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Otajon Xudoyshukurov (1944. 4.10 – 1994.22.12) 1963 yildan Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritib, repertuaridan mumtoz ashulalar, Xorazm doston noma (qo`shiq)lari, kompozitor va bastakorlar asarlari, shuningdek, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq va qirgg`iz xalq qo`shiqlari o`rin olgan. Sozanda (torchi), o`zi aytadigan qo`shiqlarning bastakori sifatida ham tanilgan. Otajon Xudoyshukurov jozibali, chiroyli tembrli, keng , barcha pardalarda ravon va jarangdor ovoz sohibi. 1999 yildan Otajon Xudoyshukurov nomida yosh xonandalarning Respublika tanlovi o`tkazilmoqda. Ellikqal`a va To`rtko`ldagi ko`cha, xiyobon va bog`larga Otajon Xudoyshukurov nomi berilgan. | 79 | 1,057 |
Madaniyat | “Forsaj 7” tarixdagi eng kassabop filmlar uchligiga kirdi | “Forsaj 7” filmi jahon kinoprokatida 1,52 milliard dollar to‘plab, tarixdagi eng kassabop filmlar uchligiga kirdi, deb xabar bermoqda “BoxofficeMojo.com”.
Reytingda birinchi va ikkinchi o‘rinlarda Jeyms Kemeronning 2 milliard dollardan mablag‘ to‘plagan “Avatar” (2009) va “Titanik” (1997) filmlari bormoqda. Uchinchi o‘rinda esa “Qasoskorlar” (2012) filmi borayotgan edi.
“Yura davri dunyosi” filmi ekranlarga chiqquncha, aynan “Forsaj” eng tez mablag‘ to‘plash bo‘yicha yetakchilik qilayotgan edi. “Yura davri dunyosi” 13 kun ichida 1 milliard dollar to‘plab, bu borada birinchi o‘ringa chiqib olgan edi. | 57 | 607 |
Madaniyat | “Bu darajaga yetadi deb o‘ylamagandik”. 23 nafar o‘zbekistonlik aktyor karantin tufayli Istanbuldagi mehmonxonada qolib ketdi | Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin ortidan o‘zbekistonlik 23 nafar aktyor Istanbul shahridagi mehmonxonada qolib ketdi.
Ular Jaloliddin Manguberdi haqidagi “Mendirman” serialining Turkiyadagi suratga olish ishlariga jalb etilgan edi. Alisher Uzoqov, Akbarxo‘ja Rasulov va Adiz Rajabov “Sayyod.com”ning “Darcha” loyihasida o‘zga yurtdagi karantinni qanday o‘tkazayotgani haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
“O‘zbekistondan 23 kishi mana shu mehmonxonada qolib ketdik. Vaziyat bu darajada bo‘ladi, deb o‘ylamagandik. Hammasi joyida, faqat Vatan sog‘inchi qiynayapti, oila a’zolarimizni sog‘inyapmiz. Serialni suratga olayotgan “Bo‘zdag‘” prodyuserlik kompaniyasi vakillari, bundan tashqari o‘zimiznikilar holimizdan xabar olib turishibdi. Tushlik va kechki ovqatni ko‘chadan yetkazib berishmoqchi edi. Biz ko‘chadan narsa olib yegimiz kelmagani uchun, ovqatni o‘zimiz tayyorlayapmiz. Ertalab nonushtani hamma o‘zi qiladi. Kunduz ovqatni esa o‘zimiz pishiryapmiz.
Turkiyada koronavirus chiqqanidan keyin biz turgan mehmonxona karantinga olinib, tashqaridan odam olinmadi. Biz ham hozir ko‘chaga deyarli chiqmayapmiz. Faqat yaqin atrofdagi do‘konga ehtiyoj bo‘lganida chiqib kelyapmiz”, — deydi aktyorlar.
Hozirda mehmonxonada Alisher Uzoqov, Akbarxo‘ja Rasulov, Adiz Rajabov, Javohir Zokirov, Farhod Badalov, Ra’no Shodiyeva, Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova, Akmal Mirzo, Alixan, Farhod Saidov kabi taniqli aktyorlar karantinni o‘tkazmoqda. Ular dekabr oyidan beri Turkiyada qolmoqda.
Aktyorlarning aytishicha, filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayoni uch oy davom etgan. Ular turk tilini, shuningdek, ot minishni, qilichbozlikni o‘zlashtirgan.
“Biz sizlarni juda sog‘indik. Atrofdagi hamma narsaning qadriga yetinglar, ayniqsa oilaning. Eng asosiysi esa uyda o‘tiringlar. Bu o‘qilmagan kitoblarni o‘qish, ko‘rilmagan filmlarni ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat. Bu imkoniyatdan foydalanib qoling”, — deydi aktyorlar muxlislariga murojaat qilib.
Eslatib o‘tamiz, turkiyalik taniqli prodyuser va rejissor Mehmet Bo‘zdag‘ 2018-yilda Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda Jaloliddin Manguberdi haqida film suratga olish istagini bildirgan hamda bu borada o‘zbekistonlik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.
Aktrisa Yulduz Rajabova qo‘shiq aytish mahorati bilan muxlislarini lol qoldirdi (video) | 125 | 2,367 |
Madaniyat | Rayhon hammadan kechirim so‘radi, Yulduz Usmonova oshxonada, Munisa Rizayeva tezroq ona bo‘lish niyatida. Mashhurlar karantinda | San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 20-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Munisa Rizayeva Allohdan tezroq ona bo‘lish baxtiga sazovor etishini so‘radi.
View this post on Instagram
Xonanda Sogdiana imijini o‘zgartirdi.
View this post on Instagram
Yulduz Usmonova xonadoni oshxonasidan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
“Xato qilganimni bo‘ynimga olaman”. Yulduz Usmonova hammadan kechirim so‘radi (video)
Mavluda Asalxo‘jayeva 2 oy deganda singlisi Guli bilan ko‘rishdi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova 93 yoshli buvisi Rahimaxon hoji onaning surati bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Rejissor Jahongir Ahmedov “Ilhaq” filmi prototipi Zulfiya aya xonadonida bo‘lib, oila a’zolari bilan suhbatlashdi.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Kajol o‘ychan holda muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Istanbuldagi mehmonxonada karantinni o‘tkazayotgan aktyorlar — Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov va Ra’no Shodiyeva manti qasqonsiz xonim pishirish uslubini o‘ylab topdi.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Anushka Sharma turmush o‘rtog‘ining kulgili videosini sahifasiga joylashtirdi.
View this post on Instagram
Dilso‘z farzandlari bilan poytaxtdagi xiyobonlarni aylandi.
View this post on Instagram
Xonanda Rayhon Qadr kechasida barchadan kechirim so‘radi.
View this post on Instagram
Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin: | 127 | 1,741 |
Madaniyat | Buyuk Britaniya qirolichasi Anjelina Joliga kavaler xonim unvonini berdi | Gollivud aktrisasi va rejissori Anjelina Joli faxriy kavaler ayol (ayollar uchun ritsarlik unvoni muqobili) unvoniga ega bo‘ldi, uni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II taqdim etdi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib “TASS” xabar berdi.
Aktrisa Buyuk Britaniya tashqi siyosati manfaatlariga qilgan xizmati va urush nizolari borayotgan hududlarda jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha global kampaniyadagi ishtiroki uchun Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangani tufayli faxriy unvonga ega bo‘ldi. | 72 | 528 |
Madaniyat | Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘uluning xiyonati haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi (video) | Turk ommaviy axborot vositalarida Kadir Dog‘uluning “Sevgi ta’rifi” serialidagi hamkasbi Serra Ariturk bilan birga tushgan videosi e’lon qilindi. Mashhurlarning yonma-yon o‘tirgani aks etgan video jamoatchilik orasida rezonans paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, deb yozadi “Rus.Turkey.com”.
Olingan kadrlarning bu qadar norozilik keltirib chiqarishini hech kim kutmagan. Turkiyalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Kadirni hamkasbiga nisbatan ortiqcha yaqin bo‘lishda, ayrimlar hatto rafiqasiga xiyonat qilishda ayblagan.
“Haddan ortiq yaqinlik”, “Kadirni bilmadik-ku, ammo Serra aniq Kadirni sevib qolgan”, “Kadirning hamkasbini u bilan bog‘liq rejalari katta”, — deb izoh qoldirgan foydalanuvchilar.
Shundan keyin OAV vakillari Serra, Kadir va Neslihandan izoh olishga uringan, ammo aktrisalar javob berishdan bosh tortgan. Aktyor esa Neslihan haqidagi savolga quyidagicha javob bergan: “Hammasi yaxshi, Neslihan uyda. Tongda men uchun ajoyib nonushta tayyorladi, bizda hammasi joyida”.
Neslihanni yetarli darajada rashkchi deb bilgan muxlislar, uni videoga nisbatan munosabat bildirishini kutgan. Ko‘p o‘tmay Instagram sahifasiga qah-qah otib kulgani aks etgan suratni joylagan aktrisa: “To‘xtang. Biroz kulay”, deb izoh yozib qoldirgan. Bu bilan Neslihan, turmush o‘rtog‘ining xiyonati haqidagi taxminlarni eshitish u uchun kulgili ekaniga ishora qilgan.
Ayrimlar videoni yangi loyiha reytingini ko‘tarish uchun Kadir va prodyuserlar tomonidan uyushtirilgan, deb taxmin qilgan.
Avvalroq Neslihan Atagulning yaqin orada ekranlarda ko‘rinmasligi sababi ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi. | 110 | 1,596 |
Madaniyat | “Odamlar ko‘ngli tusaganidek ish tutishi uchun ularga mantiqning keragi yo‘q, bahona bo‘lsa bas”. Asli shifokor-u, biroq adabiyotdan halovat topgan ingliz yozuvchisi Somerset Moem haqiqatlari | Ingliz yozuvchisi Somerset Moem hayotda ko‘rgan-kechirganlarini murakkab psixologik jarayonlarga o‘rab, oddiy va tushunarli ifodalab bergani uchun ham kitobxonlar qalbidan joy olgan. “Daryo” qariyb yuz yosh bilan yuzlashib, umri oxirigacha 25 pyesa, 21 roman va 100 dan ortiq hikoya yozgan, asarlari hamon qo‘lma-qo‘l o‘qilayotgan adibning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaydi.
Bolalikning achchiq xotiralari
Somerset Moemning bolaligi
Qahramonlardagi ichki g‘alayonlarni oddiy so‘zlar bilan tasvirlashni uddalagan Somerset Moem 1874-yilning 25-yanvarida Parij elchixonasidagi ingliz diplomati oilasida tug‘iladi. O‘sha paytda Fransiya hududida dunyoga kelgan bola ushbu mamlakat fuqarosi hisoblanishi, kelajakda mabodo urush bo‘lsa, frontga yuborilishi mumkinini inobatga olgan ota-ona farzandining kelajagi haqida barvaqtroq qayg‘uradi. Shu bois, Moem diplomatik jihatdan Britaniyaga qarashli elchixona hududida dunyoga kelgan.
Ammo 10 yoshga to‘lar-to‘lmas ota-onasidan ayrilib, taqdir chalkashliklariga ko‘nishiga to‘g‘ri keladi. Uch akasi birvarakayiga Kembrijda yuristlikka o‘qiyotgani uchun yolg‘iz qolgan Somersetni Angliyada yashaydigan amakisi qaramog‘iga oladi.
Tili fransuzchada chiqqan bolakay ingliz tilini Fransiyadan ketgachgina o‘rgana boshlaydi. Yetimlik “ta’m”ini erta totgan Somerset arosatda qolgani, ikkinchi tilni tuzukroq o‘rganolmagani ortidan duduqlanib gapiradi, nutqdagi bunday buzilish esa umrining oxirigacha davom etadi. Fransuzcha aksent bilan tutilib-tutilib so‘zlaganiga ingliz tengqurlari masxarasi, tahqiriga uchragan bola do‘st orttira olmagach uyum-uyum kitoblar orasiga sho‘ng‘iydi, ulardan yupanch topadi.
O‘zlikni anglashga urinish
15 yoshida nemis tilini o‘rganish bahonasida amakisidan Germaniyaga ketishga ruxsat so‘ragan bo‘lajak yozuvchi o‘zini har doim ikkinchi darajali yozuvchilar qatoriga qo‘ygan. Geydelberg universitetida adabiyot va falsafa yo‘nalishida ta’lim olarkan, falsafiy ma’ruzalar qatori dramaturgiya va teatrga qiziqishi tobora ortib, Ibsen, Gyote, Vagner, Verlen va Dante ijodidan bahramand bo‘ladi. Oradan uch yil o‘tib, 18 yoshida Angliyaga qaytgan Moem endi avvalgi bolakayga o‘xshamas, jahon klassik adabiyoti, san’ati va musiqasi bilan shuuri to‘lib, butunlay boshqa olamlarni kashf etgandi.
Bolalikdagi tortinchoqligi o‘tmishda qolib, o‘ziga ishonchi ancha oshgan navqiron yigit kasb borasida oilasidagi erkaklardan andoza olmaslikka qaror qiladi va ulardan farqli o‘laroq yurist bo‘lishdan voz kechib, Londondagi tibbiyot maktabida o‘qishini davom ettiradi.
O‘qishni tamomlab, shifokor bo‘lib tuzukroq ishlamagan bo‘lsa-da, orttirgan tajribasi “Lambetlik Liza” nomli ilk romanini yozishda asqatadi. Ijodi bilan yaqindan tanish kitobxonlar tibbiyot uning yozish uslubiga ta’sir qilgani, asarlarida tibbiy atamalar ko‘proq qo‘llanganiga guvoh bo‘ladi. Nega doktorlik faoliyatini davom ettirmaganini so‘raganlarga: “Men odamlarning hayotdan ko‘z yumishi, og‘riqdan badani qaqshab-titrashini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Yana men umid, qo‘rquv va tasallining qanday namoyon bo‘lishiga guvoh bo‘ldim”, deydi, xolos. Insonlarning jamiki dardi – ruhiy evrilishi, jismoniy og‘riq va iztiroblarini asarlari qatiga singdiraveradi.
Ruhan erkinlikka intilish
Moemning hayotida ikki ayol bo‘lgan. Avvaliga Syu Jons sifatida mashhur bo‘lgan aktrisa Etilvina Jounzga ko‘ngil beradi. 1930-yili yozilgan “Shirin kulcha va pivo” nomli romanidagi qahramon ismi mahbubasidan ilhomlanib tanlanganini ham yashirmaydi. Tuyg‘ulari sof va samimiyligiga qaramay, Syu uning oila qurish haqidagi taklifini rad etadi.
Somerset Moem va Syu Jons
Ikkinchi ayol esa farmasevtika sohasida ko‘zga ko‘ringan magnat Henri Uelkomning sobiq rafiqasi Siri Mogam edi. Munosabatlarni nikoh bilan mustahkamlash niyatida 1917-yili sevishganlar turmush quradi. Tez orada otalik baxtiga muyassar bo‘lgan yozuvchi dunyoga kelgan qiziga ilk kitobidagi qahramon kabi Elizabet (Liza) deb ism qo‘yadi.
Somerset Moem rafiqasi Siri Mogam bilan
Ruhi hamisha erkinlikka talpingan Somerset qizi va rafiqasini Londonda qoldirib, Gretsiya, Misr, Ispaniya, Malayziya, Xitoy va boshqa mamlakatlarga safarga otlanadi. Asarlarida hayotni, odamlarni boricha tasvirlashni ma’qul bilgan, badiiy to‘qima, safsatalarni jini suymagan ijodkor yangiliklar, taassurotlarga bo‘lgan chanqog‘ini qondirish uchun sayohatlardan beri kelmaydi. Shu va boshqa sabablar tufayli 1929-yili Siri bilan ajrashishni afzal biladi.
Muxbir niqobidagi josus
Moemning asarlari bilan tanish o‘quvchi uning yozish uslubi soddaligidan tashqari ruhiy tushkunlik bo‘rtib turishini tezda payqaydi. Adibning tarjimayi holi bilan tanishgach, bunga yetimlik, bolalikdagi iztiroblar, Birinchi jahon urushi vaqtida josus bo‘lib ishlagani, shaxsiy munosabatlardagi muammolar, ajrim sabab bo‘lganini fahmlash mumkin.
Umuman, Moem o‘zini bir qancha sohalarda sinab ko‘rish, tavakkal qilishdan cho‘chimagan. Orttirgan tajribalari asarlarining xilma-xilligini ta’minlab, muvaffaqiyat qozonishiga hissa qo‘shgan. Razvedka agenti va yozuvchilikni birlashtirib, u Kristofer Marlo, Daniel Defo izidan boradi.
Birinchi jahon urushi vaqtida sanitar qismda xizmat qilgan adib razvedka bo‘limiga o‘tkazilgach, Fransiya, Italiya, Rossiya, Amerikadan tashqari, Tinch okeani orollarining janubiy qismlarida xizmat o‘taydi. Maxfiy josus sifatidagi faoliyati “Eshenden yoki britaniyalik agent” nomli novellalar to‘plamida ham aksini topadi. Tanqidchilar ushbu to‘plamni zamonaviy josuslik janridagi romanlarning boshlanishi deydi. Rejissor Alfred Xichkok “Maxfiy agent”, “Sotqin” va “Sochsiz meksikalik” nomli filmlarini suratga olish uchun adibning asarlariga murojaat qilgan.
Ijod pillapoyasidagi yurish
Tarjimachilikdagi ilk urinishi, ya’ni Ibsenning asarlaridan o‘girmalari omadsiz yakunlanadi. Biroq birinchi romani “Lambetlik Liza” unga kutilmagan shuhrat, sharaf va mashhurlikni keltiradi. Ijodiy faoliyatida Filding, Dostoyevskiy, Dikkens va Flober asarlarini tahlil qilish barobarida davrning dolzarb tendensiyalarini ham ko‘zdan qochirmaydi.
“Insoniy ehtiroslar zalvori” nomli romanida yosh yigitcha va u ro‘baro‘ bo‘ladigan insonlarning ruhiy kechinmalarini mohirona ifodalaydi. “Oy va chaqa”, “Shirin kulcha va pivo”, “Teatr” nomli romanlari ham yetarlicha mashhurlikka erishgan. “Ledi Frederik” nomli birinchi pyesasi iliq kutib olinganidan ilhomlangan yozuvchi XX asrning birinchi yarmidagi ingliz jamiyatida ko‘zga tashlangan dolzarb masalalarni o‘zida jamlagan “Noma’lumlik”, “Sadoqatli xizmati uchun” hamda “Sheppi” pyesalarini yozadi.
Burjuaz jamiyatining munofiqona odatlarini xolis tasvirlagani uchun mashhurlikka erishgan adib 1965-yil 16-dekabrda, Fransiyaning Nitsa shahrida vafot etadi. Asarlaridan “Notanish odam Parijda”, “Teatr” va “Oy va chaqa” romanlari, “Yomg‘ir” hikoyalar to‘plami o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.
“Boshqalar bilan bir xil kitob o‘qisang, hammadek fikrlay boshlaysan”. Adabiyotdan ko‘ra jazzdan ilhomlanib ijod qilgan yapon yozuvchisi — Haruki Murakami iqrorlari | 191 | 6,985 |
Madaniyat | Anjelina Joli va Bred Pitt suriyalik qochoq bolani asrab oladi — OAV | Anjelina Joli va Bred Pitt hisob bo‘yicha to‘rtinchi bolani asrab oladi, deya xabar bermoqda Woman’s Day o‘z manbalariga tayanib.
Internet-manba ma’lumotlariga ko‘ra, aktyorlar o‘z oilasiga suriyalik ikki yoshli o‘g‘il bolani qabul qilgan. Uni Joli BMT yaxshi niyat elchisi sifatida Turkiyaga borganida qochoqlar lagerida uchratib qolgan. Mussa ismli yetim bolakayning o‘tmishi aktrisani larzaga keltirgan va unga maftun bo‘lgan-qolgan.
Voqea guvohi so‘zlariga ko‘ra, u bolakayni bag‘riga bosib, peshonasidan o‘pgan va shundan keyin ular boshqa ajralmagan.
Internet-nashr yozishicha, Gollivud juftligi ayni paytda bola asrab olishning huquqiy jihatlari bilan shug‘ullanmoqda. | 68 | 676 |
Madaniyat | Ledi Gaga Bokudagi Yevropa o‘yinlari ochilish marosimida chalgan royal 2 mingta gul bilan bezatildi | Taniqli qo‘shiqchi Ledi Gaga Bokudagi birinchi Yevropa o‘yinlari ochilish marosimida chalgan royal ikki mingdan ziyod gullar bilan bezatildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Fortepianoni bezagan Ozarbayjondagi eng mashhur gulchilardan biri Dmitriy Turkan so‘zlariga ko‘ra, gullar so‘lib qolmasligi uchun ularning har biri alohida probirkaga joylangan.
Kompozitsiyaga chinnigul, klematis, sallagul, atirgul, shabbo‘y, passiflora, evkalipt kabi gullar kirdi.
Avvalroq Ledi Gaga 12-iyun, juma kuni birinchi Yevropa o‘yinlari ochilishida chiqish qilishidan avval bir necha kun davomida maxfiy ravishda Bokudagi mehmonxonalardan birida istiqomat qilgani xabar berilgan edi.
Ochilish marosimida xonanda Jon Lennonning Imagine qo‘shig‘ini ijro etdi. Ledi Gaganing marosimdagi qatnashuvi kutilmagan hodisa bo‘ldi, chunki marosim dasturida uning ishtiroki qayd etilmagan edi. | 99 | 863 |
Madaniyat | OZODBEK NAZARBEKOV BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa XORAZMNI ZIYoRAT QILDI | O`zbekiston madaniyati kunlari endi Turkmaniston Respublikasida bo`lib o`tadi.
12 noyabr kuni 57 kishidan iborat delegasiya Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Delegasiya a`zolari K.Otaniyozov uy-muzeyida bo`lib, uning qabrini ziyorat qilishdi.
Shuningdek, Xorazmning ko`hna ziyoratgohlaridan biri “Ichan qal`a”ga hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli Nurullaboy yodgorlik majmuasi va yana bir qancha tarixiy qadamjolarni ziyorat qilishdi.
Shu tariqa delegasiya navbatdagi madaniyat kunlarini o`tkazish uchun Turkmaniston Respublikasiga jo`nab ketdi. | 68 | 574 |
Madaniyat | Lola Karimovadan sovg‘a olgan ayollar, muxlislari izoh yozganiga 500 ming so‘m beradigan xonanda. Instagram’da nima gaplar? | Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 14-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Lola Karimova—Tillayeva avvalroq e’lon qilgan tanlovida qatnashgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Nur Fettaho‘g‘lu folloverlariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Otabek Madrahimov barcha muxlislariga AQShdan salom yo‘llamoqda.
View this post on Instagram
Feruza Normatova esa Bosfor dengiz ustidagi sayr jarayonidan rasm joyladi.
View this post on Instagram
Bollivud yulduzlari 14-iyun kuni o‘z joniga qasd qilgan aktyor Sushant Singh bilan vidolashmoqda.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova Instagram’dagi folloverlari soni 2,5 million kishiga yetgani munosabati bilan 2,5 million so‘mni muxlislariga tarqatishini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Rejissor Rustam Sa’diyev Jizzax somsasini yeyish uchun G‘allaorolga bordi.
View this post on Instagram
Gulchehra Eshonqulova o‘rgimchak odam bilan uchrashuvi aks etgan surat bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Zarina Nizomiddinova karantin tugashi bilan O‘zbekistonga qaytishini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Sardor Mamadaliyev yomg‘ir ostida qoldi.
View this post on Instagram
Shahzoda Muhammedova qizi Milana ishtirokidagi videoni sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Yangi mashinasida poytaxt ko‘chalarini kezayotgan Zohirshoh Jo‘rayev.
View this post on Instagram | 123 | 1,785 |
Madaniyat | Engin Akyurek, Neslihan Atagul va turk seriallarining boshqa yulduzlari qancha gonorar oladi? | O‘zbek muxlislari qalbidan joy olgan, mahoratli ijrosi, iste’dodi va tashqi ko‘rinishi bilan sevimliga aylangan aktyor va aktrisalar qancha daromad topishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Engin Akyurek
“Pul va gul ishqi” serialida suratga tushgan Engin o‘zbek muxlislariga “Elchining qizi” seriali orqali yaxshi tanish. Ushbu filmda Sanjar rolini gavdalantirish uchun Akyurek 1 170 000 lira (taxminan, 1 540 004 dollar) miqdorida gonorar olgan. Birgina qism uchun 90 000 lira (taxminan, 12 ming dollar) olgan.
Neslihan Atagul
“Sevgi iztirobi” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Neslihan “Elchining qizi”da Engin bilan birga suratga tushgan. U bir qismdagi ishtiroki uchun 65 ming lira (8500 dollar) miqdorida gonorar oladi. 27 yoshli aktrisaning aytishicha, seriallardagi ishtiroki unga kelajak uchun moliyaviy poydevor qo‘yishga yordam beradi.
Engin Altan
“Ertug‘rul: Tirilish” serialidagi ishtirokidan keyin mashhurlikka erishgan Engin telekanallar bilan allaqachon kelasi yil uchun shartnoma imzolagan. Uning bir qismda suratga tushish uchun oladigan gonorari 110 ming lira (14 500 dollar)ni tashkil etadi.
Burchin Terzioglu
Enginning 2019-yilda suratga olingan “O‘q” serialidagi hamkasbiga serialning bir qismida suratga tushish uchun 70 000 lira (9000 dollar) miqdorida mablag‘ to‘lanadi.
Taner Olmez
“Kosem” serialidan keyin uzoq vaqt qiziqarli seriallardan taklif kutishiga to‘g‘ri kelgan Taner 2019-yilda “G‘aroyib doktor” serialida bosh qahramon sifatida suratga tushgan. Aktyor savanta sindromi bor, ammo mahoratli jarroh rolini gavdalantirganiga 1 qism uchun 35 ming lira (4500 dollar) gonorar olgan.
Murat Yildirim
“Osiyo”, “Cheksiz sevgi”, “Sevgi va jazo” filmlaridagi ijrosi bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor ATV kanalida “Kim millioner bo‘lishni istaydi?” dasturiga boshlovchilik qilib 90 ming lira (12 000 dollar) gonorar olgan. “Ramo” serialida ishtirok etish uchun Murat Show TV kanali bilan hamkorlik qila boshlagan. Ammo uning ushbu serialdan qancha olishi ma’lum emas.
Akin Akinozu
“Beqaror” serialining bir qismida suratga tushish uchun Akin 45 ming lira (5800 dollar) gonorar oladi. Bu loyihadagi eng ko‘p to‘lanadigan mablag‘.
Ebru Shahin
Akinning “Beqaror”dagi hamkasbi Ebruga esa bir qismda suratga tushish uchun aktyordan 15 ming kam, ya’ni 30 ming lira (4000 dollar) to‘langan. | 93 | 2,323 |
Madaniyat | To‘rt karra “Oskar” sohibi Andre Previn vafot etdi | 28-fevral kuni amerikalik dirijyor, pianinochi va bastakor Andre Previn 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Previn Nyu-Yorkdagi uyida vafot etgan, o‘limi sababi ma’lum qilinmagan.
Bastakor hayoti davomida 13 marotaba “Oskar”ga nomzod qilib ko‘rsatilgan, to‘rt marta ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.
Andre Previn, shuningdek, 10 marta “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlangan. Ulardan birini 2010-yilda ovoz yozish industriyasiga katta hissa qo‘shgani uchun olgan. | 50 | 473 |
Madaniyat | “Baron” filmi Alisher Navoiy nomli kinosaroydan tarqalgani haqidagi xabar rad etildi | “Kinorama.uz” nashri Alisher Navoiy nomli kinosaroy direktori o‘rinbosari Husniddin Ergashev bilan suhbat o‘tkazdi va undan “Baron” filmining qo‘lga chiqib ketishida kinosaroyning ham ishtiroki bor degan gumonlarga aniqlik kiritishini so‘radi.
“Nafaqat ‘Baron’ filmi, balki boshqa filmlarning ‘pirat’ disklari biz orqali chiqib ketmasligi ehtiyot choralari 100 foiz ko‘rib qo‘yilgan. Bundan tashqari kino ijodkorlari tomonidan olib kelingan disklardan nusxa olib, ko‘chirib bo‘lmaydi (texnik tilda aytganda ‘kodlangan’)”, — dedi Ergashev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, har kuni film namoyishi bo‘lganidan keyin, film ijodkorlari kinosini o‘zlari bilan birga olib ketadi. Yana sakkiz nafar navbatchi xodim doim zallarda ham aylanib yurib, tomoshabinlarni nazorat qiladi.
“‘Baron’ bizdan, kinosaroydan tarqalgani haqidagi gaplar asossiz va uydirma gaplardan boshqa narsa emas”, — deya ta’kidladi kinosaroy direktori o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi premyerasidan bir hafta o‘tib, uning sifatli nusxasi, “videoqaroqchilar”ning xatti-harakatlari sabab, qo‘l telefonlari va disklar orqali tarqalishga ulgurgani xabar berilgan edi. | 84 | 1,174 |
Madaniyat | Turk aktyori Burak O‘zchivit Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning mehmoni bo‘ldi (video) | “Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi” singari seriallardagi roli bilan mashhur bo‘lgan Burak O‘zchivit “Qurilish: Usmon” serialining suratga olish jamoasi bilan birgalikda Grozniyga jo‘nab ketdi. Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov serial ijodkorlari bilan ko‘rishgani haqida “VKontakte”da yozib qoldirgan, deb yozadi “Grozniy.ru today”.
O‘zchivitdan tashqari prodyuser Mehmet Bozdag‘, rejissor Metin Gunay va turk kinosanoatining boshqa yulduzlari ham tashrif buyurgan. Mehmonlar uchun Checheniston estradasi yulduzlari va raqs guruhlari ishtirokida konsert taqdim qilingan.
Dagun Omayev nomli tantana uyida bo‘lib o‘tgan tadbirdan keyin turkiyalik mehmonlar uchun kechki ovqat tashkil qilingan.
Mehmonlar bilan qurgan suhbatidan mamnun ekanini bildirgan Ramzan Qodirov suratga olish jamoasi a’zolarini iste’dodli, samimiy va xushfe’l ekanligini ta’kidlagan.
Shuningdek, “ummatimizning boy tarixini saqlash va ommalashtirishga qo‘shgan hissasi” uchun minnatdorchilik bildirgan. | 91 | 994 |
Madaniyat | Instagram: Jasur Umirovni yaxshi ko‘radigan Dilfuza Ismoilova, “O‘zbekistonni rivojlantiruvchi” guruh tuzgan SanJay, fitnesiga 7 ming dollar sarflaydigan Yulduz Usmonova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Munisa Rizayeva inson hayotidagi ahamiyatli narsalar haqida so‘z yuritdi.
Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva “Oilaviy munosabatlar” deb nomlangan hazilomuz rolikni folloverlariga taqdim etdi.
Zarina Nizomiddinova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Xonanda Milena Madmusayeva Imronning “Ko‘rmasam bo‘lmas” taronasini kuyladi.
Ziyoda turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Chorvoqda hordiq chiqarmoqda.
Qiziqchi Nodirbek Haitov o‘z-o‘ziga videomurojaat yo‘lladi.
Rayhon Moskvada yaqin dugonasi Sogdiana bilan uchrashdi.
Muhammadiso Abdulhairov mulohazaga chorlovchi post yozdi.
Yulduz Usmonova Befit fitnes klubida sport bilan shug‘ullanayotgani haqida gapirdi. Uning aytishicha, ushbu klubda sport bilan shug‘ullanish narxi yiliga 60—70 million (salkam 7 ming dollar) so‘mni tashkil etadi.
Durdona Qurbonova sher bolasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Xonanda SanJay “Kuch birlikda” deb nomlangan jamiyat tuzdi. Xonandaning aytishicha, ko‘ngillilar guruhi “O‘zbekistonni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi”.
Luiza Rasulova Samarqandga borib, osh yegani haqida muxlislariga so‘zlab berdi.
Dilfuza Ismoilova xonanda Jasur Umirov haqida iliq fikrlar bildirdi. Xususan, u Jasurni “yaxshi ko‘rishi” hamda u bilan bog‘liq voqealar tuhmat ekanligi haqida gapirdi.
Rejissor Hilol Nasimovning o‘g‘li Fotih otasining hayotda va oilada qanday inson ekanligi haqida gapirdi. | 169 | 1,541 |
Madaniyat | Shvarsenegger Gonkong aholisiga tana va ruh muvozanatiga rioya qilishni maslahat berdi | Amerikalik aktyor va kulturizm ustasi Arnold Shvarsenegger Gonkong xalqiga rivojlanishning muvozanatga solingan yo‘lidan borishni maslahat berdi, bunda aqliy va jismoniy kuchning mutanosibligi muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gollivud yulduzi Gonkongga Classic Asia Multi-Sport Festival sport xilma-xilligi festivalida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi.
“Odam qabrga tushmaguniga qadar o‘z tanasi ustida ishlamog‘i lozim. Aqliy ko‘nikmalarni mashq qildirish ham bunday kam ahamiyatga ega emas”, — dedi u auditoriyaga murojaatida.
Uning so‘zlariga qaraganda, har bir kishining oldida tanlov turadi — yashamoq yoki mavjud bo‘lmoq.
“Siz har kech oyna qarshisida turib, o‘zingizga ‘Bugun men ko‘p narsa o‘rgandim’ deya olishingiz kerak”, — so‘zida davom etdi aktyor.
U hozir ham ertalab 05:00 da turishini va sport zalida shug‘ullanishini ma’lum qildi. | 86 | 885 |
Madaniyat | Zarina Nizomiddinova kinoda ilk bor o‘ziga o‘zi ovoz berdi | Aktrisa Zarina Nizomiddinova kinodagi faoliyatida ilk bor “Qizlar jangi” nomli filmda o‘zi o‘ynagan rolga o‘zi ovoz berdi. Bu haqda u “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Zarina Nizomiddinova.
Zarina Nizomiddinova yangi filmda psixolog rolini ijro etgan bo‘lib, kinoda uning bemorlari hayoti ko‘rsatib berilgan.
“Film juda chiroyli va qiziq chiqqan. O‘zimga o‘zim ovoz berganimni ko‘rish ham tomoshabinlarga qiziq bo‘ladi, deb o‘ylayman”, — dedi aktrisa.
Ilhom Ibragimov rejissorligida suratga olingan film premyerasi yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 58 | 735 |
Madaniyat | O‘zbek kliplarida ochiq-sochiq kiyinish va yengil-yelpi hayotni targ‘ib qilish man etildi | “O‘zbekkonsert” qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy Kengashining xulosasini olish tartibiga eslatmani e’lon qildi.
Eslatmada ta’kidlanishicha, kliplarda umuminsoniy va milliy madaniyatga zid bo‘lgan, nojoiz hatti-harakatlar, turli g‘oyaviy tahdidlar aks etmasligi lozim. Jumladan:
Giyohvandlik, spirtli ichimliklar targ‘iboti;
Qonli, terroristik hatti-xarakatlarni targ‘ib qiluvchi, urush va qo‘poruvchilikka mayl uyg‘otuvchi tasvirlar;
Dinlar va millatlararo nifoq, ziddiyat uyg‘otuvchi unsurlar;
Davlat ramzlari (gerb, bayroq, Prezident) tasviridan nojoiz, noo‘rin foydalanish;
Turli firma, kompaniyalar hamda ularning mahsulotlarini oshkora va yashirin reklama qilish;
Yotoqxona va boshqa xosxonalarda xonandalarning yonboshlab, o‘zbekona odob qoidalariga zid holatda qo‘shiq kuylashi;
Ommaviy madaniyatga xos tarzda ochiq-sochiq, yirtiq-yamoq, yarim-yalang‘och kiyinish holatlari;
Shahvoniy hirs va behayolikni, yengil-yelpi hayotni targ‘ib qiluvchi ohang va tasvirlar;
Tana a’zolariga tushirilgan turli tatuirovka va “naqsh”larni ko‘rsatish;
Erkak xonandalarning ayollar kabi kiyinishi, bezanishi, har xil ziraklar taqishi va shunga o‘xshash nomunosib holatlar;
Qo‘shiq matni va mazmuniga hech qanday aloqasiz ravishda, faqat qimmatbaho mashinalaru qasrday uylarni, yarashiqsiz zebu ziynatlarni ko‘rsatib ko‘z-ko‘z qilish;
Muqaddas qadamjolar, tabarruk yodgorliklar, milliy merosga nisbatan hurmatsizlik qilingan holatlar;
O‘zbekona urf-odatlarga yot, o‘rinsiz va beo‘xshov harakatlar.
Qayd etilishicha, qo‘shiq matnidan kelib chiqqan holda foydalanilgan, ezgu g‘oyalar targ‘ibotiga xizmat qiluvchi salbiy obraz va holatlar, agar maqsad amalga oshgan bo‘lsa, Kengash tomonidan rad etilmaydi. | 89 | 1,732 |
Madaniyat | Turk aktrisasi Neslihan Atagul yangi loyihalar bilan ekranga qaytmoqda | Turk aktrisasi Neslihan Atagul dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhurlikka erishgan. Aktrisa “Sevgi iztirobi” va “Elchining qizi” seriallaridagi rollari orqali muvaffaqiyat qozondi, deb yozadi “RusTurkey.com”.
Neslihan so‘nggi loyiha – “Elchining qizi” serialini sog‘lig‘i sababli tark etishga majbur bo‘ldi, albatta, bu uning muxlislarini juda xafa qildi. Biroq ular sabr bilan sevimli aktrisaning qaytishini kutdi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, Neslihan Atagul yangi loyihada ishtirok etishga qaror qildi. Ma’lum bo‘lishicha, serial TMC Film tomonidan Star kanali uchun suratga olinadi. Xabarlarga ko‘ra, mashhur aktrisa Peride Jelal qalamiga mansub “Tunning oxiri” romani asosida ekranlashtirilgan filmda bosh rolni ijro etadi.
Serialning ssenariysi Emre O‘zdur va Bashar Basharan tomonidan yozilgan. Aktrisaning partnyori kim ekani hozircha e’lon qilinmagan. Shuningdek, serialning namoyish etilishi 2022-yilga rejalashtirilgan. | 70 | 930 |
Madaniyat | Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto) | Shou-biznes va oilaviy hayotni birdek olib borish qiyin, albatta. San’at esa fidoyilikni talab etadi. Cosmopolitan nashri 40 yoshdan keyin farzand ko‘rgan Gollivud yulduzlari hayoti haqida to‘xtaldi.
Monika Belluchchi
Birinchi qizini 39 yoshda, ikkinchisini 45 yoshida dunyoga keltirgan
Monika Belluchchi shaxsiy hayotidagi muhim voqealar tug‘ilgan kunidan sal oldin, sentabr oyida bo‘lib o‘tdi. Aktrisa 1999-yilda, 35 yoshida Vensan Kasselga turmushga chiqdi. Besh yildan keyin Belluchchi qirq yoshga to‘lishiga bir necha hafta qolganda qizi Devuni dunyoga keltirdi. Oradan besh yil o‘tib, 45 yoshida ikkinchi qizi Leoni tug‘ildi.
“Kech tuqqan ayollar o‘zlarini jasoratli deb hisoblaydi. Bu haqiqat, chunki yosh o‘tgan sari siz chaqaloq uchun katta xavf tug‘dirasiz. Ammo men o‘zimni jasoratli emas, balki omadim bor deb o‘ylayman. 39 yoshimda birinchi farzandimni dunyoga keltirganimda, ikkinchisini ham tezroq tug‘ishim kerak deya o‘ylaganman, lekin aslida bunga tayyor ham emasdim. Bolalar – bu film emas. Ular notinchlikka toqat qilmaydi va paydo bo‘lishga shoshiladi”, – deydi Monika.
Holli Berri
41 yoshida birinchi, 46 yoshida ikkinchi farzandini dunyoga keltirgan.
Holli model Gabriel Obri bilan turmush qurgach, 41 yoshida qizi Nalu tug‘ildi. Keyin ular ajrashdi. Berri fransuz aktyori Olive Martinesga turmushga chiqqandan so‘ng, undan 46 yoshida kichkintoy Maseo-Robert dunyoga keldi.
“Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Rostini aytsam, taqdir meni kutilmagan sovg‘alar bilan siyladi. Men menopauza davrida edim va bu katta yangilik bo‘ldi”, – deydi Berri ikkinchi marta homiladorligini bilgandan keyin.
Salma Hayek
41 yoshida qizi dunyoga kelgan.
Hayek 41 yoshida milliarder Fransua Anri Pinodan qizi Valentinani dunyoga keltiradi. Qizlari tug‘ilgach, ular ajrashadi, ammo bir necha oy yana o‘tib yarashadi va to‘y qiladi.
“40 yoshga kirganimda, 30 yoshli odamga solishtirganda men ancha chidamli va vazmin edim. Hozirgi e’tiborimni, balki o‘n yil oldin men qizimga berolmasdim.. Qizim omadli, u aynan 40 yoshga to‘lganimda tug‘ildi”, – deydi Hayek.
Kim Beysinger
41 yoshida qizi dunyoga kelgan.
Birinchi turmush o‘rtog‘i grimm-rassomi Ron Britton edi. Kim u bilan 28 yoshida tanishgan. Ikkinchi eri aktyor Alek Bolduin bilan tanishganda u 40 yoshda edi. To‘ylaridan bir yil o‘tgach, Bolduin va Beysingerning Aylend ismli qizi dunyoga keladi.
Qizi tug‘ilgandan so‘ng aktrisa biroz tanaffus qilishga qaror qildi va qizi tarbiyasi bilan shug‘ullandi. “Biz xotinim bilan ajrashyapmiz, u boshqa bir ayolga – bir yarim yoshli kal qizga oshiq bo‘ldi”, – deb hazillashdi Bolduin tok-shoularning birida.
Yeva Mendes
40 yoshida qizi dunyoga kelgan.
Yeva Mendes uzoq vaqt farzand ko‘rmaslikka qaror qilgan kishilar toifasidan edi. Shaxsiy hayoti haqida jurnalistlarga umuman gapirmaydigan aktrisa hamkasbi Rayan Gosling bilan bo‘lgan ishqiy munosabati haqida izoh bermagan. Mendes va Goslingning kutilmaganda Esmeralda ismli qizi tug‘iladi va bu muxlislarini hayron qoldiradi. Yeva o‘sha paytda 40 yoshda edi.
“Men hech qachon yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish juda qiyinligini tasavvur qila olmaganman. Mening yovvoyi tunlarim tugadi, deb o‘yladim. Oldinda asosiy sinovlar turganligi ma’lum bo‘ldi. Hozircha enagasiz shug‘ullanyapman, lekin kelajakda yordamchi yollash niyatidaman. Men uchun onalikning ma’nosi shundaki, tunda uxlash bilan kurashish, nima qilishni bilmaslik”, – deydi Mendes.
Naomi Uotts
Birinchi o‘g‘lini 39 yoshda, ikkinchisini 40 yoshida dunyoga keltirgan.
Naomi Uottsga o‘ttiz yoshida shuhrat va omad keldi (Devid Linchning “Malxolland Drayv” filmi tufayli). Mashhurlik to‘lqinida suzayotganda, aktrisaga bola uchun vaqt yo‘q edi. Ammo Naomi 39 yoshida eri Liva Shrayberdan o‘g‘li Sashani va bir yarim yildan so‘ng ikkinchi o‘g‘li Semyuelni dunyoga keltiradi.
“Men doim farzandlarim bilanman. Yoki ular men bilan. Biz eng kuchli rishtalar bilan bog‘langanmiz. 39 yoshimda Sasha tug‘ildi va men o‘sha paytda hayot haqida nimadir tushunishga ulgurganman”, – deydi Uotts.
Nikol Kidman
40 yoshida qizi Sandey Rouz tug‘ilgan.
Aktrisa Nikol Gollivudda muvaffaqiyatli va eri kinoyulduz (“Momaqaldiroq kunlari” filmida Nikol Kidman bilan tanishgan Tom Kruz aktrisa Mimi Rojers bilan ajrashgan) edi. Ammo barcha ko‘ngilsizlik befarzandlik sababidan kelib chiqdi. Shuning uchun er-xotin qizi Izabella va o‘g‘li Konnorni asrab olishga qaror qiladi. Nikol Kidman birinchi farzandi, qizi Sandey Rouzni ikkinchi eri Kit Urbandan dunyoga keltirgan. Ikki yil o‘tgach, oilada ikkinchi farzand tug‘iladi – qizi Feyt Margaretni surrogat ona olib yurdi.
“Men farzand tarbiyalashdek jiddiy hayotga hissiy va psixologik jihatdan ham tayyor emasdim. Shunday bo‘lsa-da, kech ona bo‘lishning ham afzalliklari bor”, – deydi Nikol.
Syuzan Sarandon
39 yoshida qizi, 42 va 45 yoshida ikki o‘g‘li dunyoga keladi.
Syuzan Sarandon 23 yoshida aktyor Kris Sarandon bilan turmush qurdi. Ular 12 yil farzand ko‘rmadi. Shifokorlar aktrisaga “tug‘mas” deb tashxis qo‘ydi. Syuzan noto‘g‘ri tashxis bilan ellik yoshni yo‘qotdi. Yillar o‘tgach, rejissor Franko Amurridan qizi Yeva dunyoga keldi. Uch yildan so‘ng o‘g‘li Jek tug‘ildi, uning otasi Sarandonning hamkasbi Tim Robbins edi. Yana uch yil o‘tgach, ular Maylz ismli o‘g‘il ko‘rishdi.
“Men homilador bo‘lganimda bu qanday bo‘lganini hech kim tushuna olmadi. Chunki shifokorlar menga “tug‘mas” deya tashxis qo‘ygandi”, – deydi Sarandon.
Merayya Keri
41 yoshida egizak farzandlarni dunyoga keltirgan.
2011-yil, aprel oyida 41 yoshli Merayya sun’iy yo‘l bilan hozirgi tumush o‘rtog‘i shoumen Nika Kennondan Morokkano va Monro egizaklarini dunyoga keltirdi. Homiladorlik juda qiyin kechgan. Qo‘shiqchi endi farzand ko‘rishni istamasligini aytdi.
“Menda homiladorlik juda qiyin kechdi. Menda diabet va yuqori qon bosimi ham bor edi. Egizak farzandlarni dunyoga keltirgan barcha onalarga salom beraman. Chunki bu oson emas. Ammo men farzandlarimdan besh yil davomida juda yangi hissiyotlarni oldim”, – deydi Keri.
Jennifer Lopes
39 yoshida egizak farzandlarni dunyoga keltirgan.
Jennifer Lopes farzandli bo‘lish orzusi borligini bir necha bor tan olgan. Avvaliga uning shaxsiy hayoti yaxshi boshlanmadi (raqqos Kris Jadd bilan janjalli ajrashish, aktyor Ben Afflek bilan to‘yi bo‘lishidan bir necha soat oldin nikoh bekor qilinishi). Keyin qo‘shiqchi Mark Enton bilan turmush quradi, ammo Lopes undan farzand ko‘rmadi. Jennifer sun’iy yo‘l bilan farzand ko‘rishga qaror qiladi va 2008-yil fevral oyida Maks va Emma egizaklarini dunyoga keltiradi. | 75 | 6,505 |
Madaniyat | Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Insoniyat tarixidagi eng buyuk asarlardan biri bo‘lmish “Amerika fojiasi” asarini bolalik va talabalik davrlarimda o‘qib chiqqan edim. Ikkalasida ham umuman boshqacha tushunchalar qamrab olgan meni. Bolalikda o‘qigan paytim xuddiki bir qiziqarli ertak haqida o‘qiganday bo‘lsam, ulg‘ayib talaba bo‘lgach, bu asarda inson hayoti, “Amerika orzusi” kabi tushunchalar qanchalik ustalik bilan yoritib berilganiga guvoh bo‘ldim. Men bu asarni kelajakda yoshim yanayam ulg‘aygach, albatta yana bir marta o‘qib chiqishni xohlayman. Chunki ko‘pchilik asarlarni har xil yoshda o‘qib ko‘rib undan, oldin sezmagan, oldin aqling yetmagan ko‘p narsalarni topib olish mumkin va asarning butun jozibasini his qilish mumkin. Aynan shu asar ham mana shunday kitoblar ro‘yxatiga kiradi deb bilaman.
Roman haqida
Mashhur amerikalik yozuvchi Teodor Drayzer qalamiga mansub “Amerika fojiasi” romani 1925-yilda nashr etilgan. Bu roman asar chiqishidan 19 yil oldin sodir bo‘lgan Chester Gilletning sevgilisi Greys Braun qotiliga aylangani haqidagi real voqeaga asoslangan. Mafkuraviy nuqtai nazardan “Amerika fojiasi” XX asr boshlarida AQShda nashr etilgan yengil-yelpi, mamlakat aholisiga mashhur “amerikacha orzusi”ni amalga oshirish usullarini ertakona qilib uqtirgan romanlarga badiiy javob edi. “Bir yigit badavlat oiladan bo‘lgan qiz bilan sevishib, unga uylanadi va jamiyatda yuqori mavqeni egallaydi” kabi
oldi-qochdi syujetlarga to‘lib ketgan Amerika ommaviy adabiyotiga Drayzer realizm janridagi romani orqali zarba berib, u syujetlar oddiy Amerika voqeliklariga nomuvofiqligini ushbu asari bilan ochib bergan edi (e’tibor bersangiz, hozir o‘sha oldi-qochdi bachkana syujetlar bizning zamonaviy adabiyot va ayniqsa kinoda o‘z aksini topmoqda).
Syujet
Kanzas-Siti, yozning issiq oqshomi. Ota-ona va to‘rt bola ko‘chalarda diniy qo‘shiqlar kuylaydi va odamlarga diniy mazmundagi risolalarni tarqatadi. Katta yoshdagi bola Klayd, u majburan bajarayotgan bu ishlarni yoqtirmaydi, ammo ota-onasi astoydil harakat qilishar, ularni xayolida bu ularga faqat ma’naviy qoniqish olib kelardi. Bu oiladagi ota – Eys Griffits juda lapashang edi, oilasi esa zo‘rg‘a kun ko‘rar edi.
Yosh Klayd Griffits bu zerikarli kichkina dunyodan qochishga intiladi. U dorixonada sotuvchining yordamchisi bo‘lib, keyin esa Green Davidson mehmonxonasida xabarchi sifatida ishlaydi. Mehmonxonada ishlash hech qanday maxsus ko‘nikmalarni talab qilmaydigan, ammo yaxshigina choychaqa olib keladigan ish edi. Bu esa Klaydga oilaviy budjetga hissa qo‘shibgina qolmay, o‘zi uchun yaxshi kiyimlar sotib olishga, ya’ni o‘zi uchun ham pul jamg‘arishga imkon beradi.
Hamkasblari Klaydni yaxshi qabul qiladi. U uchun quvnoq hayot boshlanadi. Tez orada Klayd Gortenziya Brigs ismli chiroyli sotuvchi ayol bilan tanishadi. Bu ayol aslida moddiy manfaat uchungina yosh Klaydning boshini alantirib yuradi. Gortenziya 115 dollar turadigan urfga kirgan ko‘ylak kiyishni xohlaydi. Klayd uning xohishiga qarshi turishi juda qiyin edi...
Ko‘p o‘tmay, Klayd do‘stlari bilan hashamatli Packard mashinasida safarga chiqadi. Ushbu avtomobilni Klaydning do‘stlaridan biri Sparser otasi xizmat qiladigan boy odamning garajidan ruxsatisiz olib ketgan edi. Kanzas-Sitiga qaytayotganlarida ob-havo yomonlasha boshlaydi, qor yog‘adi va juda sekin yurishga to‘g‘ri keladi. Klayd va o‘rtoqlari mehmonxonadagi ishlariga kech qolayotgan edi. Shu sababli Sparserdan tezlikni oshirishni iltimos qilishadi. U shunday qiladi va yo‘ldan chiqib qolgan qizchani urib yuboradi. Keyin politsiyachilardan qochayotib boshqaruvni yo‘qotadi. Haydovchi va qizlardan biri pachoqlangan mashinada hushidan ketib qolib ketadi, qolganlar esa voqea joyidan qochadi.
Ertasi kuni gazetalar voqea haqida xabar tarqatadi. Mashinada urib yuborilgan qiz vafot etgach, hibsga olingan Sparser boshqa barcha ishtirokchilarining ismlarini oshkor qiladi. Hibsga olinishdan qo‘rqib, Klayd va guruhning boshqa a’zolari Kanzas-Siti shahrini tark etadi. Uch yil davomida Klayd uydan uzoqda soxta nom bilan yashaydi, iflos va og‘ir ishlarni qiladi va buning uchun arzimagan pul oladi. Ammo kunlardan bir kuni Chikagoda o‘sha mash’um avtohalokatda u bilan birga bo‘lgan do‘sti Retererni uchratadi. Reterer uni Union klubiga xabarchi sifatida ishga taklif qiladi. Yigirma yoshli Klayd yangi hayotidan juda mamnun.
Kunlarning birida klubda Nyu-York shtatining Likurg shahrida yashaydigan va ko‘ylak yoqalari ishlab chiqaradigan zavodga egalik qiladigan amakisi Samuel Griffits paydo bo‘ladi. Qarindoshlar uchrashuvining natijasida amakisi unga oltin tog‘larni va’da qilmasa-da, fabrikadan ish joy va’da qiladi. Klayd uchun badavlat qarindoshlar bilan aloqalar Union klubida ishlashdan ko‘ra istiqbolli ko‘rinadi, garchi u bu yerda yaxshi pul topayotgan bo‘lsa ham.
Samuelning o‘g‘li Gilbert amakivachchasini uncha hushlamay kutib oladi. Klaydning foydali bilim va ko‘nikmalarga ega emasligiga ishonch hosil qilib, uni yerto‘lada joylashgan ustaxonaga juda og‘ir va kam maoshli ishga tayinlaydi. Klayd arzon yotoqxonadan xona ijaraga oladi va ertami-kechmi muvaffaqiyat qozonishiga umid qilib, ishni boshlaydi.
Oradan bir oy o‘tadi. Klayd doimo unga yuklangan barcha narsani sidqidildan bajaradi. Samuel o‘g‘lidan Klayd haqida fikri qanday ekanligiga qiziqib ko‘radi. Ammo Gilbert kambag‘al qarindoshi paydo bo‘lishi yoqmagani ortidan otasiga Klayd hech qanday ma’lumotga ega emasligi, juda lapashang ekanini aytadi. Biroq Samuelga Klayd yoqar va u jiyaniga o‘zini ko‘rsatishga imkoniyat berishga tayyor edi. Gilbertning xohishiga qarshi o‘laroq, Klayd uyga oilaviy tushlik uchun taklif qilinadi. Bu yerda u nafaqat qarindoshining oilasi bilan, balki Likurg shahrining maftunkor vakilalari – yosh Bertina Krenston va Sondra Finchli bilan ham uchrashadi, ularga chiroyli va tarbiyali bu yigitcha juda yoqib qoladi.
Nihoyat, otasining talabiga binoan Gilbert Klayd uchun yengilroq va obro‘li ishni topadi, u endi hisobchi edi. Biroq Gilbert uni “ayol ishchilar bilan munosabatlarda odob-axloq qoidalariga rioya qilish” kerakligi haqida ogohlantiradi. Klayd ish beruvchilarining barcha qoidalarini sodiqlik bilan bajarishga tayyor bo‘lib, ba’zi qizlarning u bilan munosabatlar o‘rnatishga urinishlariga qaramay, ularning noz-karashmalariga e’tibor bermaydi.
Ko‘p o‘tmay fabrika ko‘ylak yoqasi uchun qo‘shimcha buyurtma oladi va bu, o‘z navbatida, korxonada shtat kengayishini talab qiladi. Zavodga Roberta ismli yosh qiz keladi. Robertaga Klaydning barnoligiga qarshi turish oson emas edi. Ular uchrasha boshlaydi, Klaydning sevgisi tobora kuchayib boradi va qat’iy qoidalar ostida tarbiya ko‘rgan qiz Roberta ham chegaralarni unutib boradi.
Ayni paytda, Klayd Sondra Finchli bilan yana uchrashadi va bu uchrashuv uning hayotini tubdan o‘zgartiradi. Boy merosxo‘r, mahalliy aristokratiyaning vakili Sondra bu yigitga samimiy qiziqish ko‘rsatib, uni Likurgning boy yoshlari to‘planadigan raqslar kechasiga taklif qiladi. Yangi tajribalar to‘qnashuvi ostida Klaydning ko‘zi oldidan kambag‘al va jozibali Roberta yo‘qolib boradi. Qiz Klayd endi unga e’tibor bermayotganini his qiladi, sevgisini yo‘qotishdan qo‘rqadi va bir kuni vasvasaga berilib, o‘zini va bokiraligini Klaydga topshiradi.
Ammo Sondra Finchli Klaydning hayotidan g‘oyib bo‘lmaydi. Aksincha, u Klaydni o‘z davrasi bilan tanishtiradi va jozibali istiqbollar uning boshini aylantiradi. Bu Roberta e’tiboridan chetda qolmaydi va u hasad va rashkning og‘ir azoblarini boshidan kechiradi. Buning ustiga, u homilador ekani ma’lum bo‘ladi. Roberta buni Klaydga aytadi va u vaziyatdan chiqish yo‘lini topishga harakat qiladi. Ammo dorilar kerakli natija bermaydi, ular qiyinchilik bilan topgan shifokor esa abort qilishni qat’iyan rad etadi.
Vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li Robertaga uylanish edi. Lekin bu yo‘l Klaydga yoqmaydi. Chunki bu yo‘l Sondra bilan boy va yorqin kelajak haqidagi orzulari bilan xayrlashish kerakligini anglatar edi. Roberta umidsiz edi. U Klaydning amakisiga nima bo‘lganini aytib berishga ham tayyor edi. Bu Klayd faoliyatining yakunini va Sondra bilan ishqiy munosabatlariga chek qo‘yilishini anglatar edi. Klayd Robertaga shifokor topishga va agar u ikki hafta ichida topolmasa, unga uylanishga hamda Roberta ish boshlaguniga qadar birmuncha vaqt davomida uni qo‘llab-quvvatlashga va’da beradi.
Biroq keyin Klaydning ko‘zi Pass daryosidagi fojia haqida yozilgan gazetaga tushib qoladi. Unda yozilishicha, “Bir erkak va bir ayol daryoda sayr qilish uchun ijaraga qayiq olgan, lekin ertasi kuni qayiq ag‘darilgan holda topilgan, undan ayolning jasadini topishgan, erkakni topishning iloji bo‘lmagan”. Bu voqea unda juda katta taassurot qoldiradi, ayniqsa ota-onasinikiga ketgan Robertadan boshqa kutishni xohlamasligi va Likurgga qaytib, hamma narsani Samuel Griffitsga aytib berish haqida xat olgach. Klayd vaqti oz qolganligini va tezroq qandaydir qaror qabul qilishi kerakligini tushunadi.
Klayd Robertani ko‘lga sayohatga taklif qiladi va unga uylanishga va’da beradi. Shunday qilib, dahshatli qaror qabul qilinganga o‘xshaydi, lekin uning o‘zi rejalarini amalga oshirish uchun kuch topishiga ishonmaydi. Xayolda va hayotda qotillik qilish boshqa-boshqa narsalar edi.
Mana Klayd va Roberta ko‘lda suzmoqda. Klaydning o‘ychan va burushgan nigohi Robertani qo‘rqitadi va unga yaqinlashib nima bo‘lganini so‘ramoqchi bo‘lganida uni fotokamera bilan uradi, qiz muvozanatni yo‘qotib yiqilib tushadi. Qayiq ag‘dariladi, uning bir tomoni Robertaning boshiga uriladi. U Klayddan qutqarishini so‘rab yolvoradi, lekin u yordam bermaydi. Uning bir necha bor o‘ylagan rejasi amalga oshgan edi. U qirg‘oqqa Robertasiz yolg‘iz o‘zi qaytadi.
Ag‘darilgan qayiq va Robertaning jasadi tezda topiladi. Tergovchi Xeyt va prokuror Meyson ishtiyoq bilan ish boshlaydi va tez orada Klaydning iziga chiqadi. Dastlab u tan olmaydi, ammo tajribali prokuror uchun uni burchakka siqish qiyin emas edi. Klaydd hibsga olinadi – endi uning taqdirini sud hal qiladi.
Albatta, Samuel Griffits sodir bo‘lgan voqeadan hayratda qoladi, biroq u yaxshi advokatlarni yollaydi. Ular imkon qadar bor kuchlarini sarflaydi, ammo Meyson o‘z ishini yaxshi bilar edi. Uzoq va shiddatli sud jarayoni Klayd o‘lim jazosiga hukm etilishi bilan yakunlanadi. Boy qarindoshlari Klaydga yordam berishni to‘xtatadi va faqat onasigina unga biron yordam qilish uchun besamar yelib-yuguradi.
Klayd “O‘lim uyi” deb nomlangan Obern qamoqxonasiga ko‘chiriladi. O‘g‘lining hayoti uchun kurashni davom ettirish maqsadida onaning pul topishga bo‘lgan umidsiz urinishlari muvaffaqiyat keltirmaydi. Jamiyat esa bir zamonlar ular bilan birga bo‘lishga, ular kabi yashashni xohlagan, bugun esa mahkumga aylangan Klaydga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi. Endi hech narsa davlat o‘lim mashinasi bo‘lmish elektr stuli tomonidan ishni yakunlashga to‘sqinlik qila olmaydi...
Tahlil
Roman bosh qahramoni – Klayd Griffits – “hayotga amerikacha nuqtai nazar bilan qaraydigan tipik yosh amerikalik” edi. Bolaligidan u moddiy qadriyatlarni ma’naviy qadriyatlardan yuqori qo‘ygan ko‘plab vatandoshlariga to‘liq o‘xshashga va ularning standartlariga intildi. Green Davidson mehmonxonasida xabarchi bo‘lib ishlash juda dindor, va’zgo‘y oilada o‘sgan yigit uchun yangi, jozibali dunyo kabi ko‘rindi. Bu yerda katta daromad va ota-onasining muayyan faoliyati tufayli bolalikda topa olmaslikdan qo‘rqqan haqiqiy do‘stlar topdi. U bilan vaqt o‘tkazishga rozi bo‘lgan chiroyli qizlar bor. Bunda u uchun avvalgi turmush tarziga ko‘ra ijtimoiy axloq yo‘l qo‘ymaydigan – restoranlarda ziyofat qilish va ishratxonalarga tashrif buyurish kabi ko‘ziga chiroyli ko‘ringan narsalar ochildi. Klayd haqiqiy hayot bilan to‘qnashishi bilan uni ortidan keladigan qiyinchiliklarga qarshi tura olmaydi: yo‘lda qizning o‘limida tasodifiy jinoyatchiga aylanganidan so‘ng o‘n yetti yoshli yigit hamma narsani tashlab, Kanzas-Siti shahridan qochib ketadi. Asarning birinchi qismida muallif o‘quvchini bosh qahramon xarakterining asoslari bilan tanishtiradi. Bunda pulni va o‘yin-kulgini sevuvchi, ayollarga suyagi yo‘q, real hayot haqida umuman tushunchaga ega bo‘lmagan yosh yigitcha tasvirlangan edi.
“Amerika fojiasi”ning ikkinchi qismi yigitning amakisi boy sanoatchi Samuel Griffitsga tegishli bo‘lgan fabrikaning oddiy ishchisi Klayd Griffits va Roberta Olden o‘rtasidagi munosabatlar voqeasini hikoya qiladi. Uchinchi qism – bu asarning yuridik qismi bo‘lib, ikkinchisining uzviy davomi – bunda jinoyat chuqur tahlil qilinadi, sud bo‘lib o‘tadi, va hukm o‘qilganidan keyingi Klayd ongidagi ma’naviy o‘zgarishlarni ko‘rsatib beradi.
Bosh qahramonning fojiaga olib kelgan asosiy kamchiligi, uning advokatlari Belnep va Jeffson tomonidan sudga olib chiqilgan edi. Advokatlar o‘zlarining himoyasini, mijozining “aqliy va ma’naviy qo‘rqoq” ekani atrofiga quradi. Kitobda bu haqda to‘g‘ridan to‘g‘ri aytilmagan, ammo o‘quvchining o‘zi o‘ylab ko‘rsa, agar Klayd biroz aqlli, mas’uliyatli va jasoratli yigit bo‘lganida, u o‘zini burchakka taqab qo‘ymas edi: Roberta bilan munosabatlarni chuqurlashtirishdan avval o‘ylab ko‘rishi, qizning ertangi taqdiri uchun javobgarlik hissi borligini sezishi kerak edi.
Klayd bilan sodir bo‘lgan fojia tasodifiy va muqarrar bo‘lgan bir qator omillarga asoslangan. Buning ostida uning bolalikda qattiqqo‘l ota-ona tarbiyasini olgani, sodda va orzularga beriluvchan yoshda ekani, boy oilaning kambag‘al a’zosi ekani, yuqori jamiyat tomonidan rad etilgan va ular bilan aloqa qila olmagani sabablari yotadi. Klayd Robertani chindan sevarmidi? Yoki ichki yolg‘izligi sabab va Kanzas-Siti shahrida jozibali Gortenziya Brigs tomonidan uyg‘otilgan ayol bilan jismoniy yaqinlikka bo‘lgan ehtiyoj tufayli yoqtirarmidi? O‘ylaymanki, u Robertani rostdan ham yoqtirar edi, lekin boy qarindoshining ishonchini yo‘qotish, chiroyli va boy Sondra Finchli bilan xayrlashish qo‘rquvi uning muhabbatini qabohatga aylantirdi. Kambag‘al va o‘ziga ishonchi yo‘q yigit boy oiladan chiqqan qiz bilan uchrashib, uning qo‘li va yuragiga ega chiqishiga ishonish mumkinligini anglab yetgach, oddiy ishchi qizga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ldi.
Qat’iy axloqiy qadriyatlariga muvofiq tarbiyalangan Roberta ham, mehribon yuragiga qaramay, uning boshiga tushgan baxtsizliklar oldida o‘jar va shafqatsiz bo‘lib qoladi. Agar u yanada moslashuvchan bo‘lganida, Klaydsiz farzand ko‘rish va undan pul olish haqidagi taklifiga rozi bo‘lganida, yoki unga boshqa yo‘llar orqali ta’sir o‘tkazishga harakat qilganida, balki bu fojialar ro‘y bermasmidi? Roberta Oldenning fojiasi shundaki, u ota-onasi va jamiyat oldida juda katta qo‘rquvni his qiladi va gunohini tan olishdan qo‘rqadi. Jamiyatning, odamlarning fikri uni qo‘rqitdi, shaxsiy hayotini jamiyat boshqaruviga topshirgan holda, jamiyat uchun oppoq ko‘rinish maqsadida undan voz kechishga tayyor turgan yaramas insonning ortidan qolmadi.
Sondraga bo‘lgan muhabbati tufayli Klaydga, gazetadagi maqola orqali qotillik g‘oyasi keladi, lekin... U jinoyat qilishni xohlaydimi yoki yo‘qmi? Buni na u, na boshqalar va na kitobxon roman oxirigacha tushunmaydi, toki qatl qilinish uchun ketayotgan Klayd yoniga kelgan rohib Mak-Millan va’zida dahshatli hikoyaga yakuniy nuqtani qo‘ymagunicha. Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, yigit qotillikni avvalo o‘z yuragida sodir etib bo‘lgani uchun ham aybdor edi.
Klaydning ichki kechinmalari bir qator faktlardan boshqa narsa emas: u Robertadan qutulmoqchi edi, uning fikricha, boy va baxtli yashashi uchun bundan boshqa yo‘l yo‘qligidan g‘azab va nafrat tufayli qizni urdi; qizni cho‘kib ketishdan qutqarmadi, chunki u buni butun umr orzu qilgan ishlarga yetkazadigan yagona tez yo‘l deb bildi.
Qatl qilinishidan oldin “Amerika fojiasi” qahramoni qo‘rquv va yolg‘izlik ta’sirida ruhiy inqilobni boshdan kechiradi, bu o‘sha mash’um ko‘lda sodir bo‘lgan voqeani haqqoniy aytib berishga imkon beradi. Drayzer o‘z romanida nafaqat jinoyatchining va o‘limga hukm qilingan shaxsning ichki his-tuyg‘ularini ochib bergan mukammal psixolog, balki Amerika jamiyatining tuzilishini – uning eng yuqori pog‘onasidagi muhtojlik nimaligini bilmagan boylar va butun umr muhtoj yashaydigan kambag‘al qatlamning uzviy bog‘liq hayotini, hamma narsa, hattoki sud tizimi ham o‘zaro manfaat uchun qurilgan toza kapitalistik jamiyatni tasvirlab bergan ajoyib rassom ham edi (asardagi prokuror ham sudya rutbasiga erishish uchungina ishni tezroq ochishga harakat qiladi, haqiqatni yuzaga chiqarish ikkinchi o‘rinda edi. Kecha bizda xokimlar, prezident aytgani uchungina va o‘z o‘rnini saqlab qolish uchungina xalqdan uzr so‘raganlari kabi).
Xulosa
“Amerikacha orzu” har doim ham muvaffaqiyat hikoyasi emas. Ba’zan bu tush fojia bilan tugashi ham mumkin. Asarda muvaffaqiyat, yaxshi ish, pul, boy xotin qanday qilib qahramonni jinoyatga va qatlga olib borishi yoritilgan. Muallif o‘sha davr Amerika dunyosini boricha, hech qanday romantikasiz ko‘rsatib bergan. Asardagi qahramonlar xarakterining mohirona ochib berilishi ham bu qahramonlar taqdiri qanday rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Masalan, Roberta; albatta, har qanday odam bu qizga achinadi, lekin, shu bilan birga, tushunasizki, uning o‘zi oqibatlari haqida o‘ylamasdan “amerikacha orzu”ga erishmoqchi edi. Muallif Klayd kabi yigitlarni shunchalik mohirona tasvirlaganki, yoqmasa-da, uning xatti-harakatlari o‘quvchiga tushunarli.
XX asr boshlarida yashagan, hech qanday qobiliyatga ega bo‘lmagan oddiy amerikalik yigitcha go‘yo go‘zal hayot haqidagi orzusini ro‘yobga chiqarish uchun faqatgina intilish va omad kerak deb hisoblar edi. Ammo bu maqsadlarga erishishda insoniylik, vijdon, iroda, axloq, odob kabi tushunchalarni kerakmas deb bildi. U bolaligidanoq bu xayollarni mahkam ushlagan edi. Ushbu xayolotlar asta-sekin, lekin doimiy ravishda butun jamiyat tomonidan ilhomlantirildi. Xayolot odamni o‘zini anglashdan uzoqlashtiradi va jar yoqasiga olib keladi. Kuchli irodaga ega bo‘lmagan, ehtiros va xayollar bo‘roniga bo‘ysungan Klayd Griffits aslida “amerikacha orzu”ni amalga oshirish o‘rniga yolg‘izlik, tahqirlanish, nafrat va qotillik iskanjasida qoladi.
Romanda hamma narsa amerikaliklarga xos. Ayol va erkak o‘rtasidagi munosabatlar, dinga bo‘lgan munosabat, iqtisodiyotga, ishga, siyosiylashtirilgan sud jarayonlari va albatta “amerikacha orzu”. Jamiyatni boy bo‘lish, har qanday holatda ham oson hayot kechirish uchun o‘zlarining “oftob tagidagi joy”ini olish istagigina boshqaruvchi o‘sha davr Amerikasining tasviri asarda moxirona o‘z ifodasini topgan. O‘quvchida roman qahramoni Klayd Griffitsga bo‘lgan munosabat kitob davomida bir necha bor o‘zgaradi. Avvaliga yoqimtoy va kulgili yigitcha bo‘lib ko‘ringan Klaydga asar o‘rtasida nafratingiz qo‘zg‘asa, asar so‘ngida balki rahmingiz kelishi ham mumkin...
Iqtiboslar
Baxt uni kutadigan kishilarga keladi;
Ha, albatta, lekin qara, umringni kutish xonasida o‘tkazib yuborma;
U dunyoga kelib, yashab, hayotda hech narsani tushunmasdan o‘layotgan ko‘plab odamlardan biri edi;
Ular paydo bo‘lib, boshi oqqan tarafga ketib, qorong‘ilikka g‘oyib bo‘ladi;
Odamlar chiroyli ko‘rinishdan ham ko‘ra ko‘proq pulni yaxshi ko‘radi;
Agar biz odamlar qonunni hurmat qilishlarini istasak, buning uchun qonun asosida qabul qilingan qarorlarni, qonuniy asoslarsiz o‘zgartirmasligimiz lozim;
Bilasizmi, yuristlarda “O‘z aybsizligini anglash, odamga xotirjamlik beradi” degan qadimgi maqol bor.
Qiziqarli faktlar
- Teodor Drayzerning akasi Pol Dresser Amerikada XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi mashhur qo‘shiqlarning muallifi edi;
- “Amerika fojiasi” asari asosida suratga olingan “Oftob ostidagi joy” filmi oltita Oskar va Oltin globus mukofotlarini qo‘lga kiritgan;
- Teodor Drayzer 1930-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlar qatoriga kiritilgan edi;
- Sotsionika psixologik nazariyasi “Drayzer” deb nomlanuvchi tur bo‘lib, bu nom introvert insonlar kategoriyasiga nisbatan ishlatiladi.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
“Kitobni yoqishdan ham kattaroq jinoyat bor”. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari haqida
Yolg‘izlik – ichimizda. “Yolg‘izlikning yuz yili” romani haqida
“Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida
“Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida | 57 | 20,355 |
Madaniyat | Instagram: Kasal yotgan Halimaga shifo tilagan Yulduz Usmonova, bobo bo‘lgan Otabek Madrahimov, kanal ochgan Alisher Uzoqov | 2-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Dilso‘z xonanda Afsona bilan tasodifan uchrashib qoldi.
View this post on Instagram
Shukurullo Isroilov barcha folloverlarini juma ayyomi bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
“Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova kelin libosida namoyon bo‘ldi.
View this post on Instagram
“Elchining qizi” seriali aktyori Uraz Kaygilarog‘lu yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Turkiyaga kelin bo‘lgan aktrisa Nargiza Salmonova 1-oktabr kuni 31 yoshni qarshi oldi. Turmush o‘rtog‘i unga ajoyib syurpriz tashkillashtirdi.
View this post on Instagram
Sevara Nazarxon bir muddat Londonda bo‘lib, va nihoyat, Toshkentga qaytdi.
51 yoshli amerikalik aktrisa va xonanda Jennifer Lopes yangi surat bilan folloverlarining maqtovlariga sabab bo‘ldi.
View this post on Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova qizi Nilufar bilan kasal yotgan Halima Ibragimovaga shifo tiladi.
View this post on Instagram
Turk aktrisasi Fahriye Evjen yangi suratlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Zo‘r Tvdan ketgan aktyor Alisher Uzoqov Voxe Tv deb nomlangan kanal ochayotganiga ishora qildi. Bu telekanal bo‘ladimi yoki internetdagi kanalmi, hozircha noma’lum.
View this post on Instagram
AQShda istiqomat qilayotgan xonanda Otabek Madrahimov bobo bo‘lganini bildirdi.
View this post on Instagram | 123 | 1,639 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo” ayni vaqtda litsenziyasi yo‘q san’atkorlar nomini ma’lum qildi | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bugungi kunda litsenziyasi yo‘q san’atkorlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar berdi.
Tamila.
— Biror mashhur san’atkorning litsenziyasi tugatilsa, bu haqda “O‘zbeknavo” saytida axborot beriladi, biroq litsenziya qaytarilgani haqida axborot berilganini deyarli kuzatmaymiz. Nega shunday?
— Litsenziya amal qilish muddati tugagani yoki boshqa sabab bilan tugatilgani haqida e’lon berishdan maqsad — ularning litsenziyasiz konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanishining, turli tadbirlarga jalb qilinishining oldini olishdir. Litsenziya qaytarilgani haqidagi axborotga kelsak, bugungi kunda har qanday san’atkor bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalari orqali barchaga ma’lum qilishi mumkin.
— Hozirda “O‘zbeknavo” kimlarning litsenziyasi amal qilishini to‘xtatib qo‘ygan?
— Bugungi kunda Sitora Farmonova, Sarvar va Komil (“Benom” guruhi), Tamila va Zamirning litsenziyasi amal qilishi vaqtincha to‘xtatilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 75 | 1,237 |
Madaniyat | Yoshligida mashhurlarga ko‘ngil qo‘ygan Gollivud yulduzlari (foto) | Kinoyulduzlar bizga osmondagi yulduzlarga qaraganda ancha yaqinroq va ular uchun yerdagi hech narsa begona emas, ayniqsa, samimiy his-tuyg‘ular. Ularning ham ko‘pchiligimiz kabi bir vaqtlar sevib qolgan kumirlari bo‘lgan.
Selena Gomes Billi Krudapni sevib qolgan
Selena Gomes aktyor Billi Krudapni sevib qolganini tan olgan. Xonanda “Deyarli mashhur” filmining muxlisi bo‘lib, aktyor bilan “Bo‘ysunmas” filmida suratga tushishini bilgach, xursandligidan o‘ziga kela olmagan.
Kris Evans Sandra Bullokni sevgan
Kapitan Amerika intervyularining birida shunday dedi: “Yoshligimda Sandra Bullok juda yoqardi. Albatta, “Tezlik” filmi menda katta taassurot qoldirgan, hammasi shundan boshlangandi”.
Daniel Redkliff Kemeron Diasni sevib qolgan
“Garri Potter” yulduzi Kemeron Diasni sevib qolganini tan olgan. O‘ziga yoqadigan uchta mashhur shaxsning nomini aytishni so‘rashganida, aktyor “Kameron Dias hamon bu ro‘yxatda birinchi o‘rinda turadi”, — deb javob bergan.
Dilan O’Brayen Xloe Greys Moretsga oshiq bo‘lgan
Dilan O’Brayenning aytishicha, Xloeni filmda ko‘rib sevib qolgan, chunki u o‘z rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgandi.
Metyu Makkonaxi Riz Uizerspunni sevib qolgan
Bir paytlar Metyu Makkonaxi Riz Uizerspunni sevgan. Uning “Oydagi odam” filmidagi ijrosiga qoyil qolgan. Riz aktyorning so‘zlaridan hayratdaligini aytib, ta’sirlangan.
Machine Gun Kelly Megan Foksni sevgan
Reper va aktyor Machine Gun Kelly anchadan beri Megan Foksni sevganini tan oladi. Hatto uning surati tushirilgan plakatni xonasining devoriga osib, bir kun kelib unga uylanishga ham va’da bergan. Musiqachi va aktrisa 2022-yilning yanvarida unashtirildi.
Emma Stoun Leonardo Di Kaprioni sevib qolgan
Emma Stoun yoshligida Leonardo Di Kaprioni sevib qolgan. U o‘shanda “Titanik”ni 7 marta ko‘rganini va aktyor uning hayotidagi yagona sevgisi ekanligini aytadi. Hatto uning xonasida aktyorning dastxati tushirilgan plakat bo‘lgan.
Jennifer Lourens Timote Shalamega oshiq bo‘lgan
Jennifer Lourens Timoti Shalameni kelishgan va juda iste’dodli aktyor deb bilishini tan oladi. | 66 | 2,055 |
Madaniyat | “Ramazon qo‘shiqlarini avvallari kattalar aytgan”. Muqaddas oy qo‘shiqlari tarixi haqida folklorshunos olim Shomirza Turdimov bilan suhbat | Har yili muborak Ramazon oyi boshlansa, iftorlikdan keyin bolalar uyma-uy yurib, qadimiy Ramazon qo‘shiqlarini baralla, jo‘rovoz bo‘lib aytadi. Bunday an’ana ko‘pchilikning bolaligini eslatadi. Xonadon egalari ko‘ngildan chiqarib hadyasini bergach, bolalar minnatdorlik sifatida fayz-baraka tilab, duo qiladi. Biroq yillar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, vaqt ta’sirida matni o‘zgarayotgan ushbu qo‘shiqlarning tarixini hammayam bilmasligi mumkin. “Daryo” muxbiri Ramazon qo‘shiqlariga zamon va avlodlar ta’siri xususida folklorshunos olim Shomirza Turdimov bilan suhbatlashdi.
— Shomirza aka, Ramazon qo‘shiqlari tarixi, aytish an’anasi qachondan boshlangan?
— Ramazon qo‘shiqlari bizning mavsumiy marosim qo‘shiqlarimiz tarkibiga kiradi va kelib chiqishi juda qiziq. Ilk paydo bo‘lgan paytlarda ayrim hududlarda oyning birinchi va so‘nggi uch kunida, ba’zi joylarda faqat oxirgi kunlari ijro etilgan. Bugun esa muborak oyning har kunida aytiladi.
Ramazon oyi har yili 12 kun oldinga surilib, aylanib keladi. Lekin nima uchun Ramazon qo‘shig‘ining olqishini ichida “Hurli bo‘ling, hurli bo‘ling. Boychechakday gulli bo‘ling”, degan so‘zlar bor? Chunki qadimda “Boychechak” degan marosim bo‘lib, shahar-u qishloqlarda odamlar ikkita guruhga ajralgan holda qish va yozning teatrlashtirilgan marosimini o‘tkazgan. Urgut, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax kabi hududlarda “Boychechak” marosimi bo‘lib o‘tgan. Andijonda ham o‘tkazilgani haqida Cho‘lpon asarlari orqali guvohlik bergan. Hozirgi kunda bu bolalar folklorining namunasi sifatida qolgan.
Agar ushbu marosimning Namanganda o‘tgan variantiga to‘xtalsak, bolalar boychechakni qo‘liga olib, uyma-uy yurgan va xuddi ramazonchilar kabi qo‘shiq aytgan. Qo‘shiqda quyidagi so‘zlar ham bo‘lgan:
“Bota, bota boychechak,
Uyingizga choch tilla.
Xudoyim o‘g‘il bersin,
Otginasi Rahmatilla,
O‘tirib chiqing, o‘tirib chiqing,
Yog‘och tovoqni to‘ldirib chiqing”.
Shundan so‘ng xonadon egasi bolalarga o‘zining ehsonini bergan. Agar ehson bermaydigan bo‘lsa, bolalar so‘kib ketgan. Qiziq jihati shundaki, boychechakchilarga berilgan tuhfa bir yil uchun urug‘dek qabul qilingan.
Boychechak qo‘shig‘i Ramazon qo‘shig‘ini eslatadi va mohiyatan ham bir-biriga to‘g‘ri keladi. Bizga Islom dini kirib kelganidan keyin boychechak qo‘shig‘i ham, marosim shakli ham, ohangi ham Ramazon qo‘shig‘iga o‘tgan va ma’naviyatimizga xizmat qiladigan qo‘shiqlardan biriga aylangan. Qo‘shiq ijrochilari va uni qachon aytilish tartibi paydo bo‘lgach, hamma hududlarda keng ommalashgan.
Illyustratsiya: “Daryo”/ Dilzoda Hamidjonova
Alohida aytish kerakki, mumtoz shoirlar ham Ramazon qo‘shiqlari yaratgan va ularning namunalari haligacha bor. 1980-yili folklor ekspeditsiyaga chiqqanimizda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Novqa qishlog‘ida yashovchi Olloqul Azimovdan Ramazon qo‘shig‘ining mumtoz namunasini yozib olganmiz. U kishi o‘sha vaqtda 76 yoshda edi.
“Ro‘zaning oylari tug‘di kecha,
Kofirlar ot egarlab qochdi qocha,
Shu qochgandan qochaverdi bir yilg‘acha,
Bir yilda bir aylangan may Ramazon
Ayting, ayting Alisher-u Xudoga,
Salom ayting Muhammad Mustafoga”.
Ushbu Ramazon qo‘shig‘ining naqaroti “Ayting, ayting Alisher-u Xudoga, Salom ayting Muhammad Mustafoga” bo‘lib, har to‘rtlikdan so‘ng bog‘lovchi sifatida jo‘rovozlikda takrorlangan.
Ramazon qo‘shiqlarining matni hududlarga qarab, odamlarning yashash sharoiti, turmushidan kelib chiqib, bir-biridan farqlangan. Masalan:
Oq tanga, ko‘k tanga,
Chiqara qoling jon yanga.
Oq obaki, ko‘k obaki,
Chiqara qoling jon amaki,
degan so‘zlari bor qo‘shiqlar Toshkentda aytilgan.
Ramazonchilar xonadon va o‘sha oila vakillarini ta’riflab, ularni ro‘za tutishga targ‘ib qilgan. Ro‘za tutmaganlar jazolanishi haqida ham aytib o‘tilgan. Ramazon qo‘shiqlari mazmun-mohiyati bilan ma’rifiy xarakterdagi qo‘shiq hisoblangan.
— Yana qaysi turkiy xalqlar Ramazon qo‘shiqlarini aytadi yoki ijro etgan?
— Markaziy Osiyoning deyarli barcha hududida aytilganini bilaman. Lekin arab yoki boshqa xalqlarda ijro etilgani to‘g‘risida menda ma’lumot yo‘q. Tun va kunning ko‘klam paytidagi teng kelishi Markaziy Osiyo hududiga mos tushgani bois ham Ramazon qo‘shiqlari va ohanglari bizning xalqlar ichida juda mashhur.
— Bu qo‘shiq azaldan bolalar tomonidan aytiladimi yoki boshqalar ham kuylab kelganmi?
— Avvallari Ramazon qo‘shiqlarini katta yoshdagilar ham aytib, uyma-uy yurgan. Chunki bunga bayram qo‘shig‘i sifatida qaralgan. Bizning bolalar folklorining juda ko‘p o‘yinlari, xususan, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Oq suyakmi, ko‘k suyak” kabi o‘yinlar kattalar tomonidan mavsumiy marosimlarda aytilgan. Keyinchalik marosim unutilgach, bolalar folkloriga o‘tib ketgan. “Boychechak” marosimi to‘liq bolalar o‘yin folkloriga o‘tgan bo‘lsa-da, lekin yaqin-yaqingacha kattalar ham ijro etgan.
XX asrda sobiq sho‘ro davrida juda ko‘p marosimlarni o‘tkazish taqiqlandi. Shular qatorida Ramazon qo‘shiqlarini aytish va ro‘za tutishga ham ruxsat berilmadi. Hatto Islom dini bilan bog‘liq marosimlarning ko‘pini o‘tkazishga taqiq qo‘yildi. Lekin odamlarning ona sutidek yaqin marosimlarini taqiq bilan o‘zgartirib bo‘lmasligini ko‘rib turibmiz. Shu tariqa kattalar ijrosidagi holat bolalar ijrosiga o‘tib keldi, ya’ni unutilish holatidagi marosimlarga aylandi.
— Vaqt o‘tishi bilan qo‘shiqlar matniga ham zamon ruhi ta’sir qiladi. Ilk davrdagi matndan hozirgisi qanchalik o‘zgargan?
— Yuqorida aytib o‘tilgan, ya’ni 1980-yilda yozib olingan qo‘shiq matni qadimiy holatiga uyg‘un keladi. Lekin bugun Toshkent va boshqa hududlarda aytilayotgan matnlar unutilayotgan yoki qisqartirilgan varianti hisoblanadi. Masalan, “Chiqara qoling ming so‘m pul” yoki “Chiqara qoling besh yuz so‘m pul” kabi so‘zlar qo‘shilyapti. Aniqrog‘i, zamonga, inflyatsiyaga moslashib ketyapti (kuladi). Hozirgi bolalar olqish ijro etishni unutgan, umuman aytishmaydi.
Shuningdek, bugungi kunda bolalarning xonadon egasidan oladigan narsasi manfaatga qurilgandek bo‘lib qolgan. Manfaat birinchi darajaga o‘tyapti, Ramazon qo‘shiqlarini aytishmasin, deyish ham noto‘g‘ri. Berilayotgan ne’matlar ehson bo‘lishi va bolalar undan quvonishi mumkin. Lekin buni biznesga aylantirib yubormaslik kerak. Asalning ham ko‘pi zahar bo‘lganidek, barcha ma’naviy quvvat ham aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
— Ramazon qo‘shiqlari fanda qay darajada o‘rganilgan? Ilk tadqiqotlar, birinchi manbalar haqida ham to‘xtalib o‘tsangiz?
— XX asrdan avvalgi ba’zi qo‘lyozmalarda mumtoz ohanglarga tushirilgan manbalar mavjud. 1898-yilda N.P.Ostroumovning risolasida Toshkent va Turkistonning ko‘pgina shaharlarida ro‘za boshlanishi bilanoq mahallada istiqomat qiluvchi bolalar qo‘shnilari, tanish-bilishlari hamda qarindosh-urug‘larining hovlisiga kirib, Ramazon oyi sharafiga aytgan qo‘shiqlari haqida qayd etilgan. Keyinchalik qator manbalarda ham ma’lumotlar keltirilgan.
O‘zbek folklorshunoslarining eng katta xizmati shundaki, ular qanday sharoitda bo‘lmasin, bor manbalarni yozib, yig‘ib olishga harakat qilishgan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi O‘zbek tili va adabiyoti folklor institutining folklor arxivi dunyodagi eng boy xazinalardan bittasi hisoblanadi. U yerda deyarli barcha janrga oid ma’lumotlar saqlanyapti. Ularning ichida muqaddas oy qo‘shiqlari ham bor. Folklorshunos olim Mamatqul Jo‘rayev ham shu haqda kitob yozib, chop ettirgan. Hozirgi kunda Ramazon qo‘shiqlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilyapti, ilmiy ishlar qilinmoqda.
— Ayrim ota-onalar farzandining Ramazon qo‘shiqlarini aytishiga ruxsat bermaydi. Sizningcha, bunday taqiqlar qadimiy an’ananing yo‘q bo‘lib, unutilishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?
— Bunday taqiqlar bo‘lmasligi kerak va bolalar manfaat ko‘ryapti, degan tushunchani birinchi darajaga olib chiqmaslik kerak. Bolalarning Ramazon qo‘shig‘ini aytishining ham o‘ziga xos fayzi bor. Qo‘shiqlar insonlarni mehr-oqibatli bo‘lishga, ahillikka chaqirishga xizmat qiladi. Ramazonchilarni kutib, ko‘nglidan chiqarib narsa beradigan odamlar ko‘p oramizda. Gap bolalarning uch-to‘rt so‘m olishida emas. Moddiy va ma’naviy tomonlar baravar ketishi kerak. Biri baland, biri past bo‘lsa, muvozanat buziladi. Bolalarga muvozanatni ushlay bilishni tushuntirish lozim, taqiqlash kerak emas.
Suhbatning to‘liq variantini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Mirolim Isajonov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montajchi: Ilhom Xursanaliyev | 139 | 8,320 |
Madaniyat | Dilso‘z: Turmush o‘rtog‘imdan mashhurligim munosabatlarimizga xalaqit bermaydi | MyDay xonanda Dilso‘z bilan farzandlar tarbiyasi, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari va ijodi haqida intervyu uyushtirdi.
— Bugun Dilso‘z nimalar bilan band?
— Yangi klip olish arafasidaman. Farzandlar tarbiyasi bilan ham bandman, albatta.
— Bir vaqtda ham oila, ham ijod bilan shug‘ullanish qiyin bo‘lmayaptimi? Axir hozir ikki farzandning onasisiz?
— Qiyin tomonlari ham bor, lekin yaqinlarim ko‘mak berib turishibdi. Shunga ijodni ham to‘xtatmayapman. Baxtimga onam, yaqinlarim omon bo‘lsin.
— Siz yaxshi onamisiz yoki rafiqa?
— Har ikkalasida ham yaxshi bo‘lishga harakat qilaman, albatta.
— Har bir oilada kichik janjallar bo‘lib turishi tabiiy. Mana shunday vaziyatlarda kim birinchi uzr so‘raydi?
— Men birinchi uzr so‘rayman.
— Farzandlaringiz qaysi kasbni tanlashini istardingiz?
— O‘zlari xohlagan kasbni tanlashlari tarafdoriman.
— Fikrimizcha, siz turmush o‘rtog‘ingiz xonanda Farruh Raimovga nisbatan mashhurroqsiz. Bu munosabatlarga xalaqit bermayaptimi?
— Yo‘q, xalaqit bermaydi. Ishonaman, hali hammasi oldinda va san’at cho‘qqilarini birgalikda zabt etamiz.
— Ikki san’atkorning bir oilada yashashi qanchalik yaxshi va qanchalik bu munosabatlarga xalaqit beradi?
— Bu juda yaxshi. Chunki har doim bir-birimiz bilan maslahatlashamiz, qo‘llab-quvvatlaymiz.
—Chet el san’atkorlaridan kimgadir taqlid qilasizmi?
— Taqlid qilmayman, havas qiladiganlarim bor.
— Siz uchun shou-biznes?
— Qiziqarli va mashaqqatli olam.
— O‘zbek shou-biznesida qaysi xonandalar ijodini kuzatib borasiz?
— Deyarli ko‘pchilik xonandalarning ijodini kuzatib boraman.
— Kimlar bilan duet kuylashni istardingiz?
— Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova va Selin Dion bilan. | 78 | 1,667 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.