folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Bollivud qiroli Shohruh Xonning o‘g‘li Aryan narkotik moddalarga oid jinoyat ishiga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olindi
Shohrux Xonning to‘ng‘ich o‘g‘li 23 yashar Aryan Xon Mumbaydagi Cordelia Cruises kemasida o‘tkazilgan reyddan so‘ng Narkotik moddalarni nazorat qilish byurosi tomonidan hibsga olindi, deb xabar beradi “News.day.az”. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bollivud yulduzi Shohrux Xonning o‘g‘li Aryan Xon narkoguruhga qo‘shilib qolgan. Aryan Xon 7 kishi bilan birga 2021-yil 2-oktabr kuni Mumbay-Goa yo‘nalishi bo‘ylab sayohatga chiqqan kruiz laynerida ushlangan. Undan tashqari yana ikki kishi − Arbaz Set Merchant va Munmun Dxamecha ish bo‘yicha asosiy gumonlanuvchi sifatida ko‘rilmoqda. Aryan Xonning vakili sifatida advokat Satish Maneshinde tayinlangan. Shohruxning o‘g‘li Aryan bir vaqtning o‘zida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi qonunning bir nechta moddalari bilan, jumladan, giyohvand moddalarni iste’mol qilish, ishlab chiqarish, saqlash va sotib olishda ayblanmoqda. Hibsga olinganidan ko‘p o‘tmay, aktyorning o‘g‘li tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Mumbaydagi JJ kasalxonasiga olib ketilgan. 2021-yil 2-oktabr kuni Giyohvand moddalarni nazorat qilish byurosi (NСB) Mumbay sohillari yaqinidagi sayohat kemasida ketayotgan partiyaga reyd uyushtirdi. Shunda mashhurlarning farzandlaridan biri hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi, keyinroq u Shohrux Xonning o‘g‘li Aryan Xon ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Biz xolis harakat qilyapmiz. Agar bu jarayonning Bollivud yoki badavlat odamlar bilan aloqasi bo‘lsa, shunday bo‘la qolsin. Biz qonun va vakolatlarimiz doirasida harakat qilamiz. Mumbaydagi olib borilayotgan ishlar davom etadi. Agar ma’lumotlarga qaralsa, mazkur yilda 300 dan ortiq reyd o‘tkazilishi kerak. Bu chet el fuqarolari, kinosanoati yoki badavlat kishilar bo‘lishidan qat’i nazar, davom etadi”, —  deydi Mumbay Giyohvand moddalarni nazorat qilish byurosi (NСB) direktori Samir Vanxedan.
123
1,821
Madaniyat
Gonkong talabalar kinofestivalida o‘zbek rejissorining filmi mukofotlandi
Gonkongda o‘tkazilgan GUFA (Global University Film Awards) talabalar kinofestivalida o‘zbekistonlik rejissor Abror Samug‘jonovning “Qurt” qisqa metrajli filmi “Eng yaxshi tajribaviy film” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda. —Talabalar festivalida juda ko‘plab kinoijodkorlar bilan fikr almashdik. “Qurt” filmini diplom ishi sifatida suratga olganman. Festivalga O‘zbekistondan mening filmim bilan birga “Mama” qisqa metrajli filmi ham qatnashdi. Biz u yerga prodyuserim Mirasqar Ma’rupov bilan birga bordik”, — deydi Abror Samug‘jonov. Talabalar kinofestivalida 99 ta davlatdan 1841 ta film qatnashdi. “Qurt” qisqa metrajli filmining xronometraji 7 daqiqaga teng. Film Orolda tasvirga olingan. Bosh qahramon rolini Orolbo‘yida yashaydigan Olmos ota Tulenmuradov ijro etgan.
73
810
Madaniyat
“Yoshlar” telekanaliga rahbar etib tayinlangan Ozodbek Nazarbekov Namanganda sahnaga chiqdi
“Yoshlar” telekanaliga direktor etib tayinlangani bildirilgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bugun, 1-iyul kuni Namanganda sahnaga chiqdi. Bu haqda “Daryo”ga Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi. Yangiqo‘rg‘on tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradagi Nanay qishlog‘ida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Harbiylar, chegarachilar, qishloq ahli jamuljam bo‘lgan tadbir avvalida tuman madaniyat bo‘limi dasturi namoyish etildi. Shundan so‘ng navbat poytaxtdan kelgan san’atkorlarga berildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Izzat Ibrohimov va O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovadan so‘ng sahnaga Ozodbek Nazarbekov ko‘tarildi va o‘zining bir necha qo‘shig‘ini ijro etdi. Tadbir yakunida Gulsanam Mamazoitova va Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi duet yangradi. Eslatib o‘tamiz, xonanda “Yoshlar” telekanali rahbari etib tayinlangani haqidagi xabarlardan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda uning ijodiy faoliyati qay tarzda davom etishi to‘g‘risida turli taxminlar bildirilgandi.
91
1,055
Madaniyat
Didsiz Madonna
Pop musiqa qirolichasi Madonna hali hamon kiyimlari yuzasidan tanqidga uchramoqda. Aytishlariga qaraganda, o‘tgan 30 yil davomida xonanda va aktrisa o‘z uslubiga ega bo‘lolmadi. foto: kinoafisha.ua Xonandanin so‘nggi sayrga chiqishi paparatsilar tomonidan tasvirga muhrlandi. Madonna klassik va sport kiyimlarini aralash tarzda kiyib olgandi. foto: kinoafisha.ua Rostdan ham Madonna didsizmi?
14
396
Madaniyat
O‘zbekistonda “Mahalladoshlar” nomli 25 qismli serial suratga olinadi
“O‘zbekkino” milliy agentligi hamda “Hujjatli va xronikal filmlar” DUK tomonidan “Mahalladoshlar” nomli 25 qismdan iborat serial yaratiladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur serialda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimi bilan bog‘liq Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘zbek mahallalari hamda oila va xotin-qizlar masalalari yoritiladi. Ssenariy muallifi Shoyim Bo‘tayev, postanovkachi rejissor Sanjar Babayev, postanovkachi operator Sardor Anvarov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiyev. Hozirda serialning rejissorlik ssenariysi ustida ish olib borilib, aktyorlarni saralash jarayoni ketmoqda. Serialning tugallanish muddati 2021-yilning birinchi qismida mo‘ljallangan.  O‘zbekistonda bolalarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi “Jasur Qutqarboyev” nomli multserial yaratilmoqda
69
973
Madaniyat
Kamera qarshisida tabassum qilishni xushlamaydigan yulduzlar
Gollivudcha tabassum aktyorlarning tashrif qog‘ozi hisoblanishiga qaramay, ba’zi yulduzlar his-tuyg‘ularini ommaga ko‘rsatishni xohlamaydi. Lisa nashri tabassum qilishni yoqtirmaydigan mashhurlar ro‘yxatini e’lon qildi. Viktoriya Bekhem Viktoriya jamoatchilikka deyarli tabassumsiz namoyon bo‘ladigan yulduzlardan biri hisoblanadi. Kimlardir yulduzni keragidan ortiq jiddiy hisoblasa, kimlardir uning turmush o‘rtog‘i Bekhemga bunday norozi qiyofali rafiqa bilan oson emas, deb achinadi. Uning o‘zi esa tabassumini chiroyli emas, deb hisoblagani uchun jiddiy yuz ifodasini ma’qul bilishini ta’kidlaydi. Hozirda dizayner sifatida faoliyat yuritayotgan sobiq Spice girls ijrochisi kolleksiyalardan birini “Moda mening tabassumimni o‘g‘irladi” deb nomlagan. Jonni Depp Iste’dodli aktyorni kamdan kam holda tabassum bilan ko‘rish mumkin. Jiddiy qiyofa esa uning tashqi ko‘rinishi va u kinoda jonlantirgan obrazlarga mos ekanini bilish qiyin emas. Aslida Deppga kulgi begona emas, shunchaki u tabassum qilishi uchun atrofida suratchi va fotokameralar bo‘lmasligi kerak. Kristen Styuart Kristen suratlariga nazar tashlansa, uning yuz qiyofasida kulgidan asar ham yo‘qligi, shuningdek, hamisha ma’yus ko‘rinishini bilish mumkin. Aktrisaning so‘zlariga qaraganda, u hech qachon jamoatchilikka yoqishga harakat qilmagan, u faqatgina sevimli ishi bilan shug‘ullanishni, shunchaki kinoda suratga tushishni istaydi. “Men paparatssiga tabassum qilsam, odamlar meni noto‘g‘ri tushunadi va meni sotilgan deb tushunadigandek tuyiladi. Shuning uchun ham kamera qarshisida kulmayman”, — deydi Styuart. Kira Naytli “Andisha va g‘urur” filmida Kira tomonidan jonlantirilgan mag‘rur Elizabet obrazi aktrisaning ruhiyatiga singib ketgandek tasavvur beradi, chunki u kamera qarshisida hamisha jiddiy ko‘rinish beradi. Kim Kardashyan Kardashyanning Instagram sahifasida kulib tushgan suratlari onda-sonda ko‘zga tashlanadi. Kim jamoat joylarida tabassum qilmasligining o‘ziga xos sababi bor, uning ta’kidlashicha ayrim suratchilar, tabassumi fotoga muhrlangan yulduzlar suratini katta mablag‘ga pullaydi, xo‘mraygan mashhurlar surati esa arzonroq turadi. Leonardo Di Kaprio Gollivudda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan haqiqiy iste’dod egasi Leonardo so‘nggi vaqtlarda paparatssilar sabab kulmay qo‘ygan. “Suratchilar o‘zini hurmatsiz va agressiv tutishini jinim suymaydi. Shaxsiy hayotimga burun suqishlari yoqmagani bois ham kamera qarshisida tabassum qilmayman”, — deydi Leo.
60
2,450
Madaniyat
Garri Potter muxlislariga Xogvartsda rojdestvo kechki oqshomi taklif etiladi
Sehrgar Garri Potter haqidagi Joan Rouling muallifligidagi kitoblarning muxlislariga Xogvarts qasrining asosiy zalida bo‘lib o‘tadigan rojdestvo kechki oqshomida qatnashish taklif etiladi. Bu haqda Cosmopolitan UK xabar beradi. Bayram tadbiri Warner Bros. Studio Tour London kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Xogvartsdagi kechki oqshom 230 funtga (350 dollar) baholandi. Tadbir mehmonlariga Potter va uning do‘stlarining sevimli taomlari tarqatiladi. Shuningdek, qatnashchilarga sehrli tayoqcha ham ulashiladi. Kechki oqshom bahosi studiya bo‘ylab ekskursiyani ham o‘z ichiga oladi.
76
590
Madaniyat
Xonanda Yulduz Abdullayeva: 10 yil chegara qo‘shinlarida xizmat qildim
Xonanda, zaxiradagi kapitan Yulduz Abdullayeva Vatan himoyasi yo‘lida erkaklar bilan bir safda xizmat qilish ayol kishi uchun qiyin ekanligini tan oldi. U bu haqda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Kadr: YouTube “San’atdagi faoliyatim tufayli harbiy xizmatchi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldim. Harbiylarga atalgan qo‘shiqlarimning yaralishi ham shu faoliyatim bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘p bo‘lmasa-da, bu mavzuda kuylagan qo‘shiqlarim juda tez ommalashgan. Atrofimdagilar: ‘Sizga ko‘proq harbiy yo‘nalishdagi qo‘shiqlar yarashadi’, — deyishadi”, — dedi xonanda. “‘Leytenant’, ‘Askar’, ‘O‘zbekiston ofitserlari’ singari vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni kuylash ijrochiga katta mas’uliyat yuklaydi. Sababi, ijrochi qo‘shiqdagi vatanparvarlik ruhini o‘ziga singdira olishi va chin yurakdan ijro etishi, shu bilan birga, uni tinglovchiga yetkaza bilishi lozim”, — dedi Yulduz Abdullayeva. “Men o‘n yilcha chegara qo‘shinlarida xizmat qildim. Bu yillarda yanada mukammalroq insonga aylana oldim, desam xato bo‘lmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
70
1,075
Madaniyat
Toshkentda “Ozod yurt to‘lqinlari” XI an’anaviy media-festivali bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashkil etilganining 15 yilligiga bag‘ishlab XI an’anaviy media-festival bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zEOAVMA matbuot xizmati xabar berdi. “Ozod yurt to‘lqinlari” media-festivalidan ko‘zlangan asosiy maqsad istiqlol yillarida jamiyat hayotining turli jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini aholimizning keng qatlamlariga yetkazish, bu yo‘nalishda nodavlat teleradiotarmoqlarda samarali mehnat qilayotgan jurnalist va texnik xodimlarni rag‘batlantirishdir. Media-festival O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi moliyaviy ko‘magidava bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazildi. “Ozod yurt to‘lqinlari” XI an’anaviy media-festivali “Kelajak bugundan boshlanadi” shiori ostida tashkil etilib, yangi formatda o‘tkazildi. Bu, birinchi navbatda, yangicha ko‘rinishdagi ijodiy yoshlar tomonidan tayyorlangantaqdimotlarda o‘z ifodasini topdi. Nodavlat teleradiokompaniyalarining eng yaxshi mutaxassislari milliy jurnalistika rivojiga qo‘shgan xissalari uchun yil natijalariga ko‘ra bir qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Shular jumlasidan “Innovatsion yondashuv uchun”, “Oilaviy qadriyatlar doim trendda”, “Tezkor, aniq va batafsil”, “Markazda yoshlar”, “Hududda yetakchi”, “O‘zEOAVMAning eng yaxshimedia-loyihalari”nominatsiyalari. Shuningdek, ijodiy yoshlar “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini yoritishda faol hamkorligi uchun”, “Nodavlat teleradiouzatuvchilar rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun”, “O‘zEOAVMA bilan ishonchli va uzoq yillik hamkorligi uchun”, “Bolalar va yoshlar yo‘nalishidagi faol hamkorlik uchun”, “O‘zEOAVMA bilan samarali ijtimoiy sheriklik uchun” nominatsiyalari bo‘yicha baholandi. G‘olib va sovrindorlar “onlayn” tarzida ovoz berish bilan aniqlandi, uning natijalariga ko‘ra, eng munosiblari “Ozod yurt to‘lqinlari” haykalchalari, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Festival doirasida “O‘zbekiston nodavlat ommaviy axborot vositalari: kelajak chaqiriqlari va rivojlanish istiqbollari” mavzuida xalqaro konferensiya va Yoshlar media-forumi o‘tkazildi. Media-festivalda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar rahbar vavakillarihamda mamlakatda faoliyat yurituvchi ommaviy axborot vositalari, O‘zEOAVMA ga a’zo 50 dan ortiq nodavlat teleradiostansiyalar direktorlari, bosh muharrirhamda ijodiy xodimlari ishtirok etdi. Anjuman ishtirokchilari sessiyalardao‘tkazilgan “Bolalarni tarbiyalash va ularning rivojlanishidagi OAVning keng ko‘lamdagi faoliyati”, “Mustaqil jurnalistikaning rivojlanishi:O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot”, “OAV, hukumat va fuqarolik jamiyati manfaatlarini ta’minlashdagi o‘zaro uyg‘unlik”, “Parlament komissiyasi fuqarolik jamiyatiinstitutlarini qo‘llab-quvvatlash vositasi”, “Xalqaro media standartlariningasoslari. Germaniya tajribasi” O‘zEOAVMA hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligi natijalariga oidmasalalar muhokamalarida qatnashdi. Anjumanda nodavlat ommaviy axborot vositalarining demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurilishdagi roli muhokama etildi, bu borada xalqaro tajribalar tahlil etildi, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Yoshlar media-forumida O‘zEOAVMA hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamkorligi natijalari, 2019-yilda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti, bir qator dolzarb masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
76
3,844
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov: San’at oliygohlarida qabul kvotasi 10 ta bo‘lsa, 20 ta laureat hujjat topshiryapti
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyati yakunlari va istiqboldagi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi. Tadbirda madaniyat sohasidagi muammo va kamchiliklar xususida ham so‘z yuritildi. Ayniqsa, an’anaviy qo‘shiqchilik va san’atkorlar faoliyatidagi kamchiliklar tilga olindi. — Ko‘plab muammolar sohadagi eski qarashlar va korrupsion hatti-harakatlar bilan bog‘liq, , — dedi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov. — Misol uchun, xalqaro tanlovlar laureatlari bo‘lgan yoshlar O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinishi belgilangan. Ammo bugungi kelib bu shunday muammoga aylandiki, qabul kvotasi 10 ta bo‘lsa, 20 ta laureat o‘qishga topshiradi. Laureatlar bu mukofotni qanday qo‘lga kiritgani haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bu nimaga olib kelyapti? Puli bilan chetga chiqib kelgan yoshlar o‘qishga imtiyozli qabul qilinyapti, haqiqiy iste’dodlar esa chetda qolib ketyapti. Bu borada hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Vazirlik tomonidan aynan qanday xalqaro va nufuzli tanlovlar g‘oliblariga imtiyoz berilishi haqida ro‘yxatni shakllantirish tashabbusi bilan chiqdik. Mazkur muammo amaliy yechim topishiga harakat qilamiz.
102
1,288
Madaniyat
“Ularning to‘ylardan katta pulni olib ketishi bizni ranjitardi”. Munojot Yo‘lchiyeva fonogrammada kuylaydigan hamkasblari haqida (video)
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva “Daryo” internet nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Suhbat davomida ba’zi estrada xonandalarining munosabatidan ranjigani va maqom san’atiga hurmatsizlik qilishgani haqida so‘zlab berdi. Xalqimiz san’atning qadriga yetadi, rivojlanishiga to‘sqinlik qilmaydi. Ijodkorlar rep, rok, jaz yoki akademik xonandalik yo‘nalishida ham ijod qilishi mumkin. Reper yigitlar ham ijod qilishdi, oqar suv o‘zi yo‘lini topganidek, vaqt kimning qanday ijodkor ekanligini ko‘rsatdi. Maqom xonandalari bor ovozi bo‘lib, jonini jabborga berib tomiri bo‘rtib chiqquncha qo‘shiq aytganida, bitta estrada xonandasi bashang kiyinib kelib, dunyo tashvishlaridan ozod insondek fonogrammada qo‘shiq aytib ketardi. Bunga katta pul olishi bizni qattiq afsuslantirardi. Shunda ham biz fonogrammada qo‘shiq aytamiz yoki ular jonli ijroda qo‘shiq kuylasin demadik. Vaqt hammasini o‘z o‘rniga qo‘yishini, kun kelib poydevori mustahkam mumtoz san’ati qadr topishini kutdik. Unday keyin estrada xonandalari ham jonli ijroda kuylasin, degan talablar bo‘ldi, xonandalar tinglovchilarning tanloviga ko‘ra fonogramma yoki jonli ijroda kuylaydigan davrlar keldi. Aslida estrada xonandalariga ham osonmas. Kichkinagina ovozi bilan qo‘shiq dardini tinglovchiga yetkazib berish ham bir san’at hisoblanadi. Mayli, jonli ijroda qo‘shiq aytmasin, ammo shu ishni qilayotgan insonlarning hurmatini joyiga qo‘ysin, ustozlarni ko‘rganda hech bo‘lmasa “Assalomu alaykum”, deb qo‘ysin. Shunday kunlar ham bo‘ldiki, ba’zi estrada xonandalari maqom ashulachilarini mensimay tepalab o‘tib ketishdi. Bir kuni to‘yga bordik. Aksiga olib “svet” o‘chib qolgan ekan. Mashhur san’atkorlar to‘yni boshlolmay o‘tirishibdi. “Munojotxon, siz boshlab turing, ‘svet’ kelsa biz davom ettiramiz”, deyishdi. “Bularning hurmati bor, har holda xalq artistlari” deb hayron bo‘lsam, ustozim kulib “Bular jonli aytisholmaydi”, degandi. Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston Qahramoni.  “Iffatsizlikda ayblashganida san’atni tashlamoqchi bo‘lganman”. O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva faoliyati avvalida duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi (video)
136
2,157
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov Nuriddin Hamrokulovga Davlat mukofotini topshirdi
O`zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov o`zining madaniyat va san`at sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo`lidagi samarali xizmatlari uchun “Do`stlik” medali bilan taqdirlangan edi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.  Ushbu Davlat mukofoti Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va vazirlik vakillari tomonidan joriy yilning 9 yanvar kuni Nuriddin Hamrokulovga topshirildi. Ma`lumot o`rnida: 2020 yil 27 avgust sanasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to`qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, adabiyot, madaniyat, san`at va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida"gi Farmoni imzolangan.
68
781
Madaniyat
Muhammadiso Abdulxairov: Onamni so‘nggi manzilga kuzatolmaganim — eng katta xatoim
Aktyor Muhammadiso Abdulxairov jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda hayotida o‘kinch bilan eslaydigan eng katta xatosi haqida gapirdi, deya xabar qiladi “Darakchi.uz”. “Juda katta xatoim bor. Juda uzoq safarda bo‘lganim bois, onamning janozasiga kelolmaganman. Uchta samolyot almashib boriladigan uzoq davlatga shartnoma tuzib ishlashga ketganman. Ketganimdan 10 kun o‘tgach, onam vafot etgan. Men onam vafot etganidan so‘ng 6 kun o‘tib kelganman. Shuning uchun, farzand bo‘lib, ularning tobutini ko‘tarolmaganman. Bu men uchun juda katta xato. Ilmli insonlardan bu harakatning yechimi qanday bo‘ladi, deb so‘raganimda, ular bu ishni atay qilmagansizku, deb javob berishgan”, — deydi Muhammadiso Abdulxairov. “Har juma kuni onamning qabriga boraman. Imkon qadar, otam, akalarim, jiyanlarim onamning qabriga borib, Qur’on tilovat qilamiz”. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
82
915
Madaniyat
TOShKENT SIRKI DUShANBEGA GASTROL SAFARI BILAN TAShRIF BUYuRDI
25 yil ichida ilk marotaba O`zbekiston sirki Dushanbe shahriga gastrol safari bilan tashrif buyurdi. Toshkent sirki truppasi o`zi bilan o`rgatilgan maymunlar, itlar va poni kabi hayvonlarni olib keldi.
62
201
Madaniyat
“Hamma raqsga tushdi”. Xalqaro baxshichilik festivalining tantanali ochilish marosimidan qiziqarli fotoreportaj
Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida 5—10-aprel kunlari Xalqaro baxshichilik festivali bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi. Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lumotiga qaraganda, Xalqaro baxshichilik festivalining tantanali ochilish marosimi 6-aprel kuni Termizning San’at saroyi hududida yangidan barpo etilgan ko‘chma sahna maydonida bo‘lib o‘tgan. Festivalda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, hukumat a’zolari, chet ellik mehmonlar, xorijiy hamda mahalliy OAV xodimlari ishtirok etdi. Tantanali ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev, rejissorlar Bahodir Yo‘ldoshev hamda Rustam Shamsiddinovlar rejissorligida sahnalashtirilgan marosim, undagi turfa chiqishlar, raqslar Abduhoshim Ismoilov boshchiligidagi sozandalar kechani unutilmas darajada o‘tishiga zamin hozirladi. Birinchi xalqaro baxshichilik festivali 10-aprelgacha davom etadi.
111
937
Madaniyat
Rossiyada Di Kaprioga o‘xshash odam topildi
G‘arbiy OAV gollivudlik aktyor Leonardo Di Kaprioning Rossiyadagi o‘xshash odami haqida bayon qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. Chapda - Leonardo Di Kaprio, o‘ngda - aktyorning Rossiyadagi o‘xshashi Misol uchun, Access Hollywood “Rus Leosini qutlab oling”, ― deya bayon etmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqlarning yangi qahramoni haqida hech narsa ma’lum emas. Uning fotosurati bor xolos. 2015-yilda ijtimoiy tarmoqlar artistning shvetsiyalik “nusxa”si ― 21 yoshli Konrad Annerudga tan berishgan edi. Konrad Annerud Maxim jurnalining ma’lum qilishicha, “Leonardo Di Kaprioga o‘xshaydigan bitta odam yetmayotganligi aniq”. Nashrning ta’kidlashicha, ushbu ikkala “nusxa” bir-biriga o‘xshamaydi, lekin, “ularning ikkalasidayam Leoga o‘xshash joylari bor”. Di Kaprioning taxmin qilinayotgan rus “nusxa”si GQ nashrini ham o‘ziga jalb qildi. Jurnal formadagi odamning kim ekanligini va nima bilan shug‘ullanishini so‘ramoqda. Eslatib o‘tamiz, “Oskar - 2016”ning eng yaxshi aktyor mukofoti uchun Leonardo Di Kaprio (“O‘limdan qaytgan”) nomzod bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
43
1,096
Madaniyat
AFIShA: 24 SENTYaBR
O`zbek Milliy akademik drama teatri 14:00 «Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro», Farg`ona viloyati musiєali drama teatri». 18:00 «O`jarlar». Chiptalar narxi: 12 000, 15 000, 20 000 so`m. Muєimiy nomidagi o`zbek davlat musiєiy teatri 14:00 «Super qaynona». 18:00 «Super qaynona 2». Chiptalar narxi: 20 000 so`m. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik Katta teatri 12:00 «Chippolino», bolalar uchun balet. 17:00 «Bogema», opera. Chipta narxi: 10 000, 20 000, 30 000 so`m. Maroqli hordiq oling!
19
503
Madaniyat
Turkmaniston O‘zbekiston madaniyati kunlariga hozirlik ko‘rmoqda
Turkmanistondagi O‘zbekiston madaniyati kunlari 13-noyabrda Ashxabodda boshlanib, 15-noyabr kuni mamlakat shimolidagi Dashoguz viloyatida yakunlanadi. Bu haqda Turkmaniston madaniyat vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi  SNG.Today. 13-noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmaniston madaniyat vazirligida qabul qilinadi. Uchrashuv davomida tomonlar gumanitar sohada hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. Kunning ikkinchi yarmida Maqom saroyida O‘zbekiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi va o‘zbek san’at ustalarining konserti bo‘lib o‘tadi. Ertasi kuni “Ashxabod” kinoteatrida o‘zbek filmlari namoyishi va “Vatan” kinokonsert markazida O‘zbekiston ansambllarining chiqishlari ko‘zda tutilgan. 15-noyabr kuni o‘zbek delegatsiyasi Dashoguzga keladi. Nurmuhammad Andalib nomli musiqali-dramatik teatrda O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki mamlakat san’atkorlarining birgalikdagi katta konserti bilan yakunlanadi.
64
999
Madaniyat
Zarina Nizomiddinova o`g`lining suratini e`lon qildi (foto)
Ayni paytda Moskvada bo`lib turgan aktrisa Zarina Nizomiddinova o`zining Instagram sahifasida o`g`lining fotosuratini e`lon qildi. "Assalamu alaĭkum! Bugun 22-dekabrda SaidUmar 9 oĭlik bo`ldilar. Alhamdulillah..." deya izoh qoldirgan u. Eslatib o`tamiz, aktrisa Zarina Nizomiddinova shu yilning iyun oyida o`g`il farzand ko`rganini ma`lum qilgan edi. Bir muddat avval ijtimoiy tarmoq orqali farzandi va turmush o`rtog`i haqidagi muxlislar savollariga javob bergan. Sal avval esa Zarina Nizomiddinova ilk bor o`g`li bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Sa`dulla Fathullaev Zarina bilan nega janjallashganini aytib berdi (video)
59
641
Madaniyat
Instagram: “Qalpoq”chilardan Alisher Qodirovga parodiya, hijobini yechishga majbur bo‘lgan Aziza Yoqubova, ijtimoiy tarmoq bloklanishiga blogerlar munosabati
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Feruza Normatova folloverlariga doimo tabassum qilib yurishni tavsiya qildi. Turk kinosining uch yulduzi — Jansu Dere, Selma Ergech, Nur Fettaho‘g‘lu diydor ko‘rishdi. Aktrisa Aziza Yoqubova “Shok.uz” YouTube kanaliga bergan intervyusida hijobga kirgani, biroq ko‘plab loyihalarda ishtirok etishga shartnoma imzolab qo‘ygani bois ro‘molini yechishga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Shahzoda Matchonova noyabr oyi “shirin” so‘zi bilan assotsiatsiya yaratishini aytib o‘tdi. 3-noyabr kuni O‘zbekistonda Instagram bir necha soat ishlamay qoldi. Instablogerlar shu munosabat bilan turli hajviy videoroliklarni tayyorlab, ijtimoiy tarmoq bloklansa ularning holi nima kechishini ko‘rsatmoqda. Xususan, Dili.me ijtimoiy tarmoq ishlamay qolgani tufayli chet elga ishga ketmoqchi bo‘ldi. Yana bir guruh blogerlar esa Instagram ishlamay qolganidan keyin “aqldan ozdi”. Munisa Rizayeva folloverlarining qaysi shahardan ekani bilan qiziqdi. Ziyoda va Hamdam Sobirov “Burgut” serialiga saundtrek kuyladi. Ushbu ikki ijodkorning “Qora atirgul” serialiga kuylangan dueti ham xit bo‘lgan edi. Zarina Nizomiddinovaning onasi 63 yoshni qarshi oldi. “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari migrantlarni soliqqa tortishni taklif qilgan Alisher Qodirovga parodiya tayyorladi. Marat Hamdamov va Shahzoda Muhammedova Istanbul shahrida tushgan suratlarini folloverlari bilan bo‘lishdi. Imron muxlislari e’tiboriga yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi. Muqaddas Sa’dullayeva ota-onasini sanatoriyga joylashtirishi aks etgan jarayonni videoga olib, folloverlariga ko‘rsatdi.
157
1,694
Madaniyat
Alen Delon kuzda kinodagi faoliyatini yakunlaydi
Fransiyalik taniqli aktyor Alen Delon kuz oylarida rejissor Patris Lekontning kartinasida suratga tushib bo‘lganidan so‘ng kinodagi karyerasini yakunlashini e’lon qildi. Bu haqda, Belga axborot agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. “Bu mening eng oxirgi filmim bo‘ladi: bokschi me’yoridan ortiq jang qilishni istamaganidek, men ham ortiqcha tasmada tushishni istamayman”, — dedi 81 yoshli aktyor. Delonning aytishicha, uning oxirgi kinokartinasi sevgi hikoyasidan iborat bo‘lib, syujetga ko‘ra, uning yoshidagi qahramon tasodifan 50 yoshli ayol bilan uchrashib qoladi. Delonning mahbubasi rolini Jyulyet Binosh ijro etadi.
48
629
Madaniyat
Instagram: Zara Shirinovaning gaplarini “arzon piar” deb atagan Rayhon, 2021-yilda Munisa Rizayeva ulgurolmagan ish, Sardor Mamadaliyevdan Dubayga olib borishni so‘ragan Sevinch
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Feruza Normatova yig‘lagani aks etgan suratni sahifasiga joylab, “bu yolg‘on dunyodan sovib bo‘lgani” haqida yozdi. Xonanda Lola folloverlariga sovuq kunlarda organizmni isitish xususiyatiga ega qahvali ichimlik restseptini yozib qoldirdi. Parizoda to‘ng‘ich qizi E’zozaning tug‘ilgan kunini nishonladi. Maryam Tillayeva ota-onasi bilan gaplashmasligi haqidagi ma’lumotni hozircha izohlay olmasligi, biroq otasi bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilishini aytib o‘tdi. Nilufar Usmonova onasi va Mansur Agaliyevning uning farzandlari bilan qanday vaqt o‘tkazishi aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov marhum aktyor Mirza Azizovning xonadonida bo‘ldi. Sardor Mamadaliyev va Sevinch “Dubay” deb nomlangan duet qo‘shig‘ini premyera qildi. Qo‘shiqda Sevinch Sardor Mamadaliyevdan “Dubayga olib borishini, Malibu va Cabriolet ham olib berishini” so‘raydi. Javohir Zokirov mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun tashkil etilgan Yangi yil bayramida rol ijro etdi. Boshlovchi Zara Shirinova Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimovni undan rashk qilishini aytganidan so‘ng, Rayhon ilk marta ushbu gaplarga munosabat bildirdi. “Nima uchun odamlar arzon piar ortidan xayp qiladi? Nahotki u insoniy munosabatlardan ustun bo‘lsa? Nahotki or-nomus, inson sha’ni hech qanday qiymatga ega bo‘lmasa? Nahotki bir necha obunachini deb, boshqa insonni kamsitish mumkin bo‘lsa? Nahotki insonlarga mana shunday mashhurlik kerak bo‘lsa? Nega mashhurlikni o‘z mehnati va ijodi bilan qo‘lga kiritish mumkin bo‘lmasa? Nima uchun kimningdir hisobiga mashhurlikka erishilishi kerak?”, — deb yozdi Rayhon. Xonanda shuningdek, shahardagi AYoQShlardan biridagi uzoq navbatda turishiga ham to‘g‘ri keldi. Munisa Rizayeva 2021-yilda ulgura olmagan ishi haqida gapirdi. “Akula” hajviy ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Avaz Oxun ham ishtirok etdi. Ko‘rsatuvda qiziqchini qorbobo kiyimidagi YPX xodimi to‘xtatadi.
177
2,069
Madaniyat
“Kinokarvon” Zomin tumaniga safar qildi
O`zbekiston kinematografiya agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Kinokarvon” guruhining 17 aprel kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida uchrashuvlari bo`lib o`tdi.   Zomin shahri markazi va 15-sonli umumta`lim maktabida, “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig`ini va Beshkubi qishlog`ida, Dashtobod shahridagi musiqa maktabi va 2-sonli kasb-hunar kollejida, Chorvador qishloq fuqarolar yig`ini Jaloyir qishlog`idagi 11-sonli umumta`lim maktabi va Turkman mahalla fuqarolar yig`inidagi 19-sonli umumta`lim maktabida uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etildi.   Shuningdek, hududlar bo`ylab bolalar va o`smirlar uchun “Sinemobil” platformasining namoyishlari o`tkazildi. Uchrashuv va davra suhbatlaridan so`ng, yangi filmlarning premeralari bo`lib o`tdi.
39
758
Madaniyat
Rayhonning oila a’zolari bilan tushgan fotosuratlari e’lon qilindi
Xonanda Rayhon ijtimoiy tarmoqda o‘z oilasi bilan o‘tkazgan fotosessiyadan ba’zi fotosuratlarni joylashtirdi va ularning ostiga turli izohlar yozib qoldirdi. Bu haqda My Day xabar bermoqda. Xonanda hayoti va ijodi bilan bog‘liq yangiliklarni muntazam ravishda Instagram’dagi shaxsiy sahifasida suratlar orqali berib boradi. Rayhon yagona singlisi Nasiba Shakirova bilan. Farzandlari Islom va Imron bilan.
66
407
Madaniyat
Maykl Jeksonning otasi o‘zining yaqin vaqt ichidagi o‘limi haqida tarqalgan mish-mishlarni tasdiqladi
Maykl Jeksonning otasi 89 yoshli musiqachi Jo Jekson o‘zining yaqin vaqt ichidagi o‘limi haqida tarqalgan mish-mishlarni tasdiqladi. U o‘zining Twitter’dagi sahifasida qoldirgan postida ma’lumotning haqiqiyligiga sha’ma qilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”. “Men qolganlaridan ko‘ra ko‘proq quyosh botishlarini ko‘rdim. Quyosh vaqti kelganda chiqadi, senga yoqadimi yoki yo‘q, vaqti kelganda botadi”, — deb yozgan Jekson o‘z postida. Shuningdek, u o‘z postiga o‘zining quyosh botishi fonidagi suratini ilova qilgan.
101
518
Madaniyat
Jennifer Lopes va Ben Afflek 65 mln dollarlik hashamatli uyni xarid qilishni rejalashtirmoqda
Jennifer Lopes va Ben Afflek Los-Anjelesdagi bir nechta hashamatli uylarni ko‘zdan kechirmoqda deya xabar bermoqda PeopleTalk nashri. Juftlikni Holmbi-Hillsda suratga olgan TMZ paparatssiysining so‘zlariga ko‘ra, ular ko‘zdan kechirgan uylardan birining narxi — 65 million dollarni tashkil qiladi. Uyning yashash maydoni 31 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Unda 8 ta yotoqxona va 12 ta hammom mavjud. Uy ichida hatto bouling maydonchasi ham bor. Eslatib o‘tamiz, juftlik 18 yillik ayriliqdan so‘ng yana bir-birini topgan edi. O‘shanda Ben va Jennifer to‘y qilishni rejalashtirgan, ular bu haqidagi yangilikni ommaga havola etgan. Afflek Jey Loga 1,5 million dollar evaziga qimmatbaho uzuk sovg‘a qilgan va 2003-yil sentabr oyida Santa Monikada bo‘lib o‘tadigan nikoh marosimiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Biroq to‘yga bir necha kun qolganda to‘y bekor qilingani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan. Juftlik buning sababini aytishdan bosh tortgan. Bundan avval Ben Afflek va Jennifer Lopes 2021-yilning oxiriga qadar oila qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
93
1,080
Madaniyat
«Shum bola» filmining rejissyori olamdan o`tdi
«Shum bola» filmining rejissyori Damir Salimov 82 yoshida vafot etdi. Rejissyor Damir Salimov 1937 yilda Samarqandda tug`ilgan bo`lib, G`ofur G`ulom qissasi asosida suratga olingan «Shum bola» filmi bilan o`zbek kinomuxlislari orasida e`tirof topgan. Marhumning yaqinlari, oila a`zolariga “Darakchi.uz” sayti nomidan hamdardlik bildiramiz.
46
339
Madaniyat
“O‘zbekkonsert” badiiy kengashi xonandalar Manzura, Otabek Mutalxo‘jayev, Bahriddin Zuhriddinovlarning klipini efirga uzatishni rad etdi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 18 nafar xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi. “O‘zbekkonsert”  badiiy kengashida olti nafar xonandaning video kliplari turli xil kamchiliklar sabab, efirga uzatishga ruxsat berilmadi. Badiiy kengash tomonidan “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yuldasheva ijro etgan “Adashdim” qo‘shig‘ining klipdagi ayrim tasvirlarni to‘g‘rilash kerakligi tushuntirilib, ushbu klipni efirga uzatish rad etildi. Kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng qayta topshirish mumkinligi tavsiya etildi. Xonanda Bahriddin Zuhriddinov ijro etgan “Dilozorim” qo‘shig‘iga ishlangan video klip mazmuni bilan qo‘shiq mazmunida uyg‘unlik yo‘qligi, klipdagi oxirgi qismidagi dialoglar qo‘shiqqa mos emasligi ta’kidlanib, rad etildi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etilganidan so‘ng, kengashga qayta taqdim etilishi ta’kidlandi. Xonanda Samadjon Ro‘zmetov ijro etgan “Kel ey” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip mazmuni bilan qo‘shiq mazmunida uyg‘unlik yo‘qligi, klipdagi dialoglar tushunarsizligi hamda qo‘shiq matni sayozligi bois rad etildi. Xonanda Alisher Zokirov ijro etgan “Yurak sen bilan” qo‘shig‘iga ishlangan video klipdagi o‘rinsiz kadrlardan voz kechish kerakligi xonandaga tushuntirildi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib kengashga qayta taqdim etilishi ta’kidlandi. Xonanda Nargiza Kenjayeva ijro etgan “Bale-bale” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda g‘arbga taqlid kuchli ekanligi, milliylikdan uzoq, qadriyatlarimizga mutlaqo zid tasvirlar mavjudligi ta’kidlanib, ushbu video klip ham rad etildi. Otabek Mutalxo‘jayev ijro etgan “Ayt tun” qo‘shig‘i matnini professional shoirga ko‘rsatib qayta ijro etishini hamda klipdagi tasvirlaridagi kamchiliklar xonanda va klipmeykerga tushuntirildi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib kengashga qayta taqdim etilishi ta’kidlandi.
136
2,043
Madaniyat
O`zbekiston Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati deb topildi
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi. Qayd etilishicha, 22 noyabr kuni Kuala-Lumpur shahrida Malayziya turizm, san`at va madaniyat vaziri o`rinbosari Muhammad Baxtiyor bin Van Chik O`zbekiston elchisi Ravshan Usmonovga tegishli diplomni topshirdi. Taqdirlash marosimi yillik marosim davomida bo`lib o`tgan. G`oliblar Malayziyaning “Research House of Asia Media” kompaniyasi tomonidan o`tkazilgan Osiyo mintaqasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha ijtimoiy va marketing tadqiqotlari natijalari asosida aniqlangan. Taqdirlash marosimida Osiyoning 20 dan ziyod mamlakatidan 1000ga yaqin kishi ishtirok etgan. Xabarda marosimda O`zbekistonda YuNESKO Butunjahon merosiga kiritilgan beshta ob`ekt joylashgani qayd etilgani qo`shimcha qilingan. Eslatib o`tamiz, avvaroq O`zbekiston eng yaxshi madaniy-tarixiy turistik yo`nalish sifatida e`tirof etilgan edi.
71
864
Madaniyat
Forbes eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ro‘yxatini e‘lon qildi (foto)
Amerikaning Forbes jurnali dunyoda eng ko‘p haq oladigan mashhurlar reytingini tuzdi, deb xabar berdi “Filmpro”. Aktyorlar orasida Mark Uolberg yetakchilik qilmoqda. Reytingda musiqachilar, sportchilar hamda yozuvchilar ishtirok etdi. Top-3 likdan tadbirkor Shon Kombs (130 million dollar), qo‘shiqchi Beyonse (105 million dollar) hamda yozuvchi Joan Rouling (95 million dollar) joy egalladi. “Oskar” mukofotiga ikki karra nomzod, eng ko‘p haq oladigan aktyorlarning o‘tgan yilgi reytingida o‘ninchi pog‘onadan joy olgan Markka bu yil omad kulib boqdi. Uolberg ishtirokidagi filmlar jahon kinoprokatida 5,3 milliard dollar to‘pladi. Forbes’ning o‘tgan yilgi reytingida birinchilikni egallagan Jonsonning bu yildagi daromadining asosiy qismini “Forsaj 8” hamda “Jumanji” filmlari uchun olgan gonorari tashkil etdi. Dueyn Jonsondan keyingi o‘rinda o‘tgan yili oltinchi pog‘onani egallagan Vin Dizel band etdi. Unga bu yilda “Forsaj 8”, “Galaktika qo‘riqchilari 2” hamda “XXX: Jahon hokimiyati” filmlari yaxshigina daromad keltirdi. Saturday Night Live Show yulduzi o‘zining hozirgi darajasi uchun Netflix servisiga minnatdorchilik bildirishi kerak, chunki u servisdan hamkorligi uchun 25 million dollar olgan. “Barchasi yangicha” va “Sendi Ueksler” komediyalari tomoshabinlar orasida yaxshigina ommalashdi. Jeki Channing so‘nggi ishlaridan bo‘lgan “Temiryo‘l yo‘lbarslari” va “Xudoning qurol-aslahalari: Xazina qidirib” filmlari unga yanada mashhurlik va daromad keltirdi.
68
1,475
Madaniyat
"SAHRODAGI LUVR"GA BAG`IShLANGAN KITOB ALOHIDA QIMMATGA EGA
28 noyabr kuni Toshkentda start olgan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida “Dunyo to`plamlarida O`zbekiston madaniy merosi” to`plamining 6-10-jild kitob-albomlarning taqdimoti o`tkazildi. Ushbu kitob-albomlarning 9-jildi I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat san`at muzeyi to`plamidir. Bu haqda mazkur muzey direktori Gulbahor Izentaeva shunday deydi: - “Dunyo to`plamlarida O`zbekiston madaniy merosi” to`plamining 9-jildi bizning muzey, uning noyob eksponatlariga bag`ishlanganini alohida mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Unda qadimgi Xorazm moddiy va ijodiy madaniyatiga tegishli buyumlar, Qoraqalpog`iston hududida joylashgan qadimgi va o`rta asrlarga oid qal`a hamda shaharchalardan topilgan arxeologik yodgorliklar, O`zbekistonning XX asr boshidagi mashhur rassomlarining ilk asarlarini o`z ichiga olgan Turkiston avangardi to`plami taqdim qilingan. Turkiston avangardining boy to`plami turli tarixiy davrlardagi O`zbekiston san`ati va madaniyatini o`zida aks ettirib, alohida qimmatga ega. Shu o`rinda muzeyimiz haqida ham qisqa so`zlamoqchi edim. Bugungi kunda muzeyimizning to`plamida 100 mingdan oshiq buyumlar saqlanadi. Muzeyimiz rus avangardi kolleksiyasi bo`yicha Rus davlat muzeyidan keyin 2-o`rinda turadi. Ko`plab xorijiy ekspertlar va sayyohlar muzeyni “Sahrodagi Luvr” deb atashadi. Munisa ALIEVA Fotograf: Omil HAKIMOV
59
1,427
Madaniyat
Xonandalar Nodir Zoitov va Shirin qizini tug‘ruqxonadan olib chiqdi (video)
16-iyul kuni qiz farzandli bo‘lgan xonandalar juftligi Nodir Zoitov va Shirin chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqdi. Oilaning yaqini Malika Ravshanova jarayonni jonli efirda folloverlariga namoyish etdi. Qizaloqqa Yasmin deb ism qo‘yilgan. “Yasmin— ‘Jannatdagi gul’ degan ma’noni anglatar ekan. Nodirjon qiziga shu ismni tanladi”, — deydi Malika Ravshanova. Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov nevarasini tug‘ruqxonadan olib chiqishi munosabati bilan hovlisida katta bayram tashkillashtirgani haqida xabar berilgan edi.
75
546
Madaniyat
Islom Karimov haqida yangi kitob chop etildi
Karimov Fondi boshchiligida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqidagi navbatdagi roman nashr etildi.  Fond matbuot xizmatida ma’lum qilinishicha, asar “Olov tutgan odam” deb nomlanib, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon tomonidan yozilgan. Unda Islom Karimov Qashqadaryo viloyat kompartiyasi birinchi kotibi vazifasida ishlagan vaqtdan boshlab O‘zSSR kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimiga tayinlangunga qadar bo‘lgan davr yozilgan. Islom Karimov 1986-yili iqtisodiy va ijtimoiy jabhada eng qoloq hududlardan biriga aylanib qolgan Qashqadaryoga yuboriladi. Davlat rahbari oldida mushkul vazifa turar edi: u odamlardagi tushkun kayfiyatga barham berishi, xalqning ishonchini qozonib, ularda yorug‘ kunlarga umid uyg‘otishi lozim edi. O‘sha kezlar Markazda Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarini birlashtirish taklifi qizg‘in muhokama etilayotgandi. Aynan Islom Karimovning qat’iy sa’y-harakatlari bilan Qashqadaryo alohida viloyat sifatida saqlab qolindi. Xalqning viloyat rahbariyatiga ishonchi asta-sekin o‘sib bordi. Qolaversa, Qashqadaryoning xo‘jalik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilana boshladi. Shu tariqa Islom Karimovning yetakchi va xo‘jalik boshqaruvchisi sifatidagi nufuzi ham mustahkamlandi. Bu esa uning respublika rahbari etib tayinlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. “Olov tutgan odam” romanida shu kabi voqealar batafsil tasvirlangan. Muallif Luqmon Bo‘rixon asar ustida ishlash jarayonida turli hujjatlarni, tarixiy manbalarni o‘rgangan, shuningdek, qalamga olingan hodisalarning shohidi bo‘lgan qashqadaryoliklar bilan ko‘p bora uchrashib suhbatlashgan.
44
1,609
Madaniyat
Showtime Bill Klintonning kitobi asosida serial suratga oladi
AQSh sobiq prezidenti Bill Klintonning “Prezident g‘oyib bo‘ldi” kitobi Showtime telekanali tomonidan serial ko‘rinishida ekranlashtiriladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Klintonning siyosiy triller yozish niyati haqida may oyida ma’lum bo‘ldi. Yozuvchi Jeyms Patterson uning hammuallifi bo‘ladi. Asar Qo‘shma Shtatlarning Oq uydan to‘satdan g‘oyib bo‘lgan to‘qima prezidentiga bag‘ishlanadi. Kitob ustidagi hamkorlikdagi ishlarda Klinton davlat rahbari va uning xavfsizlik xizmati faoliyati bilan bog‘liq tafsilotlar aniq yoritilishi uchun javob beradi. Kitob 2018-yil iyunida dunyo yuzini ko‘rishi kutilmoqda. Serial namoyish etiladigan sana hozircha ma’lum emas. Showtime kitob qahramonlarini hayotda jonlantirishini betoqatlik bilan kutyapman. Bill Klinton, AQShning sobiq prezidenti
61
789
Madaniyat
“Islomxo‘ja” filmi hammamiz uchun o‘sish bo‘ldi”. Asal Shodiyeva “Islomxo‘ja” tarixiy filmi haqida (video)
Aktrisa Asal Shodiyeva “Islomxo‘ja” filmining yopiq premyerasi arafasida “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Aktrisa “Islomxo‘ja”dagi roli, filmga qanday tayyorgarlik ko‘rgani haqida gapirib berdi. Malika bo‘lishni hamma orzu qiladi, ammo, bu oson ish emas ekan. Malikalarning hayoti, yurish-turishi, hattoki kulishi ham o‘ylab bajariladi. Chunki ularga ko‘p narsa mumkin emas. ‘Islomxo‘ja’ filmida malika Aziza poshsho bika rolini gavdalantirishga harakat qildim. Kastumlarim juda ham og‘ir edi, ‘u davrning odamlari shunaqa og‘ir kiyimlarni kiyib yurishgan ekan’, deya tasavvur qildim. Qahramonim, butun umr xon bilan qiynalib yashaganlar. Chunki u sevmasdan turmush qurgan bo‘ladi. Shuning uchun ikki inson o‘rtasidagi sukunat juda ham ko‘p vaqt davomida ushlab turilgan. Hattoki dard kelganida malika hech narsa deya olmaydi, sababi u insonga gapiradigan gapi allaqachon tugagan bo‘ladi. Filmdagi obrazim film davomida birorta so‘z aytmaydi. Avvallari birorta ssenariy qo‘limga tushgandan so‘ng qaysidir  filmlardan shunaqa obrazlarni qidirardim, ko‘rardim. Keyinchalik ekranda filmni tomosha qilganimdan so‘ng, ‘o‘zim xohlagan narsa chiqmagan ekan’, degan fikrga kelganman. Shu bois, inson o‘zining ichidagi, xayolidagi obrazni chiqarishga, gavdalantirishga harakat qilishi kerak ekan. ‘Islomxo‘ja’ filmi hammamiz uchun o‘sish bo‘ldi. Chunki tarixiy janrdagi filmlar kam suratga olinadi. Biz uchun bu yangilik. Filmda ishtirok etganimiz bizlarga katta dars, katta yutuq va qadam deb o‘ylayman. Asal Shodiyeva, aktrisa
106
1,593
Madaniyat
“Bosh rollarda Dev Adhikari, Dilnoza Kubayeva, Obid Asomov”. Hind kinoijodkorlari “O‘zbekkino” bilan hamkorlikda film suratga oldi (foto)
Alisher Navoiy nomli kino saroyida “O‘zbekkino” MA tomonidan suratga olingan 10 filmning ilk tizerlari premyerasi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekkino” tarixida ilk marotada bo‘lib o‘tgan mazkur taqdimotda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Taqdimotda so‘zga chiqqan “O‘zbekkino” MA rahbarining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayevning ma’lumotlariga qaraganda, hindlar bilan hamkorlik masalasi eng avvalo O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyevning tashabbusi bo‘lgan. Hindlar bilan hamkorlikda suratga olingan “Shod-u xurramlikda” deb nomlangan filmda bosh rolni o‘ynagan Dev Adhikari ayni vaqtda film bosh prodyuseri ham hisoblanadi. Shuhrat Rizayevning ma’lumotlariga qaraganda, Dev Adhikari Hindistonning Bengaliya qismida nihoyatda mashhur aktyordir. Film Bengal tilida yaratilgan bo‘lib, filmning Hindistondagi epizodlari Kalikuttada suratga olingan. Filmning asosiy voqealari Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Filmda hind aktyorlaridan tashqari Obid Asomov, Muqaddas Xoliqova hamda Dilnoza Kubayeva singari o‘zbek akyor va aktrisalari bosh rollarni ijro etishgan. Filmning O‘zbekistondagi prodyuseri rejissor Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” filmidagi Abdullajon roli bilan tanilgan aktyor Shuhrat Qayumov hisoblanadi. “Shod-u xurramlikda” filmining Hindistondagi premyerasi 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan. Respublika kinoprokat markazi matbuot xizmatining ma’lumotiga qaraganda, “Shod-u xurramlikda” filmining O‘zbekistondagi premyerasi dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
137
1,535
Madaniyat
Raqqosa Iroda Ismoilova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashayotgani hamda bunga sabab bo‘lgan holat haqida gapirib berdi (video)
Taniqli raqqosa Iroda Ismoilova “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida yetti yillik turmushidan ajrashayotgani hamda bunga turtki bo‘lgan sabab haqida gapirib berdi. “Bu vaziyatda hech kimni ayblay olmayman. Birinchidan, ‘qars ikki qo‘ldan chiqadi’, deyishadi, ikkinchidan, bu taqdir. Bu mavzuning davom etmaslik sababini aytadigan bo‘lsam, hali sobiq emas, turmush o‘rtog‘im boshqa ayol bilan turmush qurdilar, menimcha, farzand ham kutishyapti. Ularning baxtli bo‘lishini xohlayman. U ayolning hech qanday aybi yo‘q. Men hech qachon ko‘rmaganman, qo‘lim bilan ushlamaganman. Bitta sabab bo‘lgan. Ularning yozishmasini ko‘rib qolganman. U yerda erim ‘Mening ayolim bachadon saratoni bilan kasallangan’, deb yozgan. Shuni kechira olmadim, bo‘ldi. Men xiyonat qildilar, deb ayta olmayman. Saraton degani, men har kuni ertalab turib senga o‘lim tilayman, degani. Nima uchun?”, — deydi raqqosa.
122
910
Madaniyat
Rossiyalik qo‘shiqchi Yevgeniy Osin 54 yoshida vafot etdi. Bunga ichkilikbozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda
Rossiyalik qo‘shiqchi Yevgeniy Osin 54 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”. Xonanda o‘z uyida hayotdan ko‘z yumgan, o‘limining rasmiy sababi oshkor etilmayapti. Osinga o‘tgan yili alkogolizmning so‘nggi bosqichi tashxisi qo‘yilgan, uni davolanish uchun Tailanddagi klinikaga yuborishgan edi. 2018-yilgi intervyuda artist spirtli ichimlikni motospirt bilan almashtirganini, ammo bir hafta ichida ikki marta avtohalokatga uchraganini aytgan edi. “Ren TV” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shiqchi alkogol iste’molidan yuzaga kelgan yurak to‘xtab qolishidan vafot etgan bo‘lishi mumkin. Jasadni Yevgeniyning singlisi Albina ko‘rib qolgan. Bundan tashqari, mart oyida xonandaning hamkasblari uning salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida ma’lum qilgandi. “Uning avariya chog‘ida shikastlab olgan qo‘li yiringlab yotibdi. Buyraklari ishlamayapti. Oyoqlari ishlamayapti. Oyog‘i bilan oldin ham muammolar bo‘lgan. Shifokorlar unga hech qachon ichmaslikni tayinlagan edi”, — dedi “Laskoviy may” guruhi prodyuseri Andrey Razin.
112
1,038
Madaniyat
Mayk Tayson Madonna bilan birga kuyladi
Taniqli ameriklaik bokschi Mayk Tayson xonanda Madonna bilan birga qo‘shiq kuyladi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda. Iconic qo‘shig‘ini yozishda Tayson Madonna va Chance the Rapper taxallusiga ega reper bilan birga qatnashgan. Qo‘shiq Rebel Heart albomidan o‘rin oladi. To‘plamga jami 19 ta tarona kiritilgani qayd etilgan.
39
330
Madaniyat
“Moziydan sado” nomli ko`rgazmada 50 ga yaqin asarlar namoyish etilgan
O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida Alisher Alikulovning “Moziydan sado” nomli ko`rgazmasi ochilishi bo`ldi. Alisher Alikulov tasviriy san`at olamiga oldingi asrning 90-yillarida kirib keldi. Aynan shu damdanoq uning ijodi mazmuni – tarixiy va batal janri ekani aniqlandi. Yosh rassom faoliyatining muhim rivojiga turtki O`zbekistonning mustaqillikka erishishi bo`ldi; aynan milliy tarix, ruhan boy madaniy an`analar uning ijodida alohida ahamiyatga ega. K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti mahobatli rangtasvir bo`limi bitiruvchisi bo`lgan rassom qisqa vaqt ichida e`tirof etildi. Alisher ko`p figurali kompozisiyalar va borliqni realistik uslubda aks ettirishni afzal ko`radi. Uning dasthatidagi farqli jihatlar bu detallardagi aniqlik, syujetlarga e`tibor, tarixiy hodisalarning ishonchli ifodasidir. U o`z asarlarida nafaqat O`zbekiston, balki butun dunyo tarixini yarata olgan qahramonlari xarakterini yorqin tarzda aks ettira oladi. Shu bilan bir qatorda rassom o`z iste`dodi diqqatini hozirgi davrga ham qaratadi. Bularning dalili – uning bir qator o`z zamondoshlariga bag`ishlangan asarlaridir. A.Alikulov – ko`plab respublika va Xalqaro ko`rgazmalar qatnashchisi. 1996 yil Amir Temur va Temuriylar davriga bag`ishlangan qator ishlari uchun ijodkor “Shuxrat” medali sovrindori bo`ldi. 2001 yilda O`zbekiston Badiiy Akademiyasining “Oltin medali” sohibi, 2003 yilda esa “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi” unvoniga sazovor bo`ldi. Rassomning mahorati figuralarning ifodali plastikasida, butun kompozisiyaning koloristik uyg`unligida namoyon bo`ladi. Tomoshabin e`tiborini shartli, yorqin bo`yoqlar palitrasiga ega badiiy talqin ham o`ziga jalb etadi. Rassom fikricha, san`at – bu ezgulikka yo`naltirilgan fidoiylikdir. Rassom o`z ijodi bilan miniatyura san`ati mohiyatini tushunib etishga va tarixiy hodisalarni xalq an`analari va mumtoz maktab uslublarini saqlab qolgan holda ifoda etishga harakat qiladi. Alisher Alikulov ijodi – bu mahobatli va amaliy rangtasvirning ulkan va murakkab jarayonlarining yorqin ifodasidir. Ko`rgazmada rassomning 50 ga yaqin asarlari namoyish etilgan. Qo`rgazma 2018 yilning 18 fevraliga qadar davom etadi.
71
2,185
Madaniyat
Zulfiqor Musoqov karantinda ko`rish uchun eng yaxshi 6 ta filmni tavsiya qildi
Taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqovga “Karantin paytida ko`rish uchun kinotomoshabinlarga qaysi filmlarni tavsiya qilasiz?” degan savol bilan murojaat qildik, deb yozmoqda Buxro.uz telegram kanali. Zulfiqor Musoqov kinotomoshabinlarga karantin paytida quyidagi jahon filmlarini ko`rishni (tomosha qilganlar qayta ko`rishni) tavsiya qilgan.   1.  “Fantomas” (Andre Yunebel, 1964) 2.  “Terminator 1” (Jeyms Kemeron, 1984) 3.  “Terminator 2” (Jeyms Kemeron, 1991) 4.  “Yura davriga sayohat” (Stiven Spilberg, 1993) 5.  “Tubsizlik” (Jeyms Kemeron, 1989) 6.  “Chujoy” (Ridli Skott, 1979) Shuningdek, rejissyor o`zining filmlaridan karantin paytida ko`rish uchun quyidagi filmlarni tavsiya qildi: 1. “Bomba” 2. “Qovun” 3. “Oy ostidagi hovli” 4.  “Kalish” 5. “Kichkina tabib” 6. “Novda”
78
782
Madaniyat
“Shaytanat”ning to‘liq to‘plami nashrdan chiqdi
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning besh kitobdan iborat “Shaytanat” kitobi to‘liq nashrdan chiqdi. Bu galgi tugal va mukammal nashrda besh qismli kitobning har bir qismi alohida nom ostida taqdim etilgan, asarning o‘zi esa yaxlit, mazmunan va mantiqan yakun topgan ko‘rinishda, barcha tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritilgan holda chop etildi. “Shaytanat” to‘plamining birinchi qismi “Qasos”, ikkinchi qismi “Non bergan jon olmaydi”, uchinchi qismi “Semirgan chumoli”, to‘rtinchi qismi “Oqqush qo‘shig‘i”, beshinchi qismi “Azozil do‘koni” deb nomlandi. Qismlarning har biri alohida nomlangani va har bir qism alohida kitob sifatida nashr etildi.
47
765
Madaniyat
Enrike Iglesias sabab Obid Asomov konsertining bir kuni 2018-yilga ko‘chirildi
Enrike Iglesiasning 28-dekabrda “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi munosabati bilan Obid Asomovning uch kunlik “Sizlarni sog‘indim” nomli konsertining bir kuni 2018-yilga ko‘chirildi. Bu haqda konsert tashkilotchisi “San’at bravo” MChJ rahbari Javlon Jo‘rayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. 28-dekabr kuni Enrike Iglesias “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi sababli Obid Asomovning 28-dekabrdagi konsert dasturi  2018-yil 2-yanvar kuni, soat 19:00 ga ko‘chirildi. 28-dekabr kuniga bilet sotib olgan muxlislar 2-yanvar kuni bemalol konsertda mehmon bo‘lishlari mumkin. Agar 2-yanvar kuni boshqa rejada yurgan bo‘lishsa, kelib biletlarini 29 yoki 30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturga almashtirib yoki umuman biletning pulini olib ketishlari ham mumkin. Javlon Jo‘rayev, konsert tashkilotchisi Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomovning konsert dasturi 28—30-dekabr kunlariga rejalashtirilgan edi.
78
955
Madaniyat
“O‘zbekiston” telekanali uchun kursdosh do‘stlarning kechmishi haqida 50 qismli serial suratga olinmoqda
“O‘zbekiston” teleradiokanali buyurtmasiga asosan rejissyor Ergash Mo‘minov tomonidan “Zurriyod” nomli 50 qismli serial suratga olinmoqda. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. Serialda birga tahsil olgan do‘stlarning pok muhabbati, oila qurib, turmush tashvishlariga o‘ralashib qolishi, oilalar o‘rtasidagi tafovutlar, ziddiyatlar qanday oqibatlarga olib kelishi hayotiy voqealar misolida ochib berilgan. “Ayni damda Oqtoshdagi Xondayliq qishlog‘ida suratga olish ishlari bilan bandmiz. Jarayon fevral oyiga qadar davom etadi. Serial may oyining oxirida ekran yuzini ko‘radi”, — dedi rejissyor. Ko‘p qismli telemahsulotda Dilniyoz G‘afforova, Sevara Soliyeva, Bahodir Musayev, Xurshid To‘xtayev, Sherzod Boymurodov kabi aktyor-aktrisalar, shuningdek, Muqaddas Xoliqova, Dono Boboxonova, Xosiyat Husanova, Tohir Saidov, Ma’rifat Ortiqova kabi 60 ga yaqin teatr aktyorlari suratga tushmoqda. Qayd etishlaricha, dastlabki 20 qismi ekranga chiqqach, 2016-yil yoz oylarida serialning ikkinchi faslini suratga olish ishlari boshlanadi. Unda birinchi fasldagi 25 yoshli qahramonlarning 50 yoshdagi taqdiri ko‘rsatib beriladi.
104
1,127
Madaniyat
Amerikalik yigit yangi “O‘rgimchak odam” filmini 292 marta ko‘rib, jahon rekordini o‘rnatdi
AQSHning Florida shtatida yashovchi yigit “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmini kinoteatrda 292 marta ko‘rib, jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi saytida ma’lum qilindi. Ramiro Alanis “O‘rgimchak odam”ning so‘nggi qismini tomosha qilishga 720 soat yoki 30 kun sarflagan. Amerikaliklarning hisob-kitoblariga ko‘ra, kinoteatr chiptalari uchun taxminan 3,4 ming dollar sarflangan. Kinoseanslarda Alanis filmni ko‘rishdan chalg‘imagan, hojatxonaga kirmagan va telefondan foydalanmagan. Shuningdek, u tomoshabinlar zalida titrlarni o‘tkazib yubormay, seans oxiriga qadar qolgan. Bundan oldingi kinomarafonda Alanis hojatxonaga chiqqani uchun 11 marta ko‘rishlar soni hisoblanmagan edi. Alanis bitta filmni ko‘p marotaba ko‘rish bo‘yicha birinchi rekordini 2019-yilda o‘rnatgan: u o‘shanda “Qasoskorlar: Intiho”ni 191 marta ko‘rgan. Biroq ko‘p o‘tmay, fransiyalik yigit “Kamelot: Qirolning qaytishi”ni 204 marta ko‘rib, rekordni yangilagan edi. Avvalroq “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmi AQSH tarixidagi eng kassabop filmlar uchligiga kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
91
1,105
Madaniyat
Yulduz Usmonovadan Lobodagacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarning chipta narxi qancha?
San’at ixlosmandlariga qulaylik yaratish maqsadida yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsert dasturlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik. Jamshid Normatov 12-fevral kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida qiziqchi Jamshid Normatov “Yangi toshkentlik” nomli konsert dasturini taqdim etadi. Konsert chiptalari 20 000—250 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarilgan. Konsertga oz qolgan bo‘lsa-da, chiptalarni topish muammo emas. Imron “Yomon qiz”ni yaxshi ko‘radigan Imron 13—14-fevral kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini o‘tkazadi. Chiptalar 20 000—250 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarilgan. Konsert chiptalari deyarli sotib bo‘lingan, ammo topish muammo emas. Gala-konsert Xotin qizlar bayrami arafasida ko‘plab gala-konsertlar tashkil etiladi. Ulardan biri 28-fevral kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalari 30 000—120 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda. Cho‘ntagingiz ko‘tarishiga qarab, istalgan joydan chipta xarid qilishingiz mumkin. Bu konsertga chipta topish muammo emas. G‘ulomjon Yoqubov O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning bu yilgi konserti 1-mart kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalarini 25 000—250 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin. Konsert tashkilotchilarining ta’kidlashicha, old qator chiptalari allaqachon sotib bo‘lingan. Chunki xonandaning muxlislarini yoshi ulug‘ insonlar tashkil etgani bois farzandlari old qator chiptalarini sovg‘a sifatida xarid qilishgan. Hozircha o‘rta va orqa qator chiptalarini topish muammo emas. “Sen aziz va muqaddassan, ayol” Rejissor Sa’dulla Abdullayev tomonidan 24-yildan buyon o‘tkazilayotgan “Sen aziz va muqaddassan, ayol” konsert dasturi bu yil 3-4-5-mart kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalari 35 000—300 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga qo‘yilgan. Kechki seans chiptalari allaqachon sotib bo‘lingan. Shu bois tashkilotchilar 4—5-mart kunlari kunduzgi seanslarni ham tashkil etishdi. Hozircha kunduzgi seanslarga chiptalar bor. Yulduz Usmonova Primadonnaning bu yilgi konserti 10—25-mart kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Uning navbatdagi 16 kunlik konsert dasturiga tayyorgarliklar avjida. Konsert chiptalari 35 000—350 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga qo‘yilgandi. Ammo kassada o‘tirgan ayol pastki qatorda chipta qolmaganligini aytdi. Konsert tashkilotchilarining aytishicha, biletlar uch oy avval sotuvga chiqarilgan. Shu bois hozir old o‘rinlardan chipta topish muammo. Ammo saroy atrofidagi “qora bozor”da chiptalar hamisha topiladi. Xususan, Yulduz Usmonovaning konserti chiptalarini 150 000—500 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotib olishingiz mumkin. Ozoda Nursaidova Ozoda Nursaidova 9—16-may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Tasalli ber” nomli konsert dasturini o‘tkazadi. Chiptalar 25 000—300 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda. Hozircha konsertning istalgan kuniga chipta topish mumkin. Fevral va mart oylarida ko‘plab xorij san’atkorlari ham yurtimizda mehmon bo‘lib, konsert berishadi. Xo‘sh, ularning konsert chiptalari qanchadan sotilyapti? Monatikning konsert dasturi 14-fevral kuni Humo Arena’da bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalari 80 000—750 000 bo‘lgan narxda sotilyapti. Lolitaning konserti esa 16-fevral kuni “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Uning konsertiga borish uchun chiptalarni 150 000—1 200 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin. 5-mart kuni Humo Arena saroyida Bastaning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Chiptalar biroz qimmat. Eng arzon chiptani 350 000 so‘mga, eng qimmatini esa 900 000 so‘mga xarid qilish mumkin. 26-mart kuni Humo Arena saroyida Maks Korjning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Chiptalar 100 000—550 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda. 28-mart kuni rus estradasining yana bir vakili Loboda Humo Arena saroyida konsert dasturini namoyish etadi. Konsert chiptalari 50 000—900 000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.
91
3,999
Madaniyat
Buxoroda Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi badiiy filmning suratga olish ishlari yakundanmoqda
"O`zbekkino" Milliy agentligi Buxoroda buyuk tarixiy shaxs, o`zbek dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi tarixiy dramani suratga olish ishlarini boshlashga muvaffaq bo`lgan edi. Hozirda esa filmni suratga olish ishlari yakunlanmoqda. Behbudiy jadidchilikning atoqli vakili, ma`rifatparvar va milliy teatr san`atining asoschilaridan biri bo`lgan. Uning faoliyati o`z davrida o`lkamizda madaniyat, fan va ta`limning rivojlanishiga zamin yarata oldi. Film o`sha davrning haqiqiy voqealariga asoslangan bo`lib, XIX asr oxiridan XX asrning 20-yillarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Filmning badiiy mohiyati katta epizodli xotiralardan iborat bo`lib, ular orqali Mahmudxo`ja Behbudiyning butun hayot yo`liga chuqur nazar solish mumkin. Film haqiqiy tarixiy voqealarga to`la bo`lib, unda Qo`qon muxtoriyatining mag`lubiyati, qochqinlar va harbiy to`qnashuvlar haqida hikoya qilinadi.   Buxoroda Behbudiyning qamoqdagi so`nggi kunlari, zindondagi epizodlari suratga olinadi. Bundan tashqari, filmning suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand va yurtimizning boshqa shaharlarida ham bo`lib o`tdi.   Ssenariy mualliflari Baqo Sodiqov va Ulug`bek Sodiqov. Postanovkachi rejisser - Baqo Sodiqov.   "Ushbu film "O`zbekkino" Milliy agentligining maxsus buyurtmasi asosida ma`rifatga yo`g`rilgan Islom asoslari va uning asl mohiyatini butun dunyoga ko`rsatib bergan jadidchilar va xususan, Mahmudxo`ja Behbudiyning fidokorona xatti-harakatlariga ehtirom sifatida suratga olinmoqda. Bunday daholar insonparvar millatimizning asl in`ikosi va ularning yorqin xotirasini tiklash biz uchun farzdir! Filmda aks etgan Behbudiyning ko`plab monologlari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan”, – deydi film ssenariysi hammuallifi Ulug`bek Sodiqov. Bu yil 145 yilligi keng nishonlanishi kutilayotgan taniqli olim va publisist Mahmudxo`ja Behbudiy haqidagi mazkur tarixiy drama tomoshabinlar uchun ajoyib sovg`a bo`ladi va ayniqsa, yoshlarga ma`naviy ozuqa bera oladi.
90
1,978
Madaniyat
Internet foydalanuvchilari “Perviy kanal”ni Kirkorovning uyini ta’mirlab bergani uchun qoraladi
“Perviy kanal”da namoyish etiladigan “Ideal ta’mir” ko‘rsatuvida estrada xonandasi Filipp Kirkorovning uyi ta’mirlab berildi. Bu haqda telekanal saytida ma’lum qilindi. Quruvchi va arxitektorlar qo‘shiqchining qasrini haqiqiy Disneyland’ga aylantirdi. Uning ikki metr chuqurlikdagi basseyni mozaika bilan bezatildi. Uyga esa ertak qahramonlari joylashtirildi, biroq bularning hammasi xonandaning muxlislariga yoqmadi. Filipp Kirkorovning o‘zi ham bu haqda Instagram’dagi sahifasida shunday yozadi: “Mana shu ikki qobiliyatli arxitektor ‘Perviy kanal’dagi ajoyib ko‘rsatuvi tufayli uyimni Disneyland’ga aylantirdi. Unda farzandlarim uchun dam olish hududi, basseyn, uy kinoteatri ham barpo etildi”. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Perviy kanal”ning ushbu loyihasini qattiq tanqid ostiga oldi. Ular Filipp Kirkorovning uyini ta’mirlash uchun mablag‘i yetarli ekanligi, ko‘rsatuv ijodkorlari haqiqatdan ham muhtoj kishilarning uyini ta‘mirlab bersa maqsadga muvofiq bo‘lishini yozib qoldirgan.
95
994
Madaniyat
Javohir Zokirov o‘zi haqidagi eng yoqimsiz mish-mish haqida gapirdi
Aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasida ishtirok etdi va ko‘plab qiziqarli savollarga javob berdi. Xususan aktyor o‘zi haqida tarqalgan eng yoqimsiz mish-mish haqida ham to‘xtalib o‘tdi. “Afsuski, mashhurlar haqida turli gap-so‘zlar tarqalishi odatiy holga aylanib boryapti. Bu juda yomon. Ko‘p yillik ijodiy faoliyatimda men haqimda ham bo‘lar-bo‘lmas, yolg‘on va yoqimsiz xabarlarni tarqatishgan. Ulardan eng yomoni meni giyohvand deyishgani. Yaxshi bilmagan kishisi haqida tuhmat gaplar tarqatadiganlarga insof bersin”, — dedi Javohir Zokirov.
67
583
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini” yulduzi Kristofer Xivyuda koronavirus aniqlandi
“Taxtlar o‘yini” serialidagi Tormund roli bilan mashhurlikka erishgan norvegiyalik aktyor Kristofer Xivyuda koronavirus aniqlandi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan, deb xabar beradi “Kinopoisk”. Aktyorning aytishicha, u hozirda oilasi bilan birga uy sharoitda izolyatsiyalangan va ahvollari yaxshi. Ta’kidlanishicha, ularni biroz shamollash belgilari bezovta qilmoqda. “Virus ayrim odamlar uchun alohida xavf tug‘diradi, shu sababli ehtiyot bo‘lishlaringizni so‘rayman. Qo‘llaringizni yuvib yuring va bir-biringiz bilan oraliq masofani 1,5 metr atrofida saqlang, karantinda qoling. Virus tarqalishining oldini olish bo‘yicha qo‘lingizdan keladigan barcha ishni qiling”, — deb yozadi Xivyu. Avvalroq, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan Olga Kurilenko va Tom Xenks ham kasallangani haqida xabar berilgandi.  Britaniyalik aktyor Idris Elba ham koronavirusni yuqtirib oldi
64
908
Madaniyat
Buyuk Britaniyada yilning eng yaxshi seriali ma’lum qilindi
Buyuk Britaniyada Britaniya kino va televizion san’ati mukofotini topshirish bo‘yicha 71-marosim bo‘lib o‘tdi. Hay’at mamlakatning eng yaxshi dramatik seriali sifatida Killian Myorfi ishtirokidagi “O‘tkir soyabonlar” filmini tan oldi. Bu haqda mukofot saytida ma’lum qilingan. Serial 1920-yillarda Angliyaga kelib joylashgan Birmingemdagi lo‘lilar to‘dalari haqida hikoya qiladi. Serial real voqealarga asoslangan. Uning yaratuvchilari to‘rtta mavsumni taqdim etgan, beshinchi mavsumning taqdimoti 2019-yilga rejalashtirilgan. “Eng yaxshi xorijiy serial” nominatsiyasida Elizabet Moss ishtirokidagi “Xizmatkor hikoyasi” filmi g‘olib bo‘lgan. U Margaret Etvudning shu nomli asariga asoslangan va jahon inqirozi oqibatida AQSh hududida paydo bo‘lgan antiutopik totalitar davlatdagi ayolning taqdiri haqida hikoya qiladi.
59
819
Madaniyat
“Sevgi iztirobi” seriali O‘zbekistonda uchinchi marta efirdan olib tashlandi
Zo‘r TV telekanalida ikki marta efirdan olib tashlangan Turkiyaning “Sevgi iztirobi” (Kara sevda) seriali 30-mart, dushanba kunidan efirga berila boshlagandi. Ammo 2-apreldan boshlab serial namoyishi to‘xtatib qo‘yildi. Karantin tufayli O‘zbekiston telekanallarida yangi ko‘rsatuvlar olish imkoniyati biroz cheklanganligi tufayli telekanallar avval namoyish etilgan bir necha seriallarni qaytadan qo‘yishni boshladi. Hozirda “Milliy TV”da Turkiyaning “Ko‘sem” va “Muhtasham yuz yil” seriallari qaytadan qo‘yilmoqda. “Zo‘r TV” telekanali ham mart oyining oxirida “Sevgi iztirobi” seriali yana namoyish etilishini e’lon qilgandi. Birinchi mavsumdan namoyishi boshlangan “Sevgi iztirobi” 3 ta qismdan so‘ng efirdan olindi. Uning o‘rniga Turkiyaning boshqa bir seriali — “Gulperi” namoyish etilmoqda. Zo‘r TV serial nima uchun efirdan olinganiga izoh bermagan, biroq bundan buyon serialni telekanalning Telegram’dagi kanalida ko‘rish mumkinligini ma’lum qildi. View this post on Instagram “Sevgi iztirobi” Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. Ushbu serial O‘zbekistonda tezda ommalashdi, hatto choyxonalarda ham serialni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Uning reklama bannerlarini poytaxt ko‘chalarida ham ko‘rish mumkin edi. 2018-yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi. Zo‘r TV telekanali 2019-yil iyul oyida “Sevgi iztirobi” efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi. Ertasi kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi. Ma’lumot uchun, “Kara sevda” seriali Turkiyada 2015-yildan 2017-yil yozigacha namoyish etilgan bo‘lib, 2 mavsum va 74 qismdan iborat. Uning har bir qismi 120—150 daqiqadan iborat. Serialning har bir epizodi turli davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham bir necha qismlarga bo‘lib uzatildi. Serial 2017-yilda “Yilning eng yaxshi telenovellasi” nominatsiyasida “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi. Dunyoning 20 dan ortiq davlatida, xususan, BAA, Iroq, Afg‘oniston Islom respublikalarida ham namoyish etildi.
76
2,349
Madaniyat
Jahongir Otajonov nima uchun Shahzoda, Sevara Nazarxon va Sogdiana bilan duet kuylamaganiga oydinlik kiritdi
O‘zbekistonlik san’atkorlar orasida birinchilardan bo‘lib “Istiqlol” san’at saroyida bir yilda ikki marta konsert dasturini taqdim etayotgan xonanda Jahongir Otajonov konsertoldi matbuot anjumanini o‘tkazdi. Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan anjumanda 40 ga yaqin OAV vakillari, xususan, jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Avvalroq Jahongir Otajonov ushbu matbuot anjumanida keyingi konsertini 2017-yil mart oyida taqdim etishni, undan keyin esa har to‘rt oyda bir marta konsert berishni niyat qilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, xonanda to‘ylardagi xizmati uchun nega katta gonorar so‘rashi, konsertdan foyda olish-olmasligi haqidagi savollarga ham batafsil javob qaytargan edi. Otajonovga, shuningdek, duetlar masalasida ham savol bilan murojaat qilishdi. — Har bir ijodkorning duet aytgisi keladi, — dedi Jahongir Otajonov. — Ikki yilcha ilgari Shahzoda bir odam orqali men bilan duet qo‘shiq aytish taklifini qilgan ekan. Shahzodaning mavqei, shou-biznesdagi o‘rni yuqori, ko‘chada meni kimdir tanimasligi mumkin, ammo Shahzodani albatta tanishadi. Biroq u bilan yo‘nalishimiz har xil, shuning uchun men bu taklifga javob bera olmadim. Shahzoda bilan duet aytsam, meni yanada tanilardim, bu yaxshi natija berishi mumkin edi. Biroq tanilish uchun ijod qilinmaydi. Uning yo‘nalishi boshqa, mening yo‘nalishim boshqa. Shahzoda bilan qo‘shiq kuylagan taqdirimda ham, bu qo‘shiq chiroyli bo‘lmasdi, deb o‘yladim. Undan avvalroq Feruza Jumaniyozovaga o‘zim taklif bilan chiqqanman, ammo uning onasi: “Qani, qo‘shig‘ingni eshitib ko‘raylik-chi?!”, degani uchun, duet bo‘lmadi. Men ham uncha-muncha qo‘shiqni kuylamayman, shu vaqtgacha ijodga yengil yondashmaganman. Gaplari menga og‘ir botdimi, ishqilib, Feruza Jumaniyozova bilan ham duet kuylamadik. Bundan o‘n yillar oldin “Kamolot”ning tadbirida qatnashish uchun Sevara Nazarxon bilan birga ancha yo‘l yurganmiz. O‘shanda Sevaraga ham duet kuylash taklifini qilganman. Biroq, o‘ylashimcha, u bilan kuylagan duetimiz ham ko‘ngildagidek chiqmagan bo‘lardi. Gulsanam Mamazoitovaga duet aytishni taklif qilganman, kelishganmiz, ammo o‘zimning aybim bilan bu ham oxiriga yetmay qolgan. Sogdiana bilan ham duet qilmoqchi bo‘lgandik, afsuski, bu ish ham o‘xshamagan. Jahon estradasida juda mukammal duetlar bor. Biz ham bemalol ular darajasida ijod qilishimiz mumkin. Duet qo‘shiqni bir tomonning taklifi bilan yaratib bo‘lmaydi, duetdoshda ham fikr bo‘lishi kerak. Men qo‘shiq yozib: “Mana bunday aytasiz”, deganim bilan, bu duet bo‘lmaydi: kimdir qo‘shiq tayyorlasa, boshqa biri uni faqatgina kuylasa — bu duet emas, balki ikki alohida xonandaning qo‘shig‘i bo‘ladi, xolos. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
108
2,799
Madaniyat
Hamdam Sobirov, Jahongir Xo‘jayev, Janob Rasul va boshqa o‘zbek san’atkorlarining Instagram sahifasidagi reklama narxi qancha?
O‘zbek shou-biznesida mashhurlikka erishgan san’atkorlar hozirgi kunda reklama qilishning eng qulay vositasiga aylangan ijtimoiy tarmoqlardan ham qo‘shimcha mablag‘ topadi. “Daryo” muxbiri Nasiba Abduxamidova ayrim san’atkorlarning Instagram sahifasida reklama postini joylashtirish narxini o‘rgandi. Shahzod Sultonov  Yosh, iste’dodli aktyorlardan biri Shahzod Sultonovning Instagram sahifasidagi reklama stories’ining narxi 400-500 dollar, reklama postini joylashtirish esa 1500 dollarni tashkil etadi. Sahifadagi stories bir kun davomida saqlanib turadi. Uning Instagram sahifasida bir millionga yaqin obunachi bor. Bahrom Nazarov  Xonanda Bahrom Nazarovning Instagram sahifasida bir milliondan ortiq obunachi bor. Uning Instagram sahifasidagi reklama stories’i 10 dollar, lentada post joylashtirish esa 500 dollar hisoblanadi. Stories’dagi reklama bir kun davomida saqlanib turadi, ayrim reklamalarda xonandaning o‘zi ham ishtirok etadi. Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar” kulgi jamoasining a’zosi, aktyor Jahongir Xo‘jayev Instagram sahifasida 3 million 800 mingdan ortiq obunachi bor. Aktyor o‘zi ishtirokidagi videorolikni 2500 dollar, foto postni 1000 dollar va stories’ni 500 dollar evaziga sahifasiga joylashtiradi. Stories bir kun sahifadan o‘chirilmaydi. Janob Rasul  Janob Rasul Instagram sahifasida reklama stories’ini 500 dollar, lentada reklama postinini esa 1000 dollar evaziga joylashtiradi. Reklamada xonandaning o‘zi ishtirok etadi. Uning Instagram sahifasida bir millionda ortiq obunachi bor. Ali Otajonov Instagram sahifasida bir milliondan ortiq obunachisi bo‘lgan aktyor, xonanda Ali Otajonovning reklama stories’i narxi 250 dollarni, post joylash esa 750 dollarni tashkil etadi. Ba’zi reklamalarda aktyorning o‘zi ishtirok etadi. Reklama bir kun davomida sahifadan o‘chirilmaydi.  Doston Ergashev Bir qancha xit taronalar ijrochisi Doston Ergashevning Instagram sahifasiga reklama postini 1500 dollar, stories’ni esa 500 dollarga joylashtirish mumkin. Reklamada xonandaning o‘zi ishtirok etmasa ham narx o‘zgarmaydi va stories bir kun sahifadan o‘chirilmaydi. Uning Instagram sahifasida bir milliondan ortiq obunachi bor. Umid Iskandarov Aktyor Umid Iskandarovning Instagram sahifasida 340 mingga yaqin obunachi bor. Uning sahifasida reklama postini 300 dollar, stories’ni esa 150 dollarga joylashtirish mumkin. Agar reklamada aktyorning o‘zi ishtirok etsa stories va post narxi 500 dollar bo‘ladi. Hamdam Sobirov “Tentakcham”, “Maktabimda”, “Esla meni” kabi xit taronalar ijrochisi Hamdam Sobirovning Instagram sahifasiga reklama stories’ini 500 dollar, lentadagi postni esa 1000 dollar evaziga joylashtirish mumkin. Reklamada xonandaning o‘zi ishtirok etmasa narx o‘zgarishi mumkin. Uning Instagram sahifasida 707 mingdan ortiq obunachi bor. Yorqinxo‘ja Umarov  Sahifasida 1 milliondan ortiq obunachisi bo‘lgan xonanda Yorqinxo‘ja Umarov o‘zi ishtirok etmagan reklama stories’ini 300 dollar, reklama postini 700 dollarga joylashtiradi. Reklamada xonandaning o‘zi ishtirok etsa stories narxi 500 dollar, reklama posti 1000 dollar bo‘ladi. Stories sahifada bir kun saqlanib turadi. Sardor Toirov Xonanda Sardor Toirov Instagramdagi sahifasiga 500 dollar evaziga stories va 1000 dollar evaziga reklama postini joylashtiradi. Reklamada uning o‘zi ishtirok etsa narx biroz ko‘tariladi. Xonandaning Instagram sahifasida 760 mingga yaqin obunachi bor.
126
3,380
Madaniyat
“Kalmar o‘yini” — butun dunyoni zabt etayotgan Janubiy Koreya seriali. Internet fenomeniga aylangan kartinani ko‘rish uchun 7 sabab
27-sentabr kuni Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali (Squid Game) Netflix’dagi eng mashhur shoular o‘ntaligi reytingining yuqori pog‘onasini egalladi. FlixPatrol’ning yozishicha, Koreya loyihasi striming platformada bu kabi natijani birinchi bor qayd etmoqda. Netflix’ning kontent bo‘yicha direktori Ted Sarandos tomosha qilishlar bo‘yicha natijalar shunday qoladigan bo‘lsa, “Kalmar o‘yini” platformaning eng muvvaffaqiyatli reliziga aylanishini bildirgan. Shuningdek, serial ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti: #squidgame xeshtegi TikTok’da 22 milliard martadan ortiq ko‘rilgan. TJournal’ning ma’lum qilishicha, tomoshabinlar kadrlar bilan bo‘lishyapti, o‘zlaricha nazariyalar tuzib, ayrim o‘yinlarni takrorlashga urinmoqda. Diqqat, materialda serialga bog‘liq u qadar ahamiyatli bo‘lmagan spoylerlar mavjud. “Kalmar o‘yini”ni Janubiy Koreyalik rejissor Xvan Don-Xyok suratga olgan. Uning boshqa ishlari qatoridan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikka bag‘ishlangan “Shafqatsiz sinov”, “Namxansanson qal’asi” tarixiy jangari filmi, shuningdek, “Miss buvijon” komediyasi o‘rin olgan. Mazkur kartinalarning barchasi xitga aylangan. “Kalmar o‘yini” seriali ustidagi ishlar 2008-yildan boshlagan bo‘lib, avvaliga to‘liq metrajli film taqdim etish haqida o‘ylagan. Serial sujetiga ko‘ra, murakkab vaziyatda qolgan 456 kishi o‘yinda ishtirok etishga taklif qilinadi. Qoidalar oddiy: olti kun va oltita bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yin. Masalan, o‘sha “Kalmar o‘yini” deya mashhurlikka erishgan bellashuvda o‘yinchilardan biri ikkinchisini maxsus maydondan chiqarib yuborishi kerak. Vazifani uddalay olmagan o‘yindan chiqadi (ya’ni o‘ladi). G‘olibga 40 million dollarga yaqin mukofot puli beriladi. Bosh qahramonlar orasida omadi chopmagan ishsiz, mijozlar pulini o‘g‘irlagan moliyachi, Shimoliy Koreyadan kelgan qochoq, miyasida o‘simta bor qariya, kazinoda ko‘p pul yutqazib qo‘ygan bezori, ezma ayol va Pokistondan kelgan migrant bor. Barchaning o‘yinda qolish uchun o‘z sabablari bisyor, ularning har biri qaysi strategiya bo‘yicha yo‘l tushishi kerakligini o‘zi hal qiladi. Serialda tajribali tomoshabin uchun tanish bo‘lgan elementlar mavjud. Birinchi navbatda u “Qirollik jangi”ni yodga soladi, ammu bu yerda “Parazitlar”, “Tajriba”, Netflix’ning “Platforma” va inson o‘zidan boshqa biror kimga ishonishi mumkinmi yoki yo‘qligini savol ostiga qo‘yadigan qator filmlarni uchratish mumkin. Sodir bo‘layotgan voqealar absurd bo‘lishiga qaramay, “Kalmar o‘yini”da motivatsiya va shaxslar o‘rtasidagi mojarolar hayratlanarli darajada haqiqatga yaqin. Serial “bindjvotching”ga asoslangan — u tomoshabinda shouni o‘chirish fikri yuzaga kelmasligi uchun doim tanglikda ushlab turadi. Loyihada asosiy e’tibor qonli qotilliklarga emas (lekin qon juda ko‘p), balki insonlar qanday qaror qabul qilishiga qaratilgan. Mualliflar barcha o‘yinchilar qanday qilib dahshatli tizimga kirib qolgani va shunchaki omon qolishga urinayotganini hikoya qiladi. Serialning ikkinchi yorqin qismi — o‘yinning o‘zi. Birinchi sinov “Dengiz mavjlanadi bir” o‘yinining muqobili. Film yaratuvchilari yutqazgan ishtirokchilar otib tashlanayotganida tomoshabin uchun minimum darajada noqulaylik yaratishga uringan. Bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar o‘yindan bu kabi vahshiylikda foydalanish qo‘shimcha qo‘rquv bag‘ishlaydi. Bundan serialning o‘ziga xos jihati kelib chiqadi — uning vizual uslubi. Bir-biridan keskin farqlanuvchi o‘yinchilarning feruza rangli kostyumlari va qo‘riqchilarning pushti kombinezonlari, ulkan o‘yin maydonchasi ko‘rinishidagi dekoratsiya, qonga botgan hudud, sovg‘a qutisi shaklidagi tobutlar — bolalarcha soddalik va shafqatsizlik kombinatsiyasi dissonans yaratadi. Shou 17-sentabr kuni namoyish etilishi bilan Twitter’da ommaviy ravishda ijobiy fikrlar yog‘ila boshladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu kabi kartinani kutmaganini ta’kidlagan bo‘lsa, ayrimlar serial bilan cheklanmay, koreys kinosini yaxshi o‘rganish kerakligini taklif bergan. “Koreya seriali — Netflix’dagi haqiqatda eng yaxshi serial. Bu meni qanchalik quvontirishini ta’riflab bera olmayman, ammo shuni bilingki, #SquidGame yoqqan bo‘lsa, bu ajoyib koreys kinosiga nisbatan aysbergning uchi xolos va umid qilamanki, sizning qiziqishingiz shu bilan yakunlanmaydi”. 1. Serial omon qolish borasidagi trillerlarning klassik usulidan foydalangan, shu sababli uni tomosha qilish juda maroqli. Mualliflar tomoshabinning asosiy his-tuyg‘ulari bilan o‘ynashadi: qonli birinchi sahna bo‘yicha yuzaga kelgan shok o‘tib ketgach, o‘yinni kuzatish qiziq tus oladi va tomoshabin endi kim o‘yindan chiqishini bashorat qilishga urina boshlaydi. 2. Sujeti va vahshiyona sahnalariga qaramay, serial jonga tegmaydi: barcha qahramonlar yaxshilab ishlangan, har birining ortida shaxsiy drama mavjud. Qon — bu qahramonlarda qadr-qimmat va axloqning oxirgi qoldiqlarini o‘ldiradigan inson ochko‘zligining timsoli. Pul tom ma’noda havoda uchib yurgan xayoldan chiqmas g‘oyaga aylanadi: umuman olganda ishtirokchilar yashaydigan zaldagi shift ostida mukofot fondi solingan ulkan shisha shar osilgan bo‘lib, har bir ishtirokchining o‘limida u to‘lib boradi. 3. Serialni tomosha qilish uchun yana bir sabab — aktyorlarning qoyilmaqom mahorati. Oson bo‘lmagan tanlov qarshisida qolgan qahramonlarga kishining ishongisi, ularga hamdard bo‘lgisi keladi. Qochoq rolini o‘ynagan Xo Yon Chon ismli Janubiy Koreyalik model alohida tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan. Chanel Roberto Cavalli reklama kampaniyalari uchun suratga tushgan model uchun bu kinodagi birinchi rol hisoblanadi. Xo Yon Chon 4. “Kalmar o‘yini” zamonaviy Janubiy Koreyadagi ijtimoiy tabaqalashuv va qashshoqlik muammosini aniq ko‘rsatib berib, dunyoning kapitalistik tuzilishini tanqid qiladi. Ushbu g‘oya ssenariyda mukammal darajaga keltirilgan: qahramonlar o‘zi tushungan holda o‘limga eltuvchi o‘yinni tanlaydi, o‘lish “istiqboli” ular uchun eski hayotidan ko‘ra jozibador. 5. Janubiy Koreya kinematografiyasi bilan tanishishni istab yurganlar uchun ajoyib start. Ayniqsa, ko‘pchilikda Pon Jun-Xoing “Parazitlar”idan keyin koreya filmlariga qiziqishi ortgan. 6. Serial hozirda platformadan tashqariga ham chiqib ketgan bo‘lib, internet-fenomenga aylanib ulgurdi. TikTok’dagi #SquidGame xeshtegi 22 milliard martadan ortiq tomosha qilingan: tomoshabinlar o‘yindagi sevimli sahnalarini joylashtirmoqda. 7. Tomosha davomida serialning vizual uslubi alohida zavq bag‘ishlaydi — cheksiz labirintlar, ideal simmetriya, qonli voqealarga uyg‘unlashmaydigan to‘shak sahnalari, qahramonlarning bir-biridan keskin farq qiluvchi yorqin kostyumlari.  Jeff Bezos Netflix’ni “Kalmar o‘yini” uchun maqtadi
131
6,651
Madaniyat
Misrlik musavvir Qur’oni karimning 700 metrlik qo‘lyozmasini tayyorladi (foto va video)
Misrlik taniqli musavvir Saad Muhammad Qur’oni karimning o‘zi tayyorlagan g‘aroyib nusxasi Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilishiga umid qilmoqda. Bu haqda “Islam-today.ru” ma’lum qildi. Mazkur ish uchun rassom 3 yil vaqt sarfladi. Uning g‘aroyibligi shundaki, muqaddas kitobning uzunligi 700 metrdan iborat. Loyihani musavvirning o‘zi moliyalashtirishiga to‘g‘ri keldi, shu sababli uning yaratilishi bir necha yilga cho‘zilib ketdi. Agar Saad Muhammadning mehnati Ginnes kitobiga kiritilsa, eng uzun Qur’oni karim nusxasi sifatida dunyo rekordini o‘rnatadi.
87
565
Madaniyat
O`zbekistonning 4 kinoteatri xalqaro kinoteatrlar assosiasiyasiga a`zo bo`ldi
Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi. "Salom", "Next", "Parus", "Riviera"  kinoteatrlari egasi, "O`zbekkino" Milliy agentligi Jamoatchilik kengashi a`zosi Farrux Tulaganov  NATO (The National Association of Theatre Owners)ning o`zbekistonlik  a`zosiga aylandi. Yuqorida nomlari sanalgan kinoteatrlar esa O`zbekiston nomidan ushbu tashkilot a`zoligiga qabul qilindi.   Ma`lumot uchun: NATO – AQShning savdo tashkiloti bo`lib, uning a`zolari kinoteatrlar egalaridir. Eng yirik dunyo kinoteatrlari tarmoqlarining aksariyat operatorlari, shuningdek yuzlab mustaqil teatr operatorlari  kompaniyaning a`zolari hisoblanadi. Bugungi kunga kelib assosiasiya  AQShning 50 shtatidan 35 000 kinoteatr, dunyoning boshqa mamlakatlaridan esa 33 000 dan ortiq kinoekranlarni qamrab olgan.
77
802
Madaniyat
"Ertaga maktab” qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda
“Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Ertaga maktab" qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda. Bu haqda Kinemotografiya agentligi xabar berdi.  Ma`lumotga ko`ra, kinokartinada 7 yoshli bolakayning orzu-umidlari, ilk bor maktabga o`qishga borayotgandagi hayajonli lahzalari aks ettiriladi.  Ssenariy muallifi Begzod Aqbo`taev, postanovkachi rejissyor Abdulatif Haydarov, postanovkachi operator Kamoliddin Ziyovuddinov, rassom Alisher Umrzoqov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar Isamat Ergashev.  Eslatib o`tamiz, avvalroq "Qovoq mening jonu dilim” filmi suratga olinayotgani haqida xabar bergandik.
54
652
Madaniyat
Foto: Rafiqasining bo‘yi turmush o‘rtog‘inikidan baland bo‘lgan yulduzli juftliklar
Mashhurlar juft sifatida har tomonlama mukammal insonni tanlaydi, deb o‘ylaganlar yanglishadi. Ularning orasida sevgi hamda oila mustahkam bo‘lishi uchun bo‘y va tashqi ko‘rinish muhim emas, deb hisoblaydiganlar ham yo‘q emas. Rozi Xantington-Uaytli va Jeyson Stetem Victoria’s Secret’ning sobiq modeli Rozi Xantington-Uaytlining bo‘yi 175 santimetrni tashkil qiladi. Qallig‘i Jeysonning bo‘yi esa undan past. Krissi Taygen va Jon Lejend Musiqachining bo‘yi rafiqasinikidan 1 sm baland. Ammo Krissi poshnali bosonojka kiyadigan bo‘lsa, Jondan baland  bo‘lib turadi. Farrell Uilyams va Xelen Lasichan Farrellning dizaynerlik bilan shug‘ullanadigan rafiqasining bo‘yi o‘ziga nisbatan baland. Ammo aynan Lasichan sabab xonanda eng yaxshi kiyinadigan yulduzlar ro‘yxatidan o‘rin oladi. Mixail Galustyan va Viktoriya Shtefanets Bo‘yi 163 sm tashkil qiladigan Galustyan hazilkashligi va samimiyligi bilan ayollar qalbiga yo‘l topa oladi. Shu sabab bo‘lsa kerak Viktoriya 2007-yilda uning bo‘yi pastligi haqida o‘ylab ham o‘tirmay rafiqasi bo‘lishga rozi bo‘lgan. Nikol Kidman va Kit Urban Nikol Kidmanning turmush o‘rtog‘i bo‘yi 180 sm tashkil qiladigan rafiqasidan 2 sm past. Kemeron Diaz va Benji Medden Kemeronning bo‘yi 174 sm, Good Charlotte gitarachisi Benjiniki esa 168 sm. Liv Tayler va Deyv Gardner Deyv juft sifatida hamisha go‘zal va sarvqomat qizlar bilan munosabatda bo‘lgan. Rita Ora, Kelli Bruk va Daviniya Teylor bilan uchrashib yurgan Gardner rafiqa sifatida o‘zidan bo‘yi balandroq bo‘lgan Liv Taylerni tanlagan. Erin Dark va Deniel Redkliff Amerikalik aktrisa Denieldan nafaqat bo‘y, balki yosh jihatidan ham katta. Juftlik 2012-yilda suratga olish maydonchasida tanishgan. Karla Bruni va Nikolya Sarkozi Fransiya sobiq prezidentining bo‘yi rafiqasinikidan 10 santimetrga past.
83
1,799
Madaniyat
Vaqtingizga achinmaysiz: tushkun vaqtlarda ko‘ngilga taskin beradigan filmlar to‘plami
Hammamizda ham ba’zida tushunarsiz kayfiyat bo‘ladi — ko‘rpaga o‘ranib, issiqqina choy ichib, film tomosha qilishni xohlaydi bu ko‘ngil. AdMe nashri shunday vaziyatlarda yordam beradigan, qalbingizni eritadigan filmlarni to‘pladi. “Men — o‘qituvchiman” Naina Matur har doim o‘qituvchi bo‘lishni xohlagan. Ammo unda asab faoliyati buzilishi kuzatilgani uchun maktab direktorlari uni ishga olishdan bosh tortishadi. Bir kuni uning orzusi ushaladi: uni 9-sinfga o‘qituvchi qilib olishadi. Qizning muvaffaqiyatiga hech kim ishonmaydi, lekin Naina hazil yordamida u zaifligini kuchga aylantiradi. IMDb reytingi — 7,6 “Kamon Kamon” Kunlarning birida hayotdan charchagan radiojurnalistga eng qiyin vazifa beriladi: u jiyaniga qarashi kerak. Biroz o‘ylagach, jiddiy qarorga keladi: ular sayohatga chiqishadi. Kim biladi, ikkisi dunyo, o‘zlari va bir-birlari haqida qancha yangi narsalarni o‘rganishadi. IMDb reytingi — 7,5 “Kichkina ona” 8 yoshli Nelli buvisidan ayriladi. Ota-onasi bilan birga onasining bolaligi o‘tgan qishloqdagi uyga keladi. Qiz atrofni qiziqish bilan o‘rganadi. Yaqindagi o‘rmonda u o‘zi uchun daraxtda uy qurayotgan tengdosh qizni uchratadi. IMDb reytingi — 7,4 “Ajdodlar chaqirig‘i” Film Alyaskaga kelib qolgan oddiy uy itining taqdirini ochib beradi. U pochtada xizmat qilishga va bir egadan ikkinchisiga o‘tishga majbur bo‘ladi. Hatto og‘ir ahvoliga qaramay, mehribon va saxovatli it bo‘lib qolaveradi. IMDb reytingi — 6,7 “Shu yerda va bugun” Komediya qahramoni — keksa erkak borgan sari aqldan ozmoqda. Bir kuni u ko‘cha xonandasini uchratib qoladi. Ular o‘rtasida aqlbovar qilmaydigan va ta’sirli do‘stlik paydo bo‘ladi. Filmdan ma’lum bo‘ladiki, kuch umuman yoshda emas, balki mehr va ishonchda. IMDb reytingi — 6,7 “Mening bo‘rim” Kartinada qiz va unga tegishli uy hayvonining murakkab hikoyasi tasvirlangan. Bir kuni 8 yoshli Viktoriyaga Sekret ismli kuchukcha berishadi. Yillar o‘tadi, ular bir-biriga juda o‘rganib qoladi. Ammo kutilmaganda it bo‘ri bo‘lib chiqadi va bu ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Biroq haqiqiy do‘stlikka hech qanday narsa to‘siq bo‘lolmaydi. IMDb reytingi — 6,4 “Sirano” Sirano — hamma narsada qobiliyatli odam. U notiqlikda ham, qilichbozlikda ham birdek mohir. Ammo tashqi ko‘rinishidagi nuqsonlar yashashiga xalaqit beradi. Shu tufayli u o‘zini sevgilisiga noloyiq deb hisoblaydi va ko‘p yillar davomida unga his-tuyg‘ularini aytolmaydi. IMDb reytingi — 6,3 “Bestseller” Qizga nashriyot meros bo‘lib qoladi. Ishlar shu darajada yomonki, biznes bankrotlik yoqasida. Ammo to‘satdan u o‘tmishdagi mashhur yozuvchi bilan tuzilgan eski va unutilgan shartnomani topib oladi. Qiz nashriyotni qutqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi, ammo keksa odam ham sodda emasga o‘xshaydi. IMDb reytingi — 6.1 “Bo‘ri va sher” Pianinochi Alma hayotida g‘alati voqealar sodir bo‘ladi. Avval uyi ostonasiga ona bo‘ri bolasi bilan yugurib keladi, so‘ng ichida sirk sherining bolasi bo‘lgan samolyot yaqin atrofga qulaydi. Ammo qiz bu g‘alati narsalarga hayron bo‘lmaydi va kichik yirtqichlarga boshpana beradi. Keyinchalik esa hammasi u o‘ylaganchalik oddiy emasligi ma’lum bo‘ladi. IMDb reytingi — 6
86
3,145
Madaniyat
O`zbekistonlik yosh kinoijodkorlar Bollivudga boradi
Hindistonning 2019-2020 yillarga mo`ljallangan texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (ITEC Scholarship Training Programs for 2019-2020) doirasida o`zbekistonlik 15 nafar yosh kinoijodkor Hindistonda kino sohasida malaka oshiradilar. "O`zbekkino" Milliy agentligining bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan Hindistonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Santosh Ja o`rtasidagi muloqot chog`ida ana shunday kelishuvga erishildi. “Ushbu dastur o`zbekistonlik nomzodlarni barcha o`qitish xarajatlarini qoplaydi, - dedi Santosh Ja uchrashuv chog`ida, – Bundan tashqari, individual dasturlarni tashkil qilish, 2-3 oylik kinematografiya kurslarini o`tashga imkon beradi". Muloqot chog`ida Hindiston va O`zbekiston o`rtasida kino sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan bir qator fikr va takliflar bildirildi. Jumladan, 60 yillik tarixi davomida hind kinosining eng taniqli yulduzlarini etishtirib chiqargan Puna shahridagi kinematogrifiya instituti bilan hamkorlik o`rnatish masalasi ham muhokama qilindi.  "O`zbekkino" Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov Buxoro va Xivada amalga oshirilayotgan ikkita hind kinoloyihasi va Agentlikning yaqin kelajakda rejalashtirilayotgan Hindiston bilan bog`liq loyihalari haqida gapirdi. Jumladan, rejisser Jahongir Qosimov suratga olayotgan "Ibrat" filmining ayrim epizodlari Hindistonda suratga olinadi.  Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklanayotgan Toshkent kinofestivali haqida ham so`z bordi. 1968-1992 yillar davomida o`tkazib kelingan ushbu festivalda hind kinosining Raj Kapur, Shiyam Benegal, Shabana Azmi singari so`nmas yulduzlari ham tashrif buyurishgan.  Hindistonlik elchi Santosh Ja ushbu g`oyani qo`llab-quvvatlashga va Hindistonning mashhur kino yulduzlarini ushbu festivalga jalb qilishga tayyorligini bildirdi. Firdavs Abduxoliqov shuningdek, O`zbekistonda milliy kino sanoatining xalqaro media bozorida jozibadorligini oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarni qayd etdi. Xususan, Hindiston elchisiga kino turizmida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan, O`zbekistonda kino loyihalarini amalga oshirishda 2020 yil 1 yanvardan boshlab  xorijiy kinoijodkorlarning loyihalarini O`zbekistonda amalga oshirish xarajatlarini qoplashga qaratilgan «Rebate» tizimining ishga tushirilishi haqida ham ma`lumot berildi.  Uchrashuv davomida tomonlar 2020 yilda Hindistonda "O`zbekiston kinosi kunlari" hamda yurtimizda "Hind kinosi kunlari" ni o`tkazish zarurligini ta`kidladilar.
53
2,505
Madaniyat
Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklanadi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o`tkazish to`g`risida”gi Qarorni imzoladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Mazkur qarorga muvofiq, Toshkent xalqaro kinofestivali endilikda “Ipak yo`li durdonasi” nomi bilan O`zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan 2021-yildan boshlab har yili 28-sentyabr – 3-oktyabr kunlari o`tkaziladi. Ma`lumot uchun, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi xalqaro kinofestivali deb nomlangan Toshkent kinofestivali 1968–1997-yillarda may oyi oxiri – iyun oyi boshida davlat kinematografiya qo`mitasi va kinoarboblar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan. Joriy yilda bo`lib o`tishi rejalashtirilayotgan mazkur kinofestival “Tinchlik, taraqqiyot va ma`rifat” shiori bo`lib o`tadi va unga xorijdan jami 355 nafar ishtirokchi, shu jumladan, 55 nafar taniqli kinoyulduzlar taklif etiladi. Festival doirasida mashhur kinomutaxassislar va rejissyorlar ishtirokida yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, kinotreninglar, davra suhbatlari, hududlarda kinoko`rgazmalar, eng yaxshi milliy va xorijiy filmlar namoyishlari o`tkaziladi.   Eslatib o`tamiz, Bugun Kinematografiya agentligida “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklangani munosabati bilan uchrashuv tashkil etiladi. Unga kinomutaxassislar, taniqli kinoijodkorlar, OAV vakillari va yoshlar taklif etilgan. Uchrashuvda festival dasturi va uni o`tkazish borasida fikr-mulohazalar va takliflar o`rtaga tashlanadi.
46
1,536
Madaniyat
Anvar Sobirov Fathulla Mas’udov bilan bo‘lgan joynamoz voqeasini aytib berdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Fathulla Mas’udov 30-avgust kuni 57 yoshida olamdan o‘tdi. Xonanda va aktyor Anvar Sobirov  “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga Fathulla Mas’udov bilan gastrol safariga borganda sodir bo‘lgan joynamoz voqeasi haqida so‘zlab berdi. Biz oilamiz bilan ustozni juda yaxshi ko‘rardik. Og‘abek akam, rahmatli onam juda yaxshi ko‘rardilar, o‘g‘lim, der edilar. Yaxshi kunlarimizda doimo Fathulla akam xizmat qilganlar. Men va Og‘abek akamning ko‘pgina konsertlarida Fathulla akam boshlovchilik qilganlar. Biroz rang-baranglik uchun almashgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘shanda ham Fathulla akamning maslahatlarini olardik. Yigit kishi bir odamni o‘ziga ideal deb biladigan bo‘lsa, men san’atda Fathulla akamni ideal bilardim. Fathulla akam hayotda tutgan o‘rni, insoniylik, musulmonlik jihatidan haqiqiy ibrat edi. Ibrat bo‘lishga arzir edi. O‘g‘lim Fathulla akadek bo‘lsa, mehnatsevar, insonlarga ibratli, tartibli, tarbiyali inson bo‘lsa roziman. Bu joynamoz men uchun judayam ulug‘ bir esdalik bo‘lib qoldi. Kecha o‘sha shum xabarni eshitgan kunim ko‘zimga bosib yig‘ladim. Sababi oxirgi marta Fathulla akam bilan Qashqadaryoda xizmat safarida birga bo‘lib qolganimizda mehmonxonada ikkimizning joynamozlarimiz o‘xshash ekan. Mehmonxonada 3-4 kun turib qaytganimizdan keyin joynamozlar almashib qolgan ekan, men sezmagan ham edim. Oradan qanchadir vaqt o‘tdi, har ko‘rganida Anvar, joynamozingga rozimisan, derdilar. Fathulla aka, joynamoz almashdi xolos-ku, desam, baribir rozi bo‘lib qo‘yaver, senikini adashib olib ketibman, deydilar, qarang, odamiylikni. Hozir oramizda shunaqa rozichilik so‘raydiganlar bormi? Birovning haqqini shunday ko‘zingni oldida yeb indamay ketishadi-ku. Dunyodan qanaqa inson o‘tganini sezyapsizlarmi? Kimni yo‘qotganimizni sezyapsizlarmi? Men yaqin tug‘ishgan akamni yo‘qotdim. Men doim maslahat olib turadigan qadrli insonimni yo‘qotdim. 2015-yili Milliy teatrga rahbar bo‘ldi, deb eshitib telefon qilsam, kamtarlikni qarang: Anvar, hali tabriklashga shoshilma, men bajaruvchi sifatida qo‘yildim, hali tasdiqlanmadi, deydilar. Boshqa birovlar rahbar bo‘lmasdan turib shovqin qilardi-yu. Tarbiyani qarang! Bu narsalar shunchaki gapdek tuyulishi mumkin, ammo bular hammamizga ibrat bo‘lishi kerak! Anvar Sobirov, xonanda va aktyor Ma’lumot uchun, Fathulla Mas’udov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan, 2003-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.  “Naqadar azobli ayriliq daf’i, siyraklashib borar do‘stlarning safi”. Yaqinlari va hamkasblari Fathulla Mas’udovni xotirlamoqda
84
2,806
Madaniyat
“Oskar—2020”: “Joker” va “Irland” eng yaxshi filmga da’vogar, Skarlett Yoxansson ikki nominatsiyaga nomzod deb ko‘rsatildi
Amerika kinoakademiyasi “Oskar—2020” mukofoti uchun nomzodlarni e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza. Taqdirlash marosimi 9-fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Avval xabar berilganidek, bu yilgi “Oskar” mukofotlari topshirish marosimi boshlovchisiz o‘tadi. Bunday hol tarixda uchinchi bor va qatorasiga ikkinchi yil sodir bo‘lmoqda. Xabarda aytilishicha, 2020-yilning eng yaxshi filmi nomiga “Ford Ferrariga qarshi” (“Ford vs Ferrari”), “Irland” (“Irishman”), “Quyon Jojo” (“Jojo Rabbit”), “Joker” (“Joker”), “Kichik ayollar” (“Little Women”), “Nikoh tarixi” (“Marriage Story”), “1917”, “Bir kuni...Hollivudda” (“Once Upon a Time...in Hollywood”), “Parazitlar” (“Parasite”) filmlari davogarlik qilmoqda. Eng yaxshi rejissor uchun “Oskar”ni Martin Skorseze — “Irland” (“Irishman”), Todd Fillips — “Joker” (“Joker”), Sem Mendes — “1917”, Kventin Tarantino — “Bir kuni...Hollivudda” (“Once Upon a Time...in Hollywood”), Pon Jun-xo — “Parazitlar” (“Parasite”) olishi mumkin. Eng yaxshi aktyor nomiga Antonio Banderos — “Azob va sharaf” (“Pain and Glory”), Leonardo Di Kaprio — “Bir kuni... Hollivudda” (“Once Upon a Time...in Hollywood”), Adam Drayver — “Nikoh tarixi” (“Marriage Story”), Xoakin Feniks — “Joker” (“Joker”), Donatan Prays — “Ikki papa” (“The Two Popes”) da’vogarlik qilmoqda. Eng yaxshi aktrisa mukofotiga esa Sintiya Erivo — “Harriyet” (“Harriet”), Skarlet Yoxansson — “Nikoh tarixi” (“Marriage Story”), Sirsha Ronan — “Kichik ayollar” (“Little Women”), Sharliz Teron — “Mojaro” (“Bombshell”), Rene Zelvegger — “Judi” (“Judy”) nomzod qilib ko‘rsatilgan. O‘zbekistondan esa Rejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” kinokartinasi “Oskar” mukofotiga “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasi bo‘yicha da’vogarlik qiladigan filmlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. “Oskar—2020” mukofoti uchun nomzodlarning to‘liq ro‘yxati bilan kinoakademiya saytida tanishish mumkin.
122
1,882
Madaniyat
Mevalarga boy ratsion va tizimli ovqatlanish: Melaniya Trampning fastfudni yaxshi ko‘rishiga qaramay, sarvqomat ekani sababi nimada?
AQShning sobiq birinchi xonimi Melaniya Trampning jozibali va o‘ziga xos ko‘rinishiga ko‘pchilik havas qiladi. Sarvqomatligining siri uning to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilishi, ba’zida esa ko‘ngli tusagan yeguliklarni o‘ziga ravo ko‘rishi bilan bog‘liq. Melaniya burgerlar, Nyu-Yorkning Jean Georges restoranidagi qovurilgan tovuqlar va shakarsiz kolani yaxshi ko‘radi va onda-sonda o‘ziga ravo ko‘rib turadi. Boshqa paytlarda esa o‘ziga nisbatan talabchan munosabatda bo‘ladi va ancha vaqtdan buyon amal qilib keladigan bir nechta qoidalarga rioya qilishni kanda qilmaydi. 52 yashar Melaniya to‘g‘ri ovqatlanishga o‘zgacha munosabatda bo‘ladi. “Sog‘lom mahsulotlarni ularni iste’mol qilgandan keyin o‘zimni energiyaga to‘la va salomat his qilganim uchun ham yaxshi ko‘raman. Shunday ekan ulardan voz kechishga ne hojat”, — degan u. Kundalik ratsioni haqida gap ketganda, Melaniya bergan intervyularidan birida nonushtaga kletchatkaga boy suli yormasi hamda vitamin hamda antioksidantlar koni bo‘lgan smuzi yeyishni afzal bilishini, ertalab foydali va energiyaga to‘la nonushta qilgani uchun ham kun bo‘yi ochlikni his qilmasligini ta’kidlagan. Tushlikka bo‘lsa baliq, dengiz mahsulotlari va sabzavotlarni iste’mol qiladi. Kechki ovqat uchun esa kletchatka miqdori yuqori bo‘lgan salatlar tanovul qilishni ma’qul biladi. Qolaversa, Tramp xonim modellik karyerasining boshida kuniga uch litrga yaqin suv ichgan. U ko‘p yillardan buyon sportning tennis, suzish va yoga turlari bilan shug‘ullanadi. Aynan shu sabab ham farzandi Berron dunyoga kelganidan keyin qomatini tiklash oson bo‘lgan. Yalpiz, limon, suv va bug‘doydan tayyorlangan kokteyl — sevimli ichimliklari. Ular metabolizmni yaxshilash bilan birga, qomatining tonusda bo‘lishiga yordam beradi. Bundan tashqari, ratsioni hamisha mevalarga boy ekaniga qaramay, u qora shokolad va muzqaymoq ham iste’mol qilib turadi. “Ratsioningiz asosini foydali mahsulotlar tashkil qilsa, vaqti-vaqti bilan shirinlik va zararli mahsulotlar yeb turishning yomon tarafi yo‘q”, — deydi u.
132
2,030
Madaniyat
“Jirkanch kamina — 3” multfilmi jahon prokatida 1 milliard dollar to‘pladi
“Jirkanch kamina — 3”  (Despicable Me 3) animatsion filmi jahon prokatida 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi. Bu haqda Deadline’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi. Kadr: YouTube Multfilm AQShda 259,05 million dollar, jahon prokatida esa 741,4 million dollar to‘pladi. Bu Universal studiyasining 2017-yilda 1 milliard dollarlik marrani urgan ikkinchi kartinasi (birinchisi “Forsaj 8”) va joriy yilda bu kabi ko‘rsatgichga erishgan uchinchi filmdir (top-3 likdan Disney’ning “Sohibjamol va maxluq” filmi ham o‘rin olgan). Shuningdek, ta’kidlanishicha, “Jirkanch kamina — 3” o‘tgan yoz davomida 1 milliard dollar to‘play olgan yagona kartinadir.
74
654
Madaniyat
Yiliga 120 million so‘m: Nafaqat san’atdan, balki dehqonchilikdan ham katta mablag‘ topayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video)
“Yigit kishiga yetmish hunar ham oz”, deyishadi. O‘zbekistonlik san’atkorlar orasida ham o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rayotgan hamda mehnati evaziga mo‘may daromad topayotganlar talaygina. Quyida aksariyat mashhurlarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan faoliyat turlari haqida so‘z boradi. “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Umid Umarov dehqonchilik bilan shug‘ullanadi  — Dadam rahmatli o‘qituvchi bo‘lgan bo‘lsa ham dehqonchilik va chorvachilikka qiziqardi. Biror marta davlatdan yoki zamondan noliganini eshitmaganman. Ishdan keyin sholi ekib, bizni ham dehqonchilikka qiziqtirgan. Avvaldan xonadonimizda bir necha bosh qoramol bo‘lgan. Shu bois moddiy jihatdan ham qiynalmaganmiz. Dasturxonimiz hamisha to‘kis bo‘lgan. Dadamning ishini davom ettirib, Farg‘ona viloyatidagi Dang‘ara tumanida dehqonchilik bilan shug‘ullanaman. 60 sotix yer maydonim, 40 sotix issiqxonam bor. Har mavsumda turli ekinlarni ekamiz. Bug‘doy, mosh, makkajo‘xori, handalak, qovun, tarvuz, loviya, kartoshka sarimsoqpiyoz, xullas ekinlarimizning turi ko‘p. Issixonaga esa asosan pomidor, bodring va bulg‘or qalampiri ekiladi. Bog‘imizdan esa sara uzum, shaftoli va bodom mevalari xalqqa yetkaziladi. Dehqonchilikdan topadigan yillik daromadim yomon emas. Urug‘, o‘g‘it, suv, yer ijarasi, ishchi xarajati va texnikalarga sarflangan puldan keyin kamida 120 million daromad topaman. To‘g‘ri, ba’zi yillari zarar ko‘rgan paytlarim ham bo‘lgan. Chunki har sohada bo‘lganidek, dehqonchilik va bog‘dorchilikning ham o‘ziga yarasha sirlari bor, — deydi “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Umid Umarov. Abdujalil Qo‘qonovning 40 sotixli bog‘i bor — Bog‘dorchilik bilan 20 yildan buyon shug‘ullanaman. Uyimiz 45 sotix, shundan 40 sotixini katta bog‘ tashkil qiladi. Uyimizga asosan uzun ekkanmiz va uni mahalladosh ukalar yordamida parvarishlaymiz. Shu kungacha 2 gektar yer maydonida tashkil etilgan bog‘ga ham egalik qilardim. Katta bog‘imizda uzum, shaftoli, gilos va limon mevalarini o‘stiramiz. Bu yil yana bir gektar yer maydoniga shartnoma imzoladik. U yerda ham uzum yetishtirish niyatimiz bor. Dehqonchilik va bog‘dorchilikda daromad katta. Faqat e’tiborli bo‘lish va mehnatdan qochmaslik kerak.  Bog‘da faqat o‘zim ishlayman desam xato bo‘ladi. Mahalladosh bog‘bonlarni kunbay asosida ishga olamiz, — deydi xonanda Abdujalil Qo‘qonov. Valijon Shamsiyev ham bog‘bon — Dehqonchilik bilan shug‘ullanayotganimga ancha yil bo‘lgan. Ilgari 60 gektar yer maydonim bor edi, shundan 7 gektariga bog‘ tashkil qilgandik. Ammo bu sohaning ham qiyinchiligi bor, shu bois uni topshirvorishimizga to‘g‘ri keldi. Hozir faqatgina Oltiariqda 40 sotixlik bog‘im bor. U yerda asosan o‘rik va shaftoli yetishtiriladi. Toshkentdagi uyim atrofiga esa uzum va shaftoli ekkanmiz. Uyim atrofidagi bog‘ga o‘zim qarayman, katta bog‘ning esa o‘z bog‘bonlari bor, — deydi qiziqchi Valijon Shamsiyev. Otabek Muhammadzohid: “Bog‘imdan faqat o‘z ehtiyojim uchun foydalanaman” — Ochig‘ini aytsam, dehqonchilik va bog‘dorchilikka qiziqmayman. Ammo shahardan tashqarida bog‘ tashkil qilganmiz. Chunki ijodkor ahli hamisha sokin, bahavo joyga borib, ijod qilishni istaydi. Shu maqsadda shahardan chekkaroqda yer olib, 5-6 tupdan turli mevalar va bodom ko‘chatlarini ektirganman. Yoz kunlari u yerga borib, hordiq chiqaramiz. Tabiat qo‘ynida yaratilgan ijod mahsuli ham go‘zal bo‘ladi. Misol uchun “Mayli telba denglar” qo‘shig‘i ham aynan o‘sha bog‘da yaratilgan. Daraxtlarga bog‘bon yigit qaraydi, u yerdan katta daromad olmaymiz. Ammo yozda mazali mevalar dasturxonimizdan arimaydi, — deydi xonanda Otabek Muhammadzohid. Abdurashid Yo‘ldoshev: “Bolalaligimizdan bu ishlarni erkak kishi bilishi kerak, deb ulg‘ayganmiz” — Haqiqatan ham oilamizning katta bog‘i bor, ammo bu ish bilan asosan Abduvohid akam shug‘ullanadi. Otam ham chorvachilik, dehqonchilik va bog‘bonchilikka qiziqqan. Shu bois, bolalaligimizdan bu ishlarni erkak kishi bilishi kerak, deb ulg‘ayganmiz. Bog‘imizda olma, shaftoli va g‘ilos mevalari bor. Mavsumga qarab, bozordagi talabgirligiga qarab sabzavotlar ekiladi. Bu yil asosan bodring va pomidor ekishdi. Ochig‘ini aytaman, ilgari ekinlarga onda-sonda bo‘lsa ham qo‘lim tegib turardi. Hozir ishlarim ko‘pligidan “Hay barakalladan” nariga o‘tolmay qolganman, — deydi xonanda Abdurashid Yo‘ldoshev. Rahmonali Suropov 10 yildan buyon dehqon — Dehqonchilik bilan 10 yildan buyon muntazam shug‘ullanaman. Har yili deyarli zarariga ishlayman. “Bo‘ldi, endi dehqonchilik qilmayman”, deyman-u, ammo qiziqish sabab bahorda yana ishni boshlab yuboraman. Bahorda 25 sotix issiqxonaga bodring ekdim. Hozir yomon bo‘lmadi, ammo bodringlar arzon paytda bozorga chiqdi. Hozir esa 1 gektar yerga pomidor ekkanman. Hozir ham O‘rtasaroydagi dalada beri kelolmayapman. Sababi pomidorga qurt tushib ketyapti. Eng kuchli dori ham bir haftaga yetmay ta’sirini yo‘qotyapti. Odamlar kimyoviy moddalarni ko‘p ishlatasizlar deb nolishadi. To‘g‘ri, ammo dehqonlarga ham oson emas. Bittagina pashsha axlatidan paydo bo‘lgan qurt avvaliga pomidor barglarini, undan keyin mevasini qurutyapti, — deydi komik aktyor Rahmonali Suropov.
138
5,061
Madaniyat
Aktrisa Bahora Arslonova qachonlardir xonanda Dilniyoz G‘afforov bilan o‘rtalarida sevgi bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)
Ona bo‘lish arafasida turgan aktrisa Bahora Arslonova san’at institutda o‘qib yurgan paytida “Eldido” guruhi xonandasi Dilniyoz G‘afforov unga sevgi izhor qilgani, keyin esa ular do‘st bo‘lib qolgani haqida so‘zlab berdi. “Oliygohda o‘qiyotganimda juda ko‘pchilik sevgi izhor qilgan. Boshida sevib qolishardi, gaplashganimizdan keyin ovozingiz qo‘pol ekan-a, deyishardi. Men ovozimni o‘zgartirmasdim. ‘Eldido’dagi Dilniyoz boshida meni sevib qolgan, keyin esa keling, singlimdek bo‘la qoling, degan. Men ham xo‘p, deganman, chunki yo‘q demaysiz. U juda yaxshi inson, hozir ham bir-birimizni ko‘rsak, gaplashib ketaveramiz. Chunki bizning davrimizda sevgi, otashin muhabbat deganlari faqat kitobiy bo‘lgan. Xat yozishgan, masalan, institutda bir-birimizni ko‘rib qolsak ham xuddi ko‘rmagandek bo‘lib o‘tib ketaverganmiz. Uyalganmiz. Akamga shuni sevib qoldim, aka, deb aytgunimcha necha kun uxlamaganman. Akam kimnidir yaxshi ko‘rib qolsang, ayt, derdilar”, — deydi aktrisa.  Aktrisa Bahora Arslonova otasi haj safarida, 63 yoshida vafot etgani haqida so‘zlab berdi (video)
126
1,073
Madaniyat
40 yoshli omadsiz erkakka aylangan mashhur bolakay: Makoley Kalkin hayotda ham “Uyda yolg‘iz” qoldi
“Uyda yolg‘iz” komediyasi Amerika kino ijodkorlari tomonidan 1990-yilda suratga olingan. Film AQSh kino tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan komediyaga aylandi. Mashhur filmning premyerasiga 30 yil to‘lgan bo‘lsa, komediyaning boshqa qahramoni kichkina Kevin Makkallister rolini ijro etgan Makoley Kalkin 26-avgust kuni 40 yoshni qarshi oldi. Mashhurlik va shon-shuhratni juda erta his etgan bolaning taqdiri qanday kechgani haqida so‘z yuritamiz. Oilaviy muammolar “Uyda yolg‘iz” filmining dastlabki ikki qismi aktyorning boshini aylantiradigan darajada muvaffaqiyat va katta daromadni tuhfa etdi. Ammo 10 yashar yulduz baxtli va betashvish bolalikni orzu qilardi. Makoleyning otasi Kristofer Kalkin farzandini turli kino sinovlarga majburan olib borar, unga rol tanlar va taniqli o‘g‘li suratga tushishi uchun tasavvur qilib bo‘lmas darajada katta gonorarni talab etardi. Savodsiz va ochko‘z ota tufayli Makoley sayoz filmlarda ham suratga tusha boshladi. 1995-yil yil Makoley “Eng yomon erkak roli” ijrochisi deb topildi va shundan so‘ng uning karyerasiga kattagina nuqta qo‘yildi. Qiziqarli fakt: 1995-yil Makoley Kalkin tarixda brinchi bo‘lib eng ko‘p maosh oladigan bolalar aktyoriga aylandi, u “Uyda yolg‘iz” filmi uchun 4,5 million dollar olgan. Tushkunlik va muvaffaqiyatsiz kechgan shaxsiy hayot Buni tan olish qanchalik qiyin bo‘lmasin, yoqimtoy bolakayning hayoti tamoman achinarli tomonga qarab ketdi. Aktyorlik faoliyati yakunlangan Makoley dastlab bunga achinmadi, ammo uning xatti-harakatlari orqali ichini qanday dard kemirayotganini bilish qiyin emasdi. Aktyor 17 yoshida amerikalik aktrisa Reychel Maynerga uylandi. Tabiiyki, ularning oilasi uzoq vaqt yashamadi, juftlik ikki yildan so‘ng ajrashishga qaror qildi. Shuningdek, yulduzning yosh aktrisa Mila Kunis bilan o‘rnatilgan munosabati ham 9 yil davom etdi. Makoley Kalkin va Reychel Mayner Qiziqarli fakt: Makoley Kalkin 2013-yil The Pizza Underground nomli musiqiy guruh tashkil etdi va repertuardagi barcha qo‘shiqlar aktyorning sevimli yeguligi pitssaga bag‘ishlangan edi. Bir necha jiddiy munosabatlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi hamda oilaviy muammolar aktyorni chuqur tushkunlikka tushirdi. Bunday qiyin vaziyatda aktyor noqonuniy moddalar bilan o‘ralashib qoldi. Ilgari u vaqti-vaqti bilan kichik epizod rollarga taklif qilinar yoki teleshoularda suratga tushar edi, giyohvandlik moddalari sabab ish beruvchilarning omadsiz yigitga talabi susaydi. Hayotga qaytish, yangi ism va yangi muhabbat Hayotdagi turli qiyinchiliklar, muammolar, bularning barchasini tugatish uchun “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi o‘zini qo‘lga olish uchun jiddiy kirishdi. 2018-yil aktyor ijtimoiy tarmoqlarda ancha faollashdi va dunyo bo‘ylab o‘z muxlislari bilan muloqot qila boshladi. Aynan muxlislari unga kerakli inson ekanligini his qilishiga yordam berdi. Aktyor Twitter va Instagram sahifalari orqali muxlislari bilan tez-tez fikr almashib, hatto ismini o‘zgatirmoqchi ekanligi haqida ham aytib o‘tdi. Berilgan ovozlar natijasiga ko‘ra, aktyor muxlislari uni Makoley Kalkin sifatida yaxshi ko‘rishini va hammasini qaytadan boshlashga imkon borligini anglab yetdi. Makoleyning hayotida ham quyosh nur socha boshladi, u 2017-yildan buyon maftunkor aktrisa va model Brenda Song bilan uchrashyapti. Endi esa barcha “Uyda yolg‘iz” qolgan Makoley tomoshabinlarni hayratga solishni bas qilib, ularning muhabbatini qaytarishini kutmoqda.
99
3,407
Madaniyat
“Istiqlol” san’at saroyida Vera Brejnevaning birinchi yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tadi
“Istiqlol” san’at saroyida Vera Brejnevaning birinchi yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Afisha”. Rossiyalik qo‘shiqchi Vera Brejneva 15-dekabr, 19:00 da bo‘lib o‘tadigan konsertida yangi dasturi bilan chiqish qiladi. Shu bilan birga, u o‘zining barchaga tanish: “Sevgi dunyoni qutqaradi” (“Lyubov spasyot mir”), “Yaxshi kun” (“Xoroshiy den”), “Pronto”, “Xayrli tong” (“Dobroye utro”), “Onajon” (“Mamochka”) kabi qo‘shiqlarini ham ijro etadi.
92
466
Madaniyat
2018 YILDA ChINGIZ AYTMATOV TAVALLUDINING 90 YILLIGI KENG NIShONLANADI
Qirg`iziston Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasida "2017 yilda O`zbekiston – Qirg`iziston hamkorligi hamda 2018 yilda ushbu aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari" mavzuida brifing tashkil etildi. Brifingda madaniy-gumanitar sohada ham ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari o`rnatildi. Joriy yilda Qirg`izistonda O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazildi. Qirg`iziston teatr ijodkorlari O`zbekistonga, o`zbekistonlik san`atkorlar Qirg`izistonga ijodiy safarlar uyushtirdi. Samarqandda bo`lib o`tgan «Sharq taronalari» xalqaro festivalida qirg`izistonlik san`at ustalari ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Yaqinda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida «Chingiz Aytmatov va O`zbekiston» doimiy ekspozisiyasi ish boshladi. Shuningdek, 2018 yilda yurtimizda Qirg`iziston madaniyati va san`ati kunlarini o`tkazish va Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash rejalashtirildi.
70
924
Madaniyat
Arnold Shvarsenegger va Jeymi Li Kertis 25 yildan so‘ng yana uchrashdi
Arnold Shvarsenegger va aktrisa Jeymi Li Kertis 25 yillik ayriliqdan so‘ng yana uchrashdi. “Gazeta.ru”ning yozishicha, bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, aktyorlar oxirgi marta “Haqiqiy yolg‘on” (“True Lies”) filmida ko‘rishgan. Shundan so‘ng ular ko‘p yillardan beri uchrasha olmagan. Ammo endi ular uzoq yillik ayriliqqa barham berdi. Aktrisaning ta’kidlashicha, endi ular ulg‘aydi, lekin hali ham o‘zligini yo‘qotmasdan o‘qib, sevib, kulib yashashda davom etmoqda.
70
509
Madaniyat
Lola Karimova tug‘ilgan kunida o‘ziga nimani tiladi? Rayhon farzand kutyaptimi? Instagram yangiliklari
5-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Turkiyalik taniqli xonanda Tarkan karantin paytida sochini oldirmadi. U muxlislariga murojaat qilib, sochini o‘stirish yoki oldirish yuzasidan maslahat so‘radi. View this post on Instagram G‘ulomjon Yoqubov va Hosila Rahimova “Baxshi qiz” deb nomlangan duet taronani taqdim etdi. View this post on Instagram Rayhon sahifasiga to‘yda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan videoni joyladi. Ushbu videoda xonandaning keng ko‘ylagi muxlislar e’tiborini tortdi. Ular Rayhonni farzand kutyapti, degan xayolga bordi hamda shu mazmundagi savollarni yozib qoldirdi. Biroq Rayhon ushbu savollarga javob bermadi. View this post on Instagram Hozirda deputat sifatida faoliyat yuritayotgan Shohrux reper yangi qo‘shiq kuyladi hamda unga klip ham suratga oldirdi. View this post on Instagram Ra’no Shodiyeva o‘ziga juda o‘xshaydigan qizi Rahshonani Istanbulga chaqirib oldi. View this post on Instagram 3-iyul kuni Lola Karimova 42 yoshni qarshi oldi. U ushbu kunda o‘ziga qanday tilak bildirgani haqida yozdi. View this post on Instagram Umidaxon muxlislari uchun kayfiyatni ko‘taruvchi video tayyorladi. View this post on Instagram Xonanda Shirin muxlislariga ezgulik tiladi. View this post on Instagram
102
1,463
Madaniyat
Sharq marvaridlari: Alsu, Ayshvariya va boshqa ekzotik go‘zallik egalari (foto)
Ko‘p yillar mobaynida mazkur yulduzlar go‘zallik ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Ularning jozibasi chindan ham boshqalarnikiga qaraganda ajralib turadi. Bunga sabab ulardagi sharqona istaradir. Ravshana Kurkova Tim qora ko‘zlar va betakror ko‘rinish egasi Ravshana Kurkova O‘zbekistonda tug‘ilgan. Aktyorlik mahoratining yetishmasligi Ravshanani zamonning eng ko‘p izlanadigan aktrisalaridan biriga aylanishiga to‘sqinlik qilmadi. Yulduzning iste’dodi bilan birga, yorqin qiyofa, tug‘ma xarizma va jozibasi ham unga qo‘shimcha chiroy bag‘ishlaydi. Chjan Szii 2007-yilda xitoylik Chjan Szii “Dunyo go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan va bu uning karyera qilishiga turtki bo‘ldi. U bir qancha yapon filmlarida rol ijro etgan xitoylik aktrisa bo‘lganligi uchun turli munosabatlar bildirilgan. Ammo uning qiyofasi ko‘proq yapon ayollariniki kabi nafis. Aktrisaning o‘zi bundan sira ham xafa emas. Chunki uni butun Gollivud yaxshi ko‘radi. Bay Lin Gollivudni zabt etgan yana bir xitoylik go‘zal. Bay Lin “Taksi” va “Adrenalin 2”dagi rollari tufayli mashhurlikka erishdi. Aktrisa 50 yoshdan o‘tgan bo‘lsa-da, u abadiy yoshlik sirini topganga o‘xshaydi. Ayshvariya Ray Aktrisa 1994-yilda “Dunyo go‘zali” unvonini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, u hozirgacha Hindistonning Monika Belluchchisi hisoblanadi. Shuningdek, bir necha yil avval maftunkor ko‘zlar egasini Gollivud yulduzi Juliya Roberts dunyodagi eng go‘zal ayol deb atagan. Priyanka Chopra Filmdagi faoliyati go‘zallik tanlovida g‘olib chiqishi bilan boshlangan yana bir hind yulduzi. Aslida Priyanka dasturchi bo‘lishni istar edi, 2000-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandan so‘ng rejissorlar tomonidan birin-ketin takliflar tushgan. Shundan so‘ng u bolalikdagi orzusidan kechib, kino olami tomon qadam tashlagan. Lyaysan Utyashyeva Boshqirdistonlik Lyaysan chinakamiga go‘zalligi bilan har qanday insonni sehrlab qo‘yadi. Badiiy gimnastika bo‘yicha karyerasini tugatganidan so‘ng  o‘zini televideniyeda sinab ko‘rishga qaror qilgan. Yorqin qiyofa va tabiiy go‘zallik o‘z natijasini berdi. Bugungi kunda Lyaysan nafaqat taniqli boshlovchi, balki shou-biznes olamida ham yulduz hisoblanadi. Mehribon va Leyla Aliyevalar Mehribon va Leyla ozarbayjonlik go‘zallardir. Respublika prezidentining rafiqasi hamda qizi jamoat ishlarida faol. Ular muntazam ravishda ijtimoiy tadbirlarda qatnashadi. Frida Pinto Hindistonlik aktrisa Frida Pinto “Xarobadan chiqqan millioner” filmidan so‘ng birdan mashhurlikka erishdi. Professional raqqosa va ingliz adabiyoti bo‘yicha bakalavr diplom egasi vatandoshi Ayshvariya Rayni ham ortda qoldirib, Janubiy Osiyoning eng go‘zal vakillari ro‘yxatidan joy oldi. Alsu  Yana bir sharqona go‘zallik 2000-yillarda barchaning sevimli xonandasi sanalgan Alsuda aks etgan. Qora soch va ko‘zlar egasi hozirda uch qizning onasi. Xonandaga ayollik va onalik latofati ham juda yarashgan. Lyusi Lyu Xitoylik muhojirlarning qizi Lyusi sharqona ko‘rinishga ega bo‘lgan eng talabgir va ko‘p gonorar oladigan Gollivudning aktrisasiga aylangan. Yaqinda Lyusi ham 50 yoshni qarshi oladi, ammo ekzotik go‘zallik egasi uchun o‘tayotgan vaqt hech narsani o‘zgartirmaydi.
79
3,171
Madaniyat
Filmlarda obraz prototiplarini aslidan ham chiroyliroq gavdalantirgan mashhurlar
Taniqli shaxslarni ijro etish uchun kerakli aktyorni topish juda qiyin bo‘lishi mumkin. Chunki tashqi o‘xshashlikdan tashqari, ijodkorning imkoniyatlari ham yetarli darajada bo‘lishi lozim. Quyida keltirilgan aktyor va aktrisalar yaxshi tanlangan, hattoki ular prototiplaridan ham chiroyliroq. Frida Kalo − Salma Xayek Aktrisa 2002-yilda suratga olingan “Frida” filmida meksikalik rassom ayol rolini ijro etgan. Film tomoshabinlar tomonidan yaxshi qabul qilinganiga qaramay, Frida roli uchun tanlangan aktrisa borasida rejissor tanqid qilingan. Sababi aktrisa asl qahramoniga qaraganda ancha go‘zal. Govard Xyuz − Leonardo Di Kaprio “Aviator” filmidagi millioner va uchuvchining rolini Leonardo Di Kaprio ajoyib tarzda ijro etgan. Ular chindan ham o‘xshash. Shahzoda Filipp − Tobayas Menzis  “Toj” serialining uchinchi mavsumida Tobayas Yelizavetta II ning turmush o‘rtog‘i rolini ijro etgan. Aytgancha, shahzoda Filipp 2021-yil 16-fevral kuni 99 yoshini nishonladi. Malika Margaret − Helena Bonem Karter “Toj” serialining uchinchi mavsumida qirolichaning singlisi rolini ijro etish Helenaga nasib etdi. Ammo ko‘pchilik uni rol uchun juda chiroyli deb hisoblaydi. Mark Sukerberg −Jessi Aynzeberg Jessi “Ijtimoiy tarmoq” filmida Facebook asoschisining rolini ijro etgan va “Oskar” mukofoti nomzodiga aylangan. Jaklin Kennedi − Natali Portman Natali “Jeki” filmida Kennedining rafiqasi rolini juda yaxshi ijro etgan. Erin Brokovich −Juliya Roberts “Erin Brokovich” filmida tabiat qo‘riqchisi uchun Juliyaning tanlanishi Erinning yuziga Gollivud jozibasini ham qo‘shib qo‘ydi. Jonni Kesh va Jun Karter − Xoakin Feniks va Riz Uizerspun Xoakin va Riz musiqachi va uning rafiqasi rolini ijro etgan. Shuning Riz aynan shu roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Yelizavetta II − Helen Mirren, Kler Foy Britaniya qirolichasini “Qirolicha” filmida Helen Mirren va “Toj”da Kler Foy ijro etgan.
80
1,899
Madaniyat
“Qasoskorlar” yulduzi kichik Robert Daunining otasi vafot etdi
Amerikalik rejissor katta Robert Dauni 86 yoshida vafot etdi. U oxirgi besh yildan buyon Parkinson kasalligi bilan kurashib kelayotgan edi, deb xabar beradi Hello nashri. Marhum rejissor rafiqasining so‘zlariga ko‘ra, u o‘z uyida uyqusida olamdan o‘tgan. Katta Robert Dauni rejissor, aktyor, ssenariynavis, prodyuser, operator va montajchi edi. 1977-yilgi “Xyugo kompaniyasi” filmi unga mashhurlik olib kelgan edi. Shuningdek, u “Bugi uslubidagi kechalar”, “Mo‘g‘iliston” va “Los-Anjelesda yashash va o‘lish” kartinalaridagi rollari orqali tanilgan. Rejissorning yagona o‘g‘li kichik Robert Dauni — taniqli Gollivud aktyori Marvel komikslari asosida ishlangan filmlar (“Temir odam”, “Qasoskorlar”, “Xalk”, “O‘rgimchak odam: uyga qaytish” filmlari, shuningdek, Gay Richining Sherlok Xolms haqidagi kartinalari orqali mashhurlikka erishgan. Avvalroq Bollivud afsonasi Dilip Kapur 99 yoshida, rossiyalik aktyor va rejissor Vladimir Menshov 82 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Kichik Robert Dauni parashyutdan sakrash vaqtida o‘lishiga bir baxya qolganini so‘zlab berdi
62
1,085
Madaniyat
Toshkentda xotin-qizlarga bag‘ishlangan AQSh filmlari festivali o‘tkazilmoqda
1-mart soat 18:00 da Ayollar tarixi oyligini boshlash hamda Xalqaro xotin-qizlar kunini munosib nishonlash maqsadida AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Toshkentdagi Next Mall kinoteatrida ayollarga bag‘ishlangan Amerika film festivalini ochib berdi. Bu haqda “Daryo”ga elchixona vakillari ma’lum qildi. Filmlar festivali 1-martdan boshlab Xalqaro xotin-qizlar kuni — 8-martga qadar davom etadi. 2–8-mart kunlari soat 10:00 dan 22:00 gacha kinoteatrda oltita xilma-xil film ko‘rsatiladi. Filmlarda ayollarning jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi ko‘pincha bee’tibor qoldirilishi e’tirof etiladi. AQSh elchixonasi filmlarni asliyatda, ya’ni ingliz tilida tomoshabinlar e’tiboriga havola etadi. Amerika filmlari festivali Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, ingliz tilini bilish darajasini oshirishga qaratilgan. Filmlarda bosh rolni ijro etgan ayollar ilm-fan, matematika, atrof-muhitni muhofaza qilish, biznes va sanoat, ta’lim va sport sohalarida erishgan yutuqlari bilan ajralib turadi. Festival jamoatchilik, talabalar va mahalliy tashkilotlar vakillari uchun ochiqdir. Barcha filmlar uchun chiptalar bepul. Bir kishi bir kunda ikkita bepul chipta olsa bo‘ladi.
77
1,242
Madaniyat
Dilmurod Mirsaidov: "Qo`qon shamoli"da Qo`qondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar aks etgan"
“Dilshoh media” kinostudiyasi rahbari, prodyuser Mahmud Erkaboev va rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan “Qo`qon shamoli” tarixiy filmi ko`pchilikda qiziqish uyg`otmoqda. Film rejissyori Dilmurod Masaidov filmni yaratish g`oyasi haqida gapirdi: – Yoshligimdan tarix, adabiyot fanlariga qiziqishim juda baland bo`lgan, a`lo baholarga tahsil olganman. Shu bois tarixiy asar yaratish mening orzum edi. Bir necha yillar oldin Sohibqiron Amir Temur haqida kino olishni niyat qilganman. Ammo ayrim sabablarga ko`ra, niyatim amalga oshmay qolgan. Keyinchalik «O`zbekkino» Milliy agentligi vakillari bir ssenariyni qo`limga tutqazishdi. Bu – «Aybsiz aybdor yoxud Amiriy» nomli ssenariy edi. O`qib chiqqach, u menga yoqib qoldi va kino olishga kirishdim.   Jarayonda nomini «Qo`qon shamoli» deya o`zgartirdik. Sababi, Qo`qon tarixida ayni shunday atama bor: Qo`qondagi ijtimoiy-siyosiy davrga «Qo`qon shamoli», deya ta`rif berilgan.   Filmmda 1809 yillarda Qo`qon xonligidagi ijtimoiy-siyosiy holat, Qo`qon xoni Amir Olimxon o`ldirilib, uning ukasi Umarxonning taxtga kelishi voqealari aks etgan. Shuningdek, kartina o`sha davr Qo`qon xonligidagi tahlikali vaziyat, saroydagi fitna-fasod, g`arazliklar va ularga qarshi kurashgan ezgu niyatli kishilar taqdiridan hikoya qiladi.   Kartinaga bosh rol ijrochilarini tanlashda yangi qiyofalarni topishga intildik. Umarxon obrazini yaratgan Ilhom Berdiev hamda Mohlaroyim obraziga tanlangan Rayhon Asadova, o`ylaymanki, biz kutgan yangi qiyofani yarata olishdi. Ammo ular bu filmga qadar ko`p ham bosh rollarni ijro etishmagan.   2018 yilning iyul oylarida ijodiy jamoani tuzib, ish boshlagan bo`lsak, mana, bir yildan ortiqroq muddatda kino tayyor bo`ldi. Katta jamoa bo`lib, qattiq mehnat qildik. Umuman, kamchiliklardan xoli, dunyoning eng oldi kinosi bo`ldi, deyish fikridan yiroqman. Hattoki, tasvirga olish jarayoni tugagach, ba`zi kadrlarni kinodan qirqib ham oldik. Tomoshabinga ishimizning eng mukammal nuqtalarini taqdim etishga harakat qildik. QIZIQ FAKT: Filmdagi Nodirabegim roli uchun ellikdan ortiq, Amir Umarxon roli uchun o`ttizdan ortiq, Amir Olimxon roli uchun esa o`ttizga yaqin aktyor va aktrisalar kasting topshirgan.
88
2,191
Madaniyat
Buker adabiy mukofotini yamaykalik Marlon Jeyms qo‘lga kiritdi
Yamaykalik yozuvchi Marlon Jeyms “Yetti qotilikning qisqacha tarixi” romani uchun bu yilgi The Man Booker Prize adabiy mukofoti laureati bo‘ldi. G‘olibning nomi 13-oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda e’lon qilindi, deya xabar bermoqda Meduza. Mazkur asarda mashhur san’atkor Bob Marli hayotiga uyushtirilgan suiqasdlar haqida hikoya qilinadi. 44 yoshli adib (ayni paytda Minneapolisda istiqomat qiladi) bu mukofotga loyiq ko‘rilgan Yamaykaning ilk vakili bo‘ldi. 1969-yilda ta’sis etilgan va adabiyot olamida nufuzi baland bo‘lgan Buker mukofoti ingliz tilidagi eng sara asarlar uchun taqdim etiladi. G‘olibga 50 ming funt sterlingga teng chek beriladi.
62
674
Madaniyat
Turkiy tilli xalqlarning taniqli san’atkorlari Hulkar Abdullayevaning “Paqa-paq” qo‘shig‘ini Zoom orqali birgalikda ijro etdi (video)
“Xiva – 2020-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb e’lon qilingani munosabati bilan turkiy tilli davlatlarning taniqli san’atkorlari xonanda Hulkar Abdullayevaning “Paqa-paq” qo‘shig‘ini birgalikda ijro etdi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xabar berdi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tatariston, Turkmaniston, Turkiya, Qrim, Moldova, Kabarda-Balkariya, O‘zbekiston san’atkorlari Zoom orqali bir joyga to‘planib, Hulkar Abdullayevaga jo‘r bo‘lib, “Paqa-paq” qo‘shig‘ini kuylagan. “Ko‘hna Xiva yurtimizga xorijlik sayyohlarni eng ko‘p jalb etuvchi qadimiy shaharlardan biri. Xorazm zaminining go‘zal va navqiron bu go‘shasi 2020-yilda turk dunyosi madaniyati poytaxti maqomiga sazovor bo‘ldi. Bu bizlar uchun faxr va iftixor tuyg‘usidir. Moziy sahnasida ne-ne istilolarga bo‘yin egmagan Xiva, hamon serviqor ko‘rinishini yo‘qotmagan va uning dovrug‘i butun dunyoga tarqalmoqda. ‘Xiva – 2020-yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti’ deb e’lon qilingani munosabati bilan barcha qardosh turkiy xalqlarning taniqli san’atkorlari birgalikda qo‘shiq kuylashdi. Bugungi sinovli kunlarda ijro etilgan ushbu qo‘shiq dunyo xalqlarini qalban yanada yaqinlashtiradi”, — deb yozadi Ozodbek Nazarbekov.  O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’da ommalashgan chellenjni milliylashtirdi (video)
133
1,299
Madaniyat
Qoraqalpog`istonda Xalqaro gastronomik festival boshlandi
Bugun, 19 oktyabr kuni I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san`at muzeyida festival qatnashchilari ishtirokida «Janubiy Orol atrofi — innovasion rivojlanish hududi» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o`tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Kunning ikkinchi yarmida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Ch.Aytmatovning «Sohil bo`yida chopayotgan olapar» qissasi asosida sahnalashtirilgan «Luvr o`rdagi» nomli spektakli namoyish etiladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining Mo`ynoq tumanidagi filiali «Ekologiya» muzeyining ochilish marosimi, shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining simfonik orkestri konserti va «Ko`k suv» ko`li bo`yida viloyatlardan va barcha tumanlardan kelgan oshpazlar ishtirokida «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» nomli gastronomik xalqaro festivali o`tkaziladi. Kunning ikkinchi yarmida Ochiq osmon ostidagi «Kemalar muzeyi» oldi «Mayok» bo`yida «Orol va Mo`ynoqning qayta tiklanishi» nomli xalqaro ekofestivaliga bag`ishlangan Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli Ixtisoslashtirilgan Nukus madaniyat maktabi, Nukus shahri va Mo`ynoq tumani bolalar musiqa va san`at maktabi o`quvchi yoshlarining ekologiya mavzusida rasmlar chizish mashg`ulotlari, «Orol mening taqdirimda» mavzusidagi O`zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi rassomlari ko`rgazmasi, «Fermer boy, xalq farovon» mavzusida Mo`ynoq, Qo`ng`irot, Qanliko`l, Shumanoy, Xo`jayli tumanlari dehqon fermer xo`jaliklarining «Hosil ko`rgazma»lari, «Jonli tabiat» mavzusidagi gulchambarlar namoyishi, shuningdek ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo`mitasi va «Hunarmand» uyushmasi tomonidan tashkil etiladigan ko`rgazmalar namoyishi; — «Orol baliqlaridan 99 tur taomlar» nomli gastronomik xalqaro festivali va «Orol va Mo`ynoqning qayta tiklanishi» mavzusidagi xalqaro Ekofestivali g`oliblarini taqdirlash marosimi; — Ochiq osmon ostidagi «Kemalar muzeyi» oldi «Mayok» bo`yidagi sahnada xalqaro festival yakuni bilan O`zbekiston va Qoraqalpog`iston san`at arboblari, taniqli yosh estrada xonandalari ishtirokida gala konsert dasturi; Ochiq osmon ostidagi «Kemalar muzeyi» yonida «Qur» atrofida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq baxshi va jirovlari, folklor jamoalarining xalq dostonlaridan parchalar ijrosi, qiz-yigitlar aytishuvlari bo`lib o`tishi belgilangan.
57
2,433
Madaniyat
"Ilhaq" endi rus tilida ham namoyish etiladi
O`zbekiston Kinematografiya agentligi (O`zbekkino MA) buyurtmasiga binoan rejissyor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan "Ilxaq" badiiy filmi rus tiliga tarjima qilindi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Ushbu badiiy film ikkinchi jahon urushi davrida ro`y bergan hayotiy voqealarga asoslangan. Unda besh o`g`ilni o`stirib ulg`aytirgan va ularni urushda yo`qotgan ona Zulfiya Zokirovaning dardi, alamli kechinmalari va azoblari tasvirlangan. - Oldinda G`alabaning 75 yilligi yaqinlashib kelmoqda. O`tgan yili xuddi shu vaqtda katta premerasi o`tkazilgan "Ilhaq" filmi nafaqat o`zbek kinomuxlislari, balki rusiyzabon tomoshabinlarda ham katta qiziqish uyg`otgandi. O`shanda film ijodkorlari nomidan keyingi yil G`alaba bayramigacha filmni rus tilidagi variantini ham taqdim qilamiz deb va`da bergan edik. Mana va`damizning ustidan chiqayapmiz. Filmning rus tilidagi varianti keng namoyishlarga tayyor. Yaqin kunlarda ingliz tilidagi subtitrli versiyasini ham taqdim qilamiz. "Ilhaqni"ni nafaqat vatanimizda, balki qo`shni davlatlar Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`izistonda ham namoyish qilish niyatidamiz, - dedi film rejissyori.
44
1,165
Madaniyat
Qirolicha Yelizaveta II ning moda tarixida o‘chmas iz qoldirgan eng yorqin obrazlari (foto)
8-sentabr kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II vafot etgani haqidagi xabar butun dunyoni qayg‘uga soldi. Londondagi Bukingem qasri atrofiga minglab odamlar qo‘llarida gullar bilan yig‘ila boshladi, mamlakat esa qirolichani xotirlab, motamga cho‘mdi, deb yozadi Peopletalk. Qayd etilishicha, Londonda yomg‘ir quya boshlaganiga qaramay, hech kim qasr atrofini tark etmagan. Odamlar qasr darvozalari oldida to‘planib, bir ovozdan Buyuk Britaniya madhiyasini “God Save The Queen” (Xudo qirolichani asra) misralari bilan kuylamoqda. 8-sentabr kuni 70 yildan ortiq davom etgan davr nihoyasiga yetdi. “Sizning oldingizda ma’lum qilamanki, butun hayotim, u qisqa yoki uzun bo‘lsin, u sizga va bizning buyuk imperiyamizga xizmat qilishga bag‘ishlanadi”, — degan edi Yelizaveta II 21 yoshga to‘lgan kuni. 4 yildan so‘ng esa u mamlakatni boshqarish va Britaniya tarixidagi eng keksa monarx bo‘lish uchun taxtga o‘tirgan edi. Quyida qirolichaning moda tarixida o‘chmas iz qoldirgan mashhur obrazlari keltiriladi.
91
1,010
Madaniyat
Instagram: Yulduz Usmonovaning Ozarbayjondagi konserti, sariq bolaga atab qo‘shiq kuylagan Jahongir Poziljonov, qo‘rqib ketgan Durdona Qurbonova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Asal Shodiyeva sahifasiga yangi suratini joylashtirdi. Xonanda Bunyodbek Saidov oilasi bilan Turkiyaning Antaliya shahrida dam olmoqda. Turkiyaning mashhur aktrisalaridan biri Fahriye Evjen aktyor, turmush o‘rtog‘i Burak O‘zchivit va o‘g‘li Karan bilan dengiz bo‘yida dam olayotgani aks etgan suratni muxlislariga ko‘rsatdi. Aktrisa, dizayner Shaxzoda Muhammedova Kanizaga jirafa obrazidagi ko‘ylak tikib berdi. Xonanda ko‘ylakning ajoyib chiqqani aytgan va unga minnatdorchilik bildirgan. Xonanda Shahzoda yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Feruza Jumaniyozova to‘y xizmatiga borgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. “Via Marokand” guruhining a’zosi Asal Zokirova sahifasiga yangi suratini joyladi va tez kunlarda “Xonanda” nomli taronasiga ishlangan videoklipni taqdim etishini ma’lum qildi. Durdona Qurbonova ot bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan paytda ot hurkib ketdi, aktrisa esa bu holatdan qo‘rqdi. Bundan tashqari u sahifasiga Turkiyada tushgan yangi suratini joyladi. Xonanda Jahongir Foziljonov “Omadingizni bersin” ko‘rsatuvida Jahongir Xo‘jayevga atab hazilomuz musiqa to‘qidi. “Bravo” kulgi jamoasining a’zosi, aktrisa Shahlo Zoirova do‘sti bilan tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi. Xonanda Ulug‘bek Otajonov hamkasbi Hamdam Sobirov bilan uning xit darajasiga chiqqan “Maktabimda” taronasini o‘zgacha uslubda kuylagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Bollivudning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Dipika Padukone turmush o‘rtog‘i, aktyor Ranvir Singx bilan tushgan yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi. Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev xalqning duosini olgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi va obunachilariga elning duosi qo‘llashini aytdi. Lola yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi va Toshkentdagi restoranlarning birida bergan konserti juda yaxshi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Yulduz Usmonova Ozarbayjondagi muxlislari bilan ko‘rishdi va shu yerlik xonanda bilan xitga aylangan “Muhabbat” taronasini ijro etdi. Primadonnaning muxlislari uni juda yaxshi qarshi oldi va taronalarini birga kuyladi. Qiziqchi, aktyor Mirzabek Xolmedov Kyonigsberg shahrida O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov va yaqin do‘stlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Aktrisa Saida Saidbekova sahifasiga hamkasbi Shahlo Temirova bilan birga tushgan videosini joyladi va muxlislariga uni Shahlo Temirovaga o‘xshatishlarini aytdi.
144
2,524
Madaniyat
​BIShKEK VA O`ShDA "OYQIZ ERTAGI" NAMOYISh ETILADI
2017 yil 5 oktyabr kuni Qirg`izistonda O`zbekiston madaniyati kunlari boshlandi. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Qirg`izistonga yurtimiz madaniyati va san`atining bir guruh vakillari yo`l oldi. Ular orasida o`zbek kinematografiyasi namoyondalari ham bor. Bishkek va O`sh shaharlarida o`tkaziladigan O`zbekiston madaniyati kunlari doirasida rasmiy uchrashuvlar hamda “Zamonaviy O`zbekiston” nomli tasviriy san`at va foto ko`rgazma, konsert dasturlari va “O`zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan, kinorejissyor Akbar Bekturdievning “Oyqiz ertagi” badiiy filmi taqdim etiladi. 2016 yilning 20 mayidan ekran yuzini ko`rgan “Oyqiz ertagi” tarixiy ertak filmini yaratishda zamonaviy texnologiyalar, kompyuter grafikasidan keng foydalanilgan. Kinoasarda vatanni sevish, uning daxlsizligini ko`z qorachig`idek asrash, mardlik, halollik, yovuzlikka qarshi kurash singari ezgu g`oyalar ulug`langan. Bosh rollarni taniqli yosh aktyorlar Yigitali Mamajonov va Yulduz Rajabova ijro etgan. Film ssenariysi muallifi — Muhammad Davlatilloh, rejissyor — Akbar Bekturdiev. Mazkur kartina qirg`izistonlik tomoshabinlarda ham iliq taassurot qoldirishiga va O`zbekiston madaniyati kunlari qardosh o`zbek va qirg`iz xalqlari o`rtasidagi do`stona munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga katta xissa qo`shadi, degan umiddamiz.
50
1,313
Madaniyat
Milliy kutubxonada “Toshkentning ulkan yuragi” hujjatli filmi taqdim etildi
Toshkentdagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Toshkentning ulkan yuragi” hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Kultura.uz”. Tadbirga film yaratuvchilari, dramaturglar, ssenariynavislar, ishtirokchilar, kinotanqidchilar va kutubxona foydalanuvchilari tashrif buyurdi. “Film dahshatli urushning qonli qizil ipi bilan bir-biriga chirmashib ketgan o‘nlab hikoyalar, taqdirlarni, chuqur, o‘tkir nigohli och va hurkak bolalar tasvirlangan urush yillari xronikasini o‘z ichiga sig‘dirdi”, — deyiladi maqolada. Kartinada urush yillarida O‘zbekistonda yashagan, keyinchalik boshqa joylarga ko‘chib ketgan kishilar mamlakatning bag‘rikeng odamlariga minnatdorlik so‘zlarini bildirgan. Ta’kidlanishicha, to‘rt yil davomida O‘zbekiston 1,5 million qochoqni qabul qilgan. Ularning 400 mingini bolalar, 250 mingdan ortig‘ini yahudiylar tashkil etgan. Kartina ssenariysi taniqli jurnalist B. Boboyev qalamiga mansub. Unga H. Valiyev rejissorlik qildi.
75
964
Madaniyat
Stokgolmda Bob Dilanga Nobel qo‘mitasi medali topshirildi
Amerikalik musiqachi va shoir Bob Dilan Stokgolmda Nobel qo‘mitasi diplomi va medalini qabul qilib oldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Mukofotni olish uchun endi Dilan an’anaviy ma’ruzani 10-iyundan kech bo‘lmagan muddatda o‘qib berishi kerak. Avvalroq Bob Dilan Nobel mukofotini olib ketishga rozi bo‘lgan edi. Bob Dilan adabiyot bo‘yicha 2016-yilgi Nobel mukofoti laureati deb e’lon qilingan. U “buyuk Amerika qo‘shiqchilik an’analarida yangi she’riy tilni yaratgani uchun” taqdirlandi. Mukofot egasi e’lon qilinganidan keyingi ikki hafta davomida xonanda hech qayerda ko‘rinish bermadi, so‘ng Shvetsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, tashkiliy qo‘mitaga minnatdorchilik bildirdi.
57
666
Madaniyat
Eng yaxshi qisqa metrajli multfilm nominatsiyasida “Oskar”ga “Ayiq hikoyasi” sazovor bo‘ldi
Eng yaxshi qisqa metrajli multiplikatsion film nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga chililik ijodkorlarning “Ayiq hikoyasi” kartinasi sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. Uning nominatsiya bo‘yicha raqiblari Konstantin Bronzitning “Biz koinotsiz yashay olmaymiz”, Richard Uillyamsning “Debocha”, Don Xersveldning “Kelajak dunyosi”, Sanjay Patelning “Sanjay va uning jamoasi” multfilmlari edi.
91
402
Madaniyat
Rossiyaning bir nechta hududlarida “Sumbul” filmi namoyish etiladi
“O`zbekkino” MA hamda “Tatarkino” bilan hamkorlikda suratga olingan “Sumbul” filmi Rossiyaning bir nechta hududlarida namoyish etiladi. B uhaqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. “Tatarkino” davlat muassasasi Tatariston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko`magida Rossiya Federasiyasining bir nechta hududlarida “Tatar kinosi kunlari”ni o`tkazmoqda. Namoyishlarda filmlarning ijodiy guruhi ham ishtirok etadi. Xanta-Mantiyskiy avtonom okrugida 3 apreldan 8 aprelga qadar “Tatar kinosi kunlari” bo`lib o`tadi. Kagalim, Pokachi va Nijnevartovsk hududlarida “Sumbul” va “Apipa” filmlari namoyish etiladi. Shuningdek, “O`zbekkino” MA va “Tatarkino” hamkorligida suratga olingan “Sumbul” filmining 9-10 aprel kunlari Omskda, 29-30 aprel kunlari Sankt-Peterburgda namoyishlari o`tkaziladi. “Sumbul” filmi drama janrida suratga olingan bo`lib, unda tataristonlik Sumbul ismli qizning yolg`onga uchragan muhabbati va haqiqiy baxtini topish yo`lidagi kechinmalari tasvirlangan.   Ssenariy mualliflari Rashid Malikov va Ilfat Kamaleev, rejissyorlar Ramil Fazliev va Rashid Malikov.   Rollarda Sabina Asanova, Eldar Xaydarov, Karim Mirhodiev, Nigora Karimboeva.
66
1,175
Madaniyat
Xonanda Ravshan Namozov og‘ir ahvolda gematologiya shifoxonasida davolanayotgani ma’lum qilindi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’dagi sahifalari orqali O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozovning gematologiya shifoxonasida davolanayotgani, unga shoshilinch qon kerakligi, salomatligi jiddiy xavf ostida ekanligi haqida post joylamoqda. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova xonandaning singlisi Malika Namozova bilan bog‘landi. — Haqiqatan ham akamning sog‘lig‘ida muammo bor. U bir necha kundan buyon kasalxonada. Akam 7 yildan buyon 2-darajadagi xafaqon xastaligi bilan kurashadi. Qonga zarurat bo‘lgani uchun yaxshi insonlarning ko‘magiga muhtojmiz. Qon guruhining ahamiyati yo‘q, faqatgina kasallanmagan, sog‘lom insonning qoni bo‘lsa bas. Iltimos, akam sog‘ayib, oyoqqa turib ketishiga ko‘mak beringlar, — deydi xonandaning singlisi Malika Namozova. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozov 1961-yilning 10-iyulida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug‘ilgan. Termiz musiqa bilim yurtini tamomlab, otasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurahmon Namozov va Shokir Mahmudovlardan saboq olgan. U faoliyatini 1989-yili tashkil etilgan “Qars” guruhida boshlagan. U 1985-yil Germaniya o‘tkazilgan “Yoshlar festivalida” va 1989-yili Olmaota shahrida tashkil etilgan “Osiyo ovozi” ko‘rik tanlovida Grand-Prini qo‘lga kiritgan. 1991-yildan buyon yakkaxon ijod qilayotgan xonanda 1993-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. Ravshan Namozov zamonaviy surxon qo‘shiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish. Uning “Chipradalli”, “Kovushim”, “Yor-yor yoron-ey”, “Biyo-biyo”, “Xayol” kabi qo‘shiqlari san’at shinavandalarining ko‘nglidan joy olgan.
95
1,681
Madaniyat
“Botoks va filtrlarsiz ham go‘zalsiz”. Instagram foydalanuvchilari Dryu Berrimor va Kameron Diazning yangi suratidan zavqlanmoqda (foto)
Dryu Berrimorning Instagram’dagi obunachilari uning Kameron Diaz bilan birga tushgan yangi suratidan hayratda qoldi. View this post on Instagram Bir sutkadan kamroq vaqt ichida fotoga milliondan ko‘proq layk bosilgan va 12 mingdan ko‘proq izoh yozib qoldirilgan. Instagram’dagi mukammal suratlardan charchagan kuzatuvchilar ularni tabiiy va fotoshop qilinmagan holda ko‘rish yoqimli ekanini ta’kidlagan. Izohlarga “Filtrlardan foydalanmaganingiz va tabiiy go‘zalligingizni saqlab qolganingiz uchun rahmat”, “Fotoshopsiz va jarrohlik amaliyoti qilinmagan yuzni ko‘rish biram yoqimli. Barchamizga ko‘proq shunday kontent kerak”, — deb yozib qoldirilgan izohlarda. Intervyulardan birida 49 yashar Diaz botoks inyeksiyasini sinab ko‘rgani, ammo keyinroq undan tezda voz kechganini ma’lum qilgan. “Yuzim o‘zgardi va juda ham g‘alati ko‘rinib qoldi. Men begona yuz bilan yurgandan ko‘ra, qariganim yaxshi ekanini tushunib yetdim”, — degan u. 45 yashar Berrimor ham ushbu nuqtayi nazarni qo‘llab-quvvatlaydi. “Hech kim qarishni istamaydi. Men esa g‘olib bo‘lish imkonsiz bo‘lgan ushbu kurashda ishtirok etmaslikni ma’qul deb bilaman. Men go‘zallik ukollaridan foydalanmagan ayollarning yuziga qarashni yaxshi ko‘raman. Men ularning latofati va tabiiy qarish haqida aytib beradigan hikoyalarini yoqtiraman. O‘zim bilan sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni qabul qilib yashashni afzal bilaman”, — degan Dryu. Ma’lumot uchun, Berrimor va Diaz maktab vaqtlaridayoq do‘stlashgan. “Biz Dryu 14, men esa 16 yosh bo‘lganimda tanishganmiz. Biz Beverli-Xillzdagi kafeda uchrashganmiz. Men o‘sha vaqt modellik qilardim va kafega borishni yaxshi ko‘rardim. Dryu esa u yerda ishlardi. Shunday qilib, do‘stlashib qolganmiz”, — deb eslaydi Kameron.
136
1,738
Madaniyat
“Million” jamoasining konsert dasturidan fotoreportaj
30-martdan 5-aprelgacha Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Million” jamoasi o‘zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etdi. Dasturning so‘nggi kunida suratga olingan eng qiziq jarayonlaridan iborat fotoreportaj hukmingizga havola qilinadi.
53
249
Madaniyat
Jastin Biber o‘zidan ikki barobar katta erkakdan tayoq yedi (video)
Kanadalik xonanda Jastin Biber Klivlendda (AQSh) o‘zidan taxminan ikki barobar kattaroq erkak bilan mushtlashdi. Voqea aks etgan video TMZ portali tomonidan taqdim etildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Qariyb ikki metr keladigan afroamerikalik Lamont Richmond shou-biznes yulduzini mehmonxona yaqinida kutib oldi. Biber shaharga NBA ligasi finali — “Klivlend” va “Golden Steyt Uorriorz” basketbol jamoalari o‘rtasidagi bahsni tomosha qilishga kelgan edi. Richmond Biberdan dastxat qo‘yib berishni, shuningdek, yonidagi qiz bilan birga suratga tushishni so‘radi. Bunga javoban Biber “Bugun hech qanday dastxatlar bo‘lmaydi” dedi, shuningdek, amerikalik erkakka nisbatan haqorat so‘zlarini ishlatdi. Bu bilan kifoyalanmagan 22-yoshli kanadalik xonanda erkakka tarmashib ketdi. Lamont esa hech qanday muammolarsiz Biberni polga to‘shab qo‘ydi. Voqea guvohlari yosh xonanda mast bo‘lganini e’tirof etmoqda. Richmond, agarda bor kuchini ishlatsa, yigitchani o‘ldirib qo‘yishi mumkinligini aytib o‘tdi. U Biberni sudga berishga tayyorlanmoqda.
67
1,047
Madaniyat
O‘zbekistonlik operachi Xursand Sherov Muslim Magomayev xotirasiga bag‘ishlab velotur o‘tkazmoqda
O‘zbekistonlik 58 yoshli opera kuychisi, Toshkentdagi “Registon” ansambli rahbari Xursand Sherov sevimli artisti Muslim Magomayev xotirasiga velotur bag‘ishladi. Bu haqda My Day xabar bermoqda. Xonanda Ipak Yo‘li orqali, Olmaota, Novosibirsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Chita, Manchjuriya va Pekindan o‘tadi. Qaytishda esa Turkmaniston va Ozarbayjondan o‘tib, 29-oktabr kuni Bokuda konsert beradi. Xonanda ikkinchi marotaba Magomayev xotirasiga velosafar uyushtirmoqda. Birinchi marta u Toshkentdan Moskvagacha safar qilib, velosipedda 3,5 ming kilometr yo‘l bosib o‘tgan va Magomayevning Moskvadagi haykali ostida konsert bergan edi. Safar chog‘ida Sherov to‘playotgan axborot va olib borayotgan syomka materiallari Andrey Malaxovning “Birinchi kanal”dagi “Pust govoryat” dasturi orqali ko‘rsatiladi. Ayni paytda Sherov Chitada bo‘lib, u yerdan 26-iyul kuni Zabaykalskka yo‘l oladi.
97
881
Madaniyat
Peskov: Putin Di Kaprioning Rossiya prezidenti haqidagi filmda bosh rolni o‘ynash rejasidan bexabar
Rossiya prezidenti Vladimir Putin u haqda film yaratish rejalari, shuningdek, taniqli amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprioning, go‘yoki, unda bosh rol o‘ynash niyatidan bexabar. Bu haqda jurnalistlarga davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. “Putin bundan bexabar, — dedi u. — Shuningdek, biz bunday rol mavjud bo‘lgan taqdirda, Di Kaprio Putin rolini ijro etish istagini bildirganidan ham bexabarmiz, chunki, to‘g‘risini aytganda, biz Di Kaprioning bayonotini hech qayerda ko‘rmadik”. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Knightsbridge Entertainment kinokompaniyasining “Putin” nomli filmida Leonardo Di Kaprio Rossiya prezidenti rolini o‘ynashga rozilik bergani haqida xabar tarqalgan edi.
99
719
Madaniyat
“Qizil yo‘lakchada Yodgor Sa’diyevdan Shahzodalargacha”. “PROlogue — 2018” xalqaro kino festivalining tantanali yopilish marosimidan reportaj (foto va video)
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida to‘rt kun davom etgan “PROlogue — 2018” xalqaro kino festivali g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash hamda tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki qismga bo‘lingan mazkur tadbirdan jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” uchun maxsus reportaj tayyorladi. Tadbirning birinchi qismida festivalda ishtirok etgan chet ellik mehmonlar, ishtirokchi va hakamlar, shuningdek o‘zbek kino va musiqa olamining eng mashhur vakillari qizil yo‘lakchadan o‘tishdi. PROlogue IV Xalqaro kino festivali O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekkino“ milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
157
807
Madaniyat
Adel Silvestr Stallonening uyini sotib olish uchun 30 yillik ipoteka krediti oldi. Endi xonanda har oy 200 ming dollardan ko‘proq pul to‘laydi
2022-yilning fevral oyida xonanda Adel Silvestr Stallonening Beverli-Xillzdagi koshonasini sotib oldi. Endilikda u Los-Anjelesda to‘rtta mulkka egalik qiladi, deb yozadi “Pravila jizni”. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 58 million dollarlik hashamatli uyni sotib olish uchun 37,7 million dollar ipoteka krediti olgan. Ta’kidlanishicha, bu 34 yoshli qo‘shiqchi uchun juda ham jiddiy mablag‘: uning boyligi  183 million dollarga baholangan. Nashrning yozishicha, 30 yil davomida Adel oyiga 227 ming dollar, jumladan, mol-mulk solig‘i va ipoteka foizlarini to‘lashi kerak. Kredit shahar Milliy banki tomonidan berilgan. Yangi koshonada Adel sevgan insoni Rich Pol bilan yashaydi, juftlik bir necha oy oldin u yerga ko‘chib o‘tgan. 2022-yilning may oyida xonanda uy oldida uning kalitlarini ushlab turgan surati bilan bo‘lishgan. Muhtasham uy 1700 kvadrat metr maydonni egallaydi, uchastkaning hududi 1,4 gektarni tashkil qiladi. Uyda sakkizta yotoq xona, 12 ta hammom, uy kinoteatri, suzish havzasi va “haqiqiy Rokki sport zali” mavjud. Qolaversa, 2022-yil yanvar oyida Adel logistika va koronavirus bilan bog‘liq muammolar tufayli Las-Vegasda uzoq kutilgan konsertini qoldirganini e’lon qilgandi. Yaqinda u qoldirilgan konsertlar noyabr oyida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Xabar qilinishicha, u har bir shou uchun 1 million dollardan oladi.
142
1,331
Madaniyat
Nigina Jabborova nima sababdan “Afandining qizlari” kulgi jamoasini tark etgani ma’lum bo‘ldi
Aktrisa Nigina Jabborova “Afandining qizlari” jamoasini tark etdi. Bu haqida guruh asoschisi Muborak Abdullayeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. Buning aniq tafsilotlarini bilish maqsadida “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova Muborak Abdullayeva bilan bog‘landi. — Nigina bilan munosabatlarimiz yaxshi. Ayrimlar o‘ylaganidek kelishmovchilik sabab Nigina jamoamizdan ketayotgani yo‘q. U teatrda ishlashni yaxshi ko‘radi va filmlarda ham jiddiy rollarni ijro etish niyatida. Uning qarorini hurmat qildik. Ya’ni u vaynlarda suratga tushishni xohlamayapti. U ayni kunlarda Moskvadagi teatrlardan biri bilan shartnoma imzolamoqchi. Keyin dekabr oyida O‘zbekistondan ketib, 2023-yilni yangi ijod muhiti bilan qarshilashni niyat qilgan. Dugonamizga oq yo‘l tiladik. Endi Nigora bilan “Afandining qizlari”ni davom ettiramiz. Odatda guruhni tark etganlar o‘rni yangi a’zolar bilan to‘lidiriladi. Xo‘sh, “Afandining qizlariga” ham yangi a’zo qo‘shiladimi? Bu savolimizga Muborak Abdullayeva quyidagicha javob berdi. — Kasting asosida yordamchilar olishni rejalashtiryapmiz. Ammo ular guruh a’zosi bo‘lmaydi. Ya’ni asosiy rollarni Nigora ikkimiz ijro etamiz. Agar kastingdan o‘tgan qizlar orasida haqiqatan ham iste’dodli nomzod bo‘lsa, uni a’zolikka qabul qilishimiz mumkin. Ammo u buxoro shevasida gapirishi va Nigina yaratgan rolni takrorlashi kerakmas. Niginaning o‘rnini hech kim to‘ldirolmaydi. Bundan tashqari, Muborak Abdullayeva “Afandining qizlari Istanbulda” nomli film suratga olingani haqida ham so‘zlab berdi. — Vaynlar olishda ancha dangacha bo‘lib qoldik. Oxirgi paytlarda juda kam olayapmiz. Nigora serialda, meni Zo‘r TV telekanalidagi boshlovchilik ishlari bilan band bo‘lib qoldim. Nigina esa teatr uchun jonini beradi. Orada “Afandining qizlari Istanbulda” nomli sitkom film ham suratga olindik. Uni suratga olishda mashhur “Istanbullik kelin” serialida ikkinchi rejissor bo‘lib ishlagan Ahmed ko‘maklashdi. Nasib qilsa, serialimiz yaqin kunlarda tomoshabinlarga taqdim etiladi, — deydi aktrisa Muborak Abdullayeva. Eslatib o‘tamiz, “Afandining qizlari” jamoasi 2020-yili karantin davrida tashkil etilgan. Guruh asoschisi Muborak Abdullayeva hisoblanadi. Nigora Abdullaxonova ma’lumoti bo‘yicha dirijyor hisoblanadi. Nigina Jabborova va Muborak Abdullayeva ea aktrisalik sohasida tahsil olishgan.
93
2,318
Madaniyat
Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlari nomlari aniq bo`ldi
Bugun 27 sentyabr kuni «O`zbekfilm» kinokonsernida “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.   Anjumandan avval, kinoijodkorlar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Shundan so`ng, festival dasturi bilan tanishtirish maqsadida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.   Mazkur anjumanda kinofestivalga tashrif buyuradigan mehmonlar, dastur doirasida namoyish etiladigan filmlar va boshqa tadbirlar haqida OAV vakillariga to`liq ma`lumot berildi. Mazkur mehmonlar qatorida biz sevib tomosha qiladigan hind va turk kinoyulduzlari ko`rishimiz mumkin. Ular orasida Mithun Chakraborti , Huma Qureshi , Sanjay Gupta, O`zjan Deniz, Serdar O`rtach, Melisa Asli Pampuk, Nazan Kesal, Filez Ahmet va boshqalar bor.   Mamlakatlardan kinofestivalga 150 dan ziyod mashhur kinoijodkorlar kelishi kutilmoqda. Ular orasida rejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar, xalqaro kinofestivallar, tashkilotlar, distribyutor kompaniyalarining vakillari tashrif buyurishadi. Ularning nomlari bugun ommaviy axborot vakillariga tanishtirildi. Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
61
1,150
Madaniyat
Garri Potterning sehrli tayoqchasi va ko‘zoynagi auksionga qo‘yiladi
Suvenirlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Prop Store kompaniyasi 29-iyun kuni Los-Anjelesda “sehrli” auksion o‘tkazadi. Kimoshdi savdolari 1-iyulga qadar davom etadi, deb xabar beradi Esquire. Ta’kidlanishicha, suratga olish maydonchasida foydalanilgan 1200 dan ortiq buyum sotuvga qo‘yiladi. Masalan, “Garri Potter va o‘lim tuhfalari” filmining ikkita qismida suratga tushgan Deniel Redkliffning sehrli tayoqchasi va ko‘zoynagi sotiladi. Ushbu suvenirning boshlang‘ich narxi 30-50 ming dollarni tashkil etadi. Indiana Jons haqidagi mashhur kinosaga muxlislari esa Xarrison Ford o‘lim ma’budasi Kaliga qarshi kurashgan qismidagi shlyapani qo‘lga kiritishi mumkin. “Yulduzlar jangi” ishqibozlari esa R2=SHP droid-astomexanikni uyiga olib ketish uchun “kurashadi”. Masofadan turib boshqariladigan robot narxi, taxminan, 120 ming dollarni tashkil etadi. “Betmen” haqidagi filmlarni sevib tomosha qiluvchilar Maykl Kiton taqqan superqaramon kamarini 10 ming dollarga xarid qilish mumkin bo‘ladi. Prop Store kompaniyasi asoschisi Stiven Leyn kinorekvizitlarni 1998-yildan boshlab kolleksiya qilishni boshlagan. London va Los-Anjelesda joylashgan Prop Store omborlarida “Argo operatsiyasi” filmidagi Toni Mendesning beyji, Ridli Skottning “Gladiator” filmidagi ikkitalik ko‘prik, “Jeyms Bond: Halok bo‘l, faqat hozir emas” filmidagi Muz saroyidagi qo‘riqchining pulemyoti va boshqa ko‘plab buyumlar saqlanadi.
68
1,403