folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Shokir Xoliqov Grant sifatida ajratilgan mablag`ga chol va kampir haqida film ishlamoqchi
Ijodiy uchrashuvda so`z olgan "Choy" filmi rejissyori  Shokir Xoliqov ijodiy rejalari haqida gapirdi: "Kino jamoaviy soha, yaxshi jamoa yig`sak, yaxshi film yarata olamiz. Grant 1 mlrd. so`m berildi, lekin sertifikatda yoshlar orasidan zamon qahramoni yaratish haqida aytilgan ekan. Menda tayyor kinossenariy bor edi.  Ssenariyim chol va kampir haqida, ularning dardlari haqida".   Shokir Xoliqov o`ziga ajratilgan Grantga yoshlar haqida emas, o`zi o`ylagan g`oyasi haqida film qilishga "O`zbekkino" Milliy agentligidan ruxsat so`radi. "Menga o`zim his qilgan mavzuda film olishga imkon berishlaringizni so`rayman. Sertifikatda belgilangan mavzuda, o`zim his qilmagan mavzuda ishlagan filmim odamlarga  yoqadi deb o`ylamayman", dedi "Choy" rejissyori.   "O`zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Shokir Xoliqovning bu taklifiga e`tirozi yo`qligini bildirdi.
89
880
Madaniyat
Kunstkamera muzeyida O`zbekiston kolleksiyasi ekspozisiyalari uchun innovasiya!
Bugun globallashuv sharoiti ostida insoniyat zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga o`tdi. Hayotimizni ularsiz tasavvur etib bo`lmay qoldi. Mana bu video tasvir ham kishini hayratlantiradi. Qachon bizning muzeylar ham zamonaviylikka moslashadi? Axir, mexanik bosma mashinalarda yozilgan sariq qog`ozchalarga termulish davri o`tib ketmadimi? Qarang, ko`ring, Kunstkamerada O`zbekiston kolleksiyasi ekspozisiyalari uchun nimalarni tayyorlab qo`yishgan! Bu narsa to`ldirilgan reallik deb ataladi. Planshetni eksponatga yo`naltirsangiz, ekranda u haqdagi ma`lumotlar to`liq paydo bo`ladi. Juda tez fursatda ushbu yangilikni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o`tkaziladigan «O`zbekiston madaniy merosi-xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l» Ikkinchi xalqaro kongressi ishtirokchilari kuzatishlari mumkin bo`ladi.
79
842
Madaniyat
“U tuzaladi, lekin kuylay olmaydi”. Shifokor MakSimning komadan keyingi taqdiri haqida gapirib berdi
Yaqinda MakSimning menejeri uning sog‘lig‘i haqidagi xushxabar bilan bo‘lishdi. Margarita Sokolovaning aytishicha, o‘ziga kelgan xonanda sun’iy nafas oldirish apparatidan uzilgan, nihoyat uning holati barqarorlashgan. Mazkur xabardan so‘ng xonandaning ovozi tez orada yana yangrashidan muxlislar quvongan edi. Ammo shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi Andrey Andriyevskiy MakSimning sog‘lig‘i haqida fikr bildirdi va Marina hech qachon qo‘shiq kuylay olmasligini aytdi. “Koronavirus infeksiyasi bilan gaz almashinuvi to‘g‘ridan to‘g‘ri sodir bo‘ladigan o‘pka to‘qimasida – alveolalarda shilimshiq hosil bo‘ladi, bu ularni butunlay yopib qo‘yadi va gaz almashinuvi buziladi. Buning uchun yaxshi nafas olish kerak. Natijada odam qo‘shiq aytolmaydi va og‘ir jismoniy mashg‘ulotlarga dosh berolmaydi. Mexanik sun’iy nafas oldirish, so‘ng tiklanish ko‘p oylar davomida, ancha uzoq davom etadi”, – deydi shifokor. Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 15-iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Keyinroq yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. Ahvoli og‘irlashgan MakSimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan.  Birozdan so‘ng koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonandaning holati yaxshilana boshlagan. Shundan so‘ng MakSim unga dalda bo‘lgan muxlislariga salom yo‘llagan. Endi Marina Maksimova kasalligidan to‘liq tuzalish uchun ko‘p harakat qilishi kerak bo‘ladi.  MakSim: 2000-yillardagi xit qo‘shiqlar ijrochisi nima sababdan san’atni tark etgan? (foto, video)
100
1,618
Madaniyat
2017-yilgi Kann kinofestivaliga mashhur yulduzlar yetib keldi (foto)
17-may kuni kechqurun 70-Kann kinofestivali boshlandi. Festivalning tantanali ochilish marosimiga mashhur kinoyulduzlar yetib keldi, deb yozadi “24tv.ua”. Bu yil hakamlar hay’ati tarkibida Jessika Chesteyn, Uill Smitt, Paolo Sorrentino va rejissor Pedro Almodovar filmlarga baho beradi. Shuningdek, qizil yo‘lakchadan Marion Kotiyar, Sharlotta Gensbur, Fan Binbin, Bella Xadid, Julianna Mur kabi yulduzlar o‘tdi. 70-Kann kinofestivaliga italiyalik aktrisa va model Monika Beluchchi boshlovchilik qiladi. Festival ochilishidan oldin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
68
568
Madaniyat
"Moskvada O`zbekiston madaniy merosini targ`ib qiluvchi doimiy ko`rgazmalar tashkil etiladi"
6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tgan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” II kongressida O`zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxanov Bi-bi-siga o`z fikrlarini bildirdi... - Moskvadagi diplomatik vakolatxona va konsulliklar qoshida o`zbek madaniy merosini targ`ib qiluvchi doimiy ko`rgazmalar tashkil etiladi. O`zbekiston madaniy merosi durdonalari butun dunyoning etakchi muzeylarida bor, shu jumladan, Rossiyada ham juda ko`p. Lekin shu vaqtgacha ushbu madaniy meroslarni o`rganish bo`yicha qilingan ishlar judayam kam edi. Mana shu Kogressning asosiy maqsadi bu borada olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish hisoblanadi. Chunki O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbuslariga binoan O`zbekistonning madaniy merosini o`rganish, saqlash va keng ommaga etkazish bo`yicha ishlar boshlangan. Shu ishlarning hammasini birgalashib bajarmasak bo`lmaydi. Faqat o`zbekistonlik emas, bizga sherik bo`layotgan boshqa davlatlar bilan birgalikda, muzeylarning direktorlari bilan, Sharqshunoslik institutlari bilan birgalikda shu to`plamlarni o`rganishimiz kerak, yuzaga chiqarishimiz kerak. Ularning har birini izohlab, rasmlarga olib taqdimotlar uyushtirishimiz kerak. Xudo xohlasa keyingi uchinchi, to`rtinchi kongresslar bo`lishidan va bu loyiha an`anaga aylanib qolishidan umidvorman. Har bir tadbirga juda katta ishlar qilinyapti, jumladan bo`lib o`tgan ushbu kongress ham ulkan ishlar amalga oshirilganining guvohi bo`ldik. Kongressda doimiy ishlovchi maydoncha, ya`ni komessiya deyiladi, Butunjahon ilmiy jamiyati tashkil topdi. Kommessiyaga a`zo nomzodlar tanlab olindi, tular orasida faqat O`zbekiston yoki Rossiyadan emas, balki dunyoning turli davlatlaridan a`zolar mavjud. Bu komessiya doimiy ishlovchi maydon hisoblanadi. Ular faqat kongress bo`lishini kutib o`tirishmaydi, yil davomida ish jarayonlari davom etaveradi va ularning faoliyati o`zaro muloqot asosida kechadi. Bu kabi taqdimotlar bizning elchixonamizda ham bo`lib turadi. Ular har xil sohaga doir bo`lib, masalan yaqinda ziyorat turizmiga bag`ishlangan taqdimot olib bordik, namoyishlar uyushtirdik. Bundan tashqari, O`zbekistonda qabul qilingan beshta asosiy yo`nalish bo`yicha strategiya fani tashkil etilgan, shularning namoyishi bo`lib o`tyapti. Bizda milliy bayramlarimiz Navro`z, Mustaqillik bayramlarining barchasini elchixonamizda nishonlaymiz. Ushbu kongressda ham yana bir yaxshi g`oya paydo bo`ldi: loyihadan o`rin olgan noyob asarlarni ham elchixonaga bitta-bitta nushadan olib borib har kuni ishlaydigan eksponatlar burchagi qilib joylashtirmoqchimiz. Biz bu borada Firdavs Abduxalikovga, Madaniyat vazirligiga taklif bilan chiqdik va ular bizning tashabbusimizni qo`llab-quvvatlashdi. Chunki elchixonamizga turli mamlakatlardan vakillar kelishadji va bizning madaniyatimiz ular uchun qiziqarli ekanligiga kongress davomida amin bo`ldim. Echixonamizda madaniyat bilan shug`ullanuvchi bo`lim mavjud va bular ushbu bo`limga qo`shimcha ravishda tashkil etiladi. Hozirgi kunda Rossiya Federasiyasida 3 ta bosh konsulxona ochilgan, bu yil yana 4 ta ochiladi. Shu konsulxonalarda ham mana shunday burchaklarni tashkil qilib, aniqrog`i burchak emas kiraverishdagi eng yaxshi ko`zga tashlanadigan joylarda eksponentlar qilib joylashtiramiz.
93
3,313
Madaniyat
Instagram: Bo‘ydoqlik bilan xayrlashgan Aziz Rametov, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Ra’no Yarasheva, yangi uyli bo‘lgan Malika Ravshanova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Shahzoda to‘ng‘ich farzandi Xalid bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Shahlo Zoirova yurak shaklidagi sharlar bilan ko‘rinish berdi. Javohir Zokirov rossiyalik rejissorning “O‘g‘il” deb nomlangan filmida suratga tushmoqda. Suratga olish ishlari Kiprda bo‘lib o‘tmoqda. Zarina Nizomiddinova obunachilariga minnatdorlik bildirdi. Zebo Navro‘zova kelini Asal Shodiyevaga o‘z qo‘llari bilan cho‘zma lag‘mon tayyorlab berdi. Bollivud yulduzi Katrina Kaif turmush o‘rtog‘i Vikki Kaushal bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. 15-fevral kuni taniqli aktrisa Ra’no Yarasheva tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan aktrisa xonadonida Milliy teatr aktyorlari mehmon bo‘ldi. Madina Mumtoz onasini tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi. Xonanda Malika Ravshanovaga turmush o‘rtog‘i yangi qurilayotgan turar joy majmuasidan xonadon sovg‘a qildi. Endi u xonandalar Nodir Zoitov va Shiringa qo‘shni bo‘ladi. Botir Qodirov muxlislariga Tailanddan ko‘rinish berdi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning mart oyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Halima Ibragimova “Xalqlar do‘stligi” saroyidagi repititsiyadan reportaj tayyorladi. Videoda Yulduz Usmonova konsert ijodkorlari uchun osh berayotganini, raqqosalarga ayrim harakatlarni o‘rgatayotganini ko‘rish mumkin. Munisa Rizayeva folloverlarining sevgi haqidagi fikri bilan qiziqdi. 15-fevral kuni Aziz Rametov bo‘lg‘usi rafiqasi Shahloxon bilan nikohdan o‘tdi. Aktyorning nikoh oqshomi 3-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
139
1,683
Madaniyat
San’atkordan madaniyat talab qiladigan jamiyat ommaning hordiq chiqarishiga xalaqit qiladigan tomoshabinlarni ham tartibga chaqirishi kerak — Madaniyat vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsert dasturida muxlislarga qo‘pol ohangda gapirib, nomunosib munosabatda bo‘lgani aks etgan videolavha tarqaldi. Madaniyat vazirligi holat bo‘yicha ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tayotgan konsertning 12-mart kunidagi dasturida texnik nosozlik tufayli sahna pardasi to‘laligicha ochilmay qolgan va bunga tomoshabinlar e’tiroz bildirgan. Xususan, ulardan biri qo‘pol ohangda baqirgan. Yulduz Usmonova buni haqorat deb tushungan va emotsiyaga berilib ketib, konsertga tashrif buyurgan tomoshabinlarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Shuni qat’iy ta’kidlaymizki, san’atkor har qanday holatda ham ortiqcha his-hayajonga berilmay, vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi, o‘zini tuta bilishi, muomala madaniyati, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, ayniqsa, sahnada, muxlislar bilan muloqot jarayonida ularga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lib, hurmatini joyiga qo‘yishi shart. Bu uning ma’naviy burchi hisoblanadi. Madaniyat vazirligi ushbu tartib-qoidalarga zid ravishda qilingan xatti-harakatlarni hech qachon yoqlamaydi va keskin qoralaydi. Albatta, konsert-tomosha jarayonlarida tomoshabinlar chekiga tushadigan mas’uliyat ham borki, yurtdoshlarimiz masalaning ushbu jihatiga ham e’tibor qaratishlari zarur. Ya’ni san’atkordan madaniyat talab qiladigan, unga e’tiroz bildiradigan jamiyat ayni paytda jamoat joyida o‘zini tutishni bilmaydigan, etika qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, ommaning madaniy hordiq olishiga, kayfiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadigan va xalaqit qiladigan tomoshabinlarni tartibga chaqirib, kerak bo‘lsa, ularga tanbeh berishi ham lozim. Shunda hammasi adolatdan bo‘ladi, — deyiladi vazirlik munosabatida.
161
1,740
Madaniyat
Selena Gomes qo‘llarni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha chellenjni boshlab berdi (video)
Karantin vaqtida barcha soha vakillari qatori yulduzlar ham kishilarni uydan chiqmaslik va belgilangan tartib va qoidalarga amal qilishga chaqirmoqda. Elle nashrining xabar berishicha, mashhurlar ijtimoiy tarmoqlarda virtual konsertlar tashkil etish, xayriya uchun mablag‘ yig‘ish bilan birga, muxlislar va bolalar uchun qanday qilib uy-sharoitida ko‘ngil yozish mumkinligi haqida tavsiyalar bilan bo‘lishmoqda. Kadr: Instagram/@selenagomez Instagram sahifasida 171 million obunachisi bo‘lgan Selena Gomes ham qanday qilib qo‘lni to‘g‘ri yuvish kerakligi bo‘yicha chellenjni boshlab berdi va ushbu video post ​kuzatuvchilarning ko‘plab layklariga sababchi bo‘ldi. Nafaqat koronavirus, balki istalgan boshqa virusdan saqlanishning eng asosiy ehtiyot chorasi qo‘lni muntazam ravishda, tartib-qoidalarga amal qilgan holda yuvish ekanligini inobatga olgan holda Selena eng dolzarb mavzuga e’tibor qaratgan deyish mumkin. Videoda Selena qo‘lni 20 soniya barmoq va tirnoq oralari bilan yaxshilab yuvgandan keyin suv jo‘mragini qo‘l bilan emas, salfetka bilan yopishni, shundan keyingina qo‘llarni quritishni tavsiya qiladi. Qo‘shiqchi boshlab bergan chellenjni Oliviya Uayld va Margaret Kuelli davom ettirgan. View this post on Instagram
79
1,241
Madaniyat
O‘zbekistonda yosh xonandalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ovoz” teleloyihasi tashkil etiladi
Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida 10-noyabr, dushanba kuni Yoshlar madaniyat va san’at markazi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda markaz vakillari bergan ma’lumotga tayanib, “Kun” xabar berdi. Ma’lum qilishlaricha, taqdimot marosimida Yoshlar madaniyat va san’at markazining loyihalaridan biri bo‘lgan “E’tirof—2014” tanlovining taqdirlash marosimi haqida axborot beriladi. Shuningdek, markaz tomonidan ilk bora tashkil etiladigan loyihalar — “Yil qo‘shig‘i”, “Kuyla, yoshligim”, “Ovoz” teleloyihalari, “Sen — iste’dodlisan”, “Bolalik olami” ko‘rik-tanlov va festivallari haqida batafsil ma’lumot berilishi rejalashtirilgan. Yoshlar madaniyat va san’at markazi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-avgustdagi “‘Yoshlar madaniyat va san’at markazi’ faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan. Markazning asosiy vazifalari umidli ijodkor va iqtidorli yoshlarni izlab topish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hamda konsert, festival, ko‘rik-tanlov va turli madaniy shou-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan iborat. Ma’lumot uchun, so‘nggi ikki mavsumdan beri kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan xonandalar (Sevara Nazarxon, Nargiz Zokirova) Rossiya televideniyesida “Golos” (“Ovoz”) tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan, ularning ishtiroki O‘zbekistonda ham faol kuzatib borilayotgan edi.
96
1,361
Madaniyat
“Kelgindi kuyov” va “Kelgindi kelin” filmlari bilan tanilgan aktyor Farrux Soipov Umra safarida bo‘ldi (video)
“Kelgindi kuyov” va “Kelgindi kelin” filmlaridagi rollari bosh qahramon rollari bilan tanilgan Farrux Soipov Makkai Mukarramani ziyorat qildi. Soipov safar davomida maxsus video ham tayyorlagan. Videoyozuv “Shov-shuv.uz” sayti asoschisi jurnalist Jasur Hamroyevning YouTube’dagi sahifasida e’lon qilindi. Farrux Soipov jurnalist Hamroyevga katta intervyu ham bergan bo‘lib, unda, jumladan, nima uchun ayni mashhurlik cho‘qqisiga chiqqan vaqtda kinoni tark etganiga ham aniqlik kiritgan.
110
487
Madaniyat
Yulduz Usmonova ichki ishlar xodimlarini haqorat qildi. Keyin bu ishi uchun kechirim so‘radi (video)
Davomi: Toshkent shahar IIBB Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani holati yuzasidan surishtiruv boshladi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’da jonli efirga chiqib, ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani aks etgan video internetda tarqaldi. “Hammasi nomard bular. Bunaqa nomard militsiya ko‘rmaganman. Bugun Mirzo Ulug‘bek trassasiga qarayman, dedi kelgan mayor. Bitta militsiya, bitta ‘GAI’ bering dedim, biz eplolmay qoldik. ‘Xop’ dedi, bermadi. ‘Uchastkovoy’ chiqmadi. Tfu senlarga. Padar la’nati bo‘ldilaring sizlar bugun. Xalq birlashdi, xalqning yonida turmadilaring. Tfu ‘GAI’larga, tfu militsiyaga. Xalq eshitsin, militsiya klizma olmaguncha umuman ishlamaydi. Hozir Karimovni davrida yashamayapsanlar, har kuni klizma olgani. Shunchalik ham klizmaga o‘rganib qolasanlarmi? Vijdonan ishlashni ham o‘rganinglar, soat nechchi bo‘ldi, haliyam uxlayapsizlar?! Uyat bormi, vijdon bormi? Xalq to‘lagan soliqdan oylik olyapsizlar! Nima qilyapsanlar? Uxlayapsanlar”, — deydi Yulduz Usmonova ichki ishlar xodimlariga qarata. Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyin, odamlar xonandaning ushbu qilmishini qoralab, ichki ishlar organlari xodimlarining yonini olib, videoga munosabat bildira boshladi. “Yulduz bo‘lsa o‘ziga. Nima bu, og‘ziga qaramay gapiraveradi? Bungayam qolganlarga o‘xshab 15 sutkalab berishsin, ko‘raylik sudlariga borib, maza qilaylik. Kechirim so‘rasin. Xalqim, xalqim, deydi oldiga borsangiz bir tiyinga ilmaydi”, — deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri. “Yulduzxonning san’atini yaxshi ko‘radiganlar ko‘p, lekin bu ishi bilan xalqning qahriga uchrabdi. Chunki bugungi kunda ichki ishlar idoralari xodimlari uxlamasdan, tinmasdan xalqning xizmatida, ertalabdan kechgacha fidoiy ishlab turgan paytda bunday gaplarni gapirish juda katta gunoh qilish bilan barobar”, — deydi xalq artistining videosiga munosabat bildirgan yana bir fuqaro. “Oxirgi ikki oy ichida kim karantinda turgan bo‘lsa yonida militsiya, kim kasal bo‘lsa yonida militsiya, kimni biron joyga olib borish kerak bo‘lsa yonida militsiya, ko‘chada postda turgan militsiya, shuncha kecha-yu kunduz xizmatda bo‘lib, uyma-uy yurib hol-ahvol so‘ragan ichki ishlar xodimlarini yomonga chiqaryapsanmi? Sen kimsan, sening nima haqqing bor militsiyani beobro‘ qilishga? Shuning uchun o‘zingni bosib yurgin, militsiya ko‘tarilsa, ko‘chada bosh ko‘tarib yura olmay qolasan, uyingdan chiqa olmay qolasan!” , — deyiladi yana bir audiomunosabatda. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi ham video bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, Yulduz Usmonovaning harakatini qoraladi. “Yurtimizga kelgan sinovlar paytida Yulduz Usmonova tomonidan bildirilgan fikrlar noo‘rindir, shuningdek, san’atkorning xabari bo‘lmasa kerak, ikki oy davomida o‘z oilasi va uyiga bormayotgan ichki ishlar xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda nolishayotgani yo‘q. Chunki, ular xalqning tinchligi yo‘lida kunni kun, tunni tun demay mehnat qilishyapti. Bir ishning ortidan ichki ishlar xodimlarini ayblash xato bo‘lsa kerak, eslang, Yulduz Usmonova undan oldin OAVlar orqali ichki ishlar xodimlariga minnatdorlik bildirgan kuningizni. Endi, bir achchiq gap bilan ularga bildirgan nafratingiz bu nimaning dalolati? Mayli, achchiq ustida gapirilgan gaplarni ijtimoiy tarmoqqa chiqarishingiz bu nimasi? Bugun mamlakatimizda barcha jam, ya’ni Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar xodimlari, shifokorlarning zahmatkash mehnatini bugun hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik shukuhini ta’minlab berayotgan ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar xodimlari hamda shifokorlarga Madaniyat vazirligi o‘z minnatdorligini bildiradi”, — deyiladi vazirlik bayonotida. Tanqidiy munosabatlardan so‘ng Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlaridan uzr so‘ragani aks etgan videosi e’lon qilindi. “Hurmatli ichki ishlar, mudofaa, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, ulug‘ ayyom kunlari dilingizni og‘ritgan bo‘lsam hammangizdan uzr so‘rayman. Hammamizda ham ayb bor. Men ko‘rganim uchun gapirdim, Ko‘rganim, gapirganim uchun uzr so‘rayman” — deydi xonanda ichki ishlar xodimlariga videomurojaatida.  Yulduz Usmonova uyi oldida Sardobadagi toshqindan jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordami to‘plamoqda
100
4,296
Madaniyat
“Yangi O`zbekiston va milliy kinematografiya" forumi bo‘lib o‘tdi
“O`zbekfilm” DUK binosida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag`ishlangan “Yangi O`zbekiston va Milliy kinematografiya” forumi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20 noyabr kuni “O`zbekfilm”ga tashrifi, kinoijodkorlar bilan uchrashuvi hamda uchrashuvda bildirilgan taklif va tavsiyalar, shu bilan birga, o`zbek kino sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi. Forumda 300 dan ortiq soha vakillari ishtirok etib, 2020 yilda qilingan ishlar, yangi 2021 yil uchun amalga oshirilishi ko`zda tutilgan rejalar bo`yicha fikr almashildi. Forumda “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, “O`zbekiston kinoarboblar ijodiy uyushmasi” rahbari Matyoqub Matchonov, “O`zbekfilm” DUK direktori o`rinbosari Murod Yo`ldoshev, “O`zbekkino” MA jamoatchilik kengashi raisi Hamidulla Hasanov, “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK direktori Bahodir Odilov va rejissyor Jahongir Axmedovlar so`zga chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoevning “O`zbekfilm”ning yangi binosiga tashrifi hamda sohada amalga oshirilgan ishlarga qisqacha to`xtalib o`tishdi. Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o`z ma`ruzasida davlatimiz rahbarining “O`zbekfilm”ga tashrifi, kinosanoatini shakllantirish, yuqori darajadagi san`at asarlarini yaratish, yosh ijodkorlarni o`qitish, tarixiy janrda filmlar suratga olish, milliy seriallar yaratish, eng sara o`zbek filmlari 100 taligini tuzib, davlat va xususiy telekanallarda namoyish qilish bo`yicha tavsiyalar berilgani, shuningdek, kino sohasidagi yillik sarhisob, Agentlik tomonidan amalga oshirilgan yangi loyihalar va kelgusidagi rejalar haqida gapirdi. So`zga chiqqanlar davlat rahbarining kinochilar uchun g`amxo`rligi, kinoakademiya barpo etilishi, “Kinochilar uyining tiklanishi”, “O`zbekfilm” studiyasining to`liq rekonstruksiya qilingani, ijodkorlar uchun uy-joy qurilishi va ko`plab yangi tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildirishdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev kelgusi yilda o`zbek kino darg`alari Malik Qayumovning 110 yilligi, Shuhrat Abbosovning 90 yillik yubileyini keng tarzda nishonlash taklifini bildirdi va 2021 yilda ushbu yubileylarni munosib nishonlash zarurligi ta`kidlandi.   “O`zbekiston kinoarboblar ijodiy uyushmasi” rahbari Matyoqub Matchonov uyushma tomonidan “Oltin Humo” milliy mukofotini o`tkazish, ijodkorlarning gonorarlari miqdori ko`rib chiqilayotganiga to`xtalib o`tdi. Forumda Davlat rahbari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar hamda topshiriqlarni bajarish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi tuzilishi aytildi. Tadbir davomida bu yil tavalludining 75, 80, 85 yillik yubileyini nishonlayotgan kinoijodkorlar Baxtiyor Ixtiyorov, Xayrulla Sa`diev, Lutfulla Sa`dullaev, Gulchehra Sa`dullaeva, Isamat Ergashev, Rifqat Ibragimov, Hamidulla Hasanov, G`iyos Shermuhammedov, Ahmad Unarboevlar tabriklandi va ularga maxsus diplom hamda esdalik sovg`alari topshirildi.
65
2,935
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov faoliyati davomida necha marotaba litsenziyasidan ayrilgan? (video)
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov sobiq “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan litsenziyasi suniiy ravishda olib qo‘yilgani haqida gapirib berdi. 2003-yillar bo‘lsa kerak, ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasi tomonidan suniiy ravishda litsenziyamiz tugatilgan edi. Bu holat uch oymi, olti oymi davom etgan. Suniiy deganim qaysi ma’nodaki, bu holat o‘sha davrdagi ‘O‘zbeknavo’ rahbarlari tomonidan ishlab chiqilgan strategiya bo‘lgan. Bu hech qanday siyosiy yoki boshqa bir sababdan bo‘lmagan. Keyinchalik buning ba’zi bir sabablarini topganmiz. Bir bor shunday holat bo‘lgan, bundan boshqa bunday masalalarga duch kelmaganman. Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
86
913
Madaniyat
Raj Kapur, Dev Anand va boshqa Bollivud yulduzlari ijrosidagi so‘nggi rollar
Hind kinosanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktyorlar karyerasidagi qaysi filmlar so‘nggisi bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Rajesh Kxanna Rajesh Kxanna tanqidchilardan “super yulduz” maqomini qabul qilib olgan. Xonanda aktrisa Mumtoz bilan suratga tushgan barcha filmlari xit darajasiga ko‘tarilgan. Minglab muxlislarga ega bo‘lgan aktyorga tomoshabinlardan maktub kelishi to‘xtamagan. 45 yillik karyerasi davomida aktyor 180 ta filmda suratga tushgan. Ijrosidagi so‘nggi “Knyazlik” loyihasi vafotidan ikki yil o‘tib, 2014-yil 18-iyunda ekran yuzini ko‘rgan. Raj Kapur Karyerasining ilk kunlari kompozitor bo‘lish va musiqa yozishni istagan aktyor 24 yoshida “RK Films” studiyasiga asos solib, ilk “Aag” filmini suratga olgan. “Daydi” filmi sabab Kann festivalida ikki karra “Oltin palma novdasi” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan. Qolaversa, “Daydi” filmi Time jurnalining versiyasiga ko‘ra hamma vaqtning eng yaxshi filmlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Rejissor sifatidagi so‘nggi filmi “Henna” bo‘lgan, ammo Kapur uni oxiriga yetkazishga ulgurmagan. U 1988-yil 2-iyunda vafot etgan, filmni o‘g‘li Randxir Kapur yakuniga yetkazgan. Dev Anand Aktyor, rejissor va prodyuser Dev Anand avvaliga Qirollik flotida xizmat qilishni istagan. Keyinchalik Ashok Kumarning “Taqdir” filmidagi ijrosidan ilhomlanib aktyor bo‘lishga qaror qilgan. Hind kinosanoatining eng muvaffaqiyatli aktyorlaridan bo‘lgan Devning so‘nggi loyihasi “Hisobot” bo‘lgan. Unda Anand aktyor, rejissor va ssenariy muallifi sifatida ishtirok etgan. Film vafotidan 3 oy avval 2011-yil 30-sentabrda ekran yuzini ko‘rgan. Film kutilganidek omadli chiqmagan. Dilip Kumar “Fojialar qiroli” karyerasi davomida 65 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. “Devdas”, “Yangi asr”, “Ganga va Jamna” filmlari shular jumlasidan. 99 yashar aktyor 20 yildan ortiq vaqtda suratga tushgan. 1999-yilda tasvirga olingan “Fort” filmi ishtirokidagi so‘nggi loyihasi bo‘lgan. Rishi Kapur Hayotining 50 yilini kinoga bag‘ishlagan Rishi “Mening ismim masxaraboz” filmidagi debyut roli uchun Milliy mukofot bilan taqdirlangan. 70 va 80-yillarning romantik rollar ijrosi 11 dan ortiq filmda bosh qahramonni gavdalantirgan. So‘nggi filmi “Tana”(2019) bo‘lgan aktyor 2020-yil 30-aprelda vafot etgan.
76
2,237
Madaniyat
“Oskar” marosimidagi eng xunuk libos aniqlandi (foto)
Mutaxassislar 2019-yilgi Oskar marosimidagi eng yomon libosni aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Moda ekspertlari 48 yoshli britaniyalik aktrisa Reychel Vaysning ko‘ylagini eng yomon libos deb topgan. Qizil yo‘lakdan o‘tish uchun aktrisa Givenchy Couture brendidan yorqin qizil rangli ko‘ylak tanlagan. Yubkaning bel qismi yaltiroq gulli naqsh bilan ajratilgan. Tepasiga Vays yengi tirsagigacha bo‘lgan kalta vinil top kiygan. Aynan shu yulduzning libosini buzgan. Vays “Favorit” dramasidagi roli uchun ikkinchi darajali eng yaxshi ayol roliga nomzod qilib ko‘rsatilgan. Ammo statuetkani olmagan. “Favorit”dagi roli uchun “Eng yaxshi ayol roli” mukofotini olgan Oliviya Kolmannig libosi ham “univermagdan sovg‘a tariqasida berilgan” deb atalgan. View this post on Instagram
53
801
Madaniyat
Neslihan Atagul “Elchining qizi” serialini tark etdi
“Elchinining qizi” nomli turk serialida bosh qahramon rolini ijro qilayotgan aktrisa Neslihan Atagul, sog‘ligi yomonlashgani sabab suratga olish maydonchasini tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kinoteka” xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, uning salomatligidagi muammo ichaklar faoliyatining o‘tkazuvchanligi buzilgani, mikrob va bakteriyalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri qonga o‘tishi bilan bog‘liq. Uzoq vaqtdan buyon o‘zini yomon his qilayotgan, og‘riq qoldiruvchi dori vositalari bilan faoliyati davom etayotgan aktrisa, ahvoli yomonlashgani sabab zudlik bilan suratga olish ishlari bo‘lib o‘tayotgan Mugladan Istanbulga qaytib kelgan. Ko‘rikdan o‘tgan Neslihanga shifokor shifoxonaga yotishi kerakligini aytgan va shundan keyin u prodyuserlar bilan kelishib 10 kunlik ta’til olgan. Bosh qahramonning yo‘qligi sabab serialning senariysiga o‘zgartirish kiritilgan. Ammo keyinroq shifokorlar 26 kun shifoxonada davolanishi kerakligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng Atagul, yaqin bir necha oy davomida ishlay olishiga ko‘zi yetmay, serialni tark etishga qaror qilgan va bu haqda Instagram sahifasida e’lon qilgan. Aktrisa ijro davomida butun vujudi bilan rolga kirishgan qahramoni Nare bilan xayrlashayotganini, biroz vaqt dam olishi kerakligini aytib, “Elchining qizi” jamoasiga va muxlislariga minnatdorchilik bildirgan. “Yaxshiki, sizlar borsiz, tez orada boshqa hikoyalarda ko‘rishguncha”, — deb qo‘shimcha qilgan. Prodyuserlik kompaniyasi ham Neslihanning ketayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlab, uning tezroq tuzalib ketishiga tilakdosh ekanini, shuningdek, yangi qismlarda Neslihanning ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Serial muxlislarini sujetning qanday bo‘lishi qiziqtirmoqda. Qanday o‘zgarishlar yuz beradi? Nare o‘ladimi, Neslihan o‘rniga boshqa bir aktrisa keladimi yoki Sanjar boshqa bir insonni sevib qoladimi? Ushbu savollar javobini serialning keyingi qismlarini tomosha qilish orqali bilish mumkin. Avvalroq serialda Sahra va Menekshe obrazlarini yaratgan aktrisalar ham loyihani tark etgan edi.
52
2,019
Madaniyat
“101 soldat” filmi ijodkorlaridan talabalar nega norozi? “O`zbekkino” javob beradi
Platforma.uz telegram kanalida O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining bir guruh talabalari nomidan kelib tushgan murojaat matni e`lon qilindi. Unga ko`ra, talabalar murojaatnomada s`yomka jarayonida etarli sharoit bilan ta`minlanmaganliklarini bildirishgan. Ushbu vaziyatga “O`zbekkino” Milliy agentligi rasmiy bayonot berdi. Maqolada ushbu film “O`zbekkino” Milliy agentligi mahsuloti ekani hamda davlat mablag`i asosida ishlanayotganiga urg`u berilgan. Aslida “101 soldat” qisqa metrajli filmi xususiy studiya tomonidan o`z mablag`lari hisobiga suratga olinmoqda. “Uzbekistan Film holding” kompaniyasi direktori Anvar Ergashev ushbu film  direktori va prodyuseri hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev  Oliy Majlisga yo`llagan murojaatnomasida mamlakatimizda o`zbek xalqining  urush yillarida ko`rsatgan jasoratini abadiylashtirish borasida keng ko`lamli ishlar olib borilayotganini qayd etib o`tgan edi. Ayni shu borada “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda rejissyor Shuhrat Mahmudov tomonidan 101 nafar o`zbek askari haqida hujjatli film, “Uzbekistan Film holding” kompaniyasi tomonidan “101 soldat” qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda. “O`zbekkino” Milliy agentligi ushbu loyihaga hamkor sifatida amaliy yordam bermoqda. Filmning moddiy manbasi haqida “O`zbekkino” milliy agentligida ma`lumot mavjud emas. “O`zbekkino” rahbari Firdavs Abduxalikovning topshirig`iga binoan, maqolada keltirilgan masalani o`rganish yuzasidan “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh a`zolari “Uzbekistan Film holding” kompaniyasi tomonidan suratga olinayotgan “101 askar” filmi ijodkorlari bilan uchrashib, ular yashaydigan  Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi «MOUNTAIN VIEW» mehmonxonasida bo`lishib, shart-sharoitlar o`rganildi.   Film urush haqida bo`lgani uchun kadrlar asosan harbiy maydonlarda tasvirga tushirilmoqda. Bu esa s`yomka jarayonida o`ziga xos qiyinchiliklar yuzaga kelishi tabiiy ekanini ko`rsatadi. Kinoijodkorlar bilan ochiq muloqot jarayonida ijodkorlar suratga olish ishlarida barcha sharoitlar:  mehmonxona, ovqatlanish, mablag`lar to`lovi, texnika va transport xizmatlaridan hech qanday e`tirozlari yo`qligini bildirishdi. Hozirgi kunda film ijodkorlari tomonidan reja asosida suratga olish ishlari davom ettirilayotganini bildirishdi.   “Menda ikkita yordamchi rejissyor bor, bittasi o`zbekistonlik, bitta rejissyorni Tojikistondan chaqirganmiz. Biz O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutiga xat bilan chiqqanmiz va 10 nafar talaba so`raganmiz. Toshkent shahridagi Botanika bog`ida aktyorlarni probadan o`tkazdik. Shundan keyin Samarqandga, asosiy s`yomka jarayoniga bordik. Talabalar ham biz bilan avtobusda kelishdi, ularga jarayonni tushuntirdik. Lekin ular bir kun ham turmay, aytib o`tilgan s`yomka jarayoni shartlariga rozi bo`lmasdan ortga qaytib ketishibdi. Ular bildirgan e`tirozlarga kelsak, s`yomka jarayoni juda og`ir jarayon. Buning zahmati, azob-uqubati kinoijodkorlarga ayon. Butun dunyo biladigan mashhur filmlarda ham akyotrlar o`z roliga qanchalik mashaqqat bilan tayyorlanganini yaxshi bilamiz. Sharoitlarimiz – ko`ngildagiday. S`yomka jarayonlaridagi qiyinchiliklar esa bu kinodagi mehnat hisoblanadi”, deydi film rejissyori Nodira Zufarova.   Ishchi guruh xulosasiga ko`ra, maqolada keltirilgan faktlar o`z tasdig`ini topmadi. Murojaatda aytilgan 10 nafar talaba bilan bog`lanishga urindik. Ulardan besh nafar talaba bilan suhbatlashdik. Ular bo`lib o`tgan voqea murojaatda bo`rttirib ko`rsatilganini, s`yomka shartlari ularga to`g`ri kelmagani uchun ortga qaytishganini, bu borada hech qanday e`tirozlari yo`qligini ta`kidlashdi.   Shuni alohida ta`kidlash lozimki, “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan 1941 yilda Smolensk ostonasida asir tushgan va Gollandiyaning Amersfort konslageriga jo`natilgan 101 nafar o`zbek o`g`loni haqida hujjatli film ishlanmoqda. Mazkur hujjatli filmni  Razika Mergenbaeva ssenariysi asosida  rejissyor Shuhrat Mahmudov suratga olmoqda. Maqolada ushbu hujjatli film bilan “Uzbekistan Film holding” kompaniyasi tomonidan suratga olinayotgan “101 askar” badiiy filmini adashtirib yuborilgan.
85
4,185
Madaniyat
Buxoroda 16 ta madaniy meros obyektini qayta tiklashga 65,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi
Buxoro viloyatida joylashgan va foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qolgan 16 ta madaniy meros obyektini qayta tiklashga mahalliy hamda xorijiy investorlar jalb qilinib, 65,6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Mahmudov ma’lum qildi. Ta’kidlashicha, ayni paytda Madaniyat vazirligi tomonidan Buxoro viloyatidagi eng og‘ir ahvolda bo‘lgan 12 ta madaniy meros obyektida qayta tiklash ishlari boshlab yuborilgan. Shahardagi “Namozgoh”, “Ravg‘angaron”, “Xo‘ja Kalon”, “Quyi Xonaqo”, “Kunjak”, “Labi Hovuz Qozi Kalon” masjidlari hamda “Toshsaroy”, “Ko‘kaldosh” va “Chuqur” madrasalari, shuningdek, Kogon tumani Bahouddin Naqshband majmuasining Toki-Miyona darvozaxonasi qoldiqlari, Shofirkon tumanidagi Xo‘ja Orif ar-Revgariy (Mohitobon) majmualarida restavratsiya-ta’mirlash ishlari uchun mablag‘lar ajratilgan. 2020-yil yilda Buxorodagi sayyohlar tashrif buyuradigan obyektlar sonini 139 taga yetkazish maqsad qilingan. Buning uchun Madaniyat vazirligi huzuridagi Markazlashgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiruvchi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati davlat muassasasi hamda Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti tomonidan mazkur obyektlar hududida yangi turistik mavsumgacha qadar qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, viloyatdagi 16 ta madaniy meros obyekti, jumladan, “Karvonboshi” saroyi, “Turkman” madrasasi, “Hotam Hindu madrasasi, “Mir Ibrohim” va “Rashid” karvonsaroylarida mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda sayyohlik markazlari tashkil etiladigan bo‘ldi. “Uzoq yillar davomidagi kuchli shamol va yog‘ingarchiliklar, qayta tiklash va ta’mirlashda mablag‘larning yetishmovchiligi, turizm tizimidagi oqsoqliklar mazkur obyektlarning achinarli ahvolga kelib qolishiga sabab bo‘lgan. Ayni paytda ularni to‘liq milliy uslubda qayta tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan 65,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Unda hunarmandchilik markazlari, milliy choyxonalar, tabobat markazlari, sayyohlar uchun karvonsaroylar xizmati yo‘lga qo‘yiladi”, — deydi Sherzod Mahmudov. Ayni paytda “Turkman” karvonsaroyida “Neyromed servis Buxoro” MChJ tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Investor loyihasiga ko‘ra, mazkur madaniy obyektda tabobat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, “Aziya royal tur” xususiy korxonasi “Mir Ibrohim” madrasasida inson salomatligiga ahamiyatli bo‘lgan shifobaxsh giyoh va o‘simliklar bilan ta’minlangan “Avitsena” choyxonasini tiklashga kirishgan. “Domla Tursunjon” madrasasi esa “Oltin hunarmand” MChJ tomonidan ta’mirlanib, unda hunarmandchilik markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
87
2,796
Madaniyat
Aktyor Tom Xenks va uning rafiqasi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi
Amerikalik aktyor Tom Xenks va uning rafiqasi Rita koronavirus infeksiyasi bilan kasallandi. Bu haqda aktyorning o‘zi Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirgan. Tom Xenks va uning rafiqasi Rita Uilson. Artistning so‘zlariga ko‘ra, u hozir turmush o‘rtog‘i bilan birga Avstraliyada. Er-xotinning ahvoli yomonlashgan, xususan, ular bemajollik va tanada og‘riqlar borligidan shikoyat qilgan. Bundan tashqari, Xenksning rafiqasida titroq va isitma ham kuzatilgan. “Hammasini to‘g‘ri qilish uchun — hozir shunday qilish shart — biz koronavirusga tahlil topshirdik”, — deb yozgan Xenks. Uning so‘zlariga ko‘ra, tahlil natijalari ularda koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan. Xabar to‘ldirilmoqda
74
696
Madaniyat
"Sabot" filmi Moskva xalqaro kinofestivalida namoyish etiladi
Joriy yilning 19-26 aprel kunlari dunyoning nufuzli kinofestivallaridan biri hisoblangan Moskva xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi. “A” kategoriyadagi ushbu festivalda mamlakatimiz kinoijodkorlarining “Sabot” badiiy filmi namoyish etiladi.Rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan ushbu to`liq metrajli film Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan ko`plab xorijiy festivallarga taqdim etilgan. “O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Sabot” filmida O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritish arafasidagi davr – 1980-yillar voqealari tasvirlangan, qoraqalpog`istonlik sobiq baynalmilal jangchining xotiralari, o`y-xayollari, kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Bosh rollarni aktyorlar Karim Mirxodiev, Seydulla Moldaxanov, Behzod Hamroev, Nigora Karimboeva, Zulxumor Mo`minova ijro etgan.
61
835
Madaniyat
“Debyut start-2021” festivalida g`olib bo`lgan loyihalar asosida“Soddadil” filmi suratga olindi
“Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan yolg`iz o`g`lini qo`ng`iroq qilishini kutayotgan keksa cholning hayoti akst etuvchi “Soddadil” filmi suratga olindi. Ushbu film “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida tayyorlangan. Unda bosh rolni O`zbekiston xalq artisti Rajab Adashev ijro etdi, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi.   Ssenariy muallifi va rejissyor Azamat Nurmatov, operator Jasur Rustamov, rassom Suhrob Shermuhammedov, grimyor Maftuna Ergasheva, ovoz operatori Niyozali Hojiakbarov, badiiy rahbar Marat Soliev, kartina direktori Sharif Qasimbaev. Ma`lumotga ko`ra, filmning montaj ishlari yakuniga etgan. Tez orada uning premerasi kutilayotgani aytilmoqda.
95
710
Madaniyat
«Nukus. Noma`lum kolleksiya» taqdimoti bo`lib o`tdi
«Sevimli» telekanalida O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi ko`magida “Rossiya-Kultura” telekanali va O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida suratga olingan «Nukus. Noma`lum kolleksiya» filmining taqdimoti bo`lib o`tdi... 40 daqiqali hujjatli film Nuksdagi Saviskiy nomli muzeyning 100 mingga yaqin eskponatdan iborat noyob to`plamlari haqida hikoya qiladi. To`plamning eng qiziqarli qismi – avangard san`ati, shu jumladan, “turkiston” va sobiq avangard deb ataluvchi, dunyoda tan olingan, ammo SSSRda e`tirof etilmagan sovet rassomlarining ishidir. Ular orasida o`zbek maktabining ustalari O`rol Tansiqboev, Viktor Ufimsev, Aleksandr Volkov, etuk ustalari Robert Falk, Lyubov Popova, Kliment Redko va boshqalar bor. Mazkur noyob kolleksiyaning sezilarli qismi ushbu muzey fondlarida mavjud bo`lib, ko`plar uni ko`rishni orzu qiladi.Uzoq yillar mobaynida bu kartinalar muzey zahiralarida saqlangan, keng jamoatchilik uchun ochiq bo`lmagan. Muzeyning yangi zahiralariga Madaniyat vazirligi va Elektron ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlash milliy assosiasiyasi qo`magida “Rossiya-Kultura” telekanali suratga olish guruhi birinchi bo`lib kirishga muvaffaq bo`ldi. Tomoshabinlar bugun nafaqat O`zbekistonni, balki butun dunyoni to`lqinlantirayotgan ko`plab savollarga javob topishadi. Filmda Nukusdagi I.V. Saviskiy nomidagi Davlat san`at muzeyining sobiq direktori Mariniki Bobonazarova, shu muzeyning amaldagi direktori Gulbahor Izentaeva, san`atshunoslar Jon Bolt, Andrey Sarabyanov, Svetlana Gorshenina, rassom Irina Korovay, xalq rassomi Akmal Nur va boshqa ko`plab ijodkorlarning intervyulari taqdim etilgan. Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan Nukusdagi Igor Saviskiy nomidagi muzey eskpozisiyasining Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san`at muzeyidagi keng miqyosli namoyishidan keyin filmni olish imkoni tug`ildi. Markaziy Osiyoning xazinasi deb ataladigan noyob kolleksiyada ikkiyuzdan ziyod eksponat – rus va turkiston avangardining durdonalari, san`at va hunarmandchilik san`ati va arxeologik artefaktlar, Saviskiyning afsonaviy to`plamlaridagi, bunday miqyosda hech qaerda taqdim etilmagan eng yorqin va ahamiyatli asarlari mavjud. Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san`at muzeyi direktori Marina Loshak o`z intervyusida ta`kidlaganidek: «Bu judayam o`ziga xos san`at. Bu erga keladigan kishi ranglardan, shakldan, biz ko`rishimiz mumkin bo`lgan o`ziga xosliklardan hayratga tushadi. U yaxshisi Qoraqalpog`istonga borib, Nukus muzeyiga tashrif buyurishni, u erda taqdim etilgan barcha xilma-xil asarlarni o`z ko`zi bilan ko`rishni orzu qilishga majbur etadi. Filmning “Rossiya-Kultura” telekanalidagi filmining namoyishi 23 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan 12.30 da namoyish etiladi. Film rejisseri Oleg Soldatenkov, ssenariy muallifi Elvira Mogilevskaya. O`zining “O`zbekiston qumliklar marvaridi”, “O`zbekiston. Obreteniya otkroveniya” va boshqa ishlari bilan mashhur O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxalikov film prodyuseri hisoblanadi.
51
3,114
Madaniyat
Millionlab xarajat: Megan Markl va shahzoda Garri AQShdagi hayoti uchun qancha mablag‘ sarflayapti?
Sasseks gersogi va gersoginyasining qirollik oilasini tark etishining sabablaridan biri moliyaviy mustaqillikka erishish bilan bog‘liq bo‘lgan. Shunga qaramay juftlik, ko‘chib ketganidan keyin ham Garrining otasi, shahzoda Charlzdan yordam puli olgani ma’lum bo‘lgandi. Ekspertlar moliyaviy mustaqillik Megan va Garriga qanchaga tushganini hisoblab ko‘rgan. Ma’lumotlarga ko‘ra,  juftlik birinchi yilning o‘zida 19 million dollar yo‘qotgan. Eng avvalo uyga to‘lov qilish uchun 9,5 million miqdorda ipoteka krediti olingan — yillik to‘lov taxminan 475 ming dollarni tashkil qiladi. 4,1 million dollarni xavfsizlik, 300 ming dollarni esa uydagi tozalash va xizmat ko‘rsatishga sarflagan. Bundan tashqari, ular Frogmore kottedjini ta’mirlatish uchun olingan taxminan 2 million dollarni to‘lashga rozilik bergan. Shunga qaramay, endi juftlik shahzoda Charlzdan boshqa pul olmaydi, bu esa ularning 3,15 million dollardan mahrum bo‘lganini bildiradi. Eslatib o‘tamiz, AQShga ko‘chib o‘tish uchun Sasseks gersogi va gersoginyasida dastlabki kapital allaqachon yig‘ilgan edi. Megan to‘yigacha ishlab topgan mablag‘i 5 million dollarni tashkil qilgan. Daromadining asosiy qismiga “Fors-major” seriali sabab ega bo‘lgan. Garrida esa onasi — malika Dianadan qolgan 40 million dollar bo‘lgan.
99
1,284
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov turk kinoijodkorlari bilan Jaloliddin Manguberdi filmini tasvirga olish borasida muzokaralar o‘tkazadi
Joriy yilning 20—25-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov Turkiya Respublikasida tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda. Tashrif doirasida Turkiya Respublikasining turizm va madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Axmad Xaluk Tursun va turk ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Dirilish” filmi prodyuseri va rejissori Mehmet Bo‘zdag‘ bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda tarixiy siymo va mo‘g‘ul bochqinchilari zulmidan yarim jahonni saqlab qolgan xaloskor Jaloliddin Manguberdi filmini tasvirga olish borasida muzokaralar olib boriladi.
121
663
Madaniyat
Beyonse, Jennifer Lopes va muxlislaridan uzr so‘rashiga to‘g‘ri kelgan boshqa yulduzlar (foto)
Turli sabablarga ko‘ra o‘z muxlislaridan kechirim so‘ragan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Yeva Longoriya Aktrisa prezident saylovidan avvalgi kampaniyalarda lotin amerikalik va janubiy afrikalik ayollarga qarshi salbiy fikrlar bildirgan. Muxlislari xafa bo‘lganidan keyin boshqa narsani nazarda tutganini tushuntirishiga to‘g‘ri kelgan. Selin Dion 2018-yilda xonandaning hech qanday asossiz Las-Vegasdagi konsertlarini bekor qilishi muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Keyinchalik buning uchun bir necha marta uzr so‘rashiga to‘g‘ri kelgan. Jastin Timberleyk Britni Spirs va Jenet Jeksen haqida yomon fikr bildirgani Jastinning ularning muxlislaridan uzr so‘rashiga majbur qilgan. Demi Lovato Demi mahalliy ishlab chiqaruvchining yogurtidagi shakarsizning oldida vinosiz deb yozilganini tanqid qilgan. U hazm tizimi bilan bog‘liq kasalliklardan aziyat chekadiganlarga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblagan. Mahalliy biznesga qarshi chiqishda ayblanganidan keyin o‘zini oqlashiga to‘g‘ri kelgan. Jastin Biber Xonanda 2019-yil 1-aprelda Xeyli Biberning qorni chiqib qolganini sezish mumkin bo‘lgan suratni ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Hazil yomon qabul qilinganidan keyin ommadan kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan. Beyonse Xonanda har gal konserti bekor bo‘lganda astoydil kechirim so‘raydi. Muxlislari u gapini ustidan chiqishga harakat qilishini yaxshi biladi. Jennifer Lopes Bir necha marotaba siyosatchilar uchun konsert bergan xonandaning keyinchalik bu uchun muxlislaridan uzr so‘rashiga to‘g‘ri kelgan. Deniel Redkliff Muxlislariga “Komik-kon” festivaliga borishga va’da berib keyin so‘zining ustidan chiqa olmagani sabab Denielning naqd ikki marta uzr so‘rab post yozishiga to‘g‘ri kelgan.
94
1,724
Madaniyat
Qozog`istonning yosh turistlari yurtimizda
O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi huzuridagi yoshlar turizmi agentligi tomonidan tashkil etilgan loyiha doirasida Qozog`istondan kelgan 18 yosh turist yurtimizning diqqatga sazovor joylarida bo`ldi. Iqtidorli, tashabbuskor, izlanuvchan yoshlardan tashkil topgan ushbu guruh sayohat davomida jonajon Vatanimiz tarixi, mamlakatimiz yoshlari, ularning yutuqlariga qiziqishi ma`lum bo`ldi. Ushbu turistik sayohat qo`shni mamlakatlar va yurtimiz yoshlarini birlashtirish, fikr almashishida muhim ahamiyat kasb etdi.
42
523
Madaniyat
Hindistonlik kinoijodkorlar Xorazmda “Khuda Hafiz” nomli filmni suratga olmoqda
Hindistonning Panorama Studios O`zbekistonda “Khuda Hafiz” nomli romantik jangari filmni suratga olish ishlarini boshladi. Bu haqda "O`zbekkino" milliy agentligi Matbuot xizmati xabar qildi.   Ma`lum qilishlaricha, film rejissyori sifatida Faruk Kabir ishtirok etmoqda.  “Khuda Hafiz” filmini tasvirga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSh, Rossiya va qator Evropa mamlakatlaridan 30 kishi O`zbekistonga kelgan. Filmni suratga olish ishlari 14 oktyabrda boshlangan. Ayni paytda s`yomka ishlari qizg`in davom etmoqda. Ushbu loyihada Muqimiy teatrining mahoratli aktyori Otabek Haqberdiev ham ishtirok etayapti. Shu bilan birga ijodiy jarayonda O`zbekistondan bir qator ham aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilingan.  O`zbekistondagi suratga olish ishlari byudjeti bir million dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkent va Xiva shaharlarida suratga olinadi. Shundan so`ng ijodiy guruh o`z ishini Hindistonda davom ettiradi. “Khuda Hafiz” filmi romantik-ekshin janrda bo`lib, bosh rolni Vidyut Jamvall ijro etmoqda. Kinokartina haqidagi dastlabki ma`lumotlarni filmning menejeri, kinotanqidchi Taran Adarsh Twitter sahifasida e`lon qilgan. Film syujetiga hayotiy voqealar asos qilib olingan.  Kartina prem`erasi 2020 yilda bo`lishi rejalashtirilgan.
79
1,282
Madaniyat
“Kimliging ma’lum bo‘lganida, qismating ayanchli yakun topadi”. “Mulan” filmining birinchi treyleri e’lon qilindi (video)
Disney kompaniyasi Niki Karo rejissorligidagi “Mulan” filmi treylerini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza. Shu nomdagi 1998-yil multfilmidagi kabi, bosh qahramoni bo‘lmish qiz armiyaga qabul qilishlari va Xitoyga shimoldan hujum qilayotgan bosqinchilarga qarshi turish uchun o‘zini erkak qilib ko‘rsatadi. Natijada u mamlakatdagi eng kuchli jangchilardan biriga aylanadi. Voqea Xua Mulan — jangari-ayol haqidagi o‘rta asrlardagi Xitoy balladasiga asoslangan. Uni xitoylik aktrisa Lyu Ifey ijro etgan. Treylerga ko‘ra, filmda multfilmdagi kabi qahramon qizning do‘sti bo‘lgan gapiruvchi ajdar Mushu bo‘lmaydi. Disney kompaniyasidagi anonim manbalar bu haqda yozdayoq ma’lum qilgandi. Ularning aytishicha, uning o‘rnini afsonaviy qaqnus qushi (feniks) bosadi. Shuningdek, xabarda aytilishicha, filmda qo‘shiqlar bo‘lmaydi, ularning o‘rnini cholg‘u musiqasi egallaydi. Bundan tashqari, syujetda yangi qahramon — “Geysha memuari” yulduzi bo‘lgan Gun Li ijrosidagi jodugar Sian Lang paydo bo‘ladi. Quyida filmning rus tilidagi treyleri keltirildi.
121
1,047
Madaniyat
Mashhurlik va pul “buzmagan” yulduzlar (foto)
Ko‘pchilik shon-shuhratga erishgan va badavlat kishilar bosar-tusarini bilmay qoladi, degan fikrda. Nomi keltirilgan yulduzlar esa ushbu tushuncha noto‘g‘ri va hamma narsa odamning o‘ziga bog‘liq ekanining isboti. Kivanch Tatlitug O‘zbek muxlislariga “Kumush”, “Jasur va Go‘zal” seriallaridagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor nafaqat kasbiy mahorati, balki atrofidagi barcha insonlar: jurnalist va muxlislariga do‘stona va ochiq munosabatda bo‘lishi bilan ajralib turadi. Kianu Rivz Aktyor hayotda o‘zini jahon yulduzi emas, oddiy odamdek tutadi. Muxlislar sevimli aktyorini bir emas, bir necha marotaba metro va avtobusda uchratgan. Keti Perri Xonanda umuman odam ajratmaydi va hamma bilan do‘stlashib ketadi. U muxlislari, atrofidagi oddiy odamlar bilan ham birdek munosabatda bo‘ladi. Adel Adel juda ham oddiy va samimiy inson. U hammaga do‘stona munosabatda bo‘ladi. Xyu Jekman Xyu juda ham quvnoq va kamtar inson. Aktyor o‘zining muxlislari bilan bajonidil muloqotga kirishadi. Dueyn Jonson Dueyn bilan mashg‘ulot zalida ko‘rishib qolsangiz, sizga mashqlar dasturini taklif qilishi va uni bajarishga yordam berishi aniq. Xalit Ergench “Muhtasham yuz yil” yulduzi jurnalist, ofitsant va muxlislari bilan juda ham yaxshi munosabatda bo‘ladi. Uni Sulaymon roli bilan yaxshi taniydigan xorijlik muxlislari aktyorning kamtarligiga qoyil qoladi.
45
1,362
Madaniyat
Sanjaydan shoir Usmon Azim foydasiga 97 million 800 so‘m undiriladigan bo‘ldi
Xonanda Sanjay tomonidan kuylangan “Karvon” qo‘shig‘i atrofidagi munozaralar davom etmoqda. Ushbu qo‘shiq so‘zi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimga tegishli bo‘lib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi Sanjaydan shoir Usmon Azim foydasiga 97 million 800 so‘m undirilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati matbuot xizmati xabar bermoqda. 2021-yilning 13-yanvar kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida “O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati” “Uzavtor.uz” tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim manfaatlarini himoya qilish yuzasidan kiritilgan da’vo ariza Sanjar Javberdiyev tomonidan kuylangan “Karvon” qo‘shig‘i she’ri yuzasidan ko‘rib chiqildi. Javobgar Sanjar Javberdiyevning qilgan harakatlari O‘zbekiston “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuniga zid deb topildi. Mazkur qonunga ko‘ra, har bir shaxs biron-bir muallifning asaridan foydalanishda bevosita ushbu muallif o‘zidan yoki merosxo‘rlaridan rozilik olishi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosida boshqaruvchi tashkilotlar bilan tegishli tartibda shartnoma imzolashi kerakligi belgilangan. Ayni vaqtda javobgar Sanjar Javberdiyev O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning roziligisiz “Karvon” she’ri matnidan noqonuniy foydalangani “O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlar himoya qilish jamiyati”ning sa’y-harakatlari natijasida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida o‘z tasdig‘ini topdi. Sud tomonidan javobgarga nisbatan 40 million so‘m ma’naviy zarar hamda BHMning 200 barobari miqdoridagi summa, ya‘ni boy berilgan foyda sifatida shoirga undirilishi, shuningdek, javobgar ijrosidagi “Karvon” qo‘shig‘i barcha ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlanish majburiyati yuklandi.  Sherali Jo‘rayevning “Atirgulim, atringni soch” va “Gulbadan” qo‘shiqlarini ruxsatsiz kuylagan SanJay yana javobgarlikka tortildi
77
1,975
Madaniyat
Kongress ishtirokchilari Sankt-peterburgga etib kelishdi
Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 6-8 iyun kunlari “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro Kongressi bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. Mazkur nufuzli anjuman O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o`tkazilmoqda. 5 iyun kuni Sankt-Peterburg vaqti bilan 21:30 da mazkur anjumanda ishtirok etish uchun O`zbekistondan bir guruh olimlar, yirik muzeylar va ilmiy muassasalar rahbarlari, taniqli san`atkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari Sankt-Peterburg shahriga etib kelishdi. Havo harorati +9 S. Neva sohiliga xos “oq tunlar” afsonaviy shaharga o`zgacha fusun baxsh etgan. “Park Inn Pribaltiyskaya” mehmonxonasida yurtimizdan tashrif buyurgan mehmonlar tantanali ravishda kutib olindi. 6 iyun kuni kongressning tantanali ochilishi, Sankt-Peterburg muzeylarida O`zbekiston madani merosiga oid bir qator ko`rgazmalar anjuman kun tartibidan o`rin olgan. Kongress haqidagi yangiliklarni saytimizda kuzatib boring.
56
1,108
Madaniyat
Zohirshoh Jo‘rayev karantinda muxlislarining kayfiyatini ko‘tarish uchun ular so‘ragan qo‘shiqni kuylab bermoqda (video)
Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev karantinda uyda o‘tirgan muxlislarining kayfiyatini ko‘tarish, ularni ruhan qo‘llab-quvvatlash uchun Instagram orqali mini-konsertlar tashkil etmoqda. “Azizlar, o‘zingiz xohlagan qo‘shiqni jonli tarzda kuylab berishimni va’da qilgan edim, bugun shu va’dam ustidan chiqmoqchiman. Hozirgi qayg‘uli kunda oz bo‘lsa ham ko‘nglingizni ko‘tarishga, uyda bo‘lgan chog‘ingizda ham sizga dalda bo‘lishga qo‘ldan kelgancha harakatdaman, xizmatingizdaman. O‘rtamizda masofa bo‘lgani bilan siz azizlarim bilan qalban yaqinman, birgaman. Sizlar yana biror qo‘shig‘imni jonli tinglamoqchi bo‘lsangiz, o‘z fikringizni qoldiring. Men qo‘limdan kelgancha sizni oz bo‘lsa ham xursand qilish uchun harakatdaman. Chunki bir insonni ko‘nglini ko‘tarish ham ulug‘ yaxshiliklardan hisoblanadi”, — deb yozadi Zohirshoh Jo‘rayev. View this post on Instagram Avvalroq Coldplay guruhi yakkaxoni Kris Martin ham karantinda uyda o‘tirgani tufayli Instagram’da konsert bergan edi. Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 49 nafarga yetdi. 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.
120
1,264
Madaniyat
Fransiyalik qo‘shiqchi Mishel Delpesh 69 yoshida vafot etdi
Fransiyalik qo‘shiqchi Mishel Delpesh uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 69 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda “TASS” musiqachining rafiqasi Jenevyeva Delpeshga tayanib. Delpesh uch yil davomida saraton xastaligi bilan kurashgan. Kasalligi tufayli, u 2013-yilda barcha konsertlarini bekor qilishiga to‘g‘ri kelgan. Delpesh 60-yillar oxirida “Il y a des jours o on ferait mieux de rester au lit” qo‘shig‘ini chiqargach, mashhurlik cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi, u xonandaga Charlz Kross akademiyasining  nufuzli “Diskli Gran-pri” mukofotini keltirgan.
59
554
Madaniyat
Anjelina Joli Bred Pitt tomonidan oilada sodir etilgan zo‘ravonlik haqida gapirdi
Amerikalik kinoaktrisa Anjelina Joli turmush o‘rtog‘i — aktyor Bred Pittga qarshi sudda chiqish qilish niyatida, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Tez orada juftlikning ajralishi bo‘yicha navbatdagi sud ishi bo‘lib o‘tadi. Sud protokollariga ko‘ra, Joli instansiyaga Pitt tomonidan oiladagi zo‘ravonlik faktlarini oshkor etuvchi bir nechta hujjatlarni taqdim etgan. Shu bilan birga, sud jarayonida ishtirok etishi kerak bo‘lgan sobiq er-xotinning farzandlarida ham ayrim ma’lumotlar mavjud. Oilaning Shaylo, Noksa va Viven ismli farzandlariga sudda ishtirok etishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Meddoks, Zaxara va Pit ko‘rsatma berish uchun kerakli yoshga yetgan. Aktyorlar 2016-yilda ajralish arizasini yozgan. Shundan so‘ng ular bolalarni qaramog‘iga olish bo‘yicha sud jarayonlarini boshlagan. Pitt teng huquqli vasiylikka da’vo qilmoqda, Joli esa usunlikni istayapti. Ma’lumot uchun, 2004-yildan buyon uchrashib yurgan Joli va Pitt 2014-yilda nikohdan o‘tgan edi. Juftlik uch farzand ko‘rgan, shuningdek, uch bolani asrab olgan.  Anjelina Joli Bred Pittning sovg‘asini 11,5 million dollarga sotib yubordi
81
1,113
Madaniyat
Hadicha Qurbonova erining vafotidan so‘ng uning birinchi ayoli va farzandlari bilan munosabatlari yaxshilanganini ma’lum qildi (video)
Xonanda Hadicha Qurbonova “Shoh Lomak” YouTube kanaliga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i koronavirusdan vafot etgach, uning birinchi ayoli va qizlari bilan yaqin munosabatda ekanligi haqida so‘zlab berdi. “Turmush o‘rtog‘imning birinchi oilasi emasman, lekin nechanchisi ekanligimni ham aytmayman. Asosiysi, bu taqdir. Erkak kishi uchun bir nechta oila qurish dinda ham bor. Bu bilan men hamma nechtadir xotin olsin, demayman, bu taqdir. Taqdirimga shunday inson bitilgan ekan, bundan aslo xafa emasman. Turmushga chiqayotganimda oilam tomondan ko‘p qarshiliklar bo‘lgan. Lekin turmush o‘rtog‘imga bo‘lgan ishonch ularga turmushga chiqishimga turtki bo‘lgan. Ular bilan oramiz 18 yosh, yaxshi joyda ishlardilar. Ko‘pchilik puli uchun turmushga chiqqan, deb o‘ylardi. Lekin men u insonga adam rahmatliga juda o‘xshagani uchun turmushga chiqqanman. Ular menga men xohlagan e’tibor va mehrni bera olganlar”, — deydi Hadicha Qurbonova. “Turmush o‘rtog‘imning qizlari bilan, birinchi ayollari bilan oldin ham yomon bo‘lmaganmiz-ku, lekin turmush o‘rtog‘im olamdan o‘tganlaridan keyin bir-birimizga kerakligimiz, bir-birimizdan uzila olmasligimizni anglab yetdik. Yaxshimiz, oldin ham urush yoki janjal bo‘lmagan. Ularni doimo hurmat qilganman hamda ularni doimo birinchi o‘ringa qo‘yganman. Hali ham shunday. Qizlari bilan juda ham yaqinman. Yuragimda ba’zida aytolmagan gaplarimni ularga aytaman. Vaqti kelsa, birinchi ayollari bilan gaplashib, dardlashib olamiz. Biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerakligini bilardik. Ularning yoshi mendan katta bo‘lgani uchun ba’zida maslahat olaman, ayrim hollarda ular men bilan maslahatlashadilar”, — deydi Hadicha Qurbonova marhum turmush o‘rtog‘ining birinchi oilasi bilan munosabatlari haqida gapirarkan.
134
1,755
Madaniyat
Xalqaro maqom san`ati anjumaniga tayyorgarlik yakunlanmoqda (foto)
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom san`ati anjumanini o`tkazish to`g`risida“gi qaroriga asosan joriy yil 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani bo`lib o`tadi. Bu nufuzli tadbirda milliy mumtoz san`atimiz jozibasi namoyish etiladi, mahalliy va xorijlik musiqashunoslar, olimlar, xonanda va sozandalar o`zaro fikr almashadi, “Maqom musiqa san`ati va uning jahon sivilizasiyasida tutgan o`rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladi. Shahrisabzdagi “Oqsaroy” majmuasida anjumanni o`tkazishga tayyorgarlik ishlari deyarli yakuniga etay deb qoldi.
66
644
Madaniyat
“Ramazon keldi, ramazon”. O‘zbekistonlik san’atkorlar muqaddas oyni madh etuvchi qo‘shiq ijro etdi (video)
O‘zbekistonlik bir necha san’atkor Ramazon oyini madh etuvchi qo‘shiqni birgalikda ijro etib, unga o‘ziga xos klip ham suratga oldi. Tarona “Ramazon keldi” deb nomlanadi. Qo‘shiq matnini Abror Muxtor Ali yozgan, musiqasi esa Iqbol Muhammad tomonidan bastalangan. Farhod Saidov, Abdurashid Yo‘ldoshev, Ulug‘bek Otajonov, Doston Ubaydullayev, Afzal Husanov, Muzaffar Abduazimov, Qilichbek Madaliyev kabi taniqli va yana bir necha yosh xonandalar qo‘shiqni uylaridan turib ijro etgan.
106
481
Madaniyat
Rossiya xalq artisti Aleksey Jarkov vafot etdi
Taniqli san’atkor, Rossiya xalq artisti Aleksey Jarkov 68 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda RF Kinematografchilar ittifoqi xabar tarqatdi, deb yozmoqda “Vesti.ru”. Jarkov 1948-yilning 27-martida tug‘ilgan. U kinoda 130 dan ortiq rol ijro etgan. 2012-yilda san’atkor insultni boshdan kechirgan edi.
46
296
Madaniyat
Instagram: Tug‘ilgan kunida onasini yig‘latgan Azoda, kasbini o‘zgartirgan Munisa Rizayeva, Shahzoda Muhammedova seriallarda nega ko‘rinmayapti?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi madaniyat vazirligi jamoasi endilikda ish kunlari do‘ppida yuradi. Madaniyat vaziri boshqa tashkilotlarni ham ushbu milliy qadriyatni hayotga qaytarishga chaqirdi. Ravshan Komilov jajji nevarasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Ziyoda muxlislariga yangi qo‘shig‘ini taqdim etish arafasida turibdi. Qo‘shiq “U meni deb” deya nomlanadi. Xonanda Lolaning fikricha, ushbu bosh kiyimi O‘zbekiston madaniyat vazirligiga unchalik ma’qul kelmagan bo‘lardi. Munisa Rizayeva o‘z bog‘chasida bolalarga vokal va ingliz tilidan dars bermoqda. Rixsitilla Abdullayev kechki ovqatga onasi tomonidan tayyorlangan manti surati bilan bo‘lishdi. Shahzoda Muhammedova hozirgi kunda ishlanayotgan seriallarda suratga tushmayotgani sababi haqida gapirdi. Uning aytishicha, bunga qizi Milananing hali kichkina ekani, serial syomkasi esa juda uzoq vaqt davom etishi sabab bo‘lmoqda. Shahzoda sobiq ma’muri Davron Muqimovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Shahlo Zoirova Ziyodani yo‘lda uchratib qoldi hamda unga kelin salomda tushgan ko‘rpalardan birini sovg‘a qildi. Aktrisa Bahora Arslonova ikkinchi marta ona bo‘ladi. Bloger va vayner Azoda onasiga tug‘ilgan kuni munosabati bilan ajoyib syurpriz tayyorladi. “O‘zbekiston” mehmonxonasi tashqarisidagi katta ekranda Azodaning onasi suratlari namoyish etildi. Mehmonxona oldiga qizil gilam to‘shaldi. Restoranda esa Malika Ravshanova vaynerning onasiga atab “Bu mening onam” qo‘shig‘ini kuylab berdi.
144
1,619
Madaniyat
“Alisher Uzoqov — xon, Ulug‘bek Qodirov — bosh vazir roliga tasdiqlanishi mumkin”. “Islomxo‘ja” filmi uchun katta fotosinov ishlari bo‘lib o‘tmoqda
“O‘zbekkino” buyurtmasi bilan rejissor Jahongir Ahmedov “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy, badiiy-publisistik janrdagi filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlikni boshladi. Filmning dastlabki fotosinov ishlari bo‘lib o‘tdi. Rejissor Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga filmning dastlabki fotosinovidagi foto lavhalarni taqdim etdi. Islomxo‘ja roliga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov hamda Ulug‘bek Qodirov fotosinov topshirgan. Asfandiyorxon roliga  Bobur Aytmagambetov hamda Alisher Uzoqovlar da’vogarlik qilmoqda. Muhammad Rahimxon II Feruz roli uchun O‘zbekiston xalq artisti Muhammad Ali Abduqunduzov hamda O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Hoshim Arslonovlar fotosinov topshirishgan. Eron elchisi Ishoqxon roliga Muhammad Iso Abdulxayirov hamda aktyor Azamat Axrorovlar fotosinov topshirishgan. Filmdagi boshqa obrazlar uchun hali ham foto sinovlar davom etmoqda. Islomxo‘janing qizi, Asfandiyorxonning xotini, malika Azizaposhsha bika roli uchun 20 yoshdan 30 yoshgacha  bo‘lgan o‘zbek aktrisalari o‘rtasida katta fotosinov bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
147
1,110
Madaniyat
Dilnoza Kubaeva o`zbek seriallari haqida: «Umuman talabga javob bermaydi» (Video)
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasida mahoratli aktrisa Dilnoza Kubaeva bilan «Sirning siri samimiyatda: Aktrisa Dilnoza Kubaevaning ijodiy ustaxonasida bir kun» mavzusida ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida aktrisa Dilnoza Kubaeva nega bugungi kunda birorta ham o`zbek seriallarida suratga tushmayotganini quyidagicha izohladi. Men serialda bir-ikki marta ishlaganman. Chapaqayman, chapaqay odamlar biroz o`jarroq bo`ladi. ‘Hech qachon o`ynamayman’, deb yuborganman. Mening tez zerikib qoladigan odatim bor. Men uchun yangi-yangi loyihalar, professionallardan iborat bo`lgan guruhlar, yangi takliflar bo`lsa yaxshi, serialda davomiylik bo`ladi. Sizning spektakllaringiz ba`zida ularni qiziqtirmaydi. Mening asosiy ish joyim esa teatr. Daraxt bir joyda ko`karadi deyishadi. Bir joyda ko`karishni orzu qilib, shu erdan nafaqaga chiqib, nafaqaga chiqqanda ham teatrdan uzoqlashmagan holda o`rnimni yosh, endi institutni bitirib kelgan talabaga bersam. Seriallar juda ko`p vaqtni talab qiladi. Ayniqsa, hozirgi olinayotgan seriallar meni mutlaqo qoniqtirmaydi. Hammasi deyolmayman, ularning gapi, so`zlashish odobi, kiyib chiqayotgan kiyimlari, qizlarimizning qoshi ustiga chizilayotgan qoshi, kipriklari, u erdagi holat, voqealar umuman talabga javob bermaydi. U erdagi olib chiqilayotgan sahnalar bizni ozgina pastga tushirib qo`yyapti. Yaqinda Qirg`iziston gastrolidan keldim. ‘Yotvolib faqat sizlarni ko`ramiz’, deyishdi. Bizni qo`shni respublikada ko`rishadi, bizni juda ko`p davlatlar ko`rishadi. Ularda hozirgi seriallarimizni ko`rib, biz haqimizda yomon fikr uyg`onmaydimi? O`tirib olib, ‘Ha, nima? Yo`q, senga beradigan pulim’. Mana shunaqa har xil kulgili sahnalar, onalarimizni hech qachon bunaqa deb o`ylashlarini men istamas edim. Endi o`zimiz bilamiz ichimizdagini. Lekin san`at o`z nomi bilan san`at bo`lishi kerak. Ikir-chikir muammolarimizni chiroyli qilib, odob doirasida olib chiqishimiz kerakmi, kerakmasmi? Bizni qancha ko`z ko`radi. Ko`p davlatlar qo`shiqlarimizni eshitishadi, kinolarimizni ko`rishadi. Ularning kinosida eng so`nggi texnologiyalar ishlashi mumkin, lekin, ular bizga etishni orzu qilishadi. Lekin biz seriallarimiz orqali kimlarni tanqid qilyapmiz? Demoqchimanki, ko`p narsa ma`naviyatga, bilimsizlikka borib taqaladi. Odamlarni ohanrabo, magnitdek o`ziga tortib oladigan mavzularimiz kammi? Masalan, ‘Shum bola`ni qayta-qayta ko`ramiz, chunki chiroyli yozilgan narsani chiroyli olishgan. Lekin biz shu bir-ikkita xunuk narsalarni ushlab olib, seriallarimiz orqali olib chiqyapmiz. Shuning uchun insof bersin. Men yaqin orada serialga tushishimni hech ham tasavvur qilolmayman.
81
2,708
Madaniyat
Yulduz Usmonova 57 yoshga to‘ldi. Xonanda tug‘ilgan kunini yaqinlari va do‘stlari davrasida nishonladi (video)
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova 12-dekabr kuni 57 yoshni qarshi oldi. Xonanda tug‘ilgan kunini nishonlashni 11-dekabr kuni kechasi Hilton mehmonxonasidan boshladi. Tug‘ilgan kun sohibasi yangi “Yurak” qo‘shig‘iga oila a’zolari va do‘stlari ishtirokida animatsion klipni taqdim etdi. 12-dekabr kuni xonandaning tug‘ilgan kuni tor doirada davom etdi. Tantanada Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i, qizi Nilufar Usmonova va sanoqli shou-biznes vakillari ishtirok etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev bilan Imronning “Yomon qiz” qo‘shig‘iga raqsga tushayotgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 1963-yil 12-dekabr kuni Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Uning repertuaridan rus, tojik, turk, uyg‘ur, qozoq, tatar hamda boshqa tillarda kuylangan 600 dan ortiq qo‘shiq joy olgan. Yulduz Usmonovaning disklari O‘zbekistonda tashqari Germaniya, AQSh, Gollandiya va Angliyada ham sotuvga chiqarilgan. Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kuni har yili katta dabdaba bilan nishonlanadi. Xususan, o‘tgan yili xonandaning tug‘ilgan kuniga turmush o‘rtog‘i BMW X7 avtomobilini sovg‘a qilgan edi.  Yulduz Usmonovaning turk tilidagi “Seni severdim” qo‘shig‘i YouTube’da 100 mln marta tomosha qilindi (video)
110
1,270
Madaniyat
Fransiyada tavakkalchilik haqidagi kitoblar muallifi cho‘kayotgan bolalarni qutqarishga urinib, halok bo‘ldi
Fransiyada ko‘plab, jumladan, tavakkalchilik tabiati haqidagi kitoblar muallifi, 53 yoshli yozuvchi va faylasuf Anna Dyufurmantel halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi. Anna Dyufurmantel. Twitter/Franseculture Fojia Pampelon plyajida ro‘y berdi. Dyufurmantel ikki bola cho‘kayotganini ko‘rib qoldi va ularni qutqarishga harakat qildi. Biroq kuchli oqim uning o‘zini olib ketdi. Bolalarga qutqaruvchilar yordam berishga ulgurdi. Ular sog‘-omon ekanligi bildirilmoqda. Kitoblarida tavakkalchilik va xavf zamonaviy hayotning ajralmas qismi ekanligini ta’kidlab kelgan adibaning o‘limi munosabati bilan Fransiya madaniyat vaziri Fransuaz Nissen hamdardlik bildirdi.
108
671
Madaniyat
Instagram: Qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmaydigan amaldorlarga parodiya, Ra’no Shodiyeva xonadonida to‘y, Feruza Normatova o‘z fitness-murabbiyiga turmushga chiqyaptimi?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. “Bravo” kulgi jamosi vakili Shahlo Zoirova muxlislarini o‘z mashinasida manziliga eltib qo‘yishda davom etmoqda. Xonanda Lola yaqin dugonalaridan biri, tadbirkor Yulduz Mavlonova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Ziyoda jiyanining unashtiruv to‘yidan videoreportaj tayyorladi. Munisa Rizayeva folloverlariga hech kimni o‘zgartirishga urinmaslikni maslahat berdi. Nilufar Sotiboldiyeva MY5 telekanalida efirga uzatilgan “Muhabbat qissalari” ko‘rsatuvining to‘xtatilishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Durdona Qurbonova So‘qoq somsasini tayyorlashni o‘rganib oldi. Aktrisa Ra’no Shodiyeva o‘g‘li Diyorni unashtirdi. Bu haqda uning qizi Raxshona Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Hamma kechirimli bo‘lish kerak deydi. Lekin hech kim birovning qalbini og‘ritmaslikka odatlanish kerak demaydi. Baxtli bo‘lishga so‘z bering”, — deb yozadi Shahzoda. Feruza Normatova fitness-murabbiyiga turmushga chiqayotgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi. Yulduz Rajabova yangi suratini sahifasiga joyladi. Dildora Niyozova va Manzura to‘y xizmatida uchrashib qolishdi. Dildora Niyozova Manzurani ancha vaqtdan beri ilk marta ko‘rayotganini aytdi. Shohruxxon va Asal Shodiyeva turmush qurganlarining 5 yilligini nishonladi. Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva dam olish uchun Sharm ash-Shayxga uchib ketdi. Sardor Mamadaliyev qimmatbaho avtomobillar bilan tushgan suratini sahifasiga joylashtirdi. “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvida madhiya yangrayotganida qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmay qolgan amaldorlarga parodiya efirga uzatildi. Shuningdek, ko‘rsatuvda YPX xodimlari haqidagi hazil ham namoyish etildi.
168
1,776
Madaniyat
“Siz uni taniysiz...” - Bu gal “Tog`lik kuyov” bilan tanishamiz
Aktyor-kaskadyor va rejissyor Yo`lchi Ortiqovning haqiqatlarini “Darakchi” gazetasining 42-sonida o`qing.
63
105
Madaniyat
Ilk loyihalaridagi obrazidan tanish qiyin bo‘lgan “Garri Potter” yulduzlari (foto)
“Garri Potter” yulduzlari 2022-yilning 1-yanvar kunini intiqlik bilan kutmoqda. Chunki aynan shu kuni franshizaning birinchi filmi ekran yuzini ko‘rganiga 20 yil bo‘lgani munosabati bilan “Garri Potter: Hogvartsga qaytish” nomli maxsus epizod ekran yuzini ko‘radi. Franshizaning millionlab muxlislar qalbidan joy olishiga unda suratga tushgan aktyor va aktrisalarning hissasi katta. Shuni inobatga olgan holda AdMe nashri sevimli qahramonlarni gavdalantirgan ijodkorlar o‘zlarining ilk loyihasida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani haqida fotolar orqali ma’lumot beradi. Richard Xarris — Albus Dambldor Maykl Gambon — Albus Dambldor Alan Rikman —Severus Snegg Robbi Koltreyn — Rubeus Xagrid Juli Uolters — Molli Uizli Meggi Smit — Minerva Makgonagall Uorik Devis — professor Flitvik Devid Bredli — Argus Filch Edrian Roulins — Jeyms Potter Jeraldin Somervill — Lili Potter Fiona Shou — Petuniya Dursl Richard Griffits —Vernon Durs Mark Uilyams — Artur Uesli Jeyson Ayzeks — Lyutsius Malfoy Helen Makkrori — Narsissa Malfoy Devid Tyulis — professor Lyupin Emma Tompson — Sivilla Treloni Timoti Spoll — Piter Pettigryu Geri Oldman — Sirius Blek Miranda Richardson — Rita Skiter Robert Pattinson — Sedrik Diggori Imelda Stonton — Dolores Ambrij Helena Bonem Karter —Bellatrisa Lestreynja
82
1,303
Madaniyat
Kamilla va uning “Dejavyu”si
Xonanda Kamilla va uning Pomidor entertainment jamoasi ertaknamo ijod mahsulini tayyorladi. Qiziq, bu ijod mahsuli ertaknamo bo‘lsa, bolalar uchunmikan? Yo‘q, ertaklar faqat bolalar uchun, desangiz adashasiz... Gap shundaki, 14-fevral kuni premyera qilingan va ko‘plab radiotinglovchilarning sevimli taronasiga aylangan “Dejavyu” qo‘shig‘iga klip ishlandi. Klip bir necha kunlardan so‘ng tinglovchilar e’tiboriga havola etiladi. Hozir esa xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida klip tizeri bilan bo‘lishdi. Aytish kerakki, klipni tayyorlash ishlari “Dejavyu” qo‘shig‘i hali mamlakatimiz radiostansiyalarida yangramasidanoq boshlab yuborilgan edi. Yangi klipda ham faqat animatsiyadan foydalaniladimi yoki yo‘qmi, degan savol javobini Kamilla klip tayyor bo‘lgunga qadar ochiq qoldirishga qaror qildi. Uning aytishicha, klip syujetlari barcha qizlar orzu qiladigan ertaklarga asoslangan. Klip borasidagi boshqa ma’lumotlar sir saqlanmoqda, biroq bu klip juda ham o‘zgacha bo‘lishi aytilmoqda.
28
998
Madaniyat
Nilufar Usmonova “Chapaniginam, o‘zbegim” klipini taqdim etdi (video)
O‘zbek estradasi vakili Nilufar Usmonova “Chapaniginam, o‘zbegim” nomli taronasiga ishlangan klipni taqdim etdi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi. Qo‘shiqqa Sarvar Isayev rejissorligida videoklip suratga olingan. Klipda o‘zbekistonliklarning yutuqlarini aks ettiruvchi videolavhalardan foydalanilgan. Nilufar Usmonova “Chapaniginam, o‘zbegim” klipidan lavha. Skrinshot: popcorn.uz Nilufar Usmonova “Chapaniginam, o‘zbegim” klipidan lavha. Skrinshot: popcorn.uz Nilufar Usmonova “Chapaniginam, o‘zbegim” klipidan lavha. Skrinshot: popcorn.uz “Nilufar Usmonova uchun bu qo‘shiq va video ijodida alohida o‘rinda turadi. O‘zining ham yuragidan chuqur joy olgan qo‘shiq va unga ishlangan videoklipning bir necha soniyalik treyleri ijtimoiy tarmoqlar hamda internet saytlarida ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi”, — deyiladi Popcorn.uz xabarida. “7x7” gazetasining xabar berishicha, Nilufar Usmonova joriy yilning kuzida jonli ijrodagi ilk yakkaxon konsertini berishni rejalashtirgan.
69
983
Madaniyat
Sevara Soliyeva va Ma’mur Sultonov oilasida ikkinchi farzand dunyoga keldi
Aktrisa Sevara Soliyeva va xonanda Ma’mur Sultonov oilasida ikkinchi farzand dunyoga keldi. Bu haqda aktrisaning o‘zi va turmush o‘rtog‘i ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalari orqali xabar qildi, deb yozadi My Day. Ular yana bir o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Ikki yoshning 4 yoshli Sultonbek ismli o‘g‘illari bor.
74
310
Madaniyat
“Sabot” filmi 40-Moskva xalqaro kinofestivalning asosiy dasturidan o`rin oldi
Ayni kunlarda dunyoning eng nufuzli kinofestivallaridan hisoblangan “A” kategoriyadagi 40-Moskva xalqaro kinofestivali bo`lib o`tmoqda. Mazkur festivalning asosiy dasturidan rejissyor Rashid Malikovning “Sabot” filmi ham o`rin olgan. Ushbu kinoasarni festival ishtirokchilari, ayniqsa, rus tomoshabinlari katta qiziqish bilan qabul qilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 avgustda milliy madaniyatimizning ko`zga ko`ringan namoyandalari, atoqli shoir va adiblarimiz, teatr, kino, musiqa san`ati sohasining taniqli hamda yosh vakillari, san`atshunos olimlar, jurnalistlar bilan bo`lgan uchrashuvida xalqimizning ma`naviy kamol topishi yo`lida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, o`tmishimizni, ulug` ajdodlarimiz hayoti va ijodini aks ettiradigan, o`quvchiga estetik zavq bag`ishlaydigan, badiiy saviyasi yuksak asarlar va zamonamiz qahramonlarini yaratish vazifasi topshirilgan edi. Ushbu vazifalar ijrosi doirasida “O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan mazkur film Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan Moskva xalqaro kinofestivaliga taqdim etildi. “Sabot” 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etiladigan yurtimiz pavilonida ham dunyo mutaxassislari e`tiboriga havola etiladi. Eslatib o`tamiz: “Sabot” aynan hayotiy voqealar, insonning bardoshi, qadri, oriyati haqidagi film bo`lib, unda 1980-yillar voqealari tasvirlangan. Filmda qoraqalpog`istonlik sobiq baynalmilal jangchining xotiralari, o`y-xayollari, kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Bosh rollarni aktyorlar Karim Mirhodiev, Saydulla Moldaxanov, Behzod Hamroev, Nigora Karimboeva, Zulxumor Mo`minova ijro etgan.
77
1,643
Madaniyat
Zafar Hoshimov Gollandiyada otilgan 101 o‘zbekka bag‘ishlangan filmga qo‘shgan hissasidan mamnunligini bildirdi
“Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov Facebook’dagi sahifasida Ikkinchi jahon urushi chog‘ida Gollandiyada otilgan 101 o‘zbekka bag‘ishlab film tasvirga olish g‘oyasiga uning ham hissasi qo‘shilganidan mamnun ekanligini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor avvalroq sahifasida urush yillari Gollandiya o‘rmonlarida joylashgan Amersfort konslagerida 101 o‘zbekistonlikning jasoratlari va qayg‘uli taqdirlari haqida yozgan. Uni o‘qigan yozuvchi va kinossenarist Anvar Ergashev biznesmen bilan uchrashib, bu hodisa haqida unga ma’lum axborotlar va materiallar bilan ulashishini so‘ragan. “O‘sha uchrashuvimizdan so‘ng Anvar aka turmush o‘rtoqlari Yuliya bilan juda katta izlanishlar olib borib, Gollandiyaga borib, o‘sha hodisalar guvohlari bilan suhbatlashib, yuzlab, minglab hujjatlarni ko‘tarib, natijada "101" nomli tarixiy roman bitibdilar. O‘tgan shanba kuni bizning ofisga kelib, ushbu romanning signal nusxasini menga hadya etdilar, — deb yozdi Zafar Hoshimov. — Bugun esa yana bir xushxabar keldi… muhtaram Prezidentimiz ushbu roman asosida badiiy film olinishi haqidagi qarorga imzo chekibdilar. Qahramon vatandoshlarimiz jasorati bu tariqa abadiylashtirishida kamtarin hissamdan juda mamnun va mag‘rurman”. Prezidentning 24-iyuldagi milliy kinosanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga ilova qilingan “Yo‘l xaritasi”da 2020-yil fevraliga qadar “101” nomli badiiy film suratga olish haqida ko‘rsatma berilgan. Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi kurashda qatnashgan o‘zbekistonliklar nomini abadiylashtirishga bag‘ishlangan film “101” nomli roman asosida suratga olinadi.
111
1,651
Madaniyat
Aktyor Javohir Zokirov: Zulfiqor Musoqovning filmlarida rol o‘ynamagan bo‘lardim, Hilol Nasimovning esa birorta filmi yoqmaydi
Rejissor Rustam Sa’diyevning “Sotqin” va “Baron” filmlaridagi ishtirokidan so‘ng o‘zbek kinoixlosmandlari uchun qaytadan kashf etilgan aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” nashri tomonidan tashkil etilgan “Yulduz-onlayn” loyihasida qatnashib, muxlislar tomonidan yo‘llangan savollarga javob qaytardi. “Darakchi.uz”ning yozishicha, bir qator savollar aktyorning o‘zbekistonlik rejissorlar va ularning filmlariga nisbatan munosabati haqida bo‘lgan. “Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov, Zulfiqor Musoqovning filmlarida hech qachon rol ijro etmagan bo‘lardim. Agar juda katta gonorar to‘lashsa, o‘ylab ko‘rishim mumkin. Hilol Nasimovning esa birorta filmi yoqmaydi”, — dedi Javohir Zokirov. Javohir Zokirov nima uchun faqat Rustam Sa’diyevning filmlarida suratga tushayotgani haqida savolga ham javob qaytardi. “Birinchidan, ko‘p rejissorlarning ishidan qoniqmayman — Rustam akaning ishidan qoniqmagan vaqtlarim bo‘lgan. Ikkinchidan, men Rustam Sa’diyevning filmlaridan tashqari xorijiy rejissorlar bilan ham ko‘p bora ishlaganman”, — dedi Javohir Zokirov. “Bir ma’lumotni aytib o‘tmoqchi edim: ‘Sotqin’da rol ijro etish taklifi o‘zimdan chiqqan. Tez kunlarda Sanjar Shodiyevning ‘Seni o‘zim boy qilaman’ komedik drama janridagi filmi ekranlarga chiqadi. Bu filmda ham rol ijro etdim”, — deya qo‘shimcha qildi aktyor.
126
1,314
Madaniyat
Xalqaro kongress ishtirokchilari Shavkat Mirziyoevga murojaat yo'lladilar
“O`zbekistonning madaniy merosi — yangi Renessans poydevori” muavzusidagi IV Xalqaro kongress yakuniga ko`ra, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati olimlari bir ovozdan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga murojaat yo'lladilar. Murojaatni qabul qilish tashabbusi, IV Kongress ishida onlayn rejimida ishtirok etgan, Yaponiyalik olimlar tomonidan bildirildi. Kunchiqar mamlakatdagi O`zbekiston elchixonasi binosida yig`ilgan 20 nafar olim murojaatning  loyihasini tayyorladilar va keyinchalik bu loyiha Jamiyat Boshqaruvi va Ilmiy kengashi a`zolari tomonidan qo`llab-quvvatlandi. Murojaatnomada Butunjahon jamiyati a`zolari, mamlakatning kutubxonalari va ta`lim muassasalariga "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" turkumidan 10 ming nusxadagi 35 tomlik kitob-albomlarni topshirish tashabbusini amalga oshirishda ko`mak berganligi uchun Respublika rahbariga minnatdorlik bildirdilar. Yuzlab sharqshunos olimlarning faol xizmatlari tufayli, yaqinda O`zbekistonning umumta`lim maktablari va universitetlaridagi barcha kutubxonalari,  Chexiya, AQSh, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, O`zbekiston, Turkiya va boshqa ko`plab mamlakatlarning to`plamlaridagi O`zbekistonning madaniy merosi haqidagi kitob-albomlarga ega bo`lishadi. Bu ishni amalga oshirishda O`zbekiston hukumati ko`mak beradi. "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" turkumidagi rasmli kitob-albomlarni chop etish hamda ularni mamlakat kutubxonalari va o`quv muassasalariga topshirish taklifi III Xalqaro Kongressda ilgari surilgan va davlat rahbari tomonidan qo`llab-quvvatlangan edi. Ularning dastlabki 15 jildi allaqachon barcha o`quv yurtlariga etkazilgan va hozirda ushbu loyihaning ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Murojaatnomada qayd etilishicha, "O`zbekiston madaniy merosi - Yangi Renessans poydevori" mavzusidagi To`rtinchi Xalqaro Kongressda 2021-2025 yillarga mo`ljallangan Yo`l xaritasi qabul qilingan. Keyingi besh yil ichida O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati 100 dan ortiq yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. “Biz mamlakatdagi va xorijdagi muzeylarda saqlanayotgan O`zbekistonning madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi kitoblar va albomlar nashr etishni, hujjatli va badiiy filmlar tayyorlashni, ilmiy forumlar o`tkazishni, o`quv dasturlari yaratishni, mamlakat madaniy merosini tiklash sohasidagi mutaxassislarning ishlarini, qonunchilikni takomillashtirish, turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni tadqiq qilishni davom ettirish niyatidamiz”- deyiladi Murojaatnomada. Olimlar, shuningdek, Respublika rahbarining mamlakatning madaniy merosini asrab-avaylash borasidagi sa`y-harakatlarini yuqori baholadilar va ular bundan keyin ham O`zbekistonning milliy madaniy merosini rivojlantirish va saqlashga o`z hissalarini qo`shishga tayyor ekanliklarini ta`kidladilar. “O`zbekistonda Uchinchi Renessans davrini amalga oshirishga qaratilgan, Siz e`lon qilgan milliy g`oya avvalo madaniyatni saqlashga qaratilganligi bilan ham  juda hurmatga sazovor va Siz aynan madaniyat, mamlakatning yangi Uyg`onish davri, jamiyat ma`naviyatining yuksalishi, xalqni, ayniqsa, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning poydevori ekanligini yaxshi anglaysiz” — deyiladi Murojaatnomada. Shunisi e`tiborga loyiqki, Butunjahon jamiyati a`zolarining Respublika prezidentiga murojaatini qabul qilish yaxshi an`anaga aylanib bormoqda, inchunun murojaat bugun to`rtinchi marta qabul qilindi va shubhasiz doimgidek olimlar Respublika rahbarining ijobiy javobini oladilar. Shunday yo`l bilan, Butunjahon jamiyati hamda O`zbekiston hukumati o`zaro mustahkam aloqalarini o`rnatmoqda va O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha faoliyatlarini birlashtirmoqdalar. Ma`lumot uchun: Jamiyatni tashkil etish tashabbusi birinchi marotaba 2017 yil may oyida Toshkent va Samarqandda bo`lib o`tgan "O`zbekistonning madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l"  mavzusidagi xalqaro kongressda tilga olingan edi. O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatini tuzish to`g`risida qaror, 2018 yilda Sankt-Peterburgda bo`lib o`tgan Ikkinchi Xalqaro Kongress doirasida qabul qilindi. Jamiyat 2019 yil avgust oyida Parijda rasmiy ravishda ro`yxatdan o`tkazildi. Jamiyat, davlat va jamoat tashkilotlari, tadqiqotchilar, ekspertlar, ilm-fan, media sohasi vakillari va boshqa manfaatdor jamoatchilik vakillarining O`zbekiston madaniy merosini jahon madaniy merosining muhim qismi sifatida saqlash, o`rganish va ommalashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlariga ko`mak beradi.
73
4,712
Madaniyat
O`zbek telekanalida ilk bor yangi formatdagi yumoristik dastur namoyish etildi (video)
O`zbek telekanallari orsadia ilk bor "Bir aktyor teatri" televizion formatida birinchi yumoristik setkom efirga uzatildi. "Sevimli" telekanalining kechgi dasturlarida namoyish etilgan "ELVIZAK" hajviy dasturining ilk sonida aktyor Ma`mur Xolmedov 13 ta turli obrazlarda gavdalanadi.  Jamiyatda mavjud muammolarni yumor ostida olib chiqish hamda bir paytning o`zida turli yosh va ko`rinishdagi, bir-biridan farq qiluvchi harakter va ovozlardagi obrazlarning faqatgina bir aktyor tomonidan ketma-ket ijro etilishi tomoshabinlarning katta qiziqishiga sabab bo`ldi.  Jurnalist Parviz Fattoevning ushbu loyihasi qisqagina fursatda youtube kanalida katta qiziqish bilan tomosha qilindi. Izohlanishicha, O`zbekiston telekanallari uchun mazkur dastur va fomat debyut hisoblanadi. Ijodiy jamoaning keyingi qahramoni esa sir tutilmoqda.
86
826
Madaniyat
Furqat Zokirov Otabek Musayev o‘rniga “O‘zbekkino” rahbari etib tayinlandi
“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bir-biridan mustaqil bir necha manba jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Ma’lum qilshlaricha, shu kungacha O‘zbekiston Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasiga direktorlik qilib kelgan Furqat Zokirov “O‘zbekkino”ning yangi rahbari etib tayinlangan. Ma’lumot uchun, Otabek Musayev 2016-yilning yanvar oyidan buyon “O‘zbekkino”ga rahbarlik qilib kelayotgan edi.  “Men o‘zbekman”: “O‘zbekkino”ning yangi rahbari Otabek Musayev o‘ynagan filmlar
74
549
Madaniyat
“Elchining qizi” serialini yana bir aktrisa tark etmoqda
“Elchining qizi” serialida Elvan rolini gavdalantirayotgan aktrisa Hivda Zizan Alp loyihani tark etmoqda. Bu haqda “Yandeks Dzen” platformasida xabar berilgan. Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on “Elchining qizi” serialini maxsus mukofot bilan taqdirlagani haqida xabar berilgandi. View this post on Instagram Ushbu mukofotni jamoa nomidan qabul qilib olgan Hivda Zizan Alpning loyihadan ketish sababi va serialning qaysi qismi u uchun so‘nggi bo‘lishi hozircha ma’lum emas. View this post on Instagram Eslatib o‘tamiz, Neslihan Atagul salomatligida muammo borligi tufayli loyihadagi ishtirokiga nuqta qo‘ygan. Uning ortidan Gediz rolini ijro qilgan aktyor Uraz Kaygilarog‘lu ham serialni tark etgan. Shundan keyin “Gul va pul ishqi” hamda “Jasur va go‘zal” serialidagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Tuba Buyukustun Mavi rolni ijro qila boshlagan.
56
901
Madaniyat
“Arshin mol olon” yosh aktyorlar talqinida (Foto)
“Diydor” teatr studiyasi ta`lim berishni va ijodni birgalikda uyg`unlashtiradi. Pedagoglar san`atga endi qadam bosayotgan yosh aktyorlarga saboq bo`ladigan, o`z kasblariga sadoqat va mehr tuyg`usini uyg`otadigan spektakllarni tanlab, sahnalashtiradilar. Yaqinda “Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr studiyasida rejissyor Bahodir Yo`ldoshev tomonidan ozarboyjon xalqining sevimli asari hisoblanmish “Arshin mol olon” nomli spektakli sahnalashtirildi. Ushbu sahna asarini qayta jonlashtirishda teatr studiyasining quyidagi yosh va mashhur aktyorlari qatnashdilar: Asqar – O`lmas O`raev Gulchehra – Xurshida Arabshoeva Sulaymon – Adiz Rajabov Osiyo – Feruza Normatova Sultonbek – Umarjon Jumaev Jaxonbibi – Ra`no Egamberdieva Vali – Jo`rabek Arziev Telli – Yulduz Rajabova
49
787
Madaniyat
Amerikalik xonanda Kardi Bi o‘zi o‘qigan maktabga 100 ming dollar xayriya qildi
Kardi Bi yana bir bor muxlislarining qalbini zabt etdi. Rep yo‘nalishida ijod qiladigan xonanda kutilmaganda Nyu-Yorkdagi maktabiga tashrif buyurib, o‘qituvchilari bilan ko‘rishdi va maktab rivojlanishi uchun xayr-ehson qildi. Kardi Bi Bronks ushbu o‘rta maktabda oltinchi sinfdan sakkizinchi sinfgacha o‘qigan. TMZ nashri xabariga ko‘ra, bu rejadan tashqari tashrif bo‘lib, barchani, jumladan, direktorning o‘zini ham hayratda qoldirgan. Yulduz o‘qituvchilar, o‘quvchilar bilan ham suhbatlashdi va ular bilan hayotiy maslahatlarini o‘rtoqlashdi. Ular orasida Karbi Bi ijodini chin dildan yoqtiruvchi muxlislari ham bor edi, o‘quvchilar va o‘qituvchilar nafaqat o‘z kumirini jonli efirda tomosha qilish, balki unga bir-ikkita savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kardi Bi o‘z maktabiga 100 000 dollar xayriya qildi, u sarflagan mablag‘ini raqs va musiqa darslari kabi o‘quvdan tashqari dasturlarni ishlab chiqishga sarflanishini istaydi. Amerikalik xonanda Kardi Bi koronavirusdan jabrlangan ming nafar muxlisiga 1000 dollardan tarqatadi.
79
1,044
Madaniyat
Uch farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalagan, 50 yoshdan keyingina modellikda mashhur bo‘lgan fantastik ayol — Mey Mask haqida
Mey Maskni fantastik ayol deb atash mumkin. U sobiq erining xo‘rliklari ostida sinmadi: yolg‘iz o‘zi 3 nafar farzandini katta qildi, 5 ta joyda ishladi. Bugun 74 yoshli ayol ajoyib fotosessiyalari va podiumlardagi dadil chiqishlari bilan millionlab odamlarni xayron qoldirmoqda. Mey Xoldeman Kanadada tug‘iladi, ammo 3 yoshida oilasi Janubiy Afrikaga ko‘chib ketadi. Har yilning iyulida butun oila Kalaxari cho‘li bo‘ylab yo‘qolgan shaharni izlab sayohatga otlanardi. Ular shaharni hech qachon topa olishmaydi, lekin Meyning so‘zlariga ko‘ra, ular misli ko‘rilmagan go‘zal daryo va g‘orlarni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishadi. Balki, aynan shu sayohat Meyning keyingi sarguzashtlarga boy hayotiga ta’sir qilgandir. Mey o‘zining modellik faoliyatini 15 yoshida boshlagan, 6 yildan so‘ng u “Miss Janubiy Afrika” go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lgan. 21 yoshida parhezshunoslik bo‘yicha bakalavr darajasini oladi. O‘sha paytlarda u mijozlari bilan ishlar, shu bilan birga moda jurnaliga suratga tushishga ham ulgurardi. 22 yoshida u o‘quvchilik paytida tanishgan janubiy afrikalik muhandis Errol Maskka turmushga chiqadi. Surat markazida Mey Mask Biroq oila qurgach ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, jumladan, eri undan oilasi bilan aloqalarini uzishni talab qiladi, shuningdek, uni doimo “ahmoq, xunuk va zerikarli” deb ataydi. Shuncha gaplardan keyin ham u uzoq vaqt davomida eri bilan ajrashishga jur’at eta olmaydi, bundan tashqari o‘sha paytdagi Janubiy Afrika qonunlari ham bunday sabablar bilan nikohni bekor qilmasdi. 1979-yilda, qonun o‘zgarganda, Mey nihoyat eri bilan ajrashadi va qo‘lida 3 bolasi bilan yolg‘iz qoladi. 18 yoshli Mey Oila Kanadaga ko‘chib keladi. Mey o‘qishni to‘xtatmay, ro‘zg‘orini zo‘rg‘a uchma-uch eplardi. Intervyularining birida u o‘sha paytdagi qashshoqlik uni imkpn qadar ko‘proq ishlashga majbur qilganini aytadi, bir voqeani esa shunday eslaydi: “Bir kuni bolalarimdan biri sutni to‘kib yuborganida yig‘laganimni eslayman. To‘kilgan sutga yig‘lash kerak emas, deyishadi. Ammo men yig‘ladim, chunki o‘sha kuni boshqa sut sotib olishga pulim yo‘q edi”. Mey birinchi maoshiga gilam sotib oladi, chunki ular ko‘chib o‘tgan uyda o‘tirish uchun stullar ham yo‘q edi. Biroz vaqt o‘tgach, Ilon uchun kompyuter olinadi, u o‘tirishga boshqa joy yo‘qligidan aynan shu gilam ustida kompyuter bilan shug‘ullanadi. Mey har doim nozik didga ega ekanligini bilardi. Shuning uchun ham u kelgusida eng yaqin dugonasi bo‘ladigan ayol bilan uchrashgunga qadar stilist bo‘lib ishlaydi. Bir kuni u Meyga yaxshiroq kiyinishi kerakligini aytib, uning garderobidagi bir talay liboslar ichidan atigi 6 ta kiyimni olib qoladi, qolganlarini esa tashlab yuboradi. O‘sha paytda Mey faqat kostyum, 2 ta kofta, bir juft poyabzal va sumka sotib olishga qodir edi. U boshqa narsa sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lguncha shu kiyimlarni almashtirib kiyib yuradi. 41 yoshli Mey Mey ancha vaqtgacha bolalarini arzon va to‘yimli ovqat bilan ta’minlash uchun kiyimlarini arzon-garov do‘konlardan sotib oladi. Kundalik xarajatlariga yetarli pul topish uchun juda ko‘p ishlaydi, hatto bir vaqtning o‘zida 5 ta joyda ishlagan paytlari ham bo‘lgan. Bu haqda Mey shunday deydi: “Kun bo‘yi ishlaganim uchun hech qachon o‘zimni aybdor his qilmayman. Bundan boshqa ilojim ham yo‘q edi. Bolalarga g‘amxo‘rlik qilish birinchi galdagi vazifam edi. Yotishga boshpanam, yeyishga ovqatim va arzon bo‘lsa-da kiyishga kiyimim bo‘lishi uchun ko‘p mehnat qilardim”. Bolalari yoshligidanoq ish bo‘yicha kichikroq topshiriqlarni bajarib, onalariga yordam berishdi — qizi Toska doim uning kabinetiga kelib, shifokorlarga xat yozardi; Ilon matn prosessori qanday ishlashini tushuntirardi; kenja o‘g‘li Kimbal ham o‘zicha yordam berardi. Mey ota-onasi uni qanday tarbiyalagan bo‘lsa, u ham o‘z farzandlarini shunday tarbiyalaganini ta’kidlaydi. Ularni mustaqil, mehribon, halol, e’tiborli va odobli bo‘lishga o‘rgatgan. Hech qachon ularga kichik bolalar kabi munosabatda bo‘lmagan, hatto uy vazifalarini tekshirmagan. U o‘g‘li Ilonning daho ekanini 3 yoshidayoq bilgan — uni “genial bola” deb atagan. Mey bu haqda shunday deydi: “U men bilan hamma narsa haqida gaplashardi, kuzatuvchan va juda qiziquvchan edi”. Deyarli har bir intervyusida Mey barcha farzandlari bilan faxrlanishini takrorlashdan charchamaydi. Keyinchalik qizi Toska rejissor va prodyuser bo‘ldi, Ilon Teslaning asoschisi va dahosiga aylandi, kenja o‘g‘li Kimbal esa restoranlar tarmog‘i egasi bo‘ldi. 50 yillik marraga erishgandan so‘ng Mey Maskning modellik karyerasi yuqoriga ko‘tarila boshladi. U bolalar bo‘tqasi, kosmetika brendlarining reklama roliklarida suratga tushadi, shuningdek, Time jurnalining suratga olish ishlarida ishtirok etadi. 2015-yilda u IMG Models nomli yirik xalqaro agentlik bilan shartnoma imzolaydi. 69 yoshida model CoverGirl kosmetika brendining eng keksa vakiliga aylanadi. 74 yoshida Mey jurnal uchun cho‘milish kiyimida suratga tushadi. U buni shunday izohlaydi: “Men ayollar jurnal muqovasidagi shu rasmimga qarab, qomatlaridan xijolat tortmasdan plyajga borishlarini xohlayman”. 72 yoshli Mey 2019-yilda Mey o‘zining “Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari” nomli memuarini nashrdan chiqardi. Kitobda u keksalik haqidagi qarashlari, shuningdek, boshqa odamlardan keladigan salbiy energiyani darhol yo‘q qilish kerakligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi. U o‘z muhitini o‘zgartirishni va yomon odamlarni undan chetlashtirishni o‘rgangani haqida shunday deydi: “Agar berahm odamlar bilan muloqot qilsak, azob chekishni boshlaymiz. Aksincha, atrofimizni mehribon insonlar bilan o‘rab olishimiz kerak”. Model hali hech kim undan yuz torttirish yoki botoks inyeksiyalarini qilishni so‘ramaganini alohida ta’kidlaydi. Ammo uning qo‘shimcha qilishicha, agar bu narsa ishi uchun juda zarur bo‘lsa, bu haqda o‘ylab ko‘rishi mumkin. Hozircha Mey ayni holatidan mamnun. Mey farzandlarini hayotidagi eng katta yutug‘ deb hisoblaydi. Bugungi kunda model ko‘p vaqtini 13 nafar nabirasi bilan o‘tkazadi. Shuningdek, sevimli itiga ham vaqt ajratadi. Model uyda bo‘lganida kuchugini kuniga 4 marta sayrga olib chiqadi. Mey jismoniy mashqlarni ham e’tiboridan chetda qoldirmaydi: u har kuni velotrenajyorda 30 daqiqa, mushaklari uchun 10 daqiqa va egilib-bukilish uchun 20 daqiqa ajratadi. Modelning aytishicha, yoshligida uni har kuni uchrashuvlarga taklif qilishgan. Hozir esa da’vogarlar kamroq, ammo u buni normal holat deb hisoblaydi. Meyning aytishicha, u ko‘pi bilan bir soat erkak kishining baxtsiz hayoti haqidagi nolishlarini tinglashi mumkin, qolgan vaqtini do‘stlari va iti bilan o‘tkazishni afzal ko‘radi. “Men hatto eng yaxshi restoranlarga ham uchrashuv bahona borishni xohlamayman. Men ularga ahamiyat bermayman”. Mey Mask yana turmush qurish va nafaqaga chiqish haqida hech qachon o‘ylamaydi, uning onasi ham nafaqaga chiqmaganligini ta’kidlaydi. “Meni hech kim podiumda yoki jurnallarda ko‘rishni xohlamaguncha ishlayman. Agar bu sodir bo‘lsa ham, sevimli ishim — to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha faoliyatimni davom ettiraman. Ammo model 100 yoshga yaqinlashganida dam olishini istisno qilmaydi.
122
7,091
Madaniyat
AQShda reper 50 Сent’ning hovlisini o‘marishga uringan jinoyatchi hibsga olindi
Konnektikut shtatida 9-may, seshanba kuni reper 50 Cent’ning hovlisiga o‘g‘rilikka tushgan jinoyatchi hibsga olindi. Bu haqda hodisa yuz bergan Farmington shahri politsiya boshqarmasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”. “Konnektikut shtati, Vindzor shahrida yashovchi 34 yoshli Elvin Joys hibsga olindi. Unga nisbatan ikkinchi darajali buzib kirish bilan o‘g‘rilik, shaxsiy mulk hududiga noqonuniy kirish, zarar yetkazish va o‘g‘rilikka urinish ayblari e’lon qilingan”, — deya aniqlik kiritadi Farmington huquq-tartibot organlari. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, qulfbuzar o‘g‘ri jinoyat ustida qo‘lga olingan. Dang‘illama hovliga kirish chog‘ida signalizatsiya ishga tushgan. Reper qo‘riqchilari hodisaga aralashmasdan, tartib qo‘riqchilarini chaqirgan. Jinoyatchi politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan. Associated Press agentligining ma’lum qilishicha, huquqbuzar bir necha marta qonunlarni buzganligi uchun sudlangan. Hodisa yuz bergan paytda reper uyida bo‘lmagan. 50 Cent ushbu mulkni 2003-yilda mashhur bokschi Mayk Taysondan 4 million dollarga xarid qilgan. Uy hozirda 6 million dollarga sotuvga qo‘yilgan.
79
1,109
Madaniyat
MEDIA-FORUM DOIRASIDA O`TGAN “MUMTOZ MUSIQA KEChASI”DAN FOTOREPORTAJ
Media-forum doirasida “Mumtoz musiqa kechasi” o`tkazildi. Unda san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etib berishdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishdi. Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV
68
387
Madaniyat
O`zbekiston xalq artisti San`at Devonov haqida film ishlanmoqda
“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”da O`zbekiston xalq artisti San`at Devonov haqida “San`atdagi san`at” nomli hujjatli film ishlanmoqda. Filmda San`at Devonov shaxsi, uning hayot va ijod yo`li aks ettiriladi. Taniqli san`atkor shaxsiga “U san`at bilan bir hodisa bo`lib ketgan, ya`ni san`atdagi San`at. Go`yo san`at desa San`at akani, San`at akani desa bevosita san`atning o`zini tushungandek”, deb ta`rif beriladi filmda.  Ayni vaqtda ijodiy guruh – rejissyor Murodjon Odilov, operator Anvarxon Qosimov, kartina direktori Oybek Sodiqov, ovoz rejissyori Abduqaxxor Karimovlar Xiva shahrida filmni tasvirga olishmoqda. San`at Devonov kino va teatr olamida birdek salmoqli ijod qilgan. O`zbek kinotomoshabini uni milliy kinematografiyaning durdona asarlaridan biri "Maftuningman" filmi orqali yaxshi taniydi. Uning kinodagi ilk roli "Amirlikning intihosi" filmidagi Sherali roli edi (1954). Marhum aktyorning filmografiyasida 25ta film bor. "Ulug`bek yulduzi", "Olovli yo`llar", "Alpomish" shular jumlasidan.
63
1,063
Madaniyat
San’at va madaniyat institutida Alisher Navoiyning 578 yilligi nishonlandi (foto)
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Mir Alisher Navoiyning tavalludiga bag‘ishlangan “Nazm bo‘stonining buyuk sultoni” nomli adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga institut matbuot kotibi  Sardor Turobov ma’lum qildi. Tadbirda institutning professor-o‘qituvchilari, soz va so‘z ustalari, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov, O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev, O‘zbekiston xalq hofizi Beknazar Do‘stmurodov hamda talabalar ishtirok etdi. Ulug‘ mutafakkir tavalludiga bag‘ishlangan she’riyat kechasini filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga oid ma’ruza bilan ochib berdi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Orolmirzo Safarov tomonidan Navoiy g‘azali asosida ijro etilgan qo‘shiq hamda Sherali Jo‘rayevning kichik Alisherning 9 yoshligida yozgan g‘azalini kuyga solib ijro etgani badiiy kechaga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
81
1,060
Madaniyat
Infarktga chalingan komik aktyor Rahmonali Suropovning yuragi operatsiya qilindi
“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvidagi Maraymamat orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Rahmonali Suropov 29-noyabr kuni infarkt tashxisi bilan og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandik. Aktyorning o‘g‘li Suxrob Fayzullayevning jurnalist Nargiza Murodovaga ma’lum qilishicha, hozirda otasining ahvoli ancha yaxshilangan. “Shukrki, dadam bir necha soatlik jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Yuragiga ikkita “stent” qo‘yishdi. Nasib qilsa, hafta so‘nggida shifokorlar uyga javob berisharkan. Ilgari ham yuraklari og‘rib, qon bosimining oshish holatlari kuzatilardi. ‘Men hali yoshman, ahvolim yaxshi’, deb shifokor ko‘rigidan o‘tishga qarshilik qilardi. 28-noyabr kuni kechqurun birdan ahvollari yomonlashdi va yuraklari bezovta qildi. Shundan so‘ng tong saharda kasalxonaga olib keldik”, — deydi Suxrob Fayzullayev. Ma’lumot uchun, komik aktyor Rahmonali Suropov 1969-yil Namangan viloyatida tavallud topgan. Institutni tamomlagach, Toshkent davlat sirkida masxaraboz sifatida faoliyat yuritgan. 2000-yili xalqaro sirk festivalida “Eng yaxshi masxaraboz” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2002-yildan buyon “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvida ijod qiladi.
80
1,195
Madaniyat
Qozog‘iston telekanali ochiq-sochiq kiyinadigan xonandalarni nazorat qilishda “O‘zbeknavo” faoliyatini namuna qilib ko‘rsatdi
Qozog‘iston telekanallaridan biridagi “Yulduzlar yarqiraydi” nomli ko‘rsatuvda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi faoliyati e’tirof etildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi. Ko‘rsatuvda Qozog‘istonning ochiq-sochiq kiyinadigan estrada xonandalari tanqid qilingan, O‘zbekistonda xonandalarning o‘zini tutishi va kiyinishi “O‘zbeknavo” nazorati ostida ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, litsenziyada nazarda tutilgan talablarni bajarmaganligi uchun ogohlantirilgan yoki litsenziyasidan mahrum etilgan o‘zbekistonlik san’atkorlar ham sanab o‘tilgan. “Sayyod.com”ning bir necha yildan beri Qozog‘istonda ijod qilib kelayotgan “Sahar” guruhi yakkaxoni Anvar Jo‘rayevga asoslanib yozishicha, Qozog‘istonda “O‘zbeknavo”ga muqobil tashkilot yo‘q, mamlakatda xonandalar faoliyati O‘zbekistondagi kabi nazorat qilinmaydi va san’atkor xonandalik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun litsenziya olishi shart emas.
125
903
Madaniyat
Xonanda Jastin Biber MBA basketbolchisi bilan armrestlingda kuch sinashdi (video)
Kanadalik xonanda Jastin Biber va Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA)ning “Filadelfiya” klubi markaziy hujumchisi Joel Embiid kim kuchliroq ekanini aniqladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Embiid va Biber Los-Anjelesdagi kechki ziyofatda uchrashdi. Ular kim kuchliroq ekanini armrestlingda kuch sinashish orqali aniqlashga qaror qildi. Kichik musobaqada g‘alabani “Filadelfiya” basketbolchisi qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, ikki yil avval MBAga kelib, bir soniya ham o‘yin o‘tkazmagan Embiidning gavdasi qo‘shiqchidan ancha katta. Basketbolchining bo‘yicha 2,13 metr, vazni 113 kilogramm bo’lsa, Jastin Biberning bo‘yi 1,75 metr, og‘irligi esa 66 kilogrammni tashkil etadi.
81
688
Madaniyat
Mashhurlikka 16 yoshida erishib, 47 yoshida ilk marta ona bo‘lgan aktrisa — Kameron Diazning murakkab taqdiri
Muxlislarga “Niqob” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Gollivud yulduzi Kemeron Diazning hayoti haqida ma’lumot berib o‘tamiz. 1972-yil 30-avgustda AQShning San-Diego shahrida tavallud topgan Kemeronning otasi Emilio neft qazib olish kompaniyasining ishchisi bo‘lgan. Onasi Billi Joan esa savdo kompaniyasida broker sifatida faoliyat yuritgan. Aktrisaning Maykl ismli akasi va Shimen ismli opasi bor. Long Beach Polytechnic maktabida ta’lim olgan. Ammo politexnikaga ixtisoslashgan maktabdan ko‘ngli to‘lmagan Diaz, ko‘proq kinoga qiziqqan. Karyera Ko‘ngilochar tadbirlardan birida fotograf Jef Dyunass bilan tanishgan 16 yashar Kemeronning hayoti shundan keyin o‘zgarib ketgan. Jefning modellik agentligida ishlash taklifiga rozi bo‘lganidan so‘ng Calvin Klein, Levi’s va Coca-Cola singari mashhur brendlar bilan hamkorlik qilgan, surati jurnal muqovalarida chop etila boshlagan. Uning kinodagi debyuti 1994-yilda bo‘lgan. Aktrisa “Niqob” (The Mask) filmida bosh qahramonni o‘ynaganidan keyin mashhurlikka erishgan. “Charli farishtalari” (Charlie’s angels)da Dryu Berrimor va Lyusi Lyu bilan ijro qilgan maxsus josus roli ham avvalgidan kam omadli chiqmagan. Jud Lou bilan birga ko‘rinish bergan “Ta’tillar almashganda” (The Holiday) filmi ham muxlislar qalbidan joy olgan. Ayni vaqtda ham suratga tushishda davom etayotgan Diaz, multfilm qahramonlariga ham ovoz beradi. “Shrek” multfilmidagi Fiona ham aktrisaning ovozi bilan gapirgan. Shaxsiy hayot Uning ilk jiddiy munosabatlari prodyuser Karlos De La Tore bilan bo‘lgan. Besh yildan so‘ng ajrashganiga qaramay, do‘stona aloqalarini saqlab qolgan. Uch yil uchrashib yurgan Mett Dillon bilan xayrlashganidan keyin Jared Leto bilan unashtirilgan. 2003-yilda nuqta qo‘yilgan munosabatlar to‘ygacha yetib bormagan. Keyin o‘zidan 8 yosh kichik Jastin Timberleykka ko‘ngil qo‘ygan. 2007-yilda turmush qurishi kerak bo‘lganiga qaramay, ushbu sanaga qadar har ikkisi boshqa yo‘llardan ketishga qaror qilgan. Shundan so‘ng Aleks Rodriges bilan qisqa muddat uchrashib yurgan. 2015-yilda Good Charlotte guruhi a’zosi, musiqachi Benji Medden bilan oila qurgan. 2019-yil aktrisa ilk bor ona bo‘lgan. Dunyoga kelgan qizaloqqa Reddiks Medden deb ism qo‘ygan.
109
2,209
Madaniyat
Madaniy meros haftaligining asosiy voqeasi “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumidan 40 ta yangi kitob-albom taqdimotidir
O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati tomonidan kongress o`tkazib kelinadi. Bu yil beshinchi bor o`tkazilayotgan “O`zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” mavzusidagi xalqaro anjumanda dunyoning 46 mamlakatidan 350 dan ziyod olim va mutaxassislar – etakchi sharqshunoslar, qur`onshunoslar, ekspertlar, tadqiqotchilar, qo`lyozmalar va miniatyuralar bo`yicha mutaxassislar ishtirok etadi. Ilk bor ushbu kongress  2017-yil may oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” shiori ostida o`tgan edi. Ilk kongress yakunida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq olim va mutaxassislar ishtirokida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatini ta`sis etish bo`yicha deklarasiya qabul qilindi. Ana shu masalada O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga murojaatnoma yo`llangandi. Prezidentimizning bevosita yordami bilan, bir qator davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar hamkorligida o`tgan davr mobaynida O`zbekiston madaniy merosini tadqiq etish borasida juda katta ibratli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining qamrovi samadorligi yil sayin ortib bordi. Mazkur loyiha doirasida ayni paytga qadar dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlariga ilmiy safarlar uyushtirildi. Turli muzeylar, kutubxonalar, ilmiy-ma`rifiy maskanlar, shaxsiy kolleksiyalardan O`zbekistonga aloqador o`n mingdan ortiq turli eksponatlar, tarixiy ashyolar, amaliy va tasviriy san`at namunalari, uy-ro`zg`or buyumlari, qo`lyozmalar aniqlandi. Ushbu topilmalar haqida “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkumidan 35 ta kitob-albom nashr qilindi. Ushbu kitob-albomlar mazmunini o`zida aks ettirgan hujjatli filmlar yaratildi va namoyish qilindi. Kitob-albomlarning taqdimot marosimi nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoning turli qit`alarida o`tkazildi. O`zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan mazkur kitoblar yurtimizdagi hamda butun dunyodagi ikki  yuzdan ortiq kutubxonalar va ilmiy-ma`rifiy maskanlarga beg`araz tarqatildi. Butunjahon jamiyatining kongresslari 2018-yilda Rossiyaning  Sankt-Peterburg shahrida, 2019-yilda Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida o`tkazildi. Butunjahon jamiyati yuridik shaxs sifatida 2019-yil 21-avgust kuni Parij shahrida Fransiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkazildi. 2019-yil oxirlarida yuzaga kelgan koronavirus tahlikasi bois, 2020-yil dekabr oyida to`rtinchi kongress karantin cheklovlari doirasida, faqat Toshkent shahrida o`tkazildi. Bu yilgi V kongress tadbirlari 13–21-sentyabr kunlari O`zbekistonning bir qancha shaharlari – Toshkent, Xiva va Nukusda an`anaviy tadbirga aylangan madaniy meros haftaligining bir qator yorqin tadbirlari o`tkaziladi
139
2,892
Madaniyat
Gonkongda bo‘lib o‘tgan kinobozorda “Islomxo‘ja”, “Elparvar” va boshqa filmlar sotildi
Gonkongda bo‘lib o‘tgan Osiyo qit’asining eng yirik kino va televizion mahsulotlar Filmart bozorida “Sabot”, “Sarvqomat dilbarim”, “Oyqiz ertagi”, “Issiq non”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar” va “Nazira” kabi o‘zbek badiiy filmlari sotildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. “O‘zbekiston — Islom sivilizatsiyasi markazi”, “Xojai jahon Abduholiq G‘ijduvoniy”, “Qadimiy Buxoro”, “Xoja Bahouddin Naqshband”, “Haqiqat qilichi” nomli hujjatli va “Urushning so‘ngi qurboni”, “Mama” qisqa metrajli filmlari ham kinoshunoslar tomonidan yaxshi baholanib, ular bo‘yicha ham shartnomalar tuzilgan. Mo‘g‘ulistonning Digital content distribyuterlik kompaniyasi kinobozorga olib borilgan yuqoridagi barcha filmlarga xaridor bo‘lgan. Mazkur kompaniya ularni o‘z mamlakati hududida namoyish etish bilan birga xorijdagi hamkorlari orqali jahonga tarqatish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Fransiyaning All rights entertainment kompaniyasi vakilining milliy filmlarni xususiy kabel televideniyelarida namoyish qilish huquqini olish hamda O‘zbekiston hududida mahalliy kinoijodkorlar bilan hamkorlikda filmlar tasvirga olish masalalarida bergan takliflarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Yaponiyaning Nikkatsu corporation distribyuterlik kompaniyasi bilan milliy filmlarni Yaponiyaning internet telekanallaridagi namoyishini tashkil etish uchun filmlar paketini belgilangan texnik talablar asosida tayyor holda taqdim etilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
86
1,466
Madaniyat
At-Termiziy haqidagi filmga aktyor va aktrisalar sinovdan o`tkazilmoqda
«O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Imom Iso at-Termiziy haqida hikoya qiluvchi film suratga olinadi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar beradi. Xabarga ko`ra, film ssenariysi At-Termiziyning hayoti, faoliyati bilan bog`liq voqealar va uning ustozi Imom Al-Buxoriy bilan o`tkazgan mashg`ulotlari haqidagi hikoyalar asosida yozilgan. Loyihani amalga oshirishda Shayx Abdulaziz Mansur ham o`zining qimmatli maslaxatlari va ko`rsatmalari bilan ishtirok etmoqda. Hozirda mazkur filmni suratga olishga qizg`in hozirlik ko`rilmoqda. Film rejissyori Abduxalil Mingnorov. Rejissyor film uchun aktyor va aktrisalar guruhini sinovdan o`tkazmoqda.
71
655
Madaniyat
Firdavs Abduxoliqov: “Biz O`zbekistonga bo`lgan sof muhabbat haqida film yaratdik!”
24 avgust kuni “Rossiya–Kultura” va “Sevimli” telekanallarida “O`zbekiston. Sevgi haqida afsonalar” filmining taqdimot namoyishi bo`lib o`tdi. Mazkur filmda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashayotganO`zbekiston zaminidagi qadim sivilizasiyalar, qadriyatlar, tildan tilga ko`chib kelayotgan afsonalar, bu yurtda hukm surgan diniy bag`rikenglik, o`zbek xalqining san`ati va madaniyati, me`morchiligi, milliy pazandachiligi, yuz yillardan beri davom etib kelayotgan an`analar haqida so`z boradi. Filmdan qadimgi davrlardan to bugungi kungacha O`zbekistonning tarixiy taraqqiyoti bosqichlari haqida hikoya qilingan. Film g`oyasi muallifi va prodyuseri Firdavs Abduxoliqovning aytishicha, O`zbekiston hujjatli kinosi tarixida ilk bor mazkur filmda noan`anaviy usul ishlatilgan – izoh va intervyular qo`llanilmagan. Filmdagi timsollar turli davrlarning tarixiy qahramonlari va turli sulolalar vakillaridir. "Bundan tashqari, “Rossiya-Kultura” telekanali vakillari bilan uzoq davom etgan bahslar natijasida filmda she`riy parchalardan faol foydalandik. Filmda Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Umar Hayyom, Hofiz Sheroziy va boshqa shoirlarning misralari, shuningdek, turli olim va donishmandlarning hikmatli so`zlaridan foydalanildi, – deydi F.Abduxoliqov. Mazkur filmning asosiy g`oyasi – butun borliqqa muhabbatdir. Yorga muhabbat, onaga, Vatanga, kasbga, bilimga, ustozga bo`lgan muhabbat unda yaqqol aks etadi. Bu buyuk hissiyot jozibasi, kuch-qudrati film davomida yaqqol ko`zga tashlanadi. “Muhabbat tuyg`usi bo`lmaganida, o`zbek xalqi bunday go`zal me`morchilik namunalarini yaratmagan, O`zbekiston madaniy merosi degan tushuncha ham yuzaga kelmagan bo`lardi” – deydi film prodyuseri. O`zbekistonlik prodyuserning Rossiyaning ushbu telekanali bilan hamkorligi “O`zbekiston – qumliklar javohiri” filmidan boshlangan. Keyinchalik, “O`zbekiston: qo`lga kiritilgan kashfiyotlar”, “Qoraqalpog`iston: vaqt qumlari oralab”, “Nukus: Noma`lum kolleksiya” filmlari yaratildi. Mazkur hujjatli film “Rossiya-Kultura” va “Sevimli” telekanallari, O`zEOAVMA, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamkorligida tayyorlandi. Filmni quyida tomosha qiling.
83
2,176
Madaniyat
Britaniyalik ayol Voice’dagi chiqishiga bir necha kun qolganida vafot etdi
33 yoshli qo‘shiqchi Sioned Vin Roberts Britaniyaning Voice shou-ko‘rsatuvi (Rossiyadagi “Golos” shousining muqobili)da ishtirok etishiga bir necha kun qolganida olamdan o‘tdi, deya xabar bermoqda Daily Mail. Tanlov ishtirokchisi 30-mart, payshanba kuni hakamlar qarshisida chiqish qilishi kerak edi. Ayol seshanba kuni kechqurun uyida to‘satdan yiqilgan. Uning turmush o‘rtog‘i Deniel Jons ayolni xushiga keltirishga uringan, biroq uning harakatlari behuda ketgan. Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar ayolni darhol jonlantirish bo‘limiga yuborgan. Shifokorlar klinik o‘limni qayd etganidan so‘ng, yana bir yarim soat uni hayotga qaytarishga harakat qilgan, ammo foydasi bo‘lmagan. Robertsning to‘rt farzandi bor edi, eng kenjasi yaqinda to‘rt yoshga to‘lgan edi. Kutilmagan o‘lim sabablari ma’lum qilinmagan. Ayol mahalliy CôrNarfon xorida qo‘shiq kuylagan. Oila a’zolarining aytishicha, qo‘shiqchi avval Voice’da ishtirok etgan va X Factor tanlovida qatnashishni rejalashtirayotgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
74
1,066
Madaniyat
“Joli hayotda yana ham chiroyliroq”. Memga aylangan qahvaxonadagi Yulian Gollivud yulduzi haqida so‘zlab berdi
Ukrainaning Lvov shahrida yashovchi 14 yoshli yigit qahvaxonada quloqchin bilan o‘tirgani va Anjelina Joliga e’tibor bermaganidan keyin mashhurlikka erishgani haqida xabar berilgandi. Yulian hayotidagi eng esda qolarli voqea haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Cosmopolitan nashri ma’lum qildi. Gollivudning taniqli aktrisasi Ukrainaning Lvov shahriga kelganida bozor ichidagi qahvaxonaga kirdi. U qahva ichib, kruassandan tatib ko‘rdi. Yulduzning ishtirokidagi videosida nafaqat uning o‘zi bor edi. Balki, ko‘proq quloqchin taqqan o‘smir barchaning e’tiborini tortdi. U stolda o‘tirar va Gollivud yulduzi hamda uning atrofidagi shov-shuvlarga e’tibor bermay, telefonda nimanidir diqqat bilan o‘qir edi. Ma’lum bo‘lishicha, bolaning ismi Yulian. U rasm chizishga qiziqadi. Endi ijtimoiy tarmoqda uning sahifasidagi suratida Anjelina bilan videodagi bir xil kadr turadi. “Sen juda band bo‘lganingda”, — deb izohlaydi bola. Sakkizinchi sinf o‘quvchisining so‘zlariga ko‘ra, u tasodifan qahvaxonaga kirgan. Bola velosiped olib kelgani borishi kerak bo‘lgan. Biroq avtobus uzoq vaqt kelmagach, u nimadir tanovul qilishga qaror qilgan. “Ular ingliz tilida gaplashayotganini eshitdim. Qarasam, qandaydir mashhur odam, lekin darhol tanimadim. Keyin bu Anjelina Joli ekanligini angladim. U haqiqiy hayotda filmlardagidan ham go‘zalroq edi. Uyga kelganimda esa onamning aytishicha, men allaqachon mashhurlikka erishgandim. Endi men o‘zim ishtirokimdagi memlarni to‘playapman. Buning hech qanday yomon joyi yo‘q, odamlar ijobiy narsalarni baham ko‘rishsin”, — dedi Yulian. Yulian sodir bo‘lgan hamma narsani tush sifatida qabul qildi. Endi u nafaqat qarindoshlari va do‘stlaridan ko‘plab xabarlar oladi, balki turli nashrlarga ham intervyu beradi. “Bu shunday tasodifki, hech qanday reja tuzmaganman, lekin shon-shuhratning o‘zi meni topdi”, — deb hazillashdi Yulian. Internet foydalanuvchilari “Oskar” sovrindori yeb tugatmagan kruassanni sotib olishni taklif qilmoqda. Qahvaxona farroshi uni 1 million grivna (34 ming dollar)ga baholadi.  Anjelina Joli Ukrainadagi vaziyatga munosabat bildirib, tinch aholiga yordam berishini ma’lum qildi
110
2,150
Madaniyat
Hind Madonnasi “Made in India”ning davomini Samarqandda suratga olmoqda
Xabaringiz bor, “Made in India”, “Zubi-zubi”, “Tinka-tinka” kabi dunyo xitlari ijrochisi, “hind Madonnasi” Alisha Chinay ayni paytda O`zbekistonda. Xonanda “Ya lyublyu tebya” (“Men seni sevaman”) naqoratli qo`shig`iga klip olish ishlarini Toshkentdan boshladi.  Kecha, 29 aprel kuni Alisha o`zining Instagram sahifasida Samarqand shahridagi Registon maydonida suratga olinayotgan klipidan lavhalar joyladi. Bu haqda gazetchi.uz xabar bermoqda.  Unda xonanda “Tavois” milliy raqs ansambli qizlari bilan suratga tushayotganini ko`rish mumkin. Eslatib o`tamiz, Alisha Chinay darakchi.uz ga eksklyuziv intervyu berdi va unda O`zbekistonda suratga olinayotgan qo`shig`i “Made in India”ning davomi ekanligini aytib o`tgan.
71
716
Madaniyat
Ozoda Nursaidova yangi imidj va yangi qo‘shiqlar bilan san’atga qaytmoqda
Ko‘plab ajoyib taronalari bilan muxlislar qalbidan alohida joy egallagan xonanda Ozoda Nursaidova tez kunlarda yangi ijod namunalarini taqdim etadi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”. Ayni paytda xonanda yangi qo‘shiqlar yozish va bir nechta klip suratga oldirish ishlari bilan band. Shuningdek, xonanda o‘z kliplarida yangi imidjda namoyon bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eronlik taniqli xonanda Gugush Ozoda Nursaidovaning “Qol, qol, azizim” taronasini uning ruxsatisiz kuylagani yetmaganday, buning ustiga mazkur qo‘shiq musiqasini Ozarbayjon xalq qo‘shig‘i deb ko‘rsatgan. “Facebook’da menga yuborilgan manbadagi bu xabardan hayron bo‘ldim, buning ustiga ayrimlar aslida bu qo‘shiqni Ozoda o‘g‘rilagan, deganiga chidab turolmayapman. Qo‘shiqning musiqasini 2003-yil shaxsan o‘zim yozganman. Matn esa Bobur Bobomurodga tegishli. Gugush esa uni Ozarbayjon qo‘shig‘i deya aytmoqda. Menimcha, qo‘shig‘imni birorta ozarbayjonlik qayta o‘z talqinida “Gal gal” deb kuylagan bo‘lsa, Gugush uni eshitibmi qayta kuylab, Ozarbayjonniki deb o‘ylayapti chog‘i”, — deydi Ozoda Nursaidova “Sayyod.com” nashri bilan suhbatda.
73
1,108
Madaniyat
Davlat mablag‘ini talon-taroj etishda gumon qilingan qozog‘istonlik taniqli aktyor barcha pullarni qaytarishga va’da berdi
Budjet mablag‘ini talon-taroj etishda gumon qilingan Qozog‘iston xalq artisti, prodyuser Tungishbay Jamankulov davlatga barcha o‘g‘irlangan pullarni qaytarishga va’da berdi. Bu haqda Qozog‘iston davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisi Qayrat Kojamjarov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.  “Bugungi kungacha u 6 million tenge (17,4 ming dollar) atrofida qaytardi. ‘Qozoqfilm’ oldidagi barcha qarzini to‘lashga va’da bergan”, — deya ta’kidladi Kojamjarov.  Oldinroq agentlik vakillari “Feniks” filmi bosh prodyuseri bo‘lgan Jamankulov “Qozoqfilm” tomonidan kartinaning tayyorgarlikdan oldingi va tayyorgarlik bosqichlari uchun o‘tkazib berilgan 79 million tengedan 69 millionini talon-taroj qilganini ma’lum qilgandi. Mablag‘ Jamankulov ta’sischi bo‘lgan T.K.Turan Universal Business firmasi orqali o‘marilgan. 2-noyabrda aktyor hibsga olingan va keyinchalik garov puli evaziga qo‘yib yuborilgandi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
122
1,085
Madaniyat
Oq libosdagi aktrisa Shahzoda Matchonovaning eng baxtli kunidan fotosuratlar
25-noyabr kuni oila qurgan aktrisa Shahzoda Matchonova o‘z quvonchini yaqinlari bilan baham ko‘rdi. Uning nikoh oqshomida O‘zbekiston shou-biznesining taniqli yulduzlari mehmon bo‘ldi. Avvalroq aktrisa turmush o‘rtog‘ining musiqa yoki kinoga aloqasi yo‘qligi, uni faqatgina yaqinlari-yu, oila-a’zolari tanishi haqida aytib, to‘yi uchun qanday ko‘ylak tanlaganiga oydinlik kiritib o‘tgandi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
76
554
Madaniyat
Yulduz Usmonova Makka va Madinani ziyorat qildi (foto+video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Makka hamda Madina muqaddas shaharlarini ziyorat qildi. Qo‘shiqchining Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev bilan birga namoz o‘qiyotgani aks etgan suratlar yuklangan. Yulduz Usmonova ushbu suratlar qachon va qayerda olinganiga oydinlik kiritmagan. Lekin manzaralar va tashqi muhitdan xonandaning ayni kunlarda Makka va Madina ziyoratida yurgani taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Usmonova e’lon qilgan videoda o‘zbekistonlik ayolga ziyoratlar yaxshi o‘tishi haqida tilak bildirilganini tomosha qilish mumkin. View this post on Instagram 2019-yil dekabr oyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ijtimoiy tarmoq orqali hadislarni talqin qilishi foydalanuvchilarning keskin e’tiroz va tanqidlariga sabab bo‘lgan, Muslumonlar idorasi ushbu vaziyatga munosabat bildirgandi. Keyinchalik Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Yulduz Usmonova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan va bu mavzuga boshqa qaytmaslikka kelishib olingan.
60
996
Madaniyat
«O`zbek kinematografiyasining oltin to`plami» loyihasi doirasida eksklyuziv kitob-albomi chop etishga tayyorlanmoqda
Avval xabar berganimizdek, 15-18 dekabr kunlari Toshkent shahrida «O`zbekistonning madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” an`anaviy madaniy meros haftaligi o`tkazilmoqda. Madaniy meros haftaligining uchinchi kunida yana bir ahamiyatli voqea bo`lib o`tishi rejalashtirilgan bo`lib, bu O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyatining milliy kinematografiya tarixi haqida eksklyuziv kitob-albomi chop etilishi bilan bog`liq. Ushbu albomga san`atshunos Nigora Karimova hamda Eljon Abbosov mualliflik qilishadi.  Nigora Karimova, san`atshunos: — O`zbekiston "Kitob san`ati tarixi" deb nomlangan bu albomning hajmi katta bo`lib, 3 tilda — rus, o`zbek, ingliz tillariga tarjima qilingan. Kitob, asosan O`zbekiston kinematografiyasini, kino san`atining birinchi sarchashmalari, dastlabki kino namoyishlar va ularning tafsilotlari, ilk kino syomkalar hamda ilk kino namoyandalari hayoti va ijodidan boshlanadi. Hikoyani sarguzasht desak ham bo`ladi, chunki, kitob so`nggi yillarda suratga olingan filmlar bilan yakunlanadi. Kitobning birinchi bobi “O`zbek kinosining oltin beshigi – sarchashmalar” deb nomlansa, so`nggi bobi esa Mustaqillik davridagi o`zbek kinosining rivojiga bag`ishlanib “O`zbek kinosining yangi ufqlari” deb nomlanadi. Nega sarguzasht? Chunki kitobda ko`pdan ko`p ma`lumotlar, ya`ni deyarli bir asrga teng bo`lgan tariximizdagi 600 tadan ortiq film namunalari, 50 dan ziyod kino muallif, kino ijodkorlar ijod qilishgan va har bir davrda kino san`atining umuman ijtimoiy madaniy muhitning o`ziga xos tafsilotlari, xarakteristikalari berilgan. Men kitob muallifi bo`ladigan bo`lsam, O`zbekiston Kinofondi direktori, kinorejissyor Eljon Abbosov illyustrativ vizual qatlamini, vizual foto illyustrasiyalar qismini ta`minlab berdi.  Aytish kerakki, foto illyustrasiyalar hali hech qaerda namoyish etilmagan, ya`ni negativlarda saqlanib qolgan. Mana shu 3 mingga yaqin negativlarni raqamlashtirdik. Shuning bilan birga, yangi lavhalarni, biz bilgan, sevgan filmlarning hali unut bo`lmagan lekin o`sha ish jarayonlar portretlari, aktyorlarning, qahramonlarning portretlari qolaversa, o`sha noyob suratlar, ya`ni ilk kino teatrlarning suratlari, kino afishalari bilan boyitilgan. Ushbu oltin to`plamning nashri  O`zbekiston madaniy merosi haftaligi doirasida amalga oshirilgan bo`lib, birinchi navbatda, bu mana shu xalqimizning, umuman insoniyatning o`chmas xotirasini tashkil etuvchi kino namunalari, ulardagi o`sha ko`plab avlodlar tomonidan e`tirof etib, sevib tomosha qilinayotgan kino qahramonlari, kino rejissyorlarimiz, aktyorlar va ularning barcha-barchasini, kinomiz tarixini yod etish, yosh avlodga yangi tarixiy manbalarni yana bir bor taqdim etishga qaratiladi. Kitobning ilk sahifalaridayoq asosiy berilayotgan urg`u Markaziy Osiyoda kinoning Vatani, beshigi O`zbekiston ekanligi va aynan bizning hududda ilk kino namoyishi, ilk kinofilmlar suratga olingani va Xudoybergan Devonov ilk kino operator sifatida milliy kadrlarni suratga ola boshlagani va ilk kino studiyalarningtashkil topgani, shuningdek, bu otaxon kino studiya joriy yil 95 yilligini nishonlayotgani ham kitobda o`zini aksini topgan.    Bundan tashqari, hozirgi kunda Jo`ra Teshaboevning mashhur aktyor Asad Ismatov ijodi haqidagi «O`zbek ekranining dahosi» kitobining qayta chop etish ishlari olib borilmoqda. Aytib o`tish kerakki, bu kitob bizning kinosan`atimiz vakiliga bag`ishlangan turkumning ilk nashri bo`ladi.                                                                                                                                                                                                            Maftuna JO`RAEVA suhbatlashdi
116
3,690
Madaniyat
“Laylak qo‘ndi” madaniy meros binosida “O‘zbegim do‘ppilari” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi
Toshkentdagi “Laylak qo‘ndi” madaniy meros binosida O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “O‘zbegim do‘ppilari” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi, deb xabar beradi O‘zA. Tadbirda do‘ppilar azaliy an’ana va urf-odatlarni o‘zida mujassam etgan boqiy meros sifatida qadrlanishi va asrab-avaylab kelinayotgani ta’kidlandi. Ko‘rgazmada o‘zbek do‘ppilari qatorida Ibrohim Valixo‘jayev, Dilshod Nazarov, Dilshod Eshmatov, Shuhrat Abdumalikov, Alisher Umrzoqov kabi taniqli rangtasvirchi rassomlarning ijodiy ishlari ham namoyish etilmoqda.
92
605
Madaniyat
Maxsus o`zbek kinokomissiyasi tashkil etildi
“O`zbekkino” milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi va Yosh kinoijodkorlar kengashi qoshida O`zbekistonda kino turizmini rivojlantirish hamda xorijiy kinokompaniyalarni O`zbekiston Respublikasi hududida filmlarni tasvirga olish ishlarida tashkiliy va ishlab chiqarish-texnik xizmatlarni ko`rsatish bo`yicha doimiy faoliyat yuritadigan maxsus o`zbek kinokomissiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda O`zA. Bu o`zbek kinematografiyasini rivojlantirish yo`lida tashlangan yana bir muhim qadamdir. Yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlar bundan buyon respublika hududida filmlarni tasvirga olish uchun xorijiy kinokompaniyalarni keng jalb qilish hamda ularga xalqaro tajriba asosida kinoservis xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha hamkorlik qiladi. Kinokomissiyaning asosiy vazifalari – xorijiy investorlarni O`zbekistonga jalb etish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ`ib qilish, xorijiy kinokompaniyalarga yurtimiz hududida qulay sharoit yaratish, ularga tashkiliy va texnik xizmat ko`rsatish, ularning mahalliy kinostudiyalar bilan hamkorlikda filmlar (koproduksiya) ishlab chiqarishini tashkillashtirish, O`zbekistonda suratga olinayotgan xorijiy kartinalarga mahalliy mutaxassislarni jalb qilish, respublikaning diqqatga sazovor joylarida tasvirga olingan filmlarni xalqaro miqyosda targ`ib qilish orqali mamlakatning turistik jozibadorligini namoyon qilish va kinoturizm sohasini rivojlantirishdan iboratdir. Ma`lumot o`rnida: kinokomissiyaning sayti – uzbekistanfilmcommission.com ishga tushirildi. Unda yurtimizning diqqatga sazovor joylari hamda komissiya tomonidan ko`rsatiladigan asosiy xizmatlar haqida axborot aks ettirilgan. Mazkur faoliyat kelgusida yangi ish o`rinlarini yaratish, infrastrukturani rivojlantirish, mamlakatga investisiya jalb qilishga xizmat qiladi. Kinokomissiya shu yilning may oyida Fransiyada bo`lib o`tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi “Uzbekistan” pavilonida taqdimot qilinadi. Shuningdek, tez orada o`zbek kinokomissiyasining shtab kvartirasi Los-Anjeles shahrida joylashgan xalqaro kinokomissiya asosiasiyasiga a`zo bo`lish masalasi ham ko`rilmoqda. Bundan maqsad esa yurtimizga ilg`or xorijiy kinokompaniyalarning filmlarni suratga olishga bo`lgan qiziqishlari yanada oshirish hamda ular ishtirokida hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni jadal yo`lga qo`yishdir.
44
2,370
Madaniyat
Rixsi Ibrohimova: «Men qanday ona bo`ldim bilmadim, lekin u o`g`illikni ortig`i bilan bajardi»
O`zbek kino va teatrining etuk aktyori, qalbga yaqin ko`pgina rollari bilan tomoshabinlar ko`nglidan joy olgan Abduraim Abduvahobov shu oyning 14 iyul sanasida 57 yoshida olamdan o`tdi. Hayot naqadar qisqa ekanligini umrimiz o`tgani sayin anglab boramiz! Yaxshiliklar qilishga, yaqinlarimiz va bizni tanigan insonlar xotirasida yaxshi inson bo`lib qolishga intilamiz. Barchamizning sevimli aktyorimiz Abduraim Abduvahobov ham butun o`zbek xalqining yodida. Intervyularining birida o`zi ta`kidlaganidek, haqiqatparvar, oqibatli, mehribon inson hamda mahoratli aktyor sifatida muhrlanib qoldi. Aktyorning yaqin hamkasblari uni shunday xotirladi: Rixsi Ibrohimova: — Biz Abduraim Abduvahobov bilan nafaqat sahnada, hayotda ham ona-boladek yashadik! Men qanday ona bo`ldim bilmadim, lekin u o`g`illikni ortig`i bilan bajardi. Biror ko`rsatuvga chaqirishsa, keksaligim sabab televidenie ma`muriyati menga mashina yuborishmoqchi bo`lishardi. Shunda Abduraim: «Mashina kerak emas, onamni o`zim olib boraman!» deb rad javobini berardi. Qaytishda esa «Ko`chamning boshigacha olib keldingiz, bu yog`iga uygacha o`zim ketaman», desam, "Onajon, sizni elkamda ko`tarib yurganim yo`q-ku! Uyingizga kirganingizni ko`zim bilan ko`ray, ko`nglim tinch bo`ladi", derdi. Umuman, har tomonlama o`rnak bo`ladigan inson edi. Abduraimdan ayrilib qolgan kunimizdan buyon telefon qilganlar “O`g`lingizdan ayrilib qolibsiz! Xudo sabr bersin!", deb hamdardlik bildirishmoqda. Ha, men rostdan ham o`g`limdan ayrildim! U kabi san`atkorlar ming yilda bir keladi! Abduraim "Shum bola"ni o`ynab, yoshligidanoq o`ziga haykal qo`yib bo`lgandi! Hurmat qiladigan yana bir jihatim shuki, u umri davomida birovni g`iybat qilmadi, birovga g`iybat ham qildirmadi! O`zini toza saqladi. Qalbini asradi. Odamlarga beminnat yordam berdi. Evaziga esa «Duo qilsangiz bo`ldi!» derdi rahmatli. Mana, ortidan ham duo qilib o`tiribmiz. Shunchalik shoshib yashadiki, o`limi bilan ham bizlarga dars, saboq berib ketdi! Fathulla Ma`sudov:  — Abduraim Abduvahobov - O`zbekistonda xizmatda ko`rsatgan artist, kino va teatr aktyori, oliyjanob inson, mehribon do`st, haqiqatgo`y, to`g`ri yashashni sevadigan, yolg`onni yomon ko`radigan, bolaligidan xalqqa tanilgan, san`atda halol xizmat qilgan do`stimiz bu dunyoni tark etdi. Bu nafaqat O`zbek Milliy akademik drama teatri, butun O`zbekiston uchun juda fojiali kun bo`ldi. Uning muxlislari juda ko`p! Abduraim Abduvahobov irodali, sabrli, kuchli inson edi. Adashmasam, bundan uch yil avval do`stim «grija» kasaliga chalinib qoldi. Davolanishga harakat qilib, tekshiruvlardan o`tdi. MRT qildirmasdan, faqat beldagi og`rig`ini davolatish bilan shug`ullandi. Abduraim Abduvahobov quvnoq va xushchaqchaq odam ediki, u-bu eri og`rib qolsa ham, e`tibor bermasdi. U o`zini «grija» bo`lib qoldim, deb o`ylab yurdi. Lekin bir oy oldin sog`ligi yomonlashib, o`zini yomon his qilgach, uni MRT tekshiruvidan o`tkazishdi. Shunda uning o`pkasidan «rak» chiqqanini aniqlashibdi! Bu kasallikning og`ir ko`rinishi bo`lib, boshqa organlariga ham zarar etkazgan. Kasallik shu darajaga kelguncha chidab yurgan. Bir necha yil oldin tezlik bilan ozdi ham! Nega ozib ketding, deb so`raganimizda: «Non emayapman! Kechki payt ovqat emayapman», dedi. Xullas, aniqlashsa, rak bo`lib qolgan ekan! Avvalo o`ziga bildirishmadi. Keyin oila a`zolari bilan birga uning kasalligi bilan kurasha boshladik. Bu xabarga ishonmasdan boshqa shifoxonalarga borib yana va yana tekshiruvlardan o`tdik.  Hammasida bir xil javob chiqdi! Onkologiya shifoxonasiga borgach, o`zi his qilgan. Ketma-ket quruq yo`talavergan, badanida og`riq paydo bo`ldi, ishtahasi ham yo`qolib qoldi. Birmuncha muddat davolanib yurdi, keyinchalik oshqozonida ham yarasi borligi aniqlandi! Do`stimni qandli diabetdan, koronavirusdan vafot etdi, degan xabarlar tarqalibdi. Yo`q, Abduraim Abduvahobovga onkologiya tashxisi qo`yilgan. U juda ajoyib inson edi! 57 yoshga kirdi! 8 mart kuni tug`ilgan! Biz har yili teatrimizning onaxonlari, opa-singillarini tabriklaganimizda, Abduraimning tug`ilgani kuni uchun alohida erkaklarga xos sovg`a olardik. Abduraim buni juda yaxshi qabul qilardi, “Men onalarni yaxshi ko`raman, shuning uchun ham onam meni bayramda tuqqanlar”, derdi. Otasidan erta ayrilgan. U teatr va kinoda juda ko`p rollar ijro qildi. Abduraim bolaligidan xalqimizning sevimli aktyoriga aylandi. U pazandalikda ham “qo`li shirin” edi. Doim osh pishirishni Abduraimdan iltimos qilardik! Ustozlarni hurmat qilardi, biz hech qachon Abduraim Abduvahobovni yodimizdan chiqarmaymiz! Oila a`zolariga chuqur ta`ziya izhor qilamiz!
94
4,557
Madaniyat
Bugun Erkin Vohidov haqidagi hujjatli film premera qilinadi
Bugun Erkin Vohidov haqidagi hujjatli filmning premerasi bo`lib o`tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi  xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda O`zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan "Tirik sayyora" hujjatli filmi premera qilinadi.  Kinokartina O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan. "Ssenariy muallifi Xurshid Do`stmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov, operator Aziz Arziqulov" deyiladi xabarda.
59
605
Madaniyat
Musiqiy faoliyati davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatgan amerikalik kontrabaschi sahnada vafot etdi
Amerikalik kontrabaschi Jeyn Littl 15-may, yakshanba kuni Atlanta simfonik orkestrining chiqishi davomida sahnada vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Littl 87 yoshda edi, u musiqiy faoliyati davomiyligi bo‘yicha rekord sohibasi hisoblanadi. Littl Irving Berlinning There’s No Business Like Show Business kompozitsiyasini ijro etish davomida, asarning yakuniy qismiga bir necha soniya qolganda hushini yo‘qotdi. Oxirgi vaqtlarda Littl og‘ir xasta bo‘lib, 2016-yilning iyunida musiqiy faoliyatini yakunlashni rejalashtirgandi. U 71 yilni sahnada o‘tkazdi.
98
562
Madaniyat
Zarina Nizomiddinova o`g`li bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joyladi (foto)
Aktrisa Zarina Nizomiddinova instagramdagi sahifasiga yangi tug`ilgan o`g`lining suratini joyladi. Unga 8 mingdan ziyod muxlislari "layk" bosgan, ayni paytda 130 dan ortiq izoh qoldirishgan. Izohlarda ko`pchilik tarmoq foydalanuvchilari aktrisaga baxt va omad tilagan, ammo ularning aksariyati Zarina Nizomiddinovaning o`g`lining otasi kimligi bilan qiziqmoqda.
83
361
Madaniyat
“2,5 barobar oshirilgan bojlarni to‘lash boshlandi”. Davron Kabulov “O‘zbekkonsert”ning rasmiy ogohlantirishiga munosabat bildirdi
“Million” jamoasi 2019-yilning 16-iyuliga qadar 187 million so‘m davlat bojini to‘lamasa, litsenziyasi bekor qilinishi haqida “O‘zbekkonsert” DM o‘zining rasmiy saytida e’lon qilgan edi. “Million” jamoasi a’zosi Davron Kabulov o‘zining Instagram’dagi sahifasida “O‘zbekkonsert”ning ogohlantirishi va viloyatlar bo‘ylab “Million” jamoasining “gastrol konsertlari bekor qilinishi”, haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. ‘Million’ jamoasining Namangan, Jizzax, Andijon, Farg‘ona, Buxoro va Shahrisabz shaharlariga mo‘ljallangan gastrol safarlari bekor qilinishi haqidagi xavotirlar asossiz. ‘O‘zbekkonsert’ DM tomonidan 2,5 barobar oshirib qo‘yilgan bojlarni to‘lash bugundan boshlandi. ‘Million’ jamoasi litsenziya yig‘imi va uni ko‘rib chiqish uchun olinadigan bojlar, har  bir seans uchun to‘lanadigan bir martalik konsert-gastrol ruxsatnomasi yig‘imi va umuman, daromad solig‘i, pensiya, maktab, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash fondlari yig‘imlari, QQS va boshqa majburiy to‘lovlarni tartibli soliq to‘lovchi sifatida kechiktirmagan va to‘lashni davom ettiradi. Davron Kabulov, “Million” jamoasi a’zosi
130
1,106
Madaniyat
O‘zbek estradasi yulduzlari yoz mavsumini qayerda va qanday o‘tkazmoqda?
Yoz mavsumi sayohat qilish, anchadan beri rejalashtirilgan ta’tilni maroqli o‘tkazish va hordiq olishning ayni vaqti. “Popcorn.uz” nashri o‘zbek san’atkorlarining ta’til onlari muhrlagan fotosuratlarni taqdim etdi. Maftunkor Shahzoda oilasi bilan Yevropaning janubida, dengiz bo‘yida joylashgan Monako davlatida mazmunli hordiq olmoqda. Farzandlari Solih hamda jajjigina Holid bilan birga o‘tayotgan eng yorqin daqiqalari fotosuratlarda aks ettirilgan. “Shahzod” ansambli yakkaxoni Rashid Xoliqov esa shou-biznes olamida ijod qilayotgan bir qator yaqin do‘stlari bilan birga okean ortiga sayohatga chiqqan. Nyu-York, Mayami endi esa Kaliforniyada ta’tilni davom ettirayotgan Rashid Xoliqov o‘z suratlari bilan birga qisqa videolarini ham ijtimoiy saytlarga joylashtirmoqda. Rayhon hamda “Sado” ansambli yakkaxoni Akbar birgalikda oila va farzandlari bilan Antaliyada maroqli va mazmunli vaqt o‘tkazmoqda. Ularning orasidagi bir necha yillik do‘stlik munosabatlari oilaviy do‘stlikka ulanib ketgan. Xushovoz xonanda Alisher Ro‘zmetov esa volidasini hushnud etib, Turkiyaning bir necha shaharlarini ziyorat ettirmoqda. Istanbul va Antaliya shaharlarida bo‘lgan xonanda yana bir necha kunlik sayohatni boshqa shaharlarda ham davom ettirish niyatida. Aziz Rajabiy ham oilasi bilan Turkiya safarida bo‘ldi. Farzandlarining ta’til kunlarini ajoyib va uzoq vaqtlar yoqimli xotiralarga aylantirib, bir dunyo taassurotlar bilan qaytdi. O‘zbek estradasining yorqin namoyondasi Ziyoda turmush o‘rtog‘i Eldor, o‘g‘ilchasi va oila a’zolari bilan Turkiyada Bellis Deluxe Hotel mehmonxonasidan joy olgan. “Sharq” vokal-cholg‘u ansambli solistlari Sarvar hamda Tatyana ham Turkiya bo‘ylab kezmoqda. Istanbulning eng ko‘zga ko‘ringan maskanlarini tomosha qilib, endi Antaliyaga Oq dengiz bo‘yiga yo‘l oldi. Shou-biznesning yana bir yorqin vakilasi Munisa Rizayeva yoz mavsumidagi ta’til onlarini Fransiyaning Kan shahrida o‘tkazishni xush ko‘radi. Har yili shu manzilda yaqin dugonalari bilan hordiq oladigan xonanda joriy yilda ushbu an’anani buzib, oila a’zolari bilan ta’tilni o‘tkazmoqda.
72
2,085
Madaniyat
Instagram: Vafot etgani haqidagi mish-mishlarni inkor etgan Ra’no Shodiyeva, singlisini uzatgan Feruza Normatova, “ballon chellenj”ni boshlagan Halima Ibragimova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Dilnoza Kubayeva bolaligidagi arxiv suratni sahifasiga joyladi. Aktyor va teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev Turkiyaning Antaliya shahrida qizi bilan tushgan suratni muxlislariga ko‘rsatdi. Madina Mumtoz 10 yil avvalgi, unashtiruv kunidagi arxiv videoni e’lon qildi. Instabloger va vayner Azoda sahifasiga yangi suratini joylashtirdi. Aktrisa Sitora Alimjonova sahifasidagi obunachilariga atrofga boqishni va dunyo go‘zal ekanligini aytgan. Aktrisa va instabloger Feruza Normatovaning singlisi turmushga chiqdi. U singlisini yangi uyiga ko‘zlarida yosh bilan kuzatdi. Bundan tashqari, Feruza Normatovaning yaqinlari va hamkasbi Maftuna Shokirova uning singlisiga baxt tilagan. To‘yda Kaniza, Jasmin kabi xonandalar qo‘shiq kuylagan. Xonanda Lola sahifasiga yangi suratini joyladi. U suratning ostiga mo‘rt yelkalar, kuchli orqa deya izoh qoldirgan. Aktrisa Yulduz Hamidova nevarasi bilan tushgan suratini e’lon qildi. Bollivudning millionlab muxlislarga ega aktrisasi Kajol sahifasiga yangi video joylashtirdi. Videoda aktrisaning muxlislari bilan uchrashganini va suhbatlashganini ko‘rish mumkin. Instabloger, cover taronalar ijrochisi Baby Mohi imijini o‘zgartirdi. Aktrisa Bahora Arslonova sahifasidagi obunachilarga o‘g‘li bilan tushgan suratini ko‘rsatdi. Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev Moskva ko‘chalarida mehnat muhojirlari uchun qo‘shiq kuyladi. Aktrisa Sevara Soliyeva sahifasiga yangi suratini joyladi. YouTube'da Ra’no Shodiyeva vafot etgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Aktrisa ayni paytda Istanbulda, sog‘-salomat ekanligini ma’lum qildi. Aktrisa Shahlo Zoirova sahifasiga joylashtirgan yangi suratning ostiga okean oldida turib to‘lqinlar ovozini tinglashni xohlayotganini aytgan. “Dizayn” guruhining a’zosi Dilshodbek Musabekovni yaqinlari tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Aktrisa Halima Ibragimova issiq kunda qanday jon saqlash bo‘yicha yangi layfxakni namoyish qildi va “ballon chellenj”ni boshlab berdi. “Bravo” guruhining vakili Otabek Mirzaxolov Andijonda farzandlari bilan tushgan suratni sahifasiga joylashtirdi. Xonanda Sevara Nazarxon 2006-yilda to‘yi kuni kiygan ko‘ylagini topib oldi. “Haliyam kiyganimda xuddi o‘shanday turibdi”, — deydi xonanda.
161
2,338
Madaniyat
Lola Moskvadagi konserti uchun 120 metrli matodan ko‘ylak tiktirdi
Xonanda Lola Rossiyaning Moskva shahrida 7-avgust kuni yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali konsert dasturidan foto va videolarni joylashtirib, muxlislarni konsert haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirib bormoqda. Ulardan biri Lola uchun yaratilgan liboslar haqida, deya hikoya qiladi “Darakchi.uz”. Lola Moskvadagi konsertida kiygan to‘q qizil rangdagi ko‘ylagi uchun 120 metr mato ishlatildi. Bu haqda uning o‘zi shunday deydi: “Bu ko‘ylak uchun 120 metr mato ishlatildi. Shleyfning butun uzunligi bo‘ylab joylashgan burmalar esa qo‘lda tikib chiqildi. Ko‘ylak korseti esa shoyi ipli bezaklar va tuyaqush pati bilan tikildi. Nokamtarligim uchun uzr so‘rayman, ammo bunday san’at asari bilan maqtanmaslikning o‘zi gunoh. Bu san’at asari Toshkent shahrida yaratilganligi bilan faxrlanaman. Betakror Zulfiya Sulton meni ilhomlantirish va hayratlantirishda davom etmoqda!”
66
926
Madaniyat
Mo‘min Oripov hayot bo‘lganida, bugun 33 yoshni qarshi olgan bo‘lardi
“Bojalar” guruhi xonandalari bilan 2009-yilda sodir bo‘lgan mudhish hodisa oqibatida Mo‘min Oripov 25 yoshida hayotdan ko‘z yumgan edi, deb yozadi “Darakchi.uz”. “Mazkur noxush voqea 28-dan 29-iyunga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatida yuz bergan. Bugun u tirik bo‘lganida 33 yoshni qarshi olgan bo‘lardi... U oramizda yo‘qligiga ham 8 yil bo‘libdi”, — deyiladi xabarda. Ushbu sana munosabati bilan Kamola Oripova turmush o‘rtog‘ini yodga oldi: “2005-yil fevral oylari edi. ‘Bojalar’ guruhi kuniga ikkita seansdan Toshkent shahar IIBBning zalida do‘stlari bilan birgalikda konsert berishgandi. Do‘stlari orasida Shohruxxon, McShod, mr.Jocker va ‘Afruz’ guruhi bor edi. Har kuni ularni ko‘rishga borar edim, lekin hali Mo‘min akam bilan oramizda faqat do‘stlik edi. Tushlik olib borardim. Konsert tugasa sahna orqasiga chaqirib olar edilar, juda ham samimiy inson edilar... Hayotimdagi eng baxtli damlarimni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi, bu damlar esa Mo‘min akam bilan bog‘liq. Oxiratlari obod bo‘lsin...”
69
1,014
Madaniyat
O‘zbekistonda “Eng yomon kitob” antirеkord ijtimoiy loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbеkiston matbuot va axborot agеntligi “Eng yomon kitob” antirеkord ijtimoiy loyihasi o‘tkazishini ma’lum qildi. Bu haqda agentlikning axborot xizmati xabar berdi. Loyiha Rеspublika aholisi, ayniqsa yosh avlod vakillarini bo‘lar-bo‘lmas, siyqasi chiqib kеtgan syujеtlar asosiga qurilgan, o‘quvchining vaqtini o‘g‘irlaydigan kitoblardan ogohlantirish maqsadida amalga oshiriladi. “Eng yomon kitob”lar ro‘yxatiga asosan quyidagi kamchilik va nuqsonlrga ega kitoblar kiritiladi:
78
477
Madaniyat
Koronavirus bemorlariga yordam berish uchun ko‘ylagini sotayotgan Asal, AQShdan ko‘rinish bergan Ulug‘bek Qodirov. Instagram’dan daraklar
7-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Toshkent ko‘chalarining birida afsonaviy “Setora” guruhi xonandalarining surati paydo bo‘ldi. View this post on Instagram View this post on Instagram Bollivud aktrisasi Karishma Kapur hind milliy kiyimi — sarida namoyon bo‘ldi. View this post on Instagram Feruza Normatova 2017-yilda Rossiyaning Moskva shahrida film suratga olish jarayonida yomg‘ir ostida qolganini esladi. View this post on Instagram “Qora niyat” seriali yulduzi Eda Eje muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Aktrisa Asal Shodiyeva koronavirusga chalingan bemorlarga yordam berish maqsadida ko‘ylagini auksionga qo‘ydi. View this post on Instagram Taniqli hind aktrisasi Kajol 2020-yilning qanday o‘tayotganini aks ettiruvchi fleshmobda ishtirok etdi. View this post on Instagram Munisa insonning boshqa insonga munosabati uning so‘zlarida emas, harakatida aks etishini yozib qoldirdi. View this post on Instagram Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali Mamajonovni dunyoning eng sara guldastalariga ham almashmasligini ma’lum qildi. View this post on Instagram AQShda yashaydigan o‘zbekistonlik mashhurlar uchrashdi. Reper Shahriyor o‘z sahifasiga joylagan suratida ijtimoiy tarmoqlarda juda kam ko‘rinish beradigan aktyor Ulug‘bek Qodirovni ham ko‘rish mumkin. View this post on Instagram
137
1,596
Madaniyat
Billi Aylish 20 yoshda: Xonandaning uslubi 2021-yilda qanchalik o‘zgardi? (foto)
Faoliyati davomida 30 million dollar mablag‘ni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan xonanda Billi Aylish 18-dekabr kuni 20 yoshga to‘ldi. Yoqimli ovozi va o‘ziga xos uslubi bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan qo‘shiqchining tashqi ko‘rinishi bir yil ichida qanchalik o‘zgardi? People Talk nashri Billining tavallud kuni munosabati bilan, uning imij bilan bog‘liq o‘zgarishlarga nazar tashladi. Ko‘pchilik Billini keng va qulay obrazni afzal biladigan qiz sifatida yaxshi biladi. 2021-yilning boshida ham Billi aynan shunday imij: oversize futbolka va koftalar, noodatiy manikyur va yashil rang aralash soch turmakda ko‘rinish bergan. U hatto “Gremmi” mukofotini ham mana shunday uslubdagi kiyimda qabul qilib olgan. Stilistlarning mazkur obrazni tanqid qilganiga nisbatan esa uning o‘zi pinagini ham buzmagan. Hammasi 2021-yilning bahor faslidan boshlangan. Ya’ni Billi aynan shu faslga kelib kiyinish uslubini keskin o‘zgartirishga qaror qilgan. Muxlislar esa bunday o‘zgarishni kutmagani aniq edi. Yashil aralash qora sochlari bilan xayrlashgan xonandaning ko‘ngli mallasoch xonim bo‘lishni tusab qolgan. Va bu uning ko‘rinishidagi yagona o‘zgarish emas edi. Keng va erkin turadigan xudi va futbolkalarini, ochiq va nazokatli ko‘rsatadigan kiyimlarga almashtirgan Billi o‘zining avvalgi versiyasiga o‘xshamay qolgan, yanada yoqimtoy va jozibali ko‘ringan. O‘zgarish aslida uning ichki dunyosi bilan bog‘liq bo‘lgan chog‘i, ijod namunlari ham oldingidan boshqacharoq bo‘lib yangragan. Bularning bari xarassment (insonni kamsitadigan yo tahqirlaydigan, uning uchun noqulay vaziyatni yuzaga keltiradigan, unda uyat yoki qo‘rquv hissini uyg‘otadigan butun boshli nojo‘ya xatti-harakatlar ro‘yxati o‘rniga qo‘llaniladigan umumiy bir atama) muammosi va o‘zini qabul qilishga bag‘ishlangan yangi “Happier Than Ever” albomining taqdimot vaqtiga to‘g‘ri kelib qolgan. Muxlislar o‘z kumirini yopiq kiyimda ko‘rishga o‘rganib qolgan, xonanda esa bu bilan o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlikni yashirishga uringan. Shu yo‘sinda u deyarli bir yil davomida ayollarga xos nazokatga urg‘u berib kiyinishni afzal bergan. Shu vaqt davomida sochlari kaltalanib, yanada ochiq kiyinishni aytmaganda qolgan narsa o‘zgarmagan. Sentabrda o‘ziga xos bo‘lmagan obrazda ko‘rinish berib, ommani lol qoldirgan. Merilin Monrodan ilhomlangan qo‘shiqchi tadbirlardan birida Oscar de la Renta’ning libosida tashrif buyurgan. Yil so‘ngi, tug‘ilgan kunidan avval esa u o‘ziga xos bo‘lgan uslubiga qaytgan. Sochini to‘q rangga bo‘yab, oversize uslubidagi kiyimlarini kiya boshlagan. Muxlislarning esa bundan boshi osmonga yetgan, chunki ular kumirini aynan shu obrazda yaxshi ko‘rgan.
80
2,657
Madaniyat
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Aleksandr Faynberg haqida hujjatli film suratga olinadi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi” DUK tomonidan O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqida hujjatli film suratga olinadi. Mazkur film shoirning hayoti va ijodiga bag`ishlanadi. O`zbekiston Respublikasi Pezidentining tashabbusi bilan suratga olinayotgan Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan atoqli o`zbek shoir va yozuvchilari haqidagi "Xalq yuragi" turkum filmlaridan biri. Rejissyor Aleksandr Gamirov, ssenariy muallifi Go`zal Pirjonova, operator Temur Abdullaev, ikkinchi rejissyor Gulnora Abdurahimova, kartina direktori Anastasiya Xavanskaya, rejissyor assistentlari Sirojiddin Raupov, Erjanbay Kurbaniyazov. Hozirda filmni suratga olish uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlangan. Ijodiy jamoa lokasiyalar bilan tanishib, syujet va intervyu epizodlari uchun rejissyorlik ssenariylari ustida ish olib bormoqda.
101
878
Madaniyat
Xalqaro loyiha bilan band “Bibixonim” va front ortidagi front haqida “Ilhaq”. Jahongir Ahmedov 2-jahon urushi haqida film suratga olmoqda
Rejissor Jahongir Ahmedov hamda prodyuser Zafar Yo‘ldoshev “Islomxo‘ja” tarixiy, badiiy-publisistik filmdan so‘ng “Ilhaq” deb nomlangan tarixiy filmni suratga olmoqda. Rejissor Jahongir Ahmedov arxivi. Rejissor Jahongir Ahmedov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida “Ilhaq” filmi haqida batafsil ma’lumot berib, “Bibixonim” tarixiy filmining suratga olish ishlarining boshlanmay yakunlangani sabablari haqida gapirdi. ‘Ilhaq’ kinokartinasi ustida ishlayapmiz. Bu asarni ijodimning tub burulishi deya olaman. Bungacha bunaqa katta jamoa, katta va qiyin davr hamda katta mas’uliyat bilan ishlamaganmiz. ‘Ilhaq’ filmi front ortidagi front haqida, bu film Zulfiya aya va uning urushdan qaytmagan besh o‘g‘lining ayanchli qismati haqida. Zulfiya ayaning besh o‘g‘li Xolmatov Isoqjon, Xolmatov Ahmadjon, Xolmatov Muhammadjon, Xolmatov Vahobjon, Xolmatov Yusufjon urushdan qaytmagan. Muhammadjon 1941-yilning iyulida, Ahmadjon undan bir oy keyin frontga ketadi. Kuzga borib Vahobjon bilan Yusufjonni ham kuzatishadi. Eng oxirida, 1944-yilning mart oyida Isoqjon ham jo‘nab ketadi. Birin-ketin hamma o‘g‘illaridan qora xat keladi. Aya ayniqsa kenjasi Yusufjon uchun qattiq kuyunib o‘tgan ekan. Chunki faqatgina Yusufjon hali uylanmagan, undan zurriyod qolmagan edi. Qishloqdoshlardan kimningdir bolasidan qora xat kelsa, uni ‘seni bitta bolang o‘ldi, qaddingni tut, ana Zulfiya besh pahlavonidan ayrilib ham sabr qilayapti’, — deb bir-birlariga taskin berisharkan. Urushdan so‘ng aya kelinlariga ‘xohlasanglar turmush qilinglar’ — degan, kelinlari esa rad qilishgan. Juda erta, yosh beva qolgan bo‘lsalarda, bir umr erlariga sadoqatda, Zulfiya ayaning bag‘rida yashab o‘tishgan. Keyinchalik Zulfiya ayaning o‘g‘illaridan faqat ikkitasi haqida ma’lumot chiqdi. Muhammadjon Xolmatovdan kelgan yo‘qolgan ‘qora xat’ topilib, u 1945-yil 24-fevral kuni Polshaning Vembrandava tumanida halok bo‘lgani va o‘sha yerga dafn qilingani, kenja o‘g‘il Yusuf Xolmatov esa tankchilar komandiri bo‘lganligi, Leningrad qamalini yorib o‘tish uchun bo‘lgan janglarning birida tanki yonib ketib, og‘ir yaralanganligi, gospitalda vafot etganligi ma’lum bo‘ldi. Yusuf Xolmatov Piskaryev qabristoniga dafn etilgan ekan. Jahongir Ahmedov, rejissor Rejissor “Bibixonim” tarixiy filmining suratga olinmayotganini quyidagicha asosladi. ‘Bibixonim’ filmida bosh rolni ijro etadigan aktrisa hozirda boshqa bir xalqaro loyihada bandligi tufayli, filmning suratga olish ishlari to‘xtab turibdi. U bilan shartnomamiz shartiga binoan, 2020-yilning kuz faslidan ishlay boshlaymiz. Jahongir Ahmedov, rejissor Ma’lumot uchun, “Ilhaq” tarixiy filmining ssenariy mualliflari Jahongir Ahmedov hamda Hasan Toshxo‘jayevlar tomonidan yozilgan. Film operator Jahongir Ibragimov, rassom Bahriddin Shamsuddinov, libos Zuhra G‘aniyeva, grimm Zilola Sobirova, prodyuser Zafar Yo‘ldoshevlar tomonidan suratga olinmoqda.
137
2,878
Madaniyat
Nikolay Baskov Antaliyadagi to‘y uchun o‘zbekistonlik xonanda bilan birga duet kuyladi
“Nihol” mukofoti sovrindori, yosh xonanda Dilnoza Akbarova rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Nikolay Baskov bilan “Baxt” nomli duetni ijro etdi. Bu haqda “7x7” gazetasi xabar bermoqda. “Bu duet Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan to‘ylarning biri uchun maxsus yaratilgan. Bir necha o‘zbek ayol xonandalarining qo‘shiqlarini eshittirishganida, Baskov meni tanlagan ekan”, — deydi Dilnoza Akbarova. “Avvaliga qo‘rqdim — chet ellik mashhur xonanda bilan duet kuylash katta mas’uliyat demak. Ammo duet ko‘pchilikka manzur bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qildi “Nihol” mukofoti sovrindori.
86
584
Madaniyat
Timati Toshkentda Black Star Burger restoranini ochadi
Toshkent shahrida kuz oylarida Rossiyaning Black Star Burger restorani ochilishi mumkin. Bu haqda “Repost.uz” ma’lum qildi. Restoran poytaxt markazida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Uning ochilish marosimiga ushbu brend asoschisi Timati kelishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, ushbu restoranlar tarmog‘i 2016-yilning sentabr oyida tadbirkor Yuriy Levitas, Timati, Pavel Kuryanov va Valter hamkorligida tashkil etilgan. .
54
421
Madaniyat
Janob Rasulning jonli ijrodagi ilk yakkaxon konsert dasturidan reportaj (foto, video)
Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Janob Rasul poytaxtdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida ilk jonli konsert dasturini taqdim etdi. Xonandaning taklifiga ko‘ra “Daryo” muxbirlari konsertdan foto va videoreportaj tayyorlashdi. Bu reportaj orqali nafaqat sahnadagi, balki sahna ortidagi tayyorgarlik jarayonlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Xonanda shu kuni kuchli hayajonda ekanligini yashirmadi. Chunki u “Daryo”ga bergan intervyusida yangi dasturga ko‘ngildagidek tayyorgarlik ko‘rolmaganini yashirmagandi. Konsert oldidagi asosiy tayyorgarlik jarayonlari ana shunday bo‘ladi. Raqqosalar tomoshabinsiz sahnada raqs tushishadi, xonandalar esa qo‘shiq kuylashadi. Konsertning muvaffaqiyatli o‘tishi ko‘p jihatdan ovoz kuchaytirish uskunalariga ham bog‘liq. Ammo konsertning ilk kunidagi texnikalardan xonandaning ko‘ngli to‘lmadi. Buni tayyorgarlik jarayonida ham bir necha bor ta’kidladi. Tayyorgarlik jarayonlari nihoyasiga yetib, konsert boshlandi. Xonanda dasturni duet tarona bilan boshladi. U Hilola Samirazar bilan “Sevgisi yolg‘onim” nomli qo‘shiqni kuyladi. Janob Rasul yosh va hali xalq orasida tanilib ulgurmagan duetdoshi bilan mashhur turk qo‘shig‘ini ham ijro etdi. Xonandani ko‘pchilik sho‘x va raqsbop qo‘shiq kuylaydi deb hisoblaydi. Ammo uning ota-ona va do‘st haqidagi dardli qo‘shiqlari ham bor. Jonli ijrodagi konsertda ana shunday qo‘shiqlardan bir nechtasi yangradi. Konsert davomida texnik uskunalarning jonli ijroga tayyor emasligi ko‘p bora sezildi. Bu nafaqat xonandaga balki, tinglovchilarga ham ko‘plab noqulayliklarni tug‘dirdi. Konsertga nafaqat O‘zbekiston, balki Qozog‘iston va Tojikistondan ham muxlislar tashrif buyurishdi. Muxlislar qo‘shni respublikalardan tashrif buyurishganini aytishganda, xonanda ularga alohida minnatdorlik bildirdi. U bir nechta qo‘shiqlarini xalq bilan birga ijro etdi. Dastur davomida xonandaning yangi “Korolyeva” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klip premyera qilindi. Xonanda premyera so‘ngida klip va dastur rejissorini xalqqa tanishtirdi. Dastur boshlovchisi Shukrullo Isroilov doimiy an’anasini davom ettirib, bu galgi dasturda ham bir nechta muxlislarni sahnaga taklif etdi. Ular Janob Rasulning qo‘shiqlarini ijro etishdi. — Konsertda duet kuylamoqchi edik. Ammo Janob Rasul jonli ijroda konsert berishini eshitgach, rad etdim, — dedi Jahongir Poziljonov. Shu bois Janob Rasul “Bojalar” guruhi repertuaridagi “Jiyda guli” qo‘shig‘ini o‘z uslubida ijro etdi. Xonanda onasini xalqqa tanishtirib, otasining bugungi konsertda yo‘qligidan armon qilayotganini aytib o‘tdi. U ota-onalarga bag‘ishlangan qo‘shig‘ini ko‘z yoshisiz ijro etolmadi. Xonanda konsertni Qoraqalpog‘iston va O‘zbekistonni madh etuvchi qo‘shiqlari bilan yakunladi. Dastur ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ammo xonanda dasturning ilk kunidagi ovoz kuchaytirish uskunalari sabab undan ko‘ngli biroz to‘lmaganini  ma’lum qildi. Videoni quyida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.
85
2,925
Madaniyat
Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan jahon yulduzlari (foto)
Dunyodagi eng noyob va ko‘zga ko‘ringan odamlar ro‘yxatiga kiritilgan mashhurlarni e’tiboringizga havola etamiz.  Ledi Gaga Ledi Gaganing “The Fame” debyut albomi nafaqat unga muvaffaqiyat keltirdi, balki Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, u 154 hafta davomida xit-paradda asosiy o‘rinni egalladi, bundan oldin hech bir xonanda bunday natijaga erishmagan. Shuningdek, qo‘shiqchi kitobda Google tizimida eng ko‘p qidirilgan mashhur ayol sifatida qayd etilgan. Dueyn Jonson Dueyn Ginnes kitobiga uch marta kirgan. Birinchi omad unga 2002-yilda kulib boqdi, u  “Chayonlar qiroli” filmida birinchi bosh roliga 5,5 million dollar gonorar olgani uchun besh yildan so‘ng kitob sertifikati bilan taqdirlandi. 2015-yilda Dueyn yana bir rekordni yangilashga qaror qildi: u bir necha daqiqa ichida muxlislari bilan 75 ta selfi tushishga bahslashdi. Ammo aktyor “San-Andreasning buzilishi” filmining premyerasida atigi uch daqiqada 150 nafar muxlis bilan suratga tushdi va barcha fotosuratlar yaxshi chiqdi. Va 2017-yilda Jonson 245 kilogramm sous tayyorladi, bu esa unga yana eng noyob odamlar ro‘yxatidan joy olishiga sabab bo‘ldi. Jeki Chan Jeki — kaskadyorlar yordamisiz o‘zi barcha qiyin tryuklarni bajaradigan eng yaxshi jangovar film aktyorlaridan biridir. Albatta, bu harakatlarning barchasi unga ba’zan qiyinchilik tug‘diradi, gohida hayoti xavf ostida qoladi, lekin prinsipial jihatdan u o‘z ishini maxsus tayyorlangan odamlarga berishni xohlamaydi. O‘zining mehnatsevarligi va jang san’atiga bo‘lgan muhabbati uchun Chan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Rahbariyat uni juda ko‘p qiyin elementlarni ijro etgan jangovar film aktyorlari ro‘yxatiga kiritdi. Madonna Madonna o‘zining yutuqlari bilan faxrlanadi, ulardan biri Ginnesning rekordlar kitobiga kirishdir. 1996-yilda u “Elita” musiqiy filmida ishtirok etdi, suratga tushish paytida xonanda 85 ta kiyim o‘zgartirdi, 42 marta sochini yangitdan turmakladi, 56 marta yangi zirak va 39 marta shlyapa kiydi. Bu esa rekordlar kitobidan o‘rin olishiga sabab bo‘ldi. Jastin Biber Jastin ham bir necha bor eng ko‘zga ko‘ringan odamlar ro‘yxatiga kirgan. Xonanda kitob sertifikati bilan ajoyib ovozi yoki ko‘p sonli muxlislari uchun emas, balki  “Baby” videosi uchun tarixdagi eng ko‘p salbiy sharhlar uchun taqdirlangan. 2011-yilda 1,5 millionga yaqin foydalanuvchi xonandaning o‘zini ham, ijodini ham tanqid qilgan. Biroq bu uning karyerasiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi va olti yildan so‘ng u yana ro‘yxatga kirdi. Bu safar u nafaqat muxlislari, balki boshqa tinglovchilarga ham juda yoqqan “Purpose” yangi albomi tufayli sakkizta rekordni yangiladi. Shakira 2014-yilda kolumbiyalik qo‘shiqchi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p “layk” to‘plagan yulduz sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan – “layk”lar soni yuz millionni tashkil etadi. Keti Perri Xuddi shu yili Keti Perri ham Ginnes kitobiga kiritilgan. U Twitter’dagi eng mashhur yulduz unvonini olgan Ketining 52 millionga yaqin obunachilari bor. Eminem 2013-yilda amerikalik reper yangi “Rap God” qo‘shig‘ini ommaga taqdim etdi va shu tufayli rekordni yangiladi. Gap shundaki, u olti yarim daqiqada 1560 ta so‘zni talaffuz qilgan, bu soniyasiga 5 ta so‘zdan to‘g‘ri keladi. 2020-yilda Eminem yana rekordni yangiladi: u “Music to Be Murdered By” albomini taqdim etdi. Qizig‘i shundaki, u atigi 30 soniya ichida 229 ta so‘zni ijro etgan.
64
3,402
Madaniyat
Xitoyning eng boy insoni pokemonlar haqida film suratga oladi
Shu yilning yanvar oyidan buyon Xitoyning eng boy insoni Van Szyanlinga tegishli bo‘lgan Gollivudning Legendary Entertainment kinostudiyasi Pokemon Go o‘yini mualliflari bilan pokemonlar haqida to‘liq metrajli film suratga olish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Syomka jarayoni 2017-yilda boshlanadi. Filmning bosh qahramoni eng mashhur pokeman Pikachu bo‘lib, kartinada u detektiv qiyofasida gavdalanadi. Filmning xalqaro distributsiyasi bilan Universal Pictures shug‘ullanadi.
61
506