folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Jahon kinematografiyasidagi eng qimmat maxsus effektlardan foydalanilgan 10 ta film (foto)
Agar maxsus effektlar bo‘lmaganida, millionlab tomoshabinlar sevadigan ko‘plab mashhur filmlarni yaratish imkonsiz bo‘lardi. Kompyuter grafikasi yordamida boshqa olamlar, g‘ayrioddiy qahramonlar bilan tanishish va butunlay o‘zga davrga sayohat qilish mumkin. Ularda bo‘layotgan voqealar rostdan ham haqiqiydek ko‘rinadi. “Qasoskorlar: o‘yin oxiri” (2019) − 356 million dollar Bugungi kunda Marvel kinoolamida eng qimmat franshizalardan biri bo‘lgan “Qasoskorlar: o‘yin oxiri”  katta jamoaviy film hisoblanadi. Juda ko‘plab maskan va epizodlar kompyuter grafikasi yordamida ko‘rsatilgan. Albatta, super qahramonlar o‘rtasidagi keng ko‘lamli janglarini o‘tkazish uchun ham maxsus effektlardan foydalanish kerak edi. “Yura davri dunyosi 2” (2018) − 170 million dollar Bir paytlar 90-yillarning boshlarida Stiven Spilberg tomonidan suratga olingan dinozavrlar haqidagi mashhur filmning qayta suratga olinishi avvalgisidan, birinchi navbatda, maxsus effektlari bilan farq qiladi. Voqealarning nafaqat yovvoyi tabiatli orolda sodir bo‘lishi, balki dinozavrlarning turlari ham bir necha bor ko‘paygan. Albatta, ularning hammasi kompyuter grafikasida chizilgan. “Yulduzlar jangi: kuch uyg‘onishi” (2015) − 245 million dollar Lucasfilm Disney korporatsiyasiga sotilgandan so‘ng Jorj Lukasning afsonaviy franshizasi qaytishini dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar kutdi. “Yulduzlar jangi: kuch uyg‘onishi” VI qism voqealaridan 30 yil o‘tgan, qahramonlar va yovuzlarning yangi avlodi uzoqdagi galaktikadagi kuchlarni g‘azablantirdi. Tabiiyki, tomoshabinlar ko‘plab sayyoralarda keng ko‘lamli kosmik janglar aks etgan sahnalar bo‘lishiga ishondi. Bularning barchasi kartinaga katta sarmoya kiritishni talab qildi. “Qasoskorlar” (2012) − 220 million dollar Marvel’ning navbatdagi jamoaviy filmi tomoshabinlarni hayratda qoldirdi. Bundan oldingi filmlarda Yer himoyachilari alohida daromad yig‘ib, studiya boshliqlarining ambitsiyalarini to‘liq qoplaganiga ko‘pchilik ishonmaydi. “Qasoskorlar” kartinasida ham maxsus effektlar yordamida ko‘plab qahramonlar Yer sayyorasini zabt etishni orzu qilgan yovuzlikning global kuchlariga qarshi turish uchun birlashadi. “Karib dengizi qaroqchilari: noma’lum sohillarda” (2011) − 250 million dollar Franshizasining to‘rtinchi bobi Jonni Depp ijro etgan kapitan Jek Chittakning yangi sarguzashtlari haqida. To‘rtinchi qismda Jekning sarguzashtlari bir necha joylarda sodir bo‘ladi. Mualliflar tomoshabinni dunyoning turli burchaklarining madaniy-me’moriy xususiyatlari va ulardagi qaroqchilik urf-odatlari bilan tanishtirishga qaror qildi. Dengiz janglarining ko‘pligi bilan birga, bir qancha yordamchi belgilar uchun maxsus effektlardan katta sarmoya evaziga foydalanildi. “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” (2010) 150-200 − million dollar Syurrealizm dahosi Tim Byortonning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” nomli asari aqlbovar qilmas sarguzashtlar haqida hikoya qiladi. Uning “Alisa” versiyasi o‘ta qo‘rqinchli  bo‘lsa-da, lekin baribir mashhur kitobga asoslangan. Sirli va noodatiy muhit tabiiy ravishda maxsus effektlar yordamida yaratilgan. “Avatar” (2009) − 237 million dollar Yangi ming yillikning asosiy filmi kino tarixida eng yuqori daromadli kartinalardan biri sifatida abadiy qoldi. Aniq sabablarga ko‘ra, byudjetning muhim qismi maxsus effektlarga sarflangan: sirli va olis Pandora sayyorasida yashovchi odamlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi janglar voqealari ekzotik tabiatda sodir bo‘ladi. “Transformerlar” (2007) − 150 million dollar Maykl Beyning filmi avtobotlar va deseptikonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida. Ular ming yillar davomida urushda bo‘lgan va Yer ular orasidagi yangi jang maydoniga aylangan. Ajablanarlisi shundaki, qarama-qarshilikni saqlab qolish va tugatish imkoniyati yosh va tajribasiz o‘smir Sem Uitvikkining qo‘lida. Robotlar va ularning o‘zgarishi kompyuter grafikasi yordamida chizilgan. Filmdagi voqealarning aksariyati yashil ekranda tasvirga olingan. “O‘rgimchak odam 3: ko‘zgudagi dushman” (2007) − 258 million dollar Sem Reymining kichik franshizasining uchinchi bobi ham super qahramon o‘rgimchak odamning sarguzashtlari haqida. Bu bobda antagonistlar bilan janglar maxsus effektlar tufayli yuqori sifatda bo‘lishi mumkin. Sehrli to‘r, qum, portlashlar va vayron bo‘lgan binolar yordamida to‘qnashuvda xato topish juda qiyin, hamma narsa iloji boricha mukammal tarzda bajarilgan. King Kong (2005) − 207 million dollar Mahoratli rejissor Piter Jekson 2000-yillarning o‘rtalarida mashhur King Kong haqidagi filmni qayta suratga olishga qaror qildi. O‘sha paytlarda filmlar katta pulga tushdi, chunki ular butunlay kompyuter grafikasidan foydalangan holda ulkan gorillani yaratishga majbur bo‘ldi va 40-50-yillardagi filmlarda bo‘lgani kabi qo‘g‘irchoqdan foydalanmadi. Byudjetning katta qismi King Kongni yaratishga, shuningdek, filmning boshqa epizodlariga sarflandi. Yaxshigina sarmoya kiritilgani uchun ham kino xarajatlarni qoplashga muvaffaq bo‘ldi.
90
4,933
Madaniyat
Muvaffaqiyatga erishgunicha kun kechirish uchun turli sohalarda ishlab ko‘rgan mashhurlar (foto)
Muvaffaqiyat, boylik va mashhurlikka erishmasidan avval ayrim aktyor va aktrisalar ko‘p marotaba o‘z kasbini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan. Misol uchun, Silvestr Stallone hayvonot bog‘ida sher qafaslarini tozalagan bo‘lsa, Bred Pitt limuzin haydovchisi bo‘lib ishlagan. Jessika Chesteyn Jessika Chesteyn mashhur aktrisa bo‘lishidan oldin bir muddat bolalar uchun uyushtirilgan kechalarda animator bo‘lib ishlagan. U Mikki Maus kostyumida bolalarni xursand qilishni yaxshi ko‘rgan. Margo Robbi Margo Robbi o‘smirlik davrida bir vaqtning o‘zida 3 ta joyda ishlagan. Aktrisa oqsoch, Subway’da sendvich tayyorlovchi va syorf do‘konida sotuvchi bo‘lgan. Megan Markl Bo‘lajak kino yulduzi va shahzoda Garrining rafiqasi chiroyli husnixat egasidir. Shuning uchun u bir vaqtlar mustaqil xattot bo‘lib ishlaganidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Viktoriya Bekhem Viktoriya Bekhem yoshligida promo-model sifatida ishlagan va univermagdagi parfyumeriya bo‘limi peshtaxtasi ortida turgan. Nikolas Keyj Taniqli aktyor Nikolas Keyj ko‘p yillar oldin Los-Anjelesdagi mashhur Fairfax teatrida bodroq sotgan. Mettyu Makkonaxi Bir vaqtlar Mettyu Makkonaxi Avstraliyada yashagan va u yerda bir vaqtning o‘zida o‘zini 6 lavozimda, shu jumladan, bank xodimi sifatida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Xyu Jekman 2015-yilda Xyu Jekman Twitter’da qoldirgan postiga: “Mana, mening bir vaqtlar masxaraboz bo‘lganimning isboti” deb yozgan edi. Intervyularning birida esa u haqiqatan ham bolalar bayramida masxaraboz bo‘lganini aytib o‘tgan. Bred Pitt Bred Pitt kino yulduzi bo‘lishdan oldin o‘zini boshqa kasblarda sinab ko‘rgan. Bir necha oy davomida u limuzin haydovchisi, mebel yuklovchi bo‘lib ishlash bilan bilan birga aktyorlik saboqlarini olgan. Megan Foks Megan Foks suratga tushishni boshlashdan oldin Floridadagi smuzi do‘konida ishlagan. Haftada bir marta u banan libosida ko‘chalarga chiqqan va shu tariqa hammaning e’tiborini do‘konga qaratgan. Kardi Bi Kardi Bi o‘smirlik chog‘idayoq oziq-ovqat do‘konida kassir bo‘lib ishlagan. Uning maoshi haftasiga 250 dollarni tashkil etgan. Silvestr Stallone Silvestr Stallone “Rokki” yulduziga aylanishdan oldin hayvonot bog‘ida sherlar qafasini tozalovchisi sifatida ishlagan. Amanda Seyfrid Amanda Seyfrid o‘smirlik davrida model bo‘lgan, 17 yoshida u bu kasbni tashlab, qariyalar uyida ofitsiant bo‘lib ishlagan.
96
2,356
Madaniyat
Instagram: Sherali Jo‘rayevning qiyofadoshi topildi, Dubaydagi osmono‘par binodan sakragan tiktoker, Ozoda Nursaidovaning farzandi bormi?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Ozoda Nursaidova singlisining o‘g‘li suratini sahifasiga joylab, “Umring uzoq bo‘lsin, bolajonim”, deb yozdi. Bola uniki emasligini bilmaydigan folloverlari xonandadan “Farzandingiz bormi?”, deb so‘ray boshladi. Ozoda Nursaidova intervyularidan birida shaxsiy hayoti borligi, lekin uni ommaga ko‘rsatishni istamasligi haqida so‘zlab bergan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda 16-aprel kuni vafot etgan O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizovning rafiqasi Tojibar Azizovaning bir necha yil avval bergan intervyusi tarqalmoqda. Unda Tojibar Azizova Yulduz Usmonovaning “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ini eshitib, yig‘lagani hamda Mirza Azizov juda ko‘p ishlashi haqida gapirgan. “Qodirxon” seriali ijodkorlari Mirza Azizovning xonadoniga tashrif buyurdi. Muqaddas Sa’dullayeva va Yigitali Mamajonov Buxoro shahrini aylandi. Turk aktrisasi Maryam Uzerli ilk marta ikkinchi qizining yuzini ko‘rsatdi. Aziza Yoqubova farzandini muddatidan oldin dunyoga keltirgani uchun chaqaloq jonlantirish bo‘limida ekanligini ma’lum qildi. View this post on Instagram “Alhamdulillah, Ollohim yana bir marta ona bo‘lish baxtiga yetishtirdi. O‘g‘il farzandlik bo‘ldim. Farzandim 1-respublika perinatal shifoxonada dunyoga keldi. Farzandimning yonida bo‘layotgan barcha shifokorlarga katta rahmat. Farzandim muddatidan oldin dunyoga keldi, hozirda jonlantirish bo‘limida. Barcha befarzand insonlarga Ollohdan farzand so‘rayman, har bir bandaga ota-ona bo‘lishlik baxti nasib etsin. Farzandimning otasi bilan bog‘liq savollarga javob: Tun-u kun yonidalar. Barcha kichkintoy farishtalarga, shu qatorda mening farzandimga ham Ollohdan uzoq umr so‘rayman. Hamma yonimda turgan yaqin insonlarga tashakkur!”, — deb yozdi aktrisa. Feruza Normatova sahifasiga yangi surat joyladi. Farhod Alimov va Rayhon Dubayda La Perle shousini tomosha qildi. TikTok’chi Ozod Xurramov Dubaydagi osmono’par binodan sakrab, shahar uzra “parvoz qildi”. Ahad Qayum ota-onasi bilan tushgan surati izohiga o‘z qalamiga mansub she’rni ilova qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevga ikki tomchi suvdek o‘xshash erkak hofizning qo‘shig‘ini kuylayotgani aks etgan video tarqaldi. Shohjahon Jo‘rayev folloverlarini xavfli kasallikdan ogohlantirdi.
137
2,375
Madaniyat
Forbes yilning eng daromadli Gollivud aktyorlarini aniqladi
Forbes jurnali 2015-yil yakuni bo‘yicha Gollivudning eng daromadli aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi. Asosan “Qasoskorlar: Altron Erasi” va “Birinchi qasoskor: Boshqa Urush” filmlari bilan kinostudiyalarga har bir sarflangan dollar uchun 181,8 dollar foyda keltirgan Kris Evans reytingning birinchi qatorini egalladi. Undan keyingi o‘rinni kinokompaniyalarga har bir sarflangan dollar uchun 87,3 dollar qaytarib bergan Mila Kunis (“Yupiter Chiqishi”, “Oz: Buyuk va Dahshatli”) egallamoqda. Uchinchi o‘rinda o‘zining gonorarini 85 barobarga ko‘paytirgan Skarlett Yoxansson turmoqda (“Qasoskorlar: Altron Erasi”, “Lyusi”). Shuningdek, Gvinet Peltrou (bir dollarga 82,9), Emma Stoun (bir dollarga 54), Kris Xemsvort (bir dollarga 42,1), Vin Dizel (bir dollarga 40.3), Jenifer Lourens (bir dollarga 39.1), Mark Uolberg (bir dollarga 39.1) va Dueyn Jonson (bir dollarga 28,1) reytingdan o‘rin olgan.
59
894
Madaniyat
“Burak aktyor emas!”. Alisher Uzoqov “Sevgi iztirobi” serialidagi Kamol obrazini ijro etgan Burak O‘zchivitning mahorati haqida gapirdi (video)
Aktyor, rejissor, boshlovchi Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Suhbat davomida Alisher Uzoqov turk aktyori Burak O‘zchivitning aktyorlik mahorati haqida gapirdi. Kann Urganjio‘g‘li Burak O‘zchivitdan ancha yaxshi aktyor. Uning rollaridan ko‘rinib turibdiki, Rustam aka Kanni ‘Baron-2’ ga bekorga chaqirmagan. Burak keldi, u bilan gaplashyapmiz, meni umuman tushunmayapti. U aktyor emas! ‘Aktyorlik sen uchun nima? Rol ijro qilsang nimani his qilasan’, desam, ‘Muxlislarim, fanatlarim’ dan boshqasiga o‘tolmayapti. U aktyor emas, faqat chiroyli yigit, mahorati bor inson. U nimanidir his qilib o‘ynashni, nimanidir his qilib, kasal bo‘lib qolishni bilmaydi. Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor
144
779
Madaniyat
Kameradan qo‘rqadi, 5 farzandning otasi: Gollivud yulduzi Xyu Grantning qarama-qarshiliklarga to‘la hayotiy hikoyasi
Xyu Grand butun faoliyati davomida kameradan qo‘rqsa-da, lekin filmlarda suratga tushdi; ota bo‘lishni istamas edi, ammo oxir-oqibat ko‘p farzandli otaga aylandi. Qarama-qarshiliklarga to‘la Xyu Grantning tarjimai holi yaxshigina melodramaga asos bo‘la olishi mumkin. Aktyorning to‘liq ismi Xyu Jon Mungo Grant bo‘lib, u 1960-yil 9-sentyabr kuni Londonda tug‘ilgan. Bo‘lajak aktyor 1982-yilda Oksford universitetining kollejini san’at tarixi bo‘yicha tamomlagan. O‘qish paytida u “Imtiyozli” komediyasida debyut qildi va tez orada teatr truppasiga qo‘shilib, epizodik rollarda o‘ynashda davom etdi. 1987-yilda aktyor o‘zining birinchi muvaffaqiyatiga “Moris” dramasidagi roli bilan erishdi, bu unga 44-Venetsiya xalqaro kinofestivalida eng yaxshi roli uchun Volpi kubogini olib keldi. Xyu Grant ishtirokidagi filmlar Vaqt o‘tishi bilan Xyu Grant tobora ko‘proq yirik loyihalarda ishtirok eta boshladi, masalan, “Noktyurnlar”, “Ekspromt”, “Shamolda eshkak eshish”. 1994-yilda “To‘rt to‘y va dafn marosimi” filmidagi roli uning faoliyatidagi burilish nuqtasi bo‘ldi. Filmdagi roli uchun aktyor “Oltin globus” va “Eng yaxshi erkak roli” uchun BAFTA mukofotini qo‘lga kiritdi. 2000-yilda “Brijit Jonsning kundaligi” filmi aktyorni yana mashhurlik to‘lqiniga ko‘tardi. Xyu Grant romantik filmlarda rol o‘ynashda davom etdi. 2006-yilda Fransiya kino akademiyasi Xyu Grantni kinoga qo‘shgan hissasi uchun faxriy “Sezar” mukofoti bilan taqdirladi. Bunga ishonish qiyin, lekin Xyu Grant hech qachon aktyor bo‘lishni xohlamagan, hatto uning ishtirokidagi yana bir muvaffaqiyatli melodrama, yaxshigina pul, shon-shuhrat va mukofotlarni olib kelgan paytda ham. Harbiy va o‘qituvchining o‘g‘li doimo yozuvchi bo‘lishni xohlardi va hatto kitob yozishni boshladi, lekin uni tugata olmadi. Ko‘k ko‘zli xushbichim Xyu Grant Oksford universitetidagi kollejni tugatgandan so‘ng darhol ekranlarga chiqdi: u komediyachilar guruhida, teleko‘rsatuvlarda va keyin “Moris” filmida rol o‘ynadi. Xyu Grantning shaxsiy hayoti melodramasi Talabalarning sevgisi haqidagi film Xyuning hayotini o‘zgartirdi: yosh aktyor nazarga tushdi va u o‘zining birinchi sovrini – Venetsiya kinofestivalida eng yaxshi roli uchun Volpi kubogini qo‘lga kiritdi. Bu uning aktyorlik karyerasidagi boshlang‘ich nuqta edi. U roman yozishga qaytmaydi. O‘sha 1987-yilda aktyor hayotining asosiy mazmuni – aktrisa Elizabet Xerli bilan uchrashdi. Xyu Grant va Elizabet Xerli Ular birgalikda “Shamolda eshkak eshish” melodramasida rol o‘ynashdi. Xyu darhol Elizabet tufayli aqlini yo‘qotdi, lekin bu unga bir qancha qiyinchiliklar keltirdi: Grant nevrastenik xarakterga ega bo‘lib, kayfiyati tez-tez o‘zgarib turardi va ruhiyatida og‘riq payo bo‘lardi. Har qanday ayol ham bunday erkak bilan 13 yil davomida turmush qurish taklifini talab qilmasdan birga yashay olmaydi. Elizabet hatto 1995-yilda aktyor Xyu Grantning xiyonatiga ham chidadi. Ular orasidagi mojaro matbuoutda shov-shuv bo‘ldi, ammo aktrisa o‘zini bunga munosib tutdi. Xyu Grant va Elizabet Xerli Va nihoyat 2000-yilda ajrashish tashabbusi bilan qiz sudga murojaat qildi. Xyu Grantning doimiy tushkunliklari Elizabetni shunchalik charchatib yuborgan ediki, endi uning ham sabri barham topgandi. “Biz qit’alar siljishidan ko‘ra sekinroq ajrashdik. Lekin oxir-oqibat hammasi yakun topdi. Taqdir bizga sovg‘a qoldirdi: ehtirossiz do‘stlik va bir-biriga ega bo‘lish istagi”, – deydi Xyu Grant bu haqda. Xyu Grant va Elizabet Xerli Ularning ikkalasi uchun bu munosabatlar ko‘p yillar davomida eng uzoq va kuchli bo‘lib qoldi. Xyu amerikalik millioner Stiv Bingdan bo‘lgan Elizabetning o‘g‘lining cho‘qintirgan otasi bo‘ldi va bu aktyorning yangi yoqtirgan qizlar orasida aql bovar qilmaydigan rashkni keltirib chiqardi. Xyu Grant muvaffaqiyatining boshqa tomoni Tashqi tomondan, 2000-yillarning boshi aktyor Xyu Grant uchun muvaffaqiyatli bo‘lgandek tuyildi: tez orada melodrama janrining klassikasiga aylanadigan filmlar birin-ketin namoyish etildi: “Notting-Xill, “Brijit Jonsning kundaligi”, “Haqiqiy sevgi”. Darhaqiqat, Xyu Grant hech qachon o‘zini bunchalik ishonchsiz va sertashvish his qilmagan edi. U Elizabet bilan ajrashishga qiynaldi, bu uning kameralarga bo‘lgan qo‘rquvini eng yuqori cho‘qqiga olib chiqdi. “Notting-Xill” filmining suratga olish maydonchasida partnyori Juliya Roberts uning ortidan yugurib, har bir muvaffaqiyatsiz kadrdan keyin uni yana suratga tushishga ko‘ndirishga majbur bo‘ldi. Aktrisa Dryu Berrimor esa u bilan birga “Musiqa va so‘z” (“Music and Lyrics” filmida bosh rolni o‘ynadi, bu esa aktyorga qisqa vaqt ichida ishonch bag‘ishladi. Qolaversa, Xyu eng yaxshi ruhiy shaklda bo‘lmagan jurnalist Jemayma bilan yangi munosabatlarni boshladi. Shunga qaramay, aktyorning shaxsiy hayoti ozmi-ko‘pmi yaxshilandi, ular Jemayma uning yuragidan ketmaguncha, uch yil davomida uchrashishdi. Yillar o‘taverar va 2009-yilda Xyu 50 yoshni qarshi olishi kerak edi. Uning tug‘ilgan kuniga qanchalar oz vaqt qolgan bo‘lsa, uning ichki inqirozi shunchalik jiddiylashdi. Muvaffaqiyatli karyerasiga qaramay, Xyu Grantning na oilasi, na bolalari bor edi – bu so‘nggi yarim asr ichida aktyor uchun juda achinarli natija bo‘ldi. Xyu Grant va Jemayma Xyu Grantning notinch shaxsiy hayoti U o‘zini qo‘lga oldi va ishlashda davom etdi, ba’zida uni noma’lum yosh qizlar bilan ko‘rishdi. To‘satdan 51 yoshli aktyor Xyu Grant farzandli bo‘ldi! Xyu Grant va Tinglan Xon Albatta, bu haqda birinchi bo‘lib Elizabet bildi. U aktyorni aldayapti deb o‘yladi, lekin Xyu Grant hazillashmagan edi. Aktyorning farzandining onasi Tinglan Xong ismli xitoylik ayol bo‘lib, u oddiy ofitsiant bo‘lib ishlar va aktyor u bilan farzand ko‘rishini xayoliga ham keltirmagandi. Xongning har qanday moliyaviy da’volardan voz kechishga tayyorligi Xyuga kuch berdi. U farzandining bo‘lajak onasiga uyi yonidan qasr sotib oldi, shuningdek, Londondagi eng nufuzli klinikalardan birida tug‘ruq uchun pul to‘ladi. 2011-yil 26-sentyabrda Xyu Grantning tarjimai holi sezilarli o‘zgarishlarga duch keldi – endi Xyuning qizi bor va bu faqat boshlanishi edi xolos. Xyu Grant va Anna Ebebrshtayn Tez orada Tinglan Xong bilan munosabatlar barbod bo‘ldi va Xyu Grant Anna Ebershtayn bilan uchrashishni boshladi. Ular tennis o‘ynayotganda tanishib qolgan. 2012-yil sentabr oyida u Xyuning ikkinchi farzandi Jon Mungoni dunyoga keltirdi. Ebershtayn oqila ayol bo‘lib chiqdi. U turmush qurishni talab qilmadi, ammo farzand ko‘rishni xohlar edi, tennisga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli Xyu Grantning shaxsiy hayotini reklama qilishni istamasligini ma’lum qildi. U ham sovg‘a sifatida xuddi Tinglan Xong kabi aktyordan dabdabali uy oldi va shu orada Xyu uchinchi marotaba ota bo‘ldi, farzandining onasi esa yana xitoylik ayol edi. Grantning ma’lum qilishicha, bu faqat uzoq do‘stlikka aylangan o‘tkinchi munosabat bo‘lgan. Buni aktyorda sobiq ayollari bilan shunchaki do‘st bo‘lib qolish qobiliyati balki mavjud emas deb taxmin qilish mumkin. Aytishlaricha, o‘sha paytda bir necha oylik homilasi bo‘lgan Xongni Anna samimiy tabriklab, unga bir nechta sovg‘alar yuborgan. Bolalarning 2:1 hisobi Tinglan Xong foydasiga 2015-yilgacha saqlanib qoldi, Ebershtayn esa buni tenglashtirib, Xyu Grantning qizini ham dunyoga keltirdi. 2018-yilda Anna nihoyat raqibasini mag‘lub etib, Xyuni nafaqat uchinchi farzandini dunyoga keltirdi, balki aktyor bilan 2018-yil 25-mayda nikohdan o‘tdi. Xyu Grant va Anna Ebebrshtayn Endi yolg‘iz aktyor 5 farzand va 2 rafiqani tashkil etgan kattagina oilaga ega. U vaqti-vaqti bilan qonuniy rafiqasi Anna Ebershtayn bilan omma oldida ko‘rinish beradi. Shuningdek, Elizabet va uning o‘g‘li bilan iliq muloqot qilishda davom etadi. Ayollar hatto bolalari tug‘ilgandan keyin uning nevrasteniyasi barbod bo‘lganini aytib o‘tgan, qolaversa Grantning kameralarga bo‘lgan qo‘rquvi ham o‘z o‘zidan yo‘q bo‘lib ketgan.
116
7,825
Madaniyat
Milen Farmer qiyofasidagi Sevara Nazarxon hakamlarni qoyil qoldirdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining 13-turida fransuz qo‘shiqchisi va aktrisasi Milen Farmer qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda 12news.uz xabar berdi. “Toch v toch”ning navbatdagi bosqichida Sevara Milen Farmerning “Désenchantée” deb nomlangan taronasini ijro etdi. Hakamlar hay’ati a’zolari Leonid Yarmolnik, Mixail Boyarskiy, Lyubov Kazarnovskaya va Gennadiy Xazanov Sevaraning chiqishiga a’lo baho qo‘ydi. Keyinroq, betaraf hakam Tamara Gverdsiteli Sevara ijrosini besh ballga loyiq, deb topdi va u jami maksimal 25 ball to‘pladi. Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball, beshinchi bosqichda 23 ball, oltinchi va yettinchi turlarda 24 balldan, shuningdek, maxsus sakkizinchi turda 25 ball, to‘qqizinchi raundda 22 ball, 10-bosqichda 25 ball, 11-turda 21 ball, 12-raundda esa maksimal 25 ball to‘plagan edi.
67
1,171
Madaniyat
Jeki Chan Moskvadagi Xitoy kinosi festivalida “Izma-iz” filmini taqdim etdi
Jeki Chan o‘zi g‘oya muallifi va bosh rol ijrochisi bo‘lgan “Izma-iz filmi” 8-noyabr, seshanba kuni Moskvadagi “Kosmos” kinoteatrida ochilgan Xitoy kinosi festivalida taqdim etilayotganidan mamnunligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.  “Festival doirasida jami 7 film namoyish etiladi. Ular bugungi Xitoy kinematografiyasi haqida tasavvur hosil bo‘lishiga yordam beradi. Mening filmim ular qatorida ekanligidan xursandman”, — deya ta’kidladi festivalning ochilish marosimida Jeki Chan.  “Izma-iz” jinoiy guruhni fosh etish va qarindoshinini qutqarish uchun firibgarni sherik qilib olishga majbur bo‘lgan politsiyachi haqida hikoya qiladi. Jeki Chan politsiyachi rolini, amerikalik aktyor Jonni Noksvil esa uning sherigini o‘ynagan.  Xitoy kinosi festivali Moskva va Rostov-Donda 8—27-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
75
981
Madaniyat
Beyonsedan mualliflik huquqini buzganligi uchun 26 million dollar talab qilindi
AQShda amerikalik qo‘shiqchi Beyonsega qarshi sudga da’vo kiritildi. U mualliflik huquqini buzishda va qo‘shiqlaridan birida boshqa odamning intellektual mulkidan foydalanishda ayblanmoqda. Bu haqda 8-fevral, chorshanba kuni NBC telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Qo‘shiqchiga qarshi da’vo 2010-yilda o‘ldirilgan amerikalik rep-qo‘shiqchi Messi Mayaning (haqiqiy ismi Entoni Barre) merosxo‘rlari tomonidan Yangi Orlean (Luiziana shtati) sudiga kiritildi. Da’voda ta’kidlanishicha, Beyonsening Formation deb nomlangan qo‘shig‘ida Mayaning so‘zlaridan ruxsatsiz foydalanilgan. Maya ularni YouTube’ga joylangan videoyozuvlardan birida aytgan. Da’vogarlar, shuningdek, Formation qo‘shig‘iga ishlangan videoklip reperning mualliflik huquqi bilan himoyalangan ba’zi chiqishlari va ishlariga juda o‘xshashligini ta’kidlamoqda. NBC telekanalining ma’lum qilishicha, Mayaning vakillari 26 million dollar miqdoridagi tovon puli, shuningdek, reperni Formation qo‘shig‘ining hammuallifi deb topilishini talab qilmoqda. Beyonsening Formation qo‘shig‘i “Gremmi”ning bir nechta mukofotlariga nomzodlik qilmoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
79
1,279
Madaniyat
Burak O‘zchivit serialning bir qismida suratga tushish uchun qancha haq olishi ma’lum qilindi
Turkiyaning eng ko‘p gonorar oluvchi aktyorlari reytingi e’lon qilindi, deb yozadi “RusTurkey.com”. Ushbu reytingning birinchi o‘rnini “Sevgi iztirobi” filmidagi Kamol obrazi bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish Burak O‘zchivit zabt etdi. Aktyor serialning bir qismi uchun 210 ming lira (32 ming dollar) oladi. Shuningdek, “Muhtasham yuz yil” filmi bosh rol ijrochilari Xolid Ergench va Maryem Uzerli ham Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlari sifatida qayd etilgan. Xolid Ergench serialning bir qismi uchun 170 ming lira (26 ming dollar), Uzerli esa 90 ming lira (14 ming dollar) oladi. Turkiyalik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu reytingdan norozilik bildirib, aslida Xolid Ergench O‘zchivitdan ko‘proq pul olishga munosib ekanligini yozib qoldirgan. Maryam Uzerli jurnalistlarga Turkiyada aktyorlar aktrisalardan ko‘ra ko‘proq pul olishidan shikoyat qilgan. Eslatib o‘tamiz, Burak O‘zchivit bir yil avval Toshkentga kelib, O‘zbekistondagi nufuzli shaxslarning rafiqalari, biznes-ledilar, model biznesi vakilalari bilan ziyofatda ishtirok etgandi. Xabarlarga ko‘ra, o‘z iste’dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqoti evaziga u 2 million turk lirasi (qariyb 380 ming dollar) pul ishlab olgan.
93
1,232
Madaniyat
Mubashshir Ahmad o‘zbek xonandalarining nashida aytishiga munosabat bildirdi
“Azon.uz” ta’sischisi jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatlashdi va xonandalarning nashida aytishiga munosabat bildirdi. Insonning ichidan nima o‘tayotganini bilmaymiz. Bunga baho berishga haqqimiz yo‘q. Buni iymoni yo‘q yoki iymoni uyg‘onib ketdi deb aytishga haqqimiz yo‘q. Faqat bir narsani aytish mumkin bo‘ladi, o‘zining qalbida bo‘lmagan narsani ko‘rsatish shariatda riyokorlik hisoblanadi. Agar haqiqatda qalbida iymoni jo‘sh urib, shunaqangi nashid aytishlarni xohlab, bundan keyin bemaza qo‘shiqlar aytmayman, faqat endi shu yo‘nalishda davom etaman desa bu tahsinga loyiq. Buni biz olqishlaymiz. Lekin nashid aytish bilan o‘z obro‘sini ko‘tarishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa ko‘rib turganingizdek ijtimoiy tarmoqlarda buni barcha qoralayapti. Mubashshir Ahmad, “Azon.uz” sayti ta’sischisi
76
801
Madaniyat
“Litsenziyamni topshirishga tayyor edim”. Dildora Niyozova o‘ranganidan so‘ng “O‘zbekkonsert”da bo‘lgan majlis haqida gapirib berdi (video)
Xonanda Dildora Niyozova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Dildora Niyozova o‘ranganidan so‘ng “O‘zbekkonsert”ga majlisga chaqirishgani, bu majlisdan so‘ng san’atdan nasibasi uzilmaganini tushunib yetgani haqida gapirib berdi. Ro‘molni birinchi o‘ragan vaqtimda turmush o‘rtog‘im “O‘zbekkonsert”da majlis bo‘layotgan ekan, Dildora seni chaqirishyapti, dedilar. Bir qo‘rquv bosdi, nimaga qo‘rqaman, dedim. Keyin dadasi men boraman, lekin yolg‘iz boraman, hozir bitta noto‘g‘ri gap aytishsa, dilim sinadi, ko‘nglim cho‘kib qoladi, dedim. Yurak yutib majlisga bordim: hamma kelgan, bitta men ro‘molda o‘tiribman. Taqdirning mo‘jizasini qarangki, domla kelib islomiy majlis bo‘ldi. Manzura yonimda o‘tirib “Dildora, endi tamom, sizni olib ketib qolishadi”, dedi. Meni nimaga olib ketishadi, qayerga olib ketishadi, dedim. Men ham ro‘mol o‘rayman, deyapman-u, ammo qo‘rqyapman-da, dedi. Balki, uning ham hayotida nimadir bo‘lgandir-da, bu menga noma’lum. Men Allohga tavakkal o‘radim, litsenziyamni olib qo‘yishsa, topshirib yuboraveraman. Menga litsenziya ham kerak emas, peshonamga nima yozgan bo‘lsa shuni ko‘raman, bunga ikkilanish kerak emas dedim. Nuriddin hoji domla juda ham chiroyli ma’ruzalar qildilar. “San’at — gunoh” deb nima uchun bilib-bilmasdan gapiryapsizlar dedilar. Juda chiroyli majlis bo‘ldi. Agar “O‘zbekkonsert”dagi o‘sha majlisda “Nimaga bunaqa ro‘mol o‘radingiz, omma orasiga qop-qora bo‘lib keldingiz, ommani ichida bunaqa yurish mumkin emas”,  deyishganda men “Litsenziyamni ham topshiraman, shu narsa xalaqit qiladigan bo‘lsa, butunlay ketaman”, deb aytmoqchi edim. Vaholanki barchasi juda chiroyli bo‘ldi. Demak, bu sohadan hali nasibam uzilmagan ekan. Allohga tavakkal qilgan inson bu hayotda hamisha yutadi. Dildora Niyozova, xonanda Ma’lumot uchun, Dildora Niyozova 1978-yil 14-sentabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. “Xalqlar do‘stligi” saroyida olti marotaba yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. 300 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari, o‘n to‘rtta musiqiy albomi bor. Oilali, ikki farzandning onasi.
139
2,122
Madaniyat
“Ilhaq”: Filmni suratga olish jarayoni tugadi, ammo film ustida ishlash davom etmoqda (Video)
“Ilhaq” filmining ijodkorlari suratga olish jarayonini yakunlab, filmni yaratishning navbatdagi bosqichiga o`tdilar. Ayni paytda Ikkinchi Jahon urushida beshta o`g`lini yo`qotgan ona - Zulfiya Zokirovaning fojiali taqdiriga bag`ishlangan filmning musiqiy tarkibi yozib olinmoqda. Filmni tahrirlash va dublyaj qilish jarayoni davom etmoqda. Tomoshabin 9-may Xotira va qadrlash kunida kinofilmni ko`rishi uchun ishchi guruh, xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda, ilhom bilan ishlamoqda.
93
489
Madaniyat
“Bularning barchasidan shunchalik charchadimki...”. Buyuk insonlarning o‘limi oldidan aytgan so‘nggi so‘zlari (foto)
Ko‘pchilikka o‘lim arafasidagi insonning ko‘ziga nima ko‘rinishi yoki nima deyishi qiziq tuyuladi. Ehtimol, bu jumlalar kim uchundir hikmat, umr so‘ngida aytib olinadigan ilinj yoki hayotda qanday yashash lozimligi haqida nasihat bo‘lar. Frenk Sinatra: “Men o‘zimni yo‘qotyapman...” Asosiy kasbi kinoaktyor bo‘lgan Frenk Sinatra, shuningdek, qo‘shiqchi va shoumen ham bo‘lgan. U  1998-yilning 4-may kuni 82 yoshida Los-Anjelesda miokard infarkti tufayli vafot etgan. Bob Marli: “Hayotni pulga sotib ololmaysan” Bob Marley and The Wailers guruhi asoschisi, taniqli musiqachi Bob Marli Yamaykada tug‘ilgan. 11 nafar farzandning otasi 1981-yil 11-mayda saraton kasalligi tufayli kasalxonada dunyodan ko‘z yumgan. Rafael Santi: “Baxtliman” “Sikstin madonnasi” kartinasi bilan mashhur bo‘lgan rassom 1520-yil 6-aprel kuni 37 yoshida nafas olish tizimi yallig‘lanishi va yuqori tana haroratidan vafot etgan. Karl Marks: “So‘nggi so‘zlarni hayotida yetarlicha gapira olmagan ahmoqlar aytadi” Karl Geynrix Marks — nemis faylasufi, sotsiolog, iqtisodchi, yozuvchi, shoir, siyosiy jurnalist, tilshunos, jamoat arbobi, tarixchi. Fridrix Engelsning do‘sti va hammaslagi, u bilan “Kommunistik partiya manifesti”ni yozgan. “Kapital” asari muallifi 1883-yil 14 martda 64 yoshida o‘pka yallig‘lanishidan vafot etgan. Uinston Cherchill: “Bularning barchasidan shunchalik charchadimki...” Britaniyaning davlat va siyosat arbobi, 1940—1945 va 1951—1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri, zaxiradagi askar, jurnalist, yozuvchi, rassom, Britaniya akademiyasining faxriy a’zosi, adabiyot bo‘yicha “Nobel” mukofoti laureati 1965-yil 24-yanvarda insultdan o‘lgan. Leonardo da Vinchi: “Men Xudoni va odamlarni haqorat qildim, axir asarlarim orqali o‘zim intilgan yuksaklikka erisha olmadim” Uyg‘onish davrining buyuk rassomi, haykaltarosh, me’mor va olim, ixtirochi, yozuvchi, musiqashunos Da Vinchi 1519-yil 2-may kuni 68 yoshida Klos-Lyus qal’asida shogirdlari va eng yaxshi asarlari qurshovida vafot etgan. Napoleon Bonapart: “Fransiya, armiya, armiya rahbari, Jozefina” Fransuz imperatori, zamonaviy fransuz davlatining poydevorini qo‘ygan qo‘mondon va davlat arbobi 1821-yil 5-may, shanba kuni, soat 17:49 da kasallikdan vafot etgan. O‘limidan oldin alahlab, tushunarsiz so‘larni aytgan. Luchano Pavarotti: “Men musiqa uchun yashalgan hayotni ajoyib, deb hisoblayman va aynan shuning uchun ham unga butun borlig‘imni bag‘ishlaganman” XX asrning ikkinchi yarmidagi eng mashhur opera xonandalaridan biri. Luchano Pavarotti 2007-yil 6-sentabr kuni ertalabki soat 5 da, 72 yoshga to‘lishidan bir oy oldin, Modena shahridagi uyida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan. Jorj Oruell: “Ellik yoshida har kim o‘ziga munosib o‘ringa ega bo‘ladi” Britaniyalik yozuvchi, jurnalist va publitsist. Uning asarlari yozish uslubi, totalitarizmni tanqid qilish va demokratik sotsializmni qo‘llab-quvvatlashi bilan ajralib turadi. “Molxona” asari muallifi 50 yoshga ham to‘lmay, 47 yoshida Londonda sil kasalligidan vafot etgan. Vladimir Nabokov: “Bir kapalak yaqinlashib kelmoqda” Rossiya va Amerika yozuvchisi, shoir, tarjimon, adabiyotshunos va entomolog. Adabiyot bo‘yicha bir necha bor “Nobel” mukofotiga nomzod bo‘lgan. 1975-yil iyul oyida Nabokov Shveysariya tog‘larida kapalaklar yig‘ish paytida yiqilib tushadi, bu esa yozuvchining sog‘lig‘iga jiddiy putur yetkazadi, oqibatda yozuvchi ikki yil o‘tib — 1977-yil 2-iyulda dunyodan ko‘z yumadi. Isaak Nyuton: “Dunyo meni qanday qabul qilganini bilmayman. Men har doim o‘zimni dengiz bo‘yida o‘ynab, chiroyli toshlar va chig‘anoqlarni qidirib yurgan bolakayga o‘xshatardim, o‘sha vaqtda ko‘z oldimda haqiqatning buyuk okeani noma’lumligicha yastanib yotardi” Isaak Nyuton — ingliz fizigi, matematik, mexanik va astronom, klassik fizika asoschilaridan biri, fizik qonunlar asoschisi. U London yaqinidagi Kensington shahrida 1727-yil 20-martda kechasi uyqusida hayotdan ko‘z yumgan. Benjamin Franklin: “O‘layotgan odamga hech narsa yengillik berolmaydi”. Amerika Qo‘shma Shtatlari asoschisi 84 yoshida o‘lim to‘shagida yotganida, nafas olishi oson bo‘lishi uchun o‘rnini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan qiziga yuqoridagidek javob beradi-yu, vafot etadi. Konan Doyl Mashhur detektiv romanlar muallifi bog‘da dam olib o‘tirganida to‘satdan xotiniga o‘girilib: “Sen mo‘jizasan” deydi va ko‘kragini changallagan holda vafot etadi. Ernest Xeminguey: “Xayrli tun, mushukcham”, xotiniga shu so‘zlarni aytishi bilanoq yozuvchi boshiga o‘q uzadi. Edit Piaf: “Hayotda qilingan barcha ahmoqliklar uchun javob berishga to‘g‘ri keladi” Mashhur fransuz xonandasi va kino aktrisasi 1963-yil 10-oktabr kuni 47 yoshida jigar yetishmovchiligi tufayli yuzaga kelgan anevrizma tufayli dunyodan ko‘z yumgan.
116
4,716
Madaniyat
Rayhonning singlisi turmushga chiqmoqda
Xonanda Rayhonning singlisi Nasiba Shakirova turmushga chiqmoqda. Bu haqda "Myday.uz" xabar berdi. Nasiba va Jamshidning nikoh to‘ylari bugun, 16-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
39
196
Madaniyat
Turk aktrisasi Maryam Uzerli Moskva xalqaro kinofestivaliga bitta uy narxiga teng bo‘lgan taqinchoq taqib keldi (video)
“Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram roli bilan tanish bo‘lgan turk aktrisasi Maryam Uzerli Xalqaro ayollar forumida ishtirok etish uchun Rossiyaga keldi. Yuqori reytingli teleshoularga tashrif buyurishi uchun aktrisaning menejerlari 30 ming dollar so‘rashi ma’lum bo‘lgan. Moskva xalqaro kinofestivalining ochilish marosimiga tashrif buyurgan aktrisaning tashqi ko‘rinishiga qarab, uning daromadi nimaga sarflanishi haqida bilish qiyin emas. Festival ishtirokchilari nafaqat film tomosha qilish, balki obrazlarini ommaga ko‘z-ko‘z qilish uchun ham tashrif buyurgan. Maryam Uzerli esa o‘ziga xos ko‘rinishi bilan qizil yo‘lakni bezab turgan. Festivalning ochilish marosimi uchun yulduz yelka qismi ochiq, qora rangdagi hashamatli libos tanlagan. Kelishgan qaddi-qomatiga qarab uning 2021-yil yanvarda ona bo‘lganiga ishonish qiyin. Ammo jozibali ko‘rsatgan libosi, sarv qomati ham uning taqinchog‘ining narxichalik reaksiyalarga sabab bo‘lmagan. U obrazini yakunlash uchun oq oltin va brilliantdan yasalgan, bahosi 266 ming dollarga teng taqinchoqlar taqqan.
119
1,061
Madaniyat
Yozning jazirama kunlarida qaynoqqina uchrashuvlar
Yoz kelib, bir qator fan-klublar o‘z yig‘ilishlarini, sevimli yulduzlar bilan uchrashuvlarini boshladi. Shu jumladan, Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i ham Umid va Muhammadali Iskandarovlar, Sardor Rahimxon kabi taniqli san’at ahlining o‘z fan-klublari bilan diydor ko‘rishuvini tashkillashtirmoqda. 2013-yilning 5-iyul kuni soat 16:00 da “Muloqot.Uz” kafesida aka-uka Iskandarovlarning o‘z muxlislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sardor Rahimxon esa 7-iyul kuni soat 12:00 da xuddi shu maskanda o‘z fan-klubi a’zolari bilan yuzma-yuz ko‘rishib, suhbat uyushtiradi. Tadbirlar shou ko‘rinishida o‘tkaziladi. Kirish bepul. Barchangizni ushbu uchrashuvlarga taklif qilib qolamiz. Manzil: Toshkent shahri, “Bunyodkor” metro bekati, Muloqot.Uz kafesi. Mo‘ljal: “Istiqlol” san’at saroyining o‘ng tomoni.
50
798
Madaniyat
Mavluda Asalxo‘jayeva Toshkentda yangi restoran ochdi (foto)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva Toshkent shahrida o‘zining shaxsiy restoranini ishga tushirdi. Bu haqda xonanda Aziza Niyozmetova Facebook’dagi sahifasi orqali xabar berdi. Qayd etilishicha, “juda go‘zal shaxsiy restoran”ga “Bahor777” deb nom berilgan. Manbada restoranning aniq manzili haqida ma’lumot berilmagan.
60
345
Madaniyat
O‘zbekistonda bir oy davomida Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi
30-aprel – Xalqaro jaz kuniga bag‘ishlab 2015-yil 8-apreldan 8-maygacha O‘zbekistonda Xalqaro jaz festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.uz”. Festival O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi Davlat jaz orkestri, “Ilhom” teatri tomonidan AQSh, Fransiya va Latviya elchixonalari ko‘magi va ishtirokida hamda YuNESKO vakolatxonasi shafeligida tashkillashtirilmoqda. Festivalda Botir Zokirov nomidagi Davlat jaz orkestri, Jazzirama guruhi (O‘zbekiston), Ari Roland jaz to‘rtligi (Nyu-York, AQSh), Pyer de Betmann (Fransiya), Ksilem Trio (Latviya) ishtirok etadi.
65
607
Madaniyat
G‘ulomjon Yoqubov nima uchun “Ummon” guruhining qo‘shig‘ini kuylaganini tushuntirdi
O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov nima uchun Munojat Yo‘lchiyeva bilan birga “Ummon” guruhi va Munisa Rizayevaning birgalikdagi qo‘shig‘ini kuylaganini tushuntirdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. “Bu qo‘shiqni kuylashdan maqsad — yoshlardan ko‘ra o‘zimiz yaxshi kuylaymiz, degan fikrni isbotlash emas, balki e’tirozlarga javob qaytarish edi. Biz yoshlarning qo‘shiqlarini kuylay oldik”, — dedi G‘ulomjon Yoqubov. “Xo‘sh, ko‘raylik-chi, yoshlar bizning repertuardagi ashulalarni kuylashga jur’ati yetarmikan? Yoshlar ham jiddiy, ma’no jihatidan salmoqli ijodiy ishlarga qo‘l uradi, degan umiddaman”, — dedi xonanda. “Ayrimlardan: ‘Kattalar bizni tanqid qiladi, lekin yoshlarbop yo‘nalishda kuylash o‘zlarining qo‘lidan kelmaydi’, degan fikrlarni ham eshitdik. Bu gaplarning to‘g‘ri emasligini isbotlash uchun ham Munojat Yo‘lchiyevaga duet kuylash taklifini berdik va birga kuyladik”, — dedi xonanda. “Qizig‘i, ‘Ummon’ guruhi vakillaridan sado chiqmadi, bizga javoban kuylashmadi”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov.
83
1,072
Madaniyat
Zarina Nizomiddinova: Men bilan Jasur Umirov o‘rtasida hech nima yo‘q. Bo‘lishi ham mumkin emas!
Aktrisa Zarina Nizomiddinova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida o‘zi va Jasur Umirovga bog‘liq mish-mishlar haqida fikr bildirdi. “Jasur Umirov va men haqimda nega gap-so‘z tarqalganini, ochig‘i, hech ham tushunmadim. Jasur bilan o‘rtamizda hech narsa bo‘lmagan”, — dedi aktrisa. “U bilan faqat hamkasbmiz. Faqat ish bo‘yicha hamkorlik qilganmiz. Uning bir klipida suratga tushganman va konsertida hamkasb sifatida yordam berganman”, — dedi Zarina Nizomiddinova. “Bundan ortiq o‘rtamizda hech narsa bo‘lmagan, bo‘lishi ham mumkin emas”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa Zarina Nizomiddinova. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
96
751
Madaniyat
Instagram: Asal Shodiyeva haqida keskin fikr bildirgan Yigitali, Sevinch Mo‘minova xonadonidagi xursandchilik, ijodga qaytgan Zohid
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov “Surxon” guruhi nima sababdan bo‘linib ketgani haqida gapirdi. Halima Ibragimova yangi suratini “Kulib turib, g‘amni yengamiz”, deb nomladi. Shohruxxonning yangi qo‘shig‘iga klip suratga olinmoqda. Luiza Rasulova “Hayotingda qancha kun bo‘lishi muhim emas, muhimi har bir kuningda qancha hayot borligida”, demoqda. Jahongir Xo‘jayevning Ford Mustang avtomobili Andijon viloyati Marhamat tumaniga ketdi. Avtomobil Giv-tanlov g‘olibiga rasmiylashtirib berildi. Yigitali Mamajonovning intervyulardan birida “Asal Shodiyeva mening ‘vkusim’dagi qiz emas”, degani aks etgan qisqa video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Aktrisaning muxlislari Yigitalini bu so‘zlari uchun tanqid qilmoqda. Shahzoda Matchonova “O‘zingizga san’at asaridek munosabatda bo‘ling!”, demoqda. Tarqalib ketgan “Ummon” guruhi vakili Zohid “So‘ramaydi” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi. Farhod Alimov va Rayhon folloverlarini sport bilan shug‘ullanishga undamoqda. Xonanda Sevinchning qizalog‘i Leyla 10 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Sevinch qizining do‘stlari uchun katta bayram tadbirini tashkillashtirdi. Dildora Niyozova navbatdagi yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
131
1,401
Madaniyat
Aktyor Murat Unalmish “Zuleyha” serialini suratga olish jarayonidagi janjaldan keyin hamkasbi Kerem Alishikni sudga berdi
Barcha uchun sevimli bo‘lgan “Zuleyha” serialini suratga olish maydonchasida keskin vaziyat hukm surmoqda. Serial aktyorlari Murat Unalmish va Kerem Alishik orasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan, deb yozadi “KinoTeka”. Ajoyib voqealarga boy “Zuleyha” seriali 3 mavsumda ekran yuzini ko‘rdi va yozgi ta’tildan so‘ng yangi mavsumni davom ettiradi. Serial syujeti 1960-yillarda sodir bo‘lgani sababli o‘sha davrga mos tarixiy binolar bilan butun shaharcha qurilgan. Shaharcha markazdan uzoqda joylashgan, shuning uchun aktyorlar va jamoa suratga olish maydonchasini tark etmaydi. Ular yaqin atrofdagi mehmonxonada yashaydi va hamisha birga bo‘ladi. Shuning uchun ham suratga olish jarayonidagi charchoqdan so‘ng tez-tez tushunmovchiliklar yuz beradi. Bu safar ikki taniqli aktyor Murat Unalmish (Demir) va Kerem Alishik (Fekeli) o‘rtasida katta janjal kelib chiqqan. Janjal shunchalar jiddiyligidan Murat Keremni haqorat uchun sudga berdi. Jurnalist Birsen Altuntashning so‘zlariga ko‘ra, voqea quyidagicha sodir bo‘lgan. 2021-yil 24-aprel kuni “Zuleyha” serialidagi otishma sahnasi Karaaxmetli qishlog‘ida suratga olingan. Suratga olish jarayonida Kerem va Murat o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Kerem ssenariyga kiritgan o‘zgarishni Murat yoqtirmagan. Shundan so‘ng ular matn borasida bahslasha boshlagan va Murat Keremni ssenariyni o‘z xohishiga ko‘ra o‘zgartirganlikda ayblagan. Nizo vaqtida Kerem Muratni haqoratlashgacha borgan. Aktyorlarni tinchlantirishning iloji yo‘qligini payqagan rejissor o‘sha vaqtning o‘zida jarayonni to‘xtatdi va bir kunlik tanaffus e’lon qildi. Avvalroq ham Kerem va Murat o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘lganida serial prodyuseri Timur Savji ularni tinchlantirgan edi. Ammo bu safar Muratning niyati jiddiy va u Kerem Alishikka qarshi “sha’n va qadr-qimmatni haqorat qilish” moddasi bo‘yicha sudga murojaat qildi. Serial aktyor va aktrisalari voqea guvohlari sifatida ko‘rsatma berishga rozi, ammo kim qaysi tomonni qo‘llab-quvvatlashi hali aniq emas. Ko‘rib turganingizdek, suratga olish maydonchasidagi voqealar “Zuleyha” seriali syujetiga qaraganda ancha qizg‘in kechmoqda.
121
2,112
Madaniyat
57 yoshli abiturient Nukus DPI musiqiy ta`lim yo`nalishiga imtihon topshirdi
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabariga ko`ra 33 yil stajga ega 57 yoshli abiturient Nukus DPI musiqiy ta`lim yo`nalishiga imtihon topshirdi. U 1962 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l tumanida tavallud topgan, 1986 yildan buyon To`rtko`ldagi 42-son umumta`lim maktabida musiqa fanidan dars berib kelayotgan Nuratdin Abdullaev. 57 yoshli abiturient Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti musiqiy ta`lim yo`nalishi sirtqi bo`limiga kirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etdi. - O`rta ma`lumotliman. Nukusdagi san`at va madaniyat bilim yurtini tugatganman. Sal kam pensiya yoshiga etay deb qolgan bo`lsam ham oliy ma`lumotli bo`lish bir umrlik orzuim edi. Orzularim armon bo`lib qolmasligi, shuningdek, zamon bilan hamnafas bo`lish va o`z bilimlarimni yuksaltirish maqsadida o`qishga hujjat topshirdim, - deydi Nuratdin Abdullaev. Akkardion musiqa asbobida o`zbek, qoraqalpoq, rus, hatto, hind musiqalarini ijro etgan Nuratdin og`a hay`at a`zolarida katta qiziqish uyg`otdi.
76
1,047
Madaniyat
Germiona Greynjer Gollivudning mashhur ayol qahramonlari reytingini boshqardi
AQShning The Hollywood Reporter jurnali film va seriallarning Gollivudda mashhur bo‘lgan ayol qahramonlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Germiona Greynjer. Kadr: YouTube Birinchi o‘rin britaniyalik aktrisa Emma Uotson ijro etgan “Garri Potter” haqidagi filmlar qahramoni Germiona Greynjerga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni Kerri Fisher o‘ynagan malika Leya (“Yulduzlar jangi”) egalladi. Uchinchi o‘ringa Sara Mishel Gellar o‘ynagan Baffi Sammer (“Baffi —vampirlar qironi”) loyiq ko‘rildi. Gollivudda ommalashgan ayol qahramonlar safidan “Podium” jurnali bosh muharriri Miranda Pristli (Meril Strip, “Iblis Prada kiyadi”), agent Dana Skalli (Jillian Anderson, “Maxfiy materiallar”), Deyeneris Targariyen (Emiliya Klark, “Taxtlar o‘yinlari”) ham o‘rin oldi. Reyting Gollivud rejissorlari, aktyorlari va boshqa kino arboblari fikrlari asosida tuzildi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
77
1,043
Madaniyat
O‘zbekistonlik Shahzodalar delfin bilan qanday usulda rasmga tushadi? Rasmga tushganidan keyin nima deydi?
2016-yil yanvarida xonanda Shahzoda Instagram’dagi sahifasida delfin bilan birga tushgan suratini e’lon qilib, “Yana bir orzuim amalga oshdi. Xudoga shukur”, deb yozgandi. Facebook / Shahzoda 2016-yil noyabrida esa aktrisa Shahzoda Muhamedova deyarli shu holatni takrorladi. U delfinlar bilan xonanda Shahzoda kabi suratga tushib, “Orzularim doim ushaladi. Alhamdulillah”, deb yozdi. Yana bir aktrisa — Shahzoda Matchonova esa hamma mashhur Shahzodalar orasida birinchi bo‘lib delfin bilan suratga tushgan ekan! (“Daryo” o‘quvchilarga rahmat!). Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
106
704
Madaniyat
Frederik Starr: O`zbekiston madaniy merosi aysbergga o`xshaydi
Toshkentda "O`zbekiston madaniy merosini saqlash va o`rganish bo`yicha loyihalar" 2018 yil yakunlari. 2019 yil "Yo`l xaritasi" xalqaro multimedia forumi davom etmoqda. Nufuzli tadbirning rasmiy ochilishida so`zga chiqqan taniqli sharqshunos olim, AQShning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyati ilmiy kengashi a`zosi Frederik Starr yurtimiz va Markaziy Osiyo madaniy merosiga "aysberg" deya ta`rif berdi. – O`zbekiston va Markaziy Osiyo madaniy merosi xuddi aysbergga o`xshaydi, – dedi F.Starr. – Bu merosning faqat bir qismigina bizga ma`lum. Qolgani yashirinib yotibdi. "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plarida" loyihasi doirasida izlab topilayotgan nodir qo`lyozmalar, tarixiy ashyolar bilan "aysberg"ning ko`zdan pana qismi tobora ochilib bormoqda. Olimning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston va Markaziy Osiyo madaniy merosining 85-90 foizi bugungi kungacha etib kelmagan.
62
977
Madaniyat
45 kilo vazn tashlagan Adelning taomnomasi: xonanda kun davomida qanday ovqatlanadi?
Britaniyalik xonanda Adel avval ijodi sabab muxlislar sevgisiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, endilikda butun dunyo uning tashqi ko‘rinishidagi keskin o‘zgarishdan hayratlanmoqda. Xonanda naqd 45 kilo ozish bilan birga, o‘ziga xos bo‘lgan uslubni saqlab qolishning ham uddasidan chiqqan. Bunga mashg‘ulotlar bilan shug‘ullangani, maxsus ovqatlanishga amal qilgani orqali erishgani ta’kidlansa-da, uning o‘zi aynan qanday ozgani haqida hali hech nima demagan. Avvalroq xonanda Vogue jurnalistlarining 73 ta savoliga javob berdi. Berilgan savollar orasida qanday qilib sarvqomat bo‘lishning uddasidan chiqqani haqidagi savol ham bor edi. Qisqa videoda Range Rover mashinasidan qog‘oz paketlarni olgan Adel keyinroq oshxonasida mahsulotlarni paketdan chiqarganini ko‘rish mumkin. Xonanda unda qog‘oz paket ichidan sabzavotli sho‘rva tayyorlash uchun ko‘katlar, qovoq, bulg‘ori qalampiri va qovoqcha, shuningdek, bodring va avokado oladi. View this post on Instagram O‘zi qattiq parhezga amal qilishiga qaramay, o‘g‘li uchun pishloqli tayoqchalar, sutli kokteyl, shirin bo‘tqa va suli sotib olishini ta’kidlagan qo‘shiqchi Los-Anjelesda Marks & Spencer Food’dan xarid qilishni qo‘msayotganini qo‘shimcha qilgan. Xarid qilingan mahsulotlardan kelib chiqib, Adelning qanday ovqatlanishi haqida xulosa qilsa bo‘ladi. U o‘zi bilan bog‘liq o‘zgarishlar va ijobiy natijaga erishish uchun 2 yil ketgani haqida ma’lumot bergan. “Bu mendagi xavotir tufayli sodir bo‘ldi. Mashg‘ulotlarga borib men shunchaki o‘zimni yaxshiroq his qilishim mumkin edi. Bu ozish bilan bog‘liq emasdi, maqsad kuchliroq bo‘lish va har kuni telefonsiz, imkon darajasida o‘zimga ko‘proq vaqt ajratish edi. Mashg‘ulotlarga mukkasidan ketdim va kuniga ikki yoki uch marta shug‘ullana boshladim”. Sport bilan muntazam shug‘ullanishdan tashqari, xonanda shahzoda Garri va Pippa Middlton sinab ko‘rgan sirtfud-parhezga ham amal qilgan. Ushbu parhez organizmda moddalar almashinuvini jadallashtiruvchi, mushaklar tonusini yaxshilab, ochlik hissini kamaytiruvchi sirtuinlarning ishlab chiqarilishini faollashtirishga qaratilgan. Bunday parhezga amal qiluvchilarning sovitkichidan tovuq, yog‘siz go‘sht, grechka, soya, avokado, ko‘katlar, piyoz va sarimsoq, shuningdek, mevalar, qora shokolad o‘rin olishi kerak. Qolaversa, hafta davomida kuniga yarim soat sport bilan shug‘ullanish, zararli ovqatlardan voz kechish muhim sanaladi.
84
2,396
Madaniyat
Aktyor Alisher Uzoqov: Men talabalarga dars bermoqchiman
Ijodkor Alisher Uzoqov bugungi kun aktyorlik maktabi haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. “Yosh, iqtidorli aktyorlar kamayib ketyapti, – deb gap boshladi Alisher Uzoqov. – Yaqinda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutiga borib, ma’muriyatga uchrashib, ‘Men talabalarga dars bermoqchiman, 4 yil ichida kino uchun kamida ikki nafardan yaxshi aktrisa va aktyor chiqarib beraman’, – deb aytdim. O‘zbek kinosida porlagan so‘nggi yulduzlar – Farrux Soipov, Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabovlardan keyin pichoqqa ilinadiganlardan oxirgisi men bo‘lsam kerak. Bundan xursand bo‘lmayman, aksincha, yangi qahramonlar chiqmayotganidan afsusdaman. 30 yoshga kirdim, ikki farzandli bo‘ldim. Sochim ham to‘kilib, qiyofam ancha o‘zgargan. Xohlaymanmi, yo‘qmi endi 18 yoshli yigit rolini o‘ynolmayman. Boshqa tengqurlarimda ham xuddi shunday jarayon kechyapti. Kinomizga yangi qahramonlar, yangi chehralar kerak. Yangi filmim uchun uzoq vaqt davomida aktyor qidirdim. O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutidan ham o‘zim xohlagan aktyorni topa olmadim. Oxiri o‘sha rolni o‘zim o‘ynashga majbur bo‘ldim. Aslida bu filmda umuman ko‘rinmoqchi emasdim”.
56
1,179
Madaniyat
“Maxluqlar korporatsiyasi” multseriali davomi bo‘lgan yangi kartinaning birinchi tizeri namoyish etildi
Disney kompaniyasi “Maxluqlar korporatsiyasi” animatsion franshizasining birinchi tizerini taqdim etdi. “Maxluqlar ish vaqtida” multseriali haqida ilk bor 2017-yilda — Disney+ striming servisi ishga tushirilishidan oldin ma’lum bo‘lgandi, deb yozadi Esquire. Kadr: YouTube Yangi kartina syujeti “Maxluqlar korporatsiyasi”dagi voqealardan yarim yil o‘tgach boshlanadi. Metropolis shahri aholisi bu safar bolalar qo‘rquvi emas, balki ularning kulgisini qo‘lga kiritish niyatida. Yaqindagina universitetni tamomlagan Taylor Taskmen ismli yosh maxluq korporatsiyaga ishga kiradi. Endi u o‘qishda o‘rgangan barcha narsalarini unutishi va kulgini qo‘lga kiritishga ixtisoslashishi kerak. “Maxluqlar ish vaqtida”ning premyerasi Disney+ striming servisida 2-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Disney kompaniyasi 7 yoshga kirmaganlarga “irqchilikka oid” sahnalar mavjudligi sababli ba’zi multfilmlarni ko‘rishni cheklab qo‘ygandi.
103
923
Madaniyat
50 Cent sudda o‘zining haqiqiy hayoti haqida ko‘rsatma berdi
21-iyul kuni reper 50 Cent Manxetten Oliy sudida uning boyligi shunchaki illyuziya bo‘lganligi haqida ko‘rsatma berdi, deb xabar beradi “Tjournal.ru”. “Men qimmatbaho buyumlarni va mashinalarni do‘konga qaytarib berganman”, —dedi reper ko‘rsatmasida. Reperning advokati Forbes jurnali may oyida uning boyligini 155 million dollarga baholaganiga qaramasdan, haqiqatda bu miqdor 4,4 million dollarni tashkil etishini ta’kidladi. Shuning uchun sud 50 Cent’ga 5 million dollar to‘lash majburiyatini yuklagandan so‘ng, u bankrotlik jarayonini boshlashga majbur bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni, 50 Cent taxallusi bilan mashhur bo‘lgan reper Kyortis Jeyms Jekson III o‘zining bankrot bo‘lganligini e’lon qilgan edi.
60
715
Madaniyat
Instagram: Shahzoda san’atga qaytmoqda, Nigina Jabborova “Afandining qizlari”ni tark etdi, hashamatli “uchastka” qurdirayotgan Malika Ravshanova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Bahrom Nazarov Moskvada tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi. “Afandining qizlari”dagi Nigina guruhni tark etdi. Bu haqda uning yaqin do‘sti, shu jamoa a’zolaridan biri Muborak Abdullayeva o‘z sahifasida ma’lum qildi. Bundan tashqari, u Nigina boshqa sohada faoliyatini davom ettirmoqchi ekanini, u bilan urushmaganini, ish faoliyatini Nigora bilan davom ettirishini aytgan. Xonanda Izzat Shukurov rafiqasi Robiyaxon bilan Sharm ash-Shayxda asal oyini o‘tkazmoqda. Aktrisa Durdona Qurbonova sahifasiga yangi suratini joylashtirdi. Xonanda Malika Ravshanova Toshkentda hashamatli uy qurdirayotgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. “Sharq” guruhining a’zosi Tatyana oilasi, teleboshlovchi Jahongir Shahobiddinov va uning rafiqasi, farzandlari bilan dam olishga borgani aks etgan suratni muxlislariga ko‘rsatdi. Xonanda Shohruxxon va Asal Shodiyevani Toshkentdagi restoranlardan birida bayramona qarshi oldi. Bundan tashqari, Shohruxxonning yana bir klipida Sitora Farmonova bosh rolni ijro etgani ma’lum bo‘ldi. Aktrisa Dilnoza Kubayeva sahifasiga yangi surat joyladi va ne’matning qadriga yetish uning zavolidan asrashi haqida fikr bildirdi. Instagram Xonanda Shahzoda sahifasiga yangi surat joylab, san’atga qaytayotganiga ishora qiluvchi izoh yozdi. “Musiqadagi yangi tendensiya va yo‘nalishlar? Dangasalik va ijodiy turg‘unlik asta-sekin chekinmoqda”, — deydi xonanda. Lola oilasi bilan tog‘ yonbag‘rida hordiq chiqarayotgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi. Aktrisa Zuhra Soliyeva sahifasiga yangi suratini joyladi. Marhum aktyor Lutfulla Sa’dullayev “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda uning qizi, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ma’lum qildi. Aktrisa Luiza Rasulova yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi va odamlardan nafratlanishga vaqti yo‘qligini aytgan. Ozoda Nursaidovaning Shahzod Sultonov va Feruza Normatova juftligiga atalgan qo‘shig‘i va klipi taqdim etildi.
144
2,085
Madaniyat
Moskvada “Nukus xazinasi” nomli ko‘rgazma ochiladi
Moskvada Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeyida 2017-yil 6-aprel kuni “Nukus xazinasi” nomli ko‘rgazmaning  ochilishi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi UzDaily. Ko‘rgazma tashkilotchilari O‘zbekiston madaniyat vazirligi, Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat muzeyi, Aleksandr Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeylaridir. Ko‘rgazmada Igor Savitksiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi to‘plamidagi ishlar namoyish etiladi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan O‘zbekiston hududining madaniy va qadimiy sivilizatsiya markazi — Xorazmdan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan 13 ta qadimiy va o‘rta asrning noyob asarlari o‘rin egallagan. Shuningdek, ko‘rgazmada O‘zbekistonning qadimiy etnik guruhlaridan bo‘lgan qoraqalpoq xalqining 24 ta haykaltaroshlik san’ati namunalari ham namoyish etiladi. Ekspozitsiyaning uchinchi qismi XX asr san’atining oxiriga qadar o‘rganilmagan 196 rus va o‘zbek avangard asarlari o‘rin olgan. Ko‘rgazma 2017-yilning 6-aprelidan 10-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.
50
1,049
Madaniyat
Anjelina Joli siyosatga kirib borishi mumkinligiga shama qildi
Gollivud aktrisasi Anjelina Joli intervyularidan birida kelajakda kinodan siyosatga o‘tish ehtimolini ko‘rib chiqayotganiga shama qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. Aktrisa AQShdagi siyosiy vaziyatni, ijtimoiy tarmoqlarni, jinsiy zo‘ravonlik va qochoqlar bilan bog‘liq global inqirozni muhokama qilgan. Undan prezidentlikka nomzodlar orasida paydo bo‘lishi ehtimoli haqida so‘ralganda, u qat’iy javobdan qochgan va “rahmat” deb javob bergan. “Agar mendan 20 yil avval siyosatga o‘tishim mumkin yoki yo‘qligi haqida so‘ralganda, men bundan kulgan bo‘lardim. Men har doim kerakli joyda bo‘lishimni aytaman, biroq men siyosatda kerakmanmi… Shunday bo‘lsa ham, men hukumat, harbiylar bilan ishlay olaman va umuman ko‘p narsa qilishni xohlayman”, — degan aktrisa.
62
765
Madaniyat
Alisher Fayz: Bu yilgi konsertimda raqqosa Parizodaga atab bir nechta qo‘shiq kuylayman
Alisher Fayz 17—22-may kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Sevgi hikmati” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Xonanda Konsert arafasida “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida raqqosa Parizodani klip va konsertlariga muntazam taklif etishi, unga atab qo‘shiqlar aytishi sabablarini ma’lum qildi. — Raqqosa Parizoda bilan juda mos partnyorsiz. Lekin muxlislaringiz sizni qizg‘anishadi, rafiqangiz-chi? — Oilada ijodimning bu jihatlarini yo‘lga qo‘yib olganman. Shaxsan o‘zimga Parizodaning kliplarda qahramonining fe’lini to‘laqonli yetkazib bera olishi yoqadi. Muxlislarning qizg‘anishi zamiridagi ularning befarq emasligi yoqimli. Bu yilgi konsertimda Parizodaga atab bir emas, bir nechta qo‘shiq kuyladim. — Parizodaga atab har yili qo‘shiq kuylashingizning boshqa sababi ham bormi? — (Xandon otib kulib) buning sababini konsertimda qo‘shiq orqali aytaman.
87
885
Madaniyat
Gangnam Style klipi YouTube tarixida birinchi bo‘lib ikki milliard marta tomosha qilindi
Janubiy koreyalik reper PSY’ning Gangnam Style qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube tarixida birinchi marta ikki milliard marta tomosha qilinganlik ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi. Bu haqda YouTube saytida kliplar tomoshasi bo‘yicha statistika guvohlik berdi. Skrinshot: the-watershed.com 31-may kuni Toshkent vaqti bilan 18:30 da janubiy koreyalik qo‘shiqchining klipi 2 milliard 482 ming marta ko‘rilgan. 2 milliard marrasiga esa shanba kuni ertalab yetib kelgan. Videolavha YouTube’da ommalashgan boshqa kliplarni katta farq bilan ortda qoldirmoqda. Masalan kanadalik ijodkor Jastin Biberning Baby qo‘shig‘i klipi bir milliard martadan ko‘proq ko‘rilgan bo‘lsa, Ylvis guruhining The Fox klipi bor-yo‘g‘i 415 million marta tomosha qilingan.
88
736
Madaniyat
Nuriddin HAMROQULOV: “To`ydan yig`lab qaytgan kunim ham bo`lgan...”
Ajab sirlar bormish subhi saboda, Umr aks etarmish oqar daryoda. Umid yulduzlari porlar samoda, Men baxtim topgayman qay dilrabodan Bizni ham sevguvchi bordir dunyoda... O`zbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulovning taronalari o`z davrida musiqaga oshno yuraklarga to`fondek otilib kirgandi. Shu boismi, turli yoshdagi muxlislarga ega san`atkorning qo`shiqlari bugungi kunda ham o`z qadrini yo`qotgani yo`q. Ularni hamon sevib tinglovchi, sog`inguvchilar va qo`shiqlarini qayta-qayta kuylovchilar ko`p...   “Birinchi ustozim radiokarnay edi...” — Ajdodimizda san`atkorlar yo`g`-u, lekin onam rahmatli dutor chertishga ko`p havasmand edi. Yangi kelinlik davrida otam rahmatli bir qop bug`doyni sotib, puliga dutor sotib olib bergan ekan. Bolaligim urushdan keyingi qahatchilik yillariga to`g`ri kelgandi. U paytlarda hamma ro`zg`or tashvishidan boshqa narsani o`ylamasdi. Mening musiqaga ishtiyoqim bilan birovning ishi ham, rag`bati ham bo`lmagan. Ko`chamizdagi simyog`ochga katta radiokarnay o`rnatilgandi. Mol-hol, dastyorlikdan ortgan bolalar o`sha radiokarnaydan Jo`raxon Sultonov, Ma`murjon Uzoqov, Halima Nosirova, Ortiqxo`ja Imomxo`jaev, Zaynab Polvonova, Faxriddin Umarov kabi san`at ustalarining xonishlarini eshitardik. Konsertlar qay vaqtda efirga uzatilishini yoddan bilganim uchun, yumushlarimni shu vaqtga to`g`rilab bitirib, jon qulog`im bilan ashula eshitishga oshiqardim. O`sha radiokarnay menga birinchi musiqiy saboq vazifasini o`tagan. Sahnaga ilk qadam... — Yoshligimdan qiziquvchan bola edim, nuqul o`zimdan kattaroq, bilimdonroq, tajribaliroq bolalar bilan o`rtoq bo`lishga intilardim. Ulg`ayganimdan keyin ham doimo olim-u fuzalolar davrasiga oshiqdim, ularning suhbati, o`gitlaridan bahramand bo`lish, tajriba orttirishga harakat qilardim. O`rta maktabni bitirganimdan keyin Madaniyat uyi qoshidagi Xalq teatriga qatnashib yurdim. 1967 yili Yo`ldosh Oxunboboev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatriga ishga o`tdim. Bu sahnada “Nurxon”, “Ravshan va Zulxumor”, “Oshiq G`arib”, “Farhod va Shirin” kabi asarlar o`ynalardi. Menga ham bu mashhur spektakllardagi bosh rollar nasib etdi. Chunki qahramonlar albatta kuylashi kerak bo`lardi. Qo`shiqlarda obraz yaratishni teatrda o`rganganman. Yuz, ko`z ifodalari, tana harakatlari, talaffuz... Teatrdagi faoliyatim keyingi ijodiy muvaffaqiyatlarimga o`z hissasini qo`shdi, deya olaman. “Katta mojaro bo`lgan” — Teatrda faoliyat yuritish davomida yakkaxon xonandalik haqida ko`p o`ylardim. 1980 yilda Andijonda filarmoniya ochildi. Yakkaxon qo`shiqchilik faoliyatimni o`sha joyda boshlaganman. “Nargiz” ansamblini tuzganmiz. 80-yillarda birinchi bo`lib lirik qo`shiqlarning ichiga vokal cholg`u ansambllarini elektron asbob sintezator gitaralarni olib kirganman. Mengacha lirik qo`shiqlarda hech qachon gitara sintez chalinmagan. Yangilikka doim qarshi turuvchilar topiladi. “Bu ansambling bilan televizorga chiqarmaymiz”, degan katta mojaro bo`lgan. Konsert qilganda shu asboblar bilan konsert qilmaydigan bo`lsam, chiqmay qo`ya qolaman, deganman. Bu masala kattalashib, Markazkomgachayam etib borgan. Lekin hayriyatki, u erda menga ruxsat berishib elektrogitara sintezatorlarni o`zbekona usulda chaliib olib chiqqanmiz. “Qattiqqo`l ota bo`lishga harakat qildim” — Teatrda faoliyat yuritayotganimga bir yil bo`liboq meni uylantirish masalasi ko`ndalang qo`yildi. Sanobarxon bilan qo`shni bo`lib ulg`ayganmiz. “Shu qiz senga ma`qulmi?” “Hali yosh-ku, buningiz?” “Yosh emas, bu yil 18 ga to`larkan”, “Sizlarga ma`qul bo`lsa bo`pti-da...” degan savol-javoblardan so`ng kelinlikka nomzod bir ovozdan ma`qullanib, to`y taraddudi boshlanib ketdi. 1968 yilning 5 sentyabrida turmush qurdik. Ikki qiz, ikki o`g`ilning ota-onasi bo`ldik. Oilada farzandlarimni erkalatib yubormaslikka, qattiqqo`l ota bo`lishga harakat qildim. Lekin shirin so`zimni ham ayamadim. Yaratganga shukronalar aytamanki, ota sifatida g`ururlansam, arziydigan farzandlar bo`lib etishishdi. Oybekning san`atkor bo`lishiga qarshilik qilib, huquqshunoslikni maslahat bergandim. Ammo u san`at yo`lini tanladi. Donobek o`g`lim Yuridik institutni tugatgan bo`lsa-da, qo`shiq kuylayapti. Baribir qonda bori, yuzaga chiqmay iloji yo`q ekan. Shuncha yil umringni bag`ishlangan ishingni farzandlaring davom ettirayotgani ham baribir yoqimli. “To`ylarning mas`uliyati katta edi...” — Kechasi xizmatdan qaytganimda eshigim oldida turli viloyatlardan kelgan mashinalari qator tizilib turardi. Ba`zilari meni kutib mashina ichida mudrab qolishgan ham bo`lardi. Poyloqchilarni bezovta qilmaslik uchun orqa ko`chadan aylanib, mashinamni qo`shninikiga qoldirib, o`rtadagi darchadan uyga kirardim. Ertalab uyqudan uyg`onishim bilan ularni chaqirib, dasturxon yozib muomala qilardim. Qozonda qaynab turgan sho`rvadan yarim kosadan ichib, to`y kunini belgilardik. Xalqimizning tabiati qiziq, bir nimani niyat qildimi, amalga oshirmaguncha qo`ymaydi. Bolasi tug`ilgan kunda “yo Sherali, yo G`ulom, yo Nuriddinni olib kelaman,” deb ko`ngliga tugib qo`ysa, bu niyat ovoza bo`lishga ham ulguradi. Bu niyatini ko`ngilga tugib, qancha chaqirim yo`l bosib keladi-yu, bormay bo`ladimi? Mavsum payti to`yni to`yga ulab, bir hafta, o`n kun deganda uyga qaytardik. Va`da berib qo`yilgan 20-30 ta to`yni o`ylab, doim elkamni tog` bosib turganday bo`lardi. Bir yili andijonlik qadrdonim to`y qiladigan bo`ldi. Vaqtim bilan hisoblashib kunini belgiladi. Qayta-qayta so`rab, va`damni oldi. Qadrdonimni ishontirdim. Lekin to`yga uch kun qolganda meni Obkomga chaqirib, boshqa bir vazifani bo`ynimga qo`yishdi. Ya`nikim, do`stimning to`yi kuni men boshqa bir to`yga borishim kerakligi qat`iy uqtirildi. “Kechirasiz-u, o`sha kuni men bir insonning to`yiga borishni va`da qilganman....To`y ataylab men band bo`lmagan kunga belgilangan. Lafzsizlik qilish juda noqulay” deya gapirdim. Lekin “Bormay ko`ringchi...” degan javobni oldim. Obkomdan chiqiboq, ming xijolat bilan bor gapni to`y egasiga tushuntirdim. Uning “Boravering...” deya aytgan o`kinchli so`zlari meni batttar ezdi. Ko`nglim vayron bo`lib yo`lga tushdim. O`sha mendan boshqa ko`plab hofizlar xizmat qilayotgan to`yda to`rttagina ashula aytdim. Xayr xo`shlashib, to`yxonadan uzoqlashar ekanman xjolat, alam va ilojsizlikdan ko`zlarimga yosh keldi. Uyga etib borgunimcha “Nuriddin Hamroqulov kelarkan...” degan ovozasi tarqalgan to`y allaqachon tugab, tong yorisha boshlagandi... Ana shunaqa voqealar ham bo`lib turardi.  Hayotiy haqiqatlar… — Insonning 25 yoshgacha bo`lgan katta-kichik nuqsonlari “yoshlik-beboshlik”ka yo`yilarkan. Ammo undan u yog`iga hayotning jiddiy va asosiy davri boshlanadi. Risoladagidek oila qurish, farzand ko`rib, o`zi istaganidek tarbiyalash, uyli-joyli qilish bilan birga davlat ishini ham eplash, mahalla ko`yda obro` orttirish... Ana shulardan eson-omon o`tib, etmishga etib olish qahramonlik ekan. Negaki, umringizning eng qiyin davri ham shu oltmishgacha bo`lgan davr. Bundan keyin yo`qotiladigan narsaning o`zi yo`q, sog`liq ham, quvvat ham sarflab bo`lingan. Farzand tarbiyasi ham yo to`g`ri, yo noto`g`ri tomonga yo`naltirilgan. To`g`ri bo`lsa osh eysiz, noto`g`ri bo`lsa toshga ro`para bo`lasiz. Siz birovning mushugini “pisht” deyolmaganingizday, birovning ham sizning mushugingiz bilan ishi yo`q. U yog`iga sakson, to`qsonni ko`zlab ketaverasiz... Ilohim, qariganda o`tgan umridan minnatdor bo`lib yashash har bir insonga nasib etsin. Tuhfa NAZAROVA suhbatlashdi
67
7,381
Madaniyat
Priti Zinta o‘z ijrosidagi yangi film - “Parijdagi Ishq”ga prodyuserlik qildi
Bollivud olamida anchadan beri ko‘rinmay qolgan latofatli aktrisa Priti Zinta “Parijdagi Ishq” (Ishkq in Paris) filmi orqali yana ijodga qaytdi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa ushbu filmga o‘zi prodyuserlik va hammualliflik qilgan. Film voqealari muhabbat shahri hisoblanmish Parijda bo‘lib o‘tadi. Kartina bir-biriga mutlaqo begona bo‘lgan ikki yosh – Akash (Rexan Mallik) hamda Ishq (Priti Zinta) haqida hikoya qiladi. Ular Rim-Parij yo‘nalishidagi poyezdda tasodifan uchrashib qolishadi va shu kuni romantikaga boy shaharda birgalikda qiziqarli damlarni boshdan o‘tkazishadi. Tong otgach esa ular hayrlashmay ajraladilar . Ishq keyinchalik kuchli va mustaqil qizga aylanadi. Akash esa Parijda tasodifan uchratib qolgan qizni sira unuta olmaydi. Kunlar o‘tib, ular yana Parijda ko‘rishib qoladilar. Ammo bu uchrashuv Parijdagi ishqqa aylanarmikin? Bosh rol ijrochilari - Rehan Mallik va Priti Zinta. Melodrama va komediya janrida suratga olingan ushbu filmda Salmon Xon, fransuz aktrisasi Izabel Adjani, Shekhar Kapur kabi aktyorlar ham qiziqarli rollar ijro etishgan. Filmda Salmon Xon ham epizodik rol ijro etgan. Priti Zintani sog‘ingan muhlislarga hamda romantikaga boy ishqiy sarguzashtni tomosha qilishni istaganlarga mazkur filmni tavsiya qilamiz.
77
1,260
Madaniyat
Otabek Mutalxo‘jayev va yosh xonanda Xushnudning “Xayol” taronasiga ishlangan klip muxlislar e’tiboriga havola etildi (video)
Iste’dodli xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Otabek Mutalxo‘jayev ijodidagi duet taronani yosh xonanda Xushnud bilan ijro etdi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”. Ko‘pchilik tomonidan intiqlik bilan kutilgan tarona noodatiy yo‘nalishda tayyorlanishi aytilgan edi. “Xayol” deya nomlangan qo‘shiq tayyorlanishida mahoratli ijodkor Siyovush Ramazonov bilan hamkorlik qilindi. Bir necha oy davomida professional ijodkorlar tomonidan tayyorlangan ijod namunasi nihoyat mukammal ravishda muxlislar e’tiboriga havola etildi. Qo‘shiq ilk tinglovchilarga ma’qul kelib, ularning olqishlariga erisha oldi. Videoklip Shuhrat Mavlonov tomonidan suratga olingan. Ham syujet, ham trek yo‘nalishida tayyorlangan klip sifatli va o‘ziga xos, o‘z o‘rnida qo‘llanilgan kompyuter grafikasi bilan yanada yorqinroq ko‘rinishga ega bo‘lgan. Klipda Otabek Mutalxo‘jayev va Xushnudning obrazlari ham mahorat bilan yaratilganini e’tirof etish zarur.
125
927
Madaniyat
Behzodning dahosi. O`zbekistonda birinchi marotaba Sharqning buyuk miniatyurachi musavviri haqida suratli albom yaratiladi
“O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi va O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati “Kamoliddin Behzod –  Moniyni hijolat qilib” noyob miniatyuralar albomini chiqarishga tayyorgarlik ko`rmoqda. Albomni tayyorlash sirlari haqida uning mutasaddisi Zuhra Rahimova shunday deydi:   – Bu yil o`rta asrlarning taniqli miniatyurachi musavviri Kamoliddin Behzodning 565 yilligi munosabati bilan “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi muallifi va rahbari F. Abduxoliqov milliy va xorijiy kitobxonlar uchun suratlarga boy kitob-albom yaratish g`oyasini ilgari surdi. Behzod O`zbekiston madaniyatida alohida o`rin tutadi, chunki uning ijodi XVI asr boshlarida mahalliy Buxoro maktabining shakllanishiga katta ta`sir ko`rsatdi va zamonaviy miniatyurachi musavvirlar ko`pincha o`z asarlarida uning ko`plab ishlaridan foydalanadilar. Toshkentdagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, miniatyura muzeyi, maktablar, stipendiyalarga Behzod nomi berilgan.   Albom chop etish g`oyasi nihoyatda dolzarbdir, chunki K.Behzod ijodiga juda ko`p asarlar bag`ishlangan bo`lishiga qaramay, respublikamizda ular asosan mutaxassislargagina ma`lum. Bu kitob-albomning chop etilishi shunisi bilan ham ahamiyatliki, O`zbekistonda haligacha keng o`quvchilar doirasi va birinchi navbatda yoshlar uchun mo`ljallangan bunday nashr hali bo`lmagan.   Ushbu albomning asosiy vazifasi musavvir ijodining asosiy yo`nalishlarini tavsiflash, shuningdek, nima uchun Behzod o`z davrida juda mashhur bo`lgani va nega u hanuzgacha Sharqning eng buyuk miniatyurachi rassomlaridan biri sanalishi haqidagi savolga javob izlashdir.   Albom haqida   “Kamoliddin Behzod –  Moniyni hijolat qilib” kitob-albomiga miniatyurachi musavvirning dunyo kolleksiyalarida mavjud taniqli va ommaga ma`lum  bo`lmagan asarlari kiritiladi. Unda Londondagi Britaniya kutubxonasi, Vashingtondagi Frir galereyasi, Istambuldagi To`pqopi saroyi to`plami, Tehrondagi Guliston saroyi kutubxonasi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyi va Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasi, shahzoda Sadruddin Og`a Xonning Jenevadagi kolleksiyasidan bo`lgan miniatyuralar jamlanadi.   Albomda Behzodning turli janrlarda yaratilgan asarlari, uning obrazlarni yaratishdagi o`sha davrning ma`naviy madaniyati zamiridagi chuqur falsafiy fikrlarni etkazish uchun foydalangan o`ziga xos uslubi o`rganiladi.   Albom matnli qismdan va buyuk musavvirning yurtimizda deyarli ma`lum bo`lmagan ko`plab asarlari reproduksiya ko`rinishida jamlangan ilovadan iborat bo`ladi.
122
2,560
Madaniyat
Jeyms Bond haqidagi yangi film qayerda suratga olinishi ma’lum bo‘ldi
Jeyms Bond haqidagi yangi filmning suratga olish ishlarining bir qismi Italiya janubidagi Matera shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. Aholisi 600 kishidan iborat bo‘lgan shaharga suratga olish maydonini tayyorlash maqsadida 500 ga yaqin mutaxassislar tashrif buyurgan. Suratga olish ishlari esa iyul oyi oxirlariga mo‘ljallangan.
69
354
Madaniyat
Floridada noma’lum erkak xonanda Kristina Grimmini otib, so‘ng joniga qasd qildi
AQShning Florida shtatida Kristina Grimmining konsertidan so‘ng noma’lum erkak xonandaga qarata o‘q uzdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda. Voqea 10-iyun kechasi Orlandoda ro‘y berdi. Kristina Grimmi va Before You Exit guruhi a’zolari konsertdan so‘ng muxlislarga dastxat berayotgan edi. Shu paytda noma’lum erkak qo‘shiqchiga qarata o‘q uzdi. Kristinaning akasi jinoyatchini ushlab qolishga harakat qildi, ammo u o‘zini otib o‘ldirdi. Xonanda og‘ir ahvoldaligi aytilmoqda.
80
503
Madaniyat
Shahzoda Matchonova ilk marta ona bo‘ldi
Aktrisa Shahzoda Matchonova ilk marta ona bo‘ldi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. “49 kun avval mening qizim Raniya dunyoga keldi”, — deb yozadi aktrisa. Avvalroq aktrisa folloverlarining savollariga javob berar ekan, birinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib, ikkinchi marta turmush qurgani haqida gapirgan edi.
40
331
Madaniyat
Yangi yilda ko‘rish tavsiya qilinadigan 100 ta film (foto)
“Lifehacker.ru” nashri tomonidan Yangi yil kunlari bayromana kayfiyat ulashadigan, sehrli 100 ta film ro‘yxatini taqdim etdi. Qulaylik uchun filmlar mavzusiga qarab alohida guruhlarga ajratilgan. Barchaga birdek yoqadigan, vaqt sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan Yangi yil klassik filmlari. Ushbu filmlarsiz Yangi yil bayrami odatdagidek o‘tmaydigandek tuyuladi. Yangi yil filmlari, klassika 1. “Bu ajoyib hayot”, 1946-yil. 2. “Bayramona mehmonxona”, 1942-yil. 3. “200 ta sigareta”, 1999-yil. 4. “Gremlinlar”, 1984-yil. 5. “Grinch Yangi yil o‘g‘risi”, 2000-yil. 6. “Uyda yolg‘iz”, 1990-yil. 7. “Hayotiy muhabbat”, 2003-yil. 8. “Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo‘ling!”, 1975-yil. 9. “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”, 1973-yil. 10. “Omadli jentlmenlar”, 1971-yil. 11. “Qizlar”, 1961-yil. 12. “Qozonlik yetimcha”, 1997-yil. 13. “Menga tikilish uchun kel”, 2000-yil. 14. “Ayozbobo”, 1964-yil. 15. “Omad kulib boqqanda”, 1968-yil. Yangi yil ertagi haqidagi multfilmlar 16. “Rojdestvodan oldingi oqshom”, 1951-yil. 17. “O‘n ikki oy”, 1956-yil. 18. “Rojdestvodan oldingi dahshatlar”, 1993-yil. 19. “Annabel”, 1997-yil. 20. “Sohibjamol va mahluq: Mo‘jizali Rojdestvo”, 1997-yil. 21. “Shimoliy qutb ekspressi”, 2004-yil. 22. “Rojdestvo voqeasi”, 2009-yil. 23. “Santaning shogirdi”, 2010-yil. 24. “Santaning mahfiy missiyasi”, 2011-yil. 25. “Santa Klausning mahfiy xizmati”, 2011-yil. 26. “Tush qo‘riqchilari”, 2012-yil. 27. “Qor malikasi”, 2012-yil. 28. “Muz yurak”, 2013-yil. 29. “Santani qutqarish”, 2013-yil. 30. “Qor malikasi 2: Qayta muzlatish”, 2014-yil. G‘aroyib qish manzaralaridan bahramand bo‘lish mumkin bo‘lgan filmlar 31. “Vaqt qo‘riqchisi”, 2011-yil. 32. “Kichkina ayollar”, 1994-yil. 33. “Intuitsiya”, 2001-yil. 34. “Dikanka yaqinidagi fermada o‘tgan oqshomlar”, 1961-yil. 35. “Noel”, 2004-yil. 36. “Alp ertagi”, 2005-yil. 37. “Oltin kompas”, 2007-yil. 38. “Mayamilik muzlab qolgan ayol”, 2008-yil. 39. “Rojdestvo koteji”, 2008-yil. 40. “Jek Frost”, 1998-yil. 41. “Qora chaqmoq”, 2009-yil. 42. “Samanta: Amerikalik qizaloqning ta’tillari”, 2004-yil. 43. “12 ta Rojdesto uchrashuvi”, 2011-yil. 44. “Rojdestvo shamlari”, 2013-yil. 45. “Manhetten ustidagi omela”, 2011-yil. Mo‘jizalarga ishontiruvchi filmlar 46. “Eski yangi yil”, 2011-yil. 47. “Oilaparvar”, 2000-yil. 48. “Sen uxlaganingda”, 1995-yil. 49. “34-ko‘chada yuz bergan mo‘jiza”, 1994-yil. 50. “Santa-Xryakus: qo‘rqinchli ertak”, 2006-yil. 51. “Rojdestvo uchun boyfrend”, 2004-yil. 52. “Yangi yil tarifi”, 2008-yil. 53. “Rojdestvoda men istagan tilaklar”, 1991-yil. 54. “Archalar”, 2010-yil. 55. “Juda yomon Santa”, 2003-yil. 56. “Rojdestvosiz yashagan shahar”, 2001-yil. 57. “Mo‘jizalar mavsumi”, 1999-yil. 58. “Jonatan Tumining Rojdestvo mo‘jizasi”, 2007-yil. 59. “Medeyaning Rojdestvosi”, 2013-yil. 60. “Rojdestvo maktublari”, 2010-yil. Oila davrasida tomosha qilish mumkin bo‘lgan filmlar 61. “To‘rtta Rojdestvo”, 2008-yil. 62. “Yangi yil ta’tillari”, 1989-yil. 63. “Rojdestvo tarixi”, 1983-yil. 64. “Oilaga salom!”, 2005-yil. 65. “Fred Klaus, Santaning ukasi”, 2007-yil. 66. “Rojdestvo uchun sovg‘a”, 1996-yil. 67. “Elf”, 2003-yil. 68. “Mening o‘g‘lim”, 2002-yil. 69. “Rojdestvoda uyda bo‘laman”, 1998-yil. 70. “Rojdestvoni yashab o‘tish”, 2004-yil. 71. “Hush kelibsiz yoxud qo‘shnilar kirishi man etilgan”, 2006-yil. 72. “Yangi yil muborak, onalar!”, 2012-yil. 73. “Maktublardagi sevgi”, 2005-yil. 74. “Erkaklar yana nima haqida gapirmoqda”, 2011-yil. 75. “Bayram bilan hech nima tenglasha olmaydi”, 2008-yil. 76. “Farishtalar qo‘shiq kuylaganda”, 2013-yil. 77. “Charli va shokolad fabrikasi”, 2005-yil. 78. “Qo‘ng‘iroqsoch Syu”, 1991-yil. 79. “Rojdestvoni qiynoqqa soluvchi – Dennis”, 2007-yil. 80. “Prezident va uning nevarasi”, 1999-yil. Barcha davrlarning Yangi yil haqidagi eng yaxshi filmlari 81. “Rojdestvo ruhlari”, 1999-yil. 82. “Rojdestvo haqida yangi ertak”, 1988-yil. 83. “Shunchaki do‘stlar”, 2005-yil. 84. “Ta’tillar almashganda”, 2006-yil. 85. “Tosh yong‘oq”, 1988-yil. 86. “Garold va Kumarning halokatli Rojdestvosi”, 2011-yil. 87. Santa Klaus”, 1994-yil. 88. “Karnaval oqshomi”, 1956-yil. 89. “Brijit Jons kundaligi”, 2001-yil. 90. “Krampus”, 2015-yil. 91. “8 ayol”, 2001-yil. 92. “Sen nima deysan?”, 2007-yil. 93. “Ijaraga oila”, 1997-yil. 94. “Yo‘qolgan Yangi yil”, 2011-yil. 95. “Yangi yil bilan”, 2005-yil. 96. “Rojdestvo bo‘sasi”, 2011-yil. 97. “Chestnat ko‘chasidagi Rojdestvo”, 2006-yil. 98. “Rojdestvo taxti”, 2015-yil. 99. “Aynan Rojdestvo oldidan”, 2015-yil. 100. “Rojdestvo jumbog‘i”, 2013-yil.
58
4,512
Madaniyat
Shohruxxon va Asal Shodiyevaning asal oyidan birinchi video
5-iyun kuni nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan Shohruxxon va Asal Shodiyeva, katta ehtimol bilan, asal oyi safariga yo‘l olgan. Kadr: Instagram / @_shohruhhon_ 24-iyun, juma kuni Shohruxxon Instagram’dagi sahifasida Singapur safar vaqtida olingan qisqa videolar jamlanmasini e’lon qilgan. Videoda Asal Shodiyevani ham ko‘rish mumkin. 25-iyun, shanba kuni Asal Shodiyeva ham, Shohruxxon ham katta minion oldida tushgan suratlarini e’lon qilgan. Foydalanuvchilarning qayd etishicha, bu suratlar Singapurdagi Universal Studios Singapore parkidagi Minion Mart’da olingan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
59
719
Madaniyat
Instagram: “Qalpoq”chilarning Yulduz Usmonovaga parodiyasi, Shavkat Komilov oilasidagi judolik, Aziz Rametov qachon uylanadi?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. 8-may kuni xonanda Dilso‘z tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Nargiza Salmonovaning turmush o‘rtog‘i Emrah Sayan sahifasiga uzoq tanaffusdan so‘ng aktrisa bilan tushgan suratini joyladi. Munisa Rizayeva Dubayda hordiq chiqarmoqda. Malika Ravshanova navbatdagi video bilan folloverlarini ta’sirlantirdi. Videoda og‘ir kasal yotgan ayolga xonanda “Bu mening onam” qo‘shig‘ini kuylab berayotgani aks etgan. Bollivud aktrisasi Priti Zinta koronavirusga qarshi vaksina oldi. Lola yangi obrazda folloverlariga ko‘rinish berdi. “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvida Yulduz Usmonovaning Marg‘ilon hokimligiga murojaat qilib, “Ertaga men o‘lsam, butun dunyodan ziyoratchilar keladi, uyalib qolasizlar”, degan gapiga parodiya namoyish etildi. Ushbu qisqa video ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda. Shahzoda Muhammedova yangi surati ostiga baxt formulasi haqida yozib qoldirdi. Aktyor va rejissor Shavkat Komilov Ramazon oyining so‘nggi jumasida buvisi vafot etganini ma’lum qildi. Yulduz Rajabova esa Sharm al-Shayxdan ko‘rinish berdi. Saida Rametova 33 yoshli o‘g‘li Aziz Rametovni qachon uylantirishi haqidagi savolga javob berdi.
125
1,256
Madaniyat
Eronda Mirzo Ulug`bek va Alisher Navoiy bitiklari aniqlandi
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori birinchi o`rinbosari Tursunali Qo`ziev va Toshkent viloyati madaniy meros boshqarmasi boshlig`i Mansur Isroilovning Eron Islom Respublikasiga O`zbekistonning Erondagi elchixonasi ko`magida amalga oshirgan xizmat safari davomida Mirzo Ulug`bek va Alisher Navoiy bitiklari topilgani ma`lum bo`lgan. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.  “Eronning shimoli-g`arbida Temuriylar davrining ko`plab madaniy meros obidalari mavjud. Amir Temur Eronga tashrifi davomida Mashhad provinsiyasidagi Toyinobod shahrida shayx Abu Bakr Zayn-ul Obiddin Toyyibiniy bilan uchrashgan va u bilan do`stlashib qolgan. Uzoq yillar davomida u bilan yozishib turgan. Ushbu do`stlik hurmati Amir Temurning o`g`li Shohrux Mirzo Toyinobod shahrida ajoyib masjid qurdiradi. Masjid bugungi kunga qadar saqlanib qolgan va ko`plab allomalarimizning do`stona munosabatlarini o`zida muhrlagan. Shunisi diqqatga sazovorki, ko`p hukmdorlar va taniqli arboblar bu masjidga kelib, namoz o`qishni o`zlari uchun sharaf deb bilishgan. Masjidning devorida yuqori martabali mehmonlar uchun hurmat devori bo`lib, ularda mehmonlar o`z tilaklari yoki bitiklarini yozib qoldirishgan. Ularni ko`zdan kechirayotib, ajoyib yangilik – Mirzo Ulug`bek va Alisher Navoiy bitiklarini kashf etdik”, - dedi T.Qo`ziev. Ta`kidlash joizki, Prezidentimizning 2021 yil 19 iyundagi “O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovasion rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 5150-son Qarorida madaniy meros obektlarini restavrasiya qilishda Eron va Turkiya davlatlaridan malakali mutaxassislarni O`zbekistonga taklif qilish va ular ishtirokida asrashga doir ishlarni tashkil etish belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta`minlash maqsadida 2022 yilning mart oyida Eronga xizmat safari tashkil etildi. Ma`lum qilinishicha, ayni damda ulug` allomalarimiz bitiklarini ilmiy jihatdan o`rganishga doir ishlar olib borilmoqda.
59
2,047
Madaniyat
Instagram: Jahongir Otajonovning Prezident bilan uchrashgan qiyofadoshi, tug‘ilgan kunini nishonlagan Sitora Farmonova, Sevinchdan ajabtovur raqs
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Sitora Alimjonova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Dilnoza Kubayeva Milliy teatr hovlisini supurayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda. Jahongir Otajonov Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotida o‘tirgan qiyofadoshining surati bilan bo‘lishdi. Sitora Farmonova 20-avgust kuni 37 yoshni qarshi oldi. Aktrisa tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonladi. Turk aktyorlari Tolga Saritash va Engin Akyurek yangi loyihada birgalikda suratga tushmoqda. Munisa Rizayeva ta’mirdan chiqqan Tashkent City’dagi uyini muxlislariga ko‘rsatdi. Ziyoda folloverlari bilan farzand tarbiyasi mavzusida suhbatlashdi. Xonanda Shirinning turmush o‘rtog‘i Nodir Zoitov onasidan erta ayrilgani haqida so‘zlab berdi. Rayhon Asadova sahifasiga yangi surat joyladi. Sevinch Mo‘minova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida to‘y xizmatida qo‘shiq kuylab, mehmonlarni sho‘x raqslari bilan ham xushnud etdi. Bollivud yulduzi Karina Kapur ikkinchi o‘g‘lining suratini ilk marta muxlislariga ko‘rsatdi. Nilufar Usmonova “Sevimli” telekanalining “Sevimli yulduz” loyihasida do‘stlar haqida qo‘shiq kuylayotib yig‘lab yubordi. “Ha, yig‘lab yubordim. Kayfiyatingizni tushirib qo‘ygan bo‘lsam ming bor uzr. Biz ham odam, ba’zida emotsiyalarimizni yashirib tura olmaymiz. Judayam ko‘p do‘stimni yo‘qotganman. Ushbu qo‘shig‘imni kuylayotganimda oramizda yo‘q do‘stlarim yodimga tushadi. Shu sababli bu qo‘shig‘imni kam kuylayman. Kuylaganimda ham o‘zingiz guvohi bo‘lganingizdek, emotsiyalarimni yashirib tura olmayman”, — deydi Nilufar Usmonova ushbu holatga izoh berib. O‘zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina o‘zbek turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani, onasi ularning munosabatiga qarshi bo‘lgani, sportdan o‘g‘liga va’da bergani uchun ketgani haqida so‘zlab berdi. Imron “Ko‘rmasam bo‘lmas” qo‘shig‘ini plagiat deb o‘ylaydiganlarga izoh berdi. Mavluda Asalxo‘jayeva jiyani Jahongirning Mustang’ini haydab ko‘rdi.
145
2,074
Madaniyat
“Madaniyat to‘g‘risida” va “Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilmoqda
O‘tgan yil “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalarning ijrosiga qaratilgan 20 ta qonun loyihasini ishlab chiqishda tashabbuskorlik ko‘rsatdi. Shuningdek, 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilib, uning 2 tasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinishiga erishildi, deb xabar beradi O‘zA. Partiya fraksiyasi rahbari Sarvar Otamurodovning ta’kidlashicha, partiya va uning fraksiyasi tomonidan Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati ustidan samarali parlament va deputatlik nazorati o‘rnatilgani ham muhim ahamiyat kasb etdi. Har ikki idora bilan hamkorlik memorandumi imzolanib, chora-tadbirlar rejalari tasdiqlandi. Ayni vaqtda fraksiya tomonidan madaniyat sohasiga oid 2 ta — “Madaniyat to‘g‘risida” hamda “Teatr va teatr faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqilmoqda. “Turizm to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan ham faol ish olib borilmoqda.
106
983
Madaniyat
Botir Qodirov va Munisa Rizayeva duet kuylashmoqchi
So‘nggi paytlarda o‘zining original ashulalari va internet tarmog‘ida tarqalgan rasmlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortayotgan Munisa Rizayeva Botir Qodirov bilan duet kuylashi mumkin. Bu haqda Qodirov sayyod.uz saytiga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tgan. kollaj: daryo.uz “Munisa bilan duet kuylash rejamiz ayni paytda ko‘rib chiqilmoqda. U kuylashimiz mumkin bo‘lgan duetni studiyada tinglab ko‘rdi. Hozircha bir to‘xtamga kelganimiz yo‘q” dedi Botir Qodirov. Nima deb o‘ylaysiz, bu duet ijro etiladimi?
51
520
Madaniyat
O`zbekistonlik va rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan bolalarga “Parining tuhfasi ” ertak- filmi taqdim etildi
Poytaxtimizdagi Kinochilar  uyida “Yoshlar uchun kino Kunlari” doirasida “Parining  tuhfasi” film-ertagi namoyish etildi. Film- O`zbekiston Kinematografiya agentligi va VEGA (Rossiya) kinokompaniyasi hamkorligida suratga olingan. Bu Yangi O`zbekistonda, ko-mahsulot formatida   suratga olingan, bolalar uchun yaratilgan birinchi kino-ertakdir. Rejissyor- Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Farhod Mahmudov. Poytaxtimizdagi maktab o`quvchilari filmni tomosha qilishga  taklif etildilar. “Parining  tuhfasi”- O`zbekiston va Rossiyaning hamkorlikdagi ikkinchi ko-mahsulot ishi. Yaqindagina “Quyosh ta`mi” filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tgan edi. Ikkala film ham bolalar uchun yaratilgani- ramziy ma`noga ega. Ularning katta premerasi sentyabr oyida, XIV Xalqaro Toshkent kinofestivalida bo`lib o`tadi, unga har ikkala filmning suratga olish guruhlari tashrif buyurishadi”, — deya izoh berdi O`zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. “Boshida  filmni Tunisda suratga olish rejalashtirilgan edi. Ammo Moskvadagi Kinematografiya agentligi rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar chog`ida, Rossiyadagi O`zbek kinosi Kunlarida bizni  film suratga olinadigan joy sifatida- O`zbekistonni, qadimiy va mahobatli Xivani tanlashga ko`ndirishdi. Va endi,  biz na shahar tanlashda,  na  filmga hamkor tanlashda xato qilmaganimizni tushunamiz. Biz “Yangi O`zbekiston”ning  qiyofasi qanday o`zgarib borayotganini, ko-mahsulot ishlab chiqarish kabi tushunchaga munosabat qanday o`zgarganini ko`rib turibmiz. Xorijiy kinokompaniyalarning bemalol ishlashlari uchun, davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan.  Ertak-filmimiz esa, buning to`g`ridan-to`g`ri tasdig`idir, – deydi film rejissyori Farhod Mahmudov. “Parining tuhfasi” ertak-filmi- jasur yosh shahzodaning otasini og`ir xastalikdan qutqarish uchun davo izlab, ko`p sinov va sarguzashtlarni boshdan o`tkazishi va o`z sevgisini topishi haqida hikoya qiladi. Ma`lumot uchun: Farhod Mahmudov tomoshabinlarga “Baron-2”, “Ibrat"  kabi filmlar orqali tanish. Aktyorga  "Brigada" kult- serialidagi Fara  roli mashhurlik  olib kelgan.
111
2,109
Madaniyat
Kivanch Tatlitug‘, Nazan Kesal, Chig‘atay Ulusoy hamda boshqa taniqli turk aktyorlari ishtirokidagi yangi seriallar
Ko‘plab tomoshabinlar uzoq kutgan “Dengiz kabi binafsharang” seriali muxlislarga taqdim etildi, Birje Akalay esa “Qabriston” serialining 2-mavsumida suratga tushishini tasdiqladi. Turk aktyori Kerem Bursin esa yangi loyihada suratga tushmoqda. “Yandeks Dzen” turk kino olamidagi yangiliklarni taqdim etdi. Chag‘atay Ulusoy ishtirokidagi “Tikuvchi” serialining uchinchi mavsumi haqida Netflix raqamli platformasi uchun suratga olinayotgan “Tikuvchi” serialining uchinchi mavsumini suratga olish jarayonlari nihoyasiga yetmoqda. Premyerani kutish va loyiha boshlanganidan beri qizg‘in muhokama qilingan yangilik haqida xulosa chiqarish qoldi. Ushbu loyiha haqida ko‘plab shov-shuvlar mavjud. Serial 2023-yilning boshida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Unda bosh rolni ijro etgan aktyor Chig‘atay Ulusoy shaxsiy hayoti, shuningdek, suratga olish jarayonida bo‘lgan yangi loyihalar haqida gapirishni yoqtirmaydi. “Shahmaran” seriali haqida  Serenay Sarikaya va Burak Deniz ishtirokidagi “Shahmaran” serialining suratga olish ishlari nihoyasiga yetdi, serial 2022-yilning oxirida namoyish etilishi rejalashtirilgan. Birje Akalay “Qabriston” serialining ikkinchi fasli suratga olinishini tasdiqladi Birje Akalay Netflix raqamli platformasida o‘zi ishtirokidagi yana bir serial — “Qabriston” ikkinchi mavsumga uzaytirilganini ma’lum qildi. Filmni suratga olish keyingi yil boshlanadi. Serial ayollarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarni o‘rganadigan maxsus kuchlarning faoliyati haqida. Turk teleloyihalarining so‘nggi yangiliklari 2022—2023-yilning kuz-qish mavsumida yana bir turk kino loyihasi — “Klyukva sharbati” premyera qilinadi. Suratga olish ishlari boshlangan, premyeraga ham oz qoldi. Taqiqlangan sevgi haqidagi yangi serialning birinchi promo posteri o‘zaro dushman bo‘lgan ikki oila vakillarining bir-biriga oshiq bo‘lgani haqida. Serialda bosh rollarni Dog‘ukan Gyungor va Sila Turko‘g‘lu ijro etgan. “Oila” serialining suratga olish ishlari ortga surildi Turk aktyori Ibrohim Chelikko‘l asosiy rolni ijro etishi kutilayotgan “Oila” serialining suratga olish ishlari bosh rolga aktrisaning tasdiqlanmagani bois qoldirildi. Aktyorlar jamoasi asta-sekin yig‘ilmoqda,biroq hali Ibragim Chelikkolga partnyor topilgani yo‘q. “Qaqnus” seriali aktyorlari tarkibi tanlandi Boshpanasiz bolalar va insonlarning jamiyatda o‘rnini topishga yordam berish uchun intilayotgan insonlar taqdiri haqida hikoya qiluvchi “Qaqnus” serialining suratga olinishiga anchadan beri tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Birinchidan, asosiy rollar Go‘rkem Sivindik va Bashak Gyumyuljinelioluga berilgan. Bashak suratga olish boshlanishidan oldin aktyorlik tarkibini tark etgan. Sababi u Netflix raqamli platformasi loyihasida ishtirok etmoqda, serialda uning sevgilisi rolini Chagri Chitanak o‘ynaydi. Endilikda bosh rolga “Sevib qolasiz” serialidagi suratga olish ishlarini yakunlagan Ilayda Alishan ko‘rilmoqda. “Agar qirol yutqazsa” serialining suratga olish ishlari qachon boshlanadi? STAR telekanali yanvar oyida namoyish etilishi rejalashtirilayotgan Kivanch Tatlitug‘ bosh rolni ijro etadigan “Agar qirol yutqazsa” serialining premyerasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qizig‘i shundaki, ular hali yangi loyihada Kivanchning partnyori bo‘ladigan aktrisani topa olishmadi. Bosh qahramon roli uchun Beren Saat, Esre Bilgich va Yag‘mur Tanrisevsin ko‘rib chiqildi, biroq hozircha birorta aktrisa rolga tasdiqlanmagan. Loyihaning ayollar tarkibi aniqlangach, suratga olish ishlari boshlanadi. Televizor ekranlarida yana bir loyiha TRT1 telekanali ishchi nomi “Selma” deb nomlangan yangi “Go‘zal kunlar” loyihasini tayyorlamoqda. Serialning suratga olish ishlari davom etmoqda. Bosh rollarni Leyla Tanlar va Burak Dakak ijro etmoqda. Yangilik muvaffaqiyatli bo‘ladimi yoki yo‘qmi, yaqin orada ma’lum bo‘ladi. “Ovchi” nomli yangi loyiha Yangi “Ovchi” loyihasiga tayyorgarlik ishlari boshlandi, unda Ugur Gunesh asosiy rollardan birini ijro etadi. Esra Bilgich uning loyihadagi hamkoriga aylanishi mumkin. Agar aktrisa va prodyuser o‘zaro kelishib olishsa, bu aktyorlarning 3-qo‘shma loyihasi bo‘ladi. Ular “Qayta tug‘ilgan Ertug‘rul” va “Qonunsiz o‘lkalar” seriallarida birga rol o‘ynagan. Tarixiy seriallarni suratga oluvchi prodyuser Mehmet Bozdag‘ zamonaviy mavzularga murojaat qilishga qaror qildi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, “Afsona” serialining suratga olish jarayonlarini tugatgan Burak Tozkoparan asosiy rolni ijro etuvchi aktyor sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Sujet 2007-yilda sodir bo‘lgan samolyot halokati haqida hikoya qiladi, bu vaqtda Turkiya harbiy-sanoat majmuasining yetakchi muhandislari halok bo‘lgan. Rasmiy versiya bo‘yicha, falokatga uchuvchining xatosi sabab bo‘lgan, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot urib tushirilganligi sababli halokatga uchragan. Kerem Bursinning yangi loyihasi Kerem Bursin yangi “Lemi” loyihasining suratga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda turk nashrlari ma’lumot berdi. Aktyor nafaqat ushbu loyihada bosh rol o‘ynaydi, balki uni suratga oluvchi Braveborn kinokompaniyasining egasi ham hisoblanadi. Loyiha haqidagi tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. “Sipohiy” va “Janetning bolalari” seriallari tez orada teleekranlarda namoyish etiladi “Sipohiy” va “Janetning bolalari” seriali ssenariylarini o‘qish boshlandi. “Razvedka” serialiga raqib sifatida reklama qilinayotgan “Sipohiy” uchun aktyorlar tarkibi tanlab olindi. Bosh rollarni Kaan Yildirim va O‘zge Gurel ijro etadi. “Janetning bolalari” serialidagi rollar uchun aktyorlar ham allaqachon tasdiqlangan. Bosh rollar Alp Navruz va Irem Helvajio‘g‘liga berilgan. Ssenariy o‘qishdan keyingi bosqich — suratga olish, shuning uchun yil oxirigacha tomoshabinlar yana ikkita televizion loyihani ko‘radi. 2022-yilda “Oltin kapalak” taqdirlash marosimi atrofidagi shov-shuv Turk kinosining ko‘plab go‘zal vakillari ushbu mukofotdagi tanlovlarni adolatsiz deb hisoblaganliklari uchun o‘z nomzodlarini qaytarib oldi. Nazal Kesal, Vahide Perchin, Ishil Yudjisoy, shuningdek, rejissor Chagan Yimak ham tanlovda ishtirok etishni ma’qul ko‘rmadi. Disney+ va Amazon raqamli platformalaridan kutilmagan voqealar Disney+ hozircha Turkiyada faqat turk aktyorlari ishtirokidagi loyihalarni translyatsiya qilmoqda, biroq yaqin kelajakda o‘zining yevropalik obunachilariga video kontent taqdim etishni rejalashtirmoqda. Amazon raqamli platformasi o‘z resursida “Bergen” filmini translyatsiya qilish huquqini sotib oldi. Sharqiy mintaqaning ko‘plab mamlakatlari kinoteatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etilgan film platforma obunachilariga taqdim etiladi. Film 7-oktabrdan taqdim etiladi. Italiyaning “Dengiz kabi binafsharang” loyihasining Jan Yaman ishtirokidagi premyerasini muvaffaqiyatli deb atash mumkin. Serial namoyish etilganidan so‘ng 3 million 403 ming tomoshabin bilan Italiya televideniyesi loyihalari orasida 6-o‘rinni egalladi. Turk loyihalarini baholash tizimida italyan reytinglari 3 foizga tenglashtirilishi mumkin. Turkiya uchun bu yetarli emas, biroq Italiya uchun yaxshi natija hisoblanadi. Ko‘pchilik Italiyada reytinglar 20,4 foizni tashkil qiladi, deb aytgan, ammo bu televizorga ega bo‘lgan tomoshabinlar sonining serialni tomosha qilgan tomoshabinlar soniga nisbati. Ma’lum bo‘lishicha, tomoshabinlarning 20,4 foizi yangi loyihani Jan Yaman ishtiroki sababli tomosha qilishni afzal ko‘rgan.
115
7,328
Madaniyat
Kim Kardashyan, Xeyli Biber va boshqa mashhurlar qaysi mahsulotlarni yoqtirmaydi?
Taom borasida ta’bi nozik shou-biznes vakillari haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o‘tadi. Xeyli Biber Jastin Biberning rafiqasi yashil salatlarga hamisha ehtiyotkorlik bilan buyurtma beradi va bu ham yetmagandek iste’moldan avval likopchasini ehtiyotkorlik bilan ko‘zdan kechiradi. Gap shundaki, Xeyli kashnichning hidi va ta’miga chiday olmaydi. Kim Kardashyan Achchiq taomlarni yoqtirmagani sabab Kim Kardashyan Osiyoga xos yeguliklar pishiriladigan oshxonadan ovqatlanmaslikka harakat qiladi. Kortni Kardashyan Kortni gazlangan va shirin ichimliklarni ratsionidan allaqachon chiqarib tashlagan. Tayra Benks Tayra Benks esa ta’mi yoqmagani uchun ustritsalarni yemaslikni afzal biladiganlardan. Qirolicha Yelizaveta II Qirollik oshpazi o‘zgaradigan bo‘lsa, Yelizaveta II birinchilardan bo‘lib, sarimsoqdan tiyilishni ta’kidlaydi. Monarx xonim rasmiy uchrashuvlarda undan qanday ifor taralishiga e’tibor bilan yondashadi. Shon Mendes Shon Mendesning yoqtirmagan mahsulot — pomidor. U ushbu mahsulot qo‘shilgan istalgan taomni iste’mol qilmaslikni afzal biladi. Jennifer Eniston Aktrisaning ratsionida hech qachon yaxna taomlarni uchratmaysiz. Jenniferga bu kabi yegulikning ta’mi yoqmaydi. Gvinet Peltrou Gvinet Peltrou bir emas, bir nechta mahsulotni yoqtirmaydi. Konservalangan pishloq, shivit, go‘sht shular jumlasidan. Kelli Klarkson Parhez qilishiga qaramay, Kellining ratsionida bryussel karamini topib bo‘lmaydi. Mishel Obama Mishel Obama birinchi xonimligida turar joyining orqa hovlisida meva va sabzavotlar yetishtirishni yaxshi ko‘rgan. Ammo yoqtirmagani sabab ular orasida lavlagi bo‘lmagan.
81
1,624
Madaniyat
XXI asrning eng yaxshi aktyorlari aniqlandi
The New York Times kinotanqidchilari XXI asrning eng yaxshi aktyorlaridan iborat ro‘yxat tuzdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Reyting tuzishda ishtirok etgan Manola Dargis va Entoni Skottning aytishicha, taqdim qilingan Top-25 subyektiv hamda ayrim kamchiliklardan holi emas. Ma’lum qilinishicha, “Ekipaj”, “Adolat tarafdori” filmlardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Denzel Vashington ro‘yxatda yetakchilik qilgan. Entoni Skott Vashingtonni “ekran titani”, unda eski maktabning jiddiy tayyorgarligi bor, rollarga ziyraklik bilan yondashadi, shu bilan birga, yorqin kinoyulduz, deb atagan. Shuningdek, tanqidchi aktyorning Shekspir va mashhur afro-amerikalik dramaturg Avgust Uilson asarlari ekranizatsiyasining uddasidan chiqishi, yovuz va qahramonona, bundan tashqari, oddiy yigit rolini ham qoyillatishini qo‘shimcha qilgan. Yetakchi yulduzlar beshtaligiga fransuz aktrisasi Izabel Yupper (“Pianistka”), Deniel Dey-Lyuis (“Neft”), Kianu Rivz (“Matritsa”) va Nikol Kidman (“Monaka malikasi”) loyiq deb topilgan. Bundan tashqari, ro‘yxatdan “Parazitlar” filmida rol ijro qilgan koreyalik aktyor Son Kan Xo, “Oqsoch” filmidagi Kim Min Xi, “Gunohga qo‘l urish” filmidagi xitoylik aktrisa Chjao Tao, “Buyuk go‘zallik” filmidagi italiyalik Toni Servillo hamda “Bir kuni Versalda” filmida suratga tushgan fransuz aktrisasi Katrin Denev o‘rin olgan. Qolaversa, “Benjamin Battonning sirli hikoyasi” filmidagi ijrosi bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Tilda Suinton, “Joker”da bosh qahramon rolini gavdalantirgan Xoakin Feniks va “Hayot-mamot o‘yinlari”dagi Julianna Mur ham yigirma beshtalikka kiritilgan. NYT tomonidan tuzilgan ro‘yxatdan o‘rin olgan aktyorlar: Kinomanlar uchun testlar:
43
1,700
Madaniyat
Turk aktyori Kerem Bursin Gollivud yulduzi Antonio Banderas bilan uchrashdi
Turk aktyori Kerem Bursinning Ispaniyaga tashrifi kutilmagan voqealarga boy bo‘ldi, deb yozadi “Rusturkey.com”. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor “Malaga” kinofestivalining ishtirokchisi sifatida Ispaniyaga safar qilgan. Aktyor efirga uzatilgan “Eshigimni qoq” seriali ko‘rsatilishi ortidan ushbu mamlakatda ham mashhurlikka erishgan. Turk aktyori Kerem Ispaniyada bo‘lgan vaqtida “Zorro afsonasi” yulduzi Antonio Banderas ishtirokidagi myuziklda qatnashdi. Shundan so‘ng aktyorlar birga suratga tushdi. Banderas ushbu suratni ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rib, Keremning Ispaniyada ham qanchalik mashhurligi haqida yozdi. View this post on Instagram Keremning muxlislari ushbu postdan xursand bo‘lib, Banderas ularning sevimli aktyoriga muxlislik qilganini yozib qoldirdi. Eslatib o‘tamiz, Kerem Bursin dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan “Eshigimni qoq” teleserialida ishtirok etgan. Loyiha 90 dan ortiq mamlakatlarda namoyish etilgan va muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha tarixiy “Muhtasham yuz yil” seriali bilan ham taqqoslangan.
75
1,042
Madaniyat
Daniyaliklar “O‘zbekkino”ni kino ishlab chiqarish sohasida mintaqaviy yetakchiga aylantirmoqchi
“O‘zbekkino” milliy agentligi o‘zining texnologik bazasini keng ko‘lamli qayta jihozlashni boshladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “O‘zbekkino” milliy agentligi va Daniyaning Danmon Group kompaniyasi o‘rtasida “O‘zbekfilm” kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikatsion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizatsiya qilish bilan bir qatorda, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi maydonchasi qayta ta’mirdan chiqariladi. Loyihada “O‘zbekfilm”ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikatsion studiya hamda respublika kino fondining to‘liq yangilanishi ko‘zda tutilgan. “Yangi jihozlar yordamida O‘zbekiston va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkonini qo‘lga kiritamiz”, — degan “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov. Uning qo‘shimcha qilishicha, Canon, Apple, Vicon va shu kabi boshqa kompaniyalar O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishga imkon beradi.
95
1,330
Madaniyat
SAN`ATKORLAR SIRDARYoLIK PAXTAKORLAR UChUN KONSERT UYuShTIRDI
O`zbekiston badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi jamoasi paxta-terimi mavsumini ko`tarinki ruhda davom ettirish maqsadida joriy yilning 29 oktyabr kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumani paxta-terimi hasharchilari safida bo`ldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma`lum qildi. Birlashma rahbariyati va xodimlari paxta dalalarida jonbozlik ko`rsatdi. Shuningdek, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Og`abek Sobirov, Sobirjon Mo`minov, G`iyos Boytaev, Ilhom Farmonov, O`zbekiston xalq hofizi Soyibjon Niyozov va «Surxon» guruhi qo`shiq-kuylar bilan terimchilarni xushnud etdi. Paxta terimidan keyin dala maydonida Sayxunobod aholisi va terimchilari uchun O`zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi san`atkorlari ishtirokida konsert dasturi uyushtirildi. Soat 18:00 da Guliston va Sayxunobod tumanlarining markaziy o`yingohlarida birlashma san`atkorlari ishtirokida katta konsert dasturi bo`lib o`tdi.
61
907
Madaniyat
Kirkorov Pugachyova bilan ajrashishi sababini ma’lum qildi
Rossiyalik xonanda Filipp Kirkorov nima uchun Alla Pugachyova bilan ajrashganini ma’lum qildi, deb yozadi “MK.ru”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pugachyova bilan turmushidagi munosabatlari  iliq bo‘lgan. “Balki ko‘z tekkandir. Biz ko‘p narsani ommaga olib chiqqanmiz. Bizda hammasi yaxshi ekanligini ko‘p aytganmiz. Hammasini unutishimiz va o‘z hayotimiz bilan yashashimiz kerak edi”, — deydi u. Kirkorov va Pugachyova 1994-yilda turmush qurgach, 11 yil davomida birga yashagan. 2011-yilda xonanda qiziqchi Maksim Galkinga turmushga chiqqan. Joriy yilning 15-aprel kuni Alla Pugachyova 70 yoshni qarshi oldi. U o‘zining musiqiy faoliyati davomida 500 ga yaqin qo‘shiqlar yozgan.
58
673
Madaniyat
Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni ukrain tiliga tarjima qilindi
4-may kuni Toshkentda Alisher Navoiy qalamiga mansub “Farhod va Shirin” dostonining ukrain tilidagi tarjimasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar bermoqda. Marosimda ikki mamlakatning ilmiy xodimlari ishtirok etadi. “O‘zbek adabiyotining rivoji va o‘zbek adabiy tilining shakllanishining muhim bosqichi Navoiydan boshlanadi. Buyuk shoir va mutafakkirning tili va yuksak adabiyoti jahon ijodiy intelligensiyasi orasidla o‘zbek xalqi haqida tasavvur uyg‘otadi” — ta’kidladi Ukraina milliy fanlar akademiyasi Ukrain tili instituti direktori Pavel Gritsenko. 1940-yillarda shoir Nikolay Bajan “Farhod va Shirin”ning uchdan ikki qismini ukrain tiliga o‘girgan edi. Ammo uning ishi ko‘p yillardan so‘ng yakuniga yetkazildi. Ishlab chiqilgan format negizida kitobni ingliz va boshqa tillarda chop etish rejalashtirilmoqda.
75
832
Madaniyat
Gollivud yulduzi Anjelina Joli aktrisa Salma Xayek ishtirokida film suratga oladi
Anjelina Joli beshinchi filmi uchun rejissorlik kursisiga qaytdi. Shuningdek, yulduz Fremantle kompaniyasi bilan uch yillik shartnomasi doirasida ilk bor filmda prodyuser sifatida debyut qiladi, deb yozadi Harper’s Bazaar Kazakhstan. “Qonsiz” (Without Blood) filmining yangi aktyorlar jamoasi juda ajoyib tarzda tuzilgan. Ma’lum bo‘lishicha, loyihada bosh rollarni “Oskar” mukofotiga nomzodlar Salma Xayek va Demian Bichir ijro etadi. Sujetga ko‘ra, film Alessandro Barikkoning 2017-yilda chop etilgan xuddi shu nomdagi romanining ekranlashtirilgan versiyasi bo‘lib, voqealar harbiy to‘qnashuvdan keyin sodir bo‘ladi. Kartinada otasi va akasining shafqatsiz o‘ldirilishiga guvoh bo‘lgan 4 yoshli Nina ismli qiz haqida hikoya qilinadi. Uning ko‘zlari orqali tomoshabinlar fojiali voqealar haqidagi to‘liq haqiqatni va odamlarning qalbida qolgan izlarni ko‘rishi mumkin. Oradan yillar o‘tgach, Nina qasos yo‘lini tanlaydi va jinoyatning har bir ishtirokchisining izidan boradi. Suratga olish ishlari Italiya janubidagi Apuliya va Bazilikata viloyatlarida, shuningdek, Rimda ham bo‘lib o‘tadi. “Alessandro Barikko o‘zining noyob poeziyasi, hissiyotlari va urush manzarasi aks etgan kitobini sahnalashtirishni menga ishonib topshirdi va men bundan juda ham mamnunman. Uning hikoyasi hissiy g‘alayon yoki shaxsiy yo‘qotishdan keyin nimani qidirayotganimiz haqidagi savollarga javob beradi”, — dedi Anjelina Joli. Eslatib o‘tamiz, kartina haqida birinchi marta 2022-yilning mart oyida e’lon qilingan edi. Premyera sanasi hali ma’lum emas. Shuningdek, Salma 2023-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan “Sehrli Mayk”ning uchinchi qismida ham ishtirok etadi.
81
1,652
Madaniyat
Gollivud yulduzlari Robert De Niro va Meril Strip o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikning siri nimada?
Gollivud yulduzlari haqida gap ketganda, birinchilardan bo‘lib Robert De Nironi tilga olish mumkin. Aktyor turli obrazlari bilan muxlislar qalbini zabt etdi. Meril Strip esa De Nironing nafaqat xarizmasi, balki katta yuragi va ochiq ko‘ngilligi bilan ham maftun etishi mumkinligini biladi. AdMe nashri Robert De Niro va Meril Stripni bog‘lab turgan mustahkam do‘stlik haqida so‘z yuritdi. Noma’lum aktyordan Gollivud yulduzigacha Robert De Niro 1943-yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Uning ota-onasi rassom bo‘lgan, shuning uchun ijodkorlik o‘g‘lining qonida bor, deyish mumkin. U konservatoriyada aktyorlik bo‘yicha tahsil oldi, lekin 16 yoshida o‘qishni tashlashga qaror qildi. O‘sha paytda u filmlarda kichik rollarni o‘ynagan, har doim zo‘ravon yoki antagonistik personajlarni ijro etgan. Uning iste’dodiga shubha qilib bo‘lmasdi. U nihoyat “Ko‘cha zo‘ravonlari” rejissori Martin Skorsezdan ish oldi. Bu rol aktyorning karyerasi uchun juda muhim edi. Natijada u rejissor Frensis Ford Koppolani ham hayratda qoldirdi va unga “Cho‘qintirgan ota-2” filmida suratga tushish taklif qilindi. Bu roli uchun Robert De Niro o‘zining birinchi “Oskar”ini oldi. Aktyorning xarizmasi Muvaffaqiyatli karyera va shon-shuhratga qaramay, De Niro mashhurlikkacha qanday inson bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha qoldi. Aktyor ko‘pincha hayot berayotgan imkoniyatlarning hammasini ham qabul qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi. “Shon-sharaf juda o‘tkinchi, biz buni unutmasligimiz kerak, — dedi u intervyusida. —  Uning o‘rniga almashtiradigan narsa yo‘q. Shuning uchun muvaffaqiyatga oqilona munosabatda bo‘lish kerak. Undan maksimal darajada foydalaning, o‘z ishingizni qiling va bu imkoniyatga ega bo‘lganingizdan xursand bo‘ling”. Uning bunday qarashi ko‘plab Gollivud yulduzlarini hayratda qoldirdi. Karyerasi De Niro yoki Robin Uilyams bilan parallel ravishda rivojlangan Al Pachinoni taqqoslab ko‘rish mumkin: ular o‘rtasidagi do‘stlik Robin suratga tushish vaqtida aktyorning burniga tasodifan musht tushirganidan keyin paydo bo‘lgan. Lekin bundan ham muhimrog‘i, muxlislar uning Meril Strip bilan do‘stligiga qoyil qoladi. De Niro Meril Stripni qanday qilib hayratda qoldirgan? Meril ikkinchi darajali rollarni o‘ynab yurgan vaqtda Jon Kazale bilan uchrashgan. Kazale “Cho‘qintirgan ota” filmida asosiy qahramonlardan birini ijro etgan aktyor edi. Ammo juftlik moliyaviy muammolarga duch keldi. Jonga saraton tashxisi qo‘yilgach, vaziyat yomonlashdi va er-xotin tibbiy xarajatlarni qoplay olmadi. O‘shanda ular De Niro ham rol o‘ynagan “Kiyik ovchisi” filmida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi. Afsuski, studiya tezda Kazalening kasalligidan xabar topdi va uni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. De Niro esa sug‘urtani qoplashni taklif qildi va agar Jon rolini ijri etmasa, o‘zi ham filmga suratga tushishdan voz kechish shartini qo‘ydi. U birinchi navbatda Kazale ishtirokidagi sahnalarni suratga olishni talab qildi, chunki bu aktyorning davolanish uchun ketishiga imkon berardi. “Uning ahvoli biz o‘ylagandan ham yomonroq edi, lekin men uning filmda qolishini xohlardim”, — dedi De Niro. Bu voqeadan keyin buyuk do‘stlik tug‘ildi Aktyorning bu harakati aktrisaning yuragini larzaga soldi. Faoliyati davomida do‘stlar 3 ta filmda suratga tushdi va shu vaqtgacha ular bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Hatto bir marosimda De Niro Stripga mukofot topshirishdan avval shunday degan: “Uning hech qanday kamchiligi yo‘q. Buni sizga eng katta muhabbat bilan aytaman, Meril. Men sizni juda ham yaxshi ko‘raman”.
97
3,500
Madaniyat
Ketrin Zeta-Jons 52 yoshda: Aktrisa qanday qilib yoshlik va go‘zalligini saqlashning uddasidan chiqqan?
Kecha, 25-sentabr kuni “Zorro niqobi” yulduzi Ketrin Zeta-Jons 52 yoshni qarshiladi. Ushbu film suratga olinganiga 20 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, aktrisa hali hamon yosh va betakror ko‘rinadi. “Oskar” mukofoti sovrindori sayyoraning eng go‘zal ayollari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Buning siri nimada? Quyida ushbu savolga javob beramiz. Teri va sochlar parvarishi Aktrisa o‘ziga qarashga yetarlicha ko‘p vaqt ajratadi. Har yakshanba yuziga niqob, qo‘llariga manikyur qiladi va sochiga issiq yog‘ surtadi. Shuningdek, sartaroshga sochlarini kestirish uchun tez-tez borib turadigan Ketrin, ishidan bo‘sh vaqtda fen va dazmol ishlatmaslikni afzal biladi. Terisi tarang va tiniq ekani hisobiga ko‘pchilik uni jarrohlik amaliyoti, kosmetik vositalardan haddan ortiq ravishda foydalanadi deb hisoblaydi. Ammo plastikaga qarshi bo‘lmagan yulduz, bir marta ham tig‘ ostiga yotmaganini ta’kidlaydi. “Agar jarrohlik amaliyotidan keyin o‘zingizni yaxshi his qilsangiz, kim bo‘libmanki, buni noto‘g‘ri deb aytsam”. Makiyaj Makiyajda ko‘zlariga urg‘u berishni yaxshi ko‘rishini ta’kidlaydigan aktrisa, tush va podvodka surtmasdan ko‘chaga chiqmaydi. Ko‘zlarini yorqin qilib bo‘yashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘onishiga sevimli kumirlari Elizabet Teylor, Sofi Loren, Brijit Bardo va Enn-Margret sabab bo‘lgan. “Men tekis chizilgan podvodkani yoqtirmayman. Men buning uchun qalamdan foydalanib tabiiydek ko‘rsatishga harakat qilaman. Bu mening kundalik makiyajim. Qolaversa, men kipriklar uchun, albatta, qayirgichdan foydalanaman. Men ularni hatto odam yashamaydigan orolga ham o‘zim bilan olib ketgan bo‘lardim. Keyin esa kipriklarimga bir necha qatlam qilib tush surtaman. So‘ngra ko‘z uchun qora qalamni takror surtaman”, — degan u. Kosmetikaga bo‘lgan sevgisi sabab o‘zining Casa Zeta-Jones nomli brendiga asos solgan. Sport Bo‘sh vaqtida Ketrin toza havoda sayr qilishni, suzishni, tennis, yoga, sapserfing bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Uning aytishicha, jismoniy mashqlar nafaqat qomatini saqlashga, balki ruhiy holati yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi. Uning faol turmush tarzi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun Instagram sahifasini kuzatish kifoya qiladi. Ovqatlanish Kun davomida uch marta ovqatlanadigan yulduz, nonushtani aslo kanda qilmaydi. Qishda u banan, qorag‘at yozda esa yog‘sizlantirilgan yogurt va granola iste’mol qiladi. Tushlik va kechki ovqatni rukola, ismaloq, kedr yong‘og‘i, pomidor pishloq, zaytun yog‘i, balzamli sirka va xantal qo‘shilgan salatsiz tasavvur qila olmaydi. Asosiy ovqat sifatida esa grilda pishirilgan tovuq yoki baliq yo bo‘lmasa, qiymali baqlajon yeyishni afzal biladi. Go‘zallik insonning qalbidan boshlanishiga ishonchi komil bo‘lgan Ketrin, ko‘p miqdorda suv ichishni kanda qilmaydi. Shu bilan birga 8 soatlik uyqu va to‘g‘ri ovqatlanishga amal qiladi hamda spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaydi.
103
2,838
Madaniyat
Xonanda Gulzoda Xudoynazarova Yevropaning bir nechta shaharlarida konsert dasturini taqdim etdi (foto)
“Nihol” mukofoti sovrindori Gulzoda Xudoynazarova Yevropadagi ijodiy safari chog‘ida “KlangKosmos dunyo musiqasi” loyihasida ishtirok etmoqda. Bu haqda “Sharq taronalari” musiqa festivali konsultanti Husniddin Atoyev ma’lum qildi. Gulzoda Xudoynazarova va uning jamoasi ayni kungacha Germaniya va Belgiyaning bir qator shaharlarida konsertlar berdi hamda bolalar uchun tashkillashtirilgan ochiq darslarda ishtirok etib, o‘zbek milliy musiqasi va cholg‘ulari haqida ma’lumotlar berdi. Germaniyaning Alba Kultur hamda O‘zbekistonning OXUS Culture tashkiloti hamkorligi natijasida Gulzoda Xudoynazarovaning “KlangKosmos dunyo musiqasi” loyihasidagi ishtiroki ta’minlandi. Xonanda Gulzoda Xudoynazarova, sozandalar Bekzod Safarov hamda Farruh Vohidovlarning konsert dasturlaridagi chiqishlari muxlislar olqishlariga sazovor bo‘lmoqda. Gulzoda Xudoynazarova hamda musiqachilar Yevropaning yana bir qator shaharlarida konsert berishni rejalashtirmoqda.
102
950
Madaniyat
Ayshvariya va Abhishek Bachchanlarning qizchasi bilimdonligi bilan barchani hayratga solmoqda
Bollivudning eng yorqin juftligi — Ayshvariya Ray va Abhishek Bachchanlarning jajji qizchasi Aradhiya Bachchan juda tez katta bo‘lmoqda. Nafaqat uning bo‘yi o‘z yoshiga nisbatan tez o‘smoqda, balki qizcha o‘tkir zehni bilan ham hammani lol qoldirmoqda. Manba: dailybolly.com Kino olamida ta’tilga chiqib, o‘zini oilasiga bag‘ishlagan Ayshvariya Ray ayni damda qizchasining tarbiyasi va o‘qishi bilan mashg‘ul. Aktrisa do‘stlariga internetdagi sahifasi orqali Aradhiya mashhur “Gayatri Mantra” ni yoddan aytayotganligi haqida ma’lum qilgan. Shuningdek, qizaloq birdan o‘ngacha sanab, alifboni ham bemalol aytib bera oladi. Manba: Facebook Abhishek Bachchan bollywood.com saytiga bergan intervyularining birida esa “Qizim Aradhiya o‘zi istagan mashg‘uloti bilan shug‘ullanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beraman”, — deb aytib o‘tgan. Manba: bollywood.celebden.com Aradhiyaning bobosi Amitabx Bachchan suyukli nabirasining mobil telefonlarni bemalol boshqara olishidan hayratda ekanligini ta’kidladi. U bir necha oy avval o‘zining shaxsiy blogida shunday yozgan edi: “Aradhiya 2 yoshga to‘lmasidanoq, iPad’ ni yoqib, o‘zining sevimli alla qo‘shiqlari dasturini hech kimning yordamisiz topadi, televizorni ham uzoqdan yoqib, o‘zi istagan kanalni tomosha qiladi.” Manba: moviezadda.com Kelajakda Bachchanlar sulolasidan yana bir mashhur inson yetishib chiqsa ne ajab.
93
1,379
Madaniyat
Yulduz Usmonova shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqida satrlari bor qo‘shiq kuylashi kutilmoqda
2015-yil 2-may kuni AQShda konsert berishi kutilayotgan Yulduz Usmonova safar oldidan turli masalalar yuzasidan qator savollarga javob berdi, deb xabar qilmoqda “Sayyod.com”. Saytga intervyu videosi ham joylashtirilgan. Jumladan, Tojikistondagi gazetalardan birida chop etilgan “Yulduz geroin bilan ushlandimi?” nomli maqolaga munosabat bildirib, bunday yolg‘on xabarlar 30 yillik faoliyati davomida ko‘plab uchrab turganini qayd etgan. Shuningdek, Ramazon oyiga tayyorlanayotgan qo‘shiqlar orasida “O‘ranganim to‘g‘rimi?” qo‘shig‘i bilan birga marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqida ham satrlari bor qo‘shiq bo‘lishi kutilayotgani aytilgan.
100
653
Madaniyat
Jastin Biberning irqiy haqoratomuz qo‘shig‘i internetda tarqalib ketdi
Qo‘shiqchi Jastin Biberning irqiy haqoratomuz qo‘shiqni kuylagani aks etgan videolavha internetda tarqalib ketdi, deya xabar berdi Vesti.ru. Ushbu qo‘shiq Biberning One Less Lonely Girl xit taronasining irqiy haqoratomuz talqinidir. Uning matnida qiz o‘rniga afroamerikalik haqida so‘z boradi. “Men uni o‘ldirsam, yolg‘iz qora tanlilar bittaga kamayadi”, — deb kuylaydi Biber. Tarqalgan video bundan besh yil avval suratga olingan bo‘lib, unda yosh qo‘shiqchi irqiy kamsituvchi latifani ham so‘zlab bergan. Mirror xabar berishicha, tovlamachilar Biberdan ushbu videolavha evaziga bir million dollar talab qilgan. Qo‘shiqchi uni to‘lashdan bosh tortgach, video internetga joylangan. Biber esa o‘zining nomaqbul qilig‘i uchun omma oldida uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi.
70
766
Madaniyat
Yosh Obama haqidagi film treyleri chiqdi (video)
Netflix kanali o‘zining YouTube kanalida AQShning 44-prezidenti Barak Obamaning yoshligi haqida hikoya qiluvchi “Barri” filmining ilk treylerini joyladi. Filmda 1981-yilning kuzida bo‘lib o‘tgan voqealar aks etadi, o‘shanda 20 yoshli Obama Nyu-Yorkka kelib, Kolumbiya universitetida o‘qishini boshlagan edi. Kartina premyerasi 16-dekabrga belgilangan. Bosh rolni Jeyson Mitchell ijro etgan. Filmda, shuningdek, Eshli Jadd, Anya Teylor-Joy, Jenna Elfman va Laynas Rouch qatnashgan. Kartinaga Vikram Gandi rejissorlik qilgan.
48
524
Madaniyat
Ulug‘bek Qodirov o‘zini “ikki karra aldangan aktyor” deb ta’rifladi
Aktyor Ulug‘bek Qodirov rejissor Jahongir Ahmedovning “Majnun” filmidagi bo‘rilar bilan bog‘liq sahnada yetarli darajada ehtiyot choralari ko‘rilmaganidan nolidi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. “Majnun” filmidan lavhalar. Kadr: “Mediabay.uz” “‘Majnun’ filmiga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ssenariy, rejissura, operatorlik ishlari ko‘ngildagidek. Biroq aktyorni ikki karra aldash — kurakda turmaydigan ish. Hayotimni xavf ostiga qo‘yib, bo‘rilar bilan suratga tushganimga yarasha qandaydir xavfsizlik choralarini ko‘rish shart edi”, — dedi Ulug‘bek Qodirov. “Ochig‘i, rejissor ‘aktyorga biror kor-hol bo‘lsa ham, film suratga olinib bo‘lingan-ku’, qabilida ish tutganidan qattiq ranjidim. Ertaga boshqa rejissorlarimiz ham ‘filmim zo‘r chiqsin’, deya timsohlar orasiga tashlab qo‘ymasa edi... Suratga olish ishlari tugagach esa rejissor qo‘ng‘iroq ham qilmadi. Bu munosabatni qanday tushunish kerak?”, — deya qo‘shimcha qildi aktyor. Avvalroq “Majnun” filmi rejissori Jahongir Ahmedov filmni suratga olish jarayonida Ulug‘bek Qodirov jonbozlik ko‘rsatgani, xavfli sahnalarda ham kaskadyorlardan voz kechgani haqida intervyu bergandi.
67
1,147
Madaniyat
“Jumanji” filmining ikkinchi qismini treyleri e’lon qilindi (video)
Sony Pictures kinokompaniyasining YouTube’dagi kanalida “Jumanji” filmining yangi treylari e’lon qilindi. Kadr: YouTube Filmning ikkinchi qismida bosh qahramon tasodifiy tarzda “Jumanji” olamiga tushib qoladi. Do‘stlari esa uni qutqarish uchun yo‘l oladi va ko‘plab sarguzashtlarga duch keladi. Kartina rejissori “Dyu Koksning tarixi” filmi bilan tanilgan Jeyk Kedzan. Filmda Karen Gilan, Dueyn Jonson, Medison Isman, Deni DeVito va boshqalar suratga tushgan. Kinokartina porkatga joriy yilning 13-dekabrida chiqadi. Kris Van Ollsburg qalamiga mansub asar asosida yaratilgan “Jumanji” filmi ilk bor 1995-yilda erkan yuzini ko‘rgan. Unda Robin Uilyams, Bonni Xant, Kirsten Danst suratga tushgan edi.
67
701
Madaniyat
Kanye Uest o‘zini zamonaning eng buyuk rok-yulduzi deb atadi
Amerikalik reper Kanye Uest Britaniyadagi “Glastonberi” musiqa festivalidagi chiqishi vaqtida o‘zini zamonaning eng buyuk rok-yulduzi deb atadi. Bu haqda NME xabar bermoqda. Musiqachi ikki soatga yaqin vaqt davomida sahnada bo‘lib, o‘zining eski va yangi qo‘shiqlari ishtirokidagi taronani kuyladi, shuningdek, Jastin Vernon (Amerikaning Bon Iver indii-folk guruhi solisti) bilan birga bir necha qo‘shiqni aytdi. O‘z chiqishining yakunida reper Queen guruhining Bohemian Rhapsody kompozitsiyasini kuylab berdi. Ma’lumot uchun, Uest 2000-yillarning boshidan beri kuylab keladi. U hozirgi qadar 21ta “Gremmi” haykalchasini qo‘lga kiritgan, uning disklari 21 million nusxada sotilgan, internetda esa 66 million marta yuklab olingan. “Glastonberi” festivali esa 1970-yildan beri o‘tkazib kelinadi va Britaniyadagi eng asosiy, jahondagi eng yirik musiqa tadbirlaridan biri hisoblanadi. Unda turli yillarda Kasabian, The Rolling Stones, Radiohead, Coldplay, Oasis, Gorillaz, U2 va Moby kabi guruhlar va ijrochilar boshlovchilik qilgan.
60
1,030
Madaniyat
Instagram: Gulnora va Lola Karimovaning 8 yil deganda Toshkentda uchrashgan qizlari, farzandli bo‘lgan Akbarxo‘ja Rasulov, Gulchehra Eshonqulovaning musofirlikda o‘rganganlari
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Zarina Nizomiddinova Instagram’dagi suratlari va videolarida turli filtrlardan foydalanmasligini isbotlovchi video tayyorlab, sahifasiga joyladi. AQShda istiqomat qiluvchi o‘zbek aktrisasi Gulnora Qosimovaga turmush o‘rtog‘i yangi avtomobil sovg‘a qildi. Sharof Muqimov qizi Leyla bilan ma’lum sabablarga ko‘ra ayro yashayotgani hamda u bilan anchadan beri ko‘rishmayotgani haqida so‘zlab berdi. Yulduz Turdiyeva va Ziyoda to‘y xizmatida uchrashib qoldi. Gulnora va Lola Karimovalarning qizlari Imon va Maryam 8 yil deganda Toshkentda diydor ko‘rishdi. Rayhon singlisi, farzandlari va jiyanlari bilan tog‘ yonbag‘rida hordiq chiqardi. Ayni vaqtda Istanbulda yashayotgan aktyor Akbarxo‘ja Rasulov o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Ikkinchi marta ona bo‘lgan Asal Shodiyeva farzandini dunyoga keltirganidan so‘ng ilk marta video orqali muxlislariga ko‘rinish berdi. Oilasi bilan AQShga ko‘chib ketgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova musofirchilikda nimalarni o‘rgangani haqida mulohaza yuritdi. Nilufar Usmonova boks bilan shug‘ullanayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Tiktoker Bonamur intervyu paytida jurnalist bilan janjallashib ketgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Malika Ravshanova va Shirin turmush o‘rtoqlariga Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tashkillashtirib berdi.
175
1,444
Madaniyat
Zulfiqor Musoqov 60 yosh qarshi oldi
Bugun "O`zbekkino" Milliy agentligi hamda "O`zbekfilm" kinostudiyasining ahil jamoasi O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi, "O`zbekfilm" kinostudiyasi rejissyori, o`zbek milliy kinematografiyasining zabardast namoyandalaridan biri Zulfiqor Musoqovni tavalludining 60 yilligi bilan tabriklash uchun jam bo`ldi. Yig`ilganlar ustozga o`zlarining eng ezgu tilaklarini izhor etdilar. Zulfiqor Musoqov o`z rejissyorlik faoliyatini 1989 yildan boshlagan. Uning ilk suratga olgan "Soldat qissasi" filmi garchi diplom ishi bo`lishiga qaramay hammaning e`tiborini tortgan. Film 1990 yilda Kievda o`tkazilgan Xalqaro kinofestivalda Gran-Prini qo`lga kiritdi. Bundan tashqari u "Qaldirg`och", "Oyijon", "Osmondagi bolalar-1,2", "Vatan", "Oy ostidagi hovli" kabi badiiy filmlarni va "Ayol zoti" kabi teleserialni yaratgan. U komediya janriga qiziqqan va izlanuvchan qobiliyat egasidir. U yaratgan «Abdullajon», «Bomba», «Yaratganga shukur», «Kichkina tabib», «Kalish» badiiy filmlari tomoshabinlar orasida katta muvaffaqiyatlarga erishdi, shu bilan birga tanqidchilarning ham e`tiborini tortdi. Rejissyorlik faoliyatidan tashqari Zulfiqor Musoqov ssenariylar muallifi hamdir. Jumladan «Makler», «Tarri va chapga», «Kambag`al odamlar», «Birinchi bo`sa» kabi bir qator filmlar uchun ssenariylar yozgan. «Soldat qissasi» filmi 1990 g. yilda Moskvada o`tkazilgan Debyut Xalqaro kinofestivalda Gran-Pri, «Abdullajon» filmi 1991 yilda O`zbekistonda eng yaxshi o`zbek film uchun "Oltin grifon" sovrini va 1994 yilda Tokioda eng yaxshi xorij filmi sovrini bilan, "Kambag`al odamlar" filmi 1992 yilda Shvesariyada eng yaxshi ssenariy sovrini bilan, "Bomba" filmi Germaniyada 1995 yilda o`tkazilgan Xalqaro kinofestivalda maxsus sovrin bilan, "Kichkina tabib" 1996 yilda Artek Xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi ertak" sovrini bilan, "Yaratganga shukur" filmi 1997 yilda Tokioda o`tkazilgan kin festivalda maxsus sovri bilan mukofotlangan "Ayol zoti" videofilmi Toshkent shahrida «Oltin zamin» sovrini bilan "Oyijon" filmi 2000 yilda Rossiya Kinoshok festivalida maxsus sovrin, "Osmondagi bolalar" Zulfiqor Musoqov filmlari xalqchilligi bilan ajralib turadi. Rejissyorning "Vatan" filmi 2007 yilda Malayziyada o`tkazilgan 50-Xalqaro kinofestivalda "Osiyoning eng yaxshi filmi" nominasiyasiga da`vogarlik qilgan. 2011 yilda rejissyor suratga olgan "Qo`rg`oshin" badiiy filmi Rossiyada bo`lib o`tgan "Kinoshok" Xalqaro kinofestivalida qatnashib "Eng yaxshi ssenariy" nominasiyasi sovrindori bo`lgan. «O`zbekkino» Milliy agentligi jamoasi Zulfiqor Musoqovning milliy kinematografiya ravnaqiga qo`shayotgan hissasini qadrlaydi va ijodkorga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi, uning muallifligida yana ko`plab betakor ekran asarlarining yaratilishiga ishonadi.
36
2,751
Madaniyat
Asli toshkentlik bo‘lgan Milana Marvel’ning serialida olmaxon-qiz rolini ijro etadi
Freeform kanali  va Marvel Television “Yangi jangchilar” serialidagi bosh qahramon roli uchun asli o‘zbekistonlik bo‘lgan 30 yoshli Milana Vayntrubni tanladi, deb xabar berdi “Anons.uz”. Marvel’ning boshqa loyihalaridan farqli o‘laroq ushbu serial komediya janrida bo‘ladi va unda o‘zining super qobiliyatlariga ko‘nikishga harakat qiladigan oltita inson haqida hikoya qiladi, deya yozadi “Kinopoisk”. Loyihada Marvel’ning eng mashhur qahramoni Milana Vayntraub jonlantiradigan Olmaxon-qiz bo‘ladi. Dorin Grin ismli olmaxon-qiz Marvel’ning eng qiziquvchan qahramonlaridan biri. 14 yoshli Dorin Grin “Temir odam”ga yordamchi bo‘lishga harakat qilgan. Doktor Dumni, Tanosni, Galaktusni, M.O.D.O.K.ni va Ego tirik sayyorasini yenggan. Olmaxon-qiz Dedpul bilan birga ham ishlagan, unga Olimp xudosini ozod qilishda yordam ko‘rsatgan. Olmaxonlar bilan gaplasha oladi, juda kuchli, chiroyli momiq dumga hamda o‘tkir tish va tirnoqlarga ega. Jarohat olganida tezda qayta tiklana oladi. Ta‘kidlash kerakki, aktrisa Toshkentda tug‘ilgan, keyinchalik ota-onasi bilan birga uch yoshida ko‘chib ketgan. Vayntrub besh yoshidan boshlab Barbie qo‘g‘irchoqlari reklama roligida suratga tushgan. San-Diyegoda komediya janrini o‘rgangan, YouTube’da Live Prude Girls serialini namoyish etgan, turli teleloyihalarda, jumladan, mashhur “Bu biz” serialida ishtirok etgan.
83
1,350
Madaniyat
Kris Kolambus “Uyda yolg‘iz”ning remeykini tanqid qildi: “Yangilik qilinglar”
Rejissor Kris Kolambus Insider’ga bergan intervyusi davomida hozirda Disney+ uchun qayta yaratilayotgan “Uyda yolg‘iz” komediyasining remeykini muhokama qildi. Rejissor yangi versiya nimaga kerakligini umuman tushunmasligini va bundan “baribir yaxshi narsa chiqmasligini” aytgan, deb yozadi “Kinopoisk”. Kadr: “Kinopoisk” “Bu borada men bilan hech kim bog‘lanmadi va tushunishimcha, bu vaqtni bekorga sarflash. Bundan ma’ni nima? ‘Uyda yolg‘iz’ kabi uzoq yillik filmning remeykini yaratishdan hech qanday ma’ni yo‘qligiga ishonaman. Endi sizda yana bir bor yashinni butilkaga solish imkoni bo‘lmaydi. Shunchaki o‘xshamaydi. Xo‘sh, nimaga kerak bu? Bu xuddi Disney multfilmining to‘liq nusxasidek — uning o‘yin versiyasi. Nima ma’ni bundan? Barchasi bajarib bo‘lingan. O‘zingizga xos yangilik qiling. Muafaqqiyatga uchrasangiz-da, eng kamida nimadir original narsa o‘ylab topgan bo‘lasiz”, — deydi Kolambus. Shu bilan birga, Kolambus “Uyda yolg‘iz 2” ma’no jihatdan birinchi filmining remeyki ekanligini tan oladi. The Independent nashriga bergan boshqa bir intervyusida Kolambus Rayan Reynolds prodyusserlik qilishni istagan “Uyda yolg‘iz” filmining yangi versiyasi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirgan edi. Ushbu filmning bosh qahramoni balog‘atga yetgan omadsiz va takasaltang. Rojdestvo kuni u oilasi bilan tog‘-chang‘i kurortiga yo‘l olishi kerak bo‘ladi, biroq samolyotga kech qolgani sabab uyda yolg‘iz qolishga qaror qiladi. Giyohvand moddalarni to‘plab olgan yigit bayramni o‘zi xohlagandek o‘tkazmoqchi bo‘ladi, biroq rejalar o‘zgarib ketadi — uyiga o‘g‘ri tushadi. “Bu kino san’ati uchun shunchaki haqorat. Originalini ko‘ring. Buni unuting. Yangi versiya hech qachon originalidek yaxshi bo‘lmaydi”, degan edi Kolambus film bilan tanishib. Yangi “Uyda yolg‘iz”ning sujeti oshkor qilinmagan. Ma’lum bo‘lishicha, bosh qahramon Maks xuddi Kevin kabi holatga tushib qoladi va uyini noma’lum odamlar hujumidan himoya qilishga majbur bo‘ladi.
77
1,948
Madaniyat
Said Ahmad va Saida Zunnunova haqidagi film uchun aktyorlar tanlab olinmoqda (foto)
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan taniqli yozuvchilar Said Ahmad va uning rafiqasi Saida Zunnunova hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Said va Saida” nomli badiiy film ishlab chiqarishga tushirildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. “Cinema-servis” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan ushbu badiiy film ssenariy muallifi – Nodira Husanxo‘jayeva, postanovkachi rejissor – Nozim Abbosov. Filmda yozuvchi Said Ahmadning tuhmat bilan qamalishi, qatag‘on qilinishi hamda rafiqasi Saida Zunnunovaning sadoqati bilan bog‘liq voqealar, ularning o‘zaro yozishmalari aks ettiriladi. Hozirda ijodiy guruh filmni suratga olishga tayyorgarlik ishlarini olib borish bilan birga, filmdagi bosh rollarni ijro etadigan aktyorlar uchun kinosinovlar o‘tkazmoqda. Filmning tasvirga olish ishlari joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
83
867
Madaniyat
Manzura xonanda Munisa Rizayeva haqida qo‘shiq kuyladi
O‘zbek estradasi vakili Manzura xonanda Munisa Rizayeva haqida qo‘shiq kuyladi. Bu haqda Manzura “Sayyod” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Manzura va Munisa Rizayeva. Kollaj: “Sayyod” Xabarda ta’kidlanishicha, bir xonanda ikkinchi xonanda haqida (uning hayotligida) kuylagani yangilikdir. Tarona ikki-uch oy ichida faqatgina klipi bilan keng ommaga taqdim qilinadi.
54
378
Madaniyat
Bill Geyts “Yirik portlash nazariyasi” filmida rol ijro etadi
Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri, milliarder Bill Geyts “Yirik portlash nazariyasi” serialida rol ijro etadi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. U serialda maxsus taklif etilgan yulduz sifatida chiqish qiladi. Serialning u ishtirok etgan epizodi taqdimoti mart oyida bo‘lib o‘tadi. Geyts filmlarda ilk marta suratga tushayotgani yo‘q. 2001-yilda u “Freyzer” sitkomida o‘zini talqin etgan edi. Hozirda CBS telekanalida “Yirik portlash nazariyasi” serialining 11-mavsumi namoyish etilmoqda.
61
493
Madaniyat
Efim Rezvan: O`zbekistonning tarixiy madaniyati juda boy va sinoatlidir
Avval xabar qilinganidek, poytaxtimizda bo`lib o`tayotgan “O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va 2019 yil yo`l xaritasini ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumida mamlakatimizdan va dunyoning turli mamlakatlaridan 300 dan ortiq olimlar, mutaxassislar, ekspertlar ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro forumda xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan “Katta Langar Qur`oni”, “Devoni Husayniy”, “Me`rojnoma”, “Zafarnoma”, “Temur tuzuklari”, “Ravzatus-safo” kitoblari ilmiy talqiniga alohida o`rin berilgan. Ulardan biri “Katta Langar Qur`oni”dir. Qur`oni Karimning Er yuzidagi eng mo``tabar nusxalardan biri bo`lgan ushbu ma`naviy merosning bugungi kunda sahifalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida saqlanmoqda. Qo`lyozmaning bizgacha etib kelgan eng katta qismi – 81 sahifasi bugungi kunda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Sharq qo`lyozmalari institutida saqlanadi. Qo`lyozmaning bu qismida Qur`oni Karimning 44 ta surasi oyatlari (shundan 22 tasi to`liq) o`rin olgan. Dastxatdagi farqlarga qaraganda, bu qo`lyozma ikkita kotib tomonidan ko`chirilgan. Kitob hajmining kattaligini hisobga olsak, uni teng ikkiga bo`lgan holda ko`chirishgan deb taxmin qilish mumkin. Keyinchalik matnga qizil siyoh bilan tuzatishlar kiritilgan, o`chib ketgan so`zlar ham xuddi shu rangdagi bo`yoq bilan qayta tiklangan. Mazkur qo`lyozma matni sayqallangan hayvon terisiga bitilgan. Sahifalarning o`rtacha hajmi 52,5x34,0 sm.ni tashkil etgan. Matnlar arab alifbosining eng qadimiy turlaridan bo`lgan ko`fiy-hijoziy xatida bitilgan. Tabarruk kitobni chuqur tadqiq etgan rossiyalik olim, tarix fanlari doktori, professor Efim Rezvanning ma`lumot berishicha, ushbu qo`lyozmaning yaratilishi VIII asrning oxirgi choragida, arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrga to`g`ri keladi. – O`zbekistonning tarixiy madaniyati juda boy va uni o`rgangan sari sir-sinoati ochilaveradi, – dedi ushbu forum ishtirokchisi, professor Efim Rezvan. – Biz bu yurt o`tmishi haqida qancha maqolalar yozmaylik, uning yakuniga eta olmaymiz. Shuni ishonch bilan aytamanki, bu zaminning o`tmishini o`rganish bizning nevarayu chevaralarimiz uchun ham etib ortadi. Tabarruk Qur`on kitobi bo`yicha mutaxassisman. Muqaddas kitob 114 ta surani o`z ichiga oladi. Har bir sura qo`lyozmasining yaratilishi shu hudud bilan bog`liq deyish mumkin va ular o`z yaratilish tarixiga ega. Xuddi shu kabi Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qo`lyozmalar tarixi ham Xitoy va Eron davlatlari bog`liqligi bor. Maqsadimiz bu boradagi izlanishlarni yana ham davom ettirishdir. Bu kabi o`tkazilayotgan nufuzli tadbirlar bizning tadqiqotlarimizga keng yo`l ochib beradi.
71
2,744
Madaniyat
Xonanda Shohruxxon o‘z konsertida aktrisa Asal Shodiyeva bilan qo‘shiq kuyladi
Xonanda Shohruxxon “Yulduzlar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturining birinchi kunida “Bunchalar zo‘rsan” qo‘shig‘ini aktrisa Asal Shodiyeva bilan birgalikda kuyladi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Xabar berishlaricha, qo‘shiq klipidagi voqealar sahnada qayta ijro etilgan. Maniken vazifasini bajarishni aktrisa Asal Shodiyeva o‘z zimmasiga olgan. “Bunday kutilmagan sahna ko‘rinishni muxlislar davomli qarsaklar bilan kutib olishdi. Boshida bu oddiy sahna ko‘rinishi bo‘lsa kerak, deb o‘ylaganlar biroz adashdi — xonanda va aktrisa qo‘shiqni birgalikda kuyladi”, — deydi Feruz Muhammad.
78
609
Madaniyat
“O‘rgimchak-odam”dagi “sakkizoyoq” roli bilan tanilgan 68 yoshli Alfred Molina “Muzyurak” rejissoriga uylandi
“O‘rgimchak-odam” filmi bilan mashhurlikka erishgan Gollivud aktyori Alfred Molina “Muzyurak” multfilmi rejissori Jennifer Liga uylandi. Bu haqda Li o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Kadrlardan ko‘rish mumkinki, to‘y ixchamgina o‘tgan. Marosim bog‘da o‘tkazilgan. Mehmonlar orasida kelin-kuyovning faqatgina yaqinlari va do‘stlari bo‘lgan. Xususan, Jenniferning birinchi turmushidan uch nafar farzandi va Molinaning birinchi rafiqasidan qizi. Ta’kidlash kerakki, 68 yoshli Alfred o‘zidan 16 yosh katta britaniyalik aktrisa Jill Gaskoyn bilan oila qurgan edi. U 2020-yili 83 yoshida Alsgeymer kasalligidan vafot etgan. Molina va Jennifer Lining birgalikda tushgan suratlari ilk bor 2019-yildan boshlab tarqalgandi. Ma’lumot uchun, Alfred Moliya 2002-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Frida” filmidagi meksikalik rassom Diego Rivera roli orqali mashhurlikka erishgan. Ushbu rol Molinaga BAFTA va AQSh kinoaktyorlar gildiyasi mukofotini olib kelgan. Shuningdek, 2004-yilgi “O‘rimchak-odam” filmining ikkinchi qismida Otto Oktavius (Sakkizoyoq doktor) roli bilan ham tanilgan.
109
1,126
Madaniyat
“O`zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash va O`zbekiston kinoarboblari uyushmasining barcha telekanallar va internet saytlari rahbarlariga murojaati
“O`zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash va O`zbekiston kinoarboblari uyushmasi barcha davlat va nodavlat telekanallari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi mualliflik bloglari va boshqa tegishli tashkilot rahbarlariga murojaat qilib, kinoasarlarni efirga uzatishda muallifning huquq va manfaatlarini hurmat qilishi, namoyish qilinadigan filmlarning ayrim epizodlarini kesib, saviyasi va mazmun-mohiyati buzilishiga yo`l qo`ymasliklarini iltimos qildi. Mazkur murojaatning to`liq matnini e`lon qilamiz: Muhtaram hamkasblar!   Bugungi kunda kino sohasidagi kinoqaroqchilikning avj olishi va mualliflik huquqlarining noqonuniy tarzda buzilishi, davlat buyurtmasi va xususiy studiyalar tomonidan suratga olingan filmlarning amaldagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda davlat va nodavlat telekanallari orqali namoyish etish, Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarga joylanishi oddiy bir holga aylanib qolganining guvohi bo`lib turibmiz. Davlat buyurtmasiga binoan hamda xususiy studiyalar tomonidan suratga olingan filmlar bilan bir qatorda Gollivud va boshqa nufuzli xorijiy kinokompaniyalar filmlari ham  ayrim epizodlari kesilgan holda davlat va nodavlat telekanallari orqali namoyish qilinmoqda. Bu esa o`z navbatida faqat filmlarning umumiy mazmuniga ta`sir etibgina qolmasdan, balki ularning badiiy saviyasiga ham putur etkazmoqda. Eng achinarlisi, jahon hamjamiyatida o`z nufuzini ko`tarayotgan davlatimiz O`zbekistonning dunyo miqyosidagi imijiga ham salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.   Kinoasarning to`liq holatidan bexabar bo`lgan tomoshabin filmlarni mantiqsizlikda ayblayotganining ham guvohi bo`lyapmiz. Kinoteatrlarda kinoqaroqchilik orqali yurtimizga olib kirilayotgan  xorijiy filmlarning ham noqonuniy tarzda namoyish etilishi avj olgan. Shuningdek, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi bloglar, telegramm kanallarida shaxsiy manfaat ortidan quvib, davlat buyurtmasiga binoan hamda xususiy studiyalar tomonidan suratga olingan bir qator filmlardan parchalar kesib olib, ularni shaxsiy platformaga joylash, kartinalardagi kadrlardan kulgili memlar yasab, uni tarqatish holatlari ham uchramoqda.   Aziz hamkasblar!   Shuni alohida ta`kidlash lozimki, bugun O`zbekiston muhim siyosiy jarayon oldida turibdi. Joriy yilning 22 dekabr sanasida Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar bo`lib o`tadi. Ushbu katta siyosiy voqelik bois saylovning shaffofligini kuzatish maqsadida mamlakatimizga ko`plab xorijlik taniqli siyosatchilar, jurnalistlar, blogerlar va mehmonlar tashrif buyurishmoqda. Yurtimizdagi mavjud davlat va nodavlat telekanallari, ko`ngilochar komplekslardagi turli kinoteatrlar, internet saytlaridagi qaroqchilik bilan to`ldirilayotgan va qaychilanib namoyish  etilayotgan filmlarni  tomosha qilgan xorijlik mehmonlarning taajjublanishiga, o`z yurtiga O`zbekiston haqida negativ fikrlar bilan qaytishiga yo`l qo`ymaylik.     Hurmatli hamkasblar!   Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev  kino san`atining har tomonlama rivojlanishi uchun butun imkoniyatlarni yaratib berayotirlar. Ertangi kunimizda  jahon kinobozorida filmlarimiz xaridorgir bo`lishi uchun barchamiz barobar mas`ulmiz! “Bugun “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan AQSh, Fransiya, Daniya, Xitoy, Hindiston kabi yirik mamlakatlarining nufuzli xorijiy kinokompaniyalari bilan hamkorlik memorandumlari, kelishuvlar, shartnomalar imzolanmoqda. Zero, yuqoridagi mualliflik huquqlarining buzilishi, qaroqchilik va qaychilash holatlariga hozirdan barham berilmas ekan, xorij davlatlari nafaqat kino sohasida, balki boshqa sohalarda ham hamkorliklardan bosh tortishi shubhasiz! Xorij davlatlarining mamlakatimiz nufuzi oldidagi ishonchiga rahna solishga hech kimning haqqi yo`q!   Qonunchilik asoslari g`oyat mustahkam bo`lgan ayrim rivojlangan mamlakatlar intellektual mulkka daxl qilish, mualliflik huquqlarini mensimasdan buzilishiga qarshi qat`iiy jazo choralarini ko`rishi, jumladan bir necha yillar ozodlikdan mahrum qilish, mol-mulkni musodara etish, yirik hajmda jarimalar solish kabi choralar belgilashini yodga olsak, masalaning naqadar dolzarb va ahamiyatli ekanligi ayon bo`ladi.  Shu ma`noda O`zbekistonimizni jahon maydonidagi munosib o`rniga putur etkazmaslik uchun joriy yilning 1 dekabrigacha barcha davlat va nodavlat telekanallari, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy tarmoqlari o`z efirlarini tozalashlari ayni muddao bo`ladi.   Hurmatli hamkasblar! Yuqoridagilardan xulosa qilib, “O`zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash va O`zbekiston kinoarboblari uyushmasi ayrim davlat va nodavlat telekanallari, Internet ijtimoiy tarmog`idagi saytlar hamda boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlaridan bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonuni hamda boshqa amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat`iy rioya etgan holda o`z faoliyatlarini tashkil etishlarini so`raydi. “O`zbekkino” Milliy agentligi o`z intellektual mulki bo`lgan kinomahsulotlarning bu tarzda namoyish etilishi va qaychilanishiga ko`z yumib qarab turmasligini, har bir platformada yuqoridagi kabi holatlar ko`zga tashlansa, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonun asosida ish ko`rishini ma`lum qiladi. O`zbekkino Milliy agentligi Badiiy kengashi va O`zbekiston kinoarboblari uyushmasi amaldagi hamkorlikni qadrlagan holda uni davom ettirish umidida ekanligini bildiradi.
162
5,427
Madaniyat
Rossiya telekanali O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga olishni boshladi
Rossiyaning “Kultura” telekanali “O‘zbekiston: qo‘lga kiritilgan topilmalar” hujjatli filmini suratga olish ishlariga kirishdi. Bir soatga mo‘ljallangan mazkur hujjatli film Rossiyaning “Kultura” telekanali, O‘zEOAVMA va “Karavan-TV” hamkorligida suratga olinadi. Bu haqda O‘zEOVMA ma’lum qildi. Suratda: “Kultura” telekanalining suratga olish guruhi va O‘zEOAVMA Konrad Adenaur nomli Markaziy Osiyo Fondining hududiy vakili Tomas Kuns ishtirokida intervyuni suratga olmoqda. Filmda zamonaviy O‘zbekistonning bir necha asrlik an’analari va donishmandlarining aql-zakovati bilan hamohang ravishda rivojlanib borayotgani haqida so‘z boradi. Ular har bir qadamda uchrashib, hamjihatlik va totuvlikda kun kechirmoqda. Shunday qilib, Toshkent shahrida Islom dinining haqiqiy qadriyatlarini o‘rganuvchi Islom madaniyat markazi, Samarqand shahrida va 1536-yilda qurilgan, ayni paytda ham talabalar ilm olayotgan Mir-Arab madrasasida islom dunyosining olim va ulamolari merosini o‘rganuvchi Xalqaro islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi. O‘zbekiston har doim turli dinga va madaniyatga e’tiqod qiluvchi odamlar ahil-inoqlikda yashaydigan tolerant hudud bo‘lib kelgan. Bunga suratga tushirish rejalashtirilgan Samarqand shahrida joylashgan avliyo Doniyor maqbarasini, Toshkent shahridagi katolik va pravoslavlarning Uspenskiy soborini misol keltirishimiz mumkin. Biroq hujjatli filmning asosiy g‘oyasi va leytmotivi mamlakatdagi eng boy madaniy va tarixiy meros hisoblangan, O‘zbekiston olimlari tomonidan o‘rganib kelingan eng qadimiy yodgorliklar yozuvi hisoblanadi. Biz sizga ota-bobolar va muqaddas Islom an’analariga sodiq holda zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanib borayotgan O‘zbekiston va uning xalqi haqida hikoya qilamiz. Valeriy Belov, film rejissori Film prodyuseri Firdavs Abduxoliqov O‘zEOAVMA uchun bu Rossiya telekompaniyasi bilan navbatdagi filmni suratga olish loyihasi bo‘lganligini ta’kidladi. Biz ilgari ham mashhur “Masterskaya” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston — qumliklar durdonasi” va Qoraqalpog‘iston haqidagi “Vaqt qumliklari aro” nomli hujjatli filmlarni suratga olganmiz. “Kultura-Rossiya” telekanali bilan qilgan hamkorligimiz Respublikamizning mustaqillik bayrami uchun munosib sovg‘a bo‘ladi, deb umid qilamiz. Firdavs Abduxoliqov, film prodyuseri “O‘zbekiston: qo‘lga kiritilgan topilmalar” hujjatli filmining suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga tasvirga olish jarayonida tabiat manzaralaridan, kino va foto hujjatlardan, muzey artefaktlaridan, shaxsiy arxiv va arxiv kadrlardan foydalaniladi. Filmda mashhur arxitektorlarning, olimlarning, tarixchi va xattotlarning, O‘zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi aholining intervyulari yangraydi.
76
2,786
Madaniyat
“Santa-Barbara” seriali yulduzi aktyor Jed Allan vafot etdi
“Santa-Barbara” televizion sagasida SiSi Kepvella rolini ijro etgan aktyor Jed Allan 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda TVLine xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”. Aktyorning o‘g‘li Rik Braunning ma’lum qilishicha, otasi yaqin insonlari qurshovida Kaliforniyada vafot etgan. Amerikalik aktyor Jed Allan 1986-yildan 1993-yilga qadar “Santa-Barbara” serialida SiSi Kepvella rolini ijro etgan. Aktyor, shuningdek, “Beverli-Xillz, 90210” teleserialining 18 ta seriyasida suratga tushgan. U 1-mart kuni 84 yoshga kirgan edi.
59
520
Madaniyat
Qahramon ona: Gollivud aktrisasi Bleyk Layvli to‘rtinchi marta ona bo‘ladi
Gollivudning eng go‘zal juftliklaridan biri Bleyk Layvli va Rayan Reynolds to‘rtinchi marta ota-ona bo‘ladi, deb yozadi Elle. Ajablanarlisi shundaki, Bleyk Layvli kutilmaganda homiladorligini e’lon qildi: aktrisa Nyu-Yorkdagi Forbes Women in Power Summit’ining qizil yo‘lagida tor va yaltiroq libosda paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i aktyor Rayan Reynolds to‘rtinchi marta ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Reynolds va Layvli 2012-yilda turmush qurgan va hozirda uch nafar go‘zal qizni tarbiyalamoqda: Jeyms, Ines va Betti. Ehtimol, juftlikning to‘rtinchi farzandi uzoq kutilgan o‘g‘il bo‘lishi mumkin. Qizig‘i shundaki, Bleyk o‘zining homiladorligi haqda ommaga bunday ajoyib tarzda ma’lum qilishga birinchi marta qaror qilgani yo‘q. U 2019-yilda Reynolds ishtirokidagi “Detektiv Pikachu” filmining premyerasida uchinchi farzandiga homiladorligini e’lon qilgandi.
74
937
Madaniyat
“Bizni o‘z holimizga qo‘ying”: Turk aktyori Burak O‘zchivit homilador rafiqasi bilan yana urishib qoldi
Burak O‘zchivit nafaqat Turkiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhur aktyorlardan biriga aylangan. Tom ma’noda aktyorning har bir qadamini jamoatchilik kuzatib boradi va u paydo bo‘lgan joylar muxlislar bilan to‘ladi, deb yozadi Wday. Turkiyalik aktyor atrofidagi bunday jamoatchilik e’tibori uning qalbini zabt etgan Fahriye Evjen bilan ham bog‘liq. Ayol nafaqat tashqi ko‘rinishi va aktyorlik qobiliyati, balki o‘ziga xos tabiati bilan ham mashhur. TV100 telekanalining xabar berishicha, Fahriye Burakning onasi bilan janjallashib qolgan. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor rafiqasining xatti-harakatidan norozi bo‘lib, hatto birga yashayotgan uyini tark etgan. Jurnalistlar tomonidan ushbu xabar tarqala boshlagan zahoti “Sevgi iztirobi” yulduzi bunga izoh berdi. Aktyor o‘zining sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini joylashtirdi va jamoatchilikdan shaxsiy hayotiga aralashmaslikni so‘radi. “Hech qanday salbiy narsa yo‘q! Bizni o‘z holimizga qo‘ying. Barchaga sevgilar”, — deya izoh qoldirgan Burak. Ammo muxlislar Fahriye hozir uch oylik homilador bo‘lishiga qaramay, er-xotinning ajrashishi mumkinligidan xavotirda. Juftlik hozirda uch yoshli o‘g‘li Karanni tarbiyalamoqda, u ham ota-onasi bilan birga reklama va filmlarda rol o‘ynash orqali katta pul ishlab topadi.
103
1,288
Madaniyat
Xalqaro media-forumning ikkinchi kuniga start berildi
Bugun, 11-dekabr kuni NAESMI Media xolida "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida"loyihasining 2018 yil yakunlari hamda 2019 yil yo`l xaritasiga bag`ishlangan xalqaro media-forumi ikkinchi kuni o`z ishini davom ettirmoqda. Unda xalqaro tashkilotlar va diplomatik missiyalar vakillari, milliy va jahon sharqshunos olimlari, muzey xodimlari, vazirlik va idoralar vakillari qatnashmoqda. Yig`ilishni «O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida» media-loyihasining tahrir kengashi raisi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Akmal Saidov ochib berdi:
53
580
Madaniyat
Koronavirus ketmayotganiga “aybdor” Kaniza, Turkiyadagi operatsiyadan ko‘ngli to‘lmagan Shahzoda. Instagram yangiliklari
26-iyun kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Muqaddas Sa’dullayeva uzun sochlari bilan xayrlashdi. View this post on Instagram Manzura ijodkorlarning qaysi xususiyatlari yoqishi hamda qaysilari yoqmasligi yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazmoqda. View this post on Instagram Oilaviy tadbirda xizmatda bo‘lgan Oybek va Nigora. View this post on Instagram Xonanda Shirin Mamatova muxlislari uchun ijodiy yangilik tayyorlamoqda. View this post on Instagram Shahzoda Matchonova Istanbulda ko‘zini operatsiya qildirgani haqida so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, turkiyalik shifokorlar ishidan aktrisaning ko‘ngli biroz to‘lmagan. View this post on Instagram Xonanda Kaniza yangi qo‘shig‘iga ishlangan klipdan parchani sahifasiga joyladi. Ushbu qisqa video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining tanqidiga sabab bo‘ldi. Hatto tanqidiy fikrlar orasida “Kaniza bunday kliplarni suratga olishda davom etsa, koronavirus O‘zbekistondan ketmasligi”ni yozib qoldirganlar ham bo‘ldi. View this post on Instagram “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerli muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Abdulla Qurbonov to‘yda onalar haqidagi qo‘shig‘ini ijro etayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Zarina Nizomiddinova va uning Instagram’da 17 mingdan ko‘proq kuzatuvchisi bo‘lgan ikki oylik chaqalog‘i. View this post on Instagram
120
1,610
Madaniyat
“Uning menga nisbatan hurmatsizligidan hayron bo‘ldim”. Rayhon Munisa Rizayeva bilan munosabatlari sovuqlashgani haqida gapirdi
“Milliy” telekanalining “Nishonda” dasturida Munisa Rizayeva va Rayhon o‘rtalaridagi munosabatlar sovuqlashgani haqida gapirdi. “Bilasizmi, Rayhonning bitta jihati bor: O‘zidan o‘zi xafa bo‘ladi, o‘zidan o‘zi yana siz bilan yaxshi bo‘lib qoladi. Oxirgi marta Rayhon menga SMS yozdi: Men sendan xafa bo‘lib yurgandim, lekin sen mening tushimga kirding. Men unga ‘Yaxshi, zo‘r. Sen Instagram’da meni unfollow (obunani bekor qilish) qilding, men ham seni unfollow qildim. Lekin mendan nimaga xafaligingni haliyam tushunmadim, dedim. U menga ‘xafa bo‘ldim’ deb yozdi. Men ‘mayli unda xafa bo‘lsang’ dedim”, — deydi Munisa Rizayeva. Rayhon Munisaning so‘zlariga quyidagicha izoh berdi: “Men Munisaning gaplarini eshitib, uning menga nisbatan qanday hurmatsizlik bilan gapirganidan hayron bo‘ldim. Uning so‘zlarida negativ juda ko‘p. O‘ylashimcha, u hali yosh qiz, unda hammasi oldinda. Bilmadim, balki uning uchun kun kelib qadriyatlarning mazmuni o‘zgaradi va hammasi o‘z o‘rniga tushib ketadi. Hammamiz bir xil odammiz. Kimdir baland, kimdir past emas. Ollohning oldida hammamiz tengmiz. Hammamizning borar joyimiz bir. O‘sha joyga hammamiz o‘z gunohlarimiz bilan boramiz va ular uchun o‘zimiz javob beramiz. Shuning uchun menda hech qanday e’tiroz yo‘q, hattoki uning menga bo‘lgan salbiy munosabatiga ham. Bu uning huquqi, uning tanlovi, tarixi va multfilmi”. Rayhon o‘zbek shou-biznesi vakillari o‘rtasidagi do‘stlikka ishonmasligini ham aytib o‘tdi. Biroq, istisno tarzida hozir Rossiyada ijod qilayotgan asli o‘zbekistonlik xonanda So‘g‘diyona bilan uzoq yillardan beri do‘st ekanligini misol keltirdi. Bir-biridan xafalashib qolgani sababiga esa ikkala xonanda ham aniqlik kiritmagan. Bir vaqtlar ular qalin do‘st edi. Hamkorlikda bir necha duetlar ijro etgan. Munisa va Rayhon ijrosidagi “Bor yoki yo‘q” qo‘shig‘i ancha ommalashgan. Avvalroq Rayhon sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayevaga baxt tilagan edi.  “Yagona iltimosim — bizni tinch qo‘yishsin”. Rayhon Yigitali va Muqaddasga baxt tiladi
127
2,028
Madaniyat
O‘zbekiston milliy kutubxonasida O‘tkir Hoshimov va O‘lmas Alixo‘jayevning 75 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechalari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston milliy kutubxonasida 6-sentabr kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning 75 yilligiga, 7-sentabr kuni esa O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Alixo‘jayevning 75 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kutubxona matbuot xizmati xabar bermoqda. O‘zbekiston xalq yozuvchisiga bag‘ishlangan xotira kechasida filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim G‘ofurov O‘tkir Hoshimovning asarlarida ziyolilar muammolarining yoritilishi, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari”, “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi” kabi asarlarining yaratilish tarixi haqida so‘zlab berdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos Xurshid Do‘stmuhammad O‘tkir Hoshimovning kamtarlik, yordamga tayyorlik va ochiqlik kabi insoniy xislatlari haqida hikoya qildi. O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev adib bilan ijodiy hamkorligi haqida xotirladi va filmlarni suratga olish maydonlarida bo‘lib o‘tgan qiziqarli voqealar haqida so‘zlab berdi. O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Sa’dullayeva esa O‘tkir Hoshimov asarlarini sevib mutolaa qilishini, uning asarlari hayotda insonlarga saboq bo‘lishini, ularda ko‘pgina turmush muammolariga yechim topilishini aytdi va kitobxonlarga ularni mutolaa qilishini tavsiya etdi. Hoshimovlar oilasi vakillari esa O‘tkir Hoshimovning otalik, bobolik xislatlari haqida hikoya qildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi tavalludining 75 yilligi munosabati bilan “Qalblarni zabt etgan adib” deb nomlangan adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘lmas Alixo‘jayevga bag‘ishlangan xotira tadbirida O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova marhum aktyor bilan hamkorlikda suratga tushgan filmlar, uning yosh aktyorlarga bergan o‘gitlari va uning hatto mashhurlikka erishganda ham yo‘qotmagan insoniylik xislatlari haqida hikoya qildi. O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Sa’dullayeva ham uning aktyorlik va pedagoglik mahoratini alohida ta’kidlab: “O‘lmas aka mehribon, sodiq do‘st, vafodor yor edi. Ular o‘z faoliyatlari boshidayoq o‘zlariga yuqori pog‘onani belgilab, hayotlari davomida shu pog‘onaga munosib rollarni ijro etishga harakat qildilar”, — dedi. O‘lmas Alixo‘jayevning do‘sti va kasbdoshi, O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev o‘z talabalik va teatr gastrollari davrini xotirlab, dedi: “O‘lmas Alixo‘jayev mendan to‘rt kurs katta bo‘lsa-da, hamisha xushmuomala va yordamga tayyor edi. Tahsildan so‘ng O‘lmas aka faoliyat ko‘rsatayotgan teatrga yo‘llanma olganimda behad mamnun bo‘lganman va u o‘ynagan filmda kichik rol bo‘lsa ham ijro etganimdan xursand bo‘lar edim”. Tadbirda O‘lmas Alixo‘jayev bosh rollarda o‘ynagan kinofilmlaridan parchalar qo‘yildi. “Ijod” zalida “Qodiriy orzu qilgan qahramon” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Milliy kutubxona foyesida esa “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan san’atshunos Yelena Qori-Yoqubova va Gulnora Xudoyberganova, taniqli rejissor Hamid Qahramon tomonidan taqdim etilgan fotosuratlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
131
3,128
Madaniyat
“Rossiyada pistolet, Surxondaryoda pichoq tirashgan”. Shohrux “Ummon” guruhining konsertlari ortidagi janjallar haqida gapirdi (video)
Bo‘linib ketgan “Ummon” guruhining yakkaxon xonandasi sifatida faoliyat yuritayotgan Shohrux “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Shohrux “Ummon” guruhining turli yillardagi ayrim konsert dasturlarining qoldirilish sabablari va konsert sabab chiqqan katta-kichik janjallari haqida gapirib berdi. Juda ko‘p muxlislarni konsert qo‘ymasdan, kuni e’lon qilingan konsertlarni o‘tkaza olmasdan xafa qilib qo‘yganmiz. Tashkilotchilar bilan 1000 so‘mga kelishsak, qo‘limizga 200 so‘m ‘zaklad’ berishardi. Agarda chet elda konsert bo‘ladigan bo‘lsa, bir hafta oldin qo‘limizda pul to‘liq bo‘lishi kerak, shundan so‘ng biz konsertga borishimiz kerak bo‘lardi. Tashkilotchilar kelishilgan pulning yarmini berishardi-da, qolganini so‘rasangiz  ‘Pul yo‘q’ deb turishardi. Shuning uchun ham konsertlarimiz qoldirilishiga ko‘pincha  tashkilotchilar aybdor bo‘lishardi. Pulni olmaganingizdan keyin konsertga chiqmaysiz-ku! Shuning orqasidan janjallar juda ko‘p bo‘lgan. Bu janjallarga biz aralashmasdik, ma’murlar hal qilishardi. Kelisha olmaganlarida ma’murlarimizning peshonasiga pistolet tirashgan paytlari ham bo‘lgan. Bu adashmasam Rossiyaning qaysidir viloyatida sodir bo‘lgan. O‘zimizning Surxondaryoda bo‘ynilariga pichoq tirashgan. Oxirgi marta ziddiyatli vaziyat  Namanganda bo‘lgan. Konsert bo‘lishi kerak edi, lekin tashkilotchi ‘o‘yin’ qilgan. Tegishli tashkilotlardan ruxsat olmagan. Xullas,  konsert bera olmadik va mehmonxonada turib muxlislarga videomurojaat yo‘llashga majbur bo‘lganmiz. O‘shanda ko‘pchilik bizdan xafa bo‘lgan. Shohrux, “Ummon” guruhi yakkaxoni
134
1,656
Madaniyat
Nostandart rol uchun mukammal qiyofasidan voz kechishga qaror qilgan yulduzlar (foto)
Ko‘pchilik tashqi qiyofasini tubdan o‘zgartirishga doim ham ko‘navermaydi. Biroq kasbiga muhabbat qo‘ygan aktyor va aktrisalar rolni mahorat bilan ijro etish va tomoshabinlarga istagan qahramonni taqdim etish uchun har qanday ko‘rinishda bo‘lishga tayyor. Iste’dodli grim ustalari yordamida mashhurlarni tanib olish esa juda ham mushkul. Vaynona Rayder – “Qaychiqo‘l Edvard” Film sujetida o‘z xotirasini nevarasiga aytib beradigan keksa ayolning o‘tmishi tasvirlangan. Vaynona esa keksa ayol va yosh qahramon rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan. Jim Kerri – “Lemoni Sniket: 33 baxtsizlik” Jim Kerri uchun turli xil ko‘rinishda rol ijro etish oson. Masalan, u serialning asosiy qahramoni –graf Olafni ishonchli tarzda namoyish etdi. Shuningdek, u yana ikkita qahramon – yordamchi Stefano va kapitan Shamning ham qiyofasiga kirgan. Xelli Berri – “Bulutli atlas” Ushbu filmda aktrisa birdaniga 6 ta rolni ijro etdi. Ulardan biri uchun u shunchalik mohirona grim qilinganki, Xelleni ushbu rolda aslo tanishning iloji yo‘q. Kris Evans – “Qor orqali” Kapitan Amerikani oddiy ovqat iste’mol qiladigan kambag‘al yigitga aylantirish qiyin kechdi. Biroq dizayner va grim ustalari professional makiyaj ortidan superqahramon ko‘rinishini hosil qildi. Kameron Dias –“Jon Malkovich bo‘lish” Kameron ekranda Lotti Shvarts obrazini yaratish uchun keskin o‘zgarishlarga duch keldi. Killian Merfi – “Sokin joy 2” Killian Merfi haqiqiy qiyofasidan uzoqda o‘zini qalin sochlar va soqollar bilan sinab ko‘rdi. Oliviya Kuk – “Men, Erl va o‘layotgan qiz” Ushbu kartinadagi rol uchun aktrisa oqqon bilan kurashayotgan qizni tasvirlash uchun sochini oldirishga qaror qildi. Bleyk Layvli – “Ritm bo‘limi” Kalta sochlar va nosog‘lom ko‘rinish – bu aktrisaning obrazga yaqin bo‘lishi uchun yuqori sifatli makiyaj. Jared Leto – “Janob Hech kim” Jared 118 yoshli Nemo rolini o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. U Yerdagi o‘layotgan so‘nggi odam. Mendi Mur – “Bu biz” Qarilik, shuningdek, 40 yoshni Mendi Mur ham sinab ko‘rdi. Uillem Defo – “Vampirning soyasi” Vampir rolini Maks Shrek 2000-yilda ijro etgan. U hattoki mohirona qiyofasi uchun “Oskar”ning “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan. Monika Beluchchi – “Aka-uka Grimmlar” Bunday mash’um obrazda Monika qahramonini atigi bir necha daqiqagina ko‘rish mumkin, ammo shisha malikani unutish qiyin. Emma Tompson Haqiqatan ham har qanday obrazni ijro eta oladigan aktrisa turli xil rollarni mohirlik bilan aks ettirgan. 2004-yilda u birinchi bo‘lib “Garri Potter” filmlarida seriyasida bashorat qilish professori eksantrik Sivil Treloni qiyofasida paydo bo‘ldi. 2005-yilda u enaga-sehrgar Matilda Makfiyga aylandi. Va 2021-yilda u ekranda Kruella filmining asosiy antagonisti – baronessa fon Xelmanni aks ettirdi.
85
2,770
Madaniyat
“G‘o‘daygan” Davron Kabulov, bolalik chellenji, shifoxonada karantindoshlariga kuylagan Shirin Mamatova. Mashhurlar karantinda (foto+video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 19-aprel, yakshanba kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. “Ummon” guruhi xonandasi Shohrux baliq oviga chiqdi. View this post on Instagram Xonanda Munisa Rizayeva esa folloverlari bilan bolalikdagi surati bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram “Setora”chi Laylo ham bolaligini esladi. View this post on Instagram Xonanda Hilola Hamidova ham hamkasblaridan ortda qolmay bolalik suratlari chellenjeni davom ettirdi. View this post on Instagram Qulupnaydan zaharlanib, shahar 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tushib qolgan opera xonandasi Shirin Mamatova bemorlarga “Qaylarga boray?” qo‘shig‘idan parcha kuylab berdi. View this post on Instagram “Million” kulgi jamoasi yetakchisi Davron Kabulov o‘zini “g‘o‘daygan”, manman deb o‘ylaydiganlarga murojaat qildi. View this post on Instagram Ozoda Nursaidova 2004-yildagi konsertida kuylagan “Qayinsingillar” qo‘shig‘ini muxlislariga ulashdi. View this post on Instagram “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerli karantindan unumli foydalanib, yangi fotosessiyada suratga tushdi. View this post on Instagram Aktrisa Shahzoda Matchonova o‘z sahifasiga milliy kiyimdagi suratini joylab, folloverlariga bahoriy kayfiyat tark etmasligini tiladi. View this post on Instagram Mavluda Asalxo‘jayeva 1197 raqamiga haqiqatdan ham muhtojlarni qo‘ng‘iroq qilishga chaqirdi. View this post on Instagram “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoitova ko‘chaga chiqayotganda niqobsiz himoyalanish usulini ko‘rsatib berdi. View this post on Instagram
139
1,815
Madaniyat
Facebook’da “qarovsiz” deya noto‘g‘ri talqin qilingan aktyor Abror Tursunov san’atda do‘sti yo‘qligi haqida gapirdi (video)
“Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va rejissor Abror Tursunov haqida ijtimoiy tarmoqlarda “qarovsiz, yordamga muhtoj, juda ayanchli ahvolda” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist va teleboshlovchi Shohira Hamro Abror Tursunovning xonadonida bo‘lib, aktyor bilan suhbatlashishdi. Suhbat davomida aktyor san’atda birorta tobutkash do‘sti yo‘qligi haqida gapirib berdi. Kuch-quvvating borida yoningda bo‘lishadi. Kuch-quvvating ketib qolsa yoningdagilar ham tarqab ketadi. Inson iloji boricha tobutkash og‘ayni topishi kerak. Pulga, mansabingga og‘ayni bo‘lganlar og‘ayni emas. Tobutkash og‘ayning bo‘lsa, u o‘lsa sen ko‘tarsan, sen o‘lsang u ko‘taradi. Menda shunday do‘stim bor, ammo u san’atda emas. Abror Tursunov, aktyor va rejissor
123
877
Madaniyat
Muxlislariga cho‘ntak puli berayotgan Nilufar Usmonova, Munisaning dushmanlariga murojaati, Turkiyada e’tirof etilgan o‘zbek xonandasi. Mashhurlar karantinda
San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 28-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Munisa Rizayeva dushmanlariga atab kulgili videorolik tayyorladi. View this post on Instagram Taniqli turk xonandasi Tarkan muxlislarini sog‘inganini bildirdi. View this post on Instagram Bollivud qiroli Shohruh Xon 28-may kuni o‘g‘li Abramning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktyorning rafiqasi shaxsiy sahifasiga ertak o‘qiyotgan ota-o‘g‘il ishtirokidagi videoni joylashtirdi. View this post on Instagram Xonanda Lola ham 28-may kuni to‘ng‘ich farzandi Shahinaning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. View this post on Instagram Rayhon va Jahongir Poziljonov “Sevaman de” deb nomlangan duet kuyladi. View this post on Instagram Bollivud aktrisasi Kajol folloverlariga ko‘rinish berdi. “Ag‘dar-to‘ntar dunyodagi ag‘dar-to‘ntar selfi. Selfiga tushishning to‘g‘ri usuli bormi yoki har kim o‘zi bilganicha selfi tushadimi?”, — deb yozadi aktrisa. View this post on Instagram Shahzoda Muhammedova qizalog‘i Milana bilan sayrga chiqdi. View this post on Instagram Turkiyada yashab, ijod qilayotgan o‘zbekistonlik xonanda va bastakor Rustam Mahmudovning nomzodi Golden City Awards tanlovining “2020-yilning eng yaxshi aranjirovkachisi” nominatsiyasiga qo‘yildi. View this post on Instagram Bollivud aktrisasi Madhuri Diksit muxlislarini ajoyib raqsi bilan xushnud etdi. View this post on Instagram Shohruhxon sahifasiga “Dadam” qo‘shig‘ini ijro etayotgan askarlar aks etgan videoni joylashtirdi. View this post on Instagram Ozoda Nursaidova yangi suratlari bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Nilufar Usmonova muxlislariga cho‘ntak puli tarqatmoqda. View this post on Instagram Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin:
157
2,057
Madaniyat
Ra`no Shodieva Turkiyada og`ir operasiyani boshdan kechirganini so`zlab berdi
Aktrisa Ra`no Shodieva Instagramda jonli efir vaqtida nima sababdan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganini ma`lum qildi. "Jigarimning 60 foizi olib tashlandi va sog`lom qismini qoldirishdi. Jigar bu – o`sadigan narsa. Uning olib tashlangan qismi Xudo xohlasa 1 yil ichida o`sib joyiga tushadi. Amaliyot oson bo`lmadi, juda qiyin, mashaqqatli bo`ldi. Jigarning organizm ishida 300 ta funksiyasi bor, jigarda qon tomirlari ko`p. Ularning hammasini joy-joyiga qo`yib tikish kerak bo`ldi. 5 oydan beri Turkiyadaman. Hozir muolaja olyapman, kimyoviy davolanishdaman", dedi Ra`no Shodieva.
77
587
Madaniyat
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentiga “Manas” eposining o‘zbek tiliga tarjima qilingan kitobini sovg‘a qildi (video)
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev 5-oktabr kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. O‘zbekistonga tashrifi davomida Almazbek Atamboyev Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi, “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”. Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamaboyevga qirg‘iz xalq eposi “Manas”ning o‘zbek tiliga tarjima qilingan kitobini tantanali ravishda topshirdi. Almazbek Atamboyev asar uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, ushbu tarjima ikki xalqning ma’naviy merosi ekanligini ta’kidladi.  Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga uning “XXI asr bo‘sag‘asida” nomli kitobining o‘zbek tilida chop etilgan nusxasini sovg‘a qildi
123
888
Madaniyat
Dunyo olimlari Butunjahon jamiyatiining Beshinchi kongressiga shoshilmoqda
«O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish – zamonaviy bosqichda” mavzusidagi V Xalqaro kongress 13-21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida o`tadigan madaniy meros haftaligi doirasida o`tkaziladi.  Tadbirning asosiy voqeasi sifatida “O`zbekiston madaniy merosi – dunyo to`plamlarida” turkumidagi kitob-albomlarning 40 ta yangi jildi taqdimotlarini ko`rsatish mumkin. Pandemiya davrida ham O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishButunjahon jamiyatining faoliyati to`xtab qolgani yo`q. Aksincha yanada muvaffaqiyatli davom etdi. O`zbekiston madaniy merosini o`rganish bilan shug`ullanib kelayotgan o`nlab o`zbekistonlik va chet ellik sharqshunos olimlar yangi kitoblar uchun ma`lumotlar to`plashdi.  «O`zbekiston madaniy merosini asrash bo`yicha keng qamrovli loyihamiznii qo`llab-quvvatlayotgani uchun O`zbekiston hukumatidan minnatdormiz. Pandemiya davrida biz Vengriya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlar olimlari bilan aloqa o`rnatib, hamkorlikni yo`lga qo`ydik. Ana shu sa`y-harakatlarning natijasi o`laroq, kitob-albomning 40 jildi  dunyo yuzini ko`rdi. Ushbu ishlarni amalga oshirgan olimlarimizga minnatdorchilik bildirib, mana shunday og`ir damlarda safimizni tark etgan do`stlarimizning yaqinlariga hamdardlik bildiraman”. Qayd etish lozimki, Butunjahon jamiyatining navbatdagi kongressida mamlakatimizdan, shuningdek, Rossiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Vengriya, Fransiya, Buyuk Britaniyaya, Turkiya, Yaponiya, Albaniya, Avstriya, Afg`oniston, Qozog`iston, Gresiya, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Eron, Xitoy, Livan, Mo`g`uliston, BAA, Niderlandiya, Ukraina, Polsha singari 40 ga yaqin mamlakatdan 350 nafar tarixchi va sharqshunos olimlar ishtirok etishi kutilmoqda.  Kongress O`zbekiston madaniy merosini o`rgaanish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatining faoliyatiga bag`ishlangan yalpi yig`ilish bilan boshlanadi. Jahonning muzey va kutubxonalariga “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumiga oid kitob-albomlarning 500 jildini tantanali topshirish marosimi ham bo`lib o`tadi.  Shundan so`ng ikki kun davomida sho``ba majlislari o`tkaziladi. O`zbekiston qo`lyozmalari, me`moriy obidalari va boshqa madaniy meros namunalarini asrash yuzasidan dunyo olimlarining qiziqarli ma`ruzalari tinglanadi. Asosiy e`tibor “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining noshirlik faoliyati yangi yo`nalishlarini izlash  va tasdiqlashga qaratiladi.  An`anaga ko`ra, Kongress Butunjahon jamiyati a`zolarining O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga  murojaati va yakuniy rezolyusiya qabul qilishi bilan yakunlanadi. Shuningdek, Butunjahon jamiyatining 2021-2025 yillarga mo`ljallangan Yo`l xaritasi muhokama qilinadi.  Kongressning tantanali ochilishi arafasida butun dunyo olimlari tadbir ishtirokchilariga o`z tabriklarini yo`llamoqda: Salman al-Mahariy, Bahrayn Madaniyat, arxeologiya, muzeylar va osori atiqalar boshqarmasi mudiri, arxeologiya bo`yicha falsafa doktori: - Ayni damda menga O`zbekiston xalqi va rahbariyatini mamlakatiingiz mustaqilligining 30 yilligi bilan qutlash alohida mamnuniyat baxsh etadi. Shuningdek, mazkur kongressni tashkil etishga qaratayotgan kuch va imkoniyatlari uchun tashkiliy qo`mitaga ham o`z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Turli mamlakatlardan vakillar, ma`ruzachilar, bir joyda yig`ilib, o`z bilimlari, fikrlari, mulohazalari  bilan o`rtoqlashganini ko`rish juda ham quvonarli.  Aleksandr Sedov, Davlat Sharq muzeyi bosh direktori, Moskva: -“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasini amalga oshirish madaniy va ilmiy hamjamiyatda mutlaqo o`ziga xos voqea sanaladi. Loyiha O`zbekiston tarixiy-madaniy merosining qanchalik bebaho va ulug`vor ekanini, uning dunyo madaniyatidagi o`rni va ahamiyatini  ko`rsatadi, keng qamrovli missiyaga egaligi, turli millat va yo`nalishga ega insonlarni birlashtirishi, faoliyati kengayib borayotgani  bilan ajralib turadi.  Frederik Bopertyui-Bressan, Temuriylar uyushmasi asoschisi va prezidenti, Parij:  - V Xalqaro kongressning ochilishi bilan, Butunjahon jamiyati a`zolarini tabriklayman. O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritganidan beri o`tgan 30 yil mobaynida, ayniqsa keyingi yillarda Markaziy Osiyo madaniy merosini o`rganish yuzasidan juda katta ishlar amalga oshirildi. Dunyoning eng yirik muzeylari, ilmiy muassasalari bilan keng ko`lamli tadqiqotlar amalga oshirildi,  Shirin Yashar qizi Malikova, Ozarboyjon milliy gilamchilik muzeyi direktori, san`atshunoslik bo`yicha falsafa doktori: - Zamonaviy O`zbekistan – madaniy makonda o`z o`rni tobora topib borayotgan, shu bilan birga tarixiy an`analarni saqlash va targ`ib etishda dunyo miqyosida o`rnak ko`rsatayotgan mamlakat. O`zbekiston, shu bilan birga xalqaro uchrashuvlarni tashkil etishda eng qulay va mehmondo`st maskan. Bugungi kongress ham bu o`lkaning boy va betakror madaniyatiga qiziquvchi insonlarni birlashtirish uchun mustahkam ko`prik vazifasini o`taydi.
74
4,971
Madaniyat
Jeki Channing o‘g‘li narkotiklarni iste’mol qilgani uchun omma oldida uzr so‘radi
Mashhur xitoylik aktyor Jeki Channing o‘g‘li Jeysi marixuana iste’mol qilgan uchun omma oldida uzr so‘radi, deb xabar bermoqda “TASS”. 13-fevral kuni ozodlikka chiqqan 32 yoshli Jeysi Chan maxsus matbuot anjumani avvalida tavba qilganlik belgisi sifatida chuqur ta’zim qildi. U o‘z qilmishlarini hech nima bilan oqlab bo‘lmasligini tan olib, o‘ziga ikkinchi imkon berishni so‘radi. Qamoqda o‘tirib o‘z hayotini butunlay o‘zgartirish haqida o‘ylaganini, o‘zini oilasi va ijodiga bag‘ishlashini ma’lum qildi. Eslaib o‘tamiz, Jeysi Chan 2014-yil avgust oyida uning Pekindagi uyida politsiya narkotik moddalarni iste’mol qilganlikda gumonlangan shaxslarni aniqlagach qo‘lga olingan. Jeysining o‘zining qonidan ham marixuana aniqlangan.
81
732
Madaniyat
“Sizni juda ham hurmat qilardik va yaxshi ko‘rardik”. O‘zbek shou-biznesi Shahnozabonuning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qildi
14-mart, dushanba kuni xonanda Shahnozabonuning vafot etgani ma’lum bo‘ldi. 2000-yillarning boshida “Qizalog‘im”, “Do‘st”, “Qizg‘onaman” kabi xit-qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda, ma’lum bo‘lishicha, bir muddat avval juda og‘ir operatsiyani boshdan o‘tkazgan, so‘nggi kunlarda esa ob-havoning keskin o‘zgarishini ko‘tara olmagan. Xonandaning eng mashhur qo‘shig‘i — “Qizalog‘im”ning muallifi hisoblangan aktrisa Ra’no Yarasheva avvalroq Shahnozabonu haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashib, u “yashashni yaxshi ko‘rgani” haqida so‘zlagan edi. Shahnozabonu endigina 42 yoshga to‘lgan edi. O‘zbekiston shou-biznes vakillari o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lgan xonandaning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda ekanligini ma’lum qildi. “Birma-bir to‘kilishni boshladik”. “Shahnozabonuning vafot etganliklari haqidagi xabar ruhimizni tushirib qo‘ydi. Alloh joylarini jannatdan qilgan bo‘lsin!”. “Juda ham yaxshi inson edilar. Ilohim, joylari jannatdan bo‘lsin”. “Ming afsus! Yosh edilar. Ilohim joylari jannatdan bo‘lib, Allohim oxiratlarini obod qilsin! Oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiraman”. “Yaxshi inson edi, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin”. “Shahnozabonu degan ism har doim dillarda qoladi! Sizni juda ham hurmat qilardik va yaxshi ko‘rardik”. “Ishongim kelmayapti. Qadrdon opam! Juda ham hurmat qilardim, juda yaxshi ko‘rardim. Siz doim bizning qalbimizdasiz!”. “E, dunyo, nima uchun bunchalar beshafqatsan! Axloqi bilan, odobi bilan o‘nlab qizlar ichida ajralib turar edi, juda oliyjanob ayol edi. San’ati, iqtidori va jozibali ovozi bor shunday hamkasbimiz — Shahnozabonu bugun oramizda yo‘q. Qani endi bu navbatdagi bir mish-mishga aylanib qolsa! Biz, barcha san’atkorlar, nafaqat san’atkorlar, balki san’atsevar xalqimiz bu ajoyib ijodkorning haqiga doim duo qiladi, degan umiddamiz”.
134
1,798
Madaniyat
​O`zEOAVMA ichki turizmni rivojlantirish maqsadida mashhurlar ishtirokida sayyohlik turi tashkil qildi (video)
O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan «O`zbekiston bo`ylab sayohat qil» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida maxsus sayyohlik turi tashkil etildi. Mazkur sayyohlik turida o`zbek madaniyati va san`atining 100 nafarga yaqin arboblari, taniqli yozuvchi va shoirlar, ijodkor ziyolilar, aktyorlar Samarqand shahridagi muqaddas qadamjolar, tarixiy-madaniy yodgorliklar, viloyatning o`ziga xos urf-odat va an`analari bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo`lishdi. Ular Imom al-Buxoriy majmuasi va Samarqand shahrining boshqa diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Shuningdek, Hazrati Xizr majmuasidagi Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilib, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti haqiga duolar o`qishdi.
110
791