folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Aktrisa Shahzoda Matchonovaning nikoh to‘yi 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi | Bir necha kun avval unashtirilgani ma’lum bo‘lgan aktrisa Shahzoda Matchonova jurnalist Baxtiyor To‘raxonov bilan “19:09” ko‘rsatuvida suhbatda bo‘lib, bo‘lajak to‘yi, turmush yo‘lini bog‘lash uchun tanlagan insoni hamda baxt ko‘ylagi haqidagi savollarga javob qaytardi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Turmush qurish qaroriga kecha yoki bugun kelganim yo‘q. Men bu haqda ancha vaqt o‘yladim va o‘zimni bunga tayyor his qilganimdagina ushbu jiddiy qarorni qabul qildim. Turmush o‘rtog‘imni faqatgina oila a’zolarim va yaqinlarim taniydi. Uning shou-biznesga, mening ishimga aloqador joyi yo‘q, u san’atning boshqa turi bilan shug‘ullanuvchi oddiy inson. Tanlagan libosimga kelsak, avvallari bu haqda o‘ylaganimda, minimalizmni, ya’ni ko‘ylagimning bejirim bo‘lishini istagan edim, tanlovga kelganda esa aksi bo‘ldi. Men o‘z didimga mos bo‘lmagan libosda tanlovimni to‘xtatdim. Hashamdor libosni tanladim, u toshlar va boshqa bezaklar bilan bezatilgan. Aslida gap ko‘ylakda ham emas, asosiysi insonning yuzida baxt bo‘lsin! Har qanday kelin baxt oqshomida go‘zal bo‘ladi”, – dedi Shahzoda Matchonova.
Xabarda qayd etilishicha, Shahzoda Matchonovaning visol oqshomi 2016-yilning 25-noyabr kuni Toshkentdagi restoranlaridan birida bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 88 | 1,409 |
Madaniyat | Xizmatkor, ofitsiant va kassir: Gollivud yulduzigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan aktrisa — Margo Robbining taqdir hikoyasi | AdMe bolaligidagi qiyin sharoitlarga qaramay Gollivuddagi eng talabgir aktrisalardan biriga aylanishga muvaffaq bo‘lgan Margo Robbi haqida hikoya qiladi.
Margo Elis Robbi 1990-yil 2-iyulda Dalbi shahrida (Kvinslend, Avstraliya) tug‘ilgan. 31 yoshida u ikki marta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan va uning iste’dodi unga kino olamining mashhur yulduzlari bilan ishlash imkonini beradi.
Biroq bunga erishish oson bo‘lmagan. Intervyularining birida bu haqda Margo shunday degandi: “Agar nimanidir xohlasam, meni hech narsa to‘xtata olmaydi”. U 5 yoshida ota-onasi ajrashishga qaror qilishadi, bu bo‘lajak aktrisaning taqdirini o‘zgartirib yuboradi.
Margo — fizioterapevt Sari Kessler va fermer Dug Robbining qizi. U oiladagi uchinchi farzand edi. Eri ketganidan keyin Sari bolalarini o‘zi boqishiga to‘g‘ri keladi. Ularning moliyaviy ahvoli ko‘p narsani orzu qilishga imkon bermasdi. Margo qo‘l qovushtirib o‘tira olmaydi va bir vaqtning o‘zida 3 ta joyda — xizmatkor, ofitsiant va Subway restoranlar tarmog‘ida kassir bo‘lib ishlaydi.
Margo shou prodyuserlariga maktub yo‘llaganidan so‘ng, “Qo‘shnilar” teleserialiga taklif qilishganini shunday esladi:
Suratga olish ishlari bir necha oydan beri davom etayotgandi. Anchadan keyingina yarim kunlik ishda faqatgina men ishlashimni anglab yetdim.
Robbi o‘sha paytda Subway’da ishlagan. Va men shunday deganman:
Sizlar faqat filmlarda rol o‘ynaysizmi? Kun bo‘yi-ya? Qanday ajoyib, men ham shunday qilishni xohlayman”. O‘sha paytda ichimga nimadir chertgandek bo‘ldi, — deb eslaydi aktrisa.
Ammo inson ko‘p narsaga erishishni xohlasa, uni hech narsa to‘xtata olmaydi. Margo esa buning yorqin misolidir: bir nechta spektakllarda ishtirok etganidan so‘ng, u Gollivudda o‘zini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Barchaga ma’lumki, bu oson ish emas, ayniqsa sirk san’ati bo‘yicha sertifikatdan boshqa hech narsaga ega bo‘lmagan yoshgina musofir qiz uchun.
Imkoniyatlar ahamiyatsiz bo‘lishiga qaramay, qiz 20 yoshida AQSHga ko‘chib o‘tadi. U yangi mamlakatga kelganidan bir necha oy o‘tgach, “Pan Amerikan” filmida rol o‘ynaydi.
“O‘sha paytda hamma aqldan ozganmisan, qanaqa Amerika? Baribir hech nimaga erisha olmaysan, deyishgandi. Ammo hozir shu yerdaman”, — deydi u.
Bolaligimda boshqalarning Tiffany & Co kompaniyasining kichik ko‘k qutidagi sovg‘asini olayotganini ko‘rardim. Men har doim shunday deb o‘ylardim: “Qachondir men ham shunday sovg‘a olarmikanman?”. Nyu-Yorkdagi ilk maoshimni olganimda, birinchi qilgan ishim Beshinchi avenyudagi Tiffany’sga borib, bilaguzukka biriktiriladigan kichkinagina samolyot-tumor sotib olganman. Bu do‘kondagi eng arzon buyum bo‘lgan, lekin o‘shanda buning ahamiyati yo‘q edi, chunki u ko‘k qutida turgandi, — deydi Margo.
Margo Robbi “Uoll-stritlik bo‘ri” filmidagi Naomi Lapali roli uchun kastingdan o‘tib, Leonardo Di Kaprioga tarsaki tushirganidan keyin mashhur bo‘lib ketadi. Bu obraz unga olamshumul shuhrat keltiradi. Buning ortidan aktrisa onasining uy kreditini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Margoning onasi unga doim o‘rnak bo‘lgan:
Onam bizni katta qilish bilan birga, ishlashga ham vaqt topgan. Ba’zan u meni aldayotgandek his qilaman, chunki qanday qilib bunchalik energiyaga to‘la bo‘lishni tushunmayman. U bizga qanday chidagan, hanuzgacha hayronman. Biz tinimsiz urishadigan, judayam sho‘x 4 nafar bola edik.
Mening onam Yer yuzidagi eng mehribon ona va agar men unga o‘xshagan bo‘lsam, umuman xafa bo‘lmasdim — aslida, bu men uchun sharaf bo‘lardi.
2016-yilda aktrisa Tom Akerliga turmushga chiqadi. An’anaga ko‘ra, kelinning otasi qizini mehrobga olib borishi kerak, ammo Margo bu rolni onasiga ishonib topshiradi. Otasini hatto marosimga taklif qilishmaydi. Aktrisa ular deyarli muloqot qilishmasligini aytadi: “Men otamga umuman o‘xshamayman”.
Otasi Dug Robbi Margo va boshqa bolalarning o‘qishi uchun pul berib turgan, ammo mehribon ota emasdi. Ma’lum bo‘lishicha, ikki qizi Margo va Anya “u haqda bilishni ham istamasliklarini” aytishgan. Biroq o‘g‘illari Kemeron va Laklan otalariga nisbatan bir oz kechirimli.
Orzular ro‘yobga chiqadi, bu haqiqat. Lekin bu tartib, jasorat va fidoyilikni talab qiladi. Margo Elis Robbida esa bunday xislatlar juda ko‘p. U haqiqatan ham turli rollarni o‘ynashi mumkinligini isbotladi — “Fokus”, “Xudkushlar guruhi”, “Tarzan: Afsona”, “Tonya barchaga qarshi”, “Ikki qirolicha” va “Bir paytlar Gollivudda” kabi filmlar shular jumlasidan. 2023-yilda esa aktrisa bosh rolni ijro etadigan “Barbi” filmi ekranga chiqadi.
Bolaligidagi moliyaviy qiyinchiliklar va Subway’dagi ishidan so‘ng ikki karra “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan aktrisaning boyligi 15 million dollarni tashkil etadi. Iqtidorli Margo ham aktrisa, ham prodyuser sifatida yangi cho‘qqilarni zabt etishda davom etmoqda. | 135 | 4,727 |
Madaniyat | Surxondaryodan Mirzo Ulug`bek hukmronligi davriga oid tangalar topildi (foto) | Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar To`palang daryosi qirg`og`idan juda ko`p mis tangalar topib olgani haqida OAVda ma`lumotlar tarqaldi.
Vazirlar Mahkamasining Madaniy meros inspeksiyasi rahbarligida hamda Madaniy meros agentligi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh Sariosiyo tumanida olib borgan o`rganishlari natijasida bu ma`lumot tasdiqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Olimlar mazkur ashyolar hozirgacha vatanimiz hududidan topilgan Mirzo Ulug`bek hukmronligi davrida zarb ettirilgan pul tangalarining eng katta va yaxshi saqlangan xazinasi ekanligini ta`kidlashmoqda.
Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan topilmalar talon-taroj qilinayotganligi aniqlandi.
Ayni paytda Inspeksiya, Agentlik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan topilmalar aniqlangan hudud muhofazaga olingan. 9-martdan boshlab, Sariosiyo tumani To`palang daryosi hududida ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Ta`kidlash lozim, O`zbekiston Respublikasining “Arxeologiya merosi obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi Qonunning 16-moddasiga ko`ra Arxeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda fan, madaniyat va ta`lim muassasalariga biriktirib qo`yish, ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog arxeologiya ashyolari davlatga topshirilishiga qadar ularning but saqlanishini ta`minlashi lozimligi belgilangan.
Fuqarolarimizdan davlat mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlarini va topilmalarni o`rnatilgan tartibda tegishli tashkilotlarga topshirishda faolliklarini so`rab qolamiz.
Shu o`rinda davlatga topshirilgan xazina va moddiy boyliklar uchun mukofot belgilanganligi alohida ta`kidlanadi. | 77 | 1,752 |
Madaniyat | Amerikalik musiqachi Fets Domino vafot etdi | 24-oktabr kuni AQShda mashhur musiqachi Fets Domino (asl ismi Antuan Domino) vafot etdi. U 89 yoshda edi, deb xabar beradi Meduza.
Fets Domino ilk rok-n-roll ijrochilari orasida eng nufuzlilaridan hisoblanadi. 1986-yili u rok-n-rol shuhrat zaliga Chak Berri, Elvis Presli, Jeyms Braun, Rey Charlzlar qatorida kiritilgan dastlabki o‘n klassikdan biri bo‘ldi.
Uning eng mashhur qo‘shiqlari — Ainʼt That a Shame va Blueberry Hill. Beatles yulduzi Jon Lennon o‘z vaqtida aynan birinchi kompozitsiya u ijro etishni o‘rgangan birinchi asar bo‘lganini ta’kidlagan edi. | 43 | 562 |
Madaniyat | Amerikada Kurt Kobeynga tegishli gitara 6 million dollarga sotildi | Nirvana guruhining marhum sozandasi Kurt Kobeynning gitarasi AQShdagi auksion savdolarida olti million dollarga sotildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“ 6 010 000 dollarga sotildi! Gitara uchun yangi jahon rekordi. Kurt Kobeynning MTV Unplugged’dagi chiqishida foydalanilgan gitarasi”, — deyiladi auksion uyi xabarida.
SOLD for $6,010,000! A new world record for a guitar! Kurt Cobain's guitar used with Nirvana's MTV Unplugged!Sold in our “Music Icons” auction taking in Beverly Hills and live at https://t.co/TiME89uOXn! #Auction #JuliensAuctions #RockNRoll #KurtCobain #Nirvana #WorldRecord pic.twitter.com/ZbNg13yUHu
— Julien's Auctions (@JuliensAuctions) June 20, 2020
Ma’lum bo‘lishicha, Kobeyn ushbu Martin D-18E gitarasida oxirgi marta 1993-yilning 18-noyabrida, o‘limidan besh oy avval kuy chalgan.
1994-yilda 27 yoshli Kobeyn o‘z joniga qasd qilgan.
Nirvana guruhining marhum yetakchisiga tegishli gitara 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi | 66 | 953 |
Madaniyat | Mashhur hind aktrisalarining hayoti ular turmushga chiqqanidan so‘ng qanchalik o‘zgaradi? (foto) | Sevimli aktrisalarining turmushga chiqishi muxlislar uchun hayajonli mavzulardan biri. To‘y qanday o‘tganini ko‘pchilik muxlislar ko‘radi, biroq yulduzlar to‘ydan keyin qanday hayot kechirishi hammaga ham ma’lum emas. Quyida hind aktrisalarining to‘ydan keyingi hayoti qanchalik o‘zgarishi haqida ma’lumotlar keltiriladi.
Vidya Balan va Siddxart Roy Kapur
Ikki marta oila qurib ulgurgan, UTV Motion Pictures rahbari, prodyuser Siddxartga 2012-yilda turmushga chiqqan aktrisa uy ishlari bilan o‘ralashib qolmagan, aksincha faol suratga tushishda davom etgan. Odamlar farzandli bo‘lmagani haqida gapirishdan to‘xtamasligiga qaramay, juftlik baxtli oilalardan biri.
Shilpa Shetti va Raj Kundra
Shilpaga oshiq bo‘lganida Raj oilali, rafiqasi esa farzand kutayotgan bo‘lgan. Rajning birinchi rafiqasi Kavita oilasini buzgani uchun Shilpaning mavqeyini tushirishga uringan. Ammo bu juftlikni turmush qurish fikridan qaytara olmagan. 2009-yilda oila qurgan yulduzlar 2012-yilda farzandli bo‘lgan. 2019-yilda esa surrogat ona yordamida ikkinchi marta ota-ona bo‘lgan.
Sonam Kapur va Anand Axujda
Biznesmen va aktrisa 2018-yilda turmush qurgan. Sonam oila qurganidan keyin ham shou-biznesni tark etmagan. Suratga tushishda davom etadigan aktrisa ijrosidagi filmlar muvaffaqiyatsiz chiqishidan cho‘chimaydi. Hali farzandli bo‘lib ulgurmaganiga qaramay, hayoti va munosabatlaridan mamnun.
Anushka Sharma va Virat Koxli
Aktrisa turmush o‘rtoq sifatida mashhur kriket sportchisini tanlagan. 2017-yilda turmush qurgan juftlik 2021-yilda farzandli bo‘lgan. Mashhurlar hamisha birgalikdagi suratlarini joylab boradi. Muxlislar ularning baxtiga havas qiladi va Instagram’dagi suratlarini kuzatib borishni yaxshi ko‘radi.
Priti Zinta va Jin Gudenaf
Hindistondagi faoliyati davomida bir necha marta omadsiz sevgidan kuygan aktrisa 2016-yil amerikalik Jin Gudenafga turmushga chiqqan. Turli millat va madaniyat vakili ekaniga qaramay, Priti va Jin bir-birini tushunishga harakat qiladi.
Priyanka Chopra va Nik Jonas
2018-yilda turmush qurgan juftlik muntazam ravishda baxtli lahzalari muhrlangan suratlar bilan bo‘lishib keladi. Xeyterlar aktrisaning turmush o‘rtog‘idan ko‘ra to‘la ekani, farzand dunyoga keltirmagani va shunga o‘xshash ma’lumotlar bilan tirnoq ichidan kir qidirishiga qaramasdan, Priyanka va Nik turmush o‘rtoq borasida qilgan tanlovidan pushaymon bo‘lganicha yo‘q. | 96 | 2,370 |
Madaniyat | O‘zbekistonda Oktay Kaynarja ishtirokida ishlanayotgan serial, yangi mavsumda tomoshabinlar xayrlashadigan qahramonlar. Turk kinosi yangiliklari | Turk kino olamida voqealar tez va kutilmagan tarzda rivojlanmoqda. Yozgi ta’tilda yakunlanadigan loyihalar har doim ham avvalgi tarkib bilan qaytmaydi. Ushbu mavsumda Fahriye Evjen — “Alparslon”, Berk Oktay, Eda Eje, Shevval Sam — “Qora niyat”, Engin Altan Duzyatan — “Aka-uka Barbarosslar” serialini tark etgandi. Endi esa yana uch nafar aktyor yangi mavsumda ishtirok etayotgan loyihalar bilan xayrlashishini ma’lum qildi, deb yozadi “Yandeks Dzen”.
“Tashkilot” seriali muxlislari keyingi mavsumda bosh qahramonlardan biri — Chag‘lar Ertug‘rulni ko‘rmaydi. U aktyorlar jamoasini tark etadi va uchinchi mavsumda ishtirok etmaydi. Aktyorda uzoq vaqtdan beri loyihani tark etish rejasi bo‘lgan, ammo prodyuser uni doimo qolishga ko‘ndirib kelgan. Va nihoyat Chag‘lar loyihani tark etishga qaror qildi. Hozircha yangi loyihalar haqida hech narsa ma’lum emas. Endi prodyuser “Tashkilot” loyihasining bosh erkak roli uchun aktyor qidirmoqda. Buning ajablanarli joyi yo‘q, ko‘p mavsumli loyihalar aktyorlarning doimiy ravishda o‘zgarishi bilan ajralib turadi.
Bir necha mavsumdan beri “Qasam” serialida rol o‘ynagan Go‘kberk Demirji ham mazkur loyiha bilan xayrlashib, yangi takliflar kutmoqda.
Ulash Tuna Astepe ham o‘tgan mavsumda ishtirok etgan loyihani tark etdi. “Aka-uka Barbarosslar: O‘rta Yer dengizi qilichi” serialida mashhur to‘rt aka-uka rolini o‘ynagan barcha aktyorlar serialni tark etdi. Loyihaning ikkinchi qismini Ulash ijro etgan Hizir (Hayriddin)ga bag‘ishlash rejalashtirilgan edi. Davlat kanali ushbu loyihaga bir yildan ortiq tayyorgarlik ko‘rgan va mavsumning eng qimmat serialiga aylangandi, biroq nimadir noto‘g‘ri ketgan ko‘rinadi, reytinglar pasayib ketdi. Davlat kanali hatto past reytinglar bilan ham loyihani kengaytirishga ruxsat berdi. Serialning davomini suratga olish ishlari boshlangan bo‘lsa-da, sujet katta o‘zgarishlarga uchradi. Voqealarga ko‘ra, serial oradan ko‘p vaqt o‘tgan, Hayriddin Posho shon-shuhrat cho‘qqisida, 40 yoshdan keyingi hayoti haqida hikoya qiladi. Serialda bosh rolni kim ijro etishi hozircha noma’lum.
Ulash Tuna esa “birodar”lariga ergashib, serialni tark etishga qaror qildi va endi shifokorlar hayoti haqida hikoya qiluvchi yana bir “Yangi Istanbul” loyihasida ishtirok etish uchun kelishuvlar olib bormoqda. Yangi loyihada Tuna kasalxonaning bosh shifokori rolini o‘ynashi mumkin.
“Aziz” o‘rniga “Farrosh”
Nafaqat aktyorlar, balki rejissorlar ham loyihalarni tark etishi mumkin. Ammo bu holat kamdan-kam uchraydi, reytinglarning pasayishi bilan butun suratga olish guruhi tez-tez o‘zgaradi — rejissorlar, ssenariy mualliflari. Demak, “Aziz” serialida rejissor kursisini Rejai Karag‘yoz bo‘sh qoldirdi. U yangi loyiha ustida ishlamoqda — Argentinaning “Farrosh” seriali remeyki. Uning avvalgi o‘rnini Nezaket Joshkun egallaydi.
Disney + Netflix’dan loyihani olib qo‘yadi? Kim g‘olib chiqadi?
Netflix bir necha yillardan beri bosh rolni Chag‘atoy Ulusoy ijro etishi kerak bo‘lgan O‘rxan Pamukning “Iffat muzeyi” kitobini ekranga moslashtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. U loyihaning prodyuseri ham edi. RTUK iltimosiga ko‘ra bosh rolni turk emas, xorijlik aktrisa ijro etishi kerak bo‘lgan.
Ammo yozuvchi ssenariyni ma’qullamagani uchun ish cho‘zilib ketdi va loyiha to‘xtab qoldi. Endi Disney+ raqamli platformasi va “Ay Yapım” kinokompaniyasi bu masalani o‘z qo‘llariga olishga qaror qildi va Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan ushbu adabiy asarni filmga aylantirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Agar kelishuv kuchga kirsa, u holda Netflix’ning Turkiyadagi yuzi bo‘lgani uchun Chag‘atay Ulusoy loyihada o‘ynay olmaydi. Chunki Disney + uchun yangi serialni ushbu raqamli platforma bilan shartnoma imzolagan aktyorlar ijro etadi. Agar kelishuv amalga oshsa, Alina Boz bosh rolni o‘ynashi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud. Loyiha yaratuvchilari esa Burak Denizni asosiy erkak roliga taklif qilishni rejalashtirmoqda. Kelishuvga ko‘ra, serial Disney+ uchun suratga olinsa, ular yana bitta loyihada suratga olish maydonchasida uchrashadi. Ular allaqachon “Marashlik” serialida o‘ynashgan, serialning Jalol-Mahur juftligi tomoshabinlar mehrini qozongan.
“Bu dunyoga sig‘mayman” — kuz-qish mavsumining yangiligi
“Bu dunyoga sig‘mayman” seriali suratga olish maydonini kengaytiradi. Loyiha ustidagi ishlar nafaqat Istanbulda, balki O‘zbekistonda, xususan, suratga olish guruhi ayni damda bo‘lgan Buxoro va Samarqandda ham olib borilmoqda. 2022-yil 21-iyul kuniga loyiha ishchilari Istanbulga qaytishni rejalashtirgan. Ma’lumki, suratga olish ishlari yana bir qancha mamlakatlarda bo‘lib o‘tadi, chunki bosh qahramon Turkiya hukumati ishonib topshirgan ishni bajarishi kerak va shu sababli u o‘z ish bo‘yicha ko‘plab xorijiy mamlakatlarga tashrif buyurishga majbur.
Bosh rolni Oktay Kayranja ijro etgan, shuningdek, u loyiha prodyuseri ham hisoblanadi. Rejissor — Onur Tan. Aktyorlar tarkibi allaqachon shakllantirilgan, loyihani suratga olish ishlari boshlangan.
Sujetda boy va nufuzli oiladan bo‘lgan Jezair Turk akasining o‘limiga sababchi bo‘lganlarni o‘ldirib, o‘ch olgani uchun mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgani haqida hikoya qilinadi. Uning oilasi Jezairni o‘lgan deb hisoblaydi va yillar davomida motam tutadi. Darhaqiqat, u xorijda Turkiya hukumatidan topshiriq bo‘lganligi sababli ikki tomonlama hayot kechiradi.
“Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotida ishlaydigan ayol bilan tanishish uning hayotidagi burilish nuqtasi bo‘ldi. U sevgan ayoli bilan hayot qurish uchun o‘tmishini tartibga solishi kerak.
Murat Boz va Burju O‘zberk bitta loyihada
Murat Boz va Burju O‘zberk turk kino kompaniyalari bilan endigina hamkorlik qila boshlagan Amazon raqamli platformasi uchun bir loyihada “Tushda ko‘rasan” filmida rol o‘ynaydi. Murat so‘nggi paytlarda televizorda ko‘rinmay qolgan, u raqamli platformalar uchun loyihalarda ishtirok etishni afzal ko‘radi. | 144 | 5,838 |
Madaniyat | Muxlislari bilan turmush qurgan mashhurlar (foto) | Shou-biznes vakillari hamisha ham hamkasblari bilan turmush quravermaydi. Ular orasida o‘z muxlislari bilan oila qurgan va baxtli hayot kechirib kelayotganlari ham yo‘q emas.
Mett Deymon
Mett muxlisi bo‘lgan bo‘lajak rafiqasi bilan to‘satdan uchrashib qolgan. 2002-yilda aka-uka Farrellilar filmida suratga tushish uchun Mayamiga jo‘nab ketgan Deymon fanatlaridan qochib, Lyusyan Barrozo ishlaydigan barga kirib qoladi va bir boqishdayoq ushbu ayol bilan hayotini bog‘lamoqchiligini tushunib yetadi.
Jon Travolta
Aktyorning rafiqasi “Briolin” filmini tomosha qilganidan keyin Travoltani sevib qoladi, ammo sevgisi bilan oradan o‘n yil o‘tibgina uchrashishga muvaffaq bo‘ladi. 1989-yilda“Mutaxassislar” filmida Jon bilan birga suratga tushishga muyassar bo‘lgan Kelli Preston aktyorda yaxshi taassurot qoldiradi va juftlik ko‘p vaqt o‘tmay turmush quradi.
Riz Uizerpsun
“Oskar” mukofoti sovrindori hisoblangan Riz hamkasbi Rayan Fillippga turmushga chiqqan va 2008-yilga qadar 10 yil birga hayot kechirgan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i Jim Tot bo‘lsa, avvaldan aktrisani yoqtirgan, lekin uning oilasi bo‘lgani uchun munosabatdan umid qilmagan bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i bilan ayrilganini bilganidan keyin qalbiga yo‘l topishga harakat qilgan muxlisi bilan Riz 2011-yilda turmush qurgan.
Enn Xeteuey
Enning turmushi o‘rtog‘i ham uning muxlislaridan biri bo‘lgan. U vaqtda Adam Shulma endigina aktyorlik karyerasini boshlagan bo‘lgan. Aktrisaning ko‘nglini olishga harakat qilishiga qaramay Enn turmush qurishga darhol rozilik bermagan va bunga avvalgi munosabatidagi xiyonat sabab bo‘lgan. Lekin Adam uni baxtli qilishiga ko‘zi yetganidan keyin oila qurishga qaror qilgan. 2012-yilda turmush qurgan juftlikning hozirda ikki farzandi bor.
Juliya Roberts
Aktrisa hayotida sevgi qissalari ko‘p bo‘lishiga qaramay, turmushga chiqish uchun munosib inson sifatida muxlisi bo‘lgan, kinooperator Deniel Moderni tanlagan. “Meksikalik” filmining suratga olish jarayonida tanishgan juftlik 2002-yilda turmush qurgan. Biroq sal avvalroq, Roberts va uning turmush o‘rtog‘i ajrashmoqchiligi haqidagi xabar e’lon qilindi.
Kevin Beykon
“Oltin globus”, “Saturn” kinomukofotlari sovrindori Kevin Beykon 30 yildan beri turmush o‘rtog‘i Kira Sejvik bilan baxtli turmush kechirib kelmoqda. Kira 1977-yil teatrlardan birida aktyor ijrosini ko‘rib, uning muxlisiga aylangan. Oradan 11 yil o‘tib esa juftlik munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan.
Patrik Dempsi
Patrik kunlardan birida sartaroshxona ishchisi bo‘lgan Jillian Fink bilan tanishadi va qizning unga muxlis ekani va u bilan uchrashishni orzu qilganidan xabardor bo‘ladi. Gaplashib, bir-birini tushunishni boshlagan juftlik oradan ko‘p o‘tmay turmush qurgan. 20 yildan buyon birga hayot kechirib kelayotgan er-xotin bugungi kunda 3 farzandni katta qilmoqda.
Kemeron Dias
Aktrisaning turmush o‘rtog‘i, Good Charlotte musiqiy guruhi a’zosi Benji Medden hisoblanadi. Ular 2012-yilda tanishgan va oradan uch yil o‘tib turmush qurishga qaror qilgan. Juftlikning hozirgi kunda bir qiz farzandi bor.
Nikolas Keyj
Nikolas ikki marta turmush qurgan va hayoti o‘xshamagan. Los-Anjelesdagi klublardan birida ofitsant bo‘lib ishlaydigan koreyalik Elis Kim aktyorning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. To‘satdan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan juftlik 12 yil birga hayot kechirgan.
Adam Sendler
Model sifatida faoliyat boshlagan Jeki Tituon aktyor Adam Sendler bilan tanishishni orzu qilgan. 1999-yilda aktyor rol ijro qilgan filmda suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lgan Jeki aktyor qalbidan joy oladi va juftlik oradan 4 yil o‘tib turmush quradi. | 49 | 3,572 |
Madaniyat | Moskvada Munisa Rizayeva ishtirokidagi konsert bekor qilingani noroziliklarga sabab bo‘ldi. Xonandaning ma’muri vaziyatga oydinlik kiritdi | Xonanda Munisa Rizayeva va ozarbayjonlik qo‘shiqchi Uzeyir Mehdizodaning 8-mart kuni Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan konserti taqdim etilmadi. Bu holat konsertga chipta sotib olgan muxlislar, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Munisa Rizayeva.
“Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Munisa Rizayevaning ma’muri Dilmurod Sattorovga murojaat qildi. U tashkilotchilar zarur texnik vositalardan birini topa olmagani uchun, konsert aprel oyi o‘rtalariga qoldirilganini ma’lum qildi.
“Tarmoqlarda tarqalayotgan ‘Munisa bilet olganlarni chuv tushirdi’, ‘uxlatdi’, degan mazmundagi har-xil gap-so‘zlarning barchasi asossiz. Bu Munisaning yakkaxon dasturi emas edi. Tashkilotchilar Munisa va Uzeyir ikkalasi ishtirokida 2,5 soatlik konsert uyushtirishni belgilashgandi. Unda Munisa bir soatu 15 daqiqa qo‘shiq aytardi, xolos. Biz hech narsaga aralashmaganmiz. Barchasi tashkilotchilar zimmasida bo‘lgan. Agar dastur Munisaning bir o‘ziga tegishli bo‘lib, konsert o‘tkazilmaganida, turli shubhalarga borish mumkin edi”, — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, Moskvadagi konsert tashkilotchilari O‘zbekiston Madaniyat vazirligi vakillari bilan uchrashib, qonuniy shartnomalar imzolangan. Xonanda bu konsert uchun gonorar olmagan, xizmat haqi konsert boshlanishidan bir necha soat avval taqdim etilishiga kelishilgan edi.
Dilshod Sattorovning alohida qayd etib o‘tishicha, bilet olganlarga mablag‘lari qaytarilmoqda.
“Ko‘pchilik biletni internet orqali xarid qilgan ekan. Tashkilotchilar onlayn bilet sotib olganlar hisob raqamiga pullarni o‘tkazishni boshlagan. Naqd pulga bilet xarid qilganlarga ham pullari qaytariladi yoki apreldagi konsertga bilet beriladi. Qisqasi, qo‘lida bileti borlar sira xavotirlanishmasin. Hech kim ‘uxlatib’ ketilmaydi, hamma rozi qilinadi. Kimda-kim bilet pulini ololmayotgan bo‘lsa, bizga yoki tashkilotchilarga murojaat qilsin. Ularga pullari yuz foiz qaytariladi”, — deya qo‘shimcha qildi Sattorov. | 138 | 2,003 |
Madaniyat | Tokioning sirli dunyosidan Xirosima fojiasigacha. Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari | Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2021-yil 17-sentabr kuni chop etilgan va e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda
Stereotiplardan farqli o‘laroq, anime yosh janr emas. Uning tarixi 1950-yillarda, animatsiya bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan odamlarning alohida tajribalari emas, balki sanoatga aylanganda boshlangan. O‘tgan o‘n yillar mobaynida ko‘plab TV va OVA-seriallari (Original Video Animation — Yaponiyada anime-seriallarning o‘ziga xos formati) qisqa va to‘liq metrajli filmlar chiqarildi. Bu sohalarda eng yaxshi kartinalar ro‘yxatini tuzish deyarli imkonsiz, chunki ma’lumotlar juda ko‘p. Lekin shunga qaramay Cosmopolitan nashri ekran yuzini ko‘rganiga ancha bo‘lgan bo‘lsa-da, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan klassikalar, hayratlanarli darajada bajarilgan va diqqatga sazovor anime kartinalar bilan tanishtiradi.
“Stimboy” (Katsuhiro Otomo, 2004)
XIX asrdagi Angliya. Rey Stim — juda iste’dodli, mexanikaga qiziquvchi bola, bobosi unga bug‘ sharining chizmalarini yuborganidan so‘ng hayoti siyosiy voqealarga qorishib ketadi.
“Stimboy” — Katsuhiro Otomoning yetarlicha baholanmagan kartinalarining eng yorqin namunasidir. Mazkur animatsiya ruhiy jihatdan yengil va bolalarcha samimiy. Bu ajoyib animatsiyada, ayniqsa, xayoliy mexanizmlar haqida gap ketganda haqiqiy stimpank (XIX asr oxiridagi bug‘ energiyasidan ilhomlanib yaratilgan ilmiy-fantastik yo‘nalish) sarguzashtdir. Otomo — ajoyib grafik. “Stimboy”da bo‘lgani kabi hech qayerda mexanizmlarning ajoyib dizaynini bunchalik aniq ko‘ra olmaysiz, tomosha qilish davomida animatsiya san’ati nimalarga qodir ekaniga qoyil qolishingiz aniq.
“Stimboy” Otomoning “Akira” nomli animatsiyasi singari unchalik mashhur bo‘lolmagan. Bir vaqtlar bu 3D va 2D animatsiyasining kombinatsiyasi nimaga qodirligini ko‘rsatib beruvchi ajoyib film bo‘lgan.
“Haqiqiy qayg‘u” (Satosi Kon, 1998)
Pop yulduzi Mima Kirigoye o‘z konsertida karyerasini o‘zgartirmoqchi ekanini e’lon qiladi: bundan buyon u serialda rol o‘ynamoqchi! Garchi muxlislari uning qaroridan unchalik mamnun bo‘lmasalar-da, Mima bunga qat’iy qaror qiladi. To‘g‘ri, u bu haqda o‘zining kundaligidagi yozuvdan bilib qoladi, albatta, buni u yozgan emas. Lekin qaysi yulduzning aqldan ozgan muxlislari yo‘q?
Satosi Konning mazkur kartinasi birinchi soniyadayoq tomoshabinni bezovta qila boshlaydi. Satosi Kon bu jihati bilan Lars Von Trierga biroz taqlid qilgan: ularning har ikkalasi ham samimiy va begunoh qahramonlarini umidsizlik, og‘riq va yovuzlik dunyosiga tashlaydi. Biroq “Haqiqiy qayg‘u”ni aqldan ozgan muxlislarning ahmoqligi deb hisoblash vijdonsizlik va noto‘g‘ri bo‘lardi. San’at ko‘pincha shafqatsiz bo‘lishga majbur bo‘ladi. Satosi Kon esa tomoshabinni umuman ayamaydi, ularni og‘riq va azoblar orqali go‘zallikka olib boradi.
“Haqiqiy qayg‘u” animesi media olamidagi shaxsning mashhurligi bilan bog‘liq jinnilikning turli tomonlarini qo‘rqinchli va realistik tarzda ochib beradi. Mima o‘zi shaxsiyatining qaysi tomoni haqiqiy ekanligini anglay olmay qoladi, uning qiyofasi boshqa odamlarning — unda tirik odamni payqamaydigan suratga olish guruhi, eski va yangi muxlislari, hamkasblarining munosabatida sinadi.
“Xokusay xonim” (Keyichi Hara, 2015)
Katsusiki Oi — saroyning mashhur rassomi bo‘lgan Xokusayning qizlaridan biri. U aqlli, o‘qimishli va iste’dodli, u rasmlar chizish orqali otasi olgan buyurtmalarni tayyorlashga yordam beradi. Va hech qachon suratlariga o‘z imzosini qo‘ymaydi
Keyichi Xara bir necha bor Xayao Miyazaki ijodiga taqlid qilishda ayblangan, ammo bu ayblovlar isbotlanmagan. Uning uslubi haqiqatan ham Ghibli estetikasiga o‘xshash bo‘lsa-da, Keyichi Xara yapon to‘liq metrajli animatsiyasida, xususan, Ghibli qo‘l urmagan mavzularni muhokama qilishdan uyalmaydi. “Xokusay xonim” — bu hozirgi zamonning eng feministik anime filmlaridan biri bo‘lib, G‘arbning kamchiliklarini tan olmagan holda eng yaxshi namunalardan ilhomlanilgan.
“Xokusay xonim” yaxshi o‘ylangan markaziy personajdan tashqari, anime chizishning ajoyib texnikasiga ega Edo davridagi yapon mumtoz rasmlarining go‘zalligini tomoshabinga mukammal tarzda yetkazib beradi.
“Samoviy qal’a — Laputa” (Xayao Miyazaki, 1986)
Bir kuni konchilar qishlog‘ida yashaydigan bola bo‘yniga billur tumor taqqan qizni topib oladi va unga boshpana beradi. Qiz hushiga kelganida, u samoda suzib yuradigan afsonaviy orolning malikasi ekanligini va uni harbiylar hamda osmon qaroqchilari qidirayotganini bilib oladi.
“Samoviy qal’a — Laputa” stimpankning ajdodi bo‘lib, Xayao Miyazaki uchun epik fantaziyaning noyob namunasi hisoblanadi. Bu anime hozirgacha ajoyib bolalar animatsiyasi bo‘lib, lekin shu bilan birga yovuzlikka qarshi kurash haqidagi qahramonlik hikoyasidir.
Shuningdek, bu sayyoramiz kelajagi uchun ekologik kurash haqidagi filmlarning kamdan kam uchraydigan muvaffaqiyatli misollaridan biri. Bu mavzu kelajakdagi dunyoning tozaligi bosh qahramon kurashining mavzusi bo‘lgan Miyazakini doim xavotirga solgan. Sayyorani razilliklardan va militarizmdan qutqarish uchun mas’uliyat juda yosh bolalarga — dunyomizning kelajagiga yuklatilgan, chunki ijodkorning fikricha, kattalar bunga dosh berolmaydi.
“Qobiqdagi ruh” (Mamoru Osii, 1995)
Kelajakda jinoyatchilik hozirgidan-da ayanchli ahvolda bo‘ladi. Ammo endi kibertexnologiyalar rivojlanishi bilan firibgarlar o‘ziga xos turdagi jinoyatlarni sodir etish imkoniyatiga ega bo‘ladi: neyron implantlari orqali odamlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash, “arvoh”-kiborgni buzish ... Maxsus bo‘limning eng yaxshi xodimasi — kiborg, mayor Motoko Kusanagi shunday jinoyatchilarning iziga tushgan. Bu ishi bilan u Qo‘g‘irchoqboz laqabli sirli jinoyatchining e’tiborini tortadi.
Mamoru Osiining boshqa filmlaridan farqli o‘laroq “Qobiqdagi ruh” 2029-yilda Tokioning sirli sovuq dunyosiga boshqacha nazar bilan qaraydigan ulkan franshizaga asos solgan. Biroq boshqa filmlarning hech biri Mamoru Osiining sehrli muhitini takrorlay olmagan. Albatta, bu narsa ularning mashhurligiga ta’sir qilmaydi, shunchaki “Qobiqdagi ruh” janr chastotasiga qaramay, takrorlab bo‘lmaydigan filmga aylangan. Bu ishning uddasidan chiqisholmagan, garchi Yaponiyada ham, Gollivudda ham bunga urinishlar bo‘lgan.
“Nafis so‘zlar bog‘i” (Makoto Sinkay, 2013)
Takeo — yaxshi talaba, lekin u turli poyabzallar dizaynini yaratishni yoqtiradi va bu sevimli mashg‘uloti tufayli u yomg‘irli kunlarda o‘qishga bormay, shahar bog‘idagi ayvonchada rasm chizadi. Bir kuni u bu yerda o‘zidan bir necha yosh katta go‘zal ayol bilan tanishib qoladi va ular o‘rtasida chiroyli va samimiy suhbat bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari Makoto Sinkayning ko‘plab filmlari haqida gapirish mumkin, lekin uning filmografiyasida “Nafis so‘zlar bog‘i” alohida o‘rin tutadi. Bu qisqa metrajli film bo‘lib, unda deyarli hech qanday kadrorti ovoz eshitilmaydi (Sinkayning sevimli usuli) va qahramonlar orasidagi romantika kutilmagan tomondan ko‘rsatiladi. Odatda Sinkay qahramonlari o‘z fikrlari va his-tuyg‘ularini nazorat qila olmaydi, lekin bu kartinada filmning butun sujeti yengil va samimiy suhbatga qurilgan.
“Dunyoning bu burchagida” (Sunao Katabuti, 2016)
Suzu Urano — Xirosimada yashovchi oddiy qishloq qizi. U o‘z oilasiga g‘amxo‘rlik qiladi va ba’zida hordiq paytida daftariga dengiz quyonlari rasmini chizadi. Uni boshqa viloyatdan kelgan odamga turmushga berishadi. Hozir u asta-sekin yangi oilaga ko‘nikmoqda. Shu bilan birga, avval imperator Xiroxitoning fashistik davrini, keyin urushni, so‘ngra urushdan keyingi ocharchilik yillarni boshdan kechirmoqda...
Xirosima — hali ham yaponiyaliklar uchun, ayniqsa, anime uchun og‘riqli mavzu, lekin kamdan kam odam bu fojiani o‘z mamlakati tarixining bir qismi deb hisoblaydi. Biroq filmda siyosat mavzusi orqa fonda qoladi: u tabiiy ravishda tajovuzkor politsiya, armiyaga ommaviy jalb qilish va radio xabarlari orqali o‘zini bildirib turadi, lekin hikoyaning markazida unchalik boy bo‘lmagan oilaning oddiy hayoti, muloyim va ijodkor qiz taqdiri turadi.... U kattalardek bo‘lishni o‘rganadi, kecha unga begona bo‘lgan odamlarga yordam beradi, deyarli tanimaydigan eri bilan munosabat o‘rnatadi va o‘zida kichik bo‘lsa-da, lekin qalbga iliqlik baxsh etuvchi kuch topa oladi.
“Ame va Yuki — bo‘ri bolalari” (Mamoru Xosoda, 2012)
Yosh qiz Xana bo‘riga aylana oladigan yigitni sevib qoladi va undan ikki farzand ko‘radi: qiz va o‘g‘il. Ammo sevgilisi vafot etgach, oilani boqish, bolalarni oyoqqa turg‘izish uning o‘ziga qoladi. Bu orada bolalarining haqiqiy yovvoyi bo‘rilar kabi o‘zini tutishi qo‘shnilari, ham ijtimoiy xizmat xodimlarining e’tiborini tortadi...
Mazkur kartinada Mamoru Xosoda o‘zini chiroyli oilaviy anime ustasi sifatida ko‘rsatib, yosh ota-onalarning odatiy qiyinchiliklarini boshqa rakursdan tasvirlaydi. Keyinchalik u “Maxluq shogirdi” va “Kelajakdan kelgan Mirai” filmlarini suratga oladi, ular ham oila mavzusiga tegishli bo‘lib, lekin u buni birinchi bo‘lib “Bo‘ri bolalari”da tasvirlagan. Xosoda buni juda samimiy, ta’sirchan va ayni paytda real tarzda, yosh oila hayotining murakkab tomonlarini yashirishga urinmasdan amalga oshira olgan. | 93 | 9,065 |
Madaniyat | Luiza Rasulova “Muhtasham yuz yil” kastingidan o‘tgani, biroq ochiq sahnalari tufayli serialda suratga tushmagani haqida gapirdi (video) | Aktrisa Luiza Rasulova YouTube’dagi “Salom live” kanaliga bergan intervyusida “Muhtasham yuz yil” turk seriali kastingida ishtirok etgani, Izabella roliga taklif qilingani, ammo serialdagi ochiq sahnalar tufayli surat tushishni rad etgani haqida gapirdi.
“‘Muhtasham yuz yil’ serialiga Ukrainada kasting bo‘lgan edi. Men serialdagi malika Izabella obrazi uchun sinov topshirganman. Turk rejissorlari o‘shanda videoqo‘ng‘iroq orqali ham kasting o‘tkazgan edi. Serialda ochiq sahnalar borligini bilganim uchun bu obraz menga to‘g‘ri kelmasligini tushunganman. Ularga qora sochli, osiyoliklarga xos tashqi ko‘rinishga ega qiz kerak bo‘lgan, men bu rolni rad etganman. Men o‘sha paytda juda yosh edim, hatto pasport ham olmagandim. Serial efirga uzatilganidan so‘ng unda suratga tushmaganimdan afsuslanganman. Chunki judayam yaxshi chiqqan”, — deydi Luiza Rasulova. | 136 | 861 |
Madaniyat | Instagram: Xiyonatni kechirmaydigan Shahzoda Matchonova, yangi mashina xarid qilgan Vazira Yunusova, savobli ishga qo‘l urgan Yulduz Turdiyeva | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shahlo Zoirova ruminiyalik dunyoga mashhur xonanda Inna bilan tushgan videosini muxlislariga namoyish qildi.
Aktrisa Durdona Qurbonova yangi klipga suratga tushayotganini ma’lum qildi.
Instabloger, tiktoker Liil Xurramov xonanda Ozoda Nursaidovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova Dubayda nonushta qilayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
“Osmondagi bolalar-3” filmida suratga tushayotgan yosh aktrisa Mahliyo Asqaraliyeva filmda Javohir rolini ijro etgan Aziz Sultonov va Lola obrazini gavdalantirgan Kristina Toirova bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Shuningdek aktrisa Mahliyo Asqaraliyeva aktrisa Kristina Toirova va aktyor Aziz Sultonov bilan tushgan videosini e’lon qildi.
Java tez kunlarda yangi qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi.
Instabloger, aktrisa Feruza Normatova insonlarga zulmkor bo‘lmaslik va ozor bermaslik haqida gapirdi.
Lola Jizzaxga yo‘l oldi hamda yo‘l-yo‘lakay Sirdaryo qovunlaridan ta’tib ko‘rgani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.
Xonanda Yulduz Turdiyeva Toshkent shahridagi saxovat uyida konsert bergani aks etgan videoni e’lon qildi.
Yulduz Rajabova sahifasiga yangi suratini joyladi.
Xonanda Hamdam Sobirov “Sumbula” nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan videoni muxlislariga taqdim etdi.
Aktrisa Gulruh Pirnazarova yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
El ardog‘idagi aktrisa Vazira Yunusovaga Kia avtomobilini sotib oldi.
Latofatli aktrisa Asal Shodiyeva Xivada tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.
Shuningdek aktrisa Xivada tushgan videosini muxlislariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Shahzoda Matchonova xiyonatni kechirishi haqidagi savolga javob berdi. U xiyonatni kechirmasligini va xiyonatkor insonlarga umrini sarflamaslik kerakligi haqida gapirdi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova hamkasbi Malik bilan birga to‘y xizmatlarida qo‘shiq kuyladi.
Turk aktrisasi Neslihan Atagul sahifasiga yangi suratini joyladi. | 142 | 2,072 |
Madaniyat | Anjelina Joli qizil yo‘lakka yana bir bor qizlari bilan keldi. Ularning obrazlari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining muhokamasiga sabab bo‘ldi | 24-oktabr kuni Rim kinofestivalining yopilish marosimi doirasida rejissor Xloi Chjaoning “Umrboqiylar” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Unda asosiy qahramonlardan birini gavdalantirgan Anjelina Joli premyeraning qizil yo‘lagiga qizlari Zaxara va Shaylo bilan tashrif buyurdi. Buning uchun aktrisa Atelier Versace’dan uzun va yaltiroq libos tanlagan. Zaxara ham Versace’ning yunon liboslarini esga soladigan oq rangli modeliga e’tibor qaratgan. Shaylo esa kalta qora ko‘ylakni yorqin sariq rangli keda bilan moslagan. Ijtimoiy tarmoqlarda Gollivud yulduzining farzandlari bilan birga ko‘rinish berishi ko‘plab muhokama qilingan. Bunga qizlarning avvalgi premyeradagi obrazi ham sabab bo‘lgan. Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan taqdimotga Zaxara onasining 2014-yilgi Oskar taqdirlash marosimiga kiygan libosida kelgan edi. Shaylo esa onasining assimetrik avangard usulda qayta tikilgan ko‘ylagini kiygan bo‘lgan.
Bu Shayloning ko‘ylak kiyib, ommaga ilk ko‘rinishi bo‘lgan. Bundan avval u faqatgina shim kiyib yurgan. Qolaversa, bu Jolining ham farzandlari bilan birga ilk ko‘rinish berishi hisoblanadi. Vintajni yaxshi ko‘rishi va o‘zining eski narsalarini avaylab saqlashini ta’kidlagan Jolining qiziqishi, aftidan, qizlariga ham o‘tgan. | 145 | 1,230 |
Madaniyat | “Tor: Sevgi va yashin” filmining kengaytirilgan treyleri chiqdi | Marvel kinokompaniyasi “Tor” filmining to‘rtinchi qismiga bag‘ishlangan to‘liq treylerni taqdim etdi. Lenta 2022-yilning iyul oyida jahon prokatiga chiqadi, deb xabar beradi “Film.ru”.
Sujetga ko‘ra, Tor (Kris Xemsvort) sobiq sevgilisi Jeyn Foster (Natali Portman) bilan yana topishadi. Bu safar ayol yashin xudosi majburiyatlarini zimmasiga olib, “Myolnir” bolg‘asining egasiga aylanadi. Ular birgalikda xudolar qotili Gorrga (Kristian Beyl) qarshi jang qiladi.
Lentada, shuningdek, Rassel Krou (Zevs), Tessa Tompson (Valkiriya), Tayka Vaytiti, Kris Pratt, Deyv Batista, Karen Gillan, Mett Deymon va boshqalar suratga tushgan. Vaytiti “Tor: Ragnaryok”dan keyin rejissorlik va ssenariy yozishga qaytgan.
Avvalroq “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlar o‘ntaligiga kirgani, “Doktor Strenj 2” jahon prokatida 700 million dollar to‘plagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
“O‘rgimchak odam” va “Eyforiya” MTV Awards’da eng ko‘p mukofotga da’vogarlik qilmoqda | 63 | 1,004 |
Madaniyat | Morgenshtern bloger Dilara Zinatullinaga uylandi. Reper kelinni olib ketgani Nexia’da kelgan | Rossiyalik reper Morgenshtern Dilara Zinatullina ismli blogerga uylandi. Nikohni qayd etish marosimi Moskvadagi “ZAGS”lardan birida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda to‘yda boshlovchilik qilgan Kseniya Sobchak o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb yozadi Esquire.
To‘y marosimi unga qadar bo‘lgan jarayonlar kabi “oddiy rus to‘yi”ga hazil sifatida o‘tgan. Morgenshtern Dilaraning oldiga chupa-chupslardan yasalgan guldastani ko‘tarib kelib, uning uyi derazasi ostidan turib baqirgan va uy podyezdidagi to‘y tashkilotchlaridan kelinni “sotib olgan”.
Juftlikning to‘y kortejidan Daewoo Nexia (Morgenshteren mingan birinchi mashinalardan biri) va limuzin o‘rin olgan.
View this post on Instagram
“ZAGS” va kelinning uyidagi to‘ydan tashqari marosim Taras Shevchenko qirg‘og‘idagi teploxodda bo‘lib o‘tgan. Kemaga kelin-kuyovning ismlari yozilgan plakat ilinib, “AD” ismlarining bosh harflari tushirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Dilara Zinatullina Morgenshternga iyun oyining oxirida sinagogada oila qurish taklifini bergandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Alisher va Dilaraning munosabatlari 2017-yilda boshlangan. 2019-yilda reperning munosabatlarni e’lon qilish taklifi Dilaraga yoqmagan va ular barchasiga nuqta qo‘ygan. 2020-yilga kelib esa juftlik qayta topishgan.
Rossiyalik reper Morgenshtern sevgilisining tug‘ilgan kuniga 80 ming dollarlik Range Rover va 66 ming dollar pul sovg‘a qildi (foto, video) | 92 | 1,420 |
Madaniyat | Shvarsenegger yuragini operatsiya qilgan shifokor va hamshiralarga minnatdorlik bildirdi | Aktyor va AQShning Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger yuragini operatsiya qilgan shifokorlarga minnatdorlik bildirdi, deb yozadi “TASS”.
“Bu haqiqat: men qaytdim! Kichik kesim bilan uyg‘onishimni umid qilib uxlab qoldim, ammo katta kesim bilan uyg‘ondim, biroq bilasizmi, nima? Men ko‘zimni ochdim, shuning o‘zi shukur qilish uchun yetarli. Shifokorlar va hamshiralarga rahmat. Va barcha ezgu tilaklar bitilgan xabarlar uchun ham minnatdorman”, — deb yozdi aktyor o‘z Twitter’ida.
Nashr eslatishicha, 30-mart kuni Shvarsenegger yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli, Los-Anjelesda shoshilinch tarzda operatsiya qilingani xabar berilgan edi. Shifokorlar 70 yoshli aktyorni kateterning klapanini almashtirish bo‘yicha operatsiya qilmoqchi bo‘lgan, ammo bu asoratlarni keltirib chiqargan.
It’s true: I’m back! I went to sleep expecting to wake up with a small incision and woke up with a big one - but guess what? I woke up, and that’s something to be thankful for. Thank you to the doctors & nurses. And I’m truly filled with gratitude for all of the kind messages.
— Arnold (@Schwarzenegger) April 2, 2018 | 88 | 1,129 |
Madaniyat | Xonanda Lola sevgan insonini ikki yil avval uchratganini tan oldi | Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning Instagram’ga joylayotgan suratlari va yozib qoldirayotgan izohlari uning shaxsiy hayotida yaqin kunlarda katta o‘zgarish bo‘lishi mumkinligiga ishora qilmoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Xususan, Lolaning sevgan insoni bilan qo‘l ushlashib tushgan surati ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishi bilan, kutilganidek, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Sen qalbining har bir zarrasi bilan seni sevuvchi, muntazam sen haqingda o‘ylaydigan, har bir kunning har bir daqiqasida sen ayni paytda nima qilayotganing, kim bilan ekanliging va ishlaring yaxshi ekanligi bilan qiziqadigan insonga munosibsan. Senga orzularingni ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan va seni o‘zingdagi qo‘rquvlardan himoya qiladigan inson kerak. Seni hurmat qiluvchi inson seni boringcha, hatto kamchiliklaring bilan sevadi. Senga seni haqiqiy ma’noda baxtli qila oladigan inson kerak. Munosib ekanmanmi?
Lola, xonanda
Mazkur fotoxabar qisqa fursat ichida bir necha yuzlab komment to‘plagan. Ular orasida xonandaga baxt tilaganlar ham, uni qoralagan va ogohlikka chaqirganlar ham bor.
Xonanda Lola bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Rossiyada yashashini ma’lum qildi
“Bu yerda juda chiroyli ko‘rinadi, biroq sen undan farzandlaringni o‘zinikidek qabul qila olishi haqida so‘raganingda, birdan rulni ushlashi kerakligi uning esiga tushadi va u bunga umuman tayyor emasligini aytadi. Bunday vaqtinchalik munosabatlarning bor mazmuni shunda”, — deb yozgan xonandaning muxlislaridan biri.
Lola Instagram foydalanuvchisining bu fikrini javobsiz qoldirmagan.
Ehtimol kimdadir shundaydir. Biz esa rulni birgalikda tutamiz. Va bunda uning tayyor yoki tayyor emasligi haqidagi savol yuzaga kelmaydi ham hatto. Chunki sevgan inson har doim tayyor bo‘ladi! Bir umrga!
Lola, xonanda
Yana bir muxlis “baxt sukunatni yoqtirishi va sevgi haqida ommaviy fikr yuritish to‘g‘ri emasligi” haqida fikr bildirgan. Lola unga ham javob qaytargan.
Sukunatni ikki yildan beri yoqtiramiz. Ba’zan o‘z baxting bilan bo‘lishging keladi.
Lola, xonanda
Xonanda Lola o‘tmishini biladigan, kelajagiga ishonadigan, hozir esa boricha qabul qiladigan inson borligiga shama qildi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 65 | 2,305 |
Madaniyat | Donald Trampning o‘g‘li suratga olish maydonchasidagi fojiadan keyin “Qurol odamlarni o‘ldirmaydi, ularni Alek Bolduin o‘ldiradi” yozuvi tushirilgan kiyimlarni sotuvga chiqardi | AQShning 45-prezidenti Donald Trampning 45 yashar o‘g‘li kichik Donald Tramp futbolka, svitshot va xudilar ishlab chiqara boshladi. Kiyimlarga “Guns don’t kill people, Alec Baldwin kills people” (Qurollar odamlarni o‘ldirmaydi, Alek Bolduin odamlarni o‘ldiradi) deb yozilgan. Bu haqda Esquire xabar beradi.
Futbolkalar Alek Bolduin “Zang” (“Rust”) filmini suratga olish maydonchasida rekvizit qurol bilan operator Galina Xatchinsni to‘satdan otib qo‘yganidan bir necha kun o‘tib sotuvga chiqarilgan.
Ma’lum qilinishicha, bunday yozuvli futbolkalarni 28 dollar, xudini 40 dollarga, svitshotni esa 45 dollar evaziga xarid qilsa bo‘ladi. Kichik Donald Tramp, shuningdek, o‘zining Telegram-kanalida Bolduinning sotuvdagi futbolkani kiyib turgani fotoshop qilingan surati bilan ham bo‘lishgan.
Sobiq prezidentning o‘g‘li, qolaversa, Instagram’dagi postlaridan birida nima uchun Milliy merganlik assotsiatsiyasi (National Riffle Association, NRA)ga qarshi chiqqan Bolduin qurol ortidan pul topishni istagani (qurol ishlatiladigan filmning suratga olish ishlarida qatnashgani) va undan xavfsiz foydalanish asoslarini o‘rganmagani masalasiga to‘xtalgan.
Uning tarafkashlari va Bolduinni aybdor deb hisoblaganlar #AlecForPrison (Alek qamoqqa olinsin) xeshtegi bilan post joylagan. Xususan, respublikachilardan bo‘lgan Kendis Ouens Twitter sahifasida aktyorning Tramp va uni qo‘llab-quvvatlaydiganlar haqidagi barcha so‘zlari ham haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini yozib qoldirgan.
Tramp tarafkashlarining Bolduin bilan bog‘liq vaziyatga bunchalik e’tibor berishi bejizga emas. Bu aktyorning bundan bir necha yil avval Saturday Night Live shousida AQShning 45-prezidenti Donald Trampni parodiya qilgani bilan bog‘liq.
Trampning o‘zi ham shou haqida salbiy fikr bildirgan bo‘lib, prezidentni “dahshatli” parodiya qilish ortidan Bolduin o‘zining “o‘layotgan o‘rtamiyona karyerasini” saqlab qolganini ta’kidlagan. | 176 | 1,899 |
Madaniyat | Mavluda Asalxo‘jayeva: “Gulsanam Mamazoitova O‘zbekiston xalq artisti unvoniga yarashadigan yo‘l tutdi” | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning konserti haqidagi fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
“13-fevral kuni Gulsanamning jonli ijroda bo‘lib o‘tgan konsert dasturiga oilaviy bordik, – dedi Mavluda Asalxo‘jayeva. – Ochig‘i, Gulsanamning jonli ijrosiga tan berdim. Bu yil o‘tgan yilgidan-da puxta tayyorgarlik bilan O‘zbekiston xalq artisti unvoniga yarashadigan yo‘l tutdi. Mazmunli qo‘shiqlariga shaydo bo‘ldim. Professional xonanda sifatida Gulsanamning ijrosida “falsh” sezmadim. Bu xonandaning o‘z ustida ishlashidan darak.
Rosti, noyabr oyida o‘tkazishni rejalashtirgan konsertimni jonli ijroda o‘tkazsammi, deb o‘ylab qoldim. Chunki konsertga tashrif buyurgan muxlislar chindan-da ma’naviy ozuqa olgani va madaniy xordiq chiqarganiga guvoh bo‘ldim”.
Ma’lumot o‘rnida, Gulsanam Mamazoitovaning konsert chiptalari nogironlar, keksalar va boquvchisini yo‘qotganlarga bepul tarqatilgan. | 103 | 986 |
Madaniyat | O`zbekistonda Jaloliddin Manguberdiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`tkaziladi | Mamlakatimizda "Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o`rganish" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati qabul qilindi.
Hujjatga ko`ra, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o`tkazish doirasida "Jaloliddin Manguberdining dunyo tarixida tutgan o`rni" mavzusida tarixiy hujjatli film suratga olinadi.
Shuningdek, "Jaloliddin Manguberdi izidan" nomli ilmiy, ma`naviy-ma`rifiy ekspedisiya tashkil etish, tarixiy siymo harbiy mahoratiga oid badiiy, ilmiy, publisistik sahna asarlari va qo`shiqlar yaratish, "Kim yurtiga qalqon bo`lsa, mendirman o`sha!" shiori ostida ijodiy ishlar ko`rik-tanlovlari tashkil etish tegishli vazirlik va idora mas`ullariga yuklatildi.
Xalqaro ilmi-amaliy konferensiya 2021 yilning noyabr oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan. | 84 | 828 |
Madaniyat | “Quyosh lazzati” filmi Toshkentda suratga olinmoqda | O`zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Rossiyaning “Sputnik Vostok Prodakshn” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “Solnse na vkus” (“Quyosh lazzati”) ko-produksiya filmi suratga olinmoqda. Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi suratga olish ishlaridan so`ng xorijiy kinoijodkorlar Toshkentda o`z ishlarini davom ettirishmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Sarguzasht, fentezi janridagi ushbu film ko-produksiya shaklidagi ilk hamkorlikdagi loyihalaridan biridir. Filmni suratga olayotgan “Sputnik Vostok prodakshn” kinokompaniyasi so`nggi yillar dunyodagi yirik striming xizmati Netflix bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o`rnatgan.
Hozirda “Quyosh lazzati” kartinasini ham Netflix platformasida taqdim etish bo`yicha muzokaralar olib borilyapti. So`nggi yillarda Kinematografiya agentligi xorijiy kinokompaniyalar bilan ko-produksiya usulida ishlashni keng miqyosda yo`lga qo`ydi. Bunday loyihalarda o`zbekistonlik ijodkorlar va ayniqsa, yoshlarning ishtirok etayotgani tajriba to`plash va malaka oshirish imkonini taqdim etmoqda. Bundan tashqari bu kabi loyihalar O`zbekistonni dunyo ekranlari orqali dunyoga tanitishda ulkan ahamiyat kasb etadi.
Filmda O`zbekistonga sayohati davomida sarguzashtlar ummoniga tushib qolgan oddiy moskvalik oila haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, Buxoro amiri xazinasini izlash, uni ta`qib qilish, do`stlik mavzusi, oilaviy mojarolar tasvirlanadi.
Postanovkachi rejissyor Eldar Salavatov, rassom Yuriy Fomenko, prodyuserlar Aleksandr Kessel va Firdavs Abduxoliqov, rejissyor Tatyana Sulyaeva. Ssenariy esa rossiyalik taniqli ssenarist Oleg Malovichkoga tegishli. Aytib o`tish joizki, “Troskiy”, “Metod” seriallari va “Soyuz spasenie”, “Prityajenie”, “Yolki” kabi filmlarni ssenariysini yozgan Malovichko kuni kecha Rossiyaning Top5 eng yaxshi ssenaristlari ro`yxatida 3 o`rinni egalladi.
Filmda o`zbek va rus yulduzlari ham ishtirok etishadi: Andrey Merzlikin, Aleksandr Ilin, Muhammadiso Abdulxairov va boshqalar.
Suratga olish ishlari Moskva, Buxoro, Samarqand, Toshkent shahri va viloyatida bo`lib o`tadi. S`yomka jarayonlari nafaqat Chorvoq kabi go`zal landshaftlar, balki O`zbekistonning tarixiy yodgorliklari: Registon, Go`ri Amir, Samarqanddagi Mirzo Ulug`bek rasadxonasi, Buxorodagi Ark qal`a-muzeyi, masjid va Minorai Kalonda bo`lib o`tdi.
“Solnse na vkus” kinokartinasi 2021 yilning kuz mavsumida premera qilinishi rejalashtirilgan. Xorijiy studiya va agentlik o`rtasidagi kelishuvga asosan filmning dunyo prokatidan tushgan foydaning 25 foizlik ulushi Kinematografiya agentligiga tegishli va O`zbekistonda namoyish etish bo`yicha barcha huquqlardan foydalanadi. | 51 | 2,649 |
Madaniyat | Xonanda Dilfuza Ismoilova o‘g‘lining to‘yida qudasiga qilgan izhori va ta’zimini izohladi | Xonanda Dilfuza Ismoilovaning o‘z o‘g‘lini to‘yida qudasiga qilgan izhori va ta’zimi ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokamalarga sabab bo‘lgan, aksariyat foydalanuvchilar tomonidan tanqid qilingan edi. Xonanda “Darakchi.uz”ga bergan intervyusida mazkur holatga to‘xtalib o‘tdi.
“O‘g‘limning to‘yiga begonalarni emas, yaqinlarimni chaqirgandim, ammo dasturxonimdan yeb-ichgan ayrim qabih niyatlilar nimalar qilib ketmadi, deysiz! Qudalarim bilan qarindoshman. Farzandlarimiz birga katta bo‘lgan. Yoshligidan shu qizni kelin qilish orzum edi. Kimdir shodligimni ko‘rolmadi”, — dedi Dilfuza Ismoilova.
“Qudamga chin dildan do‘stona aytgan izhorim va ta’zimimni noto‘g‘ri talqin qilib, videoni ijtimoy tarmoqlarga tarqatib yuborishdi. Aslida men shunday kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukrona aytgan edim — tarqatgan odam shu joyini kesib tashlagan. Shuncha yil oq yuvib, oq taragan qizi mening uyimda bir umrga qolyapti, ularga ta’zim qilmasam bo‘ladimi?!”, — dedi xonanda.
“Qudalarimga ta’zim qilganimni dushmanlarim ko‘rolmadi, chiday olmadi. Bunday nomard odamlarning ustidan “xa-xa” deb kulsam ham, “vax-xa-xa” deb kulsam ham kam”, — dedi Dilfuza Ismoilova. | 89 | 1,162 |
Madaniyat | Tomoshabinlar qalbidan ijobiy qahramonlarga qaraganda ko‘proq joy olgan salbiy obrazlar (foto) | Televizion ko‘rsatuvlar va filmlardagi ijobiy personajlar odamlarni yaxshilikka chorlaydi, yuksak ideallarga intiladi va har qanday sharoitda ham yuksak axloqiy me’yorni saqlashga muvaffaq bo‘ladi. Ammo ba’zida yovuz qahramonlar alohida san’at turiga aylanadi. Ularni bir yoqlama qilib yomon deb ko‘rsatish anchadan beri urfdan chiqqan.
AdMe nashri nafaqat hammaning e’tiborini tortgan, balki millionlab tomoshabinlar qalbini ijobiy qahramonlardan kam bo‘lmagan darajada egallagan salbiy obrazlar haqida ma’lumot beradi.
Loki — Tor
Aslida bosh qahramoni Tor bo‘lsa-da, yolg‘on xudosi sifatida ham tanilgan, uning ayyor akasi Loki butun filmning eng sevimli qahramonlaridan biriga aylandi. Shuning uchun ham keyinchalik unga butun bir serial bag‘ishlangan.
Va bu ajablanarli emas, chunki Loki Tordan ko‘ra aqlli va ayyorroq ko‘rinishga ega bo‘lishidan tashqari, uning taqdiri asosli motivatsiyaning ideal namunasidir. Ular aytganidek, barcha muammolar bolalikdan kelib chiqadi: o‘sha paytda ukasining soyasida yashashi kerak bo‘lgan akasida hasad paydo bo‘ldi. Ammo Tordan o‘zib ketishga bo‘lgan barcha urinishlarga qaramay, Loki uni yaxshi ko‘rardi, bu esa tomoshabinlarni befarq qoldirmadi. Bu roli uchun Tom Xiddleston “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” va “Eng yaxshi erkak personaj” nominatsiyasida turli mukofotlarga nomzod bo‘lgan, shuningdek, “Eng yaxshi debyut” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Zulmat malikasi Ravenna — Oppog‘oy
Zulmat malikasi Ravenna rolini ijro etgan Sharliz Teron haqiqatan ham dahshatli, shu bilan birga go‘zaldir. Bu rol uchun ekranda kam vaqt ajratilganiga qaramay, ssenariy qahramonga o‘zini to‘liq ochib berishga imkon beradi, ba’zida u hatto tomoshabinda ozgina achinish va pushaymonlik tuyg‘usiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, boshqa ko‘plab antagonistlar singari uning fe’l-atvorining ehtiyotkorlik, ayyorlik va strategik fikrlash kabi fazilatlarini hurmat qilmaslik mumkin emas, ularsiz hokimiyatda qolishning iloji yo‘q. Tan olish kerakki, tashqi ko‘rinishi bilan ajoyib liboslarda Ravenna nazariy jihatdan tomoshabinlar sevib qolishi kerak bo‘lgan yosh va chiroyli Oppog‘oydan ko‘ra go‘zalroq ko‘ringan.
Drako Malfoy — Garri Potter
Garri Potter, albatta, har doim va hamma narsada birinchi o‘rinda turadi, shu jumladan tomoshabinlar e’tirofi nuqtayi nazaridan ham, lekin bir qarashda butun dunyodagi millionlab muxlislar qalbini zabt etgan ajoyib antagonist haqida ham unutmaslik kerak. Chunki hatto Roulingning o‘zi ham “odamlar Drakoni yoqtirib qolishmasa edi” degan xavotirda bo‘lgan, garchi uni hamdardlikka loyiq xarakter sifatida tasavvur qilmagan bo‘lsa ham.
Haqiqatan ham Tom Feltonning fe’l-atvori butun sujet davomida rivojlanadi va o‘zgaradi, u o‘zining “zotli” e’tiqodlaridan voz kechadi va vaqti-vaqti bilan tug‘ma qo‘rqoqligini yengib, kichik qahramonliklarni bajaradi va “oltin uchlik”ka Voldemortni mag‘lub etishda yordam beradi.
Miranda Prisli — Endi
Miranda Prisli yuqori moda olamining ajoyib qahramoni, uning bir qarashidan barcha ishchilar yurak oldirib qo‘yishgan. Meril Stripning maftunkor roli aqlli, qattiqqo‘l va tanqidchi ayol xarakterni aks ettirishga imkon berdi.
Ammo diqqat qilsangiz va vaziyatni tahlil qila olsangiz, u unchalik sovuq va ruhsiz ayol emas. Masalan, moda malikasini uyda ko‘z yoshlari bilan aks etishi. Ba’zida u kabi yuqori lavozim va ambitsiyali insonlar ham o‘zini shunday tutishga majbur bo‘ladi. Aslida, buni bosh qahramon Endi ham tushunadi, shuning uchun ham u hayotini karyeraga bag‘ishlamaslikka qaror qilgani bilan ajralib turadi.
Kruella — Estella
“Kruella” — bu dalmatin mo‘ynali kiyimlarini sevadigan yovuz ayolni mutlaqo boshqa tomondan ochib berish uchun yaratilgan ajoyib, chiroyli va zamonaviy film. Estella Miller — g‘ayrioddiy iste’dodli qiz, modaga qiziqadi, lekin shafqatsizlikka moyilligi tufayli u Kruella laqabini oladi. Natijada qahramonning shaxsiyati “yaxshi” va “yomon”ga bo‘linadi.
Estellaning o‘zi ham juda jozibali, chunki u tezkor, ijodkor va maqsadiga intiluvchan, uni zaif deb atash mumkin emas. Shunga qaramay, u Kruelladan farqli o‘laroq yolg‘onchi sifatida qabul qilinadi, chunki u prinsipial, sodda va hech kimning me’yorlariga muvofiq yashash uchun o‘zini xayrixoh qilib ko‘rsatmaydi.
Venom — Eddi Brok
Venom — o‘zga sayyoralik simbiot, u yopishqoq qora suyuqlik bo‘lib, har xil shaklga kirishi mumkin. Bunday jirkanch ko‘rinish Venom tomoshabinlarning sevimli qahramoniga aylanishiga to‘sqinlik qilolmadi.
Bu o‘zga sayyoralik jonzot o‘zining g‘ayrioddiy xarizmasi, ajoyib hazil tuyg‘usi va paradoksal jozibasi tufayli deyarli har doim tomoshabinlar diqqat markazida bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi. Bundan tashqari, Venom haqidagi hikoyaning o‘zi ham hech kimni befarq qoldirmaydi, chunki u jinsdoshlaridan farqli o‘laroq, tashuvchisiga to‘liq hukmronlik qilish uchun emas, balki u bilan o‘zaro aloqa bog‘lash uchun harakat qiladi.
Jeyson Dikson — Bill Uilloubi
Sem Rokvell ijrosidagi ushbu obraz shafqatsiz, qo‘pol va ba’zida ahmoq. Biroq bu yoqimsiz odatlar uning muxlislari uchun to‘siq bo‘lolmadi.
Hikoya davomida xarakter faol o‘zgaradi, rivojlanadi va aslida gunohlarini yuvish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Og‘ir jarohat olganidan so‘ng, u birdan xatolarini tushunadi va hamma narsani tuzatmoqchi bo‘ladi. U fojiali o‘limi hech kimni befarq qoldirmagan. U yordamga muhtoj odamlarga yaxshilik qilishga va adolat izlashga tayyor bo‘lgan harakatlari bilan Bill Uilloubidan nimasi farq qiladi.
Severus Snegg — Dambldor
Xogvarts jodugar va sehrgarlar maktabining direktori, birinchi darajali Merlin ordeni qo‘mondoni — eng buyuk sehrgar.... Bunday unvonlarini uzoq vaqt ro‘yxatga olish mumkin va ko‘plab Potter ixlosmandlari ularni hatto yoddan bilishadi, lekin bular bilan Dambldor hammaning ham qalbiga singib ketmagan.
Severus Snegg haqida esa bunday deyolmaymiz. Snegg tomoshabinlar va o‘quvchilar tomonidan nafaqat ajoyib josus, balki hayratlanarli darajada fojiali sevgi hikoyasiga ega bo‘lgan qahramon sifatida ham yodda qoladi. Shuning uchun, xira va zahar professor haqli ravishda “Garri Potter” olamidagi eng bahsli va ko‘p qirrali qahramonlardan biri hisoblanadi.
Tranduil — Legolas
Olijanob va ijobiy qahramon Legolas — Tranduilning o‘g‘li, lekin shunga qaramay, agar bu ikki qahramonning axloqiy fazilatlarini solishtirsangiz, ba’zi joylarda otasi haqiqiy antagonist bo‘lib tuyulishi mumkin. Legoladan farqli o‘laroq, u ancha mag‘rur va shuhratparast. Ammo bu uning tomoshabinlar sevgisi dengizida suzishiga to‘sqinlik qilmadi.
Boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish istagi yo‘qligiga va prinsiplarga qat’iy rioya qilinmasligiga qaramay, franchayzing ko‘plab muxlislari Li Peysning Tranduil va uning fazilatlarini yaxshi ko‘rishga loyiq deb bilishgan. Axir xarakterning nomuvofiqligi va ichki to‘qnashuvlar har bir tirik odamga xos, ayniqsa, “Xobbit” trilogiyasi oxirida u hali ham o‘zining jasoratini namoyish etadi va Gandalf va mittilar bilan birlashib, orklar ustidan g‘alabaga hissa qo‘shadi. Bu yerda qahramonning vizual jozibasi ham muhim rol o‘ynadi: muxlislar aktyorning ajoyib grimini alohida ta’kidlashadi. | 94 | 7,059 |
Madaniyat | Bryus Uillis akkumulyatorlar reklamasida ishtirok etdi. Rolik xuddi “Qattiq yong‘oq” filmining navbatdagi qismi treyleridek ishlangan (video) | DieHard akkumulyator ishlab chiqaruvchilari yangi reklama kampaniyasiga kreativ yondashdi: kompaniya DieHard filmidagi aktyorlarni (“Qattiq yong‘oq”) yollab, jangari filmning navbatdagi qismining treyleri ko‘rinishidagi videoni taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.
Kadr: YouTube
DieHard is Back nomi ostidagi ikki daqiqali videoda (“Qattiq yong‘oq qaytmoqda”) franshizadagi Jon Makkleyn ventilyatsion shaxtada harakatlanayotgani yoki avtomobillarning quvlashayotgani tasvirlangan mashhur sahnalar tasvirlangan. O‘z rollariga nafaqat Uillis, balki Klarens Gilyard va Devoro Uayt ham qaytgan — birinchisi yovuz qahramon rolini o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchisi — 1986-yildagi original kinolentadagi Lincoln Town Car Limousine limuzini haydovchisi.
Rolikdagi Town Car limuzini bilan Uillis o‘rtasidagi bog‘liqlik suratga olish maydonchasidan tashqarida ham davom etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Qattiq yong‘oq” filmidan so‘ng, aktyor limuzinni shaxsiy foydalanish uchun sotib olgan va 2009-yilda “‘Oy shulasi’ detektiv agentligi” filmini suratga olish ishlariga haydab kelgan.
Bryus Uillis ijrosidagi “Qattiq yong‘oq” filmining birinchi qismi 1988-yilda ekran yuzini ko‘rgan bo‘lib, uning ortidan yana to‘rtta film ishlangan: “Qattiq yong‘oq 2” (1990), “Qattiq yong‘oq 3: Qasos” (1995), “Qattiq yong‘oq 4.0” (2007) va “Qattiq yong‘oq: O‘lish uchun yaxshi kun” (2013). | 141 | 1,358 |
Madaniyat | “Qachon dadam film suratga olsalar, o‘shanda o‘ynayman”. Aktyor Ulug‘bek Yunusov nima uchun filmlarda suratga tushmayotganini ma’lum qildi (video) | Aktyor va rejissor Ulug‘bek Yunusov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Ulug‘bek Yunusov suhbat davomida so‘nggi vaqtlarda nima sababdan filmlarda rol ijro etmayotganiga oydinlik kiritdi.
Kinostudiya ta’mirlash ishlari uchun faoliyatini birmuncha to‘xtatib qo‘ydi. ‘O‘zbekfilm’dan qachon taklif bo‘lgan bo‘lsa, borganman. Hech qachon rad qilmaganman. Beradigan puliga ham qaramaganman. Keyin hamma o‘zining o‘g‘li, jiyani, qarindoshini suratga olishni boshladi.
Keyin nega suratga tushmayapsan deyishsa, ‘qachon dadam film suratga olsalar, tushaman’, deb hazillashadigan bo‘ldim.
Kinoni nomi o‘zgaradi, sujet o‘zgaradi, ammo aktyorlar o‘zgarmaydigan bo‘lib qolgan edi. Hamma filmda aktyorlar deyarli bir xil edi. Buning vaqtinchaligini bilamiz. Chunki bir xillik odamning joniga tegadi. Bu narsa to‘xtaydi. Hali katta asarlarimiz oldinda. Ko‘plab ijodkorlarimizni yig‘ib olsak, bomba-bomba ishlarni qilarmiz.
Ulug‘bek Yunusov, aktyor, rejissor
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Yunusov “Fotima va Zuhra”, “Sarvinoz”, “Begonalar”, “Muqaddas burch”, “Jasur” filmlari hamda “Sardor 1, 2, 3”, “Qaytar dunyo” seriallarida bosh rollarni ijro etgan. | 146 | 1,216 |
Madaniyat | Uy-muzey, shaxsiy samolyot, qimmatbaho mashinalar: Bollivud qiroli Shoxruh Xon qanday yashaydi? (foto) | Muxlislar uchun yulduzlarning nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayoti ham qiziq bo‘lgan. Bollivud yulduzi Shoxruh Xon haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Butun dunyo bo‘ylab o‘z muxlislariga ega bo‘lgan aktyorning qanday hayot kechirishi haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.
Daromadi
Moliyaviy ahvoli 600 million dollarga baholanadigan aktyor bir filmda ishtiroki uchun 60 kror (8 153 778 dollar) reklama uchun 20 kror (2 717 926 dollar) gonorar oladi.
Ko‘chmas mulk
Hind kinosi qiroli, rostan ham qirollarga xos hayot kechiradi. U yashaydigan 6 qavatlik saroyga o‘xshagan uy Mumbayning eng oldi hududida joylashgan va 2446 kv metrni tashkil qiladi.
Avvaliga ular Viena deb nomlangan villani ijaraga olgan keyin esa Mannatga ko‘chib o‘tgan. 5 yotoqxonali mazkur uydan bir juft mehmonxona, sportzal, kutubxona, o‘yin maydoni va bolalar uchun o‘yin markazi hamda bar o‘rin olgan.
Uyni ichki interyeri bilan uning rafiqasi Gauri shug‘ullangan va shundan keyin dizaynerlikka qiziqa boshlagan va o‘zining kompaniyasi va mebellariga asos solgan.
30 million dollarga baholangan uy binosi muzeyga qiyoslanadi
Avtomobillar kolleksiyasi
U qimmatbaho mashinalarni yaxshi ko‘radi.
Uning kolleksiyasida BMW 730 LI, BMW 650 LI, BMW I8, Buggati Veyron, Bentley va Rolls Royce singari mashina modellari bor.
Kolleksiyaning umumiy narxi 15 ming krorni tashkil qiladi. OAV ta’kidlashicha, aktyorning shaxsiy samolyoti bor, ammo bu haqida ma’lumotlar kam. | 102 | 1,445 |
Madaniyat | #bookchallenge: Sherali Jo‘rayev va Yulduz Usmonova Toshkentdagi maktablarga kitoblar taqdim etdi | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan san’atkorlar ishtirokida Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim maktablarga kitoblar sovg‘a qilindi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov boshchiligida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov, taniqli so‘z ustasi Shukrullo Isroilov va xonanda Zohirshoh Jo‘rayev poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabga kitoblar taqdim etdi.
O‘zbekiston xalq artistlari Ortiq Otajonov, G‘ulomjon Yoqubov va Yulduz Usmonova Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 6-maktabda bo‘lib, shaxsiy kutubxonalaridagi adabiyotlardan maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi. | 97 | 680 |
Madaniyat | Internetda millionlab muxlis orttirgan o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Jo‘rabek Jo‘rayev 7 yoshga to‘ldi (video) | O‘zbekistonlik taniqli qo‘shiqchi Jo‘rabek Jo‘rayev bugun, 13-iyul kuni yetti yoshga to‘ldi, deya xabar bermoqda “Creativepodiya.com”.
Jo‘rabekning g‘aroyib ovozi unga dunyo bo‘ylab millionlab kishilarning mehrini keltirdi, deb yozadi nashr.
Quyida Jo‘rabek olti yoshligida Uitni Xyustonning afsonaviy I Will Always Love You qo‘shig‘ini kuylagani aks etgan videoni ko‘rishingiz mumkin. | 106 | 386 |
Madaniyat | Di Kaprio uyida bir hafta dam olish uchun 300 ming yevro narx belgiladi | Hollivud aktyori Leonardo Di Kaprio o‘z uyida bir hafta dam olishni 300 ming yevroga sotdi. Bu summa evaziga lot xaridori uning Palm-Springsdagi koshonasida bir hafta yashashi mumkin bo‘ladi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Kim oshdi savdosi Fransiyadagi Lojuvard Qirg‘oqda bo‘lib o‘tdi. U AQSh OITSni tadqiq etish jamg‘armasi (amFAR) tomonidan tashkil etildi.
Di Kaprio savdo g‘olibi yashash paytida o‘z uyida bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu davr ichida u yerda 12 mehmon turadi.
Ikkinchi hafta 100 ming yevroga sotildi. | 71 | 515 |
Madaniyat | Xonanda Munisa Rizayeva: Eng katta orzuim — ona bo‘lish | Xonanda Munisa Rizayeva bolalarni juda ham yaxshi ko‘rishini aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi.
— Nimalarni orzu qilasiz?
— Eng katta orzularimdan biri — ona bo‘lish. Kichkina bolalarni juda yaxshi ko‘raman. | 55 | 226 |
Madaniyat | O`zbekistonda kino prokati rivojlantiriladi | Kecha, 31 oktyabr kuni "O`zbekkino" Milliy agentligida Vazirlar Mahkamasining davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan badiiy filmlarning reklamasi hamda televidenie, radio va Internet tarmoqlaridagi piar-kompaniyasi tashkil etish va amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida o`tkazilgan majlis bayoni yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tgani xaqida xabar bergan edik. Unda kino sohasining eng muhim va og`riqli nuqtalari, dunyo tajribasi, shuningdek istiqboli muhokama qilindi.
Firdavs Abduxoliqov, "O`zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori:
- Ma`lum bir davrda kino targ`iboti oqsab qolgani uchun bugun kino sohasida talay muammolar yig`ilib qolgan. Dunyo kino sanoatida kino uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan kinoprodyuserlar bizda etishmaydi. Ular piar va targ`ibot bilan shug`ullanishi kerak. Kinoga qiziqtirish, unga auditoriya topish prodyuserlarning zimmasida bo`ladi. Shuningdek, Gollivud filmlarini o`zbek tiliga tarjima qilib, namoyish etish ham kino prokatini o`stiradi. Bugungi yig`ilishimizdan asosiy maqsad mana shu muammolarni aniqlash va ularga echim izlash. Muammolar aniqlandimi, echimiga bugundan kirishishimiz kerak. Shu maqsadda kino prokati ishini o`rganish bo`yicha ishchi guruhi tuziladi va ular barcha joyda bo`lib, muammolarni o`rganib kelishadi. Qolaversa, kino tanqidchiligini ham rivojlantirishimiz zarur. Chunki kinoni tanqid o`stiradi. O`zbek kinosining yutug`i - xalqimizning yutug`i. Barchamiz shu maqsad yo`lida birgalikda ishlashimiz kerak.
Dilmurod Masaidov, kinorejissyor:
- Kinoteatrlar qurishda shaharlar bilan cheklanib qolmasdan, qishloq joylarida ham ko`proq kinozallar qurish kerak. Ishonavering, qishloqda odamlar kino qo`yib bersangiz, hozir ham maza qilib tomosha qiladi. Aslida, qishloqda ichida bufeti, hamma sharoiti bor kinoteatr bo`lishi ham shart emas, kino ko`rsatadigan katta bir ekran bo`lsa bo`ldi. O`zim bolaligimda kinolarni qanday qiziqish bilan ko`rganimizni eslayman. Katta bir maydonda bitta kinoekran bo`lardi, xolos. Yana bir gap, kinoteatrlarda chet el filmlarini o`zbekchaga tarjima qilib namoyish etish kerak. Chunki deyarli hamma kinoteatrlarda chet el filmlari rus tilida ko`rsatiladi.
Muzaffar Erkinov, kinorejissyor:
- Kino targ`iboti, kinoteatrlar ahvolini yaxshilash, ularning sonini ko`paytirish haqida gapirarkanmiz, kino o`g`rilari bilan kurashni ham aytib o`tmoqchiman. Negaki uzoq yillardan beri "kinoqaroqchilik"dan jabr chekamiz. Jinoyat kodeksiga "kinoqaroqchilik" ni jazolash bilan bog`liq bandlar kiritilishi kerak deb o`ylayman. Chunki bitta kino suratga olish uchun katta bir ijodiy jamoa ishlaydi. Bu esa ularning mehnatini kuydiradigan bir holat.
Avvallari qishloqlarga ko`chma kinoteatrlar borardi, klublar bo`lardi va odamlar maza qilib kino tomosha qilishardi, masalan, hindlarning "Tansor disko" kabi filmlarini. Ammo hozir "Tansor disko" zamoni emas. Chunki kinoga bo`lgan qiziqish pasayib ketgan. Mana, Toshkent sitida nega kinoteatr qurilmayapti? Chunki kinoga borish madaniyati tushib ketgan. Biz birinchi navbatda tomoshabinda shu madaniyatni shakllantirishimiz kerak. | 43 | 3,072 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva, Nilufar Usmonova, Imron va boshqa xonandalar bir kunda nechta to‘y xizmatiga boradi? | O‘zbek shou-biznesi vakillari suratga olish ishlari va ijod qilishdan tashqari bir nechta to‘y xizmatiga borishga ham ulguradi. Ayrim san’atkorlar bir kunda nechta to‘y xizmatiga borishini ma’lum qildi.
Nilufar Usmonova
“Bir kunda to‘rtta to‘yga borishim mumkin. To‘ylarda onamning qo‘shiqlarini kuylashimning sababi muxlislarning o‘zi shuni so‘raydi. Gohida 2 ta Yulduz Usmonovaning musiqalarini, 2 ta o‘zimning musiqalarimni yoki 3 ta o‘zimnikidan, 2 ta ularning repertuarlaridan aytaman. Kimdir umuman yo‘q musiqalarni so‘raydi, keyin biz Google’ga kirib so‘zlarini topib aytishga harakat qilamiz” , — deydi xonanda.
Ziyoda
“Bir kunda to‘rttagacha to‘y xizmatiga bora olaman. Ko‘pincha to‘ylarda ‘Xayolim’ taronasini ijro etishimning sababi xalqimiz bu qo‘shiqni juda ham yaxshi ko‘radi. Repertuarim o‘zgarishi ham mumkin, chunki har xil davralarga boramiz va shunga qarab qo‘yamiz” , — deydi Ziyoda.
Munisa Rizayeva
Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasi orqali kuniga 5-8 ta to‘yga borishi, har bitta to‘ydan 1000 dollar topishi haqida aytib o‘tdi.
“Har kuni 5-8 ta to‘yga boraman, umuman dam olmasdan har kuni ishlaymiz. Bitta to‘yga xizmat qilishim 1000 dollarga boradi” , — deydi xonanda.
Imron
“Bir kunda 4 tagacha to‘y xizmatiga boramiz. Ba’zida qo‘shiqlar ketma-ketligini tuzib berishadi, ba’zan o‘zimiz aytamiz” , — deydi Imron.
Nilufar Sotiboldiyeva
“Bir kunda eng ko‘pi bilan 3 marotaba to‘yga borganman: ertalab, tushki payt va kechqurun. Biroq o‘sha payti ertalab to‘yga emas, tadbirga borgandim. Kechki payt to‘ylar, beshik to‘yi, tug‘ilgan kun, har xil marosimlar bo‘lishi mumkin. Ba’zi paytlar esa kunduzgi paytda ham to‘ylarni o‘tkazganman.
Gohida “birrov”ga boshlovchi bo‘lamiz, lekin narx o‘zgarmaydi, o‘sha-o‘sha. Biz boshlovchilar doim bir xil narxni ushlab turamiz, bir kunlik xizmatga ham, ‘birrov’ga borsak ham” , — deydi teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva.
Yorqinxo‘ja Umarov
“Bir kunda har xil bo‘ladi. Masalan ba’zi paytlar bitta to‘yda boshidan oxirigacha xizmat qilamiz, ba’zi payt esa 15-20 daqiqa kuylayman, shunday paytlarda 3 ta yoki 4 ta to‘y xizmatiga boraman. Gohida orasida ham 1 ta to‘yga borib kelishim mumkin.
To‘yga fayz berish o‘zimizga bog‘liq. Eng yaxshi ko‘rib tinglanadigan musiqam ‘Dilorom taronasi’ , — deydi xonanda. | 101 | 2,276 |
Madaniyat | Xonanda Nargiz Zokirovaga 2072-yilga qadar Rossiyaga kirish taqiqlandi | 2022-yil 24-may kuni Toshkentdan Moskvaga uchgan Nargiz Zokirova Domodedovo aeroportida hibsga olingani haqida xabar berilgandi. Xonanda 2072-yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangani sababli O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda uning advokati Bahrom Ismoilov ma’lum qildi, deb yozadi “Pravila jizni”.
“Qo‘limda Rossiyaga kirishni 50 yilgacha taqiqlash to‘g‘risidagi qaror bor. Bu maxsus operatsiyani qoralayotgan mashhur shaxslarga qo‘llaniladigan standart taqiq. Bu cheklov Nargiz Zokirovaga ham qo‘yilgan. Nargiz ham bunga tayyor edi. U bunday choralar ko‘rilishini avvalroq taxmin qilgan. Shunga qaramay, mening himoyamdagi shaxs o‘zining fuqarolik pozitsiyasiga sodiq qoladi”, — dedi xonandaning advokati.
Qayd etilishicha, Nargiz Zokirovaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan. Xonanda Amerika fuqaroligiga ham ega bo‘lib, u 1995-yilda ota-onasi bilan AQSHga ko‘chib o‘tgan. 2013-yilda u “Golos” vokal shousida ikkinchi o‘rinni egallagan, shundan so‘ng xonanda Rossiyada ijodiy faoliyatini boshlagan. | 70 | 1,015 |
Madaniyat | Instagram: Turklarni lol qoldirgan o‘zbek aktrisalari, obodonlashtirish xodimlariga issiq kiyim tarqatgan Ravshan Komilov, Toshkentda konsert bergan Zivert | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Shahzoda Matchonova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Ruxshona “Hindi shou” ko‘rsatuvida “Qalbimda sensan” filmidagi Priti Zinta yaratgan Shalu obrazida namoyon bo‘ldi.
“Bravo” kulgi jamoasi a’zolari Otabek Mirzaxolov va Shahlo Zoirova yangi hajviy videorolik syomkasida.
Imron Durdona Qurbonova bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi.
Zarina Nizomiddinova ham kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Alisher Uzoqov va Adiz Rajabov Ozoda Nursaidovaning yangi qo‘shig‘iga klip ishlamoqda.
Rayhon turmush o‘rtog‘i bilan Dubayda hordiq chiqarib qaytdi.
Yulduz Usmonova Samarqandda to‘yda xizmatda bo‘ldi.
Shahlo Ahmedova sahifasiga yangi surat joyladi.
Ravshan Komilov obodonlashtirish bo‘limi xodimlariga issiq kiyimlar sovg‘a qildi.
Asal Shodiyeva Istanbuldagi o‘zbek kinosi kunlarida ishtirok etmoqda.
Saida Rametova, Dilnoza Kubayeva va Rayhon Ulasenova qo‘shiq kuylab, raqsga tushib, turkiyaliklarning hayratiga sabab bo‘ldi.
Rossiya estradasining yorqin yulduzi Zivert Toshkentda konsert berdi. Zal xit qo‘shiqlarni xonandaga qo‘shilib kuyladi. | 155 | 1,221 |
Madaniyat | “Majnun” filmi: rejissor Jahongir Ahmedov Ulug‘bek Qodirovning premyeraga kelmasligi, “videoqaroqchilar” va film haqida | Yaqin vaqt ichida rejissor Jahongir Ahmedovning “Majnun” filmi katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Film taqdimoti arafasida uning atrofida mojaro yuzaga keldi — “Majnun”da bosh rolni ijro etgan Ulug‘bek Qodirov film premyerasiga bormasligini Instagram’dagi sahifasi orqali e’lon qildi. Uning bu bayonotiga javoban Jahongir Ahmedov: “Bu ikkimiz o‘rtamizdagi muammo, o‘zaro hal qilib olamiz”, — qabilida izoh qoldirgan.
“Majnun” filmidan kadrlar
Jurnalist Feruz Muhammad rejissor va aktyor o‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilikka aniqlik kiritish va umuman film haqida batafsil ma’lumot olish maqsadida, Jahongir Ahmedov bilan suhbatlashdi.
— Ulug‘bek Qodirov nima demoqchi bo‘lganiga o‘zi javob berishi kerak. Men hali u bilan yuzma-yuz gaplashmadim, balki oramizdan premyeraga kelmaydigan darajada biror narsa rostdan ham o‘tgandir. Ammo premyeraga kelmasligiga ishongim kelmaydi. Chunki “Majnun” uning ham katta umid bog‘lagan filmi ekanligini bilaman. Keyin, bu gap-so‘zlar — filmoldi soxta piar ham emas. To‘g‘risi, hali piar haqida o‘ylashga ham imkoni bo‘lgani yo‘q, — dedi Jahongir Ahmedov.
“Oldindan ogohlantirishgan edi: ‘Ulug‘bek Qodirov bilan ishlash qiyin, ba’zida tasvirga olish maydonchasiga kelmaydi, kelsa ham kechikadi’. Men bosh rolda Ulug‘bekni ko‘rganim uchun, unga murojaat qildim. Ssenariy unga juda ma’qul keldi. Biror marta syomkaga kech kelganini, kelmaganini, so‘zini yodlamaganini eslay olmayman. U film olinishi uchun eng katta jonbozlik ko‘rsatgan aktyorlardan biri bo‘ldi. Ot minish lavhalarida men: ‘Kaskadyordan foydalanaylik, ehtiyotsizlik qilmaylik’, — deganimda Ulug‘bek: ‘Menga bir oy vaqt beringlar’, — dedi va shu vaqt mobaynida ot minishni o‘rganib, ot bilan bog‘liq sahnalarda ham o‘zi o‘ynadi. Ovozlashtirish jarayonida ham muammoga duch kelmadik. U haqida eshitgan gaplarimni o‘ziga aytganimda: ‘Yaxshi ssenariy bo‘lsa, maza qilayotgan bo‘lsang, qanday qilib suratga olish maydonchasiga kelmaslik mumkin?!’, — deb javob qaytargan edi”.
“Zamonaviy ham sifatli film suratga olish uchun nima kerak bo‘lsa, hammasi qilindi. Ulug‘bek Qodirov, Asal Shodiyeva, Matyoqub Matchonov, Ra’no Zokirova, Muhammadiso Abdulxairov, Elyor Nosirov, Ra’no Shodiyeva singari aktyorlar jamoasi yig‘ilgan. Aktyorlar tarkibidan tortib, operatorlik ishi, montaj, grimchilar, texnika, liboschilar, rassomlar masalasida ham alohida ish olib borildi. Filmga katta mablag‘ sarflangan, gonorar masalasida muammo bo‘lgani yo‘q, lekin, ochig‘i, men moliyaviy masalalarga aralashmayman, bu tomoni prodyuserlarga havola”.
“Majnun” filmidan kadrlar
“Matyoqub Matchonov va Muhammadiso Abdulxairov ‘Majnun’ filmida umuman kutilmagan — vajohatli, og‘ir, to‘pori odamlar obrazini yaratgan. Ularga xos komedik unsurlarni ‘Majnun’da ko‘rmaysiz, ular 100 foiz o‘zgargan. Dublyaj jarayonida ular o‘zlarini ko‘rib: ‘Bu aktyorlarni qayerdan olyapsizlar?’, degan hazillar ham qilishdi”.
“‘Baron’ bilan yuz bergan holat men uchun katta dars bo‘ldi. Avvallari o‘zim bilan ham shunday hodisalar bo‘lgan — ‘Tundan tonggacha – 2’, ‘Tilim qursin – 2’ filmlari hali kinoteatrlarda namoyish etilayotgan vaqtda, ‘videoqaroqchilar’ tomonidan bozorlarga chiqarib yuborilgan. Tomoshabinlardan filmlarni ‘videoqaroqchilar’ning qo‘lidan olib ko‘rmaslikni so‘rab qolardim. Tomoshabin kinoijodkordan sifatli film ishlashni talab qilyaptimi, uning talabini bajarganlarga ham munosib javob qaytarsin. Katta mablag‘ tikib, katta jamoa bilan ishlayotgan rejissorlar bor, qilingan mehnatning qadriga yetish kerak.
“Hozirgi vaqtda filmning so‘nggi sayqal berish ishlari davom etmoqda. Kartina ko‘rik uchun ‘O‘zbekkino’ Milliy agentligiga topshirilgan, premyera uchun deyarli tayyor. ‘Majnun’ — xususiy kinostudiyalar orasida eng uzoq vaqt suratga olingan film bo‘ldi, chamamda. Har bir kadr ustida uzoq vaqt fikr yuritilgan, filmning nuqta, vergullarigacha ahamiyat berilgan”. | 119 | 3,857 |
Madaniyat | Billboard talqiniga ko‘ra 2017-yilning eng yaxshi qo‘shiqlari e’lon qilindi | Billboard jurnali 2017-yilning 100 ta eng yaxshi qo‘shiqlari reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Nashr tomonidan tuzilgan reytingning birinchi o‘rnini Selena Gomesning Bad Liar qo‘shig‘i egalladi.
Ikkinchi o‘rindan Cardi B’ning Bodak Yellow qo‘shig‘i o‘rin oldi. Kuchli uchtalikka Kelvin Xarris va Frenk Oushenning Slide qo‘shig‘i yakun yasadi.
YouTube’da eng ko‘p tomosha qilingan Luis Fonsi va Deddi Yankining Jastin Biber ishtirokidagi Despacito qo‘shig‘i nashr reytingining to‘rtinchi o‘rnidan joy oldi.
Kuchli o‘ntalikka Lul Uzi Ver ijrosidagi XO TOUR Llif3, Kendrik Lamarning Humble, J Balvin, Beyonce va Uilli Uilyam ijrosidagi Mi Gente qo‘shig‘ining remiks varianti, shuningdek, One Direction guruhi xonandasi Garri Staylsning Sign of the Times qo‘shig‘i ham kiritilgan.
Reytingning to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rnini The Weeknd va Daft Punk ijrosidagi I Feel It Coming va Portugal ijrochilarining Feel it Still qo‘shiqlari zabt etdi. | 75 | 961 |
Madaniyat | Kelgusi yildan boshlab Buxoroda har 2 yilda Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali o`tkaziladi | Ko`hna Buxoroda 2022 yildan boshlab Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali ni har 2 yilda bir marta o`tkazish yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bu borada 2021 yil aprelda ushbu festivalga oid O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni hamda 2021 yil oktyabrida Vazirlar Mahkamasi qarori imzolandi.
Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali kelgusi yilning 21-25 may kunlarida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Buxoroda festival doirasida “An`anaviy zardo`zlik va zargarlik san`ati taraqqiyoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tadi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida zargarlik sanoatining xorijiy mamlakatlardagi vakillari, chet ellik investorlar hamda ekspert va mutaxassislar ishtirokidagi har yili o`tkaziladigan “O`zbek zargarlik yarmarkasi” xalqaro ko`rgazmasi va zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va zargarlik mahsulotlari sotuvida ishtirok etish mumkin bo`ladi.
Xalqaro festival davomida turli tomoshalar, taqdimotlar, ko`rgazmalar, musiqali teatr konsertlari va ko`ngilochar dasturlar, madaniy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. | 98 | 1,127 |
Madaniyat | “Yevrovideniye-2017” g‘olibiga yurak ko‘chirib o‘tkazildi | “Yevrovideniye-2017” musiqa tanlovida g‘alaba qozongan portugaliyalik xonanda Salvador Sobral yurak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshdan kechirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Salvador jarrohlik amaliyotiga tayyor edi, u jarayonning naqadar murakkab ekanligini yaxshi tushundi”, — deydi shifokor Migel Abekasis.
Shifokor 27 yoshli xonandaga uyga javob berish haqida gapirishga erta ekanligini ham ta’kidlab, “yaqin kunlar ichida barcha ehtiyot choralarini ko‘rish zarurligini” aytib o‘tdi.
Abekasisning so‘zlariga ko‘ra, xonandaning to‘liq sog‘ayib ketishi uchun bir necha oy talab qilinadi. U, shuningdek, Sobral operatsiyadan so‘ng to‘laqonli hayot kechirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
“Yevrovideniye-2017” tanlovida Amar Pelos Dois qo‘shig‘i bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Salvador Sobral yurak xastaligidan aziyat chekayotgan edi. U organ ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini kutib, bir necha oy navbatda turdi. | 57 | 965 |
Madaniyat | Rayhon, Manzura va boshqa shou-biznes vakillari plastik operatsiyaga munosabatini bildirdi | “Hordiq” gazetasi o‘zbekistonlik xonandalarning plastik jarrohlikka munosabati bilan qiziqib ko‘rdi. Ularning fikrlarini “Darakchi.uz” keltirdi.
“Hech qachon plastik operatsiya qildirmaganman. Rostini aytsam, bundan juda qo‘rqaman. Lekin har uch oyda labimni ukol yordamida shishirib turaman. Mutaxassislarning fikricha, buning sog‘liqqa hech qanday zarari yo‘q. Faqat chivin chaqqandek og‘riydi, xolos”.
“Aldashni juda yomon ko‘raman. Ikki marta plastik jarrohlarga murojaat qilganimni tan olaman. To‘qqiz yil muqaddam yuzimda kichik jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan. Ko‘pchilik qovoqlarimning olingani menga juda yarashganini ta’kidlaydi. Uch yil oldin esa yana plastik jarrohlar bilan maslahatlashgan holda kichik operatsiya o‘tkazdik”.
“Ancha yillar avval Turkiyaga borib, qovog‘imni oldirgan edim. Rosti, ancha vaqtgacha bunga ko‘nikishim oson kechmadi. Xonandaning go‘zal tashqi ko‘rinishi sahna talablaridan biri sanaladi. Shuning uchun hamisha tashqi ko‘rinishimga e’tibor beraman. Lekin endi plastik operatsiya qildirish niyatim yo‘q”.
“Burnimning shakli o‘zimga yoqmasdi. Shuning uchun ikki yil avval uni plastik operatsiya qildirishga qaror qilganman. Avvaliga jarrohlikning natijasi sezilmadi. Shunda shifokor ‘Burun murakkab a’zo, avvaliga biroz kattalashadi, so‘ng kichrayadi’, degan edi. Nazarimda, hozir ko‘rinishim risoladagidek. San’at olamiga qadam qo‘ymasimdan ancha oldin labimdagi kamchilikni to‘g‘rilatganman”. | 90 | 1,439 |
Madaniyat | Taniqli hind aktrisasi Anushka Sharma ilk marta ona bo‘ladi | Hindistonning eng taniqli yulduzli juftliklaridan biri Anushka Sharma va Virat Kohli ota-ona bo‘ladi. Bu haqda juftlik Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
View this post on Instagram
“Biz uch kishi bo‘lamiz”, — deb izohladi homilador aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan suratini.
Anushkaning farzandi 2021-yilning yanvarida dunyoga keladi.
Ma’lumot uchun, taniqli kriketchi Virat Kohli va Anushka Sharmaning to‘yi 2017-yilda Italiyada katta dabdaba bilan o‘tkazilgan. Tantanada ko‘plab Bollivud yulduzlari mehmon bo‘lgan. Italiyaga bora olmagan do‘st va qarindoshlari uchun juftlik Nyu-Dehlida ham to‘y qilib bergan.
Anushka o‘zbek tomoshabinlariga “Tangri yaratgan juftlik”, “Toki hayot ekanman”, “Pikey”, “Oshiq qalblar” hamda “Nol” filmlari orqali yaxshi tanish.
Bollivudning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi bor ota-ona bo‘ladi | 59 | 886 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo” Esmeralda Rahmatovaning litsenziyasini qaytarib berdi | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Tamila taxallusi ostida ijod qilib kelgan xonanda Esmeralda Rahmatovaning litsenziyasini qaytarib berdi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
Xonandaga birlashmaning 2015-yil 10-noyabrdagi buyrug‘iga asosan, O‘zbekistonda va uning tashqarisida konsert-tomosha yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ijrochi-jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan litsenziya taqdim etilgan.
“Sayyod.com”dagi xabarga ilova qilingan fotosuratda litsenziya 2015-yil 10-noyabridan 2016-yil 10-avgustiga qadar amal qilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Esmeralda Rahmatovaning litsenziyasi “litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlarni buzgani sababli” 2015-yil 1-iyuldan to‘xtatilgan edi. | 66 | 729 |
Madaniyat | Xonanda Imron turmush o‘rtog‘ini 2,5 yil kutib, 2 ta to‘y qilgani va u bilan janozada tanishgani haqida (video) | Xonanda Imron “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Imron suhbat davomida turmush o‘rtog‘ini birinchi marta janozada ko‘rib qolgani, ikki yarim yil kutishga majbur bo‘lib, ikkita shaharda to‘y qilgani haqida gapirib berdi.
Kelin tomondagilar bu san’atkor, xonanda-ku, buning atrofida ko‘p qizlar bo‘ladi, degan gapni ushlab oldi. U yerda Imron uylangan, Imronning bolalari bor, degan gaplar chiqqan ekan. Durdona Qurbonova bilan klipimiz chiqishi arafasida katta gap-so‘zlar bo‘lgan. Buxoroda-ku mayli, Toshkentda ham Durdonaga uylanibsan, degan gap-so‘zlar keng tarqaldi.
Ota-onamni, akalarimni kelinning uyiga qayta-qayta sovchilikka yubordim. To‘yimiz arafasida hammasi hal bo‘ldi. (Kulib) Rostdan ham ikki marta uylanganman, faqat bitta qizga ikki marta uylanganman. Bitta to‘y Buxoroda, ikkinchi to‘yimiz Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
Yaxshi ko‘rib, ikki yarim yil kutib, uylanganman. Ikki yarim yil kutganimning sababi — shuncha vaqt katta bo‘lishini kutganman. Ayolim mendan 12 yosh kichkina.
Ayolimning san’atga umuman aloqasi yo‘q. Buxoroda universitetda o‘qiydi, birinchi kursni tugatdi. Xudo xohlasa, endi o‘qishini Toshkentga ko‘chirish harakatidamiz.
Ayolimning bobosi olamdan o‘tganida men ham janozaga borganman. Ular bilan qarindoshchiligimiz bor. O‘sha yerda ko‘rib qolganman, bu voqeaga ikki yarim yil bo‘ldi. Onam, ammalarim mana shuncha qiz, birortasini ko‘r, tanla, qachon uylanasan, deb holi-jonimga qo‘yishmagan vaqtlar edi. O‘shanda mana shu qizga uylanaman, deganman, shunda onam jim, u qiz hali yosh, ota-onasi turmushga bermaydi hali, deganlar. Unday bo‘lsa, boshqa kimga uylanasan, deb so‘ramanglar, deganman.
Imron, xonanda | 111 | 1,735 |
Madaniyat | Ajal ostonasidagi g`azalxonlik. Yoxud Leningrad qamali paytida Alisher Navoiyning 500 yilligi qanday nishonlangan edi? | Joriy yilning 10 dekabr kuni Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag`ishlangan tadbirlar bo`lib o`tdi. Mazkur tadbirlarda O`zbekiston va Rossiyaning bir gurux tarixchi, sharqshunos va olimlari ishtirok etdi. Unda O`zbekiston madaniy merosini asrash o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjaxon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov, O`zbekiston Qaxramoni, olim va tarjimon Ibrohim G`afurov, O`zbekistonning Sankt Peterburg shahridagi konsuli Alisher Babaev, navoiyshunos olimlardan Shuhrat Sirojiddinov, Aftondil Erkinov, Sultonmurod Olim, Olimjon Davlat, Burobiya Rajabova, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo`lyozmalari instituti direktori Irina Popova va boshqalar Navoiy merosining bugungi kundagi ahamiyati, uning insonparvarlik g`oyalari, navoiyshunoslar jasorati xususida so`z yuritishdi.
Buyuk mutafakkir ijodi asrlar davomida butun insoniyatni ezgulikka, tinchlik va do`stlikka da`vat etib kelgan. Shu bois, hatto eng og`ir damlarda Alisher Navoiy merosi insonlar qalbida yorug` kunlarga umid uyg`otgan. 1941 yilning 10 dekabr kuni Ikkinchi jahon urushining eng mudhish damlarida, Leningrad (xozirgi Sankt-Peterburg) dahshatli qamal iskanjasida qolgan paytlarda Davlat Ermitajida Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan ilmiy-anjuman o`tkazilgan.
Qamalda qolgan shahar
Ma`lumki Adolf Gitler boshchiligidagi nasistlar Germaniyasi 1941 yilning 22 iyunida Sovet Ittifoqiga hujum boshladi. Gitlerning rejasiga ko`ra, birinchi navbatda Er yuzidan yo`q qilinishi kerak bo`lgan sovet shaharlaridan biri, shubhasiz Leningrad edi. U kattaligiga ko`ra, ittifoqning ikkinchi yirik shahri sanalar, bu erda uch milliondan ortiq aholi istiqomat qilardi. Leningrad ittifoqning harbiy va iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo`lgan markazlaridan hisoblanardi.
Shu bois, hujumning dastlabki kunlaridanoq Leningradni egallasha va uni er bilan yakson qilishga kirishiladi. 1941 yil 8 sentyabordan boshlab, shahar nemislar va ularning ittifoqchilari tomonidan qurshovga olinadi. Ammo leningradliklar so`ngi tomchi qonlari qolguncha shaharni himoya qilishga bel bog`lashadi.
Qamal sharoitida shaharda ahvol kun sayin og`irlashib borar, har kuni dushman kuchlarining havo hujumlari oqibatida o`nlab insonlar hayot bilan vidolashardi. Ayni 1941 yilning qish kunlari boshlanishi bilan ahvol yanada og`irlashadi. Shahardagi oziq-ovqat zahiralara tugab borar, jon boshiga bir necha gramm non berilar, kanalazisiya, elektr va issiqlik ta`minoti tamomila izdan chiqqandi. Birgina o`sha yilning dekabr oyida 50 mingdan ortiq tinch aholi vakillari ochlik qurboniga aylanadi.
1941 yil, 10 dekabr...
G`arbiy Evropada ikkinchi jahon urushi tobora alanga olayotgan bir paytda 1941 yil 12 mart kuni Nizomiy Ganjaviyning 800 hamda Alisher Navoiyning 500 yilligini nishonlash haqidagi hukumat qarori imzolangan edi.
Leningrad dahshatli qamal iskanjasida qolganiga qaramasdan, buyuk mutafakkirlar tavalludi nishonlanaveradi. Jumladan Navoiy ijodiga bag`ishlangan ijodiy kechalar Leningrad ziyolilarining o`ziga xos jasorat namunasi bo`ldi.
10 dekabr kuni Ermitaj binosiga taklif qilingan shoir va olimlar, rassom va ziyolilar ochlikdan arang qadam tashlab, Navoiyning 500 yilligi yubileyiga etib kelishadi. Leningrad Farfor zavodi rassomi Mixail Mox, Ermitajnring sovuq xonalaridan birida, miltillab yonayotgan pech qarshisida o`tirib, Navoiyning 500 yilligiga bag`ishlangan chinni idishlarga rasm solardi. Bu idishlar hozirgacha Ermitajda saqlanadi.
Fashistlar shaharni damba-dam to`pga tutishar, bomba yog`dirishar, har daqiqada ochlik va hujum sababli o`nlab insonlar o`limga ro`baru kelardi. Buyuk mutafakkir Navoiy tavalludining 500 yilligi tadbirlarida I.Orbeli, N.Lebedev, E.Bertels, B.Piotrovskiy. I.Krachkovskiy, V,Rojdestvenskiy singari buyuk olimlar va adiblar ishtirok etishgan.
Navoiyxonlik orada tanaffus bilan 10-12 dekabr kunlari o`tkazilgan Tadbirning uchinchi kuni shoir va tarjimon Navoiyning “o`n sakiz ming odam oshubi...” deb boshlanadigan g`azalning ruscha tarjimasini o`qiy turib, gilam ustiga yiqilib tushgan va qaytib o`rnidan turmagan:
Uj tak chto je, kol v serdse miloy vosemnadsat tsyach smut,
Miloy tolko vosemnadsat, razve lyudi ne poymut...
Ushbu tadbirda mashhur sharqshunos olim Iosif Orbeli shunday degandi. “Bugun juda murakkab bir paytda Navoiy tavalludini nishonlayapmiz. Dushmanlar shaharni majolsiz va jonsiz deb o`ylayotgan bir paytda bu tadbirning o`tayotgani xalqning mardona ruhidan, uning bukilmas irodasidan darak beradi. Biz albatta g`alaba qozonamiz va tinchlik sharoitida Navoiy tavalludini munosib tarzda nishonlaymiz. Ammo dushman zambaraklari ostida o`tayotgan bu tadbir inson xotirasida abadiy qoladi. Hech narsaga qaramasdan she`riyat yashayveradi va uni hech qanday kuch mag`lub etolmaydi. Biz har doim uning maftunkor olamiga kirib boraveramiz”.
Ochlik va o`lim iskanjasida
– Dunyoning istalgan burchagida O`zbekistonga oid osori atiqalarni topish mumkin, – deydi O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butujaxon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov. – Xususan, buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy adabiy merosiga har doim, har erda alohida e`tibor va ehtirom bilan qaraladi. Ochig`i, Ikkinchi jahon urushining dahshatli damlarida ham Navoiy merosiga munosib ehtirom ko`rsata olgan leningradlik olimlar jasorati tahsinga sazovor. Tasavvur qiling, ana shunday murakkab, dahshatli kunlarda, ochlik va o`lim xavfi butun shaharni iskanjaga olgan bir paytda sankt-peterburlik olimlar Navoiy tavalludini nishonlashgan. Orbeli nutq so`zlayotganda ikki marta kuchli portlash yuz beradi, hamma derazaga qaraydi. Fashistlarning ikkita bombasi Neva daryosiga kelib tushgandi. Ammo shunga qaramasdan odamlar yig`ilishni tark etishmaydi, she`rxonlik davom etadi. Axir, bu chinakam qahramonlik emasmi? Bugungi tadbirlardan ko`zda tutilgan asosiy maqsad esa, ana shu merosning ahamiyatini yana bir karra namoyish qilishdan iborat. Olimlarimiz rossiyalik hamkasblari bilan tanishib, tajriba almashishdi, Sankt Peterburgdagi nodir qo`lyozmalar haqida ma`lumot olishdi, shu bilan birga bugungi Rossiyada Navoiy merosini o`rganish bo`yicha qilinayotgan ishlar haqida tushunchaga ega bo`ldik.
–Ochlik, muhtojlik, qahraton sovuq, turli kasalliklar butun shaharni iskanjaga olgandi, – deydi Davlat Ermitaji rahbari Mixail Piotrovskiy. – Marhum otam ham Boris Piotrovskiy o`sha yillarda Ermitajga rahbarlik qilgan, undan qamal dahshatli, o`sha paytda bu erda o`tkazilgan navoiyxonlik haqida ko`p eshitganman. Shahar fashistlar tomonidan qamalga olingan, dushman har lahzada shahar ustiga ajal yog`dirishi mumkin edi. Ammo, olimlar Navoiyga bo`lgan hurmat tufayli o`z jonini xatarga qo`yib bo`lsa-da, majlisga etib kelgan. O`shanda butun shaharda chiroq o`chgan bo`lsa-da, Ermitajda elektr ta`minoti uzilmagan. Neva daryosidagi, bir paytlar imperatorga tegishli bo`lgan “Qutb yulduzi” yaxtasidan tok ulab, Ermitajning chiroqlari va mufel pechlarini yoqishgan. Leningrad farfor zavodi rassomi Mixail Mox miltillab yonayotgan pech qarshisidan o`tib, ochlikdan qaltirab, yubiley bag`ishlangan chinni idishlarga Navoiy suratini chizgan. Ushbu idishlar hozir ham Ermitajda saqlanadi.
2021 yil, 10 dekabr
...Yana Sankt-Ptereburg, yana qishning izg`irin kunlaridan biri, Yana Ermitaj va navoiyxonlik. Faqat oradan sakson yil o`tgan. Urush, ochlik va qamal shaharning unutilmas, qonli va shonli o`tmishiga aylangan. Shaharni oppoq qor qoplagan, ne-ne suronli kunlarning guvohi bo`lgan Neva ham muz ko`rpasi ostida sokin mudraydi. Ammo shaharda hayot qaynaydi.
Buyuk shoirning 580 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bu galgi tadbir tinch va osoyishta sharoitda, fayzli va tarovatli kechdi. Navoiy ijodidagi insonparvarlik g`oyalari, Rossiyada saqlanayotgan Navoiy qo`lyozmalari, Hirot adabiy muhiti haqida ma`ruzalar o`kildi. Rus va o`zbek tillarida Alisher Navoiy ijodidan namunalar tinglandi.
–Bu safar biz, navoiyshunoslar uchun ham g`oyat foydali bo`ldi, – deydi filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov. – Sakson yil oldin o`tkazilgan Navoiy yubileyi xususida eshitgandik, ammo bu erga kelib, ushbu tadbir qanchalikning ana shunday murakkab sharoitda o`tkazilishi chinakam mardlik, Navoiyga, adabiyotga bo`lgan beqiyos ehtirom namunasi bo`lganini tushunib etdik.
Tadbirda O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq artisti Munojot Yo`lchieva ijrosida Navoiy g`azallari bilan aytiladigan qo`shiqlar ijro etildi.
Rustam Jabborov | 118 | 8,574 |
Madaniyat | Nurali Shukurullayev “Zo‘r-Zo‘r Star” loyihasidan chetlashtirildi | “Zo‘r-Zo‘r Star” musiqiy tanlovida ishtirok etayotgan qatnashchilar soni har hafta qisqarib bormoqda. 7-iyun kuni bo‘ladigan hisobot konsert dasturida esa loyiha g‘olibining nomi ma’lum bo‘ladi.
“Boshqa tanlovlarda bo‘lgani kabi, “Zo‘r-Zo‘r Star” loyihasida ham qat’iy qoidalar mavjud bo‘lib, ularga so‘zsiz amal qilish tashkilotchilarga ham, ishtirokchilarga ham taalluqlidir”, — deb yozadi loyihaning rasmiy sayti. Musiqiy realiti-shou formati barcha ishtirokchilar uchun bir xil shart-sharoitlarni nazarda tutadi. Shu bilan birga, bo‘lg‘usi yulduzlarga loyiha ma’muriyatining ruxsatisiz tashqi olam bilan aloqa qilmaslik talabi ham qo‘yiladi. Xususan, ishtirokchilarga har qanday aloqa vositasidan foydalanish qat’iy ta’qiqlangan. Buning bir nechta sabablari bor, albatta. Ularning eng asosiysi – bu konsertga qadar bo‘lg‘usi chiqishlarning tafsilotlarini oshkor etish hamda ovoz berish paytida raqiblar orasida ustunlikka ega bo‘lishning oldini olishdan iborat.
Afsuski, ushbu qoida Nurali Shukrullayev tomonidan qo‘pol ravishda buzildi.
Nurali Shaurullayev O'zbekiston Xalq artisti Zulayho Boyxonova bilan "Hay-hay" taronasini kuylagan.
Ma’lum bo‘lishicha, u loyihada qatnashish davrida mobil telefondan foydalangan, shuningdek o‘zboshimchalik bilan loyihadan chiqib-kelib turgan. Shu sababli tashkilotchilar tomonidan Nuralini “Zo‘r-Zo‘r Star” loyihasida qatnashishdan chetlatish haqida qaror qabul qilindi.
Nima ham deymiz? Nurali Shukrullayevning o‘ziga hos iste’dodi va mahorati bor, ammo belgilangan tartibga har bir ishtirokchi qat’iyan amal qilishi kerak. | 65 | 1,573 |
Madaniyat | Muvaffaqiyatli karyera, shaxsiy hayotdagi baxtsizlik: Bollivud yulduzi Ritik Roshanning hayot va ijod yo‘li (foto) | Faqat bir nechta aktyorlargina bir kechada yulduzga aylangani bilan maqtana oladi. Bunga Rishi Kapur va Dimpl Kapadiya “Bobbi”, Kumar Gaurav “Muhabbat hikoyasi” filmlarini misol qilish mumkin. 2000-yilda “Sevishingni ayt!” melodramasi chiqqandan keyin Bollivud osmonida yana bir yulduz porladi — u rejissor va aktyor Rakesh Roshanning o‘g‘li Ritik edi, deb yozadi Bollywoodtime.
Tomoshabinlar yangi aktyorni ishtiyoq bilan qabul qildi. Uning yuzi deyarli barcha kinojurnallarning muqovalarini egalladi. Ritikning amakisi Rajesh Roshan tomonidan yaratilgan filmning saundtreki barcha jamoat joylarida takroran yangradi, telekanallar esa Ritikning kliplarini tinimsiz namoyish etdi. Potentsial prodyuserlar uchun Ritik haqiqiy iste’dod edi — u chiroyli raqsga tushdi, his-tuyg‘ularni ajoyib tarzda namoyon etdi va o‘z ijrosidan mamnun edi.
Aslida film kamchiliklardan xoli emas, lekin Ritik uchun bu haqiqiy yutuq bo‘lgan. Bosh qahramon Amisha Patel esa partnyoridek yuksaklikka erisha olmadi. Keyinchalik Ritik o‘z intervyularida to‘satdan shon-shuhrat bilan qanday yashashni bilmaganini aytib o‘tdi.
U 1974-yil 10-yanvarda aktyor hamda rejissor Rakesh Roshan va uning rafiqasi Pinki oilasida tug‘ilgan. Shuningdek, oilada Suneyna ismli qiz ham dunyoga kelgan. Ritikning ona tomondan bobosi rejissor va prodyuser J. Om Prakash, otasi tomonidan bobosi esa iqtidorli musiqachi va bastakor Roshan Lal Nagrath edi. U Ritik tug‘ilishidan oldin vafot etgan. Qolaversa, bolaning buvisi Ira Nagrath ham qo‘shiqchi va bastakor. Aytgancha, Ritikning haqiqiy ismi Nagrath. Roshan — bobosining ismi va otasining familiyasini taxallus sifatida olgan.
Bolaligidanoq Ritik uchun barcha eshiklar ochiq bo‘lganga o‘xshasa-da, ammo uning muvaffaqiyat yo‘li bulutsiz emasdi. Kichkina Ritikning bolaligida o‘ziga ishonchi yo‘q edi. U jiddiy nutq muammolari bilan tug‘ilgan. Duduqlanib, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmasdi. Maktabda u nafaqat bu kasalligi, balki qo‘lidagi qo‘shimcha bosh barmog‘i tufayli ham tahqirlangan.
Bola 9 yoshga to‘lganda, oila katta moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Ular ijara haqini to‘lay olmadi, shuning uchun onasi Pinki Roshan Ritik va singlisini ota-onasinikiga olib ketdi, otasi Rakesh esa onasi bilan yashadi.
“Keyinchalik dadam pul topib, uy sotib oldi. Biz nihoyat jamlandik. Ammo uyda faqat devor va pollar bor edi. Biz gilamchalarda uxlash uchun jimgina joylashdik”, — dedi Ritik intervyusida.
Ritik Roshan birinchi marta olti yoshida, bobosining “Singer Asha” (1980) loyihasida sahnaga chiqdi. Shundan so‘ng “Sen tufayli aqldan ozganman” va “Mushkul taqdir” filmlarida deyarli hech kim e’tibor bermaydigan rollar bilan paydo bo‘ldi. O‘smirlik chog‘ida Ritik juda ozg‘in va tengdoshlari orasida orqada qolar edi. Duduqlanishdan tashqari, unga Skolioz tashxisi qo‘yilgan. Sinfdoshlarining masxarasi tufayli u maktabni yomon ko‘rardi. U aktyor bo‘lishni xayoliga ham keltirmagan. O‘shanda u bir necha yil o‘tib qayta-qayta Bollivudning eng mashhur odamlaridan biriga aylanishini bilmasdi ham.
Oradan ko‘p o‘tmay Ritik raqsga qiziqib qoldi va birdaniga sahnani yoqtirishini angladi. U nufuzli UCLA kollejini tashlab, kinoning eng nozik jihatlariga sho‘ng‘ib ketdi. U bolaligidan suratga olish maydonchasida otasi va bobosiga yordam berishga odatlangan. Ritik o‘z ustida faol ishladi: u vazn olish uchun raqs va hatto bodbilding saboqlarini oldi. Men logoped va diksiya bo‘yicha murabbiyga tashrif buyurdi.
U “Karan Arjun” va “So‘zsiz sevgi” dramalarida besh yil davomida otasiga rejissor yordamchisi bo‘lib ishlagan, keyin esa aktyor sifatida debyut qilgan. “Sevishingni ayt” 2000-yil 14-yanvarda chiqdi va yilning eng mashhur filmiga aylandi. Premyeradan bir oy o‘tib, sevishganlar kunida Ritik Roshan 30 000 ta turmush qurish taklifini oldi. Ammo uning yuragi endi bo‘sh emas edi. U aktyor Sanjay Xon (Zinat Amanning birinchi turmush o‘rtog‘i) ning qizi Suzanna Xonga ko‘ngil bergandi.
Ritik va Suzanna 2000-yil 20-dekabrda turmush qurdi. Olti yildan so‘ng ular Rehan, ikki yildan keyin Ridan ismli o‘g‘illarning ota-onasiga aylandi. Afsuski, ularning nikohi vaqt sinoviga dosh bermadi va ular 2013-yilda ajrashdi. Mish-mishlarga ko‘ra, turmush qurgan Ritik filmdagi partnyorlar bilan doimiy munosabatda bo‘lgan va Suzanna bunga chidashdan charchagan. Ritik o‘zining “Krrish 3” filmidagi partnyori Kangana Ranaut bilan yana ishqiy munosabatda bo‘lgani haqda mish-mishlar paydo bo‘lganda, Suzanna ajrashish uchun ariza berdi.
Endi u aktyor va model Arslan Goni bilan baxtli, Ritik esa undan 11 yosh kichik Saba Azad ismli yosh aktrisa bilan uchrashadi.
Afsuski, “Sevishingni ayt” filmidan keyin 7 ta kartina kassada tushib ketdi. Uning otasi Rakesh Roshan shunday dedi: “Rejissorlar aktyor bo‘lgani uchun emas, balki yulduz bo‘lgani uchun Ritikni filmlarga taklif qilishgan. Shunday qilib, uning debyutidan so‘ng suratga tushgan 7 ta film ham muvaffaqiyatga erishmadi”.
Qizig‘i shundaki, uning otasi yana Ritikka “Sen yolg‘iz emassan” (2003) fantastik melodramasi ko‘rinishidagi navbatdagi xitini berdi. “Men bu filmni o‘g‘lim bilan birga suratga oldim, u yerda u qahramon emas. U kartinadagi aqli zaif bola. Qayerdadir, men bu ish berishiga ishonchim komil edi”, — dedi Rakesh.
Filmning kassadagi muvaffaqiyati “Krrish”gacha (2006) yetib keldi va hind o‘g‘il-qizlari o‘zlarining super qahramoniga ega bo‘ldi. Bollivudda Ritik, xuddi Amir Xon kabi perfeksionist deb atala boshladi. Ularning ijodiy yo‘li biroz o‘xshash. Ritik ham o‘z faoliyatini yengil-yelpi melodramalarda ishqiy rollar bilan boshlagan. Ammo keyin u boshqa ampulaga o‘tdi.
“Tezlik 2” (2006), “Jodha va Akbar” (2008), “O‘tinch” (2010), “Hayot zerikarli bo‘lmasligi kerak” (2011) va “Olov yo‘li” (2012) filmlari uning aktyorlik faoliyatidagi muhim bosqichlar bo‘ldi. 2013-yilda “Birinchi ritsar” filmining suratga olish jarayonida Ritik kaskadyorlik paytida boshidan jarohat oldi. Tomografiyadan so‘ng aktyorning miyasida qon ivishi paydo bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
U miya operatsiyasini o‘tkazdi va qisqa tanaffus oldi. Shuningdek, 2013-yilda u Krrish superqahramon franshizasining uzoq kutilgan davomi chiqdi. Shundan so‘ng u loyihalar sonini sezilarli darajada kamaytirdi, ammo rollar jiddiy va qiziqarli edi. 2017-yilda “Qalb ko‘zi” dramasi chiqdi, u yerda aktyor ko‘r qahramonni ijro etdi. Ushbu rol tufayli Ritik ko‘r odamning dunyosini boshdan kechirish uchun qorong‘i xonada bir necha kun o‘tkazdi.
2019-yilda “Urush” va “Super 30” biografik filmi chiqdi. Kelgusi yil u o‘z muxlislarini Dipika Padukone bilan birgalikda “Kurashchi” loyihasi bilan xursand qiladi.
Ritik, muxlislari uni qanday qabul qilmasin, keskin ko‘tarilish va achchiq pasayishlardan o‘tdi. Bir tomondan, orzudagi karyera, kelishgan ko‘rinish va raqs qobiliyatlari. Boshqa tomondan, buzilgan nikoh, tananing jarohatlanishi, muvaffaqiyatsiz oila — bu inson qanchalik mashhur bo‘lmasin, uning hayoti mukammal silliq bo‘lmasligining yana bir isboti. | 114 | 6,932 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik kinoijodkorlar Gollivudda malaka oshiradi | O‘zbekistonda kinematografiyaga berilayotgan e’tibor, ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid amalga oshirilayotgan ishlar xususiy kinostudiyalar faoliyatini yanada rivojlantirish, kinostudiyalarning davlat grantlari asosida suratga olinadigan kinoloyihalarda ishtirok etishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, deb yozadi O‘zA.
“O‘zbekkino” milliy agentligining xalqaro aloqalarni rivojlantirish xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda bir guruh kinoijodkorlarning AQShning Los Anjeles shahri Gollivud kino shaharchasida joylashgan Universal Studios kinokompaniyasi bilan tajriba almashish yuzasidan aloqa o‘rnatildi. Ular kinokompaniyaning qisqa o‘quv kurslarida malaka oshiradi.
O‘quv kursi davomida maxsus o‘quv filmini suratga olish ham rejalashtirilgan. Ushbu film xorijiy safardan qaytib kelingandan so‘ng, montaj jarayonidan o‘tib, kino san’atiga qiziqayotgan o‘zbekistonlik yosh ijodkorlarga namoyish etiladi.
Bu sa’y-harakatlar joriy yil may–iyun oyida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
“Uzoq yillar AQSh va O‘zbekiston kinosanoatida bevosita hamkorlik bo‘lmagan bo‘lsa-da, bu mamlakat kinemotografiyasidagi yutuqlardan ijodkorlar ko‘p narsani o‘rganib kelgan. Mazkur loyiha kelgusidagi mustahkam aloqalarning debochasi bo‘lishi shubhasiz.
Bu hamkorlik kinoijodkorlarimiz salohiyatini oshirish, bilimini boyitish, yangi, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni chuqur o‘rganishida qo‘l keladi”, — deyiladi xabarda. | 56 | 1,477 |
Madaniyat | O‘zbekiston delegatsiyasi Kann xalqaro festivalida faol ishtirok etmoqda (foto) | O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida o‘z pavilyoni bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda, deb yozadi O‘zA.
Delegatsiya a’zolari taniqli kinoprodyuser, distribyutorlar bilan muzokaralar olib borib, ularni O‘zbekistonda kino uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib boryapti.
Shuningdek, festivalda namoyish etilayotgan filmlar, Kann shahriga tashrif buyurgan mutaxassislar va ishtirokchilarni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PROlogue xalqaro kinofestivaliga jalb etish bo‘yicha qizg‘in ish davom etmoqda.
O‘zbek delegatsiyasi turli mamlakatlar pavilyonlariga ham tashrif buyurib, u yerda tashkil etilayotgan ma’ruzalar, mahorat darslari, uchrashuvlarda ham faol ishtirok etib, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lyapti. Undan tashqari xorijiy davlatlar pavilyonlari mutaxassislaridan mamlakat yoshlari tomonidan ishlab chiqarilgan to‘liq hamda qisqa metrajli filmlar haqida axborotlar olinib, ulardan PROlogue xalqaro kinofestivali uchun ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda.
10-may kuni o‘zbek delegatsiyasi rahbari Oybek Abdushukurov Turkiyada eng nufuzli uchtalikka kiruvchi Malatya xalqaro kinofestivali rahbari Suat Kocher bilan anglashuv memorandumi imzoladi. Mazkur memorandumga ko‘ra, har ikki festival doirasida maxsus stendlar tashkil etiladi, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan kinofestivalda turkiyalik, Malatyada tashkil etiladigan xalqaro kino bayramida o‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirok etadi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston delegatsiyasi jahon kinobozorida o‘zining munosib o‘rnini egallash uchun ilk qadamni tashlay oldi”, — deyiladi xabarda. | 79 | 1,738 |
Madaniyat | Jim Kerrini sobiq ma’shuqasining o‘limiga aloqadorlikda ayblab, sudga berishdi | Jim Kerri sobiq ma’shuqasi Katriona Uaytning o‘limiga aloqadorlikda ayblandi, deb yozadi “TASS”. Marhumaning bevasi Mark Berton sudga da’vo arizasi berib, unda aktyor qizni dorilar bilan ta’minlagani, ularning dozasi oshirib yuborilishi natijasida qiz o‘lganini ta’kidladi.
Bertonning fikriga ko‘ra, Kerri “kuchli o‘rganib qolishga olib keladigan dorilarni, ushbu holatda esa, nazorat ostida foydalaniladigan, o‘limga olib keluvchi psixotrop dorilarni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritish va tarqatish uchun o‘z boyligi va mashhurligidan foydalangan”.
Aktyor, o‘z navbatida, “hayotda o‘z obro‘sini himoya qilishga o‘tish zarur bo‘lgan lahzalar bo‘lishi”ni aytdi. “Men o‘zimdan yoki men sevgan ayoldan foydalanish niyatiga chidab tura olmayman. Tez orada odamlar hodisadan foyda chiqarib olishga bo‘lgan urinishlaridan voz kechishiga umid qilaman”, — deya qo‘shimcha qildi Kerri.
Eslatib o‘tamiz, mashhur amerikalik aktyor Jim Kerrining ma’shuqasi Katriona Uayt Los-Anjelesdagi uyida o‘z joniga qasd qilgan edi. Keyinroq Katrionaning jasadi yonidan aktyorning nomiga yozib berilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar topilgani xabar qilingan edi. | 78 | 1,140 |
Madaniyat | Britaniyalik hajvchi qirolicha Yelizavetani haqorat qildi | Britaniyalik hajvchi va aktyor Rassel Brendning Facebook’da qoldirgan posti ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning g‘azabini keltirdi. “Nur.kz”ning xabar berishicha, mazkur xabarda u qirolicha Yelizaveta II ni “Bratvurst-Kraut-Natsi xonim” deb chaqirishni taklif qildi.
“Qirolicha xuddi burgut yo tog‘ singari buyukmidiki, biz uni “Hazrati oliyalari” deb chaqirsak? U shunchaki odam. Shlyapa kiygan kichik xonim va uning pulini biz to‘lab qo‘yganmiz”, — deb yozdi Brend. Shundan so‘ng qirolichani aslida qanday chaqirish maqbul ekanligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Biz uni missis Vindzor deb chaqirishimiz kerak. Hatto shu ham uning haqiqiy ismi emas. Aslida uning ismi missis Saks-Koburg-Gota”, — deya, aktyor Britaniya taxti hukmron sulolasining ajdodlari nemislar ekanligiga ishora qildi. “Familiyani o‘zgartirganliklariga hayron qolmasa ham bo‘ladi — bu men eshitgan jahondagi eng nemischa ismdir. Yana qirolichani missis Bratvurst-Kraut-Natsi deb chaqirish ham mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Brend.
Facebook’ning aksariyat foydalanuvchilari Brendning xabarini nafaqat Yelizaveta II uchun, balki barcha nemislar uchun haqoratli, deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, hajvchi aktyorni ikkiyuzlamachilikda ayblaganlar ham topildi — ularning fikricha, aktyorning o‘zi ham serdaromadligi bilan hukmron toifaga mansubdir. | 57 | 1,329 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprioning “Oskar”i olib qo‘yildi | Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio AQSh federal hukumatiga 1954-yilda “Portda” filmi uchun Marlon Brandoga topshirilgan “Oskar” mukofotini qaytarib berishga majbur bo‘ldi. Bu haqda The Wrap xabar berdi.
Di Kaprio haykalchani sovg‘a sifatida milliardlab dollar bilan firibgarlik qilganlikda gumonlanib, hibsga olingan Jou Loudan olgan. Ta’kidlanishicha, moliyachi Malayziyaning 1MDB davlat jamg‘armasidan o‘zlashtirgan pullarni hashamat uchun sarf qilgan. Masalan, u 250 million dollarlik shaxsiy yaxta hamda Van Gog va Pikassoning asarlarini sotib olgan.
Prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy mablag‘lar hisobidan Jou Lou “Uol-stritlik bo‘ri” filmini moliyalashtirgan. Bu film uchun Di Kaprio “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Yuzaga kelgan mojarolar sababli Di Kaprio Loudan olgan barcha sovg‘alaridan shu jumladan Pikassoning aktyor tomonidan Shveysariyada saqlangan “Buqa boshli natyurmort” asaridan ham voz keсhishga majbur bo‘lgan. | 45 | 947 |
Madaniyat | Timati YotaPhone foydasiga iPhone’dan voz kecha olmadi | Reper Timati (Timur Yunusov) Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan birga Rossiyada ishlab chiqarilgan YotaPhone’dan foydalanishga o‘tishga da’vat etgan bo‘lsa-da, iPhone’dan voz kecha olmadi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.
Timatining Instagram sahifasida yangi fotosurat paydo bo‘ldi, unda xonanda Apple smartfoni yordamida selfiga tushayotgani aks etgan. Nashrning ta’kidlashicha, Timati bu masalada yolg‘iz emas — Ramzan Qodirovning o‘zi ham iPhone’dan voz kechishi haqida e’lon qilgan bo‘lsa-da, biroz vaqt o‘tib, AQSh qurilmasini ko‘tarib yurgani nazardan chetda qolmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali xonanda Timatiga Rossiyada ishlab chiqarilgan YotaPhone smartfonini sovg‘a qilganini va o‘zi ham iPhone’dan voz kechishini yozgan edi.
“Men avvalroq iPhone’dan foydalanishdan voz kechmoqchi ekanligim haqida yozgandim. Shundan buyon YotaPhone’ni yaxshilab o‘rgandim. Bugun do‘stim Timati − Timur Yunusov kelgan edi. Men unga ham sovg‘a qildim. Bundan buyon ikkalamiz ham faqat o‘zimizning YotaPhone’dan foydalanamiz. U ishlatishga qulay, chiroyli dizaynga ega, eng asosiysi esa − bu Rossiya mahsuloti”, − deb yozdi Qodirov. | 54 | 1,181 |
Madaniyat | “Ota-onangdan voz kechasan, deyishgan”. Milena Madmusayeva eri bilan ajrashishi tafsilotlarini so‘zlab berdi (video) | Taniqli opera xonandasi Milena Madmusayeva “O‘zim” loyihasiga bergan intervyusida 10 oy azoblar ichida yashagani hamda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi tafsilotlari haqida so‘zlab berdi.
“Yangi kelin bo‘lib tushganimda qaynonam ota-onangizni unutasiz, deb aytganlar. Telefonlarimni olib qo‘yishgan. Haftada bir marta, juma kuni turmush o‘rtog‘imning oldilarida 2 daqiqa ota-onam bilan gaplashish huquqi berilgan edi. Haligacha hayron qolaman, nima sababdan qaynonam menga shu gaplarni aytgan. Bir kuni ota-onamni sog‘inib yig‘lab o‘tirsam, qaynonam kelib, bo‘ldi, men ham shunaqa kelin bo‘lganman. Kelinlik shunaqa. Ota-onangizni unuting, ulardan voz keching, deganlar. Men qaynonamning ko‘zlariga hech qachon tik boqmaganman. Ularga onam o‘rgatganlaridek yaxshi muomalada bo‘lardim, sochlarini yuvib qo‘yardim. To‘y-hashamlarga borar bo‘lsalar, tirnoqlarini manikyur qilib, taqinchoqlarimni berib turardim. Yuzlariga niqoblar qilib qo‘yardim. Ularni onamdek yaxshi ko‘rishga harakat qilganman. Lekin men ular uchun begona bo‘lganman. Hattoki turmush o‘rtog‘im uchun ham begona bo‘lganman. Men u yerda o‘zimni xuddi bo‘rilar orasiga tushib qolgandek sezardim. 10 oy chidaganman, turmushim buzilmasligiga harakat qilganman. Bir kuni olti oylik homiladorman, soat kechasi 12:00, ota-onamni sog‘inib yig‘laganman, turmush o‘rtog‘imga ertaga onamga telefon qilib bering, deganman. Shunda ular senga necha marta aytish kerak? Ota-onang haqida umuman gapirma! Umuman, men gapirayotganimda tik turib eshit, deb turg‘izib qo‘yganlar. Shunda havo yetmay, mazam bo‘lmay, ko‘chaga chiqib ketganman. Uch soat ko‘chada yurganman. Qaytib kelib, yuzimni yuvsam, yuzimning bir tomoni qiyshayib qolgan bo‘lgan. Farzandim uchun qo‘rqib ketganman. Ertalab tong otishi bilan mashinamga o‘tirib, oyimlarning uyiga ketganman”, — deydi Milena ko‘z yoshlarini tiya olmay.
Milenaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i ikki kundan so‘ng undan kechirim so‘rab, uyiga olib ketadi. Shu voqeadan keyin xonandaga ota-onasi bilan xohlagan vaqtida telefon orqali suhbatlashishiga ruxsat berishgan.
“Farzandim tug‘ilganidan so‘ng yana mojarolar, taqiqlar boshlangan. Onamlarni gapirsam, jahllari chiqib ketardi. Na turmush o‘rtoqqa keraksan, na ota-onasiga, na qaynuka, qaynsingilga keraksan. Faqat qullikka keraksan”, — deydi xonanda.
Milena mana shunday voqea-hodisalardan so‘ng ota-onasidan uni olib ketishlarini so‘raydi. Ota-onasinikida bir oy yashaganidan so‘ng u turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qiladi.
“Bu bizning o‘rtamizdagi munosabatimiz. Farzandingiz sizning farzandingiz. Xohlagan paytingizda kelib ko‘rishingiz mumkin, deb aytganman. Shunda turmush o‘rtog‘im u qiz o‘sha xonadonda katta bo‘lar ekan, u menga begona, degan edilar. Mana, qizim 4 yoshga kirgan, lekin turmush o‘rtog‘im biror marta uni ko‘rishga kelmagan, qizim uni tanimaydi”, — deydi Milena.
Ma’lumot uchun, Milena Madmusayeva 1987-yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan xonanda Italiya, Fransiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Milena Madmusayeva 2016-yilning 25-aprelida o‘z prodyuseri Abduhamid Xalilovga turmushga chiqqan, juftlik 2017-yilning 1-aprelida qiz farzandli bo‘lgan edi.
“Qalbimni qattiq yaralashgan”. Milena Madmusayeva omadsiz turmushi tufayli tushkunlikka tushib qolgani haqida yig‘lab gapirdi (video) | 116 | 3,367 |
Madaniyat | Kim Chen In qo‘shiqlarni taqiqladi | KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat tuzumi uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahalliy va xorijiy ijrochilarning musiqiy asarlarini yo‘q qilish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Koreya Mehnat partiyasining tashviqot va targ‘ibot bo‘limi tomonidan e’lon qilingan taqiqlangan qo‘shiqlarning kengaytirilgan ro‘yxatidan Robin Gud haqidagi filmda yangragan “Qo‘zg‘aling, qondosh birodarlar” va “Qasos olish” qo‘shiqlari, shuningdek, mahalliy televideniye uchun maxsus yozilgan “Yig‘lamaydigan xalq” taronasi o‘rin olgan.
“Qora ro‘yxatga tushgan qo‘shiqlardan birortasi istalgan bir qurilmada topilsa, u to‘liq yoqib yuborilyapti”, — deydi Shimoliy Koreyadagi manbalar.
Biroq mamlakat yetakchisining mazkur qarori aks ta’sir bergani ham aytilmoqda. Jumladan, taqiqlangan qo‘shiqlar yozilgan disklarning musodara etilib, yo‘q qilinishi aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. | 34 | 896 |
Madaniyat | Neslihan Atagul, Fahriye Evjen va boshqa turk aktrisalarining onalari (foto) | Nafaqat turk, balki butun dunyo muxlislarining mehriga sazovor bo‘lgan go‘zal turk aktrisalarining muvaffaqiyatga erishishida onalarining ko‘magi katta.
Alize Gordum va Vahide Perchin
Vahida Perchin “Ona” filmidan tashqari “Muhtasham yuz yil” serialida ham qizi bilan birga suratga tushib
ulgurgan. Alize hali karyera borasida yetarlicha mashhurlikka erishmagan, onasi esa tajriba va muvaffaqiyat borasida unga namuna bo‘la oladi.
Neslihan Atagul va Perihan Chitlak
Aktrisa belarus millatiga mansub onasiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi. Ularning suratiga nazar tashlab, o‘ziga xos latofat va go‘zal husn Neslihanga onasidan o‘tgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Fahriye va Hatime Evjen
View this post on Instagram
Fahriye onasining yoshligiga juda ham o‘xshaydi, ammo u onasining yoshligidan ko‘ra hozirgi davrini Instagram sahifasiga muhrlashni afzal biladi. Onasini qattiq hurmat qiladigan aktrisa uning suratini foydalanuvchilari bilan bo‘lishishni kanda qilmaydi.
Demet O‘zdemir va Ayshen Shener
“Tong qushi” seriali yulduzi muxlislaridan oila a’zolarini yashirmaydi va Instagram sahifasida u bilan tushgan suratlarni joylab turadi. Boshqalardan farqli ravishda Demet va onasining tashqi ko‘rinishida umumiyliklarni topish qiyin.
Tuba va Xandan Buyukustun
Xandan qizidagi san’atga bo‘lgan qiziqish va iste’dodni juda ham erta payqagan. Maktab yillarida Tuba raqs va rasm chizish to‘garagiga qatnagan. Uning Turkiyaning eng mashhur aktrisalaridan biri bo‘lishida onasining hissasi katta. | 76 | 1,510 |
Madaniyat | Toshkentda nemis tilida so‘zlashuvchi o‘zbekistonlik havaskor teatr guruhlarining teatr festivali bo‘lib o‘tadi | O‘zbekiston Yoshlar teatri sahnasida 10—11 sentabr kunlari nemis tilida so‘zlashuvchi o‘zbekistonlik havaskor teatr guruhlarining an’anaviy teatr festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Festival doirasida Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi Wiedergeburt nemis madaniyati markazlarining havaskor teatr guruhlari so‘nggi bir yil davomida o‘zlashtirgan asarlarni sahnada namoyish etadi.
Elchixona matbuot xizmatining qayd etishicha, teatr festivali arafasida ushbu guruhlar germaniyalik teatrshunos-pedagog Yoaxim Byurkert ishtirokidagi seminar mashg‘ulotlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Festivalni “Avtostrada” filmi va “Oxiri yo‘q yo‘l” hikoyasi motivlari asosida tayyorlangan va inson hayotining turli bekatlarini ko‘rsatib beradigan “Manzil” nomli sahna asari ijrosi bilan buxorolik havaskor teatr guruhi boshlab beradi.
Samarqand vakillari esa bolalarning jamiyatdagi o‘zaro munosabatlari, ularning o‘zaro til topa olish-olmasliklari haqida hikoya qiluvchi “Yozgi lager” nomli asar bilan sahnaga chiqadi.
Festivalning ikkinchi kuni farg‘onaliklar viloyat nemis madaniyati markazi a’zosi Oybek Nishonovning saraton kasalligiga chalingan insonlar haqidagi “Murosalarsiz” sahna asarini namoyish etadi.
Toshkent shahri vakillari taqdim etadigan “Keksa ayolning tashrifi” nomli asar shveysariyalik dramaturg Fridrix Dyurrenmatt qalamiga mansub bo‘lib, unda o‘zining sobiq sevgilisidan qasos olmoqchi bo‘lgan keksa multimilliarder ayol Klara Saxanassyan haqida hikoya qilinadi.
“Ushbu tadbir avvalambor Toshkent shahridagi maktab, litsey, kollej va oliygohlarning nemis tilini yaxshi biladigan o‘quvchi va talabalariga mo‘ljallangan. Festival 10 va 11-sentabr kunlari soat 16:00 da boshlanadi. Spektakllarga kirish bepul”, — deyiladi elchixona axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 111 | 2,042 |
Madaniyat | Lola o‘zining “yulduzlik kasalligi”ga chalinmasligining sababini ma’lum qildi | Iste’dodli ijodkor Lola Yo‘ldosheva o‘zining “yulduzlik kasalligini yuqtirib olmasligi”ga yordam beruvchilar haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Fattohhon.com”.
Lolaning so‘zlariga ko‘ra, uni bu “kasallik”dan atrofini o‘rab turgan kerakli, to‘g‘ri insonlar saqlab qolmoqda.
“Meni kerak bo‘lsa, o‘z vaqtida o‘z joyimga qo‘yib qo‘yishadi, – deya kuladi xonanda. – Bizning kasbimiz o‘zi shunday. ‘Yulduzlik kasalligi’ o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi, sen buni nazorat qila olmaysan! Chunki sen doim diqqat-markazda bo‘lasan. Qarabsanki, o‘zing sezmagan holda o‘zgarasan!
Bunday paytda yoningda seni o‘z joyingga qo‘yib qo‘yadigan, ‘Sen ham hamma qatori insonsan! Osmondan pastga tush!’ deb turadigan insonlar kerak. Bu mening erim! Qolaversa, birinchi navbatda mening onam – darrov meni o‘zimga keltirib qo‘yadigan, menga doimo eng kerakli maslahatlarni beradigan hamda ‘burnim ko‘tarilib’ ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan inson. Ota-onamning bergan oqilona tarbiyasi ham. Qolaversa, onam haligacha menga tarbiya beradilar”. | 77 | 1,015 |
Madaniyat | Nipsi Xasslning dafn marosimida otishma yuz berdi | Los-Anjelesda repper Nipsi Xasslning dafn marosimida otishma yuz berdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Qayd etilishicha, otishma oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Yana uch kishi jarohatlangan.
Hozirda politsiya otishmani sodir etganlikda gumonlanuvchilarni izlamoqda. Ular avtomobilga o‘tirib voqea joyidan yashiringan. | 49 | 319 |
Madaniyat | Keti Perri va Orlando Blum Kaliforniyadan 14,2 mln dollarlik koshona sotib oldi (foto) | Yaqinda farzandli bo‘lgan qo‘shiqchi Keti Perri va aktyor Orlando Blum Kaliforniyaning Montesito hududidan hashamatli uy sotib oldi. Ushbu koshona narxi 14,2 million dollar, deb yozadi Variety.
Uy derazasidan okean ko‘rinib turadi. Bundan tashqari, Keti va Orlandoning juda ham mashhur qo‘shnilari bor — shahzoda Garri va Megan Markl.
Ushbu ulkan uy 1934-yilda qurilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar ajoyib holatda saqlangan. To‘rtta alohida, biroq qo‘shni yer uchastkalaridan iborat yopiq majmuaga emanlar ekilgan uzun yo‘l eltadi. Avtomobil yo‘li asosiy uyga qadar bo‘lib, undan narida mayda shag‘al yotqizilgan uch qavatli villaga chiqiladi.
Uy ichidan katta oshxona, anjumanlar zali va shaxsiy kabinet o‘rin olgan. Bundan tashqari, to‘rtta yotoqxona, bir nechta yuvinish xonasi va alohida garderob mavjud.
Uy yoniga to‘rtta avtomobil sig‘adigan garaj va alohida mehmonlar uchun uy qurilgan. Bu hali hammasi emas: shuningdek, basseyn ham bor, uning yonida esa bir nechta yotoqxonaga ega yana bir uy. Koshona qarshisida sport maydonchasi, turli haykaltaroshlik namunalari va bir nechta fontan joylashgan.
Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay oddiy va shinam uylarda yashashni afzal ko‘ruvchi Gollivud yulduzlari (foto) | 86 | 1,211 |
Madaniyat | Koronavirusga chalingan Tolibjon Isroilov Zangiotadagi shifoxonadan xalqqa murojaat qildi | Xonanda va boshlovchi Tolibjon Isroilov koronavirusga chalinib, Zangiotadagi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqida boshlovchining o`zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma`lum qildi.
«Virus tanaga tushgandan so`ng sezdirmasdan, juda tez o`pkani qamrab olyapti. Bu jarayon sezilarsiz kechayotgani o`ta xavfli deyilmoqda. Menda isitma bilan qattiq kechdi. Ayniqsa, isitma yomon oqibat ekan.
Menimcha vaksina olishni qaysidir siyosatchi, vazir namunasidan andaza qarab emas Allohga tavakkal, salomatlik niyatida olaverish kerak. To ana u oldi, falonchi olyapti - deb, tadbir - ko`rgazmaga qarab o`tirsak kech bo`lishi aniq" — deydi Tolibjon Isroilov. | 89 | 646 |
Madaniyat | Namangan avtobekatlarida kitob javonlari paydo bo‘ldi | Namangan shahridagi avtobekatlarda kitob javonlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bejirim yasalgan javonlardan badiiy, siyosiy va bolalar adabiyotlari o‘rin oldi. Ularning har biriga 30-40 tadan kitob joylashtirilgan.
— Mazkur javonlar hozircha shaharning markaziy Islom Karimov ko‘chasidagi 5 ta avtobekatda o‘rnatildi. Yil oxirigacha shahardagi barcha 28 ta bekatni qamrab olishni rejalashtirganmiz, — deydi “Ma’rifat kitob olami” xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi, shahar kengashi deputati Ma’rufxon Mo‘minov.
Qayd etish joizki, mazkur aksiya shu oyda taqdimoti o‘tkazilgan yangi fondning ilk tashabbusi bo‘ldi. | 53 | 676 |
Madaniyat | Instagram: 36 yoshni qarshi olgan Munisa Rizayeva, Umra safaridagi Shahlo Zoirova, Ruxshona turmushga chiqdi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekning chechasi — aktrisa Aziza Begmatovaning nevarasi, xonanda Izzat Shukurov unga Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qildi. Aziza Begmatova nevarasini duo qilib, yaxshi tilaklarini bildirdi.
Xonanda Ozoda Nursaidova insonlarga yaxshi ko‘rinishga intilmaslik haqida fikr bildirdi.
Xonanda Nilufar Usmonova bolaligi va ayni paytdagi ko‘rinishi aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
“Yor-yor” ko‘rsatuvi boshlovchisi Muhabbat Hamroyeva 21-oktabr kuni 54 yoshni qarshi oldi.
Shahlo Zoirova tug‘ilgan kunida turmush o‘rtog‘i bilan Umra safarini ado etdi. Shuningdek aktrisa turmush o‘rtog‘i unga Umra ziyoratini hadya qilganini aytdi.
“Ummon” guruhining sobiq a’zosi Zohid Risqiyevning turmush o‘rtog‘i Kamola Ortiqova xonandaning hali ham koma holatida ekanini aytdi.
Xonanda Shohruxxon “Million” kulgi jamosining konsert dasturida Davron Kabulovning kostyumi haqida gapirib, hazil qildi.
Xalq ardog‘idagi xonanda Munojot Yo‘lchiyeva Farg‘onaga yo‘l olganini va shoyi-adras haftaligida ishtirok etishini ma’lum qildi.
Munisa Rizayeva 21-oktabr kuni 36 yoshni qarshi oldi. Xonanda yaqinlari uni qanday tabriklagani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.
“Aristokratlar” kulgi jamoasi a’zosi, aktyor Jahongir Xo‘jayev sahihasiga Buratino qo‘g‘irchog‘i bilan tushgan suratini joyladi.
Aktrisa Rayhon Asadova onasini Umra safaridan kutib olgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Instabloger, aktrisa Feruza Normatova ishlarini qoldirib, dam olgani haqida gapirdi va undan xavotir olgan barcha muxlislariga minnatdorlik bildirdi.
Xonanda Sardor Toirov yangi “Men uchun yo‘qsan” nomli taronasiga ishlangan klipni muxlislariga taqdim etdi. Klipda bosh rolni Rayhon Asadova, Sardor Toirov va instabloger Doniyor Qayumov ijro etgan.
Aktyor, qiziqchi Mirzabek Xolmedovning fan akkaunti uning Shukrullo Isroilov bilan tushgan arxiv suratini e’lon qildi.
Sevara Nazarxon to‘y xizmatlarining birida boshlovchi, xonanda Husnora Shodiyeva bilan “Yur, muhabbat” taronasini ijro etdi.
Instabloger, tiktoker Xoliqjon vaynes ilk bor Xorazmga borgani va unga Xiva juda yoqqani haqida gapirdi.
Xonanda Lola “Sevinch” filmidagi partnyori, aktyor Bobur Yo‘ldoshev bilan uchrashgani aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi.
Ruxshona bundan keyin oilasi haqidagi mavzuni “yopiq” bo‘lishi va ikkinchi turmush o‘rtog‘i haqida gapirdi.
“Turmush o‘rtog‘imning millari o‘zbek, Turkiyada yashaydi. Turmushga chiqdim, to‘y qilmadik, chunki bunday istak o‘zimda bo‘lmadi. Bir marta to‘yim bo‘ldi, yetadi, boshqa kelin ko‘ylak kiyish niyatim yo‘q, dedim. Nikohdan o‘tdik, hammasi yaxshi”, — deydi xonanda.
Xonanda Avazbek Olimovning o‘g‘li Javlonbek Olimov uylandi. | 108 | 2,797 |
Madaniyat | “Sevimli TV” muharriri: “Shum bola”dagi eriga xiyonat qilgan ayol yoki “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi qaynonasiga qarshi chiqqan Nigora nega tanqid qilinmaydi? | O‘zbekistondagi telekanallarda efirga uzatilayotgan va ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘layotgan turk seriallari haqida “Sevimli TV” mutasaddisi fikr bildirdi.
Lola Shoimova, “Sevimli TV” telekanali kino tahririyati mudiri:
— “Sevimli TV” va boshqa telekanallarda turk seriallari ko‘payib ketgani bor gap. Lekin bu ma’naviyatimizga zid seriallar ko‘payib ketdi, degani emas-ku! Turk kino ijodkorlari voqealarni biroz bo‘rttirib yuborishi rost, ammo real hayotni ko‘rsatishadi. Biz seriallarni tanlashda qaysi davlatda ishlaganiga emas, rejissurasiga, aktyorlar mahoratiga, ssenariyning puxta ishlanganiga va eng asosiysi, voqeaning qanchalik muhimligiga e’tibor qaratamiz. Telekanalimizda nafaqat Turkiya, balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va boshqa davlatlarning filmlari ham efirga uzatiladi.
Telekanalimizda efirga uzatilayotgan “So‘yla Qoradengiz” filmi va boshqa turk seriallari sabab kelinlar qaynonasini hurmat qilmayapti, ajrashishlar ko‘paydi, deydiganlar ham uchrab turibdi. Nega hamma narsaning salbiy tomonini ko‘ramiz?
“Shum bola” filmidagi ikki voqeani eslang. Unda eriga xiyonat qilib, uyiga boshqa erkakni kiritgan ayol haqidagi sahna bor. Ikkinchisi, o‘g‘rilarning boshlig‘i shum bolani o‘g‘irlikka da’vat qiladi. Nega bu asarni, asar asosida ishlangan kinoni hech kim qoralamaydi? Nega “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi qaynonasiga qarshi chiqqan Nigorani hech kim tanqid qilmaydi? Axir, kinolarda o‘sha salbiy qahramonlar safida bo‘lmaslik targ‘ib qilinyapti. Insonga yaxshini yomondan farqlash uchun aql berilgan. Eng muhimi, tomoshabin qo‘lida pult bor.
Ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarda aniqlik yo‘q. Xo‘sh, qaysi kinoning operatori, rejissurasi, ssenariysi, rassomlik ishi, aktyorlar mahoratiga e’tiroz bor? Hamma umumiy gapiryapti. Axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi bir necha seriallarni efirga bermasdan qaytarganmiz. Ana o‘shalar yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin edi. Bizda mukammal ishlagan milliy seriallar yo‘q-da. Telekanal buyurtmasi asosida milliy serial ishlanyapti. Tayyor bo‘lgach, xorijiy seriallar o‘rniga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “ZO‘R TV” telekanali muharriri tomoshabinlar turk seriallarini talab qilayotganini bildirgandi. | 155 | 2,192 |
Madaniyat | Sherali Jo‘rayev: Biz kabi san’atkorlarga keng yo‘l ochib berayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevdan minnatdorman | O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning fikricha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlagan ezgu ishlarni davom ettira oladi. Bu haqda xonanda “Darakchi” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Sherali Jo‘rayev intervyu davomida 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida aynan Shavkat Mirziyoyevga ovoz berganini ta’kidlab o‘tdi.
Shou-biznes vakillari O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etmoqda
Farzandlarim bilan birga saylov uchastkasiga borib, Islom Karimovning buyuk ishlarini davom ettirishga qodir bo‘lgan, u kishi bilan uzoq yillar yelkama-yelka ishlagan, fidoyi, xalqparvar inson Shavkat Mirziyoyevga ovoz berdik. Shavkat Miromonovich el-yurt manfaati uchun o‘z huzur-halovatidan voz kechgan, hamisha xalqning yonini olib, halol mehnatkashga qalqon bo‘lib kelayotgan aqlli, tadbirkor rahbar.
Men u kishini deputatlik paytidan beri bilaman. Ish vaqtining salmoqli qismi dalada, qo‘li qadoq dehqonning yonida o‘tganidan ham xabardorman. Undan boshqa yana kimga ovoz berishim mumkin? Buyuk Yo‘lboshchimiz boshlagan ezgu ishlarni faqat shu inson muvaffaqiyat bilan davom ettirishiga, Vatanimiz tinchligi va farovonligini saqlay olishiga ishonaman.
Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston xalq artisti
Ayni vaqtda, Sherali Jo‘rayev “san’atkorlarga keng yo‘l ochib berayotgani uchun” Shavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorlik ham bildirgan.
Shu o‘rinda biz singari san’atkorlarga keng yo‘l ochib, katta imkoniyatlar yaratib berayotgan davlatimiz rahbariga o‘z nomimdan, shu bilan birga, muxlislarimiz nomidan minnatdorligimni bildirib o‘tmoqchiman.
Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston xalq artisti
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 110 | 1,834 |
Madaniyat | O‘zbekiston Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasining rasmiy a’zosiga aylandi | Marche du Film kinobozorida ochilgan milliy pavilonda Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi (AFCI) prezidenti Jess Konoplia bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Unda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi ushbu nufuzli xalqaro assotsiatsiyaga a’zo bo‘ldi. Jess Konoplia Markaziy Osiyoda ilk bor O‘zbekiston milliy kinokomissiyasiga a’zolik sertifikatini topshirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyati hamda kinolokatsiyalari jozibadorligi taqdim etildi. Assotsiatsiya bilan istiqbolli hamkorlik xam muhokama qilindi.
AFCI’ga a’zo bo‘lish bilan O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi butun dunyodagi kinokomissiyalar ma’lumotlari bazasiga kiritiladi, jahonning eng yirik prodyuserlari va kinokompaniyalari shu assotsiatsiya orqali O‘zbekistonni suratga olish uchun manzil sifatida kashf qiladi.
Undan tashqari, mahalliy kinomutaxassislar o‘z tajribalarini oshirishlari uchun xorijiy konferensiya va o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilinadi.
Ma’lumot uchun, shtab-kvartirasi AQShning Los-Anjeles shahrida joylashgan Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasi (AFCI)ga dunyodagi 300 dan ortiq kinokomissiya a’zo bo‘lgan. | 80 | 1,221 |
Madaniyat | Ed Shiran 2017-yilning eng xaridorgir xonandasiga aylandi | Britaniyalik Ed Shiran 2017-yilning eng xaridorgir xonandasiga aylandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Fonogrammalar ishlab chiqaruvchilar xalqaro federatsiyasiga (IFPI) ko‘ra, Shiranning Divide albomi o‘tgan yili dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotildi va 36 davlatda multiplatinali albom maqomini oldi.
2016-yili IFPI reytingini boshqargan kanadalik reper Dreyk bu gal More Life albomi bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Uchinchi o‘rinni esa Reputation albomi muvaffaqiyat qozongan kantri-pop ijrochisi Teylor Svift egalladi.
Shuningdek, xaridorgir qo‘shiqchi va guruhlar qatoriga Kendrik Lamar, Eminem, Bruno Mars, The Weeknd, Imagine Dragons, Linkin Park va The Chainsmokers ham kirdi. | 57 | 691 |
Madaniyat | Dimash Kudaybergen yangi klipini taqdim etdi (video) | Yaqinda Toshkentda bo‘lib qaytgan qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen “Charchagan oqqushlar muhabbati” nomli qo‘shig‘iga ishlangan yangi klipni taqdim etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Klip 18-aprel kuni Rossiyaning “MuzTV” telekanalida premyera qilindi.
Qo‘shiq muallifi rossiyalik milliarder va shoir Mixail Gutseriyev bo‘lib, musiqasini kompozitor Igor Krutoy yozdi. Ukrainalik klipmeyker va prodyuser Alan Badoyev rejissyorlik qildi.
Klip Ispaniya va Ukrainada tasvirga olindi. Buning uchun 70 dan ortiq kishi jalb qilindi. | 52 | 542 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi Rassel Krou 7 ming kishilik navbatda turib, koronavirusga qarshi emlandi | Amerikalik aktyor Rassel Krou koronavirusga qarshi emlanish uchun minglab kishidan iborat navbatda turdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib, vaksinaning birinchi dozasini olganini bildirgan. Ammo aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga oydinlik kiritmagan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Yakshanba kuni qanday o‘tkazdim? Birinchi dozani olish uchun 7000 nafar fuqarodan iborat navbatda turdim”, — deb yozadi Krou.
57 yoshli Gollivud yulduzining so‘zlariga ko‘ra, u 11-iyul kuni vaksina olgan. Aktyor vaksinaning nojo‘ya ta’sirlari haqida hozircha hech narsa yozmagan.
Ma’lumot uchun, Rassel Krou “Gladiator”, “Noy” “Rad etilganlar”, “Ajoyib yigitlar” kabi filmlari orqali mashhurlikka erishgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida “Dedpul” yulduzi koronavirusga qarshi emlanib, 5G haqida hazil qilgandi.
Bill Geytsdan Arnold Shvarseneggergacha: koronavirusga qarshi emlangan mashhurlar (foto) | 89 | 910 |
Madaniyat | “Yashashni xohlasang, men bilan yur”. Shvarsenegger koronavirusga qarshi emlanib, boshqalarni ham o‘zidan o‘rnak olishga chaqirdi | Taniqli Gollivud aktyori va Kaliforniya sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger koronavirusga qarshi emlandi va boshqalarni “Terminator-2” filmidagi ibora bilan o‘zidan o‘rnak olishga chaqirdi. Shvarsenegger o‘zining emlangani tasvirlangan videoni Twitter’dagi sahifasiga joylashtirgan.
“Yashashni xohlasang, men bilan yur”, — deydi aktyor o‘ziga vaksina qilinganidan so‘ng.
Today was a good day. I have never been happier to wait in a line. If you’re eligible, join me and sign up to get your vaccine. Come with me if you want to live! pic.twitter.com/xJi86qQNcm
— Arnold (@Schwarzenegger) January 20, 2021
Aktyorning aniqlik kiritishicha, u Los-Anjelesdagi Dodgers Stadium stadionida emlangan.
Jo Bayden jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi (video)
Eslatib o‘tamiz, AQShda Pfizer va BioNTech vaksinalari bilan aholini emlash 14-dekabr kuni boshlangan bo‘lib, birinchi va ikkinchi doza orasidagi muddat 21 kunni tashkil etadi. 15-yanvar holatiga ko‘ra, AQShda COVID-19’ga qarshi emlanganlar soni 10 million kishidan oshgan. | 129 | 1,030 |
Madaniyat | "Uch savdoyi" hind filmining qahramoni "Virus" ham Toshkentga keladi | "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent Xalqaro Kinofestivaliga turk aktyorlaridan tashqari Bollivud yulduzlari ham tashrif buyuradi.
️Bollivud yulduzlari kinofestival doirasida Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida o`tadigan hind kinosi kunlarida qatnashishadi.
"Uch savdoyi" filmidagi "Virus" roli bilan mashhur bo`lgan hind aktyori Boman Irani kinofestivalda ishtirok etadi.
Shuningdek festival doirasida ular bilan master- klasslar, kino muxlislar bilan yorqin uchrashuvlar o`tkazish rejalashtirilgan. | 69 | 503 |
Madaniyat | Video: Farg‘onada o‘tkazilgan festivalda 80 yoshli onaxon jonli ijroda qo‘shiq aytib, madaniyat vazirini hayratga soldi | Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi “Ijodkorlar bog‘i”da “Onalarga ehtirom” festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Tantanali marosimda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etib, farg‘onalik mo‘tabar onaxonlarga ehtirom ko‘rsatgan va ularga bag‘ishlab qo‘shiq aytgan.
“Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi qo‘shiq tugagan paytda kutilmaganda sahnaga bir onaxon chiqib kelgan. Onaxon O‘zbekiston xalq artistining qo‘lidan mikrofonni olib, jonli ijroda qo‘shiq kuylagan.
Onaxon ijrosidagi qo‘shiq tadbir ishtirokchilarining olqishiga va Ozodbek Nazarbekovning hayratiga sabab bo‘lgan.
“Men qishlog‘imga borib maqtanaman. Ozodbek Nazarbekov bilan ashula aytdim, deyman. Mendan baxtli odam yo‘q. Aylanay, shu Ozodbekni bir ko‘rsam, shu bolani diydoriga bir to‘ysam bo‘ldi, deb niyat qilgandim. Mana, Alloh yetkazdi. Mana, qizlarimning yarmi ashulamni yomon ko‘rsa, yarmi ayting ona deydi. E, bor-e, aytaveraman deyman. Saksonga kiryapman, aytaveraymi? Tovushim yaxshimi?”, — deb so‘ragan onaxon Ozodbek Nazarbekovdan.
Shundan so‘ng onaxon Ozodbek Nazarbekovga: “Endi bitta ashula ayting, o‘yinga tushaman, keyin ketaman”, — deya “Bag‘dodda nima gaplar” qo‘shig‘ini ayttirib, o‘zi raqsga tushgan.
Ma’lum qilinishicha, Ozodbek Nazarbekovni o‘zining jonli ijrosi bilan lol qoldirgan 80 yoshli Dorixon Abdullayeva viloyatning Yozyovon tumanidan bo‘lib, ushbu festivalda “Eng yaxshi alla ijrochisi” nominatsiyasida ishtirok etgan.
Onaxonga viloyat hokimi Xayrullo Bozorov televizor sovg‘a qilgan.
Video: “Farg‘onada bittagina” qo‘shig‘iga raqsga tushayotgan hokim va O‘zbekiston Qahramoni | 119 | 1,698 |
Madaniyat | Seriallardagi baqiroq qaynona — Gulnora Tolipova 50 ming so‘m uchun Lolaning uyini tozalagani va o‘zini o‘ldirishga uringani haqida so‘zlab berdi | Gulnora Tolipova “Jurnalist”, “Sevgi” va “Shukrona” kabi seriallardagi baqiroq, injiq qaynona obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Aktrisa jurnalist Nargiza Murodova bilan suhbatda murakkab hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.
“Pulimiz yo‘q, san’atkor bo‘la olmaysan”
— Toshkentdagi besh bolali xizmatchi oilasida dunyoga kelganman. Otam oddiy quruvchi, onam esa zavodda ishchi edi. Bolaligimdan san’atga qiziqqanim bois, 4 yoshimdan Shermat Yormatov rahbarligidagi “Bulbulcha” bolalar xoriga qatnashganman. To‘qqiz yoshimda tushimga O‘zbekiston xalq artisti Zaynab Sadriyeva kirib, meni duo qilgandi. Afsuski, maktabni tamomlaganimdan keyin orzularim sarob ekanini angladim. Oilamizdagi moddiy qiyinchiliklar sabab, onam o‘qishni davom ettirolmasligimni tushuntirdi va bolalar bog‘chasiga ishga joylashdim.
“O‘zimni o‘ldirishga uringanman”
— 16 yoshimda xolamning qistovi bilan Sirdaryoga turmushga chiqdim. Bola bo‘lganim uchun ham katta hayotga moslashib ketishim oson kechmadi. Turmush o‘rtog‘imning yaqinlari bilan til topishib ketdim, ammo u bilan kelisholmadik. Besh yil ichida bir ayol qancha xo‘rlanishi mumkin bo‘lsa, shuncha azobni boshimdan o‘tkazdim. Uning asossiz rashki sabab ko‘p marotaba kaltaklandim, haqoratlandim. Ammo bir kuni uning rus ayol bilan don olishishidan xabar topib, o‘z jonimga qasd qildim. Tomirimni kesgach, shifokorlar ko‘magida oyoqqa turdim. Shundan so‘ng o‘g‘limni olib Toshkentga qaytishga qaror qildim. Ammo bu yerda qiyinchiliklar undan oz emasdi.
“Militsiyachilar tog‘oradagi ovqatimni yerga to‘kib tashlaganini unuta olmayman”
— O‘g‘lim Shohruhni boqish va uy olish uchun qilmagan ishim qolmadi. Bozorda ovqat sotgan, bekatda pista-qurt bilan savdo qilgan kunlarim ham bo‘ldi. Hatto, bir necha yillar avval 50 ming so‘m evaziga xonanda Lola Yo‘ldoshevaning uyini tozalash uchun borganimni eslayman. Bozordagi noqonuniy savdo uchun militsiya xodimlaridan qochganim, hatto bir marta jazolash uchun tog‘oralardagi ovqatni yerga to‘kib yuborishganini ham unutolmayman. Xullas, shu kabi qiyinchiliklar yuvosh Gulnoraning fe’l-atvorini butunlay o‘zgartirdi.
“Baqiroq ayollar rolidan charchadim”
— Yaqin yillardan boshlab ikkinchi darajadagi rollarga taklif bo‘lmoqda. Undan avval faqat epizod rollarni ijro etardim. Tan olaman, aktrisalik bo‘yicha hech qayerda tahsil olmaganman, ammo san’atga mehrim bo‘lakcha. Faqat urishqoq ayol rollarini emas, mard, tanti va sabrli o‘zbek ayollari siymosini ekranda gavdalantirishni istayman. Rostini aytsam, baqiroq ayollar rolini ijro etishdan charchaganman. Rejissorlar meni qaytadan kashf etishlarini orzu qilaman.
Muvaffaqiyatsiz turmushimdan so‘ng oila qurmadim. Hayotimni o‘g‘limga bag‘ishladim. Uy va mashina olib, uni uylantirdim. Shukrki, kelinim va ikki nafar nabiram bor.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Tolipova ilk rolini rejissor Burhon Sharopovning “Mug‘ombir kuyov” filmida ijro etgan.
“Shukrona”dagi Maryam — Odina To‘xtasinova: Tarjimondan aktrisaga aylangan hamshira (foto) | 145 | 2,974 |
Madaniyat | Toshkentda Jumaev nomidagi matematika olimpiadasi bo`lib o`tdi | Poytaxtimizda “Qorako`l maktabi” asoschisi, O`zbekiston xalq o`qituvchi To`xtamurod Jumaev nomidagi ilk Qorako`l matematika olimpiadasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi axborrot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” 2019 yil 3 maydagi qarori ijrosi doirasida o`tkazilayotgan olimpiadada respublikamizning barcha hududlaridan 1300 nafardan ortiq iqtidorli o`quvchilar ishtirok etishdi.
Olimpiadada adolat va shaffoflikni ta`minlash maqsadida 30 nafar ota-onalar ham bevosita sinovlar olinayotgan xonalarga taklif qilindi. Xalq ta`limi vazirligi va “Qorako`l Ziyo” o`quv markazi hamkorligida o`tkazilgan bellashuvda o`quvchilarning har biri 7 ballgacha baholanadigan 6 ta misol va masalalarni echishdi.
Natijalarni matematika fanidan muqaddam xalqaro va respublika olimpiadalarida ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritgan 30 nafar hakamlar hay`ati tekshirib bordi.
O`z ballaridan qoniqmagan o`quvchilar ustozlari va ota-onalari guvohligida appelsiya jarayoniga taklif qilindi va ularning echimlari muhokama etildi. Ochig`ini aytish kerak, ushbu jarayon xalqaro va respublika olimpiadalari sovrindorlari ishtirokidagi o`ziga xos mahorat darslariga aylanib ketdi.
Nihoyat kunning ikkinchi yarmida g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Olimpiada g`oliblariga diplom va mukofotlarni Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Temurjon Komilov topshirdi. | 63 | 1,519 |
Madaniyat | Birinchilikni qo‘lga kiritganlarga 50 million pul mukofoti va’da qilib, yosh iste’dodlarni kashf etayotgan “Bo‘zatov fest”dan fotoreportaj | Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida “Besh bosqichli besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi tanlovning final bosqichiga start berildi.
Ilk marotaba 2021-yilda boshlanib, 10 mingga yaqin yoshlarni birlashtirgan “Yoshlar ovozi” tanlovidan joriy yilda 238 mingdan ortiq yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan. “Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan bu yilgi tanlov besh bosqichdan iborat bo‘lgan:
“Daryo” besh yo‘nalishdan iborat Respublika bosqichining ochilish marosimidan fotoreportaj tayyorladi.
Festivalning ochilishi bo‘lib o‘tadigan Nukus amfiteatrining kiraverishida hilpirab turgan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston respublikasi bayroqlari
Bayramda ishtirok etayotgan qiz
Nukus Amfiteatri sahnasi va festival boshlanmasidanoq to‘lib bo‘lgan o‘rindiqlar
Qoraqalpog‘istonning mahalliy telekanaliga intervyu berayotgan ayol
“Aykulash” Qoraqalpoq mamlakati milliy folklor ansamblining raqsi
Bayram tomosha qilayotgan ona va bola
“Bo‘zatov fest”da o‘z chiqishlari bilan barchaga iliq kayfiyat ulashayotgan “Benom” guruhi a’zosi
Ko‘rpaga o‘ranib olgan tomoshabinlar
Ma’lumot uchun, festivalning birinchi kuni, 10-mayda Qoraqalpog‘iston respublikasida 12-21 darajali salqin ob-havo kuzatilgan.
“Benom” guruhi ijrosidagi qo’shiqni telefon fonarlarini yoqib, birga kuylayotgan tomoshabinlar
Ochilish marosimining yakuniy qismida unda qatnashgan barcha ijrochilar sahnaga chiqdi
Bayramga go‘zal salyutlar bilan yakun yasaldi | 138 | 1,464 |
Madaniyat | Toshkentda bir oy davomida “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori bilan yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi | Toshkent shahri yoshlari uchun 2020-yil noyabr oyining birinchi haftasidan boshlab bir oy “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 4-noyabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, ushbu festival doirasida shahar yoshlari ko‘plab foydali va qiziqarli mahorat darslari, badiiy ko‘rgazmalar, ta’lim va sport tadbirlari, konsertlar, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, poytaxtning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, viktorina va tanlovlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Jahongir Ortiqxo‘jayev
“Shu yil yoz davomida karantin sababli ko‘plab yoshlarimiz uyda o‘tirishdi, hech qanaqa ijtimoiy tadbirlar tashkil qilinmadi. Shuning hisobiga bu yoshlarimizga salbiy ta’sir qildi. Bu pandemiya balosi qachon tugashi noma’lum, lekin yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatishimiz kerak. Albatta, bu bir oylik tadbirimiz pandemiya sharoitini hisobga olgan, boshqa kerakli tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan holda o‘tkaziladi. Oldimizda turgan g‘ovni biz ko‘rib, bilib turibmiz. Bu tomonlarini ham hisobga olib, tadbir davomida yoshlarning kayfiyatini va motivatsiyasini oshirishga harakat qilamiz”, – dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Ma’lum qilinishicha, festival texnologiyalar, ta’lim, sport va madaniyat kabi to‘rtta yo‘nalishga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Tadbirning bir qismi internet-anjumanlar rejimida va ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lib o‘tadi va bu sanitariya me’yorlarini saqlagan tarzda xohlovchilarning keng ko‘lamini qamrab olish imkoniyatini beradi.
Festival quyidagi sanalarda va manzillarda bo‘lib o‘tadi:
(Jadvalda tadbirlarning manzili va vaqtida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin)
Yoshlar festivalga oid barcha ma’lumotlar va tadbirlar jarayonlarini @toshkent_yoshlari_uz telegram kanali orqali kuzatishlari, qolaversa, ba’zi savollar yuzasidan tashkilotchilarning +99871 210 01 68 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
2020-yilgi Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi 3–8-noyabr kunlari onlayn platforma orqali o‘tkaziladi | 99 | 2,080 |
Madaniyat | Sevara Nazarxonning iqtidori “Mariya Magdalina” oratoriyasiga mukofot keltirdi | O‘zbekistonlik xonanda Sevara Nazarxon estoniyalik bastakor Pieter Vyaxining “Mariya Magdalina” oratoriyasida (xor yoki orkestr uchun yozilgan yirik musiqa asari) bosh partiyani ijro etgan edi. 4-oktabr kuni ushbu oratoriya Boltiqbo‘yi mamlakatlarida madaniyat sohasida eng ahamiyatli bo‘lgan Baltic Assembly Prize for the Arts 2013 (Boltiq assambleyasining san’at sohasidagi mukofoti — 2013) mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sevara Nazarxon o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Foto © facebook.com/sevaramusic
Xonanda Pieterning xabarnomasini ilova qilgan bo‘lib, unda eston bastakoriga kechagina bu ma’lumotning Rigadan yetkazilgani, taqdirlash marosimi esa 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi qayd etilgan. | 78 | 736 |
Madaniyat | Maykl Jekson, Nikolas Keyj va boyligini birdaniga yo‘qotib, kambag‘alga aylangan boshqa badavlat mashhurlar (foto) | Katta boylikka ega mashhurlar bir qarashda dabdabali hayotidan butun umr zavqlanadigandek ko‘rinadi. Ammo ularni ham kutilmagan sinovlar, qashshoqqa aylantirib qo‘yadigan yo‘qotishlarga uchrashi hech gap emas. Harper’s Bazaar Kazakhstan boyligidan birdaniga ayrilgan mashhurlar haqda so‘z yuritdi.
Maykl Jekson
Pop qiroli dunyodagi eng badavlat yulduzlardan biri hisoblangan. U shaxsiy samolyot, hashamatli ko‘chmas mulk, turar joy qal’alari va bir qancha qo‘l ostida xizmat qiluvchi xodimlarni sotib olishga qodir edi. Biroq zo‘ravonlik ishi bo‘yicha sud jarayonlari tufayli Maykl Jekson milliardlab mablag‘ning har bir foizini advokatlar va tovon puli uchun sarflashga majbur bo‘ldi. Xonanda 2009-yil 25-iyunda to‘satdan vafot etganida, uning qarzlari ham ma’lum bo‘ldi. Bu 500 million dollardan ko‘proqni tashkil etdi.
Nikolas Keyj
2000-yillarda taniqli Gollivud yulduzi Nikolas ham juda badavlat inson edi. Uning boyligi 200 million dollarga baholangan. Biroq aktyor mashinalar sotib oldi, soxta antiqa buyumlarga sarmoya kiritdi, tovon to‘lab, bir necha marta turmush qurdi va ajrashdi. Vaqt o‘tishi bilan Nikolasning balansidagi nollar soni sezilarli darajada kamaydi. Keyinchalik Keyj o‘ziga kelib, qattiq mehnat qila boshladi. Ha, u bankrotlikdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo afsuski, u hali avvalgi millionlarni tiklagani yo‘q.
Mayk Tayson
Og‘ir vaznli bokschi butun faoliyati davomida 400 million dollar ishlab topgan. Tayson narxlariga qaramay, o‘ziga olmos, mashina va uylar xarid qildi. Katta miqdordagi boylik chempionni shunchalik o‘zgartirib yubordiki, u soliq, alimentlar, maoshlar va boshqa moliyaviy majburiyatlarni unutdi. Bir payt Mayk barcha qarzlarini birdaniga yopishga majbur bo‘lib, naqd pul zaxiralarini tugatdi. Sportchi 2018-yilga kelibgina marixuana biznesi orqali qashshoqlikdan qutula oldi.
Reper 50 sent
Aytgancha, reperlar ham juda boy odamlardir. 50 sent ham bundan mustasno emas edi, bir vaqtning o‘zida bir nechta biznesdan imperiya qurgan. Ammo aliment va soliqlar bankrot uchun klassik hisoblanadi. Natijada 32 500 000 dollarlik qarz xonandani mulkidan ayrilishga majbur qildi. Bugungi kunga kelib, xonandaning moliyaviy ahvoli uning taxallusiga to‘liq mos keladi.
Toni Brekston
Yetti karra “Gremmi” sovrindori ikki marta o‘zini bankrot deb e’lon qildi. Xonanda buning sabablarini aytishdan tortinmadi: ovoz yozish kompaniyasining aldovi va isrofgarchilik. Brekston hali ham boy va mashhur maqomga qaytishi mumkinligiga umid qilmoqda. Ayni paytda uning ishlari istalgan idealdan uzoqdir.
Reper T-Pain
Mashhur reper haqiqiy qashshoqlik nima ekanini his qildi. Boshqa badavlat mashhurlar bu darajada qiynalmagan bo‘lsa-da, T-Pain farzandiga burger xarid qilish uchun tanishlaridan qarz oldi. Ammo bir paytlar uning boyligi 40 000 000 dollarga baholangan. | 114 | 2,800 |
Madaniyat | “Baron-2. Sog‘inch”. Rustam Sa’diyevning sog‘lig‘ini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan filmning yopiq taqdimotidan reportaj (foto va video) | Rejissor Rustam Sa’diyev 2019-yili “Baron 2” filmining ilk tizerini namoyish etgan edi. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan film pandemiya sabab to‘xtab qolgandi. Nihoyat ijodkorlar kutgan kun yaqinlashdi. “Baron-2. Sog‘inch” filmining asosiy taqdimoti 15-sentabr kuni Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tadi. Unda suratga tushgan xorij kinoijodkorlari ham tashrif buyurib, tomoshabinlar bilan muloqotda bo‘lishadi.
Undan avval esa rejissor Rustam Sa’diyev ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar uchun yopiq premyera o‘tkazishni istadi. “Daryo” muxbirlari ham yopiq taqdimotda ishtirok etib, film ijodkorlari bilan suhbatda bo‘ldi.
“Baron-2. Sog‘inch” badiiy filmi terroristik intervensiyani fosh qiluvchi, ichki mexanizmlarni ochib beruvchi o‘tkir sujetli drama bo‘lib, unda murakkab tryuklar, ekshn va ommaviy sahnalar, pirotexnik vositalar yordamida qo‘poruvchilik epizodlari tasvirlanadi.
Filmda nafaqat o‘zbek, balki Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Suriya, Misr, Rossiyaning aktyor va aktrisalar ham suratga tushgan. Farhod Mahmudov, Baxshillo Fatxullayev, G‘ayrat Boymirzayev, Yulduz Rajabova, Dilnoza Kubayeva, Elyor Mahkamov, Shahzoda Matchonova, Nurmuhammad Husniddinov, Sergey Astaxov, Viktoriya Tolstoganova, Viktor Verjbiskiy, Igor Lifanov, Konstantin Solovyov, Taukkel Mussilim, Amir Tairov, Kaan Urganjio‘g‘li, Sefa Zengin ishtirok etgan.
Kinematografiya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev ham yopiq premyerada ishtirok etib, jurnalistlarni yaqin kunlarda o‘tkaziladigan “Milliy kinofilmlar oyligi” va xalqaro kinofestival haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Premyeraga “Million” jamoasi sardori Davron Kabulov boshlovchilik qildi.
Bu murakkab film. Uning tashkiliy ishlari uchun ham ancha vaqt sarfladik. Ruxsat olib, syomkalarni boshlaymiz deganimizda karantin boshlanib, chegaralar yopildi. Shu bois suratga olish ishlari bir yilga surildi. Ochig‘ini aytish kerak, bu film menga juda og‘ir keldi. Suratga olish ishlarining cho‘zilishi sabab sog‘lig‘imni ham yaxshigina yo‘qotdim. To‘g‘risi, filmning premyera qilinishiga ishonmay ham qo‘ygandim. Chunki filmga nisbatan ishonchsizlik ko‘p bo‘ldi. Kinematografiya agentligining badiiy kengashi ko‘pgina ko‘rsatmalar berib, filmni yanada sozlashdi. Avvaldan “Baron” filmi trilogiya bo‘lishini reja qilganman. Nasib qilsa, uning davomi ham bo‘ladi, — deydi rejissor Rustam Sa’diyev.
To‘g‘risini aytsam, premyeradan umidimni ham uzib qo‘ygandim. Chunki film 4 yil deganda katta ekranga chiqdi. Filmda Viktoriya Tolstoganovaning ishtirokini ko‘rib juda sevindim. U eng yaxshi ko‘rgan aktrisalarimdan biri.
Avvaliga rejissorga ozgina qaysarlik qildim. Chunki filmda yana asosiy qahramonning ayoli rolini ijro etdim. Epizodlarim ham u qadar ko‘p emas. Rustam akaga: “Qachon yana “bomba” bo‘ladigan rollarni berasiz?” dedim. Rustam aka “Bu rolni siz ijro etmasangiz bo‘lmaydi, baronning ayoli juda katta ahamiyatga ega”, deb sehrli kalomlarini ishga solganlaridan keyin qanday rozi bo‘lganimni ham bilmay qoldim, — deydi aktrisa Dilnoza Kubayeva.
“Baron-2. Sog‘inch” filmini xalqaro miqyosda suratga olingan film deyish mumkin. Chunki undagi voqealar O‘zbekiston, Rossiya, Suriya va Shveysariya kabi mamlakatlarda suratga olingan. Kadrlarning rang-barangligi tomoshabinni sujet ichiga olib kiroladi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, aktyorlar ham rang-barang. Masalan, Yulduz Rajabova ijro etgan Nargiza roliga qozog‘istonlik aktyor Taukkel Muslim mos partnyor sifatida tanlangan.
Internetdagi tanishuv sabab Suriyadagi urush o‘chog‘iga borib qolgan o‘zbekistonlik Nargiza unga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lgan “kattakon”ga qo‘pol muomala qilgani uchun qamoqqa olinadi. Qozog‘istonlik Bulat uni qamoqxonada ko‘rib qoladi va onasining ham o‘zbek diyoridan ekanligi uchun qizga yordam bermoqchi bo‘ladi. U komandirdan qamoqdagi o‘zbek qiziga uylanish niyati borligini aytadi. Ammo bu qaror Nargizaga yoqmaydi. U nikoh o‘qilgach, yigitni o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Ammo yigit unga shunchaki yordam berish niyatida ekanligini aytadi. Avvaliga unga dushmandek qaragan Nargiza asta-sekin yigitga ko‘ngil qo‘yadi. Bulat obrazi orqali rejissor oilaparvar, mard yigit rolini ishonarli ochib berolgan.
Milliy o‘zbek filmida xorij aktyorlari suratga tushdi? Bu savol ba’zi tomoshabinlarni o‘ylantirishi aniq. Nazarimizda, rejissor avvaldan xalqaro film suratga olishni rejalashtirgan. Ya’ni davlat buyurtmasiga olingan film bir necha oy kinosaroyda namoyish etilish bilan cheklanmaydi. Taukkel Mussilim sabab u qozog‘istonlikda, Kaan Urganjio‘g‘li sabab turklarda yoki Viktoriya Tolstoganova orqali rus tomoshabinning e’tiboriga tushadi, degan umiddamiz.
Sir emas, davlat buyurtmasiga ko‘ra juda ko‘p filmlar suratga olinadi. Afsuski, ularning hammasi ham o‘zini oqlamaydi. Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, “Baron-2. Sog‘inch” filmi sabab tomoshabinlarning kinosaroyga kelishi sezilarli darajada ortadi. Chunki, kartina uzoq kutilganida ham tomoshabinlarning yodidan chiqqani yo‘q.
Farhod Mahmudov iste’dodli aktyor, uning ijrosidagi vatanparvar Baron roli ishonarli chiqqan. Har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan maxsus xizmat xodimi roli tomoshabin e’tiborini tortoladi. Ba’zi filmlardagi kabi uning vatanga bo‘lgan muhabbati uzundan-uzoq monologlarga qurilmagani ham quvonarli hol.
Film haqida ko‘p gapirish mumkin. Ammo bu uni bir marta ko‘rish zavqini bermaydi. Ishoning, “Baron-2. Sog‘inch” filmi kinoteatrga borish uchun yaxshi tanlov bo‘la oladi.
Film premyerasi 18-avgustdan boshlab nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiyada ham namoyish etiladi. Shu bois u rus tilida ham dublyaj qilindi. Film saundtrekini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova ijro etdi. | 132 | 5,724 |
Madaniyat | Forbes eng ko‘p maosh oluvchi televideniye yulduzlarini e’lon qildi | Amerikaning Forbes jurnali 2017-yilning eng ko‘p pul ishlab topgan televideniye yulduzlarini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni psixolog va boshlovchi Fil Makgrou egalladi (79 million dollar). Ikkinchi o‘rinda — teleboshlovchi Ellen DeJeneres (77 million dollar).
Keyingi pog‘onalarda qiziqchi va ssenariynavis Jerri Saynfeld (69 million dollar), bosh oshpaz Gordon Ramzi (60 million dollar), boshlovchi va prodyuser Rayan Sikrest (58 million dollar) joylashdi.
Yuqori o‘nlikka, shuningdek, qiziqchi Luis Sekey, advokat va boshlovchi Judit Sheyndlin, realiti-shou yulduzi Kim Kardashyan, boshlovchi va prodyuser Saymon Koell, boshlovchi Stiv Xarvi kirdi. | 67 | 684 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova muxlislarini Instagram’dagi qalbaki sahifasi haqida ogohlantirdi | Xonanda Nargiz Zokirova uning nomidagi navbatdagi “feyk” akkauntni ochgan yana bir firibgarni aniqlashganini ma’lum qildi.
“Rasman ma’lum qilamanki, Instagram’dagi ushbu sahifa haqiqiy emas!” — deb yozadi qo‘shiqchi.
Nargiz Instagram’dagi yagona va haqiqiy akkaunti nomini e’lon qildi va uning nomidan soxta sahifa ochganlarni odamlarni mayna qilishni zudlik bilan bas qilishga chaqirdi. | 80 | 388 |
Madaniyat | Instagram: Turmush o‘rtog‘ining tug‘ilgan kunini nishonlagan Rayhon, Dilfuza Ismoilovadan kechirim so‘ragan Shohjahon, o‘zidan 10 yosh kichik yigitga turmushga chiqadigan Feruza Normatova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shohjahon Jo‘rayev Dilfuza Ismoilovaning san’atkorlar oson pul topayotgani haqidagi fikriga keskin munosabat bildirgani uchun hamkasabasidan uzr so‘radi.
Dilfuza Ismoilova YouTube-kanallardan biriga bergan intervyusida san’atkorlar hammasi oson pul topib, “maza qilib yashayotgani” haqida gapirgan edi.
Madina Mumtoz dugonalari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Feruza Normatova, Shahzod Sultonov va Jahongir Xo‘jayev “Shum bola” filmidagi mashhur sahnani qayta jonlantirdi.
Turk aktrisasi Eda Eje AQShning Nyu-York shahridan ko‘rinish berdi.
Feruza Jumaniyozova “Baland-baland” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.
Sardor Mamadaliyev aktyor Muhammadiso Abdulxairov bilan uchrashib qoldi.
Durdona Qurbonova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Asal Shodiyeva onasi, singlisi va o‘g‘lini olib, chet elga dam olish uchun uchib ketdi.
Shahlo Ahmedova muxlislari uchun fotosessiya tashkillashtirdi.
Xonanda Rayhon G‘aniyeva turmush o‘rtog‘i Farhod Alimovning tug‘ilgan kunini qanday nishonlashganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Munisa Rizayeva qo‘shiqchi bo‘lishning ijobiy va salbiy tomonlari haqida so‘zlab berdi.
Feruza Normatova folloverlarining savollariga javob berar ekan, o‘zining odami bo‘lsa, 10 yosh kichik insonga ham turmushga chiqishga tayyorligini bildirdi.
“Bravo” va “Dizayn” kulgi jamoalari vakillari “Rais buva” filmining ikkinchi qismi suratga olinishiga ishora qiluvchi rolikni sahifalariga joylashtirdi.
Ali Otajonov bobosi Ortiq Otajonovning afsonaviy qo‘shig‘i — “Umr o‘tar”ni yangicha talqinda kuyladi hamda unga klip suratga oldirdi. | 187 | 1,740 |
Madaniyat | Bollivud aktrisalari go‘zal ko‘rinish uchun qanday tabiiy vositalardan foydalanishini so‘zlab berdi | Jilvakor sochlar, hech qanday kamchiliksiz tovlanuvchi teri, ayollik latofati – ular bunga qanday erishgan? Hind ayollari odatda go‘zalikka e’tibor qaratishni 25 yoki 30 ga kirmasdanoq boshlaydi. Shuningdek, kuchli dori-darmonlar va eng so‘nggi ishlab chiqarilgan mahsulotlardan ham foydalanmaydi. Ammo ular o‘zlarining tabiiy retseptlarini muntazam ravishda qo‘llab keladi.
Bollivud yuduzlari uchun tabiiy mahsulotdan bebaho narsa yo‘q. Kokos moyi, tuxum oqi, atirgul yaprog‘i, limon sharbati, shikakay (akatsiya urug‘i) – barchasi teri hamda soch uchun eng samarali mahsulotlarning minimal to‘plami hisoblanadi. Eng qizig‘i, mashhur hind aktrisalari hamda dunyo go‘zallari oddiygina uy sharoitida tayyorlangan niqobdan foydalanadi. Ularning maxsus niqob retseptlari bilan tanishib chiqing va o‘zingizda sinab ko‘ring!
Ayshvariya Ray
“Parvarish haqida ko‘p narsalarni buvim o‘rgatgan. O‘smirlik davrida umuman tashqi ko‘rinishga ega bo‘lmaganman, sababi menda yuz terisi juda yog‘li edi. Shunda buvim tvorog-limon niqobini tayyorlab bergan: bir osh qoshiq tvorogga bir osh qoshiq limon sharbati aralashtirilib, yuzga suriladi va 20 daqiqa davomida ushlab turiladi.
Keyinroq o‘zim ham boshqa retsept o‘ylab topdim: bir osh qoshiq xamirturushga yogurt, ichimlik sodasi va issiq suv aralashtiriladi. Ushbu niqob 15 daqiqaga yuzda qoldirilib, keyin yuviladi. Ushbu oddiy niqob yuzni ajoyib tarza tozalaydi va taranglikni saqlab qoladi”.
Amrita Arora
“Men 100 ml qatiq zardobi va 50 gr atirgul yaprog‘ini yarim soat davomida qaynatib olaman. So‘ng xona haroratida biroz sovitiladi. Ajoyib tetiklashtiruvchi niqob shu tarzda tayyorlanadi.
Sochlarimni o‘stira boshlaganimda buvimning aytganlari esimga tushib qoldi: maydalangan shikakayni suv bilan aralashtirib, atala holiga kelgandan keyin har kuni ikki soat davomida ushbu niqobni soch ildizlariga surdim. Mana endi ular ikki baravar tezroq o‘syapti”.
Karina Kapur
“Men onamning asalli niqobini yaxshi ko‘raman: buning uchun ikki osh qoshiq asal, yarim stakan smetana va bir choy qoshiq maydalangan greypfrut mevasi kerak bo‘ladi. Bularning barchasi yaxshilab aralashtiriladi, tayyor bo‘lgan niqob yarim soat davomida yuzda qoldiriladi. Onamning asosiy siri – niqobni qora choy bilan yuvib, xona haroratida quritish kerak. Yuzingiz shunchaki ajoyib, mayin va oppoq holga keladi.
Soch uchun hech bir niqob kokos moyi kabi samara bermaydi. Men doimo uni bosh terisi va soch ildizlariga surtaman, so‘ngra yuvaman. Bor-yo‘g‘i shu”.
Priyanka Chopra
“Haftada bir marotaba yuzni uqalayman: sabzi sharbatiga asal aralashtirib, terining maxsus chiziqlari bo‘ylab surtib chiqaman. Peshonaning o‘rtasidan chakkalarga, burundan quloqqa, iyakdan yanoqlargacha uqalayman. Keyin yuzni yuvib, namlantiruvchi kremdan foydalanaman.
Agar o‘zimni xursand qilmoqchi bo‘lsam, nim daraxti yaproqlaridan vanna qabul qilaman. Onam ushbu vanna terini mustahkam va tetik qilishiga ishongan”.
Juhi Chavla
“Agar terimning silliq, ipakdek mayin va porloq bo‘lishini istasam, menga no‘xot uni va zarchavadan tayyorlangan niqob yordamga keladi. Ularni teng miqdorda aralashtirib, tish pastasi quyuqligida bo‘lgunicha sut bilan suyultiraman. Ushbu aralashmadan skrab sifatida foydalanaman. U bilan yuzni, hatto butun terini uqalasa ham bo‘ladi”. | 99 | 3,265 |
Madaniyat | Benedikt Kamberbetch, Kira Naytli, Jud Lou kabi 250 dan ortiq britaniyalik san’atkorlar Yevroittifoqdan chiqishga qarshi gapirdi | Buyuk Britaniyaning 250 dan ortiq madaniyat arboblari mamlakatning Yevroittifoq tarkibidan chiqishiga qarshi fikr bildirdi. Ularning xatini The Telegraph gazetasi chop etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Bizning ko‘pchiligimiz shunday loyihalarda ishtirok etganmizki, ular Yevroittifoq tomonidan berilgan moliyaviy ko‘mak va ochiq hamkorliksiz amalga oshmagan bo‘lardi. Britaniya yaxlit Yevropa tarkibida shunchaki kuchli bo‘lib qolmay, balki yanada ko‘proq narsani yaratishga qodirdir ham. Yevroittifoqdan chiqadigan bo‘lsak, bizning global ijodiy muvaffaqiyatimizga jiddiy zarar yetadi”, — deyiladi xatda.
Murojaat tagiga aktyorlar Benedikt Kamberbetch, Kira Naytli, Xelena Bonem Karter, Jud Lou, Kristin Skott Tomas, musiqachilar Paloma Feyt, Aleksis Teylor, yozuvchilar Ien Makyuen va Xilari Mentel, rejissorlar Tom Stoppard, Denni Boyl va Stiven Frirz, shuningdek, top-model Keyt Moss va dizayner Vivyen Vestvud imzo qo‘ygan. | 128 | 926 |
Madaniyat | Davron Kabulov ota bo‘ldi | “Million” jamosi a’zosi va boshlovchi Davron Kabulov qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda boshlovchi o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Alloh bizga qiz farzandni muborak qilsin”, — deb yozadi Davron Kabulov.
Ma’lumot uchun, Davron Kabulov va E’zozalarning nikoh to‘yi 2016-yilning 23-may sanasida bo‘lib o‘tgan edi. | 25 | 325 |
Madaniyat | Gollivudning eng oilaparvar aktyorlari | Karyera va shaxsiy hayotni baravar eplay olgan yulduzli juftliklarga havas qilsa arziydi. “Yandeks Dzen” platformasi Gollivudning oilaparvar aktyorlari ro‘yxatini tuzdi.
Tom Xenks
“Forrest Gamp”, “Yashil maskan” va boshqa bir qancha kinolardagi mahoratli rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Tom Xenksning oilaparvarligidan o‘rnak olsa arziydi. U rafiqasi Rita Uilsonni bir ko‘rishdayoq sevib qolgani va u bilan hayotini bog‘lashni istaganini ta’kidlaydi. Juftlik turmush qurganiga o‘ttiz yildan ortiq vaqt o‘tgan va bu yillar ichida nimalar bo‘lmagan deysiz. Tom rafiqasi Rita onkologik kasallikni boshidan o‘tkazganida, o‘g‘li giyohvand moddaga qaram bo‘lib qolganida va boshqa bir qancha vaziyatlarda oilasi oldida bo‘lib, haqiqiy oila ustuni qanday bo‘lishi kerakligini isbotlagan.
Kolin Fert
“Andisha va g‘urur” filmida haqiqiy jentelmen janob Darsi rolini jonlantirgan Kolin Fert turmush o‘rtog‘ini yer yuzidagi eng chiroyli ayol, deb hisoblaydi. Juftlik bundan 20 yil avval turmush qurgan va bugunga qadar aslo ayrilmagan.
Rayan Reynolds
Rayan Reynoldsning rafiqasi Bleyk Layvliga bo‘lgan mehri bo‘lakcha. Juftlik turmush qurganiga 8 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lib, bugungi kunda uch farzandning baxtli ota-onasi. Rayan va Bleykning yaqin do‘stlari ular munosabatida sevgi-muhabbat ustunlik qilishini ta’kidlaydi.
Hyu Jekman
Hyu Jekman hayotini o‘zidan 13 yosh katta ayol bilan bog‘lashga qaror qilganida ko‘pchilik bu munosabatlar uzoqqa bormasa kerak, deb taxmin qilgandi. Lekin oradan o‘tgan 24 yil fikrlar subyektiv bo‘lishi mumkinligini isbotladi. Hozirda Hyu va Debbora asrab olgan ikki farzandini birgalikda tarbiyalaydi. | 38 | 1,640 |
Madaniyat | Turkiyalik taniqli xonanda va aktyor Emrah 6 yillik turmushidan so‘ng rafiqasi bilan ajrashmoqda | Turkiyalik taniqli xonanda va aktyor Emrah Erdo‘g‘on turmush o‘rtog‘i Sibel Erdo‘g‘on bilan ajrashmoqda, deb yozadi Turkiyaning Sabah nashri.
Qayd etilishicha, ajrashish tashabbuskori aynan Emrah hisoblanadi. U aslida yanvar oyida ushbu qarorga kelgan.
Juftlik 2014-yilda turmush qurgan. Ularning bir o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. So‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida Emrahning oilasidagi notinch vaziyat haqida ma’lumotlar chop etilgan, biroq u bunday gap-so‘zlarni inkor qilgan.
Hozirda esa ajrashish jarayoni boshlanganini Emrahning o‘zi tasdiqlagan, biroq holatni izohlashdan bosh tortgan.
Emrah 2019-yilda san’atni tark etganini ma’lum qilgan. U Turkiya hamda xorijiy mamlakatlarda ko‘chmas mulk agentliklarini ochgan.
Ma’lumot uchun, Emrah Erdo‘g‘on 1971-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida tug‘ilgan. U faoliyati davomida 10 dan ortiq albom yozgan, 8 ta filmda suratga tushgan. Emrah Turkiyadan tashqari Saudiya Arabistoni hamda Ozarbayjonda ham juda mashhur.
“Muhtasham yuz yil. Ko‘sem” seriali yulduzi Beren Saat eri bilan ajrashmoqda | 96 | 1,060 |
Madaniyat | Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida | Xonanda Shuhrat Qayumov og‘ir betoblikni boshdan kechirayotgan bo‘lsa-da, 22—23-mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘ladigan konsertga tayyorgarlikni bir zum to‘xtatmadi. Jurnalist Feruz Muhammad konsertoldi tayyorgarlik jarayonida mehmon bo‘ldi.
Bir oydan ziyod vaqt mobaynida tinimsiz mehnat qilayotgan sozandalarda tushkunlik yoki charchash alomatlari umuman sezilmaydi. Ularning zavqidan, o‘zlari mazza qilib soz chalishlaridan ruhingiz kuy ohangiga mos harakat qilgisi keladi.
Rustam Azimov boshchiligidagi sozandalar guruhi har bir qo‘shiq kuyini o‘zaro ijodiy raqobat qilib chalayotganga o‘xshaydi. Adashish yo‘q, ortda qolish yo‘q, ijodiy mukammallik va bir-birini to‘ldirish bor.
Shuhrat Qayumov konsertida har bir qo‘shiq o‘z tinglovchisini topadi — yetti yoshdan yetmish yoshgacha va shu yosh oralig‘i dasturda kuylanayotgan qo‘shiqlarga mezon qilib olingan. Barcha qo‘shiqlar baland pardalarda kuylashni taqozo qiladi.
Shu o‘rinda Shuhrat Qayumovning yo‘tali hali ham qolmaganligini, qo‘shiq kuylayotgan vaqtda yo‘tali tutib qolganligini fotomuxbirimiz ham bir necha bor payqadi.
Xonanda Umida Mirhamidova bilan birgalikda savol-javob qilib kuylanadigan “Oq atirgullar” konsert dasturidagi kutilmagan taronalardan bo‘ladi. “Oq atirgullar” shu vaqtgacha qay darajada xit-paradlarni ushlab turgan bo‘lsa, bu savol-javobdan keyin uning umri yanada uzayishi aniq.
— Umida Mirhamidova bilan birgalikda qo‘shiq kuylash, ularning qo‘shiqlariga javob qo‘shiq tayyorlash g‘oyasi kimdan chiqdi?
— Mumtoz qo‘shiqlarni juda yaxshi ko‘raman, shu bilan birgalikda zamonaviy estrada qo‘shiqlarni ham tinglayman. “Oq atirgullar” qo‘shig‘ini juda yaxshi ko‘rardim. Har doim Umidaxon bu qo‘shiqni kimga aytgan ekanlar, deb ularga boshqa odamlar juda ko‘p bergan savolni men ham o‘zimga o‘zim berardim. Hozir oilaviy mojarolarni eshitsangiz, yigit tomon o‘zicha haq, qiz tomonning ham o‘zini oqlaydigan sabablari bor. Xuddi shunday bu qo‘shiqni oshiq yigit tilidan bevafo qizga qarata aytilgan. Ya’ni, “seni o‘zing bevafolik qilding, men sen uchun haligacha oq atirgullarni o‘stiraman”. Oradan yigirma yillar o‘tgan bo‘lsa-da, sen uchun ochiladi sen sevgan atirgullar, deya javob qo‘shiq tayyorlaganmiz. Bu haqida, shunday qo‘shiq kuylash haqida anchadan buyon o‘zim o‘ylab yurar edim.
— So‘zi va musiqasi kim tomonidan yaratilgan?
— Musiqasi “Oq atirgullar” qo‘shig‘ining musiqasi, so‘zi shoira Hilola Ibrohimovaga tegishli. Bu qo‘shiqni repititsiya vaqtida duet ham qilib ko‘rdik, keyin savol-javobga kelib to‘xtadik.
— Aksariyat san’atkorlar “Istiqlol”da jonli konsert bermasligiga sabab qilib san’at saroyining texnikasini ko‘rsatadi. Bu qanchalar o‘rinli sabab?
— Bilmadim, hamma o‘zining o‘rganganini qiladi. Mana, o‘zingiz ham repititsiya jarayonida ko‘rdingiz, hali ham yo‘talim qolmagan, qo‘shiq kuylayotganimda ham yo‘tal tutib qolyapti. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, harakatni to‘xtatganimiz yo‘q. Konsert dasturi kuniga qadar sog‘ayib qolaman, degan umidim bor. Hattoki, yaqinlarim ham nima uchun fonogrammada kuylamaysiz, o‘zingizni qiynash shartmi, deyishadi. Ammo dasturni fonogrammada qilishni, ikki soat diskni qo‘yib sahnada aylanib yurishni o‘zimga ep ko‘rmadim. Siz hali ham meni yaxshi bo‘lib turgan holatimni ko‘ryapmiz. Nima uchun tayyorgarlik uchun aynan shu binoni tanladik, chunki bu bino shifoxonaga yaqin edi. Shifoxonadan ikki shogirdim ikki tomonimdan tutib tayyorgarlikka olib kelar edi. Bu holatimda fonogrammadan yaxshisi yo‘q edi. 39—40 darajada harorat bilan ham tayyorgarlikni to‘xtatmadik. Agar fonogramma bo‘lganda soz chalishni bilmaydigan 4 ta odamning qo‘liga cholg‘u asboblarini berib, diskni qo‘yib sahnada aylanib yurar edim.
— Haqiqatan ham o‘zim guvohi bo‘ldim, tayyorgarlik jarayonida qo‘shiq kuylayotganingizda yo‘tal tutib qolyapti. Keyinchalik bu zo‘riqishning asorati qolishi mumkin, shifokorlardan maslahat oldingizmi?
— Maslahat oldim, ular mumkin emas deyishdi. San’at fidoyilikni talab qilar ekan. Surunkali bronxitni tik oyoqda yurib, davolanmasdan o‘tkazib yuborganim uchun shunday holatga kelib qoldim. Qattiq shamollab qolib, isitmalab turgan kunim xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirda boshlovchlik qilishim kerak edi. O‘rnimga boshqa odam ham topa olmadim. Demak, bu ham bir sinov, san’at ahli hamma narsaga tayyor turishi kerak ekan. | 122 | 4,303 |
Madaniyat | Yozuvchilar uyushmasi a`zosi To`ra Mirzaev vafot etdi | O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi To`ra Mirzaev 2020 yilning 29 sentyabr kuni olamdan o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasixabar bermoqda.
Ma`lumot o`rnida:
Darakchi jamoasi marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi. | 53 | 397 |
Madaniyat | Oybek Nigorasiz kuyladi | Oybek va Nigora juftligi sakkiz yildan beri birgalikda ijod qilib kelishmoqda. Biroq, ular tomonidan kuylangan navbatdagi qo‘shiqlarning birini Oybekning o‘zi ijro etdi. Bu haqda shou-biznes.uz sayti xabar bermoqda.
foto: uzbzal.com
Oybek Nigorasiz alohida, “Omon” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi. Vaqtida Nigora ham Oybeksiz, boshqa ijrochilar bilan, ya’ni bir duet “Radius 21” xonandasi, rahmatli Shahzod G‘ulomov bilan, yana bir duet esa Mustafo bilan ijro etgan edi. Ana endi esa Oybek Nigoradan farqli ravishda duet emas, balki yakkaxon tarzda qo‘shiq ijro etib ko‘rdi. Bu qo‘shiqni siz Oybek va Nigoraning rasmiy saytidan ko‘chirib olishingiz mumkin.
Shuningdek, Oybek va Nigoraning rasmiy saytidan yana bir tarona o‘rin olgan bo‘lib, “Otashingda yoq” deb nomlanadi. | 23 | 773 |
Madaniyat | Di Kaprio hamkasbi Jona Xillni chuv tushirish uchun paparatssi qiyofasiga kirdi (video) | Leonardo Di Kaprio do‘sti va “Uoll-strit bo‘risi” filmidagi hamkasbi Jona Xillni chuv tushirish uchun Nyu-York ko‘chalaridan birida paparatssi qiyofasiga kirdi. Bu haqda TJournal ma’lum qildi.
Di Kaprio to‘satdan Jonaning oldiga yugurib keldi va uni smartfonida suratga ola boshladi. Avvaliga Xill sarosimaga tushib qoldi, biroq o‘ziga kelgach, ikki aktyor kulib yubordi va bir-birini bag‘riga bosdi.
“Uoll-strit bo‘risi”dan tashqari aktyorlar turli tadbirlarda birga paydo bo‘ladi. Masalan, 2014-yil yanvarida Di Kaprio va Xill Saturday Night Live shousida “Titanik” filmidagi mashhur ko‘rinishni tasvirlab bergandi. Shu yil bo‘lib o‘tgan “Oltin globus” marosimida esa Xill “Omon qolgan” filmidagi roli uchun mazkur mukofotga nomzodi qo‘yilgan Di Kaprioga shama qilib, sahnaga ayiq libosida chiqqandi.
https://youtu.be/OGG4YktdQhc | 87 | 834 |
Madaniyat | Tom Holland, Endryu Garfild yoki Tobi Maguayr: Qahramoni uchun eng ko‘p haq to‘langan “O‘rgimchak odam” kim? | Yaqinda kinoteatrlarda yangi “O‘rgimchak odam” paydo bo‘ldi, unda Tom Holland bosh rolni ijro etdi. Bu Marvel komikslari qahramoni haqidagi sakkizinchi filmdir. Ushbu franshizada qaysi aktyor eng ko‘p gonorar olishga muvaffaq bo‘ldi?
Tom Holland
Tom Holland birinchi marta “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” filmida superqahramon kostyumini kiygan. Ushbu filmdagi roli uchun u taxminan 500 ming dollar olgan. U shuningdek, kassa bonuslarini ham oldi. Natijada uning gonorari 1,5 million dollarni tashkil qilgan.
2019-yilda chiqqan “O‘rgimchak odam: Uydan uzoqda” filmida suratga tushgan aktyor taxminan 4 million dollar ishlab topgan. Yangi “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” qismidagi rol uchun aktyor qancha olgani hozircha noma’lum.
Endryu Garfild
2010-yilda Endryu Garfild birinchi marta “O‘rgimchak odam” franshizasining navbatdagi aktyori sifatida e’lon qilindi. Mish-mishlarga ko‘ra, 2012-yilda aktyor 500 ming dollar ishlab topgan. “Yangi o‘rgimchak odam: Yuqori kuchlanish” filmida suratga tushish uchun u taxminan 1 million dollar olgan.
Tobi Maguayr
Tobi Maguayr 2002-yilda chiqqan birinchi “O‘rgimchak odam” filmidagi ishi uchun 4 million dollar ishlab topgani haqida yillar davomida mish-mishlar bo‘lgan. 2004-yilda u 17,5 million dollar maosh olgan. | 108 | 1,262 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov nechanchi raqamli san’atkor ekanligiga aniqlik kiritdi | O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekov o‘zining nechanchi raqamli san’atkorligi haqidagi savolga aniqlik kiritdi, deya ma’lum qiladi “Darakchi.uz” nashri.
“Bekajon’ gazetasining ‘birinchi raqamli san’atkor bo‘lish qiyinmi yoki oson?’ degan savoliga Ozodbek Nazarbekov ‘Birinchi raqamli demang, keling, yaxshisi, ikkidan boshlaylik... Yo uchdanmikan? O‘sha uch men bo‘lsam kerak. Birinchi raqamli bo‘lish juda katta mas’uliyat. Qo‘shiqlarim ommaning og‘ziga tushmay qolsa, reytingim sal tushganini sezaman. San’atkorning mavqeini uning xatti-harakati tushiradi. Xalq tilida aytganda, ‘o‘zidan ketish’ san’atkorning yillab topgan obro‘yini bir kunda yo‘qotishi mumkin”, — deya javob bergan. | 73 | 729 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoni bilan mukofotlandi | Turkmaniston va O`zbekiston Respublikasi san`at va madaniyat sohasi vakillarining onlayn uchrashuvi bo`lib o`tdi...
Unda Turkmaniston Prezidenti hurmatli Gurbangul Myalikgulevich Berdimuhamedovning O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Turkmanistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoni bilan taqdirlash to`g`risidagi Farmoni e`lon qilindi va rasmiy tarzda masofadan topshirildi.
Turkmanistonning ushbu yuksak unvoni bilan Ozodbek Nazarbekov ikki mamlakat xalqlari o`rtasidagi do`stlik, qardoshlik, qo`shiq va musiqa san`atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi. | 84 | 598 |
Madaniyat | “Fazilat xonim va qizlari” yulduzi Afra Sarachog‘lu aktrisa ekanligidan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi | O‘zbek tomoshabinlariga “Fazilat xonim qizlari” hamda “Opa-singil qizlari” kabi seriallardagi obrazlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktrisasi Afra Sarachog‘lu Re Touch Mag jurnaliga intervyu berdi.
Yosh bo‘lishiga qaramay turk kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Afra Sarachog‘li ilk bora “Ikkinchi imkoniyat” filmida Nurgul Yashilchoyning qizi – Chechak obrazida ekran yuzini ko‘rdi. Ushbu film aktrisaning hayoti va kinodagi faoliyati uchun ajoyib qadam bo‘ldi.
1997-yil 2-dekabrda Istanbulda dunyoga kelgan Afraning ota-onasi bolaligidayoq ajrashib ketgan. Afra onasi bilan birgalikda yashaydi. U hamisha onasiga dalda bo‘lib keldi. Doimo moddiy qiyinchilik aziyat chekkan Afra 13 yoshidan ishlay boshlaydi.
Aslida film rejissori O‘zjan Deniz e’lon qilgan kastingga Afraning onasi qizining nomidan hujjat yuborgan edi. Eskishaharga o‘qish uchun yo‘lga chiqqan bo‘lajak aktrisa onasini ham yolg‘iz qoldirmadi. Ona ham qizining aktrisalik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda bosh bo‘ldi. 2016-yil O‘zjan Deniz hamda Nurgul Yashilchoy kabi taniqli aktyorlar bilan birgalikda “Ikkinchi imkoniyat” filmida rol ijro etish Afraga nasib etdi.
2018-yil “Yaxshi o‘yin” filmida aktyor Mert Yazijio‘g‘li bilan tanishib qoladi. Shu ondan boshlab o‘zi kabi aktyor bo‘lgan Mertga muhabbat borasida imkon berdi. Intervyularning birida Mert bilan bog‘liq savolga aktrisa shunday javob beradi: “Ishomasam, imkon bermasdim, bu mening do‘stlarimga ham tegishli. Shuning uchun ham, avvalo, biror narsani baham ko‘rishim uchun ishonch hisi paydo bo‘lishi kerak. Sevgida romantik, hayotda realistman!” Eng qizig‘i, ularning munosabati jiddiylashgani sari bir-biriga mehr qo‘ygan ikki yoshning nikoh to‘yi qachon bo‘lishidan muxlislari xavotirda.
Aktrisadan, hayotingiz davomida afsuslanishga majbur qilgan ishingiz nima, deb so‘rashganida, u “Aktrisa bo‘lganim”, deb javob qaytardi.
Afra Sarachog‘lu shu kungacha “Yomon bola”, “Ishqmi bu?” filmlari, “Fazilat xonim va qizlari”, “Opa-singil qizlari”, “O‘qituvchi” seriallarida bosh rollarni ijro etgan. | 105 | 2,035 |
Madaniyat | Odamlar ongidagi Renessans madaniyatga bo`lgan ma`rifiy yondashuv bilan bog`liq — Janik Fayziev | O`zbekiston madaniy meros haftaligining mehmoni, taniqli rejissyor va prodyuser Jahongir Fayziev o`zining eksklyuziv intervyusida «O`zbekkino» Milliy agentligi bilan hamokrlikdagi qo`shma loyihasi haqida so`zlab berdi. Shuningdek, Toshkent kinofestivalining qayta tiklanishi haqida, O`zbekiston madaniy merosini saqlash va mamlakat tarixidagi yangi Renessans davrining ahamiyati to`g`risida ham o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Quyida taniqli rejissyor bilan tayyorlangan intervyu bilan tanishishingiz mumkin.
– Siz Toshkentda Toshkent kinofestivalining qayta tiklanishi haqidagi xabarni qanday baholaysiz?
– Bilasizmi, menimcha, aslida muhimi bu emas. Har qanday kinofestival – bu bayram, quvonchli voqea, lekin menimcha, eng muhimi, bugungi kunda madaniyatga bo`lgan munosabatning o`zgargani va bu, mening fikrimcha, odamlarga bo`lgan munosabatning va mamlakat ichkarisida sodir bo`layotgan barcha jarayonlarning o`zgarganini bildiradi. Bu erga kelib ko`rganlarim, men suhbatlashgan odamlarga qarab yoki sizning Bosh vazir o`rinbosaringiz ancha yosh ekanligidan kelib chiqib xulosa qiladigan bo`lsam, bularning barchasi kishiga o`zgacha quvonch bag`ishlaydi va, nihoyat, geografik joylashuvi, mehribon, iste`dodli va xayrixoh odamlari tufayli O`zbekiston o`zi munosib bo`lgan zaruriy o`zgarishlarga erishishiga umid uyg`otadi.
– Siz O`zbekiston farzandi sifatida ushbu haftalikning mavzusini qanday angladingiz, O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori, deganda nimani tushundingiz?
– Men Men Renessans davri atigi ikkita bo`lganiga ishonmayman, o`ylashimcha, bunday davrlar ko`p bo`lgan. O`zbekiston xalqi bunday davrlar, taraqqiyot faslining bir nechtasini boshidan kechirgan. Renessans odamlar ongida madaniyat, fan va xalqqa bo`lgan dunyoviy munosabatlar bilan bog`lanadi. Dunyoviy munosabatga fikr erkinligini ta`minlamay turib erishish mumkin emas, chunki fikr erkinligi vijdon erkinligiga, vijdon erkinligi diniy bag`rikenglikka olib keladi, u esa o`z navbatida jamiyatni to`liq demokratlashtirish sari etaklaydi. O`zbekiston o`zida bor boylik – betakror iqlimi, saxovatli quyoshi, mevalari, barcha iqlimiy hududlari, insonlarining mehnatsevarligi va ochiqko`ngilliligi bilan dunyo reytingida eng yuqori o`rinlarni egallashga loyiq mamlakat, deb hisoblayman.
– Buyuk ipak yo`li haqidagi loyiha to`g`risida gapirib bersangiz. Bu loyiha O`zbekiston madaniy merosini saqlash va ommalashtirishga qanday hissa qo`shishi mumkin?
– Buyuk ipak yo`li kabi noyob madaniy hodisa – shunday davrki, u dunyoga juda ko`plab buyuk insonlarni va mutafakkirlarni etishtirib bergan. Bu haqda badiiy filmlar ishlash ancha mushkul, ammo bu haqda ilmiy asarlar yozish, hujjatli filmlar yaratish juda muhim. Hozirgi kunda o`zining qobig`ida yashayotgan odamlarda ota-onasi pul topish ilinjida og`ir mehnat qilishga majbur bo`lgan qaysidir bolada kelajakning Al-Xorazmiysi yoki Ulug`begining tafakkuri bo`lishi mumkinligiga ishonch uyg`otish kerak. Biz bekorchi xayollar bilan osmonlarda uchib yurmay, o`z dunyomizda o`zimizni inson sifatida his qilib yashashga haqli ekanimizni his qilishimiz uchun ishonch bo`lishi kerak.
Har qanday ulkan voqelik singari, Buyuk ipak yo`li hodisasini ham qandaydir bir uslub bilan yoritib bo`lmaydi. Shuning uchun biz uni loyiha deb atadik va unda badiiy film, muayyan jurnalistik dasturlari, turli xil maqolalar va boshqa manbalar turkumi qamrab olinishi kerak. Buyuk ipak yo`li bir necha asrlar davomida mavjud bo`lgan, bu erda o`z-o`zidan har 30–50 yilda hayotda ham, mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarda ham juda ko`p o`zgarishlar yuz bergan. Ushbu davrlarning har biri alohida e`tiborga loyiq va biz hozir ushbu g`oya va mavzuni yanada to`liqroq ochib berish ustida bosh qotirayapmiz. | 95 | 3,726 |
Madaniyat | “Yolg‘izlikning yuz yili” asari ekranlashtirilib, serial yaratiladi | Netflix Striming servisi Gabriel Garsiya Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” asarini sotib olib, uni ekranlashtirish huquqiga ega bo‘ldi, deb yozadi Meduza.
Xabarda aytilishicha, ushbu kitob asosida ispan tilida serial suratga olinib, Markesning o‘g‘illari uning ijodiy prodyusserlari bo‘ladi.
Netflix loyiha haqida boshqa hech qandan ma’lumotlarni oshkor qilmagan.
Gabriel Garsiya Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” romani 1967-yilda chop etilgan va shu vaqtgacha biror marta ekranlashtirilmagan. | 67 | 501 |
Madaniyat | Taniqli aktyor Bobur Yuldashev lavozimga tayinlandi | O`zbekiston Davlat Yoshlar teatri oliy toifali aktyori Yuldashev Bobur Bahodirovich "Diydor" yoshlar teatriga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Bobur Yuldashev 1979 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, ma`lumoti oliy. O`zbekiston Yoshlar teatri qoshidagi dramatik san`at maktab-studiyasini tugatgan. 2003 yilda Toshkent Davlat san`at institutining «Drama teatri va kino aktyorligi» fakultetini tamomlagan va shu teatrda 26 yildan buyon faoliyat olib boradi.
Mehnat faoliyatini 1995 yilda Yoshlar teatrining yordamchisi vazifasidan boshlagan. Teatrdagi faoliyati davomida aktyor 40 ga yaqin esda qolarli rollarni ijro etgan.
1998 yildan buyon teatr bilan birga kino va televidenie yo`nalishida ham ijodiy faoliyatini olib boradi.
Ma`lumot o`rnida, bundan oldin "Diydor" yoshlar teatriga rahbarligida Bobur Yuldashev otasi Bahodir Yuldashev ishlagan. U 2021 yil 16 may kuni 76 yoshida vafot etgan edi. | 52 | 936 |
Madaniyat | Ulug‘bek Rahmatullayev “Xizmat ko‘rsatgan artist” bo‘ldi, Manzuraga esa “Shuhrat” medali berildi | Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi.
Unga ko‘ra, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi Rahmatullayev Ulug‘bek Ibragimovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi.
Bundan tashqari, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining boshqa xonandalari — Atamuhamedov Akbar Hamidovich, Raimjonov Mashhurbek Mamadaliyevich va Yo‘ldosheva Manzura Muborakovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. | 96 | 743 |
Madaniyat | “Mango” guruhi xonandasi Xamdam uylandi (foto+video) | “Mango” guruhi vakili xonanda Xamdam 26-oktabr kuni bo‘ydoqlar safini tark etdi. Bu haqda MyDay xabar berdi.
Xamdam va Marjonaning baxt to‘yiga shou-biznes vakillari tashrif buyurishdi. Ular qatorida Sevara Soliyeva, Dilso‘z, Sevinch Mo‘minova, Sharof Muqimova, Nargiz va boshqalarni ko‘rish mumkin.
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 52 | 383 |
Madaniyat | Dildora Niyozova nima sababdan hijobga kirgani hamda endi to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida so‘zlab berdi (video) | Taniqli xonanda Dildora Niyozova “Mirsodiqova bilan” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi hamda ro‘mol o‘ragani sabablari haqida so‘zlab berdi.
“Har bir ayol ro‘mol o‘rashni xohlaydi. Mening uyimda qo‘shiq qo‘yilmaydi, faqat Qur’on qo‘yiladi. Ko‘pincha rivoyat va hadislarni eshitaman. San’atda ayol kishiga juda qiyin, shayton bor, lekin san’atda bu narsa juda kuchli. San’atkor bo‘lish mas’uliyati qiyin, chunki sizning har bir harakatingiz e’tiborda bo‘ladi. Avvaldan orzu qilardim, lekin san’atkorman, menga bu narsa to‘g‘ri kelmaydi. Ro‘mol o‘rasam, keyin meni hech kim to‘yga aytmay qo‘yadi, deb o‘ylardim. Lekin ro‘mol insonni o‘zgartirib yuborarkan, mas’uliyatingiz ortar ekan.
To‘g‘risini aytaman, men o‘zimni kimlargadir ko‘z-ko‘z qilish uchun yoki endi men boshqacha ayol bo‘ldim, deyish uchun o‘ramadim. Shu narsaga amin bo‘ldimki, oddiygina bir ro‘mol inson xarakterini o‘zgartirib yuborar ekan. Avvalgi xatolarimni to‘g‘rilashga harakat qilyapman. O‘zi oldindan aytib yurardim, tug‘ilgan kunimda ro‘mol o‘rayman, deb. 42 yoshga to‘lgan kunim o‘radim”, — deydi xonanda.
Shuningdek, Dildora Niyozova bundan buyon to‘ylarga chiqish-chiqmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
“Ozmi, ko‘pmi muxlislarim bor. Hozir birdan san’atni tark etsam, xato bo‘ladi. Ro‘mol o‘radim, lekin tarki dunyo qilmadim, san’atdan ketmadim. Hozircha faqat ayollar ishtirokidagi davralarga xizmatga boraman”, — deydi xonanda. | 116 | 1,399 |
Madaniyat | “O‘zbekkino”da Sony kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi | 23-sentabr kuni “O‘zbekkino” milliy agentligida Sony kompaniyasining Moskva filiali vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda agentlik bosh direktori A. Musayev, bo‘lim boshlig‘i B. Muhamedov, Sony kompaniyasi Moskva bo‘limini rivojlantirish departamenti mudiri N. Nalivko, texnik bo‘lim rahbari o‘rinbosari D. Bunevich, kompaniyaning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori “DatEX-Systems” MChJ rahbari B. Burkatskiy ishtirok etdi.
Uchrashuv shu yilning may oyida “O‘zbekkino” delegatsiyasining Rossiya va Chexiya davlatlariga uyushtirgan rasmiy tashrifi natijasida amalga oshirildi.
Uchrashuv davomida “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda uni yangi raqamli texnologiyalar bilan jihozlash bo‘yicha o‘zaro hamkrolikni yo‘lga qo‘yishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng Sony vakillari tomonidan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rahbari H. Nasimov boshchiligidagi kinooperatorlarga so‘nggi rusumdagi Sony F-55 videokamerasi ma’lum muddatga foydalanish uchun beg‘araz topshirildi. | 70 | 1,074 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.