folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Abdulla Qurbonov Jahongir Otajonov bilan bo‘lgan janjalning oxiri nima bilan tugaganiga oydinlik kiritdi (video) | Xonanda Abdulla Qurbonov “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Xonanda Abdulla Qurbonovning hamkasbi Jahongir Otajonovga yo‘llagan audioyozuvlari ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
Ushbu shov-shuvli vaziyat “O‘zbekkonsert” tomonidan xonanda Abdulla Qurbonovning litsenziyasi olib qo‘yilishi bilan yakunlangandi.
Xonanda Abdulla Qurbonov suhbat davomida Jahongir Otajonov bilan janjali sabab, hamkasbi bilan avvaldan kelishmovchiliklari bor yoki yo‘qligiga oydinlik kiritdi.
Men kechirim so‘raydigan ish qilganim yo‘q. Jahongir Otajonovni o‘zimning ukam deb bilar edim. Akaning ukani urushishga, tanbeh berishga haqqi bor. Bir paytlar ‘Panorama’da, ijodimning 10 yilligiga bag‘ishlangan konsert dasturimda, Jahongir Otajonovni birinchilardan bo‘lib taklif etganman. ‘Jahongir, kel ukam, ustozlarning qo‘shig‘ini zo‘r aytibsan, kel’, deganman. O‘zimning ukam deb, chin mehr bilan yondashganman o‘shanda.
U ham o‘ziga kerakli xulosani chiqarib oldi. Men shunaqa fikrdaman. Biz u bilan ko‘rishdik. Ko‘rishganda ham ‘Aka, nega unaqa dedingiz, ukam, nimaga bunaqa deding’, demadik, unaqa narsalar yopildi, ketdi. Ketganiga achinma deyishadi-ku.
Hech qaysi bir san’atkorga shaxsiy adovatim yo‘q. Negaki o‘zim ham san’atkorman, san’atdan nonimni yeganman, san’atdan baxtimni topganman, xalq nazariga tushganman. Jahongirga hech qanaqa yomonligim yo‘q. Telegram’dagi o‘rtoqlarimga to‘g‘ri ma’noda ‘aytib qo‘yinglar chegaradan chiqmasin, iloji boricha kibrdan qochsin’, deganman. U chiqargan videoda ‘jonli ijroda kuylash senlarga emas’, degan gapi menga yoqmagan.
O‘zingdan bir kun avval bo‘lsa ham sahnaga chiqqan odamni hurmatini qilish kerak. Har bir insonni hurmatini, ehtiromini qilish kerak. San’at maydonida faqat u emas-ku yoki o‘zidan o‘zi mashhur bo‘lib qolmagan-ku.
O‘sha audio xabarlar tarqab ketgani noto‘g‘ri bo‘ldi. Do‘st deb bilganlarim, non-tuz yeb yurganlarim shunday qilishdi. Qanday qilib keyin ularni do‘st deb bilasiz? Ulardan birortasi ‘men tarqatib yubordim’ deya olmadi. Deganida o‘zlari nima bo‘lishini bilishardi. Mendan qanaqa javob olib, nima bilan tugashini yaxshi bilishar edi.
Abdulla Qurbonov, xonanda
Ma’lumot uchun, xonanda Abdulla Qurbonovning litsenziyasi hamkasbi Jahongir Otajonov bilan bir vaqtda qaytarildi. Xonanda Jahongir Otajonov 2019-yilning 14-oktabr kuni litsenziyasidan ayrildi. “O‘zbekkonsert” xonandaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan har xil video lavhalari va undagi xatti-harakatlarini buning sababi qilib ko‘rsatgan edi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida 2019-yil 16-oktabr kuni shoshilinch brifing o‘tkazildi. Yig‘ilishda xonandalar Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va qiziqchi Halima Ibragimovaning litsenziyasi qaytarib berilgani ma’lum qilindi.
Abdulla Qurbonov suhbat davomida qamalishining sababi, nega ijodida turg‘unlik bo‘layotgani, 2019-yildagi u bilan bog‘liq bir qancha shov-shuvli vaziyatlarga oydinlik kiritgan. | 112 | 3,003 |
Madaniyat | Mel Gibson Sidney kinofestivali “qahramoni”ga aylandi | Taniqli kinoaktyor Mel Gibson Avstraliyaning Sidney shahridagi kinofestivalning haqiqiy “qahramoni”ga aylanadi: uch nafar bola bilan kelgan ayolni avval turtib yuborib, so‘ng kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qildi. Guvohlarning aytishicha, bunga oddiygina fotosurat sabab bo‘lgan. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
“Men Gibsonni unga hamrohlik qilayotgan qiz bilan birga suratga oldim, xolos. U menga baqirib berdi, haqoratladi, turtib yubordi, hatto qo‘l ko‘tarishdan ham toymasa kerak, deb o‘ylagandim. Oddiygina fotosurat odamni shunchalik darg‘azab etishini tasavvur ham qilmagandim”, – deya shikoyat qildi jabrdiyda Kristi Miller.
59 yoshli aktyor 24 yoshli ma’shuqasi Rozalind Ross “Mel, yetar”, deya tinchlantirgandan keyingina o‘ziga kelgan. | 53 | 759 |
Madaniyat | Xonanda Gulasal Abdullayevaning nikoh oqshomi (foto) | Avvalroq “Nihol” mukofoti sovrindori Gulasal Abdullayeva turmushga chiqqani haqida ma’lumot berilgan edi. 8-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Yakkasaroy” restoranida ikki yoshning tantanali nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi My Day. Kelin-kuyovni bu quvonchli kun bilan tabriklash maqsadida ko‘plab san’at sohasi vakillari tashrif buyurdi. | 52 | 342 |
Madaniyat | Gollivud aktyori Jeymi Foks yonib turgan mashina ichidagi odamni qutqardi | Taniqli aktyor Jeymi Foks nafaqat ekranda, balki hayotda ham qahramon bo‘lib chiqdi, deb yozadi “TASS”.
Kaliforniya shtati patrul-post xizmati xabariga ko‘ra, 18-yanvar, dushanba kuni aktyorning uyi qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi: Toyota Tacoma yo‘l chetidagi ariqqa qarab otilib ketdi, mashina bir necha marta dumalab, so‘ng yonib ketdi.
Foks va voqeaning yana bir necha guvohi o‘z vaqtida yordamga yetib keldi, ular oynani sindirib, xavfsizlik kamarini uzdi va 32 yoshli Brett Kaylni mashinadan chiqarib oldi.
Mashinada undan boshqa odam bo‘lmagan, yigitni kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazishgan.
Jeymi Foks “Ozod etilgan Jango” (Django Unchained), “Qonunga rioya qiluvchi fuqaro” (Law Abiding Citizen), “Avliyo Valentin kuni” (Valentine’s Day), “Oq uyga hujum” (White House Down) filmlaridagi rollari bilan tanilgan. 2004-yilda u “Rey” (Ray) kartinasidagi roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. | 73 | 931 |
Madaniyat | Haligacha “Oskar”ga loyiq ko‘rilmagan taniqli va iste’dodli aktrisalar (foto) | Qimmatbaho oltin haykalcha — kino sanoatidagi har qanday professionalning orzusi. Biroq muxlislar Amerika Kino Akademiyasi vaqti-vaqti bilan mukofotsiz qoldiradigan sevimli san’atkorlariga chin dildan hamdardlik bildiradi. Gap hali “Oskar” uchun sahnaga chiqmagan sakkiz nafar iqtidorli aktrisalar haqida ketmoqda. Albatta, ular yaqin orada muvaffaqiyat qozonishi shubhasiz.
Sirsha Ronan
Sirsha Ronan katta kinodagi faoliyatini yoshligidan boshlagan va 28 yoshidayoq u to‘rt marta “Oskar”ga nomzod bo‘lgan. Garchi ba’zi taqdirlash marosimlarida u tomoshabin va tanqidchilarning sevimlilaridan biri bo‘lgan bo‘lsa-da, hanuzgacha birorta haykalchaga egalik qilmagan. Sirsha 2020-yilda ham Greta Gervigning “Kichik ayollar” filmidagi bosh roli uchun “Oskar” mukofotiga nomzodlardan biri bo‘ldi.
Izabel Yupper
Fransiya mualliflik kinosining yulduzlaridan biri Pol Verxovenning (2017) “U” filmidagi roli uchun faqat bir marta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Amerika akademiyasining mukofot bermasligi aktrisaning Yevropa festivallarining g‘olibi bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi: u Kannning ikkita kumush va Venetsiya kinofestivalida uchta mukofotiga ega.
Skarlett Yoxansson
Skarlett Yoxansson “Jojo laqabli quyon” va “Bir nikoh tarixi” filmlari uchun “Oskar”ga faqat ikki marta nomzod bo‘lgan. Shunga qaramay, Yoxansson Venetsiya kinofestivalida “Tarjima qiyinchiliklari” filmi uchun mukofotga ega.
Keri Malligan
Britaniyalik aktrisa Keri Malligan ikki marta “Oskar” mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan va 2021-yili haykalchani qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi. Uning kutilmaganda Emirald Fennelning “Umid beruvchi qiz” filmidagi jasoratli roli Amerika kino sanoatining tanqidchilari va arboblari tomonidan iliq kutib olindi, ammo Akademiyaga Frensis MakDormand ma’qul keldi.
Kirsten Danst
Kirsten Danst ushbu mukofot mavsumida avval “Oskar”ga nomzod bo‘lmagan yagona aktrisadir. U Sofiya Koppolaning ko‘plab filmlarida rol o‘ynagan va Lars fon Triyerning “Melanxoliya” filmidagi roli uchun Kannda mukofotga sazovor bo‘lgan. Lekin ushbu marosimda uzoq kutilgan natija aktrisa ishtirokidagi “It qudrati”ga nasib etdi.
Emi Adams
Ro‘yxatning rekordchisi Emi Adams jami olti marta “Oskar”ga nomzod bo‘lgan. Uning ishtirokidagi “Tillaqo‘ng‘iz, “Shubha”, “Jangchi”, “Usta” va “Hukmronlik” filmlari mashhurlikka erishib, Emini Gollivud yulduziga aylantirdi, ammo aktrisa hali “Oskar” biln taqdirlanmagan. Biroq “Oltin globus” hay’ati e’tiborliroq bo‘lib chiqdi va aktrisaning fimdagi rollarini alohida ta’kidladi.
Monika Beluchchi
Gollivuddagi eng go‘zal ayol va Italiyaning asosiy aktrisalaridan biri hech qachon Amerika Akademiyasi mukofotiga nomzod bo‘lmagan. Biroq Juzeppe Tornatore, Gaspar Noe, Emir Kusturitsa va boshqa rejissorlar filmlaridagi bosh rollar allaqachon uning professional mukofotidir.
Margo Robbi
Avstraliyalik aktrisaning ijodi turli janrlarni qamrab oladi, uning karyerasida ham kassabop blokbasterlar, ham mustaqil dramalar mavjud. Uning qobiliyati akademiklar tomonidan ikki marta qayd etilgan: Margoning “Tonya hammaga qarshi” va Jey Rouchning “Mojaro” filmidagi rollari uchun “Oskar” mukofotiga nomzodligi qo‘yilgan, ammo aktrisa haykalchaning o‘zini hali qo‘lga kiritmagan. | 77 | 3,230 |
Madaniyat | Bollivudning so‘nggi daqiqaga kelib turmush qurish fikridan qaytgan juftliklari (foto) | Turli sabablarga ko‘ra to‘yni to‘xtatgan hind kinosanoati vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Abhishek Bachchan va Karishma Kapur
Amitabh Bachchan qizi Shvetani 1997-yilda Raj Kapurning nabirasi Nikxil Nanduga uzatgan. 2002-yilda esa o‘g‘li Abhishek va Kapurlar sulolasining vakili Karishmani unashtirilganini ma’lum qilgan. “Ha, men seni sevaman” filmida birga suratga tushgan Abhishek va Karishma 5 yil uchrashib yurgan va Amitabh Bachchanning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil qilingan tantanada unashtirilgan. Shunga qaramay, juftlik to‘yga bir necha hafta qolganda munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Ba’zi manbalarda ma’lum qilinishicha, bunga Karishmaning onasi sababchi bo‘lgan, u bo‘lajak kuyovining moliyaviy ahvolidan qoniqmagan. Oradan yarim yil o‘tib, u qizi uchun o‘ziga to‘q kuyov — biznesini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan Sanjay Dattni topgan. Turmush qurgan mashhurlar ikki nafar farzand dunyoga kelganidan keyin ajrashgan. Abhishek esa “Dunyo go‘zali”
Ayshvariyaga uylanib, baxtini topgan.
Salmon Xon va Sangita Bijlani
Bollivud yulduzi Salmon Xon deyarli 10 yil davomida “Hindiston go‘zali” Sangita Bijlani bilan uchrashib yurgan. Ta’kidlanishicha, juftlik 1995-yilda turmush qurishga qaror qilgan va to‘y bilan bog‘liq hamma narsa hal qilib bo‘lingan. Nikohdan bir necha kun avval Sangitaning qulog‘iga bo‘lajak turmush o‘rtog‘i aktrisa Somi Ali bilan xiyonat qilayotgani haqidagi mish-mish yetib kelgan. Darg‘azab bo‘lgan Sangita to‘yni to‘xtatgan. Keyinroq esa Salmon Xon “Karan bilan qahva” shousida Bijla uni darhaqiqat xiyonat ustida ushlab olganini ma’lum qilgan. Shunga qaramay ular hali hamon bir-biri bilan yaxshi munosabatda. Sangita keyinroq kriket o‘yinchisi Muhammad Ajaruddinga turmushga chiqib, ajrashishga ham ulgurgan. 55 yashar Salmon esa hali ham uylanmagan.
Akshay Kumar va Ravina Tandon
Akshay Kumar Rajesh Khannaning qizi Tvinklga uylanguniga qadar, deyarli uch yil aktrisa Ravina Tandon bilan uchrashgan. Ravina bergan intervyusida Akshay bilan yashirincha unashtirilgani, ammo aktyorning karyerasiga ta’sir qilmasligi uchun bu sir tutilganini ma’lum qilgan. Keyinroq Kumarni boshqa bir aktrisa bilan uchrashib yurganini bilib qolgach, to‘yni qaytarishga qaror qilgan.
Kumar Gaurav va Rima Kapur
O‘z vaqtida Raj Kapur va Rajendra Kumar juda ham qalin do‘st bo‘lgan. Raj qizi Rimani Rajendraning o‘g‘li Gaurav bilan turmush qurishini istagan. Unashtiruv bo‘lganiga qaramay, keyinroq to‘y qaytarilgan. Aytishlaricha, bu vaqtda Kumar “Sevgi tarixi” filmidagi hamkasbi Vijayta Pandit bilan munosabatda bo‘lgan va bu unashtiruv buzilishiga asosiy sabab bo‘lgan.
Gauravning Rimadan voz kechib, Namrata Dattning qizi Nargisga uylangani esa Raj Kapur uchun og‘ir zarba bo‘lgan. | 86 | 2,730 |
Madaniyat | Rossiyalik xonanda MakSim yakkaxon konsert bilan Toshkentda mehmon bo‘ladi | Rossiyalik taniqli xonanda MakSim Toshkent shahrida mehmon bo‘lib, yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Manbada qayd etilishicha, mazkur konsert yoshlar madaniyat va san’at markazi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. “Myday.uz” sayti axborotiga ko‘ra, MakSimning konsert dasturi 29-may kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
Chiptalar “Istiqlol” san’at saroyi kassalarida 10 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha etib belgilangan narxlarda sotilmoqda. | 74 | 494 |
Madaniyat | Rejissor Kristofer Nolanning «Dyunkerk» filmi ilk tizeri chiqdi | Internetda «Qora ritsar», «Muqaddima», «Interstellar» filmlari rejissori Kristofer Nolanning yangi filmi — «Dyunkerk» harbiy dramasi tizerlari paydo bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Voqealari 1940-yilda kechadigan film Fransiyaning Dyunkerk shahri yaqinida qopqonda qolib ketgan britaniyalik, fransiyalik va belgiyalik uch yuz ming nafar askarning qutqarib qolinishi haqida hikoya qiladi.
Mazkur loyiha Nolanning so‘nggi vaqtlarda suratga olgan filmlari orasida fantastik elementlardan holi birinchi kinoasar bo‘lishi mumkin. Film 2017-yil iyulida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 63 | 753 |
Madaniyat | “Issiq non” O‘zbekistondan “Oskar”ga nomzod sifatida ko‘rsatildi | O‘zbekiston milliy kinokomissiyasida 21-sentabr kuni “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga o‘zbek kinoijodkorlaridan taqdim qilingan filmlar muhokamasi bo‘lib o‘tgan.
Kadr: “Issiq non” filmi
Muhokamalarda rejissor Abduxalil Mingnorovning “Imom Termiziy”, Rixsivoy Muhammadjonovning “Qor yog‘moqda, oppoq qor”, Abduvohid G‘aniyevning “Elparvar”, Umid Hamdamovning “Issiq non”, Zulfiqor Musoqovning “Berlin—Oqqo‘rg‘on” hamda Ilhom Muhammadibrohimovning “Parvoz” filmlari ko‘rib chiqilgan.
O‘zbek kinosiga bag‘ishlab 23-sentabr kuni o‘tkazilgan forumda rejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” to‘liq metrajli badiiy filmi “Oskar” mukofotiga O‘zbekiston nomidan ilgari surilishi e’lon qilingan.
Ma’lumot uchun, 2019-yil mayida Amerika kinematografiya san’ati va fani akademiyasi O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasining muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblanadi.
Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi 2019-yil aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Oltin humo” taqdimotida “Eng yaxshi montaj ishi”, “Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi film” yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Rossiyaning Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” festivalida esa Gran-priga loyiq ko‘rilgan edi.
O‘zbek kinoijodkorlarining “Issiq non” filmi Rossiyaning “Kinoshok” festivali gran-prisini qo‘lga kiritdi. Tanqidchilar film haqida qanday fikrda? | 64 | 1,445 |
Madaniyat | Dunyodagi eng yosh milliarder ayol koronavirus bilan kurashish uchun 1 mln dollar xayriya qildi | Amerikalik model Kayli Jenner koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan tibbiyot xodimlariga himoya kiyimlari va niqoblar sotib olish uchun bir million dollar ajratdi. Bu haqda amerikalik akusher-ginekolog Tais Aliabadi o‘z Instagram’ida ma’lum qildi.
Tibbiyot xodimi Kayli Jennerni “Yerdagi go‘zal farishta” deb atadi.
“Sen mening qahramonimsan. Bu xayriya ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin”, — deydi akusher-ginekolog.
Jennerning o‘zi shifokorning posti ostida izoh qoldirib, uni yaxshi ko‘rishini bildirgan hamda o‘z ishini sidqidildan amalga oshirayotgani uchun minnatdorchilik izhor etgan.
Realiti-shou yulduzi hisoblangan Kayli Jenner o‘zining shaxsiy kosmetik brendiga asos solgan. U bir yil avval dunyodagi eng yosh milliarder ayol deb topilgan. | 95 | 770 |
Madaniyat | O‘zbekistonda 20 nafar san’atkor Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi | Madaniyat vazirligida milliy madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlar, o‘zbek san’atini dunyoga tanitayotgan yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tadbirda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan kelgan 20 nafar ijodkor Prezident sovg‘asi — eng kam oylik ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlandi.
— Prezidentning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan ustoz san’atkorlar orasida ekanimdan baxtiyorman, — deydi Milliy simfonik orkestri oliy toifali artisti Zahro Abdunazarova. — 22 yildan buyon milliy simfonik orkestr yo‘nalishida ijod qilib kelaman. Bizga ko‘rsatilayotgan bu kabi yuksak e’tibor va rag‘batdan ilhom olib, kelajakda san’at sohasida yanada samarali mehnat qilamiz. | 69 | 799 |
Madaniyat | “Ummon” guruhi vakillari oila qurganidan so‘ng muxlislari kamayganini ma’lum qildi | “Ummon” guruhi vakillari Shohrux va Jasur oila qurganidan so‘ng bu holat ularning ijodiy faoliyatiga va reytingiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqidagi savolga javob berdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Jasur: “Tan olish kerak, cho‘chish hammada bo‘ladi. Tabiiyki, bizlarni ham bunday xayol chetlab o‘tgani yo‘q. Chunki o‘zingiz aytganingizdek, muxlislarimizning aksariyatini qizlar tashkil etadi. Albatta, uylanish muxlislarning kamayishiga ta’sir etmasdan qolmaydi. Ammo ish bilan bo‘lib oila, shaxsiy hayotni ham unutib qo‘yish kerak emas. Muxlislarning munosabatiga kelsak, ular bizning ijodimizga shinavandalik qilishlarini istardik”.
Shohrux: “Yashirin uylanib, keyin hammaga xuddi bo‘ydoqdek ko‘rinib yurish bizga to‘g‘ri kelmaydi. Bu juda noto‘g‘ri. Tinglovchilarimiz bizni borimizcha qabul qilishlarini istaymiz”.
Zohid: “Hayotimizni yaxshi kunini barchaga e’lon qilib, yaqinlarimiz bilan birgalikda nishonlash kabi yoqimli narsani yashirish noto‘g‘ri. Ashaddiy muxlislarimiz bizning hayotimizdagi bunday yaxshi yangiliklardan xuddi o‘zimizdek xursand bo‘lishadi, deb o‘ylayman”.
Ma’lumot uchun, “Ummon” vakillaridan birinchi bo‘lib Jasur uylandi. Uning nikoh to‘yi 2015-yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgandi. Shohrux esa 2016-yilning 15-avgust kuni oila qurdi. Guruhning yana bir a’zosi Zohid hamon bo‘ydoq. | 82 | 1,320 |
Madaniyat | Instagram: Munisa Rizayevaning onasiga sovg‘asi, davomi suratga olinayotgan “Osmondagi bolalar”, Zohid Risqiyev o‘ziga keldimi? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Rayhon Asadova yangi suratini muxlislariga namoyish qildi.
Sharof Muqimovning rafiqasi xonandaning o‘g‘li Tohir bilan tushgan videosini e’lon qildi.
Xonanda G‘ayrat Usmonov hamkasbi Ilhom Farmonov bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Xonanda Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunida qo‘shiq aytib uni tabrikladi.
Shuningdek, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonlayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
AQSHda istiqomat qilayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova qizining arxiv suratini e’lon qildi.
Dizayner, aktrisa Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i va qizalog‘i Milana bilan Umra safaridan kelgan onasining uyiga bordi.
Aktrisa Oydin Yusupova XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida tushgan suratini e’lon qildi.
Taniqli raqqosa Iroda Ismoilova shogirdlari uni “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan qanday tabriklaganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Ziyodaning singlisi Aziza Qobilova opasining “Mayli” qo‘shig‘ini cover tarzida kuylagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Aktrisa, xonanda Xusnora Shodiyeva Portugaliyaning Lissabon shahrida tushgan suratini e’lon qildi va bu shahar unga yoqqani haqida gapirdi.
Instabloger, tiktoker va xonanda Baby Mohi Shohruhxonning “Assalomu alaykum, sevgi” qo‘shig‘ini cover tarzida kuylab, muxlislariga taqdim etdi.
Aktrisa, instabloger Feruza Normatova turli giv konkurslarda uni belgilagan ayrim obunachilariga murojaat yo‘lladi va sahifasida izoh yozishni o‘chirib qo‘ygani haqida gapirdi.
Turk aktrisasi Maryam Uzerli yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Xonanda Lola barcha muxlislariga kun davomida yaxshi kayfiyat hamroh bo‘lishini tiladi.
Shu bilan birga xonanda Lola kunini farzandlari bilan o‘tkazgani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.
Aktrisa Parizoda Bo‘rixo‘jayeva sahifasiga onasi bilan tushgan suratini joyladi.
Istanbulda dam olayotgan mahoratli raqqosa Parizoda muxlislariga yangi videosi bilan ko‘rinish berdi va muhabbat haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.
Bollivud yulduzi Bipasha Basu farzand kutayotganini ma’lum qildi.
“Ummon” guruhining sobiq a’zosi Shohrux avtohalokatdan so‘ng shifoxonada davolanayotgan Zohid Risqiyevning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
“Hammaga rahmat. Kim xabar yozgan bo‘lsa, kelib xabar olgan bo‘lsa barchaga rahmat. Zohidning ahvoli yaxshi. Hammasi joyida, u davolanish bo‘limida, xavf ortda qoldi”, — deydi xonanda.
Ko‘plab tomoshabinlarning qalbidan joy olgan “Osmondagi bolalar” filmining 3-qismini suratga olish jarayonlari boshlandi. Zulfiqor Musoqov rejissorligidagi filmda Mahliyo Asqaraliyeva, Shahnoza Valiyeva va boshqa aktrisa, aktyorlar ishtirok etmoqda. | 127 | 2,772 |
Madaniyat | Yulduz Usmonovaning eri shov-shuvli “parda voqeasi” aslida qanday bo‘lgani va konsert xarajatlariga oydinlik kiritdi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 2022-yil 10—25-mart kunlari “Muhabbat” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgandi. Ushbu dasturda sahna pardasida texnik muammo bo‘lgani sababli xonanda va tomoshabinlar orasida tushunmovchilik vaziyati kelib chiqqan edi.
Yulduz Usmonova may oyining so‘nggi besh kunida 2022-yil hisobidan ikkinchi marotaba konsert dasturini taqdim qilmoqda. Yulduz Usmonovaning prodyuseri, turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan kichik intervyusida 5 kunlik konsertning xarajatlari hamda parda voqeasining aslida qanday bo‘lganiga oydinlik kiritdi.
Konsertga ketayotgan xarajatni hisoblashga qiynalib qolaman. Menimcha ushbu besh kunlik konsert uchun 500 million so‘mcha xarajat qildik. Bu puldan foyda ko‘zlanmayapti. Nostaljini insonlarga eslatib, zo‘r dastur qilsak, shuning o‘zi biz uchun yetarli bo‘ladi. Barcha yangi konsert dasturlarimizning so‘nggida eski qo‘shiqlarni ko‘p so‘rashar edi. Shu fikrlar, talablardan kelib chiqib, retro konsert qo‘yish fikri keldi.
Yuqorida aytgan xarajatlarimizdan tashqari, sahnaning muhtasham dekoratsiyasi, pardalari hamda zaldagi o‘tirg‘ichlarning g‘iloflari to‘liq o‘zgaradi. Bu ishni odatga aylantirganmiz, chunki hamma konsertimizda o‘zgacha kayfiyat, yangilik bo‘lsin, odamlar “o‘tgan yili ham shu parda, dekoratsiya edi, bu yil ham xuddi o‘shalar”, demasin, uchun bu narsalarga har yili, hamma dasturda alohida e’tibor beramiz.
O‘tgan yillarda qilingan barcha pardalar, o‘tirg‘ichlar uchun tayyorlangan maxsus g‘iloflarning barchasi omborxonada yotibdi. Kimdir so‘rasa, “foydalanaman”, desa uni berishimiz mumkin.
Ushbu konsertda 300 dan 360 kishigacha ijodkor-u, texnik xodimlargacha mehnat qilyapti. Deyarli bir oydan buyon har kuni tushlik o‘zimizning hisobimizdan bo‘lmoqda. Misol uchun, shu kuning o‘zida 25 kg guruch damlab, osh olib keldik. Bu ishlar, xarajatlar har kuni takrorlanadi. Orkestrdagi bir ijodkor “Sizlar hali tushlik ham berasizlarmi?”, deb hayron bo‘ldi. Hamma konsertimizda bu ishlarni odatga aylantirganmiz.
Sahnaga chiqayotgan barcha ijodkorlar uchun bir xil rangda Turkiyadan kiyim buyurtma berdim. Bu kiyimlar ham yetib keldi.
Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri, turmush o‘rtog‘i
Mansur Agaliyev Yulduz Usmonovaning mart oyida bo‘lib o‘tgan dasturidagi shov-shuvli “parda voqeasi” aslida qanday bo‘lganini ham gapirib berdi.
Yulduz opangiz u yerda nima bo‘layotgani tushunmay qolgan. Parda sahnaning yarmida to‘xtab qoldi. Bir bolamiz uni ko‘taraman, deb oyog‘i parda tutqichiga kirib qolib, kesilib ketgan. Bu narsaning rasmi ham bor. U narsani yopib, hamma o‘z ishi bilan bo‘ldi. Shunaqa vaziyat bo‘lib qoldi.
Ertangi kun “Yulduz Usmonova so‘kindi, unday qildi, bunday qildi”, degan xabarlar chiqdi. Ko‘p odam aslida nima bo‘lganini bilmasdan munosabat bildirdi.
Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri, turmush o‘rtog‘i | 124 | 2,884 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova vafot etdi | O‘zbek teatr va kino muxlislarining sevimli aktrisalaridan biri O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 25-avgust kuni 73 yoshida vafot etdi.
Dilbar Ikromova 1947-yilning 17-iyulida Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tug‘ilgan. U 1970-yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. O‘sha yilda sobiq Xamza, hozirgi o‘zbek milliy akademik drama teatriga ishga kirgan. “Oy tutilgan tunda” (M. Karim) spektaklidagi Zubarjat aktrisaning sahnada yaratgan ilk obrazidir.
Dilbar Ikromova Ozoda (“Imon”), Dilorom (“Oltin devor”), Feokla Ivanovna (“Uylanish”), Roller (“Qaroqchilar”), Momo (“Chimildiq”) kabi rollari bilan shuhrat qozongan.
Aktrisa “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chayongul”, “Sharif va Ma’rif”, “Chimildiq” kabi badiiy filmlarda ham esda qolarli obrazlarni yaratgan edi. | 51 | 795 |
Madaniyat | “Bolaligimizning yana bir bo‘lagi bizni tark etdi”. Anvar Obidjon haqida | O‘zbekiston xalq shoiri, o‘zbek bolalar adabiyotining buyuk namoyandasi Anvar Obidjon 11-aprel kuni vafot etdi. U 73 yoshda edi. Uning vafot etgani haqida xabardan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda asosan adibning asarlarini o‘qib voyaga yetgan avlod vakillari tomonidan xotiralar, Anvar Obidjonga rahmatlar e’lon qilindi.
Bir yilcha oldin Xayrulla Hamidovning “Ildiz” loyihasida intervyu bergan Usmon Azim qiziq va juda muhim fikrni ilgari surgandi. Xudoyberdi To‘xtaboyev va Anvar Obidjon kabi adiblarni alohida e’zozlash kerakligini ta’kidlar ekan, Usmon Azim buning sababini qo‘yidagicha izohlagan edi: “Aynan bolalar adabiyotida ijod qiladigan yozuvchi va shoirlarning o‘rni boshqacha. Chunki ularning asarlari tufayli inson bolaligidan kitobga oshno tutinadi. Kitobxonlarning paydo bo‘lishida bu juda ahamiyatli”.
Anvar Obidjon va Xudoyberdi To‘xtaboyev.
Haqiqatan ham, odatda sevimli yozuvchilar haqida so‘ralganda kattaroq fikr yuritgandek bo‘lamiz. Aytmatov deymiz, Markes deymiz, xuddiki yuqorida nomlari tilga olingan bolalar adiblarining asarlari ancha jo‘n, sodda ko‘rinadi. Ammo bu asarlar bizning birinchi muhabbatimiz kabi juda qadrli — hammamiz Hoshimjonni, Meshpolvonni, Tom Soyerni o‘qib katta bo‘lganmiz. Agar bu qahramonlar, bu yozuvchilar bo‘lmaganda, kim biladi, biz bu sehrli olamga, kitobxonlikka kirarmidik yoki yo‘q.
Aslida ancha sodda ko‘ringan, oddiy voqealarni yozish yana-da qiyin, yosh bolalardek beg‘ubor fikrlash, voqealarga ulardek qaray olish, xullas, bolalarni qiziqtirish oson ish emas. Axir Markesning asarini bir kitobxon qo‘liga oladi, Anvar Obidjonni esa, ehtimol, ilk bor qo‘liga kitob ushlab turgan bolakay... Markes yoqmasa, irg‘itib, boshqa kitobga o‘tiladi, Anvar Obidjon esa o‘sha yangi o‘quvchini shu olamda olib qola bilish kerak. Mas’uliyat kattaroq.
Bolaligimizning yana bir bo‘lagi bizni tark etdi. O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi.
Bitta shoir kamaysa nima,
Charx yaratar boshqa nusxasin.
Cho‘kib ketsa to‘fonda kema,
Pishiqrog‘in yasar ustasi.
To‘fonlardan seskanma, qalbim,
Qayiqlardek suzma qirg‘oqlab.
Kemaman deb ummonga talpin,
Yuz baloga o‘zingni chog‘lab.
© Anvar Obidjon
Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.
Sevimli yozuvchimiz, samimiy va boladek ko‘ngli toza ijodkor, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etibdi. Inna lillahi va inna ilayhi roji’un...
Anvar Obidjon bolalar davrasida.
“Meshpolvonning sarguzashtlari” kitobini bolalikda yotib olib o‘qiganman. Usta Gulmati sarguzashtlari, o‘sha kitobdagi qiziqarli maqolalar esimda. O‘quvchilik paytimda Alisher Navoiy asarlariga qiziqmasdim, darsliklardagi bayonlarga tushunmasdim. Ammo Anvar Obidjon uning misralaridagi “payvandimni payvandimga bog‘langiz”, “qizilu sorig‘u yashil” degan so‘zlarni “Navoiy katta kashfiyotchi bo‘lganda, svarka haqida gapirganmikin, svetofor haqida aytmoqchi bo‘lganmi”, degan qiziq gaplarni qahramonlariga gapirtirib, bola aqlimni Alisher Navoiyga qiziqtirib qo‘ygandi...
Bolaligim kitoblari yodga tushib ketdi. Barcha yaxshi va beg‘ubor she’rlar va asarlar uchun katta rahmat, Anvar Obidjon! Oxiratingiz obod bo‘lsin! | 72 | 3,088 |
Madaniyat | Amerikalik yaxtachi Jeyms Kemeronni “Titanik” filmida o‘z ajdodlari tarixidan foydalanganlikda ayblamoqda | Floridada istiqomat qiluvchi yaxtachi (yaxtalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis) Stiven Kammings rejissor Jeyms Kemeronni sudga berdi. Amerikalikning so‘zlariga ko‘ra, Kemeron uning ajdodlari tarixidan foydalanib “Titanik” filmida bosh qahramon obrazini yaratgan, deb xabar berdi TMZ.
Kammingsning ta’kidlashicha, u o‘zining qarindoshlari haqida do‘slariga so‘zlab bergani sabab Kameron bundan xabar topgan. Uning aytishicha, yaxtachining ajdodlari hisoblanmish er-xotin “Titanik”da sayohatga chiqqan. Kema halokatga uchrashi oqibatida erkak halok bo‘lgan, ayol esa tirik qolgan.
Amerikalik yaxtachi rejissordan 300 million dollar va 1997-yilda filmlar uchun to‘langan mualliflik mablag‘larining bir foizini talab qilmoqda.
“Titanik” filmi 11 ta “Oskar”, to‘rtta “Oltin globus” va beshta Grammy mukofotini qo‘lga kiritgan. Jahon prokatida 2,18 milliard dollar mablag‘ yiqqan.
1912-yil 15-aprelda “Titanik” aysbergga urilib halokatga uchrashi oqibatida 1496 nafar odam halok bo‘lgan, 712 kishini qutqarib qolingan edi. | 105 | 1,019 |
Madaniyat | Instagram: Yusufxon Nurmatov uylandi, ajrashganini muhokama qilayotganlarga Ruxshonaning javobi, Munisa Rizayeva uyini sotmoqda | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Botir Qodirov “Shahnoza” deb nomlangan qo‘shig‘i taqdimotini o‘tkazdi.
Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Yulduz Usmonova Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Chorkesar shaharchasida yashovchi ashaddiy muxlislari bilan diydorlashdi.
Shahlo Ahmedova fazogir obrazida.
Ruxshona ajrashganini muhokama qilayotganlarga murojaat yo‘lladi.
Zarina Nizomiddinova sahifasiga yangi surat joyladi.
Rixsitilla Abdullayev teatrdan qancha oylik olishi va bir oyda qancha pul sarflashi bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qildi.
Hosila Rahimova Istanbuldan Toshkentga qaytdi.
Feruza Normatova hijob hayotini 100 foizga o‘zgartirgani haqida gapirdi.
Priti Zinta muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Munisa Rizayeva poytaxtdagi S-1 mavzesida joylashgan kvartirasini sotayotganini ma’lum qildi.
Nargiza Salmonova ham sahifasiga yangi surat joyladi.
1-noyabr kuni ustazoda san’atkor Yusufxon Nurmatov uylandi. To‘y Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tdi. | 127 | 1,134 |
Madaniyat | Lola va DJ Piligrimning real voqealarga asoslangan yangi klipi muxlislar e’tiboriga havola etildi (video) | O‘zbek estradasida o‘z yo‘nalishidagi qo‘shiqlari va kliplari bilan ajralib turuvchi ijodkorlar — Lola va DJ Piligrim yangi duet tarona tayyorladi, deb xabar bermoqda Popcorn.uz.
DJ Piligrim mazkur qo‘shiqni Lola uchun maxsus yozgani haqida avval ham ma’lum qilgandik.
“Yulduz” deya atalgan tarona 9-sentabr kuni soat 18:20 da “O‘zbegim taronasi” radiosining “Premyera” loyihasida muxlislar e’tiboriga havola etildi.
Tinglovchilar bu duetning matni va musiqasi o‘zaro hamohanglikda yaratilganligi, Lola va DJ Piligrimning ijrosi esa bu duetning ta’sirchanligini yanada oshirganligini e’tirof etdi. Qo‘shiq deyarli barcha uchun kutilmagan bo‘lib, a’lo bahoga erishdi.
Qo‘shiqning matn va musiqasi shaxsan DJ Piligrimga tegishli bo‘lib, jo‘shqin ruhdagi aranjirovka Jasur Badalboyev tomonidan tayyorlangan.
Duet uchun original g‘oya asosida yaratilgan klip Jasur Shametov tomonidan suratga olindi.
Syujet yo‘nalishida tayyorlangan videoklipning g‘oyasi ustida butun jamoa birgalikda ish olib borgan.
Jamoa yakunda real voqeani asos sifatida tanlashga qaror qildi, deyiladi Popcorn.uz’da. | 105 | 1,092 |
Madaniyat | Yoshi ellikdan oshganiga ishonish qiyin bo‘lgan mashhur ayollar: Ularning go‘zalligi siri nimada? | Tashqi ko‘rinishi sabab tengdoshlaridan yosh ko‘rinadigan mashhurlar haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Olga Kabo — 53 yosh
Olga hech qachon tashqi ko‘rinishiga jiddiy e’tibor berishini yashirmagan. U sog‘lom ovqatlanishga amal qiladi va ratsiondan o‘rin olgan foydali mahsulotlar yaxshi ko‘rinishning garovi ekaniga ishonadi.
Sheron Stoun — 63 yosh
Gollivudning eng go‘zal aktrisalaridan hisoblangan Sheron 15 yosh kichkina ko‘rinadi. Sarvqomat ko‘rinish uchun ortiqcha harakat qilmaydigan Stoun yosh o‘tishi bilan husniga o‘ziga xoslik qo‘shilishiga ishonadi.
Elizabet Xyorli — 56 yosh
Ko‘rinishiga ko‘pchilik havas bilan qariydigan Elizabetning yosh ko‘rinish siri uyqudan bir necha soat avval ovqatlanmaslik, qovurilgan va xamirli taomlardan tiyilish bilan bog‘liq.
Xolli Berri — 55 yosh
Xolli esa mukammal ko‘rinish uchun ter to‘kib mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishini yashirmaydi.
Juliana Mur — 61 yosh
Yillar o‘tgani sayin latofati ortayotgan Mur katta bo‘lgani sayin o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortayotganini aytishdan charchamaydi.
Valeriya — 53 yosh
To‘g‘ri turmush tarziga amal qilib, yoga bilan shug‘ullanadigan xonanda kosmetologga murojaat qilib turishini ham aslo yashirmaydi.
Demi Mur — 59 yosh
Demi esa plastik jarrohlik, shaxsiy parhezshunoslarga pul ayab o‘tirmaydi. Shu bilan birga, fitness va yoga bilan shug‘ullanishni ham kanda qilmaydi.
Monika Beluchchi — 57 yosh
Monika plastik jarrohlik va inyeksiyalarsiz ham shundoq chiroyli. “Hamma gap energiyada. Ayollar uchun qanday o‘y-xayol bilan yashayotgani juda ham muhim sanaladi”.
Juliya Roberts — 54 yosh
2021-yilda aktrisa People jurnalining eng go‘zal ayollari ro‘yxatida ikkinchi yil takror yetakchilik qilgan. U go‘zallik sirini to‘g‘ri insonga turmushga chiqish, farzandli bo‘lish va yaxshi dugonalarni qadriga yetish kerakligini aytadi.
Oksana Fandera — 54 yosh
Aktrisaning tashqi ko‘rinishi va qomatiga nazar tashlab, uning 54 yosh ekaniga ishonish qiyin. | 97 | 1,962 |
Madaniyat | Kris Prett “Yura davri dunyosi” filmlarining davomi uchun 100 million dollar oladi | Universal studiyasi yana to‘rtta filmda ishtirok etishi uchun Kris Prett bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. “Yura davri dunyosi” filmining qolgan qismlari uchun aktyor 100 million dollar, filmlar asli kabi muvaffaqiyatli chiqqan taqdirda esa hatto bundan ham ko‘proq haq olishi mumkin. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Studiya filmlarni qachon suratga olishni boshlashi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi. Prettning o‘zi esa Indiana Jons haqidagi filmlarni qayta suratga olish va kimsan, Xarrison Fordning o‘rnini bosish masalasida taklif kiritgan Paramount studiyasi bilan ham muzokaralar olib bormoqda. | 82 | 614 |
Madaniyat | O‘zbekistonda “yulduz”larni buyurtma qiluvchi mobil dastur paydo bo‘ldi | O‘zbekistondagi san’atkorlar ro‘yxati va ular bilan bog‘lanish uchun barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yangi mobil dastur paydo bo‘ldi. Bu haqda “Podrobno” nashri xabar berdi.
Foto © Google Play
Ushbu dastur iShow.uz deb atalib, uni Google Play do‘konidan yuklab olish mumkin. Dastur do‘konga shu yilning 12-noyabr kuni joylangan bo‘lib, u “yulduzlar katalogi bilan tanishtiruvchi ilk mobil dastur” deb ta’riflangan. “To‘yingizda ishtirok etish uchun yulduzga buyurtma bermoqchimisiz? Tug‘ilgan kunga boshlovchi taklif qilmoqchimisiz? iShow.uz mobil dasturidan foydalaning”, — deyiladi ta’rifda.
Foto © Podrobno
Nashr xodimlari ushbu dasturni sinab ko‘rgani, biroq unda ko‘rsatilgan telefon raqamlariga ulanib bo‘lmaganini qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha, katalogda ko‘pchilik san’atkorlarga bir xil telefon raqami biriktirilgan. “Balki bu raqam ularning prodyuseri yoki direktoriga tegishlidir?” — deya ta’kidlanadi xabarda. Shuningdek, bu dasturda mavjud bo‘lgan texnik nosozliklar natijasi bo‘lishi mumkinligi ham taxmin qilindi. | 71 | 1,044 |
Madaniyat | O‘zbekistonda ikki marta efirdan olib tashlangan “Sevgi iztirobi” seriali yana namoyish etiladi | Ikki marta efirdan olib tashlangan Turkiyaning “Sevgi iztirobi” (“Kara sevda”) seriali tez kunda Zo‘r TV telekanali orqali namoyish etila boshlaydi. Bu haqda telekanalning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
“Sevgi iztirobi” Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. Ushbu serial O‘zbekistonda tezda ommalashdi, hatto choyxonalarda ham serialni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Uning reklama bannerlarini poytaxt ko‘chalarida ham ko‘rish mumkin edi.
2018-yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi.
Zo‘r TV telekanali 2019-yil iyul oyida “Sevgi iztirobi” efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi.
Ertasi kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi.
Ma’lumot uchun, “Kara sevda” seriali Turkiyada 2015-yildan 2017-yil yozigacha namoyish etilgan bo‘lib, 2 mavsum va 74 qismdan iborat. Uning har bir qismi 120—150 daqiqadan iborat. Serialning har bir epizodi turli davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham bir necha qismlarga bo‘lib uzatildi. Serial 2017-yilda “Yilning eng yaxshi telenovellasi” nominatsiyasida “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi. Dunyoning 20 dan ortiq davlatida, xususan, BAA, Iroq, Afg‘oniston Islom respublikalarida ham namoyish etildi. | 95 | 1,562 |
Madaniyat | Rossiyalik taniqli rejissor Karen Oganesyan o‘z filmi uchun navbatdagi epizodni O‘zbekistonda suratga olishni boshladi | Rossiyalik taniqli rejissor Karen Oganesyan “NTV” telekanali uchun ko‘p qismli “Tasodifiy yubiley yo‘lovchi” filmining yangi epizodlarini O‘zbekistonda suratga olishni boshladi, deb xabar berdi “MyDay.uz”.
Yangi epizodda harbiy orkestrning dramatik tarixi hikoya qilinadi. Filmda bosh rollarni Vladimir Mashkov, Olga Medinich hamda Aleksey Shevchenkov ijro etadi. Film prodyuseri Ruben Dishdishyan. | 118 | 399 |
Madaniyat | Said Ahmad va Saida Zunnunova haqidagi hujjatli film premera qilindi | Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova haqidagi "Sen tomon talpinar yurak" hujjatli filmi premera qilindi.
Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Sinema serviz” studiyasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan, deya xabar bermoqda agentlik.
Ssenariy mualliflari Gulmira Musajonova, Nodira Saidahmad qizi, rejissyor Hamidulla Boboqulov, operator Jamshid G`aniev, rassom Anastasiya Reyim, grimyor Yulduzxon Qodirova, ovoz operatori Zabixilla Shoxoldorov, film direktori Kamila Matenova, prodyuser Shuhrat Umarov.
Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, G`afur G`ulom, Ogahiy kabi filmlar premera qilingandi. 29 sentyabrga qadar Cho`lpon, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi.
"Barcha premeralar “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilmoqda", –deyiladi xabarda. | 68 | 1,013 |
Madaniyat | Sirdaryoda ''Quvnoqlar va zukkolar'' bellashuvi o`tkazildi | Joriy yilning 22 may kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusga asosan, yoshlarni madaniyat, san`at va teatrga bo`lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Shirin shahar tashkilotlari o`rtasida ''Quvnoqlar va zukkolar'' bellashuvi o`tkazildi.
Bellashuvda ''Obodonlashtirish'' boshqarmasining ''Obod shahar'' jamoasi ''Eng quvnoq'' jamoa, ShEMXKH kollejining ''Energetika'' jamoasi ''Eng zukko jamoa'', ''Sirdaryo IES'' AJ ning ''Energo +'' jamoasi ''Eng tashabbuskor jamoa'', Tibbiyot birlashmasining ''Sog`lom avlod'' jamoasi ''Eng inoq jamoa'' deb topildi.
G`olib jamoalar esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. | 59 | 661 |
Madaniyat | “Devorga har xil so‘zlarni yozib ketgandan ko‘ra, chiroyli surat turgani yaxshi”. Toshkent shahar hokimligi poytaxtda ko‘p qavatli uylarga murallar chizish ishlari boshlanishini ma’lum qildi | Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylarga murallar chizish ishlari boshlanadi. Bu haqda 2-mart kuni poytaxt hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxo‘jayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Furqat Mahmudxo‘jayevning ta’kidlashicha, bugungi kunda “Mahallada duv duv gap: Mahalla devorlariga chizmalar” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha poytaxt tumanlaridagi turar-joy binolari, ijtimoiy soha obyektlari, zinapoyalar va boshqa binolar fasadida ko‘rgazmali tasvirlar (chizmalar, murallar, grafikalar va boshqalar) yaratishga bag‘ishlangan. Maqsad Toshkent shahrining 12 ta tumanidagi mahallalarda norasmiy diqqatga sazovor joylarini yaratish va atrofimizdagi voqelikka uyg‘unlik elementini kiritishdan iborat.
“Bu loyihani 1-mayga qadar amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Loyihani bir necha bosqichlarga bo‘lganmiz. Masalan, biz uchun eng avvalo lokatsiyalar kerak. Joylarni aniqlab olganimizdan so‘ng, rassomlar shu joylarga moslab o‘z suratlarining eskizlarini bizga taqdim etishlari mumkin. Albatta, hisob-kitobi, ya’ni o‘sha muralni chizish uchun qancha mablag‘ ketishi bilan. Buni aniqlab olgach loyihaning eskizlarini, mablag‘ini Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashiga kiritamiz. Mazkur ishlarni mahalliy budjetning orttirilgan qismidan amalga oshiramiz. Agarda homiylar topiladigan bo‘lsa buni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi u.
Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxo‘jayev
Uning qo‘shimcha qilishicha, mart oyi davomi lokatsiya va eskizlar aniqlab olinsa hokimlik 31-martga qadar mablag‘ masalalarini hal qiladi.
“Eng katta masala — murallar chiziladigan joylarga insonlar rozi bo‘lishi kerak. Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov pandemiya vaqtida mural chizdirgandi. Shu kabi aktual mavzularni olib chiqish kerak. Agar hamma ishlarni hal qilsak 1-apreldan boshlab, 1-mayga qadar chizish ishlari olib boriladi”, — deydi Furqat Mahmudxo‘jayev.
Ta’kidlanishicha, murallar eskizlarini badiiy jihatdan ko‘rib chiqish uchun professional ekspertlar kengashi tuziladi.
“Hozircha ko‘p qavatli uylarga murallar chizishni faqat Toshkent shahrida qilishni rejalashtiryapmiz. Loyiha yaxshi amalga oshsa balki keyinchalik viloyatlarda ham bo‘lishi, viloyatlardan so‘ng tumanlar, keyin esa mahallalar tashabbus bilan chiqishi mumkin. Devorga har xil so‘zlarni yozib ketgandan ko‘ra, chiroyli surat turgani yaxshi”, — deydi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxo‘jayev.
“Daryo” muxbiri 2021-yili bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 olimpiya o‘yinlaridagi sportchilarga bag‘ishlangan murallar loyihasi hamda murallarni chizgan rassomlarni rag‘batlantirish masalasida so‘radi.
“Haqiqatan ham o‘tgan yili Olimpiadadan so‘ng shunday takliflar bo‘lgan edi, lekin hech kim amalda shu ishni qilmadi. Balki qilayotgan loyihamizda kimdir ushbu taklifni berar, yana kimdir muralda Nodirbek Abdusattorovni aks ettirish taklifini berishi mumkin. Rag‘batlantirish masalasiga kelsak, menimcha, biror rassomning ijodi barchaga ko‘rinib turadigan joyda bo‘lsa – shu eng katta rag‘bat”, — deya so‘zlarini yakunlaydi Furqat Mahmudxo‘jayev.
Toshkent shahar hokimligining ma‘lum qilishicha, loyiha bosqichlari quyidagicha taqsimlangan (muddatlar taxminan keltirilgan va o‘zgarishi mumkin):
Mural-art bu — zamonaviy ko‘cha san’ati bo‘lib, bunda polotno vazifasini ko‘p qavatli bino devorlari bajaradi.
2020-yilning fevral oyida O‘zbekistonda maxsus talablarga mos keladigan milliy uslubda graffiti yaratishga rasman ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Aynan shu yilning oktabr oyida Toshkentning Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli va Lutfkor ko‘chalari kesishmasida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar sharafiga ilk muralni yaratildi.
“Menimcha, bu asar pandemiya qurbonlari uchun o‘ziga xos yodgorlik va ular xotirasi uchun hurmat belgisi bo‘ldi. Yaratilgan obraz — fuqarolar e’tiborini yana bir bor shifokorlarimiz mardligi va jasoratiga qaratish uchun imkoniyat”, — degan edi Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov.
2021-yilning avgust oyida Novda Group kompaniyasi illyustratorlari Tokio-2020 olimpiadasi sovrindorlariga bag‘ishlangan suratlarni taqdim etgandi. Unda illyustratsiyalarni ko‘p qavatli uylarning devorlariga tushirish taklif etilgan edi. Ushbu tashabbusni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva qo‘llab-quvvatlagan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning 18-fevral kuni poytaxtning Yangihayot tumanida joylashgan “Do‘stlik” mahallasiga tashrifi chog‘ida ko‘p qavatli uyning devoriga chizilgan “Do‘stlik ramzi” muraliga e’tibor qaratgandi.
“Nega hamma yoqqa shunday qilmaysizlar? Bu mural ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi”, — degan edi prezident mas’ullarga.
Shavkat Mirziyoyev mas’ullardan bu kabi murallar qachondan boshlanganini so‘ragandi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bu turdagi devoriy murallar 2021-yilning bahoridan chizila boshlanganini ta’kidlagan edi. | 190 | 5,071 |
Madaniyat | Qozog‘istonlik xonanda xayriya uchun Instagram’dagi sahifasini 1,5 million tengega sotdi | Qozog‘istonlik xonanda Makpal Isabekova Instagram’dagi sahifasini 1,5 million tengega (4,5 ming dollar atrofida) sotdi. Yulduz akkauntni sotishdan tushgan pullarni xayriya ishlariga sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda qo‘shiqchi sobiq sahifasining oxirgi postida ma’lum qildi, deb yozadi “Nur.kz”.
“Ulkan borliqning bir qismi sifatida uning kichik qismini bo‘lsa-da yoritishni istayman”, — deb yozdi Isabekova.
Qo‘shiqchi uning 1 milliondan ortiq obunachisi bor akkaunti sotilishi haqida e’lon qilingandan 10 soat o‘tib sotilganligini ma’lum qilgan.
“Bugun uni sotishdan tushgan barcha pullarni, aniqroq aytganda 1,5 million tengeni Asel ismli qizaloqqa topshirmoqdaman (bularning barchasi u uchun o‘ylab topilgan edi). U hozirda Xitoyda va operatsiyani kutmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Qo‘shiqchining so‘zlariga qaraganda, uning sahifasini ostonalik qiz xarid qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 88 | 1,049 |
Madaniyat | Xarobadan chiqqan milliarderlar. Kambag‘al oilada voyaga yetgan mashhurlar (foto) | Kambag‘allik emas, undan qutilishga urinmaslik musibat. Yuqori maqsadlarni ko‘zlab shunga yarasha mehnat qilinsa erishib bo‘lmaydigan narsaning o‘zi bo‘lmaydi. Bunga quyidagi qahramonlarning hayot yo‘li yaqqol misol bo‘la oladi.
Opra Uinfri
Moliyaviy ahvoli 3 milliard dollarga baholanadigan Opra milliarder bo‘lgan tarixdagi birinchi qora tanli ayol hisoblanadi. U oqsoch va sartarosh oilasida dunyoga kelgan, ammo ko‘p vaqtini qishloqda buvisinikida o‘tkazgani sabab, ota-onasini kam ko‘rgan. Erta homilador bo‘lib qolgan Uinfrining farzandi dunyoga kelishi bilan vafot etgan. Shundan keyin otasi kollejga qabul qilinishi va oyoqqa turishi uchun qo‘lidan kelganini qilgan. Televideniyedagi faoliyatini 1983-yilda AM Chicago ko‘rsatuvida boshlovchilikdan boshlagan. Bir oyda davomida u olib borgan dastur reytingda yetakchi bo‘lganidan keyin ikki yil o‘tib prodyuserlar unga shaxsiy shousini olib borishni ishonib topshirgan va mazkur shou 25 yil davomida ekrandan tushmagan, yetarlicha mashhur bo‘lgan.
Roman Abramovich
Moliyaviy ahvoli 9 milliard bo‘lgan Roman, 1 yoshligida onasini oradan 3 yil o‘tib esa otasini yo‘qotgan. Amakilari qo‘lida katta bo‘lgan Abramovich Moskvada maktabni tamomlagan. Oliy ma’lumoti haqida aniq ma’lumot bo‘lmasa ham yoshligida uning plastik o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni boshlagani ma’lum.
Joanna Rouling
Moliyaviy ahvoli 1 milliard dollar deb baholanadigan Roulingning oilasi, otasi Rolls-Royce zavodida ishlashiga qaramay, hashamatli hayot kechirmagan. Ota-onasi ikki qizi bilan Glostershir grafligidagi qishloqda yashagan. Yoshligini baxtsiz o‘tgan deb hisoblaydigan yozuvchining otasi bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmagan, onasi esa kasal bo‘lgan. 1992-yilda portugaliyalik jurnalist Jorj Arantes bilan turmush qurgan Rouling, qizlik bo‘lganidan keyin ajrashishga qaror qilgan. Uydagi muammolaridan qochib borgan Portugaliyada ham o‘zini baxtli his qila olmaganidan keyin singlisining yoniga Shotlandiyaga ko‘chib boradi va Garrining sarguzashtlarini yozishda davom etadi. Garri Potter haqidagi roman tayyor bo‘lganidan keyin unga nashriyotlar tomonidan yetarlicha baho berilmaydi va chop etishdan bosh tortadi. Ammo Bloomsbury hamkorlik qilishga rozilik beradi va muallif sifatida to‘liq ismi o‘rniga taxallus bilan kitob chiqarishni tavsiya qiladi. Millionlab nusxada kitobi sotilgan yozuvchining shaxsiy hayotida ham o‘zgarish yuz berib ikkinchi marta turmushga chiqadi.
Ralf Loren
Moliyaviy ahvoli 6 milliardga baholanadigan dizayner ko‘p farzandli bo‘yoqchi va uy bekasining oilasida dunyoga keladi. Nyu-Yorkning eng kambag‘al tumanlaridagi bir xonali uyda oilasi bilan tiqilib yashashiga qaramay, chiroyli hayot va millioner bo‘lishni orzu qiladi. Aristokratlarga xos kiyinish uslubiga bo‘lgan qiziqishi bo‘lgan Ralf armiyadagi xizmatdan keyin Brooks Brothers nomli butik’da ishlaydi. Keyin bo‘yinbog‘ ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Rivetz&Co firmasida ishlagan. Shundan keyin o‘zi bo‘yinbog‘ tikadigan ustaxonaga asos soladi. Buyurtmalar ko‘payib ketganidan keyin erkak va ayollar kolleksiyasidan iborat shaxsiy do‘kon ochadi. Kambag‘al migrant oilasida katta bo‘lgan, yoshligida millioner bo‘lishni istagan bolakay milliarder bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi.
Gi Laliberte
Cirque du Soleil shousi asoschisining moliyaviy ahvoli 1,5 milliard dollarga baholanadi. 18 yoshida Kanadadagi ota uyini tark etgan yigit Yevropaga boradi hamda ko‘chada akardeon chaladi, sirkdagidek turli chiqishlarni namoyish qiladi. Ammo sarguzashtlar cho‘zilib ketgandek tuyilganidan keyin Gi yurtiga qaytib ta’lim va karyera bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ladi. Lekin akrobatlar guruhiga qo‘shilib o‘z qiziqishi bo‘yicha millionlar topishga muvaffaq bo‘ladi.
Yan Kum
WhatsApp messenjeri asoschisining moliyaviy ahvoli 7,5 milliardga baholanadi. Kiyevda dunyoga kelib, ulg‘aygan Yan 16 yoshida onasi va buvisi bilan birga Kaliforniyaga ko‘chib ketadi. U supermarketda farrosh bo‘lib ishlashiga to‘g‘ri kelgan. Onasiga saraton tashxisi qo‘yilganidan keyin moliyaviy ahvol yanada yomonlashadi. Yaxshilab tayyorlanib universitetga qabul qilingan Yan, Yahoo’da ishlay boshlaydi. 2009-yilda ilk marta iPhone xarid qilganidan keyin yangi va qulay messenjerga asos solishga qaror qiladi. Do‘sti Aleks Fishman uni qo‘llab-quvvatlaydi. Yahoo‘dagi hamkasbi Brayan Ekton esa ishlab chiqishga yordam beradi. Oradan o‘tib esa WhatsApp, App Store’dagi eng mashhur ilovalardan biriga aylanadi. 2014-yilda esa Facebook, WhatsApp’ni 19 milliard dollarga sotib oladi.
Fransua Pino
Moliyaviy ahvoli 9 milliard dollarga baholanadigan 80 yashar tadbirkorning yoshligi ham kambag‘al va qiyinchiliklar bilan kechgan. 16 yoshida maktabni tashlab, pul topishga kirishib ketgan Pino, ta’minotchilardan birining qiziga uylanadi. Qaynotasi unga biznes qilishga yordam beradi. Kapitalini omadli sarmoya va birjaga qo‘ygani unga foyda beradi. Hozirgi vaqtda Christie’s auksion uyi, Bordodagi Shato Latur vino ishlab chiqarish xo‘jaligi, Koloradadagi Vail Resorts tog‘-chang‘i kurorti, Parijdagi teatr va “Renn” futbol klubi Pinoga tegishli hisoblanadi. | 81 | 5,053 |
Madaniyat | Foto: 90-yillarda mashhur bo‘lgan “Yolg‘on asirasi” seriali qahramonlari 22 yildan keyin | Meksika kinoijodkorlari tomonidan taqdim qilingan “Yolg‘on asirasi” ko‘p qismli seriali o‘ziga xos sujeti, aktyorlar ijrosi sabab millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. “Yandeks Dzen” mazkur serialda bosh rollarni ijro qilgan aktyorlar haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishadi.
“Yolg‘on asirasi”, AQShda o‘z janri bo‘yicha eng yuqori reytingni qayd qilgan bo‘lib, Amerika televideniyesi tarixida eng ko‘p ko‘rilgan telenovella deb topilgan.
Gabriela Spanik
Venesuelalik aktrisa va qo‘shiqchi Gabriela Spanik serialda egizak opa-singillar rolini ijro qilgan. 1991-yilda kichik rollarni ijro qilgan Gabrielaga 1992-yilda omad kulib boqadi. Shu yili o‘tkazilgan Venesula go‘zali tanlovida birinchilikni qo‘lga kiritadi va 1997-yilga qadar turli telenovellalarda suratga tushadi.
1999-yilda Meksikaning “Televisa” telekompaniyasi bilan shartnoma tuzadi va unga binoan “Yolg‘on asirasi”da bosh rolni ijro qiladi. Film muvaffaqiyatidan keyin “Televisa”ning boshqa loyihalarida ham ishtirok etadi. 2005-yilda musiqiy karyerasini boshlaydi va ilk albomini taqdim qiladi. Qo‘shiqchilik va aktrisalikdan tashqari Warner Bros. fitness dasturini ham olib boradi. Gabrielaning, Daniela ismli egiz singlisi bor va u aktrisa hamda modellik faoliyati bilan shug‘ullangan.
Aktrisa 1995-yil Aktor Migel de Leonga turmushga chiqqan va 2002-yilda ajrashgan. Bunga farzandining otasi unga qo‘l ko‘targani sabab bo‘lgan. 47 yoshga to‘ladigan aktrisa karyerasi davomida 23 marta kinoda suratga tushib ulgurgan.
Fernando Kolunga
Serialda o‘zining kelishgan tashqi ko‘rinishi bilan esda qolgan aktyor Fernando Kolunganing asl kasbi muhandis, lekin ushbu sohada biron marta ham faoliyat olib bormagan. Uning san’at olamiga kirib qolishiga, teatrdagi kastingda ishtirok etgani va qabul qilingani sabab bo‘lgan. Shundan keyin Kolunga “Televisa” qoshidagi aktyorlik mahorat maktabiga qatnay boshlaydi. Serialda suratga tushguniga qadar u teatrda rol ijro qilgan. Kino va seriallardagi faoliyati esa “Shirin istak” filmida dublyor sifatida rol ijro qilganidan keyin boshlangan. Ammo unga omad “Haqiqiy sevgi” serialida Adela Noryego bilan juftlik rolini gavdalantirgani sabab bo‘lgan. Shundan keyin har ikki bosh qahramon ijrochisi eng yaxshi aktyor va aktrisa nominatsiyasi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Hali oila qurmagan Fernando, ayni vaqtda aktrisa Lusero bilan uchrashadi. 2020-yilda 54 yoshni qarshilagan aktyor ijro qilgan rollari arsenalida 29 kinofilmni ko‘rish mumkin.
Dominika Paleta
Serialda bosh qahramonga turmushga chiqish niyatida bo‘lgan Xemani gavdalantirgan aktrisa Dominika Paletaning “Yolg‘on asirasi”dagi roli unga muvaffaqiyat olib kelgan. Aktrisa 2000-yilda aktyor Fabian Ibarra bilan turmush qurgan va ikki qiz farzandini dunyoga keltirgan. San’at tarixi bo‘yicha tahsil olgan Dominika uchta tilda so‘zlasha oladi. 2020-yilda 48 yoshni qarshilaydigan aktrisa, 29 ta serialda suratga tushgan.
Xuan Pablo Gamboa
Xuan Pablo Gamboa
Ilk bor 1992-yilda “Marielena” telenovellasida suratga tushgan, kolumbiyalik aktyor Xuan Pablo Gamboa, xonanda sifatida ham yaxshi ma’lum. U 1994-yilda Mexikoga ko‘chib kelgan va shu yili filmda suratga tushishni boshlagan. Aktyorning kuylagan qo‘shiqlaridan seriallarda ham foydalaniladi.
“Yandeks Dzen”
40 dan ortiq serialda suratga tushgan aktyor bu yili 54 yoshga to‘ladi. | 88 | 3,335 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprio xonanda Riannaning homiladorligi haqidagi xabar sabab fransuz jurnalini sudga berdi | Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio 18 ming yevro undirish talabi bilan Fransiyaning Oops! jurnalini sudga berdi. Bu haqda Segodnya.ua xabar bermoqda.
Jurnalning so‘nggi sonida xonanda Rianna aktyordan farzand kutayotgani, biroq Di Kaprio bolani tan olmoqchi emasligi haqida xabar berilgan.
Aktyor advokatlarining so‘zlariga ko‘ra, jurnalning Di Kaprio shaxsiy hayotiga aralashishga haqqi yo‘q. Rianna esa bunga umuman e’tibor ham bergani yo‘q.
Jurnal egasi Frederik Traskolaskining aytishicha, uning xodimlari barbadoslik xonanda Di Kapriodan homilador ekanligi haqidagi ma’lumot asossiz ekanligini bilgan. “Shunday bo‘lishi mumkin-ku, deb o‘ylagandik, xolos”, - deydi Traskolaski.
Avvalroq matbuotda Di Kaprio model Kelli Robrax bilan uchrashib yurgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. | 102 | 789 |
Madaniyat | 2018-yilning uchta eng yaxshi qo‘shig‘i ma’lum qilindi | The Guardian gazetasining musiqiy tanqidchilari joriy yilning 100 ta eng yaxshi qo‘shig‘idan iborat reytingni tuzdi. Bu haqda Repost xabar berdi.
Birinchi o‘rinni amerikalik reper Donald Glover tomonidan ijro etilgan This Is America qo‘shig‘i egalladi.
Ikkinchi o‘ringa Janel Mone tomonidan ijro etilgan Make Me Feel qo‘shig‘i munosib topilgan.
Uchinchi qatordan esa Ariana Grande No Tears Left To Cry qo‘shig‘i bilan joy olgan. | 54 | 429 |
Madaniyat | Sherali Jo‘rayev to‘ng‘ich qizi Shukronani uzatdi | O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev to‘ng‘ich qizi Shukronani uzatdi. Bu haqda jurnalist Jasur Hamroyev ma’lum qildi.
Islomjon va Shukronaxonning to‘yi poytaxtdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tgan. | 49 | 207 |
Madaniyat | Skarlett Yoxansson keksa qiyofadoshini uchrashuvga taklif etdi | Gollivud aktrisasi Skarlett Yoxansson keksa qiyofadoshini uchrashuvga taklif etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hammasi internetda aktrisaga o‘xshash ayolning fotosi joylashtirilganidan boshlandi. Unga “Buvim yoshligida Skarlett Yoxanssonning o‘zi bo‘lgan”, degan izoh qoldirilgandi. Imgur saytida mazkur foto 3 million marotaba ko‘rildi.
Yoxansson suratga e’tibor qaratdi va qiyofadoshiga video orqali murojaat qildi. Aytishicha, uni Jeraldin (buvining ismi shunday) bilan qanchalik o‘xshash ekanliklari haqidagi elektron maktublar va xabarlarga ko‘mib tashlashgan.
Aktrisa qiyofadoshini tanishish va yaqindan muloqotda bo‘lish uchun “Juda yomon qizlar” filmi premyerasiga taklif etdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 62 | 768 |
Madaniyat | O`zbek tilida kuylagan yapon qizi haqida film suratga olinadi | O`tgan 2018 yilning sentyabr oyida Xiva shahrida o`tkazilgan «Raqs sehri» xalqaro festivalida yapon qizi Mashu Komazakining dutor chalib, “Chaman ichra” ashulasini sof o`zbek tilida kuylagani, yapon raqqosa qizlarining “Doira” raqsini xuddi o`zimizning raqqosalardek qoyilmaqom ijro etishi barchaning olqishiga sazovor bo`ldi va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Bu ijodkor qizning o`zbek san`atiga katta qiziqishi, o`zbek tilida qo`shiq kuylashi, milliy musiqa asboblarimizni mukammal chalishini shuning barobarida O`zbekiston turizmini rivojlantirishda qo`shayotgan salmoqli hissasi inobatga olinib, ijodkor qiz ishtirokida O`zbekiston, Yaponiya va Estoniya ko`shma loyihasi asosida “Ipak torlar” nomli film suratga olishga kelishib olindi. | 61 | 747 |
Madaniyat | Madaniyat vaziri teatr xodimlarini 27-mart Umumjahon xalqaro teatr kuni bilan tabrikladi | O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri barcha teatr xodimlarini 27-mart Umumjahon xalqaro teatr kuni bilan tabrikladi. | 89 | 121 |
Madaniyat | Samarqanddagi 660 ming kitob fondiga ega kutubxona rekonstruksiya qilinadi | Samarqanddagi 660 ming kitob fondiga ega kutubxona rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ma’lum qildi, deya xabar beradi Zarnews.
Viloyat hokimi Samarqanddagi eng katta, boy kitob fondiga ega muassasa hisoblangan Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida ayni paytdagi shart-sharoit bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermasligini ta’kidladi.
— Viloyatdagi bosh kutubxonaning shunday holatga kelishi aslida biz rahbarlar uchun uyat, — dedi E.Turdimov. — Qancha mablag‘ sarflansa ham, bu pulni topib, markazni rekonstruksiya qilish, ta’mirlashni boshlaymiz. Bu asosiy e’tiborimizdagi masala bo‘ladi. | 74 | 642 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon yangi videosida sportni targ‘ib qildi | Proform trenajyorli fitnes-klubining Facebook sahifasida yangi video joylangan bo‘lib, unda taniqli va jozibador xonanda Sevara Nazarxon sport bilan shug‘ullanishga chaqiradi. Bu xususda iLike.uz sayti ma’lumot bermoqda.
Sevara Nazarxon sportni targ‘ib qilmoqda. Skrinshot: “Daryo”
Garchi suratga olish ishlari Proform klubida olinganligi orqa fondan ma’lum bo‘lsa-da, videolavha davomida uning nomi biron marta ham tilga olinmaydi. Darvoqe, Sevara Nazarxon mazkur fitnes-klubda avval ham bo‘lganligi uning Facebook sahifasida qayd etilgan.
Biz ham Sevaraning fikriga qo‘shilamiz: sport bilan shug‘ullaning va sog‘lom bo‘ling! | 53 | 630 |
Madaniyat | 2021-yil dekabrda namoyish etilishi kutilayotgan turk seriallari bilan bog‘liq yangiliklar (foto) | Yangi yil kirib kelishidan avval qanday turk seriallari efirga uzatilishi va allaqachon taqdim qilingan loyihalarda qanday yangiliklar bo‘lishi haqida ma’lumot beramiz.
“Taqdirimning o‘yini”
Star TV kanali orqali efirga uzatilishni boshlagan “Taqdirimning o‘yini” serialida “Beqaror”dagi ijrosi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Akin Akino‘zu Oyku Karayel bilan birga suratga tushmoqda. Sujetga ko‘ra, Jemal va Asiye ismli qahramonlar 17 yoshida turmush quradi. Taqdir sinovlari oldida ojizlik qilgan Jemal rafiqasini ikki farzandi bilan yolg‘iz tashlab, badavlat insonning qiziga uylanadi. Ayol esa farzandlari bilan bog‘liq muammolarga duch keladi.
Qizi bilmagan holda odam o‘ldirib qo‘yadi va qizi qamoqqa tushmasligi uchun Asiye ona shahrini tark etishga majbur bo‘ladi. Shundan keyin uning taqdirida tub burilish yasovchi voqea yuz beradi.
“Mahkum”
Dekabrdan boshlab “Mahkum” seriali efirga uzatiladi, ammo aynan qaysi kuni namoyish qilinishi hozircha noma’lum. Unda Onur Tuna, Ismoil Hojio‘g‘lu va Seray Kaya bosh qahramon sifatida ko‘rinish beradi. Qonunni har nedan ustun biladigan prokuror kunlardan bir kuni qamoqxona kamerasida uyg‘onadi.
Xotirasidan ayrilgan va jinoyatda ayblanayotgan qahramon o‘zini beaybligini isbotlashi va oilasining qotilini topishi kerak. Yangi serialning tizeri allaqachon taqdim qilingan.
“Onamizni yashirib”
“Onamizni yashirib” seriali 8-dekabr kuni Star TV kanali orqali namoyish qilina boshlandi. Unda Hande Dogandemir, Erdem Kaynarja va Ahmet Kutsi suratga tushgan. Sujet asosida farzandlarini yolg‘iz katta qilayotgan ayolning qiyin taqdiri yotadi.
Xandan ismli atelyeda dizayner yordamchisi bo‘lib ishlaydigan ayolning taqdiri, to‘ylarining yubileyini nishonlash uchun bayramona libosga buyurtma bergan Zerrin va Dondar bilan uchrashganidan keyin o‘zgarib ketadi.
“Bari turmush haqida”
“Elchining qizi”da Narening qizini gavdalantirgan Beren Genchalpga takliflar ko‘paymoqda. “Mehmon” loyihasida bosh qahramonning qizi sifatida ko‘rinish bergan qizaloq suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin “Bari turmush haqida” serialiga rol ijro qilish uchun taklif qilingan.
Yosh aktrisa serialda “Elchining qizi”da uning bobosi sifatida ko‘rinish bergan Erdal Kuchukko‘murchu bilan birga ishtirok etadi. | 97 | 2,243 |
Madaniyat | “Oltin globus” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi | Amerikaning Los-Anjeles shahridagi “Beverli Xilton” mehmonxonasida “Oltin globus” kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
“Oltin globus” mukofotini “Eng yaxshi komediya yoki myuzikl” yo‘nalishida “La-La Lend” (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, Rayan Gosling va Emma Stoun mazkur filmda ijro etgan bosh rollari uchun mukofotga loyiq deb topildi.
“Oy nuri” (Moonlight) eng yaxshi dramatik film deb topildi. “Eng yaxshi dramatik aktyor” yo‘nalishida “Manchester” (Manchester by the Sea) filmida bosh rolni ijro etgan Keysi Afflek g‘olib bo‘ldi. Izabel Yupper esa “U” (Elle) filmidagi roli uchun eng yaxshi dramatik aktrisa deb tan olindi.
Eng yaxshi dramatik serial “Toj” (The Crown) bo‘ldi. “Eng yaxshi animatsion film” yo‘nalishida mukofotni “Hayvonlar shahri” (Zootopia) multfilmi qo‘lga kiritdi. | 61 | 992 |
Madaniyat | “Maymunlar sayyorasi: Urush” AQShda kutilgan yirik tijoriy muvaffaqiyatni keltirmadi | Rejissor Mett Rivzning “Maymunlar sayyorasi: Urush” filmi kutilgan yirik tijoriy muvaffaqiyatni keltirmadi. Kartina AQSh bozoridagi ilk premyera haftasida 56,5 million dollar to‘pladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bu mazkur turkumdagi avvalgi film — “Maymunlar sayyorasi: Inqilob” filmi namoyishining ilk haftasida keltirgan tushumdan (72,6 million dollar) ancha kam. Mutaxassislar AQSh bozorida kartina 60—65 million dollar ishlab topishini kutgandi.
Tashqi bozorlarda (“Maymunlar sayyorasi: Urush” 60 dan ortiq davlatda namoyish etilmoqda) film 46 million dollar yig‘di. Bu borada Buyuk Britaniya (9,5 million dollar), Rossiya (5 million dollar) va Ispaniya (3,4 million dollar) yetakchilik qilmoqda.
Shu tariqa filmning birinchi haftadagi umumiy yig‘imlari 102,5 million dollardan iborat bo‘ldi. “Maymunlar sayyorasi” turkumidagi uchinchi kartinani yaratishga 150 million dollar sarflangandi. | 84 | 900 |
Madaniyat | “Turkiyaning eng go‘zal aktrisasi” Xande Erchelning qallig‘i bilan ajrashishi unga salkam 180 ming dollar daromad keltirdi | “Turkiyaning eng go‘zal aktrisasi” bo‘lajak turmush o‘rtog‘i − musiqachi Murat Dalkilich bilan oradagi munosabatlarga chek qo‘yishi unga 179 709 dollar (1,5 million lira) mablag‘ ishlab olishga yordam berdi, deb yozadi “RusTurkey.com”.
Xabarlarga ko‘ra, rejalashtirilgan nikoh to‘yi arafasida juftlikning ajralib ketishi chindan ham ovoza bo‘lganligi tufayli Xandening mashhurligi sezilarli darajada oshib ketdi. Shuningdek, unga bo‘lgan talab ham avvalgiga qaraganda ancha ko‘paygan.
Shon-shuhratning cho‘qqisida bo‘lgan aktrisa bahosi milliondan kam bo‘lgan takliflarni rad etdi va 179 709 dollar, ya’ni 1,5 million lira evaziga maxsus brend liboslari ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma imzoladi. Tanqidchilar Xandening mashhurligidagi o‘sish aynan Dalkilich bilan xayrlashgach sodir bo‘lganligini ta’kidlamoqda.
Ma’lumot uchun, Xande Erchel “Malikam, endi qara” va “Gunesh qizlari” seriali orqali o‘zbek muxlislariga tanish. | 122 | 930 |
Madaniyat | Kirill yozuvini lotindan ustun qilish iltimosi bilan Prezidentga xat yozgan Shuhrat Rizayev “O‘zbekkino” rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi | “O‘zbekkino” milliy agentligi rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Avvalroq Otabek Musayev agentlik bosh direktori lavozimidan ozod etilgani, uning o‘rniga Furqat Zokirov tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Kino sohasidagi bir-biridan mustaqil bir necha manbaning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, agentlikda yangi — bosh direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tashkil etilgan.
Xabar berishlaricha, mazkur lavozimga “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, taniqli adabiyotshunos Shuhrat Rizayev tayinlangan. Bosh direktorning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Nizomiy Jalolov o‘z lavozimida qolgani aytilmoqda.
Shuhrat Rizayev.
Qayd etish joiz, “Kitob dunyosi” gazetasida e’lon qilingan Shuhrat Rizayevning Prezident Shavkat Mirziyoyevga maktubi so‘nggi vaqtlarda jamoatchilik o‘rtasida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
Shuhrat Rizayev o‘z maktubida Prezident e’tiboriga bir necha takliflarni havola qilgan bo‘lib, ular orasida “kirillni asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonuniylashtirish” ham bor edi.
Shuhrat Rizayevning alifbosi masalasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga bildirgan fikrlari bilan to‘liq quyida tanishishingiz mumkin.
...Shu bilan bog‘liq yana bir o‘ta muhim va g‘oyat og‘riqli muammo bor. Bu — joriy alifbomiz masalasi. Bugun 25 yoshgacha bo‘lgan farzandlarimiz lotin alifbosi asosidagi yozuvda savod chiqarib, undan foydalanyapti. Katta yoshdagi hamyurtlarimiz esa kirill yozuvidagi alifboda mutolaa qiladi va ish yuritadi. Mana, uchinchi o‘n yillik to‘lib boryaptiki, ko‘pchilik hanuz lotin yozuviga moslasha olmayotir.
Qolaversa, lotin alifbosi, mutaxassislar fikricha, tilimiz tabiatiga unchalik muvofiq emas. Binobarin, u yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Shu bois ommalashmayotgan alifbodan ommaviy axborot vositalari ham, nashriyotlar ham nihoyatda kam foydalanyapti. Maktab va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari kutubxonalari lotin yozuvida bo‘lmagan adabiyotlarni fondlariga olmaydi. Natijada — bu kutubxonalar g‘aribu qashshoq, yoshlarimiz yonib targ‘ib qilinayotgan kitobxonlik va mutolaa madaniyatidan bir tosh narida!
Istiqlolimizning dastlabki yillari “Yosh gvardiya” yoki “O‘zbekiston SSR” nomi bilan nashr etilgan neki kitob bo‘lsa, u Alisher Navoiymi, yo Abdulla Qodiriy qalamiga mansubmi — farqiga bormay mahv etganlari kabi, undan avvalroq alifboni uch bora o‘zgartirib (arab, lotin, kirill), xalqimizni savodsiz etganlaridek johilona ish tutishlar millatimiz tarixi va taqdirida xunuk va zararli iz qoldirishi tayin.
Siz ma’ruzangizda “jaholat” tushunchasiga alohida to‘xtalib, “... bugungi hayotiy jarayonlar jaholat hamma sohada ham uchrashi, agar unga qarshi o‘z vaqtida kurash olib borilmasa, o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda”, deb aytdingiz. Sho‘ro davlati alifbo masalasida ana shunday siyosat yuritgani uchun, arab, keyinroq qisqa muddat lotin alifbosida yaratilib, saqlangan yoki nashr etilgan qanchadan-qancha ma’naviy-madaniy obidalar: qo‘lyozmalar, hujjatlar, gazeta-jurnal, kitoblar, yozishmalar arxivu hujjatxonalarda o‘lik bisot bo‘lib yotibdi.
Biz ham lotindan kirill alifbosiga o‘tilgan davrdan to shu kungacha sakson yillik madaniy tariximizni farzandlarimizga keraksiz bir mulk o‘laroq qoldirmaylik. Fursat o‘tmasidan kirillni — asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonunlashtiraylik.
Shuhrat Rizayev, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, adabiyotshunos | 140 | 3,421 |
Madaniyat | 2021-yilning kattalarga va bolalarga birdek yoqadigan eng yaxshi multfilmlari | Ko‘pincha bolalar multfilm ko‘rganda kattalar zerikib, mizg‘iy boshlaydi. Ammo quyidagi multfilmlar nafaqat bolalarni, balki kattalarni ham ekran qarshisiga mixlab qo‘yadi.
Kuyla-2
Ikkinchi qismi birinchisidan yaxshiroq bo‘lgan kino va multfilmlarni bilasizmi? “Kuyla-2” bilan aynan shunday bo‘ldi! Bu originali yomon bo‘lgan degani emas, shunchaki davomi ancha qiziqarliroq chiqqan. Sevimli qahramonlar sahnaga qaytib, yana qo‘shiq kuylaydilar, lekin bu safar ularda global maqsad bor — o‘yin-kulgi poytaxti bo‘lmish katta shaharga borish va albatta, uni zabt etish. Prodyuser koala, to‘xtovsiz raqsga tushadigan do‘mboq, tikanli pank qiz, uyatchan maktab o‘quvchisi, katta gangster va ko‘p bolali ona jangga tayyor!
Raya va so‘nggi ajdaho
Qadim zamonlarda sehrli Kumandre o‘lkasida odamlar bilan ajdarlar — yaratuvchilar va suv qo‘riqchilari yonma-yon yashagan. Druun paydo bo‘lishi bilan tinch hayot tugaydi. Zulmat maxluqlari odamlarni va ajdarlarni tosh haykalga aylantiradi va faqat Sisuning sehri yovuz jonzotlarni haydab, odamlarni sehrdan xalos bo‘lishlariga yordam berdi, lekin bu sehr ajdarlarga ta’sir qilmaydi. Kumandra Yurak, Qoziqtish, Tirnoq, Umurtqa va Quyruq nomli davlatlarga bo‘lingan bo‘lib, sehrli ajdaho toshi Rayaning otasi hukmdor bo‘lgan Yurak mamlakatida saqlanar edi. Otasi mazkur davlatlarni birlashtirishni orzu qilardi, lekin insonning ochko‘zligi va hasadi tufayli sehrli tosh parchalanib ketadi. Har bir mamlakatning hukmdori undan bir parcha oladi va druunlar yana hukmronlik qila boshlaydilar.
Bir necha yil o‘tgach, Raya va uning sodiq hamrohi Tuk-Tuk qo‘rqmasdan kuydirilgan cho‘l bo‘ylab sayohatga chiqishadi, qolgan daryolarni izlash va druunlarni mag‘lub etishda odamlarning oxirgi umidi bo‘lgan so‘nggi ajdahoni topish umidini yo‘qotmaydilar.
Luka
Uyda tayyorlangan makaron, muzqaymoq va cheksiz moped sayohatlari bilan to‘lgan unutilmas ta’tilni Luka ismli bola Italiyaning Riviera sohilida joylashgan go‘zal dengiz bo‘yidagi shaharchada o‘tkazmoqda. Lukaning biron-bir sarguzashti uning yangi do‘sti ishtirokisiz bo‘lmaydi.
Tuzatib bo‘lmas Ron
Har bir bolaning haqiqiy do‘sti bo‘lishi kerak. Qandaydir uy hayvonlari emas. Eng yaxshi do‘st harakat qila oladigan, gapira oladigan, eng muhimi, internetga ulangan va egasiga ijtimoiy tarmoqlarda yozish va barcha so‘nggi tendensiyalarni o‘rganishga, sinfdoshlar bilan aloqada va yangiliklardan xabardor bo‘lishga yordam beradigan ajoyib robot bo‘lishi mumkin. Hamma maktab o‘quvchilarida shunday robot bor. Ammo uyatchan Barni bundan mustasno, shuning uchun u o‘z tengdoshlari orasida o‘zini begonadek his qiladi — toki u uzoq kutilgan tug‘ilgan kuni sovg‘asini olmaguncha. Biroq Ron ismli robot nuqsonli bo‘lib chiqadi, ammo yosh egasi unga o‘zi bilgan hamma narsani mustaqil ravishda o‘rgatishga qaror qiladi.
Enkanto
Hech kimga o‘xshamaydigan Madrigallar oilasi Kolumbiya tog‘larida yashiringan Enkanto deb nomlangan ajoyib va maftunkor burchakda joylashgan sehrli uyda yashaydi. Madrigallar oilasidagi har bir bola bu yerning sehridan o‘ziga xos sovg‘a — o‘ta kuchlilikdan tortib har qanday kasallikni davolash qobiliyatiga ega bo‘lgan. Afsuski, sehrli qobiliyat birgina Mirabellni chetlab o‘tadi. Enkantoning sehri xavf ostida ekanligini bilib, Mirabell o‘z oilasini saqlab qolish uchun oxirgi umid ekanini tushunib yetadi.
Pilya
Pilya Tumanvil ko‘chalarida yashovchi shumtaka yetim qiz. Bir kuni qal’a qo‘riqchilari qo‘liga tushmaslik uchun u malika ko‘rinishida kiyinib oladi va aqlbovar qilmaydigan sarguzashtlarga aralashib qoladi. Shafqatsiz Tristan taxtga ega chiqish uchun sehr yordamida shahzoda Rolandni mushuk-tovuqqa (yarim mushuk, yarim tovuq) aylantiradi. Pilya shahzodani va butun saltanatni qutqara oladigan yagona odamga aylanadi. | 77 | 3,748 |
Madaniyat | O‘zbek filmlari ilk bor “DigiCon6 Asia Awards—2019” nufuzli xalqaro kinofestivalida mukofotlar uchun kurashadi | O‘zbekistonlik yosh kinoijodkorlar joriy yilning 26-noyabridan 1-dekabriga qadar davom etadigan “DigiCon6 Asia Awards—2019” xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etish uchun Gonkongga jo‘nab ketdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Osiyo bo‘yicha iqtidorli mualliflarni topish, tanitish va ularning ajoyib ishlari uchun rag‘batlantirish maqsadida har yili kuzda o‘tkazib kelinadigan “DigiCon6 Asia Awards” mukofotiga o‘zbekistonlik yosh kino ijodkorlarning ikkita filmi — Shokir Xoliqovning “Choy” va Mahliyo Asqaraliyevaning “Sovg‘a”si taqdim etildi. Jami o‘zbekistonlik vakillar yetti kishidan iborat.
“Yosh kino ijodkorlar — milliy kinematografiyaning kelajagi, shu sabab ularning ijodiy mahorati oshishiga katta e’tibor qaratish lozim. Bizning iqtidorli yigitlar bunday nufuzli festivalda O‘zbekistonda yosh kino ijodkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘zlarining qobiliyati tufayli ishtirok etishmoqda”, — deydi “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduholiqov.
Firdavs Abduholiqov, shuningdek, kelgusida “O‘zbekkino” yosh kino ijodkorlar mahoratini oshirish uchun ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator loyihalar tashkillashtirishini ta’kidlab o‘tdi.
“Biz ‘O‘zbekkino’ milliy agentligi qoshida yoshlar ijodiy markazi va yoshlar ijodiy studiyasini tashkil etishni rejalashtiryapmiz. Bundan tashqari, barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan 150 o‘rinli ijodiy laboratoriyani ochishni mo‘ljalladik”, — dedi “O‘zbekkino” rahbari.
Shuni qayd etish kerakki, “DigiCon6 Asia”ga qatnashadigan davlatlar: Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Singapur, Tayvan, Tailand. O‘zbekiston festivalda ilk marotaba ishtirok etmoqda. Yaponiyaning yirik media kinokompaniyasi TBS kinofestival tashkilotchisi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, yosh kinorejissor Shokir Xoliqovning “Choy” filmi “Kann” kinofestivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Shokir Xoliqovga servis sovg‘a qilgan, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Rejissorning o‘zi keyinroq vaziyatga izoh berib, u “O‘zbekkino”dan shikoyat qilmagani, shunchaki ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga servisning suratini qo‘yib, agentlikka minnatdorlik bildirganini aytib o‘tgandi.
Shuningdek, “Choy” filmi Yevrosiyo xalqaro kinofestivalida hakamlarning maxsus mukofoti nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. | 110 | 2,413 |
Madaniyat | “Yevrovideniye” tanlov natijalarini qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortdi | “Yevrovideniye–2016” natijalarini qayta ko‘rib chiqish talab etilgan petitsiyaga javob tanlovning Facebook’dagi sahifasida chop etildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“‘Yevrovideniye’ — bu bir tanlov. Unda faqat bitta g‘olib bo‘lishi mumkin. Bu yilgi musobaqa yakunlaridan hamma ham rozi emasligini tushunamiz, lekin natijalar subyektiv va ko‘pincha individual fikr asosida aniqlanadigan tanlovda norozi odamlar har doim topiladi”, — deyiladi xabarda.
Tanlov natijalari qayta ko‘rib chiqilmasligi ta’kidlangan videolavha tadbir tashkilotchisi — Yevropa radio va teleouzatish ittifoqi (EBU) saytida ham e’lon qilindi.
“Yevrovideniye”ning sahifasida tanlov natijalari qoidalarga muvofiq ekanligi bois o‘zgarishlarsiz qolishi yana bir bor ta’kidlandi.
“Ukraina 2016-yilgi ‘Yevrovideniye’ g‘olibi va shunday bo‘lib qoladi. Siz bunga qo‘shilasizmi, yo‘qmi, biz petitsiyani imzolaganlarni qoidalarga muvofiq keluvchi natijani qo‘llab-quvvatlashga hamda ‘Yevrovideniye’ni yanada mustahkamlash va yaxshilash yo‘llari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga chaqiramiz”, — deyiladi petitsiya mualliflariga yo‘llangan javobda.
Ilgariroq EBU petitsiyadan boxabar ekanligini va bu bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilib, javob chop etilishini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Yevrovideniye–2016” finalida ukrainalik xonanda Jamala qrim tatarlari deportatsiyasiga bag‘ishlangan “1944” qo‘shig‘i bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni avstraliyalik Dami Im, uchinchi o‘rinni esa Rossiya vakili Sergey Lazarev egalladi.
Ammo ko‘plab muxlislar tanlov natijalarini shubha ostiga olmoqda. Bu masalaga bag‘ishlangan petitsiyani shu paytga qadar 160 ming kishi imzoladi. | 71 | 1,655 |
Madaniyat | Britaniyalik qiziqchi insult haqidagi hazilidan so‘ng vafot etdi | Britaniyalik qiziqchi Yan Kognito Bister shahridagi barlardan birida chiqish qilayotgan vaqtda vafot etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Tasavvur qiling, men insultga uchradim va o‘zimga kelganimda valliy tilida gapirishni boshladim”, — deb hazil qilgan Kognito.
Bir necha daqiqa o‘tgach esa artistning tobi qochib, o‘tirib olgan. Tomoshabinlar uning bu harakatini namoyishning bir qismi deb qabul qilgan.
Keyin esa tez yordam chaqirtirilgan, biroq yetib kelgan tibbiyot xodimlari uning olamdan o‘tganini qayd etdi.
Time Out versiyasi bo‘yicha 1999-yilda eng yaxshi stendap-komik deb topilgan Kognito 60 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. | 64 | 638 |
Madaniyat | AQShning Toshkentdagi elchixonasi rok-konsert namoyish etadi | Toshkentdagi AQSh elchixonasi Tash‘N’Roll guruhi ishtirokida rok-konsert namoyish etgan holda XV Deniyel Perl Jahon musiqa kunlarida qatnashadi. Bu haqda “Daryo”ga elchixona matbuot xizmati ma’lum qildi.
Konsert 30-sentabr kuni soat 19:00 da Chilonzorda joylashgan avvalgi AQSh elchixonasi binosida bo‘lib o‘tadi.
Elchixona Deniyel Perl jamg‘armasi homiyligidagi xalqaro konsertlar tarmog‘ining bir qismi sifatida oltinchi marta bunday ko‘ngilochar tadbir o‘tkazmoqda. Jamg‘arma bag‘rikenglik va insoniylik tarafdori ekanini qayta tasdiqlash maqsadida musiqa kuchidan foydalanib kelmoqda.
“Insonparvarlik borasida uyg‘unlik” mavzusini qamrab olgan ushbu yillik tadbir 2002-yili Deniyel Perl Pokistonning Karachi shahrida terrorchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, vahshiylarcha o‘ldirilishiga javob tariqasida tashkil etilgan. 2002-yildan buyon Deniyel Perl Jahon musiqa kunlari doirasida 140 mamlakatda 13900 dan ortiq madaniy tadbir tashkil etilgan.
2015-yili Toshkentda tuzilgan Tash‘N’Roll o‘ziga xos amerikacha guruh bo‘lib, uning a’zolari Toshkent xalqaro maktabi, Toshkent xalqaro klinikasi va AQSh elchixonasi xodimlaridir. Rok-guruh repertuaridan 60–90-yillarga oid hamda zamonaviy kuy-qo‘shiqlar joy olgan.
Konsert keng jamoatchilik uchun ochiq, ammo avvaldan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatga olish 28-sentabr soat 18:00 gacha davom etadi. | 60 | 1,359 |
Madaniyat | Turli sabablarga ko‘ra bir-birini yoqtirmaydigan Bollivud aktrisalari (foto) | Mashhurlar ham oddiy odam. Ular ham boshqalar kabi qiziqqonlik qilishi, tortishishi va dushman bo‘lishi tabiiy. Quyida bir-birini unchalik xush ko‘rmaydigan hind aktrisalari haqida so‘z yuritamiz.
Rekha va Raya Bachchan
Aktrisalarning bir-birini yoqtirmasligiga Amitabh Bachchan sababchi. Gap shundaki, Amitabh Bachchan Rekha bilan ham, rafiqasi Raya bilan ham birga filmlarda suratga tushgan. Lekin turmush o‘rtog‘idan ko‘ra Rekha bilan ijro qilgan rollari muvaffaqiyatli chiqqan va matbuotda ham Raya qolib, Rekha va Amitabh juftligi maqtovlarga sazovor bo‘lgan. O‘sha vaqtlar aktyorning o‘zi biror marta tan olmasa ham u va Rekha ishqiy munosabatda ekanliklari haqida mish-mishlar tarqalgan. Rekha xonim bu gap-so‘zlarni rad qilmagan. Qaytanga, o‘zini bir gap bordek tutgan. Yuqorida ta’kidlangan mantiqiy sabab aktrisalar o‘rtasidagi sovuqlikni keltirib chiqargan.
Sonam Kapur va Dipika Padukone
Ushbu ikki aktrisaning bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘qligining sababi ham klassik. Ikkovi ham Bollivudga 2007-yilda qadam qo‘ygan. Dipika “Om shanti Om” filmida rol o‘ynagan bo‘lsa, Sonam “Ma’shuqa” filmida Ranbir Kapur bilan debyut rolini ijro qilgan. Suratga olish jarayonida Sonam bilan uchrashgan Ranbir “Ehtiyot bo‘ling go‘zallar” filmidan keyin Dipika bilan ishqiy munosabatda ekani va Sonam bilan hammasiga nuqta qo‘yganini ma’lum qilgan. Shundan keyin aktrisalar o‘rtasida konflikt paydo bo‘lgan. Biroq, Ranbir va Padukone munosabatlari ham uzoqqa bormagan. Ko‘ngli keng aktyor ularning ikkisini ham tashlab Katrina Kaif, ko‘p o‘tmay esa Aliya Bxatt bilan uchrashishni boshlagan.
Ayshvariya Ray va Rani Mukerji
Bollivudning mazkur taniqli aktrisalari o‘rtasida konflikt paydo bo‘lishi nafaqat shaxsiy hayot, balki karyera bilan ham bog‘liq. Bir vaqtlar qalin bo‘lgan dugonalar o‘rtasidagi munosabatlarning darz ketishiga “Yo‘l-yo‘lakay” filmida Ayshvariya ijro qilishi kerak bo‘lgan rolning Rani Mukerjiga berilishi sabab bo‘lgan. Unga atalgan rolni tortib olgandek his qilgan Ayshvariya Ranidan buni kutmaganini bildirgan. Konflikt Ayshvariyaning Abxishek Bachchanga turmushga chiqishga qaror qilganidan keyin yanada avj olgan. Gap shundaki, bir vaqtlar Rani va Abxishek o‘rtasida munosabatlar borligi haqida mish-mishlar bo‘lgan.
Karina Kapur va Bipasha Basu
Aktrisalar o‘rtasidagi sovuqlik “Ajnabiy” filmining suratga olish ishlari vaqtida boshlangan. Dizayner Vikram Fadninsning libosi ustida tortishib qolgan aktrisalar film yakuniga qadar ham kelisha olmagan. Mazkur film karyerasida debyut bo‘lgan Basu boshqa Karina bilan suratga tushmasligini bildirgan. Bunga javoban esa Karina Bipashani o‘z iste’dodiga shubhasi borligi sabab suratga olish maydonchasidagi konfliktni tarqatib, o‘ziga e’tibor qaratayotganini bildirgan. Shuningdek, Karina uni haqoratlaganini ovoza qilgan Bipashaning bu gaplari uning tasavvur mahsulidan boshqa hech narsa emasligini qo‘shimcha qilgan. | 76 | 2,890 |
Madaniyat | Ajoyib sujetga ega ekani bilan tomoshabinda qayta va qayta ko‘rish istagini uyg‘otuvchi 14 turk seriali | Aktyorlar mahorati, o‘ziga xos sujet va operatorlik ishi bilan tomoshabinlarni ekran qarshisiga mixlab qo‘yishi mumkin bo‘lgan seriallar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
“Qora-oq sevgi” (2017–2018)
IMDb reytingi — 8,1
Odamlar hayotini saqlab qoladigan muvaffaqiyatli shifokor qiz boshqalar jonini olishdan tap tortmaydigan yigit bilan tanishadi. Tasodifan yo‘llari kesishgan boshqa-boshqa olamga mansub ikki yosh o‘rtasida vaqt o‘tishi bilan sevgi alanga ola boshlaydi. Ular shunchalik bir-biridan farqli ekanidan bir qarashda munosabatlari uzoqqa bormaydigandek tuyuladi. Ammo hammasi boshqacharoq bo‘lib chiqadi.
“Ada masali” ( 2021)
IMDb reytingi — 8,2
Haziran ismli qizga, u ishlaydigan tashkilotdan Adadagi badavlat kimsaning yerini o‘zlashtirish vazifasi yuklatiladi. Buning uddasidan chiqishiga biroz qolganida ziyofatlardan birida o‘zi bilmagan holda o‘sha yigit bilan tanishib qoladi. Ularni nima bog‘lab turganini hatto xayoliga ham keltirolmagan juftlik bir-biriga oshiq bo‘ladi. Ammo kunlardan bir kun qizning nima uchun Adaga kelgani va maqsadi nima ekani fosh bo‘ladi.
“Tong qushi” (2018–2019)
IMDb reytingi — 7,4
Sanem ismli qiz moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun opasi ishlaydigan reklama agentligiga ishga kiradi. Ochiqko‘ngil, samimiy qahramon faoliyat yuritayotgan agentlik rahbarini yaxshi ko‘rib qoladi. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik qiziqarli voqealarni boshdan kechiradi. Tomoshabinlar 51 qismdan iborat serialni ko‘rish davomida baxtga erishish oson bo‘lmasligi, ko‘p sinovlarga duch kelish mumkinligiga amin bo‘ladi.
“Malikam, menga qara” (2016–2017)
IMDb reytingi — 7,7
Kichik shaharchadan Istanbulga ko‘chib kelgan qiz o‘zi ishga kirgan korxona rahbari bilan tortishib qolish orqali tanishadi. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik ijtimoiy kelib chiqishi turli ekani sabab uzoq vaqt birga bo‘la olmaydi.
“Qurilish: Usmon” (2019)
IMDb reyting — 7,9
“Qurilish: Usmon” seriali “Tirilish: Ertug‘rul”ning sikveli. Unda jasur Usmonning boshqaruv davri o‘z aksini topgan. Serialda uning nafaqat faoliyati, balki yaqinlari bilan munosabatlari ham o‘ziga xos tarzda ko‘rsatib berilgan. Qolaversa, muxlislar tomosha qilish davomida sevgining qanchalik muhim ekani, insonning hayotga boshqa nazar bilan qarashga undashiga guvoh bo‘ladi.
“Jasur va go‘zal” (2016–2017)
IMDb reytingi — 7,1
Muvaffaqiyatga erishgan biznesmen yigit oilasining alamini olish uchun kichik shaharga borishga qaror qiladi. U yerda go‘zal va aqlli qizni yaxshi ko‘rib qoladi. Qiz ham unga nisbatan ayni tuyg‘ularni his qiladi. Ammo tasodifan yigit sevgilisining qasos olish uchun kelgan kishining qizi ekanini bilib qoladi.
“Quzg‘un” (2019)
IMDb reytingi — 7,7
Mazkur serialning sujeti ham “Jasur va go‘zal”nikiga o‘xshab ketadi. Bolaligidan otasining qasosini olishni diliga tugib katta bo‘lgan yigit buning uchun hamma rejalarini shay qilib qo‘yadi. Endigina ishga kirishaman deganida o‘zi bilmagan holda bir qizga oshiq-u mubtalo bo‘lib qoladi. Keyinchalik o‘sha qiz bir vaqtlar otasiga yomonlik qilgan kishining dilbandi ekani ma’lum bo‘ladi. Shundan keyin eng qizig‘i boshlanadi.
“Vatanim sensan” (2016–2018)
IMDb reytingi — 8,2
Voqealar rivoji mamlakat uchun oson bo‘lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Serialning bosh qahramoni bo‘lgan harbiy va uning sodiq rafiqasi bir-biri bilan ajrashishga majbur bo‘ladi. Xizmat vazifasi bilan oilasidan uzoqda bo‘lgan harbiyning yaqin do‘sti uning rafiqasiga ko‘z olaytira boshlaydi.
“Shaxsiyat” (2018)
IMDb reytingi — 9,1
Avvalroq sud ekspertizasida faoliyat yuritgan qahramon Alsgeymer kasalligi tufayli nafaqaga chiqishga majbur bo‘ladi. Shundan keyin u tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi ishlarga qo‘l ura boshlaydi. Serialning har bir qismida rahm-shafqat nimaligini bilmaydigan qariyaga duch kelgan qurbonlar haqida hikoya qilinadi.
“Fi, Chi, Pi” (2017–2018)
IMDb reytingi — 7,8
“Fi, Chi, Pi” Azra Koxenning asari asosida suratga olingan. Uch qismdan iborat serialdagi voqealar to‘satdan o‘z sevgisini topgan yosh balerina qiz atrofida ro‘y beradi. Go‘yoki shundan keyin iziga tushishi kerak bo‘lgan qizning hayoti aksincha ostin-ustin bo‘lib ketadi.
“Hayot qo‘shig‘i” (2016–2017)
IMDb reytingi — 7,7
Serialda aloqalari yo‘qolib ketmasligi uchun bolaligida bir-biri bilan quda bo‘lishga so‘z bergan do‘stlar haqida hikoya qiladi. Farzandlari voyaga yetganidan keyin otalarining niyatini xabar topadi va hayotlarini o‘zlari xohlagandek qurish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi.
“O‘limga qadar” (2017)
IMDb reytingi — 7,2
Serialdagi bosh qahramon bir qizga oshiq-u mubtalo bo‘lib qoladi. Ularning to‘yi kuni qizning otasi vafot etadi va uning o‘limida bo‘lajak kuyov ayblanadi. Shundan keyin yigit umrining 11 yilini qamoqxonada o‘tkazadi. Agar jozibali advokat qiz yordamga kelmaganida ozodlikka chiqishini yana uzoq vaqt kutishiga to‘g‘ri kelardi. Qiz uni aybsizligini isbotlab, qahramonni o‘ziga maftun qilishning ham uddasidan chiqadi.
“Sukunat” (2012)
IMDb reytingi — 8,4
“Sukunat”da qiyin vaziyatda qolgan 4 nafar do‘stlar haqida hikoya qiladi. Ozodlikdan mahrum qilingan yigitlar u yerda ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Qamoqdan chiqqanidan keyin esa do‘stligini davom ettira olmasligini tushunib yetadi va yo‘llari ayro bo‘ladi. Ammo bir kun kelib taqdir ularni yana uchrashtiradi.
“Taqdir o‘yini” ( 2021)
IMDb reytingi — 7,5
Turkiyalik qiz albaniyalik yigitga turmushga chiqadi. Ammo vaqt o‘tganidan keyin yigit unga Turkiya fuqaroligini olish uchungina uylangani ma’lum bo‘ladi. Shunga qaramay, u sevgisi uchun kurashishga ahd qilib, yigit faoliyat yuritadigan firmaga ishga kiradi. O‘zi bilmagan holda firmaning yangi rahbariga oshiq bo‘lib qoladi, yigit ham unga nisbatan ayni tuyg‘ularni his qiladi. | 103 | 5,686 |
Madaniyat | Britni Spirsning ilon bilan tushgan raqsi muxlislarni hayratda qoldirdi (video) | Amerikalik xonanda Britni Spirs o‘yinchoq ilon bilan raqsga tushgani aks etgan videoni internet akkauntiga joylashtirdi. Bu haqda Sputnik xabar beradi.
Spirs Billi Aylishning Bad Guy qo‘shig‘i ostida raqsga tushdi.
Yarim kun davomida bu videoni 3 million obunachi tomosha qildi.
“Ajoyib qo‘shiq! Hatto ilon bilan do‘stlashishga to‘g‘ri keldi” , — deb xonanda o‘zi joylagan video haqida yozdi.
Billi Aylish ham Spirsning ijodiga yuqori baho berdi.
View this post on Instagram | 79 | 483 |
Madaniyat | Turkiyalik taniqli boshlovchi Neslihan Atagulning kasallik tufayli “Elchining qizi”ni tark etganini spektakl deb atadi | Turkiyaning Beyaz TV telekanali boshlovchisi Seren Serengil “Söylemezsem olmaz” dasturida Neslihan Atagul haqida bayonot berdi, deb yozadi “RusTurkey.com”.
Boshlovchining so‘zlariga ko‘ra, aktrisa “Elchining qizi” serialini sog‘lig‘idagi muammo tufayli tark etmagan. “U yerda hamma janjallashgan. Neslihan esa loyihani tark etishni xohlar edi. Shartnoma bo‘yicha jarima to‘lamaslik uchun kasallikni o‘ylab topdi”, − deydi Serengil.
Shuningdek, Serengilning ma’lum qilganlari aktrisaning muxlislari orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, ammo bu borada Neslihanning o‘zidan hech qanday javob bo‘lmagan.
Neslihan Atagul yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon turk kinematografiyasining taniqli yulduziga aylangan. Uning hisobida u qadar ko‘p filmlar mavjud bo‘lmasa-da, bir necha bor kinotanqidchilar tomonida e’tirof etilgan hamda xalqaro kinofestivallarda nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Aktrisa o‘zbek tomoshabinlariga “Ishq sohillari”, “Sevgi iztirobi” hamda “Elchining qizi” seriallari orqali tanish. | 118 | 1,008 |
Madaniyat | Instagram: Bir-biriga tarsaki tushirgan Aziza Yoqubova va Ahad Qayum, sevib qolgan Ubaydulla Omon, kasal bo‘lib qolgan Lola | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shahzoda Muhammedova Marg‘ilonga bordi.
Sevara Nazarxon Samarqand shahrini ukasi bilan aylandi.
Parizoda ayollarga o‘zini unutib qo‘ymaslikni tavsiya qildi.
73 yoshida yana bir marta uylangan aktyor Ubaydulla Omon birinchi rafiqasi bilan sevishib turmush qurib, 50 yil birga yashagani, undan keyin esa yana bir bor sevib qolgani haqida so‘zlab berdi.
Alisher Uzoqov Dubaydan ko‘rinish berdi.
Bollivud aktrisasi Juhi Chavla hayotda uchraydigan har bir inson bizga nimanidir o‘rgatishi haqida mulohaza yuritdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov ashaddiy muxlislaridan birining tug‘ilgan kuniga tashrif buyurgani, u yerda esa xonandaning bir guruh muxlisalari uni intizorlik bilan kutib turgani aks etgan video tarqalmoqda.
Xonanda Lola kasal bo‘lib qolgani uchun bir necha kun ijtimoiy tarmoqlardan uzilib qolgani haqida so‘zlab berdi.
Ahad Qayum suratga olish jarayonida aktrisa Aziza Yoqubovaning yuziga bir necha marta tarsaki tushirdi. Aktrisa ham chidab tura olmay, Ahadni urib yubordi. | 123 | 1,177 |
Madaniyat | Toshkentda turk filmlari haftaligi boshlandi | Toshkentda Turkiya kino kunlari haftaligi boshlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Anjumanning Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari, kinoshunoslar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, aktyor va aktrisalar, rejissyorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov, Turkiya Prezidentining Tashqi siyosat va xavfsizlik ishlari bo‘yicha maslahatchisi, Yevroosiyo fuqarolik jamiyati va hamkorligi raisi Ismail Safi o‘zbek va turk kinoustalari o‘rtasida azaldan ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, ikki mamlakatning taniqli kino ijodkorlari ishtirokida qator filmlar suratga olinayotganini ta’kidladi. Tomonlar sohadagi hamkorlik bundan buyon ham mustahkamlanishi va rivojlanishiga ishonch bildirdi.
“O‘zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda turkiyalik rejissor Xuseyin O‘zden tomonidan “Dunyo adabiyotining chinori” nomli hujjatli film suratga olindi va premerasi O‘zbekiston va Turkiya davlatlarida o‘tkazildi. “O‘zbekkino” milliy agentligida Turkiya delegatsiyasi boshlig‘i Bekir Karliga, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ixsan Chaglar, rejissyor Hasan Ali Demirkanlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda Turkiya kino ijodkorlari bilan buyuk ajdodlar Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali ibn Sino kabi tarixiy shaxslar haqida filmlar yaratish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mazkur haftalik “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda Turkiya Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli Kino bosh mudirligi hamkorligida tashkil etildi. Festival davomida turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Novvoy Bobo: Ishq asrori”, “Qashqirlar makoni: Vatan”, “Rafadan Tayfa: Dahliz sarguzashtlari” hamda “Jigarim” filmlari turk tilida muxlislar e’tiboriga havola etiladi.
Haftalik 28-aprelgacha davom etadi. | 44 | 1,961 |
Madaniyat | Dunyoga qarshi chiqqan juftlik: 34 yil davomida turmush qurish uchun qirolichaning ruxsatini kutgan Charlz va Kamillaning sevgi hikoyasi | Shahzoda Charlz (hozirgi qirol Charlz III) va Kamilla Parker-Boulz 2005-yilda turmush qurgan. Ammo ular orasidagi muhabbat tarixi o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida boshlanganini ko‘pchilik bilmaydi, deb yozadi The Voice Mag.
2005-yil 9-aprel — Kamilla Parker-Boulz hayotida hali bunchalar baxtli kun bo‘lmagan. Ha, u nihoyat 35 yil oldin sevib qolgan insoniga turmushga chiqayotgan edi. Shu tarzda Kamillanng Charlz bilan hikoyasi boshlandi.
Hammasi qanday boshlandi?
Kamilla va Charlz 1970-yilda qirolichaning to‘ng‘ich o‘g‘li o‘sha paytda qatnashishni yaxshi ko‘rgan ijtimoiy tadbirlardan birida uchrashdi. Ajablanarlisi shundaki, Kamilla Charlzga to‘g‘ridan to‘g‘ri shunday dedi: “Mening buvim bilan sizning bobongiz o‘rtasidagi munosabatdan xabaringiz bo‘lganmi? Balki biz ham sinab ko‘rarmiz?”
Albatta, Charlz bunga qarshilik bildirmadi, munosabatlar tez rivojlandi. Shahzoda vaqt kelganda qirolicha unga turmush o‘rtoqni o‘zi tanlashini bilsa-da, Kamilla bilan jiddiy munosabatga kirishdi.
Biroq kutilmagan voqea yuz berdi, Charlz haqiqatan ham sevib qoldi. Kamilla o‘zining xushmuomalaligi va hazilkashligi bilan shahzodaning ko‘nglini zabt etdi. Ammo u ofitser Endryu Parker-Boulz bilan munosabatda bo‘lgan va biroz vaqtdan so‘ng ular ajrashib ketgan edi.
Albatta, Charlzning yonida Kamillani ko‘rishlari bilanoq, ommaviy axborot vositalari darhol qizning nomiga turli xil salbiy ma’nodagi fikrlarni bildirdi. Bu vaziyatdan keyin malikani xursand qilish imkoniyati kamaydi. 1971-yilda ular ayrilishga majbur bo‘ldi. Charlz dengiz flotida xizmat qilish uchun ketdi va Kamilla uni kutish befoyda ekanini tushundi, chunki o‘zini unga mos juft deb bilmasdi.
Kamillaning to‘yi
Bunday vaziyatda hech qanday ish chiqmasligini tushunib, (Charlzni onasining irodasiga qarshi chiqmasligini bilar edi), Kamilla 1973-yilda sobiq sevgilisi Endryu Parker-Boulzga turmushga chiqib, Parker-Boulz xonimga aylandi.
Kamilla oila bilan band bo‘lib, Charlzni unutishga umid qilgandi. Biroq uning shaxsiy hayoti bu darajada mukammal emasdi. Endryu xotinboz bo‘lib chiqdi va hatto ikki farzandi tug‘ilgandan keyin ham quyilmadi.
Aynan o‘sha paytda Kamilla va Charlz o‘rtasidagi munosabatlar qayta tiklandi, unga yonida rafiqasini qadrlaydigan erkak kerak edi. Sevishganlar munosabatini sir tutishga muvaffaq bo‘lmadi (yoki ular buni sinab ko‘rmadi), paparatssi ta’qibidan qochib qutila olmadi, ayniqsa hamma uchun Parker-Boulzning oilali ayol ekani juda ham g‘alati tuyuldi.
Charlzning to‘yi
Kamillaning ajrashish uchun ariza berishidan qo‘rqib, saroy ahli shahzodaga kelin izlashni tezlashtirdi. Yelizavetaning tanlovi yosh Diana Spenserga tushdi. Ularning to‘yi butun dunyo tomonidan muhokama qilindi, ammo hamma bo‘lajak qirol sevmasdan turmush qurayotganini taxmin qilgan edi. 20 yoshli Diana ham hali qirollik taklifini rad etish uchun aql va tajribaga ega emasdi. Oddiy qilib aytganda, u Charlzni haqiqatan ham uni to‘ydan keyin sevib qolishi mumkinligiga ishondi.
Diana vafodor rafiqa bo‘lishi, barcha etiket qoidalariga rioya qilishi, taxt uchun merosxo‘rlarni dunyoga keltirishi kerak edi. Afsuski, hech kim uni sevib qolishga va’da bermagan. U Charlz bilan omma oldida o‘zlarini baxtli oiladek ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Ehtimol, shuning uchun ham ko‘pchilik Kamillani ajoyib baxtli oilani vayron qilgan ayol deb biladi.
Afsuski, oradan o‘tayotgan yillar davomida Diananing eri bilan munosabatlari tobora keskinlashdi. Ikkinchi o‘g‘li Garri tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay, er-xotin ajrashishga qaror qildi.
Shahzoda Xaygrouv mulkiga ko‘chib o‘tdi va tez orada Kamilla ham tasodifan unga yaqin joyga joylashdi. Charlz o‘zining imkoniyatlari bilan ham hech narsa qila olmadi va na matbuotda ovoza bo‘lishi, na onasining noroziligi, na rasmiy turmush o‘rtog‘ining kechinma va umidsizligi haqida tashvishlandi. O‘sha vaqtda Diana haqiqatan ham bir chetda qolgandi, ammo keyinchalik uning ham atorfida oshig‘lari paydo bo‘ldi.
Bu voqea cheksiz davom etishi mumkin edi, lekin kunlarning birida Diana va uning sevgilisi o‘rtasidagi telefon suhbati ommaviy axborot vositalariga tarqalib ketdi. 1995-yil oxirida Diana BBC kanaliga intervyu berdi va u o‘zining mashhur iborasini — nikohda ular uchta ekanini aytdi. Shundan so‘ng mukammal oila rolini o‘ynash mantiqqa ham to‘g‘ri kelmadi va Yelizaveta II ularning ajrashishiga rozilik berdi. Kamilla esa yuraksiz ayollar safiga qo‘shildi.
Charlz va Kamilla yana birga
Kamilla 1995-yilda eridan ajrashdi. 1996-yilda esa Charlz va Diana ajrashdi. Sobiq juftlik yana topishib, to‘y va baxtli hayotni orzu qila boshladi.
Ammo keyin dahshatli voqea yuz berdi, malika Diana avtohalokatda vafot etdi. Butun Buyuk Britaniya motam tutdi. Buni tushungan Kamilla va Charlz tuzayotgan to‘y rejasini to‘xtatdi.
Rasmiy ravishda, Kamilla qirolichaga faqat 2000-yilda tanishtirildi. Birga yashashga ruxsat olish uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. Shunga qaramay, juftlikka rasmiy tadbirlarda birga chiqish taqiqlandi. Oradan 4 yil o‘tgach, Yelizaveta II o‘g‘liga nikoh uchun rozilik berdi va 2005-yilda ularning uzoq kutilgan to‘yi bo‘lib o‘tdi.
Kamilla Diana bilan bir xil unvonga ega bo‘ldi, ammo inson qalblari malikasiga hurmat tufayli u “Uels malikasi”dan foydalanmadi, unchalik yuqori bo‘lmagan Kornuoll gersoginyasini oldi.
Ajablanarlisi shundaki, bu to‘y 34 yil avval — dramalar, azob chekkan yuraklar va, ehtimol, o‘limlarsiz ham o‘tishi mumkin edi.
Bundan tashqari, Kamilla hech qachon shaxsiy manfaatni ko‘zlamaganligi va, masalan, qirolicha bo‘lishni maqsad qilmagani ham muhim ahamiyatga ega edi. Shuning uchun u, albatta, hammasining o‘z vaqti-soatida amalga oshishini kutdi. 2022-yil 8-sentabrda Yelizaveta II vafot etdi va tojni uning to‘ng‘ich o‘g‘li meros qilib oldi va qirol Charlz III nomini oldi, uning rafiqasi Kamilla esa qirolicha bo‘ldi.
Millionlarni qayg‘uga solgan fojia. Malika Diananing bevaqt o‘limiga 25 yil to‘ldi (video) | 136 | 5,876 |
Madaniyat | “Geolog. Ajaldan kuchliroq” filmining premyera sanasi aniq bo‘ldi | Birinchi o‘zbek blokbasteri sifatida eng ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Geolog. Ajaldan kuchliroq” filmining premyerasi belgilandi, deb xabar berdi Popcorn.uz.
22-may kuni soat 18:00 da “Samarqand darvoza” savdo majmuasida bo‘lib o‘tadigan premyeraga san’at, sport va shou-biznes olami vakillari taklif etilishi kutilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, savdo majmuasining ikkinchi qavatida film taqdimoti bo‘lib o‘tsa, mazkur jarayonni ko‘psonli tomoshabinlar uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda turib bevosita tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi. | 65 | 549 |
Madaniyat | Xonanda Rustam G‘oipovning konsertidan fotoreprtaj | 31-may kuni “Istiqlol” san’at saroyida taniqli xonanda Rustam G‘oipovning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Unda mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammadning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, konsert jonli ijro ixlosmandlari uchun haqiqiy bayramga aylangan.
Quyida konsert dasturidan tayyorlangan fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin. | 50 | 339 |
Madaniyat | “Erkak kishi har tomonlama tayyor bo‘lganida oila qurishi kerak”. Javohir Zokirov uch marta uylanib, ikki marta ajrashgani haqida (video) | Taniqli aktyor Javohir Zokirov Salom live YouTube kanaliga bergan intervyusida hayoti davomida uch marta uylangani va oila qurishga jiddiy yondashish kerakligi haqida gapirdi.
“Uch marta uylanganman. Birinchisiga 30 yoshimda uylanganman. Bilasizmi, kech yoki erta degan narsani tushunmayman, bizda yosh uylantirib qo‘yishadi-ku. O‘zi erkak kishi 30-40 yoshida sekin o‘zini tanib, erkakligini his qiladi, deb o‘ylayman. Yevropada kech turmush quriladi, ular oila qanaqa bo‘lishi kerak, qanday munosabat qurish kerakligini tushinib oladi. Bizda buni bilishmaydi, faqat uylantirib qo‘yishsa bo‘ldi. Bu narsaga jiddiy qarash kerak. Shuning uchun kech uylanganman. Men o‘zimni o‘zim oqlayotganim yo‘q. Lekin o‘ylashimcha, voyaga yetgan boladan ‘Uylanishga tayyormisan’, deb so‘rash kerak. Farzandli bo‘lgandan keyin, ilm berish kerak, o‘qitish kerak, hammasiga tayyor bo‘lishi kerak”, — deydi aktyor.
Javohir Zokirov rafiqasi Shahrizod G‘ulomova bilan
“Birinchi turmushingizda bir necha yil farzand bo‘lmaganmi?”, — degan savolga aktyor quyidagicha javob beradi:
“Yo‘q, unaqasi bo‘lmagan. Birinchi turmushimdan bir yil o‘tib ajrashganman. Ikkinchi ayolim bilan ham bir yil yashab, ajrashganman. U har xil bo‘htonlar tarqatib, hamma yerga xatlar yozgan”.
Javohir Zokirov, shuningdek, suhbat davomida agar rafiqasi ishlamaganida moddiy tomondan qiynalib qolishini, rafiqasining tarjimon sifatida faoliyat yuritishini ham aytib o‘tgan.
“Loyihadan ko‘nglim to‘lmadi. Bir yillik umrimga juda ham achindim”. Javohir Zokirov “Mendirman Jaloliddin” seriali haqida (video) | 137 | 1,561 |
Madaniyat | Mahmud Nomozov: Rafiqam san’atimni tushunmaganida bugungi darajaga erishmagan bo‘larmidim? | Har bir insonning o‘ziga xos dunyosi, yoshiga monand qarashlari bo‘ladi. Ko‘pning mehriga musharraf bo‘lgan ijodkorlardan biri, O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozov “Darakchi.uz” nashri savollariga tajribasidan kelib chiqib samimiy javoblar berdi.
“2017-yil uchun ko‘zlagan rejalarim bir talay. Bu yil muxlislarga konsert dasturi taqdim eta olmadim. Kelayotgan yilda esa konsert qo‘yishni maqsad qilganman. Ijodda yangiliklar qilish, yangi qo‘shiqlar yozish, ularga klip suratga olish kabilar haqida hozirdanoq fikr yuritayapman.
Jonli ijro, aslida, qiyin bir masala emas. Samimiy, qadrdon davralarda kayfiyat a’lo, salomatlik joyida bo‘lsa, bemalol 4-5 soat jonli ovozda kuylashim mumkin. O‘zingizga ma’lum, to‘ylarimiz ham to‘rt soatdan kam bo‘lmaydi. Mehmonlarning zavqini ko‘rib, biz ham charchoq nimaligini bilmay xizmat qilamiz.
San’atkor sifatida o‘zimga qo‘ygan cheklovlarim bor. To‘g‘ri, ko‘pchilikka taqiqlar yoqmaydi, ijod ahli chegara bilmaydigan erkinlik istaydi, deyishadi. Ammo bu degani odob-ahloq me’yorlari, qonun-qoidalarga ko‘z yumish mumkin degani emas. Urf-odatlarni, tamoyillarni hurmat qilish insonning o‘zini hurmat qilishidan darak.
Ruhshunos qabulida bo‘lmaganman. Lekin ularga ishonaman. Psixologiya oid kitoblarni o‘qib bildimki, ruhshunoslar aqlli va dunyoqarashi boy odamlar.
Sevgi... Katta harflar bilan yoziladigan tuyg‘u! Uni bir-ikki og‘iz so‘z bilan ifodalab bo‘ladimi? Inson sevib yashasagina yashaydi. Hayotga, Vatanga, oilaga, jufti haloliga, bolalariga muhabbat qo‘yish... Menimcha, cheksiz sevgini tuygan insonlar baxtlilar safida bo‘ladi.
Ayol uyda o‘tiradimi, ishlaydimi, erini tushunishi va ziyrak bo‘lishi lozim. Rafiqam mutaxassisligi bo‘yicha hamshira. Bir muddat ansamblda qo‘shiq kuylagan. O‘n kunlab xizmat safarlarida yurib uyga qaytganimda biror marta janjal bilan kutib olmagan. Men haqimda ham gap-so‘zlar bo‘lgandir, ularni ayolimga yetkazguvchilar ham topilgandir. Lekin biror marta dedi-dedilar bilan boshimni qotirmagan. Ehtimol, san’atimni tushunmaganida, san’atkor ekanligimni inobatga olib, muomala qilmaganida, bugungi darajaga erishmagan bo‘larmidim? Demoqchimanki, oilada kim karyera qilsa ham, ikkinchi tomonning unga to‘g‘ri munosabat bildirishi muhim”, — deydi Mahmud Nomozov.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 90 | 2,420 |
Madaniyat | Sardor Rahimxonning konsertidan fotoreportaj | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon “Har kuning ulug‘ ne’mat” nomli ikki kunlik konsert dasturini boshladi. Quyida 9—10-may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘tkazilishi belgilangan konsertning birinchi kun lavhalari bilan tanishishingiz mumkin.
“Sayyod.com” saytining yozishicha, “konsert juda fayzli va muvaffaqiyatli o‘tgan”. “Biz mazza qilib dam oldik. Qancha konsertlarda charchagan bo‘lsak-da, bu konsertda, rosti, dam oldik”, — deb yozadi sayt muallifi. | 44 | 481 |
Madaniyat | "Boysun bahori" yakuniga etdi (foto) | Joriy yilning 7-8 may kunlari Boysun tumanidagi “Solim Padang” qishlog`ida o`zbek xalqimining ko`p asrlik qadryatlari va an`nalarini o`zida tarannum etuvchi “Boysun bahori” ochiq folklor festivali bo`lib o`tishini ma`lum qilgandik. Mazkur festival mehmonlari uchun maxsus charter reyslar ham yo`lga qo`yilgandi. Kecha, 7 may kuni tadbir avvalida dron-shou ham bo`lib o`tdi. Festival osmonida turli tasvirlar qatorida O`zbekiston xaritasi va bayrog`i, milliy qadriyatlar aks ettirildi. Shuningdek, shu kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tavallud kunini sahnada, xalq oldida nishonladi.
Ikki kun davom etgan xalqaro festival bugun o`z yakuniga etib, milliy o`yinlar, kurash musobaqalari g`oliblari, va baxshi-oqinlar munosib taqdirlandi. Tantanadan to`g`ridan-to`g`ri muxbirimiz Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda.
Quyida folklor yo`nalishida taqdirlanganlar bilan tanishing: | 36 | 881 |
Madaniyat | Foto: Bollivud yulduzlari farzandlari bilan ayni yoshda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgan? | Avval aktyor va aktrisalar ko‘rinishi hozirgidek bir xil bo‘lmagan, tabiiy va istarali ko‘ringani sabab hozirgi yulduzlardan farq qilgan, degan fikrlar yo‘q emas. Ushbu qarash qanchalik to‘g‘ri buni Bollivud yulduzlari va ularning farzandlari bilan bir yoshdagi suratlarni solishtirish orqali xulosa qilish mumkin.
Mitxun Chakraborti va o‘gli Namashi Chakraborti
Mitxun Chakraborti ilk bor 1976-yilda “Qirollik ovi” filmida suratga tushgan. Shundan keyin aktyor ilk milliy kino mukofot va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. U vaqtda aktyor, kichik o‘g‘li Namashi singari 26 yoshda bo‘lgan. Boshqa farzandlaridan ko‘ra Namashi, Mitxunga ko‘proq o‘xshaydi va u ham yaqin orada kinoda debyut rol ijro qiladi.
Shridevi va Janvi Kapur (23 yosh)
80-yillar janubda taniqli yulduz bo‘lib ulgurgan Shridevi, Bollivudga kelganidan keyin karyerasi yanada gullab-yashnagan. 23 yoshida aktrisa arsenalida “Artist”, “Qayg‘uli hikoya”, “Tuhfa” va “Sehrli brilliant” filmlaridagi muvaffaqiyatli ijrolar bo‘lgan. Ayni vaqtda aktrisaning qizi Janvi ham 23 yoshda. U ham kino olamiga qadam qo‘ygani va uchta loyihada ishtirok etganiga qaramay, onasichalik mashhurlik cho‘qqisini zabt eta olmagan. Uni aktyorlik mahoratidan ko‘ra, tashqi ko‘rinishga e’tibor qaratish, kosmetolog va plastik jarroh qabulida bo‘lish qiziqtiradi.
Amitabx va Abhishek Bachchanlar (31 yosh)
Mazkur suratda ota va bola 31 yoshda. Ularning har ikkisi ham iste’dodli, kelishgan va mahoratli aktyor hisoblanadi. Ammo nima uchundir Abhishek iste’dodi, otasi va rafiqasi Ayshvariya Ray soyasida qolib, muxlislar tomonidan yetarlicha baho berilmaydi.
Tanudja va Kajol (21-22 yosh)
Tanudja o‘z davrining eng iste’dodli va go‘zal aktrisalaridan. Qizi Kajol esa qobiliyatda ham tashqi qiyofada ham onasidan qolishmaydi. Suratda ona bola deyarli bir yoshda.
Rakesh Roshan va Ritik Roshan (37 yosh)
Mazkur surat Rakesh Roshan rol ijro qilgan “Ilohiy ota” filmidan olingan. U vaqtda aktyor 37 yoshda bo‘lgan, Ritik ham ayni vaqtda 37 yoshda. Ularning suratlariga nazar tashlab, ikki tomchi suvdek o‘xshash degan xulosaga kelish mumkin.
Babita va Karishma Kapur (24 yosh)
Aktrisa Babita ushbu suratda 24 yoshda. Qizi Karishmaning ham 24 yoshlik suratiga qarab ona-bola o‘rtasida o‘xshashlik va sezilmas darajadagi qandaydir farqlar borligini bilish mumkin.
Rishi Kapur va Ranbir Kapur (37 yosh)
Rishi Kapur 1989-yilda rol ijro qilgan “Chandni” filmidan olingan surat. O‘g‘li Ranbir hozir 37 yoshda, otasi ham mazkur film suratga olinganda ayni yoshda bo‘lgan. Ranbirning qiyofasi ko‘proq onasi, aktrisa Nita Singxga o‘xshasa ham, iste’dod va mahorat otasidan meros.
Amrita Singx va Sara Ali Xon (23 yosh)
Sara Ali Xonga onasining quyib qo‘ygandek o‘zi deb ta’rif beriladi. Suratda ularning har ikkisining ham yoshi 23 da. Sara ham onasi Amrita singari aktrisalik sohasini tanlagan. | 87 | 2,836 |
Madaniyat | Rashid Holiqov oilasi va yaqinlari bilan dunyo bo‘ylab sayohat qilmoqda (foto) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov yangi yilni oilaviy ta’til bilan boshladi, deb yozadi MyDay.
Xonanda o‘z sayohatini Turkiyaga oilaviy tashrif bilan boshladi.
Yanvar oyining ikkinchi yarmida xonanda Yevropaga sayohatga otlandi. Birinchi nuqta — Chexiya, Praga.
Chexiyadan so‘ng Rashid Holiqov do‘stlari va farzandlari bilan Bavariyani ziyorat qildi.
Navbatdagi mamlakat Shveysariya bo‘ldi.
Shveysariyadan so‘ng sayohatchilar Ispaniyaga otlandi.
Ayni damda ular Fransiyaning Parij shahrida dam olmoqda. | 78 | 528 |
Madaniyat | “O‘rganuvchilar” filmidagi roli uchun “Oskar” va “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan aktyor — Kristofer Plammer vafot etdi | Kanadalik aktyor Kristofer Plammer 91 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Meduza.
Aktyor Konnektikut shtatidagi uyida vafot etgan bo‘lib, uning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.
Plammer “Musiqa ovozlari”, “Pushti panteraning qaytishi”, “12 maymun”, “Tafakkur o‘yini”, “Ajdar tatuirovkali qiz” kabi filmlardagi roli bilan tanilgan.
Tanqidchilar tomonidan Plammer 2011-yilda ekranlarga chiqqan “O‘rganuvchilar” filmidagi roli uchun e’tirof etilgan bo‘lib, unda aktyor o‘z rolini 82 yoshida ijro etgan. Aynan ushbu kartinadagi roli uchun unga ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar”, “Oltin globus” va AQSh Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotlari topshirilgan.
Plammer kinodan tashqari, teatr aktyori sifatida ham tanilgan. U ikki marta — 1974 va 1997-yillarda — “Toni” mukofotiga loyiq ko‘rilgan.
Avvalroq “Yulduzlar jangi”dagi Dart Veyder roli bilan mashhurlikka erishgan britaniyalik aktyor Devid Prouz, shuningdek, Jeyms Bond roli bilan mashhurlikka erishgan Shon Konneri 90 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 119 | 1,055 |
Madaniyat | Sotuvchi, bloger, kotiba: mashhur malikalar shahzodalar bilan turmush qurmasdan oldin qaysi kasb egasi bo‘lgan? | Ko‘p qizlar saroyda yashash, chiroyli kiyinish va ishlamaslik uchun shahzodalar bilan turmush qurishni orzu qiladi. Qirollik oilasining vakillari hech qayerda ishlamaydi, biroq ularning ham majburiyatlari bor, masalan, qirol oilasi a’zolari tadbirlarda vakillik qilishi yoki xayriya tashabbuslarida ishtirok etishi lozim.
Qizig‘i shundaki, hamma malikalar ham qirollik oilasida tug‘ilmagan. Ko‘plab malikalar oddiy oilalarda tug‘ilgan va qachonlardir oddiy kasb egalari bo‘lgan.
Keyt Middlton
Keyt Buyuk Britaniyada joylashgan Jigsaw do‘konlarining birida aksessuarlar sotuvchisi bo‘lib ishlagan.
Megan Markl
Megan Markl turmush qurmasidan oldin aktrisa bo‘lgan. Shu bilan birga, u blogerlik bilan ham shug‘ullangan va The Tig nomli mashhur layfstayl blogini yuritgan.
Kamilla Parker-Boulz
Shahzoda Charlzning rafiqasi Kamilla Sibyl Colefax & Jon Fowler dizayn byurosida kotiba bo‘lib ishlagan.
Qirolicha Raniya
Iordaniya qirolichasi Raniya qirol Abdulla II bilan uchrashgunga qadar Apple’ning Quvaytdagi filialida, keyinroq Citibank’da marketolog bo‘lib ishlagan.
Malika Sharlin
Monako malikasi Sharlin Janubiy Afrikaning mashhur suzuvchilaridan biri bo‘lgan. U Olimpiada medallarini qo‘lga kirita olmagan. Sharlin shu sababli sportdagi karyerasini afsuslanmasdan yakunladi va shahzoda Albert bilan munosabatlariga e’tibor qaratdi.
Qirolicha Letitsiya
Ispaniya qirolichasi Letitsiya sobiq jurnalist. U muxbir bo‘lib ishlagan paytida tez-tez issiq joylarga sayohat qilgan: masalan, Iroqdagi voqealarni suratga olgan, shuningdek, 2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan hujumlar haqida xabar bergan.
Sofi Uessekskaya
Shahzoda Edvardning rafiqasi Capital Radio’da piar-menejer bo‘lib ishlagan, tajriba orttirgandan so‘ng o‘zining RJH Public Relations PR agentligiga asos solgan.
Qirolicha Matilda
Belgiya qirolichasi, qirol Filippning turmush o‘rtog‘i Matilda bolalar logopedi bo‘lib ishlagan.
Qirolicha Maksima
Niderlandiya qirolichasi, qirol Villem-Aleksandrning rafiqasi analitik fikrga ega, shuning uchun u turmush qurmasdan oldin muhim lavozimlarni egallagan. Maksima HSBC Jeyms Kapel Inc’ning Lotin Amerikasidagi savdo bo‘yicha vitse-prezidenti, Dresdner Kleinvort Benson va Deutsche Bank’da katta iqtisodchi bo‘lgan. | 111 | 2,237 |
Madaniyat | “Buratino”dagi Malvina roli bilan tanilgan aktrisa Tatyana Protsenko vafot etdi | “Buratinoning sarguzashtlari” filmidagi Malvina roli orqali tanilgan aktrisa Tatyana Protsenko 53 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktrisaning turmush o‘rtog‘i, aktyor va jurnalist Aleksey Voytyuk o‘zining Facebook’dagi sahifasiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Soat 10:30 larda u shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etdi. Onkologiya. U qariyb uch yil kurashdi va afsus”, — deydi marhumning turmush o‘rtog‘i.
Protsenko 1968-yilning 8-aprelida tug‘ilgan. Aktrisaning o‘zini so‘zlariga ko‘ra, “Buratino” filmi rejissorining assistenti u bilan poyezdda tanishib qolgan va Malvina roliga probaga kelishni taklif etgan. Keyinroq rejissor Leonid Nechayev uni rolga tasdiqlagan.
Tatyana Butunrossiya kinematografida davlat universitetining kinoshunoslik yo‘nalishini tamomlagan, Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi a’zosi. 2018-yilda aktrisada saraton aniqlangan edi.
Mashhur filmda Buratinoni gavdalantirgan aktyorning taqdiri qanday kechdi? (foto) | 79 | 958 |
Madaniyat | Yunon qahramoni Geraklning tobuti 57 yildan so‘ng Antalyaga qaytarildi | Turkiyaning Antalya shahrida afsonaviy yunon qahramoni Geraklga nisbat beriladigan sarkofag taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Osori atiqa 57 yil muqaddam Shveysariyaga noqonuniy olib chiqib ketilgan edi, deb xabar beradi “TASS”.
Sarkofag Rim imperiyasi davriga oid nodir san’at asari bo‘lib, milodiy ikkinchi asrga borib taqaladi. 235 santimer uzunlik, 112 santimer kenglikka ega, ikki tonna og‘irlikdagi konstruksiyada Geraklning 12 qahramonligini ko‘rsatuvchi barelyeflar chizilgan.
Tobut prezentatsiyasi Antalya arxeologiya muzeyida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mamlakat madaniyat va turizm vaziri No‘mon Qurtulmush ishtirok etdi. | 70 | 618 |
Madaniyat | Foto: Sardobadagi kulfat ko‘lami insonlar yuzida aks etgan surat | Ijtimoiy tarmoqlarda Sardobadagi toshqin oqibatida uy-joyidan ayrilgan, yig‘layotgan ayollarning yonida jilmayib turgan boshlovchi Davron Kabulov va xonanda Yulduz Turdiyeva aks etgan surat keng muhokama qilinmoqda. Internet foydalanuvchilari ushbu suratga “Quvonch va qayg‘u” deb nom bergan.
“Birgina suratda bir olam og‘riq mujassam. Unda Sardobadagi kulfatning naqadar keng ko‘lamliligi, uning oddiy odamlar, yosh bolalar hayotiga qanday ta’sir o‘tkazganini ko‘rish, his etish mumkin”, — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
“Davronning yonida turgan bolaning ko‘zlariga qarang. U betashvish bolalikning shirin gashtini suradigan payt. Biroq bu kulfat uni ulg‘aytirib qo‘ydi. Uning nigohlaridagi dard buni ko‘rsatib turibdi. Bolaga qarab, ichim og‘ib ketdi”, — deb yozadi boshqa internet foydalanuvchisi.
“Bu san’atkorlar kulib rasmga tushishga o‘rganib qolgan. Ular hech qachon oddiy insonlar qayg‘usini his eta olmaydi”, — deya fikr bildiradi yana bir foydalanuvchi.
Bir necha blogerlar ham ushbu suratdagi san’atkorlarga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirib, postlar yozdi. Asl vaziyat oydinlashganidan so‘ng esa tanqidiy postlarning ayrimlari o‘chirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu suratni Davron Kabulov 5-may, seshanba kuni Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining sardobaliklarga yordam karvoni tarqatilgan paytda Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.
“Million” kulgi jamosi sardori ushbu suratga tushishdan oldin olingan videoni ham e’lon qilgan.
View this post on Instagram
Videoda Davron Kabulovning ushbu sinovli kunlar o‘tib ketishi, hammasi yaxshi bo‘lishini aytib, odamlarni ruhlantirayotganini ko‘rish mumkin. Uning so‘zlaridan ta’sirlangan sardobalik ayollar yig‘lab yubordi. Shu paytda suhbatga xonanda Yulduz Turdiyeva ham qo‘shilib, “Ular sizni ko‘rib yig‘lashyapti”, deb vaziyatni yumshatishga urinadi.
5-may kuni O‘zbekiston Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining saxovat va insonparvarlik karvoni taniqli san’atkorlar hamrohligida Sardobadagi toshqin oqibatida jabrlangan fuqarolarga yetkazib berildi.
Uch kun davomida san’atkorlar va ko‘ngillilar tomonidan yig‘ilgan ushbu xayriya kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, bolalarga o‘yinchoqlar va boshqa zarur narsalardan iborat.
Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi.
Voqea yuz bergan kuniyoq Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga yetib bordi. U suv toshqini oqibatlarini ko‘zdan kechirdi, ofatdan jabrlangan aholi bilan muloqotda bo‘ldi, sharoit yaxshilanmagunicha hech bir rahbar hech qayerga ketmasligini ta’kidladi. Allaqachon qayta tiklanishi boshlangan to‘g‘onni bir necha bor borib ko‘rdi, ish jarayoni bilan tanishdi.
To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. | 64 | 3,182 |
Madaniyat | Minnesotada taniqli rok-musiqachi Skott Veylendning o‘ligi topildi | Rok-musiqachi Skott Veylend Minnesotada (AQSh), konsert avtobusida o‘lik holda topildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Veylend o‘zining Scott Weiland & The Wildabouts guruhi bilan gastrol konsertlarini o‘tkazayotgan edi. Uning o‘limi sabablari hozircha noma’lum.
Stone Temple Pilots va Velvet Revolver kabi taniqli guruhlarning sobiq yakkaxoni bo‘lgan 48 yoshli Veylend uzoq yillar mobaynida o‘zining narkotiklarga tobeligiga qarshi kurashgandi. | 66 | 452 |
Madaniyat | Iroda Nosirova o‘z ustida “akalari” bilan garov o‘ynagan rahbarning aytganini qilmagani uchun kinoda ham “zapret”ga uchraganini ma’lum qildi (video) | Jurnalist, aktrisa va xonanda Iroda Nosirova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Iroda Nosirova suhbat davomida kinoda taqiqqa uchrashi sababini ma’lum qildi.
Buni taqiqlar zanjiri desa ham bo‘ladi. O‘sha vaqtlarda deyarli faqatgina davlat telekanallari faoliyat yuritar edi, xususiy kanallar deyarli yo‘q edi. Televideniyeda barcha eshiklar men uchun yopilganidan so‘ng kinolarda rol ijro qilishga rozi bo‘lganman. Uch-to‘rtta filmda rol ijro etdim. O‘shanda ham o‘zimga mos bo‘lgan rollarni tanlab ijro etishga harakat qildim.
U vaqtlarda filmlarning ilk taqdimoti, ya’ni premyeralar juda ham dabdabali bo‘lardi. Premyeralarning birida oldimga o‘sha vaqtdagi kino rahbarlaridan biri kelib, ‘Irodaxon, sizning muxlisingizman, siz ko‘proq filmlarda chiqishingiz kerak, sizga yordam beraman, shu sohada falon kresloda o‘tiraman’, dedi.
Ertasi kundan menga rejissorlar telefon qilib, ‘Rasmlaringizni olib keling, sinovlarga keling’, deyishdi. Fotosinovlarga borib, hattoki sinovlardan ham o‘tdim. Bir-ikki kundan so‘ng haligi odam kechqurun telefon qilib, ‘bir joyga kelib keting, Irodaxon’, dedi. ‘Nima gap?’, desam, ‘sizni akalarim bilan tanishtiraman’, dedi. U odam ular bilan garov o‘ynagan ekan. Bormadim. Bormayman deb qat’iy aytganimdan so‘ng sensirashga o‘tib, ‘Sen ertaga kinoda rol ijro etishingni o‘ylab ko‘rgin, kinoning ostonasidan qadam bosmaysan’, dedi. ‘Qo‘lingizda osmon bo‘lsa, tashlab yuboring’, dedim. Qo‘lida kino bor ekan, tashlab yubordi.
Ertasi kuni fotosinovlaridan o‘tgan rejissorlarim telefon qilib, ‘sizni bizga taklif qilgan odam zapret qildi, nima bo‘ldi o‘zi, tinchlikmi?’, deb so‘rashdi. ‘Hammasi joyida, zapretlar meni qo‘rqitmaydi’, dedim.
Xullas, vaqtlar o‘tib u odamning o‘zi ham rahbarlikdan ketdi. Undan keyin bir-ikkita filmlarda suratga ham tushdim. O‘sha vaqtlarda bir rejissor meni yangi bir loyihasiga taklif qildi. Film ssenariysi aynan men uchun yozilgan edi. Hammasi tayyor bo‘lib, rolga kirishib, kiyimlar tikilganidan so‘ng ‘Iroda bir homiy bor, u shu filmga pul tikmoqchi, hattoki tikkan pulini ham qaytarib olmas ekan, faqat u xohlagan qizni bosh rolda o‘ynatishim kerak ekan’, dedi. O‘zimni shu rolda tasavvur qilib, shu rolda yashaganman. ‘Agar sen mening yonimda bo‘lsang, menga hech nima kerak emas, biz bu narsalarni birgalikda yengib o‘tamiz’, dedi, ‘Shart emas, rahmat, yo‘lingizda davom eting’, deb ketdim.
Shu bilan kinodan ko‘nglim sovib ketdi. Bu hamma rejissorlarga tegishli emas. Men ijodini ham, o‘zini ham hurmat qilgan rejissorlar juda ham ko‘p. Ketma-ket bo‘lgan shunaqa holatlar ko‘nglimning sovishiga sabab bo‘ldi. Keyin kinodan ham uzoqlashishga majbur bo‘ldim.
Iroda Nosirova, jurnalist, aktrisa, xonanda
Ma‘lumot uchun, Iroda Nosirova faoliyatini “Davr” informatsion dasturida sport sharhlovchisi sifatida boshlagan. “Alvido”, “Omad”, “Janob hech kim” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida “Kel” deb nomlangan qo‘shig‘i muxlislar orasida ommalashgan. Iroda Nosirova 18 yillik norasmiy taqiqlardan so‘ng 2020-yildan Zo‘r TV kanalida jurnalist, boshlovchi sifatida faoliyatini boshladi.
Iroda Nosirova nojo‘ya takliflarni rad etgani tufayli televideniyeda 18 yil “zapret”da yurgani haqida so‘zlab berdi (video) | 148 | 3,278 |
Madaniyat | TEATR MAVSUMI OChIQ, REPERTUAR BILAN TANIShTIRAMIZ! | “UYG`ONISh” — KORRUPSIYaGA QARShI KURAShADI
Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatrining ijodkorlari yangi mavsumni yangi spektakl premerasi bilan boshladi...
Dramaturg Mengliboy Murodov o`zining “Uyg`onish” pesasida bugungi kunda ildiz otgan korrupsiya mavzusini ko`targan. Voqealar rivojida bosh qahramon ish va hayotidagi barcha masalalarni faqat pul bilan hal qilishga odatlangan inson. Uning bu “faoliyat”iga qarshi bo`lgan xodimlarni beshafqat jazolashga ham odatlangan. Spektakl rejissyori Mirza Azizov asardagi bu salbiy obrazni aktyor Dilmurod Uzoqovgaishonib topshirdi. “Qahramonimning poraxo`rligi tufayli begunoh bir inson tuhmatga qoladi. Shunda ham u, o`z aybiga iqror bo`lmay, qabih ishlarida davom etaveradi. Voqealar so`nggida adolat qaror topgan sahna asarimizdan, tomoshabinlar o`zlari uchun to`g`ri xulosa chiqarishadi " deydi aktyorning o`zi.
“Uyg`onish” spektaklida shuningdek, Qodirxon Rasulxonov, Feruza Mustafoeva kabi aktyorlar bosh rollarni ijro etishgan.
“SOYa” 14 YoShDAN KATTALAR UChUN
Bolajonlarni qiziqtirgan mavzularni sahna asarlarida namoyish etayotgan O`zbekiston davlat qo`g`irchoq teatriham yangi spektakllar ustida ijod qilishmoqda...
Ayni kunlarda “Fotimaning sarguzashtlari”, “O`jar quyoncha”, “Quloqsiz uloqcha” kabi spektakllarni taqdim etayotgan ijodkorlar, dramaturg Evgeniy Shvarsning mashhur asariga qo`l urishdi. “Soya” — 14 yoshdan kattalar uchun mo`ljallangan bo`lib, unda abadiy mavzular — rost va yolg`on, mehr va oqibat kabi qarama-qarshiliklarning o`zaro kurashini ko`rishingiz mumkin. Bosh qahramon — olim butun dunyoni baxtli qilishni istaydi. Biroq bu urunishlari oldida juda ko`p to`siqlarga duch kelganiga govoh bo`lishingiz mumkin. Yosh tomoshabinlar uchun qa`tiyatli bo`lish, oldiga qo`ygan maqsadiga erishishni o`rgatadigan sahna asari 15 oktyabrdan e`tiboran namoyish etiladi.
YaNGI REJISSYoRDAN KLASSIK SAHNA ASARI
Sentyabr oyida o`zining 49-mavsumini ochiq deya e`lon qilgan O`zbekiston davlat drama teatri bu yil o`zgacha ishtiyoq bilan ijodga bel bog`lagan...
O`zbekiston san`at arbobi, davlat mukofoti laureanti Olimjon Salimov yoz oyidan e`tiboranteatrning bosh rejissyori va badiiy rahbari etib tayinlandi. Rejissyor yangi jamoa bilan hamkorlik qilishda ishni klassikadan boshlamoqchi. U jahonga mashhur yozuvchi Karlo Galdonining “Ikki boyga, bir malay. (Trufaldino)” asarini teatrning bir qator professional aktyorlari bilan birgalikda sahnaga olib chiqishni rejalashtirgan. Ayni kunlarda ijodiy guruh repetisiyadan avval asarni o`qish ishlarini boshlashdi. Yangi sahna asarida yosh, uddaburon, ishbilarmon yigitning sarguzashtlari, uning o`z hayotini mazmunli qilish, baxtli bo`lish hamda boshqalarni ham baxtli qilish uchun kurashishini ko`rishingizmumkin.
“Ikki boyga, bir malay. (Trufaldino)” ning asosiy qahramonlari Trufaldino rolini — aktyor Po`lat Normatov, Pantalone rolini esa O`zbekistonda xizmat ko`rsatnan artist Matyoqub Matchanov gavdalantirishgan. Ushbu spektakl kuz oylarining so`nggi kunlarida premera qilinadi. | 51 | 3,023 |
Madaniyat | Jeki Chan kelin, xakerlar hujumiga uchragan Imron, quyonchaga aylangan “Bojalar”. Mashhurlar karantinda (foto+video) | O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 14-aprel, seshanba kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va foto postlar joyladi.
Xonanda Shohruxxon muxlislariga “Devonaman devona” deb nomlangan qo‘shig‘ini aytib berdi.
View this post on Instagram
Aktyor Javlon Shodmonov aktrisa Feruza Normatova bilan tayyorlagan qiziq lavhani joylashtirdi. Ushbu lavhada Javlon Shodmonov xotinboz erkak rolini o‘ynagan.
View this post on Instagram
Aktyor va xonanda Jahongir Poziljonov karantin vaqtida uyida nimalar qilayotgani bo‘yicha hisobot tarzidagi video tayyorladi. Unda Jahongir Poziljonovni o‘qituvchi, bog‘cha otasi, sport murabbiyi, quyoncha, rasm murabbiyi bo‘lgan holatlarni ko‘rasiz. Videolavha “bir amallab uyda qoling” so‘zlari bilan yakunlanadi.
View this post on Instagram
Xonanda Imronning Instagram sahifasi so‘nggi 25 kun ichida ikki marta xakerlar tomonidan o‘chirib tashlandi. Imron birinchi marta 150 000 obunachisi bor sahifasidan ayrilgan bo‘lsa, ikkinchi marta 25 000 ga yaqin obunachisi bor sahifasidan mahrum bo‘ldi. Xonanda shuni ma’lum qilish uchun muxlislariga murojaat qilib, nima bo‘lsa ham uyda qolishlarini so‘radi va uchinchi sahifasi ochilganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Xonanda Sardor Mamadaliyev “Agar maktab va bog‘chalar ochilmasa, ota-onalar koronavirusga qarshi vaksinani shifokorlardan oldin o‘ylab topishadi”, mazmunidagi hazil postni joyladi.
View this post on Instagram
Xonanda Ozoda Nursaidova shoira Rislig‘oy Hotamovaning kecha-yu kunduz tinim bilmay ishlayotgan shifokorlarimizga atalgan “Uyini unutgan oqqushlar” deb nomlangan she’rini o‘qib berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Mushtariy Muzaffarova hamda aktyor Shohrux Hamdamov Zoom orqali “Men dunyoning eng buyuk oshig‘i bo‘lib qolaman” taronasini jonli kuyladi.
View this post on Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova karantin davrida har kuni muxlislari uchun jonli ijroda konsert dasturini taqdim qilish bilan birga qiziq va kulgili video postlar ham joylab turibdi. Xonanda Jeki Chan kelin deb nomlangan lavha joyladi. Endi sizda Jeki Chan kelin qanday bo‘lishi mumkinligi haqida ham tasavvur bor.
View this post on Instagram
Xonanda Manzura muxlislarining talabidan kelib chiqqan holda 2015-yilgi konsertida kuylagan “Afsusdaman” deb nomlangan taronasini joyladi.
View this post on Instagram
“Million” jamoasi a’zosi Mo‘min Ibrohimov Instagram’da hamma eski rasmlarini qo‘yayotgani bilan bog‘liq qiziq lavha tayyorlab sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Aktyor Alisher Uzoqov xonanda Shohruxxonni juda o‘xshatib parodiya qildi. Ushbu arxiv videolavhani aktyor va boshlovchi Jahongir Xo‘jayev o‘zining sahifasiga joylagan.
View this post on Instagram | 116 | 2,942 |
Madaniyat | Halima Xudoyberdiyevaning 5 jildlik saylanmasi nashrga tayyorlanmoqda | O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tizimidagi G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan zamonaviy o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biri Halima Xudoyberdiyevaning turli yillarda nashr etilgan kitoblari asosida 5 jildlik saylanmasi nashrga tayyorlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berdi, deb yozadi O‘zA.
Jumladan, saylanmaning 1-jildidan o‘rin olgan shoiraning benazir bitiklarini o‘qish davomida, tuyg‘ularning rangi va tovushinigina emas, balki qo‘l bilan tutsa bo‘ladigan darajada moddiylashganini his etish mumkin.
Kitobning birinchi jildi tayyorlanib, keng omma e’tiboriga havola etilish arafasida turibdi. Keyingi to‘rt jildi esa nashr etilish jarayonida. | 69 | 725 |
Madaniyat | Kunduzi quruvchi, tunda ijodkor. Toshkentdagi devorlarga surat chizib ketuvchi rassom o`zini oshkor qilmasligi sababini aytdi (video) | "Ink" – siyoh, "Uz" – O`zbekiston, "art" – san`at. Tarjimasi "O`zbekiston siyoh san`ati" mazmunidagi taxallusda ijod qiluvchi rassomning asl kasbi boshqa. Ko`cha san`ati bilan shug`ullanuvchi ijodkor Zamon.uz ga intervyu berdi.
– Quruvchilik asosiy soham. Men injener-geodistman. Ertalab injenergeodistman, kechqurun "Street-art" rassomiman.
Muhokamalar markazidagi rassom intervyu davomida shaxsi ochiqlanmasligini so`radi. Unga tomoshabinlar fikri qiziq. Shu sababli u tez-tez kuzatuvchilari orasiga kirib, ular bilan fikr almashadi.
– Odamlar chizgan rasmlarimni oldida turib, rasm tushayotgan, yoki bir biri bilan gaplashib turgan bo`ladi. Ularni oldidan o`tib ketayotganimda g`alati rasm chiqibdi deyman. Shunda ular menga o`zing birinchi chizishni o`rgan deb, yomon gapiradi. Men bundan xursand bo`laman.
U sirlilik prinsipiga amal qiladi. Qahramonimiz hatto tunda patrul xizmati xodimlari so`roqqa tutganda ham shaxsini ochiqlamaganini aytdi.
– Ularni juda yaxshi tushunaman. Shunaqa qilganlari ham to`g`ri. Ular bilan murosa qilaman, chiroyli gaplashaman, yaxshi niyatda chizayotganimni aytsam indashmaydi.
E`tiborlisi, "Street-art" uning hobbiysi, xolos. "Inkuzart", hatto, yaqin yillargacha san`atning ushbu turi bilan shug`ullanishi haqida o`ylamagan.
– 2017 yilgi singlim yuborayotgan skrinshotni ko`rib qoldim. Unda singlim aytyapti, balki "Street-art" bilan shug`ullanib ko`rarsiz. Javob berdim. Bu soha mengamas. Shuni ko`rib rosa kulibman.
U o`zining ilk asaridan ilhomlangan.
– Ekspriment qilmoqchi bo`lganman. Bitta devorni ko`rib qolib o`sha erga chizganman. Bir kundan keyin bo`lsa kerak, internetda tarqalib ketdi. Ko`chada "Street-art" paydo bo`libdi deb.
Har bir ijod namunasi uzoq vaqt talab qiladi. "Avtomobilga navbat" surati uning ommaga tanilishiga sabab bo`lgan.
– Chizishdan oldin, joylarni o`rganaman. Shu joyga chizsam, yonida nima bor. Kameraga qarayman.
Bir gal devor oldida qurilish ketayotgandi. U erda "oxrana" o`tirardi. Men 3-4 kun poyladim. Soat nechida uxlashini bilib, keyingi kun tungi 12 da kelib chizishni boshlaganman.
"Inkuzart" ilk bor jadidlar porteriti bilan ko`zga tashlangan. Hozir uning ijodida motivasiya, tanqidiy, va xotiraga bag`ishlangan rasmlar o`rin olgan. U har bir ijod namunasini yo`qolib ketishini bilgan holda chizadi.
– "Street-art" hayoti shunaqa. Lekin ba`zi bir chizadigan rasmlarimni oldindan bilaman o`chirib tashlashlari mumkinligi haqida. Meni rasmlarim men uchun nur kabi haqiqat. O`ylaymanki, rasmlarimni qanchalar o`chirishmasin, men baribir chizishda davom ettiraveraman. | 133 | 2,576 |
Madaniyat | Bollivudcha tanish-bilishchilik: Hind kinosining bir-biriga qarindosh vakillari (foto) | Bollivud dunyosi qanchalik katta bo‘lmasin, undagi vakillarning deyarli barchasi bir-biriga aloqador yoki bog‘liqligi bor. Shunga qaramasdan, muxlislar faqatgina Bachchanlar yoki Kapurlar sulolasi haqida ma’lumotga ega. E’tiboringizga hamma ham bilavermaydigan, hind kinosanoatidagi bir-biriga qarindosh yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Ranvir Singx va Sonam Kapur
Har ikkala ijod vakili ham bir-biriga qarindosh. Sonamning (ona tarafdan) buvisi Ranvir (ota tarafdan) bobosining singlisi bo‘ladi.
Vivek Oberoy va Akshay Oberoy
Vivek va Akshay amakivachchalar hisoblanadi. Akshayning otasi Vivekning otasi Sureshga aka bo‘ladi.
Kajol, Rani Mukerji va Ayan Mukerji
Rejissor Ayan Mukerji aktyor Deb Mukerjining o‘g‘li, shuningdek, Rani va Kajolning amakivachchasi. U rejissor Ashutosh Govarikerga “Vatanga qaytish” filmining suratga olish jarayonida yordam bergan va bu bejizga emas, chunki Ashutoshning rafiqasi Sunita Ayanning o‘gay singlisi hisoblanadi.
Kunal Kapurning Bachchanlar bilan aloqadorligi bor
Kunal Kapur Amitabx Bachchanning jiyani Nainaga uylangan.
Shekxar Kapur va Purab Koxli
Purab Koxli rejissor Shekhar Kapurning jiyani sanaladi.
Aditya Chopra va Karan Johar
Aditya va rejissor Karan Johar opa-ukalarning farzandi. Karanning onasi Adityaning otasi Yash Chopraga opa bo‘ladi.
Dxarmesh Darshan va Aliya Bxatt
Ular opa-ukalarning farzandi. “Yurak urishi”, “Sadoqatsiz” va “Raja Hindustani” singari filmlarda suratga tushgan Dxarmeshning onasi Aliyaning otasiga opa bo‘ladi.
Shabana Azmi, Tabu va Fara Naaz
Ko‘pchilik Tabu va Faraning opa-singil ekanligini biladi, lekin hamma ham ularning Shabanining jiyani ekanligini bilavermaydi. Shabanining akasi Jamal Xashmi Tabu va Faraning otasi bo‘ladi.
Prem Chopra va Raj Kapur
Raj Kapurning rafiqasi Krishna Kapur va Prem Chopraning rafiqasi Uma Chopra — opa-singillar.
Guru Datt va Amrita Rao
Afsonaviy aktyor Guru Datt va Amritaning bobosi amakivachchalarning farzandi hisoblanadi. | 87 | 1,960 |
Madaniyat | Instagram: Yulduz Usmonovaga Qur’on ilmini o‘rgatgan Dilfuza Ismoilova, qimmatbaho mashina olgan Jahongir Poziljonov, yangi qo‘shiq kuylagan Jasur Umirov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalqaro press klubning jonli efirida koronavirusga qarshi vaksina oldi.
Shuningdek, aktrisa Yulduz Rajabova ham ushbu ko‘rsatuv vaqtida emlandi.
Ahad Qayum yangi trendni ommalashtirmoqchi.
Shohruhxon va Asal Shodiyevaning o‘g‘li Muhammadyusuf 10 oylik bo‘ldi.
Xonandalar Farruh Raimov va Dilso‘z Turkiyaning Antaliya shahrida hordiq chiqarmoqda.
San’atni tark etgan “Ummon”chi Shohruh koronavirusga chalindi.
Jahongir Poziljonov yangi krossover xarid qildi.
Xonanda Lola turmush o‘rtog‘i va qizi Aisha bilan Dubayda dam olmoqda.
Dilfuza Ismoilova bir paytlar Yulduz Usmonovaga Qur’on ilmidan ustozlik qilgani haqida so‘zlab berdi.
Sardor Mamadaliyev qo‘lbola kabob pishirdi.
Jasur Umirov qamoqda ham ijod bilan band bo‘lgan ko‘rinadi. U ketma-ket yangi qo‘shiqlarni taqdim etmoqda. Xonandaning yangi qo‘shig‘i “Oxirgi zamon” deb nomlanadi. | 153 | 1,021 |
Madaniyat | Instagram: Husniddin Xoliqovning model qizi gonorari qancha? Avaz Oxun egizak qizlarini qanday farqlaydi? “Andijon muzqaymog‘i”ni “yo‘q qilayotgan”larni qoralagan Davron Kabulov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Nilufar Usmonova yangi suratini sahifasiga joyladi.
“Akula” hajviy dasturida Termizdagi maktab yonayotgan vaqtda bamaylixotir pista chaqib o‘tirgan erkakka parodiya efirga uzatildi.
Samandar Hamroqulov Istanbul shahridan ko‘rinish berdi.
Farhod Saidov “Yuragim sizda qolgan” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Klipda yosh aktyorlar juftligi Mirkamol Qoraboyev va Yulduz Qoraboyeva bosh rollarni ijro etgan.
Zarina Nizomiddinova yangi obrazda tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Taniqli so‘z ustasi Avaz Oxun va uning rafiqasi “Xayrli oqshom” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, asabiylashganda qanday yo‘l tutishlari hamda egizak farzandlari haqida so‘zlab berdi.
Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva Sharm ash-Shayxdagi hordiq onlari aks etgan suratlar bilan bo‘lishmoqda.
Jahongir Poziljonov va Javlon Shodmonov Nukus shahriga bordi. Jahongir Poziljonov samolyotdan tushgach, folloverlariga ularni limuzin kutib olishini bildirdi. Biroq limuzin o‘rniga boshqa mashina keldi.
Bollivud aktrisasi Kajol yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Marhum xonanda Husniddin Xoliqovning qizi seriallardagi gonorari soch turmagi va makiyajiga ham yetmasligi hamda bir mahsulot reklamasiga necha pul evaziga suratga tushishi haqida so‘zlab berdi.
Davron Kabulov “Andijon muzqaymog‘i”ga nisbatan bo‘layotgan reydlar haqida fikr bildirdi. | 177 | 1,487 |
Madaniyat | Kulgili sarguzashtlar haqida jiddiy asar. “Don Kixot” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Migel de Servantesning “Don Kixot” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Asarni ilk bor o‘quvchilik kezlarim o‘qiganman. O‘sha paytlarda bola ongim bilan qiziqarli va kulgili deb o‘ylagan romanga keyinchalik yana qaytgach, undagi juda ko‘p jihatlarga e’tibor qarata boshladim. Davr adabiyoti bilan tanishgach esa, asar hozirgacha eng mukammal roman janridagi kitoblardan biri ekaniga amin bo‘ldim.
Аsar haqida
“La-manchlik ayyor idalgo Don Kixot” yoki shunchaki “Don Kixot” – buyuk ispan yozuvchisi Migel de Servantes Saavedra qalamiga mansub roman. Asar ikki jildda nashr etildi. Birinchisi 1605-yilda, ikkinchisi 1615-yilda dunyo yuzini ko‘rdi. Roman ritsarlar haqidagi asarlarga parodiya sifatida yaratildi. Keyinchalik juda ko‘p tillarga tarjima qilinib, dunyo adabiyotining eng mashhur asarlaridan biriga aylandi.
“Don Kixot” filmidan kadr
Syujet
La-Manchdagi qashshoq zodagon, keksa Аlonso Kexana ritsarlar haqida juda ko‘p romanlar o‘qiydi, oqibatda o‘zi ham jahongashta ritsar bo‘lishni xohlaydi va o‘ziga Don Kixot nomini oladi. U sodda va keng fe’lli inson bo‘lib, ritsarlar faqat kuchsiz va nochorlarga yordam berish uchun yashaganiga qattiq ishonadi va adabiy qahramonlarni takrorlashni orzu qiladi, ammo kulgili vaziyatlarga duch keladi.
Yo‘l bo‘yidagi qovoqxonaning egasi, Don Kixotning yelkasiga qoqib qo‘yish orqali unga ritsarlik rutbasini beradi. Safarga ketishdan oldin Don Kixot dehqon Sancho Pansani xizmatkor qilib yollaydi va uni o‘z qurolbardori etib tayinlaydi. Don Kixot kelajakda erishadigan barcha yutuqlarini qalbidagi yagona ayol – Dulsineyaga bag‘ishlaydi.
Safar davomida Don Kixot va uning xizmatkori yo‘lda shamol tegirmonlarini uchratadi. Don Kixot ularni dahshatli mahluqlar deb qabul qiladi. Uning fikriga ko‘ra, sehrgar Freston mahluqlarga shamol tegirmoni ko‘rinishini bergan. Unga qarshi jangga kirgan Don Kixot mag‘lubiyatga uchraydi – tegirmon uni “qanoti” bilan surib tashlaydi va qurolini sindiradi.
Biroz vaqt o‘tgach, sayohatchilar qo‘ylar podasini uchratadi. Don Kixot yana Frestonning sehr-jodusi bejiz emasligiga ishonadi: ritsarning so‘zlariga ko‘ra, sehrgar jangovar qo‘shinlarini hayvonlarga aylantirgan bo‘ladi. Sancho Pansa xo‘jayinini ishontirishiga qaramay, Don Kixot o‘zi tasavvur qilgan jangda qatnashishga shoshiladi, ammo yana omadsizlik – g‘azablangan cho‘ponlar ularni toshbo‘ron qiladi.
Yo‘lovchilar sodda ritsarni ustidan kuladi. Don Kixot qo‘lga olingan qaroqchilarni ozod qiladi va ulardan bu qahramonligi haqida ko‘nglidagi ayoliga aytib berishini so‘raydi. Аmmo qaroqchilar Don Kixotni kaltaklaydi.
Аtrofdagi odamlar Don Kixotni jinni deb o‘ylaydi, uni uyiga qaytarishga harakat qiladi. Qarindoshlari Don Kixotni uyda bir muddat ushlab turadi. Аmmo ko‘p o‘tmay u o‘zining sarguzashtlari haqida roman chop etilganini bilib, yana yo‘lga tushish tadorigini ko‘ra boshlaydi. Bir gersog ritsarni o‘z qasriga taklif qiladi, u o‘zini uning qahramonliklaridan qoyil qolganday tutsa-da, aslida, gersog Don Kixotning ustidan kular edi.
“Don Kixot” filmidan kadr
“Ko‘zgular ritsari”ga qarshi kurashda yutqazgandan keyin uyga qaytgan Don Kixot shunchaki odamlarga kulgu bo‘lganini anglaydi va qayg‘uga cho‘mib kasal bo‘lib qoladi.
Don Kixot o‘z mol-mulkiga vasiyatnoma yozadi, hamma narsani jiyaniga qoldirmoqchi bo‘ladi, lekin u vasiyatnomaga hech qachon ritsarlar haqidagi bema’ni romanlarni o‘qigan odamga turmushga chiqmaslik shartini kiritib qo‘yadi.
Tahlil
Ispan adabiyotining eng buyuk asarini qisqa satrlarda tahlil qilib chiqish juda murakkab ish. Bu asar haqida ko‘p narsa yozilgan bo‘lsa-da, u hali-hanuz ko‘plar uchun noma’lum bo‘lib qolmoqda. Uzoq asrlar davomida o‘z yurtida adabiyot titani deb qaralgan Servantes, uni endi qo‘liga olgan o‘quvchiga eski uslubdagi, og‘ir va qiyin muallif sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘p sahifali Don Kixotni o‘qib chiqish ulkan vazifa sifatida ko‘rinishi tabiiy, ammo asar tili juda yaxshi, muallif so‘zlashish tilidan foydalangani sababli o‘qish oson.
Kanonik matnga birinchi marta duch kelganimdan keyingi uni eng yaxshi tasvirlaydigan so‘z “kulgili” so‘zi edi. Dastlab, kitobga murojaat qilgan o‘quvchi asardagi kulgili vaziyatlar ko‘pligidan hayratda qoladi. Ishoning, agar “Don Kixot” dunyoning eng buyuk romanlaridan biri bo‘lsa, bu aniq uning shunchaki mutoyiba uchun yozilganidan emas. Davrlar o‘tsa-da, oddiy, bachkana yumordan uzoq bo‘lgan, istehzo va parodiyaga asoslangan Servantesning uslubi bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi.
Don Kixot adabiyotga qiziquvchilar uchun qimmatli marvarid, chunki unda Servantes katta muvaffaqiyat bilan davr adabiyotini to‘liq ko‘rsatib beradi: psixologik hikoyalar, pastoral sarguzashtlar, har xil she’riy kompozitsiyalar... Yevropa adabiyoti oltin asri urf-odat va ritorikalari ko‘z oldimizda yoqimli va oson hazm bo‘ladigandek namoyon bo‘ladi.
Аdabiyotga uning ichidan qarashni yoqtiradigan yoki romantik ijodning yirik novatorligiga duch kelmoqchi bo‘lgan kishi uchun Don Kixot asari juda muhim. Unda biz o‘sha davrning boshqa har qanday asarlariga qaraganda to‘liqroq va hozirgi zamonaviy tushunchasidagi asl romanni topamiz. Аdabiy janrlar katalogida Don Kixotni zamonaviy roman va hatto postmodern ritorikasining tarkibiy qismi sifatida ham ko‘rib chiqishimiz mumkin: arxetiplar oldida belgilar yaratish, satrlarda polifonik dialoglardan foydalanish, erkin uslub va romanning eng ko‘p ishlatiladigan mexanizmi bo‘lgan uzilishlar orqali noaniqlik muhiti shunday xulosaga olib keladi. Chunki siz Servantesning buyuk adabiy zamondoshlari bo‘lgan Lope de Vega, Fransua Rable, Mishel de Montan va Uilyam Shekspirlar ijodida yuqorida sanab o‘tilgan xislatlarni topa olmaysiz.
Garchi ommaviy fikr Don Kixotni kulgili asar deb bilsa-da, roman juda ko‘p narsalarni o‘z ichiga olgan. Asarni ikki marta boshqa-boshqa taassurot bilan o‘qib chiqish mumkin, biri yuzaki va shunchaki dam olish maqsadida, ikkinchisi chuqur tahlil bilan. Asar asta-sekin, ehtimol muallif ko‘zlamagan inson tabiati va uning ikki tomonlama psixologik faoliyatining chuqur tahliliga aylangan. Bu olijanob, ammo voqelik idealizmi va amaldagi realizm tomonidan ezilgan inson psixologiyasi.
Аsarda Servantes o‘z davrining buzuq jamiyatini tahlil qiladi, ammo axloq-odob va nasihat ohangidan foydalanmaydi. Hazil – bu tanqidiy mulohaza yuritishning eng yaxshi usuli.
Madrid maydonidagi Don Kixot va Sancho Pansa haykali
Shuni yodda tutish kerakki, Servantes Madrid adabiyot doiralarining yopiq dunyosida katta muvaffaqiyatga erishishga harakat qildi. Boshqa mualliflardan farqli o‘laroq, u eshiklarni ochish uchun imtiyozga ega emasdi. Biroq bunga loyiqligini asar orqali isbotladi.
Xulosa
Kitobni o‘qib chiqmagan odamlar Don Kixot haqida eshitishi bilan uning kulgili qiyofasini eslaydi, shamol tegirmonlariga qarshi jang qilgan telba haqidagi qalin kitobni tasavvur qilib, o‘qishdan voz kechadi. Birinchi yondashuvda kitob yuqorida aytilgani kabi tuyulishi tabiiy, ammo bu tushunchalaringiz sizni aldayotgan bo‘lishi ham mumkin. Kitobni albatta o‘qib chiqing.
Iqtiboslar
– Senyor, – dedi Sancho, – buyruq berish har doim yoqimli deb o‘ylab qoldim, hatto qo‘ylar podasiga bo‘lsa ham;
Osilib o‘lgan odamning uyida arqon haqida gapirmaydilar;
Dunyodagi eng yaxshi dori ham, agar bemor uni qabul qilishdan bosh tortsa, unga yordam bermaydi;
– Hamma ayollar shunday, – dedi Don Kixot. – Ular tabiatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni sevganlarni mensimaydilar va ulardan nafratlanganlarni sevadilar;
Eshak asal bilan boqilmaydi;
Qiziqarli faktlar
Roman syujeti Servantes qamoqda bo‘lgan paytida o‘ylab topilgan;
Don Kixotning mashhurligi hozirgi ispan tilining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan;
Аyrim hisob-kitoblarga qaraganda, asar dunyoda eng ko‘p sotilgan kitoblardan sanaladi.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. | 67 | 7,937 |
Madaniyat | Asal Shodiyeva qaysi chet ellik rejissorlar va aktyorlar ijodini kuzatib borishini aytdi | Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida o‘zi haqidagi bir qator qiziqarli faktlarni oshkor etdi. Jumladan, qaysi Gollivud rejissorlariga havas qilishi, ilk gonorari, uni yig‘latgan film va hayotidagi eng ahmoqona ishi haqida gapirib berdi.
– Jahonga mashhur rejissorlar orasida bormi siz ishlashni istaganlaringiz?
– Vensan Kassel, Martin Skorseze filmlariga havas qilaman. Bizning o‘zbek filmlarimiz Kann xalqaro kino festivalida qatnashsa, deyman.
– Eng ahmoqona ishingiz?
– Bunaqa holatlar ko‘p bo‘ladi, biror nima qilaman-da, keyin nega shunday qildim-a, deb qolaman.
– Eng birinchi gonoraringizni nimaga sarflagansiz?
– “Jannat qaydadir” filmidagi ishtirokim uchun 400 000 so‘m gonorar berishgan va men uni onamga topshirganman.
– Eng sodiq muxlisangiz kim?
– Rostini aytsam, bundayini uchratganim yo‘q hali.
– Sizni yig‘latgan film?
– Shohruxxon ishtirokidagi «Fanat» filmi bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im bilan kartina oxirini tomosha qilib, g‘alati holatga tushib qoldik. Juda ta’sirli.
– Tasavvur qiling, sehrli ruchkangiz bor, ammo uning yordamida faqat bitta so‘zni yoza olasiz?
– Hayot! Oilam, onajonim, yaqinlarim, ijodim — barchasi jam bo‘lgan so‘z bu! | 88 | 1,195 |
Madaniyat | Rayhon G‘aniyeva oilasi bilan Turkiyada dam olmoqda (foto) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va uning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov dam olish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi, deb xabar beradi My Day. Ular muntazam ravishda ta’tildan fotosuratlar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘lishib bormoqda. | 58 | 258 |
Madaniyat | AQShda Yulduz Usmonova haqida kitob chop etildi | 12-dekabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kuni bo‘lib o‘tdi. Bu kun munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlar xonandaning suratlari va unga yo‘llangan tabriklar bilan to‘lib toshdi, deb xabar qiladi “Qalampir.uz”.
Fotograf Muhiddin Alining ma’lum qilishicha, AQShning Indiana universiteti tomonidan 2015-yilda chop etilgan Markaziy Osiyo musiqasiga oid The Music of Central Asia kitobining Pop Music bo‘limida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ijodiga alohida to‘xtalingan.
Faoliyatini Marg‘ilondagi ijodiyot uylaridan birida bolalar dutor ansamblida boshlagan Yulduz, keyinchalik Gavhar Rahimova, Saodat Qobulova kabi o‘zbek san’atning buyuk darg‘alari e’tiboriga tushadi va ularning yo‘l-yo‘riqlari, ko‘rsatmalari bilan san’atda o‘z o‘rnini topa oldi.
Bugungi kunga qadar u mingga yaqin qo‘shiq, 50 ga yaqin audio va video albomlar, 300 dan ortiq konsert dasturlarini taqdim etgan.
2007-yildan Turkiyada faoliyat boshlab, bir muddat Istanbulda istiqomat qilgan xonanda turkiyalik taniqli san’atkorlar bilan bir necha duetlar kuylashga, 5 ta musiqiy albom chiqarishga ham erishdi. | 47 | 1,115 |
Madaniyat | Sting, 50 Cent va Gordon Ramzi. Farzandlarini meros va puldan mahrum qilgan yulduzlar (foto) | Mashhurlar orasida farzandlarining hayotda o‘z mehnati bilan oyoqqa turishni istaydiganlari ham yo‘q emas. Quyida nomi keltirilgan yulduzlar bolalari otasining puliga ishonib qolib, hayotda qoqilmasligi uchun merosdan mahrum qilgan.
Sting
Hozirgi ahvoli yarim milliard dollar deb baholanadigan ijodkor karyerasini birovni yordamisiz mustaqil boshlagan. Shu sabab bo‘lsa kerak farzandlarining ham hayotda shunday yo‘lni tanlashini istagan. Bergan intervyulardan birida u olti merosxo‘riga millionlar qoldirmasligini bildirgan. Shu sabab ham ularning o‘zi moliyaviy muvaffaqiyatga erishishi va oyoqqa turishiga to‘g‘ri keladi.
Filip Seymur Xoffman
Taqiqlangan moddalarning dozasini oshirib yuborish oqibatida hayotdan ko‘z yumgan aktyor farzandlariga bir chaqa ham qoldirmagan. Uning ahvoli bir necha o‘n million dollar deb baholanganiga qaramay farzandlari hech qachon hashamatli hayot kechirmagan. Filipp katta miqdordagi pul voyaga yetmaganlar hayotini izdan chiqaradi, deb hisoblagan.
50 Cent
Xonanda va uning katta farzandi Markizning munosabatlari doim chigal bo‘lgan. Markiz bir necha marta bergan intervyularida otasi ular bilan 2012-yil ikkinchi farzandi Sir Jekson dunyoga kelganidan beri gaplashmasligini bildirgan. Avvalroq 50 Cent hatto farzandining otasi ekaniga shubhasi borligini bildirgan. Shundan keyin qarindoshlari ijtimoiy tarmoqlarda bir necha marta janjallashgan va reper Markizni shunchaki merosxo‘rlari ro‘yxatidan chiqargan.
Saymon Kouell
The X Factor nomli iste’dod egalari shousining doimiy hakamlaridan biri bo‘lgan Saymonning moliyaviy ahvoli yarim milliard dollarni tashkil qiladi. Hozirda 60 yoshda bo‘lgan Kouellning o‘g‘li Erik 6 yoshda. Intervyulardan birida u farzandiga pul bermoqchi emasligi, buning o‘rniga o‘qitishi va hayotda o‘rnini topish uchun imkoniyat yaratib berishini ta’kidlagan.
Gordon Ramzi
Mashhur bosh oshpaz va shoumen Gordonning 200 million dollari bo‘lishiga qaramay, to‘rt nafar farzandi ushbu pullarga egalik qilolmaydi. U bor-budini inson va hayvonlar hayotini saqlab qoladigan xayriya fondlariga qoldirishni rejalashtirgan. Farzandlari esa otasi singari o‘zi ishlab pul topishi va hammasini noldan boshlab, mustaqil karyera qilishiga to‘g‘ri keladi. | 92 | 2,212 |
Madaniyat | “So‘yla, Qora dengiz” seriali yulduzi Irem Helvajio‘g‘li muxlislariga qanday sovg‘a tayyorlamoqda? | Mashhur turk aktrisasi Irem Helvajio‘g‘li “Muhtasham yuz yil” va “So‘yla, Qora dengiz” serialidagi roli va kinodagi boshqa ijrolari bilan ko‘pchilikning ko‘nglidan joy olgan. Aktrisa yorqin iste’dodga ega va turli xil obrazlarni mukammal tarzda ijro eta oladi, deb yozadi “RusTurkey.com”.
Yaqinda jurnalistlar aktrisadan qisqa intervyu olishga muvaffaq bo‘ldi. Unga ko‘ra, aktrisa tez orada yangi loyihada ishtirok etishini ma’lum qilgan. U qisqa ta’tildan so‘ng darhol yangi loyiha haqida batafsil aytib berishga va’da ham bergan.
Jurnalistlarning turmushga chiqishga tayyorgarlik ko‘ryapsizmi, degan savoliga aktrisa shunday javob berdi:
“Sevgan insonim bilan munosabatlarim yaxshi, lekin to‘yni oldindan e’lon qilmayman, bu muxlislar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lsin”.
Irmev va Yo‘lach
Eslatib o‘tamiz, Irem va Yo‘lach O‘zdan Turkiyaning eng go‘zal juftliklaridan biri hisoblanadi. | 98 | 886 |
Madaniyat | “Kitob orqali dunyoni kashf etamiz” shiori ostida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda | Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirishga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Haftalik shu yilning 3—8-aprel kunlari respublikadagi barcha umumta’lim maktablari, axborot-resurs markazlarida o‘tkaziladi. Haftalik doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, taniqli bolalar shoir va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar, yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari, mahorat saboqlari, turli tanlovlar, viktorinalar, intellektual o‘yinlar tashkil etiladi.
Mazkur loyihaning asosiy vazifasi axborot-kutubxona muassasalari va maktab kutubxonalarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlariga sharoit yaratish, kitobxonlikni eng muhim madaniy ehtiyoj sifatida ommalashtirish, o‘quvchilarda kitobxonlikka bo‘lgan mehrni o‘yg‘otish, oilada va ta’lim muassasasida mutolaa muhitini yuzaga keltirish va ijodkor o‘quvchilarni taqdirlashdan iborat.
Haftalik yakunlari bo‘yicha unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. | 95 | 1,205 |
Madaniyat | “Kalmar o‘yini” seriali qahramonlari kiygan oq sliponlar savdosi 7800 foizga o‘sib ketdi | Netflix’ning “Kalmar o‘yini” seriali chiqqanidan keyin Vans’ning oq sliponlari (bog‘ichsiz yengil oyoq kiyim) savdosi 7800 foizga oshib ketdi, deb xabar beradi Glamour.
Oq sliponlar — bu “Kalmar o‘yini” serialidagi qahramonlar kiyimining bir qismi. Lyst shopping-platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, oq sliponlarga bo‘lgan qiziqish “Kalmar o‘yini” mashhurligi fonida 97 foizga ko‘tarilgan.
Shuningdek, o‘yinchilar egnidagi yashil sport kiyimlar va qo‘riqchilarning qizil formasi ham juda ommalashgan: ushbu kostyumlar Xellouinda eng mashhur kiyimlardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, serialda bosh rollardan birini ijro etgan janubiy koreyalik model Xo Yon Chonning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntiga premyeradan ikki hafta o‘tgach 16 milliondan ortiq kishi obuna bo‘lgan. Shu orqali Chon ijtimoiy tarmoqlarda auditoriyasi eng tez o‘sgan yulduzlar reytingiga yetakchilik qilgan.
Avvalroq Janubiy Koreya provayderi “Kalmar o‘yini” sabab tomoshabinlar oqimi ortgani uchun Netflix’ni sudga bergani, Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartirishi, uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
“Kalmar o‘yini” — butun dunyoni zabt etayotgan Janubiy Koreya seriali. Internet fenomeniga aylangan kartinani ko‘rish uchun 7 sabab | 88 | 1,317 |
Madaniyat | Ba’zi o‘zbek xonandalarining plagiatorligi to‘g‘risidagi ayblovlar tasdiqlanmadi | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi o‘zbek xonandalari qo‘shiqlari orasida plagiat qayd etilgani haqidagi tanqidlarga javob qaytardi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Avvalroq, Sardor Rahimxonning 2014-yil yakunlariga ko‘ra “Yil qo‘shig‘i” deb topilgan “Malikam” taronasi chet el xonandalaridan ko‘chirilgani, Bahrom Nazarovning “Pari-pari” qo‘shig‘i arman vokalisti Silva Xakobyandan ko‘chirilgani xabar qilingan edi.
“Estrada birlashmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, “Mening yurtim” telekanaliga va xususiy radiokanallarga plagiat qo‘shiqlarni efirga qo‘ymaslik to‘g‘risida rasmiy maktub yo‘llangan. Bu qarorning ijrosi ham nazoratga olingan. Bahrom Nazarovning “Pari-pari” qo‘shig‘i efirdan olingach, u qo‘shiqning haqiqiy muallifidan olingan rasmiy ruxsatnomani taqdim etdi va biz buni telekanallar rahbariyatiga yozgan maktubimizga ilova qildik. Sardor Rahimxon esa internet orqali bizni qo‘shiqning haqiqiy muallifi bilan bog‘lab, tegishli ruxsatnoma olganini isbotlagach, biz qo‘shiqni televideniye va radioda qo‘yilishiga ruxsat berdik”, — dedi “O‘zbeknavo” boshqaruv raisi Odiljon Abduqahhorov. | 80 | 1,131 |
Madaniyat | Instagram: Boshlovchiga suv sepib yuborgan Kaniza, turmushga chiqayotgan Munisa Rizayeva, betob muxlisasidan xabar olgan xonanda | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Turk aktrisasi Fahriye Evjen o‘g‘li Karanning rasm chizish jarayoni aks etgan fotolar bilan bo‘lishdi.
Nilufar Usmonova 7-mart kuni qizi Sa’diyaning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
Rayhon G‘aniyeva yaqin dugonasi, radioboshlovchi Shirin G‘ofurova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Dildora Niyozova betob yotgan onaxon muxlisasining holidan xabar olib, unga “Onaginam” qo‘shig‘ini kuylab berdi.
Shahzoda Muhammedova Samarqanddagi tadbirda boshlovchilik qildi.
Xonanda Lola ayollarning o‘zaro bir-birini qo‘llab-quvvatlashi haqida mulohaza yuritdi.
Afruza sahifasiga yangi suratini joyladi.
Jahongir Otajonov 24 soat ichida Instagram sahifasi butunlay o‘chirib tashlanishi mumkinligi haqida xabar olganini muxlislariga ma’lum qildi.
“Agar ko‘zlarimiz tanani emas, qalbni ko‘ra olganida edi, go‘zallik ideallari naqadar o‘zgacha bo‘lar edi”, deb yozdi Gulchehra Eshonqulova.
Javohir Zokirov “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan onasi Gavhar Zokirovani tabrikladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Kanizaning Zo‘r TV telekanali boshlovchisi Ma’rufxo‘janing ustiga suv quyib yuborgani aks etgan video tarqalmoqda.
Rayhon Asadova va Shahzod Sultonov “Zo‘r bekat” ko‘rsatuvining mehmoni bo‘ldi.
Shohjahon Jo‘rayev “Xalqlar do‘stligi” saroyidagi konsertda qo‘shiq kuylab bo‘lgach, tomoshabinlardan otasini duo qilishlarini so‘radi.
Feruza Normatova ham kuzatuvchilarini yangi surat bilan xushnud etdi.
Munisa Rizayeva unga uzuk sovg‘a qilib, qo‘lini so‘rashayotgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi. Xonandaning hamkasb do‘stlari uni turmushga chiqayotgani bilan tabriklab, baxt tilamoqda.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning yosh muxlisasi uning qo‘shig‘ini kuylayotgani aks etgan video ham tarqalmoqda. Qizcha Munisa Rizayeva unga 100 dollar bergani va ovqat olib berganini aytadi. | 128 | 1,955 |
Madaniyat | Sherga aylangan Shahlo, pianinochi Rayhon va jonli ijrolar. Mashhurlar karantinda (foto+video) | O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 10-aprel kuni ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va fotolar joyladi.
Xonanda Sardor Mamadaliyev ham jonli ijroni boshlab yubordi.
View this post on Instagram
Xonanda Ziyoda “Sevadi yorim mani” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylab berdi.
View this post on Instagram
“Benom” guruhining a’zosi Komil 2019-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturining sahna orti jarayonlaridan lavha joyladi. Xonanda o‘shanda ham niqobda yurgan ekan.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva muxlislariga pianino chalib berdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva yana muxlislaridan maslahat so‘rab, foto joyladi. Bu safar uni soch muammosi qiynamoqda.
View this post on Instagram
Reper MC Doni Musaxon Nurmatovning “Davraga tushgan go‘zal” taronasini kuyladi. Ushbu videolavhani Yusufxon Nurmatov o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
“The cover up” loyihasi orqali mashhurlikka erishgan xonanda Afruza “Ey sevgili ya habibi” nashidasini jonli ijroda kuylab sahifasiga joyladi. Ushbu videolavhani juda ko‘plab xonandalar juma ayyomida o‘zlarining sahifalariga joylashdi.
View this post on Instagram
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Go‘zal hayot” deb nomlangan taronasiga chellenj e’lon qildi.
View this post on Instagram
“Bravo” jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova yarim sher, yarim odam qiyofasida videolavha tayyorlab, tishi og‘risa ham uyda o‘tirganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Xonanda Tohir Sulton “Nigorim” deb nomlangan videoklipini premyera qildi. | 94 | 1,813 |
Madaniyat | Bollivud faxrlansa arziydigan Amir Xon ijrosidagi 3 film | Bollivudning eng ko‘zga ko‘ringan yulduzlaridan biri hisoblangan, rol tanlash borasida perfeksionist ekani va ijro etgan filmlarida ijtimoiy muammolar aks etgani bilan boshqalardan ajralib turadigan Amir Xon arsenalida “Uch savdoyi”, “Jonim fido”, “Tezlik”dan tashqari yana bir qancha esda qolarli filmlar mavjud. Quyida nomi keltirilgan filmlarda esa aktyorning ijro mahoratiga qoyil qolsa arziydi.
“Osmondagi yulduzchalar”, 2007-yil
Odatda hind filmlarida voqealar rivojining yaxshi tomoni keyin esa yomon tomoni ko‘rsatiladi. Mazkur filmda esa hammasi boshqacha. Uning birinchi yarmini tomosha qilish davomida tomoshabin g‘amgin sujetdan tushkunlikka tushadi. Boshqalarga o‘xshamagan film qahramoni, yaxshi o‘qimaydi, tengdoshlari ustidan kuladi, o‘qituvchilari tushunmaydi. Rivojlanishdan ortda qolyapti, deb o‘ylagan ota-onasi bolani internat maktabga o‘qishga yuboradi. Bu yerda ham bola o‘zini yolg‘iz his qiladi, lekin kunlardan bir kuni yangi rasm o‘qituvchisining ishga kelishi uning hayotida tub burilish bo‘ladi.
Aynan aktyor Amir Xon ijrosidagi qahramon o‘qituvchi bolaning hayotiga rang beradi. U boshqalar sezmagan narsaga e’tibor qaratib, uni ota-onasining nima uchun bola boshqalarga o‘xshamasligini tushunib yetishiga sababchi bo‘ladi.
“Pikey”, 2014-yil
Aktyor mazkur filmda yerda qurilmasini yo‘qotib qo‘ygan va uyga qaytishni istaydigan o‘zga sayyoralik rolini ijro qilgan. Unga bu borada kasbi jurnalist bo‘lgan qiz yordam beradi. Pikey esa o‘z navbatida qizga yoqtirgan yigitini qaytarishga ko‘maklashadi.
Amir Xon ijro qilgan qahramon sodda va samimiy bo‘ladi, oqibati hayotiy muammolar keltirib chiqaradigan savollarni ko‘p beradi.
“Dangal”, 2016-yil
Hayotiy voqealik asosida suratga olingan filmda aktyor to‘g‘riso‘z, ammo kambag‘al sportchi rolini ijro qiladi. U oilasini boqish uchun noilojlikdan sportni tashlashiga to‘g‘ri keladi va o‘ziga o‘zi o‘g‘il farzandli bo‘lsa u albatta, jahon chempioni bo‘ladi, deb va’da beradi. Ammo oilasida birin-ketin qiz farzandlar dunyoga keladi.
Uning uchinchi va to‘rtinchi farzandi ham qiz bo‘ladi va qizlar katta bo‘lganida onalar o‘g‘illarini, qizlar urganini aytib sobiq sportchi uyiga shikoyat qilib kela boshlaydi. Cho‘kayotgan odam xasga yopishadi, deganlaridek qahramon xayoliga ajoyib narsa keladi va qo‘ni-qo‘shnilarning gap so‘ziga qaramay bir vaqtlar qilgan oltin medal orzusi sabab qizlari bilan shug‘ullana boshlaydi. Qoyil qoladigan tomoni ushbu filmda Amir Xon qahramonining 20, 30, 40 va 50 yoshini ham o‘zi ijro qilgan. Qahramonining 20 yashar vaqtini gavdalantirish uchun vazn tashlab, mushaklariga ishlov bergan, yoshi o‘tganidagi ko‘rinish uchun esa 20 kilo qo‘shimcha vazn to‘plab, qorin qo‘ygan. | 56 | 2,688 |
Madaniyat | Nikol Kidman, Rianna va maktabni bitirmagan boshqa mashhurlar (foto) | O‘qishni tashlaganiga qaramay, qilgan mehnatlari sabab o‘z sohasida mashhurlikka erishgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Xoakin Feniks
“Oskar” mukofotining sovrindori 9 sinfni bazo‘r bitirgani haqida hamma ham bilavermasa kerak. Bolaligida ota-onasi ko‘p bor ko‘chib yurgan. Keyinchalik ota-ona farzandlarini reklama suratga olish jarayonlariga jalb qilgan. Shundan keyin Xoakin va uning akasi asosan uyda o‘qigan, darslarga deyarli qatnashmagan. Shunga qaramay, bir loyiha uchun bir necha million topadigan Feniksga “Joker” filmi 4,5 million dollar olib kelgan. Aktyor daromadining aksariyat qismini xayriya ishlariga sarflaydi.
Nikol Kidman
Bilimga chanqoq ekaniga qaramay, Nikol onasida saraton aniqlanganidan keyin o‘qishni tashlashiga to‘g‘ri kelgan. Onasiga undan boshqa qaraydigan odam bo‘lmagan. Pul topishi uchun esa massajchi bo‘lib ishlashga majbur bo‘lgan. Kinoda suratga tushishi va televideniyeda paydo bo‘lishi ham aynan shu yillarga to‘g‘ri kelgan. 1989-yildan keyin esa omadi chopgan va unga suratga tushish uchun takliflar ko‘paya boshlagan.
Kventin Tarantino
Rejissor 15 yoshida maktabni tark etgan. Onasi bunga faqat ish topish sharti bilangina ruxsat bergan. So‘zining ustidan chiqqan Kventin Torransdagi mahalliy kinozalda chipta sotuvchi bo‘lib ishlay boshlagan, shu bilan birga, Jeyms Bestaning aktyorlik mahorati kurslarida ham ishtirok etgan. Oradan bir necha yillar o‘tib, Tarantino rejissor sifatida tanila boshlagan. Mutaxassislar Kventin Tarantinoning 2019-yildagi moliyaviy ahvolini 120 million dollarga baholagan.
Garri Stayls
Garri 16 yoshida mashhur The X Factor shousida ishtirok etgan. Biroz vaqtdan keyin One Direction’ning a’zosiga aylangan. Faoliyati bilan ovora bo‘lib qolgan xonanda maktabni bitirmagan. San’atni tanlagan Stayls 2020-yilda 12 million funt sterling (16.60764 dollar) daromad topgan.
Jay-Z
Konferensiyalardan birida o‘rta maktab yoki kollej diplomi yo‘qligini, shunga qaramay, o‘qish kerakligini ta’kidlagan xonanda ishlash zarurati bilan maktabni oxirigacha bitirmagan. Nyu-Jersidagi “Trenton” kollejini tark etgan reper bir muddat narkotik vositalarga ilakishib qolgan. Vaqtida aqlini yig‘ib olgan va yangi hayot boshlashga qaror qilgan. Bugungi kunda u xip-xop yo‘nalishida ijod qiladigan ijodkorlar orasida yagona milliarder sanaladi.
Rianna
Xonanda Def Jam Recordings bilan tuzilgan shartnoma sabab 16 yoshida maktabni tashlagan. Sinfdoshlarining ta’kidlashicha, yomon o‘qimagan xonanda imkon bo‘lishi bilan karyerani tanlagan. Nochor oilada tug‘ilib o‘sgani va bozorda kiyim sotishga to‘g‘ri kelgani sabab ham AQShga ko‘chib o‘tish taklif qilinganida rad etmagan. Bugungi kunda esa u eng ko‘zga ko‘ringan, mashhur xonandalardan biri sanaladi. | 68 | 2,720 |
Madaniyat | O`zbekiston Badiiy akademiyasi Muborak Yo`ldoshevning vafoti munosabati bilan uning oilasiga hamdardlik bildirdi | O`zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi atoqli rassom, mehribon ustoz, kamtarin inson Muborak Yo`ldoshevning vafoti munosabati bilan uning oilasiga, yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Avval xabar qilganimizdek, milliy rangtasvir san`ati rivojiga ulkan hissa qo`shgan, bebaho durdona asarlar muallifi, O`zbekiston xalq rassomi Muborak Yo`ldoshev 8 iyul kuni 85 yoshida vafot etdi.
M.Yo`ldoshev o`z asarlarida Vatanimizning boy tarixi, buyuk shaxslarini jo`shqin tarannum etgan. Xalq dostonlari qahramonlari “Tohir va Zuhra”, “Samarqand afsonasi”, “Ravshan va Zulxumor”, “Zafar”, “Yoriltosh” singari ko`plab spektakllarga yorqin dekorasiyalar yaratgan. Shuningdek, ko`p yillar davomida talabalarga tasviriy san`atdan saboq berib kelgan.
M.Yo`ldoshevning milliy rangtasvir san`atini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlib, 2000 yilda O`zbekiston xalq rassomi unvoni bilan mukofotlangan. | 112 | 925 |
Madaniyat | Rejissor Fayzirahmon Usmonovning “Ishq” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi | Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda rejissor Fayzirahmon Usmonovning “Ishq” nomli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kinorama.uz” xabar bermoqda.
Taqdimotga kino va musiqa olamining mashhur vakillari, jumladan, reper Shahriyor, Sherzodbek, Jamila G‘ofurova, Habibulla Nizomov va boshqalar tashrif buyurdi.
Premerani “Imkon-shou” teleloyihasi bilan mashhur bo‘lgan boshlovchi Ahror Qo‘shmatov olib bordi. “Film rejissorning kinodagi debyuti bo‘lishiga qaramay, muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi”, — deb yozadi “Kinorama.uz”.
“Ishq” filmi 2-noyabrdan O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 69 | 780 |
Madaniyat | Gollivud aktyori Kristian Beyl karyerasi davomida 274 kiloga semirib, ozgani aniqlandi (video) | Metaflix YouTube kanali mualliflari Gollivud aktyori Kristian Beylning karyerasi davomida necha kilogrammga semirib, ozganini aniqlashga kirishdi, deb yozadi “Kinopoisk.ru”.
Aktyorning vazni o‘zgargan asosiy loyihalarni ko‘zdan kechirib, aniqlanishicha, Beyl 1994-yilda “Kichkina ayollar”da ko‘rinish berganidan hozirga qadar 274 kilogramm atrofida vazn tashlab, keyin yana yig‘gan.
Vazndagi keskin o‘zgarish 2000-yillarning boshlarida qayd etilgan. “Mashinist” trillerida Beyl qahramoni 56 kilogramm vaznga ega bo‘lgan, keyin esa “Betmen: Ibtido” filmida suratga tushgan. Bu film uchun aktyor vazn yig‘ishga majbur bo‘lgan. Natijada ikki film o‘rtasidagi farq bir yilda 43 kilogrammni tashkil etgan.
Xuddi shunday holat 2010-yillarning oxirida ham takrorlangan. Beyl “Mansab” filmidagi Dik Cheyn obrazidan keyin “Ford Ferrariga qarshi” filmidagi poygachi Ken Maylz obrazi uchun tez ozishiga to‘g‘ri kelgan.
Beyl intervyularidan birida vazn tashlash, birinchi navbatda yolg‘izlik bilan bog‘liq ekanligini aytib o‘tgan. Chunki tez-tez do‘stlari bilan ko‘rishib turganda ko‘p ovqat tanovul qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatlarda agar nazorat yo‘lga qo‘yilmasa, ko‘p narsa yeb yuborish va ortiqcha vazn to‘plash mumkin.
Yaqin kelajakda Beyl “Tor: Sevgi va chaqmoq” blokbasteri hamda Devid O.Rassel haqidagi filmda suratga tushishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 46 yoshli Kristian Beyl “Qora ritsar”, “Ford Ferrariga qarshi”, “Betmen: Ibtido” kabi filmlardagi obrazlari bilan o‘zbek tomoshabinlariga tanilgan. | 94 | 1,517 |
Madaniyat | Tomoshabinlar “Qasoskorlar” filmining bosh salbiy qahramonini salbiy qahramon deb hisoblashdan bosh tortmoqda | Marvel komikslarining muxlislari “Qasoskorlar” kinoseriyasi bosh salbiy qahramoni Tanosni aynan salbiy qahramon rolini ko‘rishni istamayapti. Twitter foydalanuvchilari uning xatti-harakatlarini ratsional tushuntirishga urinmoqda, deb yozadi Mashable.
Film syujetiga ko‘ra, Tanos cheksizlik toshlarini to‘plab, reallikni o‘zgartirishga urinadi. Bu kuch yordamida u koinotning yarmini yo‘q qilib, bu bilan muvozanatni tiklashni rejalashtiradi. Chunki koinotda aholining ko‘pligi tufayli resurslar taqchilligi yuzaga kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalarning ko‘pgina ishtirokchilari Tanosning bu xatti-harakatlari mantiqan to‘g‘ri va asosli deb hisoblamoqda.
“Tanosning aholi ko‘pligi muammosini koinotning yarmini yo‘q qilish bilan hal etish g‘oyasi TED ma’ruzasiga loyiq”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. | 109 | 817 |
Madaniyat | Gulnora Karimovani tabriklagan Davron Kabulov, uchinchi marta ona bo‘lgan Nigina Nabiyeva. Instagram’dan daraklar | 9-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
AQShda yashayotgan taniqli xonanda Nigina Nabiyeva uchinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘ldi.
View this post on Instagram
Turkiyalik taniqli aktrisa Fahriye Evjen o‘g‘li Karan bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova atrofidagi insonlardan kamchilik izlamaslik haqida so‘z ochdi.
View this post on Instagram
Adiz Rajabov yangi filmda shifokor obrazida namoyon bo‘ladi.
View this post on Instagram
Shahzoda o‘zi prodyuserlik qilayotgan “Afsona” guruhining ilk klipini taqdim etmoqda.
View this post on Instagram
Davron Kabulov 8-iyul kuni 48 yoshni qarshi olgan Gulnora Karimovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
To‘yda ko‘rishib qolgan san’atkorlar — Mavluda Asalxo‘jayeva, Rayhon, Shahzoda Muhammedova va Umidaxon.
View this post on Instagram
Bollivud yulduzi Madhuri Dikshit muxlislariga iti ishtirokidagi qiziqarli videoni taqdim etdi.
View this post on Instagram | 113 | 1,224 |
Madaniyat | Oyxon Iforzoda: qomatingizning tashvishini qilmang, muhimi — farzandingizning salomatligi | “So‘g‘diyona” gazetasi boshlovchi Oyxon Iforzoda bilan intervyu uyushtirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.
— Yosh, ijodkor onaning hayoti qanday o‘tyapti?
— Juda qiziq! “Kechalari uyqu yo‘q” degan so‘zlar rost ekan. Bunga o‘zim guvoh bo‘lyapman. Ammo shunga qaramay onalikning yoqimli, shirin tashvishlari-da bu! Menimcha, har bir ayol bola parvarishining qanday mashaqqati bo‘lishidan qat’i nazar ona bo‘lishni niyat qiladi!
— Ilk bor farzandingizni qo‘llaringizga tutqazishganidagi hissiyotlarni eslaysizmi?
— “Nega bu bunchalik og‘ir?” — degandim (kuladi).
—Katta vaznda tug‘ildimi?
— To‘rt kilo-yu uch yuz gramm vaznda dunyoga keldi pahlavonimiz! Bo‘yi 58 santimetr. Amirshohni menga ko‘rsatishganida, avvaliga akamga o‘xshatdim, keyin bo‘lsa, “Otasining xuddi o‘zi” deganim yodimda. Farzandli bo‘lish eng katta orzum edi! Bolajonimga alla aytayotib, “Sen mening orzumsan”, deyman. Kimdir yaxshi yashashni, chet el safarlarini, karyera qilishni niyat qilar balki, men bo‘lsam chiroyli oilam bo‘lishini, qaynota-qaynonamning xizmatini qilish va sevgan insonim bilan baxtli bo‘lib, bir etak bolalarni voyaga yetkazishni istayman. Asli niyatlarim juda ko‘p, shukr, ulardan ayrimlari bugun amalga oshdi!
— Qolganlarining ham ro‘yobini ko‘ring!
— Aytganingiz kelsin!
— Adashmasam, homiladorlikning so‘nggi oylarigacha ijoddan ortmadingiz?
— Homiladorlikning yettinchi oyiga kelib, o‘zimga-o‘zim ta’til berdim. Ammo “To‘yimizga sizlarni niyat qilgandik”, “Yana bitta syomkada qatnashsangiz, bas, shu oxirgisi” qabilidagi iltimoslarga yo‘q deyolmay, yana bir oyni o‘tkazib yubordim. Dekabr oyi boshlanganida esa “Endi dam olmasam bo‘lmaydi” deya, ko‘proq sayr qildim. Chiroyli manzaralarni tomosha qildim, bama’ni insonlar bilan hamsuhbat bo‘ldim, yoqimli musiqalar tingladim. Ko‘zim yorishidan ikki hafta oldin men boshlovchilik qilib kelayotgan ko‘rsatuvning Yangi yil sonini suratga olishdi. Tabiiyki, men ham syomka jarayonida ishtirok etdim, “Kelmasangiz, bo‘lmaydi”, — deyishdi-da.
— Qiynalmadingizmi, axir homiladorlikning so‘nggi oylari nisbatan og‘irroq o‘tadi?
— O‘ylab ko‘rsam, homiladorligimda juda erkatoy bo‘lib qolibman. S’yomka jarayonida hamma ko‘nglimga qarardi, shirinlik yeyishni istasam, darrov muhayyo etishardi. Yaqinlarimning asrab-avaylashlari bilan to‘qqiz oyni o‘zimni urintirmay o‘tkazdim.
— Bugun “oyisi” deyishlari qanday eshitilyapti?
— Noodatiy, rosti. Sababi “Falon insonning rafiqasi” deyishsa, g‘alati bo‘lardim, endi bo‘lsa “Amirshohning onajoni”, deya chaqirishyapti. O‘rganishim biroz qiyin bo‘lyapti-yu, lekin yoqimli! Go‘yo uzoq yillar farzand kutgan ayoldek to‘lib-toshib so‘zlayotganimga hayron bo‘lyapsizmi? Tabiatan bolajonman, jiyanlarimni o‘zim katta qilganman. Rayhon opamning kenjatoyi Maryam, turmushga chiqqanimdan so‘ng dunyoga kelgani bois uni boshqa jiyanlarim singari parvarishlolmadim. Ammo hozir xola-jiyan til topishib qolganmiz. Rayhon opam syomkaga ketadigan bo‘lsalar, Maryamni menga qoldirib ketadilar, xuddi egizaklari bor onadek, ikkisiga qarab o‘tiraman (kuladi). Tez-tez ko‘rishib turganimizgami ba’zan Maryam opam ikkimizni adashtirib qo‘yyapti.
— Amirshoh olti oylik bo‘ldi-a?
— Yettinchi oyga qarab ketyapmiz!
— O‘ziga xos qiliqlari paydo bo‘la boshlagandir?
— Har kuni yangi qiliq chiqaryapti. Ayrimlarini ko‘rishga ham ulgurmay qolyapmiz. Ishdan qaytganimda, oyijonim “Kutib turing, bugun mana bunday qildi”, deydilar-u, so‘ng hammamiz nima qiliq chiqardiykan, deya kutib o‘tiramiz. Aksiga olib o‘sha kuni uxlab qoladi. Bir kunlik chaqaloqlik payti boshini ko‘tarib qo‘yardi, bir oylik bo‘lganida qorniga, yon tomonga o‘girila boshladi. Hozir bo‘lsa, arazlashni o‘rganib olgan. Odam ajratadigan odat chiqargan. O‘tirgan bo‘lsangiz, sizga bormaydi. Tik tursangiz, yo‘q demaydi, chunki siz bilan sayr qilish mumkinligini biladi-da.
— Hoynahoy chaqaloqligidanoq tez-tez sayrga olib chiqqansiz, shunday?
— Kichik chillamiz chiqishi bilan sayrga chiqa boshlaganmiz. Yomg‘ir yog‘adimi, qormi, kun quyoshlimi yoki bulutli, albatta, sayr qilardik. Ko‘cha aylanishni yaxshi ko‘rishi shundan. Favvoralarni tomosha qiladi, daraxt barglarining shitirlashini kuzatadi. Lekin qizaloqlardan o‘zini olib qochadi, biror kim u bilan o‘ynamoqchi bo‘lsa, darrov qovog‘ini uyib oladi. (o‘g‘liga qarata) Judayam jiddiy, doim qoshi chimirilgan, hammaga ham tabassum qilavermaydi, sizni yoqtirsagina kulib qo‘yishi mumkin.
— Buni qarang, o‘zi kichikkina-yu, halitdan xarakterini ko‘rsatyapti?..
— Nimasini aytasiz, fe’l-atvori shakllanib boryapti. Tug‘ilgan kunidan boshlab to hozirgacha har uch soatda ovqatlanadi, buni atay o‘rgatmaganman. Har uch soatda qorni ochiqqanini bildirib, g‘inshib qo‘yadi, ungacha sira injiqligi yo‘q. Buni aytishim joizmi yoki yo‘q, bilmadim-u, ammo farzandimni 10-yanvar sanasida dunyoga kelishini niyat qilgandim.
— Buning biror sababi bormi?
— 1-yanvar kuni tug‘ilsa, Yangi yil bayramining ertasi bo‘lardi. Ulg‘aysa do‘stlari bilan qanday nishonlaydi, bayramdan keyin hamma charchagan bo‘ladi, kim keloladi, kim esa yo‘q, deb o‘ylandim. Negadir 10-yanvar sanasini mo‘ljallayverardim, o‘zimcha. Va buni qarangki, 9-yanvar sanasining eng so‘nggi daqiqalarida to‘lg‘oq boshlanib, 10-yanvarga o‘tganida ko‘zim yoridi.
— Punktuallikka o‘zingiz o‘rgatgan ekansiz-ku, Oyxon?
— Ehtimol, lekin haqiqatan ham shunday. O‘g‘lim bilan xuddi kattalardek suhbatlashaman. Iltimos qilsam kechasi uyg‘onmaydi, injiqlik qilganida koyib bersam, boshini egib oladi. Amirshoh kelgusida o‘ta jiddiy, ammo shu bilan birga mehribon yigit bo‘lib ulg‘aysa kerak. Men farzandimni ana shunday tasavvur qilyapman.
— Jiddiyligi kimdan o‘tgan?
— Bilmasam, homiladorligimda his-hayajonga beriluvchan bo‘lib qolgandim, sal narsaga ko‘nglim bo‘shab ketardi. Turmush o‘rtog‘im drama janridagi filmlarni tomosha qilishni taqiqlab qo‘ygandi hatto. Negaki ikki sevishgan bir-biriga dil izhor qilayotganiga ko‘zim tushsa ham, yig‘lab yuborardim. Kimdir menga yaxshi gapirsa ham, ko‘z yoshim yumalab ketardi. Amirshohdagi jiddiylik dadasidan o‘tgan, menimcha. Umr yo‘ldoshim sahnada hazilkash inson, hayotda esa jiddiyligi bor.
— Bola parvarishida kim bilan ko‘proq maslahatlashyapsiz?
— Birinchi o‘rinda eng yaqin maslahatchilarim, bu oyijonim va volidamdir. Opam va kelinoyimdan ko‘p narsalarni o‘rganyapman. Ijtimoiy saytlardagi forumlarni kuzatib boraman. Ko‘z tegmasin, shu choqqacha biror muammoga duch kelganim yo‘q, faqat bir marotaba isitmasi ko‘tarilganida, mustaqil chora ko‘rishimga to‘g‘ri keldi. Soat allamahal bo‘lib qolgani bois kattalarni uyg‘otishga ko‘zim qiymadi va jiyanlarimga qaraganimda opam, kelinoyim qanday yo‘l tutishganini esga oldim. Spirt eritmasi bilan qo‘llarimni ishqalab, bolajonimning badaniga surtdim. Shukr, isitma tushdi.
— Enagangiz ham bor ekan?
— Enaga emas, bola parvarishida yordamchim desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Qaynota-qaynonam ishli odamlar, turmush o‘rtog‘imning ham vaqti tig‘iz, shunga ham yordamchi olishga qaror qildik. Ayni dam ijodga qaytyapman, tabiiyki, bola bilan bir o‘zim qiynalib qolishim mumkin.
— Nilufar Usmonova bilan suhbatda, xonandaning qirq kunlik chillada 11 kilogramga ozganini bildik. Sizda ham qomatni tartibga keltirish masalasi ko‘tarilgandir?
— Farzand kutayotganimda xamirli taomlarga boshqorong‘i bo‘ldim. “Semirtiradi” deya o‘ylanib qolganimda, turmush o‘rtog‘im bir gap aytdilar: “Sen hozir yo qomatingni o‘yla, yoki tug‘ilajak farzandimizni. Senga qay biri muhimroq”. Tug‘ruqdan so‘ng ozroq to‘lishdim, ammo bu iste’mol qilganlarimga bog‘liq emas. Negaki homiladorlikning oltinchi oyiga qadar hech nima yeyolmaganman. Chilla paytida anchagina ortiqcha vazndan xalos bo‘ldim, chunki bolajonimni ko‘krak suti bilan parvarishlayotgandim. Ammo Amirshoh bir yarim oylik bo‘lganida ko‘krak sutidan yuz o‘girdi. Shuni bildimki, bola ona suti bilan boqilsa, ayolning ozishi ham osonlasharkan. Hozir bo‘lsa, fitnes mashqlariga qatnayapman, asta-sekin avvalgi vaznimga qaytaman hali. Asosiysi, farzandim sog‘-salomat, qomat esa o‘zgaruvchandir.
— Qo‘ng‘iroqlashganimizda ish jadvalimga qarab olay degandingiz?
— Hamma ayollar kabi tug‘uruq ta’tilida bola parvarishi bilan band bo‘laman, deb rejalashtirgandim. Qayda, farzandim ikki oylik bo‘lganidayoq, ijodga qaytdim. Lekin bu bilan faqat ish, ish derkan-da, deya tushunmang. O‘zim uchun ish jadvalini tuzib olganman, qachon, qayerga borishim, kim bilan uchrashishim tartibga keltirilgan. Buning orasida o‘g‘lim bilan sayr qilish, uni parvarishlashga esa alohida vaqt ajratiladi. Yangi mavsumda telekanallarning birida turmush o‘rtog‘im bilan yangi loyihani havola etamiz.
— Er-xotinning hamkasb bo‘lishida qanday murakkabliklari bor? Oson tarafi-chi nimada?
— Turmush o‘rtog‘im bilan o‘n yil mobaynida do‘st bo‘lganmiz, so‘ng munosabatlarimiz muhabbatga aylangan. Ish jarayonida bir-birimizni to‘ldirib turamiz, yarim og‘iz so‘zdan tushunamiz, kayfiyatimizni bila olamiz. Murakkabligi esa zimmamdagi mas’uliyatning kattaligi, nazarimda. Tadbir yoki to‘y xizmatlariga yo‘l olsak nafaqat o‘zimning, balki umr yo‘ldoshimning ham ust-boshini tayyorlayman, tartibga keltiraman. Shularni aytmasa, birga ijod qilishimiz ikkimizga ham qulay.
— Akangiz Jahongir yaqinda ikkinchi bor ota bo‘ldi, sal avval opangiz Rayhonning qizalog‘i dunyoga keldi, keyin siz. Oilangiz safi kengayib boryapti?
— Xudoga shukr. Bir sirni ochishim mumkin, nasib qilsa, kuz oylariga singlim Zulayho ham farzandli bo‘ladi. Hozir onam olti nabiraning buvijonisilar!
— Opa-singlingiz Rayhon va Zulayho bilan birgalikda ijro etilgan qo‘shiq internetda mashhur bo‘lgandi. Yana shu kabi chiqishlarni kutib qolamiz degan izohlarga javob bo‘lmadi keyin?
— Asli bu tasodifiy videorolik. Uch opa-singil tadbirdan qaytib, rasmga tushayotgandik. Qo‘shiq kuylashimiz esa opa-singillar an’anasi. Akamning videoga olayotganini bilmay kuylayveribmiz, keyin bilsak, rolik internetga joylanibdi. To‘g‘ri, ko‘plab izohlar bo‘ldi, yana bo‘lsin degan mazmunda. Lekin bugun uchovimizning ham o‘z oilamiz bor, yig‘ilib qolsak, qo‘shiq kuylashimiz mumkindir-u, ammo gapimiz tugamaydi-da. Bir xonaga kirib olib, soatlab suhbatlashamiz, onajonimiz safimizga qo‘shilsalar, to‘rt dugonaga aylanamiz. Uchovimizning oramizda yetti yildan farq bor, shunday bo‘lsa-da biz xuddi dugonalardekmiz.
— Ahilchiligingizga ko‘z tegmasin!
— Rahmat!
Blits:
—Shaxsiy omad formulangiz?
—Oilam!
—Oyxon avval gapiradi, keyin o‘ylaydimi?
—Ba’zida.
—Erning achchig‘i kelganida ayol...
—Past kelishi kerak.
—O‘zi bilan gaplashadigan odam telbami?
—Yo‘q, o‘zi bilan gaplashadigan inson dono bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman, mendayam bor-da bunaqa odat.
—Yaxshi ona bo‘lish uchun Oyxon nimalarni o‘zi uchun muhim deb bilyapti?
—Farzandimiz uchun ba’zan o‘z ehtiyojlarimizni chetga surishimiz kerak ekan. Mana shu men uchun muhim qoida.
Dildora Yusufbekova suhbatlashdi. | 89 | 10,748 |
Madaniyat | Jahon yulduzlarining maftunkorligi bilan e’tibor qozongan go‘zal qizlari (foto) | Millionlab muxlislar qalbidan joy olgan, kelishgan aktyor va san’atkorlarning qizlari ham tashqi ko‘rinish borasida otalaridan qolishmaydi.
Ketrin Shvartsenegger
Arnold Shvartseneggerning 32 yashar qizi teleboshlovchilik bilan shug‘ullanadi. U bir qancha kitoblar muallifi sanaladi. Ketrin aktyor Kris Prettga turmushga chiqqan va hozirda bir farzandning onasi.
Sistin Rouz Stallone
Silvester Stallonening qizi 22 yoshda va u modellik bilan shug‘ullanadi. Sisten taniqli brendlar uchun suratga tushadi va moda chiqishlarida ishtirok etadi. Faoliyati, asosan, modellikdan iborat bo‘lgan Sistin 2019-yilda o‘zini ilk bor aktrisalikda sinab ko‘rgan.
Ayris Lou
Jud Louning 19 yashar qizi Ayris ham modellik bilan shug‘ullanadi. U ilk bor 2002-yilda Vogue jurnali muqovasida oilasi bilan birga suratga tushgan. 2015-yilda Miu Miu uchun suratga tushgan model o‘sha yilning o‘zida Burberry’ning yuziga aylangan. Ayni vaqtda Ayris 21 yashar klipmeyker Jayrel Roberts bilan uchrashadi.
Lili-Rouz Melodi Depp
Lili bolaligidan ota-onasi izidan ketishni istagan va 2014-yilda o‘zini epizodik rolda sinab ko‘rgan. 2015-yilda esa “Planetariy” filmida suratga tushgan. Shuningdek, u “Qirol” tarixiy dramasida ham rol ijro qilgan. Bundan tashqari, u moda olamida ham kam muvaffaqiyat qozonmagan. Karl Lagerfeld tomonidan ilhom beruvchi ta’rifi berilgan Lili tez-tez jurnal muqovasi uchun suratga tushib turadi.
Uillou Smit
Uill Smitning qizi ilk bor “Men afsonaman” filmida otasi bilan birga suratga tushgan. Shundan keyin boshqa bir necha filmda rol ijro qilgan Uillou musiqa bilan ham shug‘ullanadi. Uning arsenalida bir necha xit qo‘shiq va albomlarni uchratish mumkin.
Bruk Xogan
Xalk Xoganning qizi mashhurligiga iste’dodi sabab bo‘lgan deb aytib bo‘lmaydi. Uning ovozi bo‘lishi va tashqi ko‘rinishi ham esda qolarli ekaniga qaramay, tanilishiga oilaviy tok-shouda otasi bilan birga ishtirok etgani sabab bo‘lgan.
Rumer Uillis
Bryus Uillis va Demi Murning qizi Rumer epizodik rollar ijro qilishi va harakatiga qaramay aktrisalik borasida mashhurlikka erisha olmagan. Ammo televideniyedagi “Yulduz bilan raqs” loyihasidagi ishtiroki jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmagan.
Emma Roberts
Juliya Robertsning jiyani va Erik Robertsning qizi ekani Emmaning shou-biznesda muvaffaqiyatga erishishiga yordam bergan desa xato bo‘lmaydi. U ijrosidagi har bir film va serial muxlislar va kinotanqidchilar e’tiboridan chetda qolmagan. U “Josusning eng yaqin do‘sti”, “Biz Millerlarmiz”, “Mening ismim Maykl” kabi filmlarda suratga tushgan.
Peris Jekson
Maykl Jeksonning qizi Peris aktrisa va model sifatida faoliyat olib boradi. Bundan taxminan 5 yil avval Peris Gollivudni zabt etish uchun qadam tashlagan. U “Hayqiriq”, “Yulduz”, shuningdek, Sharliz Teron bilan birga “Xavfli biznes” filmida suratga tushgan. 2017- yilda Rolling Stone Teen Vogue, Australian Vogue, Harper’s Bazaar, Stellar, Luomo Vogue singari taniqli jurnallar muqovasida surati chop etilgan Jekson shu yilning o‘zida Calvin Klein brendi bilan shartnoma imzolagan. | 79 | 3,021 |
Madaniyat | Instagram: Muxlisini siltab tashlagan Shohjahon, Yulduz Usmonovaga taqlid qilgan Feruza Normatova, yig‘lagisi kelgan Nasafiy | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Aktyor Alisher Uzoqov kino haftaligida O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev bilan tushgan suratini joylab, jurnalistlar uchun qiziq mavzuda suhbatlashayotganiga shama qildi.
“Bravo” jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova suv ostiga sayohat qildi. Sayohatining qiziq foto va videolarini sahifasiga joyladi.
Xonanda Vohidjon Isoqov oilasi bilan tog‘ yonbag‘rida dam olayotganini ma’lum qildi.
Xonanda Rayhon tojikistonlik Bexruz Zevarov O‘zbekistonda mehmon ekanligini ma’lum qildi. U aktyorlik va shou menejmentlik bilan shug‘ullanadi.
Halima Ibragimova Dubaydagi restoranlardan birida ofitsiantlar bilan suratga tushdi.
Xonanda Lola Ahmedova Turkiyada yashayotgan singlisi Zulayho Ahmedova bilan ikki yil o‘tib uchrashdi. Yodingizda bo‘lsa, Zulayho opasining dizayner va stilisti edi.
Yulduz Turdiyeva go‘zal tabiat qo‘ynida tushgan yangi suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Rossiya estradasida Gafur nomi bilan ijod qilayotgan asli o‘zbekistonlik Abdug‘ofur Isoxonov Gili orolida hordiq chiqaryapti. Yodingizda bo‘lsa, u “Novda” filmida suratga tushgandi.
Xushovoz xonanda Nahide Babashli sahifasiga yangi suratini joyladi.
139 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega Jennifer Lopez sahifasi yangi surat bilan boyidi. Xonanda AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning qasamyod qabul qilish marosimida ishtirok etdi.
Aktrisa Feruza Normatovaga Yulduz Usmonovaga taqlid qilish vazifasi yuklatildi. U biroz o‘ylanib, so‘ng vazifani bajardi.
Yosh xonanda Nasafiy u bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan muxlislari borligidan ta’sirlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Shohjahon Jo‘rayev to‘yda uning yelkasiga qo‘lini qo‘ymoqchi bo‘lgan muxlisni siltalab tashlagani aks etgan video tarqaldi.
Yulduz Usmonova turmush o‘rtog‘i bilan birga suratga tushayotgani aks etgan qisqa videoni Halimaxon sahifasiga joyladi. | 124 | 1,948 |
Madaniyat | “Xudoga qattiq ishonaman”. Xonanda Tamila “Fotoshopda qilingan behayo suratlar”ini sobiq turmush o‘rtog‘i tarqatganini ma’lum qildi | Ijodiy faoliyati bir muddat to‘xtab qolgan xonanda Tamila “Shok.uz” loyihasiga bergan intervyusida u ishtirok etgan behayo suratlar va videolarni kim tarqatganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, sobiq turmush o‘rtog‘i uning ijodiy faoliyatiga doim qarshi bo‘lgan. Jumladan, ular ajrashganidan keyin ham u Tamilaga tinchlik bermagan.
Ijodda tanaffus qilishimga shaxsiy hayotim sabab. Ijod qilishimga turmush o‘rtog‘im qarshi edi. U bilan ancha oldin ajrashganmiz, lekin meni haligacha tinch qo‘ymaydi. U men ijod bilan shug‘ullanmasligim uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi. Jumladan, tuhmat va mening ishtirokimda Fotoshopda qilingan behayo suratlar va videoni ham tarqatdi.
Men bo‘lib o‘tgan ishlardan g‘azabga tushdim. Ularni sud tibbiy ekspertizasiga topshirdim va bu suratlar hamda videoda men emasligimni isbotladim. Sud xodimlari menga tuhmat qilgan insonni sudga berishim mumkinligini aytishdi. Lekin men bunday qilmadim. U mening hayotimni barbod qilgan bo‘lsa ham, men uning hayotini buzishni istamadim. Sababi, men Xudoga qattiq ishonaman.
U inson hozirgacha meni tinch qo‘ymaydi. O‘tgan yillar ichida qanday do‘zahda yashaganimni siz tasavvur ham qilolmaysiz. Agar u meni tinch qo‘ymaydigan bo‘lsa, davlatdan yordam so‘rashimga to‘g‘ri keladi. Men shunchaki tinch yashashni istayman.
Tamila, xonanda | 131 | 1,365 |
Madaniyat | Reyting: “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyidagi kuzning eng qimmat konsert dasturlari | “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsertlar mavsumi boshlandi. Jurnalist Feruz Muhammad san’at saroyida bo‘lib, chiptalarning kassadagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tuzdi.
9-o‘rin. Xonanda Anvar Sanayev hamda O‘zbekiston xalq artisti Hojiakbar Hamidov konserti
20-sentabrda xonanda Anvar Sanayevning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalq artisti Hojiakbar Hamidovning konsert dasturi esa 3-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Ikkala dasturning ham eng arzon chiptasi 20 ming so‘m, eng qimmati esa 100 ming so‘m qilib belgilangan.
8-o‘rin. O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozov konserti
O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozovning 10—11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsertiga kirish narxi 20 ming so‘mdan boshlanib, 120 ming so‘mgacha yetadi.
7-o‘rin. Qiziqchi Avaz Oxun konserti
Qiziqchi Avaz Oxunning 13—17-noyabrda bo‘ladigan tomoshasiga eng arzon kirish chiptasi esa 20 ming so‘m, eng qimmati esa 150 ming so‘m qilib belgilangan.
6-o‘rin. “Maximum” kulgi jamoasining konsert dasturi
“Maximum” kulgi jamoasining konsert dasturi 27—30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Konsertga kirish narxi 25 ming so‘mdan boshlanib, 150 ming so‘mgacha belgilangan edi.
5-o‘rin. Xonanda Bahrom Nazarov konserti
Xonanda Bahrom Nazarovning konserti 1—4-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar 30 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha.
4-o‘rin. “Bravo” kulgi jamoasining konsert dasturi
“Bravo” kulgi jamoasining 13—20-oktabr kunlari bo‘ladigan konsertining eng arzon chiptasi 25 ming so‘m, eng qimmati esa 200 ming so‘mdan.
3-o‘rin. Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev konserti
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning 6—12-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturining chiptalari narxi quyidagicha — eng arzon chipta 15 ming so‘m, eng qimmat chipta esa 350 ming so‘m.
2-o‘rin. “Benom” guruhi konsert dasturi
“Benom” guruhining 22—24-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan dasturining eng arzon chiptasi 30 ming so‘mdan, eng qimmati esa 300 ming so‘mdan sotilmoqda.
1-o‘rin. Al Bano
Al Bano faqat bir kun — 22-oktabrda konsert beradi. Konsertga eng arzon chipta — 100 ming so‘m, eng qimmati esa 2 million so‘m. | 84 | 2,153 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.