folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Instagram: Onasiga Tracker sovg‘a qilgan vayner, otasi uchun duo so‘ragan Muqaddas Sa’dullayeva, to‘rtinchi bor ona bo‘lgan Dilso‘z
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga tushib qoldi. Bu haqda uning qizi Muqaddas Sa’dullayeva ma’lum qilib, muxlislaridan otasini duo qilib qo‘yishlarini so‘radi. Hozirgi seriallarda asosan salbiy obrazlarni yaratayotgan aktrisalar Barchin G‘ofurova hamda Mashhura Zulfiqorova kuzatuvchilariga birgalikda ko‘rinish berdi. Bir necha kun avval Liil Xurramovning Azoda bilan kelin-kuyov obrazida tushgan surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, blogerlarning turmush qurgani haqida aytilgan edi. Liil Xurramov aslida ushbu suratlarni giv-konkursi uchun tayyorlagani ma’lum bo‘ldi. Uning sahifasiga joylangan videoda Ozodning Azodaga uylangani aslida tushida yuz beradi. Milena Madmusayeva muxlislariga yangi suratini taqdim etdi. Guli Asalxo‘jayeva, Jahongir hamda Asal Xo‘jayevlar “Xo‘jayevlar oilasi” deb nomlangan instaserialni kuzatuvchilari e’tiboriga havola etib bormoqda. Qisqa videorolikda Sariq bolaning onasi va rafiqasi oldida noqulay vaziyatga tushgani yumor bilan ko‘rsatib berilgan. Taniqli teleboshlovchi Dildora Rustamova ustozi, dublyaj rejissori Bahodir Qosimovni tavallud ayyomi bilan muborakbod etdi. Umidaxon kuzatuvchilariga yangicha imijda ko‘rinish berdi. Nilufar Usmonova o‘g‘illari bilan Samarqand viloyatidagi Hazrati Dovud ziyoratgohiga tashrif buyurdi. Xonanda, shuningdek, uch bola bilan sayohatga chiqishning qiyinchiliklari haqida ham qiziqarli video tayyorladi. Xonanda Nigora “Sevimli” telekanalidagi “Kim ekan?” shousida Kruella obrazida namoyon bo‘ldi. Xonandalar Farrux Raimov va Dilso‘zning xonadonida to‘rtinchi farzand dunyoga keldi. Juftlik o‘g‘illariga Muhammadusmon deb ism qo‘ydi. “Mitti vayn” taxallusi bilan ijod qiluvchi bloger Farhod Mannopov onasining tug‘ilgan kuniga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi.
131
1,940
Madaniyat
“O`zbekkino” milliy agentligida taniqli turk aktyori Kaan Urganjo`g`li va qozog`istonlik kinoaktyor Tavakkal Muslim bilan uchrashuv bo`ldi
Bugun “O`zbekkino” Milliy agentligida taniqli turk aktyori Kaan Urganjugli va Qozog`istonlik kinoaktyor Tavakkal Muslim bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda "O`zbekkino" milliy agentligi rasmiy saytida xabar berildi. Uchrashuvda Agentlik bosh direktori Furqat Zokirov, bosh direktorning birinchi o`rinbosari Shuxrat Rizaev, taniqli rejissyorlar Rustam Sa`diev va Jahongir Qosimovlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda O`zbekiston, Turkiya,Qozog`istondavlatlari o`rtasida kino sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilindi. Eslatib o`tamiz, ushbu taniqli aktyorlar rejissyor Rustam Sa`dievning “Baron -2” badiiy filmida suratga tushishmoqda.
138
670
Madaniyat
Sodiq Sher-Niyoz va Anjelina Joli Gollivudning Osiyo mintaqasi bilan hamkorligini muhokama qildi (video)
Sodiq Sher-Niyoz Anjelina Joli bilan Gollivudning Osiyo mintaqasi bilan hamkorligini muhokama qildi. Uchrashuv III Asian World Film Festival doirasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi KNews. Festival asoschisi Sodiq Sher-Niyoz hamda Gollivud kinoyulduzi Los-Anjelesdagi Xalqaro Osiyo kinofestivali doirasida Jolining “Ular dastlab otamni o‘ldirdi” filmi namoyishida ishtirok etishdi. Namoyishdan so‘ng Anjelina Joli film va kinofestival haqida berilgan savollarga javob berdi.
104
473
Madaniyat
Dubayda ishlayotgan Alisher Uzoqov Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video)
Aktyor, rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Intervyu Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida Alisher Uzoqov Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi. Nima uchundir Ma’murjon Uzoqov nomidagi Marg‘ilon milliy istirohat bog‘idan bobomning nomlari olib tashlandi. Bu menga juda qattiq ta’sir qilgan. Bobomning nomlari bo‘lgunga qadar juda katta-katta daraxtlar bor edi, orqada soy bor edi, salqin bog‘ edi, juda salqin edi. Kirsangiz xuddi Shveysariyaga tushib qolgandek bo‘lardingiz. Hozir boring, shunaqa kichkina daraxtchalar ekib qo‘yishgan, necha yillik katta daraxtlarni chopib, bog‘ fayzsiz bo‘lib qolgan, umuman avvalgi holatidan hech nima qolmagan. Shu vaziyatdan foydalanib muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga murojaat yo‘llamoqchiman. U bog‘dan aynan nima sababdan Ma’murjon Uzoqovning nomlarini olib tashlab, ularning o‘rniga O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning nomi berilganini bilmayman. Erkin Vohidovdek insonlar 100 yilda ham tug‘ilmasa kerak, oxiratlari obod bo‘lsin, ilohim, ularga hech qanday xusumatim yo‘q, hurmatim cheksiz. Lekin bir narsa borki, Ma’murjon Uzoqov o‘sha bog‘da qo‘shiq aytib turganida jon berganlar. Ma’murjon Uzoqov Marg‘ilonda tug‘ilib, Marg‘ilonda 59 yoshlarida vafot etganlar. Ma’murjon Uzoqov o‘sha bog‘da jon berganlarida Shukur Burxonovning tizzalariga tushganlar (o‘sha paytlarda Ma’murjon Uzoqovga sog‘ligi to‘g‘ri kelmagani uchun shifokorlar qo‘shiq aytishni taqiqlagandi). Balki bu narsa bobomning oxiratlari uchun xizmat qilmas, lekin shu bog‘ning bobomning nomiga qaytarib berilishini juda xohlardim. Shuni iltimos qilib qolaman. Ma’murjon Uzoqov, Jo‘raxon Sultonovlar odamlarning esidan chiqib ketmoqda. San’atning buzilayotganini shundan bilsa ham bo‘ladi. Mustaqillik bayramlarimiz, 1991-yildan hozirga qadar Navro‘z bayramlarining birortasi ham Ma’murjon Uzoqovning qo‘shiqlarisiz o‘tganini bilmayman. Hech bo‘lmasa ‘Jonon bo‘laman’, ‘Mustahzod’, ‘Suratiy’ qo‘shiqlari, albatta, kuylanadi. Bu insonlar san’atimiz poydevori-ku. Shu o‘rinda Erkin Vohidov buyuk ijodkor bo‘lganliklarini aytib o‘tmoqchiman. Ammajonim shu bog‘ uchun juda ko‘p harakat qildilar. Ammam – bobomning qizlari Zuhra Uzoqova ancha harakat qildilar. Biroq iloji bo‘lmadi. Imkoni bo‘lsa, shu bog‘ga bobomning nomini qaytarib beraylik. O‘sha bog‘da, o‘sha davrlarda Ma’murjon Uzoqov nomidagi shunaqa katta festivallar bo‘lar ediki, u festivallar yosh iste’dodlarni maqom yo‘nalishda chiqarib berardi. Orolmirzo Safarov, rahmatli Shuhrat Qayumov, Dilnura Qodirjonovalar o‘sha festivallarda nom qozongan. Hozir u festivallar yo‘q. Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor, prodyuser Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov “Janob hech kim”, “Uylanish”, “Tundan tonggacha”, “So‘nggi lahza”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. “Muzlagan”, “Kuzda gullagan daraxt”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarga rejissorlik qilgan. Alisher Uzoqov hozirgi kunda Dubay shahrida “Smart bolla” deb nomlangan xalqaro IT kompaniyada faoliyat yuritmoqda.
91
3,176
Madaniyat
Anjelina Joli, Meril Strip va boshqa mashhurlar haqida hatto ularning sodiq muxlislarini ham hayratda qoldiradigan faktlar (foto)
Ko‘p hollarda taniqli insonlarning shaxsiy hayoti muxlislarni ishidan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradi. Ayniqsa, sadoqatli muxlislar o‘z kumirlarining shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni yoddan biladi. Biroq ba’zi qiziqarli ma’lumotlar ham ba’zida muxlislarning e’tiboridan chetda qoladi. AdMe nashri mashhurlar haqidagi hatto ularning sodiq muxlislarini ham hayratda qoldiradigan faktlarni ma’lum qildi. Skarlett Yoxansson Devid Boui bilan duet kuylagan Aktrisa Skarlett Yoxanssonning musiqadagi karyerasi haqida ko‘pchilik bilmaydi. U 2 ta studiya albomini chiqargan va hatto Devid Boui bilan hamkorlikda treklar yozgan. Endryu Garfildning massajchi do‘sti unga karyerasidagi asosiy rolni olishga yordam berdi “Tik-tak, bum” musiqiy filmidagi roli uchun Endryu Garfild “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi va “Oskar”ga nomzodlar safiga kiritildi. Biroq bularning barchasi aktyorning massajchisi va yaqin do‘sti Gregg Mile, to‘g‘rirog‘i, u bir gapni rejissorga aytmaganida sodir bo‘lmasdi. Greggning mijozlari orasida rejissor Lin-Manuel Miranda ham bor edi. Navbatdagi massaj seansida Miranda Gregga yangi film suratga olishini va Endryu Garfildni bosh rolga tanlashi haqida o‘ylayotganini aytgan, biroq u aktyorning musiqiy qobiliyatiga shubha qilgan. Miranda esa hech ikkilanmasdan, Garfild hamma narsaga qodir, deb javob bergan. Aktyorning vokal darslariga yozilishdan boshqa iloji yo‘q edi. Natijada, u nafaqat do‘stini uyaltirmadi, balki karyerasida ham katta yutuqqa erishdi. Meril Strip The Beatles guruhining muxlisi bo‘lgan va ota-onasini guruhning konsertiga borish uchun 3 kun ko‘ndirgan Aktrisa Meril Strip yoshligida ko‘plab yoshlar singari The Beatles guruhining ashaddiy muxlisasi bo‘lgan. U ota-onasidan 3 kun davomida Nyu-Yorkdagi britaniyalik guruhning konsertiga borishiga ruxsat berishini iltimos qilgan va hatto keyingi 4 yil davomida idishlarni yuvishga va’da bergan. Merilning orzusi ro‘yobga chiqdi va u 1966-yilda Shi stadionidagi minglab baxtli odamlar qatoriga kirdi. Bo‘lajak Gollivud yulduzi ushbu konsertga “Pol, men seni yaxshi ko‘raman” deb yozilgan plakat tayyorlagan. Strip bu ta’sirli voqeani 1990-yilda o‘z kumiriga “Gremmi” mukofoti topshirilgan paytda aytib bergan. Entoni Hopkins bir filmda Jodi Fosterni qattiq qo‘rqitgan, natijada u suratga olish jarayoni tugaguncha aktyor bilan gaplashmagan Bunga ishonish qiyin, biroq Jodi Foster va Entoni Hopkins suratga olish jarayonida bir-biri bilan umuman gaplashmagan. Aktyor qo‘rqinchli doktor Gannibal Lekter roliga shunchalik kirishib ketadiki, ssenariyni birinchi o‘qish jarayonidayoq partnyorini juda qattiq qo‘rqitib yuboradi. Shu sababli Foster syomka jarayonining oxirigacha hamkasbi bilan bir xonada qolish hamda u bilan muloqot qilishni istamagan Suratga olish ishlarining oxirgi kuni Hopkins Jodiga yaqinlashadi, aktrisa esa undan qo‘rqishini tan oladi. Suratga olish ishlarining so‘nggi kunida Hopkins Jodining yoniga kelganida aktrisa undan qo‘rqishini tan olgan. Hopkins esa “Men ham sendan qo‘rqaman”, deb hazillashgan. Rebel Uilson o‘zini 6 yoshga kichik qilib ko‘rsatgan Rebel Uilson 2015-yilda mojarolar markazida qolgan: avstraliyalik tabloid aktrisani haqiqiy yoshini yashirib, hammani aldaganlikda ayblagan. Rebel haqiqatan ham hozirgi yoshidan 6 yosh kichkinaligini aytgan. Jeyn Fonda Merilin Monro bilan birga kursda o‘qigan Bu voqea 1950-yilda Nyu-Yorkda bo‘lgan. Izlanuvchan aktrisa Fonda mashhur Li Strasberg maktabida aktyorlik bo‘yicha saboq olgan. Jeyn mashhur aktrisa Merilin Monro bilan bir sinfda o‘qigan. Biroq, Fondaning ta’kidlashicha, o‘zining mashhurligiga qaramay, Merilin uyatchanlik va o‘ziga ishonchi pastligi bilan ajralib turardi, bu uning ekrandagi obraziga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Anjelina Joli bolalikdagi dugonasining qallig‘ini tortib olgan Aktrisalar Anjelina Joli va Lora Dern bir-birini bolaligidan bilishgan, chunki ularning otalari Jon Voyt va Bryus Dern do‘st bo‘lgan. Biroq tasodifan, qizlar voyaga yetganida, ularning munosabatlari sevgi uchburchagi sabab buziladi. Loraning sevgan yigiti Billi Bob Tornton 1999-yilda hech qanday tushuntirishsiz u bilan aloqalarini uzadi va o‘z hayotini “Parvozni boshqarish” dramasida tanishgan o‘sha paytdagi intiluvchan aktrisa Anjelina Joli bilan bog‘laydi. Lora ajralishni qattiq qabul qiladi va hatto uni to‘satdan kelgan o‘lim bilan taqqoslaydi. Viktoriya Bekhem har kuni bir xil ovqat iste’mol qiladi Hatto Olimpiya chempioni ham Spice Girls guruhining sobiq xonandasi va dizaynerning irodasiga havas qiladi. Uning turmush o‘rtog‘i Devid Bekhemning so‘zlariga ko‘ra, Viktoriya 25 yildan ortiq vaqt davomida har kuni bir xil taom: grilda pishirilgan baliq va bug‘da pishirilgan sabzavotlarni iste’mol qiladi. “U hayotida bir marotaba qizimiz Harperga homilador bo‘lgan paytida istisno tariqasida parhezini buzgan bo‘lishi mumkin”, — deydi futbolchi. Sher Elvis Preslinining taklifini rad etgan Sherga ko‘plab taniqli erkaklar ko‘ngil qo‘ygan. Rok qiroli Elvis Presli ham uni uchrashuvga taklif qiladi, biroq xonanda shunchalik hayajonlanganidan, uni rad etishdan boshqa narsani o‘ylab topa olmaydi. O‘sha voqeadan so‘ng bir necha o‘n yilliklar o‘tgan, ammo 2010-yilda qo‘shiqchi o‘sha qaroridan chuqur afsusda ekanini aytgan. Bleyk Layvli yo‘lakdagi gilam rangiga mos liboslarni tanlaydi Bleyk Layvli liboslarini qizil yo‘lakka moslab kiyadi. Aktrisaning turli yillardagi liboslariga diqqat bilan razm solinsa, ajabtovur holat e’tiborga tashlanadi: Uning barcha liboslari yo‘lakka to‘shalgan gilamga moslab bir xil rangda yaratilgan. Xulosa qilib Layvli ko‘ylaklarini atayin yo‘lakning rangiga moslaydi, deyish mumkin.
129
5,610
Madaniyat
Kinematografiya agentligi Bosh direktori milliy seriallar bo`yicha izoh berdi
So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda milliy serillar borasida turli fikr-mulohazalar yurtilib, muhokama qilinmoqda.  O`zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov milliy seriallar bo`yicha izoh berdi "Bugungi kunda barcha telekanallarda milliy seriallarning soni ko`payganligiga guvoh bo`lmoqdamiz. Tan olish lozimki, ayni paytda nodavlat telekanallari efiriga uzatilayotgan milliy seriallarning badiiy va g`oyaviy mazmuni talab darajasida emasligi ko`zga tashlanmoqda. Bir qator seriallar so`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda tomoshabinlar tomonidan tanqidiy muhokama etilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Serial janr sifatida endi-endi ommalashib bormoqda. Teleijodkorlarimizda bu borada zarur tajriba va ko`nikmalar hali tugal shakllanmagan desak, mubolag`a bo`lmaydi. Buning uchun esa vaqt, mablag` va malakali kadrlar zarur. Shu bois sohaga Hukumatimiz tomonidan alohida e`tibor qaratilib, ushbu muammolarni tizimli hal etish bo`yicha salmoqli qadamlar qo`yildi.     O`tgan 2021 yilda Kinematografiya agentligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida telekanallar bilan hamkorlikda shifokorlarning zahmatli faoliyatiga bag`ishlangan “Najotkorlar” (Zo`r TV) hamda  “Orzular palatasi” (Sevimli TV), mahalla hayoti va tadbirkorlik mavzusidagi “Qodirxon” (Mening yurtim), shuningdek, “Mahalla”, “Tuzoq”, “Dard” va “Alvido bolalik” singari boshqa bir qator seriallar suratga olindi va olinmoqda. Shu bilan bir qatorda davlat buyurtmasi asosida suratga olingan “Behbudiy”, “Said va Saida”, “Avloniy”, “Qo`qon shamoli”, “Sumbul” singari o`nga yaqin badiiy filmlarning serial versiyasini ham yaratib, barcha telekanallarga bepul taqdim etildi. Lekin shuni alohida ta`kidlashimiz lozimki, Agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar etarli emasligini sezmoqdamiz. Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo`lgan “Sevimli” telekanalida namoyish etilayotgan “Sabriya” seriali haqiqatdan ham badiiy va mazmunan sayoz . Bu rejissyorning dastlabki ishlaridan biri ekanligiga qaramasdan telekanal Badiiy kengashi zarur darajada o`z taklif, tavsiya va amaliy yordam bermaganligi ma`lum bo`ldi. Jamoatchilik va teletomoshabinlarning bu serialga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarini telekanali ta`sischilari va ijodiy jamoasi albatta inobatga olib, zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ko`rishi darkor.   Nodavlat telekanallari efirida uzatilayotgan va tomoshabinlar tomonidan tanqid qilinayotgan seriallarning asosiy qismi xususiy prodakshn studiyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Kelgusida mazkur studiyalar bilan hamkorlikda ishlashimiz, ularning tadbirkorlik faoliyatiga aralashmasdan, ammo, suratga olinayotgan kino mahsulotlarini badiiy va g`oyaviy mazmunini baholaydigan maxsus konsultativ Badiiy kengash tashkil etish zarurati yaqqol ko`zga tashlandi. Ushbu tavsiyaviy harakterga ega Kengashga kino san`ati sohasidagi malakali, etuk va professional mutaxassislar jalb etilishini taklif qilaman.   Hozirda kuzatilayotgan kamchiliklarni oldini olish uchun, biz bu jarayonda barcha telekanallar va xususiy prodakshn studiyalar bilan milliy seriallar ishlab chiqarish borasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, endilikda son emas seriallar sifatiga alohida e`tibor qaratamiz. Eng muhimi, xalqimizning ma`naviy ehtiyojlarini qondiradigan, badiiy mazmuni yuqori, g`oyaviy jihatdan milliy manfaatlarimizga javob beradigan seriallarni tayyorlash bo`yicha maxsus dastur loyihasini ishlab chiqib, Hukumatimizga kiritish asosiy vazifamiz hisoblanadi", - deyilgan Agentlik taqdim etgan ma`lumotda.
77
3,538
Madaniyat
Nargiza Salmonova erining roziligi bilan “Bravo” a’zosi bo‘lgani, afsuslangan roli va Turkiya kinosidagi puxtalik haqida (video)
Aktrisa Nargiza Salmonova Turkiyaga turmushga chiqqanidan so‘ng ijodida bir muddat tanaffus bo‘lgan edi. Katta sahnaga “Bravo” jamoasining a’zosi bo‘lib qaytgan Nargiza Salmonova serialda rol ijro qilib afsuslangani, “Bravo” jamoasining kutilmagan taklifi va turk kino olamidagi puxtalik haqida gapirib berdi. Bu haqda aktrisa “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Bravo” jamoasini oldindan yaxshi ko‘rib, tomosha qilardim. “Bravo” jamoasiga taklif qilishgani men uchun ham kutilmagan taklif bo‘ldi. Javlon Shodmonov hamda Otabek Mirzaxolov telefon qilib, “shunaqa taklif bor, birgalikda ishlasak nima deysiz?”, deyishganida men rozi bo‘ldim. Albatta, bu masalada turmush o‘rtog‘imning fikrini olgan holda, ular rozi bo‘lganlaridan so‘ng, men ham rozilik bildirdim. Bu yil “Bravo”ning yangi konsertida ilk marotaba chiqish qildim. Biz tomoshabinning qarsagi, qo‘llab-quvvatlashidan katta energiya olyapmiz. Ular bizni olqishlagani sayin biz xursand bo‘lyapmiz. Teatrda ishlab yurgan vaqtlarimda tomoshabin bizni tushunmasa, esnab o‘tirsa, mehr bilan tomosha qilmasa, kayfiyatimizga ta’sir qilardi. Buni sahnada bildirmasak ham, uyga qaytgandan so‘ng o‘ylab yurardik. “Bravo” jamoasini muxlislar juda zo‘r kutib olishmoqda. O‘tgan safar O‘zbekistonga kelganimda bir serialga aktyorlar jamoasini, xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlarimiz jamoada borligini bilib, ssenariyning ma’lum bir qismini o‘qib, serialga tushishga rozi bo‘lgandim. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, o‘sha serialga tushganimdan afsuslandim. Chunki montaj va dublyaj ishlaridan umuman qoniqmadim. “Tanaffus qilgan bo‘lsam ham, hech nima yo‘qotmabman”, dedim. Bu gaplarimdan xafa bo‘lishmasin. O‘sha qilgan xatoyim menga tajriba bo‘ldi. Endi yanada yaxshilab o‘ylab, keyin takliflarni qabul qilaman. Turkiya kino olamidan menga bir qancha takliflar keldi. Ssenariyni o‘qiganimda, to‘g‘risi, hayratlandim. O‘n yildan buyon san’at sohasida yurgan bo‘lsam, ssenariyning bunaqa puxta yozilganini ko‘rmagandim.  Ssenariyda qahramoningizning ko‘z rangi, qarashi, bolaligi, bolalikdagi laqabi, bolalikda qandaydir kasal orttirgan bo‘lsa, o‘sha kasallik tarixi, hamma-hammasi to‘liq yozilgan. Rejissor kelib aktyor yoki aktrisaga tushuntirib berishga o‘rin qoldirilmagan. Aktyor ssenariyni o‘qiydi, “bo‘ldi, tayyorman”, deb suratga tushadi. Aktyor yoki aktrisa sochini, kostyumini, rejissordan borib, qahramonining xarakterini so‘ramaydi, u yerda aktyor yoki aktrisa faqat va faqat o‘zining ishini qiladi. Hozircha “Bravo” jamoasi bilan hech qanday shartnoma qilmadik. Baribir birinchi konsert hamma ilklar uchun sinov desak to‘g‘ri bo‘ladi. Nargiza Salmonova, aktrisa
128
2,652
Madaniyat
​Rossiyada O`zbekiston madaniyaga bag`ishlangan kongress boshlanmoqda (foto)
Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bugun 7 iyun kuni,bir necha daqiqalardan so`ng “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kngressi boshlanadi. Ayni paytda Rossiya Fanlar akademiyasining Olimlar uyida ushbu muhim anjumaning ochilishiga qizg`in hoziolik ko`rilmoqda. Sizga ayni lahzalardagi vaziyat aks etgan fotosuratlarni e`tiboringizga havola etamiz.
76
435
Madaniyat
Bollivud yulduzlarini to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?
Bollivud yulduzlari muxlislari to‘yiga mehmon sifatida tashrif buyurishi, qo‘shiq kuylab raqsga ham tushishi mumkin. Buning uchun katta miqdorda pul to‘lansa, kifoya. Shohrux Xondan tashqari, Ritik Roshan, Kangan Ranaut va Malayka Arora Xonlar ham to‘ylarda chiqish qilishga qarshi emas. Aktyor va aktrisalar o‘z qadrdonlari to‘yiga tashrif buyurgandek kulib chiqishlari, bir necha daqiqa ishtiroklari uchun qancha haq so‘raydi? Ushbu savolga quyida javob berib o‘tamiz​ Priyanka Chopra Mahoratli va go‘zal aktrisa to‘yida ishtirok etishini istaganlar, 99 yoki 106 ming dollar to‘lashi kerak bo‘lgan. Lekin Amerikaga kelin bo‘lganidan keyin aktrisa bu kabi marosimlarda qatnashishni bas qilgan. Katrina Kaif​ Katrina Kaifning to‘yga mehmon sifatida qatnashishi uchun bo‘lsa, 120 ming dollar to‘lanishi kerak. Ritik Roshan​ Qoyilmaqom raqs ijro etadigan Ritik Roshan bo‘lsa, bir chiqishi uchun 133 ming dollar talab qiladi. Salmon Xon​ Salmon Xon o‘ziga belgilagan narxdan, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqoriligini bilsa bo‘ladi. Aktyorning ishtiroki uchun 266 ming dollar to‘lanishi kerak. Shohrux Xon ​ Bollivud qiroli Shohrux Xon eng qimmatli mehmon hisoblanadi, yoshlar to‘yiga aktyor tashrif buyurishi uchun 333 yoki 400 ming dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi. Lekin bu hammasi emas, BAAda yashovchi juftlik Shoxruh Xonning to‘ydagi ishtiroki uchun 1 067 718 dollar to‘lagan. Kangana Ranaut to‘yda qatnashishi uchun boshqalarga qaraganda kam — 66 ming dollar so‘raydi. Ranbir Kapur, 99 yoki 133 ming dollar berilsagina ishtiroki bilan muxlislarni xushnud qiladi. Ammo Karina Kapur, Jon Abraham, Sonam Kapur va Shahid Kapurlar esa qancha pul taklif qilinishidan qat’i nazar, to‘y, tug‘ilgan kun va ziyofatlarda ishtirok etmaydi.
56
1,740
Madaniyat
Bu yil “Oskar-2020” marosimi ilk bor AQShdan tashqarida o`tkaziladi
Pandemiyaga qaramay, dunyo bo`ylab xalqaro marosimlar o`tkazilmoqda. Yaqinlashib kelayotgan “Oskar-2020” mukofotining tashkilotchilari ham tarixda birinchi marta tadbirning bir qismini London va Parijda, ya`ni AQShdan tashqarida o`tkazishga qaror  qilishdi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligining telegramdagi rasmiy sahifasida ma`lum qildi.  Marosim doim AQShda o`tkazilib kelingan. Ma`muriyatning bunday qarorga kelishiga marosim ishtirokchilarining ko`pi Los-Anjelesga tashrif buyurishdan xavotirda bo`lganligi sababdir. Prodyuser Steysi Sherning so`zlariga ko`ra, hozirda boshqa mamlakatlardan nomzodlar uchun translyasiya olib borish ob`ektlari tayyorlanmoqda. Shunga qaramay, tashkilotchilar qonuniy va xavfsiz tarzda Amerikaga etib borish imkoniyatiga ega bo`lgan har bir kishini ushbu marosimda shaxsan ishtirok etishini ta`minlaydi. Shuningdek, xorijlik mehmonlar uchun maxsus karantin markazi qurilgan bo`lib, u erda marosim tugaguncha mehmonlarning xavfsizligi ta`minlanadi. Marosim tashkilotchilaridan biri Stiven Soderbergning ta`kidlashicha, an`anaviy qizil yo`lakdagi odamlar soni ham cheklangan bo`ladi. Ma`lumot o`rnida, “Oskar-2020” tantanali taqdirlash marosimi 25 aprel kuni bo`lib o`tadi.
67
1,213
Madaniyat
Maryam Tillayeva bloger Amiran bilan to‘yi haqida: Bu kun haqida butun umr orzu qilgandim
13-aprel kuni Las-Vegasdagi mehmonxonada Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva va rossiyalik bloger Amiran Sardorovning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Tor doirada o‘tkazilgan to‘yda kelin-kuyovning yaqin do‘stlari ishtirok etgan. Amiran va Maryam ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida to‘ydan suratlarini e’lon qilib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishmoqda. “Men kecha uylandim. Barmog‘imizga uzuk taqib, ‘Endi sizlar er-xotinsizlar’ deyishsa, ichimizda nima o‘zgarishi menga doim qiziq bo‘lgan. Aytishim mumkinki— hech narsa o‘zgarmas ekan. Nikohimizni Las-Vegasda Elvis Presli qayd etdi. Hammasi juda tez bo‘lganidan men hech narsani tushuna olmadim. Endi Masha (Maryam) bilan bu amaliyotda qanday ishlashini hamda uzoq va baxtli yashash mumkinligini tushunishga harakat qilamiz”, — deb yozdi Amiran. Maryam Tillayeva esa bu kunni butun umr orzu qilgani haqida so‘zlab berdi: “Bu kun shunday oddiy va qo‘qqisdan keladi, deb tasavvur ham qila olmasdim. Amiran, men seni sevaman! Kichkina qizchadek bu kun haqida butun umr orzu qilganman. Va... Elvis Presli, do‘stlar, 13-sana, Yeezy krossovkasi hamda juda ko‘p ko‘z yoshlar...”. Ma’lumot uchun, biznesmen Timur Tillayev va Lola Karimovaning to‘ng‘ich farzandi Maryam 7 yil avval AQShga, o‘qish uchun ko‘chib ketgan. U hozirda o‘zining shaxsiy kiyim brendiga asos solish ustida ish olib bormoqda. Rossiyalik YouTube-bloger Amiran ham AQShda yashaydi. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga bir necha marta birga tushgan surat va videolarini joylashtirgan bo‘lsa-da, munosabatlari haqida ochiq gapirmagan edi.
89
1,554
Madaniyat
“Betmen Supermenga qarshi” filmining yangi tizeri chiqdi (video)
Warner Bros. kompaniyasi YouTube’dagi rasmiy kanalida “Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida” filmining yangi tizerini taqdim etdi. Bu haqda “Afisha” xabar beradi. Tizerda Supermen zanjirlar bilan bog‘lab qo‘yilgan Betmenning yoniga keladi va uning niqobini yulib oladi. Film kino ishlab chiqarish tarixidagi eng qimmat kino nomi uchun da’vogarlik qilmoqda. Ikki super qahramonning bir-biriga qarshi kurashi haqidagi film premyerasi 2016-yilning 24-martida bo‘lib o‘tadi.
64
475
Madaniyat
Hujumga uchragan Nilufar Usmonova, haqiqiy sevgidan so‘z ochgan Shahzoda. Mashhurlar karantinda
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 15-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. “Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Kaan Urganjio‘g‘lu “Epizod” madaniy jurnaliga intervyu berdi hamda fotosessiya uyushtirdi. View this post on Instagram Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov barchani 15-may — Xalqaro oila kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Xonanda Lola esa o‘g‘lining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. View this post on Instagram  “Chaqaloqni ko‘rishga boraman, degandi”. Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan so‘nggi suhbatini yodga oldi Bollivud aktrisasi Karina Kapur turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xon va o‘g‘li Taymur bilan birgalikda chizgan surati bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Feruza Jumaniyozova ham 15-may kuni yolg‘iz farzandi Abdullohning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. View this post on Instagram Zohirshoh Jo‘rayev barchani muqaddas oyda Qur’on tilovat qilishga chaqirdi. View this post on Instagram Bir muddat avval akkaunti xakerlar hujumiga uchragan Nilufar Usmonova biroz tanaffusdan so‘ng yana Instagram’ga qaytdi va karantinning hayot tarziga aylanganini bildirdi. View this post on Instagram Bollivud qiroli Shohrux Xonning rafiqasi Gauri Xon qizi Suhananing rasmi bilan bo‘lishdi. Aktyorning muxlislari qizning otasiga juda o‘xshashini yozib qoldirmoqda. View this post on Instagram Xonanda Shahzoda haqiqiy muhabbat haqida mulohaza yuritdi. View this post on Instagram Taniqli Bollivud aktyori Anupam Kxer amerikalik hamkasblari Al Pachino hamda Robert de Niroga muxlislik qilishini bildirdi. Anupam Kxer aynan shu ikkala insonni deb aktyor bo‘lishga qaror qilganini aytdi. View this post on Instagram Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva bolalikdagi surati bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Yulduz Rajabova insonlarni yaxshi bila olmasligi va bu holat unga xalal berishini yozdi. View this post on Instagram AQShda yashovchi aktrisa Gulchehra Eshonqulova muxlislariga yangi surat taqdim etdi. View this post on Instagram
95
2,278
Madaniyat
Madonna Ledi Gagani plagiatda aybladi
56 yoshli pop-qirolicha Madonna Rolling Stone nashriga bergan intervyusida hamkasbi Ledi Gagani qo‘shiqlaridan birini “vijdonsizlarcha o‘g‘rilaganlikda” aybladi, deb yozadi “Segodnya.ua”. “Uni mening tojimga ega bo‘lmoqchi deb ayta olmayman… Biz ayollarni bir-biriga qarshi gij-gijlash avj olgan zamonda yashayapmiz, — dedi Madonna intervyuda. — Men Ledi Gagani faqat bir marta — qo‘shiqlarimdan birini vijdonsizlarcha o‘g‘irlagan paytida tanqid qilganman xolos”. U Ledi Gaganing aynan qaysi qo‘shig‘ini “o‘zlashtirgani”ga aniqlik kiritmadi. Biroq Madonna ayblovlardan darhol maqtovlarga o‘tib ketdi va Ledi Gaganing iste’dodli qo‘shiqchi ekanligini tan oldi.
37
660
Madaniyat
Karimov Fondi ilk o‘zbek fotosuratchisi va o‘zbek kinosi asoschisi Xudoybergan Devonovga bag‘ishlab kitob-albom chiqaradi
Atoqli o‘zbek olimi Naim Karimov tomonidan ilk o‘zbek fotosuratchisi va o‘zbek kinosi asoschisi Xudoybergan Devonovga bag‘ishlangan kitob-albom tuzildi. Bu haqda Islom Karimov fondi xabar berdi. Kitob o‘zbek va rus tillarida nashr etilib, undan Xudoybergan Devonovning noyob arxiv fotosuratlari joy olgan. Nashrda, shuningdek, O‘zbekistonda fotosurat va kinosan’atning paydo bo‘lish tarixi ham yoritiladi. Xudoybergan Devonov 1879-yilda Xiva xonligida Xo‘jayli mulklari boshqaruvchisi bo‘lmish Nurmuhammad Devonov oilasida tug‘ilgan. U bolaligidan yaxshi savod olgan, arab tilini mukammal o‘rgangan, she’riyat, musiqa va bog‘dorchiliklarga qiziqqan. O‘sha yillar Xorazmda istiqomat qilgan nemis suratchisi Vilgelm Pennerdan fotosan’at saboqlarini olgan. O‘zining ilk suratlarini X. Devonov 1890-yillarda yaratgan. Ularda paxta terimi, madrasa qurilishi, Navro‘z bayramini nishonlash manzaralari aks etgan. 1908-yilda Devonov ilk marotaba Xorazmning tarixiy obidalari, minoralari va masjidlarini kinokameraga suratga olgan. Aynan shu yil o‘zbek kinosi tug‘ilgan yil deb sanaladi. 1937-yilda Xudoybergan Devonov qatag‘on qilinib, 1940-yilda vafot etgan. Hozirda Karimov fondi kitob-albomni nashrga tayyorlamoqda.
121
1,211
Madaniyat
Shakira va Pikening uyiga o‘g‘ri tushdi
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jerar Pike bilan uning rafiqasi qo‘shiqchi Shakiraning uyiga o‘g‘ri tushdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘rilar Barselona shahrida kuzatilgan momaqaldiroqdan foydalanib, futbolchining uyiga sezdirmasdan kirib olgan va uydan qimmatbaho buyumlar, soatlar va taqinchoqlarni o‘marib ketgan. Ta’kidlanishicha, hech kimga jarohat yetmagan. O‘g‘irlik sodir etilgan vaqtda uyda hech kim bo‘lgan. Shakira Yevropa bo‘ylab gastrolda, Pike esa Ispaniya terma jamoasining mashg‘ulotlarida qatnashayotgan bo‘lgan. Sodir etilgan jinoyat yuzasidan Pikening ota-onasi politsiyaga murojaat qilgan va hozirda tergov harakatlari boshlab yuborilgan. Futbolchi va qo‘shiqchi 2011-yildan buyon birga yashaydi. Ular birgalikda besh yoshli Milana va uch yoshli Sashani tarbiya qilib kelmoqda.
39
845
Madaniyat
Ulug‘bek Rahmatullayev xatosini anglab yetdi. “O‘zbekkonsert” xonandaning litsenziyasini qaytardi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi joriy yilning 27-iyunidan xonandaning viloyatlarda o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etmaganligi tufayli tugatilganligi haqida xabar berilgan edi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining ma’lum qilishicha, 11-iyuldan boshlab Ulug‘bek Rahmatullayevning litsenziyasi qaytarib berilgan. “ Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev muassasaga murojaat bilan chiqib, u o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘z tashabbusi bilan chekka hududlarda konsert berish niyatida ekanini bildirdi. Uning bu murojaati muassasa tomonidan qo‘llab quvvatlanib, xonanda joriy yilning 10-iyul kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani Jom qishlog‘ida san’atsevar xalqimizga o‘zining xayriya konsert dasturini taqdim etdi. Ulug‘bek Rahmatullayevning o‘z xatosini tushunib yetganligini va o‘zi tashabbus ko‘rsatib xayriya konsert dasturini namoyish etganligini inobatga olib, ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi yig‘ilishida 11-iyuldan xonandaning litsenziyasi qaytarib berilishi ma’qul deb topildi”, — deyiladi xabarda.
97
1,112
Madaniyat
Xonanda Beyonse cherkov sotib oldi
Amerikalik Beyonse Yangi Orleanda 850 ming dollarga cherkov sotib oldi, deb xabar beradi TMZ. Bino maydoni 700 kvadrat metr atrofida. Cherkov 1900-yilda qurilgan. Cherkov yaqinida xonandaning singlisi Solanj yashaydi. Bir necha hafta oldin Beyonsening cherkovida birinchi diniy marosim o‘tkazildi. Unda 900 dan ortiq kishi ishtirok etdi.
34
338
Madaniyat
Nasafiy Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini kuylagani uchun jarimaga tortildi
“Nasafiy” taxallusi bilan mashhur bo‘lgan qo‘shiqchi Aziziddin Akmalov Sherali Jo‘rayevning mualliflik huquqini buzgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, bundan bir oy oldin Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati Nasafiy O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ijrosidagi “Qora ko‘zli sanamjon” nomli qo‘shiqni va she’rini muallifning roziligisiz asar yaxlitligini buzgan holda ijro etib, uni internet tarmoqlariga joylashtirgan holda moddiy manfaat ko‘rib kelgani haqida Intellektual mulk agentligiga murojaat qilgan. Shundan so‘ng agentlik mazkur holat yuzasidan sudga ma’muriy bayonnoma kiritgan. “Natijada sud Nasafiyni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)–moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, ya’ni 669 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlagan. Shu o‘rinda, qo‘shiqchini jarimaga tortishning nima keragi bor, hamma bir-birining qo‘shig‘ini aytyapti, degan e’tirozlar paydo bo‘lishi tabiiy. Aslida mualliflik huquqi ana shunday himoya qilinadi. Tasavvur qiling, shaxsiy avtomashinangizdan o‘zga bir shaxs sizning ruxsatingizsiz o‘z manfaati yo‘lida foydalandi va undan moddiy foyda oldi. Albatta, siz bu kabi holatga shunday qarab turmaysiz. Egalik huquqingizni talab qilasiz. Qo‘shiq ham xuddi shunday muallifning shaxsiy mulki hisoblanadi. Kimdir undan foydalansa, albatta, mulk egasidan ruxsat olishi kerak bo‘ladi. Ma’lumot uchun, xorijiy davlatlarning qo‘shiqchilari orasida ham bu kabi holatlar uchrab turadi va ularga nisbatan katta jarima qo‘llanadi. Britaniyalik qo‘shiqchi Jorj Xarrisonning qo‘shiq kuyida The Chiffons guruhining qo‘shig‘idagi kuy bilan o‘xshashlik bo‘lgan. Natijada Xarrison sud qarori bilan 587 000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilgan.  SanJay Sherali Jo‘rayev oilasi unga “Karvon”, “Gulbadan” kabi qo‘shiqlarning cover-versiyasini aytishni taqiqlaganini ma’lum qildi (video)
74
2,022
Madaniyat
2020-yilda vafot etgan madaniyat va san’at sohasi vakillari (foto)
2020-yil dunyodagi barcha sohalar uchun sinovli keldi, deyish mumkin. Shu qatori o‘zbek san’ati uchun ham. Joriy yilda o‘zbek san’atining ko‘plab vakillari, ustoz san’atkorlar turli xastaliklar oqibatida yorug‘ olamni tark etdi. Aida Yunusova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 21-yanvar kuni 72 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. U “Ajoyib xayolparast”, “Chinor ostidagi duel”, “Olovli yo‘llar”, “Oltin kuz”, “Mehrigiyo”, “Zulmatni tark etib”, “Karvon”, “Anor”, “Birinchi yo‘lovchilar” filmlarida suratga tushgan. Aktrisa o‘limidan avval og‘ir xastalikni boshdan kechirgandi. G‘aybulla Hojiyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 26-fevral kuni uyqusida vafot etdi. 64 yoshida olamdan ko‘z yumgan ijodkor undan avval og‘ir xastalik sabab teatrdan ketishga majbur bo‘lgandi. U “Sarbadorlar”, “Sohibqiron”, “Mehrobdan chayon”, “Afandining besh xotini”, “Piri koinot”, “Qirol Lir” va “Yetti faryod” kabi o‘nlab spektakllarda rang-barang rollarni ijro etgandi. Azim Suyun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun 9-mart kuni 72 yoshida olamdan o‘tdi. U G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, O‘zbekiston Davlat matbuot qo‘mitasi, “Xalq so‘zi”, “O‘zbekiston ovozi” gazetalarida, “Guliston” jurnalida faoliyat yuritgan. Oybarchin Bakirova O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova 20-mart kuni 70 yoshida olamdan o‘tdi. Aktrisa o‘z faoliyatini 1971-yilda “O‘zbekfilm” kinostudiyasida boshlagan. U ko‘pchilikka tanish bo‘lgan “Yettinchi jin”, “Tangalik bolalar”, “Vodillik kelin”, “Armon”, “O‘yin” va “Farzandim” kabi o‘nlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan. Bundan tashqari, u o‘zbek dublyaj san’atining yetuk namoyondalaridan biri edi. Nozim Abbosov Kinorejissor Nozim Abbosov 21-mart kuni 58 yoshida olamdan o‘tdi. Nozim Abbosov 1962-yilda taniqli rejissor Shuhrat Abbosov xonadonida tavallud topgan. Faoliyatini 1984-yilda postanovkachi rassom sifatida boshlagan. U rejissor sifatida “Fellini”, “Oydinoy”, “Abadiyat charxi”, “Dilor, Dilor... dil va or”, “Said va Saida” kabi filmlarni suratga olgan. Anvar Obidjon O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 11-aprel kuni 73 yoshida vafot etdi. U bolalar adabiyotiga dastlab “Ona Yer” (1974), “Bahromning hikoyalari” (1984) to‘plamlari orqali shoir sifatida kirib kelgan. Uning “Masxaraboz bola” (1980), “Olovjon va uning do‘stlari” (1983), “Ey, yorug‘ dunyo” (1983), “Ketmagil” (1985), “Bezgakshamol” (1985), “Juda qiziq voqea” (1987), “Oltin yurakli avtobola” (1988), “Dahshatli Meshpolvon” (1990) kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etilgan. Keyingi yillarda “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”, “Pahlavonning o‘g‘irlanishi”, “Ramazon va Gulmat hangomasi” (1992), “Meshpolvonning janglari” (1994), “Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri” (1996), “To‘tiqush”, “Topsang hay-hay…” kabi qissa, pesa va she’r, dostonlarini ham e’lon qilingan. Hoshim Arslonov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov esa 29-may kuni 64 yoshida olamdan o‘tdi. Faoliyati davomida turli spektakllar, film va seriallarda turli rollarni ijro etgan. “Uyg‘onish”, “Marg‘iyona”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Alpomish”, “Chavandoz”, “So‘zsiz sevgi”, “Dinozavr qoldirgan iz” va “101 reys” kabilar shular jumlasidandir. Abdurayim Abduvahobov O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 14-iyul kuni 57 yoshida vafot etdi. U “Shum bola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovlari”, “18-kvadrat”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga”, “Bevalar”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Shaytanat”, “Nazira” kabi film va seriallardagi hamda o‘nlab spektakllardagi ajoyib rollari bilan tomoshabinlar xotirasida muhrlanib qoldi. Dilbar Ikromova O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 25-avgust kuni o‘tkir pnevmoniya oqibatida 73 yoshida vafot etdi. U  “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chimildiq”, “Dev bilan pakana”, “Devona”, “Afg‘on”, “Oyqiz ertagi” kabi juda ko‘plab filmlarda turli rollarni mahorat bilan ijro etgandi. Mahmudjon Tojiboyev O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev 11-iyul kuni 63 yoshida vafot etdi. U shoirnafas hofiz sifatida ijro uslubi vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va cholg‘u mutanosibligi bilan ajralib turgan. Marhum ijodkor Osiyo, Amerika, Yevropa va Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrollarda bo‘lgan. Anvar Kenjayev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar Kenjayev 18-iyul kuni olamdan o‘tdi. Aktyor faoliyati davomida “Endi dadam bo‘ydoq”, “Sardor”, “Uchar otlar”, “Ta’ziyadagi to‘y”, “Ada emas, dada”, “Oydinoy”, “Suv yoqalab”, “Yo‘qolgan odam” kabi filmlarda rollar ijro etgan. Shukrullo O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) 19-iyul kuni 99 yoshida vafot etdi. Uning “Chollar” (1948), “Rossiya” (1956), “Ikki qoya” (1964), “26 tong otari” (1966), “Gul va otash” (1972), “Ko‘ngil chirog‘i” (1975), “Asr bahsi” (1985) kabi dostonlari, “Bahor sovg‘asi” (1962), “Yulduzlar” (1964) kabi she’riy to‘plamlari, “Xatarli yo‘l” (1962), “Tabassum o‘g‘rilari” (1964), “To‘ydan keyin tomosha” (1980), “O‘g‘rini qaroqchi urdi” (1982) kabi esselari kitobxonlar ko‘nglidan joy olgan. Ruslan Sharipov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Ruslan Sharipov 28-iyul kuni 54 yoshida insult oqibatida vafot etdi. Uning ijrosidagi “Yayra, O‘zbekiston”, “Salom, Navro‘z”, “Hayot”, “Otajonim”, “Go‘zal yor”, “Tog‘da o‘sgan qiz” kabi ko‘plab qo‘shiqlar muxlislar qalbidan joy olgan. Yulduz Usmonova bilan bir nechta duet qo‘shiq kuylagan. Fathulla Ma’sudov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Ma’sudov 30-avgust kuni vafot etdi. U koronavirusga chalingan edi. U 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan. 2003-yili O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Shuhrat Qayumov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 22-sentabr kuni 51 yoshida olamdan o‘tdi. Shuhrat Qayumov uzoq yillar “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Assalom O‘zbekiston”, “Ohangrabo” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlagan. Omon Matjon O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Omon Matjon 29-oktabrga o‘tar kechasi 77 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. Omon Matjon 1943-yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. 1969—2002-yillar mobaynida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim boshlig‘i, “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir, “Cho‘lpon” nashriyotida direktor bo‘lib ishlagan. Shoirning eng yaxshi she’rlari 20 ga yaqin she’riy to‘plamga jamlangan, shuningdek, “To‘rabekaxonim” nasriy qissasi va “Najmiddin Kubro”, “Ardaxiva” badialari chop etilgan. Omon Matjon ijodida “Cho‘ldagilar” doston xronikasi, “Gaplashadigan vaqtlar” she’riy qissasi alohida o‘rin egallaydi. Shoirning 2000-yili “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan “Ardaxiva” asari chop etilgan. Omon Matjon qardosh va chet el adabiyotidan ko‘plab namunalarni o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan. Xususan, Fridrix Shiller, Sharl Bodler kabi jahon klassiklari, Yevgeniy Yevtushenko, Rasul Hamzatov, Shandor Petefi, Yustinas Marsinkyavichyus, Berdi Kerboboyev, Suhrob Tohir, Ibroyim Yusupov singari shoir va adiblar ijodidan qilgan tarjimalari e’tiborga loyiq. O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon o‘zbek adabiyotning rivoji yo‘lidagi xizmatlari uchun davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Omon Matjon qalamiga mansub “Umr o‘tar, vaqt o‘tar” she’ri ko‘plab xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib kuylangan va xalq orasida mashhurlikka erishgan. Klara Jalilova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 20-noyabr kuni 83 yoshida olamdan o‘tdi. Aktrisa “Maftuningman”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chinor tagidagi duel”, “Temir xotin”, “Temir erkak”, “Niqob” kabi filmlarda o‘zga xos rollarni ijro etgan.  Ayniqsa, “Maftuningman” filmidagi roli o‘zbek xalqining yuragidan joy olgan. Saidkarim Saidoripov “Shum bola” filmida Omon rolini ijro etgan aktyor Saidkarim Saidoripov 57 yoshida qandli diabet xastaligidan vafot  etdi. U 1975-yili “Shum bola” filmining kastingida ishtirok etib, bosh rolga tasdiqlangan. Birozdan keyin rejissor Damir Salimov unga Omon roli ishonib topshirgan. Yosh ijodkor bir necha yildan so‘ng Shuhrat Abbosovning “Olovli yo‘llar” filmida ham suratga tushgan. Ammo ota-onasining qarshiligi sabab san’atni tark etishga qaror qilgan.
66
8,312
Madaniyat
“Forsaj”ning navbatdagi qismi Qozog‘istonda suratga olinishi mumkin
Mashhur “Forsaj” filmining prodyuseri Nur-Sulton shahridan kartinaning navbatdagi qismi suratga olish uchun joy izlamoqda. Bu haqda Kazinform xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Universal Pictures kinokompaniyasi vakillari Qozog‘istonga kelib, filmning bir epizodini suratga olish uchun mo‘ljallangan joy bilan tanishdi. “Albatta, qarorni prodyuserlar qabul qiladi. “Forsaj” filmi bo‘lmasa, boshqa loyihalarni amalga oshirish rejasi ham bor”, — deydi “Global siyosat tashabbuslari” kompaniyasi prezidenti Jey Fitluk. Shuningdek, kompaniya rahbari amerikalik kinokompaniyalar faqat siyosiy jihatdan mustahkam mamlakatlarga sarmoya kiritishini ta’kidlab o‘tdi. Qozog‘iston davlat kinoni qo‘llab-quvvatlash milliy markazi boshqarma raisi Andrey Xazbulatovning aytishicha, “Forsaj” filmining bir epizodini Qozog‘istonda suratga olish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Film mualliflari Nur-Sultondagi poyga avtomobillariga mo‘ljallangan maydon bilan qiziqmoqda. Ammo hali hujjatlar rasmiylashtirilgani yo‘q.
67
1,005
Madaniyat
Gruziya estrada guruhi “Ulug‘imsan Vatanim”ni o‘zbek tilida kuyladi. Sevara Nazarxon ularga duet aytishni taklif etdi
Gruziyaning Bravo Metehi guruhi xonandalari Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan Vatanim” qo‘shig‘idan parchani o‘zbek tilida mahorat bilan ijro etdi. Video guruhning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilindi. “Ushbu qo‘shiq o‘zbekistonlik opa-singil, aka-ukalarimiz uchun gruzinlardan sovg‘a sifatida jaranglaydi”, — deydi guruh xonandalari. View this post on Instagram Qisqa vaqt ichida 2500 taga yaqin layk to‘plagan video ostiga Sevara Nazarxon ham izoh yozdi. “Mana, vanihoyat sizni topdim! Bolalar, ajoyibsizlar! Samimiy ijro uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman! Sizlar bilan birga qo‘shiq kuylasam degandim, bunga qanday qaraysiz?”, — deb yozadi Sevara. Guruh xonandalari Sevara Nazarxonga javob tariqasida “Siz bilan qo‘shiq kuylash biz uchun katta sharaf”, — deb yozdi.  Turkiy tilli xalqlarning taniqli san’atkorlari Hulkar Abdullayevaning “Paqa-paq” qo‘shig‘ini Zoom orqali birgalikda ijro etdi (video)
117
928
Madaniyat
Mirzabek Xolmedov Yulduz Usmonova, Rustam G‘oipov, Muhriddin Xoliqov va Hosila Rahimovaga xit qo‘shiqlar yozib bergani haqida gapirdi (video)
“Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko‘rsatuvida el suygan qiziqchi Mirzabek Xolmedovning yaxshi shoir ham ekanligi haqida hikoya qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, Mirzabek Xolmedov Yulduz Usmonova, Rustam G‘oipov, Muhriddin Xoliqov va Hosila Rahimova kabi mashhur san’atkorlarining xit qo‘shiqlari muallifi hisoblanadi. “O‘zbekiston havo yo‘llari haqida film suratga olingan. Unda biz Bekzod Muhammadkarimov bilan birga uchuvchilarni o‘ynaganmiz. Amerikaga borib suratga tushganmiz, shu filmda bir so‘z bo‘lardi ko‘pkari haqida. ‘Bos, bos qamchi bos, ot choptir, yigitga mos’ deb rok yo‘nalishida ijro etganmiz. She’rni Hosila Rahimovaga taklif qilganman. Usmon Azim surxoncha shevaga moslab bergan. Shu qo‘shiq keyin mashhur bo‘lib ketdi”, — deya hikoya qiladi Mirzabek Xolmedov. Shuningdek, Mirzabek Xolmedov Muhriddin Xoliqovning “Ey go‘zal” xit taronasining ham muallifidir. Mirzabek Xolmedov ushbu qo‘shiqni 25-26 yoshlarida to‘ylarda ijro etgan. “Muhriddin akam qo‘shig‘imni yoqtirib qoldilar. ‘Men aytsam maylimi, deb so‘radilar. Ha, oling, ‘metrika’si bilan sizga, dedim. Muhammad Yusuf konsertlarimizga kelardilar, shu qo‘shiqni eshitib, so‘zlarini kim yozganini so‘radi. Menga odamning qulog‘iga yoquvchi yoqimli so‘zlarni tanlabsan, deb kitoblarini berdilar. Seni hech kim tushunmaydi meningdek, deb yozib berdilar”, — deydi Mirzabek Xolmedov. Muhriddin Xoliqov Mirzabek Xolmedovning “Qandoq qilay?”, “Xato bo‘ldi”, “Oshiqlar” deb nomlangan she’rlarini ham qo‘shiq qilgan. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Bolajon”, “Yormisiz, zolimmisiz?” kabi qo‘shiqlarining she’rlari muallifi ham Mirzabek Xolmedov hisoblanadi.
141
1,640
Madaniyat
Mirolim Qilichev bolaligida yeyishga noni bo‘lmagan paytlar, onasining o‘limi hamda qanday hollarda to‘yga chiqishidan afsuslanishi haqida (video)
O‘zbek milliy drama teatri aktyori Mirolim Qilichev “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida nima sababdan to‘ylarga chiqishi, bundan afsus qilgan holatlari, bolaligi, kim bo‘lishni orzu qilgani, bolaligidagi “qora kunlar”, qo‘shxotinlik va ko‘p xotinlikka munosabati, nimalar yo‘qotgani, topganlari haqida gapirdi. Aktyor nima sababdan to‘y xizmatlarida ishtirok etadi va bundan afsuslangan paytlari ham bo‘lganmi? “Hammasi ilojsizlikdan. Masalan, mening ham pulim yetarli bo‘lganida to‘yga chiqmagan bo‘lar edim. To‘g‘risini aytaman, nolimayman, to‘yning orqasidan ko‘p narsaga erishdim. Shuning ortidan uy-joy qildim, uyimdagilarga, aka-ukalarimga yordam beraman. Nimaning ortidan, shu to‘yning ortidan. To‘y qilayotganlar ham niyat qilib chaqiradi, o‘sha aktyorning ijodini yaxshi ko‘radi, yoshi kattalar esa o‘z bolasidek qabul qiladi. Keyin mening to‘yimga kelsin deb niyat qiladi va kerak bo‘lsa siz so‘ragan pulning yoniga ham yana qo‘shib, cho‘ntagingizga solib xursand bo‘ladi va sovg‘alar bilan kuzatadi. To‘g‘ri hozir teatrdagi aktyorlarning asosiy tirikchiligi to‘ydan bo‘lib qoldi. Endi bir yildan buyon seriallar rivojlanib serialdan ham, dublyajdan ham daromad topilyapti. Bilmadim, to‘yda ham xalqning oldida bo‘lamiz. Afsuslangan paytlarim ham bo‘lgan. Necha kunlab uzoq yo‘lda yuramiz, yana borganimizda kimdir kelib ichib olgan holda asabimizga tegadi. Afsuslanish bo‘ladi. Agar pulim, bizneslarim bo‘lganda, bu esa o‘zimga, oilamning ehtiyojiga yetarli bo‘lganda to‘yga chiqmagan bo‘lar edim. Hozir niyat qilyapman, kelajakda to‘ylarga chiqmayman, lekin buning yomon joyi yo‘q”, — deydi aktyor. Mirolim Qilichev bolaligi, kim bo‘lishni orzu qilgani, oilasi haqida “Bolaligim zo‘r o‘tgan, afsus qilmayman. Maktabda yaxshi o‘qiganman. Buxoro viloyati, Romitan tumani, Chandir qishlog‘ida tug‘ilganman. Bolaligim qishloqda, sho‘x-shodon loy suvlarda cho‘milib, mol-qo‘y boqib, dalada ishlab voyaga yetganmiz. Dadam haydovchi bo‘lgan, qolaversa qo‘shimcha dehqonchilik qilganmiz, ishlab, mehnat qilib o‘sganmiz. Maktabdagi o‘qituvchilarim ham rosa kuchli bilimga ega bo‘lgan, yaxshi ilm berishga, men ham yaxshi o‘qiganman. Qishloqda qiynalib katta bo‘lganimiz uchun ham orzu-istak baland bo‘lgan. Men Toshkentdagi oliygohda o‘qishim, katta-katta yutuqlarga erishishim kerak deb yoshlikdan orzu qilganmiz. Birinchi 5, 6-sinfligimizda tarix fani boshlanganda prokuror bo‘laman  deb orzu qilganman. Keyin matematika, fizikaga qiziqib uni ham yaxshi o‘rganganman va bankda ishlayman, pulim ko‘p bo‘ladi deb niyat qilganman. Shundan so‘ng 11-sinfda yoki kollej, litseyda o‘qish paytida ko‘p sinfdoshlarim kollej, litseylarga ketib qoldi. Men ham ketaman deb oyimga xarxasha qilganimni eslayman. Keyin oyim aktyor bo‘lasanmi deb so‘radilar, lekin niyatim bor edi, faqat qanday qilib u yo‘lda yurishni bilmas edim. Kinoni ko‘rib o‘zimni bosh qahramonda tasavvur qilar edim. Ko‘pincha hind filmlaridagi Salmon Xon, Shohrux Xon, Amir Xon ishtirokidagi filmlarni qayta-qayta ko‘rar edim. Shundan keyin rahmatli Muhammad Rafiqovning oldiga, Buxoroga televedineyesiga oyim bilan borganman. O‘shanda meni ko‘rib bitta she’r aytib berishimni so‘radi, aytib berdim. Shu payt 15 yoki 16 yoshda edim. Keyin u inson ma’qul kelganini, oldiga kelaverishimni aytdi. Biz o‘zi aslida rahmatli ustozimiz Baxtiyor Ixtiyorovning oldiga, Toshkentga bormoqchi edik. Keyin shu bilan ustoz-shogird bo‘ldik. Oradan bir-ikki yil o‘tib talabalik baxti nasib qildi”, — deydi Mirolim Qilichev. Aktyor bolaligidagi “qora kunlar”i, onasi kasal bo‘lgani, uyda yeyishga non bo‘lmagan paytlari haqida  “Bolaligimda ham, voyaga yetganimdan keyin ham “qora kunlar” bo‘lgan. Bolaligimda onam rahmatli bir og‘ir dardga chalinib operatsiya bo‘ldi, shifoxonaga yotqizdik. O‘shanda rosa tushkinlikka tushganman, 11 yoki 12 yoshda edim. Opam talaba edi, uyda akam, men, dadam esa yo‘lda yurgan, ya’ni haydovchi edi. Shunaqa vaqtlar bo‘lardiki, uyda ovqat qilolmasdik yoki bir burda nonimiz qolmas edi. Shu darajada bo‘lgan, o‘shanda qo‘shnilarimiz ovqat olib chiqib berar edi. Keyin ikkinchi tog‘am ko‘p yordam berar edi, bizni qo‘llab-quvvatlagan. Shu 2021, 2022-yil omadli va omadsiz yil bo‘ldi men uchun. Ustozim Muhammad Rafiqov bu olamni tark etdi, yaxshi edi, 3 kun ichida shu ish bo‘ldi, shifoxonaga yotganida gaplashib turar edik. U inson kishi yaxshiman, nasib bo‘lsa to‘ylaringda xizmat qilaman derdi. Yaqinda, ro‘za oyida, Laylat-ul Qadr kechasida onam bu dunyoni tark etdi. Mana shu eng dahshatlisi, onani yo‘qotish boshqacha ekan”, — deydi aktyor. Aktyor shu vaqtga qadar nimalar yo‘qotgani va topgani haqida “Ko‘p narsa orttirdim. Masalan, muxlislarni orttirdim, ijod qildim, teatrda shuncha aziz ustozlar bilan, do‘stlar bilan ishladim, akalar, qadrdonlarni topdim. Yo‘qotganlarim onamni sog‘inchi ko‘p bo‘lardi. Ularning oldida ko‘p turolmadim, ko‘p vaqtim poytaxtda o‘tdi. To‘g‘ri mening oldimda bir yil, bir oy, 15 kunlab turib ketardi, men borsam bir hafta, 10 kun turardim. Meni ko‘p sog‘inar edi, yoshligimda xizmatlarini qila olmadim. Poytaxtga odam bo‘lay, mana shu yurtga foydam tegsin, kerakli inson, aktyor bo‘lay deb harakat qildim, lekin onamni ko‘p sog‘intirdim. Keyin men onamni hech o‘ladi deb o‘ylamas edim. Chunki yaxshi bo‘lib birdan shunaqa bo‘lib qo‘ldi, oxirgi bir ikki yil ichida xursand qilishga harakat qildim, yoki qayerdadir yaxshi shifokorni eshitsam olib borar edim. Qayerdadir dorini reklama qilsa o‘g‘lim shuni olib kelib ber desa olib kelardim. Shu bilan onamning ko‘ngli xursand bo‘lar edi”, — deydi aktyor.
146
5,535
Madaniyat
Ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli uchun Mark Raylens “Oskar”ga sazovor bo‘ldi
Aktyor Mark Raylens rejissor Stiven Spilbergning “Ayg‘oqchi ko‘prigi” filmidagi ijrosi uchun ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”. Nominatsiya bo‘yicha uning raqiblari Tom Xardi (“Omon qolgan”), Kristian Beyl, Mark Ruffalo (“Diqqat markazida”), Silvestr Stallone (“Krid: Rokki merosi”) edi. Mukofotni topshirishning 88-tantanali marosimi ABC telekanali orqali namoyish qilinmoqda.
83
472
Madaniyat
“Maftuningman-2” kinofilmi uchun kasting e’lon qilindi
Ishchi nomi “Maftuningman-2” bo‘lgan kinofilmda rol ijro etish uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab kasting e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz” internet-nashri. “Kastingda aktyorlik va kuylay olish qobiliyatiga ega barcha o‘zbekistonliklar ishtirok etishi mumkin”, — deyiladi xabarda. Qayd etishlaricha, kasting O‘zbekistonning har bir viloyatida alohida o‘tkaziladi. Kastingda qatnashish uchun ushbu manzildagi anketani to‘ldirish kerak.
54
446
Madaniyat
Filmdagi ilk debyuti bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan aktyor va aktrisalar (foto)
Har bir inson turli martaba yo‘liga ega. Ba’zilarga e’tiborga tushish uchun yillar kerak bo‘ladi, boshqalari esa karyerasining boshida muvaffaqiyatga erishadi. Bu qoida Gollivudda ham ishlaydi. Ayrim aktyorlar kino yoki teleserialdagi ilk roli bilan jahon hamjamiyatining e’tiborini tortadi va bu ularning samarali faoliyatiga yaxshigina turtki beradi. Chon Xo Yon Chon Xo Yon mashhur koreys seriali “Kalmar o‘yini”da rol o‘ynadi, film striming platformalarda barcha reytinglarning birinchi pog‘onasini egalladi. Serial aktrisaning debyuti edi. Film ekranlarga chiqqach, aktrisa mashhur bo‘lib ketdi va yirik agentlik CAA bilan shartnoma imzoladi. Emma Uotson Emma Uotson “Garri Potter”dagi Germiona roliga 8 ta kastingdan o‘tib, erishgan, bungacha u faqat maktab spektakllarida o‘ynagan. Birinchi film 2001-yilda katta daromad keltiradi, tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lib, aktrisa mashhurlikka erishadi. Uotson Young Artist Award mukofotini qo‘lga kiritadi va “Garri Potter” franshizasining qolgan qismlarida, shuningdek, boshqa ko‘plab filmlarda rol o‘ynaydi. Sofi Terner Sofi Terner “Taxtlar o‘yini” filmidagi Sansa Stark roli uchun kastingdan o‘tganida hali maktabda o‘qiyotgandi. Bu uning kamera qarshisidagi birinchi ishi bo‘lib, unga xalqaro miqyosda mashhurlik va tanqidchilarning e’tirofini keltirdi. O‘shandan beri Terner boshqa ko‘plab filmlarda, masalan, “G‘aroyib odamlar” franshizasida Qora feniks rolini ijro etdi. Alan Rikman Kinodagi birinchi rolidan avval Alan Rikman teatr va televideniyeda ishlagan. Aktyor Bryus Uillis bilan birga bosh rolni ijro etgan “Chaqilmas yong‘oq” filmida unutilmas yovuz qahramon Xans Gruber rolini o‘ynadi. O‘shandan beri u ko‘plab boshqa mashhur rollarni, jumladan, “Garri Potter” franshizasidagi Severus Sneyp rolini rolini ijro etgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uning debyut rolini hanuzgacha eslaydi. Lupita Nyongo Lupita Nyongo o‘smir paytidayoq Keniyada suratga tushishni boshlagan. U Yel universitetining aktyorlik fakultetida o‘qish uchun AQSHga keladi va universitetni 2012-yilda bitiradi. Biroq u kino olamiga kutilmaganda kirib qoladi — Lupita o‘qishini bitirishdan bir necha hafta oldin “12 yil qullikda” filmidagi Patsi rolida debyut qiladi. Ushbu dramadagi ishi uchun u 2014-yilda eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritadi. Edvard Norton Edvard Norton o‘zining birinchi rolini “Ibtidoiy qo‘rquv” filmida o‘ynadi. U kastingda 2000 nafar aktyorni ortda qoldirib, mazkur rolga ega chiqqan. Natijada “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor” nominatsiyasida “Oskar”ga nomzod bo‘ladi. O‘shandan beri aktyor o‘nlab filmlarda suratga tushadi va uch marta “Oskar”ga nomzod bo‘ladi. Uning debyuti shubhasiz juda muvaffaqiyatli bo‘lgan.
84
2,720
Madaniyat
Sevara Nazarxon oktabrda Moskva va Sankt-Peterburgda katta yakkaxon konsertlarini o‘tkazadi
Sevara Nazarxon shu yilning 24-oktabr kuni Moskvadagi “Krokus Siti Xoll”, 29-oktabrda esa Sankt-Peterburgdagi “Oktyabrskiy” konsert zallarida o‘z yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda xonandaning rasmiy sayti xabar bermoqda. “Maktublar, so‘zlar va jumlalar…” (“Письма, слова и фразы…”) deb atalgan dastur uchun chiptalar narxi Sankt-Peterburgda 1650 rubl (taxminan 110 ming so‘m), Moskvada 2000 rubl (taxminan 132 ming so‘m)dan boshlanadi.
91
452
Madaniyat
Ubaydulla Omon, Shafoat Rahmatullayeva, Janob Rasul va Toshkentda yashamay, san’atda muvaffaqiyatga erishgan boshqa mashhurlar (foto)
Odatda san’at sohasiga qadam qo‘yayotgan insonlarning ko‘pchiligi tezroq tanilish va jo‘shqin ijod qilish istagida Toshkent shahrida qolishga intiladi. Ammo o‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan viloyatda yashab, ijod namunalari orqali butun mamlakatga tanilgan soha vakillari ham yo‘q emas. “Daryo” ana shunday taniqli san’atkorlarni bir sahifaga jamladi. Shafoat Rahmatullayeva O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 21 yildirki, Qo‘qon musiqali drama teatrida faoliyat yuritadi. Aktrisa “Masxaraboz”, “Sevginator”, “O‘zimdan o‘zimgacha” kabi ko‘plab kino va seriallardagi rollari bilan shuhrat qozongan. “Ko‘p yil Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida ishladim. 2000-yili rahmatli onam kasal bo‘lib qolgani bois Qo‘qonga qaytdim va ularni yonida turib, parvarishladim. Volidam vafot etganidan keyin Qo‘qon teatriga ishga kirdim. 21 yildan beri shu dargohdaman. Dovon oshib, poytaxtga borib-kelishdan zavqlanaman. Toshkentda kechgan syomka jarayonlarini juda tez sog‘inaman va qo‘msayman. Rejissorlar  shunchalik hurmat qilib chaqirishsa, qanday yo‘q deyishim mumkin?”, — deydi Shafoat Rahmatullayeva. 80 yoshli aktrisa teatrda ishlash bilan birga, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filialida ham faoliyat yuritadi. Ubaydulla Omon O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon talabalik baxtiga erishguncha, ya’ni 1958—1966-yillarda Buxoro viloyat musiqali drama teatrining eski binosida ijod qilgan. Hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini bitirgach, o‘sha paytdagi “Yosh gvardiya” teatrida rejissor sifatida faoliyat boshlaydi. Yosh oilaga Toshkentdan ikki xonali uy beriladi, ikki qizi ham poytaxtda dunyoga keladi. “Ammo bir kuni noxush xabar keldi: ‘Qaynotang olamdan o‘tdilar’. Buxoroga kelib, dafn marosimida qatnashdik. Qaynotamni so‘nggi manzilga kuzatgach, otam meni yonlariga chaqirib, ‘kelinning yetti nafar ukasi qoldi. Ularning hammasi maktab o‘quvchisi. Onasi nogiron. Endi sen bu oilaga bosh-qosh bo‘lishing kerak. Buxoroga qaytinglar. O‘g‘lim, bu Yaratganning sinovi, bundan obro‘-izzat bilan chiqishing kerak’, dedi. Shunday qilib, biz Toshkentdan Buxoroga qaytdik va avval ishlagan teatrimga ishga bordim, rafiqam esa shu yaqin atrofdagi tug‘ruqxonaga ishga joylashdi. Shu tariqa Buxoroda qolib ketdim”, — deydi ustoz san’atkor. Ubaydulla Omon rafiqasi Nilufar Sherova bilan Ubaydulla Omon ayni paytda Buxoro viloyat musiqali drama teatri rejissori sifatida ishlaydi. Klip, kino va seriallardagi rollari bilan tomoshabinlarning sevimli aktyoriga aylangan san’atkor turli ijodiy loyihalar sabab tez-tez Toshkentga kelib ketadi. Muhammadsoli Yusupov O‘zbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupovga “Temir xotin” spektaklidagi Qo‘chqor roli mashhurlik olib kelgan. 67 yoshli aktyor uzoq yil Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida ishlab, yuzlab spektakllarda rollar ijro etgan, bosh rejissor sifatida ham mehnat qilgan. 2018-yili teatrdan ketgan aktyor Farg‘ona shahridagi ixtisoslashgan san’at maktabida yoshlarga saboq berib kelmoqda. “Ijodiy faoliyatim davomida bir necha bor Toshkentda ijod qilish taklifi tushgan, rad etganman. Sababi, menga shuncha imkoniyatlar yaratgan, barcha yutuqlarimning asosiy sababchisi — Farg‘onadagi teatrni tashlab ketishga haddim sig‘maydi. Shunga qaramay, toshkentlik hamkasblarim bilan munosabatlarim juda yaxshi. ‘O‘zbekfilm’ va teatrlar bilan hamkorlikni juda yaxshi yo‘lga qo‘yganman. Gap qayerda ishlashda emas, ishni qay darajada bajarib berishda, deb bilaman”, — deydi Muhammadsoli Yusupov. Sanobar Rahmonova Oddiy cho‘pon oilasida tug‘ilib, o‘quvchilik davridayoq mashhurlikka erishgan xonanda Sanobar Rahmonovani, asosan, katta avlod vakillari yaxshi taniydi. 13 yoshida “Ustozlar”, “Qishloqlarimdan” singari taronalari bilan tinglovchilar qalbiga kirib borgan Sanobar Rahmonova haligacha Andijon viloyatining Asaka tumanida yashab, ijod qiladi. Oilasi tufayli ma’lum muddat ijodda tanaffus qilgan xonanda poytaxtda yashab, faoliyat yuritmasligiga ham sabab shaxsiy hayoti ekanligini ta’kidlaydi. “Oilani aziz va ulug‘ ekanligini anglab, san’atni shaxsiy hayotimga almashtirdim. Ko‘proq vaqtimni farzandlar tarbiyasi bilan o‘tkazdim. Turmush o‘rtog‘im oilada sakkiz farzandning kenjasi. Keksayib qolgan qaynonam va qaynotamning yonlarida bo‘lib, ularning duolarini olishga qaror qilganmiz. Allohga beadad shukrlar bo‘lsinki, ularning duolarini olib, kam bo‘lmadim. To‘rt farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdik. Umr yo‘ldoshim Ilhom aka Jo‘rayev va kenja o‘g‘lim Ixlosbek hamkasbim. 2006-yilda oilaviy guruh tashkil etdik. Sanobar Rahmonova umr yo‘ldoshi Ilhom Jo‘rayev va kenja o‘g‘li Ixlosbek Jo‘rayev bilan Talabalik davrimizda turmush o‘rtog‘im ikkimizga poytaxtda o‘qib, ijod qilish taklifi tushgan. Lekin yuqorida aytganimdek, biz qaynona-qaynotamni yolg‘iz qoldirgimiz kelmasdan, rozi bo‘lmaganmiz”, — deydi Sanobar Rahmonova. Otabek Muhammadzohid Jonli ijrodagi qo‘shiqlari bilan ko‘pchilikning mehrini qozongan xonanda Otabek Muhammadzohid Farg‘ona shahrida yashasa-da, O‘zbekistonning barcha hududida o‘z muxlislariga ega. U ham davlat tadbirlari va to‘y xizmatlari sabab Toshkent shahri hamda boshqa viloyatlarga tez-tez borib turadi. Xonanda ayni paytda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari lavozimida ham faoliyat yuritadi. To‘lqin Jabborov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist To‘lqin Jabborov ham viloyatda yashab, elga tanilgan san’atkorlardan. U poytaxtda bo‘lib o‘tadigan turli davlat tadbirlarida Xorazm viloyati vakili sifatida ishtirok etib keladi. To‘lqin Jabborov vohada istiqomat qilsa-da, Xalqlar do‘stligi san’at saroyida konsert dasturlarini namoyish qiladi. Janob Rasul “Yomonsan”, “Captiva”, “Tamara” kabi yoshlarbop taronalari bilan tanilgan Janob Rasul Qoraqalpog‘istonning Beruniy shahrida yashaydi. Toshkent shahriga tez-tez kelib turadigan xonandaning qo‘shiqlari, asosan, internet orqali ommalashgan. Farg‘onalik mashhurlar Kollaj: “Daryo” “Seni sog‘inmoq”, “Talabalik davrim mening”, “Askar” kabi qo‘shiqlari orqali tanilgan O‘zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, “Men o‘zimni sevaman”, “Masxaraboz”, “Zebojon” singari qo‘shiqlar ijrochisi, xonanda Tohir Mahkamov, “O‘shal damlar” taronasi orqali mashhurlikka erishgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yahyobek Mo‘minov va uning akasi Muhsinbek Mo‘minov hamda “Kechikkan sevgim”, “Go‘zalim, bir kecha” kabi hit qo‘shiqlar kuychisi Abdujalil Qo‘qonovni nafaqat vodiyda, balki O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham o‘z muxlislari bor. Toshpo‘lat Matkarimov 90-yillarda “Sanamjon”, “Armon”, “Oq tulpor” kabi qo‘shiqlari bilan shuhrat qozongan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toshpo‘lat Matkarimov Toshkent viloyatida yashab, tanilgan. U hozirda Ohangaron shahridagi “Qurama” folklor-etnografik xalq ansambli rahbari sifatida mehnat qilmoqda. Yoqub Ahmedov “O‘gay ona”, “Turist”, “Salom sevgi, xayr sevgi”, “Zaharli tomchilar”, “Baxt ovchisi” kabi o‘nlab kino va seriallar orqali aktyor sifatida tanilgan Yoqub Ahmedov Namangan shahrida yashaydi. Taniqli futbolchi Odil Ahmedovning akasi hisoblangan Yoqub Ahmedov, asosan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. U Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi deputati hamdir. Mirolim Isajonov tayyorladi
133
7,221
Madaniyat
ROSSIYa MILLIY KUTUBXONASI LOYIHAGA O`ZIGA XOS HISSA QO`ShISh ISTAGIDA
Ertaga — 28 noyabr kuni Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumiga start beriladi. Biz esa yurtimizga tashrif buyuradigan mehmonlarning mazkur loyiha haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashamiz... “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi ko`prik” loyihasi o`z ko`lami bilan barchani lol qoldiryapti. Dunyo muzeylarida saqlanayotgan O`zbekistonning madaniy boyliklarini to`plash va o`zbek xalqining madaniy ijodining xilma-xilligini aks ettiruvchi ajoyib albomlar ko`rinishida taqdim etilishi loyiha mualliflari yangidan yangi marralarni zabt etishda ilhomlantirayotgan bo`lsa ajabmas. Rossiya Milliy kutubxonasining ushbu ajoyib loyihaga qo`shgan hissasi “XV–XVI asrlarda kitob san`atidagi Alisher Navoiyning asarlari” bo`ladi. Muvaffaqiyatli hamkorlikni davom ettirishga umidvor bo`lib, loyihani omadli amalga oshirishlarini tilayman!
70
924
Madaniyat
“O‘zbekkino” Kann festivalida Gran-prini qo‘lga kiritgan talabaga serviz sovg‘a qildi
72-xalqaro Kann festivali Gran-prisini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yosh rejissor Shokir Xoliqovga “O‘zbekkino” serviz sovg‘a qildi. Bu haqda rejissorning o‘zi Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan. Biroq hozirda ushbu post o‘chirib tashlangan, deb xabar beradi Repost. Kann festivali doirasida Xoliqov o‘zining “Choy” nomli qisqa metrajli filmini taqdim etgan. Taqdimot imkoniyati cheklangan insonlarning dolzarb muammolariga jamoatchilik e’tiborini tortishga qaratilgan ENTRE 2 Marches loyihasi doirasida o‘tkazilgan. 16 daqiqa davom etadigan “Choy” filmi davomida insoniylik, oqko‘ngillik va qariyalarga nisbatan rahm-shafqat haqida so‘z boradi.
85
651
Madaniyat
Munisa Rizayeva: 30 ga kirdim, turmush o‘rtoq tanlash masalasi juda qiyin bo‘lyapti
Xonanda Munisa Rizayeva san’atini tushunadigan insonga turmushga chiqishni istashini aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi. “Ilk marotaba 15 yoshimda sovchi kelgandi, shunda ota-onam: ‘Qizimizni hali turmushga bermaymiz’, — deyishgan. Hozir ham sovchilarning keti uzilmayapti. 30 ga kirdim, turmush o‘rtoq tanlash masalasi men uchun juda ham qiyin bo‘lyapti”, — dedi xonanda. “Yosh o‘tgan sari turmushga chiqish qiyin bo‘larkan. Chunki borgan sari aqlingizni tanib borasiz, tanlovda u insonning yaxshi tomonlaridan ko‘ra yomon tomonlari ko‘rinaveradi. Hozir shu haqda juda ko‘p o‘ylayapman. Bu bir umrlik savdo degani, tavakkal qilib bo‘lmaydi”, — dedi Munisa Rizayeva. “Agar turmush o‘rtog‘im: ‘Yo oilani, yo san’atni tanla’, deb shart qo‘ysa, oilani deb san’atdan voz kechishim mumkin. Lekin san’atimni tushunadigan, qiziqishlarimni qadrlaydigan insonga turmushga chiqishni xohlayman. Chunki san’at — mening hayotim”, — deya qo‘shimcha qildi Munisa Rizayeva.
83
975
Madaniyat
“Morena Klara” efirga uzatilganiga 25 yil to‘ldi. Serial qahramonlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)
“Morena Klara” 1994-yilda Venesuelada suratga olingan melodrama janridagi serial bo‘lib, 1995-yilda ekran yuzini ko‘rdi. Tomoshabinlar e’tiborini tortgan serial voqealarga ko‘ra, bosh qahramon Klara Rosa Gusman ­Santa-Barbara-del-Suliyada yashovchi badavlat Emiliano Andara va daryoda oqib ketganligi uchun o‘lik deb taxmin qilingan Rozalindaning farzandi edi. Uning otasi bolani tan olishdan bosh tortadi va hatto uni ko‘rishni ham istamaydi. Klaraning kambag‘al xolasi uni ikki o‘g‘li bilan birgalikda tarbiyalaydi. Garchi qiz yaxshi hayot haqidagi orzular bilan yashagan bo‘lsa-da, oilaning moliyaviy ahvoli tufayli ko‘chada savdo-sotiq bilan tirikchilik qilishga majbur bo‘ladi. Ayni paytda Emiliano Andara mamlakatning muhim kishisi edi, uning ashaddiy dushmani Lissandro Pradoga birinchi rafiqasi Monserrat turmushga chiqadi. O‘zi esa ikkinchi xotini Euxeniya bilan vafot etgan akasining ikki o‘g‘li Valentin va Fransiskoni tarbiya qiladi. Valentin esa Pradoning qizi Linda bilan uchrashib turadi. To‘satdan shaharda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik to‘lqini Klara va Valentinning uchrashishiga sabab bo‘ladi. Va shu paytdan boshlab ularning hayotida tub o‘zgarishlar yuz beradi. Chunki bu to‘qnashuvda paydo bo‘lgan muhabbat ikki yoshga ham bir qator hayajonli voqealarga yo‘l ochib bergan edi. Venesuelaning eng muvaffaqiyatli teleseriallaridan biri O‘zbekistonda ham katta qiziqish bilan tomosha qilingan. Serialning bosh qahramonlari 25 yil ichida qanday o‘zgargani ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy. Klara Rosa Gusman Astrid Karolina Errera Karolina Venesuelaning poytaxti Karakasda 1963-yil 23-iyunda tug‘ilgan. Aktrisaning ilk faoliyati 1984-yil “Venesuela go‘zali” tanlovida ishtirok etishdan boshlanadi. So‘ngra “Dunyo go‘zali” unvoniga sazovor bo‘ldi, ammo bu paytda u aktrisalik faoliyatini boshlash haqida o‘ylab ko‘rmagan. Karolina faqatgina tanlovlarda ishtirok etishni yoqtirgan. Shundan so‘ng unga turli xil reklamalar, roliklar, moda va televideniyedan takliflar tushgan. “Raqobat tufayli juda kam odam boshdan kechiradigan tajribalarni orttirdim. Menga butun dunyo toj kiydirgandi, shu bilan birga mas’uliyat, unvon egasi bajarishi kerak bo‘lgan vazifa ham yuklatilgandi. Men o‘zimni taqdir tanlab olgan inson kabi his qildim”, —­ deydi aktrisa. Valentin Andara Luis Xose Santander Meksika va Venesulaning mashhur aktyori Luis Xose Santander 1960-yil Karakasda dunyoga kelgan. Avval oilasi bilan Amerikaga ko‘chib ketadi. Bir muddatdan so‘ng yana tug‘ilgan joyiga qaytib keladi. Aktyor bolaligidan juda ko‘p kasblarning egasi bo‘lishni orzu qilar edi. Dastlab biolog, keyinchalik shifokor bo‘lishni istagan va tibbiyot fakultetida ikkinchi kursgacha ta’lim olgan. Keyinchalik muhandislik yo‘nalishida o‘qiy boshlaydi. 1980-yildan teatrda o‘z faoliyatini boshlaydi va 1987-yildan film va serialda suratga tushgan. Uni dunyoga mashhur qilgan serial “Morena Klara” bo‘lib, bu uchun bir qancha mukofotlarga ham sazovor bo‘lgan. Andino Alexandro Martinez Serial qahramonlaridan biri Alexandro Martinez 1966-yil 22-dekabrda Kolumbiyaning Bogota shahrida tug‘ildi. 1991-yilda model Adriana Arboleda bilan turmush qurdi. Aktyor ijodi davomida 17 dan ortiq film va seriallarda suratga tushgan. Jennifer Karolina Kristancho Serialda Jennifer obrazida namoyon bo‘lgan Karolina Kristancho 1968-yil 17-dekbarda Venesuelaning Karakas shahrida dunyoga keldi. Aktrisa 10 yillik ijodi davomida 7 ta filmda ajoyib rollarni ijro etishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Karolina harbiy ma’lumotga ega aktrisa. U Ayakuchcho harbiy litseyida bakalavr bosqichini tamomlagan va harbiy muhandislar oliygohida 1 yil o‘qigan. Keyinchalik o‘zini aktyorlik kasbiga bag‘ishlaydi. 1990-yil bo‘lib o‘tgan “Venesuela go‘zali” tanlovida Karolina oltinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. Emiliano Andara Xulio Manuel Garsia Bastida Xulio ijodiy faoliyatini 17 yoshidan boshladi. Dastlab u teatr uchun ssenariylar yozdi, drama makatbini tugatgandan so‘ng aktyorlik faoliyatini boshladi. 1973-yilda Venesuelaga ko‘chib ketgan aktyor u yerda ham teatr va televideniyeda ishladi. Aktyor teatrda 50 dan va telenovella va kinolarda 20 dan ortiq rol ijro etdi. Linda Prado Gabriyela Spanik Gabriyela Spanik 1973-yil 10-dekabrda Venesuelada tug‘ilgan. Uning Daniyela ismli egizak singlisidan tashqari bir akasi va singlisi bor. Spanikning buvisi va bososi Xorvatiyadan 1947-yil ko‘chib kelgan. Gabi aslida psixologiya bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lsa-da, hamisha rol o‘ynashga qiziqar edi. 1992-yil Gabi “Venesuela go‘zali” tanlovida “Xalqaro Venesuela go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan. Magdalen Valyan Luli Bossa Luli Bossa 1963-yil 14-mayda Kolumbiyada tug‘ilgan. Aktrisa kino olamiga 1989-yilda kirib keldi va ayni damda uning 27 dan ortiq rollari mavjud. Lissandro Prado Enri Galue Asli kelib chiqishi irlandiyalik bo‘lgan Enri Galue “Morena Klara” serialida Lissandro Pradoning obrazini gavdalantirgan. Aktyor 1951-yil 9-fevralda Venesuelaning Marakaybo shahrida tavallud topgan. Monserrat Prado Yaxayra Orta Yaxayra Orta serialda ajoyib obrazlardan birini ijro etgan. U ijodiy faoliyatini 17 yoshdan boshlagan. U umrining 51 yilini teatr, film va TVga va bag‘ishladi. Uning bir dona qizi bor va hozirda aktrisa diniy va voizlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.
115
5,252
Madaniyat
“Baron” filmining Alisher Navoiy nomli kinosaroyidagi namoyishlariga bir kunda 7,5 ming tomoshabin keldi
Rejissor Rustam Sa’diyevning yangi — “Baron” nomli filmining Alisher Navoiy nomli kinosaroy (“Panorama”)dagi namoyishlariga 24-yanvar kuni 7,5 ming tomoshabin keldi. Bu haqda “Shov-shuv.uz” xabar bermoqda. Nashrning yozishicha, film premyerasining ertasiga kinosaroyga 4,5 ming tomoshabin kelgan, film kinosaroyning barcha 12 zalida namoyish etilgan. “Chunki boshqa biror filmga talab yo‘q”, — deb yozadi “Shov-shuv.uz”. Jumladan, nashrning qayd etishicha, 24-yanvar, yakshanba kuni “Baron”ni tomosha qilish uchun “Panorama”ga 7,5 ming tomoshabin kelgan, 2 mingdan ortiq tomoshabin chipta xarid qilolmagan. “Mustaqillik yillarida zamonaviy o‘zbek kinosida bunday holat ilk marotaba kuzatildi”, — deb yozadi “Shov-shuv.uz”.
104
723
Madaniyat
Instagram: Emre Kiviljim & Yulduz Rajabova — yangi juftlik? Jahongir Otajonov qayerdan pul topadi? Asalga sahnadan sevgi izhor etgan Shohruxxon
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Shohruxxon Hilton mehmonxonasidagi sevishganlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayramda qo‘shiq kuylashdan avval Asal Shodiyevaga sevgi izhor qildi. Ziyoda ham turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini muxlislari bilan bo‘lishdi. Bollivud aktrisasi Ayshvariya Ray qizi Aradhyaga mehr-muhabbatini izhor etdi. Samandar Hamroqulov “Mendirman Jaloliddin” seriali taqdimotida bosh rol ijrochisi Emre Kiviljim bilan suratga tushdi. Dilso‘z aktrisa Ra’no Yarashevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimida bosh rollar ijrochilari Emre Kiviljim va Yulduz Rajabova o‘rtasida o‘zaro iliq, do‘stona va samimiy munosabatlar borligi ko‘zga tashlandi. Xonanda Malika Ravshanova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Jahongir Otajonov O‘zbekistondagi muammolar haqida mulohaza yuritdi. Shuningdek, u san’atdan ketganidan so‘ng qayerdan daromad olayotgani haqida ham gapirdi.
143
1,162
Madaniyat
Afinada o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi
10–12-noyabr kunlari O‘zbekistonning Afinadagi bosh konsulligi tomonidan Gretsiyaning mashhur “Alkionis” kinoteatrida o‘zbek kinosi kunlari o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi ma’lum qildi. Tadbir O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasida madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, Gretsiya jamoatchiligida O‘zbekiston madaniyati va san’atini targ‘ib qilish, shuningdek, O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida tashkil qilindi. O‘zbekiston va Gretsiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu kinofestivalning ochilish marosimida Afina shahri munitsipaliteti vakillari, Gretsiya parlamenti deputatlari, davlat va jamoat vakillari, jami 350 kishi ishtirok etdi. Kinofestivalda tomoshabinlar rejissor Shuhrat Mahmudovning buyuk alloma Abu Ali ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan “Sharqdan taralgan nur” nomli badiiy — publitsistik filmi, Qamara Kamolovaning “Yo‘l bo‘lsin” va Jasur Ishoqovning “Haqiqat kuni” badiiy filmlariga baho berish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kinofestival doirasida “O‘zbekiston gretsiyalik sayyohlar nigohida” nomli fotoko‘rgazma hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Termiz shaharlarining tarixiy obidalari taqdimotlari o‘tkazildi.
42
1,295
Madaniyat
Forbes Jennifer Lourensni eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisa deb tan oldi
Forbes 23-avgust, seshanba kuni dunyoning eng ko‘p haq oladigan aktrisalari reytingini e’lon qildi. Unda Gollivud yulduzi Jennifer Lourens birinchi o‘rinni egalladi, deb ma’lum qiladi “RBK”. Lourensning oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadi 46 million dollarni tashkil qildi. Lourens ketma-ket ikki yildan buyon reyting boshida turibdi. Ammo o‘tgan yili uning daromadi bu yilgidan 11,5 foizga ko‘proq bo‘lib, 52 million dollarni tashkil qilgandi. 2016-yilda birinchilikni saqlab qolishda aktrisaga “Ochlik o‘yinlari” franshizasining oxirgi qismi prokatda qozongan muvaffaqiyat (kassa yig‘imlari — 653,4 million dollar) hamda yil oxirida katta ekranlarga chiqadigan “Yo‘lovchi” filmi uchun avans yordam berdi. Ikkinchi o‘rinni 33 million natija bilan Melissa Makkarti egalladi. O‘tgan yili ikkinchi o‘rinni olgan Skarlett Yoxansson joriy yilda 25 million natija bilan Makkartidan ortda qolib, uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi. O‘nlikka, shuningdek, amerikalik Jennifer Eniston (21 million dollar), xitoylik Fan Binbin (17 million dollar), AQSh vakillari Sharliz Teron (16,5 million dollar), Emi Adams 13,5 million dollar), Juliya Roberts (12 million dollar), Mila Kunis (11 million dollar) va Bollivud yulduzi Dipika Padukone (10 million dollar) kirdi.
72
1,248
Madaniyat
11-sentabr fojiasi chog‘ida Amerika havo hududida qolib ketgan O‘zbekiston samolyoti haqidagi filmni suratga olish ishlari yozda boshlanadi
O‘zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan “101-reys” filmining suratga olinish ishlari yozda boshlanadi, deb xabar beradi O‘zA. “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-767 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi. Film syujeti haqida: Mudhish voqea oqibatida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga qarashli Boeing-767 yo‘lovchi samolyoti Shimoliy Amerikaning havo hududida qiyin vaziyatda qolib ketdi. Yoqilg‘i qolmaganligi sabab eng yaqin aeroportga ham yetib bora olmasligi oydinlashgan 101-reys kapitani Zarxo‘ja Saidazimov barcha mas’uliyatni zimmasiga olib, tavakkal qilishga qaror beradi. Biroq uni oldinda bundan-da tahlikali vaziyat kutib turgan edi... Postanovkachi rejissor — Akrom Shohnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norboyev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida tayyorlangan ushbu badiiy film “O‘zbekkino” milliy agentligining navbatdagi yig‘ilishida badiiy kengashi tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. “Filmda qatnashadigan aktyor va aktrisalar guruhi joriy yilning may oyida aniqlanadi, — dedi film prodyuseri R. Norboyev. — Yoz oylarida esa suratga olish ishlari boshlanadi. Undagi 90 foiz voqealar samolyot bortida olinishi kutilmoqda. Hozirda bu borada tayyorgarlik ishlari olib borilib, loyihaning bosh qahramonlari uchun nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda”.
139
1,574
Madaniyat
“O`zbek kinosi kunlari” Hisorda davom etyapti
Tojikiston Respublikasida 2021 yilning 19-22 may kunlari bo`lib o`tishi mo`ljallangan  “O`zbek kinosi kunlari” davom etmoqda. 20 may kuni o`zbekistonlik kino ustalari Tojikistonning Hisor  shahriga tashrif buyurishdi. Shahar madaniyat saroyida o`tkazilgan uchrashuv chog`ida O`zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, “Tojikfilm” davlat muassasasi rahbari Mahmasaid Shohiyon, O`zbekiston xalq artistlari Tesha Mo`minov, Xayrulla Sa`diev, Hisor shahar raisining o`rinbosari Bunafsha Yo`ldoshzoda va  boshqalar so`zga chiqib, kino xalqlar va davlatlar o`rtasidagi mustahkam ko`prik ekanligi, o`zbek kinosi kunlarining xalqlarimiz o`rtasidagi do`stona munosabatlarni tiklashdagi ahamiyati xususida so`z yuritishdi.   –Har ikki mamlakat rahbarining sa`y-harakatlari tufayli azaliy aloqalarimiz qayta tiklandi, bu  kino sohasidgi hamkorlik rivojida ham muhim o`rin tutadi, - dedi F.Abduxoliqov. – Bugun biz hisorlik muxlislar bilan uchrashuv chog`ida tomoshabinlar yuzida, ko`zida sog`inch va intilishni his qildik. Umid qilamizki, bu uchrashuvimiz oxirgisi emas. Biz o`zbek kinosining sara durdonalari bilan tojikistonlik kinomuxlislarni xushnud qilishda davom etamiz. Shundan so`ng Ikkinchi jahon urushi davrida o`zbek xalqining hayoti, xususan toshkentlik Zulfiya Zokirova va farzandlarining qahramonona matonati  haqida hikoya qiluvchi “Ilhaq” filmi tomoshabinlar hukmiga havola qilindi.   –Film tomoshablinlarga manzur bo`lganidan juda mamnunman, - dedi rejissyor Jahongir Ahmedov. – Zalning tomoshabi bilan to`lgani va ular namoyish so`ngiga qadar zalni tark etmagani meni juda xursand qildi. Ayrim muxzlislar filmni ko`zda yosh bilan tomosha qilishganini aytmoqda. Agar siz yaratgan film millati yoki vatanidan qat`i nazar har qanday muxlis qalbiga yo`l topa olsa, menimcha bu rejisyorning katta baxti. –“Ilhaq” nafaqat o`zbek, balki tojik xalqining ham matonat madhiyasi bo`libdi, – deydi tomoshabilardan biri, hisorlik Nargiza Qosimova. – Chunki, qancha-qancha tojik onalari bu urush tufayli o`z farzandlaridan ayrildi. Qancha tojik ayolari bir umr urushda shahid ketgan yoriga sadoqat bilan yashab o`tdi. Menimcha bu filmni bugungi yoshlarimizning barchasi  ko`rishi, ibrat olishi kerak. Shu kuni o`zbekistonlik mehmonlar Hisor shahrining diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari bilan tanishdilar. Xususan, bir paytlar Bobur Mirzoning ham qadami tekkan ko`hna Hisor qal`asiga sayohat kinoijodkorlarga manzur bo`ldi
45
2,457
Madaniyat
Foto: Turkiyada oilaviy hordiq chiqarayotgan xonanda Rayhon
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva ayni paytda Turkiyada hordiq chiqarmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. Xonanda dam olishga farzandlari Islom va Imronni ham olib ketgan. Rayhon Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislariga dam olish qay tarzda o‘tayotgani haqida ma’lumot berib bormoqda. Xonanda Instagram’dagi sahifasiga yuklangan suratlarining har biriga alohida falsafiy ma’nodagi izohlar qoldirmoqda. Suratlardan biriga u “Hech qachon o‘zingizni o‘tmishingiz uchun koyimang, siz shunchaki baxtli bo‘lishga uringansiz”, kabi fikrlarini yozib qoldirgan. Xonandaning muxlislari bu fikrlarning to‘g‘ri ekanligini ta’kidlab, inson hamisha oldinga qarab intilishi kerakligini yozgan.
59
715
Madaniyat
Instagram: Zara Shirinova turmushga chiqdi, Muqaddas Sa’dullayevaning farzandi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holat, muxlisasiga kiyimini sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Zarina Nizomiddinova muxlislariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Instabloger Maryam Tillayeva Parij ko‘chalari bo‘ylab sayr qilayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Mahoratli raqqosa Parizoda Ozodbek Nazarbekovning oddiy insoniy qadriyatlari haqida gapirdi. “Madaniyat vaziri, o‘zbek xalqiga sevimli bo‘lgan xonanda Ozodbek Nazarbekovning farzandlari Ja’farbekning visol oqshomi bo‘ldi. O‘z ishini professional ustalari, rejissorlar, aktrisalar, xonanda va raqqoslar xizmatda bo‘ldik. Chin dildan ularning insoniyligini qadrlagan holda xizmat qildik. Bundan bir necha yillar oldin to‘yimga Ozodbek Nazarbekov kelmagan, o‘sha kuni davlat tadbiriga borgan. Keyin to‘yga borolmadim deb, challarida meni hayratga solib kirib kelgan. Ozod akaning bu iltifot va hurmatlarini hech qachon esimdan chiqarmayman”, — deydi Parizoda. Opera xonandasi Jenisbek Piyazov o‘g‘li bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Xonanda Ziyoda Nyu-York shahrida yashayotgan muxlislari uchun konsert bergani aks etgan videoni e’lon qildi. Aktrisa Bahora Arslonova obunachilariga o‘g‘li Xalid bilan tushgan suratini ko‘rsatdi. Yulduz Usmonova Qozog‘istondagi konsert zalida qo‘shiq kuylab bo‘lib, zaldagi keksa muxlisalaridan biriga egnidagi choponini sovg‘a qildi. “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Sa’dulla Fatxullayev 25-oktabr kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Qiziqchi sahifasiga hamkasblari Qobil Karimberdiyev, Dilshod Musabekov va Abdurahmon Mavlonov uni qanday tabriklagani aks etgan suratni joyladi. Xoliqjon vayner 60 ming dollarga Tesla xarid qilgani haqida gapirib berdi. “Gentra’dan keyin tezda Tesla oldim. Sababi ota-onamning duosi, keyin Allohga maqsadni qo‘yganim. Allohga maqsadni katta qo‘yib, ikkilanmasdan Tesla oldim. Qanchalik maqsadingiz katta bo‘lsa, beradi. Tesla hammaga ham nasib qilmaydi, sababi qimmat mashina. Alloh qurbingiz nimaga yetadi, o‘shanga yarasha sizga rizq beradi. Shuning uchun men qo‘rqmasdan Tesla oldim. Demak, men rizqimni Allohga qancha katta tavakkal qilsam, shuncha rizqimni berdi”, — deydi instabloger. Taniqli teleboshlovchi Zara Shirinova turmushga chiqqanini ma’lum qildi va sahifasiga kelinlik libosida tushgani aks etgan videoni joyladi. Aktyor, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev “Orol qalbi” nomli yangi serialda suratga tushayotganini ma’lum qildi. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning qizi Sa’diya bilan noxush vaziyat yuz berdi. “Hammada har xil vaziyat bo‘ladi. Mana bizda Xadichaxon bugun qoshining o‘rtasini yorib oldi. Yuragim yorildi. Yaxshiyam Hojiakbar bor ekan. Hojiakbarni oldilariga ishda bo‘lmasa ham telefon qilib chaqirdim. Chunki bunaqa vaziyatda qiz bola ertaga duch kelgan joyga borsam qoshini noto‘g‘ri tikib qo‘yib, xunuk bo‘lib izlar qolishi mumkin. Shuning uchun oldilariga kelgandim. Hatto tikishga hojat yo‘q dedi”, — deydi aktrisa. Bollivud aktrisasi Katrina Kaif turmush o‘rtog‘i Viki Kaushal bilan Divali bayramini nishonladi. Xonanda Avazbek Olimovning o‘g‘li Javlonning to‘yida Farrux Zokirov kelajakda Ozodbek Nazarbekov bilan Javlon o‘g‘lini uylantirayotganda birgalikda qo‘shiq kuylashni niyat qildi. Xonanda Bunyodbek Saidov AQSHning Orlando shahrida tushgan surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Mitti vayner Erali Luiza Rasulovani qo‘rqitib yuborgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. Bollivudning dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan aktrisasi Kajol sahifasiga turmush o‘rtog‘i, qizi va o‘g‘li bilan tushgan suratini joyladi. Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev Qarshida hovlida o‘tkazilayotgan to‘yda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan videoni muxlislariga namoyish qildi.
161
3,702
Madaniyat
Yoshlari orasida juda katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklar (foto)
Quyidagi yulduzlar turmush o‘rtog‘idan bir necha yoshga katta. Ammo bu ularning baxtli bo‘lishiga to‘sqinlik qila olmadi. Madonna (61) va Axlamalik Uilyams (26) Ro‘yxatning ilk o‘rinlaridan Madonnaning joy olishi, shubhasiz. Juftlikning o‘rtasidagi farq 35 yoshni tashkil etadi. Madonna Uilyamsdan avval ham yoshgina Timor Steffans bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Alla Pugachyova (71) va Maksim Galkin (44)  Maksim Galkinga Allaning beshinchi turmush o‘rtog‘i bo‘lish nasib etdi. Xonanda bundan avval o‘zidan 18 yosh kichik bo‘lgan Filipp Kirkorov bilan turmush qurgan. Shov-shuvli to‘ydan bir necha yil o‘tib, Pugachyovaning ona bo‘lgani barchani hayratda qoldirdi. Albatta, u farzandlarini surrogat ona yordamida dunyoga keltirgan. Shakira (44) va Jerar Pike (34) Shakira turmush o‘rtog‘idan 10 yosh katta bo‘lishiga qaramay, bu juftlikning baxtli hayotiga ta’sir o‘tkazmaydi. Xonanda va futbolchi 10 yil avval Jahon chempionatida tanishgan. Hozirda esa ularning ikki nafar o‘g‘li bor. Deborra-Li Ferness (65) va Xyu Jekman (52) Aktyor Xyu Jekman va uning rafiqasi 25 yildan buyon birga. Buni muhabbatga yosh to‘sqinlik qila olmaslikning yorqin misoli deyish mumkin. Gollivudning mashhur yulduzi rafiqasidan 13 yosh kichik. Ular turmush qurishga qaror qilganida aktyor 28, rafiqasi esa 41 yoshda edi. Lera Kudryavseva (49) va Igor Makarov (32) Teleboshlovchi va xokkeychini oradagi 16 yosh ajratib turadi. Ammo juftlik umuman bunga ahamiyat bermaydi. Ular hozirda qiz farzandini tarbiya qilmoqda. Yana Rudkovskaya (46) va Yevgeniy Plyushenko (38) Yevgeniy ham boshqa erkaklar singari yosh qizlar bilan uchrashishini tan olgan. Ammo barchasi dono rafiqasini uchratguncha edi. Juftlik 2008-yilda Eurovision—2008’ga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtda tanishgan. Oradan bir yil o‘tib, Yevgeniy va Yana oila qurdi. 2013-yilda ularning oilasida Sasha tug‘ildi. Nonna Grishayeva (49) va Aleksandr Nesterov (37)  Xonandaning turmush o‘rtog‘i musiqiy karyerasini rivojlantirishda yaqindan yordam beradi. Yosh orasidagi farqi haqidagi savolga javoban Grishayeva shunday deydi: “U bilan o‘zimni mutlaqo himoyalangandek his qilaman! Sasha mening otamga juda o‘xshaydi”.
67
2,164
Madaniyat
“Hali ham ishongim kelmaydi”. Xonanda Hadicha Qurbonova eri koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi (video)
Xonanda Hadicha Qurbonova eri koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda xonanda YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi. Turmush o‘rtog‘im hamisha davolanib, o‘zlariga qarab yurar edilar. Karantin bo‘lgan vaqtda ishxonalaridan ham koronavirus chiqqan ekan. Bir kuni uyga kelib, onasi menga koronavirus yuqib qolmadimikin, chunki virus aniqlangan xodimimiz bilan bitta xonada ishlagan edik, dedilar. Undan keyin bozorlarga ham bordik, ahvollari yaxshi edi. Keyin tumov bo‘lgandek bo‘ldilar, dorilar ichdik. Ahvollari biroz og‘irlashgandi, shifoxonaga borib test topshirib keldik. Bu voqea iyul oyida bo‘ldi. Onasi koronavirus bo‘lgan odamda hid, ta’m sezmaslik bo‘lar ekan, menda hammasi yaxshi, dedilar. Nafas olishingiz qanday, deganimda nafas olishim ham yomon emas, dedilar. Odatda astmalari borligi sabab ba’zida nafas olishlarida muammo bo‘lar edi. Keyin qonlari quyuq bo‘lgani bois doim dori ichib yurardilar. Ikki marta tekshirtirdik — koronavirus chiqmadi. Arafa yaqinlashgan vaqtlarida og‘irlasha boshladilar. Ro‘za tutgandilar. Dadasi, ro‘zangizni ochavering, Xudo xohlasa, keyin tutasiz, deganimda xafa bo‘ldilar. Shifoxonada emas, uyda davolanaman, o‘zingiz qaraysiz, deb shifoxonaga ham yotmadilar. To‘g‘risi, shuncha kun yotgan bo‘lsalar, hattoki isitma ham chiqqani yo‘q, faqatgina nafas siqishi bo‘ldi xolos. Shifokor aytgan barcha muolajalarni uyda qildik. Ahvollari biroz og‘irlashgach, tez yordam chaqirishga majbur bo‘ldik. Nafas olish moslamalari bor tez yordam mashinasini chaqirganimiz sabab u ham tez kelmadi. Tez yordam kechroq keldi, isitma chiqishni boshladi. Oxirgi marta o‘sha — tez yordamda borganimda Zangiotada ko‘rdim. Ularni Zangiotadagi kasalxonaga yotqizdik,  chunki boshqa kasalxonalarda joy yo‘q deyishdi. Zangiotadagi shifoxonaga kirishga ruxsat berishmadi. Yosh bolalar bor, bolalarni ehtiyot qiling, onasi, dedilar. Oxirgi ko‘rganim shu bo‘ldi. Hali ham ishongim kelmaydi, chunki unaqa yomon ahvolda emas edilar. Juda ham bolajon inson edilar, oxirgi gaplari ham “bolalarga qarang, bolalarga ehtiyot bo‘ling” degan so‘zlari bo‘ldi. Shifokorlar erimning qachon ahvoli yomonlashganini ham, qachon joni uzilganini ham aniq aytishmadi. 26-iyul kuni joni uzildi deyishdi, uyga ham berishmadi. Janoza ham qabristonda o‘qildi. 29-iyul kuni peshindan keyin qabristonga qo‘yib kelishdi. Hadicha Qurbonova, xonanda va aktrisa Ma’lumot uchun, xonanda Xadicha Qurbonova muxlislar orasida o‘zining “Bevafo”, “Bilmadim jonim”, “Alvido”, “Kelma” kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan. Xonanda 2017-yilda Xalqlar do‘stligi san’at saroyida “Bir go‘zal” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etgan.
110
2,680
Madaniyat
“Oltin Globus” taqdirlash marosimini 18,5 mln kishi televizor orqali tomosha qildi
AQShning Kaliforniya shtati, Los-Anjeles shahridagi Beverly Hilton Hotel’da bo‘lib o‘tgan “Oltin Globus” kinotelevizion mukofotining taqdirlash marosimini televizor orqali 18,5 million kishi tomosha qildi. Bu haqda AQShning Nielsen tadqiqot kompaniyasi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda. Ma’lum qilinishicha, NBC telekanali tomonidan namoyish etilgan marosimga tegishli xabarlar Twitter ijtimoiy tarmog‘ida 518 mingga yaqin kishi tomonidan joylashtirildi, ular bilan 298,8 million foydalanuvchi tanishib chiqdi. 2015-yilda “Oltin Globus”ning taqdirlash marosimini televizor orqali 19,3 million kishi, 2014-yilda esa ― 20,9 million kishi tomosha qilib, teleko‘rsatuv uchun bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan edi. Nielsen kompaniyasining ta’kidlashicha, joriy yilda ko‘pchilik amerikacha futbol o‘yinini tomosha qilishni ma’qul ko‘rganligi sababli tomoshabinlar soni kamayib ketdi. Eslatib o‘tamiz, 11-yanvarga o‘tar kechasi “Oltin globus” mukofotining 73-taqdirlash marosimida 25 yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.
82
1,055
Madaniyat
Oybek va Nigora o‘g‘il farzandli bo‘ldi
27-avgust, shanba kuni Nihol mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora o‘g‘il farzand ko‘rdi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda. Bu ikki xonandaning ijodi, ularning muhabbat tarixi ko‘p vaqt muxlislari e’tiborida bo‘lgan, to‘ylarini esa ko‘pchilik o‘zlari kabi intizorlik bilan kutgan. 2015-yilning 21-noyabrida oila qurgan ikki yosh endilikda ota-ona bo‘ldi. Skrin: MyDay Bu haqda bir muddat avval Nigora Instagram’dagi shaxsiy sahifasida quyidagi so‘zlar orqali ma’lum qildi: “Allohga shukur, ona bo‘ldim!”.
39
505
Madaniyat
Maroon 5 Gal Gadot, Milli Bobbi Braun va Jennifer Lopes ishtirokida klip chiqardi. Eshitish shart emas — shunchaki bir marta ko‘ring
Amerikaning Maroon 5 guruhi va qo‘shiqchi Kardi Bi bilan birga “Girls Like You” qo‘shig‘iga klip suratga oldi, deb yozmoqda Meduza. Klipda aktrisalar Gal Gadot, Milli Bobbi Braun, Jennifer Lopes, qo‘shiqchilar Rita Ora, Kamila Kabelo, teleboshlovchi Ellen Dejeneres, komik Sara Silverman, model Eshli Grem va boshqa taniqli ayollar suratga tushgan. Klip qahramonlari sahna markazida turgan guruh solisti Adam Levin orqasida birin-ketin paydo bo‘ladi. Klip so‘ngida esa Levin o‘zining turmush o‘rtog‘i Bexati Prinslu va qizi Dasti Rouzni bag‘riga bosadi. “Girls Like You” qo‘shig‘ining Cardi B’ning ishtirokisiz dastlabki versiyasi 2017-yili Maroon 5’ning “Red Pill Blues” albomida taqdim qilingan.
132
698
Madaniyat
“Fors shahzodasi” filmida malika Tamina rolini o‘ynagan Jemma Arterton hayoti qanday kechdi?
“Fors shahzodasi” filmidagi Tamina obrazi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Jemma Arterton haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Jemma Arterton mashhurlikka qiyinchilik bilan erishgan. Unga hech kim ishonmaganiga qaramasdan Arterton kim bo‘lmoqchi ekanini aniq bilgan. Aktrisa 1986-yilda Angliyada dunyoga kelgan. Otasi payvandlovchi usta, onasi farrosh bo‘lgan. Qiz qo‘lida oltinchi barmoq va burishgan quloq bilan dunyoga kelgan. 6 yoshida ota-onasi ajrashgan aktrisa maktabda yomon o‘qigan, uni aktyorlik mahorat kurslarigina o‘ziga jalb qila olgan. Qarindoshlari jiddiy mutaxassislikni tanlashi kerak deb, uning aktrisalikni tanlashiga qarshilik qilgan. U kollejga qabul qilingan, lekin san’at akademiyasining grantini qo‘lga kiritganidan keyin kollejni tashlab ketgan. Diplomga ega bo‘lganida keyin Arterton o‘zi va oilasini qornini to‘ydirish uchun do‘konda ishlashiga to‘g‘ri kelgan. U talabalik vaqtida “Merining zabt etilishi”da rol ijro qilgan, ammo mashhur bo‘lolmagan. 2007-yilda “Sinfdoshlar” va “Uchovlonning parvozi”da suratga tushgan. “Rahmdillik kvanti”da ko‘plab aktrisalar ichidan rejissor aynan uni tanlab olgan. Ushbu roli aktrisaga mashhurlik olib kelgan, ammo u yulduzlik kasaliga chalinmagan. “Fors shahzodasi” filmidagi malika Tamina ijrosi uning arsenalidagi eng yorqin rollaridan biri. Mazkur ijro muxlislar tomonidan iliq qabul qilingan va film katta mablag‘ olib kelgan. Shundan keyin 2013-yilda “Jodugarlar izidan” filmida rol ijro qiladi. Shunga qaramasdan aktrisaning shaxsiy hayotida ko‘plab qiyinchiliklar kuzatilgan. Jon Nolan bilan munosabati bir yildan keyin yakun topganidan keyin “Rahmdillik kvanti” filmidagi dublyorlardan biri bilan baxtini sinab ko‘rishga harakat qiladi, ammo bu ham uzoqqa bormaydi. Sevgi borasida omadi chopmagani sabab Jemma depressiyaga tushib qoladi — bu uning ko‘rinishi va vazniga ta’sir etadi. Lekin tez orada o‘zini qo‘lga oladi. 2012-yilda menejer Stefano Katelli bilan turmush qurgan aktrisa uch yildan keyin ajrashadi. Ayni vaqtda Londondagi uyida yashaydigan Jemma ijod bilan shug‘ullanib, vaqtini do‘stlari bilan o‘tkazadi. U raqs tushish, qo‘shiq kuylash va gitara chalishni yaxshi ko‘radi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida hayoti va suratga olish jarayonlaridagi fotolari bilan bo‘lishib boradi. Hozirgi kunda u professional muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadi, shaxsiy hayoti haqida ortiqcha bosh qotirmaydi va bir kuni uni baxtli qiladigan insonga duch kelishiga ishonadi.
92
2,441
Madaniyat
Silvestr Stallonening rafiqasi ajrashishga ariza berdi. Aktyor uning surati tushirilgan tatiurovkasi ustiga itining rasmini chizdirdi (foto)
Hozirda 76 yoshda bo‘lgan Gollivud yulduzi Silvestr Stallone 25 yildan beri birga yashaydigan rafiqasi Jennifer Flavin bilan ajrashmoqda. Aktyor Instagram’dagi sahifasida rafiqasining portretini to‘sib qo‘ygan yangi tatuirovkasini e’lon qildi. Tatuirovka ustiga aktyor “Rokki” filmida uning iti bo‘lgan bulmastif Butkusning tumshug‘i suratini chizdirgan. Stallonening rafiqasi bu holatni e’tiborsiz qoldirmadi va aktyorning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini tark etdi. Stallone nima uchun yangi tatuirovka qildirdi? Aktyor rafiqasining portretini sevimli iti Butkus tasviri bilan qoplagan. Daily Mail nashri Stallone va Flavin o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashganini, shu sababdan aktyor rafiqasining suratini yelkasidan olib tashlashga qaror qilganini taxmin qilmoqda. Ushbu mulohazaning tasdig‘i sifatida qayd etilgan ma’lumot shuki, Flavin haqiqatan ham ijtimoiy tarmoqlarda aktyorga obunasini bekor qilgan. Biroq aktyorning piar menejeri Stallonening turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari yomonlashganini rad etdi. “Stallone rafiqasi Jenniferning tatuirovkasini yangilamoqchi edi, ammo natijalar qoniqarsiz bo‘ldi va afsuski, uni tuzatib bo‘lmadi. Natijada u asl tasvirni sevimli itining tatuirovkasi bilan yopishga majbur bo‘ldi”, — deb tushuntirdi aktyorning vakili. Aktyorning rafiqasi bilan munosabatlari yomonlashganmi? Yuqorida aytib o‘tilganidek, aktyorning rafiqasi bu imo-ishorani qadrlamadi va ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan obunasini bekor qildi. Hozir 54 yoshda bo‘lgan Flavin aktyorning bu ishiga uch qizini quchoqlab o‘tirgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylash orqali munosabat bildirdi. U surat ostiga quyidagicha: “Bu qizlar — hayotim mazmunlari. Boshqa hech narsa muhim emas. To‘rttalamiz — abadiy birgamiz”, — deb izoh qoldirgan. Biroq Stallonening vakili ularning ajrashishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi: “Janob Stallone o‘z oilasini yaxshi ko‘radi. U hozirda turmush o‘rtog‘i bilan Paramount’da realiti-shouni birga suratga olmoqda”, — dedi.
140
1,990
Madaniyat
O`zbekiston va rossiyalik kinoijodkorlar hamkorligida yaratilgan "Quyosh lazzati" filmining yopiq namoyishi o`tkazildi
Kinematografiya agentligi va “ Sputnik Vostok prodakshn” kinostudiyasi tomonidan O`zbekiston va Rossiya kinoijodkorlari hamkorligida yaratilgan birinchi loyiha — “Quyosh lazzati”  ("Solnse na vkus") filmining taqdimoti bo`lib o`tdi. Taqdimotda kinoshunoslar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda kinoijodkorlar ishtirok etishdi. Filmning katta premerasi 30 iyun — Yoshlari kuniga bag`ishlab tashkil etiladi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda. Film O`zbekistonga safari chog`ida g`aroyib sarguzashtlar ishtirokchisiga aylangan moskvalik oddiy  oila haqida hikoya qiladi. Filmda o`zbek va rus kinoaktyorlari Andrey Merzlikin, Aleksandr Ilin, Muhammadiso Abdulxairov va boshqalar suratga tushgan. Bosh qahramon moskvalik bolakay rolini "Palma" filmi orqali tanilgan Leonid Basov ijro etgan. Shuningdek,  Guli roli yosh o`zbek aktrisasi Kamilla Yoqubova uchun debyut ijro bo`ldi. Suratga olish ishlari Moskva, Buxoro, Samarqand, Toshkent shahri va viloyatida olib borildi. Filmda Chimyon, Chorvoq, Qizilqum cho`li, O`zbekistonning tarixiy obidalari – Registon, Go`ri-Amir, Mirzo Ulug`bek rasadxonasi, Buxorodagi Ark qo`rg`oni, Minorai Kalon kabi joylarning go`zal manzaralari namoyish etilgan. — Ushbu film hamkorlikda suratga olingan ilk ko-produksiya, Yangi O`zbekiston kinosining ramziy qaldirg`ochidir. 2019 yilning noyabr oyida Moskvada biz qo`shma filmlar yaratish bo`yicha bir qator memorandumlarni imzolagan edik. “Quyosh lazzati” bo`lajak kinoloyihalar ichidagi birinchi filmdir. Kartina rus tilida suratga olingan, hozirda o`zbek tiliga dublyaj qilinmoqda. Yoshlar kuni bayrami doirasida biz katta premera tashkil etmoqdamiz. Bu ham ramziy ma`noga ega, chunki “Quyosh lazzati” birinchi bolalar va o`smirlar filmi bo`lib, premerasi yozgi ta`til vaqtida bo`lib o`tadi, – deya ta`kidladi film prodyuseri, O`zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. — Kinematografiya agentligi bilan hamkorligimiz omadli kechdi. Biz juda ham xursandmiz. Barcha prodyuserlarga mana shunday hamkorlar uchrashini tilayman. O`zbekistonlik hamkasblar bizga so`zda ham, amalda ham, moliyaviy tomondan ham katta yordam berishdi. Bu haqiqiy hamkorlik, teng ijodkorlik asosida yaratilgan qo`shma loyiha, —  dedi "Quyosh lazzati" filmining prodyuseri Aleksandr Kessel.
118
2,311
Madaniyat
Nargiz Zokirova sobiq prodyuseri Maksim Fadeyev bilan o‘rtalarida yuz bergan kelishmovchilikka izoh berdi
Ayni paytda Rossiyada yashab ijod qiluvchi, kelib chiqishi o‘zbekistonlik xonanda Nargiz Zokirova teleboshlovchi Kseniya Sobchakka intervyu berdi. Intervyu Sobchakning YouTube kanaliga joylashtirildi. Nargiz Zokirova ushbu intervyuda sobiq prodyusseri Maksim Fadeyev bilan o‘rtalarida yuz bergan kelishmovchilik haqida ham gapirdi. “Uni yomon inson deya olmayman. U menga xit taronam ‘Ti moya nejnost’ni yozib berdi. Bu qo‘shiq rostdan ham ommalashdi, lekin men butun hayotim davomida bitta qo‘shiqni kuylamayman-ku. Maks esa shu qo‘shiqni yozdi va boshqa ijod qilmay qo‘ydi, shu qo‘shiq bilan uzoq vaqt yurdik. U qaysidir vaqtda menga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotdi, bor-yo‘g‘i shu”, — deydi xonanda. Ma’lumot uchun, 2019-yilning avgust oyida xonanda Nargiz Zokirova Facebook’dagi sahifasida ijodini kuzatib borayotganlarga murojaat qilib, Maksim Fadeyev va uning MALFA prodyuserlik markazi bilan shartnomasi rasman bekor qilinganini ma’lum qilgan edi. Avvalroq Nargiz Zokirova sobiq turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng tushkunlikka tushib qolgani hamda farzand asrab olishni rejalashtirayotgani haqida gapirgan edi.
105
1,118
Madaniyat
“O`zbekkino” koronavirus tufayli bir qator xalqaro kinoloyihalarni vaqtincha to`xtatadi
Mamlakatimizda koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha O`zbekiston hukumatining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda, “O`zbekkino” Milliy agentligi bir qator muhim  kinoloyihalarni amalga oshirishni to`xtatmoqda.   “O`zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha zarur choralarning kuchaytirilishi munosabati bilan “O`zbekkino” mamlakatimiz hududida kelishuvlar doirasida amalga oshirilayotgan xalqaro kinoloyihalarni suratga olish ishlarini to`xtatishga majbur bo`lmoqda. Biz, shuningdek suratga olish guruhlarining xorijiy safarlarini ham to`xtatyapmiz. Buni bizning tomonimizdan yuzaga kelgan fors-major  holati  sifatida qabul qilishingizni  iltimos qilamiz. Siz,  xorijiy hamkorlarimiz bilan o`rnatilgan aloqalarni yuksak qadrlaymiz.  Sizni  tez fursatda mavjud vaziyat bilan bog`liq har qanday o`zgarishlar haqida xabardor qilamiz. Sizni ishontirib aytamanki, loyihalarni albatta amalga oshiramiz. Bizni tushunganingiz uchun tashakkur”, - deyiladi “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqovning bir qator yirik kinokompaniyalarga yo`llagan murojaatida.   Mazkur holat yuzasidan, oldin matbuotda e`lon qilingan bir qator hamkorliikdagi loyihalarni suratga olish ishlari noma`lum muddatga qoldirildi. Xususan  Zahiriddin Muhammad Bobur hamda Boburiylar sulolasi haqidagi  kinoserial («EMMAY ENTERTAIMENT» kinokompaniyasi, Hindiston,  byudjet – $10 mln), «Malenkiy Muk» (“Kichkina Muk”) oilaviy badiiy filmi (STV kinokompaniyasi, Rossiya. Byudjet –$9 mln.ga yaqin), «Mister Nokaut» sport-dramasi (“Kinodom” kinokompaniyasi, Rossiya. Byudjet - $3 mln), Farhod Mahmudov rejissyorligidagi «Podarok fei» (“Parining sovg`asi”) ertak-filmi  (Byudjet - $ 1 mln.) Bi-bi-Si buyurtmasiga binoan,  Abu Ali Ibn Sino faoliyati haqida  “Clan production” media-kompaniyasi tomonidan  suratga olinishi mo`ljallangan hujjatli film, Malayziyaning RTM telekompaniyasi hamkorligidagi, Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan 10 qismli hujjatli film, ushbu davlatning “Akila Emas” hamkorligidagi 5 qismli O`zbekiston haqida hujjatli filmlari shular jumlasidandir.   Bundan tashqari, “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan  mamlakatimizdan tashqarida suratga olinayotgan barcha filmlar va seriallarni tasvirga olish ishlari noma`lum muddatga ko`chirildi. Rossiyada   “Baron. Qaytish” (Rossiyaning  «Inferno» prodyuserlik markazi bilan hamkorlikda, byudjet –$1,5mln. atrofida), Rossiya va Belarusda o`zbek adabiyotining atoqli vakillari Hamid Olimjon va Zulfiya hayoti haqida hikoya qiluvchi “Muhabbat bahori” (Byudjet $700 ming) badiiy filmlari shular jumlasidan. Qolaversa, 2020 yilning 27-29 mart kunlari mamlakatimizda o`tkazilishi mo`ljallangan “Yapon kinosi kunlari”, shuningdek, aprel oyiga mo`ljallangan “Nemis kinosi kunlari” doirasidagi “Shlingel” (“Shum bola”) festivali hamda “Tatar kinosi kunlari”  ham vaqtincha qoldiriladi.   «O`tgan yilning sentyabr oyidan boshlab, ko`pgina davlatlarga borib, uchrashuv va taqdimotlar o`tkazdik. Natijada bizning bozorga  qator xorijiy kinokompaniyalarni hamkorlikda ishlashga jalb qilgan edik. Xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda suratga olinishi mo`ljallangan kinoloyihalarning umumiy qiymati taxmi nan 25 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Ayni paytda barcha hamkorliklarimiz vaziyatni tushungan holda, taklifimizni to`g`ri qabul qilib, koronavirus xavfi bartaraf etilishi va hamkorlikdagi ishlarimiz tiklanishini kutishmoqda” – deydi “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.
90
3,504
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov Ashxoboddagi konsertida Turkmaniston prezidenti yozgan qo‘shiqni kuyladi
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 17-dekabr, shanba kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda konsert dasturini taqdim etdi. Bu haqda Atavatan Turkmenistan nashri xabar bermoqda. Konsert Ashxoboddagi 10 ming tomoshabinga mo‘ljallangan Qishki sport turlari saroyida bo‘lib o‘tgan. Xabar berishlaricha, Ozodbek Nazarbekov konsert davomida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov so‘zi va musiqasi bilan yozilgan qo‘shiqni ham kuylab, “tomoshabinlarning katta olqishiga sazovor bo‘lgan”. Instagram’da Ozodbek Nazarbekovning Turkmanistondagi konsertidan videoparchalar e’lon qilingan. “Yuqori haroratda sahnada! Sog‘lig‘ining yomonlashgani, kasallik ham san’atkorning konsertiga to‘sqinlik qila olmadi!”, — deb yozadi Instagram’dagi @fattohhoncom sahifasi. View this post on Instagram Avvalroq, Ozodbek Nazarbekov salomatligi yomonlashgani bois Toshkentda tashkil etilgan “Mavsum xitlari” konsert dasturida qatnasha olmagani haqida xabar berilgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
91
1,153
Madaniyat
Lola va ot, Zarina va timsoh, Shahzoda va delfin. Mashhurlarning jonivorlar bilan tushgan suratlari
Mashhurlarning Instagram’dagi suratlarini kuzatib, ular qayerda ekani, nima bilan bandligini bemalol aytish mumkin. O‘zbekistonlik mashhur xonanda va aktyorlarning uy va yovvoyi hayvonlar, qushlar bilan tushgan suratlaridan esa alohida to‘plam tayyorlasa ham bo‘ladi.
99
267
Madaniyat
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li qanday oilada tug‘ilgan?
O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi hamkorligida baxshi-shoir Ergash Jumanbulbul o‘g‘li tavalludining 150 yilligi munosabati bilan “Epos va uni o‘rganish muammolari” mavzuida respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Tadbirda folklorshunos olimlar, yozuvchi-shoirlar, baxshilar, madaniyat xodimlari, talaba-yoshlar, xalq og‘zaki ijodiyoti ixlosmandlari ishtirok etdi. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li 1868-yilda baxshilar oilasida dunyoga kelgan. Shu hududda yashagan Sulton kampir, buvisi Tilla kampirdan tortib, bobosi Mulla Xolmurod, otasi Jumanbulbulgacha doston aytgan, o‘ziga xos termalar ijod qilgan. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining milliy ma’naviyatdagi o‘rni va uning folklor arxivida saqlanayotgan noyob asarlari haqida ma’lumot berdi. Baxshilar xalq og‘zaki ijodidan namunalar aytdi.
50
907
Madaniyat
“Ajrashganimizni otam hali ham bilmaydi”. Said Muxtorov Madina Muxtorova bilan ajrashgan bo‘lsa-da, o‘zaro iliq munosabatlarni saqlab qolgani haqida gapirdi (video)
Aktyor va rejissor Said Muxtorov “Chotki Tv” YouTube-kanaliga bergan intervyusida sobiq rafiqasi, taniqli aktrisa Madina Muxtorova bilan hozirga qadar do‘stona munosabatlarni saqlab qolgani haqida gapirdi. “Biz Madina Muxtorova bilan urush-janjal qilib, mol talab, uy-joy talab qilmaganmiz. Bizning haligacha boshimizda otamiz bor, 85 yoshda. Haligacha u kishi bilmaydi ajrashganimizni. Bu haqda hech qayerda rasman ma’lumot bermaganmiz. Biror joyda e’lon bermaganmiz. Bolalarim, nabiralarim hammasi o‘zimiz bilan birga, bir oila bo‘lib, oxiratimizgacha mana shunday yashashlik nasib qilsin. Biz baxtlimiz. Men uning qayerdaligini, sog‘-salomatligini bilsam, o‘zimni baxtli his qilaman. U ham xuddi shunday. Boshqa gapim yo‘q. Madinaning boshida hech kim yo‘q mendan boshqa. Mening ham boshimda undan boshqa hech kim yo‘q.  “Ko‘chadan orttirgan farzanding senga jazongni beradi”. Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi (video)
164
992
Madaniyat
Skarlett Yoxansson 40,5 mln dollar daromad bilan 2018-yilning eng ko‘p maosh olgan aktrisasi bo‘ldi
Amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson Forbes jurnali tomonidan tuzilgan 2018-yilning eng ko‘p daromad olgan aktrisalari reytingida yetakchilik qildi. 12 oy ichida 33 yoshli aktrisa 40,5 million dollar ishlab topgan. Uning daromadlari 2019-yilda ekranlarga chiqadigan “Qasoskorlar 4” filmidagi ishtirokidan so‘ng to‘rt barobar oshgan. Ikkinchi o‘rinni 2020-yilda premyera qilinadigan “Malifisenta 2” filmidagi roli uchun 28 million dollar ishlab topgan Anjelina Joli egalladi. Yetakchilar uchligiga Jennifer Eniston 19,5 million dollar daromad bilan yakun yasadi. Reytingning yuqori o‘nligiga Jennifer Lourens, Riz Uizerspun, Keyt Blanshett, Gal Gadot, Juliya Roberts, Mila Kunis va Melissa Makkartni ham kirdi. Umumiy hisobda 10 nafar eng ko‘p daromad oluvchi aktrisalar 186 million dollar (soliqlar chiqarilib tashlanishidan oldingi miqdor) ishlab olgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 16 foizga ko‘p demakdir.
99
912
Madaniyat
Rossiya Gosfilmofond arxivida saqlanayotgan o`zbek kinotasmalarini qaytaradimi?
RF madaniyat vazirligida Rossiya madaniyat vazirining o`rinbosari Pavel Stepanovning “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Mazkur uchrashuvda o`zbek va rus kinematografiyasi arboblari ishtirok etdi. Muloqot chog`ida “O`zbekkino” milliy agentligi rahbari Rossiyaning Gosfilmofondida saqlanayotgan O`zbekiston tarixiga oid kinomateriallar haqida so`z ochdi. “O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev O`zbekiston kinosanoatini faqat badiiy filmlar emas, hujjatli filmlar ham yaratish bilan ravnaq toptirish zarur deb hisoblaydi. Afsuski, O`zbekistonda tarixiy lavhalar aks etgan filmlar arxivi u qadar katta emas. Ko`pgina materiallar Rossiyada saqlanadi va biz uchun O`zbekistonga o`z kinematografiya merosini qaytarish juda muhim”, – dedi “O`zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov. Pavel Stepanov esa Rossiya madaniyat vazirligi bu materiallarni O`zbekistonga berish masalasini ko`rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Ammo ularning ko`pchiligi qayta tiklashga muhtoj deya ta`kidladi. Arxiv materiallarini qayta tiklash uchun hozirda “Gosfilmofond” faoliyat olib bormoqda, barcha ta`mirtalab materiallarga ishlov berish uchun besh yillik dastur ishlab chiilmoqda. Bu ishlar faqatgina ta`mirlashni emas arxiv materiallarini raqamlashni ham ko`zda tutadi. “Bu faoliyatda ularning sifatini yo`qotmasdan iloji boricha dastlabki tasvirlarni saqlagan holda olib boriladi”, dedi Rossiya madaniyat vaziri o`rinbosari. Uchrashuvda shuningdek O`zbekiston va Rossiya Federasiyasi o`rtasida kinomahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar hamkorlikda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligi haqida hujjatli film yaratishga kelishib olishdi. "Biz ushbu muhim sanaga bag`ishlangan hamkorlikdagi loyihani taklif etamiz. O`zbekistonlik yoshlar ham, rossiyalik yoshlar ham xalqlarimiz buyuk g`alabaga hissa qo`shish uchun nimalarga tayyor bo`lganini va g`alaba qanday qurbonlar evaziga qo`lga kiritilgani haqida bor haqiqatni bilishlari kerak. Men o`ylaymanki, biz juda katta va xayrli ishga qo`l uryapmiz” – dedi Firdavs Abduxoliqov. Madaniyat vazirining o`rinbosari bu taklifni qo`llab-quvvatlar ekan, masala tashkilotning vakolatli organi bo`lgan departament tomonidan ko`rib chiqilajagini bildirdi.
79
2,313
Madaniyat
13 yoshli Sabina Mustayeva “Novaya volna” xalqaro tanlovining sovrindoriga aylandi
“Bolalar Yangi to‘lqini” (“Детская Новая волна”) ommabop musiqa yosh ijrochilarining xalqaro tanlovida 13 yoshli o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda Olam.uz xabar beradi. Toshkentda tug‘ilib o‘sgan Sabina Mustayeva – “Iqtidorli bolalar” tanlovining Gran-pri sohibasi (Toshkent, 2011). Bundan tashqari, u “Yulduzli Qrim” (“Звездный Крым”) xalqaro tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan (Livadiya, 2012). Estrada va akedemik ijrochilik respublika tanlovi laureati, Toshkentdagi musiqa maktablari o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” tanlovida Gran-priga sazovor bo‘lgan. Joriy yilda “Bolalar Yangi to‘lqini” tanlovining hakamlari tarkibiga taniqli kompozitorlar Igor Krutoy, Konstantin Meladze, italiyalik xonanda Alessandro Safina, Ukraina xalq artisti Ani Lorak, “Yangi to‘lqin-2009” g‘olibasi, ukrainalik jaz xonandasi Jamala kiritildi. Shuningdek, Rossiyaning mashhur yulduzlari – Vera Brejneva, Sergey Lazarev, Irina Dubsova, Yuliya Savicheva ham hay’at a’zolari sifatida ishtirok etdi. Tanlovning final bosqichi 18—20-avgust kunlari “Artek” xalqaro oromgohida o‘tkazilib, unda dunyoning 11 mamlakatidan 16 nafar ishtirokchi qatnashdi. Paulina Skrabite (Litva) va Diana Xitarova (Rossiya) ikkinchi o‘rinni egalladi. Jastin Biberning “Baby” nomli qo‘shig‘ini ijro etgan 12 yoshli Sofiya Tarasova (Ukraina) esa birinchi o‘ringa loyiq deb topildi.
82
1,404
Madaniyat
Sardor Milanoning AQShga sayohati suratlarda (foto)
“Rossiya-1” telekanalining “Glavnaya ssena” musiqiy tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik Sardor Milano joriy yilning iyulida AQShga safar qildi, deya xabar bermoqda My Day. Sayohati davomida xonanda ham ishladi, ham dam oldi. Sardor AQShning Orlando, Mayami, Sent-Pitersberg va Nyu-York shaharlarida bo‘ldi. Quyida qo‘shiqchining ushbu shaharlarda olingan suratlari bilan tanishishingiz mumkin: Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga tonggi efirda intervyu bergani, Mayami choyxonasida chiqish qilgani xabar berilgan edi.
51
555
Madaniyat
Yilning eng yomon aktyor va aktrisalariga topshiriluvchi “Oltin malina” mukofoti sohiblari aniqlandi
22-fevral kuni “Oskar” mukofotini topshirish marosimi arafasida AQShning Los Anjeles shahrida yilning eng yomon aktyor va aktrisalariga topshiriluvchi “Oltin malina” antimukoti sohiblari aniqlandi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Unga ko‘ra, Kemeron Dias “Boshqacha ayol” va “Uy videosi” filmlaridagi rollari uchun yilning eng yomon aktrisasi deb topildi. “Ninza toshbaqalari” filmi qahramoni Megan Foks esa ikkinchi plandagi eng yomon aktrisa deb topildi. Eng yomon aktyor deb Kirk Kemeron topildi. Uning ishtirokidagi “Rojdestvoni qutqarish” filmi “Eng yomon ssenariy”, “Eng yomon ekran juftligi” va “Eng yomon film” yo‘nalishlarida antimukofotni qo‘lga kiritdi. Ben Afflek esa “Oqlanish” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
100
731
Madaniyat
Adelya Alibekova: Amira taxallusi va qo‘shiqlarimni o‘zimga qoldirishga va’da berib, fikrni o‘zgartirishdi
Qo‘shiqchi Amira Alibekova Najot Agzamov rahbarligidagi “Maestro” prodyuserlik markazi bilan shartnomasi yakuniga yetgach, o‘tgan vaqt davomida kuylagan qo‘shiqlari va Amira taxallusisiz qolib ketgandi. “Sayyod.com” bu haqda asl ismi Adelya bo‘lgan va Amira bo‘lib tanilgan qizning o‘zidan fikr oldi. “Najot Agzamov taxallusim va repertuarimdagi qo‘shiqlardan foydalanish huquqini menda qoldirishga va’da bergandi. Hatto, 16-noyabr kuni huquqshunosim bilan kelishim kerak bo‘lgan uchrashuvni ham tayinlagandi”, — deb gap boshladi Adelya Alibekova. “Biroq bir kun avval u o‘z fikrini o‘zgartirganini ma’lum qilib, uchrashuvni bekor qildi. Vaholanki, 2011-yil direktor Behruz G‘oipov guvohligida, 5 yillik shartnoma tuzishdan oldin qo‘shiqlarim va taxallusimni o‘zimda qoldirishga va’da bergandi. Men esa kechagi kunga qadar ijro etgan qo‘shiqlarim sizlar bilan qolishiga ishongandim”. “Nima ham deya olaman, bu uning huquqi. U nom va qo‘shiqlarnigina olishi mumkin, qolgani esa Allohdan”, — dedi Adelya. “Amira loyihasi yopilgandir. Biroq bu Adelya Alibekova yo‘q bo‘lganini bildirmaydi. U ishlaydi, harakatda davom etadi. Qolganini esa vaqt joy-joyiga qo‘yadi. Yaqin orada muxlislarimni yangi qo‘shiq va kliplar bilan xursand qilishga harakat qilaman”, — deb fikrini yakunlagan Xonanda. Ma’lumot uchun, Adelyaga qo‘shilib Esmeralda Rahmatova ham Tamila taxallusidan ayrilgan. Prodyuserlik markazi faqatgina Yagonaning taxallusini qo‘shiqchining o‘zida qoldirgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
106
1,620
Madaniyat
Sevimli filmlarni tasvirga olish jarayonidan qiziqarli suratlar
Aksariyat muxlislar sevib tomosha qiladigan film va seriallari qanday suratga olingani haqida ma’lumotga ega bo‘lishni istaydi. Bu haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun esa suratga olish maydonchasida muhrlangan kadrlarni tomosha qilishning o‘zi kifoya. AdMe mashhur loyihalar qanday yaratilgani haqida tushuncha paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladigan fotolarni e’tiboringizga havola qiladi. Naomi Uotts “King-Kong”(2005)ni suratga olish jarayonida. Tom Xenks ishtirokidagi 2000-yilda suratga olingan “Odamlardan yiroqda” (Cast Away) filmi. Jonni Depp va Tim Byorton ishtirok etgan “Qaychiqo‘l Edvard” (Edward scissorhands) filmini suratga olish jarayoni. Mett Deymon “Mars tutquni” (The Martian) filmini suratga olish maydonchasida. Kventin Tarantino va Kristof Vals “Ozod Jango” (Django Unchained)ni suratga olish maydonchasida. Silvestr Stallone “Rokki-4” (1985) filmini suratga olish maydonchasida. Rejissor Stiven Spilberg “O‘zga sayyoralik” (E.T. the Extra-Terrestrial) filmini suratga olish maydonchasida. Stiven Spilberg “Sun’iy intellekt”(Artificial Intelligence: AI2) filmini suratga olish maydonchasida. “Telba Maks: G‘azab yo‘li” (Mad Max: Fury road) filmini suratga olish ishlari davom etmoqda. Aktrisa Alisiya Vikander “Tomb Raider: Lara Kroft” (2018) filmini suratga olish maydonchasida. “Yulduzlar jangi: Yangi umid” (Star Wars: Episode IV – A new hope) filmini suratga olish maydonchasida. “Uddalab bo‘lmas topshiriq” (Mission: Impossible — Rogue nation)ni suratga olish maydonchasida tryuk bajarayotgan Tom Kruz. 2008-yilda suratga olingan “Yana bir Boleyn avlodi” (The other Boleyn girl) filmini suratga olish jarayonida pardoz qilinayotgan Skarlett Yoxansson. “Garri Potter va ajal tuhfasi: Ikkinchi qism” (Harry Potter and the Deathly Hallows — Part 2) filmini suratga olish jarayoni. Rejissor Kris Kolambus va Robin Uilyams “Dautfayr xonim” (Mrs. Doubtfire) komediyasini suratga olish maydonchasida. “Qora ritsar” (The dark knight)ni suratga olish maydonchasidagi Kristian Beyl. “Temir odam”(Iron man) filmidagi mashhur sahnaning suratga olinishi.
63
2,080
Madaniyat
“Men tanlagan joyda hali hech qaysi xonanda konsert bermagan”. Adham Soliyev tog‘ yonbag‘rida konsert beradi
O‘zining noodatiy musiqa yo‘nalishiga ega, xalq tilidan, xalqchil so‘zlar bilan hayotiy mavzularda ijod qilishi bilan e’tiborni tortgan xonanda, Nihol mukofoti sovrindori Adham Soliyev hech bir xonanda konsert bermagan joyda konsert berish haqidagi rejasi bilan bo‘lishdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “So‘nggi paytlarda Adham Soliyev ko‘rinmay qoldi, degan gaplarga umuman qo‘shilmayman. Chunki ijodim avvalgidan-da faollashgan, faqat izlanishda va ijoddamiz. Bu mehnatlarimizni har kuni muxlislarga TV orqali taqdim etish uchun mablag‘im yetmay qoladi ba’zida. Chunki bugun televideniyedagi aksariyat teledasturlar, yangi qo‘shiqlar premyerasi to‘lov-shartnoma asosida. Har biriga to‘lov to‘lab, reklamaga pul sarflashga to‘g‘ri kelyapti. Lekin bu fikrim bilan teleradiokanallarni qoralashdan juda yiroqman. Hamma o‘zining ishi, vazifasi bilan band. Xizmatlar pullik degani bilan ayrim musiqiy teleradiokanallar muxlislar talabidan kelib chiqib ijod mahsullarimni berib turishibdi. ‘Adham ko‘rinmay qoldi’ deyayotgan muxlislarim uchun maxsus konsert dasturimizni tashkillashtirish rejalashtirilgan. Rejissor Sa’dulla Abdullayev bilan hamkorlikda shu yili yakkaxon dastur bo‘ladi. Ammo bu doimgidek ‘Istiqlol’ san’at saroyida emas. Ishonch bilan aytamanki, 2017-yilda beriladigan konsert dasturim uchun tanlangan joyda hali hech qaysi xonanda konsert bermagan. Tog‘ yonbag‘ridagi bu uchrashuv ko‘plarning yodida uzoq vaqt saqlanib qolishiga ishonaman”, — deydi xonanda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
108
1,654
Madaniyat
“Ivanushki International” guruhining sobiq solisti Oleg Yakovlevning otasi o‘zbek bo‘lgan
“Ivanushki International” guruhining sobiq solisti Oleg Yakovlev 29-iyun tongida olamdan o‘tgani haqida xabar berilgandi. Oleg 1969-yilda ota-onasining xizmat safari vaqtida, Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda tug‘ilgan. Birinchi sinfni yakunlagach SSSRga qaytgan. 1998-yilda Igor Sorin “Ivanushki International” guruhini tark etgach, u guruhning to‘laqonli solistiga aylangan. 2013-yil esa yakkaxon ijodga o‘tgan. Onasi rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, buryat (Budda diniga e’tiqod qilgan). Otasi esa — o‘zbek, musulmon. Oleg esa pravoslav bo‘lgan. Qo‘shiqchi 29-iyun kuni olamdan o‘tdi, uning prodyuseri Oleg bilan vidolashuv marosimining sanasi hozircha aniq emasligini, agar aniq bo‘lsa xabar berishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “dafn emas, krematsiya bo‘ladi”.
89
774
Madaniyat
“Deyarli barcha baxtsizlikka mahkum etildi”. 5-sentabr – SSSRda taqiqlangan “Doktor Jivago” romani ilk bor nashrdan chiqqan kun
Boris Posternakning “Doktor Jivago” romani ancha muhokamalarni keltirib chiqargan, yozuvchining hayotiga sezilarli ta’sir o‘tkazgan, Nobel mukofotini olishiga va undan kechishga ham sabab bo‘lgan asari hisoblanadi. Bugun, 5-sentabr ushbu mashhur roman ilk marta nashr etilgan kun hisoblanadi. “Daryo” sana munosabati bilan dunyoning siyosiy va adabiy manzarasiga ta’sir qilgan asar tarixi haqida so‘z yuritadi. Pasternak nafaqat rus adabiyotining betakror shoiri bo‘lgan, balki u ijodiy umri davomida nasriy asarlar yaratish yo‘lida ham ancha mehnat qilgan. Urushdan keyingi yillarda u “Doktor Jivago” (1957-yil, Milanda tugallangan) romanini yozib tugatdi hamda unda shaxsiy va ijtimoiy hayot orasida arosatda qolgan Sergey Sikorskiyga qondosh rus ziyolisining obrazini yaratdi. Romanda sovet davri yozuvchilari orasida birinchi bo‘lib inqilob g‘oyasi rad etildi va jamiyatni ijtimoiy jihatdan qayta qurish mumkinligiga shubhalar ochiqlandi. Shunday qilib, asar Pasternakning totalitar tuzum tomonidan tazyiq ostiga olinishiga sabab bo‘ldi. Pasternak roman g‘oyasini uzoq vaqt davomida o‘ylab yurgan, unga puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Asar 1903–1929-yillardagi voqealarni tasvirlab o‘tadi. 1946-yilning fevralida romanning ilk sahifalari qoralana boshlandi. Avgust oyida asarning birinchi bobi tayyor bo‘lgan edi. “Doktor Jivago” “mafkuraviy jihatdan begona” mualliflarga qarshi kurashning boshlanishiga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, Pasternak romanni davom ettiraverdi. Moddiy qiyinchiliklar esa yildan yilga roman tugallanishiga ta’sir qila boshladi. 1948-yilning yozida romanning to‘rtinchi qismi tugallandi. Muallif shu yili asarga “Doktor Jivago” deb nom berdi. Yettinchi bobni tugallash 1952-yilning bahorigacha davom etdi. 1957-yil 5-sentabrda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi “Doktor Jivago” romanini Italiyada rus tilida nashr ettirdi. Qizig‘i, roman qo‘lyozmasi okean ortiga qanday yetib borgani hozirgacha sir bo‘lib qolmoqda. Lekin muallifning bu ishga roziligi bo‘lgani aniqdek. Asar nusxalari bu orada sobiq Sho‘ro hukumatining qo‘liga kelib tushdi. Albatta, romanga qiziqish ortdi, har bir bob o‘rganib chiqilishi kerakligi haqida topshiriq berildi. Shunday qilib, Pasternakning ushbu romani sotsializm mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilgan asar sifatida baholandi. Roman Sho‘ro tuzimini qattiq tanqidga olgani tufayli Sovet Ittifoqida 1988-yilgacha chop etilmagan. Aynan shu sababdan MRB SSSR aholisiga bu kitobni tarqatishga kirishdi. Hammasi shundan keyin boshlandi. Pasternakka ijtimoiy hujum boshlandi. 1958 yil 23-oktabr kuni esa u Nobel mukofotini topshirish uchun taklifnoma haqida telegramma oldi. Ushbu asari uchun Nobel mukofotining berilishi Pasternak va hukumat o‘rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirdi. Komsomollar rahbari Semichasniy Moskvadagi yig‘inda “mayli, Boris Pasternak xohlasa Nobel mukofotini borib olsin, lekin vatanimizga qaytishni o‘ylamasin”, degani ko‘rsatiladi manbalarda. Boris Pasternak albatta bunga rozi bo‘lmadi. Ijodkor o‘z jasoratini namoyon qildi va “Rossiyadan ketish men uchun o‘lim bilan barobar”, deya mukofotdan voz kechdi. Shu voqealardan so‘ng Pasternakka qaratilgan hujumlar birmuncha pasaya boshladi. Asar 17 qismdan iborat. Mutolaa jarayonida romandagi bosh qahramon va muallif beixtiyor o‘z o‘quvchisiga turli sinflarga mansub odamlarning Oktabr to‘ntarishi yillaridagi qiyinchilikda kechgan hayotini tasvirlab bera boshlaydi. Qahramonlardan birining: “inqilob insoniyatning yarmi ustida o‘tkazilgan o‘yin bo‘lib, u boyning ham, qashshoqning ham hayotini bo‘rondek supurib ketdi, deyarli barcha baxtsizlikka mahkum etildi”, degan so‘zlari bevosita turmushning o‘zidan ko‘chirilgandek taassurot uyg‘otadi. Doktor Jivago – bosh qahramonning ismi. Pasternak ism tanlashda hamisha diqqatli edi. Birinchisi Patrisian Jivult edi. Jivago familiyasi esa ko‘pincha Masihning qiyofasi bilan bog‘liq deb qaraladi. Shuning uchun ham Pasternak Jivago ismiga to‘xtalgan deb tahlil qilinadi. Doktor Jivago 1903-yilda onasidan ayrilib, amakisi qaramog‘ida qoladi. U o‘qiydi, ulg‘ayadi va bolaligidan beri tanish bo‘lgan qizga uylanadi, sevimli ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Va she’riyatga qiziqishi uyg‘onadi – she’r yoza boshlaydi. Va to‘satdan  odatiy hayotida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi... Doktor Jivagoga jamiyatda sodir bo‘layotgan ko‘p narsalar bora-bora bema’ni va keraksiz bo‘lib ko‘rinadi. U hokimiyatning bolsheviklarga qanday o‘tishiga guvoh bo‘ladi. Dastlab, uning fikriga ko‘ra, inqilob – “ajoyib jarrohlik” bo‘lib, u hayotni ifodalar edi. Ammo qahramonda bariga nisbatan ishonchsizlik kuchaya boradi. U ochiq norozilik bildirmaydi, lekin shartsiz yangi hukumatni qabul ham qila olmaydi. Asardagi aynan shu narsa muallifning hayotiga tahdid soladi. Akademik D.S. Lixachyov “Doktor Jivago” romani avtobiografik roman ekaniga ishongan. Pasternak o‘zi haqida yozadi. Bosh qahramonning lirik ovozi, uning falsafasi Pasternakning ovozi va e’tiqodidan ajralib turishi turgan gap. Ajablanarlisi shundaki, muallifning haqiqiy hayotiga mos keladigan tashqi faktlar qahramonda deyarli yo‘q. Tadqiqotchi  ushbu romanni “o‘ziga xos avtobiografiya”, “davrning tarjimayi holi” deb tasniflaganida esa biz Pasternakning ruhiy avtobiografiyasini tushunishimiz mumkin. Roman, bir so‘z bilan aytganda, qahramonlarning inqilobga bo‘lgan munosabati, mamlakat tarixidagi muhim voqealarning esa ularning taqdiriga ta’siri haqida hikoya qiladi. “Doktor Jivago” romani dunyo bo‘ylab million nusxalarda sotildi va 1965-yilda shu nomdagi badiiy film Oskar mukofotiga munosib topildi. Biroq Sovet Ittifoqida faqat Mixail Gorbachyov boshlagan Qayta qurish yillarida 1988-yili chop etilgan edi. Shuni ham aytish kerakki, “Doktor Jivago” romani nashrdan chiqqanidan uch yil o‘tmay SSSR parchalanib ketdi. Qahramon doktor Jivago insonni o‘limdan saqlab qoluvchi, ezgulik uchun kurashuvchi inson sifatida namoyon bo‘ladi. Romanda kurashishga tayyor har qanday inson harakati qon to‘kilishiga olib keladigan har qanday inqilobdan ustun ekani tasvirlanadi. Oktyabr inqilobiga yillar o‘tgan bo‘lsa-da, asarni o‘qigach tag‘in insoniyat kechib o‘tgan yana bir mash‘um o‘tmishga duch kelamiz, tarixdan esa to‘g‘ri xulosa chiqarish darsini olamiz. Zulxumor Orifjonova tayyorladi. Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
127
6,273
Madaniyat
AC/DS rok-guruhi asoschilaridan biri Jorj Yang 70 yoshida vafot etdi
Shotlandiyada tug‘ilib-o‘sgan avstraliyalik sozanda Jorj Yang 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda 23-oktabr, dushanba kuni AC/DS rok-guruhining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.  “Yurakda dard bilan sevimli akamiz va ustozimiz Jorj Yangning vafoti haqida ma’lum qilamiz. Uning yordami va rahbarligisiz hech qanday AC/DC bo‘lmasdi”, — deyiladi xabarda.  Jorj AC/DC asoschilari Malkolm va Angus Yanglarning akasi bo‘lib, guruh prodyuserlaridan biri hisoblanardi. Shuningdek, Avstraliyaning The Easybeats rok-guruhida gitara chalar va qo‘shiqlar matnini yozardi.  Yanglar Shotlandiyada tug‘ilib-o‘sgan va 1963-yilda Avstraliyaga ko‘chib o‘tgandi. 1964-yilda Jorj The Easybeats guruhiga, 10 yildan so‘ng esa Malkolm va Angus AC/DS guruhiga asos soldi.
68
750
Madaniyat
Xorij kompaniyalari o‘zbek filmlari va seriallarini o‘z platformalariga joylashtiradi
“O‘zbektelekom” AK Rossiyaning Ivi onlayn-kinoteatri bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi. Mazkur brend Warner Brothers, Paramount Pictures, Fox, Sony Pictures, NBC Universal, Disney, BBC, “Mosfilm”, “Bazelevs”, “Sentral Partnership” va boshqa shu kabi yirik ishlab chiqaruvchilar kontentidan foydalanish imkoniyatini taqdim etib kelayapti. “Biz Rossiya bozori yetakchisi — Ivi va yana bir necha xorij kompaniyasi bilan muzokaralar olib borayapmiz. Yaqin oylar ichida, ko‘pi bilan yarim yilda, nafaqat internet va IPTV’dan foydalanish, balki chet ellik yetkazib beruvchilar kontentiga pullik obuna bo‘lish imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy tarif rejalarini ishga tushirishni mo‘ljallab turibmiz”, — deydi “O‘zbektelekom”ning marketing va tijorat ishlari bo‘yicha direktori Yevgeniy Vishnevskiy. Uning so‘zlariga qaraganda, xorij kontent yetkazib beruvchilari nafaqat O‘zbekiston bozoriga o‘z mahsulotlari bilan kirish, balki bu yerda mustahkam joy olishni ham maqsad qilgan. Jumladan, ular Rossiya va G‘arbda mashhur bo‘lgan kontentni o‘zbek tiliga ham o‘girishni rejalashtirgan. “Bundan tashqari, chet el kompaniyalari mahalliy kino ishlab chiqaruvchilar va studiyalar bilan o‘zbek filmlari va seriallarini o‘z platformalariga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan”, — deydi Vishnevskiy. Eslatib o‘tamiz, “O‘zbektelekom” AK mamlakatda 7 yildan beri abonentlarga turli interaktiv servis xizmatlaridan foydalanish imkonini beradigan yangi avlod televideniyesi — IPTV’ni joriy etib kelmoqda.
85
1,593
Madaniyat
O‘zbekistonda milliy raqsni rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan milliy raqsni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Madaniyat vazirligi ushbu dasturni tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqishi lozim. Dasturni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad — “o‘zbek raqsining boy tarixiy an’analarini qayta tiklash va asrab-avaylashdir”. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
75
498
Madaniyat
Fotogalereya: Beyonce 36 yoshni qarshi oldi
Beyonce 1990-yillarning oxirida R&B usulidagi Destiny’s Child guruhi tarkibida mashhurlikka erishgan. 1997-yilda Destiny’s Child Columbia Records bilan Men in Black filmi uchun saundtrek yozish bo‘yicha shartnoma imzolagan va o‘zining birinchi albomini chiqargan: guruh to‘rt yil davomida ijod qilgan va odamlar xotirasida nafaqat musiqalari bilan, balki uning a’zolari o‘rtasidagi sud mojarolari bilan ham yodda qolgan, deb xabar berdi “Gazeta.ru”. Shundan so‘ng Beyonce yakkaxon ijodga o‘tib ketgan. Hozirda uning oltita studiya albomi mavjud, bitta marosimda oltita “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlanib rekord o‘rnatgan (2010-yilda I Am… Sasha Fierce qo‘shig‘i chiqqan). 2017-yilda esa Billboard’s reytingida eng yuqori maosh oladigan musiqachilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagan. Shuningdek, Beyonce kinoda ham suratga tushadi. Qo‘shiqchi turmush o‘rtog‘i Jay-Z bilan birgalikda ikkinchi bor farzandli bo‘ldi: bu safar u egiz farzandni dunyoga keltirdi. 4-sentabr kuni Beyonce o‘zining 36 yoshini qarshi oldi.
43
1,018
Madaniyat
Kutilmaganda bir-biriga qarindosh ekanligi ma’lum bo‘lgan taniqli shaxslar (foto)
Bu mashhurlarning tashqi ko‘rinishiga qarab o‘xshashlikni topib bo‘lmaydi. U holda ularni nima bog‘laydi? Bred Pitt va Barak Obama Gollivud aktyori Obamani prezident saylovlarida qo‘llab-quvvatlagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ularni do‘stlikdan tashqari boshqa narsa ham bog‘laydi. Aktyor va sobiq prezident qarindosh. Ularning ajdodi Edvin Xikman XVIII asrda yashab o‘tgan. U plantator egasi bo‘lgan va ikki nafar o‘g‘lining birinchisi Pittning, ikkinchisi esa Obamaning nasabi hisoblanadi. Keyt Middlton va opa-singil Dakota va El Fanning Tarixchilarning ta’kidlashicha, mashhurlar XIV asrda umumiy qirollik ajdodiga ega bo‘lgan. Ularning katta bobosi Angliya hukmdori Eduard III. Monarx mamlakatni 1327–1377-yillarda boshqargan. Aktrisa opa-singillar ko‘pincha  “g‘oyib bo‘lgan malikalar” deb ataladi. Ammo Keyt bu borada o‘z o‘rnini topgan. Jastin Biber va Avril Lavin Kanadalik pop musiqachining o‘zi Avril bilan qarindoshligini e’lon qilgan. Jastinning o‘zi olib borgan izlanishlarga ko‘ra, Avril uning o‘n ikkinchi amakivachchasi bo‘lib chiqqan. U o‘z qarindoshidan faxrlanadi. Bu borada u “Hayotimdagi eng yaxshi kun”, − deb yozgan. Qirolicha Yelizavetta II va Hillari Dav Hillari Buyuk Britaniya hukmdorining o‘n sakkizinchi avlod jiyani hisoblanadi. Ularning umumiy ajdodi XV asrda mamlakatni boshqargan ingliz monarxi Richard III. Hillari nasabiga qaramay, o‘zini juda kamtar tutadi. Madonna va Gven Stefani Ikki yulduz ham italyan ildizlarga ega. Ularning sariq sochlari va g‘ayrioddiy harakatlaridan tashqari, juda ko‘p o‘xshashliklari bor. “Biz chindan ham qarindoshmiz”, − deydi Madonna. Stefani ham hamisha Madonnaning ijodini kuzatib boradi.
81
1,664
Madaniyat
Vatanparvar kinomuxlis
“Daryo” kolumnisti Abdulazizxon Akramov navbatdagi maqolasida filmlarga o‘zgacha yondashishga harakat qilib ko‘radi. Filmlarni yoshlikda va ulg‘ayganda boshqacha qabul qilarkansan. Bolalikda kino bir ermak bo‘lsa, ulg‘ayganda undan chuqurroq ma’no qidira boshlarkansan. Shundan kelib chiqib, o‘zim yaxshi ko‘radigan bir-ikki kino haqida ba’zi fikrlarimni o‘rtoqlashsam. “Zorro” Bu kinoni ilgari ko‘rsam, boshqacha ruhlanib ketardim. Yangi versiyada ham Antonio Banderas Zorro rolini ajoyib ijro etadi. Ilgari bu kinoni ko‘rsam, faqat uning qilichbozligi-yu chaqqonligi, ot minishi, raqslari va hech narsadan tap tortmasligi yoqardi. Endi bu kinoni ko‘rsam faqat bir narsa xayolimga keladi. Ezilgan xalq doimo shunday qahramonlar bilan o‘z dardi, orzu-armonlari ushalishini ko‘radi. Uning qiyofasi va imkoniyatlari orqali o‘zida yo‘q jasoratlarni unda topadi. Uni olqishlaydi, e’zozlaydi,sevadi. Muttasil va ketma-ket nohaqliklari, huquqlari poymol bo‘layotgan xalq hattoki jinoyatchi qiyofasidagi qahramonni sevadi. Garchi bosh qahramonni qasos alangasi ilhomlantirsa-da, o‘sha davrdagi amerikalik amaldorlari, birovning mehnati evaziga insofsizlarcha boyiyotgan va xalqni qul qilib ishlatayotganlarga qarshi kurashishi u xalq orasida najotkor sifatida tanilishiga sababchi bo‘ladi. Niqob kiyib olgan epchil qilichboz har xil afsonaviy xususiyatga ega sun’iy qahramonlarga o‘xshamaydi. U ham oddiy odam — sevadi, azob chekadi, yig‘laydi. Shu tufayli xalqqa yaqinroq turadi. Endi bu kinoni ko‘rsam asta-sekin o‘zim va yaqin atrofimdagilar qarshi kurasha olmayotgan korrupsiya, xalqni ezadigan har turli o‘lpon, qarorlar, monopoliya va boshqalar narsalarga qarshi shunday bir qahramon bo‘lishini orzu qila boshladim. Ammo u kinodagi qahramon bo‘lib qolaveradi. “Temir xotin” Avvallari uni komediya janrida olingan kino deb o‘ylar edim. Ammo ulg‘aygach, tushundimki bu tragikomediya ekan. O‘zbek kinematografi kamdan-kam yaxshi kino yaratadi, ayniqsa hozir. Menimcha, bu kinoning asosiy yutug‘i uning kuchli asarga tayanib yozilgan ssenariysidir. Sharof Boshbekovning shu nomli pyesasi asosida yozilgan ssenariy o‘zbekona soddalik bilan birga ajoyib bir falsafani ilgari suradi. Bosh qahramon — traktorchi Qo‘chqor. Aksariyat o‘zbekning tipik xarakteri bor erkak. Sodda, biroz dovdirroq. Ammo hukumatni qattiq hurmat qiladigan, paxta uchun umrini sarf qilishdan toymaydigan qahramon. Alomatxon — professor Olim tomonidan yaratilgan sinov roboti. U inson bo‘lishga tirishadi. Qo‘chqor esa undan tinmay insonlikni talab qiladi. Asar falsafasini men quyidagicha uqqanman. Mana shunday og‘ir davrda, tinimsiz mehnat, adolatsizlik, xo‘rlikka hatto temir robot ham chiday olmaydi. Yana bu yerda o‘zbekning paxtaga bog‘liq achchiq fojiasi ham juda chiroyli ochib berilgan. Kinodagi kulminatsion nuqta — Qo‘chqorning yig‘lashi. Biz ham Qo‘chqorga o‘xshab ichimizga juda ko‘p narsalarni yutamiz. Biz ham yig‘lolmaymiz, faqat zaharxanda bor. O‘zbeklik degan o‘lcham nahotki aynan yuvoshlik, har narsaga ko‘nish va soddalik bilan ifoda etilsa? Hali O‘zbekistonda Qo‘chqorlar juda ko‘p. “Zamonlar osha” Fransuz kinoijodkorlari tomonidan ishlangan komediya juda ajoyib chiqqan. Qayta-qayta ko‘rsa ham zerikmaydi odam. Bosh rolni Jan Reno o‘ynagan. Yuqoridagi kinolardan farqli o‘laroq, bunda unchalik chuqur falsafa yo‘q. Faqat qahramonlarning sehr yordamida turli davrlarga tushib qolishi tufayli kulgili holatga tushib qolishi tasvirlangan. Men bu kinoni ko‘ra turib ko‘pincha bir narsani o‘ylayman. Shunday sehrgarlar bo‘lganda va menda ham zamondan zamonga o‘tish imkoniyati bo‘lsa, qaysi zamonga o‘tib yashashni istar edim? Qachon xalqim o‘ziga to‘q, ozod, qonunlar amalda va farovon yashagan? Amir Temur davridami? Bir-biriga qarshi tish qayragan xonliklar davridami? Yoki bizni istilo qilgan Rossiya davridami? Yoki mustaqillikning 25 yillik ilk davridami? O‘ylanib qolaman. Menimcha, sehrgar bo‘lsa ham, qaysi davrga o‘tishni bilmay qolar edim. O‘zbek qachon farovon va baxtli yashagan davrni bilsangiz, balki menga maslahat berarsiz? Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
22
4,092
Madaniyat
Pugachyova “bahor bayrami”da hammani hayratda qoldirdi
Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova turmush o‘rtog‘i va do‘stlari davrasida o‘zining an’anaviy “bahor bayrami”ni o‘tkazdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Tadbirda tushilgan surat va videolar Instagram tarmog‘ida joylangan. Videoda Pugachyova tadbir uchun oq-qora hoshiyali uzun ko‘ylak tanlagani, obrazni to‘ldirish uchun sochiga katta qora bant taqqani aks etgan. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
54
489
Madaniyat
Gulsanam Mamazoitova va Botir Qodirov AQShda bir kun konsert beradi
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova va Botir Qodirov AQShning Nyu-York shtati Bruklin shahrida jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda Gulsanam Mamazoitovaning shaxsiy veb saytida ma’lum qilindi. “Ikki qalbdan minglab qalblarga!” deb nomlangan konsert faqat bir kun, 18-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 19:00 da bo‘lib o‘tadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
67
525
Madaniyat
Deyarli 100 kilogramm bo‘lgan Beyonse qanday ozganini oshkor qildi
Amerikalik qo‘shiqchi Beyonse egizaklari tug‘ilganidan so‘ng qanday ozganini ma’lum qildi. U ozish haqidagi videoni o‘zining Youtube’dagi sahifasiga joyladi. Avvalroq Beyonse tug‘ruqdan so‘ng qariyb 100 kilogrammga semirib ketganini aytgan edi. Videolavhaning boshida u yana taroziga chiqqan va vazni qariyb 80 kilogrammligini ko‘rgan. “Hali uzoq ishlashim kerak ekan”,—deydi va Coachella festivaliga qadar qomatini tartibga keltirmoqchi ekanligini aytgan. Shuningdek, farzandlari tug‘ilgach, uning tanasi huddi o‘ziga tegishli emasdek sezganini aytib o‘tgan. Videoda Beyonsening do‘sti — fiziolog va sport murabbiyi Marko Borxes o‘ylab topgan 22 Days Nutrition (22 kunlik ovqatlanish) dasturi ham tilga olingan. Qo‘shiqchi 44 kun davomida ko‘proq o‘simlik mahsulotlarini iste’mol qilish va go‘shtdan butunlay voz kechish nazarda tutilgan ushbu dasturdagi parhezga amal qilgan. Bundan tashqari, u faol ravishda sport bilan shug‘ullangan o‘z mashg‘ulotlariga krossfit va tortishish mashqlarini ham kiritgan. Borxesning so‘zlariga ko‘ra, bunday ovqatlanish tartibi qo‘shiqchiga quvvat va yaxshi kayfiyat bag‘ishlagan, shuningdek, Coachella festivaliga qadar ozishga yordam bergan.
66
1,179
Madaniyat
Qirolicha Yelizaveta II Britaniyada 60 yildan buyon suratga olinayotgan serial maydonchasiga tashrif buyurdi (foto)
Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshli Yelizaveta II Manchesterga borib, efirga uzatilayotganiga 60 yildan oshgan “Toj kiydirish ko‘chasi” serialining suratga olish maydonchasi va studiya kompleksiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi Hello nashri. Qirolicha va uning marhum turmush o‘rtog‘i Filipp serialni birinchi qismidan boshlab tomosha qilib kelgan. Serial yaratuvchilari, aktyorlar va butun suratga olish guruhi Yelizaveta II ni qizil yo‘lakchada tantanali kutib oldi. Qirolicha ommaga Angela Kelly brendining feruza rangli palto va shlyapasida ko‘rinish bergan. Taqinchoqlari orasidan gulsimon ko‘rinishdagi yoqut va brilliantli zirak va to‘g‘nag‘ich hamda marvaridli marjonini ko‘rish mumkin. Yelizaveta II suratga olish maydonchasi bo‘ylab aylangan, serialda tasvirga tushgan Rovers Return qovoqxonasiga kirgan, shou aktyorlari bilan suhbatlashgan. “Toj kiydirish ko‘chasi” seriali ilk bor 1960-yilning 9-dekabrida efirga uzatilgan bo‘lib, Britaniya akademiyasining BAFTA TV mukofotini olti marotaba qo‘lga kiritgan. Shou o‘ylab topilgan Uezerfild shaharchasida joylashgan ko‘chalarning birida yashovchi oddiy insonlar hayoti haqida hikoya qiladi. Ta’kidlash kerakki, Britaniya qirolichasi mazkur serialning suratga olish maydonchasiga 1982-yilda turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp bilan ham tashrif buyurgan. O‘shanda monaxlarning tashrifi shu qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lganida, u plyonkaga yozib olinib, shouning epizodlaridan biriga aylangan. 2013-yildan buyon serial Manchester shahri yaqinida, Soldordda suratga olinmoqda. Shundan so‘ng, Yelizaveta II Manchester soboriga tashrif buyurgan. Avvalroq Yelizaveta II ning “Katta yettilik” (G7) sammiti doirasida Kornuoll grafligida tortni tantanalarga mo‘ljallangan qilichda kesayotgani videosi tarqalgan edi.  Yelizaveta II qanday sabablar uning taxtdan voz kechishiga olib kelishini aytdi
115
1,856
Madaniyat
Italiyalik afsonaviy aktyor va qo‘shiqchi Adriano Chelentano 80 yoshga to‘ldi
Italiyalik musiqachi, kinoaktyor, estrada xonandasi, bastakor, jamoat arbobi va teleboshlovchi Adriano Chelentano 6-yanvar kuni 80 yoshni qarshiladi, deb xabar beradi Tjournal. Chelentano sahnadagi harakatlari uchun Italiyada Molleggiato — “prujinali” nomini olgan. 6-yanvar kuni Italiyada musiqa, raqs va qo‘shiqlar, vino hamda pishloqlarni ta’tib ko‘rish bilan ommaviy sho‘x muhitda nishonlanadigan Epifaniya bayrami ham o‘tkaziladi.
77
436
Madaniyat
Koronavirusdan davolanayotgan Tojibar Azizovaning sog‘lig‘i borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 16-aprel kuni 58 yoshida vafot etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Mirza Azizovning rafiqasi Tojibar Azizova ham hozirda koronavirusdan davolanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. “Qodirxon” serialida Mirza Azizov bilan birga rol ijro etgan aktrisa Zarnigor G‘aniyeva Tojibar Azizovaning sog‘lig‘i haqidagi turli mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Aktrisa bu haqida You Tube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi. Xonadonlariga bordik. Mirza akaning qizlari bor ekan, juda ham o‘zlariga o‘xsharkanlar. Menga qarab turdilar, ochig‘i xijolat bo‘ldim, chunki ‘Qodirxon’ serialidagi rolimni ko‘rib, balki meni yomon ko‘rib qolgandirlar, deb o‘yladim. Keyin qo‘limga qo‘lmunchoq taqib qo‘ydilar va yaxshi ko‘rgan odamimga munchoq beraman, dedilar. Dadam bilan ‘Qodirxon’ serialida juda yaxshi rol o‘ynagansiz, dedilar. Tojibar opamning sog‘liqlari juda ham yaxshi. Oilada bir insonda koronavirus aniqlansa, hamma kasalxonaga yotqiziladi. Tojibar opaning sog‘lig‘i borasida turli mish-mishlar chiqdi. Sog‘liqlari yaxshi. To‘g‘ri, ular sindi, chunki suyangan tog‘ini yo‘qotdi, ularga hozir juda qiyin, ammo odamlar aytganchalik koronavirusdan ahvoli og‘irlashib qolibdi, degan gaplar yolg‘on. Alloh rahmatiga olsin, ilohim. Oila a’zolariga hamdardlik bildirib qolaman. Zarnigor G‘aniyeva, aktrisa, xonanda
112
1,343
Madaniyat
Firdavs Abduholiqov: Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekfilm”ga tashrifi, efirlarda turk seriallarining kamayishi va “O‘zbekkino”ga nisbatan tanqidlar haqida
O‘zbekiston Prezidenti 20-noyabr kuni “O‘zbekfilm” kinostudiyasining zamonaviy qiyofa kasb etgan yangi binosi va uning faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev kinematografiya vakillari bilan uchrashuvda o‘zbek kinosini yanada rivojlantirishga taalluqli o‘zining bir qator taklif va fikrlarini ham bildirgandi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov o‘zbek kino san’ati uchun tarixiy kun sifatida baholanayotgan mazkur uchrashuvdan so‘ng qanday ishlar amalga oshirilishiga qiziqib, “O‘zbekkino” Milliy agentligi direktori Firdavs Abduholiqovga bir qancha savollar bilan yuzlandi. — Mamlakat rahbarining kino ijodkorlar bilan uchrashuvi hamda soha rivojiga oid takliflari borasida fikrlaringiz qanday? — Prezidentimizning tashrifi “O‘zbekkino” uchun, o‘zbek kino san’ati uchun oltin va tarixiy kun bo‘ldi. Chunki yillar davomida tashlandiq holatda bo‘lgan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi binosi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangidan ishga tushirildi. Hozir biroz hayajondaman, sababi bu juda ko‘plab kino ijodkorlarning orzu-havasi edi. Biz mana shu kunni kutgandik. Nega? Chunki bu binoning o‘zi tarixiy inshoot. Uning qurilganiga 60 yildan oshdi. Bu yerda buyuk ijodkorlar ishlagan, dunyoga mashhur kino asarlar yaratilgan. “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tashkil qilinganiga bu yil 95 yil to‘ldi. Agar “Markaziy Osiyoda kinoning vatani qayerda?”, deb so‘rashsa, albatta, O‘zbekiston deyishadi. Buni hamma biladi. Negaki 1910-yilda birinchi o‘zbek operatori Xudoyberdi Devonov qo‘lida kamera ko‘tarib, ilk kadrlarni suratga olgan. Tarixiy kun deyishimning yana bir sababi shuki, Prezidentimiz tashabbusi bilan qurilgan ikkita suratga olish pavilyoni ishga tushirildi. Shuningdek, ikkita studiya ham yaratdik. Bu sharoitlar o‘zbek kinosining barcha vakillari: rejissorlar, texnik xodimlar, pardozchilar uchun juda katta turtki bo‘ladi, zavqlanib ijod qilish va kino sohasi rivojiga hissa qo‘shish imkonini beradi. Mamlakat rahbari “Bu yerga xushxabarlar bilan keldim”, deya barchaning ko‘nglini ko‘tardi. Buzilib ketgan “Kinochilar uyi”ni qayta tiklash, kinoarboblar uchun ikkita ko‘p qavatli uylar qurish, Kinoakademiya tashkil etish, texnikalar bazasini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Suhbatimiz juda samimiy va yaxshi kayfiyatda o‘tdi. Bundan tashqari, “Toshkent” kinofestivalini ham qayta tiklash haqida so‘z yuritganida, bu yangilik qarsaklar bilan kutib olindi. Bu nafaqat o‘zbek kinosi, balki san’atsevar yurtdoshlarimiz uchun ham quvonchli xabar bo‘lgani, shubhasiz. -— Uchrashuvda davlat rahbari “O‘zbek tomoshabini faqat chet el teleseriallari ta’siriga tushib qolmasligi kerak”, degan fikrlarni ham bildirdi. Xo‘sh, agentlik bu mulohazalardan so‘ng qanday loyihalar ustida ish olib borishni rejalashtirmoqda? — Prezidentimiz milliy seriallarni ishlab chiqish va ko‘paytirish, mana shu yo‘nalishda nodavlat telekanallarga yordam berish bo‘yicha ancha avval topshiriq bergan edi. To‘g‘ri, xususiy telekanallar mazkur yo‘nalishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. Lekin tan olish ham kerakki, bugun xorij seriallari efirlarda ko‘payib ketgan. Buni barchamiz ko‘rib turibmiz, tomoshabinlardan o‘rinli savollar kelib tushmoqda. Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasidan kelib chiqqan holda nodavlat telekanallar bilan hamkorlikda o‘nlab loyihalarni tayyorladik. Ayni vaqtda 12 ta serial yaratish ustida ishlar ketmoqda. Ushbu loyihalarni amalga oshirish jarayonida agentligimiz ham, albatta, yaqindan ko‘maklashadi. Birinchi navbatda, “O‘zbekfilm”ning yangi ochilgan pavilyonlarida o‘qituvchilar va shifokorlar haqidagi seriallarni suratga olinishiga sharoit yaratib beramiz. Bundan tashqari, har bitta seriya uchun davlat budjeti hisobidan “O‘zbekkino” 15 million so‘mdan pul beradigan bo‘ldi. Xarajatning 50 foizi, ya’ni 15 million so‘m esa nodavlat telekanal hisobidan qoplanadi. Maqsadimiz — shu yo‘l orqali o‘sha serial saviyasini ko‘tarish. Nazarimda, milliy seriallarni yaratish umummilliy ish. Misol uchun, shifokorlarga bag‘ishlab ishlanadigan serial bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi, soha mutaxassislari va albatta, tomoshabinlar, jamoatchilik ham o‘z takliflarini bildirishi lozim. — Demak, siz ta’kidlab o‘tgan 12 ta serial suratga olinib, telekanallar orqali ommaga namoyish etilgach, efirlarda turk, koreys seriallari soni ancha kamayadi. Shundaymi? —Albatta. Chunki biz respublika aholisining aksariyati tomosha qiladigan to‘rtta nodavlat telekanallar bilan uchtadan serial yaratish bo‘yicha kelishuvga erishganmiz. Ikki, uch oy ichida 12 ta serialni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Uzog‘i bilan 2021-yilning ilk davridan namoyish qilish boshlanadi.  — Saviyali seriallar olish uchun puxta ssenariylar yozishga ikki oy qisqa muddat emasmi? — Har qanday teleasarning sifati avvalo, ssenariyga bog‘liq. Yaxshi ssenariy bo‘lmasa, mahsulot ham puxta chiqmaydi. Biz seriallarni olish masalasi bo‘yicha harakatni avgust oyidayoq boshlab yuborganmiz. To‘g‘risini aytish kerak, har bir nodavlat telekanalning o‘zida zaxira ssenariylar ham bor edi. O‘tgan vaqt mobaynida ssenaristlar, ekspertlarni taklif etgan holda o‘sha ssenariylarni yanada boyitishga harakat qildik. Seriallar ommaga havola etilganidan so‘ng ularga nisbatan muxlis va mutaxassislar tomonidan ijobiy yoki tanqid fikrlar bildirilishi tabiiy holat. Ammo bu biz uchun birinchi katta qadam. Bu borada hali katta tajribaga ega emasmiz. Sekin-asta xususiy telekanallar, kino ijodkorlar va “O‘zbekkino” mutasaddilari bir yoqadan bosh chiqarib, sifatli seriallar tasvirga tushiramiz. Qisqasi, birlashib, faqat oldinga intilamiz, orqaga yo‘l yo‘q. — Sizningcha, “O‘zbekkino”ga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarning nisbatan kamayishiga qancha vaqt kerak bo‘ladi? — Faoliyatimizga nisbatan ijobiy fikrlar ham, tanqidiy munosabatlar ham bo‘ladi. Tanqidiy fikrlar haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi navbatda bugun kino ijodkorlarni birlashtirishimiz kerak. Chunki ular shuncha yil davomida ham raqobat, ham sharoit nuqtayi nazardan tarqoq holatda bo‘lishgan, turli muammolar paydo bo‘lgan. “O‘zbekfilm”ning yangi binosi va bugungi tarixiy kun (21-noyabr nazarda tutilmoqda – tahr.) kino ijodkorlarni yanada birlashtiradi, bir-biri bilan muloqot qilib, tajriba almashishiga, do‘stlikka, hamjihatlikka va albatta, tanqidlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Birgalikda juda katta vazifalarni amalga oshiramiz. — Samimiy suhbat uchun katta rahmat!
152
6,351
Madaniyat
“Bayram” guruhi a’zosi Ravshan Hojiakbarov vafotidan bir necha kun avval insultni boshdan o‘tkazgani ma’lum qilindi
“Bayram” guruhi yakkaxonlaridan biri Ravshan Hojiakbarov insultdan vafot etgan. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda. Xabar qilishlaricha, Yangi yil bayramidan so‘ng Ravshan Hojiakbarovning qon bosimi tushib ketgan. Sozanda insultga chalinib, Olmaliqdagi shifoxonaga yotqizilgan. “Chap oyoq-qo‘linini ishlatolmay qolgan Hojiakbarovning ko‘p o‘tmay sog‘lig‘i tiklana boshlagan. Shifokorlar esa kelasi hafta uni jonlantirish bo‘limidan palataga olishlarini ma’lum qilishgan. Biroq 9-yanvar kuni xonandaning joni uzilgan”, — deyiladi “Qalampir.uz” xabarida. Ma’lumotlarga qaraganda, ayni damda Ravshan Hojiakbarovning jasadi shifoxonada. Janoza esa 10-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tishi aytilmoqda. Ravshan Hojiakbarovning vafot etgani haqida avvalroq “Bayram” guruhining Facebook’dagi sahifasida axborot berilgan edi. Xonanda 44 yoshda edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
115
1,022
Madaniyat
Oybek Kapadze va Ra’no Shodiyeva PROlogue – 2017 saralanuvchilarining kamchiliklari haqida gapirdi
27–30-noyabr kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan PROlogue — yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivali tashkil etilmoqda. Festival doirasidagi tadbirlar haqida OAV vakillariga to‘liq ma’lumot berish maqsadida 24-noyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yoshlar press-klubi zalida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Matbuot anjumanida “O‘zbekkino” bosh direktori Furqat Zokirov, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov, Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi Oybek Abdushukurov, kinoshunos Oybek Kapadze, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Ra’no Shodiyeva ishtirok etib, festivalning ahamiyati, saralangan filmlar badiiy saviyasi haqida gapirdi. Jumladan, Oybek Kapadze, Ra’no Shodiyeva bu yilgi PROlogue uchun tanlab olingan filmlar orasida xalqaro festivallarda ham ishtirok etishga munosiblari borligini aytdi. Shuningdek, ba’zi kinoijodkorlarning o‘ta saviyasiz filmlarni ham festival saralash komissiyasiga taqdim etganini ham aytib o‘tdi hamda yoshlarga kino asarlarini topshirishdan avval badiiy rahbarlar bilan ishlash kerakligini maslahat berdi. Saralash komissiyasi a’zosi Ra’no Shodiyevaga PROlogue’da ilk marta joriy qilingan “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi aktrisa” nomiga munosiblar talaygina ekanligini, yosh iqtidor egalarini kashf qilishdan qo‘rqmaslik lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Matbuot anjumanida bu yilgi festivalning ilk bor Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgani ham ta’kidlandi. Bugungi kunda xorijiy mamlakatda istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik taniqli rejissor Ali Hamroyev matbuot anjumanida shunday dedi: “Yoshlar, siz agar 30 dan oshgan bo‘lsangiz, o‘zingizni yoshman demang, yosh rejissor bu menimcha 20-22 yosh. Shuning uchun yoshman deb o‘tirmasdan, tezroq eng yaxshi asarlaringizni yaratishga kirishing”. Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi Oybek Abdushukurov Ali Hamrayevga javoban quyidagi fikrni bildirib o‘tdi: “Haqiqatan ham, biz bugungacha sevib tomosha qiladigan ‘Mahallada duv-duv’ kabi filmlarimizni ustoz san’atkorlarimiz 30 yoshgacha bo‘lgan davrlarida suratga olgan. Demak, bugungi yosh kinoijodkorlarimiz ham tezroq o‘z ustilarida ishlab, yaxshi kinoasarlarini yaratishlari zarur”. Matbuot anjumanida OAV vakillari dastur doirasida barcha savollariga javob oldi.
98
2,501
Madaniyat
Manzura “Janon bo‘laman”ni kuylab muxlislarni hayron qoldirdi
O‘zining 18 yillik ijodi munosabati bilan konsert taqdim etgan Manzura dastur davomida shu vaqtgacha xit bo‘lgan eng sara qo‘shiqlarini kuyladi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi. 3 qismdan iborat dasturda kuylangan “Afsusdaman”, “Seni-Seni”, “Alamlarimsan” singari qo‘shiqlarning barchasi zaldagi tomoshabinlarga yod bo‘lib ketgani aniq. Ta’kidlash joiz, doimiy ravishda klub qo‘shiqlarini ijro etgan Manzuraning “Janon bo‘laman”ni kuylashi tomoshabinlar uchun chinakam yangilik bo‘ldi.
61
491
Madaniyat
Di Kaprio Hillari Klintonning prezidentlik kampaniyasi uchun pul yig‘ib beradi
Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ishda ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Variety. Ma’lumotlarga ko‘ra, 23-avgust kuni siyosatchi Los-Anjelesga tashrifi chog‘ida Di Kaprioning hashamatli uyida tashkil etiladigan “Hillari bilan suhbat” nomli tadbirda ishtirok etadi. Tadbirga kirish uchun chipta narxi 33,4 ming dollarni tashkil qiladi. Shulardan 2,7 ming dollari Klintonning saylov fondiga, qolganlari esa Demokratik partiyaning milliy qo‘mitasiga hamda turli partiya aksiyalariga yo‘naltiriladi. Nashrning qayd etishicha, Di Kaprio Hillari Klintonning tarafdori bo‘lib, bu kabi pul yig‘ishlarni Nyu-York shahrida ham o‘tkazgan. Di Kaprio uyida bo‘lib o‘tadigan tadbirdan bir kun oldin Los-Anjelesda Klintonning yana bir uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda biznesmen, aktyor, rejissor va prodyuserlar ishtirok etadi. Uchrashuvga kirish chiptasi 2,7 mingdan 100 ming dollargacha narxlanadi. AQSh prezidentligi uchun saylov shu yilning 8-noyabrida bo‘lib o‘tadi. Hillari Klinton Respublikachilar partiyasi tomonidan nomzod etib saylangan Donald Tramp bilan raqobatlashadi.
78
1,165
Madaniyat
“Ayriliq” filmi tomoshabinlarni yig‘latmoqda (taqriz)
Rejissor: Durdona To‘laganova Rollarda: Sitora Alimjonova, Ali Otajonov, Rixsitilla Abdullayev, Ra’no Yarasheva va boshqalar Janr: drama, melodrama O‘zbekiston, 2013-yil. Film ota-onasidan erta ajralib, o‘gay ona qo‘lida katta bo‘lgan qiz – Madinaning (Sitora Alimjonova) taqdiri haqida hikoya qiladi. Film voqealaridan shuni tushunamizki, Madina Farhod (Ali Otajonov) ismli yigit bilan anchadan beri uchrashib yuradi. Biroq, o‘gay ona o‘z foydasini ko‘zlab, uni mahalladagi badavlat xonadonga – o‘zidan ancha katta bo‘lgan va xotini vafot etib, ikki farzandi bilan qolgan Umidga (Rixsitilla Abdullayev) turmushga beradi. "Ayriliq" filmidan lavhalar foto: aliotajonov.com To‘ydan keyin Umidning qaynsinglisi Madinaga zulm o‘tkazishni boshlaydi, pochchasiga yomon qilib ko‘rsatish maqsadida o‘tmishini kavlashtiradi. Farhod haqida bilib olib, buni Umidga yetkazadi. Olijanob kuyovto‘ra Madinaga ketish uchun ruxsat berganida, u Farhodni emas, yangi oilasini tanlaydi... Bir yildan so‘nggi voqealar ko‘rsatilganida, atrofdagi qorlar erib, daraxtlarning kurtak ochganligini ko‘ramiz. Qo‘llarida yangi tug‘ilgan chaqaloq bilan kirib kelgan Umid va Madinani esa uydagilar shodon kutib oladilar. Ali Otajonov (Farhod) foto: aliotajonov.com Filmda achinarli, ko‘ngilni yumshatuvchi sahnalar ko‘p. Sevgan yigitidan voz kechishga majbur bo‘lganida, ikki farzandli kishiga turmushga berishganida, o‘gay farzandlarining xolasi unga zulm o‘tkazganida tomoshabin beixtiyor qizga achinib ketadi. Film davomida qizning bunday taqdir zarbasidan saboq olib, qiyinchiliklarni yengib o‘tishini, yangi hayotining yaxshi tomonlarini ochib, turmush o‘rtog‘i va farzandlarining mehrini qozonishini, o‘zi ham asta-sekin ularning aslida yaxshi insonligini anglashini, ularni bir-biriga bog‘lab turadigan rishtalar paydo bo‘lishini kutamiz. Biroq, filmning qamrovi juda kichikligidan mavhum bo‘lib qolgan voqeliklar faqat bulardan iborat emas. Sitora Alimjonova (Madina) foto: sb.uz Film nomiga yarasha ayriliq haqida hikoya qilishi uchun, avvalo ayriliq tufayli sevishganlarning nimani yo‘qotayotganli tomoshabinga tushunarli bo‘lishi kerak edi. Afsuski, biz ikki xil dunyo vakillari (Farhod – xususiy restoran egasi, kuni bo‘yi ish bilan band; Madina – hech qayerda o‘qimagan, uyda o‘tiradi) qanday qilib uchrashib qolganligi va ularni nima bog‘lab turishini film so‘ngigacha ham anglay olmaymiz. Madinaning yangi oilasidagi munosabatlar ham to‘liq ochilmay qolgan: unda farzandlariga va Umidga nisbatan chinakam mehr paydo bo‘ldimi yoki shunchaki ko‘nikishga majbur bo‘ldimikin? Va eng asosiysi, Madina baxtiyormi? Aktyorlar ijrosiga kelsak, yosh aktyorlar Sitora Alimjonova va Ali Otajonovning hali ancha tajribasizligi seziladi. Madina obrazining ba’zi jihatlari yaxshi ochilgan, masalan, xushchaqchaq, har qanday vaziyatda ham o‘zini xursand ko‘rsatishga harakat qiladigan qizni ishonarli tarzda gavdalantirgan. Biroq ba’zi sahnalarda o‘rinsiz erkaliklar va sun’iyliklarni kuzatish mumkin. Ali Otajovga esa qisqa va lo‘nda qilib, “navbatdagi Otabek Mutalxo‘jayev” deb ta’rif berish mumkin. Filmni haqiqatda jonlantirgan aktyorlar Ra’no Yarasheva va Rixsitilla Abdullayevdir. Afsuski, ularning kartinadagi o‘rinlari asosiy bo‘lmaganidan, voqealar rivojiga yetarlicha hissa qo‘sha olishmagan. Liboslarga alohida e’tibor berilganligini sezmasdan iloj yo‘q. Ayniqsa, Madinaning kambag‘al sharoitdan dabdabali muhitga o‘tganligi kiyimlarida o‘zining yaqqol isbotini topadi. Qizlarning filmning bu jihatini yaxshi baholashlariga shubham yo‘q. Xulosa: “Ayriliq”dan yetarlicha kamchilik topish mumkin. Biroq, shuni tan olish kerakki, film ijodkorlari ancha harakat qilishgan. Ba’zi boshqa filmlarga nisbatan qaralsa, yaxshi jihatlarni ham ko‘rish mumkin. Baho: [review]
53
3,748
Madaniyat
Bu yil “Sharq taronalari” festivalida 56 davlatdan 250 san’atkor ishtirok etishi kutilmoqda
Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Uz24. Festival ijrochi direktori T. Xoliqovning so‘zlariga ko‘ra, bu yil festivalda 56 davlatdan 250 xorijlik san’atkor ishtirok etishi kutilmoqda. Shu kunga qadar 120 ga yaqin badiiy jamoalar orasidan 38 ta jamoa saralab olindi. Ushbu musiqa anjumani tarixida kuzatilmagan Yamayka, Malavi, Myanma va Urugvay davlatlari vakillari ishtirokini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti. Festivalning ahamiyatini yanada oshirish, dunyo hamjamiyati e’tiborini O‘zbekiston musiqa madaniyatiga qaratish maqsadida 20 ga yaqin xorijlik mutaxassislar ishtirokida maxsus davra suhbatlari, taqdimotlar va mahorat darslari o‘tkazish rejalashtirilgan. Festival doirasida “Sharq xalqlari musiqa madaniyati milliy an’analarining shakllanishi va rivojlanishi” mavzuida ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkaziladi. Unda 20 dan ortiq xorijlik taniqli musiqa mutaxassislari, olimlarning ishtirok etishi ko‘zlangan. Tadbirlarni xorij OAVda keng yoritish maqsadida 15 ga yaqin davlatdan 25 nafar jurnalist jalb etilmoqda. Shuningdek, anjumanga faxriy mehmon sifatida YuNЕSKO, MDH, YeXHT, Koreyaning Andong, Xitoyning Shanxay xalqaro musiqa festivallari vakillari taklif qilingan. Bu safar AQSh, Janubiy Koreya, Xitoy, Estoniya, Kuvayt, Indoneziya, Bangladesh, Rossiya va o‘zbekistonlik mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati shakllantirildi. Samarqand viloyat hokimligi xabar berishicha, festival munosabati bilan shahar ko‘chalari, xiyobonlar bayramona bezatilmoqda, zamonaviy tungi yoritish uskunalari bilan ta’minlanmoqda. Ayni paytda shahar ko‘chalariga Rossiyadan keltirilgan 1,5 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ikki million tup gul ko‘chatlari o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi. Anjuman boshlangunga qadar shaharning 20 ta yirik yo‘l chorrahalarida kompozitsiyali gulzorlar barpo qilish, markaziy ko‘chalar kesishmasida mustaqillik yillari erishgan yutuqlarni videoroliklar yordamida namoyish etish maqsadida katta hajmdagi yettita monitor, samarqandliklar hamda xorijlik sayyohlarga anjuman ishtirokchilari chiqishlarini tashkil etish uchun beshta yig‘ma sahna o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
91
2,220
Madaniyat
Rayhon Yigitali bilan yarashgani to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berishni istamadi
Ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ajrashuvdan Yigitali tegishli xulosa chiqarib, rafiqasidan uzr so‘ragani, Rayhon esa ikki o‘g‘lining baxti uchun uni kechirgani haqidagi gap-so‘zlar tarqalgandi. Ammo hozirgacha bu boradagi xabarlar rasman tasdiqlangani yo‘q. “7x7” gazetasida Rayhon bilan suhbat chop etildi. Unda jurnalist xonandadan shu mish-mishlarga oydinlik kiritishini, turmush o‘rtog‘i bilan yarashgan-yarashmaganligini so‘radi. Lekin Rayhon bu savol javobini ochiq qoldirgan. Nashr tez orada bu jimlik xush javobga o‘rin bo‘shatishiga umid qilib qolgan.
80
566
Madaniyat
Monika Beluchchining sobiq turmush o‘rtog‘i Vensan Kassel va Tina Kunakining sevgi hikoyasi
Monika Beluchchining sobiq turmush o‘rtog‘i, aktyor Vensan Kassel 2018-yil 24-avgustda ikkinchi marta uylangan. U turmush o‘rtoq sifatida o‘zidan 30 yashar kichik Tina Kunakini tanlagan. Juftlikning sevgi hikoyasi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Ta’tilda boshlangan munosabatlar Aktyor endigina moda olamiga kirib kelgan, 18 yoshni qarshilaganiga hali hech qancha bo‘lmagan Tinani 2015-yilda uchratgan. Ularning har ikkisi ta’til vaqti Ibitsada uchrashgan. Syorfing bilan shug‘ullanayotgan Vensan Tinaning e’tiborini tortgan. Shu kuni kechqurun barda aktyorning nigohi bir gala odamlar qurshovida qah-qah otib kulayotgan qizga tushgan. Umumiy do‘stlari sabab tanishgan juftlik keyinroq suhbat qurgan. O‘sha lahzada Tina Vensandan syorfing uchishni o‘rgatishini so‘ragan. Kassel bunga javoban ertasi kuni tongga uchrashuv belgilagan. Juftlik syorfing uchgan, keyin esa sayr qilishga qaror qilgan. Model aktyorning hayoti va suratga olish jarayoni bilan bog‘liq hikoyalarini diqqat bilan tinglagan. Kasselni qarshisidagi dilbar qizning energiyasi va ta’sirchanligi o‘ziga rom qilgan. O‘sha kundan boshlab ular har kuni ko‘risha boshlashgan. Vaqtni muntazam ravishda birga kechirish natijasida ularning o‘rtasida sevgi alangalari uchqunlay boshlagan. Ta’til tugaganidan keyin Kassel bir necha yildan buyon yashab kelayotgan mamlakati — Braziliyaga, Kunaki esa ota-onasining yoniga — Biarritsga qaytgan. Yosh tanlamas sevgi  Bir necha oy o‘tib Tina akalarini Vensan bilan tanishtirgan. Ular avvaliga bezovtalangan, ammo keyinroq singlisi singari aktyorga maftun bo‘lgan. 2016-yil avgustda ularning har ikkisi munosabatlarini yashirgan, ammo noyabrga kelib birgalikda ko‘rinish bergan. Juftlik Gran-Paladagi Victoria’s Secret shousiga borgan. Vensan yillar davomida orttirgan mashhurligidan kelib chiqib modelga dunyo podiumlarida tanilishni taklif qilishi mumkin edi, ammo qizning muvaffaqiyatga erishishi uchun aktyorning yonida ko‘rinish berishning o‘zi kifoya bo‘lgan. Shundan keyin qizning karyera borasida omadi chopgan, turli takliflar kelib tusha boshlagan. Bir muddat Braziliyada yashagan mashhurlar keyinchalik Tina uchun Fransiyaga qaytib borishga rozi bo‘lgan. Gap shundaki, Kunakining ish joyi Parijda bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, aktyor qaylig‘i bilan borganida uning sobiq rafiqasi shahar hayotidan charchaganini vaj qilib, u yerni tark etgan. 2017-yilning may oyida Monika aktyor Jil Lellush bilan, Vensan esa, tabiiyki, Tina bilan birga ko‘rinish bergan. Jiddiylashgan munosabatlar Mashhurlar 2018-yilni birgalikda kutib olgan. Keyin unashtiruv, undan keyin esa to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan. Ular Fransiyaning janubi-g‘arbidagi shahar — Bidartda turmush qurgan. Bu vaqtda Vensan Biarritsdan uy xarid qilib ulgurgan. Vensan hamma vaqt serfarzand ota bo‘lishni istashini aytib kelgan (Monika bilan turmushidan ikki nafar qiz farzandi: Deva va Leoni bor). “Men g‘oyat oshiqman va farzandlarimiz bo‘lishiga ishonchim komil”. Ammo ko‘pchilik Tinaning karyeradan voz kechib, farzandli bo‘lishi mumkinligini imkonsiz deb hisoblagan. Ammo bunday bo‘lmagan. To‘ylaridan 8 oy vaqt o‘tib, 2019-yilda Amazoni ismli qiz farzand dunyoga kelgan. Bugungi kunda baxtli hayot kechirib kelayotgan juftlik 2021-yil 31-iyul kuni munosabatlarining olti yilligi, 25-avgust kuni esa to‘ylarining uch yilligini nishonlagan. Shaxsiy hayotlarida uyg‘unlik hukm suradigan er-xotin ish va munosabatlarini birlashtirib, farzandlari Amazoniga yetarli darajada vaqt ajratishning uddasidan chiqqan. Shunga qaramay, Kunaki va Beluchchini bir-biri bilan solishtiradiganlar yo‘q emas. Aslida esa bir munosabat tugaganidan keyin boshqasi boshlanishi tabiiy va Tinaning o‘rnida boshqa bir qiz bo‘lishi ham mumkin edi. Jamoatchilik yosh qizga uylangani sabab fransuz aktyorini tanqid qilishdan to‘xtamaydi. Bularga esa Vensanning bir javobi bor: u 50 yosh va aynan shu sabab ham atrofdagilarning fikriga e’tibor bermay, nima xohlasa, shuni qiladi. Buni onasiga aytgan gaplaridan ham bilsa bo‘ladi: “Keksalikning yaqinlashishi g‘oyat ajoyib, ona. Bir deganda daf’atan aslida nimalarni yaxshi ko‘rishing, qaysilarini esa yo‘qligi haqida o‘ylay boshlaysan va senda munofiqlik uchun vaqt bo‘lmaydi”, — degan u.
91
4,180
Madaniyat
O`zbek filmi ilk bor xalqaro “Pusan” kinofestivalida premera qilindi
Rejissyor Rashid Malikovning “Sabot” filmi 23-bor o`tkazilayotgan “Pusan” Xalqaro kinofestivali (“Busan International Film Festival”)ning “Koreya premerasi” dasturida 5-7-10-oktyabr kunlari taqdimot qilindi... Anvar MADRAIMOV, rejissyor: — Yozda “Pusan” kinofestivalining eng katta kino tanlovchisini O`zbekistonga taklif qilib, “O`zbekkino” vakillari bilan tanishtirgandim. O`shanda “Sabot”ni ko`rsatgandim. Maqsad, o`zaro munosabat bog`lash, o`zbek kinosidagi yangi qadamni ta`minlash edi. Shu tariqa, filmni kinofestivalga qabul qilishgani haqida rasmiy xat yuborishdi. Afsuski, viza bilan bog`liq muammolar sabab, rejissyor Rashid Malikovning o`zi Koreyada o`tayotgan mazkur kinofestivalga kela olmadi. Shu bois filmni bir o`zim taqdim etdim. Kinotanqidchilar “Sabot” filmi manzur kelganini e`tirof etishdi. O`zbekiston haqida mazkur film orqali anchagina katta taassurotlarga ega bo`lishganini ta`kidlashdi. Ayni vaqtda AQSh prodyuser va rejissyorlari dars o`tadigan “Pusan Platform” dasturida bepul o`qiyapman. Buning uchun kinofestival tomonidan barcha sharoit yaratib berilgan. •“Busan International Film Festival” Osiyodagi eng katta va nufuzli kinofestival hisobalandi. Har yili butun dunyodan kelgan kino ijodkorlar o`z filmlarini namoyish qilishadi. •Mazkur kinofestivalning eng nufuzli dasturi bu – “Xalqaro premera” (“World Premiere”). •Ushbu kinofestivalga “Asian FIlm Market” nomli eng katta kino yuozori ham olib boriladi. Boisi bu kino bozorda Xitoy, Koreya, Hindiston kabi davlatlar Osiyoda ishlangan filmlarni katta qiziqish bilan sotib olishadi. “Pusan” xalqaro kinofestivalida AQSh filmlariga talab katta emas.
68
1,634
Madaniyat
Britaniya kinoakademiyasi yilning eng yaxshi aktyorlarini e’lon qildi
Britaniya kinoakademiyasi yilning eng yaxshi aktyor va aktrisalari nomini e’lon qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. “Eng yaxshi ayol roli ijrochisi” nominatsiyasida Frensis Makdormand “Missuri shtati Ebbing chegarasidagi uch bilbord” filmidagi ijrosi uchun g‘olib deb topildi. “Qora kunlar” filmidagi ijrosi uchun Geri Oldmen “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi darajali rollarning mohir ijrochisi nomiga ayollar orasidan “Tonya hammaga qarshi” filmidagi ijrosi uchun amerikalik aktrisa Ellison Jenni sazovor bo‘ldi. Aynan shu nominatsiyada erkaklardan “Missuri shtati Ebbing chegarasidagi uch bilbord” filmidagi ikkinchi darajali roli uchun amerikalik aktyor Sem Rokuell g‘olib bo‘ldi. Kinotanqidchilar Deniel Kaluyani tez tanilayotgan yosh aktyor sifatida e’tirof etdi.
69
801
Madaniyat
“Baron 2” filmining suratga olish ishlari kuzda boshlanishi kutilmoqda
Rejissor Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmi haqida Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan fikrlari shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Rejissor filmning ssenariysini tayyorlash ustida ish olib borilayotgani, birinchi filmda bosh qahramon rolini ijro etgan rossiyalik aktyor Farhod Mahmudov bilan syomka muddatlari kelishib olingani haqida xabar qoldirgan. Yangi filmni tayyorlash ishlari haqida ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad rejissor bilan bog‘landi. — Filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik qanday ketyapti? — “Baron 2” filmining g‘oyasi shakllangan, hozirda filmning bosh konsultantlari bilan mazkur g‘oyani yanada mukammallashtirish ustida ishlayapmiz. Nasib qilsa, kuzning boshida tasvirga olish ishlarini boshlash niyatidamiz. — “Baron” bilan “Baron 2”ning aktyorlar jamoasi tarkibida o‘zgarishlar qanchalik katta bo‘ladi? — Hozir aytishim mumkin bo‘lgani — filmda o‘zgarishlar ko‘p bo‘ladi. — Demak, “Baron”da o‘ynagan aktyorlarning aksariyati “Baron 2” loyihasida qatnashmasligi mumkin, shundaymi? — Qaysidir aktyorlar yangi bo‘ladi. Bu haqda film ssenariysi tayyor holga kelganidan so‘ng yakuniy qaror chiqaramiz. Aytib o‘tishim kerakki, “Baron”ning ham aktyorlar jamoasi haqidagi batafsil ma’lumot premyeraga qadar sir tutilgan. — “Baron”da Gollivud va Rossiya kinoaktyorlari suratga tushgan edi. “Baron 2” filmida ham shunday mehmonlar bo‘ladimi? — Albatta, bu ham rejaga kiritilgan.
70
1,409
Madaniyat
12 yoshidan ishlay boshlagan, “Garri Potter”ning ashaddiy muxlisi: Gollivudning tobora porlayotgan yangi yulduzi — Zendaya haqida nimalarni bilamiz?
Ekran yuzini ko‘rganiga ko‘p bo‘lmagan “O‘rgimchak-odam: uyga yo‘l yo‘q” filmida Zendaya Piter Parkerning sinfdoshi va sevgilisi Mishel “Em-Jey” Jons-Uotson rolini ijro qilgan. Bu uning ushbu kino-epopeyadagi uchinchi ishtiroki. “Domashniy ochag” nashri “O‘rgimchak odam”dan tashqari “Dyuna”, “Eyforiya” serialidagi rollari bilan mashhur bo‘lgan aktrisa haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qiladi. Ismining ma’nosi Aktrisaning kelib chiqishi nemislarga, shotland va afrikaliklarga borib taqaladi. Ota-onasi qizga ism qo‘yish uchun asos sifatida afrika tilidan Shona — tendai, minnatdorlik, rahmat ulashish so‘zini tanlab olgan va uni inglizcha zen (dzen) deb talaffus qila boshlagan. Mashhurlikka erishganidan keyin aktrisa aytish qiyin bo‘lgani sabab to‘liq ismi — Zendaya Mari Stormer Koulmandan voz kechgan. 12 yoshdan suratga tushishni boshlagan Zendayaning iste’dodini o‘z vaqtida payqagan ota-onasi unga yetarlicha imkoniyat berish uchun Oklenddan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan. 12 yoshida reklama kastingidan o‘tgan qizaloq, 13 yoshida Disney kanalida namoyish etiladigan serial yulduziga aylangan. Keyinroq Teylor Svift, Beyonse va Bruno Marsning kliplaridan suratga tushgan. Kinodagi debyuti 2007-yil “O‘rgimchak odam”da bo‘lgan. Muvaffaqiyatli chiqqan film kinoprakatda 800 million dollar to‘plagan. Har jabhada iste’dodli Suratga tushishdan tashqari, u qo‘shiq kuylash va kitob yozish bilan ham shug‘ullanadi. Muxlislarining ijtimoiy tarmoqlardagi savollarini jamlab, ularga javob tariqasida “Between u and me: How to rock your tween years with style and confidence” kitobini taqdim qilgan. “Garri Potter” jon-u dili Zendaya “Garri Potter” haqidagi film va kitoblarning muxlisi. Instyle jurnaliga bergan intervyusida u mazkur filmni qayta ko‘rib chiqayotganini ta’kidlagan. “Bu meni tinchlantiradi. Odamlar ey Xudo, yana “Garri Potter”ni tomosha qilyapsanmi, deb so‘raydi. Men esa, agar ko‘rishni istamasangiz, uyimga kelmay qo‘ya qoling, men baribirga ham uni ko‘rishda davom etaman deyman”, — degan u. Go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilmaydi Zendaya vegetarian. U go‘sht yeyishdan, 11 yoshida hayvonlarning qanday so‘yilishiga guvoh bo‘lgani va keyinroq Pol Makkartni chorvachilikning tabiatga, go‘shtning esa inson organizmiga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumot beradigan “PETA Glass wall”ni tomosha qilgandan keyin vegetarianlikni tanlagan. U buning uchun o‘zidagi sabzavotlarni yoqtirmaslikka qarshi kurashgan. Ammo prinsiplar va jonivorlarga achinish hissa kuchliroq bo‘lib chiqqan. “Nulavoy”da ikki yil o‘qigan Sinfdagi tengdoshlari bilan muloqot qilishda qiynalgan. Mashg‘ulotlar davomida og‘ziga mum solib o‘tirgani uchun uni ikkinchi yili ham “nulavoy” sinfda qoldirilgan. 16 yoshgacha qaylig‘i bo‘lmagan Zendaya tarbiya borasida qat’iy tartiblar bor oilada katta bo‘lgan. 16 yoshigacha ota-onasi yigitlar bilan uchrashishga ruxsat bermagan. Aktrisaning o‘zi bundan xafa emas, aksincha ota-onasini to‘g‘ri qilgan deb hisoblaydi. Barbiga prototip bo‘lgan 2015-yil Mattel kompaniyasi Zendayaning “Oskar” olish marosimidagi obrazidan ilhomlanib qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqargan. Qo‘g‘irchoqning kiyimlari, makiyaj va taqinchog‘i, shuningdek, soch turmagi ham Zendayanikini takrorlagan. Xayriya ishlarida faol Zendaya faol va sahiyligi bilan hamisha diqqat markazida bo‘lgan. 2017-yilda ayollar marshida ishtirok etgan, 2019-yilda bo‘lsa tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni istaganlardan xayriya fondiga pul o‘tkazishni iltimos qilgan. 20 yoshini Convoy of Hop bilan nishonlagan aktrisa, ayollar huquqlari uchun kurashadigan kompaniyaga 50 ming dollar to‘plashga yordam bergan. Qolaversa, u bir necha yildan buyon BMTning OIV/ OITS (UNAIDS) masalalari bo‘yicha ko‘ngilli elchisi sifatida faoliyat yuritadi. “Meni qandaydir noodatiy ismga ega yulduz emas, muhim o‘zgarishlarga ta’siri bo‘lgan inson sifatida bilishlarini istayman”, — deydi u. Tryuklarni o‘zi mustaqil bajaradi “Buyuk shoumen” filmida Zendaya havoda akrobatika bilan shug‘ullanadigan akrobat qiz rolini ijro qilgan. Suratga olish jarayonida kamdan kam hollarda dublyorlarga murojaat qilgan aktrisa, tryuklarni asosan o‘zi bajargan. Bunday mushkul vazifaning uddasidan chiqishida unga bolalikdan raqs bilan shug‘ullangani yordam bergan.
148
4,232
Madaniyat
Klint Istvud sudda 6,1 mln dollarlik da’voni yutib chiqdi. Uning obrazidan asosini marixuana tashkil etadigan mahsulot reklamasida foydalanilgan
Gollivud yulduzi Klint Istvud va imidj huquqlariga egalik qiluvchi Garrapata kompaniyasi Litvadagi CBD ishlab chiqaruvchisining mahsulotida 91 yoshli aktyorning obrazidan noqonuniy foydalangani uchun Mediatonas UAB kompaniyasidan 6,1 million dollarlik da’voni yutib chiqdi, deb xabar beradi Esquire. 2020-yilning iyulida Istvud Los-Anjeles sudiga CBD ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilariga nisbatan ikkita da’vo arizasini kiritgan edi. Ular o‘z mahsulotlarining reklamasida aktyorning mavjud bo‘lmagan intervyusidan foydalangan. Unda Istvud marixuana o‘simligi tarkibidagi psixotrop bo‘lmagan kannabidiol moddasidan foydalanishni ma’qullagani ko‘rsatilgan. Shuningdek, aktyor o‘z nomiga bog‘liq ushbu mahsulot sotilayotgan 10 ta internet-do‘konini ham sudga bergan. 2021-yilning fevralida Istvudning yuristlari o‘zining saytlarida aktyorning yolg‘on intervyusini e’lon qilgan Mediatonas UAB kompaniyasiga nisbatan o‘zgartirilgan da’vo arizasini sudga kiritgan. Sud qaroriga ko‘ra, Istvud 6,1 million dollardan tashqari, advokatlarining gonorari sifatida 95 ming dollarni ham qo‘lga kiritgan. Shu bilan birga, sud Istvud va Garrapata’ning da’vosini to‘liq qanoatlantirmagan. Chunki da’voda ular kompaniyani tuhmatda ham ayblagan. Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, reklamada foydalanilgan til “bir qarashda tuhmatga o‘xshamaydi”.  Tramp jiyani va The New York Times gazetasini sudga berdi
144
1,383
Madaniyat
Sevara Nazarxon klinik o‘limdan so‘ng hayotida yuz bergan o‘zgarish haqida aytib berdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon MY5 telekanalida jurnalist Baxtiyor To‘raxonovning “19:09” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. Sevara Nazarxon ikkita tug‘ilgan kuni borligi, ular 23 va 31-dekabrda ekanligi haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Uning hikoya qilishicha, xonanda 23-dekabr kuni dunyoga kelgan va uning tug‘ilishi klinik o‘lim bilan kuzatilgan, biroz vaqtdan so‘ng hayotga qaytgan Sevaraning hayotida o‘zgarish yuz berdi. Avvaliga hayotidagi bu mudhish hodisa sababli unga Umida deya ism qo‘ygan otasi, barcha ko‘rguliklar ortda qolgach “qizim sevimli bo‘lsin” deya uni Sevara deb atagan. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarda uning ismi Umida Nazarxonova bo‘lgan, shu sababli maktabda uni aynan Umida deb bilishgan va bu Sevaraga yoqmagan. Pasport olayotganda u ismini Sevara deya qayd etgan. Sevara Nazarxon jurnalist bilan suhbat chog‘ida Farg‘ona vodiysini, buvisining hovlisini doim sog‘inib yashashini aytib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon bir necha kun oldin 40 yoshga to‘ldi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
86
1,202
Madaniyat
O‘zbekistonlik san’atkorlar koronavirusga qarshi kurashishga 1,7 mlrd so‘m o‘tkazib berdi
O‘zbekistonlik san’atkorlar tomonidan bugunga qadar “Mehr-shafqat va saxovat” fondiga 1 milliard 700 million so‘mdan ko‘proq homiylik mablag‘lari tushirildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” direktori Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Avvalroq o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlar koronavirusga qarshi kurashishga 350 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratgani haqida xabar berilgandi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faqatgina san’atkorlarning litsenziyasini olish yoki jazolash bilan shug‘ullanmaydi. Muassasa bugungi kunda respublikamizda konsert faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, san’atkorlarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot hisoblanadi. O‘zbekistonda “otarchi” degan tushuncha yo‘q. Ming afsuski, ayrim ziyolilarimiz yoki taniqli insonlarimiz tomonidan efirlarda yoki boshqa joylarda, ijtimoiy tarmoqlarda san’atkorlarga nisbatan “otarchi” deb munosabat bildirilishi ijtimoiy tarmoqlardagi “tirnoq ichidan kir qidiruvchi” ayrim fuqarolarimizga qo‘l kelmoqda. Mana 3—4 kundan buyon san’atkorlarimiz sha’niga haqoratomuz so‘zlar va o‘rinsiz gaplar ishlatilayotgani san’atkorlar orasida ham ayrim noroziliklarga sabab bo‘ldi. Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” direktori
89
1,242
Madaniyat
Sardor Milano: Men o‘zim tug‘ilgan yurt vatanparvariman
30-may kuni Toshkentdagi “Barkamol avlod” bolalar markazida “Glavnaya ssena” loyihasi g‘olibi Sardor Milano bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Kultura.uz”. Sardor anjumanda avvalo o‘zini qo‘llab-quvvatlab, u uchun qayg‘urganlarga minnatdorlik izhor etdi. “Sizning e’tiboringizdan boshim ko‘kka yetdi, men uchun sizning mehringizdan ko‘ra yaxshiroq narsa yo‘q. Bu ijod uchun katta turtki”. Sardor 10 yildan buyon Toshkentda yashamaydi, biroq u haqda hech qachon unutmaydi: “Men o‘zimni vatanparvar deb hisoblayman. Yilda ikki marta bu yerga kelarkanman, Toshkentning yaxshi tomonga o‘zgarayotganini ko‘raman. Ayni shu madaniyatni o‘zimga singdirganimdan faxrlanaman. Bu shunday madaniyatki, unda kattalar hurmat qilinadi, mehmondo‘stlik o‘ziga xos jihat hisoblanadi. Hali hech qayerda bu yerdagidek mazali taomlar yemadim, va doim palovimiz bilan maqtanaman”. Anjumanda Sardor, shuningdek bundan buyon ijodini Konstantin Meladze bilan davom ettirishi aytib o‘tdi. Uning “Yevrovideniye”da ishtirok etishi to‘g‘risidagi mish-mishlarni esa rad etdi, biroq bunday taklif bildirilsa, jon deb qabul qilishini aytdi. Bundan tashqari, xonanda “Milano” taxallusining kelib chiqishi, Moskvaga qanday borib qolgani haqida ham so‘zlab berdi.
55
1,252
Madaniyat
Botir Qodirovdan so‘ng Ulug‘bek Rahmatullayev ham o‘z konsertida Islom Karimovni xotirladi
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev 9—13-noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovni alohida xotirlab o‘tdi. Konsertning xotira qismi Instagram’da e’lon qilingan. Videolavhada qorong‘u sahnada Islom Karimovning yorug‘ surati namoyish etilgani va O‘zbekiston Birinchi Prezidentidan iqtibos keltirilganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng Ulug‘bek Rahmatullayev Vatan haqida qo‘shiq kuylagan. Avvalroq, “Istiqlol” san’at saroyida 1—6-noyabr kunlari konsert bergan xonanda Botir Qodirov ham O‘zbekiston Birinchi Prezidentini alohida yodga olib o‘tgan edi. O‘shanda ham sahnada Islom Karimovning surati namoyish etilib, undan iqtibos keltirilgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
90
871
Madaniyat
Avaz Oxun va Alijon Isoqovning birgalikdagi konserti fonogrammada bo‘ladimi yoki jonli ijroda?
Qiziqchi Avaz Oxun va xonanda Alijon Isoqov noyabr oyida “Istiqlol” san’at saroyida birgalikda konsert beradi. Konsert dasturi uchun chiqarilgan reklama bilbordlarida konsert jonli ijroda o‘tishi yozilgani holda saroy kassalarida “Konsert fonogrammada o‘tadi” mazmunidagi bannerlar o‘rnatilgan. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda Alijon Isoqovga murojaat qildi. — Konsert dasturimizning sanasi aniq bo‘lishi bilan “Istiqlol” san’at saroyining kassasi uchun shoshilinch “Fonogramma orqali ijro etiladi” mazmunidagi banner chiqarilgan ekan, — dedi xonanda Alijon Isoqov. — Ko‘chalarga bilbordlar ilinishi oldidan: “Qo‘shiqlarni 100 foiz jonli ijroda aytaman” deganim uchun, dasturning jonli bo‘lishi yozilgan bannerlar ilindi. Bizga bu masalada juda ko‘p muxlislarimiz murojaat qilishdi, ularga ham dastur 100 foiz jonli ijroda bo‘lishini aytyapmiz. Kassalar oldidagi bannerlarni ham o‘zgartirib qo‘yamiz. — Nima sababdan o‘z yakkaxon konsertingizni taqdim etmayapsiz? — Hozirgi kunda konsert berish juda ham qiyin. 180—200 million so‘m sarflab konsert berish bir san’atkorga og‘irlik qilarkan. Yangi yilda bir tadbirda Avaz Oxun bilan birga xizmatda bo‘lib, birga konsert berish haqida maslahatlashib olgan edik. Rahmatli Hojiboy Tojiboyevning so‘nggi konsertida ham mehmon san’atkor sifatida qatnashgandim. Xudo xohlasa, kelasi yil may oyida “Istiqlol” da jonli ijroda konsert taqdim etish niyatim bor va bu yo‘lda harakatdaman. — Bo‘lajak konsertning moddiy tomonini kim ko‘taradi? — Avaz Oxun bilan birgalikdagi konsertimizning moddiy tomoni asosan tashkilotchilar zimmasida. Men ham qisman hissa qo‘shganman. Konsertga sarflanadigan mablag‘ning 15 foizini men qoplasam, qolganini konsert tashkilotchilari o‘z bo‘yniga olgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
94
1,924
Madaniyat
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova Britaniya shahzodasi Garrining do‘stiga turmushga chiqmoqda (foto)
Sobiq tennischi Mariya Sharapova o‘zining Instagram sahifasida unashtiruv haqda ma’lum qildi. “Alvido, tennis olami! Salom, oilaviy hayot!”. 2020-yil Mariya Sharapova o‘z hikoyasida sport bo‘limini tugatibgina qolmay, yangi va juda yaxshi sahifalarni ocha boshladi. 2020-yil 17-dekabrda dunyoning birinchi sobiq tennischisi Mariya Aleksandr Gilks bilan unashtirilganini e’lon qildi. “Bu bizning ilk uchrashgan kunimizdanoq kichik sir edi”, − deb yozadi Mariya Instagram sahifasida. “Meni juda-juda xursand qilganing uchun tashakkur. Men butun hayotim davomida seni sevishni va buni sendan o‘rganishni istayman”, – deydi javoban Gilks. Ma’lum bo‘lishicha, Mariya bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan ikki yildan buyon uchrashib kelgan. Birinchi marta sportchi qiz va britaniyalik tadbirkor orasidagi ishqiy munosabat haqida 2018-yil juftlikning Los-Anjeles aeroportida tushgan suratidan so‘ng gapirilgan edi. Ammo Mariya va Gilks o‘zlarining his-tuyg‘ularini ommaga ayon qilishi uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. Ular ilk bora oradan bir yil o‘tib, 2019-yil 25-apreldagina birgalikda ko‘rinish bergan. Ammo bu Mariya Sharapovaning birinchi unashtirilishi emas. 2010-yil u sloveniyalik basketbolchi Sasha Vuyachich bilan unashtirilganini ma’lum qilgan edi. Ularning munosabati nikohgacha yetib bormaganligi uchun ham bu safar sportchining muxlislari hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilmoqda. Shuningdek, Britaniya shahzodasi Garrining do‘sti bo‘lgan Aleksandr Gilks ham avval Megan Marklning yaqin dugonasi − dizayner Misha Nonu bilan turmush qurgan va 4 yil mobaynida u bilan bir oila bo‘lib yashagan.  “Tennisga hayotimni bag‘ishladim, ammo...”. Katta tennisdan ketishini e’lon qilgan Mariya Sharapovaning xayrlashuv maktubi
104
1,724
Madaniyat
“Illyuziya” qo‘shig‘ining sirli xonandasi o‘z ismini oshkor etdi
“Illyuziya” nomli qo‘shiqni kuylab, Uznetda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan o‘zbek xonandasi o‘z ismini ommaga oshkor etdi. Kadr: Mover Oktabr oyi boshida Soundcloud internet-resursida o‘zbekistonlik noma’lum xonandaning “Illyuziya” nomli qo‘shig‘i paydo bo‘ldi. Sanoqli kunlar ichida musiqiy kompozitsiya uch ming martadan ko‘proq eshitildi — bu mintaqamiz musiqiy san’atkorlari orasida rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Qo‘shiq milliy estradamiz yulduzlari e’tiborini ham o‘ziga jalb etdi, ular xonanda tanlagan uslub va ohang haqida iliq fikrlar bildirdi. Shunga qaramay, ko‘pchilik xonandaning kim, ismi nima ekanligiga qiziqdi. “Illyuziya”ning taqdimoti bo‘lib o‘tgan vaqtdan beri qo‘shiqchi qiz o‘zini sir saqlayotgan edi, biroq kuni kecha u ismini oshkor etishga qaror qildi. Ma’lum bo‘lishicha, xonanda Kamilla nomi ostida ijod qiladi, u Di Live Band guruhining sobiq a’zosidir. Kamilla Pomidor Entertainment prodyuserlik markazi bilan shartnoma imzolagan va hozirda yakkaxon ijodini rivojlantirishga faol kirishgan. Xonanda o‘zining ilk albomini yaratish ustida ishlamoqda. Qo‘shiqlaridan biriga layv-video suratga olingan bo‘lib, unda Kamilla musiqa asboblarining jonli ohanglari hamrohligida kuylaydi. Klipni suratga olish ishlari Toshkent markazidagi bino tomida bo‘lib o‘tgan. Xonandaning ma’lum qilishicha, u Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochgan, unda xonandaning muxlislari u bilan aloqaga chiqishlari, uning qo‘shiqlarini tinglashlari, videolarini tomosha qilishlari va barcha savollariga javob topib, yangiliklardan boxabar bo‘lishlari mumkin.
64
1,572
Madaniyat
Farzandli bo‘lganidan keyin husniga husn qo‘shilgan yulduzlar (foto)
Ko‘pchilik bolali bo‘lgandan keyin qomat va go‘zallik avvalgidek bo‘lmaydi deb o‘ylaydi. Ammo quyidagi yulduzlar bu fikrlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Irina Sheyk Shundoq ham go‘zal bo‘lgan rossiyalik supermodel qizi Leani dunyoga keltirganidan keyin, ayniqsa, husniga-husn qo‘shilgan. Farzandli bo‘lgani karyerasiga ta’sir qilmagan modelga bugungi kunda avvalgidan ham talab yuqori. Jessika Alba Uch nafar farzandi bor Jessika ilk bor farzandli bo‘lganida avvalgidan ham go‘zallashgan. Suratga tushmay qo‘ygani va shaxsiy biznesi va oilasi bilan mashg‘ul ekaniga qaramay, u latofatini aslo yo‘qotgani yo‘q. Megan Markl Sohibjamol deb atab bo‘lmaydigan Megan farzand ko‘rganidan keyin avvalgidan latofatliroq ko‘rinishga ega bo‘lgan. Muxlislari bu uning ichki go‘zalligi bilan bog‘liq deb fikr bildirgan. Kim Kardashyan To‘rt nafar farzandining ikkitasini o‘zi dunyoga keltirgani, ikki marta surrogat ona yordamidan foydalanganiga qaramay, onalik uning ko‘rinishini yaxshi tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘lganini inkor qilib bo‘lmaydi. Xolli Berri Xolli ilk marta 42 yoshida ona bo‘lgan. Yulduz tug‘ruq jarayonidan keyin qomati avvalgidek bo‘lmasligidan qo‘rqqan. Ammo to‘lishish unga yarashgan va avvalgidan go‘zalroq ko‘rinishga ega bo‘lgan. Alessandra Ambrosio Supermodel bolali bo‘lganidan keyin yanada go‘zallashganini o‘zi ham biladi. Bunga muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi, bolalari dunyoga kelguniga qadar esa bunday bo‘lmaganini ta’kidlaydi. Vera Berejnova Ikki nafar farzandi bor ekaniga ishonish qiyin bo‘lgan Vera har doim ham bunday go‘zal bo‘lmagan. Qomati to‘laroq bo‘lgan va ko‘zoynak taqqan. Sahnada chiqish uchun sport bilan shug‘ullanishi va ko‘zoynagini tashlashiga to‘g‘ri kelgan. 2009-yilda ikkinchi marta ona bo‘lganida qayta semirib ketgan xonanda muntazam ravishda jismoniy faol bo‘lish va ratsioniga o‘zgartirish kiritish orqali muammoga yechim topgan. Polina Gagarina Polina 2003-yilgi “Yulduzlar fabrikasi”da g‘oliblikni qo‘lga kiritganda to‘la va hozirgidan ancha boshqacha ko‘rinishda bo‘lgan. Bolali bo‘lganidan keyin esa yana 40 kilo to‘plagan. Uzoq vaqt davomida ekranda ko‘rinish bermagan va vazn tashlash bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ikki nafar farzandi bo‘lgan xonanda hozirgi kunda esa har qachongidan ham latofatli. Maksim O‘z vaqtida yoshlar orasida yetarlicha mashhur bo‘lgan xonandaning tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab, uning ikki nafar farzandi borligiga ishonish qiyin. Uning hamisha yosh va o‘ziga xos ko‘rinishining siri muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanishi va faol hayot kechirishida. U sportning boks turi bilan shug‘ullanadi.
68
2,602
Madaniyat
“MEDIA FORUM O`ZBEK MILLIY MUSIQA TARIXI BILAN YaQINDAN TANIShISh IMKONINI TAQDIM ETDI”
“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishadi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishdi. Media-forum qatnashchilarining mazkur “Milliy musiqa oqshomi” xususidagi fikrlari bilan qiziqdik... Irina POPOVA, Rossiya fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti direktori: — “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida o`tkazilgan “Milliy musiqa oqshomi”dan olam-olam taassurotlar oldim, his-hayajonim cheksiz. E`tiborimni tortgan jihat, har bir yo`nalish bo`yicha o`z ijodini namoyish qilgan ijrochilar turli yoshda ekani. Sahnada go`yo momolarni nabiralari, bobolarni farzandlari bilan ko`rgandek bo`ldik. Sahnada namoyish qilingan chiqishlarda qarindoshchilik rishtalari ham borligi kishida iliqlik uyg`otdi. Katta ekranda milliy musiqa san`atining turli yo`nalishlari tarixiga murojaat qilindi. Ular orasida afsonaviy san`atkor Tamaraxonim ham tilga olinganidan quvondim. Boisi bu ijodkorning ijodi bilan tanish bo`lganman. Ushbu tadbirda qo`shiq kuylashda noodatiy uslub — likopchadan foydalanilishini ilk bor ko`rdim. Ochig`i, bunday ijroni birorta davlatda ko`rgan emasman. Media forumning bunday ijodiy tomonini o`zbek milliy taomlaridan iborat to`kin dasturxon atrofida tomosha qilish ham taassurotimizni ikki karra ko`proq oshirdi. Boisi o`zbek milliy taomlari ta`riflab bo`lmas darajada mazali tayyorlanadi. So`zimni muxtasar qilsam, media forum turli davlatlardan kelgan mutaxassislar bilan fikr almashish, o`zbek milliy musiqa tarixi bilan yaqindan tanishish va albatta o`zbek milliy taomlaridan bahramand bo`lish imkonini taqdim etdi. Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV
87
2,037