folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | “Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi yana bir xalqaro kinofestivalda qatnashadi | «O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Fox music cinema" studiyasi tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qo`shig`i” badiiy filmi Rossiyadagi “Moskva premerasi” xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda "O`zbekkino" MA Axborot xizmati ma`lum qildi.
“Moskva premerasi” II Hamdo`stlik mamlakatlari filmlari xalqaro festivali joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida bo`lib o`tadi. Unda MDHga a`zo mamlakatlar, jumladan Ozarbayjon, Gruziya, Qozog`iston, Latviya, Moldova, Rossiya, O`zbekiston, Estoniya kabi davlatlarning milliy filmlari ishtirok etadi.
“Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin To`ychiev, postanovkachi operator Bahodir Yo`ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizaev. Rollarda: Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O`ljaeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Hojiqulieva va boshqalar.
Filmda o`tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko`rsatgan ta`siri bir oila misolida ochib beriladi. Yuz berayotgan voqea-hodisalarga e`tibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil to`rtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bog`liq ba`zi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda bo`lishiga sabab bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, mazkur film joriy yilning 21-30 oktyabr kunlari Janubiy Koreyada o`tkazilgan Pusan xalqaro kinofestivalida ishtirok etgan. | 81 | 1,517 |
Madaniyat | Bond haqidagi filmlarda sherif rolini ijro etgan Klifton Jeyms 96 yoshida olamdan o‘tdi | Bond haqidagi filmlarda sherif rolini ijro etgan Klifton Jeyms 96 yoshida Gladston shahrida (Oregon shtati) olamdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Klifton Jeyms.
Amerikalik aktyorning qizi u uyda, qand kasali asoratlaridan vafot etganini bildirdi.
Klifton Jeyms “Sovuqqon Lyuk” (Cool Hand Luke, 1967) filmidagi ma’mur roli bilan tanilgandi. Britaniyalik maxfiy agent haqidagi mashhur kinoturkumda “Yasha va o‘lishga imkon ber” (Live and Let Die, 1973) va “Tilla to‘pponchali kishi” (The Man with the Golden Gun, 1974) filmlarida ishtirok etgandi.
1920-yili Vashington shtatida tug‘ilgan Klifton Jeyms Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, ko‘plab davlat mukofotlari, jumladan, ikki “Alvon yurak” medali sohibi edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 87 | 795 |
Madaniyat | Mehmet Bo‘zdag‘: “O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Samarqandda turkiy xalqlar kinofestivali tashkil qilinishi tarafdoriman” | Turk va o‘zbek kinoijodkorlari ishtirokida o‘tkazilgan anjumanda Mehmet Bo‘zdag‘ “O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Samarqandda turkiy xalqlar kinofestivali tashkil qilinishi tarafdori” ekanini bildirdi, deb yozadi Turon 24.
Turk delegatsiyasining tashrifidan asosiy maqsad “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy serialini o‘zbek kinochilari bilan birgalikda suratga olishdir. Delegatsiya “Tekden film” va “Bo‘zdag‘ film” boshqaruv kengashi raisi Mehmet Bo‘zdag‘, “Simit Sarayi” brendi sohibi, yirik investor tadbirkor Xoluq O‘qutur, investor Umar Sayfi Aktulun, Strategik tafakkur instituti vasiylik kengashi a’zosi, “Dirilish-Ertug‘rul” serialining ilmiy maslahatchisi Sinan Tovuqchidan iborat.
Mehmet Bo‘zdag‘ning aytishicha, “Ertug‘rul” serialini 2 mlrd odam tomosha qildi. Venesuela rahbari serial olish jarayonini kuzatdi. Ertug‘rul o‘zbek sarkardalari Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi adolat uchun kurashgan. Biror-bir loyiha Jaloliddinchalik bizni hayratga solmadi. Jaloliddin haqida film oladigan bo‘lsak, uni dunyo ko‘radigan darajada olishimiz shart”.
Shuningdek, Bo‘zdag‘ filmlarga kasting jarayonlari xususida gapirib o‘tdi:
“Har yili ikki mingdan ortiq aktyor orasida kasting uyushtiramiz. Tanlangan aktyorni film g‘oyasidan kelib chiqib tayyorlaymiz. Toqqa chiqish, ot minish, yugurish, kurashish – barchasini batafsil o‘rgatamiz. 120 daqiqalik seriyani suratga olish uchun 6 kun sarflaymiz. Bu juda tez fursat. Ammo shunday bo‘lsa-da, filmning har bir detaliga ahamiyat berishga harakat qilamiz”.
Ma’lumot uchun, Mehmet Bo‘zdag‘ 1983-yil 1-yanvarda Turkiyaning Qayseri viloyatida dunyoga keldi. Sakarya universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. “So‘nggi tush” (2009), “Ustalar, olimlar va sultonlar” (2010), “Tirilish. Ertug‘rul” (2015) kabi filmlarning ssenariy muallifi va rejissori. | 123 | 1,807 |
Madaniyat | Azamat Ahrorov ilk filmiga bitta uyning pulini sarflagani hamda So‘g‘diyona Azimova bilan do‘stligi janjaldan boshlangani haqida (video) | Aktyor, rejissor Azamat Ahrorov MY5 telekanalining “Omon-Omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida ilk filmiga 30 ming dollar sarflagani, aktrisa So‘g‘diyona Azimova bilan birga ishlash jarayoni qanday bo‘lgani haqida gapirib berdi.
Budjeti eng katta filmlarim “Notanish qotil-2”, “Gunoh” kinofilmi. Birinchi suratga olingan “Gunoh” filmiga 30 ming dollar mablag‘ sarflangan. O‘sha vaqtda 4-5 ming yoki 10 ming dollarga bitta kino olishardi. Bitta filmning mablag‘ini Ulug‘bek Qodirovga berganman. Menga nima qilasan, bitta kinoga ketadigan pulni shu aktyorga berib, deyishgan. Men esa qarzga kirsam ham, pul topolmasam ham, shu inson o‘ynaydi deganman.
Ikkinchi eng ko‘p mablag‘ ketgan filmimda Javohir Zokirov rol o‘ynagan. Bu aktyorning ham gonorari juda katta, bundan tashqari, Alixon va boshqa katta gonorar olgan aktyorlar ham bor edi. Keyin tashqi plan uchun ham katta mablag‘ sarflanagan. Filmga ketgan xarajatlar o‘zini oqladi. Birorta filmim daromadsiz bo‘lmagan.
Azamat Ahrorov, aktyor va rejissor
Aktyor u bilan birga ishlagan aktrisalar ichida eng yoqqani ham, yoqmagani ham So‘g‘diyona Azimova bo‘lganini ta’kidladi. Bundan tashqari, aktrisa bilan birga suratga tushgan “Qaysarginam” kinofilmi reytingi baland kinofilmlardan biri ekanini aytgan.
“Oxirgi ikki yil ichida ko‘p aktrisalar bilan birga ishladim. Eng yoqqani ham, eng yoqmagani ham So‘g‘diyona bo‘lgan. Birinchi filmimning suratga olish ishlarida bir voqea bo‘lgan. Men ssenariyni ko‘proq o‘qirdim, So‘g‘diyona esa improvizatsiya qilardi. Bu esa o‘zgarish bo‘lishiga olib kelardi, men unga ssenariyni o‘qisang bo‘lmaydimi deganimda, kelishmay qolganmiz, u bu aktyor bilan rol o‘ynamayman degan. Ko‘chada qattiq urishib qolganmiz. Keyin qanaqa rol o‘ynasang ham, mayli deganman. Shu voqeadan keyin biz u bilan yaqin bo‘lib ketdik. So‘g‘diyona bilan 4 ta filmda birga rol o‘ynaganman. U bilan birga o‘ynagan ‘Qaysarginam’ filmiga kimdirlar boshqacha munosabat bildirishi mumkin, lekin haligicha reytingi baland. Filmni YouTube’dan o‘chirib qayta joylaganmiz, shunda ham 20 milliondan ortiq ko‘rilgan. Birinchi marta o‘chirib yuborganimizda 6 million marta ko‘rilgandi, hozir umumiy 25 millionga yetdi. Bu degani esa O‘zbekiston aholisining 85-90 foizi bu filmni ko‘rgan degani. Xalqimizga yoqqan. Haligicha mendan 3-qismini olishni so‘rashadi”, — deydi aktyor. | 136 | 2,331 |
Madaniyat | Ozarbayjonda Bobur haykalini o`rnatlishi kutilmoqda | Mamlakatimiz elchisi Baxrom Ashrafxonov va Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi (OMFA) vise-prezidenti, Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti direktori Iso Habibbeyli o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Diplomatik missiya ma`lumotiga ko`ra, suhbat avvalida mehmonga mamlakatimizda madaniy-ma`rifiy va adabiy sohada olib borilayotgan ishlar va o`zgarishlar xususida ma`lumot berildi.
Shuningdek, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning 580 yilligi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan xalqaro onlayn-konferensiyalar tashkil etishdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirildi.
Muloqotda Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti bo`limi mudiri, professor Almaz Ulvi tomonidan ozarbayjon tilida yozilgan «Alisher Navoiy asri va nasri» kitobining taqdimotini, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov va O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligiga bag`ishlangan tadbirlarni o`tkazish hamda buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haykalini Ozarbayjonda o`rnatilishda yaqin hamkorlik taklifi ilgari surildi.
OMFA vise-prezidenti Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan so`ngi yillarda siyosiy-iqtisodiy, madaniy-ma`rifiy sohalarda samarali islohatlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi.
Iso Habibbeyli elchixona tomonidan berilgan takliflarni qo`llab quvvatlab, Zahiriddin Muhammad Bobur haykali Ozarbayjonda, O`zbekistonda esa Fuzuliy haykalining o`rnatilishi ikki davlat o`rtasidagi adabiy aloqalarni yanada rivojlantirishga hissa qo`shishini ta`kidladi.
Uchrashuvda O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan mamlakatimiz Fanlar akademiyasi O`zbek tili, adabiyoti va folklori institutining bir guruh olimlari tomonidan tayyorlangan besh jildli «O`zbek tilining izohli lug`ati» kitobining taqdimoti o`tkazildi.
Kitob to`plamining bir nusxasi OMFAga va yana bir nusxasi Akademiyaning N.Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti bo`limi qoshidagi Alisher Navoiy markaziga taqdim etildi. | 51 | 2,050 |
Madaniyat | Feruza Jumaniyozova “balkon”da, Yulduz Turdiyeva oynasiz uyda. Ijarada yashash nima ekanini yaxshi tushunadigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | Toshkentga ishlash yoki o‘qish uchun kelgan odam borki, ijara muammosi bilan to‘qnashishi aniq. Albatta, ijodkorlar ham bundan mustasno emas. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova ijodkorlarning ijara bilan bog‘liq xotiralarini o‘rganishga qaror qildi.
Feruza Jumaniyozova: “Yashagan yerimiz tor bo‘lsa-da, baxtli edik”
Xonanda Feruza Jumaniyozovaning bugungi sharoitini bilganlar bir paytlar poytaxtda onasi bilan kichik “balkon”da yashaganiga shubha qilsa ajab emas. Ammo haqiqatan ham u bir necha yil ijara uyda yashashga majbur bo‘lgan.
— Onam asli san’atkor bo‘lsa-da, bu kasbni tanlashimga qarshi bo‘lgan. Oxiri san’atga bo‘lgan ishtiyoqim balandligi uchun “Seni Toshkentga olib boraman, ammo chizgan chizig‘imdan chiqmaysan”, deb shart qo‘ygan. Onam bilan Toshkentga kelganmiz. Toshkentdan yaxshi oilaning ikki xonali ijara uyiga joylashganmiz. U yerda biz bilan birga er-xotin farzandlari bilan yashardi. Er-xotin alohida xonada, farzandlar mehmonxonada, men va onam esa kichik “balkon”da yotardik. U yer shunchalik tor ediki, ikkita ko‘rpachadan ortig‘i sig‘masdi. Shu sharoitda bir yil yashaganmiz. Onam katta hovlida yashab o‘rgangan bo‘lsa-da, biror marta norozi bo‘lmagan. O‘ylab qarasam, bu hayotimdagi qiyinchilik emas, balki eng baxtli kunlarim bo‘lgan ekan. Yashash joyimiz tor bo‘lsa-da, baxtli edik. Rosti, o‘sha kunlarni haligacha sog‘inaman, — deydi xonanda Feruza Jumaniyozova.
To‘xtamurod Azizov: “Yotoqxonamizda bittagina karavot bor edi”
“Ko‘zgu” teatr sutudiyasining asoschisi, Obid Asomov va Mirzabek Xolmedov kabi kulgi ustalarining ustozi To‘xtamurod Azizov ham moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazgan. U yangi kuyovlik davridagi voqealarni kulgi bilan eslaydi.
— Rahmatli ayolim Ra’no bilan oila qurgach, alohida yashashimizga to‘g‘ri keldi. O‘sha paytlarda ijodkorlar uchun yotoqxona berilardi. U yer oilali odamga mo‘ljallanmagani uchun bittagina karavoti va devorga ilingan ko‘zgusidan boshqa hech narsa yo‘q edi. Ovqat pishirish uchun navbatga yozilish, kir yuvish uchun ham qo‘shnilar bilan maslahat qilish kerak edi. U ham talaba. Men ham talaba bo‘lganim uchun pul jamg‘arib uyimizga ikkinchi karavotni ham xarid qilolmaganmiz. Xotin siz yotoqda uxlang derdi, men uning hurmatini qilardim. Ammo ajoyib damlar edi. Peshonaga bitgan bo‘lsa hammasi bo‘ladi, faqat ozgina sabr va mehnat qilish kerak, xolos, — deydi To‘xtamurod Azizov.
Muhammadali Abduqunduzov: “Oilam bilan kichik xonada yashaganmiz”
O‘zbekiston xalq artisti, “Bobur” nomidagi xalqaro mukofot sovrindori Muhammadali Abduqunduzov oilasi bilan Toshkentga kelganida ijaraga uy olishga ham puli bo‘lmagan ekan.
— O‘g‘illarimning bolaligi ijara uyda o‘tdi, desam xato bo‘lmaydi. Avvaliga 11 yil Surxondaryoda yashab, teatrda ishladik. U yerdagi shart-sharoitlar yomon emasdi. Keyin ayolimning qistovi bilan Toshkentga kelganmiz. U paytlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan bo‘lishimga qaramay, O‘zbek milliy akademik teatriga aktyor shtatiga qabul qilishmagan. Aktyorlik shtatida joy yo‘qligini aytib, xo‘jalik ishlari bo‘limiga ishga olishgandi. Ijara uyga pulimiz yo‘qligi uchun ijodkorlar yotoqxonasiga joylashganmiz. Uyimiz bitta xonadan iborat edi. Ayolim va ikki o‘g‘lim bilan birga 9 metr kvadrat xonada yashashimizga to‘g‘ri kelgan. Aktyorlik shtatiga ishga olinib, maoshim ko‘tarilgach, ijara uyga ko‘chib o‘tganmiz. Ijara uy ham haminqadar edi, ammo yotoqxonadan ancha keng bo‘lgani uchun ko‘zimizga saroy bo‘lib ko‘ringan, — deydi Muhammadali Abduqunduzov.
Yulduz Turdiyeva: “Deraza oynasi singan uyda qo‘rqib tonggacha uxlamasdim”
Taniqli xonanda Yulduz Turdiyevaning bugungi moliyaviy sharoiti havas qilgudek. Chunki muxlislar uni qimmatbaho mashina va hashamatli uyda ko‘rib o‘rgangan. Ammo xonanda ham bir necha yillar oldin ijara uyda yashab, bu kunlarni orzu qilganini yashirmaydi.
— Turmush o‘rtog‘im bilan Toshkentga kelganimizda hech narsamiz yo‘q edi. Ishonasizmi, bir yil ichida 10 ta ijara uyda yashashimizga to‘g‘ri kelgan. Sharoiti yaxshisining puli to‘g‘ri kelmasdi. Yoki puli to‘g‘ri kelganining sharoiti qoniqarsiz darajada bo‘lardi. Birinchi qavatdagi deraza oynasi yo‘q xonadonda yashaganimiz hech esimdan chiqmaydi. Kimdir kirib kelsa, nima qilaman, deb tong otgunga qadar uxlolmasdim. Hatto, bunday ijara uyga o‘g‘limni olib kelishga qo‘rqib, uni qaynonamga tashlab kelgandim. U paytlarda propiskasizlarni yaxshi ishga olishmasdi. Shu bois turmush o‘rtog‘im bilan ishga joylashishga qiynalganmiz. Hatto, qoniqarsiz darajadagi uyni ijaraga olishga ham pulimiz qolmagandi. O‘shanda turmush o‘rtog‘imning do‘stlaridan birining bir xonali uyiga ko‘chib o‘tgandik. U uyda o‘ndan ortiq kishi yashab, bitta qozondan ovqat yerdik. Ijara azobini tortganim uchun xalqaro festivalda g‘olib bo‘lgach, mukofot puliga ikki xonali uy xarid qilganman. Bu hayotimdagi eng quvonchli kun bo‘lgan, — deydi xonanda Yulduz Turdiyeva.
Barchin G‘ofurova: “Uyni sotib, haligacha ijarada yashaymiz”
“Baxt ovchisi” serialidagi Zulya roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Barchin G‘ofurova onasi bilan ijara uyda yashaydi. Tez orada esa u onasi uchun uy sotib olishni rejalashtiryapti.
— Oilada ikki farzandmiz. Ukam ikkimizning bolalik yillarimiz havas qilgudek o‘tgan. Afsuski, maktabni bitirish arafasida ukamda jiddiy xastalik aniqlandi. Onam uyimizni sotib, ukamni davolatishga qaror qildi. U kunlarni eslash juda og‘ir. Shukrki, ukam Pragada uzoq vaqt davolanib, kasallikdan butunlay xalos bo‘ldi. Ammo ijara uyda yashash oson emasdi. Yashirmayman, puldan qiynalganim uchun darsdan keyin oshxonalarda ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Ijara uy egasining qosh-qovog‘iga qarab yashash juda qiyin. Ular bilan ziddiyatli vaziyatlarga ham uchraganmiz. Chunki inson ijara uyda bepul yashamaydi. Uning ham uydan erkin foydalanishga haqqi bor.
Ukam xorijda, men esa onam bilan Toshkentdagi ijara uyda yashaymiz. Ukam ikkimizning orzularimiz juda ko‘p. Nasib qilsa tez orada onamga orzusidagi uyni sovg‘a qilamiz.
Zuhra Soliyeva: “Ijara uydan piyoda ishga qatnardim”
Komik aktrisa Zuhra Soliyeva boshqa hamkasblari singari shaxsiy muammolarini muxlislardan yashirmaydi. Uning ijara uyda yashashi, hatto minib yurgan mashinasini ham muddatli to‘lov evaziga xarid qilgani sir emas.
— Toshkentga kelganimdan buyon ijara uyda yashayman. Buni aytishdan hech qachon uyalmaganman. Xudoyim nasib qilib, oyma-oy ijara pulini to‘lab borayotganimga ham shukr. Ijara uyda yashash qiyin, ayniqsa, talaba yoki ishga joylasholmagan insonlarga bundan ortiq azob yo‘q. G‘ir etib, oy o‘tadi va uy egasi eshik taqillatib turadi. Men ham bir necha oy O‘zbek Milliy akademik drama teatrida maoshsiz ishlaganman. Ba’zan to‘ylarga taklif etishardi. Ammo tanilmagan aktrisaning mehnat haqqi u qadar yuqori baholanmasdi. U paytlarda “Novza” metrosi yaqinidagi kvartirada qizlar bilan yashardik. Pulim yo‘qligidan teatrga piyoda qatnaydigan bo‘ldim. Kimdir “Sizni piyoda ko‘rdim”, desa sog‘liq uchun foydali deb kulib qo‘yardim. Aslida cho‘ntagimda bir so‘m ham pulim yo‘q edi. Bir kuni yomg‘ir sharros quydi, soyabonni ko‘tarib yana yo‘lga tushdim. Ammo tuflimning teshikligidan oyog‘im suvga bo‘kdi va shim tizza bo‘yi suv bo‘ldi. Teatrga kelib rosa yig‘lagandim. Hozir ham ijara uyda yashayman, peshonaga bitsa, uy-joy qilaman. Ammo bugungi kunimdan nolimayman, — deydi aktrisa Zuhra Soliyeva.
Sarvar Bahodirov: “Yog‘och kanalari qonimizni ichgan”
Boshlovchi Sarvar Bahodirov tomoshabinlarga “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi orqali yaxshi tanish. U ham yaqin kunlargacha ijara uyda yashagan. Buning naqadar og‘riqli mavzu ekanini yaxshi biladi.
— Ijara uyda yashash azobini Toshkentga kelganlarning deyarli bari boshidan kechiradi. Toshkentga qarz-havola qilib kelganman. Pulim juda kam edi. Kunlik ijaralarda ham yashashga majbur bo‘lgan kunlarim bo‘lgan. Hatto, shunday kunlar bo‘lganki, ijara pul topolmay, “MY 5”da qolib, stullar ustida uxlaganman. Tabiiyki, bu rahbarlarga yoqmagan. Men emas, boshqa xodimlarning uskunalardan o‘z manfaati yo‘lida foydalangani ularni g‘azablantirgan. Shundan so‘ng kechqurun ishxonada qolishni taqiqlab qo‘yishgan. Bir muddat qarindoshlarning ham uyida yashaganman. Undan keyin 5-6 ta yigitlar bilan ijraga uyga ko‘chib o‘tganman. Ular orasida tanishlari ham, notanishlari ham bor edi. Ko‘chgan ijara uyimizda yog‘och kanalar bor ekan. Ertalabgacha mijja qoqmay chiqardik. Uy egasi ijarachilarga qanday munosabatda bo‘lishini yaxshi bilasiz. Dard-u, holingizni aytsangiz “yoqmasa ket” deydi, xolos. Shunda mantajor yigitlardan biri uyiga taklif qilgan. Bir muddat uning ham uyida yashaganman. Oylik olishni boshlaganimdan keyin yaxshiroq kvartiraga ko‘chib o‘tganman, — deydi boshlovchi Sarvar Bahodirov.
Hamdam Sobirov: “17 yil ijara uyda yashadim”
“Qora atirgul”, “Maktabimda” va “Tentakcham” qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan hamda hozirgi kunda YouTube’da kliplari eng ko‘p tomosha qilinadigan xonanda Hamdam Sobirov ham uzoq yillar ijara uyda yashagani va uy sohibi bo‘lish baxtiga erishganiga ko‘p bo‘lmaganin yashirmaydi.
— Bolaligimda oilamiz ko‘plab moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan. Hatto, bizning Navoiyda ham uyimiz yo‘q edi. Oilamiz bilan ijara uyda yashardik. Undan keyin Toshkentga keldim. Bu yerda ham xuddi shu muammo. Pulim kamligi uchun kichik uyni bir nechta yigitlar bilan band qilardik. Fe’l-atvori turlicha bo‘lgan insonlar bilan bir uyda yashash qanchalik qiyinligi buni boshidan kechirganlar yaxshi biladi. Hatto, istagan payt chiroqni ham yoqolmaydigan kunlarim bo‘lgan. Keyinchalik bir-ikki so‘m topgandan keyin o‘zim uchun alohida uyni ijraga olganman. O‘ylab qarasam, Toshkentning o‘zida 17 yil ijarada yashagan ekanman, — deydi Hamdam Sobirov.
Eldor Qayumov: “Yigirma yildan ortiq ijarada yashash”
Bastakor Eldor Qayumov Umidaxonga “Kel, yarashaylik”, Farruh Komilovga “Taram-taram” kabi qo‘shiqlarni yaratgan ijodkor hisoblanadi. Afsuski, u xonandalar uchun kerakli ijodkor bo‘lsa-da, hamon ijara uyda yashaydi.
— Talabaning ijarada yashashi u qadar qiyin emas. Bo‘lsa bir chamadon kiyimi va 3-4 ta kitobi bo‘lishi mumkin. Ammo oilali, uzatiladigan singillari bo‘la turib, ijarama-ijara ko‘chib yurishi azob. Buni bir-ikki marta ko‘chib ko‘rgan insonlar yaxshi biladi. Odamning uyga, atrof-muhitga moslashishi uchun ba’zan shuncha vaqt ketadi. Ijaraga beriladigan uy har doim ham yaxshi bo‘lavermaydi. Shu yoshgacha juda ko‘p marta ijara bilan bog‘liq muammolarga uchradim. Taxminan o‘ttizdan ortiq uylarda yashashimga to‘g‘ri keldi. Ijaraga oylab pul to‘lolmagan kunlarim ham bo‘ldi. Ularning ba’zilari tushunadi, ba’zilar yo‘q. To‘lov bir kunga kechiksa, hisob-kitobni qilishni talab qiladiganlari ham bor.
“Nega uy olmaysiz?” deydiganlar juda ko‘p. Men ham o‘z uyim bo‘lishini xohlayman, ha deb uy almashtirishni istamayman. Nima qilay vaziyatim shunday. Qo‘shiqlar ko‘p yozaman, shu kungacha talaygina mashhur xonandalar bilan ishlaganman. Ammo bizda qalam haqqi va mualliflik huquqi u qadar yaxshi ishlamaydi. “To‘ylar ko‘paysin surishib ketamiz?” yoki “Mashhur bo‘volay o‘zim olib beraman” degan va’dalar juda ko‘p bo‘lgan, — deydi bastakor Eldor Qayumov.
Ahror Qo‘shmatov: “Suvarakli uy dahshatli edi”
Boshlovchi va shoumen Ahror Qo‘shmatov ham oilasi bilan uzoq yillar ijara uyda yashagan. U hayotidagi eng qiyin kunlar ham ijara uylarda sodir bo‘lganini yashirmaydi.
— Toshkentga endi kelgan paytlarim ijara azobi qanday bo‘lishini bilmaganmiz. Ayolim bilan qishloqdagi bor mebellarni olib kelib, ularni uyga joylatgandik. Birinchi oy juda yaxshi yashadik. Ayolim homilador, uyimiz chiroyli, sharoitlari a’lo. Ammo ikkinchi oy ijarasini uch kun kechiktirganim uchun uy egasi to‘palon qilib kelgan. O‘shanda xotinimdan yashirincha, tilla uzugini sotib ijara uy pulini to‘lagandim. Bir oy hash-pash deguncha o‘tgan va yana pul to‘laydigan payt kelgandi. Tanish-bilishlardan ham qarzga pul topolmaganimdan keyin uydan chiqib ketishga majbur bo‘lganmiz. Aksiga olib birorta yaxshiroq ijara topolmagandik. Ukamni chaqirtirib, kiyimlarimizdan tashqari hamma narsani qishloqqa berib yuborgandik. Keyin bir tanishim “Kampirning uyida joy bor, ijara puli ham unchalik qimmat emas”, dedi. Ayolim bilan borib, berilgan xonani yaxshilab tozaladik. Ayolim homilador erta-indin ko‘zi yoriydigan bo‘lib turibdi. Kechasi nimadir shitirlagandek bo‘ldi, hayvon bo‘lib chiroqni yoqsam devorlarda katta-katta suvaraklar yuribdi. Ular shu darajada ko‘pki, bunday holatni faqat qo‘rqinchli kinolarda ko‘rish mumkin. Ayolimni tashqariga chiqarib, ancha vaqt suvaraklarni o‘ldirish bilan shug‘ullanganman. Ertasi kuni dorilab, suvaraklardan qutilgandik. Ammo u uy ham sotiladigan bo‘lib, yana ko‘chishimizga to‘g‘ri keldi. Xullas, o‘n yil umrimiz shunday sarsonlikda o‘tdi, — deydi boshlovchi Ahror Qo‘shmatov.
McDonald’sda idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto) | 148 | 12,827 |
Madaniyat | “O‘zbekistonda ‘zapret’ga tushganim yolg‘on”. Xonanda Sarvara Turkiyaga ketishi sababi, Istanbuldan uy olgani va farzandi haqida | O‘zbekistonlik taniqli xonanda, “Olmacha”, “Muhabbat”, “Uvolim bor” kabi ko‘plab qo‘shiqlar ijrochisi Sarvara bir necha yildirki Turkiyada yashamoqda. Uning Istanbulda ijod qilayotganidan bexabar san’at shinavandalari ham talaygina. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xonanda bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘lanib, bir qancha savollarga oydinlik kiritdi.
— Nima uchun ijodingizni aynan Turkiyada yashab davom ettirishga qaror qildingiz?
— Bu savolni ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘pchilik beryapti. Bilasizmi, Istanbulda ijod qilishni anchadan beri rejalashtirib yurardim. Chunki turk madaniyatiga yoshligimdan qiziqaman. 2018-yili onam “Qizim, hali ham Turkiyada yashash rejangda bo‘lsa, muxlislaring va ijodingni o‘ylamasdan ket. Sening o‘ringda bo‘lganimda, shu paytga qadar ketgan bo‘lardim. Ba’zan odam orzularining ortidan quvishi ham kerak”, deya maslahat berdi. Bir necha kundan so‘ng esa volidam kutilmaganda vafot etdi. Onamning gaplari ta’sir qilib, o‘sha yiliyoq Istanbulga yo‘l oldim. Salkam uch yildan buyon shu yerda istiqomat qilyapman. Turklarning musiqasi, madaniyati, yashash tarzi o‘zbeklarga o‘xshashligi bois qiyinchiliklarga duch kelganim yo‘q. Bu yerda o‘zbekistonlik tanish-bilishlar ham juda ko‘p.
Shu o‘rinda bir narsani aytib o‘tmoqchi edim. O‘zbekistonda “zapret”ga tushmaganman, men uchun barcha o‘zbek tele va radiokanal eshiklari hamisha ochiq. Hamon O‘zbekiston fuqarosiman. Turkiya fuqaroligini olish istagim umuman yo‘q. O‘zbekistonga tez-tez borib kelaman, to‘y xizmatlariga ko‘p taklif etishadi.
— Turkiya telekanallarining birida sohangizga oid loyihada faoliyat yuritayotganingiz haqida eshitdik...
— Istanbuldagi “Yoshlar” telekanalining “Do‘stlik” nomli loyihasida qatnashyapman. Ko‘rsatuv orqali o‘zbek milliy musiqasini targ‘ib etishga harakat qilyapman. “Do‘stlik”ning bir qancha sonlari efirga uzatildi. Serdar Ortach, Orhan Genjebay kabi taniqli san’atkorlar mehmon bo‘lishdi.
Turkiyalik san’atkor Orhan Gencebay bilan
— Demak, ushbu loyihadan olayotgan gonoraringiz asosiy daromad manbayingiz. Shundaymi?
— Yo‘q. O‘zbekistonda yig‘ib-tergan pullarim yashashim uchun asqatyapti. Ochig‘ini aytsam, Turkiyaga kelishimdan asosiy maqsad – pul topish emas. Aksincha, xorijlik hamkasblarim bilan tajriba almashib, o‘zimning yangi qirralarimni yuzaga chiqarish va musiqiy bilimlarimni yanada mustahkamlash niyatida kelganman. Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda yashovchi ijodimga befarq bo‘lmagan muxlislarim to‘y-hashamlarga ko‘p taklif qilishadi. Ammo hozir faqat mehmon sifatida qatnashyapman xolos, xizmatlarga bormayapman.
— Istanbuldan uy sotib olganingiz haqidagi xushxabarga aniqlik kiritsangiz.
— 2020-yilning bahorigacha ijarada yashadim. May oyida esa uy xarid qilishga kirishdim. Boshida ko‘pchilik xonadon oladigan pulimni uy biznesiga sarflab, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishimni maslahat berdi. Lekin men takliflarni rad etib, ko‘nglimdagi narxga to‘rt xonali xonadon sotib oldim.
— Bu borada qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishingizga to‘g‘ri keldi?
— Toshkentda uy xarid qilishingiz uchun poytaxt propiskasi bo‘lishi kerak, degan qoidalar bor. Ammo xoh Turkiya fuqarosi, xoh boshqa mamlakat fuqarosi bo‘ling, bu davlatda o‘zingiz istagan hududdan uy sotib olishingiz mumkin. Hatto qisqa vaqt ichida yangi xonadoningizni nomingizga rasmiylashtirib ham berisharkan.
— Ikki mamlakatning shou-biznes olami o‘rtasidagi eng muhim farqlarni nimalarda sezdingiz?
— Tafovut katta. Biroq men ayrimlarigagina to‘xtalib o‘taman. Turkiyalik san’atkorlar to‘y va tadbirlarda har doim to‘liq jonli ijroda qo‘shiq kuylaydi. Fonogrammaga nisbatan ehtiyoj va e’tibor yo‘q. Ular bir yilda bitta yoki ikkita yangi qo‘shiq ijro qiladi xolos. Shuningdek, bu yerda san’atkorlar yoshidan qat’i nazar, xohlagan hamkasbining xit taronasini muallif ruxsati bilan kuylash odati azaldan mavjud ekan. Ular shu tariqa qo‘shiqning umrini yanada boqiy bo‘lishiga hissa qo‘shisharkan. Bizda esa faqat ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini ijro etish an’anasi bor.
Turkiyada mashhur va yoshi katta san’atkorlardan qo‘shiqlari tele va radioda aylanganiga pul olinmaydi. Lekin ijod qilishni endigina boshlagan yoshlardan to‘lovni amalga oshirish, albatta, talab etiladi. Bu narx o‘zbek televideniyesi va radiolariga qaraganda biroz qimmat. Ahamiyatlisi, bu davlatda litsenziyaga umuman pul to‘lanmaydi.
— Farzandlaringiz to‘g‘risida ham gapirib bersangiz?
— Bir nafar farzandim bor. Qizim Muslimaxon bu yil o‘n bir yoshga to‘ldi. U Istanbuldagi maktablarning birida o‘qiyapti. Rasm chizishga juda qiziqadi. Hayvonlarga nisbatan mehribon. Ba’zan men kabi qo‘shiqchi bo‘lish orzusi borligini aytadi. O‘zingiz bilasiz, bola bu yoshda ko‘p narsalarga qiziquvchan bo‘ladi, kelajagini bir qancha kasb bilan bog‘laydi. Biz ham shunday paytimizda jahongashta, shifokor va boshqa kasb egasi bo‘lishni orzu qilardik. Farzandim kelgusida qaysi soha vakili bo‘lishni vaqt ko‘rsatadi.
— Samimiy suhbat uchun katta rahmat! | 128 | 4,947 |
Madaniyat | Oila, poyga, uchar avtomobillar: “Forsaj-9” filmining treyleri e’lon qilindi (video) | Universal Pictures Studios studiyasi Jastin Lin rejissorligida suratga olingan “Forsaj-9” filmining treylerini namoyish etdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Qariyb 4 daqiqa davom etuvchi treylerdan ko‘rinishicha, yangi filmda Dominik Toretto (Vin Dizel) o‘zining akasi, o‘g‘ri, qotil va poygachi bo‘lgan Jeykobga qarshi kurashadi. Avvallari u haqda hech narsa deyilmagan.
Unda, shuningdek, filmning avvalgi qismlarida halok bo‘lgani ta’kidlangan Xan (Son Kan) paydo bo‘ladi. Hozircha uning qanday tirik qolgani noma’lum. Bundan tashqari, treylerda bosh qahramonning o‘g‘li borligini ham ko‘rish mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, film premyerasi 2020-yilning 22-mayida bo‘lib o‘tadi. | 84 | 671 |
Madaniyat | Aktyor Yevgeniy Leonov sharafiga o‘rnatilgan haykalni o‘g‘irlashda gumon qilinganlar hibsga olindi | Moskva politsiyasi aktyor Yevgeniy Leonov sharafiga shaharning Mosfilm ko‘chasiga o‘rnatilgan haykalni o‘g‘irlashda gumon qilib, besh kishini hibsga oldi. Meduza xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan “o‘g‘rilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Haykalning qayerdaligi hali aniqlanmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining taxminiga ko‘ra, huquqbuzarlar — O‘rta Osiyodan kelgan muhojirlar haykalni rangli metallarni qabul qilish shoxobchasiga topshirgan.
Gumonlanuvchilar qanday qilib hibsga olingani ma’lum qilinmayapti.
Yevgeniy Leonovning “Omadli jentlmenlar” filmidagi Dotsent obrazida ishlangan haykali o‘g‘irlangani 16 oktabr kuni ma’lum bo‘lgandi. Politsiya yetkazilgan zarar miqdorini 160 ming rublga baholagan. | 98 | 745 |
Madaniyat | “Suyunchi”dagi Nazira 57 yoshda: U nega Afrikada yashaydi va nima sababdan kinoni tark etgan? | O‘zbek kinosining oltin fondidan munosib joy olgan “Suyunchi” filmi 38 yildan buyon ekranlardan tushmay kelmoqda. Tomoshabinlar uchun hamon sevimli hisoblangan kartina aktyorlarining hayoti va faoliyati doimo ko‘pchilikni qiziqtiradi. Ayniqsa, filmda Nazira rolini talqin qilgan Shahnoza Shamsiyeva (Hamroyeva)ning taqdiri millionlab kino muxlislarda turli savollarni uyg‘otishi shubhasiz. 1997-yildan beri Afrika qit’asidagi Zambiya Respublikasida istiqomat qilayotgan Shahnoza Shamsiyeva bugun, 28-oktabr kuni 57 yoshini qarshilamoqda. Mirolim Isajonov uyushtirgan quyidagi intervyu birinchi marta 2019-noyabrida “Kun.uz” saytida e’lon qilingan, aktrisaning tavallud kuni munosabati bilan bu suhbat ayrim to‘ldirishlar bilan “Daryo”da takror e’lon qilinmoqda.
“Dadamni bir amallab ko‘ndirishgan”
“Suyunchi”da rol o‘ynashim tasodifan yuz bergan. O‘shanda 17 yoshda edim. Ukam Ulug‘bek Hamroyev filmlarda rollar o‘ynab yurardi va u pasport yoshiga yetmaganligi bois gonorarlari mening nomimga yozilardi. Bir kuni odatdagidek Ulug‘bekning pulini olish uchun “O‘zbekfilm”ga bordim. Kutish zalida tursam, bir erkak kishi menga qaradi va “Bu menga nega bunchalik tikilib qoldi”, deya ensamni qotirib, orqaga o‘girildim. Keyin bilsam, ular mashhur rejissor Melis Abzalov ekan. Qisqa suhbatimiz mobaynida anchadan beri Nazira roliga mos keladigan aktrisa qidirib topolmayotgani va meni shu rolga munosib ko‘rganini ta’kidlagan. Uyga borib otamni Melis akaning taklifidan boxabar qilganimda qat’iy rad etgan. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, buvim va Melis Abzalov birgalikda bir amallab dadamning roziligini olishgan”.
“Ana Nazira, uf-uf, choy”, deyishardi”
“Kamera qarshisida turib, birinchi marta gapirganim tufayli boshida bu holat menga qiziq tuyulgan. Lekin sira qiyinchiliklar bo‘lmagan, ishtirokimdagi kadrlar oson tasvirga tushirilgan. Faqat Naziraning qoshiga o‘sma qo‘yadigan sahna bir necha marta dubl qilingan. Chunki qoshimni xunuk chiqib qolishni xohlamaganman. Melis aka “Aytganimdek o‘sma qo‘ysang yanada kulgiliroq va qiziqarli chiqadi”, deya meni ko‘ndirgan. Nazira roli uchun 700 so‘m atrofida gonorar olganman. U paytlarda bu katta pul edi.
Film ommaga havola qilinganidan so‘ng ko‘cha-ko‘yda ko‘pchilik tanirdi. “Ana Nazira, uf-uf, choy”, deyishardi. Har safar Toshkentga borganimda ham yurtdoshlarimiz orasida meni taniydiganlar topiladi”.
“Zaynab Sadriyeva bilan bir xonada yashaganman”
“Bilasizmi, epizod rol orqali tomoshabinlarning tiliga tushishni tasavvur qilmaganman. Balki, u paytlarda yosh bo‘lganim uchunmi yoki mashhurlikka qiziqmaganmanmi, bilmadim... Haligacha ijrom haqida iliq fikrlar aytishsa, quvonaman.
Filmni internet orqali ko‘rganimda yoshlik paytlarim, o‘quvchilik davrlarim yodimga tushadi. Kino Toshkent viloyatidagi qishloqlarning birida suratga olingan. Syomka jarayonlari yakuniga qadar ustoz san’atkor Zaynab Sadriyeva bilan bir xonada yashaganman. Ular o‘z nabirasidek yaqin olib, ham hayotiy, ham san’atga oid maslahatlar berardi. Qattiqqo‘l, tartib-intizomli ayol sifatida xotiramda qolgan. Tasvirga olishda qiziqarli voqealar ko‘p bo‘lgan. Yaqinda Abdurayim Abduvahobovning vafoti haqidagi shumxabarni o‘qib, suratga olish paytidagi xotiralar yana ko‘z oldimda jonlandi. Abdurayim hindcha qo‘shiqlar kuylab, bizni rosa kuldirardi. Afsuski, kartinadagi aktyorlarning hech qaysisi bilan hozirgacha aloqamiz yo‘q. Abdurayim bilan ham yigirma yil avval ko‘rishgandim”.
“Afrikada shifokor bo‘lib ishlayman”
“Suyunchi”dan keyin ko‘plab filmlarga takliflar bo‘lgan. Lekin dadam ruxsat bermagan. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dagi Nigorani ham menga topshirmoqchi bo‘lishganida otam ko‘nmagan. O‘zimda san’atga qiziqish kuchli bo‘lsa-da, ammo uydagilarning qarshiligi sabab rosa ikkilanganman va oxiri o‘qishimni ustun bildim. Ota-onam xohlagandek, bolalar shifokori bo‘ldim. Toshkent pediatriya institutini tamomlagach, Toshkent shahridagi 1-bolalar shifoxonasida ishladim. Bir necha yil tibbiyot kollejida o‘quvchilarga dars berdim. Keyin, ya’ni 1997-yilning aprelida turmush o‘rtog‘im ikkimiz Zambiyaga kelishga qaror qildik. Hozir shifoxonalardan birida pediatr bo‘lib ishlayman. Bu yerda ko‘plab o‘zbekistonlik oilalar bor. Barchamizning munosabatlarimiz juda iliq, tez-tez yig‘ilib turamiz.
Zambiya tez rivojlanayotgan respublika hisoblanadi. Biz yashaydigan Livingston ham juda chiroyli va turistik shahar. Bu yerda Viktoriya sharsharasi ham joylashgan. Xonadonimizga O‘zbekistondan keladigan mehmonlar “Biz Afrikani bunday tasavvur qilmagandik, yayrab dam oldik”, deya hayratlanib fikr bildirishadi”.
Shaxsiy hayot
“San’atkorlar sulolasi vakiliman. Dadam Narimon Hamroyev asli namanganlik bo‘lib, mashhur aktyor Razzoq Hamroyevning o‘g‘li bo‘ladi. Onam Muhabbatxon aya esa buxorolik. Hozir 79 yoshda, keksalik gashtini suryapti. Oilada ikki farzandmiz: men va ukam. Ulug‘bek bugungi kunda Rossiyada kinooperator sifatida faoliyat yuritadi.
Shaxsiy hayotimga to‘xtaladigan bo‘lsam, umr yo‘ldoshim bilan kasbdoshmiz. Uch nafar farzandimiz, olti nafar nevaramiz bor. To‘ng‘ich o‘g‘lim Sherzod oilasi bilan Fransiyada yashaydi. Qizim Rayhonni ham uzatganman, u Zambiyada istiqomat qiladi. Kenjam Shuhrat esa Janubiy Afrikadagi oliygohlarning birida tahsil oladi.
O‘zbekistonga oxirgi marta shu yilning boshida borib keldim. Men ona Vatanimdan olisda bo‘lsam-da, hamisha qalban o‘zbekistonlikman. O‘zbekcha gapirish va o‘zbekona urf-odatlarimizni hech qachon unutmaganman”. | 93 | 5,406 |
Madaniyat | “Oskar” bir daqiqa ichida: mukofotga nomzod filmlar qanday ko‘rinishda? | YouTube’dagi Art of The Film kanali “Oskar – 2017” mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan filmlardan olingan lavhalardan tuzilgan roliklar jamlanmasini taqdim etdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Jamlanmaning ommabop rolikida mualliflar eng yaxshi vizual effektlar uchun “Oskar”ga nomzod sifatida ko‘rsatilgan filmlarni taqdim etdi: “Chuqur suvli gorizont”, “Doktor Strenj”, “Jungli kitobi”, “Kubo: Samuray haqida afsona”, “Birinchi quvg‘in. Yulduzlar jangi: Hikoya”.
To‘plamda tasvirga olish maydonida olingan lavhalar ham namoyish etilgan. Ular maxsus effektlar kiritilganidan keyingi variant bilan solishtiriladi.
“Eng yaxshi film” nominatsiyasiga bag‘ishlangan rolikda “Tashrif”, “To‘siqlar”, “Vijdon amriga ko‘ra”, “Oy shu’lasi”, “Dengiz bo‘yidagi Manchester”, “Sher”, “Istalgan yo‘l bilan”, “Yashirin shakllar” va “La-La Lend” fimlaridan lavhalar namoyish etilgan.
Eng yaxshi liboslar dizayni mukofotiga ko‘rsatilgan nomzodlar haqidagi videoda “Fantastik maxluqlar”,“Ittifoqchilar”, “Florens Foster Jenkins”, “Jeki” va “La-La Lend” filmlari uchun yaratilgan kiyimlar eskizlari ko‘rsatilgan.
Eng yaxshi grim va soch turmagi uchun “Oskar - 2017” nomzodlariga bag‘ishlangan videoda “Uvening ikkinchi hayoti”, “Qotillar jamoasi” va “Startrek: Cheksizlik” filmlari haqida hikoya qilinadi.
Eng yaxshi animatsion film nomzodlari haqidagi qisqa rolikda “Kubo”, “Moana”, “Hayvonlar shahri”, “Qizil toshbaqa”, va “Qovoqchaning hayoti” multfilmlarining tasvirga olinish jarayonlaridan lavhalar ko‘rsatilgan.
Film uchun eng yaxshi musiqa nominatsiyasi haqida tayyorlangan rolikda “Jeki”, “Yo‘lovchilar”, “La-La Lend”, “Sher” va “Oy shu’lasi” filmlari saundtreklaridan olingan parchalar keltirilgan.
Eng yaxshi ovoz montaji mukofoti uchun nomzodlarga bag‘ishlangan rolikda “Tashrif”, “Chuqur suvli gorizont”, “Vijdon amriga ko‘ra”, “Salli”, “La-La Lend”, “Birinchi quvg‘in. Yulduzlar jangi: Hikoya”, “13 soat: Bengazining sirli askarlari” filmlaridan parchalar taqdim etilgan.
Eng yaxshi rejissorlik uchun nomzodlarga bag‘ishlangan videoda lavhalar nomzodlarning izohlari bilan birga keladi: Deni Vilnev (“Tashrif”), Mel Gibson (“Vijdon amriga ko‘ra”), Demiyen Shazel (“La-La Lend”), Kennet Lonergan (“Dengiz bo‘yidagi Manchester”) va Barri Jenkins (“Oy shu’lasi”).
Eng yaxshi sahnalashtiruvchii rassom ishi nominatsiyasi uchun tayyorlangan videoda “Tashrif”, “Fantastik maxluqlar”, “Yashasin Sezar!”, “La-La Lend” va “Yo‘lovchilar” filmlaridan lavhalar taqdim etilgan.
Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy mukofoti nomzodlariga bag‘ishlangan videoda (“Tashrif”, “To‘siqlar” “Yashirin shakllar”, “Sher” va “Oy shu’lasi”) haqiqiy asarning o‘zidan parchalar keltirilgan.
Los-Anjelesda 26-fevral kuni “Oskar”ning bo‘lib o‘tadigan 89-taqdirlash marosimida Jimmi Kimmel boshlovchilik qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 71 | 2,963 |
Madaniyat | MARG`ILONDA “ATLAS BAYRAMI” FESTIVALINING MAHORAT DARSLARI BOShLANDI. | «Atlas bayrami» festivali milliy hunarmandlikni rivojlantirish va targ`ib qilish, hunarmandlar o`rtasida hamkorlikni kengaytirish, turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta`minlash maqsadida tashkil etilmoqda. Mahorat darsining 1-kunida taniqli mutaxassislar an`anaviy to`qimachilik va tadbirkorlik bo`yicha amaliy trening o`tkazdilar.
Ishtirokchilarning dastlabki mavzusi qadiymiy milliy matolarni qayta tiklash, ularning naqsh va gullarini o`rganish, 17-18 asrda mashhur bo`lgan matolar tarixini o`rganishga qaratildi.
Mahorat darsi davomida milliy maxsulotlarni keng tarqatishda zamonaviy imkoniyatlari bo`yicha so`z bordi. Unda mutaxassislar hunarmandlarning maxsulotlarini internet orqali jahon bozoriga olib chiqish, noodatiy buyum yaratish orqali o`z o`rniga ega bo`lish haqida ma`lumot berdilar.
Internetdan to`g`ri foydalanish va O`zbekistondagi ommabop vep saytlari haqida ma`lumot berib, seminarda avvalgi asrda axborot texnologiyalari va hozirgi zamondagi axborotlar qulayligi haqida aytib o`tildi.
Joriy yilda festival dasturi sezilarli ravishda kengaytirildi. Unda mamlakatimizning barcha hududidan ishtirok etadigan hunarmandlar o`z mahoratini namoyish etadi. Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida an`anaviy kashtado`zlik, tabiiy bo`yash, liboslar dizayni bo`yicha mahorat saboqlari tashkil etiladi.
13 sentyabr kuni viloyatlardan tashrif buyurgan hunarmand va dizaynerlar 3 guruhga ajralgan holda amaliy faoliyat olib boradilar. Ishtirokchilarga Aygul Janserikova, Madina Kasimbaeva, Marhamat Umarova tajribalarini o`rtoqlashadilar. Amaliy mashg`ulotlarda kigizchilik, an`anaviy kashtachilik, liboslar chizmalarini aks ettirish bo`yicha fikr-mulohazalar yuritiladi. | 70 | 1,726 |
Madaniyat | Negativni kamaytirishni so‘ragan Rayhon Ulasenova, mukofotlangan Guli Asalxo‘jayeva, cho‘ntak pulini ko‘paytirgan Nilufar Usmonova. Mashhurlar karantinda | San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 2-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Gulchehra Eshonqulova farzandlari ishtirokidagi video bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Komik aktrisa Halima Ibragimova marhum onasi qalamiga mansub she’rni sahifasiga joylashtirdi.
View this post on Instagram
Mavluda Asalxo‘jayeva singlisi Guli Asalxo‘jayevaning muvaffaqiyati bilan o‘rtoqlashdi.
View this post on Instagram
Manzura hasad haqidagi mulohazalarini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova muxlislariga berayotgan cho‘ntak puli miqdorini oshirdi.
View this post on Instagram
Poytaxt go‘zalliklaridan zavq olayotgan Sevara Nazarxon.
View this post on Instagram
“Qora niyat” seriali yulduzi Sevda Erginji yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Rayhon Ulasenova insonlarni mehrliroq bo‘lishga chorladi.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Priti Zinta 2-iyun kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan hamkasb dugonasi Sonakshi Sinhani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
O‘zbek shou-biznesi vakillari bolalar kuni munosabati bilan quvnoq rolik tayyorladi.
View this post on Instagram
Tohir Saidov “Ilhaq” filmining suratga olish jarayonidan video joylashtirdi.
View this post on Instagram
Rossiyalik xonanda Alsu ilk marta o‘g‘li Rafael va qizlari bilan tushgan surati bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Nevaralari qurshovidagi Hosila Rahimova.
View this post on Instagram
Rossiyada yashab ijod qiluvchi o‘zbekistonlik xonanda Sogdiana o‘zbek milliy choponida shahar aylandi.
View this post on Instagram
Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin: | 153 | 2,021 |
Madaniyat | Jeki Chan narkotiklar tarqatganlik uchun o‘lim jazosi tayinlanishini qo‘llab chiqdi | Xitoy va amerikalik aktyor Jeki Chan 7-may, payshanba kuni Singapurdagi narkotiklarga qarshi kurashga bag‘ishlangan matbuot anjumanida narkotiklar bilan bog‘lik jinoyatlar sodir qilganlik uchun o‘lim jazosi belgilanishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Ba’zi masalalarda men o‘lim jazosi tarafdoriman. Narkotiklar bilan savdo qiluvchi va minglab bolalarning hayotini buzuvchi kishilar jazolanishi kerak”, — dedi aktyor.
Eslatib o‘tamiz, Jeki Channing o‘g‘li Jeysi Chan 2014-yil sentabr oyida o‘z do‘sti − 23 yoshli taniqli tayvanlik aktyor Ke Chjendun bilan birgalikda Pekinda qo‘lga olingan. Uning qonida narkotik modda aniqlangan, shuningdek Jeysining uyidan 100 gramm marixuana topilgan. U narkotik moddalar iste’mol qilganlikda ayblanib, olti oylik qamoq jazosiga va 2000 yuan (320 dollar) miqdoridaga jarimaga mahkum etilgan. 13-fevral kuni ozodlikka chiqqach, marixuana iste’mol qilgani uchun omma oldida uzr so‘ragan edi.
2009-yilda uning otasi Jeki Chan mamlakatda giyohvand moddalarga qarshi ta’lim targ‘ibotiga mas’ul Xitoy narkotiklarga qarshi kurash milliy qo‘mitasiga rahbar etib tayinlangan edi. O‘g‘li hibsga olingach, aktyor Jeysining bu qilmishi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishini ma’lum qilgan. | 83 | 1,268 |
Madaniyat | Gulchehra Eshonqulova va Sharof Sharopovdan fotosessiya | Aktrisa Gulchehra Eshonqulova va Sharof Sharopovlar yangi fotojamlanmasini Sharq gavhari bo‘lmish Samarqand, Registon maydonida amalga oshirdi, deb yozadi MyDay.
Nashr xabariga ko‘ra, juftlik uchun fotosessiyani Islom Mardiyev amalga oshirgan.
Oldinroq Sharof Sharopov va Gulchehra Eshonqulova to‘yoldi fotosessiyasini o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, ular 2015-yil 30-mayda rasman nikohdan o‘tgan. 2016-yilning 15-iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘g‘il farzandli bo‘lishgan edi. | 55 | 513 |
Madaniyat | Kanizaning oilasini barbod qilgan “Million”: Xonanda Davron Kabulovni sudga bermoqchi | O‘zbekistondagi ilk internet radio “Sog‘inch sadosi”sida mehmon bo‘lgan xonanda Kaniza sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan “Million” jamoasining konserti sabab uning oilasida notinchlik boshlanganini ma’lum qildi.
“Sayyod-shou” deb nom olgan dastur muallifi Sardor Komilov studiyaga mehmon sifatida Kanizani chaqirdi. Unda qo‘shiqchining “Million” bergan konsertda namoyon bo‘lgani, qo‘shiq kuylayotgan vaqtida ekranda uyatsiz so‘zlarga shama bo‘lgan gaplar yozilgani eslab o‘tilgan. Bu esa Kanizaning sha’niga haqorat bo‘lgani, keyinroq katta shov-shuvga aylanib, qo‘shiqchining onasiga odamlar xat yoza boshlagani ma’lum qilingan.
Shular haqida gapira turib, Kaniza oilasi buzilayotganini aytdi va yig‘lab yubordi, deyilgan “Sayyod.com” xabarida.
Efirda qo‘shiq ketayotgan bir vaqtda Kanizaning onasi ham studiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. “Million” jamoasining konsertida Kanizaning ostidagi monitor “Shulxa” so‘zini ko‘rsatganini odamlar haqorat so‘zidek qabul qilganini aytib, qizi kulgu qilinganidan ranjiganini ta’kidlagan va o‘zi ham yig‘lab yuborgan.
Kaniza bu so‘zni o‘zi ko‘rmagani haqida aytgan. U bu haqda konsertdan keyin odamlardan eshitgan, unga sheluxaning o‘simlik ekanini tushuntirmoqchi bo‘lishgan. Qo‘shiqchi bir necha bor urinib, Davron Kabulov bilan bog‘lana olmagan, keyinroq buni esidan chiqarishga harakat qilgan.
“Million” jamoasining disklari sotuvga chiqqanidan keyin esa odamlar bu mavzuni yana ko‘targan. Natijada Kanizaning shaxsiy hayoti barbod bo‘lgan. Hatto, ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ham munosabatlari taranglashgan.
Radio efirdan so‘ng Kaniza “Million”ning sotuvga chiqqan disklari qaytarib olinib, uning ishtiroki olib tashlanmasa va qo‘shimchasiga Davron Kabulov OAVda rasman uzr so‘ramasa, ishni oxiriga qadar olib borishini aytgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar Kaniza va Davron Kabulov o‘zaro til biriktirib, PR qilmoqchi bo‘lgani haqida yozildi, biroq bunday holatda qo‘shiqchining onasi qo‘ng‘iroq qilib, yig‘lab bermasdi, deyilgan “Sayyod.com”da. | 85 | 1,993 |
Madaniyat | “Ilhaq” filmi turli tillarga tarjima qilinmoqda | Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” badiiy filmi (https://telegra.ph/Ilhaq-05-31)bir necha tillarga tarjima qilinmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.
Mazkur film Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlanib, unda 5 farzandini frontga jo`natgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari haqida suratga olingan.
Rejissyor Jahongir Ahmedov kinokartinaning boshqa tillarga tarjima qilinishi haqida so`zlab berdi:
“Kinokartina birinchi navbatda rus tiliga tarjima qilindi hamda 19-22 may kunlari Tojikiston Respublikasida bo`lib o`tgan “O`zbek kinosi kunlari” doirasida ilk bor rus tilida premerasi o`tkazildi.
Filmning rus tilidagi varianti qardosh xalqlar tomonidan juda iliq kutib olindi va endilikda “Ilhaq” kinokartinasini qozoq, turkman, tojik, qirg`iz tillariga tarjima qilish hamda premeralarini o`tkazish taklifi berildi. Ayni vaqtda agentlik buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan film tojik tiliga tarjima qilinyapti.
“Ilhaq” filmining hozirda rus tilidagi tarjima va ingliz tilidagi subtitr qilingan varianti tayyor”. | 47 | 1,198 |
Madaniyat | Aktrisa Aziza Yoqubova ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ham ajrashganini ma’lum qildi | 2020-yilning 30-sentabr kuni ikkinchi marta turmushga chiqqan aktrisa Aziza Yoqubova Instagram’dagi sahifasiga turmush o‘rtog‘ining boshqa qiz bilan sayr qilib yurgani aks etgan videoni joylab, u bilan ajrashganini ma’lum qildi.
“Balkim, hamma gap-so‘z, savollarga nuqta qo‘yish vaqti kelgandir. Xulosa sizdan. To‘g‘ri, erkak kishi yurishi mumkin, 2 oila qurishi ham... lekin oilasini eplab qo‘yib, ayoliga bildirmagan holda qilishi kerak. Homilador ayoli bolasining hayoti xavf ostida shifoxonada yotganda hech bo‘lmasa, ayolining yonida suyanchiq bo‘lishi kerak. Ko‘chadagi haromga emas. Bir xil befarosat, niqob ostidagi qizlarga farqi yo‘q ekan — oilalimi, homiladormi? Demak, oilani asrash erkakning zimmasida. Hayosiz videolarini oxirigacha qo‘ymadim. Sababi, navbatdagi malikamiz bizning vujudimizdagi farzandimiz taqdirini o‘ylamasayam, man shu qiz sha’nini o‘ylab, qo‘ymadim. Yana ajrashdingizmi, deganlar uchun oxirgi javobim: ha!
Ko‘p marta ko‘z yumdim, lekin har safar shunaqa xiyonatlar jonimga tegdi. Necha marta imkon berdim. Oilani saqlash o‘rniga xiyonatda davom etildi. Farzandimni yetim qilganni ham, sababchilarini ham Alloh kifoya qilsin.
Baxtini topganidan xursandman, endi mening navbatim”, — deb yozdi aktrisa.
Aktrisa Aziza Yoqubova pnevmoniyadan tuzaldi. Unga kasalxonadan uyga javob berildi (video) | 84 | 1,327 |
Madaniyat | VGIK instituti rektori Kinematografiya agentligi Bosh direktori bilan uchrashdi | Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va prodyuser, O`zbekiston Kinematografiya agentligi ekspertlar kengashi a`zosi Sayyora Xudayberdieva amaliy tashrif bilan Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ga tashrif buyurishdi.
Tashrif chog`ida Kinematografiya agentligi Bosh direktori mart oyida Rossiyada "O`zbek kinosi kunlari” bo`lib o`tishini, tadbir doirasida VGIK ishtirokida ham bir qator tadbirlar o`tkazilishini aytib o`tdi. Shu munosabat bilan bir oy muddatda “Yo`l xaritasi”ni ishlab chiqish va ishchi guruh tuzish taklif etildi.
Shuningdek, 2022 yil sentyabr oyi oxirida Toshkentda “Ipak yo`li durdonasi” xalqaro kinofestivali bo`lib o`tishi, unda VGIK talabalarining ishtirokidan mamnun bo`lishi haqida ma`lum qilindi.
VGIK rektori Vladimir Malshev aktyorlik bo`limi talabalari Rossiyada "O`zbek kinosi kunlari”da ishtirok etishlari mumkinligini ta`kidlab, ushbu tadbir doirasida institutda filmlar namoyishini tashkil etish taklifini bildirdi.
VGIKning animasiya va multimedia fakulteti dekani Elena Yaremenko “Markaziy Osiyoning golografik saroblari” multimedia interaktiv xalqaro loyihasi taqdimotini namoyish etdi. Loyiha talabalar va o`qituvchilarning ijodiy kuchlarini birlashtiradi va ikki davlat – Rossiya va O`zbekiston tarixi, madaniyati, milliy an`analarini aks ettiradi. Ijodiy loyihalarni amalga oshirishda klassik animasiya texnologiyalari va raqamli san`at vositalari qo`llaniladi. Qo`shma loyihani amalga oshirish doirasida virtual va to`ldirilgan reallik (VR / AR) uchun eksperimental texnologiyalarni tadqiq etish, joriy etish va o`rganish bo`yicha tadbirlar o`tkaziladi.
Animasiya va multimedia fakulteti talabalari tomonidan uchta animasion videorolik namoyish etildi: “Temurning g`alabasi” (animasion film tizeri), “O`rmonlar va bo`rilar haqida doston” va “Temurlanning Sungsvati” animasion filmlari.
Firdavs Abduxoliqov namoyish etilayotgan animasion filmlarga mualliflik qilgan talabalarning ijodiy qobiliyatlarini qayd etib, O`zbekiston Kinematografiya agentligi yosh rejissyorlar bilan hamkorlikni olqishlashini ta`kidladi.
Animasiya va multimedia fakulteti talabalarining asarlari taqdimoti natijalariga ko`ra, Elena Yaremenko O`zbekiston Respublikasi ishtirokida xalqaro animasiya loyihasini ishlab chiqish g`oyasi bilan chiqdi. Bu taklif Agentlik bosh direktori tomonidan iliq kutib olindi va o`z navbatida mazkur loyihani Rossiyadagi "O`zbek kinosi kunlari” doirasida taqdim etishni taklif etdi.
VGIK rektori Vladimir Malshev hamkasblarining fikriga qo`shildi va ikki tomon ham ushbu animasion loyihaning jozibadorligini tushunishini ta`kidladi. | 79 | 2,613 |
Madaniyat | Turk aktyori Engin Akyurek ishtirokidagi muvaffaqiyatli seriallar va uning partnyorlari (foto) | Turk aktyori Engin Akyurek “Elchining qizi” va “Pul va gul ishqi” serialida boshqa yana qanday seriallarda rol ijro qilgan va partnyorlaridan qay biri bilan mos juftlikni gavdalantirganiga to‘xtalib o‘tamiz.
Beren Saat bilan “Fotmagulning aybi nimada?” seriali
Mazkur serialdagi sevishgan juftlik tomoshabinlarga mukammal qilib ko‘rsatilmagan, aksincha tabiiylikka intilgan. Go‘zal va odatdagidek ijro va bir xillikdan charchagan muxlislar esa, Engin va Beren jonlantirgan rolni iliq qabul qilgan.
Melisa Sezen bilan “Bir bulut bo‘lsam” seriali
Ushbu serialda Engin, Narin ismli qizga telbalarcha oshiq bo‘lgan Mustafo rolini ijro qilgan. Bosh qahramon qiz uchun jurnal muqovalaridek soxta yasalgan emas, o‘ziga xos chiroy egasi bo‘lgan aktrisa Melisaning tanlanishi filmning muvaffaqiyatli chiqishiga hissa qo‘shgan.
Bergyuzar Korel bilan birga “Bir hayot, ikki sevgi” filmi
Film sujeti alohida ta’kidlashga arzimasa-da, Enginning ushbu filmdagi ishonarli qilib gavdalantirilgan qahramon ijrosini ta’kidlamay bo‘lmaydi. Uni tomosha qilish orqali film ichiga kirib ketgan tomoshabin, Bergyuzarning “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Xalit Ergenchning rafiqasi ekanini unutib, Engin bilan o‘rtalarida nimadir bor degandek xulosaga kelishi aniq.
Hilyal Altinbek bilan “Bolalar senga omonat” seriali
Ushbu filmni tomosha qilib, aktyorning Hilyal bilan jonlantirgan obrazidan ko‘ngil to‘lmasligi mumkin va bu tabiiy. Rol har doim ham muvaffaqiyatli va omadli chiqmasligi va bu partnyor yoki turli omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tuba Buyukustun bilan “Pul va gul ishqi” seriali
Ushbu juftlikka alohida to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q, chunki har ikkala kino vakili ham tashqi ko‘rinishi va ijrosi bilan haqiqatan bir-biriga mos sevishganlarni jonlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Sinyorina va unga sodiq oddiy oila farzandi, komissar bo‘lib ishlaydigan yigit haqidagi voqealar muxlislarni befarq qoldirmagan. Ushbu serialdagi roli uchun aktyor “Emmi” mukofotiga loyiq deb topilgan va bu turk aktyorlari tomonidan sazovor bo‘lingan ilk “Emmi” mukofoti bo‘lgan.
Fahriya Evjan bilan “O‘limga qadar” seriali
Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye va Engin esda qolarli juftliklardan birini ijro qilishga muyassar bo‘lgan. Fahriye esa rolini mahorat bilan ijro qilishga uringani bilan “Choliqushi”da Burak bilan Feride rolini gavdalantirganidek mukammal chiqmagan. Bundan ming iste’dod ishga solingani bilan aktyorlar o‘rtasida haqiqiy sevgi bo‘lsa, ijro ham tamoman boshqacha, samimiy bo‘ladi degan xulosaga kelish mumkin.
Neslihan Atagul bilan “Elchining qizi” seriali
Tashqi ko‘rinishi boshqa aktrisalardan tabiiydek ko‘ringani bilan ajralib turadigan Neslihan, ushbu serialda qo‘ng‘iroq soch va qirmizi labli Nare rolini ijro qilgan. Serial suratga olinishidan avval bosh qahramonlar e’lon qilinganida, juftlik ijrosi muvaffaqiyatli chiqishiga shubha qilganlar, u efir yuzini ko‘rganidan keyin fikrini o‘zgartirgan. Aktyorlar ko‘rinishi bir-biriga o‘xshamagani bilan ularning har ikkisining ham o‘ziga yarasha diqqat tortadigan qiyofasi va yetarli ijod tajribasi umumlashmasi serialning keyingi qismlarini intiqib kutilishiga sabab bo‘lgan. Fe’l-atvor jihatidan Engin, qiziqqon va shubha-gumonlarga beriluvchi, Atagul esa yosh vaqtida uchragan psixologik travmani yengib, qizi uchun oyoqqa turgan ayol rolini ijro qilgan. Ammo rol boshqa hayot boshqa, aktyor serialda Neslihan bilan sevishganiga qaramay, hayotda Narening raqibi Menekshe rolini ijro qilgan Tulkan Azkan bilan uchrashadi. | 94 | 3,494 |
Madaniyat | 15-22 DEKABR KUNLARI AL-QUVAYT ShAHRIDA O`ZBEKISTON MADANIYaTI KUNLARI O`TKAZILADI | Ana shu etti kun davomida Quvaytda O`zbekiston amaliy san`ati va fotoko`rgazmalar taqdimoti, O`zbekiston turistik salohiyati va madaniy obidalari taqdimoti, “O`zbekiston-bag`rikeng diyor” nomli davra suhbati, xattotlik bo`yicha master-klasslar o`tkaziladi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi.
Yurtimiz vakillari turli davlatlarda ana shunday madaniyat haftaliklarini o`tkazish borasida etarli tajribaga ega. Ko`pchilik yaxshi eslaydi noyabr oyida Ashxabodda madaniyat kunlari o`tkazilgan edi. Tadbir doirasida o`tkazilgan amaliy san`at namunalari ko`rgazmasi va o`zbek san`at ustalarining konserti ko`pchilikka manzur bo`lgandi. | 83 | 650 |
Madaniyat | Instagram: Yangi uyli bo‘lgan “VIA Marokand”chi Asal, unashtirilgan Marjona Mirzaaliyeva, internetni “portlatgan” psixologga parodiya | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Nilufar Usmonova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Yorqinxo‘ja Umarov uylanish uchun qiz izlayotganini aytib, ekran orqali bo‘lg‘usi rafiqasiga murojaat qildi.
Maryam Tillayeva Toshkentga keldi va Islom Karimov muzeyini tomosha qildi.
Madina Mumtoz onasi sabab teatrda ulg‘aygan qizchadan taniqli aktrisa va xonanda bo‘lguncha bosib o‘tgan yo‘li haqida muxlislariga qisqacha hikoya qilib berdi.
Rashid Xoliqov qizi Azizaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan oilaviy suratini sahifasiga joyladi.
Psixologik treninglardan birida psixologning zamonaviy ayolga er kerakmasligi haqida aytgan keskin fikrlari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining tanqidlariga sabab bo‘ldi. Yosh aktrisalar psixolog ayolga parodiya qilib, hajviya tayyorladi.
Rayhon G‘aniyeva singlisi Nasibani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Zarina Nizomiddinova sakkiz yoshida “Nasiba” qo‘shig‘i bilan “Yulduzcha” tanlovi g‘olibasi bo‘lgani aks etgan video bilan bo‘lishdi.
Qilichbek Madaliyev hoji onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
“VIA Marokand” guruhi xonandasi Asal hayotidagi eng katta orzularidan biri amalga oshganini aytib, muxlislariga yangi uyini ko‘rsatdi.
Parizoda kuzatuvchilarining nima uchun chet elga sayohatga chiqmasligi haqidagi savoliga javoban vaqtincha xorijga chiqa olmasligini yozib qoldirdi.
“Qodirxon” serialidagi obrazi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Marjona Mirzaaliyeva unashtirildi. Kuyov ham san’at vakili. Bu haqda u “Omon-omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida so‘zlab berdi. | 133 | 1,671 |
Madaniyat | Orzular amalga oshadi: kelajakdagi rollarini bashorat qilgan aktyor va aktrisalar | Har birimizning orzularimiz bor. Orzular ish, boylik yoki oilamizning kelajagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sevimli aktyorlarimizning ba’zilari butun umri davomida birgina rolni orzu qiladi. Ba’zida ular bunday imkoniyatga ega bo‘lishadi. Bularning barchasi o‘zimiz istagan narsaga intilishdan to‘xtamasligimiz kerakligini anglatadi.
Tom Holland
2013-yilda qizil gilamda bergan intervyusida Tom Holland “yaqin 10 yil ichida o‘rgimchak odamni o‘ynashni” xohlashini aytadi va uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmaydi — 2016-yilda u “Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik” filmida ushbu rolda paydo bo‘ladi. Bu hali hammasi emas: u o‘zining sevimli videoo‘yini Uncharted’ning ekranlashtirilgan versiyasida rol o‘ynaydi va aktyor uzoq vaqt davomida sevib yurgan Zendaya uning sevgilisiga aylanadi.
Ariana Grande
2011-yilda pop-yulduz Ariana Grande Tvitter sahifasida “Yovuz” filmidagi Glinda obrazida o‘ynashni xuddi shu nomdagi teatr spektaklini ko‘rganidan beri orzu qilishini aytadi. 2021-yilda xonandaning orzusi ushalishi ma’lum bo‘ldi. U mashhur musiqiy filmning ekranlashtirilgan variantida Glinda rolini o‘ynaydi.
Simu Lyu
2018 yilda Simu Lyu Marvel’ning Twitter sahifasiga Shang-Chi haqida gaplashishni taklif qiladi. Bir yil o‘tgach esa studiya aktyorning “Shang-Chi va o‘n uzuk afsonasi” filmida bosh rolni ijro etayotganini e’lon qiladi.
Keke Palmer
Keke Palmer “Oq qarg‘a” filmining 5-mavsumi chiqqani haqidagi quvonchi bilan o‘rtoqlashganda, muxlislari aktrisa filmda rol o‘ynayapti deb o‘ylashadi. U bu haqda serial yaratuvchisi va yulduzi Issa Reyga yozadi va bu ish beradi. Bir yil o‘tgach, Keke serialda rol o‘ynaydi.
Jordan Fisher
2020-yilning fevral oyida Jordan Fisher Oliviya Rodrigo va Joshua Bassett bilan “Something New” qo‘shig‘ini kuylamoqchi ekanligini Twitter’da yozadi. “Ajoyib myuzikl: Myuzikl” seriali yaratuvchisi uning tvitini ko‘rib, Fisher bilan gaplashadi. Natijada Jordan shouning 2-mavsumida ishtirok etadi.
Barri Keogan
2013-yilda Barri Keogan Sten Liga Twitter orqali yozib, uni superqahramonga aylantirishni iltimos qiladi. Yillar o‘tib Keoganning orzusi ushaladi. Marvel olamining “Abadiylar” filmida Barri g‘ayritabiiy inson rolini o‘ynaydi. Omad kutishni bilganlarga kulib boqadi.
Emma Roberts
7 yoshida Emma Roberts “Qichqiriq” filmidagi niqobni kiyib suratga tushgan. Bu lahza bashorat qilinganga o‘xshaydi, chunki 2011-yilda aktrisa “Qichqiriq 4” filmida ishtirok etadi.
Bini Feldshteyn
Bini 3 yoshga to‘lishi munosabati bilan “Kulgili qizlar” mavzusida ziyofat uyushtiriladi. Oradan ko‘p yillar o‘tib, u “Byord xonim” va “Ta’lim” filmlarida rol o‘ynashga muvaffaq bo‘ladi. Ammo 2022-yilda musiqiy asarning qayta yaratilishi e’lon qilinganida Bini rolga ega bo‘lish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozib, ba’zida orzular ro‘yobga chiqishini ta’kidlaydi. | 81 | 2,841 |
Madaniyat | Kameron Dias, Ben Afflek, Ledi Gaga, Robert Pattinson va maktabda sinfdosh bo‘lgan boshqa mashhurlar (foto) | Gollivud yulduzlari orasida maktabda birga tahsil olgan, bir sinfda o‘qigan mashhurlar ham bor. Ularning ayrimlari maktab paytida bir-biri do‘stlashib, hozirgi kunga qadar bu rishtani uzmay kelmoqda. “Wday” nashri Gollivudning shu kabi mashhur insonlari haqida ma’lumot berdi.
Mett Deymon va Ben Afflek
Mett Deymon va Ben Afflek maktabda birga o‘qib yurgan paytlarida bir-biri bilan do‘st tutingan. Bo‘lajak aktyorlar bir ko‘chada yashab, Kembrij Rinj maktabida, keyin esa Bostondagi lotin maktabida o‘qigan.
Aktyorlar o‘qishni tugatgandan so‘ng, bir necha yil alohida ijod qildi. Ularning ikkalasi ham filmlarda rol o‘ynadi, ammo mashhurlikka erisha olmadi. Keyinroq Afflek va Deymon yana birga birga ijod qila boshladi. Do‘stlar “Aqlli Uill Hanting” filmi uchun ssenariy yozdi va bu filmda ularning o‘zi ham rol ijro etdi. Natijada film “Eng yaxshi ssenariy uchun'' “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi va IMDB bo‘yicha 250 ta eng yaxshi filmlar ro‘yxatidan joy oldi. Bunday ajoyib muvaffaqiyat do‘stlar uchun katta kino olam uchun eng yaxshi yo‘llanma bo‘ldi.
Shahzoda Uilyam, Eddi Redmeyn, Tom Hiddlston
Shahzoda Uilyam, Eddi Redmeyn va Tom Hiddlston Eton kollejidagi internat-maktabiga borgan. Redmeyn va shahzoda Uilyam maktab regbi jamoasida birga o‘ynagan.
“Men unga biroz achinardim. Boshqa maktablarning barcha bolalari u bilan jang qilishni xohlar edi, shundan keyin ular: ‘Men shahzoda Uilyam bilan jang qildim’ — deyishar edi”, — deydi “Fantastik maxluqlar” filmi yulduzi.
Maktabdan keyin sinfdoshlarning taqdir yo‘llari ajralib ketdi va u shahzoda Uilyam Eddining to‘yiga taklifnoma olmadi. Ammo universitetdagi do‘stlik shahzodaga mehribon turmush o‘rtog‘ini berdi, ya’ni Uilyam va Keyt Middlton Sent-Endryus universitetida o‘qib yurganida tanishgan.
Eddi Redmeynning yana bir sinfdoshi Gollivudning mashhur aktyorlaridan biri Tom Hiddlston bo‘lib, u hamkasbi bilan birga teatrlarning sahnalashtirish ishlarida qatnashgan.
Lenni Kravits, Nikolas Keyj, Slesh
Bo‘lajak xonanda, aktyor va gitarachi 1980-yilda nufuzli Beverli-Hillz maktabida birga o‘qigan. Uchalasida ham bitiruvchilar yig‘ilishlarida maqtanadigan narsa bor.
Kravits ketma-ket to‘rt yil “Gremmi” mukofotini oldi va hard-rockning 100 ta eng buyuk musiqachisi ro‘yxatida 93-o‘rinni egalladi. Keyj “Las-Vegasni tark etish” filmidagi roli uchun “Oskar” va “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi. Guns N’ Roses guruhining gitarachisi Sal Hadson, ya’ni Slesh, Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduzini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan va Rolling Stone jurnalining barcha davrlarning 100 ta eng zo‘r gitarachilari ro‘yxatidan joy olgan.
Nikol Kidman va Naomi Uotts
Nikol va Naomi qariyb 40 yildan beri do‘st. Ular 14 yoshida Sidneydagi qizlar o‘qiydigan o‘rta maktabda uchrashgan.
Qizlar tezda do‘stlashib ketgan va kastinglarga birga borgan. Keyinroq Kidman Gollivudga boradi va kino yulduziga aylanadi. Ammo shon-shuhrat Naomiga keyinroq, Devid Linchning “Malholland Drayv” filmida bosh rolni ijro etganidan keldi.
Ular bir xil rollarni ijro etishga harakar qildi, lekin raqobat va hasaddan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Aktrisalar bunday do‘stlik ularning kasbida kamdan-kam uchrashini tan olgan.
Nil Patrik Harris va Kichkina shahzoda Freddi
Ikkala aktyor ham Nyu-Meksiko shtatining shimoli-sharqida joylashgan Albukerke shahridagi La Cueva davlat o‘rta maktabida o‘qigan. Nil Freddidan uch yil oldin o‘qishni tamomlagan.
Nilga shon-shuhrat Freddiga nisbatan biroz keyinroq keldi, u 2005 yilda “Onang bilan qanday tanishdim” serialida rol o‘ynagan.
Ledi Gaga va Nik Hilton
Bunga ishonish qiyin, lekin Ledi Gaga Manxettenda joylashgan Muqaddas yurak monastiridagi qizlar o‘qitiladigan Rim-katolik maktabiga borgan. Hilton mehmonxonalari asoschisi Nikki Hiltonning nevarasi ham shu maktabda tahsil olgan.
Ular bir-biri bilan do‘stlashmagan. Yosh farqi ham (Hilton Ledi Gagadan uch yosh katta) va turli ijtimoiy maqomlar bunga ta’sir qildi. Keyinchalik xonanda Hiltonni vaqti-vaqti bilan, yo‘lakda ko‘rganini tan olgan. Shu bilan birga, bo‘lajak “Oskar” mukofoti sovrindori tengdoshlarining masxara qilishiga chidagan. Ledi Gaganing onasi qizi maktab yillarida kamsitilgani va masxara qilinganini aytgan.
Peris Hilton, Kim Kardashyan, Rashida Jons va Nikol Richi
Peris Hilton, Kim Kardashyan, Rashida Jons va Nikol Richi Kaliforniyadagi The Buckly Scholl maktabiga borgan. Bundan tashqari, Kim, Parij va Nikol bir sinfda o‘qigan. Aktrisa Rashida Jons ulardan biroz katta bo‘lgan.
“Ular juda yaxshi ko‘rinardi, sochlarida juda ko‘p bog‘ichlar bor edi”, — deydi Rashida Jons.
Uchlikdan Rashida Jons aktrisa Nikolni singlisidek ko‘rgan.
Keyinchalik Richi va Peris “Oddiy hayot” realiti-shousida suratga tushdi va Kim esa vaqtincha Hiltonning shaxsiy stilistiga aylandi. Bundan ilhomlangan Kardashyan ham tez orada o‘zining oilasi ishtirokchi bo‘lgan realiti-shousini boshlaydi.
Britni Spirs va Alisha Kiz
Ikkala qo‘shiqchi ham Nyu-Yorkdagi nufuzli Professional Performing Arts Schoolda tahsil olgan. Bundan tashqari, Alisha uch yil o‘quv kurslarida tahsil olgan.
Liv Tayler, Keyt Hadson va Zoi Deshanel
Keyt Hadson va Liv Tayler mashhur insonlarning farzandlari. Bundan tashqari Keyt va Liv Kaliforniya san’at va fanlar maktabida birga o‘qigan. Aktrisalar do‘stlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi va hatto bitta filmda: Doktor Ti va ayollar”da rol o‘ynadi.
Bundan tashqari, aktrisa Zoi Deshanel Keyt va Liv bilan birga o‘qigan. Hadson va Deshanel hatto maktabda namoyish etilgan “Don Kixot” spektaklida birga o‘ynagan. O‘sha paytda Keyt bosh qahramonning jiyani rolini o‘ynagan, Zoi esa ot roli bilan kifoyalangan.
Robert Pattinson va Tom Starrij
Bolalikdan do‘st bo‘lgan Pattinson va Starrij Londondagi Harrodian maktabida o‘qiyotgan paytda tanishgan. O‘sha paytda yulduzlar 12 yoshda bo‘lgan.
Kameron Dias v Snup Dogg
Latofatli Kameron maktabda o‘qib yurgan paytlarida ham juda mashhur edi.
Kaliforniyadagi Long-Bich politexnika institutida u bilan birga o‘rta maktabda o‘qigan Snup Dogg: “U zamonaviy va zo‘r edi, har doim juda sakrab yurardi”, — deb eslaydi.
Reper Kamerondan yuqori sinfda o‘qigan. Diasning eslashicha, musiqachi o‘sha paytda baland bo‘yli bo‘lgan.
Rami Malek, Kirsten Danst va Reychel Bilson
Bo‘lajak kino yulduzlari Kaliforniyadagi Notr-Dam o‘rta maktabida tahsil olgan. Intervyuda “Bogemacha Rapsodiya” filmi yulduzi Kirsten Dunstni sevib qolganini tan oldi. Bundan tashqari, ular musiqali teatr sinfiga birga borgan. Ammo Malek ham o‘sha yili o‘rta maktabni bitirgan bo‘lsa-da, Reychel Bilson haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashmaydi.
Robert Daumi-ml, Charli Shin, Shon Penn va Rob Lou
Kaliforniyadagi Santa Monika maktabida bir vaqtning o‘zida to‘rtta Gollivud yulduzi tahsil olgan. Bundan tashqari, aktyor Charli Shin va Shon Penn bilan birga tahsil olgan.
Bo‘lajak aktyorlar tez-tez yig‘ilib, filmlar qanday suratga olinishini tasavvur qilgan. Ular birgalikda film ishlamasa ham, mashhur yulduzlarga aylandi.
Gvinet Peltrou va Kerri Vashington
Kerri Vashington o‘rta maktabda o‘qib yurgan paytlari maktabning eng mashhur o‘quvchisi Gvinet Peltrouni ko‘rganini tan oldi. Kerri o‘sha paytda boshlang‘ich maktabda o‘qigan, Gvinet esa Vashington kirishni orzu qilgan Triple Trio maktab guruhining prezidenti edi.
Kino yulduzlar Nyu-Yorkdagi Spence School xususiy maktabida tahsil olgan. Kerri ham keyinchalik o‘z maqsadiga erishdi, ya’ni va maktabdagi guruhining asosiy a’zolaridan biriga aylandi.
Basta Rayms va Jey-Zi
Ikkala reper ham Bruklindagi Jorj Vestinhaus karyera va texnik ta’lim beriladigan o‘rta maktabida o‘qigan. Basta Rayms keyinchalik ularning raqobati boshlanganini tan oldi. Bir marta ular maktab oshxonasida rep bo‘yicha jangi o‘tkazishganini aytgan. Bu bellashuvda Jey-Zi g‘alaba qozongan va Basta “Men birinchi marta muhim jangda mag‘lub bo‘ldim”, — degan. | 107 | 7,780 |
Madaniyat | Bred Pitt va Anjelina Joli hamda Gollivudning boshqa mashhur juftliklari ajrimlariga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (foto) | Mashhurlarning ajrimi deyarli har doim yuqori darajadagi da’vo, ayblov va shov-shuvlarga sabab bo‘lib kelgan. An’anaga ko‘ra, atrofdagi insonlar o‘zlaricha faqatgina taxmin qila oladi. Biroq yulduzlar orasida aslida nima uchun oilasi buzilganini ma’lum qilib, mish-mishlarga barham berganlari ham mavjud.
Bred Pitt va Jennifer Eniston
Besh yillik turmushdan so‘ng Bred Pitt va Jennifer Eniston 2005-yilda ajrashdi. “Hech kim noto‘g‘ri ish qilmagan. Lekin biz bir-birimizga faqat baxt tilaymiz. Nimani nazarda tutganimni tushungan bo‘lsangiz kerak. Ba’zida bunday holatlar shunchaki sodir bo‘ladi”, – deb izoh beradi Jennifer Eniston ajrashgani haqida.
Anjelina Joli va Bred Pitt
Anjelina Joli va Bred Pitt 2005-yilda uchrashishni boshlashgan, lekin 2014-yilgacha turmush qurmagan. Biroq, to‘ydan ikki yil o‘tib, juftlik ajrim uchun sudga murojaat qilgan. Oilaning buzilishida ikkisining ham aybi bor edi, lekin Bred Pitt asosiy sabab sifatida ichkilikka berilganini ko‘rsatdi.
“Aytmoqchimanki, men oila qurganimda ichishdan boshqa hamma narsani to‘xtatdim. Bu shunchaki muammoga aylandi”, – deb tan oldi aktyor.
Joli, o‘z navbatida, ajralish uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi: “Hammasiga men aybdorman. Biz birga ishlayotganimizda uchrashdik. Menimcha, bu munosabatlar uchun yaxshi usul. Qaysidir ma’noda shunday bo‘ldi ham, lekin tanganing boshqa tomoni ham bor edi”, – deydi Anjelina Joli.
Chenning Tatum va Jenna Devan
Chenning Tatum 2009-yilda Jenna Devan bilan turmush qurdi, lekin er-xotin 2018-yilda ajrashdi. Ularning ajrimi tinch va osoyishta hal bo‘ldi.
“Biz ko‘p yillar oldin bir-birimizni sevib qoldik va birgalikda sehrli sayohatga chiqdik. Sevgi borasida hech narsa o‘zgarmadi, lekin u bizni hozircha boshqacha yo‘llar bilan olib boradigan ajoyib sarguzashtga aylandi. Bizning qarorimizda hech qanday sir yoki odobsizlik yo‘q – bir-birlariga eng quvonchli va to‘laqonli hayot kechirishga yordam berish vaqti kelganini tushunadigan eng yaxshi ikki do‘stmiz. Biz hali ham oilamiz va har doim Everlining mehribon va sodiq ota-onasi bo‘lib qolamiz”, – deydi yulduzlar o‘z muxlislariga.
Eshton Katcher va Demi Mur
Eshton Katcher va Demi Mur 16 yoshdagi farqni hisobga olmaganda ajoyib juftlik edi. Ular 2005-yildan 2011-yilgacha bir oila bo‘lib yashadi.
“Men katta qayg‘u va og‘ir yurak bilan Eshton ikkimizning olti yillik turmushimizni tugatishga qaror qildim. Ayol, ona va rafiqa sifatida men muqaddas deb biladigan ba’zi qadriyat va ahdlarim bor va men ular bilan hayot kechiraman”, – deydi Demi Mur erining xiyonatiga ishora qilib ajralish haqidagi bayonotida.
Orlando Blum va Miranda Kerr
2013-yilda oila qurgan Orlando Blum va Miranda Kerr uch yillik nikohdan keyin ajrashdi. Supermodel ularning munosabatlari bir-biriga yaxshilik keltirmaganini ma’lum qildi. Ammo u shuni ham qo‘shimcha qildi: “Oramizda hech qanday adovat yo‘q, biz doimo do‘st bo‘lib qolamiz”. | 132 | 2,895 |
Madaniyat | Albatta O`zbekiston tarixi haqida film bo`lishi kerak, vaqti keldi — Aziz Abduhakimov | 17 dekabr - Milliy kinematografiya kuniga bag`ishlab “O`zbekiston madaniy merosi - yangi Uyg`onish davri poydevori” IV Xalqaro kongressi doirasida “O`zbekiston kinematografiyasi: o`tmish, bugun, kelajak” kinokonferensiyasining ochilish marosimi o`tkazildi. Bu haqda Uzbektourism.uz xabar qilmoqda.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov kinematografiya jahon kino makoni madaniyatining muhim tarkibiy qismi ekani va O`zbekiston o`z sharafi bilan chegaralaridan tashqarida ham ma`lum bo`lgan boy kinobiografiyaga ega mamlakat ekani borasida nutq so`zladi. Jumladan, Komil Yormatov, Malik Qayumov, Shuhrat Abbosov kabi nomlar har qanday haqiqiy kino muxlislariga tanishdir.
“Zamonaviy o`zbek kino san`ati o`zining iste`dodli ijodkorlari hamda filmlari bilan faxrlanishi mumkin. Bugungi kunda kinematografiya sohasiga davlat tomonidan katta e`tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari aytganlaridek, kino - tarbiyaning asosi. Biz kinematograf maktabini ochishimiz kerak. Hozir sifatli rasmlar etishmaydi, lekin yaxshi kino asarlarini ishlashga ishtiyoq bor. Albatta, O`zbekiston tarixi haqida film olinishi kerak, buning vaqti ham keldi”, – dedi Bosh vazir o`rinbosari. | 85 | 1,252 |
Madaniyat | AIDA YuNUSOVA: “QAT`IYaTSIZLIGIM KO`P PAND BERGAN” | O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Aida Yunusova o`ziga nisbatan tanqidiy ko`z bilan qaraydigan ijodkor, tortinchoq va yumshoq tabiatli ayol. O`zbek kino durdonalari — “Chinor ostidagi duel”, “Olovli yo`llar”, “To`ylar muborak”, “Ajoyib xayolparast” filmlarida turli obrazlar yaratgan aktrisaning tobi yo`qligi haqida eshitib, xonadoniga yo`l oldik. Tomoshabinni sog`intirgan va o`zi ham shirin diydorni kutayotgan qahramonimiz hayoti va undagi bekatlar haqida so`zlab berdi...
“AYTGANIM — AYTGAN, DEGANIM —DEGAN”
— 1948 yil Marg`ilonda, ziyoli oilada tug`ilganman. Dadam — huquqshunos, onam — texnikumda o`qituvchi edilar. Inson xarakteri oilada shakllanadi, deb bekorga aytishmas ekan. Kichikligimdan onam “Qiz bola degan nozik, muloyim va kamgap bo`ladi”, deb o`rgatganlar. Bu gaplarni deyarli har kuni, qayta-qayta eshitardim. Ularning ta`sirida mendagi uyatchanlik, yumshoqlik va qa`tiyatsizlik paydo bo`lgan, desam adashmayman. Ikki opamdan keyin tug`ilgan, oilaning eng kenja va erka qizi edim. Mening aytganim — aytgan, deganim — degan edi. Balki shuning uchun ham san`at yo`lini tanlaganimda qarshilik bildirishmagandir. Bugun Marg`ilonni qanchalik sog`inganimni, hovlimizni, maktabimiz xonalarini qo`msashimni, yugurib yurgan ko`chalardan yana qayta-qayta yurishni qanchalik istayotganimni so`z bilan tushuntirib berolmasam kerak. Bolalik poshsholik, deganlaridek, eng baxtli davrim edi o`sha yillar.
“FARMASEVT DEB, AKTRISA BO`LGANMAN...”
— Esimni tanibmanki, dugonalarim bilan turli aktyorlarning suratlarini to`plardik.. Ularning rollarini ko`rib, ular ta`sirida shu sohaga kelib qolganman, deb o`ylayman. Oilamizda san`atkorlar bo`lmasada, san`at biz uchun juda qadrli edi. Ayniqsa, dadam ikkimiz viloyatimizga kelgan birorta teatr truppasining spektakllarini o`tkazib yubormaganmiz. Lekin Aida aktrisa bo`ladi, degan habar ko`pchilikni chindan hayron qoldirgan.
Marg`ilondan Toshkentga yo`l olar ekanman, yaqinlarimning opalarim kabi farmasevt bo`lishimga ishonchi komil edi. Lekin men poytaxtga kelib o`zimning bolalikdagi orzuimni amalga oshirishga qaror qilganman. Hozirgi O`zbekiston san`at va madaniyat institutiga hujjat topshirdim va birinchi urunishning o`zidayoq talaba bo`lish baxtiga muyassar bo`lganman. Lekin tan olishim kerak, imtihon oson kechmadi. Sababi maktabda rus tilida savod chiqarganman, bu erda o`zbek tilida gapirishga to`g`ri kelgan. Ustozlarim iqtidorimni ko`rib, mendagi mavjud kamchiliklarga ko`z yumgan holda talabalar safiga qo`shishgan. Keyingi eng qiyin masala bu xabarni onamga etkazish edi. Chunki aytganimdek uydagilarning men bilan bog`liq orzulari butkul boshqa bo`lgan. Telefon orqali yangilikni aytganimda, onam bir og`iz gapirmay go`shakni qo`yib qo`yganlar. Ammo qaysi ona o`z bolasidan uzoq xafa bo`ladi, deysiz. Bir-ikki oylik arazdan so`ng yana gaplashib ketganmiz. Filmlardagi rollarimni ko`rgach esa kasbimni qabul qildilar. Turli davralarda men haqimda faxr bilan gapirganlari haligacha esimda...
“HAYoTIMDAGI JUDOLIKLAR...”
— 16 yoshimda hayotimdagi birinchi ayriliqqa duch keldim. Infarkt tufayli otamdan ayrilganmiz. Dadamning erka qizi bo`la turib bu kunlarni boshdan o`tkazish, ular yonimda emasliklarini bilib yashash og`ir bo`lgan...
Men uchun hayotimdagi ideal ayol, bu — onam. Volidamni ham kun kelib yo`qotib qo`yishimni tasavvur ham qilolmasdim. Ularning betob bo`lib qolishlari men uchun fojia edi (ko`ziga yoshga to`lib). Hayotining so`nggi onlarigacha yonlarida o`tirganman. O`lim haq, Olloh buyurganda, biz bandalar ojizlik qilamiz. 30 yoshga to`lganimda, onam ham yurak xurujidan vafot etdilar. Xastalanib yotganlari bugun ham ko`z o`ngimdan qalqib o`tadi. Yuragim eziladi... Ilohim, joylari jannatdan bo`lsin!
“HAMON ORZUIMDAGI ROLNI KUTYaPMAN”
— Institutga qanday osonlik bilan kirgan bo`lsam, ilk rolimni ham tasodif tufayli ijro etganman. Ikkinchi kurs talabasi edim. “O`zbekfilm”, “Yoz yomg`iri” kinokartinasiga kasting uyushtirgan va meni tanlashgan. Qahramonim Matlubaning xarakteri shu qadar menikiga o`xshash edi-ki, ijodimdagi hech bir rol uning o`rnini bosolmadi. Bilmadim, balki birinchi ishim bo`lgani uchunmi, Matluba obrazini, bugungacha eng sevimli rolim, deb tilga olaman.
Ijodimdagi yorqin filmlardan biri “Ajoyib xayolparast” haqida ham alohida gapirib o`tmoqchiman. Bu filmga kusdoshim O`zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov ikkimizni kinosinovsiz qabul qilishgan. O`sha paytlarda men “O`zbekfilm”da, aktyorlar studiyasida faoliyat yuritardim. Filmdagi obrazim qiyinchilik tug`dirmagan. Chunki uning xarakteri, hayoti menikaga yaqin edi. Film namoyishidan keyin ko`cha-ko`yda meni ko`rib qolganlar “Quyonlar ko`payishib qoldimi?” deb so`raydigan bo`lishdi. Hamon bu filmni yaxshi ko`rib eslashlaridan xursandman. Hozir o`ylab qarasam, qahramonim Tamilla bugungi kun ayollariga sabr-qanoatni, boriga shukr qilib yashash kerakligini o`rgatadi. “Ajoyib xayolparast”30 yillik ijodiy tanaffusga chiqishdan oldingi, ijro etgan eng so`nggi rolim bo`lgan.
Aslida hamma rollarimda bir-biriga o`xshashlik seziladi. Chunki rejissyorlarning aksariyati hayotdagi xarakterimni bilib, menga shunday rollarni topshirishardi. Tan olaman, bu juda zerikarli jarayon. Chunki ijodkor sifatida, hayotdagi Aidaga qarama-qarshi fe`lli ayolni gavdalantirishni istardim. Ammo bu hozircha, orzuligicha qolmoqda...
“HAYoT YO`LLARI AYRO TUShGANDA”
— Institutda o`qib yurgan paytlarim turmush o`rtog`im bilan tanishib, oila qurganmiz. Bu qarorimizga yaqinlarimiz ham qo`llashgan. Yillar davomida uch farzandli bo`ldik. Ammo taqdir ekan o`n uch yildan keyin yo`llarimiz ayro tushgan. Yillar o`tib, ikkinchi bora turmushga chiqdim. Baxtimdanmi yoki omadimmi bilmayman, biroq ikkinchi turmush o`rtog`imni farzandlarim qabul qilishdi. Ularning munosabatida o`gaylikni sezmaganman. Yillar davomida yana ikki o`g`ilning ota-onasi bo`ldik. Shundan keyin men o`zimni faqat oilamga bag`ishlaganman.
Birinchi oilamdan bo`lgan farzandlarimga sira otasi haqida yomon gapirmaganman, shuning uchunmi ular hanuz otasining holidan xabar olib turishadi.
30 YILGA ChO`ZILGAN TANAFFUS
— Ishdan voz kegach, 30 yil davomida uyda bo`ldim. San`atning nonini egan inson undan voz kecholmaydi, deyishardi. Haqiqat ekan. Ishonasizmi, bolalarimning tashvishi bilan yursam ham, bir kunda bir bor ishimni o`ylab qo`yardim. Televizorda hamkasblarimning rollarini ko`rib qolsam, havas bilan termulib o`tirganlarimni haligacha eslayman. Ishonasizmi, kunda, kunaro, tushlarimda tasvirga olish maydonchasiga borib kelardim (kuladi). Shunday sog`inch bilan 2016 yili qoraqalpog`istonlik kino ijodkorlar bilan hamkorlikda tasvirga olingan film orqali surtaga olish maydoniga qaytdim.
“ETARLIChA MEHR BERA OLMADIM”
— Bugun yoshim katta bo`lib, yashab o`tgan umrim, undagi qadamlar, qaror va xulosalarim haqida ko`p o`ylanaman. O`qish va ijod bilan bo`lib uch katta farzandimga etarlicha mehr berolmaganman. Ayol uchun ishdan ko`ra muhim bo`lgan shaxsiy hayotimga va bolalarimga vaqtim etmaganidan bugun afsuslanishdan foyda yo`qligini his etish biroz og`ir. Endi nevaralarimga e`tiborliroq bo`lishga harakat qilyapman. Buni qaysidir ma`noda vaqtida qilgan aybimni yuvish istagi, desa bo`ladi...
“BOLALARIMGA “KO`NGILChAN BO`LMA” DEYMAN”
— Yoshim ulg`aygani sari xarakterimdagi qa`tiyatsizlikdan ko`p pand eganman. Hatto, uning ta`siri bolalarim tarbiyasida ham qiyinchilik tug`dirgan. Bolalarga “ko`ngilchan bo`lma” deb o`rgatish kerakligini o`z tarjibamdan tushunib etganman. Shuni bilgan holda farzandlarim va nabiralarimning shu jihatlariga e`tibor beraman. Xatolarimni ular qaytarmasligi kerak. Ammo ming harakat qilmang, qon tortar ekan.Sumayya ismli nabiramda o`zimni ko`raman. Ko`ngli bo`sh, juda yumshoq tabiat qiz.
OG`IR XASTALIK...
— Ayol kishining joni qirqta bo`ladi, deyishadi. Hayotiy tajribamdan bildimki, bu jonlar faqat kuchli va irodali erkakning qo`llab-quvvatlashi bilan asralar ekan. Umr yo`ldoshimning vafotidan so`ng, oilaning barcha tashvishi o`zimgaqoldi. 4 yil o`tar-o`tmay esa insult bo`lib qoldim. Bugun mana ko`rib turganingizdek, chap tomonim ishlamayapti. Doim harakatda, yugurib yurgan inson bir joyga mixlanib qolishini tasavvur qilish qiyin. Bolalarimga rahmat, ko`nglimni olib, aylantirib kelishadi. Ammo harakatsiz qolganim uchun o`zimdan o`tganini o`zim bilaman. Yaqin kunlarda bir muolajaga tayyorlanyapman. O`shandan so`ng oyoqqa turib ketsam kerak degan umidim bor. Nasib qilsa, hali rollarim bilan tomoshabinlarni xursand etishni istayman.
“MEN BAXTLIMAN!”
— Hayot hech qachon bir tekis bo`lmaydi. Uning o`nqir-cho`nqirlaridan o`tish har birimizning peshonamizga yozilgan. Bugun men ham ortga nazar tashlab, bir qancha sinovlarni boshdan o`tkazganimga guvoh bo`laman. Shunga qaramay o`zimni baxtli ayol deb his etishim esa quvonchli. Besh farzandim, o`n nabiram va bir evaramning qurshovida yana uzoq yillar baxtni tuyib yashashni niyat qilaman...
****
Ota-onam, biz farzandlariga ism qo`yishda albatta, ensiklopediyani ko`zdan kechirishgan ekan. Ismning ma`nosi ular uchun muhim bo`lgan. Masalan, o`rtancha opamga adolat ma`budiga havas qilib Femida deya ism berishgan.
Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi | 50 | 9,096 |
Madaniyat | Jahon kinosi yulduzlarini mashhur qilgan filmlar hozir qayta suratga olinsa, aktyorlar qanday ko‘rinishda bo‘lardi? (foto) | Juda mashhur hamda ommalashgan film haqida gap ketganida, qahramonlarni ijro etgan aktyorlar o‘rnida nafaqat boshqa birovni, balki o‘zlarini ham boshqa yoshda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Vaqtga sayohat qilishning imkoni bo‘lmasa-da, aktyorlarning yoshlik chog‘ini hozirgi ko‘rinishiga qanday almashganini tasavvur qilish mumkin.
Maykl J.Foks va Kristofer Lloyd — “Kelajakka qaytib”
“Kelajakka qaytib” o‘tgan asrning 80-yillarida eng muvaffaqiyatli filmlardan biriga aylandi, ko‘plab mukofotlar va nominatsiyalarga sazovor bo‘ldi. Bosh rollarni Maykl J.Foks va Kristofer Lloyd ijro etgan, ularning har ikkisi ham jahon miqyosida shuhrat qozondi. Aktyorlarning yoshi o‘sha vaqtda 24 va 47 da edi. Foks shu kungacha suratga tushish ishlarini davom ettirmoqda va u 2020-yil Lil Nas X “The Origins of Holiday” da suratga tushdi. Lloyd ham 2021-yilda “Queen Bees” romantik komediyasida ishtirok etdi.
Jon Travolta va Semyuel L.Jekson — “Jinoiy asar”
Kventin Tarantinoning “Jinoiy asar” filmi (1994) kino tarixida klassik hisoblanadi. Shuningdek, film Jon Travolta va Semyuel Jeksonga katta shuhrat keltirdi. Film namoyish etilganidan 25 yildan oshiq vaqt o‘tib, 2020-yilda Travolta “Capital One: Christmas Ad” reklamasida ishtirok etdi va Jekson hozirda “Futha Mucka” seriali uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tom Xenks — “Forrest Gamp”
“Forrest Gamp” 1994-yilda Amerikadagi eng ko‘p daromad olgan filmga aylangan. Shuningdek, u tarixiy va madaniy klassik asar hisoblanadi. Tom Xenks 38 yoshida Forrest Gamp rolini o‘ynadi va keyingi yili eng yaxshi aktyor uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Xenks hozirda “Havo hukmdori” mini-serialini suratga olmoqda.
Bryus Uillis va Xeyli Joel Osment — “Oltinchi sezgi”
Bryus Uillis “Oltinchi sezgi” filmida rol o‘ynaganida 44, Xeyli Joel Osment esa 11 yoshda edi. Kartina ikki qahramonga ham katta shuhrat keltirdi, lekin Osment uchun bu haqiqiy yutuq bo‘ldi. Chunki uning aktyorlik karyerasi endigina boshlangan edi. Uillisning suratga tushgan navbatdagi filmi — “Yulduzli chegara”, Osment suratga tushgan “Not an Artist” kartinasi montajning oxirgi bosqichida.
Leonardo di Kaprio va Keyt Uinslet — “Titanik”
1997-yilda “Titanik” romantik sujeti falokat fonida qurilgan bo‘lib, butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Shuningdek, aktyor Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet misli ko‘rilmagan shon-shuhrat egasiga aylanadi. Bugungi kunga kelib, Di Kaprio endigina “Yuqoriga qarama” filmiga suratga tushish ishlarini yakunladi, Uinslet esa “Isttaunlik Meyr” mini-serialining yulduzi.
Makoley Kalkin − “Uyda yolg‘iz”
“Uyda yolg‘iz” trilogiyasining birinchi qismi chiqqanda aktyor Makoley Kalkin atigi 10 yoshda edi. Kevin Makkallister roli unga “Eng yaxshi komediya aktyori” nominatsiyasini taqdim etdi. Film oilaviy yangi yil klassikasi deb tan olindi, shuningdek, Kalkin ham mashhurlikka erishdi. Bugungi kunda u “Amerika qo‘rqinchli hikoyalari” serialining asosiy aktyorlaridan biridir.
Deniyel Redkliff, Emma Uotson va Rupert Grint — “Garri Potter va hikmatlar toshi”.
Deniyel Redkliff, Emma Uotson va Rupert Grint Garri Potter filmlarining asosiy aktyorlari bo‘lgan. Ular birinchi filmni 2001-yilda 12, 11 va 13 yoshlarida suratga olishni boshladi. Uchbirlik aynan shu kartina tufayli butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi.
Jonni Depp — “Edvard qaychiqo‘l”
Jonni Depp 1990-yilda, 27 yoshida “Edvard qaychiqo‘l” filmidagi bosh roli bilan dunyo miqyosida shuhrat qozondi. Bu kartina daromadda ham muvaffaqiyatga erishdi va tanqidchilar tomonidan olqishlandi. Hozir Depp “Boshi berk ko‘cha” nomli yangi animatsion mini-serial ustida ishlamoqda.
Richard Gir va Juliya Roberts — “Chiroyli ayol”
1990-yilda “Chiroyli ayol” eng kassabop filmga aylandi, buning natijasida bosh qahramonlar Richard Gir va Juliya Roberts dunyo miqyosida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, Roberts o‘z karyerasidagi ikkinchi “Oltin globus”ni oldi, aktrisa o‘sha vaqtda 24 yoshda edi. Gir aktyorlik sohasida faoliyatini davom ettirmoqda. Shuningdek, tez orada uni Juliya Roberts bilan “Gaslit” serialida ko‘rish mumkin.
Sem Nill va Lora Dern — “Yura davriga sayohat”
Aktyorlar Sem Nill va Lora Dern 1993-yilda “Yura davriga sayohat” filmida bosh rolni ijro etgan. 1997-yilgacha kino tarixidagi eng yuqori daromadli film hisoblangan. Ikkala aktyor ham o‘z shon-shuhrati uchun ushbu loyihaga qarzdor.
Kirsten Danst — “Jumanji”
1995-yil Kirsten Danst 13 yoshida “Jumanji” filmidagi asosiy rollardan birini o‘ynagan. U 90-yillarning o‘rtalaridayoq kino aktrisasiga aylanib, mashhurlikka erishgan.
Kianu Rivz — “Matritsa”
1999-yilda “Matritsa” trilogiyasining birinchi qismi chiqdi. Film tomoshabinlar orasida juda mashhur bo‘lganligi sababli, tematik komikslar va videoo‘yinlar yaratishga qaror qilindi. Franshiza 35 yoshli Kianu Rivzga nafaqat dunyo miqyosida, balki dunyoning turli burchaklaridan muxlislarni olib kelgan ramziy belgiga aylandi.
Tom Kruz — “Eng yaxshi nishon”
“Eng yaxshi nishon” tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli filmlardan biri bo‘lib, tanqidchilar tomonidan ham tan olingan. Bu 80-yillardagi eng daromadli filmlardan biri edi va unda 34 yoshli Tom Kruz bosh rolni o‘ynagan. 2021-yil oxirida, birinchi film chiqqanidan 30 yildan oshiq vaqt o‘tgach, “Top Gan: Meverik” katta ekranlarga chiqadi. Unda aktyor Tom Kruz bosh rolni ijro etadi.
Dryu Berrimor — “O‘zga sayyoralik”
6 yoshida Dryu Berrimor “Yura davriga sayohat” chiqquniga qadar dunyodagi eng ko‘p daromad topgan “O‘zga sayyoralik” filmidagi bosh roli bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi. 2020 va 2021-yillar davomida Berrimor o‘zining shaxsiy teleko‘rsatuvi — “Dryu Berrimor Shou”da faoliyat yuritdi. | 122 | 5,602 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon 17-may kuni Chimyonda konsert beradi | 17-may kuni Toshkent viloyatidagi Chimyon tog‘ yonbag‘rida joylashgan “Layner” dam olish maskanida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon konsert beradi. Bu yangilikni xonanda o‘zining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan.
Konsert tashkilotchilarining xabar berishicha, shou va tushlikni o‘z ichiga olgan bir kishilik chipta narxi 500 000 so‘mni, shou va “Layner” dam olish maskanining “Standart” xonasida bir kun turish imkonini beruvchi chipta narxi 700 000 so‘mni, shuningdek, “Lyuks” xonadan joyni o‘z ichiga oluvchi chipta bahosi esa 900 000 so‘mni tashkil qiladi.
Tomoshabinlarni dam olish maskanida kutib olish 17-may soat 16:00 ga rejalashtirilgan.
Konsert maskandagi yozgi amfiteatrda soat 18:00 da boshlanadi. Tadbirda maskanda dam olish imkonini beruvchi yutuqlar qo‘yilgan tanlovlar tashkil qilinadi. Shouni DJ Shoh va DJ Slon ochib beradi. | 52 | 870 |
Madaniyat | Dilnoza Kubayeva: Bobur Yo‘ldoshev bilan ishlash menga maroq bag‘ishlaydi | Aktrisa Dilnoza Kubayeva o‘z partnyorlari orasida kimni yuqori mahoratli aktyor deb hisoblashini ma’lum qildi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bobur Yo‘ldoshevni juda hurmat qilaman. Bu inson men uchun haqiqiy aktyor va haqiqiy ijodkor. U bilan ishlash menga maroq bag‘ishlaydi”, — dedi Dilnoza Kubayeva.
“Ustoz san’atkorlardan Ubaydulla Omon, Shohida Ismoilova, Saida Rametova, Ra’no Yarasheva va Yoqub Ahmedov o‘z ishining haqiqiy ustalari. Yosh aktrisa sifatida bunday zabardast aktyorlardan ko‘p narsalarni o‘zim uchun kashf etaman, kuch, ilhom olaman”, — dedi Kubayeva. | 73 | 609 |
Madaniyat | Sharqshunoslik institutida Lola Yo‘ldosheva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi (foto) | Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabalari ishtirokida xonanda Lola bilan “Yoshlarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi sirlari va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash” mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda “Kamolot” YoIH TDShI BT Kengashi a’zosi Nafosat Zafarova “Daryo”ga ma’lum qildi. Uchrashuv “Kamolot” YoIH TDShI boshlang‘ich tashkiloti hamda “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi tomonidan o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Lola talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi, suhbat so‘ngida esa Lola Yo‘ldosheva O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent davlat sharqshunoslik instituti boshlang‘ich tashkiloti Kengashining Faxriy a’zosi deb qabul qilindi va esdalik sovg‘a bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng TDShI miqyosida sportning bouling turi bo‘yicha o‘tkazilgan chempionat g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunda faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarni Lola Yo‘ldoshevaning shaxsan o‘zi taqdim etdi. | 86 | 967 |
Madaniyat | “Istiqlol” saroyida “Yil qo‘shig‘i−2014” gala-konsertining birinchi qismi bo‘lib o‘tdi (foto) | 29-yanvar kuni muhtasham “Istiqlol” san’at saroyida, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” Estrada birlashmasi hamkorligida, Yoshlar madaniyat va san’at markazi tomonidan “Yil qo‘shig‘i−2014” gala konsertiga start berildi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Bu xalqimiz yuragidan joy olgan, qalblarni nozik tuyg‘ular sari yetaklagan, kimlarningdir dardiga malham bo‘lib, yana kimlarningdir baxtiga quvonch va shodlik ulashgan taronalar orasidan eng saralari taqdirlanadigan kun, deb yozadi nashr.
Qolaversa, nafaqat san’atkorlar, balki qo‘shiq yaratilishida ishtrok etgan uchlikning eng muhim bo‘lagi hisoblangan shoirlar-u, bastakorlarning mehnati va ijodi rag‘batlantirildi.
“Yil qo‘shig‘i−2014” taqdirlash marosimi gala konserti avvalida, butun insoniyat qulog‘iga o‘z ona tilida chalingan ilk qo‘shiq, ya’ni “Alla”ni Umidaxon Xo‘jayeva maromiga yetkazib ijro etdi. So‘ng Jasur Umirov tomonidan askarlik hayotini tasvirlovchi qo‘shiq yangrar ekan, taronaga hamohanglikda sahna ko‘rinishlari namoyish etib borildi. Ketma-ket estradamiz yulduzlari ishtirokida qo‘shiqlar yangradi.
So‘ngra, o‘zbek estradasi va kinofilmlari uchun yaratilgan retro taronalar yosh iste’dod vakillari ijrosida taqdim etilib monitorda “Mahallada duv-duv gap”, “Maftuningman”, “Sevishganlar” kabi kinofilmlardan lavhalar berib borildi. Oltin bisotdan joy olgan mazkur o‘lmas san’at durdonalari bolajonlar va yosh ijrochilar tomonidan kuylandi.
Va nihoyat, konsertning asosiy qismi boshlandi, ya’ni g‘olib taronalarning ijrochilari, shoir va bastakorlar uchun “Yil qo‘shig‘i−2014” mukofoti hamda maxsus diplomi taqdim etildi.
2014-yil eng xit bo‘lgan, qalbga yaqin qo‘shiqlar va ularning ijrochilari bilan tanishing.
Ilk g‘olib tarona “Afruz” guruhining “Lola” qo‘shig‘i, deya e’lon qilindi. Matn muallifi Eldor Qayumov, bastakor Jasur Badalboyev. Mukofotni estramizning yorqin yulduzi Lola topshirdi.
So‘ngra Lola va Dj Piligrim juftligida yangragan va xit bo‘lgan “Yulduz” dueti. So‘zlari Dj Piligrim, musiqasi Jasur Badalboyev. Mukofotni O‘zbekiston xalk shoiri Iqbol Mirzo topshirdi.
Sardor Mamadaliyevning “Ajralishdik” qo‘shig‘i, shoir Ismoil Tuxtashev, musiqa muallifi xonandaning o‘zi. Mukofotni O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyhonova taqdim etdi va milliy qo‘shiq bilan konsertni davom ettirdi.
Abdurashid Yo‘ldoshevning “Yonar ko‘zlaring” taronasi, Botir Ergashev she’ri va Musaxon Nurmatov musiqasi asosida yaratilgan. O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov muborakbod etib so‘ngra “Uynasa” qo‘shig‘ini ijro etdi.
Gulasal Abdullayeva “Tak-tuk” taronasi, matni Rislig‘oy Hotamova, musiqasi Nasiba Usmonovaga tegishli. Mukofotni Adham Soliyev topshirdi.
Ulug‘bek Rahmatullayevning “Kabutarlar” qo‘shig‘i, so‘zi va musiqasi Alisher Tayrga tegishli. Mukofotni kompozitor Shuhrat Zokirov topshirib, xonandaning tug‘ilgan kuni bilan ham tabriklashdi. Sovg‘a sifatida Shuhrat Zokirov “Bir kam dunyo” musiqasini jonli ravishda royalda ijro etdi. Mashhurbek va Shahzoda Muhammedovalar qo‘shiq so‘zlarini yodga kelganicha jonli ijro etishdi. Sahnadagi improvizatsiyaga tomoshabinlar jo‘r bo‘lishdi.
Umidaxon Xo‘jayevaning “Kel yarashaylik” xit taronasi, so‘zi Eldor Qayumov, musiqa Jasur Badalboyev. Shuhrat Vohidov mukofotladi.
Sardor Raximhon “Malikam endi kara” qo‘shig‘i, Bobur Bobomurod she’ri, Ahmadjon Hojimatov musiqasi uchun taqdirlanishdi. Sardor sahnaga bastakorni chaqirib mukofotning asl egasi u ekanini aytib, ustozim, deya tanishtirdi.
Munisa Rizayevaning “Yorim” taronasi, so‘zi va musiqasi Eldor Qayumovniki. Mukofotni O‘zbekiston hamda Qorakalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov topshirdi va “Hay, mayli” qo‘shig‘ini ijro etdi.
Mansurxon Nurmatovning “Jamoling ziyosi” qo‘shig‘i, shoir Aziz Jo‘raboyev, bastakor Aziz Holmurodovlar taqdirlandi. Xonandaning o‘zi ma’lum sabablar bilan tashrif buyurolmagani uchun mukofot shoir va bastakorga topshirildi.
Konsert so‘ngida barcha sovrindorlar ijrosida “Yil qo‘shig‘i” gimni yangradi.
29-yanvar kuni nomzodlarning o‘n nafariga mukofotlar taqdim etilgan bo‘lsa, 30-yanvarda qolgan yana o‘ntasi o‘z egalarini topadi. | 93 | 4,097 |
Madaniyat | Karantin tufayli Turkiyada qolib ketgan aktrisa Ra’no Shodiyeva Istanbuldagi shifoxonaga murojaat qildi | Jaloliddin Manguberdi haqidagi filmda suratga tushish uchun Turkiyaga borib, hozirda karantinni Istanbuldagi mehmonxonada o‘tkazayotgan 20 dan ortiq o‘zbekistonlik aktyorlar orasida Ra’no Shodiyeva ham bor.
Ra’no Shodiyeva 21-aprel kuni o‘zini yomon his qilgani uchun Istanbuldagi klinikalardan biriga murojaat qildi. Bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. U Turkiyada tibbiy xizmatdan foydalanishiga ko‘mak bergan sug‘urta kompaniyasiga minnatdorchilik bildirdi.
“Xodimlaringiz men bilan tezda bog‘lanib, uyimdan olisligimni his etmasligim uchun barcha sharoitlarni yaratishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.
Siz klinikaga borishimni juda tez tashkillashtirdingiz, hamma e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ldi”, — deb yozadi aktrisa.
Ra’no Shodiyevaning yozishicha, mehmonxonadagi kimyoviy ishlov berish jarayoni unga allergik ta’sir ko‘rsatgan. Shuning uchun shifoxonaga borishga to‘g‘ri kelgan. | 103 | 929 |
Madaniyat | “Gladiator” filmining davomi suratga olinadi, unda Rassel Krou qatnashmaydi | Britaniyalik rejissor Ridli Skott o‘zining mashhur “Gladiator” (2000-yil) filmining davomini suratga olmoqchi, deb yozadi “TASS”.
The Hollywood Reporter ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha ustida allaqachon ish boshlangan. Kartinani ishlab chiqarish bilan Gollivudning Paramount kinostudiyasi shug‘ullanadi. Film uchun ssenariyni Piter Kreyg yozadi, u “Ochlik o‘yinlari” ekranizatsiyasining ikkita qismi uchun matnlar ustida ishlagan. “Gladiator” postanovkasi uchun “Oskar” mukofotiga nomzodlikni qo‘lga kiritgan 80 yoshli Skott esa yana rejissorlik kreslosiga qaytadi.
Original filmda bosh rolni ijro etgan aktyor Rassel Krou sikvelga jalb qilinmagan. Uning qahramoni birinchi qismda halok bo‘lgan edi, ijodkorlar esa ikkinchi qismda uni “qayta tiriltirmoqchi” emas. Sikvel “Gladiator” ayol qahramonlaridan birining o‘g‘li haqida hikoya qiladi, u Krouning personaji izidan boradi. | 75 | 875 |
Madaniyat | Ikki o‘zbekistonlik “Ti super!” xalqaro vokal tanlovida g‘oliblik uchun kurashmoqda | 10-fevral kuni Rossiyaning “NTV” telekanalida “Ti super!” xalqaro tanlovining ikkinchi mavsumiga start beriladi. Mazkur loyihada ikki nafar o‘zbekistonlik g‘oliblik uchun kurashadi, deb yozadi MyDay.
“Ti super!” — vokal loyihasi bo‘lib, unda ota-onasidan erta yetim qolgan bolalarga o‘z iqtidorini namoyish etish imkoniyati beriladi. Bu yil loyihada 13 ta davlatdan tashrif buyurgan 82 nafar bola qatnashadi. Loyiha qoidalariga ko‘ra, tanlovda 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashishi mumkin.
15 yoshli Bobur Majidov o‘zi tarbiyalanayotgan mehribonlik uyida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda ishtirok etadi. Shuningdek, shahar va respublika ko‘rik-tanlovlarida qatnashadi. Uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi.
10 yoshli Sevinch Xodiyeva — qo‘shiq kuylashni mehribonlik uyida boshlagan. Hozirda Sevinch turli ko‘rik-tanlovlar va festivallarda qatnashib keladi. Turkiyaga sayohat qilish va professional estrada xonandasi bo‘lishni orzu qiladi. | 83 | 948 |
Madaniyat | Los-Anjeles prokuraturasi Gollivuddagi tegajog‘liq bilan bog‘liq jinoyatlar taftishi uchun maxsus bo‘linma yaratdi | Los-Anjeles okrug prokurori Jeki Leysi Gollivuddagi tegajog‘liq bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanuvchi yangi maxsus bo‘linma tashkil etilganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Guruhga bunday xarakterdagi jinoyatlar ustida muqaddam ishlagan tajribali prokurorlar kiradi. Ular bu turdagi ishlarga yagona standartlar bilan yondashilishini ta’minlashi lozim.
The Los Angeles Times’ga ko‘ra, hozir Los-Anjeles va Beverli-Xills politsiyachilari prodyuser Xarvi Vaynshteyn, rejissor Jeyms Tobak va aktyor Ed Vestvikka qarshi ayblovlarni tekshirmoqda.
Oxirgi haftalarda Gollivudda ko‘plab aktyorlar, rejissor va prodyuserlar turli shaxslar tomonidan tegajog‘likda va zo‘ravonlikda ayblanmoqda. Jumladan, shu ayblovlar tufayli rejissor Ridli Skott hali prokatga chiqmagan “Jahonning barcha pullari” filmidan aktyor Kevin Speysi ishtirok etgan hamma sahnalarni kesib tashlashga qaror qildi. | 114 | 899 |
Madaniyat | Timati: Humo Arena‘da yaqin orada konsert beraman (video) | Rossiyalik reper Timati o‘zbekistonliklarni Humo Arena muz saroyi ochilishi bilan tabrikladi.
“O‘zbekistonni yangi muz saroyi ochilishi bilan chin ko‘ngildan tabriklayman. Sportda yangi cho‘qqilar, muvaffaqiyatlar tilayman”, — deya ta’kidlagan xonanda videotabrigida.
Shuningdek, Timati mazkur saroyda yaqin orada yakkaxon konsert berishiga umid qilishini bildirgan. U o‘tgan yil noyabrida ham Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘z konsertini taqdim etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Humo Arena muz saroyi 15-mart kuni ochilishi rejalashtirilgan. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi kutilmoqda. | 57 | 615 |
Madaniyat | 10 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan “Eronlik Anjelina Joli” ozod qilindi (foto) | O‘n yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan “Eronlik Anjelina Joli” nomi bilan mashhur internet yulduzi Sahar Tabar (asli ismi-sharifi Fotima Xishvand) ozod qilindi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xishvand suddan bir necha kun o‘tib ozod qilingan. Eronlik jurnalist Masix Alinejad qizning ozodlikka chiqarilishini hukmga nisbatan jamoatchilik orasida paydo bo‘lgan norozilik bilan bog‘lagan.
Shundan so‘ng Fatima Xishvand “Rokna” davlat telekanaliga intervyu berishga ham muvaffaq bo‘lgan. “Ishonchim komilki, endi Instagram’da sahifa ochish uyoqda tursin, ushbu dasturni hattoki telefonimga ham o‘rnatmayman”, − deya fikr bildirgan 14 oyni panjara ortida o‘tkazgan Xishvand.
Eslatib o‘tamiz, Xishvand dinni tahqirlash, zo‘ravonlikni qo‘zg‘atish, mumkin bo‘lmagan yo‘llar bilan daromad olish va yoshlar orasida korrupsiyani rivojlantirishda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. | 83 | 921 |
Madaniyat | Di Kaprio neft kompaniyalarini ochko‘zlikda aybladi | Aktyor Leonardo Di Kaprio Davosda Crystal Awards mukofotiga loyiq deb topildi va u neft sanoati vakillarining kamchiliklarini fosh qiluvchi mavzuda nutq so‘zladi. Bu haqda The Guardian nashri ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Ma’lumki, “Aviator” filmining yulduzi Crystal Awards marosimida atrof-muhitni himoya qilish sohasiga qo‘shgan hissasi uchun sharafli mukofotga loyiq deb topilgan.
Leonardo Di Kaprio sahnada minnatdorlik nutqi bilan chiqish qilib, o‘zidagi bor imkoniyatlar bilan foydali qazilmalarni qazib olish asosi hisoblangan yoqilg‘i sanoatidagi “korporativ ochko‘zlik”ka qarshi kurashayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
U, shuningdek, zamonaviy dunyodagi bu kabi muammolarni rad qiluvchi kishilarni keskin tanqid qildi. Di Kaprio iqlim o‘zgarishlari muammosiga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirdi. | 51 | 832 |
Madaniyat | Ota-onasi ularni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilgan mashhurlar (foto) | Har bir katta muvaffaqiyat ortida nafaqat mehnat, balki o‘ziga ishonch ham bo‘lishi kerak. Mashhurlik yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengish hayotdagi eng muhim insonlar — ota-onangiz tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, osonroq bo‘ladi. Quyidagi mashhur ota-onalar har doim o‘z farzandlarining yonida bo‘lishgan.
Jennifer Lopes
Bronksda tug‘ilgan puerto-rikolik Jennifer Lopes karyerasining boshida o‘zini doim keraksiz odamdek his qilgan. U kichkina uyda yashardi, shou-biznesda ham tajribasi yo‘q edi — ehtimol, onasi bo‘lmaganida hozirgidek mashhur bo‘lmagan bo‘lardi.
“Onam meni musiqiy tomoshalarga olib borib, musiqaning barcha turlari bilan tanishtirardi. Onam qattiqqo‘l bo‘lgani uchun men shou-biznesda omon qolishga muvaffaq bo‘ldim. U meni nimaga tayyorlayotganini tushunmagan bo‘lsa ham, lekin uning talabchanligi kelajakda menga katta yordam berdi”, — deydi qo‘shiqchi.
Dueyn Jonson
Dueyn Jonsonning otasi Rokki Jonson juda qattiqqo‘l ota bo‘lib, umrini sportga bag‘ishlagan edi. Biroq uning o‘g‘liga bo‘lgan mehri Dueynni bugungi kundagi odamga aylantirdi.
“Uning maqtovini kutmay qolgan kunim men erkak va eng muhimi, ota bo‘lish nimani anglatishini angladim. Shu tufayli u menga bergan mehri uchun otamga nisbatan minnatdorlikni his qildim ”, — deydi aktyor.
Selena Gomes
Bolaligida Selena Gomes ota-onasining ajrashishidan juda qattiq ranjigan. Bu uning onasi Mendi Tifi bilan munosabatlariga ta’sir qiladi va ko‘plab mojarolarga sabab bo‘ladi. Biroq Tifining qiziga bergan mehri va qo‘llab-quvvatlashi bu aloqani buzishga imkon bermadi.
“Onam men uchun hamma narsadan voz kechdi va 3 ta joyda ishladi. U meni qo‘llab-quvvatladi, men uchun o‘z hayotini qurbon qildi”, — deb o‘rtoqlashadi Selena.
Keyt Xadson
Boshqalardan farqli o‘laroq, Kurt Rassell Keyt Xadsonning biologik otasi emas, o‘gay otasi. Shunga qaramay Keyt doim yonida bo‘lganligi uchun undan minnatdor.
“Bu odam oilani birinchi o‘ringa qo‘ydi. U hech qachon maktab spektaklini, futbol yoki xokkey o‘yinini, raqs konsertlarini o‘tkazib yubormadi. U nima qilmasin, doim kelardi. U majbur bo‘lgani uchun emas, balki uning uchun Yer yuzida uning oilasi yonidan muhimroq joy yo‘qligi sababli shunday qilardi”, — deb yozadi aktrisa ijtimoiy tarmoqda.
Rayan Gosling
Ma’lum bo‘lishicha, Gollivudning kelishgan yigiti Rayan Gosling maktabda unchalik namunali o‘quvchi bo‘lmagan. U o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan doimiy janjallashgan, shuning uchun 10 yoshidan boshlab onasi uni uyda o‘qita boshlaydi.
Donna Gosling har doim o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlagan. “Onam har bir o‘qituvchi, har bir direktor, har bir bolaning onasi bilan kurashdi — u men tug‘ilganimdanoq men uchun kurashdi”, — deydi aktyor. | 96 | 2,666 |
Madaniyat | Buxoroda shahar kuni festivali o‘tkazildi (foto) | 22-oktabr kuni Buxoro shahrida “Buxoro shahri kuni” festivali o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Festivalning ochilish marosimida viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirok etdi. Hokim boshchiligida shahar madaniy markazidagi “Boqiy Buxoro” monumentiga gul qo‘yildi.
“Buxoro shahri kuni” festivali har yili oktabr oyining uchinchi yakshanbasi o‘tkazilishi belgilab olindi. Bu yilgi festival doirasida 14 ta ko‘rik tanlov o‘tkazildi.
Festivalni tashkil qilishdan asosiy maqsad Buxoro shahrini yanada obod va ko‘rkam etish, uni dunyoga yana bir karra ko‘z-ko‘z qilish, o‘zbek xalqining boy milliy-madaniy merosi, an’ana va qadriyatlariga yana bir marotaba ehtirom ko‘rsatishdan iboratdir.
Mazkur festival xorijiy mehmonlarda katta taassurot uyg‘otdi. | 48 | 784 |
Madaniyat | Kino olamida katta iz qoldirgan, ammo fojiali tarzda vafot etgan “Garri Potter” yulduzlari (foto) | Marie Claire nashri tomoshabinlar tomonidan sevib tomosha qilingan, kino olamida katta iz qoldirgan, ammo fojiali tarzda vafot etgan “Garri Potter” filmidagi aktyorlarni yodga oladi.
Richard Xarris (1930—2002)
Buyuk sehrgar va Xogvarts direktori Albus Dambldorsiz “Garri Potter” olami butunlay boshqacha bo‘lar edi. Aynan u Garriga jodugarlik va sehrgarlik maktabida o‘qish davomida g‘amxo‘rlik qiladi, unga Voldemortni mag‘lub etishga yordam beradigan eng muhim hayotiy saboqlarni o‘rgatadi. Dastlabki ikkita filmda Albus Dambldor rolini iqtidorli aktyor Richard Xarris ijro etgan. Aktyorga Xojkin limfomasi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa ham suratga olishda bajonidil ishtirok etadi. Rejissor Kris Kolambus o‘limidan bir necha soat oldin Xarris unga Albus Dambldor roliga qaytishga qaror qilganini aytganini eslaydi. “U Dambldor roliga boshqa aktyor olsam, ta’zirimni berishini aytgandi. U ruhan kuchli edi va oxirigacha kurashdi”, — deya qo‘shimcha qiladi rejissor. Afsuski, kasallik aktyordan ham kuchliroq bo‘lib chiqdi.
Jon Xert (1940—2017)
“Garri Potter” sagasinining har qanday muxlisi sehrli tayoqcha tanlash sehrgarning kelajakdagi taqdirini belgilab beradigan juda muhim marosim ekanini biladi. Eng yaxshi tayoqcha tayyorlovchi do‘kon egasi janob Ollivander edi. Garri Potterning bu dono chol bilan birinchi uchrashuvi bosh qahramon Xogvartsga kelishidan oldin sodir bo‘lgan. “Tayoq sehrgarni tanlaydi, janob Potter. Nima uchunligini har doim ham tushunib bo‘lmaydi”, — deydi janob Ollivander o‘sha paytda yosh Garriga. Shunday qilib, butun kino franshizasining ramziy sahnalaridan biri tug‘ildi. Mazkur rol Jon Xertga BAFTA mukofotini keltirdi. Aktyor 2017-yilda oshqozon osti bezi saratoni tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
Alan Rikman (1946—2016)
Filmdagi eng hayratlanarli qahramonlardan biri Severus Sneyp edi — Garri Potterni himoya qilish uchun jonini fido qilgan inson. “Kiyinishda har doim benuqson, qilichdek ozg‘in va o‘tkir, gap-so‘zida esa hech qanday shubha qoldirmaydi — Alan Rikman ajoyib bosh qahramon edi”, — deb ta’kidlaydi BBC News. Ehtimol, boshqa hech bir aktyor bu murakkab xarakterning barcha qirralarini u kabi aniq ko‘rsata olmasdi. Shu sababli 2016-yilda Alan Rikmanning saraton kasalligi tufayli vafot etgani haqidagi xabar uni ekranda tanigan yoki ko‘rgan har bir kishi uchun haqiqiy fojia bo‘ldi. “Alan Rikman endi yo‘qligini bilganimdan qanchalik g‘amga botganimni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi, — deb yozgan J.Rouling. — U mahoratli aktyor va ajoyib inson edi”. Garri Potter rolini ijro etgan Deniyel Redkliff esa Alan Rikman doimo uning hayotiy yo‘lboshchisi bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘lishini tan oldi. “Aktyor sifatida u birinchilardan bo‘lib, menga boladek emas, tengdoshdek munosabatda bo‘lgan. Umrim va faoliyatim davomida u menga bergan saboqlarini unutmayman”, — deydi u.
Richard Griffits (1947—2013)
Garri Potterning zolim va jahldor amakisi Vernon Dursl hech qachon tomoshabinlarda mehr uyg‘otmagan. Biroq bunday salbiy xarakterni o‘ynash odatda ijobiy xarakterga qaraganda qiyinroq. Richard Griffits bu vazifani a’lo darajada bajardi. Afsuski, aktyor 2013-yilda yurak jarrohligidan keyingi asoratlar tufayli vafot etdi, lekin u o‘z yaqinlari xotirasida buyuk iste’dod egasi bo‘lgan ajoyib va yorqin inson sifatida qoldi. Daniel Redkliff va Richard Griffitsning ekrandagi qahramonlari hech qachon umumiy til topa olmagan bo‘lsa-da, hayotda aktyorlar ko‘p muloqot qilishdi va birga ishlashdi. Masalan, 2008-yilda ikkalasi ham London teatri sahnasida Equus spektaklida birgalikda o‘ynashgan. Griffitsning o‘limidan so‘ng uning kichik hamkasbi bunday ajoyib insonni bilishdan “g‘ururlanganini” tan oldi. “2000-yil avgust oyida, “Garri Potter” rasman suratga olinishi boshlanishidan oldin, biz Dursllar uyi oldidagi sahnani mashq qilayotgan edik, deb eslaydi Deniel. — Bu mening kinodagi birinchi sahnam edi, shuning uchun juda asabiylashdim. Ammo u (Richard) meni qo‘llab-quvvatladi va vaziyatni yengillashtirdi”.
Vern Troyer (1969—2018)
Garri Potter olamida g‘ayrioddiy mavjudotlar — gippogriflar, ajdarlar, yakkashoxlar, qaqnuslar, uy elflari, kentavrlar, gigantlar, bo‘rilar, suv parilari va tritonlarni ham ko‘rish mumkin. Biroq ulardan farqli ravishda goblinlar ongi rivojlangan mavjudotlar hisoblangan — ular Gringotts bankini boshqarib, sehrgarlar uchun tangalar zarb qilishadi. Ulardan biri — Griphuk sujetning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Hikoyaning boshida u Hagrid va Garri Potterni yashirin seyfga kuzatib qo‘yadi xolos, oxirgi qismlarda esa Qora Lord va uning yordamchilariga qarshi isyon ko‘taradi, bosh qahramonlarga Gringottsga kirishga yordam beradi va Voldemort qo‘lida mardlarcha halok bo‘ladi. “Garri Potter va hikmatlar toshi” filmida Griphuk rolini o‘ynagan aktyor Vern Troyer real hayotda alkogolizm, ruhiy tushkunlik va o‘z joniga qasd qilish fikridan aziyat chekadi, mutaxassislarga murojaat qiladi va bu dardlardan qutulishga ishonchini yo‘qotmaydi. “Bu osonlikcha bo‘lmaydi, — deb yozgan edi Troyer 2017-yilda. — Ammo men kun-u tun kurashni davom ettirishga tayyorman”. Bir yil o‘tgach esa aktyor bu dunyodan ko‘z yumdi.
Deyv Lejeno (1963—2014)
Fenrir Greybek sehrgarlar urushi paytida Qora Lord bilan ittifoq tuzadi va 1997-yildagi Xogvarts jangida qatnashadi. Uning ismining o‘zi sehrgarlarda dahshatli qo‘rquv uyg‘otadi. Aktyor Deyv Lejeno juda yorqin obraz yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Uning qahramoni Fenrir Greybek shunchalik shafqatsiz va zolim bo‘lib chiqadiki, tomoshabinlar hatto uni ekranda tomosha qilishdan qo‘rqardi. Afsuski, aktyorning taqdiri fojiali yakunlandi. 2014-yilda u Kaliforniyaga sayohati davomida to‘satdan do‘stlari va oilasi bilan bog‘lanmay qolgan. Ko‘p o‘tmay, O‘lim vodiysiga borgan ikki sayyoh bir odamning jasadiga duch keladi. Bu Deyv Lejeno bo‘lib chiqdi. Shifokorlar aktyor haddan tashqari jazirama tufayli vafot etgan degan xulosaga kelishdi. U endigina 50 yoshda edi.
Devid Rayall (1935—2014)
Elfias Doj nafaqat Qaqnus ordeni a'zosi, balki iste’dodli yozuvchi, Sehrgarlik vazirligining yuristi va Albus Dambldorning yaqin do‘sti edi. Uning Xogvarts direktoriga bag‘ishlangan nekrologi Elfiasning Garri Potter bilan tanishishining boshlanishi bo‘ldi. Shubhasiz, u sehrgarlar olamida muhim shaxs edi. Mazkur rolni 2014-yil Rojdestvo arafasida vafot etgan Devid Rayall ijro etgan. Uning aktyorlik faoliyati 50 yildan ortiq davom etgan va shu vaqt ichida u 130 ta filmda suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan.
Robbi Koltreyn (1950—2022)
Robbi Koltreyn “Garri Potter”dagi Hagrid rolidan tashqari “Dunyo yetmaydi”, “Oltin ko‘z”, “Oushenning o‘n ikki do‘sti” va boshqa filmlarda esda qolarli rollarni ijro etgan. Bundan tashqari, aktyor mashhur multfilmlarga ham ovoz bergan.
Hagrid roli orqali dunyo bo‘ylab muxlislarni topgan aktyor Robbi Koltreyn 2022-yil 14-oktabr kuni 72 yoshida vafot etdi. Bu xabarni nafaqat tomoshabinlar, balki “Garri Potter” filmida u bilan suratga tushgan aktyor va aktrisalar chuqur qayg‘u bilan qarshi oldi.
“Robbi men uchratgan eng hazilkash insonlardan biri edi va bolaligimizda suratga olish maydonchasida bizni doim kuldirardi. Ayniqsa, “Garri Potter va Azkaban mahbusi” filmini suratga olish chog‘ida Hagridning kulbasida yomg‘irdan uzoq vaqt berkinib turganimizda kayfiyatimizni qanday ko‘targanini, kayfiyatimizni ko‘tarish uchun hikoya va hazillar aytib berganini eslayman. Men u bilan uchrashish va u bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘ldim, uning endi oramizda yo‘qligi men uchun qayg‘uli holat. U juda mahoratli aktyor va ajoyib inson edi”, — deb yozadi Deniyel Redkliff. | 97 | 7,526 |
Madaniyat | "Humo Arena" muz saroyida jahon yulduzlari o`zbekistonliklarni 9-may bilan tabrikladi | "Humo Arena" muz saroyida estrada va sport yulduzlarining 9-may –Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan gala konsert bo`lib o`tdi.
O`zbekistonda 9-may – xotira va qadrlash kuni arafasida ko`pgina ommaviy tabirlar o`tkazilmoqda. Ularda xalqimiz vakillarining Vatanimiz ozodligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti yo`lida o`z jonini qurbon qilgan insonlarga chuqur hurmat va minnatdorlik tuyg`ulari namoyon bo`lmoqda.
"Humo Arena" sport majmuasi atrofidagi hududda 6 may sanasidan boshlab chinakam bayramona ruh hukmron. Bu erda shod-xurram kayfiyatdagi yurtdoshlarimiz, poytaxtimiz mehmonlari ishtirokidagi xalq sayillari, harbiy texnikalar namoyishi, tarixiy lavhalar aks ettirilgan sahna ko`rinishlari bo`lib o`tmoqda.
Kuni kecha 7 mayda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Humo Arena" muz saroyida milliy va estrada yulduzlari ishtirokidagi bayram konserti bo`lib o`tdi. Muz saroyi minglab tomoshabinlarni o`z bag`riga jamladi. Bayram konsertiga taklif etilgan rossiyalik taniqli estrada xonandasi Oleg Gazmanov hamda Italiyaning afsonaviy “Ricchi E Poveri” estrada guruhining chiqishlari ko`p sonli muxlislarning gulduros qarsaklari bilan kutib olindi. Shuningdek milliy estradamiz yulduzlaridan Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmanova, Sevara Nazarxonlar ham o`zlarining bayramga atab tayyorlab kelgan jonli ijrolari bilan yurtdoshlarimizni xursand qilishdi. Minglab muxlislar o`z mobil telefonlari chiroqlarini yoqib sevimli xonandalarining chiqishlarini qo`llab-quvvatlab turishdi. Ular taniqli san`atkorlarning kuy-qo`shiqlariga jo`r bo`lishganda ijodkorlarning ham qalbi cheksiz quvonchga to`ldi.
“Ofiserlar” qo`shig`ini kuylaganda qo`shiq oxirigacha zaldagi barcha erkaklar tik turib jo`r bo`lishganini ko`rgan Oleg Gazmanov: “Men estrada sahnasida ellik yildan buyon ijod qilib kelayotgan bo`lsam, san`at ahliga bo`lgan bu darajadagi chuqur hurmat-ehtiromni ilk marotaba ko`rishim. O`zbekistonda shunday muxlislarimiz borligidan judayam xursandman!” – dedi.
Konsert dasturidan joy olgan o`rin muz ustida uchish sahnalari ham rang-barang musiqish chiqishlar bilan boy bo`ldi. Ularda figurali uchish bo`yicha jahon va olimpiada chempionlari Margarita Drobyazko hamda Povilas Vanagas, Mariya Petrova hamda Aleksey Tixonov, Tatyana Navka hamda Roman Kostomarov va boshqa figurali uchish ustalari muxlislar e`tiboriga chiroyli chiqishlarni havola etishdi.
Manzura BEKJONOVA | 85 | 2,393 |
Madaniyat | Madonna, Teylor Svift va boshqa yulduzlar bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazadi (foto) | Ish va ijod bilan band ekaniga qaramay, sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullanishga vaqt topishni uddasidan chiqadigan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Madonna: Ot sporti
Xizmat safarlari va turli qizil yo‘laklarga borishdan bo‘sh vaqtida Madonna ot minish sporti bilan shug‘ullanadi. Xonandaning aytishicha, unda bu qiziqish bolaligidayoq paydo bo‘lgan. U ilk marta ot minib ko‘rganidan keyin ushbu sport bilan shug‘ullanishini tushunib yetgan.
Sara Jessika Parker: velosiped minish
Sara har kuni tongni Nyu-Yorkdagi markaziy bog‘da yugurishdan boshlaydi va imkon bo‘lishi bilan velosiped haydashga tushadi. Bolaligidan buyon ushbu sport turini yaxshi ko‘radigan aktrisa, toza havoda soatlab velosipedda sayr qilish unga tug‘ruqdan keyin vazn tashlashga yordam berganini ta’kidlaydi.
Jizel Bundxen: syorfing va yoga
Aksariyat bo‘sh vaqtini qirg‘oqda o‘tkazadigan model, syorfingning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Qolaversa, bundan bir necha yil avval yoga bilan jiddiy shug‘ullangan Bundxen shundan buyon haftadagi 3-4 kunni toza havoda mashqlar bajarishga ajratadi.
Mila Kunis va Eshton Katcher: basketbol
Farzandli bo‘lishiga oz qolgan juftlik vaqt topishi bilan basketbol o‘yinlariga borishni yoqtiradi.
Dmitriy Medvedev: suratga olish
Dmitriy Medvedev suratga olishga bolaligidanoq qiziqadi. Bu shunchaki qiziqish, emas siyosatchi ochiq osmon ostidagi “Dunyo rossiyaliklar ko‘zi bilan” nomli havaskorlar fotoko‘rgazmasida ishtirok etgan. 2020-yilda u tomonidan olingan suratlar Xitoyning Xaynan provinsiyasida namoyish qilingan.
Teylor Svift: pazandachilik
Teylor ishidan bo‘sh vaqtlarida pazandachilik bilan mashg‘ul bo‘ladi. Dugonalar davrasida u mazali pasta, pirog, tort va boshqa yeguliklar tayyorlaydi.
Beyonse va Jay-Z: sayohat
Instagram’dagi sahifasini kuzatib juftlikning bo‘sh vaqtida sayohat qilishini bilish mumkin. Ular birgalikda yaxtadan suvga sakrashni, qumga ko‘milish hamda baland tog‘li cho‘qqilarni zabt etishni afzal biladi.
Selena Gomes: pazandachilik
Pazandachilik Teylor singari Gomesning ham jon-u dili. Selena aktrisalik va xonandalikdan tashqari Selena+Chef shousini ham olib boradi. Mashhur oshpazlar bilan uy bekalariga to‘g‘ri keladigan tajribalar bilan bo‘lishadigan Gomes pandemiya vaqtida shouni video muloqot tarzida olib borgan. Shuningdek, xonanda nosog‘lom mahsulotlar shokolad, popkorn va yog‘li taomlarni yaxshi ko‘radi.
Dueyn Jonson: bodibilding
Dueyn Jonson resling yulduzidan Gollivudning “Yangi Shvarsenegger” va bodibilding “ikonya”siga aylangan. U barcha bo‘sh vaqtini sport zalda o‘tkazadi. “Mashg‘ulotlar meni energiya bilan ta’minlab, yashashga bo‘lgan istak uyg‘otadi”, — degan aktyor.
Tom Felton: golf
Tom bo‘sh vaqtida bir qancha mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Musiqa yozib bastalaydigan aktyor, ko‘p sayohat qilishga ham ulguradi. Golf esa uning eng sevimli mashg‘uloti hisoblanadi. | 79 | 2,879 |
Madaniyat | Jeyms Bond haqidagi filmning yangi treyleri chiqdi | Internetda Jeyms Bond haqidagi filmlarning yangi qismi — “007 Spektr” (“Spectre”)ning ikkinchi rasmiy treyleri paydo bo‘ldi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, rejissyor Sem Mendesning mazkur filmida bosh rollarni Deniyel Kreyg va Monika Beluchchi ijro etgan.
“007 Spektr” britaniyalik mohir agent haqidagi 24-film bo‘ladi. Unda Jeyms Bond noma’lum manbadan shifrlangan maktub oladi, bu maktub uni shartli nomi Spectre bo‘lgan yovuz global tashkiloti iziga olib chiqadi.
Filmning jahon premyerasi 2015-yil 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Bondning qaylig‘i rolini italiyalik mashhur aktrisa Monika Beluchchi ijro etgan. Bundan tashqari, “Spektr”da Lea Seyd, Stefani Sigman, Deyv Batist, Reyf Fayns, Endryu Skott, Naomi Xarris va Ben Uishou kabi aktyorlar suratga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, 1962—2012-yillar mobaynida Jeyms Bond haqida 23 ta film suratga olingan bo‘lib, mazkur kartinalar o‘z ijodkorlariga jami 6 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan. | 50 | 978 |
Madaniyat | Sardor Rahimxon: “Konsertimga samolyotda uchishimni ko‘rgani emas, qo‘shig‘imni tinglagani kelishsin” | “Muloqot” saytlar tarmog‘ining “Muloqot intervyu” loyihasi navbatdagi sonida Sardor Rahimxon mehmon bo‘ldi. “Muloqot” a’zolari tomonidan Intervyu.uz saytida qoldirilgan savollar orasidan hali hech qayerda so‘ralmagan hamda dolzarb mavzudagilari tanlab olinib, Sardor Rahimxonga berildi.
Xabaringiz bor, “Muloqot intervyu” — video loyiha. Hozircha, suhbatning yozma shaklini o‘qishingiz mumkin. Video talqini esa tez kunlarda, taqdim etiladi. O‘tkazib yubormang. ;)
Bek Uzbekistan
San’atga kirib kelgan vaqtingizdagi ilk ustozingiz kim bo‘lgan? O‘zingizga kimlarni ustoz deb bilasiz?
Sardor Rahimxon: San’atga kirib kelganimda rahmatli Saidazim Murodxonov ustozlik qilgan. Keyinchalik Iqbol aka Muhammadjonov san’at sohasidan saboq berdi. Mana shu inson hozirgi kunga qadar ustozim, aksariyat qo‘shiqlarimning muallifidir. Shuningdek, ustozimni hayotdagi yo‘lboshchim, qadrdonim, do‘stim, deb hisoblayman.
Bek Uzbekistan
Yoshlikdagi orzularingiz haqida aytib o‘tsangiz.
Sardor Rahimxon: Qaysi kasbni egallashimdan qat’iy nazar, taniqli katta odam bo‘laman va hammaga yaxshilik ulashaman deb orzu qilganman. Qaysidir ma’noda orzularimga erishdim desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Katta odam bo‘lmasam ham, qaysidir ma’noda barchaga yaxshilik qiladigan, qo‘shiqlari bilan ezgulik ulashuvchi taniqli inson bo‘ldim. Demak, orzularim amalga oshibdi.
" Gulim "
Sardor aka chet el san’atkorlaridan kimlarni qo‘shiqlarini sevib tinglaysiz?
Sardor Rahimxon: Enrike Iglesias, Sami Yusuf, Ibrohim Tatlisas, Riannaning qo‘shiqlari yoqadi. Umuman olganda qo‘shiqchidan ko‘ra, qo‘shiqqa ko‘proq e’tibor beraman. Xoh u mashhur, xoh yangi qo‘shiqchi bo‘lsin, agar uning qo‘shig‘i yaxshi bo‘lsa eshitaveraman.
Muxsinjon Asqarov
Avval “Intelektual ring” o‘yinini olib borgansiz. Nima sababdan xonandalikka almashtirdingiz?
Sardor Rahimxon: “Intellektual ring”da ishlashim tasodifan bo‘lgan. Radioda ishlab yurgan paytlarimda ovozim va ko‘rinishim shu ko‘rsatuv ijodkorlariga ma’qul kelgan va meni taklif qilgan. Televideniye ham katta maktab bo‘lgani uchun rozi bo‘lganman.
farrux nomozov
Siz G‘uzorda konsert bergandingiz. Iltimos, sevimli jamoam – “Sho‘rtan” haqida qo‘shiq yozsangiz.
Sardor Rahimxon: O‘zbek futboli haqida qo‘shiq kuylash niyatim bor. Lekin, aynan bir jamoa haqida qo‘shiq kuylamoqchi emasman. Chunki, bittasi haqida kuylasam ikkinchisi xafa bo‘lib qolishi mumkin. Menimcha, san’atkor barchaning ko‘nglini birdek ola bilishi kerak.
abbos.azizov
Assalomu alaykum! Inson fazilatlaridan qaysi birini ko‘proq hurmat qilasiz?
Sardor Rahimxon: Samimiylik, to‘g‘riso‘zlik, lafzi halollik, saxiylik, kechirimlilik, — umuman, jamiki yaxshi fazilatlari bor insonlarni hurmat qilaman.
Kamilka Karamelka
Assalomu alaykum, Sardor aka! Agar, muxlislaringizdan biri sizga koreys tilida ashula aytishingizni iltimos qilsa, o‘sha muxlisingiz uchun koreys tilida kuylagan bo‘larmidingiz?
Sardor Rahimxon: Ha, albatta kuylagan bo‘lar edim. Koreys tilida qo‘shiq kuylash rejamda bor.
Mike Ross
Birinchi yodlagan she’ringizni eslay olasizmi?
Sardor Rahimxon:
Qorbobomiz oppoq,
Peshonasi yalpoq,
Hassasi uzunchoq,
Ko‘proq bering o‘yinchoq.
Menimcha, birinchi yodlagan she’rim shu bo‘lsa kerak.
Dostonbek Nazirbekov
Sanjar aka, sizni do‘stlaringiz va hamkasblaringiz o‘z ismingiz bilan chaqirishadimi yoki taxallusingiz bilanmi?
Sardor Rahimxon: Hamkasblarim Sardor deb chaqirishadi. Uydagilarim, qarindosh va sinfdoshlarim Sanjar deb chaqirishadi.
musulmanov
She’rlar to‘plamingizni qayerdan olsa bo‘ladi? Nimaga disklaringizni topib bo‘lmaydi?
Sardor Rahimxon: Disklarim do‘konlarda sotiladi. “Faqat muhabbat” deb nomlangan she’riy albomim sotuvda bor. Ularni internetdan ham topish mumkin.
Ruslan .Ruslan
Men Rayhonning ham ashaddiy muxlisiman. Rayhon bilan kuylagan hamma qo‘shiqlaringiz zo‘r chiqqan. Duet kuylash borasida ham bir-biringizga juda mos tushasiz. O‘zingizga qaysi xonanda bilan aytgan duetingiz yoqadi? Eng yoqqan duetdoshingiz kim?
Sardor Rahimxon: Menga eng yoqqan duetdosh Rayhon. U bilan birga kuylagan “Abadiy” duet qo‘shig‘imiz juda ma’qul bo‘lgan.
Bakhodur
Iltimos, onajonlar uchun bir tarona kuylab bersangiz.
Sardor Rahimxon: Onajonlar uchun qo‘shiq kuyladim. Yangi “Tanhoginam” nomli albomimdan o‘rin olgan bo‘lib, nomi “Onajon”. Shu qo‘shiqni barcha o‘zbek onalari uchun ijro etganman.
MoviyguL Abdullaeva
Sardor Rahimxonning qo‘shiq aytish va suxandonlikdan boshqa yana qanday xususiyatlari bor?
Sardor Rahimxon: Yaxshi jihatlarim haqida yaqinlarimdan so‘rash kerak. Agar men o‘zim haqimda gapirsam, unda bu maqtanchoqlik bo‘lib qoladi.
samandar946
Qaysi jahon xonandasi bilan qo‘shiq kuylashni xohlaysiz?
Sardor Rahimxon: Enrike Iglesias, Sami Yusuf bilan bajon-u dil duet kuylagan bo‘lar edim. Umuman olganda, o‘z o‘rniga, o‘z mavqeiga ega bo‘lgan har qanday qo‘shiqchi bilan duet kuylashga tayyorman.
BAHTIYOR <|>
Jizzaxdagi muxlislaringiz sizni intizorlik bilan kutib qoldi. Qachon tashrif buyurasiz? Sizni kutib qolamiz!!!
Sardor Rahimxon: 6—7-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsert dasturimdan so‘ng bahor, yoz fasllarida, albatta, gastrol safarlari uyushtirmoqchiman. Safar davomida Jizzaxga ham boramiz. Jizzax haqida qo‘shiq kuylaganim bejiz emas. Bu jizzaxlik muxlislarimga bo‘lgan hurmat va muhabbatni bildiradi. Imkoniyatdan foydalanib jizzaxliklarga alangali salomlar. Muxlislarning kutayotgani bizni behad xursand qiladi.
Iqboliddin
“Seni ko‘ngling olgan kim?” taronasiga klip suratga olishni qachonga rejalashtiryapsiz?
Sardor Rahimxon: Bu tarona men uchun muhim ahamiyatga ega. Yaqin kunlarda klip suratga olish ishlarini boshlaymiz.
Bek Uzbekistan
Sizning xorij mamlakatlaridan birida suratga olinayotgan klipingiz hamda u klipning suratga olish jarayonidan fotojamlanma va reportajlarni guvohi bo‘lgan edik. Ammo ikki yil bo‘libdi hamki, hali klipni ko‘rmadik. Buning sababi nimada?
Sardor Rahimxon: Qaysi klip haqida savol berganingizga tushunmadim. Hamma kliplarim muxlislarga taqdim etilgan. Ularning barchasi internetda ham bor.
germanya-91
Qaysi sport turi bilan shug‘ullanasiz?
Sardor Rahimxon: Sport bilan shug‘ullanishga vaqtim yetarli emas. Biroq shug‘ullanishni juda ham xohlayman.
BunyOdxOn Saidov TaNur Guruhi (Yulduzcha)
“Mango” guruhi yigitlari sizning shogirdlaringizmi?
Sardor Rahimxon: Yo‘q. Ammo “Mango” guruhidagi “Bayon” guruhining sobiq a’zosi Oybek shogirdim.
Yaqinda taqdim etadigan konsert dasturingiz haqida nima deya olasiz?
Sardor Rahimxon: Avvalambor, konsertning eng muhim jihati bu to‘rt yil davomida kutilganligi. Qolaversa, bu konsert mening hayotimga bog‘liq va shunisi bilan boshqa konsert dasturlarimdan farq qiladi. Qo‘shiqlarim asosan avtobiografik: o‘zim, ota-onam, farzandlarim haqida bo‘ladi.
Konsertda nechta qo‘shiq ijro etiladi? Ulardan nechtasi yangi?
Jami 21 yoki 22 ta. Shularning orasidan 7—8 tasi yangi bo‘ladi. Yana bir antiqa va kutilmagan duet tayyorlayapmiz. Hozir bu haqda ayta olmayman. Vaqti kelib, konsertga tashrif buyuruvchilarning o‘zlari guvoh bo‘ladi.
Kutilmagan duetdan tashqari, yana qanaday “syurpriz”lar tayyorlayapsiz?
Men balandparvoz gaplardan qochaman. Konsertimga maqtagan gaplarim uchun odamlar tashrif buyurishini xohlamayman. Xohlaymanki, meni sog‘ingan muxlislarim qo‘shiqlarimni eshitish uchun kelsin. San’atkor o‘zining ovozi, qo‘shig‘i bilan muxlislarini ushlab tura olishi kerak, qanaqadir dekoratsiya, intrigalar bilan emas. Ana shunda u haqiqiy san’atkor bo‘ladi. San’atkor bir o‘zi sahnani to‘ldirib turishi kerak. Mana shunaqa san’atkorlardan Yulduz Usmonovani juda ham hurmat qilaman. Bitta o‘zi bo‘lsa ham, shu inson butun “Istiqlol” san’at saroyini to‘ldirib tura oladi. Chunki shu insonning fayzi bor, savlati bor, yillar davomida orttirgan obro‘yi bor.
Men ham shunga intilaman. Konsertimga kelyotgan muxlislarim dekoratsiya, raqslar, samolyotda uchishim, qo‘nishimni emas, mening qo‘shig‘imni eshitish, o‘zimni ko‘rish uchun kelsin. Men sirkda ishlamayman-ku, tepadan tushib kelsam. Men xonandaman: ovozim bor, qo‘shiq orqali aytadigan dardlarim bor. Qolaversa, bunaqa narsalar odamni chalg‘itadi.
Bular mening shaxsiy fikrlarim. Albatta, zamonaviy qo‘shiqlarda sahnani raqslar bilan to‘ldirib turish kerak. Ammo mening aksariyat qo‘shiqlarim bunday yo‘nalishda emas.
Suhbat yakunida Abbos Azizovning inson fazilatlari haqidagi savoli “Eng yaxshi savol” deb topildi. Unga Sardor Rahimxon konsertiga ikkita bilet topshiriladi.
Sardor Rahimxonning 6—7-fevral kunlari taqdim etiladigan konsert dasturida omad tilaymiz. | 101 | 8,437 |
Madaniyat | Mumiyolangan “Botken qizi”ni dafn etishda jonbozlik ko‘rsatgan Qirg‘iziston madaniyat vaziri ishdan haydaldi | Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev farmoni bilan mamlakat madaniyat, axborot va turizm vaziri Tugelbay Kazakov iste’foga chiqarildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tugelbay Kazakov.
Vazirlikning 1956-yili Botken viloyatidan topilgan IV—V asrlarga mansub qizning mumiyolangan jasadini dafn etish qarori Qirg‘izistonda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Jasad shu vaqtgacha shu Davlat tarix muzeyida saqlanib kelgan.
13-oktabr kuni Qirg‘iziston olimlari qarshiligiga qaramay, jasad Botken viloyatiga keltirildi va musulmon an’analariga muvofiq dafn etildi. Vazirlik buni eksponatning yomon holati va Qirg‘izistonda uni tadqiq etish imkoniyati yo‘qligi bilan izohladi.
Prezident Almazbek Atambayev jurnalistlar bilan suhbatda vazirlikning mazkur qarorini “katta xato” deb hisoblashini bildirgan edi. | 108 | 816 |
Madaniyat | “Istiqlol” saroyi direktori: Jonli ijroda qo‘shiq aytaman degan xonanda likopchada ham qo‘shiq aytaveradi | “Istiqlol” san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi. Saroy direktori suhbat davomida xonandalar, konsert tashkilotchilari bilan bog‘liq savollarga ham ochiq-oydin javob berdi.
— “Istiqlol” san’at saroyidagi chipta narxlari, chet ellik xonandalarni konsert dasturiga kirish uchun sotiladigan chipta narxlari qanday asosga ko‘ra belgilanadi?
— Chipta narxlari konsert tashkilotchilari tomonidan belgilanadi.
— Chet ellik xonandalarning konsert tashkilotchisi kim?
— Konsert dasturini kim o‘tkazsa o‘sha odamlar…
— Hozir, ayni vaqtda, chet ellik xonandalarning konsertini kim o‘tkazmoqda?
— So‘nggi vaqtlarda “Istiqlol” san’at saroyining o‘zi mazkur konsertlarga tashkilotchilik qilmoqda. Chunki Vazirlar Mahkamasidan bayonnoma chiqmoqda, o‘sha bayonnoma asosida biz tashkillashtirmoqdamiz.
— Konsert chipta narxlarini nima asosda belgilaysiz?
— Keladigan xonandaning gonorari bor, solig‘i, aviachiptalari, konsert reklamasi bor. Ushbu xarajatlarni hisoblab shunga yarasha narx chiqaramiz. O‘rta hisobda konsert chiptalarining 50 foizi sotilganidan so‘ng sizning xarajatingiz chiqishi kerak. Agar o‘shanday holatda xarajati chiqmasa siz bankrot bo‘lasiz.
— Chet eldan keladigan xonanda ham san’at saroyidan foydalanganligi uchun ijara haqi to‘laydimi?
— Chet eldan keladigan xonandaning konsertini tashkil qilgan tashkilot o‘zimiz-ku…
— Tushundim, siz ham o‘zingizning tashkilotingizga, ya’ni “Istiqlol” san’at saroyiga ijara haqi to‘laysizmi?
— Tushgan pul o‘zimizga qoladi-ku. “Istiqlol” san’at saroyi nimaning hisobidan ta’mirlanadi? Asosan o‘zi tashkil qilayotgan san’atkorlarning konsertidan tushgan pullar evazigada!
— “Istiqlol” san’at saroyi tashkilotchiligida o‘zbek xonandalarining konsert dasturlari ham tashkillashtiriladimi?
— Albatta, ko‘proq “Mirzo” teatrining konsert dasturi tashkillashtiriladi. Keyin yana vaziyatga qaraladi.
— Siz tomondan tashkil qilingan konsertlar uchun, konsertdagi xonandalarga gonorar beriladimi yoki konsert tashkil qilganingiz uchun xonanda gonorarsiz qoladimi ?
— Albatta, gonorari beriladi. Biz o‘tkazgan konsertda san’atkor o‘ziga hisob raqam ochadi, o‘sha hisob raqamiga konsert foydasidan unga ham gonorar ajratiladi.
— Chet ellik xonandalar o‘zi bilan texnikasini ham olib keladimi?
— Olib keladiganlari ham, olib kelmaydiganlari ham bor.
— Kimlar o‘zi bilan olib keldi?
— Misol uchun Kirkorov hamma narsasini olib keldi. U bizga “sahnani top toza qilib, elektr bilan ta’minlasangiz bo‘ldi”, dedi va hamma narsani o‘zi bilan olib keldi. U jami bo‘lib 5 ta Furada sahna uchun dekoratsiya, texnika vositalari bilan kelgan. Bundan tashqari Bochelli ovoz kuchaytiradigan moslamalarini, chiroqlarini o‘zi bilan birga olib keldi. Agar bizning texnikalarimiz ularning talabiga javob beradigan bo‘lsa, olib kelmaydi.
— Aksariyat o‘zbek xonandalaridan “nima sababdan jonli ijroda konsert bermayapsan” deb savol berilganida, “Istiqlol” san’at saroyining texnikasi talabga javob bermasligini bahona qilib ko‘rsatishadi. Chet ellik xonandalar orasida ham texnikani o‘zi bilan olib keladiganlari bor ekan. Demak, haqiqatdan ham “Istiqlol” san’at saroyining texnikasi jonli ijro talablariga javob bermas ekanda?
— “Istiqlol” san’at saroyining o‘zida bor texnikasi barcha talablarga javob beradi. Bizda faqat ovoz kuchaytirgich va sahnaga qo‘yiladigan chiroq yo‘q. Jonli ijroda kuylay olmagan xonandalar texnikasi nosoz deb bahona qilishi mumkin. Jonli ijroda qo‘shiq aytaman degan xonanda likopchada ham qo‘shiq aytaveradi.
— Ammo rad qilib bo‘lmaydigan bir haqiqat, ya’ni san’at saroyining o‘ng va so‘l qanotlari chiptalarini, muxlislar “ovoz yaxshi eshitilmaydi”, deb xarid qilmasligi bor gap-ku, to‘g‘rimi?
— Yo‘q, ovoz yetib bormaydi emas, aksincha kolonkalar o‘sha tomonlarga qaratilgani uchun ovoz kuchli boradi. Nasib bo‘lsa Igor Iosis kuz faslida Belgiya davlatidan yangi apparaturalarni olib keladi va ular sahnada emas, osilib turadigan bo‘ladi va bu muammo o‘z-o‘zidan yechimini topadi. Bularning hammasi uchun katta mablag‘ kerak, bu apparaturalar, texnikalar arzon turmaydi.
— Mablag‘ yetmaydi deysizmi, axir “Istiqlol” san’at saroyida yil davomida 200 dan ortiq konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda-ku…
— Yetmaydi, chunki bu apparaturalar kamida 1-2 million dollar turadi.
— Apparaturalar qayerdan sotib olinadi?
— Yevropa davlatlaridan, xususan, Germaniyadan, Belgiyadan olib kelinadi.
— Kirkorov hamda Bochellidan tashqari yurtimizda mehmon bo‘lgan chet ellik xonandalarning barchasi ushbu texnika bilan jonli ijroda konsert berishdimi?
—A’Studio, Meladze, Allegrova singari, umuman olganda chet eldan kelgan xonandalar mutlaqo fonogrammada ishlamaydi, qaytanga o‘zimizning xonandalar dangasa bo‘lib qolganidan fonogrammani ham ayta olmasdan nolishmoqda. O‘zi tomoshabini yo‘q bo‘la turib, kuylay olmasdan qiladigan bahonasi texnika bo‘lib qolmoqda. Chet ellik xonandalar Igor Iosisning texnikasi bilan ham mazza qilib jonli ijro qilib ketishdi-ku, hech biri noligani yo‘qku. Texnika javob bermaydi deyishlari bahona, texnika yomon bo‘lsa olib kelishsin.
— Demak, xonanda o‘ziga ma’qul bo‘lgan texnikani olib kelishi mumkin, shundaymi?
— Xohlasangiz o‘zingiz ham biz va konsert tashkilotchilari o‘rtasida tuzilgan shartnomani ko‘rishingiz mumkin. Shartnomada xuddi shu bo‘limlar kiritilgan. Bemalol olib kelish mumkin, faqat bizning standart talablarga javob berishi kerak. O‘zimizning komissiyamiz bor, har bir san’atkor konsert dasturidan 10 kun avval sahnaga olib kiradigan buyumlarini komissiya a’zolariga tekshirtiradi. Aybni “Istiqlol” san’at saroyiga qo‘yish kerak emas, o‘zi astoydil konsert qo‘yaman desa, xohlagan texnikasini olib kelib konsertini taqdim qilaversin. Har bitta san’atkorga kamida bir hafta tayyorgarlik uchun joy beraman, misol uchun Yulduz Usmonova ikki oy mobaynida “Istiqlol” san’at saroyida konsert uchun tayyorgarlik ko‘rdi.
— Tayyorgarlik ko‘rgani uchun, joy uchun xonandadan pul olinadimi?
— Yo‘q, tekin.
— Bu faqat Yulduz Usmonova uchunmi yoki boshqa xonandalar uchun ham tayyorgarlik ko‘rish tekinmi?
— Qaysi xonanda bo‘lsa ham tekin. Tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan 3 ta zalimiz bor. Yoshi katta bo‘lishiga qaramasdan G‘ulomjon Yoqubov konsertidan oldin bir oy, bir yarim oy tayyorgarlik ko‘rdi.
— San’atkorlar yoki konsert tashkilotchilari o‘rtasida konsert kuni masalasi yuzasidan nizoli holatlar kelib chiqqanmi?
— Yo‘q. Bir xil yangi tashkilotlar “bizga mana bu oyda kun qilib bering yoki boshqa oyda bo‘lsa yaxshi edi”, deganlar bo‘ladi, lekin band bo‘lganidan keyin ular o‘z-o‘zidan tushunib yetadi.
— Xabarimiz bor, xonanda Manzuraning konsert dasturini uchinchi kuni qoldirilgan edi. Shunday vaziyatlarda sotib olingan biletlarning pullari qaytarilishini kim nazorat qiladi?
— Konsert tashkilotchilari yoki xonandalar “men uch kun konsert beraman yoki to‘rt kun konsert beraman”, deb kun belgilashga kelganida ularga ochig‘ini, ya’ni “sen uch kunga yoki to‘rt kunga tortmaysan, ikki kun qil, agar ikki kunlik chiptalaringni sota olsang, uchinchi kunni qo‘shib yuborish muammo emas”, deyman. Ko‘plari “yo‘q-yo‘q” deb o‘zlari aytganidek 3 yoki 4 kunni band qilashadi-da, so‘nggi kunlarini bekor qilishadi.
— Xonanda Manzuraga ham shu maslahatni berganmisiz ?
— Xonanda Manzura konsertining ikkinchi kunida mazasi bo‘lmasdan, uchinchi kunini bekor qilishga majbur bo‘lgan edi.
— Chipta sotib olgan muxlislarga pulni kim qaytaradi?
— Konsert tashkilotchilari!
— Konsert tashkilotchilari bu borada sustkashtlikka yo‘l qo‘ysa, muxlislar sizlarga shikoyat qilsachi?
— Bunday vaziyatda tashkilotchilarni chaqirib muammoni hal qilamiz. Men bu masalaga juda ham qattiq e’tibor beraman. Chunki bu yerga keladigan tomoshabin meni tomoshabinim, ularniki emas, shu vaqtgacha nizoli holatlar bo‘lgani yo‘q. Yaqinda aynan shu masalada qiziq holat bo‘ldi. Bolalar uchun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan konsertning biletidagi 16 raqami, texnik muammo sabab 18 raqamiga o‘xshab qolgan. Yuzga yaqin muxlislar 18-kuni tomosha ko‘raman deb kelishdi. O‘shanda ham konsert tashkilotchilari darrov bu masalani hal qilishdi. | 105 | 8,052 |
Madaniyat | Fotoreportaj: Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumani davom etmoqda | Jamshid Norqobilov (surat) O`zA | 78 | 31 |
Madaniyat | Eurovision tanlovi koronavirus tufayli qoldirildi | An’anaviy Eurovision tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi tufayli qo‘shiqlar tanlovini qoldirishga qaror qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
“Yevropa eshittirishlar ittifoqi murakkab qaror qabul qildi, tanlovni o‘tkazish imkonsiz”, — deyiladi tashkilotchilar xabarida.
Qo‘shiqlar tanlovi 12—16-may kunlari Rotterdam shahrida o‘tkazilishi kerak edi.
Butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlar soni 200 ming kishidan, uning qurbonlari soni esa 8 ming kishidan oshdi. 17-martga kelib Yevropaning barcha davlatlarida koronavirus qayd etilgan va Yevropa Ittifoqi virusga qarshi kurashish maqsadida xorijliklarning tashirifini 30 kunga cheklab qo‘ydi. 19-mart kuni JSST koronavirusga qarshi vaksinalarning ilk sinovlari boshlanganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 23 nafarga yetdi. | 49 | 847 |
Madaniyat | Xakerlar fosh qilgan yozishmalarda Anjelina Joliga yo‘naltirilgan haqoratlar borligi aniqlandi | Amerikalik kinoprodyuser Skott Rudin Sony Pictures kompaniyasi raisdoshi Emi Paskalga yozgan xatida aktrisa Anjelina Jolini “qobiliyatsiz va taltaygan” deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Sony Pictures’ga uyushtirilgan xakerlik hujumi natijasida kompaniya xodimlarining elektron yozishmalari tarqalib ketdi. Ulardan birida Rudin Paskalga yangi “Kleopatra” filmida Joli bilan hamkorlik qilishni istamasligini yozgan.
Shuningdek, dastlab Sony chiqarmoqchi bo‘lgan, biroq Universal Pictures’ga o‘tib ketgan “Stiv Jobs” filmi bahs-munozara markaziga tushgan. Gap shundaki, Anjelina Joli ushbu filmga Devid Fincher rejissorlik qilishiga qarshi bo‘lgan. Shu munosabat bilan Paskal Rudinga murojaat qilib, undan Joli bilan gaplashib ko‘rishni so‘ragan. Bunga javoban u “bu uchun vaqtini sarflashni istamasligini” aytgan.
“Yaxshisi, u Fincherning ishini chippakka chiqarishidan avval undan jim bo‘lishini so‘rang”, — deb yozgan Rudin. | 94 | 936 |
Madaniyat | Suratga olish maydonchasida tanishib, so‘ng turmush qurgan Bollivud yulduzlari (foto) | Yulduzli juftliklarning aksariyati suratga olish maydonchasida tanishadi. Ularning ba’zilari munosabatlarni yarim yo‘lda yakunlasa, boshqalari muhabbatni nikoh bilan yanada mustahkamlaydi.
Ranvir Singx va Dipika Padukone
Ranvir uchun bu bir ko‘rishda muhabbat edi. U birinchi marta Dipikani Makaodagi “Zee Cine Awards” marosimida ko‘rgan. “Ram va Lila” kartinasining suratga olinish jarayonida esa tuyg‘ular yanada ayonlashgan. Juftlik bir necha yil davomida munosabatlarini yashirishga harakat qilgan va 2018-yilning kuz oyida Italiyada turmush qurgan.
Sayf Ali Xon va Karina Kapur
9 yildan buyon oila bo‘lib yashab kelayotgan juftlik bir-birini “Umidsiz” filmining suratga olish maydonchasida yoqtirib qolgan. O‘sha vaqtda Sayf Ali Xon turmush o‘rtog‘i Amrita bilan ajrashgan edi. Karina esa Shaxid Kapur bilan munosabatlariga yakun yasagan. Sayf Ali Xon Karinaga ikki marta turmushga chiqish taklifini bildirgan, ammo aktrisa rad etgan. Uchinchi marotabasida u rozi bo‘lgan va to‘y 2012-yilning 16-oktabrida bo‘lib o‘tgan.
Abhishek Bachchan va Ayshvariya Ray
14 yillik oilaviy baxtga ega Abhishek va Ayshvariya Bollivudning eng sevimli juftliklaridan biri. Ular 2001-yilda turmush qurgan va hozirda Aradhya ismli qizi bor. Juftlik “Sevgi haqida bir necha so‘z” filmining suratga olish maydonchasida uchrashgan, lekin dastlab ular orasida faqat do‘stlik bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida ular “Qalbdagi muz” filmida suratga tushgan va shundan so‘ng ularning orasidagi do‘stlik muhabbatga aylangan.
Ajay Devgan va Kajol
Ajay va Kajol birinchi marta 1995-yil “Oila va qonun” filmining suratga olish jarayonida uchrashgan. Dastlab ular bir-birida yaxshi taassurot qoldirmagan. Shuningdek, ikkisi ham boshqa insonlar bilan munosabatda bo‘lgan. Ammo “Gundaraj” filmining suratga olinishi vaqtida ular bir-birini yaxshi ko‘rishini anglab yetgan va uchrashishni boshlagan. Juftlik 1999-yilda turmush qurgan va 22 yildan buyon baxtli hayot kechirib kelmoqda.
Akshay Kumar va Tvinkl Xanna
Akshay va Tvinkl ilk marotaba “Filmfare” fotosessiyasida uchrashgan. 1999-yilda “Ajoyib o‘yin” filmi suratga olish maydonchasida bir-birini sevib qolgan. Tvinkl ushbu munosabatlarni suratga olish ishlari yakunlangach to‘xtaydi, deb o‘ylagan edi. Ammo hammasi nikoh bilan yanada mustahkamlandi. Ular 2001-yil turmush qurgan va ikki nafar farzandni tarbiyalab kelmoqda.
Bipasha Basu va Karan Singx Grover
Bipasha va Karan 2015-yilda “Yolg‘izlikda” filmining suratga olish maydonchasida uchrashgan va bir-birlarini yoqtirib qolgan. Bipasha bundan avval Jon Abraxam bilan 10 yillik munosabatlarga ega edi va bu ayriliq bilan tugagan. Karan ham ikki marta turmush qurgan bo‘lib, Bipasha uchinchi oilasi hisoblanadi.
Ritesh Deshmux va Jeneliya de Souza
Ritesh “Senga qasam ichaman” filmini suratga olish uchun Haydarobodga uchgan va Jeneliyani uchratgan. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, bu bir qarashda sevgi bo‘lmagan, ammo uyga qaytganidan so‘ng Jeneliyani sog‘ingan. So‘ngra ular 9 yil davomida uchrashib yurgan va 2012-yil 3-fevralda turmush qurgan. Hozirda juftlik ikki o‘g‘ilni tarbiya qilmoqda.
Kunal Hemu va Soha Ali Xon
Juftlik “Sizni qayerga olib ketishdi” filmi jarayonida dastlab hech narsani sezmagan, ammo oradan ko‘p o‘tmay ular buning sevgi ekanini anglab yetgan. 2015-yilda juftlik turmush qurgan va Innaya ismli qizini tarbiyalamoqda.
Ali Fazal va Richa Chadda
“Dangasalar” loyihasi Ali va Richaning hayotida alohida o‘ringa ega. Ular suratga olish maydonchasida uchrashib, bir-birini sevib qolgan. Ular garchi hali turmush qurmagan bo‘lsa-da, to‘y haqida bir qancha rejalar tuzgan. | 85 | 3,578 |
Madaniyat | “Muhtasham yuz yil” serialida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan aktyorlarning hozirgi ko‘rinishi (foto) | Dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan “Muhtasham yuz yil” seriali suratga olingandan buyon 10 yil vaqt o‘tdi. Serialda rol ijro etgan bosh qahramonlar haqida ko‘p ma’lumotlar taqdim etilgan. Ammo ikkinchi darajali kichik rollar bilan chegaralangan aktyorlar haqida hech narsa ma’lum emas.
Engin Gunaydin − Gul og‘a
Fotih Al − Matrakchi
Gurkan Uygur − Mimar Sinan
Ezgi Eyubo‘g‘lu − Oybeka
Melis Mutluch − Mehrimoh
Serenay Aktash − Oysha xotun
Almeda Abazi − Nozanin
Adnan Koch − Bahrom posho
Nihan Buyukaach − Gulshoh
Sebahat Kumash − Esma xotun
Sema Kechik − Doya xotun
Saygin Soysal − Merjan og‘a
Erxan Jan Kantal − Boyazidning bolaligi
Jemre Ebbuziya − Yelena
Yuksel Yunal − Shakar og‘a
Mujde Uzman − Armin xatun
Burja Tuna − Gulnihal xatun | 107 | 756 |
Madaniyat | Andrea Bochellining bayram munosabati bilan bergan konserti rekord darajada tomosha qilindi | Dunyoga mashhur italiyalik tenor Andrea Bochellining Pasxa bayrami munosabati bilan bo‘m-bo‘sh Milan soborida bergan konserti bir sutkada YouTube’da tomosha qilishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Kadr: YouTube
Qo‘shiqchining chiqishi bir sutka ichida 26,5 million martadan ortiq tomosha qilingan bo‘lib, ayni vaqtda 32 milliondan oshib ketgan.
Bochelli organ chaluvchi Emanuel Vianelli bilan birgalikda konsert bergan. Xususan, tenor Shubertning “Ave Maria” kompozitsiyasini ijro etgan.
62 yoshli qo‘chiqchi o‘z chiqishini koronavirus pandemiyasida aziyat chekkan Italiyaga bag‘ishladi. Uning ta’kidlashicha, ushbu konsert Italiya va butun dunyoga sevgi, shifo va umid nomasi hisoblanadi. | 91 | 693 |
Madaniyat | Yosh rejissyorlarning "DEBYuT-2018" V Respublika ko`rik-festivali ochildi | Madaniyat vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasi hamkorligida Yosh rejissyorlarning “Debyut-2018” V Respublika ko`rik-festivali o`tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu ko`rik festival 15-20 noyabr kunlari o`tkazilishi belgilandi. Ko`rik-festivalini o`tkazishdan maqsad, yosh rejissyorlar, yosh aktyor, dramaturg va sahna rassomi sohalari bo`yicha ijodkorlarni aniqlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratishlari uchun yosh ijodkorlarda tajriba va professional mahoratning shakllanishiga ko`maklashish va rivojlantirishdir.
Kecha, 15 noyabr kuni soat 17:00da O`zbek milliy akademik drama teatri foyesida teatr aktyorlari turli obrazlarda festivalga tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olishdi, turli ko`rgazmalar tashkil etildi, so`ng Madaniyat vazirligi boshqarma boshlig`i va teatrning ustoz ijodkorlari tomonidan “Debyut-2018” V Respublika ko`rik-festivalining tantanali ochilishi bo`lib o`tdi.
Yosh ijodkor rejissyor tomonidan Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan “Oq kema” spektali namoyish etildi.
Eslatib o`tamiz, besh kun davomida o`tadigan “Debyut-2018” V Respublika ko`rik-festivaliga tomoshabinlarni kirishi bepul. | 73 | 1,295 |
Madaniyat | Akvariumdan shlem, zar qog‘ozdan plash va patli palto. Ledi Gaganing MTV taqdirlash marosimidagi esda qolarli obrazlari (foto) | Qo‘shiqchi Ledi Gaga nafaqat ijodi, balki tadbir va konsertlardagi o‘ziga xos uslubda kiyinishi bilan ham boshqalardan ajralib turadi. MTV—Video Music Awards taqdirlash marosimi ham xilma-xil liboslar bilan muxlislarini hayratga soladigan xonanda uchun istisno bo‘lmadi. Ushbu marosimda ijodkor naq to‘qqizta kiyimda namoyon bo‘ldi. Ledi Gaganing mazkur futuristik uslubdagi liboslarining mos himoya niqobi bo‘lgan, deb yozadi Harper’s Bazaar.
“O‘zingizni seving, atrofdagilarga marhamatli bo‘ling, niqob taqishni unutmang”, — degan xonanda nutqi davomida. Quyida Ledi Gaganing marosimdagi liboslari suratlaridan ayrimlari bilan bo‘lishamiz.
Kosmonavt obrazida namoyon bo‘lish uchun Area’ning kumushrang kurtkasi, Muscarella’ning shaffof akvariumni esga soladigan shlemi va Pleasers’ning platformali, baland poyabzalidan foydalangan.
Disney malikalariniki singari ko‘rinishga ega bo‘lgan yashil libos Christoper John, himoya niqobi esa Lance V Moore tomonidan taqdim qilingan.
Candice Cuoco’ning folga qog‘ozidan tikilgan plashi, Manuel Albarran’ning taqinchog‘i, Maisonmet’ning himoya niqobi va Valentino’ning kumushrang bodisi bilan xonanda qor malikasi obrazini yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
O‘ziga xos ranglar umumlashmasidan iborat mazkur ko‘ylak Iris van Herpen’ga, ultrabaland poshnali qora poyabzal esa Pleasers’ga tegishli.
Bo‘yindan oyoqqacha butun qismi zar bilan qoplangan bodi va oq patli palto muallifi Valentino hisoblanadi.
Ushbu obrazda esa Ledi Gaga BCalla’ning futuristik kombinezoni, Edward Avedis’ning kamari va Saint Laurent’ning oyoq kiyimida namoyon bo‘lgan. | 126 | 1,588 |
Madaniyat | Mashhur filmlaridagi obrazlari tufayli aqldan ozishiga bir baxya qolgan aktyor va aktrisalar (foto) | Yaxshi aktyor o‘z qahramonining hayoti bilan yashaydi, degan qarashlar mavjud. Ammo ba’zi yulduzlar obrazga shunchalik sho‘ng‘ib ketadiki, qaysidir nuqtaga borib ular mutaxassis yordamiga muhtojlik sezadi.
Nikol Kidman,“Ortga chekinmoq”
Yangi voqealarga boy serialda Nikol oilaviy psixoterapevt Greys Freyzer rolini ijro etdi. Sujetga ko‘ra, qahramonning o‘g‘li bo‘lib, sinfdoshining onasini o‘limi uning ham hayotini o‘zgartirib yuboradi. HBO telekompaniyasining yangi tashabbusi allaqachon afsonaviy “Taxtlar o‘yini”dan ko‘ra ancha muvaffaqiyatli boshlandi. Biroq asosiy rollardan birining ijrochisi Nikol xursand bo‘lmadi. Yaqinda u suhbatlarning birida, serialda suratga tushish uning jismoniy va ruhiy salomatligiga zarar yetkazganini ma’lum qilgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, unga ijroni hayotdan ajratish qiyin bo‘lgan, u Greys kabi o‘ylay boshlagan. Aktrisa ham uyqusizlik va tashvish “hujumlaridan” aziyat chekkan va asabiy tushkunlik yoqasiga kelib qolgan. Natijada Nikol kasal bo‘lib, bir hafta yotoqda yotishiga to‘g‘ri kelgan.
Enn Xeteuey, “Xo‘rlangan”.
Viktor Gyugoning 2012-yilgi romanining Gollivudda ekranlashtirilgan filmidagi Fantina roli Enn Xeteueyga Oskar mukofotini taqdim etdi. Ammo suratga olish jarayoni aktrisa uchun juda qiyin kechdi. Vaziyatga ko‘ra, ijtimoiy tubsizlikning qariga tushgan ayol qiyofasini o‘zida mujassam etgan aktrisa 11 kilogrammni yo‘qotdi. Ushbu natijaga erishish uchun Ann ikki oy davomida faqat quruq jo‘xori uni iste’mol qildi. Bundan tashqari, u sochlarini juda qisqartirishi kerak edi. Natijada aktrisa jismoniy va hissiy charchoq yoqasiga kelib qoldi va bir necha oydan keyingina bu holatdan chiqa oldi.
Janet Li, “Psixik”
Alfred Xichkokning dahshatli g‘oyalarini ekrandagi aktyorlar u yoqda tursin, tomoshabinni ham nevrozga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, “Psixik” filmidan keyin qonxo‘r qurboni rolini o‘ynagan Janet Li qo‘rquvga tushib qolgan. Uning qahramonining hammomda o‘ldirilishi sahnasi bir haftadan ko‘proq vaqt davomida suratga olingan. Shundan so‘ng, aktrisa uyida yolg‘iz qolishga qo‘rqib qolgan.
Kit Xarington, “Taxtlar o‘yini”
“Taxtlar o‘yini” seriali Kit Xaringtonga dunyo miqyosidagi shuhrat va millionlab muxlislar olib keldi. Ammo Jon Snou obrazini gavdalantirgan aktyor bir qator psixologik muammolarga duch kelganini hamma ham bilmaydi. Serial ustida ishlashni tugatgandan so‘ng Kit spirtli ichimliklarga bo‘lgan ishtiyoqni va ortiqcha ishlash oqibatlarini yengish uchun reabilitatsiyaga borishga majbur bo‘ldi.
Margo Robbi, “Tonya hammaga qarshi”
Avtobiografik dramada avstraliyalik aktrisa Margo Robbi eri tomonidan tahqirlangan figurali uchuvchi Toni Xarding rolini ijro etdi. Margo o‘z qahramoni bilan bu dahshatli tajribani boshdan kechirganida, u aqlini yo‘qotayotganini his qila boshladi. “Grazia” jurnaliga bergan intervyusida Tonining turmush o‘rtog‘i Jeff Gilloli rolini o‘ynagan aktyor Sebastyan Sten bilan “qiyin” suhbatni suratga olish chog‘ida birdaniga hammasi haqiqat deb o‘ylagan. “Meni kasalxonaga olib borishlarini so‘rab baqirdim, chunki qo‘lim singan va ko‘chada suratga olish maydonchasidan uzoqlashib ketayotgan edim. Keyin Sebastyan meni ushladi va mendan qayerga ketayotganimni so‘radi. Men unga o‘girilib, boshiga urdim”, — deydi aktrisa.
Bill Skarsgard, “Bu”
Bill Skarsgard “Bu” filmida ishtirok etganidan so‘ng aktyordan qonxo‘r masxaraboz Pennivayz rolini o‘ynash qanday ekanligini so‘rashardi. Entertainment Weekly nashriga bergan intervyusida Bill bu tajribani xuddi zaharli munosabatlarga qiyosladi va suratga tushish jarayoni tugagach, yengil nafas olganini aytib o‘tdi. “Men endi bu qahramonning qorong‘u tomoni bilan shug‘ullanishim shart emasligidan xursand bo‘ldim”, — deydi aktyor. Ammo hamma narsa unchalik oddiy emasligi ma’lum bo‘ldi. Skarsgard ishini tugatgandan so‘ng u dahshatli tushlar ko‘ra boshlagan. Ba’zida tushda o‘zi odamlarning og‘ir nigohi ostida olomon o‘rtasida turgan Pennivayz kabi turardi. | 99 | 3,942 |
Madaniyat | Moskvada mashhur kinorejissyor Georgiy Daneliya kasalxonaga yotqizildi | Moskvada mashhur kinorejissyor Georgiy Daneliya kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “Exo Moskvi xabar bermoqda.
88 yoshni qarshilagan Daneliya jonlantirish bo‘limida ekanligi aytilmoqda.
U o‘pkasi bilan bog‘liq muammolar tufayli ancha yillardan beri aziyat chekib kelmoqda. | 70 | 271 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” rahbari o‘zgardi: Azamat Haydarov o‘rniga Odiljon Abduqahhorov | “O‘zbekkonsert” davlat muassasi rahbari Azamat Haydarov o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bir-biridan mustaqil bir necha manba jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Ma’lum qilshlaricha, shu kungacha “O‘zbekkonsert” davlat muassasaning Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Azamat Haydarov 19-maydan boshlab “O‘zbekkonsert” davlat muassasi direktori vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Xabar berishlaricha, Azamat Haydarov Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi direktori vazifasini davom ettirmoqda. | 78 | 757 |
Madaniyat | Instagram: “Million” a’zosiga aylangan Ahad Qayum, Jahongir Otajonov kimga xiyonat qilgan? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Sevara Soliyeva folloverlariga yangi obrazda ko‘rinish berdi.
Anvar Sobirov va Shahlo Temirova “Oppoq orzular” filmining suratga olish jarayonida.
Akmal Mirzo “Mendirman Jaloliddin” serialida Turkon Xotun rolini ijro etgan turk aktrisasi Gulenay Kalkan bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Asal Shodiyeva ham folloverlarini yangi surat bilan xushnud qildi.
Umidaxon mehr-shafqat haqida mulohaza yuritdi.
Shahlo Zoirova imijini o‘zgartirdi.
Durdona Qurbonova va uning yumshoq “do‘sti”.
Shuningdek, Durdona Qurbonova Yunusobod tumani hokimi uning muxlisi ekanligini aytib o‘tdi.
Malika Ravshanova hayot qisqa ekanligi haqida post yozdi.
Ahad Qayum rasman “Million” kulgi jamoasi a’zosiga aylanganini ma’lum qildi.
Jahongir Otajonov Instagram’dagi jonli efir vaqtida kimga xiyonat qilgani haqidagi savolga javob berdi. | 90 | 984 |
Madaniyat | Netflix Barak va Mishel Obamaning We The People multseriali treylerini namoyish etdi. Unda fuqarolik huquqlari haqida hikoya qilinadi | Netflix striming servisi AQSh sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishelga tegishli Ground Productions kompaniyasi prodyuserligi ostida yaratilgan yangi We The People (“Biz — insonlar”) animatsion multserialining treylerini namoyish etdi, deb xabar beradi Esquire.
Kadr: YouTube
Fuqarolarning asosiy huquqlari va maqomi haqida so‘zlovchi multserial 10 ta uch daqiqali epizoddan iborat. Shou ssenariysini “Sezam ko‘chasi” va Doc McStuffins multseriallari ustida ishlagan Kris Ni yozgan.
Loyiha sahifasida ko‘rsatilishicha, multserial davomida Janel Mone, H.E.R., Adam Lambert, Brendi Karlayl va boshqa taniqli xonandalarning qo‘shiqlari yangraydi. Shou premyerasi 4-iyul sanasiga mo‘ljallangan.
Barak va Mishal Obamaga tegishli Higher Ground Productions prodyuserlik kompaniyasi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolangani to‘g‘risida Netflix 2018-yilning mayida e’lon qilgandi. Ular seriallar, to‘liq metrajli va hujjatlari filmlarga prodyuserlik qilish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya loyihalari orasida Mishel Obamaning “Shakllanish” avtobiografiyasi bo‘yicha ishlangan hujjatli film ham bor.
Mishel Obamaning avtobiografiyasi AQShda bestseller bo‘ldi | 133 | 1,165 |
Madaniyat | Rejissor Jahongir Ahmedov yetti oyda “Bibixonim” tarixiy ssenariysini yozib tugatganini ma’lum qildi | Rejissor Jahongir Ahmedov yetti oyda “Bibixonim” tarixiy ssenariysini yozib tugatganini ma’lum qildi. Bu haqda rejissor Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
‘Bibixonim’ tarixiy filmi ssenariysi bitdi. Yetti oylik mehnat, manbalar bilan ishlash, tarixiy materiallar bilan tanishish nihoyat ilk samarisini berdi. Ammo shuni tan olishim kerakki, hujjatlar va manbalar, bu — badiiylik emas. Badiiy film ssenariysi yozilayotganda, albatta, badiiylikka e’tibor qaratiladi va shunday bo‘lishi ham kerak. Shu bilan birga, har qanday badiiyat tomoshabinni tarixiy haqiqatdan chalg‘itmasligi lozim. Bosh maqsadimiz ham shu. ‘Bu eng oxirgi variant’, deyishga shoshilmayman, albatta. Chunki ijodiy jarayonda hali ko‘p narsa o‘zgarishi, aniqlik kiritilishi va to‘g‘rilanishi tabiiy.
Jahongir Ahmedov, rejissor | 100 | 803 |
Madaniyat | Foto: Qizil yo‘lakda bashang kiyinib kundalik obraz haqida bosh qotirib o‘tirmaydigan yulduzlar | Mashhurlarning qizil yo‘lakdagi obrazlari professionallar jamoasi tomonidan yaratiladi. Shu sabab ham yulduzlarning har bir chiqishi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ladi. Bundan ilhomlangan muxlislar, liboslar va makiyaj borasida ularga taqlid qiladi. Hashamat va bashang obrazlari bilan e’tibor jalb qiladigan san’at olami vakillari kundalik hayot uchun qanday kiyinishni afzal bilishi haqida quyidagi fotolar haqida javob beramiz.
Meril Strip
Sara Jessika Parker
Lili Kollinz
Jud Lou
Mila Kunis
Lyusi Lyu
Jared Leto
Reychel Makadams
Rihanna
Mikki Rurk
Vanessa Paradi
Kolin Farrell
Madonna
Shon Penn
Xloya Sevini | 95 | 626 |
Madaniyat | Rossiyada o`zbek kinosi kunlari bo`lib o`tmoqda | Shu kunlarda (1-5 oktyabr kunlari) Rossiyada (Moskva va Qozon shaharlarida) “O`zbek kinosi kunlari” bo`lib o`tmoqda. O`zbekistondan 30 sentyabr kuni jo`nab ketgan 34 nafar delegasiya vakillari Moskva shahrida o`z ijodiy jarayonlarini boshlab yuborishdi. Tadbirlarga hozirda Rossiyada istiqomat qilayotgan O`zbekistonlik kinoijodkorlar ham tashrif buyurishmoqda.
“O`zbekkino” Milliy agentligi, Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi va O`zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi Elchixonasi tomonidan o`tkazilayotgan ushbu tadbir ikkala davlat uchun ham kino san`ati sohasidagi hamkorlik borasida keng yo`l ochadi.
Bundan tashqari kino kunlarini o`tkazishdan maqsad, Rossiyada o`zbek kinematografiyasini ommalashtirish, tarixi hamda madaniyati yaqin bo`lgan xalqlar o`rtasida do`stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
–Kino kunlari doirasida biz “O`zbekkino” va Rossiyaning yirik kinokompaniyalari o`rtasida qo`shma kino loyihalarini tashkil etish bo`yicha qator memorandumlar imzolashni rejalashtirmoqdamiz, turli yillarda yaratilgan va ayni paytda Rossiyaning “Gosfilmofond”ida saqlanayotgan o`zbek filmlarini qaytarish bo`yicha muzokaralar olib boramiz, – dedi O`zbekiston delegasiyasiga rahbarlik qilayotgan “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. – Mamlakatimiz uchun bo`lg`usi kinokadrlarni shakllantirishning muhimligini anglagan holda, O`zbekiston delegasiyasi tarkibiga bir guruh iqtidorli yoshlar ham kiritildi. Ular uchun VGIK, Mosfilmga tashriflardan tashqari Rossiya kino san`atining ko`zga ko`ringan ustalari ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar ham o`tkazamiz.
Rossiyada O`zbek kinosi kunlari O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning 2018 yil oktyabr oyida bo`lib o`tgan uchrashuvi yakunlari bo`yicha iqtisodiyotimizning ko`plab sohalarida do`stlik va hamkorlikni mustahkamlash hamda 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturining qabul qilingan chora-tadbirlari doirasida o`tkazilmoqda.
Shunday ekan, Rossiyada O`zbek filmlari haftaligi Rossiyada yashovchi rus tomoshabinlari va O`zbek diasporasi vakillariga katta ekranda yangi o`zbek kinosini tomosha qilish, kartinalar ijodkorlari bilan suhbatlashish, o`zbek kinosi tendensiyalari bilan tanishish imkonini beradi. Dastur so`nggi yillardagi eng yaxshi professional badiiy va hujjatli filmlarni o`z ichiga oladi.
Taniqli aktyorlar: O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Matyoqub Matjonov, Fotih Jalolov, Rajab Adashev, Karim Mirxodiev, yosh aktyorlar Adiz Rajabov, Xusan Rashidov, aktrisa Feruza Saidovalarning ushbu delegasiya tarkibida borligi Moskvalik o`zbek kinosi muxlislarini juda quvontirdi.
“O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida taniqli kinorejissyorlar Rustam Sa`diev, Umid Hamdamov, Sarvar Karimov va boshqa yosh rejissyorlar Moskvalik professional kinorejissyorlar bilan kino sohasidagi aloqalarini rivojlantirish va hamkorlikda filmlar olish bo`yicha muzokaralar olib borishmoqda. "O`zbekkino" MA Axborot xizmati | 47 | 3,283 |
Madaniyat | Xalqaro media-forum: O`zbekistonda ilk bor "aqlli kitob" taqdim etildi (video) | Poytaxtda "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasining 2018 yil yakunlari va "Yo`l xaritasi-2019"ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi bo`lib o`tmoqda.
Bu galgi media-forumda "aqlli kitob" taqdim etildi. Kitobning o`ziga xos xususiyati, uning mamlakatimizda jonli effektlar bilan bezatilgan ilk bosma nashr ekanligidir.
"O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining rahbari Firdavs Abduxoliqovning aytishicha, bu zamoniviy telekommunakiya va aloqa vositalariga o`ta darajada berilib ketgan yoshlarni kitobga qaytarishda o`ziga xos yondashuv bo`lishi mumkin.
Zamonaviy poligrafiya san`atining barcha yutuqlarini o`zida aks ettirgan bu kitob orqali kitob-albomlardagi mavzular haqida videoma`lumotlar olish mumkin.
Buning uchun dastlab NazzAR ilovasini yuklab olish, keyin smartfon kamerasini kitobdagi tegishli suratga qaratish kerak bo`ladi. Faqat, smartfonni shunday ushlab turish kerakki, belgilangan surat ekranda to`liq aks etsin.
Shundan so`ng, mazkur suratdagi tasvirlangan manzaralar bilan interaktiv rejimda tanishish imkoniyati yuzaga keladi. | 78 | 1,111 |
Madaniyat | Instagram: 16 yoshli Ozoda Nursaidova, Shohjahon kimni “chalamulla” degan edi? Shahlo yangi biznes boshladi | 8-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Luiza Rasulova o‘zini doimiy ravishda tanqid qiladigan “hayvon”lardan charchaganiga ishora qildi.
View this post on Instagram
Javohir Zokirov Istanbulda rafiqasini sog‘inmoqda.
View this post on Instagram
Jahongir Otajonov farzandlari bilan tushgan surati bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
“Bravo”chi Shahlo Zoirova yana bir biznesga qo‘l urdi. U kulgi jamoasi nomi bilan ataluvchi kelin liboslari salonini ochdi.
Ozoda Nursaidova 16 yoshligida singlisi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Xonandaning folloverlari uning o‘shanda hozirgiga nisbatan ancha chiroyli bo‘lganini yozib qoldirmoqda.
View this post on Instagram
Shohjahon Jo‘rayev videolaridan birida “chalamulla” deganda kimni nazarda tutganiga oydinlik kiritib, fitna tarqatmaslikka chaqirdi.
View this post on Instagram
Ra’no Shodiyeva va uning qizi Istanbuldan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Qilichbek Madaliyev do‘stlari bilan dam olmoqda.
View this post on Instagram
Instagram zerikarli bo‘lib qolganidan shikoyat qilayotgan Shahzoda Matchonova.
View this post on Instagram | 107 | 1,343 |
Madaniyat | Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan modeli Kayli Jenner ikkinchi marta ona bo‘ldi | Amerikalik teleyulduz, model va ishbilarmon ayol Kayli Jenner va reper Trevis Skott 2022-yil 2-fevral kuni ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi. Bu haqda u Instagram’da ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Kayli o‘z sahifasida katta qizi Stormi yangi tug‘ilgan chaqaloqning jajji qo‘lini ushlab turgan ta’sirchan surat bilan bo‘lishdi. Postning izohiga qo‘yilgan ko‘k yurakchadan chaqaloqning o‘g‘il ekanini tushunish mumkin.
Jenner hali chaqaloqqa ism qo‘ymagan bo‘lsa-da, bir necha soat ichida suratga 13 milliondan ortiq layk bosildi.
Eslatib o‘tamiz, Kayli homilador ekani haqidagi mish-mishlar 2021-yilning avgust oyida paydo bo‘lgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, juftlik deyarli bir yil davomida farzand kutgan. Shuningdek, Jenner katta oilani orzu qilishini va kamida to‘rtta farzand ko‘rishni xohlashini hech qachon yashirmagan. Uning birinchi farzandi — qizi Stormi 2018-yil 1-fevralda tug‘ilgan. | 81 | 906 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo” xonandalar Sitora Farmonova, Sarvar va Komilni litsenziyalaridan mahrum qildi | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandalar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilovlarga (Sarvar va Komil) berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini tugatdi. Bu haqda “O‘zbeknavo” matbuot xizmati xabar qildi.
“Litsenziatlar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil) tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli ushbu xonandalar nomiga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati ‘Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 2016-yil 19-iyuldan tugatilganligi bildiramiz” — deyiladi xabarnomada.
Tilga olingan xonandalar bitimda nazarda tutilgan qaysi talab va shartlarni buzgani haqida ma’lumot keltirilmadi. | 90 | 875 |
Madaniyat | “Hayotga xush kelibsiz, jannatdagi ayol”. Yolqin To‘ychiyevning “Ma’suma” filmi treyleri chiqdi | O‘zbek kinosi vakillarining Instagram’dagi sahifalarida rejissor Yolqin To‘ychiyevning yangi — “Ma’suma” nomli filmi treyleri tarqaldi.
Treylerga ko‘ra, filmda bosh rolni aktrisa Shahzoda Matchonova ijro etgan. 1 daqiqalik rolik davomida aktrisa poyezdda, bozorda, attraksionlar bog‘ida, militsiya mashinasida, bayramda va yana boshqa joylarda bo‘lishga ulguradi.
Rolik so‘ngida esa aktrisa Nigora Karimboyevaning qahramoniga: “Hayotga xush kelibsiz, jannatdagi ayol”, — deya, bosh qahramon yuziga shapaloq tortadi.
"Узбеккино" миллий агентлиги, "Узбекфильм" киностудияси намойиш этади. "Маъсума" фильми. Фильм режиссёри Ёлкин Туйчиев. @yolqin2ychiev Якин кунларда премьера! @shahzodamatchanova #film #uzb #tashkent #uzfilm
A video posted by Akbarxo'ja Rasulov ? (@akbarkhodja_rasulov) on Oct 30, 2016 at 9:52pm PDT
Instagram’da e’lon qilingan roliklar ikki xil bo‘lib, birida kadr ortidagi ovoz aktrisa Yulduz Rajabovaga, ikkinchisida esa aktyor Alisher Uzoqovga tegishli.
@yolqin2ychiev @shahzodamatchanova @izzatlutfullayev
A video posted by Алишер Узаков (@alisheruzakov_official) on Oct 30, 2016 at 10:22pm PDT
Film “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida olingan. Premyerasi qachon bo‘lishi hozircha noma’lum.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 95 | 1,411 |
Madaniyat | Ota-onasi yordamida mashhurlikka erishgan yulduzlar (foto) | Ba’zi yulduzlarning muvaffaqiyatga erishishida ota-onalarining ko‘magi ham bor. Sababi shou-biznes olamida karyera hosil qilishning o‘zi mashaqqatli ish. Shuning uchun ham ota-onalar o‘z farzandiga qo‘lidan kelgancha yordam berishi ajablanarli holat emas.
Teylor Svift
Teylor chinakam ijodkor. U o‘zi she’r yozadi, musiqa bastalaydi va kuylaydi. Biroq unga moliyaviy tomondan bankda ishlovchi otasi yordam beradi. Nafaqat moliyaviy imkoniyatlar, balki otasining qiziga bo‘lgan ishonchi ham katta rol o‘ynagan. Oradan yillar o‘tib, Teylor uchun sarflangan mablag‘ o‘zini oqladi. Uning millionlab muxlislari esa buning isboti.
Jeyden Smit
Uill Smit o‘g‘li Jeydenga yaqindan yordam beradi. Uning katta kino olamiga kirishi, musiqiy video va badiiy filmlarda birgalikda namoyon bo‘lishidan ham buni sezish mumkin. Shuningdek, Uill rafiqasi bilan suratga olgan filmlarda ham uning o‘g‘lini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari qizi Uilvud Svit ham tez-tez klip va filmlarda ko‘rinish berib turadi.
Liv Tayler
“Aerosmith” vokalistining qizi guruhning mashhurligidan to‘liq foydalandi. Aktrisaning boshiga kutilmaganda mashhurlik kelib tushdi. Maktabda o‘qiydigan qiz uchun bu juda katta yutuq edi. Albatta, yulduz o‘z karyerasini boshlanishida otasining qo‘li borligini tan oladi. Lekin bu bilan otasining ham muvaffaqiyatsizlikka uchramaganini ma’lum qilgan.
Kris Payn
Aktyor karyerasini 2000-yillarda kichik film va teleseriallardan boshlagan. Krisga qanday qilib muvaffaqiyatga erishgani haqda ko‘p savollar beriladi. Aktyor esa bunga javoban, yaqinlarim yordamida ekanini ma’lum qilgan. Krisning otasi Robert Payn – mashhur aktyor bo‘lmasa-da, o‘nlab filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, onasi – Gvinn Gilford ham mahoratli aktrisa.
Rumer Uillis
Rumer karyerasi uchun Bryus Uillis va Demi Murdan minnatdor bo‘lishi kerak edi. Bolaligidanoq ota-onasining yordamida filmlarda rol ijro etgan. Shuningdek, hozirda ham filmlarda obrazlar gavdalantirish bilan band.
Liza Mariya Presli
Lizaning mashhurligi faqatgina otasi tufaylidir. Elvis Presli vafot etganida Liza atigi 9 yoshda bo‘lgan va u allaqachon Amerikaning eng boy qiziga aylangandi. Liza voyaga yetganida ham juda taniqli edi. Garchi u musiqa yozib, kinolarda rol ijro etsa ham uni xonanda yoki aktrisa deb bo‘lmaydi. Liza avval Maykl Jeksonga, keyinchalik Nikolas Keyjga turmushga chiqqanidan keyin ko‘plab muhokamlarga sabab bo‘ldi. Afsuski, ikkala nikoh ham uzoqqa bormagan. | 58 | 2,437 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning vafoti haqidagi xabarlar asossiz ekanligi ma’lum qilindi | O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova 85 yoshida vafot etganligi haqidagi xabarlar yolg‘onligi ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori o‘rinbosari Asadillo Nabiyev “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Ustozimiz sog‘-u, salomatlar. Internet olamida nima sababdan bunday yolg‘on xabar tarqalganiga hayronman, — deydi Asadillo Nabiyev.
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning vafoti haqidagi xabarlarni dastavval taniqli suxandon Tolibjon Isroilov o‘zining Instagram sahifasida yozib qoldirgan edi.
“O‘zbekiston xalq artisti, milliy teatrimiz darg‘alaridan biri, beqiyos mahoratli aktrisa, nihoyatda nurli o‘zbek ayoli, onasi To‘tixonim Yusupova olamdan o‘tibdi. Asllar ketyapti... Alloh jannatidan joy bersin! Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!”, — deb yozagandi Tolibjon Isroilov.
Tolibjon Isroilovdan so‘ng xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva hamda aktrisa Feruza Sobitovalar ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga To‘ti Yusupova vafot etganligi haqida postlar joyladi.
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi ham aktrisaning vafot etgani munosabati bilan ta’ziya bildirgan edi.
Ma’lumot uchun, To‘ti Yusupova 1936-yilning 10-mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1957-yildan o‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritgan. Teatr sahnasida Hafiza (Abdulla Qahhor, “Shohi so‘zana”), Sonya (A.Chexov, “Vanya tog‘a”), Qorasoch (Uyg‘un, “Shubha”), Hojar (A.Qahhor, “Tobutdan tovush”), Nuri (Oybek, “Qutlug‘ qon”), Ona (E’ Robles, “O‘limdan kuchli”), Xonzoda (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Shafaq (M. Karim, “Oy tutilgan tunda”), Rahima (O‘. Umarbekov, “Komissiya”), Sotti (S.Ahmad, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”), Fotima, Zebi (O‘.Umarbekov, “Shoshma quyosh”, “Qiyomat qarz”), Nodira (T.To‘la, “Nodira”), Mastura (Hamza, “Paranji sirlari”) kabi turli qahramonlar obrazini yaratdi. Shuningdek, aktrisa kinoda samarali faoliyat yuritgan.
To‘ti Yusupova 1994-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonini olgan, 2020-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. | 100 | 2,060 |
Madaniyat | “Hovli” turk seriali yulduzi Demet Evgar ilk marta ona bo‘ldi (foto) | Turkiyaning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Demet Evgar 2022-yilning 18-avgust kuni qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda turk ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Hozirda 42 yoshda bo‘lgan Demet Evgar 2022-yil 17-mart kuni unga 6 yildan beri tanish bo‘lgan tadbirkor Levent Babatash bilan turmush qurgan.
Aktrisa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga homiladorlik paytidagi suratlarini joylab borgan. U turk ommaviy axborot vositalarining biriga bergan intervyusida semirishdan qo‘rqmasligini, turmush o‘rtog‘i uni har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlashini, jismoniy holati uning homiladorligiga ham ta’sir qilishini aytgan.
Demet Evgar faoliyati davomida 25 ta loyihada ishtirok etgan. Aktrisa “Yorqin alanga” serialida zulmkor turmush o‘rtog‘iga qarshilik ko‘rsatishga uringan, sevgisini topishga, uni himoya qilishga, adolatga erishishga, jamiyatni psixologik va jismoniy muammolarga e’tibor qaratishga majburlagan ayol — Jemre Kayabeli rolini o‘ynagan.
Demet Evgar nafaqat mashhur kino aktrisasi, balki ajoyib teatr aktrisasi ham hisoblanadi. U 17 yoshida Manisadagi Afsem teatriga havaskor sifatida borgan. Aktrisa Istanbul davlat konservatoriyasining teatr bo‘limida tahsil olayotganda ham sahnada rol o‘ynashni davom ettirgan.
Uning ishtirokidagi “Anna Karenina”, “Basamak” spektakllari teatr sohasida beriladigan mashhur mukofotlar bilan taqdirlangan. Mehmet Birkiye boshchiligida sahnalashtirilgan “Cimri” spektaklidagi Eliza roli uchun esa u 2010 yilda 8-teatr sohasidagilarni mukofotlash marosimida “Yil aktrisasi” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Jahon miqyosidagi durdona asarlarda, jumladan, “Makbet” va “Qirol Lir” kabi teatrlashtirilgan spektakllarda ishtirok etish Demetga yaxshi aktyorlik mahoratini egallashga va murakkab rollarni muvaffaqiyatli ijro etishga yordam berdi.
Teatrda egallagan mahorati tufayli aktrisa kino sanoatidagi faoliyatini ham muvaffaqiyatli boshladi. Demet bir necha mavsumdan iborat “Erkak va ayol” serialidagi ishtiroki tufayli Turkiya kino olamida yuksak e’tirof va mashhurlikka erishdi. U ushbu serialda bosh rolni, ya’ni Zeynep ismli obrazni gavdalantirdi.
Seriallar va filmlardagi ishtiroki uchun Demet Evgar bir necha bor televideniye yo‘nalishida va kino sohasida beriladigan mukofotlarga sazovor bo‘lgan. “Hovli”, “Oshxona stoli” kabi loyihalarida ishtirok etish esa aktrisaning ko‘p qirrali iste’dod egasi ekanidan dalolat beradi. U “Hovli” teleserialida qizini yo‘qotgan mahbus rolini ijro etgan.
“Oshxona stoli” loyihasida esa u qotillika qo‘l urgan uy bekasi obrazini gavdalantirgan.
Bundan tashqari, aktrisa xonandalikda ham o‘zini sinab ko‘rgan. Uning muxlislari ham aktrisaning yaxshi qo‘shiq kuylashi haqida gapirgan. | 68 | 2,681 |
Madaniyat | Million dona atirgul, tog‘lar va orkestr: Yulduzlarning sevgi yo‘lidagi eng romantik tuhfalari (foto) | Mashhurlar turmush o‘rtog‘i uchun kutilmagan sovg‘alar tayyorlashni yaxshi ko‘radi. Ularning ba’zilari turmush qurish taklifini noodatiy tarzda bo‘lishini xohlasa, yana boshqalari tug‘ilgan kun uchun ajoyib sovg‘alar taqdim etadi.
Kanye Uest turmushga chiqish taklifi uchun stadionni ijaraga olgan
Rep ijrochisi Kanye Uest Kim Kardashyanning qo‘lini 2013-yil 21-oktabr − uning tug‘ilgan kunida so‘ragan. Kanye buning uchun Gollivudning romantik an’analaridan foydalangan. U ijaraga stadion olib, orkestr hamda Kimning oilasini taklif etgan. Shuningdek, Loarraine Schwartz zargarlik brendidan 15 karatli olmos uzukni Kardashyanning barmog‘iga taqib qo‘ygan. Bundan tashqari, stadion peshtaxtasiga, “Iltimos, menga turmushga chiq!” deb yozdirgan. Kardashyanning so‘zlariga ko‘ra, bu uning hayotidagi eng yaxshi kunlarning biri bo‘lib qoladi.
Sil sevgilisini tog‘larga olib chiqqan
Musiqa dunyosining yana bir romantik vakili – Sil ham bu borada Kanyedan ortda qolmagan. U model Xaydi Klumning qo‘lini so‘rash uchun Kanadadagi tog‘larga, 4 ming metr balandlikka olib chiqqan. Albatta, u yerni ajoyib tarzda bezashga ham ulgurgan. Barcha tayyorgarlikdan so‘ng Sil Xaydiga toqqa chiqishni hamda vertolyotda sayr qilishni taklif qilgan. Sham va atirgullar bilan bezatilgan kechki ovqat dasturxoni oldida Sil tiz cho‘kib, Xaydining qo‘lini so‘ragan. Juftlikning nikohi keyinchalik buzilganiga qaramay, Xaydi o‘sha baxtli oqshomni mehr bilan eslaydi.
Ben Afflek nikoh uzugini yuk mashinasiga yashirgan
Ben Afflek va Jennifer Garner 2011-yilda “Perl-Xarbor” sahnasida uchrashgan. Ammo ular orasidagi munosabat Ben va Jennifer Lopes ajrashganidan so‘ng 2004-yilda boshlangan. Oradan bir yil o‘tib, Ben Garnerning qo‘lini so‘rashga qaror qilgan va uning 33 yoshga to‘ladigan kunida ichida katta qutisi bo‘lgan yuk mashinasi restoran qarshisida to‘xtagan. Garner sevgilisi unga mashina sovg‘a qilishini sezgan edi, ammo quti ichida yana bir kichkina quti bo‘lib, uning ichida olmos uzuk ham bo‘lgan.
Maksim Fadeyev har yili 1000 ta atirgul sovg‘a qiladi
25 yillik turmushi davomida Maksim rafiqasi Nataliyaning tug‘ilgan kunida 1000 dona atirgul sovg‘a qiladi. Bir marotaba juftlik tug‘ilgan kunni Balida nishonlagan va u yerdan atirgul topishning imkoni bo‘lmagan. An’anaga o‘zgartirish kiritilib, bir olam xrizantema Nataliyani kutib olgan.
Rayan Gosling Yeva Mendesga sahnadan turib minnatdorlik bildirgan
2017-yil Gosling “Komediya va musiqali filmning eng yaxshi aktyori” sifatida “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritgan. Rayan sahnaga chiqib, o‘zining yutuqlari uchun rafiqasi hamda ikki farzandining onasi − Yeva Mendesdan qarzdorligini bildirgan. “Men qo‘shiq kuylaganimda, raqsga tushganimda, pianino chalganimda sevgilim qizimizni tarbiya qilgan, ikkinchi farzandimizga homilador bo‘lgan, shuningdek, akasiga saraton kasalligini yengishiga yordam berishga harakat qilgan, − deya so‘zlagan aktyor. – Azizim, senga hammasi uchun tashakkur! Va men ushbu sovrinni Xuan Karlos Mendesga bag‘ishlamoqchiman”. Yevaning akasi Xuan Karlos 2016-yilda saraton kasalligidan vafot etgan. | 101 | 3,078 |
Madaniyat | Farrux Zokirovning 70 yoshlik yubiley kechasi tungi soat 2:00 gacha davom etdi | O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 70 yoshni qarshi olgani munosabati bilan elga dasturxon yozib, osh berdi. “Qalampir.uz”ning yozishicha, tavallud ayyomining asosiy tadbirlari 17-aprel kuni Toshkentdagi International mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.
Kechaga O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Nasiba Abdullayeva, Rushana Sultonova, Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Obid Asomov, Rashid Xoliqov, Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Shahzoda, Farrux Ahmedov, Akbar Otamuhammedov kabilar tashrif buyurdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, tadbirga Sardor Rahimxon, Ulug‘bek Rahmatullayev, Manzura, Gulsanam Mamazoitova, Munisa Rizayeva, Shohruxxon, Ziyoda kabi xonandalar taklif etilmagan.
Mehmonxona tantanalar zali foyesi katta taqdimot marosimlariniki kabi bezatilgan edi. U yerda Farrux Zokirovning ikkita plastik haykalchasi o‘rnatilgan bo‘lib, qiziqchi Obid Asomov bu g‘oyani quyidagicha izohladi: “‘Yubilyar’ mehmonlar bilan band. Bu tarixiy kechada hamma u kishi bilan rasmga tushgisi keladi. Shuning uchun kiraverishga ko‘paytirib qo‘yishibdi. Xohlang, bitta Farrux aka bilan, xohlang ikkitasi bilan rasmga tushig. ‘O‘zingdan ko‘paygin’, degani shu bo‘lsa kerak”.
“Ishonchli manbalarimizning xabar berishicha, Farrux Zokirovning 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir tungi soat 2:00 ga qadar davom etgan”, — deb yozadi “Qalampir.uz”. | 78 | 1,387 |
Madaniyat | “15 minut fonogramma aytib, 4 mln so‘m olishadi-ku”. Durdona Qurbonova Manzuraning gaplariga javob berdi (video) | Xonanda Manzura intervyusida aktrisa Durdona Qurbonova 200 dollar uchun klipga tushishni rad etgani to‘g‘risidagi gap-so‘zlarga o‘z munosabatini bildirib, bu pulga bir oy ishlaydigan xalq artistlari borligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Aktrisa Durdona Qurbonova “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida xonanda Manzuraning klipida nima uchun suratga tushmaganligiga oydinlik kiritdi.
Xonanda Manzura bilan intervyu qilganingizni bilmagan edim. Bir tanishim Telegram’dan o‘sha intervyuni tashlab, siz haqingizda gapirishibdi, ko‘ring dedi. Intervyuni ko‘rdim.
‘Aldama meni’ ko‘rsatuviga chaqirishdi. Bordim. O‘zi u ko‘rsatuvga borgim kelmayotgan edi, nimadir bo‘ldi-yu ko‘rsatuvga chiqqim kelib qolib, ‘qani nima bo‘lar ekan?’, deb chiqdim.
Ko‘rsatuvda ‘Manzura opa haqida gapirmayman, gapirsam xafa bo‘lib qoladilar’ dedim. ‘Mayli aytmang’, deb chayonni ushlashga olib boryaptilar, men esa chayondan juda qo‘rqardim. ‘Savolga javob bera qoling, yomon narsa emas-ku’, dedilar. O‘zi o‘sha ko‘rsatuv ko‘p sa’atkorlarni bir-biriga yomon ko‘rsatib qo‘ymoqda. Meni ham bir qancha san’atkorlar ushbu ko‘rsatuvda yomon ko‘rishini aytib o‘tgan edi.
Bilasizmi, boshqa joylarda intervyu bersangiz to‘liq qo‘yishadi. U ko‘rsatuvda men ‘Manzura opani hurmat qilaman, biz yosh vaqtimizda, san’atga kirib kelmagan vaqtlarimizda, muxlisi bo‘lganmiz, rollarini ham ko‘rganmiz, bu yerda tushunmovchilik bo‘lgan’ dedim.
Menga Manzuraning klipini suratga olayotgan rejissorning ma’muri telefon qilib, klip olishayotganini va unda rol ijro qilishimni aytishdi. Vaqtim borligini va gonorarimni unga aytganimda ertaga telefon qilamiz dedi. Telefon qilib, sizni klipga oladigan bo‘ldik, ammo siz aytgan pulni emas, mana shunaqa narxni beradigan bo‘lyapmiz, dedi. Men unaqa narxga klipda tusha olmasligimni aytganimdan so‘ng ‘nima qilibdi, Manzurani klipi-yu’, dedi. Tushunyapsizmi, bu yerda qanday gap ketyapti? Nima, endi Manzurani klipi ekan, deb tekinga tushib ketaverishim kerak ekan-da, dedim.
Juda ko‘p klipmeykerlar chiqishadi, shunaqa yaxshi muomala qilishadiki, kerak bo‘lsa, bergan puliga rozi bo‘lib, talashmasdan ketamiz. Misol uchun, rejissor Ikrom Ali kliplarga chaqirishadi, ishoning, ular muomalani shu darajada qilganlaridan hattoki pulini ham so‘ramasdan rozilik beraman, yo‘q deya olmayman.
Ular ‘nima qilibdi, Manzurani klipi-yu’, deganida ‘bu deganingiz bilan mashhurlarning klipida tekinga tushib ketaverishim kerak ekan-da’, desam, uni klipida tushsangiz, o‘zingizga yaxshi-ku dedi.
Xudo bergan narsa fayz oladi, bermasa, fayz ololmaydi. Men u klip bilan ko‘tarilib ham ketmayman yoki suratga tushmasam, reytingim tushib ham ketmaydi. Uning muomalasi yoqmaganidan keyin klipga tushmayman, deb javob berdim.
‘Aldama meni’ boshlovchisiga ham shu gaplarni gapirib berdim va bu gaplarim kesib tashlanmasin, deya alohida ta’kidlab o‘tganman.
Manzura opa intervyularida ‘Durdona mening klipimdagi rollarni o‘ynay olmasdi’, debdilar. Men umuman boshqa sohadan kelib qolgan, havaskor aktrisa emasman. Shu sohada professional bo‘lish uchun kollejni ham aynan shu yo‘nalishda tugatdim, oliy ta’limda ham aynan shu sohada o‘qiyapman. Ularning aytishlaricha, ‘teatr aktrisalari bu summaga bir oylab ishlaydi’, deyaptilar. Ho‘p, unda nimaga teatr aktrisasini kliplariga chaqirmadilar?
Meni yoqtirmas ekanlar, chaqirishayotganida xabarlari bo‘lmaydi, xabarlari bo‘ladi, albatta. Hech qaysi klipmeyker xonandaning roziligisiz aktyor yoki aktrisa tanlamaydi.
Men xafa bo‘lgan joyim — bu summaga u ko‘nmagan deganlari. Ular aytyaptilarki, ‘bu summa uchun odamlar oylab ishlaydi’, deyaptilar. Barcha odam yaxshi biladiki, qaysiki aktrisa qaysidir vaqtda o‘ziga ko‘proq gonorar belgilaydi, qaysidir yillarda kerak bo‘lsa oylab, yillab rol kutishga majbur bo‘ladi.
Men shu ish uchun 3 yil kollejda, hozir oliygohda o‘qiyapman, bularning barchasi xarajat-ku. Buning ustiga yurishim, kiyinishim va yana qandaydir kutilmagan xarajatlarim bo‘lib qoladi. Uyimga ham nimadir orttirsam deyman. Shu kasbdan oz bo‘lsa-da moddiy manfaatdorlik ko‘rsam, hech bo‘lmasa uyimdagilarga og‘irligim tushmasdan o‘zimni o‘zim eplasam, deyman. Masalan, syomkalardan pul yig‘ib, o‘z kuchim bilan mashina oldim.
Bir kun davomida ovqatlanmasdan syomkalarda yuramiz. Har bir kasbning boshqa odamlar bilmaydigan qiyinchiliklari bor.
Manzura opa to‘yga borishadi, o‘n besh minut fonogramma aytishadi, lekin to‘rt million so‘m olib ketishadi. Nima, aktrisalar, qo‘pol qilib aytganda, odam emasmi? Biz ham undan ko‘ra o‘n besh minut fonogramma aytib to‘rt million olib ketaveramiz.
Men Manzura opani klipida pul uchun emas, balki klipmeyker yordamchisining muomalasi yoqmaganligi uchun tushmaganman. Hech qachon pulga talashmaganman, hattoki ‘Million’ jamoasining konsertiga ham gonorarini kelishmasdan chiqqanman. Kastindan o‘tganimga xursand bo‘lib o‘ynab ketaverganman. Hozir ham pul masalasida hech kim bilan talashmayman.
Durdona Qurbonova, aktrisa | 112 | 4,912 |
Madaniyat | Bollivud yulduzlari suratga olish jarayonida qanday ovqatlanishni ma’qul ko‘radi? (foto) | Hind kinosanoati vakillarining kunlik taomnomasidan qanday mahsulot va taomlar o‘rin olgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Sonakshi Singx
Aktrisa har uch soatda kam porsiyadan ovqatlanadi. Uning nonushta taomnomasida uyda pishirilgan kulcha, sabzi va salatlar borligiga guvoh bo‘lish mumkin. Shuningdek, u tovuq, tuxumning oqi va baliqni yaxshi ko‘radi.
Salmon Xon
Salmon Xon tongni tovuq go‘shti, tuxum oqi va baliq bilan qarshi olishni ma’qul biladi. U shakar va termik ishlov berilgan taomlardan tiyilib, salatlar iste’mol qiladi.
Jon Abraham
Jon Abraham oddiy va sog‘lom tamaddi qilishni yaxshi ko‘radi. Tushlikka non, yasmiqdan pishirilgan sho‘rva va ismaloq, nonushtaga esa katta stakanda sharbat, oltita tuxumning oqi, bir bo‘lak sariyog‘li tost va 10 ta bodom iste’mol qiladi.
Ranbir Kapur
Ranbir esa uyda pishirilgan taomlarni xush ko‘radi. Nonushtaga tuxumning oqini yeyishga va bir stakan sabzavot sharbati ichishga harakat qiladi. Tushlikka esa hindcha taom yeyishni (Dal, roti, sabzi va tvorog) yaxshi ko‘radi.
Ritik Roshan
Bollivud yulduzi yog‘li va qovurilgan taomlarni nazorat bilan iste’mol qiladi. Barra meva va sabzavotlarni yeyishni yaxshi ko‘radigan Ritik kun davomida 6-7 marta tamaddi qiladi. Shirin kartoshka, jigarrang guruch va tovuq sevimli ovqati bo‘lgan Roshan suv ichishni kanda qilmaydi.
Ranvir Singx
Ranvir Singx tushlikka kulcha non, go‘sht va salat yeydi.
Siddxart Malxotra
Siddxart tovuq, baliq, go‘sht va oqsilga boy mahsulotlar iste’mol qilishni afzal biladi. Qolaversa, u ko‘p suv va oqsilga boy kokteyl ichadi.
Sunil Shetti
Sunil nonushtani tuxum va qora non bilan qiladi. Suratga olish maydonchasiga esa o‘zi bilan kulcha, jigarrang guruch va sabzavotlar olib boradi.
Dipika Padukone
Dipika tongda tuxum, oddiy dosa (milliy taom), yalpiz qo‘shib tayyorlanadigan chatni va paratxi yeydi.
Priyanka Chopra
Priyanka ovqat tanlab o‘tirmaydiganlardan. U peperroni pitssasidan tortib paratxigacha bo‘lgan hamma taomlarni yeyishi mumkin. Uning kundalik ratsioni kulcha, sabzavot, sho‘rva, salat, guruch va boshqa ko‘plab mevalardan tashkil topadi.
Katrina Kaif
Katrina esa dukkaklar bilan jigarrang guruchni va sabzavotli salat yeydi. Tushlikda esa barra mevalardan tayyorlangan sharbat ichadi.
Shilpa Shetti
Aktrisa nonushtaga choy, oqsilga boy kokteyl, ikkita xurmo va sakkiz dona mayiz yeyishni afzal biladi. Tushlikda esa 5 xil dondan tayyorlangan kulchani sariyog‘, sabzavot va tovuq bilan birga iste’mol qiladi.
Bipasha Basu
Bipasha tongda tuxum, qo‘ziqorinli tost yoki bo‘tqa yeydi. Tushligi esa yashil sabzavotlar, qovurilgan jo‘ja yoki baliq, yashil salat va soyali nondan tashkil topadi. | 88 | 2,642 |
Madaniyat | Anvar Sobirov: “Jiyda guli” filmidan so‘ng ko‘chada yurolmay qolgandim (video) | Alisher Navoiy nomli kino saroyida rejissor Ibrohim Rasulovning “Oppoq orzular” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad mazkur premyerada mehmon bo‘ldi.
Filmda bosh rolni ijro etgan xonanda va aktyor Anvar Sobirov “Begona bahor” va “Jiyda guli” filmlaridagi salbiy rollari tufayli ko‘plab muxlislarning e’tirozlariga sabab bo‘lgani haqida gapirib berdi.
Ayollarga qarab bir gapni aytmoqchiman: “Begona bahor”, “Jiyda guli”, filmlaridan so‘ng meni ko‘chada ko‘rib qolsangiz “basharang qursin seni”, deya so‘kib yurgan edingiz. “Oppoq orzular” filmi bilan o‘zimni oqlamoqchiman, filmni ko‘rib, premyeradan chiqqandan so‘ng “rahmat desangiz”, boshim osmonga yetadi. “Jiyda guli”dan so‘ng ko‘chada yurolmay, ayollarga hurmatsizlik qiladigan inson sifatida gavdalanib qolgan edim, aslida unday emas. “Oppoq orzular” sadoqat va muhabbatga qurilgan, filmni ko‘rib o‘z fikrlaringizni bildirasiz degan umiddamiz.
Anvar Sobirov, xonanda va aktyor | 78 | 964 |
Madaniyat | Adham Soliyev: Bugungi kun muxlislari san’atkorlarni avvalgidek hurmat qilmaydi | O‘zining noodatiy yo‘nalishiga ega, xalqchil so‘zlar bilan hayotiy mavzularda ijod qilayotgan xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Adham Soliyev o‘zbek estradasidagi muammolar haqida gapirib o‘tdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Ochig‘ini aytganda bugungi kun muxlislari avvalgidek san’atkorlarni hurmat qilishmaydi. Bunga esa xalq oldida biroz odob doirasidan chiqqan ayrim san’atkorlarning o‘zi aybdor! Bizning safda ham nomimizni bulg‘ab yurganlar juda ko‘p. Men ana shundaylarni kamaytirgan va ularning o‘rniga haqiqiy iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardim. Chunki sofdil, mehnati bilan yuzaga chiqib kelayotganlar yomonlarning kasriga qolmasligini istayman.
Adham Soliyev, xonanda
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 79 | 860 |
Madaniyat | Dj Piligrim taxallusi bilan ijod qiluvchi Ilhom Yo‘lchiyev qaysi dinga e’tiqod qilishiga oydinlik kiritdi | Dj Piligrim taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Ilhom Yo‘lchiyev qaysi dinga e’tiqod qilishi borasidagi savolga javob berdi, deb yozdi “Darakchi.uz”.
Bunda Yo‘lchiyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan biriga hind mutafakkiri Baba Virsa Singxdan keltirilgan iqtibosni yozib qo‘ygan. Unda esa quyidagi jumlalarni o‘qish mumkin:
“Agar mendan ‘Qaysi dinga e’tiqod qilasan?’, deb so‘rashsa, men ularga ‘Daraxtlar, tog‘lar, hayvonlar, barcha jonzotlarning dini mening dinimdir. Chunki uning ziyosi yerdagi har bir mavjudotda bor va bu ziyo meni to‘ldiradi. OTAmiz bitta, biz qayerda bo‘lishimizdan qat’i nazar hammamiz uning farzandlarimiz’, deb javob beraman”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 105 | 815 |
Madaniyat | “Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlari yana qanday seriallarda suratga tushgan? | Turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Muhtasham yuz yil” serialidagi ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktyorlarning arsenalidagi eng yaxshi serial va filmlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Mehmet Gunsur
2011-yilda “Muhtasham yuz yil”da shahzoda Mustafo rolini ijro qilgan Mehmet ishtirokidagi “Sevgi tasodiflarni sevar” filmi ham shu yilning o‘zida taqdim qilingan. Keyinchalik aktyor “Unutsam pichirla” filmi, “Qizil Istanbul” hamda “Fi, Chi, Pi” serialida suratga tushgan. Netflix tomonidan suratga olingan “Atiye” seriali esa 2019-yilda suratga olingan.
Gurbey Ileri
Gurbey serialda shahzoda Mehmet rolini ijro qilgan. “Muhtasham yuz yil”gacha u “Orqa navbatdagilar” serialida suratga tushgan. Keyinchalik esa aktyor “Ertug‘rul: Tirilish”, “Taqdirim yozilgan kun” seriallarida suratga tushish uchun taklif qilingan.
Aras Bulut Iynemli
Serialda shahzoda Boyazid rolini ijro qilgan Aras, bir qancha loyihalarda ishtirok etgan va ulardan aksariyati yuqori reytinglarni egallagan. “Qimmatli vaqt”, “Nahotki bir-birimizni tushundik”, “Ichkarida” va “Chuqur” seriallari shular jumlasidan. “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” filmi esa Turkiya tomonidan Oskar mukofoti uchun ilgari surilgan.
Engin Ozturk
Loyihada shahzoda Salim rolini ijro qilgan aktyor suratga olish ishlari tugaganidan keyin ham faol bo‘lgan. U “Ertug‘rul: Tirilish”, “Himoyachi”, “Oliy tabaqa”, “Yuzlashma” hamda “50 kvadrat metr” singari seriallarda rol ijro qilgan.
Tolga Saritash
“Muhtasham yuz yil”da shahzoda Jahongir rolini gavdalantirgan Tolga ham bugungi kunda ham faol suratga tushish bilan band. Muxlislar uni “20 daqiqa”, “Gunesh qizlari”, “Qasam”, “Ariza” hamda “Tugallanmagan sevgi” singari serial va filmlarda ko‘rishi mumkin.
Selim Bayraktar
Serialdagi Sumbul og‘a obrazi bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor “Romantik komediya 2”, “Qizil Istanbul”, “Kechaning qirolichasi”, shuningdek, “Merosxo‘rlar” singari loyihalarda ishtirok etgan. | 79 | 1,938 |
Madaniyat | Bred Pitt, Juliya Roberts va mashhur filmlardagi ishtiroki uchun juda kam pul olgan boshqa yulduzlar (foto) | Aksariyat muxlislar sevimli aktyor va aktrisalari har bir ijrosidan millionlab daromad topadi, deb o‘ylaydi. Ammo har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Yulduzlar arsenalida arzimagan gonorar to‘langan filmlar ham yo‘q emas.
Jorj Kluni
Ayrim rollari uchun aktyorga umuman pul to‘lanmagan yoki juda ham oz gonorar berilgan. “Xayirli tun va omad” filmidagi Fred Frendli rolini atigi 3 dollarga o‘ynagan.
Rayan Gosling
Aktyor “Yarim Nelson” filmi uchun haftasiga 1000 dollar olgan va “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.
Bred Pitt
Endigina karyerasini boshlayotgan aktyorga “Telma va Luiza” roli uchun 6 ming dollar to‘langan. Ammo Gollivudni zabt etganidan keyin bundan bir necha marta ko‘proq daromad topishga muvaffaq bo‘lgan.
Juliya Roberts
Aktrisaning “Mistik pitssa” filmi uchun 50 dollar olgani hech narsa emas. Afsonaviy “Chiroyli ayol” filmida bosh qahramon rolini gavdalantirgani uchun atigi 300 dollar to‘langan.
Dastin Xoffman
Yosh aktyorga “Bitiruvchi” filmidagi bosh qahramon roli uchun 17 ming dollar to‘langan. Bu uning “Kleopatra” filmi uchun qo‘lga kiritgan millionlari oldida hech narsa emas.
Tom Kruz
Tom 1999-yilda suratga olingan “Magnoliya” filmidagi roli uchun 100 ming dollar olgan. “Uddalab bo‘lmas topshiriq” sagasining birinchi qismi chiqqani va unda ancha ko‘proq to‘langani bilan solishtirilsa, mablag‘ oxirigacha berilmaganini bilish mumkin.
Mettyu Makkonaxi
“Dallas xaridorlar klubi” filmidagi roli uchun aktyor “Oskar” va 200 dollarni qo‘lga kiritgan.
Gal Gadot
Prokatlarda 850 million dollar to‘plagan “Mo‘jizakor ayol” filmidan Galga atigi 300 ming dollar gonorar to‘langan. Ikkinchi qism uchun esa aktrisa qonunga muvofiq 10 million so‘ragan.
Kris Evans
Aktyorga “Birinchi qasoskor” filmidagi ijrosi uchun 300 ming dollar to‘langan. Ammo Kapitan Amerika “Qasoskorlar final” uchun 20 million dollar so‘ragan. | 107 | 1,843 |
Madaniyat | Toni Stark Piter Parkerga yordam beradi: “O‘rgimchak odam”ning yangi treylerlari chiqdi | Sony Pictures Entertainment kompaniyasi “O‘rgimchak odam: uyga qaytish” filmining yangi treylerlarini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Poster: YouTube
Ushbu superqahramon haqidagi yangi film syujeti “Birinchi qasoskor: fuqarolik urushi” filmidagi voqealardan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Yuqori sinfda o‘qiydigan Piter Parker radioaktiv o‘rgimchak tomonidan tishlab olinganidan so‘ng g‘aroyib xislatlarga ega bo‘ladi. U superqahramonga aylanishida mashhur Temir odam — milliarder Toni Stark yordam beradi. Ular birgalikda O‘laksaxo‘r ismli dushman ustidan g‘alaba qozonadi.
Filmda Tom Xolland, Kichik Robert Dauni, Maykl Kiton va Zendeya Koulman ishtirok etdi. Film rejissori — Jon Uotts.
Film iyul oyida katta ekranlarga uzatiladi. | 87 | 739 |
Madaniyat | “Lazgi” hujjatli filmi qator xalqaro kinotanlovlar g`olibi bo`ldi | Rejissyor Ixtiyor Baxtiyorov tomonidan tasvirga olingan “Lazgi” hujjatli filmi qator xalqaro tadbirlarda nufuzli mukofotlarga munosib ko`rildi. Jumladan, “Art Stream”, “Fifflondon”, “Blackboard”, “Lift-Off Season Awards” va “IFFF” xalqaro tanlovlarida Lazgi raqsi tarixiga bag`ishlangan hujjatli film “Raqs haqidagi eng yaxshi hujjatli film” deya tan olindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
“2020 yilgi Yoshlar forumi doirasida yosh rejissyor ukamizdan taklif tushdi, loyihani yaxshilab o`rganib, uni har tomonlama qo`llab quvvatladik - vazirlik tomonidan loyihani amalga oshirish uchun zarur mablag` ajratildi va kerakli sharoit yaratildi. Qisqa fursat ichida “Lazgi” filmining bunday yutuqlarga erishishi davlatimiz rahbarining yurtimiz madaniy merosini asrashga qaratayotgan e`tibori, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va, albatta, yoshlarga yaratilayotgan sharoit natijasi deb bilaman. Film ijodkorlarining keyingi faoliyatiga omad tilayman. Yurtimiz rivojiga hissa qo`shuvchi iste`dodli yoshlarimiz ko`payaversin, biz ularni qo`llab-quvvatlashga tayyormiz”, - deydi Bosh vazir o`rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov.
“Lazgi” hujjatli filmi Moskva shahrida har oyda bo`lib o`tadigan “Art Stream” kinofestivalida “Raqs haqidagi eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film” deya e`tirof etildi. Art Stream kinofestivali turli mamlakatlardagi barcha janrlarda faoliyat yurituvchi mustaqil kinematografistlarni qo`llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, “Lazgi” Londonda o`tkaziladigan “Fifflondon” filmlar tanlovida “Tomoshabinlar tanloviga ko`ra eng yaxshi film” sifatida tan olingan. Har oy mazkur tanlov hakamlar hay`ati yopiq namoyishlarda eng yaxshi badiiy, hujjatli va annimasion filmlar mualliflarini taqdirlaydi.
Butun dunyo kino ishlab chiqaruvchilarini e`tirof etishga bag`ishlangan “Blackboard” xalqaro kinofestivali bo`lib, unda “Lazgi” filmi “Raqs haqidagi eng yaxshi hujjatli film” deya tan olindi.
Hindistonning eng yaxshi filmlarga bag`ishlangan “Lift-Off Season Awards” tadbiri iste`dodli ijodkorlarning yuzlab filmlarini kashf qiladi. Ushbu festivalda O`zbekistonning “Lazgi” filmi “Raqs haqidagi eng yaxshi filmlardan biri” sifatida tan olindi.
Bundan tashqari, “Orange Film Academy”, Trissurdagi xalqaro kinofestival, Mediatadqiqotlar markazi, Sent-Tomas kolleji va Hindiston xalqaro folklor kinosi tomonidan tashkil etilgan “IFFT” (International Film Festival of Thrissour) taqdimotida “Lazgi” “Raqs haqidagi eng yaxshi hujjatli film” deya e`tirof etildi.
“Bu filmni ishlash jarayonida Lazgi raqsining yo`qolib borayotgan turlarini saqlab qolish, uni dunyoga namoyish etish va shu orqali madaniy merosimizga xorijliklarning e`tiborini qaratishni maqsad qilgandim. Toshkentda o`tgan Yoshlar forumida Turizm va sport vaziriga murojaat qildim va ular mening ushbu tashabbusimni to`liq qo`llab quvvatladilar hamda tezda filmni tasvirga olishga kirishib ketdik. Bizdek yoshlarni qo`llab quvvatlagani, motivasiya bergani uchun Turizm va sport vazirligi vakillariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman”, - deydi film rejissyori Ixtiyor Baxtiyorov. | 65 | 3,092 |
Madaniyat | Amerikalik reper Snoop Dogg Shvetsiya politsiyasini irqchilikda aybladi | Shvetsiya politsiyasi tomonidan giyohvand modda iste’mol qilishda gumon qilinib qo‘lga olingan amerikalik mashhur musiqachi Snoop Dogg ularni irqchilikda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
43 yoshli musiqachi konsertdan so‘ng yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, giyohvand modda qabul qilganligini aniqlovchi test o‘tkazish uchun uchastkaga olib ketilgan. Reperning ta’kidlashicha, Shvetsiya politsiyasi uni to‘xtatgandan so‘ng, “irqchilikka oid hisobotini” tuzgan.
“Muxlislarimdan uzr so‘rayman, men endi hech qachon bu davlatga qaytib kelmayman. Meni politsiya uchastkasiga olib borayotgan politsiya xodimlariga minnatdorlik bildirishingiz mumkin”, — deydi Snoop Dogg.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, tegishli ekspertizalar o‘tkazilgandan so‘ng reper qo‘yib yuborilgan. Tekshirish natijalari ma'lum qilinmagan. | 71 | 841 |
Madaniyat | Bursa 2022 yilda Turkiy davlatlarning madaniy poytaxti etib tasdiqlandi | Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 13–21 sentyabr kunlari Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida an`anaviy Madaniy meros haftaligi doirasida bir qator tadbirlar o`tkaziladi.
Jumladan, ayni paytda Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizasiyalari chorrahasida” nomli xalqaro madaniy forum bo`lib o`tmoqda.
Bugun Xivada TURKSOY xalqaro tashkiloti doimiy kengashining 38-majlisi boshlandi. Unda O`zbekiston, Qozog`iston, Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon va Qirg`iziston davlatlarining madaniyat vazirlari ishtirok etmoqda.
Barcha madaniyat vazirlari va Turkiy kengash, Turksoy kengashi bosh kotiblari ishtirokida o`tgan yig`ilishda Turkiyaning Bursa shahri-Turkiy davlatlarning madaniy poytaxti sifatida bir ovozdan tasdiqlandi. | 71 | 741 |
Madaniyat | Betakror aktrisa Keyt Bekinseyl 48 yoshda ham jozibali ko‘rinishining siri nimada? (foto) | O‘z davrida romantik filmlarning etalon-qahramoni bo‘lgani Gollivud aktrisasi Keyt Bekinseylning go‘zallik siri haqida ma’lumot beramiz.
Keytning bolaligidanoq vazn bilan bog‘liq muammolarga duch kelganini eshitib ajablanadi kishi. Keyt otasini juda erta yo‘qotdi, otasi vafot etganda u olti yoshga to‘lmagan edi. Onasi ikkinchi marta turmushga chiqdi va o‘gay otasi uning ijodiy ishlarini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, Keyt onasining bu tanlovi bilan kelisha olmadi. Bir muncha vaqt u ovqat yemay qo‘ydi va anoreksiya holatiga kelib qoldi. O‘gay otasi Roy Battersbi o‘jar qizchaga yordam berishda ajoyib sabr-toqat va otalik mehrini namoyish etdi. Uning yordami bilan Keyt nufuzli kollejga o‘qishga kirdi, adabiyotga qiziqdi va hatto yosh yozuvchilar tanlovida final ishtirokchisiga aylandi. Aytgancha, Bekinseyl havas qilarli ma’lumotga ega: kollejdan so‘ng u Oksforddagi fransuz va rus adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirdi.
Aqlli, chiroyli va sobitqadam qiz ko‘p yillar davomida romantik qahramonlar obrazida namoyon bo‘lgan. Hammasi “Boshqa dunyo” epopeyasida bosh rolni o‘ynash taklifi tufayli o‘zgardi. Uning ijrosidagi charm kombinezon kiygan Selin obrazi kinosanoatning eng jozibali qahramonidan biriga aylandi. Natijada Keyt bir zumda dunyodagi eng chiroyli ayollar ro‘yxatiga kiritildi. Qizig‘i shundaki, aktrisa hali ham ushbu maqomni saqlab qola olgan. Aytgancha, u o‘zining go‘zallik sirlari bilan bo‘lishishni yoqtirmaydi. Ma’lumki, Keyt sportning ashaddiy muxlisi. Uning bir kuni ham mashg‘ulotlarsiz o‘tmaydi, kelishgan qaddi-qomati esa buni tasdiqlaydi.
“Emma” filmidan kadr
“Diskoning so‘nggi kunlari” filmidan kadr
“Sharpalar makoni” filmidan kadr
Keytning ovqatlanish tartibi ham unchalik oddiy emas. O‘tmishdagi muammolari sababli Keyt uzoq vaqtgacha go‘shtdan voz kechgandi, ammo keyin u yana iste’mol qila boshladi. Aktrisa o‘zini energiyaga to‘la his qilish uchun o‘simlik oqsillari yetarli miqdorda emasligini tan oldi. Bekinseyl shirinliklarni yaxshi ko‘radi va o‘zini tez-tez siylab turadi, keyin esa sport zaliga yuguradi.
“O‘zining tug‘ilgan kunida ham bir bo‘lak tort yeyolmaydiganlardan biri bo‘lishni istamayman”, — deb hazillashadi Keyt.
Aktrisa plastik jarrohlik va go‘zallik ukollarini rad etadi. Aktrisa rad eta olmaydigan yagona narsa bu — yuz parvarishi uchun kundalik niqoblardir. | 89 | 2,330 |
Madaniyat | “Qora niyat”ni tark etayotgan Shahika, Xande Erchel va Kerem Bursinning “sirli” munosabati. Turk kinosi yangiliklari (foto) | Turli-tuman rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan turk kinosanoati ijodkorlarining karyera va hayoti bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz.
Bebek tumanida muxbirlar e’tiboridan chetda qolmagan Tolgaxon Sayishman bo‘lajak farzandi haqidagi savollarga javob beradi. Uning aytishicha, agar o‘g‘il bo‘ladigan bo‘lsa, oxiri xon bilan tugaydigan ism qo‘yadi, qiz dunyoga keladigan bo‘lsa, ismni rafiqasi Almeda tanlaydi.
“Ichkarida” serialidagi roli bilan o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Chagatay Ulusoy, BluTv internet-platformasi tomonidan taqdim qilinayotgan “Yeshilcham” serailida bosh qahramon rolini o‘ynaydi. Serial sujeti 60-yillarni o‘zida mujassam etadi.
“9 karra Leyla” filmining premyerasi ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim tomoshabinlar Netflix’ning topidan o‘rin olgan mazkur filmni hatto oxirigacha ko‘ra olmagani haqida fikr bildirmoqda. Shuningdek, mashhur ijodkorlar jalb qilingan loyihaning qanday qilib bunday muvaffaqiyatsiz ekani muxlislarni ajablanishiga sabab bo‘lmoqda.
Turkiyaning eng kelishgan aktyorlaridan biri bo‘lgan Jan Yamanning muxlislari endi nafaqat sevimli aktyori ijrosidagi seriallarni tomosha qilishi, balki u qahramonlardan biriga aylangan kompyuter o‘yinlarini o‘ynashi ham mumkin. Jan Yaman yuzi bo‘lgan Pasha Fencer nomli o‘yin 2020-yilning 15-dekabrida Turkiya va Yaqin sharqda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu hali hammasi emas jurnalist Oyya Doganning ma’lum qilishicha, yaqin orada Jan dramatik loyihalardan birida ishtirok etadi.
“Qora niyat” serialining bosh qahramonlari loyihani tark etishda davom etmoqda. Ma’lum qilinishicha, serialning 90 qismi Shahika qahramonini gavdalantirgan aktrisa Nesrin Javadzade uchun loyihadagi so‘nggi ishtirok bo‘ladi.
Akif Yaman, “Eshigimni qoq” serialida suratga tushayotgan juftlik Kerem Bursin va Xande Erchel haqida qiziq ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, serial taqdiri shanba kundagi reytingga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, serial tugaganidan keyin har ikki ijodkor sirli munosabatda ekani haqida ma’lum qilishi mumkin. Serialning yangi qismida esa Ilayda Chelik ijrosidagi yangi qahramon kelib qo‘shiladi.
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab to‘xtatilgan “Sadoqatsiz” seriali efirga uzatishda davom etiladi. Undagi Asya Arslon hikoyasi ikki yildan keyin o‘tib davom etishini ko‘rish mumkin.
“Yangi hayot” serialining erta tugatilganidan keyin unda bosh qahramon rolini o‘ynagan aktyor Serkan Chayo‘g‘lu boshqa bir yangi loyihada ishtirok etishni boshlab yubordi. ТМСFilm kompaniyasi tomonidan TRK1 davlat telekanali uchun suratga olinayotgan “Kibris” nomli serial davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi va 26-qismdan iborat bo‘ladi. | 123 | 2,726 |
Madaniyat | “Ekipaj” Rossiya kinoijarasidagi eng ko‘p daromad keltirayotgan filmlar ro‘yxatini boshqardi | Rejissor Nikolay Lebedevning “Ekipaj” filmi o‘tgan dam olish kunlari natijalariga ko‘ra Rossiya kinoijarasidagi eng daromadli filmlar ro‘yxatini boshqardi, deya xabar beradi “TASS”.
Danila Kozlovskiy va Vladimir Mashkov bosh rollarni ijro etgan kartinani ilk uik-endda 1,4 million kishi ko‘rgan va u 434,9 million rubl ishlab topgan. Shu tariqa, “Ekipaj” keyingi yillarda debyuti moliyaviy jihatdan omadli bo‘lgan Rossiya filmlari orasida “Viy” (579,4 million rubl) va “Stalingrad” (509,8 million rubl) kartinalaridan keyingi uchinchi o‘rinda qayd etildi.
O‘tgan haftada rossiyalik tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga tortgan filmlar beshligidan, shuningdek, “Changalzorlar kitobi” (118,5 million rubl), “Oppog‘oy va ovchi 2” (36 million), “Robinzon Kruzo: o‘ta gavjum orol” multfilmi (22,3 million) va “Jonivorlar shahri” multfilmi (10,8 million) o‘rin oldi. | 92 | 856 |
Madaniyat | Amerikalik aktyor Tom Xenks restoranga borib, muxlislarini o‘z hisobidan mehmon qildi | Amerikalik aktyor Tom Xenks SoCal In-N-Out Burger tezpishar taomlar restoraniga kirdi va yangiliklar nishoniga tushib qoldi, deb xabar berdi “Zakon.kz”.
Qayd etilishicha, Xenks ushbu tamaddixonaga ovqatlanish uchun kirgan. Aktyor bu yerda nafaqat muxlislari bilan suratga tushgan, balki ularni o‘z hisobidan mehmon qilgan.
Bundan tashqari, ikki karra “Oskar” mukofoti sovrindori restorandagi barcha mijozlar bilan salomlashib, ular bilan suratga tushgan. Restoranga tashrif buyuruvchilar taniqli aktyor bilan suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirgan.
Tom Xenksning yonida rafiqasi Rita Uilson ham bo‘lgan. | 85 | 628 |
Madaniyat | Dilnoza Kubayeva “Baron” va “Kechikkan hayot” filmlaridagi rollaridan cho‘chiganligini aytdi | Dilnoza Kubayeva “Kechikkan hayot” va “Baron” filmlaridagi rollaridan cho‘chiganini aytdi. Bu haqda u “So‘g‘diyona” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Dilnozani cho‘chitgan rollar ham bormi?” — deya savol berdi jurnalist.
“Bor! ‘Kechikkan hayot’ cho‘chitgan, ‘Baron’dagi rolim ham shunday”, — deya javob berdi aktrisa.
“Kechikkan hayot” haqida so‘zlar ekan, bu film to‘g‘risida gapirish u uchun biroz qiyinligini aytdi. “Kinosinovga chaqirishganida, baribir meni olishmaydi, chunki bu qahramon men emasman, deb borgandim. Lekin rostini aytishim kerak, agar bu rolni mendan boshqa aktrisa ijro qilganida yaxshiroq o‘ynagan bo‘lardi”, — dedi Kubayeva.
“Baron”dagi roli haqida esa quyidagicha fikr bildirdi: “Kichik rol bo‘lgani bilan vazifasi katta edi. Filmda Farhod Mahmudovning qahramoni turmush o‘rtog‘im ekanligini ham bildiraman, ham buning aksi. Ko‘p muddat ko‘rishmaganman, sog‘inganman, uchrashganimizda esa sog‘inchimni sezdirmasligim va bir vaqtning o‘zida hislarimni bildira olishim lozim. Qiyin-da bu”.
Dildora Yusufbekova suhbatlashdi. | 92 | 1,090 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov Islom Karimov bilan ilk muloqoti haqida: Yurtboshimiz bergan o‘sha savol har gal qulog‘im ostida jaranglagandek bo‘ladi | O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan ilk muloqoti tassurotlari haqida so‘zlab berdi.
Qilingan mehnatlar, ijod deya o‘tkazilgan bedor tunlar, chekilgan mashaqqatlar evaziga bu hayot millionlab insonlarni yaqinlarimga aylantirdi. Ijodkor uchun muxlislari bebaho boylik bo‘lsa, hukumat e’tibori va e’tirofi qo‘shaloq baxtdir.
Bundan o‘n yil muqaddam Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabuliga kirishga muyassar bo‘ldim. Yuragimda qandaydir shirin hayajon hukmron edi. Eshitajak har bir so‘zim xotiramda bir umrga muhrlanib qolishiga ishonardim.
Yurtboshimiz menga biroz ma’noli nigoh bilan tikilib turdilar-da, o‘ychan qiyofada bunday savol berdilar:
– Ozodbek, sen yaxshi san’atkorsan. Menga bir narsa qiziq, har gal sahnada qo‘shiq kuylaganingda, muxlislaring bilan ko‘rishganingda ularning ko‘zlarida nimalarni ko‘rasan?
Bir muddat jim qoldim. Bu, bir qarashda oddiy tuyulsa-da, o‘ta teran va o‘tkir ma’noli savol edi. O‘shanda savolga bir amallab javob bergan bo‘lsam-da, bu haqda keyinchalik chuqurroq mushohada qildim. Avvallari muxlislar bilan unchalik yaqin aloqada bo‘lolmaganim, balki ularning salobati bosib, ko‘zlarida aks etgan ma’nolarni boricha ilg‘ay olmaganimni anglab yetdim. Savolga to‘kis javob izlash asnosida muxlislar bilan yanada yaqinroq bo‘lish, ularning chin sirdoshiga aylanishga urindim. Ularning ko‘zlarida ertangi kunim, nimalarga ulgurdimu yana nimalar qilishim lozimligi, aslida qanday ijod qilish kerakligini ko‘ra boshladim. Bu nigohlar meni birdaniga ulg‘aytirib qo‘ygandek, har mahal to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi shamchiroqlardek edi.
Chindan ham, oradan bir necha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, har gal muxlislar bilan yuzma-yuz bo‘lganimda beixtiyor Yurtboshimiz bergan o‘sha savol qulog‘im ostida jaranglagandek bo‘ladi. Muxlislar nigohi va o‘sha savol menga tog‘dek kuch bag‘ishlab, olg‘a yurishga, ona Vatanga butun vujudim bilan xizmat qilishga, yurtimiz madhini balandroq pardalarda, kattaroq sahnalarda – butun dunyoga tarannum etishga undayveradi.
Ozodbеk Nazarbеkov, O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq artisti | 138 | 2,205 |
Madaniyat | Parizoda, Jahongir Otajonov, Kaniza hamda o‘g‘irlik qurboni bo‘lgan boshqa o‘zbekistonlik san’atkorlar (video) | Inson uchun qadrli bo‘lgan narsalar o‘g‘irlansa yoki yo‘qotib qo‘yilsa, uning kayfiyatiga yoki ruhiyatiga ham ta’sir qilishi mumkin, biroq bunday holatlarni oldindan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham shaxsiy buyum yoki qadrli narsalarni yo‘qotmaslik uchun har doim hushyor bo‘lish lozim. O‘zbek san’atkorlari orasida xuddi shunday holatga tushgan, ya’ni o‘g‘irlik qurbonlari bo‘lganlar ham bor.
Parizoda
Mahoratli raqqosa Parizoda Samarqandda telefonini yo‘qotib qo‘ygan. Ma’lum bo‘lishicha, uning qo‘l telefonini ayollar xonasidan o‘g‘irlab ketishgan. Raqqosa uning ichida 1 terabayt xotirasi bo‘lganini ta’kidlagan. Parizoda telefoni qattiq himoyalangani uchun uni hech kim ishlata olmasligini ham aytgan.
“Kayfiyatim yo‘q, chunki telefonimni o‘g‘irlab ketishdi. To‘g‘rirog‘i, yo‘qotib qo‘ydim. Kimdir meni topa olmayotgan bo‘lsa, Instagram sahifamda administratorimning raqami yozilgan. Meni hozircha shu raqamdan topasiz. Kameralarni ochib tashladik, lekin uni topa olmadik. Eng achinarlisi, o‘g‘ri — ayol kishi. Ayollar xonasida telefonim yo‘qolib qoldi. Kimdir iPhone’ni topishning qandaydir sirlarini bilsa, yordam bersa, xursand bo‘lardim. Bir narsani bilaman, telefonni olgan odam uni ishlata olmaydi. U juda qattiq himoyalangan. Uning ichida 1 terabayt xotira bor edi”, — deydi raqqosa.
Biroz vaqt o‘tib, raqqosa telefonini qaytargan odamga katta mukofot puli berishini ma’lum qilgan, biroq shunga qaramay, uning telefoni topilmagan. U onasining telefonini ishlatib turganidan so‘ng, yana yangi iPhone sotib olganini ma’lum qildi.
Yulduz Usmonova
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’dagi sahifasida mushugini yo‘qotib qo‘yganini ma’lum qilgan. Xonanda uni olib ketganlardan qaytarishni so‘ragan.
“Nyusha ismli mushugim yo‘qolib qoldi, shuni izlayapman. Mushugimning muxlislari ko‘p, men u uchun xavotir olyapman. Mushugim sterillangan, yaqinda mushukchalarni dunyoga keltirgan, kim olgan bo‘lsa, qaytarishini so‘rayman. Uning o‘z ratsioni bor, maxsus ovqatlar yeydi, boshqa narsalarni yemaydi”, — degan edi xonanda.
Jahongir Otajonov
Jahongir Otajonov Instagram’dagi sahifasida Istanbul shahridagi ofisi oldidan uning shaxsiy avtomobili o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.
“Kulgim ham keladi, Istanbulda mening mashinamni o‘g‘irlab ketishibdi. Odam hayron bo‘ladi. Hayot qiziq ekan, kimdir mashinangni o‘g‘irlab ketsa, kimdir uyingni ‘uxlatib’ ketadi, odam o‘rganib ham qolar ekan bunaqa hayotga”, — deydi xonanda.
Shahzoda Matchonova
Shahzoda Matchonova shu yilning aprel oyida Yevropada oilasi bilan hordiq chiqarib qaytdi. Ushbu sayohat davomida aktrisa o‘g‘irlik qurboni bo‘ldi. Shahzoda begona mamlakatda telefonini yo‘qotib qo‘ygan.
“Farzandimning qanday dunyoga kelgani, birinchi yig‘isi, birinchi suratlari, birinchi marta dada degani hamda birinchi marta turli mevalarni tatib ko‘rgandagi reaksiyasi aks etgan rasm va videolarning hammasi telefonimda edi, onalar mening holatimni yaxshi tushunadi”, — degan edi aktrisa.
Nargiza Salmonova
Nargiza Salmonova unga Turkiyadan jo‘natilgan kargodagi narsalarni, ya’ni atirlarini o‘g‘irlashganini aytgan. Aktrisa bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Menga Turkiyadan kargo keldi, lekin xizmatlari umuman yoqmadi. Adashmasam, tuhmat bo‘lib qolmasin, narsalarim ochilgan. Menga yuborilayotganda bunaqa ahvolda emas edi, kargoyimdagi 3 ta atir yo‘qolibdi”, — degan edi aktrisa.
Shahzoda Muhammedova
Shahzoda Muhammedova Italiyaning Milan shahriga shaxsiy ko‘rgazmasini o‘tkazish uchun borganida telefonini o‘g‘irlatgan. Aktrisaning ma’lum qilishicha, uning telefonini shahardagi tilanchilardan biri o‘g‘irlagan va u ovqatlangan restoranda kameralar bo‘lmagani sababli politsiya xodimlari o‘g‘rilarni topa olmagan.
“Bugun nonushtada Milan markaziy ko‘chasidagi restoranning tashqi ko‘cha qismida ovqatlanib o‘tirgan edik, stolim tepasiga bir gadoyga o‘xshash yosh qiz keldi va stol ustiga gazetaga o‘xshash bir varaqli menyu qo‘ydi va qo‘li bilan bir nimalarni ko‘rsatdi, yo‘q, yo‘q kerak emas, dedim va u qaytib ketdi. Ketganidan keyin qarasam, telefonim yo‘q. Qo‘lidagi qog‘ozni telefonimning ustiga qo‘ygan edi. Chap qo‘li bilan telefonimni olib, o‘ng qo‘li bilan esa gazetani ko‘rsatgan ekan.
Xullas, rosa yig‘ladim va juda xam hayotdan xafa bo‘lib ketdim. Restoran tepasida kamera yo‘q ekan. Politsiyalar gadoy, o‘g‘rilarni topa olmasligini tushunib yetdim”, — deb yozib qoldirgan Instagram’dagi sahifasida Shahzoda Muhammedova.
“Afandining qizlari” kulgi jamoasi a’zosi Muborak Abdullayeva
“Afandining qizlari” kulgi jamoasi a’zosi Muborak Abdullayeva Turkiyada telefoni va pullarini yo‘qotib qo‘ygan. Ma’lum bo‘lishicha, ular 10 qismli sitkomni suratga olish uchun Turkiyaga borgan va sayohat davomida savdo majmuasiga kelgan. Aktrisa o‘zi uchun narsalar sotib olmoqchi bo‘lgan. Aynan shu savdo majmuasida Muborak Abdullayeva o‘z telefonini o‘g‘irlatib qo‘ygan. Buni bilgandan keyin u politsiyaga murojaat qilgan. Shundan so‘ng ular politsiya idorasiga borgan.
“Biz politsiyaga keldik. Savdo majmuasidaligimizda Muborakning telefonini o‘g‘irlab ketishibdi. Hazillashishyapti deb o‘ylashingiz mumkin, ammo hazil emas. Xullas, aytib berishimizdan maqsad, Turkiyaga kelganingizda juda ehtiyot bo‘ling. Bu yerda o‘g‘rilar juda ko‘p ekan. Lekin vijdoni bor o‘g‘ri ekan, yo‘l haqi tashlab ketibdi. Kulishni ham, yig‘lashni ham bilmadik”, — degan edi Nigora Abdullaxonova Muborak Abdullayevaning Instagram sahifasida.
Madina Mumtoz
Aktrisa va xonanda Madina Mumtoz ham 2016-yilda boshqa ayrim hamkasblari singari o‘g‘irlik qurboni bo‘lgan. O‘g‘rilar uning mashinasining oynasini sindirib, ichidagi buyumlarini o‘g‘irlashga uringan. Bu haqda Madina Mumtoz Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan edi.
“Mana bizning xayrli kun. Yaratgan o‘g‘rilarni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin. Kelgan balo shunga ursin. Mashinalarni ko‘chada qoldirmang. Kunimiz xayrli, barokatli va yaxshi kayfiyatga boy bo‘lsin”, — deb, Madina Mumtoz avtomobilning siniq oynasi suratini e’lon qilgan edi.
Kaniza
Xonanda Kaniza ham 2016-yilda Toshkentdagi restoranlardan biri oldiga o‘zining shaxsiy Porsche Cayenne mashinasini qo‘yib, dugonalari bilan ovqatlanib, soat 21:00 larda qaytib chiqqanida, mashinasining orqa tarafidan oynasi sindirilganini va mashinasidagi buyumlar o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.
“Mashinam ichida 2,5-3 mln so‘mlik Cavalli sumkam, 10 ming dollarlik Vertu telefonim, 400 dollarlik Fleur Narcotique atiri, bular hammasi menga sovg‘a qilingandi, va yana qimmatbaho hamyon hamda 300 ming so‘mimni o‘g‘irlab ketishdi”, — deb ma’lumot bergan edi xonanda.
Kaniza, shuningdek, mazkur masala yuzasidan militsiyaga murojaat qilmasligini ma’lum qilgan edi: “Yo‘q, chunki bundan avval xam boshqa mashinalarimdan 4-5 marotaba narsalarimni shunday o‘g‘irlatib qo‘yganimda ularga murojaat qilganman. Ammo ular yordam bera olishmagandi, shu sabab ham yana behuda yozuv-chizuvlar bilan vaqtimni ketkazmay dedim”, — degan Kaniza. | 110 | 6,909 |
Madaniyat | “Yomon yigitlar” multfilmi AQSH prokati yetakchisiga aylandi | “Yomon yigitlar” animatsion komediyasi Shimoliy Amerikada prokatga chiqishi bilan 24 million dollar to‘pladi, deb xabar beradi “Film.ru”.
Bu kabi ko‘rsatkich bilan multfilm “Fantastik maxluqlar”ni (14 million dollar) ortda qoldirgan va haftalik chartda birinchi o‘rinni egallagan.
DreamWorks studiyasining “Yomon yigitlar” animatsion filmi to‘g‘ri yo‘lga kirgan paxmoq o‘g‘rilar to‘dasi haqida hikoya qiladi. Original filmga Sem Rokuell, Akvafina va boshqalar ovoz bergan. Rossiyada film 22-aprel kuni katta ekranlarga chiqishi kerak edi, biroq Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya fonida u bekor qilingan.
Shu bilan birga, “Dambldor sirlari” AQSHda jami 67 million dollar to‘play olgan (dunyo bo‘ylab 280 million dollar) — bu Garri Potter ixlosmandlari uchun eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. Prokatning ikkinchi haftasida uni “Sonik 2 kinoda” ortda qoldirib (15,2 million dollar), ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. Reytingdagi beshlikning oxirgi pog‘onalaridan Robert Eggersning “Shimollik” va Nikolas Keyj ishtirokidagi “Ulkan iqtidorning chidab bo‘lmas og‘ir yuki” kartinalari o‘rin olgan. | 60 | 1,092 |
Madaniyat | 2021-yilda suratga olingan hamda tomosha qilish tavsiya etiladigan turk seriallari (foto) | 2021-yil turk kino olami o‘z muxlislarini bir qator yangi seriallar bilan xursand qilmoqda. Hozircha reyting, ijobiy fikr va sharhlar bo‘yicha uchta serial yangi loyihalar orasida yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Ularni tomosha qilishni sizlarga ham tavsiya etamiz.
“Marash”
Mazkur serial sujetiga ko‘ra, uzoq yillar turk armiyasida xizmat qilib kelgan Marashning hayotida bir kuni fojia yuz beradi. U qizi va turmush o‘rtog‘ini yo‘qotadi. O‘z oilasini himoya qilolmagan Marash bundan azoblanadi va nafaqaga chiqqach oddiy insonlar kabi xotirjam yashashni boshlaydi. Eski kitoblar do‘konini ochib, onasidan ayrilgan Zelish ismli qizaloqni asrab oladi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay uning rejalari butunlay o‘zgarib ketadi. Uning hayotiga Mahur ismli qiz paydo bo‘ladi. Mahur boy oilaning qizi bo‘lib, tasodifan qotillik yuz bergan joyda voqeani tasvirga oladi. Shundan so‘ng uning hayoti ta’qib ostida qoladi. Otasi qiziga unga qo‘riqchi yollaydi va Marash uning qahramoni sifatida gavdalanadi.
“Oxirgi yoz”
Tomoshabinlarning fikriga ko‘ra, ushbu serial ham avvalgilaridan butunlay farq qiladi. Birinchidan, uning reytingi yuqori. Ikkinchidan, serialning ilk qismidanoq unga qiziqish paydo bo‘ladi va uni tomosha qilmaslikning imkoni yo‘q. Shuningdek, serial sujeti shunchalar murakkabki, uning davomini taxmin ham qilib bo‘lib bo‘lmaydi. Voqealar markazida mamlakat farovonligi uchun xizmat qiladigan Selim obrazi bor. Uning oilasida e’tiborsizlik, mehr-muhabbat yetishmasligi kabi muammolar mavjud. Shuningdek, serialda Selchuk ismli personaj ham bo‘lib, u ko‘p yillik jinoyatchilar dunyosining boshlig‘i hisoblanadi. Ammo u mafiyalarni yo‘qotishda Selimga yordam beradi. Albatta, buni shunchaki qilmaydi, uning bu masaladan o‘z manfaatlari ham bor. Uning maqsadini esa serialni davomida bilib olish mumkin.
“Hujumchi”
Ushbu serialni Betmenning turk aktyori ijrosidagi turi desa ham bo‘ladi. Fotih ismli halol va adolatli o‘qituvchi shogirdlarini ham shunday fazilatlar bilan tarbiyalashga harakat qiladi. O‘qituvchi nafaqat kunduzi, balki tunda ham ishlashni boshlaganda vaziyat yanada murakkablashadi. Chunki aynan tunda ko‘plab jinoyatchilik ishlari yuz beradi. Fotih esa ularga qarshi kurashadi va har doim muammoga duch kelganlarga yordamga shoshiladi. Serial chindan ham avvalgilaridan farq qiladi. Rejissorlar tomoshabinlarga ko‘proq imkoniyatlar taklif qilmoqda. Serialni tomosha qilib, undan kerakli xulosalar chiqarib olish mumkin. | 89 | 2,445 |
Madaniyat | “To‘g‘rirog‘i, siz men uchun hech kim emassiz!”. Munisa Rizayeva “muxlislarsiz hech kimsiz” deb yozgan muxlisiga javob qaytardi | Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida hayot haqidagi faylasufona fikrlari bilan tez-tez o‘rtoqlashib turadi. Xususan, kuni kecha u “Sevgi nima?”, degan savolga qanday javob berishini ma’lum qildi.
“Sevgi bu — yaqin insoningizning birgina tabassumi qalbingizni cheksiz quvonchga to‘ldirishi, u uzoqlarda bo‘lgan vaqt qalbingiz tubini kemtiklik egallashi, xayollaringiz doimo u bilan band bo‘lishi, uning nafas olishi sizni baxtga to‘ldirishi; kulgingiz, shodligingiz sababchisi bo‘lgan inson sizning chin sevgingizdir”, — deb yozdi xonanda.
Ko‘p o‘tmay, xonanda qaysi tuyg‘udan qo‘rqishi, “insonni aslida nima o‘ldirishi” haqidagi fikrlarini yozgan.
“Mendan doim: ‘Hayotda qaysi tuyg‘udan qo‘rqasan?’, deb so‘radilar. Men har gal sukut saqladim. Mendan jahllari chiqdi, e’tiborsizlikda ayblab, meni tark etdilar. Afsus, bilmadilar-ki, men hayotda eng ko‘p sukunat degan tuyg‘udan qo‘rqardim. Chunki insonni sukunatdan-da oson taslim etuvchi, yakson qiluvchi tuyg‘u yo‘q. Aslida insonni nafrat, haqorat emas, balki sukunat o‘ldiradi...”, — deb yozgan Munisa, o‘z xabarini: “Savollarga javob ololmaslikdan-da og‘irroq his bo‘lmasa kerak”, — degan gap bilan tugatgan.
Mazkur xabar ostida uning muxlislaridan biri: “Nega muxlislaringizga javob bermaysiz? Axir sizni tanitgan ham, boqadigan ham muxlislaringiz-ku! Ularsiz hech kimsiz, bu haqiqat”, — deb komment qoldirgan. Munisa Rizayeva bunga darhol javob qaytargan.
Skrinshot: Instagram / @munisarizaeva
“Ularsiz men hech kim? Nimasi bu? Demak, men ashula aytmasam, hayotda ham hech kimmanmi? To‘g‘rirog‘i, siz menga bunday gaplarni yozish uchun hech kimsiz! Men doim muxlislarimga imkon qadar javob beraman!”, — deb yozgan xonanda.
Bunga javoban, muhokamaga sababchi bo‘lgan foydalanuvchi: “Xafa bo‘lmang. Agar sizlarga mana shunday tegadigan qilib gapirmasa, javob yozmaysizlar. Qo‘shiq aytmasangiz, hech kim emassiz, demadim. Hamma xonandalar O‘zbekistonda sizlarni taniydigan, hurmat qiladigan millionlab odamlarning ishonchini oqlashini xohlayman. Lekin to‘g‘ri, muxlislarsiz siz ham oddiy ayolsiz”, — deb yana fikr bildirgan.
Munisa Rizayeva muxlisining bu fikrlariga javob tarzida shunday degan: “Ishonchni kim oqlayapti-yu, kim oqlamayapti — buni siz ham, men ham bilmaymiz, Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Shuning uchun, yozishdan avval kamida 10 marta o‘ylab ko‘ring!”.
Mazkur muhokamada aksariyat muxlislar Munisa Rizayevani qo‘llab-quvvatlagan. Xususan, muhokamaga sabab bo‘lgan foydalanuvchiga Munisa Rizayevaning Instagram’dagi boshqa postlariga ham e’tibor qaratish tavsiya qilingan, xonanda avvalgi xabarlarida ham muxlislarning murojaatlariga javob qaytargani eslatib o‘tilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 127 | 2,832 |
Madaniyat | Rossiya estradasida ijod qilayotgan o‘zbekistonlik MC Doni Shavkat Mirziyoyevni o‘zbek tilida tabrikladi (video) | Rossiyaning mashhur musiqiy leybli hisoblangan Black Star bilan hamkorlikda ijod qiluvchi o‘zbekistonlik MC Doni Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti bo‘lgani bilan o‘zbek tilida tabrikladi.
Uning tabrigi Youtube’ga joylashtirilgan.
Ma’lumot uchun, MC Doni taxallusi bilan ijod qiluvchi Doni Islamov 1985-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uning bolaligi Farg‘onada o‘tgan. | 112 | 380 |
Madaniyat | O`zbek telekanallarida chorak asrdan buyon namoyish etilmagan milliy filmlar efirga uzatiladi | "O`zbekkino" Milliy agentligi Prezident topshirig`iga asosan eng sara 100ta o`zbek filmini saralab oldi.
Joriy yilning 30 dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida “Yangi O`zbekiston — o`zbek milliy kinematografiyasi shonli tarixi va rivojlanish bosqichlari” marosimi bo`lib o`tdi.
Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan eng sara milliy filmlar 100 taligi tanlab olindi. Ushbu filmlar orasida ilgari telekanallar orqali efirga uzatilmagan ko`plab noyob filmlar mavjud.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20 noyabrda yangi rekonstruksiya qilingan “O`zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida eng sara milliy filmlar 100 taligini tuzish va efirga uzatish topshirig`i berilgan edi. Mazkur vazifa yuzasidan “O`zbekkino” MA tomonidan maxsus komissiya tuzildi va filmlar yuztaligi tuzib chiqildi. 30 dekabr kuni agentlik tantanali ravishda filmlar jamlanmasini davlat va nodavlat telekanallarga topshirdi. Ro`yxatdagi ayrim noyob filmlarning etalon negativlari Rossiya davlat film fondida saqlanmoqda. Hozirga qadar 7ta badiiy va 10dan ortiq multiplikasion filmlar yurtimizga qaytarildi. Ularni qaytarish bo`yicha ishlar davom ettiriladi.
Tadbir avvalida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Behzod Musaev hamda “O`zbekkino” MA Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov so`zga chiqishdi. So`ngra joriy yil olamdan o`tgan kinoarboblar yod etildi. Shundan so`ng “O`zbek kinosining 100ta eng sara namunasi” olti to`plami videotaqdimotdan keyin o`zbek telekanallariga topshirildi. Yangi, 2021 yildan eng sara milliy filmlarning dastlabki 25 tasi davlat va nodavlat telekanallarda efirga uzatiladi.Ular orasida chorak asrdan buyon namoyish etilmagan filmlar mavjud.
Tadbir so`ngida “CinemaTop-2020” taqdirlash marosimi doirasida qator kinoijodkorlar mukofotlanishdi. Jumladan, Jahongir Ahmedov – "Eng faol rejissyor", Nigora Karimova – "Eng faol kinoshunos", Aziz Arzikulov – "Eng faol operator", Farrux To`laganov – "Eng faol kinoprokatchi", Shohira Raufboeva – "Eng faol kinojurnalist", Bahodir Adilov – "Eng faol tizim tashkiloti", Feruza Nodirova – "Eng faol xodim", Anvar Ergashev – "Eng faol investor", Ali Hamroev – "Eng faol hujjatli kino ustasi", Matyoqub Matchonov – "Ijtimoiy faolligi uchun", Jahongir Qosimov – "Eng faol kinoijodkor", Rashid Malikov – "Xalqaro munosabatlardagi faolligi uchun", Botir Bazarbaev – "Jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun", Abdulatif Haydarov – "Eng faol multiplikator" nominasiyalariga munosib ko`rildi. | 93 | 2,529 |
Madaniyat | Taniqli o`zbek aktrisasi bugun 88 yoshni qarshi oldi | Taniqli o`zbek aktrisasi Yayra Abdullaeva 1930 yil 14 avgust kuni Toshkentda tug`ilgan.
Ijodiy faoliyatini 1944—1945 yillarda Gavhar Rahimova rahbarligidagi xotin-qizlar ansamblida boshlab, 1950 yilda A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san`ati institutini tugatgan. 1950 yildan Hamza nomidagi O`zbek Davlat (hozirgi O`zbek Milliy) akademik drama teatrida ishlab, Gulnor ("Qutlug` qon"), Gulbahor ("Boy ila xizmatchi"), Qorasoch ("Yulduzlar jamoli"), Eleyn ("Qonli sarob"), Katerina ("Momaqaldiroq"), Milfordxonim ("Makr va muhabbat"), Xemnolini, Kamola, Xemenkori ("Gang daryosining qizi"), Maryam ("Jazoir — mening Vatanim") kabi o`nlab rangbarang obrazlarni yaratdi. Izzat Sultonning "Noma`lum kishi" asaridagi Turg`unoy yoshligida onasidan etim qolgan, bevafo ota esa uni tashlab ketgan. U bobosi qo`lida tarbiyalanadi, o`sib-ulg`ayadi, hayotda o`z yo`lini topadi.
Yayra Abdullaeva Turg`unoy xarakteridagi aql-zakovat, xotin-qizlarning erki yo`lida shum taqdirga qarshi jon-jahdi bilan kurashish kabi olijanob fazilatlarni aniq ko`rsatgan, Morimoto Kaoruning "O`g`irlangan umr" asarida esa yapon ayolining og`ir hayot yo`lini, murakkab taqdirini psixologik teranlik va nihoyatda ustalik bilan ochib bergan. Kelishgan qaddi-qomat, go`zal tashqi qiyofa va yoqimli ovozga ega bo`lgan Yayra Abdullaeva o`z ijodida yuz ifodasi, imo-ishora, kinoya, piching va boshqa tasviriy vositalardan mohirona foydalana olgan san`atkordir. Iste`dodli aktrisa tomonidan yaratilgan Persiya ("Yuliy Sezar"), Antigona ("Antigona"), Anita ("G`ariblar"), Nodirabegim (shu nomli asar), Mamaeva ("Har to`kisda bir ayb"), Gavharshodbegim ("Mirzo Ulug`bek"), Siyonxonim ("Jonimni ol, jonginam") va boshqa etuk obrazlar faqat Yayra Abdullaeva ijodidagina emas, balki o`zbek teatr san`ati tarixida ham o`ziga xos o`rin egalladi.
Yayra Abdullaeva "Boy ila xizmatchi" filmidagi Gulbahor roli bilan 1953 yildan boshlab o`zbek kino san`atida o`z faoliyatini boshladi, birin-ketin "Opa singil Rahmonovalar" (1954), "Stadionda uchrashamiz" (1956), "Hamza" (1960), "Vijdon amri bilan" (1967) kabi filmlarda suratga tushdi. U kinoda yaratgan Gulbahor, Dildor, Ra`no, Saodat va boshqa obrazlar yorqinligi, jozibasi bilan alohida diqqatga sazovordir. Bu obrazlar talqinida ham aktrisa ijodining o`ziga hos muhim individual qirralari yarq etib ko`zga tashlanib turadi.
San`atkor o`zbek kino va teatr san`atida o`z o`rniga, o`z ovoziga ega bo`lgan diapozoni keng, qiziqish doirasi katta, ma`naviy jihatdan teran, tinib-tinchimas, etuk aktrisadir. U bir necha o`n yillardan beri O`zbekiston televideniesida ham faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 1960 yilda yaratilgan birinchi o`zbek telefilmi "Azizaxon" dagi bosh rol, "Zaynab va Omon" (1957), "Ettinchi qadah" (1977) telespektallaridagi Zaynab, Xonim obrazlari keng san`at muxlislariga manzur bo`ldi. Yayra Abdullaeva 50-yillardan beri respublika radiosida qatnashib "Teatr mikrofon oldida", "Bir aktyor teatri" nomli eshittirishlarda faol ishtirok etdi.
Evripidning "Medeya", Sh.R.Rashidovning "Kashmir qo`shig`i", "Qudratli to`lqin", A.S.Pushkinning "Dubrovskiy" asarlari asosida tayyorlangan radiospektakllarda Medeya, Bahor, Mariya obrazlarini katta mahorat bilan ijro etdi. Ibsenning "Nora" asari asosida tayyorlangan radiospektaklda u ham postanovkachi rejissyor, ham aktyor sifatida qatnashdi.
Yayra Abdullaevaning sermazmun va serqirra ijodiy faoliyati yuksak takdirlandi. 1964 yilda aktrisaga "O`zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni berildi. V.Shekspirning "Qirol Lir" tragediyasida yaratgan Regina obrazi uchun 1967 yilda Respublika Davlat mukofotaga sazovor bo`ldi.
Aktrisa 1998 yilda “Do`stlik” ordeni, 2011 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Yayra Abdullaevaning umr bekatlari | 53 | 3,729 |
Madaniyat | “Bir-ikki yil litsenziyasi olib qo‘yilsa ham, ularning ko‘zi ochilmadi”. Yunusobod bosh imom-xatibi qiziqchilarni tanqid qildi | Yunusobod tumani bosh imom-xatibi, Toshkent islom instituti o‘qituvchisi, “Mirza Yusuf” jome’ masjidi imom-xatibi Rahmatulloh qori Sayfuddinovning ayrim san’atkorlar, kulgu ustalari haqidagi ma’ruzasi ijtimoiy tarmoqlarda faol tarqalmoqda, deb yozadi “Qalampir.uz”.
Ma’ruzada “fahsh so‘zlari”dan foydalanib, shu bilan tirikchilik qilayotgan “ba’zi bir guruh”lar tanqid ostiga olingan.
Faqat fahsh, o‘yin so‘zlardan foydalanib, buni ommaviy axborot vositalariga, televideniye, internet orqali odamlar e’tiboriga havola qilish, shu bilan tirikchilik qilishga o‘tib, o‘zlarini “san’atkor” deb atayotgan ba’zi bir guruhlarni ko‘ryapmiz. Bir-ikki yil davomida litsenziyasi olib qo‘yilsa ham, ularning ko‘zi ochilmadi. Xalqning, millatning tarbiyasini buzadigan shaytonlar ular.
Rahmatulloh qori Sayfuddinov, Yunusobod tumani bosh imom-xatibi
Imom-xatib o‘z so‘zida “odamlarni fahsh yo‘l bilan kuldirishga harakat qilib, xalqning ma’naviyatini buzayotganlar”ga qarata Qur’onda yozilgan oyatlarni keltirib o‘tgan.
Millatning ma’naviyatini yuksaltirish uchun qayg‘urib, hamma qo‘lidan kelganicha xizmat qilyapti. Lekin millat orasida fahshni yoyish bilan do‘stlik havola qilinmaydi, millatning dushmani ekani ko‘rsatiladi.
Rahmatulloh qori Sayfuddinov, Yunusobod tumani bosh imom-xatibi
“Qalampir.uz”ning qayd etishicha, imom-xatib o‘z ma’ruzasida aniq bir qiziqchining ismi, biror kulgu jamoasining nomini tilga olmagan bo‘lsa-da, “aytilgan gaplarning bir uchi ‘Million’, ‘Dizayn’ kulgu jamoalariga ham tegishli ekanini anglash qiyin emas”.
Ma’lumot uchun, “Million” kulgu jamoasining 2014-yildagi konsertidan so‘ng, guruh sahnaga olib chiqqan ko‘plab hazillar jamoatchilik tomonidan tanqid qilingan va jamoaning litsenziyasi “O‘zbeknavo” tomonidan tugatilgan edi. Jamoa 2016-yilda litsenziyasini qaytarib oldi, uning yangi konserti esa yana muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 126 | 2,037 |
Madaniyat | Abu Dabi madaniy meroslar festivalida O`zbekiston ko`rgazmasi ochildi | BAAning Abu Dabi shahrida 2 dekabr kuni Shayx Zayid nomidagi Abu Dabi madaniy meroslar festivali boshlandi. Festivalda eng kombinasiyalashgan o`zbek paviloniga tashrif buyurgan turistlar soni ko`pchilikni tashkil etmoqda.
Festivaldagi O`zbek paviloni Registon maydoni shaklida qurilgan. Yon-atrofidagi hujralarda hunarmandchilik, naqsh o`ymakorligi, gilamdo`zlik, so`zana tikish san`ati kabi o`zbek milliy madaniy meroslari ekspozisiyalari, miniatyura rassomlari o`rin egallagan. Turistlar o`zbek amaliy san`ati namunalarini qiziqish bilan tomosha qilishmoqda.
Festivalning ochilish marosimida sozandalar o`zbek milliy cholg`ulari: karnay, surnay, doira va nog`ora bilan musiqiy kompozisiyalarni ijro etishdi. Tashrif buyuruvchilar o`zbek maqomchilari ijrosida “Tanovar”ni tinglashdi.
Pavilonda o`zbek oshxonasi, meva va sabzavot mahsulotlari ham namoyish qilindi.
“Abu Dabi festivalidagi pavilonlar 2018 yil Shahrisabzda o`tkazilgan Xalqaro maqom san`ati forumidagi har bir viloyat uchun alohida tiklangan pavilonlarni yodga soladi, – deydi o`zbek delegasiyasi vakillaridan biri Sardor Babaev. – Maqom festivalida 14 ta pavilon 14 ta hududning o`ziga xos madaniyati, san`ati va an`analarini namoyon etgan bo`lsa, Abu Dabi festivalida o`sha pavilonlar yaxlit bir holda, O`zbekiston madaniyati va san`atini dunyoga tanishtirmoqda”.
Madaniy meroslar festivali 26 yanvargacha davom etadi. | 69 | 1,386 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.