folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | “Bu aniq emas”. Xyu Jekman teri saratoniga tekshiruvdan o‘tganini so‘zlab berdi | Gollivud yulduzi Xyu Jekman teri saratoniga topshirgan biopsiyasi natijalarini ishonarli emas deb atadi. Aktyor yana bir bor karsinomalar mavjudligiga tahlil topshirgan, deb xabar beradi “Film.ru”.
“Biopsiyam bo‘yicha yangilanish. Natijalar aniq emas. Bu ular chuqur tahlil o‘tkazmaganini bildiradi. Bundan yomonroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa — bazalhujayrali karsinoma. Shunday ekan, suratga tushib bo‘lganidan so‘ng, qayta test topshiraman. Takrorlayotganimni va bu hech qachon tugamasligini bilaman, ammo iltimos, teringizni tekshiring va himoya vositalarini surting. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Sizlarning izohlaringiz va tarixingizni o‘qib boraman. Agarda ushbu post orqali hech bo‘lmaganda bir kishi dermatologga borsa, men baxtliman”, — deb yozadi Xyu o‘zining Instagram’dagi sahifasiga.
View this post on Instagram
Ta’kidlash kerakki, bu Jekman birinchi marta teri saratonidan davolanmayapti. Unga kasallik tashxisi birinchi bor 2013-yilda qo‘yilgan va o‘shandan buyon Xyu olti martda uni yengdi.
Avvalroq Gollivud aktrisasi Sheron Stoun insult va klinik o‘limni boshidan o‘tkazganini so‘zlab bergandi.
Kayli Minoug, Robert de Niro, Xyu Jekman va saraton tashxisi qo‘yilgan boshqa yulduzlar (foto) | 79 | 1,237 |
Madaniyat | “Mendirman Jaloliddin” badiiy film, hujjatli emas!” – muallif. Shuningdek, kimyo muhandisi bo`lgan bosh rol ijrochisi va tariximizga qiziqqan prodyuser haqida | So`nggi kunlarda muhokamalar maydonining qizg`in baxslaridan biriga aylangan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali ko`pchilikni tarix sahifalari, tarix adabiyotlarini qayta ko`rib chiqishga undayotgani bor gap. Badiiy to`qimalarga boy bo`lgan mazkur filmni ko`rish orqali tomoshabin uning tarixiy haqiqatlarga qanchalik mos kelishini tekshirib ko`radi. O`zi uchun aslida Jaloliddinning kim ekanligini kashf etadi. Aslida har ikki holatda ham Jaloliddin Manguberdi shaxsi ulug`langan qiyofada aks etadi. Unga taqlid qiluvchilar, uni o`ziga timsol sifatida ko`ruvchilar soni ko`payadi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ayni fikrlarni ilgari surgan “Mendirman Jaloliddin” kinoijodkorlari matbuot anjumanida bosh rol ijrochisi Emre Kiviljim, prodyuser Mehmet Bozdag`, ssenariy mualliflaridan biri Boboxon Shariflar ham so`zga chiqishdi.
EMRENING ASL MUTAXASSISLIGI – KIMYo MUHANDISI
Jaloliddin Manguberdi obrazini gavdalantirgan Emre Kiviljimning aytishicha, u 1991 yili Turkiyaning Malatya shahrida dunyoga kelgan. Asli mutaxassisligi kimyo muhandisi. Jaloliddin esa tarixiy filmlardagi ikkinchi roli. “Eng katta orzuim esa Amir Temur rolini ijro etish. Buning imkoni bo`ladimi-yo`q, hozircha bilmayman”, - deydi u bizga bergan intervyusida.
SERIAL PRODYuSERINING “MENDIRMAN JALOLIDDIN”DAN OLDIN O`ZBEK TARIXIGA QIZIQIShI BO`LGAN
Mehmet BOZDAG`, “Bozdag’ film” asoschisi, “Mendirman Jaloliddin” seriali prodyuseri:
– O`zbek adibi Odil Yoqubovning “Ulug`bek xazinasi”, “Ko`hna dunyo” asarlarini o`qiganimda O`zbekiston tarixi haqida kino yaratish g`oyasi tug`ilgan edi. Shu bois Jaloliddin Manguberdi haqida serial olish taklifini katta mamnuniyat va qiziqish bilan qabul qildim. Zero, bu bizning mushtarak tariximiz, ota yurtimiz qahramonlari haqidagi filmdir. Unga tayyorlanish jarayonida 9 oy Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva kabi tarixiy shaharlarda bo`lib, 1200 yil oldingi manbalarni o`rgandik, tarixiy voqealar, o`sha paytdagilarning yashashsh tarzini ko`z o`ngimda jonlantirishga harakat qildim. Hamkorlikda olingan ushbu serialdan keyin bizga yana takliflar tusha boshladi. Kelajakda Amir Temur, Ibn Sino, Ulug`bek kabi buyuk insonlar haqida ham film olish rejamiz bor. O`zbek tarixini dunyoga tanitish niyatim bor, ota-bobolarimiz bizdan rozi bo`lsin.
“MENDIRMAN JALOLIDDIN” BADIIY FILM, HUJJATLI EMAS!”
Boboxon ShARIF, yozuvchi, ssenariy mualliflaridan biri:
– Unda badiiy to`qima me`yordan oshib ketgani borasida e`tiroz bildirilmoqda. Yana takrorlayman, “Mendirman Jaloliddin” janriga ko`ra badiiy film, hujjatli film emas! Lekin shunga qaramay, tarixiy voqelikni to`laqonli ifodalashga jiddiy e`tibor qaratilmoqda. Obrazli qilib aytadigan bo`lsak, endigina urug` ekdik. U hali niholga aylanib yaproq chiqarishi, g`unchalashi kerak. So`ngra meva tugadi. Tomoshabinlarimiz sabr bilan serialning qolgan qismlarini ko`rsinlar. Ular kutgan tarixiy voqealar ham navbati bilan tasvirlanadi. Birinchi faslidagi 13-ceriya uchun oz emas, ko`p emas 1500 sahifali ssenariy yozildi. Oldinda yana ikkita fasl bor. Biz ssenariyni takomillashtirib, boyitib bormoqdamiz.
Sardorbek Rahmonqulov
Mavzuga oid:
Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialida nega Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov va “Mendirman o`sha” klipi qaxramoni o`ynamaganligiga izoh berdi
Ra`no Shodieva “Mendirman Jaloliddin” serialidagi ona roli uchun juda yosh. Uning o`zi bu haqida nima deydi? | 158 | 3,366 |
Madaniyat | Koronavirus tufayli “Oskar” qoidalariga o‘zgartirish kiritildi | “Oskar” mukofoti tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sabab filmlarni tanlab olish qoidasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror qabul qildi. Nomzodlarni tanlab olish jarayonida vaqtincha faqat onlayn ravishda namoyish etilgan kartinalar ishtirok etadi. Bu haqda Amerika kinosan’ati akademiyasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, avvalroq kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan, biroq dastlab tijoriy striming yoki VOD-platfomada (so‘rov bo‘yicha video) namoyish etilgan filmlar “Yilning eng yaxshi filmi” nomiga da’vogarlik qilishi mumkin.
Buning uchun kartina egalari kinoakademiya a’zolariga film onlayn taqdim etilganidan boshlab 60 kun ichida uning nusxasini maxsus himoyalangan sayt orqali tomosha qilishlari uchun topshirishi kerak.
“Film tanlovning qolgan barcha talablariga javob berishi kerak”, — deyiladi xabarda.
Bunga qadar “Oskar” mukofoti faqatgina Los-Anjelesdagi (Kaliforniya) har qanday tijoriy kinoteatrlarda hech bo‘lmasa bir hafta namoyish etilgan filmlar da’vogarlik qilishi mumkin edi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu kabi yengillik “Oskar”ning 2021-yil 28-fevraldagi marosimiga tegishli bo‘lib, kinoteatrlar ochilgach, qoidalar yana o‘z holiga qaytariladi.
Shuningdek, kinoakademiya yana bir qator yangiliklarni joriy etdi: | 62 | 1,268 |
Madaniyat | Leonid Gayday rejissorligidagi mashhur komediya —“Kavkaz asirasi” yulduzlarining taqdiri qanday kechdi? | 1967-yilda eng mashhur sovet talabasi — oqko‘ngil Shurikning sarguzashtlari haqidagi komediya ekranlarga chiqdi. Sirkda arqonda yuruvchi Natasha Varley sportchi va go‘zal qiz Nina roliga ma’qullandi (boshqa aktrisalarning deyarli 500 ta fotosurat sinovlaridan so‘ng). Ammo Yuriy Nikulin va Yevgeniy Morgunov ancha vaqtgacha suratga tushishga rozi bo‘lmaydi va Gaydaydan film sujetini yakunlashni talab qilishadi — ular ssenariy hali xom, qayta ishlanishi kerak deb o‘ylashgan. Kutilmaganda komediya muvaffaqiyat qozondi, o‘z qahramonlarini esa abadiyatga muhrladi.
Natalya Varley, 75 yoshda
Leonid Gayday bilan ishlash Estrada va sirk maktabining 19 yoshli bitiruvchisi Natalya Varley uchun haqiqiy omad edi. Biroq “sportchi, komsomolchi va sohibjamol” o‘z karyerasini keskin o‘zgartirishga qaror qiladi va keyingi roli sifatida birinchi sovet dahshatli filmi “Viy”dagi jodugar ayol obrazini tanlaydi. Shundan so‘ng aktrisa komediya (“12 stul”) va drama (“Oltin”)larda rol o‘ynasa-da, ammo Gayday filmidagi kabi mashhur bo‘lmadi.
Varleyning ikki o‘g‘li bor. Aktrisaning katta o‘g‘li Vasiliy ikkinchi eri — aktyor Vladimir Tixonov bilan turmushidan. 1985-yilda aktrisaning ikkinchi o‘g‘li Aleksandr tug‘iladi, u hozirda rejissor bo‘lib ishlaydi va o‘z kinostudiyasini boshqaradi. Uning otasi, mish-mishlarga ko‘ra, o‘zbek aktyori O‘lmas Alixo‘jayev bo‘lib, Varley u bilan 1984-yilda “Olovli yo‘llar” filmida birga rol o‘ynagan. Ammo aktrisa bu mavzuda gapirmaydi, o‘g‘liga ham o‘z familiyasini bergan.
Olti yil oldin Nastya Zadorojnaya “Kavkaz asirasi” filmi remeykida Varley qahramonini o‘ynagan. Gayday komediyasining yangi versiyasi kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi: 3,5 million dollarlik budjet bilan kartina 180 000 dollar yig‘a oldi, xolos. “Kinopoisk” veb-saytidagi remeykning reytingi 10 dan 1 ball.
Sovet kinosining eng go‘zal besh aktrisasi hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
Aleksandr Demyanenko, 1937 — 1999
GITIS bitiruvchisi dastlab dramatik aktyor sifatida ish boshlagan, ammo 60-yillarning o‘rtalarida Demyanenko Leonid Gayday komediyalari seriyasida g‘alati talaba Vladik Arkov roliga tasdiqlangan ( bu rol uchun Vitaliy Solomin va Yevgeniy Petrosyan ham kasting topshirgan). Natijada qahramon nomini bosh aktyor sharafiga o‘zgartirishga va aktyorning sochini bo‘yashga qaror qilinadi. Leonid Gayday Shurikni sariq sochli yigit sifatida ko‘radi, Demyanenkoning sochlari esa to‘q jigarrang edi. Doimiy soch bo‘yashdan aktyorning bosh terisi yallig‘lanadi, shuning uchun franshizaning navbatdagi filmi — “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi”da — Demyanenko tabiiy sochida ko‘rinish beradi.
Aktyor maktabdoshi Marina Sklyarovaga uylanib, keyinchalik “Lenfilm” xodimasi Lyudmila Nevolina bilan oila quradi. Demyanenko Lyudmilaning birinchi turmushidan bo‘lgan qizini o‘z bolasidek ko‘radi, ammo er-xotinning o‘zi farzand ko‘rolmaydi.
Aktyor 62 yoshida yurak ishemik kasalligidan vafot etadi. 2005-yilda uning bevasi Lyudmila Demyanenko ham dunyodan ko‘z yumadi.
Sevimli Shurik — afsonaviy aktyor Aleksandr Demyanenko haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar (foto)
Frunzik Mkrtchyan, 1930 — 1993
Aktyor arman genotsididan qochgan tabelchi va idish yuvuvchi oilasida tug‘ilgan. Frunzik 15 yoshida havaskorlar to‘garagida rol o‘ynay boshlaydi, teatr va san’at institutining ikkinchi yilida yosh aktyor kinoga taklif etila boshladi.
Mkrtchyan “Kavkaz asirasi” filmida o‘zining ikkinchi rafiqasi Donara Pilosyan bilan birga rol o‘ynagan, u o‘rtoq Saaxov haydovchisining rafiqasi rolini ijro etgan. Donara aktrisaning o‘zi kabi taqdiri fojiali bo‘lgan aktyordan Nina ismli qiz va Vazgen ismli o‘g‘il ko‘radi. Donara Mkrtchyan ikkinchi farzandi tug‘ilgandan keyin shizofreniya bilan kasallanadi. Frunzik xotinini davolanish uchun Fransiyaga yuboradi, ammo rafiqasining ahvolida hech qanday yaxshilanish bo‘lmaydi. Donara hayotining so‘nggi 25 yilini Armanistonning Sevan shahridagi psixiatriya klinikasida o‘tkazadi va uning tashxisi o‘g‘liga o‘tadi. 31 yoshli Vazgen Mkrtchyan ham 2003-yilda aynan shu kasallikdan vafot etadi. Aktyorning qizi Nina Mkrtchyan esa 39 yoshida avtohalokat tufayli dunyodan ko‘z yumadi.
Frunzik Mkrtchyan 63 yoshida yurak xurujidan vafot etadi.
“Kavkaz asirasi”da Jabroil, “Mimino”da Xachikyan — armanistonlik aktyor Frunzik Mkrtchyanning taqdiri qanday kechgan? (foto)
Vladimir Etush, 1922-yil 6-mart — 2019-yil 9-mart
Etush — Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi. Aktyor 19 yoshida frontga ketib, Kabarda va Osetiya tog‘larida jang qilgan, Ukrainaning Rostov-Don shahrini ozod qilishda qatnashgan. Urushdan keyin Etush Shchukin maktabini tugatadi va 8 yildan so‘ng filmlarda rol o‘ynay boshlaydi.
“Kavkaz asirasi” aktyorning beshinchi roli edi. O‘sha paytda aktyor uchinchi marta uylangandi, 10 yoshli Raisa ismli qiz bor edi. 90-yillarning o‘rtalarida Raisa Etush amerikalik neft biznesmeniga turmushga chiqadi va AQShga ketadi.
Vladimir Etush 96 yoshida yurak xurujidan vafot etadi.
Vitsin, Andrey Mironov, Natalya Varley — bir-birini takrorlamaydigan obrazlarni mahorat bilan ijro etgan Sovet davri aktyorlari (foto)
Georgiy Vitsin, 1917-yil 18-aprel — 2001-yil 22-oktabr
Mashhur uchlikdan “qo‘rqoq” so‘nggi kunlargacha Kino aktyorlari teatrida rol o‘ynadi, ammo olgan puli yashash uchun zo‘rg‘a yetardi. Vitsin boshqalarning yordamidan bosh tortadi, nafaqa va kam miqdordagi gonoraridan ko‘chadagi it va kaptarlarni boqish uchun pul ajratardi. Aktyor kamdan kam hollarda uyidan chiqardi, matbuotda ko‘rinish bermasdi.
Aktyorning dafn marosimiga uning bevasi Tamara Michurina va qizi Natalya, bir nechta qarindoshlari va qo‘shnilari kelishadi. Yodgorlik va qabr panjarasi uchun bir necha yillardan beri mablag‘ yig‘ishga harakat qilinsa-da, kerakli pul yig‘ilmaydi.
Ichmaydigan Vitsin, suvga oqib ketgan Shurik. “Kavkaz asirasi” filmi haqida tomoshabinga ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlar
Yevgeniy Morgunov, 1927-yil 27-aprel — 1999-yil 25-iyun
“Kavkaz asirasi” filmining premyerasi Leonid Gayday va Yevgeniy Morgunov o‘rtasidagi janjalning shov-shuvida qolib ketadi. Morgunov filmning yopiq texnik namoyishida katta janjal chiqaradi. U namoyishga mast holda, ichib olgan qizlar bilan keladi va oxirgi qatorga o‘tirvolib Gaydayni haqorat qiladi. Aktyorni olib ketishadi va rejissor lentani qayta ishlab, Morgunov ishtirok etgan barcha sahnalarni imkon qadar kesib tashlaydi. Shundan keyin Gayday Morgunov bilan umuman ishlamaydi — umrining oxirigacha u bilan gaplashmaydi.
Biroq Morgunovning o‘zi uchun 1966-yil omadli keladi. Yosh xotini aktyorning birinchi farzandi — Antonni dunyoga keltiradi va 1972-yilda oilada ikkinchi o‘g‘il Nikolay tug‘iladi. Afsuski, Morgunovning kenja o‘g‘li rulda uxlab qolib, 26 yoshida vafot etadi.
Kulgi ortidagi dard: “I operatsiyasi” filmi yulduzi Yevgeniy Morgunovning hayoti qanday kechgan? (foto)
Yuriy Nikulin, 1921-yil 18-dekabr — 1997-yil 21-avgust
Nikulin 18 yoshida frontga ketgan va Sovet-Finlyandiya kampaniyasida qatnashgan, Leningrad yaqinida jang qilgan, “Jasorati uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun” va “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan taqdirlangan.
Demobilizatsiyadan so‘ng Yuriy Rangli bulvardagi Moskva sirkidagi masxarabozlar studiyasiga ishga kiradi — Nikulin “aktyorlik mahorati yo‘qligi uchun” VGIKga qabul qilinmaydi.
28 yoshida Yuriy Nikulin o‘zining bo‘lajak rafiqasi, sirk artisti va aktrisasi Tatyana Pokrovskaya bilan tanishadi, u umrining oxirigacha rafiqasi bilan birga yashab, o‘g‘li Maksimni (hozirda Rangli bulvardagi sirk direktori) birgalikda katta qiladi.
200 rublga tushgan shohona tushlik, KGB nazoratida bo‘lgan “Brilliant qo‘l”, Brejnevga yoqqan “Kavkaz asirasi”: tomoshabinlar qalbidan joy olgan Leonid Gaydayning mashhur filmlari | 103 | 7,687 |
Madaniyat | Yangi “Sotqin” filmi “videoqaroqchilar” o‘ljasiga aylandi | Taniqli kinorejissor Rustam Sa’diyevning “Sotqin” filmi “videoqaroqchilar” o‘ljasiga aylandi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Nashr yozishicha, Rustam Sa’diyevning o‘zi Facebook’dagi sahifasiga filmning do‘konda sotilayotgan “qaroqchi” nusxasi suratini joylab, unga izoh ham qoldirgan.
Unda bu filming “piratskiy” nusxasi ekanligi, lekin litsenziyali varianti boshqacha bo‘lishi aytilgan. “Bizda mualliflik qonunlarining ishlamasligi shunaqa bemalol haromxo‘rlik qilishga olib keladi”, — deya ta’kidladi rejissor. | 57 | 515 |
Madaniyat | Farhod Alimov bilan to‘yi chet elda bo‘lishi taxmin qilingan xonanda Rayhon Dubayga jo‘nab ketdi | Xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan asal oyini o‘tkazish uchun 13-noyabr kuni Dubayga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Fattohhon.com” sayti ma’murlaridan biri Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Rayhonning o‘zi 13-noyabr kuni Toshkent aeroportida kutilmaganda aktrisa Halimaxon bilan uchrashib qolgani haqida Instagram’da fotoxabar qoldirgan.
Halimaxon esa shu kunning o‘zida Dubaydagi Burj Xalifa minorasi fonida basseynda cho‘milayotgani aks etgan suratni Instagram’dagi sahifasida e’lon qilib ulgurdi.
Ma’lumot uchun, xonanda Rayhon va taniqli boshlovchi Farhod Alimovning oila qurayotgani haqidagi xabarlar oktabr oxirida tarqalgan edi. Xonanda va boshlovchi nikohdan o‘tgani munosabati bilan, 5-noyabr kuni Toshkentda osh berdi.
Avvalroq to‘y tor doirada, ehtimol, chet elda o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Bunga sabab qilib Rayhonning xavfsizligini ta’minlash ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 96 | 1,079 |
Madaniyat | Sud Janna Friskening oilasiga xonandaning davolanishiga sarflanmagan 22 mln rublni qaytarish majburiyatini yukladi | Moskvaning Perovsk sudi sudyasi Sergey Savostyanov rossiyalik marhum xonanda Janna Friskening ota-onasiga “Rusfond”ga xonandaning davolanishiga sarflanmagan 21,6 million rublni (1,4 milliard so‘mdan ziyodroq) qaytarish majburiyatini yukladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Friske oilasi vakillari dalillar mavjud emasligi bois surishtiruvlarni to‘xtatishni so‘ragan, shuningdek, buxgalter mablag‘ning sarflanishi borasida to‘liq hisobot tayyorlayotganini ma’lum qilgan edi.
Janna Friskening onasi Olga Friske sud majlisiga kelmadi, xonandaning sobiq turmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelev pulning katta qismi aynan uning qo‘lida ekanligini taxmin qilmoqda.
Janna Friske 2015-yil 15-iyun kuni saraton xastaligidan vafot etgan edi. Uning davolanishiga pul yig‘ib bergan “Rusfond” jamg‘armasi davolanish jarayoniga yo‘naltirilmagan pullarni qaytarish maqsadida xonandaning ota-onasini sudga bergan edi. | 114 | 896 |
Madaniyat | Instagram: Turmush o‘rtog‘ining yuzini ko‘rsatgan Zarina Nizomiddinova, Shahzod Sultonov Feruza Normatovaga uylanyaptimi? Parizodaga qizlarining romantik sovg‘asi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Sevara Nazarxon 6 yoshli qizi Imon Anvarga Toshkent ko‘chalarida mashina haydashni o‘rgatayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Jahongir Xo‘jayev Ahad Qayum bilan birgalikda “Zamonlar osha” filmi qahramonlari obrazida ko‘rinish berdi.
“Bravo” kulgi jamoasi vakili Otabek Mirzaxolov xonadonida sumalak tayyorlandi.
Muqaddas Sa’dullayeva kuzatuvchilariga mehr-muhabbat yor bo‘lishini tiladi.
G‘ulomjon Yoqubov endigina san’atga kirib kelayotgan iste’dodli nevarasi bilan duet kuyladi.
Turk aktyorlari juftligi Kadir Dog‘ulu hamda Neslihan Atagul muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Vohidjon Isoqov ota-onasini kechki ovqatga taklif etib, Muzaffar Abduazimov ijrosidagi taronani onasiga sovg‘a qildi.
Fahriye Evjen ham sahifasiga turmush o‘rtog‘i Burak O‘zchivit bilan tushgan suratini joyladi.
Raqqosa Parizoda qizlari E’zoza va Sa’diya uning uchun tayyorlagan romantik konsert dasturini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Feruza Jumaniyozova 14-fevral sanasida tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
Zarina Nizomiddinova ilk marta turmush o‘rtog‘ining yuzi ko‘ringan videoni sahifasiga joyladi.
Aktrisa Feruza Normatova aktyor Shahzod Sultonov bilan bir-birini sevishi haqidagi mish-mishlar asosli ekanligiga ishora qiluvchi suratni sahifasiga joyladi. “O‘zingiz ham sezib yurgan edingiz, azizlar, hammasini oshkor qilish vaqti keldi”, — deydi aktrisa.
Shahzod Sultonov ham Stories’iga uylanayotganiga ishora qiluvchi rasm joyladi. | 162 | 1,588 |
Madaniyat | Asaldan noligan Shohruxxon, ko‘p farzandli Bobur Yo‘ldoshev, imijini o‘zgartirgan Umidaxon. Instagram yangiliklari | 29-iyun kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Munisa Rizayeva yosh xonandaning san’atga kirib kelishiga hissa qo‘shdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Bahora Arslonova va uning eng yaqin hamkasb do‘sti.
View this post on Instagram
To‘yda jajji muxlislari qarshisida qo‘shiq kuylagan Rayhon.
View this post on Instagram
Instagram’da kamnamo bo‘lgan aktyor Bobur Yo‘ldoshev oilaviy hordiq aks etgan surat bilan bo‘lishdi. “Hammasi meniki” deb nomladi suratni aktyor.
View this post on Instagram
Farzand kutayotgan aktrisa Asal Shodiyeva turmush o‘rtog‘i Shohruxxonni besh soat yo‘l yurib, chiroyli sharshara oldiga chiqishga majburladi. Ularning YouTube kanaliga ushbu jarayon aks etgan video joylandi.
Qiziqchi Otabek Mirzaxolov qiziqarli arxiv surat bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Zarina Nizomiddinova muxlislariga chaqalog‘i bilan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Yangi klip uchun imijini o‘zgartirgan Umidaxon folloverlarini g‘iybatdan saqlanishga chaqirdi.
View this post on Instagram
29-iyun kuni Turkiyaning eng yulduzli juftliklaridan biri Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen turmush qurganiga 3 yil to‘ldi. Fahriye Evjen mazkur sana munosabati bilan to‘y suratini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Botir Qodirov 30 kishilik to‘yda xizmatda bo‘lganini yozdi. Biroq videoda mehmonlar soni 30 kishidan ancha ko‘pligini ko‘rish mumkin.
View this post on Instagram | 114 | 1,658 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” seriali “Oltin globus”ga da’vogarlik qilmoqda | Netflix kompaniyasining “Juda g‘alati ishlar” hamda HBO telekanalining “Taxtlar o‘yini” seriallari “eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasi uchun kurashmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bundan tashqari, ularning raqiblari qatorida yana o‘sha Netflix kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan “Toj”, Hulu kompaniyasining “Xizmatkor hikoyasi” hamda NBC telekanalining “Bu biz” serillari bor.
Taqdirlash marosimi 7-yanvar kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. | 62 | 459 |
Madaniyat | Mo`ynoqda suratga olingan "Dengizni kutib" filmi jahon kinofestivallarida 2 nominasiya bo`yicha g`olib bo`ldi | Nyu-Yorklik kinorejissyor Jorj Isxakning Mo`ynoq shahrida suratga olingan "Dengizni kutib" qisqa metrajli hujjatli filmi “Moscow Shorts International Film Festival” hamda “Long Story Shorts International Film Festival” festivallarida "Eng yaxshi hujjatli film" va "Eng yaxshi operatorlik ishi" nominasiyalarida g`olib bo`ldi.
"Dengizni kutib" filmida mamlakatning elektron hamda xalq musiqasi Orol dengizining ayanchli taqdiri bilan uyg`unlashtirilgan.
Hujjatli film jahonning 8 ta kinofestivalida qatnashib, "Eng yaxshi hujjatli film" va "Eng yaxshi operatorlik ishi" nominasiyalari bo`yicha g`oliblikka munosib ko`rildi.
Kelgusida rejissyor ushbu filmni kinoijodkorlarning keng jamoatchiligi bo`lgan Buyuk Britaniya va Germaniyada namoyish etishni va Markaziy Osiyoga eshiklarni ochishni rejalashtirmoqda. | 109 | 810 |
Madaniyat | Samarqandda “Maqom” ansamblining ilk taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi | Samarqand san’at kolleji konsert zalida Samarqand viloyat madaniyat boshqarmasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Maqom” ansamblining ilk taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar berdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev, respublika maqom markazi rahbari Soyibjon Begmatov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Sharofov Samarqand azaldan maqom yurti ekanligi, u ajdodlardan meros qadim ohangligi, xalqning milliy qadriyatlarini yoshlarga o‘rgatishini e’tirof etdi.
“Bugungi qo‘shiqlarni hayajon bilan tinglab o‘tirdim, — deydi Munojot Yo‘lchiyeva. — Samarqanddagi “Maqom” ansamblining aynan yoshlardan tarkib topgani ham bizning yutug‘imiz. Ularning aksariyati shogirdlarimiz. Bugun ularning ijrosini tinglab, bergan saboqlarimiz beiz ketmaganiga amin bo‘ldim. Maqom san’atining rivojlanishiga Yurtboshimiz tomonidan e’tibor qaratilgani bejiz emas. Chunki maqom insonning yuragiga kirib boradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Maqom qo‘shiqlarini idrok etgan sari, insonning ma’naviy olami boyiydi”. | 67 | 1,095 |
Madaniyat | Koronavirus yuqtirib olgan “Benom”chi Komil xalqning og‘ir kunidan pul ishlayotganlar haqida alam bilan gapirdi (video) | “Benom” guruhi xonandasi Komil Fozilov koronavirus yuqtirib oldi va davolandi. Komil Fozilov ushbu kasallikdan qanday tuzalgani va doriga qo‘shib vijdonini sotayotganlar haqida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga gapirib berdi.
Bunday og‘ir vaziyatda imkoniyatdan foydalanib, dorilarni qimmat sotayotgan farmatsevtlarimizga murojaat qilgan bo‘lardim. Iltimos, “Mana vaqti bo‘ldi, foydalanib qolishim kerak”, degan o‘y-fikrni miyalaringizdan chiqarib yuboringlar. Birovni qiyinchiligidan foydalanib erishilgan pul, kerak bo‘lsa 700 barobar bo‘lib chiqadi. Bugunmasdir, ertamasdir, lekin baribir chiqadi. Shunday ekan, Allohdan qo‘rqing. Bunday qaltis vaziyatda “soqqa qilish”ni o‘ylamang. Biz bilmasligimiz, ko‘rmasligimiz mumkin, oddiy odamlarmiz, lekin Alloh taolo ko‘rib turibdi. Bunday qiyinchilik paytida xalqimizga yordam berishni o‘ylanglar.
Sizning ham yaqin insoningiz orangizdan ketib qolganida, boshingiz devorga uriladi. “Qaysi gunohim uchun bunday bo‘ldi” deb o‘ylaysiz. O‘shanda yodingizga tushmasligi mumkin, bir kishining og‘ir vaziyatidan foydalanib topgan pulingiz yaqinlaringizga urishini.
Men juda ko‘p ko‘rdim, kuzatdim. Bitta oddiy 500 so‘m turadigan dorini 500 ming so‘mga sotganlarni ko‘rdim. Shunaqa afsuslanib ketdim, qanaqa zamonki, birovning qiyinchiligidan manfaat ko‘rilsa. Bu yaxshi oqibatga olib kelmaydi.
Hozir bir-birimizga yordam qo‘lini cho‘zib, birdam bo‘lib, kasallikni yengadigan davrdamiz.
Komil Fozilov, “Benom” guruhi xonandasi, bastakor | 119 | 1,476 |
Madaniyat | O‘zbekistonda “Ko‘k kit” o‘yinining ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan film suratga olindi | O‘zbek kinoijodkorlari “Ko‘k kit” o‘yinining ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan film ustidagi ishlarni yakunlamoqda. Bu haqda MyDay ma’lum qildi.
“Qotillar o‘yini” deb nomlangan va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishlanayotgan film jangari, mistika hamda triller janrlarida suratga olingan.
Filmning jang lavhalari uchun ikki oydan ziyod tayyorgarlik ko‘rildi va barcha sahnalar tabiiy suratga olingan. Jang sahnalarini qo‘l jangi bo‘ycha murabbiy Sarvar Siddiqov sahnalashtirdi.
Filmda bosh rollarni Shavkat Komilov, Jamila G‘ofurova, Alixan, Begzod Tojiyev, Sevara Soliyeva, Muhammad Ali Iskandarov va Feruza Sobitova gavdalantirdi.
Rejissor Laziz Ashuraliyev, operator Rustam Yo‘ldoshev, g‘oya muallifi Shavkat Komilov. Filmni suratga olish ishlari yakunlangan bo‘lib, uning taqdimoti kuz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. | 91 | 846 |
Madaniyat | Oliver Stounning Putin haqidagi filmi AQShda 12-iyundan boshlab namoyish etiladi | Amerikalik rejissor Oliver Stounning Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi 4 soatli filmi premyerasi 12-iyun kuni Showtime kabel telekanalida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Putin bilan intervyu” deb nomlangan film qismlarga bo‘linadi va qatorasiga 4 kun davomida namoyish etiladi.
Mavzuda doir: Oliver Stoun Vladimir Putin haqidagi film ustida ish boshladi
Oliver Stounga ko‘ra, film amerikaliklarni “boshqacha dunyoqarash” bilan tanishtiradi va Putinning Rossiya prezidenti etib saylangan 2000-yildan keyingi hodisalarga munosabati haqida hikoya qiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 80 | 651 |
Madaniyat | BAHODIR YO`LDOShEV "YIL REJISSYoRI" NOMINASIYaSI G`OLIBI BO`LDI | Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san`at sohalaridagi "Ehtirom" mukofoti taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
O`zining fidokorona mehnati bilan barchani e`tiboriga tushgan O`zbekiston xalq artisti, rejissyor Bahodir Yo`ldoshev "Yil rejissyori" nominasiyasi g`olibi bo`ldi.
Shuningdek, turli nominasiyalar bo`yicha san`at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan jami 34 ijodkorga ushbu sovrin topshirildi. | 63 | 480 |
Madaniyat | Beyonse MTV Video Music Awards’ning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi | Amerikalik qo‘shiqchi Beyonse 2016-yilgi MTV Video Music Awards mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda 29-avgust, dushanba kuni Amerika OAVlari ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Yilning eng yaxshi klipi mukofotini qo‘shiqchiga Formation qo‘shig‘iga ishlangan video olib keldi.
Beyonse, shuningdek, Hold up qo‘shig‘iga ishlangan klip uchun “Ayol xonandaning eng yaxshi videosi” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. U jami sakkizta haykalchani qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, uning taqdirlash marosimidagi chiqishi rekord darajadagi vaqt — 15 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida u beshta qo‘shiq ijro etdi.
“Erkak xonandaning eng yaxshi klipi” yo‘nalishida esa Kelvin Xarrisning Rianna bilan birga ijro etgan This is What You Came For qo‘shig‘i egalladi.
“Eng yaxshi xip-xop video” yo‘nalishidagi mukofotni Hotline Bling klipi bilan Dreyk qo‘lga kiritdi, Twenty One Pilots guruhining Heathens klipi esa “Eng yaxshi rok-video” yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.
Eng yaxshi yangi artist nomini Amerikaning DNCE pop-guruhi qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, MTV’ning Maykl Jekson nomidagi maxsus mukofotiga Rianna sazovor bo‘ldi. | 65 | 1,116 |
Madaniyat | O`zbekistonlik rejissyor “Moskva premerasi” xalqaro festivalida ikkita mukofotni qo`lga kiritdi | O`zbekistonlik yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Ipak yo`lida” filmi “Moskva premerasi” Hamdo`stlik mamlakatlari filmlari xalqaro festivalining ikkita sovriniga ega bo`ldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
"Ipak yo`lida" qisqa metrajli filmi Rossiya kinoklublari federasiyasi hakamlar hay`ati tomonidan tanlovning "Konseptual nigoh uchun" maxsus mukofotiga va eng yaxshi qisqa metrajli film uchun topshiriladigan "Nozik did bilan bayon etilgan hikoya uchun" mukofotiga loyiq topildi.
Eslatib o`tamiz, yosh rejissyor Sherzod Nazarovning “Ipak yo`lida” filmi qayta tiklangan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilgan “Kino 5 kunda” tanlovida Gran-pri mukofotini qo`lga kiritgan. | 95 | 744 |
Madaniyat | Anjelina Joli o‘ynagan “Malefisenta 2” filmi treyleri namoyish etildi (video) | Anjelina Joli rol ijro etgan “Malefisenta 2” filmi treyleri e’lon qilindi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. Ushbu film Disney ertagining sikvelidir.
Syujet asosini Malefisenta va bo‘lajak qirolicha Avroraning o‘zaro munosabati tashkil etadi. Unga “Karib dengizi qaroqchilari”ning so‘nggi qismini suratga olgan Xoakim Ronning rejissorlik qilgan.
Filmda Jolidan tashqari El Fanning, Mishel Pfayffer va boshqa aktyorlar suratga tushgan.
Treyler Disney’ning rasmiy YouTube kanaliga joylashtirilgan bo‘lib, film 17-oktabrda katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda.
Avvalroq “Qasoskorlar. Intiho” filmi kassabopligi bo‘yicha rekord o‘rnatgani, rejissor Jeyms Kemeron bu film “Titanik”ni ortda qoldirgani bilan tabriklagani haqida xabar berilgan edi. | 77 | 746 |
Madaniyat | Aktrisa Asal Shodiyeva Instagram’ga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan yangi selfisini joylashtirdi | Aktrisa Asal Shodiyeva Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i, xonanda Shohruxxon bilan birga tushgan navbatdagi suratini e’lon qildi.
Uchinchi shaxs tomonidan olingan suratda Asal Shodiyeva Shohruxxon bilan birga xonandaning qo‘lidagi smartfonga selfiga tushayotganini ko‘rish mumkin.
Surat Asal Shodiyevaning Instagram sahifasida 10-iyul, yakshanba kuni e’lon qilingan, biroq aynan qachon, qayerda olingani ma’lum emas.
Avvalroq, nikoh to‘yi 5-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yosh oila asal oyini Singapurda o‘tkazayotgani haqida bir necha xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 95 | 715 |
Madaniyat | Singapurlik blogerlar O`zbekistonni reklama qiladi | “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi Singapurning “Changi” aeroporti bilan hamkorlikda mamlakatimiz sayyohlik salohiyati va ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida “Halalfoodblog.com” vakillarini O`zbekistonga taklif qildi. Bu haqda Milliy avikompaniya axborot xizmati xabar qildi. Ta`kidlanishicha mehmonlar infotur davomida o`zbek xalqining urf-odatlari, tarixi, madaniyati, milliy oshxonasi bilan yaqindan tanishadi, islom merosining muqaddas joylarini ziyorat qiladi. Singapurlik blogerlar O`zbekiston haqidagi taassurotlarini foto va videolavhalarga jamlab, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, “Halalfoodblog.com”, “Changi” aeroportinining rasmiy saytiga joylashtirib boradi. Xabarda loyiha ishtirokchilariga “O`zbekiston havo yo`llari” tomonidan Singapur-Toshkent-Buxoro va Toshkent-Singapur yo`nalishlari bo`yicha bepul aviachiptalar taqdim etilgani ma`lum qilingan. Infotur bugun yakunlanadi. | 50 | 916 |
Madaniyat | “Artist” deb nomlangan yangi serial suratga olinmoqda | O‘zbek kino olamida yangi serial suratga olinmoqda, deb xabar qiladi “Popcorn.uz”.
Ishchi nomi “Artist” bo‘lgan bu kartinaga Ayub Shahobiddinov rejissorlik qilmoqda.
Unda Yulduz Rajabova, Nargiza Salmonova va boshqa aktyor hamda aktrisalarni ko‘rishingiz mumkin. | 53 | 264 |
Madaniyat | Soch turmagini o‘zgartirgandan so‘ng karyerasida o‘sish kuzatilgan aktrisalar (foto) | Aktrisalar mahoratli bo‘lish bilan birga, tashqi ko‘rinishiga ham alohida e’tibor qaratishi zarur. Chunki bu karyera va professional yutuqlarga ta’sir qilishi mumkin. Quyida soch turmagini o‘zgartirgandan so‘ng karyerasida o‘sish kuzatilgan aktrisalarning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.
Emma Stoun
Emma Stounning sochlari aslida tabiiy sarg‘ish. U o‘smirlar uchun “Super bolalar” komediyasida suratga tushishni boshlaganida birinchi marta sochlarini qizil rangga bo‘yagan. Uning bunday ko‘rinishini film produseri Jadd Apatou tanlagan. Aktrisa ham u bilan bahslashmadi va o‘zgarishga rozi bo‘ldi: bu komediya chiqishidan oldin Stounni ko‘pchilik tanimasdi va uning qizil sochlari muxlislarning e’tiborini tortdi. Aynan shu yo‘l bilan aktrisa haqiqiy yulduzga aylandi va Oskarni qo‘lga kiritdi.
Oliviya Uayld
Amerikalik aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar uning karyerasiga katta ta’sir ko‘rsatgan. U ikki yil davomida tabiiy soch rangi bilan rol o‘ynadi. So‘ngra sochlarini to‘qroq rangga bo‘yaganida, hamma narsa o‘zgardi. “Sochlarim sariqligida barcha rollarim tabiiy go‘zal toifasiga kirardi. Sochimning rangi o‘zgarishi bilan oltin qalbli va og‘ir hayotga ega ofitsiant yoki ayol shifokor qahramonlarni o‘ynay boshladim. Gohida o‘ylab qolaman, agar sochlarimning rangi o‘zgarmaganida, menga boshqa ampuladagi rollar taklif qilinarmidi? Menimcha, bunday bo‘lmasdi”, – deydi aktrisa.
Rita Xeyvort
Rita Xeyvort – 40-yillarning eng mashhur Gollivud aktrisalaridan biri. Ammo uning mahoratini produser va rejissorlar darhol sezilmagan. Xeyvortning dastlabki rollari unchalik mashhurlik keltirmagan. So‘ngra aktrisaga o‘z imijini o‘zgartirishni maslahat berishdi, chunki bu uning o‘xshash rollardan chiqib ketishining yagona yo‘li edi. Rita sochlarini qizil rangga bo‘yadi va peshonasini kengroq qilish uchun soch turmagini o‘zgartirdi. Aynan mana shu jozibali obraz aktrisaga muvaffaqiyatga erishishga yordam berdi.
Leyton Mister
“G‘iybatchi qiz” seriali rejissorining so‘zlariga ko‘ra, Leyton Mister kastinga sarg‘ish sochlar bilan kelgan. Ammo aktrisalar orasida allaqachon sarg‘ish sochli Bleyk Layvli bor edi, shuning uchun Leytonga sochlarini to‘q rangga bo‘yash taklif qilindi. Aktrisa e’tiroz bildirmadi va bu o‘zgarish unga serialdagi asosiy ayol rollaridan birini olishga hamda mashhur bo‘lishga yordam berdi.
Emi Adams
Emi Adamsning aytishicha, u sariq sochlarini qizil rangga bo‘yagandan keyin yangi rollarni olish imkoniyatini keskin oshirgan, bu esa unga mashhur aktrisa bo‘lishga yordam bergan. “Tashqi ko‘rinishdagi birgina o‘zgarish odamlarning sizga bo‘lgan munosabatini qanday o‘zgartirayotganini ko‘rish juda hayajonli edi, bu mening aktyorlik faoliyatimda juda kuchli vosita bo‘ldi”, deb tushuntirdi aktrisa.
Debbi Garri
Debbi Garri “Blondie” guruhining vokalisti sifatida mashhur bo‘lgan qo‘shiqchi. Guruhni tashkil etishdan oldin Garri kotiba, ofitsiant va raqqosa bo‘lib ishlagan. Keyinchalik musiqa bilan shug‘ullanib, sochlarini bo‘yadi va “Blondie” deb nomlangan o‘z guruhini yaratdi. O‘zining go‘zalligi, dadilligi, iste’dodi va g‘ayrioddiy ko‘rinishi bilan Debbi Garri mashhurlikka erishdi.
Sofiya Vergara
“Amerikalik oila” sitkomining yulduzi hamkasblaridan ortda qolmaslik uchun sochlarini bo‘yashga qaror qildi. “Sochimning rangi tabiiy sariq. Ammo suratga tushish va sinovlarga borishni boshlaganimda, menga qanday qahramon mos kelishini hech kim bimasdi. Negadir ular barcha ispanlar Salma Xayekka o‘xshash bo‘lishi kerak, degan fikrda edi. Sochlarimni qora rangga bo‘yaganimdan keyingina men ham Lotin Amerikasining aktrisalari qatoridan joy oldim.
Riz Uizerspun
Sariq sochda ko‘rinish beradigan Riz Uizerspun aslida ularni bo‘yagan. O‘zining dastlabki filmlarida aktrisa sochining tabiiy rangida suratga tushdi, lekin 1994-yilda u keskin o‘zgarishga qaror qildi va bundan yutqazmadi. Aynan shu obrazda Uizerspun mashhurlikka erishdi.
Mavzga doir: | 84 | 3,931 |
Madaniyat | Gollivud yulduzlari bilan raqobatlasha oladigan 7 hind aktrisasi (foto) | Bollivud aktrisalari allaqachon Gollivudni hayratga solishga ulgurgan. Marie Claire ayollar jurnali Gollivud yulduzlari bilan raqobatlasha oladigan 7 hind aktrisasi haqida ma’lumot berdi.
Priyanka Chopra
2017-yilda Priyanka Chopraning Megan Markl bilan yaqin dugona ekanligi oydinlashganidan so‘ng, uning nomi turli nashrlarda tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Lekin rostini aytganda, Priyanka Chopraning o‘zi ham maqtanadigan narsasi bor.
Aynan o‘sha 2017-yilda suratga olingan “Malibu qutqaruvchilari” kartinasi 2000-yilning “Dunyo go‘zali” hamda Hindistonning eng go‘zal aktrisalaridan biri suratga tushgan 50-film bo‘ldi. Mehnatsevarlik qobiliyati bilan birga klassik hind go‘zali deya nomlanadigan Priyanka Ayshvariya Ray bilan bitta o‘rinda turadi.
Bollivud aktrisalari imijini yaratish uchun nafaqat dizaynerlik kiyimlari, balki turli jamoat xizmatlari (asosan xayriya tashkilotlar) ham yordam beradi. Buning ajablanarli joyi yo‘q: hind yulduzlarining aksariyat qismi kambag‘al oilalardan kelib chiqqan. Masalan, Priyanka CAF xayriya jamg‘armasi va Hindiston konfederatsiyasi sanoati elchisi (savodsizlikka qarshi kurash dasturlarini nazorat qiladi). Bundan tashqari, Priyanka aktrisa, model va qo‘shiqchi sifatida ham faoliyat yuritadi. Bunday xilma-xillik dunyoning ko‘plab mashhurlari uchun xos. Ammo Bollivud yulduzlari uchun majburiy.
Ayshvariya Ray
Ayshvariya Ray Hindistoning eng taniqli aktrisasi. Bir vaqtlar Priyanka Chopra singari “Dunyo go‘zali” deya e’tirof etilgan. U asli arxitektura fakultetida o‘qigan. Yosh qiz ekanligidayoq Vogue jurnali va Pepsi bilan hamkorlik qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ayshvariya aktrisalikni Bollivudda emas, balki Kollivudda (Hindiston janubidagi yana bir mashhur kino shaharchasi) boshlagan. Hozirda aktrisa 46 yoshda, kinografiyasida 45 dan ortiq filmi bor.
Ayshvariya, asosan, hind filmlarida o‘ynaydi, lekin u “Ziravorlar malikasi”, “So‘nggi legion” va “Pushti panterra-2” kabi Gollivud filmlarida ham suratga tushgan. Bundan tashqari, aktrisa xayriya ishlarida faol qatnashadi. U PETA hayvonlarni himoya qilish tashkilotini qo‘llab-quvvatlaydi, Hindistonda ko‘zi ojizlarga yordam beradi va shuningdek, 2004-yilda u o‘zining kambag‘allarga yordam beradigan Aishwarya Rai Foundation jamg‘armasini tashkil qilgan.
Anushka Sharma
32 yoshli Anushka Sharma Hindistondagi eng taniqli va eng ko‘p maosh oladigan aktrisalardan biri. U hali dunyo sahnasida o‘zini ko‘rsata olmadi, lekin Filmfare Awards (Hindistonda Oskar bilan taqqoslanadigan film mukofoti) mukofotini olgan. Anushka harbiy oilada tug‘ilgan va ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, u model bo‘lib (hatto Amerika Maxim muqovasida paydo bo‘lgan) ishlagan.
Aktrisalik karyerasi atigi 10 yil davom etdi va shu vaqt ichida u o‘zini turli janrlarda sinab ko‘rdi: romantik komediyalardan psixologik trillerlargacha. Ayshvariya Ray singari Anushka ham PETA tashabbuslarida faol ishtirok etadi. Buning uchun tashkilot unga 2017-yilda “Yil odami” unvonini tantanali ravishda topshirdi.
Dipika Padukone
Dipika Padukone 2008-yilda o‘zining birinchi Filmfare Awards (“Eng yaxshi debyut” nominatsiyasi) mukofotini olganidan so‘ng, uning javonlaridagi barcha turdagi haykalchalar eksponat ravishda o‘sishni boshladi.
Asli daniyalik bo‘lgan Dipika bolaligida Hindistonga ko‘chib kelgan va 20 yoshidan boshlab u model sifatida (Marie Claire, Vogue, Cosmopolitan, GQ va boshqa jurnallar) ishlay boshlagan. Uning hind tilidagi filmlar ro‘yxati juda katta. Ammo biz Dipikani “Uch iks: Jahon hukmronligi” filmida Vin Dizel bilan birga o‘ynagan roli orqali bilamiz.
Dipika Padukone Padmavati obrazida
2017-yil oxirida aktrisa Dehli sultoni Alauddin Muhammad Shohga oshiq bo‘lgan King Ratna Sinxa va uning rafiqasi haqidagi afsonaga asoslangan “Padmavati” filmini taqdim etishi kerak edi, ammo film Hindistonda noaniq tarzda qabul qilindi. Hindistondagi film premyerasi keyinga qoldirildi, ammo Dipikaning o‘zi filmni imkon qadar tezroq chiqarilishini talab qilishda davom etdi.
Bu Bollivud yulduzi odamlarning ruhiy tushkunlik bilan kurashishida yordam beradigan “Live Love Laugh Foundation” xayriya jamg‘armasiga ega.
Frida Pinto
Bollivud aktrisalarining eng “gollivudligi” bo‘lgan Frida Pinto hamkasblari singari 50 ta film ro‘yxati bilan maqtana olmaydi. Ammo uning kichik ijodida dunyoga mashhur “Xarobadan chiqqan millioner” (“Slumdog Millionaire”) (aktrisaning ilk debyuti), “Maymunlar sayyorasining tiklanishi”, “Ilohlar urushi: boqiylik” kabi kartinalari mavjud. U 2018-yilda “Maugli” loyihasida qatnashgan. Frida ingliz tilini yaxshi biladi va ingliz adabiyoti bo‘yicha san’at bakalavriga ega.
Kangana Ranaut
Kangana Ranaut “Rangoon” filmi fotosessiyasi paytida
Kangana Ranaut Bollivuddagi karyerasiga mashaqqat bilan, bosqichma-bosqich erishdi. Nochor shaharchada tug‘ilib o‘sgan qiz 16 yoshida Dehlini zabt etish uchun, ishni modellik karyerasidan boshlagan. Podium unga unchalik ma’qul bo‘lmadi, ijod uchun unga keng joy kerak edi. U aktrisa bo‘lishga qat’iy qaror qiladi, ammo diksiyasidagi muammolar tufayli u uzoq vaqt rejissorlarning e’tiborini jalb qila olmadi. Biroq tez orada Kangana ushbu muammoni bartaraf etdi.
Hozirda Kangana Ranaut Hindistondagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisalardan biri hisoblanadi. Aktrisa nutqida muammolar bo‘lgan odamlarga yordam berish xayriya jamg‘armasi tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Sonam Kapur
35 yoshli Sonam Hindistondagi taniqli aktyorlar Kapur sulolasining a’zosi. Aytish kerakki, uning oilasida hamma yulduz, lekin Sonam nafaqat o‘zining iste’dodi, balki yaxshi kiyinish qobiliyati bilan butun dunyoni o‘ziga jalb qildi.
AQShda Sonamni shunchalik yaxshi ko‘rishadiki, hatto xonanda Beyonse uni Hymn for the Weekend klipiga suratga tushishga taklif qilgan. | 71 | 5,720 |
Madaniyat | Rejissor Jahongir Ahmedov o‘z onasi haqida “Non” deb nomlangan film suratga oladi | Rejissor Jahongir Ahmedov marhum onasiga bag‘ishlab, “Non” deb nomlangan filmni suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda rejissor Facebook’dagi sahifasida xabar yozib qoldirgan.
Rejissorning hikoya qilishicha, u kollejni bitirib, San’at institutiga kirish uchun imtihon topshirganida, kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan. Biroq, oilasida yechimini kutayotgan talaygina muammolar borligi sabab, o‘qishga kirganini oila a’zolaridan yashirib, bozorda ishlay boshlagan.
Jahongir Ahmedovning onasi farzandi o‘qishga kirgani, biroq buni yashirganini bilib qolganidan so‘ng: ‘Sen hozir ishlashing emas, o‘qishing kerak. Otangni ham, meni ham bor umidimiz sendan. Qo‘shnilarga ham maqtanib yuribman, o‘g‘lim katta rejissor bo‘lib, kinolar oladi, premyeralariga bir avtobus bo‘lib boramiz’, deb”, — degan.
Jahongir Ahmedovning yozishicha, shu suhbatdan keyin kelasi yili u institutga davlat granti asosida o‘qishga kirgan. Ikkinchi kursda o‘qiyotganida esa onasi, kutilmaganda, yurak xurujidan vafot etgan. Institutni bitirganidan uch yil o‘tib, rejissor ilk filmi — “Uylanish”ni suratga olgan va premyeraga, xuddi onasi aytganidek, qo‘shnilarni bir avtobus qilib olib kelgan.
Jahongir Ahmedov o‘sha premyeradagi holati haqida shunday yozadi: “Ijodiy guruh tanishtirib bo‘lingach, so‘z menga berildi. Mikrofon oldiga keldimu, lekin bo‘g‘zimdan toshib kelayotgan yig‘i gapirishimga yo‘l bermasdi. Bir muddat jim qoldim. Keyin, bor kuchimni yig‘ib, mikrofonni qo‘limga oldim: — Men... birinchi filmimni onamga bag‘ishlayman. Bilaman, onam hozir shu yerdalar. O‘ylaymanki, film sizga yoqadi, oyijon!”.
“Oradan ancha vaqt o‘tdi. Ulg‘aydim. Onam haqida film qilaman deb anchadan beri ssenariy ustida ishlayapman. Film nomi — ‘Non’. Ha, film non haqida — onam yopgan non haqida”, — deb qo‘shimcha qildi Jahongir Ahmedov. | 81 | 1,814 |
Madaniyat | YaNGI FILM: “NAZIRA” | Mahoratli rejissyor Jahongir Qosimov yaqin kunlarda kino ixlosmandlarini mag`zi butun film bilan xushnud qiladi. U bir o`zbek ayolining hayot yo`li misolida hayotning shavqatsiz sinovlari va jamiyatdagi ayrim muammolarni ochib berish niyatida. O`n farzandni tarbiyalagan va farzandlarining baxt u kamoli uchun shaxsiy biznesini yo`lga qo`ygan Naziraning faoliyati havas qilgulik emasdi. Bardoshli ayol sinovlarga bo`yin egmay, mahalliy amaldorlar timsolidagi korrupsiyalashgan tizimga qarshi borishdan ham tap tortmaydi. Ba`zan qoqiladi, yillab yiqqan, bolalarining nasibasi sanalgan mol-mulki talon-taroj bo`ladi, biznesini qaytadan boshlaydi, salomatligidan ayriladi, ammo ortga chekinmaydi. Ismi Nazira bo`lsa ham, benazir ayol o`laroq g`alaba qozonadi. Rejissyorning film orqali sizga aytmoqchi bo`lgan gaplari bisyor.
Eslatib o`tamiz, filmda Po`lat Saidqosimov, Shodiya To`xtaeva, Muyassar Berdiqulova, Javohir Zokirov, Akbarxo`ja Rasulov kabi elimiz ardog`idagi aktyor va aktrisalar suratga tushishgan. Film premerasi dekabr oyining so`nggi kunlarida o`tkazilishi rejalashtirilgan. | 20 | 1,088 |
Madaniyat | O`zbekiston delegasiyasi Mirzo Ulug`bekning Fransiyada saqlanayotgan kitobi bilan tanishdi | 19 sentyabrda Parijda bo`lib o`tgan “Yangilanayotgan O`zbekiston: nodir madaniy tashabbuslar” mediaiventi doirasida «Movaraunnaxrning illyustrasiyali qo`lyozmalari fransuz jamlanmalarida” kitob-albomlari taqdimoti bo`lib o`tdi. Bu kitoblar muallifligi qo`lyozma merosni o`rganish bo`yicha yirik mutaxassis, doktor Fransis Risharga tegishlidir.
Mazkur jamlanmaning noyob javohirlaridan biri Fransiyaning Milliy kutubxonasida 1891 yildan buyon saqlanayotgan «Suvar al-Kavakib al-sabita» ("Qo`zg`almas yulduzlar tasviri") traktati hisoblanadi.
Ushbu kitob 1430–1440 yillarda uning mashhur Rasadxonasi qurilayotgan bir vaqtda Samarqand shahrida Ulug`bekning shaxsiy kutubxonasi uchun tayyorlangan.
Parijdagi O`zbekiston elchixonasi delegasiyasi hamda “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi rahbariyati Parij milliy kutubxonasiga tashrif qilishganida mazkur kitob bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lishdi.
Bu kitob Miro Ulug`bek kutubxonasi uchun taxminan 1435 yilda jimjimador arab imlosida ko`chirilgan. Sahifalardan birida yozilgan jumlalarda aytilishicha: “Ushbu tasvirlar buyuk sulton va oliynasab hoqon, barcha turkiy va forsiy hukmdorlarning sohibqironi, sulton Ulug`bek Kuragoniy (Yaratgan Olloh uning saltanatini boqiy qilsin) kutubxonasi uchun bajarilgan...”
Ulug`bek tarixda nafaqat buyuk hukmdor, balki ajoyib olim, shoir, kalligraf, rassom va yozuvchilar himoyachisi sifatida nom qozongan. Tilga olingan qo`lyozma uning ilm-fanga bo`lgan e`tiboridan yana bir namunadir. Qo`lyozmaning birinchi sahifasida Ulug`bekning o`z qo`li bilan bitilgan kalligrafik xatcho`p ham saqlanib qolgan.
Kitobga 74 ta miniatyura ham ilova qilingan bo`lib, ular yuksak tasviriy mahorat bilan aks ettirilgan. Suratlarning nafisligi, ulardagi mayda va murakkab detallar odamni hayratga soladi. Har bir rasm alohida yulduz turkumini o`zida aks ettirgan. Ulardan birida Efiopiyaning afsonaviy hukmdori Sefey timsolida Ulug`bek qiyofasi namoyon bo`ladi.
Hukmdorlarni afsonaviy timsollar ko`rinishida aks etirish o`sha davrda an`anaga aylangan edi.
Qachonlardir Mirzo Ulug`bekning qo`li tekkan qo`lyozma O`zbekiston delegasiyasida katta qiziqish uyg`otdi.
“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining rahbari F.Abduholiqov o`z tashrifi yakunida kutubxona rahbariyati bilan “O`zbekistonning 100 buyuk qo`lyozmasi” loyihasi doirasida insoniyatning nodir madaniyatining yodgorligi bo`lgan ushbu kitobning faksimile nushasini olish borasida kelishuvga erishdi. | 92 | 2,477 |
Madaniyat | Tom Kruz yangi filmning suratga olish jarayonida samolyot eshigiga osilib uchdi (video) | “Bajarib bo‘lmas topshiriq” jangari filmining 5-qismini suratga olayotgan ijodkorlar bosh qahramon Tom Kruz ishtirokidagi sahna qanday tasvirga tushirilganini namoyish qildi, deb xabar beradi Meduza.
Amerikalik aktyor parvoz qilayotgan samolyot eshigiga chindan ham osilib uchgan ekan. Tom Kruz bu ishni bir necha marta bajargan. Ushbu sahna 8 ta dublda suratga olingan.
Aktyor syomkadan bir kun oldin qo‘rquvdan uxlamay chiqqanini tan oldi. Yakunda esa mana shunday sahna yuzaga keldi.
“Bajarib bo‘lmas topshiriq” filmining beshinchi qismi iyul oyi oxirida katta ekranlarga chiqadi. | 87 | 586 |
Madaniyat | Shavkat Mirziyoyevning Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi — suratlarda | Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari o‘tgan yillarda bu yerga bir necha bor kelib, uni chiroyli va sifatli qilib qurish, dunyo olimlari fikrini o‘rganib, mazmunini boyitish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Bu galgi tashrif chog‘ida shu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Bugun bu yerga kelishimdan maqsad – muqaddas dinimizning ezgulik, insonparvarlik dini ekanini, ma’naviyatga, ilmga undashini, ota-bobolarimiz bunga beqiyos hissa qo‘shganini tasdiqlovchi ilmiy natijalarni ko‘rish va yangi tadqiqotlarga zamin yaratish. Hozir mahobatli bino qurish oson bo‘lib qoldi. Mana, bobolarimizga munosib bino qurdik. Endi bobolarimizga munosib ilmiy muhit yaratishimiz kerak.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Markaz binosi loyihasi, ichki va tashqi dizayni, muzey ekspozitsiyalari mazmuni bo‘yicha dunyoning yetuk olimlari, islomshunos va san’atshunoslari bilan fikrlashilgan. Shu asosida ilmiy-tarixiy konsepsiya ishlab chiqilgan. Tashrif chog‘ida ushbu konsepsiyaning taqdimoti o‘tkazildi. Markaz ekspozitsiyalari bo‘yicha xalq fikrini ham o‘rganish, shu maqsadda tanlov e’lon qilib, eng yaxshi g‘oya va takliflarni aks ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda bino to‘liq qad ko‘targan. Uning markazida ulkan sharqona gumbaz, to‘rt tomonida 34 metrlik peshtoqlar qurilgan.
Prezident har bir yo‘lak va xonaga kirib, ularni pardozlash va jihozlashga oid loyihalarni ko‘rdi. Markazning ichki va tashqi ko‘rinishi, naqshlari yuzasidan tavsiyalar berildi. Xonalarni ko‘plab sayyohlar, delegatsiyalar kelishi, xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishini inobatga olib zamonaviy jihozlash, ekspozitsiyani turli yoshdagi insonlarga mos holda tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.
Prezident avvalgi tashrifi chog‘ida Islom sivilizatsiyasi markazi shu yo‘nalishdagi ilmiy muassasalar uchun negiz bo‘lishi, bu yerda olimlar tadqiqot olib borib, talabalar bilimini mustahkamlashi kerakligini aytgan edi. Shunga ko‘ra, loyiha takomillashtirilib, markazda Xalqaro islom akademiyasining magistrant va doktorantlari o‘qishi uchun sharoit yaratish nazarda tutilgan.
Markazning interyer va eksteryer bezagi, jihozlanishi, kommunikatsiya, xavfsizlik tizimlari eng ilg‘or talablarga javob beradi. Davlat rahbari shu yerda olimlar, ziyolilar, nuroniylar va mahalla raislari bilan suhbatlashdi.
“Daryo” muxbiri ushbu tashrifning e’tiborga molik lahzalarini kadrlarga muhrladi.
Eslatib o‘tamiz, Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi 2021-yilning oxirida yakunlanishi ma’lum qilingandi. | 76 | 2,640 |
Madaniyat | Baxt pulda emas: sevgida omadi chopmagan mashhur ayollar (foto) | Boy va mashhur bo‘lishning o‘zi yetarli emas, chunki dunyodagi hech qanday pul (muxlislar e’tirofi ham) baxt o‘rnini bosa olmaydi. Buning isboti sifatida sevgida omadi chopmagan mashhurlarni yodga olamiz.
Pamela Anderson
Tommi Li, Kid Rok, Rik Salomon — bularning barchasi Pamela Anderson turmushga chiqqan erkaklar. Rik Salomon esa aktrisaga ikki marta uylangan. Pamela Anderson havas qilarli karyera qildi va erkaklar e’tibori yetishmasligidan hech qachon aziyat chekmadi, ammo u kuchli oila qura olmadi. Anderson navbatdagi yigiti — futbolchi Odil Ramini jismoniy zo‘ravonlik va xiyonatda ayblab, u bilan ajrashdi. Keyin esa u o‘zining tansoqchisi Den Xeyhurstga turmushga chiqdi. To‘ydan 13 oy o‘tib, u bilan ham munosabatlariga nuqta qo‘ydi.
Naomi Kempbell
Model ko‘plab taniqli erkaklar bilan uchrashgan: Mayk Tayson, Silvestr Stallone, Erik Klapton, Robert de Niro, Flavio Briatore, Adam Kleyton va hatto rus oligarxi Vladislav Doronin bilan ham. Naomi faqat ispaniyalik raqqos Xoakin Kortes bilan uzoq muddatli munosabatda bo‘lgan, ammo rasmiy ravishda nikohdan o‘tishmagan. O‘tgan yili 50 yoshli model matbuotga o‘zining yangi tug‘ilgan qizini tanishtirdi, ammo na turmush o‘rtog‘i, na surrogat ona haqidagi mish-mishlarga izoh bermadi.
Rene Zellveger
“Brijit Jonsning kundaligi” filmi yulduzi uzoq muddatli romantikalari bilan maqtana olmaydi. Uning barcha munosabatlari tezda tugaydi, aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon erkaklar bilan muloqot qilishni bilmagan. Rene haqiqiy sevgiga ishonchini yo‘qotgan, hatto oila qura olishiga umid ham qilmaydi.
Lindsi Loxan
Tashqi ko‘rinishidan maftunkor Lindsi Loxan nafaqat rollari, balki qattiqqo‘l fe’l-atvori, shuningdek, turli muammolarga aralashish odati bilan ham mashhur: giyohvandlikdan tortib mast holda mashina haydashgacha. Aktrisa hayotidagi yana bir jiddiy muammo bor — bu ishqiy munosabatlarni saqlab qololmasligi. Ularning barchasi muvaffaqiyatsiz tugaydi.
Meg Rayan
2001-yilda aktrisa murosasiz kelishmovchiliklar tufayli turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan va o‘shandan beri orzusidagi odamni topishga harakat qilmoqda. Afsuski, yillar o‘tsa-da, Meg hali ham yolg‘iz va baxtsiz . Muvaffaqiyatsiz plastik jarrohlik tufayli aktrisaning yuzi niqobga o‘xshab qolgani vaziyatni yanada og‘irlashtiradi, bu esa o‘ziga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga olib keladi.
Koko Shanel
Gabriel Shanel (kutyurning haqiqiy ismi)ning yagona sevgisi Artur Kapl edi, lekin u hayotda biror narsaga erishmaguncha u bilan birga bo‘lolmasligiga qaror qiladi. Yigit kutishdan charchaydi va yuqori tabaqaga mansub ayol Diana Listerga turmush qurishni taklif qiladi. Biroq Dianaga uylanganidan keyin ham Kapl Gabrielni sevishda davom etaveradi. 1919-yilda Artur vafot etadi va o‘sha paytda Koko Shanel o‘zining afsonaviy qora libosini yaratdi. Keyinchalik o‘tkinchi munosabatlar ham bo‘lib o‘tgan, ammo mashhur ayol so‘nggi kunlarini yolg‘izlikda o‘tkazgan. | 63 | 2,908 |
Madaniyat | Deniel Redkliff, Kristen Styuart: muxlislar asosan bitta obraz bilan eslaydigan aktyorlar (foto) | Bir ijrosi sabab mashhurlikka erishganidan keyin qolgan ijrolari eskisichalik muvaffaqiyatli chiqmagan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Deniel Redkliff – “Garri Potter”
Xogvartsning iste’dodli o‘quvchisi Garri Potter haqida eshitmagan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Aynan mazkur bolakay roli sabab Deniel olamshumul muvaffaqiyatga erishgan va muxlislar sevgisiga sazovor bo‘lgan. Shunga qaramay, birgina omadli loyiha bilan cheklanib qolishni istamaydigan aktyor o‘zini turli amplualarda sinab ko‘radi. Intervyularidan birida Redkliff mashhurlik sabab depressiyaga tushib qolgani, shundan keyin spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganini aytgan. Ammo bularning bari o‘tmishda qolganini ta’kidlagan aktyor jiddiy va turli qahramonlarni gavdalantirishga tayyor ekanligini qo‘shimcha qilgan. Gaplarining isboti o‘laroq, u “Pretoriyadan qochish” kartinasida suratga tushgan. Ushbu franshizadagi qahramon afsungar bolakay rolidan tubdan farq qiladi. Aktyor 2020-yilda “Garri Potter” haqidagi filmning davomida suratga tushishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Kristen Styuart — “Sumerki”
“Sumerki” filmidagi Bella Svon roli Kristenga mashhurlik olib kelgan. Kristen undan keyin turli: “Oppog‘oy va ovchi”, “Zils-Mariya”, “Hali hamon Elis” singari filmlarda suratga tushib ko‘rganiga qaramay, muxlislar ko‘z o‘ngida bir obrazdagi aktrisaligicha qolgan.
Rouen Atkinson — “Janob Bin”
Aksariyat tomoshabinlar sevimli qahramonining haqiqiy familiyasini bilmaydi ham. Rouen Atkinsonni 99 foiz tomoshabin Janob Bin deb biladi. 90-yillardagi shou yulduzini hamma, asosan, o‘sha ijrosi bilan taniydi. Bundan tushkunlikka tushmagan aktyor o‘zini yaxshi his qilishda davom etadi. 2000 va 2010-yillarda “Agent Jonni Inglish” franshizasi ekran yuzini ko‘rgan. Unda Rouen o‘zi gavdalantirgan obraziga yaqin rol ijro qilgan. Voqealar rivojida noqulay vaziyatlardan qochib qutula olmaydigan alomat odamning professional josusga aylanganini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Tobi Maguayr — “O‘rgimchak odam”
Amerikalik 46 yashar aktyor turli janrlardagi “Buyuk Getsbi”, “Mehnat kuni” hamda “Aka-ukalar” singari kartinalarda suratga tushgan. Shunga qaramay, muxlislar uning “O‘rgimchak odam”dagi Sem Reymi ijrosini eng asosiy rollaridan biri deb biladi.
Makoley Kalkin — “Uyda yolg‘iz”
Uyda yakka o‘zi qolgan bolakay Kevinning sarguzashtlarini o‘zida mujassam qilgan “Uyda yolg‘iz” kartinasi 90-yillarning eng yaxshi filmlaridan biri hisoblanadi. Turli sabablarga ko‘ra oila a’zolarisiz uyda qolishiga to‘g‘ri kelgan bolakay o‘g‘rilarning ta’zirini beradi, turli hodisalarga aralashib qoladi. Filmda bosh qahramon rolini qoyillatib ijro qilgan Makoley Kalkin ham o‘sha obrazdan chiqib keta olmagan. Bunga otasining noto‘g‘ri yo‘l tutgani — o‘g‘lini faqatgina muvaffaqiyatli chiqqan filmni takrorlashga uringan loyihalarda suratga tushishga yo‘naltirgani sabab bo‘lgan. Oqibatda Kalkin har safar o‘xshash qahramonlarni gavdalantirgan. | 96 | 2,914 |
Madaniyat | O`zbek multfilmlari xalqaro festivalda mukofotlandi | 29 oktyabr “Xalqaro animasiya kuni” munosabati bilan Qozog`iston Respublikasi Turkiston shahrida 29-30 oktyabr kunlari “AMEN-2021” ( International Animation Film Festival) an`anaviy xalqaro animasion filmlar festivali bo`lib o`tdi. Kinematografiya agentligining qayd etishicha, unda 49 ta davlat ishtirok etgan va ular orasida O`zbekiston ham bo`lgan.
Ma`lumotga ko`ra, mazkur festivalda rejissyor Aziz Muhammedovning “G`ildirakli uy” animasiyasi festivalning “Gran pri” bosh sovrini bilan, “Sehrli tanbur” animasiyasi “Eng yaxshi badiiy echim” nominasiyasi bo`yicha mukofotga loyiq topilgan.
Eslatib o`tamiz, festival 2019 yildan buyon o`tkaziladi. Unda animasion filmlar namoyishlari bilan birga, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari va ijodiy tanlovlar bo`lib o`tadi. | 51 | 793 |
Madaniyat | “Diqqat markazida” 2015-yilning eng yaxshi filmi sifatida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi | Rejissor Tom Makkartining “Diqqat markazi”da filmi AQSh kinoakademiyasi tomonidan 2015-yilning eng yaxshi filmi deb topildi va “Oskar” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Eng asosiy “Oskar” uchun kurashda Makkartining filmi “Omon qolgan”, “Telba Maks”, “Bruklin”, “Xona”, “Josus ko‘prigi”, “Tushirish o‘yini” va “Marslik” filmlaridan ustun keldi.
“Diqqat markazida” filmida, “RIA Novosti”ning qayd etishicha, katolik cherkovidagi jinoyatlar ustidan olib borilgan jurnalistik surishtiruv haqida hikoya qilinadi.
Toshkent vaqti bilan 29-fevral, dushanba kuni Los-Anjelesdagi “Dolbi” kinoteatrida bo‘lib o‘tgan 88-taqdimotda aktyor Leonardo Di Kaprio “Omon qolgan” filmidagi roli uchun o‘zining ilk “Oskar”ini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Omon qolgan”ning rejissori Alexandro Gonsales Inyarritu ketma-ket ikkinchi yil eng yaxshi rejissyor deb topildi. | 91 | 876 |
Madaniyat | Instagram: O‘zidan 185 mln undirmoqchi bo‘layotgan shoirni haqoratlagan Yulduz Usmonova, Milliy gvardiyaga ishga kirgan Ruxshona, farzand kutayotgan Bahora Arslonova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Turkiyalik xonanda Tarkan rafiqasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Rayhon hayotda hech qachon taslim bo‘lmaslik haqida post qoldirdi.
Parizoda juda charchaganiga qaramay, ijodiy guruhi bilan Tojikistonga xizmatga jo‘nab ketdi.
Teleboshlovchi va aktrisa Iroda Nosirova kinodan ko‘ngli qolgani haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov rafiqasi bilan kechki ovqatga borayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Aktrisa Bahora Arslonova ikkinchi marta ona bo‘ladi.
Shahlo Ahmedova folloverlariga qisqa video bilan ko‘rinish berdi.
Feruza Normatova singillari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Ulug‘bek Rahmatullayev “Jon onajon” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etdi.
Ruxshona Milliy gvardiya ansambliga ishga joylashdi.
Hosila Rahimova Istanbul shahrida hordiq chiqarmoqda.
Luiza Rasulova sahifasiga yangi surat joyladi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zidan sud qarori bilan 185 million so‘m undirmoqchi bo‘layotgan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’ri muallifi Yo‘lchi Ro‘ziyev haqida keskin gapirib, uni “shoir Axlatiy” deb atadi. | 165 | 1,247 |
Madaniyat | Instagram: Azamat Ahrorovning uylangani va ikki farzandi borligi ma’lum bo‘ldi, Sevara Soliyeva uchinchi marta ona bo‘ldi, rafiqasiga yangi mashina sovg‘a qilgan Sharof Muqimov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Munisa Rizayeva muxlislariga mahzun tarona tayyorlamoqda.
Ozoda Nursaidova yangi fotosessiyasidagi ayrim suratlarni muxlislari e’tiboriga havola etdi.
Taniqli tiktoker va Insta-bloger Asalya Littos McLaren sportkari ustidan Vandamdek sakrab o‘tib, folloverlarini hayratda qoldirdi.
Turk aktrisasi Maryam Uzerli qizlari bilan tushgan suratlarini sahifasiga joyladi.
To‘ti Yusupova milliy teatrga tashrif buyurdi. Teatr aktyorlari ushbu holatni bayramdek qabul qildi.
Bollivud yulduzi Anushka Sharma ham folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva o‘g‘illari Abubakrning tug‘ilgan kunini dachada, yaqinlari davrasida nishonladi.
Zarina Nizomiddinova Yangi yilni qarshi olish uchun Toshkentga keldi.
Jahongir Otajonov yangi ohangga ega qo‘shiq yozdi. Ushbu qisqa video xonandaning muxlislari kayfiyatini ko‘tarib yubordi.
Rayhon G‘aniyeva muxlislariga yangi klipi borasidagi savol bilan murojaat qildi.
O‘g‘il farzandli bo‘lgan xonanda Sharof Muqimov rafiqasiga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi.
Aktrisa Sevara Soliyeva uchinchi marta ona bo‘ldi. U o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.
Azamat Ahrorovning “Lola gulim” deb nomlangan yangi filmi taqdimotida uning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq sirlar oshkor bo‘lib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor bir necha yil avval ushbu filmda asosiy rolni ijro etgan aktrisa Dilnoza Otaxonova bilan turmush qurgan. Ular bir o‘g‘il va qiz farzandni tarbiyalamoqda. Aktyor uylangani haqida avval hech qayerda gapirmagan. | 176 | 1,649 |
Madaniyat | Reper Dreyk Spotify musiqiy servisida jahon rekordini o‘rnatdi | Kanadalik reper Dreyk Spotify musiqiy servisida rekord o‘rnatdi. U qo‘shiqlari 50 milliard marotaba tinglangan birinchi qo‘chiqchiga aylandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ayni vaqtda 34 yoshli qo‘shiqchi bu kabi natijaga erishgan dunyodagi birinchi va yagona artist hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, servisga uning 12 ta qo‘shig‘i yuklangan bo‘lib, ular 35,7 milliard marotaba tinglangan. Reperning boshqa musiqachilar bilan hamkorlikda yaratgan qo‘shiqlari esa yana 14,3 milliard marotaba tinglangan.
Dreykning eng mashhur kompozitsiyasi God’s plan qo‘shig‘i bo‘lib, Spotify’da uning ko‘rsatkichisi — 1,67 milliard.
Forbes birinchi marta eng ko‘p pul topadigan Tik Tok yulduzlari reytingini e’lon qildi
Avvalroq Spotify Apple’ning yangi yagona obunasi ustidan monopoliyaga qarshi kurashish organlariga shikoyat qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 62 | 858 |
Madaniyat | “Arslon izidan” filmi iyun oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyun oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Iyun oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Durdona To‘laganovaning “Yuzsiz” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Begunoh”, “Ona qizim”, “Asragil”, “Taksi 5” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor — Aziz Rametov
2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor — Azamat Axrorov
3-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor — Otabek Mirzaxolov
4-o‘rin. “Hamroh” (triller drama)
Rejissor — Akrom Shaxnazarov
5-o‘rin. “Yuzsiz” (drama)
Rejissor — Durdona To‘laganova | 103 | 1,051 |
Madaniyat | “Titanik”, “Buyuk Getsbi” va boshqa mashhur filmlar qahramonlari urfga kiritgan bejirim zargarlik buyumlari (foto) | Bular shunchaki bezak emas, ular ham filmda o‘ziga yarasha aniq bir vazifani bajargan. Bundan tashqari, filmlar namoyish etilgach, eng yuqori narxlarda auksionda sotuvga qo‘yilgan.
“Titanik” – “Ummon qalbi” marjoni
Filmdagi mashhur marjon asl nusxa emas: Asprey & Garrad uni haqiqatan ham film uchun yaratgan va u olmos bilan emas, haqiqiy sapfirdan foydalangan. Shunday qilib, marjon atigi 10 ming dollarga tushdi. Ammo faqat keyinchalik film namoyish etilgach va tomoshabinlar kinoteatrlarga bostirib kirib, sevimli qahramonlarining yuzi tushirilgan futbolkalarni sotib olishni boshlaganda, zargarlar aynan o‘sha zargarlik buyumlarini yaratdi. Lekin bu safar 170 qirotli sapfir va 65 olmos bilan yasaldi va xayriya auksionida 2,2 million dollarga sotildi.
“Janoblar malla sochli ayollarni afzal ko‘radi” – “Baroda oyi” sariq olmosli afsonaviy marjon
Merilin Monro olmoslar qizning eng yaqin do‘sti ekanligi haqida kuylabgina qolmay, ochiqchasiga namoyish etdi. Uni pushti libosda va Garri Uinstonga tegishli 24 qirotli sariq “Baroda oyi” olmosli afsonaviy marjoni bilan yoddan chiqarib bo‘lmaydi. Suratga olish paytida, bu tosh, taxminan, 500 yoshda edi, u haqda afsona va hikoyalar yetarlicha bo‘lgan. Film suratga olingandan keyin yana qanday voqealar ro‘y bergani noma’lum, lekin bir muncha vaqt o‘tgach, olmos kimoshdi savdosida marjonsiz paydo bo‘lgan va milliard dollarga baholangan.
“Go‘zal xonim” – yoqut marjon
“Go‘zal xonim” filmida Richard Gir Juliya Robertsga qutichani ochib, uni oxirgi lahzada yopib qo‘yadigan sahnasini ko‘pchilik eslasa kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu sahna aniq yozilmagan, lekin aktyorlarning improvizatsiyasi shu qadar jonli va samimiy bo‘lib chiqdiki, u oxirgi qismga kiritildi. Qutida fransuz zargarlik uyi Fred Joaillier tomonidan tayyorlangan 23 dona nok shaklidagi yoqut va olmos sochilgan marjon bor edi. Filmni suratga olish paytida mahsulotning narxi 250 ming dollarni tashkil etdi va filmning ajoyib muvaffaqiyatidan so‘ng uning narxi 1,35 million dollargacha oshdi.
“Mulen Ruj” – olmos marjon
“Mulen Ruj”dagi filmidagi marjon Ginnesning rekordlar kitobiga kino tarixidagi eng qimmat marjonlar ro‘yxatiga kiritilgan – ijara narxining o‘zi 10 million dollar. Qizig‘i shundaki, bu marjon Nikol Kidmanning o‘ziga xos injiqligiga ko‘ra o‘zgartirilgan. Dastlab Swarovskiy kristalli zargarlik buyumlari suratga olish uchun qilingan, lekin aktrisa uni taqishdan bosh tortgan. Keyinchalik 134 qirotdan iborat 1308 ta olmos Satin marjon shunday paydo bo‘ldi. Uning yaratuvchisi avstraliyalik zargar Stefano Kanturi marjondan ayrilishni istamadi va uni auksiondan olib, shaxsiy kolleksiyasida qoldirdi.
“Shamollarda qolgan hislarim” – Skarlettning dafn marosimida taqqan to‘g‘nog‘ichi
Skarlettning didi haqiqatan ham yuqori bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida pardadan ham kiyim tikishi mumkin edi. U shaharga pul topish va Tarani qutqarish uchun borganida, hech kimda munosib kiyim qolmaganligi uchun libosni pardadan tikishga qaror qiladi. Liboslar dizaynerlarining oldiga qiyin vazifa qo‘yildi va ular bu vazifani uddaladi. Qahramonning kiyimlari o‘sha davr modasiga ta’sir ko‘rsatdi. Skarlettning dafn marosim to‘g‘nog‘ichi liboslar dizayneri Uolter Plankettning onasiga tegishli.
“Yulduzlar jangi” – Leyaning marjoni
Yo‘q, bu marjon film uchun maxsus ishlab chiqarilgan emas – finlyandiyalik zargar Byorn Vekstrem buyurtmani bajarishga ulgurmagan, shuning uchun Lukas Space Silver kolleksiyasidan bir nechta buyumlarni tanlagan. Gap shundaki, dizayner kosmosning katta muxlisi edi va bu to‘plamni “Apollon 11”ning Oyga qo‘ngan yiliga bag‘ishlagan.
“Sayyoh” – olmosdan yasalgan choker
Film sahnalaridan birida bosh qahramon Anjelina Joli oltita naqshin olmos bilan qoplangan va olmos barglari bilan bezatilgan hashamatli chokerda paydo bo‘ladi. Bu 1,1 million dollarlik choker zargar Robert Prokop tomonidan qayta ishlangan va Anjelina Jolining Style of Jolie zargarlik buyumlari to‘plamining asosini tashkil qilgan.
“Buyuk Getsbi” – olmos bosh bezagi
Buyuk Getsbi uchun Tiffany&Co zargarlik buyumlari to‘plamini yaratdi. Gap shundaki, 1920-yillarda, film voqealariga ko‘ra, kompaniya gullab-yashnagan, shuning uchun davrni qayta tiklashda arxivlarni yig‘ish kifoya edi. To‘plamlarning eng zo‘rlari – qahramon Di Kaprio uchun abadiy sevgining ramzi bo‘lgan uzuk. Esda qolarlisi, oq va sariq olmos hamda marvaridli Savoy bosh kiyimi. Mutaxassislar uning narxini, taxminan, 335 ming dollarga baholamoqda.
“Tiffanida nonushta” –120 marvariddan iborat marjon
Eng qimmatbaho zargarlik buyumlari – Tiffani nomi berilgan yorqin sariq olmosli marjon. U film uchun maxsus yaratilgan. Tomoshabinlarning Odri Xepbyornning ingichka bo‘ynini bezatgan olmos atirgulli marvarid marjoni yodida. U qora libos, baland soch turmagi va katta ko‘zoynak bilan birga tarixda qoldi.
“Opa-singil Boleynlar” – “B” shaklidagi katta marjonli marvarid marjon
Natali Portman taqib yuradigan zargarlik buyumlari dizaynerlarning ixtirosi emas. Anna Boleyn “B” lotin harfi bilan aks etgan taqinchoqni juda yaxshi ko‘rardi. Uni bo‘lajak Angliya qirolichasining portretlarida ko‘rish mumkin. Ammo keyinroq marjon bilan nima sodir bo‘lganini hech kim bilmaydi, balki uni Anna qizi meros qilib olgan va hozirgacha Bukingem saroyi kolleksiyalarida saqlanmoqda.
“Sumerki” – Bellaning nikoh uzugi
Infinite Jewelry Co. kartinaning rasmiy zargarlik uyiga aylandi va Bellaning unashtiruv uzugi shaxsan zargarlik brendi asoschisi Shelli Eshton tomonidan yaratilgan. Aytishlaricha, unga Stefani Mayer yordam bergan. Natijada olmos bilan bezatilgan ulkan viktoriancha uzuk hosil bo‘lgan. Gollivuddagi tematik auksionda uzuk 16,8 ming dollarga sotildi.
“Kleopatra” – Elizabet Teylorning ilon bilaguzugi
“Kleopatra” filmi o‘z davrining eng qimmat kartinalaridan biriga aylandi va Elizabet Teylor suratga tushish paytida 60 dan ortiq kiyimlarini o‘zgartirdi. Ammo ijodkorlar zargarlik buyumlarini tejashga qaror qildi. Filmdagilarning hammasi buyuk malikaning haqiqiy kolleksiyasi asosida yaratilgan yuqori sifatli zargarlik buyumlari. Ilon shaklidagi bilaguzuk-soat Elizabet Teylorning sevimli taqinchog‘i. Aktrisa ularni kartinaning bir qismi bo‘lishini talab qildi: ilon ramzi imperator tarixida juda muhim ahamiyatga ega. Film chiqarilishiga bag‘ishlangan fotosessiyadan so‘ng soat savdosi keskin oshdi. | 114 | 6,305 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik 14 yoshli qiz “Golos. Deti 2” loyihasida keyingi bosqichga o‘tdi (video) | O‘zbekiston vakilasi bo‘lgan Sabina Mustayeva Rossiya Birinchi kanalining “Golos. Deti” (2-mavsum) loyihasida keyingi bosqichga o‘tdi, deb xabar bermoqda UzDaily.
https://www.youtube.com/watch?v=ONok5tub4xc
14 yoshli toshkentlik qiz “Put” nomli qo‘shiqni ijro etib, Pelageya, Dima Bilan va Maksim Fadeyevni o‘ziga qaratdi va ular orasidan Fadeyevni o‘ziga ustoz sifatida tanladi.
Hakamlardan Dima Bilan Sabinaning ideal darajada kuylaganini ta’kidlagan bo‘lsa, Pelageya esa uning vokal imkoniyatlarini e’tirof etgan. | 87 | 516 |
Madaniyat | Rakesh va Ritik Roshanlar — Bollivudning ijodkorlar sulolasi haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar | Bollivud olamida o‘z o‘rniga ega bir necha mashhur sulolalar bor. Ular orasida Roshanlardan musiqachi va aktyor avlodlar yetishib chiqmoqda. Bollywoodtime nashri Roshanlar sulolasi haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Roshanlar sulolasi 4 avloddan iborat. Ushbu ajoyib san’atkorlar sulolasining ajdodi — Roshan Lal Nagratx Moxan. Roshan, Bollivud yulduzi Ritik va uning otasi Rakeshning familiyasi emas. Ushbu oilaning barcha a’zolarining haqiqiy familiyasi Nagratx, Roshan esa Ritikning bobosining ismi bo‘lib, u 1948-yilda Mumbayga kino sohasida faoliyatini boshlash uchun kelgan.
Roshan Lal Nagratx
Roshan Lal Nagratx 1917-yil 14-iyulda Gujranvalada (hozirgi Pokiston) juda ziyoli va o‘qimishli oilada tug‘ilgan. Bolaligidan musiqani o‘rgangan, turli cholg‘u asboblarini chalgan. Maktabdan so‘ng u Butun Hindiston radiosiga ishga joylashgan va 1940-yillarning oxirida kino sanoatida shon-shuhrat va daromadga ega bo‘lish uchun Bombeyga jo‘nab ketgan.
Roshan Lal Nagratx
Uning yo‘li juda uzoq va mashaqqatlarga boy edi. Roshan oradan 10 yil o‘tibgina mashhurlikka erishdi. 1960-yillar uning uchun oltinga teng davr bo‘ldi. Uning xalq va mumtoz musiqani uyg‘unlashtira olishi muvaffaqiyatning sababi edi. Roshan bir nechta musiqiy hitlarni, jumladan Madxubala va Bxarat Bxushan bilan mashhur “Yomg‘irli tun” (1960) ni yaratdi.
Roshan Lal Nagratx
Roshan ikki marta oila qurdi. Birinchi rafiqasi haqida ko‘p narsa ma’lum emas, chunki nikoh qisqa muddat davom etdi. 1948-yilda u bengallik qo‘shiqchi va bastakor Ayra (Moytre)ga uylandi. U Bollivud filmlarida kuylagan, shu jumladan “Bebaho sevgi” filmida Lata Mangeshkar bilan ham qo‘shiq ijro etgan. Afsuski, u turmush o‘rtog‘idan ayrilgach, karyerasini tark etishga majbur bo‘ldi. Roshan 1948-yilda yurak xurujidan to‘satdan vafot etdi.
Ayra Natgarx
Roshan va Ayraning ikki o‘g‘li — Rakesh va Rajesh Roshan bo‘lib, ular otasining kasbini davom ettirdi. Rajesh ham musiqa o‘qituvchisi, Rakesh esa avvaliga aktyorlik sohasida o‘zini sinab ko‘rdi, keyin esa rejissorlik bilan shug‘ullandi.
Rakesh va Rajesh
Rakesh oilaning eng kattasi. U 1949-yil 6-sentyabrda tug‘ilgan. Bolaligidan u aktyor bo‘lishni orzu qilar edi, lekin institutni tugatishga ulgurmadi, chunki u otasidan ayrilib, uyga qaytib, onasi va ukasini boqish uchun ishlashga majbur bo‘ldi.
Rakesh Roshan
Rakesh shunga qaramay orzusini ro‘yobga chiqardi va aktyor bo‘ldi, lekin u katta bu sohada muvaffaqiyatga erisha olmadi, shuning uchun u rejissorlik kursiga o‘tdi va bir nechta mashhur filmlarni suratga oldi: “Qasos o‘ti”, “Kishan va Kanxaya”, “Karan va Arjun”, “Krish” va boshqalar.
Rakesh Roshan
Uning ukasi Rajesh Roshan Lal Nagratx 1955-yil 24-mayda tug‘ilgan. U maktabni tamomlashdan oldin ham Bollivud filmlari uchun musiqa bastalagan va 20 yoshida “Juli” (1975) filmi uchun eng yaxshi bastakor sifatida birinchi Filmfare mukofotini olgan. 1987-yildan beri Rajesh akasining barcha filmlariga musiqa bastalagan.
Rajesh Roshan
To‘g‘ri, tanqidchi va tomoshabinlar Rakesh Roshanni plagiat uchun yoqtirmaydi, chunki u har doim o‘zining eng mashhur kuylarini boshqa mamlakatlarning taniqli musiqalaridan ko‘chiradi.
Rajesh va uning rafiqasi
Rajesh va Rakeshning ikkitadan farzandi bor. Rajesh rafiqasi Kanchanning Ishan ismli o‘g‘li va Pashmina ismli qizi bor. Rakesh va uning rafiqasi Pinkining Ritik ismli o‘g‘li va Suneyna ismli qizi bor.
Rakesh va uning rafiqasi
Ishan aktyorlik maktabini tamomlagan va 2008-yilda Bollivudda debyut qilmoqchi edi. Xuddi amakivachchasi Ritik kabi Ishan ham yaxshi raqqos. Ammo, Ishan aktyorlik sohasidan ketmadi.
Ishan Roshan
Uning singlisi Pashmina yosh bo‘lsa-da, allaqachon tajribali teatr aktrisasi va Jeff Goldbergning “Jiddiy bo‘lishning ahamiyati” spektaklida rol o‘ynagan. Teatrga qiziqishidan tashqari, Pashmina Roshan Mumbaydagi Barri Jonning aktyorlik maktabida olti oylik kursni tamomlagan va Bollivuddagi debyutiga hozirlik ko‘rmoqda.
Pashmina Roshan
O‘tgan yili uning amakivachchasi Ritik Instagram’dagi postida u tez orada aktrisa bo‘lishini ta’kidlagan edi: “Men sen bilan juda faxrlanaman Pashmina! Sen o‘zgacha ruh va g‘ayrioddiy iste’dod egasisan. Sening samimiyliging atrofdagi hamma narsani yoritadi. Ba’zida bu sehrni qayerdan olasan deb o‘ylayman va bir oila ekanligimiz uchun Xudoga shukur qilaman. Sening borligingdan baxtiyormiz va ishonchim komilki, tez orada butun dunyo ham shunday munosabatda bo‘ladi”, — deb yozadi u.
Parvina Roshan
Ritik Roshan — Rakesh Roshanning o‘g‘li. Bugungi kunda u Bollivuddagi eng mashhur aktyor va raqqosalardan biri. Albatta, otasi uni “Sevishingni ayt” muvaffaqiyatli filmida suratga olib, Bollivudga olib kirdi. Bollivudda 20 yildan ortiq vaqtdan beri bo‘lishiga qaramay, Ritik muvaffaqiyatli filmlarda suratga tushishda davom etmoqda.
Rakesh va Ritik Roshan
Ritik aktyor Sanjay Xonning qizi Syuzanna Xonga uylangan edi. Juftlikning 16 yoshli Rexan va 14 yoshli Ridxon ismli ikki o‘g‘li bor. Yigitlar hali maktab o‘quvchisi, ammo kelajakda ular ham aktyor bo‘lishlari mumkin.
Ritik va Syuzanna
Afsuski, Ritik va Syuzanning oilasi aktyorning xiyonati tufayli buzildi. Hozirda u yosh aktrisa Saba Azad bilan uchrashmoqda.
Syuzanna Xona va uning o‘g‘illari
Ritikning yagona singlisi Sunayna ikki marta turmushga chiqqan, ammo uning ikkisi ham ajrim bilan yakunlangan. U birinchi marta 20 yoshida shveysariyalik Ashish Soni bilan turmush qurgan. Uning bu nikohdan Suranika Soni ismli qizi bor. Ajrimdan so‘ng qiz otasi bilan qoldi va onasi keyinchalik biznesmen Moxan Nagarga turmushga chiqdi. Afsuski, ushbu nikoh ham uzoq davom etmadi.
Ritik va Suneyna
Hozir Suranika ulg‘ayib, onasining oilasi bilan aloqada, bobosi va buvisini ziyorat qilish uchun keladi, amakisi Ritik bilan ham munosabati yaxshi.
Suneyna va Suranika
Suranika, Rexan va Ridxon Roshan sulolasining to‘rtinchi avlodi, ammo ular o‘z hayotlarini Bollivud bilan bog‘laydimi yoki yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi.
Suranika va Pashmina
Aytgancha, Ritik Roshanning sobiq rafiqasi Syuzanna ham yana bir mashhur ijodkorlar oilasi — aka-uka Sanjay, Feroz, Zinat Aman, Fardin va Zayed Xan bilan bog‘liq.
Roshanlar oilasi | 102 | 6,132 |
Madaniyat | Guli Asalxo‘jayeva: Kelasi yildan opam bilan alohida-alohida konsert bermasak bo‘lmaydi | Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 19—21-fevral kunlari opa-singil xonandalar — Mavluda va Guli Asalxo‘jayevalarning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsert arafasida opa-singil o‘rtasida kelishmovchilik yuz berdi. Tarqalgan turli gap-so‘zlarga ko‘ra, xonandalar birgalikdagi konsert dasturida nechtadan qo‘shiq aytish borasida kelisha olishmagan.
Bu gaplar qanchalik asosli ekanligini aniqlash maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda Guli Asalxo‘jayeva bilan suhbatlashdi. Ma’lumot uchun, konsertda ikki san’atkor jami 31 qo‘shiq kuyladi.
— Sakkiz yil davomida konsert bermaganimiz sababli, opamda ham, menda ham ancha qo‘shiqlar yig‘ilib qolgan ekan, — dedi Guli Asalxo‘jayeva. — Nazarimizda, bir qo‘shiqni aytsak, biri qolib ketayotgandek tuyulaverdi. Shu sabab o‘rtamizda to‘g‘ri ma’nodagi ijodiy bahslar bo‘lib turdi, keyingi yildan alohida-alohida konsert bermasak bo‘lmaydi, degan hazillar ham qilib turdik. Ammo buni aslo janjal deb o‘ylash kerak emas.
— “Istiqlol” san’at saroyida konsert berish uchun yaxshigina mablag‘ sarflanadi. Konsertning moddiy tomoni opa-singil o‘rtasida qanday taqsimlandi?
— Agar birga konsert qo‘yadigan bo‘lsak, opam meni xarajat qilishga qo‘ymaydi. Biror marta “mana bu joyga shuncha pul berasan”, deb aytmagan. To‘g‘ri, men ham qarab turmayman, qo‘limdan kelgan harakatni qilaman. Biroq bizda hattoki 75/25 degan gap ham yo‘q, hammasiga opam bosh-qosh bo‘ladi. Bunaqa opalar yuztadan bitta bo‘lsa kerak. Shunday bag‘rikeng, mard opam borligidan faxrlanaman. | 87 | 1,504 |
Madaniyat | “Bojalar” Mo‘min Oripovning o‘limidan keyin bachkanalashib ketdimi? Javlon Shodmonov bu borada fikrini bildirdi (video) | Aktyor va prodyuser Javlon Shodmonov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Javlon Shodmonov “Bojalar” jamoasi Mo‘min Oripovning vafotidan so‘ng bachkanalashib ketdi, mazmunidagi gaplarga munosabatini bildirdi.
Bilmasam endi. Menimcha, har doim ikkita odamni ko‘rib yurgan muxlislar uchun bitta odam bo‘lmay qolishi g‘alati tuyulishi mumkin. Hozir Mo‘min bo‘lganida, boshqacha bo‘lardi. Bilmadim. U vaqtda jiddiy deysiz-u, ammo ‘Jiyda gullaganda’, ‘Anhor bo‘yida’ qo‘shiqlarimizda ham hazilomuz so‘zlardan foydalanganmiz, hozir ham shunaqa so‘zlardan foydalanamiz.
Hozir ham Jahongir akamning jiddiy qo‘shiqlari, chuqur ma’noga ega bo‘lgan qo‘shiqlari bor. Endi ularning uslublari shunaqa. Jiddiy qo‘shiqlarni katta reklama qilmasligimizning sababini bilmayman. Bachkana-bachkana deyishadi-yu, ammo baribir ko‘rishadi. Agar birorta odamni yoqtirmasam, u odamni ko‘rmayman, eshitmayman, e’tibor ham bermayman, menda shunaqa odat bor. Biz bachkana bo‘lsak, nega bizni ko‘rishadi, e’tibor berishadi. Shu holatga tushunmayman.
Javlon Shodmonov, aktyor, rejissor, prodyuser
Ma’lumot uchun, “Bojalar” guruhi a’zosi Mo‘min Oripov 2009-yilning 28-iyun kuni mudhish avtohalokat sabab vafot etgan. “Bojalar” guruhi a’zolari Jahongir Foziljonov hamda Mo‘min Oripov kuylagan “Jiyda gullaganda”, “Boyvachcha”, “Achchiq hayot”, “Anhor bo‘yida”, “Eslama meni” kabi qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan. | 119 | 1,468 |
Madaniyat | Turk aktrisasi Xazal Kaya ishtirokidagi serial yil loyihasi bo‘lishi mumkin | Turk aktrisasi Xazal Kaya bosh qahramon rolini o‘ynaydigan yangi serial yil loyihasi bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Haber global.com” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha aktrisa “Pere Palasdagi yarim tun” serialida bosh qahramon sifatida suratga tushadi.
Charlz King tomonidan yozilgan ilmiy-ommabop kitobdan olingan 8 qismli ushbu serialda Istanbuldagi mehmonxona, jurnalist qiz va vaqtlararo sayohat haqida hikoya qilinadi. Xazalning aytishicha, u ssenariy bilan tanishib chiqib ushbu rol u uchinligini bilgan. U ijro etadigan qahramonini his qilib, ikkilanib ham o‘tirmay rol ijro qilishga rozilik bergan. Bundan tashqari, aktrisa ushbu loyihaning muvaffaqiyatli chiqishi va eng muhim voqealardan biri bo‘lishiga ishonganini ta’kidlagan. Karga Seven Pictures’ning Netflix uchun tayyorlagan loyihasiga Emre Shahin rejissorlik qiladi.
Ma’lumot uchun, “Taqiqlangan sevgi” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Xazal Kaya ilk faoliyatini epizodik rollar ijrosidan boshlagan. | 75 | 975 |
Madaniyat | Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan | Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudida 5-may kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani yuzasidan sud ishi bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi. Keyinroq sud ishi boshqa vaqtga qoldirilgani haqida aytildi.
O‘zA sud majlisi qoldirilganining sababi noma’lum ekanligi, Yulduz Usmonovaning sudga kelmagani haqida xabar berdi.
6-may kuni O‘zbekiston Oliy sudi ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qildi. Murojaatda Yulduz Usmonovaning ishi sudga oshmagani haqida aytiladi.
“Hozirgi paytga qadar fuqaro Yulduz Usmonovaga oid ish materiallari sudga kelib tushmagan. Ushbu ish surishtiruv organi tomonidan sudga taqdim etilishi bilan sud majlisi o‘tkaziladi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi”, — deyiladi Oliy sud bayonotida.
Avvalroq Yulduz Usmonova tergov jarayoni tugagunicha shahardan chiqa olmasligini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonova ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani aks etgan videosi tarqalganidan keyin shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari O‘zbekiston xalq artistining kechirim so‘raganiga qaramay, uning qilmishiga qonuniy baho berilishini talab qilmoqda. | 78 | 1,231 |
Madaniyat | “U belafzlik qilgan”. Anvar Sanayev nima uchun Jasur Umirovning klipida bozori o‘tmay qolgan xonanda rolini ijro etgani haqida gapirib berdi (video) | Xonanda Anvar Sanayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Anvar Sanayev suhbat davomida Jasur Umirovning “Kabutarim” deb nomlangan videoklipida bozori o‘tmay qolgan xonanda rolini ijro etgani sababiga oydinlik kiritdi.
Lekin hech qayerda berilmagan savolni berdingiz. Bu o‘zimning ichimda qolib ketgan gap edi. Jasur kelib, ‘ustoz sizni qo‘shiqlaringizni eshitib katta bo‘lganman, sizni konsertlaringizda kirishga pulim bo‘lmagan vaqtlar bo‘lgan, mening konsertimga boring’, iltimos deb taklif qilgan. Konsertiga bordim, konsertda ustozim deb e’lon qildi, ‘rahmat e’tibor uchun’, deb omad tiladim. Otasi bilan yaxshiman, otasi yaxshi inson, ‘o‘g‘lim sizning yo‘lingizdan ketgan’, deb ko‘p gapirganlar.
Bir payt Jasur klipga taklif qilib qoldi, ‘ustoz shu klipimga tushib bersangiz’, dedi. ‘Klipda men tush ko‘raman, tushimda taniqli qo‘shiqchi bo‘laman, shu darajada taniqli bo‘lamanki, syomka qilayotganingizda sizni ko‘rib, niyat qilib yoningizdan o‘tib ketaman’, dedi. ‘Ma’nosi yaxshi ekan, mayli chiqib beraman’, dedim. ‘Qancha pul bersam bo‘ladi?’, deganida ‘qiziqmisan dedim, ‘biz uchun bu yaxshi-ku, ustoz deb turgan bo‘lsang, unaqa dema, uyat bo‘ladi’, dedim.
Suratga olish ishlarining boshidan oxirigacha bo‘lmaganman, o‘zimning joyimni o‘ynadimda ketdim. O‘n-o‘n besh kun o‘tgandan so‘ng, ‘klipni chiqishidan oldin bir ko‘ray’, dedim. ‘Ho‘p, ustoz’, deb klipni ko‘rsatishdi. Qarasam umuman boshqa holat, birovga yaxshilik qilaman deb klipiga chiqsang-da, seni pastga urgandek qilib olib chiqishsa. ‘Ukam bu nima qilganing, senga yaxshilikka yomonlikmi bu’, dedim. ‘Senga yordam bo‘lsin, deb klipingda chiqqan bo‘lsam, aytgan gaping qani, sening lafzing bormi?’, dedim. ‘Ustoz, shunaqa montaj qilib qo‘yishibdi’, dedi. ‘Chiqarishdan avval montajni to‘g‘rila, aytganingdek qil deganimda’, ‘bo‘ldi, to‘g‘rilaymiz’, dedi.
Ertasi kuni telefon qilib, ‘ustoz, uzr, klip chiqib ketib qolibdi, internetga tarqab ketibdi’, deydi. ‘Yaxshi ish qilmading’, dedim. O‘shandan keyin u boladan ko‘nglim sovudi. Lekin qayerda bo‘lsa ko‘rishamiz. O‘ziga ham ko‘p marta ‘yaxshi ish qilmagansan, lafzida turmagan belafz odamning ishini qilgansan’, deganman.
Allohning qudrati bilan o‘sha klipi hech qayerga o‘tmadi. Hamma joyda badiiy kengashlardan o‘tmasdan qaytarildi. Yosh qo‘shiqchi bo‘lgani uchun shunaqa ish qilgan deb o‘ylayman.
Anvar Sanayev, xonanda
Ma’lumot uchun, Anvar Sanayev bugungi kungacha 1000 dan ortiq turli konsert zallari, stadionlarda yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. AQSh, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi hamda Hindiston davlatlarida ham yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. Xonandaning 20 dan ortiq musiqiy albomlari, 200 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor. | 148 | 2,763 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik talaba Instagram’da 4 mln kuzatuvchi yig‘ib, Shahzodani ancha ortda qoldirdi | “Sayyod.com” Instagram’da o‘zbek shou-biznesi vakillaridan ham ko‘proq kuzatuvchilarni yig‘a olgan 19 yoshli talaba bilan intervyu uyushtirdi.
19 yoshli Abdullayev Shamsiddin Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti talabasi bo‘lib, uning Instagram’dagi ko‘ngilochar uz_video sahifasi bugungi kunda 3 million 200 mingdan oshiq o‘quvchi yiqqan bo‘lsa, ilmga yo‘nalgan boshqa bir facts_uz sahifasining 1 million 500 mingdan ziyod obunachilari bor.
“facts_uz — bu mening ilk loyiham va o‘zimga yoqqani. uz_video esa bugungi kundagi eng omadli sahifam sanaladi. 2015-yil boshida bu sahifalarni tashkil etganman. uz_video sahifasining tezda ommalashishiga sabab esa u ochilgan payti video sahifalari yo‘q edi, keyinchalik esa bu sahifaning sifatli ekaniga e’tibor qaratildi. Albatta o‘zaro hamkorlik yuzasidan boshqa ommalashayotgan sahifalar bilan bir-birimizni sahifalarimizni reklama qilish orqali mashhurlikka erishish mumkin, ammo agar sahifangiz sifatli bo‘lmasa, bari bekor. Asosan 85 foiz rus auditoriyasi bilan bu borada hamkormiz. Xususan rus estradasi vakillari bilan ham. Albatta sahifamizda pulli reklama ham mavjud, biroq bu degani hamma narsani ketma-ket reklama qilaveradi degani emas. Salbiy targ‘iboti mavjud bo‘lgan klip yoki reklamalarga sahifalarimizda umuman o‘rin yo‘q! Bu ikki sahifaning muallifi o‘zim va bugungi kunda umumiy hisobda 5 kishi sahifalarni yurityapmiz. Kuniga 6 ta video joylaymiz va ularni aniq bir joydan olmaymiz, har safar turli manbalar bo‘ladi”, — deya u o‘z loyihalari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
Ayni paytda xonanda Shahzoda Instagram’da o‘zbek san’atkorlari ichida eng ko‘p — 1,3 million kuzatuvchiga ega. Avvalroq aktrisa Asal Shodiyeva o‘zini Instagram orqali kuzatib boruvchilar soni (1 million kishi) bilan xonandalar Rayhon hamda Loladan o‘zib ketgan edi. | 91 | 1,822 |
Madaniyat | “Titanik”da Makoley Kalkin, “Avatar”da Mett Deymon. Mashhur filmlarda rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan aktyorlar (foto) | Marhamat, quyida ommabop va yaxshigina daromad keltirgan filmlarda nega mazkur yulduzlar rol ijro etmaganligining sababini bilib oling.
Leonardo Di Kaprio – “Bugi uslubidagi kechalar”
O‘tgan asrning 90-yillarida Leonardo yulduz bo‘lib tanilgan edi. Shuning uchun ham yosh aktyorga ko‘plab ajoyib loyihalar taklif etilgan. Biroq aktyor bir vaqtning o‘zida bir necha filmda rol ijro eta olmasligi sababli u ayrim takliflarni rad etishga majbur bo‘lgan. “Bugi uslubidagi kechalar” filmi rejissori Eddi rolini aynan Leo ijro etishini xohlagan. Aktyor uni rad etgan, chunki o‘sha vaqtda Jeyms Kemeron uni “Titanik” filmiga taklif qilgan edi.
Makoley Kalkin – “Titanik”
“Titanik” filmi ijodkorlari Jek obrazi uchun bir necha aktyorlarni ko‘rib chiqqan. Nomzodlar orasida Bred Pitt, Tom Kruz, Mettyu Makkonaxi va Makoley Kalkin ham bo‘lgan. Makoley barchaga ma’qul kelsa-da, ammo kartina rejissoriga bu yoqmagan. Natijada Makoley Leoning foydasiga rejissor tomonidan rad etilgan.
Mett Deymon – “Avatar”
Deymonga yaxshigina daromad keltiradigan filmdan taklif tushganida, aktyor o‘sha vaqtda juda bandligi tufayli rad javobini bergan edi. Ammo rejissor Jeyms Kemeron boshqa aktyor Sem Uortingtonni tanladi. Sem taniqli rejissor bilan ish boshlaganidan juda ham xursand edi. Film premyeradan so‘ng mislsiz darajada mashhurlikka erishgach, Deymon filmda ishtirok etishdan bosh tortganidan afsusda ekanligini tan olgan. Sababi film tufayli u barcha yutuqlarni qo‘lga kiritar edi.
Meg Rayan – “Chiroyli ayol”
“Chiroyli ayol” filmi prodyuserlari bosh qahramon Vivian Uord obraziga Meg Rayanni tavsiya etgan. Biroq u ham boshqa aktrisalar singari filmda suratga tushishdan bosh tortgan. Ushbu obraz go‘yoki aktrisaning karyerasiga putur yetkazishi hattoki nuqta qo‘yishidan xavotir olgan. Rejissor Juliya Robertsni topmaguncha umidsizlikka tushib bo‘lgan edi. Ammo kartina aktrisaning katta kino olamiga yo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.
Emma Uotson – “La-La-Lend”
“La-La-Lend” filmi ko‘plab nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan hamda kassabop filmga aylandi. Shuningdek, filmda Miya Dolan rolini ijro etgan Emma Stoun ham bir qancha yutuqlarga erishgan. Ammo bularning barchasi Emma Uotsonga ham nasib etishi mumkin edi. Lekin Uotson o‘sha vaqtda “Sohibjamol va maxluq” filmida suratga tushayotganligi tufayli boshqa takliflarni rad etishga majbur bo‘lgan.
Genri Kavill – “Sumerki”
Stefan Mayyer “Sumerki”dagi Edvard obrazida Genrini ko‘rishni istagan edi. Ammo rejissorlar bu vazifani Robert Pattinson yaxshiroq uddalashiga ishongan. Aktyor chindan ham loyihadagi ishtiroki tufayli yulduzga aylandi. Ammo uning o‘zi dastlab qahramoni yoqtirmagani va qanday qilib uni ijro etganiga ham hayron qolgan.
Tom Kruz – “Temir odam”
Marvel “Temir odam” filmini suratga olishga qaror qilganida, Tom Kruz bosh rol uchun eng yaxshi tanlov bo‘lishiga amin edi. Biroq aktyor ssenariyni juda sayoz deb baholagan va rad etgan. Keyinchalik loyihaga kichik Robert Dauni taklif qilingan va uning ijrosi tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan.
Enn Xeteuey – “Sevgilim aqldan ozgan”
Ennga nafaqat “Sevgilim aqldan ozgan” filmiga taklif bo‘lgan, balki u kartinada suratga ham tushgan. Biroq u rejissor bilan o‘rtasidagi ziddiyat tufayli hamkorlikda ishlashdan bosh tortgan. Natijada Jennifer Lourens Tiffani roliga taklif qilingan, keyinchalik u ijrosi uchun “Oskar” mukofotiga loyiq deb topilgan. | 114 | 3,372 |
Madaniyat | Kapurlar sulolasining merosxo‘rlari: Raj Kapurning 7 chevarasi qanday ko‘rinishga ega? (foto) | Bollivudda alohida mavqega ega bo‘lgan Kapurlar sulolasining eng yosh vakillari bugunda turli sohada faoliyat yuritmoqda. Raj Kapurning to‘ng‘ich chevarasi yaqinda 24 yoshga to‘ldi. Lekin ko‘pchilik uni faqat Amitabh Bachchanning nabirasi sifatida biladi. Chunki qizning onasi Shveta Bachchan afsonaviy Amitabh Bachchanning qizi. Ammo uning otasi Nikhil Nanda ham afsonaviy aktyor va rejissor Raj Kapurning nabirasidir.
Raj Kapurning uch o‘g‘li Randhir, Rishi va Rajiv; Rima va Ritu ismli qizlari bor. Hind sanoatchisi rajan Nanda bilan turmush qurgan Ritu 2020-yil saraton kasalligidan vafot etdi. Ular ikki farzand ko‘rgan: o‘g‘li Nikhilning va qizi Natasha. Qizi turmushga chiqmagan va farzandlari ham yo‘q, lekin Nikhil Amitabh Bachchanning qizi Shveta Bachchanga uylangan.
Nikhil va Shvetaning ikki farzandi bor – 24 yoshli Navya Navelli va 20 yoshli Agastya. Bular Raj Kapurning to‘ng‘ich chevaralari. Umuman olganda, Kapurlar oilasi juda ahil va barcha bayramlarni doimo qarindoshlari bilan o‘tkazadi. Lekin ko‘pincha Navya va Agastyani Kapur oilasidan ko‘ra ko‘proq Bachchan oilasi bilan birga ko‘rish mumkin.
Ehtimol, Nikhil o‘zining amakivachchalari va opa-singillari bilan unchalik yaqin emasdir, balki bunga xuddi Karina va Karishma Kapur singari yashash joyi sababdir, chunki ular Dehlida va Kapurlar esa Mumbayda yashaydi. Ammo bolalar ham otasining qarindoshlari bilan aloqa qilmaydi.
2021-yilning 7-dekabr kuni 24 yoshga to‘lgan Navya Naveli Londonda Shohrux Xonning o‘g‘li Aryan bilan bir sinfda o‘qigan. Ular juda yaqin do‘st. Avvaliga u hayotini kino sanoati bilan bog‘lamoqchi edi, lekin onasi bunga ko‘nmadi. Keyin u moda olamiga qiziqib qoldi, ammo hozir u tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Uning ota-onasi unga boshlang‘ich sarmoyani berdi va Navya Hindistonda ayollar salomatligi uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan tibbiy texnologiya kompaniyasini ochdi. Shuningdek, u gender tengligi tarafdori va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi.
Uning akasi Agastya Nanda 2021-yil 24-noyabr kuni 20 yoshga to‘ldi. U Buyuk Britaniyada o‘qigan va 2019-yil bahorida o‘rta maktabni tamomlagan. Katta ehtimol bilan, yigit otasining izidan boradi, shuningdek, tadbirkor bo‘lish niyatida.
Keyingi o‘rinlarda Randhirning nabiralari turadi. Randhirning ikki qizi bor: Karishma va Karina Kapur. Karishma Kapurning qizi Samayra allaqachon 16 yoshda. U Karishma va sobiq tadbirkor Sanjay Kapur farzandi.
Aytishlaricha, Samayra aktrisa bo‘lishni orzu qiladi va allaqachon onasi bilan barcha ijtimoiy tadbirlarda qatnashishni boshlagan. Agar u orzusini ro‘yobga chiqarsa, sulolaning filmlarda suratga tushgan beshinchi vakili bo‘ladi.
Raj Kapurning to‘rtinchi chevarasi uning bobosi sharafiga Kian Raj Kapur deb nomlandi. Karishma Kapur nikohini saqlab qolish uchun 2010-yilda o‘g‘lini dunyoga keltirdi, biroq bu ham ularni ajrimdan to‘xtatib qola olmadi. Ammo bola ham 10 yildan keyin mashhur qarindoshlari kabi aktyor bo‘lishi mumkin.
Karina Kapurning nabirasidan Raj Kapurning ikki chevarasi bor – Taymur Ali Xon va Jex Ali Xon. Taymur 2016-yilda tug‘ilgan va yo‘rgakdanoq haqiqiy yulduzga aylangan. Ularning farzandi shu qadar mashhurki, hatto uning sharafiga qo‘g‘irchoq ham chiqarildi. Ammo uning 10 oylik ukasi Jex hali u qadar mashhur emas.
Ota tomondan ularning orqasida Tagor va Ali Xonning kuchli sulolalari bor. Ularning ajdodlarida haqiqiy qirollik qoni bo‘lib, bir vaqtlar knyazliklarni boshqargan.
Raj Kapurning yana bir chevarasi bor. Rishi Kapurning ikki farzandi bor (Rishi Kapur o‘g‘lining farzandlari), o‘g‘li Ranbir va qizi Ridxima. Ranbir hali oila qurmagan, ammo Ridhima tadbirkor Bharat Sakniga turmush chiqqan va ularning 10 yoshli qizi bor.
Samara ko‘proq onalik genlarini olgan va buvisi Nitu Singhga juda o‘xshaydi. Bu buyuk Raj Kapurning chevaralari. Faqat kichkina Jex Kapurlar zotiga ko‘proq tortgan. | 93 | 3,847 |
Madaniyat | Shvarsenegger, Kanye Uest va mudhish avtohalokatga uchrab, omon qolgan boshqa yulduzlar | Turli sabablarga ko‘ra avtohalokatga uchragan va hayotdan ko‘z yumishiga bir baxya qolgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Arnold Shvarsenegger
Mototsikl haydashni yaxshi ko‘radigan aktyor 2000-yilda avtohalokatga uchrab oltita qovurg‘asini sindirib olgan. 2006-yildagi baxtsiz hodisa vaqti esa o‘g‘li Patrik bilan ketayotgan bo‘lgan. Bu safar labi yirtilgan.
Xelli Berri
2000-yilda aktrisa qizil chiroqda yurib ketib qarshi tomondan kelayotgan ikkita mashina bilan urilgan. Haydovchilarning shikoyatiga qaramay, u spirtli ichimlik ham narkotik modda ham qabul qilmagan bo‘lgan.
Stivi Uander
1973-yilda amakivachchasi oldindagi yuk mashinasiga borib urilgan ichida xonanda bo‘lgan. Boshidan jarohatlangan Stivi ma’lum muddatga hid bilish qobiliyatini yo‘qotgan.
Helen Xant
2019-yil 16-oktabrda aktrisa ichida bo‘lgan mashina yo‘lda ag‘darilib ketgan. Helen yengil jarohat olgan mazkur halokatda aybdorlar bo‘lmagan.
Keytlin Jenner
2015-yilda Keytlinning mashinasi qarshi tomonga chiqib ketgan va haydovchisi halok bo‘lgan mashinaga borib urilgan.
Kanye Uest
2002-yil avtomobilda uxlab qolgan Kimning sobiq turmush o‘rtog‘i, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan mashinaga borib urilgan. U qo‘lini, boshqa haydovchi esa ikkala oyog‘ini sindirib olgan.
Morgan Frimen
Aktyor 2008-yil Missisipi shtatida halokatga uchragan. Qattiq jarohatlangan Morgani mashina ichidan chiqarib olingan.
Tayger Vuds
2021-yilning 23-fevralida mashhur golf o‘yinchisi mashina boshqaruvini yo‘qotgan va daraxtga urilib ag‘darilgan. Oyog‘ini sindirib olgan sportchining oyoqqa turishiga uzoq vaqt ketgan. U yo‘lga chiqishdan avval og‘riq qoldiruvchilardan tayyorlangan “kokteyl” iste’mol qilgan bo‘lgan. | 87 | 1,694 |
Madaniyat | Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” nomli konsertidan fotoreportaj | Shu kunlarda Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. 9-noyabr kuni boshlangan dastur 13-noyabrga qadar davom etadi.
Shou-biznes vakillarining ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan fikrlariga ko‘ra, konsertning har kuni juda yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda. Dasturning eng qaynoq fotolavhalari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 80 | 613 |
Madaniyat | Bryusselda "Xiva kunlari" boshlandi (foto) | Bryusselda tarixda ilk bor O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turkiy tillar madaniyati xalqaro tashkiloti (TURKSOY) va "Evropa Ittifoqi hamda "Evropa Ittifoqi — O`zbekiston" do`stlik guruhi hamkorligida uyushtirilgan "Xiva kunlari" bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
TURKSOY xalqaro tashkiloti va O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida Evroparlamentda turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti vakillari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Shuningdek tadbirda TURKSOYning Evropa Ittifoqi deputatlari, xorijiy diplomatlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Xiva tarixiga oid ko`rgazma, o`zbek san`korlari ishtirokida konsert va o`zbek taomlari ko`rgazmasi tashkil etildi. | 42 | 775 |
Madaniyat | Dueyn Jonson o‘zini rep yo‘nalishida sinab ko‘rdi. Artist Tech N9ne’ning qo‘shig‘ida paydo bo‘lgan | Gollivud yulduzi Dueyn Jonson o‘zini musiqa yo‘nalishida ham sinab ko‘rishga qaror qildi. U taniqli mustaqil reper Tech N9ne’ning Face Off nomli qo‘shig‘i va klipining mehmoniga aylangan, deb xabar beradi “Film.ru”.
Ma’lum qilinishicha, mazkur kompozitsiya hozirda striming maydonchalarda mavjud bo‘lgan ASIN9NE albomidan o‘rin olgan. Jonson va Tech bir necha yil oldin HBO’ning “Futbolchilar” serialini suratga olish jarayonida tanishib qolgan. Keyinroq reper aktyor bilan Instagram orqali bog‘lanib, unga kollabratsiya taklif qilgan va Jonson rozi bo‘lgan.
Avvaliga Jonson shunchaki qo‘shiq uchun ayrim so‘zlarni aytishi kutilgandi, biroq Dueyn shaxsiy replikasini yozishni xohlagan. Bu Jonsonning musiqa yo‘nalishidagi birinchi ishi emas: 2016-yilda u Disney’ning “Moana” multfilmiga ovoz berishda ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning sentabrida “Forsaj” filmlari orqali mashhurlikka erishgan amerikalik aktyor Vin Dizel “Feel Like I Do” nomli o‘zining birinchi qo‘shig‘ini taqdim etgandi.
Dueyn Jonson “Forsaj” filmini suratga olish ishlarida Vin Dizel bilan yuzaga kelgan mojarosiga izoh berdi | 98 | 1,114 |
Madaniyat | O‘zini turli obrazlarda sinab ko‘rib, yangi qirralarini kashf etishdan qo‘rqmaydigan Gollivud yulduzlari (foto) | Ko‘plab aktyorlar o‘zining qulay hududini tark etishdan qo‘rqadi, ammo qiyinchiliklar hayotni yanada rang-barang qiladi. Bundan tashqari, yangi ish qilish orqali o‘zingizdagi siz bilmagan iste’dodlarni kashf eta olasiz. Masalan, Ledi Gagani olaylik: u bir necha yil avval aktyorlik olamida o‘zini sinab ko‘rishni boshlagan, hozirda esa u dunyoga mashhur “Joker” filmining davomida Harli Kvinn rolini ijro etishi kutilmoqda. AdMe nashri har doim o‘z mahoratini oshirishga intiladigan, o‘zini yangi yo‘nalishda sinab ko‘rib, muvaffaqqiyatga erishgan mashhurlar haqida ma’lumot beradi.
Tilda Suinton
Tilda deyarli 40 yil davomida filmlarda rol ijro etgan va hozirgacha kutilmagan rollari bilan muxlislarini hayratda qoldirishda davom etmoqda. “Suspiriya” qo‘rqinchli filmida u uchta qahramonni gavdalantirgan: keksa psixolog doktor Klemperer; raqs studiyasi rahbari madam Blan va qadimgi jodugar Yelena Markos. Katta ehtimol bilan kinoijodkorlar kamroq aktyorlarga pul to‘lashni o‘ylagan bo‘lishini mumkin.
Uma Turman
Uma Turmanning “Billni o‘ldirish” filmidagi bosh roli va kinoning davomiy qismlaridagi ijrosi unga oson bo‘lmagan. Aktrisa bir qator yangi ko‘nikmalarni, jumladan uchta kung-fu uslubini, ikkita qilich bilan jang qilish uslubini va yapon tilini o‘rganishi kerak edi. Natija ham shunga munosib bo‘ldi, Turman filmdagi ijrosi uchun ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Emma Stoun
Emma Stoun ishtirokidagi “Oson fazilat” romantik komediyasi katta muvaffaqiyat qozondi va aktrisa bu janrda faoliyatini davom ettirishi mumkin edi. Ammo u boshqacha yo‘nalishda ijod qilishga qaror qildi. Keyinchalik Emma O‘rgimchak odamning sevgilisi Gven Steysi rolini o‘ynadi va “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “La La Lend” filmida bosh rolni ham qo‘lga kiritdi.
Adam Drayver
Adam Drayver “Yulduzlar jangi” filmida Kilo Ren rolini o‘ynadi, bu rol u uchun juda muhim ijrolardan biriga aylandi va u o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi. Aktyor dubllardan bosh tortdi va barcha harakatlarni o‘zi bajarishni o‘rgandi. Kaskadyor koordinatorining ta’kidlashicha, ko‘plab san’atkorlar o‘zlarining tryuklarini qilishni xohlaydi, lekin ular buning uddasidan chiqmaydi, chunki ularda aynan o‘sha obraz saqlanib qolishi kerak. Biroq, Adam Drayver shunchalik ko‘p mehnat qildiki, u o‘z mahoratini oshirdi va ajoyib natijalarga erishdi.
Tom Henks
“Forrest Gamp” filmidagi roli bilan tanilgan aktyor 1995-yildan buyon “O‘yinchoqlar olami” filmidagi Vudiga ovoz berib keladi. Qahramon uzoq vaqt davomida ovoz bergan bir nechta nyuanslar mavjud.
Birinchidan, ovoz yillar davomida juda ko‘p o‘zgarishi mumkin. Ammo Henksning ta’kidlashicha, uning yomon odatlari yo‘qligi sababli, ish uning ovoziga hech qanday ta’sir qilmadi. Ikkinchidan, ovoz berish — bu berilgan satrlarni shunchaki o‘qish emas, balki qaysi biri eng mos kelishini tushunish uchun ularni turli his-tuyg‘ular bilan bir necha marta ijro etishdir. Aktyorning aytishicha, u har bir ovoz yozish seansidan keyin ko‘kragida og‘riq sezgan.
Kuin Latifa
Kuin Latifa har doim ko‘p qirrali shaxs sifatida tanilib kelgan: 1990-yilda u o‘zining rep yo‘nalishidagi albomlarini chiqargan va shu bilan birga filmlarda rol o‘ynagan. Yaqinda Latifa “Ekvalayzer” serialining ijrochi prodyuseri bo‘ldi va unda bosh rolni ijro etdi. Kuin buning uchun o‘zining konfor zonasidan chiqib ketishi kerakligini aytdi. Aktrisaning ta’kidlashicha, bu ish uni charchatgan, biroq u natijadan mamnun, chunki film tomoshabinlarni xursand qila olishiga ishonadi.
Ledi Gaga
Ledi Gaga xonanda sifatida tanilgan, biroq so‘nggi paytlarda u o‘zini aktrisalikda sinab ko‘rmoqda. Xonanda “Amerikaning qo‘rqinchli hikoyasi” serialining bir necha fasllarida ishtirok etgan, shuningdek, u “Yulduz tug‘ildi” va “Guchchi uyi” filmlarida rol o‘ynadi.
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan “Joker” filmining davomiy qismida Harli Kvinn rolini o‘ynashi haqidagi xabarlar muhokama qilinmoqda. U ushbu filmida aktyor Hoakin Feniks bilan birga suratga tushadi. Film 2024-yilda katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan. | 111 | 4,067 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini”ning yettinchi mavsumini norasmiy ko‘rganlar soni 90 mln kishini tashkil qildi | “Taxtlar o‘yini” serialining yettinchi mavsumi, birinchi bo‘limini norasmiy tarzda 90 million kishi ko‘rishga ulgurdi. Bu haqda, The Independent nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, tomoshabinlar soni AQShda 16, 1 million kishini, Buyuk Britaniyada 2,83 million kishini tashkil etadi.
Norasmiy ko‘rishlar striming servislari, shuningdek, torrentlar va turli saytlardan ko‘chirish bo‘yicha hisoblandi. Bular bo‘yicha yuqori o‘rinlarni AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya va Hindiston egallab turibdi. | 94 | 553 |
Madaniyat | Toshkentda O`zbekiston-Rossiya kinoforumi bo`lib o`tdi | 5 dekabr kuni O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasiga qarashli “Media-Xoll”da O`zbekiston-Rossiya kinoforumi o`tkazildi.
“O`zbekkkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan o`tkazilgan ushbu anjumanda tegishli vazirlik va idoralar, o`zbekistonlik va rossiyalik kinematografiya tashkilotlari rahbarlari, taniqli san`at ustalari, oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari va talabalari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari A. Abduhakimov, “O`zbekkino” Milliy agentligi direktori F.Abduxoliqov, Rossiya Federasiyasi madaniyat vaziri o`rinbosari Pavel Stepanov, STV telekompaniyasi rahbari, kinoprodyuser Sergey Selyanov, Butun Rossiya davlat kinematografiya instituti rektori Vladimir Malishev, “Soyuzmultfilm” studiyasi direktori Boris Mashkovsev va boshqalar so`zga chiqib, keyingi paytlarda O`zbekiston va Rossiya o`rtasida madaniy hamkorlik borasidagi ishlar qamrovi kengayib borayotganini qayd etdilar.
Ta`kidlanganidek, keyingi yillarda O`zbekistonda barcha sohalarda ulkan o`zgarishlar yuz bermoqda. Bunday jarayonlar mamlakatimizning xorijiy mamlakatlar, xususida Rossiya bilan aloqalarida ham yaqqol o`z aksini topmoqda. Shu yilning oktyabr oyida Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida o`zbek kinosi kunlarini o`tkazildi. Haftalik davomida 10 ta badiiy, 4 ta hujjatli film namoyish etildi.
Kinoforumda Rossiya va O`zbekiston kino ustalari tomonidan amalga oshirilayotgan bir qator yangi kino loyihalari haqida so`z yuritildi. Masalan, yaqinda Rossiyaning STV kinokompaniyasi tomonidan O`zbekiston hududida “Kichkina muk” ertak-filmi suratga olinadi. Shuningdek, yurtimizda “Janob Nokaut” filmini suratga olish ishlari tez kunlarda boshlanishi mumkin. Rossiyalik o`zbek aktyori va rejissyori Farhod Mahmudov ham Buxoroda “Parilar hadyasi” deb nomlangan badiiy filmni suratga olish niyatida.
O`zbek kinoustalari ham o`z navbatida Rossiya hududida, rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda bir qator filmlarni suratga olishni rejalashtirishgan. Jumladan, “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan Rossiyaning "Mars Media" kinokompaniyasi bilan "Toshkent-66" filmini, "STAR-T" kinokompaniyasi bilan "Non shahri" teleserialini suratga olish bo`yicha hamkorlik olib borilmoqda. “Soyuzmultfilm” studiyasi o`zbekistonlik hamkasblar bilan birga Xo`ja Nasriddinning sarguzashtlari haqidagi multiserialni suratga olish bo`yicha ish olib bormoqda. Tomoshabinlarning katta olqishlariga sazovor bo`lgan “Baron” filmining davomi sifatida “Baron-2: qaytish” filmi ham rossiyalik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda suratga olinadi.
Kinoforum doirasida o`zbekistonlik sakkiz nafar yosh iste`dod egalarining Butunrossiya kinematografiya institutida tahsil olishi yuzasida memonardum imzolandi. | 54 | 2,795 |
Madaniyat | Katrina Kaif: Bollivudning eng talabgir aktrisasi nega hanuzgacha shaxsiy hayotda baxtini topa olmadi? | Katrina Kaif hind kinematografiyasining iste’dodli aktrisalari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, mashhurligi yildan yilga ortib borayotgan Katrina haqiqatan ham ajoyib raqqosa, mahoratli aktrisa va go‘zal modeldir.
Katrina Kaif Gonkongda hindistonlik Muhammad Kaif va ingliz millatiga mansub Syuzanna Tyurkott oilasida tug‘ilgan. Aktrisaning 6 singlisi va ukasi bor. Uning otasi tadbirkor, onasi huquqshunos bo‘lib, xayriya ishlari bilan ham shug‘ullangan. Katrina o‘z karyerasini 14 yoshida model sifatida boshlagan va ushbu sohada katta natijalarga erishgan.
U Londondagi moda namoyishlarida rejissor Kayzad Gustad e’tiboriga tushgan. Rejissor modelni ingliz-hind filmida rol o‘ynashga taklif qilgan. Ammo uning kinodagi ilk debyuti muvaffaqiyatga erishmagan.
Shunday bo‘lishiga qaramay, Katrina Hindistonda qolishga qaror qiladi. Sababi betakror go‘zallik sohibasiga boshqa loyihalar uchun ham taklif tushib turgan edi. Keyinchalik unga “Men qanday sevardim”, “Poyga” kabi kartinalar mashhurlik keltirdi. Shundan so‘ng aktrisa o‘z ustida ishlashda davom etdi va u hozirda eng talabgor aktrisalardan biriga aylangan.
Ammo yulduzning shaxsiy hayotidagi munosabatlar unchalik ham omadli kechmadi. 2003–2010-yillar mobaynida Katrina Salmon Xon bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bu uning hayotidagi eng jiddiy munosabatlardan biridir. Salmon aktrisani ijodning mashaqqatli yo‘lida qo‘llab-quvvatlagan. Ammo ushbu sevgi hikoyasi Bollivud kinosi kabi yakun topmagan, juftlik ajrashishga qaror qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor unga turmush qurish taklifini bildirgan, ammo Katrina buni rad etgan. Balki o‘sha paytda Katrina shon-shuhratni oiladan ko‘ra ustun hisoblagandir.
Ammo bular aslida haqiqatmi yoki yo‘qligi hanuzgacha sir. Aktrisa Salmon bilan munosabatlarini to‘xtatmasdan avval Ranbir Kapur bilan “G‘alati sevgining ajoyib hikoyasi” kartinasida rol ijro etgan. Ehtimol, bu ham ularning ayrilig‘iga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo juftlik 2013-yilga qadar bu haqda hech qanday ma’lumot bermagan. Oradan uch yil o‘tgandan so‘nggina ular ajrashishlarini e’lon qilgan.
O‘shandan buyon Katrinaning hayotida bu kabi munosabatlar takrorlanmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bu borada jiddiy va mustahkam munosabatlarni orzu qilmoqda. Demak, u haligacha orzusidagi insonni uchratmagan. | 102 | 2,337 |
Madaniyat | Tanish mushkul: Filmlarda erkak qahramonlar rolini ijro etgan Gollivudning 5 aktrisasi (foto) | Filmlarda doim ham ayollar rolini aktrisalar, erkaklarni esa aktyorlar ijro etavermaydi. Gohida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan ijodkorlar qarshi jins vakillarini qoyilmaqom tarzda o‘ynaydi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ladi. Buni quyidagi misollar orqali ham bilib olish mumkin.
Tilda Suinton
Gollivudning eng mahoratli aktrisalaridan biri Tilda erkak rollarini bir necha bor ijro etgan. Tilda o‘zining birinchi tajribasini 1992-yilda “Orlando” filmida, erkak aristokrat roli bilan sinab ko‘rgan. Ikkinchi marta, yulduz “Suspiriya” filmida erkak obrazini ijro etdi, qahramon mazkur kartinada nafaqat bosh raqqosa, balki 82 yoshli psixoanalist rolini o‘ynadi. Suratga tushish uchun u to‘rt soatdan ko‘proq bo‘yanishi kerak edi, lekin bu ish berdi. Film namoyishidan so‘ng keksa odam rolidagi Tildani hatto eng sodiq muxlislar taniy olmagan.
Keyt Blanshett
2007-yilda qo‘shiqchi Bob Dilanning hayoti haqidagi biografik drama namoyish etildi. Filmda ijrochini tasvirlaydigan oltita hikoya aks etgan. Keyt Blanshett ana shunday hikoyalarning birida rol o‘ynadi. Yulduz shu qadar mohirlik bilan o‘z qahramonini ijro etdiki, u nafaqat muxlislar va kino ixlosmandlari, balki “Oltin globus”, shuningdek, BAFTA va “Oskar” nominatsiyalariga sazovor bo‘ldi. Film namoyishidan 10 yil o‘tgach, yulduz yana “Manifesto” filmidagi erkak rolini o‘ynadi, unda aktrisa uysiz odam qiyofasida paydo bo‘ldi.
Glenn Klouz
Aktrisa Glenn Klouz Irlandiyaning XIX asrdagi hayoti haqida hikoya qiluvchi “Sirli Albert Nobbs” tarixiy filmida o‘ynadi, o‘sha paytda ayollar erkaklar bilan teng ishlashi uchun ularning qiyofasini kirishga majbur bo‘lgan. Uning qahramoni ham shunday qildi. Aytgancha, Glenn filmni suratga olishdan oldin ham teatrda bu rolni o‘ynagan va qachonlardir prodyuserlar hikoyani film shaklida suratga olishini ham orzu qilgan. Biroq, Albert Nobbs bu aktrisaning yagona erkak roli emas. U Stiven Spilbergning “Kapitan Kryuk” filmida qaroqchi rolini o‘ynagan.
Vupi Goldberg
Aktrisa o‘z karyerasida muvaffaqiyat qozonishi uchun o‘zini erkak qilib ko‘rsatishi kerak edi. Aynan rejissor Donald Petri o‘zining “Hamkor” filmi uchun komediya aktrisasi Vupi Goldbergni moliyaviy tahlilchi rolini bajarishga taklif qilgan. Uning qahramoni shaxsiy biznesini yaratadi va o‘zini Robert ismli ishbilarmon qilib ko‘rsatadi. Aytgancha, bu rol uchun aktrisa nafaqat vizual tarzda tashqi ko‘rinishini, balki terining rangini ham o‘zgartirishi kerak edi: qora tanli ayoldan u oq tanli erkakka aylangan.
Meril Strip
2004-yilda rejissyor Mayk Nikols “Amerikadagi farishtalar” nomli serialni suratga oldi va “Emmi”, “Gremmi” va beshta "Oltin globus" mukofotiga sazovor bo‘ldi, ulardan biri aktrisa Meril Stripga ham nasib etdi. Aktrisa miniserialda to‘rttagacha rol o‘ynadi, ulardan biri keksa odam obrazi edi. Tan olish kerakki, “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktrisani uzun soqolli va kulrang sochli qiyofada tanish deyarli imkonsiz. | 93 | 2,925 |
Madaniyat | Toshkentdagi mavjud ta`mirtalab madaniy meros ob`ektlari xatlovdan o`tkazildi | O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida” gi PQ-4038-sonli hamda “Moddiy madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-4068-sonli qarorlari tasdiqlangan.
Uning ijrosini ta`minlash maqsadida Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan joriy yil yanvar oyining birinchi o`n kunligida Toshkent shahridagi mavjud ta`mirtalab madaniy meros ob`ektlari xatlovdan o`tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Shuningdek, atroflicha o`rganilgan madaniy meros ob`ektlarini restavrasiya qilish ishlari borasidagi ma`lumotlar muntazam yoritib boriladi. | 77 | 760 |
Madaniyat | Londondagi Britaniya muzeyida ochiladigan yangi zalga “Al-Buxoriy” nomi beriladi | Shu yil kuzida Londondagi Britaniya muzeyida ochiladigan yangi zalga “Al-Buxoriy” nomi beriladi. Bu haqda Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning muzey “Islom madaniyati” departamenti rahbari Ladan Akbarniya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi vaqtida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
Muzey vakillari ushbu galereyada 1000 ta qadimiy buyum va ashyolarni namoyish etishni rejalashtirmoqda. Bunda Madaniyat vazirligi tomonidan ham amaliy yordam berilishi ko‘zda tutilgan.
Vazirlik qoshidagi “Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi” tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda muzeyda O‘zbekistonning boy madaniy merosi ko‘rgazmasini tashkil etish masalasi borasida ham fikr almashildi.
Angliya delegatsiyasi o‘zbekistonlik mutaxassislarni Britaniya muzeyida 6 haftalik o‘quv kurslarida malaka oshirishni taklif qildi. | 80 | 847 |
Madaniyat | “She’riyatga oshno bo‘lgan inson aslo kam bo‘lmaydi”. Shavkat Mirziyoyev Shoirlar xiyobonida adiblar bilan uchrashdi | O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘idagi Shoirlar xiyobonida bir guruh adiblar bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Uchrashuvda bu maskanni yanada obod qilish, odamlarning, ayniqsa, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga oshno qilish, o‘zbekistonlik mashhur adiblar hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ularni bu dargohga muntazam ravishda jalb etish haqida so‘z bordi.
“Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Alisher Navoiy asarlari o‘zbek adabiy tili va milliy adabiyotimiz rivojining asosini belgilab beribgina qolmay, xalqimiz ma’naviy olamining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Hazrat Navoiy merosini o‘rganish har bir insonni ilhomlantirib, aqlini teran, fikrini tiniqlashtiradi, tafakkurini yuksaltiradi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
O‘zbekistondagi barcha madaniy muassasalarda she’rxonlik kechalari o‘tkazish, yoshlarning bunday uchrashuvlarda faol ishtirokini ta’minlash maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi.
Shoirlar xiyoboni shunday maskan bo‘lishi kerakki, shoirlarimizning she’rlari bu yerda muntazam jaranglab turishi zarur... She’riyatga oshno bo‘lgan inson aslo kam bo‘lmaydi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
“Uchrashuvda shoir va yozuvchilar ijod ahliga, kitob mutolaasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi”, — deb qo‘shimcha qilingan O‘zA axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 116 | 1,601 |
Madaniyat | “Yulduzcha” bolalar televizion tanlovi jurnalist Dilfuza Komilova tomonidan keskin tanqid qilindi | “Yulduzcha” shousini to‘xtatish kerak, deb fikr bildirdi jurnalist Dilfuza Komilova Facebook sahifasidagi chiqishida. Uning shu xususdagi fikrlari “Xurshid Davron kutubxonasi” saytida chop etildi.
“Bolalar televizion tanlovida hakamlik qilayotganlarning vazifasi iqtidorli bolalarni saralash, rag‘batlantirishmi yoki ‘ma’nan jallodlik’ qilishmi?! Bu xalq artistlarining bolalarga qilayotgan sovuqdan sovuq, betakalluf, gohida ochiqdan-ochiq adolatsizlik qilishi ko‘pchilikda norozilik uyg‘otib bo‘ldi. Yosh bolalarga o‘ziga yarasha, ularni yig‘latmaydigan tarzda shirin muomala qilishni bilmaydigan; yuziga o‘ta jiddiy, hatto qahrli tus berib o‘tiradigan; keskin-keskin ohangda, gohida o‘ta mujmal fikr bildiradigan; yosh bolalardan professionallik talab qiladigan bu hakamlarni almashtirishning iloji bo‘lmasa, shouni to‘xtatish kerak”, — deb fikr bildirgan muallif.
Bu borada jurnalist Munojat Yo‘lchiyevaga alohida to‘xtalgan bo‘lib, uning “Bu ijroingiz menga yoqmadi” degan sovuq ohangi katta odamning ham etini junjiktirishi qayd etilgan.
Mumtoz qo‘shiq aytishni niyat qiladigan bolajonlarning keskin tanqid qilinishi, yengil-yelpi chet el qo‘shiqlariga katta e’tibor berilishiga olib kelishi mumkinligi e’tirof etilgan:
“Mumtoz qo‘shiqlarimizni aytgan bolalarga ‘Bu qo‘shiq yoshingizga to‘g‘ri kelmaydi’ degan bahona bilan ‘yo‘q’ deyayotgan hakamlar, sevgi-muhabbat haqida inglizcha qo‘shiq aytgan ishtirokchi bolalarga ko‘pincha tahsinlar o‘qishadi”.
“Bunaqa televizion tanlovlar dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida o‘tkaziladi. Ammo ularda bolalar yig‘lasa sevinchdan, xursandchilikdan yig‘laydi, hatto, tanlovdan o‘tolmaganlar ham yaxshi kayfiyat bilan qoladi. Negaki, bu tanlovlarda hakamlar zavq bilan, bolalarcha beg‘ubor kayfiyat bilan, samimiy hakamlik qilishadi”, — deyilgan maqolada.
“Bu muomala ularning hayotiga ta’sir etishi ham mumkin. Hakamlik qilayotgan xalq artistlari xalqning kichkintoy vakillariga mos muomala qilishni eplolmas ekanlar, hech bo‘lmasa ochiq yuz bilan, yasama bo‘lsa ham jilmayib o‘tirishni amallamaydilarmi?! Ularning tusidagi jiddiylik va sovuqlikni ko‘rib, katta odam ham esankirab qoladi-yu, bechora bolajonlarimiz tag‘inam o‘zlarini yo‘qotmay, umid bilan tanlovda ishtirok qilyaptilar”, — degan jumlalar bilan o‘z chiqishiga yakun yasagan Dilfuza Komilova. | 97 | 2,304 |
Madaniyat | Instagram: Saida Rametovaga Umraga yo‘llanma sovg‘a qilishdi, Salimboyvachcha bilan tanishgan Erali, ajrashganiga ishora qilgan Muqaddas Sa’dullayeva | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Munisa Rizayeva tez kunlarda “Xayolingman” nomli taronasi va unga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Munisa Rizayeva muxlislariga “Xayolingman” taronasidan parcha kuylab berdi.
Aktrisa Durdona Qurbonova yangi suratini sahifasiga joyladi.
Abduhoshim Ismoilov va Zulayho Boyxonova Yaponiyada oshpazlar ularga osh tayyorlab bergani aks etgan videoni e’lon qildi.
Aktrisa Muqadas Sa’dullayeva sahifasidagi kuzatuvchilarining “Uyda o‘tirasizmi o‘zi” qabilidagi savoliga: “Yo‘q, uyda o‘tirmayman. Ishlayman, ham erkak, ham ayol bo‘lib, bo‘sh vaqtimda o‘zimga ham vaqt ajratib turaman”, deb javob berdi. Shuningdek, aktrisa kuzatuvchilaridan uning shaxsiy hayotiga aralashmasliklarini so‘ragan.
Aktrisa Saida Rametova 21-sentabr kuni 65 yoshni qarshi oldi. Saida Rametovaning tug‘ilgan kunida Muzaffar Abduazimov “Ona” taronasini ijro etdi, shu bilan birga aktrisaning farzandlari unga Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qildi. Aktrisani teleboshlovchi Muhabbat Hamroyeva, rejissor, prodyuser, aktyor Ahad Qayum tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Saida Rametova uni tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi.
Mahoratli aktrisa Dilnoza Kubayeva ham xalq ardog‘idagi hamkasbi Saida Rametovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Vayner Erali Salimboyvachcha bilan birga tushgan videosini e’lon qildi.
Xonanda Dildora Niyozova sahifasiga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini joyladi.
“Ko‘zlaring ma’yus” filmi bilan muxlislari e’tiborini qozongan aktrisa Oydin Yusupova XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etgani aks etgan videoni namoyish qildi. U uzoq davom tanaffusdan so‘ng kinoga qaytdi.
Latofatli xonanda Shahzoda dizayner Dildora Qosimovaning modalar namoyishida ishtirok etgani aks etgan suratni muxlislariga ko‘rsatdi.
Yulduz Usmonovaning fan akkaunti xonandaning to‘y xizmatlarining birida ashaddiy muxlisasi bilan tushgan videosini e’lon qildi.
Jamila G‘ofurova yangi surati bilan ko‘rinish berdi va obunachilariga uning yosh ko‘rinishi haqida aytishsa bu aktrisaga yoqmasligi, hozir 38 yoshda ekani va aynan shu yoshdagi dunyoqarashi unga yoqayotgani va ayol kishi doim o‘zini koyimasdan maqtab turishi kerakligi haqida gapirdi.
Instabloger, tiktoker Baby Mohi buvisining tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonladi.
Nilufar Usmonova mahoratli dizayner Dildora Qosimovaning modalar ko‘rgazmasida ishtirok etganini, uning shu natijaga erishishida onasining duolari sabab bo‘lganini aytdi va dizaynerga omad tiladi.
O‘zgacha ovoz sohibi Sardor Mamadaliyev tez kunlarda yangi taronasini muxlislariga namoyish etishini ma’lum qildi.
Asal Shodiyeva sahifasiga o‘g‘illari Muhammad Yusuf va Baxtiyorning suratini joyladi.
Opera xonandasi Jenisbek Piyazov Nyu-York ko‘chalarida ovozi bilan amerikaliklarni ham hayratga solgani aks etgan vidoeni obunachilariga namoyish qildi.
Raqqosa Parizoda turmush o‘rtog‘i uning tug‘ilgan kuniga syurpriz tayyorlaganigacha bo‘lgan jarayon qanday kechganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Karishma Kapur yoshligida opasi, millionlab muxlislarining e’tiboriga tushgan aktrisa Karina Kapur bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi va uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Xonanda Umidaxon onasining tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonlagani aks etgan videoni e’lon qildi. | 149 | 3,415 |
Madaniyat | Shahzoda Matchonova ajrashgani hamda bola asrab olish istagi haqida so‘zlab berdi | Aktrisa Shahzoda Matchonova Instagram sahifasidagi Stories orqali muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Savollar orasida aktrisaning shaxsiy hayoti haqidagilari ham bo‘ldi.
Muxlislar bilan savol-javob bo‘lgan-bo‘lmagan tarzda o‘tkazildi. Ya’ni Shahzoda folloverlarining savollariga bo‘lgan yoki bo‘lmagan deya javob qaytardi.
Muxlislardan biri unga “Ajrashganmisiz?” deb savol berganida u “bo‘lgan” deya javob berdi.
Shuningdek, aktrisa mehribonlik uyidan bola asrab olish istagi ham bo‘lgani haqida yozdi.
Aktrisaga “Yoshligingizda bitlaganmisiz?” degan savol ham berildi. “Bo‘lgan, u kunlarni yaxshi eslayman”, — deb javob berdi aktrisa.
Shuningdek, ushbu savol-javoblardan unga turmush o‘rtog‘i hech qachon qo‘l ko‘tarmasligi ham oydinlashdi.
Shahzoda Matchonova amerikalik kino yulduzlaridan Nikol Kidman bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.
U boshqa hamkasblariga hasad qilmaydi.
“Hasad qilish faqat o‘z hayotidan qoniqish his etmaydigan, hayotdan xafa, o‘ziga nisbatan ishonchi past bo‘lgan insonlarning ishi”, — deb hisoblaydi aktrisa.
Aktrisa talabalik paytida jamoat transportida yurgani, bir marta qo‘lidan sumkasini o‘g‘irlab ketishgani haqida ham so‘zlab berdi.
Aktrisaning aytishicha, hech qachon yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarmaslik kerak. Kimgadir ozor bergan insonlar qilmishiga yarasha jazoni, albatta, oladi.
Shahzoda Matchonova sevgan insonini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi | 81 | 1,424 |
Madaniyat | Sankt Peterburgda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlandi | Bundan roppas rosa 80 yil muqaddam, 1941 yil 10 dekabrda Sankt Peterburg (oldingi Leningrad) eng og`ir qamal kunlarini boshidan kechirayotgan edi. Fashistlar shaharni damba dam to`pga tutishar, bomba yog`dirishar, har daqiqada ochlik va hujum sababli o`nlab insonlar o`limga ro`baru kelardi. Ana shunday bir paytda buyuk mutafakkir navoiy tavalludining 500 yilligi Ermitaj erto`lasida o`tkazilgan. Unda L.Orbeli, N.Konrad, E.Bertels, B.Piotrovskiy. I.Krachkovskiy, V,Rojdestvenskiy singari buyuk olimlar va adiblar ishtirok etishgan.
Kuni kecha Rossiya fanlar akademiyasi sharq qo`lyozmalari institut i, Rossiya Milliy kutubxonasi va Davlat Ermmitajida Alisher Navoiyning 580 yilligi hamda ushbu voqeaga 80 yil to`lishi munosabati bilan ilmiy madaniy tadbirlar o`tkazildi. Mazkur tadbirning mohiyatin xususida Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov bilan suhbatlashdik.
Firdavs Fridunovich, ushbu tadbir nima uchun aynan Sankt Peterburgda va aynan bugun, 10 dekabr kuni o`tkazilmoqda?
- Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz Shavkar Mirziyoevning 2020 yil 19 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanmoqda. Mamlakatimizda va xorijda shoir yubileyiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilmoqda. Buyuk bobomizning asarlari nashr qilinmoqda.
Bugungi tadbir ham aynan ushbu tashabbusi doirasida o`tkazilmoqda. Albatta Sankt Peterburg navoiyshunoslikning muhim markazlaridan biri deyish mumkin. Hatto Ikkinchi jaxon urushi davrida ham Navoiy siymosiga, uning boy merosiga bo`lgan munosabat, e`tibor va ehtirom yo`qolmagan. Buni biz qamal sharoitida o`tgan navoiyxonlik tadbiri misolida ham ko`rishimiz mumkin. Unda L.Orbeli, N.Konrad, E.Bertels, B.Piotrovskiy. I.Krachkovskiy, V,Rojdestvenskiy singari buyuk olimlar va adiblar ishtirok etishgan. Ushbu tadbirda mashhur sharqshunos olim Levon Orbeli shunday degandi. “Bugun juda murakkab bir paytda Navoiy tavadhldduni nishonlaypmiz. Dushmanlar shaharni majolsiz va jonsiz deb o`ylayotgan bir paytda bu tadbirning o`tayotgani xalqning mardona ruhidan, uning bukilmas irodasidan djarak beradiyu. G`alabadan so`ng biz Navoiy tavalludini albatta katta tantanalar bilan nishonlaymiz. Ammo dushman zambaraklari ostida o`tayotgan bu tadbir inson xotirasida abadiy qoladi. She`riyatni hech qanday kuch mag`lumb etolmaydi. Har qanday qiyin sharoitda xam u insonlarni o`ziga maftun etaveradi”.
Tasavvur qiling ana shunday murakkab, dahshatli kunlarda, ochlik va o`lim xavfi butun shaharni iskanjaga olgan bir paytda sankt peterburlik olimlar Navoiy tavalludini nishonlashgan. Orbeli nutq so`zayotganda ikki marta kuchli portlash yuz beradi, hamma derazaga qaradi. Fashistlarning ikkita bomchasi Neva daryosiga kelib tushgandi. Ammo shunga qaramasdan odamlar yig`ilishni tark etishmaydi, she`rxonlik davvom etadi. Axir bu chinakam jasorat emasmi?
Bugun har ikki sana munosabati bilan o`zbek va rus olimlari Sankt Peterburgda to`planib, buyuk shoir hayoti va ijodi, navoiy shunoslar jasorati, mumtoz adabiyotni tadqiq etishdagi Yangicha yondashuvlar haqida so`z yuritiladi.
Tadbirda yurtimizdan O`zbekiston Qahramonlari Ibrohim G`afurov va Munojot Yo`lchieva, taniqli adabiyotshunos olimlar Shuhrat Sirojiddinov, Sultonmurod Olim, Aftondil Erkinov, Burobiya rajabova, Olimjon Davlat, Rossiya tomonidan Mixail Piotrovskiy, Irina Popova, Olga Vasimleva va boshqalar ishtirok etishdi.
Sizningcha ushbu tadbirning ahamiti nimadan iborat?
- O`zbekiston madaniy merosi bepoyon ummonga o`xshaydi. Dunyoning istalgan burchagida O`zbekistonga oid osori atiqalarni topish mumkin. Butunjahon jamiyati tomonidan chlp etilayotgan “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” kitob albomlarida ham ana shu cheksiz xazinani tadqiq etishga harakat qilyapmiz. Bugungi tadbirlar doirasida ana shu to`plamlarning dastlabki 35 jildi Rossiya fanlar akademiyasining sharq qo`lyozmalari institutiga taqdim etilmoqda. Ular orasida Alisher navoiy qo`lyozmalariga bag`ishlangan.
Tadbirdan ko`zda tutilgan asosiy maqsad esa, ana shu merosning ahamiyatini yana bir karra namoyish qilishdan iborat. Olimlarimiz rossiyalmik hamkasblari bilan tanishib, tajriba almashishdi, Sankt Peterburgdagi nodir qo`lyozmalar haqida ma`lumot olishdi, shu bilan birga bugungi Rossiyada Navoiy merosini o`rganish bo`yicha qilinayotgan ishlar haqida tushunchaga ega bo`ldik.
Bu esa ikki mamlakat o`rtasidagi ilmiy aloqalar, jumladan Sharq qo`lyozmalarin tadqiq etishdagi hamkorlikni rivojlantirishda muhmim o`rin tutadi. Fursatdan foydanib, avvalo O`zbekiston hukumatiga, hamkor tashkilotlarga, Shuningdek Ermitaj, Rossiya Milliy kutubxonasi, Shaqr qo`lyozmalari instituti rahbariyatiga o`z minnatdorligimni bildiraman. | 75 | 4,701 |
Madaniyat | Xonanda Sharof Muqimov uylanmoqda | Xonanda Sharof Muqimov ikkinchi marta oila qurmoqda. Bu haqda xonandaning yaqin do‘sti Jo‘rabek Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Sharof Muqimov va Xusnoraxonning nikoh to‘yi bugun, 25-iyun kuni poytaxtdagi “Flagman” restoranida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov 2010-yilda xonanda Sevinch Mo‘minovaga uylangan edi. Keyinchalik ularning turmushiga darz ketdi. Xonandalarning Leyla ismli qizi bor. | 33 | 415 |
Madaniyat | Rim papasi sarguzasht filmda suratga tushadi | Rim papasi Fransisk “Quyosh ortida” (Beyond the Sun) oilaviy sarguzasht filmda o‘zini o‘zi o‘ynaydi. Bu haqda Variety xabar beradi.
Katolik cherkovining rahbari badiiy filmni suratga olish jarayonida ilk bor ishtirok etadi. Kartinaning ustida ish jarayoni Italiyada 2016-yilning birinchi yarmida boshlanadi.
Nashrning ta’kidlashicha, papa Fransiskning o‘zi kinematografiyachilardan bolalarga Iso Masihning xabarini tushuntirishi mumkin bo‘lgan filmni yaratishni so‘ragan. Film ssenaristi Grasiela Rodrigesning g‘oyasiga ko‘ra, filmning bosh qahramonlari apostollarni ifodalovchi bolalar bo‘ladi.
Film prokatidan tushgan daromadni xayriya uchun berish rejalashtirilmoqda. | 44 | 671 |
Madaniyat | Matyoqub Matchonov «O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi» raisi etib saylandi | Joriy yilning 16 oktyabr «O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi»ning ilk konferensiyasi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli aktyor Matyoqub Matchonov Uyushma raisligiga saylandi. Bu haqda «O`zbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Uyushmaning boshqaruv, nazorat organlarini yopiq ovoz berish shakli bilan saylab olingan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880 sonli «Milliy kinoindustiriyani rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaroriga ko`ra «O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi» nodavlat notijorat tashkilot sifatida qayta tashkil etilgan edi. | 83 | 693 |
Madaniyat | Zamonamiz Zolushkasi: Bir vaqtlar Apple kompaniyasiga ishga olinmagan Iordaniya malikasi Raniya al-Abdulla hikoyasi | Yorqin ko‘rinishi va nozik didi bilan tanilgan Iordaniya qirolichasini faqatgina buning uchun sevishmaydi, u shuningdek, musulmon ayollarning huquqlarini himoya qiladi va xayriya sohasidagi ishlarda ham doimo faol.
Sohibjamol va dono
Uning hayoti Zolushka haqidagi ertakni eslatadi. Bo‘lajak malika 1970-yilda Kuvaytda tug‘ilgan. Otasi shifokor, onasi esa oddiygina uy bekasi bo‘lgan. Qizlari Raniya ulg‘aygani sayin tobora jozibali bo‘lib borar va atrofdagilar qiz model yoki aktrisa bo‘lishiga ishonchlari komil edi. Ammo Raniya podiumdagi mashhurlikdan ko‘ra, ilm o‘rganishga ko‘proq qiziqardi. Bu bilimlari bilan u Misr poytaxtidagi Amerika universitetiga qiyinchiliksiz o‘qishga kirdi va uni muvaffaqiyatli tugatdi, so‘ng ota-onasining yoniga qaytdi.
Xarakterining namoyon bo‘lishi
Ammo tez orada tinch hayot tugadi: urush boshlandi. Iroq qo‘shinlari Kuvaytga bostirib kirdi, natijada Raniyaning oilasi Iordaniyaga qochishga majbur bo‘ldi. Iordaniyada u karyera qilishga qattiq kirishdi. O‘rgangan bilimlari va qobiliyatlari qizga rahbarlik lavozimiga hujjat topshirishga imkon berardi, ammo Apple’ning Iordaniyadagi filialida uni ishga olishmadi. Mag‘rur Raniya eshikni taraqlatib yopgancha chiqib ketdi. Ammo u ish so‘rab kelgan bank rahbari diplomli mutaxassis kelganidan xursand edi.
Yalang bosh bilan
Mazkur bank Iordaniyaning o‘sha paytdagi prezidenti — Husaynning qizi Oyshaga tegishli edi. Raniyani birinchi marta ko‘rgan Oysha uni “ohudek xushbichim va askar kabi intizomli” deb eslaydi. Raniya yoshligidanoq o‘jar va mustaqil xarakteri bilan ajralib turardi. Agar u biror narsani maqsad qilgan bo‘lsa, qarori qat’iy va o‘zgarishsiz qolardi. U musulmon mamlakatlaridagi odatga ko‘ra, boshiga ro‘mol o‘rashdan bosh tortdi. Ba’zilarning qoralovchi qarashlariga qaramay, u chodrada yurishni istamadi.
Bankdagi bayram ziyofati
Qiz shaxsiy hayoti haqida o‘ylamay, g‘ayrat bilan karyera qilishga kirishib ketdi. U 23 yoshga to‘lganida hamma narsa birdan o‘zgardi. Oysha xodimlar uchun ziyofat uyushtirdi, bu bayramda uning ukasi — shahzoda Abdulla ham ishtirok etdi. U haqiqatan ham yoqimli muhitda dam olishni, chiroyli qizlar bilan uchrashishni istagandi, chunki shahzoda tank mashg‘ulotlaridan endigina qaytgan, batalyonga komandirlik qilardi. Abdullaxon ziyofat oldidan uyga kirishga va harbiy mundirini fuqarolik kiyimiga almashtirishga ulgurdi. Uning Raniyaga tashlagan birinchi nigohi kelajakdagi hayotini belgilab berdi. Keyinchalik Abdulla jurnalistlarga bergan intervyusida o‘shandagi holatini izohlab, bu qiz unga kerak bo‘lgan yagona inson ekanligini darhol anglaganini aytgan.
Bir ko‘rishdagi muhabbat
Shahzodaning unga mulozamat qilishi dastlab Raniyaga zavqdan ko‘ra ko‘proq tashvish keltira boshladi. Qiz valiahd shahzoda bilan o‘zini qanday tutishni bilmasdi. Biroq Abdulla unga nisbatan shu qadar sabrli va e’tiborli bo‘ldiki, tez orada Raniyaning yuragini zabt etdi. Shahzoda uni vertolyotda sayr qildirar, Jipda go‘zal joylarga sayohatga taklif qilar, yoshlar birga dayving bilan shug‘ullanardi. Keyinchalik Raniya Abdulla bilan uchrashishi u o‘rganib qolgan qulaylik zonasidan chiqib ketishiga yordam berganini tan oldi. Vazmin xarakterli va uy qizi bo‘lgan Raniya avvaliga o‘zini tanimadi: u go‘zal joylar ustidan vertolyotda uchib o‘tayotganda zavq bilan qichqirar, Abdulla ko‘rsatgan dunyo unga yoqib qolgandi. Ikki oy o‘tgach, Raniyaning ota-onasi o‘z uyida aziz mehmonlarni qabul qilishdi: Iordaniya qirolining shaxsan o‘zi o‘g‘li Abdulla bilan Raniyaning qo‘lini so‘rab keldi.
“Qirollik olmosi”
Qirol oilasi Raniyani mehr bilan kutib oldi. To‘rt marta uylangan qirol Husayn o‘g‘lining oilada baxt topishini juda xohlardi. Abdullaning buvisi Raniyani ko‘rib: “Bu qiz qirollik sulolasining olmosiga aylanadi”, dedi. 1993-yilda ajoyib to‘y bo‘lib o‘tdi, bu quvonchli voqea sharafiga qirollikda umumiy dam olish kuni e’lon qilindi. Raniya malika bo‘ldi. Lekin u qirolicha bo‘lishini umuman kutmagan edi.
Gap shundaki, garchi Abdulla Husaynning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lsa-da, qirol ukasini merosxo‘r deb e’lon qilgan, shuning uchun Abdullaga taxt nasib qilmasdi. U bundan unchalik xafa bo‘lmadi: avval kollejda, keyin Oksfordda o‘qidi. So‘ngra Britaniya shahzodalari — Uilyam va Garri ta’lim olgan Harbiy akademiyani tamomladi. Ofitser bo‘lib, Iordaniya armiyasida xizmat qildi.
Eng yosh qirolicha
Qirol Husayn Raniyani o‘z oilasida iliq kutib olishi bilan birga kelinini chin dildan yoqtirib qoldi, uning do‘sti bo‘ldi. Shu sababli ham 1999-yilda og‘ir kasallikka chalingan qirol vasiyatnomasini qaytadan yozdi: yangi vasiyatnomaga ko‘ra, u vafot etganida katta o‘g‘li Abdulloh taxtga voris bo‘ladi. Bu kutilmagan voqea qirol o‘limidan ikki hafta oldin sodir bo‘ldi. Shunday qilib, Abdulla otasining vasiyatiga ko‘ra, qirol bo‘ldi, 29 yoshli Raniya esa tarixdagi eng yosh qirolichaga aylandi.
An’analarni taraqqiyot bilan birlashtiradi
Sohibjamol, ilg‘or, dono Raniya darhol fuqarolarininggina emas, balki butun dunyoning qalbini zabt etdi. Odamlar u haqda yangi “Jaklin Kennedi” va “Malika Diana” deb gapira boshlashdi. Raniya nafaqat qirollikning go‘zal “yuzi” edi, balki u dastlabki kunlardanoq muhim vazifalar — ijtimoiy muammolarni hal qilish va xayriya ishlarini o‘z zimmasiga oldi. Uning yordami bilan mamlakatda sayyohlik biznesi rivojlana boshladi.
Shuningdek, Raniya tufayli endi Iordaniyada Yevropa kiyimidagi mahalliy ayollarni uchratish mumkin.
Shu bilan birga, malika hech qanday “inqilob” qilmadi, Iordaniya hozirda ham an’analar chuqur hurmat qilinadigan musulmon davlati bo‘lib qolmoqda. Shunchaki, Raniya o‘zi misolida boshqa ayollarga ilhom berdi va ayollar urf-odatlarga sodiq qolgan holda o‘ziga yoqadigan ko‘rinishga ega bo‘lishi, jozibali, nazokatli va zamonaviy bo‘lishi mumkinligini tushundi. Aytish kerakki, Raniya liboslarida musulmon an’analari va yevropacha uslubni mohirona uyg‘unlashtira olgan, hech qanday beodoblikka yo‘l qo‘ymagan.
“Asosiysi boshdagi narsa emas, balki boshda nima borligi”
Djinsi shim kiyib yuradigan, oddiy odamlar bilan ko‘p gaplashadigan to‘rt farzandning onasi bo‘lgan qirolichadan ba’zida musulmon an’analarini buzyapsizmi, deb so‘rashadi. Va u tabassum bilan shunday javob beradi: din — majburlash emas. Uning o‘zi chodrada yurmaslikka qaror qilgan, lekin bu hech narsani anglatmaydi: bilimli, ochiq va ilg‘or ayol ham hijobda bo‘lishi mumkin, ba’zida esa aksincha bo‘ladi — juda konservativ musulmon ayollar ham boshi ochiq, chodrasiz yurishi mumkin. Iordaniya malikasining mana bu jumlasini esa hamma biladi: ayolni boshiga o‘ragan narsasiga qarab emas, miyasidagi narsaga qarab muhokama qilish kerak.
Hazil qilish tuyg‘usiga ega bo‘lgan obro‘li va bashang qirolicha
Raniya Iordaniya ayollariga ko‘p yordam beradi: o‘qish, ishlash va ijtimoiy faol bo‘lishni istaganlardan e’tiborini ayamaydi. Uning sharofati bilan bugungi kunda iordaniyalik ayollar tobora jiddiy lavozimlarni egallamoqda: ular kasalxona, sudlarda ishlamoqda, armiyada xizmat qilmoqda va bu anchadan buyon hech kimni hayratga solmay qo‘ygan. Qirolicha norasmiy tarzda “uslub malikasi” unvoniga ega va dunyodagi eng xushbichim ayol sifatida tan olingan. Bundan tashqari, Raniya sayyoradagi eng nufuzli xonimlar ro‘yxatida ham bor. Ammo uni shuning uchungina sevishmaydi. Raniya eri qirol Abdulla singari sodda va boshqalar bilan muloqot qilishda juda samimiy. U ajoyib hazil qilish tuyg‘usiga ega. Misol uchun, o‘tgan yili o‘zining yarim asrlik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan malika intervyuda shunday degandi: avval tug‘ilgan kun tortidagi shamlarni o‘chirib, ularning sonidan hayron qoladi. Keyin esa “Aftidan, yillar o‘tib, tortning o‘zi ham kattalashishi kerak, to‘g‘rimi?” degan. | 115 | 7,662 |
Madaniyat | Qulog‘ini kesib tashlagan Van Gog, och qolgan Shubert, yolg‘izlikda o‘lim topgan Rembrandt — qashshoqlikda vafot etgan buyuk daholar (foto) | Edgar Po, Antonio Gaudi, Emili Dikkinson, Frans Kafka... Hozir ularni hamma taniydi, ammo bu daholarning butunlay qashshoqlik va yolg‘izlikda yashab, vafot etganini ko‘pchilik bilmaydi.
Edgar Po, yozuvchi
Tug‘ilgan sanasi: 1809-yil 19-yanvar
Vafoti: 1849-yil 7-oktabr, 40 yoshida
O‘lim sababi: noma’lum
Hozirda hamma amerikalik yozuvchi Edgar Poni biladi. Ammo ilgari o‘z davrida uning asarlarini nashr etishni xohlashmagan. Faqat 31 yoshidagina unga hikoyalar to‘plami uchun birinchi haq jo‘natilgan, ammo u ham manziliga yetib bormagan. Taxmin qilish mumkinki, mashaqqatli turmush tarzidan Edgar qiynalgan, ayniqsa, xotinining vafotidan keyin esa butunlay aqldan ozgan: ichishni boshlagan va hech kim bilan gaplashmagan. Yozuvchi 1849-yilda 40 yoshida Baltimordagi skameykada kasal holda topilgan. Kasalxonada hushiga kelmay vafot etgan. Yozuvchi o‘limining sababi hozirgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Gap shundaki, u haqidagi barcha tibbiy hujjatlar va yozuvlar yo‘qolgan. Edgar Po vafotidan bir muncha vaqt o‘tgach, uning asarlari muharrirlar va tanqidchilar e’tiborini tortadi va nafaqat amerikaliklar, balki butun dunyoda sevimli asarlarga aylanadi.
Amedeo Modilyani, rassom
Tug‘ilgan sanasi: 1884-yil 12-iyul
Vafoti: 1920-yil 24-yanvar, 35 yoshida
O‘lim sababi: sil kasalligi
Rassom Amedeo Modilyani hayoti davomida xohlaganidek yashadi: rasm chizdi, ijtimoiy hayot kechirdi, ayollar bilan tanishdi. Ko‘rinib turibdiki, Modilyani hech kim uning ishini qadrlamaganiga ahamiyat ham bermagan, uning hayotidagi yagona ko‘rgazmasi esa muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ammo daho ijod qilishda va hayotdan zavqlanishda davom etgan. Hatto qashshoqlik ham uni pul uchun chizish texnikasini o‘zgartirishga majburlay olmagan. Ammo yoshlik abadiy emas. Keksayganda esa bunday beparvo hayot tarzi bilan yashab bo‘lmasdi. So‘nggi bir necha oy ichida spirtli ichimliklar va surunkali kasalliklarning kuchayishi tufayli rassomning sog‘lig‘i keskin yomonlashadi: qattiq bosh og‘rig‘i va gallyutsinatsiyalar boshlanadi. Buning ustiga Amedeo sovuqda qolib ketgani tufayli qattiq shamollab qoladi va silga chalinadi. O‘z-o‘zini davolash yordam bermagach, u shifokorlarga murojaat qiladi. Rassom 24-yanvarga o‘tar kechasi qashshoqlar kasalxonasida vafot etadi. Do‘stlari uning qabrtoshiga “O‘lim uni shon-shuhrat ostonasidan olib ketdi” degan yozuvni o‘yib yozdirishgan. Chunki Modilyani vafotidan bir necha kun oldin uning suratlari katta pulga sotilgan edi.
Antonio Gaudi, arxitektor
Tug‘ilgan sanasi: 1852-yil 25-iyun
Vafoti: 1926-yil 10-iyun, 73 yoshida
O‘lim sababi: baxtsiz hodisa
Antonio Gaudi butun hayotini arxitekturaga bag‘ishladi, o‘zi va shaxsiy hayotini unutdi. Aytishlaricha, me’mor bir o‘qituvchi ayolga oshiq bo‘lgan, lekin sevgisi javobsiz qolgan. Shundan keyin u hech kim bilan munosabatlar o‘rnatishga harakat ham qilmaydi. U o‘ziga to‘q badavlat odam emasdi: kambag‘al misgar oilasida tug‘ilgan va talabalik yillarida zo‘rg‘a ta’lim olgandi. Faqat omadi kela boshlagachgina Gaudi badavlat tadbirkorga o‘xshashga qaror qiladi va barcha gonararini qimmatbaho kiyim va kvartiralarga sarflaydi. Ammo keyinchalik buyurtmalar kamaygach, ijodkor avvalgi holiga qaytadi. Aslida hashamatli hayot uni zeriktirgandi. Ba’zida esa Antonio egnidagi uvadasi chiqib ketgan kiyimlari bilan uysiz odamga o‘xshardi. Bir kuni Sant Felip Neri cherkoviga ketayotgan arxitektorni tramvay urib yuboradi. Kiyimlari aftodahol va yonida hujjati bo‘lmagan dahoni qashshoqlar kasalxonasiga olib ketishadi. Balki, shuning uchun ham unga yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatilmagandir. Faqat ertasi kuni cherkov xodimi mashhur me’morni tanib qoladi, lekin endi uning hayotini saqlab qolishning iloji yo‘q edi...
Emili Dikkinson, shoira
Tug‘ilgan sanasi: 1830-yil 10-dekabr
Vafoti: 1886-yil 15-may, 55 yoshida
O‘lim sababi: buyrak shamollashi
Emili Dikkinson ham Gaudi singari shaxsiy hayotga qiziqmagan. Muvaffaqiyatsiz romantikadan so‘ng, u o‘zini butunlay adabiyotga bag‘ishlaydi va hayoti davomida 1700 dan ortiq she’rlar yozadi! Biroq hayotligida ulardan faqat yettitasi nashr etilgan. Natijada ayol tilanchilik qilib kun kechiradi, oilasi hisobiga yashashga majbur bo‘ladi. 55 yoshida shoira buyrak yallig‘lanishidan vafot etadi. To‘rt yil o‘tgach esa uning ruxsat etilgan tirajdan oshib ketgan birinchi she’rlar to‘plami chiqadi. Bu shoiraning singlisi tufayli sodir bo‘ladi. Emilining vafotidan so‘ng, singlisi opasining she’rlarini mashhur tanqidchi Tomas Xigginsga jo‘natgandi.
Lyudvig Van Betxoven, bastakor
Tug‘ilgan sanasi: 1770-yil 16-dekabr
Vafoti: 1827-yil 26-mart, 56 yoshida
O‘lim sababi: jigar kasalligi
Lyudovik van Betxoven 12 yoshidan ishlay boshlagan, chunki onasi vafotidan keyin u oilaning yagona boquvchisiga aylangandi. Bastakor opera teatrida ishladi, viola chaldi, musiqadan dars berdi, shuningdek, shu vaqt davomida asarlar yaratdi. 20 yoshida u mashhurlikka erishdi va nihoyat yaxshi pul topa boshladi. Ammo 26 yoshida fojia yuz berdi: u eshitish qobiliyatini yo‘qotadi, yildan yilga karlik kuchayib boradi. Teatrda uning xizmatlaridan voz kechishgach, bastakorning moddiy ahvoli yomonlashadi. Betxoven 56 yoshida qashshoqlikda va yolg‘izlikda vafot etdi.
Pol Gogen, rassom
Tug‘ilgan sanasi: 1848-yil 7-iyun
Vafoti: 1903-yil 9-may, 54 yoshida
O‘lim sababi: baxtsiz hodisa
Hozirda Merkuriy sayyorasida Gogen sharafiga nomlangan krater bor va rassomning chizish texnikasi barcha san’at universitetlarida o‘rganiladi, lekin rassom hayotligida hammasi boshqacha bo‘lgan. Vatanida qo‘nim topolmagan rassom Taiti shahriga jo‘nab ketadi. U yerda Gogen juda ko‘p ajoyib asarlarni yaratadi, lekin baribir halovat topa olmaydi. Xaridorlar uning ishiga qiziqish bildirishmaydi, shuning uchun Pol moliyaviy tomondan juda qiynaladi. U qarilikdan emas, Dominik orolida yolg‘izlik va qashshoqlikdan vafot etadi. Depressiya bilan kurashgan daho tinchlantiruvchi dorilarni qabul qilib, o‘limining oxirgi kunida uni haddan tashqari oshirib yuboradi. Uch yil o‘tgachgina, Parijda uning barcha rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, suratlarining katta qismi sotiladi.
Frans Kafka, yozuvchi
Tug‘ilgan sanasi: 1883-yil 3-iyul
Vafoti: 1924-yil 3-iyun, 40 yoshida
O‘lim sababi: sil kasalligi
Frans Kafka tirikligida unchalik taniqli bo‘lmagan, uning aqlbovar qilmaydigan asarlar yozganini va har xil ruhiy kasalliklarga chalinganini ko‘pchilik bilmasdi. Bo‘lajak yozuvchi kamtarona, yopiq hayot kechirgan va sug‘urta bo‘limida amaldor bo‘lib ishlagan. Keyinchalik unga sil kasalligi tashxisi qo‘yiladi. Kasallik tufayli Frans Vena shahridagi sanatoriyda davolanadi, lekin bu yordam bermaydi va shu yerda vafot etadi. Ikki yil o‘tgach, Kafkaning qo‘lyozmalari yozuvchining uzoq yillik tanishi noshir Maks Brod qo‘liga tushib qoladi. Ularni nashr ettirgan Brod tez orada boyib ketadi.
Frans Shubert, bastakor
Tug‘ilgan sanasi: 1797-yil 31-yanvar
Vafoti: 1828-yil 19-noyabr, 31 yoshida
O‘lim sababi: ich terlama kasalligi
Buyuk bastakor 600 dan ortiq kompozitsiya yozgan, ammo, afsuski, Shubert hayoti davomida e’tirof va shon-sharafga ega bo‘lmagan. Uning musiqasi Bax yoki Betxovenga qaraganda noan’anaviy hisoblangan. U doimo puldan qiynalar, ko‘pincha och qolardi. Faqat 30 yoshidagina uning konsertlari mashhur bo‘lib, katta auditoriya yig‘a boshladi. Ammo endi tanila boshlaganida ich terlama kasalligiga chalinadi va shu kasallikdan vafot etadi.
Vinsent Van Gog, rassom
Tug‘ilgan sanasi: 1853-yil 30-mart
Vafoti: 1890-yil 29-iyul, 37 yoshida
O‘lim sababi: baxtsiz hodisa
Buyuk rassom ruhoniy, illyustrator (kitoblarga bezak beruvchi rassom) bo‘lishni orzu qilgan, ammo 30 yoshida taqdiriga rassom bo‘lish bitilganini tushunib yetadi. Biroq uning rasmlari yaxshi sotilmagan, puli yo‘qligi uchun asosan ukasi Teoning daromadiga yashagan. Sevgidagi omadsizligi va do‘stlari bilan kelishmovchilik tufayli jizzaki bo‘lib qolgan rassom o‘zini tajovuzkor tuta boshlaydi. G‘azablangan vaqtida Vinsent qulog‘ining bir qismini kesib tashlagach, uni ruhiy kasallar shifoxonasiga yotqizishadi. Davolanishdan bir muncha vaqt o‘tgach, noma’lum sabablarga ko‘ra, Van Gog sayr paytida o‘zini otib tashlaydi. Taxminlarga ko‘ra, o‘sha paytda buyuk rassom nima qilayotganini anglab yetmagan.
Rembrandt, rassom
Tug‘ilgan sanasi: 1606-yil 15-iyul
Vafoti: 1669-yil 4-oktabr, 63 yoshida
Rassom hayotligidayoq shon-shuhratga ko‘milgan, uning xaridorlari ko‘p edi va u o‘z ishi uchun katta haq olgan. Ammo u narx borasida hech qachon savdolashmagan, buni o‘z qadr-qimmatini yerga urish deb bilgan. Rembrandt ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat qozongan bo‘lsa-da, oilaviy hayoti havas qilarli darajada emas edi. Rassomning birinchi xotini Saskiya 29 yoshida vafot etadi, undan yakka-yu yagona o‘g‘li Titus qoladi. Dahoning ikkinchi sevgilisi — o‘g‘lining enagasi Xendrike edi, keyinchalik u qiz farzandini dunyoga keltiradi. Avvaliga hammasi yaxshi ketayotganga o‘xshardi. Lekin ko‘p o‘tmay moliyaviy qiyinchiliklar boshlanadi. Buyurtmalar kamayib ketgan bo‘lsa-da, Rembrandt xuddi avvalgidek saxiylik bilan pul sarflardi (daromadining katta qismi kolleksion rasmlarni sotib olishga ketardi). 1663-yilda yana bir baxtsizlik yuz beradi: ikkinchi xotini ham vafot etadi. Ko‘p o‘tmay, Rembrandt o‘g‘lini ham dafn qiladi. Uning o‘zi 1669-yilda batamom yolg‘izlik va qashshoqlikda vafot etadi.
Fridrix Nitshe, faylasuf, shoir, bastakor
Tug‘ilgan sanasi: 1844-yil 15-oktabr
Vafoti: 1900-yil 25-avgust, 55 yoshida
O‘lim sababi: pnevmoniya
Nitshe butun umri davomida hayot haqiqati va ideallarini qidirdi, lekin topa olmadi. U o‘zini jamiyatdan ajratib, aqldan ozdi, qashshoqlikda va yolg‘izlikda vafot etdi. Dahodagi kasallikning birinchi belgilari 40 yoshdan oshganida paydo bo‘lgan: nutq va koordinatsiyaga bilan bog‘liq muammolar boshlangan. 1889-yilda u Turindagi uyidan chiqib ketayotganida izvoshning otni urayotganini ko‘radi. Frederik baqirib, izvoshga tashlanadi, lekin miya qon aylanishining buzilishi tufayli darhol hushidan ketadi. Shundan so‘ng jiddiy ruhiy muammolar boshlanadi: u o‘zini avval shahzoda, keyin esa imperator deb tasavvur qila boshlaydi, baland ovozda qo‘shiqlar aytadi va hech kim bilan muloqot qilmaydi. Natijada u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqiziladi. 1900-yil avgust oyining boshida Nitshe pnevmoniya bilan kasallanib, bir necha kundan keyin vafot etadi.
Napoleon Hill, yozuvchi
Tug‘ilgan sanasi: 1883-yil 26-oktabr
Vafoti: 1970-yil 8-noyabr, 87 yoshida
Zamonaviy “o‘z-o‘ziga yordam” janrining asoschilaridan biri, o‘zini rivojlantirish va muvaffaqiyat haqida ko‘plab kitoblar muallifi qashshoqlikda vafot etgan. Shuni aytish kerakki, bestseller bo‘lgan “O‘yla va boy bo‘l” kitobi muallifi juda yaxshi yashagan. Uning qimmatbaho mashinalari, uylari va yaxtalari bor edi. Ammo yozuvchi qanday pul topishni bilsa-da, qanday sarflashni bilmasdi. Napoleon Hill umrining oxirida barcha gonararini sarflab bo‘lgan, natijada hech vaqosiz qolgan. | 139 | 10,829 |
Madaniyat | Munisa Rizayevaning singlisi opasining qaysi qo‘shiqlarini yaxshi ko‘rishini aytdi | Opa-singil san’atkorlar Munisa va Karima Rizayevalar “Darakchi.uz” nashriga intervyu berdi. Unda opa-singil oilaviy hayotlari, ijodidagi yangiliklari, shuningdek, o‘zaro munosabatlari haqida gapirib berdi.
– Opa sifatida singlingizga qattiqqo‘l bo‘lsangiz kerak?
Munisa: – Keragidan ortiq deyavering. Karima oilamiz kenjasi bo‘lgani uchun yaxshigina erkaligi bor, ammo mendan hayiqib turadi. Sal avval o‘zingiz ham guvoh bo‘ldingiz, urishib berdim. Kichikligidan hamma uning ko‘ngliga qaragan, ayniqsa, dadam hech qaysi istagiga yo‘q demagani bois bugun salgina qaysarligini ko‘rsatib turadi. Ammo hayot bir tekis emas, o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Singlim men qilgan xatolardan xoli bo‘lishini istayman. Shunga ham tergab, kezi kelganida tanbeh berib turaman. Gapirsam xafa bo‘ladi, «Nega meni urishaverasiz», deb. Lekin oxir-oqibat aytganimni qiladi.
– Chindan ham shundaymi, Karima?
Karima: – Kimdir sizga tanbeh bersa, albatta, xafa bo‘lasiz, arazlaysiz. Ammo Munis meni opam, yaxshi bo‘lsin, deb gapiradi. Jaxlim chiqsa ham, rost so‘zlayotganini bilaman va fikriga quloq solaman.
Munisa: – Ba’zan o‘z bilganicha ish qilib, so‘ng «To‘g‘ri aytgan ekansiz, bekor sizga quloq solmabman», degan paytlari ham bo‘lgan.
– Munisa odam ajratadi degan fikrga nima deysiz, Karima?
Karima: – Yo‘q, bu noto‘g‘ri. Opam odam ajratishni bilmaydi. Bu odat ko‘proq menga xos. Munis juda ko‘ngilchan, ishonuvchan qiz. Tanigan-tanimagan odamiga ham yaxshilik qilib ketaveradi. Kuyinchaklik menda ham bor, ammo bu fazilatimni faqat yaqinlarimga, astoydil ishongan insonlarimga nisbatan qo‘llayman.
– Lekin o‘zi va atrofidagilarga nisbatan juda talabchan, to‘g‘rimi?
Karima: – Bu fikringizga qo‘shilaman. Ayniqsa ishga nisbatan o‘ta mas’uliyat bilan yondashadi. Hatto «Bu singlim-ku» deb ham o‘tirmaydi, agar birga ishlaydigan bo‘lsak.
– Eshitgan yoki o‘qiganlaringizni Munisaga aytasizmi?
Karima: – Aytadigan va aytilmaydigan gaplar bor. Uni ranjitadiganlarini, yaxshisi, bildirmay qo‘ya qolaman. Ortiqcha tashvishga qo‘yib nima qildim.
– Hamisha barchaning diqqat-e’tiborida bo‘lish qiyin emasmi, Munisa?
Munisa: – Shou-biznesda meni yoqtirmaydiganlar ko‘p. Buni ochiqchasiga aytolaman. Lekin ularga nisbatan ginam yo‘q. Yaxshiga o‘n chandon yaxshiman, yomon munosabatda bo‘lganlar bilan esa hech qanday muomala qilmayman. Siz aytayotgandek, hamisha e’tibordamanmi, demak, oldindaman.
– Opangiz ijrosida eng sevimli taronangiz?
Karima: – Hamma qo‘shiqlarini yaxshi ko‘raman! Men Munisning eng ashaddiy muxlisiman! Har bir yangi qo‘shig‘ini birinchilardan bo‘lib telefonimga yuklab olaman. Uyali telefonimning musiqiy jovonida Munisning barcha ashulalari bor. | 82 | 2,650 |
Madaniyat | Dili.me, Liil Xurramov, Azoda va o‘zini xonandalikda sinab ko‘rayotgan boshqa blogerlar (video) | Ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan blogerlar orasida turli xil yo‘nalishda vayn olishi bilan birga o‘zini xonandalikda ham sinab ko‘rayotganlari ham bor. Hattoki ularning ayrimlari bir nechta klip va taronalarini muxlislariga namoyish etishga ulgurdi.
Dili.me
Instagram sahifasida ikki yarim milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan instabloger, tiktoker Dili.me ilk bor to‘yida “Onajon” nomli taronasini kuylagan. Ushbu tarona YouTube’ga qo‘yilganidan keyin bir millionga yaqin ko‘rishlar sonini zabt etdi. Uning “Onajon” nomli taronasiga videoklip ishlanmagan. Instabloger yaqinda “Jigarlar” nomli taronasiga suratga olingan klipni muxlislariga namoyish qildi. Bu klip esa hozirga qadar 700 000 dan ortiq ko‘rilgan. Vayner to‘y xizmatlarida ham ishtirok etib ko‘p hollarda “Onajon” nomli taronasini ijro etadi.
Ozod Xurramov
Liil Xurramov taxallusi bilan ijod qiluvchi, Instagram sahifasida eng ko‘p, ya’ni ikki milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan vayner, bloger Ozod Xurramovning O‘zbekiston xalq artisti Ozoda Nursaidova bilan duet kuylashi shou-shuvlarga sabab bo‘ldi. “Million” nomli taronaga ishlangan klip YouTube’da sakkiz yarim milliondan ortiq ko‘rilgan. Shundan keyin Ozod Xurramov sahifasida o‘zini oddiy havaskor sifatida xonandalikda sinab ko‘rmoqchiligini aytgan. Instabloger ustozi aktyor Alisher Uzoqovning “Nahotki”, “Oshiq yurak” nomli taronalarini cover talqinida kuyladi. “Oshiq yurak” taronasiga suratga olingan klip YouTube’da bir yarim millionga yaqin ko‘rishlar soniga ega.
Azoda
Asli qozog‘istonlik bo‘lgan, O‘zbekistonda ijod qilayotgan instabloger, tiktoker Azoda Yusupaxmetning Instagram sahifasida bir yarim milliondan ortiq obunachi bor. U ilk taronasini onasiga bag‘ishlaganini, musiqaga ishlangan “Ona sizni baxtli qilaman” klipi voqealari o‘z hayotidan olinganini ma’lum qilgan.
“Bolaligimda dadam bilan onam oilaviy kelishmovchilik sabab ajrashib ketishgan. Uchta bolani yolg‘iz tarbiyalash va boqish onamga oson kechmagan. Dadam esa yangi oila qurib, o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib ketgan. 2012-yil oilamiz uchun nihoyatda og‘ir kelgan. Onamni gap-so‘zlar, tazyiqlar ezib qo‘ygan. O‘shanda onamni hech kim eshitmagan.Onamning qiynalayotganini ko‘rib, 12 yoshimdan unga yordamlashishga harakat qilganman. Bosh farzand baribir ota-onaga ko‘makdosh bo‘larkan. Biz shahardan chekkaroq joyda yashardik. Shu bois onam bilan tong saharda turib, markazga ishlash uchun kelardik. Fastfud yeguliklari va non sotadigan yerda ishlaganmiz. Tushgacha ishlab, keyin maktabga ketardim.
Bolaligimdagi eng katta qiyinchilik uysizlik bilan bog‘liq. Haqiqatan ham u yerda uyimiz yo‘q edi. Ijara uyda yashash oson emas. Ammo u kunlarni qiyinchilik degim kelmaydi, chunki uyimiz bo‘lmagani bilan juda baxtli edik. Onam kamtarona bo‘lsa-da, baxtli oila muhitini yaratib bergan.
Dadam haqida ko‘p so‘rashadi. Ammo shaxsiy hayotim haqida gapirgim kelmaydi. 12 yoshimda dadamdan qattiq ranjigandim. Onamning yonini olaverganim uchun jahl ustida menga “Sendek qizim yo‘q”, degan gapni aytgan. Bu gap ko‘nglimga juda og‘ir botgan”, — deydi Azoda.
Shundan keyin u “Sog‘inasan” nomli taronasiga ishlangan klipni muxlislariga namoyish qildi. Ushbu klip hozirga qadar YouTube’da 12 000 000 dan ortiq ko‘rilgan. “Sog‘inasan” taronasiga suratga olingan klipda bosh rollarni Azoda, aktrisa Mavluda Hikmatova, Buzruk Baxtiyorov ijro etgan.
Instabloger yaqinda “Go‘zalsan sevgi” nomli taronani ijro etdi. Azoda to‘y xizmatlarida o‘zi ijro etgan va boshqa san’atkorlarning mashhur taronalarini kuylaydi.
Solih
Instagram sahifasida bir millionga yaqin obunachisi bo‘lgan bloger, vayner Solih turli xil mavzudagi vayn olishidan tashqari rep yo‘nalishida ijod qiluvchi xonandalar bilan duet kuylagan. Uning reper Konsta bilan birga ijro etgan “Salom, xayr” taronasi ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan.
Timur Alixonov
Instabloger Timur Alixonov ham turli xil mavzularda vayn oladi. Uning Instagram sahifasida 700 000 ga yaqin obunachi bor. Timur Alixonov rep yo‘nalishida ijod qiluvchi xonandalar bilan duet kuylagan. Blogerning “Agarda pullar” nomli ilk taronasiga ishlangan klip uning hayotidan olingan, bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan. Ushbu klip hozirga qadar 270 000 ko‘rishlar sonini zabt etgan.
Nizamo
Boshqa blogerlar kabi o‘zini xonandalikda sinab ko‘rgan, Nizamo taxallusi ostida ijod qilib, asosan kulgili vaynlar oluvchi Samandar Shoxrux reperning “Money” nomli taronasini cover talqinida kuylagan. Ushbu tarona ham ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan. | 95 | 4,506 |
Madaniyat | “Hayot afsunlari” filmining katta premerasi o`tkazildi | Kuni kecha Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Pro art studiyasi tomonidan suratga olingan “Hayot afsunlari” badiiy filmining katta premerasi bo`lib o`tdi.
Ssenariy muallifi Abduqayum Yuldashev, postanovkachi rejissyor Hasan Alijonov, operator Iste`dod Usmonov, rassom Begzod Xudoyberdiev, grimyor Zilola Sobirova, prodyuser Javlon Kamalov, ikkinchi rejissyor Saidmalik Qodirov.
Mazkur premera 8 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan agentlik tomonidan kinomuxlislarga tuhfa sifatida taqdim etildi.
Mazkur film psixologik drama bo`lib, unda Tohir ismli mahalla raisining atrofida bo`ladigan hayotiy voqealar, turli ko`ngilsizliklar va oilaviy mojarolar aks ettirilgan. | 54 | 742 |
Madaniyat | “Ustaradan yuguruvchi 2049” filmining yangi treyleri chiqdi | Warner Bros. studiyasi Deni Vilnyov rejissorligidagi “Ustaradan yuguruvchi 2049” filmining yangi treylerini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Poster: YouTube
Kartinada Rayan Gosling, Xarrison Ford va Jared Leto bosh rollarni ijro etdi.
Film voqealari 1982-yili suratga olingan original film voqealaridan 30 yilcha vaqt o‘tib ro‘y beradi. Politsiya zobiti Keyn (Gosling) jamiyatni parokanda qilishi mumkin bo‘lgan maxfiy axborotni bilib qoladi. U dunyoni qutqarish maqsadida 30 yil muqaddam yo‘qolgan zobit Rik Dekardni (Ford) topadi. | 59 | 547 |
Madaniyat | San’at va madaniyat institutida “Islomxo‘ja” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi | 20-oktabr kuni soat 14:00 da O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan yaratilgan kinorejissor Jaxongir Ahmedovning “Islomxo‘ja” nomli badiiy-publistik film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Film namoyishida Toshkent madaniyat kollejining professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ham tashrif buyurdilar. Mazkur filmni tomoshabinlar mamnuniyat bilan qarshi oldilar. Film yakunidan so‘ng, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar film ijodkorlari bilan qiziqarli savol-javoblar va suhbatlar bo‘lib o‘tdi. | 74 | 599 |
Madaniyat | Disney kompaniyasi barcha xodimlariga to‘liq vaksinatsiyadan o‘tishni majburiy qilib qo‘ydi | Walt Disney Studios o‘z kompaniyasi xodimlaridan koronavirusga qarshi majburiy vaksinatsiyadan o‘tishni talab qiladi, deb xabar beradi “Film.ru”.
“Xodimlarimizning xavfsizligi va farovonligi biz uchun doim ustuvor vazifa bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Shu sababli biz yollanma va istalgan maydonchamizda faoliyat ko‘rsatuvchi, kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lmagan soatbay ishchilar to‘liq vaksinatsiyadan o‘tishini talab qilamiz. Vaksinalar — butun dunyoda pandemiya bo‘lgan vaqtda eng yaxshi nazorat vositasi va xodimlarimizning himoyasidir”, — deyiladi studiyaning rasmiy bayonotida.
Avvalroq Facebook va Google kompaniyalari masofadan ishlayotgan xodimlar ofisga qaytishidan avval koronavirusga qarshi emlanishi lozimligini ma’lum qilgandi. Netflix esa aktyorlar va syomka maydonida ular bilan aloqada bo‘ladigan boshqa xodimlarni majburiy vaksinatsiyadan o‘tkazish haqida e’lon qilgan. Ushbu kompaniyalarda shu paytgacha qancha xodim emlangani haqida ma’lumot berilmagan.
Senatorlar O‘zbekistonda majburiy emlashni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi | 91 | 1,058 |
Madaniyat | Italiyalik taniqli rejissor Bernardo Bertoluchchi vafot etdi | Italiyalik rejissor Bernardo Bertoluchchi 78 yoshda vafot etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
U uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi.
Bernardo Bertoluchchi 1940-yilning 16-mart kuni Italiyaning Parma shahrida tug‘ilgan. Kinorejissorlikdan tashqari dramaturg va shoir sifatida tanilgan.
1960-yillarda Godar va Pazolinining izdoshi bo‘lgan, kommunizm hamda freydizm bilan qiziqqan. Italiyalik mashhur tasvirchi Vittorio Storaro bilan doimiy hamkorlik qilgan.
“Konformchi” va “Parijdagi so‘nggi tango” filmlari unga mashhurlik olib kelgan.
“So‘nggi imperator” kartinasini sahnalashtirgani va ssenariy muallifi bo‘lgani uchun “Oskar” mukofoti bilan taqdirlangan. | 60 | 672 |
Madaniyat | Farg‘onada Ikkinchi jahon urushi qahramoni Mamadali Topvoldiyev haqida hikoya qiluvchi “Osiyo arsloni” filmini suratga olish ishlari boshlandi | Farg‘onada o‘zbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmini suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va Belarus Madaniyat vazirligi buyurtmasi asosida “O‘zbekfilm” va “Belarusfilm” hamkorligida olinayotgan film Farg‘ona farzandi, Sovet Ittifoqi qahramoni Mamadali Topvoldiyev haqida hikoya qiladi.
Belarusda uni “Kazbek” deb atashgan. Ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga 2021-yil kuzida Minskda o‘tkazilgan “Listopad” kinofestivalida erishilgandi.
“Mamadali Topvoldiyev nafaqat o‘zbek, balki belarus xalqining ham qahramoni hisoblanadi. Ushbu film do‘stlik, hayot uchun kurash, o‘zgalar hayotini saqlash va fidoyilik haqida”, — deydi “Belarusfilm” bosh direktori Vladimir Karachevskiy.
Kadr: “Osiyo arsloni”
O‘zbek va belarus kinematografi tomonidan teng ulushlarda moliyalashtirilayotgan filmni “Men terrorchi emasman” filmi rejissori Muhammadali Iskandarov boshchiligidagi ijodiy guruh tasvirga olmoqda. Bosh rolni aktyor Ulug‘bek Qodirov ijro etmoqda.
“Topvoldiyev obrazini gavdalantirish uchun 25 kilogrammdan ko‘proq vazn tashlashimga to‘g‘ri keldi. U kishi haqida ma’lumotlarni eshitganim sari bu insonga nisbatan hayratim va hurmatim oshib bormoqda. Bu film haqiqiy tarixiy asar bo‘ladi”, — deydi Ulug‘bek Qodirov.
O‘zbek va belorus kinoijodkorlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Mamadali Topvoldiyev memorial muzeyini foydalanishga topshirish tadbirida ham ishtirok etdi.
Muzeyda qahramonning orden-medallari, faxriy yorliqlar, ro‘zg‘or buyumlari, yozishmalari, shaxsiy kiyimlari, qurollar, urush haqidagi adabiyotlar jamlangan. | 142 | 1,674 |
Madaniyat | “Bilasizmi nima? Men ‘Titanik’ni suratga olganman” — Jeyms Kemeron “Avatar”dagi xronometraj uchun qanday kurashganini so‘zlab berdi | Rejissor Jeyms Kemeron 20th Century Fox studiyasiga birinchi “Avatar”ni suratga olish vaqtiga katta o‘zgarishlar kiritmaslik huquqiga ega bo‘lish uchun “Titanik”ning muvaffaqiyati haqida eslatishiga to‘g‘ri keldi. Kompaniya vakillari film ancha qisqaroq bo‘lishi kerak, deb hisobladi va Pandora ustidan uzoq parvozlar aks etgan sahnalardan voz kechishni taklif qildi, deb yozadi “Cybersport.ru”.
O‘sha paytda men studiya vakillari bilan ba’zi narsalarda qarama-qarshilik yuzaga kelganini his qildim. Masalan, ular filmni qisqartirish kerakligiga, tomoshabinlar banshi deb ataydigan haddan tashqari uzoq uchish ekranda ko‘p vaqt olishiga ishonchi komil edi. Oxir-oqibat biz yig‘gan ma’lumot nuqtayi nazaridan o‘tkazilgan so‘rovnomalar jamoatchilikka ko‘proq yoqdi.
Men shunchaki o‘rnimdan turdim va shunday dedim: Bilasizmi? Men “Titanik”ni suratga olganman. Bu, biz hozir uchrashayotgan bino, siz egalik qilayotgan yarim milliard dollarlik yangi kompleks “Titanik”dan kelgan pullar evaziga qurilgan. Shuning uchun men nimani kerak deb bilsam, o‘shani qila olaman. So‘ngra ular menga minnatdorlik bildirdi. Mening vazifam ularning investitsiyalarini ko‘pincha o‘zlarining hukmlaridan himoya qilishdir. Ammo investitsiyalarni himoya qilar ekanman, hamma meni kechiradi.
Jeyms Kemeron, rejissor
1997-yilda premyerasi bo‘lib o‘tgan “Titanik” filmi 200 million dollarlik budjetdan 2,2 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan. Uzoq vaqt davomida bu kino tarixida dunyodagi eng yuqori daromad keltirgan film sifatida e’tirof etildi.
Hozirda “Titanik” reytingda uchinchi pog‘onani egallab turibdi: “Avatar” uni ortda qoldirib, kassada 2,8 milliard dollar to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda 2019-yilda suratga olingan “Qasoskorlar: o‘yin oxiri” filmiga nasib etdi.
2022-yil 16-dekabrda sikvelning Jeyk Sulli va Neytiri oilasi haqidagi “Avatar. Suv yo‘li” deb nomlangan premyerasi bo‘lib o‘tadi. | 131 | 1,909 |
Madaniyat | Jennifer Lopesning JCh-2014 ochilish marosimida qatnashmasligi haqidagi xabar rad etildi | Amerikalik taniqli pop-qo‘shiqchi Jennifer Lopes 12-iyun kuni San-Pauluda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish marosimida ishtirok etadi. Argentinaning Infobae.com sayti uning tadbirda qatnashishdan bosh tortgani haqidagi xabarlar “bemahal” bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
JCh-2014 madhiyasi Amerikalik repper Pitbul tomonidan Jennifer Lopes va braziliyalik xonanda Klaudiya Leytte ishtirokida kuylangan. Qo‘shiq We Are One deb nomlanadi. Avvalroq Lopes prodyuserlik bilan bog‘liq muammolar tufayli ochilish marosimiga kela olmasligi xabar qilingan edi.
Nashrning qo‘shiqchi vakillari so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, “Jennifer o‘z muxlislarining ham, futbol ishqibozlarining ham hafsalasini pir qilmoqchi emas, shuning uchun u ochilish marosimiga boradi”. | 88 | 811 |
Madaniyat | Yangi “Chip va Deyl” kompyuter grafikasi yordamida suratga olinadi | Disney studiyasi burunduqlar – Chip va Deyl haqida to‘liq metrajli film suratga olishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi The Hollywood Reporter.
Nashrning ma’lum qilishicha, multserialning davomi kompyuter animatsiyasi yordamida haqiqiy aktyorlar bilan birgalikda suratga olinadi.
Reklama roliklari rejissori Robert Ragen ushbu loyihani tiklashni taklif qildi. Kartinani suratga olish bilan Disney’ga qarashli Mandeville Films kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Na kartina syujeti, na filmning ekranlarga chiqish muddati haqida hech qanday batafsil ma’lumot berilmagan.
“Chip va Deyl” – “Uolt Disney” studiyasining animatsion qahramonlari birinchi marta 1943-yilda “Oddiy Pluto” multfilmida paydo bo‘lgan edi. Keyinchalik burunduqlar Donald Dak va Mikki Maus bilan birgalikda boshqa multfilmlarda chiqa boshladi. Ularga “Chip va Deyl yordamga shoshiladi” multseriali katta mashhurlik olib keldi. Serial 1989–1990-yillarda suratga olingan edi. | 66 | 938 |
Madaniyat | Rejissor Melis Abzalov Shvetsiyada dafn etiladi | Melis Abzalov bilan vidolashuv 26-oktabr, chorshanba kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Abzalovning hamkasbi Ali Hamroyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Melis Abzalov qizi bilan.
“Shvetsiyada marhumning qizi va o‘g‘li, olti nevarasi va olti evarasi istiqomat qiladi. Ular o‘z katta bobosi, bobosi va otasini uning eng yaqin kishilari yashaydigan joyda yerga topshirishga qaror qildi”, — deb yozadi Ali Hamroyev.
Melis Abzalovning boshqa qarindoshlari taniqli kinoarbob bilan Toshkentda, 26-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 14:00 da Muhammad Yusuf ko‘chasidagi 68-uy, 1-xonadonda xayrlashadi.
Eslatib o‘tamiz, rejissor Melis Abzalov Shvetsiyada vafot etdi. U 18-noyabr kuni 78 yoshga to‘lgan bo‘lardi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 47 | 891 |
Madaniyat | Uy poli ostidagi qabrlar, tomdan kiriladigan xonalar: Qadimiy odamlar makoni Chatalho‘yuk majmuasiga sayohat | Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillarining bir guruhi dunyoning 30 dan ortiq davlati jurnalistlari qatorida ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad Konya shahrida buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiy vafotining 747 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan an’anaviy “Shabi arus” marosimlarida ishtirok etish, diniy turizm taraqqiyoti, asriy yodgorliklar, qadamjolar bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Ana shunday safar tadbirlari doirasida jurnalistlar Turkiyaning Konya shahridan taxminan 50 kilometr uzoqlikda Tosh asrining megapolisi sifatida e’tirof etiluvchi Chatalho‘yuk majmuasiga bordi. Ayni vaqtda qurigan daryoning bo‘yida o‘troqlashishni boshlagan aholi o‘sha davrlarda bir-biriga yopishib ketgan deraza va eshiklarsiz, ammo tomdan kirish qismiga ega uylarda istiqomat qilgan. Dastavval mazkur hududda 10 ming kishi yashagan, boshqa yirikroq qishloqlarda aholi soni yuzdan oshiq bo‘lgan. Bugungi kunda qazilma ishlarini ko‘rish uchun sayyohlar ham tinimsiz tashrif buyurishadi.
Majmuaga kirish qismida dezinfeksiya vositalari taqdim etilgan.
Hudud sopolli Neolit va Eneolit davriga tegishli bo‘lib, janubiy Anatoliyaning Konya provinsiyasida joylashgan. U 2 alohida qo‘rg‘ondan iborat: Sharqiy qo‘rg‘on eramizgacha bo‘lgan 7100–5900-yillar, G‘arbiysi esa 6000–5600-yillarga to‘g‘ri keladi.
Chatalho‘yuk xaritasi.
Majmua tarkibida uylarning ichida topilgan replikalar: idishlar, buqa kalla suyaklari, haykalchalar, tumorlardan iborat kichik muzey bor. Mehmonlar ta’mirdan chiqarilgan uylarning ichiga kirishlari mumkin. Qazilmalarning janubiy va shimoliy nishabliklari tashrif uchun ochib qo‘yilgan. Yirik miqyosli qazilmalar, ko‘p asrlik uylarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganda nafaqat tarix qa’riga sayohat qilish, balki almashib turgan davrlar yukini his qilishingiz mumkin.
Namunaviy uylar.
“Chatal” so‘zi turk tilidan “sanchqi” deb tarjima qilinsa, “ho‘yuk” esa “tepalik” deyiladi. Neolit davridagi shaharning zamonaviy nomini britaniyalik arxeolog Jeyms Mellart o‘ylab topgan. O‘tgan asr o‘rtalarida aynan uning boshchiligidagi guruh ushbu hudud ostida ming yillik tarixga ega balandliklarni topgan. Aynan o‘sha tepaliklarga olib boruvchi yo‘llar kesishmasiga atab joy nomi o‘ylab topilgan.
Sharqiy – nisbatan yirik qo‘rg‘on tagida eramizgacha bo‘lgan 7400-yilda qurilishi boshlangan aholi punkti yashiringan edi. O‘sha vaqtda ko‘chmanchi hayot tarzini olib borgan aholi ilk qurilishga qo‘l urib, birinchi marta o‘troq hayot tarziga o‘tgan deyish mumkin. Ular yovvoyi hayvonlarni ov qilish bilan birga, echki va sigirlar boqish, yovvoyi o‘simliklarni terish, don-dun ekishni boshlagan.
Ilk shahar taxminan 1400 yil mavjud bo‘lgan. Yangi uylar eskilarining tomida qurilgani sabab ayni vaqtda olimlar tarixiy ketma-ketlikda uylarning yoshini aniqlash ustida ishlamoqda. Aholisi 10 ming kishiga yetgach Chatalho‘yuk Kichik Osiyoning eng yirik shahriga aylanib oladi. Eramizgacha bo‘lgan taxminan 6000-yilda hudud bo‘shab qolgan, aholi joyni Bronza davriga qadar tark etgan. Ammo xuddi o‘sha yuz yillikda G‘arbiy qismda yangi aholi punkti vujudga kelgan. U taxminan 4 asr yashagan.
Namunaviy uylardagi buqa kalla suyagi.
Qadimiy shahardagi uylarning qurilishi asalari uyasini yodga soladi. Ular bir-biriga yopishtirilib, zich holatda qurilgani uchun faqat tomdan kirish mumkin edi. Ichkarida 1-2 xona va don, suv saqlash uchun tor omborxona uchun joy ajratilgan. Oq devorli binolar ichida zina, uning ostida pechlar (tutun peshtoqdagi teshikdan chiqqan) bo‘lgan, platformaning tagidan ko‘tarilgan do‘ngliklar yotoq o‘rni sifatida ishlatilgan. Bunday o‘rinlarning devorlarida geometrik naqshlar yoki hayotiy lavhalar aks etgan freskalarni ko‘rish mumkin, bu xuddi krovat oldidagi devorga gilam ilishdek gap. Chatalho‘yukda qabriston bo‘lmagan. Vafot etganlarning tanasi oftobda quritilib, quzg‘unlar yeb ketishini kutishgan. Qoldiqlarini o‘rab, uylarning poli ostiga ko‘mishgan. Olimlar hozirgacha ham qabrlarni topishda davom etmoqda.
Binolarning zichligi va aholi sonining ko‘pligi chiqindilarni yo‘qotish muammosini keltirib chiqargan. Axlatxona va hojatxonalar uylar orasidagi bo‘sh, yopiq, devorlar tutashmasida uylar orasidagi bo‘shliqlarda tashkil etilgan. Olimlarning fikricha, u yerlardagi axlatlarning turib qolib, issiqda chirishidan turli infeksiyalar kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Yuqori o‘lim ko‘rsatkichining sabablaridan biri aynan kasalliklar bo‘lgan.
Chatalho‘yuk qazilmalarini topish ishlari 1965-yilda uzilib qolgan. O‘shanda Mellartning arxeologlari o‘g‘irlikda ayblanib, Turkiyada ishlashi taqiqlab qo‘yilgan. Ammo 1993-yilda qazilma ishlari yana davom etgan. Bu gal AQShning Stenford universiteti olimlari qazilmalarni olib borishni boshlagan.
Majmuaga kirish qismida bir necha yillar avval Chatalho‘yuk uylarini ta’mirlash namunalari qo‘yildi. Sayyohlar uyga o‘yiqlar orqali kiradilar. Bu mehmonlarning qulayligi uchun amalga oshirilgan. Interyer asl holatdagi uylar kabu buqa kalla suyaklari, ayollar haykallari, freskalar nusxasi bilan bezalgan. Ularning orasida to‘g‘ri to‘rtburchakli uylar fonida turgan Hasan tog‘ vulqoni tasvirlangan manzara ham bor. Ayrim platformalarga hayvonlar terisi va bo‘yralar to‘shalgan, qadimiy idishlar nuxsasi ham mavjud. Qorong‘u omborchaga kirib tomosha ham qilish mumkin, u yerda ozuqalar saqlangan. Qazilmalar tufayli artefaktlar soni oshib bormoqda. Asl nusxalari Anqara va Konya shaharlaridagi muzeylarga yuborilsa, nusxalari mana shu uychalarga qo‘yiladi. Ular majmuaga kirish qismining chap tarafidan o‘rin olgan.
Uylarning orqa fonida avliyo onaning haykali ham mavjud.
Avliyo ona haykali.
Uni loy, marmar, ohaktosh va boshqa xom-ashyodan qilingan. Aholi sovib qolgan lavadan iborat mineral moddalarni Hasan tog‘dan olishgan va kamon nayzasi, oyna, pichoq hamda taqinchoqlar yasashgan. Mahsulotlar sotilgan yoki boshqa qabilalarda bor buyumlarga almashtirilgan. Bu yerning artefaktlarini Anqaradagi Anatoliya tamaddunlari muzeyida ham ko‘rish mumkin.
Qazilmalar 1993-yildan beri tinimsiz olib borilayotganiga qaramasdan, Chatalho‘yukning atigi 5% qismidan ko‘prog‘i ochilgan. Ammo shuning o‘zi ham hayratga yetaklaydi. Sayyohlar sharqiy tepalikdagi 2 ta qazilmani ko‘rishlari mumkin, g‘arbiy qazilma ommaga oshkor etilmagan.
Sharqiy tepalikning shimoliy qazilmasi Chatalho‘yukning yuqori qatlamini ochib bersa, janubiysi ko‘proq qatlamlarning quyi qavatiga yo‘nalgani sababli qazilmalar xuddi ko‘pqavatli quduqni yodga soladi. Ishlar statsionar chodirlarda olib boriladi, ular qadamjoni shamol hamda yog‘ingarchilikdan asraydi. Chodirlar buzilib ketmasligi uchun nozikroq devorlar bo‘yiga qumli qoplar joylashtirilgan. Chodirlarning ichki qismida bir nechta dahlizlarga ega yog‘och taxtalar mavjud. Ular obyektga yaqinroq borishga imkon beradi. Chodirlarga kirish qismi hamda ana shunday taxtalarda ma’lumotlar joylashtirilgan. Hududni 360 darajali tasvirda tomosha qilish mumkin. | 108 | 6,966 |
Madaniyat | Jahongir Poziljonov Rio Olimpiadasida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga atab qo‘shiq kuyladi | Xonanda Jahongir Poziljonov Rio—2016 Olimpiadasida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarga bag‘ishlab, qo‘shiq kuyladi. Qo‘shiqqa ishlangan videoklip YouTube’da e’lon qilingan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 105 | 341 |
Madaniyat | Shabnam Surayyo va Yulduz Usmonova Qurbon hayiti kuni Tojikistonda konsert beradi | Tojikiston va O‘zbekiston estradasi yulduzlari Shabnam Surayyo va Yulduz Usmonova Tojikistonda konsert beradi. Bu haqda Shabnam Surayyo o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Asia-Plus”ning yozishicha, hamkorlikdagi konsert Xo‘jand shahridagi “Ravshan” restoranida 11-avgust kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq ular “Taralla Dalli” qo‘shig‘ini duet tarzida ijro etgandi. Qo‘shiq musiqasini Yulduz Usmonova bastalagan. “Bu o‘zbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova bilan uzoq kutilgan duetimizdir. Men uchun bu katta sharaf. Shunday ajoyib va ijodkor inson bilan duet aytganimdan xursandman”, — deb yozgan Shabnam o‘zining Instagram’ida.
Qo‘shiq tojik xonandasining Youtube kanaliga joylangan, biroq qo‘shiqqa hali klip suratga olinmagan. Hozirda ushbu qo‘shiqni 4 milliondan ortiq odam eshitgan. | 81 | 821 |
Madaniyat | O‘ziga ortiqcha bino qo‘ygan mashhur shaxslar | Yulduzlikdan dimog‘i ko‘tarilib ketgan mashhurlar ham uchrab turadi. Ularning ayrimlari esa intervyularda o‘ziga yuqori baho berishini ochiqchasiga bildiradi. Europa Plus nashri o‘ziga bino qo‘ygan mashhurlarning kimligiga to‘xtaldi.
Kanye Uest
O‘zini zamonaviy musiqa olamining Maykl Jordani, buyuk ijodkor deb hisoblaydigan Kanye o‘z konsertini muxlis sifatida tomosha qila olmasligidan afsus chekadi. “Ular meni odamlarga yoqmasligimni aytishadi, lekin hamma meni yaxshi ko‘radi. Kanyeni hamma yaxshi ko‘radi. Men eng yaxshi ijrochiman”, — deydi reper. Forbes tomonidan e’lon qilganiga ko‘p bo‘lmagan eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasidan o‘rin olganidan keyin Uest o‘ziga qanday ta’rif berib, kimlarga qiyoslaydi bunisi noma’lum.
Kim Kardashyan
Model Kim Kardashyan o‘ziga bino qo‘yishda turmush o‘rtog‘i Kanye Uestdan qolishmaydi. Bundan bir necha yil avval u ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan eng ko‘p selfilar bo‘yicha rekord qo‘ygandi. Bilagi shikastlanganida esa o‘zini har kuni suratga olish uchun suratkash yollagan. Kim va Kanye haqida o‘xshatmasdan uchratmas, degan ta’rif yodga tushadi. To‘y kuni Kim turmush o‘rtog‘iga selfilari jamlangan kitob sovg‘a qilgan.
Krishtianu Ronaldu
Ronaldu doim o‘zini eng zo‘r futbolchi ekanini va bunga o‘z mehnati sabab erishganini ta’kidlaydi. “Erishgan natijalarimni inobatga olib, o‘zimni eng yaxshi deb hisoblayman. Yetakchi sportchilar o‘zlari shug‘ullanadigan sport turiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning kabi men ham futbolga juda katta ta’sir o‘tkazdim deb o‘ylayman”, — deydi Ronaldu.
Konor Makgregor
“Krishtianu eng zo‘r, mendan keyin, albatta”, —deydi Konor. Ikki vazn toifasi bo‘yicha UFC sobiq chempioni Konor nafaqat o‘zining yo‘nalishida, balki sport olamida ham o‘zini eng zo‘r sportchi deb hisoblaydi.
Beyonse
Beyonse o‘zini yaxshi ko‘rish kerakligini berkitmaydi. Uning fikricha, o‘zini yaxshi ko‘rgan insonni boshqalar ham yaxshi ko‘radi. Xonandaning o‘ziga juda ham bino qo‘yganligini hamkasblari va tanishlari ham ta’kidlaydi.
Ledi Gaga
Xonanda hamisha boshqalardan ajralib turishni va diqqat markazida bo‘lishni yaxshi ko‘rishini u kiyadigan liboslardan ham bilsa bo‘ladi. O‘ziga yuqori baho beradi, deb ta’riflanadigan Beyonse o‘zi qolib, Ledi Gagani o‘ziga bino qo‘yganlikda ayblaydi.
Jastin Biber
Biberning o‘zini risoladagidek tuta olmasligi va o‘ziga bino qo‘ygani ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Lekin yaqinda yuz bergan holat hammasidan oshib tushdi. Xonanda Kehlani yangi albomini muxlislariga taqdim qilganidan keyin R&B o‘lmaganini bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan. Shundan keyin Jastin ushbu janrda u ham albom taqdim qilganini eslatib qo‘ygan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa bunga javoban u o‘zi va ijodiga juda yuqori baho berishi, u nazarda tutgan albomdagi qo‘shiqlar bilan R&B o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘qligini bildirgan. | 45 | 2,869 |
Madaniyat | “Uylanamiz”, “Dadamning soyasida” va “O‘ylamadim” — birinchi ijrosidan ko‘ra ikkinchisi omadliroq chiqqan qo‘shiqlar (video) | San’atkorlar bilan bo‘lgan suhbatlarda “Har bir qo‘shiq o‘z omadi bilan yaratiladi”, degan gapni ko‘p eshitamiz. Bu gapda ham jon bor. Chunki kutilmaganda qo‘shiq millionlab tinglovchilarga ma’qul bo‘lishi, oddiy xonandani yulduz darajasiga olib chiqishi mumkin. Qisqasini aytganda, qo‘shiq kimga omad keltirishini taxmin qilib bo‘lmaydi.
“Uylanamiz”
“Uylanamiz” she’ri 1993-yili xonanda Yahyobek Mo‘minov taklifi bilan farg‘onalik shoir Erkin Yo‘ldosh tomonidan yozilgan. Xonanda Yahyobek Mo‘minov she’rga musiqa bastalab, uni ko‘plab tadbirlar va to‘y-hashamlarda ijro etgan.
— Bu she’r ham do‘stim, ham sinfdoshim Erkin Yo‘ldosh tomonidan yozilgan. Mazkur tarona akasi uylangan ukalarning “dardi” hisoblanadi, — deydi Yahyobek Yo‘ldoshev.
Xalqimizga “Qaramaysiz” duyeti bilan yaxshi tanish bo‘lgan xonanda Mirodil Hakimov “Uylanamiz” qo‘shiqni 1997-yili qaytadan ijro etgan. O‘sha yillari qo‘shiqqa ishlangan klip ham ekranlarda namoyish etilgan.
Ammo shoir bu xonandadan norozi. U mualliflik huquqi toptalgani ta’kidlab, Adliya boshqarmasidan xonandaga nisbatan qonunchilikda mavjud jazo choralari ko‘rilishini so‘rab, murojaat qilgan.
Bir yil avval Dostonbek Ergashev mazkur qo‘shiqni сover uslubida ijro etdi. Uning ijrosi ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay xonanda qo‘shiqni “Bojalar” guruhi bilan duyet tarzida ijro etdi. YouTube tarmog‘iga joylangan qo‘shiq shu kungacha 6 million marta tomosha qilindi.
“O‘ylamadim”
Eski qo‘shiqlarni yangilab aytishga usta Doston Ergashev “O‘ylamadim” qo‘shig‘idan ham unumli foydalangan. Aslida mazkur qo‘shiq 1993-yili qashqadaryolik xonanda O‘ktam Aliyev tomonidan yaratilgan.
— Bu qo‘shiqni chiroqchilik Ulug‘bek baxshi Abrayev bilan hamkorlikda yaratganmiz. U insonni avvaldan hurmat qilardim. 1993-yili davlat tadbirida uchrashib qolganmiz va undan qo‘shiq yaratib berishini so‘raganman. 2012-yili Chiroqchida qo‘shiqqa klip ham olganmiz, — deydi xonanda O‘ktam Aliyev.
“O‘ylamadim” taronasini O‘ktam Aliyevdan ruxsat so‘rab Dilshod Rahmonov, Abdujalil Qo‘qonov va Vohidjon Isoqovlar ham ijro etgan. Faqat ularning ijrosidagi qo‘shiqlar faqatgina to‘y-xizmatlari repertuariga kiritilgan.
Doston Ergashev ham mazkur qo‘shiqni ijro etgan va unga klip suratga olgan. “Qo‘shiqni bir oy davomida o‘ylab yaratdim”, degan jumla O‘ktam Aliyevni ranjitgan va ikki ijodkor o‘rtasida nizo yuzaga kelgan. Ammo tan olish kerak, Doston Ergashev ijrosi avvalgilariga nisbatan omadliroq chiqdi.
“Jiyda gulim”
2010-yili yosh xonanda Afsona “Jiyda gulim” qo‘shig‘ini ijro etgan. Mazkur tarona Shahlo Ahrorova she’ri va Musaxon Nurmatov musiqasi asosida yaratilgan. Xonanda to‘rt yildan so‘ng unga klip suratga olgan.
Ammo undan avval xonanda Ozodbek Nazarbekov o‘zining “Ozod shou” ko‘rsatuvida mazkur qo‘shiqni Afsona bilan duyet tarzida ijro etgan. Shundan so‘ng uni yakka holda ijro etgan. Ozodbek Nazarbekovning ijrosi ko‘pchilikka ma’qul kelgan.
“Atirgullar ochdi chiroy”
“Atirgullar ochdi chiroy” qo‘shig‘i 1994—1996-yillarda suratga olingan “Masxaraboz” filmi uchun yaratilgan. Qo‘shiq she’ri Azim Suyunga, musiqasi esa Mirhalil Mahmudovga tegishli. Saundtrekni Kozim Qayumov va Zaynab Mirzatillayevalar ijro etgan. Qo‘shiq film tomoshabinlarida iliq tassurot qoldirgan.
Yangi talqindagi qo‘shiq 2016-yili yosh xonanda Dilnoza Akbarova va Jasurbek Jabborov tomonidan ijro etilgan. Qo‘shiq klipi YouTube tarmog‘ida 25 million marta tomosha qilingan. Qo‘shiqning yangicha talqini avvalgisiga nisbatan tinglovchilarga ma’qul kelgan.
“Dadamning soyasida”
Xonanda Baxtiyor G‘oziyev “Dadamning soyasida” qo‘shig‘ini avval ijro etganini, qo‘shiq she’ri Xurshid Karim qalamiga mansub ekanini ta’kidlaydi. Ammo tinglovchilar Tiktok tarmog‘ida tarqalgan video sabab qo‘shiq Jaloliddin Ahmadaliyevga tegishli deb o‘ylaydi.
Bu mojarolar sabab Jaloliddin Ahmadaliyev YouTube’dagi rasmiy sahifasiga ijrosidagi qo‘shiqni joylamagan. Bilishimizcha, qo‘shiqni faqatgina xalq xizmatlarida kuylaydi, xolos. | 125 | 3,970 |
Madaniyat | Nostalgik test-2: 90-yillar o‘zbek estradasi xitlarini qanchalik bilasiz? | Siz qo‘shiqni sarasini eshitishni yaxshi ko‘rasiz. Siz uchun qo‘shiq so‘zlaridagi ma’no va musiqa originalligi uyg‘un bo‘lishi muhim. Pley listingizda asosan xorijiy musiqalar bo‘lgani bilan ba’zan yoshligingiz, bolalikdagi do‘stlaringiz, birinchi sevgingizni sog‘inasiz va hech ham o‘chirib tashlolmaydigan “Bolalar”, “Setora”, Ruslan Sharipov kabi ijodkorlarni tinglaysiz. “Dado”, “Sahar” qo‘shiqlarini eshitib sog‘inch va o‘ychanlikka cho‘mgan davrlaringizni eslaysiz. Muhriddin va Husniddin Xoliqovlar, Laylo Aliyeva singari san’atkorlar qo‘shiqlari hech ham o‘lmasligiga amin bo‘lasiz.
Yuqoridagi ta’riflar siz haqqingizdami? Unda quyidagi test aynan siz uchun. Berilgan testda jumlalarni davom ettirib, xotirangizni charxlash bilan birga kayfiyatingizni ko‘tarishingiz mumkin bo‘ladi.
Ta’riflar to‘g‘ri kelmagan taqdirda ham testimiz siz uchun. Iste’dodli ijodkorlarning qanday qo‘shiqlari bor ekanini test bahonasida bilib olasiz (2000-yillarda tug‘ilgan o‘quvchilarimizga taaluqli).
“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring: | 73 | 1,041 |
Madaniyat | Xalqaro maqom san’ati anjumani g‘olibi 15 ming dollar oladi | 2018-yilning 6—10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro maqom san’ati anjumanida g‘oliblarning pul mukofotlari belgilandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi.
“Gran-pri” — 15 000 AQSh dollari;
1-o‘rin — 2 ta, har biri 10 000 AQSh dollari;
2-o‘rin — 2 ta, har biri 7 000 AQSh dollari;
3-o‘rin — 2 ta, har biri 5 000 AQSh dollari.
Shuningdek, anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Professional maqom xonandasi”, “Professional maqom sozandasi”, “Professional maqom ustozi”, “Professional maqom targ‘ibotchisi”, “Professional yosh maqomchi” va “Professional maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi. | 59 | 824 |
Madaniyat | Yongan ko‘ylak, otilgan o‘q: Yulduzlarning to‘ylaridagi kulgili hodisalar (foto) | Mashhurlarning to‘ylaridagi bir-biridan qiziq voqealar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Rayan Reynolds va Bleyk Layvli
2012-yilda Bleyk beixtiyor ko‘ylagini Bengal olovida yoqib yuborgan. Olovni bir zumda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan va ziyofatga zarar yetmagan.
Hilari Daff va Maykl Komri
Daff esa 2010-yil marosimdan avval buterbrod yeyish jarayonida tishini sindirib olgan. Darhol stomatologiga murojaat qilgan va shifokor masalaga yechim topishga muvaffaq bo‘lgan. Ajrashganidan keyin esa Daff bu e’tibor berishi kerak bo‘lgan bir belgi bo‘lganini ta’kidlagan.
Madonna va Shon Penn
1985-yilda Madonnaning to‘yiga muxbirlar kiritilmagani sabab paparatssichilar vertolyotda plyaj ustidan uchib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Penn vertolyotlardan biriga qarab o‘q uzgan, ammo hech kim zarar ko‘rmagan.
Kameron Diaz va Benji Medden
Yashirin tarzda o‘tkazilgan 2015-yildagi to‘yning eng muhim daqiqasida Benji nikoh uzugini qo‘lidan tushirib yuborgan.
Malika Diana va Shahzoda Charlz
Malika Diana to‘y marosimidagi ont ichish vaqtida turmush o‘rtog‘ining ismini noto‘g‘ri aytgan. U Charlz Filipp Artur Jorj o‘rniga Filipp Charlz Artur Jorj degan.
Kim Kardashyan va Kanye Uest
Juftlikning 2014-yilgi to‘yida stol ustidagi kartochkada ayrim mehmonlarning ismi noto‘g‘ri yozilgan bo‘lgan.
Kristin Kavvallari va Jey Katler
To‘y kuni kelinning yuzini it tirnab olgan.
Krissi Teygen va Jon Lejend
Ayrim taklif qilingan mehmonlar uchib keladigan reys ob-havo o‘zgarishi sabab kechiktirilgani bois marosim naqd 4 soatga kechiktirilgan. Bu vaqtda tashrif buyurganlarga kokteyllar ulashilgan.
Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton
Nikoh marosimida kelinning libosi shleyfini singlisi Pippa Middlton ko‘targan. Suratda bu juda ham ajoyib ko‘ringan.
Ketrin Xeygl va Jon Kepli
Ketrin Meksikaga uchishidan avval pasportini uyda qoldirganini tushunib yetgan.
Solanj Nouls va Alan Ferguson
Beyonsening singlisini to‘ydan oldan allergik xuruj bezovta qilgan. Muammoga makiyaj bilan yechim topishga muvaffaq bo‘lingan.
Viktoriya va Devid Bekxem
Juftlikning to‘yida Elton Jon chiqish qilishi kerak bo‘lgan, ammo marosimdan biroz avval yurak xuruji bo‘lib qolgani sabab musiqiy tabrik qoldirilgan.
MerI-Keyt Olsen va Olivye Sarkozi
Juftlikning to‘yida bezak sifatida sigaretalar bilan to‘ldirilgan idishlardan foydalanilgan va hamma katta yoshli mehmonlar istaganicha sigaretdan olib chekishi mumkin bo‘lgan. | 80 | 2,391 |
Madaniyat | Neslihan Atagul “Elchining qizi” serialiga qaytadimi? | Ma’lumki, hanuzgacha “Elchining qizi” seriali atrofidagi vaziyat qiyinligicha qolmoqda. Ssenariy mualliflari qanchalar harakat qilmasin, yangi syujet kutilgan natijani bermadi, deb yozadi “Kinoteka”. Yetakchi aktrisa – Neslihan Atagul loyihani tark etganidan so‘ng serial tomoshaviyligini yo‘qotdi.
Muxlislar noroziligini bildirishda davom etsa ham, reyting hafta sayin pasayib borsa ham, serialning tomosha ko‘rsatkichlari soni yuqoriligicha qolmoqda. Aktyorlar tarkibiga Tuba Buyukustunning qo‘shilishi bilan yangi tomoshabinlar ham paydo bo‘ldi. Biroq filming ma’naviy ruhi tushib ketganligi hamda suratga olish maydonchasidagi ijodkorlar ham tushkun holatda ekanligi aytilmoqda.
Voqealar muxlislarning e’tiborini jalb qilib, serial hali ham tomosha qilinayotganiga qaramay, loyiha tez orada tomoshabinlar bilan xayrlashishi mumkin. Agar biror mo‘jiza ro‘y bermasa …
Oxirgi vaqtda tabloidlar Narening serialga qaytishi haqidagi xabarlarni e’lon qildi. Ammo Neslihan loyihaga qaytmoqchi emas. Aktrisaning jurnalistlarga aytishicha, u boshqa loyihaga diqqatini qaratgan. Bu esa bir tomondan uning muxlislarini biroz ranjitdi.
Shuningdek, “Elchining qizi” haqidagi voqealar o‘zgargan bo‘lsa-da, hali yakunlanmagan. Tomoshabinlar shuning uchun ham yangilik kutmoqda. Aytishlaricha, loyihani raqamli platformaga o‘tkazish orqali saqlab qolish mumkin. Masalan, Exxen platformasiga. Agar shunday qaror qabul qilinsa, ehtimol, tomoshabinlar “Elchining qizi” serialining uchinchi mavsumida Engin Akyurek hamda Tuba Buyukustunning ajoyib ijrosidan bahramand bo‘lishni davom ettiradi. Hozircha biror narsa deyish qiyin, hammasini vaqt ko‘rsatadi. | 53 | 1,639 |
Madaniyat | Lyuk Besson 2016-yil yanvarida ilmiy-fantastik filmni suratga olishni boshlaydi | Fransiyalik taniqli rejissor Lyuk Besson 2016-yil yanvar oyida “Valerian va 1000 sayyora shahri” nomli ilmiy-fantastik filmni suratga olishga kirishadi. Bu haqda uning o‘zi AQShning San-Diyego shahrida bo‘lib o‘tayotgan Comic-Con komikslar va pop-madaniyat festivalida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Bu mening ijodiy faoliyatimdagi eng tavakkalchi loyiha bo‘ladi. 2009-yilda Jeyms Kemeronning “Avatar” filmini ko‘rgach, film ssenariysining birinchi variantini yo‘q qilgan edim. Men uni oddiyligi uchun chiqindi qutisiga tashladim, bu uning asosiy kamchiligi edi. Kemeron hayratlanarli dunyo yaratish mumkinligini ko‘rsatib berdi va men bir boshidan boshlash kerakligini tushundim”, − dedi Besson.
Byudjeti 180 million dollarlik filmda bosh rollarni amerikalik aktyorlar Deyn DeXaan va britaniyalik top-model Kara Delevin ijro etadi. Filmda jami besh nafar aktyor ishtirok etadi, qolgan barcha ishni kompyuter grafikasi bajaradi. Ilk marta 1967-yilda fransuz yozuvchisi Pyer Kristin va fransuz rassomi Jan-Klod Mezye tomonidan yozilgan komiks asosida ishlanadigan film voqealari 26-asrda bo‘lib o‘tadi. | 79 | 1,113 |
Madaniyat | Toshkentda yosh dizaynerlarning 150 ga yaqin liboslar kolleksiyasi namoyish etildi | Poytaxtimizdagi Tasviriy san`at galereyasida Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining «Liboslar dizayni» yo`nalishi talaba- qizlarining ijodiy ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Bu haqda UzA muxbiri xabar bermoqda.
Ko`rgazmani Toshkent shahridagi Yodju texnika institutining rektori J.Kudaybergenov ochdi. Bu erda yosh dizaynerlarning 150 ga yaqin ishi namoyish qilindi.
Jonli musiqa sadolari ostida namoyish etilgan turli mavzudagi liboslar turkumi mehmonlarni go`yo ertaklar olamiga sayohatga chorladi. Yorqin ranglar, did bilan yaratilgan liboslar barchaning e`tiborini tortdi. Ayniqsa, zamonaviy uslub bilan uyg`unlashtirilgan milliy liboslarimiz kolleksiyasi barchani hayratga soldi. Biz talabalarning O`zbekistonda moda sanoatiga o`z hissasini qo`shishiga ishonamiz.
Ko`rgazmada namoyish etilgan liboslar Libos dizayni kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan baholab borildi.
–Bugun institutimizning “Fashion dizayn” yo`nalishida tahsil olayotgan 1-2 kurs talabalarining ko`rgazmasini tashkillashtirdik, –deydi Yodju texnika institutining «Fashon dizayn» yo`nalishi rahbari Fotima Azimova. – E`tiborli jihati, talabani baholashning bu usuli talaba uchun ham, biz uchun ham qiziqroq. Albatta, bu kabi ko`rgazmalar talabalarni ruhlantirib, g`ayrioddiy va yangi dizayndagi liboslarni yaratishga turtki beradi. Baholashda birinchi navbatda g`oyalarga, liboslar matolariga, ranglariga, liboslar aksessuarlariga e`tibor berilmoqda. Bu talabalarimizning yarim yakuniy ishi hisoblanadi.
–Bizga asosan arxitektura, kino, romantika yo`nalishi asosida liboslar yaratilishi topshirig`i berilgan edi, –deydi Yodju texnika institutining «Fashon dizayn» yo`nalishi 2- kurs talabasi Fazilat Yormuhammedova. – Men kino yo`nalishini tanladim va bugungi ko`rgazmada "Bogi Egipta" kinosidan ilhomlangan holda o`sha zamon xudolarini yaratishga harakat qildim. Bu kolleksiyada 9 xil libos yaratdim. Mening kolleksiyamda liboslardan ko`ra, aksessuarlarga ko`proq ahamiyat berilgan. Institutimiz rahbariyatidan juda minnatdormiz. Bizga yaratib berilgan mana shunday sharoitlar o`z ustimizda yanada ko`proq ishlashga undaydi. | 82 | 2,111 |
Madaniyat | Astraxanlik fotosuratchi Di Kaprio uning suratini o‘g‘irlagani uchun xafa bo‘ldi | Astraxanlik fotosuratchi Yevgeniy Polonskiy Leonardo Di Kapriodan u o‘z Instagram’ida u olgan suratdan beruxsat foydalangani uchun ranjiganini aytdi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. Uning aytishicha, aktyor sayg‘oq aks etgan fotosurat muallifini ko‘rsatish haqidagi so‘rovga javob berganicha yo‘q.
Skrinshot: Instagram / @leonardodicaprio
“O‘zim ham Di Kaprioga yozib, muallifni ko‘rsatishni so‘radim. Ishonchim komil, u o‘zining uzoq kutilgan birinchi “Oskar”ini nishonlab bo‘lgach, buni albatta amalga oshiradi. Hech qanday yuridik shikoyatlarim yo‘q. Biroq bunday noyob va hurkak jonivorlarni suratga tushirish — juda murakkab ish. Suratlarni beruxsat olishgani esa alam qiladi”, — dedi Polonskiy.
Di Kaprio suvloqdagi sayg‘oq tasvirini uch oycha avval joylagan edi. Unga yozilgan izohda aktyor 2015-yil sayg‘oqlar uchun g‘oyat murakkab kechganini qayd etdi: ularning yarmi “sirli kasallik” tufayli qirilib ketdi, shu tufayli BMT ushbu turni noyob jonivorlar sonini qayta tiklash bo‘yicha o‘z rejasiga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Di Kaprio “Omon qolgan” filmidagi ijrosi uchun yilning eng yaxshi aktyori deb topilib, faoliyatida birinchi marta “Oskar” haykalchasi bilan taqdirlandi. | 80 | 1,186 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo” tugatiladi. Uning o‘rniga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etiladi | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi. Uning o‘rnida Madaniyat vazirligi va Sport qo‘mitasi tuzildi
Prezident farmoniga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya olish uchun to‘lanadigan davlat boji ajratmalari, shuningdek, vazirlik tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari va daromadlaridan ajratmalar jamg‘arma daromadlarining manbalari hisoblanadi.
Mazkur jamg‘arma mablag‘lari, xususan, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ta’minotiga yo‘naltiriladi. “O‘zbekkonsert” yangi tuzilgan Madaniyat vazirligi huzurida faoliyat olib boradi. Ushbu muassasa o‘zida 2,5 ming ijodiy jamoa va ijrochilarni birlashtiradi.
Qayd etishlaricha, yangi muassasa “musiqa, xoreografiya va estrada san’atini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirish, O‘zbekiston xalqining ma’naviyati, yorqin va o‘ziga xos madaniyatini yorituvchi yuksak badiiy va sifatli asarlar yaratishga har tomonlama ko‘maklashish imkonini beradi”.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 88 | 1,510 |
Madaniyat | Forbes yilning eng ko‘p daromad olgan musiqachilarini e’lon qildi | Amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift Forbes nashri tomonidan tuzilgan yilning eng ko‘p daromad oluvchi qo‘shiqchilari reytingida yetakchilik qildi, deb yozadi “RBK”. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, uning Wildest Dreams albomi xonandaga rekord darajadagi 170 million dollar mablag‘ keltirgan.
O‘tgan yildagi kabi, reytingning ikkinchi pog‘onasida Angliya-Irlandiya boyz-bendi One Direction joylashdi. Bu safar musiqachilar 110 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi. Nashr ta’kidlashicha, guruhning yaqinda bo‘lib o‘tgan On The Road gastrol safari qo‘shiqchilarga 200 million dollardan ortiq daromad keltirgan, ammo Forbes reytingi musiqachilarning 2015-yil 1-iyunidan 2016-yil iyunigacha bo‘lgan daromadlari asosida tuziladi, shuning uchun ushbu daromadlar kelasi safar hisobga olinadi.
Britaniyalik qo‘shiqchi Adel 80 million dollar ishlab topdi va shu tariqa, reytingning uchinchi o‘rnini egalladi. To‘rtinchi o‘rinda Madonna (76,5 million dollar), beshinchi o‘rinda Rianna (75 million dollar) joylashdi. | 65 | 1,012 |
Madaniyat | Kann-2018: kinofestivalning eng yorqin brilliantlari va mehmonlari (foto) | Forbes 2018-yilgi Kann kinofestivalining ochilish marosimidagi eng esda qolarli taqinchoqlardan iborat fotogalereyani taqdim etdi.
Festivaldagi barcha mukofotlar, shu jumladan “Oltin palma novdasi” Chopard zargarlari tomonidan ishlangan.
Ta’kidlanishicha, kinofestival Chopard zargarlik uyining Chopard Red Carpet kolleksiyasi taqdimoti uchun bosh maydonga aylandi. Bu yil Festivallar saroyi zinalarida kinoaktrisalar Chopard Red Carpet kolleksiyasining 71 ta taqinchog‘ini ko‘z-ko‘z qiladi. | 73 | 491 |
Madaniyat | Sherali Jo‘rayev baxshichilik san’ati haqida o‘z fikrini bildirdi | O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “Xalq so‘zi” nashriga baxshichilik san’ati borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Baxshichilik — juda qadimiy san’at turi. Dostonlarimiz hali kitob paydo bo‘lmagan paytlardan beri bor. Ularda uzoq tariximiz ham, madaniyatimiz ham mujassam. Shu sababli o‘tmishimizni, azaliy qadriyatlarimizni o‘rganishda xalq og‘zaki ijodiga murojaat qilamiz. Folklor san’atimiz orqali ajdodlarimizning donishmandligi, urf-odatlari, orzu-intilishlaridan xabardor bo‘lamiz, o‘zligimizni anglaymiz. Baxshichilikning asl qadr-qimmati ham shunda! Shu sababli azal-azaldan doston aytuvchilar xalq orasida katta hurmat-u e’tiborga sazovor bo‘lgan.
Yoshi ulug‘ yurtdoshlarimiz yaxshi eslashadi. Avvallari to‘ylar baxshilarning ishtirokisiz o‘tmagan. Ular davra o‘rtasida “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Yunus pari”, “Avazxon”, “Kuntug‘mish” kabi dostonlarimizdan parchalar ijro etishgan. Odamlar tonggacha qimirlamay, do‘mbira sadosiga, baxshining xonishiga mahliyo bo‘lgan. Dostondagi qiziqarli voqealar davomini intiqib kutgan.
Eshitishimcha, bulung‘urlik Amin baxshi “Alpomish” dostonini uch oy davomida tinglovchilarni zeriktirmay kuylagan ekan. Qarang, bir faslga teng muddat-a! Shuncha vaqt tinglovchilarni zeriktirmay, buning ustiga, o‘zi ham toliqmay kuylash, soz ijro etishning o‘zi bo‘ladimi?! Yana deng, hammasini yoddan aytish osonmi?! Mana, baxshilarimizning aql-zakosi qanchalik yuksak, quvvayi hofizasi naqadar mustahkam!
Hozir muxlislarga yoqaman, deb, yengil-yelpi qo‘shig‘i bilan tinglovchini, tomoshabinni to‘rt-besh daqiqada zeriktirib qo‘yadigan xonandalarimiz uchun bu — chinakam namuna! Haqiqiy mahorat maktabi!
Baxshining yana bir ulug‘ligi shundaki, u kuchli ijodkor. Bir dostonni kuylaganda har gal o‘zgarishlar kiritadi. Ana shular sharofati bilan yigitlarimiz Alpomishdek alp, mard, jasur, qizlarimiz Barchinoydek bir so‘zli, oriyatli, sadoqatli bo‘lishga intilishadi. Bolalarimiz, ilm, ma’naviyat, ma’rifatni o‘rganishadi.
Demak, hozirgi globallashuv davrida shunday durdona san’atimizni, noyob va go‘zal qadriyatimizni saqlab qolish, uni asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazish juda dolzarb vazifa! Shu ma’noda, Prezidentimiz bu san’atga e’tibori, xalqaro festival o‘tkazish tashabbusi ayni muddao bo‘ldi. Bu baxshichilik san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishga qaratilgan juda katta ezgu sa’y-harakatdir. Ishonamizki, nufuzli san’at bayrami hademay dunyoga ovoza bo‘ladi. Chunki unga turli davlatlardan ko‘plab ishtirokchilar, mehmonlar keladi”, — degan Sherali Jo‘rayev. | 65 | 2,554 |
Madaniyat | Mahmud Namozov: Yaqin o‘tmishda bunday keng ko‘lamli ko‘ngilsiz holat kuzatilmagandi | O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda koronavirus pandemiyasi insoniyatni jipslashtirganini aytib o‘tdi.
“Yaqin o‘tmishda bunday katta masshtabli ko‘ngilsiz vaziyat kuzatilmagandi. 1941-yillardagi urush haqida faqatgina eshitib, kitoblarda o‘qiganmiz xolos. Koronavirus butun insoniyatni bir-biriga jipslashtirdi, larzaga soldi va odamlarni yanada o‘ziga keltirdi.
Oila a’zolarimning barchasi vaziyatdan boxabar. Dunyo va yurtimizdagi holat to‘g‘risidagi muhim xabarlarni internet saytlardan o‘qiyapmiz. Televideniye orqali esa Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar kabi vazirliklar rahbariyati, mutaxassislar bilan bo‘layotgan intervyularni ko‘ryapmiz.
Ochig‘i, hali ko‘p odamlar bu holatga jiddiy qaramayapti. Oldin bitta non yegan bo‘lsak, vaqtinchalik sinov paytida yarimta non yeb turaylik. Hammasiga chidaylik va bir-birimizni o‘zaro ruhan qo‘llab-quvvatlaylik. Prezidentimiz gaplariga, albatta, amal qilishimiz kerak. Har narsada hikmat bor deyishganidek, bu sinovli kunlardan ham hikmat axtarib yashaylik”, — deydi Mahmud Namozov.
“Ikki kunda bir nonga chiqyapmiz”. Zulfiqor Musoqov karantinni qanday o‘tkazayotgani haqida so‘zlab berdi | 84 | 1,190 |
Madaniyat | Taniqli bastakor Anor Nazarov vafot etdi | O‘zbek musiqa san’ati rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, taniqli bastakor Anor (Anorqul) Nazarov bugun, 16-yanvar kuni og‘ir xastalikdan so‘ng hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati.
Serqirra ijodkor Nazarov Anorqul Mamadovich 1950-yil 5-iyunda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tavallud topgan.
U o‘zining hayotini, umrini musiqa san’atiga bag‘ishlagan iste’dod sohibi edi. 1968-yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlab, 1968—1985-yillarda Alisher Navoiy nomidagi DAKT orkestri solisti, 1985—1987-yillarda Toshkent shahar musiqa ansambllari jamoasining bosh dirijyori, 1986—1996-yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori, 1996—2000-yillarda “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi bosh direktori, 2000—2002-yillarda esa badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
“Bastakorning faoliyati asosan estrada musiqa san’ati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, o‘ziga xos mustaqil uslubiy ijodi bilan ajralib turadi. “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” , “Vatan azizdir”, “Jon O‘zbekiston” , “Iftixor”, “Yashnar bahorim”, “Ona yurt”, “Barkamol avlod”, “O‘zbekiston mushtarak” , “Go‘zal Toshkent”, “Yurt qadri” , “Aziz odamlar” , “Izhor” kabi 120 dan ortiq qo‘shiqlari o‘zining jozibadorligi, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat, uni e’zozlash, asrab avaylash va insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilganligi bilan e’tiborlidir. U yaratgan asarlar Vatanimizning Mustaqillik, Navro‘z kabi milliy va davlat tadbir dasturlarida tarannum etib kelinmoqda. Ijodkorning bizga qoldirgan boy madaniy merosi, yaratgan dilbar taronalari, qo‘shiqlari xalqimiz tilida va dilidan chuqur joy olib, undan kelgusi avlodlar ham bahramand bo‘ladi”, — deyiladi “O‘zbekkonsert” xabarida. | 40 | 1,865 |
Madaniyat | Yulduzlarning mehriga sazovor bo‘lgan hamyonbop go‘zallik vositalari (foto) | Yulduzlar tashqi ko‘rinishga g‘amxo‘rlik qilishi uchun minglab dollar sarflashi ko‘pchilikka ma’lum. Quyida taniqli shaxslar mehriga sazovor bo‘lgan go‘zallik mahsulotlari bilan tanishib chiqing.
Luxurious Volume Blow Dry Lotion, John Frieda
Ushbu vosita sochlarni yanada qalin ko‘rsatadi va hajm qo‘shadi. Vosita nam sochlarning ildizlariga surtiladi va yaxshilab taraladi. So‘ngra fen bilan quritiladi. Mazkur mahsulotdan Riz Uizerspun, Viktoriya Bekxem va Rouz Byorn muntazam foydalanadi.
Messed Up, Lee Stafford
Model Agness Deyn o‘zining ajoyib soch turmagi sirini aynan ushbu vositada deb biladi. Model har qanday vaqtda kosmetik vosita yordam berishini tan oladi.
Intensive Mask Bee Strong, Herbal Essences
Asal va o‘rik ekstraktlari Nikol Sherzingerning sochlarini himoya qiladi. U haftasiga ikki marotaba niqobdan foydalanadi.
Pantene Pro-V
Soch tolalarini qayta tiklash, elastiklik, ularni namlash, oziqlantirish va yuzasini tekislashda faol ishtirok etadi. Shuning uchun ham Keyt Blanshet ushbu mahsulotni tanlagan.
Essentials Beauty Fluid, Olay
Yumshoq namlantiruvchi suyuqlik yuzni yaltirashdan xalos etadi. Shuning uchun ham yog‘li teri egalari bundan ko‘p foydalanadi. Ular orasida Kameron Dias ham bor.
The Body Shop
Muammoli terilar uchun tetiklashtiruvchi tonik makiyajni mukammal tozalaydi. Shuningdek, yuzda husnbuzarlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Mahsulot muxlislari orasida Britni Spirs va Keti Perri ham bor.
Cetaphil namlantiruvchi kremi
Krem tarkibidagi E vitamini teri tiklanishni ta’minlaydi va SPF ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.
Lip Liner, №7
Ushbu ajoyib mahsulot aktrisa Kira Naytlining eng sevimli lab bo‘yog‘i hisoblanadi. Aktrisa tabiiylikni xush ko‘radi.
Color Riche, L’Oreal Paris
Mishel Dokeri ushbu brendning mahsulotlaridan unumli foydalanadi hamda ularni boshqalarga ham tavsiya etadi.
EyeStudio Color Tatoo 24 hr Cream Gel Eyeshadow, Maybelline New Work
Ushbu ten ko‘zda 24 soat davomida saqlanib turadi. Shuning uchun Lili Eldridj ulardan foydalanadi.
Full Coverage Concealer, NYX
Ushbu vosita quruq yuz terisi uchun juda mos keladi. Kameron Dias, Julianna Mur va Emma Stoun mazkur mahsulotlarning chinakam muxlisi.
Weleda
Anjelina Jolining o‘zi homiladorlik paytida ushbu moy yordamida terini yorilishdan xalos qilganini tan oladi.
Baraka kokos moyi
Aleks Chang va Emili Blant mazkur moyni soch uchun niqob va yuz kremi sifatida ishlatadi.
Nivea balzami
Bleyk Layvli labning qurishi, teri ko‘chishini bartaraf etishda samarali vosita sifatida Nivea balzamini tanlaydi. | 75 | 2,545 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.