folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Instagram: Qoraqalpoq yoshlariga 50 mln so‘m bergan Yulduz Usmonova, nevarali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, telefonini qaytarganga mukofot e’lon qilgan Parizoda
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Yulduz Turdiyeva Ozarbayjonning Boku shahrida hordiq chiqarayotgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. “Tohir va Zuhra” filmida bosh rollardan birini ijro etgan aktrisa Parizoda Bo‘rixo‘jayeva 36 yoshga kirdi. Aktrisa Sitora Farmonova unga “Kavkaz asirasi” filmidagi Nina obrazini yaratish jarayonini ko‘rsatdi. Muqaddas Sa’dullayeva hayotidagi barcha ko‘ngilsizliklarni ortda qoldirgani haqida muxlislariga gapirdi. “Via Marokand” guruhi “Xonanda” nomli taronasiga ishlangan videoklipni muxlislariga namoyish qildi. Umid Iskandarov yangi surati bilan ko‘rinish berdi va obunachilariga ma’naviy boylik hech qachon qadrsizlanmasligini aytdi. Aktrisa Durdona Qurbonova uni bozorda qo‘rqitib yuborishganini ma’lum qildi. Shohrux Hamdamov sahifasiga ustozi, aktyor Abduhalil Mingnorov bilan tushgan suratini joyladi va unga minnatdorchilik bildirdi. Aktrisa Ra’no Shodiyeva ilk marta nevarali bo‘lganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u farzandi bilan o‘zi davolanayotgan shifoxonada “Mo‘jiza” filmini uchinchi bor tomosha qilayotgani haqida gapirdi. Xonanda SanJay muxlislariga yaxshi kayfiyat hamroh bo‘lishini tiladi. Dizayner, aktrisa Shahzoda Muhammedova yangi videosini joyladi va ayol kishi o‘zini baxtli his etishi uchun unga ko‘p narsa kerak emasligini aytdi. Aktrisa Asal Abdullayeva yangi surati bilan ko‘rinish berdi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Bo‘zatov tumanida tashkil etilgan madaniy tadbirda ishtirok etib, qoraqalpoq yoshlarining ta’lim olib rivojlanishi uchun o‘z hisobidan 50 million so‘m hadya qildi. Shuningdek, xonanda boshqa hamkasblarini ham ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi. Samandar Hamroqulov Samarqanddagi zotdor itlar sotiladigan bozorga borgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi. Mahoratli teleboshlovchi Dildora Rustamova sahifasiga Turkiyaning Antaliya shahrida tushgan suratini joyladi. Raqqosa Parizoda telefonini qaytarib bergan insonga katta mukofot berishini, uning ichida esdaliklari, ko‘plab ma’lumotlari borligini aytdi. Xonanda Sardor Toirov yangi klipida ham aktrisa Rayhon Asadova bilan partnyor bo‘lishini ma’lum qildi. Jamila G‘ofurova farzandlari bilan Turkiyada hordiq chiqarmoqda. “Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova to‘y xizmatiga ulgurish uchun gazon ustidan bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelganini aytdi. Aktrisa Aysanem Yusupova sahifasiga yangi suratini joyladi.
155
2,516
Madaniyat
Garri Potter haqidagi kitoblar muallifi Joan Rouling 48 metrlik yaxtasini 20 million dollarga sotuvga qo‘ydi
Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling 48 metrlik “Amfitrita” yaxtasini 20 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Rouling 2016-yilning yanvarida yaxtani 29 million dollarga xarid qilgan edi. Hashamatli kemaning bu qadar tez sotilishi sabablari haqida yozuvchining o‘zi hech qanday izoh berganicha yo‘q. Beshta bo‘lmada o‘n nafar yo‘lovchini sig‘dira oladigan yaxta 2001-yilda qurilgan va dastlab “Anatoliya” deb nomlangan. 2006-yilda uni Gollivud aktyori Jonni Depp sotib olgan. Kema 2014-yilda yana sotilgan va hozirgi nomini olgan. Joan Rouling sehrgar bola Garri Potter haqidagi kitoblar turkumi bilan dunyo bo‘yicha mashhurlikka erishgan. The Sunday Times gazetasining ma’lum qilishicha, uning boyligi 600 million funt (taxminan 800 million dollar)ga baholanadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
108
946
Madaniyat
“Lirik bo‘lmagan komediya”. “Omadli jentlmenlar” filmi haqida
“Omadli jentlmenlar” kriminal komediya filmi 1971-yil Aleksandr Seriy tomonidan “Mosfilm” kinostudiyasida suratga olingan bo‘lib, unga ssenariy Georgiy Daneliya bilan hamkorlikda yozilgan edi. Film katta ekranlarga 1971-yil 13-dekabrda chiqarilib, tezda mashhurlikka erishdi. 1972-yildan televideniye orqali uzatilishni boshlaganida, bir yil ichida 65 milliondan ortiq marta ko‘rildi. “Daryo” ushbu filmning siyosiy ahamiyati va u haqdagi qiziqarli faktlar haqida hikoya qiladi. Bu natija o‘sha davr uchun mutlaq rekord bo‘lib, o‘zining aktualligini uzoq vaqt saqlab qoldi. Film ushbu fenomenal muvaffaqiyatga o‘zidagi iboralar, iqtibos va suhbatlar sabab erisha oldi. Filmda rollarni Yevgeniy Leonov (Yevgeniy Ivanovich va Dotsent), Georgiy Vitsin (Gavrila Petrovich), Saveliy Kramarov (Fyodor Petrovich), Radner Muratov (Vasiliy Aliboboyevich), Erast Garin (Nikolay Maltsev) va boshqalar ijro etgan edi. O‘rta Osiyoda arxeologik qidiruv qilayotgan Nikolay Maltsev o‘z jamoasi bilan Aleksandr Makedonskiyning oltin dubulg‘asini topib oladi. Bir guruh o‘g‘rilar esa bu dubulg‘ani o‘g‘irlab ketadi. Arxeolog Moskvaga qaytganida o‘g‘ri bilan qiyofadosh bo‘lgan bog‘cha mudiri — Yevgeniy Ivanovichni uchratadi. Militsiya xodimlari asl jinoyatchilarni qo‘lga oladi, lekin ular oltin dubulg‘a qayerda ekanini aytmaydi. Har qanaqa yo‘l bilan arxeologik topilmani qaytarishga uringan militsiya xodimlari Yevgeniy Ivanovichni Dotsent bo‘lib yashashiga ko‘ndiradi. Yevgeniy Dotsent qiyofasida sheriklari Gavrila va Fyodor (g‘ilay) oldiga qo‘shiladi. Yevgeniy militsiya xodimlari bilan birga tuzgan rejaga ko‘ra, u xotirasini yo‘qotgan, oltin dubulg‘ani qayerda ekanini eslay olmayotgan bo‘ladi va uni topishda sheriklaridan foydalanishi kerak edi. Lekin muammo paydo bo‘ladi: dubulg‘a qayerda ekanini Dotsentdan boshqa hech kim bilmas edi. Endi ular yangi reja qo‘llaydi — o‘g‘rilarga qamoqdan qochishga va dubulg‘ani topishga sharoit yaratib berish. Lekin voqealar rejalashtirilganiday yuz bermaydi, qochish davomida Vasiliy ham ularga qo‘shilib oladi. Yevgeniy sheriklari bilan qamoqdan qochadi va dubulg‘ani qidirish davomida birgalikda yashay boshlaydi. U Dotsent ko‘rinishida dubulg‘a haqida ko‘pchilikdan so‘raydi, lekin hech narsa topa olmaydi. Bu vaqtda haqiqiy Dotsent qamoqdan qochishga muvaffaq bo‘ladi. Militsiya Yevgeniyni ogohlantiradi, u o‘z ishini oxiriga yetkazishini aytadi. Dotsentning o‘zi ham oltin dubulg‘ani qidirishni boshlaydi. Yevgeniy sheriklari bilan ko‘l oldidagi muzlikdan dubulg‘ani topganida, Dotsent allaqachon ularni o‘sha yerda kutayotgan bo‘ladi. Bir-biriga ikki tomchi suvday o‘xshash Yevgeniy va Dotsent dubulg‘a uchun kurashadi, Dotsent endi to‘pponchani chiqarganida esa Vasiliy, Gavrila va Fyodor ularning har ikkalasini hushidan ketkazadi. Ular Dotsent va Yevgeniyni militsiyaga, dubulg‘ani arxeologga topshiradi. Film ozodlikka chiqqan Vasiliy, Gavrila va Fyodorga Yevgeniy barcha ishlarni aytib berishga shoshilishi bilan yakunlanadi. “Omadli jentlmenlar” filmi kinorejissor Aleksandr Seriyning eng muvaffaqiyatli kartinasi hisoblanadi. Film katta ekranlarga chiqqanida tomoshabinlar uzoq vaqt davomida uni Georgiy Daneliya tomonidan suratga olingan, deb o‘ylaydi. Aleksandr Seriy endigina qamoqdan ozod bo‘lgani va moddiy qiyinchiliklari sabab Daneliya oldiga filmni suratga olish taklifi bilan chiqdi va birgalikda ssenariy yozishni boshlaydi. Daneliya, o‘z navbatida, filmni suratga olish uchun homiylik vazifasini ham bajardi. Film asosiy e’tiborini boshqa komediyalardan farqli ravishda sevgi rishtalariga emas, balki do‘stlikka qaratgan. Boshlanish sahnalaridagi qo‘shimcha qilingan “lirik bo‘lmagan komediya” yozuvi ham bunga ishora sanalar edi. Ammo film o‘zi bilan jinoyat olamini aholi orasida “romanizatsiyasi”ga sabab deb ko‘rilib, ko‘plab senzuralarga uchrashni boshladi. “Omadli jentlmenlar” filmi jinoyatchilar bosh rolda tasvirlangan ilk sovet kinosi hisoblanib, o‘zidan so‘ng “jinoiy” fenomen qoldirdi. 1972-yildan keyin ko‘plab filmlarda jinoyatchilar bosh rolda chiqa boshladi. Undan oldin esa faqat chet el kinolarida jinoyatchilar bosh rolda ko‘rsatilgan edi. Ushbu omil sabab avvaliga film senzuraga uchradi. Film muvaffaqiyatiga asosiy omil bo‘lgan jinoiy iboralarning barchasi Seriy tomonidan qo‘shildi. Rejissor bu iboralarni qamoqda bo‘lgan vaqtida qayd qilib kelgan bo‘ladi. Ushbu “ko‘cha tili” deb atalgan jargon sabab film o‘zining tabiiy ko‘rinishini saqlab qolgan. Lekin ayni shu omil sabab katta ekranlarga chiqishi uzoq muddat talab qilgan. Leonid Brejnevning o‘zi kinokartinani tomosha qilganidan so‘ng namoyish cheklanishiga sabab ko‘rmaganini aytib, kinoteatrlarga yo‘l ochib beradi. Filmning surat olish ishlari 1970-yil dekabrdan to 1971-yil apreligacha davom etgan va ancha mashaqqatli kechgan. Boshlanish sahnalaridagi O‘rta Osiyo deb tanishtirilgan joy, qamoq sahnalari va o‘g‘rilarning bir-biri bilan tanishgan joylar Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tgan. Filmda amalga oshirish eng qiyin bo‘lgan sahna ishtirokidagi lavha bo‘lib, ushbu qisqa voqea uchun salkam bir oy vaqt sarflangan. Kasting ham uzoq vaqt talab qilgan, bosh roldagi Yevgeniy Leonovdan boshqa barcha aktyorlar bir necha bor o‘zgargan. Filmda Leonovning xarizmatik faoliyati yaqqol ko‘rinib turgan. Bundan tashqari Vasiliy rolini ijro etish uchun aktyor topish eng uzoq vaqtni talab qilgan, Radner Muratov esa ilk katta roli orqali mashhurlikka erishishni boshlagan. 2006-yili filmning 35 yilligiga Qozog‘istonning Taraz shahrida bosh qahramonlar uchun haykal o‘rnatildi. 2012-yilda esa film “Jentlmenlar, omad!” nomi ostida qayta ishlangan. Undagi barcha voqealar deyarli bir xil bo‘lib, faqatgina davr o‘zgarishi: 1970-yillarning 2010-yillarga ko‘chishi kuzatildi. Barchamizga qadrdon bo‘lgan kinokomediya “Omadli jentlmenlar” davrlar almashib, yillar o‘tsa-da, haligacha eng ko‘p qayta ko‘riladigan sevimli filmlarimiz qatoridan joy olgan. Buning asosiy muvaffaqiyatlari deb, shubhasiz, aktyorlar mahorati-yu, ularning ssenariyda yozilgan ajoyib gaplarini misol qila olamiz. Bosh roldagi Yevgeniy Leonov samimiy tarbiyachi va qo‘pol jinoyatchi obrazlari orqali tomoshabinlarga shedevr komediyani taqdim etgan. Voqealar davomidagi qahramonlarga ishlatilgan laqablar va jarayonlarga nisbatan jargonlar kinoning qiziqarli tus olishini ta’minlab turadi. Shu sabab, filmning suratga olinishiga hissa qo‘shib, o‘zidan buyuk iz qoldirgan ijodiy guruh a’zolariga bemalol “Omadli jentlmenlar” iborasini ishlatsak ham bo‘ladi. Farrux Adhamjonov tayyorladi.
61
6,519
Madaniyat
Xonanda Sevinch Mo‘minova ajrashmaganini alohida ta’kidladi
Xonanda Sevinch Mo‘minova turmushi bilan bog‘liq gap-so‘zlar tarqalgani xususida to‘xtalib, qayerga borsa, ajrashgani borasida savol berishlarini aytib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi” nashri xabar bermoqda. “Turmush o‘rtog‘im bilan baxtli hayot kechiryapmiz. Qizalog‘im Leylani birga katta qilyapmiz. Turmushning o‘nqir-cho‘nqirlari, yaxshi-yomon kunlarini birgalikda, bir-birimizga suyanib yengib o‘tyapmiz, – dedi ijodkor. – Mehr-muhabbatimiz bilan hamisha bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. ‘Ajrashdi’ degan gap to‘yimizdan bir necha oy o‘tib tarqagan. ‘Ikki san’atkor bir oila bo‘lib yasholmaydi’ deganlar ham bo‘lgan-da. Balki haligacha birga ekanligimizga ishonishmayotgandir. Bu savolga juda ko‘p javob berdim”.
59
715
Madaniyat
Mansur Agaliyev Yulduz Usmonovaning konsertiga qo‘ldan chipta sotib olishga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Xalqlar do‘stligi” saroyida 10–25-mart kunlari “Yurak” deb nomlangan navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda. Yulduz Usmonovaning prodyuseri va turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida o‘zining konsertiga o‘zi bilet sotib olishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi. ‘Xalqlar do‘stligi’ saroyi bosh rejissori Zokir Qayumovga ‘Zokir aka, Yulduzning xabari bo‘lmasin, keling, O‘zbekiston xalq artistlarini barchasini konsertga chaqiraylik’, dedim. Ularning har bittasiga birma-bir telefon qilishlarini iltimos qildim. Bu insonlar g‘animat, ularning filmlari bilan yoshligimiz o‘tgan. Qarasak, keladigan mehmonga yetarli biletimiz yo‘q. Keyin ko‘chaga chiqib, o‘zimizni konsertga o‘zimiz bilet sotib olishga majbur bo‘ldik. Ko‘chada ‘aka sizga ham bilet kerakmi’, deb kulishdi. ‘Qayerdan joy qilamiz’, deganimizda ‘birinchi qatordan’ deyishdi, lekin birinchi qator ular uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin edi. Chunki 70-80 yoshli insonlar sahnaga qarab, bo‘ynini ko‘tarib o‘tirishga majbur bo‘lishadi. Shu sababli ularga 15-qatordan joy tayyorladik. Biletlarni boshqalar bilan almashtirdik, yetmaganini sotib oldik. Avvalo, ular katta sahnani bemalol ko‘rishi kerak. Qanchadan qancha buyuk ijodkorlar vafot etganini ko‘rdik. Ularning vafotini ko‘rganimizdan so‘ng tirik insonlarning qadriga yetishni boshlarkansiz. Allohga shukr, konsertni ko‘rib, kayfiyatlari ko‘tarilib, maza qilib ketishdi. O‘n besh million so‘mga bilet sotib olindi. Bunaqa vaziyatlar ko‘p bo‘ladi. Chunki kassada bilet sotib bo‘lingandan so‘ng, kim ortiqcha bilet sotib olgan bo‘lsa, o‘shandan kerakli joyni sotib olishga majbur bo‘lamiz. Pandemiya boshlanganidan so‘ng biletini qaytarib berganlar ham bo‘ldi, keyin ular bunday qilganiga pushaymon ham bo‘lishdi. Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri  Yulduz Usmonova konsertida keksa aktyor va aktrisalarni yig‘latdi (foto va video)
120
1,963
Madaniyat
Milliy gvardiyaning yoshlar orkestri Moskvadagi xalqaro musiqa festivalida ishtirok etdi (foto)
Ko‘plab xalqaro tanlov va festivallar tashkil etiladigan Moskva shahrida turli millat va elat vakillarini jamlagan “Spasskaya bashnya” XII xalqaro harbiy musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. Musiqiy festival doirasidagi yoshlar loyihasida bolalarga ham alohida e’tibor qaratilib, ularning ijod mahsullari keng namoyish etildi. Xususan, xalqaro harbiy festivalning oltinchi marotaba o‘tkazilayotgan “Spasskaya bashnya detyam” maxsus loyihasining asosiy maqsadi aholining barcha qatlamlari orasida damli cholg‘u asboblari musiqasini ommalashtirish va uning boy tarixini keng targ‘ib qilishdan iboratdir. Bugungi kunga qadar “Spasskaya bashnya detyam” dasturida Rossiyaning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan orkestr va musiqiy jamoalar ishtirok etgan. Joriy yilda esa VI xalqaro festivalda rossiyalik 23 ta musiqiy jamoa bilan bir qatorda 3 ta xorijiy orkestr, jumladan, O‘zbekistondan tashrif buyurgan orkestr o‘z ijro mahoratlarini namoyish etadi. “Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining yoshlar damli cholg‘u orkestri Rossiya poytaxtining qoq markazidagi xalqaro sahnada mazkur festivalning badiiy rahbarlari Ye.Yu.Nikitin va V.A.Krilovalarning taklifiga binoan ilk marotaba ishtirok etdi. Ushbu orkestrning repertuaridan turli janrdagi 100dan ortiq asarlar, shu jumladan, madhiyalar, marsh va fanfaralar, jaz kompozitsiyalari, xalq va hattoki mualliflik asarlari o‘rin olgan. Yoshlar orkestri bir qator xalqaro va respublika tanlovlarining laureati hisoblanadi. Bolalar festivalining xalqaro sahnasida belgilangan dasturdan tashqari tomoshabinlarning ko‘plab iltimoslariga binonan bizning yosh orkestr bir necha marotaba o‘z mahoratlarini namoyish etib, minglab tomoshabinlarni hayratda qoldira oldi, desak adashmaymiz. Musiqiy jamoamiz turli janrdagi kompozitsiyalarni mahorat ila ijro etishlari bilan mahalliy va xorijiy ishtirokchilarning ham olqishlariga sazovor bo‘ldi. Ahamiyatli jihati shundaki, ushbu festivalda Milliy gvardiyaning yoshlar orkestri ilk marotaba qatnashayotgan bo‘lsa-da, festivalning tashkilotchi mutaxassislari tomonidan yoshlarimiz iste’dodiga yuksak baho berildi”, — deyiladi xabarda. “Toshkentdan tashrif buyurgan yoshlar musiqiy jamoasi festivalimizning ishtirokchisi bo‘lganidan biz juda ham xursandmiz. Bunday iste’dodli yoshlarning ijro mahoratlaridan taassurotlarim o‘zgacha. Bizning bolalar festivali tarixida bugunga qadar hech kim 3 kun davomida 4 marotaba sahnaga chiqib, barcha tomoshabinlarning qalbini zabt eta olmagan. Orkestrning barcha musiqiy chiqishlari tomoshabinlarning ko‘plab iltimoslariga binoan ijro etildi”, — deydi Rossiya Federatsiyasi prezidenti orkestri dirijyori, “Spasskaya bashnya detyam” xalqaro festivali badiiy rahbari, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, polkovnik Ye.Yu.Nikitin. Tadbirlar yakunida Yevgeniy Nikitin tomonidan mazkur festivalda ishtirok etgan har bir guruhga festival laureatlari diplomlari topshirildi. Barcha chiqishlardan so‘ng o‘zbekistonlik yoshlar orkestri uchun Moskva shahrining diqqatga sazovor joylari, Kreml saroyi, Aleksandr bog‘i, Moskva markaziy hayvonot bog‘i, shahar bo‘ylab sayohat, shuningdek, Rossiya milliy gvardiya qo‘shinlarining Mixail Sholoxov nomidagi Moskva prezidenti kadet maktabining muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Sayohat davomida “Vorobyovi gori” maydonida yoshlar damli cholg‘u orkestri ijrochilari Moskva shahrining mahalliy va xorijiy mehmonlari uchun kichik musiqiy dastur ijro etib berdi. “Yalla” guruhining qo‘shiqlaridan poppuri, mashhur “Katyusha” va “G‘alaba kuni” harbiy qo‘shiqlarini o‘z ichiga olgan ushbu dastur 1000 ga yaqin tomoshabinlarni hayratda qoldira oldi desak adashmaymiz, deyiladi xabarda.
95
3,779
Madaniyat
Jeki Channing o‘g‘li ozodlikka chiqdi
Taniqli xitoylik aktyor Jeki Channing o‘g‘li Jeysi olti oylik qamoq jazosini o‘tab, ozodlikka chiqdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Avvalroq Pekinning Dunchen tumani sudi uni giyohvand moddalar iste’mol qiluvchi shaxslarga joy berishda ayblagan edi. Shuningdek, unga 2 ming yuan (328 dollar) miqdorida jarima ham solingan. 32 yoshli Jeysi Chan 2014-yilning avgustida Pekindagi kvartirasida narkotik moddalarni iste’mol qilishda gumon qilingan shaxslar aniqlangach qo‘lga olingan. Kichik Chan, shuningdek u bilan birga qo‘lga olingan taniqli tayvanlik aktyor Kay Ko marixuana iste’mol qilgani aniqlangan.
37
614
Madaniyat
Ko‘z rangiga makiyaj yordamida qanday urg‘u berish mumkin?
Ayol va qizlarning xunugi bo‘lmaydi, shunchaki chiroyli va didli ko‘rinish uchun yuzni parvarishlash, makiyaj qilishda mavjud qoidalarga amal qilish kerak. Jigarrang ko‘zlar Jigarrang ko‘z egalariga har qanday ten yarashadi, ammo stilistlar to‘q jigarrang va tillaranglardan foydalanishni maslahat beradi. Bu ko‘zlarni katta ko‘rsatadi. Kipriklarga urg‘u berishni ham unutmang, buning uchun tushdan foydalaning. Kulrang ko‘zlar Kulrang ko‘zlar qovoqqa surtilgan ten rangini boshqacharoq ko‘rsatish xususiyatiga ega. Klassik smoky uslubidagi makiyaj nigohlarni sovuq ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Jigarrang va siyohrang ten esa aksincha. O‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lish uchun esa ko‘zning ichki burchagiga haylayter surting. Yashil ko‘zlar Yashil ko‘zlar jigarrang, siyohrang va olovrangdan smoky uslubida bo‘yalsa, juda ham yarashadi. Bir-biriga zid rangdagi yorqin bo‘yoqlar nigohlarni yanada teran ko‘rsatadi. Kundalik makiyaj uchun esa yaltiroq bo‘lmagan bo‘yoqlarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi, kechki ziyofat va maxsus tadbirlarga yaltiraydigan tenlarni ishlatish maqsadga muvofiq. Moviy ko‘z Kulrang ten ko‘zni yanada ko‘kroq, yorqin ranglar esa ochroq ko‘rsatadi. Ayniqsa, bronza va olovrang bo‘yoqlar juda ham yarashadi. Ko‘z qovog‘ining tashqi va ichki burchagiga esa haylayter surtishni unutmang.
58
1,320
Madaniyat
Italiyalik qo‘shiqchi Danielle Pistolozzi va O‘zbekistonning “Ko‘k Choy” guruhi Buxoro haqida klip suratga oldi (video)
Italiyalik qo‘shiqchi Danielle Pistolozzi va O‘zbekistonning “Ko‘k Choy” guruhi From Bukhara With Love deb ataluvchi musiqiy kompozitsiyaga Buxoro haqida klip suratga oldi, deb yozadi “Podrobno.uz”. Loyiha O‘zbekistonda turizmni musiqa va noyob tarixiy obidalar vizualizatsiyasi orqali rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida amalga oshirildi. Qo‘shiq italyan va rus tillarida kuylangan. Klip esa dronlar yordamida tasvirga olindi. Suratga olish ishlari yakunlangach, tashkilotchilar Italiya va Fransiya fuqarolari o‘rtasida fokus-guruhlar o‘tkazib, ularga tayyor klipni ko‘rsatdi. 100 kishidan 80 nafari O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdi, 60 foiz holatda esa odamlar ertaknamo Buxoro manzaralaridan hayratga tushdi.
119
735
Madaniyat
Jenevada “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto)
Jenevada “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film namoyishi The Club des leaders xalqaro jamiyatining Shveysariyadagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi. “Ushbu kinolentani bugun e’tiboringizga havola etish men uchun katta sharaf. XV asrda, Mirzo Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrda Samarqand astronomiya, matematika va geometriya sohalarida ilg‘or ilmiy tadqiqotlar xalqaro markaziga aylandi. Bu buyuk inson, yetuk olim va adolatli hukmdor shaxsi bolaligimdan meni o‘ziga maftun etgan edi. Uning hikoyasi zamondoshlarimiz e’tiboriga havola etilishi lozim,” – deya ta’kidladi Lola Karimova-Tillayeva filmning taqdimotida.
114
759
Madaniyat
“Otam shu dardni o‘zlariga so‘rab olganlar”. Og‘abek Sobirov og‘ir dard bilan kurashgan yillarini xotirladi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Og‘abek Sobirov suhbat davomida meningit kasalligi bilan deyarli bir yil kurashgani va rahmatli otasi o‘g‘limning dardini menga ber, deya Allohga qilgan iltijolari haqida gapirib berdi. 1991–1992-yillarda san’at olamiga endi kirib kelgan paytlarim edi. O‘zim o‘ylayman, balki o‘sha payt el nazari, ko‘z degani yomon narsa-ku, o‘zingiz bilasiz, shu narsa to‘siq bo‘ldimi, degan fikr ham yo‘q emas. Xullas, 3-4 oy yotib qoldim. Shunday og‘ir vaziyatlarni boshdan o‘tkazdimki, buning eng yomon tomoni ota-onaning ko‘z оldida farzandining og‘ir dardga chalinib yotganligi bo‘ldi. Bu narsani hozir ota bo‘lib, bilib yuribmiz. Ilohim, hech kim farzandining yomon holatini hech qachon ko‘rmasin. Dadam shunaqa mehribon inson edi, bizni shu darajada yaxshi ko‘rardiki, hech kimlarga ishonmasdi. Shunda menda 3-4 oydan keyin miya shamollashi bo‘ldi. Meningit darajasiga borib qoldim. Judayam xavfli bo‘ldi. Keyin yana 3-4 oylar  yotib qoldim. Bir yilga yaqin kasal bo‘lib yotganman. Biror joyga bora olmayman, oynaga qarab o‘zimni ko‘rib qo‘rqib ketadigan darajada bo‘lib qoldim. Shunaqa og‘ir vaziyatlar bo‘lgan, o‘sha paytda baribir ota ota ekan, onam ham Alloh rahmat qilsin, dod-voy soladi. To‘xtamay tinimsiz duolar qilib turgan bir vaqtda otam tepamga kelib, Ey Xudoyim, o‘g‘limning dardini olgin-da, menga bergin, shu bolam qiynalmasin, deganlar. Bu narsani o‘z qulog‘im bilan eshitganman. Otam shu dardni o‘zlariga so‘rab olganlar, Alloh rahmat qilsin! Меn kunlar o‘tgan sari sog‘ayib boraverdim, otam esa ikki yilga bormadilar. Sog‘liklari joyida edi, baquvvat inson edilar. Har kuni 30 km piyoda yurardilar. Temiryo‘lchi edilar, temiryo‘l bo‘yida uyog‘idan buyog‘iga har kuni 30-40 km masofani bosardilar. Aytmoqchimanki, salomatliklari joyida edi, mening bemor bo‘lganim otamga qattiq zarba bo‘lgan ekan. Ba’zida o‘ylab qolaman, otalarimizga mos farzand bo‘ldikmikan? Shularni qadrlaydigan ishlarni qildikmikan? Hurmatlarini joyiga qo‘ydikmikan? Shu narsalar haqida ko‘p o‘ylanaman. Jonini farzandi uchun qurbon qilishdan qaytmaydigan ota uchun, ona uchun biz farzandlik burchini yetarli darajada ko‘rsata oldikmikan, degan o‘y hozirgacha ham tinchlik bermaydi. Og‘abek Sobirov, O‘zbekiston xalq artisti Ma’lumot uchun, Og‘abek Sobirov poytaxtda 30 ga yaqin, viloyatlar bo‘ylab 200 ga yaqin yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan. Uning o‘ttizdan ortiq musiqiy albomi, 300 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor.
115
2,570
Madaniyat
Toshkentda Rossiyaning “Golos” loyihasi uchun kasting bo‘lib o‘tadi
Rossiya Birinchi kanalining “Golos” musiqiy loyihasining yangi mavsumi uchun kasting Toshkent shahrida ham bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Myday.uz”. Birinchi kanal uchun kastingga ro‘yxatga olish 27-iyun kuni Face Catalog Uzbekistan kasting agentligining ofisida bo‘lib o‘tadi. Kastingda 17 yoshdan katta ishtirokchilar qatnashishi mumkin. Kastingga ishtirokchi ovozi yozilgan tayyor video yoki fonogrammani olib borishi lozim. Eslatib o‘tamiz, “Golos” loyihasining birinchi mavsumida Sevara Nazarxon ishtirok etgan bo‘lsa, ikkinchi mavsumida Nargiz Zokirova finalgacha yetib borgan edi. “Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumida esa o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva g‘olib deb topildi.
67
694
Madaniyat
Sami Yusufning Toshkentdagi konserti nega qoldirildi? “O‘zbekkonsert” rahbari javob berdi (video)
Humo Arena muz saroyida 2019-yilning 8-dekabr kuni salovatchi xonanda Sami Yusufning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Keyinroq xonandaning konsert dasturi noma’lum sabablarga ko‘ra qoldirilganligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. “O‘zbekkonsert” rahbari Odiljon Abduqahhorov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida Sami Yusufning konserti qoldirilish sabablariga oydinlik kiritdi. Sami Yusuf bilan bog‘liq bo‘lgan masala bo‘yicha Sami Yusufning konsertini tashkil qilmoqchi bo‘lgan tashkilotchi va Sami Yusuf o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuv asosida hal qilingan. Bu konsert ‘O‘zbekkonsert’ tomonidan qoldirilmadi. Sami Yusuf va tashkilotchi tomonidan o‘zaro shartnomalarga kelishilgan holda konsert dasturi ma’lum bir muddatga qoldirildi. Bu dastur qachon bo‘lib o‘tishi haqida hozircha konsert tashkilotchisi tomonidan ma’lum qilinmagan. Sami Yusufning konserti qoldirilishiga ‘O‘zbekkonsert’ning hech qanday aloqadorlik joyi yo‘q. Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” rahbari
97
1,024
Madaniyat
Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olmoqchi
Aktyor Jerar Depardye Turkiya fuqaroligini olishni istayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Aydinlik gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. Xabar berilishicha, aktyor mazkur bayonotni Pxenyanda qilgan. Depardyening so‘zlariga ko‘ra, u oktabr oyida Turkiyaga borib, Erdo‘g‘on bilan gaplashmoqchi. Avvalroq France Presse agentligi jurnalistlar Depardyeni Shimoliy Koreyadagi mehmonxonalardan birining barida ko‘rganini ma’lum qilgan. Ayni paytda Pxenyanda KXDRga asos solinganining 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Depardye Putinning 2013-yil 1-yanvaridagi farmoniga asosan Rossiya fuqaroligini qo‘lga kiritgan edi. Depardye Fransiya fuqaroligini ham saqlab qolgan.
44
687
Madaniyat
Garri Potter — Deniel Redkliff aktyorlikni tark etib, rejissorlikda o‘zini sinab ko‘rmoqchi
“Garri Potter” yulduzi Deniel Rеdkliff rejissor bo‘lish rejalari haqida so‘zlab berdi. Aktyor o‘z ssenariysi bo‘yicha kino sanoati haqida film suratga olmoqchi, deb yozadi People Talk. “Yozganlarim asosida bir g‘oya bor. Umid qilamanki, men rejissorlik qila olaman. Bu keyingi ikki yil ichida bo‘ladi, chunki men hamma narsani bir yarim yilga rejalashtirganman. Odamlar ko‘pincha ‘Bilgan narsang haqda yoz’ deydi. Mening hayotim tasvirlashga deyarli javob bermaydi, shuning uchun men bu haqda alohida yozishni xohlamayman. Lekin kino sanoati bilan bog‘liq biror narsa haqida yozish yo‘lini topdim”, — dedi u Empire’ga bergan intervyusida. Shuningdek, u o‘z filmida rol o‘ynamasligini ta’kidladi: “Filmni suratga olgandan keyin montaj jarayonida ming martalab uni ko‘rib chiqish kerak, shuning uchun men o‘zimni ekranda ko‘rishni xohlamayman”.
91
843
Madaniyat
O`zbekiston «Ipak yo`li durdonasi» xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik ko`rmoqda
Kecha O`zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligida O`zbekiston Prezidentining «Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va o`tkazish to`g`risida»gi qarori ijrosini ta`minlash masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. Turizm va sport vazirligi ma`lumotiga ko`ra, yig`ilishda joriy yilda bo`lib o`tadigan kinofestivalga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmog`ini rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi. Davlatimiz rahbarining qaroriga binoan, Toshkent xalqaro kinofestivali  Kinematografiya agentligi tomonidan  2021 yildan boshlab har yili 28 sentyabr - 23 oktyabr kunlari «Ipak yo`li durdonasi» nomi ostida o`tkaziladi. Eslatib o`tamiz, 1968-1997 yillarda Osiyo, Afrika, va Lotin Amerikasi mamlakatlari Toshkent xalqaro kinofestivali o`tkazilgan.
81
906
Madaniyat
Uzoq va mustahkam munosabatlar siri nimada? Mashhur juftliklardan maslahatlar
Shou-biznes vakillarining turmushi o‘xshamaydi, ular uzoq munosabatda bo‘lolmaydi, degan o‘y xayollar hamisha ham to‘g‘ri emas. Turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan baxtli hayot kechirib kelayotgan mashhurlar buning isboti. Jessika Bil va Jastin Timberleyk 2007-yilda uchrashishni boshlagan va 2012-yilda turmush qurgan Jessika Bil va Jastin Timberleykning bir qiz farzandi bor. Bil turmushda, juftini baxtli qilishga harakat qilish, tushunish va qo‘llab-quvvatlash kerakligini ta’kidlaydi. Tom Xenks va Rita Uilson – 35 yil birga 1985-yilda tanishgan Xenks va Uilson 1988-yilda turmush qurgan, ikki farzandi bor. Saraton kasalligini boshidan o‘tkazgan Rita, qiyin vaziyatda juftingning senga qanday munosabatda bo‘lishini bilib bo‘lmasligini aytib, kasalligida hamisha yonida bo‘lgan Tomdan minnatdor ekanligini ta’kidlaydi. Denzel va Pauletta Vashington — 40 yil birga 1980-yilda uchrashishni boshlagan juftlik ikki yildan keyin oila qurgan. Vashingtonlarning to‘rt nafar farzandi bor. Aktyorning ta’kidlashiga qaraganda, oilada ham ishda ham eng asosiysi ruhiy yaqinlik va bir-birini tushunish hisoblanadi. Sara Jessika Parker va Metyu Broderik — 25 yil birga 1995-yilda tanishgan juftlik oradan ikki yil o‘tib oila qurgan. Ular surrogat ona tomonidan dunyoga keltirilgan egizak qizlarning ota-onasi. Aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan birga muntazam ravishda uchrashuvga chiqadi va orada tanaffus e’lon qilib turish ham kerak deb hisoblaydi. Juftlik har kuni bir-birining qandaydir yangi tomonini kashf qiladi. Broderikning ta’kidlashiga qaraganda, nima bo‘lishidan qat’i nazar juftlik gaplashishda davom etishi va do‘st bo‘lishi kerak. Meril Strip va Don Gammer — 42 yil birga 1978-yilda turmush qurgan juftlikning to‘rt farzandi bor. Aktrisa ularning baxtiyor turmushi siri bir-birga yaxshilik ravo ko‘rish, yon bosa bilish va kezi kelganda jim turishni bilishda deb hisoblaydi.
77
1,886
Madaniyat
Galereya: farzand kutayotgan shou-biznes yulduzlari
My Day sayti o‘zbek shou-biznesi vakillari bo‘lgan va ayni damda farzand kutayotgan mashhur ayollarning fotosuratlarini taqdim etdi. Aktrisa va boshlovchi Rayhon Ulasenova uchinchi farzandiga homilador. Aktrisaning bir o‘g‘li va bir qizi bor. Xonanda Ruxshona ikkinchi bor ona bo‘lish arafasida. U 2014-yil 2-noyabrida rejissor Sanjar Matkarimov bilan turmush qurgan va 2015-yilning sentabr oyida qiz farzandli bo‘lgan edi. Oybek va Nigoraning to‘yi 2015-yilning 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Endilikda yosh oila birinchi farzandini kutmoqda. Aktrisa Gulchehra Eshonqulova 2015-yilning 30-may kuni yoshi o‘zidan ancha kichik aktyor Sharof Sharopov bilan turmush qurgani katta shovshuvga sabab bo‘lgan edi. Nikohdan bir muddat so‘ng ular ajrashayotgani haqidagi xabarlar ham tarqalgan edi. Ammo hozirda yosh oila Turkiyada turmush kechirmoqda. Aktrisaning Instagram’dagi sahifasiga joylagan suratlaridan Gulchehra ona bo‘lish arafasida ekanligini ko‘rish mumkin. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulova ham farzand kutayotgan ayollar ro‘yxatida. U 2013-yilda o‘g‘illi bo‘lgan edi.
51
1,097
Madaniyat
Instagram: “Bola tilidan”ni tark etgan Aziza Yoqubova, “Sabriya” haqida fikr bildirgan Zarina Nizomiddinova, mashinasini sotayotgan Madina Mumtoz
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Sevinch qizi Leyla bilan Dubayda dam olmoqda. Feruza Normatova Allohdan o‘ziga baxt tiladi. 4-fevral kuni prodyuser, rejissor va komik aktyor Javlon Shodmonov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan yaqinlari unga unutilmas syurpriz tayyorladi. Operatsiyadan keyin bir necha kilogramm vazn yo‘qotgan Feruza Jumaniyozova yangi fotosessiyasini muxlislari e’tiboriga havola etdi. Vohidjon Isoqov bemor onasining kayfiyatini ko‘tarish uchun shifoxonaga xonanda do‘sti Sherzodbekni chaqirib, qo‘shiq kuylattirdi. Uning onasi kutilmagan sovg‘adan ta’sirlanib, yig‘lab yubordi. Aktyor Dilshod Mirzamurodov farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Nilufar Usmonova “Xatlar yozmayman” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra surrogat ona yordamida farzandli bo‘lganidan so‘ng ilk marta ko‘rinish berdi. Aktrisa Zarina Nizomiddinova “Sabriya” seriali bilan bog‘liq mojaroga munosabat bildirar ekan, yaxshi serial behayo sahnalarsiz ham o‘z tomoshabinini topishini aytib o‘tdi. Turkiyalik taniqli xonanda Tarkan ham koronavirusni boshdan kechirdi. U muxlislariga o‘zlarini ehtiyot qilishni tayinladi. Madina Mumtoz bir yarim yil avval turmush o‘rtog‘i sovg‘a qilgan Malibu avtomobilini sotayotganini ma’lum qildi. Bloger Ozod Xurramov tug‘ilgan kunidagi suratlarni sahifasiga joyladi. Aktrisa Aziza Yoqubova “Bola tilidan” ko‘rsatuvi boshlovchiligidan ketganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ushbu ko‘rsatuvda boshlovchilik qila boshlaganidan keyin unga nisbatan turli tuhmat va bo‘xtonlar bo‘lgan. Shuningdek, Aziza hozirda ko‘rsatuvni yopishga ham urinishlar bo‘layotganini aytib o‘tdi.
145
1,804
Madaniyat
Turkiyadagi tintuv davomida Navoiyning 100 ming dollar baholanishi kutilayotgan qo‘lyozmasi topildi
Turkiyaning Kilis shahrida tintuv davomida Alisher Navoiyning qo‘lyozmasi topildi. Bu haqda “Minbar” xabar bermoqda. Kilis prokuraturasi ko‘rsatmasiga asosan shaharda tarixiy asarlarni o‘g‘irlovchi va yashirincha saqlovchi shaxslarga qarshi maxsus operatsiya o‘tkazilgan. Navoiy g‘azallaridan iborat devon Kilis markazida yashovchi kishining uyidagi tintuvda topilgan. 15-asrga taalluqli qo‘lyozma 378 sahifadan iborat bo‘lib, 100 ming dollarga baholanishi kutilmoqda.
99
469
Madaniyat
Jang san’atini nafaqat ekranda, balki hayotda ham yaxshi biladigan Gollivud aktrisalari (foto)
Margo Robbi, Milla Yovovich, Jessika Bil va o‘zlarini xafa qildirib qo‘ymaydigan, kerak bo‘lsa boshqalarni ham himoya qila oladigan mashhur ayollar bilan tanishing. Margo Robbi Margo Robbiga qarab, o‘zini himoya qila olishiga ishonish qiyin. Tashqi tomondan, aktrisa juda nozik qiz bo‘lib ko‘rinadi, ammo unday emas. “Xudkushlar guruhi” filmidagi Xarli Kuinn roli uchun Margo jiu-jitsu texnikasini, turli usullarni puxta o‘rganadi. Robbi blokbasterda rol o‘ynagach, jang san’atiga qiziqib qoladi. Kartinada u bolaligida o‘rgangan sirk fokuslarini ham ijro etgan. Masalan, sakkiz yoshida Margo trapetsiyada ucha olardi. Milla Yovovich “Beshinchi element” yulduzining barcha muxlislari aktrisaning nafaqat vokal bilan shug‘ullanishini, balki jang san’atini ham yoqtirishini bilishmaydi. Bir vaqtlar Milla Yovovich taekvondo bilan faol shug‘ullangan. Aynan o‘z mahorati tufayli u “Iblis makoni” filmidagi eng qiyin tryuklarni ham mustaqil ravishda bajargan. Darvoqe, Yovovich suratga olish maydonida o‘zini ishonchli qilishi uchun braziliyacha jiu-jitsu va karate asoslarini ham o‘rgangan. Lyusi Lyu “Charli farishtalari” yulduzi Lyusi Lyu yoshligidan jang san’atiga alohida vaqt ajratgan. Aktrisa filippin jang san’ati texnikasini o‘rganganini ko‘pchilik bilmaydi. Lyusi kali-eskrima bilan ham shug‘ullanadi — bu jang san’ati nafaqat quroldan samarali foydalanishni, balki har qanday obyektni o‘lim quroliga aylantirishni ham o‘rgatadi. Jessika Bil 2012-yilda Jessika Bil “Hammasini eslash” filmida ishtirok etdi, unda u jangovar mahoratini ko‘rsatishi kerak edi. Jastin Timberleykning rafiqasi kaskadyorlar xizmatidan bosh tortdi va barcha qiyin tryuklarni shaxsan o‘zi bajarishga qaror qildi. Jessika jang san’atiga shunchalik berilib ketdiki, film ekranga chiqqandan keyin ham mashg‘ulotlarni davom ettirishga qaror qildi. Kerri-Enn Moss “Matritsa” trilogiyasidagi super ayol Kerri-Enn Mossning roli ishonarli chiqqanining sababi bor — aktrisa ko‘p yillar davomida Shaolin kung-fu va ushusi bilan shug‘ullanadi, shuning uchun u filmda o‘z mahoratini zavq bilan namoyish etdi. Aktrisaning o‘zi tan olganidek, yoga mashg‘ulotlari unga kuchini tiklashga yordam beradi. Suratga olish tugagandan so‘ng ham aktrisa mashg‘ulotlarni davom ettirdi.
94
2,245
Madaniyat
Gollivud aktrisasi Anjelina Joli Rim Papasi bilan uchrashdi
Amerikalik Gollivud aktrisasi Anjelina Joli Vatikanda Rim Papasi Fransisk I bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Joli Vatikanga “Sinmas” (Unbroken) filmini amaldorlarga namoyish etish uchun tashrif buyurgan edi. Diniy tashkilotlar vakillari film ijobiy ma’naviy qadriyatlarga boyligini e’tirof etgan. Ma’lumot uchun, 2014-yil 25-dekabrda premyerasi o‘tkazilgan “Sinmas” filmi Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi − uzoq masofaga yugurish bilan shug‘ullangan Lui Zamperinining murakkab taqdiri haqida hikoya qiladi.
59
525
Madaniyat
Coldplay solisti muxlisi o‘z sevgilisiga turmush qurish taklifini bildirishi uchun konsertini to‘xtatdi (video)
Britaniyaning Coldplay rok-guruhi frontmeni Kris Martin Avstraliyaning Melburn shahridagi konsertida A Sky Full of Stars qo‘shig‘ini kuylayotgan vaqtda to‘satdan kuylashdan to‘xtadi va o‘z muxlislaridan biriga sahnaga chiqib, sevgan qiziga turmush qurish taklifini bildirishiga qo‘yib berdi, deb yozadi TJournal. Yigitning sevgilisi taklifni qabul qildi, keyinroq esa jurnalistlarga o‘sha paytda “ishonchsizlik va baxt hislari aralashmasi”ni ko‘nglidan o‘tkazganini gapirib berdi.
111
481
Madaniyat
Stiven King o‘g‘li Ouen bilan hamkorlikda yozgan ilk kitobini taqdim etadi
Amerikalik taniqli yozuvchi Stiven King va uning o‘g‘li Ouen Nyu-Yorkda may oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan BookExpo ko‘rgazmasida “Uxlayotgan go‘zallar” deb nomlangan hammualliflikdagi kitobini taqdim etadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Stiven va Ouen King. 69 yoshli Stiven King butun dunyo bo‘ylab salkam 350 million nusxada tarqalgan 50 dan ortiq roman muallifi hisoblanadi. 40 yoshli Ouen King “Ikki karra sarguzasht” romani, “Bunga hamma aralashgan” hikoyalar to‘plamini nashr ettirgan, “O‘zga sayyoraliklar bosqiniga kirish so‘zi” romani mualliflaridan biri. “Uxlayotgan go‘zallar” uning to‘rtinchi, otasi bilan hamkorlikda esa birinchi kitobidir. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
74
829
Madaniyat
“Irkit o‘rdakcha”dan oqqushga aylanish jarayoni: yoshi o‘tgan sari go‘zallashib borayotgan yulduzlar (foto)
Hozirda millionlab muxlislar o‘zining sevimli yulduziga o‘xshashni orzu qiladi. Afsuski, hozirda dunyoga mashhur san’atkorlar yoshligida “irkit o‘rdakcha” bo‘lgani kimning ham xayoliga kelishi mumkin? Ishonish qiyin, ammo ular bolaligida go‘zallikdan ancha yiroqda bo‘lgan. Shuningdek, ular tengdoshlari tomonidan qilingan mazahlardan aziyat chekkan. Ammo oradan yillar o‘tib ular haqiqiy “oqqush”ga aylandi – go‘zal, boy va mashhur! Keyt Xadson Keyt Xadson bolaligida juda qiynalgan, uning tashqi ko‘rinishi, albatta, hozirgidek bo‘lmagan. Plastik operatsiya yoki malakali sartaroshning mahoratiga qoyil qolmay iloji yo‘q. Megan Foks Megan Foks bolaligida chindan ham ko‘rimsiz qiz edi. Birinchidan, uning xarakteri bema’ni, ikkinchidan, bunday xunuk qiz bilan hech kim do‘st bo‘lishni istamagan. Lekin yana o‘z kasbining ustalari uni haqiqiy malikaga aylantirdi-qo‘ydi. Viktoriya Bekxem Viktoriya Bekxem bolaligidagi suratlarni ko‘p vaqt jamoatchilikdan yashirgan. Oddiygina qizaloq kelajakda mashhur xonimga aylanishini hech kim tasavvur ham qilmagan. Jennifer Lopes Jennifer – katolik maktabining kamtar o‘quvchisi. Bugungi kunda dunyoga mashhur yulduz. Kristen Styuart Aktrisa ilk marotaba 8 yoshida rol ijro etdi. Dastlab, bunday uyatchan qizdan hech kim mashhurlikka erishadigan aktrisa bo‘lishini kutmagan. Sara Jessika Parker Sara yoshligida katta burun, kichkina ko‘zlar va xunuk oyoqlar tufayli anchagina ko‘rimsiz edi. Keyin u hammasiga tupurdi va chinakam yulduzga aylandi. Teylor Svift Teylor Svift yoshligida faqat qizlar bilan do‘stlashgan, chunki uning ahmoqona sochlari bolalar uchun qiziq emasdi. Ammo bugun ularning barchasi yulduzning go‘zalligiga qarab hayratlanadi. Nikol Kidman Nikol Kidman bolaligida mashhur yulduzga emas, balki qishloqning oddiy qiziga o‘xshardi. Ammo ulg‘ayib, yoshi o‘tgan sari uning yashirin go‘zalliklari ochilib bormoqda. Keyt Moss Keyt Moss bolaligida juda ko‘p narsalarni orzu qilgan. Lekin bunday ko‘rinishdagi qiz qanday qilib mashhurlik shohsupasiga chiqqani esa sir. Demi Mur Demi yoshligida katta lupali ko‘zoynak egasi bo‘lgan. Shuningdek, uning tengdoshlari tomonidan doimiy masxaralanishi uning ruhiyatiga ham qattiq ta’sir qildi. Bir paytlar u o‘zining joniga qasd qilishni ham o‘ylagan. Keyinchalik uning Los-Anjelesga tashrifi barchasini o‘zgartirib yuborgan.
107
2,332
Madaniyat
“Oti yulduzimsan”. Umidaxonning nomi imloviy xato bilan yozilgan ilk albomi taqdim etildi
Xonanda Umidaxon 22-iyunda o‘zining ilk musiqiy to‘plamini muxlislar e’tiboriga havola etdi. Asli nomi “Yulduzimsan” bo‘lgan albom nomi disk chiqarishga mas’ul shaxslarning aybi bilan “Oti yulduzimsan” tariqasida taqdim etildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi. “Sayyod.com” ning yozishicha, disk chiqarishning tashkiliy masalalari bilan shug‘ullangan Discovery do‘konining aksariyat xodimlari rusiyzabon bo‘lgani uchun ular tomonidan disk nomi yozilayotgan paytda xatoga yo‘l qo‘yilgan. Umidaxonning ilk albom taqdimotida ko‘plab san’atkorlar mehmon bo‘lib, xonandani tabrikladi. Ular orasida Manzura, Madina Mumtoz, Oybek va Nigora, A’lo Rahimova, Dilso‘z va Kamola Oripovani sanab o‘tish mumkin.
89
701
Madaniyat
Toshkent moda haftaligi. Beshinchi kun
Toshkent moda haftaligining beshinchi kunida Yoshlar ijod saroyida Tashkent Fashion Performance namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashrif buyurganlar Italiya, Fransiya, Koreya, Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekistonlik dizaynerlar yaratgan liboslarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Dastur qoidasiga ko‘ra har bir dizayner 11 tadan libos namoyish qildi, deb xabar beradi MyDay. Podiumga birinchi bo‘lib Turin moda haftaligi ishtirokchilari Anjela Varsano va Monika Brunolarning kolleksiyasi namoyish etildi. Marc O`Polo modalar uyi, Versace, Ferre va Valentino brendlari kolleksiyalaridan taqdim etilgan to‘plamda bosh kiyimlar, harir oqshom liboslari, yorqin kundalik kiyimlar, mo‘ynalar, shifon bluzalar, charm shimlardan iborat 11 ta libosni ko‘rish mumkin bo‘ldi. So‘ng podiumda Gaia Boldotti brendidan turfa xil bichimdagi oq bluzkalarni taqdim etgan dizayner Julio Boldottining modellarini ko‘rish mumkin bo‘ldi. U taqdim etgan shifon, paxta va sintetika matolaridan tikilgan. Yana bir italiyalik modelyer Marina Nekhaeva qora rangdagi asimmetrik liboslardan iborat to‘plamni namoyish etdi. O‘zbek dizaynerlaridan Dilorom Muxamediyevaning to‘plami kechani davom ettirdi. Dizayner taqdim etgan kolleksiyasida pastel ranglardagi mayin baxmal va nafis to‘r matolarni uyg‘unlashtirib yaratilgan harir liboslar, baxmal kombinezonlar va ko‘ylaklarni taqdim etdi. Dizaynerlar Saidakrom Maksumov va Gulchehraxon Ahmatovalarning kolleksiyasi muhtasham oqshom obrazlaridan iborat bo‘lib, qora rangdagi charm va nafis to‘r matolaridan yaratilgan shimli va yubkali kostyumlar, ko‘ylaklar munchoqlar bilan bezatilgan. O‘zbekistonlik yosh dizayner Mahliyo Aitbayeva to‘r matolarga charmdan geometrik applikatsiyalar qo‘shib oqshom liboslari, shimli kostyumlar va pidjaklar yaratgan. Dilbar moda uyining ikkinchi to‘plami kundalik tarzdagi liboslar bo‘lib, unda tafta, baxmal, adras, paxta matolaridan yaratilgan yubka, pidjak, ko‘ylaklarni ko‘rish mumkin edi. O‘zbekistonlik dizaynerlar Shahnoza Sattorova va Umida Boboqulova ayollar va erkaklar uchun dublyonkadan ishlangan paltolarni taqdim etdilar. Paltolarga milliy naqshlarimizdan bezak berilgan bo‘lib, yanada betakror ko‘rinish kasb etgan. Dizayner Natalya Nogay atlas, shifon matolaridan oqshom liboslarini taqdim etdi. Har bir libosga soch uchun aksessuar va klatch ishlab chiqilgan bo‘lib, obrazni yanada to‘ldirgan. Mazkur kolleksiya uchun Bukhara Brilliant Silk kompaniyasi matolaridan foydalanilgan. Bukhara Brilliant Silk kompaniyasi matolaridan foydalangan xolda kolleksiya yaratgan yana bir dizaynerlar Anora Yo‘ldosheva va Shahruzabonu Toirovalar adras, shoyi, baxmal, atlas matolaridan kechki liboslar, shimli kostyumlar, pidjaklar taqdim etdi. Dizayner Ra’no Isroilova to‘kilib turadigan bichimdagi liboslar bilan birga korsetli ko‘ylaklar va shimlarni taqdim etdi. Dizayner kolleksiyadagi liboslar uchun yuqori sifatli baxmal, atlas, to‘r matolaridan foydalangan. Italiyadan Beltepa brendi baxmal, adras, atlas kabi o‘zbek matolaridan yaratilgan liboslar kolleksiyasini taqdim etdi.
38
3,044
Madaniyat
Otabek Mahkamov Gollivud aktyori Deniel Redkliff unga nima sababdan rahmat aytgani, lotin amerikalik rafiqasi hamda farzandlari haqida gapirdi (video)
Aktyor, yurist, bloger Otabek Mahkamov “Zo‘r TV” telekanalining “Yor-Yor” ko‘rsatuviga bergan intervyusida kitobining ilk nusxasini 15 millionga sotgani, amerikalik qizga uylangani, hozirda egizak farzandni tarbiya qilayotgani, AQSHdagi o‘zbeklarning to‘ydagi urf-odatlari va oila qurish tartibi haqida gapirdi. Otabek Mahkamov kitobining ilk nusxasi 15 millionga sotilgani va uning yozilishiga “Garri Potter” ham sababchi bo‘lgani haqida “ ‘Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 1oo ta uchrashuv’ kitobimni uchta tilda: o‘zbek tilida, rus tilida, ingliz tilida yozdim. Kitobda oxirgi 18 yil davomida dunyoning 52 ta davlatida tarixiy shaxslar bilan qanday qilib tanishganim, nimalar haqida gaplashganim va eng asosiysi — har biridan qanaqa hayotiy saboq olganimni aytganman. Ba’zilaridan qanday inson bo‘lmaslik kerakligini o‘rgandim, o‘zbek xalq maqollarida ham bor, odobni odobsizdan o‘rgan deyilgan. Shunaqasi ham bo‘lgan. Bu kitobni oyimga bag‘ishladim. Chunki bundan 12 yil oldin onam saraton kasalligidan vafot etgan. Kitobdan birinchi tushgan foyda ham O‘zbekistonda saraton kasalligiga chalingan bolalarni davolash uchun ishlatiladi. Kitobning ilk nusaxasini auksionga qo‘yib, 15 millionga sotdik va shu pulga dori olib, saraton kasalligiga chalingan bolalarga berdik. Bu kitobni yozishimga yana bir sababchi insonlardan biri dunyodagi eng mashhur aktyorlardan biri, ‘Garri Potter’ filmining bosh rollaridan birini ijro etgan aktyor Deniel Redkliff bo‘lgan. Bu inson bilan uchrashib, men sizning o‘zbekistonlik hamkasbingizman deganimda, kechirasiz, men O‘zbekiston haqida eshitmaganman, degan. Men esa geografiya o‘qituvchingizga salom ayting, olgan oyligini davlatga qaytarib bersin, dedim. U bilan ikki yildan so‘ng ko‘rishib qolganimda, tanimaydi deb o‘ylaganman, chunki millionlab insonlar bilan uchrashadi, biroq u uzoqdan meni ko‘rib o‘zbekistonlik aktyor kelyapti degan, oldimga kelib esa bilasizmi men geografiya o‘qituvchimga salomingizni yetkazdim, ular menga qo‘shimcha dars berdi, endi O‘zbekistonni bilaman, poytaxti Toshkent ekan, atrofida 5 ta respublika bor ekan, sizga rahmat, dedi. Garri Potter, ya’ni Deniel Redkliff hozir O‘zbekiston haqida 100 foiz ma’lumotga ega”, — deydi Otabek Mahkamov. Fransiyalik qizni sevgan aktyor amerikalik qizga uylangani va egizak farzandlari haqida “Sevgan qizim fransuz millatiga mansub edi. U bilan ko‘p yillar davomida munosabatda bo‘lganman, lekin, afsuski, shunaqa bo‘lib qoldi, hayot o‘zining qoidalariga ega ekan. Hozir u boshqa inson bilan turmush qurgan, men esa haqiqatan ham amerikalik ayol bilan turmush qurganman. Uylanganimga ancha bo‘ldi, farzandlarim bor. Ular voyaga yetmoqda, egizak farzandim bor, ismi Hasan va Husan. Hammasi yaxshi. Hayotimdagi eng katta faxrim — bu mening oilam. Shuning uchun men juda ham baxtiyorman. Turmush o‘rtog‘im qaysi millatga mansub bo‘lmasin, asosiysi, biz bir-birimizni tushunamiz, yaxshi ko‘ramiz va hurmat qilamiz. Ayolim farzandlarimga o‘zbekcha ism qo‘yishga qarshilik bildirmagan, bizda kelishuv bor”, — deydi jurnalist. AQSHda ham sovchilik qadriyatiga amal qilinadimi? “AQSHda 160 mingga yaqin o‘zbekistonlik yashaydi va u yerda ham sovchilik qadriyati bor. Yaqinda bir do‘stim yaxshi qiz bo‘lsa, tavsiya qilishimni so‘radi va men shunday qildim, chunki qarasam ikkalasining ham fe’l-atvori o‘xshash ekan. Bolaning ismi To‘lqin edi. U tavsiya uchun rahmat, lekin mening ota-onam AQSHda emas, shuning uchun sovchilikka o‘zing borasan, dedi. Hayotimda shuncha ish qilib, sovchilikka bormagan ekanman. Sovchilikka borishga to‘g‘ri keldi va hozirda ular Nyu-Yorkdagi eng baxtli oilalardan biri”, — deydi aktyor. Otabek Mahkamov “Yor-Yor”ga o‘xshagan ko‘rsatuvlar AQSHda ham borligi haqida “Hozir ‘Yor-yor’ga o‘xshagan ko‘rsatuv AQSHda, Rossiyada, dunyoning har bir mamlakatida bor, chunki bu kabi ko‘rsatuvlarning bo‘lgani yaxshi. Bu ko‘rsatuv ‘Moskva ko‘zyoshlarga ishonmaydi’ filmiga o‘xshab ketadi, unda ham bosh qahramon turmush qurish uchun agentlikka murojaat qiladi. Bu kabi ko‘rsatuvlar bor va borligi juda katta plyus”, — deydi Otabek Mahkamov. AQSHda oila qurish tartibi, u yerda o‘zbeklar to‘yda milliy libosda kiyinishi va farzandlar oila qurgandan so‘ng alohida yashashi haqida “AQSHda yoshlar bir-biri bilan o‘zi tanishadi. Masalan, jiyanim Avstraliyada britaniyalik inson bilan turmush qurdi. Bu haqda to‘yidan bir hafta oldin ota-onasiga aytgan. AQSHda ham xuddi shunaqa qoida, lekin o‘zbeklar yashayotgan joyda deyarli hamma yoshlarning ota-onasining o‘zi topadi. U yerdagi to‘ylarga borganda oldin uncha e’tibor bermas edim, hamma ayollar atlas ko‘ylak kiyadi, erkaklar esa do‘ppida. O‘zbekistonda, ayniqsa, Toshkentdagi to‘ylarda yevropaliklarning kiyimni kiyishadi. Biz u yerda vatanimizni, urf-odatlarimizni sog‘inamiz, shuning uchun ham to‘ylarda milliy libosda bo‘lamiz. AQSHda deyarli barcha farzandlar oila qurgandan keyin alohida uyga chiqib ketadi. Ota-onasi tirik bo‘lsa, ularning ham o‘z hayoti bo‘ladi. Agar ota yoki ona yolg‘iz qolgan bo‘lsa, ular birga yashashadi. AQSHda shaxsiy hayot, shaxsiy chegara degan narsa katta rol o‘ynaydi, har bir oila alohida yashashi shart”, — deydi aktyor.  Poliglot mashhurlar: O‘zbek shou-biznesining bir nechta tilda erkin gaplasha oladigan vakillari (foto)
150
5,237
Madaniyat
“Mumiyo” filmi yulduzi Brendan Freyzer yangi rol uchun 300 kilo vazn to‘pladi (foto)
Gollivud rejissori Darren Aronofskining Brendan Freyzer ishtirokidagi “Kit” filmi tez orada ekranlarga chiqadi. Yangi obraz uchun aktyor iste’mol qiladigan kaloriyalar miqdorini sezilarli darajada oshirishiga to‘g‘ri keldi. Hozirda Freyzerning vazni taxminan 272 kilogrammni tashkil qiladi, deb yozadi “Lisa.ru”. Filmda Brendan qizi bilan munosabatlarni tiklashga urinayotgan ota rolini o‘ynaydi. Aktyor ushbu loyihada ishlash uning uchun mutlaqo yangi tajriba ekanini ta’kidladi. Foto; Pinterest “Bu, albatta, men ijro etgan rollarimdan tamoman uzoqda, lekin kamtarlik qilmayman... Bilaman, bu boshqacha taassurot qoldiradi”, — deydi u. Ma’lum bo‘lishicha, dramaning premyerasi 2022-yil 31-avgustdan 10-sentabrgacha bo‘lib o‘tadigan Venetsiya kinofestivalida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
84
796
Madaniyat
O`zbekiston olimlari Sankt-Peterburgdagi Buxoro amiri masjidini qurilganidan 100 yil o`tib ko`rishadi
“O`zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongress doirasida o`zbek olimlardan iborat delegasiya Sankt-Peterburgdagi jome masjidiga tashrif buyurishadi. Ushbu tashrifning muqaddas Ramazon oyiga to`g`ri kelishi uning ahamiyatlilik darajasini yana ham oshiradi. 1910 yilda qad rostlagan ushbu inshoot Buxoro amiri Said Abdulahadxon homiyligida barpo etilgan. Uning loyihasini yaratishda Amir Temur davrida qurilgan binolardan, jumladan, Samarqanddagi Go`ri Amir maqbarasidan ilhomlanilgan. 2008 yilgacha mazkur jome masjidi Sankt-Peterburgda yagona hisoblangan. Bugungi kunga kelib uning sharqona uslubda qad ko`targan minoralari va moviy gumbazlari, xuddi yuz yillar avvalgidek, shahar me`morchiligining ajralmas qismi sifatida qadrlanadi. Kongress qatnashchilari masjid devorlaridagi mukammal bezaklarni va kollegrafik yozuvlarni o`z ko`zlari bilan ko`rishlari mumkin. Eslatib o`tamiz, “O`zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” ikkinchi xalqaro kongressi O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiayiyasi va neft sohasida xizmat kursatuvchi “Eriell Group” kompaniyasi hamkorligida o`tkazilmoqda.
101
1,211
Madaniyat
Xorazmda "Qovun sayli" festivali o`tkaziladi
An`anaviy Qovun sayli 11-13 avgust kunlari Xiva shahridagi “Ichan qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasi hududida bo`lib o`tadi. Xorazm qovunchiligini keng targ`ib qilish va bu orqali mahalliy hamda xorijiy sayyohlar e`tiborini jalb etish maqsadida Xiva shahrida har yili ayni qovun pishig`ida an`anaviy tarzda qovun sayli tashkil qilinadi. Ushbu festival hududga sayyohlar oqimini oshirish, vohaning qadimiy polizchilik tajribasini, shirin-shakar poliz va bog`dorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlarini keng ommalashtirishga xizmat qiladi. Joriy yilgi sayil doirasida bog` mahsulotlari (shaftoli, olma, uzum, nok va quruq mevalar) hamda qovun-tarvuzlar ko`rgazmasi ham tashkil etiladi. Bundan tashqari, mazkur ko`rgazma davomida folklor-etnografik guruhlar konsertlari, yosh estrada xonandalarining chiqishlari, teatrlashtirilgan sahnalar, hunarmandchilik mahsulotlari namoyishi ham o`tkaziladi.
44
899
Madaniyat
"Sabriya" milliy serialining Kinematografiya agentligiga aloqasi yo`q" – Agentlik
Kinematografiya agentligi ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan “Sabriya” mashmashasi bo`yicha munosabat bildirdi. Agentlikning qilinishicha, so`nggi paytlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan "Sabriya" teleseriali Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinmagan va davlat mablag`lari yuqoridagi serialga yo`naltirilmagan. Mazkur serialning Kinematografiya agentligiga aloqasi yo`qligi aytiladi. Ta`kidlanishicha, ushbu seriallar xususiy studiyalar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarilgan va Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi tomonidan ko`rib chiqilmagan.  "Agentlik Badiiy kengashi davlat buyurtmasiga binoan suratga olingan mahsulotlarni hamda kinoteatrlarda namoyish uchun ruxsat so`rab murojaat qilingan filmlarnigina ko`rib chiqish vakolatiga ega. Agentlik bu kabi barcha ayblovlarni inkor qiladi va omma fikrini chalg`itmaslikka chaqiradi",-deyiladi munosabatda. Ma`lum qilinadiki, qonunchilikka muvofiq, agentlik bosh direktori u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, kinostudiya va telekanallarga serial ishlab chiqarishni to`g`ridan-to`g`ri topshirish vakolatiga ega emas. Agentlik qaysi telekanallar va xususiy studiyalar bilan ishlashi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuzilgan Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengashning mutlaq vakolatiga kiradi va ushbu masala kengash a`zolarining ko`pchilik ovozi asosida hal etiladi. Bundan tashqari, kinostudiyalar va telekanallar taqdim etgan seriallar loyihalari va ularning xarajatlar smetasi Agentlik huzuridagi Ekspertlar kengashi tomonidan ko`rib chiqilib, kengash a`zolarining serialni ishlab chiqarishni moliyalashtirish to`g`risidagi kollektiv qaroridan keyin shartnoma tuzilishi mumkin. Shu bilan birga, Kinematografiya agentligiga murojaat qilgan barcha kinostudiyalar va telekanallardan tushgan seriallar loyihalarini ko`rib chiqib, talabga javob bergan ishlar Badiiy va Ekspert kengashlari tasdig`idan o`tkazilib, so`ngra moliyalashtirilishi aytiladi.  "Qayd etish joizki, Agentlik seriallar ishlab chiqarishda uchta yo`nalishda ishlaydi. Bular davlat buyurtmasi asosida, telekanallar bilan teng sherikchilik asosida va kinostudiyalar bilan to`g`ridan-to`g`ri hamkorlik asosida. Bunday ko-produksiya usulida ishlash teleseriallar sohasini rivojlantirish uchun ilk qadamlardir. 2021 yilda agentlik tomonidan 10 ta serial ishga tushirildi, 10 ta serial jami 454 qismdan iborat. Shundan kinoseriallar 51 qism, teleseriallar 403 qism. Kinematografiya agentligi 5 ta badiiy filmlarning serial versiyasini yaratib, telekanallarga bepul taqdim etgan. Ular sirasiga “Ibrat”, “Avloniy”, “Sumbul”, “Ilxaq”, “Behbudiy” kabi seriallar kiradi",-deyiladi xabarda. Xulosa o`rnida shuni aytilishicha, 2018 yilgacha Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan kino va teleseriallar yo`q edi. Bu amaliyot yuqoridagi farmoyish va qarorlardan so`ng yo`lga qo`yilib, islohotlar natijasida 2021 yilning o`zida 5 ta kinoserial, 5 ta teleserial yaratilgan.  "Lekin bu qilingan ishlar etarli emas. Yil davomida agentlik 5 ta teleserial suratga olsa, bu vaqt davomida xususiy studiyalar mustaqil ravishda bir necha barobar ko`proq seriallarni olishmoqda va umumiy manzaraga ulkan ta`sir ko`rsatishmoqda. Kelgusida mazkur xususiy studiyalar bilan hamkorlikda ishlash, ularning tadbirkorlik faoliyatiga aralashmasdan, ammo, suratga olinayotgan kino mahsulotlarini badiiy va g`oyaviy mazmunini baholaydigan maxsus konsultativ Badiiy kengash tashkil etish zarur. Ushbu tavsiyaviy harakterga ega Kengashga kino san`ati sohasidagi malakali, etuk va professional mutaxassislar jalb etilishini taklif qilamiz. Mustaqil ravishda teleseriallar olayotgan xususiy studiyalarni Badiiy kengashga murojaat qilib, mahsulotning mazmun-mohiyatini oshirishga harakat qilishga chorlaymiz",-deydi agentlik.
81
3,788
Madaniyat
O`zbekistonda Oskar mukofotiga arizalar qabul qilinishi boshlandi
2019 yilning may oyida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan AQSh kinoakademiyasi ro`yxatdan o`tkazilgan O`zbekiston Oskar qo`mitasi 16 sentyabr kuni Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominasiyasiga O`zbekiston nomidan ilgari suriladigan film nomini e`lon qiladi. O`zbekiston Oskar qo`mitasi Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominasiyasiga O`zbekiston kinoijodkorlaridan arizalar qabul qilish boshlanganligini ma`lum qildi. Arizalar joriy yilning 27 avgustidan 12 sentyabriga qadar O`zbekiston Oskar qo`mitasining koordinasion markazi hisoblangan O`zbekiston milliy kinokomissiyasida qabul qilinadi. Ikkinchi bosqich – kelib tushgan murojatlar 13-14 sentyabr kunlari Qo`mita tomonidan ko`rib chiqiladi. 16 sentyabr kuni AQSh kinoakademiyasi mukofoti uchun O`zbekiston nomidan ilgari suriladigan film nomi rasman e`lon qilinadi. Tanlovda faqatgina davomiyligi 40 daqiqadan kam va asosiy tili ingliz tili bo`lmagan badiiy to`liq metrajli filmlar ishtirok etishi mumkin. Film kinoteatrlarda prokatga chiqishidan oldin, uni televideniyada yoki internetda namoyish qilish va DVD formatlarida tarqatish taqiqlanadi, lekin kinofestivallarda qatnashishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, nomzod film 2018 yilning 1 oktyabridan 2019 yil 30 sentyabriga qadar kamida 7 kun davomida kinoteatrlarda namoyish qilingan bo`lishi lozim. 92-Oskar mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2020 yil 9 fevralda Los-Anjeles shaxridagimashhur «Dolby» teatrida bo`lib o`tadi. O`zbekiston Oskar qo`mitasi tarkibi: 1.Furqat Zokirov–«O`zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori, qo`mita raisi 2.Oybek Abdushukurov – Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi, «PROlogue» xalqaro kinofestivali direktori, prodyuser. 3.Matyoqub Matchonov – O`zbekiston kinoarboblar uyushmasi raisi, aktyor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist. 4.Sayyora Xudoyberdieva – O`zbekiston kinematografiyasini rivojlantirish markazi direktori. 5.Fotih Jalolov– «O`zbekfilm» DUK direktori. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist. 6.Bahodir Odilov – “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi». DUK direktori, rejisser. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi. 7.Jaxongir Qosimov – Rejisser. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi.
65
2,229
Madaniyat
O‘zbekistonda har oyning birinchi yakshanbasida davlat muzeylariga kirish bepul bo‘ladi
O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda har oyning birinchi yakshanbasida davlat muzeylariga kirish bepul bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Farmonga muvofiq, 2020-yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilindi. “Ochiq eshiklar kuni”da fuqarolar davlat muzeylariga bepul kiritiladi. Hujjatga ko‘ra, 2020—2025-yillar davomida bosqichma-bosqich har bir tuman va shaharda tarix va madaniyat davlat muzeylarining filiallari shaklidagi o‘lkashunoslik muzeylari tashkil etiladi. Farmon bilan 15-aprel “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilindi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida Toshkent shahri muzeyi, “G‘alaba bog‘i”da esa “Shon-sharaf” muzeyi ochilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda 22-maydan “sariq” va “yashil” hududlarda karantin sababli yopilgan muzey va san’at galereyalari faoliyatiga ruxsat berildi.
87
1,112
Madaniyat
Saida Mirziyoyevadan Asal Shodiyevagacha: “Muzey qanday tuzilgan” bolalar kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi (foto)
Toshkent Politexnika muzeyida 10-mart, chorshanba kuni “Muzey qanday tuzilgan” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. Marosimda qayd etilishicha, ushbu bolalar kitobining o‘zbek tilidagi moslashtirilgan tahriri Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Latviyadagi ABC Design nashriyoti bilan hamkorlikda chop etilgan. Tadbir avvalida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi. “Aziz do‘stlar, bugun e’tiboringizga kichik, ammo shu bilan birga o‘ziga xos loyihani taqdim etmoqchimiz. Biz yashayotgan yuqori texnologiyalar davrida bolalarning muzeylar va boshqa madaniy obyektlarga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolish tobora qiyinlashib bormoqda. Shuni anglab, tushungan holda ushbu kitobni bolajonlar va ota-onalar e’tiboriga havola qilishga qaror qildik. Mazkur kitobni o‘zim ham qo‘limga tushgan zahoti katta qiziqish bilan, miriqib o‘qib chiqdim. Unda muzey eksponatlari, suratlardagi personajlar o‘zlari haqida erkin va sodda tilda hikoya qiladi. Uning yordamida siz muzey ortidagi hayot, omborxona, kartinalar qanday saqlanishi, restavratsiya qilinishi, qay tarzda zalga qo‘yilishi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lasiz. Men bolalarning erkin va kuchli ichki motivatsiya yordamida bilim olishlari tarafdoriman. Ba’zan farzandlarimning suhbatlarini tinglay turib, qaysidir ma’noda ular bilim borasida mendan o‘zib ketishganini his etaman. Aslida, men uchun bundan ortiq quvonch yo‘q. Bolajonlar qalbida tarixga, san’at va madaniyatga ishtiyoq hamda muhabbat paydo bo‘lishida ushbu kitob katta ahamiyat kasb etishiga ishonaman”, — dedi Saida Mirziyoyeva. Shuningdek, marosimda maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori Gayane Umerovalar ham kitob to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, muzeylar tarixi haqida bolalar uchun illyustratsiyalarga boy mazkur kitobda rassom David Byom asarlaridan foydalanilgan, matn mualliflari: Ondrjey Xrobak, Rostislav Korichanek va Martin Vanek. Ensiklopediya katta albom shaklida tuzilgan bo‘lib, u ajoyib illyustratsiyalar va maxsus topishmoqlardan iborat. Kitobda ko‘p jihatli ma’lumotlar ham mavjud. “Muzey qanday tuzilgan” kitobi Moraviya galereyasi (Brno, Chexiya)ning tashabbusi bilan birinchi marta nashr qilingan. Kitobning rus tilidagi tahriri “Garaj” zamonaviy san’at muzeyi va “Ad Marginem” nashriyotining qo‘shma bosma dasturidir. Ushbu kitob Bolonyada o‘tkaziladigan xalqaro bolalar kitobi yarmarkasida (Bologna Cilddren’s Book Fair) g‘olib bo‘lgan. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov OAV vakillariga bergan intervyusida ushbu kitob bolalarni muzey va boshqa madaniy muassasalarga oshno qilishda muhim rol o‘ynashini qayd etdi. “Hozir to‘rtinchi sanoat inqilobi boshlangan davrda ko‘plab kasblarda ishni robot bajarmoqda. Agar bolalarimiz bu zamonda raqobatbardosh bo‘lishini xohlasak, ularda robot bajara olmaydigan ko‘nikmalarni shakllantirishimiz kerak. Bunday xislatlar ijodkorlik va kreativlik kabilardan iborat. ‘Muzey qanday tuzilgan’ kitobi aynan shunday yo‘nalishda bolalar bilim olishiga yordam beradi. Muzeyga borish deganda grafik qilinib, hamma yig‘ib olib boriladi. Lekin bunday tashriflar bolalarga qanchalik qiziq bo‘lgan? Muzeylar haqida bugun taqdimoti o‘tkazilayotgan kitobni o‘qigan bolalarning o‘zi ularga qiziqadi. Buning bilan o‘sib kelayotgan bolalar madaniyat iste’molchisi sifatida shakllanadi, muzeylarga oilasini ham olib boradi va muzeyga kelib hordiq chiqarish oilaviy an’anaga aylanadi”, - dedi Shermatov. Kitobning o‘zbek tilidagi moslashtirilgan tahririga I.V. Saviskiy muzeyining kolleksiyasidan Aleksandr Nikolayev (Usta Mo‘min), Viktor Ufimsev, Aleksandr Shevchenko, Nikolay Karaxan, Yevgeniy Lisenko, Aleksandr Volkov kabi mashhur rassomlarning asarlari kiritilgan. Bundan tashqari, kitobdan Damir Ro‘ziboyev, Vyacheslav Useinov va Joldasbek Quttimuratov kabi O‘zbekiston tasviriy san’atining zamonaviy vakillari asarlari ham o‘rin olgan. Taqdimotda ishtirok etgan taniqli aktrisa Asal Shodiyeva “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida ushbu kitob haqida o‘z fikrlarini bildirdi: “Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida o‘qiganim boismi, muzeylarga sayohat qilish, ular to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishga juda qiziqaman. Ushbu kitob rang-barangligi va rasmlarga boyligi bilan e’tiborimni tortdi. Aynan shu jihatlar sabab ham bolajonlarda kitobga nisbatan qiziqish uyg‘onadi, deb o‘ylayman. ‘Muzey qanday tuzilgan’dagi ma’lumotlar uni o‘qigan odamning, ayniqsa, bolalarning xotirasida uzoq yilgacha saqlanib qolishi shubhasiz. Farzandim hali kichkina, ammo unga bu kitobdagi rasmlarni kunora ko‘rsatib, san’atga ishtiyoqini oshirib borish niyatidaman. Harf taniy boshlagan vaqtidan esa muzeylar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtiraman. Qisqasi, bu kitob juda ham foydali qo‘llanma bo‘libdi”. Taqdimotdan so‘ng bolalar uchun rangli qog‘ozlardan turli narsalar yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tildi. Shuningdek, illyuzion shou ham tashkil etildi.
114
5,252
Madaniyat
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi talabalari konsert berdi
Toshkentdagi “Turkiston” saroyida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi talaba-yoshlarining Sog‘lom bola yiliga bag‘ishlangan hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda san’at ixlosmandlari, milliy madaniyat markazlari vakillari ishtirok etdi. Hisobot konsertda balet spektakllaridan parchalar, milliy va jahon xalqlari raqslari ijro etildi. Ta’kidlash joiz, raqs san’ati bilim maskanini bitirgan mutaxassislar O‘zbekistondagi ijodiy birlashmalar, konsert tashkilotlari, teatr jamoalari, professional ansambllar, bolalar musiqa va san’at maktablarida mehnat qilmoqda. Oliy maktab bilan xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi ma’rifiy-ijodiy aloqalar tobora kengayib, bugungi kunda AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning xoreografiya markazlari bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida bilim olayotgan yoshlar mamlakat va bir qator xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan xalqaro tanlovlar, festivallarda muvaffaqiyat qozonmoqda.
81
1,236
Madaniyat
«Shaytanat» 20 yil davomida nega televidenieda namoyish etilmadi?
O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev nima sababdan «Shaytanat» serialini televidenieda namoyish etish  taqiqlanganini ma`lum qildi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammad bilan bo`lib o`tgan intervyuda gapirdi. Yodgor Sa`diev, O`zbekiston xalq artisti: — Qaerdadir, kim tomonidandir va nima uchundir serial namoyish etilmasligi haqida og`zaki ko`rsatma berilgan. Qaerdadir gapirilgani, u yoki bu sababdan namoyish taqiqlanayotgani haqida hech qanday yozma tushuntirish bo`lmagan. Men buning barchasiga sabr qildim. Agar menga «Mana bu aniq sabab bo`yicha serialni yopayapmiz», deb aytishganida, men o`shanda nimadir qilgan bo`lar edim. Men sabr qildim va 20 yil kutdim. Bilasizmi, ularning o`zi ham aniq sababni bilmaydi. Biroq, ko`rib turganimizdek, zamon o`zgarmoqda. Uning so`zlariga ko`ra, yaqin vaqt ichida «O`zbekiston» telekanalida serialga bag`ishlangan ko`rsatuv namoyish etiladi. Bu ko`rsatuv «Shaytanat»ning televidenieda namoyish etilishidan oldin efirga uzatiladi.
65
977
Madaniyat
YuRIY SAVChENKO: "SAN`AT ASARLARINI YaRATGAN EL BU DURDONALARNI O`Z YuRTIDA SAQLAShGA HAQLI"
“O`zbekiston madaniy merosi” media-loyihasi haqida Ukrainaning O`zbekistondagi elchisi Yuriy SAVChENKO: — Loyiha juda ajoyib tashkillashtirilgan. Ko`plab davlatlarda o`z madaniy boyligining ro`yxati ham yo`q. Ko`pgina davlatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklar hatto ko`rgazmalarga ham qo`yilmaydi. Menimcha, san`at asarlarini yaratgan el bu durdonalarni o`z yurtida saqlashga haqli. Asl nusxasini bo`lmasada, zamonaviy texnologiyalar bilan yaratilgan nusxasini saqlashi lozim. O`zbekiston dunyoning turli burchaklarida saqlanayotgan o`z madaniy boyliklari ro`yxatini tuzishga kirishgani va noyob durdonalardan nusxa ko`chirishga erisha olganining o`zi ham o`zbek xalqi uchun katta yutuq. Ushbu loyihaning barcha ijodkorlarini ushbu yutuqlari bilan tabriklayman Ukraining markaziy kutubxonalarida ham o`zbek milliy boyliklari bilan tanishish imkoniyati yaratilgani uchun o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Dilfuza Sobirova. Foto: Islom Ro`ziev
92
947
Madaniyat
Daniyalik aktyor va bastakor Maykl Xyusman 2016-yilning eng kelishgan erkagi deb topildi
KMusic nashri 2016-yilning eng kelishgan erkaklari reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxat mustaqil ekspertlar tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, 40 mamlakat vakili bo‘lgan 100 mashhur kishini o‘z ichiga oladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Maykl Xyusman. Kadr: YouTube Reytingda yuqori o‘rinlarni egallash uchun chiroyli tashqi ko‘rinishning o‘zi kamlik qiladi, deb tushuntiriladi maqolada. Ekspertlar da’vogarlarning jismoniy tayyorgarligini, o‘ziga xos obraz yarata olganini va boshqa jihatlarni ham inobatga oldi. Ro‘yxat boshiga daniyalik aktyor, musiqachi, bastakor Maykl Xyusman boshchilik qilmoqda.
88
610
Madaniyat
Xonanda Dildora Niyozova san`atdan ketganligini ma`lum qildi
Xonanda Dildora Niyozova o`z instagram sahifasida san`atdan ketganligini e`lon qildi va barchadan uzr so`radi. "Er amri-vojib. Xo`jayinim bir so`zli insonligini yana bir bor ko`rsatdi. Sizlarni qalbingizga og`ir botadigan gap yoki man tarafdan xatolik o`tgan bo`lsa, kechiringlar. San`atdagi rizqimiz shu joygacha ekan. Alloh rozi bo`lsin hammamizdan. Hammamizni xo`jayinimiz shunaqa hamiyatli bo`lishini Alloh taolodan so`rab qolamiz",- deb yozadi xonanda.
60
457
Madaniyat
Zarina Nizomiddinova: bugungi kundagi aqlim bilan oila qurganimda, birinchi turmushimdan ajrashmagan bo‘lardim
Aktrisa Zarina Nizomiddinova erta oila qurgani borasida afsuslanishini aytdi. Bu haqda u “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Ijodimni erta boshlab, bugungi kundagi muvaffaqiyatlarimni boshdan o‘tkazayotganimga hech afsuslanmayman. San’at bilan shug‘ullanib yomonlik ko‘rmadim. Oila qurish borasida esa afsuslar yo‘q emas. O‘shanda, 18 yashar qiz edim. Hayotiy tajribalarsiz, faqat his-tuyg‘ularga tayangan ekanman. Agar bugungi kundagi aqlim bilan oila qurganimda, birinchi turmushimdan ajrashmagan bo‘lardim, deb o‘ylayman. Lekin, ming shukr, farzandim yonimda. O‘zim bilan xuddi opa-ukadek ulg‘ayapti. Meni tanimaganlar ona ekanimni bilmaganlar, shunday katta bolam borligini ko‘rib, havas qilishadi. Shu baxtim hayotimdagi boshqa kamchilik va afsuslarni yuvib ketadi. O‘g‘li haqida gapirar ekan: “U bugun ikkinchi sinf, lekin katta odamlardek suhbatda bo‘lamiz. Misol uchun dadasi chet elda, bir-birimizga to‘g‘ri kelmaganimiz uchun ajrashganimizni, hatto munosabatlarimiz yaxshi emasligini ham tushuntirib berganman. Ko‘chada men haqimda yolg‘on gaplarni eshitib siqilgandan ko‘ra, o‘zimdan bor gapni bilgani yaxshiroq, nazarimda”, — dedi. “Nima bo‘lganda ham u bola. Dadasi haqida gapirganingizda ko‘ngli sinishidan cho‘chimaysizmi?” — degan savolga aktrisa quyidagicha javob berdi: “Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimizdan so‘ng qayta yarashishga ko‘p urindi. Uyimizga kelib kechirim so‘ragan paytlari ham bo‘lgandi. O‘sha paytlarda bolam, deb mehr ko‘rsatganini eslolmayman. Ona uchun bolasiga nisbatan bunday beparvolik og‘ir botadi. Aytmoqchimanki, o‘g‘lim Temirxon bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin dadasini qo‘msashi yoki sog‘inishi qiyin”.
110
1,679
Madaniyat
Xonanda Rayhon farzand kutmoqda
Yaqinda xonanda Rayhon o‘z rasmiy saytida muxlislari bilan onlayn muloqot uyushtirdi. Unda ijodi va hayotiga oid ba’zi yangiliklarni oshkor qildi. Bu haqda “Shov-shuv” tarqatgan ma’lumotga tayanib, “Kun” nashri xabar berdi. Xabarda ta’kidlanishicha, Rayhon o‘z muxlislari tomonidan yo‘llangan savollarga ochiq-oydin, samimiylik bilan javob qaytardi. Qolaversa, bir qancha sirlarini ham ochdi. Bunday “sir”lardan eng shov-shuvlisi xonandaning farzand kutayotgani haqidagi xabar bo‘ldi. Muxlisining “Hozirgi kunda ‘Rayhon homilador bo‘libdi’ degan mish-mishlarni juda ham ko‘p eshitmoqdamiz. Ayting-chi bu mish-mishlar rostmi?”, — degan savoliga san’atkor “Xudo xohlasa, kutyapmiz!”, — deya javob bergan. Bundan tashqari, Rayhon 2014-yilda konsert bermasligini ma’lum qilgan. Keyingi konsert dasturini o‘tkazishni faqatgina 2015-yilga mo‘ljallayotganini bildirgan. Shuningdek, xonanda Shahzoda bilan hozirgi kundagi aloqasi haqidagi savolga javoban, u bilan “hech qanday aloqada emasligini” ta’kidlagan. Rayhon Madaniyat va San’at institutiga o‘qishga kirgani haqidagi mish-mishlarga ham oydinlik kiritib, bu gaplar shunchaki shov-shuv ekanini ma’lum qilgan. Foto © shov-shuv.uz
31
1,178
Madaniyat
Rashid Malikovning “Sabot” filmi xalqaro harbiy-vatanparvarlik filmlari festivalida g‘olib bo‘ldi
27-avgust kuni Rossiyaning Volokolamsk shahrida “Volokolamsk chegarasi” XV xalqaro harbiy-vatanparvarlik filmlari festivali yakunlandi, deya xabar bermoqda “Literaturnaya gazeta”. Skrinshot: YouTube O‘zbekistonlik rejissor Rashid Malikovning “Sabot” filmi to‘liq metrajli filmlar orasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Avvalroq xuddi shu film Moskva xalqaro kinofestivalida tomoshabinlarning katta qiziqishini uyg‘otgani xabar berilgan edi. Filmda 1989-yil Qoraqalpog‘istonning chekka bir qishlog‘i tasvirlangan. U yerda bir sobiq harbiy, kamsuqum va qattiqqo‘l kishi yashaydi. Uning atrofidagi bor mebel faqat stol, karavot va televizor. Uning turmush o‘rtog‘i olamdan o‘tgan, o‘g‘li esa u bilan urushib qolgan va nabirasi bilan uchrashishga ruxsat bermaydi. Sobiq harbiy maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi va kunlarning birida u saraton kasaliga chalingani ma’lum bo‘ladi. Vafot etayotgan sobiq harbiyning bu dunyoda amalga oshirishi kerak bo‘lgan uchta ishi qoladi: nabirasini ko‘rish, maktabga suv olib kelish va bir ablahdan qasos olish.
97
1,063
Madaniyat
HBO Max “Garri Potter” filmlari asosida serial suratga oladi
“Garri Potter” franshizasining tez orada serial ko‘rinishidagi davomi ham paydo bo‘ladi. HBO Max striming servisi hozirda bu boradagi ishga jalb etiladigan bir nechta ssenariynavislar bilan muzokara olib bormoqda, deb yozadi “Bazaar.ru”. Kanal rahbariyati ayni vaqtda barchaga sevimli bo‘lgan tarixni televideniye tiliga qanday qilib “o‘girish” va uni televizion ekranga moslashtirish masalalarini muhokama qilmoqda. Platforma vakillarining ta’kidlashicha, “Garri Potter” seriali hozircha ishlab chiqarish jarayonida emas. Aftidan, barcha ishlar hali dastlabki bosqichda. “Garri Potter” — Warner Bros. studiyasining eng qadrli franshizasi hisoblanadi. Joan Rouling qalamiga mansub 7 ta kitob asosida suratga olingan filmlar butun dunyo prokatida 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan. “Shuningdek, studiya portfoliosida ‘Garri Potter’ olamida sodir bo‘lgan va uning prikveli hisoblangan ‘Fantastik maxluqlar’ seriyasi ham mavjud. Unda hozirga qadar 2 ta film chiqqan va uchinchi qismga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, shundan so‘ng yana ikkita yakuniy qismlarni suratga olish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda. Avvalroq Yaponiyada “Garri Potter”ning sehrli olamiga bag‘ishlangan bog‘ barpo etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  “Garri Potter” filmi aktyorlari 20 yildan so‘ng qanday ko‘rinishga ega? (foto)
60
1,314
Madaniyat
Instagram: Zarina Nizomiddinova homiladorligini nega yashirgan edi? Shahloning xeyterlarga murojaati
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Shirin turmush o‘rtog‘i bilan. Luiza Rasulova yangi surat bilan ko‘rinish berdi. “Bravo”chi Shahlo xeyterlariga murojaat qildi va o‘zining ruhiy nosog‘lom emasligini ma’lum qildi. Rayhon Ulasenova folloverlarini mehrli bo‘lishga chaqirdi. Asal Shodiyeva sahifasiga yangi suratini joyladi. Gulchehra Eshonqulova muxlislariga yangi suratini ulashdi. Zarina Nizomiddinova Rossiya telekanaliga bergan intervyusida nima sababdan homiladorligini yashirgani hamda Rossiya filmlarida qay hollarda suratga tushishi mumkinligi haqida gapirdi.
100
686
Madaniyat
Halimaning qo‘shig‘iga raqsga tushgan Maykl Jekson, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Sitora, qo‘g‘irchoqqa aylangan Asal. Instagram’dan daraklar
20-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Jahongir Otajonov YouTube kanalida yangi loyiha boshlayotganini ma’lum qildi. Ushbu loyiha doirasida xonanda qo‘shiqlari o‘zgacha talqinda kuylanadi. View this post on Instagram 20-avgust kuni aktrisa Sitora Farmonova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. View this post on Instagram Turkiyaning “Qora niyat” teleserialining yangi mavsumi treyleri e’lon qilindi. Qisqa videoda Argunlar oilasi yangi uyga ko‘chgani, Xalit Yildizga yangi hayot boshlashni taklif etganini ko‘rish mumkin. View this post on Instagram Aktrisa Shahzoda Matchonova o‘qiyotgan kitoblari haqida ma’lumot berdi. View this post on Instagram Munisa folloverlariga hayotda g‘alaba qozonish uchun tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi. View this post on Instagram Taniqli hind aktrisasi Priti Zinta yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Komik aktrisa Halima Ibragimova Sardor Rahimxon bilan ijro etgan “Halima” duetiga Maykl Jekson obrazida o‘ynayotgan amerikalik yigit videosi bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Deputat va reper Shohrux 2006-yilda stadionda bergan konserti videosini sahifasiga joyladi hamda folloverlaridan kim o‘sha konsertda ishtirok etganini so‘radi. View this post on Instagram Asal Shodiyeva Snapchat yordamida qo‘g‘irchoqqa aylandi. View this post on Instagram Hind aktrisasi Karina Kapur 16-avgust kuni 50 yoshni qarshilagan turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xonning tug‘ilgan kuniga atab tayyorlagan videotabrigini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram
143
1,801
Madaniyat
Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’ri muallifiga tovon puli to‘lashi bo‘yicha sud qarori o‘zgartirishsiz qoldirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Yulduz Usmonovaning “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining mualliflik huquqi buzilgani bo‘yicha shikoyat apellyatsiyasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi xabar qildi. Sudning ajrimiga ko‘ra, da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevning javobgar Yulduz Usmonovaga nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan chiqarilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2021-yil 29-oktabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. Eslatib o‘tamiz, shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev Yulduz Usmonovadan “Xasta bo‘lma” she’ri uchun 3 yildan buyon qalam haqini ololmayotgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, 20-sentabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifidan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi kelib tushgan. Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi qo‘zg‘atilib, sud majlisi 2021-yil 13-oktabrga tayinlangan. 13-oktabr kuni sud majlisiga da’vogar kelgan, javobgar kelmagani sababli sud majlisi 22-oktabrga qoldirilgan. 29-oktabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 million so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida (135 million so‘m) yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan. Ma’lumot uchun, shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Xasta bo‘lma” hamda “Sevgi izhori” qo‘shiqlari matni muallifi hisoblanadi. Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘i matniga qalam haqi sifatida shoirning she’riy to‘plami chop etilishiga ko‘maklashishga va’da bergan. Biroq Yo‘lchi Ro‘ziyev bir necha yillardan buyon san’atkordan she’ri uchun qalam haqini ololmayapti.
129
2,073
Madaniyat
Xonanda Aziza Niyozmetovaning konsertidan fotoreportaj
Xonanda Aziza Niyozmetova 26—27-yanvar kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Yuragimdan joy beraman, kelsangiz” nomli konsert dasturini taqdim etdi. Mazkur dastur “Istiqlol”da bo‘ladigan qishki konsertlar mavsumini ochib berdi. Konsert berish borasida 10 yillik tanaffus qilgan xonanda uchun bu 25 yillik ijodiy hisobot konserti bo‘ldi. Uch bo‘limdan iborat dasturda jami 21 ta tarona kuylandi. Quyida konsert fotolavhalari bilan tanishishingiz mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
54
642
Madaniyat
Instagram: Rayhon turmush o‘rtog‘ini qaysi hamkasbidan rashk qiladi? Parizoda yana yiqildi, pasportdagi ismi boshqacha bo‘lgan Zarina Nizomiddinova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Dildora Niyozova “Otam duosidan” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini tez kunda muxlislariga taqdim etadi. Munisa Rizayeva muxlislariga tanishlari aytganidek emas, balki o‘zi xohlaganidek yashashni maslahat berdi. “Baron 2” filmida turk aktyori Kaan Urganjio‘g‘li “Sevgi iztirobi”dagi Amir singari Alisher Uzoqovning ovozi bilan gapiradi. Ruxshona folloverlaridan Yangi yilda qaysi mamlakatda hordiq chiqarishni istashini so‘radi. Raqqosa Parizoda qor yog‘ayotgan paytda raqsga tushib, muxlislarini xushnud etmoqchi edi. Biroq raqqosaning oyog‘i sirpanib, yiqilib tushdi. Turk aktrisasi Fahriye Evjen turmush o‘rtog‘i Burak O‘zchivitni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va birga tushgan yangi suratlarini sahifasiga joyladi. Durdona Qurbonova onasining tug‘ilgan kuniga san’atkor do‘stlarini chaqirib, bayram tashkillashtirdi. Muxlislari aktrisa Zarina Nizomiddinovadan pasportining suratini ko‘rsatishni so‘radi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisaning asl ismi Zarina emas, Zarrin ekan. Zarrin—tillaga, oltinga ko‘milgan ma’nosini anglatadi. Feruza Normatova ro‘molini muhokama qilayotgan kuzatuvchilariga murojaat yo‘lladi. Boshlovchi Zara Shirinova xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimovni undan rashk qilishi haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Rayhon hatto bir paytlar turmush o‘rtog‘iga Zara bilan suratga tushishni ham taqiqlagan.
147
1,481
Madaniyat
Toshkent va Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro kongress o‘tkaziladi
2017-yilning 15—16-may kunlari Toshkent va Samarqandda “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzuida ikki kunlik xalqaro ilmiy-madaniy kongress o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda. Tadbirda sharqshunoslik, arxeologiya, tarix, sharq qo‘lyozmalari, numizmatika, to‘qimachilik, kulolchilik sohalariga ixtisoslashgan 120 dan ortiq xorijiy va 100 dan ortiq mahalliy olim va ekspert ishtirok etadi. Ular orasida Rossiya, Kanada, Italiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Misr, Koreya, Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, AQSh, Xitoy, Turkiya, Gretsiya, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlardan mashhur olimlar, muzeylar va ilmiy institutlar rahbarlari, ilmiy jurnallar muharrirlari, taniqli kolleksionerlar, shuningdek, YuNESKO va ICOMOS (Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni saqlash bo‘yicha xalqaro kengash) vakillari, ko‘p sonli asarlar va kitoblar muallifi bo‘lgan olimlar bor. Kongressda O‘zbekiston hududida va dunyoning turli mamlakatlari muzeylarida saqlanayotgan moddiy va badiiy madaniyatning nodir obyektlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglanishi kutilmoqda. Tadbirda “O‘zbekistonning madaniy merosi” turkumi sifatida uch tilda nashr etilgan kitob-albomlarning dastlabki besh jildi — “Sharq davlat muzeyi to‘plami” (Moskva), “Rossiya etnografiya muzeyi to‘plami” (Sankt-Peterburg), “Tretyakov davlat galereyasi to‘plami” (Moskva), “O‘zbekiston gilamlari va kashtalari dunyo to‘plamlarida” (Rossiya, AQSh, Kanada, Avstraliya), shuningdek, “Alisher Navoiy asarlari Rossiya milliy kutubxonasi to‘plamlarida” (Sankt-Peterburg) kitoblari namoyish etiladi. Bundan tashqari, nashr etishga tayyorlanayotgan olti jild — “O‘zbekistonning musiqiy merosi”, “Davlat Ermitaji to‘plami”, “Davlat tarix muzeyi to‘plami”, “Sharq qo‘lyozmalari instituti to‘plami”, “O‘zbekiston gilamdo‘zligi: asrlar osha saqlangan an’analar” va “Germaniya muzeylari to‘plamlari” taqdimoti ham o‘tkaziladi. Har bir jildni tayyorlash rahbarlari O‘zbekistonning taniqli olimlari, san’atshunoslari, musiqashunos va sharqshunoslari hisoblanadi. Kongress doirasida chet ellik professorlar, tarix, san’atshunoslik fanlari doktorlari, san’at sohasidagi yetakchi ekspertlar tomonidan O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosiga bag‘ishlangan qisqa ma’ruzalar tayyorlanadi. Shuningdek, tashkilotchilar va tadbir ishtirokchilaridan kongressga maxsus qutlovlar olinishi kutilmoqda, ular uch tilda nashr etish rejalashtirilayotgan tadbirning maxsus jurnaliga kiritiladi. Kongressning qo‘shimcha tadbirlari dasturi bilan “Uz24.uz” sahifasida tanishishingiz mumkin.
95
2,600
Madaniyat
Ulug‘bek Sultonovning “Ota-onaga xizmat qilish odoblari” nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi
Kuni kecha “Sano-Standart” nashriyoti tomonidan muallif Ulug‘bek Sultonovning “Ota-onaga xizmat qilish odoblari” nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi, deb xabar berdi “1news.uz”. Kitob bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan mavzuga bag‘ishlangani bilan diqqatga sazovordir. Unda har bir o‘zbek oilasi uchun muhim bo‘lgan eng nozik va zarur bo‘lgan barcha masalalarga to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan, oilada farzand tug‘ilishidan boshlab, to o‘zlari ota-ona bo‘lib yetgunigacha bo‘lgan jarayonlarda tomonlarning haq-huquqlari shar’iy nuqtayi nazar bilan batafsil bayon etilgan. Kitobning yana bir e’tiborli jihati shundaki, ota-onaga xizmat qilish toki inson hayot ekan hech qachon to‘xtmasaligi bois, u katta-yu kichik hammaga mo‘ljallangan.
91
732
Madaniyat
Stiv Jobs haqidagi yangi filmning ilk tizeri taqdim etildi (video)
Universal Pictures kinokompaniyasi Apple kompaniyasi asoschilaridan biri bo‘lgan Stiv Jobs haqidagi biografik filmning ilk tizerini taqdim etdi, deb xabar bermoqda Meduza. Film premyerasi 2015-yil 9-oktabrga belgilangan. Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan Stiv Jobsning tarjimayi holini ekranlashtirish huquqini 2011-yilda Sony Pictures kompaniyasi sotib olgan edi. 2014-yilda Aaron Sorkin ssenariy yozishni tugatgan. Avval rejissyor Devid Fincher, keyin bosh rolni o‘ynashi kutilgan aktyor Kristian Beyl loyihadan ketgach, Sony Pictures film ustida ishlashni to‘xtatgan. Keyin filmni ishlashga Universal Pictures studiyasi kirishgan. Denni Boyl rejissyorligidagi filmda Stiv Jobs rolini Mett Deymon, Ben Afflek, Leonardo Di Kaprio kabilar o‘ynashi kutilayotgan edi. Yakunda bu rol uchun Maykl Fassbender tanlandi. Stiv Voznyak obrazi esa Set Rogenga topshirildi. Shuningdek, filmda Keyt Uinslet va Jeff Deniels ham ishtirok etadi.
66
932
Madaniyat
Hojiboy Tojiboyev, Muhriddin Xoliqov, Abdumo‘min O‘tbosarov, Shahnozabonu, Nuriddin Haydarov, Oxunjon Madaliyev — farzandlari xotirasida
9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida “Hordiq” gazetasi bir qator marhum san’atkorlarning farzandlari bilan uchrashib, ularning ota-onalari haqidagi xotiralarini yozib oldi. — Otam bilan bog‘liq xotiralarni eslasam, xuddi shirin ertak tinglayotgandek bo‘laman. Hammasi bir tush misoli o‘tdi-yu ketdi... Otam sahnada qiziqchi bo‘lsa-da, hayotda juda jiddiy inson edi. Ayniqsa, farzandlar tarbiyasiga astoydil e’tibor berardi. Otamning uyda ekanligi biz uchun hamisha bayram edi. Muxlislar bir soniyaga bo‘lsa-da uni tinch qo‘yishmasdi. Otam va’da berdimi, albatta, uning ustidan chiqardi. — Oilada bir qiz va uch o‘g‘ilmiz. Dadamning erkatoylari o‘zim edim. Menga unchalik qattiqqo‘llik qilmasdi. Ammo akam Temur dadamning nigohidan nima istayotganini bilardi. U kishi tartib va hurmatni yoqtirardi. O‘rni kelganda, undan mehribon, saxiy inson topilmasdi. Dadamning shogirdlariga ham oson emasdi: talabchanligiga chidash qiyin edi. — Oilada ikki o‘g‘ilmiz: akam Jamshid va men. Otam juda band, televideniyening fidoyi xodimi edi. Har qanday ishga ulgurar, shu bilan birga, o‘g‘il bola tarbiyasiga ko‘proq ota mas’ul, deb hisoblardi. Otamni sahnada ko‘rgan inson uning qo‘lidan ustachilik kelishiga ishonmasdi. Akam bilan muammolarimizni otam bilan hal qilardik. So‘zlarimizni eshitib, xotirjamlik bilan o‘z fikrlarini aytardi. Bu yil akamni uylantirish, nabirali bo‘lishni orzu qilgan edi. Afsus, bizning baxtimizni ko‘rish nasib etmadi... — Onam operatsiyadan so‘ng tezda o‘zini tiklab oldi, kayfiyati ham yomon emasdi. Kasalxonadan bobomning uyiga chiqqan kunimiz kechagidek yodimda. Xolalarim ketishgach, onam charchoqdan kirtayib qolgan ko‘zlarimga qarab: Nima bo‘ldi, kayfiyating yo‘q?..”, — deb so‘radi. Javobimni ham kutmay, qo‘l telefonida Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘ini qo‘yib, raqsga tushdi. Ona-bola miriqib raqsga tushganimiz, yelkalariga bosh qo‘yganim, birga uzoq vaqt xayol surganimiz sira o‘ngimdan ketmayapti. O‘tgan yili institutga kirolmadim. Xafa bo‘lib, ancha kungacha kayfiyatim bo‘lmadi. O‘shanda onam rahmatli: “Bu yil bo‘lmasa, kelasi yili albatta talaba bo‘lasan. Hayotda imkoniyatlar qayta beriladi”, — deb yupatgan edi. Hozir uning so‘zlarini eslab, hayotda hamma narsaga erishish mumkin, ammo yo‘qotgan insonlarni qayta topib bo‘lmasligini anglayapman. — Oilada to‘rt qiz, ikki o‘g‘ilmiz. Otam rahmatli farzandlarini jonidan ortiq ko‘rardi. Bolalari ichida esa faqat meni konsert, to‘y-xizmatlarga olib borardi. Ba’zan o‘yinqaroqlik qilib, otam bilan borishni istamasdim. Shunda u kishi shirin so‘z bilan vaziyatni yumshatardi. Hozir o‘sha damlarni eslasam: “Otam rahmatli san’atkor bo‘lishimni istagan ekan-da”, deb o‘ylab qolaman. — Otam tabiatan og‘ir-vazmin, kamgap inson edi. Biror marta kim bilandir janjallashgani, og‘zidan yomon so‘z chiqqanini eslolmayman. Hovlimizdagi ijod xonasida kitob o‘qiyotgani yoki yangi qo‘shiqqa uslub izlab, mashq qilayotganiga ko‘zim tushardi. Eshik oldida kuzatayotganimni payqasa, “Keling”, — deb tizzasiga olib, suyib erkalardi.
136
3,003
Madaniyat
Teleserial muxlislari uchun yana bir xushxabar
Bolgariyaning Sofiya shahrida o`tkazilgan "Slyavyan ertagi" (Slavyanskaya skazka) nomli Evroosiyo xalqarokinotelefestivalida «O`zMTRK»ning"O`zbektelefilm" studiyasida suratga olingan bir nechta seriallar ishtirok etdi. Mazkur festivalning eng asosiy sovrini GRAN PRI o`zbek ijodkorlarining «Saodat» serialiga munosib ko`rildi.Bundan tashqari, mazkur serial yana bir necha yo`nalishlar bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritdi. «Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun » nominasiyasi Muzaffarxon Erkinovga topshirildi.«Eng yaxshi ssenariy muallifi» yo`nalishida Muqaddas Usmonova ,"Eng yaxshi operatorlik ishi» nominasiyasida Ravshan Mirzakamolovlar g`olib bo`lishdi. Shuningdek, «O`gay ona» teleseriali rejissyori Xurshid Hasanov festivalning maxsus sovriniga ega bo`ldi. G`oliblarni chin ko`ngildan tabriklaymiz! Ushbu kinofestivalda 180 dan oshik film va seriallar ishtirok etdi.
46
871
Madaniyat
Yulduz Usmonova Yangi yil oqshomida ikkita xususiy va ikkita davlat telekanalida chiqish qiladi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova O‘zbekistonning to‘rtta telekanalidagi Yangi yilga bag‘ishlangan bayram dasturlarida chiqish qiladi. Bu haqda Instagram’da xonanda nomidan yuritiladigan sahifa ma’lum qildi. Xabar berishlaricha, O‘zMTRK tizimiga kiruvchi “O‘zbekiston” telekanalidagi 31-dekabr kuni efirga uzatiladigan “Bayram oqshomi” dasturida Yulduz Usmonova 22:00 da “O‘zbekiston, sevaman” qo‘shig‘ini kuylab chiqadi. Shuningdek, O‘zMTRK tizimidagi boshqa bir telekanal — “Navo”da ham Yangi yil efiri doirasida Yulduz Usmonova ishtirokidagi bir necha chiqishlar efirga uzatilishi ma’lum qilinmoqda. Bundan tashqari, MY5 (“Mening yurtim”) telekanalidagi “Diydor shirin” ko‘rsatuvining 31-dekabr kuni 18:00 da boshlanadigan sonida xonanda “Yalinganing qani” nomli qo‘shig‘ini, 21:00 da boshlanadigan “Butun olam bir manzilda” dasturida esa “Bum tak, ko‘zimda yosh” qo‘shig‘ini kuylaydi. Yulduz Usmonova 31-dekabr kuni 23:59 da “Milliy TV” telekanalining Yangi yil oqshomini “O‘zingdan qo‘ymasin, xalqim” qo‘shig‘i bilan ochib beradi; oqshom davomida uning “Senga”, “O‘sha, o‘sha” nomli kompozitsiyalari ham jarang sochishi kutilmoqda. Ko‘p yillardan beri telekanallarda va davlat tadbirlarida chiqish qilmayotgan Yulduz Usmonova 5-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti saylovidagi g‘alabasi sharafiga tashkillashtirilgan tantanali marosimda O‘zbekiston madhiyasini kuylagan edi. Keyinroq u Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan bayram konsertida qo‘shiq kuylab chiqdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
95
1,729
Madaniyat
Yozda miriqib tomosha qilish uchun 5 ta yangi serial
Yozning uch oyi davomida ko‘pchilik seriallar “ta’tilga chiqadi”, ammo ba’zi yangi shoular namoyish qilinadi. Maqolada yoz mavsumidagi qiziqarli yangi seriallar haqida ma’lumot beramiz. Rivyera — Lojuvard Sohil (Fransiya)dagi jannatmakon joy. Bu yerda yaqinda millioner Konstantinga turmushga chiqqan Jorjina yashaydi. To‘ylaridan bir yil o‘tar-o‘tmas, uning turmush o‘rtog‘i sirli ravishda halok bo‘ladi. Endi Jorjina ulkan boylikni bir o‘zi mustaqil boshqarishi va qabul qilinayotgan qarorlar uchun o‘zi mas’ul bo‘lishi kerak. Stiven King asarining navbatdagi ekranizatsiyasi. Kitobdan farqli ravishda, serial kengroq voqealarni qamrab oladi, shuningdek, unda bir-ikkita yangi personajlar paydo bo‘ladi. Men shtatidagi kichik shaharchani qo‘rqinchli tuman qoplab oladi. U hech qachon tarqab ketmaydiganga o‘xshaydi. Shahar aholisi tushunib bo‘lmaydigan xavf ostida qoladi: tumanning mohiyatini anglab bo‘lmaydi, yana unda mahluqlar yashaydi. Syujet uchun asos sifatida Cosmopolitan jurnali bosh muharriri Joanna Koulzning hayoti olingan. Diqqat markazida — Nyu-Yorkning Scarlet jurnali tahririyatida ishlaydigan uch qiz. Ular karyeradan ko‘ra muhimroq narsalar borligini tushunib yetishiga to‘g‘ri keladi. Yosh Uilyam Shekspirning yo‘qotilgan va behuda sarflangan yillariga kutilmagan tarzda nigoh tashlangan. U Londonga yetib kelgach, Angliya teatr olami — o‘zi tasavvur qilganidek, hashamat, nafosat va yaxshi xulq-atvordan iborat emasligini tushunadi. Jinoyatlarga qarshi yolg‘iz kurashishdan superqahramonlar zerikdi. Ular jamoaga birlashdi va endi dunyoni makkor jinoyatchilardan qutqarmasdan ilojlari yo‘q. Serialda Jessika Jons, Lyuk Keyj, Temir musht va boshqa qahramonlarni ko‘rish mumkin. Manba: “Layfxaker”
52
1,720
Madaniyat
Yulduz Usmonova Nukusda konsert beradi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Nukus shahrida konsert dasturini taqdim etadi, deb xabar beradi “KRuz.uz”. Qayd etilishicha, xonanda iyun oyida Nukus shahridagi “Turon” stadionida konsert dasturini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Dasturning aniq sanasi hozircha noma’lum.
38
279
Madaniyat
Alisher Uzoqov nomidan odamlardan pul so‘ragan xakerlar, karantinda tijorat bilan shug‘ullanayotgan Shahlo. Instagram’dan daraklar
11-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Feruza Normatovaning fikricha, karantinda eng yaxshi antistress bu — fitness. View this post on Instagram “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo karantinda tijorat bilan shug‘ullanmoqda. U butik ochib, internet orqali ayollar kiyim-kechagini sotmoqda. View this post on Instagram Aktyor Javohir Zokirov rafiqasi bilan Istanbulda hordiq chiqarmoqda. View this post on Instagram 11-avgust kuni aktyor Alisher Uzoqovning sahifasida muxlislariga murojaat paydo bo‘ldi. Ushbu murojaatda aktyor onasi avtohalokatga uchragani hamda hozir ahvoli o‘ta og‘irligini yozib qoldirgan. Aktyor muxlislaridan onasining operatsiyasi uchun 240 ming dollar kerakligini aytib, pul so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, Alisher Uzoqovning sahifasi xakerlar tomonidan buzib kirilgan hamda ushbu yolg‘on ma’lumotni joylagan. View this post on Instagram Keyinroq Alisher Uzoqov sahifasini qaytarib oldi hamda videomurojaat orqali onasining salomatligini ma’lum qildi. View this post on Instagram Rayhon “To hayot ekanman” qo‘shig‘iga ishlangan klipidan parchani sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Turk aktrisasi Neslihan Atagul tabiat qo‘ynidan ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Bollivud aktrisasi Priti Zinta esa Amir Xon bilan birga suratga tushgan filmidan parchani sahifasiga joyladi. View this post on Instagram “Qora niyat” turk seriali ikkinchi mavsumining suratga olish ishlari davom etmoqda. Yildiz — Eda Eje jarayonlardan tez-tez suratlar joylab turibdi. View this post on Instagram
130
1,774
Madaniyat
Aktyor Abror Tursunov so‘nggi uch yillikdagi rejissorlik ishi “Ibratli rivoyatlar” filmi haqida (video)
“Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va rejissor Abror Tursunov “Daryo” internet nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist va teleboshlovchi Shohira Hamro tashkillashtirdi. Aktyor suhbat davomida so‘nggi uch yilda og‘ir dard bilan kurashayotgan bo‘lsa-da, “Ibratli rivoyatlar” deb nomlangan film suratga olgani haqida gapirib berdi. ‘Ibratli rivoyatlar’ deb nomlangan badiiy filmni suratga oldim. Filmda Rixsi Ibrohimova, Rajab Adashev, Saidkomil Umarov singari o‘ttizdan ortiq aktyor-aktrisalar jamoasi jamlangan. Ushbu kartinaning ssenariy muallifi ham, rejissori ham, operatori ham o‘zim bo‘ldim. Eng so‘nggi o‘ynagan rolim ham aynan shu filmda bo‘ldi. Oltita rivoyatdan iborat mazkur filmda bir rivoyatda rol ijro etgan aktyor, boshqa rivoyatda rol ijro etmagan. Maqsadim kinoni yoshlar ko‘rsa, ularga yetib borsa deyman. Yashashimdan maqsadim ham aslida shu. Shu ahvolimda ham, shu yoshimda ham ikkita film suratga olmoqchiman. Birinchisi fantastik janrda, ikkinchisi melodrama janrida. Abror Tursunov, aktyor va rejissor
103
1,134
Madaniyat
Instagram: Shahzoda o‘g‘lining, Dildora Niyozova qizining tug‘ilgan kunini nishonladi, Munisa Rizayeva — “terrorchini sevib qolgan organ xodimi”, Sevinch — betob
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. “Har yomg‘irdan keyin quyosh chiqadi”, demoqda Yulduz Rajabova. Ruxshona folloverlaridan nima ovqat qilishganini so‘radi. Shahzoda o‘g‘li Xalidning tug‘ilgan kunini nishonladi. Turk aktrisasi Eda Eje sahifasiga yangi suratini joyladi. Munisa Rizayeva va Moon Band ijrosidagi “Qaytmaydi kech” deb nomlangan qo‘shiqqa ishlangan klip taqdim etildi. Unda Munisa Rizayeva terrorchini sevib qolgan ichki ishlar organi xodimi obrazini gavdalantirgan. Feruza Normatova “O‘rangan qizlar to‘yga chiqmaydi”, qabilidagi fikrlarga munosabat bildirdi. Zohirshoh Jo‘rayev to‘yda “O‘zbegim” qo‘shig‘i muxlislar tomonidan qanday kutib olingani aks etgan video bilan bo‘lishdi. Fahriye Evjen ham muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Dildora Niyozova qizalog‘i Muslimaning tug‘ilgan kunini nishonladi. Tug‘ilgan kunda Timur Rahmonov “Qizalog‘im” qo‘shig‘i bilan xizmatda bo‘ldi. Asal Shodiyeva yangi fotosessiyasini muxlislari e’tiboriga havola etdi. Xonanda Sevinch tomchi ukol olayotgani aks etgan videoni sahifasiga joylab, biroz tobi yo‘qligini bildirdi.
161
1,198
Madaniyat
Xonanda Lola farzandlari bilan bog‘liq masalalarni sobiq turmush o‘rtog‘i bilan birga hal qiladi
Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) sobiq turmush o‘rtog‘i Shohrux bilan ajrashgani farzandlariga salbiy ta’sir qilmasligini ta’kidladi. U bu haqda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi. “Turmush o‘rtog‘im bilan qarashlarimiz, fe’l-atvorimiz bir-birimizga to‘g‘ri kelmagani uchun ajrashishga qaror qildik. Ammo bu holat farzandlarimizga salbiy ta’sirini o‘tkazmaydi”, — dedi Lola. “Dam olish kunlari bolalar otasi, bobosi va buvisi bilan ko‘rishib, birga vaqt o‘tkazib turadi. Bundan tashqari, farzandlarimiz bilan bog‘liq masalalarni ham doim birga hal qilishga harakat qilamiz”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda. Lolaning farzandlari: Shahinabegim va Shohdiyor. Xonanda Lola sobiq turmush o‘rtog‘i Shohrux bilan 2011-yilda ajrashgan. Avvalroq, xonanda “boshqa shaxsiy sabablarga ko‘ra” ajrashganini aytib o‘tgandi. Shohruh 2016-yil 16-yanvar kuni yana uylangani ma’lum bo‘ldi. Qayd etish joiz, Lola 2015-yil dekabr oyida bergan katta intervyusida yana ikki farzandi va mustahkam oilasi bo‘lishini istashini aytib o‘tgandi.
96
1,037
Madaniyat
Olti joyda ishlashga majbur qilgan pulsizlik ortidan kelgan mashhurlik, og‘ir dard bilan kurash. Aktrisa Emiliya Klarkning umidsizlikka tushmaslikka undovchi hikoyasi
Britaniyalik kino va teatr aktrisasi,“Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi Emiliya Klark 2021-yil 23-oktabr kuni 35 yoshga to‘ldi. Aktrisa “Taxtlar o‘yini” serialidagi roli bilan butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Emiliya serialda Deyneris Targariyen qahramonini ijro etgan. Aktrisa boshqa ampulada ham o‘zining iqtidorini namoyon qila oladimi yoki yo‘q, buni faqat vaqt ko‘rsatadi. Hozirda uning filmografiyasida mashhur “Terminator: Genezis”, “Yulduzlar jangi”  va boshqa loyihalar mavjud. Bolalik va o‘smirlik Emiliya Klarkning to‘liq ismi Emiliya Izabel Evfimiya Rouz Klark bo‘lib, 1986-yilda Londonda tug‘ilgan, biroq uning bolaligi poytaxtdan bir soatlik masofada joylashgan Oksfordshir shahrida o‘tgan. Emiliya va uning akasi Ben tabiat qo‘ynida ulg‘aydi: “Bizning bog‘imizda ariq bor bo‘lib, atrof faqat dala edi. Qo‘ziqorin terib, o‘rdaklar boqardik ”, — deb eslaydi aktrisa. Emiliya Klark va akasi Ben Emiliya Klarkning ota-onasidagi fidoyilik hurmatga loyiq: otasi qizi tug‘ilgunga qadar oddiy ishchidan mashhur musiqiy asarlar bastalovchi ovoz prodyuserigacha bo‘lgan uzoq yo‘lni bosib o‘tgan. Bo‘lajak aktrisaning onasi esa o‘z faoliyatini kollej kotibasi sifatida boshlagan, keyin mustaqil tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Emiliyaning yodga olishicha, uni uch yoshida otasining ishxonasiga olib borishgan. Odatda shovqinli va notinch bo‘lsa-da, u ikki soat davomida sahnaga maftun bo‘lib tikilgan va parda tushganida kaftlari og‘riydigan darajada qarsak chalgan. Sahna ortidagi dunyo qizni shunchalik hayratda qoldirganki, u keyinchalik hayotini teatrsiz tasavvur qila olmasligini anglab yetgan. Emiliya Klark va uning onasi Emiliya yoshligidanoq Oksfordda joylashgan Avliyo Edvard nomidagi maktab-internat qoshidagi drama to‘garagida aktyorlik kasbining nozik jihatlarini o‘rgandi. Bu yerda u birinchi marta ikkita spektaklda sahna yuzini ko‘rdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uni o‘z sohasining vunderkindi deb atash yolg‘on bo‘ladi. Uning ishtirokidagi birinchi spektakl premyerasida besh yoshli Klark sahnaga chiqdi va so‘zlarni unutdi. Oldingi qatorda o‘tirgan o‘qituvchilar replika aytsa-da, ammo Emiliya jim turishda davom etdi. Jajji aktrisa bundan qo‘rqmas, aksincha, mutlaqo xotirjam edi. “Bu holat meni butun karyeram davomida qo‘llab-quvvatladi”, — deydi Klark. San’atga bo‘lgan muhabbat Emiliyani boshqa bolalardan ajratib turdi. Tengdoshlar istisnosiz mo‘may daromadi uchun huquqshunos yoki professional sportchi bo‘lishni xohlardi. Aktrisa esa o‘zini oq qarg‘adek his qilar va har bir o‘quvchi bilan do‘stlashishga intilardi. 2004-yilda o‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Emiliya Klark ko‘plab mashhur aktyorlar, masalan, Tom Xardi, Pol Bettani va Jeyms MakEvoyning rafiqasi Ann-Mari Daff ta’lim bergan London drama markaziga kirish uchun poytaxtga qaytib keldi. Kinodagi karyeraning boshlanishi 2009-yilda Emiliya Klark birinchi marta ekranlarda paydo bo‘ldi. Yosh aktrisaning birinchi ishi “Shifokorlar” teleserialida Saskiya Mayerning  roli edi. Televizion debyutni muvaffaqiyatsiz deb atash qiyin-u, ammo bu rol aktrisaga mashhurlik keltirmagandi. 2009-yilda London drama markazi diplomini olgandan so‘ng Emiliya Klark Londonni tark etib, Los-Anjelesga yo‘l oldi. U yerda, kino yulduzlari shahrida, aktrisa Gollivuddagi eng qadimgi teatr — “Farishtalar kompaniyasi”ga ishga kirdi. Yosh ingliz ayol uchun bu davrning birinchi va yagona ishi tanqidchilar tomonidan juda yaxshi qabul qilingan “His” spektakli edi. 2010-yil boshida qiz teatr tomoshalaridan biroz vaqt ajratdi va yana “Trias davridan hujum” filmida suratga tushish uchun ekranlarga chiqishga urindi. Bu safar aktrisa ekranlarda to‘satdan jonlangan dinozavrlarga qarshi turishga to‘g‘ri kelgan yosh va jasur Savanna rolida paydo bo‘ldi. “Taxtlar o‘yini” 2010-yilda 24 yoshli Emiliya Klark do‘stlari bilan kichkina kvartirani ijaraga oldi, ijara haqini to‘lash uchun oltita joyda ishladi, lekin bir kuni unga ajoyib taklif tushishidan umidini uzmadi. Shunday bo‘ldi ham — kutilmaganda kechqurun uning telefoni jiringladi; go‘shakning narigi tomonida yosh aktrisani hayratda qoldirgan agent so‘zlar edi. “Jorj Martinning romanlarini ekranlashtirayotgan HBO kanali  Deyneris Targariyen rolini o‘ynash uchun qiz qidirmoqda, ertaga suhbat rejalashtirilgan. Siz ‘Taxtlar o‘yini’da o‘ynashingiz kerak!”, deb ta’kidladi agent. Emiliya talabchan prodyuserlar oldida kimni o‘ynashini bilmasdi. Dastlab u “Vikipediya”ga kirdi va maqolani o‘qib bo‘lgach, rozi bo‘lish kerakligini tushundi, chunki personaj deyarli voqeaning eng yorqin qahramoni bo‘lishi shubhasiz edi. “Taxtlar o‘yini” seriali Emiliyaning tashqi ko‘rinishi kasting menejerlari izlayotgan talabga mutlaqo zid edi. Ularga baland bo‘yli, ozg‘in va sariq aktrisa kerak bo‘lgan. Emiliya esa  anchagina to‘la, bo‘yi past va qoramag‘iz va o‘ziga xos tabassum bilan boshqalardan ajralib turardi. Biroq kasting rejissori ssenariydan ikkita monologni ijro etgan qizning o‘yiniga katta qiziqish bilan qaradi va kastingdan so‘ng shunday dedi: “Siz zo‘r ijro etyapsiz, keling, qora sochlaringiz o‘rniga sariq rang qanday ko‘rinishini sinab ko‘ramiz”. Tasdiqdan so‘ng dizaynerlar ikki oy ichida kulrang kumushga o‘xshash har xil rangdagi yettita parik yasadi. “Men bu rolga tasdiqlanganimda, xursandligimdan o‘lishimga bir bahya qoldi”, — deydi bundan oldin boshqa kasbda o‘z omadini sinab ko‘rish xayoli bilan yurgan Emiliya. Ko‘p soatlik suratga tushishlar, tartibsizliklar va yangi taassurotlarga to‘la hayot boshlandi — qiz baxtdan yettinchi osmonda uchdi. Emiliya Klark tomonidan ijro etilgan sariq sochli Deyneris Targariyen har qanday kiyimda ajoyib ko‘rinardi. Ammo millionlab tomoshabinlarning sevgisini nafaqat uning ajoyib ko‘rinishi olib keldi, balki Emiliyaning fe’l-atvori, fidoyilik, jasorat va rahm ham sabab bo‘lgan. Ikki qismdan so‘ng aktrisa ikkinchi va uchinchi mavsumda suratga tushish uchun shartnoma imzoladi. Rejissorlar ham, tanqidchilar ham uning mahoratiga hech ikkilanmasdan barcha turdagi televizion mukofotlarga nomzod qilib ko‘rsatdi. 2015-yilga kelib, uning kolleksiyasida “Emmi” haykalchasi va “Saturn” mukofoti paydo bo‘ldi, ikkalasi ham teleserialning eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisasi uchun edi. Birinchi faslning suratga olish ishlari tugagandan so‘ng Emiliyaning sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘la boshladi: uning boshi aylanib, qon bosimi ko‘tarildi.  U buni doimiy zo‘riqishlarning natijasi deb o‘yladi. Ammo sport mashg‘ulotlaridan so‘ng uning boshi qattiq og‘ridi va uni kasalxonaga olib borishdi. U yerda shifokorlar insultning bir turi bo‘lgan “subaraxnoid qon ketish” tashxisini qo‘ydi. Bu miya anevrizmasi tufayli sodir bo‘lgandi. Uch soat davom etgan operatsiya bosh suyakni ochishni talab qilmadi, ammo Emiliya nutq va xotirada muammolarga duch kela boshladi, u hatto o‘z ismini ham eslay olmadi. Shifokorlar buni afaziya — operatsiyaning ta’siri deb tushuntirdi.  Klark dahshatga tushdi, chunki uning kasbida tushunmasdan nutq so‘zlab bo‘lmaydi. U yashayotgan hamma narsasini yo‘qotishi mumkin edi, lekin baxtga ko‘ra, bir haftadan so‘ng uning nutqi tiklandi. Bosh og‘rig‘i aktrisani darhol tark etmadi. Ikkinchi mavsum hamma uchun eng og‘ir film edi. U nafaqat ko‘p mehnat qilishi, balki jurnalistlar bilan muloqot, muxlislarga shirin tabassum qilishi va og‘riqni morfi dorisi bilan bostirishi kerak edi. Yangi mavsumlarni suratga olish o‘rtasida Emiliya ikkita ingliz filmida rol o‘ynadi: “Spayk Aylend” musiqali dramasi va “Xeminguey uyi” komediyasi. 2013-yilda Aktrisaning bosh og‘rishi kasalligi qaytalandi va avvalgidan ham kuchliroq bo‘ldi. Miya tomografiyasidan so‘ng shifokorlar Emiliyaga operatsiyasiz o‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Operatsiya paytida uning anevrizmasi yorilib ketdi. Aktrisa operatsiya stolida og‘riqdan uyg‘onib ketdi.  Shifokorlar darhol uni uchinchi operatsiyaga tayyorlashni boshladi. Bu safar bosh suyagini ochish kerak edi. Hammasi yaxshi bo‘ldi va o‘sha vaqtdan beri Emiliya o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Albatta, Emiliya Klarkka Gollivudning yirik rejissorlari ham qiziqish bildirdi. Yaqinda o‘tkazilgan operatsiyaga qaramay, Emiliya 2013-yilda “Terminator Genezis” epik filmida Sara Konnor rolida o‘ynash taklifini qabul qildi. Aktrisa o‘zini beixtiyor franshizaning dastlabki ikki qismidagi Linda Xemilton bilan solishtirishidan qo‘rqardi, ammo qo‘rquvlar behuda edi — u Arnold Shvarsenegger va Jeyson Klark bilan hamkorlikda ajoyib ishtirok etdi. Emiliya Klark va Arnold Shvarsenegger. Shaxsiy hayot 2012-yil sentabr oyining boshlarida aktrisa mashhur Gollivud rejissori va animatori Set Makfarleyn bilan uchrashdi. Ularning munosabatlari tez rivojlandi, ammo 2013-yil mart oyida juftlik ajralishayotganini e’lon qildi. Ayrim jurnalistlar ta’kidlaganidek, bunga Emiliya Klarkning “Taxtlar o‘yini”dagi Jon Snou roli bilan tanilgan aktyor Kit Xarrington bilan ishqiy munosabati sabab bo‘lgan. Emiliya Klark va Set Makfarleyn. Emiliya Klark va Kit Xarrington o‘rtasidagi munosabatlar bir necha yillardan beri qiziquvchan muxlislar orasida sevimli muhokama mavzusi bo‘lib kelgan. Ularni tez-tez birga ko‘rishadi yoki ko‘chalarda sayr qilishadi va barcha ijtimoiy tadbirlarda, serialning asosiy aktyorlari taklif qilinganda, ularni yonma-yon ko‘rish mumkin. Aktyorlarning o‘zi sevgi munosabatlari haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Emiliyaning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish guruhining barcha a’zolari unga oilasidek va Piter Dinkleyj, Nikolay Valdau yoki Richard Madden ham iliq munosabatda bo‘ladi. 2016-yil aprel oyi boshida Deneyris va Jon Snou o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi taxminlar nihoyat barham topdi: Kit Xarrington “yovvoyi” rolini o‘ynagan hamkasbi Rouz Lesli bilan birga omma oldida paydo bo‘ldi. 2018-yil oktabr oyida muxlislar Emiliyaning sirli sevgilisini payqab qoldi. U aktyor Malkolm Makdauellning o‘g‘li, rejissor Charli Makdauell edi. Emiliya Klark va Charli Makdauell. Ammo 2019-yilning fevral oyida Emiliya Charli bilan ajrashganini e’lon qildi. Klarkka yaqin manbalarga ko‘ra, ularning munosabatlariga suratga tushish ishlaridagi bandlik ta’sir qilgan. Charli Instagram’da obunachilar orasidan Emiliyani va u bilan birgalikda tushgan suratlarini o‘chirib tashladi. Xavotirga tushgan muxlislar bu haqda so‘raganida, u: “Bu mening qarorim emas”, deb ajrim tashabbusi Klarkdan chiqqanini ma’lum qildi. Yoz oylarida Charli aktrisa Lili Kollinz bilan uchrashishni boshladi. Shundan keyin Emili Instagram’da Rouz Lesli bilan tushgan rasmini joylashtirdi. U baxtli ko‘rinardi va hayotida Charlining yo‘qligidan xavotirlanmadi. 2020-yilda ommaviy axborot vositalarida qizning yangi munosabatlari haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi va “Doktor Kim” serialining yulduzi Mett Smit uning tanlanganiga aylandi. Juftlikning o‘zi bu xabarga hech qanday izoh bermadi. Emiliya Klark va Mett Smit. 2017-yil avgust oyida Emiliya “Open Doors” jamoasining a’zosiga aylandi, bu tashkilot aktyorlikka intiluvchi drama maktablari uchun suhbatlarda qatnashishda yordam beradi. 2018-yilda Emiliya Shon Penn xayriya auksionida ishtirok etdi. Aktrisa qo‘ygan lot — bu “Taxtlar o‘yini” epizodlaridan birini tomosha qilish imkoniyati edi. Lot 120 ming dollarga sotib olindi, bu J/P Pro va Disaster Relief yordam berish fondlari ehtiyojlariga sarflandi. Ikkala tashkilot ham tabiiy ofat qurbonlariga yordam beradi. 2019-yilda aktrisa miya anevrizmasi bo‘lgan bemorlarga yordam beradigan Same You xayriya jamg‘armasini ishga tushirdi. So‘ngra YouTube bloger Jacksepticeye bilan xayriya eshittirishini boshladi. Ularning jonli efiri taxminan 250 ming dollar yig‘di. Barcha pullar “Same You Foundation”ga sarflandi. “‘Taxtlar o‘yini’ bo‘lmaganida, men qayerda bo‘lardim?” Bilmayman. Ehtimol, hech qayerda. Men suratga tushishni qanday boshlaganimni eslayman — o‘sha vaqtda 22 yosh edim, hech narsa qo‘limdan kelmasdi. Ammo endi bu boshqa masala,” — deydi aktrisa. Ammo HBO telekanalining eng mashhur loyihasi — “Taxtlar o‘yini” tugasa-da, aktrisaning kayrerasi tugamadi. U 35 yoshga to‘ldi, uning karyerasi bir vaqtlar umid qilganidek gullab-yashnadi. 2022-yilda aktrisa Marvel’ning yangi “Maxfiy hujum” nomli serialida paydo bo‘ladi. Disney + platformasida chiqadigan serial Emiliyaning karyerasiga yana kuchli turtki berishi kafolatlangan.
166
12,180
Madaniyat
Aziz Rametov Alisher Uzoqov uni qanday qilib bir o‘limdan saqlab qolganini gapirib berdi (video)
Aktyor va rejissor Aziz Rametov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Aziz Rametov suhbat davomida Alisher Uzoqov hamda Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliyev uni syomkada bir o‘limdan saqlab qolgani haqida gapirib berdi. Alisher akam bilan bolalikdan bitta teatrda katta bo‘lganmiz. Ertalabdan kechgacha birga bo‘lganmiz. Onalarini onamdek ko‘raman. Bitta rus serialida otda chopayotgan paytimiz men harbiy oyoq kiyimda edim, u oyoq kiyim otning uzangisiga kirib qolsa, osonlikcha chiqarib bo‘lmas ekan. Ot charchadimi, bilmadim, yerdagi toshga taqasi sirpandi, otni oyog‘i bir tomonga ketib qoldi, ot yiqilmasin deb men teskari tomonga o‘zimni tashladim. (Estrada-sirk kollejida tahsil olganman, otda harakatlanish bo‘yicha malakam bor edi.) Ot muvozanatini qayta saqlab oldi, men egarni ushlamoqchi bo‘ldim, qayta turib olaman deganimda, pastda xarsangtosh turgan ekan. Xarsangtoshga ot urilib o‘tdi, bo‘ynim suyagidan chiqib ketdi, zo‘rg‘a ushlab turibman, qo‘yib yuborsam ketadi, nafas ololmayapman. ‘Aziz ushla’, deb Alisher akam ot bilan chopib o‘tib, otni to‘xtatdilar. Shu payt Mansur akam (Kaskadyor guruhga javob berardilar)  ‘Azizjon ukam’, deb yig‘lab kelyaptilar. Alisher akam ‘Mansur aka bir nima qiling’, deb yig‘layaptilar. Mansur akam, ratsiya bilan guruhdagi tabibni chaqirdilar. Tabib ‘hammasi yaxshi, bo‘yin kosasidan chiqqan deb’, sekin kosasiga soldilar, keyin birdan nafas ola boshladim. Yig‘lab turgan Mansur akam keyin koyib boshladilar: ‘ot yiqilsa yiqilsin edi, bo‘yningiz sinib ketishiga oz qoldi’, dedilar. Baraka topishsin Mansur akam, Alisher akam. O‘sha kaskadyor guruhiga ham rahmat deyman. Aziz Rametov, aktyor va rejissor Ma’lumot uchun, Aziz Rametov o‘zbek kino muxlislari orasida “O‘tov”, “Yo‘l bo‘lsin”, “Shabnam”, “Arslon izidan” kabi filmlari va yuzlab video kliplari orqali mashhurlikka erishgan.
96
1,947
Madaniyat
“Baron” filmi televideniye orqali serial ko‘rinishida namoyish etiladi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan tasvirga olingan “Baron” filmi televideniye orqali serial ko‘rinishida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda film rejissori Rustam Sa’diyev “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi. “Film televideniye orqali qachon efirga uzatilishini hozircha aniq ayta olmayman”, — dedi rejissor. Qayd etish joiz, film premyerasi 2016-yil 16-yanvar kuni bo‘lib o‘tgandi. “Uni televideniyeda serial ko‘rinishida bermoqchimiz. Ya’ni, 6—7 qismdan iborat “Baron” serialida filmga kiritilmagan sahnalarni ham tomosha qilish mumkin bo‘ladi”, — dedi Rustam Sa’diyev. Qayd etish joiz, premyeradan bir hafta o‘tar-o‘tmas filmning kontrafakt nusxasi “videoqaroqchilar” tomonidan bozorlarga chiqarib yuborildi. “O‘zbekkino” bayonotiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi ish olib bormoqda.
70
883
Madaniyat
Jorj Lukas milliard dollarga “Yulduzlar jangi” muzeyini barpo etadi
Amerikalik kinorejissor Jorj Lukas Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati) Narrativ san’at muzeyini yaratadi. Kinematografchi “Yulduzlar jangi” fantastik sagasini tasvirga olishda ta’sis etgan shaxsiy eksponatlar kolleksiyasini muzeyga hadya qiladi, deb yozadi The Los Angeles Times. Lukas loyihaga milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratadi. Rejissor muzeyga hadya qiladigan eksponatlar orasida Dart Veyderning original niqobi va amerikalik rassom Norman Rokvellning ishlari bor. Los-Anjeles meri Twitter’dagi sahifasida Narrativ san’at muzeyi minglab yangi ish o‘rnini yaratishini ma’lum qildi. Rejissor muassasani dastlab Chikagoda qurishni rejalashtirgan edi. Biroq 2014-yilning noyabrida “Bog‘ do‘stlari” deb nomlangan faollar guruhi shaharda muzeyning qurilishiga qarshi chiqish qildi. “Yulduzlar jangi” fantastik sagasi 1970-yillarda Jorj Lukas tomonidan o‘ylab topilgan. U 8 ta film, animatsion seriallar, multfilmlar, telefilmlar, kitoblar, komikslar va videoo‘yinlarni o‘z ichiga oladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
67
1,165
Madaniyat
Xalqaro kongress qatnashchilariga davlat rahbarining tabrigi o`qib eshittirildi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusiga ko`ra, Samarqandda dunyoning 40 ta mamlakatidan tashrif buyurgan 300 ga yaqin taniqli sharqshunoslar – akademiklar, fan doktorlari, professorlar ishtirok etayotgan “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” xalqaro konferensiyasini Madaniyat vaziri o`rinbosari Kamola Oqilova olib bormoqda. Davlatimiz rahbarining xalqaro konferensiya qatnashchilariga yo`llagan tabrigini O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Oripov o`qib eshittirdi. Ochilish marosimida so`zga chiqqan YuNESKO bosh direktori Adri Ozule O`zbekistonning qadim tarixga egaligi va boy madaniy merosini e`tirof etgan holda kelgusida bu boradagi hamkorlikni qo`llab-quvvatlashini ma`lum qildi. – O`zbekiston madaniy merosi dunyo madaniy merosining bir qismidir. Biz bu boradagi barcha hamkorlikni qo`llab-quvvatlaymiz, – dedi u.
79
927
Madaniyat
“Xalq cholg‘ulari ijrochilari” respublika tanlovining g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida “Xalq cholg‘ulari ijrochilari” respublika tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Xabar berilishicha, tanlovda 94 nafar ijrochilar 7 ta nominatsiya bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Hamda tanlov so‘nggida 22 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Tanlovning taqdirlash marosimida Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev ishtirok etib, g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alarni topshirdi.
74
536
Madaniyat
“Ummon” albomining taqdimotiga chipta yutib oling!
“Ummon” guruhi yigitlari 10-may kuni “Siti makon” majmuasining yozgi kinoteatrida “Yana-yana” deb nomlangan albomini taqdimotini shou tarzida o‘tkazishadi. Bu haqda sayyod.uz sayti xabar bermoqda. foto: ummon.ru Mazkur tadbirga chipta sotilmaydi! Faqatgina taklifnoma asosida tashrif buyurish mumkin. Bu imkoniyatni esa guruh yigitlariga mobil operatorlari taqdim etishadi. Mobil telefoningizdan U  harfini 77708 raqamiga sms yuboring va savollarga to‘g‘ri javob berib, taklifnoma sohibiga aylaning. (Batafsil ma’lumotlar uchun +99890 110-85-57)
50
547
Madaniyat
Aktyor Hamid Toshpo‘latov: Kliplardagi obrazim bachkana bo‘lib qolishidan qo‘rqaman
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Hamid Toshpo‘latov bir ampluaga tushib qolgani haqidagi fikrlarni rad etib, xonanda Hojiakbar Haydarovning “Do‘lana” klipida pul uchun suratga tushmaganini ma’lum qildi. Bu haqda aktyor “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Tesha Mo‘minov (chapda), Hamid Toshpo‘latov (o‘rtada) va Erkin Komilov (o‘ngda) xonanda Hojiakbar Haydarovning “Do‘lana” klipida. Kadr: YouTube — Aksariyat aktyor-aktrisalar bir ampluaga tushib qoladi. Sizni ham ko‘pincha qattiqqo‘l ota, jahldor qaynota yoki amaldor obrazida ko‘ramiz. — Faqat serjahl otalarni o‘ynayotganim yo‘q. Yumshoq fe’lli qahramonlarim ham bor. Komedik obrazlarni ham gavdalantiraman. Aktyorman axir, har qanday holatga kira olishim kerak. — Kino yoki seriallarni tushunamiz, ammo kliplarda-chi? — Yashirmayman, bu masalaning moddiy tomonlari bor. Qolaversa, tanish-bilishlar iltimosini yerda qoldirolmaysiz-da. Ijro qilib berasiz. — Rad etsangiz, nima bo‘ladi? — Shundoq ham ko‘p takliflarni rad etayapman. Kliplarga chaqirishadi, ammo hammasiga ham boravermayman. Lekin shuni ham hamma har xil tushunadi. Muhimi, klipdagi obrazim bachkana bo‘lib qolmasin. Men shundan qo‘rqaman. — Hojiakbar Haydarovning “Do‘lana” klipidagi ijrongiz-chi, Sizningcha, bachkana emasmi? — Shu klipda qatnashishim uchun bir necha tanish-bilishlar o‘rtaga tushdi. Nuriddin Haydarov do‘stim edi. O‘g‘liga yo‘q deya olmadim. Tesha Mo‘minov, Erkin Komilov bilan birga bordik, ammo klip sujetidan xabarimiz yo‘q edi. Bilganimizdan keyin esa ortga qayta olmasdik, otasining hurmati. Bor gap shu. Hech qanday pul-mul degan gap bo‘lmagan. “Do‘lana”dagi rolim kimgadir yoqmagan bo‘lsa, o‘zimni oqlamayman. Lekin qoralashga ham haqim yo‘q.
83
1,723
Madaniyat
Fathulla Mas’udov 57 yoshda vafot etdi. U koronavirusdan davolanayotgan edi
O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov 57 yoshida koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi jamoasi Fathulla Ma’sudovning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi, deyiladi xabarda. Fathulla Mas’udov 1963-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999-yili “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘lgan, 2003-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan. 2014-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda aktyorning vafot etgani haqida xabar tarqalgan, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva esa pochchasining tirik ekanligini aytib, ushbu xabarlarni rad etgandi. Eslatib o‘tamiz, 25-avgust kuni O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirus oqibatida vafot etgandi.
75
1,008
Madaniyat
Odil Yoqubov haqidagi yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida taniqli ijodkor Ashurali Jo‘rayevning “Odil Yoqubov xazinasidan” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA. Kitobda mashhur adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosh muharrir vazifasida ishlagan davridagi faoliyati, hamkasblari va shogirdlariga bo‘lgan samimiy munosabati, mehribonligi, insoniy va adabiy saboqlari qalamga olingan. “Odil Yoqubov bilan bir sohada ko‘p yillar ishlaganimdan doim g‘ururlanib yuraman. Samimiy, ochiqko‘ngil, sodda, to‘pori, kezi kelganda qattiqqo‘l, talabchan bu insondan juda ko‘p narsani o‘rgandim. Adibning adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan hissasi katta”, — deydi Ashurali Jo‘rayev. Tadbirda kitob haqida fikr-mulohazalar bildirildi. “Tabarruk adib” nomli hujjatli film namoyish qilindi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tinglandi.
56
897
Madaniyat
Sherali Jo‘rayevning ko‘p yillik hamkori, 22 yoshida unvon olgan, “Bahor”da charxlangan: taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 56 yoshda (foto)
O‘zbek raqs maktabining munosib davomchilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 27-noyabr sanasida tavallud topgan. Hamisha yosh va go‘zal ko‘rinuvchi raqqosa bugungi kunda ham o‘zining nozik, nafis va ba’zan jo‘shqin harakatlari bilan odamlarga zavq bag‘ishlab kelmoqda. Quyida 56 yoshga to‘lgan Rushana Sultonovaning hayoti va ijodiy faoliyatiga nazar tashlaymiz. “Ustozlar borasida omad kulib boqqan” Rushana Sultonova 1965-yilda Buxoro viloyatining Gazli shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasi energetika sohasida, onasi ta’lim tizimida faoliyat yuritgan. Bolaligidan raqs tushishni yaxshi ko‘rgan Rushanani yaqinlari kichkinaligida hech qanday to‘garakka olib bormaydi. 1979-yili hozirgi Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga o‘qishga kirgach, professional raqqoslardan saboq ola boshlaydi. “Menga ustozlar borasida omad kulib boqqan, deb bemalol ayta olaman. O‘z vaqtida va o‘z joyida o‘z ishining ustalari qo‘liga tushish baxt! Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida o‘zbek raqsidan ilk ustozim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zulayho Rahmatullayeva dars bergan. Keyinroq xoreograf, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti Halima Komilova (taniqli doirachi, o‘zbek raqsining asoschilaridan biri usta Olim Komilovning qizi) meni yoniga olib, yangi raqslar o‘rgata boshladi. Ta’til vaqtlari ustozim meni o‘zi ishlaydigan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga olib borardi. O‘shanda birinchi marta bu teatrning hashamatli sahnasini, balet zallarini ko‘rganman va hayratlanganman. Halima opa menda teatrga muhabbat uyg‘otgan. 1984-yil o‘qishni tamomlayotgan vaqtimizda turli ansambllar, teatrlar rahbarlari kelishib, raqqosalarni saralab olishdi. Shunda meni Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining bosh baletmeysteri Galiya Izmaylova tanlab oldi va teatrga ishga taklif etdi. Men bilan birga Malika Ahmedova hamda Klara Yusupova ham bor edi. Shuningdek, SSSR xalq artisti Bernora Qoriyeva bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lganman, ularni ham ustozim deb bilaman”, — deydi Rushana bir intervyusida. “Bahor”da ishlaganimdan faxrlanaman” Vaqt o‘tib, taqdir Rushanani O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova tomon yetaklaydi. U taniqli raqqosani o‘zining ikkinchi onasi, deb biladi. “Men juda kamsuqum, kamtar qiz bo‘lganman. O‘zimni ko‘rsatishni bilmasdim, birov so‘ramasa gapirmasdim. Viloyat opa menga ‘San’atda odam jasurroq bo‘lishi kerak, eshikdan haydasalar, teshikdan kirish lozim’ derdi. Rushana Sultonova ustozi, O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova bilan Bu inson bilan birga hayotimning, ijodimning qaynoq damlari o‘tgan. Ustozim menga turli raqslarni o‘rgatdi, liboslarni ham birga tikardik, har qanday kunimda yonimda bo‘ldi, ko‘p safarlarga birga bordik. Bir so‘z bilan aytganda, Viloyat opa menga ikkinchi onamdek bo‘lib qoldi. Meni Rushana Sultonova qilgan Viloyat Oqilova bo‘ladi”, — deydi raqqosa. Rushana Sultonova 1987-yili 22 yoshida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlanadi. U teatrda ishlash barobarida hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil oladi. 1994-yilda teatrdagi o‘n yillik faoliyatiga nuqta qo‘yadi va huddi shu yildan “Bahor” ansambliga ishga o‘tadi. “O‘zbekiston xalq artisti Ma’mura Ergasheva taklifi bilan “Bahor”ga o‘tganman. Ular u yerda rahbar edi. Ma’mura opaga rosa havas qilardim. Ustoz hamma raqslarni shunaqa yengil ijro etardi va kuchli pedagog edi. “Bahor”da shunday san’atkor bilan birga ishlash juda qiziqarli bo‘lgan. Ma’mura opa menga Mukarrama Turg‘unboyeva uslubini o‘rgatgan. Rushana Sultonova hamksablari bilan “Bahor”da ishlaganimdan doim faxrlanib kelaman. Ansambldagi muhit, men ko‘rgan maktab, ustozlar, qizlar – baridan ko‘nglim to‘lgan. Har bir raqs ustida qayta-qayta ishlardik. Qizlar orasida eng kichigi bo‘lganman, ustozlar meni namuna qilib ko‘rsatishardi. Qizlar chertib-chertib, saralab olingani edi, har biri kuchli raqqosa edi. Hayotimda “Bahor” menga “tashrif qog‘ozi” kabi xizmat qildi”, — deya xotirlaydi Rushana Sultonova. Aktrisalik faoliyati Taniqli raqqosa o‘zidagi aktrisalik qobiliyatini ham yuzaga chiqarish niyatida ikkita filmda suratga tushadi. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida o‘qib yurgan kezlari, ya’ni 1980-yili “O‘zbekfilm” rejissorlari tomonidan o‘tkazilgan kastingda ishtirok etadi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, “Komila” nomli filmda Guli rolini talqin qiladi. 1986-yili “Tojikfilm” kinostudiyasi tomonidan “Ming bir kecha” ertagi asosida “Shahrizodaning yangi ertagi” filmida suratga tushadi. Tohir Sobirov rejissorligidagi mazkur kartinada bosh baletmeyster Galiya Izmaylova bo‘ladi. Uning taklifi bilan epizodik rolga tasdiqlangan Rushana filmda arabcha raqs ijro etadi. “Shahrizodaning yangi ertagi” Qrim va Dushanbeda syomka qilinadi. 19 yoshli “Sanam” 1998-yil “O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga loyiq ko‘rilgan Rushana Sultonova bir yil davomida “Yetti go‘zal” ansamblida ijod qiladi. U 2002-yildan buyon turmush o‘rtog‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Vohidov bilan Temiryo‘lchilar san’at saroyi qoshida tashkil etgan “Sanam” raqs ansamblida faoliyat yuritib kelmoqda. Rushana Sultonova shogirdlari davrasida “Yoshlar bilan ishlash menga yoqadi. Mana hozir ular orasida Dilrabo Bozoraliyeva, Sitora Avezova, Nigina Abdukarimovalar yetuk raqqosalar bo‘lib yetishdi. Biz ansambl bilan temiryo‘llari bo‘ylab safarga chiqamiz va konsertlar beramiz, chet ellarga boramiz. AQSh, Xitoy, Belgiya, Fransiya, Gollandiya va Turkmanistonda bo‘ldik. Men asosan mumtoz maktabni davom ettirishga harakat qilayapman. Shakl o‘zgargani bilan mohiyat o‘zgarmaydi. Milliy raqsimizni Mukarrama Turg‘unboyeva Ma’mura Ergashevaga, Ma’mura Ergasheva menga o‘rgatdi. Men esa “Sanam”dagi qizlarimga o‘rganib kelyapman. Ertaga ular ham yangi avlod raqqosalarini yetishtiradi. Raqs maktabimiz shu tariqa davom etyapti. Bu juda yaxshi an’ana”, — deydi taniqli san’atkor o‘z intervyularida. Sherali Jo‘rayevdan Ozodbek Nazarbekovgacha... Rushana Sultonova muxlislari orasida katta avlod vakillari ko‘pchilikni tashkil etishi shubhasiz. U faoliyatining ilk yillarida Sherali Jo‘rayev, G‘ulomjon Yoqubov kabi ustoz san’atkorlar va “Yalla” ansambli bilan hamkorlik qilib, raqslari bilan tomoshabinlar nazariga tushgan. Bugungi kunda ham yuqorida nomi qayd etilgan san’atkorlar ishtirokidagi loyihalarning ayrimlarida hirom aylaydi. Bundan tashqari, shogirdlari bilan Ozodbek Nazarbekov, Hulkar Abdullayeva, Avazbek Olimov singari taniqli xonandalarning konsert va kliplarida ham chiqish qiladi. Rushana Sultonova barcha viloyatlar bo‘yicha folklor raqslarni ijro etgan. “Doira chorlaydi”, “Buxorocha”, “Qizbola”, “Xorazm raqsining tug‘ilishi”, “Bahor ayyomi”, “Sarvinoz”, “Orazibon lazgisi”, “Gulsanam”, “Uchrashuv”, shuningdek, tojikcha, afg‘onacha va boshqa ko‘plab xalqlar raqslari ijrochisi sifatida tanilgan. Uning ijrosidagi “Tanovar”, “Munojot”, “Nahori nashta”, “Sho‘x qiz” kabi milliy o‘zbek raqslari ham minglab tomoshabinlariga ega. 1986-yilda u haqda “Rushana Sultonova raqsga tushadi” filmi suratga olingan. “Qattiqqo‘l bo‘lganman” To‘rt farzandning onasi, qator nabiralarning buvisi bo‘lgan Rushana Sultonova bir intervyusida o‘g‘il-qizlarining tarbiyasida onasining o‘rni katta ekanini ta’kidlaydi. Rushana Sultonova turmush o‘rtog‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Vohidov bilan “Farzandlar tarbiyasida juda qattiqqo‘l bo‘lganman. San’atkor uchun yaqinlarining yordami juda muhim. Yordamchilaring bo‘lmasa, ham oilani eplash, ham san’atda faoliyat yuritish qiyin. Chunki biz juda ko‘p safarlarda bo‘lamiz. Bu borada menga ota-onam katta yordam qilishgan. Men onamga bolalarimni bemalol ishonib ketardim. Onam bolalarimni bog‘chaga, maktabga, til o‘rganish uchun repetitorlarga olib borardi. Hatto onam nevaralarga qarash uchun nafaqaga erta chiqqan. Volidam xotirjam ishlashim uchun sharoit yaratib bergan. Shu bois yutuqlarimning yarmi, onamga tegishli, desam yanglishmagan bo‘laman. Farzandlarimga kattalarni hurmat qilishni, ularga  gap qaytarmaslikni o‘rgatganman. Albatta, ularga o‘ziga yarasha erkinlik ham berganman. Chunki bola to‘polon ham qilishi kerak. Ammo bu uning boshga chiqib ketishini bildirmaydi. Vaziyatga qarab ish tutish joiz. Buvisi erkalatsa, men qattiqqo‘llik qilganman, shunday qilib muvozanatni ushlab turganmiz”, —  deydi u.
165
8,390
Madaniyat
Jastin Biber ta’na-dashnomlardan qutulish uchun Instagram’ni tark etdi
Kanadalik xonanda Jastin Biber foydalanuvchilar tomonidan yog‘dirilgan tanqidlardan so‘ng Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi profilini yo‘qotib qo‘ya qoldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Foydalanuvchilarning salbiy izohlariga (ular ko‘pincha ilon shaklidagi emodzi smayllari ko‘rinishida bo‘lgan) Biberning sevgan qizi, 17 yoshli model Sofiya Richi bilan birga tushgan suratlar turkumi sabab bo‘ldi. Muxlislar Richini xonandaga mos emas va ishqiy munosabatlar uchun hali juda yosh deb hisoblamoqda. Biber bundan darg‘azab bo‘ldi va muxlislardan o‘zi sevgan insonlarga muhabbat bilan yondashishni talab etdi. Bahslarga Biberning sobiq ma’shuqasi, qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes o‘t qaladi. U Biberga ta’na-dashnomlarni to‘xtatish uchun Sofiya Richi suratlarini joylashtirishni to‘xtatishni maslahat berdi, xonanda esa endi u bilan tortisha ketdi. Oxir-oqibat Biber Instagram’dagi profilini yopish emas, butkul o‘chirishga qaror qildi.
70
950
Madaniyat
Xonanda Shohruxxon 12 kishilik “Xon” nomli guruh tashkil etadi
Xonanda Shohruxxon yangi “Xon” nomli guruh tashkil qilmoqda, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi. Ayni kunlarda 12 kishidan iborat bo‘luvchi guruh uchun kasting o‘tkazilmoqda. Shohruxxonning talabiga ko‘ra, guruhga qabul qilinadigan yosh iste’dod egalarining xonandalik, bastakorlik va shoirlikka o‘quvi bo‘lishi kerak.
62
321
Madaniyat
Rashid Xoliqov: “Musiqa yozish uchun o‘qish emas, uqish kerak” (video)
“Muloqot intervyu” doirasidagi navbatdagi intervyu Rashid Xoliqov bilan bo‘lib o‘tdi. Unda “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zolari tomonidan Intervyu.uz saytida qoldirilgan savollarga javob olindi. Quyida suhbatning yozma hamda video talqinini sizlarga taqdim etamiz. Акбаршох Ахмедов Ijodingizning gullab yashnagan davrlari nechanchi yillarga to‘g‘ri keladi? Rashid Xoliqov: Savol juda ham yaxshi. 1991-yil ansamblimiz tashkil topgan bo‘lsa, o‘sha yilning o‘zida ijodimiz gullab-yashnagan, deb ayta olaman. Ammo san’atkorning hayotida eng muhim voqealardan biri bu — uning unvon olishi. Kichkinagina qilgan xizmatimizga davlatimizning e’tibori bilan 1999-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” va “Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonlarini oldim. Menimcha, shu paytlar ijodimizning eng gullab-yashnagan paytlari bo‘lsa kerak. A'zam Qosimov “Shahzod” guruhining rasmiy sayti bormi? Rashid Xoliqov: Saytimiz bor, biroq hozir ishlamayapti. Chunki men 2013-yilda ijoddan biroz chetda bo‘ldim. Mana endi yangi yildan yo‘lga qo‘yamiz. Ruslan Rustamov (ruslanmedia) Nega yangi qo‘shiqlar yaratmayapsiz? Ijodingizda yangiliklar ko‘rmayapmiz. Rashid Xoliqov: Qo‘shiq yaratishda har doim songa emas, sifatga ahamiyat berganmiz. Shuning uchun sifatli va xalqqa manzur bo‘ladigan taronalar yaratgim keladi. Ansamblimiz tashkil topganiga 22 yil bo‘ldi. Biz har doim yoningizda bo‘lamiz va o‘zimizning qo‘shiqlarimiz bilan sizni xursand qilamiz. Faqat siz shoshmasangiz bo‘ldi. Bek Uzbekistan Rashid aka, sir emaski, hamma baxtni har xil va o'zicha tushunadi. Aytingchi, siz uchun baxt nima? Rashid Xoliqov: Odamning sog‘-salomatligi, oilasi borligi, uning tinchligi, qolaversa, yurtining tinchligi katta baxt. Bek Uzbekistan O‘zbekistonlik qaysi ijodkorlar va san’atkorlarning ijodini kuzatasiz va hurmat qilasiz? Siz muxlislik qiladigan san’atkorlar kimlar? Rashid Xoliqov: Uyda o‘tirib, radio yoki televizorni yoqib kimnidir kuzataman, desam yolg‘on bo‘ladi. Biz 22 yildan beri ishlab kelayotgan bo‘lsak, o‘sha paytdan beri hozirgacha ishlayotganlar barmoq bilan sanoqli. Keyin safimizga kelib qo‘shilgan ukalarimiz, singillarimiz yaxshi qo‘shiqlar ijro etishadi. Men bundan xursand bo‘laman. s_e_v_a_r_a “Muhabbatim sen” qo‘shig‘ingizni kimga bag‘ishlagansiz? Rashid Xoliqov: Chiroyli she’rga yozilgan qo‘shiq. Kimgadir alohida atalgan joyi yo‘q. Bek Uzbekistan Rashid Xoliqov bir necha marotaba fransuzcha qo‘shiq kuylaganingizni bilamiz. Savolim shundayki, siz fransuz tilini bilasizmi? Yana qaysi tillarni mukammal bilasiz? Rashid Xoliqov: Fransuz tilini bilmayman. Fransuzcha qo‘shiq kuylaganimizda Shoira opa degan o‘qituvchi bo‘lar edi. Shu kishi bilan so‘zlarini o‘rganib, talaffuzini to‘g‘rilab, keyin kuylaganmiz. Dostonbek Nazirbekov Rashid aka, hozirgi paytda urf bo‘layotgan rep musiqalariga munosabatingiz qanday? Salbiymi yoki ijobiymi? Uni tinglayotganlarga-chi? Rashid Xoliqov: Rep musiqalari aynan hozirgi paytda urf bo‘lmayapti. Bunaqa yo‘nalish ancha paytdan beri rivojlanib kelyapti. Menga juda ham yoqadi. Nodirshoh Inomov ( Hirundinesiya ) Assalomu alaykum, hurmatli Rashid aka. Men kelajakda qo‘shiq yozish niyatim bor. Hammada bo‘lgandek, meni musiqaga o‘zgacha qarashim bor, masalan folkrock janrida ijod qilish yoki yangi o‘zbek musiqiy janrini yaratish va bu janr shunday mashhur bo‘lsinki, g‘arbona rock va shunga o‘xshash janrlarni o‘rnini egallasin. Shu fikrimga qanday qaraysiz? Maslahat bersangiz. Rashid Xoliqov: Musiqa yozish uchun o‘qish emas, uqish kerak, deb o‘ylayman. Chunki hech qayerda o‘qimagan, ammo juda chiroyli musiqalar yozadigan bastakorlarni bilaman. Eng kerakligi dildan va samimiyat bilan o‘zingizni aldamasdan chiroyli musiqa yozsangiz, albatta, uni tinglovchilar topiladi. jonny1123 Какие песни лучше всего отражают ваше отношение к работе? Har bir qo‘shiq yaratganimizda yuragimizning bir qismini qo‘shamiz, busiz iloji yo‘q. Keyinchalik shu qo‘shiqlarni eshitganingizda, o‘sha qo‘shiqning qanday yaratilganligi xayolingizdan o‘tadi. jonny1123 Каким был Ваш самый большой личный провал? Оглядываясь на него теперь, сделал он Вас слабее или сильнее? Чему он научил? Rashid Xoliqov:  Men o‘zi stabil odamman, pastlashga ham hali shoshayotganimiz yo‘q. Nasib qilsa guruhimizning 30—40 yilliklarida ham mana shunday suhbatlar quramiz. samandar946 Как вы считаете, если бы вы не стали певцом, в какой области вы работали бы? И с кем вы бы хотели спеть с Европы? Rashid Xoliqov: Bilmadim, balki uchuvchi yoki shifokor bo‘lardim. Lekin shu hayotga yana kelsam, yana san’atkorlik yo‘lini tanlar edim. Chunki bu kasb insonlarga xursandchilik, yaxshi kayfiyat taqdim etadi. Rashid Xoliqov suhbat yakunida Nodirshoh Inomovning musiqa yozish haqidagi savolini “Eng yaxshi savol” deb topdi. Savol egasiga “Muloqot” saytlar tarmog‘idan esdalik sovg‘a taqdim etildi. “Muloqot intervyu” loyihasida bir qancha taniqli insonlar mehmon bo‘lishgan. Ular bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarni Intervyu.uz saytidan topishingiz mumkin. Siz ham mashhur insonlarga savol berishni xohlaysizmi? Unda marhamat ;)
70
5,057
Madaniyat
Xonanda Aziza Niyozmetova ijodining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan konsertida asosan jonli ijroda kuylaydi
Xonanda Aziza Niyozmetova ijodining 25 yilligi munosabati bilan “Istiqlol” san’at saroyida “Yuragimdan joy beraman, kelsangiz” nomli yubiley konsert dasturini o‘tkazishga qaror qildi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”. “Konsert 26–27-yanvar kunlariga belgilangan, hozirda xonanda yakkaxon dasturi uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dasturda nafaqat yangi, balki muxlislar qalbidan chuqur o‘rin egallagan qo‘shiqlar ham o‘rin olishi rejalashtirilmoqda”, – deyiladi xabarda. “Jonli ijroda konsert berish niyatim bor edi. Ammo sozandalar tarkibi bilan bog‘liq muammolar sabab, ba’zi qo‘shiqlarni fonogramma orqali ijro etishga qaror qildim. Ammo konsert repertuarining asosiy qismini jonli ijroda kuylayman”, – dedi Aziza Niyozmetova.
118
733
Madaniyat
Muvaffaqiyatli filmlarning davomida rol ijro etishdan bosh tortgan aktyor va aktrisalar (foto)
Agar film kassada muvaffaqiyatga erishsa, kinostudiyalar ko‘proq daromad olish uchun kartinaning keyingi qismini suratga olishni boshlaydi. Ammo aktyorlar u yoki bu sabablarga ko‘ra har doim ham davomiy filmlarda rol o‘ynashga rozi bo‘lmaydi. Garchi ularga millionlab gonorar taklif qilinayotgan bo‘lsa ham. Masalan, Kianu Rivz “Tezlik-2” jangari filmini suratga olishdagi ishtiroki uchun 12 million dollar ishlab olishi mumkin edi, biroq u ssenariyni tushunmagani uchun rad javobini berdi. Bill Myurrey Bill Myurrey “Xayolot ovchilari 3” filmida suratga tushishdan voz kechdi, chunki uni yangi film g‘oyasi umuman hayratda qoldirmadi. Unga ssenariy shunchalar yoqmadiki, uni yirtilgan holda qaytarib berdi va “Hech kim arvohlar ortidan quvayotgan semiz chollarni tomosha qilish uchun pul to‘lamaydi”, – dedi. Linda Xemilton Linda Xemilton “Terminator 3: Mashinalar isyoni” jangovar filmida rol o‘ynashni istamadi, chunki u dastlabki ikkita filmdagi qahramoni mukammal tarzda ishlab chiqilgan va Sara hech qanday sababsiz qaytarilmasligi kerak deb hisoblagan. Shuningdek, u o‘qigan ssenariy ko‘proq o‘g‘li Jon Konnorga qaratilgan bo‘lib, aktrisaning qahramoni ikkinchi darajali edi. Bu, albatta, unga yoqmadi. Kianu Rivz Ajoyib aktyorlar ishtirokidagi bu abadiy va shiddatli triller Sandra Bullokni jahon yulduziga, Kianu Rivzni esa haqiqiy jangari qahramonga aylantirdi. Kartinaning o‘zi 30-37 million dollarlik budjet bilan 350 million dollardan ko‘proq pul yig‘di. Aktyorlardan davomiy filmda rol o‘ynashni so‘rashganda, Bullok rozi bo‘ldi, lekin Rivz buni xohlamadi. Kianuga “Tezlik-2”da ishtirok etish uchun 12 million dollar taklif qilingan. Ammo u Sandra bilan ishlashni yaxshi ko‘rishiga qaramay, ssenariyni tushuna olmayotganini aytdi. Aytgancha, “Tezlik”ning davomi kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, salbiy baholarga sabab bo‘ldi, “Oltin malina”ning “Eng yomon remeyk yoki davomiy kartina” nominatsiyasida 8 ta mukofotga nomzod bo‘ldi. Reychel Vays Reychel Vays “Mumiyo” filmining 3-qismida suratga tushishdan bosh tortishining sabablaridan biri – suratga tushish jarayonida Xitoyga 5 oylik xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan. Aktrisa o‘sha paytda o‘g‘lini dunyoga keltirgan va uni uzoq vaqtga tark etishni xohlamagan. Uill Ferrell “Elf” – bu Rojdestvo klassikasi bo‘lib, Uill Ferrell uchun unga qaytish asl nusxaning mavqeyini yo‘q qilish bilan barobar edi. Aktyor bunday qilmaslikka qaror qildi, shuning uchun unga Elf Baddi roli uchun taklif qilingan 29 million dollarlik gonorardan ham voz kechdi. Ja Rul Aktyorga bosh rol uchun 500 ming dollar evaziga “Forsaj” filmining ikkinchi qismida o‘ynash taklif qilinganida, u rad javobini berdi. Ja Rul jangovar filmda suratga tushishni o‘ylab ko‘rdi, lekin oxir-oqibat bu fikrini o‘zgartirdi, chunki u o‘sha paytda Gollivudda qolmasligini his qildi. Keti Xolms “Qora ritsar” filmining davomida suratga tushish vaqti kelganida Keti Xolms loyihadan voz kechdi. Gap shundaki, o‘sha paytda “Soxta pul” komediyasi suratga olinayotgan va aktrisaga ajoyib rol taklif qilingan edi. Jim Kerri Jim Kerri “Niqob” filmining davomida o‘ynash taklifini rad etgan, chunki u hech qachon davomiy filmlarning katta muxlisi bo‘lmagan va bir xil obrazni ikki marta o‘ynashga qiziqmagan. U bunday qarorga “Eys Ventura: Uy hayvonlarini qidirish” komediyasining 2-qismida o‘ynaganidan keyin kelgan. Bryus Uillis Bryus Uillis “Chegarasiz 3” filmida yana janob Chyorch rolini o‘ynashi kerak edi. Agar u rozi bo‘lganida, 3 million dollarga atigi 4 kunlik ishda ega bo‘lishi mumkin edi. Ammo Uillis 4 million dollar gonorar so‘radi. Studiya rozi bo‘lmagani tufayli u loyihada ishtirok etishdan bosh tortdi. Vin Dizel Vin Dizel “Forsaj” filmining ikkinchi qismidagi roli uchun 25 million dollardan bosh tortdi. U buni studiyalar asosan 1-qismga aloqasi bo‘lmagan yangi sujetlarni targ‘ib qilishini yoqtirmasligi bilan izohladi. Aktyor franshizaga faqat 4-qismda qaytishga rozi bo‘ldi. Keyin esa filmlar ssenariysiga ta’sir o‘tkazish sharti bilan prodyuser bo‘ldi. Jodi Foster Jodi Foster “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Qo‘zilar sukunati” trillerining davomi – “Gannibal” filmida FQB agenti Klarissa Starling rolini o‘ynashni istamasligini ma’lum qildi. Aktrisaga suratga tushishda ishtirok etish uchun 20 million dollar taklif qilingan edi. Maykl Kiton Maykl Kiton nima uchun Betmen franshizasini tark etgani haqida oddiy tushuntirish berdi – bu yangi “Betmen abadiy” filmining ssenariysi. U sujetni “dahshatli” deb hisobladi va bu super qahramon bilan aloqador bo‘lishni xohlamadi. Uning roli uchun 15 million dollar taklif qilingan edi. Robin Uilyams Robin Uilyams dastlab “Olovuddin II: Ja’farning qaytishi” filmidagi jinga ovoz berishga rozi bo‘ldi, lekin uning ovozi tegishli mahsulotlarni reklama qilishda ishlatilmasligi sharti bilan. Biroq keyinchalik aktyor Disney studiyasi kelishuvga rioya qilmadi, deb hisobladi va kelishmovchiliklar tufayli u oxir-oqibat dublyaj aktyori bo‘lishdan voz kechdi.
94
4,959
Madaniyat
Turkiyalik aktrisa Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so‘ng yangi serial bilan ekranga qaytmoqda
Taniqli turk aktrisasi Nurgul Yashilchoy uzoq tanaffusdan so‘ng ekranga qaytmoqda, deb yozadi “Rusturkey.com”. Qayd etilishicha, aktrisa “Yovvoyi narsalar” deb nomlangan komik teleserialda suratga tushgan. Ushbu serialda, shuningdek, Selim Bayraktar, Xazal Turesan hamda Aytacha Ushun kabi aktyorlar ham rol ijro etgan. Serialning har bir qismi 20 daqiqalik bo‘ladi. U turk telekanallaridan birida efirga uzatilishi rejalashtirilgan. Nurgul serial barcha yoshdagi tomoshabinlarga manzur bo‘lishiga ishonishini bildirgan. Nurgul Yashilchoy teatr va kino aktrisasi bo‘lib, u o‘zbek tomoshabinlariga “Ishkomli uy”, “Ko‘sem”, “Parchalangan yuraklar” kabi teleseriallar bilan yaxshi tanish.  Neslihanning eri Burak bilan munosabatlari haqida gapirdi, Kaan “Muhtasham yuz yil”dagi Firuze bilan bir filmda. Turk kinosi yangiliklari
96
825
Madaniyat
Sandra Bullok 51 million dollar daromad bilan Gollivudning eng toparman aktrisasiga aylandi
Amerikalik aktrisa Sandra Bullok so‘nggi yilda 51 million dollar ishlab, Gollivudning eng ko‘p daromad oladigan aktrisasiga aylandi. Bu haqda Forbes jurnali ma’lum qildi. Bullok uchun asosiy daromad manbasi rejissor Alfonso Kuaronning o‘tgan yili ekranlarga chiqqan “Gravitatsiya” filmi bo‘ldi. U prokatda 716 million dollar to‘pladi va 2014-yilgi Oskar taqdimotida yettita yo‘nalish bo‘yicha mukofotga ega bo‘ldi. 2013-yilning iyunidan 2014-yilning iyunigacha eng ko‘p mablag‘ ishlagan aktrisalar reytingidan Jennifer Lourens (34 million dollar), Jennifer Eniston (31 million dollar), Gvinet Peltrou (19 million dollar), Anjelina Joli va Kemeron Diaz (18 million dollardan), Skarlett Yoxansson (17 million dollar), Emi Adams va Natali Portman (13 million dollardan) hamda Kristen Styuart (12 million dollar) ham o‘rin oldi. O‘tgan yilgi reytingda Anjelina Joli 33 million dollarlik daromad bilan yetakchilik qilgan edi. Jurnalning ta’kidlashicha, Gollivudda hali-hamon ayollar erkaklarga qaraganda kamroq pul topadi. O‘tgan yilning eng serdaromad aktyori kichik Robert Dauni 75 million dollar ishlab topgan.
91
1,109
Madaniyat
1-sentabrdan “Kinoteatr” telekanali o‘z ko‘rsatuvlarini HD formatida efirga uzata boshlaydi
1-sentabr kunidan boshlab O‘zMTRK tizimidagi “Kinoteatr” telekanali o‘z ko‘rsatuvlarini nafaqat SD formatida, balki bugungi texnologiyaning eng so‘nggi yutuqlaridan biri hisoblangan va texnik sifat borasida yuqori tiniqlikni ta‘minlaydigan HD formatda ham efirga uzata boshlaydi. Bu haqda Spot xabar berdi. Bundan buyon teletomoshabinlar “Kinoteatr” telekanalini yuqori tiniqlikdagi HD formatda ko‘rish bilan bir qatorda, ovoz signalini ikki liniyada eshitish imkoniga ham egadir. Binobarin, ovoz signallari bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan har bir liniya alohida simmetrik (stereo) tizimga ega bo‘lib, teletomoshabinlar o‘zlari uchun ma‘qul hisoblagan tilni bemalol tanlashi mumkin. Qisqa qilib aytganda, “Kinoteatr” telekanali muxlislari o‘zlari yoqtirgan kinofilmlar va teledasturlarni ikki liniyaga ega bo‘lgan ovoz texnologiyasi yordamida o‘zbek va rus tilida tinglashlari hamda texnik sifat jihatidan yuqori tiniqlikdagi HD formatda kuzatib borishlari uchun barcha sharoit muhayyo.
91
981
Madaniyat
O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak yangi dugonalarni topdi
O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan Kseniya Sobchak o‘ziga dugonalar topdi va “yangi hayoti” boshlanganini e’lon qildi. Sobchak Instagram’dagi sahifasida joylashtirgan fotoda u milliy liboslardagi o‘zbek qizlar davrasida aks etgan. Unga Amir Temur maqbarasi bilan bog‘liq rivoyatlarni hikoya qilishgan. Kseniya Sobchak Samarqandga dam olish kunlari keldi. Registon maydonida, Tilla qori masjidida bo‘lib, so‘zana xarid qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga safari bilan bog‘liq ko‘plab fotolar joylashtirdi.
100
511
Madaniyat
Afsonaning o‘limi. “Bitlz” yulduzi Jon Lennon qanday o‘ldirilgan edi?
Bugun butun dunyo afsonaviy Jon Lennonni eslaydi. Chunki 8-dekabr kuni “Bitlz” guruhining eng mashhur solisti Mark Chapman tomonidan o‘ldirilganiga 40 yil bo‘ldi... Jon Lennon kimligini ko‘pchilik biladi. Musiqachi, isyonkor, dunyoni o‘zgartirgan odam... Uning shaxsiyati shu qadar turli afsonalar matosiga o‘ralganki, hozir ham musiqachining tarjimayi holidagi haqiqiy faktlarni tiklash qiyin. Shunday afsonalarga ko‘ra, u 1940-yil 9-oktabrda Liverpulda, shahar fashistlar tomonidan bombardimon qilinayotgan paytda tug‘ilgan. Jon Lennon. Avantyurizm va isyonkorlik Lennonga ota-onasidan meros bo‘lib qolgan. Uning otasi Alfred bolalar uyida tarbiyalangan, bir shisha viski o‘g‘irlashda ayblanib, uch oy qamoqda o‘tirgan. Onasi esa so‘rovnomalarda chipta sotuvchisi sifatida ishlaganini ko‘rsatsa-da, aslida, u ishsiz edi. Jon tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay uning ota-onasi ajrashib ketdi va Jon o‘zi bilan o‘zi qoldi. Maktabda esa, aftidan, aqlli ko‘rinishga ega bo‘lgan bu ko‘zoynakli bola bezorilarning eng kattasi edi. U o‘z atrofiga to‘da tuzib, ular bilan birga mayda o‘g‘irlik bilan shug‘ullangan, tengdoshlari bilan mushtlashgan. Ammo bu Jon Lennonni jinoyat olamiga boshlamadi. 16 yoshida u maktabdagi do‘stlari bilan o‘zining birinchi guruhi “The Quarrymen”ni tashkil etdi. Oradan bir yil o‘tgach u Pol Makkartni bilan tanishdi va ular musiqiy guruh tuzmoqchi bo‘ldi. Makkartni esa o‘z do‘sti Jorj Xarrisonni ham ushbu guruhga taklif qildi. 1959-yilda guruh nomi Silver Beetles deb nomlandi va 1960-yil 11-iyunda gazetalarda ilk bor The Beatles haqida maqolalar paydo bo‘ldi. Oradan bir necha yil o‘tgach butun dunyo ular haqida gapira boshladi. O‘z shon-shuhratining eng yuqori cho‘qqisida Lennon shunday degandi: “Biz hozir Iso Masihdan ham mashhurroqmiz. Qaysi biri avval yo‘qolishini bilmayman: rok-roll yoki nasroniylik”. Mashhur isyonkorning bu iborasi kelajakda unga qanday kulfatlar keltirishini tasavvur ham qila olmasdi... Jon Lennondan farqli o‘laroq, Mark Chapman ko‘zga tashlanmaydigan odam edi. U bolaligidan AQSh havo kuchlari serjanti bo‘lgan otasining g‘azabidan qo‘rqib ulg‘aydi. Chapman tengdoshlari orasida ham doimiy masxara qilish obyekti edi. Biroq uni ruhlantiruvchi sevimli “Bitlz” guruhi bor edi, Mark 10 yoshidayoq ushbu guruhning muxlisiga aylangandi. Markning xonasidagi devorlar guruhning plakatlari bilan to‘lgan, u ham Bitlz a’zolari kabi kiyinar, sochlarini ham ular kabi o‘stirgan, xuddi Jon Lennon kabi dumaloq ko‘zoynak taqqan, qo‘shiqlar yozgan, gitara chalgan. Eng muhimi, unda Bitlzning shon-sharafi yo‘q edi, Mark buni orzu qilardi. Chapman 15 yoshga to‘lganida “Bitlz” guruhi tarqab ketdi. Shundan ko‘p o‘tmay Chapman o‘z shahri Atlantadan chiqib ketdi va bir yil o‘tib butunlay boshqa odamga aylanib qaytdi. Kalta sochlar, oq ko‘ylak va galstuk... Bu o‘zgarishlarning barchasi Chapmanning nasroniylik diniga sho‘ng‘ib ketgani bilan bog‘liq edi. U yoshlar diniy birlashmasining faoliga aylandi va maktabni tugatgandan so‘ng o‘qishni davom ettirmaslikka qaror qildi. Missioner sifatida turli davlatlarga sayohat qildi. Tanishlari Chapmanni har narsada boshqalarni rozi qilishga urinadigan, o‘ziga ishonmaydigan yigit sifatida eslashadi. Oxir oqibat u Gavayiga joylashdi, qo‘riqchi sifatida ish boshlaydi va avvalgi rok-n-rolga bo‘lgan ehtirosini abadiy unutganday bo‘ldi. Biroq Lennon obrazi Markni qo‘yib yubormadi. Endi uning kumiri Markda yomon ko‘rish hissi bilan ifodalanardi. Lennonning “Bitlz” Iso Masihga qaraganda mashhurligi haqidagi gapini endi Chapman kufr deb qabul qilardi. Bu uning sobiq kumiriga taqlid qilishga ongli yoki ongsiz ravishda to‘sqinlik qilmadi — Lennondan o‘rnak olib, Mark ham Gloriya Abe ismli yapon ayoliga uylandi. Keyinchalik Gloriya ham eri Mark Lennonning “xiyonati” haqida ko‘p gapirganini eslaydi. Isyonchi va yetim bolaning kelajakda millionlarning kumiri va boy insonga aylanishi Chapmanga yoqmaydi. U o‘z omadsizliklari ta’sirida Lennonga hasad qila boshlaydi. Chapmanning qarashlariga ko‘ra, Lennon o‘z qo‘shiqlarida ulug‘lagan tenglik, birodarlik va erkinlik g‘oyalari bilan uning bir nechta kvartiralari, uylari va o‘z oroliga ega boy insonga aylanishi mos kelmasdi. Shu bilan birga, Markning o‘zi uning kumiri ega bo‘lgan narsalarning yuzdan bir qismiga ham ega emasdi. Oxir oqibat, kumiriga nisbatan paydo bo‘lgan nafrat va hasadning portlovchi aralashmasi Mark Chapmanni dahshatli qotillik rejasini amalga oshirishga undadi. Qotil ishdan bo‘shab, o‘qotar qurol sotib olib, tanishi bo‘lgan politsiyachidan beshta o‘q olib, Nyu-Yorkka yo‘l oldi... 1980-yil Jon Lennon uchun juda o‘ziga xos yil edi. O‘sha vaqtga kelib “Bitlz” allaqachon tarqalib ketgandi, bu guruhdagi ziddiyatlarning natijasi edi: Lennon va Makkartni yetakchilik uchun kurashdi, yakkaxon ijrochilik tajribalari boshlandi. Bundan tashqari, Jon Lennonning rafiqasi Yoko Ono “Bitlz”ning mashg‘ulotlariga kelishni boshladi. Hozirgacha ko‘plab muxlislar bu ayolni guruhning tarqalishida ayblaydi. U Jonga juda katta ta’sir ko‘rsatgan edi. Ular birgalikda san’at va musiqa bilan shug‘ullandi, dunyodagi tinchlik uchun yuqori darajadagi tadbirlarni tashkil qildi va “Bitlz” tarqagandan keyin, 1975-yilda Nyu-Yorkka jo‘nab ketishdi. Mark Chapman Nyu-Yorkda ularning farzandi Shon tug‘ildi. Shundan so‘ng Lennon uzlatga chekinish davrini boshladi, u besh yil davomida yangi qo‘shiq chiqarmadi va 1980-yilga kelibgina “Double Fantasy” deb nomlangan yangi albom yozdi. Asar tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi va “Bitlz” muxlislari guruhning birlashishini kutib quvonardi. Jonning o‘zi bundan ilhomlanib, ruhiy kuch-quvvatga to‘la boshlagandi. Hammasi bir kechada tugadi. 1980-yil 8-dekabrda Jon Lennon va Yoko Ono ovoz yozish studiyasidan Manxettendagi o‘zlari yashagan hashamatli “Dakota” uyiga yo‘l oldi. Jon magnitofon va kassetalarni ko‘targan holda xotinining orqasidan limuzindan tushdi. Keyin beshta o‘q ovozi yangradi. Qon, qichqiriqlar, shishaning singan ovozi... Tez yordam mashinasi juda tez yetib keldi, ammo ular Lennonni qutqara olmadi – u 80 foiz qonini yo‘qotgandi. Politsiya voqea joyiga  bir daqiqadan so‘ng yetib keldi. Ular qotilni ushlashlari shart emasdi: Mark Chapman jinoyat joyida qolgandi. U fonus ostida asfaltga o‘tirib sevimli kitobi – Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romanini o‘qirdi. “U ikona edi. Men uni o‘ldirdim, chunki u juda, juda va juda mashhur edi, bu yagona sababdir. Men esa juda, juda, juda ko‘p shuhrat qidirardim va xudbin edim”, deb izoh berdi keyinchalik Chapman. Biroq ba’zi tadqiqotchilar qotil yolg‘iz harakat qilmaganiga ishonadi. Shundaylardan biri – amerikalik jurnalist Fenton Bresler o‘zining mustaqil surishtiruvini olib bordi va Chapman Amerika maxsus xizmatlarining yollangan agenti bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keldi. Maxsus xizmatlar Jon Lennon faoliyati bilan faol qiziqdi. Uning yoshlarga bo‘lgan ta’siri Amerika hukumatiga yoqmasdi. Bundan tashqari, Lennon Vyetnam urushiga ochiqchasiga qarshi chiqdi va Pentagonni “tajovuz fohishaxonasi” va generallarni “mushtumzo‘rlar”, deb atadi. Jon Lennon Britaniyaning Leyboristlar partiyasi va irland millatchilariga pul berishni boshlaganda, Britaniya razvedkasi ham unga faol qiziqdi. Umuman olganda, siyosiy faol bo‘lgan Jon Lennon juda ko‘p odamlar uchun noqulay edi. “Erimni o‘ldirishdi... Nima uchunligini taxmin qilish qiyin emas”, degandi Yoko Ono. Ammo asr jinoyatini uyushtirishda yana kimlardir ishtirok etganmi yoki yo‘qmi, hali ham noma’lum. Bir kishi rasmiy ravishda qotil sifatida tan olindi – Mark Chapman. Uning ishi bo‘yicha sud jarayoni bir kun davom etdi va u umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. U orzu qilgan narsasiga – shon-shuhratga erishdi. Ammo hamisha yosh va abadiy daho bo‘lgan Jon Lennon yonida, yorqin va kuchli iste’dodga hasad qilgan, omadsizligini agressiya bilan ifodalagan inson ramzi sifatida mashhur bo‘la oldi xolos... Ushbu musiqa olamidagi yorqin rokstarning o‘ldirilishi siyosat olamidagi yana bir rokstar Jon Kennedining o‘limini yodga soladi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya... Nurbek Alimov tayyorladi.
69
8,025
Madaniyat
Xorijdan kelgan kinoijodkorlar viloyatlarga tashrif buyurishdi
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyurgan xorijiy delegasiyalar yurtimizning turli viloyatlariga tashrif buyurgan.   Bugun Turkiya, Rossiya, Beluras kinoijodkorlaridan iborat delegasiya Xorazmga tashrif buyurdi. U erda Xorazm milliy kuy qo`shiqlari bilan kutib olinib, milliy taomlar tortildi.   Misr Arab Respublikasi kinoijodkorlari Buxoroga tashrif buyurdi. Ularga o`zbek kino aktyorlari hamrohlik qilmoqda. Xorijiy mehmonlar viloyatlarda iliq kutib olinmoqda.   Eslatib o`tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 3 oktyabrgacha davom etadi. Kinofestivalning bosh homiylari “Bosch” TM hamda “Easy Booking”.
62
734
Madaniyat
Keti Perri Twitter'da “follover”lar bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Twitter’da yangi qirol, aniqrog‘i, qirolicha paydo bo‘ldi. Amerikalik qo‘shiqchi Keti Perrining ushbu tarmoqda uning yangiliklarini kuzatib boruvchi obunachilari soni 50 milliondan oshdi. Twitter'ga asos solinganidan beri bu mutlaq rekord hisoblanadi, deb xabar beradi ITAR-TASS. Keti Perrining rasmiy tvitteri. Skrinshot: “Daryo” Uning Prism nomli to‘rtinchi albomidan o‘rin olgan Dark Horse deb atalgan qo‘shig‘ining muvaffaqiyati uning Twitter’da “ko‘tarilishi”ga sabab bo‘ldi. Ushbu haftada qo‘shiq Billboard 100 xit-paradida eng yuqori pog‘onani egalladi. Shu tariqa, “follover”lari 50 milliondan oshib ketgan Keti Perri Twitter’da 49,2 million muxlisga ega bo‘lgan Jastin Biberdan mashhurlikni tortib oldi. Twitter mashhurlari reytingida Obama 41,2 million muxlisi bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
60
812
Madaniyat
Samarqand viloyat musiqali drama teatri Turkiyaga gastrol safarini uyushtiradi
Samarqand viloyat musiqali drama teatri Turkiya davlatiga gastrol safarini uyushtiradi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Samarqand teatrida 2017-yilda sahnalashtirilgan turk dramaturgi Tunjar Jujano‘g‘lining “Ko‘chki” spektakli muvaffaqiyat bilan qo‘yilib, tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda. 2017-yil noyabr oyida teatrning Toshkentga ijodiy safarida asar muallifi Tunjar Jujano‘g‘lining o‘zi ham tashrif buyurib, spektaklni ko‘rib, unga yuqori baho bergan edi. “Ko‘chki” asari dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlar teatrlarida sahnalashtirilib, muvaffaqiyatli o‘ynalib kelinmoqda. 2018-yil 23-fevral kuni Turkiya davlati Madaniyat va turizm vazirligi teatrlar boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyat musiqali drama teatri nomiga yuborilgan xatda, “Ko‘chki” spektakli 2018-yil 20—30-aprel kunlari Turkiya davlatining Konya shahrida o‘tkaziladigan “Ming nafas bir ovoz” turkiy tillarda sahnalashtirilgan spektakllarning XI Xalqaro festivaliga taklif etilganligi ma’lum qilingan edi. Shu munosabat bilan, Samarqand viloyat musiqali drama teatri joriy yilning 20—30-aprel kunlari Turkiya davlatining Konya shahrida bo‘lib o‘tadigan festivalda ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda. Spektakldagi asosiy rollarni teatrning yetuk aktyorlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Baxtiyor Raximov, Baxrullo Raximov, Gulbahor Mamedova, Mehri Hakimova, Solijon Hakimovlar bilan bir qatorda, umidli yosh aktyorlar Jamshid Murodov, Shoxsanam Obloqulova, Sarvinoz Saitovalar mahorat bilan ijro etib kelmoqdalar.
78
1,544
Madaniyat
O‘zbekistonda bahorda “Shum bola – 2019” xalqaro bolalar kinofestivali o‘tkaziladi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Germaniya Respublikasi Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi. Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va Gyote institutining O‘zbekistondagi filiali rahbari Yan Helfer doimiy hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, o‘zbek va nemis madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash va har yili an’anaviy tarzda bo‘lib o‘tadigan “Shum bola – 2019” xalqaro bolalar kinofestivalini munosib o‘tkazishdir. Tadbir so‘ngida “Shum bola – 2019” xalqaro bolalar kinofestivalini aprel oyida nishonlash rejalashtirildi.
82
696
Madaniyat
Popkornni unutmang: tez orada taqdim etilishi kutilayotgan 10 ta ajoyib film premyerasi
Ba’zilar hamma yaxshi filmlar allaqachon suratga olingan va tomosha qilish uchun hech narsa yo‘q deb da’vo qilishadi. Biroq premyeralarga e’tibor bersangiz, ko‘plab qiziqarli kinolar, animatsion filmlar va teleko‘rsatuvlarni topishingiz mumkin. Misol uchun, tez orada siz afsonaviy “Avatar”, “Jodulangan malika”ning davomini ko‘rishingiz va Addamslar oilasi muhitiga sho‘ng‘ishingiz mumkin bo‘ladi. “Jodulangan malika-2” Filmning birinchi qismi 2007-yil oktabr oyida namoyish etilgan va jamoatchilik tomonidan iliq kutib olingandi. Haqiqiy kadrlar va multfilm aralashmasi malika Jizelning hikoyasini ajoyib tarzda ochib bergan. Birinchi qismda u sevgilisi bilan Nyu-Yorkda qoladi. 2022 yil noyabr oyida esa ushbu hikoyaning davomini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Jizelning yangi hayotida hammasi yaxshi emas, chunki u ertaknamo o‘rmondagi avvalgi hayotini sog‘inishni boshlaydi. Premyera: 2022-yil noyabr “G‘alati dunyo” Ushbu multfilm fantastik mavjudotlar yashaydigan yerni o‘rganish uchun sayohatga chiqqan oilaning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Film treyleridan ko‘rish mumkinki, sujetda oilaviy nizolar va mustaqillik mavzusi yetakchilik qiladi, chunki bosh qahramonlardan biri butun umri davomida mashhur otasining soyasida yashagan. Premyera: 2022-yil noyabr “Avatar: Suv yo‘li” Birinchi film — “Avatar” 2009-yilda omadli chiqdi. Oradan 13 yil o‘tib, Jeyms Kemeron Jeyk Salli va uning o‘zga sayyoralik sevgilisi Neytirining hikoyasi davom etadigan “Avatar: Suv yo‘li” kartinasini taqdim etishga tayyor. Premyera: 2022-yil dekabr “Rozalin” Romeo va Julietta hikoyasini hamma biladi. Ammo asl spektakl matnini o‘qisangiz, Romeo Julietta bilan tanishishdan oldin o‘sha paytda oshiq bo‘lgan Rozalin bilan uchrashgani ayon bo‘ladi. Film aynan shu voqeaga bag‘ishlangan — mashhur juftlikka sobiq sevgilisi tomonidan qarash. Premyera: 2022-yil oktabr “Venzdey” Ushbu serial chorshanba kuni Addamslar oilasida tug‘ilgan Venzdeyga bag‘ishlanadi. Tomoshabinlar bu g‘ayrioddiy oila bilan 1991-yilda “Addamslar oilasi” filmi chiqqanida tanishgan. Endi esa Venzdey oddiy maktabda, keyin esa Nevermore akademiyasida boshqa o‘smirlar bilan qanday munosabatda bo‘lishini tomosha qilish mumkin. Premyera: 2022-yil oktyabr “Hayvonlar shahri” 2016-yilda “Hayvonlar shahri” multfilmi ekranlarga chiqdi va ko‘pchilik mas'uliyatli quyon Judi Xopps va mahmadona tulki Nik Uayldning sarguzashtlarini yoqtirib qoldi. Ko‘pgina mashhur hikoyalar singari bu hikoyaning ham davomi bor. 2022-yil noyabr oyida “Hayvonlar shahri+” serialining birinchi qismini tomosha qilishingiz va yana bir bor sarguzashtlarga to‘la qiziqarli hayvonlar shahri atmosferasiga sho‘ng‘ishingiz mumkin bo‘ladi. Premyera: 2022-yil noyabr “Dadamning ajdari” Tomm Mur kino muxlislari orasida juda iste’dodli animator sifatida tanilgan. Uning barcha asarlari sehr va joduga to‘la: “Kellar siri”, “Dengiz qo‘shig‘i”, “Bo‘rilar afsonasi”. Shuning uchun ko‘pchilik uning yangi “Dadamning ajdari” multfilmini intiqlik bilan kutmoqda. Bu tasodifan ajdahoni topib olgan va sirli Yovvoyi orolni qutqarish uchun u bilan sarguzashtga otlangan oddiy bola Elmer haqidagi hikoya. Premyera: 2022-yil noyabr “Menyu” Ushbu film ajoyib aktyorlar tarkibiga ega. Bosh rollarda Relf Fayns, Anya Teylor-Joy va Nikolas Xolt. Sujetga ko‘ra, yosh er-xotin taniqli oshpaz bilan kechki ovqat uchun uzoq orolga boradi. Hammasi yaxshidek edi, lekin tez orada hamma narsa unchalik oddiy emasligi ayon bo‘ladi. Treylerning atigi 2 daqiqasidan so‘ng film sujeti maftunkor, shu bilan birga dahshatli ekanligini tushunishingiz mumkin. Premyera: 2022-yil noyabr “Uillou” Fantaziya muxlislari 2022-yil noyabr oyida premyerasi bo‘ladigan “Uillou” serialiga e’tibor qaratishlari kerak. Sujet xalq ertagi qahramoni, kamtar dehqon va yosh sehrgar Uillou atrofida sodir bo‘ladi. Bir kuni u yangi tug‘ilgan qizchani topib oladi va uni himoya qilishga qaror qiladi, chunki qadimgi bashoratga ko‘ra, u kuchli sehrgarning qudratini yo‘q qilishi mumkin.
87
3,970
Madaniyat
Instagram: Qimmatbaho mashina xarid qilgan Muqaddas Xoliqova, fonogramma “uyaltirib qo‘ygan” Botir Qodirov, “kasbini o‘zgartirgan” Muqaddas Sa’dullayeva
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Zarina Nizomiddinova sahifasiga yangi suratini joyladi va vatanini yaxshi ko‘rishi haqida aytdi. Malika Ravshanova yangi uyida qaynota qaynonasi uchun tayyorlagan xonalarni muxlislariga namoyish qildi.  Xonanda xonadagi yangi mebellarni ham ko‘rsatgan. Botir Qodirov xizmat qilayotgan to‘ylarning birida chiroq o‘chib qoldi. Xonanda esa “Ey do‘stim” nomli taronasini jonli ijroda kuylashga majbur bo‘ldi. Shahzoda sahifasiga o‘g‘li Xalidning yangi suratini joyladi. Aktrisa Luiza Rasulova bir kunini onasiga bag‘ishlab, u bilan sayohatga chiqqani aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi. Xonanda Og‘abek Sobirov muxlislari davrasida qo‘shiq kuylagan videosini e’lon qildi. Oydin Yusupova yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva “Baxtlimiz” ko‘rsatuvida haydovchi sifatida ishtirok etganini, bunga kelinning to‘yida aynan qizil rangli mashinada yurishni orzu qilgani sabab bo‘lgani haqida gapirib berdi. Bundan tashqari aktrisa birovning baxtiga sherik bo‘lish ham bir baxt ekanini aytgan. Bundan tashqari aktrisa sahifasiga qaynonasi, qaynsinglisi bilan tushgan suratini joyladi. Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov Nahide Babashli, Diyorbek Mahkamov va boshqa chet el san’atkorlari bilan kechki ovqat ustida suhbatlashgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. Anvar Sobirov sahifasiga 2010 yilda, mashhur san’atkorlar: marhum aktyor Obid Asomov, To‘xtamurod Azizov va boshqa san’atkorlar bilan tushgan suratini e’lon qildi. Ra’no Shodiyevaning akasi o‘g‘lini uylantirdi. Aktrisa shodiyonada hamkasblari Feruza Normatova hamda Munojot Alimboyeva ham ishtirok etganini obunachilariga namoyish qildi. Bollivud yulduzi Karina Kapur oila a’zolari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va ularni yaxshi ko‘rishi haqida gapirdi. Xalq ardog‘idagi aktrisa Muqaddas Xoliqova Malibu avtomobilini xarid qildi. Xonanda Sharof Muqimovning rafiqasi unga beshbarmoq tayyorlab bergani aks etgan videoni e’lon qildi. Aktyor, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev “Afsonalar vodiysi”da tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi va u yerda inson huzur-halovatni his etishi haqida gapirdi. Parizoda 10 ta davlat ichki ishlar vazirlari ishtirok etayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti forumida o‘z jamoasi bilan birga ishtirok etdi. Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev muxlislariga kiyinish uslubi haqida gapirib berdi. U bolaligidan akasining kiyimlarini kiyib katta bo‘lganini, bu kiyinish uslubi unga bolaligini eslatishini aytgan.
152
2,594
Madaniyat
G`ani A`zamov tavalludining 110 yilligiga bag`ishlangan xotira kechasi bo`lib o`tdi
Kecha – 29 oktyabr kuni O`zbek milliy akademik drama teatrida taniqli san`tkor G`ani A`zamov tavalludining 110 yilligiga bag`ishlangan xotira kechasi bo`lib o`tdi.  Ushbu tadbir O`zbekiston teatr arboblari uyushmasi, Madaniyat vazirligi hamda O`zbek milliy akademik drama teatri hamkorligida tashkil qilindi. O`zbekiston xalq artisti, teatr sahnasidagi betakror rollari bilan ko`plab muxlislar hurmat-e`tiboriga sazovor bo`lgan san`atkor G`ani A`zamov 1909 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. U o`z mehnat faoliyatini o`qituvchilikdan boshlagan. Dastlab teatr aktyorlariga lotin tilidan saboq berish uchun muallim bo`lib ishga kelgan G`ani A`zamov o`z hayotini bir umr teatr bilan bog`ladi. Ijodiy faoliyatini ommaviy sahnalarda qatnashishdan boshladi va ilk bor Uyg`un asari asosida sahnalashtirilgan “Qaltis hazil” komediyasida Mamarasul obrazini muvaffaqiyatli ijro etdi. Shundan so`ng san`atga qiziqishi ortib katta-kichik rollarni zo`r mahorat bilan ijro eta boshladi. Utoz san`atkor kamdan kam uchraydigan tug`ma iste`dod sohibi edi. U o`zining 60 yillik ijodiy faoliyati davomida “Qutlug` qon”, “Qonli sarob”, “Alisher Navoiy”, “Tog`a-jiyanlar”, “Revizor”, “Kuyov”, “Oltin devor” kabi yuzdan ortiq spektakllarda mukammal obrazlarni sahnaga olib chiqqan. Teatr muxlislari G`ani A`zamovning kino, televidenie hamda “Nashtar” hajviy kino jurnalidagi betakror obrazlarini hamon e`tirof bilan eslashadi. Xotira kechasida o`zbek teatr san`atiga katta hissa qo`shgan ustoz san`atkorni shogirdlari, izdoshlari, bir qator taniqli teatr arboblari hurmat bilan xotirlashdi. G`ani A`zamov bilan bog`liq voqealarni, suhbatlarda aytgan ibratli gaplarini esga olishdi.  –Men to`qqiz yildan oshiq vaqt mobaynida G`ani akam bilan birga sahnada rol o`ynaganman. Tuman va shaharlarga boramizmi, chekka qishloqlardagi sahnalarda bo`lsin, ming martalab qo`yilgan spektakl bo`lsa ham, zalda tomoshabin kam bo`lsa ham unda rol o`ynashga erinmasdi, – dedi O`zbekiston xalq artisti Erkin Komilov. – Endi o`ylab qarasangiz, albatta, aktyor hadeb bir rolni sahnada qayta o`ynayverganidan keyin maynavozchilik qilgisi keladi, so`z qo`shgisi keladi. Lekin ustoz doim zaldan kuzatib o`tirardi va agar nimadir yoqmasa spektakl tugaganidan keyin bizga dakki berardi: “Ha, jonlaringga tegdimi, almashtiraylikmi? Boshqa aktyor o`ynasinmi? Biron joyda ham maynavozchilik qilganlaringni ko`rmay! Rolni Toshxo`ja Xo`jaev (O`zbekiston xalq artisti, o`sha paytda teatrning bosh rejissyori) ko`rganda qanday o`ynagan bo`lsalaring, shunday o`ynanglar! Agar ming marta o`ynaganingdan keyin shu ming marta qo`yilgan spektaklni bitta odam ko`rmay qolgan bo`lsa ham, ana shu birgina odam uchun o`ynashga majbursan!” derdi.  O`ziga ham juda talabchan edi. Ana shuning uchun G`ani A`zamov o`ynagan spektakllar ming martalab sahna yuzini ko`rgan.  Milliy teatr sahnasida o`z ijodi bilan tanilgan aktyor va aktrisalar o`z xotiralaridan so`zlab bergandan so`ng tomoshabinlar e`tiboriga konsert dasturi va G`ani A`zamov ijodida alohida ahamiyatga ega bo`lgan “Oltin devor” spektakli havola etildi. Maqola va fotosuratlar muallifi Manzura BEKJONOVA
83
3,108
Madaniyat
Nasiba Abdullayeva o‘zining qadrdon taronalarini qaytadan kuylaydi
O‘zbekiston Xalq artisti Nasiba Abdullayeva allaqachonlar muxlislar yuragidan joy olgan taronalarini qayta ijro etib, aranjirovkasini hozirgi kunga moslab tayyorlamoqda, deya xabar beradi Popcorn nashri. “Xonandaning “Sumbula”, “Azizim onam”, “Baxt o‘zi nimadir?” nomli taronalari jarang sochganda dillarni ajib tuyg‘ular qamraydi. Mazkur qo‘shiqlarning o‘z muxlislari bor va ular qachonlardir yangragan ushbu taronalarni qayta va qayta tinglashni xush ko‘rishadi. Shu sabab ham sevimli xonandamiz Nasiba Abdullayeva qalblar istagan avvalgi taronalarni yangicha nafasda, yangicha ohangda kuylab, taqdim etishga bel bog‘lagan”, deyiladi xabarda. Qator qator ijod mahsulini taqdim etish bilan birga, Nasiba Abdullayevani bahor mavsumida gastrol safarlari ham kutmoqda. Ayni paytda xonanda muxlislar talab-istaklariga binoan yutimiz bo‘ylab kichik konsertlarni taqdim etmoqda. Bundan tashqari, Nasiba Abdullayeva o‘zbek mumtoz san’atiga ham alohida e’tibor qaratmoqda. U yaqindagina Halima Nosirovaning “Chaman ichra” nomli qo‘shig‘ini ijro etdi.
66
1,044
Madaniyat
“Salom, rashk” filmining premyera kuni ma’lum bo‘ldi (video)
“Dilshoh media” kinokompaniyasi, prodyuser Mahmud Erkaboyev, hamda rejissor Begzod Joniyev tomonidan suratga olingan “Salom, rashk” filmining premyera kuni ma’lum bo‘ldi. Filmda bosh rollarni Aziz Rametov, Sevara Soliyeva, Shahlo Zoirova, Said Muhtorov, Saida Rametova, Hamid Toshpo‘latov, Mashhura Zulfiqorova, Olim Jalolov  singari aktyor va aktrisalar ijro etishgan. Filmning keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premyerasi 26-oktabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
60
512
Madaniyat
Instagram: Munisa Rizayevaning tansoqchisi vafot etdi, Ozoda Nursaidovadan yangi klip taqdimoti, mashinali bo‘lgan aktrisa
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Shahlo Zoirova barcha muxlislarini “Bravo” kulgi jamoasining yangi konsertiga taklif qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonovaning jajji muxlisasi bilan muloqoti aks etgan video tarqalmoqda. Bollivud yulduzi Kajol folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Aktrisa Zilola G‘ulomova yangi avtomobil xarid qildi. Shahzoda kuzatuvchilarini o‘yga toldiruvchi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ozoda Nursaidova “Esla meni” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Unda bosh rollarni xonandaning o‘zi, Sitora Farmonova, Kamila Gimandinova, Parizoda, Feruza Normatova ijro etgan. Yulduz Rajabova Toshkent xalqaro kinofestivaliga el ardog‘idagi aktyorlar taklif etilmaganidan xafa bo‘ldi. Nilufar Usmonova uchinchi o‘g‘li Sulaymonning tug‘ilgan kunini nishonladi. Sevara Soliyeva turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Munisa Rizayeva tansoqchisi Akbarning vafoti munosabati bilan muxlislaridan uni duo qilishlarini so‘radi. Sevinch Qirg‘izistonning O‘sh shahrida xizmatda bo‘ldi.
122
1,158
Madaniyat
Keyt Uinslet 46 yoshda. Milliarderning buvisini qutqarib, unga turmushga chiqqan aktrisaning ajabtovur sevgi hikoyasi
Gollivudning mahoratli aktrisasi Keyt Uinslet 2021-yil 5-oktabr kuni 46 yoshni qarshi oladi. Aktrisaning uzoq kutilgan oilaviy baxtni – sevimli turmush o‘rtog‘i va bolalarini “olov ichidan olib chiqqani” haqidagi sevgi hikoyasini e’tiboringizga havola etamiz. Jeyms Kemeronning mashhur “Titanik” filmi namoyish etilishi bilan Uinsletning mashhurlikka erishishi Leonardo Di Kaprio bilan munosabatlari haqida ko‘plab mish-mishlarni keltirib chiqardi. Ba’zilarning aytishicha, ular orasidagi ishqiy munosabatlar suratga olish ishlari tugagandan so‘ng ham davom etgan, boshqalar esa buni endi boshlanishini taxmin qilgan. Afsuski, ularning hech biri haq bo‘lib chiqmadi. Keyt va Leo umrbod yaxshi do‘st bo‘lib qoldi. Uinsletning ajoyib ijodiy faoliyati har doim ingliz aktrisasining muxlislarini hayratda qoldirdi. Shuning uchun ular aktrisaning shaxsiy hayotda baxtini topishga urinayotganida, muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan xafa bo‘ldi. To‘g‘ri, u yoshligida yozuvchi Stiven Tredr bilan uchrashgan. Aloqalar besh yil davom etgan va bu Keytning qalbida yorqin va qayg‘uli xotira bo‘lib qolgan, xolos. U bilan munosabatlarni to‘xtatgandan keyin ham Stiven o‘ta og‘ir kasal bo‘lgan paytda uni qo‘llab-quvvatlagan. Aktrisa birinchi turmushi rejissor Jeyms Triplton uchun ba’zi narsalardan voz kechdi. U Jeyms yordamchi bo‘lib ishlayotgan “Marokash ekspressi” filmida suratga tushish uchun “Oshiq Shekspir” kartinasida rol o‘ynashdan bosh tortgan. Ularning orasidagi muhabbat ko‘pchilik kutganidek nikoh bilan yakun topdi. Quvnoq Keyt mashaqqatli mehnatga qaramay, oilaviy farovonlikni yaratish uchun qo‘lidan kelganini qildi. 2000-yilda u Miya ismli qizini dunyoga keltirdi va bola nikohni yanada mustahkamlashiga ishondi. Ammo sensatsiya uchun jurnalistlar Jeyms Tripltonning xayolini buzdi. Rejissor sifatida u, albatta, ikkinchi Kemeronga aylanmadi. Biroq oiladagi teng bo‘lmagan daromadlar haqidagi doimiy savollari uni ajrashish uchun ariza berishga majbur qildi. Keyt va uning birinchi turmush o‘rtog‘i – Jeyms Triplton Ehtimol, taqdir Keyt Uinsletni shu yo‘l bilan masxara qilgandir. Uning keyingi turmush o‘rtog‘i ham rejissor bo‘lib chiqdi. Bu safargisi Gollivudda juda mashhur edi. Sem Mendes o‘zining odob-axloqi, teran fikrlashi va yoqimli xulq-atvori bilan uning qalbini zabt etdi. 2003-yilda juftlik Angliyaning go‘zal orolida turmush qurdi. Ko‘p o‘tmay Keyt o‘g‘li Alfini dunyoga keltirdi, bu esa Sem Mendesni juda xursand qildi. Yetti yillik nikoh ham bir zumda o‘tib ketdi: shu vaqt ichida mashhur ingliz aktrisasi filmlarda eng yaxshi rollarni o‘ynadi. Lekin ularning ham nikohiga darz ketgan edi. Hammasi Sem Mendes o‘z rafiqasini Leonardo Di Kaprio bilan birga filmda rol ijro etish taklifidan boshlandi. Natijada Semni hasadgo‘ylik qiynadi, chunki Keyt hamda Leo bir-biriga juda mos edi. Mendes yashirishga ham urinmagan yana bir sabab bor. Keyt Uinsletning aqlbovar qilmas iste’dodi uning g‘azabini keltirardi va u nimadan ayb topishni bilmasdi. Shuning uchun u har safar sahnada o‘z xotinini kamsitishga urindi. Va har safar Leonardo Di Kaprio uni himoya qildi. Ajralish qiyin kechdi, Keyt ruhiy inqirozni yengish uchun kurashishi kerak edi. Keyt va uning ikkinchi turmush o‘rtog‘i – Sem Mendes Keyt Uinslet bilan sodir bo‘lgan hamma narsa keyinchalik uning qalbidagi noma’lum samoviy kuchlarning mo‘jizaviy aralashuviga o‘xshardi. 2011-yilda u bolalari bilan milliarder Richard Branson oroliga dam olish uchun uchib ketdi. Tana va ruhning bu bayrami deyarli butun mintaqani qamrab olgan dahshatli tropik bo‘ron bilan qoplangan edi. To‘satdan Keyt bolalari bilan yashayotgan uyga chaqmoq tushdi va dahshatli yong‘in boshlandi. Hamma vahima ichida ko‘chaga yugurdi. Milliarder Bransonning onasi esa olov ichida qoldi. Tahlikali vaziyatda faqat Keyt Uinsletgina o‘zini qo‘lga oldi, qo‘rqmay o‘zini yonayotgan uy ichiga otdi va keksa ayolni olov ichidan olib chiqdi. Milliarder jasur aktrisaga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildirdi. Uning yonida esa Keyt Uinsletga mahliyo bo‘lgancha jiyani Edvard Smit turardi. Kulgili, ammo qolganlar yonayotgan uydan oyoq kiyimsiz yugurib chiqqanida, u kiyimlarini va poyabzalini kiyishni unutmagani bilan aktrisaning e’tiborini tortgan edi. Shu tarzda birinchi tanishuv tez orada nozik sevgi hikoyasiga aylandi. Keyt va uning uchinchi turmush o‘rtog‘i – Ned Roknroll Edvard Keytga turmushga chiqish taklifini bildirdi. 2012-yilda ular juda kamtarona to‘y o‘tkazdi: mehmonlar bor-yo‘g‘i olti kishi bo‘lgan. Edvard Keyt bilan bahsda yutqazib qo‘yib, o‘z familiyasi bilan xayrlashdi hamda janob Roknroll deb atala boshlandi. Uinsletning  muxlislari agar u bunday shartga rozi bo‘lgan bo‘lsa, rafiqasini aqlbovar qilmas darajada sevishini anglab yetdi. Biroq Keyt bu g‘alati familiyaning davomchisini ham dunyoga keltirdi. 2013-yil 7-dekabrda tug‘ilgan o‘g‘li Bear onasining talabiga binoan tanlangan familiyani oldi. Ko‘p yillar davomida hasad qilmasdan, janjallarsiz haqiqiy oilaviy baxtni kutgan Keyt o‘z orzusiga erishdi. Chunki yonida uni sevadigan va rafiqasining xohish-istaklarini bajarishga tayyor bo‘lgan ishonchli va  mehribon odam bor.
117
5,108
Madaniyat
Tohir Malikning “Shaytanat” va “Doka ro‘mol qachon quriydi” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
25-may, payshanba kuni “Hilol-nashr” markaziy savdo majmuasida ushbu nashriyotda chop etilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning “Shaytanat” romani (2 jildli qayta nashri) va “Doka ro‘mol qachon quriydi” kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Ziyouz.uz” xabar bermoqda. Taqdimotda yozuvchilar, ijodkorlar, imom-xatiblar, matbuot va ommaviy axborot vakillari hamda adabiyot muxlislari ishtirok etdi. Taqdimot avvalida Tohir Malik so‘z olib, adabiyotning asosiy vazifasi, inson hayotida ilm-ma’rifatning, kitobning tutgan o‘rni haqida gapirdi. “Badiiy adabiyot bilan diniy ilm birlashmas ekan, biz hali ko‘p adashib yuramiz… Bir zamonlar o‘zbek xalqini dindan chiqarishda o‘zbek ziyolilari peshqadam bo‘lgan edilar. Endi haq dinga qaytarishda ham ziyolilarimiz peshqadam bo‘lishlari kerak”. Tohir Malik, yozuvchi “Hilol-nashr” nashriyotida nashr etilgan “Shaytanat” romani 2 jildli bo‘lib, uning 1-jildiga asarlarning 1—3-kitoblari, 2-jildiga 4—5-kitoblari kiritilgan. Muxlislarning fikrlari, takliflari va mulohazalarini inobatga olib, yozuvchi romanni ‎qayta tahrir qilgan, ayrim o‘zgarishlar, qo‘shimchalar kiritgan. Noo‘rin joylarni ‎qisqartirgan. “Doka ro‘mol qachon quriydi” kitobida oilaviy masalalar, er-xotinlik huquq va majburiyatlari haqida so‘z boradi. Unda shu mavzudagi hadislar, buyuk allomalar fikrlari jamlangan. Shuningdek, muallifning maqola va hikoyalari kiritilgan. Tadbir so‘ngida muallif kitoblarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
92
1,469
Madaniyat
Xonanda Shohruxxonning to‘yi sanasi ma’lum bo‘ldi
Xonanda Shohruxxonning nikoh to‘yi 5-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, to‘yga taklif etilgan “taniqli guruh” vakillaridan biriga asoslanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “Hozircha kelinning kimligi sir tutilmoqda”, — deyiladi nashr xabarida. Eslatib o‘tamiz, Shohruxxon so‘nggi intervyularidan birida 2016 yilda bo‘ydoqlik bilan xayrlashmoqchi ekanini aytib o‘tgan edi. Undan avvalroq esa Instagram’da Shohruhxon va aktrisa Asal Shodiyevaning birgalikda tushgan suratlari paydo bo‘lgan va bu suratlar ikki yoshning to‘y fotosessiyasidan lavha ekani taxmin qilingan edi.
49
582
Madaniyat
Eurovision-2013 xalqaro tanloviga start berildi
12-may kuni Shvetsiyaning Malmyo shahrida Eurovision-2013 (“Yevrovideniye”) 58-xalqaro qo‘shiqlar tanlovining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Barcha mamlakatlardan tashrif buyurgan tanlov ishtirokchilari an’anaviy tarzda qizil yo‘lakchalardan o‘tishdi. Ularni muhlislar va OAV hodimlari qarshi oldilar. Mazkur tanlovda 42 ta mamlakat (Daniya, Rossiya, Xorvatiya, Rossiya, Belgiya, Serbiya, Avstraliya, Kipr, Shvetsariya, Vengriya va boshqalar) vakillari qatnashadilar va o‘z mahoratlarini namoyish etadilar. 14—16 may kunlari yarimfinal bosqichi o‘tkaziladi. 18-mayda esa final bosqichi bo‘lib o‘tadi va  Yevropaning 39 ta mamlakat vakillari g‘oliblik uchun bellashadilar. Ma’lumot o‘rnida: Eurovision-2013 xalqaro tanloviga Shvetsiya bu yil 5-marta mezbonlik qilmoqda. 2012-yilda honanda Lorin “Eyforiya” qo‘shig‘i bilan o‘z yurtiga g‘alabani taqdim etgandi. Joriy yilda Lorinning o‘rnini qaysi mamlakat vakili egallarkin. Barchasi tez kunlarda ma'lum bo‘ladi. Kuzatamiz.
47
974
Madaniyat
Lola bir dona fotosurat uchun 5 soat oftobda ishladi (foto)
Toshkent shahri ko‘chalarining birida o‘zbek estradasi yulduzi latofatli Lolaning taniqli va iste’dodli fotograf Ravshaniya bilan hamkorlikdagi fotosessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Popcorn.uz”. Yozning jazirama kunlari, quyosh zaminni o‘zining nurlari bilan qizitib turgan bir pallada xonanda va uning jamoasi 5 soatdan ortiqroq mehnat qildi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Lolaning bu barcha harakatlari faqatgina bir dona fotosurat uchun bo‘ldi. Xabaringiz bor, o‘zbek estradasi sana’atkorlari orasida Lola o‘zining ijodi, imidji bilan boshqalardan tubdan farq qiladi va har bir qilayotgan ishiga o‘zgacha yondashadi. San’atkorlar orasida esa Lola birinchilardan bo‘lib Levitatsiya uslubidagi fotosessiyani o‘tkazmoqda. Ravshaniya bugungi kunda Rossiya va Yevropa yulduzlari bilan hamkorlik qilmoqda. Toshkentga esa u Lola bilan anchadan buyon rejalashtirilgan fotosessiya sabab yetib kelgan. Ayni damda Lolaning 2015-yilgi yakkaxon konsert dasturi uchun rejalashtirilgan fotosessiya o‘z nihoyasiga yetdi. Lola va Ravshaniyaning hamkorligi 2012-yildan boshlangan. Tez kunda Ravshaniyaning o‘zgacha, ya’ni hech qanday fotoshop va grafikasiz Levitatsiya uslubidagi ijod namunasiga baho berish mumkin bo‘ladi.
59
1,227
Madaniyat
Saida Rametova xonadonidagi xursandchilik, Davron Kabulov qo‘lini jarohatladi. Instagram’dan yangiliklar
21-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Shahzoda Muhammedova qizi Milana bilan. View this post on Instagram Zohirshoh Jo‘rayev san’atkor uchun xalq mehri eng muhim narsa ekanligini yozib qoldirdi. View this post on Instagram Yulduz Turdiyeva Buxorodagi fotiha “to‘ycha”da ishtirok etdi. View this post on Instagram “Qora niyat”dagi Shahika qizlarga sumkani to‘g‘ri taqish bo‘yicha tavsiya berdi. View this post on Instagram Aktrisa Luiza Rasulova bir necha daqiqa ichida ikki obrazda namoyon bo‘ldi. View this post on Instagram Davron Kabulov qo‘lini jarohatladi. Madina Mumtoz onasi Ra’no Yarasheva bilan tushgan surati bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Yulduz Rajabova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Turkiyadagi yana bir aktrisa Rayhon Ulasenova farzandlari bilan hayvonot bog‘ini aylandi. View this post on Instagram Hosila Rahimova to‘y xizmatidagi video bilan bo‘lishdi. Videoda xonandaning muxlislari maroq bilan raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. View this post on Instagram Turk aktrisasi Maryam Uzerli yangi fotosuratlarini muxlislar e’tiboriga havola etdi. View this post on Instagram Taniqli aktrisa Saida Rametova 21-sentabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. U 63 yoshni qarshi oldi. View this post on Instagram
104
1,572
Madaniyat
Foto: BAFTA-2021 mukofotining taqdirlash marosimidagi eng esda qolarli obrazlar
2021-yiling 11-aprel kuni BAFTA (Buyuk Britaniya kino va televizion san’ati akademiyasi) mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Uzoq davom etgan karantindan keyin va nihoyat oflayn tarzda tashkil qilingan tadbirdagi yulduzlarning eng esda qolarli obrazlarini e’tiboringizga havola etamiz. Klara Amfo Boshlovchi Klara Amfo kostyum tanlash borasida yanglishmagan. Qora atlas matodan tikilib, shokilda bilan bezatilgan ustki libos uni yulduzlar orasida o‘ziga xos bo‘lib turishiga sababchi bo‘lgan. Fibi Daynevor Fibi esa libos borasida klassik uslubni afzal bilgan. Yelkasining bir qismi ochiq bo‘lgan, uzun va etaklari keng qora libosni nomiga qilingan makiyaj va jingalak soch turmagi to‘ldirgan. Sofi Kukson Sofi ham yuqoridagi yulduzlar singari qora rangni afzal bilgan. Old qismi yopiq, yelkalarida bezagi bor libos bilan sochlarini yig‘gani Sofini boshqalarga nisbatan zerikarli ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan. Sintiya Erivo Sintiya esa qizil yo‘lakda ajralib turish uchun kumush va tillarangni umumlashtirishni ma’qul bilgan hamda uzunligi tizzagacha tushib turadigan, etaklari keng bichimli va yenglari uzun, old qismi yopiq ko‘ylak tanlagan. Pedro Paskal Uzun kostyum bilan shim kiygan Pedro juda ham bashang ko‘rinishga ega bo‘lgan. Xyu Grant va Anna Ebershtayn Juftlik bir-biriga mos ko‘rinish uchun klassik uslubni tanlagan. Anna kalta, qora libos, Xyu esa kostyum-shimda tashrif buyurgan. Jeyms Makevoy Jeymsning kostyum-shim va bo‘yinbog‘ bilan ko‘zoynak taqqani esa uni yanada ko‘rkam ko‘rinishiga sababchi bo‘lgan. Priyanka Chopra va Nik Jonas Marosimga Priyanka oq shim va naqsh tushirilgan qizil kostyumda tashrif buyurgan. Rafiqasi uning fonida yorqin ko‘rinishi uchun esa Nik klassik uslubda kiyishni ma’qul deb bilgan. Tom Xiddlston Tom ham boshqa erkaklar singari kostyum-shimda tashrif buyurgan. Vanessa Kirbi Atelier Versace’dan kumush rang uzun libos kiygan Vanessa esa boshqalarning e’tiborini tortishga muvaffaq bo‘lgan. Rene Zellveger Doimiy kiyinish uslubga sodiq qolgan Rene esa qomatiga urg‘u beradigan libosga e’tibor qaratgan. Anna Kendrik Anna Zuhair Murad brendidan yaltiroq, plissirovkali matodan tikilgan ko‘ylak kiygan.
79
2,174
Madaniyat
YuNESKO Bosh direktori Odri Azule Samarqand shahridagi obidalarni borib ko`rdi
Yurtimizda mehmon bo`lib turgan BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov hamrohligida Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurdi. Odri Azule xonim Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Xo`ja Doniyor ziyoratgohi va Bibixonim masjidi bilan tanishuv chog`ida ushbu tarixiy obidalarning arxitekturasi, ularning bezaklariga alohida e`tibor qaratdi. Bu inshootlardagi har bir detal ma`lum bir ma`no-mazmunga egaligini qayd etib, ularni asrab-avaylash zarurligini ta`kidladi. “Afrosiyob” muzeyidagi devoriy suratlar va ularda aks etgan manzara ham Odri Azule xonimda hayrat uyg`otdi. Bu devoriy surat insoniyat o`tmishining qanchalik serqirra va boyligidan dalolat berishi ta`kidlandi. Ayniqsa, devoriy suratlarda shoh saroyidagi qabul marosimida sozanda va xonandalarning aks ettirilgani bu zaminda azaldan musiqa va san`at rivoj topganligini ko`rsatadi. Yuqori martabali mehmon Registon maydoniga kelib, esdalik uchun suratga tushdi.
78
1,096