folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Xonanda Alijon Isoqov avtohalokatga uchradi (foto) | Xonanda Alijon Isoqov avtohalokatga uchradi. Hodisa natijasida xonandaning Toyota Land Cruiser Prado avtomobili jiddiy zarar ko‘rdi, avtomobil ichida bo‘lgan tan jarohati olgan.
Voqeadan xabar topgan jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.
— Sizni avtohalokatga uchradi degan noxush xabarni eshitdik.
— Ustoz san’atkor, xonanda Ahror Usmonov ellik yoshga to‘lganliklari munosabati bilan ularning uylarida mehmon bo‘ldik. U yerga Samarqanddan, Navoiydan, vodiydan mehmonlar kelgan edi. Bilasiz, hozir to‘ylar yo‘q, hamma san’atkorlar dam olyapti. Biz ham yaxshi niyat bilan vodiylik, uzoqdan kelgan mehmonlarimizni ko‘nglini olish uchun, toqqa chiqib, oilaviy dam olmoqchi edik. Soat ikki yarimlarda Ahror akani uyida yig‘ilgan bo‘lsak, menimcha, soat uch yarimlarda avtohalokat sodir bo‘ldi.
— Avtohalokat qanday yuz berdi? Jarohatlanganlar bormi?
— Rohatga bordim, Rohatdan Chorvoq yo‘liga ko‘prikni aylanib tushganimdan so‘ng, Ahror aka: “Mashinangiz juda yaxshi ekan, kelinoyingizga shunaqa moshina olib beramiz, ularga ham mashinangiz juda yoqdi”, dedilar. Shunda kelinoyim: “Mashinangizni o‘zim minib, boshqarib ko‘ray”, deb so‘radilar. “Hozir post bor, postdan o‘tib olaylik, undan so‘ng bemalol boshqarib ketaverasiz”, dedim. Ahror aka: “Hamma hujjatlar joyida-ku, kelinoyingizda ham haydovchilik guvnomasi bor, mashinanning egasi siz bo‘lsangiz, sizning ham hujjatlaringiz joyida bo‘lsa”, deganlaridan keyin, rulni kelinoyimga berib, o‘zim haydovchi o‘rindig‘ining orqa tomonidagi o‘rindiqqa o‘tirdim. Mashinada men, Ahror aka, ularning turmush o‘rtog‘i, uch qizalog‘i va shogirdi — jami yetti kishi bor edi. Mening oilam boshqa mashinada kelayotgan edi. G‘azalkentga yetganimizda to‘satdan to‘s-to‘polon boshlanib ketdi, bu orada kelinoyim rulni o‘ziga bo‘ysundira olmay, mashina ag‘darilib ketdi.
— Kimlar jarohatlandi?
— Biz mashinada yetti kishi bo‘lgan bo‘lsak, Xudoga shukr, barchamiz sog‘-salomatmiz. Tan jarohati olganimiz rost. Ahror aka va men qo‘ldan, kelinoyim esa oyog‘idan lat yedi. Biz boshqa mashinalarga urilmadik, bordyurga — beton to‘siqqa urilganidan so‘ng mashinamiz ag‘darilib ketdi. Xudoga shukrki, hammamizning jonimiz omon.
— Hozirda ahvolingiz qanday?
— Xudoga shukr, hozir sog‘lig‘im yaxshi, nasib qilsa, Hayitgacha ko‘rmagandek bo‘lib ketaman. Xalqimizning, muxlislarimizning duosi bizni asragan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Bo‘lgan voqeadan jonimiz sog‘-omon chiqqanidan xursandman. Muxlislarimiz bilan kelishib qo‘ygan to‘ylarga, kelishilganidek boraman, albatta. | 50 | 2,543 |
Madaniyat | Zarina Nizamutdinova: “Yigirma yildan keyin sal qarisam kerak” | 25-noyabr kuni La Grande Plaza mehmonxonasida iqtidorli aktrisa Zarina Nizamutdinova bilan “Muloqot intervyu”ning navbatdagi soni suratga olindi.
Zarina “Yo‘l bo‘lsin”, “Qorako‘z”, “Senga muhtojman”, “Oqibat”, “Men yulduzman”, “Aldangan ko‘ngil”, “Parizod” va boshqa bir qancha filmlardagi ijrolari bilan muxlislar qalbidan o‘rin egallagan. Ayniqsa, uning “Parizod” filmidagi ta’sirli ijrosini alohida ta’kidlash lozim.
Zarina Nizamutdinova “Muloqot intervyu” loyihasi mehmoni
“Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zolari tomonidan yo‘llangan savollarga Zarina Nizamutdinovaning javoblarini quyida o‘qishingiz mumkin.
Kpop Star
Siz nima sababdan aynan san’at yo‘nalishini tanlagansiz?
Zarina: Dadam Shahboz Nizamutdinov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist. Shuning uchun, yoshligimizdan qo‘shiq aytib katta bo‘lganmiz. To‘rt yoshimda O‘zbekistonga atalgan qo‘shiqni oilaviy kuylaganmiz. Yetti yoshimda “Nasiba” qo‘shig‘ini ijro etganman, u “Yulduzcha” tanlovida birinchi o‘rinni egallagan. “Uspenskiy” nomidagi musiqa maktabida o‘qiganman, keyin xoreografiya bilim yurtiga o‘qishga kirganman. Xullas, hammasi san’at bilan bog‘liq.
Sardor Khamidov
Sizga salbiy rollarni ijro etish bo‘yicha takliflar tushganmi?
Zarina: Salbiy rol ijro etish takliflari juda ham kam tushadi. Salbiy rollarga ko‘pincha rad javobini beraman. Bizda men xohlagandek salbiy rol hali yozilmagan. Ammo, Said Muxtorovning hali katta ekranlarga chiqmagan “Girdob” nomli filmida salbiy rolni ijro etganman.
NURIDDIN MENGNIYAZOV
Zarina opa, sizni san’atga boshlagan birinchi ustozingiz kim?
Zarina: Dadam.
Ahliddin Mahmudov
Sizni “Men yulduzman” filmidagi qahramoningizning xarakteri o‘zingizga ma’lum, siz hayotda ham shu roldagi qizga o‘xshaysizmi?
Zarina: Ha o‘xshash. Xuddi mendek sho‘x-shaddod qiz.
Bekzodbek Fors shag'zodasi
Zarina, “Qorako‘z” filmida qahramoningiz suvga sakragan. Siz o‘zingizni qanaqa his qilgansiz? Suzishni bilasizmi?
Zarina: Suzishni bilaman, lekin oqar suvda suzishni bilmayman. O‘sha sahna suratga olinayotganda shamollagan edim, shu sababli sovuq suvga sakrash va qo‘rquv ancha qiyinchilik tug‘dirgan.
sita92
“Parizod” filmidagi ijroingiz juda yoqdi. Bo‘larkan-ku mingta so‘z o‘rniga ko‘zlar bilan ham rol o‘ynasa. Bu rolni ijro etish davomida nimalarni his qildingiz?
Zarina: Bu mening eng sevimli filmlarimdan bittasi. Bu film diskini istalgan odamga faxrlanib sovg‘a qila olaman.
Zokir Meyliyev
Savolim quydagicha, kinodagi Zarina bilan haqiqiy hayotdagi Zarina nimasi bilan farq qiladi?
Zarina: Filmlarimda har xil xarakterli rollarni ijro etaman. Masalan, shaddod qizni, hatto erkak rolini ham ijro etganman. Hayotda esa sho‘x-shaddod Zarinaman.
Muxsinjon Asqarov
Zarina opa, idealimdagi partnyor, deb qaysi aktyorni ayta olasiz?
Zarina: Idealdagi deb ayta olmayman, chunki har bir aktyorning o‘ziga yarasha mahorati bor. Lekin, debyutant aktyorlar bilan ishlash qiyinroq. Tomoshabinlarga esa Umid Iskandarov bilan birga ijro etgan rollarimiz ko‘proq yoqadi.
D A
Zarinaxon sizga savolim shuki, agar sizga xonandalik va aktrisalikdan bittasini tanlang, deyishganida qay birini tanlagan bo‘lar edingiz?
Zarina: Bu savolni noto‘g‘ri deb bilaman, chunki ikkalasi ham bir-biriga yaqin soha. Ikkalasini ham birdek a’lo darajada olib borish mumkin, deb o‘ylayman.
РоМеО без ЖуЛеТты
Ismingizni kim qo‘ygan ?
Zarina: Dadam qo‘yganlar.
Kh M
Zarinaning bolalikdagi orzulari qanaqa bo‘lgan?
Zarina: Bolalikdagi orzuyim model bo‘lish bo‘lgan. Faqat, fotomodel bo‘lib ishlaganman. Yana bir orzuyim esa turmushga chiqib, bolali bo‘lib, uyda o‘tirish edi. (Kulib yubordi)
Os Bay
Зарина, какие ваши любимые фильмы?
Zarina: Yoshligimda “Titanik”, “Zorro” filmlarini yoqtirar edim. Yaqinda olingan “Avatar” filmidek filmda rol ijro etish esa orzuyim bo‘lib qoldi. “Avatar” – yuragimdan joy olgan film.
My name is Bahodir
Siz o‘zingizni 20 yildan keyin qanday tasavvur qilasiz?
Zarina: Xuddi hozirgidek (kuladi). Yigirma yildan keyin sal qarisam kerak.
Lola va atirgul. Siz o‘zingizni qaysi biriga qiyoslaysiz, izohlab bering?
Zarina: Atirgul bo‘lsa kerak.
Tux - Laburante
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, siz yashash joyingizni o‘zgartiribsiz. Bunga nima sabab bo‘ldi?
Zarina: Hech narsa sabab bo‘lmadi. Shunchaki, boshqa joyga ko‘chdik.
nejate gunes
Taqdir taqozo qilsa, qishloqda yashagan bo‘larmidingiz?
Zarina: Yo‘q. Nafaqat qishloqda, xorijda bo‘lsam ham Toshkent shahriga talpinaveraman.
Яна Киселева
Зарина, вы хотели бы попробовать себя на театральной сцене? Какую роль выбрали бы для дебюта?
Zarina: Teatr aktrisasi bilan kino aktrisasining o‘rtasida juda katta farq bor. Kinoda rol ijro etishni boshlaganim sababli teatr haqida o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Balki, tayyorgarliklardan so‘ng rol ijro etsam, menimcha yaxshi chiqadi.
Lu1s ;-)
Dilingiz bilan tilingiz birmi? Ya’ni biror odam bilan suhbat qilayotib xayolingizda o‘ylaganingizni ochiq-oydin gapirasizmi yoki o‘ylab gapirasizmi?
Zarina: Ha, albatta, tilim bilan dilim bir.
majnun ........
Agar sizga yana turmushga chiqishni taklif qilishsa, rozi bo‘larmidingiz?
Zarina: Albatta turmushga chiqaman. Aktrisa ham ayol. Turmushga chiqish, oilasi bo‘lishi har bir qizning orzusi.
Nega buncha go‘zalsiz?
Zarina: (Kulib yubordi) Chiroyli qizlar juda ko‘p, men o‘zimni o‘ta chiroyli deb bilmayman.
Zarina o‘zini o‘ta chiroyli deb bilmaydi.
Muloqot: Sevimli gulingiz?
Zarina: Atirgul.
Yoqtirgan taomingiz?
Zarina: Xonim.
Kiyinish uslubida yoqtirgan rangingiz?
Zarina: Qulayi qora.
Qaysi mashina markasini yoqtirasiz?
Zarina: Yaxshi mashinalar yoqaveradi.
Sevimli ashulangiz?
Zarina: Aynan bitta ashulani juda yoqadi, deb ayta olmayman. Tez-tez almashib turadi.
Yoqtirgan shahringiz?
Zarina: Toshkent.
Endi Zarina ham “Muloqot” yulduzi
Mr NuRBeK YuSuPoV KiNG
“Odnoklassniki”, “Muloqot”, “Tvitter”, “Feysbuk” va boshqa saytlarga nima maqasadda kirasiz? Siz qaysi shiorga amal qilasiz?
Zarina: Ijtimoiy tarmoqlardan juda ko‘p foydalanmayman. Tanishlarim kirishgani sababli kirib turaman.
Hayotda biror narsaga erishsam to‘xtab qolmayman va yana yangi cho‘qqilarni zabt etishga intilaman.
Sizni biror muxlisingiz chindan hurmat qilib restoranga taklif qilsa, u uchun vaqt ajratarmidingiz?
Zarina: Filmlarda rol ijro etish va farzandim tarbiyasiga ko‘proq vaqt ajratishim sababli bu kabi takliflarga rozilik bera olmayman.
Sevgan insoningiz bormi?
Zarina: Yo‘q.
Intervyu so‘ngida Yulduz Usmonova hamda Lolaga topshirilgani kabi, Zarinaga ham “Muloqot” saytlar tarmog‘i tomonidan “Yulduz” haykalchasi taqdim etildi.
“Muloqot intervyu” loyihasining avvalgi sonlarida Sevara Soliyeva, Umid va Muhammadali Iskandarovlar, Lola hamda Comedy.uz rezidentlari mehmon bo‘lgan. Ular bilan suhbatning ham yozma, ham video talqinini Intervyu.uz saytidan topishingiz mumkin.
Zarina Nizamutdinova bilan bo‘lib o‘tgan intervyuning video talqinini yaqin kunlarda sizlarga taqdim etamiz. Bizni kuzatib boring ;) | 62 | 6,837 |
Madaniyat | Instagram: Nilufar Usmonova 6-farzandiga homiladormi? Qizini ko‘rsatgan Imron, Munisa Rizayevadan yangi qo‘shiq | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Durdona Qurbonova Turkiyaning dunyoga mashhur Galata qal’asida tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Ziyoda farzandlariga yarim tunda sho‘rva pishirib bergani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Javohir Zokirov oxirgi paytlarda sahifasiga chekish bilan bog‘liq suratlarni joylashtirgani uchun tanqidlarga uchragani, bu ayblovlar noo‘rin ekanini, bundan keyin chekish sog‘liqqa zarar ekani haqida postlar joylashini aytgan.
Bundan tashqari, Javohir Zokirov Turkiyada “Tohir va Zuhra” filmida birga suratga tushgan aktrisa Parizoda Bo‘rixo‘jayeva bilan tasodifiy uchrashib qolgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Jahongir Poziljonov sahifasiga MMA jangchisi Mahmud Murodov bilan birga sport bilan shug‘ullanayotgani aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi. U 7 yildan beri sport bilan shug‘ullanishini ta’kidlagan va sportchiga muvaffaqqiyat tilagan.
Ravshan Sobirov sahifasiga yangi suratini joyladi va eng mazali qahva yo‘lda ichilgan qahva ekanini aytgan.
Aktrisa Ra’no Shodiyevaning turmush o‘rtog‘i Toshkentga jo‘nab ketdi. Aktrisa farzandlari bilan turmush o‘rtog‘ini ko‘zida yosh bilan kuzatdi.
Ra’no Shodiyeva yangi suratini sahifasiga joyladi va muxlislariga hayotga bo‘lgan ishtiyoq hech qachon so‘nmasligini, u har kuni quyosh chiqqanda paydo bo‘lishini, har bir yerga tushgan barg, shabada nafasi oxirgi bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Xonanda Imron qizining suratini yuzi yashirilgan holda sahifasiga joyladi. Uning qizi Sofiyasulton 27-aprel kuni dunyoga kelgan edi.
Munisa Rizayeva tez kunda yangi taronasini premyera qilishini ma’lum qildi.
“Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Otabek Mirzaxolov farzandlari bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Nilufar Usmonova Samarqanddagi restoranda unga o‘zgacha taomlar tayyorlab bergani uchun bosh oshpaz bilan tanishishga qaror qildi. Xonanda oshpazga minnatdorlik bildirgan.
Nilufar Usmonovaning ushbu videosidan muxlislari uni oltinchi marta homilador ekanligini taxmin qilmoqda, biroq xonanda buni rad etgan.
Shahlo Ahmedova sahifasiga yangi suratini joyladi.
Aktrisa Sitora Alimjonova Jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakultetida tahsil olgan. U ingliz tilida gapirgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
“Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova yangi surati bilan ko‘rinish berdi va Andijonda mehridaryo insonlarning to‘yida xizmatda bo‘lganini aytdi.
Raqqosa Parizoda to‘y xizmatlarining birida boshlovchilik qilishga hozirlik ko‘rayotgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Dilnoza Kubayeva muxlislariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Aktrisa, teleboshlovchi Sitora Farmonova Grinvich turar joy majmuasidan xonadon sotib oldi. U uyining hovlisi va unda qanday sharoitlar borligi aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi.
Shaxzoda Muhammedova ish joyida tushgan suratini sahifasiga joyladi va orzu, mehnat va harakat bilan yaxshi natijaga erishish mumkinligini aytdi.
Aktyor Ulug‘bek Qodirov Turkiyadagi Sulton Ahmed masjidini ziyorat qilganini, Istanbulda ko‘plab yurtdoshlarni uchratganini aytdi va muxlislaridan Turkiyaning qaysi shahrida ekanini so‘radi.
Xonanda Manzura hamkasbi Dildora Niyozovaning xonadoniga mehmonga borgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Shohjahon Jo‘rayev qishloqqa to‘y xizmatiga borgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. | 111 | 3,460 |
Madaniyat | Internetni “portlatganlar”: Ijtimoiy tarmoqlarda katta muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar (foto) | Muxlislar o‘z kumirlarining hayoti bilan bog‘liq voqea-hodisalarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishni yaxshi ko‘radi. Shunday mashhurlar borki, ular tomonidan e’lon qilinadigan postlar hech qancha o‘tmay millionlab layk va izohlarga sabab bo‘ladi.
Jennifer Eniston
Xonanda 2019-yilda Instagram’da akkaunt ochgan. Shundan keyin uni kuzatuvchilar soni soniyasiga oshib borgan. Jennifer auditoriyasi sonining juda katta tezlikda oshgani sabab Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U 5 soat-u 16 daqiqa ichida million kuzatuvchiga ega bo‘lgan.
Chedvik Bouzmen
“Qora Pantera” filmida rol ijro qilgan aktyor vafot etishidan avval, 2020-yilning 29-avgustida Twitter sahifasida 4 yil davomida yo‘g‘on ichak saratoni bilan kurashgani, ammo kasallikka yengilgani haqida post yozib qoldirgan. Ushbu tvitga 7 million layk bosilgan, 3 million foydalanuvchi tomonidan esa repost qilingan.
Kris Evans
2020-yilda ijtimoiy tarmoqlarda aktyorning obro‘sini tushiradigan fotolar tarqalgan. Ammo bu Krisni uyaltirmagan, u Twitter’da muxlislarini 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida unga ovoz berishga chaqirgan. Postga 1,2 million layk bosilgan, 200 mingdan ortiq foydalanuvchi tomonidan repost qilingan.
Skarlett Yoxansson
Boshqa irq vakillarining rolini ijro qilgani sabab Yoxanssonga doimiy ravishda e’tiroz bildiriladi. Bunday fikrlarga aktrisaning yozib qoldirgan javobi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan. “Men odam, hayvon va daraxt rolini o‘ynashim mumkin, chunki bu mening kasbim”, — degan Skarlett.
Shahzoda Garri va Megan Markl
Qirollik oilasi vakillarining hayotidagi istalgan voqea: to‘y, tug‘ilgan kun, farzandlarining dunyoga kelishi internetda bir zumda virus singari tarqalib ketadi hamda bu haqida millionlab muxlislar xabar topadi.
Jennifer Lourens
U bilan bog‘liq istalgan hodisa, omadsiz bo‘lishidan qat’iy nazar, bir zumda tarqalib ketadi. “Oskar” taqdirlash marosimida yiqilishi, qizil yo‘lakda qoqilib ketishi kun voqeasiga aylanadi.
Beyonse
Musiqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli xonandalardan biri bo‘lgan Beyonsening albom taqdimoti, homiladorligi va u bilan bog‘liq brendi ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ladi. | 96 | 2,188 |
Madaniyat | Skarlett Yoxansson “Qora beva” kinoteatrlar va Disney striming servisida bir vaqtning o‘zida chiqqani uchun studiyani sudga berdi. Oqibatda aktrisaning gonorari kamayib ketgan | “Qora beva” filmida bosh rolni ijro etgan aktrisa Skarlett Yoxansson Disney kinostudiyasini sudga berdi. U kompaniyani shartnomani buzishda ayblamoqda, biroq studiya vakillari buni rad etyapti, deb xabar beradi Esquire.
Kartina premyerasi bir necha bor ko‘chirilgan va oxir-oqibat u Disney+ striming servisi va kinoteatlarda bir vaqtning o‘zida chiqdi. Bu Yoxanssonning gonorariga bog‘liq bo‘lgan kassa yig‘imlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, Marvel kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Disney “Qora beva” avval kinoteatlarda namoyish etilishini kafolatlagan. Kelishuvning buzilishi oqibatida aktrisa 50 million dollar yo‘qotgan.
Ammo Disney’dagilarning ma’lum qilishicha, Yoxanssonning da’vosida “hech qanday asos yo‘q”. “Ayniqsa, da’voda butun dunyo bo‘ylab ta’sir ko‘rsatgan koronavirus pandemiyasining qo‘rinchli oqibatlari e’tiborga olinmagan”, — deyiladi kompaniya bayonotida. Ta’kidlanishicha, studiya “Yoxansson bilan tuzilgan shartnomaning barcha shartlariga rioya qilgan”, Disney+ da “Qora beva”ning uzatilishi natijasida esa aktrisa “olgan 20 million dollardan tashqari kattagina kompensatsiya” olishi mumkin.
“Qora beva”ning premyerasi dastavval 2020-yilning mayida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi sabab u bir necha bor ko‘chirilgan. Natijada film 2021-yilning 9-iyulida katta ekranlarga chiqdi.
Dastlabki dam olish kunlari davomida “Qora beva” pandemiya davridagi kassa yig‘imlari bo‘yicha rekord o‘rnatgan — 218 million dollar. Ikkinchi haftada esa yig‘imlar bir necha martaga tushib ketgan. Prokatchilar buni filmning Disney+ striming servisida ham taqdim etilgani bilan bog‘lamoqda.
Avvalroq “Qora beva” va Xiaomi Mi 11 bir-birini reklama qilishni boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 175 | 1,751 |
Madaniyat | Turk aktrisasi Neslihan Atagul 9 yildan keyin turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu bilan bitta serialda suratga tushmoqda | Avvalroq Turkiyaning mashhur aktrisasi Neslihan Atagulning yangi loyihalar bilan ekranga qaytayotgani haqida xabar berilgandi. Endilikda aktrisaning serialdagi partnyori ma’lum bo‘ldi.
Peride Jelal qalamiga mansub “Tunning oxiri” romani asosida ekranlashtirilgan serialda bosh rolni ijro etayotgan Neslihanning partnyori uning turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu. Juftlik 9 yillik tanaffusdan so‘ng yana bitta loyihada suratga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, Neslihan va Kadir Dog‘uli 2013-yil “Ishq sohillari” serialida birgalikda suratga tushgan. | 115 | 539 |
Madaniyat | Poshnali poyabzal badali: baland tufli kiyishi oyog‘i bilan bog‘liq turli muammolarga sabab bo‘lgan yulduzlar (foto) | Ekran va muxlislar qarshisida mukammal ko‘rinishga ega bo‘laman, deb poshnali poyabzal kiyishni kanda qilmagan mashhurlarning bu qarori qanday oqibatlarga olib kelgani haqida “Domashniy ochag” nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Naomi Kempbell
Modelning 1993-yil Vivienne Westwood namoyishi davomida yiqilgani moda tarixida qolgan. Bunga 25 santimetr balandlikdagi tufli sabab bo‘lgan. Mazkur poyabzal bugungi kunda Londondagi Viktoriya va Albert muzeyida saqlanadi. Yiqilganida oyog‘ini jiddiy qayirib olgan Naomiga ushbu namoyishdan suyak kasalligi — tizza osteoartriti esdalik bo‘lib qolgan.
Jennifer Eniston
Bred Pitt bilan ayrilganini hazm qila olmagan aktrisa alamini ovqatdan olgan va natijada semirib ketgan. O‘zini qo‘lga olganidan keyin esa ozishga qaror qilgan. Nazoratsiz mashg‘ulotlar oqibatida esa oyoqlari bilan bog‘liq jiddiy muammo — paylar yallig‘lanishini orttirib olgan.
Viktoriya Bekhem
Viktoriya boshqalardan hamisha poshnali oyoq kiyimlarga bo‘lgan sevgisi bilan ajralib turgan va hatto 4 nafar farzandi bilan sayr vaqti ham baland tufli kiyishni kanda qilmagan. Bundan 5 yil avval dizaynerning muxlislari kumirlarining oyog‘i ochiq poyabzalda xunuk ko‘ringaniga e’tibor qaratgan. Qiyshaygan barmoqlar va shishlar yaqqol ko‘zga tashlangan. Buni payqagan Viktoriya jarrohga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Keyt Moss
Model yoshligida baland poshnali poyabzal bilan kun davomida tik yurishi mumkin bo‘lganini ta’kidlagan. “Ba’zan poshnalar to‘g‘ri mening oyog‘imdan o‘sib chiqqandek tuyulardi”, — degan u. Ammo tinimsiz baland oyoq kiyimda yurish modelning oyoqlariga salbiy ta’sir qilgan.
Olga Buzova
Olga hamisha rasmlarga qaddini tik tutib, qornini tortib tushishga harakat qiladi. Ammo kadrda oyog‘idagi baland poshna kiyish oqibatida paydo bo‘lgan kamchiliklar doimo sezilib turadi. | 116 | 1,808 |
Madaniyat | Hind aktrisasi Dipika Padukone 52 million obunachisi bor Instagram sahifasidagi hamma suratlarni o‘chirib tashladi | Hind aktrisasi Dipika Padukonening Instagram sahifasini nafaqat hindistonliklar, balki butun dunyodan muxlislar kuzatib boradi. Bir necha yil ichida aktrisaning obunachilari 52,6 millionga yetgan. To‘y marosimidagi fantastik suratlar muxlislar e’tiborini jalb qilmay qolmagan. Ammo aktrisa hammasini yangidan boshlashga qaror qilgan va 2021-yilning 1-yanvar kuni sahifasida, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini bayram bilan tabriklab, minnatdorchiligini bildirgan hamda baxtli onlari muhrlangan suratlarni o‘chirib tashlagan.
Aftidan bu orqali aktrisa hayot hech qachon avvalgidek bo‘lmasligi, tushkunlikka tushmasdan yangi hayot hikoyasini yozish kerakligiga ishora qilgan.
Shundan keyin Instagram sahifasiga Yangi yilda qanday obrazda bo‘lganini ko‘rsatish maqsadida joylagan postiga aktrisa yaqinlari va oila a’zolarining kuzatishi hamda xushomadlariga ko‘ra, professional yutuqlarni qo‘lga kiritganiga qaramay, shaxs sifatida o‘zgarmagani va bu borada ularning roli naqadar beqiyos ekanligini haqida ularning o‘zlari oz-moz bilishi, oilasi va do‘stlari bilan vaqtini uzluksiz chog‘ o‘tkazish g‘oyat muhim ekanligini yozib qoldirgan. Shuningdek, izohda, vaqtini bunday o‘tkazish uni o‘zidan ketib qolmasligi, qayerdan kelgani va hozirda erishgan marralariga yetib kelishi uchun nimalar kerak bo‘lganini eslatib turishini qo‘shimcha qilib, boshqalarga ham tanaffus qilishni tavsiya qilgan. | 114 | 1,392 |
Madaniyat | Madaniyat vazirligi Hamza uy-muzeyi xarobaga aylanishiga befarqmi?! | "Farg`ona haqiqati” gazetasining 2020 yil 16 sentyabrdagi № 71-sonida . “Hamza uy-muzeyi nega xarobaga aylandi?” tanqidiy maqola e`lon qilingan.
Maqolada Farg`ona tumanining Avval qishlog`i, “Etti buloq” guzari yonida joylashgan Hamza uy-muzeyining bugungi kunga kelib xarobaga aylangani tanqid qilingan.
Tumanning sobiq hokimi sayyor qabulida uy-muzeyni tartibga keltirish haqida murojaat qilingani, ammo chora ko`rilmagani aytilgan.
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vaziyatni o`rganib chiqib, unga quyidagi munosabatni bildiradi.
Vazirlar Mahkamasining “2017-2027 yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to`g`risida” 2017 yil 11 dekabrdagi 975-sonli qaroriga asosan Farg`ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali hisoblangan X.X.Niyoziy memorial muzeyi faoliyati tugatilgan.
Shu o`rinda ma`lumot uchun, Farg`ona viloyatida hozirgi kunda “Qo`qon” davlat muzey-qo`riqxonasining filiali sifatida Hamza uy-muzeyi faoliyat ko`rsatib kelmoqda. | 67 | 1,081 |
Madaniyat | Farhod va Shirin konsertidagi soxta chiptachilar qo‘lga olindi | Farhod va Shirin dueti 3—4-iyun kunlari “Istiqlol” san’at saroyida ikki kunlik konsert dasturini taqdim etdi, deb xabar beradi “Sayyod.com”.
Nomi-yu, ijodi romantikadan iborat juftlikning konserti ikki kun odamlar bilan to‘ldi.
Dasturning ikkinchi kuni odamlar qalbaki chiptalar bilan kirib kela boshlagan va bir joyga da’vogarlar ko‘payib, tushunmovchiliklar sodir bo‘la boshlagan. “Sayyod.com” bergan xabarga ko‘ra, shunday soxta chipta sotayotganlardan bir ayol ushlangan va soxta chiptachilar ham aniqlangan.
Qora rangdagi qalbaki chiptalarda konsert kuni ham noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. | 62 | 588 |
Madaniyat | Bollivudning eng mashhur juftliklaridan biri Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi | Bollivud aktyorlari Saif Ali Xon va Karina Kapur 21-fevral kuni ikkinchi marta farzandli bo‘ldi.
“Biz ikkinchi marta o‘g‘il farzand bilan siylandik. Ona va bola o‘zini yaxshi his etmoqda, ikkisi ham sog‘-salomat. Bizga ezgu tilaklarni bildirayotgan barcha muxlislarimizga minnatdorlik bildiraman”, — deb yozdi Saif Ali Xon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida. | 103 | 360 |
Madaniyat | Instagram: Parizoda bilan yuz bergan ko‘ngilsizlik, sportchini jangga chorlagan Shohruxxon, sayohatga otlangan Lola | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shahzoda o‘g‘illari Solih va Xalid bilan tushgan yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Shahzoda Matchonova san’at olamidagi eng yaqin insonlardan biri Nilufar Usmonova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Xonanda Shohruxxon taniqli sportchi Muhammadali Toshturg‘unovni jangga chorlagani aks etgan videoni e’lon qildi.
Muqaddas Sa’dullayeva yangi surati bilan ko‘rinish berdi va obunachilariga barcha voqealar yaxshilik bilan tugashi haqida gapirdi.
Lola onasinig uyiga borgani va u yerda ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Shoira Otabekova hamkasbi, 18 yillik do‘sti va duetdoshi Abduvali Rajabov bilan tushgan suratini namoyish qildi.
Rashid Xoliqov farzandlari va nevalari bilan sayohatga ketayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Aktyor Akbarxo‘ja Rasulov yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Raqqosa Parizoda Samarqandda iPhone’nini o‘g‘irlab ketishganini ma’lum qildi. U shu sababli kayfiyati yo‘qligini ta’kidlagan. Parizoda telefonning bir terabayt xotirasi bo‘lganini, qattiq himoyanlangani sababli hech kim ishlata olmasligi haqida gapirgan.
Xonanda Ravshan Komilov sahifasiga nevaralari bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Luiza Rasulova muxlislariga qozonkabob tayyorlagani aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Aktrisa Saida Rametova sahifasiga kelini va o‘g‘li Aziz Rametovning suratini joyladi.
Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev to‘y xizmatlarining birida muxlislari bilan qo‘shiq kuylagani aks etgan videoni namoyish qildi.
Aktrisa Bahora Arslonova farzandi bilan tushgan suratini e’lon qildi va uning tug‘ilishini ikki yil kutgani haqida muxlislariga gapirdi.
Madina Mumtoz farzandlari uchun piknik tashkillashtirgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.
Turkiya matbuoti mashhur juftlik Burak O‘zchivit va Fahriye Evjenning ajrashayotgani haqida xabar e’lon qildi, aktyor bu mish-mishlarga javoban sahifasiga rafiqasi bilan tushgan suratini joylab “Biz haqimizda asossiz mish-mishlar tarqatmang, o‘z holimizga qo‘ying. Barchaga muhabbat tilaymiz”, — deb izoh qoldirdi.
Lola oilasi bilan Turkiyaga hordiq chiqarish uchun turpaket xarid qilganini ma’lum qildi.
Xonanda Shahnoza Otaboyeva onasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. | 115 | 2,367 |
Madaniyat | Instagram: Vayner Dili.me’ning gala konsertga aylangan to‘yi, Rayhon va Munisani yarashtirib qo‘ygan Davron Kabulov, Zarina Nizomiddinova namoz o‘qiydimi? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Rixsitilla Abdullayev va Nigora Karimboyeva “Tikan” deb nomlangan serialda suratga tushmoqda.
29-noyabr kuni poytaxtdagi to‘yxonalardan birida “Dili.me” taxallusi bilan ijod qiladigan vayner Dilshod uylandi. Dilshodning to‘yiga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurdi. Ular orasida Yorqinxo‘ja Umarov, G‘aybulla Tursunov, Ziyoda, Umidaxon, Halima Ibragimova, Ahad Qayum, Shahzod Sultonov, Feruza Normatova, Ilhom Farmonov, Malika Ravshanova va boshqa mashhurlarni ko‘rish mumkin.
Durdona Qurbonova sahifasiga yangi surat joyladi.
“Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tkazilayotgan “Yetti yulduz” gala konsertida o‘zaro kelishmovchilik tufayli bir-biri bilan gaplashmay qo‘ygan xonandalar Munisa Rizayeva va Rayhon G‘aniyeva duet kuyladi. Bu ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Davron Kabulov ikki xonandani qanday qilib bunday qilishga ko‘ndirgani haqida shunday dedi:
“Ikkalasi ham men bilan o‘rtoq bo‘lgani uchun bunga rozi bo‘lganini aytdi. O‘zimning shunday muhim inson ekanimni bilmasdim”.
Bloger Xonzoda Moskvaga sayohat uchun jo‘nab ketdi.
Zarina Nizomiddinova ikkinchi o‘g‘li Saidumarning 1 yosh-u 8 oylik bo‘lgani munosabati bilan sahifasiga yangi surat joyladi.
Zarina Nizomiddinova shuningdek, namoz o‘qishi haqidagi savolga ham javob berdi.
“Avval bomdodni o‘qir edim. Lekin hozir bomdodga turish qiyin bo‘lyapti. Namozni boshlashim kerak degan fikr keldi menga. Shu sababli hozir xufton o‘qiyapman. Hozircha faqat xuftonni o‘qiyapman”, — deydi u.
Munisa Rizayeva muxlislari uchun o‘z bog‘chasidan kichik reportaj tayyorladi.
Shahzoda Matchonova esa ulkan guldasta yonida suratga tushdi.
Munisa Rizayevaning “Yetmadimi?” deb nomlangan qo‘shig‘iga klipmeyker Habibullo Nabiyev klip suratga oldi. Ushbu klipda bosh rolni Ozod Xurramov ijro etgan. Klip tez kunlarda premyera qilinadi. | 154 | 1,946 |
Madaniyat | Kimligini eslay olmaydi: Alsgeymer kasalligiga chalingan mashhur insonlar (foto) | Uinston Cherchill, Robin Uilyams, Margaret Tetcher va boshqa bir qancha mashhur kishilar demensiya va Alsgeymer kasalligidan aziyat chekishgan.
Shahzoda Charlz
2011-yilda shifokorlar shahzoda Uilyam va Garrining otasiga Alsgeymer kasalligi tashxisini qo‘yishdi. O‘sha paytda shahzoda Charlz 62 yoshda edi. Kasallik xotira buzilishi va ba’zi sog‘liqdagi muammolarga olib keldi. Shunga qaramay, qirolichaning to‘ng‘ich o‘g‘li hamon taxtga da’vogarlik qilmoqda.
Margaret Tetcher
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher ham Alsgeymer kasalligidan aziyat chekdi. Demensiya uni hayotining so‘nggi 12 yilida – 75 yoshidan keyin qiynagan. Temir xonim 2013-yilda insultdan vafot etgan, ammo bu Alsgeymer kasalligining asorati natijasida sodir bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
Robin Uilyams
Robin Uilyams 2014-yilning 12-avgustida o‘z joniga qasd qilgan. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, fojiaga aqlan zaiflik sabab bo‘lgan: aktyorda tashvish, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lgan, shuningdek, harakat qobiliyatlari ham buzilgan. Biroq Uilyamsning rafiqasi bu taxminlarni rad etib, depressiya uning marhum eri aziyat chekadigan 50 ta darddan biri ekanligini ta’kidlagan.
Shon Konneri
Millionlab tomoshabinlarning suyukli Jeyms Bondi Shon Konneri hayoti davomida 70 ta filmda suratga tushgan. Yigirmanchi asrning oxirida u keksa odamlarni o‘ynashni xohlamasligini tushuntirib, karyerasini tark etdi. Biroq bir necha yil o‘tgach, Shonning aqldan ozganligi ma’lum bo‘ldi. Shunga qaramay, u uzoq umr ko‘rdi va 90 yoshida oilasi bag‘rida vafot etdi.
Uinston Cherchill
Cherchillda demensiya mavjudligi rasmiy tasdiqlanmagan, ammo o‘sha yillarda bunday tashxis, qoida tariqasida kamdan kam hollarda uning darajasidagi siyosatchilarda aniqlangan. 1950-yilda 75 yoshli Cherchillga miya tomirlarining spazmi tashxisi qo‘yilgan. Ikki yil o‘tgach, u insultga duchor bo‘lib, muloqot qilish qobiliyatini yo‘qotdi. Nutqni tiklash uchun bir necha oy kerak bo‘ldi. Shunga qaramay, 1953-yilda Buyuk Britaniya bosh vaziri adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi va faqat ikki yildan keyin o‘z lavozimini tark etdi.
Rita Xeyvort
“Faqat farishtalarda qanot bor” filmi yulduzi Rita Xeyvort (haqiqiy ismi – Margarita Karmen Kansio) 52 yoshida xotirasini yo‘qota boshlagan. O‘sha paytda u “Xudoning g‘azabi” filmida rol o‘ynagan va ko‘pchilik uning matnni eslab qolish bilan bog‘liq muammolarini alkogolizm bilan bog‘lagan. Ammo tez orada Xeyvortga demensiya tashxisi qo‘yildi. U kinodagi karyerasi bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi va butunlay qizining vasiyligiga o‘tdi. Aktrisaning ahvoli og‘irlashib, 1987-yilda 68 yoshida vafot etdi.
Jeyms Styuart
Jeyms Styuart Ikkinchi jahon urushi faxriysi va taniqli aktyor bo‘lgan. Tomoshabinlar uni “Filadelfiya tarixi”, “Biz qayta sevganimizda”, “Bu ajoyib hayot” filmlaridagi rollari tufayli sevib qolishdi. Ammo Jeyms o‘z karyerasini tark etishga majbur bo‘ldi: shifokorlar unga Alsgeymer kasalligi tashxisini qo‘yishdi va u 89 yoshgacha yashadi. | 80 | 2,989 |
Madaniyat | Amerikalik reper Kanye Uest Kaliforniyadagi uyini yong‘indan asrash uchun o‘t o‘chiruvchilar brigadasini yolladi (video) | Amerikalik reper Kanye Uest Kaliforniya shtatida yuz bergan o‘rmon yong‘inlaridan o‘z villasini qutqarish uchun o‘t o‘chiruvchilar brigadasini yolladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Uest va uning rafiqasi Kim Kardashyanning ushbu shtatda joylashgan uyi 60 million dollarga baholangan.
Qayd etilishicha, agar Uestning villasi yonib ketsa, qo‘shni uylar ham xavf ostida qoladi.
Ma’lumot uchun, Kaliforniya shimolidagi Camp o‘rmon yong‘inlari 8-noyabr, payshanba kuni boshlangan edi, hozirgacha ushbu tabiiy ofat oqibatida yigirma to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Olov 36 ming gektardan ziyod maydonni qamrab olgan bo‘lib, 7 mingdan ortiq inshootlarni vayron qildi va bu bilan shtat tarixidagi eng vayronkor yong‘inga aylandi. | 120 | 720 |
Madaniyat | O`zbekistonda Inoyat Navro`zboev haqida film suratga olinmoqda | O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi" DUK tomonidan "Unutilmas qahramonlar" turkumi ostida yangi hujjatli filmlar suratga olinmoqda. Mazkur filmlardan biri vatandoshimiz Inoyat Navro`zboev haqida. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Inoyat Navro`zboev 1918 yilda tug`ilgan, ikkinchi jahon urushida pulemyotchi sifatida qatnashgan. Dnepr daryosi bo`yidagi jangda katta jasorat ko`rsatgan hamda “Oltin yulduz” faxriy medali bilan mukofotlangan.
Mazkur turkum hujjatli filmlar Ikkinchi jahon urushida jasorat ko`rsatgan yurtdoshlarimiz haqida bo`lib, urushda qozonilgan g`alabaning 76 yilligiga bag`ishlanadi. Postanovkachi rejissyor Navro`za Biynazova “Inoyat Navro`zboev” filmining suratga olish jarayonlari haqida so`zladi:
“Ijodiy guruhimiz bilan Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l tumanida bo`ldik. Qahramonimiz, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi kichik leytenant Inoyat Navro`zboev shu hududda tug`ilib katta bo`lgan, urushdan qaytib kelib sovxozlarni boshqargan. To`rtkul tumanida 3 kunlik s`yomka jarayonlarida deyarli barcha epizodlar olindi. Inoyat Navro`zboev yoshligini Shahzod Ma`rufjonov ijro etdi. Hozirda filmning montaj jarayonlari boshlandi” | 62 | 1,248 |
Madaniyat | Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo‘rg‘on” filmi taqdimoti 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi | O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissor Zulfiqor Musoqov “Berlin-Oqqo‘rg‘on” nomli to‘liq metrajli badiiy filmini suratga oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ushbu filmda 1941—1945-yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushida o‘zbek millatining jasur va mard o‘g‘lonlari, shuningdek, front ortidagi O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan beminnat mehnatlari hamda insoniylik munosabatlari aks ettirilgan.
Joriy yilning 14-dekabr kuni soat 15.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Berlin-Oqqo‘rg‘on” nomli badiiy filmning faqat ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun taqdimoti va namoyishidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Berlin-Oqqo‘rg‘on” badiiy filmning ijodkorlari shu kuni jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga yuzma-yuz javob beradi. | 85 | 771 |
Madaniyat | Aktrisa Kira Naytli Koko Shanel rolida. | Mashhur dizayner Karl Lagerfeld va’da qilgan qisqametrajli film nihoyat dunyo yuzini ko‘rdi. Kinopremyera 8-may kuni Singapurda bo‘lib o‘tdi.
Koko Shanel haqidagi ushbu film “Kunlarning birida” (Once Upon a Time) deb nomlanadi. Filmdagi bosh rolni taniqli aktrisa Kira Naytli talqin qildi. Bundan tashqari, o‘sha davrning zodagon ayollar obrazlarini Karl Lagerfeldning sevimli modellari – Stella Tennant, Saskiya De Brau va boshqalar ijro etishgan.
Mazkur film birinchi Chanel butigining 100-yilligiga bag‘ishlandi. Kartina bir asr oldingi holatni eslatishi uchun maxsus butik qurildi. Voqea syujetlari ham oq-qora ranglarda suratga olindi. | 39 | 643 |
Madaniyat | Xonanda Tamila: Xuddi menga o‘xshaydigan qizni topib, videoga tushirib, so‘ng tarqatishgan | Xonanda Tamila (Esmeralda Rahmatova) internetda tarqalib, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan axloqsiz videolarning birida o‘zi aks etgani haqidagi avvalgi izohini rad etdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Kadr: YouTube
“Bilasizmi, sha’nimga shunchalar ko‘p e’tiroz yog‘ildiki, oxiri ko‘rinmayapti. Lekin ikkita videodagi qiz ham men emasman. Bu menda xusumati bor odamlarning ishi, deb bilaman. Xuddi menga o‘xshaydigan qizni topib, tasvirga tushirib, tarqatib yuborishgan”, — dedi Tamila.
Shov-shuvli videolar tarqalgan ilk kunlarda Tamila “Sayyod.com”ga bergan intervyusida videolarning birida o‘zi tasvirlanganini tan olgandi.
“O‘sha kuni ‘Sayyod.com’ saytidan Sardor Komilov qo‘ng‘iroq qilib, ‘Ikkita videodagi sizmi?’, deb so‘radi va u nima haqida gapirayotganini tushuntirmadi. O‘zining loyihalaridagi videolarni nazarda tutayotgandir, degan o‘yda: “Ha, bittasidagi menman”, deganman. Ochig‘i, o‘sha damda nima bo‘layotganini tushunmay turgandim”, — dedi xonanda.
“Darakchi” gazetasi so‘roviga ko‘ra, “Sayyod.com” sayti Tamila bilan bo‘lgan qo‘ng‘iroq audioyozuvini taqdim etgan. Unda Sardor Komilovning: “Hammayoqda shov-shuv. Ikkita video tarqalgan?”, — degan savol ohangidagi gapiga, Tamila: “Juda yaxshi, ikkinchisi meniki emas, birinchisidagi menman”, — deb javob bergan. Izoh so‘ralganida, Tamila: “Yo‘q, izohlay olmayman”, — degan.
Bir muddat avval Tamila deb taxmin qilinayotgan qizning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuv messenjerlarda tarqalib ketgandi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri Najot Agzamov u bilan shartnomani bekor qildi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi esa xonandaning litsenziyasini tugatdi. | 90 | 1,642 |
Madaniyat | Qiziqchi Shukrullo Isroilov Halimani ilk bor qayerda uchratganini ma’lum qildi | Qiziqchi Shukrullo Isroilov aktrisa va so‘z ustasi Halima Ibragimova bilan qanday tanishib qolganini ma’lum qildi. Bu haqda “So‘g‘diyona” gazetasi xabar bermoqda.
“2007-yili “Bo‘g‘irsoq-shou” dasturini namoyish qildik. To‘ladan kelgan qizlar orasida tanlov o‘tkazdim va ular sahnada mahoratlarini namoyish etishdi. Aksariyatining baxti ochilib, turmushga chiqib ketdi. Shular orasida bitta Halima san’at yo‘lini tanladi”, — deydi qiziqchi.
“Halima bilan to‘yda, tasodifan tanishib qolganmiz. Xizmatda o‘tirsak, do‘mboqqina qizga ko‘zim tushdi. Yoniga bordim-da: “Chiqing, singlim, o‘ynaymiz”, — dedim. “Bo‘ldi, gap yo‘q”, — deb o‘rtaga chiqdi”, — dedi Shukrullo Isroilov.
Shundan so‘ng Shukrullo Isroilov Halima Ibragimovani “Bo‘g‘irsoq-shou” loyihasiga taklif qilishga qaror qilgan. Keyinchalik Halima Ibragimova Teatr va rassomchilik institutiga o‘qishga kirgan, filmlarda rol ijro etdi.
“Mana, bugun hamma bilgan aktrisa, so‘z ustasi. Omadini bersin”, — deya qo‘shimcha qildi qiziqchi Shukrullo Isroilov.
Avvalroq, qiziqchi Shukrullo Isroilov kelini Halima Ibragimovaga qarindosh ekanligi haqidagi gap-so‘zlarni rad etib chiqqandi. | 78 | 1,135 |
Madaniyat | Rashid Xoliqov nevarasiga Mercedes sovg‘a qildi, Davron Kabulov nima sababdan kiyim sotyapti? Instagram’dan daraklar | 29-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Munisa Rizayeva Instagram’da o‘rangan qizlar haqida aytgan fikrlari uchun uni qarg‘ayotgan insonlarga insof so‘radi.
Shuningdek, xonanda kasal bo‘lishiga qaramay, Andijonga to‘y xizmatiga bordi. Uning aytishicha, to‘y egalari xonandaning vaqtiga qarab, uch marta to‘yni qoldirgan.
Rayhonning singlisi tibbiyot oliygohining ordinaturasiga o‘qishga kirdi.
Shahzoda Matchonova va Nilufar Usmonova karantindan so‘ng ilk marta kinoteatrga kino ko‘rishga bordi.
Avvalroq rafiqasiga BMW X7 hamda keliniga Malibu sovg‘a qilgan Rashid Holiqov nevarasi Eminga kichkina Mercedes-Benz avtomobilini xarid qildi.
Davron Kabulov nima uchun aynan kiyim ishlab chiqarish biznesiga qo‘l urgani haqida so‘zlab berdi.
View this post on Instagram
Shahlo Ahmedova yangi fotosessiya jarayonidagi video bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Jahongir Otajonov baliq oviga chiqdi.
Ozoda Nursaidova va Shuhrat Zokirov “Artist” loyihasida.
View this post on Instagram
Bir guruh xonandalar ko‘rsatuv suratga olish jarayonida uchrashib qolishdi.
View this post on Instagram | 116 | 1,266 |
Madaniyat | Qirg`izistondagi teatrlar Forumida O`zbekiston ham ishtirok etadi | Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasida teatrlar Forumi bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda O`zA.
Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasi Bishkek shahrida mashhur yozuvchi, adib Chingiz Aytmatovning asarlari asosida Forum tashkil etiladi.
Unda O`zbekistondan O`zbek davlat drama teatri "Jamila" va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri “Sohil bo`yida chopayotgan Olapar” qissasi asosida sahnalashtirilgan “Luvr o`rdagi” nomli spektakllari bilan ishtirok etadi. | 65 | 525 |
Madaniyat | Xonanda Munisa Rizayeva: “To‘yga chiqmayman” degandim, fikrim o‘zgardi | Munisa Rizayeva bir necha yil avval “To‘yga chiqmayman” deb, endilikda to‘y xizmatlarida qatnashayotgani sababini izohladi. Xonanda bu masalaga “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi.
“To‘y xizmatlariga borishning hech qanday yomon tomoni yo‘q. To‘g‘ri, bir necha yil avval: ‘To‘yga chiqmayman’, — degandim. Ammo keyinchalik fikrim o‘zgardi”, — dedi Munisa Rizayeva.
“Odamlar yaxshi kunlarida sizni ko‘rishni istashayaptimi, demak, talab bor. Qanday qilib rad etasiz?!”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda. | 70 | 525 |
Madaniyat | ALIShER USMONOVDAN YaNA BIR TUHFA: XOSE KARRERAS VA DIRIJER DAVID GIMENES TOShKENTDA KONSERT DASTURINI TAQDIM ETIShADI | Ertaga, 11 dekabrdan e`tiboran «Istiqlol» san`at saroyi kassalarida mashhur ispaniyalik tenor Xose Karreras va dirijyor David Gimenes ishtirokida bo`lib o`tadigan konsert uchun chiptalar sotuvga chiqadi. Mazkur loyihani milliarder Alisher Usmonov o`zbek xalqiga yangi yil oldidan bayram tuhfasi sifatida taqdim etmoqda.
Klassik musiqa ixlosmandlari 17 dekabr kuni «O`zbekiston» Xalqaro forumlar saroyiga tashrif buyurib, bu erda Xose Karerasning ijodidan bahramand bo`lishadi.
Avval xabar qilinganidek, shu yil 15 dekabr kuni britaniyalik qo`shiqchi Robbi Uilyams ishtirokida ham konsert dasturi tashkil etiladi. | 118 | 615 |
Madaniyat | Hashamatli va yaltiroq: Yulduzlarning ko‘zni qamashtiruvchi tilla rang liboslari (foto) | Qizil yo‘lakda tilla rang matodan tikilgan ko‘ylak bilan ko‘rinish bergan aktrisa va modellar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Irina Sheyk
Model 2018-yildagi Met Gala marosimiga Versace brendidan libos kiyishni afzal bilgan. Tilla rang matodan etaklari allambalo qilib tikilgan ko‘ylakni, shu rangdagi choker va bilaguzuk bilan moslagan.
Bella Hadid
Bellaga har qanday libos yarashaveradi. Ammo 2018-yil Bvlgari’ning kechki ziyofati uchun tanlagan ko‘ylagi uni har doimgidan ham o‘zgacha ko‘rsatgan. U assimetrik shaklda bichilgan, uzun va tillarang libos bilan minimal uslubdagi poyabzal hamda kumush rang taqinchoqni umumlashtirishni ma’qul bilgan.
Kim Kardashyan
Kim har bir marosim va tadbir uchun alohida tayyorgarlik ko‘radi. 2018-yildagi Met Gala kostyumlar baliga u qomatiga urg‘u berib turadigan tilla rang ko‘ylak kiygan. Oshirib yubormaslik uchun esa taqinchoqni ingichkasidan tanlagan.
Bleyk Layvli
Bir vaqtlar qizil yo‘laklarni bezab turgan Bleyk bugungi kunda tadbir va marosimlarda kam ko‘rinish beradi. 2017-yildagi Met Gala’ga kiyib kelgan libos esa eng yorqin obrazlardan biri sifatida yodda qolgan. Moviy rang patlar bilan qoplangan shleyfi bor tilla rang libos, atrofdagilar e’tiborini o‘ziga jalb qilmay qolmagan.
Jasmin Tuks
Jasminning libos borasida ajoyib tanlov qilgan. Uning uncha yorqin bo‘lmagan tilla rang matodan tikilgan libosi yanada sarvqomat ko‘rinishiga hissa qo‘shgan.
Margo Robbi
Margo esa oddiy bichimli, yengi uzun libos bilan kichkina qora sumka tutishni afzal bilgan. Sochining rangi esa tilla rang ko‘ylagi bilan uyg‘un bo‘lib turgan.
Rozi Xantington-Uaytli
Rozi 2019-yildagi The Fashion Awards’ga ortiqcha bezaksiz, uzun ko‘ylak tanlagan. Sochini tepadan turmaklagani va ortiqcha taqinchoq taqmagani bir vaqtning o‘zida ham sipo ham hashamatli ko‘rinishiga sabab bo‘lgan.
Emma Stoun
Emma 2017-yilgi “Oskar” taqdirlash marosimi uchun eski Gollivud yulduzlarining obrazidan ilhomlangan. Givenchy Couture brendining libosi hamda uzun sirg‘a bilan bashang va dilbar ko‘ringan. Qizil qizil pomada surtib sochini nomiga jingalak qilgani ham o‘ziga juda yarashgan.
Mishel Dokeri
Mishel ham hashamat bilan oddiylikni umumlashtirishga muvaffaq bo‘lgan yana bir yulduz sanaladi. Oddiy, yelka qismi ochiq libosi, soch turmagi va taqinchoqlari obrazning mukammal bo‘lishini ta’minlagan. | 87 | 2,324 |
Madaniyat | Koronavirus sabab ahvoli og‘irlashgan rossiyalik xonanda MakSimni komadan chiqarib bo‘lmayapti | Koronavirus sabab shifoxonaga yotqizilgan xonanda MakSimni shifokorlar komadan chiqarishga urinib ko‘rdi.
MakSim taxallusi bilan ijod qiladigan Marina Maksimovaning salomatligi bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqalmoqda. Xonandaning piar-direktori uning ahvoli yaxshilanayotganini ta’kidlayotgan bir vaqtda, do‘stlari buni inkor qilmoqda.
Shifokorlar u ulangan EKMO — ekstrakorporal membranali oksigenatsiya apparati (yurak va o‘pkalar o‘z faoliyatini bajara olmaydigan darajada xasta bo‘lsa, bemorning hayoti va organizmini vaqtincha qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladigan maxsus davolash usuli)ni o‘chirishga harakat qilgan, ammo bu ish bermagan. Mustaqil ravishda nafas ololmagan Marinani qayta apparatga ulashga majbur bo‘lishgan. O‘pkalari shu darajada ko‘p (80 foiz) zararlanganidan xonanda mustaqil nafas olishga kuchi yetmagan. MakSim yotgan shifoxonada ishlaydigan insayderning aytishicha, xonanda ayni vaqtda sopor (chuqur uyqu, subkoma: bunda bemorni faqatgina tashqi ta’sirlar bilan uyg‘otish mumkin bo‘ladi) holatida.
Ayni vaqtda ahvoli og‘ir bo‘lishiga qaramay, xonandaning yaqin do‘stlari va muxlislari uning tuzalib ketishidan umidini uzmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 15-iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas olish apparati ulangan. Keyinroq, yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. | 94 | 1,452 |
Madaniyat | Hilol Nasimov o`lsa, janozasiga bormayman – Habibulla Nizomov (video) | Jurnalist Jasur Hamroev karantin tufayli AQShning Nyu-York shahrida qolib ketgan sport ustasi va aktyor Habibulla Nizomov bilan suhbatlashdi. Ushbu suhbat davomida Habibulla Nizomov rejissyor Hilol Nasimovning filmlariga bo`lgan munosabatini bildirdi.
“Ochig`ini aytsam, agar Hilol Nasimov olamdan o`tsa, men uning janozasiga bormayman. U inson bilan uchrashishni ham xohlamayman. Bir inson yoki xalqning qanchadir qismi adashgan bo`lsa, uni ma`rifat bilan, chiroyli tushuntirsa ham bo`ladi. Men bu rejissyorning filmlaridan ma`rifat topa olmaganman. Islomni niqob qilganlar yo`q emas, bor. Lekin bu degani bir o`zbek xato qilsa, butun xalqni shunaqa qilib ko`rsatish kerakmas-ku? Odamlarda O`zbekiston haqida shunaqa fikr paydo bo`lib qolgan: bu erda urush, buzg`unchilik bo`ladigan, rivojlanish va zamonaviylik yo`q davlat deb o`ylashadi. Men gaplashgan chet elliklarning bir nechasi shunaqa fikr bildirgan”, — deydi Habibulla Nizomov.
Ma`lumot uchun, rejissyor Hilol Nasimov «Tubanlik», «Odnoklassniki», «Aldangan ayol», «Gumrohlar» kabi filmlarni suratga olgan. U 2014 yilda «Yilning eng yaxshi rejissyori» sifatida «`tirof» mukofotini qo`lga kiritgan. | 69 | 1,156 |
Madaniyat | “Qora tun” xit qo‘shig‘i ijrochisi Bonu nima sababdan san’atni tark etgan? U hozir nima ish qiladi? (video) | 1997—1998-yillarda muxlislar e’tiboriga havola etilgan xonanda Bonuning “Qora tun” qo‘shig‘i haligacha sevib tinglanadigan xit taronalardan biri hisoblanadi. Bonuning “O‘zbekiston”, “Yolg‘izman”, “Afsona”, “Bonuman” kabi qo‘shiqlari ham ommalashgan.
O‘z davrining eng mashhur va sevimli xonandalaridan biri bo‘lgan Bonu nima sababdan san’atni tark etgan hamda u hozir nima bilan band, degan savol ko‘pchilikni qiziqtiradi. Uzoq yillar mobaynida ko‘rinmay qolgan xonanda yaqinda bir necha YouTube kanallarga intervyu berdi hamda hozirgi hayoti haqida so‘zlab berdi.
Asli ismi Mahbubabonu bo‘lgan xonandaning aytishicha, u 2010-yilda hijobga kirib, Qur’on tilovat qila boshlagan.
“Hayotimdagi sinovlar tufayli ijodimda tanaffus bo‘lib qolgan paytda vaqtdan unumli foydalanish maqsadida namoz o‘qishni boshladim, Qur’on va hadis kitoblarni o‘qidim, salovatlarni tingladim. Diniy kitoblarni o‘qib chiqqanimdan so‘ng san’at yo‘li qiz bola uchun to‘g‘ri yo‘l emasligini tushunganman”, — deydi xonanda.
Ko‘pchilik Bonuning san’atdan ketishiga mashhur xonanda ayolning taqiqlari sabab bo‘lgan, deb hisoblaydi, biroq Bonuning aytishicha, bu asossiz mish-mishlar xolos.
“O‘zbek estradasidagi qaysidir xonandaning hayotida baxtsizlik bo‘lsa, odamlar darrov ushbu holatni o‘sha mashhur xonanda bilan bog‘lashadi. Lekin hech qaysi hofiz yoki hofizaning mening hayotimdagi sinovlarimga ta’siri bo‘lmagan. Bu o‘zi taqdirimga yozilgan sinovlar bo‘lgan”, — deydi xonanda.
“Yulduzlik onlaringizni, muxlislaringizni, san’atni sog‘inasizmi?”, degan savolga Bonu quyidagicha javob beradi:
“Menga ko‘pchilik shu savolni beradi. Lekin men o‘zim xohlaganimdek yulduzlik darajasiga erisha olmaganman. O‘zimni hech qachon yulduzdek his etmaganman. Shuning uchun ham san’atni tark etganman”.
Bonu hozirgi kunda reklama agentligida hisobchi lavozimida faoliyat yuritadi. Uning aytishicha, ko‘cha ko‘yda yurganida, ish bilan turli tashkilotlarga borganida odamlar uni tanimaydi. Bir necha intervyulardan keyin esa taniy boshlashgan. | 107 | 2,004 |
Madaniyat | YuZ YILLIK MILLIY OHANGLAR YaNGRAGAN OQShOM | 28 noyabr kuni “O`zbekiston madaniy merosi” media-forumi doirasida milliy musiqa oqshomi o`tkazildi. Unda san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishdi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishdi.
Kechada “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumining “O`zbekiston musiqiy merosi Rossiya to`plamlarida” deb nomlangan yangi VI jildi videorolik bilan birga taqdim etildi.
Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi) fondlarida saqlanayotgan noyob arxiv audioyozuvlari bu kechada ilk bor eshittirildi. Bu ohanglar o`tgan asrning 20-yillarida ilk bor rossiyalik mutaxassislar tomonidan fonograf qurilmasi yordamida yozib olingan. Ushbu kolleksiya qarib yuz yildan beri Rossiyada saqlanadi. Ayni paytda bu yozuvlarning barchasi o`rganilib, raqamli formatga o`tkazilgan. Oqshomda ushbu kolleksiyaning videotalqini ham havola etildi. Oqshom fotojamlanmasi ham tez orada e`tiboringizga havola etiladi.
Dilfuza Sobirova | 43 | 1,283 |
Madaniyat | Tamila va Amira Alibekovadan qo‘shiqlari ham, taxalluslari ham olib qo‘yildi | Xonandalar Tamila hamda Amira Alibekova qo‘shiqlaridan ham, taxalluslaridan ham ayrilgani haqida “Sayyod.com” “Maestro” firmasi rahbarining so‘zlariga tayanib ma’lum qildi.
Har ikki qo‘shiqchi “Maestro” firmasining loyihasi bo‘lib, firma prodyuseri Najot Agzamov ular bilan tuzilgan shartnoma yakuniga yetgani va qayta cho‘zilmasligini aytib o‘tdi: “Tamila va Amira Alibekova loyihalari shartnoma muddati tugagani munosabati bilan to‘xtatildi. Ularning ‘Maestro’ orqali berilgan taxalluslari hamda barcha qo‘shiqlari firma zaxirasida qoladi”.
“Maestro”, shuningdek, qo‘shiqchi Yagonaga ham prodyuserliklik qilgan. “Yagonaning taxallusi qoldi va firma bilan shartnoma davrida yozilgan qo‘shiqlaridan foydalanish huquqi unga berildi”, — deb qo‘shimcha qilgan Najot Agzamov.
Ma’lumot uchun, Tamilaning asl ism-sharifi Esmeralda Rahmatova, Amira Alibekovaniki esa Adelya Alibekova. Kamilla Umarova esa Yagona taxallusi bilan ijod qilgan. Kamilla “Zero” guruhidan keyingi faoliyati davomida Yagona taxallusini olgandi. “Maestro” bilan shartnoma tuzayotganida esa taxallusini firma nomiga rasmiylashtirgan bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 76 | 1,266 |
Madaniyat | G20 sammiti tufayli Elton Jonning Gamburgda qo‘nishiga ruxsat berilmadi | Britaniyalik xonanda Elton Jon 8-iyul kuni Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tishi rejalashtirilgan chiqishini bekor qildi. Bunga shaharda G20 sammitining o‘tkazilishi sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Süddeutsche Zeitung gazetasi.
Shahar ma’muriyatining rad javobiga artistning samolyoti Gamburg aeroportida qo‘nishi sabab bo‘ldi. Shaharga 20 ta davlat rahbarlari kelishi bois bu yerda xavfsizlik choralari keskin kuchaytirilgan.
“Tashkilotchilar oxiriga qadar barchasi amalga oshishiga umid qildi. Ammo ko‘p noaniqliklar yuzaga keldi, va qaror qabul qilishga to‘g‘ri keldi”, — ma’lum qildi xonandaning matbuot kotibi. | 71 | 616 |
Madaniyat | Video: O‘rgimchak odamning dushmani haqidagi o‘rgimchak odamsiz filmning birinchi tizeri | Tom Xardi ishtirokidagi “Venom” filmining birinchi treyleri taqdim etildi. Film syujeti hali noma’lum, biroq treylerdan ko‘rinadiki, o‘zga sayyoralik organizm noma’lum kema bilan kosmosdan tushadi, deb yozmoqda TJournal.
Simbioz aqlli bo‘ladi va jurnalist Eddi Brokning tanasiga o‘rnashib oladi. Birinchi rolikda “Venom”ning o‘zi ko‘rinmagan, jonzot aks etgan kichkina kadrni ko‘rish mumkin, xolos.
Film rejissori — Ruben Flyasher. Asosiy rollarni Tom Xardi, Mishel Uilyams, Vudi Xarrelson va Riz Axmad ijro etgan. | 88 | 515 |
Madaniyat | Bollivudning eng badavlat aktyorlaridan biri Mithun Chakrabortining gonorari hamda moliyaviy ahvoli haqidagi ma’lumotlar oshkor qilindi | Mithun Chakraborti Hindistonning eng boy aktyorlaridan biri hisoblanadi, deb yozadi “Kino Afisha”.
72 yoshni qarshi olgan mashhur aktyor Mithun Chakraborti faoliyati davomida 300 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan bo‘lsa-da, “Disko raqqosi” va “O‘yna, o‘yna” filmlari unga shuhrat keltirdi. Kutilmagan shon-shuhrat uni nafaqat eng mashhur hind aktyoriga, balki badavlat insonga ham aylantirdi. Hozirda Chakrabortining daromadi 40 million dollarga baholanmoqda.
Mithun filmlarda suratga tushishdan oladigan gonorar hisobiga kun kechiradi, kino loyihalarini ishlab chiqarish va o‘zining mehmonxonalar tarmog‘ini rivojlantirish orqali pul ishlab topadi. Bundan tashqari, u turli tok-shoularda ishtirok etishi tufayli ham yaxshi maosh oladi. Misol uchun, bir mavsumda Chakraborti “O‘yna, Hindiston, o‘yna” loyihasida hakam sifatida Hindiston standartlari bo‘yicha 250 ming dollar ishlab oldi.
Uning butun mamlakat bo‘ylab ko‘chmas mulki mavjud. Mithunning Madx orolida joylashgan 60 sotixli maydonda katta uyi bor. U yerda aktyor oilasi va uy hayvonlari bilan yashaydi. Aktyorning saroyi 600 ming dollarga baholangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Chakraborti Arabiston dengizidagi Mumbay shahrida kvartira va Utakamand tog‘li hududida bungaloga ega. | 135 | 1,237 |
Madaniyat | Nilufar Usmonova qanday ozgan? Rulda o‘zini Jeyson Steytemdek his qiladigan Sevara Nazarxon. Mashhurlar karantinda | San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 21-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Andijonda buvisinikida bo‘lgan o‘g‘li Abubakrni sog‘inyapti.
View this post on Instagram
Javohir Zokirov otalar kuni munosabati bilan padari buzrukvori Jamshid Zokirovni xotirladi.
View this post on Instagram
Manzura umrning qisqaligi haqidagi falsafiy fikrlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Taniqli turk aktrisasi Fahriye Evjen yangi surat bilan muxlislarini xushnud etdi.
View this post on Instagram
Shahzoda Muhammedova qizi Milana bilan suratga olish jarayonlarida ishtirok etdi.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Priti Zinta folloverlarini sport bilan shug‘ullanishga chorlamoqda.
View this post on Instagram
77 yoshli Bollivud aktyori Amitabh Bachchan ham sport bilan faol tarzda shug‘ullanadi.
View this post on Instagram
Sevara Nazarxon yangi mashina sotib oldi. Xonanda muxlislariga o‘zining qanday haydovchi ekanligi haqida so‘zlab berdi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
View this post on Instagram
Munisa Rizayeva folloverlarining karantindan keyin hayot qanday bo‘lishi borasidagi fikrlari bilan qiziqdi.
View this post on Instagram
Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin: | 114 | 1,614 |
Madaniyat | Belarusda "O`zbek kino kunlari" boshlandi | Taniqli o`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi Belarus Respublikasidagi “Listapad” XXVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtirok etmoqda.
Kuni kecha kinofestival doirasida "O`zbek kino kunlari" boshlandi. Dasturga ko`ra, Gomel shahrida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” badiiy filmi namoyish etildi.
Shuningdek, film ijodkorlari O`zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova, rejissyor Jahongir Ahmedov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Tohir Saidov, OAV vakillari va boshqalar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil qilindi.
“Ilhaq” badiiy filmi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlanib, unda 5 farzandini frontga jo`natgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan.
Ma`lumot uchun, "Ilhaq" filmi 26 noyabrga qadar “Oktyabr”, “Kosmos”, “Vostok” i “Krasnaya zvezda” kabi kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Eslatib o`tamiz, kinofestival doirasida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan Muhammadali Iskandarov rejissyorligidagi "Men terrorchi emasman" filmi ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. | 41 | 1,162 |
Madaniyat | “Forrest Gamp” yulduzi rafiqasini o‘ldirishda aybdor deb topildi | “Forrest Gamp”, “Maymunlar sayyorasi” singari filmlardagi rollari bilan mashhur 50 yoshli amerikalik aktyor Maykl Jeys rafiqasi Eyprilni o‘ldirishda aybdor deb topildi. CNN telekanalining ma’lum qilishicha, 2014-yilda rafiqasi u bilan ajrashmoqchi ekanligini bilib qolgan Jeys dastlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan, so‘ng o‘zining o‘rniga rafiqasini o‘ldirgan.
Maykl Jeys 40 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Los-Anjeles hakamlik sudi uni aybdor deb topdi.
Jeys rafiqasining orqasiga va oyoqlariga o‘q uzib, uni o‘ldirgan edi. Juftlikning bolalari qotillik guvohlari bo‘lgan. Bolalardan birining shohidlik berishicha, o‘q uzishdan oldin Jeys “Sen yugurishni yaxshi ko‘rasan, samolarga yugur” degan. Jinoyatni sodir etgach, Jeys politsiyaga taslim bo‘lib, aybini tan olgan.
Maykl Jeys 50 dan ortiq film va seriallarda o‘ynagan. U Eypril bilan 2003-yili turmush qurgan. Ayol Kaliforniyadagi universitetlardan birida ishlagani, shuningdek, ertalablari yugurishni yaxshi ko‘rgani ma’lum. | 64 | 992 |
Madaniyat | Xivadagi «Raqs sehri» | O`zbekiston Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o`tkazilayotgan festivalning ochilish marosimi Xiva shahridagi «Ichan-qal`a» davlat muzey-qo`riqxonasida bo`lib o`tdi, deb xabar beradi O`zA.
Festivalning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Polsha elchisi Petr Ivashkevich hamda Ozarbayjonning O`zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Geydar Aliev nomli madaniyat markazi rahbari o`rinbosari Zeynalov Polad Mansur o`g`li so`zga chiqdi.
Tantanali ochilishidan so`ng, barcha mehmonlar va ishtirokchilar «Ichan-qal`a»ning «Ota darvoza»sidan ichkariga tashrif buyurdi. Turli davlatlar nomlanishi bilan o`tgan saf, respublikaning hududini namoyon etuvchi liboslardagi raqqosalari «Ichan-qal`a»da yurishi barchani lol qoldirdi. Ansambl jamoalarining chiqishlari sayyohlar va tomoshabinlarni raqsga chorlab, zavq bag`ishladi.
Festival da O`zbekistonning turli hududlari va qator xorijiy davlatlardan kelgan san`atkorlar o`z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etmoqda. Milliy raqs san`atini dunyoga targ`ib qilish, mamlakatda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan festivalga joriy yilda ham puxta tayyorgarlik ko`rildi. «Raqs sehri» xalqaro festivalida 20 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ziyod mehmonlar va badiiy jamoalar ishtirok etmoqda. | 21 | 1,355 |
Madaniyat | To‘ylardagi eng qimmat boshlovchilar reytingi e’lon qilindi | O‘zbeklar hayotining eng muhim, eng unutilmas onlari – to‘ylarda boshlovchilik qiluvchi eng qimmat kino va estrada yulduzlari, mashhur teleboshlovchilarning beshtaligi “Uz24” tomonidan e’lon qilindi.
“Uz24” kollaji
Bu o‘ziga xos reytingda erkak va ayol boshlovchilar alohida ko‘rsatilgan.
1. Farhod Alimov - 1 400 000 so‘m
2. Davron Qobulov (sobiq teleboshlovchi) – 850 000-1 200 000 so‘m
3. Shuhrat Qayumov (suxandon va xonanda) – 850 000-1 200 000 so‘m
4. Rixsitilla Abdullayev (aktyor va teleboshlovchi) – 550 000-700 000 so‘m
5. Abdumo‘min O‘tbosarov (suxandon) – 700 000 so‘m
1. Dilnoza Kubayeva (aktrisa) – 2 800 000 so‘m
2. Nilufar Sotvoldiyeva (sobiq teleboshlovchi) – 1 400 000 so‘m
3. Dilorom Umarova (suxandon) – 850 000 so‘m
4. Dildora Rustamova (dublyaj aktrisasi) – 550 000-700 000 so‘m
5. Nigora Karimboyeva (aktrisa, teleboshlovchi) – 550 000 so‘m
Nashrning ma’lum qilishicha, yuqoridagi narxlar ushbu boshlovchilar xizmat qilgan to‘y egalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlangan. Alohida bayram tadbirlarida xizmat haqlari yanada balandroq bo‘lishi mumkin. | 59 | 1,107 |
Madaniyat | “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining farzandlari: Ular qanday ko‘rinishda? (foto) | Sevimli turk aktyor va aktrisalarining oilasi hamda farzandlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Lara va Lili Koli — Maryam Uzerlining qizlari
2013-yilda Maryam “Muhtasham yuz yil”ni tark etdi. Ko‘pchilik aktrisani homilador deb o‘yladi, chunki birozdan so‘ng uning qizi Lara tug‘ildi. Keyinchalik Uzerli ruhan charchaganini, shuning uchun loyihani tark etishga qaror qilganini ma’lum qildi.
Aktrisa birinchi farzandining otasi turk tadbirkor Jan Ashet bilan u oila qura olmadi. 2021-yil boshida aktrisaning amerikalik tadbirkordan Lili Koli ismli qizi dunyoga keldi. Katta qizi onasiga singlisini tarbiyalashda yordam beradi. Aytgancha, ko‘plab muxlislar Lara Maryamga juda o‘xshashligini ta’kidlashadi.
Alize — Vahide Perchinning qizi
Yoshi ulg‘aygan Xurram Sultonning rolini o‘ynagan aktrisaning Alize ismli bir qizi bor. Qiz 1994-yilda Vahidening aktyor Altan Gerdyum bilan nikohidan tug‘ilgan. Alize ham ota-onasi singari hayotini kino bilan bog‘lashga qaror qildi, ammo hozirgacha u taniqli rollarni olmagan. Eslatib o‘tamiz, Perchin va Gerdyum 20 yildan ortiq birga yashab, 2013-yilda ajrashishga qaror qilgan.
Elisa Gyuzin — Nur Fettaho‘g‘luning qizi
Nur kinoga birinchi turmush o‘rtog‘i Murat Aysan tufayli kirib kelgan. 2011-yilda juftlik ajrashdi va bir necha yil o‘tgach, aktrisa turkiyalik tadbirkor Levent Vezirgo‘lu bilan turmush qurdi.
Biroz vaqt o‘tgach, juftlik ajralishga qaror qilgandi, lekin oxir-oqibat ular oilani saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. 2016-yilda Nur va Leventning Elisa Gyuzin ismli qizi dunyoga keldi.
Ali Demir va Jan Eyup — Pelin Karaxanning o‘g‘illari
2014-yil sport klubida Mehrimoh Sulton rolini ijro etgan Pelin tadbirkor Bedri Guntay bilan tanishgan. O‘sha yili juftlik turmush qurdi va o‘g‘li Ali Demir dunyoga keldi. Bir yil o‘tgach, bola mashhur onasi bilan birga tagliklar reklamasida ishtirok etdi.
2017-yilda Karaxan ikkinchi marta ona bo‘lishga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi. O‘sha yilning mart oyida u ikkinchi o‘g‘lini dunyoga keltirdi va unga Jan Eyup deb ism qo‘ydi. Aktrisa bolalarni muxlislaridan yashirmaydi va ularning suratlarini tez-tez o‘z sahifasiga joylashtiradi.
Karan — Burak O‘zchivitning o‘g‘li
Burak “Choliqushi” seriali suratga olish maydonchasida aktrisa Fahriye Evjen bilan uchrashdi. Ammo ularning orasida ishqiy munosabat boshlanmadi, chunki aktyor Jeylan Chapa bilan uchrashar edi. Ammo keyinchalik O‘zchivit va Evjen yana suratga olish maydonchasida uchrashdi — ular “Sevgi senga o‘xshaydi” dramasida bosh rollarni ijro etishdi.
Ushbu loyihadan keyin ular juftlikka aylandi. 2017-yilda ularning nikohi bo‘lib o‘tdi — Turkiyada bu “Yil to‘yi” deb ataldi. Ikki yil o‘tgach ularning oilasida Karan ismli o‘g‘il dunyoga keldi va u otasiga juda o‘xshaydi. | 87 | 2,762 |
Madaniyat | Nazarboyevga Rossiyaning “Muz TV” telekanalining “Hayotga qo‘shgan hissasi uchun” sovrini topshirildi | Rossiyaning “Muz TV” telekanalining “Hayotga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasidagi sovrini Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevga topshirildi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
“Muz TV” telekanalining ommaviy musiqa yo‘nalishidagi sovrinlarni topshirish marosimi bu yil ilk marta Qozog‘istonda, poytaxt Ostona shahridagi “Astana Arena” stadionida 5-iyun oqshomida bo‘lib o‘tdi.
Marosimga Maksim Galkin, Lera Kudryavtseva, Kseniya Sobchak va Andrey Malaxov boshlovchilik qilgan. Marosim xavfsizligini ta’minlash uchun 2500 dan ortiq politsiyachi jalb etilgan. | 101 | 569 |
Madaniyat | Yulduz, Ozoda va boshqa mashhur xonandalarning Toshkentdagi “birrov”lari narxi qancha? | O‘zbek qo‘shiqchilari bitta xizmatdan qancha haq olishlari ko‘pchilikka qiziq bo‘lsa kerak. Jurnalist Nargiza Murodova taniqli san’atkorlar poytaxtdagi “birrov”larga qanchaga borishi bilan qiziqdi.
Yulduz Usmonova
O‘zbek estradasining primadonnasi poytaxtdagi “birrov”larga 2000 AQSh dollaridan kamiga bormaydi. Bu haq evaziga 6 ta qo‘shiqni ijro etib, to‘y egalarining kayfiyatini ko‘taradi.
Ozoda Nursaidova
U poytaxtdagi to‘ylarda ko‘p ko‘rinmaydi. Uni ko‘proq qo‘shni respublikalar va viloyatlarga taklif etishadi. Poytaxtdagi “birrov” 1000 AQSh dollarini tashkil etsa, chekka viloyatdagi xizmat haqi bundan ham qimmatroq.
Munisa Rizayeva
Toshkent shahrida to‘ylarda faollikni qo‘ldan boy bermaydigan Munisa Rizayeva “birrov”ga 800 AQSh dollaridan kamiga kirmaydi. Bir kunda kamida 2 ta xizmati bo‘lgani uchun to‘rtta qo‘shiqni ijro etish bilan kifoyalanadi.
Ulug‘bek Rahmatullayev
Fato: Instagram / @ulugbekrahmatullaev
Uning “birrov” narxi ham Munisa Rizayevaning gonorari bilan bir xil. U ham 800 AQSh dollari evaziga tashrif buyuradi. Faqat to‘yxonadagi muxlislar talabi bilan qo‘shiq sonini bir nechtaga ko‘paytirishi mumkin.
Rayhon G‘aniyeva
Rayhon G‘aniyeva esa poytaxtdagi “birrov”larga 700 AQSh dollari evaziga tashrif buyuradi. Repertuaridagi beshta eng xit qo‘shig‘ini ijro etadi.
Mavluda Asalxo‘jayeva
Ustoz san’atkor Mavluda Asalxo‘jayeva to‘y xizmatlari borasida yoshlardan ortda qolmaydi. Uning poytaxtdagi “birrov”larga 600 AQSh dollariga tashrif buyuradi va ulardan farqli o‘laroq davrani 8 ta qo‘shiqni ijro etmay tark etmaydi.
Alisher Fayz
Alisher Fayz ham “birrov”larga 600 AQSh dollariga tashrif buyuradi hamda 5-6 ta qo‘shiq ijro etadi.
Shohruhxon
Shohruhxon poytaxt to‘ylarining qiroli hisoblanadi. Talabgirlik borasida unga havas qilish mumkin. U 600 AQSh dollari evaziga beshta qo‘shiq ijro etadi.
Shohjahon Jo‘rayev
U poytaxt to‘ylariga 600-650 AQSh dollari evaziga tashrif buyuradi. Kamida beshta qo‘shiqni ijro etmay, to‘yxonani tark etmaydi.
Sevinch Mo‘minova
Sevinch Mo‘minovani deyarli poytaxt to‘ylarida uchratmaysiz. U viloyatdagi xizmatlarda ancha faolroq. Poytaxtdan “birrov” chiqsa rad etmaydi va 500 AQSh dollari evaziga 4-5 ta qo‘shiqni ijro etadi.
Nilufar Usmonova
Nilufar Usmonova esa 500 AQSh dollari evaziga 5 ta qo‘shiq ijro etadi. Bu har bir qo‘shiq 100 AQSh dollari degani.
Ziyoda
Uning gonorari Nilufar Usmonova bilan bir xil. Uning ham “birrov”lari 500 AQSh dollari. Faqat qo‘shiqlar soni borasida muxlislar talabini inobatga oladi.
Zohirshoh Jo‘rayev
Jo‘rayevalar sulolasining kenja vakili Zohirshoh Jo‘rayev poytaxtdagi “birrov”larga 400 AQSh dollariga tashrif buyuradi.
Dildora Niyozovaning gonorar haqqi ham shunday.
Malika Ravshanova
Darvoqe, keyingi vaqtlarda Instagram’da xonanda Malika Ravshanovaning tavallud ayyomlardagi ishtiroki aks etgan videolarni ko‘p uchratyapmiz. Xo‘sh, xonanda bunday “yangicha” marosimlarga qancha haq evaziga boradi? Bu savolga xonandaning ma’muri 250 AQSh dollari deb javob berdi.
Izoh: Xonandalar to‘ylardan oladigan pulining bir qismini prodyuserlik firmasi yoki ma’mur oladi. Xizmat haqqida sozandalar va DJning ham ulushi bor. | 86 | 3,135 |
Madaniyat | “Muz TV” taqdimotida ishtirok etish uchun Moskvaga borgan Lola farzandlari bilan fotosessiya uyushtirdi (foto) | Xonanda Lola Rossiyaga sayohat uchun jo‘nab ketdi. Sayohatda unga farzandlari Shahina va Shohdiyor hamrohlik qilmoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”. Sayohat onlari aks etgan suratlar Lolaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan o‘rin olmoqda.
Xonanda farzandlari bilan birga “Muz TV” telekanali tashkil etilgan sana munosabati bilan o‘tkazilgan taqdimot marosimida ham ishtirok etdi. Lolaning ma’lum qilishicha, bu taqdimot marosimidagi ishtirok uning farzandlariga ayniqsa manzur bo‘lgan. Ular o‘z kumirlari bilan uchrashuv onlarini sabrsizlik va katta qiziqish bilan kutgan.
Lola “Antiqa poyga” multfilmining yangi qismini farzandlari bilan tomosha qilganini ma’lum qilib, animatsion kartina haqidagi fikrlarini yozib qoldirdi hamda barchani mazkur multfilmni tomosha qilishga undadi.
Lola Moskva shahridagi “Kidzaniya” deb nomlangan bolalar shaharchasida 6 soat vaqt o‘tkazgani, farzandlari bu vaqt ichida umuman zerikmagani haqida yozdi.
“Bu yerda o‘tkazgan 6 soat vaqtimiz juda kamdek tuyuldi. Bu bizning yangi rekordimiz va unutilmas taassurotlarimiz!”, — deb yozadi xonanda. | 110 | 1,084 |
Madaniyat | Kinematografiya agentligi yangi yil bayrami munosabati bilan kino oyligini e`lon qiladi | O`zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan "Milliy kinematografiya — Yangi O`zbekiston timsoli" kino oyligi bo`lib o`tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur kino oylik davomida Agentlik tomonidan turli tadbirlar, yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darslari, badiiy va hujjatli filmlarning kinoteatrlar hamda davlat, nodavlat telekanallardagi namoyishi, taniqli kino va estrada yulduzlari uchun "qizil yo`lak", "Lolagulim", "Avf", "101 reys", "Baron 2", "Solnse na vkus", "Chegara", "Qurbon pochcha", "Ayol qalbi" kabi eng yangi filmlarning katta premerasi, yoshlar milliy festivali, "Oltin humo" milliy kinotaqdimoti, Respublika bo`ylab “Mahallada duv-duv gap – Mahallamizda yangi O`zbekistonning yangi filmlari” loyihasi doirasida kinoteatr va madaniyat markazlarida bepul filmlar namoyishi, bolalar uchun multfilmlar namoyishi, qo`g`irchoq teatri shuningdek, yangi yil bayrami munosabati bilan shou konsertlar o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga O`zbekiston kinematografiya agentligi tashabbusi bilan taniqli kinoijodkorlardan iborat Kinokarvon yurtimiz bo`ylab ijodiy safarga chiqadi. Bayram arafasi ular bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar tashkil etish belgilangan.
Kino oylik doirasida yana "Xalq yuragi" turkum filmlarining ijodkorlari bilan uchrashuvlar hamda filmlar namoyishi, “Yangi O`zbekiston-Yoshlar nigohida” filmlar taqdimoti, “Yangilanayotgan O`zbekiston yangi avlod ijodkorlari” mavzusida S.A. Gerasimov nomidagi VGIK bitiruvchilarining birinchi xalqaro konferensiyasi, “Yangi O`zbekiston va milliy kinematografiya: taraqqiyot yo`llarida kitob to`plam taqdimoti, debyut filmar namoyishi, davra suhbatlari, fotoko`rgazmalar o`tkaziladi.
2021 yilning sarhisobiga bag`ishlangan kino oylik doirasida o`tkaziladigan tadbirlar, davra suhbatlari, milliy taqdimotlar, namoyish etiladigan sara filmlar tomoshabinlar uchun munosib bayram tuhfasi bo`lishi kutilmoqda.
Ma`lumot uchun, yangi yil bayrami munosabati bilan Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilayotgan kino oyligi 2022 yil 14 yanvargacha davom etadi. | 87 | 2,082 |
Madaniyat | Tarixdagi eng ko‘p mablag‘ sarflangan 6 ta multfilm | “Shrek-2” — 150 million dollar
Qiziqarli va kulgili voqealar rivojidan tashkil topgan multfilmning ikkinchi qismida qahramonlarga yulduzlardan — Mayk Mayers, Eddi Myorfi va Kemeron Dias ovoz bergan. “Shrek-2” ekran yuzini ko‘rgan ilk dam olish kunlarining o‘zida 108 million dollar daromad keltirgan.
“Qahramonlar shahri” — 165 million dollar
Multfilmga sarflangan mablag‘ miqdori ko‘pchilikni hayratga solishi ajab emas. Lekin raqobatbardosh, tomoshabin e’tiborini jalb qilish uchun maksimal harakat qilinmaslikning iloji ham yo‘q. 2014-yilda taqdim qilingan multfilm, eng yaxshi to‘liq metrajli animatsion film nominatsiyasi bo‘yicha Oskar mukofotiga loyiq topilgan.
“Ralf” — 165 million dollar
Multfilm premyerasi 2012-yilda bo‘lib o‘tganiga qaramay, uning ustida 80-yillarda ish boshlangan. Ushbu fakt mazkur multfilmining Disney tarixidagi eng uzoq muddatda ishlab chiqarilganidan darak beradi. Ajratilgan budjetdagi mablag‘ning asosiy qismi texnika uchun sarflangan bo‘lib, aynan “Ralf”da ilk marta virtual kino olish tizimi sinovdan o‘tkazilgan.
“Tepaga ” — 175 million dollar
Multfilm qahramonining uyi bilan birga Janubiy Amerikaga uchishini tasvirlash uchun, rejissor Piter Dokter, Pixar’ning 11 nafar rassomi bilan birgalikda Venesuelaga jo‘nagan. Ishonarli chiqishi va chizmalar aniq bo‘lishi uchun jamoa ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgan. Voqealar rivoji mukammal bo‘lishi uchun fizik qonuniyatlar inobatga olinib, RenderMan dasturidan foydalangan holda o‘ziga xos multfilm yaratilgan.
“Jumboq” — 175 million dollar
Ushbu multfilm, bir vaqtlar Stiv Jobs tomonidan asos solingan Pixar kompaniyasining ijod mahsuli hisoblanadi. Sujetga ko‘ra, qizaloq ongidagi hissiyotlar odamlar ko‘rinishida bo‘ladi. Ularning emotsiyalari, ranglar va harakatlarini mukammal ifodalash kompaniyaga 175 million dollarga tushgan.
“Koko siri” — 175 million dollar
Mazkur multfilm ham Pixar’ga tegishli. Kompaniya kompyuter animatsiya rivojiga kinosanoatdagi boshqa kompaniya yoki studiyadan ko‘proq hissa qo‘shgan hisoblanadi. Kompaniya arsenaliga mansub, eng muvaffaqiyatli ijod mahsulidan biri “Koko siri” multfilmi hisoblanadi. Multfilmda animatsiyada tasvirlash murakkab bo‘lgan ikki vazifa — skelet va voqealar rivoji aks etadigan tun qismini aniq va tiniq qilib aks ettirish uddasidan chiqilgan. | 51 | 2,300 |
Madaniyat | Saida Saidbekova nima sababdan kino olamida katta tanaffus qilganiga oydinlik kiritdi (video) | Aktrisa Saida Saidbekova nima sababdan kino olamida katta tanaffus qilganiga oydinlik kiritdi.
Bu haqida aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida gapirib berdi.
To‘g‘risini aytsam, turmush o‘rtog‘im bilan tanishishimizni bitta film desa ham bo‘ladi: juda qiziq bo‘lgan. Yigitlar qizlarni ko‘rsa, xushomad qilgisi, gap otgisi keladi. Ular bilan birinchi marta ko‘chada tasodifan ko‘rishib qolganmiz. Avval boshida do‘st bo‘lib, yaqin inson bo‘lamiz degan maqsadda gaplashib yurganmiz. Xo‘jayinim juda ham rashkchilar, qattiq turib, juda ham tez muddat ichida sovchilarni yuborib, to‘yimizni tezlashtirib yubordilar.
To‘yimizgacha film ssenariylarini ko‘rib, agar ssenariy yaxshi bo‘lsa rol ijro etasiz, dedilar. (Kulib) Qayerda deysiz, hamma gap to‘ygacha ekan, undan so‘ng rashklari juda ham qattiq bo‘lib ketdi. Hattoki ijtimoiy tarmoqlarga kirishimga ham ruxsat bermadilar. Faqatgina farzandlarimiz dunyoga kelganidan so‘ng Instagram tarmog‘idan foydalanishga ruxsat berganlar.
Xullas, to‘ydan so‘ng barcha syomkalarga qarshilik bildirdilar. Telefon raqamlarimni ham almashtirdim. Faqat uy ishlari, bola tarbiyasi bilan band bo‘ldim. Lekin shu vaqt ichida xo‘jayinim ham, qaynona-qaynotam ham qo‘llaridan kelganicha zeriktirmaslikka harakat qilishdi, ro‘zg‘orda yordamlarini ayashmadi. Yaxshi tashvishlar, shirin xotiralar bilan hayotimizning 3-4 yili qanday o‘tib ketganini ham bilmay qoldik.
Saida Saidbekova, aktrisa
Ma’lumot uchun, Saida Saidbekova 1988-yilning 7-iyun kuni Sirdaryo viloyatida dunyoga kelgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining estrada aktyorligi yo‘nalishida tahsil olgan. Muxlislar orasida “Yollangan sovchi”, “Xo‘rlanganlar”, “Qiz ko‘ngli”, “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l”, “Farzandim 1, 2”, “Mug‘ombir kuyovlar” kabi filmlardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan. | 93 | 1,828 |
Madaniyat | DJ Piligrim o‘g‘il farzandli bo‘ldi | DJ Piligrim taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Ilhom Yo‘lchiyev ikkinchi marta ota bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Ilhom Yo‘lchiyevning sobiq “Setora” guruhi xonandasi Kamila bilan nikohidan Isom ismli o‘g‘li bor. | 35 | 298 |
Madaniyat | Aktrisa Kristen Styuart mashinalashtirilgan o‘qitish haqida ilmiy ish yozdi | Gollivud aktrisasi Kristen Styuart o‘zining “Ketdik, suzamiz” filmida mashinalashtirilgan o‘qitishning qo‘llanilishi haqida ilmiy ish yozdi, deya xabar bermoqda Meduza. Ilmiy ish premyera kuni — 19-yanvarda arXiv onlayn-arxivida paydo bo‘ldi, u yerda maqolalar ilmiy taqriz qilinish jarayonidan o‘tmaydi.
Adobe muhandisi Bxautik Yoshi va prodyuser Devid Shapiro hammuallifligida yozilgan maqola “‘Ketdik, suzamiz’ filmida impressionistik kartinalarni neyron tarmoqlar asosida uslubni o‘zgartirishdan foydalanib, jonlantirish” deb nomlangan.
Maqolada kartinani yaratish jarayonida suratga olingan kadrlarni impressionist rassomlarning kartinalariga o‘xshatish uchun mualliflar qanday qilib mashinalashtirilgan o‘qitishdan foydalangani tavsiflab berilgan.
u belgisini kattalashtirish orqali, uslubni ko‘chirishda impressionistik ta’sir darajasini nazorat qilish mumkin
“Ketdik, suzamiz” qisqa metrajli kartinasi Styuart ssenariynavislik va rejissorlik qilgan ilk film bo‘ldi. Film premyerasi “Sandens” festivalida bo‘lib o‘tdi. | 75 | 1,028 |
Madaniyat | Xonanda va aktyor Sharof Muqimov surxondaryolik muxlisiga uylandi (foto) | Xonanda va aktyor Sharof Muqimov surxondaryolik muxlisiga uylandi. Jurnalist Feruz Muhammad nikoh oqshomidan fotoreportaj tayyorladi.
Nikoh oqshomi poytaxtimizda joylashgan “Flagman” restoranida bo‘lib o‘tdi.
Sharof Muqimov rafiqasi haqida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Kelinbola surxondaryolik! Konsert dasturimda tanishib qolganmiz, boshida ancha gaplashib yurdik. Xudoga shukr hammasi yaxshi. Ko‘nglimga qaraydigan, itoat qiladigan, yaxshi tarbiya olgan va asosiysi ilmli qiz.
Sharof Muqimov, xonanda va aktyor | 72 | 521 |
Madaniyat | Samarqandda Azim Suyunning 70 yilligi keng nishonlandi | O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir va jurnalist Azim Suyun Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilib o‘sgan. Shu bois uning 70 yilligi tantanalari avvalo ushbu zaminda keng nishonlandi, deb yozadi O‘zA.
Payariq tumani markazidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda poytaxtdan tashrif buyurgan yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, minglab payariqliklar ishtirok etdi. Uchrashuvda Azim Suyunning hayoti va ijodiy faoliyati haqida uning safdoshlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari va olimlar so‘z yuritdi.
Tuman hokimi A. Jo‘rayev shoirni qutlug‘ yoshi bilan tabrikladi. Shundan so‘ng tadbirlar Azim Suyun o‘qigan 39-umumta’lim maktabida davom etdi.
Madaniy-ma’rifiy tadbirlar 27-aprel kuni Samarqand shahrida davom etdi. Dastlab ijodkorlar shahardagi Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Shundan so‘ng o‘tkazilgan ijodiy kechada Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari R. Qobilov so‘zga chiqib, Azim Suyunni tabrikladi va viloyat hokimligining esdalik sovg‘alarini topshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi I. G‘afurov, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, adabiyotshunos olimlar Q. Yo‘ldoshev, S. Umirov va boshqalar serqirra ijodkor Azim Suyun she’riyati, uning jurnalistik faoliyati haqida so‘z yuritdi. | 54 | 1,328 |
Madaniyat | O‘zbek kinoijodkorlari Istanbulda “Istanbullik milliarder” filmini suratga olmoqda (foto) | “Proart.uz” kompaniyasi hamda prodyuser Ruslan Mirzayev ijodiy jamoasi Turkiyaning Istanbul shahrida “Istanbullik milliarder” nomli filmni suratga olmoqda. Bu haqda prodyuser Ruslan Mirzayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“Istanbullik milliarder” komediyasi rejissor Ozod Shams, operator Anvar Odilov tomonidan suratga olinmoqda. Film ssenariysi Saida Vahobova hamda Feruza Fattohovalar tomonidan yozildi.
Filmda bosh rollarni Muhammad Iso Abdulxayirov, Asqar Hikmatov, Umid Ergashev, Xosiyat Husanova, Sitora Alimjonova, Zuhra Soliyevalar ijro etishmoqda. Bundan tashqari filmda turk aktyorlari ham rol ijro etadi.
Suratga olish ishlari 12-may kuni boshlangan edi. Film premyerasi kuz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ruslan Mirzayev, prodyuser | 89 | 764 |
Madaniyat | Mila Kunis va Eshton Katcher rasman nikohdan o‘tdi | Gollivudning mashhur juftligi o‘z munosabatlarini rasmiylashtirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Mila Kunis va Eshton Katcher 1998-yilda “70-yillar tomoshasi” serialini suratga olish jarayonida tanishgan edi. 2005-yilda aktyor Demi Mur bilan turmush qurdi, biroq 2011-yildayoq ular Katcherning xiyonati tufayli ajrashib ketdi. O‘shandayoq uning Mila bilan munosabatlari haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
2012-yilning avgustida ular o‘z munosabatlarini rasman e’lon qilgan edi. O‘tgan yilning oktabr oyida ularning qizi dunyoga keldi. Shu yilning iyun oyida Milaning ikkinchi farzandini kutayotgani ma’lum bo‘ldi. | 50 | 614 |
Madaniyat | Atirgullardan yasalgan ulkan yurak, sharlar va serenada: Munisa Rizayevaning sirli oshig‘i uni har kuni hayratlantirmoqda (video) | Xonanda Munisa Rizayeva sirli oshig‘i tomonidan har kuni uyi oldida tayyorlanayotgan syurprizlar videosi bilan bo‘lishib bormoqda.
Birinchi videoda Munisaning eshigi oldida atirgul yaproqlaridan yasalgan yurak, uning ichida shamlar bilan Munisa so‘zi yasalgani hamda yurakcha shaklidagi sharlar ilinganini ko‘rish mumkin. Munisa Rizayeva ushbu syurprizdan hayratlanganini bildirib, folloverlaridan “Unga turmushga chiqaymi yoki yo‘qmi?” deb so‘ragan.
Ikkinchi videoda esa xonandaning uyi oldida atirgulli katta yurak hamda unga atab serenada kuylanayotgani aks etgan. “Uyga kelsam, meni mana shunday go‘zallik kutayotgan ekan”, — deydi Munisa Rizayeva.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Munisa Rizayeva ishtirokidagi yana bir video tarqaldi. Unda xonandaning restorandagi xizmatga shoshib kirib kelayotgani, uning yonidagi yordamchilari yo‘lda turgan yigitni itarib yuborgani, xonandaning esa undan madaniyat bilan uzr so‘ragani aks etgan. | 129 | 938 |
Madaniyat | Krishtianu Ronaldu haqidagi film 2015-yil oktabrida katta ekranlarga chiqadi | “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi film 2015-yilning oktabrida prokatga chiqadi, deb xabar beradi “TASS”.
Kartina syomkasi bilan mashhur Universal Pictures kinokompaniyasi shug‘ullandi. Suratga olish ishlari 2014-yilning yanvar oyida boshlangandi va joriy yilning bahorida yakunlandi.
Ronaldu — futbol tarixidagi eng kuchli o‘yinchilardan biri hisoblanadi. U “Manchester Yunayted” tarkibida 3 marta Angliya chempionatida va bir marta Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Madridning “Real” klubida esa portugaliyalik futbolchi bir martadan Ispaniya chempionati va YeChLda g‘alaba qilgan.
Ronaldu uch marta “Oltin to‘p” mukofotini, uch marta “Oltin butsa”ni va yana bir qancha jamoaviy hamda individual sovrinlarni qo‘lga kiritgan. | 76 | 786 |
Madaniyat | Los-Anjelesda reper Coolio o‘g‘irlangan qurolni saqlaganlik uchun hibsga olindi | AQSh huquqni muhofaza qilish organlari Los-Anjeles aeroportiga o‘g‘irlangan o‘qlangan qurolni olib o‘tishga urinish holati bo‘yicha ikki kishini qo‘lga oldi. Ulardan biri amerikalik xip-xop ijrochisi, Coolio nomi bilan tanilgan Kichik Artis Leon Ayvidir. Bu haqda ABC kanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kanalning ma’lum qilishicha, qurol 53 yoshli artistning sumkasidan topilgan. Musiqachi qurol topilgan sumka unga tegishli ekanini tasdiqlagan.
Coolio’ni qamoqdan ozod etish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan garov puli summasi 37,3 ming dollarni tashkil etadi.
Coolio Gangsta Paradise nomli albomi uchun 1996-yilda “Gremmi” mukofotiga loyiq deb topilgan edi. | 79 | 663 |
Madaniyat | OAV: Shimoliy Koreya PSY’ning mamlakatdagi gastrollarini rad etdi | KXDR Janubiy koreyalik rep-qo‘shiqchi, Gangnam Style xiti ijrochisi PSY’ning mamlakatdagi gastrollarini rad etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xonandaning Pxenyandagi gastrollari g‘oyasini Janubiy Koreya hukumati ilgari surgani bildirilmoqda.
PSY KXDR poytaxtida 31-martdan 3-aprelgacha bo‘lib o‘tadigan Janubiy Koreya artistlari ishtirokidagi konsertlarda qatnashishi ko‘zda tutilgandi. | 65 | 404 |
Madaniyat | Fransiya elchixonasi tomonidan o‘quvchilar uchun teatr va musiqa festivali o‘tkazildi | 14—16-mart kunlari IV Talabalar va o‘quvchilar frankofon teatr va musiqa festivali o‘tkazildi. Bu haqda Fransiya elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Farg‘ona, Andijon, Urganch, Jizzax, Bo‘stonliq, G‘ijduvon, Parkent, Vobkent, Marhamat, Dehqonobod, To‘raqo‘rg‘on va Yuqorichirchiq talabalari va o‘quvchilarining 39 jamoasi qatnashgan.
Festival Fransiya elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Davlat yoshlar teatri bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan.
Teatr rejissyori va aktyori Obid Abdurahmonov, fransuz tili o‘qituvchisi Yuliya Mrachkovskaya, elchixona ta’lim hamkorligi attashesi Sofi Jindt hamda fransiyalik stajor Rafael Luve dan iborat va elchixona madaniyat va hamkorlik ishlari bo‘yicha maslahatchisi Emili Dezormier xonim boshchiligidagi hakamlar hay’ati qarori asosida jamoalar va eng yaxshi aktyorlar 11 ta Molyer bilan taqdirlandi. | 85 | 888 |
Madaniyat | Anjelina Joli va Bred Pitt hamda farzandlariga vasiylik qilish huquqi uchun sudlashgan boshqa mashhur ota-onalar | Quyidagi taniqli juftliklar farzandlariga vasiylik qilish huquqi uchun yillar davomida sudlashgan.
Anjelina Joli va Bred Pitt
Anjelina Joli va Bred Pitt to‘qqiz yillik munosabatlardan so‘ng 2014-yil avgustda turmush qurishgan. Er-xotin olti nafar bolani tarbiyaladi, ularning uchtasi asrab olingandi. 2016-yilda yulduzlar muxlislari va hamkasblari uchun kutilmaganda ajrashishlarini e’lon qildi va vasiylik qilish huquqini talasha boshladi. Joli erining tarbiya usullari va jahldorligidan norozi edi. Bred ham o‘z navbatida, bu ayblovlarni rad etdi. Vaziyat faqat 2021-yilda hal qilindi, aktyor bolalariga birgalikda vasiylik qilish huquqini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Britni Spirs va Kevin Federlayn
Britni Spirs va Kevin Federlayn 2007-yilda ajrashishgan, ammo hali ham o‘g‘illari Shon va Jadenga vasiylik qilish masalasida kelisha olmagan. Sud qarori bilan pop-malika har oy sobiq turmush o‘rtog‘iga 35 ming dollar aliment to‘laydi va vaqtining faqat uchdan bir qismini bolalari bilan o‘tkazishi mumkin. Insayderlarning fikriga ko‘ra, Spirs Federlayn bilan farzand tarbiyalashda teng huquqqa erishmoqchi, ammo buning amalga oshishi juda qiyin. Chunki Britnining o‘zi 13 yildan beri otasining to‘liq nazorati ostida.
Skarlett Yoxansson va Romen Doriak
2017-yilda Skarlett Yoxansson eri Romen Doriak bilan qizi Rouzni tarbiyalash shartlari to‘g‘risida kelisha olmaganidan keyin sudga murojaat qilgan. Aktrisa va fransuz jurnalisti 2012-yilda uchrasha boshlagan, ammo uzoq vaqt birga yashashmadi. Yulduzning so‘zlariga ko;ra, ajralishdan boshqa yo‘l yo‘q edi. Keyin Romen qizini to‘liq qaramog‘iga olishni rejalashtirayotganini e’lon qildi va Skarlettni yomon ona deb atadi. Ammo aktrisa o‘z huquqlarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Chenning Tatum va Jenna Devan
2019-yilda Jenna Devan va Chenning Tatum to‘qqiz yillik turmushidan ajralishdi. O‘sha paytda ularning qizi Everli olti yoshda edi. Dastlab ular vasiylik huquqini o‘zlari hal qilishga urinishgan, ammo kelisha olishmagan. Chenning Tatum Everli bayram kunlari va ta’tilini kim bilan o‘tkazishini aniqlash va qizi bilan uchrashuvlar jadvalini tuzishni so‘rab sudga murojaat qilgan. Natijada sobiq er-xotinlar teng huquqli vasiylarga aylanib, kelishuvga erishgan.
Uma Turman va Arpad Byusson
Uma Turman va Arpad Byusson yetti yil birga yashab, 2014-yilda ajralishdi. O‘sha paytda qizi Lunaga vasiylik qilish uchun uzoq davom etgan kurash boshlandi. Aktrisa va biznesmen o‘rtasidagi sud qariyb ikki yil davom etdi va shu vaqt ichida erkak sudni sobiq rafiqasi ruhiy jihatdan beqaror va qaramlikdan aziyat chekayotganiga ishontirishga urindi. Ammo Nyu-York sudi Arpadning dalillariga quloq solmadi va vasiylik huquqini Umaga berdi. | 112 | 2,697 |
Madaniyat | Shohrux reper “My.gov.uz” haqida qo‘shiq kuyladi | Taniqli reper Shohrux Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — “My.gov.uz” haqida 32 soniya davom etadigan qo‘shiq kuyladi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi — “Egov.uz”ning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.
Kadr: YouTube
O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan qo‘shiq o‘zbek va rus tillarida kuylangan. Shohrux tomonidan uning “Xato” nomli qo‘shig‘i musiqasi ostida kuylangan kompozitsiyaning o‘zbekchasi quyidagi so‘zlardan iborat (qo‘shiqni bu yerda eshitish mumkin):
Teraman My.gov.uz,
Shart emas ko‘rishmoq yuzma-yuz.
Hayotingni osonlashtir,
365 kun — bahor, yoz, kuz.
Endi muammolaringni hal qil
Ikki baravar tezroq,
Ter — My.gov.uz.
“Egov.uz”ning Facebook’dagi sahifasida qayd etilishicha, mazkur qo‘shiq “My.gov.uz” haqidagi rolikda foydalaniladi. | 48 | 858 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik Madina Saidazimova “Golos. Deti” loyihasi tanlovidan o‘tdi (video) | Toshkentlik 14 yoshli Madina Saidazimova Rossiyaning Birinchi kanalida yangi mavsumi boshlangan “Golos. Deti” teleloyihasi tanlovidan o‘tdi. Bu haqda My Day Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
Eshituv chog‘ida (mazkur jarayonda murabbiylar o‘z jamoasiga yosh ijrochilarni tanlab oladi) Madina italyancha “O mio babbino caro” ariyasini ijro etdi. Hakamlar hay’atida bo‘lgan uch murabbiy ham — Leonid Agutin, Pelageya va Dima Bilan ijroni yuqori baholab, unga o‘girildi va o‘zbekistonlik qizni o‘z jamoasiga olish istagini bildirdi. Madina Pelageyani tanladi.
Ma’lumot uchun, “Golos. Deti”ning ikkinchi mavsum g‘olibasi o‘zbekistonlik Sabina Mustayeva hisoblanadi. | 81 | 675 |
Madaniyat | 20th Century Fox “Sharqiy ekspressdagi qotillik” filmi treylerini e’lon qildi (video) | 20th Century Fox kinostudiyasi “Sharqiy ekspressdagi qotillik” filmi treylerini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Film Istanbuldan Parijga yo‘l olgan “Sharqiy ekspress” poyezdidagi qotillikni tekshirayotgan izquvar Puaro haqida hikoya qiladi. Poyezdning 13 nafar yo‘lovchisi gumon ostiga olingan va Puaro imkon boricha tezroq jinoyatni fosh etishi lozim.
Kennet Brana rejissyorlik qilgan kartinadagi bosh rollarni uning o‘zi, Jonni Depp, Penelopa Krus, Mishel Pfayffer, Uillem Defo va Judi Dench ijro etdi.
Brananing filmi Agata Kristi qalamiga mansub shu nomli roman asosida suratga olingan ikkinchi kartina bo‘lib, Sidni Lyumet suratga olgan “Sharqiy ekspressdagi qotillik” 1974-yilda ekranlarga chiqqandi. | 85 | 720 |
Madaniyat | Braziliya prokuraturasi Jastin Biberga nisbatan yana jinoiy ish qo‘zg‘adi | Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati prokuraturasi madaniy meros obyektiga shikast yetkazishda gumon qilinayotgan kanadalik xonanda Jastin Biberga nisbatan yana jinoiy ish qo‘zg‘adi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gap 2013-yilda yuz bergan hodisa haqida ketmoqda. O‘shanda Rio-de-Janeyroda bo‘lgan Biber braziliyalik mashhur me’mor Oskar Nimeyer va uning hamkasbi Robert Burle Maks loyihalari asosida yaratilgan “Natsional” mehmonxonasi devorida yozuvlar qoldirgandi.
Ulardan birida “Shaxsiy hududni hurmat qiling” deb bitilgan. Rasmiylar bu holat yuzasidan tekshiruv boshlagan, biroq keyinchalik xonanda boshqa davlatda yashashi sababli ish yopilgandi.
Tergovni tiklash haqidagi qaror Biber yaqin orada Braziliyaga tashrif buyurishi bilan bog‘liq. 29-mart kuni u Rio-de-Janeyroda, 1—2-aprel kunlari esa San-Pauluda konsert berishi rejalashtirilgan.
Qo‘shiqchi o‘ziga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlar bilan 3 oy qamoq jazosiga hukm qilinishi yoki jarimaga tortilishi mumkin. | 73 | 984 |
Madaniyat | Xonanda Jasur Umirov 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi | Voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblangan xonanda Jasur Umirov 5 yilga qamaldi, deya xabar bermoqda Oliy sud.
Ma’lum qilinishicha, 2-fevral jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudida sudlanuvchilar J.U., A.Z. va Sh.Q.ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi (jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan sud) talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2021-yil 2-fevraldagi hukmiga ko‘ra:
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan tomonlarga, shu jumladan, sudlanuvchilar, jabrlanuvchi va uning qonuniy vakiliga hukm nusxasini olgan vaqtdan boshlab yigirma sutka muddat ichida shu sud orqali Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida shikoyat qilishga va protest keltirishga haqli ekanligi tushuntirildi.
Avvalroq bu ish bo‘yicha xonanda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida litseyning birinchi kursini endigina tamomlagan, voyaga yetmagan qizning nomusiga teggani, IIB esa xonandaga nisbatan jinoiy ish ochishni rad etgani, Bosh prokuratura qaror qonuniyligini tekshirishi ma’lum qilingandi. Shundan so‘ng Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv tayinlangani haqida xabar bergandi.
So‘ngra 5-dekabr kuni Jasur Umirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi. Ish jinsiy jinoyatga oidligi sabab sud yopiq tarzda o‘tkazildi. | 54 | 1,585 |
Madaniyat | Anvar G‘aniyev qo‘shig‘iga Iroda Nosirova suratga olgan klipning “zapret”ga uchragani haqda gapirib berdi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Anvar G‘aniyev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Anvar G‘aniyev suhbat davomida aktrisa va jurnalist Iroda Nosirovaning “zapret”ga uchrashi natijasida “Qadringga yetmadim, malikam” klipi ham “zapret”ga tushgani haqida gapirib berdi.
“Qadringga yetmadim, malikam” degan qo‘shig‘im bor, hozirgacha ham bu qo‘shiqni ko‘p odamlar so‘rashadi. Irodaxon “Shu klipni men olay, birinchi klipmeykerlik ishim” dedilar va klipni juda ham chiroyli oldilar. Ularning xolalari Madina Muxtorova hamda aktyor Hojiakbar Komilov videoklipda bosh rollarni ijro etishdi.
Chiroyli klip bo‘ldi. O‘sha paytlarda Iroda Nosirova “zapret”ga tushib qolgan ekanlar, klip olish jarayoni ham o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelgan ekan.
Videoklip badiiy kengashga kirganda Iroda Nosirovaga qarshi bo‘lgan kimlardir klipimni ham “zapret” qilib yuborgan. Shu bilan bu klip ham efirga ketmadi. Keyin odamlar ko‘rsin deb klipni diskka chiqarishga majbur bo‘ldik.
Videoklipimiz efirlarga ketmagan bo‘lsa ham mashhurlikka erishdi, hammasi Allohdan. Allohga behisob shukrlar bo‘lsin.
Anvar G‘aniyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Ma’lumot uchun, Anvar G‘aniyev “O‘zim hofiz sevgan yorim to‘yida”, “Oh sevaman”, “Malikam”, “Armon”, “Ko‘nglim”, “Sog‘indim”, “Jayron” singari ko‘plab qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan. Xonanda 2017-yilda Xalqlar do‘stligi san’at saroyida “Kutganim” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini ham taqdim etgan. | 113 | 1,528 |
Madaniyat | Toshkentda 27—30-noyabr kunlari PROlogue xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi | Toshkentda joriy yil 27—30-noyabr kunlari PROlogue xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Ilk bor xalqaro maqomda o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli tadbir Yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekkino”, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi kabi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladi.
Festival tanlov dasturi:
To‘liq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;
Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;
Qisqa metrajli badiiy milliy filmlar tanlovidan iborat.
Festival doirasida konferensiyalar, master-klasslar, brifing, kino sohasiga bog‘liq davra suhbatlari va retro filmlar namoyishi bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda.
Xalqaro jyuri tomonidan eng yaxshi deb topilgan film kinofestival Gran-Prisiga sazovor bo‘ladi. Shuningdek, festivalda boshqa nominatsialar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi.
Shu bilan birga, festival direksiyasi o‘zbek va xalqaro kinoning rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shgan ijodkorlarni sovrinlar bilan taqdirlashni ham rejalashtirgan.
Kinofestivalda ishtirok etish uchun talabnomalarni 2018 yilning 27-oktabrigacha www.prologuefilmfestival.com saytida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha topshirish imkoniyati mavjud. | 76 | 1,305 |
Madaniyat | Egizaklarni tarbiyalayotgan yulduzli juftliklar (foto) | Egizak farzandlarni tarbiyalash hammaning ham orzusi. Bu borada ikki karra omadli yulduz ota-onalarga esa havas qilsa arziydi.
Alla Pugachyova va Maksim Galkin
Alla Pugachyova va Maksim Galkin 2011-yilda oila qurgan. Ular yosh orasidagi tavofutlarga qaramay, ota-ona bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Bu masalada xonanda hamda komik aktyorning egizaklarini dunyoga keltirishda surrogat ona yordam bergan.
Selin Dion va Rene Anjelil
2011-yilda qo‘shiqchi va uning marhum eri Renening birinchi to‘ng‘ich o‘g‘li – Rene Sharl dunyoga kelgan. Oradan 9 yil o‘tib, Eddi va Nelson ismli egizaklar tug‘ilgan. 2016-yilda yulduzning turmush o‘rtog‘i saraton kasalligidan vafot etgan. Hozirda Selin farzandlarini bir o‘zi tarbiya qilmoqda.
Anjelina Joli va Bred Pitt
Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq juftlik – Bred Pitt va Anjelina Joli sun’iy urug‘lantirish orqali o‘g‘li − Noks Leon va qizi – Vivenn Marshelin ismli egizak farzand ko‘rgan. Umuman olganda, ularning 6 ta farzandi bor va uchtasi asrab olingan.
Juliya Roberts va Deniel Moder
Xabarlarga ko‘ra, Juliya va uning turmush o‘rtog‘i ham sun’iy urug‘lantirish muolajasidan foydalangan va qizi Xeyzel hamda o‘g‘li Finneusni dunyoga keltirgan. Oradan uch yil o‘tib, ularning oilasida yana bir o‘g‘il − Genri tug‘ilgan.
Jennifer Lopes va Mark Entoni
Jennifer va Entonining turmushi uzoqqa bormagan. Ammo Jenni o‘tmishidan afsuslanmaydi, chunki u onaga aylangandi. 2008-yilda ularning uzoq kutilgan egizaklari dunyoga kelgan. Shuningdek, Jenni egizaklari Maks va Emmaga sun’iy urug‘lantirish ortidan homilador bo‘lganligi haqida mish-mishlar tarqalgan.
Sara Jessika Parker va Mettyu Broderik
Sara Jessika Parker va Mettyu Broderik birinchi farzandi Jeymsdan keyin ham uzoq vaqt yana ota-ona bo‘lish orzusida bo‘lgan. Ammo bu natija bermagan. Shundan so‘ng juftlik 2009-yil surrogat ona yordamida Marion va Tabide ismli egizak qizli bo‘lgan. | 54 | 1,876 |
Madaniyat | Kemeron Diazning Beverli-Hillzdagi 15 million dollarlik uyiga sayohat (foto) | Kemeron Diaz va uning turmush o‘rtog‘i, Good Charlotte guruhi gitarachisi Benji Medden Beverli-Hillzdan 14, 7 millionlik uy xarid qilgan.
Yulduzli juftlikning yangi uyi qo‘riqlanadigan hududda, daraxtlar orasida joylashgan bo‘lib, paparatssilarning mashhurlar tinchini buzishga hech qanday imkoni yo‘q.
Uy minimal usulda bezalgan. Monoxrom oppoq interyerga ega uy derazasidan o‘simlik va daraxtlar manzarasi ko‘rinib turadi.
O‘ziga xos dekoratsiyaga ega mazkur uyning dizaynerlar tomonidan ishlangan maxsus mebellari san’at asarini esga soladi.
Yettita yotoqxona, o‘nta yuvinish xonasi, mehmonxonasi bor uydan, shuningdek, katta garderob, kinozal, mo‘jazgina patio va launch-zonali basseyn ham o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabrida aktrisa ona bo‘lgan va qiziga Reddiks deb ism qo‘ygandi. Shundan keyin so‘nggi 6 yil davomida ekranda ko‘rinmagan aktrisa kinoga qaytish niyati yo‘q emasligini bildirgan. | 76 | 922 |
Madaniyat | Farhod Alimov Rayhondan avval uch marta uylanib, ajrashgani hamda u bilan qanday tanishgani haqida so‘zlab berdi (video) | Shoumen Farhod Alimov “Salom live” YouTube kanaliga intervyu berdi. Intervyuda u xonanda Rayhon bilan qanday tanishgani hamda undan avval uch marta muvaffaqiyatsiz turmush qurgani haqida so‘zlab berdi.
“22 yoshimda onam uylantirib qo‘ygandilar. O‘sha paytda rosa moda bo‘lgandi, ‘Yaxshi qiz ekan, shifokor ekan. Biz ham shifokormiz, shunga uylanasan’, degandilar. Uylanganman, ikki oyda ajrashib ketganmiz. Keyin ikkinchi marta uylanganman, 5 yil farzand bo‘lmagan, u bilan ham do‘stona ajrashib ketganmiz. Uchinchi marta uylanganimda uch farzandli bo‘ldim, onamga nabiralarini ko‘rish nasib qilmagan ekan. Katta qizim 14 ga to‘lyapti, o‘g‘lim 13, kichkina qizim 8 ga to‘ladi, Rayhonning o‘g‘ilchalari mayda 7 ga to‘ladi. Hozir besh farzandning ota-onasi bo‘lib yuribmiz”, — deydi Farhod Alimov.
“Rayhon bilan tug‘ilgan kunida tanishganmiz. Rashid Xoliqov va yana bir necha san’atkorlarni taklif qilgan edi. O‘shanda Rayhon mashina olmoqchi bo‘lib yurgan ekan. Toyota Land Cruiser Prado avtomobilini Dubaydan olib kelishga yordamlashganman, shu bilan tanishib ketganmiz” — deydi shoumen xonanda bilan qanday tanishgani haqida. | 120 | 1,127 |
Madaniyat | “Kalmar o‘yini” seriali muallifi ikkinchi mavsumda ikkita bosh qahramon qaytishini e’lon qildi | “Kalmar o‘yini” serialining muallifi Xvan Don-Xyok tomoshabinlar Netflix’ning butun dunyoda mashhurlikka erishgan serialining navbatdagi qismlarida qaysi aktyorlarni kutishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozadi “Film.ru”.
Li Jon Je (sinovlarda g‘olib chiqqan bosh qahramon Son Ki Xun) va boshqaruvchi (Li Byon Xon) o‘z rollariga qaytadi.
Avvalroq Xvan Don Xyok aktrisa va model Chon Xo Yon serialda suratga tushishni davom etishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Qahramonining o‘limiga qaramay, u egizak-singlisi rolini ijro etishi mumkin.
Serialning davomi qachon taqdim etilishi ma’lum emas. Taxminlarga ko‘ra, ikkinchi mavsum 2024-yilda ekranlarga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, “Kalmar o‘yini” seriali 2021-yilning sentabr oyida namoyish etildi. Sujet quyidagicha: 456 nafar moliyaviy muammoga duch kelganlar ko‘p millionli sovrin yutib olish umidida sirli o‘yinda ishtirok etadi. Ammo bolalar o‘yiniga o‘xshab ko‘ringan sinovlar halokatli bo‘lib chiqadi: har kuni eng kuchsiz o‘yinchilar tashkilotchilar tomonidan ayovsiz tarzda o‘ldiriladi. Ushbu drama bir zumda tomoshabinlar va tanqidchilarning minglab hayratlanarli izohlariga sabab bo‘ldi va Netflix’da eng ko‘p tomosha qilingan serial sifatida “Brijertonlar” rekordini yangiladi. | 94 | 1,246 |
Madaniyat | Xonanda Jahongir Otajonov Eyfel minorasi oldida O‘zbekiston haqida qo‘shiq kuyladi | Xonanda Jahongir Otajonov hozirda Fransiya poytaxti Parijda hordiq chiqarmoqda. Bu haqda uning Facebook va Instagram’dagi sahifalarida fotoxabarlar qoldirilgan.
Jahongir Otajonov Eyfel minorasi oldida o‘zining “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” deb nomlangan qo‘shig‘ini kuylab, videosini Facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi.
Men nechun sevaman O'zbekistonni
Posted by Jahongir Saparbaevich Otajonov on Wednesday, 10 February 2016
Eslatib o‘tamiz, mazkur qo‘shiq O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning shu nomli she’ri asosida kuylangan. | 82 | 545 |
Madaniyat | “Doktor Strenj 2” jahon prokatida 700 mln dollar to‘pladi | “Doktor Strenj: telbalik multidunyosida” filmi jahon prokratida 700 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Film.ru”.
To‘plangan mablag‘larning 300 million dollari AQSH, 406,4 million dollari esa butun dunyo hisobiga to‘g‘ri keladi. Tez orada “Strenj” o‘z natijasi bilan “Forsaj 9” (721 million dollar), “Betmen” (769 million dollar) hamda “Jeyms Bond: O‘lish vaqti emas” (774 million dollar) kartinalarini ortda qoldirib, pandemiyadan keyingi eng kassabop filmga aylanishi mumkin. Hozircha peshqadamlikni “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmi bermay kelyapti.
“Telbalik multidunyosida” kartinasi Doktor Strenj haqidagi birinchi filmdan ancha ilgarilab ketdi (677 million dollar) va bir vaqtning o‘zida “Tor”, “Chumoli odam” va “Birinchi qasoskor” sikvellarini ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, filmga Sem Reymi rejissorlik qilgan (“O‘rgimchak odam”ning original trilogiyasi rejissori). Shuningdek, lentada Sochil Gomes, Chivetel Ejiofor va Patrik Styuart suratga tushgan. Lenta budjetining marketing hisobi 200 million dollarni tashkil etgan.
Avvalroq “Avatar: Suv yo‘li-2” filmining rasmiy treyleri namoyish etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 57 | 1,187 |
Madaniyat | Turk kinosining mashhur juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘li Karanning tug‘ilgan kunini nishonladi (foto) | Turk kinosining eng go‘zal ijodkorlar Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘lining tug‘ilgan kunini nishonladi. Kichkintoy Karan uch yoshga to‘ldi. Yulduzli juftlik o‘zlarining shahar chetidagi uyida poyga tarzida bayram uyushtirdi.
Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirgan bayramning rang-barang suratlari bilan bo‘lishdi.
“Tug‘ilgan kuning bilan, mening sevgim”, — deya izoh qoldirgan Fahriye suratga.
Tug‘ilgan kunning kichkina egasini katta syurpriz qarshi oldi. Mashhur juftlik tug‘ilgan kunni poyga tarzida uyushtirdi. Mehribon ota-ona Karanga yoqishi uchun hamma narsaning mayda detallarigacha o‘ylab ko‘rdi — u uchun atalgan g‘oliblik kubogi, poyga mashinasi, poygachi va kubokli tort hamda shohsupa ham ajoyib tarzda tashkillashtirilgan.
Kichik mehmonlar uchun o‘yin maydoni tashkil qilindi, batut shishirildi, ularni shirinliklar va qiziqarli o‘yinlar kutardi. Shuni ta’kidlash kerakki, Karanning tug‘ilgan kuni kattalar uchun ham qiziqarli tarzda o‘tdi. Fahriye Instagram sahifasida eri va o‘g‘li bilan qanday qilib tepadan pastga tushganini ko‘rsatdi.
Yulduzli juftlikning muxlislari jajji Karanga eng yaxshi niyatlar, shuningdek, ularning ahil oilasiga baxt tilashdi. “Oyisining va dadasining dilbandi, tug‘ilgan kuning bilan. Biz ham seni yaxshi ko‘ramiz!”, “Men bu oilani juda ham yaxshi ko‘raman”, “Tug‘ilgan kuning bilan, bolam Karan, baxtli bo‘l”, “Fahriye juda ham go‘zal”, “Bizning seviklilarimiz”, — deya foydalanuvchilar tabrik bildirgan. | 117 | 1,512 |
Madaniyat | “Pesni” loyihasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik qo‘shiqchi Yegor Krid bilan duet kuylab, finalga yo‘l oldi (video) | O‘zbekistonlik yosh aktyor, qo‘shiqchi va sobiq feldsher Oleg Ternovoy Rossiyaning “TNT” telekanalidagi “Pesni” (“Qo‘shiqlar”) shousida finaliga yo’l oldi, deb xabar beradi “Repost.uz”.
Terry o‘zining navbatdagi chiqishida Yegor Krid bilan qo‘shiq ijro etdi.
“Pesni” loyihasida Oleg Ternovoy Timatining jamoasi tarkibida ishtirok etmoqda. Avvalroq, u sahnaga “Domofon” qo‘shig‘i bilan chiqqan edi, bir necha kundan so‘ng, mazkur qo‘shiq Rossiyadagi iTunes reytingi yetakchisiga aylangandi.
Oleg Ternovoy hozirda San’at va madaniyat institutining so‘nggi bosqichida o‘qiydi, parallel tarzda O‘zbekistondagi rus akademik drama teatrida bir nechta rollarni o‘ynaydi. Bungacha u “tez yordam”da oddiy feldsher bo‘lib ishlagan. | 119 | 723 |
Madaniyat | "Kuyovbolaning yoshi mеndan kichik". Munisa Rizaeva turmushga chiqayotgani haqida ma`lum qildi (video) | Xonanda Munisa Rizaeva turmushga chiqmoqda. Bu haqda xonandaning o`zi Instagram sahifasida muxlislari bilan bo`lgan jonli savol-javob efiri chog`ida ma`lum qildi.
Xonanadaga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bir qancha savollar berilgan. Xususan, "Qachon turmushga chiqasiz?" degan savolga "Yaqinda turmushga chiqaman, to`y boshlab yubordik. Yanvar yoki fevral oylarida to`yim bo`ladi" deya javob bergan u.
"Turmush o`rtog`ingiz kim? San`at sohasidanmi?" degan savolga "Turmush o`rtog`im oddiy odam, yaxshi inson. Eng muhim mani san`atimga, qo`shiq aytishimga qarshilik bildirmaydilar" deya javob berilgan.
Shuningdek, xonandaning bo`lajak turmush o`rtog`i kim ekaniga judayam qiziqqan muxlislar "Uning ismi nima? U necha yoshda?" deya savol qoldirgan. Munisa esa "Hozircha uning ismini ayta olmayman. Kuyovbolaning yoshi mеndan kichik" deya qisqa javob qilgan.
Suhbat orasida Munisa Rizaeva ayni paytda o`zining 34 yoshda ekanini ham aytib o`tgan. | 102 | 953 |
Madaniyat | “Uni qarovsiz, ahvoli ayanchli va o‘ldiga chiqarishdi”. “Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli ijrochisi Abror Tursunov bilan eksklyuziv intervyu (video) | “Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va rejissor Abror Tursunov haqida ijtimoiy tarmoqlarda “qarovsiz, yordamga muhtoj, juda ayanchli ahvolda” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist va teleboshlovchi Shohira Hamro Abror Tursunovning xonadonida bo‘lib, aktyor bilan suhbatlashishdi.
Suhbat davomida aktyor ijtimoiy tarmoqlarda ikki marotaba vafot etdi deya yolg‘on xabarlar chiqqani, nima sababdan kino olamida faoliyat yuritmayotgani haqida gapirib berdi.
Qiziq voqea bo‘lgan. Bir kuni uyimizga rahmatli Obid Yunusov keldi. ‘Ha Obid aka, tinchlikmi’, desam, ‘senga fotiha o‘qigani keldim’, dedilar. ‘Qayerdan eshitdingiz’, deganimda, ‘menga Mirzabek Xolmedov aytdi’, dedilar. ‘Sog‘ ekansan, salomat ekansan, umring uzoq bo‘ladi’, deb ketdilar.
Undan so‘ng internetga ‘yana bir marta o‘ldi’, deb yolg‘on xabar tarqatishdi. San’atda ko‘rinmasangiz shunaqa bo‘lib qolarkan-da. ‘O‘ldi, yo‘q bo‘lib ketdi, kasal yotibdi’, deyishar ekan.
Abror Tursunov, aktyor
Aktyor Abror Tursunov san’atdan, kinodan uzoqlashishi sababini quyidagicha izohladi.
Avvalambor, kasal bo‘ldim. Insult bo‘ldim. Bo‘ynimning ikki tomonidan tomir olishdi. Oyog‘imdan tomir olib, bo‘ynimga qo‘yishdi. Bu hammasi noto‘g‘ri ovqatlanish va siqilishdan kelib chiqar ekan.
Abror Tursunov, aktyor
“Daryo” muxbiri Feruz Muhammadning ma’lumotlariga qaraganda, aktyor va rejissor Abror Tursunov haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar asossiz bo‘lib, aktyor bugungi kunda ayoli, farzandlari va nevaralari ardog‘ida yashamoqda. | 158 | 1,637 |
Madaniyat | Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Uchqun Tillayev, mashinasi o‘g‘irlangan Jahongir Otajonov, yaqinlarini Umraga jo‘natgan Shahzoda Muhammedova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Shahzoda sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislariga har bir kunning bebaho, takrorlanmas ekani haqida gapirdi.
Malika Ravshanova Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziyning qo‘shnisinikida xizmatda bo‘ldi va uning rafiqasi Maryam Mahmudova bilan uchrashdi. Xonanda Maryam Mahmudovani juda yaxshi ko‘rishini va u hayotining o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan insonlardan biri ekanini aytdi.
Aktyor, rejissor Javlon Shodmonov oilasi bilan ovqatlangani aks etgan suratni sahifasiga joyladi va turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Hosila Rahimova Botir Imomxo‘jayev ijodiy jamoasi bilan Farg‘onaga to‘y xizmatiga bordi. Ular to‘y xizmatidan keyin xonanda Yahyobek Mo‘minovning xonadonida mehmon bo‘ldi. Hosila Rahimova xonanda bilan 20 yildan beri do‘st ekanini aytdi. Yahyobek Mo‘minov hamkasblarining mehmonga kelganidan xursand bo‘lganini aytgan va ularga sovg‘a bergan.
Umidaxon ilon haykali bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi va ulardan rasmga nom berishini so‘radi.
Xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i va egizak o‘g‘illari bilan Turkiyaning Istanbul shahriga uchib ketayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Zarina Nizomiddinova oilasi bilan dam olayotgan joy — Issiqko‘lning juda chiroyli ekanini, havosi toza, biroq salqinroq bo‘lishini, bu yerni ko‘rib Orol dengizini yodga olgani haqida gapirdi.
Xonanda Kaniza Andjonda muxlislari uchun konsert berdi.
Bollivud yulduzi Ritik Roshan yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
El ardog‘idagi aktyor Uchqun Tillayev o‘g‘li Turg‘unbekni uylantirdi. Aktyorning teatrdagi hamkasblari aktrisalar — Ra’no Yarasheva va Zuhra Ashurova Uchqun Tillayevning farzandiga baxt tilagan.
Imron yaqinda Haj safaridan kelgan onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va barcha Haj safariga borgan insonlarning ziyorati qabul bo‘lishini tiladi.
Munisa Rizayeva yangi mashinasini ilk marotaba ko‘rgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Shahzoda Muhammedovaning turmush o‘rtog‘i ota-onasini Umra safariga yubordi. Aktrisa ularni kuzatishga chiqqani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva qizi Sa’diya bilan hamkasbi va yaqin dugonasi Shahzoda Muhammedovanikiga mehmonga bordi.
Sitora Alimjonova sahifasiga farzandi bilan tushgan suratini joyladi.
“Havas” guruhining eng kichik a’zosi Robiyaxon Billi Aylishning “Lovely” qo‘shig‘ini cover yo‘nalishida ijro etdi.
Yigitali Mamajonov bilan ajrashgan Muqaddas Sa’dullayeva baxtli ekanini aytdi va a’lo kayfiyatdagi videosini muxlislariga namoyish qildi.
Turkiyaning mashhur aktrisalaridan biri Berguzar Korel turmush o‘rtog‘i, “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Xalit Ergench bilan tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi.
Xonanda Jahongir Otajonov Istanbul shahridagi ofisi oldidan uning shaxsiy avtomobili o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qildi.
Zohirshoh Jo‘rayev tug‘ilgan kunida sahifasiga otasi — Sherali Jo‘rayev bilan tushgan arxiv suratini joyladi va havas qilsa arzigulik oilada voyaga yetganini, baxt nima deb berilgan savolga javob topganini, san’atsevar xalqning farzandi ekanidan faxrlanishini aytgan.
Lola farzandlari bilan yaxshi kayfiyatda kuni boshlangani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. | 140 | 3,312 |
Madaniyat | Alisher Uzoqov Jahongir Otajonovning tanqidiga munosabat bildirib, “The cover up” loyihasini tugatish shartini aytdi (video) | Aktyor va rejissor, boshlovchi Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Suhbat davomida Alisher Uzoqov “The cover up” loyihasi haqidagi tanqidiy fikrlar o‘rinsiz ekanligini ma’lum qildi.
‘The cover up’ haqida gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Nafaqat Jahongir aka, bu haqda ko‘pchilik gapiryapti. Aslida intervyu berish niyatim yo‘q edi. Lekin Zo‘r TV ijodkorlari va o‘zimning mehnatimga achindim va intervyu berishga majbur bo‘ldim.
Bizning mehnatimizga, loyiha uchun sarflagan vaqtimizga, bu loyihaning yaxshi chiqishi uchun qilinayotgan ishlarga nisbatan noo‘rin baholar ko‘payib ketdi. Mana shunday gap-so‘zlar bolalagani sabab o‘zim sizga intervyu berish taklifi bilan chiqdim.
‘The cover up’ning 4-mavsumi boshlanishi arafasida. Shuning uchun ham mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida keldim. Odamlar bu loyihaga nisbatan negativ fikrlarni eshitaversa, ularning o‘zida ham shunday ruhiyat paydo bo‘ladi, deb o‘yladim va sizning oldingizga intervyu berish uchun o‘zim keldim.
Loyiha o‘zbek san’atida kichik bo‘lsa-da burilish yasay oldi. Xudo xohlasa jonli ijro borasida bundan ham katta ishlar qilish niyatidamiz. Maqsadim jonli ijroga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish. O‘qishni bitirib qayerga borsam ekan deb boshini qashlab o‘tirgan yoshlarga yordam berish. Zo‘r TV orqali ularni xalqqa tanitish. Bu kanalni qo‘shni davlatlarda ham ko‘rishyapti, menimcha bu maktabda emas, katta bir davlatda amalga oshirilayotgan maqsad. Mana shunday maqsad sari intilayotgan paytimiz, mayda-chuydagaplarni gapirish to‘g‘rimi?!
Jahongir aka ‘Alisher yonimga kelib shulardan bittasi chiqib ketishi kerak, deb aytdi unda meni nima keragim bor’, debdilar. Jahongir aka yaxshi inson, o‘zining fikriga ega, hech kimdan qo‘rqmaydi. Men buni nafaqat Jahongir akadan boshqa birovdan ham yashirmayman. To‘g‘ri shunday degandim, chunki sistema shunaqa. Loyihada 10 ta ishtirokchi qatnashadi, birinchi turda hech kim chiqib ketmaydi. Ikkinchi turda ovozlar, hakamlar qo‘ygan ballar bo‘yicha oxirgi qolgan ikkita ishtirokchidan biri chiqib ketadi. 10 bal olib turgan Yorqinxo‘ja yoki Afruzani chiqarish kerak demayman-u! Bu narsani bitta Jahongir akaga aytmaganman. Hamma hakamlarga aytganman. Chunki chiqib ketishi kerak bo‘lgan ikki ishtirokchi qolish uchun bellashadi.
Jahongir aka buni noto‘g‘ri tushunganlar, ‘bular hal qilib bo‘lishibdi’, deb o‘ylaganlar. Ularni to‘g‘ri tushunaman, bu narsaning yozilmagan qonunlari bor deganlar. Jonli ijroni his qilishim kerak deganlar, misol uchun men ham teatrda ishlaganman, jonli kuylamagan bo‘lsam, jonli ijro qilganman. Bu narsalarni o‘zim ham yaxshi bilaman. Lekin televideniyeda yozilgan qonunlar ham borda. Katta-katta odamlar qo‘ng‘iroq qilishadi, yaqinlarim iltimos qilishadi. Oldimga shu darajada ko‘p odam keladiki, xudoga shukr, yaratgan egamning oldida yuzim yorug‘. Bittasining ham gapi o‘tmagan. Internet sahifalarda ham faktlarga asoslanmagan fikrlar bildiriladi.
Sizlardan iltimos qilaman mana shu loyiha borasida negativ fikrlar bo‘lsa, pul tomonlama yoki tanish-bilish deganlaridek, iltimos sizdan qo‘lingizda fakt bilan oldimga keling. Dalil bilan oldimga kelsangiz, isbotlab bersangiz shu loyihani yopib yuboraman. Va’da beraman! Kimdir kelib isbotlab bersin. Gapiga javob bersin. Pul oldi yoki tanish-bilish qildi deb isbotlab bersin shu loyihani haqiqatdan yopaman. Shu darajada o‘zimga ishonchim bor.
Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor | 124 | 3,461 |
Madaniyat | Gollivudcha kamsitish: Xilari Daff va Jon Travolta yilning eng yomon aktyorlari bo‘ldi (video) | AQShda “Oltin malina” mukofoti sovrindorlari aniqlandi, deb xabar berdi Cosmopolitan.
Mukofotning bosh sovrindorlari 66 yoshli Jon Travolta va 32 yoshli Xilari Daffga nasib qildi.
Hamma aktyorlar olishga qo‘rqadigan ushbu mukofot 1980-yilda ta’sis etilgan. Mukofot eng yomon loyihalarga beriladi. Joriy yilda “Eng yomon aktrisa” nominatsiyasida “Sheron Teyt arvohlari” filmidagi roli uchun aktrisa Xilari Daff g‘olib bo‘ldi.
Xilari Daff Sheron Teyt rolida.
Aktrisa o‘z o‘limi haqidagi vahiylardan aziyat chekuvchi homilador ayol obrazini yaratgan. Ushbu nominatsiyada Enn Xeteuey, Francheska Xeyuord, Tayler Perri va Rebel Uilsonlarniing ham nomzodi ko‘rsatilgan edi.
Tahqirlovchi mukofotni Jon Travolta ham qo‘lga kiritdi. “Ishqiboz”, “Yelkama-yelka” filmlaridagi ijrolari unga “Eng yomon aktyor” nominatsiyasidagi ikkinchi “Oltin malina”ni olib keldi.
2001-yilda ham aktyor “Baxtli raqamlar” va “Jang maydoni: Yer” filmlaridagi rollari uchun eng yomon aktyor sifatida e’tirof etilgan edi.
Rejissor Tomas Xuperning “Mushuklar” myuzikli joriy yilda eng ko‘p “Oltin malina”ni qo‘lga kiritdi. Kartina “Eng yomon film”, “Eng yomon ikkinchi darajali aktyor”, “Eng yomon ikkinchi darajali aktrisa”, “Eng yomon rejissor”, “Eng yomon ssenariy” va “Eng yomon ekran kombinatsiyasi” nominatsiyalarida taqdirlandi.
O‘tgan yili Donald Trampga ham “Oltin malina” berilgan edi. “Joker” filmi bilan qiziq vaziyat kuzatildi: Film “Oskar”ga ham, “Oltin malina”ga ham nomzod sifatida ko‘rsatildi. | 94 | 1,483 |
Madaniyat | “Rafiqam bilan bu yerga sayyoh sifatida qaytaman”. Sami Yusuf O‘zbekistonga kelish uchun sabablar, oilasi hamda o‘zbek musiqasini dunyoga tanitish istagi haqida (video) | Britaniyalik taniqli xonanda, bastakor Sami Yusuf nima sababdan O‘zbekistonga kelgani, otasi uning musiqachi bo‘lishini istamagani, millati, turmush o‘rtog‘i va o‘zbek bastakorlari bilan hamkorlik qilish niyati borligi haqida so‘zlab berdi.
Intervyu davomida xonanda Samarqand uning tasavvuridan boshqacharoq ekani, bu shahar Buyuk Ipak yo‘lining “yuragi” bo‘lgani va uning ijodiga ijobiy ta’sir etgani haqida gapirdi.
“Samarqand mening ijodimga ijobiy ta’sir etadigan darajada muhim ahamiyatga ega, chunki bu shahar Buyuk Ipak yo‘lining ‘yuragi’ misol. Mening musiqamda mana shu yo‘llarda yuzaga kelgan madaniyatlar o‘z aksini topgan.
Tasavvurlarimga keladiga bo‘lsak, Samarqand mening tasavvurlarimdan go‘zalroq shahar ekan, chunki fotosuratlarda ko‘rganimda ularni bo‘yalgan yoki qandaydir ishlov berilgan deb o‘ylaganman. Bu go‘zal shahar haqiqatan bor, buni har bir inson o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi kerak”, — deydi xonanda.
Xonanda turmush o‘rtogi va millati haqida
“Inson o‘z turmush o‘rtog‘ini sevishi yoki sevmasligi mumkin, lekin men turmush o‘rtog‘im borligidan juda baxtiyorman. Biz-birimizni juda yoqtiramiz, shuningdek, eng yaqin do‘stlarmiz, bir-birimizga o‘xshaymiz va bir-birimizni to‘ldiramiz. Mukammal inson bo‘lishingiz, sizga hamrohning keragi yo‘q bo‘lishi mumkin, biroq yoningizda yaqin, sizga do‘st insonning bo‘lishi hayotdagi buyuk ne’matdir”, — deydi bastakor.
“Aslida o‘z kelib-chiqishim, ajdodlarim bilan faxrlanaman. Millatim ozarbayjon, men o‘zimni turkiy-ozarbayjon deb hisoblayman va turk bo‘lganimdan faxrlanaman”, — deydi Sami Yusuf.
Sami Yusufning otasi uning xonanda bo‘lishini istamagani va bastakor qaysi sohada tahsil olgani to‘g‘risida
“Menimcha har qanday ota o‘z farzandini musiqachi bo‘lish fikridan qaytarishga harakat qiladi, chunki musiqa, aktyorlik, umuman olganda san’at sohasi daromadli soha emas. Daromad barqaror va doimiy emas.
Otam britaniyalik, u yerga muhojir sifatida kelgan, shuning uchun aksariyat muhojirlar kabi uni ham muhandis, shifokor, huquqshunos bo‘lishga undashgan. Bu kasblar ishonchli, barqarorlik bor, ochig‘i men ham buni xohlardim. Men musiqa biznesiga, bu sohaga yoshligimda kirib kelganman va uning yoqimsiz jihatini ham ko‘rganman. Shuning uchun huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olishni va uni oxiriga yetkazishni niyat qildim. Musiqa mening hayotim”, — deydi bastakor.
Shuningdek, Sami Yusuf o‘zbekistonlik bastakorlar bilan hamkorlik qilish niyati borligi, tajriba orttirishni istashi va o‘zbek ohangini dunyoga olib chiqish orzusida ekani haqida gapirdi.
“O‘zbekistonlik bastakorlar bilan hamkorlik qilish va ishlash uchun tayyorman. Men an’anaviy musiqa shaydosiman, uni sevaman, unga chuqur muhabbatim bor. Tajriba orttirishni, musiqiy direktor yoki bastakor bo‘lib ishlashni istayman. O‘zbek ohangini dunyoga olib chiqmoqchiman, sayohat qilmoqchiman, men bu rejamning amalga oshishini juda istayman”, — deydi Sami Yusuf.
“Rafiqamni O‘zbekistonga olib kelaman”
“Ajoyib, noyob taassurot uchun atrofga bir qarang. O‘ylaymanki, bu ruhiyatni boshqa hech qayerdan topa olmaysiz, muzeylarda ham u yo‘q. Mehmondo‘stlikni his qilish, bu yurt insonlari bilan tanishish uchun kelish kerak. Obidalari, musiqasi uchun kelish kerak, turizm uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Musiqa, madaniyat, san‘at asarlari, turli tadbirlarni tomosha qilish uchun kelish kerak. Men bu yerga turmush o‘rtog‘im bilan albatta turist sifatida kelaman”, — deydi Sami Yusuf. | 168 | 3,425 |
Madaniyat | Toshkentda latviyalik saksofonchilar konsert beradi | 2015-yil 30-iyun kuni Toshkentdagi Davlat konservatoriyasi Katta zalida “Riga saksofonchilari kvarteti” instrumental guruhining konserti bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati yozishicha, 1992-yildan tanila boshlagan ushbu guruh Latviyada akademik saksofon musiqasi davrini boshlab bergan.
Kvartet nafaqat konsert zallarida, balki maktab, cherkov va ochiq maydonlarda ham chiqishlar qiladi. Mahoratli ijrosi tufayli, “Riga saksofonchilari kvarteti” omma va musiqiy tanqidchilar e’tiboriga tushdi. | 51 | 562 |
Madaniyat | Yegor Kridning Toshkentdagi konserti 15-fevralga ko‘chirildi | Xonanda Yegor Kridning Toshkentda 2-fevralga rejalashtirilgan konsert dasturi 15-fevralga ko‘chirildi. Bu haqda www.black-star.ru saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Kunutun.uz”.
Konsert “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida 19:00 da bo‘lib o‘tadi. 2-fevral sanasiga sotib olingan chiptalar 15-fevralda ham o‘z kuchiga ega bo‘ladi.
Avvaldan sotib olingan chiptalarni o‘z narxi evaziga qaytarib berish imkoni tashkilotchilar tomonidan yaratildi. | 60 | 444 |
Madaniyat | “Rossiya-Kultura” telekanalida Imom al-Buxoriy hayotiga bag‘ishlangan film namoyish etiladi (foto) | Imom al-Buxoriyning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film “Rossiya-Kultura” telekanalida namoyish etiladi. Bu haqda O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.
Film 17-fevral kuni Moskva vaqti bilan soat 13:20 da efirga uzatiladi.
Mazkur film islom tarixi va madaniyatidagi buyuk shaxs – Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.
Ming yillardan buyon u nafaqat musulmon olamida, balki butun dunyoda ulkan hurmat – e’tiborga sazovor insondir. Favqulodda qobiliyatli va adolatparvar Imom al-Buxoriy Qur’oni Karimdan so‘ng islom ta’limotidagi ikkinchi kitob – “Al Jome’ as-sahih” (“Ishonchli to‘plam”) asarining muallifi hisoblanadi.
Filmda O‘zbekistonning mashhur olimlari, xorijiy ekspertlar va diniy ulamolar ishtirok etgan.
“Yaratganga xizmat qilish va insoniyatga cheksiz muhabbat bilan yo‘g‘rilgan umr. Imom Kurrai zamindagi sayohatining eng so‘nggi kunigacha o‘zining yuksak g‘oyalari va ulkan vazifasiga sodiq bo‘lib qoldi”, — deyiladi xabarda. | 98 | 1,001 |
Madaniyat | Bosh vazir Shaxrisabzdagi tayyorgarlik ishlarini ko`zdan kechirdi | 2018 yil 3 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Shahrisabz shahrida 6-10 sentyabr kunlari o`tkaziladigan Xalqaro Maqom san`ati Anjumaniga tayyorgarlik ishlarini ko`zdan kechirdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xalqaro miqyosdagi tadbirga tayyorgarlik ishlari keng ko`lamda olib borilayotganligi bilan birga, mutasaddi rahbarlarga qo`shimcha vazifa va topshiriqlar berildi.
Bosh vazir tomonidan respublikaning har bir hududlaridan tashrif buyurgan tashkilotchilar o`zining tarixi va madaniyatini namoyishida milliylik iforini tarannum etuvchi ekspozisiyalarini ko`paytirish vazifalari topshirildi. Shu bilan birga, hududga mos taomlar turlarini tayyorlash va mehmonlarning tanovvul qilinishi ko`zda tutildi.
Tanishuv davomida anjumanning chet ellik ishtirokchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida to`xtalib o`tildi. Tadbir doirasida ularning Qashqadaryo viloyatining o`ziga xos urf-odatlari, udumlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, ushbu viloyatda joylashgan tarixiy obidalar, qadamjolar va ziyoratgohlarga ham tashriflari rejalashtirilgan.
Xususan, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan Yakkabog` tumanidagi Xo`jai Ilg`or qishlog`i, Kitob tumanidagi Hazrati Bashir ziyoratgohi, Chiroqchi tumanining Chiyali qishlog`i va boshqa bir qator madaniy meros ob`ektlari shular jumlasidandir. | 65 | 1,360 |
Madaniyat | 44 yoshli turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay turmushga chiqmoqda | 44 yoshli mashhur turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay to‘y kuni to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deb yozadi “RusTurkey.com”.
Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning yoz faslida aktrisa prodyuser Nejati Kojabayga turmushga chiqadi. Bir necha yildan buyon birga yashab kelayotgan juftlik aynan shu yili to‘y qilishni rejalashtirgan edi, ammo pandemiya sabab to‘xtatilgan.
“Biz to‘yni biroz keyinroqqa qoldirdik, chunki baxtli kunim oddiy nishonlanishini xohlamayman. To‘yimiz ajoyib tarzda o‘tishini istayman, ko‘plab mehmonlar tashrif buyursa. Lekin pandemiya davrida buning iloji yo‘q”, − deydi aktrisa.
Ma’lumot uchun, Nurgul Yeshilchay turkiyalik teatr va kino aktrisasi, u bir necha serial va filmlarda bosh rollarini ijro etgan. U eng ko‘p maosh oladigan aktrisalar ro‘yxatida turadi. Shuningdek, bir qator nufuzli mukofotlar egasi. Aktrisa filmlarda suratga tushishdan tashqari teatrda ham ishlaydi, musiqalar yozishni yaxshi ko‘radi. | 62 | 932 |
Madaniyat | “Shoh soxta ekan”. Barcha davrlarning eng yaxshi filmlari bo‘yicha test | Bugun, 28-dekabr Xalqaro kino kuni. Ushbu sananing kelib chiqishi aka-uka Lyumerlar bilan bog‘liq. 1895-yil 28-dekabrda Lui va Ogyust Lyumerlar tomonidan Parijda joylashgan “Grand-kafe”da tarixda ilk bor ekranda “La S’ota vokzaliga poyezd kirib kelishi” tasvirlangan qisqa metrajli filmi namoyish etilgan. Ekranda poyezdning vokzalga kirib kelishini ko‘rgan tomoshabinlar go‘yo poyezd ularni bosib oladigandek o‘rnilaridan turib qocha boshlagan.
Kinolardagi obrazlar, tasviriy ifoda va dialoglar tomoshabinlar shu yoshigacha hatto o‘ylab ham ko‘rmagan haqiqatlarni 1 soniya ichida anglashiga, xulosa chiqarishiga sababchi bo‘ladi. Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan kinoasarlar shunchaki vaqt o‘tkazish emas, o‘zlik va yashashdan ma’noni anglash uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shunday filmlar borki, ular istalgan davrda sevimli, ko‘tarilgan mavzulari dolzarb bo‘lib qolaveradi. Rejissorning professional yondashuvi, aktyorning mahorati esa syujetning muvofaqqiyatini ta’minlaydi.
Kollaj: “Daryo”
E’tiboringizga kinomutaxassis va muxlislar tomonidan e’tirof etilgan, IMDb va “Kinopoisk” reytinglarida eng yuqori o‘rinlarni egallagan filmlardan tuzilgan testni havola etamiz. Testni yechish orqali siz voqealar rivoji, rejissor, qahramonlardan tashqari filmlardagi kichik, ammo mohiyati bor detallarga qanchalik e’tiborli ekaningizni bilib olsangiz bo‘ladi.
Test yuklanishini biroz kuting!
“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring.
Kinomanlar uchun:
Melomanlar uchun:
Siyosatga befarq bo‘lmaganlar uchun: | 71 | 1,535 |
Madaniyat | “Ertug‘rul” seriali yulduzi Engin Altan Pokistonga ko‘chib o‘tadi | Mashhur “Ertug‘rul” seriali orqali tanish bo‘lgan Engin Altan ma’lum muddatga uni tijoriy loyihalar kutayotgan Pokistonga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor Islomoboddagi masjidning ochilish marosimida faxriy mehmon sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, u 2020–2021-yillar davomida Pokistonning taniqli brendlaridan biri bilan ishlashni boshlaydi.
“Ertug‘rul” serialining efirga uzatilishi tufayli Pokistonda Engin Altanning mashhurligi kun sayin ortib bormoqda. Enginning o‘zi muvaffaqiyat haqida xotirjamgina filmning omadi bevosita sahna ortida ishlaganlarning ham xizmatlari bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan.
Engin Altan − Usmonli turklar imperiyasi tarixidan hikoya qiluvchi “Ertug‘rul” teleserialidagi bosh roli tufayli dunyo miqyosida shuhrat qozongan turk aktyori. | 65 | 821 |
Madaniyat | O‘zbekiston Milliy bog‘ida o‘tkazilgan an’anaviy tadbirda Navoiy g‘azallari ingliz tilida o‘qildi | O‘zbekiston Milliy bog‘ida 9-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan an’anaviy tadbir bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Tadbirda O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, Budapesht universitetining turkologiya bo‘limi mudiri, vengriyalik navoiyshunos olim Benedek Peri, Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchisi Dinora Sultonova va boshqalar qatnashgan.
Tadbirda Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘zbek va ingliz tillarida o‘qildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Mirpo‘lat Mirzo “Navoiyga ehtirom” she’rini o‘qidi.
“Nihol” mukofoti sovrindori Ilyos Arabov ijrosida shoir g‘azallari bilan kuylanuvchi ashulalar ijro etildi. Anjuman ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Shu kuni poytaxtimizdagi Shoirlar xiyobonida mushoira bo‘lib o‘tdi. Yosh shoirlar Jo‘rabek Jahon va Bahodir Bahrom Navoiyga atalgan she’rlarini o‘qidi.
Ta’lim muassasalarining o‘quvchilari Navoiy g‘azal va ruboyilari, hikmatli so‘zlarini o‘zbek va xorijiy tillarda o‘qib berdi.
“Bunday ma’rifiy tadbirlar, ijodiy muloqotlar, anjumanlar mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 97 | 1,424 |
Madaniyat | Kristofer Nolanning yangi — “Dyunkerk” nomli filmining birinchi treyleri chiqdi (video) | Rejissor Kristofer Nolan (“Muqaddima”, “Interstellar”)ning yangi — “Dyunkerk” nomli filmining birinchi treyleri chiqdi. TJournal xabariga ko‘ra, premyera 2017-yil 19-iyul kuniga mo‘ljallangan.
Film Ikkinchi jahon urushi vaqtida 300 mingdan ortiq ingliz, fransuz va belgiyalik harbiylarni Fransiyaning Dyunkerk shahridan evakuatsiya qilish maqsadida tashkil etilgan “Dyunkerk operatsiyasi” haqida hikoya qiladi.
Bu rejissor Kristofer Nolanning so‘nggi 14 yilda birinchi marta maxsus effektlardan umuman foydalanmay suratga olayotgan dastlabki filmi hisoblanadi.
Filmda bosh rollarni Tom Xardi, Killian Myorfi, Mark Raylens va boshqa aktyorlar ijro etgan. Kartina ssenariysi Nolanning o‘zi tomonidan yozilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, “Dyunkerk” filmi uchun Kristofar Nolan rejissorlarning Gollivud tarixidagi eng katta ikkinchi gonorarini — 20 million funt va kassa yig‘imlaridan taxminan 20 foiz miqdorida daromad oladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 87 | 1,095 |
Madaniyat | Irqchi, zo‘ravon va qoidabuzar: Gollivudda nomaqbul ishlari uchun qora ro‘yxatga kiritilgan yulduzlar (foto) | Shov-shuvli janjallardan so‘ng Gollivudning mashhur yulduzlari qora ro‘yxatga kirdi. Quyida shoshqaloqlik karyeraga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqida tanishib chiqing.
Mel Gibson
Gollivud yulduzining karyerasi uning hayotiga spirtli ichimliklar kirguncha juda muvaffaqiyatli bo‘lgan. 2005-yilda Gibson politsiya haqidagi qo‘pol bayonotlari va mast holda avtomobil boshqargani uchun bir necha bor jarimaga tortildi. Ko‘p farzandli namunali oilaviy odamning qiyofasi tezda Gollivudning asosiy janjalkash insoni roliga o‘tdi. 2009-yilda yetti nafar farzandni tarbiyalayotgan Gibson va uning rafiqasi Robin Murning ajrashgani ma’lum bo‘lgan.
Oradan ko‘p o‘tmay aktyor Oksana Grigoryeva bilan ishqiy munosabatni boshladi va u bilan ajrashishi shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ammo Gibsonning irqchilikka oid iboralari hammasidan oshib tushdi. Bu hibsga olish paytida politsiyachiga qilingan “iblis yahudiy” haqorati edi, shuningdek, bu xalqni hamma urushga sababchi bo‘lganini ham qo‘shimcha qilgan.
Aktyorning ushbu so‘zlari katta janjalni keltirib chiqardi. Gibson shundan so‘ng Gollivudda kechirilmadi, u uzoq vaqt chetlatilgan odamga aylandi. Faqat oradan o‘n yil o‘tgach, Gibson kinoga qaytishga muvaffaq bo‘ldi, lekin rejissor sifatida.
Sami Naseri
Fransuz aktyori Sami Naseri 2000-yillarning boshlarida sevimli “Taksi” filmidagi taksi haydovchisi roli bilan mashhur bo‘ldi. Loyihaning muvaffaqiyatga erishgani uchundir, balki, aktyor o‘zining ichki “men”ini yengolmadi va muxlislarning hafsalasini pir qildi. Aktyor suratga olish guruhi a’zolariga nisbatan zo‘ravonlik qilgani uchun bir necha bor hibsga olingan.
Shunday qilib bir marta Naseri stilistga ham tom ma’noda hujum qilib, ikki oyga qamalgan. Aktyor filmdagi qonunbuzarlikni haqiqiy hayotga tatbiq etdi. 2003-yilda u bir mashina haydovchisini kaltakladi. Qonunni buzgan shaxsga shartli jazo tayinlandi, katta miqdorda jarima solindi va uch yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.
Naserining xavfli sarguzashtlari shu bilan tugamadi – qonun bilan bog‘liq muammolar vaqt o‘tishi bilan tobora o‘sib bordi. Hatto uning giyohvand moddalar savdogarlari bilan to‘qnashuvi va pichoqlash haqida ham ma’lumotlar mavjud. Faqatgina yillar o‘tib, Naseri o‘zi karyera va hayotini barbod qilganini tan oldi. Endi aktyor o‘z obro‘sini tiklashga astoydil harakat qilmoqda: u yomon odatlardan voz kechib, teatrda va kichik fransuz filmlarida rol o‘ynamoqda.
Jonni Depp
Jonni Depp sobiq rafiqasi Ember Xerd bilan bog‘liq janjalli voqeadan so‘ng jamiyatdagi mavqeyini va muxlislari hurmatini yo‘qotdi. Yulduzlar “Rim kundaligi” filmini suratga olgandan keyin uchrashishni boshlagan. Biroz vaqt o‘tgach, ular turmush qurdi. Oilada tartibsizlik janjallardan boshlandi va Jonni tomonidan hujum bilan yakunlandi.
Xerd oiladagi zo‘ravonlik qurboni ekanligini isbotladi. Tarmoq bo‘ylab yashin tezligida tarqalgan suratlarda u yuzi ko‘kargan holda paydo bo‘ldi. Natijada aktrisa politsiyaga ariza bilan murojaat qilib, turmush o‘rtog‘ini sudga bergan.
2020-yilda Jonni Depp bilan Warner Bros kompaniyasi tuzgan shartnoma bekor qilindi. Ammo hamma ham shunday qilmadi, o‘sha paytda Depp bilan shartnoma tuzgan Dior brendi aktyor bilan ishlashni to‘xtatmaslikka qaror qildi va Sauvage parfyumining reklamasini boshladi. Ma’lumki, ushbu voqeadan so‘ng brend savdosi keskin oshdi.
Dastin Xoffman
“wday.ru”
Dastin Xoffman ustidan da’vo qilgan ayol “Daho” hujjatli filmi prodyuseri Vendi Riss Gatsiounisdir. Vendining so‘zlariga ko‘ra, u Dastin bilan mehmonxonaga borishdan bosh tortganidan so‘ng unga spektaklni ekranga moslashtirish rad etilgan. Ayblovga javoban Xoffman kechirim so‘ragan va ayollarni hurmat qilishini aytgan. | 108 | 3,678 |
Madaniyat | Bir filmda rol ijro etgan Gollivudning qarindosh aktyor va aktrisalari (foto) | Kino olami qanchalar katta bo‘lmasin, suratga olish maydonchasida ko‘pincha qarindosh aktyor va aktrisalar ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, ko‘plab aktyorlar bobolardan tortib nabiralargacha bo‘lgan professional sulolalarga tegishli. Ko‘rinib turibdiki, aktyorlik mahorati haqiqatan ham genetik jihatdan belgilanadi va avloddan-avlodga o‘tadi.
Tom Felton va Nayjel Ensti – “Garri Potter va hikmatlar toshi”
Tom Feltonning ona tomondan bobosi Nayjel Ensti o‘z nabirasi bilan Garri Potter franshizasining bir nechta epizodlarida rol o‘ynagan. Professorlardan biri rolini o‘ynagan Ensti haqiqiy hayotda umuman aktyor emas, balki geofizik. Balki bobo injiq nabirasini kuzatish uchun suratga olish maydoniga kelgandir?
Emma va Sofi Tompson – “Garri Potter va ajal tuhfasi”
Britaniyalik aktrisa Emma Tompson ekrandagi eng esda qolarli personajlardan birini gavdalantirdi: professor Sivill Trelon rolini ijro etdi. Uning singlisi Sofi Tompson Afsungarlik vazirligi xodimi Mufalda Xmelkirk rolini o‘ynadi.
Reyf Fayns va Xiro Frayns Tiffin – “Garri Potter va tilsim shahzodasi”
Reyf Fayns Voldemort qiyofasida paydo bo‘lganida, yovuz odamni boshqacha tasavvur qilishning iloji yo‘q edi. Biroq bolalar uyidagi yosh Tom Riddl tomoshabinlar uchun juda ma’qul ko‘rildi. Ehtimol, bolaning Fayns bilan oilaviy aloqalari borligi sabablidir. Film rejissori Devid Yeytsning aytishicha, u jiyanini aktyorga tashqi o‘xshashligi uchun tanlagan, oilaviy rishtalar rol o‘ynamagan.
Kolin va Tom Xenks – “Buyuk Bak Xovard”
Bosh qahramon huquqshunoslik oliygohini tark etadi va omadsiz illyuziyachining yordamchisiga aylanadi. Otasi, tabiiyki, bu qarordan xursand emas. Filmda haqiqiy ota va o‘g‘il Tom va Kolin Xenks o‘ynagani sujetni yanada ishonchli qiladi.
Mami Gammer va Meril Strip – “Riki va Flesh”
Ushbu kartinada ekrandagi qarindoshlar haqiqiy ona va qizni o‘ynadi. Meril Strip qizi Mami Gammer bilan uchrashish uchun orzusidan voz kechishga majbur bo‘lgan rok-yulduzini gavdalantirgan.
Meggi va Jeyk Jillenxol – “Donni Darko”
Meggi kartinada kichik, ammo muhim rolni, uning ukasi esa asosiy rolni o‘ynadi. E’tiborlisi, aktrisa dastlab filmga faqat ukasi tufayli taklif qilinganiga ishonib, suratga tushishdan bosh tortgan. Ammo rejissor bu rol u uchun yaratilganiga ishontirdi va oxir-oqibat uni ko‘ndirdi.
Emili va Zoui Deshanel – “Suyaklar”
Ma’lum bo‘lishicha, serialni suratga olishda uning singlisi Zoui ham ishtirok etgan. 2009-yilda u 5-mavsumning bayram epizodida uzoq vaqtdan beri yo‘qolgan ikkinchi amakivachcha Temperans rolini o‘ynadi. Bu epizodda bosh qahramonning otasi kinoya bilan aktrisalarning hayotdagi munosabatlariga ishora qilib, “G‘alati o‘xshashlik. Siz deyarli opa-singilsiz”, deydi.
Gvinet Peltrou va Blayt Danner – “Silviya”
“Silviya” filmi suratga olinayotganda Gvinet Peltrou allaqachon Gollivudda nom qozongan edi. U Silviya Plat rolini ijro etganida, shoirning onasi roliga aktrisaning haqiqiy onasi, Blayt Danner taklif qilingan.
Hilari va Xeyli Daff – “Haqiqiy qizlar”
Xeyli ham, Hilari Daff ham mustaqil ravishda muvaffaqiyatli kayeraga ega. Ammo ularning “Haqiqiy qizlar” komediyasidagi dueti bir zumda ommalashdi. Oradan 15 yil o‘tgach opa-singil yana bir kartinada suratga tushishni xohlaydi.
Bryus va Rumer Uillis – “Garovga olingan”
Ushbu kartinada Bryus Uillis bosh rolni o‘ynadi, u garovga olingan oilani qutqarishi kerak bo‘lgan omadsiz politsiyachi. Uning qizi Rumer farzandi rolini ijro etdi. Rumer allaqachon otasi va onasi – Demi Mur bilan bir necha rol ijro etgan.
Anjelina Joli va Jon Voyt – “Lara Kroft: Dahma talonchisi”
Haqiqiy oilaviy rishtalarning ekran munosabatlariga mos kelishining yana bir misoli. Anjelina Jolining otasi Jon Voyt franshizaning birinchi filmida Laraning otasi Richard Kroft rolini o‘ynadi.
Anjelina Joli va Viven Joli-Pitt – “Malefisenta”
Anjelina Jolining kichkina qizi Viven esa onasi bilan “Malefisenta” filmida debyut qildi. U kichkina Avrora rolini o‘ynadi. Aktrisaning qizi tasvirga juda mos tushdi, bundan tashqari, u suratga olish maydonchasida Jolidan qo‘rqmagan yagona bola edi. | 77 | 4,065 |
Madaniyat | Hindistonlik 21 yoshli model va aktrisa “Koinot go‘zali — 2021” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (foto) | “Koinot go‘zali — 2021” tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Unda hindistonlik 21 yashar model Harnaaz Sandhu g‘olib deb topildi.
Isroilning janubidagi Eylat shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovda brilliant tojni qo‘lga kiritish uchun butun dunyodan 80 nafar qiz va ayollar ishtirok etdi. Natijalar 12-dekabr kechasi e’lon qilingan. Unga ko‘ra, paragvaylik Nadya Ferreyra ikkinchi, afrikalik Lalela Msvane uchinchi o‘ringa loyiq deb topilgan.
Go‘zal bo‘lish uchun o‘zini noyob deb bilish kerakligini aytgan “Koinot go‘zali” auditoriyaga: “O‘zingizni boshqalar bilan taqqoslashni bas qiling”, — deb tavsiya bergan.
“Men o‘zimga ishonganim uchun ham bugun bu yerdaman”, — degan Harnaaz. Uning bu so‘zlari auditoriyadagilarning olqishlariga sabab bo‘lgan.
Shuningdek, u nutqi davomida bulling (bezorilik) va bodi-sheyming (tana tuzilishi bilan bog‘liq diskriminatsiya)dan aziyat chekkanini ham ta’kidlagan. Toj kiydirilganidan keyin Sandhu Hindistonni bir necha marta panjob tilida g‘alaba bilan tabriklagan.
View this post on Instagram
Harnaaz ushbu maqomga ega bo‘lgan ilk hindistonlik emas. Undan avval Sushmita Sen va Lara Duttalar ham “Koinot go‘zali” deb topilgan.
View this post on Instagram
Sandhu Hindistonning shimolida joylashgan Chandigarx shahrida dunyoga kelgan. G‘olib bo‘lguniga qadar Chandigarxda model va aktrisa bo‘lib ishlagan qiz endilikda tanlov shartlaridan kelib chiqib AQShga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bo‘yi 152,4 santimetrni tashkil qiladigan ishtirokchi qo‘shiq kuylash, raqs tushish, suzish va yoga bilan shug‘ullanishdan tashqari, ot minish va pazandachilikni ham yaxshi ko‘radi. Ingliz maktabini tamomlagan model davlat boshqaruvi yo‘nalishida diplom olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nutqi davomida u iqlim o‘zgarishi haqida ham gapirib o‘tgan. “Kamroq gapirib, ko‘proq harakat qilish vaqti keldi. Oldini olish va himoya qilish, pushaymon bo‘lish va bartaraf qilishdan yaxshiroq”, — degan u.
View this post on Instagram
Uning koronavirusga qarshi kurashish, gigiyena masalalari bo‘yicha ogohlikni oshirish, shuningdek, psixologik muammolari bor odamlarga yordam berishga befarq emasligi ham ma’lum bo‘lgan.
View this post on Instagram
Bu ilk marta 1952-yil Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan “Koinot go‘zali” tanlovining 70-yubileyi hisoblanadi. Koronavirus bilan bog‘liq pandemiya hisobida esa tanlov ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Avvaliga Isroil hukumati minglab vaksina olgan muxlislarni qarshi olishni rejalashtirgan, ammo “omikron” shtammining paydo bo‘lishi munosabati bilan ushbu qarorga o‘zgartirish kiritilgan. Tadbir bo‘lishidan ikki hafta avval mamlakat chegaralarining xorijliklar uchun yopilishi ko‘plab mojarolarga sabab bo‘lgan.
Ishtirokchilardan biri, “Fransiya go‘zali” maqomiga egalik qiluvchi qizning Isroilga kelgandan so‘ng topshirgan test javobi ijobiy chiqqan. Shundan keyin u karantinga olingan.
Eslatib o‘tamiz, pandemiya bilan bog‘liq holat sabab “Koinot go‘zali-2020” tanlovi ham 2021-yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan. Unda birinchi o‘ringa loyiq deb topilgan 26 yashar meksikalik Andrea Meza tanlov tojini 2021-yilgi g‘olib Harnaazga topshirgan. | 107 | 3,144 |
Madaniyat | Venetsiyada Jon Kennedining bevasi haqida Natali Portman ishtirokidagi film namoyish qilindi | Chililik rejissor Pablo Larrainning Jaklin Kennedi haqidagi “Jeki” (Jackie) filmi premyerasi 73-Venetsiya kinofestivalining asosiy tanlov dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
Beva qolgan AQSh birinchi xonimi rolini aktrisa Natali Portman o‘ynadi. Film Jekining o‘z turmush o‘rtog‘i — AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘limidan keyingi hayotining to‘rt kuni haqida hikoya qiladi.
Kartinada barcha tafsilotlar — qon sachraganiga qaramay, u egnidan yechishdan bosh tortgan mashhur pushti Chanel libosi (Kennedining boshiga o‘q uzishganida, Jeki uning yonida, tomi ochiq avtomobilda o‘tirgan edi), u Avraam Linkolnnikidek tarzda o‘tkazishni istagan dafn marosimi va boshqalar yetarlicha aniqlikda aks ettirilgan.
Rejissor filmga yanada haqqoniyroq tus berish uchun video va audioxronika kadrlaridan foydalandi. | 92 | 827 |
Madaniyat | Aktrisa Ra’no Shodiyeva “Masha va maymoq” multfilmiga “ota-onalar nomidan ‘Oskar’” berishni taklif qildi | Aktrisa Ra’no Shodiyevaning juda ham sho‘x kenja o‘g‘li Amirxon “Masha va maymoq” multfilmi namoyish etilayotgan vaqtda tinchib qoladi. Bu haqda aktrisa “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Kichik o‘g‘lim Amirxon juda ham sho‘x, bir daqiqa jim o‘tirganini ko‘rmaysiz. Doim nima bilandir band yuradi. ‘Masha va maymoq’ multfilmi chiqqanidan beri qulog‘imiz tinchigan”, — deydi aktrisa.
Ra’no Shodiyevaning so‘zlariga ko‘ra, Amirxon 20 daqiqa davom etadigan multfilmni bir lahzasidan ham ko‘z uzmay tomosha qiladi.
“Dadasi ikkimiz unga qarab, shu multfilmni yaratgan odamga ota-onalar nomidan ‘Oskar’ mukofotini berish kerak, deb kulamiz”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa Ra’no Shodiyeva.
Aktrisa Ra’no Shodiyevaning 18 yoshli Diyorbek, 17 yoshli Raxshona va 4 yoshli Amirxon ismli farzandlari bor. | 104 | 816 |
Madaniyat | 2018-yilda suratga olingan koreys serialida koronavirus tarqalishi prognoz qilingani aniqlandi (video) | Koreyaning 2018-yilda suratga olingan hamda Netflix platformasida namoyish etilgan “Terius mening orqamda” deb nomlangan serialida koronavirus tarqalishi prognoz qilingani aniqlandi, deb yozadi The Independent.
Koronavirus haqida serialning o‘ninchi qismida so‘z boradi. Kasallikning inkubatsion davri ikki kundan ikki haftagacha davom etishi, virus nafas olish tizimini ishdan chiqarishi, hozirga qadar ushbu kasallikka qarshi vaksina ixtiro qilinmagani aytiladi.
Serialda virus SARS virusi bilan taqqoslanadi, uning “biokimyoviy terroristik hujum” maqsadida yaratilgani, u ko‘proq insonlarga yuqishi uchun sun’iy modifikatsiya qilingani ta’kidlanadi.
Kasallik besh daqiqa ichida bemor bilan aloqa qilinganida yuqishi, undan o‘lim darajasi 90 foizga yetishi ham prognoz qilingan. Serialda kattalar virus tarqalishidan qo‘rqib, bolalarga qo‘lni to‘g‘ri yuvishni o‘rgatadi.
Mart oyida qariyb o‘n yil avval suratga olingan “Epidemiya” (Contagion) filmidagi voqealar hozirgi pandemiya davrini eslatgani uchun u internetda eng ko‘p tomosha qilingan filmga aylangan edi. | 102 | 1,066 |
Madaniyat | Har bir yangi rol aktyor uchun to‘liq o‘z qahramoniga aylanish jarayoni ekanligini isbotlovchi holatlar (foto) | Ko‘pchilik aktyorlar kinodagi qahramonlariga aylanish uchun haddan tashqari ko‘p kuch sarflaydi, natijada o‘z muxlislarini mahorat bilan ijro etilgan rollari bilan bahramand etishadi. AdMe nashri obraziga kirish uchun har qanday ishni qiladigan, o‘z kasbiga professional tarzda yondashadigan ana shunday aktyorlar haqida ma’lumot beradi.
Zoi Kravits “Betmen”
Zoi Kravits rejissor Mett Rivz tomonidan suratga olingan “Betmen” filmidagi Mushuk ayol/Selina Kayl roliga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan. Kaskadyorlar bo‘yicha koordinator Rob Alonza bilan birgalikda aktrisa o‘z qahramonini yaxshiroq his qilish uchun mushuklar va sherlar jangi aks etgan videolarni o‘rgangan. Rolga tayyorgarlik ko‘rayotganda jang san’ati turlarini, shuningdek, mushukka o‘xshash raqs harakatlarini mashq qilgan.
Anjelina Joli, “Umrboqiylar”
“Umrboqiylar” filmidagi superqahramon jangchi Tana roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun Anjelina Joli balet darslariga qatnagan va turli xil qurollardan foydalanishni o‘rgangan, garchi u suratga olish paytida ularni jismonan ushlab turmasa ham — qurollar postprodyuserlik jarayonida raqamli ravishda kadrlarga qo‘shilgan.
Leonardo Di Kaprio, “Omon qolgan”
Leonardo Di Kaprio 2016-yilda unga ilk “Oskar”ni olib kelgan “Omon qolgan” filmidagi roli uchun ko‘p mehnat qilishi kerak edi. Boshqa narsalar qatori, aktyorlar va suratga olish guruhi, masalan, qattiq sovuq, gipotermiya tahdidi, muzli suvda otishmalarga bardosh berishi lozim bo‘lgan. Shuningdek, Di Kaprio Arikara mahalliy xalqining tilini o‘rganishi kerak edi. Ushbu yo‘qolib borayotgan lahjani o‘zlashtirish uchun u Tom Xardi bilan bir yil davomida mahalliy madaniyat bo‘yicha maslahatchi Kreyg Falkon bilan ishladi.
Argo Robbi “Xudkushlar guruhi”
Argo Robbi 2016-yilda “Xudkushlar guruhi” filmida Jokerning sevgilisi bo‘lgan jozibali, ammo beparvo Xarli Kuinni o‘ynagan. Tok-shoulardan birida aktrisa bu rol uchun suv ostida 5 daqiqa nafas olmay turishni o‘rganganini aytgan. Buning uchun Robbi 4 ta fridayving saboqlarini olgan holda metabolizmini sekinlashtira olishni o‘zlashtirgan. “Bu xuddi suv ostida meditatsiya qilish kabi”, — deydi Robbi.
Jeyk Jillenxol, “Stringer”
Jeyk Jillenxol mahalliy yangiliklarga hayratlanarli videolarni sotish orqali katta pul ishlaydigan frilanser Lui Blumga to‘liq o‘xshashga qaror qildi. “Men uning koyot kabi ko‘rinishini xohlardim. Buning uchun men och ko‘rinishim va och bo‘lishim kerak edi”, — deydi aktyor. U qattiq rejimli diyetaga o‘tdi, har kuni mashq qildi, kuniga 16 kilometr yugurdi va deyarli 14 kilogrammga ozdi.
Keyt Uinslet, “Avatar-2”
Jeyms Kemeronning “Avatar-2” filmida Keyt Uinslet suvda yashaydigan jonzot rolini o‘ynaydi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun u fridayvingni o‘rgandi. Hozirda Keyt suv ostida uzoq vaqtgacha nafasini ushlab turishi mumkin: uning shaxsiy rekordi 7 daqiqa-yu 14 soniya.
Anya Teylor-Joy, “Qirolichaning yurishi”
Anya Teylor-Joy yetimlikda o‘sgan daho Bet Harmon rolini o‘ynashdan oldin shaxmat haqida “deyarli hech narsa bilmagan”. O‘yin bilan tanishish va Betning har bir shiddatli o‘yinining o‘ziga xos harakatlarni o‘rganish uchun aktrisa mashhur shaxmat murabbiyi Bryus Pandolfini bilan ishlagan.
“Shaxmat nazariyasini tushunish men uchun muhim edi”, deb eslaydi Teylor-Joy. “Men bu harakatlar ketma-ketligini eslab qolguncha deyarli aqldan ozay deganman. Xullas, men o‘yinni suratga olishdan 5 daqiqa oldin harakatlarni qayta o‘rganib, uni barmoqlarim uchun raqs harakatlari sifatida qabul qilardim”.
Ben Kingsli, “Gandi”
Gandhi / Goldcrest Films International
Kelib chiqishi hind bo‘lgan aktyor ser Ben Kingsli Hindiston mustaqilligi uchun kurash olib borgan milliy qahramon Mahatma Gandi rolini qo‘lga kiritgach, darhol qahramonining vataniga borib, u kabi hayot kechira boshladi. U Gandi hayoti haqidagi kinoxronika lavhalarini o‘rganish, u haqidagi kitoblarni o‘qish, parhez tutish, vazn yo‘qotish, yoga bilan shug‘ullanish va Gandi kabi kiyinish orqali o‘z roliga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Natijada bu rol unga “Oskar”, “Oltin globus” va “Eng yaxshi erkak roli” uchun Britaniya akademiyasi kinomukofotini olib keldi.
Elayza Skanlen, “Kichik ayollar”
22 yoshli avstraliyalik aktrisa Elayza Skanlen “Kichik ayollar” filmidagi Bet March rolini o‘ynash uchun kuniga 3 soat pianino chalishni mashq qilishi kerak bo‘lgan, chunki bu kastingning asosiy sharti edi. Filmda Bet pianino chalayotgan sahnalarda Skanlen kompozitsiyalarni o‘zi ijro etgan.
Antonio Banderas, “Zorro niqobi”
Ushbu rol uchun Antonio Banderas retroyulduz Errol Flinnga ustozlik qilgan Bob Andersondan qilichbozlikni o‘rgangan. O‘z navbatida, Anderson Banderas afsonaviy Flinndan keyin o‘zi tarbiyalagan eng yaxshi qilichboz ekanligini tan olgan. Aktyor rolini shu qadar jiddiy qabul qilganki, u hatto Ispaniya Olimpiya terma jamoasi bilan ham 4 oy shug‘ullangan.
Liv Tayler, “Uzuklar hukmdori”
“Uzuklar hukmdori” kinotrilogiyasidagi elf Arven Undomiel roli Liv Taylerga olamshumul shuhrat keltirdi. Aktrisa rolini qoyilmaqom ijro etish uchun ot minishni, qilich bilan jang qilishni va elfcha gapirishni o‘rgandi. “Men filmda elflar tilida juda ko‘p gapirganman, hatto qilich o‘ynatish yoki ot minishdan ham ko‘proq, shuning uchun dialekt bo‘yicha murabbiy bilan ko‘p vaqt o‘tkazdim”, — deydi Tayler.
Al Pachino, “Ayol ifori”
Ushbu rolga tayyorgarlik ko‘rishda Al Pachinoga ko‘zi ojizlar maktabi yordam berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘zlarini hech narsaga qaratishiga yo‘l qo‘ymay, o‘zini ko‘r qilib ko‘rsatgan. Al Pachino suratga olish maydonchasidan tashqarida ham obrazda bo‘lardi. U tayog‘i bilan yurar, odamlar bilan gaplashganda hech kimga qaramas, go‘yo ularni ko‘rmayotganday turardi.
Ledi Gaga, “Guchchi uyi”
35 yoshli aktrisa va qo‘shiqchi “Guchchi uyi” filmidagi Patrisiya Rejani roliga suratga tushishdan 1,5 yil oldin tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini va bu davrda hatto kamera oldida bo‘lmaganida ham 9 oy davomida italyancha aksent bilan gapirganini aytgan. Obraziga kirishish uchun u fotografiya bilan shug‘ullangan va panteralarni ovlash haqida ko‘plab videolarni tomosha qilgan. U Rejanini yovvoyi mushuklarga qiyoslab: “Ular avval o‘ziga maftun qilib, keyin tashlanishadi”, — deydi.
“Sariq sochli bo‘lganim uchun aksentsiz bilan gapirish deyarli mumkin emas edi. Men darhol sochimni bo‘yadim va dunyoni uning ko‘zlari bilan ko‘ra boshladim: menga moliyaviy foyda keltirishi mumkin bo‘lgan hamma narsaga e’tibor bera boshladim”, — deydi Gaga. | 110 | 6,422 |
Madaniyat | “Yura davri dunyosi 3” filmining suratga olish ishlari yakunlandi. Kartina yakuniga qadar 40 000 ta COVID-19 testi o‘tkazildi | Buyuk Britaniyada “Yura davri dunyosi”ning uchinchi qismini suratga olish ishlari yakunlandi. Bu haqda “Kinopoisk” xabar beradi.
“Yura davri dunyosi 3” COVID-19 pandemiyasi tufayli uzoq tanaffusdan so‘ng suratga olish ishlarini davom ettirgan birinchi film hisoblanadi. Film rejissori Kolin Trevorrou so‘zlariga ko‘ra, Universal kompaniyasi profilaktika choralari bilan shug‘ullanish uchun xususiy sog‘liqni saqlash tashkilotini yollagan. U suratga olish maydonchasida 40 mingdan ortiq testlarni o‘tkazgan, ularning yuzga yaqini ijobiy, ba’zilari esa noto‘g‘ri natijani qayd etgan. Shuningdek, suratga olish maydonchasiga kirishdan avval barchaning tana harorati o‘lchangan.
Xavfsizlik choralarini tashkil etish hammasi bo‘lib Universal’ga 6-8 million dollarga tushdi. Ushbu miqdor aktyorlar va suratga olish guruhi uchun maxsus ajratilgan mehmonxonani ham o‘z ichiga oladi. “Biz birga yashadik, ovqatlandik, hikoyalar aytdik, qo‘rquv va umidlar bilan bo‘lishdik, maysazorda uchar disk o‘ynadik. Zavqlanish uchun sabab topish qiyin bo‘lgan bir paytda biz juda ko‘p xursandchiliklar qildik, − deydi film rejissori Trevorrou. – Biz sevganlarimizga iloji boricha yaqin bo‘lish kerak bo‘lgan vaqtda ulardan uzoqda edik”.
Rejissorning fikriga ko‘ra, izolyatsiya tajribasi filmni yaxshilashga yordam beradi, sababi aktyorlar bu paytda bir-biriga juda yaqinlashgan edi. “Dam olish kunlari mashq qildik, qahramonlar ustida ishladik, bu esa filmni hissiy jihatdan ancha yorqinroq qiladi. Shuningdek, Trevorrou ushbu kartinani koronavirus davrida dolzarb bo‘lib qolishini ta’kidladi: “Bu kartina birgalikda yashash va omon qolish zarurligi haqidagi film. Agar pandemiya bizga nimanidir o‘rgata olgan bo‘lsa, demak, turli avlodlar bir-birlarini himoya qilishi kerak”.
Bundan tashqari, rejissor filmning kinoteatrlarda namoyish etilishiga umid qilayotganini ham qo‘shimcha qildi. Film premyerasi 2022-yil 10-iyunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. | 125 | 1,936 |
Madaniyat | Obrazidagi noodatiy aksessuar tufayli hammani o‘ziga qaratgan Gollivud yulduzlari (foto) | Mashhurlar uchun tashqi ko‘rinish juda muhim va ular omma oldiga chiqishdan oldin nafaqat kiyimlarni, balki aksessuarlarni ham sinchkovlik bilan tanlaydilar. Ba’zi obrazdagi detallar muxlislarni boshqalardan ko‘ra ko‘proq hayratda qoldiradi.
Skarlett Yohansson va marjon-yoqa
2015-yilda aktrisa “Oskar” marosimi uchun juda oddiy libos tanladi. Biroq uni Swarovski kristallari bilan bezatilgan marjon bilan to‘ldirdi va obrazning ana shu detali barchaning e’tiborini tortdi.
Reychel Vays va 1903-yilgi zargarlik buyumlaridan yasalgan obodok
Aktrisaning nafis obodogi 2019-yilgi “Oskar”dan beri eng ko‘p muhokama qilingan aksessuarlardan biriga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, 1903-yildagi 2 ta vintaj broshlar obodokka aylantirilgan.
Vupi Goldberg va sakkizoyoq shaklidagi bilaguzuk
O‘ziga xoslik timsoli Vupi ham bilaguzuk, ham uzuk bo‘lib xizmat qilgan sakkizoyoq ko‘rinishidagi noyob bezak bilan to‘ldirilgan kechki libosda ko‘rinish berdi.
Taylor Svift va ikki xil zirak
O‘sha oqshom qo‘shiqchi katta sariq gulli ko‘ylak kiygan edi, shuning uchun qo‘shimcha zargarlik buyumlari yoki aksessuarlar ortiqcha bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq yulduz obrazga juda mos keladigan katta sirg‘alarni taqishga qaror qildi. Bundan tashqari, ularning turlichaligi jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortdi.
Dua Lipa va qo‘pol zanjirlar
Yosh xonanda ekstravagant liboslarni yaxshi ko‘radi va o‘z imiji bilan yana bir bor barchaning e’tiborini torta oldi. 2022-yilgi “Gremmi” mukofotining taqdirlash marosimiga Dua katta o‘lchamli zanjirli marjonda keldi.
Seleste Ueyt va yurak shaklidagi sumka
Qo‘shiqchi qizil gilamchada straza toshlari bilan bezatilgan anatomik yurak shaklidagi sumka bilan kelganida barchani o‘ziga qaratdi. Bunday aksessuar shov-shuvga sabab bo‘ldi. Internetda u ham hashamatli, ham dahshatli deb ataldi.
Troy Kotsur va ma’no anglatuvchi brosh
“CODA: Kar ota-onaning farzandi” yulduzi bu yil “Oskar”ga loyiq ko‘rildi. Aktyor aslida ham qulog‘i og‘ir bo‘lib, ko‘ylagi yoqasidagi nishon unga o‘z his-tuyg‘ularini ifodalashda yordam berdi: imo-ishora tilida bu kabi barmoqlar “Men sizni yaxshi ko‘raman” degan ma’noni anglatadi.
Megan Markl va xabar beruvchi taqinchoq
Megan ajoyib liboslarni yarashtirib kiyishi bilan tanilgan, uning yaqinda qilgan sayohati ham bundan mustasno emas. U oq kostyumni “gapiruvchi” zargarlik buyumi bilan to‘ldirdi. Kulonda “Kechagidan ko‘p, ertadan kam” deb yozilgan. Bu Rozamond Jerarning “Har kuni seni yanada ko‘proq sevaman. Bugun kechagidan ko‘p, ertangi kundan kam” degan she’riga ishora. | 88 | 2,533 |
Madaniyat | Sardor Rahimxon oktabr oyida koreyalik muxlislari uchun konsert dasturini taqdim etadi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon shu yilning 12 oktabrida Janubiy Koreyada o‘zining yakkaxon konsert dasturini o‘tkazishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Popcorn.uz.
Konsert dasturi Koreya Respublikasining Changvon shahrida soat 11:00 da muxlislar e’tiboriga havola etiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvlaroq Sardor Rahimxon o‘zining konsert turnesini viloyatlar bo‘ylab o‘tkazgan edi. | 86 | 407 |
Madaniyat | Dilnoza Kubayeva “Er bermoq — jon bermoq 2”da nega Ulug‘bek Qodirov o‘ynamayapti, deb Rustam Sa’diyev bilan tortishganini aytdi | Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Darakchi” nashri bilan suhbatda rejissor Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olinayotgan “Er bermoq — jon bermoq 2” filmi haqida fikr bildirdi.
“Teatrdan ta’tilimning asosiy qismi “Er bermoq — jon bermoq 2” filmining syomka ishlari bilan o‘tdi, desam ham bo‘ladi. Meni quvontirgani, bu safar kino ishi teatrdagi faoliyatimga xalal bermadi”, — deb so‘z boshladi Kubayeva.
Jurnalist Dildora Yusufbekovaning partnyoringiz bu safar nega Ulug‘bek Qodirov emas, deb bergan savoliga aktrisa shunday javob qaytardi:
“Shu savolni berishingizni bilgandim (kuladi). Filmning ikkinchi qismi birinchisining mantiqiy davomi emas. Kartinada tamoman boshqa taqdirlar aks etgan. Syomka boshlanmasidan oldin ‘Nega Ulug‘bek o‘ynamayapti?’ deb, partnyorim uchun tortishdim ham. Rustam Sa’diyev ‘Avval ssenariyni o‘qib chiqing’ deganida ham, baribir, noroziligim bor edi. Lekin suratga olish ishlari boshlangach bildimki, haqiqatan ham bu rol Adiz Rajabovniki ekan”.
Partnyorlarning almashishi yaqqol sezilishi borasidagi savolga Kubayevaning javobi:
“Bu holatni hammadan oldin muxlislar sezishadi. Hozirdan ‘Ulug‘bek Qodirov bilan birga suratga tushdingizmi?’ degan savollar bo‘layapti. Umuman, kartinaning davomi ishlanayotganda avvaliga yangi partnyorni qabul qilishga qiynalasiz, ammo syomka maydonchasida rejissor to‘g‘ri tanlov qilibdi, deb iqroringiz o‘zgaradi. Adiz professional aktyor, tasvirga olish jarayonida juda yaxshi ishladik”.
Dilnoza Kuabayeva Adiz Rajabov bilan bunga qadar “Farzandim”, “Baxt uyi” kartinalarida birga ishlagani haqida aytib o‘tgan. Uning fikricha, tandemda bir-birlarini to‘ldira oladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 127 | 1,783 |
Madaniyat | “Ummon”chilar kal, Isoqovlar kal, Sharof Muqimov kal”. Karantinda kal bo‘lgan san’atkorlar va jurnalistlar (foto va video) | Karantin vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda san’atkorlar va jurnalistlar tomonidan kallar chellenje boshlanib ketdi.
Xonanda Vohidjon Isoqov “kal bo‘lishini hech qanday piarga yo‘ymasliklarni, bu shunchaki boshga dam berish ekanligini’, aytib sochini butunlay olib tashladi.
View this post on Instagram
Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, Vohidjon Isoqovning aka-ukalarining barchasi, ya’ni Jasurjon, Zohidjon va Boburjon Isoqovlar ham kal bo‘lishgan ekan.
Xonanda va aktyor Sharof Muqimov ham ushbu chellenjga qo‘shildi.
Xonanda Jo‘rabek ham karantinda kal bo‘ldi.
“Ummon” guruhining yakkaxon xonandasi Shohruh Instagram’dagi sahifasida qizalog‘i 1-aprel kuni hazillashib sochini olib tashlagani haqida video lavha joyladi.
View this post on Instagram
Shohruhning qizalog‘i hazillashib boshlagan ishni o‘zi nihoyasiga yetkazganini ko‘rishingiz mumkin.
Ummon jamoasining sobiq a’zosi Jasur ham sochini olib tashlagan foto lavha joylandi. Ushbu postga Shohruh “Jumanazar aka, qattasiz”, deb yozib qoldirgan.
View this post on Instagram
“Janob hech kim”, “Shabnam”, “Elparvar”, “Islomxo‘ja”, “Ibrat” va “Ilhaq” filmlarining prodyuseri Zafarbek Yuldashev ham kal bo‘ldi.
Kal chellenje jurnalist va blogerlar o‘rtasida ham boshlanib ketdi. Bu chellenjni jurnalist va bloger Hamza Jumayev boshlab berdi.
Jurnalist va boshlovchi Vahobiddin Ziyo
Tadbirkor va bloger Firuz Allayev | 122 | 1,411 |
Madaniyat | Tanlov g`oliblari Xitoyga sayohat qiladi | O`zbekiston – Xitoy munosabatlari o`zaro hurmat, tenglik, do`stlik va manfaatdorlik tamoyillari asosida kengaymoqda. Bunda ikki davlat rahbarlarining doimiylik kasb etgan muloqot va uchrashuvlari chog`ida erishilgan kelishuvlar muhim o`rin tutmoqda.
O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg`ona viloyati bo`limi, “Dono nashriyoti” mas`uliyati cheklangan jamiyati va Xitoyning O`zbekistondagi elchixonasi hamkorligida maktab o`quvchilari o`rtasida “Siz Xitoyni bilasizmi?” nomli tanlov tashkil etildi. Mazkur tanlovdan asosiy maqsad o`zbek yoshlarini Xitoy bilan yaqindan tanishtirish va o`zaro do`stlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat. “Bilimdon”, “Dono vord”, “Znayka” va “Excellent” jurnallarida Xitoy haqida viktorina savollari chop etildi. Unda 2 ming 500 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etib, o`z javobini yo`lladi. Hakamlar hay`ati tomonidan tanlovning 20 nafar g`olib va sovrindorlari aniqlandi.
Mazkur tanlovning 3 nafar g`olibi Xitoyning O`zbekistondagi elchixonasi homiyligida mazkur mamlakatga 7 kunlik bepul yo`llanmani qo`lga kiritdi. Ularni 31 avgust - 6 sentyabr kunlari Pekin, Shanxay shaharlarida qiziqarli sayohat kutmoqda. | 40 | 1,153 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.