folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Filipp Kirkorovning 83 yoshli otasi rafiqasi bilan ajrashdi
Taniqli artist Filipp Kirkorovning otasi bo‘lmish Bedros Kirkorovning hayoti so‘nggi paytlarda uncha shirin kechmadi. Turli marosimlarda unga hamrohlik qiluvchi rafiqasi Lyudmila Smirnova endi uning yonida ko‘rinmay qoldi. O‘rnini esa yosh mallasoch qiz egalladi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda. “Tanishing, Tatyana! U marosimlarni tashkillashtiruvchi agentlikda ishlaydi”, – dedi u hamrohini jurnalistlarga tanishtirar ekan. Qonuniy xotini haqida berilgan savolga, “U endi boshqa shaharda yashayapti”, deb javob qaytargan. Kirkorov birinchi rafiqasi vafotidan so‘ng uch yil yolg‘iz yashadi. So‘ngra 1997-yilda iqtisod fanlari doktori Lyudmila Smirnovaga uylandi. Uning bu ishidan qattiq xafa bo‘lgan Filipp, nikohni sotqinlik bilan tenglashtirgan edi. Qaysidir muddat ular gaplashmay yurdi. Bedros va Lyudmilaning hayoti yengil o‘tmadi. 2002-yilda shifokorlarning xatosi tufayli qizlari Kseniya olamdan o‘tdi.
59
918
Madaniyat
Jonni Depp Gollivud unga boykot e’lon qilganini ma’lum qildi. Uning ijrosidagi “Buyuk” filmi hamon AQSh prokatiga chiqmagan
Jonni Depp Britaniyaning The Sunday Times gazetasiga bergan intervyusida AQShda o‘zi bosh rolni ijro etgan “Buyuk” (Minamata) filmi hamon prokatga chiqmagani sabab “Gollivud unga boykot e’lon qilganini” so‘zlab berdi, deb yozadi Esquire. Deppning so‘zlariga ko‘ra, boykot “medianing bema’niligi” bilan bog‘liq, Gollivud hamjamiyatidan “uzilgan” holda o‘tkazilgan so‘nggi besh yil esa aktyor uchun “syurrealistik” bo‘lgan. Aktyorning ta’kidlashicha, hozirda u “barchasi oydinlashishi uchun kerakli tomonga harakatlanmoqda”. Deppning qo‘shimcha qilishicha, “Buyuk” filmi uning o‘ziga bog‘liq muammolarga qaramasdan, tomosha qilinishga loyiq. “Ayrim filmlar rostdan ham insonlarga taalluqli. Va bu Minamata aholisini va shunga o‘xshash holatni boshidan o‘tkazgan insonlarga ta’sir qiladi. Nima uchun Gollivud men sabab filmni boykot qildi? Shuncha yil davomida birinchi bor yoqimsiz va chigal vaziyatga tushib qolgan birgina inson, birgina aktyor uchun boykot”, — deydi Depp. “Buyuk” filmi rejissori Endryu Levitas Metro-Goldwyn-Mayer va kartina homiylariga kinokompaniya o‘z lentasini AQShda targ‘ib qilishga urinmayotganiga norozilik xati yo‘llagan. Levitas MGM xaridlar bo‘limi boshlig‘i Sem Uollmanning rejissorga studiyaning “filmni ko‘mish” borasida aytgan qaroridan iqtibos keltirgan. Levitasga buni Depp va MGM o‘rtasidagi mojaro kompaniyaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin deya tushuntirishgan. 2020-yilning kuzida Jonni Dep sobiq rafiqasi Ember Xyordga nisbatan zo‘ravonlik qilgani haqida material chop etgan The Sun gazetasiga nisbatan sudda yutqazib qo‘ygan edi. Londondagi sud javobgarning aktyor o‘zining sobiq rafiqasini muntazam kaltaklab kelgani to‘g‘risidagi faktlarini qabul qilgan. Shundan keyin Depp “Fantastik maxluqlar”dagi Grin-de-Valda rolidan va “Karib dengizi qaroqchilari”ning spin-offidagi kameodan ajralgan edi.  Yulduzning so‘nishi: Gollivud studiyalari nima uchun Jonni Depp bilan ishlashdan bosh tortmoqda?
123
1,938
Madaniyat
“Bitta qurilish korxonasini deb, ham madaniyat markazi, ham madaniy meros ob`ekti abgor”
Farg`ona viloyati madaniyat markazi Farg`ona shahrining Kashtanzor ko`chasidagi 10-uyda, 1910 yilda qurilgan madaniy meros ob`ektida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Madaniyat markaziga madaniyat va san`at sohasidagi o`tkazilgan “Ehtirom-2018” mukofotining “Eng namunali madaniyat markazi” nominasiyasi g`olibi, “Do`stlik” ordeni sohibi Sheralieva Tatyana Turgunovna rahbarlik qilib keladi. Farg`ona viloyati madaniyat markazida 19 ta xalq havaskorlik jamoasi hamda 74 ta to`garak bugungi kunda 831 nafar yoshlarni o`ziga jalb etgan. Xalq havaskorlik jamoasining 10 tasi raqs (shundan 7 tasi namunali bolalar jamoasi), 3 tasi vokal-cholg`u, 2 tasi estrada, 1 tasi oilaviy ashula va raqs, 2 tasi milliy cholg`u hamda 1 tasi xalq filarmoniyasi hisoblanib,38 nafar madaniyat va san`at ta`lim muassasalarini (ko`pchiligi kollejlarni) tugatgan yoshlar faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Farg`ona viloyati madaniyat markazining faoliyati tahlillari yuqorida bildirilgan ijobiy fikrlarimizni isbotlaydi. 2015-2020 yillar davomida o`tkazib kelingan respublika va xalqaro ko`rik-tanlov va festivallarda viloyat madaniyat markazi badiiy havaskorlik jamoalarining 81nafar qatnashchisi faol ishtirok etib, viloyat tanlovlarida 10 ta, Respublika tanlovlarida 8 ta hamda xalqaro tanlovlarda 9 ta I-o`rin va24 ta “Gran-pri” sohiblari bo`lishgan. Viloyat madaniyat markazida 63 nafar xodim byudjet hisobdan,14 nafar soha bo`yicha yosh kadrlar to`garaklar faoliyatini tashkil etish uchun jalb etilib, ishlab topilgan maxsus mablag`lar hisobidan ishlab kelmoqda. Pandemiya bo`lishiga qaramasdan viloyat markazi xodimlari tomonidan to`garaklar uchun “Uyda qoling” shiori ostida 3000 dan ortiq onlayin mashg`ulot tashkil etildi. Bu madaniyat markazi faoliyatidagi yutuqlar edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg`ona shahrining bosh rejasini amalga oshirish, 2012-2015 yillarda ijtimoiy va transport-kommunal infratuzilmasi ob`ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-1641-sonli qaroriga asosan Viloyat madaniyat markazini qayta qurish va ta`mirlash bo`yicha “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” tender tanloviga muvofiq “Quvasoy qurilish savdo servis” xususiy korxonasi tanlanganligidan muammo boshlangan. Markazni ta`mirlash uchun ajratilgan mablag` to`liq moliyalashtirib berilgan. Lekin “Quvasoy qurilish savdo servis” xususiy korxonasi tomonidan bugungi kunga qadar qurilish ishlari 80%ga bajarilgan xolos. Bajarilgan ishlar ham aslida sifatsiz, binoning tom qismidan yomg`irli kunlarda bino ichiga chakkilar oqib turadi. Bino devorining ichki va tashqi tomonlari ta`mirtalab ahvolga kelib qolgan. Binoning tomosha zalida ventilyasiya va isitish moslamalari o`rnatilmagan. Binoda kanalizasiya mavjud emas. Madaniyat markazi uchun muhim bo`lgan garderob va sahna liboslari saqlanadigan xonalar to`liq ta`mirlanmagan. Binodagi mavjud xona va tomosha zali elektr tarmog`iga to`liq ulanmagan, montaj ishlari oxiriga etkazilmagan. Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi”ning so`rovnomasiga asosan viloyat madaniyat markazi 1 mlrd. 664 mln. so`m mablag`ni “Quvasoy qurilish savdo servis” xususiy korxonasiga o`tkazib bergan. Eng achinarlisi, ta`mirlash ishlarini yakunlamasdan, qilinganlari ham sifatsiz bo`lishiga qaramasdan ushbu xususiy korxona qolgan 123 mln. so`m mablag`ni talab qilib, viloyat tumanlararo iqtisodiy sudiga bir necha bor ariza bilan murojaat etgan. Sudning hukmiga asosan, “Quvasoy qurilish savdo servis” xususiy korxonasi qurilish ishlarini yakunlab topshirish majburiyati yuklatilgan. Kassasiya instansiyasi sudning 2019 yil 3 yanvardagi hal qiluvchi qarorida ham qabul qilingan qaror o`zgartirishsiz qoldirilgan. Ming afsuski, “Quvasoy qurilish savdo servis” xususiy korxonasi va Farg`ona viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” shartnoma shartlari va sud qaroriga binoan yuklatilgan majburiyatni bajarmasdan kelmoqda. Bu muammoning yuzaga kelishida bugungi kunga qadar nega Farg`ona viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” chetda jim turishi, albatta jumboq. Bizning maqsadimiz aslida, bu “jumboq” haqida emas, balki qurilish ishlarining uzoq yillardan buyon cho`zilib kelayotganligi va shu sabab Respublikadagi eng namunali madaniyat markazi faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatayotganligini ta`kidlashdan iborat. Birinchidan, 2012 yilda mazkur binoda faoliyat ko`rsatgan madaniyat markazida to`garaklar soni 128 tani, undagi ishtirokchilar soni3028 nafarni tashkil etgan. Ularning 1060 nafari pul to`lashgan. Bugungi kunda74 ta to`garakda qatnashayotgan 831 nafar ishtirokchi 356 nafarga tushib qolgan. Ikkinchidan, madaniyat markazi tomonidan 2012 yilda 30 mln. so`m ishlab topilgan bo`lsa, 2019 yilda inflyasiyaning o`zgarishlari hisobida 40 mln.pullik tushum qilingan. Aslida bu ko`rsatgich 100 mln. so`mni tashkil etardi. Uchinchidan, 2012 yil 1 yanvar holatida tadbirlar soni 486 tani tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda 224 tani (ya`ni 50%dan kam) tashkil etmoqda. To`rtinchidan, 2012 yilda Farg`ona viloyati madaniyat markazida maxsus mablag` hisobidan 29 nafar xodim ishlagan. Bu 29 ta yangi ish o`rni degani bo`lsa, bugungi kunda ularning soni 14 nafarni tashkil etmoqda. Beshinchidan, madaniyat markazi tomonidan bugungi kunda faqatgina joylarda badiiy havaskorlik jamoalarining pullik konsertlari tashkil etish orqali pul tushirishmoqda. Pullik tadbir va konsertlar tashkil etish uchun salkam 8 yildan buyon vaqtincha shart-sharoitga ega bo`lmagan, amfiteatr binosida faoliyat yuritib kelmoqda. Farg`ona viloyati madaniyat markazi binosini to`liq ta`mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilsa: Qo`shimcha 40 ta havaskorlik to`garaklari faoliyati tashkil etiladi. Buning natijasida 500 nafar yoshlarni jalb etish va qamrab olish hamda qo`shimcha 20 ta ish o`rni tashkil etish imkoniyati yaratiladi. Viloyat madaniyat markazi Respublikada ilk tarjiba sifatida Farg`onadagi mavjud 83 ta madaniyat markazi xodimlari uchun “Ilg`or tajriba maktabi” sifatida tajriba almashish va xodimlar malakasini oshirish maskaniga aylantiriladi. Madaniyat xodimlari uchun madaniyat markazlari va undagi to`garak, studiya va jamoalar faoliyatini tashkil etish, qo`shimcha madaniy faoliyat turlari va xizmatlarini oshirish, aholiga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash, eng ilg`or tajribalarni ommalashtirish bo`yicha o`quv-seminar va mashg`ulotlar, onlayin muloqotlar tashkil etadi. Markazda tajriba tariqasida «bookcafe», intellektual «Yoshlar» kafesi hamda wi-fi hudud tashkil etilib, ularning faoliyati yo`lga qo`yiladi. Maxsus avtobus sotib olib berish orqali nafaqat Farg`ona shahrida, barcha tuman-shaharlarda, shuningdek, qo`shni viloyatlarda namunali pullik konsert-tadbirlarini namoyish etish imkoniyatga ega bo`ladi. Har bir soha va yo`nalish, ayniqsa, madaniy meros ob`ektlari va madaniyat markazlarini buguni zamon talablari asosida tashkil etish orqaliaholiga madaniy xizmat ko`rsatish samaradorligi va sifatini yaxshilash, pullik tushum va xizmat ko`rsatish bo`yicha orttirilgan tajribalarni sohaga keng tadbiq etish imkoni paydo bo`ladi.                                                                                                                                                                                                                                             Amonqulov Qurbonmurot,                                                                                                                                                                                                                                             Madaniyat vazirligi                                                                                                                                                                                                                                              boshqarma boshlig`i o`rinbosari
88
7,876
Madaniyat
Jastin Biber eng boy taniqli yoshlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
Kanadalik 20 yoshli qo‘shiqchi Jastin Biber Forbes jurnali tomonidan e’lon qilingan 30 yoshgacha bo‘lgan eng boy taniqli insonlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Meduza”. Jurnal Biberning boyligini 80 million dollarga baholagan. Ikkinchi o‘rinda 75 million dollar bilan Britaniyaning One Direction guruhi, uchinchi o‘rinda 64 million dollar bilan 24 yoshli amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift ko‘rsatilgan. Shuningdek, kuchli beshlikdan 60 million dollar bilan 29 yoshli qo‘shiqchi Bruno Mars hamda 48 million dollar bilan 26 yoshli xonanda Rianna ham o‘rin olgan.
73
590
Madaniyat
Madaniyat vaziri Bahrayn podshohligiga safar qiladi
ISESCO Bosh direktori Abdulaziz al-Tuvayjiri va Bahrayn podshohligida madaniyat va qadimiy osori-atiqalar agentligi prezidenti Shayx May al-Xalifaning taklifiga binoan O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev 28—29-noyabr kunlari Bahrayn podshohligiga tashrif buyuradi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. Baxtiyor Sayfullayev “ISESCO tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning madaniyat vazirlari navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi. Tashrifning asosiy maqsadi Islom merosini saqlash bo‘yicha masalalarni muhokama qilish hamda madaniyat va san’at sohasida sessiyada ishtiroki rejalashtirilgan Islom davlatlarining vazirlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish”, — deyiladi xabarda.
51
757
Madaniyat
“O`zbekkonsert” davlat muassasasiga yangi rahbar tayinlandi
“O`zbekkonsert” davlat muassasasiga Uzakov Jamoliddin Erkinovich rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vaziri o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e`lon qildi. "Vazirlikning ijro apparati rahbari, etuk mutaxassis, o`z ishining ustasi, mustaqil fikriga ega, prinsipial, madaniyati va ma`naviyati kuchli, to`g`riso`z, shuningdek, hamkasblari bilan munosabatda diplomat, jamoaning manfaati yo`lida o`z shaxsiy manfaatlariga qarshi bora olishga qodir, vazirlikning umummaqsadi yo`lida sobitqadam, munosib o`rniga ega yosh rahbar Uzakov Jamoliddin Erkinovichga mas`uliyatli vazifa yukladik",– deydi Ozodbek Nazarbekov.
59
621
Madaniyat
Polshalik rejissor filmi “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar” oldi
Polshalik rejissor Pavel Pavlikovskiyning “Ida” filmi “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Ushbu nominatsiyada unga “Leviafan” (Rossiya), “Mandarinlar” (Estoniya), “Timbuktu” (Mavritaniya), “Yovvoyi hikoyalar” (Argentina) kartinalari raqiblik qildi. 87-“Oskar” marosimi ayni paytda Los-Anjelesda davom etmoqda.
82
389
Madaniyat
Shoir Ogahiy haqida film yaratiladi
“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan shoir, tarixchi va tarjimon Muhammadrizo Erniyozbek o`g`li Ogahiy haqida hujjatli film suratga olinadi.  Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. "Ogahiy" filmi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan suratga olinmoqda. Mazkur kinokartina "Xalq yuragi" nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri. Ssenariy muallifi Go`zaloy Matyoqubova, postanovkachi rejissyor Murodjon Odilov.   Hozirgi kunda film ijodkorlari tayyorgarlik jarayonlari uchun Xorazm viloyati Xiva shahriga safar qilishgan. Ijodiy guruh ishni Ogahiy qabrini ziyorat qilishdan boshlashdi.
35
808
Madaniyat
Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova Hindistonda vafot etdi
10-fevral kuni G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansambli yakkaxoni Munira Muhammedova vafot etdi, deya xabar bermoqda “Qalampir.uz”. 1966-yilning 26-martida tavallud topgan Munira Muhammedova tinglovchilar orasida tojik, fors, arab tilidagi qo‘shiqlari bilan tanilgan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uzoq yillar G‘anijon Toshmatov nomidagi Dutorchi qizlar ansamblida faoliyat yuritgan Munira Muhammedova salomatligi bilan bog‘liq muammolar sabab jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolanish uchun Hindistonga yo‘l olgan. Shifokorlar xonandaning jigar sohasida operatsiya o‘tkazdi, biroq urinishlar zoye ketib, xonanda bevaqt olamdan ko‘z yumdi. “O‘tgan yili 50 yoshni qarshilagan Munira Muhammedovani taniganlar g‘ayratli, samimiy inson sifatida xotirlaydi”, — deb yozadi nashr. Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Furqat Mirzayev Hindistonga davolanish uchun ketib, o‘sha yerda vafot etgani 9-fevral kuni xabar qilingandi. Shuningdek, 8-fevral kuni taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova yurak xurujidan keyin olamdan o‘tdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
76
1,222
Madaniyat
Nilufar Usmonova beshinchi marta ona bo‘ldi
1-avgust kuni xonanda Nilufar Usmonova beshinchi farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda xonandaning do‘stlari Instagram’dagi sahifalari orqali ma’lum qildi. Nilufar qiz farzandli bo‘lgan. Uning Saida’zamxon, Ibrohimxon, Sulaymonxon ismli o‘gillari va Sa’diyaxon ismli qizi bor.
43
277
Madaniyat
“Menda ozgina qo‘rquv bor”. “Million” jamoasining sobiq vakili Shahlo Zoirova “Milliy Art” jamoasining ilk konserti haqida (video)
“Million” jamoasining sobiq, “Milliy Art” kulgu jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Intervyu davomida Shahlo Zoirova “Milliy Art” jamoasining konsert tayyorgarliklari haqida gapirib berdi. Nasib bo‘lsa sentabr oyida yangi jamoamiz bilan konsert qo‘yish arafasida turibmiz. Tayyorgarlik jarayonlari allaqachon boshlanib, davom etmoqda. Muxlislarimiz “mana shu safar zo‘r chiqsanglar bo‘ldi sizlarni deymiz, sizlar zo‘r bo‘lasizlar”, deyishmoqda. Ammo birorta odamdan eshitmadimki “sizlar yangi jamoa sifatida ilk marta chiqish qilmoqchisizlar, mayli, birinchisi sal bo‘shroq bo‘lishi mumkin, keyingi safar zo‘r bo‘lib ketaverasizlar”, degan gap yo‘q, hamma “zo‘r chiqishi kerak, zo‘r bo‘lishi kerak”, demoqda. Shu sababdanmi, menda ozgina qo‘rquv bor, qo‘rqyapman, hayajonlanyapman. Shu kunlarni nasib qilgan, qobilyatni bergan xudoyim xalqimizning, muxlislarimizning oldida yuzimizni yorug‘ qilsin illohim. Muxlislarimiz salgina xato bo‘lsa bizdan yuz o‘girishmas deb o‘ylayman. Shahlo Zoirova, “Milliy Art” jamoasi a’zosi
130
1,126
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning qo‘shiqlari davlat telekanallariga qaytgani ma’lum qilindi
Ancha yillardan buyon davlat telekanallarida ko‘rinmaydigan san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov va “Yalla” ansamblining qo‘shiqlari telekanallar efiridan o‘rin olishni boshlagan. Bu haqda “Qalampir” xabar berdi. Avvalroq O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tasarrufidagi telekanallar O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini efirga uzatayotgani nashr tomonidan ma’lum qilingandi. Manba Farrux Zokirov 70 yoshni qarshi olgan bo‘lsa ham, hamon to‘y va tadbirlarda faol ekaniga urg‘u bergan. Shuningdek, uning qachon so‘nggi bor TVga chiqqani-yu, “Yalla” oxirgi konsertini qachon taqdim etganini ko‘pchilik eslay olmasligini qayd etgan. Aytilishicha, Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova konsert berish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
102
764
Madaniyat
Aktyor Akbarxo‘ja Rasulov ota bo‘ldi
Aktyor Akbarxo‘ja Rasulov ota bo‘ldi. Bu haqda u Instagram sahifasida xabar qoldirgan. “Bugun, 14-iyul kuni soat 10:00 larda qiz farzandli bo‘ldim. Juda ham xursandman”, — dedi aktyor jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida. “Hali ism qo‘ymadik. Xudoga shukr, ayolim ham, qizim ham sog‘-salomat”, — deya qo‘shimcha qildi Akbarxo‘ja Rasulov. Akbarxo‘ja Rasulov 2015-yilning 12-oktabr kuni oila qurgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
36
569
Madaniyat
Samarqanddagi tarixiy binoning buzilishi bo`yicha Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi
Samarqand shahrida buzilayotgan qadimiy bino bo`yicha ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr-mulohazalar tarqaldi. Bular yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi. Vazirlik izohini to`liq keltiramiz: "Samarqand shahar, Amir Temur ko`chasi, 14-uyning buzilishi bo`yicha ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokama qilinayotgan fikrlar bo`yicha Madaniyat vazirligi quyidagicha munosabat bildiradi: Madaniyat vazirligi Samarqand shahar hokimiyatidan Amir Temur ko`chasi, 14-uy buzilishi bo`yicha tushuntirish berishlarini talab qiladi. Madaniy meros departamenti ekspertlari tomonidan ushbu ob`ekt 2010 yilda madaniy meros ob`ekti ro`yxatidan chiqarilgan bo`lsa ham u tarixiy qurilish inshootinig bir qismi hisoblanar edi. Nega Madaniyat vazirligi Amir Temur ko`chasi, 14-uy ob`ektining buzilishi, shuningdek u erdagi buzilishlar haqidagi sud qaroridan xabardor qilinmadi? Madaniyat vazirligi O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasiga 1990-2000-yillarda tarixiy ob`ektlarni qaysi sabablarga binoan ro`yxatdan chiqarilganligi bo`yicha quyidagi so`rovnoma asosida tekshiruv o`tkazilishi masalasi bo`yicha murojaat qiladi: Ob`ektlar nega ro`yxatdan chiqarildi? Ushbu xulosalar kim tomonidan qabul qilingan? Xulosalar madaniyat vazirligi va viloyat hokimiyatining qaysi rahbari tomonidan tasdiqlangan? Ro`yxatdan chiqarilgan boshqa ob`ektlarning taqdiri nima bo`lgan? Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi tomonidan Madaniy meros departamentining barcha viloyatdagi inspeksiyalar faoliyati, shu jumladan, Samarqand viloyat madaniy meros boshqarmasining faoliyati ham o`rganilib, madaniy meros saqlanilishiga nisbatan bir qancha qonunbuzarliklar aniqlandi. Madaniyat vazirligi ushbu qonunbuzarliklar uchun barcha aybdorlar va Samarqand viloyati madaniy meros bo`limidagi aloqador shaxslarning mazkur noqonuniy hatti-harakatlariga nisbatan javobgarlik chora-tadbirlari qo`llanishini bildiradi. Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi rahbari bino buzib bo`lingach, Departamentga xabar bergan. Madaniyat vazirligi ta`kidlaydiki, agar tarixiy ob`ektning buzilishi Samarqand shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilgan hamda Madaniyat vazirligi bu jarayonni tasdiqlamagan bo`lsa, u holda buzilishga oid mas`uliyatni shahar hokimligi o`z zimmasiga olishi va bunga aloqador shaxslar amalga oshirgan noqonuniy hatti-harakatlari uchun qonunda belgilangan tartibda jazolanishi shart. Madaniyat vazirligi shuni bildiradi: Samarqand viloyati Madaniy meros bo`limini boshqarish ekspert kengashining barcha qarorlari bekor qilinadi. Sabab, Samarqand viloyati Madaniy meros bo`limini boshqarish ekspert kengashining tarkibi haqidagi zarur hujjatlar taqdim qilinmagan va shu tufayli ular Madaniy meros departamenti, O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan tasdiqlanmagan; Madaniy meros departamenti huzuridagi Ilmiy-tadqiqot kengashida mutaxassislardan birining majburiy ishtirok etishi talablari bajarilmagan. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Samarqand viloyati hokimiyati va Samarqand shahar hokimligidan YuNESKO hududlariga qo`yilgan barcha talab me`yorlariga qat`iy amal qilinishini talab qiladi. Ayni paytda Madaniyat vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil oktyabr oyida tasdiqlangan madaniy meros ob`ektlari ro`yxatiga kirgan madaniy meros ob`ektlarini saqlab qolishni o`rganibgina qolmay tarixiy-madaniy ahamiyatga ega, ammo ro`yxatga kirmagan ob`ektlarni ham asrash masalasini o`rganib chiqmoqda", deyiladi vazirlik munosabatida.
88
3,518
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Makoley Kalkin ilk marta ota bo‘ldi
2021-yilning 5-aprel kuni “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Makoley Kalkin va uning sevgilisi Brenda Songning o‘g‘il farzandi dunyoga keldi. Bola sog‘lom bo‘lib, og‘irligi 3100 grammni tashkil etadi, deb yozadi Esquire. Bolaga Makoleyning 2008-yilda avtohalokat tufayli vafot etgan singlisi sharafiga Dakota Song Kalkin deb ism qo‘yilgan. Juftlikning farzand ko‘rishi munosabati bilan aytgan yagona sharhi “Bu bizni quvonchga to‘ldirmoqda” jumlasi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Uyda yolg‘iz” filmining yulduzi  ota bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rish uchun mushugini bolalar aravachasida ko‘chaga olib chiqqan edi.
64
614
Madaniyat
Xonanda Saida turmushga chiqdi (foto)
Saida taxallusi ostida ijod qilib kelayotgan Svetlana Saydiyeva turmushga chiqdi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda.  Xonandaning nikoh to‘yi Toshkent shahridagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tdi.  Saidani tabriklash uchun shou-biznes vakillari ham tashrif buyurdi.  Xonanda nikoh marosimida ikki xil kelinlik libosida namoyon bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, liboslar Italiyadan maxsus keltirilgan.  Kelin obrazi ustida taniqli vizajist Lidiya Andre ishlagan.
37
464
Madaniyat
26-aprel — O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun
26-aprel — O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun. Shu munosabat bilan respublika bo‘ylab turli tadbirlar o‘tkazilmoqda, matbuotda adabiy tanqidchilar va ijodkorlar Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilmoqda. Jumladan, 24-aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Madaniyat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan “Ulug‘imsan, Vatanim!” deb nomlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yili Andijon viloyatida dehqon oilasida tavallud topgan. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil olgan. Respublika kitobsevarlar jamiyati, “Toshkent oqshomi” gazetasi, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, “Tafakkur” jurnali hamda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgach, 1998-yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat ko‘rsatdi. Uning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima ena allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Erka kiyik”, “Saylanma”, “Biz baxtli bo‘lamiz”, “Osmonimga olib ketaman”, “Ulug‘imsan, Vatanim” singari o‘ndan ortiq she’riy to‘plami o‘zbek adabiyotining oltin merosiga aylangan.
63
1,464
Madaniyat
“O‘zbekkonsert”: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist jonli ijroda kuylay olmagani sabab, davlat tadbirida ishtirok etishdan bosh tortdi (video)
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida “Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” DM rahbariyati, soha vakillari, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov jonli ijroda bo‘lib o‘tgan davlat tadbirlarida jonli kuylay olmasligini bilgan ayrim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artislar tadbirdan bosh tortgani haqida gapirib berdi. Eng achinarlisi holat shundaki, jonli ijroda bo‘lib o‘tgan davlat tadbirlarimizga tayyorgarlik jarayonlarida, ayrim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist yoki estrada xonandalarimiz tadbir jonli ijroda ekanligini bilib, davlat tadbirida ishtirok etishdan bosh tortdi. Chunki ular jonli ijroda kuylay olmasligini bildi. Shuning uchun ham biz 100% jonli ijroga o‘tishni bosqichma-bosqich amalga oshirishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori
146
1,087
Madaniyat
“Istiqlol”da ilk yakkaxon opera konserti: Jenisbek Piyazov Ozodbek Nazarbekovga opera kuylatib, Nasiba Abdullayeva bilan duet kuylamoqchi
Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov 12-may kuni “Istiqlol” san’at saroyida jonli ijroda bir kunlik konsert dasturini taqdim qiladi. E’tiborga molik tomoni, “Per amore” deb nomlangan dastur opera yo‘nalishida tashkil etiladi. Konsert arafasida jurnalist Feruz Muhammad opera kuychisi bilan suhbat uyushtirdi. — “Istiqlol”da shu vaqtgacha jonli ijroda yakkaxon opera konserti hech qachon qo‘yilmagan bo‘lsa kerak, shunday emasmi? — Aytishlaricha, shu vaqtgacha hali hech bir opera xonandasi “Istiqlol”da yakkaxon konsert dasturini taqdim etmagan ekan. Ikkinchi tarixiy hodisa — Qoraqalpog‘istondan chiqqan xonanda ilk bor “Istiqlol” saroyida yakkaxon konsert berishidir. — Jonli ijroda konsert berishni niyat qilgan aksariyat xonandalar konsertga 2—2,5 oy qolganida sozandalar bilan birgalikda zo‘r berib tayyorgarlik ko‘radi. Siz tayyorgarlikni qachon boshladingiz? — 2013-yilda konservatoriyaning katta zalida konsert bergan edim. Konsert faoliyatimni kichik zallardan boshlaganman. Bunday zallardagi konsertlarda qaysi qo‘shiq muxlislarga manzur bo‘lib, qay biri ma’qul kelmasligini bilib, o‘zim uchun xulosa qilib borardim. “Istiqlol”dagi bo‘lajak konsertga uch yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorgarlik ko‘rdim, desam ham bo‘ladi. — Orkestr bilan doimiy tayyorgralik qancha vaqt bo‘ldi? — Orkestrda 80 nafar, xorda 40 nafar ijrochi bo‘ladi. Jami 120 nafar odam bilan jahon kllassik qo‘shiqlaridan kuylash borasida ancha avvaldan tayyorgarlik bo‘lmoqda. Aynan shu dastur uchun esa Milliy simfonik orkestr ikki oydan buyon notalarni ko‘rib chiqmoqda. — Muxlislarni qanday o‘ziga xos chiqishlar, sahna ko‘rinishlari kutmoqda yoki dastur faqatgina siz va orkestrning ijod mahsulidan iborat bo‘ladimi? — Dasturdagi kutilmagan chiqishlardan biri, menimcha, estrada xonandalarining ilk bor opera yo‘nalishida qo‘shiq aytib chiqishi bo‘ladi. Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov, Nasiba Abdullayeva, Muyassar Razzoqova singari xonandalar dasturda mehmon bo‘lib, ariya-opera aytishlari kutilmoqda. Ustoz san’atkor Nasiba Abdullayeva bilan duet kuylash ham rejalashtirilgan. Qo‘shiqlarning barchasi 100 foiz jonli ijroda bo‘ladi. Nasib qilsa, opera-shou dasturi uyushtirishga harakat qilamiz. — Bu savolimdan ranjimaysiz degan umiddaman. Bu yo‘nalishdagi dasturlarga muxlislarning munosabati qanday? Konsertga to‘rt ming muxlis to‘play olishingizga ishonasizmi? — Bunday konsertga muxlislar tusharmikan, degan xavotir o‘zimizda ham bor edi. Ammo, mana, konsertga hali yarim oydan ziyod vaqt bo‘lishiga qaramay, chiptalarning 60 foizi sotilib bo‘ldi. Sotuvda zalning chekka joylari uchun chiqarilgan chiptalar qolgan xolos. Mo‘ljalimiz — aprel oyi oxirigacha barcha chiptalarni sotib bo‘lib, kassani yopish. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
137
2,796
Madaniyat
Javohir Zokirov Nargiz Zokirovaning imijini uning “shaxsiy ishi” deb hisoblaydi
Taniqli aktyor Javohir Zokirov qarindoshi, Rossiyada ijod qilib kelayotgan xonanda Nargiz Zokirovaning tashqi ko‘rinishiga munosabat bildirdi.  Bu haqda “Darakchi.uz” xabar qilmoqda. “Nargiza opam bilan bolalikdan ahil opa-ukalardek voyaga yetganmiz. Biz uni tushunishga harakat qilamiz, axir uzoq yillardan beri xorijda yashaydi. Uning imijiga kelsak, bu shaxsiy ishi. Men kelajakda ota sifatida faqat qizimga nimalarnidir taqiqlashim mumkin. Biroq boshqa qarindoshlarimga emas. Bolaligimizdan buvim barchamizga har birimizni shaxs sifatida hurmat qilishimizni o‘rgatgan”, — dedi u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida. Avvalroq Nargiz Zokirovaning turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishiga doir tafsilotlar ma’lum bo‘lgan edi.
79
727
Madaniyat
Boshlovchi Feruzabonu hayotini “avval” va “keyin”ga ajratgan musibat hamda Zo‘r TV’dan ketishi sababi haqida gapirdi (video)
Taniqli radio va teleboshlovchi Feruzabonu “Telegram yulduzlari” YouTube kanaliga bergan intervyusida 2020-yil u uchun sinovli kelgani hamda Zo‘r TV telekanalidan ishdan ketishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. “Zo‘r TV telekanali bilan oramizda hech narsa bo‘lgani yo‘q, shunchaki ketish vaqti keldi. Men o‘zimga shunaqa deb qabul qildim. Kimdir ishora beradi-ku, hech narsa aytilmay aytiladigan so‘zlar bo‘ladi-ku, ana shunday vaziyat bo‘ldi, nazarimda, yanayam bilmadim, men shunday tushundim. Adashayotgan bo‘lishim mumkin. Sevimli, suyumli bo‘lmagan joyimda xira pashsha bo‘lib qolishni istamayman. O‘shaning uchun tinchlik, xotirjamlik, rozi-rizochilik bilan ketishga qaror qildim. O‘tgan yili 13-aprelda ko‘rsatuvimning oxirgi soni efirga uzatildi. Reyting yomonmas edi. Undan keyin karantin bo‘ldi. Yilning oxirida hamkasb ukalarim ‘Opa, qaytmaysizmi, qilmaysizmi’, deyishdi. Men ‘yo‘q’, dedim. Onam bir umr meni o‘qituvchi qilish istagida edilar. Men esa xohlamasdim, 2020-yilda pedagoglik faoliyatimni boshladim”, — deydi Feruzabonu. “2020-yil ko‘pchilik uchun sinovli bo‘ldi, shu jumladan, men uchun ham. Onamlarni berib qo‘ydim. Bu men uchun hayotimni qoq ikkiga bo‘lgan holat bo‘ldi. Hayotim o‘sha kungacha va undan keyingi holatga bo‘lindi. Shu holat meni shu qadar o‘qitib qo‘ydiki, ko‘rsatuvning reytinggi-yu, senga syomka kuni berilishi yoki berilmasligi, dasturingning efirga chiqish-chiqmasligi naqadar mayda narsalar ekanligini angladim. Men onamni yo‘qotib turgan onimda bu narsalar hayolimning bir burchiga ham kelgani yo‘q. O‘zimga kelishim juda qiyin bo‘ldi”, — deydi boshlovchi.  “Ketayotib ko‘zlarim namlandi”. Alisher Uzoqov Zo‘r TV kanalidan nima sababdan ketganini ma‘lum qildi (video)
124
1,725
Madaniyat
Maryam Uzerli va “Muhtasham yuz yil” serialining boshqa yulduzlaridan ozish sirlari (foto)
Turkiyaning eng mashhur seriallaridan birining yulduzlari nozik qomat sirlariga ega. Irem Xelvajio‘g‘lu, Vahide Perchin, Xuliya Avshar va boshqalar tasdiqlangan usullar tufayli tashqi ko‘rinishini yaxshi saqlab kelmoqda. Maryam Uzerli Turk-nemis aktrisasi ekranda  kelib chiqishi slavyan bo‘lgan, Usmonli Sultoni Sulaymonning  rafiqasi – Xurram obrazini aks ettirgan. Loyihaning birinchi qismlarida Maryam to‘lacha ko‘rinishda paydo bo‘lgan. Bu rejissorlar yulduzdan 13 kilogramm vazn yig‘ishni so‘ragani sababli sodir bo‘lgan. Serial yakunidan so‘ng aktrisa ilk bor ona bo‘ldi. Shundan so‘nggina aktrisa parhez tuta boshladi. Uning parhezi qaynatilgan mol va tovuq go‘shti, salat, yasmiq, tabiiy yogurt va yong‘oqlardan iborat edi. U qovurilgan ovqatlar, gazaklar va kolbasalarni butunlay yo‘q qilishiga to‘g‘ri kelgan. Maryam kechki soat oltidan keyin ovqat yemaydi, haftasiga uch marta sport bilan shug‘ullanadi va zanjabilli choy ichadi. Irem Xelvajio‘g‘li Serialning yana bir yulduzi 20 kilogrammdan qutulishga muvaffaq bo‘ldi. Bunda unga ovqatlanish mutaxassisi yordam berdi. Mutaxassis sut mahsulotlari va go‘shtni dengiz mahsulotlariga almashtirishni maslahat berdi. Irem buni asta-sekin amalga oshirdi. Birinchi haftalarda aktrisa faqat kechki ovqatda dengiz mahsulotlarini iste’mol qildi. Keyin tushlikda ham tanovul qilishni boshladi va keyinchalik butunlay parhezga o‘tdi. Natijalar yulduzga mo‘ljallangan yo‘ldan chetga chiqmaslikka yordam berdi. “6 oy davomida men faqat dengiz mahsulotlarini iste’mol qildim. Avvaliga bu g‘ayrioddiy edi, ammo natijani ko‘rgach, hatto go‘sht haqida o‘ylashni to‘xtatdim », – deydi u. Irem ochlikdan charchamaydi va xohlaganda ovqat yeydi. Pelin Karaxan Mehrimoh sulton rolining ijrochisi Iremning natijasidan ustun keldi. Yulduz 35 kilogramm yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zgarishni boshlashdan oldin Karaxon kunlik menyuni ta’minlaydigan parhezlardan voz kechgan. Ikki bolaning onasi mustaqil ravishda o‘zi uchun parhezni ishlab chiqdi. Pelin yog‘li, shirin va unli mahsulotlardan bosh tortdi. U yengil proteinli ovqatlar va sabzavotlarni afzal ko‘radi. Biroq aktrisa e’tiborini tortgan narsa faqat oziq-ovqat emas. Karaxon ichish rejimini nazorat qiladi, u barcha sharbatlarni toza suv bilan almashtirdi. Yosh ona juda ko‘p piyoda yuradi va muntazam ravishda mashq qiladi. “Ba’zan men taslim bo‘ldim, lekin kuchimni yig‘dim va qayta-qayta mashg‘ulotlarda qatnashdim. Endi men natijani ko‘rib, vazn yo‘qotish dasturini davom ettirmoqdaman. Endi kilogrammlar tezda yo‘q bo‘lib ketmoqda”, – deb ta’kidlaydi Pelin. Vahide Perchin Vahide ozish uchun spirtli ichimliklardan voz kechdi. Uning tashqi ko‘rinishdagi siri – vaqti-vaqti bilan ro‘za tutishi sabablidir. Ushbu ovqatlanish dasturi vaqtni ikki segmentga bo‘lishni ta’minlaydi. Odam kunlik kaloriya miqdorini iste’mol qilishi kerak, shu bilan birga, uning asosiy qismi nazorat qilinmaydi. Ochlikdan keyingi birinchi taom eng yuqori kaloriya hisoblanadi va kechki ovqatni yengil ovqatlar bilan iste’mol qilish kerak. Xuliya Avshar Safiya sulton rolining ijrochisi ovqatlanish sonini chekladi. Nozik qomat uchun u kuniga atigi ikki marta ovqat yeydi. Aktrisaning nonushtasi tarkibida meva, tvorog, uy pishiriqlari va ichimliklar bo‘lishi mumkin. Tushlikda Xuliya qaynatilgan go‘sht, sabzavot  pyuresi va sho‘rvani afzal ko‘radi. Kechki soat yettidan keyin Avshar muzlatkichni ochmaydi. Yulduz bo‘sh vaqtini sportga bag‘ishlaydi. Ko‘pincha tennis o‘ynaydi. “Bundan tashqari, suzaman va velosipedda sayr qilaman”, – deya qo‘shimcha qiladi Avshar.
90
3,550
Madaniyat
“Yulduzni holi-joniga qo‘ymagan Serdar, konsertda sevgi izhori qilgan oshiq yigit”. Serdar O‘rtachning konsert dasturidan fotoreportaj
“Istiqlol” san’at saroyida 25-26-sentabr kunlari turk estrada yulduzi Serdar O‘rtachning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Dasturda mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad konsert haqidagi fikr mulohazalarini o‘rtoqlashdi. Muhtasham dekoratsiya, sahnani butunlay egallagan katta monitor bu dasturga alohida, katta tayyorgarlik ko‘rilganidan dalolat beradi. Afzal Rafiqovning monologi bilan boshlangan dasturni Abdurashid Yo‘ldoshev o‘zining vatan haqidagi taronasi bilan davom ettirdi. Navbati bilan Sardor Mamadaliyev, Ozodbek Nazarbekov, Mavluda Asalxo‘jayevalar chiqish qilishdi. Bu dasturda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Obid Asomov “Istiqlol” san’at saroyidagi uzoq tanaffusdan so‘ng chiqish qilib, muxlislarni kuldirishga harakat qildi. Dasturning asosiy egasi Serdar O‘rtachni muxlislar davomli qarsaklar bilan kutib oldi. Uning deyarli barcha qo‘shiqlariga jo‘r bo‘lishdi. Serdar O‘rtach konsertda o‘zini nihoyatda erkin tutadigan, muxlislar bilan birga kuylaydigan xohlasa, qo‘shiqning o‘rtasida kuylashdan to‘xtab, muxlislarga murojaat qiladigan shoumen ekan. Dastur o‘rtasida bir oshiq yigit sahnada sevgan qizini qo‘lini so‘rab “sen men bilan hayotim oxirigacha birga bo‘lasanmi”, deya so‘radi va sevgilisidan “ha” degan javob oldi. Barcha muxlislar gulduros qarsaklar bilan sevishganlarni olqishlashdi. Serdar O‘rtach O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani juda ham hurmat qilar ekan. Dastavval ikkala xonanda birgalikda “Diyemem” nomli taronasini kuylab berishdi. Undan so‘ng Serdar O‘rtach Yulduz Usmonovadan “Sanamgina” taronasini kuylab berishini iltimos qildi. Yulduz Usmonova mazkur qo‘shiqni kuylagandan so‘ng “Serdar Turkiyada ham “Sanamgina”ni kuylab ber deya holi-jonimga qo‘ymas edi”, deya qo‘shimcha qildi. Yulduz Usmonova “Sanamgina”ni musiqasiz ham yaxshi kuyladi. Dastur so‘nggida Mavluda Asalxo‘jayeva, Sardor Mamadaliyev, Gulasal Abdullayeva hamda Serdar O‘rtach birgalikda “Qo‘shiq” deb nomlangan taronani kuylashdi.
134
1,954
Madaniyat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Iymon” kitobining ikkinchi nashri chop etildi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Iymon” deb nomlangan kitobning ikkinchi nashri (qayta nashr) chop etildi. Bu haqda “HILOL NASHR” nashriyot-matbaasi ma’lum qildi. Ushbu kitob 1991-yilda birinchi nashrdan chiqqan, islomning tamal toshi— iymon javhariga bag‘ishlangan bu asar kitobxonlar tomonidan qizg‘in kutib olingan, tezda qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qilgan edi. Iymon masalasi din asosi bo‘lgani tufayli, unga oid masalalarga bag‘ishlangan mazkur kitobga bo‘lgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, asarning ikkinchi, to‘ldirilgan nashrini chop etishga qaror qilindi. Yangi nashrda bir qancha maqolalarga qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek “Sunnat”, “Sunnat va ilmiy mo‘’jizalar”, “Shariat”, “Islom terrorga qarshi”, “Islom giyohvandlikka qarshi”, “Islom va tabiatni muhofaza qilish”, “Islom mo‘’tadillik dini”, “Islomda inson huquqlari”, “Islom va boshqa din vakillari”, “Islomda ayollar huquqlari”, “Ayollar va tenghuquqlilik” kabi bir necha yangi maqolalar qo‘shildi.
98
996
Madaniyat
Instagram: Tashkent City’dagi uyini sotayotgan Munisa Rizayeva, Yulduz Usmonovaning kichik muxlislari bilan uchrashuvi, Dilshodbek Kattabekov kaltaklandimi?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Shahzoda Matchonova uyidagi bayram archasini olib tashlashga sira qo‘li bormayotgani haqida yozdi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ishtirok etgan tug‘ilgan kun videosi tarqalmoqda. Aziz Umrzoqov farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Parizoda ansamblidagi raqqosalardan birining tug‘ilgan kunida ajoyib syurpriz tayyorladi. “Muhtasham yuz yil” turk seriali yulduzi — Pelin Karaxan turmush o‘rtog‘i bilan Fransiya poytaxti Parij shahrida sayohat qilmoqda. Yulduz Usmonova “Muhabbat” qo‘shig‘ini maromiga yetkazib ijro etgan olis qishloqlardan birida yashovchi yosh muxlislari bilan uchrashdi. “Hayot o‘zgarishini kutib, yillar o‘tkazdim, keyin bildimki, hayot mening o‘zgarishimni kutgan ekan”, deb yozdi Yulduz Rajabova. Munisa Rizayeva Tashkent City’dagi hashamatli xonadonida yashay olmayotgani uchun uni sotayotganini bildirdi. Xonandaning aytishicha, muxlislari uning uy manzilini bilib olib, tez-tez uni bezovta qila boshlagan. Gulsanam Mamazoitova opasi bilan Dubayda tushgan suratini sahifasiga joyladi. Malika Ravshanova turmush o‘rtog‘ining u uchun tayyorlagan kutilmagan sovg‘asi haqida folloverlariga so‘zlab berdi. Xonandaning turmush o‘rtog‘i ko‘chada uning uchun kuy chaldirib, jonli qo‘shiq kuylattirgan. Dilshodbek Kattabekovning yuzlari ko‘kargan holda shifoxonada yotgani aks etgan suratlari tarqaldi. Aktyor soppa-sog‘ ekanligi, bu suratlar yangi filmning suratga olish jarayonidan ekanligini ma’lum qildi. Feruza Normatova ayni kunlarda turli qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan kuzatuvchilariga o‘zining motivatsion hikoyasini so‘zlab berdi hamda hammasi yaxshi bo‘lishini ta’kidladi.
156
1,841
Madaniyat
Londonda ulg‘aygan Garri Potter haqidagi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi
Ulg‘ayib qolgan sehrgar Garri Potterning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Garri Potter va la’natlangan bola” spektakli premyerasi Londonning “Palas” teatri sahnasida misli ko‘rilmagan shov-shuv ostida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “TASS”. Potter haqidagi saga muallifi, britaniyalik taniqli yozuvchi Joan Rouling spektaklda tomoshabin sifatida ishtirok etdi. U spektaklni tayyorlash bo‘yicha olib borilgan ishlar maxfiy tutilgani tufayli, spektakl namoyishi shunchaki rasmiy premyera emas, balki chinakam premyera bo‘lganini ta’kidladi. Spektakl Rouling, yozuvchi Jek Torn va sahnalashtiruvchi rejissor Jon Tiffani tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda “Garri Potter va o‘lim hadyalari” nomli oxirgi kitobda yoritilganidan 19 yil o‘tib yuz bergan hodisalar haqida hikoya qilinadi. Bosh qahramon mazkur yillar davomida uch farzandning otasiga aylanadi va afsungarlik vazirligida mehnat qiladi. Avvalroq ushbu spektakl bosh qahramonlarining ilk suratlari e’lon qilingan edi.
73
962
Madaniyat
Kitob javoningizdan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 10 ta mashhur avtobiografik asar
Quyidagi hayotiy hikoyalarga asoslangan asarlar har qanday romandan ko‘ra qiziqarli. Bundan tashqari, ular ilhomlanishga, o‘zingizga ishonishga va orzularingiz amalga oshishiga yordam beradi. “Haqiqiy sevgi. Yulduzning tarjimayi holi”, Jennifer Lopes Ayol qudrati va har qanday vaziyatda ham harakat qilish uchun kuch topish qobiliyati haqida motivatsiya beradigan kitob o‘qishni istasangiz, unda Jey Loning tarjimayi holi eng yaxshi variant. Unda yulduz ochiqchasiga o‘zining karyerasidagi qiyinchiliklar — Bruklindan chiqqan oddiy qizdan dunyoning birinchi raqamli qo‘shiqchisigacha, Mark Entoni bilan turmush qurishi va ajrashishi, erkaklar bilan og‘riqli munosabatlari va eng qiyin bo‘lgan vaziyatda ham o‘ziga ishonish qobiliyati haqida so‘z yuritadi. Jennifer xoinlik, ayriliq, ko‘tarilish va pasayishlarni boshdan kechirgan mehnatkash va kuchli ayol. Shuningdek, u ona, moda qirolichasi va sohibjamol ayol. O‘qing va ilhom oling! “Becoming. Mening hikoyam”, Mishel Obama AQShning birinchi xonimi bo‘lish osonmi? Mishel Obama nashrdan chiqmasidan avval ham misli ko‘rilmagan shov-shuvga sabab bo‘lgan memuar yozgan. Bu nafaqat prezidentning oilasi, balki butun Amerikaning qanday yashashi haqida ta’sirchan va samimiy hikoya. Mishel o‘zining hayot yo‘li, Barak Obama bilan tanishishi, ularning turmushidagi birinchi qiyinchiliklar, oddiy amerikaliklar bilan muloqot va mamlakat bo‘ylab ko‘plab sayohatlari haqida gapirib beradi. Ushbu kitobni o‘qiyotganingizda prezidentning rafiqasi bo‘lish qanchalik qiyin ish ekanligini va har bir ayol bunga qodir emasligini his qilasiz. Shu bilan birga, Mishelning o‘zi bilan tanishish, uning portretini yaratish va o‘zingiz uchun nimanidir o‘rganish qiziq. Mazkur kitob 3 milliondan ortiq tirajda sotilgan — bu misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat. “Mening butun hayotim”, Jeyn Fonda Jeyn Fonda — davr ayoli. Aktrisa (ikki marotaba “Oskar” sovrindori) aerobika asoschisi, hippi harakati faoli. Jeyn o‘z xotiralarini xolisona yozadi — asarda biz imkoniyatidan ko‘proq narsa qilishga harakat qiladigan oddiy ayolni ko‘ramiz. Fonda ajoyib karyera qurdi, ko‘krak bezi saratonini yengdi, ikki nafar farzandni dunyoga keltirdi va shu bilan birga haqiqiy fitnes yulduziga aylandi. Hozirda aktrisa 83 yoshda va haliyam ajoyib ko‘rinishga ega. Uning sirlarini bilishni xohlaysizmi? Unda baxtli hayot uchun ko‘plab retseptlar mavjud bo‘lgan ushbu kitobni o‘qing. “Avtobiografiya”, Agata Kristi Detektiv janr klassikasi — Agata Kristi qanday ajoyib va ​​g‘ayrioddiy shaxs bo‘lganligini hamma ham bilmaydi. Yozuvchi haqiqiy feminist edi: u “ayollarning ishi emas” deb hisoblangan vaqtda mashina boshqargan, ikki marta turmushga chiqqan, ilm o‘rgangan, Misr, Iroq va Turkiyada qadimgi tepaliklarni qazish ishlariga borgan, Ikkinchi jahon urushida rahm-shafqat hamshirasi bo‘lib ishlash bilan birga ajoyib romanlar yozgan... Kristining tarjimayi holi o‘ziga xos hazil va kinoyali tilda yozilgan. “To‘siqlarni yengib o‘ting. Tarjimayi hol”, Marina Abramovich Butun hayot — teatr! Aniqroq aytganda — spektakl. Zamonamizning eng taniqli rassomlaridan biri Marina Abramovichning tarjimayi holi hayotga yangi nuqtayi nazardan — oddiy ayol sifatida qarashga imkon beradi. Faqat juda iste’dodli ayol nigohi bilan. Marina fikrlarini chiroyli ifodalaydi — g‘amgin hazil bilan u o‘zining bolaligi va birinchi ijodiy tajribalari, erkaklar bilan munosabatlari va rassom Ulay bilan yorqin romantikasi haqida gapirib beradi. Abramovich — o‘z yo‘lidan borishni biladigan, ijtimoiy dogmatlarga ahamiyat bermaydigan, hatto ba’zan ularni buzadigan inson. Agar biror narsa qilishga jur’at eta olmayotgan bo‘lsangiz, albatta, ushbu kitobni o‘qing. “Rejali ayol: Baxtli hayot qoidalari”, Mey Mask Bir vaqtning o‘zida supermodel, diyetolog bo‘lish, uchta farzandni dunyoga keltirish va dunyodagi eng taniqli biznesmen — milliarder o‘g‘ilni qanday tarbiya qilish kerak? Mey Mask tarjimayi holida shu haqda so‘z yuritadi. U Janubiy Afrikada tug‘ilgan va juda ko‘p sayohat qilgan, keyin Kanadaga ko‘chib o‘tgan va muvaffaqiyatli modellik karyerasini qurgan, kosmetika bo‘yicha yetakchi brendlarning reklama roliklarida va Beyonse kliplarida suratga tushgan. Shu bilan birga, Meyning turmushi havas qilarlik bo‘lmagan — avtobiografiyasida u boshidan kechirgan ko‘plab sinovlarni tasvirlaydi. Shu bilan birga, u ayollarni ilhomlantiruvchi maslahatlar beradi, o‘zingizga e’tibor berishning muhimligi haqida gapiradi va yangi ish boshlashga hech qachon kech bo‘lmasligini eslatadi. “Yashil chiroq”, Mettyu Makkonaxi Mettyu Makkonaxi o‘zining 50 yoshini avtobiografiyasini e’lon qilish bilan nishonlashga qaror qildi — u hayotini qayta ko‘rib chiqishga urinib, kundalik shaklida kitob yozdi va shu bilan birga o‘z tushunchalarini o‘quvchilar bilan baham ko‘rdi. Kitob haqiqatan ham qiziqarli va samimiy bo‘lib chiqdi: asarda Mettyu kinodagi birinchi qadamlari, yuridik fakultetni tark etish to‘g‘risidagi qarori, otasi bilan bo‘lgan og‘ir munosabatlari, shaxsiy hayoti va romantik roldan ko‘ra, buyuk dramatik aktyor bo‘lishni istagan yigit haqida yozgan. “Shiddatli. Mening hayotim”, Mariya Sharapova Yana bir kuchli ayolning ilhomlantiruvchi tarjimayi holi — Mariya Sharapova qanday qilib o‘z hayotini katta sportga bag‘ishlashga qaror qilgani, AQShga ko‘chib o‘tishi va ota-onasi bilan munosabatlari, g‘alabalari, mag‘lubiyatlari va albatta, doping mojarosi va uzoq muddatli diskvalifikatsiya haqida yozadi. Xolisona, samimiy, ta’sirli va qiziqarli tarzda yozilgan asarda Mariya hayot haqidagi hikoyalari bilan o‘rtoqlashadi, xuddi o‘quvchi uning yaqin do‘stidek. Ushbu kitob o‘zingizga ishonishga va yutuq har doim omad emas, balki mehnat natijasi ekanligini tushunishga yordam beradi. Agar go‘zal Mariya muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, unda siz ham, albatta, muvaffaqiyat qozonasiz! “Vivyen Vestvud”, Ien Kelli, Vivyen Vestvud Pank qirolichasi, Buyuk Britaniya bosh dizayneri — Vivyen Vestvud haqiqiy inqilob qildi. Nafaqat modada, balki ommaviy madaniyatda ham. Ushbu kitob Vivyen bilan biografning suhbati bo‘lib, u Cheshir grafligining kichik bir qishlog‘idagi bolaligini, aqlbovar qilmaydigan kiyimlari tufayli xo‘rlanganini, Londonni zabt etishi va moda sanoatida katta karyera boshlaganini eslaydi. U g‘ayrioddiy, dadil va noodatiy narsalarni o‘ylab topadigan darajada ijodkor ayol.
79
6,297
Madaniyat
“Sevgi iztirobi” seriali aktrisasi Gollivud yulduzi Tilda Suinton bilan bir filmda suratga tushdi (foto)
Yaqinda Gollivud yulduzi Tilda Suinton va Idris Elba ishtirokidagi “Uch ming yillik sog‘inch” fantastik filmi katta ekranlarga chiqdi. Ushbu filmda Turkiyaning “Sevgi iztirobi”, “Taqiqlangan sevgi” va bir qancha seriallardagi rollari bilan tanilgan turk aktrisasi Zerrin Tekindor ham suratga tushdi. Aktrisaning ushbu filmga qanday qilib suratga tushgani haqida gapirishdan oldin, sujet haqida gapirib o‘tish joiz. Film sujeti haqida Britaniyalik tilshunos Aleteya o‘z ma’ruzalarini o‘qishi uchun Londondan Istanbulga keladi. Ayol aeroportda sirli mavjudotni ko‘ra boshlaydi va u ko‘plab yodgorlik do‘konlarining biridan shisha idish sotib olib, uni yuvishga harakat qilganda, oldida haqiqiy jin paydo bo‘ladi. Aleteya uchta tilakni bildirishga shoshilmaydi, u ko‘proq jinning hikoyasini tinglashga qiziqadi. Jin o‘z hikoyasini shishadan birinchi ko‘rinishi bilanoq boshlaydi. Turkiya Filmdagi barcha voqealar Turkiyada sodir bo‘ladi. Aleteya Istanbuldagi yodgorlik do‘konidan shisha idish topib oladi va uning ichidan chiqqan jinning hikoyalari Turkiya tarixidagi turli davrlarda, shu jumladan, Sulton Sulaymon davrida sodir bo‘ladi. Turk aktrisasi Zerrin Tekindor roli to‘g‘risida Zerrin Tekindor bu filmda Sulton Ahmadning bevasi Ko‘sem rolini o‘ynaydi. Filmdagi asosiy voqealar uning o‘g‘li Murod haqida, sujetga ko‘ra, u jinning ovozini eshitadi va uni ozod qilishni so‘raydi, shuning uchun aktrisaning ushbu loyihada juda kichik, ammo unutilmas roli bor.
104
1,463
Madaniyat
“Mo‘jizakor ayol: 1984” filmi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha “Oskar”ga ilgari surildi
Warner Bros. kompaniyasi Gal Gadot ishtirokidagi “Mo‘jizakor ayol: 1984” filmi barcha yo‘nalishlar, jumladan, “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishlari bo‘yicha “Oskar”ga nomzodlik qilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kino.Mail.ru”. Akademiklarga Gal Gadotdan tashqari, prodyuserlar Debora va Zak Snayder, rejissor Petti Jenkins, ssenariynavislar Jeff Jons va Deyv Kallaxem, aktrisalar Kristen Uig, Robin Rayt va Konni Nilsen, shuningdek, aktyorlar Kris Payn va Pedro Paskal nomzodini mukofotga tasdiqlashni ko‘rib chiqish tavsiya etilmoqda. Bundan tashqari, mukofotga kompozitor Xans Zimmer, operator Mettyu Jensen va suratga olish guruhining boshqa a’zolari ham da’vogarlik qilmoqda. Shu bilan birga, tanqidchilarning hisoblashicha, “Oskar” “Malkolm va Mari” kartinasidagi Zendayaga nasib etadi. Netflix’ning oq-qora filmini tomosha qilgan ekspertlar aktrisani mukofotga loyiq ko‘rmoqda. “Zendaya eng yaxshi ayol roli uchun ‘Oskar’ni o‘g‘irlashi mumkin”, — deb yozadi Indiweire kinostudiyasi vakili Ann Tompson. Fandango kinotanqidchisi Erik Devisning fikricha, Zendaya va Jon Devid Vashingtonning “Malkolm va Mari” romantik dramasidagi ijrosi ajoyib chiqqan.  “Mo‘jizakor ayol”— Gal Gadot: Isroillik kamsuqum qiz qanday qilib Gollivudni zabt etdi? Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda “Eng yaxshi aktrisa” uchun “Oskar” mukofoti “Judi” filmidagi roli uchun Rene Zellvegerga topshirilgan edi.
83
1,406
Madaniyat
“Hammasi bolalikda qum qasrlar va qartadan yasalgan uylarni buzishdan boshlanadi”. Markus Zusakning “Kitob o‘g‘risi” romani haqida
“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Markus Zusakning “Kitob o‘g‘risi” romani haqida hikoya qiladi. “Kitob o‘g‘risi” filmidan kadr Fleshbek Ikkinchi Jahon urushi tarixiga juda qiziqqanim uchun bu davr haqida yozilgan ko‘plab asarlarni mutolaa qilaman. Ilk marta “Anna Frankning kundaliklari” asarini o‘qib chiqqanimdan so‘ng, shu mavzudagi kitoblarni yana qidira boshladim, mendagi mavzuga bo‘lgan ochlik juda katta edi. 2008-yili talabaligimning ilk davrlarida bu kitobni menga moskvalik bir talaba qiz tavsiya qildi. Kitobni o‘qib chiqqach, unda hatto o‘z bolaligimning ayrim epizodlarini ko‘rdim. Asarni zamonaviy g‘arb adabiyotning o‘sha davr haqida yozilgan eng yuksak romanlaridan biri deb hisoblayman. Asar haqida Kitob o‘g‘risi – bu avstraliyalik yozuvchi Markus Zusakning 2005-yilda yozgan romani. Asar chop etilgach, 230 haftadan ko‘proq vaqt davomida The New York Times bestsellerlari ro‘yxatida turgan edi. Asar asosida 2013-yilda rejissor Brayan Persival tomonidan film suratga olingan. Roman o‘n qismdan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z nomiga ega. Yakuniy o‘ninchi bobning nomi esa kitob nomi bilan bir xil – “Kitob o‘g‘risi”. Sujet Roman voqealari 1939-yil yanvarda, natsistlar hukmronligi ostidagi Germaniyada boshlanadi. Romanning bosh qahramoni to‘qqiz yoshli qiz Lizel Meminger bo‘lib, u sujet rivojlanib borgan sari ulg‘ayib boradi. Lizelning taqdiri juda mushkul: otasi kommunistlarga aloqadorligi sababli bedarak yo‘qolgan, onasi esa qiz va uning ukasiga g‘amxo‘rlik qila olmay, farzandlarini o‘gay ota-onalarga berishga qaror qiladi. Yangi uyga ketishayotganda Lizelning ukasi vafot etadi va bu voqea qizning butun hayotida katta iz qoldiradi. Lizelning ukasi qabristonga dafn qilingach, u yerda qiz o‘zining birinchi kitobini – “Go‘rko‘vlar qo‘llanmasi” ni o‘g‘irlaydi. Kitob o‘qish uni shunchalik qattiq o‘ziga rom etgandiki, qiz kitoblarni o‘g‘irlay boshlaydi, u haqiqiy kitob o‘g‘risiga aylanadi... Tahlil “Kitob o‘g‘risi” – bu juda kambag‘alligi va kommunistik faoliyatda gumon qilingan ona tomonidan boshqa oilaga berilgan kichkina qizning hayoti haqida hikoya qiluvchi romandir. “Kitob o‘g‘risi” filmidan kadr Lizelni Roza va Gans Gubermanlar asrab olishgan va ular qizga o‘qishni, unga yaqin bo‘lgan odamlarni qadrlashni va ukasining o‘limi haqida biroz unutishni o‘rgatadi. Qiz doim ota-onasi bilan uchrashishga intilsa-da, bu sodir bo‘lmadi. Uni bu dardlardan faqatgina kitoblar qutqara olar edi. Asar mavzusi yosh qiz Lizelning kitoblarni o‘qishi va uni asrab olgan otasi Gansdan olgan ta’limlari orqali qanday ulg‘ayishi atrofida aylanadi. Lizelni asrab olgan Gans va Roza unga birdamlikni va hatto ocharchilik kunlarida ham o‘zinikini boshqalar bilan baham ko‘rishni o‘rgatadi. Lizel yosh yahudiyni podvalga yashirib, insoniylik hissi hamma narsadan ustun bo‘lishi kerakligini va shukronalik o‘sishga olib boradigan yo‘l ekanini tushunadi. Uning tengdoshi Rudi qizning birinchi haqiqiy do‘stiga aylanadi. Qizning shunday qonli voqealar fonida ham kitob o‘qishga qiziqishi so‘nmaydi. U shahar hokimining uyidan ham kitoblarni o‘g‘irlab o‘qiydi. Kitobni o‘qish uchun o‘g‘irlash gunohmi? Asrlar davomida insoniyatni ikkiga bo‘lib tashlaydigan bu savolning javobini aynan shu kitobdan olish mumkin. Adabiy darajada “Kitob o‘g‘risi” romani izchil ravishda hikoya qilinadi, she’riy manbalarni o‘z ichiga oladi. Kitobning har bir qismida muallif “O‘lim” deb ta’riflaydigan hikoyachining adabiy ovozi romanga dramatik shakl beradi. Roman g‘ayrioddiy tarzda qurilgan – hikoya O‘lim nomidan olib boriladi. O‘lim - bu juda noaniq timsol, ammo uning romandagi mavjudligi muhim rol o‘ynaydi. “Kitob o‘g‘risi” filmidan kadr O‘lim o‘zining mashaqqatli ishi haqida gapiradi, ko‘pincha kitobda nima bo‘layotgani haqida o‘z izohlarini berib boradi va o‘quvchiga murojaat qiladi. Muallif halokatli vaziyatlarni tasvirlash uchun qora yumordan foydalangan, hikoyachi bo‘lgan O‘limning nomidan sarkazm va qora yumorni eshitish esa asarga o‘ziga xos originallik va jozibadorlik beradi. Bu asar oilaviy qadriyatlar, do‘stlik, insoniy tamoyillar haqida so‘zlaydi va qiyin paytlarda hamjihatlik qadriyatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish kerakligini o‘rgatadi. Hikoyadagi har bir personaj o‘quvchiga insonlardagi qaysidir illat yoki hislatlarni ko‘rsatadi. “Kitob o‘g‘risi” romani Ikkinchi Jahon urushi kontekstiga kiritilgan bo‘lib, muallif bunda hikoyachi sifatida biror bir shaxsni emas, balki bu rolga O‘limni olishi bejiz emas.  Shu orqali muallif bizga romanning tarkibiy qismlaridan biri o‘sha davr ramzi o‘lim ekanini ko‘rsatadi. O‘lim, 1939-yildan 1945-yilgacha dunyoni vayron qilgan Ikkinchi Jahon urushining o‘ziga xos xususiyati. “Kitob o‘g‘risi” asari ham aynan shu nuqtayi nazardan rivojlanib boradi. Xulosa “Kitob o‘g‘risi” — Ikkinchi Jahon urushi sharoitida Myunxen yaqinidagi shaharda sodir bo‘lgan tarixiy voqea. U qanchadan-qancha oddiy nemislarning fashistlar Germaniyasi davrida yuz bergan yahudiylarga qarshi repressiv siyosat bilan rozi bo‘lmaganliklarini ko‘rsatdi va qonli urushning dahshatlarini ochib berdi. “Kitob o‘g‘risi” o‘sha davrda Germaniyada oddiy xalq orasida hukmron bo‘lgan qarashlar, qadriyatlarga qiziquvchilar uchun juda ajoyib asar. Ko‘z yoshlaringizni  asar uchun asrab qo‘yganingiz maqul. O‘qib bo‘lgach esa, chuqur o‘yga tolib, balki bir necha kunlab o‘ylanib yurishingiz mumkin. Avstraliyalik Martin Zusakning “Kitob o‘g‘risi” asarini yozishiga uning avstriyalik muhojir onasining fashistlar Germaniyasi haqidagi hikoyalari sabab bo‘lgan; Good Reading jurnali ushbu kitobni “adabiy marvarid” deb atagan. Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
130
5,746
Madaniyat
MISRDAN KELGAN ODAM
Mazkur hujjatli film «Tropa gneva», «Sogdiana», «Pyatnistaya smert», «Zaklinatel zmey», «Mest Anaxit» kabi asarlar ijodkori, tarixchi-yozuvchi Yavdat Ilyasovning hayoti haqida hikoya qiladi. Loyiha Sh.Mardjani jamg`armasi xayrixohligi ostida amalga oshirildi. Yavdat Ilyasovningning jumboqlar, g`aroyib voqealarga boy hayoti uni unikal shaxs sifatida shakllantirdi. 50-70 yillarda xatto o`rta maktabni tamomlamagan odam hozirgi kunda O`zbekistonda va chet ellarda qayta-qayta nashr etilayotgan kitoblarni yaratganiga aql bovar qilmaydi. U nafaqat tarixiy shoxasralar, she`riy asarlar, ssenariylar yozib, rus tiliga tarjimalar qilgan, balki o`zi haqida fantastik asarlar ham yaratgan. Ulardan biri – uning Marsdan kelganligi haqidagi hikoyadir. Buni u o`z o`g`liga tungi ertak sifatida so`zlab berar edi. Film rejissyorning Yavdat Ilyasovni yaqindan tanigan insonlar bilan suhbati asosida qurilgan. Yozuvchi haqidagi xotiralari bilan uning o`g`li Djangar Ilyasov, qizlari Klara Larina va Ilona Ilyasova, kelini Saida Ilyasova, nabiralari Roman Larin va Maryam Ilyasova, shoir Raim Farxodiy, yozuvchi Suxrob Muhamedov, kinoaktyor Rustam Sagdullaev, san`atshunos Tigran Mkrtichev, yozuvchi Boris Golenderlar o`rtoqlashdilar.
19
1,222
Madaniyat
Alla Pugachyova va Maksim Galkinga farzandli bo‘lish g‘oyasini kim “yuqtirgani” ma’lum bo‘ldi
Filipp Kirkorovning 85 yoshli otasi Bedros o‘z yubileyi arafasida intervyu berdi, deb yozadi “Fotoshedevr”. Unda u o‘zining sevimli nevaralari haqida gapirdi va OAVga Pugachyova va Galkin nima sababdan farzandli bo‘lishga qaror qilganini oshkor etdi. Bedros Kirkorov Filippning farzandlari — Alla-Viktoriya va Martin qanday fe’l-atvorga ega ekanligi, she’rlar aytib berib, uni xursand qilishi haqida so‘zladi. U, shuningdek, Alla Pugachyova va Maksim Galkin haqida gapirib o‘tishni ham unutmadi, ular, uning fikricha, aynan Filipp Kirkorovdan o‘rnak olgan holda ota-ona bo‘lishga qaror qilgan. “Alla va Maksimga farzandli bo‘lish g‘oyasini Filipp ‘yuqtirgan’. Menimcha, Maksimga Filippning farzandli bo‘lgani ta’sir qilgani aniq. U yosh, u ham o‘z davomchilari bo‘lishini xohlaydi, shuning uchun Alla bilan shu ishga qo‘l urdi”, — dedi Bedros Kirkorov. Eslatib o‘tamiz, Alla Pugachyova va Maksim Galkinning Yelizaveta va Garri ismli egizak farzandlarini 2013-yilda surrogat ona dunyoga keltirgan edi.
93
1,001
Madaniyat
Ernesto Ottone: "O`zbekistonning madaniyat ildizlarini asrash va tadqiq qilish borasidagi sa`y-harakatlari YuNESKO maqsad va vazifalari bilan hamohangdir"
Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida an`anaviy Madaniy meros haftaligi o`z ishini boshladi. Ayni damda haftalikning muhim tadbiri IV Xalqaro kongressning ilk seksiyalarida nufuzli tashkilot vakillari ma`ruza qilmoqda va dunyoga yoyilgan o`zbek merosini tadqiq qilgan xorijiy olimlar o`z tadqiqot natijalari haqida so`zlab bermoqda. Tadbirning ochilishida YuNESKO bosh direktorining madaniyat ishlari bo`yicha o`rinbosari Ernesto Ottone so`zga chiqdi. Ottone o`z so`zida O`zbekistonda tashkilot tomonidan Butunjahon merosi sifatida ro`yxatga olingan beshta tarixiy ob`ekt va oltita nomoddiy meros namunasi borligini ta`kidladi.  “O`zbekistonning madaniy boyliklari mamlakatning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim poydevor bo`lishi mumkin. Madaniyat yodgorliklari jamiyatning barqaror bo`lishi va shaharlarning yanada rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda madaniy meros va xalq ijodiyoti yangi ish o`rinlari tashkil qilish vositasida kambag`allikni tugatishga zamin yaratishi, shu tariqa aholi farovonligiga katta hissa qo`shishi mumkin”, – Ernesto Ottone. Ekspert O`zbekistonning o`z rivojlanish strategiyasi markazida madaniyat ildizlariga tayanishini yuqori baholadi va bu sa`y-harakatlar YuNESKOning maqsad va vazifalari bilan hamohang ekanligini ta`kidladi. Manzura BEKJONOVA
154
1,315
Madaniyat
“O`zbekkino” “Qoraqalpoqfilm”da film suratga oladi
Kinorejissyor Mansur Vasati tomonidan “Taqdir poezdi” nomli badiiy film suratga olinmoqda.  Ushbu filmning ssenariy mualliflari – G`.Shermuhammad, Sh.Rizaev, maslahatchi – Muratbay Nizanovlardir. Ijodiy guruh ushbu filmni suratga olish ishlarining asosiy qismini Qoraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq va Nukus shahri atrofida amalga oshirgan. Mazkur filmda Mo`ynoqlik bir ayolning ibratli taqdiri, ya`ni hayotning og`ir sinovlariga iroda va matonat bilan kurashgan inson qismati haqida hikoya qilinadi. Shu bilan bir qatorda, filmda hozirgi kunda dolzarb bo`lib turgan Orolbo`yi ekologik vaziyat muammolari ham o`z aksini topadi. Film “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan “Qoraqalpoqfilm” DUKda tasvirga olinmoqda.
50
721
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova opera xonandalari uchun darslik yaratdi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston xalq artisti, o‘zbek opera san’atining yetakchi xonandasi Muyassar Razzoqova bilan ijodiy kecha tashkil etildi. Bu haqda UzReport axborotiga tayanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda. Kechada xonanda ijrosida hamda kamera orkestr ishtirokida jahon operalaridan parchalar yangradi. Shuningdek, tadbir doirasida M. Razzoqova muallifligidagi “Akademik opera xonandaligiga kirish” nomli kitob taqdimoti ham o‘tkazildi. Qayd etilishicha, kitobda opera ijrochiligining sir-asrorlari bo‘lajak akademik xonandalar uchun ochib berilgan. Kitob muallifning ko‘p yillik tajribasi asosida metodik qo‘llanma sifatida ishlangan. Tadbirda xonanda tomonidan kelgusida yanada chuqurlashtirilgan ikkinchi qo‘llanma ustida ham ish olib borilayotgani ta’kidlandi. Ma’lumot uchun, M.Razzoqova hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida faoliyat olib bormoqda.
83
926
Madaniyat
“Ummon” xonandasi Zohidning dabdabali to‘yi, Burak O‘zchivit bilan tanishgan Ma’ruf Otajonov. Instagram’dan daraklar
20-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. “Ummon” guruhi xonandasi Zohid Risqiyev bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. View this post on Instagram View this post on Instagram To‘yda ko‘plab xonandalar xizmatda bo‘ldi. View this post on Instagram View this post on Instagram “Mendirman Jaloliddin” serialida suratga tushish uchun Turkiyaga ketgan Ma’ruf Otajonov Burak O‘zchivit bilan uchrashdi. View this post on Instagram Xonanda Malika Ravshanova va “Shukrona” seriali aktrisalari. View this post on Instagram Xonanda SanJay “O‘n sakkiz ming olam” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etadi. View this post on Instagram Zebo Navro‘zova “Malikam yoxud la’natlangan sevgi” deb nomlangan kino ishladi. View this post on Instagram “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoirova qo‘shiqchilikka qadam qo‘ydi. Uning “Kelin salom” deb nomlangan qo‘shig‘i 21-oktabr kuni taqdim etiladi. View this post on Instagram Shahzod Sultonov va Durdona Qurbonovaning “O‘g‘irlanmagan kelin” filmiga taqlidi “Milliy” telekanalining “Hindu shou” ko‘rsatuvida namoyish etiladi. View this post on Instagram Bosh rollarni taniqli aktyorlar Shohruh Xon va Kajol ijro etgan “O‘g‘irlanmagan kelin” filmining suratga olinganiga 25 yil to‘ldi. Kajol ushbu sana munosabati bilan haligacha ushbu filmni sevib tomosha qiladigan muxlislariga minnatdorchilik bildirdi. View this post on Instagram Hosila Rahimova Antaliyada dengiz suviga kechib yurgani aks etgan videolar bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Otabek Mutalxo‘jayev va Kaniza ijrosidagi duet ham 21-oktabr kuni taqdim etiladi. View this post on Instagram Ra’no Shodiyeva folloverlariga Istanbulning Belgrad o‘rmoni haqida so‘zlab berdi. View this post on Instagram Lola Eltoyeva ona tiliga hurmat ehtiromni faqat til bayramida emas, balki har doim ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi. View this post on Instagram
116
2,180
Madaniyat
Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimov bilan qonunan ajrashganini ma’lum qildi
Davomi: “Hali bizni sudga chaqirishmadi”. Sharof Muqimov turmush o‘rtog‘i Sevinch Mo‘minova bilan ajrashganini rad etdi Sevinch Mo‘minova turmush o‘rtog‘i Sharof Muqimov bilan qonuniy tarzda ajrashaganini ma’lum qildi, bu haqda u “Shok.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 5-iyun kuni olingan intervyuda xonanda ertasi kuni, ya’ni 6-iyunda ajrim bo‘yicha sud bo‘lib o‘tishini qayt etgan. Boshlovchining: “O‘zi birgalikda qancha vaqt yashagansizlar?” — degan savoliga javoban, Sevinch to‘ydan so‘ng besh oy davomida qaynona-qaynotasi bilan bitta uyda yashashganini, so‘ng aytishni joiz deb topmagan “ma’lum bir sabablarga ko‘ra” turmush o‘rtog‘i bilan alohida uyga ko‘chib o‘tganini gapirib berdi. “Shu vaqtdan e’tiboran oilamiz buzilishni boshladi, chunki Sharof bir kun men bilan yashasa, bir kun ota-onasi bilan yashardi”, — deya xonanda “dinda ham er-xotinning alohida yashashi qoralanishi”ni ta’kidladi. “Bora-bora bir kun ikki kunga, uch kunga, bir oyga… aylandi, shu tariqa, biz haqiqiy oila bo‘lmay qoldik, er-xotinligimiz faqat qog‘ozda qoldi”, — deya Sevinch Sharof bilan turmushi buzilishiga uning ota-onasi sababchi bo‘lganiga ishora qildi. “Nima deb o‘ylaysiz, bunda sizning ham aybingiz bormi?” — deya berilgan savolga qo‘shiqchi: “Men kelinlik vazifasini ortig‘i bilan bajarganman”, — dedi va buni Sharof ham “agar vijdoni u uchun birinchi o‘rinda bo‘lsa”,  tasdiqlay olishi mumkinligini ta’kidladi. Xonanda “Bu artist, san’atkor, undan kelin ham chiqmas ekan, xotin ham chiqmas ekan”, — degan gapni eshitishdan qo‘rqqani uchun “jonini jabborga berib, kelinlik vazifasini o‘tashga harakat qilgani”ni aytdi. U qaynonasiga biror marta gap qaytarmagani, hatto yuziga tik boqmaganini, uydagi ishlarni a’lo darajada bajarganini qayd etdi. Shu bilan birga, Sevinch Sharof Muqimovga nisbatan ginasini yo‘qligini, uni farzandining otasi sifatida hurmat qilishini aytdi. “Boshimdan o‘tkazgan azoblarim bir yon, lekin nima bo‘lgandayam, u qizimning otasi”, — dedi u.
72
1,980
Madaniyat
Yangi daraxt turi Leonardo Di Kaprio sharafiga nomlandi. Aktyor Afrikadagi o‘rmon daraxtlarining kesilishini to‘xtatishda yordam bergan
Buyuk Britaniyaning Kyu shahridagi Qirollik botanika bog‘i olimlari yangi topilgan daraxt turiga aktyor Leonardo Di Kaprio nomini berdi, deb yozadi Esquire. Daraxt Uvariopsis dicaprio rasmiy nomini oldi, u faqat Kamerunda, bioxilma-xilligi bilan mashhur o‘rmonda o‘sadi. U to‘g‘ridan to‘g‘ri tanasida o‘sadigan yorqin sariq gullarga ega bo‘lgan kichik tropik yashil daraxt. O‘simlik 2022-yilda Kyu bog‘i olimlari tomonidan PeerJ ilmiy jurnalida nashr etilishi sababli nomlandi. Qayd etilishicha, Uvariopsis dicaprio yo‘qolib ketish xavfi ostida. Olimlarning ma’lum qilishicha, ular daraxtga Gollivud aktyoriga hurmat yuzasidan uning nomini qo‘yishgan, chunki Di Kaprio Ebo o‘rmonlarini kesishni to‘xtatishga yordam bergan. Bu Markaziy Afrikadagi eng yirik o‘rmonlardan biri bo‘lib, u yera ko‘plab noyob flora va fauna, jumladan, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan gorillalar, shimpanzelar va o‘rmon fillari yashaydi. “Biz Di Kaprio Ebo o‘rmonlarining kesilishini to‘xtatishda hal qiluvchi rol o‘ynaganiga ishonamiz”, – deydi olim Martin Chik. Avvalroq xalqaro ekspertlar hukumatga maktub yo‘llab, Eboni kesish bo‘yicha rejalarni to‘xtatishni so‘rashgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini batafsil bayon qilgan edi. Di Kaprio vaziyatni ijtimoiy tarmoqqa joylash orqali kompaniyaga yordam berdi. Keyinchalik hukumat o‘rmonlarni kesish rejalarini bekor qildi, garchi Ebo hali rasmiy milliy bog‘ maqomini olmagan bo‘lsa ham.
135
1,462
Madaniyat
Adelning konserti va Opra Uinfri bilan intervyusini “Oskar”dan ko‘proq — 9,9 million odam tomosha qildi
Adelning ekranda bergan har bir ko‘rinishi matbuotda mavzuga aylanadi. U ishtirok etgan dasturlar hamisha yuqori reytinglarni qayd qiladi. CBS kanalidagi shouda ham xuddi shunday natija qayd qilindi. Xonanda 6 yildan buyon ilk marta One night only ko‘rsatuvida chiqish qilib, Opra Uinfriga intervyu berdi. Dasturni 9,9 million muxlis tomosha qildi. Bu “Oskar”ning so‘nggi taqdirlash marosimini tomosha qilganlar (9,85 million) sonidan ko‘proq natija. Taqqoslash uchun mashhur ABC’s celebrity wheel of fortune shousini shu dam olish kuni 3,4 million tomoshabin ko‘rgan. The Mirror, nashrining ma’lumotiga ko‘ra CBS kanali Adelning ishtiroki hisobiga 100 million dollar ishlab olgan. Qatnashgani uchun esa qo‘shiqchiga 5—7 million dollar to‘langan. Shouga turli izohlar bildirilgan. Aksariyat tanqidchilar konsert yaxshi chiqqani, ammo intervyu bundan ham qiziq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Adel intervyu davomida Saymon Koneki bilan ajrashish tafsilotlari bilan bo‘lishgan. “Rostini aytsam, Saymon mening hayotimni saqlab qolgan, fikrimcha. U hayotimning turg‘un vaqtida paydo bo‘lgan. Barqarorlikni, ayniqsa yosh va g‘o‘r vaqtimda u va Anjelodan boshqa hech kim bera olmas edi. Men qandaydir noto‘g‘ri yo‘ldan yurishim va emotsiyalarga beriluvchan ekanim sabab o‘zimni xarob qilishim mumkin edi. U paydo bo‘ldi-yu, hayotimdagi eng ishonchli insonga aylandi. Men haligacha har jabhada unga ishonaman”, — degan u. Shu bilan birga, ajrashishi kerakligini tushunib yetishiga unga jurnaldagi psixologik test yordam berganini qo‘shimcha qilgan. Uning aytishicha, aynan shu testdan keyin u turmushi bema’ni ekanini va munosabatlaridagi barqarorlikka qaramay, o‘sishi kerakligini tushunib yetgan.
103
1,698
Madaniyat
Oybek va Nigora: “Balki yaqin oylarda shaxsiy hayotimizda biror yangilik bo‘lib qolar…”
“Muloqot” saytlar tarmog‘ining “Muloqot intervyu” loyihasida yoshlarning sevimli guruhi Oybek va Nigora mehmon bo‘ldi. Suhbat Toshkent shahridagi “Muloqot.Uz” kafesida o‘tkazildi. Unda Oybek va Nigora “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i a’zolari tomonidan yo‘llangan savollarga javob berdi. XuSHnuD TojiboyeV Nega “Omon-omon” qo‘shig‘ini faqat Oybek ijro etdi? Bu qo‘shiq ko‘pchilikning nazarida Nigoraga qarata aytilgandek! Oybek: Savol o‘rinli. Yakkaxon tarzda qo‘shiq kuylash har doim rejamizda bo‘lgan. “Omon-omon” qo‘shig‘i qaysidir ma’noda Nigoraga atalgan desa ham bo‘laveradi. Alyorbek Hamidjanov O‘zbekiston bo‘yicha konsertlar, gastrol safarlari rejalashtirganmisiz? Nigora: Oldinlari gastrol safarlarimiz ko‘p bo‘lar edi. Biroq hozirgi kunga kelib biroz kamaygan. Yaqinda Qozog‘iston bo‘ylab gastrol safar rejalashtirganmiz. Yerzhan Begeeloff Salom Oybek va Nigora. Men Navoiy viloyati, Uchquduq shahridanman. Millatim qozoq bo‘lsa ham sizlarni sevib tinglayman. O‘zingizning ko‘nglingizdagi ya’ni uzoq vaqtlardan beri o‘ylab yurgan qo‘shiqni ijro etdingizmi? Oybek: Bunaqa qo‘shiqlar tugamasa kerak nazarimda. Chunki doim o‘ylaganimizni har bir qo‘shig‘imizda ifodalashga harakat qilamiz. Masalan, “Omon-omon” qo‘shig‘imni yakkaxon ijro etib qaysidir ma’noda niyatimga erishdim. Yaqinda yana Nigoraga atalgan alohida qo‘shiq qilish niyatim bor. Nigora: Bitta ustoz san’atkor “Qachondir men o‘zim orzu qilgan rolimni ijro etsam, bu dunyoni tark etgan bo‘laman” degan edi. Menimcha, san’atkorda “Men eng yaxshi ko‘rgan rolimni o‘ynadim yoki qo‘shig‘imni ijro etdim” degan narsa bo‘lmasa kerak. U yana ham rivojlanadi, yana ham voyaga yetadi. Xohlagan ishimni qilib bo‘ldim degani, bu hayotdan ko‘z yumdim degani bo‘ladi. usmonov shoxrux “Omon-omon”, “Meni kechir” qo‘shiqlarini o‘zingiz yozganmisiz? Nigora: Men emas, Oybek yozgan (kuladi). Laylo laylo Qorako‘lga yana qachon kelasizlar? Muxlislaringiz sog‘indi-ku... Oybek:  Taklif qilishsa, albatta, boramiz. Alyorbek Hamidjanov Qo‘shni mamlakatlarda ham sizning muxlislaringiz yo‘q emas. Qo‘shni davlatlarda konsert berish niyatingiz bormi? Nigora: Takliflar tushgan, ular bilan tanishib rozilik bildirish niyatimiz bor. Alyorbek Hamidjanov Siz ustoz san’atkorlaringizdan tanqidlar eshitganmisiz? Nigora: Ha… Oybek: Tanqidlar eshitganmiz va o‘sha tanqidlar o‘rinli ham bo‘lgan. Bek Uzbekistan Moliyaviy jihatdan eng qimmat klipingiz qaysi? Nigora: “Boboyjonim” qo‘shig‘imizga ishlangan klip. Bek Uzbekistan Oybek va Nigoraning rejalarida “Istiqlol” san’at saroyida konsert berish ham bormi? Oybek: Rejamizda bor. Bu har bir san’atkorning orzusi bo‘lsa kerak. Nigora: 2014-yilda rejamizda konsert emas boshqa niyatlar bor. Ijodimizni boshlaganimizga sakkiz yil bo‘libdi. Nasib qilsa yakkaxon konsert dasturimizni taqdim etamiz. Bek Uzbekistan Oybek va Nigoraning rasmiy oybeknigora.uz saytida Oybek va Nigora kim bilan qo‘shiq kuylashini istaysiz, degan so‘rovnomaga ko‘zim tushdi. Qizig‘i, bu so‘rovnomadan faqat “Bojalar”, “MarkaZ”, Umidaxon va Sirojiddin o‘rin olgan. Bojalar varianti hozir 450 ga yaqin ovoz yig‘gan holatda ancha tafovut bilan 1-o‘rinda. Rostdan ham Oybek va Nigorani rejalariga “Bojalar” bilan duet kiritildimi? Nigora: Albatta, rejada bor. Bu ro‘yxatda Shahnoz ham bo‘lishi kerak edi. Yaqinda olinadigan bir filmdan taklif tushgan, o‘sha filmga saundtrek sifatida qo‘shiq kuylashimiz mumkin. СИмпАТИчнИЙПaРeН Rus qo‘shiqchilari bilan duet aytish rejangizda bormi? Masalan, Dima Bilan, Dj Smash, Timati, MakSim, Nyusha. Javobingiz uchun avvaldan rahmat. Oybek: Albatta, yo‘q demagan bo‘lar edik. Nigora: Rejamizda emas, orzumizda bor. Balki yaqinda amalga oshib qolar. - WaLveRine - O‘zingiz uchun kimni ustoz deb bilasiz? Oybek: Ustozlarimiz bor. O‘qishdagi ustozimiz Serjanov Kengezboy. Estradada esa bolalikdan eshitib o‘rganganimiz Nasiba Abdullayeva, Farrux Zokirov. Ustozlarimizdan nimadir o‘rganganmiz. Nigora: Aynan mana shu kishi ustozimiz deb ayta olmaymiz. Chunki ko‘pchilikdan har xil narsalar o‘rganganmiz, kezi kelganda yosh san’atkorlardan ham nimadir o‘rganamiz. Bek Uzbekistan Nigora opani bir intervyusida o‘qigan edim, er va xotinni bir-biri haqida bilmaydigan qandaydir sirlari va qirralari bo‘lishi zarur, degan edi. Savolim shundan iboratki, bu intervyuga adashmasam 5—6 yil bo‘lmoqda, hali ham er va xotin o‘rtasida sir bo‘lishi kerak deb o‘ylaysizmi? Nigora: Ha hali ham shunaqa deb o‘ylayman. Qanaqadir sir, ochilmagan qirra bo‘lsa bir-biriga intilish, qiziqsh so‘nmaydi deb hisoblayman. Bek Uzbekistan Oybek ham, Nigora ham filmlarda suratga tushgan, lekin oxirgi vaqtda sizlarni filmlarda ko‘rmayapmiz. Buning boisi nimada? Oybek: Chunki guruh ijodi bilan mashg‘ulmiz. Bek Uzbekistan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Oybekning ham, Nigoraning ham profillari yopiq. Nigora opani tushunsa bo‘ladi. Lekin Oybek aka nimaga Instagram’da yopiq profilda yuribdi? Oybek: Agar do‘stlik taklif qilinsa, albatta, qabul qilaman. Nigora: Oybek profilini ochib qo‘yadi, Nigora esa uning profilini yopib qo‘yadi (kuladi). Bek Uzbekistan Bundan bir muncha vaqt avval “Yoshlar” telekanalidagi “Ro‘zg‘or maktabi” ko‘rsatuvida Oybek va Nigorani ishtirokini ko‘rgan edim. Ana shu ko‘rsatuv davomida bir narsa e’tiborimni tortgan edi, ya’ni Oybek aka ko‘rsatuv davomida ayrim vaqtda gapirishga og‘iz juftladi-yu, lekin Nigora opa Oybek akaga gap bermasdan o‘z fikrlarini ifoda etdi. Oybek, iltimos Nigoraxon men ham gapiray, deb izn so‘rab zo‘rg‘a gaplarini gapirib olgan edi. Hayotda ham shundaymi yoki bu shunchaki tasodifiy kadrlar bo‘lganmi? Oybek: Bilmadim, hayotda har qanday vaziyat bo‘ladi. O‘shanda kayfiyatim bo‘lmagandir. O‘zi kamgap odamman. Nigora: Oldin haqiqatdan ham Oybekni kutmasdan shoshib ketardim, hozir esa ancha bosilganman. Bek Uzbekistan El nazariga tushgan, o‘z muxlislariga ega bo‘lgan san’atkorlardansiz. Tabiiyki, sizlar haqingizda xalq orasida turli mish-mishlar va gap so‘zlar yuradi. O‘zingiz haqingizdagi qaysi mish-mishlardan charchagansizlar? Oybek: Ko‘pincha er-xotin deb o‘ylashardi. Oddiygina AZIZIM (89dunyo, HAYOTXONIM) Oybek va Nigora agar alohida-alohida ijod qilganda bugungi darajaga erishmagan bo‘lar edi, deb o‘ylovchilar ham topiladi. Bunga fikringiz qanaqa? Oybek: Balki ha, balki yo‘q. Ko‘proq yo‘q, chunki biz ijodni boshlaganimizda duet guruhlar kam edi. mitti farishta Nigora opa siz san’atkor bo‘lmaganingizda qaysi sohani tanlardingiz? Nigora: Balki maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, logoped, umuman, bolalar bilan ishlagan bo‘lar edim. SARDOR GULOMOV Assalomu alaykum, Oybek aka. Mashhur bo‘lish osonmi? Oybek: O‘ziga yarasha qiyinchiliklari ham, yaxshi tomonlari ham bor. ლლԲΐrđลνธლლ Ijod bu sizlar uchun kasbmi yoki qismat? Nigora: Kasb desak to‘g‘riroq bo‘ladi, shekilli. Chunki o‘zimiz san’atkor bo‘lishni tanlaganmiz, shu sababli qismat desak xato bo‘lsa kerak. Oybek Qismat taqdim qilgan kasb (kulishadi). Marjona Bozorova Nigoraning “Dachalar” filmidagi obrazini qanday baholaysiz? Nigora: O‘sha paytda ancha semirib qolgandim. Unda farzandli, yoshi kattaroq ayolni rolini ijro etasan deyishganda xafa bo‘lmaganman. Sho‘x, eri bilan urishib yuradigan janjalkash ayol rolida o‘zimni o‘ynaganman, deb o‘ylayman (kuladi). А С А Д Б Е К Hayotingizda birinchi o‘rinda san’atmi yoki oilami? Oybek: San’at bu oila (kulishadi). Nigora: Menimcha birinchi o‘rinda oila bo‘lsa kerak. Chunki yomon kunda sahnaga chiqa olmaysiz-da, oilangizni yoniga borasiz, ular dalda bo‘ladi. Ammo muxlislar ham san’atning bir qismi, agar ular konsertga chipta sotib olib sizni kutib o‘tirsa, yomon kunlaringizmi yo‘qmi qarab o‘tirmaydi. Shu sababli ularning ham dilini og‘ritib bo‘lmaydi. Aslida san’at va oilani taqqoslash qiyin narsa. Oddiygina AZIZIM (89dunyo, HAYOTXONIM) Sizlarni multfilm qahramonlaridan “Lolo va Pepe”ga qiyoslashadi. Bunga fikringiz? Oybek: O‘zimiz ham multfilmga o‘xshaymiz. Nigora: Tashqi ko‘rinishdan ham o‘xshatishadi. Rostdan ham o‘xshaymiz. Qiziqchi Sherzod Bin pingvinlaga o‘xshab yurasizlar deb kuladi (kulishadi). Alyorbek Hamidjanov Sizga imkoniyat berilganda qaysi chet el qo‘shiqchisi bilan duet aytgan bo‘lar edingiz? Oybek: Shakira, Enrike Iglesias bilan kvartet hosil qilgan bo‘lar edik (kuladi). Saidislom Turahkujaev Nigora oddiy insonga ham turmushga chiqqan bo‘larmidingiz? Nigora: Hammamiz oddiy insonmiz-ku. Agar ko‘nglimdagidek inson bo‘lsa, men hech kimga rad javobini bermagan bo‘lardim. Yo san’atkor, yo boshqaga tegaman demayman. Oddiygina AZIZIM (89dunyo, HAYOTXONIM) Oybek haqiqatdan ham “Bo‘zsuv”da tug‘ilganmisiz? Oybek: Yo‘q. Yunusobodni 18-kvartalida tug‘ilganman. Alyorbek Hamidjanov Ikkingizning o‘rtangizda kelishmovchiliklar bo‘lib turadimi? Oybek: Ijod tomonlama juda ham ko‘p kelishmovchilik bo‘ladi. Albatta, bu yaxshi tomonga. Anvar84.82 Nigora Oybek bilan birinchi duet aytganingizda his-tuyg‘ularingiz qanaqa bo‘lgan? Nigora: (O‘ylanib) O‘sha paytlarda biroz qiynalganman. Ovozimiz bir-biriga tushadimi yo‘qmi degan hayajonlar bo‘lgan. Turakhonov_n Meni qiziqtirgan savol shundan iboratki, har bir insonda yo‘q deganda bitta armon bo‘ladi. Sir bo‘lmasa sizlarning qanday armonlaringiz bor? Oybek: Armonimiz bo‘lmasin. Nigora: Muhriddin Xoliqov bilan gaplasha olmaganim armon bo‘lib qolgan. Elen Atler Ikkalangizga ham birdek manzur bo‘lgan duet qo‘shig‘ingiz qaysi? Oybek: “Sog‘inch”, “Yorimsan” qo‘shiqlarimizni mazza qilib kuylaymiz. Elen Atler Kimga qanaqa bilmadim, lekin men uchun Oybek uyatchan, Nigora esa shaddodroq ko‘rinadi. Hayotda ham shunaqamisizlar? Oybek: Albatta (kulishadi). Mahamatik Maxx O‘rtangizda muhabbat bormi? Oybek: Qo‘shiqlarimiz muhabbat haqida bo‘lgani uchun muhabbat bo‘lishi kerak. Biroq shaxsiy hayotimiz haqida hech nimani oshkor qilishni xohlamaymiz, balki yaqin oylarda biror yangilik bo‘lib qolar. Shuningdek, “Muloqot intervyu” loyihasida ko‘plab elimiz suygan san’atkorlar ishtirok etgan. Ular bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarni Intervyu.uz saytida o‘qing. Shu bilan birga Rustam Qosimjonov bilan yaqinda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan intervyuga ham savollaringizni yo‘llashingiz mumkin.
87
10,019
Madaniyat
Bolaligidanoq mashhurlikka erishgan jahon kinosi yulduzlari bugun qanday ko‘rinishda va hayotini kim bilan bog‘lagan? (foto)
Oxirgi vaqtlarda 2000-yillarning musiqasi va modasi yana qaytayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Ba’zan hatto o‘sha yillarda tug‘ilmaganlar ham nostalgiyani yaxshi ko‘radi. Buning sabablaridan biri — o‘sha davrni his qilish istagidir. Ammo oradan yillar o‘tdi va 2000-yillarda bola bo‘lgan odamlar hozir katta insonlarga aylanib, oila qurgan, hatto bir necha farzandlar ham tarbiyalamoqda. AdMe nashri bolaligidan mashhurlikka erishgan yulduzlarning bugungi ko‘rinishi va hayoti bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Lindsi Loxan “Ota-onalar uchun tuzoq” (1998) va “G‘ayrioddiy juma” (2003) komediyalarining yulduzi o‘z faoliyatini 3 yoshida, avvaliga model, keyin esa aktrisa sifatida boshlagan. Hozirda Lindsi Loxan filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda. 2022-yil uning ishtirokidagi “Falling for Christmas” filmi chiqariladi. Lindsi yaqinda moliyachi Bader Shammasga turmushga chiqdi va u 2022-yil 2-iyul kuni dunyodagi eng omadli ayol ekanini ma’lum qildi. Jo Jonas Jonasning akasi o‘zining birinchi albomi — “It’s About Time”ni chiqarganda, Jo 17 yoshda edi. 2019-yilda u Sofi Torner bilan turmush qurdi. Hozirda juftlikning 2 nafar qizi bor. Kristina Richchi “Addamlar oilasi” (1991) filmidagi roli bilan tanilgan Kristina Richchi 9 yoshida kinoda debyut qilgan. 2021-yilda Kristina ikkinchi marta — stilist Mark Xemptonga turmushga chiqdi. Eshli Tisdeyl Disney kanali yulduzi “Hammasi tip-top yoki Zak va Kodi hayoti” (2005–2008) va “Ajoyib myuzikl” (2006) teleseriali tufayli mashhur bo‘ldi. Ammo bundan oldin ham u ko‘p marta reklama roliklarida paydo bo‘lgan va televizion loyihalar hamda teatrda kichik rollarni o‘ynagan. Hozirda Eshli o‘z biznesiga ega, shuningdek, suratga tushish ishlarini davom ettirmoqda. Eshli Kristofer French bilan 2014-yilda turmush qurgan va ularning qizi Yupiter Ayris French 2021-yilda dunyoga keldi. Mettyu Lyuis Ingliz aktyori Mettyu Lyuis Garri Potter filmlari seriyasida Nevill Dolgopups rolini o‘ynash orqali mashhurlikka erishdi. Biroq bu uning kinodagi birinchi ishi emas edi: “Bu hayot deb ataladi” (1996) filmi uning debyuti bo‘ldi. Hozirda Mettyu aktyorlik faoliyatini davom ettirmoqda, lekin ko‘pincha televizion loyihalarda paydo bo‘ladi. 2018-yilda Lyuis tadbir tashkillashtiruvchi Anjela Jons bilan turmush qurgan.  Devid Xenri “Veyverli Pleys sehrgarlari” serialining yulduzi (2007-2012) The Pitts (2003) sitkomida o‘zining birinchi bosh rolini o‘ynadi. O‘sha vaqtda u 13 yoshda edi. Hozirda esa Devid rejissorlik qiladi va ssenariylar yozadi. 2017-yilda Xenri bir paytlar “Delaver go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqan Mariya Kaxillga uylandi. Juftlikning uch nafar farzandi bor. Aleksa Penavega Ko‘pchilik Aleksani “Uddaburon bolalar” franshizasidagi rolidan eslaydi, garchi uning kayrerasi bundan oldinroq boshlangan bo‘lsa ham. Uning birinchi ishlari orasida “Smerch” filmi bor. Hozirda Aleksa nafaqat aktrisa, balki qo‘shiqchi ham. Aleksa sobiq “Big Time Rush” aktyori va qo‘shiqchi Karlos Penavega bilan turmush qurgan. Ularning uchta farzandi bor. Korbin Blyu Korbin Blyuning eng ko‘zga ko‘ringan roli “Ajoyib myuzikl” filmida bo‘lgan, ammo u nafaqat qo‘shiqchi, balki basketbolchi sifatida ham mashhur. Uning debyuti 2004-yilda chiqarilgan “Taqiqlangan missiya” sarguzasht komediyasi bo‘lib, uning partnyori Kristen Styuart edi. U hali ham filmlarda suratga tushishda davom etmoqda. Korbin o‘zining hamkasbi, aktrisa Sasha Klementsga uylangan. Neytan Kress 2021-yilda ijodni qayta boshlashga qaror qilgan “Aykarli” (2007-2012) sitkomidagi roli bilan ko‘pchilikka tanilgan aktyor 4 yoshida o‘z faoliyatini boshlagan. U reklama roliklarida va filmlarda kichik epizodik rollarda rol o‘ynagan. Keyinchalik Neytan o‘z portfoliosiga rejissorlik va dublyaj aktyorligi tajribasini qo‘shdi. 2015-yilda Neytan aktrisa va kaskadyor London Eliz Mur bilan turmush qurdi. Juftlikning 2 nafar qizi bor. Britni Spirs Britni Spirs o‘zining vokal qobiliyatini birinchi marta 1992-yilda 10 yoshida Star Search’da namoyish etgan. “Baby One More Time” qo'shig‘i 1998-yilda xitga aylandi, o‘sha paytda pop yulduzi atigi 17 yoshda edi. Yillar davomida uning karyerasida turli holatlar yuz berdi. Ammo yaqinda Britni o‘z hayotini nazorat qila boshladi va 2022-yil iyun oyida aktyor va fitnes bo‘yicha murabbiy Sem Asgariga turmushga chiqdi.
124
4,297
Madaniyat
Instagram: Shukurullo Isroilov nevarali bo‘ldi, Yulduz Usmonova xonadonida iftorlik, turmush o‘rtog‘i hamda farzandlarini ko‘rsatgan Diana Yagofarova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. 24-aprel kuni aktrisa Luiza Rasulova 27 yoshni qarshi oldi. Rejissor Zulfiqor Musoqovning yangi “Kasallik tarixi” deb nomlangan filmining treyleri taqdim etildi. Raqqosa Parizoda kuzatuvchilariga hayotidagi sinovli kunlar haqida so‘zlab berdi. 24-aprel kuni uning eng yaqin insoni— buvijonisi og‘ir operatsiyani boshdan kechirdi. Taniqli aktyor Tohir Saidov ham yana bir bor bobo bo‘ldi. Sevara Soliyevaning to‘ng‘ich farzandi Sultonbek 7 yoshga to‘ldi. Aktrisa o‘g‘liga atalgan dil so‘zlarini sahifasiga yozib qoldirdi. Kinoga qaytayotgan aktrisa Diana Yagofarova turmush o‘rtog‘i hamda uch o‘g‘lini kuzatuvchilariga ko‘rsatdi. Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit hamda Fahriye Evjen muxlislariga yangi suratlarini taqdim etdi. Shukurullo Isroilov uchinchi marta bobo bo‘lgani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi. Xonanda Nargiz Zokirova marhum bastakor Ruslan Sharipov bilan to‘yi kunidagi suratni sahifasiga joyladi. “Mening birinchi to‘yim. Toshkent, 1988-yil, men dinozavrman”, — deb yozadi xonanda. Otabek Madrahimov nevarasi bilan tushgan suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova xonadonida ijodiy jamoasi uchun iftorlik tashkillashtirdi. Maryam Tillayeva kuzatuvchilariga Amerikada o‘zini erkin his qila olishi haqida so‘zlab berdi.
149
1,434
Madaniyat
“Hamma ulug‘ insonlar oktabr oyida tug‘ilgan”: Qiziqchi Obid Asomov 54 yoshga to‘ldi
Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov 21-oktabr kuni Instagram’dagi sahifasi orqali shu kuni 30 yoshga to‘lgan xonanda Munisa Rizayevaga tabrik yo‘llagan edi. “Bugun san’atimizning yana bir yorqin yulduzi, yoshlar o‘ynab o‘lib qoladigan, qarilar tushunolmay hayron qoladigan, hech kimga o‘xshamagan, faqat o‘zigagina o‘xshagan ajoyib ovoz sohibasi Munisa Rizayevaning tavallud kunlari!”, — deb boshlangan edi Obid Asomovning tabrigi. “Munisa singlim, bilib qo‘y: hamma ulug‘ insonlar oktabr oyida tug‘ilgan! Eng buyuklari esa shu 21—22-oktabr kunlarida tug‘ilgan. Seni oilamiz bilan yaxshi ko‘ramiz! Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin!”, — deya yakunlagan edi Obid Asomov o‘z tabrigini. 22-oktabr kuni esa 54 yoshga to‘lgan Obid Asomov Instagram’dagi sahifasi orqali o‘zini o‘zi tabrikladi. Tabrik matniga so‘z ustasining boshlang‘ich sinflarda o‘qiyotgan vaqtida olingan surati ilova qilingan. “Rostini aytsam, shu rasmdagi bolaga havasim kelyapti. Shu beg‘am hayot, beg‘uborlik, o‘yinqaroqlik, samimiylik, betashvish bolalikni endi milliongayam qaytara olmaymiz”, — deb yozadi Obid Asomov. “Mayli, noshukrlik bo‘lmasin. Yetkazganiga shukr! Tug‘ilgan kunim muborak bo‘lsin!”, — deb, Obid Asomov o‘ziga yozgan tabriknomasini yakunlagan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
84
1,386
Madaniyat
Qisqa fursatda mashhurlikka erishgan turk aktyori Ekin Ko‘ch (foto)
“Muhtasham yuz yil: Ko‘sem Sulton” serialidagi bosh roli bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan aktyor Ekin Ko‘ch kim? — degan savolga My Day nashri javob topishga harakat qildi. To‘liq ismi Ismet Ekin Ko‘ch bo‘lgan aktyor 1992-yilning 21-iyunida Turkiyaning Antaliya shahrida dunyoga kelgan. Otasining xizmat safarlari tufayli tez-tez maktab almashtirgan Ekin oliy ta’limni Istanbul Bilgi Universitetida olgan. Otasi turizm sohasida, onasi esa bank sohasida faoliyat olib borgan aktyorning o‘zidan besh yosh kichik bir ukasi bor. Aktyorlik sohasiga kirib kelganga endigina to‘rt yil bo‘lgan Ekin qisqa fursatda mashhurlikka erishdi. U ilk marta 2013-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Sana Bir Sır Vereceğim” (“Senga bir sirni aytaman”) serialida rol ijro etgan. Lekin serial past reyting sababli tugatildi. Uning ikkinchi ishi “Benim Adım Gültepe” (“Mening ismim Gultepe”) serialidagi roli bo‘lib, bu serial ham unga omad keltirmadi. Aktyor 2015-yilda mashhur aktrisa Neslixan Atagul bilan birga “Senden Bana Kalan” (“Sendan menga qolgan”) filmida suratga tushadi. Bu filmdan so‘ng u tanila boshlaydi, lekin unga katta omad keltirgan ishi, bu “Muhtasham yuz yil” serialining davomi “Ko‘sem Sulton” bo‘lib, bu serialdagi bosh rol uchun u hamma singari kasting orqali tanlab olingan. Aktyor shaxsiy hayotini oshkor qilmaydi. Hozirda uning hayotida kimdir bormi, yo‘qmi noma’lum. U ayni damda “Hayat Sırları” (“Hayot sirlari”) nomli serialda bosh rolni ijro etmoqda.
67
1,469
Madaniyat
Kanada bosh vaziri rasmiy uchrashuvga “Yulduzli janglar”dagi droidlar aks etgan paypoq kiyib keldi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo 4-may kuni irlandiyalik hamkasbi Enda Kenni bilan uchrashdi. Ushbu kun an’anaviy ravishda “Yulduzli janglar” kuni hisoblangani bois Tryudo uchrashuvga o‘ziga xos paypoq kiyib kelishga qaror qildi, deb xabar beradi Meduza. Uchrashuvda olingan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, Tryudoning paypoqlaridan birida R2-D2, ikkinchisida esa C-3PO droidi tasvirlangan. Tryudo paypoqlari aks etgan suratni internetga joylashtirib, unga “Bu siz qidirgan paypoqdir” degan izoh qoldirdi. Bu — saga qahramonlaridan Obi-Van Kenobining “Bu siz qidirayotgan droidlar emas” degan so‘zlariga allyuziyadir.
98
618
Madaniyat
“Komila” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video)
Alisher Navoiy nomli kino saroyida rejissor Ikrom Alining “Komila” deb nomlangan film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” uchun maxsus tayyorlangan “Premyera” loyihasi bilan mazkur premyerada mehmon bo‘ldi.
58
229
Madaniyat
Alek Bolduin suratga olish maydonchasida ikki hamkasbini otib qo‘ydi. Operator vafot etdi, rejissorning esa ahvoli og‘ir
Aktyor Alek Bolduin “Zang” (Rust) filmini suratga olish maydonchasida operator Galin Xatchins va rejissor Joel Sousga tasodifan o‘q uzdi. Suratga olish ishlari Amerikaning Nyu-Meksiko shahrida davom etayotgan bo‘lgan. O‘q uzilgan qurol rekvizit sifatida ishlatilayotgan bo‘lgan. The New York Times’ning yozishicha, bu repetitsiya yoki suratga olish ishlari davom etayotgan pallada sodir bo‘lgan. Oqibatda 42 yashar Xatchins va 48 yoshli Sous yaralangan. Nyu-Meksiko universitetining shifoxonasiga vertolyotda olib borilgan Xatchins hayotdan ko‘z yumgan. Tez yordam mashinasida Santa-Fedagi Kristus Sent-Vinsent tibbiyot markaziga yuborilgan Sousning esa ahvoli og‘ir. View this post on Instagram Politsiya xodimlarining ma’lum qilishicha, o‘q uzilishi bilan bog‘liq tafsilotlar hozircha ma’lum emas. Ayni vaqtda quroldan aynan qanday foydalanilgani va o‘qlangani aniqlashtirilmoqda. Suratga olish jamoasining a’zosi o‘z navbatida qurol o‘qsiz bo‘lgani va ishlatilganida o‘q uzilmaganini ta’kidlagan. Ma’lum qilinishicha, Bolduinni so‘roq qilish allaqachon boshlangan. 63 yashar aktyor Santa-Fe sherifining ofisi oldidan olib ketilgan. Ko‘z yoshlarini tiya olmagan Alek bu vaqtda telefonda gaplashayotgan bo‘lgan. Aktyor ko‘rsatma berishga ixtiyoriy rozi bo‘lgan, undan keyin esa hibsga olingan. Ayni vaqtda unga qarshi ayblov e’lon qilinmagan. Qayd qilinishicha, Ukrainada tug‘ilgan Galina Xatchins jurnalistika fakultetini tamomlaganidan keyin Yevropadagi hujjatli filmlarni suratga olish jarayonida tekshiruvchi-jurnalist bo‘lib faoliyat yuritgan. 2015-yilda Los-Anjelesdagi Amerika kinosan’at institutini tamomlagan. 2019-yilda Amerikaning Kinematograflar jamiyati jurnali uni kinoning dong‘i chiqayotgan yulduzlar ro‘yxatiga kiritgan. Kaliforniyalik rejissor Joel Sous esa besh nafar filmda ssenariy muallifi va rejissor sifatida ishtirok etgan. Alek Bolduinning o‘zi esa 150 dan ortiq film va seriallarda suratga tushib ulgurgan. “Perl-Xarbor”, “Uylanish odati” kartinalari mashhurlikka erishgan. “30-studiya” serialidagi roli uchun birvarakayiga uch marta “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritgan. “Zang” (Rust) mahalliy rancho boshlig‘ining tasodifiy o‘limidan keyin bobosi bilan yashirinishga majbur bo‘lgan 13 yashar bola haqida hikoya qiladi. Sous filmda rejissor sifatida ishtirok etgan. Bolduin sujetga ko‘ra bolaning buvasi, Xarland Rastning qotili va kartinaning prodyuseri sifatida qatnashgan. Undan tashqari, filmda Trevis Fimmel va Jensen Ekls ham rol ijro qilgan. Yuz bergan hodisadan keyin suratga olish ishlari to‘xtatilgan.
120
2,562
Madaniyat
“Arslon izidan” filmi iyul oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyul oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Iyul oyining birinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jahongir Ahmedovning “Onam bilmasin”, Akrom Shaxnazarovning “Hamroh” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Begunoh”, “Voydod 2”, “Shikast” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama) Rejissor – Aziz Rametov 2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya) Rejissor – Azamat Axrorov 3-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 4-o‘rin. “Onam bilmasin” (komediya) Rejissor — Jahongir Ahmedov 5-o‘rin. “Hamroh” (triller drama) Rejissor — Akrom Shaxnazarov
103
1,051
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etgani haqidagi mish-mishlar rad etildi
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etgani haqidagi mish-mishlar tarqala boshlagach, “Darakchi” gazetasi aktrisaga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatga oydinlik kiritdi, deb xabar bermoqda “12news.uz”. “Yaratganga shukr, men tirik va sog‘lomman. Biroz tobim qochgan edi, davolandim, balki shuning uchun bunday mish-mishlar tarqalib ketgandir”, − dedi go‘shakni o‘zi ko‘targan aktrisa. Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida Qoraqalpog‘istonda To‘ti momo Yusupova 135 yoshida vafot etgan edi. Gazetaning qayd etishicha, anglashilmovchilik tufayli ko‘pchilik qoraqalpog‘istonlik momoni taniqli aktrisa bilan adashtirib yuborgan.
85
623
Madaniyat
Ispaniya hukumati “Taxtlar o‘yini” suratga olingan joyga turistlar oqimi ko‘payib ketganidan xavotirda
Ispaniya rasmiylari mamlakatdagi Bask o‘lkasida joylashgan Gastelugache oroliga kelayotgan turistlar oqimining juda kattaligidan tashvishdaligini bildirdi. Orolda “Taxtlar o‘yini” serialining yettinchi mavsumida ko‘rsatilgan bir qancha sahnalar suratga olingan edi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Aytilishicha, Gastelugache orolida Ajdar toshi qarorgohining mashhur zinapoyasi joylashgan. Ikki oy ichida bu yerga 75 ming turist tashrif buyurdi. Syomkaga qadar orol turistlar orasida mashhur emas edi, bu yerga asosan kamsonli xristianlar Avliyo Ioann sharafiga qurilgan soat minorasini ziyorat qilish uchun kelardi. Mahalliy ma’muriyat vakillari odamlarning juda ko‘p miqdorda kelishi mahalliy tabiatga zarar keltiradi deb hisoblamoqda. Ayni paytda ular turistlar oqimini cheklash yo‘llarini qidirmoqda.
102
803
Madaniyat
“O‘zimga qo‘yilgan qabrtoshdayman”. Edgar Po, Silviya Plat, Frans Kafka — ruhiy muammolardan aziyat chekkan buyuklar
Ijod ahli orasida og‘ir ruhiy tushkunlikdan aziyat chekib, hatto o‘z joniga qasd qilganlar uchrab turadi. Ular o‘zidagi ruhiy g‘alayonlarni yuksak mahorat bilan oqqa ko‘chirib, butun dunyoga dong‘i ketganiga qaramay, shaxsiy hayoti havas qilarli darajada bo‘lmagan. Quyida shunday taniqli ijod kishilari haqida hikoya qilinadi. Virjiniya Vulf (1882–1941) Modern adabiyotning eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Virjiniya Vulf o‘zidan katta adabiy meros qoldirib ketgan. Boshqa tomondan, yozuvchining hayoti alg‘ov-dalg‘ov o‘tib, o‘z joniga qasd qilish bilan yakun topgan. Zamonaviy tadqiqotchilar Virjiniya Vulfning maniakal-depressiv psixozdan aziyat chekkanini aytadi. Virjiniya ziyoli oilada dunyoga kelgan. Bolaligida ko‘p vaqtini otasiga qarashli katta kutubxonada o‘tkazardi. Uyga mehmon bo‘lib kelgan qarindosh bolalar o‘sha kutubxonada Virjiniyaning o‘ziga zo‘ravonlik qiladi. U bu vaqtda endigina 13 yoshda edi. Xizmatkorlar bolalarni qizdan nari haydaydi, voqeadan xabar topgan ota-onasi esa qizdan bu voqeani hech kimga aytmaslikni iltimos qiladi. Bo‘lib o‘tgan voqea sabab ruhiy tushkunlikdan azob chekib yurgan qizga onasining o‘limi ikkinchi zarba bo‘lib tegadi. O‘shanda u ilk bor o‘z joniga qasd qilishga uringan. Umrining keyingi yillarida har xil ovozlarni eshitadigan, ko‘ziga turli sharpalar ko‘rinadigan, o‘zi bilan o‘zi gaplashadigan bo‘lib qoladi. Bir safar bu hatto ikki kun uzluksiz davom etgan. Boz ustiga, yozuvchining turmush o‘rtog‘i Leonard Vulf ham ruhiy jihatdan sog‘lom emasdi. Ular shu taqlid bir-biriga suyanib qolgandi. Virjiniya bularning hammasiga 1941-yil, 28-mart kuni nuqta qo‘yadi. Hurujlar va og‘riqlardan bezib, yuragi qon bo‘lgan adiba o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘lgan. Ushbu havola orqali uning o‘zbek tiliga tarjima qilingan bir qator ishlari bilan tanishish mumkin. Edgar Po (1809–1849)   Edgar Po ichkilik va opioidlarga qaramlikdan aziyat chekardi. Bu ham yetmagandek, shoir tiriklayin ko‘mib yuborilishdan qo‘rqar va uni gallyutsinatsiyalar bezovta qilardi. Psixiatrlar Edgarga ruhiy buzilishlar bilan bog‘liq xilma-xil tashxislarni qo‘ygan. Jumladan, o‘z joniga qasd qilishga moyillik, maniakal-depressiv psixoz, ichkilik va giyohvand moddalarga qaramlik. Yozuvchidagi ruhiy muammolar va zararli odatlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmagandi. Fojialar va iztiroblarga boy hayot unda yangidan yangi fobiyalarni shakllantirib, ruhiy ahvoliga qattiq ta’sir qilgandi. Edgar ikki yashar paytida onasi vafot etadi, otasi esa oilasidan voz kechgandi. Bolani richmondlik savdogar Jon Allan asrab oladi. Po 13 yoshidan she’rlar mashq qila boshlagan. Bolaligidan uning fe’l-atvori jo‘shqin, xatti-harakatlari g‘ayrioddiy edi. Lekin aqliy faoliyati erta rivojlangandi: savodi besh yoshida chiqqan, maktabda o‘qib yurgan vaqtlarida esa adabiyot, tarix, matematika va tabiiy fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan. Edgar 27 yoshida Virjiniya ismli qizga uylanadi va qiz yozuvchining asarlaridagi ko‘plab qahramonlarning prototipiga aylanadi. Lekin afsuski, turmush qurganlaridan so‘ng Virjiniyaga sil tashxisi qo‘yiladi. Hayotidagi shu va boshqa kulfatlardan najot topish ilinjida yozuvchi ichkiliklar, giyohvand moddalar va albatta, ijodga o‘zini uradi. Lekin mast qiluvchi vositalar adibda kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi. Natijada unda yuqorida sanalgan ruhiy zo‘riqishlar, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lgan. Shunga qaramay, u Amerika romantizmining eng yirik vakillaridan biri, detektiv adabiyot va psixologik proza asoschisi sifatida nom qozongan. Adibning o‘zbek tiliga o‘girilgan ayrim hikoyalarini ushbu havola orqali o‘qish mumkin. Frans Kafka (1883–1924) Jahon adabiyotining eng taniqli vakillaridan biri Frans Kafka juda qisqa va mashaqqatli hayotni yashab o‘tgan. Qattiqqo‘l ota, o‘zi yoqtirmagan ish, og‘ir kasallik, ishqiy munosabatlardagi omadsizliklar va o‘ziga ishonchsizlik yozuvchini og‘ir iztiroblar chohiga uloqtirgandi. 1910-yilda u o‘z kundaligiga shunday deb yozadi: Men go‘yo toshdan yaralgandayman, o‘zimga qo‘yilgan qabrtoshdayman, ma’lum bir narsa qarshisida shubha yo ishonch, sevgi yo nafrat, jasorat yo qo‘rquv uchun hatto tirqish ham yo‘q. Kafka kuchli bosh og‘rig‘idan azob chekardi. Shifokorlar buni o‘z joniga qasd qilishga majbur qiluvchi og‘riq turi ekanini aniqlaydi. Aniqroq qilib aytganda, bu kasallikka yo‘liqqan bemor kuchli og‘riqqa bardosh bera olmay, o‘zini o‘ldirishga majbur bo‘ladi. U kuniga bir necha marta, bir necha hafta va hatto oylar davomida xuruj qilib turishi mumkin. Kafka yozgan maktublar, qaydlar va kitoblarda ruhiy tushkunlik va sotsiofobiya (xatti-harakatlari jamiyat tomonidan salbiy baholanishidan qo‘rqish) alomatlari yaqqol sezilib turadi. Psixoanaliz bilan yaxshi tanish bo‘lgan adib o‘zidagi ruhiy va jismoniy azoblarga qarshi adabiy ijodni qurol qilib olgandi. Boshqa tomondan, adabiy tanqidchilar uning ijodiga juda yaxshi baho berganiga qaramay, yozuvchining o‘z asarlaridan ko‘ngli to‘lmasdi. U hatto o‘limi oldidan do‘sti Maks Brutga hali nashr qilinmagan asarlarini yoqib yuborishni vasiyat qiladi. Maks do‘stining so‘nggi o‘tinchini bajarmagan va asarlarni adib o‘limidan so‘ng e’lon qilgan. Kafkaning serqirra ijodi bilan ushbu havola orqali batafsilroq tanishish mumkin. Ernest Heminguey Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Ernest Heminguey ham o‘z joniga qasd qilib vafot etgan adiblar sirasiga kiradi. Lekin Hemingueylar oilasida u fojiaviy tarzda halok bo‘lgan yagona odam emasdi. Qanchalik g‘alati ko‘rinmasin, uning bobosi, otasi, opasi va akasi o‘z joniga qasd qilgan. Ularning barchasi nasldan naslga o‘tuvchi gemoxromatozom kasalligidan aziyat chekkan. Yozuvchi tez-tez depressiya holatiga tushib turardi. Natijada u ikki marta kasalxonaga yotqiziladi, yozish qobiliyatini yo‘qotadi. Shifoxonada shok terapiya bilan davolashga urinishlardan so‘ng ahvoli battar og‘irlashadi. Bir necha bor qonli urushlarda qatnashib, omon qolgan adib hayotini boshqa oila a’zolari kabi o‘z joniga qasd qilish bilan yakunlashga urinardi. Bir safar kasalxonaga yotqizilish arafasida to‘pponchaga yopishib, o‘zini otib tashlamoqchi bo‘ladi. Lekin do‘sti uning qo‘lidan ushlab qoladi. Yana bir safar parvoz vaqtida samolyot vinti orqali pastga sakrashga uringan. Shifoxonadan chiqqach, o‘z qurolini olib, mash’um niyatini amalga oshiradi. Yozuvchi umrining oxirlarida uni kimlardir ta’qib qilayotganidan shikoyat qila boshlagandi. Lekin atrofdagilar bu gaplarga jiddiy qarmagandi. Biroq o‘tgan asrning 20-yillarida Markaziy razvedka boshqarmasi arxividagi ma’lumotlar oshkor qilinganda haqiqatan ham maxsus xizmat xodimlari Ernest Hemingueyni uzoq yillar kuzatib yurgani ma’lum bo‘lgan. Silviya Plat (1932–1963)  Silviya bir she’rida o‘z umrini yaproq to‘kilishiga qiyoslab, Xudodan bu jarayonni tezlashtirishini so‘raydi. Bu, albatta, juda go‘zal qiyoslash. Lekin shoiraning shu va boshqa o‘tli satrlari yaralishiga turtki bergan hayotini u qadar go‘zal deb bo‘lmasdi. Tibbiyotda hatto “Silviya Plat effekti” degan tushuncha mavjud. Barcha ijodiy kasb vakillari ichida shoiralar ruhiy kasalliklardan aziyat chekishga ko‘proq moyil bo‘lishini anglatuvchi hodisa shunday ataladi. Shoiraning dadasi Otto Plat asalarichilik bilan shug‘ullanardi. Silviya uni juda yaxshi ko‘rardi. Lekin u sakkiz yoshdalik paytida Otto qandli diabetdan vafot etadi. Shundan so‘ng shoirada ruhiy muammolar yuzaga kela boshlaydi. Ayriliq qiz ruhiyatiga shu qadar og‘ir ta’sir qiladiki, onasiga endi hech qachon Xudo bilan gaplashmasligini aytadi. Uning tug‘ilgandan aqliy salohiyati ancha o‘tkir edi. Tili tengdoshlarinikidan ko‘ra ertaroq chiqqan, she’rlar mashq qilgan. Maktabda ham eng a’lochilardan biri edi. Lekin boshqa tengqurlariga qo‘shilmas va ko‘pincha tushkun kayfiyatda yurardi. Bir kuni onasi unining oyog‘i yaralanganini ko‘rib, sababini so‘raganda bu ishni o‘zi qilganini va ortiq yashagisi kelmayotganini aytadi. Shundan so‘ng Silviya bir muddat ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotib chiqadi. O‘sha vaqtlar shifokorlar bolalardagi ruhiy buzilishni faqat bitta yo‘l bilan davolashga harakat qilardi — elektroshok bilan. Qizaloq u yerda uyqi dorisiz uxlay olmaydigan bo‘lib qoladi. Vaqtlar o‘tib, Massachusets shtatidagi kollej talabasiga aylangan Silviya she’riyat bilan jiddiy shug‘ullana boshlaydi. O‘sha vaqtlari yozgan she’rlaridan biri tanlovda g‘olib chiqib, uch oy davomida Nyu-Yorkdagi “Madmuazel” jurnali muharriri sifatida ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. O‘sha yerda u o‘z dugonalarini g‘alati qiliqlari bilan hayron qoldira boshlaydi. Masalan, bir safar u qizlarning yoniga kirib, unga kiyim berib turishlarini, chunki o‘zining barcha ko‘ylaklarini derazadan uloqtirib yuborganini aytadi. Nyu-Yorkdan qaytgach, undan ham g‘alatiroq ishga qo‘l uradi. Onasiga “Sayr qilishga ketdim, tez orada qaytmayman” degan xat qoldirib, g‘oyib bo‘ladi. Lekin bir necha kundan so‘ng uyining yerto‘lasidan topiladi. U 20 ta uyqu dorisini ichib yuborgandi. Bundan ezilgan ona qizini yana elektroshok bilan davolanishga majbur qiladi. Plat keyin shoir Ted Hyuz bilan oila qurib, bir nechta farzand ko‘radi, lekin baxtli bo‘lib keta olmaydi. 30 yoshida o‘z joniga qasd qiladi. Feministlar shoiraning o‘limida erini ayblaydi. Lekin Ted o‘zini “turmush o‘rtog‘ining fojiasida asosiy erkak rolini ijro etgan chorasiz kuzatuvchi va maneken” bo‘lganini aytadi.
116
9,266
Madaniyat
Aktrisa Frensis Makdormandning “Oskar”ini o‘g‘irlashga urinishdi
Los-Anjeles politsiyasi aktrisa Frensis Makdormandning “Oskar” haykalchasini o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan erkakni hibsga oldi. Bu haqda shahar politsiyasi rasmiy vakili Rosario Erreraga tayanib, Associated Press agentligi xabar berdi, deb yozadi Meduza. Gumonlanuvchi Terri Brayant bo‘lib, u 47 yoshda. Politsiya taxminiga ko‘ra, u Makdormandning mukofotini Gubernator bali vaqtida o‘g‘irlagan. Bal “Oskar” mukofoti bilan taqdirlash marosimidan so‘ng an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. Uni hibsga olgunlariga qadar, gumonlanuvchi Facebook’ga video joylashga ulgurgan. Unda “Oskar”ni ko‘rsatib, bu uning mukofoti ekanligini ma’lum qilgan. Keyinroq Brayant 20 ming dollar garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan.
64
706
Madaniyat
Rajab Adashev nabirasining nikoy to`yini hamda nahorgi oshni ixcham o`tkazganini ma`lum qildi
O`zbekiston xalq artisti Rajab Adashev nabirasini nikoh to`yini ham, nahorgi oshni ham ancha ixcham o`tkazganini ma`lum qildi. Bu haqda aktyor «Sug`diyona» gazetasiga bergan intervyusida ma`lum qildi. Aktyor suhbat davomida «Sug`diyona» gazetasi muxbirining «nabira kuyov bilan suhbatlashdingizmi», degan savoliga ham javob bergan.
93
331
Madaniyat
O`Sh ShAHRIDA O`ZBEKISTON MADANIYaTI KUNLARI BO`LIB O`TDI
7 oktyabrda Qirg`iziston Respublikasi O`sh shahrining markaziy kinoteatrida O`zbekiston Respublikasi tomonidan tashrif buyurgan xalq sevgan san`at ustalari katta konsert dasturi bilan o`z muxlislarini xushnud etishdi... markaziy teatr binosi oldida besh mingga yaqin shaharliklar yig`ildi, ular ushbu madaniyat kunlarini shu qadar sog`inch bilan kutishganini so`zlashdi.
57
375
Madaniyat
Surxondaryoda Saljuqiylar oltin dinori topildi
Termiz tumani Do`stlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliev bog`ni sug`orish chog`ida erdan sariq metall parchasini topib, Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qiladi. Bu haqda Turizim va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.   Muzey va viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlaridan iborat guruh topilma aniqlangan joyga borib, qazilma maydonini dastlabki  ish jarayonin olib borgan.  Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalari topilgan. Ulkan Eraliev qimmatbaho topilmani belgilangan tartibda Termiz arxeologiya muzeyiga topshirdi, shundan so`ng unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq to`lab berildi. Muzey direktori boshchiligidagi muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan o`tkazildi. – Oltin dinorning old tomonida muzey numizmati doktoranti Mansur Normo`minov “Alloh” va “Muhammad” so`zlarini, shuningdek, arab alifbosining ayrim harflarini o`qishga muvaffaq bo`ldi.  Tanganing orqa tomonidagi matn deyarli o`chib ketgan.  Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning og`irligi 1,92 grammni tashkil qilgan.  Ma`lumki, musulmon mamlakatlarida tilla tangalar “dinor”,   kumush tangalar “dirham” deb atalar edi, – deydi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Tursunali Qo`ziev.
46
1,304
Madaniyat
Mavluda Asalxo‘jayeva: Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish to‘g‘ri keladimi?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva to‘ylarga uning shogirdi sifatida borib, fonogrammaga og‘iz qimirlatib pul ishlayotgan “qiyofadoshi”dan nolidi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”. Bu kim? Buni qayeri menga o‘xshaydi. Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish to‘g‘ri keladimi? Bu yigit to‘ylarda mening qo‘shiqlarimga og‘iz qimirlatib, o‘zicha Mavluda Asalxo‘jayevaning shogirdiman, deb yurganidan keyin ustidan arz qildim, men bunga ruxsat bermaganimni aytdim. O‘sha kuniyoq uyimga kelib kechirim so‘radi. Bolam bor, olib qo‘ygan to‘ylarim bor, ustimdan shikoyat qilmang deb yalindi. O‘shanda meni parodiya qilishiga ruxsat bermadim. Ammo bu yigit gaplarimdan to‘g‘ri xulosa qilgani yo‘q. Haligacha biz qilgan mehnatning ortidan pul topib yuribdi. Gap pulda emas, gap meni parodiya qilayotganida ketyapti. Qancha muxlislarimiz undan norozi. O‘zingiz ayting, men unga o‘xshab o‘ynaymanmi, unga o‘xshab bejalib pardoz qilamanmi. Uning qilayotgan ishi musulmonchilikka ham to‘g‘ri kelmaydi. Har kuni odamlar nega shunga ruxsat berib qo‘ygansiz, degan gaplarni aytishadi. Takror aytaman, men bu yigitning meni parodiya qilishiga umuman ruxsat bermaganman. Yana Mavluda Asalxo‘jayeva bu boladan har oy 800 dollar pul oladi, shuning uchun hech narsa demaydi, degan gaplarni ham tarqatishibdi. Menga bu yigitdan hech narsa kerakmas. Nima uchun biz falon ming dollar pul sarflab yozgan qo‘shiqlarimiz, kliplarimiz orqasidan to‘yga kirib likkillab oson pul topishi kerak. Axir mehnatni kim qilyapti. Na san’at sohasida diplomi va na ‘O‘zbeknavo’dan litsenziyasi bor uning. Axir, qachongacha indamay yurishim mumkin. ‘O‘zbeknavo’dagilar ham bu haqda aytgandim, chaqirishdi lekin bu yigit o‘zgarmadi. Men bilan yaqin qo‘shiqchilarga borib dardini dasturxon qilibdi. O‘rtaga ularni qo‘yishga ham harakat qildi. Uyimga kelganida yo‘q deb aytgandim. O‘shanda suratga tushib suratni hammaga tarqatibdi meni ustozim deb. Meni bunaqa shogirdim yo‘q. U qilayotgan ishidan uyalmasa ayol kishi bo‘lib men uyalyapman. Mavluda Asalxo‘jayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevani parodiya qilib, to‘ylarga chiqayotgan yigitning ismi Bobur bo‘lib, u shou-biznesga daxldor ko‘plab taqdimotlarda, yig‘in va tadbirlarda ham ishtirok etadi.
102
2,287
Madaniyat
Habibulla Nizomov: “Baron 2” filmiga chaqirishmadi, chaqirishganda ham bormasdim (video)
Aktyor Habibulla Nizomov  “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmida rol ijro etgan Habibulla Nizomov “Baron 2” filmida rol ijro etmayotgani haqida gapirib berdi. “Meni filmga oling”, deb borishim kerak emas-ku. Agarda chaqirishgan taqdirda ham “Baron 2” filmida rol o‘ynamasdim. Chunki yana shunaqa o‘zbeklar “buzg‘unchi”, o‘zbeklar “terrorist”, yana xuddi shu mavzuni ko‘ryapmiz. Instagram’da ko‘rgandim, qora ro‘mol o‘ralgan, soqol qo‘ygan, qo‘lida qurol. Nima bo‘lishi mumkin? O‘zbekni yuksakka ko‘taradigan film bo‘lganiga siz ishonasizmi? Men ishonmayman! Yana xuddi shu mavzu! Moskvaga borganimda, pasport nazoratiga o‘zbek pasportini ko‘rsatganimda, meni ochiq chehra bilan kutib olgan qiz, pasportimni ko‘rgach, muomalasi ham, yuzi ham o‘zgardi. Nima sabab?! Chunki biz o‘zimizni yomon ko‘rsatib yuribmiz. Ko‘pchilik kino tarbiyalamaydi, fikrlarni o‘zgartirmaydi, deydi. Qanday o‘zgartirmaydi?! Nima uchun bolaligimizda qo‘limizda avtomat bilan o‘ynab yurganmiz? Sababi o‘sha paytlar urush haqidagi filmlar ko‘p bo‘lardi. “Jumong” nomli film bo‘lardi. O‘shanda  men “O‘rikzor” bozorida ishlardim. Bozorga kelganlar farzandi uchun “qilich” ko‘tarib chiqib ketardi. Bu albatta ta’sir ko‘rsatish! Misol uchun, ochiq-sochiq yurish qayerdan kirib keldi?! Meksika seriallaridan ta’sirlanib kirib keldi. Demak, kino, televideniye buzishga xizmat qilyaptimi, qilyapti! Film ishlashda mas’uliyatli bo‘lish kerak deb o‘ylayman. Chunki bu tarixda qoladigan narsa. Kimgadir “yaxshi ko‘rinaman”, yoki “qanaqadir unvon olaman”, deb O‘zbekistonda bo‘lgan voqealarni buzib ko‘rsatishdan hech qanday manfaat bo‘lmasligi kerak. Rejissor xolis odam bo‘lishi kerak. Yoki asarni yozgan odam xolis bo‘lish lozim. Habibulla Nizomov, aktyor
88
1,836
Madaniyat
Namanganda Chust do‘ppisi va pichoqlariga oid xalqaro muzeylar tashkil qilinadi
Chust do‘ppido‘zlik madaniyati va pichoqchilik san’atini keng targ‘ib qilish, tumanning turizm salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik tamoyillari asosida “Chust do‘ppisi” va “Chust pichoqlari” xalqaro muzeylari tashkil qilinadi. Bu haqda Namangan viloyat turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Jumaboyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev. Hozirda ushbu muzeylar hamda “Chust oshi” markazini tashkil qilish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilmoqda. Tuman markazidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan hududdan yer uchastkasini ajratish masalasi hal etilmoqda. Respublikada ilk innovatsion turizm maskanlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan ushbu majmuani barpo etishga “Asaka bank” tomonidan imtiyozli kredit ajratiladi. “Muzeylarni turli pavilyonlarga ajratgan holda xorij mamlakatlarining bosh kiyimlari, O‘zbekiston hududlaridagi turli bosh kiyimlar va pichoqlar, markaziy pavilyonda Chust do‘ppisining va pichoqlarining tarixi, tayyorlash jarayoni namoyish etiladi hamda hunarmandchilik mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, sayyohlarni tumandagi do‘ppido‘zlar va pichoqchi ustalar mahallalari, Mavlono Lutfiy bog‘i, Bibi ona va boshqa ziyoratgohlar, Teshiktosh manzili va kuzatuv maydoniga ega qoyatoshlarga sayohatlarini uyushtirish choralari ko‘riladi”, — deydi Dilmurod Jumaboyev. Jumaboyevga ko‘ra, Chust tumanidagi do‘ppido‘zlik maktabi va pichoq yasash san’atini YuNESKOning nomoddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritish yuzasidan ham amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
79
1,600
Madaniyat
Maykl Jeksonning otasi Jozef Jekson vafot etdi
Maykl Jeksonning otasi, musiqiy menejer Jozef Jekson 89 yoshida vafot etdi, deb yozadi Meduza. Jozef Jekson o‘zining to‘qqiz nafar farzandlari ishtirokidagi musiqiy loyihalarning ilk menejeri bo‘lgan, ular orasida Maykl Jekson va Janet Jekson bolalik va o‘smirlik chog‘larida kuylagan “Jackson 5” guruhi ham bor. Jozef Jekson o‘z farzandlarining ilk muvaffaqiyatlari sababchisi bo‘lgan, ammo ularning ba’zilari keyinchalik otasi ularga bosim o‘tkazgani, zo‘ravonlik qilgani va holdan toyguncha ishlashga majbur qilganini aytgan.
46
529
Madaniyat
Shodiya Abduqodirova: Bitta ampluada qolib ketgan aktrisa, deyishlarini xohlamayman
Jurnalist Mirolim Isajonov O‘zbek Milliy akademik drama teatrining iste’dodli aktrisasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shodiya Abduqodirova (To‘xtayeva) bilan suhbat uyushtirdi. —Shodiya opa, bugun texnika-texnologiya rivojlanayotgan tahlikali, globallashuv davri har bir insondan ayniqsa, ota-otalardan farzand tarbiyasida yanada mas’uliyatli va e’tiborli bo‘lishni taqozo etmoqda. Siz ayni XXI asrda farzandlaringizni nimalardan himoya qilishga harakat qilasiz? —Hozirgi nihoyatda murakkab davr, taraqqiyotning jadal sur’atlarda davom etishi, axborot doirasining kengligi har bir ota-onani sergak bo‘lishga undayotgani hech birimizga sir emas. Men ham barcha onalar singari o‘g‘il va qizimni yomon illatlardan himoya qilishga intilaman. Bor e’tiborimni ularning dunyoqarashi va ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qusurlardan, asosiysi esa tarbiyasizlikdan asrashga qaratganman. Sababi odamzotning qilgan barcha hatti-harakati baribiram uning tarbiyasiga borib taqaladi. —Odatda endi tanilayotgan aktyorlar salbiy rollarni ijro etishga hayiqishadi va uni rad etishadi. Siz talabalik chog‘ingizdanoq, bunday obrazlar yaratishdan qo‘rqmaganmisiz? —To‘g‘ri, salbiy rol o‘ynashdan oldin biroz ikkilangan paytlarim bo‘lgan, ammo hech qachon cho‘chigan emasman. Meni elga tanitgan va aktyorlik mahoratimni ochib berishimda muhim ahamiyat kasb etgan “Qaytar dunyo” serialidagi Mashhura rolimni talqin qilayotgan paytimda ham “Ertaga tomoshabinlar qanday fikr bildirarkin?”, degan savol tug‘ilmagan. Xohish va o‘zimga nisbatan ishonchning kuchliligi tufayli oliygohning 3-bosqichida tahsil olsam-da, Mashhuraning ichki dunyosini ochib berishga, tomoshabinlarga yetib boradigan darajada o‘ynashga astoydil intilganman. Aslida salbiy rolni o‘ynash uchun ham aktyor shaxs sifatida shakllangan, salbiy insonga bo‘lgan qarashlari yuksak bo‘lishi lozim. Qarashi shakllanmagan aktyor hech qachon salbiy rolni ishonarli va ta’sirli qilib o‘ynay olmaydi. Salbiy obrazning shunisi qiyinki, unda oltin o‘rtalikni topishingiz kerak va bu biroz qiyin jarayon. Rolingiz me’yoriga yetmay qolsa, “O‘ynashni bilmabdi”, deyishadi. Oshirib yuborsangiz esa “O‘xshamabdi, bo‘rttirib yuboribdi”, deb baho berishadi. Ijobiy rolda o‘zingizni olib chiqib, ya’ni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha o‘ynayverasiz. Men uchun rolning ijobiymi, salbiymi qizig‘i yo‘q. Aktyorning izlanishi, mehnat qilishi muhimroq. Rol’ tanlashga aktyorning haqi yo‘q, deb o‘ylayman. Asosiysi u o‘zi yaratayotgan rolning qolipiga tushishi va tomoshabinni ishontira olishi kerak. —Kitobxon aktrisalardan ekanligingizni nafaqat san’at sohasi vakillari, balki ijodingizga befarq bo‘lmagan tomoshabinlar ham yaxshi bilishadi. Siz aktyorning kitob o‘qish masalasiga qanday qaraysiz? —Bilasizmi, kitob aktyor uchun suv va havodek zarur. Boshqa kasb egalaridan ham ko‘ra ko‘proq ijod kishisiga kitob o‘qish juda ham muhim va majburiy mashg‘ulot, deb o‘ylayman. Biz aktyorlar mutolaa bilan shug‘ullanmasak, fikrlashdan to‘xtab qolamiz. Agar aktyor o‘z ustida ishlamasa, ma’naviy dunyosini kengaytirib, uni oziqlantirib bormasa, boshqa kasb egalaridan nima farqi qoladi?! To‘g‘ri, sahnaga chiqqanda yoki ekran tugmachasi bosilgach, tayyor ssenariyni yodlab aytib berish qiyinchilik tug‘dirmasligi mumkin, biroq, aktyor sifatida qahramonning so‘z, holat va sharoitiga shaxs sifatida munosabat bildirish lozim. Har bir aktyor o‘z “men”iga ega bo‘lishi, shaxs sifatida shakllanishi kerak. Shundagina u o‘ynagan rollar tabiiy va ishonarli chiqadi. Bu borada esa kitob va mutolaa katta ahamiyatga ega. O‘zim hozir ham farzand tarbiyasidan ortinib, har bir kunimni mutolaa bilan o‘tkazishga harakat qilaman. Ba’zan katta-katta romanlarni avvalgidek, bemalol va hotirjamlikda o‘qiy olmasam-da, kasbimga oid adabiyotlarni, kichik-kichik hikoyalarni mutolaa qilaman. Gohida audio disklar orqali eshitib, elektron variantlarini ham o‘qib turaman. —Kitob javoningizda qayta o‘qish uchun o‘zingizda kuch topolmaydigan asarlar ham bormi? —Judayam ajoyib va qiziq savol bo‘ldi-ku (samimiy kuladi). Mutolaa qilishim qiyin bo‘lgan asarlar ko‘plab topiladi. Tabiatan kayfiyatimga qarab, kitob o‘qish odatim borligi uchun hatto yillar davomida oxirigacha o‘qib tugata olmagan romanlarim ham bor. Avvaldan Dostoyevskiy ijodiga befarq emasman. Ko‘plab asarlarini qayta-qayta o‘qib, o‘zim uchun ko‘p narsalarni kashf qilaman. Ammo negadir “O‘smirlar” romanini hech oxirigacha o‘qib, tugatolmayman. Kamyu asarlarini ham mutolaa qilish men uchun biroz qiyinroq. Shu sabab uning ijod namunalarini audio holatida eshitishni qulay, deb hisoblayman. —Yillar o‘tib, Shodiya Abduqodirovani tomoshabinlar nima deb eslamasliklarini istaysiz? —Bitta ampluada qolib ketgan aktrisa, deyishlarini xohlamayman. Deylik, aktyor biror roli bilan shuhrat qozonsa, u butun ijodi davomida qancha ko‘p va turfa rollar o‘ynamasin, baribir tomoshabin uni ilk rolidek qabul qilolmaydi. Xalqimiz meni faqat salbiy rollar ijrochisi sifatida taniydi. Butun ijodiy faoliyatim mobaynida ilk rolimning soyasida kolib ketishni istamasdim. —Sizningcha, kinofilm yoki sahnada baxtli ayol rolini ijro etish qiyinmi yohud baxtsiz ayol obrazini? - (o‘ylanib) Aslida har bitta rolni o‘ziga yarasha tosh-tarozisi bo‘ladi. Aktyor hamma rolni o‘zidan kelib chiqib o‘ynaydi. O‘sha paytdagi kayfiyati va yashash tarzi ham katta ahamiyat kasb etadi. Sababi kinoda aktyor xohlasa, xohlamasa birinchi o‘rinda uning ko‘zi gapirib, tomoshabinga barcha narsani ro‘yi-rost aytib turadi. Agar aktrisa hayotda baxtsiz bo‘la turib, ekranda baxtli ayol obrazini yaratsa, uni ko‘zi albatta, sotib qo‘yadi. Baxtli ayol rolini o‘ynasa ham ijrosi ishonarli chiqmaydi. To‘g‘ri, aktyor plastilin. U turli rollarni talqin qilishi mumkin. Biroq ko‘p hollarda shaxsiyatdan ham qutilib bo‘lmasligini unutmaslik kerak. —Jurnalistlar bilan murosasizlikka borishingiz mumkinmi? - Mumkin. Bunday holatlar juda ko‘p sodir bo‘ladi. Jurnalistika kasbining mas’uliyati cheksiz. Agar aktyor ko‘proq adabiy, badiiy adabiyotlarni o‘qisa, jurnalist esa keng qamroqli kitoblarni mutolaa qilib, ba’zasini to‘ldirib borishi hamda yangilab turishi kerak. O‘z ustida ko‘p ishlagan, o‘qigan, saviyasi baland, ma’naviy dunyoqarashi yuksak jurnalist hamisha suhbat jarayonida mot bo‘lib qolmaslikka intiladi va suhbatdoshini to‘g‘ri tushunib, uning fikrlarini muxlislarga yetkazib beradigan darajada ro‘yi-rost talqin qila oladi. Afsuski, ba’zan fikrlash doirasi tor va sayoz hamkasblaringiz bilan muloqotda bo‘lib qolaman. Suhbat gazeta yohud jurnalda chop etilganida, uni o‘qisangiz siz aytgan fikrlar mujmal va tarqoq holatda, aktyorlikdan butunlay yiroq bo‘lgan insonning tilidan yozilgan bo‘ladi. Jurnalist nafakat informatsiya yetkazib berishi, balki suhbatdoshining harakteri, qalb qo‘rini to‘laqonli ochib bera olishi kerak, deb bilaman. Istardimki, sharafli va shu bilan birga o‘ta mas’uliyatli kasbning aksariyat vakillari yanada o‘z ustida ishlab, izlanishsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.
83
6,967
Madaniyat
“Maugli” yana ekranlarga qaytmoqda
“Maugli” filmining yangi talqini ijodkorlari filmning ilk talqinini taqdim etdi hamda uning qachon ekran yuzini ko‘rishini ham ma’lum qildi, deb xabar beradi Euronews. “Anons ancha qayg‘uli va keskin chiqdi. Kartinaning o‘zi ham xuddi shunaqa”, — deydi film ijodkorlari. Rejissor Endi Serkisning qayd etishicha, ushbu film “Maugli” haqidagi avvalgi filmlarga nisbatan qayg‘uliroq bo‘ladi. Yangi “Maugli”da bosh rollarni Roen Chand, Keyt Blanshet, Benedikt Kamberbetch va Kristian Beyllar ijro etgan. AQShda film namoyishi 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
34
552
Madaniyat
Instagram: Alisher Uzoqovning qiyofadoshini uchratgan Yigitali Mamajonov, Afruzaga syurpriz uyushtirgan sariq bola, G‘ayrat Usmonov oilasidagi judolik
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Dilnoza Kubayeva sahifasiga yangi suratini joylashtirdi. Aktrisa surat izohiga chiroyli she’r ham yozdi. Yulduz Usmonova opa-singillari uchun o‘z qo‘llari bilan ovqat tayyorlab berdi. Shohjahon Jo‘rayev Rayhon bilan tushgan suratini folloverlariga ko‘rsatdi. Xonanda Ziyoda qanday qilib qisqa fursat ichida 11 kilogramga ozgani haqida so‘zlab berdi. U asosan sog‘lom turmush tarzi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Turk aktrisasi Fahriye Evjen folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Jizzaxga ko‘pkariga borgan Yigitali Mamajonov u yerda aktyor Alisher Uzoqovga o‘xshagan chavandozni uchratdi. Zarina Nizomiddinova muxlislariga Yangi yil bayrami bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdi. Munisa Rizayeva chet elga dam olish uchun uchib ketayotganini ma’lum qildi. Xonanda G‘ayrat Usmonovning onasi vafot etdi. 2-dekabr kuni xonanda Afruza tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. U “Sariq bola pitssa”ga tashrif buyurganida Jahongir Xo‘jayev xonandani chiroyli tarzda tabrikladi. “San’at” guruhi xonandasi Mirjamol Abduqodirov qizini uzatdi. To‘yda taniqli san’atkorlar xizmatda bo‘ldi. To‘ti Yusupova milliy teatrga tashrif buyurib, hamkasblari bilan uchrashdi.
150
1,300
Madaniyat
Qo‘shiqchi Shakirani soliqlarni to‘lamaganlikda ayblashdi
Barselona prokuraturasi kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakiraga qarshi da’vo qo‘zg‘adi. Bu haqda El Pais xabar berdi. Soliq xizmatining tekshiruvi vaqtida aniqlanishicha, 2012, 2013 va 2014-yillarda qo‘shiqchi Ispaniyada bir yilda 183 kundan ortiq yashagan va bu davrda olingan daromadidan soliq to‘lamagan. Shakiraning jami qarzi 14,5 million yevroni tashkil qiladi. Inspektorlarning ma’lum qilishicha, qo‘shiqchining mamlakatdan tashqariga safarlari ish bilan bog‘liq bo‘lgan va uzoq davom etmagan. Qolgan boshqa vaqtlarda u Ispaniyada yashagan va futbolchi Jerar Pike bilan Barselonada uy sotib olgan. Qo‘shiqchining vakili ta’kidlashicha, Shakira Bagama orollarining soliq rezidenti hisoblanadi va u yerda Argentinaning sobiq prezidenti Antonio de la Ruaning o‘g‘liga tegishli uyni sotib olgan.
57
793
Madaniyat
“Yeralash” asoschisi o‘zidan 35 yosh kichik aktrisa bilan to‘yiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
“Yeralash” kinojurnalining badiiy rahbari 66 yoshli Boris Grachevskiy sevgan qiziga oila qurishni taklif qildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi. Boris Grachevskiy 31 yoshli Yekaterina Beloserkovskayaning tug‘ilgan kunida unga uzuk hadya qildi. Grachevskiy hamda aktrisa va qo‘shiqchi Yekaterinaning ishqiy munosabatlari haqida bir necha oy avval ma’lum bo‘ldi. Rejissorning birinchi xotini, teleboshlovchi Anna Panasenko bilan ajrashganligiga bir yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Ularning nikohida qizi Vasilisa dunyoga kelgan. Qizcha onasi bilan “Yeralash”ning asoschisi ajrashgandan so‘ng ularga olib bergan uyda yashaydi va tez-tez otasi bilan uchrashib turadi.
88
664
Madaniyat
“Havas” guruhi xonandasi Qahramon G‘ulomjonov Hindiston hukumati e’tirofiga sazovor bo‘ldi
“Havas” oilaviy guruhi a’zosi, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Qahramon G‘ulomjonov Hindiston Respublikasi hukumatining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi. Ko‘plab xalqaro tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelayotgan yosh xonanda o‘tgan yilning 2-oktabr kuni Dehli shahrida hind xalqining ozodligi va mustaqilligi uchun kurashgan taniqli davlat va jamoat arbobi Mahatma Gandi tavalludining 150 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etib, 47 ta davlatdan tashrif buyurgan san’atkorlar orasida Mahatma Gandining sevimli “Vaishnava Jana To” qo‘shig‘ini kuylagandi. Uning mazkur ijrosi hindistonliklar va xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi hamda unga yanvar oyining ilk kunlarida Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svarajning tashakkurnomasi topshirildi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, Qahramon G‘ulomjonov 2016-yil dunyoning 67 davlatidan ishtirok etgan 120 nafar qatnashchi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan hindistonlik mashhur rejissor va teleboshlovchi Karan Joharning “Dil Hai Hindustani” xalqaro ko‘rik-tanlovida oltin diskni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, u oila a’zolaridan tarkib topgan “Havas” oilaviy guruhi bilan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash yo‘lida Mumbay, Panjob, Kimbataroye, Dehli, Agra singari o‘ndan ortiq shaharlarda yigirmadan ziyod katta konsertlar o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.
90
1,430
Madaniyat
Nilufar Usmonova qizining yangi suratlari bilan bo‘lishdi (foto)
Joriy yilning 6-mart sanasida uch o‘g‘ildan so‘ng qiz farzandini dunyoga keltirgan Nilufar Usmonova qizalog‘ining ulg‘ayish pallasini ijtimoiy tarmoqda o‘z muxlislari bilan baham ko‘rib boradi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qizi — Sa’diyaxonning yangi suratlarini joyladi.
64
307
Madaniyat
Lola Karimova-Tillayeva Venetsiya kinofestivalida: Mirzo Ulug‘bek haqidagi film “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi (foto)
Xalqaro Venetsiya kinofestivalida o‘rta asrlar buyuk allomasi va mutafakkiri Mirzo Ulug‘bekning hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominatsiyasida nufuzli “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi. Film prodyuserlari — Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillyayev, rejissor — Bahodir Yo‘ldoshev. Ushbu kinolenta shu yilning iyul oyida Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan kinofestivalda ham eng yaxshi hujjatli film sifatida g‘olib bo‘lgan edi.
120
632
Madaniyat
Madaniyat vazirligi maxsus to`plam yaratdi, endilikda bog`chalarda maqom va milliy kuylar qo`yiladi
Ushbu loyiha Madaniyat hamda Maktabgacha ta`lim vazirliklari o`rtasida imzolangan Memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.  Madaniyat vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to`plam yaratgan. Bunda bolalarni muntazam maqom kuylari bilan bahramand etish rejalashtirilgan. Bolalarga ularning tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan me`yor asosida maqom kuylari qo`yib beriladi.
99
436
Madaniyat
Xonanda Munisa Rizayeva “bir marta va bir umrga” turmushga chiqishini ma’lum qildi
Xonanda Munisa Rizayeva qachon va kimga turmushga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasiga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda. “Nasib qilsa, albatta turmushga chiqaman va bundan hech kim bexabar qolmaydi. Men turmush, oila masalasiga jiddiy qarayman. Bir marta va bir umrga turmushga chiqaman”, – dedi Munisa Rizayeva. “Yuragim jiz etishi, chindan ham sevib qolishim kerak, deb aravani quruq olib qochadiganlardan emasman. Avvalo, meni va men sevgan insonning dunyoqarashi, o‘ziga ishonchi, sabr-toqati, aql-zakovati menikidan kuchli bo‘lishi lozim”, – dedi xonanda. Munisa Rizayevaning ta’kidlashicha, unga “bir qarashning o‘zidayoq gapini o‘tkaza oladigan, oilada haqiqiy bosh bo‘ladigan turmush o‘rtoq” kerak. Xonandaning qo‘shimcha qilishicha, “san’at hayotining bir bo‘lagi bo‘lsa ham” oila, farzandlar uchun “o‘ylab o‘tirmay san’atidan voz kechgan bo‘lardi”.
82
879
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” seriali haqida hatto uni tomosha qilganlar ham bilmaydigan 9 ta fakt
Turk seriallari qamrovi va qiziqarli sujeti bilan tomoshabinlar qalbidan joy olganiga ancha bo‘ldi. Ammo ulardan biri shu qadar mashhur bo‘ldiki, u turk kinosanoatining doimiy yulduziga aylandi. Albatta, gap “Muhtasham yuz yil” seriali haqida ketmoqda. “Muhtasham yuz yil” serialning maxsus janri – diziga mansub Dizi (tur. dizi — “serial”) — keng ko‘lamli epopeya bo‘lib, uning har bir epizodi taxminan 2 soat davom etadi. Har bir serialning o‘ziga xos saundtreklari bo‘lib, unda 50 tagacha bosh qahramon bo‘lishi mumkin. Bunday seriallarning aksariyati turk madaniyatini aks ettiradi. Odatda epizodlar tig‘iz ish jadvalini hisobga olgan holda haftada 6 kun Istanbul markazida suratga olinadi va ijodiy guruh kuniga 18 soatgacha ishlashi mumkin. Hozirgi kunda haramga har kim tashrif buyurishi mumkin “Muhtasham yuz yil”ning barcha asosiy intrigalari sulton haramida sodir bo‘ladi. Haram esa sulton yashagan, elchilarni qabul qilgan va davlat ishlarini hal qilgan To‘pkapi saroyida joylashgan. Hozirda binoda muzey va arxiv bor, saroyning o‘zi hamma uchun ochiq. “Muhtasham yuz yil” e’tirof bilan birga ko‘plab tanqidlarga uchragan Mashhur bo‘lishiga qaramay, Turkiyaning o‘zida bu serial sulton Sulaymon obrazini buzib ko‘rsatgani uchun tanqid qilingan. Ko‘plab tomoshabinlar hukmdorning shaxsiy hayoti tasvirlanganidan g‘azablanib, norozi bo‘lishadi va kiyim-kechaklarni juda ochiq deb tanqid qilishadi. Serial madaniy yo‘nalish — ottomaniyaning bir qismidir “Muhtasham yuz yil” boshqa seriallar singari turk madaniyatini ommalashtirishdan iborat bo‘lgan ottomaniya bilan bog‘liq. Bu Usmonlilarning pazandachilik kitoblarini keng yoyish, Usmonli uslubidagi hammom uchun rakovinalar uslubi, turkiy xattotlikda yozilgan to‘y taklifnomalari, tarixiy bichimlardan ilhomlangan bayram liboslari va boshqalar bilan bog‘liq. Serial Maryam Uzerli uchun najotga aylangan Xurram obrazini yaratgan Maryam Uzerli serial haqida shunday deydi: “O‘sha vaqtda tayinli ishim yo‘q edi, ijara haqini qanday to‘lashni bilmasdim. Serialda o‘ynay olaman deb umid qilgandim. O‘sha paytda men “Muhtasham yuz yil”ning muvaffaqiyati haqida hech qanday tasavvurga ega emasdim, hech kim voqealar qanday bo‘lishini bilmas edi. Faqat mendan talab qilinadigan narsalarga e’tibor qaratdim va Xurram rolini gavdalantirdim. Ssenariyni o‘qib, qahramonim boshidan kechirgan his-tuyg‘ulardan hayratda qoldim”. Ibrohim posho hech qachon sultonning singlisiga uylanmagan Serialning eng ta’sirli va yurakni ezuvchi hikoyalaridan biri — vazir Ibrohim posho va sultonning singlisi Xadiche o‘rtasidagi sevgi hikoyasidir. Biroq bu narsa tarixchilarning g‘azabini keltiradi, chunki real hayotda sulton Sulaymon Ibrohim poshoni Istanbul elitasining hukmron tabaqasiga mansub juda badavlat va mashhur oiladan bo‘lgan qizga uylantirgan. Ibrohim Xadiche sulton bilan oila qurmagan. Tarixning guvohlik berishicha, 1524-yilning may oyida Sulaymon haqiqatan ham Ibrohim va uning kelini uchun ikki haftalik ajoyib to‘y qilib bergan, faqat kelin boshqa qiz edi. “Muhtasham yuz yil” liboslari dabdabali, ammo tarixni aks ettirmaydi “Muhtasham yuz yil”dagi liboslar juda yaxshi o‘ylangan va tikilgan, ammo ular Usmonli davri modasi bilan bog‘liq emas. Haramda ayollar korsetli, ochiq ko‘ylaklarni kiyishmagan va kiyish ham mumkin emas edi. Ular ustlariga keng kaftanlar ilib, shalvor kiygan. Serialda bizga ko‘rsatilgan liboslar o‘sha davrdagi fransuz modasiga yaqinroq. Kutilmagan holatlar tufayli Xurram roli uchun yangi aktrisa qidirilgan “Muhtasham yuz yil” filmining prodyuserlari suratga olish jarayonida kutilmagan muammoga duch keladi. Tomoshabinlar qalbidan joy olgan Maryam Uzerli to‘satdan loyihani tark etib, suratga olish guruhini hayratda qoldiradi. O‘sha paytda u 100 ta epizodda o‘ynagandi. U juda kam gonorar tufayli ketgani haqida mish-mishlar tarqaladi. Ammo aktrisaning sevgilisi Maryamning sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lgani va ishidan charchaganini aytadi. Shifokorning ma’lumotnomasi bo‘lishiga qaramay, prodyuserlar bunga ishonmaydi. Shuning uchun 103-qismdan boshlab, keksa Xurram rolini aktrisa Vahide Perchin o‘ynaydi, u atigi 32 epizodda o‘ynagan bo‘lsa-da, rolini a’lo darajada ijro etadi. Afsonaviy serialni yaratish jarayoni haqida alohida film suratga olinadi “Muhtasham yuz yil” filmi ekranlarga chiqqandan so‘ng, serial qanday yaratilgani haqida film ishlanadi. U loyiha ustida ishlash jarayoni haqida batafsil ma’lumot beradi va ko‘rsatadi. Filmda serial muxlislari suratga olish muhitini his qilishlari, shuningdek, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan aktyorlarning eksklyuziv intervyularini eshitishlari mumkin. Filmda hayratga soluvchi hisob-kitoblar ham mavjud. “Muhtasham yuz yil”ning suratga olish maydoni 4 ming kvadrat metrni tashkil etgan. Suratga olish guruhida 130 kishi, 25 nafar liboslar dizayneri bo‘lib, 50 ming metr mato, 1000 ta qilich, 4 mingta toj va sallalardan foydalanilgan.
88
4,890
Madaniyat
Qirg‘iziston prezidenti uchinchi klipini taqdim etdi
Internetda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning “Mne ne strashno umirat” (“O‘limdan qo‘rqmayman”) nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklip joylashtirildi. Bu haqda KNews portali xabar bermoqda. Aytilishicha, kompozitsiya Sergey Orlovning so‘zlariga yozilgan bo‘lib, urush yillaridagi askarlarga bag‘ishlangandir. “So‘zlarni o‘zimcha eslashga urindim, shu bois biror narsani adashtirgan bo‘lishim mumkin. Internetda bu she’r yo‘q ekan”, — dedi Atambayev. Yangi qo‘shiqqa videoqator sifatida Grigoriy Chuxrayning “Askar haqida ballada” filmidan kadrlar olindi. Prezident apparati axborot siyosati bo‘limining ma’lum qilishicha, avgust oyidagi ta’til chog‘ida davlat rahbari qirg‘iz tilida yana beshta qo‘shiq yozishni rejalashtirmoqda.
52
742
Madaniyat
Tarkanning oilasida qiz farzand dunyoga keldi
Mashhur xonandaning oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Bu haqda MyDay nashri xabar berdi. Mega yulduz o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasida qizalog‘ining ilk suratini joylab, bu quvonchli hodisa haqida xabar qoldirgan. Xonandaning farzandi Germaniyadagi Moers Bethanien kasalxonasida dunyoga kelgan. Ma’lumot o‘rnida, Tarkan va Pinar Teveto‘g‘lu 2016-yilning 29-aprelida turmush qurgan.
45
394
Madaniyat
«O`zbekkino» Milliy agentligining Badiiy kengashi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi
Hukumat qarori bilan «O`zbekkino» Milliy agentligining Badiiy kengashi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi. Nizomga muvofiq, Badiiy kengash kinoloyihalarni ko`rib chiqish, saralash va davlat ijtimoiy granti asosida filmlar yaratish masalalari bo`yicha xulosa va tavsiya berish vakolatiga ega bo`lgan doimiy faoliyat ko`rsatuvchi kollegial organ hisoblanadi. Mazkur hujjat bilan Kengashning maqsadi va vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilandi. Kengash tarkibi prodyuserlar, adiblar, tarixchilar, kinooperatorlar, rejissyorlar, kinoprokatchilar, kinotanqidchilar, psixologlar, kinematografiya sohasidagi nodavlat tashkilotlar vakillari va boshqa mutaxassislardan iborat bo`ladi. Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlardan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo`lgan shaxslarning Kengash tarkibiga kirishiga va ularning tanlovda ishtirok etishiga yo`l qo`yilmaydi. Bundan tashqari, Kengash kinoloyihalarni ko`rib chiqish va baholash uchun kamida bir oyda bir marta chaqiriladi. Shuningdek, Kengash a`zolari tomonidan quyidagi holatlar sodir etilishiga yo`l qo`yilmaydi: -taqdim qilingan kinoloyihalarning muhokamasida ijodkorlarning shaxsiyatini kamsitish;kinoloyihalarning qiymatini sun`iy ravishda oshirish yoki pasaytirish; - davlat ijtimoiy grantiga talabgor bo`lgan kinostudiyalarga bosim o`tkazish, ularni noqonuniy ravishda tanlovdan chetlatish; Kengash tomonidan tasdiqlanmagan va rasmiy tus olmagan noto`g`ri axborotlarni tarqatish. Kengash a`zolari har oyda eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida rag`batlantirib boriladi.
81
1,614
Madaniyat
“Oltin humo” milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi 60 ga yaqin filmlarni ko‘rib chiqmoqda (foto)
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Oltin humo” milliy kinotaqdimotining saralash bosqichi davom etmoqda. Taqdimotning saralash bosqichiga 60 ga yaqin filmlar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. “Oltin humo” milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi 30 ta badiiy, 20 ta hujjatli hamda 4 ta animatsion filmlarni ko‘rib chiqmoqda. O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti tashkiliy qo‘mitasida quyidagi badiiy filmlar ko‘rib chiqilmoqda. “Elparvar”, “O‘qilmagan xat”, “Asal oyi”, “Tinchlik ortida”, “Islomxo‘ja”, “Vasiyat”, “Kulba”, “Maqsad”, “Qotillar o‘yini”, “Qora zarba”, “Hayot”, “Hamroh”, “Boy bo‘lma, sahiy bo‘l”, “Temir musht”, “Go‘dak nolasi”, “Jannat qaydasan”, “Ota uy”, “Sarvqomat dilbarim”, “Berlin-Oqqo‘rg‘on”, “Sabot”, “Issiq non”, “Arslon izidan”, “Millioner kelin”, “Namaste, muhabbat”, “Sevgimiz uchun”, “Xon qizi”, “Qaysarginam”, “Qaysarginam 2”, “Amiran”, “Nazira”. O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti tashkiliy qo‘mitasida quyidagi hujjatli filmlar ko‘rib chiqilmoqda. “Baliqchi”, “Bir uyadan uchgan qironlar”, “Mo‘ynoq do‘stlik o‘lkasi”, “O‘tmishimiz ko‘zgusi”, “Komiljon Otaniyozov”, “Abay so‘zi”, “Haqiqat qo‘shig‘i”, “Said Rizo Alizoda”, “Keyingi bekat”, “Xo‘ja Ahror Valiy”, “Ikki elning suyukli farzandi”, “Xo‘jayi jahon Abduholiq G‘ijduvoniy”, “Xo‘ja Bahovuddin Naqshband”, “Qadimgi Buxoro”, “Hasanboy Do‘smatov”, “Ona yurtning bag‘ridan zuvolasi”, “Yagona osmon ostida”, “Go‘zallik shaydosi”, “Haqiqat qilichi”. O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti tashkiliy qo‘mitasida quyidagi animatsion filmlar ko‘rib chiqilmoqda. “Hayot daryosi”, “Dovyurak oshpaz”, “G‘ildirakli uy”, “Avto sarguzashtlar”. “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti saralash komissiyasi a’zolari quyidagilardan iborat. Saralash komissiyasi raisi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov, a’zolar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissor Ayyub Shahobiddinov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissor Bahodir Odilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinooperator Hamidulla Hasanov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi multimediya markazi rahbari, kinoprodyuser Avaz Tojixonov, kinorejissor, ssenarist Jasur Is’hoqovlardan tashkil topgan. Taqdirlash marosimi 2019-yilning 10-aprel kuni Toshkent shahrida, “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tadi.
104
2,625
Madaniyat
Venetsiya kinofestivalida birinchi marta serial namoyish qilindi
Venetsiya kinofestivalida uning tarixida ilk marotaba serial namoyish etishdi, u rejissor Paolo Sorrentinoning “Yosh papa” seriali bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”. Festival tashrifchilariga ikkita seriyani ko‘rsatishdi, jami sakkizta seriya rejalashtirilgan — ular kuzda Italiyaning xususiy televideniyesi orqali namoyish qilinadi. Bosh rolni Jud Lou ijro etadigan serial Rim papasi Piy XIII ning hayoti va uning cherkovni qayta isloh qilishga urinishlari haqida hikoya qiladi. Syujetga to‘qima hikoya asos qilib olingan bo‘lsa-da, ekspertlar rejissorning papa davlatining nozik jihatlaridan xabardorligini qayd etdi. Serialda o‘tkir kinoya seziladi, ammo Vatikan bunga munosabat bildirganicha yo‘q.
64
700
Madaniyat
Ssenariydan tashqari: suratga olish maydonchasida mushtlashib ketgan yulduzlar (foto)
“Lisa.ru” nashri quyidagi Gollivud yulduzlarining hamkasblari bilan mushtlashuviga nima sabab bo‘lgani haqida ma’lumot beradi. Silvestr Stallone va Richard Gir 1973-yilda endigina kinoga qadam qo‘ygan aktyor Richard Gir Silvestr Stallone bilan birga o‘ynashi kerak bo‘lgan “Flatbash lordlari” filmidagi bosh rolga ma’qullanadi. Biroq aktyorlar birinchi kundanoq kelisha olmaydi: ular doimo bahslashar, munosabatlarini aniqlashtirib olmoqchi bo‘lar, Stallone esa tajribasiz hamkasbi ustidan kulardi. Bir kuni bularning hammasi mushtlashuv bilan tugaydi. Janjal tushlik paytida Richard Silvesterning mashinasiga yog‘li tovuq go‘shti bilan o‘tirganidan boshlanadi. U darhol tashqariga chiqishni, mashinani iflos qilmaslikni aytadi, lekin Gir unga e’tibor ham bermaydi. “U tovuqning bir bo‘lagini tishlaganda shimimga xantal tomdi. Shunda tirsaklarim bilan boshiga yaxshilab soldim va mashinadan itarib yubordim. Rejissor ikkimizdan birimizni tanlashi kerak edi: kimdir qolishi, kimdir esa ketishi shart edi”, — deb eslaydi Stallone. Girning nafaqat qoshi yoriladi, balki rolidan ham ayriladi. Rejissor ko‘proq tajribaga ega Silvestrni tanlaydi. Tom Kruz va Rob Lou 80-yillarning boshlarida yosh Tom bosh qahramonlari ko‘cha to‘dasi a’zolari bo‘lgan “Quvilganlar” filmida rol o‘ynaydi. Kruz va Lou o‘rtasidagi mushtlashuv sahnasini repetitsiya qilish paytida Rob Tomga shunchalik qattiq zarba beradiki, u dahshatli og‘riqni his qiladi. Aktyorning bundan jahli chiqib, unga ham javob qaytarmoqchi bo‘ladi. Natijada haqiqiy mushtlashuv boshlanadi, suratga olish guruhi a’zolari syomkani to‘xtatishga majbur bo‘ladi. Shundan so‘ng Kruzga ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilishadi, aktyor suratga olish maydonchasida o‘zini qanday tutishi kerakligini tushuntirib qo‘yishadi. Jorj Kluni va Devid O. Rassell Hech kim xotirjam va aqlli Jorj bir vaqtlar o‘zini yo‘qotib, suratga olish maydonchasida mushtlashgan deb o‘ylamasa kerak. Ammo bu voqea 1999-yilda u “Uch qirol” filmida rol o‘ynayotganida sodir bo‘ladi. O‘shanda Kluniga rejissor Devid O. Rasselning suratga olish maydonchasidagilarga ovozini ko‘targani yoqmaydi. Kluni rejissorga saboq berib qo‘ymoqchi bo‘lib, u bilan bahslashib ketadi. Og‘zaki aytishuvdan so‘ng mushtlashuv boshlanadi. Bir-birini urib yotgan erkaklarni prodyuser Charlz Roven ajratib qo‘yadi. Qizig‘i shundaki, voqeadan keyin Jorj loyihada qoladi va uni yakunlaydi. Lyusi Liu va Bill Myurrey Ko‘pchilik Lyusini “yubkadagi Jeki Chan” deb ataydi, chunki u blokbaster yulduzi hisoblanadi. Aktrisa jang san’ati bilan shug‘ullanadi va filmlarda ham kaskadyorsiz o‘zi jang qiladi, shuning uchun uni yaxshi bilganlar Lyuni xafa qilmaslik kerakligini bilishadi. Biroq prodyuser Bill Myurrey buni hisobga olmay, “Charli farishtalari” filmini suratga olish paytida Lyusining ustidan kuladi. Aktrisa uni bir necha bor ogohlantiradi, ammo Bill aktrisani ahmoq va iste’dodsiz deydi. Lyusi bunday haqoratga chiday olmaydi va Billga tashlanib qoladi. Hamkasblar va suratga olish guruhi ularni zo‘rg‘a ajratib oladi. Myurrey ushbu loyihadagi ishidan chetlashtiriladi, Lyu esa xotirjam suratga tushishni davom ettirdi.
85
3,122
Madaniyat
Gonorar, stilist va shaxsiy samolyot: Yulduzlarning hashamatli hayot kechiradigan uy hayvonlari (foto)
Quyidagi mashhurlarning hayvonlari ularning soyasida havas qiladigan darajada hayot kechiradi. Peris Hiltonning itlari Xonanda mitti-mitti itlari bilan bir emas, bir necha oqshom tadbirlariga tashrif buyurgan. Sevimli hayvonlari Perisning soyasida qimmatbaho yaxtalarda dam olish, xususiy samolyotda parvoz qilish va dizaynerlar tomonidan tikilgan liboslarni kiyishga muvaffaq bo‘lgan. Lera Kudryavsevaning mushugi Leraning mushugi Fofaning Instagram’da o‘z sahifasi bor. 19 ming kuzatuvchi mushukning qanchalik hashamatli hayot kechirishiga guvoh bo‘lishi mumkin. Demi Lovataning iti Uy hayvonlarining fotosi ko‘proq layk to‘plashini allaqachon tushunib yetgan Demi iti Betmen uchun Instagram’da alohida sahifa ochgan. Uning sahifasini kuzatgan obunachi bir-biridan qiziqarli va boshqa yulduzlar bilan birga tushgan suratlarini ko‘rishi mumkin. Ledi Gaganing itlari Xonandaning uch nafar: Koji, Gustav va Osiyo laqabli itlari bor. Avvalroq Koji va Gustav laqabli itlar olib qochilgan, uni aylantirib yurgan xodim yaralangan hatto. Osiyo esa qutulib qolgan. Keyinroq begona ayol ko‘chadan topib olganini aytib, ularni politsiya idorasiga olib borgan. Shundan keyin qo‘shiqchi yaralangan yordamchisi Rayan Fisherni haqiqiy qahramon deb atagan. Olga Buzovaning itlari Olga ijodiy safarga ketganda uning itlari Yeva va Chelsi egasini uyda kutib qoladi. Mazkur itlar faqat sochlarini turmaklatgan holda ko‘rinish beradi, garderobidagi liboslar esa Olganikidan ham ko‘proq. Xonandaning eng sevimli iti kasallik sabab vafot etgan Lavli bo‘lgan. Karl Lagerfeldning mushugi Karlning mushugi mashhurlik borasida undan kam emas. O‘z kosmetik brendi, shaxsiy samolyoti bo‘lgan Shupettning surati mashhur jurnallar, xususan, Vogue jurnali muqovasida bir emas, bir necha marta chop etilgan. Shuningdek, u eng ko‘p haq to‘lanadigan mushuklardan hisoblanadi. Dizayner vafotidan keyin merosxo‘r bo‘lgan mushukning Instagram sahifasini uy hayvonlariga marketing xizmatlarini taklif qiladigan agentlik inflyuenserlari yuritadi. Mayli Sayrusning cho‘chqachasi Mayli aksariyat vaqtini uy hayvoni bilan kechirgani Liam bilan tortishib qolishlariga sabab bo‘lgan. Eng yaxshi taomlar bilan boqilgan cho‘chqacha birinchi klassda parvoz qilgan. Uning vafot etishi xonanda uchun haqiqiy fojia bo‘lgan.
102
2,282
Madaniyat
“Xalq yuragi” turkumidan Erkin Vohidov haqidagi hujjatli film premera qilindi
Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda O`zbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan "Tirik sayyora" hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.   Kinokartina O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi  va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig`i ijrosini ta`minlash maqsadida yaratilgan. Premeradan avval adib poyiga gulchambar qo`yildi va mushoira tashkil etildi.   "Tirik sayyora" hujjatli filmi ssenariy muallifi Xurshid Do`stmuhammad, rejissyor Abduhalil Mignarov, operator Aziz Arziqulov Kuni kecha Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Oripov, Abdulla Qahhor, Zulfiya haqidagi filmlar premera qilingandi. 29 sentyabrga qadar Cho`lpon, Oybek, Muhammad Yusuf, Hamid Olimjon va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyishlari bo`lib o`tadi.
77
1,123
Madaniyat
“TURK DUNYoSIDA YILNING ADABIYoT KIShISI” – O`ZBEKISTON XALQ ShOIRI ShUKRULLO!
Turk dunyosining 2017 yildagi madaniy poytaxti Turkiston shahrida bo`lib o`tayotgan “Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi”da Evrosiyo Yozuvchilar uyushmasining “Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi 2016” mukofoti buyuk o`zbek shoiri va yozuvchisi Shukrulloga taqdim etildi. “Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi” mukofoti har yili turkiy dunyoning eng hurmatli va usta shoir-yozuvchilariga taqdim etiladi. Bu mukofotga 2011 yili Ali Oqbosh (Turkiya), 2012 yili Anor (Ozarbayjon), 2013 yili To`len Abdik (Qozog`iston), 2014 yili Ismoil Bo`zqurt (Kipr), 2015 yili Umar Sultonov (Qirg`iziston) sazovor bo`lgan. Shukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug`ilgan. \O`zbekiston xalq shoiri (1981). O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi (1977). Pedagogika bilim yurti (1935— 38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944). Ilk she`rlar to`plami — «Birinchi daftar» (1949). «Qalb qo`shiqlari» (1949), «Hayot ilhomlari» (1959), «Umrim boricha» (1960), «Inson va yaxshilik» (1961), «Zarralar» (1973), «Suyanchiq» (1977), «Yashagim keladi» (1978), «Sening baxting» (1988), «To`qilgan dardlarim» (2001), «Shafaq» (2007) va boshqa she`riy asarlar muallifi. Ko`plab dostonlar («Asr bahsi», 1985), bolalarga atalgan she`r va ertaklar («Yulduzlar, 1964) hamda she`riy dramalar («Hasrat bog`i», 2004) yozgan. «Javohirlar sandig`i» (1983) essesi, katag`on davri dahshatlari haqidagi «Kafansiz ko`milganlar» (1989) avtobiografik qissasi, «Tirik ruhlar» (1999) roman-xronikasi ham bor. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do`stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan. Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do`stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
78
1,893
Madaniyat
Nigorani qo‘rqitgan Oybek, “Million” jamoasidagi Konor Makgregor, “Bojalar”dan arazlagan Rayhon. Mashhurlar karantinda
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 13-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva Instagram’dagi sahifasiga joylagan lavhada Jahongir Poziljonovning gulini olmasdan, uning rashkini chiqarishga harakati tasvirlangan. Ushbu lavha qaysi ko‘rsatuv yoki klipdan olinganligi yozib qoldirilmagan. View this post on Instagram Xonanda Sardor Mamadaliyev hamkasblari Dilshod Rahmonov hamda Bahrom Nazarov bilan birgalikda tushgan suratni joylashtirdi. Ushbu foto 2019-yil Moskvada olingan. View this post on Instagram “Million” jamoasi a’zosi Alisher Botirov konsertda Konor Makgregor rolini ijro qilgan edi. Alisher Botirov sahifasiga ushbu rol bilan bog‘liq grimm jarayoni tasvirlangan arxiv lavhani joylashtirdi. View this post on Instagram Aktrisa Sevara Soliyeva 11 oylik farzandi Umarbekni videoga olib sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Xonanda Manzura ajoyib pishiriq tayyorlaganini, ro‘za oyi tugagach, uni tayyorlashni muxlislariga ham o‘rgatishini ma’lum qildi. View this post on Instagram O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari bilan onlayn uchrashuv qildi. View this post on Instagram O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev muxlislariga “Bilmadi” deb nomlangan taronasini kuylab berdi. View this post on Instagram “Dizayn” jamoasining a’zosi Qobil Karimberdiyev “Nimasi kulgili?” deb nomlangan konsert dasturidan lavha joylashtirdi. View this post on Instagram Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev karantinda boks bilan shug‘ullanmoqda. View this post on Instagram Xonanda Oybek bolasi bilan hazil video tayyorlab, Nigorani qo‘rqitdi. View this post on Instagram Boshlovchi va xonanda Oyxon Iforzoda turmush o‘rtog‘i Shoh Alimovich bilan sevgi hikoyasini joylashtirdi. View this post on Instagram O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova jajji muxlisasining lavhasini o‘zining rasmiy sahifasiga joylashtirdi. View this post on Instagram Xonanda Bahrom Nazarov konsert dasturida kuylagan tojikcha “Giriya nest” deb nomlangan taronasini sahifasiga joylashtirdi. View this post on Instagram Xonanda Jahongir Poziljonov “Jana” deb nomlangan videoklipini premyera qildi.
118
2,543
Madaniyat
O‘zbekiston yosh kinoijodkorlari Bollivudda malaka oshiradi
Hindistonning 2019—2020-yillarga mo‘ljallangan texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida o‘zbekistonlik 15 nafar yosh kinoijodkor Hindistonda kino sohasida malaka oshiradi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Santosh Ja o‘rtasidagi muloqot chog‘ida ana shunday kelishuvga erishildi. “Ushbu dastur o‘zbekistonlik nomzodlarning barcha o‘qitish xarajatlarini qoplaydi. Bundan tashqari, individual dasturlarni tashkil qilish, 2—3 oylik kinematografiya kurslarini o‘tashga imkon beradi”, — dedi Santosh Ja uchrashuv chog‘ida. Muloqot chog‘ida Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida kino sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan bir qator fikr va takliflar bildirildi. Jumladan, 60 yillik tarixi davomida hind kinosining eng taniqli yulduzlarini yetishtirib chiqargan Puna shahridagi kinematografiya instituti bilan hamkorlik o‘rnatish masalasi ham muhokama qilindi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduholiqov Buxoro va Xivada amalga oshirilayotgan ikkita hind kinoloyihasi va agentlikning yaqin kelajakda rejalashtirilayotgan Hindiston bilan bog‘liq loyihalari haqida gapirdi. Jumladan, rejissor Jahongir Qosimov suratga olayotgan “Ibrat” filmining ayrim epizodlari Hindistonda suratga olinishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklanayotgan Toshkent kinofestivali haqida ham so‘z bordi. 1968—1992-yillar davomida, har ikki yilda bir marotaba o‘tkazib kelingan Toshkent kinofestivalida hind kinosining Raj Kapur, Shiyam Benegal, Shabana Azmi singari so‘nmas yulduzlari ham ishtirok etgan. Hindistonlik elchi Santosh Ja ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga va Hindistonning mashhur kino yulduzlarini ushbu festivalga jalb qilishga tayyorligini bildirdi. Firdavs Abduxoliqov shuningdek, O‘zbekistonda milliy kino sanoatining xalqaro media bozorida jozibadorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni qayd etdi. Xususan, Hindiston elchisiga kino turizmida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan, O‘zbekistonda kino loyihalarini amalga oshirishda 2020-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy kinoijodkorlarning loyihalarini O‘zbekistonda amalga oshirish uchun xarajatlarni qoplashga qaratilgan “Rebate” tizimining ishga tushirilishi haqida ham ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida tomonlar 2020-yilda Hindistonda “O‘zbekiston kinosi kunlari” hamda O‘zbekistonda “Hind kinosi kunlari”ni o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.  Ayshvariya Ray 46 yoshga to‘ldi. Sobiq “dunyo go‘zali” ishtirokidagi eng yaxshi 7 film
59
2,602
Madaniyat
Fotogalereya: Fransuz aktyorlari kecha va bugun
Fransuz filmlari o‘zining qandaydir noodatiyligi bilan ajralib turadi. Ularda rol ijro etgan fransuz aktyorlari ham o‘ziga xoslikka ega. AdMe ana shu aktyorlarning kechagi va bugungi qiyofasini solishtirdi.
47
206
Madaniyat
"Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi
Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqidagi "Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi.  Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK studiyasi hamda O`zbekiston jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan, deya xabar bermoqda agentlik. Premeradan avval, shoir ijodidan o`zbek, rus va ingliz tillarida she`riy parchalar ijro etilgan. Shundan so`ng, film namoyishi bo`lib o`tgan.   Ma`lum bo`lishicha, “Qalbi o`zbek rus shoiri” hujjatli filmida o`zbek milliy adabiyoti va san`atining taniqli vakillaridan intervyular, shoir ijodiga mansub she`riy parchalar va xronolik ma`lumotlardan foydalaniladi.   "Rejissyor Aleksandr Gamirov, ssenariy muallifi Go`zal Pirjonova, operator Umid Malikov, ikkinchi administrator Gulnora Abdurahimova, kartina direktori Anastasiya Xavanskaya, rejissyor assistentlari Jahongir Raupov, Erjanbay Kurbaniyazov. Barcha premeralar “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o`tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
56
1,085
Madaniyat
​"O`ZBEKKONSERT" RAHBARIYaTI O`ZGARDI
Joriy yilning 23 oktyabridan “O`zbekkonsert” davlat muassasasiga vaqtincha rahbar vazifasini bajaruvchi etib, ushbu muassasaning “Konsert tomosha faoliyatini lisenziyalash” bo`limi boshlig`i Odil Abdug`anievich Abduqahhorov tayinlandi. Shu vaqtga qadar vaqtincha rahbar vazifasini bajaruvchi sifatida Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi direktori A.Haydarov faoliyat olib borayotgan edi. Bugun mazkur masala yuzasidan bo`lgan yig`ilishda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov O.Abduqahhorovni jamoaga tanishtirdi. Yig`ilishda vazirlikning boshqarma boshliqlari A.Djamaldinov, A.Nurmatov hamda “O`zbekkonsert” davlat muassasasining barcha xodimlari ishtirok etishdi.
37
759
Madaniyat
O`zbekiston delegasiyasi 72-Kann xalqaro kinofestivaliga jo`nab ketadi
O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan joriy yilning 14-25 may kunlari 72-Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi “Marché Du Film” kino tadbirida ikkinchi bor “O`zbekiston milliy paviloni” tashkil qilinadi. Xalqaro festival oldidan Kinematografiyani rivojlantirish markazida 72-Kann xalqaro kinofestivalida O`zbekiston pavilonining tashkil etilishiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, tajribali kinoijodkorlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ular kino yo`nalishida O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, O`zbekistonning Xalqaro festivalda ishtirokining ahamiyati hamda kelgusida erishishi kutilayotgan yutuqlar haqida fikr bildirishdi. Shuningdek, Pavilon qatnashchilari “PROlogue V” xalqaro kinofestivalining taqdimotini o`tkazish va unga xorijlik kinoijodkorlarni taklif etish, chet el kinokompaniyalarini yurtimiz kinolokasiyalarida filmlar sur`atga olish uchun jalb qilishni rejalashtirganini ta`kidlashdi. Mahalliy kinematografiya vakillari ishtirokida qo`shma kinoloyihalar yaratish hamda O`zbekistonda kinoturizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar olib borilishi haqida atroflicha ma`lumot berildi. —Xalqaro Kann kinofestivali kino bo`yicha eng nufuzli festivallardan hisoblanib, undagi kinobozorda har bir mamlakat o`z pavilonini tashkil etib, sohadagi salohiyatini namoyish etadi. Festival mamlakatimizga kinoturizm salohiyatini namoyish etish va uni film olish uchun qulay va optimal lokasiya sifatida targ`ib qilish hamda taniqli kinokompaniyalarni yurtimizga o`z filmlarini suratga olish uchun taklif qilish imkoniyatini yaratadi, – deydi Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Oybek Abdushukurov. 72-Xalqaro Kann festivalida Yurtimiz paviloni qurilishi xalqaro maydonda mamlakat imijini oshirish, kelajakda respublikamizning iste`dodli kinoijodkorlarini dunyo miqyosida tanitish, O`zbekiston kino san`atiga xalqaro hamjamiyat e`tiborini qaratish hamda davlatimizning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. O`zbekiston milliy paviloni O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, O`zbekiston milliy kinokomissiyasi hamda O`zbekistonning Fransi yadagi elchixonasi tomonidan tashkil qilinmoqda.
70
2,422
Madaniyat
Sevara Nazarxon “Yulduzlar bilan raqs” loyihasida ishtirok etdi (video)
“Rossiya 1” telekanali tashkilotchiligida “Yulduzlar bilan raqs” loyihasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon ishtirok etdi, deb xabar beradi “Uz24.uz”. Sevara loyihaning birinchi qismida hamrohi Aleksandr Nabiullin bilan birgalikda “Vencha vals” (“Venskiy vals”)ga raqsga tushgan bo‘lsa, ikkinchi qismida “Olam aro” (“Sredi mirov”) deb nomlangan raqs sahnasini taqdim etdi. Ushbu chiqishni hakamlar hay’ati 47 ball bilan baholadi. Raqqos Aleksandr Nabiullin Portugaliyada 5 marta chempion bo‘lgan, 3 marta Portugaliya kubogini qo‘lga kiritgan, Yevropa kubogi uchun musobaqalarda esa bir marta yarim final ishtirokchisi bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon bundan oldin Rossiyada “Birinchi kanal”ning “Golos”, “Vishka” va “Toch v toch” nomli tanlovlarida ham ishtirok etgan edi.
71
821
Madaniyat
Shohruxxon va Asal Shodiyevaning to‘ydan keyingi ilk selfisi e’lon qilindi
Shu yilning 5-iyun kuni oila qurgan xonanda Shohruxxon va aktrisa Asal Shodiyevaning ilk selfisi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”. Asal Shodiyeva turmush o‘rtog‘i Shohruxxon bilan to‘ydan keyin tushgan ilk selfisini o‘zining Instagram sahifasiga joyladi. Qisqa vaqt ichida surat ostiga yuzdan ortiq izohlar qoldirildi, 7 mingga yaqin “layk” bosildi. Avvalroq Asal Shodiyevaning to‘ydan keyingi ilk suratlari e’lon qilingandi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
74
598
Madaniyat
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi badiiy rahbari Olimjon Xudoynazarov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Olimjon Xudoynazarov intervyu davomida “Dizayn” jamoasining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bachkana audio hazillari va jamoaning litsenziyasi bekor qilinganligiga munosabat bildirdi. To‘g‘risini aytsam men o‘sha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioni shaxsan eshitmadim, lekin nima voqea yuz bergan, qanaqa hazil ketib qolganligi ta’rifini eshitdim. Men ularni bu hazilni gapirgani uchun oqlamayman. Har bitta narsada me’yor bo‘lishi kerak. Biroq qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘sha davrada o‘tirganlar, hazillarni eshitganlar qiyqirib, mazza qilib kulgan bo‘lsa kerak. Buni keyin qanday vijdon bilan tarqatib yuborish mumkin bilmadim. Qaytarib aytaman “Dizayn” jamoasi qo‘ygan hazillar to‘g‘ri qo‘yilgan degan fikrdan yiroqman, ular me’yordan chiqishgan, gapiriladigan va gapirilmaydigan gap bor. San’atda shunaqaki, agar xalq olqishlab tursa, unga yanada ko‘proq narsani bergingiz keladi. “Dizayn” jamoasining vakillari Dilshod, Sa’dulla, Qobillarning o‘zlariga ham “oshirib yuboryapsizlar, kosaning tagidagi nimkosani ochib qo‘yayapsizlar” deganman. Asli bunday olib qarasangiz askiyaning tagidagi asosiy urg‘u ham o‘sha mavzu, ammo shu paytgacha nima uchun askiya qadrlanib keladi, chunki hazilni qanday taqdim qilishga bog‘liq, qanaqangi o‘rab berishga bog‘liq, askiyada kosaning tagidagi nimkosa hech qachon ochib ko‘rsatilmaydi. “Dizayn” jamoasining ba’zi chiqishlarida nimkosagacha ochib ko‘rsatilgani uchun ham muxlislar “bachkana qildi, qo‘pollashdi” deyishadi, bu bor gap. Tanganing ikkinchi tomoni shundaki, nimaga unda “Dizayn” jamoasi bir haftalik konsertini e’lon qilishi bilan, konsert biletlari 10-15 kun ichida tezda sotilib ketadi, demak talab bor. Lekin san’atkor ming talab bo‘lganda ham, me’yor degan narsani, uni kim eshitayotganini ham hisobga olishi kerak. Shuning uchun men “Dizayn” jamoasini oqlamoqchi ham, qoralamoqchi ham emasman. Menimcha yigitlar qilgan xatolarini tushunishdi. Olimjon Xudoynazarov, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi badiiy rahbari
119
2,160
Madaniyat
AQShda Ernest Hemingueyning “Bog‘ tomondagi xona” hikoyasi ilk marta nashr etiladi
AQShdagi Strand Magazine jurnali Ernest Hemingueyning avvallari faqatgina yozuvchi ijodi tadqiqotchilariga ma’lum bo‘lgan hikoyasining ilk nashri haqida e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi. Hikoya A Room on the Garden Side (“Bog‘ tomondagi xona”) nomlanib, 1956-yilda yozilgan. Undagi voqealar Ikkinchi Jahon urushi vaqtida Parijda kechadi. “Bog‘ tomondagi xona” hikoyasi Heminguey tomonidan 1956-yil avgustida yozib tugatilgan beshta hikoyadan biridir. Avvalroq mazkur beshta hikoyadan faqat bittasi — The Cross Roads (“Chorraha”) chop etilgandi.
82
553
Madaniyat
O`zbekistondagi muzeylarda nechta eksponatlar mavjud?
Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O`zbekistondagi  muzeylarda jami 2,1 millionta eksponatlar mavjud.   Muzeylardagi eksponatlarning turlari bo`yicha soni:
53
197
Madaniyat
Ben Afflek 45 yoshni qarshi oldi (fotogalereya)
Aktyor, rejissor, ssenariynavis va prodyuser Ben Afflek 15-avgust kuni 45 yoshga to‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”. U o‘z hamkasbi Leonardo di Kapriodan bir necha yosh kattaroq bo‘lsa-da, 90-yillar oxiridayoq o‘z “Oskar”ini qo‘lga kiritishga ulgurgan edi (“Aqlli Uill Xanting” filmi ssenariysi uchun Mett Deymon bilan bo‘lishib olgan). So‘ng Afflek prodyuser sifatida ham “Oskar” mukofotiga ega chiqdi (“Argo operatsiyasi” filmi uchun). Ayni paytgacha u to‘rtta filmga rejissorlik qilishga va 60 dan ortiq filmlarda aktyor sifatida qatnashishga ulgurgan.
47
551
Madaniyat
Ota-onasidan erta ayrilib, yetimlik azobini totgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)
Ota-onadan ayrilish og‘ir dard. O‘zbek san’atining ko‘plab vakillari ham bu dardni juda erta boshdan kechirgan. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova ota-onasidan bevaqt judo bo‘lgan mashhurlar bilan suhbatlashib, ularning kechinmalari bilan tanishdi. Shukurullo Isroilov Qiziqchi Shukurullo Isroilov 3 yoshida otadan yetim qolgan. U otasiz ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan qiynalgani haqida so‘zlab beradi. — Otam uch yoshimda olamdan o‘tgan. Rosti, u inson bilan bog‘liq voqealar yodimda qolmagan. Oilada buvim, onam, ukam va men yashardik. Buvimning oyog‘ini tramvay bosib ketgandi. Onam rahmatli ham nogiron edi. Onam erta tongdan ishlagani ketardi, buvim uyda ukam ikkimizga qarardi. Onamni qiynamaslik uchun maktab formalari kichkina bo‘lib qolmaguncha kiyaverardik. Hatto oq ko‘ylagimning yoqasi eskirib, sarg‘ayib ketganidan  buvim yoqasiga mato qoplab berardi. Yamoq solingan paypoqlarni-ku ta’riflashga til ojiz. Onamga yordam berish uchun 16 yoshimdan to‘ylarga chiqishimga to‘g‘ri kelgan. Ammo onam “Artistlarga qo‘shilma, odamlar seni ham artist deb, qizini bermay qo‘yadi”, derdi. Mashhur san’atkorning jamoasida boshlovchilik qilardim, ammo juda kam pul berishardi. Boshqa tanlovim yo‘qligi uchun indamay to‘ylarga kelaverardim, — deydi qiziqchi Shukurullo Isroilov. Halima Ibragimova Qiziqchi Halima Ibragimova ota-onasidan erta ayrilgani, ularning ikkisi ham to‘yini ko‘rmay vafot etganini armon bilan xotirlaydi. Hatto intervyularining birida to‘yini o‘zi o‘tkazganini ham ma’lum qilgandi. — Otam rahmatli 16 yoshimda yurak xurujidan vafot etgan. O‘shanda otam endigina 42 yoshni qarshilagandi. Otam davrida oilamiz moliyaviy jihatdan umuman qiynalmagan. Katta yeb, katta ichishga o‘rganib qolganimiz uchun otamning vafotidan keyin ishlashimga to‘g‘ri kelgan. Yetti yil mobaynida “Farhod” bozorida ishlaganman. Bozor meni tarbiyalab, hayot maktabini o‘rgatgan, desam ham bo‘ladi.  To‘rt yildan keyin onam ham yurak xuruji bilan kasalxonada vafot etgan. Onamdan 20 yoshimda yetim qolganmiz. Ikki opam va singlim turmushga chiqishgandi. Qo‘ldan kelgancha ularga yordam qilishga harakat qilardim. Turmushga chiqish haqida o‘ylamaganim uchun 28 yoshimda oila qurdim, — deydi qiziqchi Halima Ibragimova. Zarina Yo‘ldosheva “O‘jar homilador” seriali va Ziyodaning “Tor ko‘cha” klipidagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Zarina Yo‘ldosheva 12 yoshida onasidan ayrilgan. Otasi esa hali esini tanib ulgurmasidan vafot etgan. Buvisi keksayib qolgani va oila moddiy jihatdan qiynalgani uchun Zarina, uning uka hamda singlisini Sirdaryodagi mehribonlik uyiga topshirishgan. Zarina 16 yoshiga qadar mehribonlik uyida tarbiyalangan. — Onam og‘ir xastalikka chalingandi. Bir kuni ahvoli yomonlashib qoldi. Shifokor kelguniga qadar onamning qo‘llarini bir daqiqa ham qo‘yib yubormadim. Shunda qarindoshlarimdan biri: “Oying ertaga ko‘rmagandek bo‘lib ketadi. Sen tashqariga chiqib tur”, dedi. Afsuski, bu onam bilan so‘nggi vidolashuvimiz bo‘lgan ekan. Bola qalbim bilan onamning sog‘ayishiga ishongandim. Onamning o‘limidan keyin juda qiynaldim. Har kuni onam tushimga kirib, meni o‘zi bilan olib ketishini aytardi. Buni buvimga aytsam, yanada qiynalardi. Orada o‘zim ham xastalikka chalinib qoldim. Hushimdan ketib, o‘zimni bilmay qolardim. “Men ham oyimdek o‘lib qolsam, singlim bilan ukamga kim qaraydi?” — mana shu savol meni hayotga qaytardi, — deydi aktrisa Zarina Yo‘ldosheva. Luiza Rasulova Taniqli aktrisa Luiza Rasulova ham otasidan erta ayrilgan. Uning otasi ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilgan hamda avtohalokat tufayli vafot etgan. Aktrisa otasidan keyingi kunlar oson o‘tmaganini ta’kidlaydi. — Odatda hamma qizlar otasini yaxshi ko‘radi. Bu mehr menda ikki hissa ko‘proq edi. Afsuski, ayni balog‘at yoshida otamdan ayrilganman. Bu men va oilamiz uchun og‘ir fojia edi. Tushkunlikka tushib qolganmiz, moliyaviy qiyinchiliklarimiz ham boshlangan. Otam vafotiga qadar maktabdagi eng faol va a’lochi o‘quvchi edim. Otamni yo‘qotgach, maktabga ham borishni istamay qolgandim. Shunda onamni hokimiyatga chaqirib, “Agar qizingiz darslarga bormasa, qizlar koloniyasiga jo‘natamiz”, deyishgandi. Onamning izza bo‘lganini ko‘rib, rosa achingandim. Pulsiz, hatto yeyishga nonimiz qolmagan kunlar juda ko‘p bo‘lgan. Shu sabab akam bilan 15-16 yoshdan boshlab ishlashga majbur bo‘lganmiz. U kunlarni eslash juda og‘ir. Ammo bu jarayon meni bolalikdan mehnatga va yaqinlarimni qadrlashga o‘rgatdi, — deydi aktrisa Luiza Rasulova. Malika Ravshanova “Siz men uchun eng yaxshi inson” deya dadalarni madh etuvchi qo‘shiq kuylagan Malika Ravshanova otasida juda erta ayrilgan. Uning otasi Ravshan aka 27 yoshida olamdan o‘tgan. Xonanda otasining ismi o‘zining ismi bilan doim yonma-yon tilga olinishini istab, Ravshan ismidan familiya sifatida foydalanadi. — Bolalik gashtini his qilmay katta bo‘lganman. 15 yoshimga qadar erta-indin otam qaytadi, degan umid bilan yashaganman. Biz-ku, otasiz qiynalganmiz, onamga esa ikki hissa qiyin bo‘lgan. Onam o‘sha paytlarda gilam to‘qish sexida ishlardi, uyga kelib kelinlar sarposiga kashta tikardi. Onam qiynalib pul topayotganini ko‘rganim uchun biror marta qo‘g‘irchoq yoki shirinlik olib bering, demaganman. Hatto katta tanaffus paytida dugonalarim oshxonaga chiqib, u-bu narsa olishsa, men sinfda qolardim, — deydi xonanda Malika Ravshanova. Dilfuza Ismoilova Xonanda Dilfuza Ismoilova ham otasidan erta ayrilgan. U 27 yoshida oilaning boshi bo‘lishiga va sovchilari eshik qoqib turgan singillarini turmushga berishiga to‘g‘ri kelgan. — Bolalikdan mehnatga o‘rganganman. Oilaning bosh farzandi bo‘lganim uchun singillarimga o‘rnak bo‘lishim kerak, deb hisoblardim. Otam vafot etganidan keyin juda qiyin bo‘lgan. Onam ham menga suyanib qolgandi. O‘z vaqtida moliyaviy qiyinchiliklar ham bo‘lgan. Shuning uchun san’at bilan birga tadbirkorlik qilishimga to‘g‘ri kelgan. Singillarimni o‘qitdim, turmushga berdim. Shu bois onam rahmatli ham meni “onam” deb erkalardi, — deydi xonanda Dilfuza Ismoilova.
88
5,984
Madaniyat
Madaniyat vazirligi IIV xodimlarini haqoratlagan Yulduz Usmonovaga dakki berdi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova "Pryamoy Efir"da milisiyani qattiq tanqid qilganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Bu lavhalar keng jamoatchilik tomonidan turli muhokamalarga sabab bo`lgan edi.  Madaniyat vazirligi ushbu videolavhaga e`tirozli munosabatini bildirdi. " - Yurtimizga kelgan sinovlar paytida Yulduz Usmonova tomonidan bildirilgan fikrlar noo`rindir, shuningdek, san`atkorning xabari bo`lmasa kerak, ikki oy davomida o`z oilasi va uyiga xattoki bormayotgan milisiya xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda nolishayotgani yo`q. Chunki, ular xalqning tinchligi yo`lida kunni kun, tunni tun demay mehnat qilishyapti. Bir ishning ortidan milisiya xodimlarini ayblash xato bo`lsa kerak, eslang, Yulduz Usmonova undan oldin OAVlar orqali milisiya xodimlariga minnatdorlik bildirgan kuningizni. Endi, bir achchiq gap bilan ularga bildirgan nafratingiz bu nimaning dalolati? Mayli, achchiq ustida gapirilgan gaplarni ijtimoiy tarmoqqa chiqarishingiz bu nimasi? Bugun mamlakatimizda barcha jam, ya`ni Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar xodimlari, shifokorlar bularning zaxmatkash mehanatini bugun xech bir narsa bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik shukuhini ta`minlab berayotgan Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulotda vaziyatlar xodimlari hamda shifokorlarga Madaniyat vazirligi o`z minnatdorligini bildiriladi”, deyiladi xabarda.
78
1,420
Madaniyat
Xonanda Lola bosh rolni ijro etgan filmlar (video)
Lola Yo‘ldosheva – nafaqat mashhur o‘zbek estrada xonandasi, qo‘shiq muallifi, balki muvaffaqiyatli aktrisa hamdir. Ma’lumki, “Muhabbatim” taronasi xonandaga alohida mashhurlik keltirgan va 2005-yilda u “Tarona” tomonidan “Eng yaxshi qo‘shiqchi” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Hozirda Lola uch farzandni voyaga yetkazmoqda, shuningdek, musiqiy karyerasini davom ettirib, Moskvada rejissorlik borasida bilimlarni egallamoqda. Xonandaning bir-biridan ajoyib rollari bilan quyida tanishib chiqish mumkin. “Sevinch” – Sevinch (2004) Ushbu melodrama 2004-yilda ekranlarda paydo bo‘lgan. Asosiy rollarni Lola Yo‘ldosheva, Bobur Yo‘ldoshev va Shahzoda Musayeva ijro etgan. Drama ikki talaba dugona — Sevinch va Nargiz haqida hikoya qiladi. Ikkalasi ham bir yigitga ko‘ngil qo‘yadi. Qizlar o‘rtasida raqobat paydo bo‘ladi. Ammo Sevinch o‘zining bedavo dardga chalinganini bilgach, sevikli baxtini chin dildan o‘zidan uzoqlashtirishga qaror qiladi. “Kelgindi kuyov” – Zaynab (2005) Film 2005-yilda taniqli rejissor Rustam Sa’diev tomonidan suratga olingan. Kartinada Lola Zaynab ismli bosh qahramon rolini ijro etgan. Amerikadan vataniga tashrif buyurgan kuyovning romantik hikoyasi. Ko‘p yillardan buyon Amerikada yashayotgan bobosi O‘zbekistonni juda sog‘inib, nabirasidan mamlakatdan kelin olib kelishini so‘raydi. Suxrob bobosining aytganini bajarish uchun Zaynabning uyiga tashrif buyuradi va uni yoqtirib qoladi. U bobosiga bergan va’dasining ustidan chiqish uchun bir qancha qiziqarli voqealardan so‘ng qizning qo‘lini so‘raydi. “Yondiradi kuydiradi” – Lola (2011) Bahrom Yoqubov tomonidan suratga olingan o‘zbek komediya-melodramatik filmi. Kartinada Ulug‘bek Qodirov, Saida Rametova, Lola Yo‘ldosheva va o‘zbek kinematografiyasining yorqin namoyondalari ishtirok etgan. Ushbu komediya syujeti ikki asosiy qahramon – chet el universitetini bitirgan go‘zal Lola va hayoti Toshkent ko‘chalarida o‘tadigan odatdagi o‘zbek yigiti Azamat haqida hikoya qiladi. “Jodugar” – Ruhshona (2011) Film 2011-yildagi suratga olingan. Asosiy qahramon – noyob qobiliyatga ega oddiy qiz yigitga og‘ir kasallikdan qutulishga yordam beradi va shu bilan birga, uning yuragini yaralaydi. Ammo hamma narsa shunchaki oddiy emas, Jodugar yashirin ma’lumotlardan xabar topadi. “Farhod va Shirin” – Shirin (2015) Melodrama 2015-yilda chiqarilgan. Shirin yaqinda turmush quradigan juftlik orasiga tushib qoladi. Ular barcha yangi turmush qurganlar singari bir xil muammolarga duch keladi.
50
2,460
Madaniyat
O`zbek filmi xalqaro festivalda g`olib bo`ldi
Yosh kinorejissyor Fotih Nasimovning "Alla" qisqa metrajli filmi Minskda o`tkazilgan "Ladoshka" xalqaro festivalida g`olib bo`ldi, deya xabar berdi "O`zbekkino" MA. "Alla" filmi festivalning "Eng yaxshi qisqa metrajli film" nominasiyasida sovrinni qo`lga kiritdi. Bundan avval "Alla"  qisqa metrajli filmi Qozog`istonning Almati shahrida bo`lib o`tadigan "Bastau" xalqaro kinofestivalida qatnashgan edi. "Alla" qisqa metrajli filmini Fotih Nasimov diplom ishi sifatida, davlat granti asosida suratga olgan.   Fotih Nasimov ayni paytda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti magistridir.
45
596
Madaniyat
Sobiq “Million”chilardan tashkil topgan “Bravo” jamoasining konsert biletlari qanday sotilmoqda? (video)
“Million” jamoasining sobiq, ayni vaqtda “Bravo” kulgu jamoasining a’zosi hisoblangan Umid Umarov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Intervyu davomida Umid Umarov “Bravo” jamoasining ilk konsert dasturining biletlari qanday  sotilayotgani haqida gapirib berdi. Biletlar sotilishini “Million” jamoasiga solishtiradigan bo‘lsak, “Million”da juda ham katta mehnat yotgan edi va muxlislarning yuragiga yaqin kirib borgan edi. “Bravo” jamoasining reklama banner va roliklarida rasmi qo‘yilganlar odamlar uchun tanish. Tanish bo‘lganligi uchun yaxshi qabul qilishmoqda, eshitishim bo‘yicha sotuvda ham biletlar yaxshi sotilmoqda. Umid Umarov, “Bravo” jamoasi a’zosi Ma’lumot uchun, “Bravo” jamoasining ilk konsert dasturi  11—16-sentabr kunlari Xalqlar do‘stligi san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
104
859
Madaniyat
Toshkentda Isroil hujjatli filmlari kunlari bo‘lib o‘tadi
Toshkentda 23—25-yanvar kunlari Isroil hujjatli filmlari kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily. 23-yanvardan 25-yanvarga qadar har kuni 18:00 da Alisher Navoiy nomli kinosaroyda Isroil hujjatli filmlari namoyish etiladi. Toshkent aholisi va mehmonlari “Axmoqona orzu”, “61-albom” va “Fotonovella” kabi hujjatli filmlarni tomosha qilishi mumkin. Filmlardan tashqari, tomoshabinlar “Bolalar adabiyotida suratlarning rivojlanish tarixi” ko‘rgazmasi bilan tanishishi mumkin. Kirish bepul. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
57
724
Madaniyat
Gollivud yulduzi Jeyson Stetxem va Rozi Hantington-Uaytli ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi
Model Rozi Hantington-Uaytli va aktyor Jeyson Stetxemning ikkinchi farzandi dunyoga keldi, deb yozadi People Talk. Xabarlarga ko‘ra, juftlik bir necha kun avval qiz farzandli bo‘lgan. Ammo ularning o‘zi bu xabarni hali rasman tasdiqlamagan. Eslatib o‘tamiz, model 2021-yilning avgust oyida ikkinchi farzandiga homilador ekanini tasdiqlagan edi. Jeyson va Rozi 11 yildan ko‘proq vaqt davomida bir oila bo‘lib yashab kelmoqda. Ular 2010-yilning aprelida uchrasha boshlagan, 2017-yilda esa juftlikning birinchi farzandi Jek Oskar dunyoga kelgan.
87
544
Madaniyat
Noma’lum shaxslar Kim Kardashyanni Parijdagi mehmonxonada garovga oldi
Niqob kiygan noma’lum shaxslar model Kim Kardashyanni Parij mehmonxonasidagi xonasida garovga oldi, deya xabar bermoqda “RBK”. Bu haqda CNN telekompaniyasi Kardashyanning vakiliga tayanib ma’lum qilgan. “Kim Kardashyanga Parij mehmonxonasidagi xonasida niqob va politsiya formasini kiygan ikki qurolli erkak qurol bilan tahdid qildi. U ruhiy iztirobga tushgan, ammo jismoniy jihatdan jabrlangani yo‘q”, — dedi uning vakili. Kardashyanning turmush o‘rtog‘i — reper Kanye Uest Nyu-Yorkdagi konsertini to‘xtatdi va buni “oilasidagi favqulodda hodisa” bilan izohladi. Hujum qilgan shaxslarning maqsadlari noma’lum.
70
611
Madaniyat
“Afruz” 10 yoshda!
Muloqot.Uz o‘z a’zolarini har doimgidek birinchilar qatorida ma’lumotlardan xabardor qilishda davom etadi. Demak, qaynoqqina yangiliklarimizdan do’stlashsak: kuni kecha “Afruz” guruhi tashkil topganining 10 yilligi nishonlandi. Ushbu uchrashuvga “Afruz”ni o‘zgacha bo‘lgan fan klubi, muxlislari va o‘zbek estrada yulduzlari tashrif buyurishdi. Mehmonlar qatorida MULOQOTCHILARIMIZ ham ko‘rindi. Marhamat, batafsil fotoreportajni sizga taqdim etib, hurmat bilan Zuhra Yunusova. “Afruz” guruhi fan klub a’zolari “Zarba” guruhi vakillari Biz tanimagan mehmonlar MULOQOTCHILAR “Afruz” guruhi va kamina Zuhra Yunusova.
18
619