folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | “Istiqlol” san’at saroyida Andrea Bochelli konserti bo‘lib o‘tdi | “Istiqlol” san’at saroyida mashhur tenor Andrea Bochellining konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kuchli va yoqimli ovoz sohibi repertuaridan Macchine da guerra, Per amore, Ave Maria, Canto della Terra, Melodramma kabi singllar, Vivo per lei, The Prayer, Somos Novios, Because We Believe, What Child Is This, Bridge over Troubled Water kabi duetlar, “Bogema”, “Trubadur”, “Verter”, “Karmen”, “Andre Shene” kabi operalardagi ariyalar joy olgan.
— Sevgan mashg‘uloting bilan shug‘ullanish emas, shug‘ullanayotgan mashg‘ulotingni sevish muhimroq, — dedi Andrea Bochelli. — Bunga o‘z hayotim davomida amin bo‘lganman. Yoshligimda qayta kuylab berishimni iltimos qilishganida bu soha mening taqdirim ekanini tushunib yetganman. San’at tufayli shu darajaga yetdim. O‘zbekistonga safarim davomida mamlakatingiz madaniyati bilan tanishish istagidaman.
Italiyalik yana bir opera va estrada kuychisi Alessandro Safinaning chiqishi ham tomoshabinlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. U O‘zbekistonga yana kelganidan mamnun ekanini, sevimli xonandasi Andrea Bochelli bilan ilk bor bir sahnada kuylash baxtiga Toshkentda muyassar bo‘lgani bejiz emasligini ta’kidladi.
A.Bochelli mashhur opera ariyalari hamda eng ommabop qo‘shiqlarini ijro etdi. Konsert O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamkorligida va Alisher Usmonov homiyligida tashkil qilindi. | 64 | 1,349 |
Madaniyat | Ukraina poytaxtida bastakor va prodyuser Konstantin Meladzega tegishli Lexus o‘g‘irlab ketildi | Kiyevda bastakor va prodyuser Konstantin Meladzega tegishli avtomobil o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
2013-yilda ishlab chiqarilgan Lexus LX 570 26-yanvar, seshanba kuni kechga yaqin “Sputnik” kinoteatri atrofidan olib ketilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Konstantin Meladze Italiyada xonanda Vera Brejneva bilan nikohdan o‘tgani haqida xabar berilgandi. | 94 | 384 |
Madaniyat | O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozarbayjonda muzokara va uchrashuvlar o‘tkazdi | “Naxchivon—Islom madaniyatining poytaxti” tadbiridagi ishtiroki doirasida Ozarbayjonda bo‘lib turgan O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bir necha uchrashuvlarni o‘tkazdi. Bu haqda vazir Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Jumladan, Ozarbayjon madaniyat vaziri Abulfaz Garayev bilan muzokaralar chog‘ida ikki davlat madaniyat va san’atini yanada rivojlantirishga oid fikrlar almashildi. Abulfaz Garayev bu yil Shahrisabzda bo‘lib o‘tadigan xalqaro maqom anjumaniga faxriy mehmon sifatida taklif etildi.
Uzeir Gadjibekov nomidagi Ozarbayjon musiqa akademiyasi rektori Farhod Badalbeyli, Ozarbayjon milliy konservatoriyasi rektori Siyavush Keremi bilan ushbu muassasalar va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, vazir Ozarbayjondagi Xalqaro mug‘om markazida ham bo‘lib, bu yerda mug‘om san’atini asrab-avaylashga katta e’tibor berilayotganiga amin bo‘lganini bildiradi. | 75 | 980 |
Madaniyat | Boylar ham yig‘laydi: Katta miqdorda qarzga botgan mashhurlar | Millionlab topilgan mablag‘larni bir zumda ko‘kka sovurganidan keyin moliyaviy ahvoli tang bo‘lib qolgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Mayk Tayson
Sportchi karyerasi davomida 400 million dollar pul topgan. Oyiga 400 ming dollar sarflaydigan Tayson uchun bu mablag‘ yetarli bo‘lmagan. 2003-yilda Mayk bankrot bo‘lganini e’lon qilgan, bu vaqtda uning qarzi 23 million dollarni tashkil qilgan.
Pamela Anderson
2008-yilda Pamelaning moliyaviy ahvoli tang holatga kelib qolgan. Yulduz qurilish firmasidan 3 million dollar qarzdor bo‘lgan.
Kris Taker
2007-yilda ekranlarda ko‘rinmay qolgan Kris klublarda chiqish qila boshlagan va hatto film suratga olishni mo‘ljallagan. 2010-yilda 11,5 million dollar miqdorida soliq to‘lamagani sabab sudga berilgan.
Lindsi Loxan
2013-yilda Loxan oyiga 6 ming dollarni tashkil qiladigan kommunal to‘lovlarni to‘lay olmagani sabab Beverli-Xillzdagi ishidan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Sudma-sud yurgan aktrisa spirtli ichimliklar va narkotik vositalarga ruju qo‘ygan va reabilitatsiya markazida davolanishiga to‘g‘ri kelgan. Shundan keyin Loxan kinoga qaytishga qaror qilgan, ammo suratga tushgan “Liz va Dik” va boshqa filmlari muvaffaqiyatli chiqmagan.
Kortni Lav
Nirvana guruhining a’zosi Kurt Kobeynning bevasi, so‘nggi bir necha yil eridan qolgan pullar hisobiga yashagan. Kortni 2014-yilda bergan intervyuda 29 million dollarni ko‘kka sovurgani va pulning asosiy qismi sud jarayoniga ketganini ta’kidlagan.
50 Cent
2015-yilda reper 50 million dollar qarzi borligi sabab o‘zini bankrot deb e’lon qilgan. Qizig‘i shundaki, 2014-yili qo‘shiqchi Forbes’ning eng badavlat kishilari ro‘yxatidan o‘rin olgan va uning moliyaviy ahvoli 150 million dollar, deb baholangan. Ammo keyinroq uning o‘zi boyligi illyuziya ekani, aslida esa hisobida 4 million dollar borligini ma’lum qilgan.
Brendan Freyzer
2013-yilda “Mo‘miyo” yulduzi 2007-yildan buyon sobiq rafiqasiga to‘lab keladigan aliment miqdorini kamaytirishni so‘rab sudga murojaat qilgan. Aktyor so‘nggi paytda unga qilinayotgan takliflar kam ekanini aytib, yiliga 900 ming dollar to‘lash og‘irlik qilayotganini bildirgan. Bunga javoban rafiqasi uni daromadini yashirayotganlikda ayblagan.
Nikolas Keyj
1996-yildan 2011-yilgacha 150 million miqdorda pul ishlab topgan Keyj bosar-tusarini bilmay qolgan va pulini ko‘kka sovurgan. 15 ta uy, 300 millionga xususiy samolyot, 4 ta yaxta va o‘ttizta motosikl va 9 ta mashina sotib olgan. Bu hali hammasi emas, bir marotaba aktyor 276 ming dollarga dinozavrning bosh suyagini sotib olgan. Bora-bora pulni ayamasdan sarflashi moliyaviy ahvoli yomonlashishiga olib kelgan. Shundan keyin hamma takliflarni qabul qilishiga va bir martadan ko‘p tomosha qilib bo‘lmaydigan filmlarda suratga tushishiga to‘g‘ri kelgan.
Jenis Dikinson
2013-yilda Jenis bankrot ekanini ma’lum qilgan. Uning qarzi 1 millionni tashkil qilgan bo‘lib, undan yarmi soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagani hisobiga yig‘ilib qolgan. Shuningdek, sobiq supermodel Kaliforniyadagi kosmetika va plastik jarrohlikka ixtisoslashgan klinikadan katta miqdorda qarzdor bo‘lib qolgan. | 61 | 3,083 |
Madaniyat | Xonanda Rayhon jamoatchilik ishlarida o‘zini juda faol deb hisoblaydi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun 4-dekabr kuni saylovda ishtirok etgan xonanda Rayhon “Darakchi.uz” nashri bilan suhbatda bo‘lib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘zimni jamoatchilik ishlarida juda faol deb bilaman. Shu sababdan saylovda o‘zim tanlagan nomzodga ovoz berish uchun saylov uchastkamga bordim. Vatanim ravnaqiga hissa qo‘shib, o‘z nomzodimga ovoz berdim.
O‘z kelajagi uchun qayg‘uradigan har bir ongli inson saylovda ishtirok etishi lozim. Shu sababdan har birimiz kelajagimiz uchun mas’uliyatni anglagan holda fuqarolik burchimizni ado etishimiz lozim”, – dedi Rayhon.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 69 | 752 |
Madaniyat | Xonanda Shahzoda o‘g‘il farzandli bo‘ldi | O‘zbek estradasining yorqin yulduzlaridan biri Shahzoda bugun — 11-oktabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda “Darakchi” nashri Nilufar Usmonovaning Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qoldirgan postiga tayanib ma’lum qildi.
Foto © muzfm.net
@shahzoda kozi yoridi! Ogil farzand muborak! Vazni 3050 gr ))))) Ay korgim kelib ketdi
— Nilufar Usmonova (@Nilufarposha) October 11, 2013
Nilufar Usmonova 13:10 da yozgan xabarida Shahzodaning o‘g‘il farzandli bo‘lganini, chaqaloqning vazni 3050 grammni tashkil etishini qayd etgan va dugonasini ushbu quvonchli voqea bilan tabriklagan.
“Sayyod” nashri ham Twitter’da Shahzodani tabriklab, uning farzandi ismini ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida: bu Shahzodaning ikkinchi bora onalik baxtiga muyassar bo‘lishidir. Uning katta farzandi ham o‘g‘il.
Xonandani farzandli bo‘lgani bilan tabriklab qolamiz. | 40 | 850 |
Madaniyat | Gollivud aktrisalari filmdagi qahramonlari bilan bir xil yoshda qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) | Katta yoshli aktyorlar filmlarda o‘zlaridan ancha yoshroq obrazlarni o‘ynashlari odatiy hol emas. Iqtidorli aktyorlar buni shu qadar ustalik bilan bajaradilarki, tomoshabinlar yoshdagi tafovutni sezmaydilar ham. AdMe nashri kino yulduzlari o‘zlari tasvirlagan qahramonlar bilan bir xil yoshda bo‘lganida aslida qanday ko‘rinishga ega bo‘lishlarini ko‘rsatadi.
Jennifer Lourens — Ketniss Everdin, “Hayot-mamot o‘yinlari”
“Hayot-mamot o‘yinlari” trilogiyasining 1-qismida bosh qahramon Ketniss 16 yoshda. Uni 21 yoshli Jennifer Lourens o‘ynaydi. Ammo aktrisa bu rolni shu qadar mohirlik bilan ijro etadiki, tomoshabin yoshlar orasidagi farqni payqamaydi ham.
Keyt Uinslet — Marianna Deshvud, “Aql va hissiyot”
Foto; AdMe
1995-yilda Jeyn Ostinning “Aql va hissiyot” asarining ekranlashtirilgan variantida Keyt Uinslet opa-singil Deshvudlarning o‘rtanchasi — Marianani o‘ynaydi. O‘shanda qahramon 16 yoshda, aktrisaning o‘zi esa 20 yoshda edi.
Anya Teylor-Joy — Bet Harmon, “Qirolichaning yurishi”
Foto; AdMe
2020-yilda mashhur “Qirolichaning yurishi” filmi ekranlarga chiqdi. Unda iqtidorli shaxmatchining bolalik, o‘smirlik va yoshlik yillari ko‘rsatilgan. Bosh rolni o‘ynagan Anya Teylor-Joy esa qahramonni yoshligida ham, yetuk yoshida ham ajoyib tarzda tasvirlagan.
Nikol Kidman — Satin, “Mulen Ruj”
Foto; AdMe
Baz Lurmanning sehrli myuzikli 2001-yilda ekranlarga chiqqan. O‘sha paytda Nikol Kidman 33 yoshda edi, lekin u ancha yoshroq bo‘lishi kerak bo‘lgan mashhur raqqosa Satin rolini muvaffaqiyatli ijro etadi.
Sirsha Ronan — Kristin Makferson, “Byord xonim”
Foto; AdMe
Komediyali drama sujetining markazida Byord xonim laqabli 17 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi Kristin turadi. Kartina ekranlarga chiqarilganda Sirsha Ronan 23 yoshda edi. Filmdagi roli uchun aktrisa ko‘plab nufuzli mukofotlarga nomzod bo‘lgan va yoshdagi tafovut bunga xalaqit bermagan.
Lili Kollinz — Rozi Dann, “Muhabbat ila, Rozi”
Foto; AdMe
Lili Kollinz ham “Muhabbat ila, Rozi” komediyasida o‘rta maktab o‘quvchisiga aylanishda hech qanday muammoga duch kelmaydi. Film boshida bosh qahramonlar 18 yoshdan oshmaydi. Komediya chiqqanida aktrisa 25 yoshda edi, lekin u maktab o‘quvchisi qiyofasida juda tabiiy ko‘rinardi.
Mett Deymon — Skott Torson, “Shamdon ortida”
Foto; AdMe
“Shamdon ortida” biografik dramasida Mett Deymon deyarli imkonsiz ishni qildi — u qahramondan 25 yosh katta bo‘lgan 18 yoshli murabbiy Skott Torson rolini ajoyib tarzda ijro etdi.
Juliya Roberts — Elizabet Gilbert, “Ye, ibodat qil, sev”
Foto; AdMe
“Ye, ibodat qil, sev” romantik dramasi yozuvchi Elizabet Gilbertning xotiralari asosida yaratilgan. Sujetga ko‘ra, dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan qahramon 34 yoshda. Ekrandagi personajni gavdalantirgan maftunkor Juliya Roberts esa suratga olish paytida 43 yoshda edi.
Odri Xepbyorn — Xolli Golaytli, “Tiffanida nonushta”
Foto; AdMe
“Tiffanida nonushta” romantik komediya sujetining markazida maftunkor qiz 19 yoshli Xolli Golaytli turadi. Suratga olish paytida maftunkor Odri Xepbyorn 30 yoshdan oshgan edi. | 98 | 3,027 |
Madaniyat | U butun umrga o‘zini ta’minlab qo‘ygan: Billi Aylish qancha pul topadi? | Xonanda Billi Aylish Avril Lavinning jasorati va Lana Del Reyning muloyim ovozini mohirona birlashtirib, tezlik bilan mashhurlikka erishdi. Natijada u boshqalarga o‘xshamay qoldi va 19 yoshida sahnani bemalol tark etib, umrining oxirigacha ishlamay yashasa ham bo‘ladi.
Aylish 14 yoshida Ocean Eyes debyut taronasini yozgan va bir yildan so‘ng eng yirik musiqa kompaniyasi Apple Music qo‘shiqchi bilan shartnoma tuzishni taklif qilgan. 16 yoshida Billi o‘zining birinchi to‘liq formatli albomini chiqardi va gastrol safarlari uyushtirgan. 2018-yilda Billi Next Management bilan shartnoma imzoladi, unga ko‘ra u go‘zallik va moda sohasidagi turli reklama kompaniyalarining yuziga aylandi. Celebrity Net Worth ma’lumotlariga ko‘ra, Billi Aylish 20 yoshga to‘lgunga qadar uning boyligi 30 million dollarga yetgan.
Misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga qaramay, Aylish uchun musiqa daromadining ma’lum bir qismini tashkil qiladi. Uning boshqa loyihalari ham ancha daromadli. Masalan, ijrochining o‘z kiyim biznesi bor va u Adobe Creative Cloud, Freaky City hamda Calvin Klein bilan ham hamkorlik qilgan. Apple kompaniyasining yangi MusicLab ilovasini muvaffaqiyatli targ‘ib qilishdan so‘ng, korporatsiya Aylishga uning hayoti haqidagi hujjatli film uchun 25 million dollar to‘ladi. | 71 | 1,274 |
Madaniyat | Xonanda Umidaxon och qolganida, Anvar Sanayev esa qo‘ng‘iroq qilib, “Kim bu” deyilganida asabiylashadi | “Darakchi.uz” O‘zbekiston shou-biznesidagi mashhur insonlar qanday holatda asabiylashishi mumkinligiga oydinlik kiritdi.
“Tabiatan hushchaqchaq, quvnoq qizman. Shuning uchun diqqatimni oshirish biroz qiyin. Biroq qornim ochsa bormi, umuman boshqa insonga aylanaman. Ul-bul yegulik tanovul qilib olmagunimcha jig‘ibiyron bo‘laveraman”, — deb fikr bildirgan Umidaxon.
Xonanda Anvar Sanayev esa qo‘ng‘iroq qila turib, suhbatdoshining shaxsini aniqlashga kirishadiganlarni tushunmasligi haqida aytdi: “Menga qo‘ng‘iroq qilib ‘Kim bu’ deyishsa, juda asabiylashaman. Odam qayerga, kimga qo‘ng‘iroq qilayotganini bilib turib ham shunday ahmoqona savol berishi mumkinmi?”.
“Tuhmat, yolg‘on va g‘iybatdan tepa sochim tikka bo‘ladi. Ayniqsa, san’atkorning qandayligini bilmay turib, mish-mish tarqatishsa, g‘iybat bilan hayotiga aralashishsa, bundan ham yomoni yo‘q”, — dedi aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva.
Rejissor Narimon Sultonxo‘jayev odamlarga bepisandlik bilan qaraydiganlarni jini suymasligi haqida aytgan: “Mashhurlar bilan gaplashib, ish borasida uchrashuv olib boraman. Shunday paytda bepisandlik bilan qaragan, xalqqa tanilib, kimligini unutib qo‘ygan, “yulduzlik kasali”ga chalinganlarni ko‘rsam, diqqatim oshadi”. | 102 | 1,219 |
Madaniyat | Aktrisa Saida Saidbekova turmushga chiqdi (foto) | Aktrisa Saida Saidbekova 28-yanvar, shanba kuni turmushga chiqdi. Bu haqda uning hamkasbi, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Saida, baxtli bo‘ling! Taqdiringiz hamisha go‘zal bo‘lsin! Aytib o‘taman: Saida Saidbekova Instagram’da yo‘q, uning nomidan ochilgan profil esa soxta!”, — deb yozgan Muqaddas Sa’dullayeva o‘z xabarida.
Instagram’da taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, to‘y marosimi Toshkentdagi “Versal” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq Saida Saidbekova yanvar oxirida turmushga chiqishi kutilayotgani, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i shou-biznes olamidan yiroq bo‘lgani sabab, aktrisani barcha ijtimoiy tarmoqlardan cheklab qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 48 | 875 |
Madaniyat | Turkiyaning "TRT AVAZ" telekanali Xiva haqida teledastur tayyorlayapti | 9-17 oktyabr kunlari Xorazm viloyatida Turkiyaning mashhur "TRT AVAZ" telekanali ijodkorlari ijodiy safarda bo`lishadi. Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Xivada bir kun" deb nomlangan teledastur 65 tilga tarjima qilinib efirga uzatilishi aytilmoqda.
8 kunlik tasvirga olish ishlari davomida ijodiy guruh Xiva shahridagi "Nurillaboy saroyi" majmuasi, Ota Darvoza, Kalta Minor, Muhammad Aminxon madrasasi, Ko`xna Ark, Sayid Alovuddin maqbarasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Sherg`ozixon madrasasi, Juma masjidi, Tosh Hovli va Xon xarami kabi “Ichan Qal`a” davlat muzey qo`riqxonasidagi tarixiy obidalarni suratga olishadi.
45 daqiqalik teledastur orqali tomoshabinlar Xorazmning sayyohlik salohiyati, uning tarixi, madaniyati, an`analari va zamonaviy holati va mahalliy hunarmandlar ijodi bilan tanishish imkoniga ega bo`lishadi.
Eslatib o`tamiz mazkur loyiha Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va "TRT AVAZ" telekanali kordinatorlari o`rtasida imzolangan hamkorlik bitimi doirasida tayyorlanmoqda.
Ma`lumot uchun, "TRT AVAZ" telekanali Bolgariyadan Afg`onistongacha bo`lgan 27 mamlakatda va Sharqiy Evropa, G`arbiy va Markaziy Osiyodagi 13 avtonom mintaqada 250 million tomoshabinni qamrab olgan. | 70 | 1,261 |
Madaniyat | “Ulug‘bek” filmi: Gollivud ko‘rgan rejissor, Mirzo Ulug‘bekni o‘ynagan fransiyalik aktyor, Abdulatifga aylangan Javohir Zokirov | Aktyor Javohir Zokirov “Ulug‘bek” nomli yangi tarixiy filmda suratga tushmoqda. Bunga dalil sifatida aktyor Facebook’dagi sahifasiga tarixiy siymo ko‘rinishidagi suratini joylashtirgan.
“Bu surat ‘Ulug‘bek’ nomli yangi tarixiy filmdan olingan. Man mazkur kartinada Abdulatif rolini ijro etyapman. Ammo hozircha bundan ortiq ma’lumot bera olmayman”, — dedi aktyor jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida.
Javohir Zokirovning Twitter va Instagram’dagi sahifalarida Xivadagi suratga olish ishlari jarayoni aks etgan ko‘plab suratlar va videolar e’lon qilingan. Suratlarda Gollivudda ijod qilgan rejissor Bahodir Yo‘ldoshev ham bor.
начали!
A video posted by Javakhir Zakirov (@jzakirov) on Nov 26, 2015 at 12:17am PST
@bakhodir_yuldashev снимает исторический фильм про Мирзу Улугбека! Удачи нам всем!#кино #узбекистан
A video posted by Javakhir Zakirov (@jzakirov) on Nov 26, 2015 at 12:28am PST
Фрагмент съемок! Ассистент режиссера кричит массовке- не смейтесь.#кино #узбекистан
A video posted by Javakhir Zakirov (@jzakirov) on Dec 4, 2015 at 7:59pm PST
Ulug‘bekning yoshligi va uning ayoli rolini gavdalantirgan aktyorlar.
Surat va videolarda aktyor Ma’ruf Otajonovni ham ko‘rish mumkin. Otajonov 2015-yil noyabr oyida “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida uni “xorijlik rejissorlar suratga olayotgan <...> filmdagi Amir Temur roliga tasdiqlashgani”ni aytib o‘tgandi.
Снимаем!
A video posted by Javakhir Zakirov (@jzakirov) on Nov 26, 2015 at 12:51am PST
@bakhodir_yuldashev @bekssonmotion @maxcoltt вчера снимали свадьбу! #фильм #кино #узбекистан
A video posted by Javakhir Zakirov (@jzakirov) on Dec 7, 2015 at 10:12am PST
Suratga olish jarayonidan olingan alohida fotolar “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida ham tarqalgan.
2016-yil yanvarida ProToday nashri rejissor Bahodir Yo‘ldoshev YuNESKO bilan hamkorlikda Mirzo Ulug‘bek haqida film suratga olayotgani, filmda Alisher Navoiy obrazi ham bo‘lishi, obrazni fransiyalik mashhur aktyorni Armand Assante jonlantirishi haqida xabar bergandi.
Javohir Zokirovning Instagram’ida Armand Assante ishtirokida ham suratlar bor. Ulardan birining ostida aktyor shunday izoh qoldirgan: “Biz do‘stga aylandik! Filmda u mening otam rolini o‘ynaydi. Armand — aqlbovar qilmas darajada mehribon va haqiqiy inson. Orzular ro‘yobga chiqadi, Gollivud esa borgan sari yaqinlashmoqda!”.
pic.twitter.com/gW4VbVNa0h
— Javakhir Zakirov (@jzakirov) December 25, 2015
Ma’lumot uchun, Alisher Navoiyning o‘g‘li bo‘lmagan, Abdulatif esa Amir Temurning suyukli nevarasi — Mirzo Ulug‘bekning padarkush o‘g‘li edi. | 127 | 2,588 |
Madaniyat | Instagram: Halima Ibragimovaga yaqinlarining sovg‘asi, ustidan pul sochilgan Kaniza, 110 ming dollarga mashina olgan klipmeyker | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Lola Ahmedova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Aktrisa Sitora Alimjonova qizlarga ko‘chada kimdir shilqimlik qilganida qanday yo‘l tutish borasida maslahat berdi.
Munisa Rizayeva tug‘ilgan kunini chiroyli o‘tkazib bergan tashkilotchilardan biriga minnatdorchilik bildirdi.
Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali Mamajonov aslida romantik emasligi, biroq uning uchun ba’zan romantik insonga aylanishi haqida folloverlariga so‘zlab berdi hamda bu safar turmush o‘rtog‘i unga qanday kutilmagan sovg‘a berganini ko‘rsatdi.
Shahzoda Muhammedova qizi Milanani tuxum ko‘rinishida kiyintirdi.
Xonanda Afruza kasalxonaga tushib qoldi.
Jasur Umirov muxlislariga yangi ijod mahsulini taqdim etishni rejalashtirmoqda.
27-oktabr kuni komik aktrisa Halima Ibragimova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shu kun munosabati bilan unga yaqinlari tomonidan ajoyib syurpriz tayyorlandi.
Sevinch Moskva shahrida tushgan suratini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda to‘yda Kanizaning ustidan pul sochilayotgani aks etgan video tarqalmoqda.
O‘zbek shou-biznesidagi eng taniqli klipmeykerlardan biri Shuhrat Mavlonov Nissan Patrol yo‘ltanlamasini xarid qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday avtomobilning narxi — 110 ming dollar. | 127 | 1,365 |
Madaniyat | Bollivud aktyorlarining o‘ziga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan qizlari (foto) | Quyidagi yulduzlarning qizlarni ko‘rib, ularning otasiga ikki tomchi suvdek o‘xshashini payqash qiyin emas.
Shohruh Xon va qizi Suxana
Bollivud qiroli Shohrux Xon nafaqat mahoratli aktyor, balki oilaparvar inson ekani bilan ham muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Rafiqasi Gauri bilan salkam 30 yildan buyon baxtli hayot kechirayotgan aktyorning ikki o‘g‘li va bir qizi bor. Shohrux Xonning farzandlari, xususan, qizi Suxana otasiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi. 20 yashar Suxana ham otasining izidan borishni afzal bilgan chog‘i teatrlarda rol ijro qilib o‘z iste’dodini namoyon qilib keladi.
Amitabh Bachchan va qizi Shveta
Hind kinosanoatining tirik afsonasi Amitabh Bachchanning qizi Shvetaning tashqi ko‘rinishi otasiga juda ham o‘xshaydi. Ko‘rinishi o‘xshagani bilan ota va qizning kasb borasidagi tanlovlari bir-biridan farq qiladi. Ota-onasi yulduz ekani sabab barcha hind kinosining eshiklari ochiq bo‘lishiga qaramay, Shveta aktrisa bo‘lishni istamay dizaynerlikni tanlagan.
Ajay Devgan va qizi Nisa
Yulduzli juftlik Ajay Devgan va Kajolning bir o‘g‘il va qizi bor. Muxlislar aktyorning qiz farzandi Nisuning otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshashini ta’kidlashadi. Ularning suratiga nazar tashlab esa o‘xshatish bejiz emasligini bilish mumkin.
Chanki Pandey va qizi Ananya
Aktyor Chanki Pandeyning 21 yashar qizi Ananya ota kasbini tanlagan. Uning tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab, nafaqat tanlovi, balki qiyofasi ham otasiniki singari ekanini bilish mumkin.
Sunil Shetti va qizi Atya
Aktyorning qizi Atyaning ko‘rinishi va aqlliligi otasiga o‘xshaydi.
Akshay Kumar va qizi Nitara
Yoshligida Bollivudning deyarli barcha aktrisalari bilan uchrashgan aktyor turmush o‘rtoq sifatida Tvinkl Khannani tanlagan. Akshay Kumar 45 yoshida qizli bo‘lgan, unga qadar birgina o‘g‘li bo‘lgan. Qizi Nitara otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi. | 75 | 1,842 |
Madaniyat | “To‘ylarni o‘tkazish bo‘yicha nizom mahallalarda ishlayotgani yo‘q”. Baxtiyor Sayfullayev to‘ylarni o‘tkazish tartibi yuzasidan Senat o‘rganish olib borishini ma’lum qildi | Oliy Majlis Senati aholi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan to‘y va marosimlarni o‘tkazish tartibiga qay darajada amal qilinayotgani bo‘yicha o‘rganish olib boradi. Bu haqda Senatning yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan qisqacha intervyusida aytib o‘tdi.
Baxtiyor Sayfullayev
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabrida Oliy Majlis Senati kengashi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashining qo‘shma majlisida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar borasida so‘z yuritilgandi. Oktabrda esa Oliy Majlis Senati to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni e’lon qilgandi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab, to‘y-hashamlarni tartibga solish haqidagi Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma qarori (yuridik jihatdan kuchi qonunga teng) kuchga kirgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga to‘ylarni o‘tkazish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan edi.
O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atilgan. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berilgandi. Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani sababli 10-iyuldan boshlab mamlakatda to‘ylarni o‘tkazish yana taqiqlangandi. Shundan so‘ng 15-avgustdan 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga yana ruxsat berilgan.
Senatorning ma’lum qilishicha, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan to‘ylarni 30 kishidan oshmagan holda o‘tkazishni belgilab bergan bo‘lsa-da, oxirgi paytlarda bunga amal qilinmayapti.
“Avval boshida to‘y egalari bir kun kuyov bolani do‘stlari, bir kun kelinni o‘rtoqlari, bir kun qudalarga, bir kun mahallaga va qavm-qarindoshlarga osh berib, 30 kishidan to‘ylarni o‘tkazishdi. Hozirgi kunda to‘ylarda mehmonlar soni yana oshib boryapti. Ayniqsa, bu kabi holatlar ko‘proq viloyatlarda kuzatilmoqda. Shu bois Respublika maxsus komissiyasini yig‘ib, ushbu masalalarni ko‘rib chiqmoqchimiz. Asosiy e’tiborni mahalla fuqarolar yig‘inlariga qaratmoqchimiz. Joylarda to‘ylar va marosimlarni o‘tkazishda mahallalar sal chetda qolayotgandek, nazarimda”, – dedi Baxtiyor Sayfullayev.
Qo‘mita raisining alohida ta’kidlashicha, to‘ylarni o‘tkazish bo‘yicha nizom mahallalarda “ishlayotgani yo‘q”. Yana bir jihati, ushbu nizomni buzgan fuqarolarga juda kam miqdorda jarima qo‘llaniladi. “Shu darajadaki, pulni to‘laydi-da, xohlaganicha to‘yni o‘tkazaveradi”.
Ma’lum qilinishicha, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizom talablarini bajarishda kamchiliklarga yo‘q qo‘yayotgan vazirlik va mutasaddi tashkilotlar ustidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuboriladi.
“Senat qo‘mitasi tomonidan mart oyi oxirida to‘y va marosimlarni o‘tkazish tartibiga qay darajada amal qilinayotgani yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan. Nizom talablarini qay darajada bajarilayotgani aniqlash maqsadida bitta viloyat va bitta tuman kesimida o‘rganish olib boramiz. Natijalari bo‘yicha Respublika komissiyasiga o‘z xulosalarimizni taqdim etib, ularga o‘z savollarimizni beramiz”, – deya qo‘shimcha qildi qo‘mita raisi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil aprel oyida koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektorda karantin vaqtida to‘y-marosim o‘tkazganlarni “mas’uliyatsizlar” deb atagan edi. O‘zbekiston Prezidenti 2020-yil avgust oyida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida aholini to‘y o‘tkazishda belgilangan talablarga rioya etishga chaqirib, 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berilganida, ko‘p joylarda bu cheklovga amal qilinmaganini aytib o‘tgandi. | 171 | 4,108 |
Madaniyat | Rossiyadagi prodyuserlik markazi xonanda Nargiz bilan hamkorlik shartnomasini bekor qildi | Maksim Fadeyevning MALFA prodyuserlik markazi xonanda Nargizga hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinishi to‘g‘risida rasmiy hujjat yubordi. Bu haqda xonanda Instagram‘dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Hujjatga ko‘ra, markaz xonandaga prodyuserning asarlarini ijro etishni man etadi. Shuningdek, avgust oyiga mo‘ljallangan tur bo‘yicha majburiyatlaridan voz kechadi.
Yuzaga kelgan mazkur holat tufayli Nargizning Yurmala, Krasnogorsk va Chaykovskiy shaharlarida rejalashtirilgan konsertlari bekor qilinishi mumkin. | 89 | 519 |
Madaniyat | DJ Piligrim: Men va Lola haqida tarqalayotgan gaplar mish-mishdan boshqa narsa emas | DJ Piligrim taxallusi ostida ijod qiluvchi Ilhom Yo‘lchiyev “Darakchi” nashriga bergan intervyusida xonanda Lola bilan o‘rtasidagi munosabatlarga izoh berdi.
“Lola bilan faqat ijodiy hamkorligimiz bor. Men yaratgan qo‘shiqni yaxshi ijrochi, barcha hurmat qilib tinglaydigan xonanda kuylashini istagandim. Istagim amalga oshdi”, — dedi Ilhom Yo‘lchiyev.
“Shuning uchun ham so‘nggi vaqtlarda u bilan ko‘p hamkorlik qilyapmiz. Bor gap shu. Kimlardir tarqatayotgan gaplar esa mish-mishdan boshqa narsa emas”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Ma’lumot uchun, DJ Piligrim va Lola birgalikda “Yulduz” nomli qo‘shiq kuylagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 83 | 775 |
Madaniyat | O‘zbekistonda madaniyat markazlari tashkil etiladi | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Mazkur qaror bilan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etiladigan bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasiga 2019-yilning 1-iyuniga qadar “Madaniyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish topshirildi.
Madaniyat vazirligining “Xalq cholg‘ulari ijrochilari”, Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” va Yunus Rajabiy nomidagi “Yosh maqom ijrochilari” respublika ko‘rik-tanlovlarini an’anaviy ravishda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Madaniyat vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Davlatlararo qo‘shma loyiha doirasida Buyuk ipak yo‘lining mamlakatdan o‘tgan qismini “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi vohasi” va “Ipak yo‘li: Farg‘ona – Sirdaryo havzasi” nomi ostida YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga;
Xorazm “Lazgi”sini “Xorazm raqsi — Lazgi” nomi ostida YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilandi. | 50 | 1,442 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” rahbarining “rep nazorat”da degan gapi internetda kulgiga sabab bo‘lmoqda | “O‘zbekkonsert” rahbari Odil Abduqahhorov qo‘shiqlardagi nojo‘ya so‘zlar (so‘kishlar)ga urush e’lon qilgani va “repni nazoratga olgani” haqida bergan intervyusi internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Sputnik.
Xususan, “Abduqahhorov qo‘shiq matnida nojo‘ya so‘zlarni ishlatishni bas qilishlari uchun reperlar ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lingani haqida gapirdi”, — deb yozadi nashr.
“O‘zbekkonsert” rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan e’tibor tufayli reperlar rep matnida so‘kishlarni ishlata boshlagan va ularning xatti-harakati ham nojo‘yalashib ketgan. Endilikda muassasa xodimlari o‘z oldilariga reperlarga milliy an’ana va milliy madaniyat haqida kuylash lozimligini yetkazishni maqsad qilib olgan.
Ayni vaqtda “O‘zbekkonsert” rahbarining rep nazoratga olingani haqidagi gaplari internet foydalanuvchilari e’tiboriga tushib, qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, Sayyora Xo‘jayeva, “O, Xudo, yaqinda butun dunyo ustimizdan kulishni boshlaydi”, - deya hissiyotli post qoldirgan.
Nikita Makarenko esa: “Xudoga shukr. Mamlakatimizda hech bo‘lmasa nimadir nazorat ostida. Tupak, tinch orom ol. Rep ishonchli qo‘llarda”, — deya sarkazm qilgan.
Nigora Muhammedova nikli yana bir internet foydalanuvchisi esa endilikda mahallalarda radiouzellarda Zulfiya she’rlari bilan birgalikda nazorat ostida bo‘lgan replar o‘qib eshittirilishini aytgan va “Ey hokim, posmotri na menya. Delay kak ya, delay kak ya”, — deya go‘yoki kelajakda o‘qiladigan repdan bir parcha keltirgan. | 89 | 1,555 |
Madaniyat | 2021-yil bahor mavsumida yakunlanayotgan uchta mashhur turk seriali | Yoz mavsumi yaqinlashishi bilan turk ijodkorlari muxlislarni yangi loyihalar bilan xursand qiladi. Ammo premyeralar uchun television tarmoqdan bo‘sh joy ham topilishi kerak. Albatta, bundan millionlab tomoshabinlar ranjishi ham mumkin, ammo aynan shu sababdan ham ayrim seriallar bahor mavsumida yakunlanadi.
“Elchining qizi”
“Elchining qizi” seriali ko‘plab o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Bosh rolni ijro etgan Neslihan Atagul loyihani tark etganidan so‘ng qahramonlarning yana biri – Uraz Kaygilaro‘g‘lu ham serialdan chetlashtirildi. Shuningdek, taniqli aktrisa Tuba Buyukustun aktyorlar tarkibiga qo‘shildi. Ssenariy mualliflari yangi sevgi hikoyasini yozishga kirishdi. Ammo o‘zgarishlarning barchasi reytingga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Natijada ijodkorlar 2021-yilning may oyi o‘rtalarida loyihani yakunlashni rejalashtirmoqda.
“Eshigimni taqillat”
“Eshigimni taqillat” romantik komediyasi tomoshabinlarni bir yil davomida maftun etib keldi. Kerem Bursin hamda Xande Erchel juftligi shu qadar bir-biriga mosligidan muxlislar ularni hayotda ham birga bo‘lishini orzu qilmoqda. Nima bo‘lganda ham romantik komediya abadiy davom eta olmaydi, garchi ssenariy mualliflari tomonidan yangi voqealar qo‘shilayotgan bo‘lsa-da. Qahramonning xotirasini yo‘qotish bilan serial bir necha epizodga uzaytirildi. Endi esa juftlikning baxtli bo‘lishi bilan serialga yakun yasaladi.
“Chuqur”
Prodyuserlar eng uzoq davom etgan seriallardan biri “Chuqur” yakunlanishini e’lon qildi. Bunga ishonish qiyin, serialning ilk epizodi 2017-yil namoyish etilgan. Hozirda ham “Chuqur” bir necha mamlakatlarda namoyish etilayotgan eng mashhur seriallardan biridir. Hozircha filmning qachon yakunlanishi bo‘yicha sanasi aniq emas, ammo ushbu mavsumda final bo‘lishi muaqarrar. | 67 | 1,754 |
Madaniyat | Gyote instituti rahbari Toshkentdagi kinoteatrlarda muntazam ravishda nemis kinolarini namoyish etib borishni taklif qildi | “O‘zbekkino” milliy agentligida Toshkentdagi Gyote instituti rahbari Gabriel Bekker bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi agentlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi turli sohalarda, jumladan san’at va madaniyatda rivojlanib borayotgan ikki tomonlama aloqalar alohida ta’kidlab o‘tildi.
Ayniqsa, kinematografiya sohasida olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik aloqalari tufayli bugun O‘zbekistonda muntazam ravishda nemis filmlari festivallari o‘tkazib kelinmoqda.
“O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov Gyote instituti va Germaniyaning Xemnits shahrida o‘tkaziladigan xalqaro kinofestival hamkorligida O‘zbekistonda tashkil etib kelinayotgan “Shum bola” bolalar va o‘smirlar filmlari kinofestivali haqida fikr bildirib, ushbu madaniy tadbirga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini e’tirof etdi.
Tomonlar kinofestivalni viloyatlar markazlarida ham o‘tkazish va Germaniyada o‘tadigan Xemnits kinofestivaliga esa o‘zbek filmlarini ham jalb qilish yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, uchrashuvda poytaxt kinoteatrlaridan birida muntazam ravishda nemis filmlarini namoyish etib borish masalasi ham muhokama qilindi. | 122 | 1,173 |
Madaniyat | “Ilhaq” filmining bir qismi “Belarusfilm” bilan hamkorlikda suratga olinadi (foto) | Rejissor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” tarixiy-badiiy filmining bir qismi “Belarusfilm” bilan hamkorlikda suratga olinadi. Bu haqda film rejissori Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.
Biz ‘Ilhaq’ tarixiy filmining bir qismini Belarus respublikasida suratga olishni rejalashtirgan edik. Shu munosabat bilan 8-noyabr kuni film ijodkorlari bilan Belarusga yetib keldik. Ayni kunlarda suratga olinishi rejalashtirilgan tarixiy binolar va joylar bilan tanishib chiqmoqdamiz.
Ijodiy jamoamiz ‘Belarusfilm’ bilan hamkorlik qilmoqda. ‘Belarusfilm’ning ochiq povilyonlarida ‘Ilhaq’ filmi uchun maxsus dekoratsiyalar quriladi. Filmda belaruslik mashhur aktyor-aktrisalar ham rol ijro etishlari kutilmoqda.
Jahongir Ahmedov, “Ilhaq” tarixiy filmining rejissori
Ma’lumot uchun, film “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan suratga olinmoqda. “Ilhaq” tarixiy filmining ssenariy mualliflari Jahongir Ahmedov hamda Hasan Toshxo‘jayevlar tomonidan yozilgan. Film operator Jahongir Ibragimov, rassom Bahriddin Shamsuddinov, libos Zuhra G‘aniyeva, grimm Zilola Sobirova, prodyuser Zafar Yo‘ldoshevlar tomonidan suratga olinmoqda. | 82 | 1,213 |
Madaniyat | Bloger 15 ta mamlakatga sayohat qildi va 1000 kishi bilan raqsga tushdi (video) | Bloger Mett Brey ko‘p yillar avval YouTube’da ProjectOneLife nomli kanal ochgan va unga turli raqslar videolarini joylagan, deb yozmoqda “Daily Afisha”.
Brey o‘zining yangi videosiga bir yarim yil sarfladi. U 15 ta mamlakatni kezib chiqdi va “Raqsga tushayotgan 1000 kishi” nomli rolikni ishladi.
Kadr: Youtube
Kadr: Youtube
Kadr: Youtube
Kadr: Youtube
Blogerning so‘zlariga ko‘ra, u har bir mamlakatga yetib borganidan keyin, ajoyib joylarga borib, notanish kishilardan u bilan birga raqsga tushishni so‘ragan. | 79 | 520 |
Madaniyat | Aktrisa Kristen Styuartning malika Diana obrazidagi liboslari (foto) | Pablo Larraina rejissorlik qilgan “Spenser” filmi 2021-yil 4-noyabrda katta ekranlarga chiqadi. Kartinada 1991-yil malika shahzoda Charlz bilan ajrashish arafasi, Sandringemdagi Rojdestvo bayrami voqealari hikoya qilinadi.
Malika Diana rolini aktrisa Kristen Styuart ijro etgan va filmning treyleri allaqachon tomoshabinlarga taqdim etilgan. Unda aktrisa Ledi Dining o‘ziga xos liboslari va zargarlik buyumlari nusxalarida paydo bo‘ladi. Quyida malika Diananing obrazidagi aktrisa qay darajada o‘z qahramonining siymosiga kira olgani bilan tanishib chiqish mumkin.
Katakli kostyum hamda unashtiruv uzugi
Ushbu katak kostyumni malika Diana 1991-yil yanvar oyida Kornuollda kiygan. Shuningdek, uzuk malika Diananing mashhur unashtiruv uzugining nusxasi, uning markazida katta sapfir bor. Ledi Di taqinchoqlarni Charlz bilan nikohi davomida taqib yurgan va vafotidan keyin ular Diananing to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Uilyamga meros bo‘lib qolgan. U bu uzukni Keyt Middltonga 2010-yilda turmushga chiqishni taklif qilganida sovg‘a qilgan.
To‘r yopinchiqli shlyapa
Qora to‘r pardasi bor shlyapa hamda bo‘yinbog‘li bluzka va qizil paltoda malika Diana 1993-yilda Sandringemga tashrif buyurgan. Umuman olganda, to‘r malikaning kiyinish obrazida juda keng tarqalgan element. Ehtimol, u zerikarli paparatssilardan oz bo‘lsa-da yashirinishga yordam bergandir.
Djinsi shim va kurtka
Kristenning navbatdagi ko‘rinishi – 1992-yil shahzoda Garrini maktabga olib borgan Ledi Di kiyimining nusxasi. Shunisi e’tiborga loyiqki, bunday obraz bugungi kunda juda zamonaviy ko‘rinadi.
Nikoh libosi
Malika Diananing to‘y kuni, London, 1981-yil 29-iyul. Treylerda Styuart Devid va Elizabet Emanuel tikkan Diananing mashhur nikoh libosi nusxasida paydo bo‘ladi. Balki, filmda ekrandagi Diana shahzoda Charlz bilan turmush qurgani namoyish etilar.
Oqshom ko‘ylagi va jaket
Treylerda aks etgan kadrlardan birida Kristen oqshom libosi va ustiga tashlangan katta jaketda qorong‘i xonada yolg‘iz turganini ko‘rish mumkin. Diana hamisha ochiq uslubdagi kechki liboslar ustidan bir necha bor katta jaket kiyib olgan. Bu uslubining o‘ziga xos belgilaridan biriga aylangan.
Sariq kostyum
Treylerda Kristenni sariq rangli libosda ham ko‘rish mumkin. Shunga o‘xshash kostyumlar Diananing shkafidan bir necha bor joy olgan. Xuddi shunga o‘xshashi, masalan, 1992-yilda Hindistonga tashrifi paytida malikaning egnida bo‘lgan. | 68 | 2,389 |
Madaniyat | Instagram: 22 kishiga mashina sovg‘a qilgan xonanda, Ra’no Shodiyeva qizini uzatmoqda, Sevinchning mashinasi yo‘lini to‘sgan muxlislar | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Muqaddas Sa’dullayeva qizi Sa’diyaning sahifasiga yangi surat joylashtirdi.
Munisa Rizayeva har qanday holatda tabassum qilishga chorlamoqda.
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari onaxon aktrisa To‘ti Yusupovani ko‘rishga bordi.
Quyidagi videoda milliy teatr aktrisalarining aytgan qo‘shig‘iga To‘ti Yusupova xirom aylaganini ko‘rish mumkin.
Maryam Tillayeva onasi Lola Tillayeva—Karimovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Xonanda Sevinch viloyatlardan biridagi gastrol safaridan qaytayotganida muxlislari qurshovida qolib ketdi. Yuzlab odamlar sevimli xonandasi o‘tirgan mashinani o‘rab olib, uni yurishga qo‘ymadi.
Durdona Qurbonova o‘qishni tamomladi.
“Novda” filmidagi obrazi bilan elga tanilgan aktrisa, Ra’no Shodiyevaning qizi Rahshona turmushga chiqmoqda. U Instagram’dagi sahifasida sevgan insoni qo‘lini so‘ragani aks etgan videoni joylashtirdi.
Turkiyalik taniqli aktyor Murat Yildirim rafiqasi Iman Elbani bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Xonanda va aktrisa Dilfuza Ismoilova o‘ta jigarjon ekanligini aytib, shu paytgacha qarindosh va tanishlariga 22 ta mashina sovg‘a qilgani haqida so‘zlab berdi. | 134 | 1,277 |
Madaniyat | “Yoshligimda nuqul o‘zbekka erga tegmayman derdim”. Aktrisa Dildora Hoshimova koreys turmush o‘rtog‘i islom dinini qabul qilgani hamda ismini ham o‘zgartirgani haqida (video) | “Sevginator”, “Koreyalik kelin”, “Zulmat”, “Koreyadagi muhabbat” kabi filmlardagi roli orqali muxlislar e’tiboriga tushgan aktrisa Dildora Hoshimova koreys millatiga mansub bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan qayerda tanishgani, uning o‘zbekcha ismi, islom dinini qabul qilgani, koreys xalqining madaniyati, to‘ylari qanday ekani va qizining o‘ziga o‘xshashi haqida gapirdi.
Aktrisa turmush o‘rtog‘i va u bilan qayerda tanishgani haqida
“Turmush o‘rtog‘im koreys millatiga mansub, ismi San Hyuk. “Koreyalik kelin” filmida suratga tushishimdan oldin ham Koreyada yashar edim. Qizalog‘im 2 yoki uch yosh bo‘lganda O‘zbekistonga kelganman. Turmush o‘rtog‘im bilan Toshkentda tanishganman.
Universitetda o‘qib yurgan paytlarim hamma meni koreyslarga o‘xshatar edi. Oilamizda san’atkorlar bo‘lmagan. Buvim har doim aytib yurar edi, bu raqqosa bo‘ladi, men televizorda ko‘rib yuraman deb. Yoshligimda raqqosa bo‘lganman, keyinroq shu yo‘nalishga o‘qishga kirdim. Raqqosalik yo‘nalishini bitirayotgan vaqtim aktyorlikka qiziqib qolganman. Keyin tayyorgarlik ko‘rib aktyorlik sohasi bo‘yicha o‘qishga kirganman”, — deydi aktrisa.
Koreys millatining madaniyati va to‘ylari to‘g‘risida
“Koreyslar o‘ynamaydi, yevropa hitlarini, hip-hop yo‘nalishida musiqalarini eshitadi. Milliy raqsi bor, unda qo‘lga maxsus tayoqchalar olib, milliy uslubdagi katta liboslarda raqsga tushishadi. Koreyslar to‘ylarda ham o‘ynamaydi, to‘ylari zerikarli bo‘ladi. Mening to‘yim ham zerikarli bo‘lgan. To‘yda hamma kelib ovqatlanadi, keyin tabriklab ketadi. Bizning to‘ylarimiz juda chiroyli. Turmush o‘rtog‘im ham bir marta O‘zbekistonda to‘ylar qanday o‘tkazilishini ko‘rdi”, — deydi aktrisa.
Aktrisa turmush o‘rtog‘ining o‘zbekcha ismi va islom dinini qabul qilgani haqida
“Turmush o‘rtog‘imning o‘zbekcha ismi Yahyo. U islom dinini qabul qilgan. Turmush o‘rtog‘im firmamning boshlig‘i va tovarlar bilan ham shug‘ullanadi. O‘zbek tilida salom berishni biladi”, — deydi Dildora Hoshimova.
Nima sababdan koreysga turmushga chiqqani
“Ularning urf-odati biznikiga o‘xshab ketadi. Masalan, ota-onasiga hurmat, mehr ko‘rsatadi. Lekin koreyslar biznikiga o‘xshab uzoq qarindoshlari bilan unchalik ‘bordi-keldi’ qilmaydi. Ularda hamma tirikchilik uchun harakat qiladi, ishlaydi.
Men Koreyani yaxshi ko‘rar edim. Onam doim senga sep olaman deb aytar edi, men esa olmang, men faqat bitta chemadonda ketaman derdim. Shunda onam sen bunaqa urush qilib yursang, seni hech qaysi o‘zbek olmaydi, deb aytar edi. Shunda men mayli, men o‘zbekka emas, boshqa millatga mansub insonga turmushga chiqaman deganman. Har bir tilak amalga oshadi, shuning uchun hozir qandaydir dilxiralilik bo‘lsa, vaqtga tashlab qo‘yaman yaxshi bo‘ladi”, — deydi aktrisa.
Aktrisa koreyslar uni talaffuzi bilan ajratib olishi va qizining o‘ziga o‘xshashligi haqida
“Koreyscha gapirmasam hech kim meni ulardan farqlamaydi. Gapirganimda esa chet eldan kelganimni bilib olishadi, chunki ularning talaffuzi boshqacharoq. Ular oldin meni koreyalik qizlarning chiroyli varianti deyishar edi. Qizimni men bilan bir xil deyishadi, menga o‘xshasa kerak”, — deydi Dildora Hoshimova. | 174 | 3,102 |
Madaniyat | BIR QATOR SAN`ATKORLAR OQQO`RG`ONDAGI PAXTA DALALARIDA BO`LIShDI | Bugungi kunda paxta dalalarida mamlakatimiz istiqboli va iqtisodiyoti rivojlanishi uchun samarali mehnat qilayotgan paxtakorlarimizning madaniy hordiq chiqarishlari uchun Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan ijodkor, ziyolilardan iborat targ`ibotchilar bilan ma`naviy, ma`rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazidan Shaxnoza Tojiddinovaning xabar berishicha, Markaz targ`ibotchilari bugun Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani paxta dalalarida bo`lishdi.
Targ`ibotchilar guruhidan el suygan san`atkorlar O`zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan aktyor Mehriddin Raxmatov, xonanda Rustam Muhammadiev, Nihol mukofoti sovrindori Mashhurbek Raimjonov, shoirlar Adhamqul Karimov, Botir Ergashev, teatr aktyori Muzaffar Hamidovlar joy olishdi.. | 65 | 818 |
Madaniyat | Fotoko`rgazmaga marhamat: Bizga qadrdon filmlar! | Avval xabar berganimizdek, bugun PROlogue xalqaro kinofestivali doirasida «Yoshlar ijod saroyi»da «O`zbek kinosi tarixi» deb nomlangan fotoko`rgazma tashkil etildi. G`ayrat Mo`minov muallifligidagi ekspozisiya nafaqat san`at ahlini, balki yoshlarni ham o`ziga jalb etdi.
Chunki bu filmlarning barchasini miriqib tomosha qilganmiz. Unda mahorat bilan rol ijro etgan ustoz san`atkorlarni qadrdonimizdek yaxshi ko`ramiz.
Agar siz ham mazkur fotoko`rgazmalarni ko`rmoqchi bo`lsangiz, marhamat, «Yoshlar ijod saroyi»ga keling va haqiqiy san`at olamini yaratgan chehralardan bahramand bo`ling!
«Tangalik bolalar» badiiy filmidan
«Kelinlar qo`zg`oloni» badiiy filmidan
«Suyunchi» badiiy filmidan
«Ajoyib xayolparast» badiiy filmidan
«Sen etim emassan» badiiy filmidan
«Shum bola» badiiy filmidan
«Yor-yor» badiiy filmidan | 49 | 814 |
Madaniyat | Gollivud aktrisalari ko‘zlarni kattalashtirish uchun foydalanadigan makiyajdagi layfxaklar | Supermodel Karli Kloss, aktrisa Jennifer Lourens va Rene Zellveger singari yulduzlarni tabiat mukammallik bilan siylagan deb o‘ylaganlar yanglishadi. Siz qiyofasiga havas qiladigan mashhurlar plastik operatsiya qildirgan yoki makiyajdagi ayyorona usullar bilan chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Vizajist Alina Lapina ko‘zi kichik Gollivud yulduzlari nigohi teran bo‘lishi uchun foydalanadigan makiyaj usullari bilan bo‘lishadi.
Praymerdan foydalaning
Qovoqlarga ten surtishdan avval, praymer surtishni yodingizdan ko‘tarmang. Qovoq terisi tez yog‘lanishi va namlanishini hisobga olgan holda surtilgan bo‘yoqni uzoq vaqt davomida turishi va chaplanib ketmasligi uchun ham praymer zarur hisoblanadi.
Smoky eyes sxemasidan foydalaning
Klassik bo‘yanish sxemasiga asosan tashqi qovoqning chetki burchagini to‘qroq qilib bo‘yash o‘rniga, smoky eyes sxemasidan foydalaning, ya’ni qovoqqa bir tekisda ten surtib ko‘zning konturiga urg‘u bering.
Pastki qovoqlarni ham yoddan chiqarmang
Sevimli ten bo‘yog‘ingizni olib pastki qovoqlarni bo‘yang. Bunda ehtiyotkorlik bilan kiprik chizig‘i bo‘ylab urg‘u bering. Bu orqali ko‘zingiz kattaroq va chiroyli ko‘rinadi.
Tenni to‘g‘ri tanlang
Sadaf rangli bo‘yoq qovoqni osilgan qilib ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun teri va ko‘zingiz rangi, yuz shaklingizdan kelib chiqib individual yondoshing.
Tush surtishni unutmang
Ko‘zlar katta va nigohlar o‘ziga xos bo‘lishi uchun tepa va pastki kipriklarga tush surtishni unutmang. Ten va tushning to‘g‘ri tanlanishi ko‘zni aslidan katta qilib ko‘rsatishi mumkin.
Podvodkani ehtiyotkorlik bilan chizing|
Tush va tendan foydalanganda podvodka surtmasa ham bo‘ladi, lekin siz juda ham xohlayotgan bo‘lsangiz unda ingichka va tartibli qilib surting va strelkani ko‘z chizig‘i tugagan joyda to‘xtatmang.
Qoshga shakl bering
Qosh shakli to‘g‘ri tanlansa, kichik ko‘zlarga ham urg‘u berishi va osilgan qovoqni ko‘tarilgandek ko‘rsatishi mumkin. Qoshni to‘g‘ri, qalin qilib chizib olmang. Tabiiy shaklidan kelib chiqib tartibga keltiring. | 90 | 2,021 |
Madaniyat | Jim Kerri soqolini o‘stirmoqda, Robbi Uilyams esa karaoke kuylayapti. Karantin vaqti yulduzlar ijtimoiy tarmoqlarda nima bilan mashg‘ul? | Koronavirus hamon jahon kino sanoatini to‘xtatib turibdi. Ko‘plab loyihalarning tasvirga olish jarayonlari “muzlatilgan”, shu sababli aktyorlar va boshqa ko‘plab yulduzlar karantinga rioya qilmoqda. Izolyatsiyaga qaramay, ayrim aktyorlar ijtimoiy tarmoqlar o‘z obunachilarini turli usullar bilan xushnud etmoqda, deb xabar beradi “KinoPoisk”.
Pandemiyadan zerikkan aktyor Pol Bettani o‘zining tashqi ko‘rinishini suratda qaritib, ostiga “9124-kun” deb yozib qo‘ydi.
Boshqa yulduzlar esa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ko‘proq musiqaga murojaat qila boshladi. Masalan, Ron Perlman 21-mart kuni vafot etgan Kenni Rojersni xotirlab, obunachilari uchun uning “The Gambler” qo‘shig‘ini kuylab berdi.
View this post on Instagram
“Firefly” serialining yulduzi Alan Tyudik esa karantinda o‘tirganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kichikroq qo‘shiq yozdi.
View this post on Instagram
Twitter’da esa Ben Platt ijrosidagi “The Rainbow” qo‘shig‘ini tinglash mumkin.
https://twitter.com/BenSPLATT/status/1241468171556540416
Pandemiya sabab konsertlari bekor qilingan Madonna esa o‘zining “Vogue” qo‘shig‘ini kuylab berdi. Raqsga tushishga chorlovchi satrlar o‘rniga qo‘shiqchi “Kel, ozgina qovurilgan baliq yeymiz… Qani raqsga tush, axir makaron qolmadi”, deya kuylagan. Bu orqali u supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga ishora qilgan.
View this post on Instagram
Yana bir musiqachi Robbi Uilyams esa Instagram’da bir necha kun onlayn-konsert berdi.
Lora Dern ham chetda turgani yo‘q, u o‘z obunachilari uchun “Gektor — arxitektor” bolalar kitobini o‘qib berdi.
View this post on Instagram
Richard E.Grant esa “Uitneyl va men” lentasini yodga olib, unda qahramonni politsiyachi to‘xtatgan sahnani parodiya qildi.
As a lifelong teetotaller, am indebted to Bruce Robinson for taking a gamble and casting me as his titular drunk in WITHNAIL& I pic.twitter.com/HVJnm4FXoa
— Richard E. Grant (@RichardEGrant) March 21, 2020
Jim Kerri esa yana soqol o‘stirishga qaror qildi va har kuni jarayon qanday ketayotgani tasvirlangan suratlarni joylab borishga va’da berdi.
Selena Gomes, Margaret Kuelli va Oliviya Uayld hamkasblari ortidan borib, obunachilariga pandemiya vaqtida qo‘lni qanday to‘g‘ri yuvish kerakligini ko‘rsatdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 136 | 2,424 |
Madaniyat | Azamat Ahrorovning 200 mingdan ziyod obunachisi bo‘lgan Instagram-akkaunti “o‘g‘irlandi”. “Qaroqchilar” aktyordan 350 dollar talab qilmoqda | Ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilaridan hisoblangan aktyor va rejissor Azamat Ahrorovning Instagram’dagi sahifasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘zlashtirib olindi.
“Kiberqaroqchilar” qariyb 220 ming obunachisi bo‘lgan @azamat_axrorov sahifasini qanday qilib o‘zlashtirgani noma’lum. Hozirgi vaqtda “qaroqchilar” qo‘lida qolayotgan sahifada aktyorning nomidan suratlar, xabarlar berib borilmoqda.
Azamat Ahrorovning “kiberqaroqchilar” bilan suhbatidan
Azamat Ahrorovning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, u shaxsiy sahifasini o‘zlashtirib olgan shaxslar bilan aloqaga chiqqan, biroq hozircha biror kelishuvga erisholgani yo‘q.
Xakerlar Instagram’dagi shaxsiy sahifamni egallab oldi, shu vaqtgacha joylashtirilgan barcha suratlarim va videolarimni o‘chirib tashladi.
Instagram’dagi boshqa bir profildan o‘z profilimga xabar yozib, sahifamni qaytarishlarini so‘radim. Ular o‘z sahifamni o‘zimga pullamoqchi bo‘lib, mendan 350 dollar pul talab qildi. Men aytilgan pulni uchrashib, to‘lashga roziligimni aytdim, biroq ular pulni elektron hamyonga o‘tkazishni talab qilmoqda.
Do‘stlarimni ogohlantirib qo‘ymoqchiman: Instagram’dagi sahifamni egallab olganlar mening nomimdan har xil xabarlar yuborishi mumkin.
Azamat Ahrorov, aktyor va rejissor
Ma’lumot uchun, Azamat Ahrorov rejissorligida suratga olingan “Qaysarginam” va “Notanish qotil” kartinalari 2016-yilning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan 10 filmi qatoridan o‘rin olgan edi, 2017-yil 10-mayida ekranlarga chiqqan “Qaysarginam 2” may oyining ikkinchi haftasida eng kassabop filmga aylangan. | 139 | 1,563 |
Madaniyat | Weinstein Company’ning mojarodan keyingi ilk filmi 742 dollar daromad keltirdi | The Weinstein Company’ning prodyuser Xarvi Vaynshteynning axloqsizlikda ayblanishi bilan bog‘liq mojarodan keying ilk filmi bor-yo‘g‘i 742 dollar daromad keltirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Xabarda qayd etilishicha, Vaynshteynning obro‘sizlanishi uning biznesiga ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘tgan hafta yakunlariga ko‘ra, ming dollardan kamroq daromad keltirgan film “Amitivill dahshati: Uyg‘onish” deb nomlanadi. Kartinada bosh rollarni Bella Torn va Jennifer Jeyson Li ijro etgan.
Film o‘nta kinoteatrda namoyish etilgan. Shu bilan birga, kartina kinoteatrlarda namoyish etilishiga ikki hafta qolganida uni Google Play xizmatida bepul ko‘rish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Shunisi aniqki, film premyerasi bir necha marta qoldirilgan va Xarvi Vaynshteyn atrofidagi mojarolar filmning kam daromad keltirishi bilan bog‘liqligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiqlash mushkul.
Politsiya taniqli Gollivud prodyuseriga qarshi surishtiruv boshladi | 78 | 939 |
Madaniyat | “O‘zini Shirinman deb tanishtirgan qiz juda yengil, ochiq-sochiq kiyinar ekan”. Bobur Bobomurodning “soxta Farhod va Shirinlar”ga e’tirozi | Farhod va Shirin musiqiy dueti prodyuseri hisoblangan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod viloyatlarda “soxta Farhod va Shirinlar” paydo bo‘lganini ma’lum qilib, mazkur holatni bachkanalik deb atadi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Samarqand va Jizzax viloyatlarida shunday holat yuz bergani haqida eshitdim. Farhod va Shirinning Farg‘ona, Jizzax, Toshkent viloyatlaridagi nusxalari haqiqiy duetning musiqasi ustidan o‘z ovozi bilan qo‘shiq aytib tirikchilik qilib yurgan ekan, ammo Samarqandda bitta guruh paydo bo‘lgan — ular o‘zlarini: ‘Biz o‘sha Farhod va Shirinmiz’, deb da’vo qilib, umuman mehnat qilmay, asl Farhod va Shirinning fonogrammalarini qo‘yib berishadi va shu asnoda og‘iz qimirlatib, turli qiliqlar qilib turishadi. Ularning bir-ikki videosi menga yetib keldi. Videoda o‘zini Shirinman deb tanishtirgan qiz juda yengil, ochiq-sochiq kiyinib, o‘zini juda erkin qo‘yib yuborgan ekan”, — deydi Bobur Bobomurod.
“U qiz juda yengil, ibosiz kiyinib ‘Men Shirinman, Samarqanddanman’, deb bemalol aytishi jahlimni chiqardi. Negaki Shirinning o‘zi ochiq-sochiq kiyinish yoki bachkana qo‘shiqlarni kuylashni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Mutasaddi shaxslar, jumladan, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining Samarqand viloyati bo‘limidagi do‘stlarimiz shu holatga jiddiyroq e’tibor bersalar, yaxshi bo‘lardi... Farhod va Shirin nomidan sharqonalik ufurib turadi. Ko‘pchilik reytingni o‘ylab, ma’nosiz qo‘shiqlar kuylaganida ham, Farhod va Shirin bu yo‘ldan bora olmaydi. Chunki bu nomni ko‘tarib yurishning o‘zi bo‘lmaydi. Bu nom ostida bo‘layotgan bachkanaliklarga esa ko‘z yumib keta olmayman”, — deya qo‘shimcha qildi Bobur Bobomurod. | 138 | 1,710 |
Madaniyat | Rustam Sa’diyev rossiyalik Dmitriy Dyujev suratga tushgan o‘zbek filmi haqida: “U” — jahonning yetakchi kinofestivallarida qatnasha oladigan asar | Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissor, “Brigada”, “Jmurki”, “Ostrov” kabi serial va filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujev Toshkentga kelgani, o‘zbekistonlik san’atkorlar — Ra’no Shodiyeva va Karim Mirhodiyev bilan birga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining birinchi bosqich talabasi Muxlisa Azizovaning ishchi nomi “U” (“Ona”) bo‘lgan filmida suratga tushgani haqida avval ham xabar bergan edik.
54 kishilik katta jamoa tomonidan suratga olingan mazkur qisqa metrajli filmning yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Filmning yopiq premyerasi faqatgina ijodiy jamoa uchun mo‘ljallangan bo‘lib, taqdimot Royal Cinema kinoteatrida o‘tkazildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ovozlashtirish hamda filmning tasvir yechimi Moskvaning yirik kompaniyalarida amalga oshirilgan. Rossiyaning “Festagent” kompaniyasi bilan filmni 100 dan ortiq xalqaro festivallarga yuborish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
11 daqiqalik filmni tomosha qilganlar orasida “Baron” filmining rejissori Rustam Sa’diyev ham bor edi. Jurnalist Feruz Muhammad yosh rejissorning filmi haqida Rustam Sa’diyevning fikrlarini oldi.
Film rejissori kino suratga olishga shunchaki yondashmagan. Haqiqatdan yaxshi ijodiy asar yarataman, sohani mukammal o‘rganaman, deb yaxshi, kuchli ijodiy jamoa yiqqan. Astoydil harakat qilgani uchun ham uning ishida maqtovga arziydigan darajada ijodiy o‘sishni ko‘rdim.
Bir narsani qo‘rqmasdan ayta olaman — Muxlisa Azizovaning yonida birga o‘qiyotgan hamkasblarining oldida uning salohiyati ham, kinoga bo‘lgan qarashi ham, bilim darajasi ham ancha baland. U bundan keyin muxlislarning tiliga tushadigan, milliy, o‘zbek xarakteri bilan sug‘orilgan katta filmlar yarata olishiga ham ishonaman.
Yangi qisqa metrajli film juda ham ajoyib ishlanibdi. Bu dunyodagi mana man degan festivallarda ishtirok eta oladigan film bo‘lgan, deb o‘ylayman. Filmda professional aktyor, aktrisalar yig‘ilgan, operatorlar, umuman eng zamonaviy montaj va ovozlashtirish uslublaridan foydalanilgan hamda eng yuqori standartni ko‘zlab harakat qilingan.
G‘oya nuqtayi nazardan ham hech qanday kamchilik ko‘rmadim. Filmda operatorlar bilan ishlash, ranglar jilosi, janrlar sintezi va tasviriy yechim — hammasi juda ham ajoyib, bu yosh rejissorimizning qo‘liga faqat va faqat yaxshi asarlar tushishini tilab qolaman.
Rustam Sa’diyev, kinorejissor
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 145 | 2,423 |
Madaniyat | Belarusda O`zbek kinosi kunlari boshlandi | O`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi «Listapad» XXVII xalqaro Minsk kinofestivalida ishtirok etmoqda.
O`zbekiston kinematografiya agentligi ma`lumotiga ko`ra, kecha kinofestival doirasida Belarusda O`zbek kinosi kunlari boshlandi. Dasturga ko`ra, O`zbekiston kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Ezgu film» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning «Ilhaq» badiiy filmi namoyish etildi. E`tiborlisi, film sahnalari, jumladan, Gomel shahrida ham tasvirga tushirilgan.
«Ilhaq» badiiy filmi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlanib, unda 5 farzandini frontga jo`natgan ayol - Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan.
«Ilhaq» filmi 26 noyabrga qadar Minskning «Oktyabr», «Kosmos», «Vostok» va «Krasnaya zvezda» kabi kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Kinofestival doirasida rejissyor Muhammadali Iskandarov suratga olgan «Men terrorchi emasman» filmi ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. | 41 | 970 |
Madaniyat | Sindaodagi ShHT davlatlari kinofestivalida o‘zbek filmlari namoyish etiladi | Joriy yil 12—17-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar kinofestivalida o‘zbek filmlari ham namoyish etiladi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Festival tashkilotchilariga “Yo‘l bo‘lsin” va “Merosxo‘r” filmlari ingliz tilidagi subtitr bilan ta’minlangan holda taqdim etildi. Ushbu filmlar festival hay’at a’zolari tomonidan tanlab olinib, festivalning asosiy dasturida namoyishga tavsiya etilgan.
Shuningdek, festival doirasida 14-15 iyun kunlari “ShHTga a’zo davlatlar kinofestivali ishtirokchilari kinobozori” tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirda Xitoyning nufuzli kinokompaniyalari va media tashkilotlari ishtirokida filmlar prokatini ta’minlash va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir davomida har bir ishtirokchi mamlakatga pаvilonlar ajratilib, milliy kinematografiya namunalarini ShHTga a’zo mamlakatlar hududlarida namoyish etish imkoniyatlari o‘rganilib, tegishli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.
Qayd etish joizki, “Yo‘l bo‘lsin” filmi rejissyor Qamara Kamalova mazkur kinofestivalda hay’at a’zosi sifatida ishtirok etadi. | 75 | 1,200 |
Madaniyat | Faqat Ayshvariya Ray emas: Bollivudning eng mashhur va go‘zal aktrisalari (foto) | Bollivudning mahoratli aktrisalari ekzotik go‘zallikni namoyon etishdan mamnun. Shuningdek, ayni paytda ular tabiiy va takrorlanmas tashqi ko‘rinishi bilan dunyo go‘zallari qatoridan joy olgan.
Anushka Sharma
Anushka Sharma eng ko‘p maosh oladigan Bollivud aktrisasi deb tan olingan. Bundan tashqari, u prodyuser va bir nechta go‘zallik brendlarining yuzi hisoblanadi. Shuningdek, Instagram’da 38 million kuzatuvchisi bor. Anushka tabiiy go‘zallikdan faxrlanadi va uni neytral bo‘yanish bilan cheklanadi.
Kangana Ranaut
Kangana Ranaut kichik shaharchada tug‘ilgan, onasi o‘qituvchi, otasi ishbilarmon. U bolaligidanoq modaga qiziqqan. Ko‘pincha u tanlagan aksessuar va kiyimlarning kombinatsiyasi “ekssentrik” ko‘rinadi.
U Dehlini zabt etishni 16 yoshida modellik faoliyatidan boshladi. Ammo keyinchalik aktrisa bo‘lishni orzu qila boshlagan. Diksiya bilan bog‘liq muammolar tufayli darhol buning imkoni bo‘lmadi, ammo Kangana kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi. Hozir Ranaut Hindistondagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisalardan biri hisoblanadi.
Dipika Padukone
Bollivudning eng mashhur aktrisalaridan biri aslida Daniyada tug‘ilgan, ammo go‘dakligidan Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Aktrisa haqida qiziqarli fakt: badminton unga yaxshi holatda bo‘lishiga yordam beradi. Buning sababi shundaki, Padukonening otasi qiziga ushbu sport turini o‘rgatgan professional futbolchi. Dipika neytral ko‘rinishni yaxshi ko'radi, lekin uni turli xil obrazlarda ko‘rish mumkin.
Amrita Rao
Hindistonlik model va aktrisa 39 yoshda. Lekin unga bu yoshni mos deb bo‘lmaydi. Uning tashqi ko‘rinishining siri nafaqat mohirona bo‘yanishda, balki qomat va tabiiylikni ham asrab qolishidadir. Amrita tartibga rioya qiladi, go‘sht iste’mol qilmaydi, ko‘p o‘qiydi, musiqa va raqs bilan shug‘ullanadi – nafaqat filmlardagi rollar uchun, balki o‘zi uchun ham mashg‘ulotlarni qoldirmaydi.
Bipasha Basu
Xalqaro top model sifatida karyerasiga ega bo‘lishi bashorat qilingan aktrisa Amerika nashrida paydo bo‘lgan avtomobil reklamasida ko‘zga tashlandi va u Nyu-Yorkka suratga olish uchun taklif qilindi. Biroq Bipasha vatani Hindistonni tark etishni istamadi, albatta, u muvaffaqiyatga erishdi va darhol Bollivud filmidagi eng yaxshi debyut mukofotini olgan. Suratga tushishdan tashqari Basu o‘zining sevimli mashg‘ulotlarini qo‘shimcha daromadga aylantirgan holda o‘zining fitness video kurslari bilan ham mashhur.
Priti Zinta
Priti nafaqat Hindiston, balki xalqaro kino mukofotlarining ham egasidir. Kinoda muvaffaqiyatga erishgach, hozirda u prodyuserlik va ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. Bu esa uni Instagram’ni kulgili fotosuratlar va selfilar bilan to‘ldirishiga to‘sqinlik qilmayapti.
Karina Kapur
Karina beshdan ortiq milliy mukofotlar va ellikdan ortiq rollari bilan eng yaxshi unvonga ega bo‘lgan Bollivud aktrisalaridan biridir. Kapur yoga bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Makiyajsiz samimiy selfilardan qo‘rqmaydi, lekin shu bilan birga u ajoyib fotosessiya bilan muxlislarni hayratda qoldirishi ham mumkin.
Priyanka Chopra
Priyankaning mashhurlikka erishish yo‘li “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘alaba bilan boshlandi. Ikki yil ichida Chopra Bollivuddagi birinchi rolini ijro etdi va istiqbolli hind yulduzlaridan biriga aylanadi. 2016-yilda qiz Time jurnaliga ko‘ra, dunyodagi eng nufuzli 100 kishining ro‘yxatiga kiritilgan. Priyankaning yana bir yutug‘i uning tabiiy go‘zalligidadir. To‘g‘ri, ba’zida aktrisa insta-makiyajni shunchalik yaxshi ko‘radiki, hattoki Kardashyanlar oilasining vakiliga ham o‘xshab ketadi.
Sonam Kapur
Sonam Kapur – bu haqiqiy hind go‘zalligining timsoli bo‘lib, u milliy zargarlik buyumlari va liboslarida zavq bilan suratga tushadi. Aktrisani nafaqat Bollivud filmlaridan, balki Beyonse va Coldplay Hymn for the Weekend klipidan ham tanish mumkin. U yerda Sonam epizodik rolni ijro etgan.
Sushmita Sen
Sushmita dastlab aktrisa bo‘lishni istamagan. U jurnalistlik faoliyatini rejalashtirgan. Biroq 19 yoshida u Ayshvariya Rayni mag‘lubiyatga uchratib, “Hindiston go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqan. Shundan so‘ng Sushmita “Dunyo go‘zali” tanloviga yo‘l oldi va Hindiston tarixida birinchi bo‘lib ushbu unvonga sazovor bo‘ldi. Keyinchalik Sushmita filmlarda rol o‘ynash uchun takliflarni qabul qildi va 1999-yilda Filmfare mukofotining “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Endilikda aktrisa o‘z faoliyatini davom ettirgan holda ikkita asrab olgan qizini tarbiyalamoqda.
Ayshvariya Ray
Taniqli hind go‘zaliga aylangan Ayshvariyasiz ushbu ro‘yxat to‘liq bo‘lmaydi. Aktrisa va model 1994-yilda o‘tkazilgan “Dunyo go‘zali” tanlovining g‘olibiga aylangan, keyinchalik o‘zini kinolarda sinab ko‘rishga qaror qilgan. Aktrisani turli uslubdagi makiyajlarda ko‘rish mumkin. | 80 | 4,736 |
Madaniyat | “Men terrorchi emasman” filmining katta premerasi bo`lib o`tdi (foto) | Bugun Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida O`zbekiston kinematografiya agentligi va “Iskandariy visual” kinokompaniyalari hamkorligida, O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ko`magida suratga olingan “Men terrorchi emasman” badiiy filmining katta premerasi o`tkazildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Premeraga taniqli aktyor va aktrisalar, estrada yulduzlari hamda OAV vakillari tashrif buyurishdi. Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan o`tkazilgan namoyishda film ijodkorlari Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqovga tashakkurnoma taqdim qilishdi.
Film o`tkir syujetli drama janrida suratga olingan bo`lib, ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Muhammad Ali Iskandarov. Film operatori Husan Atabaev, ijrochi prodyuser Nodir Mo`minov.
Filmda aktyorlardan Alixan Husniddinov, Sanjar Djavberdiev, Ziyoda Normurodova, Nasrullo Nurov, Shohrux Rahimov, Bekzod Tadjiev, Sadriddin Amriddinov va boshqalar rol ijro qilishgan. | 69 | 1,002 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi (video) | Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning otasi Ahmad Nazarbekov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Ozodbek Nazarbekov ushbu xabarlar yolg‘on ekanligini aytib, videomurojaat yo‘lladi.
“Toblari qochgan edi, hozirda o‘zlariga keldilar. Savollarimizga javob qaytaryaptilar. Ayrim hovliqma, og‘zi bo‘sh axborot tarqatuvchilardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolgan bo‘lardim. Bu sizlarning xalq orasida ‘rost so‘zlovchilar’ safida turishingizga xizmat qiladi. Shu jumladan, otamga chin yurakdan xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Xudo xohlasa, otam yaxshi bo‘lib ketadilar”, – deydi Ozodbek Nazarbekov. | 87 | 670 |
Madaniyat | Amerikalik kantri-xonanda Linn Anderson vafot etdi | Kantri yo‘nalishida kuylab kelgan amerikalik xonanda Linn Anderson 68 yoshida, yurak to‘xtashidan vafot etdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
U 1947-yili Shimoliy Dakota shtatidagi Grand-Forks shahrida tug‘ilgan edi. Linn Anderson nomini mashhur qilgan “Ride, Ride, Ride” albomi u 19 yoshga to‘lganida omma e’tiboriga havola etilgandi.
Yetti mamlakat xit-paradlarida peshqadamlik qilgan hamda “Gremmi” mukofotiga munosib ko‘rilgan “Rose Garden” kompozitsiyasi esa Andersonni shuhrat cho‘qqisiga olib chiqqandi.
Xonanda faoliyati davomida 33 ta albom chiqargan bo‘lib, ulardan so‘nggisining taqdimoti 2015-yili bo‘lib o‘tgandi. | 50 | 636 |
Madaniyat | Avaz Oxun: Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi sifatida emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak | Obid Asomov “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida farzandlari bilan Avaz Oxunning konsertiga tushgani, lekin qiziqchining gaplariga umuman kulmaganini bildirgandi. “Diydor aziz” nashri taniqli so‘z ustasining aytganlariga munosabatini bilish uchun Avaz Oxun bilan bog‘landi.
— Bilasizmi, so‘z ustalari, ya’ni hamkasblarimni kuldirish qiyin. Chunki ular latifalarimizni eshitib, kamchilik va yutuqlarni tahlil qiladi. Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi, “mutaxassis” bo‘lib emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak, — deydi Avaz Oxun. — Biz ham repetitsiya jarayonida uncha-muncha hazillarimizga kulmaymiz. San’atkor hamkasbining gaplariga kulmasa-da, yuziga tabassum yugurmasa-da, “shu yerini boplabdi, topib gapiribdi” deya tan berishi mumkin. Yaqinda “Handalak”chilarning konsertiga tomoshabin sifatida tushdim va yaxshi madaniy hordiq chiqardim, yurakdan yayrab kuldim. | 104 | 882 |
Madaniyat | Ko‘p qavatli uydagi to‘yni qizdirgan Shohjahon, farzand kutayotgan Jamila G‘ofurova, Avaz Oxundan yangi latifa. Instagram yangiliklari | Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 9-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Jamila G‘ofurova uchinchi bor ona bo‘lish arafasida ekanligini bildirdi.
View this post on Instagram
Xonanda Nigora karantin paytida fud blogerga aylandi. U sahifasiga tez-tez turli taomlar pishirish jarayonini videoga olib joylamoqda.
View this post on Instagram
Qiziqchi Avaz Oxun ot o‘g‘risi haqidagi yangi latifasini aytib berdi.
View this post on Instagram
Yulduz Turdiyeva Buxoroda hovlida o‘tgan 30 kishilik to‘yda ishtirok etdi.
View this post on Instagram
Ustazoda xonanda Shohjahon Jo‘rayev ham ko‘p qavatli uyda o‘tgan to‘yni “qizdirdi”.
View this post on Instagram
Feruza Normatova kayfiyatni ko‘taruvchi videorolikda o‘zini o‘zi koyidi.
View this post on Instagram
Manzura “Qo‘shiq aytish harommi?” degan savol atrofida mulohaza yuritdi.
View this post on Instagram
Istanbulda qolayotgan aktrisa Ra’no Shodiyeva folloverlariga dengiz sohilida ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Shahlo Ahmedova sun’iy kipriklarga munosabatini video orqali ko‘rsatdi.
View this post on Instagram
Yosh aktrisa Durdona Qurbonovadan yangi fotosessiya.
View this post on Instagram
Hind aktrisasi Karina Kapur hamkasbi va familayadoshi Sonam Kapurni tavallud ayyomi bilan qutladi.
View this post on Instagram
Raqqosa Parizoda bolaligini esladi.
View this post on Instagram | 134 | 1,651 |
Madaniyat | “Made in India” xit qo‘shig‘i ijrochisi Alisha Chinay O‘zbekistonga keldi (video) | Hindistonlik Аlisha Chinay O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Xonanda Turizm va madaniy meros vazirligi yordami bilan 12 kun davomida O‘zbekistonning bir necha viloyatlariga safar uyushtiradi. U 12—24-aprel kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, haqiqiy ismi Sujata bo‘lgan xonanda 1965-yil 18-martda Ahmadobodda tug‘ilgan. Аlisha Chinay faoliyatini dastlab kino sohasida boshlagan, keyinchalik filmlar uchun eng yaxshi albomlarni chiqarish orqali Bollivudda mashhurlikka erishdi. 1995-yilda Alisha “Made in India” nomli yana bir yakkaxon albomini chiqardi, bu uning shuhratini mamlakat chegaralaridan tashqariga olib chiqdi. Shuningdek, Alisha “Eng yaxshi ayol qo‘shiqchi” nominatsiyasida o‘zining birinchi va yagona Filmfare mukofotiga sazovor bo‘lgan.
“Made in India” xiti ijrochisi Alisha Chinay: Hindistonning pop malikasi bugun nimalar bilan band? (video) | 81 | 898 |
Madaniyat | Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro sirk san’ati festivalida o‘zbekistonlik sirk ustalari ikkinchi o‘rinni egalladi | Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan “Exo Azii” xalqaro sirk san’ati festivalida Ispaniya, Latviya, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Ukraina, Isroil, Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston kabi dunyoning 13 mamlakatidan sirk ustalari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
Nufuzli festivalda “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi artistlari – Rustam Xametov, Komila Xametova, Abdujalil Jalilov, Sabina Najmiddinova, Alisher Qodirov va Ivan Mishurov dorbozlik san’ati bo‘yicha mahoratlarini namoyish etib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. | 115 | 544 |
Madaniyat | Tarixda ilk bora Fransiyadagi 71-Kann Xalqaro kinofestivalida “Uzbekistan” paviloni tashkil etiladi | 2018 yilning 8-19 may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet sohili bo`yidagi Festivallar va kongresslar saroyida birinchi marotaba taqdim etiladigan yurtimiz paviloni O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilmoqda.
Bu bo`yicha Kinematografiyani rivojlantirish markazi dunyoning birinchi raqamli xalqaro kinofestivali Kann kino bozori direksiyasi bilan shartnoma imzoladi. Har yili tashkil etiladigan kinobozor dunyo kino sanoatidagi asosiy biznes va madaniy voqealardan biri hisoblanadi. O`tgan yilning o`zida mazkur tadbirda jahonning 118 mamlakatidan 12 mingdan oshiq kishi ishtirok etgan va bu ko`rsatgich yil sayin ortib bormoqda.
Pavilon qatnashchilari kino bozorida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarga O`zbekiston kinoijodkorlarining filmlari hamda mamlakatimizning boy kino lokasiya haqida ma`lumotlarni taqdim etib, respublikamizning madaniy va ma`naviy qadriyatlari bilan ularni yaqindan tanishtiradilar. Shuningdek, u erda 2018 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan, shu yildan boshlab xalqaro kinofestival maqomini olgan “PROlogue” taqdimoti ham o`tkaziladi.
Yurtimiz paviloni xalqaro maydonda mamlakat imijini oshirish, kelajakda respublikamizning iste`dodli kinoijodkorlarini dunyo miqyosida tanitish, O`zbekiston kino san`atiga xalqaro hamjamiyat e`tiborini qaratish, shu bilan birga “PROlogue – 2018” kinofestivalida ko`plab xorijiy mutaxassis va kinoijodkorlarning ishtirokini ta`minlash hamda davlatimizning turizm salohiyatini yanada oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Qayd etib o`tish joizki, mazkur voqea yoshlar tashabbusining Davlat Rahbari tomonidan qo`llab-quvvatlayotganining amaliy ifodasidir. | 99 | 1,743 |
Madaniyat | “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlar o‘ntaligiga kirdi | 2021-yil dekabr oyi o‘rtalarida “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmi namoyish etilgandi. Marvel’ning yangi filmida bosh qahramon o‘ta og‘ir ahvolga tushib qoladi — Misterio o‘zining kimligini oshkor etadi, chunki o‘rgimchak odam Stiven Strenjdan yordam so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘ladi.
Grazia
Ilk namoyish kunlarida super qahramonning yangi sarguzashtlari ommalashdi. 2022-yil boshida esa “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmi barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan filmlaridan biriga aylandi. Shunday qilib, birgina AQShda ushbu fantastik jangovar filmning daromadi allaqachon 668 million dollardan oshib ketdi. Umumiy summa yaqinda 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.
Shunday qilib, bir oy ichida film shu qadar daromad yig‘diki, u darhol nufuzli reytingda uchinchi o‘rinni egalladi. Ayni paytda “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmi Marvel’ning yana bir jangari filmi “Qasoskorlar: Intiho”, shuningdek, prokatning so‘zsiz yetakchisi – Jeyms Kemeronning “Avatar” filmidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Qizig‘i shundaki, film xilma-xil sharhlarga qaramay, yuqori natijalarga erisha oldi. Shunday qilib, internet foydalanuvchilarining aksariyati kartinaning juda sayoz ekanini ham aytgan bo‘lsa-da, haqiqiy muxlislar kartinaning juda yaxshi ishlanganini ta’kidlagan. | 105 | 1,294 |
Madaniyat | Instagram: O‘zbekistonga qaytgan Ulug‘bek Qodirov, Shukurullo Isroilovning 50 ming dollarlik mashinasi, ikki xonali uyga yetadigan gonorar olgan xonanda | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Asal Shodiyeva tasodiflar tasodif emasligi haqida mulohaza yuritdi.
Lola esa hayotdagi odatiy bo‘lib tuyulgan voqea-hodisalardan baxt topa bilish kerakligini aytmoqda.
So‘z ustasi Shukurullo Isroilov 50 ming dollarlik Volkswagen Touareg avtomobilini muxlislariga namoyish etdi.
Sitora Farmonova esa bizni yaxshi ko‘rishlarini his etish— hayotdagi buyuk baxt, demoqda.
Gulchehra Eshonqulova iymonli ayollarni haqiqiy xazinaga o‘xshatdi.
Bir necha yildan buyon AQShda yashayotgan aktyor Ulug‘bek Qodirov Toshkentga keldi.
Aktyor hamkasb do‘stlari bilan diydorlashishga ham ulgurdi.
Yulduz Turdiyeva ilk xorijiy gastrolidan 3 ming yevro gonorar olgani, o‘sha paytda bu pulga Toshkentdan ikki xonali uy olish mumkin bo‘lgani, biroq u bu pulga uy olmagani haqida so‘zlab berdi. | 152 | 919 |
Madaniyat | Lola va Dj Piligrim YuNISEF tashkilotining madhiyasi uchun klip suratga oldi | Butunjahon bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro YuNISEF tashkilotining madhiyasiga aylanadigan, mashhur xonanda Jon Lennonning Imagine taronasini, tashkilotga a’zo bo‘lgan har bir davlatlarda, o‘sha mamlakat xonandalari ijrosidagi varianti yaratilgan. Mazkur tashkilot bu huquqni o‘zbek san’atkorlari orasidan latofatli Lolaga taqdim etgandi, deb xabar bermqoda “Popcorn.uz”.
Keyinroq esa Dj Piligrim Imagine loyihasining sound prodyuseriga aylangani xabar qilindi. “Yulduz” qo‘shig‘ining xit darajasiga ko‘tarilgani va katta shov-shuvlarga sabab bo‘lganini hisobga olsak, yangi loyiha ham muvaffaqiyatli amalga oshirilganiga shubha yo‘q.
O‘zbek estradasida o‘ziga xos katta loyiha hisoblangan mazkur kompozitsiya uchun bugun videoklip suratga olindi. Bunday katta ma’suliyatli ishga taniqli klipmeyker Temur Primqulov rejissyorlik qildi. Videoklipning ssenariy muallifi Gulsina Abdurahmanova.
Lola hamda Dj Piligrim imijini yaratishda bir nechta o‘z ishining ustalari bo‘lgan mutaxassislar, ya’ni dizayner Hilola Sher, stilist-vizajistlar Yakusheva Diana hamda Xasanova Sonya hamkorlikda ishlashdi.
Klipda “Sato” guruhi ham ishtrok etdi, sababi qo‘shiqning musiqasi mazkur guruh sozandalari tomonidan jonli ravishda yozilgan. Bundan tashqari “Tomosha” guruhining iste’dodli bolalari ham qo‘shiqqa jo‘r bo‘lishgan.
Suratga olish jarayonida juda katta ijodiy guruh bir jamoa bo‘lib ishladi. Bolalar uyidan taklif etilgan bolajonlar, qolaversa YuNISEF xalqaro tashkiloti vakillari ham videoklip ishtirokchilariga aylanishdi.
Tez kunda klip montaj jarayonlaridan o‘tib, e’tiboringizga taqdim etiladi. | 76 | 1,627 |
Madaniyat | Dilnoza Kubayeva: Gollivuddan tushadigan taklif mentalitetimizga zid bo‘lsa, o‘ylab o‘tirmay rad etaman | Aktrisa Dilnoza Kubayeva Gollivuddan tushadigan taklifga talablar qo‘yishini ma’lum qildi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.
— Gollivudga taklif etishsa, rozi bo‘larmidingiz?
— Bu borada talablarim bo‘ladi. Chunki men o‘zbek qiziman. Qolaversa, oriyatli oilaning farzandiman. Shu bois, xoh Gollivudda, xoh boshqa joyda bo‘lsin, u mentalitetimizga zid taklif bo‘lsa, o‘ylab o‘tirmay, albatta, rad etaman. | 103 | 414 |
Madaniyat | “Klipning telekanalda bir marta qo‘yilishi — 100 dollar”. Dildora Niyozova yosh xonandalar san’atga kirib kelganida duch keladigan qiyinchiliklar haqida (video) | Xonanda Dildora Niyozova “Daryo” internet nashriga bergan intervyusida otasi avvaliga san’atkor bo‘lishiga jiddiy qarshilik qilgani va birgina insonning fikri bilan qarorini o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi.
— San’atkor bo‘lishim avvalo qismat. Ammo otam san’atkor bo‘lishimga jiddiy qarshilik qilgan. U inson o‘z davrida “Metropoliten” va “Metroqurilish”da yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. O‘ziga yarasha obro‘si bo‘lgani va uchta o‘g‘ildan keyin tug‘ilgan bitta qiz bo‘lganim uchun xonanda bo‘lishimga norozi bo‘lgan. “Qizim san’atkor bo‘lsa, baxtsiz bo‘ladi”, deb o‘ylardi.
Bir kuni Alisher Ikromovni oldiga olib borib: “Qizimda haqiqatan iqtidor bormi, bir umr otarchi bo‘lib yurmaydi-ku”, degan. Alisher aka ovozimni eshitib ko‘rgach, dadamga “Qizingizda chiroyli ovoz bor ekan. Hali ancha yil xalqqa xizmat qiladi”, — degan. Ana shu gapdan keyin otamning san’atimga bo‘lgan munosabati o‘zgargan. U paytlarda bayram kunlari ko‘chalarda sayllar o‘tkazilardi. O‘sha sayllarda qo‘shiqlarimni eshitib to‘planayotgan xalqni ko‘rib, ishonchlari ortgan. Ana shu voqeadan keyin “Tarona rekords” studiyasida bir nechta qo‘shiqlarimni yozdirib, ilk audiokassetamni sotuvga chiqarishgan. Kasseta sotuvchi erkak rus millatiga mansub bo‘lgan. Otam uning oldiga borib kassetalarim qanday sotilayotganiga qiziqqan. O‘sha paytda Yulduz Usmonova va Ozoda Nursaidovaning qo‘shiqlari trendda edi. Rus sotuvchi kassetamni ko‘rsatib, “O‘zi bu kim, hamma shuning kassetasini so‘rayapti”, degan. Uyimizga to‘y xizmatlariga aytib, ko‘p kelishardi. Ammo otam to‘ylarga chiqishimga qarshi bo‘lgan. “Qizim to‘y uchun qo‘shiq aytmaydi”, deb rad javobini berardi. Onam “Qizim yolg‘iz konsertlarga bormaydi”, deb hamisha yonimda yurardi.
Ammo bugungi darajaga erishishim oson bo‘lmagan. Otam yaxshi joyda ishlaganlari bilan biror konsertga qatnashgim kelsa, borib iltimos qilardi. Chunki hozirgidek shart-sharoitlar oson emasdi. Hatto sahnadan haydab yuborgan yoki pora berib konsertga chiqqan kunlarimiz ham bo‘lgan.
Aniq esimda: bir marta Toshkentdan Sirdaryoga konsert uchun borganman. Taniqli insonlardan Farrux Zokirov ham ishtirok etgandi. Konsert tugadi hamki, meni sahnaga taklif etishmadi. Shunda boshlovchi qizning qo‘lidagi mikrofonni yulib olib, zaldan chiqib ketayotgan tomoshabinlarga “Men hali mashhur san’atkor bo‘laman”, deb qo‘shiq ijro etgandim. Tomoshabinlar ham ortiga qaytib, qo‘shig‘imni tinglagandi.
Bundan tashqari, xonanda 2002—2003-yillari televideniyeda qo‘shiqlar faqat tanish-bilish orqali aylantirilganligini ham eslab o‘tdi.
— Ilgari pulini berib, yo‘lini qilsangiz, yarim soatdan keyin qo‘shig‘ingiz televideniyeda berilardi. Biz ham qo‘shnimiz ishlaydigan telekanalda tanish-bilish qilib, qo‘shig‘imni aylantirganimizni yaxshi eslayman. Bundan boshqa iloj yo‘q edi. Undan keyin shartnoma tizimi yo‘lga qo‘yildi. Pulini to‘lab, istaganda televizorda chiqish mumkin. Ammo uning narxi juda qimmat. Oxirgi marta klipimni aylantirganimda bitta qo‘shiqning efiri 100 AQSH dollari edi. Bu narx yosh xonandalar uchun juda qimmatlik qiladi. Oxirgi paytlarda televizor ko‘rmayotganim va ro‘molda bo‘lganim uchun televideniyega qiziqayotganim yo‘q, — deydi xonanda Dildora Niyozova. | 160 | 3,192 |
Madaniyat | “KITOBDAGI MA`LUMOTLAR YoSh TADQIQOTChILARGA JUDAYaM KERAKLI MANBA BO`LIB XIZMAT QILADI” | Bugun 28 noyabr kuni Toshkentda O`EOAVMAning “Media hall”ida o`z ishini boshlagan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida ishtirok etgan O`zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori Jannat Ismoilova mazkur loyiha bo`yicha o`z fikrini bildirdi:
— Bugun juda ham keng ko`lamli va beqiyos ahamiyatga ega tadbir o`z ishini boshladi. Unda ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz. Mazkur media forum o`zbek xalqi uchun katta bayram, desam ham mubolag`a bo`lmaydi. Boisi dunyoning turli burchaklarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldik. Ushbu loyiha juda ham qiyin, murakkab jarayonlardan o`tgani shubhasiz. Turli davlatlardagi muzey va kutubxonalarda izlanishlarni olib borish oson ish emas, albatta. Ko`plab sharqshunos olimlar, mutaxassislar “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumigacha bo`lgan davrda ter to`kishgan. Bugun O`zbekiston madaniy merosi bo`yicha olib borilayotgan loyihada kitoblar taqdimoti bo`ldi. Va qator tashkilotlar, jumladan O`zbekiston tarixi davlat muzeyiga ham sertifikat topshirildi. Bunga ko`ra endi muzeyimiz o`n jildlik kitobdan foydalana olish imkoni tug`ildi. Kitobda jamlangan ma`lumotlar bugungi kunda ilmiy ish olib borayotgan yosh ilmiy xodimlarga judayam kerakli manba bo`lib xizmat qiladi. Yosh avlod ajdodlari tomonidan qoldirilgan boy madaniy-ma`naviy merosimizni dunyoning qaysi burchagida saqlanayotgani va unga qanday munosabatda bo`layotganliklari, biz bu boyliklarni qanday asrashimiz kerak ekani haqidagi fikrlarni shakllantiradi. Shu bilan birga ajdodlarimiz yaratgan madaniy-ma`naviy merosga mehr qo`yish, hurmat qilishga turtki bo`ladi. Va eng asosiysi ertamiz kelajagi bo`lgan yoshlar shunday buyuk insonlarga munosib avlod bo`lishga intilishadi.
Biz — muzey xodimlari loyihaning tashkilotchi va tashabbuskorlariga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Media forum tashkilotchilarining bu ezgu ishlari davomiy bo`lishiga tilakdoshmiz.
Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV | 88 | 2,112 |
Madaniyat | Mashhur turk aktyorlarining rafiqalari va yoqtirgan qizlari qanday ko‘rinishda? (foto) | Turk seriallari dunyoni zabt etib kelmoqda. Filmlardagi kelishgan aktyorlar barcha mamlakatlardagi millionlab qizlarning orzusiga aylangan. Afsuski, bunday taniqli aktyorlarning deyarli barchasi oila qurgan yoki sevgisini allaqachon uchratgan.
Burak O‘zchivit va Faxriye Evjen
Burak O‘zchivit bir necha bor eng kelishgan turk aktyori sifatida e’tirof etilgan va u hanuzgacha Gollivudda emas, faqat vatanida bunday unvonlari bilan yurgani ajablanarli. Uning arsenalida o‘nlab filmlar: “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi” kabi romantik dramalar talaygina. Aynan shu serialning suratga olish jarayonlarida Burak o‘zining taqdiri — aktrisa Faxriye Evjen bilan tanishgan.
Yulduzlarning ishqiy romantikasi o‘tkinchi sevgi emas, balki jiddiy munosabatga aylangan. Burak va Faxriye 2017-yilda turmush qurgan va ikki yildan so‘ng ularning to‘ng‘ich o‘g‘li Karan dunyoga kelgan.
Mehmet Gunsur va Katerina Mojio
“Muhtasham yuz yil”ning yana bir mashhur aktyori Mehmet Gunsur 15 yildan ortiq vaqt davomida italiyalik hujjatli filmlar kinorejissori Katerina Mojio bilan baxtli hayot kechirib kelmoqda. Aytishlaricha, Mehmet Katerinani birinchi ko‘rishdayoq sevib qolgan. Ular dunyoning turli burchaklaridan ekanliklari va turli xil dinlarga e’tiqod qilishlariga qaramay, darhol unga uylanishga qaror qilgan. Hatto Mojioning aktyordan 10 sm balandroq bo‘yi ham bunga to‘sqinlik qila olmagan.
Hozirda juftlik uch farzandni voyaga yetkazmoqda, ammo ular oilaviy fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarda deyarli namoyish etmaydi. Ular aytganidek, baxt sukutni yaxshi ko‘radi, ularning turmushlari bunga yorqin misoldir.
Chag‘lar Ertug‘rul va Kayla Manukyan
Kino sohasida o‘zini sinab ko‘rishdan oldin Chag‘lar ko‘p yillar davomida model sifatida ishlagan, shuningdek, mexanik muhandis diplomini olgan. Ko‘rinishidan, Chag‘lar yulduzga aylanishini xayoliga ham keltirmagan. Ehtimol, shuning uchun ham u hali ommaga shaxsiy hayoti haqida gapirishga odatlanolmayotgandir. Shu sababli aktyorni ko‘pincha yolg‘iz deb hisoblashadi. Aslida u ko‘p yillardan beri stilist Kayla Manukyan bilan baxtli hayot kechirmoqda.
Ancha yillar avval Kayla Chag‘larni taniqli aktrisa Meryem Uzerli bilan bo‘lgan munosabati tufayli tashlab ketgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo aktyorning o‘zi bu gaplarni inkor etgan va muxlislariga u sevgilisini tark etmoqchi emasligini doimo takrorlaydi.
Kivanch Tatlilug‘ va Bashak Dizer
Kivanch Tatlilug‘ moda olamining go‘zaliga uylangan. Va bu ajablanarli emas, chunki uning o‘zi kino sohasida ishlashidan avval, 2002-yilda dunyoning eng yaxshi erkak modeli unvoniga sazovor bo‘lgan.
Ularning munosabatlari Kivanch 10 yildan beri munosabatda bo‘lgan “Dunyo go‘zali—2002” aktrisasi Azra Akin bilan ajralishganidan so‘ng boshlangan. Tatlilug‘ va Dizer 2016-yilda turmush qurishgan bo‘lsa-da, hali farzand ko‘rishga shoshilmayapti. Umuman olganda, Bashak bunday turmush o‘rtoq bilan qiynalishi turgan gap: uning kelishgan eri har doim boshqa aktrisalar bilan ishqiy sahnalarda rol o‘ynaydi. Ammo stilist rafiqasining aytishicha, u erini umuman rashk qilmaydi. Bunga ishonish qiyin, albatta.
Chag‘atay Ulusoy va Duygu Sarishin
Avvallari model bo‘lgan aktyor va bu sohada ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan hamda jahon kinematografiyasining eng jozibali erkaklari reytingiga kiradi. Bunday kelishgan erkakning sevgilisi bo‘lish qiyin — ayniqsa, ayol ham muvaffaqiyatli erning soyasi emas, balki superyulduz bo‘lishni xohlasa.
Shuning uchun Chag‘atay va “Ichkarida” teleserialidagi hamkasbi (2016—2017) Duygu Sarishin o‘rtasidagi munosabatlar juda chigal. Ba’zida ular faqat do‘st ekanliklari haqida gapiradi, ba’zan esa sevishlarini tan olib, birga yashaydi. Ular ham bir necha bor ajralishga ulgurgan — masalan, Ulusoy Qo‘shma Shtatlarda karyerasini davom ettirish uchun ketganida.
Kerim Bursim va Xande Erchel
“Eshigimni taqillat” serialida ishbilarmon yigit va gulchi qiz obrazini gavdalantirgan aktyorlar haqiqiy hayotda ham bir-birlarini sevishlarini doim rad etib kelgan. Shunga qaramay, filmning yangi mavsumini suratga olishdan oldin Kerim va Xande birgalikda ta’tilga chiqdi va paparatsilardan yashirinishni uddalamoqda.
Balki, bu munosabatlar nikoh bilan mustahkamlanar! Bundan tashqari, muxlislar azaldan Kerimga baxt tilaydi. Uning bir necha marta filmdagi partnyorlari bilan bo‘lgan sevgi qissasi ijobiy yakun topmagan. Munosabatlar unashtiruvgacha borgan, ammo marosim bekor qilingan. | 86 | 4,408 |
Madaniyat | Robert de Niro “Irma” dovulidan talafot ko‘rgan Barbuda orolini tiklashga va’da berdi | Amerikalik aktyor Robert de Niro “Irma” dovulidan kuchli talafot ko‘rgan Barbuda orolini tiklashga va’da berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
Antigua va Barbuda bosh vaziri Gaston Braunga ko‘ra, mamlakatdagi inshootlarning 95 foizi kuchli shamol va to‘lqinlar tufayli shikastlangan.
“Hayot izdan chiqdi, aholining kamida 60 foizi boshpanasiz qoldi”, — ta’kidladi bosh vazir.
Oldinroq Robert de Niro va avstraliyalik quruvchi Jeyms Parker Barbuda orolida kurort qurish niyatini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Irma” dovuli Karib havzasi orollarida 9, jumladan, Barbuda orolida kamida bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. | 85 | 632 |
Madaniyat | HBO “Taxtlar o‘yini”ning to‘rt spin-offi ustida ish olib borilishini bildirdi | HBO telekanali “Taxtlar o‘yini” serialining spin-offlari ustida ish boshlash maqsadida to‘rt ssenariynavis bilan kelishuv imzolanganini e’lon qildi. Bu haqda, Variety nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Ushbu loyihalar haqida hozircha hech qanday tafsilotlar ma’lum emas. Aytilishicha, telekanal Jorj Martin olamining turli davrlaridan foydalanadi.
Telekanal raisi ssenariynavislarga keragicha vaqt berishini va ssenariylar tayyor bo‘lganidan so‘ng loyihalarga baho berishini bildirdi.
Loyihalar ustida Maks Borenshteyn (2014-yilgi “Godzilla”, “Kong: Bosh chanog‘i oroli”), Jeyn Goldman (Kingsman va “Iks odamlar” seriyasi filmlari), Karli Rey (“Aqldan ozganlar”) va Brayan Xelgelend (“Los-Anjeles sirlari”, “Ritsar tarixi”, “Afsona”) ishlaydi. | 77 | 752 |
Madaniyat | Eng chiroyli ko‘zlarga ega Bollivud aktrisalari (foto) | Bollivud aktrisalari chiroyi tufayli hattoki “Dunyo go‘zali” tanlovlarida ham g‘olib bo‘lgan. Bu safar “India.com” saytida olib borilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, yulduzlarning orasida eng chiroyli ko‘zlarga ega aktrisalar saralab olindi. Marhamat, ular egallagan o‘rin qanchalar haqiqat ekanligini guvohi bo‘ling.
Kajol – 41,06 foiz
Hind kinosida eng ta’sirchan rollar bilan barchaning ko‘nglidan joy olgan aktrisa – Kajol eng chiroyli ko‘zlar sohibasi deya tan olindi. Uning jigarrang katta ko‘zlari so‘zsiz ham gapira oladi.
Rani Mukerji – 39,04 foiz
Bengalcha go‘zallikka ega aktrisa Rani Mukerjiga birinchilik uchun bir nechta ovoz yetmadi. Natijada u o‘zining amakivachchasi Kajoldan keyingi o‘rinni egalladi. Yulduzning och jigarrang zaytunsimon ko‘zlari chindan ham diqqatga sazovordir. Aktrisa pardozsiz ham ajoyib ko‘rinishga ega.
Vidya Balan – 6,03 foiz
So‘rovnomada Vidya Balan faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Aktrisa hind go‘zalligining timsoli hisoblanadi. Uning betakror ko‘zlari shaxsiyatiga joziba bag‘ishlaydi.
Karina Kapur – 1,4 foiz
Karina hamisha iste’dodi bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb etib kelgan. Aktrisa hind ayollariga xos yorqin va g‘ayrioddiy ko‘zlarga ega.
Konkona Sen Sharma – 1,23 foiz
Konkona qisqa muddat ichida ikkita milliy mukofotga sazovor bo‘ldi. Uning ko‘zlari allaqanday hissiyotlardan so‘zlaydi.
Ajablanarli holat shundaki, “Dunyo go‘zali” deb tan olingan aktrisa Ayshvariya Ray ushbu so‘rovnomada 1 foiz ham ovoz to‘plamadi. Ammo aktrisaning ko‘zlari boshqalarnikidan farqli o‘laroq o‘z chiroyiga ega. | 54 | 1,552 |
Madaniyat | Qozog`istonda o`zbek kinosi kunlari o`tkaziladi | Qozog`istonda davom etayotgan O`zbekiston yili davomida o`zbek kinosi kunlari tashkil etiladi. Shuningdek, o`zbekistonlik kinematografistlar tomonidan yaqin kunlar ichida Qozog`iston haqida turli janrlarda kartinalar suratga olinadi. Bu haqda “O`zbekkino” milliy agentligi rahbariyatining Qozog`iston elchisi bilan bo`lib o`tgan uchrashuvida ma`lum qilindi.
Tomonlar madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish bo`yicha maxsus “yo`l xaritasi” ishlab chiqish masalalari, shuningdek, kinosanoat sohasidagi hamkorlikning asosiy yo`nalishlari va maqsadlarini muhokama qildilar. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun ikki davlatning professional ssenariynavislari, kinorejissyorlari va tasvirchilaridan iborat ijodiy guruh tuzildi. | 47 | 724 |
Madaniyat | “Kelinoyingizga erlik qilgin, deb aytib ham ketgandirlar a?!”. “Vasiyat” filmining ilk tizeri e’lon qilindi (video) | Rejissor Said Muhtorov real voqealarga asoslangan “Vasiyat” filmini suratga oldi. Said Muxtorov jurnalist Feruz Muhammadga filmning ilk tizerini taqdim etdi.
Filmda bosh rollarni O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon, Javohir Zokirov, Dilnoza Kubayeva, Ulug‘bek Qodirov, Zarina Nizomiddinova, Sitora Farmonova, Luiza Rasulova, Said Muxtorov, Shahzod Sultonovlar ijro etgan.
Film g‘oya muallifi hamda prodyuser Nodir Tojixo‘jayev, ssenariy muallifi hamda rejissor Said Muxtorov tomonidan suratga olingan.
Filmning keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premyerasi 22-noyabrda Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. | 115 | 646 |
Madaniyat | 2020-yilda oila qurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | 2020-yilda pandemiya munosabati bilan to‘y va boshqa oilaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayoniga turli cheklovlar o‘rnatildi. Shunga qaramay poyoniga yetgan yilda ko‘plab taniqli san’atkorlar, shou-biznes vakillari oilali bo‘ldi.
14-iyun kuni so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov o‘g‘li Ulug‘bekni uylantirdi.
Ulug‘bek va Robiyaxonning nikoh oqshomida ko‘plab san’atkorlar, xususan, “Mirzo” teatri aktyorlari, Shohjahon Jo‘rayev, “VIA Marokand” guruhi xizmatda bo‘lgan.
14-iyun kuni Rashid Holiqovning o‘g‘li Sanjar ham uylandi.
9-sentabr kuni “Bravo” kulgi jamoasi vakili Ahmad Temurov uylandi. To‘yga o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari tashrif buyurdi.
Xonanda Vohidjon Isoqov 14-sentabr kuni bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. Uning to‘yi Tashkent City parkida bo‘lib o‘tdi. Vohidjon va Dilnozaxonni tabriklash uchun to‘yga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurdi, tantana gala-konsertga aylanib ketdi.
18-sentabr kuni Tashkent City’da yana bir yulduzli to‘y bo‘lib o‘tdi. “Novda” filmidagi Zubayra obrazi bilan tanilgan yosh aktrisa Gulinur Abdullayeva rejissor Habibulla Nabiyevga turmushga chiqdi.
Akfa Media prodyuserlik kompaniyasi tomonidan kashf qilingan xonanda Sirojiddin Hojiyev 22-sentabr kuni uylandi. Ushbu to‘y ham boshqa shou-biznes vakillariniki singari gala-konsertga aylanib ketdi. Nikoh oqshomida taniqli boshlovchilar, “Eldido” guruhi, Samandar Hamroqulov, Shohruxxon, Asilbek Ne’matulloh, Shuhrat Yo‘ldoshev va boshqa xonandalar xizmatda bo‘ldi.
25-sentabr kuni “Bravo” kulgi jamoasi vakili Isroil Bulanov uylandi, xonanda Lobar Umarova turmushga chiqdi.
Bir necha serial va kinofilmlardagi obrazlari bilan tanilgan yosh aktrisa Aziza Yoqubova 29-sentabr kuni turmushga chiqdi. Poytaxtdagi restoranlardan birida o‘tgan to‘yda ko‘plab shou-biznes vakillari mehmon bo‘ldi.
Oktabr oyida Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” qo‘shig‘i klipida Jaloliddin Manguberdi obrazini gavdalantirgan aktyor Mirkamol Qoraboyev yosh aktrisa Yulduz Payziyevaga uylandi.
26-oktabr kuni xonanda SanJay o‘zidan 15 yosh kichik aktrisaga uylandi. 26 yoshli Alina (Alisha) bir nechta kliplarda suratga tushgan. U Instagramda 41 yoshli SanJay bilan umumiy tanishlari orqali tanishgani haqida so‘zlab berdi. Xonanda Alishaga atab qo‘shiq ham kuylagan.
21-noyabr kuni “Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. To‘y Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi. Nikoh oqshomida Davron Kabulov, Alisher Botirov, Feruza Normatova, Mo‘min Ibrohimov hamda “Million”ning boshqa a’zolari, xonandalar SanJay, Hamdam Sobirov, Fazel Farrux ishtirok etdi.
Noyabr oyida xonanda Sevara oila qurdi.
26-noyabr kuni raqqosa va aktrisa Shodiyora Omonova turmushga chiqdi.
14-dekabr kuni rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova ikkinchi marta turmushga chiqdi. Ganya va Shuhratning to‘yi Toshkentdagi Hilton mehmonxonasining 21-qavatidagi tantanalar zalida bo‘lib o‘tdi.
To‘yda O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova, xonandalar DJ Piligrim, Rashid Xoliqov va yana bir nechta estrada guruhlari xizmatda bo‘ldi. Tantanani taniqli rossiyalik boshlovchi Aleksandr Beliy va teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva olib bordi. | 59 | 3,165 |
Madaniyat | Taniqli rejissor Bahrom Yoqubov 60 yoshida vafot etdi | Taniqli o‘zbek kinorejissori Bahrom Yoqubov kecha, 11-mart kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi ma’lum qildi.
Bahrom Yoqubov ijodiy faoliyatini 1989-yilda “Yosh yozuvchining kundaligi” nomli qisqa metrajli filmni tasvirga olishdan boshlagan. U o‘tgan yillar mobaynida “Sarvinoz”, “Baxt uchun million”, “Tashlandiq”, “Yondiradi, kuydiradi”, “Fotima va Zuhra”, “Sug‘diyona”, “Jodugar”, “Qochqin”, “Boyvachcha kuyov”, “Majruh”, “Ichkuyov”, “Superkelinchak”, “Zirapcha”, “O, Maryam, Maryam” kabi ko‘plab filmlarni suratga olgan.
Rejissor o‘tgan yili “Antiqa ajrashish” nomli filmni suratga olgan edi. | 53 | 630 |
Madaniyat | Madaniyat muassasalarida elektron chiptalar joriy etiladi | O`zbekiston Respublikasida madaniyat va san`at sohasini innovasion rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq Muzeylar renovasiya dasturi eksperiment sifatida amalga oshiriladi.
Dastur quyidaglarni nazarda tutadi:
Renovasiya dasturi O`zbekiston amaliy san`at muzeyida (Toshkent shahri), I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat san`at muzeyida (Nukus shahri) va Oybekning uy-muzeyida (Toshkent shahri) amalga oshiriladi.
2018–2020 yillarda O`zbekiston Respublikasida madaniyat va san`at sohasini innovasion rivojlantirish “yo`l xaritasi” tasdiqlandi.
“Mesenatlik faoliyati va madaniy homiylik to`g`risida”gi Qonun ishlab chiqiladi. Unda jumladan, madaniyat va san`at muassasalariga yordam ko`rsatuvchi mesenatlar va homiylarga soliq imtiyozlari (chegirmalar) taqdim etish nazarda tutiladi.
Madaniyat va san`at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operasiyalarining yagona elektron tizimi joriy etiladi.
Chipta operasiyalarining yagona elektron tizimiga ulangan respublika madaniyat va san`at muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalaniladi. | 57 | 1,278 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon qizi Imon Anvar bilan birga tushgan suratini Instagram’da e’lon qildi | Xonanda Sevara Nazarxon Instagram’dagi sahifasida qo‘lida chaqaloq bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Sevara Nazarxon Instagram’dagi sahifasida so‘nggi bor bundan uch hafta avval — qizi Imon Anvar dunyoga kelganida fotoxabar qoldirgan edi.
Yangi surat kollaj ko‘rinishida bo‘lib, unda Nazarxonning homiladorlik vaqti, bolalar aravachasi bilan sayr qilayotgani va chaqaloq ko‘tarib turgani tasvirlangan fotolar aks etgan.
Surat 21 soat ichida 6,2 mingdan ortiq layk to‘plagan, unga 100 ga yaqin komment qoldirilgan. | 85 | 516 |
Madaniyat | 115 million dollar ishlab topgan Beyonse eng boy ayol xonanda deb topildi | Madonna Amerikaning Forbes jurnali talqini bo‘yicha eng ko‘p pul to‘lanadigan ayol xonanda maqomini qo‘ldan chiqardi. Forbes’ning 4-noyabr kuni e’lon qilingan yangi reytingini Beyonse boshqarmoqda, deb xabar beradi Korrespondent.net.
Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, Beyonse 2013-yil iyun oyidan 2014-yil iyuniga qadar 115 million dollar ishlab topgan. Bu vaqt mobaynida 95 ta konsert dasturi va yangi Beyonce nomli albom savdosi xonandaning asosiy daromad manbaiga aylangan. Bundan tashqari, amerikalik qo‘shiqchi liboslar ishlab chiqaruvchi H&M kompaniyasi va PepsiCo korporatsiyasi reklama roliklarida suratga tushgan.
Umuman olganda, Beyonse bir yil ichida avvalgi yilga nisbatan 2,5 barobardan ko‘proq mablag‘ ishlab topishga muvaffaq bo‘ldi.
Reytingning ikkinchi pog‘onasini 64 million dollar ishlab topgan xonanda Teylor Svift zabt etdi. Sviftga bu mablag‘ni “1989” albomi, shuningdek, xonanda ishtirokidagi Coca-Cola ichimliklari, Keds oyoq kiyimlari va CoverGirl pardoz mahsulotlariga ishlangan reklama roliklari keltirdi.
Eng ko‘p pul to‘lanadigan xonandalar uchligini daromadi 52 million dollarni tashkil qilgan Pink yakunladi. Reytingning kuchli beshligidan Rianna (48 million dollar) va Keti Perri (40 million dollar) o‘rin oldi.
Madonna esa Forbes’ning bu yilgi reytingida qayd etilmadi. | 73 | 1,298 |
Madaniyat | Muhabbatga bir qadam: Munosabatlari avvalida bir-birini yoqtirmagan juftliklar (foto) | Har doim ham bir qarashda muhabbat bo‘lavermaydi. Quyidagi yulduzli juftliklar o‘zaro nafrat, yoqtirmaslik yoki befarqlikdan keyingina kuchli munosabatlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
Mila Kunis va Eshton Kutcher
Juftlik 1998-yil “Shou 70-X” sitkomi suratga olinayotgan vaqtda uchrashgan. Mila o‘shanda 14 yosh, Eshton esa 19 yoshda bo‘lgan. Juftlikning yaqinlari Eshton va Mila suratga olish davomida do‘st emasligini ta’kidlagan. Aslida ular bir-biridan ortda qolishni istamagan. Ajablanarlisi shundaki, bugungi kunda Kunis va Kutcher turmush qurgan va ikki farzandi bor: Uayatt ismli qizi va o‘g‘li Dimitriy.
Koul Sprous va Lili Reynxart
“Riverdeyl” seriali yulduzlari Lili Reynxart va Koul Sprous ikki yil davomida uchrashib yurdi va ularning munosabati jamoatchilik nazorati ostida davom etmoqda. Qizig‘i shundaki, Sprous va Reynxart darhol bir-birini yoqtirmagan, chunki dastlab Reynxart dastlab unga e’tibor bermagan. Intervyularning birida aktrisa Koul haqidagi ilk taassurotini o‘rtoqlashgan: “Men bu odamning ovozini yoqimsiz deb o‘ylaganman. Hozir o‘rganib qolgandirman, ehtimol”. Ajralish haqidagi mish-mishlarga qaramasdan, juftlik hamon birga va ayriliqni reja qilmagan.
Monika Belluchchi va Vensan Kassel
Monika Belluchchi va Vensan Kassel munosabatlarni o‘zaro nafrat bilan boshlagan. Juftlik 1996-yilda “Xonadon” kartinasining suratga olish maydonchasida uchrashgan va o‘sha zahotiyoq bir-birlarini yoqtirmagan. Kassel Belluchchiga juda mag‘rur bo‘lib tuyulgan va fransuz aktyori esa aktrisani bosh rolga munosib deb bilmagan. Muvaffaqiyatsiz tanishishga qaramay, Monika va Vensan nikohi 14 yil davom etdi.
Rayan Gosling va Reychel Mak-Adams
“Xotira kundaligi” filmidagi hamkorlik Rayan va Reychel uchun haqiqiy sinov bo‘ldi. Ular, albatta, suratga olish jarayonida bir-birini yoqtirib qolmagan. Film rejissorining keyinchalik ma’lum qilishicha, Rayan hattoki unga Reychelning o‘rniga boshqa aktrisani taklif qilish haqida gapirgan. Suratga olish jarayonining oxiriga kelib, o‘zaro dushmanlik to‘xtagan va juftlik o‘rtasida uch yildan buyon davom etayotgan ishqiy munosabatlar boshlangan. | 85 | 2,117 |
Madaniyat | Alisher Uzoqov “zapret”ga tushganida 20 ming so‘mlik doriga puli bo‘lmagani haqida so‘zlab berdi (video) | Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Alisher Uzoqov suhbat davomida “zapret” vaqtida 20 ming so‘mlik doriga ham puli bo‘lmagani, “zapret”dan qutilish uchun o‘zini o‘ldi, deb xabar tarqatmagani haqida gapirib berdi.
Kimdir haqida fikr bildirishdan oldin uning vaziyatini yaxshilab o‘rganish kerak. Men ‘zapret’ paytim ‘o‘ldim’ deb xabar chiqaradigan ahvolda emasdim. Ahvolim juda og‘ir edi. Yaxshigina kinolarim chiqib bo‘lgan, ‘Janob hech kim’, ‘Uylanish’, ‘Tundan tonggacha’ kabi bir qancha el tanigan kinolarim bor edi. Oilaliman, tirikchiligim faqat kinodan, nega ‘zapret’ bo‘ldim, qanchaga ‘zapret’ bo‘ldim, hech qanday ma’lumot yo‘q. Pul yo‘q.
O‘sha payt burnimda bir kasallik bor edi, burnim tez-tez bitadi, unga dori olib sepib yurishim kerak. O‘sha paytlarda u dori 20 ming so‘m turardi. Hattoki o‘sha dorini olishga ham pulim bo‘lmay qolgandi. Keyin 2-3 ming so‘mga naftizin olib, tomizib yurdim.
Uyimga kelib, eshigimni taqillatib, to‘yga 400, 500, 800 dollar beraman deyishganida chiqmaganman. Noshukrlik qilmaganman. Shunday qiyinchilik bo‘lishi kerak ekan, chidadim.
Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor
Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov “Janob hech kim”, “Uylanish”, “Tundan tonggacha”, “So‘nggi lahza”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. “Muzlagan”, “Kuzda gullagan daraxt”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarga rejissorlik qilgan. | 104 | 1,546 |
Madaniyat | O`zbekistonning to`rtta shahrida VII Evropa kinosi festivali bo`lib o`tadi | 11 oktyabr - 10 noyabr kunlari O`zbekistonning to`rtta shahrida VII Evropa kinosi festivali bo`lib o`tadi.
Festival “O`zbekkino” Milliy agentligi, Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi bilan birga,O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot vositalari Milliy Assosiasiyasining (EOAVMA) ko`magida tashkil etiladi.
Bu yilgi festival dasturida Toshkent, Nukus, Urganch va Jizzax shaharlaridagi katta ekranlarda Evropaning etakchi rejissyorlari tomonidan yaratilgan filmlar namoyish etilishi ko`zda tutilgan.
Ochilish marosimi 11 oktyabr kuni Toshkentda, EOAVMA “Media-xoll” binosida soat 18:00da bo`lib o`tadi. Tantanali ochilish marosimidan so`ng “Belgiyaliklar Qiroli” badiiy filmi namoyish etiladi. Festival Toshkentda joriy yilning 18 oktyabr kuniga qadar davom etadi.
VII Evropa kinosi festivali doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida – 24-26 oktyabr, Xorazm viloyatining Urganch shahrida – 1-3 noyabr va Jizzax viloyatining Jizzax shahri kinoteatrlarida – 8-10 noyabr kunlari namoyish etiladi.
Festival doirasida Evropaning 12 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Latviya, Gollandiya, Finlyandiya, Fransiya va Shvesiyaning taniqli rejissyorlari tomonidan yaratilgan 10 ta film taqdim etiladi.
Bular: “Belgiyaliklar Qiroli” komediya janrida suratga olingan drama, “Qishdagi Luiza” animasion filmi, “Stefan Tsveig: Evropa bilan xayrlashuv” hujjatli filmi, “Imtihon” va “Kichik fermer” dramalari, biror bir inson kadrga tushmagan “Homo sapiens” filmi, “Uzoqdagi kuchuklar hayqirig`i” hujjatli filmi, kriminal elementlariga ega “Chyambra” dramasi, “Hayotdagi eng baxtli kun” nomli quvnoq hujjatli film va “Jannat 89” badiiy filmlaridir.
Evropa kinosi festivali mintaqaning madaniy rang-barangligini yorqin jilolarda aks ettirish orqali Evropa kinosi sanoati yangiliklarini taqdim etish barobarida O`zbekiston tomoshabinlarining madaniy ma`rifatini oshirishga salmoqli hissa qo`shadi.
Barcha filmlar rus va o`zbek tilidagi subtitrlar bilan asliyat tilida namoyish etiladi. Barcha kinoseanslarga kirish – bepul. | 75 | 2,082 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik Sevinch Hodiyeva “Ti super!” tanlovining yarim finaliga chiqa olmadi | O‘zbekistonlik Sevinch Hodiyeva Rossiyaning “NTV” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Ti super!” (“Sen supersan!”) vokal tanlovining yarim finaliga chiqa olmadi, deb yozadi Sputnik. To‘qqiz nafar tanlov qatnashchisidan faqat to‘rt nafarini, yoshi kattaroqlarini tanlab olishdi.
11 yoshli qizaloq uchun rad javobi kuchli ruhiy zarba bo‘ldi. U ko‘z yoshlarini tiya olmasdan, ho‘ngrab yig‘lab yubordi, deyiladi xabarda. | 83 | 420 |
Madaniyat | Rejissyor Sarvar Karimov "Sarvqomat dilbarim"dagi o`pishish sahnasi va titrlar kesib tashlangani uchun "Milliy TV"ni sudga bermoqchi | Chingiz Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" asari asosida o`zbekistonlik rejissyor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan film 20 mart kuni "Milliy TV" telekanali orqali efirga uzatildi. Sarvar Karimov efirga uzatilgan filmning eng muhim qismlari — Ilyos va Asalning Issiqko`l bo`yidagi bo`sa sahnasi kesib tashlanganidan noroziligini bildirib, bayramdan so`ng telekanalni sudga berishini o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qildi.
"Qadrli "Milliy TV" telekanalining ayrim ijodkorlari. Sizlarni ilgari ham unchalik qattiq yaxshi ko`rmasdim-u, kechagi ishingizdan keyin umuman yomon ko`rib qoldim. Telekanalingizni butun ijodiy jamoamiz bilan yomon ko`ramiz. Magazinchi G`aybulla ham sizlarni yoqtirmaydi, o`zi aytdi menga.
Kecha, ya`ni 2020 yil 20 mart soat 22:00 da men rejissyorlik qilgan «Sarvqomat dilbarim» filmi telekanalingizda efirga uzatildi. Uyalmasdan, mendan ruxsat so`ramasdan, bir og`iz maslahatlashmasdan filmning eng muhim sahnalaridan biri bo`lmish — Ilyos va Asalning Issiqko`l bo`yidagi bo`sa sahnasini kesib tashlabsizlar. Avvalambor, bu sahna syujet uchun o`ta muhim. Qolaversa, aynan shu sahnada filmning g`oyasiga xizmat qiluvchi kiyik obrazi ilk bora tomoshabin ko`z oldida gavdalanardi. Bu kiyik metafora bo`lib, baxt timsolini o`zida ifoda etadi. Afsuski, sizlar metafora nima ekanini tushunmasangiz kerak. Aks holda uni kesib, yo`q qilib tashlashga vijdoningiz yo`l qo`ymagan bo`lardi.
Shu o`rinda sizlarga savol bermoqchi edim: nahotki odam shu qadar qo`rqoq bo`lishi mumkin? Ikki odam kadrda o`pishsa – musaffo osmonimiz uzilib qaro erga qulab tushadimi? Yoki o`zbek o`pishmaydimi? Yoki bu filmda uydan qochib, ko`cha-kuyda o`pishib yurish targ`ib qilinganmi? Filmni o`zi ko`rayotganda mundoq umumiy ma`no-mazmuniga ham ahamiyat berasizlarmi? Yoki aql-u farosatingiz faqatgina asarni alohida-alohida kadr darajasida ko`rishdan uyog`iga o`tmaydimi? Filmning boshida katta qilib 16+ deb yozilgan bo`lsa, jonivor kechasi 22:00 dan keyin berilayotagan bo`lsa – nima muammo? Qolaversa, kinoni men tasvirga olganman, «O`zbekkino» Milliy agentligi badiiy kengashi tasdiqlagan, shu sahnasi bilan O`zbekiston, Qirg`iziston, Rossiya, Turkiya kinoteatrlari namoyish etgan, festival va tanlovlarda qatnashgan. Shunday ekan, siz nimadan qo`rqasiz? Gap tegsa – menga tegadi, «O`zbekkino»ga tegadi-ku! Sizlarga tegmaydi. Tegsa ham, «Ana, rejissyordan so`ranglar nega bunaqa uyatsiz kino olganini. Bizga «O`zbekkino» berdi kinoni, biz qo`ydik», desangiz ham bo`ladi-ku?! Nega bu qadar qo`rqoqsiz? Nega bu qadar kalta o`ylaysiz? Qilayotgan ishingizdan o`zingiz uyalmaysizmi? Nahotki bir umr qo`rqib, qaltirab, ikki pullik ishingizdan ayrilib qolish vahimasi bilan yashab, o`lib ketaverasizlar? Siz ham odamsiz-ku, qul emas. Ongli mavjudotsiz-ku. Miya nimaga berilgan o`zi? O`pishish sahnasi «O`tkan kunlar»da ham, «Shum bola»da ham bor-ku. Yoki bu filmlar ham uyatsizmi? Yoki Chingiz Aytmatov yomon yozuvchimi, uyatsiz, ma`naviyatsiz asarlar yozganmi? Kesmasangiz — dunyo ostin-ustun bo`lib ketar ekan, men bilan aloqaga chiqib, bir og`iz maslahatlashsangiz bo`lmasdimi?
Bundan tashqari Ilyosning «Ilhom» teatrida foe bo`ylab yurish sahnasini ham kesibsizlar. Chunki devorda rassom Sardor Erkinovning «Metamorfozalar» turkum kartinalari ilingan edi. Yarim yalong`och erkak va ayollarni ko`rib, qo`rqib ketgan bo`lsangiz kerak-da. Shu sahna efirdan ketsa – o`zbek millati parokanda bo`lib, yoshlarimiz yoppasiga uyatsiz bo`lib ketadi-ku axir, to`g`rimi?
Ammo eng achinarlisi – film yakunidagi titrlarni ham butkul kesib tashlabsizlar. Ya`ni bu bilan film uchun bir yil fidokorona xizmat qilgan yuz kishiga yaqin jamoaning mehnatini sariq chaqaga ilmagansizlar. Ilgari titrni yashin tezligida o`tkazib yuborardingiz. Bunisiga ko`nikkan edik. Efir vaqti falon pul, buni biz ham tushunamiz. Ammo yakuniy titrni butkul kesib tashlash – qip-qizil surbetlik emasmi?
Xullas, men sizlardan xafaman va dushanba kuni yaxshi niyat bilan advokat yo`llab, telekanalingizni sudga beraman. Zora, shu insedentdan keyin qolgan telekanallarimizga ham insof tegib qolar va oz bo`lsa-da, kinoijodkorlarning mehnatini qadrlashni o`rganishar. Lekin sizlarni bari-bir yomon ko`raman. O`zingizni o`zingiz ham yomon ko`rsangiz kerak. Tag`in bilmadim...
Navro`z bayrami bilan ham tabriklamayman sizlarni. Sizlar – yomon odamsizlar!" deb yozadi kinorejissyor Sarvar Karimov. | 132 | 4,369 |
Madaniyat | Turk kinosining taniqli aktyor va aktrisalari hamda mashhurlikda ulardan qolishmaydigan farzandlari (foto) | Mashhur aktyorlarning farzandlari ko‘pincha ota-onalari izidan boradi. Kimdir o‘z karyerasini ota-onasi nomi yordamida qursa, boshqalari o‘z karyerasini yaratish uchun munosabatlarini yashirishadi. Axir, ota-onalarning mashhur ismlari muvaffaqiyat kafolati emas.
Hulya Darjon, Tanju Korel va Berguzar Korel
Hulya Darjan 1951-yil 27-aprelda tug‘ilgan va 16 yoshida ilk filmi “Silahlari ellerinde o‘ldular” filmida suratga tushgan. Aktyorlik faoliyati davomida u 52 ta loyihada ishtirok etgan. U ham salbiy, ham ijobiy rollarga ega va butun ijodiy faoliyati davomida u o‘z iste’dodi bilan tomoshabinlarni xursand qildi. Bugungi kunga qadar ham Hulya Turkiyada eng talabgir aktrisa hisoblanadi, u xorijda ham tanilgan — uning ishtirokidagi seriallar boshqa tillarga tarjima qilingan.
Uning qizi Berguzar Korel ham xuddi onasidek mashhur aktrisa. Uning filmografiyasida 11 ta loyiha bor, filmlar ichida turmush o‘rtog‘i Halit Ergench bilan tanishgan “1001 kecha” serialidagi Shahrizod eng yorqin roli. Hozirda aktrisa vaqtini oilasiga bag‘ishlagan, bolalar tarbiyasiga e’tibor qaratmoqda.
Berguzar Korelning otasi ham taniqli aktyor Tanju Korel bo‘lib, 51 ta filmda rol o‘ynagan. Otasi 2005-yil sentabr oyida vafot etgan.
Sadri Alishik va Kerem Alyshik
Sadri Alishik 1925-yil 5-aprelda tug‘ilgan. Maktab davridayoq teatr spektakllarida o‘ynagan. U 1946-yilda kinoda debyut qilgan va ijodiy faoliyati davomida 141 ta filmda o‘ynagan. Aktyor komediyalarda, tarixiy va kriminal filmlarda ishtirok etgan. 1980-yildan boshlab u teleseriallarda ham rol o‘ynay boshlaydi. Sadri Alishik 1995-yil 18-martda vafot etadi, hozirda xususiy teatr va madaniyat markazi uning nomi bilan ataladi.
Uning o‘g‘li Kerem Alishik ham aktyor. Uning filmografiyasida 16 ta kartina mavjud. Oxirgi seriali “Bir vaqtlar Chukurovada” bo‘lib, u Ali Rahmet Fekeli rolini o‘ynagan.
Keremning onasi ham aktrisa Cho‘lpan Ilxon bo‘lib, 58 ta film va seriallarda rol o‘ynagan. U 2004-yilda vafot etgan.
Leman Sam va Shevval Sam
Leman Sam 1951-yil 22-fevralda tug‘ilgan bo‘lib, aktrisa, xonanda va bir qancha qo‘shiqlar muallifi hisoblanadi. U xalqona qo‘shiqlar ijrochisi sifatida mashhur va bir nechta tillarda, shu jumladan yunon, fransuz va ispan tillarida qo‘shiq kuylay oladigan san’atkor sifatida ham tanilgan. Leman ko‘plab shahar va mamlakatlarda konsertlar bergan.
Uning qizi Shevval Sam ham qo‘shiqchi va aktrisadir. Shevval 15 ta filmda ishtirok etgan. Oxirgi 4 yil davomida u “Taqiqlangan meva” serialida rol o‘ynadi. Filmda u Ender rolida ko‘rinish berdi.
Jihan Unal va Irmak Unal
Jihan Unal 1946-yil 22-yanvarda tug‘ilgan. Ijodiy faoliyatini 1963-yilda kichik rollar bilan boshlagan. 1964-yilda Anqara davlat akademiyasining teatr bo‘limiga o‘qishga kiradi va uni 1969-yilda tugatadi. Shundan so‘ng Anqara davlat teatrida xizmat qila boshlaydi. U Londonda o‘qishni davom ettiradi va Qirollik dramatik san’at akademiyasida dars beradi. U ko‘p vaqtini o‘qituvchilikka bag‘ishlaydi, shuningdek, teatrda, kinoda o‘ynaydi. Ijodiy faoliyati davomida u 21 ta loyihada suratga tushgan. Hozir u “Yolg‘iz bo‘ri” serialida ishtirok etmoqda.
Uning qizi Irmak Unal ham aktrisa. Uning filmografiyasida 12 ta loyiha mavjud. Oxirgi rollardan biri “To‘lin oy” serialidagi Feritning opasi Zeynep roli.
Vohide Perchin, Altan Gerdum va Alize Gerdum
Vohide Perchin “Ismini Feriha qo‘ydim” serialidagi Zehra, “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram Sulton va “Bir vaqtlar Chukurovada” serialidagi kuchli ayol Xyunkar Yaman rollari bilan tanilgan. Uning eri, ishdagi hamkasbi Altan Gerdum 2009-yilda Istanbulda aktyorlik maktabiga asos solgan. Er-xotin 2013-yilda ajrashishadi. Bu nikohdan ularning 1994-yilda tug‘ilgan Alize ismli qizlari bor.
Alize ham onasidek aktrisalikni tanladi, uning filmografiyasida 7 ta loyiha mavjud, oxirgisi “Mening onam”. U birinchi rolini onasi bilan “Muhtasham yuz yil” serialida o‘ynagan.
U Istanbul universitetini tamomlagan, so‘ngra Los-Anjelesdagi Amerika aktyorlik akademiyasiga o‘qishga kiradi va kino va teatr aktrisasi mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oladi.
Turkan Shoray va Yag‘mur Unal
Turkan Shoray yarim asrdan ortiq kino faoliyati davomida u ikki yuzga yaqin bosh rollarni ijro etgan.
U 1945-yil 28-iyunda Istanbulda amaldor oilasida tug‘ilgan. Uning otasi millati bo‘yicha cherkes, onasi Salonikidan kelgan muhojir. 15 yoshida Turkan “Shamolli sevgi” filmida debyut qiladi. 1965-yilda Turkan eng talabgir va mashhur turk aktrisalari to‘rtligiga kiradi.
Uning so‘nggi ishi 2015-yilda ekranlarga chiqqan, biroq Turkan hamon o‘z loyihalarini taqdim etmoqda, turk va xalqaro kinofestivallarga faxriy mehmon va hakamlar hay’ati a’zosi sifatida taklif qilinadi.
Yag‘mur Unal ham hayotini kino bilan bog‘ladi. Faqatgina qiz aktrisa emas, balki kino sanoatining ushbu sohasida rivojlanishni afzal ko‘rgan prodyuser bo‘ldi. | 106 | 4,825 |
Madaniyat | Xalqaro madaniy meros kongressida akademik Edvard Rtveladzening 75 yilligi nishonlanadi | 2017-yilning 15—16-may kunlari Toshkent va Samarqandda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” mavzuidagi xalqaro ilmiy-madaniy kongress qator tadbirlarni qamrab oladi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Tadbir ishtirokchilariga, shuningdek, dunyoning turli muzeylarida saqlanayotgan O‘zbekistonning kolleksiyalari to‘g‘risidagi hujjatli filmlar namoyish etiladi. Shu maqsadda loyihaning ijodiy guruhi tomonidan dunyoning 15 ta muzeyida tasvirga olish ishlari olib borildi va taniqli olimlardan intervyular olindi.
Kongressda “Dunyo to‘plamlarida O‘zbekistonning madaniy merosi” eksklyuziv madaniy-ma’rifiy media-loyihasi taqdimoti tadbirning asosiy voqeasiga aylanishi kutilmoqda. Loyiha muallifi va rahbari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist F. Abduxoliqov bo‘lsa, ilmiy rahbar mashhur arxeolog, tadqiqotchi, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladzedir.
Shuningdek, professor Edvard Rtveladzeni 75 yilligi bilan muborak etish tadbirning tantanali nuqtasiga aylanadi. | 87 | 1,078 |
Madaniyat | Mirzo Ulug`bekning maxsus buyurtmasi bilan yaratilgan va deyarli o`rganilmagan qo`lyozma taqdim etildi | “Suvar al-kavakib as-sabita” (“Qo`zg`almas yulduzlar tasviri”) astronomik asari noyob qo`lyozmalar sirasiga kiradi.
Kitob o`zbek zaminining buyuk mutafakkiri Mirzo Ulug`bekning buyurtmasi bilan yaratilganiga shubhasiz dalillar ham mavjud. Unda Mirzo Ulug`bekning Sefey yulduzlar turkumi shaklida tasvirlangan miniatyurasi, tilla bilan bitilgan yorliq va kitob egasi “taxtdagi olim” ekanligini ta`kidlovchi boshqa belgilar mavjud.
“O`zbekiston madaniy merosi - Yangi Renessans poydevori” V Xalqaro Kongressi doirasida buyuk hukmdor va olim Mirzo Ulug`bekning buyrug`i bilan maxsus tayyorlangan ushbu noyob qadimiy qo`lyozmaning faksimile nashri taqdimoti bo`lib o`tdi.
Ushbu qadimiy qo`lyozmaning faksimile nusxasi Avstriyaning Mueller&Shindler nashriyot uyi tomonidan O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati bilan hamkorlikda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi doirasida nashr etilgan.
Asar muallifi — Χ asrning mashhur astronomi va munajjimi Abdurrahmon ibn Umar as-So`fiy. “Qo`zg`almas yulduzlar tasviri” o`rta asrlar astronomiyasining eng buyuk asarlaridan biri sifatida e`tirof etilgan. Ushbu asar o`z astronomik jadvallarini yaratish ustida faoliyat olib borgan olim Mirzo Ulug`bekka yordam bergan. Qo`lyozma shaxsan Mirzo Ulug`bek buyurtmasi bilan yaratilgan bo`lib, uning qo`li bilan yozilgan belgilarni ham o`z ichiga oladi.
Ushbu qo`lyozma Fransiya Milliy kutubxonasi fondida saqlanmoqda.
“Biz Fransiya Milliy kutubxonasi bilan bir necha yildan buyon hamkorlik qilib kelamiz. “Qo`zg`almas yulduzlar tasviri” asarining faksimile nusxasi hamkorlik natijasida tayyorlangan ikkinchi nashr. Undan oldin biz mashhur “Me`rojnoma” diniy -falsafiy asarining faksimile nusxasini yaratganmiz. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsiy ko`magi va Avstriyaning "Mueller&Shindler" nashriyoti tufayli butun dunyo olimlarning orzulari ro`yobga chiqayotganidan cheksiz baxtiyormiz, chunki qilinayotgan ishlar mamlaktimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash uchun juda muhim. Shuningdek, loyihani amalga oshirishda o`z yordamini ayamagani uchun O`zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi va “Eriell Group neft-servis kompaniyasiga Butunjahon jamiyati nomidan minnatdorchilik bildiraman. Faksimile nashrlarning qiymati shundaki, ular asl qo`lyozma qanday ko`rinishga ega ekanligi haqida deyarli yuz foiz tasavvurga ega bo`lish uchun yordam beradi”, - deydi O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov. | 102 | 2,565 |
Madaniyat | Butunjahon jamiyatining V kongressiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi | O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media-dasturidan o`nlab loyihalar qatorida O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yyicha Butunjahon jamiyatiining navbatdagi V Kongressini o`tkazish ham o`rin olgan.
O`zEOAVMA hamda Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov boshchiligida mazkur kongressga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha ishchi yig`ilish o`tkazildi. Unda Butunjahon jamiyati a`zolari, O`zEOAVMA mas`ul xodimlari, tegishli tashkilot va muassasalalar vakillari ishtirok etdi.
Ta`kidlanganidek, Butunjahon jamiyati bir necha yildan beri dunyoning turli burchaklarida, muzeylar, kutubxonalar, shaxsiy kolleksiyalar, turli ilmiy tadqiqot muassasalarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosining noyob durdonalarini o`rganish, ular haqidagi ma`lumotlarni keng jamoatchilikka etkazish bilan shug`ullanadi. Dunyoning qirqdan ortiq mamlakatidan 300 nafarga yaqin sharqshunos, san`atshunos, tarixchi va etnograf olimlarni o`zida jamlagan mazkur jamiyat tomonidan bir necha yildan beri keng qamrovli ishlar amalga oshirilgan.
Mazkur jamiyat O`zbekiston madaniy merosini o`rganish bo`yicha faoliyat olib boruvchi yuzlab mahalliy va xorijiy olimlarning tashabbusi bilan 2017 yilda ta`sis etilgan, o`sha yilning 15-17 may kunlari Toshkent va Samarqandda “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” shiori ostida birinchi xalqaro kongress o`tkazilgan edi. Kongressda so`nggi yillarda madaniy merosimizni tadqiq etish borasida qo`lga kiritilgan yutuqlar, yangi tadqiqotlar namoyish qiliindi. Bu kabi xalqaro anjumanlar muntazam tus oldi.
Butunjahon jamiyati kongresslari 2018 yilda Sankt-Peterburg, 2019 yilda Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida, 2020 yilda Toshkent shahrida o`tkazildi.
O`tgan yillar davomida Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumidan 35 ta kitob-albom zamonaviy matbaa texnologiyalari asosida, o`zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi. Mazkur albomlarning har biri bitta yo`nalishga qaratilgan bo`lib, O`zbekiston hududida yaratilgan, o`zbek xalqining bunyodkorligi va tafakkuri evaziga dunyoga kelgan madaniy yodgorliklar haqidagi qimmatli ma`lumotlar, fotosuratlar, audiovizual ma`lumotlarni o`z ichiga oladi.
Shu bilan birga o`tgan vaqt mobaynida turli muzeylar, kutubxonalar, madaniyat va ma`rifat maskanlaridagi bebaho durdonalarimiz haqida bir qator hujjatli filmlar suratga olindi. Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Hindiston singari mamlakatlarda O`zbekiston madaniy merosini targ`ib etishga bag`ishlangan media-iventlar, ko`rgazma va taqdimotlar o`tkazildi.
Mazkur yig`ilishda ta`kidlanganidek, bu yilgi beshinchi kongress navbatdagi “Madaniy meros haftaligi” doirasida 14-17 sentyabr kunlari, Toshkent, Xiva va Nukus shaharlarida o`tkaziladi. Haftalik dasturidan o`ndan ortiq ko`rgazmalar, konferensiyalar, taqdimotlar, madaniy ma`rifiy tadbirlar, mamlakatimizning tarixiy obidalari bo`ylab sayohatlar o`rin olgan. Ayni paytda butun dunyoda kechayotgan pandemik vaziyatni hisobga olgan holda, kongress tadbirlari karantin tartib-qoidalariga izchil amal qilgan holda o`tkaziladi. Ayni paytga qadar dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan 140 nafarga yaqin olim va mutaxassislar kongressda ishtirok etish niyatini bildirishgan.
Yig`ilishda so`zga chiqqan Butunjahon jamiyati va O`zEOAVMA boshqaruvi raisi F.Abduxoliqov, Butunjahon jamiyati a`zosi, san`atshunoslik fanlari doktori, professor Elmira Gyul, O`zEOAVMA bosh direktori J.Safoev, O`zEOAVMA Bosh direktori o`rinbosari R.Jabborov, “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi koordinatori E.Soboleva va boshqalar kongressga munosib tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish bilan bog`liq masalalar yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirishdi. | 78 | 3,995 |
Madaniyat | Prinsning o‘limiga sababchi bo‘lgan dori noqonuniy tarzda sotib olingan | Amerikalik qo‘shiqchi va bastakor Prinsning o‘limiga sababchi bo‘lgan kuchli og‘riq qoldiruvchi dorini u noqonuniy tarzda sotib olgan, deb yozadi “TASS” musiqachining o‘limini o‘rganayotgan tergovchilarga tayanib.
AP ma’lumotlariga ko‘ra, Prinsning Minneapolis (Minnesota shtati)dagi uyidan topilgan ba’zi o‘ramlarda keng tarqalgan og‘riq qoldiruvchi dorilar nomlari yozilgan, ammo aslida ularning ichida faqat retsept bo‘yicha sotiladigan kuchli ta’sir qiluvchi fentanil opioid analgetiki bo‘lgan.
Shu bilan birga, tergovchilar aniqlaganidek, Prinsning o‘limigacha bo‘lgan so‘nggi 12 oy mobaynida hech qaysi shifokor unga fentanil yoki boshqa shu darajadagi xavfli dorini sotib olish uchun retsept yozib bermagan. Shu tariqa, musiqachi fentanilni faqat noqonuniy ravishda qora bozordan xarid qilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Gollivudda taniqli bo‘lgan shifokor Dryu Pinski 21-aprel kuni 57 yoshida olamdan o‘tgan amerikalik xonanda Prinsning o‘limiga qabul qilingan dorilarning noo‘rin birikuvi va buning oqibatida “dozalarning tasodifan oshib ketishi” sabab bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. | 71 | 1,109 |
Madaniyat | Instagram: Buvisini tabriklash uchun Toshkentga kelgan Maryam Tillayeva, xalq artistiga aylangan Afruza, Durdona Qurbonovaning yaxshi ko‘rgani kim? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Alisher Fayz Moskva shahrida mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik muxlislari uchun konsert bergani aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Qiziqchi Zokir Ochildiyev turmush qurganiga 30 yil bo‘lganini ma’lum qildi va rafiqasiga gul sovg‘a qilib, sahifasiga u bilan tushgan suratini joyladi.
Parizoda onasining tug‘ilgan kunini konsert tarzida o‘tkazganini, shodiyonada ijodiy jamoasi bilan turli xil raqslarga tushganini obunachilariga ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, raqqosa onasini Muzaffar Abduazimovning “Onam, kasalman demang” taronasi hamohangligida tabrikladi.
Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova dizaynerlik maktabidagi ijodiy jamoasi bilan quvnoq taronaga raqsga tushgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Xonanda SanJay yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Aktrisa Shahlo Zoirova yangi obrazini obunachilariga namoyish qildi.
Xonanda Og‘abek Sobirov qashqadaryolik muxlislari qurshovida tushgan videosini ko‘rsatdi.
Afruza Boshqirdiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlanganini ma’lum qildi va ushbu yutuqni qo‘lga kiritishida yordam bergan insonlarga minnatdorlik bildirdi.
“Aristokratlar” kulgi jamoasining a’zosi Sarvar Mirzalimovning Toshkentdagi to‘yi yulduzlar ishtirokida o‘tdi, shodiyonada Yorqinxo‘ja Umarov, Jahongir Poziljonov, instabloger Dili.me va boshqa xonandalar qo‘shiq kuyladi.
Gulsanam Mamazoitova Turksoy xalqaro tashkilotiga tashrif buyurganini aytdi va tashkilot a’zolariga o‘zbek millatiga bo‘lgan hurmat, unga berilgan hadyalar uchun minnatdorlik bildirdi.
Durdona Qurbonova “yaxshi ko‘rgani”, ya’ni sevimli o‘yinchoq ayig‘ini obunachilariga ko‘rsatdi va u bilan sayr qilishga chiqqani haqida gapirdi.
Hulkar Abdullayeva Tohir Sodiqovning “Gulim” taronasini xirgoyi qilgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Bollivudning dunyo bo‘ylab muxlislarga ega aktrisalaridan biri Aliya Bhatt ona bo‘lishini ma’lum qildi.
Aktyor, teleboshlovchi Rixstilla Abdullayev qizlarining maktab uchun sotib olgan narsalarini obunachilariga ko‘rsatdi.
Xonanda Dilfuza Ismoilova nevarasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani aks etgan videoni namoyish qildi.
Yaqinda ilk bor ona bo‘lgan xonanda Yulduz Nizomova farzandi bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Alisher Uzoqov “Toshkentdan gapiramiz” ko‘rsatuvida “Bayram” guruhi “Bom-Bom” taronasini ijro etganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Jahongir Otajonov singlisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Instabloger Maryam Tillayeva buvisi Tatyana Karimovani tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun Toshkentga kelganini ma’lum qildi va sahifasiga u bilan tushgan suratini joyladi.
Oila a’zolari bilan Turkiyada dam olayotgan Madina Mumtoz farzandlari va turmush o‘rtog‘i bilan nonushta qilayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. | 147 | 2,817 |
Madaniyat | 27—30-noyabr kunlari Toshkentda PROlogue xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi | Joriy yilning 27—30-noyabr kunlari Toshkentda PROlogue xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Yoshlar ittifoqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, kinofestival tashkiliy qo‘mitasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda kinofestivalni tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish masalalari muhokama etildi, deb yozadi O‘zA.
Ilk bor xalqaro maqomda o‘tkazilayotgan mazkur nufuzli tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekkino” milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi va boshqa qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
“Uzoq yillardan buyon kino sohasida mamlakatimizda bunday nufuzli xalqaro festival o‘tkazilmagan edi, — deydi ‘O‘zbekkino’ milliy agentligi bosh direktori, kinofestival tashkiliy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Furqat Zokirov. — Ilk bor amalga oshirilayotgan mazkur loyihadan juda katta natijalar kutilmoqda. Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan mamlakatlar soni 40 dan oshib ketdi. 600 dan ortiq mamlakatdan esa festivalda ishtirok etish uchun filmlar yuborildi. Hozirda mazkur filmlarni saralash ishlari qizg‘in kechmoqda. Kichik bir sirni aytib o‘taman: filmlar orasida tarbiyaviy ahamiyatga ega, shaklan va mazmunan yuksak kinoasarlar ko‘p. Ularni nafaqat festival doirasida, balki, festivaldagi namoyishlardan so‘ng zudlik bilan ketma-ketlikda telekanallarimiz orqali uzatishni rejalashtiryapmiz”.
Shuningdek, yig‘ilishda berilgan topshiriqlarga ko‘ra, Oliy ta’lim muassasalarida ham mazkur tarbiyaviy ahamiyatga ega qisqa metrajli badiiy filmlar namoyishlari o‘tkaziladi. Festival yakunlangach esa, eng sara kinoasarlar ijodkorlari, festival ishtirokchilarining hududlarga safari uyushtiriladi.
Kinofestival jarayonlarini tezkor va xolis yoritib borish maqsadida matbuot markazi tashkil etiladi hamda kinofestival arafasida brifing o‘tkaziladi. Unda mutaxassislarning loyihaga doir ma’lumotlari jonli tarzda uzatiladi. | 74 | 2,083 |
Madaniyat | Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Sitora Farmonova, Otabek Mutalxo‘jayevning otasiga qimmatbaho sovg‘asi, kinoga qaytayotgan Zarina Nizomiddinova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Yulduz Rajabova Turkiyaning Istanbul shahridan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Xonanda Otabek Mutalxo‘jayev otasiga Trailblazer avtomobilini sovg‘a qildi.
Aktrisa Durdona Qurbonova uchun taniqli vizajistlardan biri Azamat tomonidan yangi imij yaratildi.
29-may kuni xonanda Shohruhxon tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan uning rafiqasi Asal Shodiyeva oilaviy arxivdan qisqa video orqali turmush o‘rto‘g‘iga tabrik yo‘lladi.
Xonanda Shahzodaning kichik o‘g‘li Xalidning suratini sahifasiga joyladi.
Aktrisa Sitora Farmonova yangi Malibu avtomobilini xarid qildi hamda xursandchiligini muxlislari bilan baham ko‘rdi.
Bollivudning taniqli aktyorlari Saif Ali Xon, Priti Zinta, Karina Kapur hamda Ayshvariya Ray kinorejissor Karan Joharning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan kechada ko‘rishib qoldi.
AQShda yashayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova o‘g‘lining islomiy maktabda tahsil olishi haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi hamda ushbu maktab o‘quvchilari Haj qanday ado etilishini o‘rganishayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Bahora Arslonova turmush o‘rto‘g‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joylab, unga hazilomuz izoh qoldirdi.
Xonanda Kaniza turmush o‘rtog‘i unga yangi mashina olib bergani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi.
San’atni tark etgan xonanda Faridam Umra safarini ado etdi.
Munisa Rizayeva onasi ayni paytda betob ekanligi haqida kuzatuvchilariga ma’lum qildi.
Turkiyaning “Sadoqatsiz” seriali bosh qahramonlari — Volkan, Asiya hamda Derinni gavdalantirgan aktyorlar Janer Jindoruk, Jansu Dere hamda Melis Sezen hayotda aslida do‘stona munosabatda ekanliklarini muxlislariga namoyish etdi.
Taniqli teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva tug‘ilgan kuni munosabati bilan yaqinlari unga qanday sovg‘a tayyorlagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Ma’lum muddat farzand tarbiyasi bilan band bo‘lgan aktrisa Zarina Nizomiddinova kinoga qaytayotganini ma’lum qildi. Uning ishtirokidagi serialning suratga olish ishlari yaqin kunlarda boshlanadi. | 146 | 2,159 |
Madaniyat | Boshpanasiz erkak Jonni Deppning Los-Anjelesdagi uyiga kirib oldi. U o‘ziga ichimlik tayyorlab, dush qabul qilgan | Amerikalik aktyor Jonni Deppning Gollivud-Xillzdagi uyiga boshpanasiz erkak yashirincha kirib oldi, deb xabar beradi Esquire.
Erkakni orqa hovlida basseynda aktyorning qo‘shnisi payqab qolib, politsiya chaqirgan. Shundan so‘ng, notanish kimsa darvozadan oshib o‘tib, Deppning uyi qarshisida paydo bo‘lgan.
Politsiyaga ikkinchi qo‘ng‘iroqni xavfsizlik xizmati xodimlari amalga oshirgan bo‘lib, ular uyga notanish kimsa kirganini ma’lum qilgan. Politsiyachilar yetib kelganida erkak aktyorning uyidagi vannada dush qabul qilgan va chiqishdan bosh tortgan. Bunga qadar u aktyorning baridan foydalanib, o‘ziga ichimlik tayyorlagan.
Erkak politsiyachilarning talabini bajarmagani va ular eshikni buzishga majbur bo‘lgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
TMZ portalining yozishicha, yanvar oyida politsiyachilar Deppning uyiga kirishga uringan boshpanasiz ayolni qo‘lga olgan. U o‘zganing uyiga o‘g‘irlik maqsadida bostirib kirganlikda gumonlangan.
Avvalroq boshpanasiz erkak reper Eminemning uyiga bostirib kirgani va uni o‘ldirmoqchi bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 113 | 1,074 |
Madaniyat | Xonanda Lola Moskvaga sayohat qildi (foto) | Xonanda Lola Yo‘ldosheva ham o‘zbek estradasining boshqa vakillari kabi yozgi ta’tilni maroq bilan o‘tkazmoqda. Biroq qo‘shiqchi boshqalar kabi serquyosh plyajlari bilan tanilgan shaharlarga emas, balki salqingina Moskvaga safar qildi. Lola Facebook sahifasida ushbu sayohati aks etgan ba’zi suratlarni e’lon qildi: | 42 | 315 |
Madaniyat | Lola ajrashish sabablarini oshkor qildi | Litsenziyasi olib qo‘yilganidan so‘ng telekanallarda kamnamo bo‘lib qolgan xonanda Lola Yo‘ldosheva shaxsiy hayoti, xususan, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi haqidagi savollarga javob berdi. Bu haqda “Redpen.uz” bergan ma’lumotlarga asosan “Darakchi” xabar qilmoqda.
“Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganimning sababi ― ish emas. Bu yerda boshqa shaxsiy sabablar mavjud. Qo‘shiqlar esa chalg‘ishning bir usuli edi. Turmush o‘rtog‘im bilan 2011-yilda ajrashganmiz. Hozirda ikkalamiz alohida, boshqa-boshqa oilalarda yashayotgan bo‘lsak-da, do‘stona munosabatlarni saqlab qolganmiz. Farzandlarimizdan hech narsani yashirmaganmiz, ularning barcha savollariga javob berib, kattalarning fe’l-atvori bir-biriga to‘g‘ri kelmasa hayotda shunday vaziyatlar bo‘lib turishini tushuntirganmiz”, ― deydi xonanda.
Lola, shuningdek, kelajakda turmush o‘rtog‘i, ko‘p farzandlari, umuman olganda, katta oilasi bo‘lishini orzu qilishini ham aytib o‘tgan. | 39 | 935 |
Madaniyat | Farg‘onada fonogramma orqali qo‘shiq aytish taqiqlandi | Farg‘onadagi bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning madaniyat va san’at xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda hokim sohani yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator tashabbus va vazifalarni e’lon qilgan.
Xususan, hokim o‘rinbosari Fayzullo Qosimov rahbarligida viloyat bayram tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tuzish, guruh tarkibiga viloyat madaniyat boshqarmasi mas’ullari, teatrlar rahbarlari, oliy ta’lim muassasasi rektorlari, taniqli san’atkorlar va ijodkorlar kiritilishi ma’lum qilingan.
Ishchi guruh a’zolari har bir viloyat bayram tadbiri uchun yangi g‘oyalar, dasturlar uchun takliflarni o‘rtaga tashlab, biri boshqasini takrorlamaydigan ssenariylar ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘ladi.
Qayd etilishicha, bundan buyon Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda sahnaga chiqadigan qo‘shiqchilar va qo‘shiqlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadigan bo‘ladi. Yangi qo‘shiqlar, yangi ijrolar kerakligiga urg‘u bergan viloyat hokimi “San’atda yoshlar raqobatga chiqsin” degan fikrni bildirgan.
Viloyat rahbarining Farg‘onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlanishi, ijrochilar sahnada cholg‘uchilar bilan birga jonli ijroda kuylashi borasidagi ko‘rsatmasi san’at ahli tomonidan ma’qullangan. | 54 | 1,395 |
Madaniyat | “O‘zbekfilm” xorijiy konsultantlar yordamida modernizatsiya qilinadi | “O‘zbekfilm” kinostudiyasining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O‘zbekfilm” kinostudiyasi rahbari Hilol Nasimov (o‘rtada).
Bu ishlarni loyihalashtirish “O‘zshaharsozlikLITI” arxitektorlari tomonidan, qurilish ishlari “12-trest” tomonidan olib borilmoqda.
“O‘zbekfilm” kinostudiyasini modernizatsiya qilish va eng so‘nggi raqamli kino texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida 2016-yilda Chexiya, Koreya, Germaniya va Rossiya kabi kino ishlab chiqarish sohasi rivojlangan davlatlarining tajribasi joyiga chiqib o‘rganildi.
ARRY, SONY, Broad Solutions kabi AQSh va Germaniyadagi jahonning eng ilg‘or kino kompaniyalari vakillari bilan hamkorlik masalasida muzokaralar o‘tkazildi.
“Modernizatsiya jarayoniga xorijiy konsultantlar ham jalb qilinadi”, — deyiladi “O‘zbekkino” axborotida. | 68 | 924 |
Madaniyat | O‘zbekiston vakilasi Turkvision − 2014 finaliga chiqdi | 19-noyabr kuni Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Turkvision − 2014 II Xalqaro televizion qo‘shiq tanlovining yarim finalida ishtirok etgan O‘zbekiston vakilasi Aziza Nizomova musobaqa finaliga yo‘l oldi. Yarim final tafsilotlari Eurovoix saytida e’lon qilingan.
“Setora” guruhi a’zosi yarim finalda beshinchi tartib raqami ostida “Dunyo bo‘lsin omon” qo‘shig‘ini ijro etishi haqida xabar berilgan edi. Aziza yakunda 172 ball to‘plab 10-o‘rinni egalladi va finalga yo‘l oldi.
Final yo‘llanmasi uchun jami 25 nafar ishtirokchi bellashdi. O‘zbekistondan tashqari Tatariston, Turkiya, Qozog‘iston, Boshqirdiston, Moskva viloyati, Makedoniya, Qirg‘iziston, Eron, Qrim, Bosniya va Gersegovina, va Turkmaniston vakillari ham 21-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan finalda ishtirok etadi. | 54 | 784 |
Madaniyat | “Bebahoginam” fevral oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Ozod Shamsning “Bebahoginam” nomli romantik dramasi fevral oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Fevralning uchinchi haftasi kinoreytingida “Bebahoginam”dan keyingi o‘rinlarni Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007”, Ilhom Muhammadibrohimovning “Qizlarning jahli chiqdi”, Ozod Shamsning “Sevadi, sevmaydi”, Murod Inog‘omovning “O‘g‘irlanmagan kelin” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Koreyadagi muhabbat”, “Gazini bos, Jamshid”, “Voy dod 2”, “Darbadar”, “Firibgar oshiq” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
1-o‘rin. “Bebahoginam” (romantik drama)
Rejissor — Ozod Shams
2-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” ( komediya )
Rejissor – Ulug‘bek Yunusov
3-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya)
Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov
4-o‘rin. “Sevadi, sevmaydi” (komediya)
Rejissor — Ozod Shams
5-o‘rin. “O‘g‘irlanmagan kelin” (komediya)
Rejissor —Murod Inog‘omov
Eslatib o‘tamiz, “Bebahoginam” filmining premyerasi 13-fevral kuni bo‘lib o‘tgan edi.
O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev qizi Muqaddasning filmdagi achchiq taqdiriga chidolmay infarktni boshdan kechirdi | 97 | 1,373 |
Madaniyat | “Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Frensis Skott Fitsjeraldning “Buyuk Getsbi” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Frensis Fitsjerald bilan ilk bora uning “Benjamin Batonning sirli tarixi” hikoyasi orqali tanishganman. Albatta, bu nom sizga Bred Pitt ijrosidagi mashhur Gollivud filmini eslatishi mumkin, ammo bu avvalo Fitsjerald qalamiga mansub hikoya.
Filmdan kadr
To‘g‘risini aytsam, men hech qachon o‘zimga “menga yoqadigan eng zo‘r roman” degan savolni berib ko‘rmaganman. Ushbu tahlilni yozishim jarayonida amin bo‘ldimki, hozir aynan shu roman men uchun juda qadrli. Talabalik davrimda kitobni o‘qigach, Leonardo di Kaprio ijrosidagi filmni orziqib kuta boshladim. Mohir aktyor, men kutganday, rolini juda kuchli ijro etdi. Shu filmdan boshlab u mening eng sevimli aktyorimga aylandi. Bugun esa film haqida emas “Buyuk Getsbi” roman haqida so‘z yuritamiz.
Asar haqida
“Buyuk Getsbi” – amerikalik yozuvchi Frensis Skott Fitsjeraldning romani. Roman 1925-yil 10-aprelda dunyo yuzini ko‘rgan bo‘lib, Amerika adabiyotida “Jaz asri” deb nomlangan davrning tipik namunasidir. Fitsjerald romanni yozishni Nyu-Yorkda boshlagan va Parijda nashr etgan.
Ushbu asosi detektiv va fojiali syujetga ega bo‘lgan sevgi hikoyasi bo‘lmish romanning voqealari Nyu-York yaqinida, Long-Aylendning “oltin qirg‘og‘”ida joylashgan boy villalardan birida boshlanadi.
XX asrning 20-yillarida, Birinchi jahon urushidagi dahshatlaridan so‘ng Amerika jamiyati misli ko‘rilmagan gullab-yashnash davriga kiradi. Bu davrda AQSh iqtisodiyoti jadal rivojlanadi. Shu bilan birga, alkogol ichimliklariga qo‘yilgan taqiq ko‘plab butlegerlarni millionerga aylantiradi va uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga muhim turtki bo‘ladi. Boylar va ularning jozibali hayotiga qoyil qolgan holda asarda Fitsjerald o‘sha davrdagi Amerikaning cheksiz materializmi va ma’naviy inqirozini shubha ostiga oladi.
“Buyuk Getsbi” Brodvey teatrlarida sahnalashtirilgan va u asosida Gollivudda film olingan bo‘lsa-da, asar yozuvchi hayot paytda mashhur bo‘lmadi – kitob 24 ming nusxada sotildi xolos. Biroq Fitsjerald vafotidan ko‘p o‘tmay roman qayta nashr etildi va bu g‘ayrioddiy qiziqish to‘lqinini keltirib chiqardi. Kitobning milliy miqyosda mashhur bo‘lishida romanning 150 ming nusxasi frontga, Amerika askarlariga yuborilgani ham muhim rol o‘ynadi. O‘shandan beri dunyo bo‘ylab bu asar 25 milliondan ortiq nusxada sotildi.
Keyingi o‘n yilliklarda roman dunyoning ko‘plab ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarida o‘rta maktablarda va universitet adabiyot darsliklarida o‘qish dasturga kiritildi.
1998-yilda roman Modern Library nashriyoti talqiniga ko‘ra XX asrning 100 ta eng yaxshi ingliz tilidagi romanlari ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi.
Annotatsiya
Roman o‘tgan asr 20-yillarining “Amerika orzusi” – jaz, “quruq qonun” va gangsterlar davri haqida. Bu vaqtda Amerikadagi jonli hayot chiroqlari ayniqsa yorqin nur socha boshlagan edi.
Buyuk Getsbi – Frensis Fitsjerald bibliografiyasining durdonasi. Ushbu kitob asosida Leonardo di Kaprio bosh rolda o‘ynagan film suratga olindi. Film katta shuhrat qozondi. Chunki u yanada ko‘proq shuhrat qozongan kitobga asoslangan edi.
Kitob qahramoni Jey Getsbi o‘zining “Amerika orzusi”ga intilmoqda. Ammo hamma narsa u xohlaganicha ketavermaydi. Unga chinakam baxt keltirishi mumkin bo‘lgan narsa haqiqiy fojiaga aylanadi. Jey bosib o‘tgan uzoq va mashaqqatli yo‘l, uning yo‘lidagi barcha to‘siqlarga qaramay, dahshatli yiqilishga olib keladi. Chunki har birimiz sevgini xohlaymiz – haqiqiy, sof va otashin sevgini. Bu istak esa insonning boshqa intilishlarni yo‘q qilishi mumkin...
Tahlil
“Buyuk Getsbi” klassika hisoblanadi, chunki nashr etilganidan sakson yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, u hanuzgacha mukammal yozilgan romanlardan biridir. Aslida u hech qachon bugunchalik aktual bo‘lmagan: 20-yillardagi cheksiz ziyofatlar muhiti, jaz davri, taqiqlar… Kitob 2016-yildan oldingi yillardagi O‘zbekiston elitasi haqida juda ko‘p narsalarni eslatadi; ikkalasida ham deyarli hech kim yomon xatolarni hisobga olmaydi, bu ziyofat abadiy davom etadigan va hech kim uning hisobini to‘lashga majbur bo‘lmaydiganga o‘xshaydi. Afsuski, bu ikki solishtiruvning keyingi xulosasi ham bir hil: bilamizki, oltin parda ortida haqiqatan ham cheksiz yolg‘on va korrupsiya yotgan edi.
Filmdan kadr
1924-yilda Fransiya Riviyerasida “Buyuk Getsbi”ni yozib tugatganidan so‘ng Frensis Skott Fitsjerald asar epilogida yozishicha, u muharririga “Men AQShdagi eng yaxshi romanni yozdim” deb aytgan ekan. U nafaqat buyuk asarni, balki o‘zining ulkan iste’dodi bilan o‘zini o‘zi yaratgan Amerika afsonasining ramzi va mukammal timsoliga aylangan Buyuk Getsbi shaklini yaratdi. U Long-Aylenddan muhtasham qasr sotib olgan sirli Jey Getsbi ismli yigit edi.
Uni hech kim tanimasdi, u haqda juda ko‘p qarama-qarshi mish-mishlar tarqalar, uning kelib chiqishi haqida yuzlab taxminlar yurar edi: nemis ayg‘oqchisi, olibsotar, alkogol kontrabandachisi, qotil, shahzoda, mafiya askari, Birinchi jahon urushi qahramonidan tortib iblisning amakivachchasigacha. Ammo “Buyuk Getsbi”dagi eng muhim narsa bu emas. Asar bosh qahramonlaridan biri kamtarin broker Nik Karraueyga ko‘ra, u hech qachon otasining maslahatini unutmagan – boshqalarni ularni tanimasdan turib hukm qilishga shoshilmaslik. Aynan shu narsa asarning eng kuchli postulatlaridan biridir.
Biz Nikning nigohi va boshqalar aytgan gaplari orqali asta-sekinlik bilan barcha jumboqlarni aniqlaymiz, oxir-oqibat asar bizga boshida sirli millioner bo‘lib ko‘ringan, har oqshom ko‘rfaz bo‘ylab saylgohning yam-yashil nurini tomosha qilishga qiziquvchi Getsbining asl qiyofasini ochib beradi. Uning uyi yaqinida bir zamonlar u sevgan qiz Deyzi va uning eri, boy oilada tug‘ilishi sababligina boy va imtiyozga ega bo‘lgan shafqatsiz, irqchi va johil Tom yashaydi. Asarni ikkinchi marta qayta o‘qiyotganimda undan zavqlanib, “Buyuk Getsbi” personajlarini bizning zamonga qanday moslashtirish mumkinligini tasavvur qila olmadim. Bosh qahramon bizni davrda nima qilgan bo‘lar edi? U boyligini taqiqlangan alkogol savdosi o‘rniga Rossiyaga meva-sabzavot chiqarish yo‘li bilan toparmidi yoki birorta ishlab chiqarishni monopol qilib olish orqalimi? Uning dushmani Tom, u kim bo‘lar edi? Hokimmi yoki deputat? Qanday bo‘lmasin, Buyuk Getsbini qayta-qayta o‘qish va uni kashf etish kerak.
Romanda XX asr 20-yillarning konteksti, odamlarining dunyoqarashi va hashamatlar juda yaxshi tasvirlangan. Unda siz boy va eng qudratli bo‘lsangiz, eng sevimli odam bo‘lishingiz va xohlagan narsaga ega bo‘lishingiz mumkin. Roman haqida salbiy tanqidni shakllantirishga harakat qilish deyarli mumkin emas menimcha.
Frensis Fitsjerald bu kitob orqali adabiyotni san’at darajasiga olib chiqdi. San’at – bu yerda – qiyin va chigal voqeani oson o‘qiladigan qilib yozishga erisha olish qobiliyatida. Bu aslida har bir ijodkor ega bo‘lishi kerak bo‘lgan fazilatdir. Fitsjerald bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Roman Getsbining ajoyib mulohazalari, sodda ko‘rinishi, sirli xarizmasini o‘z ichiga oladi. Men asardagi har bir belgi, har bir tuyg‘uni his etaman, go‘yo Getsbining har bir bazmida ishtirok etaman, raqsga tushaman va Deyziga muhabbati tufayli azob chekaman. Men sohildagi yashil chiroqlarni ko‘rdim, sayr qildim, Getsbi atrofidagi yuzaki jamiyat undan nafratlanishidan nafratlandim. Bu klassika! Noyob va tengsiz. Ajoyib roman, juda nozik, shunchalik hissiyotlarga boyki, u yuragingni alg‘ov-dalg‘ov qiladi va iz qoldirib ketadi.
Men adabiyot, san’at borasida mutahxassis emasman. Lekin bu asar menga qanday ta’sir qilganini bilaman va har bir sahifada Fitsjerald nimalarga erishganini so‘z bilan yozishga harakat qilaman. “Buyuk Getsbi”ni o‘qishni tavsiya qilmayman, uni o‘qishni talab qilaman! Bu juda keng qamrovli roman emas, uni osongina o‘qish mumkin. Unda ramziy belgilar va kundalik tafsilotlarga to‘la tavsifiy uslub orqali Fitsjerald o‘tgan asrning 20-yillari Amerika elitasi muhitini qayta yaratadi. Roman 1922-yilda, ayniqsa Birinchi jahon urushidan keyin Yevropaning yarmini qarzdor qilib, kapitalning eng katta harakati rivojlangan mamlakat bo‘lgan AQSh uchun iqtisodiy yuksalish davrida yuz beradi. Shafqatsizliklar sharoitida roman qahramonlarining ba’zilari boshqalarga qaraganda boyroq, bunda meros tufayli boyigan odamlar, bankda yoki katta miqdordagi pul harakatlanadigan qonuniy biznesda ishlash orqali boyib ketganlar ham bor. Ushbu ikki dunyoning qarama-qarshiligi asarni o‘qigan sari ravshanlashib boradi. Asardagi buguni bilan yashovchi jamiyat sizni zavqlantiradi, bu jamiyat pul tufayli beqaror bo‘lsa ham.
Xulosa
Klassikning so‘zlariga ko‘ra, chinakam o‘qituvchilar qiyin narsalarni oddiy ko‘rinishga keltirib tushintirishga qodir. Xulosa qiladigan bo‘lsak, u Fitsjerald tomonidan qisqa va maftunkor romanda mohirona mujassamlangan qadimgi muhabbat, tushkunlik, xiyonat, jinoyatchilik, ikkiyuzlamachilik va son-sanoqsiz mish-mishlar haqida hikoya qiladi.
Filmdan kadr
“Buyuk Getsbi”ning nasri benuqson, mohirona, peyzajlarni aniq va intensiv dinamika bilan tasvirlagan. Men o‘qigan eng yaxshi kitoblardan biri. Men bu kitobni barchaga tavsiya qilaman va aminmanki, ular bu romanni o‘qiganlaridan keyin ham Getsbi va uning “sherigi” Nik Karrueyni ma’yus tabassum bilan eslaydi.
Iqtiboslar
To‘satdan kimnidir qoralashni istasangiz, esda tutingki, dunyodagi hamma odamlar siz ega bo‘lgan afzalliklarga ega emas;
Men qiz ko‘rganimdan juda xursandman. Xudo u tentakroq bo‘lib o‘sishiga ijozat bersin, chunki bizning jamiyatimizda ayol uchun eng yaxshi narsa ahmoqroq bo‘lishdir;
Odam bilan u o‘lganida emas, tirikligida do‘st bo‘lish juda muhim. O‘lganlar uchun do‘stlik hech narsa emas;
Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja;
Ular beparvo jonzotlar edilar... ular buyumlarni va odamlar taqdirini sindirib tashlar, keyin qochib o‘z puli ortiga bekinardi.
Qiziqarli faktlar
- Fitsjerald do‘sti Perkinsga romanning qo‘lyozmasini yuborishga va’da bergan maktubida Ernest Xeminguey ismli yosh yozuvchini eslaydi.
1924-yil 10-oktabrdagi xatdan:
Men sizga dunyoda Ernest Xeminguey ismli bir yigit borligini, u Parijda istiqomat qilayotganini (o‘zi amerikalik bo‘lsa ham) va kelajakda mashhur bo‘lib ketishini xabar qilish uchun yozyapman.
Fitsjeraldga asar “Buyuk Getsbi” deb nomlanishi yoqmagan, u asarni avval “Axlat va millionerlar” yoki “Oltin shlyapali Getsbi” deb nomlamoqchi bo‘lgan;
- “Getsbi” uchun yozuvchi 1923-yilda 3 939 dollar va nashrdan keyin yana 1 981 dollar pul olgan. Shu bilan birga, Fitsjeraldning romanga bo‘lgan yondashuvi shu qadar jiddiy ediki, u kitob nashr etilishi kechiktirilishi mumkinligi sababli romanni davom ettirishga rozilik berish uchun taklif qilingan 10 ming dollardan voz kechgan;
- Yozuvchining qabridagi so‘zlar shu asardan olingan:
Shunday qilib, biz oldinga suzib borishga harakat qilamiz, oqim bilan kurashamiz va lekin u baribir zarba berib, kichik kemalarimizni o‘tmishga qaytaradi.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida
Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi?
Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida
Jamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida
Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida
Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida
“Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman
“Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida
Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida
“Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida | 64 | 11,927 |
Madaniyat | Toshkentda turk kinosi kunlari bo`lib o`tmoqda | Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Turkiya kino kunlari” ham bo`lib o`tmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Kinematografiya agentligi tomonidan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida bugun O`zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida turk kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi.
Ushbu kechada taniqli turk kinoyulduzlari O`zjan Deniz, Melisa Pamuk, Sezan Zengen, Dilan Deniz kabi turkiyalik aktyorlar ishtirok etishdi. Tashrif buyurgan mehmonlarga o`zbek va turk madaniyati aks etgan konsert dasturi taqdim etildi.
Xalqaro anjumanlar saroyida 2 oktyabrga qadar turk badiiy filmlarining bepul namoyishlari bo`lib o`tadi.
Ma`lumot uchun, kinofestivalga taniqli turk kinoyulduzlari O`zjan Deniz, Melisa Pamuk, Sezan Zengen, Dilan Deniz va boshqalar tashrif buyurgan. Dasturdan turkiyalik ijodkorlar tomonidan mahorat darslari, davra suhbatlari o`rin olgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali 3 oktyabrgacha davom etadi. | 46 | 1,159 |
Madaniyat | Oq uydan keyingi hayot: prezidentlik muddatidan so‘ng AQSHning sobiq birinchi xonimlari nima bilan shug‘ullanadi? | Prezident rafiqalariga har qanday davrda ham oson bo‘lmagan. Oq uyda oilasi obro‘sini himoya qilgan holda nafaqat yengil nafas olib, erkin hayot kechirishni boshlagan, balki butun dunyoni o‘zlari haqida tinmay gapirishga majbur qilgan ajoyib ayollar haqidagi maqolani tarjima tariqasida e’tiboringizga havola etamiz.
Melaniya Tramp
Birinchi xonim Melaniya Tramp Invictus Games hamda Vashington konferensiya markazining inauguratsiya balida, 2017-yil
Birinchi xonimlik davri: 2017—2021
Sobiq model milliarder turmush o‘rtog‘i Donald Tramp 2016-yilda prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin AQSH tarixidagi 45-xonim bo‘ldi. Melaniya Tramp bu u uchun quvonchli voqea emasligini hech qachon yashirmagan. Keyingi to‘rt yil u uchun xalqaro nazorat va doimiy stressning nihoyatda qiyin davri bo‘ldi – sariq matbuot Tramp juftligining har bir chiqishini tanqid ostiga olib, ularning nikohidagi muammolarni ko‘rsatishga jon-jahdi bilan harakat qildi. Moda kuzatuvchilari ham bu borada ortda qolmadi: birinchi xonim kiygan liboslarga ko‘pincha istehzo bilan munosabatda bo‘ldi (hatto Melaniya 2018-yilda muhojirlar markaziga “Menga chindan ham farqi yo‘q, sizga-chi?” provokatsion yozuvi tushirilgan kurtka kiyib kelganida tahdid ostida ham qolgan), bundan tashqari, oddiy Amerika fuqarolari ham Oq uyning yangi bekasini yoqtirmadi — 2021-yil yanvar oyida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, amerikaliklarning 47 foizi u haqda salbiy fikr bildirgan.
Melaniya uchun turmush o‘rtog‘ining prezidentlik yillari nimasi bilan yodda qolgan? Ehtimol, u Oq uyda boshlagan keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari bilandir. Birinchi xonim tufayli yuvinish xonasi, birinchi qavatdagi marmar pol, bouling ayvonchasi, Atirgul bog‘i va tennis pavilyoni dizayniga o‘zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, u har yili Rojdestvoda uyni bayramona bezash bilan shug‘ullanardi. Biroq birinchi xonimning dizaynerlik mahorati — Margaret Etvudning “Xizmatkorning ertagi” romanidagi alvon rangli archalardan tortib, Garri Potterdagi dementorlarni yodga soluvchi “oq sharpali o‘rmon”gacha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining masxara qilishiga sabab bo‘ldi.
Melaniya Oq uyda
Shundoq ham Oq uyda o‘zini ortiqcha his qilgan Melaniya bunday munosabatdan juda xafa bo‘lgan. Shubhasiz, o‘zini biroz chalg‘itish va jamiyatga foyda keltirish uchun birinchi xonim xayriya ishiga qo‘l urdi. 2018-yilda u sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish va yoshlar o‘rtasida opioidlarni suiiste’mol qilishga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshisi bo‘l” (Be Best) ijtimoiy dasturini ishga tushirdi. “Bizning avlodning ma’naviy burchi — tashabbus ko‘rsatish va bolalarimizga yordam berish”, degan Melaniya Tramp Atirgul bog‘ida bo‘lib o‘tgan dastur taqdimotida.
Va nihoyat Donald Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovida Jo Baydenga yutqazganida Melaniya yengil nafas oldi. Endi unga birinchi xonim vazifalaridan ketishga rasman ruxsat berildi, qaysiki, u butun qalbi bilan nafratlanadigan vazifalardan. U yangi prezident kelguniga qadar ham Oq uyda qolishni xohlamadi (70 yillik an’anaga ko‘ra, Amerika prezidentlarining rafiqalari keyingi vorislarini choy bilan kutib oladi va Oq uyni yangi xo‘jayinlariga topshiradi, lekin Melaniya bu an’anani buzdi). Buning o‘rniga Tramp xonim telekameralardan xoli bo‘lgan, allaqachon unutilgan hayotdan bahramand bo‘lish uchun Floridadagi Mar-a-Lago oilaviy qarorgohiga ko‘chib o‘tdi. “U har kuni spa-salonga boradi, tushlik qiladi, yana spa-salonga qaytadi va Donald Tramp bilan ovqatlanadi. Har kuni shu hol takrorlanadi”, — deydi 2021-yilning fevral oyida er-xotinga yaqin bo‘lgan bir manba.
Melaniya Nyu-Yorkdagi Trump Tower’da hamda juftlikning shtatning yuqori lavozimli amaldorlari sifatidagi oxirgi chiqishi, 2021-yil 20-yanvar
Hozirda uning asosiy vazifasi — bu uning 15 yoshli o‘g‘li Berron, milliarder tadbirkor Bill Koch (Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi homiysi) tomonidan asos solingan Vest Palm-Bichdagi Oksbrij akademiyasi maktabiga borishni boshladi. “Melaniya hozirda Berronning ta’lim olishi, darsdan tashqari mashg‘ulotlari va kelajagi bilan to‘liq shug‘ullanmoqda”, — deydi insayderlar.
Melaniya Trampning eri bilan munosabatlariga kelsak, bu haqda ko‘p narsa ma’lum emas. Bir necha yildirki, kuzatuvchilar ularning yaqinlashib kelayotgan ajralishlarini bashorat qilishmoqda. 2021-yilning yozida Melaniya Tramp erining 75 yoshini nishonlashga kelmaganida ommaviy axborot vositalarida juftlikning kelishmovchiliklari haqidagi yangi mish-mishlar to‘lqini paydo bo‘ldi.
Mishel Obama
Mishel Obama birinchi xonim sifatida yoshlar o‘rtasida ijodkorlikni rivojlantirish dasturini taqdim etmoqda, 17-noyabr, 2015-yil hamda AQSHning sobiq birinchi xonimi College Signing Day tadbirida, 2017-yil iyun
Birinchi xonimlik davri: 2009—2017
Prezidentlik davrining sakkiz yili mobaynida Barak Obamaning rafiqasi ko‘p jihatlar bilan yodda qolishga muvaffaq bo‘ldi: kiyinish uslubining ajoyib evolyutsiyasidan tortib ilhomlantiruvchi ijtimoiy tashabbuslargacha. Agar Melaniya Tramp bugun biror-bir xayriya yoki ijtimoiy tadbirga kelgan bo‘lsa, matbuot 10 ta holatdan 9 tasida: “Bu an’ana Mishel Obama tomonidan kiritilgan”, deb qo‘shimcha qilishi bejiz emas. 44-xonim harbiy oilalar bilan birgalikda bolalarda ko‘p kuzatilayotgan ortiqcha vazn ortishiga qarshi kurashga qaratilgan harakatlarni qo‘llab-quvvatladi. Barak Obamaning prezidentlik muddati tugagach, Mishel Hillari Klinton kabi prezidentlik poygasiga qo‘shildi. Albatta, bunday ish ko‘p vaqt va kuch talab qiladi, boshqa sharoitda Mishel va Barak bir-biriga to‘liq bag‘ishlangan bo‘lardi.
Vashingtondan Chikagoga ko‘chib o‘tgan Obama jamoatchilik e’tiboridan uzoqroqqa otlangani ajablanarli hol emas: avval Karib dengizidagi xususiy orolga, keyin Fransiya Polineziyasi, Indoneziya va Italiyaga. To‘g‘ri, bu shartli ravishda “uzoq” muddat edi — 28-fevralda sobiq birinchi xonim norasmiy bo‘lsa-da, lekin bundan keyin qilishi mumkin bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullanish uchun siyosatga qaytdi. Har bir sobiq prezidentning rafiqasi singari Mishel ham hozir fikr yetakchisi va Amerika koordinata tizimida o‘z vakolatlarini ijtimoiy foydali qadamlarga aylantirishga majburdir. Misol uchun, Obama xonim o‘zining avvalgi yoshlar siyosatini davom ettirgan holda Amerika maktablariga yoshlarning orzulari va intilishlari haqida suhbatlashish uchun tashrif buyuradi.
Mishel Obama Chikagodagi Obama Foundation tadbirida Chance the Rapper ijrochisi bilan, 2017-yil 1-noyabr
Bundan tashqari, Mishel Oq uy bekasi sifatida u tomonidan joriy qilingan an’analarini ham unutmadi. Masalan, so‘nggi bir necha yil mobaynida AQSH 44-prezidentining rafiqasi sifatida Nyu-Yorkda oliy ma’lumot olish zarurligiga bag‘ishlangan College Signing Day’ning faxriy mehmoni bo‘ldi. 2017-yilda amerikalik maktab o‘quvchilarini kollej va universitetlarda tahsil olishga targ‘ib qilish uchun Manxettenga borgan ham yangi birinchi xonim emas, aynan u edi.
Mishel turmush o‘rtog‘i bilan Obama Foundation Summet’da, 2017-yil 31-oktabr
Sobiq birinchi xonim Amerikada hali ham juda mashhur shaxs — ayniqsa, Melaniya Trampning harakatlaridan norozi bo‘lganlar orasida. Mishelning Obama Foundation sammitida so‘zlagan nutqi so‘zma-so‘z iqtiboslarga aylanib ketgan va uning fevral oyi oxirida Indianada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi nutqining chiptalar allaqachon sotib bo‘lingan. Ko‘rinib turibdiki, Mishel nafaqaga chiqmoqchi emasga o‘xshaydi.
Lora Bush
AQSHning sobiq birinchi xonimi Lora Bush YuNESKO shtab-kvartirasida o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari bo‘yicha davra suhbatida ishtirok etmoqda, 2007-yil 15-yanvar hamda sobiq birinchi xonim Concordia sammitida, 2017-yil 18-sentabr
Birinchi xonimlik davri: 2001—2009
Lora Bush Oq uyga ayollar va bolalar huquqlari himoyachisi sifatida kirib keldi va sakkiz yil davomida u mas’uliyat bilan ta’limni rivojlantirish, ayollar salomatligini yaxshilash, butun dunyo bo‘ylab gender tengligini targ‘ib qilish uchun son-sanoqsiz notijoriy dasturlar va fondlarni ishga tushirdi. Aytish kerakki, u bu vazifani yaxshi uddaladi: eri urush boshlaganiga qaramay, Lora qayerga bormasin, xalq nazarida tinchlik va yaxshilik elchisi bo‘lib qoldi. Ajablanarlisi shundaki, 43-xonim Oq uyni rekord darajadagi yuqori reyting bilan tark etdi.
Jorj va Lora Bush Donald Trampning inauguratsiyasida, 2017-yil 20-yanvar
Aslida, jamoatchilikning unga shu qadar moyilligi 2000-yillarda boshlagan barcha tashabbuslarini muvaffaqiyatli davom ettirishga imkon berdi. U va turmush o‘rtog‘i haligacha Amerika bo‘ylab faxriylarni qo‘llab-quvvatlash uchun kutubxonalar, ta’lim fondlari va kampaniyalarini tashkil qiladi, ommaviy axborot vositalariga intervyu berishni kanda qilmaydi.
Qizig‘i shundaki, Oq uydagi vakolatidan keyin ham u birinchi xonim sifatidagi vazifalaridan voz kechmagan ... hatto Barak Obama ma’muriyati davrida ham.
Lora Bush urush faxriylari o‘rtasidagi ishsizlikni bartaraf etishga bag‘ishlangan tadbirda, 2015-yil 15-sentabr
Lora Bush va Mishel Obama — turli siyosiy partiyalarga mansub bo‘lishlariga qaramay, bir-birlari bilan darhol til topishgan. Lora prezidentlik kampaniyasi paytida Barak Obama rafiqasini omma oldida qo‘llab-quvvatlab, demokratlar g‘alaba qozonganidan so‘ng, u uchun Oq uy bo‘ylab shaxsan o‘zi ekskursiya uyushtirgan. Saylovdan bir yil o‘tgach, Lora Mishelni mehnatsevarligi va, albatta, prezident saroyini juda qulay jihozlagani uchun ham maqtagan.
Lora va Mishel ko‘p hollarda bir-biri bilan muloqot qilib turadi. 2010-yil 11-sentabrda sobiq birinchi xonim Oq uyning yangi bekasi bilan birga 2001-yilgi terakt qurbonlari xotirasi uchun nutq so‘zlashga taklif qilindi va 2013-yilda ular Afrikadagi sammitga ham birga borishdi. 2015-yilda Mishel va Lora shaharni ko‘kalamzorlashtirish kampaniyasiga boshchilik qildi, bu esa yana bir bor ommaviy axborot vositalarining zavqini keltirdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, birinchi xonim bo‘lishdan shunchaki voz kechish oson ish emas.
Hillari Klinton
Bill va Hillari Klinton davlat ziyofatidan oldin, 1999-yil 8-aprel hamda sobiq birinchi xonim AQSH davlat kotibi maqomida, 2010-yil 30-sentabr
Birinchi xonimlik davri: 1993—2001
Oxirgi saylov poygasini yodga oladigan bo‘lsak, bu xonim haqida hamma narsa aytilganga o‘xshaydi. Qo‘shma Shtatlardagi eng faol siyosiy ayollardan biri bo‘lgan Hillari Klinton avval o‘n ikki yil Arkanzasning birinchi xonimi, keyin yana sakkiz yil Oq uy bekasi bo‘lgan. Bu vaqt mobaynida u bir nechta ommaviy kampaniya o‘tkazdi, ular orasida siyosiy jihatdan muvaffaqiyatli va omadsizlari ham bo‘ldi. Biroq lavozimdagi muvaffaqiyatsizliklar uning Oq uydagi eng nufuzli ayol unvonini saqlab qolishiga to‘sqinlik qilmadi.
Erining prezidentligi davrida Hillari ko‘p narsani o‘rgandi (Monika Levinskiy bilan janjalining o‘zi ko‘p narsaga arziydi), shu jumladan, siyosatni ham. Birinchi xonim Lora Bushga yo‘l berishdan oldin Klinton kelajakdagi karyerasini oldindan o‘ylagan holda Nyu-York shtatidan Senatga muvaffaqiyatli saylandi. Bu uning kelajakdagi siyosiy yo‘li uchun yaxshi tramplin bo‘ldi: 2008-yilda u birinchi prezidentlik saylovida qatnashdi, lekin u yangi kelgan Obamaga yon berdi, keyinroq — o‘sha Obama taklif qilgan davlat kotibining obro‘li mavqeyiga ega bo‘ldi. 2016-yilda Hillari deyarli butun Amerika shou-biznesi va matbuotini mohirlik bilan o‘z tomoniga og‘dirib, yana omadini sinab ko‘rdi. Ammo demokratiya yo‘llarini oldindan bilib bo‘larmidi: hamma uchun kutilmaganda Donald Tramp saylovda g‘olib chiqdi.
Hillari Klinton Nyu-York shtati senatori va AQSHning yangi birinchi xonimi Lora Bush bilan, 2002-yil
Bu yil Hillari Klinton o‘zining 72 yoshini nishonlaydi, balki u endi prezidentlik poygasida qatnashmas. Shunga qaramay, AQSHning sobiq birinchi xonimi siyosatda faol ishtirok etishda davom etmoqda va doimo Trampga qarshi chiqadi, vaqti-vaqti bilan rus xakerlari bilan janjallarning yangi tafsilotlari bilan kurashadi, shuningdek, 2016-yilgi kampaniyaga bag‘ishlangan “Aslida nima bo‘lgandi?” nomli memuar kitobidan gonorar oladi.
Barbara Bush
AQSHning birinchi xonimi Barbara Bush, 1992-yil 11-dekabr hamda Oq uyning sobiq birinchi xonimi Bill Klintonning inauguratsiyasida, 1993-yil 20-yanvar
Birinchi xonimlik davri: 1989—1993
Turmush o‘rtog‘i prezident etib saylangach, uning siyosiy faoliyati qariyb chorak asr davom etdi. Bu vaqt ichida Barbara Bush ham kongressmenning, ham diplomatning rafiqasi, ham AQSHning ikkinchi xonimi (vitse-prezident rafiqasi) bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik esa umrining yana to‘rt yilini erining siyosiy ambitsiyalariga bag‘ishlash uchun Oq uyga rasman ko‘chib o‘tdi.
Bunday sharoitdan so‘ng oddiy amerikalik fuqaroning hayotiga qaytish oson emas: 1993-yil yanvar oyida Oq uyni Klintonlarga topshirib, er-xotin Bush o‘z ona shahri — Texasga qaytib kelishdi, u yerda Barbara o‘zi uchun dahshatli haqiqatni tushunib yetdi: u ovqat tayyorlash va mashina haydashni butunlay unutib qo‘ygandi (bu masalada eri mahalliy aholiga hazillashib, agar ayolining mashinasini to‘satdan payqab qolsalar, uzoqroqqa qochishni maslahat bergan).
Barbara Bush Oq uyda hayot yo‘li haqidagi yangi kitobini taqdim etmoqda, 2003-yil 10-noyabr
Qisqasi, Barbara asta-sekinlik bilan avvalgi hayotiga qaytishga harakat qildi. Ammo ko‘p o‘tmay o‘g‘li kichik Jorj Bush siyosatga birinchi qadamlarini qo‘ya boshladi, prezident bo‘lganida esa keksa onasi o‘g‘lini ko‘plab siyosiy hujumlardan himoya qilish uchun milliy telekanallarda namoyon bo‘lishga majbur bo‘ldi. Barbara Bush birinchi xonimdan asta-sekin birinchi ona maqomiga o‘tdi, bu narsalar uni toliqtirgan deb bo‘lmaydi, chunki Oq uyda o‘zini tutib olishni puxta egallagandi.
Sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarga qaramay, Bush xonim vaqti-vaqti bilan tantanali tadbirlarda qatnashishda va xayriya jamg‘armalariga homiylik qilishda davom etdi, natijada uning ahvoli keskin yomonlashdi. Barbara 2018-yilning 17-aprelida 92 yoshida amerikaliklarning sevimli xonimi sifatida olamdan o‘tdi, vafoti munosabati bilan amaldagi prezident Donald Tramp hamda AQSHning deyarli barcha sobiq rahbarlari ta’ziya izhor qilishdi.
Nensi Reygan
AQSHning birinchi xonimi Nensi Reygan York gersogi va Sara Fergyusonning to‘yida, 1986-yil 2-iyul hamda Nensi Reygan 2000-yilda
Birinchi xonimlik davri: 1981—1989
Kaliforniya “qirolichasi” va Amerikaning “qimmatli” birinchi xonimlaridan biri uchun Oq uy devorlaridan tashqarida yashash prezidentning rafiqasi maqomiga qaraganda ancha qiyinroq bo‘lgan. Reyganlarning hayoti yigirma yildan ortiq siyosiy matbuot sahifalarida yoritilgan, ammo Ronald prezidentligidan keyin ham uning oilasi Amerika nashriyotlarining millionlab nusxalarini yangi xabarlar bilan ta’minlab turdi. Gap shundaki, Nensi har qanday sobiq birinchi xonim singari o‘z nomidagi fondlarga (u giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashgan) homiylik qilishni davom ettirdi va memuar asarlar nashr etdi.
Dizaynerlik liboslari, qimmatbaho zargarlik buyumlari, bebaho sovg‘alar — Nensi erining prezidentligi davrida ega bo‘lgan hamma narsa Vashingtondan ko‘chib o‘tganidan keyin o‘zini eslatmay qo‘ymadi. Bir necha oy o‘tgach, AQSH Ichki daromad xizmati sobiq prezident juftligiga qarshi tergov boshladi, ular soliqlarni yashirish va pullarni o‘zlashtirishda ayblandi. Natijada departament umumiy qiymati, taxminan, 3 million dollar bo‘lgan buyumlarni soliq o‘rnida musodara qildi. Biroq 1989-yil oxirida boyligi 10 milliondan ortiq bo‘lgan Reyganlar barchasi uchun javob berishiga to‘g‘ri keldi.
Juftlik Spirit of America mukofotining taqdirlash marosimida, 1990-yil 13-dekabr
Ammo Nensiga atalgan taqdir sinovlari shu bilan tugamadi. Besh yil o‘tgach, uning sevimli turmush o‘rtog‘iga Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yildi. Shundan keyin Nensi o‘zini butunlay eriga g‘amxo‘rlik qilishga, shuningdek, ushbu kasallikka jamoatchilik e’tiborini jalb qilishga bag‘ishladi. Erining o‘limidan keyin esa u ildiz hujayralarini tadqiq qilishga katta mablag‘ ajratdi.
Nensi umrining oxirigacha marhum erining faol vakili bo‘lib qoldi: u mamlakat bo‘ylab sayohat qildi, tadqiqot markazlari va kutubxonalar ochdi, rasmiy tadbirlarda nutq so‘zladi. U 2016-yilda — 94 yoshida vafot etgach, sevimli turmush o‘rtog‘i Ronni yoniga dafn qilindi.
Rozalin Karter
Birinchi xonim Rozalin Karter portreti, 1977-yil 18-fevral hamda o‘zining avtobiografik asari taqdimotida, 1984-yil
Birinchi xonimlik davri: 1977—1981
Rozalin Karter erining siyosiy faoliyatiga shunchalik sho‘ng‘ib ketganidan hatto uning alohida idorasi ham bo‘lgan. 1981-yilgi saylovlardagi mag‘lubiyati unga haqiqiy zarba bo‘ldi. Tarixda Oq uyni tark etishni istamagan bunday birinchi xonim bo‘lmagandir. Ammo Ronald Reyganning g‘alabasini endi bekor qilib bo‘lmasdi.
Biroq Nensi misli ko‘rilmagan xayrixohligi bilan Rozalinning ko‘nglini topdi — Reyganning rafiqasi ham prezident Karterning rafiqasi kabi gender tengligini himoya qildi. Rozalin va uning turmush o‘rtog‘i Jorjiyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, siyosiy hayotda faol ishtirok etishdi: ular ruhiy kasalliklarni o‘rganish va davolash markazlarini ochishdi, diplomatik vakolatxonalar bilan Yaqin Sharqqa sayohat qilishdi, radio va televideniyeda tez-tez namoyon bo‘lishdi. Rozalinning o‘zi ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish tashabbuslarini ilgari surish uchun o‘zidan oldingi sobiq birinchi xonimlar bilan tez-tez aloqada bo‘ldi. 2007-yilda esa u ruhiy kasalligi bo‘lgan odamlarni sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Kongressga taqdim etishga erishdi.
Rozalin Karter tashabbusi bilan sobiq birinchi xonimlar va ularning qarindoshlari uchrashuvi, 1984-yil. Chapdan o‘ngga: Eleanor Ruzvelt Sigraves (Eleanor Ruzveltning nabirasi), Rozalin Karter, Betti Ford, Lyusi Beyns Jonson va Linda Bird Jonson Rob (prezident Jonsonning qizi), Syuzan Ford (prezident Fordning qizi)
Rozalin Karter 2020-yilda 93 yoshga to‘ldi va hali ham siyosiy ishlarda faol. Misol uchun, uch yarim yil oldin u Kaliforniyada o‘lim jazosini bekor qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlab chiqdi, shuningdek, avvalgi saylovlarda Berni Sandersning Hillari Klintonga qarshi g‘alabasi uchun kurashdi. Bu ishlar, albatta, Rozalinning har qanday sobiq birinchi xonim uchun standart qoida bo‘lgan xayriya tadbirlarini hisobga olmagandagi faoliyati jumlasidan.
Jaklin Kennedi
Jaklin Kennedi, shtatlarning birinchi xonimi, 1961-yil 1-may hamda sobiq birinchi xonim Jaklin Onassis Londonda, 1970-yil
Birinchi xonimlik davri: 1961—1963
Oq uyning mashhur sevimli xonimi Jaklin Kennedining hayoti fojiali tarzda yakunlandi: erining omma oldida o‘ldirilishi, og‘ir dafn marosimi va, albatta, uning prezidentlik saroyidan deyarli ochiqchasiga jirkanishi bilan. Oq uydan ko‘chib ketgach, Jaklin haydovchisiga uni bir vaqtlar sevimli joyidan o‘tadigan yo‘nalishlarga olib bormaslikni ataylab buyurgani ham bejiz emas. Qayg‘uga botgan sobiq birinchi xonim deyarli bir yil motam tutdi, faqat vaqti-vaqti bilan erining xotirasiga hurmat bajo keltirish uchungina omma oldida ko‘rinish berdi. Ammo mamlakat oldidagi mas’uliyat asta-sekin bunday qayg‘uga bardosh berishga o‘rgatdi: Vyetnam urushi avjida Jeki hatto diplomatik missiya bilan Kambojaga jo‘nadi va buning uchun u “AQSHning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi” norasmiy unvonini oldi.
Jaklin Kennedi farzandlari (va shahzoda Filipp) bilan Jon Kennedi xotirasiga bag‘ishlangan Londondagi marosimda, 1965-yil may.
U haqdagi qolgan ma’lumotlarni esa ko‘plab filmlar, kitoblar va afsonalardan bilib olish mumkin. Xavfsiz va tanho hayot izlab Jeki grek magnati va Monako knyazlari oilasining yaqin do‘sti Aristotel Onassisga turmushga chiqdi, baxtga qarshi bu umr yo‘ldoshi ham juda erta vafot etdi. 46 yoshli go‘zal Jaklin ikkinchi marta beva qoldi. Albatta, ikkita yuqori darajadagi nikoh Jekiga paparatssilar orasida misli ko‘rilmagan mashhurlik keltirdi — keyinchalik faqat malika Dianagina bunday jurnalistik ta’qiblarga duch kelgandi. Sariq matbuot vakillari kuniga 24 soat yangi suratlar ilinjida Jaklinning ketidan qolishmadi — hatto sobiq birinchi xonimni oddiy hayot kechirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nashriyotlardan biriga muharrir bo‘lib ishga kirishi ham bundan qutqara olmadi. Ammo endi jamoatchilik e’tiboridan qochib bo‘lmasdi. Jaklin rad eta olmaydigan yagona narsa bu — Qo‘shma Shtatlar yodgorliklari va me’moriy merosini himoya qilish edi. Jaklin birinchi xonim sifatida shunday qildi ham, vafotiga qadar, ya’ni 1994-yilgacha shu ish bilan shug‘ullandi.
Eleanora Ruzvelt
AQSHning birinchi xonimi Eleanora Ruzvelt, 1945-yil hamda Demokratik partiyaning 1960-yilgi Milliy qurultoyida sobiq birinchi xonim
Birinchi xonimlik davri: 1933—1945
O‘z qarorlarida faol va jasoratli, aynan shu xonim birinchi xonim institutini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tara oldi. Aynan uning sharofati bilan hozirda har bir prezident turmush o‘rtog‘ini shu qadar yaqindan kuzatib boryapmiz.
Eleanora Ruzvelt ham Jaklin Kennedi singari Oq uyni beva sifatida tark etdi: turmush o‘rtog‘i 1945-yil 12-aprelda — Ikkinchi jahon urushi tugashiga bir oy qolganda vafot etdi. Eleonora hatto Franklin Ruzvelt hayotlik davrida ham konservativ tuzumni g‘azablantirgan turli siyosiy tashabbuslarni gapirib, hech qachon tinch o‘tirmagan. So‘nggi oylarda uning asosiy tashvishi BMTni tashkil qilish edi, shuning uchun erining vafotidan keyin ham bu ishdan voz kechmadi.
Eleanora Ruzvelt erishgan yutuqlari uchun taqdirlanmoqda, 1945-yil oxiri
Yaxshiyamki, yangi prezident Trumen sobiq birinchi xonimning faol harakatini yuqori baholadi. Eleonora nafaqat tashkilotning birinchi safida turdi, balki AQSHning Bosh assambleyadagi birinchi delegati bo‘ldi. Keyinchalik sobiq birinchi xonim Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etdi, shuningdek, feminizm g‘oyalarini ilgari surdi. Ikkinchisi unga prezident Kennedi ma’muriyatiga kirishiga yashil chiroq bo‘lib yo‘l ochdi – Eleonora prezidentning ayollar maqomi bo‘yicha qo‘mitasi raisi bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, Qo‘shma Shtatlarning birinchi xonimi urushdan keyingi insoniyat tarixidagi deyarli barcha muhim voqealarga bevosita munosabat bildira olgan. Prezident Trumenning uni tez-tez “Dunyoning birinchi xonimi” deb atagani ham bejiz emas. | 113 | 22,090 |
Madaniyat | Rossiyalik tadqiqotchi: Obid Asomovning chiqishlari o‘zbek xalqining yuragini ochib ko‘rsatardi | Rossiyalik Yevrosiyo tillari tadqiqotchisi Vladimir Bershadskiy Obid Asomovning vafoti yuzasidan o‘z Facebook’ida hamdardlik postini e’lon qildi.
“Katta aktyorning katta teatri. Men chuqur qayg‘udaman! U ajoyib aktyor, askiya san’atining munosib davomchisi edi. Bor-yo‘g‘i 56 yoshda edi!!! Obid Asomovning chiqishlari rossiyaliklarda o‘zbeklarga nisbatan simpatiya uyg‘otardi, o‘zbek xalqining yuragini ochib ko‘rsatardi…” — deb yozdi u.
Bershadskiy marhum qiziqchining ism-sharifini mutaxassis sifatida tahlil qilib, ismining “otalarcha donishmandlik”, familiyasining esa “boy hosil” degan ma’nolarni kasb etishini ta’kidlagan.
“To‘g‘ri, uning sketchlari doim qalblarimizda boy hosil yig‘ib olardi, — deya o‘xshatish qildi tadqiqotchi. — Biz ushbu ajoyib odamni — chinakamiga ‘pok hazil bahodiri’ni unutmaymiz”. | 95 | 813 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik xonandalar o‘z klipini YouTube’ga joylashtirish uchun endi “O‘zbekkonsert”dan ruxsat olishi kerak | Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda 1-iyuldan boshlab o‘zbekistonliklar xonandalar YouTube videoxizmatiga o‘z kliplarini joylashtirish uchun “O‘zbekkonsert” (sobiq “O‘zbeknavo”) davlat muassasasidan ruxsat olishi zarurligi haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad davlat muassasasi Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bilan bog‘landi.
Odiljon Abduqahhorov.
— Xonandalar endi o‘z videomahsulotlarini YouTube’ga joylashtirish uchun ham “O‘zbekkonsert”dan ruxsat olishi kerakmi?
— San’atkorlarning litsenziya bitimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Xonanda klip chiqardimi yoki klip chiqarmoqchimi — muassasa qoshida tashkil qilingan kengashdan o‘tadi va kengash xulosasiga asosan uning klipi teleekranlarda va YouTube tarmog‘ida e’lon qilinaveradi. Bu ortiqcha qog‘ozbozlikning oldini oladi.
— Tushunishimcha, xonandalarni ko‘p yillardan beri qiynab kelayotgan masala o‘z yechimini topibdi, ya’ni endi xonanda biror klipini efirga bermoqchi bo‘lsa, har bitta telekanaldan alohida ruxsat olmaydi — yagona badiiy kengash bor, shundaymi?
— Yo‘q, bu yagona badiiy kengash emas. Ko‘pgina holatlarda xonandalar tomonidan efirga berilgan kliplarning saviyasizligi, bachkanaligi va ma’naviyatimizga xizmat qilmagani sabab “O‘zbekkonsert” tomonidan efirdan olingan. Kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan ma’qul, degan naqlga amal qilib, endi YouTube yo telekanallarga chiqariladigan klip badiiy kengashdan o‘tishi kerak. Bu xonanda uchun yengillik tug‘diradi — vaqt, mablag‘ sarflab klip olgandan keyin, uning klipi efirdan va YouTube’dan olib tashlash holatlari bo‘lmaydi.
— Demak, hozircha yagona badiiy kengash tuzilmagan va bu masalada “O‘zbekkonsert” telekanallar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymagan?
— Yagona badiiy kengash tuzilganicha yo‘q. Ammo bu yo‘lda harakatlar ketmoqda. O‘ylashimcha, bu telekanallarimiz uchun ham yaxshi bo‘ladi. Ular ortiqcha vaqt sarflab, har bir xonandaning klipini alohida ko‘rib chiqishdan xalos bo‘ladi. Kengashning o‘zidayoq klip qaysi telekanalga berilishi mumkinligi haqida tavsiyalar taqdim etilishi ham mumkin.
— U holda, “O‘zbekkonsert”ning yangi tartibi faqat YouTube uchun amal qilar ekanda?
— Bu yerda gap kliplarning umuman efirga chiqishi haqida bormoqda. Badiiy kengashning xulosasidan so‘ng, xonanda klipini televideniyega olib boradimi yoki YouTube’ga joylaydimi — o‘ziga havola.
— “O‘zbekkonsert”ning badiiy kengashidan o‘tgan klipga telekanallar ruxsat bermasa, xonanda nima qiladi?
— Har bir telekanalning o‘z yo‘nalishi, formati bor. “O‘zbekkonsert”ning badiiy kengashidan o‘tgan kliplar, umid qilamanki, telekanallarning badiiy kengashidan ham o‘tadi. Chunki bizning badiiy kengashda ham zamonaviy, ham milliy jihatlarni juda yaxshi tushunadigan, tosh-tarozini teng olib boradigan a’zolar bor.
— Ma’lumotlarga ko‘ra, “O‘zbekkonsert” bachkana va sayoz deb topgan qo‘shiqlarni telekanal efirlaridan olib tashlash masalasida telekanallarga murojaat qilgan. Bunda gap Dilfuza Hayitmetovaning, Sardor Mamadaliyevning “Mamatip”, Otabek Mutalxo‘jayevning “Bombey” qo‘shiqlariga ishlangan kliplar haqida bormoqda. Bu kliplar endi YouTube’dan ham olib tashlanadimi?
— 1-iyuldan keyin “O‘zbekkonsert”ning badiiy kengashidan o‘tmay telekanallarga berilgan va YouTube’ga chiqarilgan kliplar to‘xtatiladi. Siz sanab o‘tgan kliplar faqatgina telekanallar efiridan olindi. YouTube’dan olinmaganini sababi — o‘sha vaqtda hali bunaqa tartib yo‘q edi. Yangi tartib, ta’kidlaganimdek, 1-iyuldan kuchga kiradi. | 112 | 3,550 |
Madaniyat | Yoshligini saqlab qolishga urinishi qoniqarsiz yakun topgan yulduzlar (foto) | Yosh va go‘zal ko‘rinish uchun jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lgan, ammo kutganidek natijaga erishmagan mashhur ayollar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Jenis Dikinson, 66 yosh
80-yillarning eng mashhur modellaridan biri hisoblangan Jenis Dikinson hech qachon sog‘lom turmush tarziga amal qilmagan. Yulduz bo‘lib ketgan chog‘da taqiqlangan moddalar va spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan. Qolaversa, anoreksiya va bulimiyadan davolanishi tashqi ko‘rinishiga ta’sir qilmay qolmagan. Yoshga bog‘liq o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmasidanoq 1980-yillarning oxiriga kelib jarrohlik amaliyotiga mukkasidan ketgan. Ammo bu o‘ylaganidek natija bermagan, ko‘rinishi salbiy tomonga o‘zgargan.
Melani Graffit, 64 yosh
Melani yoshligidanoq lablarini shishirishni boshlagan, qovoqlarini blefaroplastika qildirgan. Bu bilan yoshligini saqlab qolmoqchi bo‘lgan Melani qaytanga yoshiga nisbatan katta ko‘rina boshlagan. Shundan keyin mashhur rejissorlardan suratga tushish uchun keladigan takliflar soni ham kamaya boshlagan.
Meg Rayan, 59 yosh
Mallasoch va latofatli Rayan ham plastik jarrohlik qurbonlaridan. 40 yoshdan keyin yuziga tig‘ tegishiga rozi bo‘lgan aktrisa shundan keyin sezilarli darajada katta ko‘rina boshlagan. Yuzi niqobga o‘xshab ko‘rinib qolgan.
Donatella Versache, 66 yosh
Donatella hamisha tashqi ko‘rinishi bilan eksperiment qilib ko‘rishni yaxshi ko‘rgan. U yoshligidanoq botoks va plastik jarrohlik qildirib yurgan. Bora-bora mukkasidan ketgan dizayner keyinchalik bu borada o‘zini to‘xtata olmagan. Oqibatda esa shunchaki tabiiy go‘zalligini yo‘qotmagan, balki ancha katta ko‘rina boshlagan.
Kortni Koks, 57 yosh
“Do‘stlar” seriali yulduzining qiyofasi bir necha marta o‘zgargan. U ham go‘zallik muolajalariga ruju qo‘yib tanib bo‘lmas ko‘rinishga kelgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy izohlar jonidan o‘tib ketgan Kortni uzoq vaqt yoshligini saqlab qolishga uringan, ammo istagining teskarisiga erishgan. | 76 | 1,914 |
Madaniyat | “Hozir uvullavoraman”. Mashhur sovet multfilmi — “Ko‘ppak va bo‘ri”ning yaratilishi tarixi (foto) | “Nima, yanami?”, “Hozir uvullavoraman”, “Xizmatchilikda-a?” — bolaligimizdan yod bo‘lib ketgan jumlalar. “Ko‘ppak va bo‘ri” multfilmini hamma tomosha qilgan. Ammo ko‘pchilik dastlab bo‘ri butunlay boshqacha ko‘rinishda bo‘lganini bilmaydi.
Pionerlar o‘rniga
Animator va rejissor Eduard Nazarov o‘zining yangi filmi uchun ssenariyni qo‘liga olgach, hafsalasi pir bo‘ladi: u pionerlar va koinot haqidagi multfilmni suratga olishni istamaydi.
O‘shanda rassomning xayoliga bolaligida o‘qigan “Sirko” ertagi keladi. Ertak juda qisqa edi — 15 qator. Unda Edvardning qalbiga singib ketgan jumla ham bor edi —“Hozir uvullavoraman!”.
Nazarovning miyasidan keyinchalik do‘st bo‘lib qolgan ikki dushman haqidagi ertak tinimsiz aylana boshlaydi. “Men bo‘ri va it qanday hayot kechirganligi, ular yoshligida qanday bo‘lganligi haqida o‘ylay boshladim. Shunday qilib voqealar sekin-asta rivojlana boshladi”, — deydi keyinchalik rejissor.
Suratga olish uchun tayyorgarlik
Nazarov multfilmni yaratish uchun materiallarga juda jiddiy yondashadi: u Ukrainaga boradi, u yerda ko‘plab muzeylar va qishloqlarni ziyorat qiladi. Hamma joyda eskizlar yaratadi, buning natijasida asl kiyimlar, idish-tovoqlar, uy anjomlari va boshqa mayda-chuyda narsalar ekranga ko‘chadi.
Eduard multfilm musiqasini Ukraina SSR Fanlar akademiyasining Folklor va etnografiya institutidan oladi: unga Ukrainaning eng chekka qishloqlarida etnograflar tomonidan yaratilgan ukrain qo‘shiqlarining yozuvlari taqdim etiladi. Ular orasida multfilmga kiritilgan va barcha tomoshabinlar xotirasida qolgan “Oy tam na gori” kompozitsiyasi ham bor edi.
Senzura va o‘zgartirishlar
Dastlab multfilmga “Itning hayoti” deb nom beriladi. Ammo bu nom rahbarlarga shubhali tuyuladi: mualliflar nimaga ishora qilmoqda? Ittifoq respublikalarida odamlar g‘ayriinsoniy sharoitlarda yashayaptimi? Shunday tarzda neytral nom — “Qadim zamonda it bo‘lgan ekan” deb nomlashadi.
Kartina vaqti ham qisqartiriladi: Nazarov multfilm 15 daqiqa davom etishini rejalashtirgandi. “Men ertakni batafsil aytib berishni xohlardim, ammo vaqt qisqartirilganidan ba’zi gaplar tez aytishga aylanib ketdi”, — deydi rejissor keyinchalik. U bo‘ri va itning tog‘da o‘tirib, oy nuri ostida uvullashi sahnasiga ko‘proq vaqt ajratmoqchi bo‘lgan.
Yangi bo‘ri
Bo‘riga taniqli sovet aktyori va rejissori Mixail Ulyanov ovoz berishi kerak edi, u o‘sha vaqtga qadar o‘nlab filmlarda rol o‘ynagandi. Ammo ular teatr va kino yulduzi bilan bog‘lanishganida, u band ekani ma’lum bo‘ladi — aktyor boshqa kartina ustida ishlayotgandi.
“Sirko”. Ukraina markasi
Keyin Nazarov unchalik mashhur bo‘lmagan Armen Jigarxanyanni taklif qiladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha Jigarxanyanning ovozi bo‘riga mos kelmaydi. Zudlik bilan bo‘ri eskizi qayta chiziladi. Natijada multfilm qahramoni aktyorga juda o‘xshash bo‘lib qoladi va Nazarov Armen buni masxaralash deb bilishidan xavotirlana boshlaydi.
“Pianino ustida bosh qahramonlarning eskizlari turgandi. Armen pianinoga yaqinlashdi va men chizgan o‘sha bo‘riga qaradi. Men Jigarxanyan hozir xafa bo‘lib, meni o‘ldiradi deb o‘yladim. Ammo u bo‘riga biroz qarab turdi va xirilloq ovozda shunday dedi: “Yomon emas. Yaxshi bo‘ri. Qani, endi ishga kirishaylik”.
Kutilmagan muvaffaqiyat
Multfilm 1982-yilda ekranlarga chiqadi va haqiqiy sensatsiyaga aylanadi. Daniyada u V Ertaklar kinofestivalida birinchi o‘rinni egallaydi, Fransiyada Ansi maxsus mukofotini va Type’da birinchi o‘rinni egallaydi. Multfilm Rossiyada ham XVI Butunittifoq kinofestivalida birinchi mukofotga loyiq deb topiladi.
Oradan 30 yil o‘tdi, lekin ko‘p narsa o‘zgarmadi: 2012-yilda Suzdal animatsion filmlar festivalida multfilm so‘nggi 100 yildagi eng yaxshi kartina deb topildi. Eduarddan qanday qilib hamma sevadigan ertakni yaratganini so‘rashganida, u shunday javob bergan: “O‘zingiz uchun film suratga olish — bu tentaklik. Kartina suratga olayotganda tomoshabinlar filmingizda uxlab qolmasligi haqida o‘ylashingiz kerak”. | 97 | 3,941 |
Madaniyat | Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarov bilan yarashib olganini ma’lum qildi | O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi, instabloger Maryam Tillayeva fevral oyida turmush o‘rtog‘i, rossiyalik bloger Amiran Sardarov bilan 10 oylik turmushdan so‘ng ajrashganini ma’lum qilgandi. 7-may kuni Maryamning Instagram sahifasida uning eri bilan yarashganini aks ettiruvchi video paydo bo‘ldi.
Videoda Amiranning yonida o‘tirgan Maryam uni “bu yerga majburlab olib kelishgani”ni aytadi. “Bu pul uchun. Men sen bilan tinchlik tarafdori bo‘lganim uchungina yarashyapman”, — deydi Maryam.
Amiran Sardarov Peopletalk nashriga bergan intervyusida xotini bilan rostdan ham yarashib olganini aytadi:
“Biz haqiqatan ham yarashib oldik, Men Dubayga ketgandim, biz shu paytgacha munosabatlarimizga oydinlik kiritish uchun yozishib yurdik, qaysidir daqiqada men uni sevishimni tushunib yetdim. U men birga bo‘lishni istaydigan inson. Biz hammasini boshidan boshlashga qaror qildik”, — deydi Amiran.
Avvalroq Maryam Amiran bilan ajrashishiga u tomondan ruhiy hamda jismoniy bosim o‘tkazilgani sabab bo‘lganini aytgan, erini bobosi sovg‘a qilgan zirakni o‘g‘irlaganlikda ayblagan edi. | 86 | 1,101 |
Madaniyat | Rejissor Sanjar Matkarimov ilk marta Ruxshona bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi (video) | Xonanda Ruxshona 2021-yilning oktabr oyida turmush o‘rtog‘i, rejissor Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng u Sanjar Matkarimov rejissorligidagi “Bola tilidan” ko‘rsatuvi boshlovchiligidan ham ketdi. Ko‘p o‘tmay ko‘rsatuvni aktrisa Aziza Yoqubova olib bora boshladi. Bu orada Azizaning Ruxshona va Sanjar Matkarimov ajrashishiga sababchi ekani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Blogerlardan biri aslida Azizaga tegishli bo‘lmagan audioni tarqatib, Aziza Yoqubova Ruxshonaning oilasini buzgani haqida xabar tarqatdi. Aziza Yoqubova ushbu gap-so‘zlarga nuqta qo‘yish maqsadida blogerni izlab topdi va uni ommaviy tarzda kechirim so‘rashga majbur qildi.
Ushbu videoda rejissor Sanjar Matkarimovning tushuntirish xati ham keltiriladi. Unda rejissorning Ruxshona bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘z boradi.
“Men Matkarimov Sanjar yuqoridagi manzilda yashayman. 1994-yilda tug‘ilgan Matkarimova Ruxshona bilan 7 yil birga turmushda yashadik. Hozirda ajrashish sud jarayonidamiz. 2021-yilning 6-sentabridan birga yashamayapmiz. Sababi men sobiq xotinimning qing‘ir ishlaridan voqif bo‘ldim va u bilan qat’iy ajrashishga qaror qildim. Uni shu zahoti, ‘Bola tilidan’ ko‘rsatuvidan ham haydadim. Oradan bir oy vaqt o‘tib, ko‘rsatuvimni tiklash uchun yangi boshlovchi tanlash maqsadida kasting e’lon qildim. Izlanishlardan so‘ng tanlovim aktrisa Aziza Yoqubovaga tushdi. Yordamchim Nodir Yo‘lchiyevga aktrisaning kontaktini topishni buyurdim. Topilgach, o‘zim telefon qildim. Avvaliga Aziza rad qildi. Men vaziyatni to‘liq tushuntirganimdan keyin Aziza shaxsan Ruxshonadan ruxsat so‘radi. Biz birga ishlashga qaror qildik. Aniq kuni yodimda yo‘q. Taxminan, oktabr oxirlarida biz to‘plandik va ‘Bola tilidan’ ko‘rsatuvini tikladik”, — deyiladi tushuntirish xatida.
Sanjar Matkarimov va Ruxshonaning yetti yillik turmushidan ikki — bir o‘g‘il va qiz farzandlari bor.
Ruxshona, Kamila Gimandinova va o‘zbek shou-biznesining oilasi ajrim yoqasida turgan boshqa vakillari | 107 | 1,997 |
Madaniyat | «Qo`yliq ota»ga xorijlik ziyoratchilarni olib borib bo`lmaydi | «Milliy tiklanish« demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi poytaxtdagi moddiy-madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish holatini o`rganmoqda. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
Tumanlar kesimida olingan ma`lumotlarga ko`ra, Bektemir tumanida birgina «Qo`yliq ota» moddiy- madaniy merosi mavjud.
Qo`yliq otaning asl ismi Hofiz shayx Qo`yliqiy bo`lib, samarqandlik hazrati No`g`ay ota avlodidan, ya`ni shayxlar sulolasidan.
O`tgan asrning elliginchi yillarida Qo`yliq ota maqbarasi buzilib ketish, ya`ni suv ostida qolish xavfi tug`iladi. Shuningdek, daryo ustiga yangi ko`prik qurilib, Farg`ona yo`lini ta`mirlash zarurati paydo bo`ladi. O`shandan so`ng Qo`yliq ota xoki boshqa joyga, ya`ni hozirgi o`rniga ko`chiriladi. Mustaqillikdan so`ng, 1994 yilda maxsus loyiha asosida maqbara quriladi.
«Qo`yliq ota»ni o`rganishlar jarayonida maqbaraning egalik huquqi, texnik holati, muhandislik kommunikasiya tarmoqlari bilan ta`minlanganlik darajasi, foydalanish holatlari talab darajasida ekani aniqlandi. Ammo maqbara ichkarisi ta`mirga muhtoj. Havo almashinuvi yaxshi bo`lmagani bois, gumbazning ko`chgan joylari maqbaraga kirishingiz bilan ko`zga tashlanadi.
— Maqbaraning ichki hududini obodonlashtirish ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan, biroq bozor, savdo va ovqatlanish shoxobchalari tarixiy ob`ektga juda yaqin bo`lgani uchun sanitariya holati talab darajasida emas, – deydi Xalq deputatlari Bektemir tuman Kengashi deputati Xurshid Rahimgaziev. — Maishiy chiqindilar to`g`ri kelgan erga tashlab ketaverilgan, engil mashinalarni saqlash uchun esa turargohning o`zi yo`q. Albatta, mahalliy ziyoratchilar bunday kamchiliklarni ko`rsa-da, ko`rmaganlikka olib ketaveradi. Ammo xorijlik ziyoratchilarni bu ahvolda maqbaraga olib kelib bo`lmaydi. Avvalo, atrofni bugungi kun talab darajasida tartibga keltirishimiz va maqbarani sayyohlik xaritasiga kiritishimiz lozim. | 61 | 1,885 |
Madaniyat | Kim Kardashyan, Jonni Depp va mashhur bo‘lishidan avval turli sohalarda faoliyat yuritgan boshqa yulduzlar | Mashhurlarning hammasi ham shou-biznes olamiga osonlikcha kelib qolmagan. Ularning orasida tanilguniga qadar boshqa kasbda o‘zini sinab ko‘rganlari kam emas. Harper’s Bazaar nashri bugungi kunda millionlab muxlislarga ega bo‘lgan taniqli shaxslar avvalroq nima bilan shug‘ullangani haqida ma’lumot beradi.
Kim Kardashyan
Kardashyanlar oilasining shousi 2007-yil efirga uzatilguniga qadar Kardashyan mashhurlar va Los-Anjelesning o‘ziga to‘q fuqarolarining garderob taftishchisi (revizor) bo‘lgan.
Kris Jenner
Kris Jenner esa 70-yillarning o‘rtalarida American Airlines kompaniyasida bort xodimi bo‘lib faoliyat yuritgan.
Teylor Svift
Teylor ilk bor 2006-yilda albom taqdim qilganidan keyin odamlar uni taniy boshlagan. Mashhurlikka erishguniga qadar u archa fermasida xodim bo‘lib ishlagan.
Niki Minaj
Rep yo‘nalishida ijod qiladigan Niki mashhurlikka erishishidan avval dengiz mahsulotlari restoranida ofitsiant bo‘lib ishlagan.
Nikol Kidman
Gavaida tug‘ilib, Sidneyda voyaga yetgan Nikol esa 1990-yil ilk rolini ijro qilishidan oldin massaj bo‘yicha mutaxassis assistenti bo‘lib ishlagan.
Jennifer Eniston
Aktrisa ilk bor telemarketing sohasida ikki hafta mobaynida o‘zini sinab ko‘rgan.
Jonni Depp
Jonni ham Eniston singari telemarketing bilan shug‘ullangan va bu borada uning ham omadi chopmagan.
Xyu Jekman
Aktyorlik karyerasini boshlagunicha Xyu Jekman Buyuk Britaniyadagi maktablardan birida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
Jennifer Xadson
Xadson Disney’ning kruiz laynerida ishlagan. Kemada tashkillashtirilgan spektakllarda rol ijro qilgan Jennifer shundan keyingina aktrisa bo‘lgan. | 106 | 1,616 |
Madaniyat | Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashgach, salomatligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lganini aytdi | Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashuvi tufayli kelib chiqqan stress natijasida salomatligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganini aytdi, deb yozadi “TASS”. Xususan, unga gipertoniya, shuningdek, yuz asablari falajligi tashxisi qo‘yilgan.
“Ba’zan oilali ayollar o‘zlari haqida eng so‘nggi navbatda, bu ularning salomatligida o‘z aksini topganidan keyingina o‘ylay boshlaydi”, — deya tan oldi u. Jolining so‘zlariga ko‘ra, yuzining yarmiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan asab falajligidan u igna bilan davolash orqali xalos bo‘lgan. Hozir esa, aktrisa e’tirof etishicha, u “o‘z hayoti va sog‘lig‘ini to‘liq nazorat qilmoqda.
Anjelina Joli eri bilan ajrashgach, o‘ziga kelish uchun bolalar haqida qayg‘urgan va uy yumushlari bilan band bo‘lgan. “To‘qqiz oy davomida men shunchaki yaxshi uy bekasi bo‘lishga intildim: itlarga qarardim, idish-tovoqlarni yuvardim va bolalarga uyqu oldidan ertak o‘qib berardim”, — dedi aktrisa. Uning aytishicha, bolalarining iltimosi bilan u pazandalik kurslariga yozilgan. | 100 | 999 |
Madaniyat | 18-23 aprel kunlari O`zbekiston bo`ylab "Kitobxonlik haftaligi" o`tkaziladi | Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to`rtinchisi sifatida yoshlar o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish belgilangan.
Hukumatning 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan 2021 yildan boshlab har yili aprel oyida “Kitobxonlik haftaligi” o`tkazilishi belgilangan.
Bugun Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida aynan shu mavzuga bag`ishlanga matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjiuman ishtirok etgan darakchi.uz muxbiri Oybek Shukurovning ma`lum qilinishicha, "Kitobsevar millat" shiori ostida II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” 18-23 aprel kunlari Respublika bo`ylab o`tkaziladi.
Haftalikning tantanali ochilish marosimi 18 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonada o`tkaziladi. Haftalik doirasida madaniy-ma`rifiy tadbirlar, taqdimotlar, kitob savdo ko`rgazma-yarmarkalari tashkil etilib, “Magic City” istirohat bog`ida intelektual sovrinli viktorinalar bo`lib o`tadi.
Bundan tashqari, axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy-madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo`shgan, kitobxonlikni keng targ`ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yo`nalishda yuqori natijalarga erishgan xodimlar “Axborot-kutubxona a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, haftalik doirasida tashkilotchilar tomonidan eng faol nashriyotni turli nominasiyalar bilan taqdirlash, kitob targ`ibotchilari va ijodkorlarni rag`batlantirish rejalashtirilgan. | 75 | 1,620 |
Madaniyat | Aktrisa Aziza Yoqubova pnevmoniyadan tuzaldi. Unga kasalxonadan uyga javob berildi (video) | Bir necha kun avval pnevmoniyaga chalinib, kasalxonaga yotqizilgan aktrisa Aziza Yoqubova tuzalganini ma’lum qildi.
“Assalomu alaykum, aziz muxlislarim. Allohning xohishi, sizning duolaringiz bilan pnevmoniyadan tuzalib, uyimga chiqib oldim. Menda Covid chiqmadi, kuchli pnevmoniya deyishdi. Ayrim sabablarga ko‘ra, o‘pkamni MSKT qildira olmadim. Allohning mo‘jizasi bilan shifo topdim. Vaqti soati kelganda qanday mo‘jiza ekanligini aytaman. Barcha shifokorlarga, sog‘ayib ketishimni tilagan barchaga minnatdorchiligimni bildiraman”, — deydi aktrisa. | 90 | 552 |
Madaniyat | Kinodagi karyerasini yakunlab, yangi faoliyat bilan shug‘ullanishga qaror qilgan Gollivud yulduzlari (foto) | Bugungi qahramonlar Gollivuddagi karyerasini to‘xtatib, tamoman boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga qaror qilgan.
Kameron Dias
1994-yilda “Niqob” filmi namoyish etilganidan so‘ng, jahon yulduziga aylangan aktrisa 2017-yilda katta kinodagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi. Shundan keyin aktrisa o‘zni sevish haqida bir nechta kitoblarni nashr etdi va musiqachi Benji Medden bilan Reddiks ismli qiz farzand ko‘rdi. Yaqinda Dias o‘zini yana yangi sohada sinab ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi: u dugonasi Ketrin Pauer bilan birgalikda organik sharob brendini chiqardi.
Yen Somerxolder va Pol Uesli
“Vampir kundaliklari” teleserialida aka-uka Pol Uesli va Yen Somerxolder loyiha premyerasidan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, qahramonlari juda yaxshi ko‘rgan makkajo‘xori viskisini ishlab chiqarishni boshladi. So‘nggi paytlarda aktyorlarning yangi rollari haqida deyarli hech narsa ma’lum emas, ammo biznesda muvaffaqiyatga erishayotgani aniq. Yulduzlar o‘zlarining sahifalarida, shuningdek, suratga olish maydonchasidagi sobiq hamkasblari yordamida yangi ichimlikni faol ravishda targ‘ib qilmoqda.
Freddi Prins
Freddi Prins 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida teletomoshabinlarning sevimli aktyori edi. 1997-yilda Freddi Jennifer Lav Xyuitt va Sara Mishel Gellar bilan birgalikda “Men o‘tgan yozda nima qilganingizni bilaman” shov-shuvli filmida o‘ynagan va shundan so‘ng mashhurlikka erishgan. Bir necha yil davomida u ketma-ket filmlarda faol ishtirok etdi, ammo so‘nggi 10 yil ichida to‘satdan g‘oyib bo‘ldi. Aktyor muxlislarini yangi rollari bilan xursand qilishni to‘xtatdi. Ma’lum bo‘lishicha, Freddi o‘zini butunlay taom tayyorlashga bag‘ishlagan va hatto o‘zining retseptlar kitobini nashr etgan.
Frenki Muniz
Frenkida mashhurlikning cho‘qqisi uning bolaligi va yoshligida bo‘lib o‘tgan. “Agent Kodi Benks” va “Makgolm diqqat markazida” filmlari chiqqandan so‘ng, u tom ma’noda yulduzga aylandi. Aktyor tobora ko‘proq yangi loyihalarga taklif qilinayotganiga qaramay, avtopoygaga qiziqib qoldi va ushbu sport turida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2006-yildan beri Muniz poyga bilan professional tarzda shug‘ullanadi. U poyga uchun aktyorlik faoliyatini tark etishga majbur bo‘lganidan afsuslanmaydi.
Vanilla Ays
1990-yillarning asosiy mashhur qo‘shiqlaridan biri Ice Ice Baby’ning muallifi qo‘shiqchilik faoliyatini yakunladi. U ta’mirlash va ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Buning uchun u o‘zining teleko‘rsatuvini ishga tushirdi. Bu orqali u tomoshabinlarga foydali ta’mirlash va zamonaviy dizayn asoslarini o‘rgatadi. Sobiq musiqachi hattoki o‘zining onlayn ko‘chmas mulk portaliga ham asos soldi. | 107 | 2,653 |
Madaniyat | "Inson" filmining premerasi bo`lib o`tdi | Bugun Kinochilar uyida “Inson” ko`p qismli hujjatli filmining premerasi o`tkazildi. Mazkur kinokartina Kinematografiya agentligi hamda “Spectre” studiyasi tomonidan suratga olingan bo`lib, unda so`nggi besh yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan olib borilgan islohotlar haqida hikoya qilinadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Agentlik bosh direktorining birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev premera avvalida hujjatli kino sohasida amalga oshirilgan ishlarga to`xtaldi. Shuningdek, u 8 dekabr - O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan namoyish tomoshabinlarga bayram tuhfasi sifatida taqdim etilganini alohida ta`kidladi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Furqat Usmonov, operatorlar Jahongir Ibragimov, Azizbek Normatov, prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev, bosh prodyuser Firdavs Abduxoliqov. | 40 | 922 |
Madaniyat | Samarqandda zamonaviy kinoteatrlar ko`payadi va kino shaharcha barpo etiladi | Samarqand viloyatida bir necha yangi kinoteatrlar qurilmoqda, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda, kino shaharcha ham bunyod etilmoqda. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Samarqand hududiy bo`limi boshlig`i Farmon Roziqov “Darakchi”ga xabar qildi.
Shu yilning 22 avgust kuni “O`zbekkino” Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduholiqov zamonaviy kinoteatrlarni qurayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qildi, qurilish jarayonlari bilan tanishdi, kerakli tavsiyalarni berdi.
Jumladan Samarqand shahridagi “So`g`diyona” maskanida 4 ta, har biri 80-100 o`rinli zamonaviy kinozallar, shaharning “Qorasuv” maskanida 2 qavatli kinoteatr, Ishtixon tumani markazida 60-80 o`rinli 3 ta kinozal va shu tumanning Mitan shaharchasida 2 ta 80-100 o`rinli kinoteatrlar barpo etilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan Nurobod tumanida xitoylik va amerikalik investorlarni jalb qilish orqali barcha standartlarga javob beradigan kino shaharchasi qurilmoqda.
Bundan tashqari, “Sharq yulduzi” kinoteatrini chet ellik sayyohlar ham tashrif buyuradigan tarixiy kinoteatrga aylantirish va Behbudiy haqida film suratga olish borasida viloyat rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.
Ma`lumot uchun: Samarqanddagi “Sharq yulduzi” kinoteatri binosi 1911 yilda qurilgan. Bino hozirgi kunga qadar yaxshi saqlangan. Kinoteatrda 3 ta tomosha zali mavjud, shundan kichik zal “Retro zali” sifatida foydalinadi. | 76 | 1,390 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva “Afruz” guruhi bilan duet tarona yaratdi | O‘zbek estradasining shaddod vakilalaridan hisoblangan Munisa Rizayeva “Afruz” guruhi yigitlari bilan “Ayt nega?” deya nomlangan duet tarona kuyladi. Bu haqda Popcorn.uz xabar bermoqda.
Mazkur taronani yozish istagi “Afruz” guruhi yigitlari va Munisa Rizayeva tomonidan bildirilgan bo‘lib, istak ijodkor Eldor Qayumov tomonidan qo‘shiq darajasiga olib chiqilgan. Tayyor so‘z va musiqa uchun aranjirovka Jasur Badalboyev tomonidan tayyorlangan.
Duet tarona ilk bor “O‘zbegim taronasi” radiosida jarang sochdi. Aytish kerak, premyera sifatida taqdim etilgan duet tarona tinglovchilarning a’lo bahosiga sazovor bo‘ldi. Muxlislar “Afruz” guruhi hamda Munisa Rizayevaning ijrosi o‘zaro mos kelganligini alohida ta’kidladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu duet uchun tez kunlarda klip ham suratga olinadi. Syujet yo‘nalishida tasvirga olinishi mo‘ljallangan videoni tayyorlash uchun aynan qaysi klipmeyker bilan hamkorlik qilinishi borasidagi ma’lumotlar hozircha sir saqlanmoqda. | 56 | 967 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.