folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | AQSh suratga olgan yangi filmda amerikalik harbiylar Rossiya prezidentini qutqaradi (video) | Lionsgate Movies kompaniyasining Youtube’dagi kanalida “Ovchi-qotil” filmining treyleri e’lon qilindi. Filmda AQSh suv osti kemasi ekipaji Rossiya prezidentini qutqaradi va Uchinchi jahon urushi boshlanishining oldini oladi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Film Shimoliy muz okeanidagi AQSh suvosti kemasining ekipaji haqida hikoya qiladi. Topshiriqni bajarish jarayonida ular Rossiyada mudofaa vaziri tomonidan davlat to‘ntarishi tayyorlanayotganidan xabar topadi. Bu xalqaro makondagi tartibni butunlay buzishi va jahon urushiga olib kelishi mumkin edi. Buning oldini olish maqsadida kema ekipaji maxsus operatsiya o‘tkazib, Rossiya prezidentini qutqarishga qaror qiladi.
Filmda bosh rollarni Jerard Batler va Gari Oldman ijro etgan. Rossiya prezidenti rolida esa rus aktyori Aleksandr Dyachenko chiqqan. Film rejissori – Donovan Marsh. Film 2018-yil oktabrida katta ekranlarga chiqadi. | 91 | 885 |
Madaniyat | Kichik Robert Dauni parashyutdan sakrash vaqtida o‘lishiga bir baxya qolganini so‘zlab berdi | Marvel kinoolami yulduzi kichik Robert Dauni Stiven Kolbertning The Late Show with Stephen Colbert shousida suratga olish maydonchasida sodir bo‘lgan eng yorqin voqealardan biri bilan bo‘lishdi, deb yozadi “Film.ru”.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, avvallari sarguzasht va faollikni yaxshi ko‘rganiga qaramay, hozirda ancha ehtiyotkor bo‘lib qolgan. Bunga parashyutdan sakrash vaqtida o‘lishiga bir baxya qolgani sabab bo‘lgan. Robertning eslashicha, u parashyutdan sakragan va 3,5 kilometr masofani erkin qulash orqali bosib o‘tgan. Ammo bu vaqtda aktyorning parashyuti o‘ralib qolgan. Shundan buyon u boshqa hech qachon skaydayving bilan shug‘ullanmaslikka va’da bergan.
Shuningdek, aktyor Marvel’ning kelajakdagi filmlarida yana paydo bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi mish-mishlarga oydinlik kiritgan. U o‘zining ushbu loyihalardagi ishtiroki butunlay yakunlanganini ta’kidlagan. Eslatib o‘tamiz, u so‘nggi bor “Qasoskorlar: Final” kartinasida bosh rollardan birini ijro etgan va uning qahramoni film yakunida vafot etgan.
“Avatar” “Qasoskorlar”ni ortda qoldirib, yana tarixdagi eng kassabop filmga aylandi. Kartina Xitoyda qayta namoyish etilgan | 92 | 1,150 |
Madaniyat | Milliy kino oyligi dasturida hujjatli filmlarning namoyishlari boshlandi | Bugun Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan o`tkazilayotgan "Milliy kinematografiya — Yangi O`zbekiston timsoli" nomi ostidagi milliy kino oyligi dasturida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “G`urbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi namoyish qilindi.
Mazkur kinokartina “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent arxitektura qurilish instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.
Tadbirni institut prorektori Zafar Abduvaliev ochib berdi va kinoijodkorlarni sahnaga taklif etdi. Ular filmni suratga olish jarayonlari haqida so`zlashdi.
So`ng, “G`urbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi namoyish qilindi. Ssenariy muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissyor Muzaffar Qoraboev, operator Ravshan Musaev, rassom Sanjar Aminov.
Oldinda Alisher Navoiy, Bobur, Ogahiy, Cho`lpon, Abdulla Avloniy, Zulfiya, Said Ahmad, Muhammad Yusuf, Oybek va boshqa adiblar haqidagi filmlar namoyish qilinadi. | 72 | 923 |
Madaniyat | Lolaning litsenziyadan ayrilishiga sabab bo‘lgan libosi auksionda sotiladi, tushgan mablag‘ xayriyaga sarflanadi | Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qizil libosi kimoshdi savdosida sotiladi. Bu haqda xonandaning o‘zi RedPen nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Nashr muxbirining: “Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qizil libos bilan bog‘liq voqealardan ijobiy xulosa chiqarib oldingizmi?”, — degan savoliga, xonanda: “Qizil latta rolini o‘ynagan ko‘ylakni aytyapsizmi?”, — deb javob bergan.
“Shkafda turibdi. Aytgancha, kimoshdi savdolarini uyushtirish va mashhurlarning buyumlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi bir tashkilot yaqinda men bilan aloqaga chiqdi. Olinglar, dedim. Savdodan tushgan pul xayriyaga sarflanadi. Balki shunda undan biror foyda chiqar”, — dedi Lola.
“Aslida bu libosni katta zavq bilan kiygandim. Sahnaga nimaiki kiyib chiqayotgan bo‘lsam, ularning bari obraz. Aslo fitna yo ig‘vo emas, aksincha, o‘ynashga hozirlik ko‘rayotgan rolimni to‘ldiruvchi nomerning bir qismi, xolos”, — dedi xonanda.
Ma’lumot uchun, xonanda Rayhonning 2015-yil fevralida bo‘lib o‘tgan konsertida xonanda Lola tomonidan kiyib chiqilgan libos shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Mart oyida Lola Yo‘ldosheva “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga “milliy mentalitetga zid” liboslarni boshqa kiymaslikka va’da bergani ma’lum bo‘ldi. Iyul oyida “O‘zbeknavo” xonandaning litsenziyasini tugatganini e’lon qildi va izoh berdi. | 112 | 1,321 |
Madaniyat | Zolushkaning mo‘jizaviy taqdiri va Qarsildoqning sarguzashtlari. Yangi yil haqidagi ajoyib ertaklar o‘nligi | Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2020-yil 31-dekabr kuni chop etilgan va e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda
Har bir insonning o‘ziga xos sevimli ertagi mavjud va bu ertaklar ma’lum bir voqea-hodisalar yoki xotiralar bilan bevosita bog‘liq. Misol uchun, kimdir Yangi yil haqida o‘ylaydigan bo‘lsa, uning tasavvurida “Qarsildoq” ertagi jonlanadi, boshqa bir kishi “Qor malikasi” ertagini xotirlaydi. “Daryo” bayram shukuhini olib keluvchi, Yangi yil bayrami haqidagi eng qiziqarli va butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan ertaklar o‘ntaligi haqida ma’lumot beradi.
“Zolushka” ertagi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri bo‘lib, uning minglab turdagi ko‘rinishlari mavjud. “Zolushka” ertagining ilk namunalari miloddan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Azaldan Misr hukmdoriga turmushga chiqadigan yunon qizi haqidagi ertak og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan va ayni shu ertak “Zolushka”ning ilk ko‘rinishi sifatida e’tirof etiladi. Ertak baxtiqaro qizning kutilmagan baxtga duch kelishi haqida bo‘lib, u o‘quvchiga barchaga nisbatan muloyim munosabatda bo‘lishni, kechirimli bo‘lishni va turli og‘ir vaziyatlarda o‘z qalbingni asray olishing kerakligini o‘rgatadi.
“Zolushka” multfilmidan lavha
“Sohibjamol va Maxluq” ertagi ilk bora 1740-yilda nashr etilgan bo‘lib, fransuz yozuvchisi Gabriel Syuzanna qalamiga mansub. Ertakning Yevropa bo‘ylab tarqalgan turli ko‘rinishlari mavjud. Ba’zi olimlar bu ertak to‘rt ming yillar oldin mavjud bo‘lgan, degan fikrga egalar. Bu ertak kishiga insonlarga tashqi ko‘rinishga qarab emas, balki ichki dunyosiga qarab baho berishimiz kerakligini, ichki go‘zallik barcha narsadan ustunligini o‘rgatadi. Bu xulosani avvaliga Maxluqdan hadiksiragan bo‘lsa-da, keyinchalik u bilan eng qalin munosabatlar qurgan Bell hayoti misolida anglashimiz mumkin.
“Elflar va etikdo‘z” mashhur aka-uka Grimmlar qalamiga mansub bo‘lib, ertak uchta yosh elfdan katta marhamat ko‘radigan faqir etikdo‘z hayoti haqida. Ertakdan kelib chiqadigan xulosa quyidagicha: qattiq mehnat – barcha orzu va maqsadlar ushalishi uchun yagona kalitdir. O‘z mehnati va insonlarga keltirayotgan foydasini anglaydigan, o‘z qadrini biladigan inson uchun hayotda muvaffaqiyat qozonish og‘ir kechmaydi.
“Kichkina qizaloq” yoki “Gugurt ushlagan qizaloq” deb ataladigan ertak Xans Kristian Andersen qalamiga mansub bo‘lib, ilk marotaba 1845-yilda chop etildi. Keyinchalik bu ertak turli kino, animatsiya va video o‘yinlar yaratilishi uchun ham asos bo‘lib xizmat qildi. O‘limni qarshilayotgan bolakayning orzu va umidlari haqida bo‘lgan bu ertak turli ramzlarga to‘la.
Misol uchun, uchayotgan yulduz – orzular, gugurt esa xavfsizlik ramzidir. Ertakdan chiqariladigan xulosa esa sizdan ko‘ra faqir bo‘lgan insonlarga boshqalarga qaraganda ko‘proq saxovat bilan munosabat bildirishimiz lozimligi bo‘lib, ertakni o‘qigan kitobxon oilasi uchun ishlayotgan, nochor sharoitiga qaramay, orzu qilishdan to‘xtamaydigan qizaloqni hech qachon yodidan chiqara olmaydi.
“Qor bola” ertagi Yevropa mamlakatlari orasida keng tarqalgan xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lib, o‘rta asrga oid manbalarda juda ko‘p marotaba uchraydi. Qordan yaratilgan farzand va uning ota-onasi o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘z ichiga olgan bu ertak bir qaraganda sodda va jo‘n tuyulsa-da, inson ruhiyatining tub-tubida yotgan ezgulik va yovuzlikka murojaat qiladi. Ertakda bir inson qodir bo‘lgan jamiki ezgulik va yovuzlik bu ikki kuch o‘rtasidagi doimiy kurash vositasida ochib berilgan va bu ertak boshqalaridan o‘zining keskin xarakteri bilan ajralib turadi.
Mashhur yozuvchi Xans Kristian Andersen ijodiga tegishli yana bir ertak “Archa daraxti” deb nomlangan bo‘lib, bu ertak Andersen ijodida tushkunlik alomatlari ko‘ringan alohida asarlar qatoriga kiradi. Ertak qahramoni archa daraxti, u doim yanada ko‘proq rivojlanishni, o‘sishni istaydi va natijada ayni damdagi holatidan zavqlanish, xursandchilikni tuyish tuyg‘usidan mahrum bo‘ladi. Xuddi shu holatga monand tarzda ertak o‘quvchiga hayotda erishganlaringdan lazzatlanish, bir umr o‘zingda yo‘q narsalarga qayg‘urish o‘rniga boridan foydalanib qolish va hayotning qadriga yetishni o‘rgatadi.
“Dovr tog‘idagi mushuk” ertagi Norvegiya xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri. Kristen Asbyornsen hamda Mu Yorgen tomonidan tuzib chiqilgan “Norveg folklori” to‘plamidan joy olgan. Yangi yil bayrami uchun qirolga sovg‘a olib borayotgan insonning yo‘l-yo‘lakay Halvor ismli shaxsga yovuz maxluqlarga qarshi kurashish orqali yordam berishi haqidagi bu ertak o‘z o‘rnida ishlatilgan ayyorlikning fazilat bo‘lishi mumkinligi hamda yovuzlikka qarshi faqatgina kurashib g‘olib bo‘lish mumkinligi to‘g‘risida xulosa qilishga yetaklaydi.
Mardlik va jasurlik kabi hissiyotlar bilan bir qatorda, oqilona ishlatilgan aqlni ulug‘laydigan ertak bolalar uchun kelajak hayotdagi dasturamal bo‘lib xizmat qila oladi.
“Qarsildoq” 1816-yilda prussiyalik yozuvchi A.Xoffman tomonidan yozilgan. Ertak voqealari ko‘pchiligimizga tanish: Merining sevimli bayram qo‘g‘irchog‘i qarsildoqqa birdaniga jon ato etiladi va u sichqonlar hukmdorini yengib, aholisi qo‘g‘irchoqlardan iborat bo‘lgan mamlakatni boshqara boshlaydi. Mo‘jiza va sarguzashtlardan boshlanib, shiddatli kurash va oxir-oqibatda ezgulik g‘alabasi hamda muhabbat tuyg‘ulariga ulangan voqealar rivoji barcha uchun birdek qiziqarli kechishi shubhasiz.
Aka-uka Grimmlarning yana bir ajoyib ertagi – “Yong‘oq daraxti” ertagi. Boshqa ertaklardan farqli ravishda ushbu ertak turli ramzlar va keskin voqea-hodisalarni o‘z ichiga olgan. Oilaviy munosabatlardagi noxushliklardan tortib, inson hayotidagi eng katta fojialargacha tasvirlagan ertak aka-uka Grimmlarning haqqoniy va ayovsiz uslubini yana bir marotaba namoyon etadi. Ertakdagi ramzlar bo‘yicha turli mutaxassislar bir-biridan farq qiluvchi fikrlarga ega. Shunday ekan, bu sirli ertakdan har bir o‘quvchi o‘z haqiqatini qidirishi va topishiga to‘g‘ri keladi.
“Qor malikasi” ertagi ham Xans Kristian Andersen qalamiga mansub eng mashhur ertaklardan biri. 1844-yil 21-dekabrda nashr etilgan bu ertak Gerda va Kay kabi qahramonlarning yovuzlik hamda ezgulik kuchlari o‘rtasidagi kurashga guvoh bo‘lishi va bevosita bu kurashda faol ishtirok etishini o‘z ichiga oladi.
Ertak Andersonning nafaqat eng mashhur, balki eng uzun ijod namunasi hamdir. Ko‘plab sarguzashtlarni o‘z ichiga olgani, bir necha ramzlarni o‘zida jam etishi hamda insoniy tuyg‘ularning eng qadrlilari bo‘lmish muhabbat, sadoqat, ishonch, do‘stlik, fidoyilik kabilarni madh etgani uchun ham o‘quvchilarga qadrdon bo‘lib qolgan. Gerda bilan birga o‘tgan sarguzashtlar o‘quvchida jasorat hamda sabr-qanoat tuyg‘ulariga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirishi shubhasiz.
Rahimjon Qudratov tayyorladi. | 107 | 6,709 |
Madaniyat | Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov”i bir yarim oydan beri eng kassabop o‘zbek filmi bo‘lib turibdi | Rejissor Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” nomli kinokomediyasi ketma-ket oltinchi hafta eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
“Boyvachcha kuyov” noyabrning ketma-ket to‘rtinchi haftasida kassa yig‘imlari bo‘yicha peshqadam bo‘ldi. Namoyishi 14-oktabrdan boshlangan film oktabrning so‘nggi ikki haftasida ham tomoshabin to‘plash bo‘yicha birinchi bo‘lgan edi.
Noyabrning so‘nggi haftasi kinoreytingida “Boyvachcha kuyov”dan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Notanish qotil”, Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Suhrob Hasanovning “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l”, Naufal Sulaymonovning “Aldagani quda yaxshi” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Boyvachcha kuyov”, “Ishq”, “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
1-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya)
Rejissor — Bahrom Yoqubov
2-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari)
Rejissor — Azamat Ahrorov
3-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya)
Rejissor — Sherzod Bin
4-o‘rin. “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l” (o‘tkir syujetli melodrama)
Rejissor — Suhrob Hasanov
5-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)
Rejissor —Naufal Sulaymonov
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 100 | 1,589 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” to‘rtinchi bor torrentlardagi eng mashhur serial bo‘ldi | “Taxtlar o‘yini” seriali 2015-yilda torrentlarda eng ommalashgan televizion shouga aylandi: serial epizodlari yil davomida 14,4 million marta noqonuniy ravishda ko‘chirib olingan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Taxtlar o‘yini” TorrentFreak versiyasi bo‘yicha qatorasiga to‘rtinchi yil eng mashhur serial deb topilmoqda. 2015-yil yakunlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni “Tirik murdalar” (6,9 million marta ko‘chirilgan), uchinchi o‘rinni esa “Katta portlash nazariyasi” (4,4 million) egallagan.
Eslatib o‘tamiz, “Taxtlar o‘yini” ilk bor 2011-yildan beri namoyish etilmoqda. Uning oltinchi mavsumi 2016-yil aprelidan efirga beriladi. | 72 | 630 |
Madaniyat | Ichanqal’ada “Islomxo‘ja” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto) | “O‘zbekkino” buyurtmasi asosida suratga olingan, rejissor Jahongir Ahmedovning “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy, badiiy-publisistik filmning viloyatlarimiz bo‘ylab premyeralari davom etmoqda.
Bu haqda film rejissori Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Filmning navbatdagi premyerasi 17-sentabr kuni Xiva shahrining Ichan qal’a muzey qo‘riqxonasida joylashgan “Ko‘hna ark” maydonida bo‘lib o‘tdi.
Rejissor Jahongir Ahmedovning ma’lumotlariga qaraganda, “Islomxo‘ja” filmining premyerasi 18-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida va Nukus shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, “Islomxo‘ja” filmining keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan katta taqdimoti 27-avgust kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tgan edi. | 66 | 793 |
Madaniyat | Yetimlikda o‘tgan bolaligiga qaramay muvaffaqiyat qozongan yulduzlar (foto) | Shou-biznesda mashhur ota-onalaridan obro‘, e’tirof va boylik meros qilib olgan juda ko‘p taniqli shaxslar bor. Biroq og‘ir bolalik davriga qaramay, muvaffaqiyatli karyera qurganlar ham yo‘q emas, albatta.
Merilin Monro
Kichkina Norma Jinning faqat onasi bor edi. Ruhiy muammolar va moliyaviy qiyinchilik uni qizini bolalar uyiga topshirishga majbur qiladi. Onasi 11 yoshli qizchani uyiga qaytarishga qaror qilganidan keyin bolalar uylarida sarson-sargardon kezish to‘xtaydi. Ammo o‘gay otasining xiralik qilishi bo‘lajak yulduzni yana uyini tark etishga va kattalar hayotiga qadam qo‘yishiga majbur qiladi.
Koko Shanel
Kokoning onasi tug‘uruq paytida vafot etadi. Ikki qizning otasini esa namunali deb bo‘lmasdi. Koko 11 yoshga to‘lganda otasi ularni tashlab ketadi. Shu sababli qizlar monastir qoshidagi bolalar uyiga borishadi. Aynan o‘sha yerda kichkina Gabriel ayollarni chiroyli liboslarda kiyintirishni orzu qilgan.
Pirs Brosnan
Otasi oilani tark etganda Pirs bor-yo‘g‘i 1 yoshda edi. Onasi ham o‘g‘lini keksa ota-onasining qaramog‘iga tashlab ketadi. Ularning o‘limidan so‘ng Brosnan “Iso Masihning birodarlar maktabi”ga o‘qishga kiradi — bu yerda itoatsizlik qilgani uchun qattiq jazolanadi.
Bo‘lajak Gollivud aktyorining onasi bolani 10 yoshida uyiga olib ketadi. Otasi esa Pirs dunyo miqyosida shuhrat qozonganidan keyingina o‘zi haqida ma’lum qiladi.
Nikol Richi
Yetim yulduzlarning hammasi ham kattalarning mas’uliyatsizligi tufayli taqdir hukmiga tashlab qo‘yilmagan. Masalan, Nikolning otasi Lionel Richining musiqiy guruhida ishlagan. Otasi u ikki yoshga to‘lganda vafot etadi. Fojiali voqeadan so‘ng estrada artisti chaqaloqni asrab olishga qaror qiladi va uni hech narsaga zoriqtirmay katta qiladi.
Taltayib ketgan Nikol juda erta noqonuniy moddalarga aralashib, ziyofatlarda vaqtini behuda o‘tkazadi. Biroq bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgach, normal hayotga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.
Jek Nikolson
Jekni bobosi va buvisi tarbiyalagan. Uzoq vaqt davomida bola ularning ota-onasi ekanligiga ishongan. Biroq jurnalistlar uning biologik onasi katta opasi ekanligini ko‘rsatadigan faktlarni aniqlashga muvaffaq bo‘lishadi. Nikolson haqiqatni bilganida, uning haqiqiy onasi va buvisi allaqachon vafot etgandi. | 75 | 2,236 |
Madaniyat | Koreyaning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi | Kinematografiya agentligining Axborot xizmati xabar berishicha, bugun Kinematografiya agentligida Koreyaning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv davomida "Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning sentyabr oyida bo`lib o`tadigan Koreya kinofestivali va Toshkent xalqaro kinofestivali deyarli bir vaqtda o`tkaziladi. Shu munosabat bilan Koreya vakillari qo`shma tadbir o`tkazish va sa`y-harakatlarni birlashtirishga qiziqish bildirishdi. Shuningdek, Koreya elchixonasi vakillari Toshkent xalqaro kinofestivalini tashkillashtirishda o`zlarining yordamlarini taklif etishdi. Toshkent kinofestivalida namoyish etish uchun koreys filmlarining DVD formatidagi nusxalari tayyorlanayotganligi ta`kidlab o`tildi. Kinofestival doirasida Koreya kinosi kunini o`tkazish masalasi ham muhokama qilindi.
Koreya kinosi kuni dasturini Koreyaning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqish rejalashtirilgan. Tadbirga Koreya kinematografiyasining taniqli vakillarini taklif etish zarurligi ta`kidlab o`tildi. Shuningdek, uchrashuv davomida Koreya va O`zbekiston o`rtasidagi do`stona aloqalarni mustahkamlash bo`yicha navbatdagi masalalar ham ko`rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida elchixona vakillariga "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi haqida ma`lumot berildi. Bu borada Koreya muzeylari bilan hamkorlik masalalari o`rganilmoqda va loyiha joriy yilning oxirida yakunlanishi ma`lum qilindi. | 77 | 1,559 |
Madaniyat | Ledi Gaga konsert chog‘ida tinglovchilardan “ovozlarini o‘chirishini” so‘radi | AQShning Nyu-York shahri “Plaza” mehmonxonasidagi chiqishlaridan birida qo‘shiqchi Ledi Gaga shovqin solayotgan tinglovchilarga qo‘pol muomalada bo‘ldi. San’atkor jaz yo‘nalishidagi qo‘shig‘ini tugatishga ulgurmay, unga xalal bergan muxlislardan jim bo‘lishni so‘radi, deb xabar bermoqda Associated Press.
“Siz (senzuraga zid so‘zlar bilan)... ovozingizni o‘chira olasizmi? Biz bu yerda jaz kuylayapmiz”, — deya Ledi Gaga yuzlab tomoshabinlarga murojaat qildi. “La’nati boyvachchalar”, — dedi u va zalda tinchlik o‘rnatilsa, minnatdor bo‘lishini ta’kidladi.
Qo‘shiqchi Harper’s Bazaar ayollar jurnali tomonidan Nyu-York Moda haftaligi doirasida tashkil etilgan kechada chiqish qildi. Tadbirga Donatella Versache, aktrisa va model Bruk Shilds, qo‘shiqchilar Maksvell va Migel singari mashhur mehmonlar ham tashrif buyurdi.
Ma’lumot uchun, Ledi Gaganing Toni Bennett bilan hamkorlikdagi Cheek to Cheek nomli albomi muxlislar e’tiboriga 23-sentabrda havola etilishi rejalashtirilgan. Moda haftaligi doirasidagi oqshomda Ledi Gaga kuylagan qo‘shiqlar mazkur yangi albomdan joy olgan. | 77 | 1,080 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi Odri Xepbyorn haqida yangi film suratga olinadi. Unda bosh rolni Runi Mara ijro qiladi | Apple kompaniyasi navbatdagi yirik loyiha haqida ma’lumot berdi. Qayd qilinishicha, Odri Xepbyornning hayoti haqida film suratga olinadi. Unga Luka Guadanino rejissorlik qiladi. Bosh qahramonni “Ajdarho tatuirovkali qiz” filmidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Runi Mara gavdalantiradi.
Qo‘shimcha qilinishicha, ssenariy muallifi Maykl Mitnik bo‘lgan filmda Runi Mara suratga tushishdan tashqari prodyuserlik ham qiladi. Film haqidagi batafsil ma’lumotlar, unda Odrining hayotidagi aynan qaysi davr qamrab olinishi hali noma’lum.
Ayni vaqtda “Yosh ota” filmi ijodkorlari ham Odri Xepbyorn haqida serial olishni rejalashtiryapti. Unda Xepbyornning aktrisa bo‘lgani va uning Gollivud va moda olamiga ta’siriga to‘xtalib o‘tiladi. Uning o‘g‘li Luka Dotti loyihada faol ishtirok etadi. | 103 | 785 |
Madaniyat | Jastin Biber yulduzlar orasida eng yomon qo‘shni deb topildi | Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber Zillow tomonidan o‘tkazilgan yillik so‘rovnomaga binoan yulduzlar orasida eng yomon qo‘shni deb topildi. Bu haqda The New York Daily News xabariga asoslanib “Segodnya.ua” ma’lum qildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rov ishtirokchilarining uchdan bir qismi aynan Biberni eng yomon qo‘shni deb atagan. Avvalroq u qo‘shnisining uyiga tuxum uloqtirgani uchun 80 ming dollar jarima to‘lagani xabar berilgan edi.
Shuningdek, Kim Kardashyan, Kanye Uest, Mayli Sayrus, Donald Tramp va Alek Bolduin ham eng yomon yulduz qo‘shnilar qatoridan joy olgan. Taniqli insonlar orasida eng yaxshi qo‘shni deb esa teleboshlovchi Jimmi Fellon topilgan. | 60 | 669 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalida afsonaviy qo‘shiqchi Shade obrazida namoyon bo‘ldi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon 2-mart kuni Rossiya Birinchi kanalining “Xuddi o‘zginasi” (“Точь в точь”) shousida ishtirok etdi va hakamlar unga 23 ball qo‘yishdi, deya xabar beradi 12uz.com axborot portali.
Hakamlar hay’ati a’zolaridan Maksim Averin unga 4 ball qo‘ydi, qolganlar – Gennadiy Xazanov, Leonid Yarmolnik va Lyubov Kazarnovskaya esa o‘zbek qo‘shiqchisining chiqishini a’loga baholashdi. Dastur so‘ngida betaraf hakam Yelena Vayenga ham Sevaraga 4 ball qo‘ydi va u yakuniy hisobda 23 ball bilan beshinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu dasturda Sevara kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan ingliz pop-xonandasi Shade ijodiga mansub qo‘shiqni ijro etdi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, Sevara avvaldan Rossiyaning Birinchi kanali loyihalarida ishtirok etib kelmoqda. 2012-yili u “Golos” loyihasida Leonid Agutin jamoasi tarkibida ishtirok etgan, 2013-yili esa “Vishka” loyihasida qatnashgan.
Shuningdek, u 2013-yil iyulda Moskvadagi “Ermitaj” bog‘ida bo‘lib o‘tgan “Pole-Music” xalqaro festivalida Pelageya bilan o‘zbek tilida duet kuylagani, 31-dekabr kuni Rossiyaning “Kultura” telekanali orqali uzatilgan Yangi yil dasturida ham o‘zbekcha qo‘shiq bilan chiqish qilgani haqida xabar bergan edik. | 92 | 1,217 |
Madaniyat | Instagram: Munisani yoqtirmaydigan Nasafiy, boshlovchiga tashlangan Feruza Sobitova, Toshkent metrosining “rasmiy ovozi” kimligini bilasizmi? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Turk aktrisasi Maryam Uzerli ikki qizi bilan birga fotosessiya uyushtirdi.
Aktrisa Feruza Sobitova “Omon-omon” ko‘rsatuvi boshlovchisi San’atxon bilan ko‘rsatuv davomida janjallashib qoldi.
Bollivud aktrisasi Juhi Chavla folloverlardan “O‘zingizni tinglaysizmi yoki odamlarnimi?”, deb so‘radi.
Kasalligi aytilgan Neslihan Atagul sahifasiga yangi surat joyladi.
Xonanda Nasafiy Munisa Rizayevani yoqtirmasligini hamda uning musiqiy bilimi kuchli emasligini bildirdi. Munisa esa Nasafiyni umuman tanimasligini ma’lum qildi.
Shahzoda Muhammedova yangi loyiha ustida ish olib bormoqda.
Hind aktrisasi Anushka Sharma qizi va turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Sevara Soliyeva folloverlarini hijob kuni bilan tabrikladi.
Toshkent metrosida yo‘lovchilarga kattalarga joy berish hamda vagonlarda buyumlarni qoldirmaslikni eslatuvchi ovoz kimga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. | 141 | 1,040 |
Madaniyat | Arnold Shvarsenegger “Bavariya” futbol klubining o‘yiniga tashrif buyurdi | Taniqli aktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger Germaniya chempionati 6-turidan o‘rin olgan “Bavariya” va “Kyoln” o‘rtasidagi o‘yinga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi va “Bavariya” mavsumda ilk marta 2 ochko yo‘qotdi.
Avvalroq Shvarsenegger shaxsiy soqchisi bilan Myunxenning bosh vokzali orqali velosipedda haydagani uchun Germaniya politsiyasi unga ogohlantirish berdi. Shunga qaramay, aktyor politsiyachilar bilan suratga tushish bilan cheklandi va vokzalning shimoliy chiqishidan piyoda chiqib ketdi. | 73 | 583 |
Madaniyat | OAV: Warner Bros “Garri Potter”ning davomini suratga oladi | Warner Bros kompaniyasi “Garri Potter va la’natlangan bola” pyesasining kinotalqinini suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Jim Xill ma’lum qildi, deya xabar beradi “Comicbook.com”.
Asar trilogiya, ya’ni uch qismdan iborat holda ekranlashtiriladi. Ularda original filmlarda bosh qahramonlarni o‘ynagan aktyorlar paydo bo‘ladi.
Suratga olish ishlari “Fantastik maxluqlar va ular qayerda istiqomat qiladi” filmi ustidagi ishlar yakunlanganidan so‘ng boshlanadi.
Trilogiyaning oxirgi qismi 2024-yilda ekranlarga chiqishi mo‘ljallangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 58 | 622 |
Madaniyat | Instagram: Prezident ismi bilan nomlanadigan viloyat tashkil qilishni so‘ragan Ahad Qayum, maktabda “uchchi” bo‘lgan Munisa Rizayeva, folloverlarini qo‘rqitgan Feruza Normatova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Turk aktrisasi Neslihan Atagul muxlislariga yangi suratlarini taqdim etdi hamda ularning ostiga “To‘xtang, biroz kulib olay”, deb izoh yozdi.
Manzura “Madinaga borolmadim” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
Gulchehra Eshonqulova o‘g‘li Amirbekning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.
Feruza Normatova serial suratga olish jarayonidan olingan surati bilan folloverlarini qo‘rqitib yubordi.
Aktrisa ayni paytda “Parixona” serialida suratga tushmoqda. Muhammadiso Abdulxairov ushbu serial suratga olish jarayoni aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Muqaddas Sa’dullayeva va Yigitali Mamajonov oilaviy hordiq chiqarmoqda.
Davron Kabulov va aktrisa Sevisha Istanbulda ko‘rishib qoldi.
Rayhon farzandlari Islom va Imron bilan Moskva shahrini aylandi.
Munisa Rizayeva maktabda uch bahoga o‘qigan. Bu haqda uning onasi so‘zlab berdi.
Turkiyalik aktrisa Maryam Uzerli yangi obrazdagi fotosessiyasini sahifasiga joylashtirdi.
Ahad Qayum O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘z nomi bilan ataluvchi viloyat tashkil etib, u yerga mamlakatdagi eng yaxshi mutaxassislarni jamlashni taklif qildi.
Ziyoda folloverlarining savollariga javoban, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari haqida so‘zlab berdi.
“Azizim” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Umida Usmonova ko‘rsatuvning tugatilishi sababi hamda televideniyedan ishdan ketgani sababi haqida so‘zlab berdi. | 176 | 1,522 |
Madaniyat | Gollivud aktyori Antonio Banderas yashash uchun Angliyaga ko‘chib o‘tmoqda | Gollivudlik mashhur aktyor Antonio Banderas Surrey grafligida (Janubiy Angliya) villa sotib oldi. Bu haqda u The Sunday Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deb xabar beradi “TASS”.
Yangi uy yulduzga 3,1 million yevroga tushdi.
Hozirgi paytda ispaniyalik aktyor London San’at va dizayn markaziy kollejidagi ma’ruzalarda qatnashmoqda. Kollej aktyor Melani Griffit bilan ajrashgandan so‘ng, ularning Los-Anjelesdagi uyi sotilgandan keyin yangi ma’shuqasi Nikol Kempel bilan yashaydigan shaharchadan bor-yo‘g‘i 50 kilometr masofada joylashgan.
“Bu uyda men juda tinch va yengilman. Hozir men o‘z ssenariylarim ustida ishlamoqdaman. Surrey menga sehrli joydek bo‘lib tuyuladi”, — dedi Banderas. | 74 | 706 |
Madaniyat | Qozonda o‘tkaziladigan Musulmon kinosi festivalida O‘zbekiston ham ishtirok etadi | Tatariston poytaxtida 2015-yil 5—11-sentabr kunlari o‘tkaziladigan XI Qozon xalqaro musulmon kinosi festivalida ishtirok etish uchun talabnomalar qabul qilish yakunlandi, deb xabar beradi “Incity.az”.
Tashkiliy qo‘mita 52 davlatdan 700 dan ortiq filmlarni ro‘yxatga oldi. Qozondagi kinoforumda Rossiyadan tashqari quyidagi Yevropa davlatlari ishtirok etadi: Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Serbiya, Finlandiya, Fransiya, Bolgariya, Shvetsiya, Xorvatiya va Chernogoriya. Amerika materigidan esa Kanada, AQSh, Braziliya, Meksika va Boliviya, Osiyodan Afg‘oniston, Bangladesh, Bahrayn, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Qatar, Xitoy, Kuvayt, Livan, BAA, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Suriya va Turkiya hamda Afrika mamlakatlaridan Jazoir, Gvineya, Misr, Marokash, Kabo-Verde va Tunis ishtirok etadi.
Odatdagidek, MDH davlatlari — Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Ukraina va O‘zbekiston kinoforumda faol ishtirok etadi. Qisman tan olingan Falastin va Kurdiston mamlakatlaridan ham talabnomalar tushgan.
Saralash komissiyasi 3—4 hafta ish olib boradi. Shundan keyin XI Qozon kinofestivalining tanlov dasturi e’lon qilinadi.
Qozon xalqaro musulmon kinosi festivali Tatariston poytaxtida 2005-yildan beri o‘tkazib kelinadi. | 81 | 1,291 |
Madaniyat | Shakira qachonlardir Pikeni deb Argentina prezidentining o‘g‘lidan voz kechgandi: mashhur xonanda va futbolchining sevgi tarixi | Kolumbiyalik qo‘shiqchi va taniqli futbolchi 11 yillik munosabatlardan so‘ng kutilmaganda ajralishlarini e’lon qildi. El Periodico nashrining xabar berishicha, xonanda Pikening xiyonat qilayotganini bilib qolgan. Ispaniyalik futbolchi jamoadoshi Riki Puch bilan birgalikda tungi klublarga tez-tez tashrif buyurgan. Klublarda Pikeni begona ayollar bilan birga ko‘rishgan. “Wday.ru” nashri ularning romantikasi qanday boshlanganini va qanday rivojlanganini yodga oladi.
Pike va Shakira bir-biriga shunchalik mos ediki, ular bir butun va bir-birini to‘ldiradigan juftlik sifatida qabul qilindi. Ajablanarlisi shundaki, qo‘shiqchi va futbolchi bir kunda, 2-fevralda tug‘ilgan, ammo o‘n yil farq bilan. Ikkala sevishganni hech narsa ajrata olmaydiganga o‘xshardi, ammo taqdirning o‘z rejasi bor ekan.
Ular ilk bor tanishganlarida Shakiraning Jerarddan katta ekanligi “Barselona” himoyachisini umuman tashvishga solmadi. Pike mashhur qo‘shiqchini Waka-Waka klipini suratga olish maydonchasida uchratganidan keyin chinakamiga sevib qoldi. Shakiraning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qo‘shiq 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatining rasmiy madhiyasiga aylangan bo‘lsa-da, o‘zi hech qachon futbolning ashaddiy muxlisi bo‘lmagan va Jerar Pike kimligini bilmas ham edi.
Vaholanki, futbolchining o‘zi mashhur qo‘shiqchi haqida juda ko‘p narsa bilardi. Shuning uchun xonanda bilan munosabatlarda birinchi qadamni aynan Pike qo‘ydi. Taniqli futbolchi keyinchalik tan olganidek, hammasi uning beg‘araz xabaridan boshlandi: u qo‘shiqchidan Janubiy Afrikadagi ob-havo haqida so‘radi, chunki Shakira o‘sha yerda bo‘lib, chempionat ochilishida qo‘shiq kuylashi kerak edi. Jerar esa endigina mamlakatga tashrif buyurishi kutilayotgandi. Sportchining qat’iyatiga havas qilsa arziydi: go‘zal qo‘shiqchi bilan tanishish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi.
Shakiraning o‘zi ham uni chempionat oxiriga kelibgina ko‘rdi. Pike o‘zining bo‘lajak sevgilisiga uning uchun finalga chiqishiga va’da berdi. Shunday bo‘ldi ham: uchrashuvdan keyin sevishganlar bir zumga ham ajralmadi. Matbuot juftlikni romantik uchrashuvlarida qo‘lga tushirishga harakat qildi, ammo Shakira ham, Jerar ham munosabatlari haqida gapirishga shoshilmadi. Gap shundaki, ular tanishganida ikkalasining ham hayotida boshqa birov bor edi.
Shakira Argentina sobiq prezidentining o‘g‘li Antonio De la Rua bilan 11 yildan beri gaplashar, Pike esa aktrisa Nuriya Tomas bilan 1 yildan buyon ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ammo Shakira va Pike bir-birlariga bo‘lgan his-tuyg‘ulariga qarshi bora olmadi va bir yillik tanishuvdan so‘ng o‘rtalaridagi munosabatlarini ommaga e’lon qilishdi. Shundan keyingina sevishganlar har qadamini poylaydigan paparatssilardan yashirinishni to‘xtatdi, aksincha bir-birlariga bo‘lgan otashin muhabbatlarini barchaga ko‘z-ko‘z qilishdi.
Shakira sevgan insoni uchun hatto katalon tilini o‘rganishni va uning ishtirokidagi barcha futbol matchlarida ishtirok etishni boshladi. Jerar ham Shakiraning konsertlariga bajonidil borar, hatto shunday vaqtlar bo‘lganki, uni musiqiy karyerasini tashlamaslikka ham ko‘ndira olgan.
Mashhur juftlik karyeradan tortib oilaviy mas’uliyatgacha bo‘lgan hamma narsada bir-birlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatladilar. 2012-yilda ularning birinchi farzandi Milan, 2015-yilda esa ikkinchi o‘g‘li Sasha dunyoga keldi. Shakira bu yillar davomida Jerarga qoyil qolishdan to‘xtamas, uni dunyodagi eng yaxshi ota deb bilardi. Juftlikka barchaning havasi kelardi.
Biroq Shakira va Jerar munosabatlarini qonuniylashtirishga shoshilishmasdi. Gap-so‘zlarga qaraganda, aynan xonanda nikohdan o‘tishni iloji boricha kechiktirishga harakat qilgan.
Shakira “rafiqa” maqomiga ega bo‘lishni xohlamasligini, munosabatlarida nikohdan so‘ng yo‘qolishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir ehtirosni saqlab qolish muhimligini bir necha bor aytib o‘tgan. Shunga qaramay, qo‘shiqchining o‘zi agar kim bilandir turmush qurmoqchi bo‘lsa, u inson orzusidagi erkak — aynan Jerar bo‘lishini ham alohida ta’kidlagandi. | 127 | 3,970 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini”ning britaniyalik ishqibozlari xaski itlaridan ommaviy tarzda qutula boshladi | “Taxtlar o‘yini” serialining britaniyalik ishqibozlari xaski itlarini jonivorlar uchun boshpanalarga topshira boshladi. Yuzlab itlar boshpanalarga qaytarib berildi, deb xabar qiladi Daily Mail.
Fentezi janridagi ushbu serialda xaski itlari oddiy bo‘rilardan bir necha barobar katta bo‘ladigan dayrvulflar rolida ijro etgan. Bu jonivorlar Starklar oilasining ramzi hisoblanadi, oila boshlig‘i — Eddardning olti farzandidan har biriga bittadan dayrvulf sovg‘a qilinadi.
Kadr: “Taxtlar o‘yini”
Jonivorlarni himoya qilish tashkilotlari o‘z vaqtida serial ishqibozlari ommaviy tarzda xaskilarni sotib olayotganidan xavotir bildirgan edi. Bu itlar tor xonadonlarda yashay olmaydi — ularni doimiy ravishda aylanishga olib chiqib turish lozim, aks holda ular zerikib, mebelga zarar yetkaza boshlaydi.
Buyuk Britaniyada qisqa muddatda bir necha yuz xaski jonivorlar boshpanalariga topshirildi.
“Taxtlar o‘yini” yulduzi Piter Dinkleyj PETA jonivorlarni himoya qilish tashkiloti bilan birgalikda muxlislarga murojaat qilib, xaskilarni sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishni maslahat berdi. | 93 | 1,090 |
Madaniyat | Aktyor Farhod Mahmudov rahbarligi ostida Butunrossiya davlat kinematografiya institutida o`zbekistonlik talabalar uchun alohida kurs ochilmoqda | “O`zbekkino” Milliy agentligida Farhod Mahmudov bilan Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)da o`zbekistonlik talabalar uchun alohida kurslar bo`yicha memorandum imzolandi. Bu haqda “O`zbekkino” MA Axborot xizmati xabar bermoqda.
O`zbek talabalari uchun tashkil etiladigan ijodiy ustaxonaga Farhod Mahmudov rahbarlik qiladi. Endilikda 15 nafar yosh kinoijodkorlar Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tanlov asosida bepul o`qish imkoniyatiga ega bo`lishadi.
Joriy yilning 20 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoevning “O`zbekfilm” studiyasiga tashrifi davomida mahoratli kadrlarni etishtirib chiqarish uchun O`zbekistonda kino ta`limini yo`lga qo`yish, kinoakademiyani tashkil etish alohida qayd etildi. Shuningdek, Butunrossiya davlat kinematografiya institutida o`zbekistonlik talabalar uchun alohida kurs tashkil etish bo`yicha tashabbus qo`llab-quvvatlandi.
Aktyor Farhod Mahmudovning bildirishicha uzoq tanaffusdan so`ng o`zbek yoshlarining MDHda eng nufuzli kino oliygohida o`qitilishi O`zbekiston kinosi uchun ijobiy turtki bo`ladi:
“Prezident bilan uchrashuvda aynan shu taklifni ilgari surganimda davlat rahbari buni ijobiy qabul qilib, nafaqat kurs, balki ushbu ta`lim muassasasining O`zbekistonda fakulteti tashkil qilinishi zarurligini ham bildirdi. 30-40 yillar ilgari milliy ijodiy ustaxonalar VGIKda mavjud edi. Biroq keyinchalik bu amaliyot to`xtatildi. Oqibatda, o`zbekistonlik kinoijodkor yoshlar uzoq muddat yuqori darajadagi kino ta`limiga ega bo`la olishmadi. O`zbekistondan talabalar paydo bo`layotgani va buni hukumat qo`llab-quvvatlayotgani quvonarli hol. Ushbu talabalar o`qishni bitirib kelib, o`zbek kinosi rivojiga munosib hissa qo`shishlariga ishonaman. O`z o`rnida men ham o`z tomonimdan ushbu yoshlar sifatli ta`lim olishlari uchun qo`limdan kelgan ishni qilaman. Ularni qo`llab-quvvatlashga harakat qilaman. Prezident bu taklifni ma`qullagani va ishonch bildirgani men uchun ulkan mas`uliyat”, deya fikrini yakunladi aktyor Farhod Mahmudov.
Eslatib o`tish joizki, joriy yilda 7 nafar o`zbekistonlik yoshlar ushbu oliygohga ilk bora qabul qilindi. MDH mamlakatlari ishlari bo`yicha Rossiya federal agentligi (Rossotrudnichestvo) ko`magi bilan ushbu talabalarning shartnoma pullari, turar-joy va iste`dodli talabalarga stipendiyalar “O`zbekkino” tomonidan to`lab berilishi ma`lum qilingan edi. Endilikda esa nufuzli kinematografiya institutida o`zbek talabalari uchun alohida kurslar tashkil etilmoqda.
“O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati | 143 | 2,542 |
Madaniyat | Farruh Zokirovdan tanqid eshitgan va Tohir Sodiqov duet kuylashdan bosh tortgan Umidaxon | “Darakchi” gazetasi “10 qaltis savol” loyihasi doirasida xonanda Umidaxon bilan suhbatlashib, unga o‘nta savol bilan murojaat qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
1.“Umr o‘tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko‘nglim” va “Yo‘limdan qoch”, “Serial”, “Safsata” qo‘shiqlari. Qay biri “tarozi pallasini bosadi”?
— Albatta, milliy yo‘nalishdagi qo‘shiqlarim. Chunki bu ijodim yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan auditoriyani qamrab ololgan. Lekin zamonaviy, kayfiyatbop qo‘shiqlarimning ham o‘z tinglovchilari bor. Ijodkor serqirra bo‘lishi kerak, bitta yo‘nalishda qotib qolishni istamayman. Maqom, estrada, rep, qisqasi, hamma yo‘nalishda kuylay olaman va turli yo‘nalishlarning ixlosmandlarini xursand qilishga harakat qilaman. Kim hozir yettidan yetmish yoshgacha bo‘lgan muxlislarga yoqadigan qo‘shiq kuylay olyapti? Hech kim!
2. Demak, Umidaxon ham bunday qo‘shiq kuylay olmaydi, shundaymi? Avval imkonini topgansiz-ku, hozir nima xalal beryapti? Ertaga sizning ham qo‘shiqlaringizni sog‘inib tinglanishi yoki unutilishi o‘z qo‘lingizda-ku!
— Besh qo‘l barobar emas, hammaga birdek yoqib bo‘lmaydi. Ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini shlyager, deb eshitaverishadi. Lekin bugungi muxlis butunlay boshqacha. Mendan avval ijod boshlaganlar ham bor-ku. Birortasi sog‘inib tinglanadigan qo‘shiq yozganicha yo‘q. Men ijod boshlaganimga esa endi yetti yil bo‘ladi. Unutilmas qo‘shiqlar yozishga harakat qilaman, Xudo xohlasa.
3. Ustoz san’atkor Nuriddin Haydarovning “Yulduzimsan” nomli qo‘shig‘ini yangi sayqalda ijro etib, ozmi-ko‘pmi e’tirof etildingiz. Biroq shu nomli musiqiy albomingiz muqovasidagi “Oti Yulduzimsan” yozuvi nafaqat ustoz san’atkorga, balki muxlislarga nisbatan ham hurmatsizlik emasmi?
— Albom chiqarish uzoq yillardan beri kutilgani uchun jarayon tezlashib ketdi. Qolaversa, o‘z shaxsiy muammolarimga o‘ralashib, befarqlik qildim, tan olaman. Lekin taqdimot o‘tgach, sotuvga chiqqan hamma albomning muqovasidagi yozuv “Yulduzimsan” deb to‘g‘rilandi.
4. Umidaxon so‘nggi vaqtda she’rlardan emas, matndan qo‘shiq kuylayapti. Tanqidni boshlab berdim, qolgan kamchiliklaringizni vijdonan davom ettiring-chi...
— To‘g‘ri, ba’zi qo‘shiqlarim matndan iborat, lekin hammasi emas. Xudo xohlasa, bundan buyon shoirlar bilan hamkorlik qilaman. Gohida dangasaligim tutsa, ishga kirishishim qiyin kechadi.
5. Cover up loyihasidagi ishtirokingiz bilan ijodkor sifatidagi imkoniyatlaringizni sinab ko‘rdingiz. Xo‘sh, nimalarni hali eplolmas ekansiz?
— “Golos” loyihasini ko‘rib, bizda ham shunday loyihalar bo‘lsaydi, derdim. Cover up’ga taklif qilishganida juda xursand bo‘ldim. Bu loyiha men uchun katta “maktab” bo‘ldi. Savolga kelsak, hammasini eplay olar ekanman!
6 . Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqovning siz bilan duet kuylashdan bosh tortgani va O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning tanqidini qanday tushunish kerak?
— Tohir Sodiqov ko‘rsatuv boshida maqtab turib, so‘ngida salbiy fikr bildirdi, duet kuylashdan ham bosh tortdi, tushunmay qoldim. Nazarimda, bu harakatini o‘zini katta tutishga yo‘yish mumkin. Farrux Zokirov cover yo‘nalishini qabul qilolmadi, shu bois tanqid qildi. Vaholanki, loyiha shartiga ko‘ra, qo‘shiqni cover yo‘nalishida kuylagandim, ijroim yomon emasdi. Agar bu uslub yoqmasligini bilganimda, qo‘shig‘ini xuddi o‘zidek qilib kuylab berardim, qo‘limdan kelardi.
7. “Xit” qo‘shiqlaringiz yo‘qligi birgina sizga bog‘liq emasligini aytishdan charchamaysiz. Kechirasiz-u, ijrochi sifatida she’r tanlash imkoniyatiga egasiz-ku yo prodyuserlik markazi bilan shartnomangizga bunday huquq kiritilmaganmi?
— To‘g‘ri, avvallari unday huquqim yo‘q edi. Shu bois ijodni milliy yo‘nalishdan boshlaganman va e’tiborga tushmaganman. Aslida “Kel, yarashaylik” qo‘shig‘im yo‘nalishida ijodga kirishni istagandim, ruxsat bo‘lmagan. Vaqt o‘tib, “Kel, yarashaylik”ni kuylashga ko‘ndirib, “tashrif qog‘ozi”ga ega bo‘ldim. Orada bu yo‘nalishdan chekinilmaganida hozir bunchalik qiynalmagan bo‘lardim. Yaqindan beri erkinlikka ega bo‘ldim. Nasib bo‘lsa, ommalashadigan qo‘shiqlarim bo‘ladi.
8. San’atdagi qirq yillik tajribaga ega san’atkorlarning farzandisiz, “Yo‘limdan qoch” klipi bilan “plagiat”likka qo‘l urib, misqollab yiqqan obro‘ingizni sovurish shartmidi? Klipmeykerga ham ko‘chirmakashligi uchun pul to‘landimi, tekinga ishlamagandir?
— Yo‘q, bu bilan obro‘im sovurilmadi. Mashhur san’atkorlar singari “plagiat” qo‘shiqlarni “o‘zimniki”, deb turganim yo‘q-ku. Klipimda bir-ikkita kadrdangina foydalanilgan, bu ko‘chirmakashlikka kirmaydi, nazarimda. Klipmeyker o‘sha klip kadrlarini ko‘rsatganida o‘zim rozi bo‘lganman. Asosiysi, qo‘shig‘im o‘g‘irlanmagan.
9. Umidaxon qachon shou-biznes vakilidan san’atkorga aylanadi?
— (O‘ylanib) Yillar o‘tib, ustoz san’atkorlarimiz singari qoqilib, yiqilib, o‘z yo‘limni topaman va san’atkorga aylanaman, degan umiddaman.
10. Maxsus savol!
Dilorom Omonullayeva, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi:
— Umidaxon, ham maqom, ham o‘zbek va Yevropa estradasini maromiga yetkazib ijro eta oladigan, professional texnikasi yuqori xonandasiz. Ovoz zo‘r bo‘lsa-da, o‘z qo‘shig‘i bo‘lmasa, bu — vaqtning behuda ketgani. Bitta kamchiligingiz — o‘z repertuaringiz yo‘q yo yanglishyapmanmi?
— Dilorom opa, siz darslik yuzasidan kuylagan qo‘shiqlarimnigina bilasiz. Balki ijodimni kuzatmaganingiz uchun shunday fikrdadirsiz?!
Sadoqat Allaberganova suhbatlashdi. | 88 | 5,360 |
Madaniyat | O‘zbek to‘ylaridagi eng talabgir qo‘shiqlar reytingi tuzildi | My Day nashri eng to‘ybop musiqiy guruhlar — “San’at”, “Oazis”, Di live Band, “Ko‘k choy”, Matin Band, “Osiyo”, “Davr”, “Yevraziya”, “Sado”, “Poytaxt” va “Sharqoniy navo” o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, to‘ylarda eng talabgir bo‘lgan va eng ko‘p yangraydigan qo‘shiqlar reytingini tuzdi. | 60 | 282 |
Madaniyat | Xonanda Og‘abek Sobirov ikki o‘g‘liga qo‘shaloq to‘y qildi (foto) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov ikki o‘g‘liga qo‘shaloq to‘y qildi. Bu haqda xonanda va aktyor Anvar Sobirov jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.
Qo‘shaloq to‘y bo‘ldi. Ya’ni akamning katta o‘g‘li Islombek va Nilufarxonlarning nikoh to‘yi, eng kenja farzandi Akrombekning esa sunnat to‘yi bo‘lib o‘tdi. Qo‘shaloq to‘y 29-noyabr kuni, Xorazmdagi ‘Dunyo’ restoranida bo‘lib o‘tdi. Oqshomda mezbon san’atkor Otabek Muhammadzohid do‘stimiz bo‘ldi. Toshkentdan esa Shoxruhxon, Malika Egamberdiyeva va bir qancha san’atkorlar mehmonimiz bo‘lishdi.
Anvar Sobirov, xonanda va aktyor | 65 | 632 |
Madaniyat | Amerikalik qo‘shiqchi Cardi B uch yoshli qiziga 150 ming dollarlik taqinchoq sovg‘a qildi. Bu uning muxlislariga yoqmadi | 10-iyul kuni amerikalik hip-hop qo‘shiqchi Cardi B va reper Offset’ning Kalche ismli qizi uch yoshga to‘ldi. Qizaloq uchun malikalar, turli yeguliklar, raqslar va boshqa ko‘plab ko‘ngilochar o‘yinlar bilan hashamatli bayram tadbiri uyushtirilgan, deb xabar beradi Esquire.
Foydalanuvchilarni ko‘proq Cardi’ning Kalchega sovg‘asi hayron qoldirgan — beshta brilliantli bezakdan iborat taqinchoq: Hermes Birkin shakli, Chanel logotipi, Minni-maus, pushti bog‘ichli yurak va K harfi. Ekspertlarning taxminicha, bu kabi taqinchoq narxi 150 ming dollarga yetishi mumkin.
“Otasi mendan o‘tib ketdi, lekin men baribir ajoyib sovg‘a tayyorladim”, — deb yozadi Cardi.
Sovg‘a ijtimoiy tarmoqlarda kulgi va tanqidlarga sabab bo‘lgan, foydalanuvchilardan biri “Kalchening bo‘ynida mening universitetda butun o‘qishimga ketadigan mablag‘ turibdi” deb hazillashgan.
Boshqalar sovg‘adan hayratga tushgan, biroq bu kabi taqinchoq bolakay uchun ma’qulmi degan savolni o‘rtaga tashlagan. “Bu juda yoqimli, ammo bolalarga bunday narsalar kerak emas”, — deb yozadi foydalanuvchilar.
Cardi B Twitter’da qoldirilgan izohlarga javob bergan: “Farzandingiz kechki ovqatga muzqaymoq xohlasa, uni berasizmi? Farzandimning o‘yinchoqlari haddan ortiq va u super tarbiyalangan. Onasi va otasi ajoyibmi, demak, bolalarim ham shunday”.
Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, u bolaligidagi orzularini farzandlari hayotida ro‘yobga chiqarishni istaydi. “Nega bo‘lmasin? Malikalar bilan bazm, cheklanmagan miqdordagi o‘yinchoqlar, sayohat va basseynlar. Farzandim basseynni yaxshi ko‘radi, men esa bolaligimda unga besh marta borganman xolos. Nafaqat mayizli narsalar, balki turli ta’mga ega bodroqlar ham”, — deb yozadi u.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabrida reper Paff Deddi onasiga 1 million dollarlik chek va Bentley sovg‘a qilgandi.
Rossiyalik reper Morgenshtern sevgilisining tug‘ilgan kuniga 80 ming dollarlik Range Rover va 66 ming dollar pul sovg‘a qildi (foto, video) | 120 | 1,942 |
Madaniyat | Namanganda yana bir kitob savdosi markazi ish boshladi | Namangan shahrining Navoiy ko‘chasida “Namangan kitob olami” MChJga qarashli ikkinchi kitob do‘koni ish boshladi. Bu haqda “Namnews.uz” xabar bermoqda.
O‘tgan yil may oyida jamiyat o‘zining ilk majmuasini foydalanishga topshirgandi. Mo‘jaz o‘quv zali, tamaddixona va bolalar burchagi mijozlar xizmatida bo‘lgan to‘rt qavatli bu zamonaviy majmuada ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti, darsliklar kabi yigirmaga yaqin bo‘limda o‘n minglab kitob o‘quvchilar e’tiboriga taqdim etib kelinmoqda.
Kelajakda “Namangan kitob olami” do‘konlarini viloyatning har bir tumanida ochishni rejalashtirmoqdamiz. Eng asosiysi, Namangan shahrining aholi gavjum markaziy qismida “Adabiyot uyi” qurishni ustuvor maqsad qilib belgilab oldik. Viloyat ijodkorlari, nashriyotlari va adabiyot ixlosmandlarini birlashtiruvchi, xalqaro adabiy aloqalarni yo‘lga qo‘yuvchi, yirik kitob ko‘rgazmalari va taqdimotlari o‘tkazish imkoniyatini beruvchi majmua barpo etish niyatidamiz.
Ma’ruf Mo‘minov, ma’rifatparvar tadbirkor
“Namangan kitob olami” MChJ o‘z mijozlarining talablarini o‘rganish yuzasidan monitoring faoliyati ham olib bormoqda. Bu borada ilk qadam sifatida Vodiy Media nashriyoti bilan “Namangan adabiyoti xrestomatiyasi” nomli tazkira chop etish yuzasidan shartnoma tuzildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 54 | 1,481 |
Madaniyat | Bollivudning taniqli aktyori o‘z uyida osilgan holda topildi | 14-iyun kuni Bollivudning taniqli aktyorlaridan biri Sushant Singh Rajput o‘zining Mumbay shahridagi uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda Hindiston ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Qayd etilishicha, 34 yoshli aktyor o‘z joniga qasd qilgan. U so‘nggi paytda tushkun kayfiyatda bo‘lgan.
Sushant 2013-yilda suratga olingan “Hayotimdagi uchta xato” (Kai Po Che) filmidagi ishtirokidan so‘ng mashhurlik qozongan edi. Film ekran yuzini ko‘rgach, Sushant taniqli rejissorlar e’tiboriga tushgan. Sushant teleseriallarda faol suratga tushar edi.
Sushant Singh o‘zbek tomoshabinlariga “Pikey” (PK), “Drayv” (Drive), “M.C.Dhoni: So‘zlab berilmagan hikoya” (M.S. Dhoni: The Untold Story) kabi filmlardagi rollari bilan yaxshi tanish.
Bollivud qiroli Shohruh Xon marhum aktyorning yaqinlariga ta’ziya bildirdi.
“U meni juda yaxshi ko‘rardi. Men uni juda sog‘inaman. Undagi energiyani, hayotga tashnalikni hamda uning baxtga to‘la tabassumini. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin! Uning yaqinlariga ta’ziyamni izhor etaman. Bu juda qayg‘uli va kutilmagan holat”, — deb yozadi aktyor.
View this post on Instagram | 60 | 1,106 |
Madaniyat | Mashhur filmlarning suratga olish maydonchasida nimalar yuz berishini aks ettiruvchi suratlar | Suratga olish muddati qat’iy cheklangan, chunki har bir ish kuni ijodkorlarga o‘nlab, hatto yuz minglab dollarlar keltiradi va hech kim ortiqcha pul sarflashni xohlamaydi. Biroq Gollivud ustalari nafaqat kerakli materialni suratga olishga, balki biroz zavq va esdalik uchun suratlarni kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘lishadi.
“Yelizaveta: Oltin asr”. Keyt Blanshett kadrda va kadr ortida suratga olingan sahnalarni tomosha qilmoqda.
“Marslik”: Qizil sayyora maxsus effektlardan oldin.
“Parallel onalar”: Pedro Almodovar Penelopa Kruzni suratga olmoqda.
Poyga sahnasi Jeyms Bond haqidagi – “O‘lish vaqti emas” filmida shunday suratga olingan.
Jessika Chesteyn “Temmi Feyning ko‘zlari” biopikasida.
“Jon Uik 4” kartinasining sahna orti jarayoni.
Grimchilarning oson bo‘lmagan ishi.
Florens Pyu “Quyosh tutilishi” filmi o‘rtasidagi tanaffuslarda musiqa tinglaydi.
Aktrisa “Qora beva” filmidagi tryuklarini mashq qilmoqda.
“Karib dengizi qaroqchilari” filmi ustida ishlash jarayoni.
Rejissor Maykl Bey robot-transformerga taqlid qiluvchi yashil qo‘lni ushlab turibdi.
“Transformerlar: Qirg‘inbarot davri”: Suratga olish uchun nimalar qilinmaydi-ya?
“Muzli yo‘l”ning ko‘p qismi ochiq havoda suratga olingan bo‘lsa-da, jamoa ba’zi sahnalar uchun yashil ekrandan foydalangan.
“Doktor Dulittlning ajoyib sayohati”: ijodkorlar insondan qanday qilib Gorilla yasashni biladi.
Bryus Uillis “12 maymun” filmining suratga olish jarayonida.
“Intiho” filmining suratga olish guruhi tortishish yo‘nalishini o‘zgartiradi.
“Avatar” filmini suratga olish jarayoni, Jeyms Kemeron.
Uillem Dafo “Onasiz Bruklin” sahnasida.
“Yulduzlar jangi”: Kuch uyg‘onadi: Lupita Niongo film rejissor bilan nimanidir muhokama qilmoqda.
Leonardo Di Kaprio “Uoll-strit bo‘risi” filmini suratga olish jarayonida.
Assistent Kleopatraning liboslarini to‘g‘irlamoqda. | 93 | 1,842 |
Madaniyat | Buxoro shahri mezbonligida o‘tgan birinchi Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalidan fotoreportaj | 21—25-may kunlari Buxoro shahrida birinchi marotaba Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali o‘tkazildi. Unda respublikaning barcha hududlaridan 288 nafar hunarmand ishtirok etdi. Festivalda xalq sayllari, dorboz va folklor jamoalari tomonidan esa turli dasturlar tashkil etildi. “Daryo” muxbiri Sevara Mirzarahimova ushbu festivalda qatnashib, fotoreportaj tayyorladi.
Festivalga 58 davlatdan yuzlab xorijiy ishtirokchilar tashrif buyurdi. Ular orasida zardo‘zlar, zargarlar bilan bir qatorda konferensiya ishtirokchilari, faxriy mehmonlar hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarini uchratish mumkin.
Festivalda kashtalari bilan ishtirok etgan Madina Qodirova 20 yoshidan beri shu soha ichida ekanligini aytadi:
“Kelin bo‘lib tushganimda 18 yoshda edim. 20 yoshimdan boshlab qaynonamdan kashta tikishni o‘rgandim. Hozir bu ishni davom ettirayotgan uchinchi avlod vakiliman. Farzandlarimga ham yetti yoshidan boshlab o‘rgatyapman. Kashtado‘zlik mashaqqatli mehnat. Kichikroq yostiqlar uchun kashtani bir kunda tiksak, to‘rt oylab, hatto bir yillab tikiladigan kashtalarimiz ham bor.
Agar turistlar ko‘p bo‘lib, savdo yaxshi bo‘lib tursa bir oyda 20 million so‘mgacha daromad ko‘ramiz. Lekin sof daromad emas, chunki kashtachilikning chiqimi ham ko‘p”, — deydi kashtado‘z.
Kashtachi ayolning aytishicha, ular Yaponiya, AQSH, Braziliya, Italiya, Ispaniya kabi mamlakatlarga doimiy eksportni yo‘lga qo‘ygan.
Qayd etish joiz, xorijlik zargarlar 15,5 kilogramm og‘irlikdagi kumush va 6 kilogrammga teng tilla taqinchoqlari bilan festivalda ishtirok etdi.
Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali doirasida Bukhara Fashion days modalar oqshomi ham bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy va xorijiy dizaynerlar hamda hunarmandlar ishtirok etdi. | 100 | 1,738 |
Madaniyat | Islom Karimov nomidagi fond “O‘tkan kunlar” romanini ingliz va fransuz tiliga tarjima qilish ishlariga ko‘maklashmoqda | Islom Karimov nomidagi fond O‘zbekistonning YuNЕSKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining ingliz va fransuz tillariga tarjimasiga bosh-qosh bo‘lmoqda. Bu haqda fondning Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi.
“Islom Karimov nomidagi Fond madaniy-ma’rifiy va ilmiy ommabop manbalar hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini tarjima qilish va chop etishga grant ajratish orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosini asrash va targ‘ib etishga hissa qo‘shib kelmoqda”, — deyiladi xabarnomada.
O‘zbek romanchilik maktabining ilk namunasi sanalgan mazkur asar XX asr o‘zbek adabiyotining chinakam durdonasi deya e’tirof etilgan. Salkam bir asr avval yozilgan roman hali-hamon o‘zbek adabiyotining eng ko‘p o‘qiladigan asarlari sirasiga kiradi.
“O‘zbekistonning milliy ma’naviy boyligiga aylangan ‘O‘tkan kunlar’ romani xorijlik o‘quvchilar orasida ham o‘z muxlislariga ega bo‘lsa ajab emas. Ayni chog‘da asar xorij o‘quvchisini o‘zbek xalqining ma’naviy olami, yuksak badiiy tafakkuri va umrboqiy qadriyat va an’analariga oshno etadi”, — ma’lum qildi fond vakillari. | 118 | 1,133 |
Madaniyat | Britaniyalik mashhur huquqshunos Amal Kluni ofisga kiyinish uslubida amal qiladigan qoidalar (foto) | Amal Klunining muvaffaqiyatga erishishi oson kechmagan: uning muvaffaqiyati fidoyilik, aql-zakovat va mashaqqatli mehnatning samarasidir. Bir paytlar o‘zini havaskor sifatida ko‘rsatgan Jorj Kluni ham (va uning muxlislari allaqachon xafa bo‘lishga va bu qayg‘uli haqiqatni qabul qilgan) uning latofatiga maftun bo‘lgan.
Juftlik 2014-yilda rasman turmush qurdi. Biroq omadli turmushdan so‘ng Amal o‘z vakolatlaridan voz kechmadi — bundan tashqari, u namunali oila haqidagi g‘oyalarini namoyish etib, bir vaqtning o‘zida murakkab xalqaro masalalarni hal qilib, ko‘proq ishlay boshladi.
Agar siz ofis uchun kiyadigan kiyimlardan ko‘ra qalbingiz buyurgan liboslarni yoqtirsangiz Amal Klunining kundalik kiyinish uslubini diqqat bilan ko‘rib chiqing (hatto Gollivud aktyori bilan turmush qurish rejalarga kiritilmagan bo‘lsa ham).
Yorqin rangli liboslarni kiyishdan qo‘rqmang
Har kuni qora va kulrang ko‘rinishga ega bo‘lgan liboslarni kiygan insonlar kiyinish uslubining ulkan imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldi. Masalan, yorqin sabzi rangli libosda sud majlisida qatnashishingiz mumkin, shu bilan birga ko‘zga tashlanmaydigan ko‘rinishga ega bo‘lasiz. Amal ko‘p hollarda bitta ansamblda yorqin ko‘rinishni namoyish etadi.
Bunday oddiy ansambllar ertalab tayyorgarinishga ketadigan vaqtni tejaydi va yorqin ko‘rinishga yordam beradi. Yorqin rang ko‘pchilikning e’tiborini tortadi, shuning uchun uzoq vaqt davomida libosning kombinatsiyasi, tasvirga qo‘shimcha qo‘shish haqida o‘ylashingiz yoki ularni tanlashingiz shart emas.
Futbolka ham ofisda kiyilishi mumkin
Bluzkalar, ko‘ylaklar bilan kiyiladigan nimchalar, yubkalar va klassik shimlar — ofis garderobidagi eng yaxshi kiyimlar hisoblanadi. Biroq Amal bu borada barcha kiyimlarni sinab ko‘rgan (nafaqat u uchun, balki ishda kiyinish uslubi uchun ham). Amal ofis uchun kiyinish garderobiga oddiy qora futbolka qo‘shgan — bu qulay va har qanday brendda o‘zingiz uchun mukammal buyumni topish oson.
Ofisdan tashqarida, futbolkani boshqa kiyimlar bilan birlashtirilishi oson bo‘ladi. Ko‘plab uslublarda bilan mos tushadigan kiyimlar — universal va sizga mos keladigan garderobning asosiy belgisi hisoblanadi. Bir-biriga mos keladigan kiyimlar to‘plami bilan bunday uslubni yaratish oson bo‘ladi.
Katta hajmli sumkalar
Faqat smartfon va pudra idishiga sig‘adigan zamonaviy mikro-sumkalar chiroyli ko‘rinishga ega, zamonaviy ko‘rinadigan va hatto eng zerikarli qora kostyumni mukammal ravishda to‘ldiradigan narsa. Biroq haqiqat shundaki, ishbilarmon ayollarga kun davomida katta hajmdagi narsalar: noutbukdan tortib, muhim hujjatlar solingan papkalargacha kerak bo‘lishi mumkin.
Kerakli va keraksiz narsalarni o‘zingiz bilan olib ketishingiz kerak bo‘lgan holatlarda, turli xil rangdagi charmdan yasalgan katta hajmli sumkalar yordamga keladi — aynan shunday variantlarda Amal Klunini tez-tez ko‘rish mumkin. Gipertrofiyalangan hajmlar uchun bunday tanlov umuman tendensiya emas va bir mavsumda sumkalar modadan chiqib ketishini o‘ylab tashvishlanishga hojat yo‘q. Katta hajmli sumkalar doim trendda bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi — bu o‘zgaruvchan moda ta’sir qilmaydigan narsa hisoblanadi. Bundan tashqari, bunday sumkalar biznesda faoliyat yurituvchi ofis vakillari uchun juda qulay.
Mukammal uslubdagi (va xilma-xil) kostyumlar
Klassik kostyumlar ofisda kiyish uchun mo‘ljallangan eng yaxshi kiyimlardan biri hisoblanadi. Amal uchun bu holat begona emas: birinchidan, u ularni uzoq muddat kiyishi kerak, ikkinchidan, ish paytida u ideal variantlarni mohirlik bilan tanlashni o‘rgandi. Koko Shanel kostyumlari uslubida tikilgan tvid kostyumlar, nimcha bilan birlashtirilgan keng palazzo-shimlar, klassik shimlarning chiziqli variantlari qora rangdagi — Klunining shkafida har qanday vaziyat, rang va uslub uchun nimcha va shimlar mavjud.
Bundan tashqari, uning kiyimlari orasida keng shimli qora kostyum va nimcha bor. Bu uslubga yaxshiroq e’tibor qaratish kerak: dizaynerlar vaqti-vaqti bilan kostyumlarning turli xil variantlarini namoyish etadi — yo Kristina Diorning eng yaxshi kanonlaridagi kostyum yoki yelka chizig‘i kattalashgan katta hajmli nimchalarni tanlash kerak.
Biroq, Kluni tanlagan klassik uslubdagi kostyum mukammal bo‘ladi, bunday narsalar pul sarflashga arziydi. Bundan tashqari, o‘z uslubingizga mos keladigan variantni tanlash ham osonroq bo‘ladi. Yana bir foydali jihati shundaki, kostyumni boshqa narsalar bilan, turli xil nimchalar, yubkalar, shimlar va har qanday kiyim bilan moslashtirish mumkin.
Naqshli liboslar
Hali ham ofisga bezakli va naqshli liboslarni kiyim bormaysizmi? Oddiy qilib aytganda, siz ularni kiyishni bilmaysiz. Ofisda kiyish uchun bunday liboslarning faqat ayrim turlari mos keladi deb o‘ylaydiganlar uchun Amalning o‘ziga xos javobi bor: naqshli liboslarni ishda va hattoki eng ajoyib talqinlarda ham kiyish mumkin. Asosiysi, jozibali narsani monoxrom yoki tabiiy ranglardagi libosning boshqa narsalar bilan mos tushishidir. Misol tariqasida, Amal tanlagan yubkalarni olish mumkin. Chegaralarni chetlab o‘tmaslik uchun mashhur advokat yorqin bezakli liboslarni qora futbolka yoki ko‘ylak, minimal aksessuarlar bilan birlashtiradi.
Qulay poshna
Ofisda kun bo‘yi ko‘plab ishlar bilan band bo‘lish mumkin, tushlik yoki hatto besh daqiqalik tanaffusga vaqt topib bo‘lmaydi. Bu ishlarni qulay poyabzalsiz bajarish uchun juda qiyin. Biroq tashqi ko‘rinishingizga mos keladigan oyoq kiyimni tanlang (va ayollarga xol bo‘lgan poyabzalni olishga harakat qiling). Poyabzalning poshnasi ham o‘zingiz uchun qulay bo‘lsin, Amalning oyoq kiyimidagi poshna aynan shunga misol bo‘la oladi.
Xilma-xil kiyimlar urfda bo‘lganligi sababli, hozirda poshna bilan bog‘liq uslub hech qanday tartibga solinmaydi: agar xohlasangiz besh santimetr, yetti va o‘n santimetr poshnasi bo‘lgan oyoq kiyimlarni kiyishingiz mumkin. Sinov va xato orqali o‘zingiz uchun mos keladigan va qulay poshnasi bo‘lgan oyoq kiyim brendlarni tanlang: yengil yurish va o‘nlab sayohatlaringiz bo‘lsa ham, to‘g‘ri poyabzal kiyish muammoni hal qiladi. | 99 | 6,017 |
Madaniyat | Alisher Uzoqov otasining vafotidan so‘ng akasini topganini ma’lum qildi (video) | Aktyor, rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Intervyu Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida Alisher Uzoqov otasining vafotidan so‘ng akasini topgani haqida gapirib berdi.
Otam rahmatli kasal bo‘lganlarida ularga uncha ko‘p qaray olmaganman. Yosh bo‘lganman, tushunmay qolganman, ko‘p xizmatlarini qilolmaganman. O‘sha vaqtda serial syomkasi bilan bo‘lib kelolmaganman. Ularni Marg‘ilonga olib ketishgan, o‘sha yerda jon berganlar. Bitta-yu bitta armonim shu bo‘lsa kerak.
Akamni ham keyin topdim. Akam otam rahmatlining boshqa oilalaridan bo‘lganlar. Akam yoshliklarida ajrashib ketishgan ekan. Otam olamdan o‘tgandan so‘ng akamni topganmiz. O‘g‘il farzand bo‘la turib, otamizni tobutlarini ko‘tarib, oxirgi manzilga kuzata olmaganmiz. Oxiratlari obod bo‘lsin, ilohim, ular haqida faqat yaxshi gap eshitganmiz.
Allohning irodasi, ojizmizda baribir, mavjudodmiz, zo‘r-zo‘r joylarda, qimmat kiyimlar kiyib kar-kar qilamiz, ammo ojiz bandamiz.
Men akamni ko‘rgunimga qadar otamga juda ham o‘xshayman derdim. Ammo akam otam bilan tashqi ko‘rinish tomonlama, xarakter tomonidan bir xillar. Juda ham bir xillar. Barmoqlarigacha, tirnoqlarigacha dadamga o‘xshaydilar.
Akam sportchi bo‘lganlar, hozirgi kunda biznes bilan shug‘ullanadilar. Baxtimizga sog‘ bo‘lsinlar, ilohim.
Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor, prodyuser
Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov “Janob hech kim”, “Uylanish”, “Tundan tonggacha”, “So‘nggi lahza”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.
“Muzlagan”, “Kuzda gullagan daraxt”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarga rejissorlik qilgan. Alisher Uzoqov hozirgi kunda Dubay shahrida Smart bolla deb nomlangan xalqaro IT kompaniyada faoliyat yuritmoqda.
Dubayda ishlayotgan Alisher Uzoqov Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video) | 79 | 1,952 |
Madaniyat | Britaniyalik xonanda Adel ilk bor “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi | Britaniyalik xonanda Adel yaqinda CBS dagi maxsus chiqishi — “Adele One Night Only” uchun Creative Arts Emmy Awards 2022 mukofotini qo‘lga kiritdi. Xonandaga “Emmi”, “Gremmi”, “Oskar” va “Toni” mukofotlarining EGOT maqomiga erishishga bir qadam qoldi. Adelga faqat bitta “Toni” mukofoti yetishmayapti. G‘oliblar ro‘yxati Amerika televizion akademiyasining rasmiy saytida e’lon qilindi, deb yozadi People Talk.
Adel hozirda “Gremmi”, “Oskar” va “Oltin globus” va Jeyms Bond haqidagi filmning Skyfall saundtreki uchun 15 ga yaqin mukofotga ega.
Shuningdek, Shazam dasturi 20 yoshga to‘ldi va shu munosabat bilan platforma mualliflari dastur yordamida eng ko‘p qidiriladigan mashhur taronalar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Adel ijrosidagi Rolling In The Deep taronasi birinchi o‘rinni egalladi. | 66 | 798 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov: "Farg`ona tong otguncha», "Tanovor", "Mustahzod"larni kuylaydigan yoshlar kerak | Farg`onada tashkil etilgan maqom maktabi milliy qadriyatlarimizga hamohang ushbu san`at turini izchil davom ettiruvchi yangi avlodni tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Bu yil umumta`lim maktablarining 5,6-sinflarini tamomlagan o`g`il-qizlar maqom xonandaligi va sozandaligi yo`nalishlariga tanlov asosida o`qishga qabul qilindi. Bu haqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o`z sahifasida gapirdi.
“O`zbekiston bulbuli Tavakkal Qodirov, Rasul qori Mamadaliev, Murodjon Ahmedov kabi buyuk ustozlarimiz betakror qo`shiqlari bilan Farg`ona maqom maktabi an`analarini zamonaviy mezonlar asosida rivojlanishiga katta hissa qo`shgan edilar.
Ixtisoslashgan maqom maktabining yangi o`quv binosi, oshxona va 150 o`rinli yotoqxona qurilishi davom etayotgan san`at koshonasida «O`zbek milliy maqom san`ati markazi» hamda maqom ansambli tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Farg`onaga safarimiz davomida mazkur muassasa uchun yaratilgan shart sharoitlar, binoning qurilishidagi muammolar va kamchiliklarni mas`ullar bilan muhokama qildik.
Maqom maktabida tahsil olayotgan o`quvchilar uchun barcha sharoitlarni muhayyo etish lozimligini ta`kidlab, bu dargoh hali ko`plab "Farg`ona tong otguncha», "Tanovor", "Mustahzod"larni kuylaydigan iqtidorli yoshlarni tarbiyalashiga umid bildirdik”,–deydi Madaniyat vaziri. | 99 | 1,314 |
Madaniyat | Joan Rouling “Garri Potter”dan keyin bolalar uchun mo‘ljallangan birinchi kitobini taqdim etdi | Britaniyalik mashhur yozuvchi Joan Rouling o‘zining bolalar uchun mo‘ljallangan yangi — “Rojdestvo cho‘chqachasi” nomli kitobini taqdim etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Kitob orqali yosh o‘quvchilar yo‘qolgan Sirli yurtga otlanadigan Jek ismli yetti yoshli bola bilan tanishishi mumkin. Jek u yerda hukmronlik qiluvchi qo‘rqinchli maxluqdan sevimli o‘yinchog‘i — Pok laqabli cho‘chqachasini qutqarishi kerak.
Roulingning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kitobni yozishga o‘g‘li Devid va uning sevimli o‘yinchog‘i — yumshoq cho‘chqacha ilhom bergan.
O‘z vaqtida Joan bolakay o‘yinchog‘ini yo‘qotib qo‘yishdan shu qadar xavotirlanganki, hatto uning o‘rniga xuddi shunaqa o‘yinchoq ham olib qo‘ygan. Biroq Devid kutilmaganda shkafdan uni topib olgan va buni eski cho‘chqachasining ukasi deb o‘ylagan. Shundan keyin u ikkisi bilan ham o‘ynashni davom ettirgan.
“Rojdestvo cho‘chqachasi” bir vaqtning o‘zida ingliz hamda yana 20 dan ortiq tilda chop etilgan. Kitobga illyustratsiyani taniqli britaniyalik rassom Jim Fild chizgan.
Ta’kidlanishicha, Garri Potter haqidagi romanlardan keyin Rouling o‘z kuchini kattalarga mo‘ljallangan va detektiv prozada sinab ko‘rgan, ammo bolalar uchun kitob yozmagan edi.
Avvalroq Deniel Redkliff “Garri Potter”ning birorta qismi qayta suratga olinsa, qaysi personajni o‘ynashni xohlashini ma’lum qilgandi. | 94 | 1,340 |
Madaniyat | Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi zalida mashhur AQSh seriali suratga olinishiga qarshi chiqdi | Rossiyaning BMTdagi delegatsiyasi “Puch xayol” (House of Cards — “Qartadan yasalgan uy”) seriali prodyuserlariga yangi fasl ikkita epizodini BMT Xavfsizlik kengashi zalida suratga olishni taqiqladi. Bu haqda Rossiya diplomati va serial yaratuvchilari o‘rtasidagi yozishmalarga asoslanib, Look At Me xabar berdi.
Rossiya tomonining fikricha, Xavfsizlik kengashi xonasi kutilmagan tangliklar yuzaga kelgan taqdirda majlis o‘tkazish uchun doimo ochiq bo‘lishi zarur.
Bundan avval BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun idorasi zalda serialni suratga olishga ruxsat berish taklifini kiritgan edi. Ular ushbu seriyalar jamoatchilikni BMT va Xavfsizlik kengashi faoliyati bilan tanishtirishini ta’kidlagan edi.
Endi serial prodyuserlarida syomkalarni BMT bosh qarorgohida o‘tkazish imkoniyati qoldi. | 92 | 782 |
Madaniyat | YuKSAK ILMIY QADRIYaT | 28-29 noyabr kunlari Toshkentda o`tadigan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumiga tashrif buyuradigan mehmonlarning mazkur loyiha haqidagi fikrlari bilan o`rtoqlashamiz...
Fransiz Rishar, Islom san`ati Departamenti eks-direktori, Milliy til va sivilizasiya universiteti kutubxonasi faxriy xodimi: — Toshkentda o`tadigan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” forumiga taklif qilishganidan mamnunman. Ushbu loyihaning tashkilotchilariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Va bu o`ziga xos anjumanning muvaffaqiyatli hamda yuksak ilmiy qadrga ega bo`lishiga ishonaman.
Mazkur loyihaga qo`shadigan kamtarona hissam XVI asr Buxoro qo`lyozmalari maktabi rasmlari bo`ladi. Albatta, bu tadqiqotlar kelgusi yillar mobaynida batafsil o`rganish uchun mo`ljallangan ob`ekt bo`ladi, deb umid qilaman. Mazkur san`at yuksak ilmiy qadriyatga ega. | 22 | 930 |
Madaniyat | Skarlett Yoxansson va Disney o‘rtasidagi kelishmovchilikka barham berildi | Disney kompaniyasi va aktrisa Skarlett Yoxansson “Qora beva” filmining ekranlarga chiqishi borasidagi yuzaga kelgan yuridik bahsga barham berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Ikki oy oldin Yoxansson Disney’ni shartnomani buzishda ayblab, sudga bergandi. Kompaniya aktrisa ishtirokidagi “Qora beva” filmini kinoteatrlar bilan bir vaqtda Disney+ servisida e’lon qilib yuborgan edi. Yulduzning fikricha, bu kabi qaror uni kattagina daromaddan quruq qoldirgan, chunki aktrisaning gonorarini bir qismi kinoteatrlarda sotiladigan chiptalarga bog‘liq.
Disney va Yoxansson o‘rtasidagi bitim tafsilotlariga oshkor etilmayapti, ammo tomonlar bergan izohga ko‘ra, ular mojaroni hal etgan.
“Men ‘Qora beva’ borasida Skarlett Yoxansson bilan mutlaq kelishuvga erishganimizdan xursandman. Biz uning Marvel kinematografik olamiga qo‘shgan hissasini qadrlaymiz va kelajakdagi loyihalar, jumladan, Disney Tower of Terror ustida hamkorlikda ish olib borishimizni sabrsizlik bilan kutib qolamiz”, — deydi Disney Studios’ning kontent bo‘yicha direktori Alan Gergman.
Shuningdek, Skarlettning ta’kidlashicha, u ko‘ngilochar soha giganti bilan yuzaga kelgan mojaroga barham berganidan xursand.
“Uzoq yillar davomida birgalikda amalga oshirgan ishlarimizdan benihoyat faxrlanaman va jamoa bilan ijodiy munosabatlarim menga juda yoqadi”, — deydi aktrisa.
Eslatib o‘tamiz, “Qora beva” lentasi 9-iyul kunidan boshlab kinoteatrlar va Disney+ da namoyish etilmoqda. Dastlabki dam olish kunlari davomida kartina 218 million dollar to‘plagan. Butun dunyo bo‘ylab kassa yig‘imlari esa 378 million dollardan oshadi. Disney ma’lumotlarga ko‘ra, shuningdek, film prokatning dastlabki 20 kuni davomidagi oqimli xaridlar sabab 60 million dollarga yaqin mablag‘ ishlagan.
Disney Skarlett Yoxansson ishtirokidagi barcha loyihalarni yakunlashga qaror qildi | 73 | 1,827 |
Madaniyat | Nilufar Usmonova yangi “Shaka bum” klipida “Golos” teleshousida qo‘shiq kuyladi | Xonanda Nilufar Usmonova yangi “Shaka bum” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi, deya xabar bermoqda Afisha. U klipda “Golos” teleshousida aslida farrosh bo‘lib ishlovchi, biroq shouda qatnashishni orzu qiluvchi qiz rolini ijro etadi.
Skrinshot: YouTube
Xonanda jo‘shqin maromdagi musiqaga raqsga tushib, qo‘shiq kuylaydi. Unda arzimas sabablar tufayli xafa bo‘lmaslikka, o‘zi uchun yashashga, orzularini amalga oshirishga va shu bilan birgalikda, savob ishlar qilishni unutmaslikka chaqiradi. | 79 | 499 |
Madaniyat | San’atkorlarning sahnada o‘zini tutishi, kiyinish va muomala madaniyati nazoratga olinadi | O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi san’atkorlarning faoliyati, sahnada o‘zini tutishi, imiji, kiyinishi, muomala madaniyatini nazoratga oladi. Bu 3-noyabr kuni vazirlik va markaz o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumida ko‘zda tutilgan, deb xabar berdi UZ24.
Ushbu hamkorlik asosida, shuningdek, teatr san’ati, milliy va zamonaviy qo‘shiqchilik, raqs san’ati hamda teleradiokanallarda efirga uzatiladigan qo‘shiq va kliplarning mazmun-mohiyati, konsert dasturlarining o‘zbek milliy ma’naviyatini yuksaltirishga qo‘shayotgan hissasini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini ham nazorat ostiga olish rejalashtirilgan. | 89 | 668 |
Madaniyat | “Yulduzlar jangi” filmi namoyishi chog‘ida AQShdagi kinoteatr evakuatsiya qilindi | “Yulduzlar jangi” filmining premyera namoyishi chog‘ida yong‘in trevogasi tufayli Los-Anjelesdagi kinoteatrni yuzlab kishilar tark etishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Hodisa kinoteatr joylashgan Grove savdo-ko‘ngilochar markazida sodir bo‘ldi. 17-dekabr, payshanba kuni fantastik film namoyishi boshlanganidan 30 daqiqa o‘tib, u to‘xtatib qo‘yildi. Savdo markazi xodimlari ko‘chada to‘planib qolgan odamlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan uylariga tarqalishni tavsiya qildi.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib keldi. Tekshirish chog‘ida yong‘in sirenasi tugmasini kimdir bilmasdan bosib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Sal o‘tib, kinoteatr tomoshabinlarga eshiklarini ochdi.
14-dekabr, dushanba kuni Los-Anjelesda “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film AQSh kinoekranlariga rasman 18-dekabr kuni chiqadi. | 81 | 867 |
Madaniyat | Obid Asomov Avaz Oxunga javob qaytardi | Bir muddat ilgari taniqli so‘z ustasi Obid Asomov “Diydor aziz” saytida chop etilgan intervyusida Avaz Oxunning konsert dasturida kulmaganini tan olgan edi. Bunga javoban Avaz Oxun quyidagilarni aytgandi:
“Bilasizmi so‘z ustalarini, ya’ni hamkasblarimni kuldirish qiyin. Chunki ular latifalarimizni eshitib, kamchilik va yutuqlarni tahlil qiladi. Maza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi, ‘mutaxassis’ bo‘lib emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak. Shunda odam dam olib, maza qilib kuladi. Biz ham repetitsiya jarayonida uncha-muncha hazillarimizga kulmaymiz. San’atkor hamkasbining gaplariga kulmasa-da, yuziga, nomiga bo‘lsa-da, tabassum yugurmasa-da, shu yerini boplabdi, topib gapiribdi deya tan berishi mumkin. Umuman olganda, tan olaman, so‘z ustalarini kuldirish oson emas. Mana men yaqinda ‘Handalak’chilarning konsertiga tomoshabin sifatida tushdim va yaxshi madaniy hordiq chiqardim, yurakdan yayrab kuldim”.
“Shok.uz” saytining ta’kidlashicha, uning javobiga muxlislar Obid Asomovdan fikr olishni so‘ragan. Nashr xodimlari undan quyidagicha javob olgan:
“Birinchidan, bu tanqid emas! Avaz Oxunning o‘z muxlislari va shinavandalari bor. Men o‘zimning shaxsiy fikrimni bildirdim, xolos. O‘zbekistonda qiziqchilarni barmoq bilan sanasang, o‘nta barmoqdan uchtasi ortib qoladi. Men aytmoqchi bo‘lgan fikr shuki, qiziqchi shu zamonda yashagani uchun shu kungi hayotga o‘z munosabatini bildirishi kerak. Ya’ni kulgu faqat kulgu emas, kosa tagida nimkosa deganlaridek bir muammoni ko‘tarib chiqishi jamiyatdagi ba’zi kamchiliklarni yo‘q qilishga yordam berishi kerak, deb o‘ylayman. Yana qaytaraman, qiziqchi ko‘paysa, men faqat xursand bo‘laman. Chunki 31 millionlik O‘zbekistonda haqiqiy kulgu ustasi o‘ntaga ham yetmaydi, bu juda oz! Hamma hamkasblarimga omad!”. | 38 | 1,775 |
Madaniyat | Farzandlari bilan tengqurdek ko‘rinadigan Bollivud yulduzlari (foto) | Hind kinosanoatida o‘z o‘rnini topgan mashhurlardan ayrimlarining farzandi ulg‘aygani bilan, ular hali hamon yosh va latofatli ko‘rinadi.
Madhuri Dikshit va Erin
Erinning oldida uning onasi Madhuri ekaniga ishonish qiyin. Aktrisa ilk marta 36 yoshida ona bo‘lganiga qaramay, hozir hech kim uning yoshi 53 da ekanini taxmin qilib ham topa olmaydi.
Malayka Arora va Arxan
Malayka va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Arbaaz Xon 2002-yilda ilk marta ota-ona bo‘lgan. Otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshaydigan Arxan onasining oldida uning o‘g‘li emas, ukasiga o‘xshaydi. Aktrisaning tashqi ko‘rinishiga qarab, uning yoshi 47 da ekaniga ishonish qiyin.
Bhagyashri va Abhimanyu Dassani
Bhagyashri 1989-yil Bollivuddagi debyutidan buyon o‘zgarmagandek, go‘yo. 19 yoshida dunyoga keltirgan o‘g‘li Abhimanyu bilan bugungi kunda tengdoshdek ko‘rinadi. 25 yashar qizi Avantika bilan esa ularni adashtirish hech gap emas. Farzandlari bilan juda ham faxrlanadigan sobiq aktrisa doimiy ravishda ularning suratini Instagram sahifasiga joylab keladi.
Gauri Xon va Aryan
Aryan Bollivud yulduzi Shohrux Xon va uning rafiqasi Gaurining to‘ng‘ich farzandi. Ko‘rinishi modellarga o‘xshaydigan, kelishgan o‘g‘lining yonida Gauri yanada yosh va jozibali ko‘rinadi.
Tvinkl Kxanna va Aarav
Aktyor Akshay Kumar va uning turmush o‘rtog‘i Tvinklning o‘g‘li Aarav 2021-yilning sentabrida 19 yoshga to‘ladi. Onasi Aaravning dugonasidek yosh ko‘rinadi. | 68 | 1,417 |
Madaniyat | Instagram: Yulduz Usmonovaning konserti sanasi aniq bo‘ldi, Jahongir Otajonovdan “zamhokim”likni so‘ragan sobiq xonanda, o‘zini O‘rta Osiyodagi eng zo‘r rejissor deb biladigan Ahad Qayum | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ulug‘bek Rahmatullayev yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Yulduz Turdiyeva tog‘ yon bag‘rida hordiq chiqarmoqda.
Bollivud aktrisasi Madhuri Dikshit yangi suratini sahifasiga joyladi.
“Ummon” guruhining sobiq xonandasi Shohruh Jahongir Otajonovga murojaat qilib, uni Yunusobod tumani hokimi yordamchisi lavozimiga ishga joylab qo‘yishni so‘radi hamda tumandagi yo‘llarning abgor holatini videoga olib ko‘rsatdi.
Xonandaning ushbu murojaati Yunusobod hokimiga yetib bordi. Hokimning shaxsan o‘zi Shohruh aytgan manzilga yetib kelib, yo‘llarni ta’mirlatishga va’da berdi.
Xonanda Farruh Raimov o‘g‘li Muhammad Salohga atab “Polvon o‘g‘lim” deb nomlangan qo‘shiq kuylab, taronaga klip suratga oldi.
Shahlo Ahmedova Istanbulda opasi Zulayho bilan ko‘rinish berdi.
Yulduz Usmonova pandemiya tufayli qoldirilgan konserti 10—25-mart kunlari “Xalqlar do‘stligi” saroyida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. O‘tgan yili sotilgan chiptalar o‘z kuchida qoladi. Shuningdek, bu yil ham chiptalar sotiladi.
Uzoq vaqtdan beri sahifasiga post joylamagan aktrisa Nargiza Salmonova yangi surati bilan bo‘lishdi.
Ahad Qayum o‘zini O‘rta Osiyodagi eng yaxshi prodyuser va rejissor, O‘zbekistondagi eng zo‘r aktyor deb hisoblashini ma’lum qildi. | 186 | 1,380 |
Madaniyat | Anjelina Joli va Bred Pitt Turkiyada villa sotib oldi | Gollivud aktyorlari Anjelina Joli va Bred Pittning AQSh va Fransiyadagi ko‘chmas mulklari qatori yana bir obyekt bilan boyidi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Er-xotin Turkiyaning Urla shahrida dengiz sohilidagi villani sotib oldi.
Shu yil yozda Joli va Pitt olti farzandi bilan Turkiyaga tashrif buyurgandi. Turkiya OAVlari yozishicha, aktyorlarga bu yerda dam olish shunchalik yoqib tushganki, ular ushbu hududdan uy sotib olishga qaror qilgan.
Sohilbo‘yi villasi Joli va Pittga 2,7 million dollarga tushdi. U to‘rt qavatli dang‘illama hovli bo‘lib, alohida basseyni va trenajyor zali bor. | 53 | 595 |
Madaniyat | Shohruh reper litsenziyasiz qolgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi | Shohruh reper litsenziyadan mahrum qilingani uchun estrada olamida ko‘rinmay qolgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Xonanda bu haqda Instagram’dagi sahifasida xabar qoldirgan, mazkur xabar xonandaning Facebook’dagi sahifasida ham qayta chop etilgan.
Xonanda litsenziyasidan mahrum etilgani haqidagi gap-so‘zlarga javoban, 2012—2015-yillarda olgan litsenziya namunalari fotosuratlarini keltirgan, suratda 2015-yil 25-avgustda berilgan litsenziya namunasi ham bor. “Har uch oyda yangilab turaman”, — deydi Shohruh.
“Ko‘p yillardan beri estradaga chiqmasligim sababi, o‘zimga yarasha boshqa ishlarim ham bor. Musiqa oxirgi darajali bo‘lib qolgan, musiqa men uchun xobbi ekanini ilk bor estradaga chiqqanimda ham aytganman. Bo‘sh vaqtimda musiqaga vaqt ajrataman, meni kuzatib borayotgan muxlislar buni juda yaxshi biladi”, — deydi reper.
“Har xil yolg‘on gap tarqatadiganlar va ba’zi ommaviy axborot vositalariga maslahatim — nimadir deyishdan avval men kabi dalillar keltirishsin”, — dedi Shohruh reper. Uning so‘zlariga ko‘ra, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi “hech qachon hech kimni besabab litsenziyadan mahrum qilmaydi”. | 68 | 1,136 |
Madaniyat | Barbi, Joker, Julyetta va o‘zbek shou-biznesi vakillari tomonidan gavdalantirilgan boshqa mashhur obrazlar (video) | Gollivud va Bollivud yulduzlari bayram tadbirlarida, reklama roliklarida, tug‘ilgan kunida yoki boshqa sabab bilan millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan multfilm, kinokartinalardagi obrazlarda ko‘rinish beradi. Xuddi shunday o‘zbek shou-biznesining ayrim vakillari ham turli sabablarga ko‘ra jahon kinosidagi mashhur obrazlarni gavdalantirgan.
Parizoda — Julyetta obrazi
Mahoratli raqqosa Parizoda millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan yozuvchi Uilyam Shekspirning “Romeo va Julyetta” asari qahramoni Julyetta obraziga kirgan. U shu asar asosida suratga olingan filmda aytilgan mashhur she’rni ham o‘qigan. Parizodaning libosi va tashqi ko‘rinishi bir qarashda Julyettani eslatadi.
Jahongir Otajonov — Joker
Xonanda Jahongir Otajonov Ahror Usmonovning “O‘ynasin” nomli taronasini yangicha uslubda ijro etgan va musiqaga ishlangan klipni muxlislariga taqdim etgan. Ushbu klipda u mashhur obrazlardan biri Jokerni gavdalantirgan. “O‘ynasin” taronasiga ishlangan klip YouTube’da uch millionga yaqin marotaba ko‘rilgan.
Shohruxxon — Terminator
Bir qancha xit taronalar ijrochisi Shohruxxon “TikTok” nomli taronasiga suratga olingan klipda insonlarga baxt ulashuvchi robot, ya’ni Terminator obrazini gavdalantirgan. Ushbu klip YouTube’da ikki milliondan ortiq ko‘rishlar soniga ega.
Baby Mohi — Barbi
Instagram sahifasida bir milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan Baby Mohi to‘yida Barbi obraziga kirgan. Uning libosi va makiyajini mashhur stilist Azamat yaratgan. Instablogerning to‘yidagi ko‘rinish Barbini eslatadi.
Sevinch Mo‘minova — Malika Budur
Mahoratli xonandalar Sevinch Mo‘minova va Sardor Mamadaliyev “Dubay” nomli taronasiga ishlangan videoklipni muxlislariga namoyish etgan. Ushbu klipda Sevinch Mo‘minova malika Budur obrazini ijro etgan. “Dubay” taronasiga ishlangan klip YouTube’da ikki milliondan ortiq marotaba ko‘rilgan.
Afruza — Malvina
“The cover up” loyihasi ishtirokchisi Afruza “Zo‘r TV” telekanalining Yangi yil dasturi uchun suratga olingan “Qor malikasi” kinofilmida “Buratino” multfilmidagi Malvina rolini ijro etgan. Xonanda bu obrazida “Armon” nomli taronasini ijro etgan.
Nigora — Kruella
“Oybek va Nigora” duetining a’zosi Nigora “Sevimli” telekanalining “Kim ekan” shousida Kruella obrazini gavdalantirgan. Ushbu shouda qatnashchilar niqob ostiga yashiringan insonning kim ekanini topishi kerak bo‘ladi. Qatnashchilar Kruella niqobi ostida Nigora yashiringanini topa olmagan.
Shahzoda Muhammedova va uning qizi — Barbi obrazi
Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova qizi Milananing tug‘ilgan kunida Barbi obraziga kirgan. Tug‘ilgan kunga aktrisaning yaqin insonlari tashrif buyurgan. Milana va Shahzoda Muhammedovaning libosi pushti rangda bo‘lgan. Tug‘ilgan kunga tashrif buyuruvchi insonlarga maxsus taklifnomalar tarqatilgan va ular ham oq yoki pushti rangli libos kiyishi kerak bo‘lgan.
Sitora Farmonova — “Kavkaz asirasi” Nina
Aktrisa Sitora Farmonova ko‘plab tomoshabinlarning qalbidan joy olgan, 1967-yilda suratga olingan “Kavkaz asirasi” filmidagi Nina obrazini ijro etgan. Filmning asl variantida esa bu rolni mashhur rus aktrisasi Natalya Varley gavdalantirgan. O‘zbekcha talqindagi videorolikda Sitora Farmonovaning partnyori, ya’ni Shurik obrazini “Dizayn” jamoasining a’zosi Dilshod Musabekov ijro etgan.
Shahlo Zoirova va Anjela Esimbetova — “Kavkaz asirasi” Georgiy Vitson va Yevgeniy Morgunov ijro etgan rollar
“Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova va aktrisa Anjela Esimbetova dugonalarining tug‘ilgan kuniga “Kavkaz asirasi” filmi qahramonlari obrazida borgan. Videorolikda Shahlo Zoirova — Georgiy Vitson va Anjela Esimbetova — Yevgeniy Morgunovning “Kavkaz asirasi”dagi yaratgan obrazida namoyon bo‘lgan.
Azoda — Barbi obrazi
Instabloger, tiktoker Azoda tug‘ilgan kunida mashhur Barbi obraziga kirgan va shu obrazda tushgan video, suratlarini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan. Azodani shou-biznes olamining taniqli vakillari tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan. | 114 | 3,945 |
Madaniyat | Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Munisa Rizayeva, Nilufar Usmonova ta’tilda, Kaniza duo oldi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa, dizayner Shaxzoda Muhammedova sahifasidagi obunachilariga kunini eskiz chizish va mijozlarning buyurtmalarini qabul qilishdan boshlaganini aytdi.
Xonanda Sayyora Qoziyeva issiq kunlarda go‘ja va mevalar sotib, biznes qilayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Xonanda Dildora Niyozova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratni sahifasiga joyladi.
Aktrisa Saida Rametovaning o‘g‘li, aktyor Aziz Rametov sahifasidagi obunachilariga suratga olish jarayonlaridan olingan videoni ko‘rsatdi.
Xonanda Yulduz Turdiyeva o‘g‘li bilan tushgan suratini namoyish qildi va obunachilaridan yozni qanday o‘tkazayotganini so‘radi.
Aktrisa Durdona Qurbonova qo‘qonlik muxlislari qurshovida tushgan videosini e’lon qildi.
Sobiq aktrisa Farida sahifasiga yangi suratini joyladi.
Xonanda Munisa Rizayeva taxminan 156 ming dollar turuvchi Mercedes G-Class AMG 63 avtomobilini xarid qildi. Bundan avval u BMW X7 hamda Malibu avtomobillarini boshqargan.
Turkiyaning mashhur aktyorlaridan biri Murat Yildirim yangi filmda suratga tushayotganini ma’lum qildi va filmning suratga olish jarayonlarida tushgan suratini sahifasiga joyladi.
“Bravo” kulgi jamoasini Qozog‘istondagi muxlislari mehmon qildi.
Aktrisa Dilnoza Kubayeva sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislariga she’riy tilagini bildirdi.
Xonanda Kaniza issiqda turgan keksa otaxonni mashinasida manziliga eltib qo‘ydi.
Aktrisa Rayhon Asadova sahifasidagi obunachilariga yangi suratini ko‘rsatdi.
“Bizning domimizda zopark bor”. Sitora Farmonova o‘zi yashaydigan uy hovlisini muxlislariga namoyish qildi.
Xonanda Jahongir Otajonov jiyanining to‘yida tushgan suratini sahifasiga joyladi va juftlikka baxt tiladi.
Teleboshlovchi Soat Sharipov “Sevimli kun” teledasturida “Artirst” loyihasining g‘olibi Elyorbek Meliboyev cover yo‘nalishida ijro etgan “Anjir-zanjir” taronasining originalini ijro etdi.
Xonanda Shahzoda o‘g‘li bilan tushgan yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning qizi, xonanda Nilufar Usmonova Turkiyaning Istanbul shahrida hordiq chiqarmoqda. | 94 | 2,197 |
Madaniyat | Belarusda o‘zbek snayperchi qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati haqida film suratga olinmoqda (video) | Belarusda o‘zbek va belarus kinoijodkorlari bilan hamkorligida suratga olinishi kutilayotgan “Kazbek” va hozirda suratga olish ishlari davom etayotgan “Uzbechka” filmlari haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi ma’lum qildi.
“Uzbechka” filmining suratga olish ishlari jarayonlari haqida
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan “Uzbechka” filmining tasvirga olish ishlari Belarus davlatining Minsk shahrida davom etmoqda. Cinema of Central Asia kinostudiyasi tomonidan Akbar Bekturdiyev rejissorligida yaratilayotgan mazkur film o‘zbek snayperchi qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va boshidan kechirganlari haqida hikoya qiladi.
Filmning bosh rejissori Firdavs Abduxoliqov va unda bosh rollarni yosh, iste’dodli aktrisa Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Oleg Taktarov, Lapanitsin Sergey, Milana Ivanova va boshqalar ijro qilmoqda.
Aktyor Yigitali Mamajonov filmning Aysenem Yusupova bilan bog‘liq suratga olish jarayonlari aks etgan lavhani e’lon qilgan edi.
Bundan tashqari Yigitali Mamajonov o‘zi gavdalantirayotgan obrazning nemis tilida hissiyotlarini tushuntirib berish jarayoni murakkab kechayotganini aytdi. U ob-havodagi o‘zgaruvchanlik suratga olish ishlariga halaqit qilayotganini ma’lum qildi.
“Kazbek” badiiy filmi haqida
O‘zbekiston va Belarusning Kazbek nomi bilan mashhur bo‘lgan haqiqiy qahramoni Mamadali Topiboldiyev haqida badiiy film yaratiladi. Filmni Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, operator, rejissor va prodyuser Vladimir Krimov suratga oladi.
Kinokartina belarus va o‘zbek kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadi. Belarusning “Ulug‘ Vatan urushi” nomli muzeyida uning nomi sharaf bilan bitilgan. Kazbek har bir operatsiyani bitirgandan daraxt yoki devorga pichoq bilan Kazbek deb o‘yib yozgan. Gitler uning boshi uchun 50 ming marka mukofot puli berishini aytgan. Ushbu rolni mahoratli o‘zbek aktyori Ulug‘bek Qodirov o‘ynashi rejalashtirilgan. | 118 | 1,983 |
Madaniyat | Uitni Xyustonning komadagi qizi onasining vafoti kunida hayotni ta’minlovchi tizimdan uzib qo‘yiladi | Taniqli xonanda Uitni Xyustonning 21 yoshli qizi Bobbi Kristina Braunning qarindoshlari uni 11-fevral kuni hayotni ta’minlovchi tizimdan uzib qo‘yishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Qayd etilishicha, 2012-yil 11-fevral kuni uning onasi Uitni Xyustonni vannada o‘lgan holda topishgan. Keyinroq u narkotiklarni haddan ortiq iste’mol qilish va yurak xuruji tufayli vafot etgani aniqlangan.
Joriy yilning 31-yanvar kuniBobbi Kristinani eri vannada hushsiz holda topib, shifoxonaga olib borgan. Shifokorlar uni sun’iy koma holatiga keltirib, yashab ketishi uchun umid kamligini ma’lum qilgan. Qizning oilasi maslahatlashib, uning miyasi o‘lib bo‘lgan, degan qarorga kelgan va uni apparatlardan uzishga rozi bo‘lgan. Politsiya qizning nima uchun bu holatga kelib qolgani borasida tekshiruvlarni davom ettirmoqda. | 100 | 821 |
Madaniyat | Stiven Sigal cho‘kib ketgan suriyalik bolakay haqidagi filmda suratga tushadi | Turkiyalik rejissor Omer Sarikaya amerikalik aktyor Stiven Sigal bilan hamkorlikda “Kichkintoy Aylan. O‘lim dengizi” dramasi ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Omer Sarikaya 2015-yili Gretsiyaning Kos oroliga akasi va onasi bilan qayiqda yo‘l olib, Turkiya qirg‘oqlari yaqinida suvga cho‘kib ketgan uch yoshli suriyalik bolakay haqida film ishlamoqda.
Rejissor Yevropadan boshpana qidirish yo‘lida O‘rtayer dengizida halok bo‘layotgan muhojirlar muammosini ko‘tarishga qaror qilgan. Bundan to‘rt yil oldin ko‘k ishton va qizil futbolkada qirg‘oqda yotgan Aylan Kurdining suratni butun dunyoni larzaga solgan edi.
1980-yillardagi jangari filmlarning yulduzi Stiven Sigal mazkur filmda qaysi rolni ijro etishi hozircha noma’lum.
Film premyerasi 2 sentabrda Bodrumda bo‘lib o‘tadi. Kartina tomonidan yig‘ilgan barcha pullar xayriya yo‘lida sarflanadi. | 77 | 872 |
Madaniyat | “Benom” guruhi yigitlari film suratga oldi | Yarim yilcha vaqt davomida ijod sahnasida ko‘rinmay qolgan “Benom” guruhi yigitlari Sarvar va Komil yangi film yaratgani haqida “Sayyod” nashri ma’lum qildi.
Foto © Sayyod.com
Xabarga ko‘ra, filmning ishchi nomi “Yurak yig‘lar” bo‘lib, bosh rollarda Sarvar va Komilning o‘zidan tashqari, Zarina Nizomiddinovani ham ko‘rish mumkin. Kartina g‘oyasi va ssenariysi ham yigitlarga tegishli. Uni suratga olish ishlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, film “ikki o‘t orasidagi muhabbat haqida so‘zlaydi”. “Benom” guruhining yangi ijodiy qirrasi mahsuli tez kunlarda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
Ta’kidlash joiz, Sarvar va Komil qo‘shiq kuylashdan tashqari, ularga she’r yozish va kuy bastalash bilan ham shug‘ullanadi. Shu vaqtgacha o‘zbek estradasidagi ko‘plab yorqin yulduzlar, jumladan Shahzoda va Lola ularning xizmatidan foydalangan. | 42 | 899 |
Madaniyat | Saida Rametovani turk filmiga taklif qilishgani, ammo u taklifga rozi bo‘lmagani sababini ma’lum qildi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist, teleboshlovchi Shohira Hamro tashkillashtirdi.
Aktrisa Saida Rametova suhbat davomida Jaloliddin Manguberdi tarixiy serialining suratga olish jarayonida aktrisani boshqa filmga ham taklif qilishgani, ammo u taklifga nega rozi bo‘lmagani sababini ma’lum qildi.
Jaloliddin Manguberdi tarixiy serialida Oygul rolini ijro etayotganimda turk kinoijodkorlari boshqa filmga ham taklif qilishdi. Qanday rol desam, yana qaynona roli-da. Yo‘q, o‘ynamayman, dedim.
Boshqa rolga taklif qilsangiz boraman, dedim. Lekin juda ko‘p turk kinoijodkorlari bizning aktyorlarimizga shaydo bo‘lib qolishdi. Ularni filmlarga taklif qilishlarini ham ma’lum qilishdi. Bizning aktyorlar turk tilini o‘rganishgani uchun bemalol turk filmlarida rol ijro qilishlari ham mumkin.
Saida Rametova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist | 110 | 975 |
Madaniyat | Nurgul Yashilchoy shu vaqtgacha og‘iz ochmagan oilasidagi fojiali voqea haqida so‘zlab berdi | Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisasi, bir qancha kinomukofotlar sovrindori Nurgul Yashilchoy hayotidagi fojiali voqea bilan bo‘lishdi.
U Acun Ilicali Exxen raqamli platformasida efirga uzatiladigan “Astrologik parollar” dasturining mehmoni bo‘lgan. Mashhur astrologlar Xande Kazanova va Dincher Guner bilan suhbatlashgan Nurgul onasi hayotdan erta ko‘z yumganini ma’lum qilgan. U 1998-yilda onasidan ayrilganidan keyin oila a’zolari bilan birga haligacha o‘ziga kela olmasligini aytib, ko‘z yoshlarini tiya olmagan.
Aktrisa onasining ham otasining ham boshqa oilasi bor bo‘lgani, shunga qaramay, Boluda bir-birini sevib qolgani va Izmirga kelib yangi hayot qurishganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, ular otasi va onasining oilasi bilan ko‘rishmagani, o‘zlariga yetarli kichik oilasi bo‘lganini aytib o‘tgan. Aslida shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkora qilishni istamaydigan aktrisaning bo‘lishgan hikoyasi muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. | 92 | 979 |
Madaniyat | Estrada ijodkorlari uchun maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi (foto) | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida estrada ijodkorlari uchun tashkil qilingan maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi, deya xabar bermoqda “O‘zbeknavo” matbuot xizmati.
Sertifikat topshirish marosimida Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori Farhod Jo‘rayev, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti prorektori Go‘zal Holiqulova va boshqa institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. O‘zlashtirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritgan estrada xonandalariga alohida sovg‘alar topshirildi. | 121 | 692 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekovning konsertiga chiptalar sotuvi boshlandi | O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov yaqinda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan Bobur g‘azallari bilan kuylangan qo‘shiqlar to‘plamini muxlislar e’tiboriga havola etdi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
O‘tgan haftadan esa xonandaning 7–24-aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan “Ardog‘imdasiz” nomli konsert dasturiga chiptalar sotuvi boshlandi.
O‘tgan yili xonanda konsertini fonogrammada, deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, konsert jonli ijroda bo‘lgandi. Bu yil ham Ozodbek Nazarbekovning konsert bannerlarida “Fonogramma orqali ijro etiladi” degan yozuvni ko‘rish mumkin. Balki xonanda o‘tgan yildagidek yo‘l tutmoqchidir, deyiladi manbada. | 60 | 717 |
Madaniyat | Instagram: Munisa Rizayevaning singlisi avariyaga uchradimi? Muxlislaridan uzr so‘ragan Rayhon, 7 farzandli muxlisasi bilan uchrashgan Yulduz Usmonova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Feruza Normatova folloverlariga qalbni toza tutishni maslahat berdi.
Imron yangi “Devona” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
Sitora Ahmedova 2016-yilda tushgan suratini sahifasiga joyladi.
“Qora niyat” seriali aktrisalari kemada Turkiya bo‘ylab sayohatga chiqdi. Aktrisalar serialning yangi fasli uchun kuch to‘plamoqda.
Sharof Muqimov rafiqasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Xonanda jufti haloliga minnatdorchilik sifatida “Rahmat senga, jufti halolim!” deb nomlangan she’rni sahifasiga joyladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Munisa Rizayevaning singlisi Karima o‘zining Porsche Taycan avtomobilida avariyaga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Karima ushbu xabarlar uni mashhur qilib yuborgani, biroq avariya ishtirokchisi u emasligini ma’lum qildi.
Munisa Rizayeva ham bu xabarlar yolg‘onligini aytib, Karimaning mashinasini videoga olib ko‘rsatdi.
Bahora Arslonova qizi Validaxon bilan birga klipda suratga tushdi.
Rayhon bo‘stonliqlik muxlislari qurshovida qoldi. Muxlislar undan birga rasmga tushishni so‘radi, biroq ularning so‘rovi bajarilmadi. Rayhon ulardan rasmga tusha olmagani uchun uzr so‘radi.
Javohir Zokirov “Mendirman Jaloliddin” seriali suratga olish jarayonidagi kadr bilan bo‘lishdi.
Yulduz Usmonova yetti farzandni, xususan, to‘rt egizakni tarbiyalayotgan muxlisasini folloverlariga tanishtirdi.
Durdona Qurbonova o‘yinchoq “Gelik”ni haqiqiysiga qanday aylantirish mumkinligi haqidagi layfxak bilan bo‘lishdi. Aktrisa ushbu videoni “Orzu qilishdan hech qachon to‘xtamang” deb izohladi. | 150 | 1,678 |
Madaniyat | 15 soniya uchun 500 dollar. O‘zbekistonlik taniqli vaynerlarning Instagram’dagi reklama narxi qancha? | O‘zbekistonga koronavirus kirib kelgach, karantin davrida tiktoker va vaynerlar ijodi yanada gurkiradi. Kaftdek smartfon orqali mashhurlikka erishayotgan yigit-qizlarning video chiqishlari tez ommalashmoqda, ularni millionlab odamlar kuzatmoqda. Vaynerlarga o‘z mahsulotini reklama qildirayotgan tadbirkorlar ham yo‘q emas. “Daryo” bugungi kundagi eng taniqli vaynerlar mahsulot yoki xizmat turini Instagram sahifasida qancha mablag‘ga reklama qilishiga qiziqdi.
Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, mashhur vaynerlarning sahifasidagi eng arzon reklama narxi 300 dollar, eng qimmati esa 3 000 dollarni tashkil etadi.
Ozod Xurramov
Fotokollaj: “Daryo”
Liil Xurramov taxallusi bilan tanilgan Ozod Xurramovning 1,6 million obunachisi bor. Uning Instagram sahifasidagi stories’ga 15 sekundlik reklama joylash narxi 500 dollar, lentaga bir daqiqalik reklama videoni joylashtirish esa 2 000 dollarni tashkil etadi.
“Afandining qizlari”
Uch rezident qizlardan iborat “Afandining qizlari” jamoasi jamiyatdagi qator og‘riqli muammolarni olib chiqishi bilan omma nazariga tushgan. Ular, asosan, bank xizmat turlari va ayollar kiyim-kechaklarini reklama qiladi. Guruh a’zolari: Nigora Abdullaxonova, Muborak Abdullayeva hamda Nigina Jabborova reklamani stories’ga joylash uchun 900 dollar, lentaga joylashga esa 1 800 dollar haq oladi. Mazkur to‘lovni amalga oshirgan tadbirkor mahsuloti uchala vaynerning ham Instagram sahifasiga joylanadi.
Dili.me
Fotokollaj: “Daryo”
Aktyor sifatida ham muxlislarini topayotgan Dili.me’ning Instagram tarmog‘ida 1,8 million odam kuzatadi. U 15 sekundlik reklamani stories’ga joylash uchun 500 dollar oladi. Lentaga reklama joylashtirish narxi 2 500 dollar bo‘lib, u vaynerning sahifasidan hech qachon olib tashlanmaydi.
Ozoda
Fotokollaj: “Daryo”
1,1 million kuzatuvchiga ega Ozodaning Instagram sahifasidagi stories’ga reklama joylash narxi 300 dollardan 500 dollargacha, akkauntiga reklama joylashtirish esa 1 500 dollardan 2 500 dollargachani tashkil etadi.
Timur Alixonov
537 ming kuzatuvchisi bo‘lgan Timur Alixonovning ham sahifasidagi stories’ga 15 sekundlik reklama joylashtirish 500 dollar turadi. Mahsulotini lentada reklama qildirish niyatidagi tadbirkorlar esa 2 000 dollar to‘lashi lozim.
Xonzoda
Xanna taxallusi ostida faoliyat yurituvchi Xonzodaning folloverlari soni 1,3 million nafar. U o‘zi qatnashgan 15 sekundlik reklamani stories’ga 400 dollarga joylaydi. Agar tayyor reklama bo‘lsa, bu narx 100 dollarga arzonlab, 300 dollarni tashkil etadi. Lentaga reklama joylash esa 1 000 dollar.
Mitti.vine
Mitti.vine taxallusi bilan mashhurlikka erishgan Farhod Mannopovning obunachilari 780 mingdan ortiq bo‘lib, akkauntidagi stories’ga reklama joylashtirish narxi 400 dollardan 700 dollargacha turadi. Mahsulot yoki xizmat turini lentada reklama qilish esa 2 500 dollar etib belgilangan.
Mitti.me
Fotokollaj: “Daryo”
Asl ism-familiyasi Ulug‘bek Shodibekov bo‘lgan vayner Mitti.me salkam 900 ming folloverga ega. Uning sahifasida reklama joylashtirish boshqa blogerlarga nisbatan biroz qimmat. 30 sekundlik reklamani stories’ga joylashi 700 dollar. Akkauntiga reklama joylashtirish esa 3 000 dollarni tashkil etadi. | 101 | 3,167 |
Madaniyat | Gangnam Style xiti bilan millionlab dollar ishlab topgan, keyin esa ko‘rinmay ketgan koreyalik qo‘shiqchi PSY hozir nima bilan band? (foto) | PSY va uning Gangnam Style taronasi 2012-yilda radioni yoqqan yoki hech bo‘lmaganda internetga bir ko‘z yugurtirgan har bir kishi yodida bo‘lsa kerak. Ko‘pchilkni hayratda qoldiradigan qo‘shiq kuylagan energiyaga boy koreys xonandasi PSY to‘satdan paydo bo‘lganidek, birdaniga ko‘rinmay qoldi. Xo‘sh, u bugungi kunda nimalar bilan band, deb yozadi The Voice Mag nashri.
Bittagina Gangnam Style qo‘shig‘idan asl ismi Pak Che Sanbo‘lgan PSY deyarli besh million dollar ishlab topgan va bugungi kunda ham ko‘rishlar soni ortib bormoqda. 2012-yilda bir necha oy ichida YouTube platformasida namoyish etilgan ushbu klip milliard martadan ortiq ko‘rilgan va bu mutlaq jahon rekordiga aylangan. Hozirda esa bu ko‘rsatkich 4,5 milliard martaga yaqinlashmoqda.
Seullik xonandaning katta muvaffaqiyati ta’sirida, platforma hatto o‘zining dastur kodini qayta kiritishga majbur bo‘ldi. Chunki dastlab YouTube bunday aqlbovar raqamlarni hisobga olish uchun mo‘ljallanmagandi. Qo‘shiqning o‘ziga xosligi uning koreys tilida ijro etilgani bilan yanada ortdi. Bu Seulning eng zamonaviy tumani bo‘lgan Kannamgu aholisining jargon ifodasi bo‘lib, u eng yuqori darajadagi maishiy hashamatni anglatadi.
PSY 1977-yilda boy osiyolik oilalardan birida tug‘ilgan: otasi seullik katta tadbirkor, onasi restoranlar tarmog‘ining egasi. Pak Che jahonga mashhur bo‘lishidan oldin oila boyligining katta qismini sarflashga va ota-onasining asabiylashishiga muvaffaq bo‘lgan. PSY haqida yana marixuanaga ega bo‘lgani uchun hibsga olingani sababli hurmatli bobosining dafn marosimida ishtirok eta olmaganini aytib o‘tish mumkin. Qolaversa, u harbiy xizmatdan qochgan, yetuk bo‘lmagan yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani tufayli Janubiy Koreyada uning albomlari rasman taqiqlangan. Bir so‘z bilan aytganda, PSY mana shu vaziyatda ham Gangnam Style orqali rekord natijalarni qayd etdi.
Shuningdek, ushbu klip PSY karyerasining erishib bo‘lmaydigan cho‘qqisi bo‘lib qoldi, ammo u yana bir nechta muvaffaqiyatli xitlarni chiqardi va 2018-yilda esa xonanda to‘satdan ko‘rinmay qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, bunga 2010-yildan beri Pak Che San vakili bo‘lgan YG Entertainment bilan shartnoma bekor qilingani sabab bo‘lgan. Xonanda keyinroq o‘z agentligini tashkil etgan bo‘lsa-da, lekin negadir u qo‘shiq kuylashni to‘xtatdi.
So‘ngra u Los-Anjelesdagi Beverli-Xillz hududiga violonchel chaladigan rafiqasi Yu Xyo Yon va egizak qizlari bilan joylashdi. U hech kimga intervyu bermadi va juda yopiq tarzda hayot kechirdi.
2022-yil bahorida uning yangi “To‘qqizinchi” nomli albomi chiqdi. Albomdan BTS guruhidan Suga bilan hamkorlikda yozilgan ThatThat qo‘shig‘i ham o‘rin olgan. Allaqachon, Pak Che yangi dastur bilan Janubiy Koreya bo‘ylab gastrollarda stadionlarni muxlislar bilan to‘ldirib, konsert bermoqda.
Afsonaviy koreys xonandasining tashqi ko‘rinishida umuman o‘zgarish yuz bermagan va uning energiyasi hali ham yuqori darajada. Muxlislar esa videoga shunday izohlar yozgan: “PSY haqiqiy afsona, u hech qachon bizni xafa qilmaydi”, “Hech kim bu konsertni telefon bilan suratga olmadi, hamma maroq bilan uni tingladi”, “Aqlbovar qilmaydi, PSY'ning konserti haqiqatan ham naqadar sehrli ekanini bilmaysiz”.
Birgina qo‘shig‘i ortidan umrining oxirigacha yetadigan daromad olgan yulduzlar (video) | 139 | 3,272 |
Madaniyat | Yulduzlar: kim qanday sport turi bilan shug‘ullanadi? (foto) | Yulduzlarning shaxsiy hayoti, bo‘sh vaqtda nimalar bilan shug‘ullanishi haqida ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatish orqali xabardor bo‘lish mumkin. Biz bugun Instagram va Facebook’ka mo‘ralab, ularning qanday sport turlari bilan shug‘ullanishi haqida ma’lumot olishga harakat qildik.
Lola sport bilan faol shug‘ullanishini aniqladik: u o‘z sahifalariga trenajyor zalida olingan ko‘plab suratlarini joylagan.
Bundan tashqari, xonandaning yana bir surati uning yoga bilan ham shug‘ullanib turishini oshkor etdi.
Yoga borasida Sevara Nazarxonga teng keladigani bo‘lmasa kerak. U o‘z Instagram’iga joylagan suratiga tongni yoga bilan qarshi olishini qayd etgan.
Boshqa bir rasmda esa uning murakkab mashqlarni bajarayotganini ham ko‘rish mumkin.
Trenajyor zaliga borishni sevuvchilar orasida Rayhon ham bor. Instagram’da uning tabassum-la mashq qilayotgani aks etgan suratni topib oldik.
DJ Piligrim — Ilhom Yo‘lchiyev esa o‘z Facebook’iga boks bilan shug‘ullanayotgani muhrlangan suratini joyladi.
Afsuski, erkak xonanda va aktyorlar bu borada passiv bo‘lib chiqdi. Ular yo sport bilan kam shug‘ullanadi, yo bu jarayonni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashga hafsalasizlik qiladi, deb o‘yladik biz :) | 60 | 1,227 |
Madaniyat | “Tilingizga erk bermasdan, chiroyli gapirsangiz…” San Jay Yulduz Usmonovaga javob qaytardi (video) | Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning Checheniston xalq artisti San Jayga qilgan videomurojaati tarqalgan edi. Yulduz Usmonova videomurojaatda uzoq yillik ijodi mobaynida qilgan barcha ijod na’munalarining g‘oyasi aynan o‘ziga tegishli ekanligi, shu bilan birgalikda “Men sen bilan qirolichaman” deb nomlangan taronasining g‘oyasi ham San Jayga emas, balki o‘ziga tegishliligi borasida gapirib o‘tgan.
Bundan tashqari Yulduz Usmonova “Bu soqolli bolani tanimadim, lekin soqolini sal yig‘ishtirib, o‘zini o‘nglab olib yursa yaxshi bo‘lardi, “O‘zbekkonsert” qayoqqa qaramoqda bilmadim, san’atkorlar soqol qo‘yishi noto‘g‘ri. San san’atkor bo‘lsang, juda ham g‘oyaga boy yigit bo‘lsang nimaga bunaqa qilib yuribsan. Ikkinchidan gapingni o‘ylab gapir” mazmunidagi fikrlarni ham aytib o‘tgan.
Checheniston xalq artisti San Jay jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida barchasiga oydinlik kiritib, quyidagi fikrlarni bildirdi.
O‘zi Yulduz Usmonova to‘g‘risida hech qayerda gapirgim kelmagan edi. E’tibor bergan bo‘lsangiz intervyuda ‘Qirolichaman’ qo‘shig‘i meniki, deb aytmaganman, aksincha ‘Ya s taboyu koroleva’ degan qo‘shiq haqida gapirganman. ‘Qirolichaman’ degan qo‘shiqqa meni hech qanaqa aloqam yo‘q. Yulduz opa siz iloji bo‘lsa ‘Sayyod’ga bergan intervyuni e’tibor berib ko‘sangiz, menimcha aytgan gaplaringizdan qaytishingiz mumkin. Bu mavzuni umuman ko‘tarmoqchi ham emasdim, savol berilgani uchun javob berdim.
Voqea quyidagicha bo‘lgan. Men 2015-yil Pavel Uporov ismli bastakor bilan birga Yulduz Usmonovaga ‘Ya s taboyu koroleva’ degan qo‘shiqni yozib berganmiz. Bu qo‘shiqni Yulduz opa aytganlar, studiyada yozganlar, qo‘shiq chiqqan. ‘Ya s taboyu koroleva’ qo‘shig‘i yozildi ammo chiqmadi, balki Yulduz opaga yoqmagandir, balki boshqa sababi bordir, balki ‘keyinroq chiqaraman’, degandirlar. Lekin bir oy, ikki oy vaqt o‘tib ‘Men sen bilan qirolichaman’ degan qo‘shiqni chiqardilar. ‘Ya s taboyu koroleva’ so‘zini o‘zbekchaga tarjima qilsangiz ham ‘Men sen bilan qirolichaman’, bo‘ladi. Demak, men aytgan gap yolg‘on emas. ‘Ya s taboyu koroleva’ qo‘shig‘ining muallifi menman. ‘Qirolichaman’ qo‘shig‘ini Yulduz opaning o‘zlari yozganlar, musiqasi ham, so‘zlari ham ularga tegishli, Qirolichaman qo‘shig‘iga hech qanday aloqam yo‘q, faqat ‘Ya s taboyu koroleva’ qo‘shig‘ining muallifi menman.
Juda ko‘pchilik Yulduz Usmonovaga javob qaytarasizmi, siz haqingizda ko‘p gapirib yuboribdilar, deya ko‘plar tomonidan menga savol berishmoqda. Yulduz Ibragimovna men sizni juda ham yaxshi ko‘raman, sizni, san’atingizni juda hurmat qilaman. Sizdek san’atkorlar O‘zbekistonda sanoqlidir. Opajon siz to‘g‘ringizda yomon gapiraman degan xayolimda fikr bo‘lmagan, xudo xohlasa havolar isib ketib, o‘rtamizda bu o‘tgan gap-so‘zlar unutilib, yaxshi bo‘lib ketsa siz bilan chiroyli-chiroyli duetlar qilib, xalqqa sovg‘a qilish niyatim ham bor edi.
Ko‘plar Yulduz Usmonovani yomonlab, qo‘shiq maniki deb piar qilmoqchi bo‘ldi deyishmoqda. Lekin bu narsalar meni xayolimda ham yo‘q. Bu savol menga berildi, bu narsani o‘zim ko‘targanim yo‘q. Men esa o‘zbekcha qilib aytganda dangal qilib berilgan savolga hech narsani yashirmasdan javob berdim. Yulduz opa o‘sha intervuga yaxshilab, e’tibor berib quloq solsangiz u yerda ‘Ya s taboyu koroleva’ iborasi meniki deb gapirilgan, ‘Qirolichaman’ degan qo‘shiq haqida gapirmaganman.
Yulduz opani nazariga tushganimning o‘zi ham katta yutuq. Lekin piar qilish xayolimga ham kelmagan. Ko‘p ortiqcha gaplarni ham gapirdilar, ‘etagimga osilayotgan’, ‘ahmoq’, ‘bakteriya’ degan so‘zlarni ham aytibdilar. Lekin men Yulduz opadan eshitgan so‘zlarimga umuman xafa bo‘lmayman. Chunki Yulduz opa shunaqa insonlar, yonib ketadilar, balki aytgan gaplaridan keyin, ‘shunaqa gapirib qo‘ydim’, deb pushaymon ham yeyayotgandirlar. Lekin meni ko‘nglimni og‘ritganiz yo‘q. Sizning e’tiboringizga tushib, bizning piar kompaniyamiz yanada ko‘tarilib ketdi, bu uchun sizga kattakon rahmat.
Iloji bo‘lsa birga ijod qilsak yomon bo‘lmas edi. Sizni yoshligimdan yaxshi ko‘rib tinglaganman, hurmat qilganman. Hech qachon ‘siz haqingizda yomon gapiraman, siz orqali piar qilib, ko‘tarilaman’, degan niyatda bo‘lmaganman, bunga Alloh guvoh. Har doim hamma narsani yaxshilik bilan tugashini xohlayman.
Bastakor Pavel Uporov mening ishtirokimsiz bu qo‘shiqni Yulduz opaga sotgan. Men bu qo‘shiqdan o‘zimni gonorarimni olganman. Nima bo‘lganda ham Yulduz opa men sizdan xafa emasman, agar men sizni dilingizni og‘ritgan bo‘lsam ming bor uzr. Lekin siz ham ozgina tilga erk bermasdan, chiroyli gapirsangiz menimcha muxlislaringiz bundan ham ko‘payib, bundan ham hurmatingiz baland bo‘ladi.
San Jay, Checheniston xalq artisti | 98 | 4,667 |
Madaniyat | Turk aktyorlari yulduz bo‘lguniga qadar qaysi sohada faoliyat yuritgan? (foto) | Tashqi ko‘rinishi va ijro mahorati bilan dunyoning turli burchaklarida muxlislariga ega bo‘lgan aktyorlar, kinosanoatga qadam qo‘ygunicha qaysi kasb bilan shug‘ullangani haqida ma’lumot beramiz.
Murat Yildirim
Muratning kasbiy mutaxassisligi mashinasozlik bo‘yicha konstruktor va muhandis. U institutda ta’lim olgan vaqtida teatrda rol ijro qilgan va shundan keyin unga taklif kelib tushgan. “O‘lmas sevgi” serialidagi kichik ijrosidan keyin uning aktyorlik karyerasi boshlangan.
Burak O‘zchivit
Seriallardagi roli bilan tanilguniga qadar Burak suratchi bo‘lgan. Marmara universitetida tasviriy san’at va fotosurat yo‘nalishida ta’lim olgan. Shuningdek, Turkiyaning mashhur modellaridan biri bo‘lgan. “Turkiyaning eng yaxshi modeli” va “Dunyoning eng yaxshi modeli” degan nomlarga ham sazovor bo‘lgan. Uning modellik borasida erishgan muvaffaqiyatlari sabab suratga tushish taklifi kelib tusha boshlagan.
Fahriye Evjan
Aktrisa Germaniyada sotsiologiya fakultetida o‘qigan. U yozgi ta’tilni o‘tkazish uchun Istanbulga kelganida “Hech qachon unutma” serialida suratga tushish taklif qilingan. Mazkur roli uning aktrisalik karyerasining boshlanishi bo‘lgan.
Aras Bulut Iynemli
Aras samolyotsozlik bo‘yicha muhandis-konstruktor yo‘nalishini tamomlagan. Avvaliga u sohasi bo‘yicha ketishni istagan lekin keyinchalik musiqaga bo‘lgan qiziqishi va aktyor sifatida seriallarda suratga tushishni boshlagan yaqin qarindoshlari sabab faoliyatini kinosanoatda davom ettirishga qaror qilgan.
Kivanch Tatlitug‘
Tashqi ko‘rinishi va kelishganligi sabab muxlislari tomonidan “Turkiyaning Bred Pitti” deb ataladigan Kivanch maktab davridayoq basketbolga qiziqqan, keyinchalik “Fenerbaxche” va “Beshiktosh” basketbol klublarida o‘ynagan. Ammo tizzasidan jiddiy jarohat olgani sabab sportni tashlashiga to‘g‘ri kelgan va faoliyatini model, keyin esa aktyor sifatida davom ettirgan.
Barish Arduch
Barish Arduch ham sport fakultetida o‘qigan. Aktyorlikka qadar u qutqaruvchi bo‘lib ishlagan. Aktyorning aytishicha, u mingga yaqin inson hayotini saqlab qolgan.
Demet Ozdemir
Bolaligidan raqsga qiziqqan va kelajakda xoreografiya bilan shug‘ullanishni istagan. Keyinchalik raqs tushadigan sahnalari bor reklamalarda suratga tushgan. Shundan keyin rejissorlar unga serialda suratga tushishni taklif qila boshlagan.
Engin Akyurek
Engin institutda tarixchi-tilshunos fakultetida o‘qigan. Talabalik yillarida u aktyor bo‘lishni istashini tushunib yetgan va faoliyatini kinoda davom ettirgan.
Jan Yaman
Kinoga qadar advokat sifatida ishlagan Jana aktyorlik kurslariga shunchaki ko‘ngil ochish uchungina tashrif buyurgan. Keyinchalik esa mashg‘ulotlar o‘z ta’sirini ko‘rsatgan va u aktyorlik bilan shug‘ullanishga ahd qilgan. | 78 | 2,705 |
Madaniyat | Tom Kruz suratga olish ishlarida halok bo‘lgan ikki nafar uchuvchining o‘limida ayblanmoqda | Amerikalik aktyor Tom Kruz “Amerikada ishlangan” filmining suratga olish jarayonida halok bo‘lgan ikki nafar uchuvchining o‘limida ayblanmoqda. Bu haqda uchuvchilarning qarindoshlariga asoslanib Daily News ma’lum qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Uchuvchilarning qarindoshlarini ta’kidlashicha, film rejissori Dag Layman avval boshida ko‘zda turilmagan holda suratga olish kunlarini ko‘paytirib, uchuvchilarning ko‘proq uchishga majbur qilgan. Tom Kruz esa uni qo‘llab-quvvatlagan.
Oqibatda ikki motorli samolyot Kolumbiyadagi tog‘larga borib urilgan va ikki nafar uchuvchi (Alan Purvin hamda Karlos Berl) vafot etgan, uchinchi uchuvchi esa omon qolgan, biroq u endi hech qachon yura olmaydi.
Prodyuserlardan birining qayd etishicha, suratga olish ishlarining yakuni 48 soat davom etgan bo‘lib, bu uning tajribasidagi “eng ahmoqona” harakat bo‘lgan. | 91 | 860 |
Madaniyat | Shahzoda Dubayda, Munisa Londonda, Lola Moskvada: Qish faslini sayohatda o‘tkazayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto) | O‘zbekistonda iliq ob-havo bilan o‘tayotgan qish faslini ayrim xonandalar jazirama issiq hukm surayotgan mamlakatlarda, boshqalar o‘zlari uchun qadrdon bo‘lib qolgan xorijiy davlatlarda o‘tkazmoqda. Ayrimlar esa bu mavsumda yaqinlari davrasida hordiq chiqarmoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Nashr xorijiy davlatlarda sayohat qilayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillarini sanab o‘tdi.
Shahzoda
Xonanda Shahzoda ayni damda BAAning Dubay shahrida oilaviy hordiq chiqarmoqda. Issiq mamlakatdagi maroqli sayohat aks etgan suratlar xonandaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan joy olmoqda.
Lola
Xonanda Lola ham qish mavsumida sayohat qilib, biroz hordiq chiqarishga qaror qildi. U ayni paytda qish sovuq va qalin qor bilan kechayotgan Rossiyada sayohatda. Lolaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham sayohat aks etgan turli suratlarni ko‘rish mumkin.
Obid Asomov
Qiziqchi Obid Asomov qish paytida issiq o‘lkalarda hordiq chiqarishni afzal ko‘rdi. U ayni damda Tailandning Pxuket orolida oilaviy hordiq chiqarmoqda.
Raqqosa Parizoda
Raqqosa Parizoda ham issiq mamlakatlardan birida sayohatda bo‘ldi. Uning aynan qaysi mamlakatga borgani noma’lum, biroq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan raqqosa dengiz bo‘yida hordiq chiqarganini sezish mumkin.
Munisa Rizayeva
Sayohatlarga chiqishni xush ko‘ruvchi yana bir xonanda Munisa Rizayeva singlisi bilan birga London-Moskva yo‘nalishida sayohatga otlandi. Ayni damda u Buyuk Britaniyaning London shahrida hordiq chiqarmoqda.
Farhod Alimov, Rashid Xoliqov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov va boshlovchi Farhod Alimov bir guruh do‘stlari bilan Tailandga jo‘nab ketdi. Bu haqda Farhod Alimov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.
Shahlo Ahmedova
Yosh xonanda Shahlo Ahmedova ham qishni sayohat bilan o‘tkazmoqda. Shahlo ayni paytda AQShda sayohtda. Buni tasdiqlovchi suratlar uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan o‘rin olgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 119 | 2,103 |
Madaniyat | “Qaysi o‘zbek aktrisasi qishloq qizi roliga mos?”. “Sarvqomat dilbarim”da nima uchun qirg‘iz aktrisasi bosh rolda o‘ynaganiga oydinlik kiritildi | Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” asari asosida o‘zbekistonlik rejissor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan shu nomli filmda ayollarning rollarini qirg‘izistonliklar, erkaklarnikini esa o‘zbekistonliklar o‘ynashi oldindan rejalashtirilmagan edi. Bu haqda rejissorning o‘zi Lazizbek Hamidovning “Ular” dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
— Nima uchun “Sarvqomat dilbarim” filmida asosiy erkak aktyorlar — o‘zbekistonlik, asosiy ayol aktyorlar — qirg‘izistonlik?
— Bu narsa oldindan rejalashtirilmagan. Bu filmni suratga olish g‘oyasi Qirg‘iziston tomonidan taklif qilingan. Qirg‘izistonda “Dan” degan prodyuserlik markazi bor, o‘sha yerda ishlaydigan Parizod Chakibekova bir loyiha bilan “O‘zbekkino”ga murojaat qilgan. Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro fond bor, unga adibning kenja o‘g‘li Eldor Aytmatov rahbarlik qiladi. Agar siz Aytmatov asari asosida film oladigan bo‘lsangiz, fonddan ruxsat olishingiz kerak. Chakibekova O‘zbekistonga kelib, aynan “Sarvqomat dilbarim” asari asosida film qilish uchun ruxsat olganini, filmni O‘zbekiston bilan hamkorlikda suratga olish taklifini aytdi. Shundan keyin meni chaqirishdi.
— Nimaga asoslanib aynan sizni chaqirishgan?
— Bilmayman. Badiiy asarni film qilish — bu ekranizatsiya san’ati-ku, bu narsa, afsuski, O‘zbekistonda yaxshi rivojlanmagan, sanoqli odamlar bu ish bilan shug‘ullanadi. Bizda hamma buyuk, hamma aqlli, hamma o‘zi ssenariy yozadi-ku, “biror bir asar asosida ssenariy yozsam-chi”, deb o‘ylab ham ko‘rmaydi. Men bungacha olgan ikkita film ham badiiy asar asosida olingan — “Sehrli qalpoqcha” filmi “Sariq devni minib” romani asosida olingan. Balki, shungamikan, bilmadim.
Xullas, chaqirishdi. Xo‘p, mayli, deb keyin ssenariyni yozdik. Film uchun aktyorlarni tanlash jarayonida, aytganimdek, aktrisalar ulardan, erkak aktyorlar bizdan, degan masala yo‘q edi. Asal obrazi uchun aktyorni uyoqdan ham, buyoqdan ham qidirdik. Ilyos borasida ham xuddi shunday. O‘zingiz ham vijdonan bir o‘ylab ko‘ring — O‘zbekistonda Asalni kim o‘ynashi mumkin edi? Bilasiz-u, aktrisalarni taniysiz-ku. Ochiq aytadigan bo‘lsak, yo‘q-da. Chunki Asalni o‘ynagandan keyin, qishloq qizi deb turibdi, u tashqi ko‘rinishi, oddiy elementar qosh-ko‘zlari nuqtayi nazaridan ham qishloq qiziga o‘xshashi kerak. Bizning barcha aktrisalarimiz esa 30 ga kirmay, qoshini terdirib, labini botokslar qilib chiqib kelganidan keyin, qanaqa qilib men uni qishloq qizi qilib olaman?
“Deputatlarning jig‘iga tegishga ruxsat berilgandi”. Rejissor Sarvar Karimov — xayoliy “Qo‘ldan kelgancha” partiyasiga bag‘ishlangan rolik haqida | 144 | 2,572 |
Madaniyat | Instagram: Karra jadvalini bilmaydigan Munisa Rizayeva, tug‘ilgan kunini nishonlagan Rayhon, Shahzoda Muhammedova taqdirini o‘zgartirgan serial | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Sitora Farmonova ot minishni o‘rganmoqda.
Shahzoda Muhammedova “Qalbim chechagi” seriali uning taqdirida tub burilish yasagani haqida so‘zlab berdi.
16-sentabr kuni xonanda Rayhon G‘aniyeva tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Turmush o‘rtog‘i va singlisi xonandaga atalgan dil so‘zlarini o‘z sahifalariga yozib qoldirdi.
Rayhon tug‘ilgan kunini boshqa hamkasblari singari dabdabali emas, kamtarona tarzda oila davrasida nishonladi.
Bahora Arslonova turmush o‘rtog‘i va qizalog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Ozoda Nursaidova “Inson qadri” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi. Unda xonanda “zapret”ga tushgan vaqtdagi qiyinchiliklarini kuyga solgan.
Javohir Zokirov yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berib, uni “Armonda qolmang, do‘stlarim” deb nomladi.
“Sevimli” telekanalining “Kutilmaganda” ko‘rsatuvida Munisa Rizayevaning karra jadvalini bilmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ziyoda “Tor ko‘cha” qo‘shig‘i to‘rt hafta ichida YouTube’da 5 million marta tomosha qilingani uchun muxlislariga minnatdorchilik bildirdi. | 143 | 1,162 |
Madaniyat | Husniddin Xoliqovning “Sumalakdan tosh topdim” klipidagi Nargiza To‘laganova AQShga ketib, Facebook kompaniyasida ishlayotgani haqida so‘zlab berdi (video) | “Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko‘rsatuvida marhum xonanda Husniddin Xoliqovning “Sumalakdan tosh topdim” qo‘shig‘i va klipi yaratilish tarixi haqida ma’lumot berildi. Xususan, ko‘rsatuv ijodkorlari klipdagi bosh qahramonni gavdalantirgan aktrisa Nargiza To‘laganova bilan bog‘lanib, uning hozir nima ish bilan mashg‘ulligi haqida suhbatlashdi.
“16-mart kuni menga klip olish taklifi bilan kelishdi. Klip 21-mart kuni efirga ketishi kerak, uch kun vaqtimiz bor. Bosh qahramon yo‘q. Navro‘zoy bo‘lishi kerak, chiroyli bir qiz kerak. O‘sha paytda ko‘rsatuvimda kichkina bir sahifani olib boradigan Nargiza degan qiz bo‘lardi. O‘sha Nargizani Husniddin akamga tavsiya qildim, ma’qul bo‘ldi”, — deydi klip rejissori Burxon Sharopov.
Ma’lum bo‘lishicha, klipdagi aktrisa Nargiza To‘laganova ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qiladi.
“Klipni uzoq yillardan beri ko‘rmasdim, o‘zimga yoqmasdim. Lekin yaqinda mana shunday o‘lmas asarda suratga tushganimni his etdim, klipni ko‘ra boshladim. 11 yil bo‘ldi AQShning Kaliforniya shtatida yashayapman. Facebook kompaniyasida ishlayapman. Bir qizim bor — olti yosh, bu yil maktabga chiqdi”, — deydi Nargiza To‘laganova. | 155 | 1,183 |
Madaniyat | “Krish 3” kartinasi Bollivudda katta shov-shuvga aylanishi kutilmoqda | Ritik Roshan hamda Priti Zinta ishtirokidagi “Biz yolg‘iz emasmiz” filmi hanuz hind kino ixlosmandlari tomonidan sevib tomosha qilinadi. Kartina muvaffaqiyatli chiqqach, rejissor uning davomini ham suratga olgan edi. “Krish” filmi “Biz yolg‘iz emasmiz” kartinasining mantiqiy davomi bo‘lib, unda Rohit (Ritik Roshan) va Neha (Priti Zinta)ning farzandi bo‘lmish Krishning noyob qobiliyati haqida hikoya qilinadi. Filmda Rekxa, Priyanka Chopra kabi mashhur yulduzlar suratga tushgan.
Rejissor Rajesh Roshan oradan yetti yil o‘tgach, o‘zining yangi “Krish 3” kartinasini katta ekranga olib chiqish arafasida. Mazkur filmni suratga olish ishlari 2011-yilda boshlangan bo‘lib, unda Bollivudning ko‘plab taniqli yulduzlari ishtirok etgan. Fantastika janrida tasvirga tushirilgan “Krish 3”da kompyuter grafikasidan mahorat bilan foydalanilgan.
Filmning qisqacha syujeti quyidagicha: Zolim doktor Sidxart Arya ustidan ga‘laba qozongach, Krish yovuzlikka qarshi kurashishda davom etib, begunoh insonlarga yordam beradi. Uning otasi Rohit ham o‘zining ilmiy izlanishlaridan jamiyat uchun foydalanadi. Krish endi rafiqasi Priya bilan baxtli hayot kechirmoqda. U odamlar uchun sevimli qahramonga aylangan.
Ritik Roshan va Priyanka Chopra
Rohit Mehra obrazi filmning uchinchi qismida ham mavjud
Ammo dunyoning boshqa burchagida Kaal ismli vahshiy kimsa o‘z kuchini yovuz maqsadlarda saflamoqda. U armiya ko‘magida insoniyat uchun juda ham xavfli bo‘lgan maxluqni yaratadi. Kaalning rejalashtirgan ishlarni faqatgina Rohit va Krish to‘xtata olishi mumkin. Bu orada ezgulik va yovuzlik o‘rtasida katta kurash boshlanadi…
Vivek Oberoy yovuz Kaal obrazida
Filmda Ritik Roshan, Vivek Oberoy, Priyanka Chopra, Rekha, Riya Sen, Kangana Ranaut, Rapal Yadav kabi mashhur aktyorlar jamoasi bir-biridan qiziqarli obrazlarni ijro etgan.
Filmda yosh va latofatli aktrisa Kangana Ranaut ham suratga tushgan
“Krish 3” filmining orziqib kutilgan premyerasi shu yilning 1-noyabrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. | 69 | 1,992 |
Madaniyat | Enaga, sartarosh va styuardessa: Mashhurlarning shou-biznes olamidan uzoq rafiqalari (foto) | Ko‘pincha Gollivudning barcha kelishgan erkaklari faqat shou-biznesdagi modellar va hamkasblarini turmush o‘rtoq sifatida tanlaydi. Ammo ba’zilar bu an’anaga rioya qilmagan holda oddiy ayollar bilan turmush qurgan.
Kris Not
Kris Not rafiqasi bilan barda uchrashib qolgan. Aktyor sevgilisining qo‘lini so‘rashga shoshilmadi. 4 yillik munosabatlardan so‘ng juftlik o‘g‘il farzandli bo‘ldi. To‘y marosimi kamtarona va romantik tarzda o‘tdi. Unga faqat eng yaqin, bor-yo‘g‘i o‘nga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi.
Itan Xouk
Gollivud aktyori Itan Xouk o‘z farzandining enagasi bilan turmush qurdi. Va ular buni yashirincha, Itan Uma Turman bilan ajrashgandan so‘ng amalga oshirdi. Aytgancha, ikki mashhur insonlarning turmushini buzgan ayol Rayan Shouxyuz edi. Biroq aktyorning o‘zi jamoatchilikning salbiy fikridan umuman xavotirlanmadi va ajralish to‘g‘risida ariza berilgandan so‘ng u Rayanga turmush qurishni taklif qildi. Er-xotin hozir ikki qizni tarbiyalamoqda. Ammo Umaning o‘zi sobiq erining to‘yidan oldin u multimillioner Arpad Busson bilan unashtirilganini birinchi bo‘lib e’lon qildi.
Patrik Dempsi
Kelishgan Patrik Dempsining qalbini sartarosh va vizajist Jillian Fink zabt etdi. Aktyor u bilan 1999-yilda sartaroshga soch oldirish uchun borganida tanishgan. Sevishganlarning munosabatlari tez rivojlana boshladi va ular uchrashgandan ko‘p o‘tmay turmush qurdi va o‘n besh yillik nikoh davomida ularning hayoti baxtli kechdi: Dempsining karyerasidagi muvaffaqiyatlar, uchta farzand ... Ammo yaqinda ma’lum bo‘ldiki shou-biznesning eng jozibali va yorqin juftliklaridan birining nikohi, afsuski, buzildi.
Mett Deymon
Gollivud yulduzi va “Oskar” sovrindori oddiy argentinalik barmenchi qiz Lyusyana Barrozo bilan baxt topdi. U taniqli aktyorning qalbini zabt etishga va Deymonning qonuniy xotiniga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumki, er-xotin Lyusyana ishlagan Mayamidagi barlardan birida tanishgan. Ehtimol, ayol taniqli aktyor bilan uchrashgandan keyin ko‘p narsaga ishonmagan. Qolaversa, uni uyda ikki yashar qizi kutayotgan edi. Ammo Mett bu haqiqatan umuman xijolat tortmadi, chunki unga shou-biznes olamidan uzoqda bo‘lgan oddiy oila kerak edi. Juftlikning hozirda uchta qizi bor.
Kelsi Gremmer
Mashhur amerikalik komediyachi va aktyor Kelsi Gremmer jozibali styuardessa Keyt Uelsh bilan baxtli turmush qurganiga besh yildan oshdi. Qiz Kelsidan 25 yoshga kichik, lekin sevishganlar uchun juda ahamiyatsiz fakt.
Robert De Niro
Robert De Nironing qora tanli go‘zallarga bo‘lgan muhabbati oldindan ma’lum. Shunday qilib, aktyor 20 yil davomida styuardessa Greys Xaytauer bilan birga yashab kelmoqda. Er-xotin samolyotda uchrashishgan, u yerda bo‘lajak rafiqasi Robertni ekzotik go‘zalligi bilan aqldan ozdirgan. To‘g‘ri, ular o‘rtasida mojaro kelib chiqdi: Greys erini xiyonatda ayblab, ajrashish uchun ariza berdi. Biroq shifokorlar De Niroga prostata saratoni tashxisini qo‘yishganidan so‘ng Greys uning yonida bo‘ldi va Robertga kasallikni yengishga yordam berdi.
Alek Bolduin
Mashhur aktyor Alek Bolduin 2012-yilda yoga o‘qituvchisi bilan turmush qurdi. Hillari Tomas bilan aktyor do‘stlar davrasida uchrashdi, shundan so‘ng juftlikning munosabatlari tez rivojlana boshladi. Bolduin hatto o‘z kvartirasini sotib, Hillari bilan Soxoga ko‘chib o‘tdi. Aytgancha, bundan oldin Alek Kim Beysingerga uylangan edi, ammo Hillari uchun bu nikoh birinchisi bo‘ldi. | 91 | 3,377 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi Emiliya Klarkning Los-Anjelesdagi uyiga sayohat (foto) | Ulkan kutubxona, panoramali derazalar va hovli o‘rtasida hovuzi bo‘lgan Los-Anjelesdagi qasrni har kim ham orzu qilishi tabiiy.
“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark o‘zining xuddi yuqorida ta’riflangandek Los-Anjelesdagi qasrini 4,4 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Aktrisa uyni 2016-yilda sotib olgan.
Uy loyihasi Los-Anjelesdagi eng mashhur me’morlardan biri Abramson Teyger tomonidan ishlab chiqilgan.
Zamonaviy uslubdagi interyer uchun qaymoq rang tanlangan bo‘lib, shift bilan birlashgan holda xonalarni yanada yorug‘ ko‘rsatadi.
Uyning katta oshxona, yashash xonasi va kutubxonasi ajoyib tarzda qurilgan.
Devor o‘rniga panoramali derazalar mavjud bo‘lib, ular orqali tashqi manzarani tomosha qilish mumkin.
Ikkinchi qavatda ikki yotoqxona va uchta hammom mavjud. Hovlida esa hovuz va manzarali dam olish maskanini ko‘rish mumkin. | 87 | 843 |
Madaniyat | Aktrisa Nargiza Salmonova “Artist” serialidagi roli sabab semirdi | Aktrisa Nargiza Salmonova so‘nggi vaqtlarda nima sababdan to‘lishganini ma’lum qildi. Bu haqda u “So‘g‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Qomatim o‘zgaruvchan. Maktab vaqtida qancha yesam ham to‘lishmasdim, o‘qishga kirgach, ta’sirchan bo‘lib qoldim — hamma stressdan ozib ketsa, men to‘lishaman. So‘nggi vaqtlarda ruhan qiynalganim yo‘q. Xo‘p, mayli, bir sirni ocha qolay”, — dedi aktrisa.
“Yaqinda suratga olish ishlari tugagan “Artist” seriali uchun naq 7 kilogramm to‘lishdim. To‘g‘risi, bu qahramonimni ekranda tomosha qilishni hayajon bilan kutayapman. Gap vazn to‘plaganimda emas, umuman, men uchun bu rol faoliyatimdagi tub burilish bo‘ldi. Erkakshoda, ovqat desa o‘zini tomdan tashlaydigan qizni ijro qildim”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa. | 65 | 770 |
Madaniyat | Toshkent va Samarqandda «Ozarbayjon kinosi kunlari» o`tkaziladi | Tadbirda ozarbayjonlik kinoijodkorlardan iborat bir guruh delegasiya vakillari ishtirok etadi. Kino kunlari doirasida ozarbayjonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 23 sentyabr kuni soat 16:00 da Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Seanslar vaqti e`lon qilinadi.
Samarqand shahridagi «Sharq yulduzi» kinoteatrida namoyish etiladigan seanslar vaqti:
25 sentyabr, chorshanba
15:00 — «Ozarbayjon kinosi kunlari» tadbirining ochilishi marosimi
15:30 — «Boku vaqt ko`zgusida» hujjatli filmi namoyishi (rejissyor Natalya Zavoznenko)
17:00 — «Stepnyak» badiiy filmi namoyishi (rejissyor Shomil Aliev).
26 sentyabr, payshanba
17:00 — «O`n alloma» hujjatli filmi namoyishi (rejissyor Odil Ozoy)
15:30 — «Anorzor» badiiy filmi namoyishi (rejissyor Ilg`or Najaf).
Qayd etilishicha, barcha seanslarga kirish bepul. | 63 | 949 |
Madaniyat | Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi kinoda Ukraina prezidentini ijro etadi | Vladimir Zelenskiyning qiyofadoshi asli o‘zbekistonlik Umidjon Usaboyev Rossiyada komediya janrida suratga olinadigan filmda Ukraina prezidenti obrazini gavdalantiradi. Bu haqda Mash xabar berdi.
Umidjon Usaboyevning suratlari yozda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Uni metroda kimdir suratga olib, tarmoqlarga joylashtirgan edi.
Oktabr oyida rossiyalik jurnalistlar Umidni topdi. U asli o‘zbekistonlik bo‘lib, Moskvada oilasi bilan yashashi va mashinalarni bo‘yash bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi.
Umid Isaboyevning aytishicha, bir necha Rossiya telekanallarida chiqqanidan so‘ng uning hayoti o‘zgarib ketgan.
“Birinchi intervyudan so‘ng ko‘p narsa o‘zgardi. Ko‘chada odamlar men bilan suratga tushishni so‘ray boshladi. ‘Siz bilan selfi tushsam maylimi?’ deb so‘rashadi. Taniqli prodyuser bosh rol uchun shartnoma taklif qilyapti”, — deydi Umid.
Isaboyev Rossiyaning Ukraina haqidagi to‘rt qismli filmida suratga tushadi. Umid ssenariyni o‘qib chiqqan va Zelenskiy obrazini gavdalantirishga rozi bo‘lgan. | 79 | 1,013 |
Madaniyat | Rossiya kinematografiya instituti O‘zbekistonda filialini ochishi mumkin | Rossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin. Bu O‘zbekiston prezidentining milliy kinoindustriyani takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori loyihasida belgilangan, deya xabar beradi Sputnik.
Hujjatda 2020/2021-o‘quv yilida kinematografiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha VGIK filiali yoki O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi fakulteti ochilishi ko‘zda tutilgan.
Bu yerda VGIK oliy kurslari va assistentura-stajirovkasida tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar hamda muntazam ravishda master-klasslar o‘tuvchi rossiyalik mutaxassislar faoliyat olib borishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, joriy o‘quv yilidan boshlab Davlat san’at va madaniyat institutining iqtidorli bitiruvchilari VGIKning “Kino va televideniye” oliy kurslarida o‘qish uchun jo‘natiladi. Institutning “Ijrochi prodyuser” va “Kinorejissura va kinodramaturgiya” yo‘nalishlarida tahsil oluvchi saralash asosida tanlab olingan bakalavr darajasidagi mutaxassislari ham bunday imkoniyatga ega bo‘lishi mumkin.
Hamkorlikning yana bir yo‘nalishi — 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab San’at va madaniyat institutining bakalavriat yo‘nalishlaridagi iqtidorli bitiruvchilari “Dramaturgiya” va “Audiovizual san’at rejissurasi” ixtisosliklari bo‘yicha VGIK assistentura-stajirovkasiga jo‘natiladi. | 72 | 1,343 |
Madaniyat | “Uzoqdamiz, biroq birgamiz”. Turli millat vakillari “Ulug‘imsan Vatanim” qo‘shig‘ini ijro etmoqda (video) | O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasi tomonidan Instagram’da o‘ziga xos chellenj uyushtirildi.
Ushbu chellenjda butun dunyodagi sozandalar hamda xonandalar Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan Vatanim” qo‘shig‘ini ijro etadi.
View this post on Instagram
“Bu qo‘shiq orqali biz barchaga sevgi va umid yo‘llaymiz. Biz bir-birimizdan uzoqdamiz, biroq birgamiz”, — deyiladi chellenj tavsifida.
Chellenjni o‘zbek—koreys milliy madaniyat markazi faollari ham davom ettirdi.
View this post on Instagram
Gruziya estrada guruhi “Ulug‘imsan Vatanim”ni o‘zbek tilida kuyladi. Sevara Nazarxon ularga duet aytishni taklif etdi | 105 | 656 |
Madaniyat | “Millioner kelin” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video) | Alisher Navoiy nomli kino saroyida Otabek Mirzaxolovning “Millioner kelin” deb nomlangan filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” uchun maxsus tayyorlangan “Premyera” loyihasi bilan mazkur premyerada mehmon bo‘ldi. | 67 | 242 |
Madaniyat | “Shifokorlar tuzalmaysan, deyishgandi”. “Tohir va Zuhra” filmi yulduzi Parizoda bir necha yil og‘ir dard bilan kurashgani haqida gapirib berdi (video) | “Tohir va Zuhra” filmining yangi talqinidagi Zuhra obrazi orqali tanilgan aktrisa Parizoda Bo‘rixo‘jayeva “Sevimli” telekanalining “O‘zim” loyihasida bir necha yil avval og‘ir kasallikka chalingani, shifokorlarning qo‘rqinchli tashxisiga qaramay sog‘ayib ketgani haqida gapirdi.
Qiyinchiliklar hammada bo‘ladi. Taxminan 25 yoshlarimda, shu turmushga chiqqanimdan bir necha yildan so‘ng sog‘lig‘im bilan muammolar bo‘lgan. Bu sinov hayotimni juda qattiq o‘zgartirgan. O‘sha vaqtda doktorlar “Yo‘q siz tuzalib ketmaysiz, bu narsa tuzalmaydigan kasal”, deyishgandi. Bu muammo nafaqat men uchun, balki tepadan butun oilam uchun berilgan. Kasallik tufayli kim qanaqaligini, menga qanaqa munosabatdaligini bildim. O‘sha paytda turmush o‘rtog‘im va yaqinlarim meni qanday e’zozlashini ko‘rdim.
Otamning bir gaplari bor: “Sinov ham odamning kuchiga qarab beriladi”. Kuchli odamga kuchli sinov beriladi. Zaifroq insonga yengilrog‘i beriladi. Men tabiatan qo‘rqoq odamman, balandlik va tezlikdan qo‘rqaman. Lekin o‘sha paytda ichimdan “hali tuzalib ketaman, hammasi yaxshi bo‘ladi”, degan katta kuch topganman. Sinovdan turmush o‘rtog‘im bilan birga o‘tganmiz. U kunlarni eslasam, ko‘zimga yosh keladi. Shu o‘rinda fursatdan foydalanib, yaqinlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Parizoda Bo‘rixo‘jayeva
Parizoda Bo‘rixo‘jayevaning oilasi | 150 | 1,333 |
Madaniyat | Toshkentda “Open Spring – Moviybahor” musiqiy bayrami bo`lib o`tadi | OpenAir va OpenMusic tashkilotchilari bo`lgan SOTHIS AEGIS va "UzCongress" kompaniyalari “OpenSpring – Moviybahor” yangi loyihasini taqdim etadi, unda tinglovchilar musiqiy muhitda, uyg`unlik va yorqin tuyg`ularda unutilmas daqiqalarni o`tkazadilar.
"Musiqani sevuvchilar va mutafakkirlar tug`ilmaydi, balki... Musiqani sevish uchun avvalo uni tinglashimiz kerak", - deydi buyuk bastakor Dmitriy Shostakovich. Ha, u haq. Axir, musiqa oddiy bir hodisadir, u professionallar ijrosidagina mo``jizaga aylanadi.
Loyiha tashkilotchilarining asosiy maqsadi klassik musiqani sevuvchi muxlislar uchun o`ziga jalb etiladigan markazga aylanish, tinglovchilar doirasini sezilarli darajada kengaytirish, simfonik asarlarga nisbatan muhabbat uyg`otish va ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, O`zbekistonning etakchi musiqa guruhlari va ijrochilarini tanitish, jahonga mashhur asarlarni ommalashtirishdan iboratdir.
“OpenSpring – Moviybahor” yosh iqtidorli solistlar guruhini to`plab, tomoshabinlarni klassik va mashhur musiqaning eng yaxshi namunalari, unutilmas taassurotlari va bahor kayfiyatlari bilan tanishtirib, yorqin, esda qolarli daqiqalarni tuhfa etadi.
Axir bahor fasli ilhomni, qiziqarli hodisalar va taassurotlarni uyg`otadigan vaqt. U atrofdagi hamma narsani o`zining hayotiy rangi bilan gullab-yashnatadi, insonni yashashga ilhomlantiradi.
Bundan tashqari, havoda taralgan bahoriy iforni butunligicha his qilib, barcha g`am-qayg`ularni unutgan holda Antonio Vivaldining “Yil fasllari” sikliga tegishli bo`lgan “Bahor” musiqasini tinglash istagi tug`iladi. Mazkur asar chizilgan haqiqiy san`at asarini eslatadi, orkestr daryo shovullashini, qushlarning sayrashini, momaqaldiroqning gumburlashini, yaproqlarning shivirlashini va boshqa ajoyib tabiat hodisalarini ishonchli tarzda etkazib beradi.
A.Vivaldining “Bahor” musiqasi “OpenSpring – Moviybahor” dasturini ochib beradi. "Ishdagi ishq”, “Chinor ostidagi duel", "Mahallada duv-duv gap" kabi filmlarga bastalangan muhabbat musiqalari dasturni davom ettiradi. Mashhur NinoRotoning “Cho`qintirgan ota”, Karlos Gardelning “Ayol ifori” filmlaridan ham musiqalar yangraydi.
Bundan tashqari, o`zbek san`atkorlari tomonidan Frank Sinatraning "Myway" qo`shig`i, D.Warrenning , "I don'twanttomiss a thing" mashhur xiti, Eduard Artemevning “"Polet na deltaplane”, Uitni Xyustonning mashhur ashulalari, "ModernTalking", AVVA guruhlarining kompozisiyalari ijro etiladi. Konsertning ikkinchi qismi Sharq musiqalariga bag`ishlangan. Unda mashhur milliy qo`shiqlar va musiqalar yangraydi.
Butun oqshom davomida tomoshabinlarni bu yil 80 yoshga to`lgan O`zbekiston Milliy simfonik orkestri xushnud qiladi. Taniqli xonanda va musiqachilar O`ktam Hakimov, Hurshid Inog`amov, Shuhrat Zokirov, O`zbekiston xalq artisti Munojat Yo`lchieva, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Jenisbek Piyazov, Obid Acomov, Toir Qo`zievlar, "Zamin" guruhi, kichik dirijyor – Asadbek Ayubjonov, Rossiya Birinchi kanali “Golos deti” teleloyihasining beshinchi mavsum ishtirokchisi Sabina Mustaeva, Kamila Ostonaqulova, “Tango-magiya” raqs maktabining raqs dueti — Karina Kagramonova va Rastislav Vavilovlar ishtirok etishadi. Dirijyorlik pultini Xalqaro tanlovlar laureati Alibek Kabdurahmanov boshqaradi.
Ammo tomoshabinlar bilan bo`ladigan suhbat ancha oldinroq, qizil gilamda, zal foyesi olib boradigan maydonda boshlanadi, u erda fotosessiya qilish va muxbirlarga intervyu berish mumkin bo`ladi. Tomoshabinlarni foyeda juda ko`p kutilmagan hodisalar kutmoqda. Bu er gullar bilan bezatilgan bo`lib, insonga bahoriy kayfiyat bag`ishlaydi.
Muxbirlar bergan savollarga to`g`ri javob bergan odamga mukofotlar topshiriladi. Bu erda tomoshabinlar turli xil musiqa asboblari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`lib, hatto ularni chalib ko`rishlari ham mumkin bo`ladi. Qo`llarida skripka, gitara, fleyta yoki boshqa musiqa asbobi bo`lgan "jonli haykallar" shaklidagi musiqachilarni ham uchratasiz.
Devorlarga esa – mazkur musiqa asboblarining ona vatani aksi tushirilgan pannolar o`rnatiladi. Siz o`zingizning haqiqiy orkestr dirijyori rolida sinab ko`rishingiz mumkin, shundan keyin maxsus monitorda dirijyor tayoqchasining siltanishi ko`rsatilgan yozuv paydo bo`ladi.
Bu vaqt mobaynida mimlar tomosha ko`rsatadi. Foeda konsertdan so`ng orkestr a`zolari bilan uchrashuvlar o`tkazish, suratga, videoga olish mumkin bo`ladi, intervyular davom etadi. Bundan tashqari, siz bu erdan bahoriy guldastalarni xarid qilishingiz va smartfoningizga klassik musiqani yuklab olishingiz mumkin bo`ladi.
Musiqa tinglang va o`z ijodiy asaringizgi yarating, suratlar chizing. Mazkur suratda hayotda mavjud bo`lgan voqea-hodisalarni, gullarni, yaproqlarni yoki boshqa biror narsani tasvirlarsiz, asosiysi bu emas, eng muhimi — qalbga ega bo`lishdir! | 67 | 4,780 |
Madaniyat | “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildlik kitobi nashr qilinmoqda | “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildlik kitobi nashr qilinmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Olimlar tomonidan hozirgi kunga qadar mazkur yuz jildlikning 50 dan ortiq jildi nashrga tayyorlandi. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 2015 — 2018-yillarda uning dastlabki 13 jildi chop etildi.
Joriy yilda “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligining yetti jildi va janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbeklarning ertaklaridan tuzilgan “Donishmand Iskandar” nomli 50-jildi nashrga tayyorlandi.
Mazkur 100 jildlik o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi asarlarining eng mukammal namunalarini qamrab oladi. Ushbu nashrning 59 jildi dostonlar, 10 jildi xalq qo‘shiqlari, 12 jildi ertaklar, qolgan jildlar esa terma, afsona, rivoyat, naql, maqol, topishmoq, askiya, lof, latifa, og‘zaki drama, bolalar folklori va boshqa janrlardan iborat bo‘ladi. | 69 | 874 |
Madaniyat | 9 may kuni Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligi sharafiga mamlakat telekanallarida yangi harbiy-tarixiy filmlar namoyish etiladi | So`nggi yillarda O`zbekistonda urush davridagi halqimizning qahramonligi va bag`rikengligini abadiylashtirish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi «Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to`g`risida»gi qarori buning yaqqol dadilidir. Qarorga ko`ra, «O`zbekkino» MA zimmasiga fashizmga qarshi kurashda qahramonlik ko`rsatgan yurtdoshlarimiz haqida badiiy va hujjatli filmlar yaratish bo`yicha vazifalar yuklangan.
9 may arafasida Hukumatning qo`llab-quvvatlashi bilan «O`zbekkino» MA va ijodiy jamoalar «Ilhaq» badiiy-tarixiy filmi (rejissyor – Jahongir Ahmedov), «Xalq jasorati» hujjatli kinoxronikasi (rejissyor – Ali Hamroev) va «101» badiiy filmi (rejissyor – Hamidulla Hasanov) bo`yicha ishlarni nihoyasiga etkazdilar.
Ta`kidlash joizki, filmlar ustidagi asosiy ish jarayonlari joriy yilga to`g`ri keldi. «Ilhaq» filmining barcha asosiy jang sahnalari 2020 yil fevral oyida Belarusda suratga olindi. O`zbekistondagi qator muhim epizodlar suratga olingach, film ijodiy guruhi uni yakuniga etkazish uchun parallel ravishda bir necha studiyalarda tinmay ishladi. «101» filmini suratga olish va postprodakshn ishlari shu yilning fevralidan may oyiga qadar o`tdi, «Xalq jasorati» kinosolnomasi bo`yicha arxivlarda tashkillashtirilgan asosiy tadqiqot ishlari esa joriy yilning aprel oyida montaj ishlari bilan nihoyalandi.
Shuningdek, yuqorida tilga olingan kinomahsulotlarning barcha ishlab chiqarish jarayonlari koronavirus pandemiyasi davrida tegishli sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilgan holda tashkillashtirilganini ham qayd etib o`tish lozim.
Filmlar taqdimoti 9 may kuni mamlakatning davlat va nodavlat telekanallarida bo`lib o`tadi va O`zbekistonda nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni uchun munosib sovg`a bo`ladi. | 149 | 1,845 |
Madaniyat | Dunyodagi eng badavlat aktyor qanday ko‘rinishga ega va nega uni ko‘pchilik tanimaydi? (foto) | Siz-u bizga eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyor va aktrisalar, shuningdek, o‘tgan yillarda kim eng ko‘p pul topgani haqidagi ma’lumotlar yangilik emas. Masalan, 2020-yilda eng ko‘p pul to‘lanadigan kinosanoat vakillari orasida Dueyn Jonson va Sofiya Vergara yetakchilik qilgan. Shundan kelib chiqib ko‘pchilik kimga eng ko‘p mablag‘ to‘lansa, o‘sha eng badavlat aktyor bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ammo qanchalik g‘alati tuyulmasin bunday emas. Masalan AdMe.ru nashridagilar ham eng davlatmand aktyorni ko‘pchilik taniydi deb o‘ylagan, ammo eng badavlat san’at olami vakili Duayn Jonson, Jonni Depp, Di Kaprio va Jorj Kluni emas, ismi ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan aktyor bo‘lib chiqqan.
2021-yilning iyunida Ceoworld jurnalida eng badavlat insonlar ro‘yxati e’lon qilingan. Reytingdan so‘nggi vaqt davomida ko‘p pul ishlab topgan hamda butun faoliyati davomida katta davlat to‘plagan aktyor va aktrisalar o‘rin olgan.
Unda moliyaviy ahvoli 1 milliard dollarga baholangan Tayler Perri birinchi, 950 million dollar mablag‘ egasi bo‘lgan amerikalik aktyor va ssenariy muallifi Jerri Saynfeld esa ikkinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Uchinchi o‘rindan esa daromadi 300 million dollardan ortiq bo‘lgan Bollivud yulduzi Shohrux Xon o‘rin olgan.
Tom Kruz 580 million dollar bilan to‘rtinchi bo‘lgan. Keyin esa daromadi 500 million dollar bo‘lgan aktyorlar birin-ketin o‘rin egallagan. Jorj Kluni, Robert De Niro va The Olsin Tvins Top-7dan o‘rin olgan. Amitabh Bachchan (455 million dollar) sakkizinchi, Mel Gibson (425 million dollar) esa to‘qqizinchi bo‘lgan. Adam Sendler (420 million dollar) o‘ntalik ro‘yxatga yakun yasagan.
Aktyor qanday qilib buncha katta miqdorda pul ishlab topgan?
View this post on Instagram
Asl ismi Kichik Emmit Perri bo‘lgan aktyor 1969-yil Luiziana shtatining Yangi Orlean shahrida duradgorlar oilasida dunyoga kelgan. Ota-onasi bilan munosabatlari biroz murakkab bo‘lgan yigit mustaqil hayot boshlashga harakat qilgan va 16 yoshida ismini Tayler Perriga o‘zgartirgan.
Bo‘lajak milliarder maktabni bitirmaganiga qaramay, o‘rta maktab bilimini o‘zlashtirganlik haqida sertifikatni qo‘lga kiritgan. Uzoq vaqtlar davomida oilasi bilan bog‘liq qiyin munosabatlar sabab o‘zini o‘nglab ololmagan Taylerning hayoti Opra Uinfri shousidagi yozishning davo singari ta’sir qilishi mumkinligi haqida aytilgan fikrlarni eshitganidan keyin butkul o‘zgarib ketgan. Aynan shu narsa Perrining yozishni boshlashi, “Meni o‘zgartirishganini bilaman” myuziklini yaratishi uchun turtki bo‘lgan.
22 yoshida u mashina savdosi va kollektor bo‘lib ishlash ortidan 12 ming dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. 1990-yilda o‘z jamg‘armasini “Meni o‘zgartirishganini bilaman” myuzikli Atlanta teatrida qo‘yilishi uchun sarflagan. Postanovka kutilgandek omadli chiqmagan, moliyaviy muvaffaqiyat haqida esa gap bo‘lishi ham mumkinmas edi. Hatto turar joyi ijarasiga pul topa olmaganidan mashinada yashashiga to‘g‘ri kelgan.
Omadsizliklar Perrining to‘xtashi uchun sabab bo‘lmagan. Keyingi 6 yil davomida ssenariy yozish va ularni sahnalashtirishdan charchamagan, oxir-oqibat 1998-yilga kelib e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Atlantaning ikkita teatrida myuziklning muvaffaqiyatli namoyishlaridan keyin spektakllar tashkil qilish va shahar teatrlarida gastrol qilishda davom etgan. Namoyish qancha ko‘p bo‘lgani sari muxlislari soni ham shuncha ko‘payavergan.
2005-yilda Forbes’da Tayler Perri chiptalarni 100 million dollarga, spektakl videolarini 30 million dollarga sotgani va qo‘shimcha 20 million dollarga ega bo‘lgani haqida ma’lumot e’lon qilingan. Yiliga 300 marta spektakl namoyish qilgan, ularni hafta davomida 35 ming tomoshabin tomosha qilgan. 2005-yilda esa ijrosidagi “Telba qora ayol kundaligi” nomli debyut filmi ekran yuzini ko‘rgan. Tanqidchilar ijobiy baho bermaganiga qaramay, u gavdalantirgan qahramon muxlislar qalbidan joy olgan. Turli loyihalarda doimiy ravishda faol bo‘lgan aktyor prodyuser va ssenariy muallifi sifatida ham faoliyat yuritgan. 2007-yilda ijrosidagi “Otasining qizi” filmining premyerasi bo‘lib o‘tgan. Shu yilning oktabrida prokatlarda 21,4 million dollar to‘planishiga sabab bo‘lgan “Nima uchun turmush quramiz?” loyihasi namoyish qilingan. 2009-yilda suratga tushgan “Medeya qamoqxonada” filmi esa 90,5 million dollar yig‘gan. Shunday qilib 2009-yilga kelib u barcha loyihalaridan jami 400 million dollar ishlab topishga muvaffaq bo‘lgan. 2011-yilda avvaliga teatrda keyin esa kinoteatrlarda “Medeyaning katta, baxtli oilasi” filmi namoyish qilingan.
Shundan keyin aktyor asosiy qahramoni Medeya bo‘lgan yana 6 ta film suratga olgan va ularning barida bosh qahramonni gavdalantirgan. Kinosanoatdagi xizmatlari sabab 2019-yil Gollivuddagi Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga, 2021-yilda esa “Oskar” mukofotiga ega bo‘lgan.
Tanqidchilar tomonidan ishlariga yetarli baho berilmagani sabab avvaliga kinosanoatda tan olinmagan aktyor hech qachon ortga chekinmagan va o‘zi yoqtirgan ishi bilan shug‘ullanishda davom etgan. Bugungi kunda 51 yoshli aktyorning o‘z ijod studiyasi va 1200 ta televizion epizod, 22 ta badiiy film hamda 20 ta teatr postanovkasiga mualliflik huquqi bor. Shunga qaramay, Perrining shular bilan cheklanish niyati yo‘q. Aktyor restoran, do‘kon va bog‘ ochishni rejalashtirgan. Qolaversa, striming platformasi bilan shartnoma imzolagan, unga ko‘ra yiliga kamida 90 qismni tashkil qiladigan yangi televizion loyiha suratga olishi kerak.
Nima uchun Perri haqida hech kim eshitmagan?
Faqat o‘z mamlakatida mashhurlikka erishishi va boshqalar uni tanimasligining sababi u suratga oladigan filmlarning mahalliy o‘ziga xosliklarni o‘zida mujassam etadigan komediya janrida ekanligida. Shu tufayli uning filmlari mamlakatdan tashqarida namoyish qilinmaydi. | 93 | 5,716 |
Madaniyat | Hayotda uchratsa bo‘ladigan kinofilmlardagi mashhur joylar (fotogalereya) | AdMe hayotda uchratsa bo‘ladigan kinofilmlardagi mashhur joylarning fotogalereyasini taqdim qildi.
Dark Hedges (Qorong‘i shox devor) – ehtimol, dunyodagi eng chiroyli shox devorli hiyobonlardan biri. Shimoliy Irlandiyada joylashgan hiyobonni “Taxtlar o‘yini” serialining 1 va 2-mavsumlarida uchratish mumkin.
O‘zga sayyoraning landshaftlari sifatida foydalanilgan ushbu sahro Iordaniyada joylashgan. Vadi Ram sahrosi “Marslik”, “Yulduzlar jangi”, “Transformerlar” va “Prometey” filmlarida namoyon bo‘lgan.
Oregon shtati shifoxonasi bosh vrachi Din Bruks o‘z klinikasida “Kakku ini ostidagi parvoz” filmini suratga olishga ruxsat bergan. Syemka vaqtida shifoxona bo‘limlaridan biri bo‘sh bo‘lgan, ba’zi da’volanayotganlar esa kinokartinada suratga tushgan. Din Bruksning o‘zi film maslahatchisi bo‘lib, doktor Spivi rolini ijro etgan.
“Yulduzlar jangi” Tunisning bir nechta joyida suratga olingan. Shulardan biri Tatavin shahri bo‘lgan. Jorj Lukas filmining sharofati bilan Tatavin shahri sayyohlar orasida shuhrat qozondi. Filmdagi Tatuin sayyorasi esa mazkur shahar nomiga atalgan.
“Grand Budapesht mehmonxonasi” rolida Gerlits shahri (Germaniya)dagi univermag suratga tushgan. Suratga olish jarayonida univermagning interyeri va dekoratsiyalari ikki marta o‘zgargan. Sababi, film avvalida 1960-yillar, keyin esa 1930-yillar ko‘rsatilgan.
Toshdan yasalgan Gapstow Bridge ko‘prigi Nyu-York shahridagi Markaziy parkda joylashgan. Ushbu ko‘prikni “Uyda yolg‘iz—2”, “Tannoz xonim”, “Shafqatsiz o‘yinlar” kabi filmlarda ko‘rish mumkin.
Garri Potter haqidagi filmlarda namoyon bo‘lgan serhli kalonna hayotda oddiy ko‘rinishga ega. 9 ¾ platformasi Londonning shimoli-sharqidagi King’s Cross temiryo‘l vokzalida joylashgan.
“Hayot-mamot” (Lost) seriali qahramonlaridan biri Xyorli orol aholisini g‘am-g‘ussadan xalos etish uchun golf bo‘yicha musobaqa tashkil qiladi va buning uchun katta tekislikdan foydalanadi. Tekislik aslida Gavayi orollarida joylashgan. Hozirda bu yerda Xyorli haykali va serial nomi bitilgan peshtaxtani uchratish mumkin.
“Sug‘ur kuni” komediyasida bosh qahramon Bill Myurrey yashagan villa Illinoys shtatidagi Vudstok shahrida joylashgan. Ayni vaqtda uy sotuvga qo‘yilgan. Bir muddat avval esa u kichik mehmonxona sifatida foydalanilgan.
Islandiyadagi mazkur muzliklar “Interstellar” filmi qahramonlari tashrif buyuradigan Miller va Mann sayyoralari obrazi bo‘lgan. | 73 | 2,393 |
Madaniyat | Valeriya o`zbek filmiga saundtrek kuyladi | "Scorpion" trillerining saundtreki mashhur rossiyalik xonanda Valeriya tomonidan ijro etildi.
"Rossiya xalq artisti Valeriya "Scorpion" filmiga saundtrek kuyladi va "Mening qo`limdan tut" qo`shig`iga klip suratga oldik. Men Valeriya bilan ishlaganimdan juda ham mamnunman, - deb yozgan film rejissyori Muxlisa Azizova o`zining Facebook’dagi sahifasida.
Film Premerasi shu yili Toshkentda o`tkaziladigan PROlogue xalqaro kinofestivalining ochilish marosimida bo`lib o`tishi kutilmoqda. | 41 | 484 |
Madaniyat | Tojik kinochilari O'zbekistonga tashrif buyurishdi (foto) | Bugun, 10 sentyabr kuni tojikistonlik bir guruh kinoijodkorlar va olimlar yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda oav.uz muxbiri xabar berdi.
Mehmonlarni Toshkent viloyatidagi “Oybek” chegara-postida O`zbekiston xalq artistlari Tesha Mo`minov, Isamat Ergashev, O`zbekiston xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanov, O`zbekiston Kinematografiya agentligining bir guruh mutasaddilari tantanali kutib oldi.
Ma`lumki, 10–12-iyun kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi davomida barcha sohalar qatori madaniy aloqalarni ham rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilgan edi.
Prezidentimiz ushbu tashrif asnosida buyuk ajdodlarimiz – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy do`stligi haqida hamkorlikda badiiy film yaratish vaqti kelganini ta`kidladi. Bu taklif Tojikiston rahbari tomonidan ham qo`llab-quvvatlandi.
Mazkur kinoloyihani amalga oshirish maqsadida ayni paytga qadar ikki mamlakat kinoustalari bir necha bor onlayn tarzda muzokaralar olib borishdi. Darhaqiqat, Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy o`rtasidagi do`stlik haqida ko`plab ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan, hujjatli filmlar suratga olingan. Ammo, shu paytga qadar yaratilgan ekran va sahna asarlarida bu ikki ulug` mutafakkir do`stligi etarlicha yoritilmagan.
Tojikistonlik kinoustalarning tashrifi davomida ikki mamlakat ijodkorlari yuzma-yuz tarzda loyiha yuzasidan fikr almashadilar.
Mehmonlar tarkibida “Tojikfilm” davlat muassasasi direktori birinchi o`rinbosari Tolib G`aybullozoda, Tojikiston Fanlar akademiyasi kutubxonasi direktori Shodimuhammad So`fizoda, Tojikiston davlat madaniyat va san`at instituti rektori Muhriddin Nizomiy, filologiya fanlari doktori, professor Badriddin Maqsudov, Tojikiston kinoijodkorlar uyushmasi raisi Safar Haqdodov, kinorejissyor Fayzullo Fayozov ham bor.
Mehmonlar, shuningdek, “Buyuk Ipak yo`li durdonasi” Toshkent Xalqaro kinofestivaliga hozirlik jarayonlari bilan tanishadilar. O`zbekistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikdagi boshqa kinoloyihalar yuzasidan ham muzokaralar olib boradilar. | 57 | 2,055 |
Madaniyat | Shahzoda Muhammedova kameralar ishga tushganidan so‘ng har kuni jarima to‘layotganini ma’lum qildi | Aktrisa, xonanda va dizayner Shahzoda Muhammedova Toshkent shahridagi chorrahalarda kameralar ishga tushganidan keyin har kuni 300 ming so‘m jarima to‘layotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Iltimos, YHXB xodimlari, uyimga hadeb xat jo‘natavermanglar endi! Deyarli har kuni 300 ming so‘m jarima to‘layapman. Ha, aytgancha biz vaqtinchalik bu uyimizdan ko‘chib ketyapmiz boshqa uyga. Ko‘chadagi svetoforga o‘rnatilgan kameralarni kuzatayotgan akalar, iltimos yaxshilab qaranglar endi. Men to‘xtash chizig‘ini bosganimdan keyin aybimni bilib orqaga qaytib keyin to‘g‘ri turib olayotganimni ham hisobga olinglar” — deb yozadi Shahzoda Instagram’dagi sahifasida.
Skrinshot: “Darakchi.uz”
Aktrisa o‘z postida shuningdek, kameralar tomonidan qayd etilayotgan qoidabuzarliklarga belgilangan jarimalar ham qimmatligini yozib qoldirdi.
“Sharoiti og‘ir insonlar ham bor-ku. Ular nima qilayotgan ekan. Adolatli jarima belgilansin aholiga”, — deydi aktrisa. | 98 | 961 |
Madaniyat | “Yosh kitobxon” tanlovi: Ikki yosh toifasi bo‘yicha saralash bosqichi o‘tkazildi | 12-iyul kuni “Yosh kitobxon” tanlovining ikkinchi mavsumi saralash bosqichi respublika bo‘ylab o‘z ishini boshladi: shu kuni 20-30 yosh toifasidagilar saralash bosqichi test sinovlaridan o‘tgan bo‘lsa, ertasiga 15-19 yoshlilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichi ishtirokchilari har bir viloyat va tuman-shaharlarda tashkil etilgan, kerakli jihozlar bilan jihozlangan maxsus xonalarda test sinovlarini topshirish uchun jam bo‘ldi.
Ishtirokchilarga test topshirish qoidalari bo‘yicha tushuntirish beriladi. Test sinovida yoshlar o‘zbek va jahon adabiyoti, buyuk adiblar hayoti va ijodiga oid 50 ta test savoliga 25 daqiqa davomida javob berishi lozim.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan belgilanadi. Ishtirokchilar natijalari saqlab qolinadi (elektron ko‘rinishda va imzolangan holda qog‘ozda). Test natijalariga ko‘ra 86 va undan yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi (ikkinchi) bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
“Yosh kitobxon” tanlovining 3 yosh toifasi bo‘yicha saralash bosqichlari shu tartibda ketma-ket uch kunda o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, barcha tuman (shahar)larda 12-iyul kuni 20-30 yosh toifasi bo‘yicha o‘tkazilgan saralash bosqichida jami 87828 nafar yosh ishtirok etdi. 1128 nafar ishtirokchi 86 va undan yuqori ball olib, tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. | 80 | 1,425 |
Madaniyat | Shekspirning “Globus” teatri Toshkentga keladi | Shekspirning taniqli “Globus” teatri noyabrda Toshkentga gastrol safari uyushtiradi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori Mark Krossiga tayanib.
“Noyabrda ‘Globus’ Toshkentga tashrif buyuradi va O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ‘Gamlet’ spektaklini namoyish etadi”, — dedi Krossi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gastrol doirasida britaniyalik teatr rejissorlari va mutaxassislar ishtirokida turli seminarlar, ma’ruzalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Shekspirga qiziqish hech qachon so‘nmaydi. Besh yil avval Toshkentdagi ‘Ilhom’ teatrida ‘Gamlet’ning zamonaviy postanovkasi qo‘yilgan edi, endi toshkentlik tomoshabinlar uni britaniyaliklar ijrosida ko‘ra olishi mumkin bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Krossi. | 46 | 747 |
Madaniyat | Mashhur rollari bilan e’tibor qozongan va keyinchalik ko‘rinmay ketgan Gollivud yulduzlari (foto) | Ba’zan aktyorlarning butun dunyoga tanilishi, bir necha yillar davomida eslanishi uchun bir yoki bir nechta rol kifoya qiladi. Yorqin rollari muxlislarning yodida qolgan aktyorlar faoliyati davomida hech qanday kinofilmlarda suratga tushmasa ham qayta-qayta esga olinadi. AdMe nashri bir nechta rollari bilan tanilgan mashhurlarning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Heyden Kristensen
Aktyor 19 yoshida “Yulduzlar jangi” kinokartinasidagi Enakina Skayuoker roli orqali mashhurlikka erishgan. Rejissor Jorj Lukas unda o‘zgacha qobiliyat borligini, u qahramoniga haqiqatdan ham mos kelishini bilgan. Kino olamga kirib kelgan paytlari tomoshabinlar Kristensenning aktyorlik mahoratiga yaxshi munosabatda bo‘lmagan, biroq u shundan keyin suratga tushgan “Stiven Glassning firibgarlik ishi” va “Teleport” filmlaridagi roli orqali muxlislarning e’tiboriga tushdi. Bu filmlardan keyin uning kino olamdagi faoliyatida mashhurlikka olib chiquvchi ijrolar bo‘lmadi, biroq uning ijodi 2022-yilda ham “Yulduzlar jangi”ga asoslanib suratga olingan seriallar va franshizalar bilan birga yodga olinadi.
Denni Lloyd
Denni 6 yoshida otasi tufayli Stenli Kubrikning “Yorqin” filmida bosh rolni ijro etgan va filmdan so‘ng mashhurlikka erishgan. Bo‘lajak aktyorning ijrosi 6 marta tinglanilgandan so‘ng, 5000 nafar nomzod orasidan tanlab olingan va u uzoq vaqt xarakterdan chiqa olmagani film rejissoriga yoqqan. Suratga olish paytida Kubrik Dennining ruhiyatini himoya qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilgan va unga bu dahshatli film ekanligini aytmagan. Lloyd bu film haqidagi ma’lumotlarni 16 yoshida bilgan.
Denni Torrens roli uning kino olamdagi eng yaxshi ijod namunasiga aylandi. U 10 yoshida kino sanoatida chiqishlarini to‘xtatdi va keyinroq kollejning biologiya professori bo‘ldi. Aktyor bir necha yildan so‘ng, ya’ni 2019-yilda yana ekranda paydo bo‘ldi va “Doktor uyqusi” filmida epizod rolni o‘ynadi.
Ketrin Haygl
Ketrin Haygl “Ehtiros akademiyasi” teleserialidagi Izzy Stivens roli, shuningdek, “Taqillatdi”, “Yalang‘och haqiqat”, “Qotillar” va boshqa ko‘plab muvaffaqiyatli komediya filmlaridagi rollari bilan mashhur. U filmlardagi ijrosi uchun 2005-yildan 2012-yilgacha ko‘plab mukofotlar va nominatsiyalarga loyiq ko‘rildi.
Biroz vaqt o‘tgach, aktrisaning karyerasi to‘satdan pasayishni boshladi. Mashhur filmlar ro‘yxati tobora muvaffaqiyatsiz bo‘ldi va tijoriy jihatdan ham o‘zini oqlamadi. Biroq, u ruhiyatini cho‘ktirmadi va filmlarda rol o‘ynashda davom etdi. Ketrinning so‘nggi diqqatga sazovor rollaridan biri “Gulxanlar ko‘chasi” teleserialidagi bosh rol bo‘ldi.
Zak Gelligan
Aktyor 1990-yillarning boshida televideniyedagi faoliyatini boshlagan va “Gremlinlar” filmi, “Mum muzeyi” trillerida rol ijro etib katta mashhurlikka erishgan. Keyin aktyor ushbu filmlarning davomiy qismlarida rol o‘ynadi. Shundan keyin u karyerasini to‘xtatmadi, har yili kamida bitta loyihada doimiy ravishda ishtirok etdi, biroq ularning hech biri mashhur bo‘lmadi.
Aaron Ekxart
Aaronning aktyor sifatida mashhurligi 2000-yilda “Erin Brokovich” dramasida rol o‘ynaganidan keyin sezilarli darajada oshdi. Filmlar ham, aktyorlik mahorati ham tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Kristofer Nolanning “Qorong‘u ritsar” filmidagi Xarvi Dent roli ham uning karyerasidagi muhim ijrolardan biridir.
Aktyorning kino olamdagi mashhurligi gohida yuqorilaydi, gohida esa pastlaydi. Asosiysi Ekxart harakat qilishda davom etmoqda va u yana mashhurlikka olib chiquvchi rollarni ijro etishi mumkin.
Meg Rayan
Meg Rayan 1990-yildan 2000-yilning boshiga qadar xalqaro miqyosda eng muvaffaqqiyatli aktrisalardan biri sifatida e’tirof etildi. “Garri Salli bilan uchrashganda”, “Sietlda uyqusiz”, “Pochtangiz bor” va boshqa ko‘plab loyihalardagi ishtiroki tufayli u romantik komediyalar malikasiga aylandi. Aktrisa 2010-yilgacha ko‘plab filmlarda suratga tushdi, biroq keyinroq uning karyerasida pasayish yuzaga keldi. Meg hozirda rejissor sifatida faoliyat yuritadi.
Patrik Fyudijt
Patrik Fyudjit 2000-yilda “Deyarli mashhur” filmi va 2016-yilda suratga olingan “Ajratilgan” teleserialidagi rollari bilan mashhur bo‘ldi. U 2020-yilgacha fimlarda suratga tushdi. Ammo aktyor hech qachon Gollivudda mashhurlikka erishmagan va uning ijrosidagi filmlar moliyaviy jihatdan o‘zini oqlamagan.
Jon Kyusak
Aktyor hozir “Jon Malkovich bo‘lish” va “Qarg‘a” filmlaridagi ijorsidek yorqin rollarni ijro etmayotgan bo‘lsa ham uning muxlislari avvalgi rollarini yoddan chiqarmagan. Kyusak kino olamda ko‘plab loyihalarda ishtirok etgan. Har yili Jon ishtirokidagi bir nechta filmlar namoyish etiladi, biroq kinokartinalar jamoatchilik e’tiborini tortmaydi. Aktyor 2019-yildan beri ekranlarda kam ko‘rinish bermoqda.
Eva Mendes
Mendes o‘z faoliyatini reklama roliklarida boshlagan va shundan keyin teleseriallar, filmlarda rol o‘ynagan. Uning ishtirokidagi “Mashqlar kuni” filmi tanqidchilar e’tirofiga va ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Film aktrisaga ham mashhurlik olib keldi. Shundan keyin unga ko‘plab takliflar berildi va aktrisa tomoshabinlar qalbidan yanada mustahkamroq joy oldi. Biroq u 2014-yilda to‘satdan filmlarda rol o‘ynashni to‘xtatdi. Aktrisa bu vaqtda oilasiga e’tibor qaratganini va 2 ta qizini tarbiyasi bilan shug‘ullanganini aytgan.
Sem Uortington
Avstriyalik aktyor Sem Uortington 2009-yilda suratga olingan Jeyms Kemeronning “Avatar” filmidan so‘ng Gollivudda mashhurlikka erishgan. Uning ishtirokidagi “Titanlar to‘qnashuvi”, “Terminator: Najotkor kelsin”, “Chetda”, “Vijdon sabablari” kabi filmlar ham tomoshabinlarning e’tiboriga tushgan. Vaqt o‘tishi bilan uning ishtirokidagi filmlar soni kamaya boshladi. Aktyor 2022-yilda katta ekranlarga chiqqan “Avatar 2” kinokartinasida suratga tushdi. Filmning 3-qismi 2024 yilda namoyish etilishi ma’lum qilingan.
Jennifer Grey
“Nopok raqs” filmi yulduzi bir muddat ekranlarda ko‘rinish bermadi. Uning mashhurligi tashqi ko‘rinishiga, aniqrog‘i o‘zgacharoq burniga ham bog‘liq edi. Aktrisa esa bu karyerasiga potentsial ta’sir ko‘rsatishiga ishondi va shuning uchun rinoplastika qilishga qaror qildi. Hamma narsa kutilganidek bo‘lmadi, aktrisa o‘zini va individualligini yo‘qotdi. Shundan keyin uning ishtirokidagi filmlar mashhurlikka erishdi, biroq aktrisa uncha muvaffaqqiyat qozona olmadi.
Billi Zeyn
Ko‘plab tomoshabinlar Billini Jeyms Kemeronning 1997-yilda katta ekranlarga chiqqan “Titanik” filmidagi Kaledon Xokli roli orqali yodga oladi. U aktyorlik faoliyatini 1980-yilda boshlagan, “Kelajakka qaytish”, “Tvin Piks”, “Snayper” va boshqa mashur filmlarda rol ijro etgan. Zeyn hozirda ham aktyorlik faoliyatini davom ettirmoqda.
Jennifer Lav Hyuitt
Aktrisa “O‘tgan yozda nima qilganingni bilaman” nomli qo‘rqinchli filmdagi bosh roldan so‘ng haqiqiy kino yulduziga aylandi. Ko‘pchilik uni “Yurakni buzuvchilar” romantik komediya filmidagi roli orqali eslaydi. Jenniferning navbatdagi e’tiborga tushgan muvaffaqiyatli loyihasi “Gapiruvchi arvohlar” teleseriali bo‘ldi.
Jenniferning karyerasi 2011-yildan boshlab pasayishni boshladi. U biroz muddat filmlarda epizod rollarda paydo bo‘ldi, 2015-yilda u ikkinchi farzandini dunyoga keltirishi tufayli kinoda tanaffusga chiqqanini rasman e’lon qildi. Aktrisa 2018-yilda ekranlarga qaytdi va “9-1-1” teleserialida bosh rollardan birini o‘ynadi. | 97 | 7,272 |
Madaniyat | Bir dasta dollar, ananas: Yulduzlarning eng antiqa sumkalari (foto) | Yulduzlar alohida tadbir va marosimlarda bir-biridan ajralib turishni istaydi. Bunday vaqtda ayrimlari aksessuarning o‘ziga xosini tanlash bilan e’tibor jalb qilishga harakat qiladi.
Margo Robbi
Ushbu sumkani Margo bejizga tanlamagan. U mazkur sumkani “Quyoncha Piter”ning taqdimotiga taqib borgan.
Jennifer Lopes
Jennifer hashamatli libosiga o‘ziga xos sumka bilan urg‘u berishni afzal bilgan. Amerika dollari ko‘rinishidagi mazkur aksessuar atrofdagilar e’tiborini jalb qilmay qolmagan.
Sara Polson
Saraning sumkasiga nazar tashlab, uning qanchalik didli ekani haqida xulosa qilish mumkin.
Lupita Niongo
Lupita obrazi ajralib turishi uchun ananasni esga soladigan sumka tanlagan.
Kelli Osborn
Kellining fotokamera ko‘rinishidagi sumkasi obrazining boshqalardan ajralib turishiga hissa qo‘shgan.
Bleyk Layvli
Bleyk esa qizil yo‘lak uchun tilla baliqchani esga soladigan sumka taqishni ma’qul bilgan.
Emma Roberts
Emma kamera qarshisida hadeb kulavermaslikning o‘rnini bosish uchun smayl shaklidagi sumka bilan cheklanishni afzal bilgan.
Lizzo
Lizzo esa kichkinaligidan nima ekanini bilish ham qiyin bo‘lgan sumka tanlagan. Yorqin libos fonida kichkina oq sumka ko‘zga zo‘rg‘a tashlangan.
Billi Porter
Aktyor Billi Porter esa tadbirlarga yorqin kiyinishni ma’qul biladi. Klassik uslubda kiyinsa, yorqinlik borasida aksessuarga urg‘u beradi. Gazlangan ichimlik bankasi ko‘rinishidagi sumka va shlyapa bilan Billi atrofdagilardan ajralib turgan. | 67 | 1,452 |
Madaniyat | Iliq havoda shuba kiyib olgan Jastin Biber “Yulduzlar jangi” qahramoni Chubakkaga o‘xshatildi | Los-Anjeles bo‘ylab sayr chog‘ida shuba kiyib olgan xonanda Jastin Biber “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasidagi Chubakkaga o‘xshatildi. Bu haqda Hollywood Life ma’lum qildi.
22 yoshli kanadalik qo‘shiqchi mahalliy Hyde tungi klubiga otlangan paytda ko‘chada harorat 16 daraja iliq bo‘lgani bildirilmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, Los-Anjelesda dekabr oyida ob-havo sovib ketdi, biroq hali bunday kiyim kiyishning mavridi emas. Hollywood Life saytida foydlanuvchilar Chubakka va Biberni taqqoslab ko‘rishi mumkin bo‘lgan ovoz berish boshlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 93 | 716 |
Madaniyat | Madaniyat vazirligi Tohir Malikning yoshlar bilan uchrashuvini tashkillashtiradi | Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash va ommaviy madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning yoshlar bilan uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
“Shaytanat”, “Alvido, bolalik”, “Iblis devori”, “So‘nggi o‘q” va boshqa ko‘plab mashhur asarlar muallifi bilan muloqot joriy yil 7-avgust kuni Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
Barcha qiziquvchi yoshlar ushbu uchrashuvga taklif etiladi. | 80 | 475 |
Madaniyat | O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi | “Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga (institut) O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) ro‘yxati tasdiqlandi.
Institut maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Institutda o‘quv jarayoni 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi.
Shunga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar o‘qishlarini Institutda davom ettiradi.
2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Institutda maxsus sirtqi ta’lim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va san’at ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida 3 yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlari (kirish imtihonlari va kasbiy suhbat)dan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi.
2021-yildan boshlab respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilarni biriktirish orqali “mahorat maktablari” yo‘lga qo‘yiladi. | 97 | 1,677 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova Moskvadagi Muz-TV—2014 taqdirlash marosimida qatnashadi | 6-iyun kuni Moskvadagi “Olimpiyskiy” sport majmuasida o‘tkaziladigan Muz-TV—2014 mukofoti taqdirlash marosimiga Nargiz Zokirova mehmon sifatida ishtirok etadi. Bu haqda xonanda Facebook’dagi sahifasida xabar bergan.
Ushbu yangilik bu yil 12-marta bo‘lib o‘tadigan musiqiy mukofotning rasmiy saytidagi mehmonlar sahifasida ham o‘z tasdig‘ini topgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tug‘ilib, hozirda AQShda istiqomat qilayotgan Nargiz Zokirova Rossiyaning “Golos” teleshousidagi ishtirokidan keyin musiqa muxlislari orasida mashhurlikka erishgan edi. | 71 | 549 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik rejissorning “Choy” filmi Tojikistondagi xalqaro kinofestivalda Gran-Prini qo‘lga kiritdi | Tojikistonda bo‘lib o‘tgan “Navsoz” kinofestivalida o‘zbekistonlik rejissor Shokir Holiqovning “Choy” filmi Gran-prini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Turon24”. Kinofestivalda 8 ta mamlakatdan 16 ta film saralab olingan. 6 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan.
Shokir Holiqov nashrga bergan intervyusida bu tanlovda avval ham qatnashganini, lekin oldingi safar o‘rin olmaganini aytdi. “‘Choy’ filmini diplom ishi sifatida suratga olganman. Davomiyligi 16 daqiqa. Ssenariy muallifi – o‘zim, operator – Akmal Mamatov, rassom – Erkin Xushmatov. Filmda Oybarchin Abdullayeva va Adham Yusufaliyev rol o‘ynagan. Film g‘oyasi o‘zimning hayotiy kuzatuvlarimdan olingan. Imkoniyati cheklangan chol, kelin va nabirasi. Chol o‘zining xonasida yotibdi, choy ichmoqchi bo‘ldi. Qaraydi: tokchada choy turibdi. Kelinni chaqiradi, lekin kelin bolasiga qarayman deb ko‘chaga chiqib ketadi. Shunda chol o‘zi choyni olishga urinadi va aravachasiga o‘tirib tokchaga qarab yuradi. Lekin o‘sha choyga ham umid qilib turganlar bor. Shu yerda kontrast hosil bo‘ladi”, — dedi rejissor.
Shokir Holiqov “Choy” filmining tasvirga olinganiga endi 2 oy bo‘lganiga qaramay, su vaqt ichida 5 ta xalqaro festivalga qabul qilinganini aytdi. “Ikkita tanlov o‘tdi, Qozog‘istonda “Baykanur” qisqa metrajli filmlar festivalida konkursdan tashqarida qo‘yildi. Ikkinchisi esa “Navsoz”. Qolgan 3 ta tanlov endi bo‘ladi. 23—28-okyabr kunlari o‘tadigan Hindistondagi “Alfa Mirama-2018” kinofestivali, Qirg‘izistondagi “Umut” yosh kinoijodkorlar festivali va Rossiyaning Perm shahrida bo‘ladigan “Lampa” xalqaro qisqa metrajli filmlar tanlovida ham “Choy” filmim bilan ishtirok etyapman”, — dedi u.
Bundan oldingi filmlari haqida gapirar ekan, rejissor “Bizni tushunishmaydi” va “Dilemma”ni sanab o‘tdi. “Bizni tushunishmaydi” filmi 8 ta xalqaro tanlovda qatnashgan, 4 tasida g‘olib bo‘lgan. “Dilemma” O‘zbekiston miqyosida bo‘lgani uchun xalqaro tanlovlarga yuborilmagan.
Ta’kidlanishicha, “Navsoz” kinofestivalida Tojikiston 5 ta film bilan, Qozog‘iston 3 ta film, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Armaniston, AQSh va Belorussiya ikkitadan qisqa metrajli film bilan ishtirok etgan. | 104 | 2,144 |
Madaniyat | Selin Dion konsertdan tushgan daromadni Las-Vegasdagi otishma qurbonlarining oila a’zolariga xayriya qildi | Selin Dion o‘z konsertidan tushgan daromadni 1-oktabr kuni Las-Vegasda(Nevada shtati) Stiven Peddok tomonidan otib o‘ldirilgan fuqarolarning oila a’zolarining ehtiyojlariga xayriya qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Xonanda mazkur shahardagi konsertlarini fojiadan ikki kun o‘tib davom ettira boshladi.
“Bugungi kecha o‘ziga xos”, — dedi Selin Dion Caesars Palace majmuasidagi “Kolizey” zalida muxlislariga qarata.
“1-oktabr, yakshanba kuni yuz bergan aqlga sig‘maydigan fojiali hodisalardan so‘ng biz o‘z-o‘zimizga bir xil savol bilan murojaat qilmoqdamiz. Dahshatli hodisadan ikki kun o‘tib, Selin Dionning konsertiga borishga jazm qila olishingiz haqida o‘zingizdan so‘ramoqdasiz. Men esa o‘zimga ‘Shouni o‘tkazishga o‘zimda kuch topa olamanmi’, degan savolni beryapman. Bu savollarga javob topish oson emas”, — deydi xonanda.
U konsertini mazkur fojia qurbonlarining yaqinlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davom ettirayotganini ta’kidladi.
“Biz mazkur fojia oqibatida ko‘plab begunoh insonlarni yo‘qotdik. Bugun biz qurbonlarning oila a’zolariga shunday og‘ir vaziyatda ularga yordam bera olishimizni ko‘rsatamiz. Ular mehrga, ma’naviy taskin va tabiiyki, moliyaviy yordamga muhtoj”, — dedi Selin Dion. | 106 | 1,206 |
Madaniyat | Jennifer Lopes Las-Vegasdagi konserti chog‘ida sahnada yiqilib tushdi (video) | Amerikalik qo‘shiqchi Jennifer Lopes Las-Vegasdagi konserti chog‘ida sahnada yiqilib tushdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
TMZ e’lon qilgan videoda hodisa muxlislar bilan muloqot chog‘ida yuz berganini ko‘rish mumkin. Xonanda sahnada turib, tomoshabinlarga qo‘lini cho‘zgan va sahna cheti bo‘ylab yugurgan. Shunda kutilmaganda u baland poshnada muvozanatni saqlab tura olmasdan yerga yiqilgan. Biroq Lopes shu zahoti o‘rnidan turib, kuylashda davom etgan. | 77 | 450 |
Madaniyat | Forbes eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktrisalar reytingini e’lon qildi | Amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson Forbes jurnaliga ko‘ra eng ko‘p haq to‘lanuvchi aktrisalar reytingida birinchi o‘rinni oldi. “RIA Novosti”ning yozishicha, u 1 yil davomida 56 million dollar ishlab topgan.
Yoxansson o‘tgan yili ham reytingning birinchi pog‘onasini egallagan. U 2017-yilning iyunidan 2018-yilning iyunigacha 40,5 million dollar daromad olgan.
Forbes’da qayd etilishicha, Yoxansson uchun eng ko‘p daromad keltirgan rol “Qasoskorlar” filmi turkumidan bo‘lgan “Qora beva” filmidagi rus josusi roli bo‘lgan. Bu rol ijrosi orqali aktrisaning daromadi 4 baravarga oshgan.
Nashrning yozishicha, uning bu yilgi daromadlarining katta qismini Marvel olamidagi yana “Qora beva” va “Qasoskorlar: Final” filmlaridan olgan gonorarlar tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni “Amerikalik oila” seriali yulduzi Sofiya Vergara egallagan bo‘lib, 44,1 million dollar daromad olgan. Riz Uizerspun o‘tgan yilgi reytingga nisbatan ikki pog‘ona ko‘tarilib, uchinchi o‘rinni egallagan. Forbes uning daromadini 35 million dollarga baholagan.
Reytingning kuchli beshtaligidan 2018-yilning iyunidan 2019-yilning iyunigacha olgan daromadi hisobga olingan Nikol Kidman va Jennifer Eniston o‘rin olgan. | 65 | 1,185 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” serialida Qaynoq Bo‘g‘irsoq rolini o‘ynagan aktyor novvoyxona ochdi | “Taxtlar o‘yini” serialidagi Qaynoq Bo‘g‘irsoq (Hot Pie) roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Ben Xouki Deliveroo servisi bilan hamkorlida Londonda novvoyxona ochdi, deb xabar berdi TJournal.
Novvoyxonaning nomi You Know Nothing, Jon Dough (Jon Dou, sen hech nimani bilmaysan). Dough ingliz tilida “xamir” degani.
Yangi novvoyxonaning menyusida hozircha apelsin po‘stlog‘ili makkajo‘xori noni (“non bo‘ri”) mavjud. Starklar xonadonining ramzi pazandachilik mahsulotlari uchun shunchaki tanlanmagan. Serialning uchinchi mavsumida Qaynoq Bo‘g‘irsoq novvoyxonaga ishga kiradi va Aria bilan xayrlashayotganida unga bo‘ri ko‘rinishidagi non sovg‘a qiladi.
Serialning to‘rtinchi mavsumida esa Qaynoq Bo‘g‘irsoq Briannaga yanayam chiroyli qilib pishirilgan “non bo‘ri”ni berib uni Ariaga topshirishini so‘raydi.
Entertainment Weekly nashri bilan suhbatlashgan Xoukining tan olishicha, uni ko‘cha-ko‘yda kamdan-kam hollarda tanib qolishadi. Biroq mahsulotlarining bu qadar tez sotilishi Xoukini mashhurligi haqida o‘ylab ko‘rishga undamoqda. | 84 | 1,038 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.