folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Asal Shodiyeva tadbirkorlikka qo‘l urdi | Aktrisa Asal Shodiyeva o‘zini tadbirkorlikda sinab ko‘rishga ahd qildi. Asal o‘ziga xos dizayn asosida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan yangi brendga asos soldi.
“Paxta matolardan siz uchun qulay va hamyonbop kiyim-kechaklar yaratamiz”, — deb yozadi Asal Shodiyeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida.
Asal Shodiyeva tadbirkorlik loyihasining ilk namunalarining suratini shaxsiy sahifasiga joylashtirdi. Aktrisa tashabbusi bilan yaratilgan kiyimlarga Odri Xepbyorn, Elvis Presli va Merilin Monro kabi jahon estradasi va kinosining taniqli vakillarining suratlari tushirilgan. | 39 | 575 |
Madaniyat | Aktyor Uill Smit “Oskar—2022” taqdirlash marosimidagi janjaldan keyin Amerika kino akademiyasi a’zoligidan voz kechdi | Aktyor Uill Smit “Oskar—2022” taqdirlash marosimida qiziqchi Kris Rokning yuziga tarsaki tushirganidan so‘ng Kino san’ati va fanlari akademiyasi a’zoligidan voz kechganini e’lon qildi.
“Men akademiya ishonchini oqlamadim. Kino san’ati va fanlari akademiyasidan iste’foga chiqaman va rahbarlar kengashi tegishli deb bilgan har qanday jazoga tayyorman”, — dedi u Variety nashriga bergan intervyusida.
“94-‘Oskar’ mukofotini topshirish marosimidagi harakatlarim hayratlanarli, og‘riqli va kechirib bo‘lmas edi. Men zarar yetkazganlar ro‘yxati juda uzun va unga Kris, uning oilasi, ko‘plab do‘stlarim va oilam, tomoshabinlar va butun dunyo bo‘ylab teletomoshabinlar kiradi, — dedi Smit. — O‘zgarish vaqt talab etadi va men hech qachon g‘azab ongni egallashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ishlashga tayyorman”, — deb xulosa qildi aktyor.
Endi Uill “Oskar” nomzodlariga ovoz bera olmaydi, lekin u o‘zi nomzod bo‘lishi va tadbirda ishtirok etishi mumkin. | 117 | 943 |
Madaniyat | “Tilimni yutvorib, gapirolmay qolganman”. Zarina Nizomiddinova Islom Karimov bilan uchrashgani haqida (video) | Aktrisa Zarina Nizomiddinova O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan uchrashganida qanday hislarni boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi.
“Ular bilan tushgan suratim yo‘q, lekin o‘zimni judayam baxtli inson deb hisoblayman. 2006-yilda Navro‘z bayramida chiqish qilganmiz. O‘shanda xoreografiya bilim yurtida tahsil olardim. Har bayramning oxirida, finalda prezidentimiz chiqib xonandalar bilan ko‘rishardilar. O‘sha payt biz hammamiz chekkaga o‘tdik, chapak chalib turibmiz. Shu narsalarni bir oy repetitsiya qilganmiz. Rahmatli Islom bobo hamma bilan ko‘rishib bo‘lgach, kutilmaganda biz turgan joyga qarab kelyaptilar. Qarasam, bizning qatorimizdagi hamma raqqosalardan hol-ahvol so‘rab kelyaptilar. Keyin mening oldimga kelib, ‘Charchamadingizmi?’ deb so‘radilar, qo‘llarini cho‘zib, so‘rashdilar. Shunaqa darajada salobatli odam ekanliklaridan tilimni yutvorib, gapirolmay qolganman. Faqat qarab turaverdim. Keyin esa ‘Mehnatlaringga rozi bo‘linglar’, deb ketdilar. Men yugurib borib, kiyim almashtiradigan xonada kiyimlarimni almashtirib, taksiga o‘tirganman. Taksida ham haydovchiga bo‘lgan voqeani hayajon bilan gapirib berganman. Uyga borib, hamma qarindoshlarga qo‘ng‘iroq qilib, prezident bilan uchrashganimni so‘zlab berganman”, — deydi aktrisa. | 109 | 1,274 |
Madaniyat | Toshkentda kinematografiyani rivojlantirish markazi ochildi | Toshkentda kinematografiyani rivojlantirish markazi ochildi. O‘zAning yozishicha, shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda kinoshunos olimlar, rejissyorlar, yozuvchi va ssenariynavislar, aktyorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Mazkur markaz milliy kinematografiya san’atini jahon bozorida targ‘ib etib, yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ijodiy, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlar yaratib berish, kinoning xalq hayotidagi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasidagi ta’sirini kuchaytirish, g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
Markazning tashkil etilishi ijodkorlarni juda xursand qildi. Bu markaz aktyor, rejissor, ssenariynavis hamda tomoshabin o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi. Uning jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangani kino olish va uni tomoshabinga yetkazish imkoniyatini yanada kengaytirdi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lajak rejissyorlarga saboq beraman. U yerda ko‘zlari yonib turgan, iqtidorli, tashabbuskor yoshlar ko‘p, markaz ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Misol uchun, yaqinda markaz ko‘magida institut talabasi Muxlisa Azizovaning “U” nomli filmi suratga olinib, 70-Kann xalqaro kinofestivali qisqa metrajli filmlar burchagida namoyish etildi.
Ra’no Shodiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Markaz tashabbusi bilan ijtimoiy ahamiyatga molik turli mavzularda kinossenariylar tanlovini o‘tkazish, saralangan ssenariylar asosida filmlar yaratish, prodyuserlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish, tanlovlar o‘tkazish rejalashtirilgan. | 59 | 1,603 |
Madaniyat | “Men buning uchun o‘z jonimga qasd qilmoqchi bo‘lganman!”. Xonanda Madonna umr bo‘yi nimadan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi | Xonanda Madonna Jimmi Fellon shousida hayotidagi eng katta ikkita narsadan afsuslanishi haqida so‘zlab berdi.
2021-yil 30-sentabr kuni Madonna Paramount+ dan “Madam X” nomli yangi konsert filmini qo‘llab-quvvatlash uchun “Jimmi Fellonning kechki shousi”ga tashrif buyurdi. Suhbat chog‘ida boshlovchi xonanda qanday qilib Showgirls filmidagi rolini rad etganini, ammo kartina klassikaga aylanganini eslab o‘tdi. Madonnaning javobiga ko‘ra, u to‘g‘ri qaror qilgan. Shunga qaramay, u hali ham nimadandir afsus qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, 1990-yillarda qo‘shiqchiga Tim Bertonning “Betmanning qaytishi” filmidagi Mushuk ayol rolini taklif qilishgan, ammo u rad javobini bergan. Shuningdek, “Matritsa” blokbasteridagi roldan ham voz kechgan.
“Ishonasizmi? Men ‘Matritsa’dagi roldan voz kechdim! Buning uchun o‘zimni o‘ldirmoqchi ham bo‘ldim. Bu men rozi bo‘lmagan eng yaxshi filmlardan biri edi, ehtimol. Afsuski, bundan hamon afsusdaman” , – deydi Madonna.
Eslatib o‘tamiz, Mushuk ayol rolini Madonna rad etgach, Mishel Pfayffer ijro etgan. Film namoyishidan so‘ng MTV Mishelni dunyodagi eng talabgir aktrisa deb atagan. Xonandaga taklif qilingan “Matritsa”dagi bosh qahramon ayol rolini Kerri-Enn Moss o‘ynagan.
Shunga qaramay, Madonna 2021-yil 22-dekabrda premyerasi bo‘lib o‘tadigan “Matritsa qaytmoqda” deb nomlangan jangari filmda Triniti obrazida namoyon bo‘ladi | 126 | 1,367 |
Madaniyat | “Josus kampir 007” — “Zumrasha”dan chiqqan rejissorning oilaviy muammolarga bag‘ishlangan debyut filmi | Aktyor Ulug‘bek Yunusov rejissorlikka murojaat qildi. Uning “Josus kampir 007” nomli ilk filmi haqida batafsil ma’lumot olish uchun jurnalist Feruz Muhammad boshlovchi rejissor bilan suhbatlashdi.
— Film haqida, fimning qisqacha mazmuni, g‘oyasi haqida gapirib bersangiz.
— Bugungi kun ayollarida ko‘rmagan, bilmagan narsasini gapirib yurish yoki ko‘rganini bo‘rttirib, o‘zidan 5—6 ta qo‘shib gapirish odati bor. Aynan ko‘rmagan narsasini gapirish, o‘zidan qo‘shib gapirish orqali ba’zi oilalarda muammolar kelib chiqadi. Filmda xuddi shu muammolar, kamchiliklarni, bizga yot bo‘lgan illatlarni kulgu yo‘li bilan ko‘rsatib berishga uringanmiz. Har xil janrlardan foydalanib, eksperiment qilgan joylarimiz ham bor. Misol uchun, mashhur kinokomediyalarning eng qiziq usullari, yo‘llarini olishga harakat qildik.
— Filmda “josus kampir” rolini kim ijro qiladi?
— Bu rolda O‘zbekiston xalq artisti Shafoat aya Rahmatullayeva namoyon bo‘ladi.
— Aktyorlar jamoasida yana qaysi mashhur nomlarni uchratish mumkin?
— Bosh rollarni O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov, Muhammadiso Abdulxairov, Zarina Nizomitdinova kabilar gavdalantiradi.
— Film qachon katta ekranlarga chiqadi?
— Filmni suratga olish ishlari 2016-yilning yanvarida boshlangan edi. Ayni kunlarda film muxlislar e’tiboriga havola qilishga shay holda turibdi. Premyera sentabr oyining o‘rtalariga mo‘ljallangan.
— Bu ilk rejissorlik ishingiz, shundaymi?
— Bungacha “Zumrasha” hajviy kinojurnali, hujjatli filmlar, seriallarni suratga olish ishlarida ham qatnashganman. “Josus kampir 007” esa katta kinoda rejissor sifatida xususiy kinostudiyada olgan ilk ishimdir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 102 | 1,782 |
Madaniyat | O`zbekiston delegasiyasi YuNESKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasida ishtirok etdi | Parij shahrida YuNESKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov umumsiyosiy debatlarda nutq so`zladi.
Tadbirda YuNESKO rahbariyati, Bosh konferensiya va Ijroiya kengashi tarkibi hamda Tashkilotga a`zo davlatlar delegasiyalari ishtirok etishdi.
O`zbekiston tomon Prezident Sh.M.Mirziyoev nomidan YuNESKO Bosh direktori Odri Azuleni ikkinchi muddatga saylangani bilan samimiy qutladi. Tadbir ishtirokchilariga O`zbekistonda YuNESKO vakolatiga kiruvchi sohalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma`lumot berildi.
Madaniyat, ta`lim, fan va axborot sohalarini moliyalashtirishni kengaytirish, Jahon merosi obektlarining 3D nusxalarini yaratish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishni yo`lga qo`yish, Prezidentning ta`lim sohasida “Yangi O`zbekiston” va ilm-fan sohasida “Uchinchi Renessans” keng ko`lamli dasturlarini amalga oshirish kabi jihatlar alohida qayd etildi.
Tadbirda O`zbekiston va YuNESKO o`rtasidagi keyingi yillarda mustahkamlangan o`zaro munosabatlar masalalariga alohida to`xtalib o`tildi. O`zbekiston hukumatining YuNESKO va unga a`zo davlatlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, “Xiva jarayoni” platformasini ishga tushirish, maktabgacha ta`lim sohasida Global forum o`tkazish va YuNESKO doirasidagi Abu Rayhon Beruniyning 1050 yilligini nishonlash bo`yicha respublika tashabbuslarini ilgari surish tarafdori ekanliginini bildirildi.
YuNESKO bilan o`zaro hamkorlikni faollashtirish bo`yicha istiqboldagi rejalarga muvofiq, respublika a`zolikka o`z nomzodini ko`rsatgan Ijroiya kengashi va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha Hukumatlararo qo`mita faoliyatida O`zbekistonning ishtirokini oshirish, “Baxshi san`ati” va “Ipak yo`ling Zarafshon-Qayroqqum yo`lagi” tegishli ro`yxatlarga kiritish, Xalqaro axborotdan foydalanish kunini nishonlash bo`yicha global konferensiya tashkil etish, shuningdek, universal kirish, bioxilma-xillik va geoparklarni targ`ib qilish kabi yo`nalishlarga e`tibor qaratilmoqda.
Umumsiyosiy debatlarda 50 ga yaqin davlat delegasiyasi rahbarlari, jumladan, tashqi ishlar, ta`lim, madaniyat, fan va sport vazirlari ma`ruza qilishdi. Delegatlar o`z ma`ruzalarida YuNESKO faoliyatining turli jihatlariga to`xtalib o`tishdi. Tashkilotga a`zo mamlakatlar va tashkilot o`rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari ko`rib chiqildi. YuNESKOning o`z vakolatlari doirasidagi asosiy yo`nalishlarini ilgari surish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish bo`yicha takliflar bildirildi. | 85 | 2,593 |
Madaniyat | “Zuleyha” va “Qora niyat”ning yangi mavsumi qachon boshlanadi? Turk seriallari suratga olish maydonchasidan so‘nggi yangiliklar | Turk kinoijodkorlari tomoshabin va muxlislar karantinda zerikib qolmasligi uchun bir-biridan qiziqarli va kutilmagan sujetga asoslangan seriallarni suratga olishda davom etmoqda. Quyida ular bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz.
“To‘g‘on”
Mart oyida ekran yuzini ko‘rgan serialning keyingi qismlarini suratga olish jarayonlari mavjud karantin sabab to‘xtatilgandi. Ma’lum qilinishicha, suratga olish jarayonlari boshlab yuborilgan va birinchi fragmentlar tayyor. Muxlislar tez orada yangi qismlarni tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.
“Chuqur”
Muxlislar qalbidan joy olgan serialning uzoq kutilgan navbatdagi fasli, 16-avgustda start oladi. Unga qadar esa filmning fragmentini tomosha qilish mumkin.
“Zumrad qaqnus”
Mazkur serialning yangi fasli 12-sentabrdan boshlab namoyish etiladi.
“Mariya va Mustafo”
Birinchi fragmenti tayyor bo‘lgan serialning suratga olish jarayoni davom etmoqda. Serial sujeti obro‘li turk xonadoni farzandi bo‘lgan Mustafoning, Yevropadan Kapadokyaga ekskursiya uchun kelgan Mariya ismli qizni sevib qolishi va oilasining turli e’tiqod sabab turmush qurishiga to‘sqinlik qilishiga asoslangan.
“Ramo”
Suratga olish maydonchasi Adanadan Istanbulga ko‘chirilgan mazkur serialning yangi fasli ham tomoshabinlar e’tiboriga havola etishga tayyor.
“Zuleyha”
Ko‘plab qiziqishlarga sabab bo‘lgan serialning yangi faslini suratga olish ishlari boshlab yuborilgan. “Zuleyha” haftaning payshanba kuni efirga uzatiladi.
“Yangi hayot”
''Kim bu adam?'' #YeniHayat, yakında #KanalD'de başlıyor! @yenihayatdizisi pic.twitter.com/iz1TR8UWZl
— Kanal D (@KanalD) February 26, 2020
Suratga olish jarayoni faol davom etayotgan serialning fragmenti muxlislarga havola qilindi.
“Qora niyat”
7-sentabr kuni serial to‘rtinchi faslining ilk qismini tomosha qilish mumkin bo‘ladi. | 127 | 1,789 |
Madaniyat | “Xinoli qor” seriali suratga olingan qishloqqa borgan Nargiza Salmonova, Luiza Rasulova “xeyter”lariga yuzlandi. Instagram’dan daraklar | 14-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Farzandlariga o‘xshashidan sevinayotgan xonanda Sevara Nazarxon.
View this post on Instagram
Rayhon Ulasenova folloverlariga Turkiyadan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Sitora Alimjonova folloverlariga ko‘ngilni kengroq qilishni so‘radi.
View this post on Instagram
Ra’no Shodiyeva tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagan barcha hamkasblari va folloverlariga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘i bilan Moskvada tushgan surati bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Nargiza Salmonova Turkiyaning eng muvaffaqiyatli seriallaridan biri “Xinoli qor” suratga olingan qishloqda bo‘ldi.
View this post on Instagram
“Ilhaq” filmi ijodkorlari tibbiy niqobda selfiga tushdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Bahora Arslonova va uning turmush o‘rtog‘i.
View this post on Instagram
Rayhon “Faqat ikkimiz” deb nomlangan rus tilidagi qo‘shig‘ini taqdim etadi.
View this post on Instagram
Aktrisa Luiza Rasulova suratlari ostida salbiy izoh yozib qoldiradigan folloverlariga atab post qoldirdi.
View this post on Instagram
Dilso‘z “O‘zingga oshiq qil, Olloh” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram | 135 | 1,513 |
Madaniyat | Yevromaydon haqidagi film Kanadadagi kinofestivalda bosh mukofotni qo‘lga kiritdi | Yevromaydondagi voqealar haqida hikoya qiluvchi “Olov ichidagi qish: Ukraina ozodlik urushi” hujjatli filmi Torontodagi xalqaro kinofestivalda birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Kinolenta hujjatli film kategoriyasida tomoshabinlar simpatiyasi mukofotiga ega bo‘ldi.
“Filmimizni ukrain xalqi vatanparvarligi va birligiga bag‘ishlangan muhim tarixiy yodgorlik sifatida tan olishgani va qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorlik bildiraman”, — dedi film rejissori Yevgeniy Afineyevskiy. | 81 | 517 |
Madaniyat | Xonanda Manzura: 38 ga kirdim, turmushga chiqmaganimdan afsus qilmayman | Xonanda Manzura “Yo teskari zamon bo‘ldimi?”nomli qo‘shig‘i bo‘yicha bildirilgan e’tirozlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Manzura “Yo teskari zamon bo‘ldimi?” qo‘shig‘ini kuylaganidan so‘ng, “Manzura bu qo‘shiqni kuylashga haqlimi, hali o‘zi turmush qurmay nega turmush qurish masalasiga ko‘p to‘xtalyapti?”, qabilidagi e’tirozlar paydo bo‘lgan edi.
“Men bu qo‘shiq bilan birovning oilasiga aralashmoqchi emasman. Lekin 38 ga kirib, [hali ham] turmushga chiqmaganimdan afsus qilmayman. Demak, Yaratgan menga shu taqdirni ravo ko‘rgan”, — dedi xonanda Manzura.
“Hozir nima ko‘p — ajrashish ko‘p. Agar turmush qurib, so‘ng ajrashib ketadigan bo‘lsam, bunday oila qurgandan yolg‘iz o‘tganim afzal”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda. | 71 | 787 |
Madaniyat | Uill Smit karyerasidagi eng yaxshi va yomon filmlar nomini ma’lum qildi | Gollivud yulduzi Uill Smit GQ jurnaliga bergan intervyusida filmografiyasidagi qaysi loyihalarni eng yaxshi va yomon deb hisoblashini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Film.ru”.
“Eng yaxshilariga keladigan bo‘lsak, bu borada ‘Qoradagi odamlar’ va ‘Baxt ortidan quvib’ o‘rtasida durrang bo‘ladi. Turli sabablarga ko‘ra, ushbu ikkisi deyarli ideal”, — deya ta’kidlaydi Smit.
Eng yomon filmi deya aktyor “Yovvoyi, yovvoyi G‘arb”ni atagan: “Tirnoq ichidagi zirapchadek. O‘zimni charm ishtonlarda ko‘rish ham menga yoqmaydi”.
Avvalroq Smit “Matritsa”ning birinchi qismida Neo rolini ijro etishdan bosh tortgani va buning o‘rniga “G‘arb”da suratga tushganini aytgan edi. Bunga kartina rejissorlari bo‘lgan Vachovskilar tomonidan loyihaning “yovvoyicha” taqdim etilishi bo‘lgan.
Avvalroq Uill Smit AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan Yangi Orleanda mushakbozlik bo‘lmasligidan xabar topgach, uni o‘zi tashkillashtirgan edi. | 71 | 919 |
Madaniyat | Yigitali Mamajonov: Yo‘q, haqingiz yo‘q — bu shaxsiy hayot | Yigitali Mamajonov haqiqatan ham juda ko‘p gonorar so‘raydimi? Qaysi o‘zbek rejissyorlarining filmlarida suratga tushishni xohlaydi? Qaysi aktrisa bilan hamkorlik qilish Yigitali uchun qulay? Jurnalist Feruz Muhammad aktyor Yigitali Mamajonovning hali sizga ma’lum bo‘lmagan fikrlari, hayotiy qarashlari haqida suhbat uyushtirdi.
— Jurnalistlar tomonidan sizga berilaverib joningizga tegib ketgan savol qaysi?
— San’atga qanday qilib kirib kelgansiz, degan qolip savol bor. So‘nggi vaqtlarda eng jonga tekkan savol: “Nimaga ajrashib ketdingiz?”. Birinchidan, bu shaxsiy hayot. Ba’zilar: “Biz muxlismiz, mashhurlarning shaxsiy hayotini bilishga haqqimiz bor”, deyishadi. Yo‘q, haqingiz yo‘q — bu shaxsiy hayot. Siz san’atga qanday kirib kelganimizni, ijodimizni bilishingiz, buni tanqid qilishingiz mumkin. Muxlislarning hayotimizga aralashishlarining iloji ham, haq-huquqlari ham yo‘q, shunday ekan, shaxsiy hayotimiz haqida ham bilishlariga haqlari yo‘q.
— Bolalarim bilan haftada bir ko‘rishamiz, deb intervyu bergan ekansiz. Bolalaringiz bilan ko‘rishgan vaqtda, xohlaysizmi-yo‘qmi, turmush o‘rtog‘ingiz — xonanda Rayhon bilan ham ko‘rishasiz. Shu vaqtda munosabatingiz, suhbatingiz qanday bo‘ladi. O‘rtangizda hech bo‘lmasa do‘stlik rishtalari saqlanib qolgandir?
— Bilasizmi, men biror insonga nisbatan gina saqlab yurmayman, yaxshi muomala qilaman, yomon muomalada bo‘la olmayman. Balki, Rayhon oilamiz saqlanib qolishini, tiklanishini juda xohlayotgandir, ammo men xohlamayapman. Chunki buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Misol uchun, Siz daraxt ekib kelayapsiz-da, kimdir boshqa tomondan kelib, uni yulib ketaversa, qanday qilib bog‘ barpo bo‘lishi mumkin? Yoki Siz daraxt ekayapsiz, kimdir unga suv quyib turmasa, hatto harakat ham qilmasa, u bog‘ ko‘karmaydi, yashnamaydi. Bunday bog‘ yaratgandan, yaratmagan yaxshiroq, deb o‘ylab qoldim.
— Sizning gaplaringizdan oilangiz qachondir baribir tiklansa kerak, deb o‘ylayapman. Bu hodisa ayni kunlarda bo‘lmasligi mumkin, ehtimol ikki-uch yil o‘tib sodir bo‘lar?
— To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, hech qachon oldindan fikrlab, 5—6 yilni mo‘ljallab reja tuzadigan odam emasman. Vaqti kelsa, ertangi kunimni ham o‘ylamayman. Sog‘-salomat, yaxshilikda ertangi kunga yetkazsin, deb niyat qilaman, xolos. Ertangi kunimni o‘ylamayman deganim — Xudoga xush kelmaydigan rejalar tuzmayman, balki ertagacha yetib bora olmasman ham. Bu hammasi Xudoning ishi, nima bo‘lsa ham yaxshilik bo‘lsin. Yaratgandan shuni so‘rab qolaman.
— Endi ijodinggizga qaytsak. “Oyqiz ertagi” filmi rejissori Akbar Bekturdiyevning so‘zlariga ko‘ra, siz o‘z rolingizni u o‘ylagan darajadan ham bir pog‘ona balandroq, maromidan ham oshirib ijro etib beribsiz. Ko‘plab rejissorlar bilan ishlagan professional aktyor sifatida Akbar Bekturdiyevning faoliyatiga qanday munosabat bildirasiz?
— Akbar Bekturdiyev bilan hamkorligimiz juda samarali bo‘ldi. Bundan keyin ham ko‘plab filmlarda birga ishlash niyatimiz bor. Insonning tajribasi qanchalik boy bo‘lsa, ishlari ham shuncha yaxshi bo‘lib boraveradi. Akbar aka kelajagi porloq rejissor.
— Adashmasam, “Oyqiz ertagi” filmida aynan sizning rolingizni o‘ynash uchun boshqa talabgorlar ham bo‘lgan. Filmning kasting jarayonlari haqida so‘zlab bersangiz.
— Boshqa talabgorlar borasida bexabarman. Birinchidan, bu filmda o‘ynash xohishi bor edi-yu, lekin “o‘ynayman” deb qat’iy intilmaganman, rol uchun talashmaganman. Umuman olganda, shu vaqtgacha boshqa filmlarda ham biror rol uchun talashgan emasman. Buning hammasi taqdir. Kastingdan so‘ng Moskvaga ketgandim. Tasvirga olish ishlari boshlanganini eshitganimdan so‘ng, o‘rnimga boshqa aktyor topgan bo‘lishsa kerak, bu rol menga nasib qilmagan ekan, degan fikr xayolimdan ham o‘tgan. Moskvadan qaytganimdan so‘ng, s’yomkalar hali ham boshlanmaganligini bildim. Akbar aka: “Menimcha, bu filmda o‘ynash sizga nasib qilgan ekan”, deb rolni menga ishonib topshirdi. Kimdir menga ishonch bildirdimi, uning ishonchiga munosib bo‘lib, jonimni ayamasdan mehnat qilaman. Nima bo‘lgan taqdirda ham menga bildirilgan ishonchni oqlayman. Filmda qo‘ldan kelgancha, imkon boricha harakat qildim, ammo xayolimda: “Rolni bundan ham yaxshiroq o‘ynasam bo‘lar edi”, degan o‘y o‘tmoqda.
— Menimcha, gonorar ko‘p so‘raydigan aktyorlar toifasiga kirasiz...
— Ha, rostdan ham ko‘p so‘rayman. Mehnatimga yarasha so‘rayman, chunki olgan pulimni har doim oqlaganman.
— Ssenariy tanlashingiz, katta gonorar so‘rashingiz taklifning kam bo‘lishiga olib kelmaydimi?
— Shunaqa tomoni ham bor, ha.
—Aktyorga, mashhur insonga moddiy tomonni qoplash uchun yaxshigina mablag‘ kerak. Ko‘plarning e’tiborida bo‘lgani uchun yaxshi kiyinib yurishi lozim, ko‘pchilikning oldida ovqatlanmaydi, demak, qimmat restoranlarda ovqatlanadi, degan gaplar yuradi.
—Menda unaqa odatlar yo‘q, xohlagan joyga kirib ovqatlanishim mumkin. Hurmatimni bashanglik, dabdaba, mol-dunyo bilan belgilanishini istamayman. Mol-dunyoning bari o‘tkinchi.
— Sizga filmda o‘ynash uchun taklif bo‘lsa, birinchi navbatda nimaga qaraysiz?
— Shu kungacha ham birinchi navbatda ssenariyga qaraganman, bundan keyin shunday bo‘ladi. Agar ssenariy yaxshi bo‘lmasa, men u filmda suratga tushmayman.
— Tasavvur qiling, ssenariy yaxshi emas, ammo sizga 160 million so‘m gonorar taklif qilishdi. Unda nima qilasiz?
— Menimcha, buncha pul taklif qiladigan odamning filmi ham yaxshi bo‘ladi, bunga rozi bo‘lar edim. Nima bo‘lgan taqdirda ham bizga xosiyatli, yaxshi rollar, saviyali, yuki bor ssenariylar uchrasin, deb niyat qilaman. Birinchi navbatda ssenariyga, undan so‘ng menga to‘lanadigan gonorariga qarayman. Shu aytganlarimdan ikkisi ham noma’qul bo‘lsa, men u film haqida o‘ylab ham ko‘rmayman.
— O‘ylab o‘tirmasdan filmida suratga tushishni rad etadigan rejissorlaringiz bormi?
— Tanimagan rejissorlarimni rad etishim mumkin. Shunda ham birdan rad etmayman — ular bilan suhbatlashaman. Agar suhbat jarayonida u meni nimagadir ishontira olsa, film ssenariysini o‘qib chiqib, rozilik bildirishim ham mumkin.
— Qaysi o‘zbek rejissorlarining filmlarida suratga tushishni orzu qilasiz?
— Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov, Sanjar Matkarimov, Mansur Vasati.
— Kun kelib o‘zingiz ham rejissorlik qilishingiz mumkinmi?
— Albatta, yaxshi rejissor aktyorlardan chiqadi, degan gap ham bor-ku. Kelajakda yaxshi rejissor bo‘lishga harakat qilamiz. Hali bunga ancha bor. Hozir esa o‘z ustimizda tinimsiz mehnat qilishimiz va o‘qishimiz kerak.
— Qaysi o‘zbek aktyorlarini tan olasiz, ijodini hurmat qilasiz?
— Murod Rajabov, Yodgor Sa’diyev, Muhammadiso Abdulxayirov, Karim Mirhodiyev.
— Yosh, tengqur aktyorlardan-chi?
— Institutda o‘qib yurgan vaqtlarim Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshevni yaxshi aktyor, ijodkor sifatida bilardik.
— Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshev ijodi haqida hozir fikringiz boshqachami?
— Unday emas, talabalik vaqtingizda ularga muxlis darajasida, kamchiliklarini ham ko‘rmay baho berar ekansiz. Keyinchalik, tajriba oshib borgani sari, ijodkor nuqtai nazardan qaraganda, ularda ham kamchiliklar bo‘lishi ko‘rinar ekan. Bu ko‘rolmaslik yoki hasad emas, bor-yo‘g‘i professional nazar, ularning xatodek ko‘ringan harakatlaridan saboq chiqarishdir. Ular bizga ustoz darajasida, ming qilsak ham ularning o‘rnini ololmaymiz, chunki Ulug‘bek Qodirov, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshev san’atda, kino olamida o‘ziga xos o‘rin egallab bo‘lgan.
— Qaysi aktrisalar, partnyorlar bilan ishlash oson?
— Yulduz Rajabova, Asal Shodiyeva bilan yaxshi til topishib ishlaganmiz. Odatda partnyor tanlamayman. Muhimi, fikrimiz to‘g‘ri kelsa, men bog‘dan kelganimda, sherigim tog‘dan kelmasa bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 58 | 7,732 |
Madaniyat | Jasur Umirovdan “Million” va Yulduz Usmonovagacha. “Xalqlar do‘stligi”da o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi? | “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida may va iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlar va ularning chipta narxlari bilan tanishing.
“Benom” guruhi
“Benom” guruhining “Yana bu biz” deb nomlangan konsert dasturi 3-, 4-, 5-may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Chiptalarni 30 ming so‘mdan 300 minggacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin. Bu konsertga chipta topish muammo emas.
Rustam G‘oyipov
Lirik qo‘shiqlarning mohir ijrochisi Rustam G‘oyipovning konserti esa 6—7-may kuni bo‘lib o‘tadi. Chiptalarni 40 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin. Bu xonandaning konsertiga chipta topish qiyin emas.
Ozoda Nursaidova
9—16-may kunlari Ozoda Nursaidovaning konsertiga start beriladi. Uning konsertiga kirish narxlari 25 ming so‘mdan, 300 ming so‘mgacha qilib belgilangan. Faqat markazdagi barcha o‘rin biletlari sotilgan, faqatgina chekkadagi o‘rindiqni 200 ming so‘mdan band etishingiz mumkin. Xonanda konsertiga talab yuqori bo‘lgani uchun “qora bozor”dagi savdolar ham avjida. Kassadan topilmagan markaz chiptalarini u yerdan 400-500 ming so‘mdan topish mumkin.
“Million” jamoasi
“Million” jamoasining bu yilgi konserti ham ancha talabgir. Boshqa kassalarda odamlar u qadar tirband emas, ammo “Million”ning chiptalari sotiladigan kassa odamlar bilan gavjum. 17—24-may kunlari o‘tishi rejalashtirilayotgan konsert chiptalari 40 ming so‘mdan 450 ming so‘mgacha etib belgilangan.
Hamdam Sobirov
25—26-may kunlari Hamdam Sobirovning “Maktabimda” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Xonanda bitiruvchilar kunini band etgan bo‘lsa-da, hozircha konsertga bilet topish muammo emas. Chipta sotuvchi ayolning gapiga ko‘ra, 30 mingdan 300 minggacha bo‘lgan narxda chiptalarni sotib olish mumkin.
Yulduz Usmonova
Yulduz Usmonova eski qo‘shiqlarini sog‘ingan muxlislari uchun 27—31-may kunlari konsert berishi haqida ma’lum qilgandik. Xonanda yaqindagina konsert berganiga qaramay, doimgidek uning chiptalari talabgir. Yoki ma’murlar ishini qoyilmaqom bajarishadi. Chunki 5 kunlik konsertning faqat old chiptalari sotuvga chiqarilgan. Chipta sotuvchi ayol bizga orqa qator va balkon chiptalari sotib bo‘linganligini ma’lum qildi. 3–14-qatorgacha bo‘lgan chiptalarni esa 200 ming so‘mdan 450 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilish mumkin.
Dilmurod Sultonov
Xorazmlik yosh xonanda Dilmurod Sultonov 2-, 3-, 4-iyun kunlari yakkaxon konsert dasturi taqdim etadi. Konsert chiptalari 30 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha etib belgilangan. Hamyoningiz ko‘targancha chiptalarni xarid qilaverasiz, chunki ularni topish muammo emas.
Jaloliddin Ahmadaliyev
7—8-iyun yosh xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyidagi ilk yakkaxon konsert dasturini o‘tkazadi. Konsert chiptalari 80 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarilgan. Ammo chiptalar bor-yo‘g‘i bir oy avval sotuvga chiqarilgan bo‘lsa-da, ularning ancha-munchasi sotib bo‘lingan.
Vohidjon Isoqov
14—15-iyun kunlari xonanda Vohidjon Isoqovning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalari 25 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda. Chiptalarni xarid qilish imkoniyati juda yuqori, hatto old qator chiptalari ham hali sotilmagan.
Ruslan Sharipov xotirasiga bag‘ishlangan konsert
9-iyun kuni marhum ijodkor Ruslan Sharipov xotirasiga bag‘ishlab, konsert dasturi tashkillashtiriladi. Konsert bannerlariga ko‘ra, unda Farruh Zokirov, Munisa Rizayeva, Rashid Xoliqov, Tohir Sodiqov kabi mega yulduzlar ishtirok etadi. Chiptalarni 60 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha narxda sotib olishingiz mumkin.
Jasur Umirov
Xonanda Jasur Umirovning uzoq kutilgan konsert dasturi 16—17-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalarini 30 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin. Hozircha chiptalarni topish umuman muammo emas.
Og‘abek Sobirov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirovning “Yetkazganiga shukr” nomli konserti 20—21-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Konsert chiptalari 40 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarilgan. | 144 | 4,069 |
Madaniyat | Ikki kun qoldi: Shuhrat Daryoning konsertoldi tayyorgarligidan fotoreportaj | Xonanda Shuhrat Daryo 25—26-oktabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida jonli ijroda bo‘lib o‘tadigan “Shabboda” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi. Jurnalist Feruz Muhammad konsertoldi tayyorgarlik jarayonidan fotoreportaj tayyorladi.
Xonanda bundan avval jonli ijro ixlosmandlari uchun “Turkiston” san’at saroyida “Baxt kulib” deb nomlangan konsert dasturini ham taqdim qilgan edi. “Shabboda” xonandaning “Istiqlol” san’at saroyidagi ilk jonli ijrodagi dasturi hisoblanadi.
Ikki oydan ortiq vaqt mobaynida tayyorgarlik ko‘rilayotgan dasturning so‘nggi ishlarida xonandaning ham, sozandalarning ham kayfiyati a’lo darajada bo‘lib, har kim o‘z ishiga mas’uliyat va ko‘tarinki kayfiyat bilan yondashmoqda.
Xonanda mazkur dasturida tomoshabinni kuy va qo‘shiq sehridan uzoqlashtirayotgan har qanday jimjimadorlikdan voz kechishga qaror qilgan.
Shuhrat Daryoning “Turkiston” san’at saroyidagi konsert dasturiga ko‘p millatli muxlislar mehmon bo‘lishgani sababli, bu galgi konsertda chet tillarida kuylangan qo‘shiqlar ham jarang sochadi.
Dastur uch bo‘limdan iborat bo‘lib, bo‘limlar hech qanday qo‘shimcha vositalar bilan ajratilmaydi. Dasturda qiziqchilar, so‘z ustalari, raqqosalar ham bo‘lmaydi.
Dasturning yana bir mezboni, mohir sozanda — Ma’murjon Zilolov konsert kulminatsiyasida chiqish qilishi kutilmoqda. Hozircha sozanda qaysi sozlar ishtirokida chiqish qilishi sir tutilmoqda.
Dasturda O‘zbekiston xalq shoirlari Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf kabi shoirlarning bir-biridan dilbar she’rlariga murojaat qilingan taronalar kuylanadi. | 75 | 1,569 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi (video) | Yulduz Usmonova Toshkentda 23—24-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi. Tarona YouTube’ga joylandi. | 89 | 172 |
Madaniyat | KUVAYTDA O`ZBEKISTON MADANIYaTI KUNLARI O`TKAZILADI | Bugun Al-Kuvayt shahrida O`zbekiston madaniyati kunlari boshlandi. Bu haqda “Xalq so`zi” gazetasining sayti xabar bermoqda.
Uning doirasida konsert dasturi, O`zbekiston amaliy san`ati va fotoko`rgazmalar taqdimoti, mamlakatimizning turistik salohiyati hamda madaniy obidalari taqdimoti, “O`zbekiston-bag`rikeng diyor” nomli davra suhbati, xattotlik bo`yicha mahorat darslari o`tkaziladi. | 52 | 387 |
Madaniyat | “Geolog. O‘limdan kuchli” blokbasteri premyerasi o‘tkazildi (foto) | 22-may kuni soat 18:00 da “Samarqand darvoza” savdo majmuasida “Geolog. O‘limdan kuchli” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Popcorn.uz’ning yozishicha, majmuaning ikkinchi qavatida gala premyera tashkil etilib, yuzlab kino shinavandalari bu jarayonni bevosita shu qavatda o‘rnatilgan ekran orqali uchinchi va to‘rtinchi qavatdan turib kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, savdo majmuasi kirish qismi oldiga ham katta ekran joylashtirilib, bu yerga tashrif buyurganlar premyera jarayonini bevosita onlayn tarzda ekran orqali tomosha qildi.
Premyerada Davron Qobulov va Nilufar Sotiboldiyeva boshlovchilik qildi. Ular ketma-ket san’atkorlarni qizil gilam uzra chorlab, barchasi bilan qisqagina suhbat uyushtirdi.
Kechaning eng asosiy mehmoni, ya’ni kartina voqealarining bosh qahramoni — Abdujamil Sodiqov bo‘ldi. Ayni vaqtda 70 yoshni qarshilagan Abdujalil Yo‘ldoshevning kechinmalari “Geolog. O‘limdan kuchli” kartinasi yaratilishining asosi bo‘lib xizmat qildi.
Kechaning mashhur mehmonlari qarshi olingach, sahnaga o‘zbek estradasining mashhur yulduzlaridan Nilufar Usmonova va Lola o‘z qo‘shiqlari bilan barchaga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, Shahzoda “Geolog. O‘limdan kuchli” filmi uchun asosiy rasmiy saundtrek sifatida tanlangan “Malo li” taronasini ijro etdi. Shundan so‘ng, barcha mehmonlar “Samarqand darvoza” majmuasining 4-qavatida joylashgan kinoteatrga taklif qilindi.
Popcorn.uz’ning ta’kidlashicha, “Geolog. O‘limdan kuchli” filmini o‘zbek kino sohasini yangi bosqichga eltuvchi kartina deyish mumkin. Noodatiy mavzu, noodatiy janr, noodatiy tasvirlar, biroq bularning barchasi real hayotiy voqealar asosida suratga olingan. Ana shu jihat bilan ham tomoshabin diqqatini jalb eta oladi. | 66 | 1,730 |
Madaniyat | Xonanda Yulduz Turdiyeva yangi fotosuratlarida o‘zgacha qiyofada namoyon bo‘ldi (foto) | Xonanda Yulduz Turdiyeva kuzga hamohang yangi fotojamlanmasini taqdim etdi, deb xabar beradi My Day. Fotosuratlar uchun xonanda fotograf Isfandiyor bilan hamkorlik qildi. Suratlarda san’atkorni o‘zgacha qiyofada ko‘rish mumkin. | 86 | 227 |
Madaniyat | Shakira Facebook’da 100 mln mushtariy to‘plab, rekord o‘rnatdi | So‘nggi yillardagi eng muvaffaqiyatli xonanadalardan biri Shakira uchinchi bor Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Qo‘shiqchi Rekordlar kitobi sertifikati bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.
Bu galgi sertifikat Shakiraga Facebook’dagi mushtariylari soni 100 millionga yetgani uchun berildi — u Facebook’da shunday miqdorda obunachi yig‘gan birinchi odam bo‘ldi.
Xonanda ilk rekordini 2005-yilda — Fijación Oral albomi AQShda eng ko‘p sotilganida o‘rnatgan edi. Ikkinchi rekord esa uning tarixdagi eng talabgir ispancha qo‘shig‘i La Tortura’ga tegishli. | 62 | 630 |
Madaniyat | Maykl Jekson kundaligidan maxfiy qaydlar e’lon qilindi | 2020-yilning avgust oyida pop-qirol Maykl Jekson haqida “Yomon: Maykl Jekson yashirganlarining misli ko‘rilmagan tekshiruvi” (Bad: An Unprecedented Investigation into the Michael Jackson Cover-Up) sotuvga chiqariladi. Hello nashrining yozishicha, muallif Dilan Xorvard, Mayklning sirli kundalik va qaydnomalarini o‘rganish asosida ushbu kitobni yozgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, kitobni o‘qish davomida Jeksonning so‘nggi yillari qanday kechgani haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Kitobdan tanlangan iqtiboslar The Mirror’da e’lon qilingan bo‘lib, ularni o‘qish orqali, Maykl Jekson o‘z nomini, kumirlari Charli Chaplin va Uolt Disneylar kabi tarixdan abadiy o‘chmas bo‘lib qolishini istaganini bilish mumkin.
Kundalikdan Jekson shoumen aktyor va rejissorlar orasida eng birinchi multimilliarder bo‘lishni, haftasiga 20 million daromad ko‘rishni istaganini va ushbu istagini yangi Cirque du Soleil shousi hamda Nike singari yirik kompaniyalar bilan reklama shartnomasini imzolash orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari xonanda tarixda qolish uchun “Suv ostidagi yigirma ming kilometr” hamda “Sinbadning yettinchi sayohati” filmlarini qayta suratga olishni xohlashini yozib qoldirgan.
Kundaliklarni o‘rganish davomida qo‘shiqchi so‘nggi yillarda, uni kimdir o‘ldirishi mumkinligidan qo‘rqqani aniqlangan.
“Yovuz odamlar meni yo‘q qilib, kompaniyamga egalik qilishni istashadi. Tizim musiqiy to‘plamimni qo‘lga kiritish uchun meni yo‘q qilishni istaydi… Lekin, men uni sotmayman”, — deb yozgan Maykl kundaligida.
Ma’lumot uchun, 1985-yilda Maykl Jekson, minglab kompozitsiyalar, xususan, The Beatles guruhi qo‘shiqlariga egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan Sony/ATV Music Publishing musiqiy to‘plamining 50 foiz aksiyalarini sotib olgan. Buning natijasida Jekson va uning merosxo‘rlari yetarlicha daromadga va ushbu bitim ortidan katta miqdorda divedendga ega bo‘lgan. Xonanda vafotidan 7 yil o‘tib esa Sony xonandaning ulushini 750 million dollarga sotib olgan.
Maykl Jeksonga tegishli qo‘lqop auksionda 104 ming dollarga sotildi | 54 | 2,080 |
Madaniyat | “Bizning intervyu pullik!”. Xonanda Jahongir Otajonov bilan eksklyuziv intervyu | Xonanda Jahongir Otajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Suhbat davomida xonanda:
Xonandaning o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati, uning istiqboli, jonli ijro borasida kuyunchaklik bilan bildirgan fikr va mulohazalari sizni befarq qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 79 | 483 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov vafot etdi | Bugun, 17-may kuni O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda xonanda Anvar Sobirov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Ortiq Otajonov 1947-yilning 30-yanvarida Xorazm viloyatining Xitoy qishlog‘ida oddiy mehnatkash oilada tug‘ilgan. Yoshiligidan qo‘shiq aytishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan.
1962-yilda Ortiq Otajonov Xorazm san’at maktabining musiqa fakultetiga o‘qishga kiradi. San’atkor qo‘shiq aytish sirlarini mashhur o‘zbek hofizi Komiljon Otaniyozovdan o‘rgangan.
Katta sahnalarda Ortiq Otajonov 1968-yildan 1997-yilga qadar faoliyat olib borgan. Xonandaning “Umr o‘tar”, “Lazgi”, “Boshqacha”, “Kelsun, kelsun”, “Dilbar”, “Yurishlaring” kabi qo‘shiqlari haqiqiy zamonaviy mumtoz qo‘shiqlarga aylangan.
Ortiq Otajonovning rafiqasi Gulsara aya 4-aprel kuni vafot etgan edi. | 50 | 844 |
Madaniyat | “Prezident bo‘lish — yo‘llarni yopib qo‘yib, ishga borib kelish emas”. Jahongir Otajonov saylovda qatnashish istagi uchun uni qoralaganlarga murojaat qildi (video) | San’atni tark etganini aytgan Jahongir Otajonov 20-yanvar kuni Instagram’dagi sahifasi orqali O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yish istagi borligini ma’lum qildi. Xonandaning ushbu qaroriga ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari turli munosabat bildirdi. Kimdir undan siyosatchi chiqmasligini aytib, uni bu fikridan qaytarishga urindi, yana kimdir uni qo‘llab-quvvatladi. Izohlar orasida xonandaning sha’niga haqoratli so‘zlar yozib qoldirilgan holatlar ham uchradi. Jahongir Otajonov xeyterlariga yana bir videomurojaat qoldirdi hamda unda davlatni boshqarish mashaqqatlari haqida so‘z yuritdi.
“Kecha qalbimdagi bir niyatimni sizlar bilan bo‘lishdim. Albatta, buning orqasidan fitna deb bo‘lmas, lekin shunga yaqin fikr bildirganlar bo‘ldi. Kimlardir meni haqorat qildi. Zotan, Alloh taolo bir-birimizga nisbatan bunday so‘zlarni ishlatishni ma’qullamaydi. Buni ko‘pchilik mening musiqadan ketganimning sababi shu ekan, dinni niqob qilib, odamlarga yaxshi ko‘rinib, keyin bu ishlarni reja qilgan ekansiz, degan izohlarni o‘qidim.
‘Krugozor’ni kengroq olib, zamonaviy fikrlash kerakki, unaqa ishlar bo‘lmaydi. Dinni niqob qilib, odam unaqa ishlarni bo‘yniga ololmaydi. Zotan, prezident bo‘lish — bu baxt emas. Prezident bo‘lish — bu do‘zax! Nimaga do‘zax? Chunki bu narsaning javobgarligi bor! Bir davlatning prezidenti bo‘lgan odam, shu davlatda nechta odam bo‘lsa, o‘sha insonlarning har bittasining nimaga haqli ekanini bilmagani uchun qanchalik Allohning oldida javob berishini sizlar tasavvur qila olmaysizlar, meni so‘kayotganingizda. Men baxtsizligimdan, kunim o‘tmayotganidan, artistlik qilish uchun prezident bo‘laman, deganim yo‘q. Men aytdimki, Alloh uchun xalqqa xizmat qilish niyatim bor. Alloh uchun O‘zbekistonni har bir masalada O‘rta Osiyodagi eng zo‘r davlat qilish niyatim bor.
To‘g‘ri, menga qismat qilib, prezident bo‘lish nasib qilib, prezident bo‘lgan davrimda bu ishlarni qilishga ulgurmasman, buni Alloh biladi. Chunki, baraka beruvchi Alloh. Shuning uchun, men aytmoqchimanki, prezident bo‘lish — bu baxt emas, prezident bo‘lish —boy badavlat bo‘lish emas. Prezident bu kolxoz raisi emas, davlatning raisi. Boshqaruvchi odam. Boshqaruvchi odamning vazifasi hamma narsani to‘g‘ri, qonuniy, erkinlik bilan boshqarish kerak bo‘ladi. Insonlar erkinligini hurmat qila oladigan, o‘zining qonunlari, davlati Konstitutsiyasini tan oladigan. Bu narsalarning javobgarligini tasavvur qila olmaysizlar! Prezident bo‘lish — yo‘llarni yopib qo‘yib, ishga borib kelish emas. Men birovni haqorat qilmoqchi emasman. Butun dunyo prezidentlari shunaqa, lyuks uylarda yashaydi, lyuks mashinalarda yuradi. Mayli, balki bu standartdir. Men bu narsa tarafdori ham emasman, mening o‘z uyim bor. Men Alloh uchun xalqqa xizmat qilish niyatim bor. Nimaga, chunki ko‘ryapmiz, ba’zi joylarda odamlarimiz rosa qiynalib yashayapti. To‘g‘ri, balki men ham prezident bo‘lsam, bu narsalarga ulgurib, hammaning hayotini yaxshi qila olmasman, buni Alloh biladi. Lekin mening niyatim shu!”, — deydi Jahongir Otajonov. | 163 | 3,057 |
Madaniyat | Xonanda Anvar Sobirov litsenziyasini qaytarib oldi | Ayni kunlarda xonanda Anvar Sobirovning litsenziyasi qaytarib berilganligi haqida ma’lum qilinmoqda. Bu haqda UZ24 xabar beradi.
Nashr xonanda bilan telefon orqali bog‘langanda, buni uning o‘zi ham tasdiqlagan. Anvar Sobirov, shuningdek, o‘tgan uch oy davomida tushkunlikka tushmasdan, ijod qilishdan to‘xtamaganligini, bir nechta yangi qo‘shiqlar yozganini va tez kunda bir yo‘la uchta albomining taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, xonanda ma’naviyat targ‘iboti borasidagi darslarga qatnashmaganligi uchun shu yilning iyul oyida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan litsenziyadan mahrum qilingan edi. | 50 | 647 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprio ekologiya tashkilotlariga 15 mln dollar yo‘naltirdi | Gollivudlik mashhur aktyor va prodyuser Leonardo Di Kaprio ekologiya tashkilotlariga, shu jumladan, Afrika yovvoyi tabiati va Amazoniya tropik o‘rmonlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarga 15 million dollar yo‘naltirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Amazon Watch, Save The Elephants, Tree People va World Wildlife Fund kabi fondlar grantlarga ega bo‘ldi.
“Sayyoramiz tabiatining vayron etilishi shunday sur’atlarda sodir bo‘lmoqdaki, buni ortiq e’tiborsiz qoldirishning iloji yo‘q. Dunyo aholisi yashash muhitini vayron etmaydigan kelajakni barpo etishga mas’ulmiz”, — deb ta’kidladi aktyor.
1998-yilda Di Kaprio, Yer sayyorasidagi yashash muhiti ekologiyasini saqlash maqsadida, shaxsiy Leonardo DiCaprio Foundation fondini tashkil etdi. Bugungi kunda tashkilot dunyoning 40 ta mamlakatida faoliyat ko‘rsatmoqda. | 70 | 831 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov: Qiz uzatganda yig‘lamayman deb o‘ylagandim, bo‘lmadi | O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov otalik va qaynotalik maqomi haqida so‘z yuritdi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasi xabar bermoqda.
Ozodbek Nazarbekov qiz uzatganida yig‘ladimi degan savolga ijodkor quyidagicha javob berdi: “Ha, yig‘ladim. Yig‘lamayman deb o‘ylagandim, bo‘lmadi”.
Shundan so‘ng, Ozodbekka qaynotalik va otalik maqomlari haqida savol berildi.
“Yangi yil arafasidagi bir ko‘rsatuvda qaysidir qo‘shiqqa raqsga tushgan ekanman. Buni bayram kunlari takror-takror ko‘rsatishibdi, – dedi xonanda. – Uyga kelsam, ayolim buni o‘zimga qo‘yib berib, ‘Endi sizga bunaqa sakrab, raqsga tushishlar yarashmaydi’, deb qoldi.
Qarasam, o‘zimga ham erish tuyulib, televideniyedagilardan shu joyini olib qo‘yishlarini iltimos qildim. Mana sizga qaynotalik maqomi”. | 72 | 770 |
Madaniyat | #bookchallenge: Komil Allamjonov Sirdaryodagi 2 ta maktab va xususiy kutubxonaga 3 mingdan ortiq kitobni topshirdi (foto) | O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida tashkil etilayotgan Book challenge loyihasi doirasida bugun, 27-mart kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahri markazida tantanali tadbir o‘tkazilib, maktablarga viloyat hokimi boshchiligidagi barcha rahbar xodimlar tomonidan 2 mingdan ortiq kitob sovg‘a qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov va viloyat hokimi G‘afurjon Mirzayev Sayxunobod tumanining O‘zbekiston mahallasida yashovchi tadbirkor ayol Gavharoy Husanova tomonidan tashkil etilgan xususiy kutubxonaning ochilish marosimida ishtirok etgan hamda kutubxonaga Prezident sovg‘asi – 1000 dan ziyod kitobni topshirgan.
Shuningdek, bugun tumanda barpo etilgan “Jajji bilag‘on” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tgan. Ushbu muassasada ingliz va rus tillari chuqur o‘rgatiladi, ta’lim oluvchilar uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Komil Allamjonov bu kabi maskanlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda Agentlik o‘z loyihalari va bolalar kitoblari bilan ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidlagan. | 121 | 1,297 |
Madaniyat | Yurtimida byudjeti 20 million dollar bo`lgan tarixiy serial suratga olinadi | 2020 yilda mamlakatimizda “Sultana” nomli tarixiy teleserialni suratga olish ishlari boshlanadi. Loyihani MDHdagi eng yirik televizion kontent ishlab chiqaruvchilaridan biri bo`lgan “Star Media” kinokompaniyasi amalga oshiradi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasida “Star Media” asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda xalqaro loyiha – “Sultana” serialini yaratish bo`yicha hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi. Vladislav Ryashin mamlaktimizga “Quddus”, “Poyga” va “Arvohlar shahri” kabi filmlari bilan tanilgan fransiyalik prodyuser Jan Charlz Levi bilan birga tashrif buyurdi.
Serialni suratga olish jarayoni Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Loyiha ingliz tilida suratga olinadi, unda Gollivud aktyorlari ishtirok etishi ko`zda tutilgan, aktyorlar nomi hozircha sir tutilmoqda.
“Sultana” seriali syujeti XVII asrda bo`lib o`tgan hodisalarni o`zida jamlagan bo`lib, bugungi kun uchun ham dolzarb bo`lgan geosiyosat, hukmronlik va sevgi uchun kurash mavzularini ochib beradi. Olti epizodni o`z ichiga oladigan birinchi mavsum uchun byudjet 20 million AQSh dollarini tashkil qiladi. | 75 | 1,167 |
Madaniyat | Kambodjadagi “Golos” loyihasi ishtirokchisi sobiq eri tomonidan o‘ldirildi | Kambojadagi “Golos” loyihasi ishtirokchisi 23 yoshli San Sreylay sobiq eri tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
San Sreylay go‘zallik klinikasida muolaja olayotgan vaqtda sobiq eri uni ta’qib qilgan. Ayoldan 30 yosh katta bo‘lgan erkak to‘pponcha yordamida uni otib tashlagan, ayolning joni uzilganiga ishonch hosil qilganidan so‘ng o‘z joniga qasd qilgan.
Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari xodimlari holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Juftlikning ikki nafar o‘g‘il farzandi bor.
Marhumaning singlisi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, San Sreylay turmush o‘rtog‘i bilan tobora chuqurlashib borayotgan ziddiyatlar tufayli ajrashgan edi. | 74 | 685 |
Madaniyat | “Dadam ayolini onasi deb o‘ylayapti” — Aziz Rametov otasining Alsgeymer kasalligiga chalingani va xotirasini yo‘qotayotgani haqida | Aktyor va xonanda Aziz Rametov ijtimoiy tarmoqlar orqali otasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jumadulla Rametovning Alsgeymer xastaligiga chalingani haqida ma’lum qildi. U dunyoga eng keng tarqalgan va yil sayin “yosharib” borayotgan kasallik haqida videorolik ham suratga oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda har yetti soniyada kimdir Alsgeymer kasalligiga chalinadi. Insonni aqliy qobiliyatlardan, ayniqsa, xotiradan ayiruvchi Alsgeymer xastaligi nafaqat keksalar, balki ayrim yoshlarga ham xavf solmoqda. Ilgari bu xastalik 65 yoshdan yuqori bo‘lgan kishilarda uchragan bo‘lsa, bugungi kunda 45 yoshlik insonlar ham undan aziyat chekmoqda.
Amerikalik psixiatr Neyl Buxgolts oddiy parishonxotirlik bilan Alsgeymer o‘rtasidagi tafovutni quyidagicha izohlagan. “Agarda siz kalitlarni qayerga qo‘yganingizni unutsangiz, bu Alsgeymer alomati emas. Kalit qanday vazifani bajarishini unutib qo‘ysangiz – buni jiddiy muammo deb aytish mumkin”.
— Karantin avjiga chiqqan paytida Jumadulla aka bu kasallikka chalinganini bildik. Ammo men u paytda Turkiyada “Mendirman Jaloliddin” serialining syomkasida edim. O‘g‘illarim dadasini darrov kasalxonaga olib borgan. Ammo u paytda bemorlarning ko‘pligidan kasalxonalarda bo‘sh joy yo‘q ekan. Aziz o‘g‘lim kunda qo‘ng‘iroq qilib: “Nima qilamiz, ahvollari og‘ir”, dedi.
Uzoqda bo‘lganim uchun qo‘limdan hech narsa kelmadi. Undan keyin o‘zimga ham saraton xastaligi tashxisini qo‘ydi. Ketma-ket kelgan dard oilamizni shoshirib qo‘ydi.
“Men teatrga ishga bormayapman, oyligimni olib tashlashsin, yoshlarga berishsin”, deydi. Shuncha yil ishladingiz, ozgina siylashsa nima qilibdi, desam ham unamayapti. Men to‘y xizmatlari yoki syomkalar sabab teatrga borolmagan kunlarim bo‘lgan. Ammo Jumadulla Rametov biror marta teatrga xiyonat qilmagan inson.
Men kasallikka taslim bo‘lganim yo‘q, nasib qilsa turmush o‘rtog‘im ham bu dardni yengib o‘tadi. Buning uchun oilamiz bilan kurashyapmiz, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova.
— Xotira inson hayotida nechog‘lik muhim ahamiyat kasb etishini endi anglab yetyapman. Dadamda Alsgeymer kasalligi boshlanganiga 2 yil bo‘ldi. Avvaliga erkalik qilyapsiz, deb unchalik ishonmadim. Keyin birdan ozib ketdilar. Avvaliga qisqa vaqt xotiralarini yo‘qotib, ma’lum vaqt sog‘liklari yomonlashgan bo‘lsa, bir yildan buyon ahvollari yanada yomonlashdi.
Avvaliga dadamni shifoxonada davolanishlarini istamadim. Uyda, oila davrasida bo‘lsa yaxshi deb o‘ylagandim. Ammo bu xastalikka o‘tib ketadi, deb qarash kerak emas ekan. Ya’ni bemor ma’lum vaqt shifokor nazoratida bo‘lishi, dori va ukollarni o‘z vaqtida qabul qilishi kerak ekan.
Dadam Alsgeymer xastaligining ikkinchi bosqichidan o‘tdi. Bu kasallik 4 ta bosqichdan iborat ekan. To‘rtinchi bosqich juda og‘ir kechishi haqida eshitdim.
Dadam ham tez-tez xotiralarini yo‘qotib, nima qilishlarini bilmay qolyapti. Ba’zan uyda hojatxona yoki oshxona qayerda ekanini unutib qo‘yadi. Gohida esa onamga qarab “ayajon” deydi. Yarim kechasi uyg‘onib, o‘zini noqulay his qilayotganini aytadi. Onam esa yarim kechasi bo‘lsa-da, uyg‘onib dadamni yupatadi. Ilohim, dadamning dardiga shifo bersin, — deydi aktyor va xonanda Aziz Rametov. | 130 | 3,174 |
Madaniyat | “Biz xususiy telekanallarga ta’sir qila olmaymiz”. Ozodbek Nazarbekov kliplarni efirdan oldirib tashlash to‘g‘risida gapirdi | Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’at va madaniyat vakillarining axloqi, sahna madaniyati, etika qoidalariga rioya qilishiga oid juda ko‘plab murojaatlar kelayotgani va ularga qanday chora ko‘rilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozadi O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda san’at ahlining ayrim vakillari “ramka”ga to‘g‘ri kelmaydigan chiqishlari bilan ommani o‘ziga qaratmoqda. Sahna madaniyatini, etika qoidalarini unutayotgan, tomoshabinga nisbatan qo‘pol munosabatini ochiqdan ochiq namoyish etayotgan vakillar ham yo‘q emas.
Ozodbek Nazarbekov Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan eshituvida bu borada vazirlik tomonidan qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga to‘xtalib o‘tgan.
Haqiqatan ham vazirligimizga san’at va madaniyat vakillarining axloqi, sahna madaniyati, etika qoidalariga rioya qilishiga oid juda ko‘plab murojaatlar keladi. Bu borada “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi Badiiy kengash qarori bilan o‘sha san’atkorlarning sahnaga, telekanallarga chiqishiga taqiq qo‘yish yoki litsenziyasini olib qo‘yish bilan jazo choralari ko‘riladi.
Ammo hozir bilamizki, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham bemalol o‘z ijod namunalarini tarqatish mumkin. Qolaversa, xususiy telekanallar ham mustaqil. Madaniyat vazirligi bilan faqat O‘zMTRK hisoblashishi mumkin. Ya’ni bizning taqiqlarimizni MTRK tarkibidagi telekanallar inobatga oladi, xususiy telekanallarga ta’sir qila olmaymiz. Kliplarni efirdan oldirib tashlash bizning vakolatimizda emas.
Bu borada maxsus bir jamoatchilik kengashini tashkil etish taklifini bildirmoqchiman. U kim bo‘lishidan qat’i nazar, millat ma’naviyatiga zid chiqishlar qiladimi, albatta, ana shunday kengashlar tomonidan tartibga solinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vaziri
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Sevimli” telekanalida efirga uzatilayotgan “Sabriya” serialidagi axloqsiz sahna aks etgani aytilgan kadr tarqalgani, AOKA holat nazoratga olinib, tekshiruv ishlari boshlangani ma’lum qilingandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi serialdagi axloqsizlik sahnalari yuzasidan ekspertiza o‘tkazdi. Ekspertiza natijalari ko‘ra, lavha sujetidagi o‘g‘rining ayolga qilgan xatti-harakatlari kuch ishlatish yo‘li bilan nomusiga tegishga urinish sahnasi sifatida baholandi. Bunday teleseriallarning namoyish etilishi yoshlar o‘rtasida xotin-qizlarga nisbatan kuch ishlatishga moyillikni oshirishga xizmat qiladi. “Sabriya” nomli milliy teleserial bo‘yicha tayyorlangan ekspertiza xulosasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish va huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga jo‘natilgan. | 124 | 2,669 |
Madaniyat | Zulfiqor Musoqovning “Xazonrezgi” filmi premyerasi kuni ma’lum bo‘ldi | Rejissor Zulfiqor Musoqov “Xazonrezgi” nomli yangi badiiy filmni suratga olish ishlarini yakunladi. Mariya Musoqovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 17-mart, juma kuni Toshkentdagi Kinochilar uyi va Alisher Navoiy nomli kino saroyida film premyerasi bo‘lib o‘tadi.
“Xazonrezgi” filmidan kadr
“Xazonrezgi”da Shahzoda Matchonova, Bobur Yo‘ldoshev, Xayrulla Sa’diyev, Abduxalil Mignorov, Jumadulla Rametov, Bahriddin Abdullayev, Husnora Hojimurotova, Baxtiyor Rahimov, Feruza Saidova, Kamoliddin Karimov, Omina Chavandozova, Minovar Abdullayeva, Ulug‘bek Dadajonov, Kristina Korubko, Muzaffar Shodiyev kabi aktyorlar suratga tushgan.
Film suratga olingan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hayotning zarbalaridan so‘ng endi bir maromda yashay boshlagan oddiy bir oilaning hayotini bir telefon qo‘ng‘irog‘i o‘zgartiradi. Ssenariy muallifi — Zulfiqor Musoqovning o‘zi.
“Ssenariy Qurbon aka (bosh qahramon)ning uyida chalingan telefon qo‘ng‘irog‘i bilan boshlanadi va qolgan voqealar shu qo‘ng‘iroq bilan bog‘liq holda davom etadi. Flesh-bek usuli orqali tomoshabin film boshidagi tushunarsiz telefon qo‘ng‘irog‘ining sababini tushuna boshlaydi. Turli voqealarga sakrash natijasida tomoshabinlarda uyg‘ongan barcha savollarga javob beriladi”, — deyiladi “O‘zbekfilm” xabarida.
Filmga Azizbek Arziqulov operatorlik qilgan, musiqasi Mariya Musoqovaga tegishli. Sahnalashtiruvchi rassom — Fazliddin Turdiyev, liboslar bo‘yicha rassom — Irina Litvinenko, Montaj ustasi — Timur Suslin, Grimchi-rassom — Sheroza Saidazizova, ovoz operatori — Furqat Hasanov. | 69 | 1,561 |
Madaniyat | “Beixtiyor qo‘li ketib qolgan, u qizni urmagan”. “Istiqlol” san’at saroyi direktori Yegor Kridning konsertidagi janjal haqida | “Istiqlol” san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi. Saroy direktori suhbat davomida Yegor Kridning konsertida qo‘riqchi yigit tomonidan ayol kishiga qo‘l ko‘tarilgani, janjal nimadan kelib chiqqani va mazkur holatga qanday chora ko‘rilgani haqida gapirdi.
— Yegor Kridning konsert dasturida, dasturdagi qo‘riqchi tomonidan bir ayol kishiga qo‘l ko‘tarilgan ekan. Ushbu video lavha tarmoqlarda ham tarqalgan, Yegor Krid o‘zining Instagram’dagi sahifasida ushbu video lavhani joylab, bu qo‘riqchi unga tegishli emasligi haqida ma’lumot qoldirgan, demakki qo‘riqchini san’at saroyi yollagan, bo‘lib chiqadi. Ushbu holat o‘rganildimi, qo‘riqchi javobgarlikka tortildimi?
— Bu muammoni chiqishiga yoshlarning o‘zi sababchi bo‘lgan. Bu yerda vaziyat quyidagicha bo‘lgan, o‘sha qizning akasi yugurib sahnaga chiqib ketmoqchi bo‘lgan ekan, bilasiz sahnaga chiqish mumkin emas. Qizning akasini to‘xtatib qolishga harakat qilmoqchi bo‘lgan qo‘riqchini, o‘sha qiz kelib yuzini yumdalagan. Yumdalagandan so‘ng xohlagan odamni, o‘z-o‘zidan qo‘li ketib qoladi, qo‘riqchi u qizni urmagan. Keyin ikkalasi bir biridan kechirim so‘rab, kelishib olishdi.
— Demak bu qo‘riqchi haqiqatdan ham san’at saroyi tomonidan qo‘yilgan ekan, shundaymi?
— Kim tomonidan qo‘yilishidan ham oldin, avvalo aybdor kim ekanligini aniqlash kerak. Agar sizni ham yuzingizni, ko‘zingizni birov yumdalasa, o‘zingiz bilmagan holda qo‘lingiz ketib qoladi, qarab turmaysiz-ku, xuddi shunaqa vaziyat bo‘lib qolgan. U yerda bir u qizmas, boshqa odamlar ham sahnaga chiqaman deb harakat qilishgan.
— Baribir, nima bo‘lgan taqdirda ham ayol kishiga qo‘l ko‘tarilgan, qo‘riqchiga qandaydir ogohlantirish berildimi, javobgarlikka tortildimi?
— Ogohlantirish ham berildi, so‘kildi ham, o‘sha kunning o‘zida ikkalasi bir-biri bilan gaplashib olishib, kechirim so‘rashdi. Qizning o‘zi ham “uzr, mendan o‘tdi”, deb kechirim so‘radi qo‘riqchi yigit ham qizdan uzr so‘radi. | 125 | 1,964 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovning qizi uning mol-mulkini o‘z nomiga o‘tkazib oldi: Xonanda 81 yoshida ko‘chada qolishi mumkin | O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov va uning rafiqasi qiyin vaziyatda qoldi. 81 yoshli xonandaning yakka-yu yagona qizi uning uyini o‘z nomiga o‘tkazib olgan, shuningdek, mashinasi hujjatlarini ham olib qo‘ygan.
San’atkorning oilaviy muammolari haqida uning rafiqasi so‘zlab berdi.
“Besh o‘g‘il va bir qiz farzandimiz bor. Shu bir qizimiz bizga ozor beryapti. Oyog‘im sinib, kasalxonada yotganimdan foydalanib, yashab o‘tirgan uyimizni o‘z nomiga o‘tkazib olibdi. Avvalroq mening oldimga kelib, hujjatlarga imzo qo‘yishimni talab qildi. Men esa ular qanday hujjatlar ekanligini so‘radim. U ‘Uyning hujjatlari noto‘g‘ri, to‘g‘irlataman’, dedi. ‘Unday bo‘lsa, mayli’ deb qo‘l qo‘yib bergandim. Uning niyati uyni o‘zining nomiga rasmiylashtirish ekan”, — deydi Bobomurod Hamdamovning rafiqasi.
“Qizimga uy olib berganman, ta’mirlatib, ichiga uy anjomlarini ham olib berganmiz. Unga yana nima kerak, bilmadim, biz hozir bu uyda propiskadamizmi, yo‘qmi, buni ham bilmaymiz. Uyning hujjatlari, Captiva mashinamizning hujjatlari ham uning qo‘lida. Ertaga bir kun kelib, uyni bo‘shatinglar, desa uysiz qoladigan sharoitdamiz. Shu paytgacha, qizimga hamma tomondan yordam berganman. Bolalarining bog‘cha pulini, o‘qishga kirganida kontrakt pulini o‘zim to‘lab berganman. Endi qarigan chog‘imizda bizga bunday munosabat. Buni qaytar dunyo, deydilar, ertaga o‘ziga ham bolalaridan qaytadi.
Bu qizni otasi birinchi tibbiyot institutiga kirgizgan. O‘likxonalarga olib borganida yuragi chidamay, Nizomiyning biologiya fakultetiga o‘qishini ko‘chirdik. Ashxoboddan Toshkentga. Turmush o‘rtog‘imning vaqti bo‘lmasdi bolalar bilan shug‘ullanishga, ularga men qaraganman asosan. Bu ishlar oson bo‘lmagan. Yomon tarbiya bermagan edim, qayerda adashganimni tushuna olmayapman. Turmushga chiqqanicha yaxshi edi, bunday emasdi, turmushga chiqdi-yu, keyin biz bilan muomala nimagadir o‘zgardi”, — deya so‘zlarini davom ettiradi xonandaning rafiqasi. | 139 | 1,935 |
Madaniyat | Xonanda Shohruhxon Asal Shodiyeva bilan unashtirilgani haqidagi xabarlarni hozircha inkor etmoqda | 19-yanvar kuni Instagram tarmog‘iga va ko‘plab saytlarga xonada Shohruhxon aktrisa Asal Shodiyeva bilan unashtirilgani va tez orada, ya’ni fevral oyining oxirlariga to‘y ham belgilangani haqidagi xabarlar tarqalib ketdi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
“Xullas, hali hech qanday aniq dalil bo‘lmasa-da, ayni kunda barchaning diqqat-e’tiborida bo‘lgan bu juftlikni o‘zlari xabarsiz qolgan holda unashtiruv va to‘y kunlari kimlar tomonidandir belgilab bo‘lindi. Bu xabarlarni eshitib kech bo‘lishiga qaramay xonanda va uning ish yurituvchisi bilan bog‘landik”, − deyiladi xabarda.
“Ayni damda diqqat e’tiborimiz faqatgina yaqinlashib kelayotgan konsert dasturida. Tuni bilan uxlamay faqat ijod qilish bilan bandmiz”, − dedi Shohruhxonning ish yurituvchisi Izzatilla.
Xullas, Shohruhxon tarqalgan mish-mishlarni inkor etmoqda. Xonanda hozircha hech narsani ayon qilayotgani yo‘q. | 97 | 878 |
Madaniyat | Xonanda Rianna ilk marotaba ona bo‘ladi | Mashhur xonanda Riannaning homiladorligini muxlislar bir necha oy davomida taxmin qilgan edi. Eng e’tiborli muxlislar taxminlar to‘g‘ri chiqishiga umid qilib, undagi o‘zgarishlarni kuzatishga muvaffaq bo‘ldi.
Paparatssilar musiqachini bo‘lajak merosxo‘rining onasini ohista quchoqlagan reper A$AP Rocky bilan birga suratga olishdi. Riannaning o‘zi homilador ekanini alohida ta’kidlab, obrazini Chanel’ning 1996-yil kuz-qish kolleksiyasiga tegishli ustki kiyim va xuddi shu brendning rangli toshlaridan iborat aksessuar bilan to‘ldirdi. | 39 | 537 |
Madaniyat | Rossiyaning HammAli & Navai dueti tarqalib ketganini e’lon qildi | Rossiyadagi mashhur HammAli & Navai musiqiy guruhi tarqalib ketdi. Aleksandr Aliyev va Navai Bakirov Popcake’ga bergan intervyusida endilikda yakkaxon loyihalar bilan shug‘ullanishlarini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Ha, bu haqiqat. Biz tarqalyapmiz. Xohlagan barcha narsamizga erishdik. Endi har kimning o‘z yo‘li bor. Biz dushman emasmiz, do‘st bo‘lib qolamiz va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi duet ishtirokchilar. Artistlarning so‘zlariga ko‘ra, ular so‘nggi albomini chiqarishni va birgalikdagi yakuniy turni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, HammAli & Navai dueti besh yil faoliyat ko‘rsatdi. Guruhning xit qo‘shiqlari orasida “Meni raqs maydonchasiga kiriting”, “Urush-qiz”, “Bekinmachoq” kabi qo‘shiqlari o‘rin olgan.
HammAli & Navai Toshkentdagi konserti uchun rekord darajada gonorar olganini aytdi (video) | 64 | 867 |
Madaniyat | “Qasos o‘ti” hind filmidagi Kavita — Shveta Rastogi bugun nimalar bilan band? (foto) | 1988-yilda suratga olingan “Qasos o‘ti” dramasi aktrisa Rekhani mashhurlikda yana bir pog‘onaga ko‘tardi. U gavdalantirgan ikki qahramon — Arti hamda Joti roli aktrisa sifatidagi karyerasini qayta tikladi, shuningdek, ko‘plab mukofot, tanqid va tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. “Qasos o‘ti” esa kassalarda muvaffaqiyat qozongan filmlardan biri sifatida yodga olinadi, deb yozadi Bolywoodtime.
Filmning bosh qahramonlari — Rekha va Sonu Valiyaga qoyil qolmay iloji yo‘q. Filmda yana bir ajoyib personaj bor edi — bu Rekhaning qizini o‘ynagan Kavita. Darhaqiqat, bu shirin qizning ismi Shveta va 80-yillarning oxirida u unutilmas rollarni o‘ynagan, masalan, “Kishan va Kanxaya” va “Qushlar” filmlarida.
Bolaligidan kino olamida ulg‘aygan Shvetaning bugungi kunda nimalar bilan band ekanligi, albatta, tomoshabinlar uchun juda qiziq.
Shveta Rastogi Chaudxari 1982-yil 16-noyabrda Mirut shahrida oddiy xodim Rakesh va uning rafiqasi Karuna oilasida tug‘ilgan. Shvetaning ota-onasining kino bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan, lekin ular san’atni hurmat qilgan va sevgan, shuning uchun deyarli tug‘ilgandan boshlab ular qizlarini klassik raqslarga yuborgan.
Shveta 4 yoshga to‘lmasidanoq unga serialdan kichik rol taklif qilindi va ota-onasi bunga rozi bo‘ldi. 6 yoshida u birinchi marta reklamada paydo bo‘ldi. “To‘g‘risini aytsam, o‘sha vaqt haqida hech narsa esimda yo‘q. Men faqat kameraga qaraganimni eslayman”, — deydi Shveta.
Shveta aynan reklama roligida rejissor Rakesh Roshan e’tiborini tortgan va shundan so‘ng unga Artining qizi roli taklif qilingan. Qizaloq hind kinosi muxlislarining qalbiga kirib bordi va shundan so‘ng bir nechta mashhur filmlarda ishtirok etdi. Ammo Shvetaga mashhurlikni 1993-yilda yosh Radxa rolini o‘ynagan mashhur “Krishna” seriali olib keldi.
Katta muvaffaqiyatdan so‘ng u Mirutdan Mumbayga ko‘chib o‘tdi va televideniyeda karyerasini boshladi. Yoshligida u asosan mifologik seriyalarda o‘ynagan: “Shri Ganesha”, “Salom Hanuman!” va boshqalar. Keyinchalik zamonaviy seriallarda ishtirok eta boshladi. Shveta hali ham suratga tushadi. Yaqinda uning “Biroz bulut, biroz suv” loyihasi yakuniga yetdi.
Bugun aktrisa ancha ulg‘aygan — u 39 yoshda. Yoqimtoy qizaloqdan maftunkor ayolga aylangan. Uning karyerasi davom etayotganiga qaramay, hozirda Shveta kutilmaganda paydo bo‘lib, jimgina g‘oyib bo‘lgan bolalar aktrisasi sifatida esga olinadi. | 84 | 2,392 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” yettinchi fasli rasmiy promosi namoyish etildi (video) | TJournal “Taxtlar o‘yini” yettinchi faslining promosini taqdim etdi. Unda Serseya, Deyeneris va Jon piyoda yurayotganligini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Taxtlar o‘yini” serialidagi Jon Snou roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Kit Xarington bu mavsumda epizodlar kamroq (avvalgi fasllardek 10 ta emas, 7 ta qismdan iborat bo‘ladi), shuning uchun yaratuvchilar har bitta seriyaga ko‘proq mablag‘ sarflaganligi, shu tufayli ularning sifati oshganligini ma’lum qilgan edi.
“Taxtlar o‘yini” teleserialining Twitter’dagi rasmiy sahifasida uning 7-fasli premyerasi 2017-yil 16-iyulga belgilanganligi ma’lum qilingan edi. | 71 | 622 |
Madaniyat | Dehlidagi Lal Bahodur Shastri xotira majmuasida O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan kitoblar taqdimoti bo`lib o`tdi | O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga davlat tashrifi arafasida Dehlidagi Lal Bahodur Shastri xotira majmuasida 10 tomlik “O`zbekiston madaniy merosi dunyo san`at xazinalarida” kitoblar turkumining taqdimoti bo`lib o`tdi.
O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari assosiasiyasi va mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi hamkorligida Dehli shahrida tashkil qilingan xalqimizning boy madaniy merosiga bag`ishlangan kitoblar taqdimoti tadbirlari Lal Bahodur Shastri majmuasida boshlanganida ramziy ma`no bor.
Mamlakatimizda mustaqil Hindistonning ikkinchi Bosh vaziri nomini chuqur hurmat bilan eslashadi. Nafaqat yoshi ulug` insonlar, balki yosh avlod vakillari ham Hindiston va Pokiston o`rtasidagi 1966 yilgi tarixiy deklarasiya Toshkentda imzolanganidan faxrlanadi.
Bugun Toshkentda Lal Bahodur Shastri yodgorligi qad rostlab turibdi. Shuningdek, poytaxtimiz ko`chalaridan biriga hind xalqining buyuk farzandi nomi berilgan.Mashhur Bosh vazir farzandi Anil Shastri bugun O`zbekiston-Hindiston do`stlik jamiyatiga rahbarlik qilmoqda. Taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari, olimlar, jurnalistlardan tashkil topgan Do`stlik jamiyati a`zolari o`zbek va hind xalqlari o`rtasidagi an`anaviy do`stlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo`shmoqda.
Hindiston-O`zbekiston do`stlik jamiyati raisi Anil Shastri, O`zbekistonning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziev va boshqalar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga birinchi davlat tashrifini ikki mamlakat xalqlari katta qiziqish bilan kutayotganini ta`kidladi. Tashrif davomida bo`lib o`tadigan uchrashuv va muzokaralar Markaziy va Janubiy Osiyoning ikki yirik davlati o`rtasidagi o`zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishda yangi istiqbollar ochishiga ishonch bildirildi.
“O`zbekiston madaniy merosi dunyo san`at xazinalarida” turkumidagi kitoblar xalqimizning xorijdagi mashhur muzeylarda saqlanayotgan boy va betakror madaniy-ma`rifiy merosi namunalari haqida hikoya qiladi.
Mazkur loyihaning tashabbus guruhi a`zolari taniqli o`zbek va hind olimlari bilan hamkorlikda Hindistonning yirik muzey, kutubxona va boshqa xazinalarida saqlanayotgan ilmiy-madaniy meros namunalarini o`rganishmoqda. Ilmiy izlanishlarning natijalari turkumning yangi boblariga kiritiladi.Mazkur kitoblar turkumi Dehlidagi Javaharlal Neru universiteti, Jamiya Milliya universiteti, Jome masjidi va Hindiston islom madaniyati markazida ham tashkil etiladi.
25 sentyabr kuni Hindiston Milliy muzeyida “Hindiston-O`zbekiston: madaniyatlar muloqoti” qo`shma ko`rgazmasi ochiladi. Tadbir 24 oktyabrgacha davom etadi. | 123 | 2,658 |
Madaniyat | “Hobbit” milliard dollar ishladi | Piter Jeksonning “Hobbit: Kutilmagan sayohat” nomli filmi jahon prokatida bir milliard dollar ishlab topdi. Bu haqda The Hollywood Reporter’ga tayanib kun.uz xabar bermoqda.
foto: pgbooks.ru
Yozuvchi Jon Tolkiyenning romani asosida suratga olingan film AQShda 300 million, jahonning boshqa mamlakatlarida esa jami 700 million dollar ishlab topdi. Bu natija film jahon prokatiga chiqqaniga uch oy bo‘lmasidan qayd etildi. Natijada “Hobbit” jahon kinematografiyasi tarixida bir milliard dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan o‘n beshinchi kinoasar bo‘ldi.
“Hobbit: Smaug ovloqi” nomli “Hobbit”ning navbatdagi qismi 2013-yilning 13-dekabr kuni ekranlarga chiqadi. “Hobbit: U yerga va ortga” nomli so‘nggi qism esa 2014-yilning 17-dekabr kuni prokatga chiqarilishi rejalashtirilgan. | 32 | 777 |
Madaniyat | “Kelajakka qaytib” filmi yulduzi Maykl Jey Foks memuar taqdim qildi. Unda Parkinson kasalligi va pandemiya haqida hikoya qilingan | “Kelajakka qaytib” filmi yulduzi Maykl Jey Foks to‘rtinchi memuarini taqdim qildi. Esquire’ning xabar berishicha, unda aktyor bir vaqtning o‘zida realist va optimist bo‘lish haqida fikr yuritadi.
29 yoshida Parkinson kasalligi tashxisi qo‘yilgan aktyor kitobi “No Time Like the Future” deb nomlangan. Uning aytishicha, ilgari u hayotda uchraydigan yangi “o‘yin” shartlarini qabul qila olgan, ammo endilikda ijobiy fikrlash uni qutqara olmayapti.
Aktyor bir vaqtlar duch kelgan spirtli ichimlik bilan bog‘liq muammolarni ham esga olgan. Bir kuni rafiqasi Treysi Pollan erini mast holda divanda yotgani, pivo esa gilamga to‘kilganiga ko‘zi tushadi. Shu bilan bog‘liq muammolarga yechim topish maqsadida Foks “Hushyorlikka 12 qadam” dasturida ishtirok etadi.
2013—2014-yillarda NBC’da Parkinson kasalligiga chalingan va karyerasini qayta tiklashni istagan teleboshlovchi haqida “Maykl Jey Foks” shousi taqdim qilinadi. Ammo shou birinchi fasldan keyin yopiladi. Aktyor bunga kanal rahbariyatining uning kasalligidan cho‘chiganini aytib, shu bilan birga, tashxis sabab diqqat va eslab qolishda muammolar yuzaga kelgani sabab mas’uliyatni o‘ziga oladi.
Bundan tashqari kitobda uning umurtqasidagi o‘sma jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanganidan keyin yurishni yangidan o‘rgangandek bo‘lgani, nogironlar aravachasini yomon ko‘rgani, ammo hassadan foydalana olmagani keyinchalik esa g‘ildiraklari bor oddiy stul boshqa uning hayotini belgilab bermasligiga qaror qilgani haqida yozgan.
Epilogda Foks, memuarlar ustida ishlashni pandemiya avj olgan vaqtida tugatganini ta’kidlab, tibbiyot xodimlari va bunday oson bo‘lmagan vaqtda odamlar uchun mehnat qilgan kishilarga minnatdorchilik bildirgan. Bu haqida fikr yuritish, jarrohlik amaliyotidan keyin shifokorlar unga tiklanishga ko‘maklashganlarini eslashga turtki bo‘lgan. Foksning aytishicha, karantin vaqtida u turmush o‘rtog‘i bilan birga har kuni kechki soat yettida shifokorlarga minnatdorchilik bildirish maqsadida qarsak, qo‘ng‘iroqcha va hushtaklar chalgan. | 129 | 2,009 |
Madaniyat | “Saraton — hammasi tamom, degani emas”. Qo‘rqinchli kasallikni yenggan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto) | Saraton — istalgan kishi uchun eng qo‘rqinchli tashxislardan biri. Onkologik kasalliklar o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallaydi. Biroq kasallik o‘z vaqtida aniqlanib, zarur muolajalar qilinganida saratonni ham yengish mumkin. Saraton tashxisi og‘ir sinov, biroq hayotning yakuni degani emas. O‘zbek shou-biznesi vakillari orasida davo muolajalari tufayli saraton ustidan g‘alaba qozonganlar kam emas.
“Tushkunlikka tushib qolish kerak emas”
Tomoshabinlar aktyor Sobirjon Rahimjonovni “Opa-singillar” serialidagi mehribon qaynota roli orqali yaxshi tanishadi. 81 yoshni qarshilagan aktyor hamon taklif etilgan rollarni rad etmaydi va dublyaj jarayonlarida ham ishtirok etadi. 11 yil avval shifokorlar uni hayoti nihoyalanayotganidan ogohlantirgan edi. Ammo unday bo‘lmadi.
— 70 yoshni qarshilab biror marta kasallikdan aziyat chekkan inson emasdim. Ayni “Opa-singillar” serialining suratga olish ishlari avjiga chiqqan paytda qulog‘im orqasida no‘xatdek tugun paydo bo‘ldi. 7-son shahar kasalxonasiga borib ko‘rikdan o‘tsam, shifokor bitta ukol bilan tugun yo‘qolishini aytdi. Afsuski, muolajadan so‘ng kichik tugun kattalashib ketdi. Shoshilinch Respublika onkologiya markaziga yuborishdi.
Tahlillarning bari saraton kasalligiga chalinganimni ko‘rsatdi. Aslida bu tugunni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlamasa, ahvol yanada og‘irlashishi mumkin ekan. Shu bois, tahlillarni shveysariyalik mutaxassislarga yuborishdi.
Bir haftadan keyin: “Tugun asosiy qon tomirga juda yaqin, operatsiya qilish xavfli” degan javob xati keldi. Shundan so‘ng davolash ishlarini boshlashdi. Har oy bir hafta davomida kasalxonada yotib davolandim. Umumiy hisobda 14 ta kimyoterapiya va 18 marotaba nur amaliyotlarini oldim. Qattiq tushkunlikka tushib qolgandim, ammo kasalxonadagi bemorlarning ahvolini ko‘rib, Yaratganga shukr aytdim. U yerda hali yoshiga to‘lmagan go‘daklar, chimildiq ko‘rmagan yigitlar, emizikli onalar ham bor edi.
“Opa-singillar” serialining suratga olish maydonchasiga kelib kayfiyatim ko‘tarilardi. Aktyorlar jamoasi ko‘nglimga qarab, yupatishga urinishardi. “Doda o‘lib qolmasinlar, serialni tugatib olaylik”, degan gaplar ham qulog‘imga chalindi. Ammo ranjiganim yo‘q. Haqiqatan ahvolim havas qilgudek emasdi. Shukrki, umrim uzoq ekan, davolanishlar samara berib darddan xalos bo‘ldim. Inson tushkunlikka tushib qolishi kerak emas. Ruhiyat butun tanani boshqaradi, “Men o‘laman” degan fikr miyaga o‘rnashib qolsa, muolajalar samara bermaydi.
“Hayotning bahosi qimmat ekan”
Aliye Parast — asli professional raqqosa, ammo uni ko‘pchilik “Meni asra” serialidagi Ruxshona obrazi orqali tanishadi. U ham og‘ir xastalikka chalinib, hayot narxi nihoyatda qimmat ekanini anglab yetgan.
— Saraton – juda qo‘rqinchli so‘z, ochig‘i u haqida o‘ylashni ham istamayman. Menga 3-bosqich Nexojkina limfoma tashxisi qo‘yilgan. Kasallik kun sayin rivojlanib borgan. Juda ko‘p terlardim, chap qo‘limni qimirlatishga ham kuchim yetmasdi. Ko‘kragim va qo‘lim tutashgan nuqtada kuchli og‘riqni his qilardim. Har kuni qattiq nafas qisishi, zaiflik, kuchli yo‘tal, bo‘yin va yuz shishish holatlari kuzatilardi. Og‘riqlar sabab tuni bilan ko‘zimga uyqu kelmasdi.
O‘zim yashaydigan Farg‘onadagi eng malakali shifokorlarning bariga murojaat qildim. Ammo ulardan samara bo‘lmagach, og‘ir ahvolda Toshkentga keldim. Tekshiruvlar natijasida 21 santimetr o‘simta va o‘pkamda 1 litr suv borligi aniqlandi. Respublika onkologiyasi shifokori Sergey Viktorovich Kamishov tahlil natijalarini ko‘rib, menga umid berdi. Uch yillik davolanishlar o‘z samarasini berib darddan butunlay qutuldim.
Saraton bilan kurashgan uch yillik umrimni so‘z bilan ifodalab berishim qiyin. Hayotning bahosi naqadar qimmat ekanini ana o‘shanda his qilganman. Bu xastalik bilan kurashayotgan insonlarga maslahatim — har kimning ham gapiga quloq solmang, tabibga-ku murojaat qilmaganingiz ma’qul. Sababi bularning bari vaqtni besamar o‘tkazishga sabab bo‘ladi. Saraton — hammasi tugadi, degani emas. Uning ham davosi borligini unutmaslik va muolajalarni kechiktirmay boshlash kerak.
“Men kasalman, demang”
Bahrom Matchonov – o‘zbek tomoshabinlariga “Kichkina tabib”, “Oyijon”, “Shaytanat” va “Ilhaq” filmidagi rollari bilan yaxshi tanish. 19 yildan buyon AQShda istiqomat qilayotgan aktyorni hayot ko‘p bor sinagan. 2006-yilda unda limfomiya xastaligi aniqlangan.
— AQShga kelganimda deyarli ingliz tilini bilmasdim. Xorijda yashash, odamlariga moslashishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Oradan to‘rt yil o‘tib, menda limfomiya xastaligi aniqlandi. Juda tez vazn yo‘qotdim. Charchoq, holsizlik, ko‘p terlash, og‘riqlar...
Dard qanchalik og‘ir bo‘lmasin odam o‘zini qo‘lga olishi, ruhan sinmasligi kerak. Bu xastalik bilan bir-ikkita tanishim ham davolangan. Shu bois, ruhiyatimni cho‘ktirmadim. Amerikalik shifokorlarga ming rahmat, garchi hujjatlarim bo‘lmasa-da, ijtimoiy himoya xodimlarining yordami sabab, bepul davolandim. “Men kasalman!” degan fikr miyaga o‘rnashib qolsa, tanadagi og‘riqlar yanada zo‘rayadi. Shu bois, kasallik aniqlangan taqdirda ham “Men sog‘lomman, kasallik meni yengolmaydi”, deb o‘z-o‘zini ishontirish sog‘ayishning eng mukammal davosi hisoblanadi.
“Qizim tug‘ilgach, darddan qutuldim!”
Gulchehra Sa’dullayeva – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zbek tomoshabinlari qalbiga Zaynab roli orqali muhrlangan ijodkor. Unga 31 yil avval shifokorlar tanasida og‘ir xastalik kurtak ochayotganini aytishgan. O‘shanda aktrisa 39 yoshda edi.
— Kasallikning kelishi oson, ketishi qiyin. Tan olish kerak, o‘zbek ayollari sog‘lig‘iga nihoyatda e’tiborsiz bo‘ladi. Menda ham toliqish, kuchli charchoq, asabbuzarlik va ko‘krak qismida sanchiqlar bo‘lib turgan. Shifokorlar menda “kista” borligi aniqladi. Ulardan biri xastalikdan qutilishning eng oson yo‘li farzandli bo‘lish ekanini aytdi. Shu yoshda farzand ko‘rishga biroz ikkilandim, ammo Allohning qudrati bilan qiz farzandlik bo‘ldim. Kenjatoyim Muqaddas tug‘ilgach, tanamdan dard ham aridi. Farzand nafaqat oilani quvonchga to‘ldiradi, ona tanasini ham yashartiradi.
“Ahvolim ancha yaxshilandi”
Saida Rametova – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 37 yildan buyon san’at qozonida qaynayotgan ijodkor. 2020-yil u uchun ham quvonarli va sinovli yil bo‘ldi. Boisi, Turkiyadagi gastrol safari chog‘ida unda 2-darajali ko‘krak saratoni xastaligi aniqlandi.
— 2020-yil butun dunyo uchun sinovli yil bo‘ldi. Ayni pandemiya avjiga chiqqan paytda bir guruh ijodkorlar bilan Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialida suratga tushayotgandik. Uydagilar qo‘ng‘iroq qilib ketma-ket qaynsinglim va tug‘ishgan opamdan ayrilganimni aytishdi. Yaqinlarimni so‘nggi manzilga kuzatolmadim, deb rosa yig‘ladim. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay chap ko‘kragimda og‘riq paydo bo‘ldi, shamol tegdi, deb taxmin qildim. Ammo og‘riq zo‘rayib boraverdi. Tohir Saidov shifokorga ketayotgan ekan, men ham ko‘rikdan o‘taman, deb unga ergashdim. Tohirni besh daqiqada ko‘rikdan o‘tkazishdi, meni esa ancha vaqt tekshirishdi. Keyin professor menda 2-darajali ko‘krak saratoni xastaligi aniqlanganini ma’lum qildi. Kasallik haqida o‘ylaganim yo‘q, faqat begona yurtda qolib ketmaslikni, tezroq oilam bag‘riga qaytishni istadim. Xayriyatki, bir necha kundan keyin Toshkentga charter reys bilan samolyot uchadigan bo‘ldi. O‘zbekistonga qaytib muolajalarni oldim. Shu kungacha bir necha marta kimyoterapiya, undan keyin nur oldim. Ahvolim ancha yaxshilandi.
P.S.: Dunyoda davosiz dardning o‘zi yo‘q. Ishonch, sabr va harakat har qanday dardni yengadi. “Men sog‘lomman” deb hayotga kulib boqing. Zero, bu xastalikka chalingan yagona inson siz emassiz. Minglab insonlar davo topgan xastalikni siz ham yengolasiz. | 103 | 7,652 |
Madaniyat | Turkiyalik xonanda Tarkan ikki yashar qizi bilan duet kuylamoqchi | Dunyoga mashhur turk xonandasi Tarkan 2 yashar qizi bilan duet kuylashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar berdi.
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, mashhur qo‘shiqchi Pink to‘qqiz yoshli qizi bilan kuylagan Cover Me In Sunshine qo‘shig‘idan ilhomlanib, shu qarorga kelgan.
Tarkanning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon qo‘shiq musiqasi va so‘zlarini yozishni boshlagan, yangi tarona tabiatni sevish va uni muhofaza qilish haqida.
Xonandaning ta’kidlashicha, qizi Liey bilan ijro etgan dueti tomoshabinlarni befarq qoldirmaydi.
Ma’lumot uchun, Tarkan turkiyalik mashhur xonanda, bir qator qo‘shiqlar muallifi va prodyuseri. Turkiyada u “Pop shahzodasi” sifatida tanilgan. Uning albomlari 19 million nusxada sotilgan. Tarkan Turkiyada The World Music Awards mukofotini olgan birinchi va yagona xonanda bo‘lib qolmoqda.
Avvalroq Tarkanning nega ko‘rinmay qolgani va hozirda nimalar bilan bandligi haqida xabar berilgan edi. | 65 | 928 |
Madaniyat | “Oskar” marosimiga kim qanday libosda keldi? (foto) | Avval xabar berganimizdek, AQShning Los-Anjeles shahrida 87-“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 24 ta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi. Marosimni amerikalik aktyor Nik Patrik Xarris olib bordi. An’anaga ko‘ra, marosimning qizil yo‘lakchasida yulduzlar o‘z liboslarini ko‘z-ko‘z qildi. | 51 | 319 |
Madaniyat | Shahzoda sobiq turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev hayotining so‘nggi damlarida uning yonida bo‘ldi | Xonanda Shahzoda sobiq turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida bo‘ldi. Bu haqda xonandaga yaqin insonning so‘zlariga asoslanib, jurnalist Jasur Hamroyev ma’lum qildi.
“Zilola (Shahzoda) turmush o‘rtog‘i hayotining so‘nggi damlarida birga bo‘ldi. ‘Tez yordam’ borganida men ham yetib kelgandim. O‘lim sababi — miokard infarkti. Zilola (Shahzoda) yig‘lab ado bo‘ldi. Uy qarindoshlariga to‘la. Peshinda janoza”, — degan Shahzodaga yaqin inson.
Xonanda Lolaning otasi, taniqli prodyuser 59 yoshli Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etdi. | 99 | 594 |
Madaniyat | Aktyor Burak O‘zchivit Turkiya kiyim brendi bilan qariyb 500 ming dollarlik shartnoma imzoladi | Turkiyaning eng mashhur aktyorlaridan biri Burak O‘zchivit Altınyıldız kiyim brendi bilan yangi reklama mavsumi uchun shartnoma imzoladi, deb xabar berdi “RusTurkey.com”.
Qayd etilishicha, Burak brendning 2020-yilning bahor, yoz, kuzgi kolleksiyasi uchun fotosessiyalari va videoroliklarida suratga tushadi.
Ushbu kompaniya rahbariyati kiyimlar reklamasida aynan O‘zchivit suratga tushsa, ular yaxshi sotilishini qayd etgan.
O‘tgan mavsumda Burak kompaniya yuzi bo‘lishi uchun uch million lira (427 ming dollar) olgan. 2020-yilda esa uning gonorari qancha bo‘lishi aniq aytilmagan, biroq avvalgi mavsumdan 500 ming liraga (71 ming dollar) ko‘proq bo‘lishi taxmin qilinmoqda. | 94 | 675 |
Madaniyat | “Birinchi prezidentning ‘lyubimchigi’ bo‘lganman”. Kozim Qayumov qanday qilib Islom Karimovning nazariga tushgani haqida gapirdi (video) | Xonanda Kozim Qayumov “Birzum tv” YouTube-kanaliga bergan intervyusida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning e’tiboriga tushgani haqida so‘zlab berdi.
“Bu qo‘shiqlarni aytish uchun hayotning quvonchlarini, tashvishlarini ko‘rish kerak ekan. Nega buni gapiryapman? ‘Sayding qo‘yaber sayyod’ degan ashulani aytishga 4 marta harakat qilganman. Bir yoshligimda harakat qilib ko‘rdim, yana 5-6 yildan keyin urindim, lekin dilimda yurdi. Oxiri mana, uylandim, farzandli bo‘ldim. Hayotning achchiq-chuchuklarini ko‘rdik. Ish joylarim o‘zgarib ketdi, insonlar bilan ko‘rishasiz, kimdir sizga yaxshi ko‘z, yaxshi niyat bilan qaraydi, yana kimdir boshqacha – bu hayot va shundagina ashulani aytganimdan keyin qolipiga tushdi.
Shu qo‘shiqni aytganimda ko‘rib qolib, Islom aka mana, men sizlarga nimani aytgandim, milliy estrada deb shuni aytganman, shunaqa yo‘nalishda bo‘lsin bizning estradamiz, degan ekanlar.
Bir payt televideniye raisi meni tabriklayman deb turibdi, hayronman. Oddiygina konsert, har oyda, har o‘n besh kunda bo‘ladigan konsert. Boshqalar ham tabriklayman deb ketdi. Ha endi, yoqibdi, shekilli, dedim-qo‘ydim.
Ertasi kuni birdan chaqirishdi televideniyega, yakkaxon konsert dasturini yozamiz deb. Bir payt Larisa Inozemsova degan o‘tkir, usta rejissorimiz bo‘lardi, o‘zbek tilini yaxshi bilardi. Larisa opa, men tushunmayapman, nega hamma konsertlarimni olyapti, siz chaqiryapsiz, telefilm chaqiryapti. Birdan shunaqa bo‘lyapti, deb so‘radim. Qo‘ysangiz-chi, dedilar. Ular prezidentimizning lyubimchigiga aylandingiz, dedilar. Qanday qilib, dedim. Tanbur chalib, ashula aytgan edingizmi, yaqinda ko‘ribdilar, juda ma’qul kelibdi. Bunaqa yigitlarni ko‘tarishimiz kerak, degan ekanlar, dedilar. Xursand bo‘lib ketdim”, — deydi Kozim Qayumov.
Xonanda, shuningdek, o‘sha yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgani haqida ham gapirdi.
“Xudoga shukr, bizni ham odamlar ko‘rib bildi. Chunki juda ham ko‘p odamlar gapirdi, nimaga shu paytgacha ham unvon olmagansiz deb. Asabimga tegadigan bo‘lib qoldi shu darajada. Asosiysi, xalq bilsa, men uchun eng katta unvon. Shunaqa unvonlilar bor, xalq artisti, hech kim tanimaydi. Undan ko‘ra, bo‘lmagani ham yaxshi.
O‘sha yili 31-avgust kuni kechqurun konsertda maydonga chiqaman. Ertalab menga qo‘ng‘iroq qilib tabriklashyapti. Ishonmayman, qanaqa unvon, chunki hech kim uchini ham chiqargani yo‘q. Xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olibsiz, deyishdi. Bo‘lishi mumkin emas, men kabilarga berishmaydi, dedim. O‘sha kuni kechqurun bayramda hamma tabrikladi, tabriklamagan odam qolmadi”, — deydi Kozim Qayumov.
“Yaxshiyam o‘sha davrlar o‘tib ketdi”. Shohjahon Jo‘rayev ilk marta Gulnora Karimova tufayli “zapret”ga tushgani haqida so‘zlab berdi (video) | 136 | 2,730 |
Madaniyat | AQShda Backstreet Boys konserti boshlanishidan avval arka qulab tushdi. 14 kishi jarohatlandi | AQShning Takervill (Oklaxoma shtati) shahrida Backstreet Boys pop-guruhi konserti boshlanishini kutib turgan 14 kishi tadbir uchun vaqtinchalik tiklangan kirish arkasi qulashidan jabrlandi. Bu haqda guruh konserti o‘tkazilishi kerak bo‘lgan WinStar World Casino and Resort ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Arkaga soatiga 70-80 mil tezlikda shamol va kuchli yomg‘ir yopirildi. 14 kishiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, keyinchalik mahalliy kasalxonaga yetkazildi. Ulardan ikki nafariga javob berildi”, — deyiladi kazino xabarida.
Guruh chiqishi boshqa muddatga qoldirildi. | 93 | 602 |
Madaniyat | Devid Bekxemni “Qirol Arturning qilichi” filmidagi epizodik roli uchun tanqid qilishdi | Devid Bekxem rejissor Gay Richining “Qirol Arturning qilichi” filmida epizodik rol o‘ynadi, deb yozadi TJournal. Sobiq futbolchi kadrda bir-ikki daqiqa ko‘rinish berdi, ammo bir-ikki og‘iz so‘z aytishga ulgurdi.
Bekxemning roli juda kichik ekanligiga qaramay, uni teleboshlovchi Pirs Morgan mazax qildi. U bunday “yaxshi roli” uchun yosh aktyor “Oskar”ga loyiq ekanligini aytdi.
Sportchini tanqidchilar ham tanqid ostida qoldirdi: ularning aytishicha, grim tufayli uning yuzi “tosh kabi” bo‘lib qolgan, uning filmda paydo bo‘lishi esa Britaniya afsonalariga ko‘ra “ishonchsiz”.
Premyeradan so‘ng film rejissori Gay Richi uning yonini oldi va uni “ajoyib aktyor” deb atadi. Sportchining tasvirga olish maydonchasidagi hamkasbi, bosh rol ijrochisi Charli Xannem u “hayratlanarli tarzda rol bajargani”ni aytdi.
Bekxemning o‘zi esa epizodik rolini izohlar ekan, hozircha aktyor bo‘lish niyati yo‘qligini ta’kidladi. | 86 | 912 |
Madaniyat | Jared Leto videoaloqa orqali tuzalmas dardga chalingan rossiyalik qizga qo‘ng‘iroq qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi | Amerikalik rok-musiqachi va aktyor Jared Leto tuzalmas dardga chalingan moskvalik qizga qo‘ng‘iroq qilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda “Umid” xayriya jamg‘armasiga tayanib, Esquire xabar berdi.
Anastasiya Petrova o‘zining 27 yoshga to‘lgan kuni xospisda (tuzalmas dardga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi tibbiy-ijtimoiy muassasa) nishonlagan. Qiz Leto va Thirty Seconds to Mars guruhining ijodini juda yaxshi ko‘radi, shu sababli Anastasiyaning akasi xayriyachilardan artistning tabrigini tashkillashtirishni so‘ragan. Natijada Nastyaning orzusi amalga oshgan.
Jared Leto videoaloqa orqali unga qo‘ng‘iroq qilgan va ularning suhbati taxminan 11 daqiqa davom etgan. U Nastyaning hayoti, oilasi va iti haqida so‘ragan, shuningdek, o‘z fikrlari bilan bo‘lishgan. Qiz Letoga 10 yildan beri uyida saqlanayotgan uning kartondan yasalgan tasvirini ko‘rsatgan.
View this post on Instagram
Musiqachi “pelmen”ni yaxshi ko‘rishini, biroq rus tilida gapirishni uddalay olmayotganini tan olgan. Shunga qaramay, u Rossiyadagi konsertlarida gapirishni yaxshi ko‘radigan jumlasini rus tilida aytgan: “Nega to‘nkaga o‘xshab turibsan?”. Suhbat yakunida Leto Nastyaning qarindoshlariga salom yo‘llagan va yonida bo‘lganida uni quchoqlab qo‘ygan bo‘lishini aytgan.
“Umid” jamg‘armasi xodimlari Jared Leto bilan uning do‘stlari va sheriklari orqali bog‘lanishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, ularga Nyuta Federmesser va taniqli teleboshlovchi Inan Urgant yordam bergan.
Ovqatlanishga borgan Rianna restorandagi muxlisiga syurpriz uyushtirib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video) | 125 | 1,607 |
Madaniyat | Saraton, qandli diabet, nevralgiya: O‘g‘ir kasalliklar bilan kurashayotgan Bollivud yulduzlari (foto) | Ommaviy axborot vositalarida kino yulduzlarining tez-tez ko‘rinib turishi, albatta, ularning muvaffaqiyat ko‘rsatkichining yuqoriligidan darak beradi. Afsuski, ba’zida ular haqida taqdim etilgan yangiliklar achinarli bo‘lishi ham mumkin. Og‘ir kasalliklar inson tanlab o‘tirmaganidek, mashhur yulduzlarning ayrimlari ular bilan kurash olib bormoqda. Aksariyati esa kurashda allaqachon g‘olib chiqqan.
Manisha Koyrala
Ko‘plab mashhur kinolarda rol ijro etgan go‘zal aktrisa Manisha Koyrala 2012-yilda tuxumdon saratoni kasalligi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ushbu dahshatli tashxis qo‘yilganda aktrisa 42 yoshda edi. Nyu-Yorkda davolangan Manisha har tomonlama kuchli va bardoshli bo‘lishga harakat qildi. Mana endi u butunlay sog‘lom va baquvvat ayolga aylandi.
Mumtaz
Afsonaviy aktrisa Mumtaz ko‘krak bezi saratoni bilan kurashgan. Ushbu tashxis 2002-yil Mumtaz 54 yoshga to‘lganda qo‘yildi. So‘ngra aktrisa 6 ta kimyoviy terapiya va 35 marta nurlanish amaliyotini o‘tkazdi. U chindan ham qiyinchiliklarga bardosh berib: “Men osonlikcha taslim bo‘lmayman. Hatto o‘lim ham menga qarshi kurashishi kerak”, − dedi. U yana avvalgidek hayotga qaytishi uchun qattiq rejimga amal qildi. Aktrisa ayni damda 72 yoshda va o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.
Sonali Bendre
2018-yil iyul oyi oxirida Bollivudda yana bir dahshatli xabar tarqaldi. Unga ko‘ra, yosh, chiroyli va mahoratli aktrisa Sonali Bendre saraton kasalligiga uchragan edi. Afsuski, aktrisaning kasalligi oxirgi bosqichda aniqlangan. Ammo aktrisa vaqtni o‘tkazmay Nyu-Yorkka davolangani uchib ketdi. Uni hamkasblari, do‘st va yaqinlari doimo qo‘llab-quvvatlab turdi.
Birozdan so‘ng Sonali Instagram sahifasida o‘zining fotosuratini joylashtirdi. Suratda ikki dugonasi Suzanna Xan va Gayatri Joshi, shuningdek, aktrisaning o‘zi sochlari olingan holatda edi.
Eng achinarlisi, aktrisa suratda shunday ta’sirchan jumlalarni ilova qilgan edi: “Bu menman. Va hozirgi paytda juda ham baxtliman. Hozir bu gaplarim uchun odamlar menga hayrat ko‘zi bilan boqayotgandir, lekin bu haqiqat. Albatta, buning sababini aytaman. Endi har bir daqiqaga e’tiborli bo‘laman, quvonch va quyosh nurlarida isinish uchun har qanday imkonni izlab topaman. Og‘riqli va quvvatsiz lahzalar ham bor, lekin men o‘zim xohlagan ishni qilaman, sevgan insonlarim bilan vaqt o‘tkazaman, shundagina o‘zimni sevimli va baxtli his qilaman. Do‘stlarimdan cheksiz minnatdorman. Bir zumda yonimda yonimda paydo bo‘lib, menga kuch beradigan, o‘zlarining tig‘iz vaqtiga qaramay, tashrif buyurgan, qo‘ng‘iroq qilgan va xabar yuborishga vaqt topgan…Bunday vaziyatda o‘zimni yolg‘iz his etmasligim uchun ular sira ham tark etmadi. Haqiqiy do‘stlik qanday bo‘lishini ko‘rsatganingiz uchun tashakkur”.
P.S. “Ayni damda sochlarim uchun ko‘p vaqt sarflamayman, chunki endi ular meni bezovta qilmaydi”.
Sonam Kapur
Bollivud aktrisasi hamda modelyeri Sonam Kapur uzoq vaqtdan buyon qand kasali bilan kurashayotganini juda kam inson biladi. Endi u parhez yordamida kasallikni nazorat qilishi mumkin. Ushbu jozibali nozik qizga qarab, ayrim odamlar uning bir vaqtlar 86 kilogramm og‘irlikda bo‘lganini esga oladi, qat’iy rejimdagi parhez tufayli u tez vaqt ichida 35 kilogramm vazn yo‘qotdi.
Salmon Xon
Yulduz Salmon Xonga uch shoxli nerv kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Aktyor hali hamon ushbu kasallik bilan kurashmoqda. Bu nevropatik kasallik bo‘lib, yuzning jag‘, yanoq qismlarida og‘riqlar kuzatiladi. Shuningdek, uning AQShda bir muddat davolanib kelishi aktyorning sog‘lig‘ini biroz yengillashtirdi.
Ritik Roshan
Mashhur aktyor va raqqos Ritik Roshan surunkali subdural gematomadan aziyat chekadi. Ushbu kasallik miya shikastlanishi bilan bog‘liq. Kasallik tufayli aktyorning boshi qattiq og‘riydi va muntazam ravishda davolash ishlari olib boriladi.
Shohrux Xon
Bollivud qiroli Shohrux Xon oz emas, naqd 8 ta − yelka, qovurg‘a, to‘piq, tizza, bo‘yin hamda ko‘z sohasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Shuningdek, u uzoq vaqtdan buyon qo‘l va bel og‘rig‘idan azoblanmoqda. Shuning uchun aktyor kerak bo‘lganda darhol murojaat qilishi uchun suratga olish maydonchasida doimo shifokor ham bo‘ladi. | 101 | 4,110 |
Madaniyat | Instagram: Shukurullo Isroilov nevarali bo‘ldi, Parizodadan noodatiy raqs, aktrisa onasidan ko‘p pul topadigan 2 oylik chaqaloq | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilov nevarali bo‘ldi. Bu haqda uning shogirdi Halimaxon ma’lum qildi.
Halimaxon, shuningdek, Yulduz Usmonova bilan ham diydor ko‘rishdi.
Sharof Muqimov o‘zini qiziqchilikda ham sinab ko‘rmoqda.
Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Sevinch Samarqandda o‘tkazilgan yoshlar festivalida chiqish qildi hamda yangi qo‘shiqlarini ijro etdi.
Sariq bola taxallusi bilan tanilgan teleboshlovchi va komik aktyor Jahongir Xo‘jayev “Sariq bola pitssa” nomli kafe ochayotganini bildirdi.
Raqqosa Parizodaning poytaxtdagi simpoziumlar saroyi yaqinida tushgan raqsi videosi ijtimoy tarmoqlarda ommalashmoqda.
“Setora” guruhining AQShda yashovchi vakili Feruza Latipova Toshkentga keldi.
Aktrisa Aziza Yoqubova ikki oylik o‘g‘li Muhammad Amir “Malak” serialida suratga tushayotgani hamda unga o‘zinikidan ham ko‘proq gonorar yozilganini ma’lum qildi.
Madina Mumtoz qaynonasi, turmush o‘rtog‘i hamda oilasining boshqa a’zolari aks etgan fotoni folloverlari bilan bo‘lishdi.
Agarda Ahad Qayum san’atkor bo‘lmaganida kim bo‘lar edi? “Tasavvur” lohiyasining navbatdagi soni shu haqda bo‘ldi.
Luiza Rasulova Rayhon bilan ko‘rishib qoldi hamda fursatdan unumli foydalanib, unga o‘z brendiga oid vitaminlar to‘plamini sovg‘a qildi.
Hulkar Abdullayeva yangi “Na deydi?” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. | 127 | 1,543 |
Madaniyat | “Ozod akamning kayfiyatlari a’lo”. Ozodbek Nazarbekov Termizda konsert berdi | O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termiz shahrida hamkasbi Yulduz Turdiyeva va so‘z ustasi Shukrullo Isroilov bilan birga konsert berdi. Bu haqda xonanda Yulduz Turdiyeva Instagram’dagi sahifasida axborot bergan.
“Yangi yil karnavali” nomini olgan konsert dasturi 25-dekabr, yakshanba kuni Termiz shahridagi “Karvonsaroy” restoranida bo‘lib o‘tgan.
“O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan Termizdamiz. Ozod akamning kayfiyatlari a’lo darajada”, — deb xabar bergan Yulduz Turdiyeva.
Avvalroq Ozodbek Nazarbekov 2017-yilda konsert bermasligi haqida xabar berilgan edi. Bunga sabab qilib, uning charchagani sabab qilib ko‘rsatilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 76 | 866 |
Madaniyat | Bob Dilan Shvetsiya akademiyasi bilan bog‘lanib, Nobel mukofotini qabul qilishga roziligini bildirdi | Amerikalik xonanda Bob Dilan Shvetsiya akademiyasiga adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qabul qilishga roziligini bildirdi. Bu haqda 28-oktabr, juma kuni mazkur xalqaro mukofot saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RBK”.
Dilan Shvetsiya akademiyasi doimiy kotibi Sara Danius bilan bog‘lanib, mukofot taqdim etilgani haqidagi xabar uni “tildan qoldirgani”ni bildirgan.
“Mukofotni qabul qilamanmi? Albatta! Menga ko‘rsatilgan bunday e’tibor uchun juda minnatdorman”, — deya ta’kidladi xonanda.
Dilan 10-dekabr kuni Stokgolmda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida ishtirok etishi hozircha ma’lum emas. Uning o‘zi “buning imkoni tug‘ilsa, marosimda qatnashish istagida ekanligi”ni ma’lum qilgan. | 100 | 699 |
Madaniyat | The Sun nashri: Merilin Monro o‘zga sayyoraliklar tufayli o‘ldirilgan | Britaniyalik yozuvchi Nik Redfern Merilin Monroning Markaziy razvedka boshqarmasi ishlariga aralashuvi tufayli vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Sirlar kundaligi: NUJ fitnasi va Merilin Monroning sirli o‘limi” nomli kitobida yozgan.
Monro 1962-yil 5-avgustda 36 yoshida vafot etgan bo‘lsa-da, ammo uning o‘limi haqidagi bahslar hali ham davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa uyqu dori sifatida qabul qilgan barbituratning haddan tashqari dozasi tufayli vafot etgan. Monroning o‘limini o‘z joniga qasd qilish deb hisoblaydiganlar ham talaygina.
Ammo yozuvchining ishonch bilan ta’kidlashicha, Merilin Jon Kennedi aytgan ma’lumot tufayli o‘ldirilgan. Uning aytishicha, AQSh sobiq prezidenti aktrisaga halokatga uchragan NUJlar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni aytgan. Uning o‘limi Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan, shundan keyingina o‘zga sayyoraliklar haqidagi ma’lumotlarning tarqalishi to‘xtagan. “Monro halokatga uchragan NUJ (noma’lum uchar jism)lar va AQSh harbiy bazalarida saqlanayotgan g‘ayrioddiy jasadlar haqidagi maxfiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lgan”, deb iqtibos keltiradi The Sun nashri. | 69 | 1,141 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprio 2014-yilda eng ko‘p pul ishlagan Gollivud aktyori deb topildi | 2014-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan Gollivud aktyorlari reytingida “Uoll Strit bo‘risi” filmida bosh rolni ijro etib, 25 million dollar ishlagan Leonardo Di Kaprio yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi “Segodnya.ua”.
Keyingi o‘rinlarda 20 million dollardan ishlab topgan Gollivudning bir yo‘la uch nafar “faxriy” aktyorlari − Denzel Vashington, Mett Deymon va kichik Robert Dauning bormoqda.
Qayd etilishicha, eng ko‘p pul ishlab topgan aktyorlarning deyarli barchasi erkaklardir. Aktrisalardan faqatgina Sandra Ballok va Anjelina Joli reytingning yuqori qismidan o‘rin olgan. | 80 | 579 |
Madaniyat | Foto: Ijrosi serial muvaffaqiyatini ta’minlaydigan turk aktrisalari | Turk seriallarining yuqori reytingni qayd qilishi va muvaffaqiyatli chiqishi nafaqat sujet, o‘ziga xoslik va unda rol ijro qilayotgan aktyor va aktrisalarning qanchalik mahoratli ekaniga bog‘liq.
Neslihan Atagul
Go‘zal va o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan aktrisa istagan loyihaning muvaffaqiyatli chiqishi garovi hisoblanadi. O‘smirlik davridanoq suratga tushishni boshlagan Neslihan “Ishq sohillari” serialidan keyin mashhurlikka erishgan. U bosh qahramon rolini gavdalantirgan “Sevgi iztirobi” Emmi mukofotiga loyiq deb topilgan. Shundan keyin “Elchining qizi” serialida Nare rolini ijro qilgan va sog‘lig‘i yomonlashgani sabab loyihani tark etishi muxlislar uchun kutilmagan hol bo‘lgan.
Tuba Buyukustun
38 yoshli aktrisa 20 yildan buyon turk muxlislarining sevimli aktrisasi hisoblanadi. Uning ijrosidagi “Osiyo”, “Pul va gul ishqi” seriallari xalqaro muvaffaqiyatga erishgan va xorijiy tomoshabinlar qalbini ham zabt etib ulgurgan. Tuba ijrosidagi istalgan serial eng yuqori reytinglarni qayd qiladi. Neslihan “Elchining qizi”ni tark etganidan keyin ijodkorlar loyihaga bo‘lgan qiziqishni orttirish uchun Tubani rol ijro qilishga taklif qilgan.
Demet O‘zdemir
Romantik komediyalarning qirolichasi deb ataladigan aktrisa “Qulupnay ifori” serialidan keyin mashhurlikka erishgan. Shundan keyin prodyuserlar tomonidan turli takliflar kelib tusha boshlagan. “Tong qushi” serialida Jan Yaman bilan birga suratga tushgani muvaffaqiyat olib kelganidan keyin Demet o‘zini dramada sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan va “Sen tug‘ilgan uy” serialida bosh qahramon rolini gavdalantirgan.
Xatije Shendil
Xatije 2010-yilda “Qoradog‘lar” serialida suratga tushgan. 2012-yilda esa “Dila xonim” serialiga bosh rolga tasdiqlangan. “Taqdirga qarshi sevgi” serialida O‘zjan Deniz bilan birga rol ijro qilgan. 6 yil ketma-ket suratga tushgan aktrisa keyinchalik ekranda ko‘rinish bermay qo‘ygan va 2019-yildan faoliyatini davom ettira boshlagan.
Beren Saat
“Taqiqlangan sevgi” serialida rol ijro qilgan aktrisa keyinchalik “Aybsiz aybdor”, “Qasos”, “Ko‘sem” seriallarida suratga tushgan. Muxlislar qalbini zabt etgan Beren shundan keyin Netflix platformasi uchun “Atiye” serialida suratga tushishga taklif qilingan. | 67 | 2,195 |
Madaniyat | Entoni Hopkins “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rilgan vaqtda uxlab yotgan bo‘lgan | “Ota” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotining eng yaxshi erkak nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan aktyor Entoni Hopkins taqdirlash marosimida ishtirok etmagan va o‘zining ismi e’lon qilingan vaqtda Uelsdagi uyida uxlab yotgan. Bu haqda aktyorning agenti Jeremi Barberga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Toni o‘zi o‘sib ulg‘aygan Uelsda edi va u tonggi soat 04:00 uxlab yotgan edi. Men yangilikni e’lon qilish uchun uni uyg‘otdim”, — deydi Barber. U aktyor bundan “xursand va minnatdor ekanini” bildirgan.
Aktyorning vakilini so‘zlariga ko‘ra, bir yillik karantin va koronavirusga qarshi ikki dozalik vaksinadan so‘ng, u Uelsga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.
Ta’kidlash kerakki, 83 yoshli Hopkins “Oskar”ni qo‘lga kiritgan eng keksa aktyorga aylandi. Taqdirlash marosimida uning nomidan mukofotni Xoakin Feniks qabul qilib oldi.
Eng yaxshi erkak roli uchun, shuningdek, Chedvik Bouzman (“Ma Reyni: Blyuz onasi”), Riz Ahmed (“Metall tovushi”), Gari Oldman (“Mank”) va Stiven Yang (“Minari”) da’vogarlik qilgan.
Keyinroq Entoni Instagram’dagi sahifasi orqali videomurojaat yo‘llab, g‘olib bo‘lishini kutmaganini ma’lum qildi.
“Akedemiyadan cheksiz minnatdorman. Shuningdek, bizni juda erta tark etgan Chedvik Bouzmanning xotirasiga hurmat bajo keltiraman”, — deydi aktyor.
View this post on Instagram
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabrida Nobel qo‘mitasi iqtisodiyot bo‘yicha mukofot sovrindori bilan bog‘lana olmagan edi. Shu sababli uni yarim tunda mukofotning boshqa sohibi uyiga kelib uyg‘otishga majbur bo‘lgandi. | 77 | 1,553 |
Madaniyat | Forbes Dueyn Jonsonni dunyoning eng ko‘p haq oladigan aktyori deb tan oldi | Forbes nashri dunyoning eng ko‘p haq oladigan aktyorlari reytingini e’lon qildi. Unda birinchi o‘rin amerikalik aktyor Dueyn “Qoya” Jonsonga berildi, deb ma’lum qiladi “RBK”.
Nashrning hisob-kitoblariga qaraganda, bir yil davomida uning daromadi ikki barobarga oshib, 64 million dollarni tashkil qildi.
Ikkinchi o‘rinni 61 million dollar daromad qilgan Jeki Chan, uchinchi o‘rinni esa 55 million dollar ko‘rsatkich bilan Mett Deymon egalladi.
Ilgariroq Forbes eng katta daromad olgan aktrisalar reytingida birinchi o‘rinni Jennifer Lourensga bergan edi. | 74 | 553 |
Madaniyat | Bir-biriga o‘xshashligi bilan ashaddiy muxlislarini ham lol qoldiradigan jahon yulduzlari (foto) | Penelopa Kruz 2022-yil 28-aprel kuni 48 yoshni qarshi oldi. Uni ko‘pchilik aktrisa Salma Hayekdan farqlay olmaydi. Mashhur aktrisalarga qarab, ularning qon rishtalari bir-biriga bog‘lanmaganiga ishonish qiyin. Grazia nashri bir-biriga o‘xshashligi bilan muxlislarni ham o‘ylantirib qo‘yadigan yulduzlardan bir nechtasini havola qildi.
Penelopa Kruz va Salma Hayek
Penelopa Kruz va Salma Hayekni ko‘pincha opa-singillar deb bilishadi. Ajablanarlisi shundaki, aktrisalarni qarindoshlik munosabatlari bog‘lamaydi, ammo ular 20 yildan ortiq vaqt davomida do‘st bo‘lib kelmoqda. Ular “Uddaburonlar” filmining suratga olish maydonchasida uchrashishgan. Ularning madaniyati bog‘langan — ikkalasi ham ispan tilida so‘zlashadi. Shuningdek, Hayek o‘zining yosh hamkasbiga Gollivudda karyerasini boshlashga yordam bergan. “Avvaliga o‘zimni juda yolg‘iz his qildim va Salma kabi do‘stona odam bilan ispan tilida gaplasha olganimdan xursand bo‘ldim”, — dedi Kruz.
Keti Perri va Zoi Deshanel
Keti Perri va Zoi Deshanel ham bir-biriga juda o‘xshash. “Biz Keti bilan butun dunyoga tanilishdan oldin uchrashdik. Albatta, bir-birimizga o‘xshashimizni darhol payqadik. Keti juda yoqimtoy qiz va men hatto bunday o‘xshashlikdan xursandman”, — dedi Zoi Deshanel intervyusida.
Kira Naytli va Natali Portman
Natali Portman ajoyib aktrisa Kira Naytliga o‘xshashligi tufayli “Yulduzlar jangi” filmida uning egizagi rolini o‘ynadi. Hatto suratga olish maydonchasida ham qizlarni ko‘pincha adashtirib yuborishdi. Bugungi kunda ularning orqasida o‘nlab ramziy rollar bor va kino muxlislari ularni bir-biriga solishtirishni to‘xtatdi.
Xaver Bardem va Jeffri Din Morgan
“Bu joy keksalar uchun emas” filmi yulduzi Xaver Bardem asli ispaniyalik, uning hamkasbi Jeffri Din Morgan esa amerikalik. Xaver ko‘proq dramatik asarlarda rol o‘ynagan, Jeffri Din esa mashhur teleseriallarda ko‘rinish bergan. Bu ikki aktyorning o‘xshashligi shunchaki hayratlanarli ko‘rinadiki, ularning qarindoshligiga shubha qilmaslik qiyin.
Jennifer Garner va Xilari Suonk
Intervyularning birida Xilari Suonk Jennifer Garner bilan doimo adashtirib turishlarini aytib o‘tgan. “Yaqinda bir odam ko‘chada oldimga kelib, “Dallas xaridorlar klubi” filmidagi rolimni yoqtirishini aytdi. Ammo men u kartinada o‘ynamaganman, bu Jennifer edi!” — deydi yulduz.
Kris Payn va Ian Somerxolder
Gollivudning ikkita kelishgan yulduzlarni ham kino ixlosmandlari ba’zida chalkashtirib yuborishadi. Afsuski, jiddiy rollar soni bo‘yicha Somerxolder o‘z hamkasbidan ortda, “Vampir kundaliklari” yulduzi esa hali oldinda.
Margo Robbi va Jeymi Pressli
Agar Jeymi Presslining 10-15 yil oldin olingan suratlariga e’tibor qaratilsa, hayron bo‘lmay iloji yo‘q, chunki uning xuddi Margo Robbiga o‘xshashligini ko‘rish mumkin! Aktrisalar shunchaki hayratlanarli darajada o‘xshash: bir xil yuz va qosh shakli, ko‘zlar va sochlar.
Zoi Saldana va Tendi Nyuton
Intervyulardan birida Zoi Saldana hatto onasi ham uni aktrisa Tendi Nyuton bilan adashtirishini ochiq tan oldi. Yaqinda onam menga: “Sening serialing HBO’dan uzatiladimi?” Men onamdan qaysi biriligini so‘radim: “Yovvoyi g‘arb dunyosi!” “Bu serialda men emas, Tendi o‘ynayayotgan edi”, — deydi Zoi jurnalistlarga. | 96 | 3,192 |
Madaniyat | O‘zbekistonda Koreya kinofestivali boshlandi | O‘zbekistonda 17-oktabr kuni Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Koreya kinofestivali start oldi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Beshinchi bor uyushtirilgan kinofestival Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Korea Festival 2016 koreys madaniyati festivali doirasida o‘tkazilmoqda.
Kinofestival doirasida “Otamga qasida”, “Detektiv K”, “Himolay” va “Meni tutib ol” filmlari namoyish etiladi.
Janubiy Koreya elchixonasi tadbir davomida “Koreya — O‘zbekiston do‘stligi” mavzusida rasmlar tanlovi, Orion, Samsung Electronics, Navoi Beauty Cosmetics, Keymdo Cosmetics va boshqa kompaniyalar ishtirokida koreys mahsulotlari ko‘rgazmasini o‘tkazishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari dasturiga koreys xalq o‘yinlari va koreys milliy liboslari kiritilgan boshqa tadbirlar ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 44 | 997 |
Madaniyat | Turkiyaning yirik kinokompaniyalari bilan kelishuvlarga erishildi | Turkiyada o`tkazilayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivali doirasida O`zbekiston Kinematografiya agentligi Turkiyaning bir kator kinokompaniyalari bilan memorandum imzoladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Kuni kecha Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov CJ ENM ENTERTAINMENT DIV bosh direktori Ferhad Aslan va Mengu Atasagum, CGV MARS ENTERTAINMENT GROUP bosh direktorining o`rinbosari Baris Atbas, Qurilish kengashi raisi Kerim Altintas bilan TRT xalqaro kinoplatformaga tashrif hamda hamkorlik buyicha uchrashuvlar utkazdi.
Shuningdek, SJC AS va Mars AS distribusiya kompaniyalari, Mega Basim nashriyot uyi hamda Baxcheshexir universiteti bilan hamkorlik bo`yicha kelishuvlarga erishildi. Endilikda Kinematografiya agentligi va Turkiyaning etakchi kinokompaniyalari bilan yirik hamkorliklar yo`lga qo`yiladi.
Mazkur kinofestivalda taniqli kinoijodkorlardan iborat o`zbek delegasiyasi ham ishtirok etmoqda. | 65 | 950 |
Madaniyat | Gollivud aktrisasi Kim Beysinger 63 yoshga to‘ldi | 8-dekabr kuni Gollivudning mashhur aktrisasi, “Oskar” va “Oltin globus” premiyalari sohibasi Kim Beysinger tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Bugun taniqli aktrisa 63 yoshga to‘ldi.
Shu munosabat bilan “Gazeta.ru” uning faoliyatidan eng yorqin suratlarni yodga oldi. | 49 | 263 |
Madaniyat | Fomalhaut eng yaxshi koreyscha qo‘shiq ijrosi tanlovi Gran-prisini qo‘lga kiritdi | Fomalhaut guruhi Oltinchi eng yaxshi koreyscha qo‘shiq ijrosi tanlovi Gran-prisini qo‘lga kiritdi, deb yozadi UzDaily.
Tanlov Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi. Uni 950 dan ortiq tomoshabin kuzatib bordi.
Ta’kidlash joizki, tanlovning 13-may kuni bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida 200 ijrochidan iborat 91 ta jamoa ishtirok etdi. Ulardan 57 nafar ijrochidan iborat 12 ta guruh finalda ishtirok etish uchun tanlab olindi.
Jyuri qarori bilan “Ayol prezident” (Female President) qo‘shig‘ini ijro etgan ikki ishtirokchi Xo‘jaboyeva Nigina va Yoqubova Mohlaroyimdan iborat Fomalhaut guruhi Gran-prini qo‘lga kiritdi.
Birinchi o‘rinni turli millatdagi to‘qqiz nafar ijrochidan iborat “Alladin” guruhi egalladi. Ular Koreyaning mashhur TINY-G guruhi ijrosidagi “Minimanimo” qo‘shig‘ini ijro etdi.
Qolgan barcha jamoalar diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. | 81 | 909 |
Madaniyat | Bollivuddagi taniqli oilalarga kuyov bo‘lgan hind aktyorlari (foto) | Bollivudning mashhur aktyorlari nafaqat ko‘rinishi va mahorati bilan, balki nufuzli oilaga kuyov bo‘lgani uchun ham taniqli. Ularning ayrimlari mashhur yulduzlarga kuyov bo‘lgan.
Rajesh Khannaning kuyovi − Akshay Kumar
Aktyor Akshay Kumar Rajesh Kxanna va Dimpl Kapadiyaning qizi Tvinkl Khanna bilan turmush qurgan.
Juftlik 2001-yil 17-yanvarda oila qurgan. Ularning Aarav ismli o‘g‘li, Nitara ismli qizi bor. “Qarang, taqdirimga nimalar yozilgan ekan? Men kumirimning qiziga uylandim”, degan edi aktyor intervyulardan birida.
Bachchan oilasining kuyovi − Kunal Kapur
“Za’faron rangi” filmidan tanish bo‘lgan Kunal Kapur Amitabh Bachchanning jiyani Naina Bachchanga uylandi. Qizig‘i shundaki, juftlikni Amitabhning qizi Shveta Bachchan tanishtirib qo‘ygan. Kunal va Naina to‘ydan oldin taxminan 3 yil uchrashib yurgan.
Tanujaning kuyovi − Ajay Devgan
“Qarama-qarshiliklar tortishadi” iborasi aynan Ajay Devgan va Kajol juftligi haqida. Ajay Devgan tabiatan og‘ir, bosiq va uyatchan bo‘lib, Kajolni kinoga suratga tushish paytida sevib qolgan. 4 yillik munosabatdan so‘ng ikki yosh 1999-yil 24-fevralda turmush qurdi. Biroq Ajay hech qachon Kajolga bo‘lgan muhabbatini ochiqchasiga bildirmagan. Uning aytishiga ko‘ra, ular hech qachon bir-biriga “Sizni sevaman” deb aytmagan, turmush qurish taklifi ham bo‘lmagan, chunki oila haqida gaplashishmagan. Ammo shunday bo‘lishi muqarrar bo‘lgan.
Randxir Kapurning kuyovi – Saif Ali Xon
Aktyor 13 yillik turmush o‘rtog‘i Amrita Singx bilan ajrashganidan so‘ng italiyalik model Roza Katalano bilan uchrashib yurdi. Karina Kapur esa Shahid Kapur bilan yaqin edi. 2008-yil suratga olingan “Umidsiz” filmi jarayonida Saif va Karina bir-biriga ko‘ngil qo‘ydi va oradan 5 yil o‘tib oila qurdi. Ularning Taymur Ali Xon ismli o‘g‘li bor, hozirda ular ikkinchi farzandining dunyoga kelishini kutmoqda.
Sunil Datt va Nargisning kuyovi – Kumar Gaurav
Rajendri Kumarning o‘g‘li Kumar Gaurav Sunil Datt va Nargisning qizi Namrata Dattga uylangan.
Garchi u Raj Kapurning kuyovi bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham. Sababi Rajendra Kumar va Raj Kapur juda qalin do‘st bo‘lgan, ular farzandlari Raj va Rimani unashtirib qo‘ygan edi. Lekin yoshlar unashtiruvni buzdi va Kuma Gaurav Namrata bilan oila qurdi, ularning Sachi va Siya ismli qizlari bor.
Sanjay Xonning kuyovi − Ritik Roshan
Ritik Roshan Sanjay Xonning qizi Syuzannaga oshiq bo‘lgan. Bollivud aktyori Zayd Xonning singlisi Syuzanna bilan Ritik Roshan 2000-yilda turmush qurdi. Oradan 14 yil o‘tib, ular ajrashishga qaror qildi. Lekin juftlik ajrashgandan keyin ham do‘st bo‘lib qoldi.
Dxarmendraning kuyovi – Vaybxav Voxra
Taniqli aktyor Dxarmendra va Hema Malinining qizi Ahane Deol bilan Vaybxav Voxra oila qurdi.
Kuyov panjob oilasiga mansub va Continental Carries Pvt Ltd kompaniyasining direktori. Ularning nikoh to‘yi 2014-yil 2-fevralda bo‘lib o‘tdi. Ular hozir Dariyen ismli o‘g‘lini tarbiyalamoqda.
Dxarmendra va Hema Malinining yana bir kuyovi – Bxarat Taxtani
Mumbaylik tadbirkor Bxarat Taxtani Hema Malini va Dxarmendraning katta qizi Eshe Deolga uylangan. Ular 2012-yil 29-dekabrda turmush qurgan va ikki nafar farzandi bor.
Prem Chopraning kuyovi – Sharman Joshi
Sharman Joshi taniqli aktyor Prem Chopraning kuyovi.
U kollejda o‘qiyotgan paytdayoq Prerna Chopra bilan uchrashib yurgan va juftlikning nikoh to‘yi 2000-yil bo‘lib o‘tdi. Hozirda ularning Xyana ismli qizi hamda Varyan va Vixana ismli egizak o‘g‘illari bor.
Rishi Kapur va Nitu Singxning kuyovi – Bxarat Saxni
Dehlilik tadbirkor Bxarat Saxni Rishi Kapur va Nitu Singxning qizi Riddxima Kapurga uylangan.
Ular 2006-yil 25-yanvarda oila qurgan. Juftlikning Samara ismli qizi bor. | 67 | 3,648 |
Madaniyat | Sobirjon Mo‘minov AQShga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi | Jurnalist Jasur Hamroyev ayni paytda AQShga oilasi bilan ko‘chib ketgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sobirjon Mo‘minovning Nyu-Yorkdagi xonadonida mehmon bo‘ldi hamda xonanda bilan intervyu tashkillashtirdi. YouTube va Instagram jonli efirida uyushtirilgan intervyu davomida aksariyat internet foydalanuvchilari Sobirjon Mo‘minovning nima sababdan va qanday qilib AQShga ketgani bilan qiziqdi.
“O‘g‘lim Amerika va Germaniyadagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirib, bir necha universitetga o‘qishga kirdi. Keyin Amerikani tanladi. O‘qishga ketish chog‘ida bir o‘zi ketgisi kelmadi. Men ham oilaga, farzand tarbiyasiga qattiqqo‘l, talabchan bo‘lganim uchun o‘g‘limni bir o‘zini jo‘natgim kelmadi. Shunday qilib bir kuni ‘Ada, men Green Card to‘ldiraman, chiqadi, hammamiz birga ketamiz’, dedi. Men rozi bo‘ldim, lekin chiqadi deb o‘ylamadim. Bir kuni o‘g‘lim kelib, ‘Ada, suyunchi bering, Green Card chiqdi, endi hammamiz birga ketamiz Amerikaga’ deb qoldi. Shundan keyin Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi filarmoniyadan zo‘rg‘a javob olib, keldim. Men butun umr davlatning ishida ishlaganman. Har doim ishni birinchi o‘ringa qo‘yardim. O‘g‘lim aldab-suldab Amerikaga olib kelib oldi. ‘Green Card’ni olasiz-u, keyin orqaga qaytasiz’ degandi. Yo‘q, Green Card’ni o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor ekan, qachon kirishingiz, qachon chiqishingiz belgilab qo‘yilgan ekan. Bu non-tuz, nasiba. Mana bolalar o‘qishyapti. Men esa shu yerda konsert, to‘ylarni o‘tkazib, qo‘ldan kelgunicha o‘zbek milliy estrada san’atini AQShda namoyish etib kelmoqdaman”, — deydi Sobirjon Mo‘minov.
Sobirjon Mo‘minovning aytishicha, Amerikada konsert va to‘y tadbirlarini o‘tkazishni tashkillashtiruvchi kompaniya ochgan. Xonandani to‘y xizmatiga taklif etmoqchi bo‘lganlar xizmat haqini shu kompaniyaga o‘tkazadi.
“Amerikadan har bir sohada o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p, ayrim joylarda o‘rgatadigan jihatlarimiz ham bor. Aslida ota-onaga bo‘lgan hurmat, halol va haromning farqiga borish, ‘Bismilloh’siz biron ishni boshlamaslik, odob-ahloq, toza-pokizalikda amerikaliklar bizdan o‘rnak olishi kerak. Lekin yo‘llarda qoidalarga rioya etish, svetoforlarda to‘xtash, masalan, qizilmi mashina yo‘q bo‘lsa ham haydovchilar hech qachon o‘tib ketmaydi, to‘xtab turadi. Bir-biriga yo‘l berishga ham qattiq e’tibor beradi. Yoshmi, qarimi, erkakmi, ayolmi hammasi uchun qoida bir xil. Supermarketlarda, aeroportlarda intizom seziladi”, — deydi xonanda Amerikada yashashning o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib.
“Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev nima sababdan 16 yil avval Qozog‘istonga ketib qolgani haqida gapirdi | 113 | 2,605 |
Madaniyat | Multfilm, tuxum, kapalak va mikroblar. Gollivud yulduzlari nimalardan qo‘rqadi? | Gollivud yulduzlarining nimalardan qo‘rqishini o‘qib, ba’zilaridan hayratlansangiz, ayrimlaridan esa kulgidan o‘zingizni to‘xtatolmaysiz.
Mizofobiya
Aktrisa Kemeron Diaz faqat eshik tutqichlarida yashaydigan mikroblardan qo‘rqadi. Agar qo‘lqoplarini uyda unutgan bo‘lsa, zinhor eshikka tegmaydi. Shu sababli yulduz har doim eshik og‘asi rolini o‘ynaydigan maxsus o‘qitilgan odam bilan birga yuradi. Biroq uning asosiy ishi — aktrisani himoya qilish, albatta. Aktrisa uyida kuniga necha marta qo‘llarini yuvishini tasavvur qilish qiyin!
Mikroblarni yuqtirishdan qo‘rqish mizofobiya deb ataladi. Ushbu qo‘rquv tufayli Maykl Jekson hech qachon mikroblarga qarshi niqobidan ajralmagan.
Biroq bu borada hech kim Madonnadan o‘tolmaydi! Pop-qirolicha mehmonxonaga kelguniga qadar barcha santexnik vositalarini almashtirishni talab qiladi.
Ataksofobiya
Ba’zi odamlar tartibsizlikdan dahshatga tushadi. Ilmiy tilda bu ataksofobiya deb ataladi. Yopilmagan tish pastasi yoki tyubik odatdagidan bir necha santimetr uzoqlikda bo‘lishi ham ularning asabiylashishiga sabab bo‘ladi.
Bu juda kulgili tuyulsa-da, lekin bu borada Viktoriya Bekxemga juda qiyin. Uning eri Devid Bekxem agar muzlatkichdagi shishalar soni toq bo‘lsa, hatto juda qimmat bo‘lsa ham, har qanday ichimlikni tashlab yuboradi, Devidning barcha kiyimlari qat’iy holda rangiga qarab ilinishi kerak.
Jessika Alba ham Bekxemdan qolishmaydi. Aktrisaning romantik turmush o‘rtog‘iga achinish kerak. Bir marta u rafiqasining mehmonxonadagi xonasini sharlar bilan to‘ldirib, uni hayratda qoldirmoqchi bo‘ladi. Bunga javoban Jessika unga bor g‘azabini sochadi.
Kallikdan qo‘rqish
Yoshlik va jozibadorlikni saqlab qolish istagi deyarli barcha mashhurlarga xosdir. Ma’lum bo‘lishicha, Tom Kruz sochlari to‘kilib ketishidan qo‘rqadi. Aktyorning ajoyib sochlari nafaqat uning g‘ururi, balki tirikchiligi hamdir.
Klaustrofobiya
Ehtimol, ushbu turdagi qo‘rquvning ilmiy nomi hamma uchun tanishdir. Uma Turman tor joydan qo‘rqadi. Taqdir hazilini qarangki, “Billni o‘ldirish-2” filmini suratga olish maydonchasida aktrisa yopiq tobutda yotishiga to‘g‘ri kelgan.
Balandlikdan qo‘rqish
Agar Kristina Orbakayte uchun balandlikdan qo‘rquv sababli yuqori qavatdagi kvartiralarni rad etgan bo‘lsa, unda Tobi Maguayrga juda qiyin bo‘lgan. Gollivud aktyori “O‘rgimchak odam”“da bir amallab rol o‘ynagan va balandlikda har bir tryukni ijro etishda, shubhasiz, o‘zini, rolini va umuman olganda, aktyor bo‘lish istagini la’natlagan.
Qorong‘ilikdan qo‘rqish
Bolalarga xos ushbu qo‘rquv ba’zan muvaffaqiyatli mashhurlarga ham begona emas. Zulmat va noma’lum narsa Jennifer Lopez, Anna Semenovich va Filipp Kirkorov uchun dahshatning o‘zginasi.
Aerofobiya
Kolin Farrell, Ben Afflek, Charliz Teron, Vupi Goldberg va Jenifer Eniston dunyoning narigi chekkasiga ham kemada borishga tayyor, faqat samolyotda emas. Qizig‘i, yaqinda Eniston Emirates aviakompaniyasi bilan reklama bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Zoofobiya
Hasharotlardan qo‘rqish eng g‘ayrioddiy fobiya emas. Sichqon, o‘rgimchak, suvaraklar... Hayvonot dunyosining bunday vakillaridan juda kam odam qo‘rqmaydi. Ammo Nikol Kidman... oddiy kapalaklarni ko‘rib dahshatga tushadi! Ushbu himoyasiz va juda nozik jonzotlar aktrisaning qo‘rquvga tushishiga sabab bo‘ladi.
G‘ayrioddiy qo‘rquvlar
Robbi Uilyams bolaligida multfilmlardan juda qo‘rqqan va ular ekranda paydo bo‘lishi bilan doim divan ostiga yashiringan. Biroq yillar davomida bu qo‘rquv o‘tib, hozirda musiqachi hatto bolaligidagi dahshatli tushlarini ham kulgi bilan eslaydi.
Alfred Xichkok tuxumdan qo‘rqardi! Tuxumning oval shaklidan va shu kabi shakldagi boshqa narsalardan ham dahshatga tushgan. Aktyor homilador xotiniga ham uzoq vaqt qarab turolmagan. Balki, shuning uchun ham undan faqat bitta qiz farzand qolgandir.
Megan Foks qog‘oz qo‘lini kesib ketishidan qo‘rqadi, shuning uchun u ssenariylarni qo‘lqop kiyib o‘qiydi. | 79 | 3,881 |
Madaniyat | Burak O‘zchivit “Ertug‘rul: Tirilish” dagi Usmon G‘oziy roliga tayyorgarlik ko‘rmoqda | Dunyoning 65 mamlakatlarida efirga uzatiladigan “Ertug‘rul: Tirilish” filmi kuzda yangi konsepsiya bilan efirga qaytadi, deb xabar berdi “Haberturk.com”.
Filmda Usmon G‘oziy davri boshlanadi, ushbu obrazni taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit ijro etadi. Aktyor allaqachon tarixiy obrazga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan: u haftasiga 6 kun, besh soat davomida maxsus murabbiylar bilan shug‘ullanmoqda.
Burak otga erkin sakrashni, jangovar qurollar, qilichlar bilan jang qilishni o‘rganadi. Kichkina poligonda mashg‘ulot vaqtida aktyorning kutilmagan jarohati uchun favqulodda yordam xizmati ham ishlamoqda.
Rivada “Usmon G‘oziy” filmini suratga olish uchun yangi katta plato barpo etilmoqda, barcha sahna va aktyorlarning kostyumlari yangilandi. | 85 | 749 |
Madaniyat | Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Hali maktabda o‘qib yurgan davrlarim, qish kechalarining biri edi. Kechki ovqatdan keyin men uy vazifalarimni tayyorlashga, dadam esa har kungi odatini kanda qilmay kitob o‘qishga kirishdi. Birdan chiroq o‘chdi. Oyim sham yoqdi, men chiroq yongach darslarimni davom ettirishga qaror qildim, ammo dadam hech narsaga parvo qilmay sham yorug‘ida mutolaani davom ettirardi. Dadam o‘qishga shunchalik berilib ketgan ediki, go‘yo hozir yonimizda emas, o‘sha asar voqeligiga singib ketganday edi. Ora-sira mutolaani to‘xtatar, chuqur o‘yga tolar, nimagadir kuyunganday bosh chayqab qo‘yar va yana o‘qishda davom etardi. Buni chetdan kuzatib turgan menga dadamning sham yorug‘idagi o‘ychan holati qanchalik zalvorli ko‘ringan bo‘lsa, u o‘qiyotgan kitob ham shunchalik qiziq tuyuldi. Bu so‘nggi yuz yillikning eng mashhur yozuvchilaridan biri – Chingiz Aytmatovning “Qiyomat”romani edi. Uyimizdagi kutubxonadan joy olgan bu kitobning dadamdan keyingi o‘quvchisi men bo‘ldim.
Asar haqida
So‘nggi yuz yillikning dunyoga mashhur yozuvchilaridan biri, qardosh qirg‘iz adabiyotining yetakchi namoyandasi Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” (“Kunda”) romani ilk marotaba 1986-yilda rus tilida nashr etilgan. Biroz o‘tib, rus tilidan qirg‘izchaga tarjima qilingan. Roman avval o‘zbekchaga “Kunda” nomi bilan tarjima qilinib, 1988-yilda “Sharq yulduzi” jurnalining 8, 9, 10-sonlarida e’lon qilingan.
Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanida ezgulik va oliyjanoblikning, yaxshilik va to‘g‘rilikning, adolat va haqgo‘ylikning, Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko‘rsatiladi. Romanda bir-biri bilan mohirona bog‘langan va ayni paytda umuman boshqa-boshqa zamon va makonda yuz beradigan voqealarning har birini soatlab tahlil qilish mumkin. Men esa romanning siz o‘qishingiz mumkin bo‘lgan boshqa tahlillarda tilga olinmagan jihatlarini yoritishga harakat qildim.
Syujet
Roman uch bo‘lim va to‘rt asosiy syujet voqeliklaridan tashkil topgan. Birinchi hikoya liniyasida bo‘rilar Akbara va Toshchaynar, ikkinchisida diniy seminariyadan ketgan Avdiy Kallistratov, uchinchisi Hazrat Iso va nihoyat to‘rtinchisi halol va mehnatkash cho‘pon Bo‘ston bilan bog‘langan. Asarning boshlanishi urg‘ochi bo‘ri Akbara nuqtai nazaridan, keyinroq Avdiy, oxiri ham Akbara, ham Bo‘stonning qarashlari shaklida hikoya qilinadi.
Issiqko‘l atroflarida davom etayotgan sokin hayot tarzini kunlarning birida vertolyotning vahimali shovqini buzadi. Sayg‘oqlar suruvining joylarini aniqlash uchun kelgan vertolyot Mo‘yinqumdagi jonzotlarning sokin hayotiga nuqta qo‘yadi. Homilador bo‘ri Akbara bundan vahimaga tushib, jonholatda qocha boshlaydi. 10–15 kundan so‘ng kelajakdan xabarsiz Akbaraning ko‘zi yorib, uch bo‘richa dunyoga keladi. Akbara ularni mohir ovchi qilib yetishtirishga harakat qiladi. Bo‘richalar rosa o‘yinqaroq edi. Shu sababdan ular inson zotiga ilk ro‘para kelganida qo‘rqmay, aksincha, u bilan o‘ynashni xohlaydi. Bo‘richalarga duch kelgan inson bundan keyingi voqealar qahramoni Avdiy edi. Inson zoti bilan kutilmagan uchrashuv ona bo‘rini tahlikaga soladi va u yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Ammo sayg‘oq oviga kelgan, tishi-tirnog‘igacha qurollangan odamlardan qochib qutulish mumkin emasdi.
Bolalarini ov qilishga o‘rgatish uchun olib kelgan Akbara va Toshchaynar kutilmaganda o‘zlari ham, bolalari ham insonlar boshlab yuborgan sayg‘oq ovi to‘lqiniga qorishib ketadi. Bu dahshatli talotumdan omon chiqish amri mahol edi. Tajribali va chapdast Akbara bilan Toshchaynargina bu qirg‘inbarotdan arang tirik chiqa oladi. Uchala bolasi esa nobud bo‘ladi. Holdan toygan Akbara va Toshchaynar imkon qadar bu yerdan uzoqlarga yo‘l oladi. Sayg‘oq ovi uchun guruh bilan birga kelgan keyin bu qirg‘inbarotning to‘g‘ri emasligini anglab, buni guruhdagilarga ham tushuntirishga harakat qilgan Avdiy safdoshlarining keskin noroziligiga uchrab, jazolash uchun qo‘l-oyog‘i bog‘lanib, yuk mashinasida qoniga belanib yotgan sayg‘oqlar orasiga tashlanadi.
Bundan keyingi voqealar markaziga asar qahramoni sifatida Avdiy chiqadi. U sayg‘oq oviga kelgan olti kishidan biri edi. Qo‘llari bog‘langan holda yotarkan, o‘tmishini xotirlaydi. Avdiy yangicha fikrlari sababli diniy seminariyadan haydalgan. Tirikchilik qilish uchun muxbir sifatida ishlagan. U keng tarqalgan jinoyat ishi haqida yozish, fosh qilish niyatida sayg‘oq ovidan oldin bir guruh og‘ufurushlar bilan Mo‘yinqumga ilgari ham kelgan edi. Avdiy o‘zi birga kelgan og‘ufurushlar guruhidagi yosh, navqiron, ammo ma’nan qashshoqlashgan yigitlarga achinib, ularni bu yo‘ldan qaytishga undaydi. Avdiyning bu harakati guruh boshlig‘i Grishanning qulog‘iga yetib boradi va u Avdiyga, bu fikrlaridan qaytmas ekan, oxiri yaxshilik bilan tugamasligini uqtiradi. Nasha tortib, kayfdan ko‘r bo‘lgan og‘ufurushlar Avdiyni itday kaltaklab, shitob bilan ketayotgan poyezddan uloqtirib tashlashadi. Avdiy hushsiz va aftoda holda ancha yotadi, nihoyat hushiga kela boshlaydi va o‘zini salkam yigirma asr oldin xochga mixlab tashlangan Iso Masihga o‘xshatadi. U bilan bog‘liq vokealarni bir-bir xotirlay boshlaydi. Isoning Rim noibi Pontiy Pilat bilan kechgan qizg‘in suhbatini xotirlaydi. Tamoman diniy qarashlar bilan yo‘g‘rilgan ushbu suhbatda noib Pontiy Pilat Isoni fikrlaridan qaytarishga harakat qiladi. Ammo payg‘ambarlik da’vosidan voz kechmagan va o‘z fikrlariga sodiq qolgan Iso himoyasiga ishongan xalq tomonidan toshbo‘ron qilinib xochga mixlanadi. Avdiy unga qanday yordam berish haqida o‘ylaydi, ming afsuski, Isoga achinishdan boshqa hech narsa qo‘lidan kelmaydi.
Avdiyni yo‘ldan o‘tayotgan bir qozoq oilasi Jalpoqsoz bekatigacha olib keladi. Bekatda Avdiyning yirtiq-yamoq usti-boshidan shubhalangan militsiya leytenanti uni nazorat punktiga olib keladi. Avdiy bu yerda, panjara ortida qo‘lga tushgan og‘ufurush safdoshlarini ko‘rib qoladi. Militsiya xodimlariga “Men ham ulardan biriman” deyishiga qaramasdan, hech kim gapiga ishonmaydi va Avdiyni qo‘yib yuborishadi. Uning ahvoli og‘irlashib yaxshilar ko‘magi bilan kasalxonaga yotqiziladi. Avdiyni kasalxonada qozoq doktor Aliya Ismoilovna davolaydi va uning dugonasi Inga bilan oralarida ishqiy munosabat boshlanadi.
Moskvaga qaytgan Avdiy Inga bilan maktublashishda davom etadi. Yozgan maqolasini nashr qildira olmagan Avdiy tahririyatdan ishdan chiqib, boshqa joyda kechki smenada ishlay boshlaydi, moddiy jihatdan tangroq ahvolda qoladi. Ingadan chorlov maktubini olgach, kitoblarini sotib chipta oladi va yana Jalpoqsozga yo‘l oladi.
Manzilga yetib kelgan Avdiy Inga qoldirib ketgan navbatdagi maktubni o‘qiydi. Xatda Inga sobiq turmush o‘rtog‘ining oldiga o‘g‘li bilan bog‘liq muammoni hal qilib, tez orqaga qaytishi, Avdiyga uyning kalitini qoldirib ketganini yozgan edi. Boshi qotgan Avdiy sayg‘oq ovi rejasini tuzayotgan Ober Kandalov bilan tanishib qoladi va pul topish ilinjida ularning safiga qo‘shiladi. Sayg‘oqlarga uyushtirilgan qatliomdan dahshatga tushgan Avdiy guruhdagilardan bu ishni darhol to‘xtatishlarini talab qiladi. Shundan keyin asardagi voqealar takroran aktual holga qaytariladi. Avdiy ovchilar tarafidan ayovsiz kaltaklanib, bir saksovul daraxtiga Iso kabi osiladi. U oxirgi nafasini olayotganda ona bo‘ridan yordam so‘raydi, xuddi uni eshitganday Akbara yetib keladi. Avdiy ona bo‘rini ko‘rgach, yorug‘ olamni tark etadi.
Akbara va Toshchaynar bu yerlarda yana bir yil yashaydi, nasl qoldirish ilinjida navbatdagi urinishlari yana samarasiz bo‘ladi. Tog‘dagi konga yo‘l ochish maqsadida qamishzorga o‘t qo‘yiladi. Qamishzor bilan birga besh bo‘ri bolasining kuli ko‘kka sovriladi. Endi Akbara va Toshchaynar bu yerlardan uzoqqa, inson qadami yetishi qiyin bo‘lgan tog‘larga chiqib ketadi. Bu ularning nasl qoldirish uchun so‘nggi imkoniyati edi.
Endigi voqealar Bozorboy Noygutovning bir guruh geologlarni manzilga yetkazib qaytayotgada nogahon to‘rt bo‘ri bolasiga duch kelib, pul topish ilinjida bo‘richalarni inidan o‘g‘irlab ketishi bilan boshlanadi. Bular sho‘rlik Akbara va Toshchaynarning bolalari edi. Ovga ketgan bo‘rilar iniga qaytib, bolalarining yo‘qligini ko‘rgach, umidsiz holda Bozorboyni ta’qib qila boshlaydi. Bo‘rilar unga yetay deb qolganda Bozorboy o‘sha atrofda tanilgan cho‘pon Bo‘stonning uyiga kirib, bo‘rilardan qutulib qoladi. Bu paytda Bo‘ston uyda yo‘q edi. Bir muddatdan keyin Bozorboy bo‘richalarni olib o‘z uyiga ketadi. Akbara va Toshchaynar esa, ming afsuski, buni payqamay qoladi va bolalarini qidirib, Bo‘stonning uyi atrofida bo‘zlashni kanda qilmaydi. Uyiga kelib, voqeadan xabar topgan Bo‘ston ertasiga Bozorboyning oldiga bo‘ri bolalarini iniga qaytarishni so‘rab boradi. Ammo harakati bekor ketadi. Bolalaridan ayrilgan Akbara va Toshchaynar kutilmagan joydan paydo bo‘lib, odamlaga tashlanadigan odat chiqaradi. Bo‘stonning uyi atrofida kecha-yu kunduz uvillashadi.
Bu holdan xunobi oshgan Bo‘ston bo‘rilarni yo‘q qilishga kirishadi va bir kun qo‘ylarga tashlangan Toshchaynarni otib o‘ldiradi. Qochib qutulgan, ammo bolalari va erkagini yo‘qotib, fig‘oni falakka chiqqan Akbara alamzada bo‘zlaydi. Bir kun Akbara Bo‘ston va Gulimxonning ikki yashar o‘g‘li Kenjashning hovlida o‘ynayotganini ko‘rib qoladi va bolakayni yelkasidagi kiyimlaridan tishlab olib qocha boshlaydi. Bundan xabar topgan Bo‘ston bo‘rini mo‘ljal olib o‘q uzadi. Bo‘ri bolani tashlab, qochishda davom etadi. Bo‘ston yetib kelib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, yerda ko‘kragini o‘q teshgan o‘g‘li Kenjash yotardi. Ko‘rgulikning sababchisi Bozorboy degan o‘y bilan Bo‘ston uni otib tashlaydi va qaytayotib, ko‘l bo‘yida hayot bilan vidolashadi.
Tahlil
“Qiyomat” bir nechta bir-biriga bog‘lanmagan voqealardan tashkil topgan. Voqealarda faqatgina bir juft bo‘ri – Akbara va Toshchaynar zanjir vazifasini bajaradi. Voqealar bo‘rilarning achchiq taqdiri ustiga qurilgan.
Romandagi har bir syujet qahramonlarining taqdiri fojia bilan tugaydi: mehnatkash cho‘pon Bo‘ston bilan bog‘liq voqealar, u kutilmaganda o‘z o‘g‘lini otib qo‘yishi, keyin esa qahr-g‘azab bilan piyonista cho‘pon Bozorboyni otib o‘ldirishi va o‘z hayotiga nuqta qo‘yishi, syujetlardan birida hikoya qilingan Avdiy Kallistratov taqdiri, asardagi yana bir mustaqil syujet – “Oltovlon va yettinchi” hikoyasi – bari Qiyomat qoyim tarzida fojiaviy yakun topgan.
Yozuvchi asarni hikoya qilarkan, bir syujetdan boshqasiga, bir zamon va makondan boshqa bir zamon va makonga shunchalik mohirona silliqlik bilan o‘tganki, bunday ko‘chishlar asarni o‘qiyotgan odamga hech qanday o‘ng‘asizlik tug‘dirmaydi. Bu, albatta, yozuvchining yuksak mahoratidan darak beradi.
Zamon nuqtai nazaridan olib qarasak, asar voqealari 1980-yillarda kechgan. Romanning ikki o‘rnida yozuvchi aktual zamonga ishora qilib ketgan. Birinchisi, Isoning o‘limi bilan bog‘liq voqealar hikoya qilinar ekan, yozuvchi “U kundan bu kunga ming to‘qqiz yuz ellik yildan ortiq vaqt o‘tgan”, deydi. Bu esa romandagi voqealar 1983-yildan keyin yuz berayotganini ko‘rsatadi. Yana bir ishora Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq bo‘lib, Bo‘ston va Ernazar dialogi orqali beriladi. Ular yangi yaylovlar tomon borarkan, kechib o‘tishi kerak bo‘lgan dovon haqida gapirib, urush boshlangandan, ya’ni salkam qirq yildan buyon bu dovonni hali hech kim oshib o‘tmaganini tilga oladi. Bu esa roman voqealari 1980-yillarda bo‘lib o‘tganidan darak beradi.
Makon nuqtai nazaridan roman voqealari keng planda Qirg‘iziston va Qozog‘iston, tor planda esa Mo‘yinqum sahrolari, Issiqko‘l atroflari, Ola Mangu tog‘larida bo‘lib o‘tadi.
Asarning birinchi darajali qahramonlari rohib otasining tavsiyasi bilan diniy maktabda o‘qishni boshlagan va eski diniy aqidalardan voz kechib, yangi diniy qarashlarni qabul qilishimiz kerak degan yangicha fikrlarni ilgari surgan va shu qarashlari tufayli seminariyadan haydalgan Avdiy Kallistratov hamda o‘z uslubiga ega, ishning ko‘zini bilgan, mahoratli kolxozchi-cho‘pon, haqgo‘y va fikrlarini jasorat bilan ayta olgan Bo‘ston Urkunchiyevdir. Ezgu niyatli Avdiy bunday niyatlariga javoban yomonlik ko‘radi.
Romanning ilk ikki bo‘limida bosh qahramon hisoblangan Avdiy uchinchi bo‘limda o‘z o‘rnini yangi tip – Bo‘stonga bo‘shatib beradi. Bo‘ston sovet rejimi qoliplari ostida yashagan xalqning prototipidir. Uning sovet rejimiga qarshi bildirgan tanqidiy fikrlari diqqatga sazovor.
Keyingi qahramonlar esa butun romanni bitta syujet tizimiga birlashtirib turgan bo‘rilar Akbara va Toshchaynardir. Romanda asosan Akbaraning ruhiy holatiga, xarakteriga kuchli urg‘u berilgan. Muallif Akbara va Toshchaynarning bolalari ov jarayonida otib tashlanganidan keyingi sahnani kuchli badiiy lirizm bilan ifodalaydi.
Ayni paytda romanda Bo‘ston bilan turmush o‘rtog‘i Ernazar vafot etgach oila qurgan va Kenjash ismli o‘g‘ilni dunyoga keltirgan Gulimxon, Gulimxonning vafot etgan sobiq eri Ernazar, Avdiyni og‘ufurushlik haqida maqola yozishga undagan Viktor Nikiforovich, Avdiy ko‘ngil qo‘ygan va birga oila qurishni mo‘ljallagan Inga Fyodorovna, uni Avdiy bilan tanishtirgan qozoq doktor Aliya Ismailova, Bo‘stonni o‘ziga dushman deb bilgan Bozorboy, uning xotini Ko‘k Tursun, sayg‘oq oviga qorishgan Kepa, Mishash, Gamlet Galkin, Kandalov, Uzuqboy, og‘ufurush bolalar Petruxa, Lyonka, ularning boshlig‘i Grishan hamda uning yordamchilari Kolya va Maxach singari talaygina ijobiy va salbiy qaramonlar ham mavjud.
Chingiz Aytmatovning juda ko‘p tanqidiy fikrlarga duch kelgan ushbu asarida diniy qarashlarga keng o‘rin berilgan. Nafaqat Rossiyada, balki qator musulmon davlatlarda ham asar anchagina tanqidlarga uchragan. Tanqidiy fikrlar mavzusi esa “Nima uchun asarda islom diniga emas, xristianlikka keng o‘rin berilgan”ligi edi. Hatto yozuvchini xristian missioneri sifatida tanqid qilganlar ham bo‘ldi. Ammo bu tanqidlar mutlaqo asossiz edi. Avvalambor, asar tahlilida yozuvchining tasavvur dunyosi va u yashagan jo‘g‘rofiyaga diqqat qaratilishi kerak, bundan tashqari, yozuvchi har yozgan asarida asar qamragan tasavvur va asar qahramonining fikr dunyosini chegaralashga majbur emas. Bundan tashqari, yozuvchining diniy tushunchalarini so‘roq qilish badiiy asar tahlili qoidalarini qo‘pol ravishda buzish deganidir.
“Qiyomat” romanida yozuvchi Sovet Ittifoqi iqtisodining ajralmas qismi hisoblangan temiryo‘l sohasiga katta ahamiyat bergan. Temiryo‘lchilik va poyezdlar bilan bog‘liq o‘rinlar yozuvchining ikkala romanida ham e’tibordan chetda qolmagan. Romanlarni o‘qir ekanmiz, temiryo‘l va poyezdlar katta vazifani bajaradi, ular chek-chegarasi bo‘lmagan o‘lka hayotining ajralmas ramziday go‘yo.
Xulosa
“Qiyomat” romanida ezgulik va insoniylikning, yaxshilik va to‘g‘rilikning, adolat va haqgo‘ylikning, Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ochib berilgan.
Tabiatni poymol etish tufayli ro‘y berayotgan qiyomat darajasidagi payxonliklar, xunrezliklarni amalga oshirayotgan ijtimoiy kuchlar, razil odamlar bor. Akbara bilan Toshchaynarga tabiatda yashash uchun hatto boshpana qolmasligi, tog‘da noyob konga yo‘l ochilishi munosabati bilan ularning uyasi joylashgan qamishzorga o‘t qo‘yilishi tufayli besh bo‘ri bolasining nobud bo‘lishi, bo‘rilar toqqa qochgandan so‘ng esa bu yerda yangi dunyoga kelgan to‘rt bo‘ri bolasining endi razil, insoniy xislatlardan mahrum Bozorboy tomonidan o‘g‘irlanib, aroq olish uchun sotib yuborilishida bularni ko‘rish mumkin.
Asardagi eng murakkab obraz Avdiy Kallistratovdir. U Xudoga, dinga chin dildan ishonadi. Biroq uning fikricha, shu vaqtgacha insoniyat tafakkurida bo‘lib kelgan Xudo eskirgan, shu bois uni yangilash, zamondosh Xudo yaratish kerak. Bu fikridan, o‘zi aytishicha, o‘tda kuydirsalar ham qaytmoqchi emas. “Asr bo‘yi qotib qolgan fikrlarni o‘zgartirish, aqidabozlikdan qutulib, inson ruhiga Xudoni anglashda hurlik berish va Xudoni inson borlig‘ining eng oliy zuhroti deb bilish” Avdiyning din va Xudo haqidagi qarashlarining asosini tashkil etadi. Avdiy murakkab obrazdir.
Aytmatov asarda ezgulik mohiyatini rang-barang: ilohiy, falsafiy, insonparvar asoslar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvirlay olgan mahoratli, ayni paytda chuqur bilim va mantiqqa ega yozuvchidir.
Iqtiboslar
“Odamning umri nima?” degan savolga javob topib berish qiyin. Inson munosabatlari shunchalar turfa, tabiati, fe’l-atvori shunchalar rang-barang va murakkabki, hatto eng mukammal, eng zamonaviy kompyuter sistemalari ham eng oddiy inson tabiatining umumiy chizig‘ini ajratib berolmaydi;
To‘g‘ri, bu yerlarni ham xatarsiz deb bo‘lmasdi — tag‘in bunisi barcha xatarlar ichida eng xatarlisi edi — bu yerlarda podalarga odamlar qarashardi, qo‘y-qo‘zilarning Xudosi ham, qo‘y-qo‘zilarning quli ham shular edi, bular o‘zlari kun ko‘rardi-yu, lekin boshqalarga sira kun bermas, ayniqsa ularga qaram bo‘lmaganlarni, o‘z erki bilan yashashga uringanlarni qo‘ymas edi… O, odamlar, odamlar — odamxudolar!
Quyosh va cho‘l azaldan muqoyasada: kunga qarab cho‘lning — oftob o‘z seplarini yoygan makonning qanchalar cheksiz ekanligi bilinadi. Cho‘l osmonining bepoyonligi esa kalxatlarning baland parvozlaridan ayon;
Odam bolasi odamlarsiz yasholmaydi, yana buning ustiga odamlarga ham toqat qilmaydi;
Nega axir bunday, nega axir odamlar bir-birlari bilan urushadilar, qon to‘kadilar, ko‘zyoshlarni daryo qilib oqizadilar, hammalari o‘zlarini haq, boshqalarni nohaq deb hisoblaydilar, qani axir haqiqat, kim haqiqatni aytadi, kim? Qani ularni adolat bilan ajrim qiluvchi nabiy?..
…odam nega tug‘iladi-yu, nega o‘ladi va nega o‘lim doim sen bilan birga, sendan nari jilmaydi va o‘lgandan so‘ng o‘lim yo‘q, lekin hayot o‘limdan yuqori, dunyoda hayotdan ko‘ra yuqori o‘lchov yo‘q — shuning uchun tirik jonni mahv etma, lekin elingga yov bostirib kelsa, darhol himoyaga otlan, sevganingning nomusini asra, xuddi ona Yerni yotlardan asraganday; ayriliqni hech totib ko‘rganmisan, bilasanmi ayriliqning dushvorligini, xuddi yelkangga cho‘ng tog‘larning yuklari ortilgan;
Ko‘rdingizmi, biz yaralganimizdan beri shundaymiz — o‘lgandan keyin ham yashamoqni istaymiz. O‘z umrini uzaytirish mumkinligiga ishonch, shuning hissiyoti bilan yashash odamzodga qanchalar muhim, qanchalar zarur. Odamlar o‘zlaridan keyin qandaydir avtomat qurilma, allaqanday vokal-musiqa abadiy dvigateli qoldirish fikriga kelsalar, ajab emas — bu hamma zamonlar uchun inson madaniyati erishgan eng yaxshi narsalarning antologiyasi bo‘ladi;
Dunyo o‘z farzandlarini ularning eng pokiza g‘oyalari va ruhiy intilishlari uchun hammadan ko‘proq jazolaydi.
Qiziqarli faktlar
- Chingiz Aytmatov Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan, ammo mukofotni ololmagan. Moskvalik xo‘jalar bunga yo‘l qo‘ymagan;
- Chingiz Aytmatovning nomi yana bir iste’dodli adib – Gabriel Garsiya Markes bilan XX asr jahon adabiyotining eng buyuk adiblari deya e’tirof etiladi;
- yozuvchining asarlari dunyoning 70 dan ortiq tiliga tarjima qilingan;
- romanni o‘zbek tiliga mohir tarjimon Ibrohim G‘ofurov tarjima qilgan.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Yolg‘izlik – ichimizda. “Yolg‘izlikning yuz yili” romani haqida
“Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida
“Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida
Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida
Jinoyat huquqi haqida o‘ylar. “Jinoyat va jazo” romani haqida
Matonat – muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li. “Martin Iden” romani haqida
“Usta va Margarita” XX asrning eng buyuk romanimi?
“Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida
“Davlat va vatan bitta narsa emas”. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida
Buyuk yozuvchining iqrori. “Iqrornoma” romani haqida | 54 | 19,772 |
Madaniyat | Mashhur filmlar qanday tasvirga olingani haqida tasavvur uyg‘otadigan suratlar | Rejissorlar, pardozchi va jamoaning boshqa a’zolari filmdagi sahnalar mukammal chiqishi, muxlislarga ishonarli bo‘lishi uchun nimalarga qo‘l urmaydi deysiz. Aksariyat hollarda qiziqarli sujet ortida soatlab bajarilgan mashg‘ulotlar, cheksiz dubl va tayyorgarliklar bo‘ladi. Ammo suratga olish jarayonlari qiyinchiliklar bila birga qiziqarli voqea va hodisalarga boy bo‘ladi.
Anna Kendri “Nikol” nomli rojdestvo komediyasini suratga olish jarayonida konki o‘rniga muzda sirpanadigan maxsus uskunadan foydalangan.
“Kelajakka qaytish-3” filmining Marti Makflay 1885-yilga o‘tishi kerak bo‘lgan sahna mana shunday suratga olingan”.
Mett Deymon “Mars tutquni” filmining suratga olish jarayonida.
“Korona” seriali uchun xuddi Bukingem saroyining fasadi singari dekoratsiya qurishga to‘g‘ri kelgan”.
El Fenning va Timoti Shalame “Nyu-Yorkdagi yomg‘irli kun” romantik komediyasining suratga olish maydonchasida.
Rassomlar “Terminator-2” filmi sujetiga ko‘ra vayron bo‘ladigan shahar modelining ustida ishlamoqda.
Pardozchilar “Shaft” filmining suratga olish jarayonida Semyuel L. Jeksonning soqolini bo‘yamoqda.
Deniel Redkliff “Garri Potter va ajal tuhfasi” filmining suratga olish jarayonida.
Eddi Redmeyn “Jodu saltanati” filmida balandroq ko‘rinish uchun maxsus narsaning ustida turibdi.
“Uddalab bo‘lmas topshiriq-5”ni suratga olish jarayonida Rebekka Fergyusonning motosikli harakatlanadigan platformaga mahkamlangan.
Kventin Tarantino, Margo Robbi va Bred Pitt “Bir kuni Gollivudda” filmining suratga olish maydonchasida.
“Qasoskorlar: Altron asri” kartinasining rejissori Joss Uidon, Jeremi Rennerga kamondan o‘q otishni o‘rgatyapti.
Lora Dern, Sem Nill va Stiven Spilberg “Yura davri bog‘i” blokbasterining suratga olish maydonchasida.
Rejissor Todd Fillips va Xoakin Feniks “Joker” kartinasining suratga olish jarayonida.
Rejissor Piter Jekson “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidagi aktyorlar bilan birga suratga olish maydonchasida.
“Terminator: Genezis” filmining suratga olish davomida politsiya mashinasi aslida mana shunday boshqarilgan.
Rejissor Maykl Bey “Transformerlar”ning suratga olish maydonchasida aktrisa Nikol Peltsga transformerning “qo‘li” uni qanday changalga olishini ko‘rsatib beryapti.
“Titanik”dagi eng mashhur sahnaning kadr ortidagi ko‘rinishi: Jek (Leonardo Di Kaprio) Rouz (Keyt Uinslet)ni qutqarishga urinyapti. | 78 | 2,354 |
Madaniyat | Muhammad Yusuf ijodi va hayoti haqida hujjatli film suratga olindi | “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Yoshlar tajriba ijodiy 5-studiyasi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 60 yilligiga bag‘ishlab “Bu yorug‘ dunyoda o‘chmas chirog‘im” hujjatli filmini suratga oldi. Film “Turkiston” saroyida shoir yubileyiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda namoyish etiladi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi xabar berdi.
Muhammad Yusuf. Kollaj: fikr.uz
Yoshlar tajriba ijodiy 5-studiyasi direktori Izzatilla Saidjabborov hujjatli film O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan ishlanganini qayd etdi.
─ Xalqona va samimiy she’rlarida Vatanni, mustaqillikni yonib kuylagan shoirning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi film ssenariysini O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Said yozib berdi. Yosh kinorejissor Ayub Shahobiddinov va operator Azizbek Arziqulov tasvirga oldi, ─ dedi I. Saidjabborov. | 66 | 1,039 |
Madaniyat | Eng yomonlar uchun mukofot: “Oltin malina”ning 2021-yilgi nominantlari e’lon qilindi | 12-mart kuni yilning eng yomon aktyor, aktrisa va rejissorlariga topshiriluvchi “Oltin malina” mukofoti tashkilotchilari an’anaviy ravishda hazilomuz tarzda ishlangan videorolikda nominantlar bilan tanishtirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Eng yomonlar qatoridan ovoza bo‘lgan premyeralar va kino sanoatining eng mashhur yulduzlari o‘rin olgan.
Eng ko‘p nominatsiyaga (6 tadan) “Doktor Dulittlning g‘aroyib sayohati” va “365 kun” kartinalari loyiq ko‘rilgan.
“Eng yomon film”:
“Eng yomon rejissor”:
“Eng yomon aktyor”:
“Eng yomon aktrisa”:
Mukofot g‘oliblari 24-aprel kuni, “Oskar” mukofoti topshirilishidan oldin e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, eng yomonlar uchun “Oltin malina” 1980-yilda amerikalik Jon Uilson tomonidan ta’sis etilgan.
Mashhurlik olib kelgan rolini yoqtirmaydigan aktyorlar
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Donald Tramp ikkita “Oltin malina” kinematografik antimukofotiga loyiq deb topilgandi. | 84 | 920 |
Madaniyat | Mirza Azizov Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi | Taniqli kino va teatr aktyori, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Mirza Azizov adabiyot va san’at yo‘nalishi bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasida ta’sis etilgan Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotga loyiq ko‘rildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.
2016-yildan buyon Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz san’atkor jamoadoshlari bilan hamjihatlikda o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, san’at hamda madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida salmoqli ishlarni olib bormoqda.
Teatr jamoasi 2017-yil iyunida O‘sh, 2018-yilning oktabr oyida Jalolobod viloyatlariga “Jaydari kelin” spektakli bilan ijodiy safar uyushtirdi. 2017-yilda Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vazirligining taklifiga binoan 12—16-sentabr kunlari o‘tkazilgan “ART-ORDO” VI xalqaro teatr festivalida “Dildagi dog‘” sahna asari birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilib, “Eng yaxshi spektakl uchun” yuksak mukofoti va diplomi bilan taqdirlangan. Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan sahna yuzini ko‘rgan “Sarviqomat dilbarim” spektakli teatr repertuaridan joy oldi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘tgan yili Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat va ma’naviyat ishlari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, Qirg‘iziston Respublikasi xalq yozuvchisi Sultan Rayev boshchiligida Qirg‘izistonning Norin viloyati akademik musiqali teatri vakillaridan iborat delegatsiya poytaxtimizda ijodiy safarda bo‘lishib, Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani asosida sahnalashtirilgan “Man” spektaklini namoyish etishgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan ikki yil avval Mirza Azizov Qirg‘iziston teatr arboblari uyushmasining teatr san’ati badiiy akademiyasining akademigi etib ham saylangan edi. | 71 | 1,801 |
Madaniyat | Arnold Shvarsenegger va Silvestr Stallone bir yil deganda ilk bor ko‘rishdi | Gollivud yulduzi Silvestr Stallone ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali do‘sti va hamkasbi Arnold Shvarsenegger bilan birgalikda tushgan surati bilan bo‘lishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, do‘stlar bir yil ko‘rishmagan, deb xabar beradi “Film.ru”.
“Bir yil deganda Arnold bilan birinchi marta ko‘rishdik. Va butun to‘da to‘plandi”, — deb yozadi Stallone.
Shuningdek, suratda Ralf Myoller va Frenk Stalloneni ham ko‘rish mumkin.
View this post on Instagram
Ayni vaqtda Shvarsenegger ishtirokida ikkita loyiha taqdim etilishi kutilmoqda. Birinchisi Netflix’ning josuslar haqida seriali bo‘lib, unda aktyor hamda Monika Barbao ota va qiz rolini ijro etadi. Bundan tashqari, u premyerasi koronavirus sabab qoldirilgan “Kung Fyuri” nomli to‘liq metrajli filmda AQSh prezidenti obrazida paydo bo‘ladi.
Stallone esa tez kunlarda yangi “Suicide Squad” filmidagi epizodda ko‘rinish beradi.
Avvalroq Arnold Shvarseneggerning yuragi operatsiya qilingani haqida xabar berilgandi. | 75 | 982 |
Madaniyat | “Muhtasham yuz yil” serialida turli obrazlarni yaratgan qarindosh aktyorlar (foto) | “Muhtasham yuz yil” serialining suratga olish jarayonlari yakunlanganiga 6 yil bo‘lganiga qaramay, muxlislarning serial va unda rol ijro qilgan aktyorlar hayoti bilan bog‘liq ma’lumotga ega bo‘lishga qiziqishlari hali hamon so‘nganicha yo‘q. E’tiboringizga serialda birga suratga tushgan qarindosh aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot havola etamiz.
Alize Gyordyum va Vahide Perchin
Serialda Shahzoda Mustafoning qizi, Nargizshohsulton rolini ijro qilgan, 1994-yilda tug‘ilgan Alize Gyordyum, aktrisa Vahide Perchinning qizi hisoblanadi. Vahide filmda Xurram rolini Mayram Uzerlidan keyin ijro qilgan aktrisa.
Xalit Ergench va Bergyuzar Korel
Serialda Monika Gritti rolini ijro qilgan aktrisa Bergyuzar Korel, Xalit Ergenchning rafiqasi hisoblanadi.
Deniz Tuzun va Jemre Ebuzziya
Serialda vazir Ibrohimning qizi sifatida rol ijro qilgan Deniz Tuzun, Shahzoda Mustafoning sevgilisi Yelena rolini o‘ynagan Jemre Ebuzziyaning qizi.
Filis Axmet, Deniz Tuzun va Jemre Ebuzziya
Jemrening qizi Deniz Tuzun, Nigor xalfa rolini ijro qilgan aktrisa Filis Axmetga jiyan bo‘ladi. | 82 | 1,072 |
Madaniyat | AFIShA: 21 SENTYaBR | O`zbek Milliy akademik drama teatri
14:00 «Alisher Navoiy va Husayn Boyєaro», Farg`ona viloyati musiєali drama teatri.
18:00 «O`zbekcha raqs».
Chiptalar narxi: 12 000, 15 000, 20 000 so`m.
Muqimiy nomidagi o`zbek davlat musiqiy teatri
18:00 «Super єaynona».
Chiptalar narxi: 20 000 so`m.
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik Katta teatri
17:00 «Trubadur», opera. | 19 | 379 |
Madaniyat | 2023-yilda Netflix’dan intiqlik bilan kutilayotgan 7 ta turk seriali | Agar 2023-yilda nimani tomosha qilishni bilmoqchi bo‘lsangiz, hozirdan tanlashni boshlashingiz mumkin. Ayniqsa, turk seriallarining muxlisi bo‘lsangiz.
“Qushlar parvozi” / Ikkinchi mavsum
Ibrohim Chellikol va Birje Akalay duetining muxlislarini xursand qilish uchun “Qushlar parvozi” serialining birinchi mavsumi shu qadar yuqori reytinglarni ko‘rsatdiki, Netflix uni ikkinchi mavsumiga ham buyurtma berdi. Sujet voqealari hozircha ma’lum emas.
Katta ehtimol bilan loyihada sujet voqealarini rivojlantiradigan yangi aktyorlar bo‘ladi. Ammo bu Birje va Ibrohimni ko‘rmaymiz degani emas, chunki ularning qahramonlari serialda asosiy rol o‘ynaydi.
“Shohmoron”
2021-yilning yozida Netflix turk seriali “Shohmoron” ustida ish boshlanganini e’lon qildi. Shohmoron — afsonaviy arab mavjudoti. Ko‘pincha u dumida ayol yuzi bo‘lgan ilon sifatida tasvirlangan. G‘alati maxluq rolida Kerem Bursinning sobiq sevgilisi Serenay Sarikayni ko‘ramiz
Mazkur serial deyarli barcha sharq mamlakatlarida ma’lum bo‘lgan ilonlar malikasi haqidagi qadimiy afsona haqida. Bosh qahramon rolini Burak Deniz ijro etadi.
“Pera Palace mehmonxonasidagi tun” / Ikkinchi mavsum
Premyera 2023-yilda bo‘lib o‘tishi va’da qilingan, shuning uchun loyiha ustida ish qizg‘in davom etmoqda. Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, aktyorlar tarkibi o‘zgarishsiz qolgan va loyiha muvaffaqiyatidan keyin prodyuserlar mablag‘ni ko‘paytirishgan. Demak, yangi mavsumda bizni yanada chiroyli manzaralar va liboslar, ajoyib maxsus effektlar kutmoqda.
“Qaynoq bosh”
Netflix’ning yana bir turk seriali “Qaynoq bosh” mamlakat uchun noodatiy — antiutopiya janrida suratga olinadi. Sujetga ko‘ra, ilmiy-fantastik loyiha butun dunyoni qamrab olgan jinnilik epidemiyasi haqida hikoya qiladi. Kasal bo‘lish oson: kimdir bilan gaplashishning o‘zi kifoya. Ammo hammasini o‘zgartira oladigan bitta odam bor.
“Tikuvchi”
Muxlislar ushbu serialni bir yildan beri intiqlik bilan kutishmoqda. Lekin negadir Netflix premyerani keyinga qoldirmoqda. Sujetga ko‘ra, Payam (Chig‘atoy Ulusoy) mashhur tikuvchi. Bobosi vafot etgach, ruhiy kasal bo‘lgan otasi Mustafo bilan Istanbulga keladi. Payam uchun aqli zaif otasining borligi ham uyat. “Tikuvchi” seriali uning qiyin hayoti haqida hikoya qiladi, u o‘z mijozi, kelinlik ko‘ylagini tikishi kerak bo‘lgan kelinni sevib qoladi.
“Qabriston” / Ikkinchi mavsum
Ikkinchi mavsum uchun tasdiqlangan Birje Akalay bilan yana bir serial. Birinchisining sujetiga ko‘ra, uning qahramoni psixopat qurboniga aylangan ayollarga bog‘liq jinoyatlarni tekshiradi. Reytinglarga ko‘ra, loyiha “Qushlar parvozi”dan ham yaxshiroq bo‘lgan, shuning uchun prodyuserlar tomoshabinlarni xursand qilishga qaror qilgan bo‘lsa, ajab emas. | 68 | 2,691 |
Madaniyat | AQSh elchixonasi xonanda Rayhonga viza berishdan bosh tortdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertda mamlakatga kirish vizasini ololmagani uchun ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.
Rayhon, Ziyoda va Shohruhxon ishtirokidagi konsert 12-may kuni o‘tkazilishi kerak edi.
“Afsuski, AQShning Nyu-York shtatida 12-may kuni bo‘lib o‘tadigan konsertda menga viza berishmagani uchun ishtirok eta olmayman. 2009-yilda Amerikada bo‘lganimda bizdan vatandoshlarimiz uchun kuylab berishimizni so‘rab berishgandi. Biz esa mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beruvchi viza bilangina qo‘shiq kuylash mumkinligini bilmagandik. O‘shanda biz pul olmasdan kuylaganmiz. Biz o‘zimiznikilarni xursand qilmoqchi edik, afsuski buni huquqbuzarlik deb topishdi va viza berishni rad etishdi.
Shohruhxon va Ziyodaga omad va muvaffaqiyatlar tilayman”, — deb yozadi Rayhon.
View this post on Instagram | 60 | 894 |
Madaniyat | Xorazmda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlab muzey tashkil etildi | Xorazm mudofaa ishlari boshqarmasida “G`alabaning 75 yilligi”ga muzey tashkil etildi. Bu haqda Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.
Og`ir va sinovli kunlarni boshidan o`tkazgan xalqimizning Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan g`alaba qozonishda ham hissasi katta bo`lgan. Frontda qahramonlik ko`rsatgan va front ortida kechayu-kunduz mehnat qilgan o`zbekistonliklar bostirib olingan sobiq ittifoq hududlaridan minglab etim qolgan bolalarni ham qabul qilib, o`z farzandlaridek voyaga etkazgan.
Shu yilda kapital ta`mirdan chiqib, foydalanishga topshirilgan Xorazm viloyati mudofaa ishlari boshqarmasida xorazmliklarning Ikkinchi jahon urushida qo`shgan hissasi, ota-bobolarimizning qahramonligi aks etgan xotira muzeyi tashkil etildi. Ushbu muzey fondini eksponat va tarixiy hujjatlar bilan butlashda butun viloyat ahli o`z hissasini qo`shib kelmoqda.
– Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 75 yillik bayramiga bag`ishlab viloyatimiz va uning aholisi qo`shgan ulushini jamlash, muzey tashkil etishga kirishdik, – deydi mudofaa ishlari boshqarmasi bo`lim boshlig`i podpolkovnik Kamoliddin Sharipov. – Boshida bu muzeyni qanday va nima bilan to`ldiramiz, degan o`rinli savol bizni qiynardi. Shahar va tuman mudofaa ishlari bo`limlari tomonidan aholi o`rtasida muzey tashkil etilishi haqida xabar tarqalgach, odamlar ota-bobolarining jasoratini tarixda muxrlab qo`yishni so`rab, o`zlari eksponatlarni olib kela boshladi. Shu tariqa muzeyimiz kundan-kunga yangi eksponatlar bilan boyib kelyapti. Bugunga kelib muzey fondida 200 ga yaqin eksponat va tarixiy hujjat mavjud. Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan Toshkentda bunyod etilayotgan G`alaba bog`idagi Shon-sharaf muzeyi fondi uchun viloyatimizdan 100 dan oshiq eksponat taqdim etildi.
Muzey fondidan Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy kiyimlar, qurol-aslahalar, turli anjomlar, adabiyotlar, xorazmlik qahramonlarning orden va medallari, hujjatlari hamda boshqa eksponatlar o`rin olgan.
Xorazmliklarning urush yillarida qo`shgan hissasi haqidagi ma`lumotlar sirasida judayam qiziqarli faktlar bor. Masalan bir manbada “Urushning birinchi kunlaridan Xorazm viloyati harbiy komissariyatiga ixtiyoriy ravishda frontga ketish haqida 1156 ariza tushdi, shundan 47 tasi ayollar edi”, deb yoziladi. Yana bir manbada “Faqat 1941 yil viloyat sanoat korxonalariga 1213 ayol jalb qilindi. Ular frontga ketgan akalari, otalari va erlari uchun mardonavor ishlab, kuniga 2-3 me`yor bajardilar. 1941 yili viloyat sanoat korxonalari yillik rejani 105 foizga bajarishni uddalashdi”, deya e`tirof etilgan.
Ta`kidlash joizki, Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazmdan 67 ming yigit–qizlar front va front ortida qatnashdi. Ulardan 7 mingga yaqini jangohlarda jasorat va qahramonlik namunasini ko`rsatganliklari uchun hukumat nishonlari va medallar bilan taqdirlangan. 3 nafar yigit: Sotim Nurmetov, Pyotr Sizov va Gataulla Salixov “Sovet ittifoqi qahramoni” deganoliy unvon bilan mukofotlangan.
Mazkur muzey nafaqat xorazmliklarning urush yillaridagi hissasini aks ettirish, balki o`sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun ham foydalaniladi. Zero viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi “armiya ostonasi” hisoblanib, muqaddas burchni o`tash uchun keladigan har bir yigitni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maskani ham sanaladi.
Xorazm viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi mazkur muzey fondini eksponatlar bilan yanada to`ldirishda yurtdoshlarimizdan amaliy yordamni kutib qoladi. | 100 | 3,499 |
Madaniyat | Aktyor Aziz Umrzoqov uylandi (foto) | Aktyor va shoumen Aziz Umrzoqov 17-avgust kuni oila qurdi. Aziz va Zarinaxonning nikoh oqshomi poytaxtdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tdi.
To‘yda ko‘plab taniqli xonandalar, kino olami vakillari mehmon bo‘ldi. | 35 | 214 |
Madaniyat | Xonanda Lola Toshkent chorrahalarida kameralar ishga tushganidan so‘ng mashina haydashni to‘xtatdi | Xonanda Lola Toshkent shahri chorrahalariga o‘rnatilgan kameralarning ishga tushishi uni ham intizomli bo‘lishga undaganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Skrinshot: “Darakchi.uz”
“Xayrli tong! Ishga ketyapman. Yo‘llardagi kameralar hatto meni ham tartibga solmoqda. Men endi rulda emasman!”, — deb yozdi Lola o‘zining Instagram’dagi sahifasida.
Lolaning bu qarori uni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boruvchi muxlislari o‘rtasida keng muhokama qilinmoqda. Ular Loladan mazkur fikrga kelishi sabablarini so‘radi.
Savollarga xonanda quyidagicha javob berdi: “Men ortiq mashina haydamayapman. Hayotim uchun mas’uliyatni ishonchli qo‘llarga topshirdim”.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga o‘rnatilgan kameralar 2017-yilning 15-martidan boshlab haydovchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni qayd eta boshladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 98 | 930 |
Madaniyat | Anjelina Joli olti farzandining faqat bittasiga meros qoldirmoqchi | Amerikalik aktrisa Anjelina Joli besh nafar farzandini merosdan mahrum etib, 116 million dollar pulni to‘ng‘ich o‘g‘li — 17 yoshli Meddoksga qoldirishga qaror qildi. Bu haqda Radar Online xabar bermoqda.
Aktrisa o‘spiringa “Lojuvard sohil” va “Yengilmas” kabi filmlar bilan shug‘ullangan Jolie Pas prodyuserlik kompaniyasini topshirmoqchi. Meddoks 15 yoshidayoq Jolining Kambodjadagi qizil kxmerlar kommunistik rejimi haqidagi “Ular avval otamni o‘ldirishdi” filmiga ijrochi prodyuserlik qilgan.
Manbalarga ko‘ra, meros haqidagi yangilik yulduzning sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittning jahlini chiqargan, uning fikricha, Joli aynan uni ranjitish maqsadida shunday qilgan.
Qayd etilishicha, faqat Meddoks onasining ajrashish qarorini qo‘llab-quvvatlagan, 15 yoshli Paks, 14 yoshli Zaxara, 12 yoshli Shaylo va o‘n yoshli egizak Noks va Vivyenlar esa otasining tomoniga o‘tib olgan. | 66 | 880 |
Madaniyat | “Odamlar koridorda o‘lib ketyapti” — Koronavirusga chalingan Munisa Rizayeva kasalxonalardagi vaziyat haqida | Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida jonli efir orqali muxlislar bilan muloqot qilib, koronavirusga chalinib, kasalxonada ekanligini, uch hafta davolanganidan so‘ng ahvoli yaxshilanayotganini bildirdi.
“Uch marta koronavirusga test topshirdim, chiqmadi. Issig‘im chiqib, mazam bo‘lmadi. Ikki haftadan keyin yana topshirdim, shundagina koronavirus aniqlandi. Testlarga ishonmanglar, issig‘ingiz chiqib, holsizlikni his etsangiz, davolanishni boshlang”, — deydi xonanda.
Shuningdek, Munisa Rizayeva hozirgi vaqtda kasalxonalarda ahvol tang ekanligini, shifokorlar yetishmay, odamlar koridorda o‘lib ketayotganini ham aytib o‘tdi:
“Men bir narsani aytaman: Shifokorlar juda ham kam, hech kim hech kimga qaramayapti, odamlar o‘zi davolanishga majbur bo‘lyapti. Menga ko‘pchilik ‘Sizning pulingiz ko‘p, shuning uchun ota-onangizni kasalxonaga yotqizdingiz, o‘zingiz ham yotdingiz’ deb aytyapti. Bugun pul va tanish-bilish hech narsani hal qilmayapti. Men o‘zim kimlarga qo‘ng‘iroq qilmadim, adam va onam og‘ir, yordam beringlar deb. Lekin hech qanday tanishlaringiz sizga yordam bermayapti. Munisa Rizayeva bo‘lasanmi, hokim yo vazir bo‘lasanmi, hech kim bir-birini eshitmayapti. Virusolog va pulmonologlar hech kim bir-birini eshitmayapti. Bir kunda kichkina kasalxonaga 1000-2000 kasal kelyapti. Odamlar koridorda o‘lib ketyapti. Shunisini ayta olaman, men lekin. Chunki bu narsani men o‘zim ko‘zim bilan ko‘ryapman. Hech narsa hal qilinmayapti. Ko‘p odamlar qiynalganidan ham o‘lib ketyapti. Kerak bo‘lsa, butun respublikada apparatlar kam, kasallar esa ko‘p. Ko‘pchilikka rahmim kelyapti. Lekin ayb vrachlarda emas, davlat rahbarlarida ham emas. Ular jismonan ulgurmayapti. Shifokorlar kam, kasallar ko‘p. Hamma bir vaqtda kasal bo‘lib qoldi, dunyo bunga tayyor emasdi.
Kim kasal bo‘lmasa, iltimos uydan chiqmanglar. O‘zinglarni, ota-onalaringni asranglar!”, — deydi Munisa Rizayeva.
Xonandaning aytishicha, ota-onasining ahvoli og‘ir. Uning yuragida muammolari bo‘lgan otasi hozirda uyda davolanmoqda, onasi esa kasalxonada qolmoqda.
“Shukr, bu sinovdan ham o‘tib oldim”. Kaniza koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi | 108 | 2,133 |
Madaniyat | Chexiyada o`tkazilgan xalqaro tanlovda o`zbekistonlik yosh musavvirlar g`olib bo`ldi | 2017 yil Chexiyaning Lidise shahrida bo`lib o`tgan bolalar badiiy ijodiyotiga oid xalqaro tanlovning yaqinda e`lon qilingan natijalariga ko`ra, o`zbekistonlik besh nafar yosh musavvir rasmlari mazkur tanlovda mukofotga munosib topilgan, deb yozadi O`zA. Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san`at akademik liseyi o`quvchisi Nodirxo`ja Fatxullaxo`jaev musiqa olamiga sayohat mavzuidagi surati uchun tanlov medaliga munosib topildi. Eng yaxshi o`quv maskani uchun yo`nalishi bo`yicha esa mazkur bilim dargohining o`quvchilari Nuriddin Hojixo`jaev, To`lqin Ziyodullaev, Abror Abduhakimov va Bo`ron Aliboev chizgan rasmlar faxriy mukofotlarga sazovor bo`lgan. "Lidise – 2017" xalqaro ko`rgazmasida jahonning 80 dan ortiq davlatidan 25 ming nafardan ziyod o`g`il-qizning "Sayohat" mavzuidagi rang-barang rasmlari namoyish etildi. | 84 | 829 |
Madaniyat | Britaniyalik olimlar mashhur Damashq po`latining vatani O`zbekiston ekanini aytishmoqda | Buyuk Britaniyaning London shahridagi mashhur Travellers Club klubida “Yangi O`zbekiston: bebaho madaniy tashabbuslar” mavzuida media-ivent o`tkazildi. Unda O`zbekiston madaniy merosini tadqiq etayotgan bir guruh britaniyalik olimlar va mutaxassislar taklif etildi.
Tadbirda bir qator qiziqarli ma`ruzalar taqdim qilindi. Xususan, London universiteti kolleji Arxeologiya instituti ekspertlar guruhi o`z taqdimotida Sharqda dovrug` taratgan Damashq po`lati bugungi O`zbekiston hududidan qazib olingan temir rudalaridan ishlanganini ma`lum qilishdi. Doktor Milyana Radzyavovich boshchiligidagi olimlar guruhi bir paytlar O`zbekiston hududidan konlardan qazib olingan ruda namunalari, qimmatli tog` jinslari va xomashyo mahsulotlarini tekshiruvlan o`tkazib ana shunday qarorga kelishdi.
Shuningdek, Farg`ona vodiysida Axsikent hududidan tigel po`latini qazib olish va ishlab chiqarish ko`lamini o`rganish uchun keng qamrovli tadqiqotlar yo`naltirilgan.
Milyana Radzyavovichning aytishicha, IX asrdan boshlab, Markaziy Osiyoda, xususan, bugungi O`zbekiston, Turkmaniston va Hindiston hududlarida bir qator po`latni qayta ishlash markazlari faoliyat ko`rsatgan.
“Muttasil savdo aloqalari va mahsulot ayirboshlash orqali ilk islom madaniyati davrida Markaziy Osiyoda ishlangan po`lat Damashqqacha kirib borgan. Ushbu xomashyodan damashqlik ustalar dunyoga mashhur qilich va shamshirlarni yasashgan” deydi Radzyavovich.
O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov ushbu tadqiqotning ahamiyatini alohida ta`kidladi:
«Britaniyalik olimlarning ushbu izlanishlari biz uchun g`oyat muhim. Hozir biz o`ta shov-shuvli kashfiyot ostonasida turibmiz. Bu kashfiyot nafaqat mashhur Damashq qilichlari haqidagi an`anaviy tasavvurlarni o`zgartiradi, balki O`zbekiston buyuk ipak yo`lida qanchalik muhim rol o`ynaganini yana bir bor isbot etadi” – deya qayd etdi F.Abduxoliqov.
Eslatib o`tamiz, ushbu tadbir O`zbekiston hukumati, mamlakatimizning Buyuk Britaniya va Shimoli Irlandiyadagi elchixonasi ko`magida, O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati, O`zEOAVMA, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va neft xizmatlarini ko`rsatuvchi xalqaro «Eriell Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda o`tkazildi. | 87 | 2,327 |
Madaniyat | Jahongir Otajonov to‘yga qimmatga chiqishi sabablari va konsertdan oladigan foydasi haqida ma’lum qildi | Joriy yilning iyun oyida “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining “Ishtiboh” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan xonanda Jahongir Otajonov oradan 4 oy o‘tib o‘zining yangi konsert dasturi haqida e’lon qildi va ushbu munosabat bilan 3-oktabr kuni “Yoshlar ijod saroyi”da jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Jahongir Otajonov tadbir davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, bir yil hisobidan ikkinchi konsertni taqdim etishga jazm qilgani haqida gapirdi.
“So‘nggi 15–20 yil davomida ijod qilayotgan san’atkorlar bir necha kunlab konsert berishayotganini guvohi bo‘lyapman, to‘g‘risi, men ham aynan shunday qilgim keladi. Lekin uch kundan keyin ovozimning sifati qochishni boshlaydi, shu sababdan bundan ko‘p konsert bermayman. To‘g‘ri, ovozni sifati qochayotganini muxlis sezmasligi mumkin, ammo tashrif buyurayotgan tomoshabinni sifatsiz mahsulot bilan alday olmayman. Shu sababdan yozda bergan konsert dasturimdan so‘ng, yangi ashulalar yoza olsam, kuzda yana konsert qilaman, shunda men ham bir yilda 5–6 kun konsert bergan bo‘laman, deb niyat qilgandim. Agar nasib qilsa, keyingi dasturimni mart oyida ham muxlislarimga havola etaman. Keyinchalik esa har chorakda konsert berib, muxlislarim bilan uchrashish niyatim bor”, – dedi xonanda.
Jahongir Otajonov to‘y xizmatlariga qimmatga chiqadigan san’atkorlardan biri hisoblanadi. Buning sababini esa xonandaning o‘zi quyidagicha izohladi.
“To‘yga ham aynan mana shu sababli qimmat narx aytaman, birinchidan mehnatim og‘ir, ikkinchidan narxni qimmat aytganim hisobiga to‘yga kamroq boraman, ya’ni ataylab to‘ylarim kamayishi uchun narxni qimmat qo‘yganman. Agar tez-tez to‘yga chiqadigan bo‘lsam, ovozimning sifati qochadi, keyin fonogramma kuylashga majbur bo‘laman. Meni jonli ijro aytadi deb chaqirgan odam esa bundan og‘rinishi mumkin. Shu sababdan sun’iy ravishda narximni baland qilganman. To‘yga kam chiqqanim sababli shou-biznesdagi xarajatlarimni qoplash uchun konsertdan pul tushirish istagim bor”, – dedi Otajonov.
Aksariyat san’atkorlar konsertdan foyda olmasligini aytadi, biroq Jahongir Otajonov buning aksini ta’kidladi.
“To‘g‘ri konsert xarajatlari kichkina emas. Qilmaslik ilojsiz bo‘lgan xarajatlari bor. Meni oldimga qo‘ygan aniq strategiya bor: konsertimga tushgan muxlis keyingi konsertimga ham kelishini hisobga olaman va shunga intilaman. 2 kunda 8 ming odam tushsa yana shuncha odam keyingi safar ham qaytib kelishi kerak, buning uchun esa kirgan tomoshabin konsertdan ma’naviy ozuqa, lazzat olib chiqib ketishini ta’minlash shart. Konsert faoliyatimni boshlaganimga 5 yildan ko‘p vaqt bo‘lgan bo‘lsa, aytishim mumkinki, konsertlarimdan o‘ziga yarasha foyda ko‘rsam ko‘ramanki, zarar ko‘rmayman. Buning sababi ehtimol reklamaga katta pul sarflamaganimdadir. Reklama qilmaganimning sababi reklamaga muhtoj emasligimda emas, albatta. Shunchaki yuqorida aytganimday konsert qilayotganimda avvalgi konsertimga tushgan odam albatta kelishiga ishonaman”, – deya ta’kidladi Jahongir Otajonov.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Jahongir Otajonov 28–29-oktabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining yangi “Kuz gullari” deb nomlangan jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etadi. | 103 | 3,208 |
Madaniyat | Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi eng qimmat konsert dasturlari | 2016-yilgi konsertlar mavsumi boshlanganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Hozirgacha Gulsanam Mamazoitova, opa-singil Asalxo‘jayevalarning konsertlari o‘tib bo‘ldi, Rayhonning konserti davom etmoqda. Maygacha davom etadigan konsertlar mavsumining eng ko‘p kunlik dasturlari reytingi avvalroq e’lon qilingan edi.
Aksariyat konsertlar “Istiqlol” san’at saroyida tashkil etiladi. Jurnalist Feruz Muhammad mazkur saroyda bo‘lib, chiptalarning “Istiqlol” kassasidagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tayyorladi.
“Istiqlol” san’at saroyida 28—29-fevral kunlari “Handalak” guruhi qiziqchilarining, 1—2-mart kunlari O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning, 22—23-mart kunlari xonanda Shuhrat Qayumovning, 30-mart — 3-aprel kunlari esa “Mirzo” teatrining konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur konsertlarning eng arzon chiptasi 10 ming so‘mdan boshlanadi, eng qimmati esa 70 ming so‘m.
Xonandaning 25—27-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturlariga kirish chiptalari narxi 10 ming so‘mdan 80 ming so‘mgacha farqlanadi.
7—8-mart kunlari Zulayho Boyxonovaning, 9—10-mart kunlari esa Ravshan Komilovning yakkaxon konsert dasturi bo‘ladi. Kirish chiptalarining narxi 15 ming so‘mdan boshlanib, 100 ming so‘mgacha ko‘tariladi.
10—20-aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida Ozodbek Nazarbekovning “Mehring sabab” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Kassada eng arzon chipta — 15 ming so‘m. Eng qimmati — 140 ming so‘m.
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Aziz va muqaddassan ayol” konsert dasturi bu yil 2016 yil 3—5-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar 15 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha narxda.
23-fevral kuni Rayhonning yakkaxon konsert dasturi boshlandi. 27-fevralgacha davom etadigan shouning kirish chiptalari 30 ming so‘mdan 180 ming so‘mgacha narxlarda sotildi.
Shahzoda.
Shahzodaning 1—7-may kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturi uchun eng arzon chipta narxi 15 ming so‘m, eng qimmati esa 200 ming so‘m. Bu qolgan konsert dasturlari orasida ham eng qimmat narxdir. | 67 | 2,054 |
Madaniyat | Ro‘mol o‘raganini masxara qiladiganlardan ranjigan Manzura, muxlislarini so‘roqqa tutgan Shahzoda, hamma tabriklayotgan Shohruxxon. Mashhurlar karantinda | San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 29-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Aktrisa Shahzoda Matchonova “Izabella” navli qulupnay nomi kelib chiqishi haqida muxlislaridan ma’lumot so‘radi.
View this post on Instagram
29-may kuni taniqli xonanda Shohruxxon tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Rejissor Zebo Navro‘zova o‘g‘lini birinchilardan bo‘lib tabrikladi.
View this post on Instagram
Asal Shodiyeva ham turmush o‘rtog‘iga barcha ezgu tilaklarni bildirib, sahifasiga buvasi va Shohruxxonning birga tushgan suratini joyladi.
View this post on Instagram
Taniqli futbolchi Krishtianu Ronaldu rafiqasi va farzandlari bilan oilaviy sayrga chiqdi.
View this post on Instagram
Manzura uzun ko‘ylak kiyganida yoki ro‘mol o‘raganida uni hojiona deb masxara qiladigan hamkasblaridan ranjidi.
View this post on Instagram
Bunyodbek Saidov “Juma muborak bo‘lsin” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
Jahongir Ahmedov arxiv surat bilan bo‘lishdi. Unda Alisher Uzoqovni ham ko‘rish mumkin.
View this post on Instagram
Muqaddas Sa’dullayeva folloverlarining issiq kunlarda qanday ishlar bilan bandligi bilan qiziqdi.
View this post on Instagram
Istanbulda qolayotgan aktrisa Ra’no Shodiyeva muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Bollivud aktyori Ritik Roshan amakivachchasi Pashmina Roshanning ilk muvaffaqiyatlari bilan g‘ururlanishini yozib qoldirdi. Pashmina Bollivuddagi yosh, umidli aktrisa sifatida e’tirof etilmoqda.
View this post on Instagram
Luiza Rasulova yangi obrazda folloverlariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Yangi mashinasida shahar aylanayotgan Zohirshoh Jo‘rayev muxlislarini vaqt qadriga yetishga chaqirdi.
View this post on Instagram
Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin: | 153 | 2,098 |
Madaniyat | “Xato qilganimni bo‘ynimga olaman”. Yulduz Usmonova hammadan kechirim so‘radi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram sahifasi orqali videomurojaat yo‘llab, jahl ustida aytgan so‘zlari uchun hammadan kechirim so‘radi.
“Mening achchig‘im kelgan paytlar bo‘ldi, achchiq ustida o‘ylamay gapirgan gaplarim bo‘ldi. Ro‘za-yu Ramazon kunlarida hammadan uzr so‘ramoqchiman. Ulug‘ ayyom kunlarida mendan dilinglar og‘rimasin. Hamma jonini jabborga berib ishlayotgan harbiylardan uzr so‘rayman. Hech qaysi davlatda xalq bilan davlat bunaqa birlashmagan. Xavotir, xalqning mulki omonat bo‘lgani uchun hammasi bir bo‘lib, bitta portladi. Yana bir bor aytaman, mehnat qilayotganlardan men uzrimni so‘rayman. Jonini jabborga bergan odamlarning ota-onasidan ham uzr so‘rayman. Vatanga kelgan og‘ir kunlarda xalqimiz bilan yelkama-yelka xizmatni qilaylik. Shu balolardan chiqib olaylik, vaqt o‘tib, vaqt hammasini o‘z o‘rniga qo‘yadi. Xato qilganimni bo‘ynimga olaman. Xafa bo‘lmanglar ulug‘ ayyom kunlarida. Hammamiz bir yoqadan bosh chiqaramiz, xafagarchilikni unutamiz, degan umiddaman”, — deydi Yulduz Usmonova.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’da jonli efirga chiqib, ichki ishlar xodimlarini haqoratlaganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining tanqidlari ostida qoldi.
Toshkent shahar IIBB xonandaning qilmishi yuzasidan surishtiruv boshlanganini bildirdi. Yulduz Usmonova esa “hech narsadan xavotir olmayotgani, hamma narsa Ollohdan ekani”ni aytdi. Keyinroq xonandaning ishi sudga oshirilgani, biroq xonanda sud majlisiga kelmagani xabar qilindi.
Oliy sud esa ish bo‘yicha hujjatlar sudga kelib tushmaganini ma’lum qildi. | 85 | 1,593 |
Madaniyat | “Yulduzlar jangi” filmi aktyorlaridan biri sahnada vafot etdi | 6-yanvar kuni taniqli amerikalik atyor Xan Bonfils yangi spektakl repetitsiyasi jarayonida vafot etdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Ad Dante spektaklining premyerasi bir necha kundan keyin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. 43 yoshli aktyorning o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan.
Ma’lumot uchun, asli xitoylik bo‘lgan Xan Bonfils “Yulduzlar jangi” filmidagi roli orqali mashhurlikka erishgan. | 61 | 401 |
Madaniyat | Gollivud aktrisasi Sheron Stoun insult va klinik o‘limni boshidan o‘tkazganini so‘zlab berdi | Taniqli Gollivud aktrisasi Sheron Stoun Good Morning Britain shousida 2001-yilda insultni boshidan o‘tkazganini so‘zlab berdi, deb yozadi “Film.ru”.
“Klinik o‘lim bo‘yicha tajribam bor va odamlar ushbu holatni turlicha izohlaydi. Ayrimlar ilmiy nuqtayi nazardan muhokama qilsa, ba’zilar diniy tarafdan. Men ikkala versiyani ham hisobga olaman”, — deydi Stoun.
“Bu men bilan sodir bo‘lganida odatda odamlar gapirganidek tunnel oxiridagi yorug‘lik va o‘z tanangizni tark etayotganiz kabi holatlarning barchasini his qildim. Mengacha ketib bo‘lgan insonlar bilan muloqot qilayotgandek edim go‘yo. Bu qandaydir efemer hissiyot: bizda diaolog yo‘q edi, ammo muloqot qilayotgandek bir-birimizni tushunardik”, — deya oydinlik kiritadi aktrisa.
Stoun, shuningdek, shaxsiy shifokori sutkalab uning organizmiga sintetik geroin yuborgani va miyada diagnostik operatsiya o‘tkazishdan qoladigan ehtimoliy oqibatlarni tushuntirishdan bosh tortganini eslab o‘tgan: “U People jurnalidan faks olganini baqirardi. Shu onda uni ishdan haydashimga to‘g‘ri kelishini tushundim, chunki uni mijozining miyasidagi operatsiyadan ko‘ra, faks qiziqtirar edi”.
Aktrisa insultga bog‘liq boshqa xotiralarini 2021-yilning mart oxirlarida nashrdan chiqqan The Beauty of Living Twice memuarlariga yozgan. Kitobning bir necha bobini u karyerasida sodir bo‘lgan jinsiy zo‘ravonliklar va buning Gollivudda normal holatga aylanganiga bag‘ishlagan.
Avvalroq Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashishi karyerasiga qanday ta’sir qilganini so‘zlab bergandi. | 92 | 1,516 |
Madaniyat | Yangi milliy serial: “Fitna” | Yozuvchi Jamila Ergashevaning « Qir ustidagi ayol” asari,Dilshod Ahmedov ssenariysi asosida suratga olingan “Fitna” nomli milliy serial 9 iyuldan e`tiboran “Mening yurtim” telekanalida tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.
SerialMoskva, Dubay hamda Hindiston, Amerika Qo`shma Shtatlarida suratga olingan bo`lib, unda To`xtamurod Azizov, Matyaqub Matchonov, Muxammadiso Abduxayirov, Muyasar Berdiqulova, Jamil G`ofurova, Feruza Normatova, Sevara Solieva, Akmal Nazarov, Jasur Kenjaev,Lola Pirimqulova, Mukarama Bekmurodova, Botir Inog`omxo`jaev, Vazira Yunusova, Bahora Arslonova, Mirolim Qilichevlar rol ijro etishgan.
Teleserial 80 qismdan iborat bo`lib, unda oila muqaddasligi, uni saqlab qolish uchun ikki tomon ham sabr-matonat bilan harakat qilishi, oila farovonligi bebaho nema`tligi haqida so`z yuritiladi. Hayot chig`iriqlariga sabr qila olmaganlarni oldinda afsus-nadomatlarga to`la kunlar kutayotgani ishonarli voqealar bilan ko`rsatib berilgan. | 28 | 958 |
Madaniyat | “Orzuga qaytish” qisqa metrajli filmi suratga olindi | Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Orzuga qaytish” (“The return to dreams”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Postanovkachi rejissyor Kimi Meguro. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida yaponiyalik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.
“Orzuga qaytish” qisqa metrajli filmida bosh qahramon keksa cholning hayotiy kechinmalari qiziqarli voqealar orqali aks ettirilgan.
Ma`lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Belarus, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi. | 52 | 738 |
Madaniyat | Emma Uotson “Garri Potter”ning suratga olish jarayonida kimni sevib qolgani haqida so‘zlab berdi | “Garri Potter” filmlarida Germiona Greynjer roli bilan ma’lum bo‘lgan britaniyalik aktrisa Emma Uotson Drako Malfoyni gavdalantirgan Tom Feltonga oshiq bo‘lgani haqida aytib berdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Aktrisaning aytishicha, u har kuni suratga olish maydonchasiga kelib, Tomni qidirgan. Mashg‘ulot xonasiga kirganida ulardan surat chizishni so‘ralgani, Tom esa skeytbord uchayotgan qiz chizganini, shunda Emma uni sevib qolganini tushunib yetganini qo‘shimcha qilgan.
Shunga qaramay, Germionaning barcha urinishlari besamar bo‘lgan: Felton unga o‘z singlisidek munosabatda bo‘lgan. Ular bir-biridan 3 yoshga farq qiladi.
Avvalroq “Garri Potter” haqidagi maxsus filmning ilk treyleri taqdim qilingani haqida xabar berilgandi. | 96 | 770 |
Madaniyat | Jahongir Poziljonov sentabr oyida konsert beradi | Jahongir Poziljonov 7—9-sentabr kunlari konsert berishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Popcorn.uz.
Xabarda ta’kidlanishicha, Jahongir Poziljonov yaqin kunlar ichida muxlislari e’tiboriga yangi tarona havola etadi. Tarona “Onajonim yozdim xat” deb nomlanadi.
Qo‘shiq matni va musiqasi xonandaning o‘ziga tegishli. Musiqiy sayqalni Rustam To‘lashev bergan.
Shuningdek, Jahongir Poziljonovning tez kunlarda yangi audio albomi tayyor bo‘ladi. | 48 | 444 |
Madaniyat | “Ustozlar – kasaba uyushmalari e`zozida” tanlovi g`oliblari taqdirlandi | Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli O`zbekiston davlat akademik katta teatrida O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan o`tkazilga “Ustozlar – kasaba uyushmalari e`zozida” respublika tanlovi g`oliblarini taqdirlashga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.
Unga katta ish tajribasiga ega pedagoglar, sohaga endigina kirib kelayotgan yosh muallimlar, ta`lim muassasalaridagi boshlang`ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari va faollar taklif etildi.
Tadbirda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha jabhalarda amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatlarini ta`minlashga qaratilgani, bu jarayonda ta`lim sifati va mazmunini takomillashtirish, o`qituvchilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoyalash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani ta`kidlandi.Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi uch yil mobaynida ta`lim tizimini tubdan isloh etishga oid 6 ta farmon va qarorlar, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilindi. Ota-onalar va jamoatchilikning takliflari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta`lim tizimi joriy etildi. So`nggi uch yilda 68 ta umumta`lim maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi. 921 ta o`quv maskani rekonstruksiya qilindi va 420 ta maktab kapital ta`mirdan chiqarildi. Bularning barchasi soha rivoji davlatimizning doimiy e`tiborida ekanining amaliy namunasidir.
O`qituvchi va murabbiylarga hurmat va ehtirom ko`rsatish, ular ijtimoiy himoyasini kuchaytirish ishlariga munosib hissa qo`shish maqsadida O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan ham tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunda Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi 17 ming 981 ta boshlang`ich kasaba uyushmasi tashkilotining qariyb 55 foizi umumta`lim maktablarida faoliyat ko`rsatmoqda. Mazkur muassasalarda kasaba uyushma qo`mitalari va ish beruvchilar o`rtasida imzolangan jamoa shartnomalari orqali o`qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat huquqlari himoyalanmoqda.Prezidentimiz raisligida joriy yil 23 avgust kuni xalq ta`limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan “Ustozlar – kasaba uyushmalari e`zozida“ respublika tanlovi o`tkazildi.
Uch bosqichda o`tkazilgan mazkur tanlovda umumta`lim maktablarida kamida 20 yillik pedagogik stajga ega bo`lgan va shu bilan birga, boshlang`ich kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi sifatida esa kamida 10 yildan buyon ishlab kelayotgan 1 ming 135 nafar o`qituvchi qatnashdi. Tanlov yurtimizning olis hududlarida mehnat qilayotgan o`qituvchi va murabbiylarni ham keng qamrab oldi. Ularning faoliyatini baholashda pedagoglarning yosh avlodga sifatli ta`lim-tarbiya berish, o`g`il-qizlarning ma`naviy va intellektual dunyosini boyitish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, soha xodimlarining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish yo`nalishlarida olib borayotgan ishlariga alohida e`tibor qaratildi.
Ta`lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman (shahar) kengashlarida tuzilgan komissiya tomonidan tanlov ishtirokchilarining faoliyati oshkora va adolatli baholanib, yuqori natija ko`rsatgan nomzodlarning hujjatlari tanlovning ikkinchi bosqichiga o`tkazildi.Joriy yilning 16-19 sentyabr kunlari hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalarida tashkil etilgan maxsus komissiyalar tomonidan nizom talablariga muvofiq saralangan nomzodlar, ya`ni har bir hududdan 3 nafardan, jami 42 nafar nomzod tanlovning respublika bosqichiga yo`llanma oldi. 20-24 sentyabr kunlari esa tanlovning respublika bosqichi g`oliblarini saralash jarayoni bo`lib o`tdi. Unda har bir hududdan bittadan eng yuqori ball to`plagan 14 nafar soha xodimi aniqlandi.
O`qituvchi va murabbiylar kuniga bag`ishlab tashkil etilgan tantanali tadbirda dastlab ta`lim tizimida uzoq yillardan beri mehnat qilib, sohada yuqori natijalarga erishib kelayotgan fidoyi ustoz va murabbiylardan bir guruhiga kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda dam olib, salomatligini mustahkamlashlari uchun yo`llanmalar topshirildi.
Shundan so`ng oliy va xalq ta`limi, maktabgacha ta`lim hamda ixtisoslashtirilgan maxsus ta`lim muassasalarida samarali mehnat qilib kelayotgan, sohani rivojlantirish hamda yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash bilan birga, kasaba uyushma ishini rivojlantirishga munosib hissa qo`shayotgan pedagoglar Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan ta`sis etilgan “Eng faol yosh o`qituvchi“, “Innovasion faol xodim“ va “Eng mahoratli o`qituvchi“ nominasiyalariga sazovor bo`ldilar hamda noutbuklar bilan taqdirlandi.
Ta`kidlash joizki, “Eng faol yosh o`qituvchi“ nominasiyasi sohibi bo`lgan Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi akademik liseyining matematika o`qituvchisi Jamshid Bo`ronov o`quvchilari oliy ta`lim maskaniga eng ko`p kirgan pedagog sifatida e`tirof etildi.
“Innovasion faol xodim“ nominasiyasi sovrindori bo`lgan poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 560-sonli ko`p ixtisosli maxsus maktabgacha ta`lim muassasasi metodisti Feruza Karimova esa yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullarni joriy etganligi va bir qator innovasion tadqiqotlari bilan yuqori natijaga erishgan.
“Eng mahoratli o`qituvchi“ nominasiyasi sovrindori bo`lgan poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 527-maktabgacha ta`lim muassasasining jismoniy tarbiya yo`riqchisi Aziza Yunusova sport sohasini rivojlantirishga qo`shayotgan hissasi, shogirdlari yuzdan ortiq musobaqalarda g`olib bo`lganligi bilan e`tirof etildi.
Tadbir davomida ta`lim tizimida fidoyilik bilan boshqalarga namuna bo`layotgan, soha rivojida o`z salohiyatni namoyish etish bilan birga, kasaba uyushmalari ishlarida faollik ko`rsatayotgan, jamoa shartnomalari orqali ta`lim maskanlari xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, mehnat huquqlarini munosib himoya qilishga hissa qo`shayotgan fidoyi ustozlarning bir guruhi Kasaba uyushmalari federasiyasining “Ehtirom nishoni“ bilan taqdirlandi.
Ma`lumki, davlatimiz rahbari joriy yilning avgust oyida Qoraqalpog`iston Respublikasiga tashrifi chog`ida Mo`ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bu erda yashayotgan aholini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, turmush darajasini oshirish yuzasidan jiddiy tashabbuslarni ilgari surgan edi. Bu boradagi vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tadbirda yosh avlodni ma`naviy, jismoniy va intellektual etuk insonlar etib tarbiyalashga hissa qo`shayotgan hamda yozgi mavsumda bolalarni sog`lomlashtirishga faol hissa qo`shayotgan muassasa – “Oq kema” bolalar sog`lomlashtirish oromgohiga Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan “Damas” avtomashinasi topshirildi.
... Tantanali tadbirning “Ustozlar – kasaba uyushmalari e`zozida” respublika tanlovi g`olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag`ishlangan qismi nihoyatda hayajonga boy bo`ldi. Tanlovning g`olib va sovrindorlariga diplom va qimmatbaho sovg`alarni O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi raisi Qudratilla Rafiqov topshirdi.
Birinchi o`ringa Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanidagi 1-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining o`zbek tili va adabiyot fani o`qituvchisi, mazkur maktabning boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi raisi Lobarxon Rustamova munosib topildi va unga “Spark” avtomobili hamda maxsus diplom topshirildi.
Ikkinchi o`rin – Navoiy viloyati Konimex tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, mazkur maktabning boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi raisi Nuriya To`raqulovaga nasib etdi hamda u Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan “Samsung” muzlatkichi va diplom bilan taqdirlandi. Uchinchi o`ringa Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi 69-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi, mazkur maktabning boshlang`ich kasaba uyushma qo`mitasi raisi Dilorom Toshmurodova sazovor bo`ldi va “Samsung” kir yuvish mashinasi hamda maxsus diplomga ega bo`ldi.
– Prezidentimiz tomonidan ta`lim tizimini tubdan isloh etish, o`qituvchilarni ardoqlash va jamiyatdagi nufuzini oshirishga jiddiy e`tibor qaratilmoqda, – dedi tanlov g`olibi Lobarxon Rustamova. – Bunday e`tibordan boshimiz osmonga etib, o`z ustimizda tinmay izlanmoqdamiz. Kasaba uyushmalari federasiyasi tomonidan o`tkazilgan “Ustozlar – kasaba uyushmalari e`zozida” tanlovida g`olib bo`lganim birgina mening emas, mehnat jamoamning ham g`alabasi deb bilaman. Zero, jamoadagi sog`lom muhit yanada samarali, astoydil mehnat qilishga undaydi.
Tantanali tadbirda san`at ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
Nazokat USMONOVA, Muhammad AMIN (surat), O`zA | 71 | 8,847 |
Madaniyat | Xonanda Fergi eridan ajrashganini ma’lum qildi | Amerikalik xonanda Fergi va aktyor Josh Dyuamel ajrashishganini ma’lum qildi. Ular sakkiz yil davomida birga yashadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Ulkan sevgi va hurmat bilan shu yil boshrog‘ida ajrashishga qaror qildik. Oilamiz a’zolari bunga ko‘nikishiga vaqt berish uchun biz bu faktni jamoatchilikka ma’lum qilgunga qadar sir tutishga qaror qildik”, — ma’lum qildi juftlik qo‘shma bayonotda.
Shuningdek, ular keyinchalik ham bir-biriga ko‘mak berishlarini ma’lum qildi.
Ayni paytda juftlik 4 yoshli Eksl Jek ismli farzandini tarbiyalamoqda. | 46 | 555 |
Madaniyat | Yo‘qolib qolgan aktrisa Misti Apxem o‘lik holda topildi | Yo‘qolib qolgan Gollivud aktrisasi Misti Apxem Vashington shtatida o‘lik holda topilgan. Bu haqda “TASS” agentligi xabar bermoqda.
Shaxsni aniqlashtirish tekshiruvi hali o‘tkazimagan, biroq jasadning sumkasidan Apxemning hujjatlari topilgan. “Avgust” filmi orqali mashhur bo‘lgan aktrisani so‘nggi marta 5-oktabr kuni ko‘rishgan.
Qarindoshlar va tanishlar bir hafta davomida uni qidirgan, shundan keyin 32 yoshli aktrisaning otasi politsiyaga murojaat qilgan. Otasi qizining so‘nggi vaqtlarda tushkun kayfiyatda yurib, ketishi haqida g‘alati gaplar aytganini ma’lum qilgan. | 55 | 574 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.