folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Haftaning eng yaxshi 5 treyleri: “Xarli Kvinn”, “Xokusay” va “Soyada nimalar bilan bandmiz?”
“Kinopoisk” joriy yilda ekran yuzini ko‘rishi kutilayotgan filmlarning eng yaxshi treylerlarini to‘plab taqdim etdi. “Ehtiyot bo‘ling, xavfli xotin!” “Mister va missis Smit” uslubida olingan yaponcha film. Er va xotin ikkalasi bir-birlarining maxfiy agent ekanliklarini bilib qolishgach, o‘zlarini qonunga bo‘ysunadigan oddiy fuqaro, uy bekasi va ofis xodimi qilib ko‘rsata boshlaydi. Ayni shu vaqtda Yaponiya yovuz xavfga duch keladi — Rossiya maxsus xizmatlari. Shu orqali er-xotinning bir-biriga yana ishona boshlashi uchun sabab topiladi. Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin? “Biz qorong‘ulikni chaqiramiz” Qo‘rqinchli filmlarda kamdan kam hollarda rol ijro etuvchi Aleksandra Daddariodan muxlislari uchun ajoyib tuhfa. Konsertda xushbichim yigitlar bilan tanishib qolgan uch dugona ular bilan maishatga otlanadi. Voqealar rivoji shundan boshlanadi. “Xarli Kvinn”, ikkinchi mavsum Xarli Kvinn Gotemdagi yovuzlar va qahramonlarga qarshi kurashish uchun ekranlarga qaytadi. Uning yoniga tanish qahramonlar bilan birga, raqiblaridan bo‘lgan Betgyorl, “Mushuk ayol” va Mister Friz kelib qo‘shilgan. Multserialning ikkinchi mavsumi qiziqarli bo‘lishi va’da qilinmoqda. “Xokusay” Dunyoga mashhur yaponiyalik rassomning hayotiga bag‘ishlangan film. Film qahramon hayotining ikki davri haqida so‘zlaydi — sinovlarga uchragan yoshligi hamda o‘z san’atini mukammallikka olib chiqqan qarilik davri. Hozirgi vaqtda uning “Kanagavadagi katta to‘lqin” asari G‘arbdagi Osiyo tasviriy san’atining eng mashhur namunalaridan hisoblanadi. “Soyada nimalar bilan bandmiz?”, ikkinchi mavsum Staten-Aylenddagi byurodan bo‘lgan qonxo‘rlar inson madaniyatini o‘rganishi davom etib, bor kuchlari bilan oddiy odamdek ko‘rinishga intiladi. Amerika futboli va musiqasi haqida gap ketganda ular o‘zlarini tutib tura olmaydi. Kutilmaganda muammolari ko‘paygan Gilyermo esa qo‘lidan kelganicha ularga yordam berishga harakat qiladi. Karantin vaqtida tomosha qilish mumkin bo‘lgan yangi seriallar
92
2,001
Madaniyat
Merayya Keri Gollivudning Shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladi
Amerikalik xonanda Merayya Keri Gollivuddagi Shuhrat xiyobonida o‘z ismi yozilgan yulduzga ega bo‘ladi, deya xabar bermoqda Billboard. Marosim 5-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda rejissorlar Li Deniels va Brett Ratner, shuningdek, Epic Records leybli rahbari El Ey Reyd ham qatnashadi. Kerining yulduzi hisob bo‘yicha 2556-sidir. Keri besh marta “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritgan va boshqa ko‘plab musiqiy sovrinlar egasidir. Plastinka va singllari 200 milliondan ortiq nusxada sotilgan Merayya tijoriy jihatdan tarixdagi eng omadli xonandalardan biri hisoblanadi. Kerining qo‘shiqlari 18 marta Billboard chartida birinchi bo‘lgan. Ular orasida eng mashhurlari Hero, We Belong Together, Infinity, My All va Without You hisoblanadi. Xonanda shu kungacha 14 ta albom chiqargan bo‘lib, so‘nggisining taqdimoti 2014-yilda bo‘lib o‘tgandi.
70
835
Madaniyat
Suratlar yulduzlardan so‘zlaydi
Odatda, gazeta yoki internet nashrlarida san’atkorlarning maxsus fotosessiyada olingan suratlarini ko‘rib o‘rganganmiz. Lekin bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning ommalashishi natijasida biz ularning noodatiy suratlarini ham ko‘rish imkoniga egamiz. Xonandalarimiz ichida Shohruhxon Instagram’ga suratlar joylashtirish bo‘yicha yaqin orada rekord natijaga erishsa, ajab emas. Ham ijodiy, ham shaxsiy hayotiga oid rang-barang fotosuratlar deyarli har kuni uning sahifasini to‘ldirib turadi. Quyidagi suratda xonanda yangi klipidan lavha yoki shunchaki yangi uslubda tushgan suratini taqdim etgan: Shohruhxon: “Bu mening ko‘zlarim...” Oybek Twitter.com tarmog‘ida ushbu suratga “Man, Sirojiddin va Avatar” deb izoh qoldirgan. Manzura Instagram tarmog‘idagi sahifasiga “Mening ijodiy muhabbatim” deb mazkur suratni joylagan. Qiziq, mashhur hind aktyori Shohruh Xon bu yerda haqiqiymikan? O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Rayhonga muxlislari sovg‘a qilgan bu portretini Twitter’dagi sahifasida ko‘rish mumkin. Aziz o‘quvchilar va muxlislar, yuqoridagi saralangan suratlar bilan kayfiyatingizni ko‘targan, tabassum ulashgan bo‘lsak, bundan biz ham xursandmiz. Bizni kuzatishda davom eting.
31
1,195
Madaniyat
Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kuniga eri BMW X7 sovg‘a qildi (foto+video)
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova bugun, 12-dekabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kuniga prodyuseri va turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev BMW X7 sovg‘a qildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar bermoqda. Ko‘chada shunaqa rusumli mashinani ko‘rsa havas qilardi. Shu sababli qo‘limizdan kelganicha kutilmagan sovg‘a tayyorlashga harakat qildik. Hali sovg‘adan Yulduz Usmonovaning xabari yo‘q. Aslida bundan ham kattaroq sovg‘aga loyiq, bu yil shuni oldik, keyingi yil Xudo podshoh. Bu ma’lumotni OAVlariga chiqarish niyatim yo‘q edi, tabriklash uchun kelgan ekansiz, shunga ma’lum qilyapman. Mansur Agaliyev, Yulduz Usmonovaning prodyuseri O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovani 11-dekabrdan 12-dekabrga o‘tar kechasi qiziqchi Halimaxonim, qizi Nilufar Usmonova, Milena Madmusayeva va yana bir qancha hamkasblari, sozanda va yaqinlari kelib tabriklashdi. Tug‘ilgan kun marosimi jonli ijroda kuylangan qo‘shiqlardan iborat kichik konsertga aylanib ketdi. Kechada Yulduz Usmonovaning 2020-yilning 10 —25-mart kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yangi konsert dasturida kuylanadigan to‘rtta yangi qo‘shig‘ining ham premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 1963-yilning 12-dekabr kuni Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. San’atkorning otasi O‘raimoxun  Usmonov va onasi Rahimaxon Akbarova Marg‘ilon ipak kombinatida ishlagan va sakkiz nafar farzandni tarbiyalagan. Yulduz Usmonova oilada oltinchi farzand.  “Umrim bir xatodir”. Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlari bo‘yicha test
73
1,596
Madaniyat
Ma’ruf Otajonov Amir Temur roliga uni Islom Karimov tasdiqlagani haqida gapirib berdi (video)
Aktyor va rejissor Ma’ruf Otajonov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Ma’ruf Otajonov suhbat davomida “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon”  hujjatli filmidagi Amir Temur roliga uni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tasdiqlagani haqida gapirib berdi. Mening rasmimni Islom Karimovning oldiga olib kirishgan: ‘Mana shu odamni topdik, rol uchun’ deya. Shunda Prezidentimiz rasmga qarab turib,  ‘Ana ko‘rdingmi, O‘zbekistonda ham Amir Temurga o‘xshagan inson bor’ deb qizlariga aytgan ekanlar. Bu fakt ekan. Bo‘lmasa, mendan oldin beshta aktyor yuborilgan ekan, dunyo miqyosida kasting uyushtirilgan, Bred Pitt tavsiya qilingan, Silvester Stallone, Amitabh Bachchan ham bo‘lgan. Rejissor menga aytib bergan. Turkiyalik aktyor Halit Ergench ham bo‘lgan. Lekin Birinchi Prezidentimiz o‘zbek aktyorini topish kerakligini ta’kidlaganlar. ‘O‘zbek aktyorlari ichida yo‘q ekan’ deb aytishganda, Prezidentimiz:  ‘Bo‘lmasa, kino ham kerak emas’ deb aytgan ekanlar. Men o‘shanda  ‘Oyqiz ertagi’ filmida o‘ynayotgan edim. ‘O‘zbekkino’da ishlaydigan bir shogirdim meni tavsiya qilgan ekan. Keyin Bahodir Yo‘ldoshev bilan uchrashdim. Menga rejissorlar: ‘G‘azab bilan o‘ngga, chapga qarab bering’, deyishdi. Keyin rasmga tushirib olishdi. Rasmlarni jo‘natishini, agar ular tasdiqlashsa, menga xabar berishlarini aytishdi. Aynan o‘sha kuni kechqurun 12 da menga qo‘ng‘iroq qilib, ‘Ma’ruf aka, sizni rolga tasdiqlashdi’ deb aytdi. ‘Rahmat’ deb zo‘rg‘a javob berdim, ko‘zimdan tinmay yosh oqardi, hattoki yonimda o‘tirgan turmush o‘rtog‘im ham yig‘lagandi. Ma’ruf Otajonov, aktyor, rejissor, kaskadyor Ma’lumot uchun, “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” hujjatli filmiga Lola Karimova—Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev prodyuserlik qilgan. Filmda Amir Temur rolini Ma’ruf Otajonov, Mirzo Ulug‘bek rolini Armand Assante, Abdulatif rolini esa Javohir Zokirov ijro etgan. Film rejissori Bahodir Yo‘ldoshev ushbu kinokartinada XV asrning buyuk astronomi hamda Movarounnahr hukmdori hayotidagi fojialar, mushkulotlar va zafarlarni aks ettirgan.
93
2,153
Madaniyat
“Kalmar o‘yini-2”: serialning davomi haqida nimalar ma’lum?
Netflix platformasida taqdim qilingan “Kalmar o‘yini” 2021-yilning eng mashhur loyihalaridan biri bo‘ldi. Turli tanqidlar bo‘lganiga qaramay, muxlislarning ushbu filmga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Aksariyat tomoshabinlarni esa “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi fasli qachon taqdim etilishi qiziqtirmoqda. Kelasi mavsumning ssenariysi endi yozilayotganiga qaramay, Harper’s Bazaar nashri Squid game bilan bog‘liq ma’lumotlarni umumlashtirdi. Aktyorlar tarkibi Serial sujeti ishtirokchilarning tirik qolish uchun kurashishi va o‘yin so‘ngida birgina qahramon g‘olib bo‘lishidan kelib chiqilsa, vafot etgan qahramonlar keyingi mavsumda ishtirok etmaydi, deb xulosa qilish mumkin. Son Ki Xun va Xvan Chun Xo bundan mustasno. Negaki, politsiyachiga o‘q uzilgach, uning tirik qolgan yoki yo‘qligi aniq emas. Detektiv rolini ijro qilgan aktyorning ham serial davomida ko‘rinish berishi ehtimoli yo‘q emas. “Detektiv o‘ladigan darajada yaralangan, deb hisoblamayman”, — degan Vi Xa Jun bergan intervyularidan birida. Shuningdek, tomoshabinlar serialda boshlovchini gavdalantirgan aktyorni ham keyingi qismlarda ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Serialning yakunida Ki Xunning keyingi o‘yinda ishtirok etadigan yangi ishtirokchilar haqida xabar topishi bejiz emas. Voqealar rivoji Xvan Don Xyok serialning ikkinchi faslida voqealar qanday kechishini hali rejalashtirmaganini bir necha marta takrorlagan. Birinchi mavsumning so‘nggi qismidagi yakundan keyin ko‘plab savollar paydo bo‘lgan. Samolyotga chiqmagan Son Ki Xunning qayerga borgani, o‘yinning yangi boshqaruvchisi kim ekani, nima uchun politsiya mag‘lublarning taqdiri o‘lim bilan tugaydigan xavfli loyihaga ko‘z yumgani shular jumlasidan. Umuman voqealar rivoji qanday davom etishini vaqt ko‘rsatadi. “O‘ylashimcha, politsiya bilan bog‘liq muammo faqat koreyslarda emas. Jahon yangiliklarida politsiyaning aksariyat hollarda juda kech chora ko‘rgani va yetarli bo‘lmagan tezlikda munosabat bildirganini ko‘raman, shu sabab ham qurbonlar soni tobora ortib bormoqda. Bu men ko‘tarishni istagan muammo. Ikkinchi mavsumda buni batafsilroq ochib beraman, ehtimol”, — degan rejissor. To‘liq metrajli film Rejissor serial motivi asosida to‘liq metrajli film suratga olishni rejalashtirgan. “Aqlimda yuksak darajadagi kartina bor, ammo uning ustida ishlashga darrov kirishmoqchi emasman. Men suratga olishni istaydigan film bor. Men bundan birinchi bo‘lib nima qilish mumkinligi haqida o‘ylayapman. Ammo dastlab Netflix bilan bu haqida gaplashib olish kerak”, — deb qo‘shimcha qilgan rejissor.
59
2,539
Madaniyat
Bobbi Kristina Braunning dafn marosimida onasi Uitni Xyuston qo‘shiqlari yangrab turdi
Mashhur xonanda Uitni Xyustonning qizi Bobbi Kristina Braun bilan onasining “Jesus Loves Me” qo‘shig‘i sadolari ostida xayrlashishdi. Bu haqda TMZ sayti xabar berdi. Xonandalar Uitni Xyuston va Bobbi Braunning yagona farzandi, 22-yoshli Bobbi Kristina Braun olti oy sun’iy komada yotib, 26-iyul, yakshanba kuni olamdan o‘tdi. Bobbi Kristina 31-yanvar kuni turmush o‘rtog‘i Nik Gordon uni suv to‘ldirilgan vannada hushsiz topganidan beri shunday holatda bo‘lgan. Dastlabki sud-tibbiyot tekshiruvi o‘lim sabablarini aniqlay olmadi. Qizning tanasida shikastlanish alomatlari topilmagan, unda hech qanday jiddiy kasalliklar ham bo‘lmagan. Shu bilan birga, Bobbi Kristina Braunning vasiysi ushbu o‘limda Nik Gordonni aybladi: u Fulton okrugi oliy sudiga taqdim etgan arizada qiz komaga tushgan kun Gordon bilan janjallashgani ta’kidlanadi.
86
835
Madaniyat
Shukrullo Isroilovning konsert dasturidan fotoreportaj
27—29-aprel kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida qiziqchi Shukrullo Isroilov “Shukur shou” deb nomlangan navbatdagi konsert dasturini taqdim etdi. Dasturning so‘nggi kunida suratga olingan eng qiziq jarayonlaridan iborat fotoreportaj hukmingizga havola qilinadi.
54
274
Madaniyat
“Prometey” rejissori Ridli Skott “Uyda yolg‘iz 2” filmi treylerini qanday suratga olgan bo‘lardi? (video)
Inventor Headquarters kanalida “Uyda yolg‘iz” filmining parodiya treyleri taqdim etildi. U Ridli Skott tomonidan 2012-yilda suratga olingan “Prometey” kartinasi treyleri uslubida ishlangan, deb yozadi TJournal. Faqat unda o‘zga sayyoraliklarning o‘rniga o‘g‘rilarning tanish juftligini ko‘rish mumkin. Avvalroq shu kanalda “Ajdaho tatuirovkali qiz” filmi treylerini parodiya qiluvchi  “Uyda yolg‘iz” filmining birinchi qismi treyleri chiqqan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
105
621
Madaniyat
“Ed Vud” filmidagi roli uchun “Oskar” olgan aktyor Martin Landau vafot etdi
“Ed Vud” (1994) filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan amerikalik aktyor Martin Landau 89 yoshida olamdan o‘tdi, deb yozadi “TASS”. AP ma’lumotlariga ko‘ra, Landau 15-iyul, shanba kuni kasalxonada xastalik natijasida “kutilmagan asoratlar” tufayli vafot etgan. Aktyor aynan qanday kasallikdan azob chekkani xabar berilmayapti. Martin Landauni tomoshabinlar “Bajarib bo‘lmaydigan missiya” (1966—1969-yillar) teleseriali orqali yaxshi taniydi, undagi roli uchun aktyor ikki marta “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritgan. Los-Anjelesdagi Gollivud Shon-sharaf xiyobonida aktyorning kinosanoatga qo‘shgan hissasi uchun, uning nomi tushirilgan yulduz bor.
75
669
Madaniyat
“Oskar” robotlar nigohida: mashinalar g‘oliblarni qanday bashorat qiladi?
Kompyuterlar “Oskar” g‘oliblarini odamlardan ko‘ra aniqroq tarzda bashorat qiladi, deb yozadi Meduza. Foydalanuvchilar xatti-harakatlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan Farsite kompaniyasi ketma-ket ikki yildan buyon “Oskar”ning asosiy nominatsiyalari bo‘yicha olti nafar g‘olibning barchasini to‘g‘ri bashorat qilmoqda. 2015-yilda ushbu Farsite modelidan farqli ravishda, Entertainment Weekly, Indiewire kabi taniqli nashrlar qaysi kartina yilning bosh filmiga aylanishini to‘g‘ri topa olmadi. Data-jurnalistikaga ixtisoslashgan FiveThirtyEight manbasining shu nomli modeli esa o‘nta nominatsiya bo‘yicha o‘z prognozlarini ma’lum qilgan va ularning faqat bittasida adashgan edi. Umuman olganda, 2015-yilda kompyuterlar bilan The Los Angeles Times gazetasigina bahslasha oldi, u o‘ntadan bittasida yanglishdi. Nima uchun robotlar kinotanqidchilardan aqlliroq chiqdi? Tanqidchilar o‘z hissiyotlariga, kompyuterlar esa faqat ma’lumotlarga tayanadi. Turli modellarning yondashuvi turlicha, ammo umuman olganda, “Oskar”dagi g‘alaba va nominatsiyalar tarixi, bukmekerlar qaysi filmlarga pul tikishi, tavsiyaviy saytlardagi reytinglar, boshqa mukofotlar bo‘yicha g‘alabalar tarixi hisobga olinadi. 2016-yilda esa Google News’da filmlar nomining tilga olinishi, taqrizlar tahlili va Twitter’ga tayanadigan algoritm “Omon qolgan” filmi g‘olib bo‘lishini bashorat qilmoqda. Reyting va to‘plangan mablag‘larga asoslangan algoritm hisob-kitoblariga ko‘ra, “Bruklin” filmi g‘alaba qozonadi. FiveThirtyEight’ning asosan boshqa mukofotlar natijalariga tayanadigan algoritmi ham “Omon qolgan” g‘olib bo‘lishini bashorat qilmoqda. Shuningdek, FiveThirtyEight, Farsite va PredictWise jamoalarining barchasi eng yaxshi aktyor nominatsiyasida Leonardo Di Kaprio g‘olib chiqishini prognoz qildi.
73
1,783
Madaniyat
Gollivud aktrisasi Salma Xayekda koronavirus og‘ir kechgani ma’lum bo‘ldi
Salma Xayek koronavirusni boshdan kechirganini sir saqlagan. Qayd qilinishicha, pandemiyaning boshlanishida kasallangan aktrisaning ahvoli birdaniga yomonlashgan. “Ahvolim yomonligidan shifokorim shifoxonaga borishimni iltimos qildi. Men unga uyda o‘lganim yaxshiligini aytdim”, — deydi u. Aktrisa uyining xonalaridan biriga qamalib, u yerda 7 hafta vaqtini o‘tkazgan. Vaqt o‘tishi bilan ahvoli yanada yomonlashganidan keyin tibbiyot xodimlariga murojaat qilishi hamda kislorodli niqobdan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan. Kasallikdan keyin o‘ziga kelishiga ikki hafta vaqt ketgan. Qolaversa, ayni vaqtda ham koronavirusdan keyingi asoratlar uni bezovta qilmoqda. Nafas olishida qiyinchilik yuzaga kelishi va tez charchab qolishiga qaramay, allaqachon suratga olish maydonchasiga qaytgan. U ayni vaqtda Ridli Skottning “Guchchi uyi” filmida suratga tushmoqda. Variety nashriga bergan intervyusida u koronavirusdan keyingi zo‘riqish og‘irlik qilayotgani sabab, suratga olish ishlarida uzoq vaqt davomida ishtirok eta olmayotganini ma’lum qilgan.
73
1,042
Madaniyat
Instagram: Marjona Mirzaaliyevadan gender party, 5 millionlik dovonni zabt etgan Shahzoda Muhammedova, muxlisasining 16 yillik orzusini ushaltirgan Yulduz
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Munisa Rizayeva “Xayolingdaman” nomli yangi taronasini muxlislariga taqdim etdi. Instabloger, aktrisa Feruza Normatova yangi surati bilan ko‘rinish berdi va har qanday vaziyatda ham insonlarning so‘zlariga emas, harakatlariga qarab ish tutish kerakligi haqida gapirdi. Aktrisa Asal Shodiyeva “Uyga qaytish” nomli yangi filmda suratga tushayotganini ma’lum qildi va sahifasiga filmning suratga olish jarayonlarida tushgan suratini joyladi. Ma’lumot uchun Asal Shodiyeva ishtirokidagi yangi film Xivada suratga olinmoqda. Shuningdek, aktrisaning o‘zi ham yana bir bor ertaknamo Xiva shahriga kelgani haqida muxlislariga gapirdi. Asal Shodiyeva “Uyga qaytish” filmining Xivadagi suratga olish jarayonlari aks etgan videolarini ham sahifasiga joyladi. O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov sahifasida marhum xonanda Davron G‘oyipovning xotirasiga atalgan post qoldirdi. Madaniyat vaziri marhum xonandaning o‘zidan o‘chmas iz va unutilmas nom qoldirgani haqida gapirdi. “Qodirxon” seriali orqali tanilgan aktrisa Marjona Mirzaaliyeva gender party tashkillashtirdi va o‘g‘il farzand kutayotganini ma’lum qildi. Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev muxlislariga otasi bilan birga o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert dasturiga tayyorgarlik ishlarini boshlaganini haqida gapirdi. Xonanda Jahongir Otajonov do‘sti bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova u bilan 16 yildan beri ko‘rishishni istaydigan muxlisasi bilan uchrashdi. Aktrisa Dilnoza Kubayeva yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi. Xonanda bir muddat kasal bo‘lib qolganini va tuzalib ishga chiqqanini ham aytdi. Ayni vaqtda Dubayda dam olayotgan dizayner, aktrisa Shahzoda Muhammedova Instagram sahifasidagi obunachilari soni 5 millionga yetganini ma’lum qildi. Aktyor Matyoqub Matchonov tarixiy filmda suratga tushishning qiyinchiliklari haqida gapirdi va “Pahlavon Mahmud” badiiy filmining suratga olish jarayonlarida tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi. Aktyor Asadilla Nabiyev Umra safaridan qaytgani munosabati bilan milliy teatr aktyorlari uning xonadonida mehmon bo‘ldi. Xonanda Lola tez kunlarda yangi taronasini muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi. Shuningdek u sahifasiga yangi taronasidan spoyler joyladi. Turk aktyori Engin Akyurek sahifasiga yangi suratini joyladi. Ozarbayjonlik xonandalar Talib Tale va Zeyneb Hasani ilk marta Toshkentga tashrif buyurdi. Ularga madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamrohlik qildi. Ozoda Nursaidova “Zamin yulduzlari” taqdirlash marosimida aktrisa Yulduz Rajabova va turk aktyori Emre Kivlijim bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Xonanda Dildora Niyozova va uning hamkasbi Manzura “Dugonajonlar” nomli taronasini muxlislariga taqdim etdi. Raqqosa Parizoda qizaloqlari E’zoza va Sa’diya bilan “Zamin yulduzlari” taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
154
2,963
Madaniyat
Amerika kinoprokatining yetakchisi “Jodu” filmi bo‘ldi
“Jodu” (The Conjuring) trilleri 19—20-iyul dam olish kunlari natijalari bo‘yicha, Shimoliy Amerika kinoprokati yetakchisiga aylandi, deya xabar berdi Agence France-Presse. “Jodu” filmi rasmiy posteri Paranormal hodisa tadqiqotchilari haqida hikoya qiluvchi ushbu film ilk haftadayoq AQSh va Kanada kinoteatrlarida 41,4 million dollar yig‘di. Bu “Jodu”ning 20 millionlik byudjetidan 2 marta ko‘p demakdir. “Jirkanch kamina 2” filmi rasmiy posteri Avvalgi ikki hafta davomida yetakchilik qilgan “Jirkanch kamina 2” (Despicable Me 2) animatsion filmi ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. O‘tgan dam olish kunlari u 25,1 million dollar ishladi, filmning umumiy kassasi esa 276 million dollarni tashkil etdi. Yana bir multfilm — “Turbo” (Turbo) 21,5 million dollar yig‘ib, uikendning eng kassabop filmlari ro‘yxatining 3-o‘rnini band etdi. “Turbo” filmi rasmiy posteri To‘rtinchi o‘rinni 20 million dollar bilan Adam Sendler ishtirokidagi “Sinfdoshlar 2” (Grown Ups) komediyasi egalladi (umumiy kassasi – 79,5 million). Yuqori beshlikni yana bir sikvel – “RED 2” (RED 2) yakunladi. Bosh rolni Bryus Uillis ijro etgan ushbu film ilk haftada 18,5 million dollar to‘pladi.
54
1,164
Madaniyat
Hojiboy Tojiboyevning so‘nggi chiqishi, supurgida uchayotgan Alisher Uzoqov va qanotli yulduzlar. Mashhurlar karantinda (foto+video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 14-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Xonanda Dilmurod Sultonov o‘zining Instagram sahifasiga “qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning so‘nggi chiqishi” deya nomlangan videolavha joyladi. Videolavhada esa qiziqchi to‘y xizmatida muxlislariga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda. View this post on Instagram “Ummon” guruhining yakkaxoni Shohrux “Ketarsan” deb nomlangan tarona ustida ishlayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram The cover up loyihasi orqali mashhurlikka erishgan xonandalar Yorqinxo‘ja Umarov hamda Afruza pozitiv videolavha tayyorladi. View this post on Instagram Xonanda Manzura “Yuragim ko‘nikmaydi” deb nomlangan videoklipini sahifasiga joylashtirib, muxlislarining ushbu klip va qo‘shiq haqidagi fikrlari bilan qiziqdi. View this post on Instagram Aktyor Javohir Zokirov 1981-yilda Alisher Navoiy spektaklida Navoiyning do‘sti rolini ijro etgani haqida fotopost joyladi. View this post on Instagram Xonanda Sardor Mamadaliyev “Dil yarasi” deb nomlangan videoklipining suratga olish jarayonlarini eslab, aktyor Karim Mirxodiyev bilan tushgan suratni sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Xonanda Rayhon fotosessiya jarayoni aks etgan foto va videolavhalarni sahifasiga joylashtirdi. View this post on Instagram Xonanda Dildora Niyozova “sozandalarim — mening qanotlarim”, deya nomlangan sozandalari bilan birga tushgan surat bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Xonanda Farhod Saidov “Umidim qoldi” deb nomlangan qo‘shiqni jonli ijroda kuyladi. View this post on Instagram Xonanda Ziyoda sahifasida “Allohim, shunday xursandchilik nasib qilginki, qilgan sabrimizning natijasi go‘zal bo‘lsin”, deya ezgu tilak bildirdi. View this post on Instagram Xonanda Mashhurbek Raimjonov karantin tugagandan keyingi taxminiy holatini surat bilan ko‘rsatib berdi. View this post on Instagram DJ Piligrim “Dil ba yor-u, dast ba kor” deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim etdi. View this post on Instagram O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov faylasuf Suqrotning “Shunday yashangki, kimdir siz haqingizda yomon gap aytsa, hech kim ishonmasin”, degan so‘zlarini suratiga izoh tariqasida yozib qoldirdi. View this post on Instagram Qiziqchi Zokir Ochildiyev “qanotli” rasmini sahifasiga joylab, unga nom berishni muxlislariga qoldirgan. View this post on Instagram Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva “barcha ayollar o‘z juftlari bilan sevib-sevilib yashasin”, deya o‘zining rasmini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram “Bravo” jamoasining a’zosi Ahmad Temirov boulingni sog‘ingani haqida videopost qoldirdi. View this post on Instagram Xonanda Nodir Zoitov hamkasbi Shohrux Mirzo G‘aniyevning “Tillo uzuk” deb nomlangan qo‘shig‘ini jonli ijroda kuyladi. Shohrux Mirzo G‘aniyev esa ushbu lavhani o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan. View this post on Instagram Karantinni Turkiyada o‘tkazayotgan aktyor Alisher Uzoqov supurgini minib, qo‘liga qilich olgan holatda rasmga tushib, “bir harakat qilib ko‘rdimda”, deya izoh yozib qoldirgan. View this post on Instagram
132
3,461
Madaniyat
Tom Xolland “O‘rgimchak odam” filmining suratga olish jarayonidagi foto bilan bo‘lishdi. Bosh qahramon tibbiyot niqobi taqib olgan
Aktyor Tom Xolland “O‘rgimchak odam” filmining uchinchi qismini suratga olish jarayonidagi surat bilan bo‘lishdi. Bu haqda “Kinopoisk.ru” xabar beradi. Aktyor tomonidan Instagram sahifasiga joylangan suratda super qahramon libosidagi aktyorning himoya niqobi taqib olganini ko‘rish mumkin. Bunga koronavirusdan keyin barcha suratga olish maydonchalarida individual himoyalanish majburiy bo‘lgani sabab bo‘lgan. Suratga olish ishlari 2020-yilning oktabr oyi o‘rtalarida boshlangan trikvel syujeti haqida batafsil ma’lumot yo‘q. Unda doktor Strenj va Jeyms Foks ijrosidagi Elektro, shuningdek, o‘tgan qismlardagi Marisa Tom, Zendeya, Jeykob Batalon va Toni Revolori gavdalantirgan qahramonlarni ko‘rish mumkin. Film avvalgi ikki qismlar singari rejissor Jon Uotts tomonidan suratga olinmoqda. Kartina premyerasi 2021-yil dekabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
130
873
Madaniyat
Tennischi Vaja Uzoqovning xiyonati sabab xonanda Munisa Rizayeva u bilan munosabatlarini tugatdi
Xonanda Munisa Rizayeva tennischi Vaja Uzoqov bilan munosabatlariga bundan besh oy avval chek qo‘ygan. Bu haqda u “Sayyod.com”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Vaja bilan munosabatlarimizga besh oycha avval chek qo‘yildi. Meni hali erkak zoti tashlab ketmagan, axir mendek qizni tashlab ketish mumkinmi?”, — dedi Munisa Rizayeva. “Vaja meni tashlab ketgani yo‘q, xiyonat qilgani rost. Men uni tashlab ketdim. Lekin hammasini unutdim. Uni kechirdim ham. Eslamayapman ham”, — dedi Munisa Rizayeva. Avvalroq Munisa Rizayeva to‘y kuni belgilanganidan so‘ng, sevgan insoni xiyonat qilgani, shundan so‘ng uch oy davomida o‘ziga kela olmaganini ma’lum qilgandi. Qayd etish joiz, bundan avval Munisa Rizayevaning xonanda Jasur G‘oyipov bilan to‘yi bekor qilingan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
96
920
Madaniyat
“Labbay rais” filmi sentabr oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais” filmi sentabr oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Sentabr oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Labbay rais” filmidan keyingi o‘rinlarni Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Aldagani quda yaxshi”, “Bebahoginam”, “Toshkentim onam”, “Ada emas, dada” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Labbay rais” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 2-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama) Rejissor – Aziz Rametov 3-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya) Rejissor – Azamat Axrorov 4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 5-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya) Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov
106
1,159
Madaniyat
Feruza Karimova o‘zidan 12 yosh katta prodyuseriga turmushga chiqqanida turli tuhmatlar girdobida qolgani haqida so‘zlab berdi (video)
Xonanda va aktrisa Feruza Karimova “Women” YouTube kanaliga bergan intervyusida o‘zidan 12 yosh katta prodyuseri Baxtiyor Fattohovga turmushga chiqqanida turli xil tuhmat va bo‘xtonlar girdobida qolgani haqida so‘zlab berdi. “2014-yil turmush o‘rtog‘im bilan ko‘rishib qolib, 2015-yil ijod boshlandi. 2016-yil ‘Dastingdan’ qo‘shig‘im chiqdi. Keyin ularda menga nisbatan iliqlik paydo bo‘lgan. Lekin men e’tibor bermaganman. Prodyusermi prodyuser, ishmi ish, bo‘lgan u paytda. Ular o‘sha paytda birinchi oilasidan ajrashgan bo‘lgan. Ish paytida biz bilan ko‘rishib turardilar, suhbatlashardilar. Qarasam, yaxshi inson, mehribon, menga e’tiborli. Hayoti haqida ham gapirib berardilar. Meni sekin-sekin ko‘niktirib, o‘ziga o‘rgatib, top etib, uzuk olib kelib, qarab turibdilar: ‘Menga turmushga chiqasizmi?’ deb. Bir yil ishladim, xarakterlarini ko‘rdim, mendayam ularga nisbatan mehr paydo bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘imni yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman. Har doim har taraflama qo‘llab-quvvatlab kelganlar”, — deydi Feruza Karimova turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida gapirar ekan. Shuningdek, xonanda prodyuseriga turmushga chiqishdan oldin hayolidan qanday o‘ylar o‘tgani haqida ham so‘zlab berdi. “Xayolimdan ko‘p narsa o‘tdi. Men turmushga chiqmaganman, qiz bola boshim bilan ijod boshlaganman. Ular mendan 12 yoshga katta. Mening birinchi turmushim, ularning esa ikkinchi turmushlari. Asosiy qiynagan narsa shu bo‘lgan. Ozmi, ko‘pmi ijod qilib qo‘ydim. Muxlislarim ko‘nglidan ozgina bo‘lsa ham joy oldik. Men haqimda muxlislar qanday fikr bildirishi mumkin. O‘zidan kattaga tegibdi yoki... Ko‘p narsa eshitdimda, to‘g‘risi. Oilasini ajratvoribdi, o‘z farzandlarini ham tashlab, shu qizga uylanibdi. Xotinini tashlab ketibdi shu qizni deb, degan juda ko‘p gaplarni eshitdik, lekin mening ko‘nglim og‘ridi muxlislardan. Meni bilmagan muxlislardan. Lekin san’atkor ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘lishi kerak-da. Xudo bor, bir kuni hammasi o‘rtaga chiqadi, o‘shanda bilishadi, dedim. Mening hech qanaqa daxlim bo‘lmagan. Faqat o‘ylaganmanki, keyingi hayotim nima bo‘ladi, oramizdagi farqni o‘ylaganman, ijodni ham o‘ylaganman. Qarasam, sohani tushunadilar, san’atni sevadilar, boshqacha nazar bilan qaramaydilar. Mayli, Allohga tavakkal, deb turmushga chiqqanman. Lekin mehrim bo‘lgan”, — deydi xonanda. Feruza Karimova onasi va yaqinlari tomonidan qarshiliklar bo‘lganini ham yashirmadi. “Turmushga chiqayotganimda onam qarshilik qilgan. ‘Tenging topiladi’, deyishgan, tengim topilgan. U menga erlik qila olmasdi. Mening hisobimga yashardi. Meni ularning o‘tmishi qiziqtirmaydi. Menga ularning meni deb yashab boshlaganlaridan keyingi hayoti qiziq. Men o‘zim tengi bolaga turmushga chiqib, bir oy yashab, bir-birimizni tushunmay ajrashib ketib, ‘Ana, nomiga turmushga chiqib oldi. San’atkor-da, bitta bolani baxtsiz qildi’, degandan, ikkinchi marta uylanayotgan kattaroq yoshli insonni baxtli qilganim yaxshiroq. Odamlarning gapi mayli. Men hech kimga javob bermayman. Allohga javob beraman faqat”, — deydi xonanda. Xonandaning aytishicha, Umra safariga borishni hamda undan so‘ng san’atni butunlay tark etishni niyat qilgan.  “Hozir kimgadir nimanidir isbotlaydigan vaqt emas”. Zarina Nizomiddinova mish-mishlarga izoh bermasligi va o‘zidan 12 yosh katta turmush o‘rtog‘i haqida so‘zlab berdi
134
3,300
Madaniyat
Xonanda Umar Shamsiyev to‘rtinchi marta ota bo‘ldi (video)
“Qarab-qarab”, “Zinama-zina”, “So‘ra, so‘ra” kabi xit qo‘shiqlar ijrochisi, xonanda Umar Shamsiyev o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqish jarayoni aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Umar Shamsiyevning yangi tug‘ilgan chaqaloqdan tashqari ikki o‘g‘il va bir qizi bor.
58
304
Madaniyat
Zohirshoh Jo‘rayev otasi Sherali Jo‘rayevning Turkiyada ekanligini rad etib, qanday kasallik bilan og‘riganini aytdi
Ijtimoiy tarmoqlarda 3-mart kuni 74 yoshli xonanda Sherali Jo‘rayevning og‘ir ahvolda ekani yoki vafot etgani to‘g‘risida turli mish-mishlar tarqaldi. Ozib ketgan Sherali Jo‘rayevning choy ichayotgani aks etgan video xonandaning og‘ir kasal ekanligi haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘ldi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida Zohirshoh Jo‘rayevning ma’muri G‘ayrat Shokirov bilan bog‘langanida, u Sherali Jo‘rayevning ahvoli yaxshi ekanligi, biroq hozirda ayrim sabablar tufayli Turkiyaning Istanbul shahrida ekanligini aytdi. “Aslida Turkiyaga safarga ketgan. U yerda qizlari o‘qiydi. Magistraturani bitirish arafasida diplom olish jarayonlari bo‘larkan. Hozir qizlarining oldida. 7—8-mart kunlari Toshkentga qaytib keladi. Xudo xohlasa, 21-mart kuni davlat bayramida ko‘rinish beradi. Dasturga qo‘shiqlari kiritilgan, tayyorgarlik ketyapti”, — deydi G‘ayrat Shokirov. Ushbu xabar chop etilganidan so‘ng Sherali Jo‘rayevning kenja o‘g‘li Zohirshoh “Daryo” muxbiri bilan bog‘lanib, ma’muri aytgan ma’lumot asossiz ekanligi hamda otasining ayni damda Toshkentda ekanligini ma’lum qildi. “Dadam olti oycha muqaddam ko‘richak kasali bilan og‘rib qolgandilar. Hozir tarqalayotgan videolavhalar o‘sha vaqtda suratga olingan. Hozir dadamning ahvollari juda yaxshi. Ortiqcha vahima va xavotirlarga o‘rin yo‘q. Dadam hozir O‘zbekistondalar, ularning chet elda davolanayotganlari haqidagi ma’lumotlar ham asossiz. Ayni vaqtda davlat tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar”, — deydi Zohirshoh Jo‘rayev. Shuningdek, Zohirshoh so‘zi isboti tariqasida otasi bilan bayram dasturlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida tushgan suratlarini ham taqdim etdi, biroq xonanda ushbu suratlarning qachon olinganiga aniqlik kiritmagan. Suratlarda Sherali Jo‘rayevning videodagi singari ozg‘in emasligini ko‘rish mumkin. Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda ham O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
116
1,953
Madaniyat
“Ikki yo`l” qisqa metrajli filmi suratga olindi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Ikki yo`l” (“Two ways”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.  Postanovkachi rejissyorlar Murad Guseynov, Saddam Mexdiev, operator Zikrillo Hikmatov.   Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida ozarbayjonlik ijodkorlar bilan birga yaratilgan. “Ikki yo`l” qisqa metrajli filmida ota va o`g`il o`rtasidagi munosabatlar, insoniy tuyg`ular aks ettirilgan.   Ma`lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Filippin, Yaponiya, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.
47
765
Madaniyat
Aktyor Matyoqub Matchonov yangi uyushmaga rais etib tayinlandi
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, "Do`stlik" ordeni sohibi Matyoqub Matchonov O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi. Bu haqda “Xalq so`zi” nashri “O`zbekkino”ning feysbukdagi sahifasidagi ma`lumotga asoslanib, xabar bergan. Ma`lumot uchun, Uyushma O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3176-sonli qaroriga asosan qayta tashkil etilgan. Uyushmaning asosiy vazifalari milliy kinematografiya yo`nalishlarini belgilash, yangi badiiy jamoalar tuzish, boy an`analarga tayangan holda jahon andozalari darajasidagi zamonaviy milliy kino san`ati maktabini yaratish, O`zbekiston kino san`atini mamlakatimizda va chet ellarda targ`ib etish, xorijiy kino ustalari bilan ijodiy aloqalarni o`rnatish va kengaytirish, milliy va xalqaro kinofestivallarida ishtirok etish hamda ularni tashkil etish, kino sohasida ijtimoiy madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilishdir.
62
1,026
Madaniyat
Rossiyalik xonanda Vitas 7 sutkaga qamaldi
Vitas taxallusi bilan ijod qiluvchi rossiyalik xonanda Vitaliy Grachev uyi oldida qarg‘alarga qarata o‘q uzib, qo‘shnilarini qo‘rqitib yuborgani uchun yetti sutkaga qamaldi, deb xabar beradi “MK.ru”. Xonanda dastlab politsiya tomonidan bezoriligi uchun 500 rublga jarimaga tortildi. Biroq prokuratura jazoni qat’iylashtirish maqsadida mazkur qarorni bekor qildi. Rossiya qonunchiligi bo‘yicha bezorilik jinoyati uchun 15 sutka ma’muriy qamoqqa olish ko‘zda tutilgan. 22-mart kuni Vitas spirtli ichimlik ta’sirida ko‘chada otishma sodir etgani ma’lum bo‘lgan edi. Qo‘shnilari politsiya chaqirganidan so‘ng xonanda olib ketilgan edi. Qayd etilishicha, o‘shanda xonanda politsiyachilarga qarshilik ko‘rsatgan, uy eshigini ichkaridan qulflab olgan va uni ochishdan bosh tortgan.
42
775
Madaniyat
Jorj Kluni egizak chaqaloqlari suratlarini chop etgan jurnalni sudga beradi
Amerikalik aktyor Jorj Kluni egizak chaqaloqlari suratlarini chop etgan Fransiyaning Voici jurnalini sudga beradi. Bu haqda CNN ma’lum qildi. “O‘tgan haftada Voici jurnali fotograflari devorimizdan oshib o‘tib, daraxtga chiqqan va uyda bo‘lgan bolalarimizni yashirincha suratga olgan. Ular, agentlik va nashr qonun oldida to‘liq javob beradi”, — deyiladi aktyorning telekanalda keltirilgan bayonotida. Kluniga ko‘ra, chaqaloqlarning xavfsizligi shunday chora ko‘rishni talab qiladi. Eslatib o‘tamiz, 6-iyunda aktyor va uning rafiqasi Amal Kluni egizak farzandli bo‘ldi. Chaqaloqlarga Ella va Aleksander deb nom berildi.
75
620
Madaniyat
Tavalludiga 534 yil to‘lgan Bobur bo‘yicha (asosan abituriyentlarga mo‘ljallangan) test
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 2017-yil 14-fevral kuni 534 yil to‘ldi. Mazkur tarixiy sana munosabati bilan “Daryo” nashri “Abituriyent” gazetasi bilan hamkorlikda shoh va shoir haqida asosan abituriyentlarga mo‘ljallangan test tayyorladi. Test savollari amaldagi “Adabiyot” darsliklari asosida, “Abituriyent” gazetasining ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha eksperti Mansur Siddiqov tomonidan tuzilgan. Ma’lumot uchun, “Daryo” nashri 2016-yili Boburning tavallud kuni munosabati bilan oson va qiyin test tayyorlagan edi. Tan olish joiz, quyidagi test o‘tgan yilgi savol-javoblarning ikkisidan ham qiyinroq. Testning yuklanishini biroz kuting. Error while processing playbuzz: 0 Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
87
860
Madaniyat
O`zbekiston va Qozog`iston Erkin Vohidovning “Oltin devor” asari asosida hamkorlikda film suratga oladi
Bugun “O`zbekkino” Milliy agentligida Qozog`istonning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.  Uchrashuvda Qozog`iston elchisi Darxan Satbald va elchixona vakillari, “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, birinchi o`rinbosar Shuxrat Rizaev, rejissyor Hilol Nasimov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ikki davlat ijodkorlari bilan film yaratish taklifi bildirildi. Hamkorlikda suratga olinishi kutilayotgan “Qo`shnilar” filmi komediya janrida bo`lib, unda o`zbek va qozoq qo`shnilarning o`zaro munosabatlari va hovli o`rtasidagi devorning buzilganidan so`ng, topib olingan tilla atrofidagi voqealar aks ettiriladi. Film O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Oltin devor” asari asosida suratga olinishi rejalashtirilgan. Ushbu kinoloyiha ssenariysi ustida Qozog`iston tomondan aktyor, bloger va ssenarist Azamjan Saidbaev ish boshlaydi. Filmni ishlab chiqarish jarayonida ikki davlat ijodkorlari teng hissada ishtirok etadi. Hamkorlikdagi yangi film “Ipak yo`li durdonasi” Xalqaro Toshkent kinofestivalida taqdim etilishi ko`zda tutilgan. Uchrashuvdan oldin qozog`istonlik mehmonlarga “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan “Meros” filmi namoyish etildi. So`ngra o`zbek va qozoq xalqlarining qadimiy do`stligi, an`ana va e`tiqodlari haqida hikoya qiluvchi “Meros” filmining Qozog`istonda taqdimotini o`tkazishga kelishildi. Shuningdek, uchrashuv davomida Qozog`istonda o`zbek kinosi kunlarini o`tkazish, “Ipak yo`li durdonasi” Xalqaro Toshkent festivali bo`yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ikki davlat kinoijodkorlarining tajriba almashinishi va muloqot yo`lga yo`lga qo`yilishi soha rivojiga xizmat qilishi ta`kidlandi.
103
1,811
Madaniyat
Tomoshabinlarga manzur bo‘lgan turk seriali – “Zolim Istanbul”ning qahramonlari haqida nimalarni bilamiz?
“Milliy” telekanali orqali efirga uzatilayotgan Turkiyaning “Zolim Istanbul” seriali o‘zbek tomoshabinlari ko‘nglidan allaqachon joy egallab ulgurgan. Serialning suratga olish jarayonlari qanday o‘tgani, bosh rollarni ijro etgan aktyorlarning hayoti teletomoshabinlar uchun qiziq bo‘lishi, shubhasiz. Quyida “Zolim Istanbul” seriali haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Turk seriallari o‘zining mahoratli aktyorlari, hissiyotli sahnalari va aqlbovar qilmaydigan burilishli sujetlari bilan butun dunyoga mashhur. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlar aholisi navbatdagi turk premyerasining qachon o‘z tillariga tarjima qilinishini va yangi qiziqarli voqeani tomosha qilish imkoniyati paydo bo‘lishini intiqlik bilan kutmoqda. “Zolim Istanbul” serialining ilk epizodlari 2019-yilda suratga olingan. Serialga Jevdet Merjan, Shenol Senmez va Go‘kchen Usta rejissorlik qilgan. Bir fasl 136 epizodni o‘z ichiga oladi. Serialning suratga olish ishlari Suriya bilan chegaraga yaqin joylashgan Antakya shahrida bo‘lib o‘tgan, biroq keyinchalik suratga olish ishlari Istanbulga ko‘chirilgan. Bosh qahramonlar – Qorachoylar oilasi yashagan uy XIX asrning qayta tiklangan pavilyonidir, Turkiyada u “Oq saroy” nomi bilan mashhur. “Zolim Istanbul” seriali syujeti View this post on Instagram Serial Bosfor sohilidagi katta qasrda yashovchi boy va olijanob oila haqida hikoya qiladi. Bir kuni oila boshlig‘i nogironlik aravachasidagi jiyanini uylantirishga qaror qiladi. U kambag‘al oiladan yosh kelin topib, kuyov bilan tanishish, yaqinlashishi uchun uni uyiga taklif qiladi. Ammo otaning rejalari o‘g‘lining Amerikadan kelishi bilan barbod bo‘ladi, o‘g‘il jiyanidan oldin u qizni uchratib qoladi va sevib qoladi. Voqealar rivoji shu tarzda tus oladi. Fikret Kushkan – oila boshlig‘i va muvaffaqiyatli kompaniya egasi Agah Qorachoy  View this post on Instagram 13 yoshida otasidan ayrilgan Fikret oilasi bilan Tokatga ko‘chib ketgan. 3 yildan so‘ng bo‘lajak aktyor ta’lim olish uchun Istanbulga qaytib keldi. Ayni paytda Fikret Kushkan muvaffaqiyatli aktyor, u uch marta Turk Film mukofotlaridan “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, aktyor ikki marta oila qurgan, birinchi rafiqasi bilan ajrashgan va hozirda ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan 5 yildan buyon birgalikda yashamoqda. Mine Tugay – Sheniz Qorachoy, Agahning rafiqasi  View this post on Instagram Bolaligidan Mine aktrisa bo‘lishni orzu qilgan. U litseyda o‘qiyotganidayoq teatr spektaklida rol o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi. Litseyni tugatgach, Istanbul universiteti konservatoriyasiga o‘qishga kirdi. Aktyorlik fakultetini tugatgach, Mine Baxcheshire universitetining aktyorlik bo‘limiga o‘qishga kirdi va o‘qishni tugatgandan so‘ng teatr va kino aktrisasi sifatida faoliyatini boshladi. 2008-yilda Mine Tugay Lions kinofestivalining mukofotini oldi, bir yildan so‘ng esa Mine Tugay eng muvaffaqiyatli aktrisa deb topildi. Aktrisa shaxsiy hayoti haqida gapirmaslikni afzal ko‘radi. Deniz Ugur – Seher, Agahning uy xizmatkori View this post on Instagram Denizning ota-onasi ham ijodkor odamlar: onasi balerina, otasi esa opera xonandasi. Aktrisaning taqdiri bolaligidanoq ayon bo‘ldi. Uning teatrda ko‘plab film va seriallarda rollari bor. Aktrisa muvaffaqiyatli karyerasiga qaramay, shaxsiy hayotida bir qancha qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Deniz turmushidan 3 yil o‘tib birinchi eri bilan ajrashdi, ikkinchisi vafot etdi, uchinchisi esa aktrisaga o‘z farzandlarini ko‘rishni taqiqladi. 2011-yilda Deniz saraton kasalligiga chalindi va 2012-yilda operatsiya qilindi. Aktrisa ruhiy tushkunlikka tushib qolmadi, o‘zi sevgan ish bilan shug‘ullanishda davom etdi va muxlislarini yangi rollari bilan xursand qilmoqda. O‘zan Dolunay – Jenk, Agahning o‘g‘li View this post on Instagram Kinodagi faoliyatini endigina boshlayotgan yosh turk aktyori. Har bir yangi rol unga tobora ko‘proq mashhurlik va tomoshabinlar mehrini olib kelmoqda. Maktab yillarida bo‘lajak aktyor sportni yaxshi ko‘rar edi, AQShda sertifikat olgach, Istanbulga qaytib keldi va mashinasozlik fakultetiga o‘qishga kirdi. Talabalik davrida u tasodifan aktyorlik saboqlariga kirib qoldi, nihoyat hayotini nimaga bag‘ishlamoqchi ekanligini tushundi. Biroz vaqt o‘tgach, u o‘zining iste’dodini namoyish etib, teatr sahnasida debyut qildi. Aktyor bir nechta nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Intervyularning birida O‘zan Dolunay endi eski kasbiga qaytishni istamasligini aytib o‘tgan. Berker Guven – Nedim, Agahning jiyani  View this post on Instagram Berker Guven Istanbul universitetining kino va televideniye fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Dastlab u teatrda ishlagan, kichik rollar va taniqli aktyorlar bilan bir sahnada chiqishlar bilan birga ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Katta ekranda Berker Guven ilk bor 2017-yilda “Otam” filmida debyut qilgan. “Sen mening Vatanimsan” serialida rol o‘ynaganidan so‘ng “Zolim Istanbul” seriali aktyorning navbatdagi ishtirok bo‘ldi.
105
5,068
Madaniyat
Gollivud yulduzi Bryus Uillis sog‘lig‘idagi jiddiy muammolar tufayli kinodagi faoliyatini yakunlashi mumkin
Gollivudning mashhur aktyori Bryus Uillis sog‘lig‘idagi jiddiy muammolar tufayli kinodagi faoliyatini yakunlash arafasida, deb yozadi People Talk. Ma’lum bo‘lishicha, “O‘tda yonmas” filmi yulduzida demensiyaning ilk alomatlari kuzatilgan, shu bois unga uzun matnlarni yodlash tobora qiyinlashib bormoqda. Hozirda aktyor yetarlicha pul topish uchun bir nechta kam budjetli filmlarda rol o‘ynashga harakat qilmoqda, degan taxminlar bor. Shunday qilib, 2022-yilda Bryus Uillis 11 ga yaqin filmda suratga tushmoqda: “Qal’a 3”, “Jannat shahri”, “Oq fil”, “O‘tkazgich xonasi”, “Tuzatuvchi choralar”, “Sevishganlar kabi o‘lmoq” “Noo‘rin joyda”, “Qal’a: Snayper ko‘zi”, “Vendetta” va “O‘lish uchun bir kun”.
107
700
Madaniyat
“Zapret”ga tushgan Shohrux Hamdamov qachon uylanishi haqida so‘nggi qarorga kelgani va hayotda o‘zi yaratgan qaysi obrazga o‘xshashni istamasligi haqida (video)
“Isnod”, “Muhabbat restorani”, “Maftun bo‘ldim” kinofilmlari, “Baxt ovchisi” seriali va “Otalar so‘zi” telenovellasidagi ijrolari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktyor Shohrux Hamdamov nima uchun hozirgacha uylanmagani, shou-biznesdagi aktrisa va xonandalar bilan tarqalgan mish-mishlarning qanchalik haqiqatga yaqinligi, bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini san’at sohasidan tanlamasligi, nima sababdan “zapret”ga tushganini bilmasligi, uni “zapret” qilganlarga munosabati va hayotda o‘zi yaratgan qaysi obrazga o‘xshashni istamasligi haqida gapirdi. Aktyor nima uchun hozirgacha uylanmagani, onasi topgan qizga uylanishni rejalashtirayotgani va shu yilning oxirigacha turmush qurish niyati borligi haqida “Qanday qilib tushuntirsam ekan. Masalan, siz bir tovarni kimgadir qiziqligi uchun sotasiz, lekin u narsa siz uchun qiziq emas, men tovar sotaman demoqchi emasman. Bu sohada yurgandan keyin hamma narsa teskari bo‘lib qolar ekan, qizlar sizga gapirar ekan, keyin atrofingizda o‘zini tutishi yo‘qoladi. Shularni ko‘rib, ko‘pchilik shunaqa bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Masalan, ko‘chada bir qiz ketyapti, qarayapsiz, lekin miyadagi fikrlar bu ham bo‘lmaydi, deb ustunlik qiladi. Bu fikrlarni ortga qaytarish uchun esa o‘sha qiz bilan bir-ikki og‘iz gaplashishga to‘g‘ri keladi. Munosabatda bo‘lish kerak, shunda qizning qanaqa ekani bilinadi. Umrimda bir marta uchrashuvga chiqdim. Men uchun uchrashuvga chiqish g‘alati vaziyat. O‘zimning insonimni hali uchratmadim deb o‘ylayman, hali yuragim jiz etmadi. Onam topganiga uylanish niyatim bor, ular esa turmush o‘rtog‘imni o‘zim topishimni aytyapti, topganlarini ham ko‘raveraman. Lekin bitta narsa bor, onalar uyda o‘tiradi, sal gapga ham ishonuvchan bo‘lib qoladi. Biz esa ko‘chada yuramiz, hozirgi kunda qizlarni ayollardan emas, mahallasidagi bolalardan surishtirish kerak. Mendan ham mahallamdagi birorta yaxshi qizni so‘rashsa, haqiqatan ham yaxshi deyman. Agar boshqacha bo‘lsa, yana bir surishtirib ko‘rishini aytaman. Hozir oldingidek qizlar kam. Bu yil uydagilar bilan kelishib, aniq qaror qabul qildim, nasib qilgan kun uylanaman. Agar yaxshi qiz bo‘lsa, yuragim jiz etsa, bir oydan keyin ham to‘y bo‘lib ketishi mumkin. Shu yilning oxirigacha uylanish niyatim bor”, — deydi aktyor. O‘zbek shou-biznesdagi aktrisa va xonandalar bilan tarqalgan mish-mishlarning qanchalik haqiqatga yaqinligi va bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini san’at sohasidan tanlamasligi to‘g‘risida “Munisa Rizayevaning klipida o‘ynaganim uchun meni u bilan sevishadi deb o‘ylashgan. Hozirgi kungacha 40 dan ortiq klipda o‘ynagan bo‘lsam, hammasida shu mavzu bor. Yaqinda Rayhon Asadova bilan ‘Million’ jamoasining konsertida yonma-yon o‘tirib qoldik, yana shu gap chiqdi. San’atdan emas, boshqa yo‘nalishdagi qiz bilan munosabatda bo‘lganman. Biroq san’at sohasidan uylangim yoki biror-bir jiddiy mavzuda qaragim kelmaydi. Bir-birimizni tushunmaymiz deb bilaman. Onam bunga qarshi emas, aksincha, bir klipda shu qiz bilan rol o‘ynabsan, shuni surishtir, deb qo‘yadi. Lekin bo‘lmasligini bilmaydi”, — deydi Shohrux Hamdamov. Shohrux Hamdamov “zapret”ga tushganini bilmasligi va ikkita loyihada shu sabab suratga tusha olmagani, uni “zapret” qilganlarga munosabati haqida “Nima sababdan ‘zapret’ga tushganimni bilmayman, sabab topolmayapman. ‘O‘zbekkino’dagi hech bir inson bilan shaxsiy adovatim bo‘lmagan. Hozir ham birorta rejissorning kinosi yaxshi chiqmagan bo‘lsa, yaxshi chiqmaganini aytaman, yaxshi chiqqan bo‘lsa, yaxshi deyman. Chunki biz shu sferadagi insonlarmiz. ‘Zapret’ga tushganim bo‘yicha aniq sabab topolmayapman, keyin atrofdagilar ham aniq fikrni aytmayapti. Menga ‘zapret’ga tushganimni aytib, kinoga yaqinlashtirishmayapti. Ikkita loyihaning suratga olish jarayonlari boshlanishi kerak edi. Keyin shunaqa gap-so‘zni eshitdim. Men ‘zapret’dan qo‘rqmayman, har qanday ishni qila olaman. Kliplardan takliflar ham ko‘p, nechta rejissorlar taklif qildi. Bu narsa meni tinchlantirmaydi, alam qiladigani — bu sohaga sakkiz yil umrimni tikkanman. Sakkiz yilning har ikki oyida suratga olish jarayonlari bo‘lgan, viloyatlarga borar edik. Bir yilda uchtadan kinoga tushgan bo‘lsam, yarim yildan ortiq umrimni saflaganman. Shundan keyin bunaqa gap-so‘zlar bo‘lsa, alam qilar ekan. Men kimga yomonlik qildim yoki borib biror joyni yoqib yuborganim yo‘q. To‘g‘ri, rejissorlar bilan aytishib qolgan paytlarim, suratga olish jarayonlaridan ketgan vaqtlarim bo‘lishi mumkin, lekin hammasining sababi bor. Balki u yerdagi ijodkorlarga qaysidir intervyudagi gapim yoqmagandir, bu degani bo‘ldi, yopildi degani emas. ‘Zapret’ga tushishimga sababchi bo‘lgan insonlarga zo‘r bo‘ldi, dam olishga sharoit yaratib berdingiz, rahmat. Nimaga unaqa gap-so‘zlar qilib yurganingizni bilmadim, hammasi vijdoningizga havola, degan bo‘lardim”. Aktyor hayotda o‘zi yaratgan qaysi obrazga o‘xshashni istamaydi? “Hayotda ‘Baxt ovchisi’ serialidagi obrazimga o‘xshashni istamayman. Ssenariyni o‘qiganimda, obrazimning onasiga qarshi boradigan joylari, shundan keyin onasi oq qildim degan voqealar bor. O‘sha payt juda g‘alati bo‘lib ketganman. Gulchehra Ibrohimbekova ham yaxshi rol o‘ynagan, xuddi onam gapirgandek bo‘lgan, bu juda yomon narsa”, — deydi aktyor.
160
5,176
Madaniyat
Model, jurnalist, xonanda — karyerasini shou-biznesda boshlagan birinchi xonimlar (foto)
Davlat boshqaruvi bilan shug‘ullanadigan rahbarlarning rafiqasi bo‘lguniga qadar mazkur birinchi xonimlar moda, media, musiqa va kino olamida yetarlicha mashhurlikka erishib bo‘lgan. Karla Bruni-Sarkozi Nikolya Sarkozining uchinchi rafiqasi model bo‘lgan. Uning kiyinish uslubi va garderobidagi liboslar siyosatga modani olib kelgan desa ham xato bo‘lmaydi. Kiyinishi sabab uni Jaklin Kennediga qiyoslashadi. Musiqachilar oilasida dunyoga kelgan Bruni voyaga yetganida ijod yo‘lidan ketishga qaror qilgan. Maktabni bitirganidan keyin arxitektor bo‘lishni rejalashtirgan. Ammo modellik karyerasini boshlab yuborgan, City Models bilan shartnoma imzolaganida endigina 19 yoshga to‘lgan edi. Muvaffaqiyatli loyiha va hamkorliklar uning mashhur bo‘lishiga sabab bo‘lgan.  Hali tanilib ulgurmasidan moda olamining titanlari hisoblangan Dior, Givenchy, Chanel, Yves Saint-Laurent va boshqa brendlar bilan hamkorlik qilgan. 90-yillardagi mashhur modellar haqida gap ketganida Karlaning ismini tilga olmasdan iloj yo‘q. Ammo Karla faqatgina modellik bilan cheklanmagan, u ijod qilish, albom yozish, qisqa qilib aytganda, musiqiy karyerasini ham maromiga yetkazgan. Albom taqdim qilgan, mukofotlarni qo‘lga kiritgan sobiq birinchi xonim ayni vaqtda ham musiqa bilan shug‘ullanib turadi. Qolaversa, u Yelisey saroyida yashagan vaqtida ham ijodni tashlab qo‘ymagan. Turmush o‘rtog‘i prezident bo‘lganining birinchi yilidayoq Comme si de rien n’était albomini taqdim qilgan. Albom sotuvidan tushgan mablag‘ esa xayriya ishlariga sarflangan. 2011-yilda esa u rejissor Vudi Allenning filmida suratga tushishga ham muvaffaq bo‘lgan. Gapning indallosini aytganda, Karla turmush o‘rtog‘idan qolishmaydigan darajada mashhur. Ayni vaqtda ham mavqeyini ushlab turishga harakat qiladi va musiqiy karyerasini davom ettirib keladi. Melaniya Tramp Donald Trampning uchinchi rafiqasi Melaniya kommunistik mamlakatda dunyoga kelgan yagona birinchi xonim sanaladi. U Lyublyanada dunyoga kelib, model sifatida karyera qilish uchun u yerni tark etgan. U bolaligida Sloveniyadagi bolalar moda chiqishida ishtirok etgan, 16 yoshida esa ilk marta professional fotosessiyada o‘zini sinab ko‘rgan. U Karla Bruni singari mashhur bo‘lmagan bo‘lsa ham moda olamida o‘ziga yarasha nom qozonishga muvaffaq bo‘lgan: modellik agentlari bilan shartnoma tuzib, moda chiqishlari, jurnal muqovasi uchun suratlar hatto go‘zallik tanlovida ishtirok etgan. Trampning do‘sti Paolo Zampolli uni payqab, Nyu-Yorkda model sifatida faoliyat yuritishni taklif qilmaganida, AQShga ko‘chib borish uning xayolining ko‘chasiga ham kelmagan bo‘lardi. Shu bahona bo‘lib Tramp va Melaniya tanishib qoladi. Shundoq ham chiroyli va latofatli bo‘lgan Melaniyaning ishlari Tramp bilan tanishuvidan keyin yanada yurishib ketadi. Model sifatida karyerasi gullab-yashnaydi, reklama agentlaridan takliflar kelib tusha boshlaydi. Keyinroq Melaniya kosmetik brendga, zargarlik buyumlari kolleksiyasiga asos soladi. Xullas, Oq uyning bekasiga aylanguniga qadar ham Melaniya o‘ziga yarasha mashhur bo‘lgan. Sofi Greguar-Tryudo Zamonamizning eng kelishgan va mashhur siyosatchilaridan biri bo‘lgan, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning rafiqasi Sofi nomini avval butun dunyo aholisi bo‘lmasa ham Kanadaning Kvebek provinsiyasidagi har ikkinchi odam bilgan. Bunga uning muntazam ravishda ekranlarda turli ko‘rsatuv dasturlarda chiqishi sabab bo‘lgan. Yoshligida fotomodel, reklamachi bo‘lib faoliyat olib borgan Sofi jurnalistika sohasiga juda ham qiziqqan. Mahalliy radio-televideniye maktabini tamomlaganidan keyin LCN telekanalida ishlay boshlagan. Media sanoatidagi faoliyati sabab ham u turmush o‘rtog‘ini uchratgan. Mercedes-Benz tomonidan tashkil qilingan xayriya tadbirida boshlovchilikka taklif qilinadi va aynan shu tadbirda Jastin ham qatnashadi. Pen Liyuan Xitoy raisi Si Szinpin mashhurlikda rafiqasi Pendan ortda desa ham xato bo‘lmaydi. Ular yoshligidayoq bir-biriga ko‘ngil qo‘yib uchrashishni boshlagan, ammo bu vaqtda Si endigina siyosatga qadam qo‘ygan yigitcha bo‘lsa, Pen Xitoy estradasida o‘z o‘rnini topib bo‘lgan yulduz edi. Pen ijod muhiti hukm surgan oilada dunyoga kelgan va musiqaga qiziqa boshlagan. Uning onasi opera yo‘nalishida ijod qilganiga qaramay, Pen harbiy qo‘shiqlar kuylashni afzal bilgan. Barcha davlat tadbirlari usiz o‘tmaydigan bo‘lib qolgan va vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Birinchi xonim sifatida Pen bugungi kunda chiqish qilmay qo‘ygan bo‘lsa ham onda-sonda muxlislar ko‘zini quvnatib turadi. Veronika Lario Silvio Berluskonining rafiqasi Veronika teatr va kino aktrisasi bo‘lgan, ammo yuqoridagi xonimlar singari mashhur bo‘lmagan. U aktrisalikni 70-yillar o‘rtasida teatrdagi pyesa va seriallarda kichik rollardan boshlagan va bu vaqtda Italiyada mashhur bo‘lgan rejissor va aktyor Enriko Mariya Salerna bilan sevishib yurgan. Aynan Enriko aktrisa ishtirokidagi pyesalarni sahnalashtirgan. Ijro davomida Larioning latofati va aktrisalik mahorati Berluskonining ham e’tiborini tortgan. Veronika u bilan rasmiy turmush qurguniga qadar ham 10 yil birga yashagan va aynan shu vaqtda bir necha mashhur filmlarda suratga tushgan. Ammo turmush o‘rtog‘ining xiyonatidan keyin ajrashgan va shundan keyin boshqa aktrisalar Berluskonining qalbini zabt etgan ayol rolini ijro qilishni orzu qila boshlagan.
88
5,320
Madaniyat
Hayot sinovlaridan tabassum qilishni unutgan aktyor: Kianu Rivzni “Dunyodagi eng g‘amgin inson”ga aylantirgan hikoya
“Gollivuddagi eng qayg‘uli yigit” va “Eng mashhur sargardon” nomini olgan Kianu Rivzning hayotida ro‘y bergan ko‘ngilsizliklar unga tamoman kulishni unuttirdi. Ammo yillar o‘tib, yana tabassum qilishni o‘rgatgan inson kimligi haqidagi qiziqarli hikoyani e’tiboringizga havola etamiz. “Tog‘ cho‘qqilaridan sovuq shamol” Kianu 1964-yilda Livanda tug‘ilgan. Gavayi tilidan tarjima qilinganda “tog‘ cho‘qqilaridan sovuq shamol” degan ma’noni anglatuvchi “Kianu” ismini unga  gavayilik otasi qo‘ygan. Afsuski, bu uning o‘g‘liga qoldirgan yagona narsasi edi. Kianu uch yoshga to‘lganida ota-onasi ajrashib ketgan. Onasi Patrisiya yoshligida raqqosa bo‘lgan, keyin liboslar dizayneri sifatida faoliyat yuritgan. U  intervyusida hech qachon o‘zini namunali ona deb hisoblamasligini, o‘g‘li va qizining ulg‘ayishini shunchaki kuzatayotganini ham yashirmagan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i kinorejissor Pol Aaron uning butun oilasini o‘z vatani – Kanadaga ko‘chirib ketgan. Disleksiya va xokkey Kianu ulg‘aydi, maktabga bordi va u yerda to‘satdan disleksiya deb ataladigan muammoga duch keldi. U besh yil ichida to‘rtta maktabni o‘zgartirdi. Chunki o‘qituvchilar uning o‘ziga xosligini tan olishni xohlamadi, ularning talabi hamma kabi bo‘lish edi. Shikoyatlar va muvaffaqiyatsizliklar yosh Kianuni sindira olmadi: u xokkeyga qiziqa boshladi. Muz ustida chaqqon, kuchli, tez harakat qilardi. Ammo bir kuni u jarohat oldi va klub bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi. Maktabni tashlab Biroq, o‘sha paytga kelib, Kianu boshqa sevimli mashg‘ulot topgandi: u havaskorlar teatrida o‘ynay boshladi. 15 yoshida “Romeo va Juletta” da Merkutsio rolini o‘ynab, o‘zining mahoratini namoyon qildi. Bu orada maktabdagi darslar hali ham yaxshi emasdi va bir kuni Kianu aktyor bo‘lish orzusida o‘qishni tashlab ketdi. Va bu maqsad yo‘lida shunchaki yurmadi: qayerda bo‘lsa ham pul topishga harakat qildi. U restoranda ishladi – spagetti tayyorladi. Daraxtlarni kesdi va maysazorlarni tekisladi. Sport do‘konida konkilarni charxladi. ... Va, albatta, sevib ham qoldi. Jennifer Saym va Kianu Rivz: ikki karra fojia Tasodifiy va baxtli romantika. Bu vaqtga kelib, Kianu allaqachon bir nechta muvaffaqiyatli filmlarda rol o‘ynagan edi: unga o‘gay rejissyor otasi ilk rollarida yordam berdi. Datlabki rollardan so‘ng “Ota-onalar”, “Mening shaxsiy Aydaho shtatim”, “Drakula” kabi filmlarida suratga tushdi. Jennifer ham kino olamiga kirishga urinib ko‘rdi, lekin bu boshqa hikoya edi. Kianu Rivz va Jennifer Saym Rejissyor Devid Linchning yordamchisi Jennifer Kianuning e’tiborini tortdi. Chunki uning xatti-harakatlari, odatdagi aktrisalarning intilishidan farq qilardi. U qizga g‘amxo‘rlik qila boshladi, ularning munosabatlari juda tez rivojlandi va ikkalasi ham shunchalik baxtli ko‘ringanidan atrofdagilar bunga shubha qilmadi. Ular Gollivuddagi eng chiroyli juftliklardan biri aylangandi. Juftlik birgalikda yashashni boshladi va tez orada Jennifer farzand kuta boshladi. Ular tug‘ilajak qiziga o‘yingoh qurdi, ism tanladi... Ammo tug‘ruq jarayoniga bir oy qolganda ona qornidagi jajji yurak urishdan to‘xtadi. Juftlik uchun musibatga sabr qilish qiyin kechdi: ularda faqat orzularining parchasigina qolgandi. Kianu va Jennifer ushbu fojiadan keyin o‘ziga kela olmadi. Ularning birgalikda yashashi barchasini qayta yodga solaverdi va shuning uchun ham ajrashishga qaror qildi. Oradan bir yil o‘tib Jennifer ham g‘oyib bo‘ldi. U ruhiy tushkunlik bilan kurashishga urinib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ydi va mast holatida mashina boshqarib, avtohalokatga uchradi. Singlisi bilan saratonga qarshi kurash Bu Kianuni kutgan so‘nggi sinov emasdi. O‘z singlisi Kimning leykemiya ekanini bilgach yana faol harakat qila boshladi. Eng yaxshi shifokorlarni topdi, kerakli dori-darmonlarni oldi, singlisi bilan doim birga bo‘ldi, filmlarda suratga tushishni to‘xtatdi. Aktyor singlisining sevimli taomlarini ham tayyorladi. Quvnoq musiqaga raqs tushib, holdan toygan singlisini quchoqlar, hech bo‘lmaganda uning yuziga tabassum olib kelardi. Shundan so‘ng kasallik biroz orqaga chekindi. Kim sog‘ayib ketgach, aktyor onkologiyaga qarshi jiddiy urush e’lon qildi: u dori-darmonlarni ishlab chiqarishga katta mablag‘ ajratdi va saraton bilan kasallanganlar uchun fond tashkil qildi. Kianu Rivz va uning singlisi Kim Kler Forlani bilan munosabatlar Bir muddat aktrisa Kler Forlani Kianuning hamrohiga aylandi. U o‘sha paytda  uy sotib olishni xohlamasligi va arzon mehmonxonada yoki ijarada yashash odati bilan barchani hayratda qoldirgandi. Kianu Kler bilan uchrashishni boshlagach baribir uy sotib oldi: mish-mishlarga ko‘ra, aktyor buni aktrisaning ta’siri ostida qilgan. Atrofdagilar esa to‘y haqidagi xabarni kutardi. Lekin bu haqda hech qanday gap bo‘lmagan. Qolaversa, juftlik birdaniga hech kimga hech narsani tushuntirmasdan ajrashdi. Kianu jurnalistlarning barcha savollariga xotirjamlik bilan “Kler ikkimiz shunchaki do‘stmiz” deb javob berdi. Kianu Rivz va Kler Florani “G‘amgin Kianu” Shundan so‘ng aktyor yana yolg‘zilikda ko‘proq vaqt o‘tkazdi, ko‘cha va xiyobonlarda sarson kezdi, o‘rindiqlarda uzoq vaqt xayol surdi, hatto kabutarlarni ovqatlantirganda yoki yaqin atrofda o‘ynayotgan bola bilan suhbatlashganda ham yuzini g‘amginlik tark etmasdi. Uning kiyimlari beo‘xshov, soch-soqoliga uzoq vaqt qaychi tegmaganligidan qisqa vaqt ichida xuddi uyi yo‘q insonga o‘xshab qolgandi. Qarindoshlari Kianuning ahvolidan xavotirda edi: aftidan, u fojiali voqealardan keyin o‘ziga kela olmagan, uning ichida qora tubsizlik paydo bo‘lgandi. Shunday bo‘lganda ham u harakat qilishni davom ettirdi, lekin kattagina puldan iborat gonorarini uy, mashina va zargarlik buyumlariga emas, balki xayriya va hadyalarga sarfladi. Masalan, afsonaviy “Matritsa” filmini suratga olish uchun olingan barcha pullarni aktyor vizajist, kompyuter texniklari va kadr ortidagi boshqa “mehnatkashlarga” taqsimlab berdi. Shuningdek, har bir kaskadyor Kianudan sovg‘a tariqasida hashamatli velosipedlar oldi. Aleksandra Grant: qalban yaqin inson Kianu Rivz va Aleksandra Grant O‘sha paytda Kianu she’r yozishni boshladi. She’riyatga bo‘lgan muhabbat asosida u 2009-yilda uchrashgan rassom Aleksandra Grant bilan yaqinlashdi. Rivzning she’rlari Aleksandrani rasm va haykallar yaratishga ilhomlantirdi: u aktyorni chinakamiga noyob sovg‘a bilan taqdirlagan haqiqiy daho deb bildi. Aktyor ham Aleksandraning o‘zini unutib, ijodkorlikka to‘liq taslim bo‘lish qobiliyatidan hayratda qoldi. Bir muncha vaqt o‘tgach, do‘stlar buni payqadi: chunki Kianu Rivz yana tabassum qilayotgan edi. Ko‘rinishidan, Aleksandra Grant Rivzning hayotga bo‘lgan qiziqishini tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, ba’zi muxlislar ayolning tashqi qiyofasidan hayratga tushdi: Aleksandra mashhur aktyorning yaqin insoni sifatida odatiy qiyofaga mos emasdi, u oqargan sochlarini yashirmas va yosh ko‘rinishga harakat ham qilmasdi. Bundan tashqari, u Kianudan katta ko‘rinsa-da, aslida uning yoshi aktyornikidan to‘qqiz yosh kichik edi! Nima bo‘lganda ham Kianu uning yonida xotirjam va osoyishta ko‘rinadi. Bir marta u intervyusida, u turmush o‘rtog‘i bo‘ladigan ayol bilan uyg‘un munosabatni orzu qilganini tan oldi. Ko‘rinib turibdiki, koinot uning xohishini eshitgan va Aleksandrani yuborgan.
116
7,215
Madaniyat
Korrupsiya illati haqidagi "Dino va Zavr" multseriali yaratilmoqda
«O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Futurist MG"  studiyasi tomonidan "Dino va Zavr" nomli animasion serial ustida ish boshlandi. Bu haqda “O`zbekkino” MA Axborot xizmati xabar berdi. Ushbu multfilmda «korrupsiya» bosh mavzu qilib olingan bo`lib, voqealar rivoji keksa boboning tilidan hikoya qilinadi. Asosiy qahramonlar esa dinozavrlar oilasiga mansub Dino va Zavr ismli personajlar. Qahramonlardan biri Dino animasion serial davomida poraxo`r rolida gavdalanadi. "Dino va Zavr" multserialining har bir qismi kichik tomoshabin uchun ibrat bo`la oladigan yakun bilan tugallanadi. Multserial 10 qismdan iborat bo`lib, 3-10 yoshli bolalar auditoriyasiga mo`ljallangan.
66
682
Madaniyat
Akbarxo‘ja Rasulov Burak O‘zchivit bosh rolni o‘ynagan “Qurilish: Usmon” serialida suratga tushmoqda (video)
Turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olinayotgan Jaloliddin Manguberdi haqidagi film suratga olish ishlari uchun Turkiyaga ketgan Akbarxo‘ja Rasulov Burak O‘zchivit bosh rolni o‘ynagan “Qurilish: Usmon” serialida suratga tushmoqda. View this post on Instagram O‘zbekistonlik aktyor serialning 23-qismida no‘yon Subutay obrazida namoyon bo‘ldi. Akbarxo‘ja Rasulovning Instagram’dagi sahifasida yozishicha, turk kinoijodkorlari bilan boshlangan ushbu hamkorlik davomli bo‘lib, u serialning boshqa qismlarida ham suratga tushadi. View this post on Instagram 2019-yilning noyabrida namoyishi boshlangan “Qurilish: Usmon” “Ertug‘rul” serialining mantiqiy davomi bo‘lib, unda Ertug‘rulning jasur va dono o‘g‘li, buyuk sarkarda Usmon G‘oziy haqida hikoya qilinadi. Serial prodyuseri Mehmet Bo‘zdag‘, rejissorlari Fethi Bayram, Metin Gunay, Ahmet Yilmaz. Serialda Usmon G‘oziy obrazini Burak O‘zchivit gavdalantirgan.
108
944
Madaniyat
Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar Toshkentga etib keldi
Mehmonlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. «Ipak yo`li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlarining mamlakatimizga tashrifi boshlandi.   Festival doirasida 13 ta mamlakat Ozarbayjon, Belaruc, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va O`zbekiston kinosi kunlari o`tkaziladi.   Festivalda ishtirok etish uchun turkiyalik mehmonlarning bir guruhi Toshkentga etib keldi. Ular O`zchan Ayma, Erchan Deniz, Selim Beyraktar va boshqa taniqli turk yulduzlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.
57
689
Madaniyat
2018-yilda Abu-Dabida Warner Bros. kinokompaniyasining ijodiy bog‘i ochiladi
Abu-Dabidagi Yas orolida 2018-yilda Warner Bros. kinokompaniyasining ijodiy bog‘i ochiladi. Bu haqda, konsernning Miral kompaniyasi bilan qo‘shma bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda. Warner Bros. World Abu Dhabi bog‘i o‘zida studiya filmlarining Betmen, Supermen, Bagz Banni, Skubi-Du, Tom va Jerri singari qahramonlari haqida syujetlarni o‘zida birlashtiradi. Mehmonlarga Gotem Siti va Metropolisda bo‘lish taklif etiladi. Loyiha, shuningdek, Warner Bros. mehmonxonasining qurilishini nazarda tutadi. Bog‘ning ochilishi Yas oroliga sayyohlar oqimini 2018-yilda 30 millionga ko‘tarish imkonini beradi; 2015-yilgi ko‘rsatkich — 25 million. Bog‘ dunyodagi birinchi Ferrari World Abu Dhabi tematik bog‘i va Yas Waterworld akvaparki yonida joylashadi.
76
761
Madaniyat
Xonanda Shohruxxon va aktrisa Asal Shodiyeva Qurbon Hayiti tabrigini birgalikda yo‘lladi
Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan xonanda Shohruxxon va uning turmush o‘rtog‘i — aktrisa Asal Shodiyeva Instagram’dagi muxlislariga tabrik yo‘lladi. Xonanda ham, aktrisa ham Instagram’dagi sahifasida birga tushgan selfisini e’lon qilgan. “Bayram bilan, do‘stlar”, — deb yozgan Shohruxxon. “Hayit muborak!”, — deb tabrik yo‘llagan Asal Shodiyeva. Bu Shohruxxon va Asalning uzoq tanaffusdan so‘ng ilk birgalikdagi selfisi bo‘ldi. Avvalroq ular Instagram’dagi sahifalaridan to‘ydan keyingi barcha selfilarini o‘chirib tashlagani, Instagram’da bir-birini ham kuzatishni ham to‘xtatgani ma’lum bo‘lgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
88
765
Madaniyat
Xonanda MakSim butun Hindistonni aylanib chiqdi
Uch hafta davomida MakSim qizi Aleksandra bilan Hindistonda bo‘ldi. Bu haqda news.rambler.ru xabar bermoqda. foto: goa.grandtour.ru “Men Hindistonga kelishni orzu qilardim” deydi xonandaning o‘zi. Safar davomida MakSim ko‘plab ibodatxonalarga tashrif buyurdi. Ikki kun qizi bilan piyoda yurishiga ham to‘g‘ri keldi. Ular Hindistondagi asosiy vaqtni Goada o‘tkazishdi. Biz ham Hindistonga boramizmi?
47
400
Madaniyat
O‘zbekistonda hind kinosi va musiqiy kliplari suratga olinadi
Hindistonda 3rd Rock multimedia prodyuserlik kompaniyasi katta mavqega ega bo‘lib, bir qator taniqli hind san’atkorlari bilan hamkorlik qiladi. Ushbu kompaniya tomonidan suratga olinadigan videomahsulotlar You Tube’da 30 millionga yaqin a’zosi bo‘lgan T-Series kanalida namoyish etiladi. Kompaniyaning marketing bo‘limi rahbari janob Raj Surining ta’kidlashicha, hindistonlik qo‘shiqchilarning kliplarini O‘zbekistonda suratga olish, mamlakat turizmi rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin, deb yozadi “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati. “O‘zbekistonga keladigan har bir hind san’atkori bu haqda albatta ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qiladi. Ularni esa millionlab muxlislari doimo kuzatib boradi”, — deydi janob Suri. Mumbayning Dimaz Agastyaa Productions Private Limited kinokompaniyasi esa 1990-yillardan boshlab MDH mamlakatlari bilan sayyohlik, yuk tashish va filmlar suratga olish sohalarida hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu kinokompaniya vakillari Hindistonning sobiq Bosh vaziri Lal Bahodur Shastrining hayotiga bag‘ishlangan qisqa metrajli filmning ba’zi lavhalarini O‘zbekistonda suratga olish taklifini bildirmoqda. Mazkur film Lal Bahodur Shastrining hayoti va faoliyatini o‘rganayotgan yosh jurnalist haqida bo‘lib, unda “Toshkent shartnomasi” va Lal Bahodur Shastrining Toshkent shahridagi vafoti haqida hikoya qilinadi. “O‘zbekkino” MA Bosh direktori Furqat Zokirov O‘zbekiston va Hindiston respublikalari o‘rtasida azaliy do‘stona aloqalar mavjudligi, bunda ayniqsa kinematografiya sohasi alohida o‘rin egallashini qayd etib o‘tdi.
61
1,569
Madaniyat
Taniqli aktrisa Shodiya Abduqodirova hozir qayerda? Nega kinolarda ko‘rinmay qoldi?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shodiya Abduqodirova (To‘xtayeva) oilali bo‘lgach, biroz ijoddan chekindi. U jurnalist Nargiza Murodova bilan bo‘lgan suhbatda uning sababini quyidagicha izohladi. — Bolalarimga sarflamayotgan vaqtimni qizg‘anaman (kulib). Masalan, menga taklif etilgan rolni boshqa aktrisa kaminadan yaxshiroq ijro etishi mumkin. Chunki ijodda yagona emasman. Ammo farzandlarim uchun bir donaman, boshqa inson mening o‘rnimni bosolmaydi. Bola uchun eng yaxshi parvarish bu — e’tibor va mehr. Agar ular o‘z vaqtida bolaga berilsa, u ruhiy kemtik sezmay ulg‘ayadi. Bu bilan o‘ta mehribon onaman deyolmayman. Bag‘ri sovimasligi uchun mehr beraman, tarbiyasi izdan chiqmasligi uchun esa qattiqqo‘llik ham qilaman. — Oilada har qanday vaziyat bo‘ladi, har holda oila qo‘rg‘oni tekis yo‘ldan iborat emas. Bunday vaziyatga tushishdan himoyalanish uchun ayollarga nimalarni maslahat bergan bo‘lardingiz? —Ayol- u erkak, o‘z “meni”ini yengib “biz” deb qabul qilsa, bir butun yaxlitlikka erisholadi. Shu bilan birga o‘z “men”ini ham toptamagan holda birdamlikka erishish mumkin. Shunda oila mustahkam bo‘ladi. Keyin ayol kishi hech qachon bir yerda to‘xtab qolmasligi kerak. Yangiliklar qilishdan qo‘rqmasligi va farzandlarini ham ortidan ergashtira olishi kerak. Bir yerda to‘xtab qolgan ayollarni erkaklar ham xushlashmaydi. Shu bois har hafta nimanidir o‘rganish, hayotiga yangilik olib kirishga odatlanishi kerak. — Farzandlaringizning ismlari, yoshlari va qiziqishlari haqida nimalar deyolasiz? — Qizim Maryamxon badiiy gimnastikaga qiziqadi. Irodasi kuchli, sabr-toqatli qiz. Bir nechta musobaqalarda ishtirok etib, medallarni qo‘lga kiritdi. O‘g‘lim Ismoiljon esa 3 yosh bo‘lsa-da, xotirasi juda yaxshi. Qizimga suralarni yodlatayotganimda o‘g‘lim ham ularni o‘rganib oladi. — Turmush o‘rtog‘ingiz nihoyatda rashkchi va qat’iyatli inson ekanligi rostmi? - Haqiqatan qat’iyatli inson. Aslida o‘zim shunday bo‘lishini orzu qilgandim. Fe’l-atvori borasida ham mendan kuchliroq. Turmushga chiqmasdan avval kelajakda juftimdan qo‘rqishni istardim. Boisi qaysarligimni yaxshi bilardim. Shukrki, niyatlarimga yetdim, turmush o‘rtog‘im bilan har bir masalada maslahatlashaman. Eslatib o‘tamiz, aktrisa Shodiya Abduqodirova “Qaytar dunyo” seriali, “Begonalar”, “Muruvvat”, “Muhabbatim qismatim”, “Nazira” kabi filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan. Aktrisa 2014-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan.  Dilnoza Kubayeva va Shodiya Abduqodirova “Sabr-u sadoqat” seriali bilan ekranlarga qaytmoqda
83
2,562
Madaniyat
Kinoda qor, yomg‘ir, jazirama va boshqa ob-havo bilan bog‘liq holatlar qanday o‘xshatiladi?
Yomon ob-havo ssenariychining do‘sti. Qahramonlarni cho‘lda bo‘sh flyaga yoki sovuq bag‘rida qoldirish bilan film sujeti boshqacha tus oladi. Ob-havo bilan bog‘liq turli vaziyatlar ekranda qanday yaratilishi bilan ForumDaily nashri bo‘lishadi. Sovuq Qanday yaratiladi: Kadrda sovuq hissiyotini yaratishning eng oson usuli qor yog‘dirishdir. Biroq kino san’ati boshlanish davrida bu oson kechmagan va qor rolini bajargan modda tarkibi tinmay o‘zgarib turgan. 1920-yillarning oxirida o‘t o‘chiruvchilar bu fojia bilan yakun topishi haqida ogohlantirmagunga qadar qor paxta parchalaridan iborat bo‘lgan. Shundan so‘ng qor olovga chidamli asbestdan tayyorlana boshlangan. Aynan uni “Oz mamlakati sehrgari” filmidagi sehrgar Doroti, kuchukcha Toto va ularning do‘stlariga yo‘llaydi. O‘sha vaqtlarda na sehrgar, na olimlar qizaloq sochlari va yuzlariga o‘lim keltiradigan birinchi darajali kanserogen sochilayotganligini anglamagan. 1947-yilda Frenk Kaprining “Bu ajoyib hayot” filmi ekranga chiqdi. Unda suv, sovun, shakar va o‘t o‘chirish ko‘pigidan iborat bo‘lgan ilk shovqinsiz qor qo‘llanilgan. U g‘archillashi tufayli doimiy ravishda dialoglarga qayta ovoz berishni taqozo etuvchi gips qirindisi yoki bo‘yalgan jo‘xori yormalari o‘rnini egalladi. Qorni o‘xshatish uchun turli yillarda g‘aroyib mahsulotlar (tuz, un, tovuq parlari, plastik va hatto marmar uvog‘i) qo‘llanilgan, biroq zamonaviy kino ishonchli CGI va ekologik toza qor o‘rnini bosuvchini ma’qul ko‘radi. Nyuanslar: Umuman olganda film kayfiyati sovuq tus olishi uchun qordan boshqa vositalardan ham foydalanish mumkin. Ba’zida buning uchun film qahramonlarini ko‘k, yashil va qora ranglar ustunlik qiluvchi atmosferaga joylashtirish kifoya qiladi (“Maxfiy hujjatlar”, “Qotillik”, “Ko‘prik”). Yana bir jihat: interyerda buyumlar qanchalik kam bo‘lsa, kadr shunchalik sovuq ko‘rinadi. Sharros yomg‘ir Qanday yaratilgan: Kamera yomg‘irlarni xush ko‘radi, biroq yomg‘irlar kamerani xush ko‘rmaydi. Sharros yomg‘irni tabiiy ko‘rinishida kadrga tushirishga uringan operator allaqanday ho‘l narsani suratga oladi. Kamera fokusi bir vaqtning o‘zida pastga tushayotgan tomchilar, aktyor va dekoratsiyalarni qamrab olishga qodir emas. Shuning uchun yomg‘irni ajratib ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi. Bir paytlar buning uchun katalizatorlardan foydalanilgan. Suv shaffofligini kamaytirish uchun sut va maxsus ximikatlar aralashtirilgan. Tomchilarga shakl berishning an’anaviyroq usuli ularni to‘g‘ri yoritishdir. Bu jarayonni “Yomg‘ir ostida kuylayotganlar” myuzkli hamrejissori Stenli Donen quyidagicha tasvirlaydi: “Tomchilar paydo bo‘lishi uchun operator yorug‘likni yomg‘ir ortidan o‘rnatishi lozim. Agar yomg‘irni faqat old tomondan yoritsangiz, barcha afsun yo‘qoladi”. Dovul Qanday yaratilgan: Har qanday murakkablikdagi vizual vazifani hal etishga qodir xromakey tortilganda kadrda uchayotgan uylar, sigirlar va avtomobillar haqida bosh qotirishga to‘g‘ri kelmaydi. Avvalroq esa kinolarda shamol o‘xshatilmasdan, aktyorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviatsiya dvigatellariga to‘g‘rilangan. Biroq bu usulni universal deb bo‘lmaydi: juda sershovqin, ulkan va xavfli. Shuning uchun suratga olish maydonlarida zamonaviyroq qurilma — shamol puflagichlar paydo bo‘ldi. Ular ko‘rinishidan katta ventilyatorlarni eslatadi, faqat havoni soatiga 150 kilometrgacha haydab beradi. Jazirama Qanday yaratilgan: Tomoshabinlarni jazirama ostida qoldirishdan oson ish yo‘qdek go‘yo: ko‘proq quyosh, terlagan odamlar va ishga tushirilgan ventilyatorlar — jazirama tayyor. Biroq kinematografistlarning o‘ziga xos ayyorliklari ham bo‘lib, ular yordamida kadrdagi jazirama chidab bo‘lmas darajada ko‘rinadi. Eng qizigan rangli filmlarni yodga olsak, ulardan ko‘pchiligida teal & orange rangli palitrasini (teal — osmon, orange — quyosh)  oson payqash mumkin. Bu uyg‘unlik qanchalik keskin bo‘lsa, jazirama effekti tomoshabinlarga shuncha ko‘proq ta’sir qiladi. Biroq unga qadar quyosh taftiga olov uchqunlari, o‘q zarralari, cho‘g‘lanma lampalar, film qahramonlari liboslari va yoritish moslamalariga o‘rnatilgan to‘q sariq-qizil filtrlar yordamida urg‘u berilgan. Indiana Jons sarguzashtlarini yodga olsak, eng jazirama epizodlar g‘orlarda yuz bergan voqealarga to‘g‘ri keladi.
91
4,216
Madaniyat
Xonanda Rayhon Instagram’da sobiq turmush o‘rtog‘i ishtirokidagi videoga “Barakalla, Yigitali” deb izoh qoldirdi
Aktyor Yigitali Mamajonov 2-oktabr kuni Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan videorolikka, aktyorning ko‘plab muxlislari qatorida, uning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Rayhon ham munosabat bildirdi. Yigitali Mamajonov Instagram’da qoldirgan izohiga ko‘ra, videolavha 2015 yil 7 oktabr kuni, rejissor Andrey Arutyunov rahbarligida suratga olingan. Xivadagi tarixiy obidalar ichida olingan rolikda aktyor murakkab jangari va parkur harakatlarini, tan olish kerak, mahorat bilan amalga oshirganini ko‘rish mumkin. Архив 07.10.15 (Реж. Андрей Арутюнов) #assassinscreed #parkur #martialarts #ILoveyouArt #art #BLACKSTAR A video posted by ALi✅ (@alimamadzhanov) on Oct 2, 2016 at 7:56am PDT Mazkur videolavhaga Yigitali Mamajonovning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Rayhon G‘aniyeva: “Juda zo‘r. Barakalla, Yigitali”, — deb munosabat bildirgan. Bunga javoban Yigitali: “Rayhon, rahmat!”, — deb javob qaytargan. Skrinshot: Instagram / @alimamadzhanov Rayhon G‘aniyevaning-da olqishiga sazovor bo‘lgan ushbu videolavha qachon, qayerda, nima uchun olinganini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad aktyor bilan bog‘landi. “Bu qisqa metrajli film. Unda boshqa bir aktyorning o‘rniga dublyorlik qilganman. Ushbu film ‘Oyqiz ertagi’ tarixiy ertak-filmining suratga olish ishlari oxirida suratga olingan edi”, — dedi Yigitali Mamajonov. Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov va Rayhon G‘aniyeva 2012-yil noyabrida turmush qurgan edi, 2014-yil may oyida esa juftlik o‘g‘il egizaklar ota-onasiga aylandi. 2015-yil yanvarida Rayhon ajrashishga ariza berganini e’lon qildi, 2016-yil may oyida esa aktyor va xonandaning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
112
1,817
Madaniyat
Nargiza Salmonova: To‘yim kemada bo‘lishini orzu qilgandim, orzum ushaldi (foto)
Aktrisa Nargiza Salmonova turkiyalik Emrah Sayan ismli yigit bilan turmush qurgani haqida xabar berilgan edi. Nargiza va Emrahning musulmoncha to‘ylari biroz avval bo‘lib o‘tgandi. Ularning zamonaviy nikoh oqshomi Istanbul shahrida, villada bo‘lib o‘tdi. To‘yda juftlikning yaqinlari va oila a’zolari ishtirok etdi. “To‘yim kemada bo‘lishini orzu qilardim, orzum ushaldi. Bu orzumni taqdirimga bitgani uchun Allohimga hamd-u sanolar bo‘lsin!”, — deb yozdi aktrisa Instagram’dagi sahifasida.
80
491
Madaniyat
“Bravo” va “Million” konsertlari 16 yoshgacha bolalar uchun taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistondagi madaniyat sohasi faxriylari respublikada yoshlar orasida mashhur bo‘lgan “Bravo” va “Million” jamoalarining konsert dasturlariga 16 yoshga to‘lmagan bolalarni kiritmaslikni taklif etdi, deb xabar berdi Sputnik. Ushbu taklif 30-may kuni Madaniyat vazirligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Madaniyat vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishida Respublikada xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Madrahimova tomonidan bildirildi. Madrahimova “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi rahbariyatiga 16 yoshga to‘lmagan bolalarni “Million” va “Bravo” jamoalari konsertiga kiritmaslik haqida kengash qarorini taqdim etish zarurligi haqida ta’kidladi. “Bolalar ‘Bravo’ga ham kirib kelyapti, ‘Million’ konsertiga ham. Ular bola-ku, nima oladi bu konsertdan?” — dedi Madrahimova. Madaniyat sohasi vakili bolalarni ular yoshlariga mos bo‘lgan tadbirlarga olib borish kerak, deya qo‘shimcha qildi.
79
900
Madaniyat
Comedy.uz rezidentlari: “Hozir ham bir-birimizni yaxshi tanimaymiz”
Avval xabar berganimizdek, 4-noyabr kuni Comedy.uz rezidentlari bilan “Muloqot kafesi”da “Muloqot intervyu”ning navbatdagi soni suratga olindi. Intervyuda jami 7 nafar rezident: “Nobel”dan Abror, “Hasan Va Husan”dan Inoyatillo, “Qoshmaqom”dan Mirshakar, “Va boshqalar”dan Yoqutbek hamda Sirojiddin, Islom Ali va Comedy.uz’ning yangi a’zosi Indira ishtirok etdi. Comedy.uz rezidentlari va Zuhra Yunusova “Muloqot” a’zolari tomonidan yuborilgan savollar ichidan hali hech qayerda berilmagan va eng dolzarblari Comedy.uz ishtirokchilariga berildi. Durdashin Nega oralaringizda qizlar kam? Comedy.uz: Qizlar ko‘p, faqat ular sahnada emas, sahna ortida turib jonkuyarlik bilan mehnat qiladi. Yaqinda safimizga qo‘shilgan 13-duetimiz ham qizlardan iborat: Indira va Gulnora. Pro100 Uma Comedy.uz NTT kanalida chiqar edi, endi qaysi kanalda ko‘rishimiz mumkin? Comedy.uz: Yana ozgina sabr qilib tursangiz, chiqamiz. SHoxrux Rajabov Comedy.uz loyihasidan avval ham bir-biringizni taniganmisiz? Comedy.uz:  –        Yo‘q. –        Nimaga yo‘q? –        Hozir ham bir-birimizni yaxshi tanimaymiz. –        Bir-birimizni taniganmiz, to‘g‘risini aytinglar. –        Endi, to‘g‘risini aytamiz… –        Bir-birimizni taniganmiz, lekin iloji boricha bir-birimizdan uzoqroq yurishga harakat qilganmiz. –        Aslini olganda, Comedy.uz a’zolarining ko‘pchiligini “Quvnoqlar va Zukkolar”ning sobiq vakillari tashkil etadi. Ko‘pchilik, shu jumladan, Inoyatillo, Rasul, Qoshmaqom, Hasan va Husan ruscha QVZ (“KVN”), yana boshqa rezidentlarimiz o‘zbekcha QVZ a’zolari bo‘lgan. Shu sababli, bir-birimizni taniganmiz. Comedy.uz loyihasi esa bizni yanada yaqinlashtirdi. –        Lekin, bir-birimizni tanigan paytimizda Toshkentda lavash yo‘q edi. Abdumalik Narzullayev Qisqa sahna ko‘rinishlaringizning ko‘pchiligi kulgili chiqmayapti. Ularni repertuaringizdan olib tashlash rejasi bormi? Comedy.uz:  –        Bunga Mirshakar aybdor. –        Mening qisqa sahnaga umuman aloqam yo‘q. –        Sahna ko‘rinishlarining barchasini jonli ijro etamiz. Ba’zi sahnalar tomoshabinlar kulgi uyg‘otmasligi mumkin. Efirga uzatish oldidan tomoshabinlar kulmagan joylarni kesamiz. –        Siz harakat qiling, kuling. –        Rosti, avval bunaqa tanqid bo‘lmagan edi, endi bu haqda ham o‘ylab ko‘ramiz. Albatta, inobatga olamiz. –        Shaxsan Abdumalik uchun qayta ko‘rib chiqamiz. Mirshakar va Indira Goryachiy Paren  Nega “Qoshmaqom” tarqalib ketdi? Comedy.uz:  –        O‘ylanmasdan, ikkilanmasdan ayta olamanki, bu savolga Mirshakar javob bera oladi. –        Men bilmayman. –        To‘g‘risini aytsam, Qoshmaqomning bo‘linib, titilib, parchalanib ketishiga hech qanday sabab yo‘q. Bu aslida Dilshodning hazili edi. U sahnaga chiqib, “Qoshmaqom”ning tarqalganini e’lon qildi. Keyingi ko‘rsatuvda bu hazil ekanligini aytishimiz kerak edi. Keyingi ko‘rsatuv endi namoyish etiladi, o‘shanda yarashib olamiz. Os Bay А кто у вас в команде придумывает скетчи? Comedy.uz:  –        Bizda hamma hazillarni Siroj o‘ylab topadi. –        Comedy.uz hazillarini “Va boshqalar” guruhi o‘ylab topadi. –        Kulgili bo‘lmagan hazillarning hammasini esa biz o‘ylab topamiz. Чем ваш проект отличается от Comedy Ru? Comedy.uz: Bilasizmi, hazilning har xil yo‘nalishlari bor. Masalan, o‘zbekcha askiya. Shuningdek, Comedy loyihasining ham har joyda har xil talqini bor. U avval Angliyada tashkil qilindi, keyin AQSh ham o‘ziga Comedy club ochdi. Ikkalasi ham bir-biridan ancha farq qiladi. Rossiyaning Comedy club’i ham umuman boshqacha. Ularda bizning mentalitetimizga xos bo‘lmagan hazillar ko‘p ishlatiladi. Comedy.uz hazillarida esa o‘z mentalitetimiz, madaniyatimiz doirasidan chiqmaymiz. Loyihamiz nafaqat yoshlar, balki barcha yoshdagilar uchun ma’qul bo‘lishini xohlaymiz. Shoh RASUL Bek Olim aka, Comedy.uz jamoasiga kelishdan avval qaysi teleloyihalarda ishtirok etgansiz? Comedy.uz: Olim aka Comedy.uz loyihasidan oldin “Sho‘rdanak”, “Xanda”, “Qahqaha”, “Ko‘zgu” loyihalarida o‘z mualliflik mavzulari bilan ishtirok etgan. Vostochniy Prins Nega aynan shu kasbni tanlagansizlar? Comedy.uz:  –        Nima uchun aynan shu sohani tanlaganimizni o‘zimiz ham bilmaymiz. –        Sizlarni xursand qilsak, o‘zimiz ham xursand bo‘lamiz. Yoshligimizdan taqdir bizga shu sohani bergan deb o‘ylaymiz, tasavvur qilamiz, harakat qilamiz, ishlaymiz. –        Men pul uchun kelganman... –        Mana shu Comedy.uz loyihasining har bitta ishtirokchisi pul uchun yoki boshqa narsa uchun emas, mana shu yerini (yuragini ko‘rsatib) bergani kelgan. Hasan Va Husan jamoasidan Inoyatillo Rustam Yaxshiboev Komediya janridagi filmlarda bosh rol ijro etish niyatlaringiz bormi? Comedy.uz: Bu borada takliflar tushgan, tushib kelmoqda. Lekin, hozircha rad javobini beryapmiz. Sababi, biz o‘zimiz kino ishlamoqchimiz. Bu ishga deyarli kirishib ham bo‘ldik. Bahodir Dusmamatov Comedy.uz’ning rasmiy sayti bormi? Comedy.uz: www.comedy.uz manzili bo‘yicha rasmiy saytimiz bor, uni ikki yildan beri yuritib kelamiz. Lekin ishlayaptimi, yo‘qmi, bilmayman. Jakonda “Rasul 24”, Comedy.uz’dan oldin nima bilan shug‘ullangansiz? Comedy.uz:  –         “Rasul 24” Comedy.uz loyihasiga kelgunigacha qovun sotgan. Lekin, Comedy.uz uning hayotini ancha o‘zgartirdi, keskin o‘zgartirdi. Bu yil u tarvuz sotdi. –        Bu hazil albatta, “Rasul 24” ruscha QVZ’da “Gudok” jamoasida sardor bo‘lgan. Bu jamoa hozir final bosqichiga chiqqan. ŜwaG ॐ Project Infinity ॐ Ձоเვ Comedy.uz’da ishtirok etishingizga ota-onangiz qarshilik qilganmi? Comedy.uz:  –        Hozirgacha qarshi. –        Aslini olganda, ko‘pchiligimizning ota-onamiz bu faoliyatimizga jiddiy qaramagan va qarshilik qilgan. To‘g‘risini aytaman, ota-onam meni uyga qamab qo‘ygan paytlar ham bo‘lgan. Keyinchalik, ishimizning xalqqa manzur bo‘layotganini ko‘rib, fikrlari o‘zgardi. Hozir bizdan faxrlanib yurishadi, deb o‘ylayman. Har holda, endi uyga qamab qo‘yishmayapti. F.Z.FIRDAVS Sizlardagi bu qobiliyat tug‘mami yoki biror qiziqchiga shogird tushganmisizlar? Comedy.uz:  – Yuqtirib olganmiz. – Menga onamdan o‘tgan. – Aslini olganda, Comedy.uz loyihasining har bir ishtirokchisi QVZ maktabida ta’lim olganmiz. Hech qaysi qiziqchiga shogird tushmaganmiz. Sam Chan Comedy.uz loyihasining yaralishiga nima turtki bo‘lgan? Uning asoschilari kim? Comedy.uz:  – Avtobus urib yuborgan… – QVZ bu quvnoqlar va zukkolar. Shunaqa vaqt keldiki, biz o‘zimizning quvnoq va zukkoliklarimizni ochishimiz kerak bo‘ldi. Abror Baxtiyorovichning harakati, tirishqoqligi bilan shu loyiha ochildi. – Qayerda zamonaviy, quvnoq, zukko yoshlar bo‘lsa, bu loyiha ham o‘sha yerda bor. Bizning ham ulardan hech qanaqa kam joyimiz yo‘q. Shuning uchun shu narsani qilishga harakat qilib ko‘rdik. Inoyatillo, Mirshakar va Islom Ali Intervyuda Zuhra Yunusova tomonidan qo‘shimcha savollar ham berildi. – Yaqinda bo‘lib o‘tadigan konsert dasturingiz haqida gapirsangiz. Comedy.uz:  – 7–8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturimizga elga manzur bo‘lgan san’atkorlarni taklif qilib, ular bilan sahna ko‘rinishlari tashkil qilamiz. – Elga manzur bo‘lmagan taraflarini ochishga harakat qilamiz. – Yolg‘on bo‘lsa ham, bir sirni ochaman, konsert dasturimizda Mixail Galustyan ishtirok etadi. – Comedy.uz’ning shiori qanaqa? Comedy.uz:  – Shiorimiz “Dala-dashtda tindi ish, mehmon bo‘lib keldi qish.” – Qish emas, u qorbobo… – Bu she’r! – Maqsadimiz ham bor. – Maqsadimiz yaxshiroq shior topish. – Shior emas, lekin o‘zimizga qo‘ygan vazifalarimiz bor. Har bir finish bu yangi start. Hech qachon to‘xtab qolmaslik. Ikkinchidan, faqat sifatli ko‘rsatuvlarni yaratish. Biz hazil yozayotganimizda, uni sahnada ijro etayotganimizda zalning birinchi qatorida buvilarimiz, onalarimiz va singillarimiz o‘tiribdi deb tasavvur qilamiz. Eng yaxshi savol egalari: Eng yaxshi savol egalariga “Muloqot” tarmog‘i va Comedy.uz rezidentlaridan esdalik sovg‘alar topshirildi. Hazilkash Comedy.uz rezidentlari kuldi, kuldirdi. Shu sababli, intervyu ham quvnoq va qiziqarli bo‘lib o‘tdi. Savollarga berilgan javoblarning hammasini ham jiddiy qabul qilmaslikni maslahat beramiz. Chunki, mehmonlarimiz quvnoq va hazilkash Comedy.uz rezidentlaridir. Comedy.uz bilan bo‘lib o‘tgan “Muloqot intervyu”ning videolavhalarini yaqin kunlarda taqdim etamiz. O‘tkazib yubormang ;) Eslatib o‘tamiz, kuni kecha “Muloqot Intervyu” loyihasi doirasida qo‘shiqchi va aktrisa Lola bilan ham qiziqarli suhbat qurgan edik. Intervyu Toshkentdagi Le Grande Plaza mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi va unda Loladan tashqari “Muloqot” tarmog‘i a’zolari va Lola fan klubi ishtirokchilari ham qatnashdi.
67
8,525
Madaniyat
Ledi Gaga, Robert De Niro va o‘z restoraniga ega boshqa Gollivud yulduzlari (foto)
Taniqli insonlar nafaqat kinoda rol o‘ynab, sahnada qo‘shiq kuylashadi, balki ular biznes qilishga ham vaqt topadi. Ayniqsa, restoran biznesi kabi mashhur yo‘nalishda. Ular uchun ommabop tendensiyalardan biri o‘z restoranini ochishdir. Ledi Gaga Xonandaning ota-onasi Jozef va Sintiya Germanotta 2012-yilda Nyu-Yorkda Joanne Trattoria restoranini ochgan. “Oshpazlik kitobi” muallifi Art Smit bosh oshpaz. Ledi Gaganing o‘zi restoranning biznes sherigi hisoblanadi. Xonandaning xolasi nomini olgan restoranda italyan taomlari tayyorlanadi. U yerda Gaganing ko‘rinish berishi tashrif buyuruvchilar uchun quvonchli holdir. Jay-Z 2003-yilda qo‘shiqchi Nyu-Yorkda birinchi 40/40 klubini ochdi. Tez orada ular beshtaga yetdi, ammo Las-Vegas va Atlantik sitidagi barlar raqobatga dosh bera olmadi. Bruklin va Atlanta aeroportidagi muassasalar hamon ochiq.  Barlar ichimliklar va gazaklarning keng tanlovini taklif qiladi. Rayan Gosling Aktyor Los-Anjelesdagi Tagine marokash restoranining investorlaridan biri. Restoran veb-saytida aytilishicha, aktyor oshpaz Abdessamad Benamerning bir nechta taomlarini tatib ko‘rganidan keyin uni ochishga qaror qilgan va umrining oxirigacha shunday ovqatlanishga tayyorligini aytgan. Oshpaz Ben shundan beri u yerda oshxonani boshqarib keladi. Robert de Niro Afsonaviy aktyor uzoq vaqtdan beri muvaffaqiyatli restorator sifatida tanilgan. 1994-yilda u Nyu-Yorkda Nobu restoranini ochdi. Oshpaz esa Nobu Matsushita. O‘shandan beri tarmoq besh qit’ada 39 ta restoran va sakkizta hashamatli mehmonxonaga aylandi. De Niro, shuningdek, Tribeca Grill va Locanda Verde restoranlarining ham egasiga aylandi. Chenning Tatum Aktyor Nyu-Orleanda Saints and Sinners’ni bolalikdagi do‘sti Keyt Kurts bilan hamkorlikda ochdi. Restoranda timsoh dumi yoki qisqichbaqa go‘shtidan pirog kabi mahalliy taomlar taqdim etiladi. Tay Barrell Aktyor Yuta shtatidagi Park-Siti shahrida The Eating Estabment’ni ochdi. Aniqrog‘i, u ushbu binoda qirq yildan ko‘proq vaqt davomida mavjud bo‘lgan qahvaxona tushunchasini to‘liq yangiladi. Keyinchalik uning yaqinida aktyor The Beer Bar nomi bilan bar ochdi. Jon Bon Jovi Nyu-Jersidagi ikkita JBJ Soul oshxonasi an’anaviy amerika taomlari bilan xizmat qiladi, ammo menyuda narxlar yo‘q: muassasa xayriya asosida ishlaydi. Xonanda bu konsepsiyani 2011-yilda muhtojlar tekin ovqatlanishi uchun o‘ylab topgan.
82
2,363
Madaniyat
Devid Boui o‘zining so‘nggi albomi uchun vafotidan keyin Grammy mukofoti bilan taqdirlandi
2016-yilda vafot etgan britaniyalik rok-qo‘shiqchi va qo‘shiqlar muallifi Devid Bouiga Blackstar plastinkasi uchun “Alternativ janrdagi eng yaxshi albom” yo‘nalishida Grammy mukofoti topshirildi, deb yozadi “RBK”. Ushbu yo‘nalishda mukofotga Amerikaning Bon Iver folk-guruhi, Britaniyaning Radiohead guruhi, Iggi Pop va qo‘shiqchi Pi Jey Xarvi o‘z albomlari bilan da’vogarlik qilgan edi. Grammy mukofotiga, shuningdek, amerikalik qo‘shiqchi Beyonse ham sazovor bo‘ldi. Uning Lemonade qo‘shig‘iga olingan klipi eng yaxshi musiqiy klip deb topildi. Britaniyalik qo‘shiqchi Adel esa “25” plastinkasi uchun “Pop janridagi eng yaxshi albom” yo‘nalishida Grammy’ni qo‘lga kiritdi. Unga shuningdek, Hello qo‘shig‘i uchun “Eng yaxshi yakkaxon pop-ijro” yo‘nalishida ham mukofot berildi.
90
779
Madaniyat
Yangi filmlarda odatiy ampulasidan tubdan farq qiladigan obrazlarni gavdalantirgan Gollivud yulduzlari (foto)
Har yili ko‘plab yangi filmlarning namoyish etilishi kutiladi. Ushbu filmlardagi rollarni muvaffaqiyatga erishganiga ko‘p bo‘lmagan va dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan aktyor, aktrisalar ham ijro etishi mumkin. Ba’zida mashhur aktyor va aktrisalar kinofilmlardagi rollari uchun keskin o‘zgaradi. AdMe nashri shu kabi mashhurlar haqida ma’lumot berdi. Hellen Mirren superqahramon rolini ijro etmoqda “Oskar” mukofoti sovrindori aktrisa Hellen Mirren Shazam filmining navbatdagi qismida bosh rolni, ya’ni superqahramon Gespera rolini ijro etadi. “Men gavdalantirayotgan qahramon o‘zini haq deb hisoblaydi. Albatta, barcha yomon odamlar o‘zlari haqida shunday deb o‘ylashadi. U o‘zining haq ekaniga juda ishonadi. Ammo men barcha kartalarni ko‘rsatishni xohlamayman”, — deydi Hellen. Uning ishtirokidagi yangi film 2022-yilning dekabr oyida katta ekranlarga chiqadi. Brendan Freyzer vazni 272 kilogramga teng ota rolida  Aktyor “Kit” filmida 17 yoshli qizi bilan munosabatlarini tiklashga urinayotgan 272 kg og‘irlikdagi ota obrazini gavdalantirdi. U filmda oilasini tashlab ketadi va keyinroq o‘z aybini yuvishga harakat qilmoqchi bo‘ladi. Brendan 2004-yildan keyin katta ekranlarda ko‘rinish bermadi, faqat kichik loyihalarda ishtirok etdi. U onasining o‘limi, jismoniy va ruhiy muammolardan keyin ekranlarga qaytdi. Shu sababli, Brendan kino olamiga qaytishini ma’lum qilganida, muxlislar bu xabardan xursand bo‘lgan. Uning ishtirokidagi film 2022-yilning sentabr oyida tomoshabinlarga taqdim etiladi. Keyt Blanshett Borderlands kompyuter o‘yinidagi Lilit obrazida ekranlarga chiqadi Gollivud aktrisasi Jeymi Li Kertis ijtimoiy tarmoqqa 53 yoshli hamkasbi Keyt Blanshettning yangi film bosh qahramoni, ya’ni Lilit sifatida tasvirlangan suratini joyladi. Ushbu film 2022-yilda katta ekranlarga chiqadi. Kris Prett mashhur multfilm qahramoni Marioga ovoz beradi “Mario” multfilmning birinchi qismi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, muxlislar yangi qismi haqidagi xabarlarga shubha bilan qaradi. Bosh qahramonga aktyor Kris Prett ovoz bergan. Krisning ovoz beruvchi aktyor sifatida ishlashi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Biroq, loyiha muallifi Prettni himoya qilib, uning ovoz tembrini fenomenal deb atadi. Ushbu multfilmning qachon namoyish etilishi 2023-yilning 7-aprelida ma’lum bo‘ladi. Gal Gadot Kleopatra obrazida ekranlarga chiqadi  Aktrisaning tan olishicha, u Kleopatra haqidagi barcha filmlarni tomosha qilgan va ushbu obrazni gavdalantirishdan xursandligini aytgan. ni o'ynashidan shunchaki xursand. Gal filmni suratga olayotgan ijodkorlar Kleopatraning go‘zalligi va jozibadorligiga emas, uning strategik fikrlash qobiliyatiga e’tibor qaratmoqchi ekanligini ta’kidlagan. Kinokartinaning ekranlarga chiqish sanasi ma’lum qilinmagan. Anya-Teylor Joy Furiosa obrazini gavdalantiradi “Aqlsiz Maks: Furiosa” “Aqlsiz Maks: G‘azabli yo‘l” filmining yangi qismi hisoblanadi. Ijodkorlar film Furiosa obrazi haqida hikoya qilinishini ma’lum qilgan. Kinokartina tafsilotlari sir saqlanmoqda, ammo u haqda turli xil mish-mishlar ham mavjud. Masalan, ssenariyda Mad Maks olamidagi komikslar sujetlaridan, xususan, Furiosa va uning onasining o‘g‘irlanishi haqidagi hikoyadan foydalanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. “Qirolichaning harakati” serialining 26 yoshli yulduzi Anya-Teylor Joy filmda bosh rolni ijro etadi. Film premyerasi 2024-yil 24-may sanasida bo‘lib o‘tadi. Dueyn Jonson “DC” filmidagi Qora Adam rolini ijro etdi Odatiy rollardan farqli ravishda Dueyn Jonson yangi kinokartinasida umuman boshqacha obrazda gavdalanadi. Aktyor 2014-yilning sentabr oyida yovuz odam Qora Adam rolini o‘ynashi kerak edi. Ammo prodyuserlar unga 2022-yilning kuzida katta ekranlarga chiqadigan filmdan rol berishga qaror qildi. Kinokartina 2022-yilning 21-oktabr sanasida katta ekranlarga chiqadi. Bill Skarsgard “Qarg‘a” filmining yangi talqinida bosh rolni ijro etadi “U” filmidagi Pennivayz roli bilan mashhur bo‘lgan aktyor “Qarga” filmining yangi talqinida bosh qahramon rolini o‘ynaydi. Aslida bu obrazni, ya’ni Erik Dreyvenni aktyor Brendon Li gavdalantirishi kerak edi, biroq u filmning suratga olish jarayonlari boshlangan paytda vafot etgan. Kinokartinani qayta suratga olayotgan rejissorlar film yanada realroq bo‘lishini va oldingi talqinini qayta ishlab chiqishga va’da bermoqda. “Qarg‘a” filmining katta ekranlarda qachon namoyish etilishi ma’lum qilinmagan. Melissa Makkarti “Suv parisi” multfilmidagi yovuz qahramon Ursula rolini ijro etib, tomoshabinlarni xursand qiladi Tomoshabinlar “Suv parisi” haqidagi filmning chiqishini intiqlik bilan kutmoqda. Melissa Makkarti ushbu filmda yovuz qahramon Ursula rolini ijro etgan. Aktrisa katta sun’iy qobiq ichida o‘tirgani haqida ham gapirgan. Film premyerasi 2023-yilning 26-may sanasida bo‘lib o‘tadi. Keyt Uinslet “Avatar” filmining ikkinchi qismida suratga tushmoqda Keyt Uinslet “Avatar 2” filmida asosiy qahramonlaridan birini o‘ynaydi. “U kuchli, haqiqiy jangchi. Hatto homilador bo‘lsa ham jiddiy xavf qarshisida u taslim bo‘lmaydi”, — deydi aktrisa o‘z obrazi haqida. Filmning namoyish etilish sanasi ko‘p marta o‘zgargan, hozirda film premyerasi 2022-yilning 16-dekabrida bo‘lib o‘tadi degan xabarlar mavjud.
109
5,206
Madaniyat
Aktrisa Yulduz Rajabova: Dilnoza Kubayeva, Ra’no Shodiyevalar safiga qo‘shilish uchun ko‘p ishlashim kerak
Aktrisa Yulduz Rajabova hozircha o‘zini ko‘zga ko‘ringan aktrisalar ro‘yxatiga qo‘shmaydi. Bu haqda u “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. — Ilgari o‘zingizni ko‘zga ko‘ringan aktrisalar ro‘yxatiga qo‘shmasdingiz. Endi kiritsak bo‘lar, Yulduz? — Hali vaqti kelmadi. Ko‘zga ko‘ringan aktrisa sifatida Dilnoza Kubayeva, Ra’no Shodiyeva, Shodiya Abduqodirovani tan olaman. Ularning safiga qo‘shilishim uchun hali o‘z ustimda ishlashim kerak. Boshqa aktrisalarni ham hurmat qilaman.
106
499
Madaniyat
Milliarder Alisher Usmonov jahonga mashhur xonandalar — Xose Karreras va Robbi Uilyamsni Toshkentga olib keladi
15-dekabr kuni britaniyalik pop-qo‘shiqchi Robbi Uilyams O‘zbekistonda o‘zining yakkaxon konsertini taqdim etadi. Bu haqda konsert tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qildi. Robbi Uilyams — mashhur Take That guruhining sobiq a’zosi. Robbi qo‘shiqchilikni boshlaganidan buyon uning albomlari 59 milliondan ziyod nusxada sotilgan. Ba’zi albomlari esa bir necha bor “platina” maqomini olgan. Uning “Feel”, “Supreme”, “Batter Man” va “Milliennium” kabi qo‘shiqlari xit darajasiga ko‘tarilgan. Elton Jon Robbining ovoz tembri va ijoradagi mahorati sabab unga “XXI asrning Frenk Sinatrasi” deya ta’rif bergan. 2005-yilda Robbi Uilyams “Intensive Care” albomini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tur uyushtirishini ma’lum qilgach, bir kunda 1,6 million donadan ortiq chipta sotilgan. Buning natijasida Robbi Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan. 17-dekabr kuni soat 19:00 da esa Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida ispaniyalik taniqli tenor Xose Karreras O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida konsert beradi. Orkestrga dunyoga mashhur dirijorlardan biri — ispaniyalik maestro David Gimenes boshchilik qiladi. Gimenes muntazam ravishda Xose Karreras, Plasido Domingo, Anna Netrebko, Kiri Te Kanava, Roberto Alanya, Anjela Georgiu kabi qo‘shiqchilar bilan hamkorlik qilib keladi. Opera olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan bo‘lgan Xose Karreras o‘zining professional karyerasini 1970-yilda boshlagan. Karreras o‘zining dastlabki operalarini dunyoga mashhur teatrlarda ijro etgan, jumladan, Milandagi La-Skala, Nyu-Yorkdagi Metropolitan Opera, London Qirollik opera teatri shular qatorida. Xose Karreras ko‘plab, dunyoga mashhur dirijyorlar bilan hamkorlik qilgan, ular orasida Gerbert fon Karayan, Klaudio Abbado, Rikkardo Muti, Lorin Maazel, Rikkardo Shayli, Kolin Devis, Juzeppe Sinopoli, Jeyms Levin, Karlo Mariya Julini, Leonard Bernshteyn va Zubin Meta mavjud. Karrerasning repertuaridan 60 dan ortiq operalar operalar o‘rin olgan. Ular orasida eng mashhurlari — “Bogema”, “Don Karlo”, “Karmen”, “La Forza del Destino” va hakozo. Uning ijro uslubi har bir odamga tushunarli, mahorati va jozibasi esa — takrorlanmas. Biroq ispaniyalik xonanda faqatgina bu bilan tanilmagan. Butun dunyoni hayratga solgan jihatlardan biri — Karrerasning repertuari barokkodan zamonaviy musiqagacha bo‘lgan 600 dan ortiq turli uslublarni o‘z ichiga qamrab olgan. Bo‘lib o‘tadigan konsertlar milliarder Alisher Usmonovning O‘zbekiston xalqiga yangi yil sovg‘asi hisoblanadi. Bu O‘zbekiston aholisi uchun faqatgina yangi yil sovg‘asi bo‘lib qolmay, balki boy madaniyatga ega O‘zbekiston xorijlik yulduzlar uchun ham qiziqish uyg‘otayotganligining yorqin misolidir. Konsert chiptalarining bir qismi 11-dekabr, dushanba kunidan e’tiboran“Istiqlol” san’at saroyining kassalarida sotuvga chiqadi.
111
2,803
Madaniyat
Aziz Rametov “Ummon” guruhi, aktyor Tal’at Yo‘ldoshev va boshlovchi Zara bilan janjallariga oydinlik kiritdi (video)
Aktyor va rejissor Aziz Rametov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Aziz Rametov suhbat davomida “Ummon” guruhi, aktyor Tal’at Yo‘ldoshev va boshlovchi Zara bilan janjallariga oydinlik kiritdi. “Ummon” guruhidagi Shohruh mendan yosh. U bilan urishish menga yarashmaydi. Men u bilan urishmaganman. Shunchaki, u nimadir degan, qiziqqon paytimiz bo‘lgan. “Shohruh, qo‘y ukam, yoshsan”, deganman. “Aka, nega unaqa deysiz? Bir yoshdan, bir kattadan” degan. Bo‘ldi shu. Hech qanaqa urish-janjal bo‘lmagan. Men professional bokschi emasman, lekin besh yillik tajribam bor. Men urishsam, shou-biznesda Yigitali bilan 15-20 minut yaxshi urishib tursam kerak. Qolgan o‘zimiz tengilarni uzog‘i besh minutda “taqillatib” qo‘yaman. Tal’at bilan ham, boshlovchi Zara bilan ham urishmaganman. Bularning barchasi o‘sha joyda hal bo‘lib ketgan ishlar, hech qanday janjal yoki ortiqcha tushunmovchilik bo‘lmagan. Aziz Rametov, aktyor va rejissor Ma’lumot uchun, Aziz Rametov o‘zbek kino muxlislari orasida “O‘tov”, “Yo‘l bo‘lsin”, “Shabnam”, “Arslon izidan” kabi filmlari va yuzlab videokliplari orqali mashhurlikka erishgan.
116
1,190
Madaniyat
Gollivud yulduzi Bred Pitt sobiq rafiqasi Jennifer Enistonga 79 million dollarlik uy sovg‘a qildi
2005-yilda Bred Pitt va Jennifer Eniston besh yillik nikohdan keyin kutilmaganda ajrashishini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, sobiq juftlik do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, aktrisa hatto sobiq erining farzandlarini tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi. Yana shunisi ma’lum bo‘ldiki, hattoki Pitt Enistonning 50 yoshga to‘lishi munosabati bilan unga ajoyib sovg‘a tayyorlagan, deb yozadi “Lisa.ru”. Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilda Jennifer Breddan sovg‘a tariqasida turmush qurgan vaqtida birgalikda yashagan Beverli-Xillzdagi uyni olgan. Aytgancha, ko‘chmas mulkning narxi 79 million dollarni tashkil qiladi. Xabarlarga ko‘ra, sobiq juftlik qurilishi bir necha yil davom etgan mazkur uyni ajrimdan keyin birgalikda baham ko‘rgan. Ular uyni dastlab 13,5 million dollarga sotib olgan va ajrimdan keyin hashamatli koshonani 28 million dollarga sotgan. Eslatib o‘tamiz, Jennifer Eniston va Bred Pitt Gollivudning eng chiroyli juftliklaridan biri hisoblangan. Ular 1994-yilda tanishgan va oradan olti yil o‘tib, turmush qurgan.
97
1,060
Madaniyat
Minglab dollarga teng qimmatbaho avtomobillarni boshqaradigan Bollivud yulduzlari (foto)
Bollivud yulduzlari qanday mashinalardan foydalanishini bilib oling. Lamborghini Aventador — Emran Xashmi Aktyor Emran Xashmi o‘zining xarizmasi va yorqin iste’dodi bilan tomoshabinlarni o‘ziga rom etgan asli bombeylik yigit. Ayniqsa, Emran yovuz odamlar rolini o‘ynashni qoyillatadi. Uning rollari orasida — “Qirollar”dagi Dalia va “Nega Hindistonni aldashadi” filmidagi Rakesh Singx obrazlari mashhur. Emran narxi 407 ming dollar bo‘lgan sariq Lamborghini Aventador’ni boshqaradi. Mercedes Benz S600 — Amir Xon Amir Xon aktyorlik faoliyati davomida ko‘plab mukofotlarni, shu jumladan, davlat mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Aktyorlik karyerasidan tashqari u ssenariy muallifi, teleboshlovchi va rejissor sifatida ham tanilgan. Amir Xon 1 million 400 ming dollar turadigan qora rangli Mercedes Benz S600 rusumli avtomashinadan foydalanadi. Range Rover Vogue — Anushka Sharma Anushka Sharma eng taniqli va katta gonarar oladigan hind aktrisalaridan biri hisoblanadi. Aktyorlik faoliyatidan tashqari, Anushka xayriya ishlarida faol ishtirok etadi, ayollar huquqlarini himoya qiladi va hayvonlarni qutqarishda yordam beradi. Anushka Sharma ho‘l asfalt rangli, narxi 299 ming dollarga teng Range Rover Vogue mashinasini haydaydi. Lamborghini Urus SUV — Ranvir Singh Ranvir Singh 11 yil oldin “To‘y marosimi” filmida rol ijro etganidan beri ayollar qalbini zabt etib kelmoqda. Ranvir qiymati 407 ming dollar bo‘lgan qizil rangli Lamborghini Urus yo‘ltanlamasini boshqaradi. Rolls Royce Phantom Drophead Coupe — Shohruh Xon Aktyor, teleboshlovchi va prodyuser Shohrux Xon “Bollivud qiroli” laqabini olgani bejiz emas. U 1988-yildan buyon filmlarda suratga tushib kelmoqda. Uning arsenalida yuzga yaqin rollari bor. “Bollivud qiroli” 950 ming dollarlik Phantom Drophead Coupe’ni boshqaradi.
88
1,793
Madaniyat
Donald Trampning inauguratsiya marosimida 16 yoshli Jeki Ivanko AQSh madhiyasini ijro etishi ma’lum bo‘ldi
16 yoshli qo‘shiqchi Jeki Ivanko AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimida mamlakat madhiyasini ijro etadi. Bu haqda u NBC telekanalining Today Show ko‘rsatuvi efirida ma’lum qildi.  “Juda mamnunman. Bu qoyilmaqom ish bo‘ladi”, — deya xursandligini izhor etdi Ivanko.  Oldinroq xonanda AQSh prezidenti Barak Obama uchun mo‘ljallangan tadbirlarda ikki bor kuylagan, shuningdek, Tramp qatnashgan xayriya marosimida chiqish qilgandi. Ivanko “Amerika iste’dodlarni izlaydi” (America’s Got Talent) shousidagi ishtirokidan so‘ng tanildi. U mazkur tanlovda ikkinchi o‘rinni egallagan. Hozirgacha xonanda 6 ta musiqali albomni yozishga ulgurdi, ulardan birinchisi 9 yoshligida chiqarilgan. Jeki Ivanko AQShda albomi “Platinali” maqomini olgan eng yosh yakka ijrochi sanaladi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
106
972
Madaniyat
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri qurilishida ishtirok etgan mehnatkash yaponlar haqida film suratga olinadi
29-iyun kuni “O‘zbekkino” milliy agentligida Yaponiyaning bir qator ommaviy axborot vositalari va kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi. Tabdirda ishtirok etgan “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev, Yaponiya Vazirlar Mahkamasining hududlarda turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha maslahatchisi, JTB korporatsiyasi menejeri Kazunori Koseki, Loaded Films Co. Ltd prodyusserlik kompaniyasi prezidenti Eiko Mizuno va kompaniya hamraisi, prodyusser Jeyson Edvard Greyemlar ikki mamlakat kinoijodkorlari o‘rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganini e’tirof etdi. Shundan kelib chiqqan holda o‘zbek va yapon kinoijodkorlari hamkorligida film ishlab chiqarishga doir masalalar muhokama qilindi. Bunda Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrining qurilishida ishtirok etgan mehnatkash yaponlar haqidagi hikoyalar badiiy film ssenariysi uchun asos bo‘lishi mumkinligi aytildi. Bu borada Yaponiya tomonidan taklif qilingan film sinopsisi ko‘rib chiqilib, mazkur loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kelishib olindi. Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston kinosan’ati muzeyiga tashrif buyurdi hamda rejissor Sh. Maxmudov tomonidan suratga olingan “Ibn Sino” nomli badiiy-hujjatli filmni tomosha qildi.
127
1,435
Madaniyat
Kinotavsiya: Miriqib tomosha qilishingiz mumkin bo‘lgan Jonni Depp ijrosidagi filmlar
“Boshdan kechirgan barcha qiyinchiliklardan so‘ng, men hali ham ishim borligidan baxtiyorman”, — deydi Jonni Depp. Biroq so‘nggi yillarda aktyor o‘z ismi bilan bog‘liq mojarolar va sobiq rafiqasi Ember Xyordning ayblovlari fonida deyarli rolsiz qoldi. Ammo sobiq er-xotin o‘rtasidagi ajralish jarayoni tugadi: sudda Depp yutib chiqdi — endi uni yangi va yorqin rollar kutmoqda. “Edvard qaychiqo‘l” (12+), 1990-yil Oppoq teri, kesilgandan qolgan yuzdagi chandiqlar – qaychi qo‘llar bilan yashash oson emas. Ammo har bir maxluqning ham sevgilisi bo‘ladi. Filmda bu rolni yosh Vaynona Rayder ijro etadi. Edvard qaychiqo‘l rejissor Tim Barton va Jonni Depp o‘rtasidagi birinchi hamkorlik ishi hisoblanadi. “Las-Vegasdagi qo‘rquv va nafrat” (18+), 1998-yil Ikki do‘st “Amerika orzusi”ni ro‘yobga chiqarish harakatida Las-Vegasga keladi, lekin buning o‘rniga kutilmagan voqealar girdobiga tushib qoladi... Film gonzo-jurnalist Xanter Tompson asari asosida yaratilgan va narkotiklar haqidagi filmlar ichida eng yuqori reytingga ega bo‘lgan. “Uyqu jarligi” (16+), 1999-yil Voqealar 18-asrda sodir bo‘ladi. Jonni Depp qahramoni boshsiz chavandoz tomonidan sodir etilgan bir qator sirli qotilliklarni fosh qilishi kerak. Tim Bartonning mazkur filmida 19 yoshli Kristina Richchi ham ishtirok etgan. “Shokolad” (12+), 2000-yil Jonni Depp kapitan Jek Chittak rolidan ancha oldin qaroqchiga aylanib ulgurgan. Sekin va uzoq davom etadigan sujetli “Shokolad” ertagida Depp o‘z iste’dodining barcha qirralarini namoyish etadi. Unga go‘zal fransuz aktrisasi Julyett Binosh yordam beradi. “Karib dengizi qaroqchilari” (12+, 16+), 2003—2017-yillar Kapitan Jek Chittak Jonni Deppning eng esda qolarli roli hisoblanadi. Ajoyib sujet va mahoratli aktyorlar ijrosi franshizaning muvaffaqiyatini ta’minlagan. “Charli va shokolad fabrikasi” (6+), 2005-yil Villi Vonkaning sehrli fabrikasi faqat mehribon, kamtar bolalar uchun ochiq. Agar ochko‘z va yovuz bola bo‘lsangiz, Jonni Deppni ham, shokoladli baxtni ham ko‘rolmaysiz. “Turist” (16+), 2010-yil Tashqi ko‘rinish aldamchi. Ayniqsa, Anjelina Jolining jozibasiga mahliyo bo‘lib qolganingizda. Jonni ham aslida o‘zi emas — oddiy amerikalik sayyoh, kasbi bo‘yicha o‘qituvchi niqobi ostida boshqa birov yashiringan. “Romli kundalik” (16+), 2011-yil Sershovqin Nyu-Yorkdagi hayotdan charchagan Jonni Depp qahramoni quyoshli Puerto-Rikoga jo‘nab ketadi. Ammo u qayerga bormasin, o‘zi bilan muammolarini olib yuradi. Albatta, taqdirdan qochib qutulib bo‘lmaydi. “Alisa ko‘zgu orti mamlakatida” (12+), 2016-yil Alisa do‘sti, aqldan ozgan Shlyapachini qutqarish uchun vaqtlararo xavfli sayohatga chiqadi. Shlyapachi rolida esa, albatta, Jonni Depp. “Fantastik maxluqlar: Grindelvald jinoyatlari” (12+), 2018-yil Sujetga ko‘ra, uning qahramoni Amerikadan Parijga qochib, sehrli dunyoni zabt etish uchun o‘z armiyasini yig‘adi. Yosh Albus Dambldor va uning sobiq shogirdi Nyut Skamander uning yo‘liga to‘sqinlik qiladi. “Fantastik maxluqlar”ning uchinchi qismida esa Depp o‘rniga Mars Mikkelsen o‘ynaydi — sud jarayonidan so‘ng Warner Bros. kompaniyasi aktyor bilan tuzilgan shartnomani bekor qilgan.
85
3,127
Madaniyat
Aktyor bo‘lishni xohlamagan hamda 40 yoshida aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi. Ranbir Kapur haqida nimalarni bilamiz?
2022-yil 14-aprel kuni Kapurlar oilasi xonadonida to‘y sadolari yangradi – afsonaviy Raj Kapurning nabirasi va Rishi Kapurning o‘g‘li – Ranbir nihoyat aktrisa Aliya Bhatt bilan turmush qurdi. Bollywoodtime nashri hind kinosining eng ko‘rkam aktyorlaridan birining hayoti hamda ijodiy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.  Ranbir Kapur 1982-yil 28-sentabrda Mumbayda aktyorlar Rishi Kapur va Nitu Singx oilasida tug‘ilgan. Bugungi kunda u hind kinosida eng ko‘p gonorar oluvchi aktyorlardan biri hisoblanadi. Ammo Ranbirning aytishicha, u hech qachon aktyor bo‘lishni xohlamagan. Nima bo‘lganda ham, Kapurlar va aktyorlik ajralmas tushunchalardir. O‘smirlik davrida Ranbir amakisi Rajiv Kapurning “Muhabbat kitobi” (1996) dramasida rejissor yordamchisi sifatida ishlay boshladi va keyinchalik Sanjay Lila Bhansalidan tajriba orttirib, unga “Zulmat” filmini suratga olishda yordam berdi. Ushbu film Bhansali va Ranbir Kapurning Bollivudga yo‘lboshchisi bo‘ldi va u “Ma’shuqam” (2007) debyut filmida suratga tushdi. Afsuski, mazkur romantik melodrama tijoriy muvaffaqiyatga erishmadi, lekin Ranbir yilning “Eng yaxshi yangi aktyori” Filmfare mukofoti va Stardust’ning “Ertangi kunning super yulduzi” unvonini qo‘lga kiritdi. Vaqt o‘tishi bilan Kapur haqiqatan ham “Uyg‘on, Sid!”, “G‘alati sevgining ajoyib hikoyasi”, “Siyosatchilar”, “Rok yulduzi”, “Yurak masalalari”, “Sanju” kabi filmlarda o‘ynagan eng istiqbolli aktyorlardan biriga aylandi. Shaxsiy masalada buyuk sulolaning vorisi doimo beqaror edi. U ko‘ngil qo‘ygan ayollar tez-tez o‘zgarardi. Aktyor intervyularning birida bu masalada ochiq gapirdi va ota-onasining nikohi unga munosabatlar qanchalik qiyin bo‘lishini o‘rgatganini aytib o‘tdi. Balki shuning uchun ham u qariyb 40 yoshgacha Hindistondagi eng mashhur bo‘ydoqlardan biri hisoblangan. Otasi Rishi Kapur ham o‘g‘lining o‘smirlik davrida u bilan munosabatlari og‘ir bo‘lganini yashirmagan. Ranbir har doim onasi Nitu Singx bilan yaqin bo‘lgan va otasi bilan munosabatlari esa unchalik ham yaxshi emasdi. U 15 yoshida giyohvand moddalarni qabul qila boshlaganini yashirmaydi. Qolaversa, o‘qishni yoqtirmas, shuning uchun ham Ranbir tez-tez maktab bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Faqat ulg‘aygandan keyingina otasi bilan til topishdi va munosabatlarini yaxshiladi. Ranbirning so‘zlariga ko‘ra, birinchi jiddiy munosabatlar yettinchi sinfda boshlangan va u tugagach, bo‘lajak aktyor depressiyadan aziyat chekkan. 2008-yilda “Ogoh bo‘ling, go‘zallar!” filmini suratga olish jarayonida Kapur o‘zining hamkasbi Dipika Padukone bilan uchrashishni boshladi. Biroq bir yil o‘tgach, u Katrina Kaif bilan “G‘alati sevgining ajoyib hikoyasi” filmini suratga olish paytida Dipikaga xiyonat qildi. Keyinroq Kapur shunday dedi: “Ha, Dipika bilan men noyetuklik, tajribasizlik, yuraksizlik va vasvasaga berilib ketganim uchun ajrashdik”. Biroq Dipika va Ranbir do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi va hatto bir nechta loyihalarda birgalikda ishladi. Ammo Ranbir Katrina bilan 7 yil mobaynida uchrashdi, lekin aktyor yana boshqa aktrisalar bilan ishqiy munosabatlarni boshladi, ulardan biri Ranbirni bolaligidan boshlab sevib qolgan Aliya Bhatt edi. Aytish joizki, Aliya Ranbirdan 11 yosh kichik. Hozirda juftlik 2022-yilning kuzida taqdimotga tayyorlanayotgan “Brahmastra” loyihasi ustida ishlamoqda. Ranbir aktyorlikdan tashqari musiqani ham yaxshi ko‘radi. U bolaligidan tabla va nog‘ora chalishni o‘rgangan va “Rok yulduzi” (2011) filmiga suratga tushishdan oldin Jordan roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun gitara saboqlarini olgan. U bu cholg‘u asbobiga shunchalik mehr qo‘yganki, uni hamma joyda o‘zi bilan olib yurgan va har bir bo‘sh daqiqada chalgan. Ranbir futbolni yaxshi ko‘radi va ko‘pincha o‘zi ham o‘ynaydi. Kapur hozirgi avlodning eng kelishgan hind aktyorlaridan biri hisoblanadi. 2010-yildan 2015-yilgacha u har yili The Times of India tomonidan “Hindistondagi eng kelishgan erkaklari” 10 taligidan joy oldi. Shuningdek, Ranbir — Pepsi, Panasonic, Renault India, Lenovo va boshqa dunyoga mashhur brendlarning yuzi. U oltita Filmfare mukofoti sovrindori va uni oldinda ikkita juda katta loyiha kutmoqda: “Shamshera” va “Brahmastra”. “Men nafaqaga chiqqanimda, katta ehtimol bilan futbol murabbiyi bo‘laman”, — deydi Ranbir.  Bollivud aktyori Randxir Kapur demensiyaga chalingani ma’lum bo‘ldi
120
4,359
Madaniyat
Maftunkor Shahzoda konsert dasturi bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurdi (foto)
O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Shahzoda o‘zining vodiylik sog‘ingan muxlislariga konsert dasturlarini taqdim etmoqda, deb xabar berdi Popcorn.uz. 20-avgust kuni Andijon viloyatining markaziy stadionida o‘tkazilgan yakkaxon konsert dasturi muxlislarga bir olam quvonch baxsh etdi. May oyida Toshkent shahrida yetti kunlik shou-konsert dasturini taqdim etgan Shahzoda mazkur dastur bilan viloyatlik muxlislarini ham xushnud etmoqda. Konsert davomida Shahzoda o‘zining xit darajasiga ko‘tarilgan eng sara va yangi qo‘shiqlarini Andijon ahliga armug‘on etdi. Shuningdek, xonanda ashaddiy muxlislari bilan samimiy suhbat qurishga ham muvaffaq bo‘ldi. Muxlislarning sog‘inchini his qilgan Shahzoda bor mehr-muhabbati jo bo‘lgan taronalarini ijro etib, barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. Kecha Shahzodaning konsert dasturi Qo‘qon shahrida davom etdi. Bugun esa xonanda Namangan viloyatiga yo‘l oladi.
82
903
Madaniyat
Yigitali Mamajonov: Rayhonga uylanishdan zarracha mashhurlikni ko‘zlamaganman
Aktyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyu jurnalist Feruz Muhammad tomonidan uyushtirildi. Suhbat davomida aktyor xonanda Rayhon bilan kechgan birinchi turmushi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Yigitalining so‘zlariga ko‘ra, uning taniqli xonandaga uylanishdan maqsadi mashhurlikka erishish bo‘lmagan. Yo‘q, zarracha ham unday emas. Kichkinaligimdan menga yordam qilishlarini xohlamas edim, kimdir yordam qilmoqchi bo‘lsa: “Yo‘q, kerak emas, o‘zim qilaman!”, derdim. Bitta ish qilyapmanmi, misol uchun yer kavlayapmanmi, shu ishga ikkinchi odamni aralashtirmasdan o‘zim qilardim. Chunki shu ishni men bajarmasam, bu meniki bo‘lmay qoladi. Mening Rayhon bilan tanishuvim shunchaki bir ish yoki mashhurlik uchun ko‘zlangan harakat emas edi — bu muhabbatdan edi. Avvalo, mashhurlik insonga bog‘liq emas. Masalan, ko‘p mashhur aktrisalarning erlari mashhur emas — nari borsa ora-orada bir ikki gapirib turadi, xolos. Mashhurlik avvalo Xudodan — agar Alloh xohlasa, nazari tushsa, o‘zi mashhurlik beradi. Bu narsa insonga bog‘liq emas. Men o‘zimni kuchimga ishongan insonman. Yigitali Mamajonov, aktyor Yigitali Mamajonov bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin. Aktyor suhbat davomida bolaligi, oilasi, xonanda Rayhon bilan ajrashgandan so‘ng nima uchun chet elga ketib qolgani, Chimkentda ochgan gul do‘koni, qo‘shimcha bizneslari, kino hamda kliplardagi faoliyati hamda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida to‘xtalib o‘tgan.
77
1,500
Madaniyat
Munisa Rizayevaning onasi qizining nima sababdan haligacha turmush qurmayotgani haqida gapirdi (video)
Xonanda Munisa Rizayevaning onasi Dilorom Rizayeva “Kunutun Tv” YouTube-kanaliga intervyu berdi. Intervyuda Dilorom Rizayeva qizi Munisaning haligacha oila qurmayotgani haqida ham gapirib o‘tdi. “Munisa ikkita oliy ma’lumotli qiz. Shunday darajaga erishgan qiz. Sovchilar kelishadi Qashqadaryodan, Surxondaryodan. Oliy ma’lumoti yo‘q. Men yomon demayman ularni. Yaxshi-yaxshi oilalardan kelishadi. Lekin ma’lumot, ilm darajasi har xil. Munisa ‘Oyi, bu inson menga qiziq emas, turmush o‘rtog‘im mendan aqlliroq bo‘lishi kerak. Men ishimda liderman, lekin turmushda ham lider bo‘lishni istamayman’, deydi. Yaqinda bitta yaxshi oiladan sovchi keldi. Munisa tanishib, gaplashib yurdi. Biroz vaqtdan so‘ng ‘Munisa qo‘shiq aytmasin, sahnani tashlasin’, deyishdi. Vaholanki, ular sovchi bo‘lib kelishayotganida bilishgan-ku, qayerga kelayotganini. Munisa ularga ham rad javobini berdi”, — deydi Dilorom Rizayeva. Shuningdek, xonandaning onasi Munisa turmushga chiqmoqchi bo‘lgan yigitlarga qo‘yiladigan talablarni ham sanab o‘tdi. “Birinchi o‘rinda oliy ma’lumotli bo‘lishi kerak. ‘Agar oliy ma’lumoti bo‘lmasa, ko‘rishmayman ham, gaplashmayman ham’, deydi Munisa. Ikkinchidan, ma’lumoti bor, shu yoshgacha nimaga erishgani muhim. Chunki Munisaning o‘zi 34 yoshda, unga uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar kamida 34 yoki 35 yoshda bo‘lishi kerak”, — deydi Munisaning onasi. Jurnalist Nilufar Sotiboldiyeva Dilorom Rizayevadan “O‘zbekchilikda 34-35 yoshgacha turmush qurmagan yigitlar juda kam. Munisa Rizayevaga uylanmoqchi bo‘lgan yigit turmush qurmagan bo‘lishi kerakmi?”, — deb so‘radi. “Hayotda har xil vaziyat bo‘lishi mumkin. Oila qurib, ajrashgan bo‘lsa, Munisa undan farzandlari haqida so‘raydi. Agarda erkak ‘Bolalarim onasi bilan qolgan. Men ularga qaramayman, yordam bermayman’, deb javob bersa, Munisa bunday insonga ham rad javobini beradi. Chunki oila qurib, farzandli bo‘lgan erkak farzandlari taqdiriga mas’ul”, — deydi Dilorom Rizayeva.
102
1,939
Madaniyat
Matni xato bo‘lgan Garri Potter haqidagi kitob 20 ming funtga sotilishi taxmin qilinmoqda
“Garri Potter va hikmatlar toshi” kitobining birinchi nashriga tegishli noyob nusxa Londondagi auksionda 20 000 funt sterlingga sotilishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi. Kitobning noyobligi undagi xato bilan bog‘liq: sahifada bir xil mazmundagi qator ikki marta takrorlangan. Keyinchalik xato o‘nglangan va qayta nashrlarda qaytarilmagan. Adashuv birinchi nashrdagi 500 kitobda qayd etilgan, hozirda ulardan faqat 200 ta qolgan va bozorda kamdan-kam paydo bo‘ladi. Ma’lumot uchun, “Garri Potter va hikmatlar toshi” kitobining xato bo‘lmagan dastlabki nashrlari 140 funt sterlingdan sotiladi.
89
612
Madaniyat
“Eldido” guruhi xonandasi Dilniyoz G‘afforov ota bo‘ldi
“Eldido” guruhi xonandasi, bir nechta filmlarda ijro etgan rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish Dilniyoz G‘afforov o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. Xonanda o‘g‘liga Doniyor deb ism qo‘ydi. View this post on Instagram Ma’lumot uchun, Dilniyoz 2017-yilning 17-sentabr kuni bo‘ydoqlik bilan xayrlashgan edi. Dilniyoz va Shohsanamning nikoh to‘yiga ko‘plab taniqli insonlar tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.
55
492
Madaniyat
O‘zbekistonlik mashhurlar qayerda dam olmoqda? Hind kinosida og‘ir judolik. Instagram yangiliklari
3-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Hind kinosi og‘ir judolikka uchradi. Ko‘plab mashhur filmlardagi raqslarni sahnalashtirgan xoreograf Saroj Xon 72 yoshida vafot etdi. Bollivud yulduzlari o‘z sahifalarida taniqli raqs ustasini xotirlamoqda. “Saroj Xon faoliyatimning boshidan beri uning bir qismi edi. U menga nafaqat raqsga tushishni, balki boshqa ko‘p narsalarni ham o‘rgatdi. Qayg‘udaman, uning yaqinlariga hamdardlik bildiraman”, — deb yozadi Madhuri Dikshit. View this post on Instagram “Bugun dunyodagi eng yaxshi xoreograf olamdan o‘tdi. U menga juda ko‘p saboq bergan, undan o‘rganganlarimni hayotda ko‘p qo‘llayman. Mudom qalbimizdasiz, Saroj xonim”, — deb yozadi Kajol. View this post on Instagram Karina Kapur ham Saroj Xonni xotirladi. View this post on Instagram Lola ayni damda his etayotgan tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. View this post on Instagram Burak O‘zchivit muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Gulsanam Mamazoitova ham sahifasiga yangi surat joyladi. View this post on Instagram Nilufar Usmonova yaqinlari bilan hordiq chiqarmoqda. View this post on Instagram Dildora Niyozova ham oilaviy hordiq chiqarmoqda. View this post on Instagram Ulug‘bek Rahmatullayev turkmanistonlik taniqli xonanda Arsen Shaxuns bilan birgalikda uning xit qo‘shig‘i “Devochka, stop”ni kuyladi. View this post on Instagram Zohirshoh Jo‘rayev va raqqosa Parizoda ijodiy yangilini muxlislariga taqdim etish arafasida. View this post on Instagram “Zavq bilan o‘tkazilgan vaqt yo‘qotilgan hisoblanmaydi”, — deya ta’kidlamoqda Davron Kabulov. View this post on Instagram Luiza Rasulova yangi suratlari bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram
98
1,989
Madaniyat
“Ayol ekaningizdan uyalmang!”. Amerikalik adiba Ursula Le Guinning ayolning jamiyatdagi o‘rniga bag‘ishlangan mashhur nutqi
Amerikalik yozuvchi, adabiy tanqidchi, mashhur antropolog olim Alfred va Teodora Kryoberning qizi Ursula Kryober Le Guin (1929–2018) ilmiy fantastik asarlari bilan tarixda qolgan adiba. “Xyugo” va “Nebyula” mukofotlaridan tashqari, uning “Yer sayyorasi” turkumidagi “Qirg‘oq bo‘ylab” uchinchi romani 1973-yili AQShning milliy mukofotiga loyiq topilgan. Madaniyatlar o‘rtasidagi turfaliklar va nizolar, daosizm, anarxizm, kommunizm, feminizm, psixologik va ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan asarlari kitobxonlar orasida e’tirof etiladi. 1983-yili Kaliforniyaning Mils kollejida bitiruvchilar oldida so‘zlagan nutqi adibani XX asr nuktadon notiqlari qatoriga qo‘shadi, asrning eng yaxshi nutqlaridan biri deb tan olinadi. Ayolning jamiyatdagi o‘rni, xotin-qizlar masalasi, erkak va ayolning teng huquqliligiga bag‘ishlangan ushbu nutq o‘quvchilar o‘rtasida turfa qarama-qarshi fikrlarni uyg‘otgan va hanuz takror murojaat etiladigan nutqlardan biridir. Mils kollejining sakson uchinchi yilgi bitiruvchilari oldida nutq so‘zlashga taklif etib, kaminaga kamdan kam nasib etadigan baxtni – omma oldida ayollar tilida baland ovozda so‘zlash imkonini taqdim etganingiz uchun behad minnatdorman. Bilaman, bitiruvchilar orasida yigitlar ham bor va buni istisno etmayman. Yunon tragediyalaridan birida yunonliklar ajnabiylarga: “Yunonchani tushunmasangiz, marhamat, imo-ishora bilan maqsadingizni bayon eting!” deyishadi. Har qanday holatda ham, ilk boshlovchilar bahstalab masalani, bitiruvchi erkak jinsiga mansub bo‘lishi kerak yoki shart degan, ilgari surishga urinishadi. Shu bois, biz ayollar o‘n ikkinchi asrga mansub kiyim-boshni egnimizga ilib, erkaklarga o‘xshashga, ulardek baquvvat, barvasta bo‘lishga intilamiz-u, alal-oqibat, bo‘g‘oz laylak yoki qo‘ziqoringa o‘xshab qolamiz. Intellektual an’ana erkaklarga tegishli hodisa. Omma oldidagi nutq rasmiy, milliy yoki mahalliy tillardan birortasida bo‘lishi lozim. Biroq bizning mahalliy tilimiz erkaklar tili. Bu tilni ayollar tezda o‘rganishiga shubha yo‘q. O‘ta kaltafahm emasmiz. Sizlar Margaret Tetcherni Ronald Reygandan, Indira Gandini General Somozadan farqlay bilarsiz, ammo bu erkaklar dunyosi. Unda faqat erkaklar tilida muloqot qilinadi. So‘z – bu kuch. Hammangiz uzun yo‘l bo‘ylab ketayotgandirsiz, lekin, bolajonlarim, bu yo‘l unchalik ham uzun emas. Siz hatto, marraga o‘zingizni fido etib ham yetishingiz dushvor. Negaki u yo‘l ularniki, sizniki emas. Ehtimol, bizda ancha-muncha zalvarli, toshi og‘ir so‘zlar topilar va hayot-mamot haqida valaqlashishga yetar. Ehtimol, kuchsiz, ta’sir doirasi tor so‘zlarga muhtojdirmiz. Keling, bu haqida ijikilashdan ko‘ra, boshqa narsaga umid qilaylik. Kollejning muguzga o‘xshash mustahkam minorasini tark etib, barchangiz haqiqiy dunyoga – hayotga kirishingizni, kasb-korda zafar yalovini baland ko‘tarishingizni yoki hech qursa, turmush o‘rtog‘ingizga chin hamdam, sodiq rafiqa, yurtimizni kuchli davlatlar qatoriga qo‘shishda ko‘makdosh bo‘lishingizni juda istardim. Kuch-qudrat, ayolning jamiyatdagi o‘rni haqida soatlab gap sotgandan ko‘ra, shunisi ma’qul emasmi?! Sizga hammasidanam, farzand ko‘rib, niyatingizga yetishingizni, o‘zingizdan ko‘payishingizni tilayman. Yolg‘iz shu tilakni. Bir o‘g‘il va qiz yetadi. Ular umrning mazmuni, chiroyli gullari. Kelgusida bolalaringiz va ahli oilangiz uchun yeyishga taom, yashashga shinam, issiq, ozoda xonadon, do‘stlar, sevimli ishingiz bo‘lishiga ham umidvorman. Xo‘sh, sizlar mana shular uchun kollej ostonasiga qadam qo‘ydingizmi? Bori shumi? Muvaffaqiyat-chi? Muvaffaqiyat – bu boshqaning omadsizligi, tolesizligi, aslida. Muvaffaqiyat ko‘pchiligimiz intiladigan amerikacha orzu. Aksar insonlar (o‘ttiz millionlik o‘zimiz ham) dunyoning ko‘p qo‘noqlarida qashshoqlikning og‘riqli, servahm talotumlaridan hayiqib, ko‘z yummay kun kechiradi. Yo‘q, men sizlarga zafar, muvaffaqiyat tilamayman. Bu haqida hatto, so‘zlashga tobim yo‘q. Omadsizlik haqida so‘zlagim bor. Sababi, odamzod hamisha tolesizlik bilan baqamti yashashga mahkum. Sizlar kelgusida nohaqlik, umidsizlik, xiyonat, ulkan yo‘qotishlar bilan ro‘baru kelasiz. O‘zingizni kuchli, baquvvat deb bilgan lahzada ojizligingiz lop etib oyoq ostidan chiqadi. Mol-davlat, boylik ilinjida tinmay ter to‘kasiz-u, oqibat, bor davlatingiz xo‘jayiningizga aylanadi. O‘zingizni qorong‘i go‘shalarda, yolg‘izlik va qo‘rquv iskanjasida topasiz. Qadrdon singillarim, qizlarim, ukalarim va o‘g‘illarim, o‘sha qorong‘i qo‘noqlarda yashash qo‘lingizdan keladi. Bunday makonlar darbadarlik, quvg‘in hamda muhojirlik deya atalib, u yerlarda bizning peshona teri to‘kib erishadigan muvaffaqiyatlarimiz rad etiladi. Aslida, barchamiz muhojirlarmiz. Ayol ayol sifatida jamiyatning erkaklarga mo‘ljallab tuzilgan me’yorlaridan tamom begona. Odamzod hamisha “Erkak” degan nom atrofida birlashib, hurmatga loyiq jins faqat erkak bo‘lgan, barcha hodisotlar unga yo‘naltirilgan chog‘da ayol doim sanoqdan o‘chiriladi. Jamiyat tutumi shunday. Keling, o‘zimizni o‘rganamiz. Yo‘q, men jinsiy munosabatlar haqida gapirmoqchi emasman. Bu har qaysi juftlikning shaxsiy ishi. Jamiyat haqida, poydevori jabr-zulm, xo‘rlik, avtoritarizm, zo‘ravonlikdan tiklangan erkaklar dunyosi haqida so‘zlamoqchiman. Ayoldek yashashni istasak, separatizm bizni kuch bilan bosib turadi. Mils kollejida ham bunday ayirmachilik tomir otib ulgurgan. Jahondagi urush-o‘yinlarni ayollar boshlamaydi yoki o‘z manfaati uchun tashkillashtirmaydi; endi esa o‘sha urush o‘choqlarida niqoblarsiz nafas ololmaymiz. Mabodo, niqobni yechmoqchi bo‘lsak, ancha urinib, mashaqqat bilan yechamiz. Tanlagan yo‘lingizda vazifalaringizni bajarishda davom etarkansiz, Milsda nimalarni qilishga ulgurdingiz-u, nimalarga erisholmadingiz? Yo‘q, erkaklar va ularning iyerarxiyasi uchun emas – bu ularning o‘yini, xolos. Erkaklarga qarshi harakat ham emas – bu ularning qonun-qoidalari bilan ishlash degani. Nega kollejda o‘qiyotgan har qaysi qiz-juvon Machomenga[1] qarshi kurashishi yoki uning foydasiga ishlashi kerak? Nega u aziz umrini boshqaning shartlariga qurbon etishi kerak? Machoman bizning mantiqsiz, salbiy, murosasiz shartlarimizdan qo‘rqadi. Shu bois, u bizni ortidan ergashtirishga urinadi. O‘tayotgan umridan nafratlanadigan ayol hayotning barcha qirralari qatorida ojizlik zaiflik, kasalmandlikni bo‘yniga ilishga, bema’ni va asossiz ravishda mavhum, qorong‘i, tartibsiz, iflos puchmoqlarda, kunjaklarda umr kechirishga majbur. Yorug‘likka chiqish uchun o‘z yo‘lingizdan qaytmay, hayot mashaqqatlariga tikkama-tikka qarshi chiqib, tunni parchalab erishish mumkin. Ayol ekaningizdan uyalib, mahbuslardek yashamang. Telba jamiyat tartiblariga bo‘ysuning. Ammo xo‘jalarcha itoat eting. O‘z uyingizni o‘zingiz asrang, shaxsiy xonangizga egalik qiling. Siz san’at, ilm-fan, texnologiya, kompaniyani boshqarish yoki karavotlar tagini supurib-sidirishda iqtidorlimisiz, hech ikkilanmay, o‘sha yumushni bajaring. Lekin ayolligingiz uchun bu ishlar ikkinchi darajali deb shashtingizni so‘ndirishsa, sizga teng haq to‘lab yoki barobar vaqt berilmaguncha, ularning yo‘rig‘iga yurmaysiz, deb o‘ylayman. Boshqalarning ustidan hukmron bo‘lmang va sizning ham istaklaringizga hukmronlik qilishlariga izn bermang. Umidim, sira qurbon bo‘lmang va boshqalarni ham izmingizga bo‘ysundirmang. Mabodo, muvaffaqiyatsizlikka uchrab, qoqilsangiz, jarohatlansangiz, joningiz og‘risa, zulmatda qolsangiz, o‘sha on mamlakatingizdagi zulmatni – g‘alaba keltirmagan, foyda bermagan urushlarni – eslang. Biroq kelajak, yorug‘ kunlar oldinda. Ildizlarimiz yer ostida; ona zamin – Vatanimiz. Nima uchun harakat qilish, izlanish o‘rniga g‘oyibdan marhamat kutamiz? Kutganlarimizning bari poyimizda. Tepadan pastga ochko‘z, yuho nigoh bilan boqmaylik, aksincha, boshimizni baland ko‘tarib, yuqoriga ko‘z tikaylik. Atrofga qorachiqni qamashtiradigan yorug‘likdan emas, odam tafakkurini boyitadigan, inson ruhini tarbiyalaydigan qorong‘ilikdan qarashni o‘rganaylik. 1983-yil 22-may Mils kolleji. Okland. Kaliforniya. Ingliz tilidan Charos Nizomiddinova tarjimasi [1] Machomen – “Qishloq ahli” guruhining shu nomli disko qo‘shig‘i. Aholi orasida birjinslilikni targ‘ib etgan, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qo‘shiq.
123
8,134
Madaniyat
28-oktabr kuni xonanda Prinsning dala hovlisida muzey ochiladi
Taniqli amerikalik xonanda va bastakor, shu yili olamdan o‘tgan Prinsga tegishli dala hovlida 28-oktabr kuni doimiy asosda ishlaydigan muzey ochiladi. Bunday qarorga xonandaning ona shahri — Minneapolis (Minnesota shtati) yaqinidagi Shanxassen shahri kengashi keldi, deb xabar beradi “TASS”. Bu oyda Prinsning uy-muzeyiga faqat uch kun davomida kirish mumkin bo‘ladi. Shanxassen meri Denni Lofenberg Star Tribune’ga bergan bayonotida shahar kengashining qaroridan xursandligini bildirdi, negaki uy-muzey mahalliy aholiga ulkan foyda keltiradi. Muzeyga yiliga 600 ming kishi tashrif buyurishi kutilmoqda, bu esa shaharning jamoat transporti hamda tartibni saqlash tizimida aks etadi. Shu bois kengash jamoatchilik bilan kichik shaharda turistik obyekt ochish ne qadar to‘g‘ri bo‘lishini muhokama qilish maqsadida ochilish marosimini biroz ortga surdi.
62
851
Madaniyat
“Nasha Russia” shousi aktyorlarining rafiqalari qanday ko‘rinishga ega? (foto)
2006-yilda ekran yuzini ko‘rgan va qiziqarliligi bilan muxlislar qalbidan joy olgan “Nasha Russia” (Bizning Rossiya) shousida suratga tushgan aktyorlar turmush o‘rtoq sifatida kimni tanlagani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Sergey Svetlakovning rafiqasi Antonina Chebotareva Sergey shouda bir qancha yorqin qahramon: Tagarong fuqarosi, mashhur teleko‘rsatuv sharhlovchisi, maktab o‘qituvchisi va boshqalarni gavdalantirgan. Muxlislar qalbidan joy olgan aktyor o‘z baxtini ikkinchi urinishda topgan. 2000-yil universitetidagi Yuliya ismli qiz bilan tanishgan, ammo qizi Anastasiyaning dunyoga kelishi juftlikni 2012-yilda ajralishdan to‘xtatib qololmagan. Yarim yil o‘tib yulduz hamkasbi Antonina Chebotarevaga uylangan. Bugungi kunda ularning ikki nafar — Ivan va Maksim ismli farzandlari bor. Mixail Galustyanning rafiqasi Viktoriya Aktyor loyihada Ravshan ismli gastarbayter, futbol jamoasi treneri, qo‘riqchi hamda ofitsiant rolini ijro qilgan. Galustyan bugungi kunda ahil yashab kelayotgan rafiqasi Viktoriya bilan Krasnodardagi diskotekada tanishgan. Avvaliga do‘st bo‘lgan juftlik 2007-yilda ikki marta — ruscha va armancha to‘y qilgan. Viktoriya va Galustyanning ikki nafar — Estela va Elina ismli qizi bor. Aktyor qizlarining suratlarini tez-tez ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylab turadi. Roman Yunusovning rafiqasi Viktoriya Aktyor shouda futbol muxlisi roli bilan yaxshi ma’lum. Suratga olish ishlari yakuniga yetganidan keyin Roman Comedy Club’ning ishtirokchisi bo‘lishga taklif qilingan. Aktyor 2006-yilda kasbi jihatidan shou-biznesdan uzoq bo‘lgan Viktoriyaga uylangan. Ikki nafar farzandi bo‘lgan Roman bo‘sh vaqtini oila davrasida o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Garik Martirosyanning rafiqasi Janna Levina Comedy Club prodyuseri karyerasini shouda ishtirok etishdan boshlagan. Garik loyihada operator rolini ijro qilgan. Martisyan o‘z baxtini 1997-yil muxlislari orasidan topgan. Sochida bo‘lib o‘tgan “KiViN” festivalida chiqish qilgan vaqti e’tiborini tortgan qizga Garik bir yil o‘tib Kiprda uylangan. Ularning ikki nafar — Jasmin ismli qiz va Daniel ismli o‘g‘il farzandi bor.
78
2,104
Madaniyat
Aktyor Matyoqub Matchonov: Amnistiya sabab ozodlikka chiqdim
Bir necha oy avval ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi. Intervyu matni “Darakchi.uz”da e’lon qilindi. “Darakchi.uz”ning yozishicha, bundan to‘rt oycha avval Matyoqub Matchonov ma’lum sabablarga ko‘ra ozodlikdan mahrum etilgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan. Aktyor o‘z intervyusida o‘tgan davr mobaynida boshidan o‘tganlari haqida qisqacha so‘zladi. “Inson baribir o‘zi bilmagan holda xatolarga yo‘l qo‘yar ekan. Aytmoqchimanki, ko‘ngilchan, ishonuvchanlik bilan pand yer ekanmiz. Men ham vaziyat qurboniga aylanib qoldim. San’atdan bo‘sh vaqtimda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, birovlarga ishonib qolgan ekanman. Aldandim. Lekin meni tanigan, hurmat qilgan va muxlislik qilganlarni uyaltirib qo‘yadigan ish qilmaganman”, — deydi aktyor. “Asosiysi, men Vatanimga, oilamga va xalqimga hech qachon xiyonat qilmaganman, qilmayman ham. Buni baralla ayta olaman. Bo‘lib o‘tgan voqealarga esa batafsil to‘xtalib o‘tishni istamasdim... To‘rt oy ichida o‘zimdan o‘tganini o‘zim bildim, bu men uchun bir umrga ta’tigulik maktab bo‘ldi. Meni shu holga solganlarga esa aytar gapim yo‘q. Hammaning o‘z vijdoniga havola”, — dedi Matyoqub Matchonov. “Mening vaziyatimda do‘stlarim saralanib, kamaygani yo‘q. Aksincha ularning soni ortdi. Shu kungacha sevimli ekanligimni, do‘stlarim qattiq qadrlashini bilmagan ekanman. O‘tgan vaqt davomida hamkasblarim, yaqinlarim, shogirdlarim kuch bag‘ishlab turishdi. Buning uchun ularga minnadorchilik bildiraman. Hukumatimiz tomonidan e’lon qilingan amnistiya sabab ozodlikka chiqdim. Buning uchun hukumatimizga ham alohida tashakkur aytaman”, — dedi aktyor. “Biroq bo‘lgan vaziyatni bilib-bilmay baholab, obro‘imga putur yetkazmoqchi bo‘lganlar ham topildi. ‘Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi’, deganlaridek, mana, yorug‘ kunlarga ham chiqdim. Ular esa o‘sha zahoti niqoblarini o‘zgartirib, mendan uzr so‘rashga shoshilishdi. Ortimdan tuhmat-bo‘hton qilib, keyin kechirim so‘rashning nima keragi bor? To‘g‘rimi?”, — deya qo‘shimcha qildi Matyoqub Matchonov. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
60
2,267
Madaniyat
Urganch, Xiva va Nukus shaharlarida “Qo‘g‘irchoq” nemis ovozsiz filmi namoyish etiladi
“Qo‘g‘irchoq” nomli nemis ovozsiz filmi “So‘g‘diyona” O‘zbek davlat xalq cholg‘ulari kamer orkestri musiqiy hamrohligida Urganch, Xiva va Nukus shaharlarida namoyish etiladi. Bu haqda Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi. “Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Sizlarni Ernst Lyubichning 1919-yilda suratga olingan ‘Qo‘g‘irchoq’ ovozsiz kinokomediyasi namoyishiga taklif etadi. Mazkur film namoyishi ‘Sug’diyona’ o‘zbek milliy cholg'ulari kamer orkestri badiiy rahbari va dirijyori – professor Feruza Abdurahimova tomonidan ishlab chiqilgan musiqiy kompozitsiyalar hamrohligida amalga oshiriladi. Tadbir doirasida hamkor maktablarga sport inventarlari taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda. Bir soat davom etadigan ushbu film komediya bo‘lib, unda badavlat Baronning jiyani uning mol-dunyosini meros qilib olish uchun uylanishi lozim bo‘ladi. Biroq jiyanning mutlaqo uylangisi yo‘q, vaziyatdan chiqish uchun u odamga o‘xshash qo‘g‘irchoq bilan soxta nikohdan o‘tish qarorini qabul qiladi. Biroq ayni nikohdan oldin qo‘g‘irchoq sinib qoladi-nima qilish kerak? Qo‘g‘irchoqlar yasatuvchisining quvnoq qizi, otasi yangi qo‘g‘irchoq yasab berguncha, qo‘g‘irchoq rolini o‘ynab turish uchun yordamga keladi. Jiyan bu xiyla to‘g‘risida hali hech narsani bilmaydi…. 13-aprel soat 17:00 – Nukus shahri – Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatri 15-aprel soat 17:00 – Xiva tumani – Dashyoq madaniyat markazi 16-aprel soat 17:00 — Urganch shahri – Xorazm viloyat musiqali drama teatrida Kirish bepul. Film o‘zbek tilidagi tarjimasi bilan ko‘rsatiladi.
86
1,635
Madaniyat
Xonanda Kaniza kuzning oxirida turmushga chiqyapti
Kaniza kuz faslining oxirida turmushga chiqayotganini ma’lum qildi, deb xabar qiladi “Darakchi.uz”. Kanizaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i san’at vakillaridan emas, shunga qaramay, xonanda uni to‘ygacha ommaga oshkor qilishni istamayapti. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kanizaning o‘zi uchun kelin ko‘ylak tanlayotganini xabar bergandik. Xonandadan yana bir yangilik. U suratkashlarga atab qo‘shiq kuylamoqchi: “Jurnalistlarga atab qo‘shiq kuyladim, endi navbat fotograflarga”, – deydi Kaniza.
50
487
Madaniyat
“Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida
“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Jorj Oruellning “Molxona” romani haqida hikoya qiladi. Fleshbek Men bu asarni birinchi marta bundan uch yil oldin o‘qib chiqqan edim. Oldin u haqda eshitgan bo‘lsam-da, Oruellning “1984”dan kuchliroq asari yo‘q deb o‘ylardim. O‘sha paytlar har kuni kechki payt 10 kilometr masofaga yugurish va yurish bilan shug‘ullanardim. Qulog‘imda esa naushnikda audiokitoblar eshitardim. Aytilgan masofaga yugurib, qaytishda yurib kelardim. Bu asarni ham audiokitob shaklida eshitganman. Asar meni shu darajada o‘ziga qiziqtirgandiki, menga har kuni shu ish bilan shug‘ullanishga motivatsiya berardi. Xuddi bo‘lib-bo‘lib serial ko‘rayotganday, har kuni yugurishga chiqqandagina eshitar edim va bugungi “seriya”sida nima bo‘lar ekan degan qiziqish ba’zida paydo bo‘ladigan dangasalikni yengib o‘tib, yana yugurishga chiqishga majbur qilar edi. Asar haqida “Molxona” mashhur ingliz yozuvchisi Jorj Oruell tomonidan 1945-yilda chop etilgan masal janridagi satirik asar. Asar fermadagi hayvonlarning xo‘jayinlarini haydab, hayvonlar diktaturasini o‘rnatishi haqida. Bunda Oruell inqilobiy prinsiplar evolyutsiyasini, ya’ni sekin-asta tenglik va birodarlik g‘oyalaridan utopiya va diktatura sari qadamini mohirona ochib bergan. Mashhur fransuz inqilobchisi Dantonning “Inqilob o‘z farzandlarini Saturn xudosi kabi yeb bitiradi” degan iborasi ham asarda o‘z aksini topgan. “Molxona” Rossiyada bo‘lib o‘tgan 1917-yilgi inqilobga va SSSRdagi tuzumga nisbatan allegoriya shaklida yozilgan. Oruell bu asarini 1943-yil noyabr oyidan 1944-yil fevraligacha yozib tugatgan. Syujet Janob Jons Angliyaning Uillingdon shaharchasi yaqinidagi Manor fermasiga egalik qiladi. Bu fermada bir kuni tunda qari cho‘chqa Mayor bu yerda yashaydigan barcha hayvonlarni katta omborga to‘playdi. Mayorning so‘zlariga ko‘ra, barcha hayvonlar qullikda va qashshoqlikda yashaydi, chunki insonlar hayvonlarning mehnat mahsulini olib qo‘yadi, evaziga esa ularga juda yomon munosabatda bo‘ladi. U hayvonlarni isyonga chaqiradi: siz odamdan qutulishingiz kerak, shunda hayvonlar darhol erkin va boy bo‘ladi, deb “Angliya hayvonlari” nomli eski qo‘shiqni kuylaydi. Hayvonlar jo‘r bo‘ladi. Qo‘zg‘olonga tayyorgarlikni eng aqlli hayvonlar deb hisoblangan cho‘chqalar o‘z zimmasiga oladi. Ular orasida Napoleon, Snoubol va Baqiroq deganlari bor edi. Ular Mayor ta’limotini animalizm deb atalgan falsafiy tizimga aylantiradi hamda yashirin yig‘ilishlarda boshqa hayvonlarga uning asosini tushuntiradi. Ta’limotning eng sodiq o‘quvchilari Bokschi va Klover ismli otlar edi. Qo‘zg‘olon kutilganidan ancha oldin sodir bo‘ladi, chunki Jons piyonista edi va uning ishchilari fermani butunlay tashlab, chorvani boqishni to‘xtatgandi. Hayvonlarning sabr-toqati tugaydi, ular xo‘jayinlariga tashlanib, ularni haydab chiqaradi. Endi ferma hayvonlarga tegishli. Ular egasini eslatadigan hamma narsani yo‘q qiladi; uning uyi muzey sifatida qoladi, ammo ularning hech biri bu yerda yashamasligi kerak. Mulkka yangi nom beriladi – Hayvonlar fermasi. Animalizm tamoyillari yetti moddaga qisqartirilib, ombor devoriga yoziladi. Bundan buyon hamma jonivorlar “Hayvonlar fermasi”da shu qoidalar asosida yashashga majbur: Ikki oyoqlilar – dushman; To‘rt oyoqlilar va qanotlilar – do‘stlar; Hayvonlar kiyim kiymasligi kerak; Hayvonlar to‘shakda uxlamasligi kerak; Hayvonlar spirtli ichimliklarni iste’mol qilmasligi kerak; Hayvonlar boshqa hayvonlarni o‘ldirmasligi kerak; Barcha hayvonlar tengdir. Barcha moddalarni eslab qola olmaydiganlar uchun Snoubol ularni bitta jumlaga qisqartiradi: “To‘rt oyoqli yaxshi, ikki oyoqli yomon”. Jonivorlar baxtli edi, garchi ular ertalabdan tushgacha ishlasa-da. Bokschi uch kishining ishini qiladi. Uning shiori – “Men bundan ham ko‘proq harakat qilaman”. Yakshanba kunlari umumiy yig‘ilishlar o‘tkaziladi; qarorlarni doim cho‘chqalar taklif qiladi, qolganlar ovoz beradi. Keyin hamma “Angliya hayvonlari” madhiyasini kuylaydi. Cho‘chqalar ishlamaydi, boshqa hayvonlarni boshqaradi. Jons va uning ishchilari Hayvonlar fermasiga hujum qiladi, lekin jonovirlar o‘zlarini himoya qiladi va odamlar vahima ichida chekinadi. G‘alaba hayvonlarni hayratga soladi. Ular bu voqeani Molxona jangi deb ataydi, birinchi, ikkinchi darajali “Hayvonlar qahramoni” ordenini ta’sis etadi, u bilan Snoubol va Bokschi taqdirlanadi. Snoubol va Napoleon uchrashuvlarda doimo bahslashadi, ayniqsa shamol tegirmonini qurish masalasida. G‘oya Snoubolga tegishli, uning o‘zi o‘lchovlar, hisoblar va chizmalar bilan shug‘ullanadi: generatorni shamol tegirmoniga ulashni va fermani elektr energiyasi bilan ta’minlashni xohlaydi. Napoleon boshidan e’tiroz bildiradi. Snoubol hayvonlarni yig‘ilishda Napoleonga qarshi ovoz berishga ishontirgan paytda to‘qqizta dahshatli it omborxonaga kirib, Snoubolga tashlanadi. U zo‘rg‘a qochadi; shu bilan uni boshqa hech kim ko‘rmaydi. Napoleon har qanday yig‘ilishni bekor qiladi. Endi barcha savollarni u boshqaradigan cho‘chqalarning maxsus qo‘mitasi hal qiladi; ular alohida yig‘iladi, keyin o‘z qarorlarini e’lon qiladi. Qo‘rqinchli itlar birov e’tiroz bildirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bokschi: “Agar o‘rtoq Napoleon aytgan bo‘lsa, bu to‘g‘ri demakdir”, degan umumiy fikrni bildiradi. Shu vaqtdan boshlab uning ikkinchi shiori “Napoleon doim haq” bo‘lib qoladi. Napoleon shamol tegirmonini barpo etish kerakligini e’lon qiladi. Aniqlanishicha, Napoleon doim bu qurilishni talab qilgan, Snoubol esa shunchaki uning g‘oyasini o‘g‘irlab, hisob-kitoblari va chizmalaridan foydalangan. Napoleon esa unga qarshi ekanligini da’vo qilishi kerak edi, chunki “xavfli, barchaga yomon ta’sir ko‘rsatgan” Snouboldan qutulishning boshqa usuli yo‘q edi. Bir kuni tunda sodir bo‘lgan portlash yarim qurilgan shamol tegirmonini vayron qiladi. Napoleonning aytishicha, bu Snoubolning sharmandali surguni uchun qasosidir. U ko‘plab jinoyatlarda ayblanadi, unga o‘lim jazosi e’lon qilinadi. U barchani shamol tegirmonini tezda tiklashga chaqiradi. Ko‘p o‘tmay Napoleon hayvonlarini hovlida yig‘ib, itlar hamrohligida paydo bo‘ladi. U bir marta unga e’tiroz bildirgan cho‘chqalarni, bir nechta qo‘y, tovuq va g‘ozlarni Snoubol bilan yashirin aloqasini tan olishga majbur qiladi. Itlar darhol ularni bo‘g‘zidan oladi. Shokka tushgan jonivorlar motam ruhida “Angliya hayvonlari”ni kuylashni boshlaydi, ammo Napoleon madhiyani abadiy kuylashni taqiqlaydi. Bundan tashqari, oltinchi moddadani o‘zgartiradi: “Hayvonlar sababsiz boshqa hayvonlarni o‘ldirmasliklari kerak”. Endi hammaga ayonki, o‘z ayblarini tan olgan xoinlar qatl qilinishi kerak. Qo‘shni janob Frederik 15 nafar qurollangan ishchisi bilan Hayvonlar fermasiga hujum qiladi, ko‘plab jonivorlarga jarohat yetkazadi, o‘ldiradi va yangi qurilgan shamol turbinasini portlatadi. Hayvonlar hujumni qaytaradi, lekin o‘zlari ham holdan toyadi. Ammo Napoleonning tantanali nutqini tinglab, ular Shamol tegirmoni jangida eng katta g‘alabaga erishganiga ishonadi. Bokschi haddan tashqari ko‘p ishlash tufayli o‘ladi. Yillar davomida fermadagi isyondan oldingi hayotni eslaydigan hayvonlar kamayib boradi. Hayvonlar fermasi asta-sekin boyib boradi, ammo cho‘chqalar va itlardan tashqari hamma och edi; ular somon ustida uxlaydi, ariqdan suv ichadi, kecha-yu kunduz dalada ishlaydi, qishda sovuqdan, yozda jaziramadan azob chekadi. Baqiroq esa hisobot va xulosalar yordamida fermada kundan kunga hayot yaxshilanayotganini gapirib yuradi (O‘zbekiston televideniyesi kabi). Hayvonlar boshqalarga o‘xshamasligidan g‘ururlanadi: axir ular Angliyada hamma teng, erkin va o‘z manfaati uchun ishlaydigan yagona fermaga egalik qiladi. Bu orada cho‘chqalar Jonsning uyiga ko‘chib o‘tadi va uning to‘shaklarida uxlay boshlaydi. Napoleon alohida xonada yashaydi va qimmatbaho idishlarda ovqat yeydi. Cho‘chqalar odamlar bilan savdo qilishni boshlaydi. Ular o‘zlari pishirgan viski va pivoni ichadi. Keyingi moddani buzgan holda cho‘chqalar uni o‘ziga mos keladigan tarzda qayta yozadi. Ombor devorida bittagina buyruq qoladi: “Barcha hayvonlar tengdir, ammo ba’zi hayvonlar boshqalarga qaraganda tengroqdir”. Oxir-oqibat cho‘chqalar Jonsning kiyimlarini kiyib, ularni olqishlayotgan qo‘ylarning qarsaklari ostida orqa oyoqlarida yurishni boshlaydi: “To‘rt oyoqli yaxshi, ikki oyoqli yaxshiroq”. Qo‘shni fermalardan odamlar cho‘chqalarni ziyorat qilish uchun keladi. Stolda mehmonlar va cho‘chqalar qarta o‘ynaydi, pivo ichadi, do‘stlik munosabatlari uchun deyarli bir xil tostlar aytadi. Napoleon ferma bundan buyon cho‘chqalarning umumiy mulki ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatadi va uni yana Manor fermasi deb nomlaydi. Keyin janjal ko‘tariladi, hamma qichqiradi va urishadi, odam qayerda, cho‘chqa qayerda, bilib bo‘lmay qoladi... Tahlil Jorj Oruellning “Molxona”sini o‘qib chiqib, hokimiyatga bo‘lgan chanqoqlik, murakkab munosabatlar, yolg‘onga asoslangan ijtimoiy hayotni mohirona satira va sarkazm bilan ochib bera olganining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Bu narsalar nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga ham xos xususiyatlar ekani haqidagi taassurot paydo bo‘ladi. Ammo bu muallif muammoni o‘quvchilarga iloji boricha aniqroq yetkazish uchun foydalangan juda nozik metafora bo‘lib, odamlarga “yaxshi niyat” niqobi ostida kuch va g‘oyaviy manqurtlashtirish orqali fikr va so‘z erkinligini bo‘g‘ishga qaratilgan jamiyatlarni ko‘rsatadi. Ushbu romanda jamiyat asoslari to‘g‘ridan to‘g‘ri fermer xo‘jaligida yashaydigan hayvonlar hayoti misolida aks ettirilgan. Bu hayvonlardagi insoniy xususiyatlar, qahramonlar ortida aslida kim yashiringan ekanini aniq ko‘rsatib beradi. Syujet juda g‘ayrioddiy, u nafaqat asosiy qahramonlar – hayvonlar va chorvachilik hovlisidagi voqealar rivojlanishi bilan, balki muallif tomonidan aks ettirilgan jamiyat muammolarining dolzarbligi bilan ham ajralib turadi. Roman kuchsiz va kuchli, ahmoq va aqlli hokimiyat egalari o‘rtasidagi munosabatlar haqida. Aslida bu muallifning hayoti davomida ko‘rgan diktatorlik rejimlarining allegorik namoyishidir. Odamlar va hayvonlar o‘rtasidagi ichki siyosiy qarama-qarshilik, tenglik tamoyillariga asoslangan yangi ideal jamiyatni shakllantirish bilan tugaydi. Hayvonlar dunyosida tabaqalanish asta-sekin sodir bo‘ladi, ammo uning boshlanishi cho‘chqalarning dastlabki harakatlarida namoyon bo‘ladi. Napoleonning hokimiyatga kelishi tabiiy ravishda (ferma aholisi uning rahbarligiga o‘rganib qolgani) va kuch orqali (to‘qqiz dahshatli it tomonidan qo‘llab-quvvatlangani) yuz beradi. Aytilayotgan siyosiy shiorlar (“To‘rt oyoq yaxshi, ikkitasi yomon!”) Napoleonning mavqeini mustahkamlash quroli bo‘lgan yolg‘on va propaganda edi. Ombor devorida yozilgan yetti modda doimiy ravishda o‘zgarib turadi va rahbarlar uchun moslashtirilaveradi. Fermada ro‘y beradigan hamma narsani Baqiroq teskari tomonga o‘zgartiradi. Hayvonlar ongida, och yashasa-da, osmon musaffoligi, tinch-totuv ekaniga shukrona hissini uyg‘otadi. Hikoya odamlar bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatish va cho‘chqalarni to‘liq assimilyatsiya qilish bilan tugaydi, ular dastlab oyoqlarda yurishni boshlaydi, so‘ngra odam kiyimini kiyadi. Asosiy qahramonlarning badiiy obrazlari o‘ziga xos tarixiy yoki umumlashtirilgan prototiplarga ega. Bokschi nomli mehnatkash ot har kungi mehnat orqali hayotini yaxshilashning yagona yo‘lini ko‘radigan ishchi sinfini anglatadi. Fermada vaziyat qanchalik og‘ir bo‘lsa, ot shunchalik qattiq ishlaydi. Bokschi safdoshi o‘rtoq Napoleonga ishonadi. Jamiyatning dissident qatlami – keksa eshak Benjamin. Ko‘pincha jim yuradi, lekin vaqti-vaqti bilan hukumatning xatti-harakatlariga hayvonlarning ko‘zlarini ochmoqchi bo‘ladi. Aynan mana shu qahramon “Molxona”da sodir bo‘layotgan voqealarning mohiyatini yaxshi tushunadi: “Ular hech qachon bundan yaxshiroq yoki bundan batarroq yashamagan – ochlik, haddan tashqari ish va aldangan umidlar, demak, bu hayotning o‘zgarmas qonuni”. Shunday qilib, asta-sekin hayvonlarning siyosiy elitasi inson elitasidan ajralib bo‘lmaydigan holga keladi. Va bu yerda jamiyatning oddiy a’zosi tizimda qanday rol o‘ynashi haqida shaffof eslatma mavjud. “Molxona” romani bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda, chunki shiorlar va “yaxshi niyatlar” o‘zgaradi, vositalar ham, lekin OAV ko‘p jihatdan yo‘q narsalarni bor qilib rahbarlarning rejalarini amalga oshirishni davom ettirmoqda (Andijondagi uy berish holatini eslang). Ko‘plab rahbar va amaldorlar katta katta va’dalarni berib, bajarmay kelmoqda. Xulosa Ushbu satirik asar totalitar davlatni yaratilish yo‘lini tasvirlaydi. Muallif shuni ko‘rsatadiki, hatto eng yorqin va to‘g‘ri g‘oya orqali ham shafqatsiz va dahshatli haqiqatni yaratishingiz mumkin. Jamiyat qanday qilib podaga aylanishi haqida hikoya. Bu har birimizga tegishli. Hamma narsa hammaga ochiq ko‘rinadigan darajada sodda tilda tasvirlangan. Ammo kimdir o‘zining qulay joyidan tashqarida nima bo‘layotganini ko‘rishni istamasa, ular ko‘rmaydi. Hikoya davomida asta-sekin hamma tenglashadi, ammo ba’zilari boshqalarga qaraganda tengroq bo‘ladi. Boshqalardan tengroq... Hayvonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan odamni fermadan haydab chiqardi, ular umumiy sa’y-harakat bilan dalada yer haydadi. Hamma teng ko‘rilsa-da, cho‘chqalar boshidanoq aniq ajratilgan edi, ammo boshqa hayvonlar ahmoq va ko‘r bo‘lib, hamma teng bo‘lib qoldi deb ularning ko‘rsatmalariga amal qildi. Ko‘p o‘tmay cho‘chqalar ularning xo‘jayiniga aylanadi. Qolgan hayvonlar o‘z qo‘li bilan cho‘chqalarni taxtga ko‘tarib, ularga qamchi berdi. Hammamiz bilamizki, bu asarda aslida hayvonlar haqida emas, odamlar haqida gap ketmoqda, odamlar podasi haqida... Oruell Sovet Ittifoqini tanqid qilarkan, hayvonlarning rasmlarini haqiqiy shaxslar deb atab, totalitar tuzumni va uning despotik xarakterini tanqid qilsa ham, kitob hokimiyatning buzilgan tabiati va uning insonga ta’siri kabi kengroq muammolarni namoyish etadi. Tilni omma kayfiyatini boshqarish va manipulyatsiya qilish vositasi sifatida, shuningdek, aralashmaslik va befarqlikni erkin jamiyatni qullikka olib boruvchi asosiy omil sifatida ko‘rsatib beradi. “Molxona”ni allegoriya sifatida har xil tushunib o‘qish mumkin, shuning uchun uni ham kattalar, ham bolalar uchun qiziqarli va juda foydali kitob deb bilaman. Iqtiboslar Barcha hayvonlar tengdir. Ammo ba’zi hayvonlar boshqalarga qaraganda tengroq; Ular ko‘zlarini cho‘chqadan odamga, odamdan cho‘chqaga va yana cho‘chqadan odamga o‘girishdi, ammo ularning qaysi biri kim ekanligini aniqlab bo‘lmadi; Bugun ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli; Majlisga kelish, albatta, ixtiyoriy, ammo kelmaganlar uchun ovqatning yarmi ushlab qolinadi; Shunga qaramay, ularda faqat raqamlar bilan emas, yesa bo‘ladigan narsalar bilan ovqatlanishni afzal ko‘radigan kunlar ham bo‘lgan. Qiziqarli faktlar - Oruell antiutopiyasidagi katta cho‘chqa Napoleon deb nomlanadi. Ammo Fransiyada hikoyaning birinchi nashri tarjima qilinib bosmadan chiqqanida bu cho‘chqa Sezar nomi bilan atalgan. Keyingi tarjimalarda asl ismi qaytarilgan; - 1977-yili dunyoga mashhur Pink Floyd rok guruhi roman asosida Animals albomini chiqargan; - Uollingtonda yashaganida Oruell va uning rafiqasi Eylin bir nechta uy hayvonini parvarish qilgan. Ulardan biri Muriel ismli echki edi. “Molxona” kitobida shu nomdagi echki aqlli va munosib hayvonlardan biri sifatida tasvirlangan. Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. “Kitobni yoqishdan ham kattaroq jinoyat bor”. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari haqida Yolg‘izlik – ichimizda. “Yolg‘izlikning yuz yili” romani haqida “Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida
101
15,624
Madaniyat
Turk xalq amaliy san`atining takrorlanmas 5 yo`nalishi haqida bilasizmi?
Turk madaniyatida xalq amaliy san`ati keng o`rin olgan. Gilamdo`zlik, ebru, me`morchilik, xattotlik, miniatyura kabilar xalq amaliy san`atining eng sara namunalari hisoblanadi. Gilamdo`zlik: Tugunli va oddiy to`qima gilamlar. Turk gilamlaridan ming yillar davomida ko`chmanchilarning o`tovlaridan tortib ulug`vor saroylargacha polga to`shash uchun foydalanilgan. Bugunning eng hashamdor xonalarida ham biz turk gilamlarining  go`zal nusxalarini uchratishimiz mumkin.  Ebru: "Ebru" rasm san`ati Ebru - idishdagi moyli suv yuzasiga bo`yoqlar qo`shib, mo`yqalam yordamida turli shakllar yasash, so`ngra hosil bo`lgan bu shakllarni qog`ozda o`tkazish orqali rang-barang naqsh yoki gulsifat bezaklarni aks ettirish san`ati hisoblanadi. Turk memorchiligi: chinni san`ati Chinni yasash xalq amaliy san`ati 2016 yilda YuNESKOning nomoddiy merosi ro`yxatiga kiritilgan. Turkiyada chinnilar odatda binolarning yuzasida va uylarda topilgan, turli o`simlik, hayvon va geometrik naqshlaridan iborat bo`lgan, asosan, qo`lda ishlangan sirlangan chinni va keramikalardir. Xattotlik Turk xattotligi san`atning yorqin namunasidir. Islom olamining zamonaviy rassomlari o`z asarlarida koligrafik yozuvlar yoki mavhumlashtirishda xattotlik merosidan foydalanadilar. Miniatyura san`ati Miniatyura - (lotincha minium  - qo`lda yozilgan kitoblarni loyihalashda ishlatiladigan qizil bo`yoqlar) tasviriy san`atda, kichik shakllardagi tasviriy, haykaltaroshlik va grafika ishlarida, shuningdek ularni yaratish san`atidir. Miniatyura ishlarida asosan qog`oz, fil suyagi va shunga o`xshash materiallardan foydalaniladi.
72
1,590
Madaniyat
Billboard o‘n yillikning eng yaxshi artisti nomini e’lon qildi
Billboard jurnali kanadalik reper Dreykni o‘n yillikning eng yaxshi artisti deb topdi. Billboard Music Awards bilan taqdirlash marosimi 23-may kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Musiqachi premiyaning mutlaq rekordini o‘rnatgan: u 27 ta mukofot egasi hisoblanadi. Dreykning plastinkalari studiyada yig‘ilgan Thank Me Later’dan boshlab Billboard 200 ro‘yxatida yetakchilik qilgan. Reperning ayrim qo‘shiqlari bir yilga yaqin Billboard Hot 100 chartida top pozitsiyalarni saqlab qolgan, yangi albomidagi qo‘shiqlar esa tezda reytingdan o‘rin olgan. Dreyk — chartning birinchi pog‘onasida jami 50 haftadan ortiq o‘z pozitsiyasini saqlab qolgan yagona yakkaxon artist hisoblanadi. Shuningdek, o‘n yillikning eng yaxshi artistlari qatoridan Billboard Music Awards mukofotlarini qo‘lga kiritish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi rekordchi Teylor Svift ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, top ro‘yxatda Bruno Mars, Rianna, Adel, Ed Shiran, Jastin Biber, Keti Perri, Maroon 5 va Post Malone joy olgan. Avvalroq Dreyk Spotify musiqiy servisida rekord o‘rnatgani, u qo‘shiqlari 50 milliard marotaba tinglangan birinchi qo‘chiqchiga aylangani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Amerikalik xonanda Ariana Grande 20-marta Ginnesning rekordlari kitobidan o‘rin oldi
62
1,277
Madaniyat
Bred Pitt va Anjelina Joli Bukingem saroyi yonidan uy sotib oladi
Anjelina Joli va Bred Pitt London markazidagi obro‘li Vestminster tumanidan qiymati 39 million dollarga teng qasrni sotib olishni rejalashtirmoqda. “Segodnya.ua”ning yozishicha, yulduzli juftlik ko‘z tikkan uy Bukingem saroyi va Big Bendan ikki qadam narida joylashgan. So‘nggi vaqtlarda Joli va Pittda ma’lum bir moliyaviy qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Ular bir yilda olti nafar farzandi uchun kamida bir million dollar sarflamoqda. Shu sababli ham juftlik Yangi Orleandagi uyni 6,5 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Pitt va Joli Londondagi dang‘illama uy uchun to‘lovni hozircha amalga oshirmagan bo‘lsa-da, ularning bu joyni sotib olishi ehtimoli katta, chunki Buyuk Britaniya poytaxtining ramzlari yaqinidagi narxi hech qachon tushmaydigan turar-joyni sotib olish samarali investitsiya bilan teng.
65
800
Madaniyat
“Sevgi, balki bu jannat” filmi katta ekranlarga chiqdi (foto)
14-aprel kuni soat 18:00 da “Alisher Navoiy” kinoteatrida “Sevgi, balki bu jannat” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Popcorn.uz sayti xabar berdi. Premyerada film rejissori Rustam Sa’diyev so‘zga chiqib, kartina nomi va uning suratga olinishi xususidagi ba’zi bir ma’lumotlarni berdi. Film ikki qismli bo‘lgani uchun shu yilning avgust oylarida uning ikkinchi qismi ham muxlislarga taqdim etilishini ma’lum qildi. “Sevgi, balki bu jannat” filmida bosh rollarni Yigitali Mamajonov va Yulduz Rajabova ijro etgan. Shuningdek, kinoda Sanjar Shodiyev, Sayyora Yunusova, Muyassar Berdiqulova, Ulug‘bek Xolmedov, Abduhakim Toshtemirov kabi mahoratli aktyor va aktrisalarning ham chiqishlarini ko‘rish mumkin. Kinokartina Rustam Sa’diyev g‘oyasi va rejissorligida suratga olingan bo‘lib, ikkinchi rejissor Dilbar Yusupovadir. Ssenariy muallifi — Shoira G‘iyosova. Filmda bolaligidan ota-ona mehridan yiroqda, mehribonlik uyida ulg‘aygan yigit taqdiri hikoya qilinadi. Yigit ulg‘aygach, o‘qish va mehnat bilan hayotda o‘z o‘rnini topishga intiladi. Biroq boy oilada katta bo‘lgan qizga ko‘ngil qo‘yishi, qiz yigitning hayotiga to‘satdan kirib qolishi uning maqsad va rejalarini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Badavlat qiz esa, o‘ziga o‘xshagan yigitga turmushga chiqayotgan edi. Ammo qiz ham mehribonlik uyida tarbiyalangan aqlli, mehnatkash bu yigitni sevib qoladi. Boshida o‘rtalaridagi mehrni asl baxti deb o‘ylagan qizning fikrlari keyinchalik o‘zgaradi. Shundan so‘ng kutilmagan voqealar boshlanadi. Voqealar rivojiga qiziqayotganlar filmni tomosha qilib bilib olishi mumkin.
61
1,583
Madaniyat
“Samoviy sarguzashtlar” seriali qahramonlari 24 yildan so‘ng (foto)
Kanada kinoijodkorlarining “Samoviy sarguzashtlar” ilmiy-fantastik seriali koinot haqidagi eng yaxshi kinoasarlardan biri sanaladi. 1996-yil 2-martdan efirga uzatilgan serial rejissorlar Peter David va Bill Mummi tomonidan suratga olingan. “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan hamda ko‘plab yosh tomoshabinlarga manzur bo‘lgan serial “Krista” nomli samoviy kemada uzoq sayohatni boshidan kechirayotgan bir guruh talabalar va ularning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Quyida serial qahramonlari 24 yil mobaynida qay darajada o‘zgargani haqida so‘z yuritiladi. Harlan Band − Yer sayyorasidan kelgan talaba, andromedaliklar bilan urushda halok bo‘lgan otasiga o‘xshashni orzu qiladi. Uolter Jons − 1970-yil 30-noyabrda Amerikaning Michigan shtatida tug‘ilgan. U bugungacha 60 dan ortiq film va seriallar, televizion shoularda ishtirok etib kelmoqda. Radu − Andromeda galaktikasidan kelgan talaba. U inkubatorda o‘stirilgani uchun oilasi yo‘q, shuningdek, juda kuchli eshitish qobiliyatiga ega. Kristian Eyr − 1977-yil 19-noyabrda Angliyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, keyinchalik Kanadaga oilasi bilan ko‘chib boradi. U 1990-yillarning boshida aktyorlik faoliyatini boshlagan. Unga “Samoviy sarguzashtlar” filmida ijro etgan Radu obrazi mashhurlik olib kelgan. Bundan tashqari, aktyor filmlarda suratga tushish va ovozlashtirish faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Telma − kemadagi odamsimon robot. Buyurilgan vazifani haddan tashqari tushunishi kulgili vaziyatlarga olib keladi, shuningdek, tez-tez buzilib turadi. Anik Matern − aktrisa 1963-yil 30-aprelda Kanadada tug‘ilgan. Matern aktrisa bo‘lishdan tashqari “Dynamic Theater Factory” asoschisi. Katalina − Saturn yo‘ldoshi Titandan kelgan talaba. Sochlari kamalak rangga bo‘yalgan ushbu qizning ovozi juda kuchli bo‘lib, qichqirig‘i bilan dushman texnikasini ishdan chiqara oladi. Juel Steyt − 1982-yil 2-iyunda Kanadada tavallud topgan. Yoshligidan filmlarda suratga tushish va modellik bilan shug‘ullangan. Aktrisaning bir nafar o‘gli bor. U OITS’ga qarshi dasturni faol qo‘llab-quvvatlaydi. Bova − peshonasida uranliklar uchun xos bo‘lgan elektr zaryad chiqaruvchi shoxi bor. Bovaning modda almashinuvi jarayoni odamlarnikidan ko‘ra tez ishlaydi, shuning uchun ham doimo ishtahasi karnay. Raxi Azizi − 1982-yil 14-dekabrda tug‘ilgan. Aktyorga “Samoviy sarguzashtlar” hamda “Kichkina shahzoda” filmi mashhurlik keltirgan. Rozi Yanni − merkuriylik talaba, o‘ta yuqori haroratda issiqlik chiqaradi. Kemada tabib vazifasini bajaradi. Ushbu rolni ijro etgan Peyj Kristina 1982-yil 21-sentabrda Kanadada tug‘ilgan va “Samoviy sarguzashtlar” serialidagi roli bilan tanilgan. Aktrisa “Teddy” ayiqchalarini yig‘ishni yoqtiradi, hozirda uning 100 dan ortiq yumshoq ayiqchalari bor. Komandor Set Goddard − sobiq harbiy zobit, bolalar murabbiyi. Aktyor Paul Boretski 1960-yil Angliyada kanadalik aktyor Piter Boretski va britaniyalik aktrisa Jenifer Fippsning oilasida dunyoga keldi. Bolaligida kanadaga oilasi bilan ko‘chib keladi. U aktyorlik faoliyatini dastlab teatrda boshlagan va keyinchalik film, seriallarda suratga tushgan. Syuzi − Katalinaning yaqin do‘sti. Bo‘yni ostidagi jabralari har qanday atmosferada nafas olishga yordam beradi. Shuningdek, telepatik qobiliyatga ham ega. Rebekka Herbts − aktrisa 1977-yil 12-mayda AQShda tug‘ilgan. U 1986-yildan aktrisalik faoliyatini boshlagan. 2001-yil 1-iyunda Aktyor Maykl Sosedo bilan oila qurgan va uch nafar farzandi bor.
67
3,437
Madaniyat
Jasur Umirov xonandalar Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonov mojarosiga nima sababdan “ensa qotadigan” munosabat bildirganiga oydinlik kiritdi (video)
Xonanda Jasur Umirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Jasur Umirov suhbat davomida nima uchun xonandalar Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonov mojarosiga “ensa qotadigan” munosabat bildirganiga oydinlik kiritdi. Bu shou-biznes, buni ‘shou’ deb qo‘yibdi, hammaga ham piar kerak. O‘shanda mendan boshqa odam shu haqida gapirganida ham odamlar og‘ziga tushar edi. O‘sha vaqtda qamoqdan chiqdim, chiqqan vaqtimda boshimga tosh kelayotgandek tuyuldi. Bu vaziyatda nimalardir qilib, xalqqa yoqishim kerak yoki butun umrga yo‘q bo‘lib ketishim kerak edi. Intervyular berdim, piarlar qildim va ko‘plar o‘ylaganidek, ‘uxladi’, deyishganidek emas, qaytaga hammaning og‘ziga tushdim. U yerda hech kimga xusumatim yo‘q. Jahongir Otajonov ham, Abdulla Qurbonov ham o‘zimning qadrdon akalarim, u video murojaat shunchaki piar uchun bo‘lgan. Jasur Umirov, xonanda
151
928
Madaniyat
“2049 lezviya bo‘ylab yuguruvchi” filmining yangi treyleri taqdim etildi (video)
Warner Bros kinokompaniyasi “2049 lezviya bo‘ylab yuguruvchi” filmining ikkinchi treylerini taqdim etdi. Film treylerida insonlar tashqi ko‘rinishi odamdan farq qilmaydigan klonlardan foydalanadigan kelajakdagi dunyo aks etgan. Bu haqda Meduza xabar berdi. Film 2017-yilning 6-oktabrida katta ekranlarga chiqadi.
80
313
Madaniyat
Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek aktrisasi Nargiza Salmonova xina marosimini nishonladi (foto)
Turkiyalik Emrah Sayan ismli yigit bilan turmush qurgan o‘zbekistonlik aktrisa Nargiza Salmonova Instagram’dagi sahifasiga yangi suratlar joylashtirdi. Suratlarda kelin-kuyov “Xina kechasi”ni nishonlayotgani aks etgan. Ushbu marosimda kelin va kuyovning qo‘liga xina suriladi hamda ular oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlari davrasida xursandchilik qiladi.
92
357
Madaniyat
Xonanda Sardor Mamadaliyev rok yo‘nalishida qo‘shiq kuylamoqchi
Xonanda Sardor Mamadaliyev “o‘ziga qolsa” qo‘shiqchilik san’atining barcha yo‘nalishlarida kuylashni istaydi. Xonanda bu haqda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Xonandaning aytishicha, bir guruh muxlislari sho‘x, estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni, boshqa bir guruh esa klassik taronalarni yoqtiradi. “Turli yoshdagi muxlislarim borligi uchun ham muvozanatni ushlashga majburman”, — dedi Sardor Mamadaliyev. “O‘zim rokka juda ham qiziqaman. Nasib etsa, bo‘lajak konsertimda rok aralashgan qo‘shiqlarni ham kuylayman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda. Eslatib o‘tamiz, xonanda Sardor Mamadaliyevning “Men izlagan gul qayda” nomli konsert dasturi 15—17-noyabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
63
742
Madaniyat
Xonanda Otabek Muxammadzoxid lavozimga tayinlandi
Farg`onada madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Bahodir Ahmedov tomonidan yig`ilish etkazildi va unda tashkiliy masala ham ko`rildi, deya xabar qildi vazirlik Axborot xizmati. Unga ko`ra, O`zbekiston davlat filarmoniyasi Farg`ona viloyat bo`limiga xonanda Otabek Mamazoitov rahbar etib tayinlandi.
49
302
Madaniyat
AQShda Marvel komikslari muallifi shifoxonaga yotqizildi
Komikslar muallifi Sten Li Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati) shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda 1-fevral, chorshanba kuni TMZ portali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. 95 yoshli Li yurak faoliyati va nafas olishdagi muammolar tufayli shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda shifokorlar uning ahvoli barqaror ekanligini ma’lum qildi. “Sten o‘zini yaxshi his qilayapti. U ehtiyot chorasi sifatida yana bir necha kun shifoxonada qoladi”, — deydi Lining vakili. Yozuvchi, muharrir va ssenarist Sten Li komikslar, jumladan, “O‘rgimchak odam” (Spider-Man), “Temir odam” (Iron Man) komikslari muallifi sifatida mashhur. U Amerikaning Marvel Comics kompaniyasi bosh muharriri, noshiri va direktorlar kengashi raisi lavozimlarida ishlagan.
56
722
Madaniyat
Amerikalik ssenariynavis Disney kompaniyasini “Hayvonlar shahri” multfilmi g‘oyasini o‘g‘irlaganlikda ayblab, sudga berdi
Amerikalik ssenariynavis Geri Goldmen malliflik huquqini buzganlik va “Hayvonlar shahri” multfilmi g‘oyasini o‘g‘irlaganlikda ayblab, Disney kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Goldmenga ko‘ra, u 2000 va 2009-yillarda Disney prodyuserlariga o‘zining bir necha g‘oyalarini taklif etgan, biroq ular rad etilgandi. Shundan so‘ng esa kompaniya “Hayvonlar shahri”ni yaratish chog‘ida qahramonlarining aksari, mavzu, hatto kartina nomigacha undan o‘zlashtirgan.  Ssenariynavis tovon to‘lanishi (summasi oshkor etilmagan) va mualliflik huquqlari e’tirof etilishini talab qildi.  Disney vakillari barcha gumonlarni “asossiz” deya rad etdi va Goldmenni o‘zganing shon-shuhratiga da’vogarlikda aybladi. Eslatib o‘tamiz, “Hayvonlar shahri” multfilmi 2017-yilda “Oskar” mukofotining eng yaxshi animatsion filmi nominatsiyasida g‘olib chiqdi.
121
855
Madaniyat
Instagram: Ijodda tanaffus qiladigan Yulduz Usmonova, to‘yi gala-konsertga aylangan Sardor Toirov, Liil Xurramovning muxlisasiga syurprizi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. 25-mart kuni Yulduz Usmonovaning 16 kun davom etgan konsert dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. An’anaga ko‘ra primadonna ijodiy guruhga shirinliklar ulashdi. Jigar saratonidan Turkiyada davolanayotgan Ra’no Shodiyeva Toshkentga qaytdi. Umidaxonning yangi qo‘shig‘iga ishlanayotgan klipda bosh rollarni Muhammadali Navro‘zov hamda Sitora Alimjonova ijro etmoqda. Xonanda Sevara ilk marta ona bo‘ladi. Asal Shodiyeva o‘g‘illari bilan Dubay shahrida hordiq chiqarmoqda. Aktrisa sayohatdan unumli foydalanib, milliy liboslarda fotosessiya o‘tkazdi. Imon Karimova akasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. 27-mart kuni poytaxtdagi restoranlardan birida xonanda Sardor Toirovning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi. Xonandaning to‘yida o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari, xonandalar, aktyor va aktrisalar, vaynerlar ishtirok etdi. Feruza Jumaniyozova yangi imijda muxlislariga ko‘rinish berdi. Ozod Xurramov ashaddiy muxlisalaridan birining tug‘ilgan kuniga multfilm qahramoni qiyofasida kelib, uning hayratiga va quvonchiga sabab bo‘ldi. Yulduz Rajabova ham yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. 25—27-mart kunlari Sevara Nazarxon Toshkentdagi forumlar saroyida o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Dastur kutilmagan daqiqalarga boy bo‘ldi. Xususan, Sevara sahnaga onasi va qizi Imanni olib chiqdi. Lola dunyoni aql-zakovati bilan o‘zgartirishga qodir kuchli qizlar borligi haqida post yozdi. Blogerlar Liil (Ozod) Xurramov va Azoda kelin-kuyovlik libosida suratga tushib, kuzatuvchilarini o‘yga toldirdi. Ular ushbu suratlarga hech qanday izoh berganicha yo‘q. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ruhan charchagani bois may oyidagi konsertidan so‘ng bir yil ijodiy tanaffus qilishini aytdi. Xonanda ijodiy tanaffusni arab tilini o‘rganishga bag‘ishlaydi. U buning uchun Turkiya yoki Misrga o‘qishga borishni rejalashtirmoqda.
138
2,007
Madaniyat
Eshakka teskari mindirilgan qiz yoxud otasining mayitini qoyadan uloqtirgan odam — Tengiz Abduladze filmlari haqida
“Magdananing eshagi”, “O‘gay dilbandlar”, “Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Tazarru” kabi qisqa va to‘liq metrajli kinoasarlari bilan minglab tomoshabinlar qalbidan joy olgan rejissor Tengiz Abduladze ijodi haqida “Daryo” hikoya qiladi. Tengiz Abduladze xalqaro Kann kinofestivalida Gruzin va rus kinorejissori Tengiz Abduladze 1924-yil 31-yanvarda Kutaisi shahrida tug‘ilgan. 1943–1946-yillarda Shota Rustaveli nomidagi Tbilisi davlat teatr institutida tahsil olgan. 1953-yilda esa Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissorlik fakultetini tamomlagan. Shu yilining o‘zida u “Gruziya-film” kinostudiyasida rejissor sifatida ish boshlaydi. 1980-yilda SSSR Xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. “Magdananing eshagi” (1955) — Tengiz Abduladzening Rezo Chxeidze bilan hamkorlikda suratga olgan birinchi (67 daqiqalik) qisqa metrajli badiiy filmi. Ungacha rejissor faqat hujjatli filmlar ustida ishlagan. XIX asr oxiri, Gruziya. Boy, shafqatsiz savdogar sillasi qurigan eshagini yo‘l bo‘yiga tashlab ketadi. Ammo o‘lishi tayin bo‘lgan eshakni Magdana Sesiashvili ismli kambag‘al beva ayolning bolalari — olti yoshli Mixo va uch yashar Kato topib oladi. Bolalar eshakka g‘amxo‘rlik qilib, unga Lurja (Ko‘k ko‘z) deb ism qo‘yadi. Lurja tez orada shaharda matsoni (gruzin va armanlarning milliy ichimligi — tah.) sotib tirikchilik qiluvchi beva ayolning tolmas yordamchisiga aylanadi. Lekin ularning quvonchi uzoqqa cho‘zilmaydi: bir kuni o‘zi tashlab ketgan eshakning tirik yurganini ko‘rgan savdogar Mitua adolatsizlik bilan ulardan jonivorni tortib oladi. Bir so‘z bilan aytganda, hamma narsani pul hal qiladigan dunyoda yaxshilik bor, lekin adolat yo‘q. Mazkur film 1955-yilda gruzin yozuvchisi Yekaterina Gabashvilining shu nomli hikoyasi asosida suratga olingan. Film xalqaro kino hamjamiyati tomonidan ikki marta e’tirof qilingan — u xalqaro Kann kinofestivalining qisqa metrajli filmlar tanlovining maxsus sovriniga sazovor bo‘lgan, Edinburgda o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda esa faxriy diplomni qo‘lga kiritgan. “O‘gay dilbandlar” (1958) dramasi Abduladzening birinchi mustaqil badiiy ishi bo‘lib, “Komsomolskaya pravda” gazetasidagi ocherk asosida suratga olingan. Filmda Nato ismli yosh qiz onasiz o‘sayotgan aka-singilni ko‘chada tasodifan uchratib qoladi. Ularning otasi Data ko‘pincha ish bilan ovora bo‘lib, bolalariga yetarlicha e’tibor bera olmasdi. Dataning Teo ismli sevgilisi bor edi, lekin u o‘gay bolalar bilan birga yashashdan bosh tortgandi. Nato esa aka-singilning yuragidan joy oladi. Qizning o‘zi ham bolalarni shu qadar yoqtirib qoladiki, hatto o‘qishini tashlab, o‘z ixtiyori bilan ularga onalik qila boshlaydi. “Nato, menga ayt-chi, o‘gay farzandni sevish mumkinmi? Achinish emas, sevishning imkoni bormi?” — uzil-kesil qarorga kelishi kerak bo‘lgan vaqtda undan so‘rashadi. U esa ishonch bilan: “Ha, mumkin”, — deb javob beradi. Biroq hali ham o‘zining sobiq sevgilisini deb azob chekayotgan Data uni qayta uchratib qolgach, yana uning ortidan ketadi. Garchi mashuqasi buni istamasa ham, ota uning ortida poyezdga sakrab chiqib oladi va farzandlaridan voz kechadi. Yuragi qon bo‘lgan Nato ham telbaliklar qilishni istaydi, lekin uni o‘gay farzandlarga bo‘lgan muhabbat saqlab qoladi. Rejissorning Nodar Dumbadze romani asosida suratga olingan “Men, buvim, Iliko va Illarion” (1962) kinokartinasi gruzin kinosidagi eng sevimli asarlardan biriga aylangan. Ezgulik va hazillarga boy filmda urushdan oldingi Gruziyadagi oddiy gruzin qishlog‘ida yashovchi o‘smir Zurikoning hayoti to‘g‘risida hikoya qilinadi. Tomoshabinlar ko‘z o‘ngida u maktabga boradi, ilk bor sevib qoladi, so‘ngra qishloqdoshlarini urushga kuzatib boradi va g‘alabani kutib oladi. Yigitcha tez orada maktabni tamomlab, o‘qishini davom ettirish uchun Tbilisiga ketadi, lekin o‘qishni bitirganidan so‘ng qishlog‘iga, birinchi muhabbati va qadrdon do‘stlari yoniga qaytib keladi. Shu vaqt ichida Zuriko uchun uning buvisi, shuningdek Iliko va Illarion ismli sirli do‘stlari eng yaqin va aziz insonlar bo‘lib qoladi. Aynan ularning ko‘z o‘ngida yigitcha ulg‘ayadi va hayotni taniydi. Ahmadxon Abu-Bakarning “Serminazimga marjon” nomli qissasi asosida suratga olingan “Sevgilim uchun marjon” (1971) ishqiy komediyasi Tengiz Abduladze muallifligidagi eng yengil kinokartinalardan biri hisoblanadi. Asar markazida Dog‘iston qishloqlaridan birida yashovchi Bahodir Magomedov bo‘lib, u o‘sha qishloqning eng suluv qizi Serminazni o‘ziga jalb qilmoqchi bo'ladi. Serminazning Mugi urug‘idan ekanligi, Bahodirlar oilasi esa ularga nisbatan adovatli munosabatda bo‘lib kelgani vaziyatni og‘irlashtiradi. Adovat shu qadar uzoq vaqtdan beri davom etardiki, hatto aynan nimadan boshlangani ham noma’lum edi. Shunga qaramay, yigit sovchi qo‘yish uchun azaliy udumni bajaradi — bosh kiyimini qizning uyiga tashlaydi va shundan so‘ng, boshqa an’anaga ko‘ra, unga sovg‘a qidirishga ketadi. Uzoq va hayajonli sarguzashtlardan so‘ng Bahodir go‘zalning qo‘liga boshqa da’vogarlar qatori “marjon” tutqazadi. Oqsoqollar uni kuyovlikka eng munosib nomzod sifatida ko‘rishadi. Biroq oilalar o‘rtasidagi azaliy adovat oraga to‘g‘anoq bo‘lib turgandi. Shunda qishloqdagi eng keksa kishi nizo nimadan boshlanganini aytib, og‘ir vaziyatni yengillashtiradi. Xullas, ikki oila o‘rtasidagi kelishmovchilik yer yuzi nimaning ustida turgani haqidagi tortishuvdan keyin paydo bo‘lgandi: bir tomon uni toshbaqa ko‘tarib turganini, qarshi tomon esa u kiyik shoxlariga tayanib turganini da’vo qilgan. Yoshlar mojaro sababining ahamiyatsiz ekanini anglab, yarashadilar va turmush quradilar. Muhabbat haqidagi bu nozik, go‘zal va biroz “makkorona” film kassada muvaffaqiyat qozona olmagan va erishgan eng katta e’tirofi Tbilisida bo‘lib o‘tgan Butunittifoq kinofestivali mukofotiga sazovor bo‘la olgani edi, xolos. Ko‘pchilik Tengizning bu asariga jiddiy qaramay, uni ko‘ngilxushlik uchun va eng muhimi, injiq hukumat qo‘ygan senzuradan biroz dam olish maqsadida yaratilgan deb biladi. “Iltijo” (1967) dramasi Tengiz Abduladzening “Iltijo”, “Orzu daraxti” va “Tazarru” filmlaridan iborat trilogiyasidagi birinchi kartina hisoblanadi. Mazkur film taniqli gruzin shoiri Vaja Pshavelaning “Aluda Ketelauri” hamda “Mehmon va mezbon” poemalari asosida suratga olingan. Poemalarda keltirilgan falsafiy masallarda shoirning ezgulik va yovuzlikka munosabati, odamlar ustidan hukm o‘tkazishga da’vo qilayotgan yovuzlikka qarshi kurash zarurati haqida so‘z boradi. Haqiqat va ezgulik himoyachilari bo‘lgan qahramonlar o‘limi shoirni yovuzlikning yengilmasligi g‘oyasiga yetaklaydi. Kurash va judoliklardan bezgan shoir taslim bo‘ladi. Shunda uning barcha sevikli qahramonlari kelib, xevruslarga (gruzinlarning etnografik guruhi, Xevsuretiya tog‘li mintaqasining tub aholisi — tah.) xos, voz kechishni anglatuvchi an’anani ado etishadi: pivo qadahlaridagi shamlar o‘chiriladi. Shoir yovuzlik bilan kurashishdan bosh tortish qanday oqibatlargi olib kelishni ko‘rib, yana qo‘liga qurol oladi. Tengiz Abduladzening bu asarida rejissorlik mahoratidan tashqari yana uchta asosiy narsa ko‘zga tashlanib turadi. Birinchisi — Pshavela she’riyatining ajib sehri. Ikkinchisi — har bir kadrni chinakam san’at asariga aylantirgan operator Aleksandr Antipenko san’ati. Uchinchisi — hayratlanarli musiqa, kartinada aytilmagan barcha narsani tomoshabinga yetkazib bergan Nodar Gabuniya partiturasi. “Iltijo” 1973-yilda San-Remoda o‘tkazilgan kinofestivalda eng yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgan. Rejissor trilogiyaning ikkinchi qismi hisoblangan “Orzu daraxti”da (1977) qadimiy qonunlar adolatsizligi mavzusini davom ettiradi. Ko‘plab kinotanqidchilar uni gruzin kinosining badiiy kuchi yuksak, ajoyib namunasi sifatida tilga oladi. Filmda Marita ismli qizning inqilobdan oldingi gruzin qishlog‘iga qaytishi va kambag‘al qishloqdoshi Gediya bilan oralarida kechgan ishqiy munosabat haqida so‘z boradi. Maritaning qarindoshlari va qishloq oqsoqoli qizni uning xohishiga qarshi boy cho‘ponga berishga qaror qiladi. Ammo to‘ydan keyin Gediya sevgilisining yoniga qaytib keladi va ular yana uchrashadi. Bu uchrashuvdan xabar topgan kuyovning qarindoshlari qishloq oqsoqoli boshchiligida Maritani omma oldida sazoyi qilishadi: qizni eshakka teskari mindirib, qishloqdan olib chiqishadi va loyga uloqtirishadi. Film sevishganlarning o‘limi bilan tugaydi. Film inqilobdan oldingi Gruziya qishlog‘idagi hayot haqida tasavvur beruvchi turli holatlar bilan boyitilgan. Buloq bo‘yidagi g‘iybatchi ayollar yuzini oqqa bo‘yab olgan Fufala ismli telba ayolni kulgi ostiga olishadi. Oqko‘ngil, biroq aqli zaif Elioz kunlarini goh hikmatli tosh, goh oltin baliq izlab o‘tkazadi, keyin esa beshta bo‘yi yetmagan qizlarini qarovsiz tashlab, sehrli daraxtni — o‘sha orzu daraxtini izlashga ketadi. Film Karlovi Varidagi Xalqaro kinofestivalda maxsus mukofotni, Btunittifoq kinofestivalida bosh sovrinni va Italiya prokatidagi eng yaxshi xorijiy film uchun “David di Donatello” mukofotini qo‘lga kiritgan. Tengiz Abduladze ijodining haqiqiy cho‘qqisi “Tazarru” (1984) kinokartinasi hisoblanadi. Bu uning so‘nggi ijodiy ishi edi. Sujetga ko‘ra, sobiq shahar hokimi bir shaharga dafn qilinadi. Tongda esa uning jasadi o‘g‘li Avelning hashamatli uyi yonidan topiladi. Dabdabali dafn marosimidan so‘ng bu holat, albatta, o‘ta ajablanarli ko‘rinardi. Bu sirli hodisa uch marta takrorlanganidan so‘ng Varlam Aravidzening qabri yaqiniga pistirma qo‘yishadi, bu ishda uning nabirasi Tornike ham ishtirok etadi. Noma’lum kishi hokimning qabriga yaqinlashib, yana uning jasadini qazib olishga chog‘langanda Tornike notanish shaxsga qarata o‘q uzadi va uni yaralaydi. Qo‘lga olish vaqtida uning Ketevan Barateli ismli ayol ekani ma’lum bo‘ladi. Sud jarayonida ayol o‘z oilasining barbod bo‘lishida Varlam Aravidze qanday o‘rin tutgani haqida so‘zlab beradi. Ayon bo‘lishicha, Ketevan sakkiz yoshidalik vaqtida Varlam Aravidze hokimiyat tepasiga kelgan va soxta ayblov bilan uning rassom otasini, keyin esa onasi Ninoni hibsga olgan. Bundan tashqari Varlam Aravidze davrida shaharda ommaviy siyosiy qatag‘onlar uyushtirilib, ko‘plab begunoh odamlar yostig‘i quritilgani ayon bo‘ladi. Bu voqealardan hayratga tushgan va zolim bobosining qilmishlarini oqlashga urinayotgan otasini tushuna olmagan Tornike o‘z joniga qasd qiladi. Shundan so‘ng Avel Aravidzening o‘zi otasining jasadini qabrdan qazib olib, qoyalar tepasidan pastga tashlab yuboradi. Katta qiyinchiliklar bilan ekranlarga uzatilgan ushbu kartina millionlab insonlar ongini larzaga keltirdi. Shu bilan birga, ko‘plab nufuzli mukofotlar ham haqli ravishda qo‘lga kiritildi: Maxsus Gran-Pri, FIPRЕSSI hamda Kann kinofestivalining ekumenik hay’ati sovrinlari, oltita nominatsiya bo‘yicha, shu jumladan, 1987-yilning eng yaxshi filmi uchun, “Nika” mukofoti, “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishi bo‘yicha “Oltin globus”, Chikagodagi Xalqaro kinofestivalning maxsus sovrini, Butunittifoq kinofestivalida maxsus sovrin va Polshada yilning eng yaxshi xorijiy filmi uchun tanqidchilar mukofoti. “Tazarru”ning oxirgi lavhasini alohida shedevr sifatida baholash mumukin. Derazadan tashqariga boqqan Ketevan qarshisida turgan kampirga ko‘zi tushadi (afsonaviy gruzin aktrisasi Veriko Anjaparidze tomonidan ijro etilgan). “Qizim, bu yo‘l ibodatxonaga olib boradimi?” — deb so‘raydi kampir. “Bu Varlam ko‘chasi. Ibodatxonaga borib bo‘lmaydi”, — deya javob beradi ayol. “Agar Xudoning uyiga olib bormasa, bu yo‘lning nima keragi bor?” — ajablanadi kampir.
115
11,425
Madaniyat
Nigora Karimboyeva Zo‘r TV telekanali oldidan o‘tganida yig‘lashi hamda “Oltin humo” marosimi boshlovchiligi unga nasib qilmagani haqida (video)
Aktrisa hamda boshlovchi Nigora Karimboyeva Yashin TV YouTube kanaliga bergan intervyusida o‘ylamay gapirgan bir og‘iz gapi uchun “Oltin humo” taqdirlash marosimi boshlovchiligi unga nasib qilmagani haqida so‘zlab berdi. Bir tomondan kulgim, bir tomondan yig‘lagim keladi. Chunki meni Matyoqub aka ‘Oltin humo’ga boshlovchi sifatida taklif qildilar. ‘Boshlovchi sifatida o‘zbek tilida emas, rus tilida olib borgin, Nigora, chunki boshqa davlatlardan mehmonlarimiz bor, ular rusiyzabon’, — dedilar. Xo‘p, dedim. Ssenariy berishdi, men uni ruschaga tarjima qildim, tayyorlandim. Bir kun oldin repetitsiyaga chaqirishdi. Bordim, hech kim yo‘q. Rejissor o‘tiribdi, Matyoqub aka va boshqa xodimlar bor, boshlovchilar yo‘q. Men bilan Rixsitilla, Dilnoza Kubayeva chiqishi kerak. Keldim, matnimni o‘qib berdim. Ertasi kuni ertalab soat 10:00 ga chaqirishdi. Keldim, soat 10:00 da yana hech kim yo‘q. Jahlim chiqdi. ‘Nega bular bunaqa, soat 10 ga deyildi, kelmaydimi, mening ishlarim bor’, — dedim. Matyoqub aka ‘Matningni o‘qib, keyin ketaver’, dedilar. Soat 11 ham bo‘ldi, kelishdi bittadan, Rixsitilla keldi, Dilnoza keldi. Lola opam Eltoyeva hammadan birinchi keldilar. ‘Lola opa, tavba qildim, qachon shu narsadan qutulaman?’, — dedim. ‘Nima bo‘ldi, Nigora?’, — dedilar. ‘Nimaga men aytilgan vaqtga kelaman, bu kasallik. Mana o‘tiribman, hatto siz kech qoldingiz’, — dedim. ‘Ha, kech qoldim, teatrda ishim bor edi’, — dedilar. ‘Bu kasallik menga umuman yoqmaydi, keyingi safar hamma joyga kechikib kelaman’, —  dedim. Shundoq og‘zimdan chiqdi va farishtalar shu gapimni olib ketishdi. O‘rtada syomkam bor edi, unga borib keldim. Keyin soat 16:00 da salonga qaytdim, o‘zimga qarab, sochlarimni to‘g‘rilatgani. Soat 18:00 da konsert. 17:30 da mashinamga o‘tirdim. Salonim Pedagogika instituti tarafda, ya’ni Panoramagacha 5 daqiqalik yo‘l. Mashinaga o‘tirdim, tirbandlik, harakat taqa-taq to‘xtadi. Telefon qilishyapti, ‘Nigora qayerdasiz’, deb. Siljib-siljib, mana Humo’ning oldiga keldim, Televideniye oldiga keldim, deb aytyapman. Soat 17:55. Nima qilishimni bilmayman. Qaltirab, matnim qo‘limda, ko‘ylaklarim tayyor, yo‘lda tufligimni kiydim, taqinchoqlarimni taqdim. Panoramaning oldiga kelganimda, soat 18:03 edi. Mashinamni duch kelgan joyga qo‘ydim-da, kirishim bilan qo‘ng‘iroq qilishdi: ‘Nigora, biz boshladik’, – deyishdi. ‘Men chiqib, qo‘shilib olay’, — dedim. ‘Panoramada sahnaning orqasidan chiqish yo‘q, faqat sahnadan chiqish mumkin ekan. Qo‘shilib keta olmaysiz’, — deyishdi. Endi tasavvur qiling, mening shuncha mehnatim, tarjimalarim, tayyorlanib kelganim... Nima qilishni bilmadim, mashinamga o‘tirib yig‘ladim, uvullab yig‘ladim. Nigora Karimboyeva, aktrisa va boshlovchi Shuningdek, aktrisa intervyu davomida Zo‘r TV telekanalida uning dilini og‘ritishgani bois to‘rt oydan so‘ng u yerdan ketgani haqida ham gapirdi. “Telekanal jamoasi haqida gapirishni istamayman. O‘sha telekanal oldidan o‘tsam yig‘lagim keladi. Bilmadim, nega unaqa bo‘ldi. Men bilan hech kim shunaqa qilmagan. Hattoki ketganimdan keyin o‘sha kanaldagi boshqa ko‘rsatuvlarga mehmon sifatida ham taklif qilishdi. Lekin o‘sha joyga borgim kelmadi. Gapirsam, chuqurlashib ketaman, shuning uchun gapirmayman”, — deydi Nigora Karimboyeva.
144
3,220
Madaniyat
O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov Tojikistonda konsert berdi
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 10—11-may kunlari Tojikistonda konsert berdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Xabar berishlaricha, Ozodbek Nazarbekov o‘z konsert dasturini Xo‘jand shahridagi uch ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Qasri varzesh” sport saroyida taqdim etgan. Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov ayni vaqtda O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari ham hisoblanadi.
99
432
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlari o‘z ota-onasi bilan (foto)
“Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlarining nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayoti ham tomoshabinlar uchun qiziq. Millionlab muxlislar qalbidan joy olgan mashhurlarning muvaffaqiyatga erishishida o‘zlarida mujassam bo‘lgan iste’dod, mahorat bilan birga ota-onalarining xizmati beqiyos. Quyida yulduzlarning ota-onasi bilan birga tushgan suratlarini havola etamiz. Maryam Uzerli (Xurram sulton) Aktrisaning otasi turk, onasi esa nemis millatiga mansub. Shuning uchun Maryam go‘zalligi, o‘ziga xosligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Burak O‘zchivit (Malkocho‘g‘lu Bali bey) Burakning ota-onasi qiyofasiga nazar tashlab u aynan kimga ko‘proq o‘xshashini aytish qiyin, lekin kimga o‘xshashidan qat’i nazar bir narsa aniq — ushbu juftlikning farzandi tashqi ko‘rinishi va iste’dodi bilan turk kino ijodkorlari orasida allaqachon o‘z o‘rnini topgan. Selma Ergech (Xadicha sulton) Latofatli aktrisa onasiga o‘xshab ketadi. Nur Fettaho‘g‘lu (Mohidavron sulton) Nurning Instagram sahifasini kuzatib, uning otasi bilan juda yaqin munosabatda ekanini bilish mumkin. U doim iliq fikrlar yozib, birga tushgan suratlarini bo‘lishib boradi. Pelin Karaxan (Mehrimoh sulton) Pelin onasiga juda ham o‘xshab ketadi. Instagram’dagi kuzatuvchilar esa uning onasini Mayram Uzerlining onasiga o‘xshatadi. Engin O‘zturk (shahzoda Selim) Turklarga xos bo‘lmagan tashqi ko‘rinish Enginga otasidan o‘tgan. Mehmet Gunsur (shahzoda Mustafo) Mehmet va uning onasining tashqi ko‘rinishida umumiylikni topish qiyin, lekin ularni iliq munosabatlar bog‘lab turadi. Aras Bulut Iynemli (shahzoda Boyazid) Kelishgan va iste’dodli aktyor ota-onasining kelib chiqishi kavkazliklarga borib taqaladi.
65
1,671
Madaniyat
Kristina Grimmi o‘ldirilishi sabablari ma’lum qilindi
The Voice shousi qatnashchisi, 22 yoshli Kristina Grimmining qotili xonandani telbalarcha yaxshi ko‘rgan va hamkasblariga ular turmush qurishlari haqida gapirgan. Bu haqda TMZ ma’lum qildi.  27 yoshli Kevin Loybl xizmat qilgan Best Buy kompaniyasi xodimlarining bildirishicha, yigit Grimmi yoqtirib qolishi uchun ko‘zini operatsiya qildirgan, sochini ko‘chirib o‘tqazgan, ozish uchun vegetarianlikka amal qilgan. Ish joyida doim Kristina Grimmining qo‘shiqlarini tinglagan. Mart oyida Loybl xonanda konsertida bo‘lgan va hamkasblariga u bilan tanishgani, birga tarmoq o‘yinlarida ishtirok etishayotganini hikoya qilgan. Grimmiga yaqin manba esa ular hech qachon tanish bo‘lmaganini ta’kidlagan. Hamkasblari qo‘shiqchini yigiti — prodyuseri borligini eslatib, Loyblning jig‘iga tegishgan. Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni Grimmi Orlandodagi konsertidan so‘ng muxlislarga dastxat berayotganda unga qarata o‘q uzilgan. Kristinaning akasi jinoyatchini ushlashga harakat qilgan, ammo qotil o‘zini ham otib o‘ldirgan.
53
1,009
Madaniyat
Aktyor Ulug‘bek Qodirov va xonanda Sharof Muqimov magistraturada tahsil olmoqda
Aktyor Ulug‘bek Qodirov va xonanda Sharof Muqimov O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti “Televideniye va kino rejissorligi” fakultetida magistratura bosqichida tahsil olmoqda. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar berdi. “Hech bir ish bejiz amalga oshmaydi. Demak, Sharof va Ulug‘bek ham rejissuraga qo‘l urib, kino suratga olishda ham omadlarini sinab ko‘rishsa, ajabmas”, — deyiladi gazeta xabarida.
79
410
Madaniyat
Selena Gomes 2016-yilgi Instagram qirolichasiga aylandi
Amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes 2016-yilgi Instagram qirolichasiga aylandi, deb yozadi “Korrespondent.net” The Mashable’ga tayanib. Uning fotosuratlari eng ko‘p sonli “layk”lar yig‘ib, ijtimoiy tarmoqda eng ommabop bo‘ldi. Xonandaning eng ommabop surati 5,9 millionta “layk” va 200 mingdan ortiq izoh to‘pladi. Gomesning obunachilari soni esa 103 milliondan oshadi. Yulduzlar orasida u foloverlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda joylashdi. Undan keyingi o‘rinni Teylor Svift (93,6 million folover) egalladi, yuqori uchlikni esa Beyonse (88,9 million) yakunladi. Shuningdek, yuqori o‘nlikka Kayli (79,5 million) va Kendall Jenner (68,9 million) kirdi. Top o‘ntalikdan joy olgan yagona erkak Krishtianu Ronaldu (82,3 million) bo‘ldi.
55
734
Madaniyat
Davron Kabulov: Bagajda menga ham joy yo‘qmi? “Million” jamoasi Rossiya Federatsiyasining 4 shahrida konsert beradi (video)
“Million” jamoasining sardori Davron Qobulov “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Davron Qobulov suhbat davomida ilk marotaba Rossiyaning 4 ta shahrida “Million” jamoasining konsert dasturi bo‘lib o‘tishi haqida gapirib berdi. ‘Xalqlar do‘stligi’ san’at saroyida 1-10 aprelga qadar ‘Million’ jamoasining konserti bo‘lib o‘tadi. Undan so‘ng 11—15-aprelgacha Rossiyaning 4 ta shahrida Yekaterinburg, Kazan, Moskva hamda Sankt-Peterburg shaharlarida ilk bora ‘Million’ jamoasining konserti bo‘lib o‘tadi. Konsert dasturlarini o‘zimiz tashkillashtirib, barcha to‘lovlarni ham amalga oshirib bo‘ldik. Xudo xohlasa aprel oyining oxirgi kunlarida AQShda konsert berish rejamizga kiritilgan. Nasib bo‘lsa ramazon oyidan keyin viloyatlarimizda konsert berish niyatimiz ham bor. Bundan tashqari Janubiy Koreya, Turkiya davlatlariga ham safar uyushtirishni niyat qilganmiz. Davron Qobulov, “Million” jamoasining sardori  “Million” jamoasining Rossiya Federatsiyasida ilk marotaba konsert dasturi taqdim qilishi uchun tayyorlangan qiziqarli video lavhada, jamoa sardori Davron Qobulov “bagajda menga ham joy yo‘qmi”, deya lavhani yakunlagan.
124
1,199
Madaniyat
“O‘g‘irlanmagan kelin”, “Hayotda hamma narsa bo‘ladi”: Bollivud yulduzlari Shohrux Xon va Kajol partnyorligidagi eng yaxshi filmlar (video)
Bollivud kino olamida shunday aktyor va aktrisalar borki, ular birga ishtirok etgan filmlar dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan va millionlab muxlislarning qalbini zabt etgan. Shunday juftliklardan biri Shohrux Xon va Kajol ijrosidagi filmlar tomoshabinlar tomonidan sevib ko‘riladi va suratga olinganiga bir necha yil bo‘lishiga qaramay yuqori reytinglarni zabt etib keladi. Quyida juftlik partnyorligidagi eng yaxshi filmlar beriladi. “O‘g‘irlanmagan kelin” kinofilmi Ushbu filmda Simran, ya’ni Kajol do‘stlari bilan sayohatga boradi va shu vaqt oralig‘ida unashtirilgan bo‘lishiga qaramay Raj ismli yigitni yoqtirib qoladi. Yigit ham uni yoqtirib qolganini aytganda Simran unga otasi bilan do‘st bo‘lgan insonning o‘g‘liga unashtirilganini aytadi. Qiz uyga qaytganidan keyin ham yigitni unutmaydi va barcha voqeani onasiga aytib beradi. Yigit ham o‘z sevgisi uchun kurashadi va qiz bilan uchrashadi. Qiz otasining yigit bilan turmush qurishiga qarshi ekanini bilib yigitga uni o‘g‘irlab ketishini aytadi. Raj rolini mahorat bilan o‘ynagan Shohrux Xon Kajolga otasining roziligisiz u bilan turmush qurmasligi haqida gapiradi. Qizning otasi barchasidan xabar topadi va yigitni uyidan haydab yuboradi. Ushbu filmning yakunida Kajolning otasi qizini majburlab boshqasiga bermasligini tushunib yetadi va qizining Raj bilan turmush qurishiga rozi bo‘ladi. “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmi Shohrux Xon va Kajol ishtirokidagi “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” filmida do‘stlik va muhabbat kabi insoniy rishtalar bir-biri bilan aloqador ekanini bilib olish mumkin. Filmda Shohrux Xon va Kajol kollejda birga o‘qiydigan qadrdon do‘stlar rolini ijro etadi. Anjeli va Rahulning hayotiga kollej direktorining qizi, ya’ni Tina kirib kelishi bilan barchasi o‘zgarib ketadi. Anjeli bolalar kabi sho‘x fe’l-atvorga ega qiz bo‘ladi. U Tina bilan tanishgandan keyin Rahulni sevib qolganini tushunib yetadi. Lekin Tina va Rahul o‘rtasida to‘siq bo‘lmaslik uchun kollejni tark etadi. Oradan yillar o‘tib, Tina Anjeli ismli qiziga vasiyat tarzida bir vaqtlar o‘z sevgisini qurbon qilgan dugonasi hamda Rahulni yarashtirishni so‘raydi. Film yakunida Rahul va Anjeli turmush quradi. “Firibgar” kinokartinasi Rejissor Abbas Burmavallaning 1993-yilda suratga olingan “Firibgar” kinofilmida Shohrux Xon ota-onasi, singlisi uchun oilasining barcha boyliklarini tortib olgan oiladan qasos olishga harakat qiladi. U buning uchun tashqi ko‘rinishi, ismini o‘zgartiradi va otasining boyligini tortib olgan insonning ikki qizidan qasd olishga harakat qiladi. Oilasining boyliklarini tortib olgan insonning katta qizini aldab yuradi va keyin uni o‘ldiradi. Qiz vafot etganidan keyin aktyor uning singlisi rolini ijro etgan Kajol bilan turmush quradi. Oradan vaqt o‘tib Kajol Shohrux Xonning barcha jinoyatlarini bilib qoladi va uning uyiga boradi. Shohrux Xon ham Kajolga otasining barcha jinoyatlarini aytib beradi. “Goho shodlik, goho g‘am” filmi Rejissor Karan Joharning 2001-yilda suratga olingan “Goho shodlik, goho g‘am” filmida Shohrux Xon kambag‘al oilaning qizi Kajolni yoqtirib qoladi. Uning otasi esa qizga uylansa, yigitning uydan ketishini va undan voz kechishini aytadi. Shohrux Xon qizga uylanadi va uyini tark etadi. Oradan bir necha yil o‘tib Shohrux Xonning ukasi uni uyga, ota-onasining oldiga qaytarishga harakat qiladi. Filmda uning ukasi rolini Bollivudning taniqli aktyori Ritik Roshan ijro etgan. Akasining uyiga borgan Ritik Roshan kelinoyisining singlisini, ya’ni Karina Kapurni yaxshi ko‘rib qoladi. Film yakunida Shohrux Xon ota-onasining uyiga qaytadi va kechirim so‘raydi. “Mening ismim Xon” kinofilmi Bu filmda Shohrux Xon ham, Kajol ham o‘zgacha fe’l-atvorga ega bo‘lgan obrazlarni gavdalantirgan. “Mening ismim Xon” kinokartinasida sevgi-muhabbat, Vatan tuyg‘usi va boshqa inson uchun zarur bo‘lgan umumbashariy tuyg‘ular ifoda etilganini ko‘rish mumkin. Ushbu film rejissor Karan Joharning eng muvaffaqiyatli filmlari qatoriga kiritildi, uning umumiy budjeti 12 million dollarni tashkil qildi. Kinokartinada hindistonlik musulmon Rizvon Xon San-Fransiskoga ko‘chib o‘tadi va ukasi, kelini bilan birga yashaydi. Asperger sindromidan aziyat chekkan Rizvon Mandirani sevib qoladi. Oilasining noroziligiga qaramay, ular turmush quradi va birgalikda kichik biznes boshlaydi. Ular 2001-yilning 11-sentabriga qadar, musulmonlarga munosabat keskin o‘zgarganiga qadar baxtli yashaydi. Mandira bu fojiadan eziladi, shu sabab ularning munosabatlari buziladi. Shundan keyin Rizvon Amerikaga boradi. “Karan va Arjun” kinokartinasi Aktyor, rejissor Rakesh Roshan tomonidan suratga olingan, 1995-yilda katta ekranlarga chiqqan “Karan va Arjun” kinofilmida Shohrux Xon va Kajol birgalikda rol ijro etgan. Jangovar va romantik yo‘nalishdagi ushbu filmda Salmon Xon, Amrish Puri, Mamta Kulkarni kabi Bollivud yulduzlari ham ishtirok etgan. Kambag‘al oilada voyaga yetgan Shohrux Xona Kajolni yaxshi ko‘rib qoladi, Kajolni esa majburlab boshqa yigitga turmushga berishmoqchi bo‘ladi. Shohrux Xon o‘z sevgisi yo‘lida ko‘plab qiyinchiliklarga duch keladi. “Sevishganlar” filmi Hindistonning mashhur rejissorlaridan biri Rohit Shetti tomonidan 2015-yilda suratga olingan “Sevishganlar” filmi Shohrux Xon va Kajol ishtirokidagi eng yaxshi filmlardan biri hisoblanadi. Filmda ular bir-biriga dushman bo‘lgan oilaning farzandlari rolini ijro etgan. “Sevishganlar” kinokartinasida Kajol Shohrux Xondan oltinlarni tortib olish maqsadida uni aldaydi, oltinlarni qo‘lga kiritgach esa Shohrux Xonni yoqtirib qolganini tushunib yetadi, aktrisa undan kechirim so‘raydi. Shundan keyin aktyor qizning otasi bilan ko‘rishishga qaror qiladi va uning oldiga boradi. Qizning otasi uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi, biroq tasodifan otilgan o‘q o‘zini o‘ldiradi. Shu payt Kajol kirib keladi va Shohrux Xonning qo‘lida to‘pponchani ko‘rib otasini u o‘ldirgan deb o‘ylaydi va aktyorga qarata o‘q uzadi. Yigit tirik qoladi va qizga barchasini tushuntirmoqchi bo‘lganda unga qiz boshqa shaharga ko‘chib ketganini aytishadi. Oradan bir necha yillar o‘tib yigitning ukasi va qizning singlisi bir-birini yoqtirib qoladi. Kajol va Shohrux Xona yana qayta uchrashadi. Film yakunida Kajol va Shohrux Xon, shu bilan birga ularning ukasi va singlisi ham turmush quradi.
139
6,219
Madaniyat
40 kun deganda Instagram’ga qaytgan Lola, o‘z rasmi tushirilgan niqobdagi Fazliddin G‘oyibnazarov, Jamila G‘ofurovadan ijodiy yangilik. Mashhurlar karantinda
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 11-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Aktyor Tohir Saidov “Ilhaq” filmining suratga olish jarayonidagi suratni sahifasiga joylashtirdi. View this post on Instagram Rossiyalik taniqli xonanda Vera Brejneva turmush o‘rtog‘i, taniqli kompozitor va prodyuser Konstantin Meladzeni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Jahongir Poziljonov “Bravo” kulgi jamoasi a’zolari bilan “Jana” qo‘shig‘iga quvnoq klip suratga oldi. View this post on Instagram Shahlo Ahmedova “Habibi” nomli qo‘shig‘ini taqdim etish arafasida. View this post on Instagram Aktrisalar Mashhura Zulfiqorova va Durdona Qurbonovadan kayfiyatni ko‘taruvchi videorolik. View this post on Instagram Dilso‘z Instagram foydalanuvchilaridan negativ izohlar bilan o‘zgalarning dilini og‘ritishdan tiyilishni so‘radi. View this post on Instagram Xonanda Lola otasining vafotidan so‘ng salkam 40 kun deganda Instagram’da ko‘rinish berdi. View this post on Instagram  Lola: Shunday kun keladiki, sen hech qachon avvalgidek bo‘la olmaysan Sardor Rahimxon yaxshiliklarga sababchi qilgani uchun Allohga shukronalik keltirdi. View this post on Instagram  “Balki bu sening so‘nggi kuningdir”. Sardor Rahimxon Ramazon oyiga atab kuylagan qo‘shig‘ini taqdim etdi Rejissor Jahongir Ahmedovning yozishicha, “Ilhaq” filmi uchun juda ko‘p minnatdorchilik xatlari olmoqda. View this post on Instagram  “Ilhaq” filmini muallif roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganlar jarimaga tortiladi View this post on Instagram Aktrisa Bahora Arslonova turmush o‘rtog‘i bilan Sankt-Peterburg shahridagi sayohat aks etgan video bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Ozarbayjon telekanalida xonanda Yulduz Turdiyeva haqidagi lavha efirga uzatildi. View this post on Instagram Aktrisa Jamila G‘ofurova yangi serialda suratga tushdi. View this post on Instagram Amerikalik xonanda va aktrisa Jennifer Lopes ona bo‘lish eng katta baxti ekanligini bildirdi. View this post on Instagram Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva qizi bilan bir xil obrazda namoyon bo‘ldi. View this post on Instagram Taniqli bokschi Fazliddin G‘oyibnazarov o‘zining rasmi tushirilgan futbolka va niqobda ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin:
157
2,690
Madaniyat
Tamila Instagram’dagi sahifasini butunlay o‘chirib tashlaganini ma’lum qildi
Xonanda Tamila Instagram’dagi shaxsiy sahifasini butunlay o‘chirib tashladi. U bu haqda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Instagram’dagi shaxsiy sahifam nomini o‘zgartirganim yo‘q, uni o‘chirib tashladim. Endi ijtimoiy tarmoqlarda yo‘qman”, — dedi xonanda. Gazeta muxbirining Instagram’da @tamilaofficial nomi bilan sahifa ochilgani va unda xonanda nomidan muloqot davom etayotgani haqidagi savoliga Tamila: “Yo‘q, u men emasman”, deb javob bergan. Yanvar oyi oxirida internetda Tamila deb taxmin qilinayotgan qizning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalib ketgandi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri u bilan hamkorlikni to‘xtatdi, “O‘zbeknavo” esa Tamilaning litsenziyasini tugatdi. Shov-shuvlar ortidan Tamila Qozog‘istonga ko‘chib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi, biroq xonandaning o‘zi videomurojaat bilan chiqib, bu kabi mish-mishlarni rad etdi. U, shuningdek, videodagi qiz o‘zi emasligini ta’kidlamoqda.
76
959
Madaniyat
Mashinasiga o‘g‘ri tushgan Sharof Muqimov o‘g‘rini duo qilib qo‘yishni muxlislaridan so‘radi
Qo‘shiqchi Sharof Muqimovning Captiva’siga o‘g‘ri tushdi. Bu haqda xonanda Instagram sahifasida ma’lumot berdi. Xurmatli azizlarim,yarim tunda moshinamga tushgan o'g'rini bir duo q'ilib q'o'yingla.Zora insof kirsa.?(Jinoyat jazosiz q'olmas.Oxiratda xam) Фото опубликовано Po vsem voprosam.+998911340102 (@sharofmuqimov_official) Дек 20 2016 в 4:19 PST “Hurmatli azizlarim, yarim tunda mashinamga tushgan o‘g‘rini bir duo qilib qo‘yinglar. Jinoyat oxiratda ham jazosiz qolmas”, — deb yozgan Muqimov noliyotgan smaylik qo‘yishni ham unutmadi. Suratda Captiva’ning orqa oynasi sindirilganini ko‘rish mumkin. O‘g‘rilar mashinaning ichidan nimani olib qochganiga oydinlik kiritilmagan.
92
680
Madaniyat
“Covid-19: sinovli kunlar” hujjatli filmi premera qilindi
Bugun Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan “Covid-19: sinovli kunlar” hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi. Unda mutaxassislar, OAV vakillari, ijodkorlar va yoshlar ishtirok etishdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. Kinokartinada jahon miqyosida avj olgan koronavirus infeksiyasining zararli oqibatlari, uni bartaraf etish va virusga qarshi kurashish jarayonlari haqida hikoya qilinadi. Ssenariy muallifi va rejissyor Nurilla Narzullaev, operator Muzaffar Yusupov, operator assistenti Komil Nugmonov, muharrir Umida Yaxshiboeva, kartina direktori Zuhra Po`latova.
57
703
Madaniyat
“Qalpoq”dagi Maraymamat — aktyor Rahmonali Suropov shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
“Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi orqali tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Rahmonali Suropov 29-noyabr kuni infarkt tashxisi bilan og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Jurnalist Nargiza Murodova aktyorning o‘g‘li Suxrob Fayzullayev bilan bog‘landi. “Uch kun avval dadamni shahar 16-son kasalxonasiga yotqizdik. Ahvollari og‘ir edi. Hozir ham jonlantirish bo‘limida. Xalqimizdan haqlariga duo qilishlarini so‘rayman”, — deydi Suxrob Fayzullayev. Ayni damda aktyorning shogirdlari ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqqa murojaatnomalar yo‘llab, uning og‘ir xastalik bilan kurashayotgani hamda ustozlari haqqiga duoda bo‘lishlarini so‘rab post qoldirgan.
98
651
Madaniyat
Rashid Holiqov ikkinchi o‘g‘li Islomni uylantirmoqda
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov 5-aprel kuni ikkinchi o‘g‘li Islomni uylantirmoqda. Islom Rashid Holiqovning ikkinchi o‘g‘li. U Ispaniyaning Barselona shahrida tahsil oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Islomjon va Fayruzaxonlarning to‘ylari “Yakkasaroy” to‘yxonasida bo‘lib o‘tadi. Ularning nikohi 30-mart kuni rasman qayd etilgan. View this post on Instagram Ma’lumot uchun, Rashid Holiqovning bir qizi va uch o‘g‘il farzandi bor. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Sanjar Holiqov ham qo‘shiq kuylaydi.
52
523
Madaniyat
“Senimi, shoshmay tur! Ta’til” multfilmining debyut soni taqdim etildi (video)
2021-yil 22-noyabr kuni “Soyuzmultfilm” kinostudiyasi “Senimi, shoshmay tur! Ta’til” multfilmining treylerini taqdim etgandi.  2021-yil 17-dekabr kuni animatsion serialning premyerasi bo‘lib o‘tdi. “Lunapark” deb nomlangan debyut Rossiyaning yirik shaharlaridagi 79 ta ko‘cha mediaekranlarida namoyish etildi. Animatsion film Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi, Yekaterinburg, Tyumen, Volgograd, Samara, Nijniy Novgorod, Novosibirsk va Chelyabinskda taqdim etildi. Epizodning davomiyligi taxminan 7 daqiqani tashkil etadi. “Oradan o‘nlab yillar o‘tib, afsonaviy qahramonlar zamonaviy yosh avlodga o‘zlarining betakror hazili, uddaburonligi va topqirligini taqdim etish uchun ekranlarga qaytmoqda. Yangi ‘Senimi, shoshmay tur! Ta’til’ o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik, shuningdek, butun oila bilan ekran qarshisiga yig‘ilish uchun ajoyib imkoniyatdir”, – deydi “Soyuzmultfilm” matbuot xizmati. View this post on Instagram Tomoshabinlar multfilmning birinchi epizodida Bo‘ri va Quyondan tashqari boshqa qahramonlarni ham ko‘radi. Animatsion filmda kiyik Ulya, bo‘rsiq Tim, tipratikan Shu kabi qahramonlar ishtirok etadi. Bundan tashqari, ijodkorlar epizodga sevgi chizig‘ini qo‘shgan: butun epizod davomida Bo‘ri kiyik Ulyaning e’tiborini qozonishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Eslatib o‘tamiz, yangi versiyadagi multfilmining to‘rtta qismi —“Lunapark”, “Chamadonda”, “Tezroq, balandroq, kuchliroq” va “Sohil” Okko onlayn kinoteatri saytida, 2021-yil 20-dekabrdan “Mult” hamda “Karusel” kanallarida namoyish etiladi. “Soyuzmultfilm” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayni damda “Senimi, shoshmay tur! Ta’til”ning 52 ta qismini chiqarish rejalashtirilgan.
78
1,674
Madaniyat
​PROlogue kinofestivalining g`olib va sovrindorlari taqdirlandi (foto)
PROlogue festivalining so`nggi kuni kuni kinoga ixlosi baland yoshlar, kinoijodkorlar, yurtimizda kino san`ati sohasida o`ziga xos maktab yaratgan ustoz san`atkorlar, mahalliy va xorijiy kinematograflar Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat akademik katta teatrida jam bo`lishdi. Mehmonlar orasida Rossiya xalq artisti, «Oskar» mukofoti laureati Vladimir Menshov, Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Mixail Porechenkov, aktyor Sergey Shakurovlarning borligi festivalning nufuzi baland ekanligidan, kelajakdagi natijasi esa sezilarli bo`lishidan darak beradi. Yosh kinoijodkorlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, o`z iqtidori va mahoratini katta ekranlarda namoyish etishiga hamda xorijlik malakali mutaxassislar bilan tajriba almashishlariga imkoniyat yaratish, mamlakatimiz turistik salohiyatini keng targ`ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur festival bugun yana bir qancha iste`dod egalarini kashf etdi. PROlogue kinofestivali doirasida bo`lib o`tgan Scorpion” filmining premerasi, «O`zbek kinosining tarixi» fotoko`rgazmasining ochilishi, Qamara Kamalova haqidagi «Kino – eyo rabota» kitobining taqdimoti, rossiyalik aktyor Vladimir Menshov bilan o`tkazilgan ijodiy uchrashuv, rossiyalik postanovkachi operator Sergey Astaxovning mahorat darslari orqali ko`pchilik yoshlar kino maktabida saboq oldi. Mazkur tadbirlar kino tarbiyalovchi san`at ekanini isbotladi. Eng yaxshi to`liq metrajli badiiy filmlar va qisqa metrajli badiiy filmlar nufuzli hakamlar hay`ati tomonidan adolat tamoyillari bo`yicha baholanib, tan olingan haqiqiy san`at asarlari aniqlandi. Va nihoyat, IV PROlogue xalqaro kinofestivalining g`olib va sovrindorlarini taqdirlash o`zgacha hayajon, jo`shqin kayfiyat bilan boshlandi. Quyidagi yo`nalishlar bo`yicha g`olib va sovrindorlar aniqlandi: – Eng yaxshi qisqa metrajli film – «Mening ismim» (Janubiy Koreya, 2018, rej. Chong-Gil Xan); – Eng yaxshi milliy qisqa metrajli film – «Choy» (O`Zbekiston, 2018, rej. Shokir Xoliqov); – Eng yaxshi ssenariy – Klod Le Peyp, Xyubert Charuel, «Kichkina fermer» filmi (Fransiya, 2017, rej. Xyubert Charuel); – Eng yaxshi aktrisa – Madina Talipbek, «Sarvqomat dilbarim» filmi (O`zbekiston, Qirg`iziston, 2018, rej. Sarvar Karimov); – Eng yaxshi aktyor – Aqilbek Abduxoliqov, «Tungi avariya» filmi (Qirg`iziston, 2017, rej. Temirbek Birnazarov); – Eng yaxshi operator – Mohammed Fakuri, «Golnesa» filmi (Eron, 2018, rej. Sattar Chamani Gol); – Eng yaxshi rejissyor – «Meni yolg`iz qoldirma» (Bosniya va Gersegovina, Turkiya, 2017, rej. Ayda Begich); – Eng yaxshi film uchun Gran Pri – «Meni yolg`iz qoldirma» (Bosniya va Gersegovina, Turkiya, 2017, rej. Ayda Begich). – «Milliy kinematografiyani rivojlantirishga qo`shgan ulkan hissasi uchun» – rejissyor Qamara Kamalova, O`zbekiston xalq artisti, aktyor Po`lat Saidqosimov; – «Jahon kinematografiyasini rivojlantirishga qo`shgan ulkan hissasi uchun» – rossiyalik rejissyor Vladimir Menshov; -«Qisqa metrajli filmlar xalqaro hakamlar hay`atining maxsus sovrini» – «Ustoz» filmi (O`zbekiston, 2018, rej. Mars Orinbasarov) va «Asan» (Qozog`iston, 2017, rej. Berik Jahanov). Ko`tarinki kayfiyatda tashkil etilgan kinofestivalning g`olib va sovrindorlarini tabriklaymiz. Albatta, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, «O`zbekkino» milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi va O`zbekiston Milliy kinokomissiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur xalqaro kinofestival doirasida o`tkazilgan loyihalar o`zbek kino sohasida yangi bosqichni boshlab berishiga ishonamiz.
70
3,551