folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
36 yoshli xonanda va aktrisa Dineyra turmushga chiqdi (video)
Xonanda va aktrisa Dineyra (Dinara Hasenova) 12-aprel kuni turmushga chiqdi. Uning visol oqshomi poytaxtdagi restoranlardan birida yaqinlari va do‘stlari qurshovida nishonladi. Ma’lumot uchun, Dineyra taxallusi ostida ijod qiluvchi xonanda Dinara Hasenova 1985-yil 21-iyul kuni Navoiy viloyatida tavallud topgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. San’atga bo‘lgan qiziqish uni qo‘shiqchilik sohasiga yetaklagan. Xonandaning 2007-yilda ijro etgan “Alvido”, 2008-yilda ijro etgan “Raqsga tushgin” qo‘shiqlari unga omad olib keladi. Ayniqsa, taniqli xonanda Shohruxxon bilan kuylagan “Manzillar” deb nomlangan dueti ularning xit qo‘shig‘iga aylangan. Shuningdek, Dineyra faoliyati mobaynida Zebo Navro‘zovaning “Yor-yor qani?”, “Baxt izlab” filmlarida suratga tushgan. U Nozim To‘laxo‘jayevning “Visol” filmida Adiz Rajabov bilan birga bosh rolni ijro etgan.  Yosh aktrisa Madina Nigmatullayeva “Omonat” serialidagi partnyori Mahmud Tursunovga turmushga chiqdi (video)
61
990
Madaniyat
Rossiyalik aktyor Dmitriy Maryanovning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Rossiyalik aktyor Dmitriy Maryanovning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi tergov boshqarmasining ma’lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda. “Aktyorning o‘limi yuzasidan ‘Ehtiyotsizlik oqibatida inson o‘limiga sabab bo‘lish’ moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilindi. Tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifati va tezkorligi baholanadi, sodir bo‘lgan hodisa har tomonlama, chuqur o‘rganiladi”, — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, hozirgi paytda jinoyat ishi bo‘yicha gumondor va ayblanuvchilar yo‘q, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Rossiyalik aktyor Dmitriy Maryanovning o‘limi sababi ma’lum qilindi
81
690
Madaniyat
Ozoda Saidzoda: Men haqimdagi asossiz gap-so‘zlar televideniye va radioga ham yetib bordi
Xonanda Ozoda Saidzoda ijtimoiy tarmoqlarga litsenziya guvohnomasi suratini joylab, “Asossiz gaplarni tarqatavermanglar”, qabilida xabar qoldirdi. Jurnalist Feruz Muhammad qanday asossiz gaplar haqida so‘z borayotganini bilish maqsadida xonanda bilan suhbatlashdi. — Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizga “Asosiz gap tarqatavermanglar” deb yozib, amal qilish muddati 2017-yil mart oyigacha bo‘lgan litsenziyangiz suratini joylashtiribsiz. Bunga nima sabab bo‘ldi? — So‘nggi vaqtlarda “Ozodaning litsenziyasi yo‘q”, degan asossiz, uydirma gaplarni qasddan tarqatishmoqda. Bu gap-so‘zlar katta-katta tashkilotlarga, xususan, televideniye, radioga yetib borgani, boz ustiga, muxlislar ham mendan bu masalada javob kutayotgani uchun litsenziyam suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimga joyladim. — Litsenziya guvohnomangizda O‘zbekistonda va undan tashqarida konsert berishingiz mumkinligi qayd etilgan. Yaqin vaqt ichida, masalan, “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishingiz mumkinmi? — Bunga harakatimiz bor. “Istiqlol” da konsert berishimiz uchun kun topib berishsa, albatta konsert beramiz. Hozir xonandalarning ko‘pligidan, ushbu saroyning bo‘sh kuni yo‘q. — Avvalgi intervyularingizning birida “E’tirof et” nomli albomni tugallash arafasidamiz, degan edingiz. — Aslida albom yozib tugatilgan, faqat texnik ishlari oxirigacha yakunlanmaganligi sabab muxlislar e’tiboriga havola qilmay turgan edik. Biroq albomning qoralama varianti tarqab ketdi. Tez kunlarda albomning asl nusxasini muxlislarimizga taqdim etamiz.
89
1,525
Madaniyat
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov vafot etdi
Bugun, 23-aprel kuni ertalab O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shahboz Nizomiddinov vafot etgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda. Shahboz Nizomiddinov afsonaviy “Yalla” guruhining a’zosi bo‘lgan. U − aktrisa Zarina Nizomiddinovaning otasi.
70
263
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini” yulduzlariga o‘z-o‘zini yo‘q qiluvchi ssenariy tarqatildi
“Taxtlar o‘yini” aktyori Nikolay Koster-Valdau serial yulduzlariga final mavsumida o‘z-o‘zini yo‘q qiluvchi ssenariylar tarqatilganligini ma’lum qildi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda. Koster-Valdau so‘zlariga qaraganda, matnlar faqat elektron shaklda tarqatilgan, har bir sahnani suratga olgandan so‘ng u haqdagi eslatma ssenariydan yo‘qoladi. Artistning aniqlik kiritishicha, teleshou yaratuvchilari shu yo‘l bilan syujet haqidagi ma’lumotlar tarqalib ketishi oldini olishga urinmoqda. “Hammasi juda, juda jiddiy. Bu yil bu aqldan ozishning yangi darajasi”, — deya ta’kidlaydi u. Aktyor maxfiylik darajasini “Bajarib bo‘lmas topshiriq” franshizasiga o‘xshatdi.
74
671
Madaniyat
Xonanda Diyor Mahkamov san’atni tark etib, Dubayga ko‘chib ketdimi?
Xonanda Diyor Mahkamov san’atni tark etib, tadbirkorlik qilayotgani ko’pchilikka ma’lum. Ammo u birorta intervyusida buning sabablari haqida gapirishni istamagan. Jurnalist Nargiza Murodova  sobiq ijodkor bilan shular haqida suhbatlashishni istadi. — Ijoddan cheklanishingizning asosiy sababi nimada? — Ijoddan chetlashganim yo‘q, butunlay tark etdim. Menimcha, inson qaysi kasbda omadliroq bo‘lsa va unda o‘zini baxtli his qilsa, o‘sha sohani tanlagani ma’qul. Shu bois hech ikkilanmay san’atdan ketishga qaror qildim. Chunki bu sohada o‘zim istagan natijani qo‘lga kiritolmadim. — Shuncha yillik mehnat va ijodingizga achinmadingizmi? Bundan tashqari, dadangiz ham sizga prodyuserlik qilib katta pul sarflagan edi? — San’at oilamiz uchun bir hobbi edi. Inson ko‘ngil mayli uchun qilgan ishidan daromad topishni ko‘zlamaydi. Shou-biznesga qadam qo‘yganimdayoq menda san’atdan pul topish niyati bo‘lmagan. Agar niyatim shunday bo‘lganida boshqa yo‘lni tanlardim. Ya’ni piarlarga berilib, to‘y xizmatlaridan ortmasdim. — Ukangiz Elyor ham sizga havas qilib san’at yo‘lini tanlagandi. Uning ham san’atni tark etishida sizning hissangiz bormi? — To‘g‘ri, ukam qo‘shiqchilikni  tark etdi, ammo filmlarda suratga tushib turibdi. U ham boshqa sohada faoliyat yuritgani bois san’atdagi daromad uni qiziqtirmaydi. U uchun ham ijod shunchaki hobbi. — O‘ttiz yoshdan keyin yangi kasbni egallash qiyin emasmi? — Men hozir ota kasbimni davom ettiryapman. Bolalikdan bu kasbda ko‘zim pishgan desam ham bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, bu ishni boshlab olishim oson kechmadi. Inson ko‘zlagan manziliga yetishda qoqiladi, turli qiyinchiliklarga duch keladi. Ammo qiyinchilik bilan erishilgan natija hamisha zavqli bo‘ladi. Ochig‘i, hech qachon tanlovimdan afsuslanmayman. Taqdirimga bitilgan har bir narsaga shukr qilaman. Eng muhimi, Alloh tanlagan yo‘limni xayrli qilsin, deb niyat qilaman. — Bilishimcha, Dubayda ko‘chib ketgan edingiz? — Bu gapni ko‘pchilikdan eshityapman. Yaqinda bir inson “Turkiyada yashayotgan ekansizmi?” deb so‘rab qoldi. To‘g‘ri, karantindan avval bu davlatlarga tez- tez borib turardim. Boisi tijoratim u yer bilan bog‘liq. Ammo ona shahrim Toshkentdan ketganim yo‘q. Diyor Mahkamov 1987-yilda Toshkent shahrida dunyoda kelgan. Ustozi Shuhrat Qayumov ko‘magida katta sahnaga chiqqan. Bir qator estrada yulduzlari bilan duet kuylagan. Manzura bilan kuylagan “Sen shoshmagin” dueti unga omad olib kelgan.
67
2,415
Madaniyat
Davron Kabulov kashf etgan iste’dod Farruh Fazel — boyning bolasi emasligi, Rossiyada muhojir bo‘lgani va ijodidagi sokinlik sababi haqida
Farruh Fazel “Bor ana” va “Rolex Gucci” qo‘shiqlariga ishlangan kliplar bilan o‘zbek shou-biznesida “portlab” chiqqandi. U ijodiy mahsulotdan mablag‘ ayamaydigan ijodkor ekanini ko‘rsatgani bilan ko‘pchilikning e’tiboriga tushgandi. Negadir keyingi paytlarda xonanda ijodida sokinlik hukm surmoqda. Nargizaxon Murodova ijodkor bilan suhbatlashib, bunga oydinlik kiritdi. “Fazel taxallus emas, familiyam” — Fazel taxallusingizmi degan savolni ko‘p berishadi. Yo‘q, bu mening familiyam. Millatim afg‘on bo‘lgani bois to‘liq ism-sharifim Farruh Fazel Haq. Oilamizda ijodkorlar yo‘q. Dadam kichik biznes bilan shug‘ullanadi. Onam esa ancha yillardan buyon ayollar sartaroshi bo‘lib ishlaydi. Oilada uch o‘g‘ilmiz, ikki ukam bor. San’atga bolaligimdan qiziqqanim uchun maktabni tamomlab, Toshkent estrada-sirk kollejiga o‘qishga kirdim. Kollejni tamomlagach, san’atkor bo‘lish fikridan qaytdim. Bunga moddiy imkoniyatimning yetarli emasligi sabab bo‘ldi. “Boyning bolasi emasman!” — Instagram’dagi rasmlarimni ko‘rib ko‘pchilik meni boyning bolasi deb o‘ylaydi. Аslida Chirchiqdagi oddiy, kamtarona oilada ulg‘ayganman. Kollejni tamomlagach, hayotimni o‘zgartirgim keldi. Shu bois, Rossiyaga ishlashga ketdim. 2012-yildan muhojirlik kunlarim boshlangan. O‘sha yili pulim yo‘qligi uchun institutga ham hujjat topshirmadim. Bir yarim yil qurilishda ishlab, o‘qishga hujjat topshirish uchun pul to‘pladim. U yerda ishlash oson emas, muhojirlikda pul topayotgan insonlarning dardini juda yaxshi tushunaman. “Yuridik sohani tanladim” — Erkak kishi jiddiyroq kasbda ishlashi kerak, deb yuridik sohani tanladim. To‘rt yil tahsil olib, 2017-yili Toshkentga qaytib keldim. Besh yildan ortiqroq vaqt mobaynida xorijda yashab, dunyoqarashim ham o‘zgardi. Hayotga yanada, real ko‘z bilan qarashga o‘rgandim. Аmmo O‘zbekistonda egallagan mutaxassisligim bo‘yicha ishlay olganim yo‘q. Аmmo qachondir yurist bo‘lib ishlash niyatim bor. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. “Davron Kabulov prodyuserim” Davron Kabulov bilan qarindoshimning to‘yida uchrashib qolganmiz. Qo‘shiqlarimni eshitib, hamkorlikda ishlashni taklif etdi. Davron akaning g‘oyasi asosida 2020-yili “Bor ana” qo‘shig‘i va klipini yaratdik. Munisa Rizayeva ham Davron akaning taklifiga ko‘ra klipda suratga tushib berdi. “Yosh ijodkorni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — degandi. Undan keyin “Rolex Gucci” klipini yaratdik. Klip g‘oyasi ham Davron Kabulovga tegishli. Ikki klip ham katta budjet evaziga suratga olingan. Bu mablag‘lar prodyusserim Davron Kabulov tomonidan sarflangani uchun ularning qancha ekanini bilmayman. “Million bilan ovora” Keyingi paytlarda Davron aka “Million” jamoasining kontserti bilan ovora bo‘lib qoldi. Shu bois, biroz uzilish bor. Аmmo ijodni to‘xtatganim yo‘q. Yaqin kunlarda “Sog‘indim yana” qo‘shig‘iga ishlangan klipim namoyish etiladi.
138
2,806
Madaniyat
“Istanbullik kelin” yulduzi — Asli Enver nima uchun seriallarda suratga tushmayotgani haqida gapirdi
Turk aktrisasi Asli Enver o‘zbek muxlislariga “Istanbullik kelin” serialidagi roli bilan yaxshi tanish. 2021-yilda aktrisa “Vavilon” nomli loyihada ishtirok etgan. Shundan keyin esa ko‘rinish bermay qolgan. Sal avvalroq Meksikada dam olgan yulduz, ta’tilini davom ettirmoqchi va hozircha ssenariylar bilan tanishish niyati yo‘q. “Pandemiya boshlanganida suratga tushmaslikka qaror qilganman. Netflix ayni vaqtda ustida ishlayotgan bir loyiha istisno bo‘lgan. Ammo teleseriallar ssenariysi bilan tanishayotganim yo‘q. Men vaziyatga juda ham jiddiy munosabatdaman va pandemiyani hali tugamagan, deb hisoblayman. Suratga tushmaganimning sababi – pandemiya. Matbuotda meni aktrisalikni tark etdi deb yozishmoqda, ammo bu yolg‘on”, — degan u. Shuningdek, aktrisa ssenariylar bilan Yangi yildan keyin tanishmoqchi ekanini, ishga butkul 2022-yil bahor yoki yozda kirishmoqchi ekanini qo‘shimcha qilgan.
100
896
Madaniyat
Chormaqom Shashmaqomdan faqat soni bilan farq qiladimi?
Maqom – arabcha “joy”, “makon”, “o`rin” ma`nolarini bildirib, Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida uning ham mazmun doirasi tobora kengaygan. Tarixdan ma`lumki, maqomga oid nazariy va musiqiy estetik masalalar Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy va Forobiy (IX-X asr), ibn Sino va Zaylo (XI asr), Safiuddin al-Urmaviy (XIII asr), Mahmud ash-Sheroziy va Abdulqodir Marog`iy (XIV asr), Abdurahmon Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy (XV asr), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (XVI asr), Darvishali Changiy (XVII asr) va boshqa olimlarning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan. XIII asrga qadar maqomlar soni aniq belgilanmagan. Keyinchalik o`n ikki maqom tizimi ishlab chiqilgan. Uning negizida har xil milliy va mintaqaviy maqom turlari va turkumlari vujudga kelgan bo`lib, bular o`zbek va tojiklarda maqom, turkman va uyg`urlarda muqom, ozarbayjon va armanlar, Eron xalqlarida mug`om yoki dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida aytiladi. O`zbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Farg`ona va Toshkent maqom yo`llari mavjud. Ko`p asrlardan buyon Buxoro va Xorazmda aytib kelingan yirik musiqa asari - “Shashmaqom” (olti maqom) tarkibiga Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari kiradi. Bu maqomlarning har biri uch qism – Mushkulot (Xorazmda “Mansur” deb ataladi), Nasr (Xorazmda “Manzum”) va Ufordan iborat. Mushkulot – maqomning instrumental cholg`u qismi bo`lib, bunga tasnif, tarji, gardun, muxammas, saqillar kiradi. Nasr maqomning matn qismi bo`lib, sarahbor, talqin, nasrlarni o`z ichiga oladi. Ufor esa maqomning raqs qismi bo`lib, ansambl jo`rligida umumiy xor bilan ijro qilinadi. Maqom shu qism bilan tugaydi. Maqomning bu uch qismidagi nomlar olti maqomning hammasida uchraydi. Odatda Shashmaqom yo`llari doirasiz ijro qilinmaydi. Maqom va uning shoxobchalari doira zarblari bilan bir tekis aytiladi. Maqom ijro etuvchi hofizlar doirani ustalik bilan chertib, ashulalariga jo`r qilib boradilar. Har bir maqomning mushkulot qismi “Tasnif” bilan boshlanib, “Saqil” bilan tamomlanadi. Nasr qismi esa “Sarahbor” bilan boshlanib, “Siporish” bilan tugaydi. Maqomning nasr qismida ko`p taronalar aytiladi. Tarona maqomda bir kuydan ikkinchisiga o`tish uchun “bog`lovchi qism” hisoblanadi. Nihoyat, maqomning oxirgi qismi “Ufor” boshlanadi. Ufor cholg`u ansambli jo`rligida ashula va raqs bilan ijro etiladi. Uzoq yillardan buyon ijro etib kelinayotgan Shashmaqomning nasr qismida aytiladigan she`rlar asosan ishqiy-lirik g`azallardir. Bu she`rlar XIV-XVII asrlarda yashab ijod qilgan Sa`diy, Hofiz, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Jomiy, Bobur, Hiloliy singari o`zbek-tojik va fors shoirlari tomonidan yozilgan. Maqomlardagi bu lirik she`rlarning ayrimlari vaqt o`tib yangilari bilan almashgan. Xususan, Muqimiy va Furqat g`azallari asosida ham maqomlar ijro etilgan. Shashmaqom Buxoro va Xorazmda keng tarqalgan bo`lsa, Toshkent va Farg`ona vodiysida kam ijro etilgan. Mazkur viloyatlarda ko`proq Chormaqom keng urf bo`lgan. Chormaqomga Dugoh Husayn, Chorgoh, Bayot va Gulyori shahnoz kiradi. Chormaqom kuylari Shashmaqomga nisbatan qisqa bo`lib, unda Shashmaqomning mushkuloti yo`q. Shashmaqomning ikkinchi nasri, ya`ni vokal qismi yirik ashula va taronalardan iborat bo`lgani holda, Chormaqom faqat to`rt yoki besh bo`lakdan iborat, xolos. Bulardan Gulyori shahnoz besh qismli, Gulyor, Shahnoz, Chapandoz, Ushshoq, Ufordan iborat. “Dugoh Husayn”, “Chorgoh” va “Bayot”ning ikkinchi qismi “Savta” deb yuritiladi, qolganlariga nom berilmagan. Ular maqomning asosiy qismiga qo`shilib yuritiladi. Masalan, Chorgoh-1, Chorgoh-2, Chorgoh-3 va hokazo. Chormaqomni Toshkent va Farg`onada faqat professional maqomchilargina emas, havaskor ashulachilar ham ijro etadilar. O`zbek milliy maqom san`ati darg`alariga to`xtaladigan bo`lsak, ulardan biri “Shashmaqom” taronalarini, Buxoro xalq ashulalarini zo`r mahorat bilan ijro etgan Domla Halim Ibodovdir. U 1878 yilda Buxoro shahrida olacha to`quvchi kosib oilasida tug`ilgan. 10 yoshidan boshlab doira chertib, xalq qo`shiqlarini ijro eta boshlagan. Dastlab Sharifxon ustozdan, keyin Ota Jalol, Ota G`iyos kabi atoqli san`atkorlardan ta`lim olgan. Buxoro Shashmaqomi yo`llaridan asosan Savtlar (Qashqarchai Mug`ulchai Segoh, Savti Sarvinoz, Iroq, Mug`ulchai Dugoh, Nasrulloyi, Qashqarcha, Ushshoq va boshqalarni baland (katta) avjlar bilan kuylagan. 1920 yilda Buxoroda musiqa maktabi tashkil etilgach, eng mohir sozanda va xonandalar qatorida bu maktabga domla Halim Ibodov ham taklif qilinadi. U yoshlarni o`zining ashula aytish san`ati bilan tanishtiradi. 1928 yilda Samarqandda tashkil qilingan musiqa xoreografiya ilmiy-tekshirish institutida o`qituvchi bo`lib ishlaydi. Keyinchalik Buxorolik mashhur tanburchi Abdurahmon Umarov bilan O`zbekiston radiosiga ishga o`tadi. 1937 yilda Moskvada o`tkazilgan o`zbek adabiyoti va san`ati dekadasida qatnashib, ovoz diapozonining kengligi bilan Moskva tomoshabinlarini, ayniqsa “markaz”dagi taniqli ashulachilarni hayratda qoldiradi. Domla Halim Ibodov ovozining o`tkirligi va yoqimliligi, ayniqsa, kuylash usuli bilan tinglovchilarni o`ziga maftun etardi. Mohir san`atkor umrining oxirgi kunlariga qadar ham (1940 yil 10 mayda vafot etgan) katta avj ashulalarni hech qiynalmasdan ijro etgan. U ko`p shogirdlar tayyorladi. Shonazar Sohibov, Fazliddin Shahobov ijro mahorati bilan ustozlari an`analarini davom ettirishgan. Toshkentlik hofiz Mulla To`ychi Toshmuhammmedov esa 1866 yilda bo`zchi oilasida tug`ilgan. 15 yoshida musiqaga qiziqib, turli to`y va marosimlarda ijro etiladigan kuy va ashulalarni zavq bilan tinglab, ularni asta-sekin o`rganib, hofizlarga qo`shilib ayta boshlagan. 30 yoshga kirganda o`sha davrning mashhur hofizlari – Muhammad Umar, Abduqahhor va Nazarxondan ashula aytish yo`llarini o`rganadi. Tez orada uning nomi butun O`zbekistonda taniladi. 1904-1907 yillarda o`zbek xalqining kuy, ashula va maqomlari grammafon plastinkasiga yoziladi. To`ychi hofiz ijrosida yozib olingan Chormaqomning “Dugoh Husayn”, “Chorgoh”, va “Bayot” qismlari va boshqa ashulalar tinglovchilar orasida katta shuhrat qozonadi. To`ychi hofiz 1924 yilda O`zbekiston san`atkorlari bilan butunittifoq qishloq xo`jaligi ko`rgazmasida, 1937 yilda Moskvada o`tkazilgan O`zbekiston adabiyoti va san`ati dekadasida qatnashib, mahoratini namoyish etadi. Xizmatlari hisobga olinib, O`zbekiston xalq artisti unvoni berilgan. Umrining oxirgi 16 yilini O`zbekiston radiosida o`zbek milliy ashulachilik san`atini targ`ib qilish bilan o`tkazgan. Shorahim Umarov, Nurmuhammad Toshmuhammedov, Abduqodir Nazarov, Ortiqxo`ja Imomxo`jaev, Turg`un Karimov To`ychi hofiz tarbiyasida etishib chiqqan xassos hofizlardir. O`zbek xalq ashulalari va Shashmaqomni ijro etishda Hoji Abdulaziz Abdurasulov alohida o`rin tutadi. Hofiz 1854 yilda Samarqandning Ko`kmasjid mahallasida kosib oilasida tug`ilgan. 13 yoshida ota-onasidan ajralib, etim qolgan Hoji Abdulaziz tog`asi qo`lida tarbiyalandi. U maktabdan tashqari vaqtlarida ko`pincha dutor chalishni o`rganar edi. 16 yoshidayoq yaxshi dutorchi bo`lib tanildi. So`ngra tanburga havas qo`ydi, unga tanbur chertishda tengi yo`q hamshahri Hoji Rahimqul ustozlik qildi. Hoji Abdulaziz ustozi orqali Shashmaqom kuylari bilan tanishib, har ikkala sozda mukammal chertishni o`rganadi. So`ng ashulalar ham ijro eta boshlaydi. Xonandaning ingichka va nafis tovushi tinglovchilarga xush yoqardi. Maqom yo`llarini ijro qilganda ham dutordan ustalik bilan foydalanardi. Hoji Abdulaziz o`zbek milliy san`atini chet ellarda ham namoyish etdi. Bombey, Hijoz, shuningdek, Misr va Gresiyaning bir qancha shaharlarida gastrolda bo`ldi. Keksayib qolganiga qaramay, musiqa to`garaklariga rahbarlik qilib, yoshlarga soz chalish va ashula aytish sirlarini o`rgatdi. Mashhur san`atkor Yunus Rajabiy maqomning Samarqand yo`llarini Hoji Abdulazizdan o`rgangan. 1926 yilda unga xalq hofizi unvoni berildi. 82 yil umr ko`rgan taniqli san`atkor 1936 yil 9 yanvarda vafot etdi. Elda “Levicha hofiz” nomi bilan tanilgan Levi Boboxonov 1873 yilda Buxoroda tavallud topgan bo`lib, maqom yo`llarini tanbur va doira jo`rovozligida o`ziga xos uslubda mahorat bilan ijro etgan. Levicha hofiz 1900 yildan boshlab Buxoro amiri saroyida xizmat qilgan. 1921-1923 yillarda Buxoro Sharq musiqa maktabida dars bergan. So`ng Samarqandga ko`chib kelgan. Uning ijodini Mushe Boboxonov va nevarasi Ali Boboxonov davom ettirgan. Biz uchun eng ahamiyatlisi, ko`hna maqom san`ati bugun o`zining barkamol badiiy-estetik ahamiyatini tiklab, zamonaviy musiqa jarayonining ajralmas qismi sifatida beqiyos ijodiy, ijroviy va ilmiy salohiyatini namoyon etayotir. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori asosida Shahrisabzda o`tkaziladigan xalqaro maqom san`ati anjumani esa ko`hna va boqiy maqom san`atini yanada taraqqiy qildirish, yosh avlodni tarbiyalashda uning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, maqom san`atining xalqaro nufuzini oshirish va keng targ`ib qilish, ma`naviy hayotimizdagi ahamiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz. Mo`min AZIZOV
55
9,077
Madaniyat
"O`ZBEKKINO" HILOL NASIMOV HAQIDA PAYDO BO`LGAN FIKRLAR YuZASIDAN TUShUNChA BERDI
Joriy yilning 27 oktyabr kuni “O`zbekfilm” aksionerlik jamiyatining navbatdan tashqari yig`ilishi bo`lib o`tgani va unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolari muhokama qilingani haqida xabar bergan edik. Yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rilib, Hilol Nasimov boshqa ishga o`tgani munosabati bilan aksionerlik jamiyati direktorligi lavozimidan ozod qilingan edi. Biroq, ushbu ma`lumot ba`zi OAV tomonidan boshqacha talqin qilingani internetdagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarida noto`g`ri fikr shakllanishiga sababchi bo`ldi. “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktorining birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan tushuntirish berdi:
81
693
Madaniyat
Shvarseneggerning haykali “tirilib”, Los-Anjeles muzeyi tashrifchilarini hayratga soldi (video)
AQShning Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori, Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger “Terminator” filmidagi qahramonining haykali qiyofasiga kirib, Los-Anjelesdagi Sharaf xiyobonida joylashgan Madam Tyusso muzeyi tashrifchilarini lol qoldirdi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”. Terminator qiyofasidagi aktyor muzeyda qotib turib, tashrifchilar suratga tushish uchun ularga yaqinlashganda “jonlandi” va ularni quchoqlamoqchi bo‘lganda yoki surat uchun minnatdorchilik bildirganda odamlar hayratga tushib, qo‘rqib qochgan. Qayd etilishicha, ushbu aksiya Terminator haqidagi yangi filmning premyerasiga bag‘ishlangan. YouTube’ga joylashtirilgan video izohida barcha Arnold Shvarsenegger bilan birga “Terminator. Genezis” filmi premyerasiga tushishga taklif qilingan.
95
763
Madaniyat
Zulfiqor Musoqovning “Bekatdagi odam” filmi premyeraoldi namoyishi o‘tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Bekatdagi odam” badiiy filmining ommaviy axborot vositalari uchun namoyishi va film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. “Bekatdagi odam” filmidan lavha. Foto © popcorn.uz Ushbu film gavjum bekatlarning birida uch nafar begunoh inson hayotiga zomin bo‘lgan haydovchi va uning aybini bo‘yniga olgan ota haqida hikoya qiladi. Kartinada farzandi va onasidan ayrilgan, turmush o‘rtog‘i ruhiy xastalikka chalingan bosh qahramon – Doniyorning ichki kechinmalari ochib berilgan. Kinoasarda tergovchi Rustam Suhrobovning sa’y-harakatlari natijasida haqiqat oydinlashadi. Bekatdagi halokat baxtsiz tasodif bo‘lmay, balki qonunbuzarlik ekani, farzandini jazodan qutqarish uchun otaning qilgan xatolari tomoshabinni o‘ylashga, inson hayotining qadr-qimmati, mas’uliyat va odamiylik haqida fikr yuritishga undaydi. Film O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, rejissyor Zulfiqor Musoqov ssenariysi asosida postanovkachi rejissyor Timur Musoqov, postanovkachi operator Azizbek Arziqulov tomonidan suratga olingan. Postanovkachi rassom – Mariya Soshina. Bosh rollarni Yodgor Sa’diev, Sirojiddin Vafoyev, Fatxulla Ma’sudov, Kristina Tairova ijro etgan.
77
1,384
Madaniyat
Stiven King bo‘yicha olingan “Qora minora” filmining ikkinchi treyleri chiqdi
Sony Pictures “Qora minora” filmining ikkinchi treylerini internetda e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Kadr: YouTube “Qora minora” — taniqli amerikalik yozuvchi Stiven Kingning shu nomli romani ekranizatsiyasi. Film o‘qchi Roland Diskeyn va jodugar Uolter Padik o‘rtasidagi ixtilof haqida hikoya qiladi. Filmda bosh rollarni Idris Elba va Metyu Makkonaxi ijro etgan. Rejissor — daniyalik Nikolay Arsel.
77
416
Madaniyat
Instagram: “Bravo” a’zosi Tolibxo‘ja uylandi, Feruza Normatova Botir Imomxo‘jayevdan xafa bo‘ldi, britaniyalik qiz bilan turmush qurgan o‘zbek aktyori
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Muqaddas Sa’dullayeva va Yigitali Mamajonov Qirg‘izistondagi xalqaro forumda ishtirok etmoqda. Sitora Farmonova inson hayotida oilaning ahamiyati haqida post yozdi. “Bravo” kulgi jamoasi vakili Tolibxo‘ja Hakimov uylandi. Tolibxo‘janing to‘yiga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurdi. Rayhon Surxondaryo viloyatidagi Mustaqillik bayrami tantanalarida ishtirok etdi. Feruza Normatova boshlovchi Botir Imomxo‘jayevdan xafa bo‘ldi. Botir Imomxo‘jayev “Aldama meni” ko‘rsatuvida aktrisaning ijrosidan “maza qilmasligini” aytdi. Jahongir Otajonov farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. “Shuhrat” medali sovrindori bo‘lgan Nilufar Usmonovani go‘zallik salonida gullar bilan qarshi olishdi. Imron yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. O‘zbekistonlik aktyor Rashid Shadad (Abdurashid Shodiyev) Britaniyada yashayotgani hamda britaniyalik qizga uylangani haqida so‘zlab berdi.
150
1,046
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil”ni sevib tomosha qilganlarga manzur bo‘ladigan tarixiy seriallar (video)
“Muhtasham yuz yil” seriali bir zumda dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Va hanuzgacha sevib tomosha qilinmoqda. Ushbu janr muxlislari uchun turk kinematografiyasining eng muvaffaqiyatli yana 7 serialini ham tomosha qilish tavsiya etiladi. “Abdulhamid: So‘nggi imperator” “Abdulhamid: So‘nggi imperator” seriali Usmonlilar sultoni Abdulhamid II hukmdorligining so‘nggi 13 yilligi haqida hikoya qiladi. Ba’zilar uni “qonxo‘r hukmdor”, boshqalar esa “buyuk sulton” deb ataydi. Ammo jamoatchilikning bunday ikki tomonlama munosabati uning siyosiy faoliyatida va davlatni boshqarishda faol bo‘lishiga to‘sqinlik qilmagan. Shuningdek, serialda sulton hukmdorlik qilgan vaqtda yuz bergan bir qancha voqealar haqida gap boradi. Garchi suratga olish guruhi juda ko‘p tarixiy noaniqliklarda ayblanganiga qaramay, loyihaning hajmi, unda ishtirok etgan aktyorlar sonini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. “Mehmed: Bir jahon fotihi” “Mehmed: bir jahon fotihi” seriali buyuk sulton hayotini tasvirlaydi. Voqealar XV asrda ro‘y bergan, 19 yoshli Mehmed Usmonli imperiyasining hukmdori bo‘ladi. Yoshligi tufayli u nafaqat dushmanlarning, balki do‘stlarning ham tanqidiga uchraydi. Biroq bir necha yildan so‘ng Konstantinopolni zabt etgan va hal qiluvchi dono hukmdor sifatida tarixga kirgan. “Ertug‘rul” “Ertug‘rul” serialini ba’zi tomoshabinlar “Taxtlar o‘yini”ning turkcha versiyasi sifatida ham qabul qildi. Serial XIII asrda Usmonli imperiyasining tashkil topishi hamda uning hukmdori Ertug‘rul haqida. Ko‘plab yurish va g‘alabalardan tashqari hukmdor mag‘lubiyatga va qiyin vaziyatlarga duch keladi. Serialda asosiy rolni Engin Altan ijro etgan. Aktyor ikki marotaba loyihada ishtirok etishdan bosh tortgan, chunki filmning muvaffaqiyatga erishishiga unchalik ham ko‘zi yetmagan. Biroq yuqori reyting va nufuzli mukofotlar buning aksini isbotlagan. “Qurilish: Usmon” Ushbu serial “Ertug‘rul”ning davomi bo‘lib, bosh qahramon – Ertug‘rulning o‘g‘li Usmon I G‘oziy. Sulton ham mardlikda otasidan qolishmaydi, Vizantiyaning bir qismini egallab, imperiya chegaralarini sezilarli darajada kengaytira olgan. Hukmdor rolini Burak O‘zchivit ijro etgan bo‘lib, u avval “Choliqushi”, “Muhtasham yuz yil” hamda “Sevgi iztirobi” filmlari orqali mashhurlikka erishgan. Serial ko‘plab tomoshabinlar ko‘nglini zabt eta oldi. “Ko‘sem” “Ko‘sem” seriali 2015-yilda namoyish etilgan va ayrim tomoshabinlar uni “Muhtasham yuz yil”dan ham ko‘ra qiziq va dramatik deb biladi. Serial Usmonli imperiyasi tarixidagi eng nufuzli ayollardan biriga aylangan Sulton Ahmad I ning rafiqasi Ko‘sem hayoti haqida hikoya qiladi. Uzoq tayyorgarlikdan so‘ng ijodiy guruh XVII asr atmosferasini yaratishga va o‘sha vaqtni ishonchli tarzda ko‘rsatadigan manzara va liboslarni tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Har bir bo‘lim 2 soatdan iborat bo‘lib, sujet qiziqligidan vaqt o‘tganini sezmay qolish ham mumkin. “Yuragimning sultoni” “Yuragimning sultoni” seriali Usmonli imperiyasi sultoni Mahmud II va fransuz tili o‘qituvchisi Anna haqida hikoya qiladi. Sultonning bolalariga dars berish uchun Istanbulda yashashga qaror qilgan Anna haram tomonidan ko‘plab qiyinchiliklar va fitnalarga qaramay, saroyda ishlashni davom ettiradi. Oradan vaqt o‘tgach esa sultonga nisbatan boshqa his-tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. “Izquvar Filinta” Serial XIX asrda Usmonli imperiyasi davrida yashagan Filinta Mustafo haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon xavfli jinoyatlarni ochish bilan shug‘ullanadi va hayotini busiz tasavvur eta olmaydi. Shuningdek, sujetda muhabbat chizig‘i ham mavjud bo‘lib, uning qalbini zabt etgan Lara bilan uchrashadi. “Izquvar Filinta”ning premyerasi 2014-yil bo‘lib o‘tgan va keyinchalik eng yaxshi turk serialiga aylangan. Loyiha muxlislari orasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emine ham bo‘lgan, ular hattoki suratga olish maydonchasiga ham tashrif buyurgan.
91
3,855
Madaniyat
Erkin Vohidov muzeyiga qo‘yilgan “Volga” shoirning qalam haqiga olingan
Marg‘ilon shahrida yaqinda bunyod etilgan Ijodkorlar bog‘ida tashkil etilgan O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov muzeyida 400 ga yaqin eksponat bor. Bu haqda Zarnews xabar berdi. Jumladan, shoirning bolaligi, yoshligi aks etgan tarixiy suratlar, hayoti davomida foydalanilgan buyumlar, vodiy ijodiy muhitiga oid ma’lumotlar va asarlar o‘rin olgan. Shuningdek, muzeyda shoirning doimiy hamrohi bo‘lgan shaxmat taxtasi mavjud. O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning “Muhabbatnoma” kitobi qalam haqiga olingan “Volga” mashinasi ham ayni paytda muzeyga qo‘yilgan.
71
564
Madaniyat
Bollivudda bir kun: Hind kinolarini sevib qolishga undaydigan eng yaxshi 10 ta film (video)
Bollivudni Gollivudning uzoq qarindoshi deb o‘ylash noto‘g‘ri fikr. Hind kino sanoati mustaqil kinematografiya markazi bo‘lib, u g‘arblik hamkasblarining homiyligiga muhtoj emas. Avvallari Bombay, hozirda esa Mumbay deb nomlanuvchi shahar uchun o‘ylab topilgan Bollivud ko‘pincha ko‘ngilochar joy yoki janr bilan yanglishadi. Bollivud filmlari chindan ham ko‘pincha Mumbayda ishlab chiqariladi. Shuningdek, Bollivud kinodagi hind tilidan foydalanish uchun yaratilgan butun hind kino sanoatidir. Bollivud kino tarixidagi eng ajoyib va g‘ayrioddiy filmlarni suratga oldi – rang-barang, hayratga soladigan musiqiy filmlardan tortib o‘ylashga majbur qiladigan pisixologik kartinalargacha. Marhamat, Bollivudning chindan ham ajoyib 10 ta filmi bilan tanishing. “O‘g‘irlanmagan kelin” “O‘g‘irlanmagan kelin” filmi 1995-yilda Hindiston, Shveysariya va Londonda suratga olingan. Film Yevropaga sayohat qilayotgan yigitning tasodifan uchrashib qolgan ayol qo‘lini va qalbini so‘rash yo‘lidagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Afsuski, yagona muammo qizning otasi uni boshqa bir yigitga unashtirib qo‘yganida bo‘ladi. Film bir-biridan qiziqarli sahnalarga boy. “Malika” Yosh qiz qiyinchiliklarga qaramay kelajagini qo‘lga olishda o‘zida kuch topadi. Shuningdek, filmda insonni o‘yga toldiradigan hamda kayfiyat ulashadigan sahnalar mavjud. “Uni ko‘rganimda o‘zimni qanday his qilaman?” Ushbu dramada Sviti ismli yosh qizning sevgisi haqida hikoya qilinadi. Oilasidagi bosim tufayli Sviti sevgilisi bo‘lgan munosabatlarda bir qator to‘siqlarga duch keladi. Ammo kutilmaganda qizning muxlislari ularning sevgisi uchun yordamga keladi. “Uch savdoyi” O‘smirlik va ta’lim tizimiga bag‘ishlangan ajoyib satira. Muhandislik kollejining uch talabasi katta hayotda qanday natijalarga erishgani haqida hikoya qiladi. Aniqrog‘i ushbu kartinada hammasi ortga qarab sodir bo‘ladi. O‘tmishni to‘g‘ri tiklashdan oldin ikki do‘st uzoq vaqtdan buyon yo‘qolgan do‘stini topishga otlanadi. “Qasos va qonun” 1975-yilda suratga olingan jangovar film ajoyib uchlik haqida hikoya qiladi. Ular ikki jinoyatchi va nafaqadagi politsiya xodimi. Politsiya bo‘limi to‘daning iziga hujum qilib, rahbarning o‘zi Gabbar Sinxni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Jinoyatchi qamoqdan qochadi va politsiya inspektorining oilasiga shafqatsizlarcha hujum uyushtiradi. Tajovuzkordan qasos olish va tinch qishloqni qaroqchilar to‘dasidan himoya qilish uchun inspektor qahramonlik ko‘rsatadi. “Ona Hindiston” Mehbub Xon 1940-yilgi badiiy filmni remeykini suratga olishga qaror qildi. Film qashshoqlik qiyinchiliklariga qaramay ikki o‘g‘lini voyaga yetkazmoqchi bo‘lgan yolg‘iz onaning taqdiridan hikoya qiladi. “Buyuk Mo‘g‘il” Ushbu tarixiy drama mo‘g‘il shahzodasi Salim va oddiy qiz Anaarkalining sevgi hikoyasini bayon qiladi. Ularning sevgi qissasi shahzodaning ota, imperator Akbarning dahshati bilan boshlanadi. “Ovqat qutisi” Marhum aktyor Irfon Xon rol ijro etgan ushbu filmda ayol oilasini qayta tiklash umidida ovqat idishida qoldirilgan maktublar ketma-ketligi orqali voqealar sodir bo‘ladi. Biroq u bilan muloqotda bo‘layotgan erkak aslida uning turmush o‘rtog‘i emasligini ayol bilmaydi. “Tashnalik” Shoirlar, barcha buyuk yozuvchilar asarlari mashhur bo‘lishi uchun avval dunyodan o‘tish kerak degan gapga hayron bo‘lgan. “Tashnalik” filmi  ezgu orzu haqida bo‘lib, unda yosh shoirning o‘limi tufayli uning akasi asarlarini nashr ettiradi. Biroq, tanilgan shoir o‘z shon-shuhratiga qaytganda, uning muxlislari o‘ylaganidek qarshi olmaydi. “Lagaan: Bir kuni Hindistonda” “Lagaan” harakati 1890-yillarning boshida mustamlaka Hindistonga nisbatan Buyuk Britaniya bosimi ostida amalga oshirildi. Film qishloq aholisining ingliz hukmdorlari og‘ir soliqlardan xalos bo‘lishga urinishi haqida hikoya qiladi. Ular polkovnikni kriket o‘yinida yutib, bunga erishadi.
91
3,831
Madaniyat
Jastin Biberning yangi albomi musulmon mamlakatlarida taqiqlandi
Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biberning 2015-yilning oxiriga qadar chiquvchi Purpose albomi islom dini keng tarqalgan mamlakatlar, jumladan Yaqin Sharq va Indoneziyada taqiqlandi. Bu haqda TMZ xabar beradi. Ma’lum qilinishicha, qo‘shiqchi plastinkasi muqovasidagi surat munozaralarga sabab bo‘lgan. Unda Biber yalang‘och ko‘kragida xoch surati tushirilgan holda tasvirlangan. Muqova provokatsion mazmunga ega deb topilganligi sababli hozirda Biberning jamoasi musulmon mamlakatlari uchun uning muqobil variantini o‘ylab topishga harakat qilmoqda. Suratga qayta ishlov berish-berilmasligi hozircha noma’lum.
64
605
Madaniyat
Ledi Gaga, Madonna va Merilin Monro: Mashhurlikka qadar butunlay boshqa tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan yulduzlar (foto)
Ba’zida mashhurlik va muvaffaqiyatga erishish uchun faqatgina iste’dod va mehnatsevarlikning o‘zi kifoya qilmaydi. Shunday vaqtda ayrim shou-biznes vakillari tashqi ko‘rinish borasida eksperiment qilib ko‘rishni abzal bilishi mumkin. Merilin Monro Asl ismi Norma Jin bo‘lgan aktrisa nafaqat ismini, balki tashqi ko‘rinishini ham o‘zgartirgan. Karyerasining boshida janoblar mallasoch xonimlarni ma’qul ko‘radi, deb hisoblagan aktrisa tashqi ko‘rinishini sartarosh Perl Porterfildga ishonib topshirgan. Sindi Gilaro yordamida esa sochlarini qalin jingalak qilib turmaklatgan. U jarrohlik operatsiyasini inkor qilganiga qaramay, Monro rinoplastika qildirgani hamda iyaklari shaklini o‘zgartirgan degan ma’lumotlar yo‘q emas. Madonna Talabalik davrida Madonna o‘zini fotomodel sifatida sinab ko‘rgan. 18 yoshidagi suratlariga nazar tashlab, uning tashqi ko‘rinishi ustida ishlaganini bilish qiyin emas. Monrodan ilhomlangan Madonna sochlarini ochartirgan, qosh shakli va kiyinish uslubini ham o‘zgartirgan. Ledi Gaga Noodatiy uslub va qiyofaga ega Ledi Gaga avvaliga oddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan. Sochlari qora, kiyinishi ham avvalgidek bo‘lmagan. Yulduz bo‘lishga qaror qilganidan keyin parik kiygan va o‘zining sochlarini ham ochartirgan. Keyinchalik parikning turli rangli va uzunligidan bir necha marta foydalangan. Mish-mishlarga qaraganda xonanda rinoplastika qildirgan, ammo Gaganing o‘zi buni inkor qiladi. Keti Perri Yuqoridagi ijodkorlar to‘q sochlarini ochartirgan bo‘lsa, Keti och rangli sochini qora rangga bo‘yagan. Megan Foks Megan yanada go‘zal ko‘rinish uchun jarrohlarga bir necha marotaba murojaat qilgan shou-biznes vakillaridan. Rinoplastika, lab shaklini o‘zgartirish va boshqa amaliyotlar sabab Gollivud go‘zaliga aylangan. Aktrisa ayni vaqtda ham lab va yonoqlariga inyeksiya qildirib turadi. Kim Kardashyan Kimning “Kardashyanlar oilasi” shousidan avvalgi va keyin suratlari uning qanchalik o‘zgarib ketganiga amin bo‘lish imkonini beradi. U qomatidan tashqari burun shaklini o‘zgartirgan va yuzini plastika qildirgan. Bu hali hammasi emas, botoks va labni kattalashtirish kamiga sochning o‘sish chizig‘ini o‘zgartirish amaliyotlari ham unga begona emas. Kayli Jenner Opa-singil Kardashyanlarning hech biri tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish borasida Kaylining oldiga tusha olmaydi. Endigina 23 yoshda bo‘lishiga qaramay, u nafaqat yuz, balki qomatini ham o‘zgartirishga ulgurgan. Hammasi labni shishirishdan boshlangan. Ammo filler bilan ko‘ngli to‘lmagan model, xeyloplastika qildirgan. Bundan tashqari u muntazam ravishda ko‘rinishiga kosmetik o‘zgartirish kiritib turadi. Nikol Kidman Karyerasining boshida malla jingalak sochlarga ega bo‘lgan Nikol 90-yillarga kelib sochini yanada ochartirgan va tekis yoki nomiga jingalak qilib turmaklaydigan bo‘lgan. Hozirgi suratiga nazar tashlansa, avvalgi Kidmandan asar ham qolmaganini ko‘rish mumkin.
120
2,876
Madaniyat
Warner Bros kinokompaniyasi filmda yovuz qahramon barmoqlarsiz tasvirlangani uchun imkoniyati cheklanganlardan uzr so‘radi
Warner Bros kinokompaniyasi imkoniyati cheklanganlarning Roald Dalning bolalarga mo‘ljallangan asari asosida suratga olingan “Jodugarlar” filmida Enn Xeteuey gavdalantirgan qahramon ustidan shikoyat qilganidan keyin uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda “RBK” xabar beradi. “Jodugarlar” filmi sujetiga ko‘ra, Enn Xeteuey, yovuzligini jodu ortiga yashiradi, ammo bolalarni qo‘rqitishga imkon paydo bo‘lishi bilan, kamchiliklari, xususan, qo‘lida barmoqlari yo‘q ekanini ko‘rsatadi. Uni tomosha qilish davomida imkoniyati cheklanganlar jodugarda ektrodaktiliya — barmoqlarning to‘liq emasligiga e’tibor qaratgan. Tomoshabinlarning fikricha, filmda yovuz qahramonlarining imkoniyati cheklangan holda tasvirlanishi, bunday kamchiligi bor kishilardan qo‘rqish kerak degan stereotiplarni avj olishiga sabab bo‘ladi. Paralimpiyachi Emi Marren Robert Zemekisning ushbu filmidan hafsalasi pir bo‘lganini bildirib, kinokompaniyaga prodyuserlar qo‘llardagi farqni yaqqol aks ettirishi, imkoniyati cheklangan kishilar uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rganmi, deb savol bergan. Shuningdek, u Twitter sahifasiga qo‘l shaklining farq qilishi qo‘rqinchli emasligi, tafovutlar qabul qilinishi kerakligini yozib qoldirgan. Qolaversa, Roald Dalga mansub asardan bo‘rttirilgan holda suratga olingan mazkur filmda yovuz qahramonning bunday ko‘rinishi bolalarga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda ekanligini bildirgan. Limb difference is not scary. Differences should be celebrated and disability has to be normalised. #NotAWitch calls out ‘#TheWitches’ movie for portrayal of disability ???? https://t.co/aSY1U6TymE pic.twitter.com/UCU87bUeV8 — Paralympic Games (@Paralympics) November 3, 2020 Imkoniyati cheklanganlar qiziqishlarini himoya qiluvchi RespectAbility tashkiloti ham filmga munosabat bildirgan. Unda Gollivud filmlarida yovuz qahramonlar qiyofasining o‘zgartirishga urinishlar, kishilarning beixtiyor o‘ziga o‘xshamaydigan har kimdan qo‘rqishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlangan. RespectAbility tashkilotining kommunikatsiya bo‘yicha vitse-prezidenti Loren Appelbaum film hayotiy oqibatlarga olib kelishi xususan bolalarni barmoqlarning to‘liq emasligi dahshat ekani va bundan qo‘rqish kerakligiga o‘rgatishi mumkin. degan. Shundan keyin Warner Bros vakili “Jodugarlar” filmidagi to‘qima qahramonlarning bu kabi tasvirlanishi imkoniyati cheklangan kishilarni ko‘nglini og‘ritishi mumkinligidan, chuqur qayg‘uda ekanligini bildirib, qahramonlar ko‘rinishini yangicha talqinda tasvirlash uchun rassom va dizaynerlar bilan ishlanganligi va odamlarni kamsitish niyati yo‘q ekanligini bildirgan. “Ushbu film yaxshilik va do‘stlikning kuchi haqida. Mehr va muhabbat bilan to‘ldirilgan, ilhomlantiruvchi ushbu mavzu va film bolalar va barcha oila a’zolariga yoqadi, deb umid qilamiz”, — deb yoziladi bayonotda. Ma’lumot uchun, Robert Zemiks tomonidan suratga olingan “Jodugarlar” filmi britaniyalik Roald Dal qalamiga mansub mashhur bolalar kitobining ikkinchi ekranizatsiyasi hisoblanadi. Unda buvisi bilan birga jodugarlar kongressiga tushib qolgan bola, yovuz qahramonlarning butun dunyo bolalarini sichqonga aylantirib qo‘ymoqchi ekanini bilib, unga xalal berishga urinadi. Kartinada Enn Xeteuey va Jazir Bruno bosh qahramon rolini ijro qilgan. Shuningdek, filmda Kris Rok, Stenli Tuchchi va Oktaviya Spenser suratga tushgan.  Gollivud aktrisasi Enn Xeteuey yangi filmda Jokerga aylantirildi (video)
122
3,429
Madaniyat
“Adolat ligasi”da mo‘ylabli Supermen suratga tushdi
Amerikalik rejissor Zak Snayderning o‘rniga “Adolat ligasi” blokbasterini suratga olish ishlariga rahbarlik qila boshlagan Joss Uidon syujetni bog‘lovchi bir qancha sahnalarni tasvirga tushirishga qaror qildi. Meduzaga ko‘ra, qo‘shimcha syomka ishlariga 25 million dollar sarflandi. Variety nashriga ko‘ra, aktyorlarning vaqtlarini muvofiqlashtirish masalasi tufayli syomka jarayoni ancha qiyinlashgan. Ayniqsa Supermen roli ijrochisi Genri Kavill bilan muammolar kelib chiqqan. Kavill parallel ravishda “Bajarib bo‘lmas missiya” filmining oltinchi qismida suratga tushayotgan edi. Uning mazkur filmdagi qahramoni mo‘ylabga ega. “Missiya” uchun javobgar Paramount studiyasi aktyorga mo‘ylabini qirib tashlashga ruxsat bermadi, shu bois “Adolat ligasi”da mo‘ylabli Supermen suratga tushishiga to‘g‘ri keldi. Postprodakshn bosqichida superqahramonning yuzidan mo‘ylab o‘chirib tashlanadi. Unga qadar esa Twitter foydalanuvchilari bu borada o‘z fantaziyalarini namoyish etmoqda. “Adolat ligasi” shu yilning noyabrida katta ekranlarga chiqadi.
51
1,044
Madaniyat
“Ishdan bo‘shatilding”. Gollivud Jo Baydenning g‘alabasi va Donald Trampning mag‘lubiyatini nishonlamoqda
7-noyabr kuni OAVda AQSh prezidentligi saylovlarida Jo Bayden g‘alabaga erishgani e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratlar partiyasidan bo‘lgan nomzod Donald Trampni Pensilvaniya shtatida ortda qoldirgan va g‘alaba uchun yetarli bo‘lgan 270 dan ortiq ovozni to‘plagan. Riz Uizerspun, Arnold Shvarsenegger, Gal Gadot va Gollivudning boshqa yulduzlari ijtimoiy tarmoqlar orqali Bayden va Kamala Xarrisni tabriklab ulgurdi. Ayrimlar Trampning mag‘lubiyati ustidan hazil qilmoqda, masalan, Stiven King, Jordan Pil va Jon Kyusak barchaning oldida uni “ishdan bo‘shatilding” demoqda. Arnold Shvarsenegger Congratulations to President-elect @JoeBiden and Vice-President-elect @KamalaHarris. I say this after every election, and I’ll repeat it now because some people need to hear it more than ever: I’m rooting for you, because your success is the country’s success. — Arnold (@Schwarzenegger) November 7, 2020 “Saylangan prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarrisni tabriklayman. Har safargi saylovlarda ta’kidlaganimdek, yana bir bor qaytaraman, chunki ayrimlar buni boshqalardan ko‘ra ko‘proq eshitishi kerak: men sizlarning taraflaringizdaman, chunki sizlarning muvaffaqiyatingiz — bu mamlakat muvaffaqiyati”. Mark Ruffalo Lots of history for immigrants who came to this country today. @DrBiden will be the first Italian-American living in the White House. Dreamers get ready! You are next! @niaforg @NOIAW — Mark Ruffalo (@MarkRuffalo) November 7, 2020 “Bugun mamlakatga kelgan muhojirlar uchun ulkan tarix. Bayden Oq uyda yashaydigan birinchi asli kelib chiqishi italyan-amerikalik bo‘ladi. Orzu qiluvchilar, tayyor turing! Keyingisi siz”. Stiven King America to Trump: YOU’RE FIRED. — Stephen King (@StephenKing) November 7, 2020 “Amerika Trampga: Sen bo‘shatilding”. Mark Xemill #BestEpisode_EVER pic.twitter.com/n7oJx9BrhE — Mark Hamill (@MarkHamill) November 7, 2020 Gal Gadot View this post on Instagram “Xalq o‘z so‘zini aytdi! Jo Bayden va Kamala Xarrisni tabriklayman”. Jeyms MakEvoy View this post on Instagram “Amerikani tabriklayman!”. Deyv Batista Thank you to all my brothers and sisters who stood up and spoke out against lies, hate and division for 4 exhausting years to fight for decency. I’ll see you in Georgia. ????????❤️????????✌???? pic.twitter.com/soonQpP9FE — Vaxxed AF! #TeamPfizer Poor Kid Chasing Dreams. (@DaveBautista) November 7, 2020 “Vijdon uchun to‘rt yildan buyon nafrat, yolg‘on va boshboshdoqlikka qarshi kurashish uchun o‘rnidan turib, o‘z so‘zini aytgan aka-singillarimga rahmat. Jorjiyada ko‘rishamiz”. Jordan Pil You’re fired. — Jordan Peele (@JordanPeele) November 7, 2020 “Sen bo‘shatilding”. Jessika Alba View this post on Instagram “Prezident Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris, yuraklarimiz umidga, ko‘zlarimiz esa quvonch yoshlariga to‘la”. Jessika Chesteyn View this post on Instagram “2020-yil nihoyat yaxshi bo‘la boshladi. Ayollarga ovoz berish huquqi berilganiga 100 yil o‘tgach biz birinchi ayolni — AQSh tarixidagi vitse-prezidentni sayladik”. Demi Mur View this post on Instagram “Demokratiya g‘alaba qozondi! Tug‘ilgan kunim uchun eng yaxshi sovg‘a. Jo Bayden va Kamala Xarrisni tabriklayman. Bugun ko‘plab sabablarga ko‘ra tarixiy kun. Birlashish va qayta tiklanish vaqti keldi”.
105
3,338
Madaniyat
Nasiba Abdullayeva: Jahongir Otajonov sahna va zalni birlashtirib yubora oldi, bunaqasi kamdan-kam bo‘ladi
Xonanda Jahongir Otajonovning konsertida bir qancha mashhur mehmonlarni ko‘rish mumkin edi. Ular orasida alohida ajralib turgan sohirnafas xonanda, O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevaning fikrlari bilan qiziqib, jurnalist Feruz Muhammad undan qisqa intervyu oldi. — Xonanda Jahongir Otajonovning so‘nggi konsert dasturida mehmon bo‘ldingiz. Konsert sizda qanday taassurot qoldirdi? — Hozir zalga kirsangiz, zalda katta, aqlbovar qilmas energiya bor. Bu energiya uncha-muncha san’atkorga berilmaydi. Butun zal, muxlislar ummonga kirib qolgandek aylanib, suzib, qo‘shiqlarni aytib, Jahongir qilgan harakatlargacha birga qilmoqda. Zal bilan sahnani birlashib ketishini mana shu konsertda ko‘rsa bo‘ladi. Bunday holat juda ham kamdan-kam konsertlarda va kamdan-kam xonandalarda kuzatiladi. Jahongirga faqat va faqat omad, mana shu ekspressiyasini, mana shu energiyasini har doim saqlab qolishini tilayman. — Konsertda Jahongir Otajonov o‘zining “Kuz gullari” nomli qo‘shig‘i sizning taronangizga o‘xshab qolganini aytib, buning uchun sizdan uzr so‘radi. Rostdan ham qo‘shiqlar o‘xshashmi, bu borada hamkasbingizga biror e’tirozingiz bormi? — Bilmadim, Jahongirning o‘zi o‘xshatgan bo‘lishi mumkin, ammo men o‘xshashlik sezmadim. Nisbatan xotirjam tabiatimni hisobga olganda, qo‘shiqlarimizni bir-biriga o‘xshatib bo‘lmaydi. Avvalo qo‘shiqlar bir-biriga o‘xshab qolmagan, o‘xshab qolganida ham hech qanday e’tirozim bo‘lmasdi. Sababi, bir-biriga o‘xshamagan, keraksiz qo‘shiqlar ko‘payib ketganidan ko‘ra yaxshi qo‘shiqlarning o‘xshash bo‘lgani ma’qul, deb o‘ylayman. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
106
1,728
Madaniyat
“O‘zbekkino” tasarrufidagi kinoteatrlar ikki yilda 7 tadan 200 taga yetkaziladi
Milliy matbuot markazida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan “Mustaqillik yillarida milliy kinematografiya san’ati: kecha, bugun va ertaga” mavzusida matbuot anjumani о‘tkazildi. Matbuot anjumanida agentlik rahbariyati, kino rejissorlar, ssenaristlar, tizim tashkilotlari rahbarlari, OAV xodimlari qatori jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Tadbirda “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori Otabek Musayev yig‘ilgan jurnalistlarning barcha savollariga ochiq-oydin javob berdi. - Soliqlar o‘z holiga tushgandan so‘ng, 1 milliard so‘m pul ajratilgan rejissordan, ajratilgan pulning hech bo‘lmasa 70—80 foizini qaytarish talabi qo‘yiladimi? - Talab qo‘yilishi uchun menda tizim bo‘lishi kerak. Men bitta Alisher Navoiy kino saroyiga asoslanib butun prokat tizimi bor deya olmayman. “O‘zbekkino” milliy agentligi tasarrufida yettita kinoteatr bor, xolos. O‘shandan bittasi Alisher Navoiy nomidagi kinoteatr bo‘ladigan bo‘lsa, bittasi “Kinochilar uyi”, qolganlari Samarqand  va Farg‘ona viloyatida joylashgan. Boshqa viloyatlarda “O‘zbekkino” milliy agentligi tasarrufidagi kinoteatrlar yo‘q, ya’ni prokat tizimi yo‘q. Hozirgi barcha masalalar birlamchi bo‘lib turibdi. Kinoni ishlab chiqargandan so‘ng uni joyida ko‘rsatish kerak, uni ko‘rsatish uchun kinoteatr, kinozal bo‘lishi kerak. Bo‘shagan kollej va litseylarning har birida faollar zali bor. O‘sha faollar zallarida Yoshlar ittifoqi bilan kinozal qilish masalasini ko‘targanmiz. - Taxminan kinoprokat tizimi qachon amalga joriy qilinishi mumkin? - Bizning mo‘ljalimiz bo‘yicha, 200 dan ortiq kinoteatrni tashkil qilish masalasi ko‘tarilgan. O‘ylaymanki, bir yarim, ikki yil ichida bo‘ladi. - Demak 2019-yilning yoz oylarida Respublikamizda 200 dan ortiq kinoteatr bo‘ladi, shundaymi? - Xudo xohlasa, bo‘ladi.
79
1,774
Madaniyat
Ayrim o‘zbek estrada xonandalarining “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga taqlid qilayotgani tanqid qilindi
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi “Yosh avlodning ma’naviy olami va uni yuksaltirishda milliy estrada san’atining o‘rni” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazdi, deb xabar qiladi “Uz24.uz”. Birlashma matbuot xizmati xabar berishicha, unda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi vakillari, Birlashma mas’ul xodimlari, taniqli san’atshunoslar, bastakorlar, shoirlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, estrada xonandalari ishtirok etdi. Anjumanda Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi raisi Iqbol Mirzo ayrim yosh ijrochi va ijodiy guruhlarning jamoatchilik e’tiboriga taqdim etayotgan “asar”lari san’atning hech qanday talab va mezonlariga javob bermasligi, nafaqat mavzu va musiqa, ijro usullari, balki sahna harakatlarida ham ochiqdan-ochiq ajnabiy “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga taqlid qilayotganiga to‘xtaldi. “Yulduzlik” kasaliga chalinish holatlari tez-tez uchrab turayotgani chinakam san’at muxlislarini ranjitmasdan qolmasligi, ayniqsa, bizning milliy an’analarimizga, axloq-odob qoidalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan kliplar, turli tillardagi so‘zlarni qorishtirib yoki talaffuzni ataylab buzib aytish kabi nomunosib harakatlarni ayrim yosh ijrochilar o‘zi uchun qandaydir yangicha uslub deb bilayotgani, san’atni, uning mohiyati va ahamiyatini tushunmaslikdan boshqa narsa emasligini ta’kidladi. O‘rtaga tashlangan mavzu yuzasidan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov, taniqli san’atshunos Gulchehra Fayziyeva, ustoz san’atkorlar Toir Qo‘ziyev, Azim Mullaxonov, Kozim Qayumov, bastakor Oydin Abdullayeva va boshqalar o‘z mulohazalarini bildirdi. Anjumanda, shuningdek, estrada san’ati yoshlar ongi va qalbiga kuchli ta’sir ko‘rsatayotgani, xonandalarimiz yanada mas’uliyatli bo‘lishi, ijrosi bilangina emas, balki, tashqi ko‘rinishi, xulq-atvori, sahnada o‘zini tutishi, aytayotgan qo‘shig‘ining matni kabi masalalarga ham jiddiy ahamiyat berishi zarurligi ta’kidlandi. Afsuski, bu boradagi ahvolni ko‘ngil to‘ladigan darajada deb bo‘lmasligi, ba’zan davlat va nodavlat teleradiokanallarda, internet tarmog‘ida, umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi reklama ekranlarida efirga uzatilayotgan qo‘shiqlardagi matn sayozligi, ijrochilarning bachkana qiliqlari har qanday qalbi uyg‘oq odamni tashvishga solishi aytildi.
106
2,328
Madaniyat
O‘zbekistonda film namoyishi uchun ruxsatnoma berish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi. Nizomga muvofiq, filmning ommaviy namoyishini amalga oshirish uchun bir martalik ruxsatnoma “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan beriladi. Quyidagilar bundan mustasno: Prezident hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ommaviy namoyish qilinishi ko‘rsatib o‘tilgan filmlar; festivallar, seminarlar, retrospektiv namoyishlar va boshqa shu kabi madaniy tadbirlar uchun notijorat maqsadlarda xorijiy mamlakatlardan olib kirilgan filmlar. Nizom bilan ruxsatnoma berish talablari va shartlari belgilangan. Ma’lumot uchun, mazkur nizom teleradioeshittirishlar, shuningdek, televizion filmlarni ishlab chiqarish va televideniyeda namoyish etish sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
71
898
Madaniyat
Gollivud yulduzi Anjelina Joli 47 yoshda: Aktrisa ishtirokidagi takror-takror ko’rishga arziydigan filmlar (foto)
Gollivudning taniqli aktrisasi Anjelina Joli 1975-yil 4-iyun AQSHda dunyoga kelgan. “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktrisa karyerasini 1980-yillarda boshlagan. Aktrisa o‘tgan yillar mobaynida bir qancha filmlarda suratga tushdi va uning 47 yoshga to‘lishi munosabati bilan The Symbol nashri uning ishtirokidagi eng yaxshi kartinalar o‘ntaligini taqdim etdi. “Jorj Uolles”, 1997-yil Jon Frankenxaymerning Alabama shtatining gubernatori Jorj Uolles haqida hikoya qiluvchi biografik drama. Siyosatchining rafiqasi — Korneliya rolini ijro etgan Joli o‘zining birinchi “Oltin globus”iga sazovor bo‘lgan. “Jia”, 1998-yil Maykl Kristoferning ushbu filmi taniqli model Jia Mari Karanji haqida bo‘lib, 26 yoshida OITSdan vafot etgan qizning mshaqqatga boy hayotini hikoya qiladi. Kartina tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan va Joli navbatdagi “Oltin globus”ni olishga muvaffaq bo‘lgan. “O‘g‘irlangan hayot”, 1999-yil Jeyms Mangold rejissorligidagi filmga ko‘ra aktrisa Vaynona Rayder muvaffaqiyatga erishishi kerak edi, ammo amerikalik aktrisa Liza Rou roli uchun Anjelina Joli “Oltin globus”, “Ekran aktyorlari gildiyasi” va “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. “Lara Croft: daxma talonchisi”, 2001-yil Arxeolog va sarguzashtchi Lara Kroftga bag‘ishlangan Tomb Raider kompyuter o‘yinlarining ekranlashtirilgan versiyasi Joliga dunyo bo‘ylab mashhurlik keltirdi. “Janob va xonim Smit”, 2005-yil Ushbu komediyaning suratga olish maydonchasida Gollivudda eng ko‘p muhokama qilingan juftlik paydo bo‘lgan: Bred Pitt Jennifer Eniston bilan ajrashib, Anjelina Joli bilan turmush qurgan. Kartina kassada 480 million dollar to‘plagan va hanuzgacha tomoshabinlar tomonidan sevib tomosha qilinadi. “Almashtirilgan bola”, 2008-yil 61-Kann kinofestivalida premyerasi bo‘lib o‘tgan Klint Isvud rejissorligidagi triller. Film 1920-yillarning oxirida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi va o‘g‘irlab ketilganidan keyin politsiya tomonidan onaga qaytarilgan bola uning o‘g‘li emasligini anglab etgan ayolning hikoyasiga asoslangan. Ona farzandini qidirishni qayta boshlashdan umidvor bo‘lib, jurnalistlarga murojaat qiladi, ammo bu hukumatga yoqmaydi va uni aqldan ozgan deb e’lon qilinadi. “O‘ta xavfli”, 2008-yil Rossiyalik rejissor Timur Bekmambetov tomonidan Jeyms Makavoy, Morgan Friman va Anjelina Joli ishtirok etgan jangovar film. Kartina bir nechta kinomukofotlarga, jumladan, “Oskar”ning ikkita nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan. “Sayyoh”, 2010-yil “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan rejissor Florian Xenkel fon Donnersmarkning estetik jihatdan mukammal filmi. Suratga olish ishlari Parij va Venetsiyada bo‘lib o‘tgan. “Lojuvard sohil”, 2015-yil Joli va Pitt o‘rtasidagi munosabatlarning so‘nggi bosqichi. Film Nyu-Yorkdagi shovqin-surondan Fransiyadagi lojuvard sohilga o‘zlarini va so‘nib borayotgan nikohlarini tartibga solish uchun qochib ketgan juftlik — ajoyib raqqosa va taniqli yozuvchi haqida hikoya qiladi.
113
2,953
Madaniyat
Xonanda Munisa Rizayeva operatsiya bo‘ldi
Xonanda Munisa Rizayeva jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar beradi. “Churramni olib tashlashdi. Yomon qiynaldim, so‘nggi paytlarda baland poshnali poyabzalda yurolmay qolgandim”, — deydi Munisa Rizayeva. Operatsiyadan keyingi surat.
41
290
Madaniyat
Aktrisa Luiza Rasulova shou-biznes saytlaridan birining istagi bo‘yicha fotosessiyaga tushib berdi
Aktrisa Luiza Rasulovaning qaynoq haroratli, eksklyuziv fotosessiyasi, deb sarlavha qo‘ydi “Shok.uz”. Bunda sayt to‘y liboslari saloni bilan hamkorlikda ishlab, Luiza Rasulovani “Shok ledi” uchun suratga tushirdi.
98
213
Madaniyat
Xonanda Ruxshona o‘g‘liga qanday ism qo‘yganini ma’lum qildi
20-avgust kuni ikkinchi bor ona bo‘lgan xonanda Ruxshona yangi tug‘ilgan o‘g‘liga qanday ism qo‘yilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “Allohimga behisob shukr! Xudo xohlasa, o‘g‘limiz katta yigit bo‘lsa, ismi bahona bir kunda bitta bo‘lsa ham odam Shukur deydi... Matkarimov Shukurbek Sanjarbek o‘g‘li!”, — deb yozdi xonanda o‘zining Instagram’dagi sahifasida. Ruxshona 2014-yil 2-noyabrida rejissor Sanjar Matkarimov bilan turmush qurgan va 2015-yilning sentabr oyida qiz farzandli bo‘lgan edi. Qizining ismi — Habiba. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
60
702
Madaniyat
“Yulduzlar jangi” ilk namoyishidan boshlab hozirga qadar 250 mln dollar daromad ko‘rdi
“Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” kinofilmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlangan (17-dekabr)dan beri topgan daromadi 250 million dollarga yetdi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda. Disney kompaniyasi tahlilchilarining fikricha, 20-dekabr, yakshanbaga kelib, AQSh va Kanadada sotilgan chiptalar narxi 220 millionga yetib, “Yura davri olami” filmining 208,8 millionlik ilk dam olish kunlarida chipta sotish rekordini yangilash arafasida turibdi. Bir qator tahlilchilar kinofilm tarixdagi eng kassabop filmga aylanishi mumkin, deb hisoblamoqda. 2009-yilda dunyo bo‘ylab 2,8 milliard dollar miqdorida daromad ko‘rgan “Avatar” filmi hozircha rekordchi bo‘lib turibdi. Filmning ilk namoyishi 24-dekabr kuniga belgilangan Gretsiya va Hindistondan tashqari, “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi” barcha mamlakatlarning kinoteatrlarida namoyish etilmoqda. Shuningdek, film Xitoyda ham 2016-yil 9-yanvarda ilk namoyishga kechikib chiqadi. Eslatib o‘tamiz, “Yulduzlar jangi” filmining yettinchi epizodi namoyishi oldidan AQSh va Kanadada chipta sotishdan rekord darajada foyda ko‘rgan bo‘lsa-da, Disney kompaniyasining aksiyalari pasayib ketmoqda.
86
1,178
Madaniyat
Ekrandan hayotga ko‘chgan muhabbat: Suratga olish maydonchasida baxtini topgan turk kinosi yulduzlari (foto)
Ko‘pincha kino va seriallarda sevishgan juftlik rolini birga o‘ynaydigan aktyor va aktrisalar keyinchalik haqiqiy hayotda uchrashishni boshlaydi. Ulardan ba’zilari hatto oila qurib, farzandlar ham ko‘rgan. Bugungi qahramonlar go‘zal hamda eng ko‘p muhokama qilingan turk juftliklaridir, deb yozadi “Lisa.ru”. Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen Burak nafaqat Turkiyada, balki xorijda ham eng mashhur aktyorlardan biridir. U o‘zbek tomoshabinlariga “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi” va Sevgi iztirobi” seriallarida o‘ynagan rollari tufayli tanish. “Sevgi iztirobi”da ko‘pchilik O‘zchivitni hamkasbi Neslihan Atagul bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan deb o‘ylaydi, chunki ular oshiqlar rolini maromiga yetkazib ijro etgan. Biroq Burak boshqa aktrisa — Fahriye Evjenni sevib qoldi, u bilan ham suratga olish maydonchasida uchrashgan. Avvaliga juftlik “Choliqushi” romanining yangi versiyasida birga o‘ynagan bo‘lsa-da, ularda faqat ish va do‘stona munosabatlar bo‘lgan, chunki O‘zchivit bu vaqtda boshqa qiz bilan uchrashar edi. Ammo “Sevgi senga o‘xshaydi” dramasini suratga olish paytida juftlik bir-biriga ko‘ngil qo‘ydi.  2017-yilda Burak va Fahriye turmush qurdi va hozir Kaaran ismli o‘g‘lini tarbiya qilib kelmoqda. Xalit Ergench va Berguzar Korel Tomoshabinlar “Muhtasham yuz yil” yulduzi Sulton Sulaymon va Xurram Sulton birga bo‘lishini orzu qilgan bo‘lsa-da, ular hayotda allaqachon oilali edi. Xalit ikkinchi turmush o‘rtog‘i — aktrisa Berguzar Korel bilan “1001 kecha” serialida suratga tushayotgan vaqtida tanishgan. Syujetga ko‘ra, qahramon Berguzar yolg‘iz ona bo‘lib, bemor o‘g‘lini qutqarish uchun boshlig‘ining taklifiga rozi bo‘ladi. Xalit ijro etgan qahramon qizga pul nima uchun kerakligini bilmas edi. Keyin odatdagidek, qahramonlar bir-birini sevib qoladi. Lekin nafaqat qahramonlar, balki ijrochilarning o‘zlari ham hayotda bir-birini sevib qoldi. 2009-yilda Xalit va Berguzar turmush qurdi va Ali hamda Xon ismli o‘g‘li, 2022-yilda esa uzoq kutilgan qizi dunyoga keldi. Kerem Bursin va Xande Erchel Ehtimol, juda ham mashhur, sevimli va eng ko‘p muhokama qilingan juftlik Kerem va Xandedir. Ularning sevgi hikoyasi 2020-yilda “Eshigimni qoq” serialining suratga olish maydonchasida boshlangan. Yetim o‘sgan gulchi qiz Eda landshaft dizayneri bo‘lishni orzu qiladi, lekin tadbirkor va me’mor Serkan Bolat tufayli u o‘qish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Qiz undan nafratlanadi, lekin bir kun hayot qizni unga ro‘baro qiladi. Ajablanarlisi shundaki, bir-birini yomon ko‘rgan yigit va qiz oshiqlarga aylanadi, shuningdek, har safar baxtga erishish yo‘lida to‘siqlarga duch keladi. Afsuski, Eda va Serkan birga qoldi, lekin Xande va Kerem shov-shuvli munosabatlardan so‘ng ajrashishga qaror qilgan ko‘rinadi. Yaqinda aktrisa o‘z sahfasidan sevgilisi bilan tushgan barcha suratlarni o‘chirib tashladi. Neslihan Atagul va Kadir Dog‘ulu Neslihan va Kadir oshiqlar rolini o‘ynagan “Ishq sohillari” serialining suratga olish maydonchasida uchrashishdi. Keyinchalik aktrisa partnyoriga nisbatan boshqacha his-tuyg‘ularni his qila boshlagan, ammo Dog‘ulga hamkasbidagi barcha yaxshi fazilatlarni ko‘rish uchun vaqt kerak bo‘ldi. Juftlik 2016-yilda turmush qurdi. Aytgancha, Kadir rafiqasidan o‘n yosh katta, ammo yosh bilan bog‘liq tafovut ularning baxtli yashashiga to‘sqinlik qilmaydi. Serkan Chayog‘li va O‘zge Gurel Serkan va O‘zge 2014-yilda mashhur turk serial filmlaridan biri “Giloslar mavsumi” serialining suratga olish jarayonida tanishgan. Syujet ko‘ra, muvaffaqiyatli, boy va kelishgan yigit sodda, iste’dodli, butun dunyoni zabt etishni orzu qiladigan qiz bilan uchrashadi. Har doimgidek, ularning munosabatlari qarama-qarshilik bilan boshlanadi, keyin esa hamma narsa sevgi bilan tugaydi. Shunday qilib, suratga tushayotgan juftlik ish paytida ularning yuraklari tez-tez uriyotganini his qildi. Kartina premyerasidan so‘ng Chayog‘lu va Gurel o‘zlarini juftlik deb e’lon qildi — ammo ikki yildan keyin ular ajrashishdi. Ammo, muxlislarning baxtiga, aktyorlar tez orada yana birlashishdi va hali ham birga. Go‘kberk Demirji va O‘zge Yag‘iz Go‘kberk va O‘zge “Qasamyod” serialida birga suratga tushdi va ish boshlanganidan ko‘p o‘tmay ular ham go‘zal juftliklar orasidan joy oldi. Bundan tashqari, 2021-yilda Yag‘izga sevgilisi turmush chiqishni taklif qildi. Yulduzli juftlikning muxlislari to‘yni intiqlik bilan kutayotgan bir vaqtda, Demirji va Yagiz ajrashishga qaror qilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Ularga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda ish jadvali tufayli kam ko‘rishgan, shuning uchun ular munosabatlarda tanaffus qilishga qaror qilgan. Go‘khan Alkan va Nesrin Javadzade Ushbu juftlik serialda garchi sevishganlar rolini o‘ynamagan bo‘lsa-da, ularning ishqiy munosabatlari suratga olish maydonchasida boshlandi. Go‘khan va Nesrin “Qora niyat” serialida ishlayotgan vaqtda tanishgan. Ular loyihani tark etgach, munosabatlari jiddiy ekanini e’lon qilishdi. Aktrisa sevgilisini ota-onasi bilan tanishtirdi va to‘yga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Aytach Shashmaz va Jemre Baysel “Taqdiri o‘yini” serila ham voqeala rivoji bo‘yicha “Eshigimni qoq”dan ortda qolmaydi. Qizig‘i shundaki, suratga olish jarayonining boshida qahramonlar singari ijrochilar ham bir-birini yoqtirib qoldi. Aytach va Jemre turk kinosining eng go‘zal juftliklaridan biri sanaladi va mutaxassislar 23 yoshli aktyorlarning iste’dodini e’tirof etib, ular uchun buyuk kelajakni bashorat qilmoqda.
108
5,414
Madaniyat
“Ayol qalbi” filmining premerasi bo`lib o`tdi
Kecha, 4 mart kuni Kinochilar uyida yaqinlashib kelayotgan 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan  Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Jamila Po`latovaning “Ayol qalbi” badiiy filmining katta premerasi o`tkazildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Premera avvalida Kinematografiya agentligi va Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi tomonidan barcha ayol kinoijodkorlar bayram bilan tabriklanib, ularga sovg`alar ulashildi. So`ngra, sahnaga film ijodkorlari taklif qilinib, jamoaga kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.   Tabriklardan keyin tomoshabinlar uchun Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlari chempioni Safiya Burxanova haqidagi "Matonat maktabi" qisqa metrajli hamda “Ayol qalbi” badiiy filmlari namoyish etildi.
45
818
Madaniyat
Rianna sayyoradagi eng boy musiqachi ayolga aylandi
Amerikalik qo‘shiqchi Rianna sayyoradagi eng boy musiqachi ayol deya tan olindi. Forbes nashrining hisob-kitoblariga ko‘ra, uning boyligi 1,7 milliard dollarga yetgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Shuningdek, qo‘shiqchi eng badavlat artist ayollar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. Birinchi pog‘onani esa amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri band etgan. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, Rianna musiqa sabab boylikka erishmagan, chunki 2016-yildan beri u birorta yangi albomini taqdim etmagan. U Fenty Beauty kompaniyasining 50 foiz aksiyalariga egalik qiladi, bu esa uning daromadini taxminan 1,4 milliard dollarini tashkil etadi. Shuningdek, qo‘shiqchi Savage x Fenty ayollar kiyim-kechagini ishlab chiqaruvchi kompaniya orqali ham yaxshigina daromad ko‘radi. Forbes Fenty Beauty kompaniyasini 2,8 milliard dollarga baholagan. Riannaning ichki kiyimlar liniyasiga esa 115 million dollar sarmoya kiritilgan bo‘lib, u 1 milliard dollarga baholangan. Qo‘shiqchi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham pul ishlab topadi — uning Instagram’dagi sahifasini 101 million, Twitter’ini esa 102,5 million obunachi kuzatadi. Avvalroq AQShda feys-nazorat Rianna va A$AP Rocky’ni klubga kirgizmagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Soqchilar yulduzlarni tanimagan va ulardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilgan.  Rianna 13,8 mln dollarga hashamatli koshona sotib oldi (foto)
51
1,382
Madaniyat
Instagram: Yarashib olgan Yulduz va Ozoda, Islom Karimovning noyob suratlarini ko‘rsatgan Maryam Tillayeva, “‘Zamministr’ning ikkinchi xotini” yana qo‘lga tushdi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Yulduz Rajabova “Mendirman Jaloliddin”dagi partnyori Emre Kiviljimni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Marhum qiziqchi Obid Asomovning qizi Dilorom otasining mukofotlanishi haqida fikr bildirdi. Xonanda Jasmin imijini o‘zgartirdi. Abdulla Qurbonov 2-sentabr kuni 45 yoshni qarshi oldi. Sitora Farmonova ukasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Rashid Xoliqovning rafiqasi va farzandlari unga “Mehnat shuhrati” ordenining surati tushirilgan tort sovg‘a qildi. Zarina Nizomiddinova yaqinlari bilan unutilmas hordiq onlarini boshdan kechirmoqda. “Shapaloq” hajviy ko‘rsatuvida “‘Zamministr’ning ikkinchi xotini” mavzusidagi mutoyiba efirga uzatildi. Oybek va Nigora Istanbulni aylanmoqda. Maryam Tillayeva bobosi Islom Karimov vafot etgan sana munosabati bilan uning avval e’lon qilinmagan suratlarini sahifasiga joylashtirdi. “Bugun men uchun o‘ta muhim sana. Bobom vafot etganiga besh yil bo‘ldi. Men esa o‘sha fojiali kunni xuddi kechagidek eslayman hamda avvalgidek bu rostan ham yuz berganiga ishongim kelmaydi. Islom Karimov men uchun suzish, velosipedda uchish, mashina boshqarish, tennis o‘ynash, chang‘i va rolik uchishni o‘rgatgan Bobom edi. Bobom men uchun juda muhim inson edi, u menga hamma narsada yordam beradigan super qahramon edi. Men gohida osmonga qarab, ‘Bobo, sizning o‘rningiz rosa bilinyapti’, deyman. Sizni yaxshi ko‘raman hamda biz birga o‘tkazgan vaqtlarni juda sog‘inaman”, — deb yozadi Maryam Tillayeva. Shuningdek, Islom Karimovning yana bir nevarasi Imon Karimova ham bobosini iliq so‘zlar bilan yodga oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va Ozoda Nursaidovaning birga tushgan surati tarqaldi. Internet foydalanuvchilarining taxmin qilishicha, ikki xonanda o‘rtasidagi bir necha yillik sovuq munosabatlar iligan. O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova va Botir Qodirov birgalikda xalq xizmatida bo‘ldi. Rayhon turmush o‘rtog‘i, farzandlari, singlisi, kuyovi hamda jiyanlari bilan bayramni tog‘ yonbag‘rida nishonladi.
161
2,139
Madaniyat
Shahzodaning Shohruh reper bilan kuylagan yangi qo‘shig‘i klipida bosh rolni Ulug‘bek Qodirov o‘ynadi
Xonanda Shahzoda 2016-yilning ilk kunlarida Shohruh reper bilan birga kuylagan “Ket” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda. Skrinshot: My Day “Benom Media” tomonidan tasvirga olingan bu videoasarda bosh rollarni Ulug‘bek Qodirov va Shahzodaning o‘zi ijro etgan. Avvalroq, Shahzoda va Shohruh reper birgalikda qo‘shiq kuylashga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Shohruh musiqa o‘zi uchun “eng oxirgi daraja”da turishini ta’kidlagan edi.
101
506
Madaniyat
Di Kaprio Yoqutistondan “xalq Oskari”ni oldi
Amerikalik aktyor, yaqinda “Oskar”ga ega bo‘lgan Leonardo Di Kaprio Yoqutistonda boshlangan aksiya doirasida “xalq Oskari” bilan taqdirlandi. Bu haqda loyiha koordinatori Tatyana Yegorovaga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda. Yoqutistonlik bir guruh kino ishqibozlari Di Kaprioni o‘ziga xos “xalq Oskari” bilan mukofotlashga qaror qilib, haykalcha yasash uchun kumush to‘play boshlagan edi. Statuetkada aks etgan inson osmonga qarab turgan, choroon marosim idishini qo‘lida tutib turgan yoqut kishisi ramzidir. Faollar uni yasash uchun 1,4 kilogramm kumush va haykalcha ustidan yuritish uchun oltin to‘play oldi. Haykalcha “Yulduzlar bilan suhbatdosh” deb nomlandi. “Statuetka o‘tgan hafta Mayamida edi. Di Kaprio u yerga kela olmagani bois u Los-Anjelesga yuborildi va manziliga yetib bordi. Rossiya va AQSh matbuoti, butun respublika singari, uning shu statuetka bilan chiqishini intiq bo‘lib kutmoqda. Lekin u javob bera olmasligi yoki turli sabablarga ko‘ra buni istamasligi mumkin. Harqalay, biz haykalcha Di Kaprioda ekanligini aniq bilamiz va bu bizni quvontiradi”, — deb ma’lum qildi Yegorova Facebook’dagi sahifasi orqali.
44
1,137
Madaniyat
“ ‘Dada, parhez qilmasangiz, o‘lasiz’, derdim”. Janob Rasul otasining vafotidan oldin ko‘p koyigani, endi esa uni sog‘inayotgani haqida (video)
Kliplari YouTube’da millionlab tomosha qilinadigan taniqli xonanda Janob Rasul “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Suhbat davomida u bolaligi, ota-onasi va guruhda biri ikki bo‘lmagach yakka ijod qilishni istagani haqida gapirdi. — Bolaligim u qadar qiziq kechmagan. Hamma qatori oddiy bola bo‘lganman. Baliq tutishni va antenasi uzun radioda qo‘shiq tinglashni yaxshi ko‘rardim. Uni qulog‘imga qo‘yib, bir soatda bir beriladigan qo‘shiqni kutib o‘tirardim. Ungacha bir ayol tinmay gapirardi. “Qachon tugar ekan?” deb men ham uni eshitib o‘tiraverardim. Bolaligimda hindcha qo‘shiqlarni yaxshi ko‘rardim. Maktabda o‘qidim, undan keyin kollejga o‘qishga kirdim. Shu bilan katta bo‘lib qolganimni bilmay qoldim. Ba’zilarning bolaligiga o‘xshab, meniki unchalik qiziqarli bo‘lmagan. Oilaviy sharoit va onamning xohishi bilan 13 yoshimdan to‘ylarga chiqqanman. San’atkorlar choy ichib dam olishayotgan paytda “Mikrofonda ovozim qanday chiqar ekan?” deb baqirib tayoq yegan paytlarim ham bo‘lgan. Janob Rasul bolalikdan pul topishga qiziqqani va onasining intilishi sabab xonanda bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. — Haqiqatan ham bolalikdan pul topishga qiziqqanman. Onam yaxshi yashashga intilgan. Shu bois “O‘g‘limning ovozi bor, yaxshi san’atkor bo‘lsa ko‘p pul topadi”, deb “Sevinch” guruhida qo‘shiq aytishimni istagan. Bu gapim bilan oilam moddiy jihatdan qiynalgan, shuning uchun pul topishga qiziqqanman deya olmayman. Dadam rahmatli yeb-ichishni yaxshi ko‘rgani uchun uy solib, mashina olmasa ham ro‘zg‘orimiz but bo‘lardi. Har kuni ishdan go‘sht va shokolad bilan kirib kelardi. U yaxshi ovqatlar qilinishini, dasturxonimiz to‘lib turishini istardi, — deydi xonanda. Otasining vafotidan avval uni ko‘p koyigani va endi esa uni sog‘inayotgani haqida  — Dadam rahmatlidan ikki yil avval ayrildik. U qandli diabet kasalligi bilan og‘rir edi. Bu kasallikka chalinganlar muntazam parhez qilishi kerak. Ammo dadam parhezga rioya qilmadi. Hatto, hazillashib ‘Dada dieta qilmasangiz o‘lasiz’, deb videoga olganimda ‘O‘lsam meni eslab qo‘ysang bo‘ldi’, deb kulib qo‘ygandi. Dadamning vafotidan keyin hech bir ishimdan halovat topayotganim, quvonayotganim yo‘q. Uy-qurishim ham dadam bilan qiziq ekan. Dadamsiz hammasi oddiydek tuyulyapti, — deydi xonanda Janob Rasul. Janob Rasul “Sevinch” nomli kichik guruhda qo‘shiq aytishni boshlagani va u yerda kelajagini ko‘rmagani uchun yakkaxon ijodni boshlagani haqida — Onamning xohishi bilan “Sevinch” nomli guruhda qo‘shiq aytishni boshlaganman. Ustozimdan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Ammo guruh tarkibida ijod qilib, kelajagimni ko‘rmadim. Shundan keyin ustozimning roziligi bilan yakkaxon ijod qilishni boshladim. Ammo 5 yil tashkiliy va moliyaviy jihatdan juda qiynaldim. Guruh bilan ishlash qiyin. Eng katta kelishmovchilik puldan kelib chiqadi. Eng ahil guruhlar ham kun kelib, pul sabab ajraladi. Bir paytlar “Ummon” guruhidagi Jasurga shu haqida aytganimda “Yo‘q, biz avvaldan bir-birimizni taniymiz, bizda hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaydi”, degandi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Shohruh uylandi. Keyin guruh haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Chunki uchta qo‘chqorning boshi bir qozonda qaynamaydi, — deydi xonanda Janob Rasul.
143
3,203
Madaniyat
Munisa Rizayeva: Menga uylanish istagida bo‘lgan yigitlar juda ko‘p
Xonanda Munisa Rizayeva “Sayyod.com” saytiga bergan intervyusida oila qurish masalasini tezroq hal qilishi kerakligini aytib o‘tdi. “Bugungi kunda xushomad qilib, menga uylanish istagida bo‘lgan yigitlar juda ko‘p. O‘zim nima istayotganimni tushunib olishim kerak”, — dedi Munisa Rizayeva. “Lekin yaqin orada nimadir bo‘lishi aniq. 29 yoshdaman, oktabrda 30 yoshga to‘laman, bu masalani tezroq hal qilishim kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Munisa Rizayeva. Avvalroq xonanda tennischi Vaja Uzoqovning xiyonatidan so‘ng, u bilan munosabatlarini to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
67
732
Madaniyat
Yurtimiz bo'ylab “Shahzoda—sening shahringda” deb nomlangan loyiha may oyidan start oladi
Shahzoda bu galgi konsert dasturini poytaxtdan uzoqda yashayotgan muxlislariga ham namoyish etish niyatida. Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xonandaning o‘zi bu haqda ma’lum qildi, deya xabar beradi  O‘zA. — Har yili may oyida Shahzoda o‘zining katta dasturini namoyish etmoqda, — deydi xonandaning prodyuseri Davron Muqimov. — Bu safar muxlislarga shodlik ulashish, ular bilan yaqindan muloqot qilish maqsadida mamlakat bo‘ylab xizmat safariga chiqmoqchimiz. Yangi ijro va sevimli qo‘shiqlardan iborat “Shahzoda sening shahringda” deb nomlangan loyiha shu yilning 1—25-may kunlari Nukus, Urganch, Namangan, Andijon, Qo‘qon, Samarqand, Buxoro kabi 12 shahar va tumanda namoyish etiladi. O‘ylaymanki, Shahzoda va muxlislar uchrashuvi unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Matbuot anjumanida Shahzoda jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytardi.
89
885
Madaniyat
Jennifer Lopes, Kim Kardashyan va 20 yil avvalgidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lgan boshqa yulduzlar (foto)
Yosh o‘tishi bilan kishining tashqi ko‘rinishi o‘zgarib borishi, yuzga ajin tushishi tabiiy. Ammo shou-biznes vakillari orasida yosh o‘tishi tashqi qiyofasiga ta’sir qilmaydigan, aksincha yildan-yilga yosharib boradigan mashhurlar ham yo‘q emas. Jennifer Lopes (51 yosh) Jey Lo 1997-yilda ilk marta “Selena” nomli filmda suratga tushgan va ijrosi sabab bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Shundan keyin aktrisalikdan tashqari qo‘shiq kuylash bilan ham shug‘ullana boshlagan. Ammo bu hali hammasi emas, 2019-yilda prodyuser sifatida o‘zini sinab ko‘rgan ijodkor, turli shoularda ham ishtirok etib turadi. Mendi Mur (36 yosh) 90-yillar so‘ngida karyerasini xonandalik bilan boshlagan Mendi keyinchalik “Malikaning kundaligi”, “Sevishga oshiq” singari filmlarda suratga tushgan. Ijodida biroz muddat tanaffus kuzatilgan aktrisa ekranga qaytgandan keyin “Bu biz” nomli serialda bosh qahramon rolini ijro qilgan. Bundan tashqari, 2020-yilda “Silver landings” nomli albomini ham taqdim qilgan. Rianna (33 yosh) Ilk marta 2006-yil sahnada ko‘rinish bergan vaqti xonanda 18 yoshda bo‘lgan. “Music of the Sun” nomli albomi chartlardan yuqori o‘rinni egallagan Rianna keyinchalik dizaynerlik, kosmetika ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullangan. Deyarli barcha qo‘shiqlari mashhurlikka erishadigan xonanda, 2018-yilda “Oushenning 8 dugonasi” filmida suratga tushishga ham muvaffaq bo‘lgan. Zak Efron (33 yosh) Ilk marta 2004-yil ekranda ko‘rinish bergan aktyor oradan ikki yil o‘tib mashhurlikka erishgan. Kelishgan va o‘ziga yarasha mahoratga ega Zak ayni vaqtda ham filmlarda faol suratga tushadi. Riz Uizerspun (44 yosh) Gollivud olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktrisa faoliyatini “Qo‘rquv” nomli filmda suratga tushishdan boshlagan. Arsenalida bir qancha esda qolarli rollar bor bo‘lgan Rizning yoshi 44 da ekaniga ishonish qiyin. Kichik Robert Dauni (55 yosh) 80-yillarning so‘ngida kinosanoatga qadam qo‘ygan aktyor 1992-yilda Charli Chaplin haqidagi filmda bosh qahramon rolini ijro qilgan. “Sudya”, “Qora beva” filmlarida suratga tushgan Dauni, muxlislarga “Temir odam” roli bilan yaxshi tanish. Jennifer Eniston (52 yosh) Bir vaqtlar Bred Pitt bilan iliq munosabatda bo‘lgan aktrisaning “Do‘stlar” serialidagi ijrosi muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Dueyn Jonson (48 yosh) “Mumiyo” filmidagi rolidan keyin mashhurlikka erishgan aktyor “Malibu qutqaruvchilari” va “Jumanji: yangi daraja” kabi boshqa filmlarda ham, esda qolarli qahramonlarni gavdalantirgan. Kim Kardashyan (40 yosh) Kim “Kardashyanlar oilasi” shousi taqdim qilinguniga qadar, opa-singillari bilan birga moda do‘konlarini boshqargan. Model sifatida yaxshi tanish bo‘lgan Kardashyan xonimning bugungi kunda shaxsiy kosmetika brendi bor.
115
2,718
Madaniyat
O‘zbekistonda Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi
30-martdan 30-aprelga qadar O‘zbekistonda uchinchi Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi, deb yozadi UzReport. Mazkur festival Xalqaro jaz kunini nishonlash munosabati bilan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi O‘zbekiston estrada-simfonik orkestri, “Ilhom” teatri hamda YuNESKO vakolatxonasi shafeligida tashkillashtirilmoqda. Festival Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Latviya, Turkiya, Shveysariya va Chexiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari ko‘magida, estoniyalik ijrochilar ishtirokida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi. 2017-yilda Xalqaro jaz kuni oltinchi marta nishonlanmoqda. Tez orada Telonius Monk nomidagi jaz instituti tomonidan 2017-yilda ushbu kun nishonlanadigan poytaxt e’lon qilinadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
49
842
Madaniyat
Aktrisa Sitora Farmonova: “Aziya Miks”ning chiqishida O‘zbekistonning ustidan kulingani yo‘q
Aktrisa va xonanda Sitora Farmonova “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan 19-iyul kuni konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasidan mahrum etildi. Birlashma vakilining ma’lum qilishicha, Farmonova xorijga chiqish tartib-qoidalarini buzgani uchun, litsenziyasidan mahrum etilgan. Ayni vaqtda, 2015-yildan beri Bishkekning “Aziya Miks” jamoasi tarkibida Rossiyada tashkil etiladigan KVN musobaqalarida qatnashib kelayotgan Sitora Farmonovaning “Ovozli KiViN—2016” festivalidagi so‘nggi chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi. “Sayyod.com”ning yozishicha, ijtimoiy tarmoqlarning ba’zi foydalanuvchilari aktrisa o‘z chiqishi davomida O‘zbekistonni mazax qilgan, deb hisoblab, e’tirozlar bildirmoqda. “Men Qirg‘iziston nomidan chiqish qilganim yo‘q. ‘Aziya Miks’ ishtirokchilari butun Osiyodan — Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va hokazo mamlakatlardan yig‘ilgan guruh. Men O‘zbekiston nomidan qatnashaman va dastlabki chiqishlarimiz vaqtida meni: ‘O‘zbekistonlik aktrisa Sitora Farmonova’, deb tanishtirishar edi. Guruh Qirg‘izistonda tuzilgani, shtabi o‘sha yerda bo‘lgani uchungina uni “Bishkek, Qirg‘iziston”, deb chaqirishadi”, — dedi aktrisa. “O‘zbekistonning ustidan kulingani yo‘q. Mening chiqishimda shunday gap bor edi: ‘Kaliningrad menga yoqdi, ayniqsa, shaharning markazi. U menga Toshkentga eslatdi, juda ham chiroyli Kaliningrad!’. Bu O‘zbekistonning ustidan kulish emas, aksincha, bu o‘rinda shaharning chiroyli qismi menga Toshkentni yodga solgani aytilgan. U yerda juda ko‘p o‘zbeklarni, yurtdoshlarimni uchratdim, o‘zimni xuddi O‘zbekistonda yurgandek his qildim”, — dedi Sitora Farmonova. “Litsenziyamning muddati esa tugagan. O‘zbekistonga endi keldim va, Xudo xohlasa, yana litsenziya olaman. Litsenziya bir yil muddatga beriladi va mening litsenziyam muddatidan avval tugatilganidan xabarim yo‘q. Shunchaki, litsenziyam muddati tugaganini bilaman”, — deya qo‘shimcha qildi aktrisa va xonanda Sitora Farmonova. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
92
2,163
Madaniyat
Aktrisa Skarlett Yoxansson ikkinchi marta ona bo‘ldi
Skarlett Yoxansson va komik aktyor Kolin Jost oilasida uzoq kutilgan chaqaloq dunyoga keldi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i bu xushxabarni Instagram’dagi obunachilari bilan bo‘lishdi. “Biz farzandli bo‘ldik. Uning ismi Kosmo va uni juda yaxshi ko‘ramiz”, — deb yozgan ssenarist mikroblogida. Bundan tashqari, shoumen muxlislardan shaxsiy hayotlarini hurmat qilishlarini ham so‘ragan. View this post on Instagram Tan berish kerakki, aktrisa farzandi dunyoga kelgunga qadar homiladorligini mohirona tarzda yashira olgan. Skarlett qorni sezilarli darajada bilina boshlagach, omma e’tiboridan qochishga harakat qilgan va hatto “Qora beva” filmining premyerasida ham ishtirok etmagan. Eslatib o‘tamiz, yangi tug‘ilgan chaqaloq Skarlet Yoxanssonning ikkinchi farzandi. Yulduz, shuningdek, fransuz jurnalisti Romen Doriak bilan turmushidan bo‘lgan qizini ham tarbiyalaydi.
52
880
Madaniyat
Nargiz Zokirova 7-avgust kuni Yaltada yakkaxon konsertini o‘tkazadi
Joriy yilning 7-avgust kuni “Golos” teleshousi qirolichasi Yaltadagi “Yubileyniy” konsert zalida katta yakkaxon konsert o‘tkazadi. Dastur davomida rok yo‘nalishidagi eng mashhur qo‘shiqlar, shuningdek, o‘zi muallifik qilgan taronalar kuylanishi kutilmoqda. Bu haqda “Yubileyniy” konsert zalining axborot xizmati xabar berdi. Nargiz Zokirova “Golos” teleshousining to‘rtinchi kunida yulduzga aylangan edi. 42 yoshli qo‘shiqchi Scorpions repertuaridagi Still loving you taronasi bilan hakamlar hay’ati va musiqa muxlislarini xushnud etdi va tantanali ravishda Leonid Agutin guruhi a’zolari safidan joy oldi. Scorpions guruhi asoschisi Rudolf Shenker Nargiz Zokirovaning ijrosiga tan berib, o‘zining Facebook’dagi blogiga ijroning videolavhasini joylagan. Eslatib o‘tamiz, Nargiz Zokirova 10-iyul kuni Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Oq tunlar” (“Белые ночи”) xalqaro musiqa festivalida Rossiya nomidan ishtirok etib, Gran-Pri sohibasi bo‘lgan edi.
67
954
Madaniyat
OK Go musiqiy guruhi o‘z klipini 4,2 soniya ichida suratga olib, unga 325 ta voqeani sig‘dirdi (video)
Amerikaning kreativ roliklari bilan mashhur bo‘lgan OK Go musiqiy guruhi 4,2 soniyalik klip ishladi, deb yozadi TJournal. U keyin butun qo‘shiq davomiyligiga moslab “cho‘zildi”. The One Moment (“Bir lahza”) nomli trek uchun jamoa “Matritsa” filmidagi mashhur sahna uslubida suratga olingan rolikni tayyorladi. Ammo ko‘p sonli kameralar o‘rniga, musiqachilar o‘zi bittagina bo‘lsa ham, tezkor harakat qilib, tezlashtirilgan rejimda suratga oladigan kameradan foydalandi. Musiqachilar aytishicha, ular tayyorgarlikka eng ko‘p vaqt sarflagan. 4,2 soniya ichida ekranda 325 ta turli voqea sodir bo‘ladi, ularni tomoshabinlar rolikning sekinlashtirilgan versiyasida ko‘rishi mumkin. Video shunchaki klip bo‘lib qolmay, Morton Salt tuzi brendining reklamasi hamdir.
102
760
Madaniyat
Oshpaz bo‘lishni orzu qilib, jurnalistikani o‘rgangan aktyor: Janob Rosomaxa — Xyu Jekman 53 yoshda (foto)
Gollivudning eng talabgir va kelishgan vakillaridan biri hisoblangan Xyu Jekman 12-oktabr kuni 53 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan aktyor bilan bog‘liq ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Bolaligidan uyatchanlik nima ekanligini bilmagan Xyu oiladagi beshinchi, eng kenja farzand. Kirishimli bo‘lishiga ikkitadan aka va opasi bilan birgalikda ulg‘aygani sabab bo‘lgan. Bolaligidanoq e’tibor markazida bo‘lgani tufayli keyinchalik sahnada chiqish qilishdan cho‘chimagan. Olti yoshida musiqiy guruh tarkibida chiqqan Xyu o‘sha vaqtda hammadan yaxshiroq kuylamagan bo‘lsa ham o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘lgan. Maktabga borishni boshlaganidan keyin esa teatrda ishtirok etish, muhim tadbirlarda nutq so‘zlashga takliflar bisyor bo‘lgan. Darhaqiqat zavq bag‘ishlagani uchun u hech ham bu takliflarni rad qilmagan. Onasi tashlab ketgan Yetti yoshga to‘lganida ota-onasi ajralib o‘z yo‘lidan ketishni afzal bilgan. Onasi qizlarini olib Angliyaga jo‘nab ketgan, o‘g‘illar esa otasi bilan Avstraliyada qolgan. “Bir kuni maktabdan kelib ne ko‘z bilan ko‘rayki, onam yo‘q. Shundan keyin men uyga qaytishdan qo‘rqib qolganman. Mashg‘ulotdan qaytib, zinada akalarimni kutib o‘tirganman. Onamning bir kunmas bir kun qaytishiga ishonganman. Uning Angliyaga ketgani, turmushga chiqqani va farzandli bo‘lganini bilsam ham, o‘sha umid bilan 5 yilni o‘tkazganman. Keyinroq otam u bilan yarashishga urinib ko‘rish uchun Yevropaga jo‘nab ketgan va bir necha kundan keyin shashti tushib qaytib kelgan. Ana shundagina onam bizni butunlay tark etganini tushunib yetganman va bu mening jahlimni chiqargan. Boshqa tomondan qaraganda, men bolaligimdan salbiy emotsiyalarimni yashirishni, o‘zimni boshqa insonlar o‘rniga qo‘yib ko‘rishni o‘rganganman. Onamning tug‘ruqdan keyingi og‘ir depressiyani boshdan kechirganini tushunib yetganman. U bir necha marta shifoxonada davolangan, Avstraliyaga ko‘chib o‘tish ham u uchun oson bo‘lmagan. Shu sabab ham uni hech nimada ayblay olmayman. Shouga chipta olish uchun ovqatidan pul tejagan Yosh Jekman ilk marta ota-onasisiz yakka o‘zi Devid Bouining shousiga bormoqchi bo‘lgan. Buning uchun alohida pul so‘ramasdan, otasi ovqatlanishga bergan mablag‘ni to‘plagan. Yarim yilda 20 dollar jamlagan yigitchaga sinfdoshi arzonroq chipta taklif qilib qolgan. Bu esa tabiiyki unga yoqib tushgan. Oradan 30 yil o‘tib esa bu voqea haqida Bouiga aytib bergan. Xyu maktabni bitirgach, Sidneydagi texnologiya universitetining jurnalistika fakultetiga qabul qilingan. Ammo keyinroq o‘zini bu sohada ko‘rmagan. Ish izlash mavridi kelganida to‘g‘ri keladigan joyni topa olmayman, degan qo‘rquv paydo bo‘lgan. Jurnalistika oson emasligi haqidagi fikrlarni eshitganidan keyin esa tanaffus olib, drama maktabiga qatnay boshlagan. Aktyor buning hammasi unga katta tajriba bo‘lganini ta’kidlaydi. “Men OAV xodimlari bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘raman. Bu go‘yo shaxmat va shashka o‘yiniga o‘xshaydi. Hamisha mendan qanday javob kutayotganlarini, qaysi savolni bosh muharrir so‘rattirayotganini bilib turaman”. Tinimsiz ishlashga ahd Aktyor bo‘lishini tushunib yetganidan keyin Jekman tinimsiz ishlashga qaror qilgan. U faoliyat sohasida eng yaxshi bo‘lish uchun keyingi 5 yil davomida bayram va dam olish kunlarisiz ishlashi kerakligini anglagan. Aktyorlikka o‘qib, kerakli odamlar bilan tanishgan Jekman bir vaqtning o‘zida yonilg‘i quyish shoxobchasi va fitness-klublarda ishlagan. Masxaraboz kiyimida bolalarni kuldirish, restoranda xizmat qilish ham unga begona bo‘lmagan. “Hammasidan ham ko‘proq oradan 20 yil o‘tib, kinostudiya ostonasida o‘ralashadigan omadsiz bo‘lib qolishdan qo‘rqqanman. Shunday bo‘lmasligi uchun ham jonimni jabborga berib ishlaganman”, — degan aktyor. Superqahramon bo‘lishni istamagan Aslida “G‘aroyib odamlar”dagi Rosomaxa roliga kasting yakunidan keyin Dyugrey Skott taklif qilingan. Boshqa loyiha bilan band bo‘lgan Dyugrey prodyuserlarga rol uchun Xyu ma’qul kelishi mumkinligini aytgan. “Men superqahramonga aylanishni aslo istamaganman. Rafiqam ham fikrimga qo‘shilgan. Ammo tanishlar bunday qahramonni gavdalantirishdan bosh tortsam, erta yoki kech nochorlikda vafot etishimni aytishgan. Birinchidan o‘sha vaqt allaqachon 30 yosh bo‘lganman, ikkinchidan esa muvaffaqiyatli karyera uchun blokbaster, jangovar filmlar suv va havodek zarur. Ular yordamida ismingni tanit, keyin esa istalgan rolingni tanla, deb maslahat berishgan va men rozi bo‘lganman”. Rosomaxani gavdalantirish oson bo‘lmagan “G‘aroyib odamlar”da Xyuning jismoniy ko‘rinishi a’lo darajada bo‘lgan, ammo asli oriq bo‘lgani sabab bunday ko‘rinishga erishish oson bo‘lmagan. Bir o‘tirishda oqsil bisyor bo‘lgan taomdan 8 porsiya yegan, sport zaldan esa kun davomida chiqmagan. Salbiy qahramonlar jon-u dili “Eng qizig‘i, yomon qahramonga aylanish. Fikrimcha, hammasi nomutanosiblikda: hayotda men juda ham muloyim odamman va hech kimga qo‘pollik qilmayman — meni shunday tarbiyalashgan. Aftidan, shu sabab ham menga shunday qahramonlarni ijro qilish yoqadi. Myuzikllardan birida yovuz qahramon rolini o‘ynaganman. Sahna ortiga o‘tganimda tomoshabinlar g‘azab bilan ortimdan norozilik bildirgan. Ularni aktyor emas, salbiy qahramon g‘azablantirganidan esa faxrlanganman. Noroziliklari esa men rolni qoyillatganimga yaqqol misol bo‘ladi”. Meditatsiya qilishni kanda qilmaydi Agar imkon topolsa, Xyu kuniga 2 marta 30 daqiqadan meditatsiya qiladi. “Bu daqiqalarda men Xyu Jekman, aktyor yoki turmush o‘rtoq va ota bo‘lmay qolaman. Men koinotning bir qismi bo‘lib, uning kuch-qudratini his qilaman. Shunga qaramay ta’kidlashim joizki, meditatsiya hech bir dinga taalluqli emas. Men shunchaki barcha g‘ubor va muammolarni shu orqali chiqarib yuboraman. Axir meni kamera qarshisida o‘zimni noqulay his qilishimni hech kim bilmaydi. Sahnada men go‘yo suvdagi baliqdekman, ammo kinoda hammasi boshqacharoq. “Xo‘rlanganlar” (Les Misérables) filmining suratga olish jarayonida psixolog yordamidan foydalangan vaqtlarim ham bo‘lgan. Shu sabab ham meditatsiya men uchun juda muhim”. Taom tayyorlashni yaxshi ko‘radi Hammada dam olish haqida turli tushuncha bor, Jekman ham bundan mustasno emas. “Menga faol dam olish, suzish, velosiped haydash juda ham yoqadi. Keyin esa kitob o‘qib, cho‘zilib yotsa ham bo‘ladi. Aytsam ishonmaysiz, taom tayyorlash menga juda ham yoqadi. Ayniqsa, non, turli bulochkalar tayyorlashni xush ko‘raman, qolaversa, ko‘p retseptlarni ham bilaman. Shuningdek, hech qayerga shoshmasdan, rafiqam bilan suhbat qurishni, bolalarim va do‘stlar bilan muloqotni yaxshi ko‘raman”. Jekmandagi taom tayyorlashga bo‘lgan qiziqish bolaligidayoq paydo bo‘lgan. Oshpaz bo‘lishni orzu qolgan yosh Xyu samolyot bortida ovqat pishirib ko‘rmoqchi bo‘lgan. Stressli vaziyatlar unga cho‘t emas Xavf va noqulayliklar “janob Rosomaxa” uchun odatiy hol. Aktyor stress unga yanada yaxshi bo‘lishga turtki bo‘lishini ta’kidlaydi. “Maktab davrimda meni dangasa deb hisoblagan ayrim o‘qituvchilar imtihondan yiqitish bilan tahdid qilardi. Ammo uch soat kitobdan boshimni ko‘tarmaganimdan keyin sinfdoshlarimdan o‘tib ketib, tekshiruvchilar oldida haqiqiy shou ko‘rsatganman. Vaziyat sabab burchakka suqilib qolganimda yaxshiroq ishlayman chog‘i. Ta’kidlash joizki, mendagi bu xususiyat yillar o‘tgani sayin kuchayib bormoqda. Shunday ekan, muammoli va qiyin vaziyatlar meni qo‘rqitmaydi, aksincha juda yaxshi yordam beradi”. Rafiqasi bilan hamisha birga Aktyor rafiqasi haqida iliq fikrlar bildirishdan charchamaydi. “Deb bilan uchrashib qolgan kunimizni hech qachon unutmayman. Bu vaqtda og‘riqli munosabatlarga nuqta qo‘ygandim, uning ham hayotida hech kim bo‘lmagan. Ammo gap bunda emas — u menga yoqishga harakat qilmagan, men esa o‘lgudek sevib qolgandim. U naqadar go‘zal, tabiiy va energiyaga to‘la bo‘lgandi… Undan 13 yosh kichikligim sabab masofa saqlashga harakat qilgan. Biroq keyinchalik yosh butkul ahamiyatsiz bo‘lib qolgan. Men ikki hafta o‘tib unga turmush qurishni taklif qilishga tayyor edim, ammo Deb yarim yildan keyingina rozilik bergan. Kezi kelganda uning onasiga rahmat aytishim kerak, chunki aynan u Debini ko‘ndirishga yordam bergan”. Juftlik bugungi kunda ikki nafar farzandning ota-onasi. O‘g‘li Oskar 2000-yilda, qizi Ava esa 2005-yil tug‘ilgan. Aynan rafiqasi unga saratonni yengishga yordam bergan Bundan 7 yil avval Deborra turmush o‘rtog‘ining burnida g‘alati shish borligini payqagan, Xyu bu kichik narsaga e’tibor ham bermagan. Rafiqasining majburlashi bilan ko‘rikdan o‘tgan aktyorda bazal hujayrali karsinoma, soddaroq aytganda, teri saratoni borligi aniqlangan. Jarrohlik amaliyoti va kimyoviy muolajalar o‘tkazilgan. Ammo bir necha yillardan keyin kasallik qayta takrorlangan. Aktyor umumiy hisobda olti marta operatsiya bo‘lgan. Shu bilan birga u suratga olish jarayonlarida uzilish bo‘lmasligiga harakat qilgan. Rosomaxa bilan xayrlashish Rosomaxa ijrosi sabab Jekmanning ismi eng uzoq vaqt davomida superqahramonni gavdalantirgan aktyor sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan. U 16 yil va 228 kun davomida Rosomaxa qahramoni bilan ayrilmagan. Ammo hamma narsaning nihoyasi singari buning ham oxiri bo‘lgan. Xyu Jekman “Logan” nomli filmda so‘nggi bor Rosomaxani gavdalantirgan. “Bu franshiza karyera qurishim uchun menga tamal toshi bo‘ldi. U menga ko‘p eshiklarni ochdi, ismimni tanitdi. Ammo “Logan” bilan xayrlashganim uchun g‘am chekmadim. Shunchaki yengil melanxoliya bor xolos. Men ushbu qahramonni bag‘oyat yaxshi ko‘raman, ammo uni sanoqsiz gavdalantirishning imkoni menda yo‘q. Qolaversa, oldinda uzoq kutilgan ta’til — men yilni ishsizlardek o‘tkazishni istayman va bu juda ajoyib”, — degan u.
106
9,575
Madaniyat
“Milliard” “Million” bilan ziddiyat keltirib chiqaradi”. “Million” jamoasining sobiq a’zosi Umid Umarov “Milliy art” jamoasining nomi “Bravo”ga o’zgargani sabablari haqida (video)
“Million” jamoasining sobiq, “Bravo” kulgu jamoasining a’zosi Umid Umarov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Intervyu davomida Umid Umarov biroz vaqt “Milliy art” nomi bilan yuritilib, konsert arafasida jamoa nomi “Bravo” deb o‘zgartirilgani sabablari haqida gapirib berdi. Boshida biz “Milliy art” degan zo‘r jamoa qilamiz, kuchli jamoa bo‘ladi, deb harakat qilganmiz. “Milliy art” degani milliy san’at degan ma’noni anglatadi, ammo biz hali milliy san’at darajasidagi aktyor bo‘lib yetishmadik. Bu narsani orqasida juda ko‘p mehnat yotganini bilib turib, “Bravo” nomiga to‘xtaldik. Mabodo “Milliard” degan ma’nosi bo‘ladigan bo‘lsa ham, o‘zimiz tashkil bo‘lishida hissa qo‘shgan, jipslashgan “Million” jamoasining nomiga “ziddiyat keltirib chiqaradi”, degan ma’noda, yengil, kimgadir mas’uliyat yuklamaydigan, yaxshi narsa ko‘rsatilganda odamlar “bravo deb yuboradigan” nomni jamoaga tanlashga qaror qildik. Kelinglar, ko‘ringlar, mazza qilib, bravo deb chiqib ketinglar. Umid Umarov, “Bravo” jamoasi a’zosi Ma’lumot uchun, “Bravo” jamoasining ilk konsert dasturi  11—16-sentabr kunlari Xalqlar do‘stligi san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
179
1,209
Madaniyat
Foto: Oliy ma’lumotga ega bo‘lmay ham ulkan muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar
Ba’zilar oliy ma’lumotni muvaffaqiyatli karyera uchun eng zarur narsalardan biri deb hisoblasa, boshqalar asosiysi — jasorat va qat’iyat muhim deb biladi. Quyida universitet ta’limisiz muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar haqida ma’lumot beramiz. Bill Geyts Bill Geyts — zamonamizdagi eng mashhur va badavlat odamlardan biri. Bill Garvardda 2 yil ta’lim olgach, o‘qishdan haydaladi. Shundan so‘ng u butun kuch hamda vaqtini dasturiy ta’minot va kelajakdagi Microsoft korporatsiyasini yaratishga sarflaydi. 2007-yilda esa Garvard universiteti ma’muriyati Geytsga bitiruvchi maqomini berishga qaror qiladi. Stiv Jobs Stiv o‘zining hayotiy hikoyasi bilan butun insoniyatni ilhomlantira oldi. Zerikarli majburiy dastur uni qiziqtirmagani uchun u kollejni tashlab ketadi. Keyinchalik 1 yil xattotlik kursida o‘qiydi, ammo u yerdan ham ketadi.  Maykl Dell DELL asoschisi ham universitetni tamomlamagan. O‘qish paytida u kompyuterlar sotadigan kompaniya yaratadi, shuning uchun 19 yoshida u butunlay biznes bilan shug‘ullanishga qaror qiladi. 2006-yilda u dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida 12-o‘rinni egallaydi. Larri Ellison Sayyoramizning eng boy odamlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egallagan Oracle korporatsiyasi asoschisi turli sabablarga ko‘ra ikki marta universitetni tashlab ketgan. Birinchi marta ikkinchi kursda uni asrab olgan onasi vafot etgani tufayli, ikkinchi marta esa Chikago universitetini 6 oydan so‘ng hisoblash texnikasiga qiziqishi sababli tashlab ketgan.  Richard Brenson Mashhur britaniyalik tadbirkor va Virgin korporatsiyasi asoschisi 16 yoshida maktabni tugatadi, keyin Londonga ko‘chib o‘tadi va “Student” jurnaliga asos soladi. Bu uning ko‘plab loyihalari orasida birinchi ishi hisoblanadi, hozirda bunday loyihalarining soni uch yuzdan oshadi. Roman Abramovich Milliarder va “Chelsi” futbol klubining egasi 1983-yilda Uxta sanoat institutiga o‘qishga kiradi, ammo uni tugatmaydi. U kichik biznesni erta boshlagan, shundan so‘ng neft savdosi bilan shug‘ullangan. Genri Ford XX asr boshlaridagi eng mashhur amerikalik sanoatchilardan biri 16 yoshida uydan qochib, Detroytga ishlash uchun kelgan. 1903-yilda u mashinasozlik bozorida inqilob qilgan Ford Motor kompaniyasini ochadi. Genri ko‘pincha oliy ma’lumoti yo‘qligi sabbali tanbeh eshitgan, lekin u har doim maxsus bilim umumiy bilimdan ko‘ra muhimroq ekanligini ta’kidlaydi. Ingvar Kamprad Shved tadbirkori 17 yoshida IKEA kompaniyasiga asos solgan. Bolaligidan kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullangan — ulgurji narxga gugurt olib, qo‘ni-qo‘shnilarga donalab sotardi. Keyinchalik baliq, undan so‘ng esa dunyoga mashhur mebellar biznesi paydo bo‘ldi. Ingvar hozir Shveysariyada yashaydi va mamlakatning eng boy fuqarosi hisoblanadi. Jon Devison Rokfeller Dunyodagi birinchi dollarli milliarder 1850-yillarning oxirida kollejda o‘qib yurganida, uch oylik buxgalteriya kursi va faoliyatga chanqoqlik unga ko‘p yillik o‘qishdan ko‘ra ko‘proq foyda olib kelishini tushunadi. Shuningdek, u bolaligidan kurka sotish va kartoshka kovlash kabi kunlik ishlarda ishlagan. Rut Hendler Dunyoga Barbi qo‘g‘irchog‘ini sovg‘a qilgan tadbirkor ayol ham bolaligida ishlagan. Uning bolaligi qiyin kechadi, lekin u butun dunyodagi millionlab qizlarni baxtli qildi. Qizig‘i shundaki, dastlab u va eri fotoramkalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik ular o‘yinchoqlar yaratishni boshlashgan. Kventin Tarantino Tarantino nafaqat oliy ma’lumot bilan maqtana olmaydi, balki maktabda ham yaxshi o‘qimagan. Kventin oltinchi sinfgacha soat necha bo‘lganini aytishni bilmas edi. U aniq fanlarni yoqtirmasdi, lekin kino olami uni doimo o‘ziga jalb qilardi. Hatto 15 yoshida maktabni tugatgach, kinoteatrga ishiga kiradi. Kventin Tarantino 37 ta mukofotga ega va turli tanlovlarda 47 marta nomzod bo‘lgan. Uning 6 ta filmi FHM jurnalining barcha davrlarning 100 ta eng yaxshi filmlari ro‘yxatiga kiritilgan. Jak-Iv Kusto Uning hayotidagi eng katta yutug‘i Brestdagi dengiz maktabi bo‘lib, o‘qishni tugatgandan so‘ng u dengiz flotiga michman sifatida ishga kiradi. Sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli u osmonni zabt eta olmagan bo‘lsa ham, ammo suvosti dunyosi uning oldida sirli olamini ochdi. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmasa ham u akvalang uskunalarini, suv ostida suratga olish kameralarni, suvosti dunyosini yoritish asboblarini ixtiro qildi. U butun dunyoga suvosti dunyosini ko‘rsatdi va dunyo uning bu mehnatini qadrladi. Unga berilgan ko‘plab mukofotlar, unvonlar Kusto nomi hatto diplomsiz ham dengiz bilan abadiy chambarchas bog‘liqligini isbotladi. Jeyms Kemeron Afsonaviy rejissor Kaliforniya universitetiga o‘qishga kiradi, lekin ko‘p o‘tmay o‘qishni tashlab, ofitsiant qizga uylanadi va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlay boshlaydi. “Yulduzlar jangi” filmini tomosha qilgandan so‘ng, rejissor bo‘lish oliy maqsadiga aylanadi. Va, ko‘rib turganingizdek, u orzusini amalga oshiradi. Tayger Vuds Tayger Vuds dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilardan biri hisoblanadi — daromadi yiliga 100 million dollardan oshadi. Bir vaqtlar u professional golfchi bo‘lishga qaror qilib, Stenforddagi o‘qishini tashlab ketgan. Ko‘rib turganingizdek, Vuds tanlovda adashmagan.
78
5,154
Madaniyat
50 yoshidan keyin ota bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)
Ushbu taniqli yulduzlar yoshligidanoq mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, taqdir ularni 50 yoshdan keyingina merosxo‘r bilan siyladi. Kventin Tarantino 2020-yilning fevral oyida Kventin Tarantino birinchi marta otalik maqomiga erishdi. Yaqinda 57 yoshni qarshilagan rejissor 36 yoshli isroillik model Daniella Pik bilan ikki yil avval turmush qurgan. Oila qurmasdan avval rejissor farzand va nikoh haqida boshqacha fikrda edi, ammo keyinchalik bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. Ammo ularning ilk vorisi tug‘ilganidan so‘ng Kventin o‘z karyerasini tugatishga ham qaror qildi. Sababi u vaqtini ko‘proq oilasi davrasida o‘tkazishni istamoqda. Jorj Kluni Gollivudning yana bir bo‘ydog‘i Jorj Kluni va jamoat arbobi Amal Alamuddin 2014-yilda turmush qurgan. 2017-yilda oila egizak farzandlarning ota-onasiga aylandi. Juftlik egizaklariga Aleksandr va Ella deb ism qo‘ygan. Qizig‘i shundaki, Jorj ham uylanmasidan avval farzand ko‘rish borasida unchalik ham qiziqish bildirmagan. Ammo keyinchalik egizak farzandlar uning fikrini o‘zgartirib yuborgan bo‘lishi kerak. Xyu Grant Gollivudning yana bir kelishgan yulduzi Xyu nafaqat ekranlarda, balki hayotda ham muhabbat bilan bog‘liq mojarolarga aralashib qolgan. 2011-yil uning to‘satdan ota bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. 50 yoshli Xyuga xitoylik Tinglan Xongning qiz farzand tug‘ib berishi kutilmagan voqea bo‘lgan. Ammo bir vaqtning o‘zida uning turmush o‘rtog‘i Anna Ebershteyn ham o‘g‘il farzand ko‘rdi. Hozirda juftlikning uch nafar farzandi bor. Richard Gir Aktyorning yagona merosxo‘ri u 50 yoshiga to‘lganida dunyoga kelgan. “Men juda kech ota bo‘lganimdan aslo afsuslanmayman, agar yoshroq bo‘lganimda, yana karyeramni rivojlantirish uchun hayot yo‘lida izlanishda davom etar edim. 50 yoshimda esa men boshqa bir insonni tarbiya qilishga tayyorman”, — deydi Gir. Aktyorning o‘g‘lini 2000-yili uning ikkinchi turmush o‘rtog‘i aktrisa Keri Louell dunyoga keltirdi. Ammo juftlik 10 yillik turmushidan so‘ng 2013-yil ajrashishga qaror qilgan. Shunday bo‘lsa ham Gir hamon farzandining hayotida faol ishtirok etadi. Stiv Martin Komediya yulduzi Stiv Martin reytingning haqiqiy rekordchisiga aylandi. Yulduzning birinchi farzandi 67 yoshligida dunyoga kelgan. 2012-yilda o‘sha paytda 41 yoshda bo‘lgan uning rafiqasi Enn Springfild qiz farzand ko‘rgan. Juftlik ushbu yangilikni ommadan yashirishga uringan va merosxo‘rning suratini ko‘rsatishni ham rejalashtirmagan.
56
2,420
Madaniyat
Kseronusxa: Maroon 5’dan “ilhom olgan” Ilhom Farmonov
Maroon 5’ning “Sugar” qo‘shig‘iga ishlangan klip hozirgacha YouTube’da 1,6 milliard marta ko‘rilgan va videoservis tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan videolardan biri hisoblanadi (14-o‘rin). O‘sha 1,6 milliard tomoshabin orasida siz bo‘lmasangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang: Endi Ilhom Farmonovning “Yashang” qo‘shig‘iga ishlangan klipni tomosha qiling (bu yumush vaqtingizni ko‘p olmaydi): “Sugar” qo‘shig‘i yozib bo‘linganidan so‘ng, 2014-yili Maroon 5 yakkaxoni Adam Levin o‘zining yaqin rejissor do‘sti Devid Dobkinga klip olishda yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan. “Adam bilan tanishganimga 10 yildan oshgan, xotinimning ota-onasi Adamning buva-buvilari bilan oilaviy do‘st, Rojdestvoni ham har yili u bilan birga kutib olaman. Ko‘pdan beri birga biror narsa qilish haqida o‘ylardik, lekin hech buning mavridi kelmasdi”, — degandi Dobkin qo‘shiqqa ishlangan klip namoyishidan so‘ng. Rejissor klipda Maroon 5 va uning muxlislari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rinib turishini xohlagan va videoni Adamning ona shahri — Los-Anjelesda, aktyorlar emas, haqiqiy odamlar ishtirokida suratga olish istagini bildirgan. Dobkin 2005-yili aktyorlar Ouen Vilson va Vinni Jons ishtirokida “Chaqirilmagan mehmonlar” nomli filmni suratga olgan. U tasodifiy to‘ylarga amallab kirib, qizlar bilan tanishishni odat qilgan ikki do‘st haqida hikoya qiladi. “Chaqirilmagan mehmonlar” kinotanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan, 40 million byudjeti bilan 280 million dollardan ortiq daromad olgan. Maroon 5’ning qo‘shig‘i uchun Dobkin shunday g‘oya taklif qiladi — haqiqiy to‘ylarga mehmonga borib, kelin-kuyovlarni hayron qoldirish. Bu g‘oya Adamga ham ma’qul tushadi. “10 yil davomida hamma mendan shu filmga bog‘liq nimadir qilishni so‘rardi, — deydi Dobkin. — Biroq men o‘tmishga qaytishni istamasdim, chunki u haqiqatan ham yaxshi film chiqqan edi. Biroq klip g‘oyasi miyamizga o‘rnashib qolganidan so‘ng, shunday klip olish juda zo‘r bo‘ladi, degan fikrga keldik”. Klip konsepsiyasi tayyor bo‘lganidan so‘ng, “bostirib boriladigan” to‘ylar qidirila boshlandi. Dastlab klip suratga olinayotgani haqida hech kim, hatto to‘yxona va to‘y egasi ham bilmasligi kerak, degan fikr bo‘lgan. Biroq keyinroq bu haqda kamida bir kishi bilgani ma’qul, degan qarorga kelingan. Shunda ham to‘yxona egalariga klip Maroon 5 uchun olinayotgani aniq bildirilmay, “juda mashhur va bir necha ‘Gremmi’larni qo‘lga kiritgan xonanda kutilmagan mehmon bo‘lishi” aytilgan. Keyingi qadam — guruhning to‘y bo‘layotgan zalga yashirincha kirib kelishini ta’minlashdan iborat edi. Shunda Dobkin bir tugmani bosish bilan pardalari yerga tushib ketadigan chodirni ishlab chiqqan. So‘ng, Los-Anjelesda to‘ylar o‘tkaziladigan qator joylarda bo‘lib, qaysi birida shu chodirni o‘rnatish mumkinligini belgilagan. Repetitsiya kunlarining birida Adam Levin: “Odamlarga bizning bu ishimiz yoqmasa-chi? To‘yni buzib qo‘ysak-chi?”, degan savolni o‘rtaga tashlab, klip g‘oyasini shubha ostiga olgan. Shu bilan birga, quyidagicha “kompensatsiya” taklif qilgan: “Raqs maydonini odamlardan bo‘shatamiz-da, men gitarachim Jayms Valentayn jo‘rligida ‘She Will Be Loved’ning akustik versiyasini faqat kelin-kuyov uchun, ularning birinchi oilaviy raqsi uchun kuylab beraman”. Syomkaga bir necha kun qolganida, ba’zi tantana zallarining mas’ullari asabiylashib, Dobkin bilan kelishuvni bekor qilishni boshlagan. Shunda rejissor ularning har biri bilan alohida ko‘rishib, maxfiy mehmon aslida Maroon 5 ekanligini bildirgan. Oxir-oqibat, ularning aksariyati Adam Levinning qo‘shiqlari ixlosmandi bo‘lib chiqqan. Tasvirga olish kuni har bir to‘yda chodirni o‘rnatib, kelin-kuyovni hayron qoldirgan ko‘yi qo‘shiq aytib chiqib ketish uchun guruhda 20 daqiqacha vaqt bo‘lgan. Klipdagi birinchi — yahudiylarning to‘yida, chodir o‘rnatilayotgan va kelin-kuyov hali o‘z kursisida o‘tirgan vaqtda, Maroon 5 yigitlari liftda qamalib qolgan. Oxiri ular liftdan amallab chiqib, to‘qqiz qavat yugurgan va tasvirga olish joyiga yetib kelgan. Dobkinning yodga olishicha, suratga olish ishlari yakuniga yetganida Maroon 5 a’zolari unga xuddi: “Ey, Xudo! Hammasi juda ham ajoyib bo‘ldi! Keyingi to‘y qayerda?”, deb so‘rashga tayyor turgan edi. Aksincha, uning qaysi lavhalari “Sugar”niki bilan bir xil ekanini ko‘rsatib o‘tish osonroq. “Sugar”ning boshida Adam Levin: “Bugun 2014-yil 6-dekabr. Biz Los-Anjeles bo‘ylab sayr qilib, imkon qadar ko‘proq to‘ylarga bostirib kirish uchun to‘plandik”, — deydi. “Yashang”ning boshida esa Ilhom Farmonov: “Yurtimizda bayram, shodiyona, xursandchilik. Mana, bugun ham xalqimizning xizmatiga shaylandik”, — deydi. “Sugar”da ham, “Yashang”da ham yordamchilar sellofanga o‘ralgan taxtalarni to‘yxonaga olib kiradi. “Sugar”da ham, “Yashang”da ham yoshi kattaroq kishi: “Nima qilyapsanlar o‘zi?”, deb e’tiroz bildiradi va guruh vakili uni tinchlantirishga urinadi. “Sugar”da ham, “Yashang”da yo‘lda qizlar guruh a’zolarini ko‘rib qolib, ular bilan selfiga tushadi (ha, “Sugar”da politsiya kelib, xalal beradi + “Yashang”da qizlar faqat Ilhom Farmonov bilan selfiga tushadi). “Sugar”da ham, “Yashang”da ham tantana zali oshxonasidagi oshpazlardan biri yonidan mashhur xonanda o‘tib ketganidan hayratda qoladi (“Sugar”da, albatta, bu vaziyat ishonarliroq chiqqan). Va nihoyat, “Sugar”da ham, “Yashang”da ham kutilmagan mehmondan kelin-kuyov juda va juda hayratda qoladi. Shunchaki, “Sugar”da odamlarning hissiyotlari tabiiy va samimiy, “Yashang”da esa aktyorlar ijrosi butun klip kabi soxtaroq chiqqan. Maroon 5’ning “Sugar” qo‘shig‘iga ishlangan klip premyerasi 2015-yil 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan. Shundan roppa-rosa 666 kun o‘tib — 2016-yil 10-noyabrida Ilhom Farmonovning “Yashang” qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube’ga chiqarilgan va hozirgacha 20 ming marta ko‘rilgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
53
5,920
Madaniyat
Alisher Navoiy nomli kinosaroyda ota-onalari film ko‘rib bo‘lguncha, bolalarga qarab turadigan maxsus xodim ajratilgan
“Kinorama.uz” nashri Alisher Navoiy nomli kinosaroy direktori o‘rinbosari Husniddin Ergashev bilan suhbat o‘tkazdi. Intervyu davomida ko‘plab mavzularga to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Husniddin Ergashev farzandlari bilan keladigan ota-onalar uchun kinosaroyda yaratilgan qulayliklar haqida gapirib berdi. “Hozir biz zallarimizni raqamlab chiqqanmiz. Aynan 5 raqamidagi zalimiz bolalar uchun mo‘ljallangan. Ota-onalari film ko‘rayotganda, bolalari zerikib ko‘chaga chiqishni xohlab qolsa bemalol o‘sha yerda o‘ynab-dam olishi mumkin. Ota-onalari film ko‘rib bo‘lguncha bolalarga qarab turish uchun maxsus odam ajratilgan”, — dedi u.
118
630
Madaniyat
Toshkent ko‘chalarida harbiy san’atkorlar Navro‘z ayyomiga bag‘ishlab konsert bermoqda (video)
21-mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan poytaxtning Xalqlar do‘stligi saroyi oldida konsert dasturi namoyish etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Poytaxt aholisi va mehmonlarining talablariga binoan hamda aholiga bayramona kayfiyat ulash uchun Toshkent ko‘chalarida harbiy san’atkorlar tomonidan konsert dasturlari davom etadi. Mudofaa vazirligi rahbariyatining Navro‘z – umumxalq bayramiga tuhfa sifatida bugun, 22-mart kuni Toshkent shahrining aholi dam olish va istirohat bog‘larida harbiy orkestrlar, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoalari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan milliy liboslarda ko‘rgazmali chiqishlari va konsert dasturlari qo‘yiladi. Soat 11:00 dan 13:00 gacha: “Lokomotiv” bog‘i (Eko-bozor yonida) — O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy orkestri va kursantlarning ko‘rgazmali chiqishlari; “Bobur” bog‘i — Chirchiq garnizoni harbiy orkestri hamda badiiy havaskorlik jamoasi, Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishlari; “G‘ofur G‘ulom” bog‘i — Mudofaa vazirligi Makaziy harbiy orkestri, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli. Soat 15:00 dan 18:00 gacha: “Ashxobod” sayilgohi — Chirchiq garnizoni harbiy orkestri hamda badiiy havaskorlik jamoasi, Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilarining ko‘rgazmali chiqishlari; “Anhor-Lokomotiv” sayilgohi — O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi harbiy orkestri va kursantlarining ko‘rgazmali chiqishlari; “Mirzo Ulug‘bek” bog‘i — Mudofaa vazirligi Makaziy harbiy orkestri, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli.
94
1,692
Madaniyat
Taniqli aktrisa Natalya Krachkovskaya 78 yoshida vafot etdi
Rossiyalik taniqli aktrisa Natalya Krachkovskaya 78 yoshida olamdan o‘tdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. U fevral oxirida surunkali kasallikning zo‘rayishi tufayli og‘ir ahvolda Moskvadagi kasalxonaga yotqizilgan edi. Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan artist Krachkovskaya 1938-yilda Moskvada tug‘ilgan. 40 yildan ziyod ijodiy hayoti davomida 70 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Odatda ikkinchi darajali, biroq ko‘zga ko‘rinarli, xarakterli rollarni o‘ynagan. O‘zbekistonlik kino ixlosmandlariga u “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi”, “12 stul” kabi filmlardagi rollari orqali tanish.
59
606
Madaniyat
Foto: Turk seriallarida did bilan kiyingan ayol obrazlar
Turk seriallaridagi har bir qahramon uchun alohida obraz yaratiladi. Ayniqsa ayol qahramonlar filmlarda kiyadigan liboslari muxlislar e’tiboridan hech qachon chetda qolmaydi. Quyida turk seriallaridagi eng didli ayol qahramonlarni sanab o‘tamiz. 10. “Qo‘limni qo‘yib yuborma” filmidagi Sumru obrazi Ushbu filmdagi qizg‘ish sochli aktrisaning, Sumro rolida kiygan rang-barang liboslari uning qiyofasi bilan o‘ziga xos uyg‘​unlashgan. 9. “Mo‘jizaviy shifokor” serialidagi Beliz obrazi Beliz obrazini ijro qilgan aktrisaning tashqi ko‘rinishi unchalik o‘ziga tortmaydi, lekin uning kiyinish uslubi e’tibordan chetda qolmasligi aniq. 8. “Opa-singil qizlari” serialidagi Umay Karay obrazi Qahramon Umar Karayning mazkur serialdagi qizil va yorqin liboslari tomoshabin diqqatidan chetda qolmagan. 7. “Aziza” serialidagi Aziza obrazi Serialdagi Aziza qahramoni oddiy, sodda qiz bo‘lishiga qaramay, o‘ziga xos uslubi borligi, sochini tasma bilan turmaklashi, tartibli yubkasi uni jozibali qilib ko‘rsatadi. 6.“Qahraton” serialidagi Berrak obrazi Ushbu filmda aktrisa Xazal kam namoyon bo‘lishiga qaramay, did bilan kiyinish uslubi esda qolgani aniq. 5. “Ramo” serialidagi Sibel obrazi Ushbu qahramon obrazini mukammal deb aytish mumkin, ayniqsa, ko‘k va yashil ust kiyimi aktrisaga juda ham yarashgan. 4. “Zolim Istanbul” serialidagi Damla obrazi Damla qahramoni jozibali kiyinish uslubi bilan “Zolim Istanbul”ga ko‘rk berib turgan desa yanglish bo‘lmaydi. 3. “Qora niyat” serialidagi Zehra obrazi Ushbu serialni tomosha qilish davomida, Zehraning kiyinish uslubi va soch turmagi yarashganidan unga taqlid qilish fikri tug‘ilishi hech gap emas. 2. “Qora niyat” serialidagi Ender obrazi Ender obraziga maftun qolmaslikning iloji yo‘q. Uning nafaqat kiyinishi, balki o‘zini tutishi ham kishini o‘ziga jalb qiladi. 1.“Zuleyha” serialidagi Zuleyha obrazi Zuleyhaning kiyinish uslubiga nazar tashlab, filmning libos bo‘yicha dizaynerlar Zuleyha uchun alohida va obdon ishlagan degan xulosaga kelish mumkin.
56
2,003
Madaniyat
“Xalq yuragi” hujjatli filmlari bo`yicha taqdimot bo`lib o`tdi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Xalq yuragi” turkum hujjatli filmlarini yaratish bo`yicha navbatdagi taqdimot bo`lib o`tdi. Bu xaqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Mazkur filmlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Adiblar xiyoboniga 2020 yil 20 may kuni tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va o`tkazilgan majlis 35-sonli Bayonining 6,9,10-bandlariga muvofiq Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan 24 nafar shoir-yozuvchilar haqida suratga olinmoqda. Taqdimotda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK direktori Bahodir Odilov mazkur filmlarni yaratish bo`yicha oliy o`quv yurtlari bilan memorandum asosida tuzilgan shartnomalar muddati joriy 2021 yilning 15 iyuliga qadar uzaytirilganini ma`lum qildi. Ijodiy guruhlar rahbarlari, rejissyorlar mazkur filmlarni yaratish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirishdi.
62
972
Madaniyat
Nilufar Usmonova Turkvision 2013 finaliga chiqdi
Turkiyaning Eskishehir shahrida Turkvision-2013 Xalqaro qo‘shiq tanlovi bo‘lib o‘tishi, unda Nilufar Usmonova O‘zbekiston sharafini himoya qilishi haqida avval xabar bergan edik. Foto © facebook.com/Turkvision.Uzbekistan Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz tanlovning final bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu haqda “Gazeta” nashri xabar berdi. Turkvision 2013 finaliga Qozog‘iston, Turkiya, Belorussiya, Ozarbayjon, Bosniya va Gersegovina, Tatariston, Shimoliy Kipr, Qirg‘iziston, Oltoy, Ukraina va Kosova vakillari ham chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Final 21-dekabr kuni o‘tkaziladi. Tanlovda qo‘shiqlar har bir mamlakatning davlat tilida ijro etiladi. Bundan tashqari, yosh bo‘yicha chegara ham bo‘lib, ishtirokchi 18 yoshdan oshgan bo‘lishi kerak. Eslatib o‘tamiz, Nilufar Usmonova Turkvision’da “Unutgin” deb nomlangan yangi taronasi bilan qatnashmoqda.
48
846
Madaniyat
Yulduz Usmonova ”Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ini Ravshan Sobirov bilan birga ijro etdi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ilk marta xonanda Ravshan Sobirov bilan duet ijro etdi. Ular Yulduz Usmonovaning xitga aylangan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ini birga kuyladi. Ma’lumot uchun, Yo‘lchi Ro‘ziyev so‘zi, Yulduz Usmonova musiqasi asosida yaratilgan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘i 2018-yilda muxlislar e’tiboriga havola etilgan. Ushbu qo‘shiqning reper Shahriyor kuylagan versiyasi ham ancha ommalashgan.
88
411
Madaniyat
Jahongir Poziljonov jiddiy mavzuga qo‘l urdi (foto)
Noodatiy va hazilomuz yo‘nalishdagi qo‘shiqlari va kliplari bilan shou-biznesda o‘z yo‘nalishi va muxlislarini topgan “Bojalar” guruhi solisti Jahongir Poziljonov bu safar jiddiy mavzudagi qo‘shiq yaratdi, deb xabar beradi “Popcorn.uz”. “Hech kim o‘xshamas senga” deya nomlangan tarona yaratish g‘oyasi Jahongir Poziljonovning o‘ziga tegishli bo‘lib, bu borada xonanda Botir Aliyev va Bobur Umarov bilan hamkorlik qildi. Bobur Umarov Jahongir Poziljonovning dilidagi istaklarini qog‘ozga tushirdi. Bu qo‘shiq uchun videoklip ham suratga olindi. Video Izzatilla Lutfullayev va Sarvar Karimov tomonidan tasvirga olindi. Trek yo‘nalishida tayyorlanadigan klipda yashirin syujet ham tasvirlanadi.
51
695
Madaniyat
Lola Samarqanddagi muxlislarini xushnud etdi (foto)
Xonanda Lola 4-sentabr kuni bir nechta hamkasblari bilan birga Samarqandga yo‘l oldi, deya xabar bermoqda “Popcorn.uz”. Xonanda shu kuni tug‘ilgan kuni bo‘lishiga qaramay, xalq xizmatiga oshiqdi. Samarqandda mustaqillikning 24 yilligi munosabati bilan “Nima qildik Vatan uchun?” shiori ostida bo‘lib o‘tgan festivalda bir qator hamkasblari bilan birga ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyat hokimligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbir doirasida tuman va shaharlardagi istirohat bog‘lari, mahallalarda iste’dodli va xushovoz xonandalar ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi. Tumanlarda o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng, Samarqand shahrida ham galakonsert bo‘lib o‘tdi. Unda latofatli Lola faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
51
853
Madaniyat
Komik aktrisa Halimaxon: Men sizlarga yoqish uchun dunyoga kelmaganman!
Komik aktrisa Halima Ibragimova Instagram’dagi sahifasi orqali uning kayfiyatini buzayotgan “aqlli g‘iybatchilar”ga murojaat qildi. “Birovni gapirishdan avval, bir oynaga qarab olinglar, aqlli g‘iybatchilar! Mening aybimni gapirish — senlargamas! Mening tahoratimga namoz o‘qimanglar!”, — dedi Halimaxon. “Mening kayfiyatimni buzishga haqqinglar yo‘q! Yoqmasam, chiqib ketinglar, sizlarga ko‘zim uchib turgani yo‘q. Men sizlarga yoqish uchun dunyoga kelmaganman”, — deya so‘zini yakunladi aktrisa. “Aqlli g‘iybatchilar” aynan kimligi, ularning qaysi gap-so‘zi Halima Ibragimovaga yoqmagani — noma’lum. Ma’lumot uchun, shu kunlarda Halima Ibragimova xonanda Shohjahon Jo‘rayevning konsertida “Do‘ndiqqina” nomli qo‘shiqqa sahnada raqsga tushgan edi. @_shoh___jahon_ @xalimaxonim ???? A video posted by PopcornUzTv (@popcorn_uztv) on Oct 20, 2016 at 11:37pm PDT Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
71
1,017
Madaniyat
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
“Istiqlol” san’at saroyining ijara haqi 12—14 million so‘m turadi. Bundan tashqari musiqachilarga, rejissorga, dekoratsiyaga, sahnadagi monitorga, ovoz rejissoriga va boshqa ko‘plab shu turdagi xarajatlar ham mavjud. Natijada foyda deyarli 0 ga teng bo‘lib qoladi. Shunday ekan konsert bu foyda ko‘rish emas, balki piar uchun. Umumiy daromadning qariyb 95 foizi milliy sektor orqali amalga oshiriladi. U xalqning talabi asosida qurilgan. Iqtisodning oltin talabiga ko‘ra, talab qayerda bo‘lsa, taklif ham o‘sha yerda bo‘ladi. To‘ylar, tug‘ilgan kunlar va boshqa shunga o‘xshash tadbirlar — haqiqiy daromad manbai. Eng talabgir qo‘shiqchilar qatoriga Shahzoda, Rayhon, Shohruhxon, Lola, Ulug‘bek Rahmatullayev, Munisa Rizayeva, Ziyoda, “Shahzod” guruhini qo‘yish mumkin. Ularning gonorari ijro etgan qo‘shiqlari soniga bog‘liq. “Kommersant.uz” nashri o‘zbek estradasi va kinosi yuduzlarining gonorarlari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi. Bir necha yillik “tanaffus”dan so‘ng yana teleekranlarga qaytgan o‘zbek estradasi primadonnasining gonorari 12,8 million so‘mni tashkil etadi. DJ Piligrim taxallusi bilan tanilgan Ilhom Yo‘lchiyev o‘ziga xos orginalligi bilan muxlislari qalbidan joy olgan. Uning bitta chiqishi 10 million so‘mdan boshlanadi. “Yalla” guruhi asoschisi, O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirov sizning mehmoningiz bo‘lishini istasangiz, kamida 9,6 million so‘m sarflashingizga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lmish Ozodbek Nazarbekovning gonorari 9 million so‘mdan boshlanadi. Taniqli qo‘shiqchi va aktrisa Lola Yo‘ldoshevaning qo‘shiqlarini tinglash sizga 6,5 million so‘mga tushadi. O‘zining muxlislari qalbidan chuqur joy olgan Shahzodaning gonorari 5,1 million so‘mdan boshlanadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qo‘shiqchi Rayhonning ham gonorari 5,1 million so‘mdan boshlanadi. Qo‘shiqchining xizmat haqi uning bajargan ishiga bog‘liq. Ulug‘bek Rahmatullayevning gonorari taxminan 4 million so‘mdan boshlanadi. 28 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan Ulug‘bek Qodirovning bitta filmda suratga tushish gonorari 21 million so‘mni tashkil etadi. “Uylanish” filmi bilan mashhurlikka erishgan Alisher Uzoqov 39 tadan ortiq filmlarda va 37 ta loyihada ishtirok etgan. Uning gonorari taxminan 12 million so‘mni tashkil etadi. 30 dan ortiq film va 30 dan ortiq loyihalarda ishtirok etgan Adizning o‘rtacha gonorari 12 million so‘mni tashkil etadi. Tanqidchilar tomonidan eng iqtidorli aktrisalardan biri, deya tan olingan Dilnoza Kubayevaning gonorari 12 million so‘mdan boshlanadi. Ushu iqtidorli aktrisaning bitta filmda suratga tushish gonorari taxminan 7 million so‘mga teng.
80
2,650
Madaniyat
"Qovoq mening jonu dilim” filmi suratga olinmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga bilan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Qovoq mening jonu dilim" qisqa metrajli filmi suratga olinmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.  Ma`lumotga ko`ra, kinokartinada yosh yigit va qiz bir-biriga ko`ngil qo`yishi aks ettirilgan. Ular ilk uchrashuvida qovoqli manti tanovvul qilishadi. Yillar davomida baxtli turmush kechirishadi.  Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Alisher Nazarov, postanovkachi operator Sadriddin Shahobiddinov, rassom Umarxo`ja Tillaxo`jaev, kartina direktori Foziljon Yunusov. Bosh rollarda Oyparcha Abdullaeva hamda Husniddin Temirov ishtirok etishgan.
49
690
Madaniyat
Billboard Music Award-2022 g‘oliblari e’lon qilindi
2022-yilning 15-may kuni Las-Vegasda Billboard Music Award-2022 mukofotining topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim an’anaga ko‘ra musiqa sanoatining eng nufuzli yulduzlarini birlashtirdi. Aytgancha, nominatsiyalar soni bo‘yicha Dreyk va Oliviya Rodrigo yetakchilik qildi, deb yozadi People Talk. Tadbirda reper Dreyk 4 ta, Oliviya Rodrigo esa 2 nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, g‘oliblar qatoridan BTS, Teylor Svift va Megan Thee Stallion ham joy olgan. Billboard Music Award-2022 g‘oliblari deya e’tirof etilgan musiqachilar ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin: “Eng yaxshi xonanda” — Dreyk; “Eng yaxshi yangi xonanda” — Oliviya Rodrigo; “Eng yaxshi erkak ijrochi” — Dreyk; “Eng yaxshi ayol ijrochi” — Oliviya Rodrigo; “Hot 100 eng yaxshi qo‘shig‘i” — The Kid LAROI & Justin Biber, Stay; “Eng yaxshi guruh” — BTS; “Billboard 200 eng yaxshi xonandasi” — Teylor Svift; “Eng yaxshi reper” — Dreyk; “Eng yaxshi erkak rep ijrochi” — Dreyk; “Eng yaxshi ayol rep ijrochi” — Megan Thee Stallion; “Eng yaxshi rep qo‘shig‘i” — Lil Nas X ft. Jek Xarlou, Industry Bab; “Eng yaxshi R&B xonanda” — Doja Cat; “Eng yaxshi R&B erkak ijrochi” — The Weeknd; “Eng yaxshi R&B ayol ijrochi” — Doja Cat; “Eng yaxshi R&B qo‘shig‘i” — Silk Sonic (Bruno Mars, Anderson Paak), Leave the Door Open; “Eng yaxshi rok xonanda” — Glass Animals; “Eng yaxshi rok qo‘shig‘i” — Maneskin, Beggin.  Birgina qo‘shig‘i ortidan umrining oxirigacha yetadigan daromad olgan yulduzlar (video)
51
1,485
Madaniyat
Dalvarzintepa – arxeologik turizm maskaniga aylantirilmoqda
Taniqli arxeolog olim Bahodir Turg`unov qazish ishlarini olib borayotganida 115 xil tilla buyum joylangan sopol ko`zaga duch kelgan. Gardish buyumlar, quyma yombilar, erkak va ayollarning turli taqinchoqlaridan iborat javohirotda feruza ko`zli, zarhal iplardan ishlangan nafis marjonlar ham joy olgan. Bu zebu-ziynatlar antik dunyo zargarlik san`atining noyob namunasi sifatida hozir ham o`z qadr-qimmatini yo`qotmagan. Sho`rchi tumanidagi qadimiy tepalik Kushonlar davri madaniyati saqlanib qolgan noyob yodgorlik sifatida jahonga tanilgan. Dalvarzintepani dunyoga tanitishda yaponiyalik taniqli qadimshunos olim Kyudzo Katoning ham alohida xizmati bor. Ko`p yillar bu erda arxeologik tadqiqot ishlarini olib borgan hassos arxeolog Kushon podsholigi davriga oid ko`plab asori-atiqalarni topib, ularni ilmiy jihatdan o`rgandi. Buyuk o`tmishimizning nafis qirralarini, jahonga keng tarannum etish va avlodlarga etkazishga munosib hissa qo`shdi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 maydagi «Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarori tarixi uzoq-uzoq o`tmishga borib taqaladigan Dalvarzintepani sayyohlik makoniga aylantirishning yangi yo`nalishlarini belgilab berdi. – Bu vazifalarni amalga oshirish Dalvarzintepa o`z bag`riga chorlayotgan sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratishi bilan ham ahamiyatli bo`ldi, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, yosh arxeolog Z.Alimardonova. – Hudud obodonlashtirilib, infratuzilmasi yanada yaxshilanadi. Keng, ravon yo`llar barpo etiladi. Kyudzo Kato yashab, faoliyat olib borgan hovliga tutash xonadonlarda mehmon uylari, choy tayyorlash marosimi xonalari, yapon uslubida tamaddixona va savdo nuqtalari tashkil etiladi. Arxeologik yodgorlik muzeylashtiriladi. Zamonaviy sanitar-gigienik shoxobchalar, tomosha maydonlari, so`qmoqlar va tungi yoritgichli chiroqlar tashkil etiladi. Kushon podshohligining ilk poytaxti bo`lgan Dalvarzintepa yodgorligida tadqiqot maydonlarini kengaytirish, Kyudzo Kato uy muzeyini barpo etish ham rejalashtirilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutasaddilari yodgorlik joylashgan hududda bo`lib, mazkur hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirdi. Bu erda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. O`tgan yili mahalladagi 43-umumta`lim maktabiga yaponiyalik hassos professor Kyudzo Kato nomi berilib, buyuk qadimshunosning noyob topilmalari o`rin olgan muzey tashkil etildi. Ayni paytda qadimshunos yashagan hovlini ta`mirlab, uning hayotini aks ettiruvchi uy muzeyiga aylantirish bo`yicha loyiha ishlari olib borilmoqda. Avtoturargoh va sanitariya-gigiena shoxobchasini qurish uchun er maydonlari ajratildi. 43-umumta`lim maktabini yapon usulida mukammal ta`mirlash yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanayotir. Ushbu ta`lim muassasasi negizida Kyudzo Kato nomidagi yapon va ingliz tillarini chuqur o`rganishga ixtisoslashtirilgan «Yosh arxeologlar» maktabining nizomi tayyorlanib, davlat ro`yxatidan o`tkazish choralari ko`rilmoqda. Mahalliy va xorijlik qadimshunoslar Dalvarzintepada qariyb oltmish yildan buyon arxeologik tadqiqot olib borib, bu erda qadimgi shahar zodagonlari uylari, ishlab chiqarish inshootlari, shu jumladan kulol ustalar mahallasi va xumdonlar, diniy inshootlar, shaharning buddaviylik ibodatxonalari, mudofaa istehkomlarini atroflicha o`rgangan. Ko`plab arxeologik ashyoviy manbalar jumladan, yuksak did bilan yaratilgan badiiy san`at namunalari, badiiy metall buyumlar va hunarmandchilik namunalarini topishgan. Budda ibodatxonasining qoldiqlari, buddaning boshi, qimmatbaho fil suyagidan tayyorlangan shaxmat donalari, gipsdan ishlangan nafis haykallar, mis tangalar, mis ko`zgular, fil suyagidan tayyorlangan taqinchoqlar, shoshqol o`yin donalari singari topilmalar bu makonning qadimdan go`zal shahar va qasrlarga ega madaniyat, san`at, tijorat rivojlangan hudud bo`lganini jonli hikoya qiladi. Mamlakatimizning boy o`tmishidan so`zlovchi bu yodgorlikda joriy yildan amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar Dalvarzintepani dunyo ahlini maftun etadigan arxeologik turizm maskaniga aylantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo`lmoqda.
59
4,316
Madaniyat
Tokioda Alisher Navoiyning she`rlari jarangladi (fotoreportaj)
O`zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag`ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi, deya xabar qilmoqda O`zA. Tadbirda Sok universiteti, Tokio san`at universiteti rahbarlari, professor-o`qituvchilari va talabalari, "Yaponiya-O`zbekiston" do`stlik uyushmasi a`zolari hamda Yaponiya ijtimoiy-siyosiy doiralari va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Yaponiya oliy ta`lim muassasalari professorlari mumtoz adabiyotimizning atoqli namoyondasining ijodidan parchalar o`qidi. Tokiodagi Soka universitetining bosh maydonida o`rnatilgan Navoiy haykali poyiga gul qo`yildi. Tadbirda ta`kidlanganidek, ulug` shoirning ijodiy merosi o`zbek xalqining jahon madaniyati va tamadduni xazinasiga ulkan hissasi bo`lib qo`shildi. Ishtirokchilar Kunchiqar mamlakatda Alisher Navoiy haykalining o`rnatilishi Buyuk ipak yo`li davridan buyon an`anaviy o`zaro bog`liq xalqlarimiz o`rtasidagi madaniy muloqotning yorqin ramzidir. So`zga chiqqanlar Yaponiyada buyuk mutafakkirning ijodiga qiziqish nihoyatda katta ekanini qayd etib, uning asarlari yapon tiliga tarjima qilinganini alohida ta`kidladilar. Shuningdek, nafaqat O`zbekiston, balki butun insoniyatning bebaho boyligi bo`lgan Navoiy ijodini o`rganish Soka universitetining o`quv dasturiga kiritilgan. Soka universiteti rektori Yoshixisa Baba Alisher Navoiy butun insoniyat tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk inson, uning asarlari esa jahon tafakkur xazinasining noyob durdonasi ekanini ta`kidladi. Yaponiya olimlari shoir ijodini katta qiziqish bilan o`rganmoqda. Buyuk shoir xotirasiga atab Soka universitetida o`rnatilgan haykal Yaponiya va O`zbekiston o`rtasidagi do`stlik va ma`naviy hamkorlik ramzidir. Y.Baba Alisher Navoiy haykali poyida shoirning yapon tilida bitilgan, bugun ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan hikmatli so`zlarni o`qib berdi: «Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig`, Yor o`ling bir-birigizgakim, erur yorlig` ish». Soka universiteti professori, taniqli navoiyshunos olim Misuru Koyama Alisher Navoiy asarlari bugungi kunda butun dunyoda, shu jumladan Yaponiyada ham katta qiziqish bilan mutolaa qilinayotgani, buyuk shoirning asarlari ko`pgina tillarga o`girilgani bundan dalolat berayotganini ta`kidladi.
62
2,289
Madaniyat
“Tojik Stalini” Iso Abdurashidov 71 yoshida vafot etdi
Taniqli san’at arbobi, aktyor, Lohutiy nomli Tojik davlat akademik drama teatrining sobiq direktori Iso Abdurashidov 15-dekabr kuni 71 yoshida Dushanbeda vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Artist bilan vidolashuv va dafn marosimi 16-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Iso Abdurashidov 1947-yilda tug‘ilgan. Davlat teatr san’ati instituti (B.Bibikov va O.Pijova ustaxonasi)ni tamomlagan. Kinoda 20 dan ortiq rol ijro etgan. “Millat dramasi” filmida Stalin rolini o‘ynagani bois, ko‘pchilik uni tojik Stalini, deb atardi. Aktyor shuningdek, “Aeroportdagi hodisa”, “Shoqollar uchun qopqon”, “Muhabbat iztirobi”, “Garovdagi”, “Kobra operatsiyasi” va boshqa filmlarda ishtirok etgan. Iso Abdurashidov uzoq yillar mobaynida Lohutiy nomli teatrga rahbarlik qilgan va 2008-yilda nafaqaga chiqqan.
54
795
Madaniyat
Birgina qo‘shig‘i ortidan umrining oxirigacha yetadigan daromad olgan yulduzlar (video)
“Wday.ru” nashri bir urinishda katta shon-shuhratga erishgan, ammo shundan so‘ng ko‘rinmay ketgan qo‘shiqchilar haqida ma’lumot beradi. Biroq ularning keyingi taqdiri haqida tashvishlanishga hojat yo‘q, endi ular bunday muvaffaqiyatli debyutdan keyin ter to‘kib mehnat qilmasa ham bo‘ladi: atigi bitta qo‘shig‘i umrining oxirigacha yetadigan pul olib kelgan. PSY — Gangnam Style, 2012-yil 2012-yil 24-noyabrda janubiy koreyalik xonanda PSY (yoki Pak Che San) boy va mashhur bo‘lib uyg‘ondi: uning Gangnam Style qo‘shig‘iga ishlangan klipi YouTube tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan videoga aylandi. Xit har hafta tobora ommalashib bordi va 2014-yilda uni 2 milliarddan ortiq odam tomosha qildi, shu sababli Google yaratuvchilari saytdagi hisoblagich kodini ko‘tarishga majbur bo‘lishdi. Bunday raqamlar bilan qo‘shiqchi Ginnesning rekordlar kitobiga, shu jumladan, “Internetda birinchi 24 soat ichida eng ko‘p ko‘rilgan video” nominatsiyasiga ega bo‘ldi. Ammo eng qizig‘i shundaki, Gangnam Style Pak Che San faoliyatidagi yagona muvaffaqiyatli xit bo‘lib qoldi. Undan so‘ng u yana 7 ta kompozitsiya chiqardi, ammo ulardan ko‘p daromad ololmadi. Gotye va Kimbra — Somebody That I Used to Know, 2011 yil Avstraliyalik qo‘shiqchi Gotye (yoki Vouter de Bakker) 2011-yil iyul oyi boshida butun dunyo e’tiborini tortdi. U Yangi Zelandiya yulduzi Kimbra bilan birga ijro etgan Somebody That I Used to Know qo‘shig‘iga ishlangan klip darhol internetda mashhur bo‘ldi. Bir yil o‘tgach, kompozitsiya barcha musiqiy jadvallarda yetakchilikni davom ettirdi va Billboard jurnali uni 1-raqamli xit deb nomladi. Shu bilan birga, Gotyening o‘zi ham eng iste’dodli va yuqori haq to‘lanadigan musiqachilardan biri deb atala boshladi. Biroq qo‘shiqchi Somebody That I Used to Know muvaffaqiyatini takrorlay olmadi. Keyingi besh yil davomida hech kim Gotyeni eslamadi ham. Aytishlaricha, qo‘shiqchi karyerasida tanaffus qilishga qaror qilgan. Las Ketchup — The Ketchup Song, 2002-yil 2002-yilda Las Ketchup kvartetidagi ispan opa-singillar butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Ular Asereje xitini, so‘ngra uning inglizcha versiyasi — The Ketchup Song qo‘shig'ini taqdim etishdi. Qiziqarli qo‘shiqning motivi va qizlarning o‘sha paytdagi raqslari zamonaviy estradadan uzoq odamlarga ham tanish edi. Shon-shuhrat to‘lqinida guruh Hijas Del Tomate albomini chiqardi va keyin ... asta-sekin so‘na boshladi. 2006-yilda Las Ketchup’ning ikkinchi diski chiqdi, bir muncha vaqt o‘tgach esa guruhning tarqalishi ma’lum bo‘ldi. Vokalchilar hozir nima qilayotgani ma’lum emas. Ammo ular o‘zlari uchun ideal yashash sharoitlarini yaratishga muvaffaq bo‘lganlari aniq. Selin Dion — My Heart Will Go On, 1997 yil Selin Dion musiqiy karyerasini 80-yillarning boshlarida boshlagan, ammo 1997-yilda Gollivudning eng boy yulduzlaridan biriga aylandi. Hammasi “Titanik” filmining saundtreki My Heart Will Go On qo‘shig‘ini ijro etishi tufayli. Bu qo‘shiq hozirgacha xonandaning o‘ziga xos tashrif qog‘ozi bo‘lib, uni deyarli barcha taniqli san’atkorlar kuylab ko‘rgan. Ammo tan olish kerakki, Selin tomonidan ijro etilgan xit hali ham eng a’losi bo‘lib qolmoqda. Hozirda Dionning 20 dan ortiq albomi bor. U hali ham gastrollarda va muxlislarni xursand qilish bilan band: 2018-yil may oyida yulduz “Dedpul-2” filmi uchun Ashes saundtrekini ijro etdi. Los del Rio — Macarena, 1993-yil Ispaniyaning Los del Rio guruhi 1992-yilda mashhur Macarena qo‘shig‘ini va u uchun maxsus yaratilgan raqsni taqdim etdi. 1996-yilda qo‘shiq Amerikada xit darajasiga ko‘tarildi va Los del Rio plastinkasini 4 milliondan ortiq odam sotib oldi. Ammo, afsuski, Los del Rio yigitlari shundan keyin bu kabi xit chiqara olmadi. Hatto ularning Macarena Christmas va Baila Baila qo‘shiqlari ham katta omad olib kelmadi. Kaoma — Lambada, 1989-yil Fransiyaning Kaoma guruhi musiqachilari birinchi qo‘shig‘i chiqishi bilanoq boy va mashhur bo‘lib ketdi. Bu xit tarixga kirdi va asrning eng mashhur qo‘shiqlaridan biriga aylandi. Bunday natijaga 80-yillarning oxirida internetga klip yuklash orqali 24 soat ichida boyib ketishning iloji bo‘lmagan vaqtda erishildi. Bundan kelib chiqadiki, san’atkorlar hashamatli uylar va mashinalarni faqat butun dunyo bo‘ylab gastrol safarlarida topgan pullariga sotib olishgan, deb taxmin qilish mumkin. Guruh 1998-yilda tarqalib ketdi. Ular tomonidan yaratilgan 30 dan ortiq qo‘shiqni esa Lambada bilan solishtirib bo‘lmaydi.
87
4,386
Madaniyat
“Oskar” mukofoti laureati Rens Xovard 89 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Rens Xovard 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning o‘g‘li, rejissor Ron Xovard ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”. Rens Xovard aktyorlik faoliyatini o‘tgan asrning 40-yillari oxirida boshladi. U jami 270 dan ortiq kartinada, asosan ikkinchi darajali va epizod rollarda suratga tushdi. Ular orasida “Appolon 13”, “Aql o‘yinlari”, “Farishtalar va iblislar”, “Da Vinchi kodi”, “Tez yordam” kabi tilga tushgan film va seriallar bor. Rens Xovard ikki bor “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rilgan. Uning ikkinchi o‘g‘li Klint Xovard ham aktyorlikni tanlagan.
59
567
Madaniyat
Telegram birinchi marta noqonuniy musiqa tarqatgan kanalni blokladi
Telegram messenjeri “Vsyakaya godnaya popsa” nomli kanalni piratlik kontenti uchun blokladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Skrin: “VC.ru” Kanal asoschisi Anton Vagin Telegram’dan xabar olganini, unda kanal Apple va Google iltimosiga ko‘ra Universal Music kompaniyasi shikoyati asosida bloklangani aytilganini gapirib berdi. Uning ta’kidlashicha, bloklashdan oldin hech qanday ogohlantirish yo‘llanmagan. Vaginning fikricha, u Teylor Sviftning Reputation albomini joylashtirgani kanalning bloklanishiga sabab bo‘lgan. Relizni chiqargan Big Machine Records leybli Universal Music kompaniyasiga tegishli. “Roskomnadzor”ning Facebook’dagi sahifasida messenjer birinchi marta noqonuniy musiqa tarqatgan kanalni bloklagani ma’lum qilindi.
67
735
Madaniyat
Qo‘shiqchi Britni Spirs Time jurnali so‘rovnomasiga ko‘ra eng nufuzli odamlar ro‘yxatiga kiritildi
Qo‘shiqchi Britni otasining vasiyligidan ozod bo‘lish uchun olib borgan kurashini butun dunyo kuzatdi. Uzoq kutilgan g‘alaba va otasining iste’fosidan so‘ng, qo‘shiqchidan musiqa sohasida yanada ko‘proq yutuqlar kutilmoqda. Shuningdek, Britni hali yangi taronalarni chiqarmagan bo‘lsa-da, nashrlar reytingida eng yuqori o‘rnini egalladi. Shunday qilib, 2021-yil 10-sentabr kuni Time jurnali xonanda TIME100 kuzatuvchilarining so‘rovnomasida birinchi o‘rinni egallaganini e’lon qildi. So‘rovnomaga ko‘ra, har yili eng nufuzli kishilar ro‘yxatiga kiritilishi kerak bo‘lgan insonlar saralanadi. Hammasi bo‘lib 1,8 million kishi ovoz bergan va Britni esa undan 4 foizi, ya’ni 72 mingga yaqin ovoz to‘plagan. “Taniqli xonanda bu yil yangiliklar dasturida ustunlik qildi, nafaqat muxlislar, balki butun dunyo bo‘ylab insonlar 13 yillik vasiylikni tugatilishi va Britnining ozod qilinishini talab qildi. 2021-yilning iyun oyida Spirs o‘zining ahvoli haqida birinchi marta sudda ochiq gapirdi va unga o‘ta qiyin sharoitlar qo‘yilganini da’vo qildi. Uning erkinlik uchun kurashi nogironlik huquqlari himoyachilarining ko‘pchiligi isloh qilishni xohlagan tizim muammolarini ochib berdi”, — deyiladi  jurnalda. Bundan tashqari, nashrda xonandaning musiqa sanoatiga qo‘shgan ulkan hissasi ham qayd etildi. Ta’kidlash joizki, reytingda ikkinchi o‘rinni tibbiyot xodimlari egalladi. Ular 3,1 foiz ovozga ega, undan keyin vaksina ishlab chiqaruvchilar 2,5 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Koreyaning BTS guruhi esa to‘rtinchi o‘rinni 2,1 foiz bilan egalladi. Kuchli beshlikni Simona Baylz yopdi, u 2 foiz ovozga ega. Yilning eng nufuzli kishilarining to‘liq ro‘yxati 15-sentabrda e’lon qilinadi.
98
1,686
Madaniyat
Niderlandiya vakili “Yevrovideniye — 2019” g‘olibligini qo‘lga kiritdi (foto+video)
Niderlandiya vakili Dunkan Lourens Arcade qo‘shig‘i bilan “Yevrovideniye — 2019” tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Finalda u 492 ball yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Lourens tanlovning boshidan oxirigacha bukmekerlarning yaqqol yoqimtoyi bo‘lib keldi: uning g‘alabasi ehtimoli 40 foizdan ortiqroq baholangandi. Shu tariqa, bukmekerlar “Yevrovideniye” natijasini to‘rt yil mobaynida ilk bor to‘g‘ri topdi. Italiya vakili Mahmood Soldi qo‘shig‘i va 465 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik Sergey Lazarev Scream kompozitsiyasi bilan 369 ball to‘pladi va uchinchi o‘rinni band etdi. Ma’lumot uchun, tanlovning final qismida 26 davlat vakillari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
83
720
Madaniyat
Shukurullo Isroilov 1999-yilda mast holdagi militsiya xodimini urib yuborgani va u shifoxonada vafot etgani haqida so‘zlab berdi (video)
Taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilov “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuvida 22 yil avval militsiya xodimini mashinasida urib yuborgani, hodisa oqibatida jabrlanuvchi vafot etgani haqida so‘zlab berdi. “1999-yili mashinada kelayotganimda mast holatdagi militsiya xodimi yo‘limga chiqib ketib, urilib, aylanib, boshi bilan tushgan asfaltga. Darhol mashinaga ortib, kasalxonaga olib borganman. O‘sha yerda vafot etgan. Endi bu falokat, hech kim ko‘chaga o‘laman deb chiqmaydi. Uning aybi ichganida bo‘lgan. Kelayotganimda chayqalib, yo‘limga chiqib ketib qolgan. Endi taqdiri shunaqa ekan. Uning ayoliga qaraganman, ular asli viloyatdan bo‘lgan. Toshkentga propiska qilib berganman, uy olib berganman. Tashlab qo‘ymaganman. Bolalari katta bo‘lib qoldi hozir. Shu paytgacha boqib, rozi-rizolik qilganmiz”, — deydi so‘z ustasi.  Taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilov o‘g‘lini uylantirdi (video)
136
906
Madaniyat
47 yoshli teleboshlovchi Lera Kudryavseva farzandli bo‘ldi
Rossiyalik mashhur teleboshlovchi Lera Kudryavseva ikkinchi marta ona bo‘ldi, deb yozadi Tengrinews. Qiz farzandli bo‘lgani haqida 47 yoshli boshlovchi 13-avgust kuni kechqurun Instagram orqali ma’lum qildi. Bu teleyulduzning ikkinchi, uning turmush o‘rtog‘i — 30 yoshli xokkeychi Igor Makarovning birinchi farzandi. Qayd etilishicha, bir necha kun avval Kudryavseva buvi bo‘lgan edi — uning 28 yoshli o‘g‘li Jan Lenyuk farzand ko‘rdi.
58
436
Madaniyat
Tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan “Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlari (foto)
“Muhtasham yuz yil” teleseriali ilk bor namoyish etilganidan beri oradan 9 yil o‘tdi. Bu vaqt ichida serialda ishtirok etgan aktyor va aktrisalar juda o‘zgarib ketganligining quyida guvohi bo‘lish mumkin. Ayrimlari tashqi ko‘rinishi ustida yangi o‘zgarishlar olib borgan bo‘lsa, afsuski, ba’zilari ortiqcha vaznga ham ega bo‘lgan. Beyxon sulton – Pinar Chaglar Serial qahramonlarining biri – Beyxon sultonning chiroyi uning atrofidagi go‘zal opa-singillari fonida yanada ko‘rimsizlashganini payqash oson. Ammo 9 yil ichida amalga oshirilgan go‘zallik muolajalariga ko‘ra, Pinar hattoki plastik jarrohlar xizmatidan foydalanganligini taxmin qilish mumkin. Esmaxon sulton – Ejem Chalik Serialda juda yosh bo‘lgan Esmaxon oradan yillar o‘tib, go‘zal xonimga aylandi. Aktrisaning ko‘plab muxlislari uning yangi qiyofasidan mamnun. Shuningdek, qizg‘ish rangdagi sochlar unga juda yarashgan. Vazir Ibrohim – O‘kan Yalabik “Muhtasham yuz yil” serialining eng mashhur va munozaralarga boy qahramonlaridan birini ijro etgan aktyor ko‘plab muxlislarga ega ekanligi shubhasiz. Ammo so‘nggi vaqtlarda O‘kan o‘zining tashqi qiyofasi bilan ularni xafa qilmoqda. Nurbahor xotun – Irem Xelvajio‘g‘li Serialda soddagina obrazda namoyon bo‘lgan Nurbahorni yangicha go‘zallikda tanib olish juda qiyin. Iremning hozirda Anjelina Joliga o‘xshashligi uning plastik jarrohlik yordamida tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlarga erishganidan dalolat beradi. Sulaymonning yoshligi – Erol Ayvaz Kartinada yosh shahzoda Sulaymon rolini ijro etgan Erol Xalit Ergenchga o‘xshashligi bilan barchaning yodida qolgan edi. Ammo oradan o‘tgan yillardan so‘ng bu o‘xshashlik deyarli sezilmay qoldi. Rassom Luka – Sechkin O‘zdemir Hozirgi Sechinga qarab u serialda kamtarin rassom rolini ijro etganiga ishonish biroz mushkul. Shirin xotun – Bushra Pekin Go‘zal hamda quvnoq mato sotuvchisi Shirinni serialda to‘lachaligini ko‘rish mumkin. Ammo uning avvalgi ko‘rinishidan hozir asar ham qolmagan. Aktrisa nafaqat ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan, balki soch turmagini ham o‘zgartirgan. Shirin va Bushra orasidagi tafovutga qarab, uning go‘zallikda muvaffaqiyatga erishganini ko‘rish mumkin.
80
2,153
Madaniyat
DAVLATLARNING O`ZARO ALOQALARI KENGAYTIRILADI
Qirg`izistonda O`zbekiston madaniyati kunlari davom etmoqda. Bugun O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O. Nazarbekov vaQirg`iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vaziri Tugelbay Kazakov o`rtasida rasmiy uchrashuv bo`lib o`tdi... Uchrashuvda tomonlarning madaniyat sohasidagi rivojlanishlar, davlatlarning o`zaro madaniy aloqalarini kengaytirish, hamkorlikni mustahkamlash borasida fikrlar almashildi. Xususan, ikkala davlatda madaniyat kunlarini doimiy ravishda o`tkazib borish, sohaga oid rejalar haqida so`z bordi. Uchrashuv samimiy ruhda o`tdi.
45
596
Madaniyat
Seriallarda birga suratga tushib, do‘st tutingan mashhur turk aktrisalari
Turk seriallaridagi sevimli qahramonlarimizni gavdalantirgan aktrisalarning hayotda ham do‘st ekanligini bilish yoqimli. Quyida suratga olish maydonchalarida tanishib, do‘stlashgan aktrisalar haqida ma’lumot beramiz. Hande Erchel va Burju O‘zberk Hande Erchel va Burju O‘zberk 2015-yilda “Gunesh qizlari” serialining suratga olish maydonchasida tanishgan. Sujetga asosan opa-singillar rolini jonlantirgan aktrisalar, keyinchalik qalin do‘st bo‘lib qolgan. Ular o‘rtasidagi do‘stlik yaxshi-yomon kunlarda ham sinalgan, bunga Handening onasi vafot etganidan keyin Burju dugonasining yonida turib uni qo‘llab-quvvatlagani, ruhan yordam bergani ham misol bo‘la oladi. Nur Fettaho‘g‘lu va Selma Ergench Suratga olish ishlari erta-yu kech davom etganidan keyin jamoa xohlasa-xohlamasa yaqin bo‘lib ketgani bilan, do‘stlik munosabatlarini har kim ham serial yakuniga yetganidan keyin davom ettiravermaydi. Aktrisalar o‘rtasida mustahkam do‘stona munosabatlarning boshlanishiga “Muhtasham yuz yil” filmi sababchi bo‘lgan. Unda Mohidavron sultonni gavdalantirgan Nur Fettaho‘g‘lu va Sultan Sulaymonning singlisi Hadicha roli orqali yaxshi tanish bo‘lgan Selma Ergench, serial o‘z yakuniga yetgan bo‘lsa ham iliq munosabatlarni saqlab qolgan. Bunga ularning turli ziyofat, tadbirlarga birgalikda tashrif buyurishi va jurnalistlarga bergan intervyularida yaqin do‘stliklari haqida ta’kidlaganlari misol bo‘la oladi. Neslixon Atagul, Gekche Akyildiz va Bashak Parlak O‘zbek muxlislariga “Sevgi iztirobi”, “Elchining qizi” filmlari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Neslixon Atagul, “Ishq sohillari” serialining suratga olish jarayonida Gekche Akyildiz va Bashak Parlak bilan do‘st bo‘lib qolgan. 2019-yilda aktrisa Gekche o‘zining mo‘jazgina kafesini ochgan va unga dugonalari Neslixon va Bashakni ham taklif qilgan. Aktrisalar imkon topildi deguncha bir-biri bilan muloqotga kirishadigan darajada do‘st ekanliklarini ta’kidlaydi.
73
1,915
Madaniyat
Turkmaniston kinosi kunlari boshlandi
Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Turkmaniston kinosi kunlari ochilishi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda “O`zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Ayni paytda boshlangan tadbirda qardosh xalqlar kinoijodkorlari kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlik ishlari, suratga olinadigan kinolar haqida fikr almashishadi. 12-13 dekabr kunlari o`tkaziladigan tadbirlarda turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Agar siz bo`lmasangiz”, “Shukur baxshi” “Mahtumquli”, “Dasht kelinlari qo`shig`i”, “Chavandoz”, “Mening gullayotgan merosim” kinofilmlari namoyish etiladi.
37
596
Madaniyat
Xolokost haqidagi drama 68-Kann kinofestivalida Xalqaro kinotanqidchilar federatsiyasi mukofotini qo‘lga kiritdi
68-Kann kinofestivalida Xalqaro kinotanqidchilar federatsiyasi mukofotini Xolokost (yahudiylarning ommaviy ravishda yo‘q qilinishi) haqidagi “Saulning o‘g‘li” filmi qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”. U vengriyalik rejissor Laslo Nemesh tomonidan suratga olingan dramadir. Italiyalik Nanni Morettining “Mening onam” psixologik dramasi esa ekumenik (diniy) hay’at mukofotiga loyiq deb topildi. 68-Kann kinofestivali asosiy mukofotlari sovrindorlari 24-may kuni kechqurun ma’lum bo‘ladi.
112
500
Madaniyat
O‘zbek shou-biznesi yulduzlari hozirda nima bilan mashg‘ul? (foto)
Yozning issiq jazirama kunlarini aksariyat shou-biznes vakillari xorijda hordiq chiqarib o‘tkazmoqda. Kimdir oilaviy, kimdir do‘stlari bilan, yana kimdir do‘stlari va oila a’zolari bilan birgalikda dam olishga jo‘nab ketgan. “Darakchi.uz” esa o‘zbek shou-biznesi vakillari hozirda qayerlarda ekanligiga e’tibor qaratdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov, rafiqasi Saida Xoliqovalar Yevropada sayohat qilmoqda. Dastlab Ispaniyaning Barselona shahrida dam olgan juftliklar endilikda Fransiya poytaxtida hordiq chiqarishni davom ettirmoqda. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda va hamkasbi Yulduz Turdiyeva oilaviy Turkiyada dam olmoqda. Xonandalar Nilufar Usmonova va Shahzoda ham farzandlari bilan birgalikda Turkiyaning Bodrum shahrida hordiq chiqarmoqda ekan.
66
886
Madaniyat
Denni Boyl tomonidan ishlangan “Ishonch” serialining birinchi tizeri taqdim etildi (video)
FX kanali Denni Boyl tomonidan ishlangan “Ishonch” serialining birinchi tizerini taqdim etdi, deb yozmoqda Meduza. Real voqealarga asoslangan serial syujetining markazida milliarder Jan Pol Gettining oilasi turadi. 1973-yilda Gettining 16 yoshli nabirasi Rimda o‘g‘irlab ketiladi va undan nabirasi uchun garov puli talab qilinadi. Biroq milliarder jinoyatchilarga pul berishdan bosh tortadi. Serialda asosiy rollarni Donald Sazerlend, Brendan Freyzer, Xilari Suonk va Xarris Dikinson ijro etgan. Boyl bilan bir qatorda serial ustida Jonatan van Tyulleken va Syuzanna Uayt ishlagan. Serialni 2018-yilda taqdim etish rejalashtirilmoqda.
90
634
Madaniyat
Pokiston BMTdan Priyanka Choprani yaxshi niyat elchisi lavozimidan olib tashlashni so‘radi
Pokiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilib, yadro quroliga ega ikki qo‘shni davlat o‘rtasida keskinlik yuzaga kelgan paytda hindistonlik aktrisa Priyanka Chopraning “urushni qo‘llab-quvvatlash” munosabati sababli uning BMTning yaxshi niyat elchisi lavozimidan chetlatilishini so‘radi. Bu haqda “Human.uz” xabar bermoqda. YuNISEF ijrochi direktori Genriyetta Xolsman Forega yozgan maktubda Pokiston inson huquqlari bo‘yicha vaziri Shirin Mazari 37 yoshli aktrisani Hindiston boshqaruvi ostidagi Kashmirda Hindiston bosh vaziri Narendra Modining millatchi hukumatini ommaviy tarzda ma’qullaganlikda aybladi. Shu oyning boshida Hindiston hukumati aholisining katta qismi musulmon bo‘lgan Kashmirning avtonomiyasini bekor qildi va norozilik harakatlaridan cho‘chigan holda misli ko‘rilmagan xavfsizlikni joriy etdi. “Uning millatchiligi, Kashmir xususida xalqaro konvensiyalar va BMT qarorining Modi hukumati tomonidan buzilishi va yadroviy urushni qo‘llab quvvatlashi BMTda o‘zi egallab turgan lavozimining ishonchliligiga putur yetkazmoqda. U bu lavozimdan olinmas ekan, BMTning tinchlik uchun yaxshi niyat elchisi g‘oyasi butun dunyoda kulgu ostiga olinadi”, — deb izoh bermoqda Mazari. 2010 va 2016-yillarda YuNISEFning yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan Chopra Kashmir bahsli mintaqasida Hindiston va Pokiston munosabatlari keskinligining kuchayishi mumkin bo‘lgan paytda, fevral oyida Twitter’da “Jai Hind [Hail India] #IndianArmedForces”  ( Xush kelibsan, Hindiston #Hindiston qurolli kuchlari) izohini qoldirgan. Shundan so‘ng Priyanka tanqidlar ostida qoldi. Priyanka Chopra bu izohni Hindistonning qiruvchi samolyotlari Pokiston chegarasini kesib o‘tganidan biroz o‘tib qoldirgan edi.
90
1,731
Madaniyat
Toshkentda “Turk kinosi kunlari” bo`lib o`tadi
«Ipak yo`li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Ozarbayjon, Belaruc, Misr, Isroil, Hindiston, Italiya, Eron, Qozog`iston, Qirg`iziston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya va O`zbekiston kinosi kunlari o`tkaziladi. Kinematografiya agentligi axborot xizmati  ma`lumotiga ko`ra, Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Turk kinosi kunlari 29 sentyabr kuni soat 18:00 da O`zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida bo`lib o`tadi. Unda Turkiyaning sara filmlari  namoyish etiladi. So`ng taniqli turk xonandasi Serdar Ortachdan shou-konsert dasturi ham taqdim etiladi.
46
582
Madaniyat
O`zbekiston va Hindiston o`rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi
Joriy yilning 26 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda O`zbekiston respublikasi va Hindiston o`rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi, deb xabar berdi “O`zbekkino” Milliy agentligi rasmiy sayti. Tadbir davomida hind kinolari namoyishi ham bo`lib o`tdi. Tadbirda“O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov, Hindistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtorelchisi Vinot Kumar, O`zbekistonning Hindiston milliy madaniy markazi raisi Shekxar Chander, Shanxay Hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Rahmatilla Nazarov va boshqalar ishtirok etdilar. Hind badiiy filmlari namoyishi barcha kinoijodkorlar va kino muxlislarini mamnun etdi.
113
727
Madaniyat
“Bu miyamga ta’sir qila boshladi”: Gollivud aktrisasi Jennifer Eniston uyqusizlikdan aziyat chekayotganini ma’lum qildi
Gollivudning mashhur aktrisasi Jennifer Eniston People Talk nashriga bergan intervyusida ko‘p yillar davomida uyqusizlikdan aziyat chekayotganini ma’lum qildi. “Menimcha, bu taxminan o‘ttiz yoshimda yoki undan ham oldinroq boshlangan. Qaysidir vaqtga kelib, uyqusizlik oqibatida sezishni to‘xtatasiz. Balki, unda yosh bo‘lishingiz mumkin. Ammo uyqu bilan bog‘liq muammolarim birdan boshlandi. Bu mening kunim, ishim, miyam va hatto jismoniy faoliyatimga ta’sir qila boshladi”, — dedi aktrisa. Aktrisa hatto ba’zida uyqusida yurganini ham ta’kidladi: “Bu uzoq vaqt davomida me’yoriy uyqudan mahrum bo‘lganimdan keyin sodir bo‘ldi”, — dedi aktrisa. Biroq, shunga qaramay, Jennifer uzoq vaqt davomida mutaxassislardan yordam so‘rab murojaat qilmagan. “Bu men kurashadigan asosiy narsaga aylandi. Avval uxlash qilinadigan ishlarim ro‘yxatidagi oxirgi narsa edi. Ammo uchta oddiy va muhim qoidaga amal qilmasangiz, sog‘lom bo‘lmas ekansiz. Bu ratsionni kuzatib borish, mashq qilish va yaxshi uxlashdan iborat. Bundan tashqari, bu uch komponentning barchasini bir-birisiz amalga oshirib bo‘lmaydi”, — dedi Eniston.  Gollivud yulduzi Jennifer Eniston shaxsiy kosmetik brendiga asos soldi
119
1,181
Madaniyat
Epizodik rollari bilan ham tomoshabinlar yodida qolgan rossiyalik aktrisalar (foto)
Hatto 10 soniyalik rol ham shunday ijro etilishi mumkinki, tomoshabin sizni bir umr eslab qoladi. Masalan, Leonid Gaydayning “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmidagi “Marfa Vasilyevna” iborasi bilan tanish Nina Maslova yoki xuddi shu filmdagi Yakinning sevgilisi “Gagraga ketyapman” jumlasi bilan esda qolgan Natalya Kustinskaya bunga yorqin misol bo‘ladi. Nina Maslova Nina Maslovani epizodlar malikasi deb ham atashadi. Aktrisa katta rollarni ijro etmagan, lekin kichik rollari bilan ham tomoshabinlar yodida qolgan. Masalan, “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmidagi shohning rafiqasi Marfa Vasilyevna roli uni haqiqiy yulduzga aylantirdi. Aktrisa ikkinchi darajali rollari orqasidan hatto o‘ziga kvartira ham sotib olgan. Larisa Eremina Marfa Vasilyevnaning kanizaklari orasida kamsuqumgina va qalin sochli yana bir esda qolarli qiz bor edi. Uni aktrisa Larisa Eremina ijro etgan. Aktrisaning iste’dodi va jozibali ko‘rinishi uni yulduzga aylantirishi mumkin edi, lekin u karyeradan ko‘ra turmush qurishni afzal ko‘rdi. Biroq u aktrisalik faoliyatiga yakuniy nuqta qo‘ymadi. Eremina Gollivudga bordi va u yerda bir nechta film va teleko‘rsatuvlarda, shu jumladan, mashhur “Markaziy kasalxonada” serialida rol o‘ynadi. U, shuningdek, aktyorlik mahorati bo‘yicha ham dars beradi. Nina Grebeshkova O‘zining yorqin ko‘rinishiga qaramay, aktrisa Nina Grebeshkova asosan epizodik rollarga taklif qilingan. Buning sababi shundaki, rejissor Leonid Gayday uning turmush o‘rtog‘i edi. Aktrisa eriga kundalik hayotdan chalg‘imasdan ijod qilish imkoniyatini berish uchun asosiy rollardan voz kechadi. Misol uchun, Grebeshkova “Kavkaz asirasi” filmining suratga olish maydonchasiga faqat oshqozon yarasi bilan og‘rigan eriga parhez taom tayyorlash uchun boradi. Shu sababli ham aktrisa boshqa rejissorning filmini rad etgandi. Do‘stlari Gaydayni mazkur filmda rafiqasi uchun rol berishiga ko‘ndirishadi, shu tariqa ssenariyga Nina ajoyib tarzda ijro etgan ruhiy kasallar kasalxonasidagi shifokor ayol roli kiritiladi. Yelena Siplakova Ko‘pchilik Yelena Siplakovani “D’Artanyan va uch mushketyor” filmidagi makkor Miladning xizmatkori quvnoq va maftunkor Keti rolida eslaydi. Aktrisa 1970—1980-yillarda faol suratga tushdi, u turli filmlarda 40 dan ortiq rollarni o‘ynadi, shu jumladan, mashhur “Biz jazzdanmiz” filmida ham, lekin u deyarli hech qachon bosh rollarni ijro etmagan. Qiz “Afsungarlar” filmidagi Alyonushka roli uchun kastingda ishtirok etadi. Film rejissori Konstantin Brombergning so‘zlariga ko‘ra, “u maftunkor bo‘lsa-da, unda makkoralik yo‘q edi”. Keyinchalik aktrisa ekranlardan birdaniga g‘oyib bo‘ldi: Afrikaga qilgan sayohatida Siplakova bezgakka chalinadi, bu uning sog‘lig‘i va tashqi ko‘rinishiga jiddiy ta’sir qiladi. Ammo bu muammolar Yelena Siplakovaning kinodagi karyerasiga chek qo‘yishiga imkon bermadi — u rejissor sifatida ishlay boshladi. Natalya Kustinskaya 1960-yillarda Fransiyaning Candide jurnali Natalya Kustinskayani dunyodagi eng chiroyli aktrisalar o‘nligiga kiritadi. U ko‘plab filmlarda bosh rollarni o‘ynagan, lekin aktrisaning eng esda qolarli ishi “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” komediyasi bo‘lib, u rejissor Yakinning sevgilisi va bosh qahramon Zinochkaning raqibi rolini o‘ynagan. Natalya Trubnikova Natalya Trubnikova o‘z faoliyatini balerina sifatida boshlagan va aynan raqs tushish qobiliyati unga “31-iyun” filmda rol o‘ynashiga yordam bergan. Mazkur filmda u o‘zining yagona asosiy rolini o‘ynadi, u malika Melisenta qiyofasida paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng Natalya, o‘zining so‘zlariga ko‘ra, “kinosinov aktrisasi”ga aylandi: rejissorlar hech biri uni rolga ma’qullamadi. Bir necha yil o‘tgach, Trubnikova va nihoyat rollarga taklif qilindi, lekin u asosan epizodik qahramonlarni, masalan, “Qor malikasi siri” filmida saroy xonimi kabi rollarni ijro etdi. Natalya Vavilova “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi ekranlarga chiqqandan so‘ng, Natalya haqiqiy yulduz bo‘lib uyg‘ondi, garchi uning roli ikkinchi darajali bo‘lsa ham — u bosh qahramonning qizini o‘ynadi. Yosh aktrisaning karyerasi birdaniga yuqoriga ko‘tarildi, ammo “Nikolay Podvoiskiy” tarixiy filmining suratga olish jarayonida u otdan yiqilib, jarohat oldi. Rejissor Vavilova tuzalib ketguncha kutolmasdi, uning roliga boshqa aktrisani tasdiqladi. Qiz bundan qattiq xafa bo‘ldi — tez orada oilaviy hayotiga e’tibor berib, kinodagi karyerasini yakunladi.
83
4,401
Madaniyat
“Daydi qiz” — Fotima Berdiyeva rejissorlar “zapret”iga tushgani, bosh rol uchun 1,5 ming dollar so‘rashgani, serialdagi ochiq sahnalar haqida (video)
Solih Qahhorning shu nomli asari asosida suratga olingan “Daydi qizning daftari” seriali qisqa fursat ichida tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Unda bosh rol Taxmina obrazini gavdalantirgan aktrisa Fotima Berdiyeva “M-kokteyl” ko‘rsatuviga intervyu berdi. Intervyuda aktrisa kinoga qanday kirib kelgani, faoliyati davomida o‘zi duch kelayotgan qiyinchiliklar hamda shaxsiy hayoti haqida gapirdi. “Kastinglarga borib yurgan paytimda bosh rolga pul so‘rashgan. Adamdan so‘raganimda mayli, pul beraman, deganlar. Keyin o‘zim o‘ylab ko‘rib, pul to‘lab, kinoda suratga tushish fikridan qaytganman. Shundan keyin kastinglarga bordim, ko‘pchilik menga noto‘g‘ri fikr bildirdi. ‘O‘zbekfilm’ga ham borganman. To‘g‘risi, bir-ikkita odamga shantaj qilishimga to‘g‘ri kelgan, chunki menga juda ham qo‘pol gaplarni gapirishgan. Keyin hamma rejissorlar meni bir-biriga aytib, kino va kliplarda suratga tushishimga ‘zapret’ qo‘ygan. Rejissor Sunnat Namozov bilan tanishganimdan keyin u meni bir klipga taklif qilgan”, — deydi aktrisa ma’lum muddat rejissorlar “zapret”ida bo‘lgani haqida gapirib. Aktrisa, shuningdek, qaysi rejissor undan filmdagi bosh rol uchun 1,5 ming dollar so‘ragani haqida ham aytib o‘tdi. “Rejissor Bekzod Joniyev bosh rolni o‘ynashim uchun mendan 1,5 ming dollar so‘ragan. Davlatbek Yo‘ldoshev hamda Baxtiyor aka ismli operator meni ‘O‘zbekfilm’da meni sahnaga chiqarib qo‘yib, ustimdan kulishgan. Telefonimning quvvatlantirgichi ishlamagani uchun sahna yaqiniga quvvatlantirishga qo‘yib, bir necha marta xabar olib yurganman. U yerdan chiqqanimdan keyin sizlarning gapingizni yozib oldim, hozir ustingizdan IIBga arz qilaman, deganimdan so‘ng, ular mendan kechirim so‘rashgan. Keyin telefonimda hech qanday yozuv bo‘lmaganini ularga aytganman”, — deydi Fotima. Fotima serialdagi ayrim ochiq sahnalar qanday suratga olinganiga ham to‘xtaldi. “Serialdagi yotoq sahnalarida ko‘pchilik meni kiyimsiz deb o‘ylaydi, lekin unday emas. Shuncha erkakning oldida kiyimsiz yura olmayman-ku”, — deydi aktrisa. Ma’lumot uchun, Fotima Berdiyeva 2000-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. U kinodagi faoliyatini “Ummon” guruhining “Qo‘g‘irchoq” klipidagi ommaviy sahnalardagi ishtirokidan boshlagan.  “Shukrona”dagi Maryam — Odina To‘xtasinova: Tarjimondan aktrisaga aylangan hamshira (foto)
149
2,301
Madaniyat
Farhod Abdullayev Po‘lat Saidqosimov haqida: 100 yildan ortiq umr ko‘rishiga qattiq ishonardim
“Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov 88 yoshida vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Po‘lat Saidqosimovning ayrim hamkasblari bilan suhbatlashib, ularni birgalikda yodga oldi. “Oramizda hamisha chiroyli masofa bo‘lgan” Farhod Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist: — Po‘lat akamni dastlab “Muhabbat mojarosi”, “Beruniy” kartinalaridagi ijrolarini ko‘rib, muxlisiga aylanganman. Taqdir ekan, san’at yo‘lini tanlab, talabalik chog‘imdanoq ular ishlagan teatrda birgalikda faoliyat yuritish nasib qildi. Tabiatan ikkiyuzlamachilik, laganbardorlikni yoqtirmaganligim bois hech qachon Po‘lat akamning ortidan yurib, “ustoz”, deya biror narsa undirishga yoki yordam qo‘lini cho‘zishiga umid qilmaganman. Hamisha jimgina ularning ham hayotdagi, ham sahnadagi yurish-turishi, gapirishini kuzatib, o‘zimga nimadir olishga intilganman. Ammo taqlid qilgan emasman. Negadir yuziga tik qarab, “ustoz” deyishga botinolmasdim, ochig‘i. Teatrda ijodiy kecham tashkil etilganida sahnaga chiqib, “Farhod tug‘ma iste’dodi va rollari bilan el nazariga tushdi, shogirdimga aylandi. Faqat uni shogirdim sifatida tan olaman”, deya iliq fikrlar aytganida ham unga nisbatan munosabatimni o‘zgartirmaganman. Po‘lat akamning ustiga cho‘pon kiydirib, uylariga sovg‘a-salom bilan tez-tez borib, zeriktirib qo‘yishni istamasdim va ularning o‘zi ham bunday xushomadlarni yoqtirmasdi. Odamning yuziga to‘g‘risini aytib qo‘ya qolardi. Munofiqlik bilan chiqishmasdi. Ikkimizning mana shu fe’limiz juda o‘xshash edi. O‘rtamizda doimo chiroyli masofa bo‘lgan va bizga bu juda ma’qul kelardi. “Diyonat” videofilmida ularning yoshligini o‘ynaganman. “Afg‘on” kinosida ham birga ishlaganmiz. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Farmonbibi arazladi”, “Bir qadam yo‘l” kabi o‘nlab spektakllarning repetitsiyalaridagi birga boshdan kechirgan qiziq va unutilmas voqealar hamon esimda. Biz oxirgi marta oktyabr oyida “Eslab” ko‘rsatuvining suratga olish jarayonida ko‘rishib, gurunglashgandik. Undan keyin ham bir necha marta turli tadbirlarda uchrashdik, ammo jiddiy suhbatlashmadik. Po‘lat akamni shifoxonaga tushib qolganini eshitganimda, tezda oyoqqa turib ketadi, deb o‘ylagandim. Ularni 100 yildan ziyod umr ko‘rishiga qattiq ishonardim. Negaki, har doim tetik, bardam yurardi. Sog‘lig‘idan shikoyat qilganini eshitmaganman. Lekin o‘lim haq ekan, oramizni bevaqt tark etdi. Ilohim ustozni joylari jannatda bo‘lsin! “O‘z nabirasidek yaxshi ko‘rgan” Sevara Soliyeva, aktrisa: — Po‘lat akaning vafot etgani haqidagi shum xabarni eshitishim bilanoq darhol ko‘z oldimda “Chol va nabira”ning suratga olish jarayonidagi betakror damlar gavdalandi. Ushbu filmdagi nabira rolim kino olamidagi ikkinchi ijroim bo‘lib, u paytlarda hali yosh, tajribasiz edim va shu tufayli syomka vaqtida butun jamoaning qo‘llab-quvvatlashi natijasida kamchiliklarimni to‘ldirishga harakat qilganman. Po‘lat aka tabiatan og‘ir-bosiq, o‘z ishiga talabchan bo‘lsa-da, lekin menga tanbeh berib, ko‘pchilikning oldida yuzimni qizartirmagan. Aksincha, o‘z nabirasidek yaxshi ko‘rib, yaqindan ko‘maklashgan. Ustoz san’atkor bilan so‘nggi bor “25-kadr” ko‘rsatuvi syomkasida ko‘rishgandik. O‘shanda juda ozib ketgan ekan. Keksa bo‘lishiga qaramay, dadil harakatlanishi va birin-ketin filmlarda rol ijro etishini ko‘rib, shijoatiga havas qilardim. Ulardan faqat yorqin xotiralar qolgan. Ilohim oxirati obod bo‘lsin!
94
3,368
Madaniyat
Meksikalik bo‘lgani uchun bosh rollar berilmagan, ammo orzusiga erishish uchun tinmay mehnat qilgan aktrisa — Salma Xayek hikoyasi
O‘zining muhimligini anglash va sinovlarga dosh berish qobiliyati o‘ziga ishongan odamlarga xosdir. Bir vaqtlar hech kim tanimagan Lotin Amerikasi aktrisasi Salma Xayek rad etish nima ekanligini his qilgan bo‘lsa-da, hech qachon o‘ziga ishonishdan to‘xtamagan, natijada orzu qilgan hamma narsaga erishgan. Orzulari qanday paydo bo‘ldi Salma Xayek karyerasini vatani — Meksikada boshlagan. Aktrisa “Tereza” va “Qurbon bo‘lgan muhabbat” telenovellalarida rol o‘ynaganidan keyin mashhurlik cho‘qqisiga chiqdi. Ikkinchi film unga BAFTA’ning o‘ziga xos meksikacha ekvivalenti — Ariel mukofotini olib keldi. Ammo yulduz bundan ham ko‘prog‘ini xohlardi, tavakkal qilishga tayyor edi. Shu tariqa u Gollivudga yo‘l oldi. Dastlab Salma Los-Anjelesga ko‘chib o‘tadi va aktyorlik kurslariga yoziladi. Bir nechta epizodik rollardan so‘ng, aktrisa o‘zining birinchi asosiy rolini oladi: Antonio Banderas bilan birga “Iltijo” filmida rol o‘ynaydi. Shundan keyin Jorj Kluni, Uill Smit va Penelopa Kruz kabi boshqa yulduzlar ishtirokidagi loyihalarda ishtirok etadi. “Biz to‘xtatib bo‘lmaydigan qizlarmiz” Ilgari Lotin Amerikasi aktrisalari uchun yirik loyihaga qatnashish oson emasdi. Aktrisa Dryu Berrimorga bergan intervyusida Salma o‘z faoliyati davomida unga bosh rolni olish imkoniyati qanchalik past ekani bir necha bor aytilganini tan oladi. Bir kuni prodyuser uning inkor etib bo‘lmaydigan iste’dodini tan ola turib, kelib chiqishi meksikalik bo‘lgani uchun u hech qachon yulduz bo‘lolmasligini aytadi: “Siz qanchalik go‘zal va qanchalik mahoratli aktrisa ekanligingiz muhim emas. Og‘zingizni ochishingiz bilan tomoshabin ko‘z oldiga darrov uy xizmatkori keladi”. Lekin bunday gaplar uni to‘xtata olmaydi. Dryu va o‘zi kabi aktrisalar haqida Salma shunday deydi: “Biz biznes va prodyuserlikda muvaffaqiyat qozongan aktrisalar avlodiga mansubmiz. Biz to‘xtatib bo‘lmaydigan qizlarmiz”. “Ayollar hamma narsaga qodir” 1999-yilda Salma boshqa yirik kompaniyalar bilan birga film va teleseriallar ishlab chiqaruvchi Ventanarosa prodyuserlik kompaniyasiga asos soladi. 2002-yilda aktrisa “Frida” filmini suratga oldi va unda bosh rolni o‘zi ijro etdi. Mazkur film aktrisaga 2 ta “Oskar” va “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasini olib keldi. Salma prodyuserlik qilgan “Monarx” seriali taqdimotida u yoshligida o‘zi haqida qanday fikrda bo‘lgani haqida gapirib berdi: “30 yoki 40 yoshlardagi suratlarimga qarab, hozir o‘sha paytlardan go‘zalroqman deb o‘ylayman. Ilgari men o‘zimni haddan tashqari ko‘p tanqid qilardim”. “Yaxshi yetakchi” “Uning qanday qo‘llab-quvvatlashni bilishi, nimaga ishonishi, qanday ona ekanligi, sevishdan, xato qilishdan, himoyasiz bo‘lishdan qo‘rqmasligi – Salmaning jasurligidan. Bular liderning fazilatlari. U yaxshi yetakchi”, — deydi Salmaga Marvel olamining yangi superqahramoni rolini taklif qilgan rejissor Xloe Chjao. Aktrisa “Abadiylar”da insoniyatni qutqaruvchi superqahramonlar yetakchisi Ayak rolini o‘ynashini ma’lum qildi. Bu rol aktrisaning muvaffaqiyatidan darak beradi, u endi xuddi shunday orzu qilgan boshqa Lotin Amerikalik aktyorlariga eshiklar ochiq ekanligiga amin. Aktrisa qahramon kostyumini kiyganida qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirganini ko‘zlarida yosh bilan u shunday tasvirlaydi: “Men o‘zimni superqahramon libosida ko‘rdim. Oynada katta orzu qilishga jur’at etgan kichkina qizning yuzini ko‘rdim. Men barcha qizaloqlarning yuzlarini ko‘rdim”. “Tinmay ishla. Tayyor tur” Aktrisa, prodyuser, jamoat faoli va ishbilarmon ayol sifatida yorqin karyeraga erishgan Salma 2021-yil noyabr oyida Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi. Nutqi davomida u “Nega teleseriallaringizga qaytmayapsiz? Bu yerda hech qachon ish topa olmaysiz” deya bosh rollarga bir necha bor rad etishganini eslab o‘tdi. Salma o‘ziga o‘zi: “Bu yerda men hech kimga kerak emasman. Ular ortimga qaytib ketishimni xohlashadi”, deb xafa bo‘lgan ham. Hafsalasi pir bo‘lishiga qaramay, u taslim bo‘lmadi. Salma o‘z orzulari uchun kurashishga qaror qildi va o‘ziga o‘zi so‘z berdi: “Tinmay mehnat qil. Tayyor tur. Boshqalarning gaplariga e’tibor berma. Eng muhimi, bunday yutuqqa noloyiqman deb o‘ylaganingda, o‘zingga quloq solma”.
130
4,166
Madaniyat
Netflix zo‘ravonlikda ayblangan aktyor Shaya LaBafni “Oskar”ga nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirib tashladi
Netflix 34 yoshli aktyor Shaya LaBafning nomzodini “Ayol parchalari” dramasidagi roli uchun “Oskar” va boshqa mukofotlarga ilgari surmaslikka qaror qildi. Servis uning ismini joriy mavsumdagi filmlar uchun yaratilgan For Your Consideration bo‘limidan olib tashlagan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Aktyorning ismi, shuningdek, kartina sinopsisi va uning yaratuvchilari qatoridan ham yo‘qolib qolgan. Shaya LaBaf “Transformerlar” va “Indiana Jons va Billur chanoqlar qirolligi” filmlaridagi rollari bilan mashhurlikka erishgan. Bundan tashqari, u “Paranoyya” hamda “Ilmoqda” trillerlarida ham bosh rolni ijro etgan. 2020-yilda u ikkinchi plandagi roli uchun mukofotga loyiq ko‘rilishi mumkin edi. Biroq barchasini uning sobiq sevgilisi puchga chiqardi. Yaqinda FKA Twigs taxallusi bilan tanilgan 32 yoshli Taliya Debrett Barnett aktyorni jinsiy va jismoniy zo‘ravonlikda ayblangan edi. LaBaf The New York Times’ning so‘roviga javob berib, vaziyatni izohlagan: “Mening alkogolizmim yoki agressiyamni oqlab bo‘lmaydi, faqat buni tushuntirib bera olaman. Men uzoq yillar o‘zimga va atrofdagilarda shafqatsiz edim. Eng yaqin insonlarimning ham dilini og‘ritganman. Kimga ozor bergan bo‘lsam afsusdaman. Boshqa hech narsa deya olmayman”. Aniq ayblovlar borasidagi savolga u “yuqoridagilarning aksariyati haqiqatga mos kelmasligini” ta’kidlagan.  Nyu-Yorkda prodyuser Xarvi Vaynshteyn jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, 23 yilga hukm qilindi. Uni ayblaganlar orasida Anjelina Joli, Salma Hayek ham bor
102
1,498
Madaniyat
O`zbekistonda madaniyat va san`at xodimlari kuni belgilandi
“O`zbekiston Respublikasi madaniyat va san`at xodimlari kunini belgilash to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga ko`ra, 15 aprel Madaniyat va san`at xodimlari kuni etib belgilandi. ️Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.
59
261
Madaniyat
Dmitriy Dyujev Toshkentda “U” filmi taqdimotida ishtirok etdi
Toshkentga 70-Kann xalqaro kinofestivalida ishtirok etadigan mahalliy “U” (“Ona”) filmida bosh rolni ijro etgan rossiyalik aktyor va rejissor Dmitriy Dyujev keldi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda. Dmitriy Dyujev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari uchun master-klass berdi. Uni institut prorektori Davlat Mullajonov, film rejissori Muxlisa Azizova, filmdagi sherigi Ra’no Shodiyeva qarshi oldi. Dmitriy Dyujev bilan uchrashuv 2 soatdan ortiq davom etdi. U aktyorlik va rejissorlik mahorati sirlari bilan o‘rtoqlashdi, shaxsiy tajribasi haqida hikoya qildi. “U” filmi taqdimoti O‘zbekiston rus akademik teatrida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Dmitriy Dyujev bu yerda “Yevgeniy Onegin” monospektaklini ham namoyish etdi.
61
745
Madaniyat
O`zbekistonda hindlar tomonidan “Bobur” seriali suratga olinadi
“O`zbekkino” Milliy agentligida Hindistonning “WINGSPAN group” kompaniyasi tomonidan “Bobur” serialini O`zbekistonda suratga olish bo`yicha agentlik bilan memorandum imzolandi.  Bu haqda  “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Endilikda hind kinoijodkorlari tomonidan O`zbekistonning Farg`ona, Samarqand, Buxoro, Xiva hududlarida suratga olish ishlari bo`lib o`tadi. “WINGSPAN group” kompaniyasi vakillari Tasnim Udaypurvala, Neraj Rati hamda Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o`rtasida memorandum imzolandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 sentyabrdagi 568-son qaroriga muvofiq, hind kinoijodkorlari uchun “rebate” tizimi joriy etiladi. “Bobur” serialida Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o`smirlik davri, Boburning Afg`onistondagi hukmronligi, hindlar tomon yurishi, Boburiylar sulolasiga asos solishi, adabiyot olamida tutgan o`rni va hind diyorida amalga oshirgan islohotlari haqida hikoya qilinadi.   Mazkur serial shoh va shoir, jamoat arbobi Bobur shaxsini dunyoga tanitishda, shuningdek, serialning mamlakatimiz hududida suratga olinishi O`zbekistonning turizm salohiyatini ko`tarishda, xalqlararo madaniy aloqalar, do`stlik munosabatlarining yaxshilanishiga turtki bo`ladi.   Serialning mamlakatimizda tasvirga olish ishlari joriy yilning dekabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.
63
1,517
Madaniyat
Yaponiya brendi — “Oshin”ning o‘zbekcha gapirganiga 20 yil to‘ldi
Yaponiya kinoijodkorlarining “Oshin” teleasari mamlakatda seriallashtirilgan ilk televizion drama hisoblanadi. Sugako Xashida ssenariysi asosida Eguchi Hiroyuki tomonidan suratga olingan serial dastlab 1983—1984-yillarda NHK kompaniyasida namoyish qilinadi. “Oshin”da kambag‘al dehqon xonadonida tug‘ilgan yapon qizining o‘z otasi tomonidan uy xizmatiga sotilgan paytidan boshlab, oilasining boylikka va muvaffaqiyatga erishishga qadar bo‘lgan hayoti hamda qiyinchiliklari tasvirlanadi. Serial qisqa vaqt ichida dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishadi. Singapur, Tailand, Xitoy, Malayziya, Indoneziya, Hindiston, Braziliya, Misr singari jahonning yetmishga yaqin mamlakatida arabchadan to ingliz tiligacha bo‘lgan subtitrlar bilan ommaga havola etiladi. Mazkur serial o‘zbekchaga ham tarjima qilinib, shu paytga qadar uch- to‘rt marotaba telekanallarda efirga uzatilgan. “Oshin” bugungi karantin davrida ham “O‘zbekiston” kanali orqali tomoshabinlar xonadoniga tashrif buyurmoqda. “Daryo” muxbiri serialning o‘zbek tiliga tarjima va dublyaj qilish jarayonlari qanday kechganligiga qiziqib, bir qator ijodkorlar bilan suhbatlashdi. “Serialni Yaponiya hukumati tuhfa etgan” Shamsiddin Hisomiddinov, dublyaj rejissori: — Yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillarda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘plab sohalarni mustahkamlashga katta ahamiyat qaratilgan. Madaniy aloqalarning amaldagi namunasi sifatida Yaponiya hukumati “O‘zbekiston” telekanaliga “Oshin” serialining ingliz tilidagi variantini sovg‘a qilgan. O‘sha paytlarda faqat “O‘zbekiston” kanalida dublyaj studiyasi bo‘lardi, xolos. Bugunga kelib esa bunday studiyalar har bir telekanalda mavjud. Serialni ovozlashtirish vazifasi men ishlaydigan kino muharririyati bo‘limiga topshirilgan. Biz jamoa bilan 2000-yilda ishga kirishganmiz. Serial yosh talaba qiz Hulkar A’zam hamda bir qancha tarjimonlar mehnati sabab o‘zbekchaga tarjima qilingan. 297 qismdan iborat katta hajmli teleasarning avvaliga 10 qismini dublyaj qilib, efirga uzatganmiz. Keyin jamoadoshlar haftada bir necha kun yig‘ilib, o‘nlab qismni oldindan tayyorlab qo‘yardik va serial tartib bo‘yicha tomoshabinlarga havola qilinardi. Shu tarzda tarjima va dublyajga bir yil umrimiz ketgan. Dublyajda juda kam aktyorlar: Omon Abdurazzoqov, Oybarchin Bakirova, Sanjar Sa’dullayev, Sayyora Yunusova va Gulchehra Jamilova ishtirok etgan. Ular qahramonlarning ruhiy holatini his qilib, ovoz berishgani uchun ham hozirgacha serial dublyajini ko‘pchilik maqtaydi. Kamina, muharrir Dilshod Shams, ovoz rejissori A’zam Bahromov va aktyorlar bir oiladek ahil bo‘lib ijod qilganmiz. “Oshin” O‘zbekistondagi birinchi televizion dublyaj ishlaridan sanaladi. Unga qadar Yaponiya seriallaridan birortasi o‘zbekchaga dublyaj qilinmagan. “Oshin” televideniyeda namoyish qilingach, ilk qismlaridanoq reytingi ancha yuqorilagan. Tomoshabinlarning deyarli barchasiga manzur kelgan va yurtimizning turli hududlaridan minnatdorlik maktublari kelardi. Hozir ham serialni sevib ko‘ruvchilar orasida o‘zbekistonliklarning millionlab ekanligi shubhasiz! “Oshin”ni 18 yoshimda tarjima qilganman” Serial tarjimoni Hulkar A’zam Hulkar A’zam, serial tarjimoni: — Ziyoli oilada tug‘ilib, o‘sganim hamda ota-onam: taniqli adib Ahmad A’zam va shoira Farog‘at Kamolning adabiyot olamidagi yutuqlari-yu tarjimonlik faoliyati tufayli menda ham ushbu sohaga havas uyg‘ongan. “Oshin” serialini ingliz tilidan o‘zbekchaga o‘girgan paytlarim 18 yoshda edim. O‘shanda Toshkent davlat iqtisodiyot universtetining birinchi bosqichida o‘qirdim. Yosh bo‘lishimga qaramay, menga ishonch bildirib, qo‘llab-quvvatlagan “O‘zbekiston” telekanali xodimlaridan haligacha minnatdorman. Tarjima jarayoni bir yilga yaqin davom etgan. Serialning dastlabki qismlarini akalarim va bir qancha tengdosh yigitlar birgalashib tarjima qilganmiz. Tajribam oshganidan keyin qolganini to‘liq zimmamga olganman. Dublyajdan ko‘nglim to‘lgan. Mashaqqatli kasb egalari bo‘lgan ustozlarning ovoz berish jarayonlarini kuzatganim ham omadim, deb o‘ylayman. Oshindagi menga yoqadigan jihatlar shuki, u juda kuchli va hech qachon taslim bo‘lmagan, yuzida tabassum bilan doimo yaxshi hayotga intilgan. Uning xarakterini yuqori baholayman: kuchli va qat’iyatli, ammo kamtar va sadoqatli. O‘zbek ayollariga juda yaqin timsol. “Oshin” ilk tarjimonlik ishim. Undan so‘ng koreyalik kinoijodkorlarning “Qish sonatasi” va “Yoz ifori” teleseriallarini tarjima qilganman. Bu sohadagi faoliyatim qisqa kechgan bo‘lsa-da, biroq juda maroqli va go‘zal xotiralarga boy o‘tgan. Oliy ta’lim muassasasining bank ishi yo‘nalishini tamomlagach, mehnat faoliyatimni diplom bo‘yicha davom ettirishga qaror qilganman. O‘n yildan beri Londondaman. Hozir bu yerda investitsion korxonada ishlayman. “Oshin”ning tarjima qilish jarayonida orttirgan tajribamning professional karyeramda ma’naviy o‘rni juda katta. “Ko‘plab sahnalar pavilyonda suratga olingan” Sanjar Sa’dullayev Sanjar Sa’dullayev, dublyaj aktyori: — Rejissor Shamsiddin Hisomiddinov serialning dublyaj ishida qatnashishimni so‘raganida, hech ikkilanmay rozilik bildirganman. Chunki unga qadar Yaponiya kino mahsulotlari, ayniqsa, teleseriallar qahramonlariga ovoz bermaganman. Besh nafar aktyor 300 qismga yaqin serialni 11 oy davomida dublyaj qilganmiz. “Oshin” ancha yillar oldin suratga olingan bo‘lsa-da, tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan har bir davrda tomosha qilinadi va o‘z qiymatini yo‘qotmaydi. Agar hozirgi yoshlar bu serialni sabr qilib, boshidan oxirigicha ko‘rishsa, o‘zlariga yetarlicha xulosa chiqarishadi. Serialdagi aktyorlar jamoasi, betakror kadrlar film muvafaqqiyatiga sabab bo‘lgan. Ko‘plab sahnalarning pavilyonda syomka qilingani tomoshabinga sira sezilmaydi. Chunki judayam ishonarli chiqqan. Oshinning bolaligini ijro etgan qizaloqni ham rejissorning omadi, deyish mumkin. Negaki, yozuvchi asariga mos tushgan qiyofa serialni yanada mashhur qilgan. “Ovoz berish paytida juda qiynalganman” Sayyora Yunusova Sayyora Yunusova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist: — 2000-yilga qadar ham kino va multfilm qahramonlariga ovoz berib yurganman. “Oshin” esa dublyajdagi birinchi serialim bo‘lib, unda bosh qahramon Oshin va bir qancha aktrisalarni o‘zbekcha gapirishiga hissa qo‘shganman. Bilasizmi, ko‘pincha biror teleasarning ovozlashtirish jarayonida aksariyat aktyorlar sizga yordam bergisi kelmaydi. Kichkina xato qilsangiz ham boshqacha nafas olib qo‘yishadi yoki qarashi o‘zgaradi. “Oshin”ga ovoz berish paytida juda qiynalganman. Chunki bu katta qismli film edi. Ammo atrofimdagi tajribali dublyaj aktyorlarining qo‘llab-quvvatlashi tufayli vazifamni sifatli bajarishga intilganman. Ayniqsa, rahmatli Oybarchin opam hamisha dalda bo‘lib, meni ruhlantirib turardi. Oshinga ovozim mos tushganligi uchunmi, hozirgacha qayerga bormay, muxlislarim shu serialga taalluqli savollar berishadi. Bu esa, albatta, meni xursand qiladi. “Oshin” ijodiy faoliyatimda alohida ahamiyatga ega. Serial dublyajidagi ishtirokimga qancha miqdorda gonorar olganim aniq esimda yo‘q. Lekin gonorarimni to‘plab, Yaponiyada ishlab chiqarilgan changyutkich xarid qilganman. O‘sha “Oshin”dan esdalik bo‘lib qolgan (kuladi).
66
7,125
Madaniyat
RESPUBLIKA OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI ALIShER USMONOVGA MINNATDORLIK BILDIRDI
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Alisher Usmonovga taniqli xonanda Enrike Iglesiasning Toshkentda o`tkaziladigan xayriya konsertini tashkil etishdagi tashabbusi va ko`magi uchun minnatdorlik bildirmoqda. Eslatib o`tamiz, shu yil 28 dekabr kuni “Istiqlol” san`at saroyida ispaniyalik taniqli xonanda Enrike Iglesiasning xayriya konserti o`tkaziladi. Bu esa rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning yurtdoshlarimizga qilgan yana bir Yangi yil sovg`asi bo`ldi.
88
488
Madaniyat
To‘liq bo‘lmagan oilada voyaga yetgan Bollivud yulduzlari
Millionlab muxlislar havas qiladigan, ilhomlanadigan yulduzlar hayotida ham o‘ziga yarasha past-balandliklar bo‘ladi. Karina Kapur  Karina Kapur yoshligida onasi Babita, otasi Randxir Kapur spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani sabab ikki qizini olib, uni tark etgan. Ota-onasi 20 yil davomida alohida yashagan bo‘lsa ham rasmiy ravishda ajrashmagan. Bundan tashqari, Babita qizlarini kinoda o‘z o‘rnini topishini istagan, Kapur janoblari bo‘lsa, bu kasb qizlar uchun emas deb qarshilik qilgan, oradan 20 yil o‘tibgina Karishma va Karinaning aktrisaligiga ko‘nikkan. Shundan keyingina ota va onasi o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilangan. Farxan Axtar Aktyor, otasi Javed Axtar va onasi Xani Uranning ajrashishini hazm qilishi qiyin bo‘lgan. Oiladagi muqaddas rishtaning uzilishiga otasi aktrisa Shaban Azmiga ilakishib qolgani sabab bo‘lgan. Shruti Xasan View this post on Instagram Aktrisa bolaligining erta tugashi sababi ham otasining onasiga bo‘lgan xiyonati va onasi to‘kkan ko‘z yoshlari bilan bog‘liq. Otasi Kamal Xasanning, onasi Sarikadan avval ham turmushi bo‘lgan. Sarika va Kamal 2004-yilda munosabatlariga rasman nuqta qo‘ygan. Arjun Kapur Arjun ham otasining “yurib ketishi”dan aziyat chekkanlardan hisoblanadi. Otasi ikkinchi xotini Shridevini uyiga olib kelganida aktyor endigina 11 yoshda edi. Onasi homilador kundoshiga uyni qoldirib, ikki farzandini olib qaynana-qaynatasining uyiga ketgan. Arjun ko‘zi oldida xo‘rlangan onasiga hamisha suyanch bo‘lgan. Onasi Mona Kapur 2012-yilda saratondan vafot etgan. Katrina Kaif View this post on Instagram Katrina ham ota mehrini ko‘rmay o‘sganlardan. Ota-onasi aktrisa bolalik paytida ajrashgan. Katrina suyanchiq bo‘lgan do‘stlarining otasini ko‘rganda, ota mehrini tuyishni istashini ta’kidlaydi.
57
1,791
Madaniyat
The Financial Times o‘zbekistonlik pianino ustasi Bekzod Abduraimov haqida maqola chop etdi
O‘zbekistonlik yosh pianino ustasi Bekzod Abduraimov shu kunlarda Londondagi musiqiy tanlovda chiqish qildi, deb xabar beradi “Narodnoye slovo”. “Bekzod Abduraimov 2009-yilda pianino ustalarining xalqaro tanlovida bosh sovrinini qo‘lga kiritganidan so‘ng butun dunyoga tanildi. Iste’dodli pianinochi hatto britaniyaliklar nazariga tushgan. O‘tgan yili u minglab tomoshabinlar qarshisida markaziy Trafalgar maydonidan rossiyalik Valeriy Georgiyev bilan birga chiqish qildi”, — deyiladi xabarda. Bekzod yaqinda “Barbikan” konsert zalida Frans Shubert, Ferens List va Sergey Prokofyev ijodi namunalarini ijro etdi va muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. The Financial Times gazetasida Bekzod Abduraimov haqida maqola chop etildi. Unda shunday deyiladi: “Bekzod yoshiga nisbatan yosh ko‘rinadi. Biroq u oliy texnikaga ega. Bekzod o‘zi tug‘ilib o‘sgan O‘zbekistonda va AQShda ta’lim olgan. Bugungi konsertda u barchaga sevimli musiqalarni mahorat bilan ijro etdi”.
91
959
Madaniyat
Xonandalar Dilso‘z va Farruxning baxt to‘yi Toshkentda ham bo‘lib o‘tdi (foto)
15-aprel kuni xonanda Dilso‘z “Mango” guruhi solisti Farruxga turmushga chiqqan va ularning nikoh oqshomining birinchi qismi Navoiyda o‘tkazilgan edi, deb yozadi “Uz24.uz”. 21-aprel kuni to‘y bazmining ikkinchi qismi poytaxtdagi “Charog‘on” restoranida bo‘lib o‘tdi. “Shok.uz” yozishicha, to‘y “yulduzli” bo‘lib, unda ko‘plab san’atkorlar mehmon bo‘lishgan. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Farrux “Mango” guruhini yana tark etib, yakkaxon ijodini boshlagan.
78
464
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerli yana ona bo‘ladi
“Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram sulton roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Maryam Uzerli farzandli bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda aktrisaning o‘zi ma’lum qilgan, deb yozadi “Kinoteka”. Ta’kidlanishicha, aktrisa bir necha yildan beri amerikalik erkak bilan uchrashadi va u bilan oila qurish arafasida. U munosabatda bo‘lgan insoni kimligini aytishni istamagan, ammo chaqaloqning jinsi va homilasi nechanchi oydaligini ma’lum qilgan. “Homiladorlikning beshinchi oyidaman. Nasib qilsa, qizimiz yanvarda dunyoga keladi. Lara 7 yoshda va u anchadan beri singil yoki ukasi bo‘lishini istardi. O‘z oilamizni quramiz”, — degan Maryam Uzerli. Ma’lumot uchun, Maryamning Lara ismli 7 yashar qizi bor. Otasi biznesmen Jan Atesh undan voz kechgani sabab Uzerlining o‘zi qizini katta qiladi. Ona-bola Germaniyada yashaydi. Qizi film, reklamalarda suratga tushadi va onasi bilan birga suratga tushish maydonchasida ishtirok etadi.
66
942
Madaniyat
Instagram: Serialdagi salbiy obrazi uchun ko‘chada tarsaki tushirilgan aktrisa, Dildora Rustamovaning mashhurlik tufayli yo‘qotganlari, Zarina O‘zbekistonda aktyorlarga qiyinligi haqida gapirdi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Shahzoda Muhammedova sahifasiga yangi surat joyladi. Jumadulla va Aziz Rametovlar. Zarina Nizomiddinova O‘zbekistonda aktyor va aktrisalar yaxshi pul topa olmasligi haqida gapirar ekan, Gollivudda tug‘ilmaganidan afsusda ekanligini bildirdi. Asal Shodiyeva bobosini 80 yoshi bilan tabrikladi. Jahongir Poziljonov va Qilichbek Madaliyevning duet qo‘shig‘iga 90-yillar to‘ylari uslubida klip suratga olinmoqda. Burak O‘zchivitning yangi surati qisqa vaqt ichida juda ko‘p layk to‘pladi. Taniqli boshlovchi Dildora Rustamova mashhurlik ortidan yo‘qotganlari haqida so‘zlab berdi. Lola qizlari Shahina va Aisha bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Gulchehra Eshonqulova qizi Sumayya bilan. Yulduz Rajabova dam olish uchun Sharm ash-Shayxga uchib ketdi. Aktrisa Asolat Tursunova “Qodirxon” serialidagi salbiy obrazi uchun ko‘chada notanish erkak tarsaki tushirgani haqida so‘zlab berdi.
193
1,035