folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov ayollar qamoqxonasida katta konsert tashkillashtirdi (foto va video) | Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-sonli umumiy tartibdagi ayollar koloniyasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan bayram dasturi tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad xabar bermoqda.
Bayram dasturida Madaniyat vazirligi xodimlari, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, boshlovchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab madaniyat vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mavluda Asqarxo‘jayeva 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha ayollarni tabrikladi.
Sizga balkim hozirgi davringiz hayotingiz haqida mushohada qilib olish uchun berilgan fursatdir. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ertangi kunning ezgu amallari haqida o‘ylash uchun imkoniyatdir.
Oila biz ayollar uchun halovat maskani. Tezroq afv etilishingizni va qadrdon uyingizga qaytishingizning tilakdoshiman. Chunki sizning o‘rningiz oilangiz bag‘ridadir. Siz oila bekaligiga yarashasiz.
Mavluda Asqarxo‘jayeva, madaniyat vazirining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi
O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muhtorova, Muyassar Berdiqulova hamda aktyor Sobirjon Otajonov tomonidan sahnalashtirilgan “Qirmizi olma” spektakli tomoshabinlarning davomli qarsaklariga loyiq ko‘rildi.
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham so‘zga chiqdi va barcha ayollarni bayram bilan muborakbod etdi.
Prezidentimiz meni sizlarni tabriklash uchun yubordilar. Albatta har bir ayol u avvalo Ona. Siz hamisha e’zozga loyiqsiz. Ha, to‘g‘ri, hayot quvonch va shodliklardan iborat emas. Unda ba’zida qiyinchiliklar, g‘am-tashvishlarga duch kelamiz.
Goh yengamiz, goho yengilamiz. Ammo qorong‘ulik ortidan hamisha yorug‘lik keladi. Bahor yana qaytadi. Sizlarni chin qalbdan bayramingiz bilan qutlayman.
Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri
Xonanda Feruza Jumaniyozovaning raqsbop qo‘shiqlari bilan dastur yakunlandi. | 87 | 1,993 |
Madaniyat | “Burj Xalifa”dagi Tom Kruz va chiroqlar ilingan ustunga sakragan Jeki Chan: Kino olamidagi qoyilmaqom 10 tryuk | Aprel oyining oxirida Campus Univers Cascadees kaskadyorlar maktabi talabalari #CUCchallenge nomli chellenjni boshlab berdi. Ularning har biri qanaqa jangovar ko‘nikmalarga ega ekanligi borasida video olib, barcha roliklarni bitta klipga birlashtirgan. Shu orqali ishtirokchilar koronavirusga qarshi kurashishga qaror qilgandi.
“Kinopoisk” chellenjni qo‘llab-quvvatlagan holda kino olamidagi eng qoyilmaqom tryuklarning 10 tasini jamladi.
“Uddalab bo‘lmas topshiriq: ‘Fantom’ protokoli”
Filmda Itan Xant dunyodagi eng baland bino — “Burj Xalifa”dagi serverga kirishi tasvirlangan sahna mavjud. Biroq u o‘ziga kerakli joyga koridorlar orqali emas, osmono‘par binoning tashqi tomonidan kirishi kerak bo‘ladi. Suratga olishda dublyorga hojat bo‘lmagan: Tom Kruz bino juda baland bo‘lishiga qaramay, xavfli vazifani o‘zi bajargan.
Daradevil (“Sorvigolova”)
Film kaskadyorlarining bir necha vazifasi bo‘lgan: ular nafaqat qahramonning jang qilish qobiliyatini, balki ko‘zi ojizligi sabab quloqlari bilan “ko‘radigan” insonning mahoratini namoyish etishga harakat qilgan. Shuningdek, mashqlar koordinatori Filip J.Silver superqahramon bitmas-tuganmas kuchga ega emasligini, u ham zarbalar oqibatida charchab qolishini ko‘rsatib berishga uringan.
“Reyd 2”
Garet Evansning dilogiyasining o‘ziga xosligi — unda jang san’ati ustalari ishtirok etadi. Ular orasida indoneziyalik Iko Uays va Yayan Ruxyan ham bor. Filmlardagi barcha harakatlarni ular mustaqil amalga oshirgan. Uays va Ruxyan muntazam xoreografiya bilan shug‘ullangani sabab, “Reyd 2” filmining final qismida jang sahnasi real hayotdagidek taassurot uyg‘otadi.
“Portlovchi sariq soch”
Mazkur filmdagi jang sahnalarini ijro etish uchun Sharliz Teron olti hafta davomida mashg‘ulotlarda qatnashgan. Aktrisa birgina dublni suratga olish uchun hamkasblariga 20 ga yaqin “zarba” bergan. Sahnadagi har bir harakat oldindan o‘ylangani sabab, bu juda murakkab va aktyor ulardan bittasini unutsa ham, dubl yo‘qqa chiqadi.
“Politsiya tarixi”
Jeki Chan filmlaridagi jang sahnalarini o‘zi ijro etishi bilan butun dunyoga tanilgan va o‘z karyerasi davomida ko‘plab jarohatlar olishga ulgurgan — tos suyagidan tortib, barmoqlari-yu qovurg‘alarigacha singan. “Politsiya tarixi” filmining oxirida chiroqlar ilingan ustunga sakrab, bir necha qavat pastga tushish sahnasi mavjud. Ushbu dubl oqibatida Jekining yelkasiga jarohat yetgan va ikkinchi darajali kuyish olgan.
“Jon Uik 3”
Jon Uik o‘z sarguzashtlarining uchinchi qismida otga minib dushmanlaridan qochadi. Suratga olish jarayonida Kianu Rivzning bir necha dublyori bo‘lishiga qaramay, aktyor ushbu sahnani o‘zi bajargan — uning xavfsizligi troslar yordamida ta’minlangan.
“Ben-Hur”
“Ben-Hur” filmidagi mashhur poyga sahnasini suratga olishga ommaviy sahnani hosil qilish uchun 1,5 ming qo‘shimcha odam jalb etilgan. Charlton Xeston birgina sahnadan boshqa qolgan hammasida otlarni o‘zi boshqargan. Uning qahramoni boshqa bir aravaga urilganida, aktyorning yiqilib tushishiga bir bahya qolganini ko‘rish mumkin. 45-soniyadan boshlanadigan ushbu epizodda Xeston o‘rniga kaskadyor Jon Kanatt suratga tushgan.
“13-rayon”
“13-rayon” filmidagi bosh qahramonlar turli murakkab harakatlardan bexabar emas. Siril Raffaelli — “Tashuvchi” va “Taksi” sikvellarida ishlagan taniqli kaskadyor. Devid Bell esa — xalqaro parkur-harakat asoschisi va yetakchisi. Shu sababli filmdagi ekshen-sahnalar himoya troslari va kompyuter grafikasisiz olingan.
“O‘lim isboti”
Zoi Bell — tajribali kaskadyor. U Keyt Blanshettni “Tor”ning uchinchi qismida, Uma Turmanni “Billni o‘ldirish” filmida almashtirgan. “O‘lim isboti”da esa Bell mashina kapotiga chiqib olgan qahramonlardan birining rolini ijro etadi. Aktrisa avtomobil soatiga 140 kilometr soat tezlikda harakatlanganiga qaramay, ushbu sahnada o‘zi suratga tushgan.
“Paroxoddagi Bill”
Ovozsiz kino davrida ham murakkab mashqlardan foydalanilgan. Baster Kiton xavfli sahnalarni o‘zi mustaqil ijro etishi bilan ko‘pchilikning mehrini qozongan. Masalan, “Paroxoddagi Bill” filmida uning qahramoni ustiga uyning devori qulaydi, biroq u omad tufali omon qoladi. Kiton keyinchalik ham aktyorlik sohasi va kaskadyorlikka sodiq qolgan. | 110 | 4,160 |
Madaniyat | Gollivudning yosh yulduzlari: kecha va bugun | Gollivudning ba’zi yulduzlari bolaligidanoq kinolarda rol ijro etib, mashhurlikka erishishga ulgurgan. Ularning ba’zilari o‘smirlik davrida, ba’zilari esa chaqaloq paytida ham epizodik rollarda suratga tushgan. Masalan, barchamiz hanuz sevib tomosha qiladigan “Uyda yolg‘iz” kartinasida bosh rolni ijro etgan Makoley Kalkin 1991-yilda “Yil bolasi” degan nomni olib, ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritadi. Aktyor u vaqtda 11 yoshda edi. Makoley Kalkinga “Uyda yolg‘iz” (filmdan olgan gonorari 100 ming dollarni tashkil etgan), “Uyda yolg‘iz-2” (4,5 million dollar), “Boyvachcha Richchi” (8 million dollar) filmlaridagi rollari mislsiz shuhrat keltirdi.
Bugungi maqolada siz sevimli yulduzlaringizning bolalik chog‘idagi hamda hozirgi tashqi ko‘rinishini solishtirish imkoniga ega bo‘lasiz. Mashhur aktyorlarning bugunga kelib qay darajada o‘zgargani barchaga qiziqarli bo‘lishi shubhasiz.
Skarlett Yoxanson: 1996-yil va hozir. Filmlari: “Uyda yolg‘iz-3”, “Marvarid zirakli qiz”, “Tarjima mashaqqatlari”, “Opa-singil Boleynlar”
Makoley Kalkin: 1991-yil va hozir. Filmlari: “Boyvachcha Richi”, “Uyda yolg‘iz”
Elayja Vud: 1992-yil va hozir. Filmlari: “Guvoh”, “Uzuklar hukmdori”, “Xobbit”
Emma Uotson: 2000-yil va hozir. Filmlari: “Garri Potter”, “Despero sarguzashtlari”
Amanda Bayns: 1997-yil va hozir. Filmlari: “Qiz bolaning orzusi”, “G‘irt yolg‘onchi”
Kristen Styuart: 2002-yil va hozir. Filmlari: “Zatura”, “Qo‘rqinchlar xonasi”, “Zulmat ostidagi muhabbat”, “Oppog‘oy va ovchi”
Teylor Lotner: 2005-yil va hozir. Filmlari: “Dak Rojjers”, “Valentin kuni”, “Zulmat ostidagi muhabbat”
Deril Sabara: 2001-yil va hozir. Filmlari: “Josus bolalar”, “Jon Karter”
Dryu Berrimor: 1982-yil va hozir. Filmlari: “O‘zga sayyoralik”, “Charli farishtalari”
Misha Barton. 1997-yil va hozir. Filmlari: “Notting Hill”, “Oltinchi tuyg‘u”
Deniyel Redkliff: 2000-yil va hozir. Filmlari: “Dekabr bolalari”, “Garri Potter”
Kirsten Danst: 1993-yil va hozir. Filmlari: “Jumanji”, “O‘rgimchak odam”, “Mona Liza tabassumi”
Xilari Daff: 2001-yil va hozir. Filmlari: “Zolushka qissasi”, “Lizzi Maguayer”, “Superyulduz”
Lindsey Loxan: 1998-yil va hozir. Filmlari: “Ota-onaga tuzoq” (egizaklar roli), “Omad bo‘sasi”
Judi Foster: 1973-yil va hozir. Filmlari: “Anna va qirol”, “Meverik”
Xo‘sh, sizningcha, aktyorlar qay darajada o‘zgargan? Yuqorida ko‘rgan suratlaringiz orasida qaysi yulduzni tanib olish qiyin bo‘ldi? Fikr va mulohazalarni kutib qolamiz. | 44 | 2,452 |
Madaniyat | Instagram: Madina Nig‘matullayeva qiziga qanday ism qo‘ydi? Izzat Shukurov uylanmoqda, Dubayda uchrashgan Yulduzlar | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Ziyoda shaxsiy brendi — Ziyo collection uchun fotosessiya tashkillashtirdi.
Nargiza Salmonova yangi loyihada suratga tushmoqda.
Muqaddas Xoliqova dam olish kunlarini qizi va kuyovi bilan So‘qoqda o‘tkazdi.
Hosila Rahimova Ramazon oyining qolgan kunlarini Turkiyada o‘tkazishga qaror qildi.
Nashidalar aytib, tinglovchilar qalbidan munosib joy egallagan Izzat Shukurov uylanayotganini ma’lum qildi.
Yulduz Usmonova va Yulduz Turdiyeva Dubay shahrida ko‘rishib qoldi.
Shahzoda o‘g‘li Xalid bilan birgalikda Istanbulda dam olmoqda.
Shahzoda Muhammedova tug‘ilgan kunini katta oilasi davrasida nishonlagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Yulduz Abdullayeva ilk marta tug‘ilgan kunini onasiz nishonlayotganini ma’lum qildi.
Parizoda Dubaydan qaytishi bilan Qozog‘istonning Olmaota shahriga jo‘nab ketdi.
Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘li Karanning tug‘ilgan kunini nishonladi.
Munisa Rizayeva allergiyadan aziyat chekayotganini aytib, muxlislaridan o‘zlarini ehtiyot qilishni so‘radi.
Aktrisa va teleboshlovchi Madina Nig‘matullayeva qiziga Bibiniso deb ism qo‘ydi. | 115 | 1,244 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova yurib ketayotgan mashina yonida raqsga tushdi (video) | Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yurib ketayotgan mashina yonida kanadalik reper Dreykning qo‘shig‘iga raqsga tushayotgani aks ettirilgan video tarqaldi, deb xabar beradi “Repost”.
Nashrning qayd etishicha, Yulduz Usmonova ommabop Kiki Challange o‘yinida ishtirok etgan.
Kiki Challange — internet-ko‘ngilxushlikning yangi turi bo‘lib, uning ishtirokchilari harakatlanayotgan mashinadan sakrab tushib, uning yonida raqsga tushadi. Ko‘ngilxushlikning bu turi bir necha kun ichida butun dunyoda ommalashib ketdi. Internet foydalanuvchilari o‘zlari erishgan natijalar videosini ijtimoiy tarmoqqa joylashlari shart. | 69 | 644 |
Madaniyat | Britni Spirs turmushga chiqishdan bosh tortdi | Amerikalik pop-yulduz Britni Spirs o‘zining sobiq agenti hisoblanadigan Jeyson Trevikka turmushga chiqmaydigan bo‘ldi. Ular bir yilcha oldin unashtirilgan edi. Bu haqda Sky News telekanali xabar tarqatdi.
Ajralishga nima sabab bo‘lgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Eslatib o‘tamiz, Britni bungacha ikki marta oila qurib, ajrashgan. Ikkinchi turmush o‘rtog‘i Kevin Federlayndan ikkita o‘g‘li bor. Aynan Kevindan ajralganidan keyin Spirs xonim chuqur ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi.
Balki unda navbatdagi psixik-inqiroz boshlangandir? | 45 | 538 |
Madaniyat | “Semirmaganim aybim emasku”. Jahongir Otajonov uni “narkoman” deya izoh yozadiganlarga javob berdi (video) | Xonanda Jahongir Otajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Jahongir Otajonov uni “narkoman” deya izoh qoldiradigan muxlislari haqida gapirdi.
Meni ‘narkoman’ deyishadi. Foto yoki video postlarimning izohlarida ham bu haqida ko‘p yozishadi. Meni chekayotganimni ko‘rishganmi?
Oldin men bilan gaplashib ko‘rishsin, keyin xulosa qilishsin. Shunday deb o‘ylayotgan, yozayotganlarga ‘qiyomatda o‘zingizga yuk olmang’, deya javob yozaman. Allohning bergan iste’dodini qanaqadir nasha chekkan bilan borabar qilish noto‘g‘ri. Yillar mobaynida semirmaganim mening aybim emas, bu mening nasibam.
Jahongir Otajonov, xonanda | 106 | 708 |
Madaniyat | “Tutash taqdirlar” bosh qahramoni Azizbek bugun qaerda? Uni san`atdan ketishga majbur qilgan sabablar va bugungi hayoti haqida batafsil... | 2009 yil tomoshabinlar mehrini qozongan “Tutash taqdirlar” seriali yodingizdami? Ushbu serialda Azizbek rolini gavdalantirgan aktyor Ja`far Mo`minov ham “Tutash taqdirlar” orqali muxlislar nazariga tushgan. Ammo uning so`nggi yillarda filmlarda ko`rinmayotgani san`at ixlosmandlarida turli gumonlarni uyg`otayotgani shubhasiz. “Qoshi qalin aktyor san`atni tark etibdi”, “U boshqa kasb etagini tutibdi” singari gap-so`zlarga oydinlik kiritishga qaror qildik. Salkam o`n yildan buyon AQShda yashab kelayotgan Ja`far Mo`minov bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bog`lanib, suhbatlashdik.
— Ja`far aka, okean ortida yashashingizdan ko`plab tomoshabinlar bexabar ekan. Xo`sh, nima uchun aynan Amerikaga yo`l oldingiz?
— 2010 yilda “grin karta” lotereyasiga hujjat topshirdim. Omadim chopib, lotereyani yutgach, 2011 yilning yanvarida AQShga oilaviy ko`chib keldik. Ayni o`sha yillarda teatrda turli nohaqliklarni boshimdan kechirayotganim tufayli “grin karta”ni yutganimdan juda quvonganman. Shu bahona teatrdan o`z xohishim bilan ketdim, hech kim ishdan bo`shashimni talab qilmagan.
— Musofir yurtda nimalar bilan shug`ullanyapsiz? Tirikchilik qanday o`tyapti?
— To`qqiz yil davomida Nyu-York shtatida yashadim. Bu davlatga kelgan ilk paytimda qisqa vaqt “Tomosha” nomli o`zbek teatrida faoliyat yuritganman. Keyin “Sharq ovozi” radiosida ishladim. Orada “Bonu&Jafar” Entertainment LLC kompaniyasiga asos solib, o`zbekistonlik san`atkorlarni taklif qilgan holda yilda bir-ikki marta konsertlar uyushtirdim. Qisqasi, ijoddan uzoqlashmay, san`at sohasidan daromad topdim.
Bir yildan buyon Minnesota shtatida istiqomat qilyapmiz. Shunday imkoniyat tug`ilib qoldiki, oilaviy restoran sotib olishga muvaffaq bo`ldik. Ayni paytda o`sha restoran faoliyatini yurgiyapmiz.
— O`tgan yillar davomida AQShga moslashish uchun qanday qiyinchiliklarni engib o`tishingizga to`g`ri keldi?
— Bilasizmi, maktabni bitirgach, Toshkentga borganimda ham poytaxtga moslashishim qiyin kechgan. Chunki u paytda juda yosh edim va oila a`zolarimdan uzoqda yashaganman. Amerikaga kelganimda ham meni faqat Vatan va jigarlar sog`inchi qiynagan. Bu erda puldan sira qiynalmaganman. Negaki, o`zimning opam va jiyanlarim kaminani kutib olishgan, yo`l-yo`riqlar ko`rsatishgan. Boshida ular bilan birga yashaganim bois boshpana, moddiy tomonlama muammolarga duch kelmaganman. Faqat qattiq sog`inchdan qiynalganman.
— Amerikada yashayotgan qaysi hamkasblaringiz bilan yaqin munosabatdasiz?
— Rostdan ham Amerikada o`zbek san`atining mashhur vakillarining safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Safiya Saftarova, Bahrom Matchonov, Sohib Abbosxon, Abduvohid G`aniev, Ahmad Berdimurodov, Siddiq Sanaev... ular juda ham ko`pchilikni tashkil etadi. Barchasi bilan turli tadbirlarda ko`rishib qolsak, salom-alik qilib, gaplashamiz, xolos. Mening yaqin do`stlarim bu — oilam va jigarlarim.
— Aktrisa Zuhra Solieva intervyularining birida siz sabab AQShga borgani, vatandoshlarning to`ylarida xizmatda bo`lganligini aytgan edi...
— Ikkalamiz ham samarqandlikmiz, institutda bir kursda o`qiganmiz. Talabalik davrimizdan munosabatlarimiz yaxshi. Hozir ham munosabatlarimiz yomon emas. Ularni bir necha marotaba to`y-hasham va konsertlarga taklif qilganman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali juda ko`p gaplashamiz, bir-birimizni qo`llab-quvvatlaymiz. Zuhra Solieva do`stim emas, san`atdan topgan opam. Uni oilaviy hurmat qilamiz.
— Samarqand farzandi ekanligingizni bilsak-da, ammo qanday oilada tug`ilib, ulg`ayganligingiz to`g`risida biror ma`lumotga ega emasmiz.
— Haqiqatan bolaligim Samarqand shahrida o`tgan. Oilada olti farzandning kenjasiman, besh nafar opam bor. Onam oliy o`quv yurtida ishlab, nafaqaga chiqqan. Hozir biz bilan Amerikada yashaydi. Dadam esa etti yil avval vafot etgan. Yaqinlarim orasidan san`atkor chiqmagan, san`at shinavandalari ham deyarli yo`q.
— Sizda san`atga nisbatan ishtiyoq kim yoki nima sabab paydo bo`lgan?
— Bolaligimda televizor orqali ustoz san`atkorlarning qo`shiqlarini tinglab, filmlardagi ijrolarini ko`rishni kanda qilmasdim. Boshlang`ich sinfda o`qib yurgan kezlarim besh yil musiqa va san`at maktabiga qatnab, klarnet musiqa asbobini chalish sirlarini o`rganganman. Keyinroq Samarqand viloyat televideniesida har juma efirga uzatiladigan “Shirintoy” nomli bolalar ko`rsatuviga boshlovchilik qilganman. Shu tariqa san`atga qiziqishim ortib borgan.
Maktabni bitirish arafasida ona tili va adabiyoti fani o`qituvchimiz volidamga “Bu bola juda iste`dodli. Uni Toshkentdagi san`at oliygohida o`qitmasangiz bo`lmaydi”, deya taklif bildirgan. Shundan so`ng, ota-onamning roziligini olib, 1997 yil sobiq Mannon Uyg`ur nomidagi Toshkent davlat san`at va madaniyat institutiga hujjat topshirganman va birinchi yiliyoq talabalik baxtiga erishganman. Munavvara Abdullaeva, Arsen Ismoilov kabi ustozlar qo`lida tahsil olganman. Uchinchi bosqichning oxirlaridan teatrdagi faoliyatim boshlangan.
— Sizni kino muxlislari “Tutash taqdirlar” serialidagi rolingiz orqali yaxshi taniydi. Mazkur serialga qay tariqa kelib qolganligingiz ko`pchilik uchun qiziq.
— O`nlab muvaffaqiyatli film va seriallar rejissyori Zamira opa Begimqulova bilan “Gulxan atrofidagilar” serialida ham hamkorlik qilganmiz. “Tutash taqdirlar”ga Zamira opaning o`zi taklif etgan. Meni bu serialda rol o`ynashimga “O`zbektelefilm”ning o`sha paytdagi rahbari jiddiy qarshilik ko`rsatgan. Ochig`ini aytsam, buning sababini hozirgacha bilmayman. Vaholanki, u inson bilan yaqin tanish ham emasdim. Ammo shunga qaramasdan rejissyor menga rolni ishonib topshirgan. Kamina ham rolimni jamoa ko`nglidagidek o`ynashga qattiq uringanman.
“Tutash taqdirlar” 2007-2008 yillarda etti oy davomida suratga olingan. Rolim uchun qancha miqdorda gonorar olganimni sira eslolmayman (kuladi). Gonorar unchalik katta bo`lmagan. Agar ko`p haq berilganida, o`shandayoq biror buyum xarid qilardim va qanchaligi yodimda qolardi.
— Serialdagi hamkasblaringiz bilan hozir ham aloqangiz bormi?
— O`zbekistonga har ikki yoki bir yilda boraman. Joriy yilning fevral oyida oz muddatga borgandim, ammo karantin tufayli to`rt oy qolib ketdim. O`sha vaqtda Toshkentdagi xususiy telekanallarning biridagi ijodkorlar “Omon-omon” ko`rsatuviga taklif qilishdi. Ko`ngilochar loyiha bahona Zamira opa Begimqulova hamda serialdagi partnyorim Nilufar Hamidovani uchratdim, ikki soat miriqib suhbatlashdik, s`yomka jarayonidagi paytlarni xotirladik.
Zamira opa bilan sakkiz yildan buyon ko`rishmasak-da, facebook ijtimoiy tarmog`i orqali gaplashib turamiz. Ammo Nilufarni ko`rmaganimga roppa-rosa o`n ikki yil bo`lgandi. Serialdagi qolgan hamkasblarimni anchadan buyon ko`rganim yo`q.
— “Gulxan atrofidagilar” serialidagi rolingiz ham juda ta`sirli chiqqan. Eshitishimcha, Murodjon roliga sizni rahmatli aktyor Alisher Hamroev taklif qilgan ekan.
— Xuddi shunday. Alisher akam men o`n yil faoliyat yuritgan Abror Hidoyatov nomidagi O`zbek davlat drama teatriga kelganida, ijrom ularga manzur bo`lgan ekan. O`shanda Zamira opa Begimqulova Murodjon roliga munosib aktyor qidirayotgani sababli Alisher Hamroev meni tavsiya qilgan. Kastingdan o`tgach, rolga tasdiqlanganman. Serial menga qaysidir ma`noda omad keltirdi. Undagi ijrom haqida haligacha gapiradigan, iliq fikrlar aytadigan muxlislar borligidan xursand bo`laman.
Afsuski Alisher aka bu dunyoni juda erta tark etdi. “Gulxan atrofidagilar”da partnyorim bo`lgan aktrisa va kursdoshim Gavhar Sharipova ham o`tgan yili bevaqt ko`z yumdi. Ikkisining ham oxirati obod bo`lsin ilohim!
— Bugungi o`zbek kinolari va hamkasblaringiz faoliyatini kuzatib borasizmi? Fikrlaringiz qanday?
— To`g`risini aytsam, nafaqat o`zbek filmlari, balki umuman kino ko`rishga vaqtim juda kam. Ba`zan internet va ijtimoiy tarmoqlarda yangi aktyor va aktrisalar, ularning rollariga ko`zim tushib qoladi. Kimningdir ijrosini tanqid qilish yoki e`tirof etishni istamayman. Ular o`ziga ep ko`rgan rolni o`ynayverishsin. Barchasiga omad tilayman.
— Shaxsiy hayotingiz to`g`risida ham gapirib bersangiz.
— Negadir oilam haqida ochiq va batafsil gapirishni yoqtirmayman. Shuni aytishim mumkinki, to`rt nafar farzandim bor: ikki o`g`il, ikki qiz. To`ng`ich farzandim Samira yaqinda 12 yoshga to`ladi, u O`zbekistonda tug`ilgan. Qolgan uch nafar zurriyodim Amerikada dunyoga kelgan. Ikki nafar farzandim shu erdagi maktabda o`qiydi, kenjatoylar esa hali maktab yoshiga etgani yo`q.
— Samimiy suhbat uchun minnatdorchilik bildiramiz. Oilaviy baxt va ijodiy zafarlar tilaymiz!
TOShKENT-AQSh-TOShKENT
Mirolim ISAJONOV suhbatlashdi | 139 | 8,459 |
Madaniyat | Toshkentda fransuz kinosi haftaligi bo‘lib o‘tmoqda | Toshkentdagi Fransiya instituti (avvalgi Viktor Gyugo nomidagi fransuz madaniyati markazi)da fransuz kinosi haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today xabar berdi.
Anons.uz'ning xabar berishicha, ushbu tadbir MyFrench Film Festival onlayn festivali doirasida o‘tkazilmoqda. Tanlovda 10ta to‘la va 10ta qisqa metrajli filmlar ishtirok etyapti. Festival so‘ngida taqdimot marosimi o‘tkazilib, unda joriy yilda rejissor Jan-Pier Jyone boshchilik qilayotgan hakamlar tomonidan 7 ta sovrin o‘z egalariga taqdim etiladi.
Festival tanlovida qatnashayotgan filmlardan rejissor Sandrin Bonnerning “Men usiz o‘ta g‘azablanaman”, Mark Fitussining “Polina tergov qilmoqda”, Fransua Pironing “G‘ildirakdagi uy” to‘liq metrajli filmlarini hamda 4ta qisqa metrajli kinolarni Fransiya instituti (Toshkent, Zulfiyaxonim-Labzak ko‘chasi, 112-uy)da tomosha qilish mumkin.
Barcha filmlar orginal tilda rus subtitrlar bilan namoyish etiladi. Seanslar aniq vaqti Fransiya instituti saytida berilgan. Kirish bepul.
Tomoshabinlar yoqtirgan filmlarini belgilab, ularga festival saytida izoh qoldirishlari va ovoz berishlari mumkin. | 51 | 1,121 |
Madaniyat | RAQS SAN`ATINI RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSI IShLAB ChIQILDI! | Raqs san`ati insonning mehnat jarayoni va borliqdan olgan hissiy taassurotlari bilan bog`liq holda yuzaga kelgan. Bu san`at dastlab qo`shiq va so`z bilan bog`liq bo`lib, keyinchalik mustaqil san`at turiga aylangan. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega bo`la borgan. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniqlik bergan.
Har bir xalqning raqs an`analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo`lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar ta`sirida tarkib topib rivojlangan. O`zbek raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanganlar. Ayrim raqslar ro`mol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etilgan, ba`zan ijrochi xalq cholg`u asboblari (qayroq, doira, nog`ora va h.k.) da o`ziga o`zi jo`r bo`lgan.
Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu erda raqs juda qadimiyligidan guvohlik beradi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» davridayoq raqs san`ati shakllanib, xalq va professional raqs – ikki yo`nalishda rivojlanishga kirishgani haqida tarxiy ma`lumotlar bor. Shuningdek, turli taraqqiyot bosqichlarida yurtimizda raqs va o`yinlar bir-biriga ta`sir ko`rsatishi natijasida «Beshqarsak», «Katta o`yin», «Lazgi», «Kema o`yin», «Ashshadaroz» kabi qadimiy o`yinlar vujudga kelgan.
XX asrga kelib raqs san`ati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Farg`ona raqsi yo`nalishida shakllanib, zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida rivojlandi. Mazkur yo`nalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib o`tib, o`z shakli shamoyili, mazmuniga ega bo`ldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg`unboeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Mo`minov, Ma`mura Ergasheva, Yulduz Ismatova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova va Dilafro`z Jabborova, Qizlarxon Do`stmuhamedova, Malika Ahmedova kabi raqs ustalarining xizmati katta bo`lgan.
va xoreografiya san`ati faoliyatini rivojlantirish va tashkil etish bo`limi
faoliyati yo`lga qo`yildi. Uning maqsad va vazifalari, kelajakda amalga
oshiriladigan ishlari belgilab olindi.
rivojalantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgan bo`lsada, bugungi raqs
san`atini qoniqarli deb bo`lmaydi. Buni keyingi paytlarda OAVda milliy
raqs san`atiga doir chop etilayotgan tanqidiy maqolalar va
teleko`rsatuvlardagi mulohazalarda, bugungi kunda raqs san`atining nufuzi
tushib borayotganligi, sohada echimini kutayotgan bir qator kamchilik va
muammolar ko`zga tashlanayotganligi, shuningdek, hududlarga xos raqs
uslublari o`zaro qorishib, raqs san`atining milliy xususiyatlari yo`qolib
borayotganligi keskin tanqid qilinayotganligidan bilish qiyin emas.
Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriligi “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan “Milliy raqs san`atining rivojlanish tarixi, dolzarb muammolari va zamonaviy konsepsiyalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
ko`zlangan asosiy maqsad ham Prezidentimizning 2017 yil 31 maydagi
“Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-30-22-sonli qarori ijrosini ta`minlash
hamda o`zbek milliy raqs va xoreografiya san`atining taniqli namoyondalari
ishtirokida raqs san`atini yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar
ishlab chiqish, eng ilg`or tajribalarni ommalashtirish, ilmiy yangilik va
xulosalarni sohaga izchil joriy etib borishdan iborat.
raqs san`atining rivojlanish tarixi, dolzarb muammolari va zamonaviy
konsepsiyalari” bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, professor
B.Sayfullaev, “Musiqa va raqs san`atining qadimiy ildizlari” mavzusida
O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti direktori, tarix
fanlari doktori A.Berdimuratov, “Raqs jamoalari va ular faoliyatiga doir
mulohazalar” “O`zbekiston” ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari,
O`zbekiston xalq artisti Q.Mo`minov, “Shashmaqom va milliy raqs san`ati”
bo`yicha San`atshunoslik fanlari doktori,O`zbekiston Davlat Konservatoriyasi
professori O.Ibrohimov “Ommaviy madaniyat va raqs san`ati” mavzusida
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi G.Umarova, “Raqs san`atini
ilmiy o`rganish jarayonlari” Oliy raqs maktabining dosenti, San`atshunoslik
fanlari nomzodi T.Yo`ldoshev “Milliy raqs san`atini rivojlantirishning
zamonaviy konsepsiyalari” “O`zbekkonsert” davlat muassasasi bo`lim boshlig`i,
san`atshunos A.Rahimovlarning ma`ruzalari tinglandi va mavzular atroflicha muhokama etildi.
Mazkur yig`ilish haqidagi soha mutaxassislarining batafsil fikrlari va ma`lumotlarni "Darakchi" gazetasining 5 oktyabrda sotuvga chiqadigan sonida o`qishingiz mumkin.
Sadoqat ALLABERGANOVA | 59 | 4,878 |
Madaniyat | Gollivud mashhurlarining makiyajsiz dahshatli suratlari | Biz shou-biznes yulduzlarini qizil gilamlardan bor bo‘y-basti bilan yasanib o‘tayotganini tomosha qilishga o‘rganib qolganmiz.
Lekin oddiy hayotda ular qanday ko‘rinadi? Stilist va vizajistlar yordamisiz qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
“Segodnya.ua” nashri yulduzlar suratga tushishni istamagan vaziyatlarda olingan fotolar jamlanmasini tayyorladi.
Uma Turman, amerikalik aktrisa
Sheron Stoun, amerikalik aktrisa, prodyuser va sobiq model
Jennifer Lourens, amerikalik aktrisa
Hillari Daff, amerikalik aktrisa, xonanda, ishbilarmon, model va prodyuser
Beyonse, amerikalik xonanda, musiqiy prodyuser, aktrisa, raqqosa va model
Mila Kunis, amerikalik aktrisa, model
Ledi Gaga, amerikalik xonanda, prodyuser, dizayner va aktrisa
Enn Xeteuey, amerikalik aktrisa va xonanda
Mila Yovovich, amerikalik aktrisa, musiqachi, model va modelyer
Keti Perri, amerikalik xonanda, bastakor, aktrisa, shuningdek, BMT yaxshi niyat elchisi
Barbi. Shunchaki “vau”! | 55 | 948 |
Madaniyat | Gennadiy Xazanov Putinga imperator toji nusxasini topshirdi | Moskva davlat estrada teatri badiiy rahbari, taniqli san’atkor Gennadiy Xazanov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga imperator toji nusxasini topshirdi. Ma’lum bo‘lishicha, sovg‘a davlat rahbarining 7-oktabrda nishonlangan tug‘ilgan kuniga atalgan ekan, deya xabar beradi “RBK”.
Putin va Xazanovning uchrashuvi Kremlda artistning 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan bo‘lib o‘tdi. Unga I darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordenini topshirar ekan, Putin “ordenning nomlanishi siz yillar davomida qilgan mehnatni aks ettiradi”, deya ta’kidladi va san’atkorga 1910-yilda chop etilgan pazandalik kitobi nusxasini hadya qildi. O‘z vaqtida Xazanovning tanilishiga oshpazlik o‘quv yurti talabasining monologi sabab bo‘lgandi.
“Agar oddiyroq sovg‘a olib kelganingizda o‘zimga qoldirgan bo‘lardim, buni esa Kremlga topshirishga to‘g‘ri keladi”, deya hazil qilgan davlat rahbari uni Xazanovning boshiga kiygizib, “yubileyni nishonlayotgan men emas, shuning uchun bu toj sizga yarashadi”, deb qo‘shib qo‘ydi. | 59 | 1,005 |
Madaniyat | OZODBEK NAZARBEKOV YoSh XONANDALARNING MUOMALA MADANIYaTINI TANQID QILDI | Bugun, 27 oktyabr kuni “O`zbekkonsert” davlat muassasasida yurtboshimizning 2017 yil 3 avgustdagi mamlakatimiz ziyolilari bilan o`tkazgan videoselektor yig`ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida san`atkorlarning odobi, kiyinish, muomala madaniyatlari mavzularida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Unda Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov, O`zbekiston Xalq artistlari G`ulomjon Yoqubov, Munojot Yo`lchieva, Nasiba Abdullaeva, Mahmud Namozov, Gulsanam Mamazoitova, estrada xonandalari Munisa Rizaeva, Jasur Umirov, Shahlo Ahmedova, Kaniza, Erkin Xudoyqulov, Dilafruz Hayitmetova, Shahriyor, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida san`atkorning sahnaga avvalo faqat tashqi ko`rinish uchun emas, balki ijro etayotgan asariga, tomoshabinlar auditoriyasiga, mentallitetga xos bo`lgan libosda chiqishi maqsadga muvofiq ekanligi ustoz san`atkorlar tomonidan e`tirof etildi. Qolaversa, muomala madaniyati san`atkorning yuzi ekanligi, uning qiyofasini ochuvchi katta kuch ekanligi yana bir bor eslatildi. Chunki san`atkorlarga nisbatan xalqda salbiy munosabat uyg`otuvchi jihatlar aynan yuqoridagi omillarga bog`liqligi sir emas, kimningdir nojo`ya hatti-harakati butun san`at ahliga malomat keltiradi.
Shuningdek, san`atkorlar orasida samimiy do`stlik muhitini shakllantirishda do`stlik klublari, uchrashuvlar tashkil etishning ahamiyati katta ekanligi ta`kidlandi. | 72 | 1,431 |
Madaniyat | O`zbekistonlik taniqli aktyor Rossiyada «Yil odami» sifatida e`tirof etildi | "Sevishganlar", "Ikki soldat haqida qissa", "Jangga faqat qariyalar boradi", "Bomba", "Yaratganga shukur", "So`qirlar" singari film hamda seriallardagi ijrolari orqali tanilgan O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Rustam Sagdullaev Rossiya Federasiyasida "Yil odami" deya e`tirof etildi.
Nafaqat O`zbekiston, balki o`nlab mamlakatlarda ham o`z muxlislariga ega aktyor va rejissyorga mukofot Gitlerchilar Germaniyasi ustidan qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlab Moskva shahrida o`tkazilgan «Yil odami—2020» taqdimot marosimida topshirildi.
«Qariyb 30 yildirki, rossiyalik rejissyorlar bilan hamkorlikda ishlab kelaman. Bundan tashqari, 1996 yildan buyon Rossiyada o`tkaziladigan nufuzli kino festivallarda hakamlar hay`ati a`zosi sifatida qatnashaman. Muxlislarim orasida rossiyaliklar ham ko`pchilikni tashkil etadi. Ular ko`proq «Jangga faqat qariyalar boradi» filmidagi Romeo obrazim orqali tanishadi.
Shu paytga qadar Rossiya hukumati tomonidan bir qancha mukofotlarga loyiq ko`rilgandim. «Yil odami» sifatida e`tirof etishgani esa kutilmagan va unutilmas yangilik bo`ldi.
O`zbek aktyori ekanligimdan doimo faxrlanaman. Bu sovrinni men orqali O`zbekistonga berishgani uchun cheksiz minnatdorman. Mazkur mukofot birgina meniki emas, butun xalqimiz, san`at shinavandalari va hamkasblarimniki hamdir», — dedi Rustam Sagdullaev. | 75 | 1,353 |
Madaniyat | Uyida zerikish nimaligini bilmaydigan ko‘p bolali mashhur otalar (foto) | 19-iyun ko‘plab mamlakatlarda “Otalar kuni” sifatida nishonlanadi. Grazia nashri boshqalarga qaraganda farzandlari ko‘p bo‘lgan mashhur otalar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdi.
Jud Lou
Gollivud aktyori Judning olti nafar farzandi bor. Dizayner Sedi Frost bilan olti yillik turmushi davomida uchta farzand ko‘rgan. 2009-yilda esa model Samanta Berk Jud bilan qiz farzand ko‘rdi va olti yildan so‘ng u qo‘shiqchi Ketrin Xardingdan yana bir qiz farzand ko‘rdi. 2019-yilda aktyor ikkinchi marta turmush qurdi. Lou va Filippa Koen 2020-yil sentabrida farzand ko‘rdi, ammo ular hanuzgacha bolaning jinsini yashirib kelmoqda.
Alek Bolduin
Ishonish qiyin, ammo aktyorning yetti nafar farzandi bor. Alekning Kim Beysingerndan katta qizi 1995-yilda tug‘ilgan. U aktrisa bilan ajrashganidan o‘n yil o‘tib, yoga bo‘yicha o‘qituvchi Hilariya Tomasga uylandi. 2012-yildan 2021-yilgacha juftlikning farzandi 6 taga yetdi. Shu bilan birga, kenja qizi o‘g‘lidan besh oy o‘tgach tug‘ildi: juftlik shunchaki surrogat onaning xizmatlaridan foydalangan. Hilariya bir necha bor homilasidan ayrildi, ammo shunga qaramay, yana farzand ko‘rdi. Hozirda ham u navbatdagi farzandini dunyoga keltirish arafasida.
Eddi Myorfi
Aftidan, Alek Bolduin 10 nafar farzandi bor Eddi Myorfi rekordini yangilashga jiddiy yondashgan. Aktyor model Nikol Mitchell bilan beshta qiz farzand ko‘rgan va u bilan turmush qurishdan oldin ham ikkita o‘g‘il ko‘rgandi. Eddi Nikol bilan 1988-yildan 2006-yilgacha bir oila bo‘lib yashagan. Ajrashgandan so‘ng u xonanda Melani Braun bilan munosabatlarini bog‘ladi va u ham qiz farzand dunyoga keltirdi. Faqat Eddi uni DNK testidan so‘ng tan oldi. Myorfi 2012-yildan beri model Peyj Batcher bilan uchrashib keladi. Juftlikning ikki nafar farzandi bor.
Devid Bekhem
Devidning to‘rt nafar farzandi bo‘lsa-da, u ham eng mashhur va g‘amxo‘r yulduz otalardan biri hisoblanadi. Bekhemlarning uchta o‘g‘lidan keyin Xarper ismli qizi dunyoga kelgan. Devid qizini juda yaxshi ko‘radi va eng muhimi, Xarper hech qachon uning erkalashiga qarshi emas. Chunki uning akalari ko‘pincha otasining his-tuyg‘ularidan uyaladi va maktabda sinfdoshlari oldida dadasining o‘pib qo‘yishiga ruxsat bermaydi.
Enrike Iglesias
Enrike va Anna Kurnikovalar 2002-yildan beri birga. Sevishganlar turmush qurgani yoki yo‘qligini hali hech kim aniq bilmaydi. Ular ota-ona bo‘lishga tayyor ekanliklarini tushunishlari uchun 15 yil kerak bo‘ldi. Juftlikning egizak farzandlari bor: Nikolay va Lyusi, 2020-yilda esa Masha ismli qizi dunyoga keldi. Xonanda bolalar bilan vaqt o‘tkaishni yaxshi ko‘radi, ular uchun u hatto rus tilini ham o‘rgandi va bolalar qo'shiqlarini xursandchilik bilan kuylaydi. | 71 | 2,673 |
Madaniyat | AQSh politsiyachilari Tarantinoning yangi filmlarini boykot qildi | Nyu-York politsiyachilari ittifoqi rejissor Kventin Tarantinoning hali prokatga chiqmagan “Manfur sakkizlik” filmini boykot qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.
Bunga amerikalik rejissorning 24-oktabr, shanba kuni Nyu-Yorkda tashkil etilgan politsiya zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishida ishtirok etgani sabab bo‘lgan. “Qotillikni ko‘rsam, chetda jim qarab turolmayman. Men qotillikni qotillik deb, qotillarni esa qotillar deb atashim kerak”, — degandi Tarantino.
O‘z navbatida, politsiya kasaba uyushmalari uyushmasi — Patrolmen’s Benevolent Association prezidenti Patrik Linch rejissorga qarshi chiqdi.
“Jinoyat va zo‘ravonlikni ulug‘lash ortidan pul ishlayotgan odamning o‘zi politsiyani yomon ko‘rishi tushunarli hol. Kventin Tarantino qotil deb atayotgan politsiyachilar rejissorning katta ekrandagi xato xayollarida yashamaydi — ular jamiyatni haqiqiy jinoyatchilardan himoya qilish maqsadida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Tarantinoning filmlarini boykot qilish vaqti keldi”, — dedi u. | 65 | 1,021 |
Madaniyat | O‘zbek kinoijodkorlari AQSh kino maktabida mehmon bo‘lishdi (foto) | Bir guruh o‘zbek kinoijodkorlari AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida joylashgan kinomatografiya maktabida mehmon bo‘lishdi. Bu haqda rejissor Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
‘O‘zbekkino’, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida AQSh kino maktablari, kompaniya hamda kino tashkilotlari bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida AQShga keldik.
Jamoamizda, delegatsiya boshlig‘i ‘O‘zbekkino’ tashqi aloqalarni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i G‘olib Ne’matov, prodyuser Zafar Yo‘ldoshev, operator Jahongir Ibragimovlar bor.
Safarimizni AQShning Kaliforniya shtatidagi Los-Anjeles shahrida joylashgan kinomatografiya maktabida mehmon bo‘lishdan boshladik. Bu maktab bakalavr darajasini beradigan, to‘rt yo‘nalish bo‘yicha uch yil davomida o‘qitiladigan kino maktabi ekan. Ushbu kino maktabida to‘rt yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni kino prodyuserlik, kino rejissorlik, kino operatorlik va animatsiya bo‘yicha dars berilar ekan. Bizni qiziqtirgan jihati shu bo‘ldiki, mazkur maktabda dastlabki bir yarim yil davomida barcha talabalarga umumiy dars berilib, bir yarim yillik saboqdan so‘ng, qiziqishiga, qobilyatiga qarab, saralab kasbiy tomonlama yo‘nalishlarga ajratilar ekan.
Maktabning yana bir eng muhim jihati shundaki, ushbu maktab bitiruvchilari to‘g‘ridan to‘g‘ri Gollywood’da ishlashga yo‘naltirilar ekan.
Kino maktabning o‘qituvchilari va rahbariyati bizni iliq kutib olishdi va o‘quv jarayonlari bilan to‘liq tanishtirishdi. Mazkur kino dargohida o‘zbek kinosining yosh avlodi ham tahsil olishi uchun barcha ma’lumotlarni, shart-sharoit hamda aloqalarni o‘rnatib qaytamiz.
Jahongir Ahmedov, rejissor | 66 | 1,693 |
Madaniyat | Amerikalik aktyor Maykl Parks 77 yoshida olamdan o‘tdi | Amerikalik aktyor Maykl Parks 77 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda ma’lum qilgan uning agenti o‘lim sabablarini oshkor etmadi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Parks “Billni o‘ldirish”, “Ozod Jango” filmlari va “Tvin Piks” serialidagi rollari orqali tanilgandi. U Kventin Tarantino, Robert Rodrigez va Kevin Smit kabi rejissyorlar bilan hamkorlik qilgan.
1940-yilda dunyoga kelgan aktyor 21 yoshida faoliyatini boshlagandi. Parks suratga tushgan oxirgi film 2014-yilda ekranlarga chiqdi. | 54 | 486 |
Madaniyat | “O`zbekkino” Milliy agentligi "Mendirman Jaloliddin” filmi yuzasidan rasmiy bayonot berdi | “O`zbekkino” Milliy agentligining
RASMIY BAYoNOTI
Joriy yilning 9 oktyabr kuni “Ozodlik” radiosi va boshqa bir qator ijtimoiy tarmoqlarda “Bosh prokuratura Saida Mirziyoeva taqdim etgan “Mendirman Jaloliddin” filmi yuzasidan jinoyat ishi ochgan” degan sarlavhali maqola e`lon qilingan. Maqolada keltirilgan jinoyat ishiga Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari S.Mirziyoevaning mutlaqo aloqasi yo`q bo`lib, tarqatilgan ma`lumotlar asossiz ekanligini ma`lum qilamiz. Bu haqda “O`zbekkino” MA Axborot xizmati xabar berdi.
Agentlikning avvalgi bayonotida so`nggi vaqtlarda shunga o`xshash noto`g`ri talqin qilingan ma`lumotlarni xorijiy va mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko`zlab tarqatilayotgani aytilgan edi. Shu bilan birga, Agentlik ma`lum qiladiki, ushbu jinoyat ishi aynan “Mendirman Jaloliddin” filmiga nisbatan ochilgan emas. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Agentlik OAV vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilaridan ushbu tekshirilmagan axborotni noo`rin talqin qilmaslikni so`raydi. Chunki bu tergov jarayonlariga bosim o`tkazish yoki ta`sir ko`rsatishga urinish, deya baholanishi mumkin. | 89 | 1,251 |
Madaniyat | Shahzoda va Dj Piligrim Nyu-Yorkda konsert beradi | Bir necha yillardan buyon muxlislarini o‘z ijodi bilan xushnud etib kelayotgan maftunkor Shahzoda va Dj Piligrim talablarga binoan AQShda konsert dasturi taqdim etadilar, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Yoz faslining eng qaynoq tadbirlaridan biri sifatida kutilayotgan bu konsert katta shou tarzida o‘tkaziladi. Nyu-Yorkdagi Big Apple Music kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan konsert Nyu-Yorkning Master Theater sahnasida 14-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Shahzoda va Dj Piligrim o‘z muxlislariga birgalikda kuylangan duet qo‘shiqlaridan tashqari, 2015-yilda tayyorlangan yangi konsert dasturini va o‘zining rus tilida kuylangan yangi duet qo‘shig‘ini taqdim etishini ma’lum qilgan. | 49 | 685 |
Madaniyat | “Marvarid” bolalar guruhi Turkiyadagi xalqaro festivalda ishtirok etmoqda | “Marvarid” bolalar guruhi Turkiyada “Milliy suverinitet va bolalar bayrami” doirasida o‘tkazilayotgan xalqaro festivalda ishtirok etmoqda.
Ushbu bayram tantanalari doirasida “TRT” Turkiya davlat teleradio kompaniyasi tomonidan so‘nggi 41 yildan buyon har yili 23 – 25-aprel kunlari Xalqaro bolalar bayrami festivali tashkil etib kelmoqda. Bu yil mazkur tadbir Samsun va Anqara shaharlarida dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan taklif etilgan bolalar va o‘smirlar badiiy guruhlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro festivalda 40 dan ortiq mamlakatlar vakillari ishtirok etmoqda. Tadbirning asosiy qismi 23-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. | 73 | 631 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik yosh skripkachi qiz Italiyadagi tanlovda g‘olib bo‘ldi | R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqiy akademik litseyning 3-sinfida o‘quvchi skripkachi Asalxon Yusupova Italiyaning Barletta shahrida bo‘lib o‘tgan 25-xalqaro yosh musiqachilar tanlovida g‘olib bo‘ldi, deya xabar bermoqda “UZ24”.
Uning pedagogi Mashkura Mamedovaning ishi ham hay’at a’zolarining yuqori baholariga sazovor bo‘ldi, unga maxsus diplom va “Eng yaxshi maestro” mukofoti berildi.
Bu yil Barlettadagi tanlovda dunyoning 54 mamlakati vakillari ishtirok etdi. U har yili Barletta shahri meriyasi homiyligida “Madaniyat va musiqa” badiiy jamg‘armasi tomonidan o‘tkaziladi. | 69 | 595 |
Madaniyat | Karen Gafurjanov 12 ta yangi qo‘shiq tayyorladi | Uzoq vaqt teleekranlarda ko‘rinmay qolgan Karen Gafurjanov yangi albom yaratdi. Bu vaqt oralig‘ida Karen Gafurjanov yana nima ishlar bilan band ekanligi ko‘pchilik muxlislarni qiziqtirishi tabiiy. Shu sababli “Daryo” nashri xonanda bilan uning ijodidagi yangiliklari va kelajak rejalari haqida suhbat qurdi.
Nima uchun oxirgi vaqtlarda televideniye va media sohasida kam ko‘rinyapsiz?
Sababi yangi kliplar olinmayotgandi. Muxlislarni qiziqtira oladigan loyihaning o‘zi yo‘q edi. Ochig‘i, yangi albom ustida uzoq vaqt ishladik va u hozirda deyarli tayyor holga keldi. Mustaqillik bayrami arafasida muxlislarimni yangi va qayta remiks qilib kuylangan qo‘shiqlar to‘plamim bilan xursand qilish niyatidaman.
Loyihalardagi uzoq tanaffus nimaga taqaldi: mablag‘gami yoki yaxshi shoirlar yo‘qmi?
Bilasizmi, hozir kimga qanaqa? Masalan, kimdir she’r va musiqaga e’tibor qilmasdan klip olib tashlamoqda. Hozirgi kunda bunday kliplar ko‘p. Yaxshi mahsulotlar, g‘oyaning o‘zi yo‘qligi menga xalaqit qilayotgandi. Biroq endi 1—2 ta qo‘shiqni tanlab, ularga klip olamiz va uni televideniyega beramiz.
Yoshingiz o‘tgani sari saviyaga e’tibor beryapsizmi?
Albatta, bu yoshda ishingizga va ijodingizga boshqacha nazar bilan qarashni boshlaysiz.
Uzoq vaqt ko‘rinmay qolishingiz reytingingizga ta’sir qilmaydimi?
Reytingga ta’siri bor. Bir vaqtlar bizning reyting juda baland edi. Ammo o‘sha vaqtda o‘zimni qanday tutgan bo‘lsam hozir ham o‘shandayman.
Pasayishdan keyin yana avvalgi darajaga qaytishingiz mumkinmi?
Muhimi bu emas, asosiysi muxlislar qalbidan joy olish.
Ijodingizda qanday yangiliklar bor va albomingiz qachon chiqadi?
Hozir 12 ta yangi qo‘shiq va 4 ta remiks yozdik. Bundan tashqari, yangi guruh bilan ishlayapman. Xudo xohlasa, shu yili kichikroq zalda yakkaxon konsert bermoqchiman. Yana to‘yga ham tayyorgarlik bor…
Yangi albomingizning qo‘shiqlari radioda berildimi?
Ha, 1—2 tasi berildi. Muxlislar yaxshi qabul qildi. Bu kabi qo‘shiqlar yomon bo‘lishi mumkin emas. Men ilhom kelib qolgandagina yozaman.
Qaysi shoirlar va bastakorlar bilan ishlaysiz?
Men Bobur Bobomurod bilan ko‘p ishlardim. Yana o‘zim ham she’r yozib turaman. To‘g‘ri, she’rlarni va musiqani professional shoir va bastakorlar yozishi kerak, deyishadi. Lekin musiqa haqida gapirsak, men hohlagan bastakor ishini ko‘rmadim. Bilasizmi, ba’zida muxlislarga yoqqan qo‘shiqni professional bastakor yozmagan bo‘lishi ham mumkin.
Qo‘shiq tayyor bo‘lganida uni xit bo‘lishiga qanchalik ishonasiz?
Ba’zida o‘zimga yoqmagan, ko‘nglim jiz etmagan ashula atrofdagilarga yoqishi mumkin. “Ne hayot” ashulamni yozganimda uning xit bo‘lishini aniq bilganman. Undan oldin yozgan “Azizim” nomli qo‘shig‘imni xit bo‘lishini uyimdagilar aytgan.
Hozirgi yoshlarni ijodini tinglaysizmi?
Harakat qilaman. Chunki ular qatorida mening ham shogirdlarim bor. Men Botir Zokirov, Yulduz Usmonova va “Yalla” ansamblining retro qo‘shiqlarini eshitaman. O‘zim bilan chiqqanlardan Dj Piligrim, Sevarani aytishim mumkin.
Ijoddan tashqari nimalar bilan shug‘ullanasiz?
Sportning og‘ir atletika va krossfit turi bilan shug‘ullanaman. Kitob o‘qishga albatta vaqt topaman.
Sevgi-muhabbatdan boshqa mavzuda qo‘shiq aytib ham mashhur bo‘lish mumkinmi?
Albatta, misol uchun Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘ini hozirgacha maza qilib eshitaman. Ona to‘g‘risida, gul to‘g‘risida kuylash mumkin. Mavzular ko‘p.
San’atda iqtidor birinchi o‘rindami yoki mablag‘?
Harakat. Mablag‘ingiz va iste’dodingiz bo‘lsa bu 30 foiz, qolgan 70 foizi esa harakatdir. O‘zbekistonda hozir har qanday sharoit bor. 2—3 ta musiqiy kanal bor. To‘xtamay harakat qilinsa, muvaffaqiyatga erishsa bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanasizmi? Ulardan qanday foyda bor?
Albatta, lekin men faqat Facebook’dan foydalanaman. “Odnoklassniki”, Instagram va Twitter’da yo‘qman. Ijtimoiy tarmoqlardan shou-biznes vakillari ko‘pincha reklama maqsadida foydalanmoqda.
Sizning www.karen.uz deb nomlangan saytingiz bor ekan. Nima uchun undagi yangiliklar 3 yildan beri yangilanmayapti?
O‘zi aslida bu ishga ma’murlar qarashi, jurnalistlarni ishga olishi, xabarlarni yangilab turishi kerak. Hozir yangi ma’mur qidiryapmiz. Tez orada saytni o‘zini ham zamonga moslab o‘zgartiramiz. Unga yangi kliplarimizni joylashtiramiz. San’atkorlar uchun sayt kerak.
Kun tartibingiz qanday?
Ertalab turgach ishga boraman. Art-menejer bo‘lib ishlayman. Kunduzgi soat 3 da ovoz yozish studiyasiga kelaman. Soat 6 gacha repetitsiya qilamiz. Keyin esa sportzalga boraman. Haftaning har seshanba kuni meni “Gorod” majmuasidan topishingiz mumkin.
“Tamannozi” ko‘rsatuvida boshlovchilik ham qilgan edingiz…
Qilgan edim… Hozir esa qilmayapman (kulib). Hozirgacha konsertlar va to‘ylarda boshlovchilik qilib turaman. Televideniyeda 2 ta loyihada chiqdim, kinolarga ham chaqirishdi.
Selfiga munosabatingiz qanday?
Biz tengi san’atkorlar suratlarni olib, Facebook va “Odnoklassniki”larga qo‘yib tashlamoqda (kulib). Kimdir buni kasallik demoqda, lekin men bu kasallikka shukrki chalinmadim. Menda fotosessiyalar ko‘p, jurnalistlar bilan uchrashuvda yana suratga olishadi. Shuning uchun ham selfiga muhtoj emasman. | 47 | 5,098 |
Madaniyat | Sifatli uyqu va sog‘lom ovqatlanish: Taniqli turk aktrisalaridan go‘zal ko‘rinishga ega bo‘lishga yordam beradigan maslahatlar (foto) | So‘nggi paytlarda turk seriallari mashhurlik cho‘qqisiga erishgani barchaga ma’lum. Ba’zida ularning muvaffaqiyatli chiqishida sujet emas, balki chiroyli ko‘rinishga ega bosh qahramonlar sabab bo‘lishi mumkin. Bu mavzu haqida gap ketganda ko‘plab muxlislarni turk aktrisalarining go‘zalligi borasidagi sir qiziqtiradi.
Hande Erchel
“Eshigimni qoq” serialidagi bosh roli bilan tanilgan Hande Erchel o‘z faoliyatini xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etish bilan boshlagan. Aktrisa ushbu tanlovda ikkinchi o‘rinni egallagan. O‘shanda u 19 yoshda bo‘lgan va aynan shu g‘alaba unga o‘zini o‘zi qadrlashida sezilarli ta’sir ko‘rsatgan va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlashga yordam bergan.
Aktrisa Instagram sahifasiga joylagan har bir surat obunachilarining minglab izohiga sabab bo‘ladi. So‘nggi paytlarda Hande Instagram sahifasidagi 23 million obunachisini yorqin fotosuratlar bilan xursand qilmoqda, bu ajablanarli holat emas, chunki u sport bilan muntazam shug‘ullanadi va qanday ovqatlanishi haqida ham muxlislarini xabardor qilib turadi.
Fahriye Evjen
Fahriye Evjen “Choliqushi” serialidagi ijrosi orqali dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Aktrisa tashqi ko‘rinishi ustida yillar mobaynida ishlagan va buning uchun bir qancha odatlarni shakllantirgan. Fahriye Evjen hozir ham shu odatlarsiz kunini tasavvur qila olmaydi. Bu odatlar ko‘p uxlash va to‘g‘ri ovqatlanishni o‘z ichiga oladi, aktrisa hech qachon kundalik mashg‘ulotlarini ham unutmaydi.
Fahriye o‘z ustida ishlashni va ruhiy holatiga g‘amxo‘rlik qilishni muhim deb biladi, chunki asab buzilishi va tashvishli holatlar tashqi ko‘rinishga ham ta’sir qiladi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra buni hech qanday kosmetik manipulyatsiyalar bilan yashirib bo‘lmaydi.
Aktrisa go‘zalligi haqida gap ketganda, sochlari va terisini parvarish qilish uchun namlovchi, yog‘li, tabiiy mahsulotlarni afzal ko‘rishini aytgan. Tabiiy go‘zallikni yoqtiradigan Fahriye Evjen ba’zida ko‘zlariga urg‘u berib, yorqin bo‘yanib ko‘rinish beradi.
Neslihan Atagul
Neslihan Atagul yoshligidan suratga olish ishlarida qatnashgan va epizod rollari uchun muxlislar tomonidan e’tirof etilgan. Bunga esa aktrisaning g‘ayrioddiy va unutilmas ko‘rinishi sabab bo‘lishi ham mumkin.
Aktrisa kamdan-kam hollarda bo‘yanadi va undan ko‘ra terini parvarishlaydigan mahsulotlarini afzal ko‘radi. Bundan tashqari, Neslihan har doim tabiiy mahsulotlardan foydalanadi. Uning soch va teri sog‘lomligi uchun ishlatadigan sevimli mahsulotlari argan yog‘i va asal niqobidir. Shuningdek, hozir 29 yoshda bo‘lgan aktrisa to‘g‘ri ovqatlanishga va uxlash davomiyligiga ham e’tibor beradi.
Maryam Uzerli
Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” serialidagi roli sabab Turkiyaning eng mashhur aktrisalaridan biriga aylandi. Muvaffaqqiyatli bo‘lgan loyihaning suratga olish jarayonida aktrisa vazn ortishi bilan bog‘liq muammoga duch keldi. U ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun juda ko‘p harakat qilishi kerak edi. Hozir aktrisa hayotini sport mashg‘ulotlarisiz va to‘g‘ri ovqatlanishsiz tasavvur qila olmaydi.
Serialdagi qahramoni qizil sochlari bilan tanilganiga qaramay, real hayotda Maryam bu rangni yoqtirmas edi va suratga olish ishlari tugagach, u tabiiy rangdagi soch bo‘yoqlaridan foydalana boshlaydi.
O‘zgacha ko‘rinishi tufayli Uzerli bir qator taniqli brendlarning “yuzi”ga aylangan. Biroq aktrisa ko‘pchilikning fikriga qo‘shilmaydi va hattoki o‘zini go‘zal deb hisoblamasligini aytgan.
Berguzar Korel
Hozirda 39 yoshda bo‘lgan “Ming bir kecha” teleserialining yulduzi Berguzar Korel yorqin ko‘rinishga ega. Buning siri esa aktrisaning organik mahsulotlarni to‘g‘ri tanlashi va ovqatlanish rejimida meva, sabzavotlarning ko‘pligidir. Aktrisa hatto suratga olish maydonchasida ham odatlarini unutmaydi, ya’ni o‘zi bilan olib ketadigan ovqatlarni oldindan tayyorlab qo‘yadi. Berguzar bo‘sh vaqtini sport va raqsga bag‘ishlashni afzal ko‘radi. | 133 | 3,869 |
Madaniyat | Rayhon, Hulkar Abdullaeva, "Ummon" va "Via Marokand" guruhlarining ijodi tanqid ostiga olindi | «O`zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig`ilishi joriy yilning 8 may kuni bo`lib o`tdi. Kengashda 10 ta xonanda tomonidan 12 ta qo`shiq va ularga ishlangan videokliplar ko`rib chiqildi.
Xonanda Farhod Saidov tomonidan ijro etilgan «Ko`zlaring» deb nomlangan qo`shiq muhokama etilib, ijro yaxshiligi bois videoklip suratga olish uchun tavsiya berildi.
Qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholashda Rayhon, Hulkar Abdullaeva, "Ummon", “Via Marokand” kabi mashhur xonanda va guruhlar ijodi tanqid ostiga olindi.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayxon G`anieva tomonidan “Yurak” Hamdam Sobirov so`zi, Jasur Badalboev musiqasiga olingan klipida qo`shiq so`zlari mantiqan mukammal emasligi hamda, klipda ayrim kadrlardan nojoiz foydalanganligi uchun Kengash tomonidan qayta ishlash tavsiya etildi.
“Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullaeva tomonidan “Dard” deb nomlangan qo`shiqning so`zlari va ijrosi yaxshiligi alohida ta`kidlanib, lekin qo`shiqqa ishlangan klipdagi kadrlardan nojoiz foydlanganligi bois, ushbu klipni qayta to`g`rilash tavsiya etildi.
“Via Marokand” guruhi tomonidan kuylangan so`zi va musiqasi Jasur Badalboevga mansub “Turist” qo`shiqning matni sayoz, mantiq va she`riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so`zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkin. Qo`shiq so`zlarida "Ram pa papam tara tira tira tam" so`zlari she`riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo`shiq so`zlarini shoirlar bilan qayta to`g`rilab, qayta topshirish mumkinligi tavsiya etildi.
Bu qo`shiqni tinglab muhokama qilib bo`lgach, bugungi kunda tinim bilmay ijod qilayotgan “Ummon” guruhining “Oq gulim” deb nomlangan qo`shig`i so`zi va musiqasi guruhga mansub bo`lgan qo`shiq tinglandi, bu qo`shiq ham so`zlarining mazmunsizligi hamda klipdagi kadridagi “alkogolli ichimliklar, yotoqxona sahnasini olib tashlash” tavsiya etilib, ushbu holatda efirlarga uzatish rad etildi. Muassasa mas`ullariga "Ummon" guruhi xonandalarini keyingi kengashga taklif etish vazifasi topshirildi. | 93 | 2,175 |
Madaniyat | Robin Uilyamsning bevasi erining o‘limiga depressiya sabab bo‘lganini inkor qildi | Amerikalik aktyor Robin Uilyamsning bevasi Syuzan Uilyams People jurnaliga bergan intervyusida eri depressiya tufayli o‘z joniga qasd qilgani haqidagi versiyani rad etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Uni depressiya o‘ldirgani yo‘q. Depressiya, aytish joiz bo‘lsa, 50 ta simptomdan biri va juda kichigi edi”, — dedi u.
Uilyams xonim asosiy sababni orttirilgan aqli zaiflik — Levi tanachalariga ega demensiya deb ko‘rsatdi, u vahima hissini oshiradi, gallyutsinatsiyalar paydo bo‘lishiga va motorika buzilishiga olib kelishi mumkin.
Syuzan Uilyams erida bunday belgilar 2014-yilda paydo bo‘la boshlagani va o‘limidan bir necha oy avval kuchayganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, komediyali filmlardagi rollari bilan tanilgan aktyor 2014-yil 11-avgust kuni Kaliforniyadagi uyida o‘zini osib qo‘ygandi. | 81 | 794 |
Madaniyat | Sohib Abbosxon davlatning pulini sovurib, xalqqa xiyonat qilayotgan kinochilar haqida gapirdi (video) | Aktyor va rejissor Sohib Abbosxon “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda aktyor va prodyuser Habibulla Nizomov tashkillashtirdi.
Sohib Abbosxon suhbat davomida festival uchun film ishlayman deb, O‘zbekistondagi real hayotni noto‘g‘ri ko‘rsatayotgan kinochilarni xalqqa xiyonat qilishda aybladi.
Tasavvur qiling, siz non yopib, bozorga olib chiqdingiz, nonni birov bir pulga olmasa, u nonning nima keragi bor? Davlatning pulini sovurib, qanaqadir bir festivalga boramiz deb, O‘zbekistonning tomi yo‘q uylarini ko‘rsatib, eshigining orasida tirqishi bor, ochsangiz g‘iyq-g‘iyq qilib qoladigan uylarni uzoq kadrlarda ushlab turadigan filmlar olishadi. Chet elliklar bu filmlarni ko‘rganda ‘tomlaringizni qachon shefir qilasizlar, sizlar ham ko‘chalaringizni asfalt qilinglar, bir tuzukroq imorat qurmaysizlarmi?’, deyishadi. Nima keragi bor bu filmlarning, san’atmi shu, O‘zbekistondagi real hayotni ko‘rsatishmaydimi ular?
To‘ylarda boshlovchilik qilganimni ko‘pchilik biladi. Yigirma besh yildan ortiq boshlovchilik qilgan paytlarimda yurtimizda bormagan joyim qolmagan. Shunchalik ko‘p joylarga borganmanki, lekin shunaqa xarob joyni ko‘rmaganman. Bunday film ishlaydigan kinochilarni xalqning puliga xiyonat qilgan odamlar, deb bilaman. Chunki ular xalqning pulini olib kino ishlashadi, ammo u filmni hech kim ko‘rmaydi.
Bir festivalda mukofot berishganida ‘Rossiyaning uzoq qishloqlaridan kelib, zo‘r kino olishibdi’, deb rahmi kelib mukofot berishganini ham ko‘rganman.
Sohib Abbosxon, aktyor va rejissor
Ma’lumot uchun, Sohib Abbosxon o‘zbek kino muxlislari orasida “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan. | 101 | 1,758 |
Madaniyat | Shuhrat Rizayev va Amir Fayzulla Tojikiston universiteti faxriy doktori bo‘ldi | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida tojikistonlik ijodkor-ziyolilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik olimlar, shoir va yozuvchilar, shuningdek, Tojikiston xalq yozuvchisi Abdujabbor Abdug‘afforov, taniqli ijodkor Karas Safarov qatnashdi.
Tadbirda “Jahon adabiyoti” jurnalining tojikistonlik yozuvchi va adiblar asarlari chop etilgan yangi soni taqdimoti o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda tojik madaniyati, san’ati targ‘ibotiga, o‘zaro adabiy aloqalar rivojiga qo‘shgan hissasi uchun taniqli tarjimon Amir Fayzulla hamda dramaturg va adabiyotshunos Shuhrat Rizayevga Tojikiston Badiiy akademiyasi qoshidagi Xalqaro fundamental ta’lim universitetining faxriy doktori unvoni topshirildi. | 78 | 831 |
Madaniyat | Ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan kulgili roliklar qahramonlari — “Afandining qizlari” haqida ma’lumotlar | So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Afandining qizlari” deb nomlangan hajviy roliklar ommalashmoqda. Jurnalist Nargiza Murodova minglab kuzatuvchilar e’tiborini tortayotgan hajviy roliklar ijrochilari bilan suhbatlashdi.
Nigora Abdullaxonova ijodni teleboshlovchilikdan boshlagan. Shu kungacha “MTV shou”, “Super odamlar”, “Dugonalar shou” va “Mashhurlik sari” ko‘rsatuvlariga boshlovchilik qilgan.
— Oddiy ishchilar oilasida tug‘ilganman. Oilamizga san’at begona soha bo‘lsa-da, bolaligimdan bu yo‘nalishga qiziqqanman. 6 yoshimda Uspenskiy nomidagi musiqa maktabiga o‘qishga qabul qilinganman. Undan so‘ng hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘qidim. Ammo aktrisa bo‘lish xayolimga ham kelmagandi. Chunki men dirijorlik sohasi tahsil olganman. Musiqani yaxshi tushunaman, ammo yurtimizda bu yo‘nalishdagi mutaxassislarga ehtiyoj u qadar yuqori emas. Oyliklar nihoyatda kam bo‘lgani uchun o‘zimni boshlovchi va aktrisalik sohasida sinab ko‘rishni istadim.
Nigina Jabborova – “Ilhom” teatri aktrisasi, “Baxtsiz kuyov” va “Qadam” serialida suratga tushgan.
— Buxorodagi ishchilar oilasida tug‘ilganman. Oilamizda san’atkorlar yo‘q. Ammo bolaligimdan aktrisa bo‘laman, deb orzu qilganman.
“Afandining qizlari” loyihasi qandaydir tayyorgarlik va uzoq izlanishlar asosida yaratilmagan. 2020-yilning karantin kuchaytirilgan, odamlar uydan ko‘chaga chiqmayotgan paytida Instagram uchun roliklar olishni istadik. Muborak TikTok’ka qiziqqani uchun milliy ruhda komik videolar olishni taklif qildi. Ilk videoning o‘ziyoq kuzatuvchilarda iliq taassurot uyg‘otdi. Biz esa odamlarning kayfiyatini ko‘tarish uchun har kuni video olishga harakat qilardik. Nom topishga juda qiynalganmiz, shunda “Afandining qizlari” degan to‘xtamga kelganmiz. Afandining 3 xil ko‘rinish va xarakterdagi qizlari ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
Muborak Abdullayeva — O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi, “Dugonalar shou” ko‘rsatuvi qatnashchisi. “Bir kami to‘lmagan dunyo” va “Xush kelibsiz” seriallarida suratga tushgan.
— “Afandining qizlari” telefonda suratga olinadi. Bizda operator yoki montaj ustasi yo‘q. Operatorlar bilan ishlab ko‘rdik, ammo hamkorlikdan ko‘nglimiz to‘lmadi. Shu bois roliklarni o‘zimiz suratga olamiz. Telefon yordamida montaj qilib, kuzatuvchilarga taqdim etamiz.
Yaqin kunlarda “Afandining qizlari Toshkentda” nomli sitkom ham ekran yuzini ko‘radi. Ibrohim Ahmedov prodyuserligidagi serialda opa-singillarning yangi sarguzashtlariga guvoh bo‘lishingiz mumkin. | 108 | 2,504 |
Madaniyat | Lola Karimova-Tillayeva prodyuserlik qilgan Mirzo Ulug‘bek hayotiga bag‘ishlangan filmda jahon kinosi yulduzlari suratga tushdi (foto) | Tez orada “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” nomli hujjatli film tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Mazkur film turmush o‘rtog‘im hamda kaminaning kinoprodyuser sifatidagi ilk loyihamizdir.
Lola Karimova-Tillayeva
Buyuk mutafakkir va alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi ushbu film rejissori Bahodir Yo‘ldoshev.
Lola Karimova-Tillayeva Mirzo Ulug‘bek nomi dunyo ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Galileo Galiley, Kopernik, Iogann Kepler kabi buyuk allomalar bilan bir qatorda turishini qayd etdi.
Ma’lum qilinishicha, filmda Fransiya, AQSh, Rossiya, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Daniya va Niderlandiyaning yetakchi olim va mutaxassislari Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyati xususidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi.
Chet ellik olimlarning aksari aynan Mirzo Ulug‘bek siymosi sabab mamlakatimizga mehr qo‘yganini e’tirof etgan.
Lola Karimova-Tillayeva
Kinokartinani yaratishda Bodlian kutubxonasi (Oksford universiteti), Britaniya muzeyi, Priston universiteti, Griffit rasadxonasi, Fransiyaning Observatoire de la Cote d’Azur Côte rasadxonasi, Kaliforniya universiteti, Daniyaning The David Collection muzeyi, Oksfordning Ilm-fan tarixi muzeyi, Oksfordning St. John’s kolleji kabi o‘quv yurtlari, muzey va kutubxonalar bisotidan foydalanildi.
Bu ulug‘ inson haqida film yaratish g‘oyasi menda ko‘p yillar avval paydo bo‘lgan. Film ssenariysini hozirlash asnosida ko‘p va xo‘b izlanib, bobokalonimiz hayotini tavallud topgan kezlaridan boshlab qayta tiklashga harakat qildik.
Film janr nuqtai nazaridan hujjatli sanalsa-da, unda badiiy vositalardan ham foydalandik. Syomka jarayoniga o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik kaskadyorlarni jalb qildik, o‘sha davrga mos tarixiy liboslarni tanlash va tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratdik.
Lola Karimova-Tillayeva
Kinokartinada Vinsent Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovalle kabi jahon kinosi yulduzlari, Ma’ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari milliy kino ustalari suratga tushdi.
Gollivudning “Titanik”, “Olovuddin”, “Gerkules” kabi filmlarga musiqa bastalagan mashhur bastakori Uolter Afanasyev kartina uchun maxsus musiqa yozgan bo‘lsa, xonanda Sevara Nazarxon ijrosidagi saundtrek filmga o‘zgacha joziba baxsh etdi.
Lola Karimova-Tillayeva film premyerasi haqida keyinroq e’lon qilinishini ma’lum qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 134 | 2,492 |
Madaniyat | Bollivud yulduzi Ayshvariya Ray “Panama arxivi” ishi yuzasidan tergov qilinadi | 1994-yilgi “Dunyo go‘zali” tanlovining g‘olibi, hindistonlik mashhur aktrisa Ayshvariya Ray “Panama arxivi” ishi — ofshor hisob raqamlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan maxfiy ma’lumotlarning sizishi yuzasidan tekshiruvga chaqirtirildi. Bu haqda The Indian Express ma’lum qildi deb yozadi Esquire.
Ta’kidlanishicha, 11,5 million “Panama hujjatlarining”, taxminan, 12,5 mingtasi hindistonlik fuqarolarga tegishli. Ro‘yxatdan, shuningdek, Ayshvariya Rayning qaynotasi Amitabh Bachchan ham o‘rin olgan. U ham kelini singari tekshiruvga chaqirtirilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, 2005-yilda Bachchanlar oilasi Britaniyaning Virgin orolida Amic Partners Limited nomli ofshor kompaniyaga asos solgan. Kompaniya oradan 3 yil o‘tibgina yopilgan. Qayd qilinishicha, aktrisa xorij valyutasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni buzganlik ayblovi bilan so‘roq qilinmoqda. Ammo hali rasmiy ayblov e’lon qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Vashingtonda joylashgan jurnalistlik tadqiqotlarining xalqaro konsorsiumi (ICIJ) ofshorlarga doir “Panama hujjatlari”ning ma’lumotlar bazasini 2016-yilda oshkor qilgan. U amaldagi va sobiq rahbarlar, siyosatchilar, tadbirkorlar, sportchi va menejerlarning ofshor hisob raqamlariga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Ushbu ma’lumot xorijiy kompaniyalarni ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadigan Mossack Fonseca kompaniyasi ma’lumotlar bazasidan axborot chiqib ketishi natijasida paydo bo‘lgan edi. Chop etilgan materiallar bir qator mamlakatlarda tekshiruvlar boshlanishiga asos bo‘lgan. | 78 | 1,515 |
Madaniyat | Kiki’ga o‘ynash navbati Halima Ibragimovaga keldi (video) | Qiziqchi va aktrisa Halima Ibragimova harakatlanayotgan avtomobil oldida raqs tushgani aks ettirilgan videorolikni Instagram’dagi sahifasida joylashtirdi.
Videorolikda san’atkor oxirgi payt trend bo‘layotgan Kiki challenge raqsini ijro etgan.
“Kamroq g‘iybat, ko‘proq a’lo kayfiyat qo‘lidan kelganlar. Hamma raqsga tushsin!” deyiladi videoga qoldirilgan izohda.
View this post on Instagram | 57 | 398 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov “Buyuklar bisotidan” loyihasining Navoiy g‘azallariga bag‘ishlangan dasturiga boshqa xonandalarni taklif qildi | O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2015-yili “Buyuklar bisotidan: Zahiriddin Muhammad Bobur” nomli musiqiy dastur tashkil etib, qo‘shiqlar jamlanmasini ham chiqargandi, deb yozadi “Darakchi” gazetasi.
An’anani davom ettirishga qaror qilgan Nazarbekov mazkur loyihaga hamkasblarini ham jalb etdi. “Darakchi”ning yozishicha, yangi musiqiy dastur “Yoshlar” teleradiokanali orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
“Bu safar ‘Buyuklar bisotidan’ turkumida Navoiy g‘azallaridan qo‘shiqlar kuylanadi”, — deb yozadi gazeta. Ozodbek Nazarbekov loyihaga aynan qaysi xonandalarni taklif etganiga aniqlik kiritilmagan. | 129 | 619 |
Madaniyat | Noto‘g‘ri tanlangan libos bo‘yinni xunuk ko‘rsatishi mashhur ayollar misolida (foto) | Uzun bo‘yin, albatta, chiroyli, lekin ko‘pchilik buni ta’kidlashni unutadi. Quyida liboslarning bichimi tufayli bo‘yin sohasi qisqa ko‘rinishga ega bo‘lgan mashhur ayollar obrazi bilan tanishib chiqish mumkin.
Emma Stoun
Aktrisaning uzun va chiroyli bo‘yni bor, ammo libosining yoqa qismi uning barcha fazilatlarini ta’kidlashga imkon bermaydi. Bu kabi bichim yelkalarni ta’kidlaydi, lekin u ham bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, bu yelkalarni haqiqatan ham vizual ravishda kengroq qiladi. Ikkinchidan, bo‘yinni vizual ravishda qisqartiradi. Agar qomat teskari uchburchak yoki tabiiy ravishda bo‘yin qisqa bo‘lsa, bu turdagi bichilgan libosdan qochish tavsiya etiladi.
Elizabet Olsen
Tomoq ostidagi dumaloq bo‘yin chizig‘i ham bo‘yinni vizual ravishda qisqartirishi mumkin. Obrazga putur yetkazmaslik uchun bo‘yin qismi chuqurroq variantlarni tanlashga harakat qilish lozim.
Keyt Bekinseyl
Bo‘yin qismi yopiq tikilgan liboslar ham tashqi ko‘rinishda nomutanosiblikni keltirib chiqaradi. Bu ko‘rinish yelka uzra yoyilgan sochlar bilan kuchayadi, bu bilan bo‘yinni nafaqat qisqartirish. balki butunlay yopib qo‘yish mumkin.
Tiffani Xsu
Har qanday ayol qomatini tik tutishi muvaffaqiyatli obraz kalitidir. Ushbu holatda bo‘yin yanada uzun ko‘rinadi.
Demi Mur
Bog‘lamlar, bog‘ichlar kabi dekorativ elementlar ham bo‘yinni vizual ravishda qisqartiradi. Bunday kombinatsiyaning namunasini Demi Murning obrazida ko‘rish mumkin.
Jennifer Lourens
Tomoqqa qadar baland yoki tugmachali yoqalardan saqlanish kerak. Bo‘yin uzunroq ko‘rinishi uchun tik emas balki qayrilgan yoqali liboslarga murojaat qilish kerak.
Bleyk Layvli
Tugmali ko‘ylak va bluzkalarni oxirigacha taqish tavsiya etilmaydi: bir nechta ochiq tugmalar bo‘yin chizig‘ini vizual ravishda chuqurlashtirishga va shu bilan bo‘yinni kengaytirishga yordam beradi.
Alisha Kiz
Agar tabiiy ravishda bo‘yin qisqa bo‘lsa, choker va qalin marjonlar obraz mukammalligiga putur yetkazadi. Ular aksincha o‘ta uzun bo‘yinni yashirish uchun taqiladi.
Jennifer Lopes
Yoqaning yopiq holda tikilishi bo‘yinni vizual ravishda qisqartiradi. Vaziyatni to‘g‘rilash uchun V shaklida tikilgan yoqalar yordam beradi. Pastga yo‘naltirilganligi sababli bu yoqalar nafaqat bo‘yin, balki bo‘yni ham baland ko‘rsatadi.
Anjela Bassett
Ko‘krak sohasidagi katta hajmli bezaklar yelkalarni vizual ravishda kengaytirib, bo‘yinni yopib qo‘yadi, shu bilan uni vizual ravishda qisqartiradi. Bo‘yin uzunroq ko‘rinishi uchun uni keraksiz bezaklar bilan qisqartirmaslik kerak. | 84 | 2,507 |
Madaniyat | Alla Pugachyova jurnalistlar oldiga grimsiz chiqdi va nikohdan o‘tishining sababini tushuntirdi | Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova nega Maksim Galkin bilan nikohdan o‘tganini tushuntirib berdi. U cherkov oldida jurnalistlar oldiga grimsiz chiqdi va suhbat uyushtirdi, deb xabar beradi Storyx.
“Men bolalarim uchun, birinchi marta nikohdan o‘tgan erim uchun shunday qilishga qaror berdim! Umuman olganda, nikohlar osmonda amalga oshiriladi!” — dedi estrada yulduzi.
Muqaddam 68 yoshli Alla Pugachyova 41 yoshli Maksim Galkin bilan cherkovda diniy nikohdan o‘tdi. Bunga qadar ular olti yil davomida rasmiy nikohda yashab kelgan edi.
Muxlislar 68 yoshli xonanda og‘ir xastaligi tufayli o‘limi oldidan nikohdan o‘tganini taxmin qilgan edi. Ammo Pugachyova bu gaplarni tasdiqlamadi. U mazkur marosim farzandlari va eri uchun ekanligini ta’kidlash bilan cheklandi. | 95 | 764 |
Madaniyat | Instagram: Singlisiga mashina sovg‘a qilgan Dili.me, dimog‘dorlikda ayblangan Nilufar Usmonova, sog‘lig‘i tufayli kasbini o‘zgartirgan Parizoda | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Bollivud yulduzi Dipika Padukone Kann kinofestivalidagi obrazlaridan biri aks etgan suratini sahifasiga joyladi.
Teleboshlovchi Lola Zunnunova onasining tug‘ilgan kuniga Malika Ravshanovani taklif qilib, volidasi yoqtirgan qo‘shiqni sovg‘a tariqasida taqdim etdi.
Rejissor Jahongir Ahmedov o‘g‘lining surati bilan bo‘lishdi.
Shahzoda Muhammedova ikki yoshli qizi Milana bilan birgalikda Rayhonning qo‘shig‘iga ishlanayotgan klipda suratga tushmoqda.
AQSHda yashovchi aktyor Otabek Mahkamov sevimli xonandasi Nargiz Zokirova bilan uchrashdi.
Aktrisa Feruza Normatova sirli oshig‘idan qimmatbaho sovg‘alar — brilliant taqinchoqlar oldi.
Nigora ham kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Raqqosa Parizoda salomatligida kuzatilayotgan muammolar tufayli raqsdan biroz cheklanib, o‘zini boshlovchilikda sinab ko‘rayotganini ma’lum qildi. “11 oy oldin soati uzoq bo‘lgan operatsiyani boshimdan o‘tkazgan edim. Narkozning ta’siri katta bo‘ldimi, bilmadim, xotiram va miyam bilan muammolar chiqa boshladi, asab sistemalarim noziklashib, soch to‘kilib, kesishga majbur bo‘ldim, ‘cherepnoy’ kuchayib, fikrlar tarqoqligi kuzatila boshladi. Umurtqa pog‘onamda o‘zgarish bor edi, tug‘uruqdan so‘ng kasallik qo‘zg‘ab, oyog‘imda qattiq og‘riqni paydo qila boshladi. 4 ta raqsdan uyog‘iga o‘ynolmay qoldim. Sog‘lig‘im borgan sari yomonlashib bordi, keyin doktorlar asablarni va tanani zo‘riqtirish mumkinmas degan kundan boshlab yoshligimdan orzu qilgan suxandonlikka nazarim tusha boshladi”, — deydi Parizoda.
Ziyoda bundan 10 yil avval, to‘yi kuni onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Nilufar Usmonova Qo‘qonda muxlisalaridan biri bilan muloqoti aks etgan videoni sahifasiga joylashtirdi hamda kuzatuvchilaridan baloga qoldi. Videoda xonandaning muxlisasi undan telefon raqamini berishini so‘ragan, Nilufar Usmonova esa shaxsiy raqamini bera olmasligi, biroq yordamchisining raqamini berishini aytgan. Xonandaning kuzatuvchilari uning bu harakatini dimog‘dorlikka yo‘ydi.
Ayni paytda Yevropada sayohatda bo‘lgan vayner Liil Xurramov kuzatuvchilarini orzular sari dadil qadam bosishga undadi.
Dili.me taxallusi bilan ijod qiluvchi vayner, aktyor Dilshod Nazarov singlisining tug‘ilgan kuniga mashina sovg‘a qildi. | 143 | 2,370 |
Madaniyat | Istanbuldagi Otaturk madaniyat markazi qayta ochildi (foto) | Istanbuldagi Otaturk madaniyat markazi 29 oktyabr kuni, Turkiya Respublikasining 98 yilligi munosabati bilan san`at ixlosmandlari uchun o`z eshiklarini qayta ochdi. Mahalliy aholi tomonidan Ataturk Kültür Merkezi (qisqacha AKM) nomi bilan mashhur bo`lgan, yangi qurilib foydalanishga topshirilgan zamonaviy inshoot o`zining oldingi, ramziy dizaynini eslatadi.
AKM, Madaniyat va turizm vazirligining Turkiyada bugungi kunga qadar amalga oshirilgan eng katta san`at va madaniyat loyihalaridan biri bo`lib, Beyogʻlu Madaniyat Yo`nalishining eng muhim sarmoyalaridan hisoblanadi. Markaz madaniyat xiyobonining boshlanishini belgilaydi va uning qayta ochilishi Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Xalqaro Beyogʻlu Madaniyat Yo`nalishi festivalini boshlab beradi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an va Madaniyat va Turizm Vaziri Mehmet Nuri Ersoy Istanbul Otaturk nomidagi madaniyat markazining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi. Marosimda shuningdek biznes, san`at va akademik sohaning taniqli namoyondalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari ham qatnashdi.
Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan 2 milliard liralik mablag` evaziga 2,5 yil ichida to`liq rekonstruksiya qilingan AKM, eng so`nggi texnologiyalar bilan jihozlangan 49000m²lik va 2040 o`rinli opera teatri yil davomida tashrif buyuruvchilarni kutib oladi. Markazda shuningdek, maydoni 16,300 m² bo`lgan va 802 kishiga mo`ljallangan teatr zali, 410 m²AKM galereyasi va AKM ko`p maqsadli zali mavjud.
Yuqorida aytib o`tilgan zallardan tashqari, AKM taxminan 100 000 kvadrat metrlik yopiq maydonga ham ega. Ushbu yopiq maydon musiqa, san`at, arxitektura va dizayn kabi ixtisoslashtirilgan mavzulardagi galereya, ko`p maqsadli xona, bolalar ijodiyoti markazi, musiqa platformasi, ovoz yozish studiyasi va axborot markazi sifatida yaratilgan kutubxonadan iborat.
Yangilangan majmua shuningdek, AKM Yeşilçam kinoteatri va Dizayn do`koni, mashg`ulotlar uchun maydonchalar, solist va orkestrxonalari, restoranlar, kafeteriya, kitob kafelari, ustaxonalar, ma`muriy va texnik bo`limlarni o`z ichiga oladi. | 59 | 2,145 |
Madaniyat | Siz 90-yillardagi Yulduz Usmonovaga o‘xshash va uning “Elim” degan qo‘shig‘ini kuylaydigan bunday Ziyodani ko‘rmagansiz! | Xonanda Ziyoda Instagram’dagi sahifasida o‘z videoarxividan bir lavha e’lon qildi. To‘y marosimi aks etgan bu video aynan qachon olingani noma’lum, biroq undagi Ziyoda ancha yosh.
U to‘yda, katta ehtimol bilan, o‘rtakashlik qilgan taniqli aktyor To‘lqin Tojiyevdan mikrofonni olib, Yulduz Usmonovaning “Elim” nomli qo‘shiqni kuylamoqchi ekanini aytgan. Videoning davomida “Elim” deb kuylayotgan Ziyoda va kelin-kuyovlarni ko‘rish mumkin.
Ziyodaning o‘zi videoga shunday deb izoh qoldirgan: “Bolalik chog‘larim. Sizlar bilan bo‘lishgim keldi”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 120 | 700 |
Madaniyat | Netflix kompaniyasining dunyo bo‘ylab eng ko‘p tomosha qilingan 10 ta filmi (video) | Netflix platformasi taqdim etgan eng yaxshi filmlarning yangilangan 10 talik ro‘yxati e’lon qilindi. Kompaniya Zak Snayderning “Murdalar qo‘shini” filmi ikki hafta davomida yetakchilik qilganidan keyin ro‘yxatni yangilagan.
“Tayler Reyk: Qutqarish operatsiyasi” (2020)
2020-yil ekran yuzini ko‘rgan mazkur film 99 million marta tomosha qilingan. Unda yollanma askarlar qamoqda o‘tirgan hindistonlik narkobaron o‘g‘lini qutqarish operatsiyasini o‘tkazadi.
“Qush qutisi” (2018)
2018-yilda suratga olingan mazkur film 89 million marta tomosha qilingan. Odamlar go‘yo dahshatli narsani ko‘rganday to‘satdan aqldan oza boshlaydi va o‘zini o‘ldiradi. Ikki farzandli yolg‘iz ona tirik qolganlarni qidirib va aql-hushini saqlashga harakat qiladi.
“Spenser adolati” (2020)
2020-yilda ekran yuzini ko‘rgan film 85 million marta tomosha qilingan. Detektiv janrida suratga olingan “Spenser adolati” filmida qamoqdan chiqqan politsiyachi Boston politsiyasidagi korrupsiya bilan bog‘liq vaziyatni fosh qilishga kirishishini ko‘rish mumkin.
“Ko‘rinmas oltovlon” (2019)
2019-yilda ekran yuzini ko‘rgan film 83 million marta tomosha qilingan. O‘z o‘limini sahnalashtirgan milliarder yollanma askarlar otryadiga asos soladi.
“Yaxtadagi qotillik / Sirli qotillik” (2019)
Komediya va detektiv janrida suratga olingan film 83 million marta tomosha qilingan. Adam Sendler va Jennifer Eniston gavdalantirgan juftlik milliarderning o‘limida asosiy gumonlanuvchi bo‘ladi.
“Boqiy gvardiya”
2020-yilda efir yuzini ko‘rgan, 78 million marta tomosha qilingan filmda tomoshabinlar yovuzlik bilan kurashadigan, o‘limdan qo‘rqmas jangchilar haqida hikoyani ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
“Enola Xolms” (2020)
Detektiv janridagi film 76 million marta tomosha qilingan. Eudora Xolms to‘satdan yo‘q bo‘lib qoladi, Sherlok va Maykroft onasini o‘z joniga qasd qilgan deb o‘ylaydi. Ammo boshqacha fikrda bo‘lgan Sherlokning singlisi Enola, Eudorani topishga otlanadi.
“Kuch” loyihasi (2020)
75 million marta tomosha qilingan film detektiv janrida suratga olingan. Voqea Yangi Orleanda sodir bo‘ladi. U yerga qabul qilinganidan keyin 5 daqiqalik kuch beradigan dori vositalari keltiriladi. Kim aynan qanday kuchga ega bo‘lishi noma’lum: kimdir ko‘rinmay qolishi, boshqa bir inson esa bir lahzada o‘lishi mumkin.
“Tungi osmon” (2020)
75 million marta tomosha qilingan filmda muxlislar Jorj Kluni astronom obrazini gavdalantirganini ko‘rish mumkin. Klunining qahramoni ofatdan keyin Arktikadagi tadqiqot stansiyasida yolg‘iz o‘zi qoladi.
“Murdalar qo‘shini” (2021)
2021-yilda ekran yuzini ko‘rgan film 75 million marta tomosha qilingan. Las-Vegasda zombi-apokalipsisdan keyin yollanma guruh tarixdagi eng buyuk o‘g‘rilikni amalga oshirish uchun karantin hududiga yuboriladi.
“Bo‘salar kabinasi 2” (2020)
66 million marta tomosha qilingan film melodrama, komediya janrida suratga olingan. 2018-yilda suratga olingan eng mashhur romantik komediyaning ikkinchi qismida eng yaqin dugonasining akasini sevib qolgan maktab o‘quvchisi bilan bog‘liq voqealar haqida hikoya qilinadi. | 83 | 3,039 |
Madaniyat | “Quduq” filmi premyerasi 7-fevralda bo‘lib o‘tadi | “O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissor Mansur Vasatiy boshchiligida “Quduq” nomli yangi kartina suratga olindi. Unda bosh rollardan birini Muhammadiso Abdulxairov ijro etgan. Film premyerasi joriy yilning 7-fevralida Toshkentda bo‘lib o‘tadi, deya xabar beradi kultura.uz sayti.
Mazkur film zamonaviy mavzuda suratga olingan. Kartinada juda yaxshi, rahmdil bir insonning taqdiri birinchi planga olib chiqiladi. Uning o‘z hayotiy intilishlari, yumushlari, orzu va rejalari mavjud.
Kartina bosh qahramoni – suvsiz yerlarda quduq qazib, suv chiqarib beruvchi inson. Suvsiz hayot yo‘qligini u juda yaxshi tushunadi. Uning eng katta orzusi – odamlarga kerak bo‘ladigan, eng shirin suvli bir quduq qazish. Atrofidagilar unga ishonishmaydi, uning ustidan kulib yurishadi. Ammo u o‘z maqsadi yo‘lida sabot bilan olg‘a intiladi. Shu payt bosh qahramon hayotida boshqa mushkul muammo paydo bo‘ladi – o‘g‘li og‘ir kasallikka uchraydi...
Kartinada Lola Eltoyeva, Xalil Mignarov, Farhod Xudoyberdiyev kabi aktyorlar rol ijro etganlar. Film G‘iyos Shermuhammedov ssenariysi asosida yaratilgan. Postanovkachi operator – Umid Malikov. | 49 | 1,117 |
Madaniyat | Nasiba Abdullayevaning talabalar uchun “master-klass”idan konsert sifatida foydalanilgani ma’lum bo‘ldi | May oyining oxirgi kunlarida O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida o‘tkazilgan Nasiba Abdullayevaning talabalar uchun atalgan “master-klass”idan Konsenrvatoriya ma’muriyati konsert sifatida foydalangani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sayyod.com”.
Qayd etilishicha, talabalar uchun master-klass sifatida kelishilgan bu konsertga chiptalar sotib, zal oddiy tomoshabinlar bilan to‘ldirilgan va asosiy niyat bo‘lgan talabalarga zaldan deyarli joy tegmay, ular yo tikka turgan va yoki koridordan konsertni eshitishdan boshqa iloji qolmagan.
“Talabalar uchun master-klass emas, aslida konsert dasturi bo‘lib chiptalar sotilganidan keyin xonandaga chiptalar sotuvidan gonorar to‘lanishi kerak, ammo bu amalga oshirilmagan, demakki Xalq artistini tekinga aldab, uning konsertidan pul ishlashgan chog‘i”, — deyiladi xabarda.
Konsertda bo‘lganlarning aytishicha, ma’muriyat hattoki dasturga taqab boshqa konsertni ham o‘tkazishga ulgurib, Nasiba Abdullayevani kuttirgan.
Mazkur voqea yuzasidan Nasiba Abdullayevadan qiziqilganda u bu voqea haqida hattoki to‘xtalib o‘tishni ham istamasligini aytib qo‘l siltagan: “Bir narsani aytishim mumkin, o‘sha tashkilotchilar bilan bu ilk va so‘nggi marotaba ishlashim”. | 103 | 1,205 |
Madaniyat | Aktrisa Zarina Nizomiddinova “hatto lag‘mon cho‘zishni bilishi” bilan maqtandi | Aktrisa Zarina Nizomiddinova oshxonada ko‘p vaqt o‘tkazmasligini tan oldi. Bu haqda u “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Zarina Nizomiddinova.
“Oshxonada ko‘p vaqt o‘tkazaman, deya olmayman. Ammo mazali taomlar bilan oila a’zolarimni xursand etish qo‘limdan keladi”, — dedi Zarina Nizomiddinova.
“Xamirli taomlar tayyorlashni qoyil qilaman. Hatto lag‘mon cho‘zishni ham bilaman (kuladi). O‘zimga baho berolmaymanu, lekin men pishirgan lag‘monni yeganlardan doim maqtov eshitganman”, — dedi aktrisa. | 78 | 520 |
Madaniyat | “Ramazon keldi” qo‘shig‘i eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lganlar uchun imo-ishora tilida ijro etildi (video) | O‘zbekistonlik san’atkorlar tomonidan bir necha talqinda ijro etilgan “Ramazon keldi” qo‘shig‘i imo-ishora tiliga tarjima qilindi. Bu haqda aktrisa Ra’no Shodiyeva Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qo‘shiqni nafaqat imo-ishora tili mutaxassislari, balki taniqli aktrisalar — Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova ham ijro etgan.
“‘Ramazon’ qo‘shig‘ini ijro etgan yurtimiz e’zozidagi san’atkorlarimizdan ilhomlangan holda, qo‘shiqni eshitish va nutqida nuqsoni bor insonlarimiz uchun imo-ishora tiliga tarjima qildik. ‘Mehrli qo‘llar’ jamoasi butun musulmonlarni oylarning sultoni Ramazoni sharif bilan tabriklagan holda ushbu videoni sizlarga Ramazon oyi sovg‘asi sifatida tuhfa etmoqchimiz”, — deydi Ra’no Shodiyeva.
View this post on Instagram
Ma’lumot uchun, “Mehrli qo‘llar” imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi hisoblanib, unga aktrisa Ra’no Shodiyeva rahbarlik qiladi. | 108 | 922 |
Madaniyat | Sababsiz yig‘ilishga kelmagani uchun litsenziyasidan mahrum bo‘lgan Asilbek Amanulloh va Feruza Jumaniyozova litsenziyasini qaytarib oldi | Bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan “O‘zbekkonsert” DM yig‘ilishiga sababsiz kelmagani uchun litsenziyasidan mahrum bo‘lgan xonandalar Asilbek Amanulloh va Feruza Jumaniyozova litsenziyasini qaytarib oldi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmatining ma’lumotiga qaraganda “Nihol” mukofoti sovrindori Feruza Jumaniyozova hamda estrada xonandasi Asilbek Amanulloh litsenziyasini qaytarib olgan.
Bundan tashqari, “O‘zbekkonsert” DM yig‘ilishiga sababsiz kelmagani uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon hamda estrada xonandasi Tohir Usmonovlarning litsenziyasi ham 2018-yilning 31-may kuni to‘xtatilgan edi. Muassasa matbuot xizmati ushbu xonandalarning litsenziyasi hali qaytarib berilmaganligini tasdiqladi. | 137 | 854 |
Madaniyat | “Bir kunlik to`y” komediyasining maxsus namoyishi o`tkaziladi | Ertaga, 14 oktyabr kuni soat 19:00 da Yoshlar ijod saroyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Spectre studiyasi tomonidan suratga olingan “Bir kunlik to`y" kinokomediyasining OAV vakillari, mutaxassislar va yoshlar uchun maxsus namoyishi bo`lib o`tadi.
Kinokartinada asosan qahramonlarning komik sarguzashtlarga boy hayotiy voqealari ko`rsatiladi. Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid qiziqarli hodisalar aks ettirilgan.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissër Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullaev, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev, muharrir Furqat Usmonov.
Aktyorlar Baxtiyor Turg`unov, Xayrulla Sa`diev, Matyoqub Matchonov, Muhabbat Abdullaeva, Asal Abdullaeva, Sitora Farmonova, Shohrux Hamdamov boshqalar. | 61 | 794 |
Madaniyat | Irina Sheyk Ronaldu bilan ajrashgach semirib ketdi | Rossiyalik model Irina Sheyk Parijdagi Givenchy modalar uyidagi namoyishga biroz semirgan holda tashrif buyurdi. Uning ikkinchi bag‘baqasi ham paydo bo‘lgan, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Aftidan, sevgilisi Krishtianu Ronaldu bilan ajrashish model uchun og‘ir kechgan ko‘rinadi, deb yozadi “Komsomolskaya pravda”.
Sheykning namoyishdagi libosi ham u orttirgan ortiqcha kilogrammlarni yashira olmadi. Oldinroq Irina Sheyk Ronaldu bilan ajrashgach ko‘proq ovqat yeya boshlaganini ma’lum qilgandi.
Irina borodin noni, pomidor va kolbasa bo‘lagidan iborat buterbrodni xush ko‘radi. Supermodel grek va gruzin oshxonasini ham yoqtiradi. Rossiyalik model o‘z ovqatlari suratlarini tez-tez Instagram orqali chop qilib turadi. | 50 | 717 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova “zapret”daligi haqidagi gap-so‘zlardan keyin ilk marta telekanal orqali jonli konsert beradi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “zapret”ga tushgani haqidagi gap-so‘zlardan keyin ilk marta “Sevimli” telekanali orqali jonli konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Konsert dasturi 20-iyun kuni soat 21:00 da efirga uzatiladi.
“Sizlar bilan ‘Sevimli’ kanali orqali uchrashamiz. Bu galgi konsert dasturimiz boshqacha bo‘ladi”, — deydi xonanda.
View this post on Instagram
Yulduz Usmonovaning litsenziyasi to‘xtatildimi? Turk kinosini zabt etayotgan o‘zbek. Instagram yangiliklari | 116 | 558 |
Madaniyat | Real hayotda ekrandagidan ko‘ra ko‘proq hurmatga sazovor ekanini isbotlaydigan jahon yulduzlari (foto) | Tug‘ruqdan olti oy o‘tgach, mashaqqatli sport musobaqalarida qatnashish, jinoyatchilarni ushlash, bolalikdagi orzularni ro‘yobga chiqarish va asalarilarni yo‘q bo‘lib ketishdan qutqarish — bu biz bilgan sevimli yulduzlar amalga oshirgan ishlarning bir nechtasi xolos.
AdMe nashri jahonga mashhur kishilar haqidagi yangi faktlarni o‘rganishni yaxshi ko‘radi va bu safar ekrandagiga qaraganda ancha jasoratli qahramonlar ketma-ketligini taqdim etdi.
Adel konserti oldidan 12 yoshli bemor muxlisini borib ko‘rgan
12 yoshli Rebekka qo‘shiqchining konsertlariga borish uchun juda zaif edi va onasi tashrif buyurishni iltimos qilib, Adelga xat yozishga qaror qildi. Adelning menejeri Rebekkaning onasining xatlariga javob bergan bo‘lsa-da, qo‘shiqchining o‘zi bu xabarni ko‘rmaguncha hech narsa o‘zgarmas edi. Kechiktirmasdan, u konserti oldidan Rebekkanikiga tashrif buyurdi va shu tariqa bemor qizning orzusini amalga oshirdi.
Sheron Stoun universitetga qaytgan va 58 yoshida ilmiy darajaga erishdi
43 yoshida aktrisa insultni boshdan kechirdi, lekin dastlab bunga ishonishmadi, uni shunchaki rol o‘ynayapti, deb taxmin qilishdi va hatto uni uyiga qaytarishni xohlashdi. Faqat miya o‘rganilgach, hamma narsa qanchalik jiddiy ekanini ko‘rsatdi. 3 yil davomida Sheron hatto ismini ham yoza olmadi, eshitish va ko‘rishda muammolarga uchradi. Eri ajrashish uchun ariza berdi va o‘g‘lini o‘zi bilan olib ketdi. Ammo Sheronga o‘zini qayta tiklash qiyin bo‘ldi: u gapirish, o‘qish va yozishni qayta o‘rgandi, o‘g‘lining vasiyligini qaytarib oldi va 58 yoshida universitet diplomini oldi.
Jennifer Lopes tug‘ruq jarayonidan 6 oy o‘tgach, triatlon bo‘yicha musobaqada qatnashadi
2008-yilda xonanda 800 metrga suzish, qariyb 29 kilometrga velosport va 6,4 kilometrga yugurish musobaqalarida qatnashib, u uchun hech narsa mumkin emasligini isbotladi. Xuddi shu musobaqada Metyu Makkonahi ham ishtirok etgan. Lopes murabbiy bilan triatlon bo‘yicha mashg‘ulotlar unga tug‘ruqdan keyin o‘z qomatini tartibga solishga yordam beradi, deb umid qildi. Triatlon kutilmagan hodisalardan xoli bo‘lmadi: Jennifer suzishdan so‘ng suvdan chiqqanida, masofani davom ettirish uchun zarur bo‘lgan ba’zi narsalari g‘oyib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Boshqa ishtirokchilar unga futbolka va krossovka berishdi va xonanda triatlonni 2 soat-u 23 daqiqada yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.
Rouen Atkinson duduqlanishni yenggan
Taniqli rejissorlarni qiziqtirish va aktyorlik sohasida muvaffaqiyatga erishish, ajoyib tashqi ko‘rinishga ega bo‘lmasdan, bu ham yetmaganidek qo‘shimcha ravishda duduqlansa, yanada qiyin. Ammo Rouen Atkinson uddaladi. Nutqidagi nuqsoniga qaramay, u aktyorlik cho‘qqisiga chiqishiga uringanida, xarakter jihatidan o‘zidan farq qiladigan qahramon roliga ko‘nikib qolgan zahoti duduqlanishni to‘xtatganini birdan payqadi.
Aktyor rol olish umidida kinostudiyalar ostonasini taqillatish o‘rniga, o‘zining “Janob Bin” serialini o‘ylab topdi, u yerda bosh qahramon – o‘zini boladek tutadigan odamni ijro etdi. Ushbu sitkom “Oltin atirgul”ni oldi va dunyoning 245 mamlakatida sotildi. Atkinsonning o‘zi san’atdagi xizmatlari uchun ritsarlik ordeni oldi.
Selena Gomes 12 marta Ginnes rekordini o‘rnatgan
Selena Gomes 3 yil ichida 12 marta rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 2017-yilda qo‘shiqchi 11,1 million obunachi bilan TikTok’da eng ko‘p kuzatilgan ayol bo‘lish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bundan tashqari, u eng mashhur aktrisalardan biri va Kids’ Choice Awards mukofotini qo'lga kiritganidan keyin ikki marta rekord o‘rnatdi.
Tom Xardi moped o‘g‘risini ushlagan
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Tom Xardi mopedni o‘g‘irlagan jinoyatchining ortidan quvib, unga yetib olgan va uni bo‘ynidan ushlab, hibsga olganida haqiqiy superqahramonga o‘xshardi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u buni yigit jazolanishi va kelajakda yaxshilanishi uchun qilgan.
Eminem— dunyodagi eng yaxshi otalardan biri
Lose Youself qo‘shig‘i Eminemga “Oskar” olib keldi, ammo u taqdirlash marosimida qatnashmadi. Buning o‘rniga u qizini uxlatdi, chunki qiz ertasi kuni maktabga erta turishi kerak edi. Mashhur reperni chinakam namunali dada deb hisoblash mumkin, chunki Eminem uyda hech qachon odobsiz iboralarni ishlatmagan va qizi Xeylidan tashqari, avvallari og‘ir sharoitda o‘sgan yana 2 qizni o‘zinikidek tarbiyalagan.
Morgan Friman 65 yoshida uchuvchilik guvohnomasini oldi
Morgan Friman yoshligidan uchishni orzu qilgan va yoshligida dramatik sa’nat stipendiyasini aviatsiyada ishlash uchun rad etgan va buning natijasida u 1-darajali uchuvchi darajasiga ko‘tarilgan. Shundan so‘ng Friman kino sohasida karyerasini qurishni boshladi va 65 yoshida u yana uchuvchilik saboqlarini o‘rganib, litsenziya oldi.
Ledi Gaga qancha ko‘p mukofotlarni qo‘lga kiritsa, ulardan tushgan pullarning hammasini ehson qiladi
2010-yilda Ledi Gaga shoudan topgan barcha pullarini Gaitidagi tabiiy ofatlardan jabrlangan odamlarga berishga qaror qildi. Natijada bu summa 500 ming dollardan oshdi. Biroq mashhur yulduz nafaqat mehribonligi va saxovatliligi, balki iste’dodi ko‘lami bilan ham hayratga soladi: “Yulduz tug‘ildi” (2018) filmi uchun u bir yil ichida “Oskar” “Gremmi”, “Oltin globus” va BAFTA kabi barcha mukofotlarni olgan birinchi ayol bo‘ldi.
Anjelina Joli asalarilarning yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun kurashadi
2021-yilda Anjelina Joli odamlarning e’tiborini ularning yo‘q bo'lib ketishi muammosiga qaratish va 50 nafar asalarichi ayolni qo‘riqxonalarda ishga joylashtirishga yordam berish uchun tanasini asalari bilan qoplagan. Ushbu fotosessiyadan 3 kun oldin, aktrisaga dush qabul qilish taqiqlangan, chunki uning terisidagi har qanday begona hid, shu jumladan shampun hidi hasharotlarni o‘zidan uzoqlashtirishi mumkin. Rasmga tushirish vaqtida yulduzning tanasi asalarilarni o‘ziga jalb qilishi va shu bilan birga ularning to‘planishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun feromon bilan qoplangan. Suratga olish 18 daqiqa davom etdi va xayriyatki, hech qanday muammo bo‘lmadi. | 102 | 5,921 |
Madaniyat | Yaponiyalik mashhur multiplikator Xayao Miyadzaki yangi to‘la metrajli film yaratadi | Yaponiyaning butun dunyoga mashhur multiplikatori, “Oskar” mukofoti sovrindori Xayao Miyadzaki yangi to‘la metrajli film yaratish ishlariga kirishib ketdi. Bu haqda, GHIBLI studiyasi xabariga tayanib, “RIA Novosti” yozmoqda.
To‘rt yil muqaddam afsonaviy animator yoshi tufayli multiplikatsiyadan ketishini bildirgan edi. “Shamol kuchaymoqda” filmidan so‘ng Miyadzaki keksaygani tufayli bitta kartinaga juda ko‘p vaqt ketayotganini va shu bois katta loyihalar bilan shug‘ullana olmasligini aytdi. Bu yangilik uning muxlislari uchun chinakam shok bo‘lgan edi.
“Shamol kuchaymoqda” filmi 2013-yili Yaponiyada prokat yetakchisi bo‘ldi va 120 million dollar kassa qildi. Film “Oskar” mukofotiga ko‘rsatildi. Real voqealarga asoslangan ushbu multfilm Mitsubishi Zero qiruvchisini yaratgan aviakonstruktor Dziro Xorikosi haqida hikoya qiladi. Mitsubishi Zero — Ikkinchi jahon urushining ikkinchi yarmiga qadar jahonda tengi bo‘lmagan afsonaviy samolyot hisoblanadi.
2002-yili Miyadzakining “Arvohlar olib ketganlar” filmi “Eng yaxshi multiplikatsion film” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qozondi. | 84 | 1,093 |
Madaniyat | Bir ko‘rishdagi muhabbat: Megan Markl va shahzoda Garrining munosabatlari davomidagi eng ta’sirchan lahzalar (foto) | Sasseks gersogi va gersoginyasining munosabatlari go‘yo filmning ssenariysi singari boshlangan. Ammo alanga olgan tuyg‘ularning kuchliligidan Megan va Garrining munosabatlari qirollik ertagiga aylangan.
Birinchi uchrashuv
Amerikalik aktrisa Britaniyada karyera qilishga qaror qilgan. Londonga tashrifi davomida Megan bir qancha tanishlar orttira boshlagan va zodagon Vayolet fon Vestenxol ulardan biri bo‘lgan. Aynan ushbu ayol Marklga qirolichaning nabirasi bilan uchrashuv tashkillashtirishni taklif qilgan.
Filmning ssenariysidek ko‘rinishiga qaramay, birinchi uchrashuvning o‘zidayoq Megan va Garri bu taqdir ekanini tushunib yetgan. Ular bir-biriga: “Xo‘sh, ertaga nima qilamiz?”, degan so‘zlarni aytgan holda xayrlashgan.
Yashirin munosabatlar
Boshidanoq jamoatchilik bosim o‘tkazadigan bo‘lsa, amerikalik beva ayol va Britaniya shahzodasi o‘rtasida munosabatlar avj olmasdi, ehtimol. Ammo bo‘lajak turmush o‘rtoqlar naqd to‘rt oy davomida aloqalarini yashirishni uddasidan chiqqan. Bu vaqt davomida ular bir-birini yaxshiroq bilishga ulgurgan, hatto Botsvanaga birgalikda sayohatni amalga oshirishgan.
Buzilgan qoidalar
2017-yilda “Fors-major” yulduzining surati Vanity Fair jurnali muqovasida chop etilgan. Megan jurnalga bergan intervyusida shahzoda bilan o‘rtalaridagi tuyg‘ulari haqida aytib bergan. “Biz — juftlikmiz. Biz sevishganlarmiz. Ishonchim komilki, hikoyamizni ochiqchasiga aytib beradigan vaqt keladi. Ammo hozir faqat bizning vaqtimiz ekanini hamma tushunadi, degan umiddaman”, — degan Megan.
Hali barmog‘ida unashtiruv uzugi bo‘lmagani uchun ko‘pchilik bu e’tirofni ahmoqlik deb hisoblagan. Bunday rostgo‘ylik qaysidir ma’noda tuyg‘ulari haqida gapirish odat bo‘lmagan qirollik oilasi qoidalariga zid bo‘lgan. Masalan, shahzoda Charlz ham o‘z vaqtida qayliqlarining og‘zi bo‘shligi sabab bir nechta munosabatlarga nuqta qo‘ygan. Keyt Middlton esa shahzodaga turmushga chiqqanidan keyingina jurnal muqovasi uchun suratga tushgan. Ammo Garri bundan xijolat bo‘lib o‘tirmagan. Oradan bir oy o‘tib, Bukingem qirolligida Yelizavetta II nabirasi va aktrisaning unashtiruvi rasman e’lon qilingan. Megan esa bu vaqtga kelib hayot tarzini shahzoda uchun butkul o‘zgartirgan: ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini yangilagan, aktrisalik karyerasidan voz kechgan.
Tartiblardan ustun sevgi
Sasseks gersoginyasi to‘ydan keyin monarxiya haqidagi stereotiplarni yo‘q qilishga qaror qilgan. Qirollik oilasi vakillari tuyg‘ularini ommaga ko‘rsatishi mumkin emas, degan fikr Meganga begona ekani aniq. U hamisha rasmiy chiqishlarda turmush o‘rtog‘ining qo‘lini mahkam tutib yurgan. Aftidan, rafiqasining e’tiborini bunday belgisi Garriga ham yoqib tushgan. U ham o‘z tuyg‘ularini namoyon qilishdan uyalmagan. Juftlik doimiy ravishda bir-biriga muhabbat to‘la nigohlar bilan qaraydi. Megan Markl va shahzoda Garrining sevgi hikoyasi haqiqiy ertakni esga soladi: hech qanday maqomsiz oddiy qiz shahzodaga turmushga chiqqan va ayni vaqtda u bilan baxtli hayot kechirmoqda. | 115 | 2,977 |
Madaniyat | 2020-yilda farzandli bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto) | Yakuniga yetayotgan 2020-yilda ota-onalik baxtiga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar haqida ma’lumot beramiz.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova 2020-yilning aprelida ikkinchi marta onalik baxtiga erishdi. Chaqaloqqa Saidumar deb ism qo‘yildi.
Hozirda oilasi bilan Rossiyaning Moskva shahrida istiqomat qilayotgan Lola 2020-yilning iyul oyida uchinchi marta ona bo‘ldi. Xonanda qizalog‘iga Aisha deb ism qo‘ydi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning katta qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘g‘illi bo‘ldi. Bolakayga bobosining sharafiga Shavkat ismi qo‘yildi.
Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va elektron hukumat masalalari bo‘yicha mutaxassis, Smartgov Consulting kompaniyasi ijrochi direktori, bloger va jamoatchilik faoli Aziza Umarova ham 2020-yilda qiz farzandli bo‘ldi. Chaqaloqqa Oysara deb ism qo‘yildi.
“Faryod”, “Devona”, “Uqubat” va “Aldangan ayol” filmlaridagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Jamila G‘ofurova 20-sentabr kuni ikki qiz farzanddan keyin o‘g‘illi bo‘ldi.
O‘zbekiston futbol terma jamoasi sardori Odil Ahmedov 21-fevral kuni to‘rtinchi marta ota bo‘ldi. Uning oilasida qiz farzand dunyoga kelgan.
Taniqli aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova 2020-yilning 22-aprel kuni qiz farzandli bo‘ldi. Qizchaga Milana deb ism qo‘yildi.
Xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodiyeva 2020-yilning sentabr oyida o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Yulduzli juftlik chaqaloqqa Muhammadyusuf deb ism qo‘ydi.
“Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyeva 2020-yilning 11-noyabr kuni qiz farzandli bo‘ldi.
Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashi deputati sifatida faoliyat yuritayotgan Shohrux reper 2020-yilda uchinchi marta ota bo‘ldi.
Aktrisa Sitora Alimjonova ham 2020-yilda ilk marta onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. U o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Chaqaloqqa Muhammadamin deb ism qo‘yildi.
“Qarab-qarab”, “Zinama-zina”, “So‘ra, so‘ra” kabi xit qo‘shiqlar ijrochisi, xonanda Umar Shamsiyev o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Chaqaloq xonandaning to‘rtinchi farzandi.
Taniqli xonanda va aktrisa Madina Mumtoz 2020-yilning yozida uchinchi bor onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. U o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.
Xonanda Shahzod Murodov ham 2020-yilda o‘g‘il farzandli bo‘ldi. | 61 | 2,326 |
Madaniyat | Raj Kapurning o`zbekistonlik shogirdi Sherxon — Sherqo`zi G`oziev | #Скоро
Mazkur savollarga javobni va suhbatdoshimizning qiziqchilik haqidagi fikrlari bilan “Darakchi”ning sotuvga chiqqan 44-sonida tanishasiz! | 65 | 143 |
Madaniyat | Rashid Malikov: “Sabot”ning g`alabasi butun o`zbek kinematografiyasiga tegishlidir! (Intervyu) | 40-Moskva xalqaro kinofestivalida “Sabot” filmi Kinotanqidchilar hakamlar hay`ati mukofoti hamda Hududlararo kinoklublar federasiyasi tomonidan “Hakamlar hay`atining maxsus e`tirofi” diplomiga sazovor bo`ldi.
Moskva kinofestivali – dunyodagi eng yirik kinofestivallardan biri. Asosiy tanlovda mening filmim nomzod bo`lganining o`zi – katta sharafdir.
Men tanlovdagi qariyb barcha filmlarni tomosha qildim. Dastur o`ta kuchli bo`ldi. Nazarimda, “Sabot” hech qanday mukofotga erisholmasa ham kerak, degan fikr ko`nglimdan o`tdi. Ayniqsa, koreys va portugal filmlari kuchli ekan.
Shu bois mukofotlarni qo`lga kiritish men uchun o`zgacha sharaf bo`ldi.
Festivalda “Sabot” ko`rib chiqilganidan so`ng ushbu kinofilmni yana to`rtta nufuzli xalqaro kinofestivallarga taklif etishdi.
Taqrizchilar “Sabot”ning g`alabasi – mana, o`n yildirki, nafaqat hech qanday mukofotni qo`lga kiritolmayotgan, balki hatto nufuzli kinofestivallarda taqdim etilmayotgan butun o`zbek kinematografiyasi uchun yangilik bo`ldi, deb yozishdi.
Menimcha, endilikda o`zbekistonlik yosh rejissyorlar Moskva festivali va shu darajadagi Kann, Venesiya, Berlin festivallariga chiqishga intilishadi. U erda o`z hisobidan yoxud davlat hisobidan ko`ngilxushlik qilish uchun emas, tanlov dasturlarida qatnashishga harakat qilishadi.
Lekin yosh rejissyorlar bilib qo`yishlari lozim – oson yo`lning o`zi bo`lmaydi. Rejisser nafaqat san`atkor, qolaversa, jangchi hamdir.
Men o`z filmim uchun 2015 yildan beri kurashib keldim.
Hozir esa O`ZBEKKINO badiiy kengashiga yangi kelganlar hayron bo`lishmoqda: ssenariy nega muncha uzoq muddat davomida o`tkazilmadi?
Qisqasi, men filmni bir rahbariyat boshchiligida suratga oldim, topshirishga kelganda boshqa rahbariyat, boshqa badiiy kengashga topshirdim.
“O`zbekkino”ning yangi rahbarlari – direktor Furqat Shokirovich Zokirov va ijodiy tomondan uning o`rinbosari Rizaev Shuhrat filmni yuqori baholashdi, filmni festival namoyishiga tayyorlashni buyurishdi.
Yaqinda ba`zi OAVda “Sabot”filmini 40-Moskva kinofestivaliga olib chiqishda “Kinematografiyani rivojlantirish markazi”ning ham hissasi bor, degan axborot tarqaldi. Men shuni ta`kidlamoqchimanki, “Sabot”ni Moskva kinofestivaliga olib chiqishda ham, boshqa festivallarda qatnashishida ham ushbu tashkilotning hech qanday aloqasi yo`q.
“Sabot” filmi “O`zbekkino” MA buyurtmasiga binoan davlat mablag`i hisobiga suratga olindi va filmning festivalga chiqishi bilan “O`zbekkino”ning xalqaro bo`limi shug`ullanadi.
Ushbu film yaratilishiga aloqador bo`lgan barcha barcha insonlarga yana bir bor o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, xususan, barcha suratga olish guruhiga. O`sha paytda “O`zbekfilm”ning direktori bo`lmish Hilol Nasimovga alohida rahmat. Qoraqalpoq hamkasabalarimizning beqiyos ko`maklari uchun tashakkur.
Va “O`zbekkino”ning hozirgi rahbariyatiga yaga bir martaba tashakkur izhor etmoqchiman.
Mazkur filmning mukofotlari butun o`zbek kinematografiyasiga tegishlidir.
Lola Shoimova suhbatlashdi. | 94 | 2,981 |
Madaniyat | Kir yuvish mashinasidan ot fermasigacha: Gollivud yulduzlari ilk gonorarini nimaga sarflagan? | Mashhurlar har doim ham hashamatli uylar va yaxtalarning egalari bo‘lmagan. Deyarli har biri o‘z karyerasini kam gonorar bilan boshlagan — bu faqat oziq-ovqat uchun yetarli edi yoki ba’zida butunlay tekinga suratga tushishgan. Quyida Gollivud yulduzlari ilk gonorariga nimalar xarid qilgani haqida bilib olasiz.
Nikol Kidman
Aktrisa eslashicha, ilk gonorari tushlik uchun yetarli bo‘lish bilan birga, ortganiga ota-onasiga kir yuvish mashinasi ham sotib olgan.
Jennifer Lopes
Xonanda qarindoshlariga yordam bermadi, balki o‘ziga Mersedes sotib oldi.
Jonni Depp
Qaroqchi Jek Chittak pulni o‘ziga emas, onasi uchun ot fermasi sotib olishga sarflagan.
Selena Gomes
Pop qo‘shiqchi asli texaslik, shuning uchun u daromadining katta qismini Los-Anjelesdagi uyga sarmoya qilgan.
Bred Pitt
Aktyor pulni isrof qilmaydi, balki kvartirasiga lampa va kreslo sotib oladi.
Rami Malek
Ko‘pchilik singari aktyor kofeinsiz yashay olmaydi, shuning uchun u birinchi gonorariga espresso mashinasini sotib olgan.
Sindi Krouford
Mashhur model birinchi gonorarini kvartirasi devorlariga gulqog‘oz olishga sarflagan.
Bri Larson
Aktrisa ko‘p yillar davomida orzu qilgan ko‘k rangli elektr gitara sotib oldi. Balki, u rok yulduzi bo‘lishni xohlagandir. | 93 | 1,234 |
Madaniyat | Los-Anjelesda “Oltin globus” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi | Los-Anjelesda 7-yanvarga o‘tar kechasi “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “RBK”.
Brayan Singerning “Bogema rapsodiyasi” kartinasi o‘tgan yilning eng yaxshi dramatik filmi deya e’tirof etildi. Ushbu film Queen guruhi va uning vokalisti Freddi Merkyuri haqida hikoya qiladi.
Ushbu filmda Freddi obrazini yaratgan aktyor Rami Malek 2018-yilning eng yaxshi dramatik aktyori bo‘ldi.
Eng yaxshi dramatik aktrisa nominatsiyasidagi “Oltin globus”ni “Rafiqa” filmida rol ijro etgan aktrisa Glenn Klouz qo‘lga kiritdi.
Piter Farellining “Yashil kitob” kartinasi “Yilning eng yaxshi komediyasi” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi.
Amerikalik rejissor Alfonso Kuaronning “Rim” filmi “Chet tilidagi eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oltin globus” ga loyiq deb topildi. 2018-yilning eng yaxshi animatsion filmi nomiga “O‘rgimchak-odam: Koinotlar uzra” multfilmi sazovor bo‘ldi.
Amerikalik Maxershala Ali “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritdi.
“Bil-strit gapira olganida” filmida rol ijro etgan Redjina King ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa nomiga sazovor bo‘ldi.
Ledi Gaga “Yulduz tug‘ildi” filmi uchun yaratilgan Shallow qo‘shig‘i uchun “Oltin globus” oldi. Xonanda shuningdek, ushbu filmdagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nomiga da’vogarlik qilgandi, biroq ushbu nominatsiyada mukofotsiz qoldi.
“Oltin globus” mukofoti 76-marta topshirildi. Uni “Oskar” mukofotining repititsiyasi deb ham atashadi. | 63 | 1,494 |
Madaniyat | Bojxona xizmati xodimlarining ko`magida muzeyi yangi eksponatlar bilan boyidi | O`zbekiston tarixi davlat muzeyi yurtimizning eng boy muzeylaridan biridir. Ushbu madaniyat maskanida O`zbekistonning tarixiy taraqqiyoti, mamlakatimiz bo`ylab amalga oshirilgan arxeologiya va etnografiya ekspedisiyalarining topilmalari saqlanadi va tashrifchilarga namoyish etiladi. Hozirgi kunda mazkur maskan fondida 300 000 dan ortiq eksponatlar jamlangan va ushbu dargoh boshqa muzeylarga qaraganda tashrif buyuruvchilar soniga ko`ra etakchi o`rinda turadi.
Yaqinda Bojxona xizmati xodimlarining ko`magida muzeyning arxeologiya va numizmatika fondi 92 turdagi 220 ta tarixiy ashyolar bilan boyitildi. Turli tarixiy davrlarga tegishli bo`lgan ushbu buyumlar katta tarixiy ahamiyatga ega. | 77 | 691 |
Madaniyat | “Sen Prezidentmisan, tekinga non tarqatasan, deyishdi’. Aktyor Abror Tursunov mahalla raisligidan ketish sababi haqida gapirdi (video) | “Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va rejissor Abror Tursunov haqida ijtimoiy tarmoqlarda “qarovsiz, yordamga muhtoj, juda ayanchli ahvolda” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist va teleboshlovchi Shohira Hamro Abror Tursunovning xonadonida bo‘lib, aktyor bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida Abror Tursunov mahalla raisi lavozimida ishlagani va undan ketgani sabablari haqida gapirib berdi.
Bilasizmi nima, men rais bo‘lganimdan so‘ng, odamlar pul ko‘tarib kelib, nonvoyxona qurmoqchi ekanligini aytishdi. To‘qqizta nonvoyxona qurdim. Nonvoyxonalar tayyor bo‘lganidan keyin, ularning egalari yonimga pul ko‘tarib kelishdi. Men esa ‘puling bilan meni ololmaysan, menga bir kunda 5 ta non bera olasanmi, tekinga’, deb, ular bilan kuniga 5 ta tekinga non berishga kelishib oldim.
Jami 45 ta nonni kam ta’minlangan oilalarga tarqatardim. Yonimizda kafe bor edi. Kafeni egasiga ‘to‘rtta odamga tekin ovqat bera olasanmi’, dedim. U ham rozi bo‘ldi. Xullas sakkizta odam ovqat yerdi, 9 ta oila tekin non yerdi.
Shundan so‘ng menga ‘sen nima Prezidentmisan, nima uchun tekinga non berayapsan’, deyishdi. Odamlar meni noto‘g‘ri tushunishdi. Tekshiruvlardan charchadim. Olti yil ishlagan edim. Keyin ketdim.
Abror Tursunov, aktyor va rejissor | 134 | 1,376 |
Madaniyat | “Faqat ‘Shogirdiman!’ deb gapirishni bilishadi, ammo...”. Hojiboy Tojiboyevning qizi dadasining nomidan foydalanib yurganlarga murojaat qildi | “Qo‘ysangchi!”, “Bunday o‘ylab qarasam menga ‘nevigodniy’ ekan”, “Qarg‘adan makkadek-makkadek ter oqib ketyapti!..”. Bu unutilmas iqtiboslar kulguning 99 turini, uning qanday bo‘lishini o‘rgatib ketgan taniqli so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevga tegishli.
Jurnalist Feruz Muhammad uning qizi — Intizor Tojiboyeva bilan suhbatlashib, Hojiboy Tojiboyevning so‘nggi kunlari qanday kechgani, taniqli so‘z ustasining o‘limidan so‘ng uning shogirdlari san’atkorning oilasiga qanday munosabat ko‘rsatgani va Intizorning ijoddagi o‘z yo‘li haqidagi savollarga javob oldi.
— O‘zingiz haqingizda so‘zlab bersangiz: ayni damda nimalar bilan bandsiz, o‘qish, ish, oilaviy hayotingiz qanday kechmoqda?
— O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida drama va kino aktyorligi fakultetining birinchi kursida o‘qiyman. Oilamizdan faqatgina men san’at yo‘lini tanladim.
— Dadangizning so‘nggi kunlari qanday kechgan edi?
— O‘sha vaqtda mazalari yo‘q edi, dadam shifokorlar nazoratida edi. Ancha yillar davolanganlar, ‘Hali tuzalib ketsam, konsert beraman’, deb yurgandilar. Ular haqida odamlar tarqatgan gap-so‘zlardan, mish-mishlardan jahlim chiqadi.
— Qanday mish-mishlarni nazarda tutyapsiz?
— Asossiz mish-mishlarni aytyapman. Dadamni avtohalokatga uchrab halok bo‘lgan deyishlari yoki kimdir o‘ldirgan degan yolg‘on, bo‘lmagan gaplarni eshitish og‘ir botadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, so‘nggi konsertlarida ahvollari juda og‘ir edi. Dadam hayot bo‘lganlarida 60 yillik yubeleylarini nishonlagan bo‘lar edik.
— Dadangizni qaysi shogirdlari uning o‘limidan so‘ng oilangizni qo‘llab-quvvatlab turdi?
— To‘g‘risi, hech kim yordam bermagan.
— Avaz Oxun: “Hojiboy Tojiboyev — ustozim”, deb ko‘p marta ta’kidlagan. U ham yo‘qlab turmaganmi?
— Yo‘q, yo‘qlab turmagan.
— Nahotki shogirdlarning hech biri yordam bermagan?
— Faqat “Shogirdiman!”, deb gapirishni bilishadi, ammo uyimizni qayerdaligini ham bilishmaydi. Dadamning qo‘shtirnoq ichidagi shogirdlari yordam berish uyoqda tursin, oilamiz haqida ma’lumotga ham ega emas.
— Avaz Oxunni konsertiga borgan edingiz, adashmasam, onangiz ham boruvdilar.
— Shaxsan men bormaganman, singlim bilan onam borganlar.
— Dadangizning nomidan foydalanib yurganlarga nima degan bo‘lardingiz?
— Har kim o‘z yo‘nalishida ijod qilishini xohlardim. “Hojiboy Tojiboyevning shogirdiman” deb nom chiqarganlarning konsertiga borayotganlar, shubhasiz, dadamning muxlislaridir. Hojiboy Tojiboyevni takrorlamasdan, o‘z yo‘nalishlarini topib, ijod qilishlarini so‘ragan bo‘lardim.
— Har xil kulgu jamoalari otangizning hazillaridan foydalanib, chiqishlar qiladi. Ularga munosabatingiz qanday?
—E’tirozim yo‘q, ular dadamning nomini eslab o‘tishadi. Har holda jamoalarning yo‘nalishi boshqacha.
— Qiynalganingizda dadangizning qaysi so‘zlari yoki hazillari sizni olg‘a qadam tashlashga chorlaydi?
— Dadam vafot etganlarida juda yosh edim. Xafa bo‘lganimda: “Intizorim, men borman-ku, hammasi yaxshi bo‘ladi”, derdilar. “Men bormanku!” degan gaplari hozirga qadar meni oldinga yurishga undaydi. Men uchun dadam har doim hayotlar.
— Qaysi filmlarda suratga tushgansiz?
— “Ota” filmida qiz nevara rolini ijro etganman. “Sotqin” filmidagi rolim “Ota” filmidagidek katta bo‘lmasa-da, esda qolarli: otasi tufayli garovga olingan sodda, 16 yoshli beg‘ubor qiz rolini ijro etganman. Bundan tashqari, “Garov”, “Begona” filmlarida ham suratga tushganman.
— Kinoda yana qanday takliflar bo‘lyapti? Qaysi rejissorlar bilan ishlash siz uchun zavq bag‘ishlaydi?
— Takliflar bo‘lyapti, ammo hozir o‘qish bilan bandman. Rustam Sa’diyevni juda hurmat qilaman. Ular bilan ishlash maroqli. Bu rejissor bilan yana ishlashni xohlardim. “Ota” filmining rejissori Ma’ruf Otajonov va “Begona” filmining rejissori Olim Sulaymonovlarni ham juda hurmat qilaman. Kinoda ilk qadamlarimni shu insonlar tufayli qo‘yganman.
— San’atda qaysi marralarni ko‘zlagansiz? Dadangizdek millionlab qalblarga kira oladigan shahdni o‘zingizda sezasizmi?
— Xuddi dadamdek mashhur bo‘lish, millionlab insonlar qalbidan joy olish mushkul vazifa. Lekin men astoydil harakat qilaman. Qolganini vaqt ko‘rsatadi. | 141 | 4,074 |
Madaniyat | Filmlardagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, faqat kino ijodkorlarining tasavvurida yaratilgan eng mashhur 8 ta yolg‘on | Filmlardagi sahnalar tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yish uchun ta’sirchan va rang-barang bo‘lishi kerak. Ammo ba’zida kinoijodkorlar film yaratishda xatoga yo‘l qo‘yishadi va biz ekranda ko‘rayotgan hodisalar haqiqatdan ancha yiroq bo‘ladi.
Sud jarayoni his-tuyg‘ularga to‘la erk berib olib boriladi
Advokatlarning suddagi otashin nutqlari hayratlanarli darajada ajoyib ko‘rinadi. Qahramon mijozni mahorat bilan himoya qiladi. Ammo haqiqiy hayotda sud jarayoni ilhomlantiruvchi pafosdan ko‘ra ko‘proq tushkun holatda o‘tadi.
Advokatlar va yuristlar sudda baqirmaydi yoki baland ovozda bayonotlar bermaydi, chunki bunday xatti-harakatlar taqiqlangan. Jarayon ishtirokchilari sud zalida o‘zlarini juda vazmin va xotirjam tutishadi, chunki qat’iy odob-axloq qoidalari mavjud, ularni buzganlik uchun jarimaga tortilishingiz yoki hatto rasmiy maqomingizni yo‘qotishingiz ham mumkin. Albatta, advokatlar o‘z obro‘sini yo‘qotishni xohlashmaydi, shuning uchun ular o‘z nutqlarida hissiy bayonotlarga yo‘l qo‘ymaydilar.
Piranyalar — dahshatli daryo yirtqichlari
Kinoda bu turdagi baliqlar aqlbovar qilmaydigan tajovuzkor, chinakam dahshatli jonivorlarga aylanadi. Yaxshiyamki, odamlar yoki yirik hayvonlar aslida piranyalar ratsioniga kiritilmagan. Ular asosan dengiz hasharotlari, baliqlar, qurtlar; ba’zi kichik turlari esa faqat urug‘lar va suv o‘tlari bilan oziqlanadi. Piranyalar faqat oziq-ovqat kam bo‘lgan yoki xavfni his qilgan hollarda odamlarga hujum qilishi mumkin.
Maymunlar asosan banan yeydi
Biz kino va multfilmlarda son-sanoqsiz banan yeyayotgan yoqimtoy maymun qiyofasiga o‘rganib qolganmiz. Aslida esa yovvoyi tabiatda maymunlar asosan barglar, gullar, yong‘oqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.
Bundan tashqari, odamlar o‘rganib qolgan banan xonakilashtirilgan va madaniy o‘simlik hisoblanadi. Primatlarning yashash muhitida uni deyarli yeyishmaydi. Albatta, bu maymunlar ularni umuman yemaydi degani emas, lekin banan ularning asosiy ozuqasi hisoblanmaydi. Ba’zi hayvonot bog‘larida hayvonlarni banan bilan boqish hatto taqiqlangan, chunki ular juda yuqori kaloriyali, bu esa hayvonlarda turli kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Katta shaharlarda mashinada quvish
Katta shaharlar ko‘chalarini tirbandliksiz ko‘rishning yagona yo‘li — avtomobillar bir-birini quvayotgan lahzalardir. Aslida bunday poyga boshlanganidek tez tugaydi, chunki katta shaharlarda haqiqatan ham tirbandlik bilan bog‘liq katta muammo bor va asabiy haydovchilar bilan mashinalar o‘rtasida manyovr qilishning umuman iloji yo‘q.
Shifokorlar barcha sohalarning mutaxassislari
Mashhur Gregori Haus tez yordam xonasida bemorlarni tekshiradi, shifoxona bo‘limiga tashrif buyuradi, keyin esa eng murakkab operatsiyalarni bajaradi, umuman olganda, o‘nlab shifokorlarning ishini qiladi. Ammo doktor Haus real shaxs emas, balki shifokorlar haqidagi umumiy afsonadir.
Har bir shifokor ma’lum bir mutaxassislik bilan birga, ma’lum bir mas’uliyatga ega. Va jiddiy aralashuvga muhtoj bo‘lgan bemorlar bilangina ko‘plab shifokor va hamshiralar muloqot qiladi. Bitta shifokor barcha muolajalarni amalga oshirisha olmaydi va bunday huquqqa ega ham emas.
Sud-tibbiyot ekspertlari o‘sha joyning o‘zida xulosalarini beradi
Kinoda tergovchi va politsiyachilar ko‘pincha sud-tibbiyot ekspertlari yordamiga murojaat qilishadi va ular jinoyat sodir bo‘lgan joyda deyarli tayyor xulosa berishadi.
Aslida esa sud-tibbiy ekspertiza muddati ko‘plab omillarga bog‘liq va o‘rtacha 2 haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin. Hech qachon ekspertlar dalillar topilganidan bir necha soat o‘tgach, o‘z fikrlarini bildirmaydi.
Insonlar miyasining atigi 10 foizidan foydalanadi
Inson miyasining atigi 10 foizini ishlatishi haqidagi afsona o‘tgan asrda paydo bo‘lgan, ammo undan zamonaviy kino hali ham foydalanmoqda. Bunga misol bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng mashhur filmlar — “Lyusi” va “Zulmat hududlari”dir. Agar inson o‘z miyasining 10 foizdan ko‘prog‘ini ishlatsa, u darhol supermenga aylanishi mumkinligiga ishoniladi.
Olimlar uzoq vaqtdan beri bu afsonani rad etib kelishgan. Aslida odamzod bu kulrang moddaning butun hajmidan foydalanadi. Shunchaki, miyaning barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida faollashtirib bo‘lmaydi.
Yong‘inga qarshi tizim kichik olov uchun ham butun xonani suv bilan to‘ldiradi
Filmlardagi yong‘in purkagichlari zajigalka yoki hatto sham alangasida ham ishlab ketadi va qahramonlarni ajoyib tetiklantiruvchi dush bilan ta’minlaydi. Lekin aslida faqat bitta purkagich ishlaydi. Bundan tashqari, mexanizm ishlashi uchun issiqlik kerak — yongan qog‘ozdan chiqqan tutun yoki sham yorug‘ligi yetarli bo‘lmaydi. | 117 | 4,622 |
Madaniyat | Tokioda o‘zbek-yapon kinoijodkorlari hamkorligida suratga olingan “Dunyoning bir chekkasi” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto) | Yaponiyaning LOADED FILMS LTD kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Dunyoning bir chekkasi” badiiy filmining premyerasi Tokio shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
O‘zbekiston hududida suratga olingan ushbu to‘liq metrajli badiiy film muallif va rejissor Kiyoshi Kurosavaning “Na kray sveta” ssenariysi asosida yaratilgan. Bugungi kunda ushbu film “Dunyoning bir chekkasi” deb nomlanib, Tokioning bir nechta kinoteatrlarida taqdimot marosimi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirlarda yaponiyalik ijodiy guruh bilan birga O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov, “O‘zbekkino” Milliy agentligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Feruza To‘raxo‘jayeva, aktyor Adiz Rajabov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvlar 15-iyun kuni Tokioning Sindzyuku kinoteatrida yapon-o‘zbek kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan “Dunyoning bir chekkasi” badiiy filmini namoyish etish bilan boshlandi.
Shundan so‘ng yaponiyalik jurnalistlar va OAV xodimlari bilan “Crank in” internet-nashriyotida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda film ijodkorlaridan Kiyoshi Kurosava, Atsuko Maeda, Ryo Kase, Shota Sometani, Tokio Emoto va O‘zbekistonlik delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.
“Euro Space Shibuya”, 3F Kinoxaus, Kino Yokogama, Minato Miray sahnasida 16-iyun kuni film namoyishi va namoyishdan so‘ng uchrashuvlar o‘tkazildi.
“Yaponiyadagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan mehmonlar sharafiga tadbir uyushtirildi. Tadbirda Sutaya Gindza va Mariko Sisido bilan suhbatlar qizg‘in bo‘ldi”, — deyiladi agentlik xabarida. | 131 | 1,596 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov yangi konsert dasturini e’lon qildi | O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2014-yilgi konsert dasturi kunlarini e’lon qildi. Bu haqda PressNews nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, sevimli san’atkorimizning bu yilgi konsert dasturi “Mening baxtim” deb nomlangan va u 6—23-aprel kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shiqchi yordamchisining ma’lum qilishicha, har yili konsertda 20—25ta yangi qo‘shiq kuylangan bo‘lsa, bu yil 10—15ta yangi qo‘shiq ijro etiladi. Bundan tashqari, konsert dasturidan “xalqimizga tanish bo‘lgan” qo‘shiqlar ham o‘rin oladi.
Avvalroq, mazkur xonandamiz bundan keyin faqat jonli ijroda kuylashga bel bog‘lagani xabar qilingan edi. Ammo Ozodbek Nazarbekovning konserti afishasida unda fonogramma orqali ijro etilishi ma’lum qilingan. | 54 | 740 |
Madaniyat | Saudiya Arabistoni o‘zining ilk animatsion serialini namoyish etadi (video) | Saudiya Arabistonining Manga Production animatsion kompaniyasi Saudiya folklori asosida yaratilgan “O‘tinchining xazinasi” deb nomlangan ilk animatsion serialning tizerini taqdim etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyaning Toei animatsion kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan yangi serial har biri 20 daqiqa davom etadigan 13 qismdan iborat bo‘ladi.
Mualliflarning aytishicha, o‘zida ilmiy fantastika va sarguzasht elementlarini mujassamlashtirgan serial barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan.
Kompaniya 90 daqiqa davom etuvchi to‘liq metrajli multfilm ishlashini ham ma’lum qilgan. | 75 | 628 |
Madaniyat | Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” seriali haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmay turib, Xurram Sulton roliga qanday tasdiqlangan? | Turk ommaviy axborot vositalarining yozishicha, “Choliqushi” teleserialining yulduzi — Fahriye Evjen ijro etishi kerak bo‘lgan Xurram Sulton roliga Maryam Uzerli tasdiqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, “Muhtasham yuz yil” serialida Malkocho‘g‘li Bali Bey obrazini gavdalantirgan Burak O‘zchivitning rafiqasi Sulton Sulaymonning sevimli kanizagini o‘ynashi kerak edi. Mish-mishlarga ko‘ra, prodyuserlar Fahriye Evjen bilan shartnoma imzolashga tayyor bo‘lgan, ammo so‘nggi daqiqada ular nemis-turk aktrisasining namunalarini ko‘rib, fikrlarini o‘zgartirgan, deb yozadi “Teleprogramma.pro”.
Maryam Uzerli turk tilini yaxshi bilmasligiga, so‘zlarni chalkashtirib yuborishiga va har bir murakkab iborani uzoq vaqt o‘rganishiga qaramay, aynan u Xurram Sulton roliga tanlangan. Aktrisaning o‘zi intervyularning birida shuni ma’lum qildiki, uning karyerasi Turkiyada qurilmagan. Shuning uchun barchasi Maryamning boshqalardan farqli, mutlaqo turkiy bo‘lmagan ko‘rinishi bilan bog‘liq. Ammo “Muhtasham yuz yil” teleseriali uchun Maryam ayni muddao edi. Sababi prodyuserlar slavyan qiz Roksolanaga o‘xshashi kerak bo‘lgan qizil sochli aktrisani uzoq vaqt izlagan.
Eng qizig‘i, Maryam Uzerli kastingga kelib, “Muhtasham yuz yil” teleseriali qanday loyiha ekanini ham bilmay turib, bosh rollardan biriga ega bo‘lgan.
Mening bir dugonam bor, u bilan “Gamburg” teatrida birga ishlaganmiz. U serial mualliflariga men haqimda gapirib bergan. Mendan kastingga kelishni xohlaysizmi, deb so‘rashdi. Bu qanday loyiha ekanligini yaxshi tushunmasam-da, keldim.
Men hech narsaga umid qilmaganman, chunki Turkiyada qancha ishlashga harakat qilsam ham, ular menga shunday der edi: “Sening isming turkcha, lekin turklarga o‘xshamaysan. Qolaversa, turk tilini ham bilmaysan”.
Men yana tavakkal qilishga qaror qildim. Ular menga: “Balki, bu yerda bir necha yil qolishing kerakdir”, — deyishdi. Ochig‘ini aytsam, o‘shanda bu yerdan qanday qochib qutula olaman, deb o‘ylagandim.
Maryam Uzerli, aktrisa | 131 | 1,967 |
Madaniyat | Xonanda Lola litsenziyasi tugatilganidan minnatdor ekanligini ma’lum qildi | Xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zining xonandalik litsenziyasi bilan bog‘liq vaziyatdan minnatdor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u RedPen nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Litsenziya bilan bog‘liq holatdan minnatdorman, u mendagi ayollikni uyg‘otishga yordam berdi. Chunki g‘ildirak ichidagi olmaxonga o‘xshab yugurayotganingda, yashashga ulgurmaysan”, — dedi xonanda.
“Konsertlar, ish, yangi albomlar, dasturlar — bularning hech biri to‘xtab, atrofga nazar tashlashga, yillar o‘tib ketayotgani va senda boshqa hayot ham borligini eslashga imkon bermaydi”, — dedi Lola.
“Menda chuqur nafas olib, hayotda aslida nimani xohlayotganim haqida o‘ylab ko‘rishga fursat bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qildi Lola Yo‘ldosheva.
Ma’lumot uchun, 2015-yilning iyul oyida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Lolaning litsenziyasini tugatilganini e’lon qilgan va bunga izoh bergan edi. | 74 | 871 |
Madaniyat | Amerikalik xonanda Jastin Timberleyk o‘z qo‘shiqlarining mualliflik huquqini 100 million dollarga sotmoqda | So‘nggi yillarda Amerikalik xonanda Jastin Timberleykning musiqiy karyerasida biroz sustlik kuzatildi. Musiqachi deyarli to‘rt yil davomida albom chiqarmadi va ko‘pchilik hatto qo‘shiqchidan yangiliklar kutishni to‘xtatdi. Ammo u o‘zini odamlarga eslatishga qaror qildi, lekin ijodkorligi bilan emas, deb yozadi People Talk.
The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, Jastin Timberleyk o‘zining aksariyat treklariga bo‘lgan huquqlarni Hipgnosis Song Management investitsiya kompaniyasiga sotmoqda. Nashrga ko‘ra, musiqachi 100 million dollarlik shartnoma imzolagan. U o‘zining eng mashhur taronalariga mualliflik huquqlarni kompaniyaga topshiradi: “Cry Me a River”, “My Love”, “What Goes Around”, “Can’t Stop The Feeling” va boshqalar. | 106 | 746 |
Madaniyat | O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Charlz Dikkens tavalludining 205 yilligi nishonlandi | O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 7-fevral kuni ingliz yozuvchisi, romannavis va publitsist Charlz Dikkens tavalludining 205 yilligiga bag‘ishlangan “‘Shahar romanlari’ usta yozuvchisi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Bu haqda kutubxona sayti xabar bermoqda.
Ko‘rgazmada adibning o‘zbek va rus tillaridagi asarlari, uning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar va jurnallar taqdim etilgan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan kutubxona foydalanuvchilari adibning “Sovuq uy”, “Oliver Tvist”, “Charlz Dikkens nabirasi tomonidan bolalarga hikoya qilingan hikoyalar” nomli kitoblari, yozuvchining asarlari to‘plamlari, shuningdek, uning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi kitoblar va jurnallardan olingan maqolalar bilan tanishdi.
Jahon klassik adabiyotining eng yirik nasrshunoslardan biri hisoblangan Charlz Dikkens 1812-yil 7-fevral kuni Angliyada tavallud topgan. “Pikvik klubi o‘lmidan keyingi maktublar”, “Oliver Tvist”, “Devid Kopperfild”, “Katta umidlar”, “Ikki shahar qissasi haqida” kabilar adibning eng mashhur asarlaridir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 85 | 1,216 |
Madaniyat | Xonanda Kaniza: Endigi maqsadim oila! | Xonanda Kaniza Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan muxlislari bilan uchrashdi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasi xabar bermoqda.
Ijodkor Oysha Otaxo‘jayeva va Oyxumor Ortiqboyeva ismli ikki nafar muxlisasini qiziqtirgan savollarga javob berdi. U yutuqlari haqida gapirar ekan, asosiysi xalq e’tiboriga tushgani ekanligini qayd etdi.
“Qo‘shiqlarim mashhur bo‘ldi, tanildim. Nihol mukofoti bilan taqdirlandim. Oliy o‘quv yurtini bitirdim, – dedi Kaniza. – Endigi maqsadim oila! Kelajakda oilam, shirindan-shakar farzandlarim bo‘lishini xohlayman. Nazarimda har bir ayol shuni istaydi”.
Suhbat chog‘ida Kaniza bu yil kuzda turmushga chiqish niyati borligini aytib, qizlarni to‘yiga taklif qildi. | 37 | 725 |
Madaniyat | Opera qo‘shiqchisi Xibla Gerzmava Xvorostovskiyning o‘limi haqidagi xabarlarni rad etdi | Opera qo‘shiqchisi Xibla Gerzmava o‘z Instagram’ida Dmitriy Xvorostovskiyning o‘limi haqida OAVlarda paydo bo‘lgan xabarlarni rad etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“U tirik! Yolg‘on xabar!” — deb yozdi Gerzmava.
Avvalroq Xvorostovskiyning vafoti haqidagi xabarlarni uning rasmiy vakili ham rad etgan edi.
11-oktabrga o‘tar kechasi “Kp.ru” sayti Xvorostovskiy uzoq davom etgan onkologik kasallikdan keyin vafot etgani haqida xabar bergan edi. | 87 | 438 |
Madaniyat | Anjelina Joli qoplonlar bilan xavfli fotosessiyada ishtirok etdi (foto) | Aktrisa Anjelina Joli Harper’s Bazaar jurnalining noyabr soni uchun qoplonlar bilan fotosessiyada ishtirok etdi, deb yozadi 7MedNews.
Aktrisani suratlarda juda nafis va latif liboslarda ko‘rish mumkin. Ammo kadrlardan latofat bilan birga, ekstremallik nafasi ham ufurib turibdi, deyiladi xabarda. Axir Joli haqiqiy yirtqichlar — qoplonlar bilan bitta kadrda ko‘rinish berdi. Suratlar Afrika changalzorlari fonida olindi. | 71 | 421 |
Madaniyat | Dizayner, yozuvchi, prodyuser: Hind aktyorlari qaysi kasb egalariga uylangan? | Yulduz va mashhurlarning nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayoti ham muxlislar uchun qiziqarli hisoblanadi. Ayniqsa, o‘zining esda qolarli rollari bilan taniqli bo‘lgan Bollivud yulduzlari hamisha e’tibor markazida bo‘lgan. Quyida bir qancha mashhur aktyorlarning rafiqalari qaysi kasb egasi ekanligiga izoh berib o‘tamiz.
Shohruhxonning turmush o‘rtog‘i Gauri Xon — interyer dizayneri va prodyuser
Bollivud qiroli Shohruhxonning rafiqasi Kolkata Knight Riders hamda Red Chillies entertainment prodyuserlik kompaniyasi egalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, uning D’décor nomli interyer do‘koni ham bor. Gauri qat’iy tartib-intizom sabab o‘zini muvaffaqiyatga erishgan deb hisoblaydi. Bu hali hammasi emas, uning nomi bilan atalgan kompaniya ham bor va Gauri boshchiligidagi dizaynerlar jamoasi, mashhur mehmonxona va restoranlarni jihozlash bilan shug‘ullanadi.
Ritik Roshanning turmush o‘rtog‘i Syuzanna Roshan — interyer dizayneri
Bugunga kelib Ritikning sobiq turmush o‘rtog‘i deb aytiladigan Syuzanna ham interyer dizayneri. Qolaversa, u The Charcoal Project do‘koni sohibasi hisoblanadi.
Akshay Kumarning turmush o‘rtog‘i Tvinkl Khanna— interyer dizayneri, yozuvchi
Akshay Kumarning rafiqasi dizaynerlikdagi muvaffaqiyatli faoliyati sabab Elle Décor xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan. Tvinkl, shuningdek, yozuvchi sifatida ham yaxshi ma’lum. U kitob yozishdan tashqari ba’zi-ba’zida The Times Of India singari nashrlarga maqola yozadi.
Amirxonning turmush o‘rtog‘i Kiran Rao— rejissor va prodyuser
Amirxonning rafiqasi Kiran Rao karyerasini rejissor yordamchisi sifatida boshlagan. “Mumbay kundaligi” filmi uning birinchi rejissorlik ishi bo‘lgan.
Sunila Shetti turmush o‘rtog‘i Mana Shetti — modelyer
Aktyorning rafiqasi faqatgina modelyerlik bilan cheklanmagan. U do‘konlar dizayni hamda bolalarga yordam ko‘rsatish dasturlarini tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanadi. | 77 | 1,884 |
Madaniyat | Jeyms Bond haqidagi uchta film rejissori Lyuis Gilbert vafot etdi | Britaniyalik rejissor, prodyuser va ssenarist Lyuis Gilbert 27-fevral kuni 97 yoshida vafot etdi. U agent 007 Jeyms Bond haqidagi uchta filmni suratga olgan, deb yozadi “TASS”.
“Qadrli do‘stimiz Lyuis Gilbertning hayotdan ketganligi haqida xabarni katta qayg‘u bilan eshitdik. U haqiqiy jentlmen edi. U Britaniya kinosanoati, jumladan, Bond haqidagi filmlarga katta ulush qo‘shdi”, — deydi prodyuserlar Maykl J.Uilson va Barbara Brokkoli.
Lyuis Gilbert 1920-yilning 6-martida Londonda artist oilasida dunyoga kelgan. Rejissor Bond haqidagi uchinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi filmlarni suratga olgan. | 65 | 600 |
Madaniyat | Yangi film — Anjelina Joli yovuz malika rolida (foto va video) | "Piter Pen va Alisiya mo``jizalar mamlakatida" (Qaytish) filmining suratga olish ishlari ikki yil oldin tugaganligiga qaramay namoyish etilmayotgan edi. Sababi shu vaqt ichida Brend Chepman tomonidan suratga olingan ushbu yangi film post-prodyusserlikda bo`lgan. Nihoyat, tomoshabinlar filmni baholashlari mumkin: 4 dekabr kuni uning premerasi Buyuk Britaniyada bo`lib o`tadi.
Yaqinlashib kelayotgan premera arafasida, film yaratuvchilari Anjelina Joli ishtirokidagi ayrim kadrlarni bo`lishishdi. 45 yoshli aktrisa Yuraklar malikasi rolini ijro etgan.
Anjelina Joli yovuz va unutilmas qiyofada namoyon bo`ladi. Qizig`i shundaki, filmda aktrisa bir vaqtning o`zida bir nechta rollarni ijro etgan: nafaqat Yuraklar malikasi, balki Piter Pen va Alisiyaning onasi (kino senariysiga ko`ra Piter Pen va Alisiya aka-singil) sifatida ham Joli namoyon bo`ladi.
Aktrisa yangi kartinaning eng yovuz qahramoni obrazida mutlaqo o`zgacha ko`rinish kasb etdi: uning sochlari yorqin malla, badani nihoyatda oq. Anjelinaning kinodagi dahshatli qiyofasini ko`kragiga yoyilgan yorqin qizil dog`li oq libos to`ldiradi.
Ma`lumot uchun, taniqli rejissyor Chapmanning ushbu yangi filmida birdaniga ikki film - "Alisiya mo``jizalar mamlakatida" va "Piter Pen" kartinalari birlashtirilgan. Alisiya va Piterning rollari yosh qora tanli aktyorlar - Kira Chans va Jordan A.Nashga nasib etdi. Ularning ota-onalari rolini esa Joli va Devid Oelovo gavdalantirgan.
Premerasi kutilayotgan ushbu kinoasar Los-Anjelesda suratga olingan. | 62 | 1,504 |
Madaniyat | Nafaqat ajoyib sujeti, balki bejirim liboslari uchun ham “Oskar” berish zarur bo‘lgan filmlar (foto) | Kinoda qahramonlarning kiyimlari ham film haqida ko‘p narsa aytishi mumkin. Liboslar nafaqat davrni aks ettiradi, balki xarakterning tabiatini, uning sirlari va niyatlarini ochib bera oladi. Hamma gap dizaynerlarning tomoshabin uchun qoldirgan ajoyib ishoralarini anglay olishda.
“Nildagi o‘lim” (2022)
Mazkur kartina kostyumlar bo‘yicha dizayner Pako Delgadoning iste’dodini to‘liq ochib berdi. Uning jamoasi bir yil davomida 1930-yillar modasini o‘rganib, film uchun 150 ga yaqin libos yaratgan.
Qahramonlarning kiyimlari shunchalik puxta o‘ylanganki, ular nafaqat vasvasa va xavfning timsoli, balki tomoshabinlarga keyingi voqealar uchun ishora ham beradi. Misol uchun, kumush libosdagi Gal Gadot qahramoni Gollivud yulduziga o‘xshaydi. Murakkab bichimli va kichkina qanot-yengli ko‘ylakdagi Linnet barchaning e’tiborini o‘ziga qaratadi.
Gal Gadotning qarama-qarshi qiyofasini ta’kidlash uchun Delgado o‘ziga ishongan qiz kiyimini oq turnalar tikilgan shaftolirang shifon libosga o‘zgartiradi. Shaffof mato Linnetning nafis va zaifligini ko‘rsatadi.
“Dahshatlar xiyoboni” (2021)
Gilermo del Toroning filmida ham liboslar muhim o‘rin tutadi. “Dahshatlar xiyoboni”ning kostyumlar bo‘yicha dizayneri Luis Sekeyra filmning qora motivlarini qahramonlarning jozibali ko‘rinishi ortiga yashirishning uddasidan chiqqan. Masalan, Keyt Blanshett o‘ynagan maftunkor psixiatr doktor Lilit Ritter. Uning zamonaviy ko‘ylaklari va baxmal nimchalari nafaqat voqealar rivojini aytib beradi, balki xavfli ayolning murakkab shaxsiyatini ham yaratadi. Teri, jun, kashtado‘zlik xarakterni belgilaydi va obrazni “gapirtiradi”.
“Spenser” (2021)
“Spenser” filmida Kristen Styuartni kiyintirgan Jaklin Dyurran Diananing liboslarini aniq nusxalashdan ko‘ra, uning aurasini qayta tiklashga qaror qildi.
Filmdagi Diana obrazi Ledi Di hayotida kiygan turli xil liboslar aralashmasidan hosil qilingan. Misol uchun, cherkovga Rojdestvo tashrifi sahnasida Diana paparatssilar oldida qora shlyapa, nafis to‘r, qora top va qizil paltoda paydo bo‘ladi. Chanel’ning mazkur tvit paltosida Diana 1988-yilda omma oldida ko‘rinish bergan. 1993-yilda u cherkovga boshqa kiyimda tashrif buyurgan. Dyurran jamoasi esa Diananing hayotidagi jumboqlarni maqsadli ravishda aralashtirib, qizil paltodan malika qudrati va qarshiligining ramzi sifatida foydalandi.
“Qovog‘arilar” (2021)
Sujetga ko‘ra, futbol jamoasidagi maktab o‘quvchilari kimsasiz orolga tushib qolgandan so‘ng, yaxshi qizlarning asl yuzi ochilib, yomon ishlarning ishtirokchisiga aylanishadi. Kostyumlar bo‘yicha dizaynerlar o‘zlarining mohiyatini hozircha yashirgan qahramonlarning kiyimlarida shifrlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari, tomoshabin signallarni bir vaqtning o‘zida harakat sodir bo‘ladigan ikki nuqtada — 90-yillarda va 2021-yilda topishi mumkin.
Misol uchun, birinchi epizodda yosh Misti hovuzda cho‘kayotgan kalamushni qutqarmaydi, xuddi mushuk kabi o‘z o‘ljasini tomosha qiladi. Qahramonning liboslariga mushuk naqshi tushirilgan bo‘lib, o‘smir Misti mushuk va gepardli tolstovka kiygan, katta yoshli Misti esa mushuk rasmli hamshira xalatida ko‘rinish beradi.
“Annani kashf qilish” (2022)
2017-yilda Anna Delvi (Sorokina) o‘zini noma’lum ota-onaning boy merosxo‘ri sifatida ko‘rsatib, Manxetten elitasi, bir nechta butik-mehmonxonalar, xususiy samolyot kompaniyasi va tajribali bankirlarni chuv tushirgan. Lin Paolo boshchiligidagi dizaynerlar jamoasi 10 oy davom etgan firibgarlik va undan keyingi sud jarayonini liboslar yordamida batafsil tasvirlab berishning uddasidan chiqa olgan, buning uchun Delvi o‘zi uchun stilist ham yollagan.
“Nima uchun ayollar o‘ldiriladi-2” (2021)
Serialning 2-mavsumi nafaqat hayajonli detektiv voqealari, balki 40-yillarning oxiridagi ajoyib liboslari bilan ham ajralib turadi. Tomoshabinlarning diqqat markazida Rita Kastillo — katta garderobga ega temperamentli qorasoch ayol turadi. Dizaynerlik liboslari, Gollivudcha soch turmagi, qora strelkalar va qizil lab bo‘yog‘i Ritani retro urfning timsoliga aylantiradi.
Rita sevgi, ehtiros va qasos ramzi bo‘lgan qizil rangni yaxshi ko‘radi. U bog‘dorchilik klubi prezidentligining ramzi sifatida tekis shoyi yoki gulli liboslarni tanlaydi. Mazkur obraz baland poshnali tuflilar, ko‘zni qamashtiruvchi taqinchoq va aksessuarlar, zamonaviy shlyapalar va qo‘lqoplar bilan boyitilgan. | 100 | 4,318 |
Madaniyat | “U yana pensiyasi kamligidan noliydi”: Muxlislar Pugachyovaning gonorari miqdoridan hayratga tushdi | 68 yoshli rossiyalik xonanda Alla Pugachyova bir necha yil avval o‘zining konsert faoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, uning sahnaga qiziqishi yo‘qolmadi, deb yozadi 7MedNews.
Xonanda turli tadbirlarda mamnuniyat bilan ishtirok etmoqda, korporativlarda esa bir necha o‘n million deya baholanayotgan gonorar evaziga chiqish qilmoqda.
Primadonnaning muxlislarini uning korporativlarda chiqish qilishi hayratga soldi. Muxlislarning fikricha, Alla Borisovnaning bunday tadbirlarda ishtirok etishi uning obro‘siga to‘g‘ri kelmaydi.
Pugachyovaning tadbirlarda chiqishi evaziga oladigan gonorari miqdori esa muxlislarni yanada ko‘proq hayratga soldi. Bu miqdordagi summa aksariyat rossiyaliklarning hatto tushiga ham kirmagan.
Primadonnani ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boruvchilar uning shaxsiy sahifalariga “U nafaqasining kamligidan noliydi. U tadbirlarda topadigan gonorarini men butun umrim davomida ham ishlab topolmayman”, “Korporativlarda kuylashgacha pastlashibdi” qabilidagi izohlarni yozib qoldirmoqda. | 99 | 1,009 |
Madaniyat | Javohir Zokirov rejissorligidagi “Toshkentim onam” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto) | Alisher Navoiy nomli kino saroyida Javohir Zokirovning “Toshkentim onam” deb nomlangan filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Filmlardagi salbiy rollari bilan tanilgan Javohir Zokirov bundan oldin ham rejissor sifatida “To‘ylar muborak 2” filmini suratga olgan. “Toshkentim onam” uning rejissor sifatidagi ikkinchi filmi hisoblanadi.
Filmda rollarni Javohir Zokirov, Farhod Mahmudov, Farruh Zokirov, Rayhon Ulasenova, Bobur Yo‘ldoshev, Iris Yo‘ldosheva , Ra’no Jo‘rayeva, Erkin Komilov, Nilufar Kamolova, Iroda Ismoilova, Shohida Ismoilova, Shahribonu Malikova, Elyor Nosirov kabi aktyor va aktrisalar ijro qilgan.
Filmning keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premyerasi 15-sentabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tadi. | 97 | 791 |
Madaniyat | “Million”ning sobiq a’zolari jamoaga qaytadimi? Davron Kabulov javob berаdi (video) | “Million” kulgu jamoasi a’zosi Davron Kabulov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida jamoaning sobiq a’zolari tarkibga qaytishi ehtimoli haqidagi savolga ham javob qaytardi.
Men istalgan taklifni taklif bo‘lgandan so‘ng muhokama qilish kerak deb o‘ylayman. Shu sababli bu savolga javob bera olmayman va javob bergim ham kelmayapti.
Davron Kabulov, “Million” jamoasi a’zosi | 83 | 381 |
Madaniyat | Ra’no Shodiyeva bir vaqtlar Tanzila Norboyevaning shaxsiy dizayneri bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video) | Aktrisa Ra’no Shodiyeva “Mirsodiqova bilan” Youtube kanaliga bergan intervyusida birinchi mutaxassisligi konstruktor-dizayner ekanligi, bir vaqtlar Senat raisi Tanzila Norboyevaga kiyimlar tikib bergani haqida gapirib berdi.
“Tanzila Kamolovna, mening ustozim, ularni judayam yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman. Bir necha yil mobaynida ularning shaxsiy dizayneri bo‘lganman, lekin atelyedan ketganimdan keyin Tanzila opaga hech narsa tikib bera olmadim. Buning uchun haliyam o‘zimni kechira olmayapman. Chunki yaqinda ko‘rishganimizda ‘Ra’no, yanayam chiroyli ko‘ylaklar, kostyumlar qilib bersang bo‘larkan’, deb iltimos qildilar, keyin men Turkiyaga ketib qoldim, qilib bera olmadim, kechirim so‘rayman”, — deydi aktrisa.
Shuningdek, aktrisa yaqinda o‘z shaxsiy shourumini ishga tushirishni, hamyonbop narxlardagi ayollar kiyimlarini tikib, sotuvini yo‘lga qo‘yishini aytib o‘tdi.
“Giyohvand qiyofasini gavdalantirishim og‘ir kechgan”. Ra’no Shodiyeva “Shaytanat”dagi Zaynab roli haqida so‘zlab berdi | 105 | 999 |
Madaniyat | Afsonaviy ko‘z, aeroport va shishadan yasalgan qal’a: Gollivud yulduzlarining eng noodatiy uylari (foto) | Yulduzlar va isrofgarchilik ajralmas so‘zlardir. Buning tasdig‘i sifatida dunyoga mashhur taniqli shaxslarga tegishli qasrlarni ko‘rish mumkin. Ko‘pincha ular o‘z egalarining yutuqlaridan ham ko‘proq hayratga sazovor bo‘ladi.
Naomi Kempbell: Gorning ko‘zi
Bir muncha vaqt oldin rossiyalik milliarder Vladimir Doronin yordami bilan Qora Panteraning sobiq sevgilisi unga tug‘ilgan kunida ajoyib mulk sovg‘a qildi. Kleopatra orolida (Turkiya) supermodel uchun eko-uy qurildi, uning konturlari yuqoridan qaraganda Gor ko‘zining chizilgan rasmini takrorlaydi. Afsonaga ko‘ra, Misrning mazkur ramzi Yer yuzidagi va keyingi hayotdagi ofatlardan himoya qiladi.
Sfera shaklidagi tom po‘lat va shishadan yasalgan bo‘lib, uning ostida panoramali bog‘ mavjud. Kechasi yulduzlarni tomosha qilish mumkin bo‘lgan sferaning noodatiy pardalari kunduzgi quyoshdan himoya qiladi. Ko‘zning qora konturi energiya ishlab chiqaradigan fotoelektr panellardan iborat. Shuningdek, mazkur uy chiqindilarni tozalash tizimi bilan ta’minlangan.
Jon Travolta: mini aeroport
Samolyot kolleksioneri sifatida aktyor “kelajakning qulayligi va interyerini” yaratishga kirishdi. U amerikancha uy va aeroport terminali birlashtirilgan loyihani shaxsan o‘zi ishlab chiqdi: boshqaruv markazi, ekipaj uchun kabina va uyning kirish qismida samolyotlar turadigan joy bilan.
Uchish-qo‘nish yo‘laklari turar joyga olib boradi va uydagi barcha koridorlar egalarining sevimli joyi bo‘lgan yemakxonaga olib chiqadi. Hashamatli uy besh xonadan, jumladan, ovqat xonasidan iborat. Ovqatlanish xonasidagi bukilgan moviyrang derazalar kengligi 5 metrga 4 metr bo‘lib, samolyotlar to‘xtash joyining ajoyib ko‘rinishini beradi.
Oilaviy ovqatlanadigan yemakxona 23 kvadrat metrlik freska bilan bezatilgan. Mazkur xonada parvozni kutayotgan baxtli oila tasvirlangan. Jon Travolta bu tasvirni 1937-yilda Fortune jurnalida ko‘rgan. Shuning uchun xonaning ichki qismi vintaj uslubida yaratilgan. Xona devorlari fotosuratlar, diplomlar, aviatsiyaga oid rasmlar bilan bezatilgan.
Uill Smit: “cheksiz halqa g‘oyasi”
G‘ayrioddiy geometriya va noodatiy chiziqlar Uill Smitning Kaliforniyadagi saroyining asosidir. Turar joy loyihasi o‘zida Afrika, Osiyo va Yaqin Sharq madaniyatlarining kelib chiqishini birlashtiradi. Dizayner oldiga ustalarning “mehri va mahorati” bilan to‘ldirilgan ichki makon yaratish vazifasi qo‘yiladi.
Aktyorning ta’kidlashicha, kirish eshigi — yangi olamning boshlanishini anglatadi. Uni Hindistondan olib kelishgan, u yerda qal’aning kirish eshigi bo‘lgan. Pol daryo toshlari bilan bezatilgan. Shift eski shiypon va uylardan yig‘ilgan taxtalardan qilingan. “Etnik uslub va qo‘l mehnati bilan yaratilgan nafislik va murakkablik” — mebel, qandillar, interyer bezaklari shu tamoyilga ko‘ra tanlangan. Nostandart qurilgan uyning silliq va oqimli chiziqlari qo‘lda ishlangan interyerlar bilan bezatilgan.
Pyer Karden: pufak-uy
Futurizm va avangard namunasi bo‘lgan qabariq uy 1991-yilda modelyer Pyer Kardenning mulkiga aylandi. Turar joy Kann yaqinida, O‘rta Yer dengizi sohilidagi qoyada joylashgan. Arxitektor g‘oyasiga ko‘ra uy ibtidoiy odamlarning g‘orlariga o‘xshatib qurilgan. Uy qoplamasi purkaladigan betondan qilingan va pog‘onali tomlardan pastga— hovuzga tushiladi.
Xonalar realikka to‘g‘ri kelmaydigan taassurot qoldiradi. Ularning har biri alohida katak (avtonom pufak) bo‘lib, derazasi ulkan illyuminator shaklida. Shisha o‘rniga shaffof akril ishlatilgan. Mebellar ham uy uchun maxsus yaratilgan. Kreslolar va divanlarning amorf konturlari interyerga uyg‘un tarzda mos keladi. To‘g‘ri, uyda kamchiliklar ham bor – insayderlarning aytishicha, bino tomidan suv sizib chiqadi va yashash uchun qulay emas.
Jastin Biber: shisha qal’a
Kanadalik qo‘shiqchining Beverli-Xillzdagi shisha uyi me’moriy mo‘jiza sifatida e’tirof etilgan. Po‘lat to‘sinlar dumaloq shisha devorlar bilan o‘ralgan holda havoda suzayotganga o‘xshaydi. Interyer ham shaffof materialdan qilingan.
Uy ichidagi landshaft dizayni ajoyib akustika bilan kenglik tuyg‘usini beradi. Mebel, santexnika va dekor elementlari minimalizm uslubida — shisha, yog‘och va po‘latdan ishlangan. Xonanda o‘zining shovqinli kechalarini aynan shu shisha qasrida o‘tkazadi. Boshqa xonalar ham uning xohishlariga moslashtirilgan.
Dakota Jonson: vintaj va bogem uslubi
Kinoyulduz Dakota Jonson Los-Anjelesdan mebel bilan to‘liq jihozlangan uy sotib olgan. Uyida bo‘sh joy yo‘qligi uni bezovta qilmaydi. Qadimgi uslub va minimalizmning yo‘qligini ko‘rib o‘zingizni boshqa davrga tushib qolgandek sezasiz, buning uchun faqat ostonadan hatlash kerak. Interyerni antikvar royal, servis idishlar to‘plami, vinil plastinkalar va gilamlar bezab turadi.
Mebel rangini tanlash dizaynerlar uchun eng qiyin vazifa bo‘lgan. Aktrisa changli atirgul va tuya junining tusini birlashtirgan rangni xohlagan. Namuna sifatida Dakotaning sevimli sviteri ko‘rsatiladi. Aktrisa har oqshom sham yorug‘ida vintaj uslubidagi uyining ulkan daraxtlar to‘la bog‘ manzarasini tomosha qilishni yoqtiradi. | 104 | 4,998 |
Madaniyat | Termizda Baxshichilikka ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati tashkil etildi. Ilk o‘quvchilar 2021-yilda qabul qilinadi | O‘zbekiston hukumati tomonidan 23-sentabr kuni “Respublika baxshichilik san’ati markazi va uning huzuridagi Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi, deya xabar bermoqda “Huquqiy axborot”.
Qarorga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Termizdagi 21-son baxshichilik maktabi negizida baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati tashkil etildi. Maktab-internatga qabul 2021/2022-o‘quv yilidan boshlanadi.
Shuningdek, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida baxshichilik va dostonchilik ta’limi yo‘nalishi tashkil etiladi.
Qaror bilan, Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom ham tasdiqlangan.
Nizomga ko‘ra, jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, baxshi-shoir,oqinlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil aprelida Termizda birinchi Xalqaro baxshichilik festivali bo‘lib o‘tgan edi. May oyida esa Prezident Surxondaryoda Baxshichilik san’ati markazini ochish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi. | 129 | 1,221 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova prodyuseri bilan shartnomani bekor qildi | Xonanda Nargiz Zokirova Facebook’dagi sahifasida o`z ijodini kuzatib borayotganlarga murojaat qilib, Maksim Fadeev va uning MALFA prodyuserlik markazi bilan shartnomasi rasman bekor qilingani haqida yozib qoldirdi...
«Maksim Fadeev 12 avgust kuni xat olganimdan boshlab bizning shartnomamiz bekor qilingan hisoblanadi. Endi MALFA jamoasi a`zosi emasman. Mening bundan keyingi ijodiy faoliyatim taqdiri ularga bog`liq emas. Bundan keyingi asosiy maqsadim avval rejalashtirilgan shaharlarga gastrol safarlariga borib, muxlislari oldida chiqish qilish», — deydi xonanda. | 56 | 568 |
Madaniyat | Alisher Uzoqov: kalligim yoki “o‘lganim” haqidagi mish-mishlarni bir tiyinga ham olmayman | Alisher Uzoqov yaqinda yangidan ochgan Instagram sahifasiga faollik bilan suratlar joylab bormoqda. Bugun, 1-aprel kuni qoldirgan postida aktyor “1-aprel bo‘lishiga qaramay, bor haqiqatni aytdi”.
“Odamlar, 1-aprel bo‘lishiga qaramay, sizga bor haqiqatni aytmoqchiman. Siz bilan ko‘rishmaganimga ancha bo‘ldi. Men haqimda har xil gaplar tarqaldi. O‘chirilgan Instagram sahifamni yana ochishimga to‘g‘ri keldi. Menga mashhurlik kerak emas. Mening hayotimda muhimroq narsalar bor. Insonni kamsitish oson. Uni qaytarish qiyin, iloji yo‘q!” — deb yozdi aktyor va muxlislarini samimiy bo‘lishga chaqirdi.
“Mening kalligim yoki ‘o‘lganim’ va yana ‘boshqa mish-mishlar’ sizlarni ‘ruhlantirar’ balki. Lekin aytib qo‘yay, men bularni bir tiyinga ham olmayman. Ovora bo‘lmang! Meni to‘g‘ri tushunganlar uchun esa zo‘r, yaxshi va sizlarni ruhingizni ko‘taradigan kinolar qilib berishga va’da beraman! Xudo xohlasa!” — deya o‘z izhoriga yakun yasadi Alisher Uzoqov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aktyor Instagram’da ro‘yxatdan o‘tib, u orqali muxlislariga sog‘-omonligini ma’lum qilgan edi. | 89 | 1,074 |
Madaniyat | Antonio Banderas va Melani Griffit ajrashish jarayonini to‘liq rasmiylashtirdi | 1996-yilda turmush qurgan ispaniyalik aktyor Antonio Banderas va amerikalik kinoyulduz Melani Griffit ajrashish jarayonini to‘liq rasmiylashtirdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
58 yoshli Griffit o‘tgan yili ajrashish uchun ariza bergan edi. Biroq shu paytga qadar qachonlardir Gollivudning eng mashhur juftliklaridan biri nikohdan ajratish jarayonining moliyaviy masalalari va boshqa huquqiy jihatlari yuzasidan kelishuvga erisha olmayotgan edi. Jumladan, aktrisa 55 yoshli Banderasning bir necha filmlarda suratga tushish natijasida qo‘lga kiritgan daromadining bir qismiga da’vo qildi.
Sobiq er-xotin kelishuvining tafsilotlari oxirigacha ma’lum qilinmadi. Biroq, Associated Press agentligining xabar berishicha, Banderas 18 yoshli qizi uchun Griffitga har oyda 55 ming dollar aliment to‘laydi.
OAV ajrashishga aktrisaning rashki sabab bo‘lganligini ma’lum qilgan edi. Bu bilan Griffit to‘rtinchi marta, Banderas esa ikkinchi marta ajrashmoqda. | 78 | 948 |
Madaniyat | Tomoshabinlar “Yura davri olami”ning asosiy kadrini morj, tuyaqush va tovuqlar bilan takrorlamoqda | “Yura davri olami” filmidagi aktyor Kris Prettning qurolsiz qahramoni uchta dinozavrni tinchlantirayotgani aks etgan sahnani tomoshabinlar turli hayvonlar ishtirokida takrorlab ko‘rmoqda, deb xabar berdi Meduza.
Feminders blogi mualliflardan biri xuddi shu sahnani hayvonot bog‘ida morjlar bilan “o‘ynagan” erkak suratini chiqargan.
Keyinroq, xuddi shunday suratlar maxsus #JurassicZooKeeper xeshtegi bilan avval ham chop etilgani ma’lum bo‘lgan. Jumladan, o‘rdaklar, tuyaqushlar va tovuqlar kadr qahramonlariga aylangan. | 98 | 523 |
Madaniyat | Shukrullo Isroilov o‘g‘il uylantirdi (foto) | Taniqli qiziqchi va aktyor Shukrullo Isroilov 20-oktabr kuni to‘ng‘ich o‘g‘lini uylantirdi. Nikoh oqshomidan olingan suratlar bilan uning hamkasbi Halima Ibragimova Instagram’dagi sahifasida bo‘lishdi.
To‘y poytaxtdagi “Osiyo Grand” restoranida bo‘lib o‘tdi. Rasmlar guvohlik berishicha, kechada Yulduz Usmonova, Obid Asomov, Valijon Shamsiyev va boshqa ko‘plab qo‘shiqchi va aktyorlar ishtirok etdi.
Shukrullo Isroilovning ikki o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. | 43 | 463 |
Madaniyat | O‘zbek yozuvchisi Yevropaning nufuzli mukofoti g‘olibi bo‘ldi | O‘zbek yozuvchisi Hamid Ismoilning “Jinlar bazmi” romani (tarjimon Donald Reyfild) 2019-yilgi Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki adabiy mukofoti g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Xalqaro mukofot 7-mart kuni YeTTBning Londondagi qarorgohida o‘tgan tantanali marosimda topshirilgan.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki 20 ming funt sterling miqdoridagi pul mukofoti (26 ming dollar) bergan bo‘lib, u roman muallifi va tarjimon o‘rtasida bo‘linadi.
O‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy hayoti va u asarlarida tasvirlagan xonlar davri haqidagi roman o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girilgan birinchi yirik asar. | 61 | 629 |
Madaniyat | Onasini eng yaqin do‘sti deb hisoblaydigan yulduzlar (foto) | Erishgan mashhurligi va muvaffaqiyatlariga onasini sababchi deb biladigan va ularga tashakkur bildirishdan charchamaydigan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Rami Malek va Nelli Malek
Rami Malek “Bohemian Rhapsody” filmidagi roli uchun Eng yaxshi aktyor yo‘nalishi bo‘yicha “Oskar”ga sazovor bo‘lganida birinchi bo‘lib onasiga minnatdorlik bildirgan. “Onam shu yerda bo‘lishi kerak, sizni yaxshi ko‘raman, xonim”, — degan u. Aktyor erishgan muvaffaqiyatlariga onasini sababchi deb biladi.
Kris Prett va Keti Prett
Kriss esa Instagram sahifasidagi postlardan birini onasiga bag‘ishlagan. “Onalar bayrami bilan oyijonim Ketini tabriklayman. Biz bilan ulashgan baxtiyorligingiz, samimiy orzular, o‘yin-kulgiga bo‘lgan ehtiros uchun rahmat. Farzandlaringiz aynan siz onamiz ekanidan minnatdor. Siz bizga har bir lahzani tuhfa qilgansiz va barcha qiyinchiliklarga qaramay, har kuni yuzimizda tabassum bo‘lgan. Rahmat. Sizni yaxshi ko‘raman”, — degan u.
Riz Uizerspun va Betti Riz
Onalar kunida Riz ham volidasi bilan tushgan suratni ulashib, unga quyidagicha izoh yozib qoldirgan: “Onam bilan muloqot qiladigan vaqt kunimning eng yaxshi qismidir. Uning donoligi, tabassumi, ahmoqona hazillarimga kulib javob berishini yaxshi ko‘raman. Yuzida tabassum ko‘rsam bo‘ldi, kunim a’lo o‘tadi. Uni bag‘rimga bosishni intiqib kutaman. Menga hamma narsadan ko‘proq shu yetishmaydi. Imkoni borlar bugunoq borib, onangizni quchoqlang”.
Timoti Shalame va Nikol Flender
25 yoshda ekaniga qaramay, 40 dan ortiq mukofotlarni qo‘lga kiritgan va 87 marta nomzod bo‘lib ulgurgan Timoti ko‘rsatuvlardan birida onasiga alohida minnatdorlik bildirgan. “Men u sabab tirikman. Aktyor bo‘lishimga ham aynan u sababchi. Oyijon, men sizni yaxshi ko‘raman!”.
Jastin Timberleyk va Lin Bomar Xarless
Jastin Timberleyk esa onasini superqahramon ona deb ataydi. “Bu tentakona sayohatda meni yo‘naltiradigan kuchim ekaningiz sabab ham omadliman. Menga ko‘p narsani o‘rgatdingiz. Men o‘sha darslarning har birini qadrlayman. Sizni yaxshi ko‘raman, ona”.
Rayan Reynolds va Temmi Reynolds
Rayan Reynolds hatto taqdirlash marosimlariga ham onasi bilan birga keladi. U ham boshqalar singari Instagram sahifasida onasi haqida alohida post yozib qoldirgan. “Men onamni yaxshi ko‘raman. Menga uni hamma narsaga urinib ko‘rishga tayyorligi yoqadi. Bundan taxminan 4 oy avval u mazkur mototsiklda eng yaqin maktabdosh do‘stim bilan sayr qilgan”.
Jared Leto va Konstans Leto
Jared Letoning onasiga bo‘lgan sevgisini u ta’kidlagan qisqa, ammo mazmunli jumladan ham bilsa bo‘ladi: “Menga orzu qilishni o‘rgatganingiz uchun rahmat”.
Dueyn Jonson va Ata Jonson
Aktyorning 2015-yildagi onasi bilan suhbati asosida yozilgan posti ijtimoiy tarmoqlarda virus kabi tarqalgandi. “Men onamning ro‘parasida o‘tiribman. To‘satdan u menga qarab, o‘g‘lim, men qanday yashayotganimga ishona olmayapman… Buvi va buvang faxrlangan bo‘lardi, dedi. Men undan baxtlimisiz, deb so‘radim. U baxtlimanmi, avval, bizga kerakli mahsulotni xarid qila olamanmi, deb xavotirlanardim, endi esa shunchaki o‘tirganimda nonushta keltirib berishadi. Ha, o‘g‘lim, bundan baxtliroq bo‘lishim mumkin emas, deb ko‘zlariga yosh oldi. Bilasizmi, ota-onalarimiz bizga baxtli ekanini aytganda katta mamnuniyatni his qilamiz, demak, biz farzandlar hammasini to‘g‘ri qilgan bo‘lamiz”.
Jennifer Garner va Patrisiya Enn Garner
Jenifer ham onasini qanchalik yaxshi ko‘rishini Instagram’da post qilib yozib bildirgan. “Betakror, sevimli va ta’sirchan onajonim Patrisiya Inglish Garnerni tug‘ilgan kuni bilan tabriklayman. Men ham siz kabi jasur bo‘lishga umid qilaman. Biz sizni yaxshi ko‘ramiz va takror ko‘rishishni intiqib kutyapmiz”.
Genri Kavill va Marianna Kavill
Genri Ravilning xalqaro onalar kuniga bag‘ishlab yozgan postidan onasini qanchalik yaxshi ko‘rishini bilsa bo‘ladi. “Ushbu postni men bilgan ulug‘ ayolga bag‘ishlayman. Bu mening hayratomuz, kuchli, irodali, aqlli, e’tiborli va g‘amxo‘r onam. Tizzasidagi kichik bolakay ko‘p narsani, yaxshi inson bo‘lishni aynan undan o‘rgangan”.
Jessika Bil va Kimberli Bil
Onasi bilan tushgan suratni ulashgan Jessika unga quyidagicha izoh yozib qoldirgan: “Farzand va nabiralariga har kimni, ayniqsa, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, sevish va hurmat qilishni o‘rgatgan go‘zal onam sharafiga”.
Jessika Alba va Ketrin Yensen
Jessika ham onasi bilan birga tushgan surat ostiga: “Men seni shunchalik yaxshi ko‘ramanki! Sen hamisha o‘zligingcha qolasan va hech qachon taslim bo‘lmaysan”, — deb yozib qoldirgan.
Xelli Berri va Judit Enn Xoukins
2002-yil “Maxluqlar bali” filmi uchun “Oskar” mukofotini olganda Xolli onasiga minnatdorlik bildirgan. “Menga har kuni istaganimdek odam bo‘lish va bu orzu amalga oshishiga ishonish uchun kuch bergan onamga minnatdorlik bildirmoqchiman. Men sizni shunchalik yaxshi ko‘raman, ona”.
Kianu Rivz va Patrisiya Teylor
Kianu onasi bilan juda ham yaxshi do‘stona munosabatda. Buni ularning qizil yo‘lakdagi 2020-yilgi suratlaridan ham bilsa bo‘ladi. Ommaga kamdan kam ko‘rinish beradigan Patrisiya aksariyat hollarda sahna ortida qoladi. Aktyor esa muvaffaqiyatli karyerasiga onasining hissasi katta ekanligini ta’kidlaydi. “Jon Uik” filmining taqdimotida aktyor onasiga bag‘ishlab nutq so‘zlagan. “15 yoshimda onamdan aktyor bo‘lsam bo‘ladimi, deb so‘raganimda: Nima xohlasang, shuni qil, azizim, deb javob bergan. Hammasi shunday boshlangan”, — degan aktyor. | 59 | 5,369 |
Madaniyat | “Soxta Dilnoza Kubayevalar ko‘payib ketdi” — Dilnoza Kubayeva firibgarlardan bezor bo‘lgani va to‘ylarda xonandalik ham qilmoqchiligi haqida (foto, video) | Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Baron-2. Sog‘inch” filmining yopiq premyerasida jurnalistlar bergan qator savollarga javob berdi.
“Baron” filmining birinchi qismi katta muvaffaqiyat qozondi, uning davomi ham avvalgidek mashhurlikka erisholadimi, degan savolga u quyidagicha javob berdi.
— Oldindan gapirishni yomon ko‘raman. Rejissor Rustam Sa’diyev meni xalqqa mashhur qilgan. U inson uncha-muncha filmni suratga olmasliklarini yaxshi bilaman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Nasib qilsa, rejissorning navbatdagi filmi ham yaxshi kutib olinadi, — deydi aktrisa.
Dilnoza Kubayeva nega filmlarda kam suratga tushayotganini quyidagicha izohladi.
— Kinolar avvalgidan ancha siyraklashib qolgan. Ijodkorlar asosan serial suratga olishmoqda. Asta-sekin endi kino sohasida ham odimlash boshlanyapti. Bir yil yoki olti oy avval kasting topshirgan ustoz san’atkorlarning yordamchilari qo‘ng‘iroq qilib, biri sentabrda, biri oktabrda syomkalarni boshlashlarini ma’lum qilishdi. Kinodagi sokinlikka shunchalik o‘rganib qolgan ekanmanki, bu gaplarni eshitib, birdan g‘alati bo‘lib ketdim. O‘n yil avval kinolar ko‘pligidan bir kun u jamoa bilan, ertasi kuni boshqasi bilan ishlardik. Orada spektakllarga ham ulgurardik. Ammo bir necha yillik sokinlik sabab “syomka boshlanadi” degan gap meni vahimaga solib qo‘ydi. Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q, deyishgani shu bo‘lsa kerak. Kinoda ham bir loyqalanish bo‘ldi. Uning qachon tinishini qo‘l qovushtirib kutib o‘tirmadim-da, orzuyim armon bo‘lmasin deb, mualliflik qo‘shiqlarimni ijro etdim. Ayrimlar o‘ylaganidek aktrisalikdan ketmayman. Agar odamlar to‘ylarda xonanda bo‘lishimni istashsa, albatta, boraman. Bu tirikchilik, asosiysi, saviyani ushlash kerak, — deydi aktrisa.
Aktrisa jurnalistning “Xizmat ko‘rsatgan artist unvonini ololmayotganingizga ranjimaysizmi?” degan savoliga quyidagicha javob berdi.
— Agar allada aziz, to‘rvada mayiz bo‘lib, xalqimning sevimli aktrisasi bo‘lmaganimda, bu savol ich-etimni yerdi. Ammo sevimli ekanligim unvon torozisini teng ushlab turadi. Avvalo, yurtimni sevaman va unvon uchun ijod qilmayman. Asosiysi, odamlar meni yaxshi ko‘radi va vaqti-vaqti bilan yaxshi rollar nasib qilib turibdi, — deydi Dilnoza Kubayeva.
Yaqin oylarga qadar aktrisa ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmasdi. Uning bir necha yillik prinsiplarini o‘zgartirishiga nima sabab bo‘lgani haqida qiziqdik.
— Ijtimoiy tarmoqlarda soxta Dilnoza Kubayevalar ko‘payib ketdi. Hattoki ular firibgarlik yo‘li bilan odamlardan mening nomimdan pul undirishgan vaziyatlar ham bo‘ldi. Menga qo‘ng‘iroq qilib, “Onamni tabriklash uchun 300 000 so‘m pul olgandingiz, biz AQSHdan sizni kuzatamiz”, deb aloqaga chiqishganida hayron qoldim. Undan keyin buxorolik hamyurtlarimiz qo‘ng‘iroq qilib, “O‘g‘limning to‘yini olib borishga kelishgandik-ku”, deyishdi. Xullas, akam bilan o‘ylab, endilikda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish zarurligini tushundik. Hozir ham ijtimoiy tarmog‘imni to‘liq o‘zim yuritmayman. Yordamchim va aka-ukalarim ko‘maklashishadi, — deydi aktrisa Dilnoza Kubayeva. | 154 | 3,020 |
Madaniyat | Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz” filmida ulg‘aygan qahramonning rolini ijro etdi | “Uyda yolg‘iz” filmlari turkumida bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor Makoley Kalkin ulg‘aygan Kevin Makkallister rolini ijro etdi. Bu haqda NME xabar qilmoqda.
:DRYVRS veb-serialida 35 yoshli Kalkin avtomashinani boshqara olmaydigan haydovchi rolini ijro etgan. Natijada, yo‘lovchi avtomashinani boshqarishga o‘tadi va haydovchi unga o‘zining tarixini hikoya qiladi. Taksi haydovchisi o‘zini tanishtirmasa-da, u yoshligida ruhiy jarohat olganligini ma’lum qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sakkiz yoshligida ota-onasi uni esdan chiqarib, Rojdestvo bayramida uyda qoldirgan va u bir hafta davomida yolg‘iz yashashga majbur bo‘lgan.
“Uyda yolg‘iz” filmining birinchi seriyasi 1990-yilda namoyish etilgan. Yetti oy davomida kartina 476,6 million dollar miqdorida daromad keltirgan. 1992-yilda esa filmning sikveli “Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda yo‘qolgan” taqdim etilgan. Ushbu kartinalardagi bosh rolni Makoley Kalkin ijro etgan. | 77 | 927 |
Madaniyat | Kanadalik xonandaning AQShdagi uyidan 2 mln dollarga teng qimmatbaho buyumlar o‘g‘irlab ketildi | Kanadalik xonanda Alanis Morissett o‘g‘rilar qurboniga aylandi. Noma’lum kimsalar 42 yoshli qo‘shiqchining Los-Anjeles yaqinidagi Brentvud shaharchasida joylashgan dang‘illama hovlisidan 2 million dollarga teng qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irladi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Xabarda qayd etilishicha, politsiya jinoyatchilarni izlamoqda. Morissett turmush o‘rtog‘i Mario Tredvey hamda 6 yoshli o‘g‘li Ever va 6 oylik qizi Oniks bilan qo‘riqlanadigan yopiq qishloqda istiqomat qiladi. Jinoyatchilar xonandaning uyiga qanday kirib qolgani hozircha noma’lum.
O‘g‘rilik 9-fevral kuni amalga oshirilgan, ammo bu haqdagi xabar yaqindagina paydo bo‘ldi. Noxush voqeaga qaramay, xonanda xafa emas, u 14-fevral – Valentin kunini turmush o‘rtog‘i bilan plyajda o‘tkazgan.
Qayd etish joiz, Alanis Morissett taqinchoqlar kolleksiya qilish bilan ham tanilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 95 | 923 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekovning yangi konsert dasturidan maxsus fotoreportaj | Ozodbek Nazarbekovning “Taqdirimsan, baxtimsan” deb nomlangan konserti shu kunlarda poytaxtimizdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi yakkaxon konsert dasturidagi qo‘shiqlar o‘zgacha yo‘nalishda va talqinda ijro etilib, hech bir muxlisni befarq qoldirmayotgani aniq. Bunga oddiy bir misol: konsert dasturi 5-apreldan 21-aprelgacha rejalashtirilgan bo‘lsa-da (naq 17 kun!), ko‘rib turganingizdek, birorta ham o‘rindiq bo‘sh qolgani yo‘q.
Antiqa dekoratsiya, har bir blok tanaffusida muxlislar bilan bo‘lgan muloqot tashrif buyurgan mehmonlarda o‘zgacha taassurot qoldiradi. Yuragida o‘ti bor muxlislar o‘tirgan joyida raqsga tushganini guvohi bo‘ldim.
Bundan tashqari, konsertda xonandalar Dilso‘z, Ozodbek Nazarbekovning shogirdlari Muzaffar Karimov va Abduqahhor Abduvahobov, so‘z ustalari Botirxon Imomxo‘jayev, Shukurullo Isroilov, Comedy.Uz jamoasi yigitlari, latofatli Parizoda va “Ofarin” raqqosalari ishtirok etishmoqda.
Konsert ishtirokchilari bilan muloqot:
Shukurullo Isroilov kenja o‘g‘li Farhod bilan
Farhod Isroilov: “Rasmga tushishni uncha yoqtirmayman, lekin konsert juda yoqyapti, ayniqsa dadamning chiqishlari”.
Botirxon Imomxo‘jayev: “Muloqot.Uz kafesini ko‘rganman, lekin sayti borligini bilmagan ekanman. O‘zimizning milliy tarmog‘imiz ochilgani juda yaxshi bo‘libdi. Chiroyli qizlar bormi? :)”
Parizoda, raqqosa: “Avvallari veb-saytlarni umuman yoqtirmas edim. Sababi telefonimni yo‘qotganimda, shaxsiy rasmlarim va ma’lumotlarim ommaga tarqalib ketgandi va bu xar hil mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Ammo zamon talabiga qarab yashash kerak ekan”.
Dilso‘z: “Muloqot.Uz dagi profilim parolini unutdim :(”
Sizga ushbu konsert jarayonidan fotosuratlarini namoyish etamiz:
[gallery columns="4" link="file" ids="6162,6163,6164,6166,6167,6168,6169,6170,6171,6172,6173,6176,6177,6178"] | 67 | 1,823 |
Madaniyat | O‘zbek shou-biznesi vakillarining o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan aka-uka va opa-singillari (foto) | O‘zbek san’at vakillarining o‘ziga o‘xshash opa-singillari yoki aka-ukalari borligini bilasizmi? Ulardagi o‘xshashlik sabab muxlislar ham sevimli san’atkorlari qaysi ekanligini anglolmay qolishgan vaqtlari ham bo‘lgan. Quyida ular bilan yaqindan tanishamiz.
Farrux va Aziz Raimovlar
Xonanda Farrux Raimovning o‘zidan olti yosh katta Aziz ismli akasi bor. Aziz Raimov bir necha yildan buyon savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi.
Farrux Raimov onasi, kennayisi va akasi bilan
— Ukangizga o‘xshar ekansiz, degan gapni ko‘p eshitaman. Aslida u menga ko‘proq o‘xshaydi. Yaqinda bir qiziq voqea bo‘ldi. Ukam Farruxning mashinasini haydab ketayotgandim, aksiga olib yo‘l patrul xizmati xodimi to‘xtatdi. Yonimda haydovchilik guvohnomam yo‘q, deb turgandim “Sizni tanidim”, deb qoldi. Hayajonlanganimdan ukamning haydovchilik guvohnomasini ko‘rsatganimni bilmay qolibman. Xodim hech narsani payqamay, men bilan suratga tushib, oq yo‘l tiladi, — deydi Aziz Raimov.
Jenisbek va Aqlbek Piyazovlar
O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazovning o‘zidek opera xonandasi bo‘lgan ukasi bor. Aqlbek Piyazov akasidan 9 yosh kichik bo‘lsa-da, unga juda o‘xshaydi.
— Tashqi ko‘rinishimiz o‘xshash bo‘lgani uchun qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘ladi. Masalan, akam gastrol safarlari sabab to‘y xizmatlari yoki konsertlarga yetib borolmasa, men sahnaga chiqishimga to‘g‘ri keladi. Albatta, bunday vaziyatda mezbonlarni ogohlantirib qo‘yamiz. Yaqinda “Yakkasaroy” to‘yxonasida xizmatimiz bor edi. Akam esa konsert sabab Olmaliqqa ketgandi. O‘z vaqtida yetib kelolmagani uchun to‘yda o‘zim ishtirok etdim. Uchinchi qo‘shiqni berilib kuylayotganimda orqamda kimdir qarsak chaldi. Qarasam, haqiqiy Jenisbek Piyazov kulib turibdi, — deydi Aqlbek Piyazov.
Alisher va Xurshid Turdiyevlar
Xonanda Alisher Fayzning o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan xonanda ukasi bor. Xurshid Turdiyev ham bir necha yildan buyon san’atda faoliyat yuritadi.
— Tashqi ko‘rinishimni akamga o‘xshatishadi, ammo mendan ko‘ra o‘rtancha akam Valijon ko‘proq o‘xshaydi, deb hisoblayman. Hozir-ku ko‘pchilik Alisher Fayz akam ekanligini yaxshi biladi. Ilgari ko‘pchilik bilmagani uchun qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lardi. To‘y-tantanalarda odamlar meni Alisher Fayz yoki boshqa xonandaligim bo‘yicha garov o‘ynagan paytlari ham bo‘lgan. Hatto bir to‘yda menga akamning suratini ko‘rsatib, shu odamga o‘xsharkansiz, deyishgan. O‘zimni bilmaganga olib, rostdan o‘xshash ekanmiz deganman, — deydi Xurshid Turdiyev.
Alisher Fayz ukasi Xurshid Turdiyev bilan
Nigora va Zamira Ismoilovalar
Xonanda Nigoraning o‘zidan 6 yosh katta Zamira ismli opasi bor. Zamira bir necha yillardan buyon kutubxona mudirasi bo‘lib ishlaydi.
— Bolalikdan opam ikkimizni bir-birimizga o‘xshatishardi. Nafaqat yuz tuzilishimiz, hatto bo‘y-bastimiz ham juda o‘xshash. Shu bois hayotimizda qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Bir yili Samarqandga xizmatga boradigan kunimiz qattiq og‘rib qoldim. Yonimda ishonchli odam bo‘lsin, deb opamni ham olib ketadigan bo‘ldik. Yo‘lda dam olish uchun to‘xtaganimizda bir nechta sotuvchi qizlar mening yonimdan indamay o‘tib ketib, to‘g‘ri opamning oldiga borishgan. Men esa mashinaga o‘tirib olganman. Qizlarning bari opam bilan suratga tushishgan. Opam qaytgach, “Nega bunday qilding? Rosa noqulay bo‘larkan?” deb koyib bergandi. Nima qilay, qizlarga u emas, men Nigoraman, deyish menga ham noqulay bo‘ldi-da, degandim, — deya xotirlaydi Nigora.
Xonanda Nigora yaqinlari davrasida
Alisher va Sarvar Uzoqovlar
Aktyor va boshlovchi Alisher Uzoqovga juda o‘xshash akasi bor. Sarvar Uzoqov Alisherdan to‘rt yosh katta va ayni kunlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.
— Dadam vafotiga qadar uning yolg‘iz o‘g‘liman va unga juda o‘xshayman, deb yurardim. Vafotlaridan so‘ng dadamning birinchi turmushidan Sarvar ismli o‘g‘illari borligi haqida eshitdim. Ilk marta akam bilan uchrashganimda u mendan ko‘proq dadamga o‘xshashligiga guvoh bo‘ldim. Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki fe’l-atvori ham juda o‘xshaydi. Akam bir necha yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Akam bilan bir-birimizga juda o‘xshaymiz. Bizni yaqindan bilgan insonlar qiyofamiz o‘xshashligini aytishadi, — deydi aktyor Alisher Uzoqov.
Ziyoda va Aziza Qobilovalar
Xonanda Ziyodaning ham tashqi ko‘rinishi o‘ziga o‘xshash singlisi bor. Aziza Qobilova ham san’atga qiziqib, shu yo‘nalishda tahsil olgan.
— Aziza bilan egizaklarga o‘xshaymiz. U bilan bog‘liq qiziqarli voqealar ko‘p bo‘lgan. Masalan, ko‘cha-ko‘yda odamlar Azizani men deb o‘ylab, u bilan rasmga tushishgan. Hatto xuddi shunday holat konsertlarda ham bo‘lgan. Azizaning ovozi nihoyatda shirali, faqat yo‘nalishi boshqacha. U ko‘proq xorij musiqasiga qiziqadi. Rayyona ismli shirin qizchasi bor, — deydi xonanda Ziyoda.
Sevinch va Shahlo Mo‘minovalar
Xonanda Sevinch Mo‘minovaning o‘ziga o‘xshash Shahlo ismli opasi bor. Opa-singillarning orasida bir yosh farq bor. Instagram kuzatuvchilari xonandaning qizi Leylani Shahlo xolasiga o‘xshatishadi.
— Shahlo opam bilan deyarli tengdoshdek ulg‘ayganmiz. Tashqi ko‘rinishimiz o‘xshash bo‘lgani uchun ilgari bizni egizak deb o‘ylashardi. Shahlo Angliyada tahsil olgan, tarjimon va iqtisodchilik mutaxassisliklarini egallagan. Ayni kunda farzandlari tarbiyasi bilan band, — deydi xonanda Sevinch Mo‘minova.
Lola va Anora Yo‘ldoshevalar
Ijodiy tanaffusdagi xonanda Lolaning o‘ziga juda o‘xshaydigan singlisi bor. Anora Ilyosova ayni kunda to‘rt o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i bilan AQSHda yashaydi. U O‘zbekistonda yashagan vaqtda “O‘zbegim taronasi” radiosida boshlovchilik ham qilgan. | 105 | 5,536 |
Madaniyat | Mayk Tayson Bryus Lining ustozi haqidagi filmda rol o‘ynaydi | Professional boksning yaqin o‘tmishdagi afsonasi Mayk Tayson kung-fu qirollaridan biri Im Manning hayotiga bag‘ishlab suratga olinadigan filmda rol ijro etishga taklif oldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. Im Man mashhur Bryus Lining ustozi bo‘lgan.
Mayk Tayson film bosh qahramoni bilan jang qiladi. Bosh qahramon rolini esa Donni Yen o‘ynaydi. Filmni suratga olish jarayoni ertagayoq boshlanadi. Ushbu kino asar Im Man va Bryus Lining munosabatlari haqida bo‘ladi. Filmning katta ekrandagi ilk namoyishi 2016-yilning fevral oyiga mo‘ljallanmoqda. | 60 | 549 |
Madaniyat | Qoraqalpoqlarning chavandoz raqsi, Farrux Zokirov bilan duet kuylagan Hamdam Sobirov, “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi mushakbozlik — Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi bayram tadbiridan fotoreportaj | 30-iyun – O‘zbekistonda yoshlar kuni hisoblanadi. Shu kun munosabati bilan Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida va viloyatlarda bayram tadbirlari tashkil etildi. Poytaxtda o‘tkazilgan tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etib, yoshlarni bayram bilan tabrikladi. Davlat rahbari yoshlarga oid qator yangiliklarni ham e’lon qildi.
“Daryo” fotomuxbiri ushbu bayram tadbiridan fotoreportaj tayyorladi.
Shavkat Mirziyoyev — yoshlarga: “Yangilanayotgan Konstitutsiya, bu – sizlarning Konstitutsiyangiz!”
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempioni taekvondochi Ulug‘bek Rashitov, Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bosh ilmiy xodimi Shahnoza Joldasova va Yoshlar ishlar agentligi rahbari, senator, shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev. | 194 | 868 |
Madaniyat | Los-Anjelesda Billboard Awards 2021 mukofoti o‘z egalariga topshirildi (foto) | 24-may kuni Los-Anjelesda Billboard Awards 2021 mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Microsoft teatr zalida bo‘lib o‘tgan marosimga tashrif buyurganlardan kimlar uyiga mukofot bilan qaytgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. The Weeknd 10 ta nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, Dreyk esa o‘n yillikning eng yaxshi xonandasi sifatida e’tirof etilgan. Pink maxsus mukofot — Icon Award’ni qo‘lga kiritgan.
DJ Khaled va H.E.R.
Mukofotni qo‘lga kiritgan ijodkorlar:
Eng yaxshi yangi xonanda – Pop Smoke
The Weeknd
Eng yaxshi erkak xonanda – The Weeknd
Eng yaxshi ayol – Teylor Svift
BTS
Eng yaxshi duet/guruh – BTS
Billboard 200 chartiga ko‘ra eng yaxshi xonanda – Teylor Svift
Dreyk
Eng yaxshi striming xonanda – Dreyk
Tomoshabin fikriga ko‘ra eng yaxshi ijodkor – BTS
Rep yo‘nalishida ijod qiladigan eng yaxshi xonanda – Pop Smoke
R&B janrida ijod qiladiganlar orasidagi eng yaxshi ayol xonanda – Doja Cat
Ayollar orasidagi eng yaxshi rep ijrochi – Megan Three Stallion
Rok yo‘nalishida ijod qiladigan eng yaxshi xonanda – Machine Gun Kelly
Eng raqsbop qo‘shiqlar ijrochisi – Ladi Gaga
Machine Gun Kelly
Jonas brothers | 77 | 1,139 |
Madaniyat | Yuriy Shatunov: Mehribonlik uyida o‘tgan baxtsiz bolalik, “Laskoviy may”dan ketish hamda Germaniyada topilgan baxt | 2022-yil 23-iyun kuni “Laskoviy may” guruhi solisti, 80-yillar oxiri 90-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etgani haqida xabar berilgandi. “Lisa.ru” nashri marhum xonandaning hayot yo‘li haqida so‘z yuritdi.
Uning taronalari 30 yildan ortiq vaqt davomida tinglovchilarni quvontirdi. Yuriy Shatunov — 90-yillarning afsonasi, uni hamma biladi: keksa avlod ham, yoshlar ham. Hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, u og‘riqli, qalbni larzaga soluvchi qo‘shiqlarni kuylagan. “Beliye rozi”, “Leto”, “Pust budet noch”, “Sedaya noch” — bu va boshqa kompozitsiyalari yillar davomida sevib tinglandi.
Xonandaning jo‘shqin ovozi “Laskoviy May” guruhining timsoliga aylandi. Guruhning kassetalari tarqaldi, solistlarning, ayniqsa Shatunovning portretlari ko‘plab qizlarning xonalari devorlarini bezatadi. Ammo negadir mashhurlik cho‘qqisida Yuriy jamoani tark etishga qaror qildi va keyinchalik butunlay sahnadan g‘oyib bo‘ldi.
Oddiy oiladan chiqqan yigit
Yuriy Boshqirdistonning Kumertau shahrida tug‘ilgan. Uning otasi bilan munosabati yaxshi bo‘lmagan, shuning uchun hayotining dastlabki to‘rt yilida u bobosi va buvisi bilan yashagan hamda onasining familiyasi — Shatunovni olgan.
Ota-onasi ajrashgach, Yuriy onasinikiga qaytib keldi, ammo u tez orada yana turmushga chiqdi. Shuning uchun ham bo‘lajak xonandaning bolaligini quvnoq xotiralarga boy deb atab bo‘lmasdi: uning o‘gay otasi tez-tez ichib, janjal qilardi, bola esa uydan qochib ketardi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shatunov 11 yoshga to‘lganda onasidan ayrildi va bolalar uyiga topshirildi.
Avvaliga xolasi Lyubov Makarova unga boshpana berdi, lekin keyinchalik unga bolalar uyida yashash yaxshiroq bo‘lishini tushundi. “Mening ikkita farzandim bor edi — Tatyana va Natalya. Katta qizim bir yarim yoshga to‘lganda, ikkinchi qizim tug‘ildi. O‘sha paytda men uchun ularning hammasiga qarash qiyin edi va men uni bolalar uyiga topshirishga majbur bo‘ldim. U men bilan bir yil yashadi, 12 yoshga to‘lgach, chindan ham qiynala boshladik. Menda mablag‘ yo‘q edi”, — deydi ayol.
U o‘smirlik yillarini Orenburg shahridagi maktab-internatda o‘tkazdi. U yerda Yuriyni tez-tez ijodiy tadbirlarda ishtirok etishga taklif qilishdi va to‘garak rahbari Sergey Kuznetsov undagi qo‘shiqchilikka bo‘lgan iste’dodni ko‘rdi. Qizig‘i shundaki, o‘sha paytda Yuriyning o‘zi musiqaga qiziqmagan, u ko‘plab bolalar singari sportni yaxshi ko‘rardi.
Biroq Kuznetsov uni boshqa yetimlarni o‘z ichiga olgan “Laskoviy May” guruhining yetakchi qo‘shiqchisi bo‘lishga ko‘ndirdi. Yigitlar “Vecher xolodni zimi” va “Metel v chujom gorode” qo‘shiqlarini yozib, ijro etishni boshladi. Keyinchalik “Beliye rozi” va “Sedaya noch” kabi mashhur taronalar chiqdi va birinchi albom ham yozildi.
Kasseta “Miraj” guruhining menejeri Andrey Razinga yetib keldi, u o‘sha paytda yangi guruh yaratish haqida o‘ylayotgan edi. Bungacha u iqtidorli bolalarni izlab ko‘plab mehribonlik uylariga borgan, biroq mosini topa olmagan.
Yakkaxon karyera
Andrey Razinning ideallari Petlyura va Elvis Presli edi, ular tufayli u Yuriy Shatunovning unutilmas qiyofasini yaratdi. Shundan so‘ng guruh yangi bosqichga ko‘tarildi — qo‘shiqlar ko‘plab tadbirlarda yangradi, konsert zallari son-sanoqsiz muxlislar bilan to‘ldi.
“Ma’lum bo‘ladiki, biz kasb tanlamaymiz, ammo xohishimiz har doim ham imkoniyatlarimizga to‘g‘ri kelavermaydi. Ya’ni, men umuman nima uchun bu yerda ekanimni bilmaydigan va tushunmaydigan joyga tushib qolganim ma’lum bo‘ldi. Keyin bir muncha vaqt o‘tgach, men sohamga professional munosabatda bo‘lishni boshladim, bunga ko‘p vaqt ajratdim, o‘z-o‘zimni tarbiyalash, o‘qish bilan shug‘ullana boshladim”, — degan edi Yuriy o‘z tanlovi haqida.
Yuriyga omad darrov kulib boqdi: bir zumda oddiy yigitdan pop yulduziga aylandi. “Men o‘zimni omadli deb hisoblayman: to‘g‘ri vaqtda, kerakli joyga yetib keldim, kerakli odamlarni uchratdim yoki ular men bilan uchrashdi”, — degan xonanda 2006-yilda bergan intervyusida.
Shatunov erta kelgan mashhurlikka dosh berdi va ko‘plab hamkasblari kabi yulduzlik kasaliga chalinmadi. 1991-yilda u guruhni tark etib, yakkaxon karyerasini davom ettirishga qaror qildi. “Men vatanni tark eta olmadim, chunki men davlat farzandi edim va hali qo‘limda pasportim yo‘q edi. Men qolishga majbur bo‘ldim”, — dedi xonanda.
Ma’lum bo‘lishicha, yakkaxon xonanda va prodyuser o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi bo‘lmagan. Ya’ni Razin Shatunovga guruhning qo‘shiqlarini ijro etishni taqiqlagan, garchi ularning aksariyati Sergey Kuznetsov tomonidan yozilgan bo‘lsa ham.
“Endi mualliflik huquqi egasiman, chunki Sergey Kuznetsov 2019-yil 1-oktabrda men bilan imzolagan shartnomada muallif va ijrochi sifatida barcha huquqlarni menga o‘tkazdi”, — dedi xonanda.
Guruhni tark etgach, u yakkaxon karyerasini davom ettira boshladi. Shu bilan birga, Germaniyaga jo‘nab ketdi. U yerda “Znayesh” nomli birinchi albomini yaratish bo‘yicha studiyada ishladi. Lekin deyarli sahnalarga chiqmadi, bir necha yil o‘tgach, u konsert berishda davom etdi.
Ijrochining muxlislari nafaqat 80—90-yillarning yoshlari, balki yangi avlod vakillari ham edi. Yuriyning ijodi hech qachon to‘xtab qolmadi, u tez-tez qo‘shiqlar chiqardi, ularning aksariyati yana xitga aylandi.
“Bir narsa odamlarni — nafaqat kattalarni, balki yoshlarni ham ushlab turadi. Men yaratgan barcha treklar menga nima bo‘layotganini, hayotim qandayligini aytadi. Eshitishning o‘zi kifoya, unda barcha javoblar bor”, — deb aytgan Shatunov.
Yuriy Shatunov shaxsiy hayoti haqida gapirishni yoqtirmasdi. Biroq u bir necha bor uzoq munosabatlarga ega bo‘lganini ta’kidlagan, ammo ular jiddiy tus olmagan. Xonanda doimo o‘zi bilan teng, unga muxlisdek munosabatda bo‘lmaydigan, uning mashhurligiga oshiq bo‘lmagan ayolni qidirardi.
U muxlislarni ham, jurnalistlarni ham shaxsiy hayotiga kiritmadi. Biroq keyinchalik Yuriy uzoq kutilgan sevgisini uchratgani ma’lum bo‘ldi. Tanishuv Germaniyada bo‘lib o‘tdi, xonanda “Laskoviy may”dan so‘ng u yerga ko‘chib ketgandi. Nogahon Svetlanada u o‘zining rafiqasi va bolalarining onasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayolni ko‘rdi.
Ammo Svetlananing qarindoshlari dastlab uning taniqli xonanda bilan aloqasiga qarshi edi. “Go‘yoki barcha san’atkorlarning har bir shaharda besh-yetti nafar qiz do‘sti bo‘ladi, deb o‘ylashadi. Uzoq vaqt davomida men Svetaning qarindoshlari bilan umuman tanishishni xohlamadim. Ammo oxir-oqibat, qaynonam bilan uchrashganimdan so‘ng hammasi joyiga tushdi”, — deya tushuntirgan Yuriy.
Juftlik 2000-yildan boshlab uchrasha boshladi. Olti yil o‘tgach, ularning o‘g‘li Dennis tug‘ildi va bir yildan keyin ular turmush qurdi. 2013-yilda ularning oilasi bitta qiz farzandga ko‘paydi. Xonanda farzandlarini o‘zining izidan borishini istamasligini aytib o‘tgan, lekin agar ular shunda ham musiqaga qiziqsa, u aralashmasligini ma’lum qilgan.
Afsuski, endi u farzandlarining qanday o‘sib, nima kasb egasi bo‘lishini ko‘ra olmaydi. 2022-yil 23-iyunga o‘tar kechasi Yuriy bu dunyodan ko‘z yumdi: u tez yordam mashinasida yurak xurujidan vafot etdi. U endigina 48 yoshda edi. | 114 | 7,016 |
Madaniyat | “Umuman uyqu yo‘q”. Asal Shodiyeva tug‘ruqdan keyin qanday ozayotgani hamda to‘ng‘ich o‘g‘lining ukasi bilan munosabati haqida | Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva 12-yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan klinikalardan birida ikkinchi marta ona bo‘ldi. Ayni kunlarda ikki farzandning parvarishi bilan band bo‘lgan aktrisa Instagram orqali muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berishga qaror qildi. Quyida eng qiziq savollarga aktrisaning javoblarini taqdim etamiz.
— Nega farzandingizni Turkiyada dunyoga keltirdingiz? Sog‘lig‘ingizda biror muammo bormidi?
— Sog‘lig‘im yaxshi, ammo bunga ham ishonmaysizlar.
— Birinchi farzandingizni qayerda dunyoga keltirgansiz?
—Muhammadyusuf akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish institutidagi Lola Erkinovna ko‘magida dunyoga kelgan.
— Ikki bola bilan qiyin emasmi? Muhammadyusuf Baxtiyordan rashk qilmaydimi?
— Albatta, buning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Bu ishda enagamiz, onam va qaynonam ko‘maklashishadi. Dadamiz esa ishda bo‘ladi. Kichkintoylarim kechasi navbati bilan baqir-chaqir qilishadi. Shu bois deyarli uxlamayman. Muhammadyusuf ukasini yaxshi ko‘radi, uni o‘pib erkalaydi. Ammo ba’zida fe’li o‘zgarib, ukasining ustiga o‘tirib olishga harakat qiladi.
— Farzandlaringizni kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga keltirdingizmi?
— Ikki farzandim ham tabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan.
—Sun’iy urug‘lantirish (EKO) yordamida ikkinchi bor homilador bo‘lganingiz rostmi?
— Yo‘q, ishonmasangiz ham, javob berdik.
— Baxtiyorni bo‘tqa bilan oziqlantirasizmi?
— Yo‘q, u ona suti bilan oziqlanadi.
— Parhez qilayotganingiz ona sutining kamayishiga sabab bo‘lmayaptimi?
— Yo‘q, men faqatgina tanam uchun befoyda bo‘lgan mahsulotlardan voz kechib, parhez qilyapman, xolos. Shirin, sho‘r va xamirli mahsulotlardan voz kechganman. Bundan tashqari, ozdiruvchi massajdan ham foydalandim. Bu juda og‘riqli jarayon, lekin uchinchi seansdan so‘ng ko‘nikib ketasiz. Organizmdagi ortiqcha suv ketadi. Tug‘ruqdan keyin 10 kilo tashladim, hozir vaznim 60 kilogramm, o‘zimning vaznim 57 kg edi.
— Nega o‘zbekcha gapirmaysiz?
— Men-ku gapiraman, lekin sizga til o‘rganishga nima xalaqit beryapti? Bilimning ortiqchasi bo‘lmaydi.
Shuningdek, Asal Shodiyevaning aytishicha, to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammadyusuf kuni bilan dadasining klip va filmlarini ko‘rib o‘tiradi. | 126 | 2,183 |
Madaniyat | "O`zbekiston obidalaridagi bitiklar" Rossiya muzeylariga taqdim etiladi | Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan me`moriy obidalarning aksariyati vaqt suronlarini engib, bugungi kungacha etib keldi. Bugun ham millionlab insonlar, shu jumladan, dunyoning turli hududlaridan tashrif buyurayotgan sayyohlarda qayta-qayta “ular nima haqida so`zlaydi, buyuk ajdodlarimiz yozib qoldirgan bitiklarda qanday ma`nolar yashirin?” singari savollar tug`ilishi tabiiy.
“Zamon-Press-Info” nashriyot uyi tomonidan “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumida nashr etilgan kitob-albomlar ana shu sirlarni qayta kashf etishda muhim ahamiyatga ega.
“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” nomi ostida jami 25 jildli kitob-albomlar turkum-loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 6 apreldagi Qarori asosida amalga oshirilmoqda.
“O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasi doirasida hukumat va jamoat tashkilotlari ko`magida mamlakatimizdagi me`morchilik obidalaridagi bitiklarni o`rganish va umumlashtirish, turkum kitob-albomlar ko`rinishida taqdim etish bo`yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bungacha biror-bir musulmon mamlakatida ana shunday ishlarga qo`l urilmagan.
Ayni paytda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi qadimiy me`moriy obidalardagi epigrafik matnlarni o`qish va ularni tarjima qilish bo`yicha boy tajribaga ega mutaxassislardan tarkib topgan ijodiy guruh tashkil etildi.
O`tgan yillar davomida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Farg`ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari, Xiva va Toshkent shaharlari, shuningdek, Samarqandning ikki yirik tarixiy me`moriy majmuasi – Registon va Shohi Zinda bitiklariga bag`ishlangan jami 13 ta kitob-albom taqdim etildi.
O`tgan yili “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” loyihasining 3250 dona kitob-albomini o`z ichiga olgan 250 ta to`plamni ilmiy-ta`lim muassasalari, milliy va jahon kutubxonalari hamda muzeylar vakillari, diplomatik missiyalar rahbarlariga hadya sifatida taqdim etishga bag`ishlangan ilmiy-ma`rifiy aksiya o`tkazildi.
6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburgda o`tkaziladigan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi doirasida Rossiyadagi bir qator muzeylar, ilmiy muassasalarga “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomlar to`plamini beg`araz taqdim etish ko`zda tutilgan. | 71 | 2,339 |
Madaniyat | Zulfiya tavallud topgan kun munosabati bilan YouTube’da “Hamid va Zulfiya” filmi taqdim etildi | 1-mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Blue White and Green Production kompaniyasi tomonidan suratga olingan “Hamid va Zulfiya” nomli hujjatli film YouTube orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Rejissor Ruslan Soliyev tomonidan suratga olingan film Hamid Olimjon va uning rafiqasi Zulfiyaning hayoti, muhabbati va shoirning o‘limi haqida hikoya qilinadi. Kartina Turkiya, Barselona, Amerika, Afina, Amsterdam, Florensiya, Hindiston, xususan, Kann kino festivalida ham mukofotga loyiq deb topilgan.
Mualliflar qalamiga mansub she’rlarni san’at olamining mashhur vakillari: Gavhar Zokirova, Adiz Rajabov, Bobur Yo‘ldoshev, Rustam Sa’dullayev, shuningdek, Hasan Solihov va Nigina Jabborova o‘qigan. Film davomida juftlikning nabirasi Lola Muhiddinova, Hamid Olimjonning jiyani G‘anijon Ikromov va Gulchehra Azimova, G‘ofur G‘ulomning qizi Olmos Ahmedovalardan tashqari, jurnalist Mastura Is’hoqova va Rossiya yozuvchilar uyushmasining a’zosi Gennadiy Chagin shoir va shoira haqidagi xotiralar bilan bo‘lishgan.
Tomoshabinlar mazkur filmni o‘zbek va rus tillarida tomosha qilishi mumkin. | 94 | 1,143 |
Madaniyat | Toshkentda “Gumrohlar” badiiy filmining OAV vakillari uchun premyeraoldi namoyishi bo‘lib o‘tdi | 26-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Vatan” kinostudiyasida tasvirga olingan “Gumrohlar” badiiy filmining ommaviy axborot vositalari vakillari uchun premyeraoldi namoyishi hamda film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Mazkur film yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish hamda turli g‘oyaviy tahdidlardan ogoh bo‘lishga chaqirish maqsadida yaratilgan bo‘lib, filmni tasvirga olish jarayonlari Andijon viloyatida, Turkiya hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarida amalga oshirilgan.
Filmning ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Behzod Qodirov, postanovkachi rassom Alisher Umrzoqov, bastakor Xurshida Hasanova, ovoz operatori Abduqahhor Karimovdir. Filmda asosiy rollarni Mirza Azizov, Samandar Hamroqulov, Erkin Komilov, Xayrulla Sa’diyev, Baxtiyor Qosimov, Jamila G‘ofurova, Sayyora Yunusova, Shahlo Temirova ijro etgan.
“Gumrohlar” filmi o‘zbek xalqining osuda hayoti va taraqqiyotiga putur yetkazmoqchi bo‘lgan qabih kimsalarning kirdikorlarini fosh qilish maqsadida tasvirga olingan bo‘lib, film syujeti huquqni muhofaza qilish organlari to‘plagan hujjatlar asosida yaratilgan.
Film shahar kinoteatrlarida oktabr oyining boshlarida keng tomoshabinlar ommasi e’tiboriga havola etiladi. | 95 | 1,391 |
Madaniyat | IV Xalqaro kongressda AQSh, Italiya Hindistonda saqlanayotgan madaniy merosimiz taqdimoti o`tkaziladi | 2020-yilning 15-18 dekabr kunlari O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati Toshkentda an`anaviy O`zbekiston madaniy merosi haftaligi va «O`zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans asosi» IV Xalqaro kongressini o`tkazadi.
Kongressning birinchi kuni chet ellik va o`zbekistonlik olimlar O`zbekistonning qadimiy madaniy merosi borasida o`tkazilgan tadqiqotlar natijalari va ular yuzasidan o`zlarining xulosalarini taqdim etishadi.
Mazkur xalqaro kongressning ikkinchi kuni, ya`ni 16-dekabrda madaniy merosimizni o`rganish va ommalashtirishga oid loyiha homiyligida bo`lib o`tadi. Bundan asosiy ko`zlangan maqsad – O`zbekistonning chet ellardagi madaniy merosini qaytarish va xalqimiz madaniy merosini shu kungacha o`z jamlanmalarida saqlab hamda targ`ib qilib kelayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik ufqlarini kengaytirishdan iborat.
Aynan haftalikning ikkinchi kunida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida tashkil qilinadigan tadbirlar doirasida “O`zbekistonning madaniy merosi Italiya to`plamlarida”, “O`zbekistonning madaniy merosi AQSh va Kanadadagi shaxsiy kolleksiyalarda”, “S.M. Prokudin-Gorskiy va uning AQSh Kongressi kutubxonasidagi Turkiston fotosuratlari sikli”, “Hindiston Milliy muzeyida O`zbekistonning madaniy merosi”, “Rampur Raza kutubxonasi fondidagi O`zbekiston qo`lyozmalari (Hindiston)”, “So`g`diyona - Ipak yo`lining yuragi” turkumidagi yangi kitob-albomlarning taqdimoti bo`lib o`tadi.
Ushbu madaniy meros haftaligi va IV Xalqaro kongress dasturida belgilangan barcha tadbirlar, namoyishlar va taqdimotlar yurtdoshlarimizga xalqimizning azaliy madaniy merosi haqida keng tushuncha berishi va ularni targ`ib va tadqiq qilishga qiziqish uyg`otishi shubhasiz. | 101 | 1,733 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.