folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Andijonda kamer musiqasi kunlari bo‘lib o‘tmoqda
Vodiy viloyatlarida Andijon san’at kolleji “Tarona” xalq cholg‘ulari kamer orkestrining shinavandalari talaygina. Xotiraxon Akramova rahbarligidagi ushbu badiiy jamoa viloyat qo‘g‘irchoq teatri sahnasida yangi konsert dasturini namoyish qilmoqda. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri xabar berdi. Viloyat hokimligi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda san’at kolleji tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirning ilk kunida konsert dasturini 700 dan ziyod san’at ixlosmandi tomosha qildi. San’at kolleji o‘qituvchi va iqtidorli o‘quvchilaridan tashkil topgan badiiy jamoa dasturidan o‘zbek va jahon mumtoz kuylari hamda zamonaviy asarlar o‘rin olgan. Tomoshabinlar Manas Leviyev, Doni Zokirov, Frans Shubert, Albert Fossen kabi mashhur bastakorlar asarlari bilan birgalikda “Ohki, ishq”, “Yaxshiliq” singari kompozitsiyalarni qiziqish bilan kutib olmoqda. 23-yanvardan boshlangan xalq cholg‘ulari kamer orkestrining konsertlari to‘rt kun davomida bo‘lib o‘tadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
48
1,136
Madaniyat
Nyu-Yorkda MTV Video Music Awards—2018 tanlovi g‘oliblari e‘lon qilindi
AQShning Nyu-York shahrida MTV Video Music Awards—2018 musiqa tanlovi g‘oliblari aniqlandi. Bu haqda mukofot saytida ma’lum qilindi. Post Malone va 21 Savage ijrosidagi Rockstar taronasi “Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i” deb e’tirof etildi. “Yilning eng yaxshi klipi” esa Kamila Kabeloning Havana qo‘shig‘iga ishlangan video bo‘ldi. U shuningdek, “Yil xonandasi” sifatida statuetka sovrindori bo‘ldi. “Ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan eng yaxshi video” deb Childish Gambino’ning This is America klipi topildi.
71
506
Madaniyat
Jeyms Bondning sevgilisi rolini o‘ynagan Olga Kurilenko koronavirusga chalindi
“Mehribonlik kvanti” filmida Jeyms Bondning sevgilisi rolini ijro etgan aktrisa Olga Kurilenko koronavirusni yuqtirib oldi. Bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u koronavirus tahlili ijobiy chiqqanidan keyin bir haftadan beri uyda o‘tiribdi. “Tana haroratining ko‘tarilishi va holsizlik — menda kuzatilayotgan asosiy simptomlar. Ehtiyot bo‘ling va buni jiddiy qabul qiling!”, — deb yozadi Kurilenko. View this post on Instagram Avvalroq Gollivud aktyori Tom Xenks va uning rafiqasida koronavirus aniqlangan edi.  Koronavirus aniqlangan amerikalik aktyor Tom Xenks ahvoli qandayligini ma’lum qildi Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 4 nafarga yetdi. 15-mart, yakshanba kuni Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlik ayolda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, ayol bilan muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolari Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgandi. Undan tashqari, shu reysda kelib, O‘zbekistonda qolgan yo‘lovchilarning bari aniqlanib, umumiy hisobda 150 kishi izolyatsiyaga olingani haqida xabar berilgandi.
78
1,205
Madaniyat
Instagram: Yigitali Mamajonov Toshkentda mehmonxonasini ochdi, Bahora Arslonovaga mashina sovg‘a qilishdi, Shahlo Rustamova oilasida judolik
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Oybek va Nigora juftligi uch farzandi bilan Yangi yil fotosessiyasini tashkillashtirdi. Aktyor Yigitali Mamajonov poytaxtda o‘z mehmonxonasini ochdi. U hozirgi kunda kino sohasidagi o‘zgarishlar tufayli biznesga qo‘l urgani haqida so‘zlab berdi. Xonanda Lola xonadonini bezatish uchun o‘rmondan tabiiy archa buyurtma qildi. Vohidjon Isoqov haydovchilarga ogohlantirish bilan murojaat yo‘lladi. Uning aytishicha, AYoQShlardagi 92-benzin sifatsizligi bois avtomobillarni ishdan chiqarmoqda. Dipika Padukon muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Yulduz Usmonova qizi Nilufarning xonadonida opa-singillarini yig‘ib, o‘z qo‘llari bilan taom tayyorladi hamda marhuma onasini xotirladi. Farhod va Shirin ham yangi fotosessiya tashkillashtirdi. SanJay Jo‘rayevlar oilasi uni beshinchi marta sudga berganini ma’lum qildi. Yangi yil ko‘rsatuvlaridan birida Shohruhxon va Nilufar Usmonova “Barcha shodlik senga bo‘lsin” duetini ijro etadi. Bahora Arslonovaga turmush o‘rtog‘i Gentra avtomobilini sovg‘a qildi. Sariq bola Dubaydagi sayohati aks etgan suratni sahifasiga joyladi. Imron “Hech kimga bermay sevaman” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Klipda bosh qahramon obrazini Durdona Qurbonova yaratgan. Xonanda Shahlo Rustamovaning onasi 70 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
140
1,424
Madaniyat
Maykl Jekson qiyofasidagi o‘zgarishlar 138 soniyalik videolavhada
Maykl Jekson. Bu nomni bilmagan kishilar oramizda kam topiladi, balki topilmas ham. Jekson 50 yillik umri davomida turli xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ldi. Uning yuz qiyofasidagi o‘zgarishlar va buning sabablari sirligicha qolib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Maykl Jekson qiyofasidagi o‘zgarishlar 138 soniyalik rolikda ko‘rsatib berilgan videolavha paydo bo‘ldi. Uni tomosha qilishingiz mumkin.
65
397
Madaniyat
“Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmidagi Miloslavskiy roli bilan mashhur Leonid Kuravlyov vafot etdi
“Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmidagi knyaz Miloslavskiy roli bilan tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan aktyor Leonid Kuravlyov 30-yanvar kuni 85 yoshida vafot etdi. 2022-yilning yanvar oyida Leonid Kuravlyov virusli pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Ikki hafta o‘tib aktyor pnevmoniyadan tuzaldi, ammo yakunda unga palliativ maqomi berildi. Shifokorlarning prognozlarida aktyorning yashab ketishiga umid yo‘q edi. Ular Kuravlyovga og‘riq qoldiruvchi antibiotiklar berishgan, bu aktyor hayotining qolgan qismini bir qadar yengillashtirishga yordam berardi, xolos. Kasalxonada ma’lum bo‘lishicha, aktyorning miyasida jiddiy shikastlanish bo‘lgan — bu davosiz kasallik edi. Keyinroq unga uyga javob berilgan. Faoliyati davomida Kuravlyov 200 dan ortiq film va teleseriallarda suratga tushgan. U MDH davlatlaridagi teletomashabinlarga “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”, “Afonya”, “Hayot uchun xavfli”, “To‘g‘ri so‘zning to‘qmog‘i” va boshqa filmlar, seriallardagi rollari bilan tanilgan.  Dialoglari tildan tilga ko‘chib, yod bo‘lib ketgan “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmi haqida 20 ta qiziqarli fakt
109
1,150
Madaniyat
Hechdan ko‘ra kech yaxshi: 35 yoshdan keyin muvaffaqiyatga erishgan mashhur ayollar (foto)
Yosh muvaffaqiyat qozonishga to‘sqinlik qilmasligini hammasiga faqat o‘z iste’dodi bilan erishgan eng omadli va badavlat ayollar haqida ma’lumot beramiz. Katerina Feyk, Flickr asoschilaridan biri, 1969 yilda tug‘ilgan. Moliyaviy ahvoli: 9,6 million dollar Katerinaning otasi amerikalik, onasi esa filippinlik bo‘lgan. Bolaligida ota-onasi unga televizor ko‘rishni taqiqlagan, shuning uchun Katerinaning yagona ovunchi — she’riyat va mumtoz musiqa bo‘lgan. U 1991-yil Vassar kollejida san’at yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan, lekin boshqa sohani tanlagan. U McDonald’s, Colgate-Palmolive va Nike kabi yirik kompaniyalarida ishlagan Organic Online veb-ishlab chiqish agentligining yetakchi dizayneri sifatida faoliyat yuritgan. U birinchi biznesini 2002-yilda Vankuverda boshlagan. Bu “Hech qachon tugamaydigan” (Game Neverending) deb nomlangan juda ko‘p o‘yinchilar tomonidan o‘ynaladigan onlayn o‘yin edi. 2004-yilda, ya’ni Katerina 35 yoshida Flickr’ga asos soldi. Yangi mahsulot dunyodagi eng yirik bizneslardan biriga aylandi. 2005-yilda kompaniyani Yahoo! sotib oldi. Toni Morrison, yozuvchi, 1931-yilda tug‘ilgan Moliyaviy ahvoli: 24 million dollar Toni adabiyot bo‘yicha bir qancha mukofotlarni qo‘lga kiritmasidan oldin (u Pulitser va Nobel mukofotlariga sazovor bo‘lgan), faoliyatini kitoblarni tahrir qilishdan boshlagan. 1960-yilda Toni Random House’da muharrir bo‘lib ishlagan. Turmushidan ajrashgandan keyin ikki o‘g‘lini yakka o‘zi tarbiyalagan. U Toni bo‘lishidan oldin oddiygina Xloye Ardeliya Vofford edi. Bo‘lajak yozuvchi oddiy ishchilar oilasida o‘sgan, lekin bolaligidan o‘qishni yaxshi ko‘rardi. Kornell universitetida magistrlik darajasini olgandan so‘ng, Toni Janubiy Texas universitetida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlay boshladi. Toni birinchi kitobi — “Moviy ko‘zlar”ni 39 yoshida yozgan. Bu Tonining Govard universitetidagi yozuvchi va shoirlarning norasmiy to‘garagida o‘qigan ilk hikoyasi edi. Tanqidchilar qora tanli yozuvchining birinchi asarini iliq kutib olishgan bo‘lsa-da, ikkinchi kitobidan farqli o‘laroq unchalik yaxshi sotilmaydi. Ikkinchi asari “Sula” Milliy kitob mukofotiga nomzod bo‘ladi. 1987-yilda Toni Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lgan “Sevgilim” asarini nashr ettiradi. Bu vaqtda yozuvchi 58 yoshda edi. Arianna Haffington, The Huffington Post gazetasi asoschilaridan biri, 1950-yilda tug‘ilgan. Moliyaviy ahvoli: 50 million dollar Arianna familiyasi bilan ataladigan gazeta — The Huffington Post’ga asos solganida 55 yoshda edi. Arianna har doim gazeta biznesiga yaqin bo‘lgan, chunki u gazetga egalik qiluvchi yunon oilasida tug‘ilgan. 16 yoshida u Angliyaga ko‘chib o‘tdi va  bu yerda iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oldi. Huffington Post 2005-yilda kichik, ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan internet nashr sifatida ish boshlagan, 2011-yilda esa AOL internet-kompaniyasi uni 315 million dollarga sotib olgan. 2009-yilda Arianna Forbes jurnalining eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga kiritildi. U 15 ta kitob yozgan va o‘zini “uyquni ommalashtiruvchi” deb ataydi: u uyquning turmushdagi o‘rni va nima uchun yetarli darajada uxlash muhimligi haqida so‘z yuritadi. Nina Zagat, restoran tanqidchisi, 1942-yilda tug‘ilgan Moliyaviy ahvoli: 200 million dollar Hozirda restoran tanqidchilari Nina va Tim Zagatning ismlari butun dunyoga ma’lum. Ammo 1979-yilgacha er-xotin shunchaki korporativ advokatlar edi. Ular Parijda ishlar, Nina mashhur Le Cordon Bleu oshpazlik maktabi darslariga yozilgunga qadar hayotlari bir tekisda davom etayotgandi. Shunday qilib, ular birgalikda Parij restoranlarini o‘rganishni va ular haqida qisqacha sharhlar yozishni boshladi. Er-xotin Nyu-Yorkka qaytgach, do‘stlaridan ular tashrif buyurgan restoranlarga qiziqa boshladi. 1980-yilga kelib Nina va Tim biznes g‘oya ishlab chiqishdi: ikki yil o‘tgach esa ilk restoran qo‘llanmasini nashr etishdi. Uch yil o‘tgach, “Gid Zagat” New York Times talqiniga ko‘ra, eng ko‘p sotilgan qo‘llanmaga aylandi. Juftlik Los-Anjeles, San-Fransisko va Chikagodagi restoranlarga tashrif buyurishdi va har bir yangi shaharda tobora ko‘proq muvaffaqiyat qozonishdi. 1987-yilda Tim mazkur biznesni rivojlantirish uchun advokatlik ishini tashladi, ko‘p o‘tmay Nina ham unga ergashdi. O‘sha paytda Nina 47 yoshda edi. Barbara Bredli Bekgard, Vera Bradley asoschilaridan biri Moliyaviy ahvoli: 270 million dollar Barbara va uning qo‘shnisi Patrisiya Miller 1980-yillarda paxtadan sumka ishlab chiqaruvchi kompaniya ochdi. Bekgard uyining yerto‘lasi ishlab chiqarish korxonasi bo‘lgan, boshlang‘ich kapital esa atigi 250 dollar edi. G‘oya oddiy: ayollar uchun aksessuarlar ishlab chiqarish edi. 2005-yilda kompaniya daromadi 100 million dollardan oshdi. Hozirgi kunda kompaniya xodimlarining 70 foizi va beshta top-menejerning uchtasi ayollardir. Barbara va Patrisiya Vera Bradley’ga asos solganlarida Barbara 42 yoshda edi. Linda Vaynmann, Lynda.com onlayn-resursi asoschisi, 1955-yilda tug‘ilgan Moliyaviy ahvoli: 1,5 milliard dollar Linda kompyuterda ishlashni mustaqil ravishda o‘rgangan. Avvaliga u 1982-yilgacha ishlagan ikkita internet-do‘kon ochdi.  Keyinchalik esa Lynda.com raqamli san’at maktabining onlayn ta’lim platformasiga 40 yoshida turmush o‘rtog‘i Bryus bilan birgalikda asos soldi. 2004-yilda saytda 100 ta kurs bor edi. 2013-yil yanvar oyida Lynda.com bir guruh venchur fondlaridan 103 million dollarlik sarmoya oldi. 2015-yilning may oyida esa Lynda.com Linkedin tomonidan 1,5 milliard dollarga sotib olindi.
90
5,454
Madaniyat
O‘zbek pianinochisi Behzod Abduraimov Sankt-Peterburg teatri bilan birga AQShda gastrol safarini boshladi
24-yanvar kuni AQShda Sankt-Peterburgning Mariya teatri Simfonik orkestrining gastrol safari boshlandi. Konsertlarda ikki ajoyib pianinochi − o‘zbekistonlik Behzod Abduraimov va Denis Matsuyevlar qatnashadi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”. Teatr matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, AQShning to‘qqizta shahrida: Enn-Arbor, Nyu-York, Troy, Morristaun, Chapel-Xill, Deytonu-Bich, Uest-Palm-Bich, Neypls va Mayamida konsert o‘tkaziladi. Behzod Abduraimov ishtirokidagi konsertlar 27, 31-yanvar hamda 4-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan shanba kuni u muvaffaqiyatli konsert o‘tkazgan. Behzod Abduraimov 1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 5 yoshidan fortepiano chala boshlagan, Uspenkiy nomli Respublika ixtisoslashtirilgan musiqali akademik litseyda ta’lim olgan. Ayni paytda Kanzasdagi Parkvill universitetida tahsil olmoqda. Behzod 2009-yilda Behzod Londonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro fortepiano tanlovida g‘alaba qozongan.
105
936
Madaniyat
Kongress O`zbekiston va Rossiya xalqlarini yaqinlashtirishni maqsad qilgan
Bugun Sankt-Peterburgda “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” ikkinchi xalqaro kongressi ochildi. Tadbir oldidan Sankt-Peterburgning etakchi muzeylarida o`zbek merosiga oid oltita ko`rgazma ochilmoqda. Bular – Rossiya etnografik muzeyi, RFAning sharq qo`lyozmalari Instituti, Kunstkamera, Rossiya milliy kutubxonasi, Din tarixi Davlat muzeyi, RFAning rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi). 8 iyungacha davom etadigan Kongressning muloqot maydonlarida O`rta Osiyo tarixi va madaniyatini o`rganish bilan shug`ullanuvchi 200 dan ziyod fanning taniqli vakillari yig`iladi. Taniqli rossiyalik olimlar, ular orasida Mixail Piotrovskiy, Irina Popova, Elena Sareva va boshqalar “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumidagi albomlar taqdimoti xususida so`zga chiqishadi. Ushbu noyob notijoriy medialoyiha Rossiya va dunyoning boshqa mamlakatlari muzeylarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosiga oid predmet va namunalarni kataloglashtirishga qaratilgan. Mana masalan, Rossiya olimlari va ekspertlari bilan birgalikda Ermitaj, Tretyakov galereyasi, Rossiya milliy kutubxonasi, Sharq qo`lyozmalari Instituti va boshqa muzeylarda saqlanayotgan nodir kolleksiyalar haqida hikoya qiluvchi 10 dan ziyod tom kitoblar va filmlar yaratildi. Kongressning ilmiy qismi Oq uyda yalpi majlis ko`rinishida ochiladi. Ettita seksiyalarga bo`lingan holda O`zbekiston arxeologiyasi, tarixi, sharq qo`lyozmalari, numizmatika, to`qimachilik, dekorativ-amaliy san`at va rassomchiligi yuzasidan bahs-munozaralar o`tkaziladi.
74
1,566
Madaniyat
“Terminator 2” 3D-formatda kinoteatrlarda namoyish etiladi
Rejissor Jeyms Kemeron suratga olgan va Arnold Shvarsenegger suratga tushgan mashhur “Terminator 2: Qiyomat kuni” filmi qayta tiklanadi va katta ekranlarda namoyish qilish uchun uch o‘lchamli formatga o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Bu haqda kinolentaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida 29-avgust kuni e’lon qilindi. Ushbu sanada “Terminator” filmida “Qiyomat kuni” sodir bo‘lib, kompyuter ongga ega bo‘ladi. Shuningdek, filmni qayta tiklash ishlari uning 25 yillik yubileyiga ham bag‘ishlangan. Original film rejissori Jeyms Kemeron grafika oliy sifatli chiqishiga umid qilmoqda. “Terminator 2: Qiyomat kuni” filmining 3D-versiyasi kelasi yili chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
58
718
Madaniyat
Kris Evans ketma-ket ikkinchi yil eng ko‘p daromad keltirgan aktyor deb topildi
Forbes jurnali Gollivud aktyori Kris Evansni 2016-yilning eng ko‘p daromad keltirgan aktyori deb topdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Jurnal mualliflarining ta’kidlashicha, u bunday muvaffaqiyatga Marvel studiyasi tomonidan suratga olingan yagona film tufayli erishgan. “Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik” kartinasini suratga olishda aktyor uchun sarflangan har bir dollar o‘rtacha 135,8 dollar daromad keltirganligi ta’kidlanmoqda. Byudjeti 250 million dollarni tashkil etgan film prokatda 1 milliard dollardan ortiq pul ishlab topdi. 2016-yilda “Qoyilmaqom yettilik” va “Yo‘lovchilar” ilmiy-fantastik filmida suratga tushgan aktyor Kris Pratt reytingning ikkinchi o‘rnidan joy oldi. “Yura davri olami” kartinasi aktyor muvaffaqiyatining asosiy qismini ta’minladi. Uni suratga olishda Kris uchun sarflangan har bir dollar 125 dollar daromad keltirdi. Reytingdan, shuningdek, Skarlett Yoxannson (3-o‘rin) va kichik Robert Dauni (8-o‘rin) joy egalladi. Bir yil oldin Kris Evans “Qasoskorlar: Altron Erasi” va “Birinchi qasoskor: Boshqa urush” filmlari bilan kinostudiyalarga har bir sarflangan dollar uchun 181,8 dollar foyda keltirgandi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
79
1,301
Madaniyat
Futbol stadionidan tortib, yuk mashinasigacha: Qaylig‘iga turmush qurishni taklif qilish uchun romantik yerlarni tanlagan yulduzlar
San’at olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktyor va xonandalar turmushga chiqish taklifi uchun qayerni tanlashni afzal bilgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Ben Afflek 2000-yillarning boshida Ben Jennifer Lopes bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygan. So‘nggi daqiqalarga kelib juftlik turmush qurish fikridan qaytib qolgan. Mish-mishlarga qaraganda, ajrashish tashabbusi hamma uni mustaqil aktyor emas, aktrisaning qaylig‘i sifatida ko‘rishidan charchagan Afflekdan chiqqan. Bu vaqtda Jennifer Garner Afflekni qo‘llab-quvvatlagan, keyinchalik esa uning rafiqasi bo‘lgan. Aktyor uning tug‘ilgan kuniga kutilmagan sovg‘a qilib restoranga katta qutili yuk mashinasi chaqirtirgan. Barcha ichida mashina bor deb o‘ylagan qutida uzuk bo‘lgan. Garner tabiiyki turmushga chiqish taklifini rad qilmagan. Ammo turmush qurgan juftlik 2007-yilga kelib ajrashishga qaror qilgan. Kanye Uest Kanye Kimning tug‘ilgan kuni uchun San-Fransiskodagi stadionni ijaraga olgan. Juftlik maydonga qadam qo‘yishi bilanoq simfonik orkestr xonandaning Knock me down qo‘shig‘ini ijro qilgan. Kanye tiz cho‘kib brilliant uzuk bilan modelga turmushga chiqishni taklif qilgan. Bu vaqtda stadiondagi tabloda “Iltimos, menga turmushga chiq” degan yozuv ko‘ringan. Kim rozilik berishi bilanoq osmonga mushaklar otilgan. 7 yil birga yashagan juftlik 2021-yilning boshida ajrashishga qaror qilgan. Tom Kruz Keti Xolmsga mubtalo bo‘lib qolgan Tom tanishganidan bir necha oy o‘tiboq, unga turmush qurishni taklif qilgan. Bu vaqtda ular Parijda dam olayotgan bo‘lgan. Eyfel minorasiga chiqqanda Kruz tiz cho‘kib “Menga turmushga chiqasanmi?” deb so‘ragan. Kamiga 275 ming dollarlik uzuk sovg‘a qilgan. Keti aktyorga rozilik bergan, ammo oila qurganidan 6 yil o‘tib juftlik munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Nik Kennon Nik qaylig‘iga turmush qurishni taklif qilish uchun uyning tomini tanlagan. Hamma yerni pushti va to‘q qizil shar bilan bezagan Nik Merayya bilan birgalikda tomga ko‘tarilgan. Bu vaqtda Nyu-Yorkdagi mashhur Empayr Steyt binosi ham pushti-qizil rangda nur sochgan. Kennon xonandaga uzuk ko‘rinishidagi pechenye sovg‘a qilgan. Pechenye ichidan esa 2,5 million dollarlik uzuk chiqqan. Nik va Merayya birgalikda 8 yil yashagan. Mettyu Makkonaxi Mettyu Rojdestvo arafasida Kamila Alvesning qo‘lini so‘ragan. Aktyor unga ichida turli sovg‘alar yashiringan ko‘plab qutilar taqdim qilgan. Oxirgi qutichaning ichida uzuk berkitilgan bo‘lgan. 2011-yil unashtirilguniga qadar 5 yil uchrashib yurgan juftlik bu vaqt mobaynida ota-ona bo‘lishga ulgurgan. Oila qurganidan bir necha oy o‘tib, uchinchi farzandi — Livingstin Alves Makkonaxi dunyoga kelgan.
131
2,615
Madaniyat
"Muqimiy" filmining katta premerasi o`tkazildi
"Assalom, Navro`z" kino-oyligi doirasida "O`zbekkino" MA buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm”  DUK tomonidan suratga olingan rejissyor Fotih Jalolovning "Muqimiy" tarixiy-badiiy filmining katta premerasi bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.  Ma`lumot uchun, "Assalom Navro`z" kino-oyligi doirasida, viloyatlarda Ergash Mo`minovning “Orzular qanotida”, Hilol Nasimovning “Meros” hamda Zulfiqor Musoqovning “Hayrat” badiiy filmlari namoyishlari bo`lib o`tmoqda. Shu bilan birga, "Muqimiy" filmi ijodkorlari ham 27 mart kuni hududlardagi "Kinokarvon" guruhiga qo`shilishib, mazkur filmni namoyishlarida qatnashishadi.   “O`zbekfilm” kinostudiyasida bo`lib o`tgan premerada kinokartina ijodkorlari ham ishtirok etishdi. “Muqimiy” filmi shoir va etuk ijodkor Muhammad Aminxo`ja Muqimiyning hayoti va ijodiga bag`ishlangan bo`lib, unda ijodkorning hayotiy sinovlardagi kechmishlari, muhabbati va umri davomida ko`rgan qiyinchiliklari tasvirlangan. Film postanovkachi rejissyori Fotih Jalolov, ssenariy muallifi Rustam Jabborov, postanovkachi operator Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom Alisher Umrzoqov. Filmda Ulug`bek Rustamov, Egamberdi Rahimov, Begzod Hamroev, Adiz Rajabov, Ma`rifat Ortiqova, Dildora Umarova, Marjona O`ljaeva, Rustam Karimov, Bobur Yo`ldoshev, Aleksandr Gamirov o`ziga xos rollarni ijro etishgan.
46
1,358
Madaniyat
“Kimnidir g‘iybat qilib, obro‘sini to‘kmasdi” yoxud Melis Abzalov qadrdonlari xotirasida
“Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chimildiq” singari asl o‘zbekona hayot tarzi, o‘lmas an’ana va qadriyatlar aks etgan filmlar rejissori, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Melis Abzalov agar hayot bo‘lganida 18-noyabr kuni muborak 80 yoshni qarshilardi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov ikki yil avval oktabr oyining 25-sanasida Shvetsiyaning Stokgolm shahrida yurak xurujidan vafot etgan mashhur kinorejissorning tavallud kunida ular bilan birga hamnafas bo‘lib, ijod qilish baxtiga erishgan san’at sohasi vakillarining ayrimlarini suhbatga chorladi. Klara Jalilova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist: — Ochig‘ini aytsam, “Maftuningman”dagi Yulduz rolimdan keyin hech bir rejissor meni kinolariga taklif qilmagan. Balki ular “Klara kino tarixida birgina ijrosi bilan o‘z imzosini qo‘yib bo‘ldi”, degan fikrda rol berishmagandir. Ammo “Kelinlar qo‘zg‘oloni” filmi orqali qayta tug‘ilganman. Agar yozuvchi Said Ahmad va Melis aka meni ushbu kartinada ishtirok etishimni istamay, chaqirtirishmaganida, balki hozir aktrisalik qobiliyatimni vaqtida oz bo‘lsa ham yuzaga chiqarolmaganligimdan afsuslanib o‘tirarmidim?! Bashorat roliga munosib ko‘rishib, syomka maydonchasiga kelishimni ta’kidlab, qo‘ng‘iroq qilishganida men Farg‘onada edim. Ertasiga aytilgan joyga darrov yetib borganman. Hech qanday sinovlarsiz rolga tasdiqlanganman. Melis akani har gal ko‘rganimda o‘z minnatdorchiligimni bildirib, “Umr bo‘yi qo‘shiqchi bo‘lib o‘tib ketamanmikin, deya o‘ylanib yurardim. Siz sabab aktrisa sifatida ham tanildim va bu qirramni kashf etdingiz”, deyishdan sira erinmasdim. Ular mehnatkash, sof qalb egasi edi. Kimnidir g‘iybat qilganini ko‘rgan emasman. Aktyorning o‘z fikrini eshitardi, qadrlardi. Ilohim, qabri doimo yorug‘ nurlarga to‘lsin, joylari jannatda bo‘lsin! Noila Toshkentboyeva, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist: — Melis akaning birinchi rafiqasi Dilbar bilan kursdosh bo‘lganligim bois institutning 2-bosqichida o‘qib yurgan kezlarimdan tanirdim. Uylariga tez-tez borib turardim, singillarini ham yaqindan bilardim. Ziyoli, ruslashgan oilada ulg‘aygan bo‘lsa-da, ammo o‘zbekona urf-odatlarni ikir-chikirigacha puxta bilishlari meni hamisha hayron qoldirardi. Ular bilan hamkorligimiz rejissor assisenti sifatida ijod qilib yurgan paytlaridan boshlangan. O‘zi mustaqil ravishda kino olishga kirishgan davrida ham epizodik rollarga chaqirishni sira esidan chiqarmasdi. O‘ylab qarasam, “Chinor ostidagi duel” filmidan tashqari barcha kartinalarida kattami-kichikmi rollar o‘ynagan ekanman va hech qachon “proba” topshirmaganman. Melis aka tufayli tomoshabinlar qalbiga kirib bordim. Sababi “Suyunchi” va “Kelinlar qo‘zg‘oloni”dan so‘ng xalqimizga yanada tanildim va haligacha tomoshabinlar e’tirofiyu e’tiboridaman. Nazarimda, aktyor uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. Melis aka men uchun chin ma’nodagi ustoz edi. Aktyorga asosiy maqsadini tushuntirardi-da, ayrim rejissorlar singari “unday qil, bunday qilma”, deya ko‘rsatma bermasdi va imkon qadar erkinlik berishga intilardi. Ijodiy jamoa a’zolarining birortasini ham shaxsiyatiga tegib, ortidan yomonlab, obro‘sini to‘kmasdi, suratga olish jarayonida aynib-aljimasdi va bunday odat ularga yot edi. O‘z asarlari orqali o‘zbek kinosi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk rejissor bilan hamkorlikda ijod qilganligimdan hamisha o‘zimni baxtiyor his qilaman! Bahodir Odilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shogirdi: — Melis aka to‘g‘risida faqat iliq so‘zlar aytish mumkin. Zulfiqor Musoqov, Jahongir Qosimov va mening ilk ijodiy mahsulimizning dunyoga kelishida ularning beqiyos hissasi bor. Uchalamiz institutni bitirgan yillarda Melis aka “Vatan” kinostudiyasiga asos solib, badiiy rahbarlik qilardi. Rixsivoy aka Muhammadjonov ikkalasi kino sohasiga endigina kirib kelayotgan bo‘lajak rejissorlarga ko‘maklashib, yuksak ishonch bildirganliklarini haligacha unutmaymiz. Umrining oxirigacha ustoz-shogird sifatida ijod qildik, maslahatlariga quloq tutib, kam bo‘lmadik. Sodda va samimiyligi bizda doim katta taassurot qoldirardi. Qo‘li shirin oshpazligiga ko‘p guvoh bo‘lganmiz. Ayniqsa, palov qilishni qoyillatardi. O‘ziga yaqin olgan ijodkor do‘stlari va shogirdlarini bir joyga jamlab, o‘zaro gurunglarga chorlashi, tashkilotchiligi ham ijodiy faoliyatimizning o‘sishida muhim ahamiyat kasb etgan. Vafotidan avval ham butun fikr-u xayoli film yaratishda, yangi rejalarda bo‘ldi, umrbod kino muhabbati bilan yashadi. Ustozimizni ilohim oxirati obod bo‘lsin!
88
4,514
Madaniyat
Miniatyura san`ati YuNESKO nomoddiy madaniy meroslari ro`yxatiga kiritildi
Miniatyura san`ati YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma`lum qildi. “Miniatyura san`atining YuNESKOning Reprezentativ ro`yxatiga kiritilgani uzoq tarixga ega va O`zbekistonda o`zining eng yuqori cho`qqisiga etgan ushbu san`at turining xalqaro e`tirofidir”, - deya yozgan u Facebook᾽dagi sahifasida.  YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish bo`yicha hukumatlararo qo`mitasi XV sessiyasida  Kamoliddin Behzod singari ko`plab yorqin va taniqli rassomlar bilan o`zbek miniatyura maktabi ko`p asrlar davomida dunyodagi eng kuchli va eng taniqli maktablardan biri bo`lib qolayotgani ta`kidlandi. Sputnik nashri ma`lum qilishicha ushbu sessiyada nomoddiy madaniy merosning 42 milliy va ko`p millatli elementi bo`yicha nomzodlar ko`rib chiqilgan.
74
883
Madaniyat
Ruxshona, Kamila Gimandinova va o‘zbek shou-biznesining oilasi ajrim yoqasida turgan boshqa vakillari
Shou-biznes vakillarining hayoti hamisha omma e’tiborida. Ularning nafaqat ijodi, balki kundalik hayoti, qiziqishlari hatto muammolari ham odamlar uchun qiziq. Yaqinda xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘i, klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan 7 yillik turmushidan so‘ng ajrashayotganini ma’lum qildi. Ko‘pchilik havas qilgulik oila hisoblanuvchi yulduzli juftlikning ushbu qarori ularning kuzatuvchilari uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Afsuski, Ruxshona oilasi darz ketayotgan yagona taniqli ijodkor emas. Quyida turli sabablarga ko‘ra, oila atalmish qo‘rg‘oni buzilayotgan boshqa san’atkorlar haqida so‘z yuritiladi. Sanjar Matkarimov va Ruxshona Xonanda Ruxshona klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan 2014-yilning 2-noyabrida oila qurgandi. Juftlikning to‘ng‘ich farzandi Habiba 2015-yilda, o‘g‘li Shukurbek esa 2016-yilda dunyoga keldi. Ijodkorlarning oila qurishi ikkisi uchun ham omadli keldi. Boisi xonanda turmush o‘rtog‘i bilan  “Yurakkinam”, “Yana”, “Imkon bo‘lsa” va “Yur” kabi qo‘shiqlariga klip suratga oldi. Ruxshona boshlovchiligida rejissorning “Bola tilidan” nomli ko‘rsatuvi  telekanallar orasida bir necha bor eng reytingi baland ko‘rsatuv sifatida e’tirof etildi. Sanjar Matkarimov Ruxshonaning “Yurakkinam” klipida rol ijro etib, aktyorlik mahoratini namoyish etgandi. Afsuski, bu er-xotin ijodkorlarning so‘nggi ijodiy ishlari bo‘ldi. Chunki Ruxshona bu klipidan so‘ng birorta qo‘shig‘iga klip suratga olmadi. Ruxshona turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga qaror qilgani haqida shu yilning oktabr oyida ma’lum qildi. Instagram’da kuzatuvchilari undan turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani rost yoki yolg‘on ekanligi haqida so‘rashdi. Xonanda esa buning haqiqat ekanini aytib, kelgusida yarashish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ayni vaqtda juftlikning farzandlari Ruxshona bilan birga. Ammo ajrimdan keyin Sanjar Matkarimov bir muddat davomida bolalarni Ruxshonaga bermagan. Oilaning buzilishiga asosiy sabab rashk ekanligi ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, Ruxshona ajrimdan keyin o‘ziga kelish uchun Yaratgandan tun-u kun kuch-quvvat so‘raganini aytib o‘tgan. Bundan tashqari, xonanda oradan hech qancha vaqt o‘tmay turmush o‘rtog‘ining uyidan unga tegishli bo‘lgan buyumlarini olib chiqqani va yangi uyga ko‘chib o‘tayotganini aytgan. Darvoqe, xonanda endilikda Sanjar Matkarimov rejissorligidagi “Bola tilidan” ko‘rsatuviga boshlovchilik qilmaydi. Ayni damda bu vazifani aktrisa Aziza Yoqubova bajarmoqda. Aziza Yoqubova ikkinchi turmushidan ham ajrashdi Instagram / @zarka_g‘aniyeva “Jurnalist” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Aziza Yoqubova 2020-yilning sentabr oyida oila qurgandi. Ikki yoshning to‘y oqshomi shov-shuvlarga boy o‘tgani va ko‘plab kino ijodkorlari ishtirok etgani haqidagi videolar ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. To‘ydan so‘ng Azizaga turmush o‘rtog‘i Shavkat Oripov bir muddat ma’murlik qildi. Ular to‘y-hashamlarga, konsert dasturlariga birga tashrif buyurishdi. Afsuski, shu yilning fevral oyida Aziza Instagram orqali erining xiyonat qilgani bilan bog‘liq vajlarni iddao qilib, ajrashmoqchi ekanligini ma’lum qildi. O‘sha paytda aktrisa farzandiga homilador edi. Oradan uch oy o‘tib, 14-aprel kuni aktrisa o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Yoshi ulug‘ kishilar va qarindosh-urug‘larning aralashuvchi bilan er-xotin yarashdi, afsuski, munosabatlar baribir ilimadi. “Erim bilan ajrashganimga ancha bo‘ldi, bo‘ldi bu xato ortiq takrorlanmaydi”, — deydi aktrisa. Ayni damda aktrisa birinchi va ikkinchi turmushidagi farzandlari: Yasmina va Muhammadamir bilan o‘z uyida yashamoqda. Sobiq turmush o‘rtog‘i Shavkat Oripov esa Sardor Rahimxonning “Ajr” loyihasida ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, u so‘nggi vaqtlarda diniy mazmundagi roliklarda ham suratga tushmoqda. Kamila Gimandinova qizini yolg‘iz tarbiyalamoqchi “Qadam” serialidagi Kumush roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa va bloger Kamila Gimandinova ham turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi. Kamila 2020-yilning yoz oyida Farruh Habibullayev bilan oila qurgandi. Afsuski, karantin sabab ularning to‘yi bo‘lmagan, yoshlar faqatgina to‘y liboslarida suratga tushishgan, xolos. Aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan “Qadam” serialida suratga tushmasdan avval tanishgan. Afsuski, shu yilning yanvar oyida ularning ajrashganligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Aktrisa Instagram orqali eri bilan yashamayotgani va tug‘ilajak farzandini yolg‘iz tarbiyalash niyatida ekanligini ma’lum qildi. U shu yilning 17-iyun kuni qiz farzandli bo‘ldi. Tug‘ruqxonadan turmush o‘rtog‘i Farruh Habibullayev bilan chiqqanligini ko‘rganlar aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan yarashadi, degan xayolga borishgandi. Biroq keyinroq Kamilaning turmush o‘rtog‘i Farruh u bilan ajrashganini ma’lum qildi. Farruh Habibullayev o‘zini aktyorlikda ham sinab ko‘rdi. U Kamila bilan hamkorlik qilgan rejissor Baxtiyor Safarovning “Meni asra” serialida giyohvand yigit rolida suratga tushdi. Zohid va Kamolaning 12 yillik muhabbat tarixi to‘ydan keyin yakunlandi Zohid Rizqiyev “Ummon” guruhi vakillari orasida oxirgi bo‘lib oila qurgandi. Guruh vakili Jasur 2015-yilda, Shohruh 2016-yilda, Zohid esa 2020-yilning 20-oktabr sanasida model Kamola Ortiqova bilan oila qurgani katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Zohid va Kamola 12 yillik muhabbatdan so‘ng visolga yetishgandi. Biroq ularning turmushi bir yil davom etdi. Kamola Instagram’dagi Stories orqali turmush o‘rtog‘i bilan yashamayotganini aytgan. Shu yilning 16-oktabr kuni Instagram kuzatuvchisi Kamola Ortiqovaga “Eringiz bilan ajrashish sababini aytolasizmi?” deb savol berdi. Afsuski, u javobida  turmush o‘rtog‘i bilan yashamayotganligi va yarashish niyati ham yo‘qligini ma’lum qildi. Ularning ikkisi ham to‘ylari bilan bog‘liq suratlarni Instagram sahifalaridan o‘chirdi. Darvoqe, 2019-yilda Kamola va Zohid “Meni esla” nomli qo‘shiqni ijro etishgandi. Ushbu qo‘shiq Zohidning rasmiy kanalidan ham allaqachon o‘chirilgan. Shahnoza Otaboyeva aktyor eri bilan ajrashdi Xonanda Shahnoza Otaboyeva ham turmushi o‘xshamaganlardan. U 2017-yilning 7-noyabr sanasida aktyor Komil Bobonazarov bilan oila qurgandi. Aktyor “Qora ilon”, Tug‘ilmaganlar”, “Beshinchi fasl”, va “Notanish qotil” kabi filmlarda rol ijro etgan. Shahnoza Otaboyeva 2018-yilda o‘g‘il farzand ko‘rdi va ijoddan biroz chekindi. Oradan bir yil o‘tib, ikkinchi o‘g‘li Asadbekni dunyoga keltirdi. Afsuski, xonanda ham ma’lum sabablarga ko‘ra ajrashishga qaror qildi. Ayni damda u o‘g‘illarining tarbiyasiga yolg‘iz o‘zi mas’ul. Instagram kuzatuvchilari “Siz kuchli ayolsiz”, “O‘g‘illaringiz sizni baxtli qiladi” mazmunidagi gaplar bilan unga motivatsiya bag‘ishlayapti. Shahnoza Otaboyeva ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirmaydi.
101
6,690
Madaniyat
Alla Pugachyova o‘n yil ichida birinchi marta yakkaxon konsert berdi
Sobiq ittifoq xalq artisti Alla Pugachyova qariyb o‘n yildan buyon birinchi marta yakkaxon konsertini taqdim etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Konsert 16-may kuni Sankt-Peterburgdagi Mixaylovskiy qasrida yopiq tadbir doirasida bo‘lib o‘tdi. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, Pugachyova o‘z qo‘shiqlarini jonli ijro etgan va ajoyib ko‘rinishda bo‘lgan. Alla Pugachyova konserti davomida tomoshabinlarga ovozi boshqacha bo‘lsa-da, qaytib kelayotganini aytgan va kelasi aprelda 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan yubiley konsertini uyushtirishi mumkinligini bildirgan. Nashr eslatishicha, Pugachyovaning oxirgi yakkaxon konserti qariyb o‘n yil avval bo‘lib o‘tgan, o‘shanda sahnadan qisman ketishi haqida Primadonnaning o‘zi e’lon qilib, katta konsert va gastrol faoliyatiga nuqta qo‘yishini aytgan. Bu qarorini xonanda salomatligi bilan bog‘liq muammolar va operatsiyalar natijasida ovozidagi o‘zgarishlar bilan izohlagan.
68
911
Madaniyat
Turetta sindromi va boshqa kamyob kasalliklarga chalingan jahon yulduzlari (foto)
Mashhurlar dunyodagi eng yaxshi va eng qimmat klinikalarda davolanish imkoniyatiga ega bo‘lishlariga qaramay, ularning ayrimlarida zamonaviy tibbiyot hali ham kurashishni o‘rganayotgan kasalliklar mavjud. Kim Kardashyan Foto va videolarda mukammal ko‘rinadigan Kim Kardashan psoriaz kasalligidan aziyat chekadi, deb kim o‘ylabdi. Bundan tashqari, ko‘pincha uning yuzida qizil dog‘lar paydo bo‘ladi. Ularni kosmetik niqoblash uchun Kim yuzi va tanasiga qalin tonal kremni surtishi kerak. Kardashyan shunday deydi: “Bolaligimda onamning psoriaz bilan kasallanganini ko‘rgan bo‘lsam ham, u bilan qanday kurashishni bilmasdim. Onamning sochlari va tanasida bor edi. U ahvolini yengillashtirish uchun quyosh hammomiga borganini eslayman. Ammo bu vosita menga foyda bermadi, balki ultrabinafsha nurlaridan dog‘lar yanada qizarib ketdi va juda qichishdi. Men onamning autoimmun kasalligini yuqtirgan yagona farzandman va uning borligidan baxtiyorman”. Kim muxlislaridan o‘z muammosini yashirib o‘tirmaydi va hatto terisida dog‘larni ko‘rsatadigan makiyajsiz suratlarni baham ko‘radi. Shifokorlar Kimga aytishlaricha, uning holatida psoriaz kasalligining kuchayishi hissiy zo‘riqish tufayli yuzaga keladi, shuning uchun yulduz o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilishni o‘rganmoqda. Deniel Redkliff Hatto sehrgarlar ham bu kubokdan qochib qutula olmaydi. Dunyoga Garri Potter nomi bilan tanilgan aktyor Deniel Redkliff bolaligidan dispraksiya deb ataladigan kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekadi. Bunda miyaning ba’zi funksiyalarining buzilishi natijasida odam turli xil maqsadli harakatlarni to‘g‘ri bajara olmaydi va harakatni yomon muvofiqlashtirishdan qiynaladi. Dispraksiya tufayli Redkliff hech qachon daftarga chiroyli yoza olmadi, poyabzalining bog‘ichini bog‘lay olmadi va umuman maktabda o‘qishda qiynalardi. Bu kasallik turli shakllarda bo‘ladi, Denielniki yengil. Keyinchalik og‘ir holatlarda, bu kasallik bilan og‘rigan odamlar zinapoyaga chiqishda va to‘pni tepishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Deniel uning taqdirini aynan shu kasallik hal qilganini tan oldi. Maktabdagi yomon o‘qish tufayli u o‘zini aktyorlikda sinab ko‘rishga qaror qilgandi. Ledi Gaga Qo‘shiqchida biriktiruvchi to‘qimalarga ta’sir qiluvchi immunitet tizimi kasalligi bo‘lgan volchanka bor. Ledi Gaga surunkali charchoq, mushaklarning og‘rig‘i va spazmlari, yonoqlarida toshmalardan aziyat chekadi. Xonanda bu haqda shunday deydi: “Har birimizda turli holat bor va, albatta, birinchi navbatda shifokor bilan maslahatlashish kerak. Biroq men sizga bir nechta maslahat bera olaman. Mening tanamda kuchli spazmlar paydo bo‘lganda infraqizil sauna menga juda yordam beradi. Ushbu masala bilan shug‘ullanadigan kompaniyalardan biriga sarmoya kiritdim. Ba’zi saunalar katta qutiga o‘xshaydi, ba’zilari gorizontal, shuningdek, termal adyol ko‘rinishidagi saunalar ham bor”. Maykl Jey Foks “Kelajakka qaytib” yulduzi Parkinson kasalligi tashxisi haqida 90-yillarning boshlarida bilib qoldi. Maykl birinchi marta kichkina barmog‘i beixtiyor qimirlagani sababli shifokorga borganida, unga maksimal 10 yillik faol hayot prognozi berildi. Keyin Maykl ushbu kasallikni davolashda bor kuchi va qobiliyatini ishga solish uchun karyerasidan tanaffus olishga qaror qildi. U kasallik bilan kurash haqida uchta kitob yozgan va Parkinson kasalligi bo‘yicha tadqiqotlarga homiylik qiluvchi xayriya jamg‘armasiga asos solgan. Zoi Saldana Zoi Saldana autoimmun tireotid yoki Xashimoto kasalligiga chalinganini ma’lum qildi. Ushbu kasallikda qalqonsimon bez yetarli miqdorda gormonlar ishlab chiqarmaydi, bu esa suyaklarning kalsiyni yo‘qotishiga olib keladi. Zoi kasallik haqida shunday dedi: “Mening immun tizimim xuddi tanada infeksiya bordek ishlaydi, shuning uchun antitolalar doimiy ravishda chiqariladi va qalqonsimon bezga salbiy ta’sir qiladi. Xashimoto tireoditi bilan og‘riganlar o‘z diyetasiga juda qattiq rioya qilishlari kerak. Aktrisa diyetada, glyutendan voz kechdi va shifokorlar unga yeyishni taqiqlagan sut mahsulotlarining har qanday turini ham ratsionidan chiqardi. Billi Aylish Amerikalik qo‘shiqchi kamdan kam uchraydigan kasallik – Turetta sindromi borligini ma’lum qildi va buni avvaldan bilgan, faqatgina yashirib kelgan. Ushbu genetik kasallik markaziy asab tizimiga ta’sir qiladi va tashqi tomondan o‘zini beixtiyor harakatlar va asabiylik shaklida namoyon qiladi. Turetta sindromi davolanmaydi, terapiya faqat uning namoyon bo‘lishini yengillashtiradi. Aylishning kasali tibbiy yordam talab qilmaydigan yengil shaklga ega. Shuning uchun ham u dori vositalarini iste’mol qilmaydi, balki beixtiyor harakatlarni bostiradigan maxsus usullarni o‘rgangan.
81
4,642
Madaniyat
Bred Pitt va Anjelina Joli nomidagi vino mart oyida sotuvga chiqadi
Hollivudning yulduzli oilasi — Bred Pitt va Anjelina Joli o‘zlarining nomlari bilan ataladigan vinoni mart oyida sotuvga chiqarishlari ma’lum bo‘ldi. 49 yoshli aktyor va uning 37 yoshli rafiqasi Shato Miraval bilan hamkorlikda Fransiya janubida yetishtirilgan uzumdan pushti rangli vino tayyorlashdi. Bu voqea 2012-yilda sodir bo‘lgandi. Ularga bu borada vino tayyorlash sohasida mashhur bo‘lgan Mark Perren katta yordam berdi. Ichimlik etiketlarida Pitt, Joli va Perrenning ismi bo‘ladi. Mashhur juftlikning spirtli ichimlik ishlab chiqarishga qiziqib qolganini siz qanday izohlaysiz?
67
586
Madaniyat
Aktrisa Ra`no Shodievadan yangi fotojamlanma
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, aktrisa Ra`no Shodieva o`zining yangi fotosessiyasini taqdim etdi. Aktrisa yangi fotojamlanmasini “Instagram”dagi sahifasiga joylagan. Suratlar nilyusha_photo tomonidan olingan.
44
217
Madaniyat
Uyqu, vazelin va qayrilgan qoshlar: Merilin Monroning g‘ayrioddiy go‘zallik sirlari
O‘z davrining sohibjamoli, ko‘pchilikning yetishib bo‘lmas orzusi bo‘lgan Merilin Monroning har doim ajoyib ko‘rinishiga imkon beradigan va har qanday tomoshabinni aqldan ozdirishi kafolatlangan bir nechta sirlari haqida gaplashamiz. Uyqu — hamma narsadan ustun Merilin uyquga ketishdan avval go‘zallik muolajasi sifatida yuzini suv to‘ldirilgan issiq idishga botirgan. Aktrisa sifatli dam olishni hamma narsadan ustun deb bilardi. “Yakshanba — mening yagona dam olish kunim, ba’zan ikki soat oldin uyg‘onaman va ertalabki odatimning har bir daqiqasidan zavqlanaman”, — degan u intervyularining birida. Qorayishga qarshi Merilin quyoshda qorayish ishqibozi emas edi. Bir marta u shunday degan: “Kaliforniyadagi modaga qaramay, men qoraygan terini jozibali yoki sog‘lom deb hisoblamayman. Shaxsan men oftobda qorayishga qarshiman, chunki o‘zimning oq-sariqligimni yaxshi ko‘raman. Shuning uchun Monro odatda quyoshdan uzoqroqda bo‘lib, yuziga himoya kremini surtib yurgan. Momiq kipriklar Merilinning sehri juda jozibali va ayni paytda tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lganida edi. Bu jozibaning bir qismi kipriklar bilan bog‘liq. Kipriklarini uzunroq va qalinroq qilish uchun Monro sun’iy kiprikning yarmini kesib tashlab, qolgan yarmini har bir ko‘zning faqat tashqi burchaklariga yopishtirgan. Qayrilma qoshlar Qoshlar shakli yuzning shakliga bog‘liq bo‘ladi. Merilinning yuzi dumaloq bo‘lgani uchun o‘ziga mos mukammal variantni o‘ylab topadi. U yengil burchakli egri qoshlarni afzal ko‘radi, Merilin har safar omma oldiga chiqishdan oldin qoshlarini vizajistlarga chizdirgan. Natijada qoshlarining o‘tkir uchlari peshonasining kengligini vizual ravishda kamaytirgan. Kontur chizilgan lablar Merilinning lablari aslida chiroyli bo‘lmagan. Har kuni aktrisa lablaridagi eng kichik burmalarni ham konturda chizib, mukammallikka olib kelgan. Shu bilan birga, qizil rangning kamida besh xilini ishlatgan. Ushbu uslubni Monroning vizajisti Alan Snayder o‘ylab topgan. U lablarning tashqi burchaklari uchun qizilning quyuqroq rangini, yorqinlik dinamikasini yaratish uchun o‘rtasida yengilroqlarini ishlatgan. Bundan tashqari, “shishirilgan” effektiga erishish uchun pastki labning o‘rtasida xaylayterdan foydalangan. Jon Kennedi bu go‘zallikni yaqindan kuzatib, o‘z his-tuyg‘ularini tiya olmagani bekorga emas. Ko‘z qovoqlari uchun vazelin Hozirda namlangan ko‘z qovoqlari modaga aylandi, ammo Merilin bu masalada birinchilardan bo‘lgan. U ko‘z qovoqlari yaltirashi uchun vazelin yoki kokos moyi surtishni yaxshi ko‘rgan.
83
2,517
Madaniyat
O‘zMUda Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ish boshladi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Unda Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va qator jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyotshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar qatnashdi. Universitet rektori A.Marahimov, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi D.Siddiqov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari S.Sayyid va boshqalar Chingiz Aytmatov betakror ijodi bilan O‘zbekiston – Qirg‘iziston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan buyuk adib ekanini alohida ta’kidladi. Ko‘rgazmadan Chingiz Aytmatovning ana shunday durdona asarlari, adib haqidagi xotiralar, maqolalarning elektron nusxalari, yozuvchining hayoti va ijodi tasvirlangan fotosuratlar o‘rin olgan.
83
981
Madaniyat
SAID MUHTOROV ​«KULBA» FILMINING PREMERA CANASINI MA`LUM QILDI
Alisher Navoiy nomli kino saroyda yangi premera kutilmoqda. Rejissyor Said Muxtorov hamda «Dilshoh media» kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan «Kulba» nomli filmning premera sanasi e`lon qilindi. Kinokartinani suratga olish uchun bir yildan ortiq tayyorgarlik ko`rilgan bo`lib, unda O`zbekiston xalq artistlari Ubaydulla Omon, Gavhar Zokirova, Yayra Abdullaeva, Rixsi Ibrohimova, O`zbekiston san`at arbobi Isamat Ergashev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Saida Rametova, Madina Muhtorova, Fathulla Ma`sudov hamda boshqalar rol ijro qilishgan. Filmning ssenariy muallifi Ahror Nurmuhammad, operator Ta`lat Mansurov, prodyuser Mahmud Erkabaev. «Kulba» filmining taqdimot marosimi 27 oktyabr kuni bo`lib, 28 oktyabrdan uni yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilish mumkin. Quyida filmni suratga olish jarayonidan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.
62
872
Madaniyat
Foto: Yulduzlar mukammal ko‘rinish uchun qanday suratga tushadi?
Surat o‘ziga xos va omadli chiqishi uchun nafaqat yulduzlarning obrazi, soch turmagi va makiyaji mukammal bo‘lishi, balki rakurs ham to‘g‘ri tanlanishi kerak. Qolaversa, kamera qarshisida qanday turish, gavdani tutish va nigohlar ham bu borada muhim sanaladi. Rianna deyarli barcha suratga yelkasining ustidan nigoh tashlab tushadi. Jennifer Lourens esa doimiy ravishda bir qo‘lini beliga qo‘yib suratga tushadi. Jorj Klunining fotolarida esa uni navbatdagi mukofotni olishga shaydek qo‘llarini qovushtirib turganini ko‘rish mumkin. Kristen Styuart bir tomonga og‘irligini tashlab, ikkinchi yelkasini xiyol ko‘tarib suratga tushadi. Ayshvariya Ray aksariyat hollarda kamera qarshisida ikkala qo‘lini beliga qo‘yib turadi. Jennifer Eniston esa hamisha yonidagi odamni mahkam ushlab oladi. Viktoriya bir oyog‘iga qaraganda ikkinchisini oldinroqqa chiqarib suratga tushishni afzal biladi. Keti Perri bir oyog‘ining tizzasini xiyol bukib, yelkasini oldinroqqa chiqaradi. Robert Pattinson esa soch turmagi qanday turgani haqida qayg‘uradi chog‘i deyarli har bir tadbirda uni to‘g‘rilashni ma’qul biladi. Amanda Seyfrid esa oyoqlarini yelka kengligida ochib turadi. Yeva Mendes bo‘lsa muxlislariga havodan bo‘sa yuboradi. Penelopa Krus esa go‘yo qirolichalardek atrofdagilarga qo‘l silkiydi.
64
1,297
Madaniyat
“Elchining qizi” seriali yulduzi Engin Akyurekning tug‘ilgan kuniga muxlislari tomonidan noodatiy syurpriz tayyorlandi (foto)
Nafaqat Turkiyada, balki boshqa davlatlarda ham mashhurlikka erishgan aktyor Engin Akyurekning tug‘ilgan kuni butun dunyo muxlislari tomonidan bir vaqtning o‘zida nishonlandi. 2020-yilning 12-oktabr kuni Argentina, Eron, Ispaniya, Malayziya va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi muxlislar Akyurekning tavallud ayyomini bayramona tarzda o‘tkazdi. Engin Akyurekning muxlislari xuddi o‘tgan yilgi kabi sevimli aktyorga sovg‘a sifatida YuNISEFga xayriya puli o‘tkazdi. Ushbu tug‘ilgan kunda o‘tkazilgan xayriya mablag‘i koronavirus pandemiyasi bilan zararlangan bolalarga yordam berish uchun sarflanadi. Aktyor Mug‘ladagi “Elchining qizi” serialining suratga olish maydonchasida YuNISEF sertifikatini qabul qilib oldi, shuningdek, muxlislari va ijodiy guruh bilan birgalikda bayram tortini baham ko‘rdi. Aktyor Akyurek tug‘ilgan kunida serial jamoasi davrasida dunyo bo‘ylab muxlislariga quyidagi so‘zlar bilan minnatdorlik bildirdi: “Men har doim ularning muhabbati va qo‘llab-quvvatlashini katta baxt kabi his qilaman va ushbu qadrli insonlarning har biriga minnatdorlik bildiraman, ularga o‘z sevgimni yo‘llayman. Tug‘ilgan kunimni nishonlash uchun har yili bu kabi mazmunli va qimmatli xayriya askiyalarining o‘tkazilishi ularning har biri qanchalar bebaho inson ekanidan dalolat”.
125
1,281
Madaniyat
“Ummon” guruhi va Jasur Umirov “O‘zbekkonsert” tomonidan ogohlantirildi
“Ummon” guruhi va xonanda Jasur Umirov kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilamasdan efirga berganligi uchun “O‘zbekkonsert”  tomonidan ogohlantirildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy kengash a’zolari tomonidan “Ummon” guruhining “Oq gulim”, va xonanda Jasur Umirovning “Saypi” deb nomlangan qo‘shig‘i va unga ishlangan kliplaridagi mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi. Biroq bildirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf qilinmasdan efirga berilganligi uchun xonanda Jasur Umirov va “Ummon” guruhi ogohlantiriladi. Agar, ushbu holat quyidagi san’atkorlarda qayta takrorlansa, ularga berilgan litsenziyalar muddatidan avval to‘xtatiladi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati
72
890
Madaniyat
Nilufar Usmonova “Ana-ana” qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi
Iste’dodli xonanda Nilufar Usmonova o‘zining yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Klipmeyker Dima nomi ostida kliplar suratga tushirayotgan Dilmurod. Bu haqda shou-biznes.uz sayti xabar bermoqda. Trek ko’rinishida suratga olingan mazkur klipda Nilufar Usmonova olti xil ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. Klip yaqinda tayyor bo‘ladi va premyerasi internet saytlarda (harqalay manbada shunaqa deyilgan) yoki telekanallardan birida bo‘lib o‘tadi.
59
442
Madaniyat
Aktyor Dueyn Jonson 3 daqiqada 105 ta selfi olib, rekord o‘rnatdi
Aktyor Dueyn Jonson selfi olish tezligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, deya xabar berilmoqda Guinnes World Records saytida. Bu 21-may kuni Londonda uning yangi “San-Andreasning parchalanishi” deb nomlangan filmi premyerasi arafasida sodir bo‘ldi. Jonson o‘z smartfoni yordamida uch daqiqa ichida 105 ta selfi oldi va shu tariqa uch daqiqada 75 ta selfidan iborat avvalgi rekordni yangiladi. Rekordni qayd etgan Ginnesning Rekordlar kitobi sudyasi barcha suratlar tasvirning aniq bo‘lishi, bosh va yelka ko‘rinib turishi, yuzni tanib bo‘lishi kabi talablarga javob berishini ta’kidladi. Ba’zi kadrlar saralashdan o‘tmadi, oxirida 105 ta fotosurat qoldi.
65
654
Madaniyat
Foto: Davlat rahbariga aylangan aktyorlar
Yuqori lavozim egalarining aksariyati avval umuman boshqa kasb bilan shug‘ullangan bo‘ladi. Ammo bir necha davlat prezidentlari siyosiy faoliyatini boshlamasidan avval shou-biznesda karyerasini shakllantirgan. Ular bir necha film va seriallarda rol ijro etgan, ayrimlari esa film ham suratga olgan. Vladimir Zelenskiy – Ukraina Ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiyning siyosatda tajribasi yetarli emas. U shou-biznesda karyerasini rivojlantirgan. Talabalik yillaridayoq bir necha qiziqarli shou-dasturlar – KVNda chiqishlar qilgan. U bir necha guruhlardan so‘ng o‘z jamoasi a’zolari bilan “Kechki kvartal” televizion loyihasida ishtirok etgan. Shuningdek, “Jang klubi”, “Janob Kuk”, “Yil qo‘shig‘i”, “Kulgi ligasi” va boshqa dasturlarda boshlovchilik ham qilgan. Bundan tashqari, u bir qator film va musiqiy filmlarning ssenariy muallifi, aktyori va prodyuseri ham hisoblanadi. Ularning eng mashhurlari – “Sovchilar”, “Katta shahardagi muhabbat”, “8 ta birinchi uchrashuv”, “8 ta yangi uchrashuv”, “Men, sen va u” va “Xalq xizmatkori” filmlaridir. Aktyorning prezident bo‘lishi yangilik emas, undan avval ham bir necha aktyorlar saylovlarda g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Ronald Reygan – AQSh AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan o‘z faoliyati davomida 54 ta badiiy filmda suratga tushgan. Norozilik, mashhurlikka erishish va boshqa maqsadlar tufayli u siyosatga qadam qo‘ygan. Uning qaroriga aktyorlar gildiyasi kasaba uyushmasiga a’zoligi ham ta’sir ko‘rsatadi. U yerda Ronald o‘zini prezident sifatida ko‘rib, nizolarni hal etgan. General Electric Theatre televizion dasturida 8 yil davomida boshlovchilik qilgan. U faoliyati davomida korporatsiya fabrikalari joylashgan 38 shtat bo‘ylab sayohat qilish bilan birga, fabrika ishchilari va xizmatchilari oldida doimiy chiqishlar qilgan. Bunday nutqlar vaqtida Reygan o‘zini omma oldida sinab ko‘rish imkoniyatidan samarali foydalangan. Uch marotaba urinishdan so‘ng u 1980-yilda muvaffaqiyatga erishgan va Oq uynig boshqaruvchisiga aylangan. U prezident bo‘lganidan so‘ng soliqlarni kamaytirishga qaratilgan siyosat yuritishni yo‘lga qo‘ygan. Vatslav Gavel – Chexiya Chexoslovakiyaning so‘nggi prezidenti va Chexiyaning birinchi prezidenti Vatslav Gavel yozuvchi va dramaturg “Lyutsernfilm” kinokompaniyasi asoschisining avlodi. Vatslavning nafaqat bobosi, balki amakisi ham kinematografiya yo‘nalishida oilaviy biznesni rivojlantirgan. 1960—1968-yillarda “Na Zabradli” teatrida ishlagan. U dastlab sahna ishchisi, rejissor yordamchisi va adabiy emakdosh bo‘lib, kinolar suratga ola boshlagan. 1965-yildan 2011-yilgacha filmlarda rol o‘ynagan. U 1965-yildan siyosat bilan shug‘ullanib, “Tvarj” (“Yuz”) adabiy va badiiy jurnal tahririning a’zosi bo‘lgan. 1989-yilda inqilobdan keyin Chexoslovakiya prezidenti etib saylangan. 1990-yil 5-iyuldagi saylovlarda ikki yillik muddatga qayta saylangan. Lex Kachinskiy – Polsha Lex 13 yoshida egizak akasi Yaroslav bilan birgalikda mashhur “Oyni o‘g‘irlaganlar haqida” ertak-filmida asosiy rollarni ijro etgan. Ammo keyinchalik aktyorlik faoliyatini davom ettirmagan. Varshava universtetini tamomlaganidan so‘ng Lex siyosiy karyerasini shakllantirgan. Keyinchalik Seym va senat a’zosi, Adliya vaziri va Varshava meri bo‘lgan. 2005-yilda u Polshada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lib, polshaliklarga “axloqiy yangilanish” va “xristian qadriyatlari”ga qaytishni taklif qildi. Jozef Estrada – Filippin Xose Marselo Exersito 20 yoshida aktyor bo‘lgan va ismini Jozef Estrada deb o‘zgartirgan. 1956-yilda boshlangan karyerasi davomida u yuzdan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Estrada Filippinning besh karra “Eng yaxshi aktyori” mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1967-yilda siyosiy ishlarga o‘tgan va San-Xuan munitsipalitetining meri bo‘lgan. Ushbu lavozimda 16 yil ishlaganidan so‘ng senator, 1992-yilda vitse-prezident, 1998-yilda esa prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan. U davlat rahbari lavozimini 2001-yilgacha egallab kelgan. Keyinchalik davlat rahbari qimor biznesiga homiylik qilgani, tamaki solig‘idan noqonuniy pul olgani va mansab vakolatini suiiste’mol qilgani hamda 8,7 million dollar pora olganlikda ayblangan. Sud jarayonidan keyin prezident umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo oradan ko‘p o‘tmay yangi davlat rahbari tomonidan avf etilgan. Estrada yana siyosiy faoliyatini davom ettirib, 2013-yilda Manila meri etib saylangan. Jimmi Morales – Gvatemala Gvatemalaning prezidenti Jimmi Morales oliy ma’lumotli bo‘lganidan so‘ng akasi bilan birgalikda kino sanoatida faoliyat boshlashga qaror qilgan. 15 yil davomida ular Moralejas televizon dasturida Nito va Netoni ijro etgan. 2015-yilda saylovoldi tashviqoti vaqtida u Gvatemala xalqiga korrupsiyaga qarshi kurashishni va har bir talabani smartfon bilan ta’minlashni va’da qilgan. Shu tariqa komik aktyor korrupsiya mojarosi fonida saylovda g‘alaba qozongan. Donald Tramp – AQShning sobiq prezidenti AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp hech qachon professional aktyor bo‘lmagan, ammo tez-tez film va teleseriallarda epizodik rollarni ijro etgan. “Arvohlar bunday qilmaydi”, “Uyda yolg‘iz-2”, “Vaqt sayohati”, “Eddi”, “Kompanyon”, “Studiya 54”, “Noqulay sayyora” va boshqa bir qancha filmlarda ko‘rinish bergan. 1988-yildan buyon Tramp har bir saylovda AQSh prezidentligiga nomzodligini qo‘ygan. 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan. U 69 yoshida ish boshlagan Ronald Reyganning rekordini yangilab, AQShning birinchi saylangan eng keksa prezidentiga aylangan.
41
5,461
Madaniyat
“Ubaydulla Omon muxlislarga, Said Muxtorov aktyorlarga tiz cho‘kdi”. “Kulba” filmining premyerasidan fotoreportaj
Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Dilshoh media” kinokompaniyasi hamda rejissor Said Muxtorov tomonidan suratga olingan “Kulba” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film taqdimotida jurnalist Feruz Muhammad mehmon bo‘lib, o‘zining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbek kino olamining zabardast vakillari, bosh rollarni ijro qilgan mazkur filmning keng jamoatchilik uchun taqdimotiga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Filmda bosh rollarni ijro qilgan barcha aktyor-aktrisalar taqdimotda ishtirok etishdi. Film premyerasiga Davron Kabulov boshlovchilik qildi. Barcha voqealari qariyalar uyida bo‘lib o‘tadigan mazkur filmda bosh rollarni O‘zbekiston xalq artistlari Ubaydulla Omon, Dilbar Ikromova, Gavhar Zokirova, Yayra Abdullayeva, Rixsi Ibrohimova, O‘zbekiston san’at arbobi Isamat Ergashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Madina Muxtorova, Fathulla Ma’sudovlar ijro qilishgan. Film premyerasida O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omonning muxlisga tiz cho‘kkani uzoq va davomli qarsaklarga sabab bo‘ldi. Film rejissori Said Muxtorov  “o‘zbek kino olamining barcha darg‘alari taklifimni rad qilmasdan, filmimda rol ijro qilgani uchun ularga cheksiz hurmatimni izhor qilaman”, deya aktyor va aktrisalarga tiz cho‘kdi.
113
1,252
Madaniyat
Madaniy meros haftaligi – madaniyatlar o`rtasidagi oltin ko`prik
“O`zbekiston buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasida: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligining ochilishiga bag`ishlangan matbuot anjumanida ishtirokchilar, taniqli olimlar, hurmatli mehmonlar ushbu loyiha va madaniy merosni o`rganishning ahamiyati, keng qamrovli haftalikdan kutilayotgan maqsadlar haqida o`z fikr-mulohazalarini izhor etdilar. Efim Rezvan, tarix fanlari doktori, Sankt-Peterburgdagi Buyuk Pyotr nomidagi antropologiya va etnografiya muzeyi direktori o`rinbosari: - Men uchun O`zbekistonga tashrif va bunday yirik tadbirda ishtirok etish doimiy sertashviy hayotdan uzoqlashish va ijod bilan shug`ullanish uchun ajoyib bir imkoniyat bo`ldi. Har doim O`zbekistonga kelganimda bu erda olgan taassurotlarimdan ilhomlanib, yangi tadqiqotlar va loyihalarga asos bo`luvchi g`oyalarni o`zim bilan olib ketaman. O`ylaymanki bu safar ham xuddi shunday bo`ladi. Adam Smit Albion, kolleksioner, Osiyolik yosh tadbirkorlar dasturi direktori (SShA): - Bunday olamshumul tadbirga taklif etilganim men uchun unutilmas voqea bo`ldi. O`ylaymanki, ko`plab ilm ahli vakillari bunday anjumanda qatnashishni orzu qiladi. Men o`zim kolleksionerman, ko`p yillardan buyon O`zbekiston xalqining hunarmandchilik san`ati namunalariga qiziqaman. Bundan 20 yil muqaddam Nukus shahriga kelganimda u erdagi mashhur I. V. Saviskiy nomidagi muzeyda bo`lganman. O`shanda meni o`zbek, qoraqalpoq amaliy san`ati turlari o`ziga mahliyo qilgan. U erda kichkinagina milliy mato parchasini sotib olgandim. Shu tariqa qoraqalpoq va o`zbek xalq san`ati ustalari, tarixchilari, muzey jamlanmalari bilan tanishdim. Men o`zbekistonlik san`atkorlar, hunarmandlar va ularning ijodiy faoliyati haqida ko`p o`qiganman. Bu erdagi to`qimachilik, metall o`ymakorligi kabi hunarlarga juda qiziqaman va ayta olamanki, hozirgi vaqtda ko`pgina G`arb mamlakatlari bunday nodir san`at turlariga katta qiziqish bilan qaramoqda. Men bu erga O`zbekistondagi xalqlarning amaliy sa`at turlari haqida yanada ko`proq ma`lumot olish va yurtdoshlarimga etkazish maqsadida keldim. Albatta, haftalikka kelgan O`zbekistonning madaniyati va milliy merosini tadqiq qiluvchi olimlardan tajriba o`rganish ham men uchun juda muhim. Abdulhakim Shar`iy JURJONIY, yuridik fanlar doktori, professor, O`zbekistondagi Turon fanlar akademiyasi a`zosi, O`zbekiston xalqaro Bobur fondining Shvesiyadagi vakili: – Sobiq Ittifoq davrida va undan oldingi davrlarda ham hech qachon o`zbek xalqining madaniyati, madaniy merosi, porloq ertasiga bunchalik e`tibor qaratilmagan. O`tmishda ko`p boyliklar yo`qqa chiqarilgan, nobud qilingan, nodir kitoblar esa kuydirilgan, erga ko`milgan. Shuning uchun mustaqillik davrini tiklanish davri deymiz. Ayni kunlarda Prezident tashabbusi bilan mustaqillik yangi bosqichga ko`tarildi. Mana shu siyosat asosida juda ham ajoyib tarixiy faoliyat boshlandi. Bu harakatlarning tarixiyligi shundaki, ular xalqaro miqyosda muhim ahamiyatga ega. Negaki, bu loyiha doirasida mintaqa markazida O`zbekiston madaniyati turibdi, u Pokiston, Xitoy, Sharqiy Turkiston, Hindiston, Eron, Arab mamlakatlari va boshqalarning madaniy, ilmiy, badiiy meroslarini to`plab, birlashtirib boryapti. Men loyihaning birinchi yili ham ishtirok etgandim. O`tgan safar 10 ta kitob-albom nashr qilingan edi. Mana, bugun shu kitoblar 32 taga etibdi. Agar siz O`zbekistonni ko`raman desangiz, o`zbek madaniyatini, adabiyotini, ilmini, tarixini o`rganaman desangiz, o`zbeklar kim, O`rta Osiyoda qanday xalqlar yashagan, degan savolga javob izlasangiz, javobni shu kitoblar ichidan topasiz! Bu kitoblar barcha noyob durdonalarni o`ziga qamrab olgan. Osiyo, Afrika, Ovrupo mamlakatlarida, London, Parijda saqlanayotgan qo`lyozma yodgorliklar, dunyoda tengi yo`q, hech kim ko`rmagan, hech kimning xabari yo`q asarlarni o`zida saqlaydi bu kitoblar! Ushbu to`plamlarning ahamiyati shundaki, O`zbekistondagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi kutubxonada saqlanayotgan 26 ming nusha hech kim ko`rmagan dunyoda tengi yo`q qo`lyozma asarlarni ham endi hamma ko`radi. Hatto O`zbekistonga kela olmagan odamlar ham ko`rib, bu erga kelishga qiziqishi ortadi. Shuning uchun mening nuqtai nazarimda bu loyiha xalqaro ahamiyatga ega. Bundan tashqari, u mintaqa xalqlarini, O`rta Osiyo, Sharqiy Turkiston, Eron, Arab mamlakatlari, Hindiston, Pokiston xalqlari madaniyatlarini birlashtiradi, oralarida oltin ko`prik bo`lib xizmat qiladi. Bu borada O`zbekistonda katta ishlar bo`lyapti, katta yutuqlarga erishilyapti, bularning bitta namunasi mana shu loyihadir. Manzura BEKJONOVA
64
4,519
Madaniyat
“Esmeralda” Shohida Uzoqovaning ovozi bilan “gapirganiga” 19 yil to‘ldi. O‘tgan vaqt ichida serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi?
Meksika seriallarining ommalashuviga sabab bo‘lgan “Esmeralda” teleseriali 1997-yilda suratga olingan, 2001-yilda “Yoshlar” telekanalida namoyish etilgan hamda qisqa vaqt ichida tomoshabinlar mehrini qozongan edi. Sanjar Sa’dullayev, Oybarchin Bakirova, Shohida Uzoqova, Barno Qodirova kabi mahoratli dublyaj aktyorlari ovozi bilan gapirgan qahramonlarning taqdiri barchani birdek qiziqtira olgan edi. Serial efirga uzatilganda muxlislar shu darajada ishtiyoq bilan tomosha qilganidan qishloqlarda sigirlar ham yo‘qolgani, hatto devorlarda yozib qoldirilgan “Rahmat, senga Esmeralda!” degan tashakkurnomalar ham quloqqa chalingan edi. Eng qizig‘i, film namoyishidan so‘ng bosh qahramon − Esmeraldaga ovoz bergan aktrisa Shohida Uzoqova bilan radio orqali olib borilgan intervyuni eshitgan sodda ayollar “Esmeralda Toshkentga kelganmish” deb o‘ylagan ekan. Mana shunday shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Esmeralda” seriali qahramonlari 23 yil ichida qanchalik o‘zgardi? Serial voqealari boshidanoq qarama-qarshilikka boy. Kambag‘al oilada o‘g‘il va boy oilada qiz tug‘iladi. Taqdir taqazosi bilan tug‘iliboq yetim qolgan bola boy oilaga, o‘lik deb gumon qilingan qiz doya Dominganing qo‘lida qoladi. Ammo qizaloqning tirikligi va ko‘zi ojiz ekanligini bilgan Dominga endi hech narsa qila olmasdi. Oradan yillar o‘tib ulg‘aygan chaqaloqlar – Esmeralda va Xose Armando uchrashib qoladi va bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Ammo ularning muhabbati ortidan mashaqqatli sinovlar kutib turadi. Ularning turmush qurishiga qarshilik ko‘rsatgan yigitning qarindoshlari va Esmeraldaga uylanish niyatida bo‘lgan Lusio Malaverning fitnalari tufayli ikki yosh ayriliq azobiga duchor bo‘ladi. Esmeralda Letisiya Kalderon Serialda bosh qahramon – Esmeralda rolini ijro etgan Letisiya Kalderon 1968-yil 15-iyulda Mexikoda tug‘ilgan. Aktrisaning uch nafar akasi bor: Alexandro, Mario va Migel. Akasi Alexandro ham singlisi kabi bir necha filmlarda suratga tushgan. Letisiya bolaligida turli shaharlarda yashagan va 13 yoshga to‘lganidan so‘ng Mexikoga qaytib kelgan. U 1982-yil debyut rolini ijro etdi va keyinchalik 37 ta film va seriallarda suratga tushdi. Aktrisaning nomzodligi 7 xil mukofotga 21 marotaba qo‘yilgan va undan 15 marta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Shuningdek, “Eng yaxshi aktrisa” unvoniga ham sazovor bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Letisiya “Esmeralda” serialidagi ko‘r qiz obraziga shu qadar kirishib ketganki, suratga olish ishlari yakunlangandan keyin ham Esmeralda rolidan chiqib keta olmagan, xuddi u kabi ko‘rga o‘xshab yurishga o‘rganib qolgan. Xose Armando Fernando Kolunga    1966-yil 3-martda Mexiko shahrida Fernando va Margarita Olivares oilasida tug‘ilgan yagona farzand. Ma’lumoti bo‘yicha muhandis, lekin hech qachon kasbi bo‘yicha ishlamagan. U teatr tomoshalari uchun e’lon qilingan kastingda qatnashgan va kutilmaganda qabul qilingan. Fernando aktyorlik faoliyatini teatrlarda boshlagan va hanuzgacha u yerda rol ijro etadi. Don Rodolfo Penarreal Enrike Lisalde    Enrike 1937-yil 9-yanvar kuni Meksikada tavallud topgan. U kino, TV va teatr aktyori bo‘lib, uning ijodiy faoliyati 1960−2000-yilgacha davom etdi. O‘tgan vaqt mobaynida Enrike o‘nlab film, serial va spektakllarda rol ijro etdi. Aktyor 2013-yil 3-iyun kuni 76 yoshida vafot etgan. Fatima Linares Laura Sapata  Laura Sapata 1956-yil 30-iyul kuni bokschi Gilermo Sapata oilasida tug‘ilgan. Bolaligida otasi vafot etgandan so‘ng onasi Iolanda Miranda qayta turmushga chiqadi. Ammo o‘gay ota qizaloqni yaxshi qabul qilmaydi, shuning uchun u buvisi Evi manxe qo‘lida tarbiya topadi. Aktrisaning o‘zidan keyingi 4 singlisi ham ijodkor – yozuvchi va musiqa yo‘lini tanladi. U yoshligidan san’at, musiqa va rol ijro etishga qiziqar edi. Mamlakatdagi Andres Soler nomidagi madaniyat va san’at oliygohida aktyorlik bo‘limida tahsil oldi. Ammo buvisi dastlab uning tanlagan kasbi va hukmronlik qiladigan muhitdan xavotir olib, nabirasining xohishlariga qarshi chiqdi. Lekin aktrisa buning aksini isbotladi, u mahortali aktrisa bo‘libgina qolmay, buvisidan qolgan barcha fazilatlarni ham saqlab qoldi. Lusio Malaver Salvador Pineda  Salavdor Pineda 1952-yil 12-fevralda Meksikada diplomatlar oilasida dunyoga keldi. Onasi Gloriya aktrisa bo‘lishni juda ham orzu qilgan, keyinchalik o‘zini oilasi va farzandlariga bag‘ishladi. Aktyor o‘z faoliyatini teatrda rol ijro etishdan boshladi. Shundan so‘ng birin-ketin film va seriallarda suratga tushdi. Aktyor dastlab aktrisa Alma Delfina bilan rasman nikohdan o‘tgan. Keyinchalik “Sendan boshqa hech kim”seriali bosh qahramoni Lusiya Mendes bilan ishqiy munosabat o‘rnatgan. Eng qizig‘i, serial voqealari ham shunday tarzda kechadi, afsuski, aktyor hayotda ham, serialda ham raqibiga yutqazib qo‘ygan. Shundan so‘ng venesuelalik aktrisa Mayra Alexandra bilan turmush qurdi va uzoq vaqtga bormay ajrashishga qaror qildi. Hozirda aktyor yolg‘iz yashaydi. Melesio Iganasio Lopes Tarzo    Aktyor 1925-yil 15-yanvarda Meksikada tug‘ilgan. U 1973-yil “Oq atirgul” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktyor”, 2007-yil “Hayot yutuqlari” unvoniga sazovor bo‘ldi. Mahoratli aktyor 95 yoshni qarshiladi va uning ijodiy faoliyati kinoda 50 dan ortiq va spektakllardagi bir qancha rollarni o‘z ichiga oladi. “Esmeralda” serialidagi tentak Meliso obrazi uning serqirra aktyor ekanligidan darak. Sababi u boshqa o‘nlab filmlarda jiddiy rollarda namoyon bo‘lgan. Aynan tentak Meliso rolidan keyin unga taqlid qiluvchilar soni ham ko‘paygan. Blanka De Velasco Rakel Morel    Rakel Morel 1959-yil 4-fevralda Moreliyada tug‘ilgan. 1985-yil kino san’atiga qadam qo‘ydi. Aktrisa ijodi davomida bir qancha seriallarda suratga tushdi va jahon yulduzi darajasigacaha ko‘tarildi. 2013-yilda Meksikada eng yaxshi aktyor va aktrisalar reytingi tuzildi va unga ko‘ra aktrisa 100 talik reytingning 77-qatoridan joy olgan. Gratsiyela Penarreal Nora Salinas  Nora Salinas 1976-yil 7-iyunda Meksikada tug‘ilgan. U dastlab modellik bilan shug‘ullangan, keyinchalik aktrisalik faoliyatini boshlagan. Salinas ilk bora “Esmerelda” serialidagi tannoz Gratsiyela obrazini ijro etdi. U kambag‘al Adrianga muhabbat qo‘ygan, ammo zodagon onasi Fatima nazorati ostida azob chekishga majbur, doimo muhabbatga moyil Gratsiyela qahramonini mahorat bilan ijro etganligi uchun xalqaro miqyosda shuhrat qozondi. Adrian Lusero Alexandro Ruis    Aktyor va xonanda Alexandro 1967-yil 9-iyunda Meksikada tug‘ilgan. U ilk bora 8 yoshida “Qotil yolg‘iz emas” filmida Xulioning bolaligini ijro etgan. Keyinchalik u iqtisodiyot yo‘nalishida ta’lim oladi va uni tark etib, aktyorlik faoliyatini boshlaydi. U ijodi davomida 60 dan ortiq rol ijro etdi.
138
6,617
Madaniyat
Xonanda Shuhrat Qayumov: Bu oxirgi konsertim bo‘lishi mumkin
Bir muddat avval: “Xonanda Shuhrat Qayumov konsertga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida salomatligi yomonlashib, kasalxonaga tushib qoldi”, mazmunidagi gap-so‘zlar tarqalgan edi. 22—23 mart kunlari “Istiqlol” san’at saroyida jonli konsert berishni rejalashtirgan Shuhrat Qayumov “salomatligi ko‘tarmagani bois” konsertni fonogrammada o‘tkazadi, degan gaplar nechog‘lik to‘g‘riligini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonandaning o‘zi bilan bog‘landi. — Sizni shifoxonada davolanayapti, deb eshitgan edik. Ayni paytda shifoxonadan chiqib, konsertga tayyorgarlikni boshlab yubordingizmi? — Hozir shifoxonadan chiqqanman. Har kuni tinimsiz mehnat qilyapman. Fonogramma bo‘lganida qanday qulay edi. Repetitsiya ham bo‘lmasdi, diskni qo‘yib, so‘zlarni ham yodlamasdan yuraverardik. Jonli konsert dasturi bo‘lganidan keyin, muxlislar ishonchini oqlash uchun tinimsiz mehnat qilyapmiz. — Ijodiy jamoangiz necha kishidan iborat? — Jamoamizda 12 sozanda, 26 raqqosa tinim bilmasdan ijod qilmoqda. Tayyorgarlik jarayoni bir oy oldindan boshlangan edi. Tayyorgarlikning boshida kuchli shamollash bilan shifoxonaga tushib qoldim. Hozir ham ahvolim unchalik yaxshi emas. Nima bo‘lganda ham, emaklab bo‘lsa-da, konsertga tayyorgarlikni to‘xtatmayapman. — Salomatligi yomonlashgani tufayli Shuhrat Qayumov konsertni fonogrammada o‘tkazadi, degan gaplar tarqaldi. Bunga qanday munosabat bildirasiz? — To‘g‘risi, fonogramma qilishning iloji yo‘q, chunki konsertda kuylaydigan qo‘shiqlarimning fonogramma varianti yo‘q. Hozir tayyorgarlik ko‘rilmoqda, ammo hali ham yo‘talim qolmagan, shamollashdan to‘la tuzalmaganman. Bu oxirgi konsert dasturim bo‘lishi mumkin edi. Ijodiy jamoamiz a’zolari: “Bu haqda aytmay turing”, degani sababli ham shu vaqtgacha jim edim. Yana konsert beramanmi-yo‘qmi, hali noma’lum. Ammo so‘nggi konsertimni fonogramma bilan o‘tkazib, sahnadan ketmoqchi emasman. Agar bu konsert dasturini fonogrammada o‘tkazadigan bo‘lsak, raqqosalar ham raqs tusha olmaydi. Sababi konsert repertuarining asosiy qismi yangi ijod namunalarimdan tuzilgan. Konsertni fonogrammada o‘tkaza qolaylik, degan takliflar bo‘lgani uchun shunday gaplar tarqalgan bo‘lsa kerak. Konsertni jonli berishga so‘nggi nafasimgacha, astoydil harakat qilaman.
60
2,235
Madaniyat
"O`zbekkino" tarmoq foydalanuvchilari va blogerlardan milliy filmlarning g`oyasini noto`g`ri talqin qilmasliklarini so`ramoqda
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan milliy filmlarimiz haqida ba`zan ijobiy, ba`zan salbiy fikrlar bildirib turiladi. Filmning tomoshabinda biror bir fikr uyg`otgani yaxshi holat. Ammo diniy-ekstremizm qoralangan, tinchligimizga tahdid soluvchi kuchlarning ma`naviy qiyofasi aks ettirilgan filmlarning maqsad-mazmuni, g`oyasini noto`g`ri talqin etish holatlari uchramoqda, deyiladi "O`zbekkino" MA rasmiy xabarida. "O`zbekkino" Milliy agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan filmlar ssenariy bosqichidayoq Badiiy kengash a`zolari tomonidan muhokama qilinib, filmda ma`naviyatimizga mos kelmaydigan, diniy-ekstremizmni targ`ib etuvchi, hududiy ayirmachilikka undovchi, konstitusion tuzumga qarshi sahnalar bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi. Film loyihasi Badiiy kengash nizomiga mos kelmasa va yuqoridagi holatlar kuzatilsa, ssenariy o`tkazilmaydi.  Shuni aytish lozimki,, "O`zbekkino" Milliy agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan milliy filmlarda biror millatni, dinni va tilni kamsitishga yo`l qo`yilmaydi. Badiiy kengash filmning badiiy va g`oyaviy darajasi bilan birga kinoasarning konstitusion normalarga mos kelish-kelmasligini ham nazorat qiladi. Shundan kelib chiqib, "O`zbekkino" MA ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va blogerlardan milliy filmlarning g`oyasini noto`g`ri talqin qilmasliklarini so`raydi.
126
1,325
Madaniyat
Farhod va Shirin dueti: “Farhod va Shirin” filmining ssenariysi yoqmagani uchun ham unda rol o‘ynamadik
Farhod va Shirin dueti “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida nima uchun “Farhod va Shirin” filmida suratga tushmaganiga izoh berdi. Farhod: “Bizga ushbu filmda rol ijro qilishni taklif etishdi, lekin ijodiy guruhimizga ssenariy ma’qul kelmadi. Shuning uchun ham biz kinoda rol ijro etishni rad etdik”. Shirin: “Shirin deganda tasavvurimga ibo-hayoli, kamtarin qiz keladi. Lekin ssenariyni o‘qiganimda bu tasavvurimga to‘g‘ri kelmadi va uni rad etishga majbur bo‘ldik”. Eslatib o‘tamiz, “Farhod va Shirin” filmining premyerasi 2015-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgandi. Unda bosh rolni o‘ynagan xonanda Lola Yo‘ldosheva “‘Farhod va Shirin’da o‘zimni ijro qildim”, deb aytgandi.
103
676
Madaniyat
“Akamning janozasi kuni beshta to‘y o‘tkazganman”. Yaqin insoni vafot etgan kunda ham kasbi taqоzo etadigan vazifasini ado etgan mashhurlar
Odatda san’atkorlar muxlislar quvonchiga sherik bo‘lishadi. Muxlislar ham sevimli ijodkoridan faqat pozitiv kayfiyat kutishadi. Ammo mashhurlar ham hamma qatori oddiy  inson. Ularning ham o‘ziga yarasha tashvishlari, dardlari bor. Quyida sizga hayotida og‘ir judolikka uchraganiga qaramay, kulib xalq xizmatida bo‘lishga majbur bo‘lgan san’atkorlar haqida hikoya qilmoqchimiz. Xosiyat Husanova onasi vafot etganini Samarqanddagi to‘yda eshitgan Aktrisa Xosiyat Husanova onasi vafot etganini Samarqanddagi to‘yda eshitgani va shoshib Andijondagi ota hovlisiga kelgani haqida so‘zlab berdi. Onam ketma-ket infarkt va insult xastaligiga chalinib, davolangach, ahvoli biroz yaxshilangandi. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay yana xastalik qaytaladi. Onamni ko‘rgani borsam, “Men o‘laman, tayyor tur. Faqat bir iltimos o‘lganimdan keyin ham uyimga kelib, jigarlaringni to‘plab Qur’on tilovat qilgin. Keyin yaqinlaringga beradigan moddiy yordamingni to‘xtatmagin”, dedi. Aksiga olib ertangi spektaklda ishtirok etishim kerak edi, dublyorlarim esa o‘rnimga chiqishga vaqtlari yo‘qligini aytishgan. Aksiga olib, o‘sha vaqt teatrdan tinmay qo‘ng‘iroq qilishdi. O‘shanda onam ‘Qachon o‘lishim noma’lum, ishdan qolma’, deb poytaxtga ketishimga ko‘ndirdi. Spektaklda rol o‘ynab, ertasi kuni tongda Samarqanddagi to‘yga ketganman. To‘y avjida, biror xabar kelsa deb telefonimni qo‘limdan qo‘ymayman. Shu payt uydan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va onam omonatini topshirganini aytishdi. Mikrafonni yordamchi hofizga berib, ichkari xonaga kirdim va chuqur nafas oldim. Ortimdan to‘y egalari kirib, nima bo‘lganini so‘rashdi. Onam o‘lganini bilishgach, to‘yni tugatmasdan ketishimga ruxsat berishdi. Haq olmayman, deyishimga qaramay, pulni ochiq mashina eshigidan tashlab, ‘Sizning haqqingiz, biz rozimiz’, deyishgandi. Samarqanddan Andijonga kelguncha ichimdan nimalar o‘tganini tasvirlab berolmayman”, — deydi aktrisa. Hosila Rahimova otasidan judo bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, konsert bergan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimovaning otasi Ibrohim hoji 2006-yilning 10-mart sanasida vafot etgan. Xonanda oradan hech qancha vaqt o‘tmay, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida yangi konsert dasturini namoyish etgan. “Otamning o‘limi oilamiz uchun og‘ir zarba bo‘lgan. Ko‘nglimga hech nima sig‘maydigan ahvolda bo‘lsam ham bayram dasturlarida ishtirok etishga majbur bo‘lganman. Eng yomoni yakkaxon konsert dasturimga ham hech qancha vaqt qolmagandi. Uni ortga sursammikan, deb o‘yladim, ammo atrofimdagi insonlar ko‘nishmadi. Ko‘nglimga qil sig‘maydigan paytda konsertda qo‘shiq aytib kuylaganman. Ota haqidagi qo‘shiqni aytganimda butun zal yig‘lagan, ammo sahna etikasiga xilof ish qilmaslik uchun o‘zimni qo‘lga olganman. Sahnada kulib, konsertdan keyin rosa yig‘laganman”, — deydi xonanda. Otabek Mirzaxolov: “Otam vafot etganida konsertda chiqish qilishga Jahongir Poziljonov ko‘ndirgan” “Bravo” jamoasining a’zosi Otabek Mirzaxolov uchun 2018-yilgi konsert juda qiyin kechgan. Chunki konsert boshlanishidan bir kun avval Otabekning padari buzrukvori vafot etgan. “U kunlarni eslash men uchun juda og‘ir. Konsertga tayyorgarlik avjida edi, 10-sentabr kuni tongda otam vafot etdi. Yig‘lab turib, odamlarni kuldirish oson emas. Shu bois, konsertga chiqmayman, dedim. Ammo bir kun qolganda konsert rejasini o‘zgaritirish hamkasblarim uchun noqulaylik tug‘dirishini ham yaxshi bilardim. O‘shanda ustozim Jahongir Poziljonov kelib, onam bilan uzoq vaqt suhbatlashgandi. Keyin meni chaqirishdi. O‘shanda men qabristondan endigina qaytgandim. Xullas, ular menga bu vaziyatda o‘zimni qo‘lga olishim kerakligini va ko‘plab san’atkorlarning boshiga xuddi shunday musibat tushganini aytishdi. Kechga yaqin ustozim hamrohligida Toshkentga yo‘l oldik. O‘sha yilgi konsert dasturidagi ishtirokim nihoyatda qiyin kechgandi”, — deydi Otabek Mirzaxolov. Mavluda Asalxo‘jayeva: “Otam ularga atab aytgan qo‘shig‘imni eshitishga ulgurmagan” O‘zbekisonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevaning otasi Abdurahmon hofiz ham qizining yakkaxon konsert dasturi kuni vafot etgan. “U kun sahnaga chiqishim juda og‘ir kechgan. Eng alam qilgani o‘sha yilgi dasturda ilk marta otamga bag‘ishlab qo‘shiq aytishni rejalashtirgandim. Bir kun avval ukalarim qo‘shiqni dadamga aytib bering deyishganda, yo‘q ertaga konsertda eshitadilar, degandim. Dadam konsert uchun atayin Toshkentga kelgandi. Necha kun bo‘lasiz deganimda, konsertining besh kunida ham yoningda bo‘laman degandi. Afsuski, konsertning ilk kunida — erta tongda jonlari uzildi. Konsertni qoldirishning iloji bo‘lmagani uchun ko‘zlarim shishib katta sahnaga chiqishga majbur bo‘lganman. Ayniqsa, otamga bag‘ishlangan qo‘shiqni aytganimda butun zal yig‘lagandi. Eng qizig‘i, ilk konsert kunida ko‘rinish bergan kapalak konsertning beshinchi kuniga qadar uchib ketmagan. Armonim haqida ko‘p so‘rashadi, men o‘sha yilgi konsertda xalqqa otamni tanishtirib, unga atalgan qo‘shiqni aytishni reja qilgandim. Afsuski, bu menga ushalmas armon bo‘lib qoldi. Ulg‘ayganimda yetim bo‘lib qoldim”, — deydi xonanda. Shukurullo Isroilov: “Onam vafot etganini to‘yda eshitdim” Ikki yoshida otasidan ayrilgan qiziqchi Shukurullo Isroilov 2015-yilda onasidan ham ayrildi. O‘sha kuni u Buxoroda to‘yda edi. — 2015-yili 27-mart kuni onam rahmatli 80 yoshni qarshilagandi. Onamni sanatoriyaga davolatgani yotqizgandim, ammo ertalab u yerga borib tabrikladim. Tandir go‘sht va shirinliklar buyurtma qilib, dasturxon yozdik. Ammo uzoq qololmadim. Chunki shu kuni kechqurun Buxoroda to‘yim bor edi. To‘y qizigan paytda ‘Onangiz vafot etdi’ degan sovuq xabar keldi. Amallab to‘yni tugatib Toshkentga qaytdim. 28-mart kuni peshinda onamga janoza namozi o‘qildi. O‘sha kuni ‘Mirzo’ teatrining navbatdagi konsertiga start berilardi. Mirzabek akaning oldiga kelib, konsertda chiqolmasligimni aytdim. Hammaning boshi qotgan bir necha soatdan keyin konsert, sahnalarning barchasi bir-biriga uzviy bog‘liq. Tomoshani qoldiraylik desak, chiptalar to‘liq sotilgan. Shunda ustozlar menga qanchalik og‘ir bo‘lsa ham, konsertda chiqishim kerakligini aytishdi. Konsert boshlandi, odamlar kulaman deb kelgan men esa ich-ichimdan yig‘layman. Ammo muxlislarga musibatda ekanimni bildirganim yo‘q. Ammo Mirzabek aka konsert so‘nggida ‘Shukurullo bugun onasidan ayrildi, ammo sizlarni hurmat qilib konsertga keldi’, deganda butun zal qarsak chalgandi”, — deydi Shukurullo Isroilov. Dilshod Musabekov: “Yig‘lab turib, odamlarni kuldirish qiyin” “Dizayn” kulgi jamoasining a’zosi Dilshodbek Musabekov 2012-yil otasi vafot etgan kunning ertasiga konsert dasturida ishtirok etishiga to‘g‘ri kelgan. Afsuski, kasb mas’uliyati sabab, u dardini ichga yutib, xalqni kuldirishga majbur bo‘lgan. “Dadamni yo‘qotish juda og‘ir bo‘lgan. Ertasi kuni konsert bo‘lishi kerak, ammo ko‘nglimga qil ham sig‘maydigan holatda edim. Jamoadagi yigitlar kelib, ‘Istasangiz konsertni qoldiramiz. Hech qanday muammo bo‘lmaydi, havotir olmang’, deyishdi. Chunki ularning ham ahvoli u qadar yaxshi emasdi. Biz avvaldan oilaviy do‘st bo‘lganimiz uchun bir-birimizning quvonch-u, g‘amimizga sherik edik. Shunda onam nima bo‘lgan taqdirda ham sahnaga chiqishib kerakligini va belgilangan konsertni qoldirishga haqqim yo‘qligini tushuntirdi. Xo‘p, deb konsertda ishtirok etdim. Yig‘lab turib odamlarni kuldirish naqadar og‘ir ekanini o‘shanda bilganman”, — deydi Dilshodbek Musabekov. Yulduz Usmonova: “To‘yga chiqib ketayotganimda ‘akangiz o‘tib qoldi’, degan xabar kelgan” O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova kasb mas’uliyati sabab katta akasi vafot etganda, to‘ylar sabab janozaga kechikib borgani haqida so‘zlab bergandi. “Kiyinib, to‘yga chiqib ketyapman, ‘Akangiz vafot etdi’, degan xabar keldi. Qotib qoldim. Nima bo‘lgan taqdirda ham ishimni tugatishim kerakligini his qilib, xizmatimni ko‘ngildagidek ado qilganman. Faqat oxirgi to‘ydagi so‘nggi qo‘shiqni aytayotganimda yig‘lab yuborganman. Ungacha muxlislarni dardimga sherik qilishni istamaganman. Janozaga biroz kechikib bo‘lsa-da, yetib borganman. Chunki bizda hozirgi ba’zi xonandalarda yo‘q kasb mas’uliyati bor. San’atkor bunday vaziyatlarga hamisha tayyor bo‘lishi kerak”, — deydi Yulduz Usmonova.
139
8,137
Madaniyat
AQShda 2017-yilning eng yomon filmi, ssenariysi va rejissori aniqlandi
AQShda “Oltin Malina” mukofoti sovrindorlari aniqlandi, deb yozadi “Gazeta.ru”. 2017-yilning eng yomon filmi deb “Emoji film” topildi. Shuningdek, ushbu film ssenariysi yilning eng yomon ssenariysi, rejissori Toni Leondis esa yilning eng yomon rejissori bo‘ldi. “Yilning eng yomon filmi” nomiga “Transformerlar:so‘nggi ritsar”, “50 tusga to‘qroq”, “Mumiya” va “Malibu qutqaruvchilari” filmlari da’vogarlik qilgan. “Mumiya” filmidagi ijrosi uchun Tom Kruz yilning eng yomon aktyori deb topildi. “Medeyaning xellouini 2” kartinasida ayol obrazini yaratgan aktyor Tayler Perri yilning eng yomon aktrisasi bo‘ldi.
70
610
Madaniyat
Aktrisa Ra’no Shodiyeva: “Uylanish arafasidagi yigitlarimizni oilaga tayyorlaydigan maktablar ochish kerak”
Jamoatchilik faoli, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida ayollarga nisbatan bo‘layotgan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari haqida so‘z yuritib, oila qurish ostonasidagi o‘g‘il bolalar uchun ham o‘quv markazlari ochish kerakligini ta’kidladi. “Xotin-qizlarning zo‘ravonlikka uchrashini ham ayol, ham fuqaro sifatida, albatta, qoralayman va bunga munosabatim salbiy. Bilasizmi, biz bu muammoni ustidan ko‘rib chiqyapmiz, xolos. Aslida, sabablarini chuqur o‘rganib, tagiga yetishimiz kerak. Oilaning poydevori mustahkam bo‘lmasa, bu oila ozgina zilzila bo‘lsa ham, buzilib ketadi. To‘g‘ri, bugungi kunda davlat tomonidan ayollarga ko‘p e’tibor berilmoqda, imkoniyatlar yaratilyapti. Qaynana-kelin maktablari, qizlarimizning o‘z ustida ishlashi, bilim olishi, hunar o‘rganishi, oilaga tayyorlanishi uchun turli o‘quv markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mening nazarimda, avvalo, oila qurish arafasidagi yigitlarimizni katta hayotga tayyorlashimiz, ular uchun ham maktablar ochishimiz lozim. O‘g‘il bolalarga o‘smirlik davrida o‘zini tutishi, oila nima ekanligi, bo‘lajak jufti haloli kim, erlik va otalik vazifalari qandayligi o‘rgatilib, muqaddas qo‘rg‘onini himoya qilish bo‘yicha zarur maslahatlar berilsa, buning uchun master-klasslar tashkil etilsa, zo‘ravonlik holatlari, ajrimlar ancha kamayadi, deb o‘ylayman”, — dedi Shodiyeva.  Ra’no Shodiyeva bir vaqtlar Tanzila Norboyevaning shaxsiy dizayneri bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)
107
1,512
Madaniyat
Scorpion filmi rekord darajada tomoshabin yig`di
1 dekabr kuni poytaxtimiz kinoteatrlarida “Scorpion” trillerining premerasi bo`lib o`tdi. Ilk uikendda (dam olish kunlarida) kartinani tomosha qilish uchun kinoteatrlarga 15 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Boshqa filmlar namoyishiga keladigan tomoshabinlar soni bilan taqqoslaganda bu ko`rsatkich 15-20 barobarga ko`p. Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi ma`muriyatidan ma`lum qilinishicha, kinoixlasmandlarining talabidan kelib chiqqan holda deyarli barcha kinozallarda besh smenada ham “Scorpion” filmi namoyish etilmoqda. Eslatib o`tamiz, O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Muxlisa Azizova rejissyorligida ishlab chiqarilgan “Scorpion” trilleri 27 noyabr kuni IV PROlogue xalqaro kinofestivalining ochilishida gala-premera qilingan edi. Kartina shu kunning o`zidayoq o`zbek va xorij kinosi vakillari tomonidan yuksak e`tirof etildi. Triller Toshkent, Buxoro, Sankt-Peterburg va Marokashda suratga olingan. Yoshlar o`rtasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishga da`vat etuvchi filmda Farhod Mahmudov, Karim Mirhodiev, Yulduz Rajabova, Ra`no Shodieva kabi taniqli aktyorlar ishtirok etdi. Shuningdek, rollarda mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegaev rol ijro etgan. Film ssenariy muallifi Bob Andervud (AQSh), kartina operatori Maks Sui (Germaniya). Ovoz ustida ishlash jarayoni «Mosfilm» kinokonserni mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan. Rang-tasvir esa Moskvaning Color Kitchen kompaniyasi hamkorligida olib borilgan. Filmning ovoz dizayni ustida amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua ishlagan. Kartina tizeri bir kun ichida bir million martadan ortiq tomosha qilingan edi.
48
1,651
Madaniyat
80-yillar yulduzlari Toshkentdagi konsertga kelmagani sabablari ma’lum bo‘ldi
27-yanvar kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 80-yillar yulduzlari ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konsertda faqatgina o‘zbek estradasi vakillari ishtirok etgani xabar berilgan edi. Facebook’dagi “Potrebitel.uz” guruhida ushbu holatning boshqa tafsilotlari e’lon qilindi. Qayd etilishicha, shouda ishtirok etishi e’lon qilingan Boney-M, Ottawan, “Kombinatsiya” guruhlari, Natalya Gulkina, Alisa Mondan faqatgina Boney-M guruhining bir a’zosi sahnaga chiqqan. Foydalanuvchilardan biri konsert e’lonidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘rioq qilganda, sotib olingan chiptalarning pullarini 10 kundan keyin qaytarishga va’da berishgan. Guruh a’zolaridan biri taklif qilingan artistlarning konsert direktorlariga maktub yozib, ular nima uchun konsertga kelmagani to‘g‘risida javob olgan. Javob maktubida yozilishicha, “Kombinatsiya” guruhi, Natalya Gulkina va Alisa Monning konsert direktori 27-yanvar kungi konsert uchun dastlabki ikkalasidan tashqari Alisa Monni ham tavsiya qilganda rad javobini olgan va uning nomi nima uchun afishalarga kiritilganiga hayron qolgan. Konsert direktori shou-biznesdagi faoliyati davomida bunchalik yomon tashkilotchilikka guvoh bo‘lmaganini qayd etgan. Shartnomaga binoan, artistlar Toshkentga yetib kelishidan oldin gonorar 100 foiz to‘lanishi kerak bo‘lgan, biroq tashkilotchilar turli bahonalar bilan bu ishni kechiktiravergan. Gonorar Toshkentga 25-yanvar kuni yetib kelgan Boney-M guruhi ma’murlariga berib qo‘yilishiga kelishilgan. Biroq bu ham amalga oshmagan. Direktorning yozishicha, u “Kombinatsiya” guruhi va Natalya Gulkinaga 26-yanvar tunda Toshkentga uchishni tayinlagan, shartnoma bo‘yicha Moskva−Toshkent−Moskva aviachiptasini ham tashkilotchilar olib berishi kerak bo‘lgan. Biroq aeroportda chipta faqatgina buyurtma berilgani, biroq puli to‘lanamagani ma’lum bo‘lgan. Direktorning tashkilotchilar bilan bog‘lanishi samara bermagan va artistlar uyga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Ular haligacha aloqaga chiqmaganini ma’lum qilgan.
77
1,989
Madaniyat
Di Kaprio Dubayda antiqa uslubda steyk tayyorlaydigan turk oshpazi mehmoni bo‘ldi
Leonardo Di Kaprio tarmoqda go‘shtning katta bo‘lagi — steykni mohirona tuzlashi bilan dong qozongan turk Nusrat Go‘kcha restoraniga tashrif buyurdi. Bu haqda oshpazning o‘zi Instagram’da hikoya qildi. Surat Go‘kchaning Dubaydagi restoranida olingan. Foto ostidagi izohda oshpaz restoranida “Oskar” mukofoti sohibi bo‘lganini bildirgan. Fotoda Go‘kche o‘zining mashhur uslubi — go‘shtning katta bo‘lagiga tuz sepayotgan, Di Kaprio esa bu harakatlarni kuzatayotgan holat aks etgan. Turk oshpazi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini steykni maydalashning betakror uslubi bilan o‘ziga rom etdi. Go‘shtni tortishdan avval u qo‘lini boshi darajasigacha ko‘tarib, taomga tuz va ziravorlar sepadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
81
863
Madaniyat
​KREMLDA O`ZBEKISTONNING MADANIYaT KUNLARIGA START BERILDI
12 sentyabr kuni Rossiyaning Kreml saroyida O`zbekistonning madaniyat kunlari ochildi. Tadbir ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarning 25 yilligiga bag`ishlanadi. Tantanali marosimda RF madaniyat vaziri o`rinbosari Vladimir Aristarxov, O`zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev ishtirok etadi. Kreml saroyining sahnasiga «O`zbekiston» va «Navbahor» ansambllari, «Maqom» xalq musiqa ansambli, «O`zbegim» guruhi, O`zbekiston yoshlar simfonik orkestri, Farruh Zokirov boshchiligidagi «Yalla» vokal-cholg`u ansambli chiqadi. O`zbekistonlik mashhur opera yakkaxonlari Mosart, Verdi, Puchchini operalaridan ariya ijro etishadi. Bundan tashqari, O`zbekiston kunlari doirasida 13 sentyabr kuni Umumrossiya amaliy-dekorativ va xalq san`ati muzeyida “O`zbekiston madaniy me`rosi Rossiya Federasiyasi to`plamlarida” davra suxbati bo`lib o`tadi. Unda Ermitaj, Tretyakov Gallereyasi, Rossiya milliy kutubxonasi, Rossiya etnografiya muzeyi, RFA Sharq qo`lyozmalari instituti vakillari ishtirok etishadi. Davra suxbati doirasida Rossiyaning etakchi muzey va kutubxonalariga “O`zbekiston madaniy me`rosi dunyo to`plamlarida” besh tomli nashrining taqdimoti o`tkaziladi. Bundan tashqari shu kuni muzeyda o`zbek san`at asarlari ko`rgazmasi ochiladi. Madaniyat kunlari 14 sentyabr kuni o`zbekistonlik san`at ustalarining konsert dasturi bilan yakunlanadi. O`zbekiston kunlari doirasida o`tadigan tadbir tashkilotchilari Rossiya Federasiyasi madaniyat vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, RFdagi O`zbekiston elchixonasi va O`zEOAVMA.
58
1,543
Madaniyat
“Yo`qlikka yo`l” filmining suratga olish ishlari boshlandi
“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Buxoriylar” MChJ tomonidan suratga olinayotgan “Yo`qlikka yo`l” badiiy filmini tasvirga olish ishlari boshlandi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi xabar berdi. Film rejissyori va ssenariy muallifi Qamara Kamolova boshchiligida ayni kunlarda ijodiy jamoa shakllantirilib, Buxoro viloyatida s`yomka jarayonlarini boshlashdi. Postanovkachi operator Oskar Baxtiev, postanovkachi rassom Behzod Nazarov, grimyor Dilshoda Tilavova, liboslar bo`yicha rassom Irina Litvienko. Mazkur film yosh avlod va ko`pni ko`rgan kattalar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar va ziddiyatlardan hikoya qiladi. Unda insonni keksalik davri, butun umri davomida orttirgan tajribasi va o`z ma`naviy boyligini yoshlarga topshirishdek mas`uliyati qamrab olingan. Filmning asosiy voqealari Buxoro viloyatida va ma`lum qismi Toshkent viloyatining tog`li hududlarida bo`lib o`tadi.
58
900
Madaniyat
Ledi Gaganing ko‘z yoshlari, Vladimir Zelenskiy nutqi va asosiy mukofot egalari: “Gremmi-2022” ning eng yorqin lahzalari (foto, video)
Las-Vegasda 2022-yilning 64-“Gremmi” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ayrim mashhurlar avval ham bir qancha sabablarga ko‘ra hamkasblarini tadbirni boykot qilishga chaqirganiga qaramay, aksariyat yulduzlar norozilik kayfiyatini e’tiborsiz qoldirgan. Shuning uchun marosim yorqin va dramatik daqiqalarga boy bo‘ldi. Xullas, Ledi Gaga o‘z chiqishi yakunida ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Xonanda afsonaviy Toni Bennet bilan birga yozilgan “Love for Sale” albomidan bir nechta qo‘shiqlarni ijro etdi. Afsuski, 95 yoshli jazz asoschisi xotira susayishi bilan bog‘liq Alsgeymer kasalligi tufayli marosimga kela olmadi. Ammo kasallik Toniga hamkorining ongli ravishda salomlashgan videosini yozishga to‘sqinlik qila olmadi. Bu Bennett hali ham ko‘rgan narsasini aniq idrok eta olgan so‘nggi lahzalar bo‘lishi mumkinligini tushunib, Gaga hissiyotlarga berilib ketdi. https://www.instagram.com/tv/Cb6omAagH-s/?utm_source=ig_web_copy_link Ekranda Vladimir Zelenskiyning paydo bo‘lishi mehmonlarni muhim narsa haqida o‘ylashga majbur qildi. Ukraina prezidenti videomurojaat orqali jahon yulduzlaridan qo‘llab-quvvatlashni iltimos qildi. “Musiqaga eng kuchli qarama-qarshilik nimada? O‘lgan odamlar va vayron qilingan shaharlar sukunati. Sukunatni musiqangiz bilan to‘ldiring. Bizning hikoyamizni aytib berish uchun buni, albatta, qiling. Iltimos, bizni imkon qadar qo‘llab-quvvatlang — qanday bo‘lmasin, lekin sukunat bilan emas”, — dedi siyosatchi. Zelenskiyning samimiy nutqidan so‘ng sahnaga Jon Lejend va ukrainalik shoira Lyubov Yakimchuk chiqib, Ukrainaga bag‘ishlangan lirik kompozitsiyani ijro etdi. https://www.instagram.com/tv/Cb6iyynDNx_/?utm_source=ig_web_copy_link Sentimental kayfiyat Billi Aylishning chiqishida ham sezildi. Aktrisa sahnaga qora futbolkada chiqdi, unda Teylor Xokinsning portreti aks etgan. Eslatib o‘tamiz, Foo Fighters rok guruhining barabanchisi “Gremmi-2022” marosimida chiqishidan bir hafta oldin Bogotada o‘lik holda topilgan. View this post on Instagram Qo‘shiqchi Billi Aylish ketma-ket uchinchi yil “Yil qo‘shig‘i” va “Yilning eng yaxshi yozuvi” nominatsiyalarida sovrin uchun kurashdi. Biroq bu yil Silk Sonik’ning Leave The Door Open deb nomlangan rep-dueti g‘olib bo‘ldi. “Oskar” marosimidagi voqea haqidagi hazili bilan tomoshabinlarni chalg‘itishga muvaffaq bo‘lgan musiqachi Questlove tadbirga ijobiy hissa qo‘shdi. “Men bu mukofotni egasiga topshiraman. Lekin shuni umid qilamanki, mendan 500 fut uzoqlikda turinglar”, — dedi u. Bir necha soniyadan so‘ng Questlove, albatta, bu hazil ekanligini aytib o‘tdi. “Yilning eng yaxshi albomi” Jon Batistening “We Are” nomli albomiga nasib etdi. Ledi Gaga uchun “Eng yaxshi an’anaviy pop-albom” nominatsiyasidagi g‘alaba eng qimmatlisi bo‘ldi. Oliviya Rodrigoning “Eng yaxshi yosh ijrochi” nominatsiyasidagi muvaffaqiyati shou-biznes safidagi 18 yoshli qo‘shiqchiga o‘ziga xos fidoyilik bo‘ldi. “Gremmi-2022” mukofoti sovrindorlari:
134
2,948
Madaniyat
Rianna, Jennifer Lourens va Kim Kardashyan Google’dan 100 million dollar undirmoqchi
Mashhur aktrisa va qo‘shiqchilar Rianna, Jennifer Lourens va Kim Kardashyan behayo suratlarining internetda tarqalib ketishi ishi yuzasida Federal qidiruv byurosining tekshiruv natijalarini haligacha olmagach, endi Google kompaniyasi bilan sudlashmoqchi, deb xabar bermoqda “Segodnya”. Yulduzlar Google’ni bu ishlarga ko’z yumganlikda ayblayapti. Ular suratlar joylashgan manzillar internetdan o‘chirib yuborilishi o‘rniga butun dunyoga tarqalib ketgani uchun aynan Google’ni aybdor deb hisoblamoqda. Yulduzlar advokati kompaniya rahbarlarini o‘zini axloq qoidalari bo‘yicha tutmaganlikda ayblamoqda. Google egalari Sergey Brin va Larri Peyj yulduzlardan yetkazilgan ma’naviy zararning o‘rnini qoplash uchun 100 million dollar to‘lashlari kerak ekanligi haqida xat olgan.
84
772
Madaniyat
Sitora Farmonovaning jamoasi “KVN yozgi kubogi” gʻolibi boʻldi
Bishkekning “Aziya Mix” jamoasi Sochida boʻlib oʻtgan “KVN yozgi kubogi —2018” gʻolibi boʻldi. Bu haqda jamoaning oʻzbekistonlik ishtirokchisi Sitora Farmonova Instagramʼdagi sahifasida maʼlum qildi. “Ura, biz yutdik! KVNga, Aleksandr Vasilyevich Maslyakovga oʻyin, samimiyat, mehribonlik, quvonch koʻz yoshlari, gʻalaba va KVNning ajoyib katta oilasi uchun rahmat”, — deya yozuv qoldirgan aktrisa va boshlovchi. Mazkur kubokda Markaziy Osiyoning ikki jamoasi — 2016-yilda KVN Oliy ligasi gʻolibi boʻlgan “Aziya Mix” va oʻtgan mavsum chempionlari — Ostonaning “Sparta” jamoasi bellashdi.
62
589
Madaniyat
“Oskar”ga o‘zbek filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo bo‘ldi – O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasi tashkil qilindi
Sayyoraning eng yirik va eng muhim mukofoti hisoblangan “Oskar”ga endilikda o‘zbek filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar media markazi “Daryo”ga ma’lum qildi. Shu maqsadda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasi tashkil qilinib, AQSh kinoakademiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shu yilning 1-oktabr kuni O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasi tomonidan 2020-yilning 9-fevral kuni Los-Anjeles shahrining mashhur Dolby teatrida bo‘lib o‘tadigan 92-“Oskar” taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan film ilgari suriladi. O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasining a’zolari tarkibi va filmlarni saralab olish nizomi bilan tanishtirish maqsadida milliy qo‘mitaning koordinatsion muassisi O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi yaqin kunlarda O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasi taqdimoti hamda matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan. Dunyoning 90 ga yaqin mamlakatida ochilgani singari O‘zbekistonda ham “Oskar” qo‘mitasini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga yosh kinoijodkorlarning Kann kinofestivali doirasidagi O‘zbekiston milliy pavilyonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida erishildi.
113
1,188
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini”ning yangi treyleri televideniye tarixida eng ko‘p ko‘rilgan rolik bo‘ldi
“Taxtlar o‘yini” seriali yettinchi mavsumining promo-roligi televideniye tarixida eng ko‘p tomosha qilingan treyler bo‘ldi. Bu haqda, HBO telekanaliga asoslanib, Deadline xabar bermoqda. Ikki daqiqalik klip YouTube’ga joylashtirilganidan so‘ng dastlabki 24 soat ichida 61 million marta ko‘rildi. Bunaqa natijani hali hech qaysi televizion shou treyleri ko‘rsatmagan.
89
367
Madaniyat
Yodgor Sa’diyev “Shaytanat”ning 21-qismi ustida ishlayotganini ma’lum qildi
O‘zbek milliy akademik drama teatrining aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Shaytanat”ning 21-qismi ustida ishlayotgani haqida ma’lum qildi, deb yozadi “Qalampir.uz”. “Bundan bir necha yil ilgari ‘Shaytanat’ning 21-qismini suratga olib qo‘ygandik, montaj qilinmagandi. Turmush o‘rtog‘im ‘Shuni oxiriga yetkazing’, deb o‘zi ham ko‘rmay ketdi. Hozir uning shu iltimosini bajaryapman. Montaj tugadi, endi ovozlashtirish ishlarini nihoyasiga yetkazsak, uning iltimoslaridan birini bajargan, ruhini shod qilgan bo‘laman”, — deydi Yodgor Sa’diyev. Aktyor suhbat davomida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning to‘rtta asari ustida ish boshlagani, “Murdalar gapirmaydi” nomli asari asosida film suratga olmoqchiligini ham aytdi. 2015-yilning 17-dekabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyevning rafiqasi, san’atshunos olima Zaylixon Sa’diyeva xastalik tufayli olamdan o‘tgan edi.
75
900
Madaniyat
O‘zbekistonlik mashhurlarning qanday bizneslari bor?
O‘zbek shou-biznesi vakillarining aksariyati turli tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. Quyida taniqli xonanda, aktrisalarning qanday bizneslari borligi haqida ma’lumot beramiz. Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 2019-yilda “Daryo”ga bergan intervyusida ko‘pchilik unga tegishli deb o‘ylaydigan bizneslarga aslida aloqasi yo‘qligi haqida aytib o‘tgan edi. Biroq ayrim kichik bizneslari borligini ham inkor qilmagan. “O‘zim tepasida turib yurgizadigan bironta biznesim yo‘q. Sherikchilik asosida do‘stlarim va yaqinlarim bilan bizneslar yo‘lga qo‘yilgan. Ular halol, pok ish yuritishadi va mening ulushimni o‘z vaqtida yetkazishadi”, — degan edi Ozodbek Nazarbekov. Rayhon Xonanda Rayhon yaqinda o‘z brendiga asos soldi. U ayollar uchun qulay va zamonaviy kiyimlar ishlab chiqarib, sotishni yo‘lga qo‘ygan. “Million” kulgi jamoasi “Million” kulgi jamoasi vakillari ham kiyim biznesi bilan shug‘ullanadi. “Million” brendi ostida sotuvga chiqarilayotgan kiyimlar erkak va ayollarga mo‘ljallangan. Shohruhxon  Xonanda Shohruhxon o‘z prodyuserlik markazini ochdi. Markaz iste’dodli yoshlarga o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashadi. Asal Shodiyeva Aktrisa Asal Shodiyeva o‘z brendiga ega. Uning Miel brendi ayollar va bolalarga kiyim ishlab chiqaradi. “Bravo” kulgi jamosi vakili Shahlo Zoirova  Shahlo Zoirova ayollar kiyim-kechaklari do‘konini ochgan. Madina Mumtoz  Xonanda va aktrisa Madina Mumtozning oqshom va kelin liboslari saloni bor. Shahzoda  Xonanda Shahzoda Inter media deb nomlangan prodyuserlik kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya yosh xonandalarga shou-biznes olamida o‘z yo‘lini topishiga yordam beradi.
52
1,663
Madaniyat
Instagram: Farzandli bo‘lgan Bahora Arslonova, hashamatli garderobini ko‘rsatgan Malika Ravshanova, Anjelina Jolining Mirzabek Xolmedov bilan bog‘liq “armoni”
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Turk kinosi yulduzi Burak O‘zchivit dam olish kunini o‘g‘li Karan bilan o‘tkazdi. Xonanda Lola bir yarim yoshli qizi Aisha bilan qanday vaqt o‘tkazishi aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Durdona Qurbonova hali san’atdan ketgunicha yo‘q. “U kun qachon kelishini Alloh biladi”, — deydi aktrisa ushbu mavzudagi savolga javob berar ekan. Bir necha kundan buyon AQSHda bo‘lib turgan Yulduz Usmonova O‘zbekistonni sog‘inganini aytdi. Bollivud yulduzi Aliya Bhatt turmush o‘rtog‘i, aktyor Ranbir Kapur bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi. Ozoda Nursaidova konsertiga mehmon sifatida tashrif buyurgan xonanda Umidaxon “Go‘zal kechalarda” qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etib berdi. Taniqli teleboshlovchi Dildora Rustamova onasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Xonanda Malika Ravshanova ilk marta kuzatuvchilariga xonadonidagi katta maydonni egallagan hamda qimmatbaho liboslardan iborat garderobini namoyish etdi. Aktrisa Bahora Arslonova ikkinchi marta ona bo‘ldi. Bahora 14-may kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Alisher Uzoqov Shveysariyaning Syurix shahridan muxlislariga salom yo‘lladi. Zarina Nizomiddinova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Yigitali Mamajonov kuzatuvchilariga kasbining mashaqqatli tomonlari haqida so‘zlab berdi. Aktyor Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tayotgan syomka jarayonida jarohatlanganini ham ma’lum qildi. Aktyor Bobur Yo‘ldoshev otasi Bahodir Yo‘ldoshevning vafot etgan sanasi munosabati bilan u bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Mirzabek Xolmedovning Instagram sahifasiga 60 yoshlik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram dasturidan parcha joylashtirildi. Unda dublyaj ustalarining Mirzabek Xolmedovga sovg‘asi aks etgan. Dublyaj aktyorlari videoda jahon kinosi yulduzlarining so‘z ustasi haqidagi fikrlarini “so‘zlab beradi”. Xususan, Gollivud yulduzi Anjelina Joli Mirzabek Xolmedov bilan “Ko‘zlarim yo‘limda” filmida rol ijro eta olmagani uning eng katta armoni ekanligini aytadi. Yorqinxo‘ja Umarov yangi qo‘shig‘iga suratga olinayotgan klipda o‘zgacha obrazda ko‘rinish beradi.
158
2,208
Madaniyat
Bosh rolda Maykl Fassbender o‘ynagan “Stiv Jobs” filmining to‘laqonli treyleri chiqdi
Universal studiyasi Apple kompaniyasi asoschisiga bag‘ishlangan va rejissyor Denni Boyl tomonidan suratga olingan “Stiv Jobs” filmining treylerini YouTube’da namoyish etdi. Filmda bosh rolni aktyor Maykl Fassbender ijro etgan. Kadr: YouTube Filmning rasmiy sinopsisiga ko‘ra, unda voqealar Apple’ning uchta mashhur mahsulotlari taqdimoti atrofida kechadi. Treylerda, shuningdek, Jobsning kompaniya asoschilaridan biri Stiv Voznyak bilan kelisha olmayotgani, kashfiyotchining o‘zining nikohdan tashqari tug‘ilgan qizi Liza Brennanni tan olmagani va 1985-yili Apple’dan haydalgani kabi lavhalar bor. Fassbenderdan tashqari filmda Set Rogen (Voznyak rolida), Keyt Uinslet (dastlabki Macintosh kompyuterlarini ishlab chiqqan jamoa a’zosi Joanna Xoffman sifatida) va Jeff Deniyels (Jobsni haydagan Apple rahbari Jon Skalli rolida) kabilar suratga tushgan. Film 9-oktabr kuni prokatga chiqariladi.
85
893
Madaniyat
Shohjahon Jo‘rayevni soqolini olishga majbur qilishdi, Zarina Nizomiddinovaning o‘g‘liga havas qilgan Davron Kabulov. Instagram yangiliklari
Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 22-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Bosfor dengizida sayr qilayotgan o‘zbekistonlik aktyorlar. View this post on Instagram Bahora Arslonova sevimli oti bilan tushgan rasmini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Ozoda Nursaidova yangi fotojamlanmasini muxlislari e’tiboriga havola etdi. View this post on Instagram Zarina Nizomiddinova va uning chaqalog‘i. View this post on Instagram Alisher Uzoqov “Elchining qizi” serialining dublyajida ishtirok etmoqda. View this post on Instagram Davron Kabulov Zarina Nizomiddinovaning Instagram’da 8 mingdan ko‘proq folloverga ega bo‘lgan ikki oylik o‘g‘liga havas qilmoqda. Istanbulda qolgan aktrisa Ra’no Shodiyeva Toshkent ko‘chalarini sog‘inganini yozib qoldirdi. View this post on Instagram Amir Xon va Madhuri bosh rollarni ijro etgan “Dil” filmi suratga olinganiga 30 yil to‘ldi. View this post on Instagram “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoitova sulton Sulaymon bilan suhbati aks etgan videoni sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Shohjahon Jo‘rayev telekanallar talabiga binoan soqolini olishga majbur bo‘lganini aytdi. View this post on Instagram
140
1,420
Madaniyat
Yulduz Turdieva Fransiyada katta konsert dasturini taqdim etdi
Milliy maqom san`atimiz tili va millatidan qat`iy nazar, jahon xalqlarini doimo o`ziga maftun etib kelgan. Uning sehrli kuchi, betakrorligi xorijliklarning ham sel bo`lib tinglashida yaqqol namoyon bo`ladi. Yaqinda Fransiyada katta konsert dasturini namoyish etib qaytgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Yulduz Turdieva o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashar ekan, bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.
62
441
Madaniyat
O`zbekistonning yagona hajv (satira) jurnali "Mushtum" faoliyati qayta tiklanadi
Milliy matbuot markazida o`tkazilgan tadbirda O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O`sarov yana bir jurnal qayta tiklanishini ma`lum qildi. — "O`zbekiston matbuoti" jurnalining bugun qayta nashr etila boshlagani juda yaxshi, lekin bizda yana bir jurnal borki, u ham 2019 yilda iqtisodiy qiyinchiliklar sabab o`z faoliyatini tugatishga majbur bo`lgandi.   Bilasiz, "Mushtum"ga jadidlarimiz asos solgan. Umuman olganda bu jurnal biz uchun bir qadriyat va uni yo`qotib yuborish katta xato bo`lar edi.   Yuzlab tanqidiy maqolalar, feletonlar jamiyatni turli illatlardan tozalashda "Mushtum"ning asosiy quroli hisoblangan. Halol va oshkora tanqid jamiyat va odamlar uchun haqiqiy malham bo`lishiga erishish jurnalning bosh mezonidir.   Sizlarga xursandchilik bilan aytmoqchimanki, bugun "Mushtum" jurnalining qayta tiklanayotgan ilk sonini bosmaxonaga topshirdik. Nasib etsa, yaqin kunlarda uning ham taqdimotini o`tkazamiz", – dedi O`sarov.
80
956
Madaniyat
Jastin Biber teleko‘rsatuv va paradda ishtirok etishdan samokatda uchishni afzal ko‘rdi
Paparatssilar 25-noyabr, chorshanba kuni kanadalik xonanda Jastin Biberni Los-Anjelesdagi mehmonxona oldida jamoasi a’zolari bilan vaqtichog‘lik qilayotgan, keyin esa samokatda uchib yurganida suratga tushirdi. Vaholanki, shu kuni u “Stiven Kolber bilan kechki shou” ko‘rsatuvi va Shukronalik kuniga bag‘ishlangan paradda ishtirok etishi lozim edi, deya xabar beradi New York Daily News. Bundan bir kun avval — 24-noyabrda Biber shaxsiy sabablarga ko‘ra mazkur tadbirlarda qatnashishdan bosh tortdi. U Twitter orqali tashkilotchilar va Stiven Kolberning o‘zidan uzr so‘radi. “Tushunganingiz uchun minnatdorman. Yaqin orada albatta ko‘rishamiz, degan umiddaman”, — deya ma’lum qilgan qo‘shiqchi. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jastin Biber Billboard jurnali reytingidagi qo‘shiqlari soni bo‘yicha The Beatles rekordini yangilagani haqida xabar bergandik.
87
849
Madaniyat
Deniel Redkliff eng boy aktyor deb topildi
Garri Potter haqidagi filmlardagi bosh rol talqini bilan tanilgan aktyor Deniel Redkliff bu yil ham hamkasblaridan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”. Deniel Redkliff 2009-yildayoq Ginnes rekordlari kitobiga eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyor sifatida kirgan edi. O‘shandan beri aktyor bu maqomni saqlab keladi. Heat World nashriyoti ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli Redkliff  “Angliyaning 30 yoshgacha bo‘lgan eng boy taniqli shaxslari” reytingida birinchi o‘rinni egallagan. Uning boyligi 102,7 millon dollar miqdorda baholanadi. Deniel Redkliffga 2001-yildan ekran yuzini ko‘ra boslagan Garri Potter haqidagi filmlarning yettita qismidagi bosh rol ijrosi mashhurlik keltirgan. Intervyularning birida aktyor hech qachon boylikka intilmagani, lekin shu borada omadi yurishishini aytib o‘tgan.
42
815
Madaniyat
“Ilhaq” filmi tojik tiliga tarjima qilindi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” studiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” badiiy filmi  tojik tiliga tarjima qilindi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Mazkur film Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlanib, unda 5 farzandini frontga jo`natgan ayol Zulfiya aya taqdiri va kechinmalari aks ettirilgan. Kinokartina avval rus tiliga tarjima qilingan hamda 19-22 may kunlari Tojikiston Respublikasida bo`lib o`tgan “O`zbek kinosi kunlari” doirasida ilk bor rus tilida premerasi o`tkazilgan. Hozirgi paytda filmning ingliz tilidagi subtitr, rus va tojik tillaridagi tarjima variantlari tayyor.   Kelgusida “Ilhaq” badiiy filmini qozoq, qirg`iz va turkman tillariga tarjima qilish rejalashtirilgan.
42
812
Madaniyat
Aktrisa Gvinet Peltrou Barak Obamaning go‘zalligini maqtadi
Gollivud aktrisasi Gvinet Peltrou Barak Obamani intiluvchan va jozibali erkak, deb atadi. U bu haqda Los Anjelesda o‘zining eng yaqin do‘stlari, jumladan, AQSh prezidenti uchun tashkil qilgan kechasida ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda Gawker blogi. Tadbirda 42 yoshli aktrisa Obamani “ajoyib o‘rnak” bo‘lishini aytib, o‘zi uning muxlisi ekanligini tan olgan. Peltrou mashhurlar orasida Obamaning eng sodiq tarafdorlaridan biri hisoblanadi. “Siz shunchalik jozibalisizki, sizga qarasam so‘zlarimni yo‘qotib qo‘yaman”, − dedi u prezidentga qarab. Bunga javoban Obama bunday tadbirlarda yana ishtirok etish niyati borligini aytgan. Peltrou tashkillashtirgan kechaga kirish chiptasi narxi 15 ming dollar bo‘lib, to‘plangan mablag‘ xayriya maqsadlarda ishlatilishi ko‘zda tutilgan. Obamadan tashqari tadbirda Juliya Roberts, Bredli Uinford va kecha sohibasining yana 47 tanishi qatnashgan.
59
886
Madaniyat
Yulduz Usmonovaning litsenziyasi to‘xtatildimi? Turk kinosini zabt etayotgan o‘zbek. Instagram yangiliklari
Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 15-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Madaniyat vazirligi Yulduz Usmonovaning telekanallarda “zapret”ga tushgani haqidagi xabarlarga javoban, uning litsenziyasi to‘xtatilmaganini ma’lum qildi. View this post on Instagram Akbarxo‘ja Rasulov va “Qurilish: Usmon” seriali aktrisasi. View this post on Instagram Nilufar Usmonova rasmdagi ko‘ylagini muxlislariga sovg‘a qilishini bildirdi. View this post on Instagram Karim Mirhodiyevdan vaqt o‘tayotganini aks ettiruvchi video. View this post on Instagram Lola homiladorlikda ayollar qanday kiyinishi haqida post yozdi. View this post on Instagram Alisher Fayz qiziqchi Mirzabek Xolmedovning o‘g‘li Ulug‘bekning to‘yida xizmatda bo‘ldi. View this post on Instagram Rayhon folloverlarini hech kimga hech narsani isbotlamaslikka chaqirdi. View this post on Instagram Shahzoda Matchonova esa erkak va ayol o‘rtasidagi do‘stlikka ishonishini bildirdi hamda do‘stini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Shahlo Ahmedova muxlislariga yangi fotosuratlarini taqdim etdi. View this post on Instagram Yulduz Rajabova ham yangi surat bilan ko‘rinish berdi. View this post on Instagram
107
1,453
Madaniyat
«Gangnam Style» klipi milliard marta ko‘rildi
Janubiy koreyalik reper PSYning «Gangnam Style» nomli qo‘shig‘iga olingan klipning YouTube’ga qo‘yilgan original nusхasi bir milliard marta ko‘rildi. Video ostidagi hisoblagich 21-dekabr oqshomida bir milliardlik natijani qayd etdi. YouTube’dagi Gangnam Style klipidan skrinshot Klip 2012-yilning 15-iyul kuni YouTube’ga yuklangan edi. Sentyabr oyida rolik 100 millionlik natijadan o‘tgan, ikki oydan so‘ng 500 million marta ko‘rilib, YouTube tariхidagi eng ko‘p ko‘rilgan ikkinchi videoga aylangan edi. 25 noyabr kuni «Gangnam Style» Jastin Biberning «Baby» nomli klipini ortda qoldirib, YouTube’dagi eng mashhur videoga aylangan edi. O‘shanda PSY klipini 800 million martadan ko‘proq ko‘rishgandi. Manba: www.kun.uz
45
718
Madaniyat
Faoliyatini musiqiy guruhlarda ijod qilishdan boshlab, yakkaxon xonanda sifatida muvaffaqiyat qozongan mashhurlar (foto)
Ayrim xonandalar ilk ijodiy faoliyatini musiqiy guruhlarda chiqishdan boshlaydi. Keyinchalik katta-katta konsert zallarini bir o‘zi muxlislar bilan to‘ldirishga ham erishadi. Quyida ular bilan batafsil tanishish mumkin. Maykl Jekson – “Jekson 5” Dastlab aka-uka Jeksonlar 1964-yilda “Jekson 5” kvintetiga birlashgan. Uning tarkibiga Jeki, Tito, Jermeyn, Marlon va Maykl kirgan edi. Yigitlar o‘zlarining taronalari bilan chartlarni portlatdi va oq tanlilardan boshqa musiqachilar ham haqiqiy durdonalarni yarata olishlarini isbotladi. O‘sha paytda ham tomoshabinlar ko‘p jihatdan yosh Mayklga ustunlik bergan. Uning g‘ayrioddiy raqs uslubi va vokal qobiliyati akalaridan alohida ajratib turar edi. So‘ngra Maykl 1972-yilda “Got To Be There” va “Ben” nomli ikkita yakkaxon albomini chiqargan holda o‘z ijodini davom ettira boshlagan. Mayklni oldinda jahon shuhrati va pop musiqasi qiroli unvoni kutib turardi. Guruhning boshqa a’zolari esa hanuzgacha turli darajadagi muvaffaqiyatlar bilan chiqadi va hatto Qo‘shma Shtatlardagi gastrollarda qatnashadi. Jastin Timberleyk – “N Sync”  Jastin yoshligidanoq “Mikki Maus Klubi” bolalar teleshousining ishtirokchisi bo‘lib, bolaligidan musiqachi bo‘lishni xohlardi. Ko‘rsatuvda Jastin qo‘shiqchi Joshua Skott Chaves bilan uchrashgan va 1995-yilda yangi bolalar guruhi uchun kastingga borgan. Jamoa tarkibiga Jastin va Joshuadan tashqari, Lens Bass, Kris Kirkpatrik va Jon Faton kiritildi va kvintet nomini 14 yoshli Jastinning onasi taklif qilgan. Dastlab yigitlar unchalik yaxshi ijod qilmagandek edi, ammo to‘rt yildan so‘ng ular Backstreet Boys prodyuseri Lu Perlmanga murojaat qildi va uzoq kutilgan shuhratga sazovor bo‘lishdi. Pik “N Sync” 2000-yillarning boshlarida paydo bo‘lgan. So‘ngra “No Strings Attached” va “Celebrity” albomlari chiqqach bolalar American Music Awards, MTV Video Music Awards, People Choice Awards mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Timberleyk esa barchaning diqqat markazida edi. 2002-yilda Timberleyk o‘zining guruhini tark etib, birinchi yakkaxon albomini yozishni boshladi, guruhning qolgan a’zolari tezda unutilib ketdi. Jastin bir zumda birinchi darajadagi yulduzga aylanib, “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Musiqadan tashqari, Jastin kulgili kostyumlar kiyib olgan va boshqa yulduzlarga parodiya qilgan va 15 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan. Sting – “The Police” Faoliyatining boshida britaniyalik Gordon Sumner guruhdan guruhga o‘tib ijod qilgan. O‘sha davrda musiqachi o‘zining injiq fe’l-atvori va chiziqli sviterlarga bo‘lgan muhabbati uchun Sting laqabini olgan. Konsertlarning birida musiqachi “The Police” guruhi barabanchisi Styuart Kopeland bilan ko‘rishadi. Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yevropa va AQShdagi tinglovchilari “Outlandos d’Amour” debyut albomini sevib qolgandan keyin yigitlar mashhurlikka erisha boshladi. Ular birgalikda yana to‘rtta muvaffaqiyatli albom chiqardi. 1983-yilda Sting o‘z qarorini muxlislari va hamkasblariga e’lon qildi. Biroq, ketayotganda musiqachi aloqalarni uzib yubormadi, u o‘zining sobiq sheriklari bilan bir necha bor qo‘shiqlar ijro etgan. 2004-yilda yigitlar Genri Padovanining yakkaxon albomini yozish uchun birlashgan va 2007-yilda kvartet dunyo bo‘ylab sayohat uyushtirgan. Sergey Lazarev – “Smash!!” Lazarevning musiqiy karyerasi bolaligida ko‘plab ansambllar bilan boshlangan. Shunday vaqtda u “Smash!!” guruhidagi kelajakdagi hamkasbi Vlad Topalov bilan uchrashgan. Birgalikda ijod qilish g‘oyasi 2001-yilda paydo bo‘ldi. Keyinchalik olti oy davomida MTV chartlarining yuqori qismida o‘rin olgan klip suratga olindi va Freeway debyut termasi bir zumda mashhurlikka erishdi. Keyinchalik Topalovning otasi guruhni boshqarishni o‘z qo‘liga olgan. Aynan o‘shanda jamoada kelishmovchiliklar boshlangan. 2004-yilda Sergey guruhni tark etgan, ammo matbuotda uzoq vaqt davomida o‘zaro tanbehlar haddan tashqari oshirib yuborilgan. Ammo qiyinchiliklarga qaramay, yakkaxon faoliyati davomida Lazarev o‘z mustaqilligini isbotlashga muvaffaq bo‘ldi. Uning barcha albomlari dunyoga taniqli prodyuserlar yordamida yozib olingan va xonandaning o‘zi ham javonlarni yangi musiqiy mukofotlar bilan bezashni davom ettirmoqda. Dan Balan – “O-Zone” Dan o‘smirlik davridayoq o‘z guruhini tuzishni boshlagan. 1999-yilda do‘sti Pyotr Jelixovskiy bilan birgalikda prodyuser va lirik muallif sifatida ham “O-Zone” bolalar guruhini yaratgan. “Dar, unde eshti” debyut albomi o‘z vatani Moldovada mashhurlikka erishgan, ammo guruh doimiy sayohat va chiqishlarga tayyor bo‘lmagan. Shunday qilib Pyotrning o‘rniga birdaniga ikkita musiqachi keladi – Radu Sirbu va Arseniy Todirash. Ammo erishilgan muvaffaqiyatga qaramay, 2005-yilda birdan ikkita ishtirokchi - Arseniy va Dan yakka ijod qilishga qaror qiladi. Dastlab hamma 2006-yilda yakkaxon albomini chiqargan va “Yevrovideniye” da ishtirok etgan Arsenining ismini eshitadi. Ammo Balan tez orada hamkasblarini yo‘lda qoldiradi. Uning yakka ijoddagi shuhrati “Chica Bomb” taronasi bilan birga keldi. Besh tilda so‘zlashadigan Balan dunyoga ingliz, rus va ispan tillaridagi taronalari bilan mashhur bo‘ldi.
120
5,064
Madaniyat
Muftiy Usmonxon Alimovning “Tafsiri Irfon” kitobi to‘liq hajmda nashr etildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov tomonidan yozilgan “Tafsiri Irfon” nomli Qur’on oyatlarining o‘zbekcha tarjima va tafsiri to‘liq 30 juzi eng sifatli shaklda 6 kitob qilib nashr etildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi. “Unda oyatlar ma’nosi zamondosh o‘quvchilarimizga iloji boricha tushunarli, sodda va ravon bo‘lishiga harakat qilindi. Bunda oyatlar tarjimasida qavs ichidagi izohlardan iloji boricha voz kechildi”, — deyiladi xabarda. Shuningdek, oyatlarni tafsir qilishda o‘tmishdagi va hozirdagi ulug‘ mufassirlar tafsirlaridan keng istifoda qilish bilan bir qatorda zamonaviy fan-texnika yutuqlari va kashfiyotlari bayon etilgan ilmiy kitoblardan ham foydalanilgani ta’kidlangandi.
76
756
Madaniyat
Xakerlar Arnold Shvarseneggerni “dafn etdi”
Amerika OAVlarida Arnold Shvarseneggerning vafoti haqida soxta ma’lumot paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”. Xakerlar “Msnbc.com” saytiga hujum qilib, undan soxta saytga o‘tiladigan qilib qo‘ydi. Yangilikda Los-Anjeles politsiyasi qutqaruv xizmatiga qilingan anonim qo‘ng‘iroqdan so‘ng, 68 yoshli aktyor va siyosatchini o‘z uyida o‘lik holda topgani “xabar beriladi”. Shuningdek, Shvarseneggerning vafotini uning oila a’zolaridan biri tasdiqlagani aytiladi. Shvarseneggerning o‘zini “o‘limi” haqidagi yangilikdan so‘ng rejissor do‘sti bilan birga Italiya taomlari restoranida ko‘rishgan. Aktyorning yaqin do‘sti, bodibilder Kalum fon Moger ham ushbu xabarni inkor etgan.
43
683
Madaniyat
Ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan “Sharqdan taralgan nur” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan “Sharqdan taralgan nur” badiiy-hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA. “Sharqdan taralgan nur” filmi rejissor Shuhrat Mahmudov tomonidan suratga olingan. Filmga qomusiy olim sifatida jahonga mashhur Ibn Sinoning buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy bilan tanishuvi asos qilib olingan. Kinolavhalar O‘zbekistonda, shuningdek, Eron, Fransiya va Rossiyada tasvirga olingan. Ibn Sino rolini iste’dodli yosh aktyorlar Hasan va Husan Solihovlar ijro etgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 3-avgustda O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida o‘zbek kinematografiyasi oldida turgan asosiy vazifalarga ham atroflicha to‘xtalib, buyuk ajdodlarimiz haqida har tomonlama yetuk filmlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbarining kino san’ati va tarixiy filmlar yaratish to‘g‘risidagi fikrlari bizga turtki bo‘lib, buyuk alloma haqida film yaratishga jazm etdik. Filmni suratga olish jarayonida tarixiy faktlarga, xususan, Ibn Sinoning o‘zi haqida yozgan, keyinchalik shogirdlari tomonidan boyitilgan manbalarga asoslandik. Filmning har jihatdan pishiq-puxta yaratilishida ssenariy muallifi Roziqa Merganboyeva, postanovkachi operator Hamidulla Hasanov va bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy bilan hamfikrlikda ishladik. Shuhrat Mahmudov, rejissor
85
1,434
Madaniyat
Hind filmlarida ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta kamroq eslanishi ma’lum bo‘ldi
IBM kompaniyasi mutaxassislari dehlilik olimlar bilan birga Bollivuddagi gender tengsizligini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotchilar hind filmlarida ayollar erkaklarga qaraganda ikki marta kamroq eslanishini va ular stereotip tushunchalar bilan tasvirlanishini aniqladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Mutaxassislar 1970—2017-yillarda tasvirga olingan hind filmlariga bag‘ishlangan Wikipedia’dagi 4000 mingta sahifani o‘rganib chiqqan. Ular filmlarning nomlarini, tasvirga olish guruhini, syujetlarni, saundtreklar va posterlarni, shuningdek, 2008—2017-yillarda suratga olingan 880 ta rasmiy treylerni tahlil qilgan. So‘nggi 50 yil ichida erkak qahramonlar bitta filmda o‘rtacha 30 marta eslangan, ayol qahramonlar uchun bu ko‘rsatkich 15 martani tashkil qilgan. Olimlar ayollarning rollariga kamroq ahamiyat beriladi, degan xulosaga keldi. Ayollar tashqi sifatlar — “jozibadorlik”, “go‘zallik” bilan tasvirlanadi. Ayollarga nisbatan “turmushga chiqadi”, “sevadi” tez-tez fe’llari ishlatiladi. Erkaklar esa “o‘ldiradi”, “otib tashlaydi” fe’llarini bilan “kuchli”, “omadli” sifatida tasvirlanadi. Bundan tashqari, tanishtirish vaqtida ekaklar kasbiy sifatlari bilan tasvirlansa, ayollar tashqi ko‘rinishi va erkaklarga bo‘gliqligi (kimningdir qizi yoki xotini) bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchilar qahramonlarning kasbidagi farqlarni ham qayd etib o‘tgan. Erkaklarning 32 foizdan ko‘prog‘i shifokorlar, advokatlar va politsiyachilar bo‘lsa, ayol qahramonlarning aksariyati o‘qituvchi yoki kotiba bo‘lib ishlagan. Saundtreklarning tahliliga ko‘ra, ayollar erkaklarga nisbatan kamroq qo‘shiq kuylaydi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hind kinomatografiyasida umuman olganda ekaklar ayollardan ko‘ra ko‘proq. Biroq so‘nggi yillarda asosiy rolni ayollar o‘ynayotgan filmlar doimiy o‘sib bormoqda. 2015—2017-yillarda ayollar filmlarning 11,9 foizida markaziy qahramon bo‘lgan. 1970-yillarda bu ko‘rsatkich taxminan yetti foizni tashkil qilgan.
83
1,956
Madaniyat
Marhum xonanda Prinsning merosi bo‘yicha sud ishida birinchi qallob aniqlandi
AQShning Minnesota shtatida shu yilning 21-aprel kuni vafot etgan xonanda Prinsning merosi bo‘yicha sud ishida uning yuzlab million dollariga da’vogarlik qilganlardan biri qallob bo‘lib chiqdi va da’vogarlar safidan chiqarildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 22-iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan sudda Prinsning merosiga 15 kishi da’vogarlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ulardan biri qallob ekani sobiq xonandaning mulkini vaqtincha o‘z boshqaruviga olgan Bremer Trust ishonch kompaniyasi taqdim qilgan DNK tahlili orqali aniqlandi.
77
534
Madaniyat
Xonanda Rayhon birinchi marta farzandlari bilan birga konsertga tushdi
Xonanda Rayhon farzandlari — Islom va Imron ismli o‘g‘illarini birinchi marta konsertga olib tushdi. Bu haqda “Sayyod.com” sayti xabar bermoqda. Rayhon o‘z bolalari bilan xonanda Sardor Rahimxonning “Har kuning ulug‘ ne’mat” nomli konsertiga tushgan. Xabar berishlaricha, konsertda “Munisa Rizayevadan tortib, Rayhongacha bo‘lgan xonandalarning ismi tilga olingan” hajviy qo‘shiq ham ijro etilgan. Avvalroq Rayhon yangi oilaviy fotosessiyasini taqdim etgani haqida xabar berilgan edi. Suratlarda xonandaning o‘g‘illari, singlisi va kuyovini ko‘rish mumkin, farzandlarining otasi — aktyor Yigitali Mamajonov fotosessiyada qatnashmagan.
70
635
Madaniyat
Instagram: Aktyorning muhokamaga sabab bo‘lgan surati, xeyterlarga “surish”ni taklif qilgan Shohjahon, Turkiyaga ketgan Shahlo Ahmedova
5-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Yosh aktrisa Durdona Qurbonova opasining to‘yidan fotosuratlar bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Alisher Uzoqov taxta odamning suratini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram AQShdagi o‘zbekistonlik mashhurlar – Otabek Madrahimov va Shahriyor bir suratda ko‘rinish berdi. View this post on Instagram 4-oktabr kuni Rashid Xoliqov va uning rafiqasi to‘ylarining 26 yilligini nishonladi. Aktrisa Ra’no Shodiyeva Dilso‘zning “Sog‘indim” taronasini xirgoyi qilib, turmush o‘rtog‘i bilan birga ketayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Shohjahon Jo‘rayev o‘zini yoqtirmaydigan folloverlari — xeyterlarga murojaat qilib, profilidan “surishni” taklif qildi. Nilufar Usmonova yangi suratlari bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Yosh aktyor Fotih Nasimovning ov jarayonida qo‘lida miltiq ushlab tushgan surati muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. View this post on Instagram Davlat ekologiya qo‘mitasi mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi. Holat yuzasidan yosh aktyorning o‘zi izoh berdi: “Bir necha hafta oldin ‘Meros’ filmini suratga olish ishlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida 30 ga yaqin ijodiy guruh va hokimlik, ekologiya boshqarmasi va ichki ishlar xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan edi. Tog‘ qo‘ynida film uchun dekoratsiya qurilib, ov sahnalari suratga olingan edi. 1910-yilga tegishli ov miltiqlari va suratga olish uchun avvaldan ‘O‘zbekfilm’ kinostudiyasidan olib kelingan quyon va qirg‘ovulning qotirilgan butaforiyalaridan foydalanilgan edi. Dizayner, aktrisa va boshlovchi Shahzoda Muhammedova murakkab qo‘l mehnati asosida yaratgan libosini ko‘rsatdi. View this post on Instagram Xonanda Shahlo Ahmedova onasi bilan Turkiyaga uchib ketdi.
135
2,016
Madaniyat
O`zbekistonlik yosh kinorejissyorlar xalqaro tanlovda qatnashadi
Joriy yilning 6-10 noyabr kunlari Qirg`iziston respublikasining Bishkek shahrida MDH mamlakatlari yosh kinoijodkorlarining “Umut”  kinofestivali bo`lib o`tadi. Unda MDX mamlakatlarining yosh kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyish etiladi.   Ushbu forumda o`zbekistonlik yosh rejissyorlar – Ilhom Haydarov  “O`g`ri”, Husniddin Boymatov “Dunyodagi eng go`zal surat” nomli qisqa metrajli filmlari bilan qatnashadi.   Kinofestival Qirg`iziston Kinematografiya departamenti, Qirg`iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi va MDHga a`zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik bo`yicha davlatlararo jamg`armasi tomonidan moliyaviy qo`llab-quvvatlanmoqda. Eslatib o`tamiz, o`tgan yili ushbu kinofestivalda yosh kinorejissyor Shokir Xoliqov "Choy" filmi bilan ishtirok etib,  2 ta nominasiya bo`yicha g`olib bo`lgan.
64
843
Madaniyat
“Faqat kulamiz”. Ozodbek Nazarbekov Dilnoza Kubayeva bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov aktrisa Dilnoza Kubayeva bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi. Bu savol Dilnoza Kubayevaga ham berilgan ekan. To‘g‘risini aytsam, mana shu gapgacha biz Dilnoza Kubayeva bilan tanish ham bo‘lmaganmiz. Faqat salom-alik bo‘lgan, bir davrada o‘tirib suhbat ham qurmaganmiz, hatto. Shunchaki tanish bo‘lganmiz, bo‘ldi. Mana shu mish-mish avj olgan payt Namangandagi bir tadbirda ko‘rishib qoldik. Dilnoza Kubayeva boshlovchi edi, men xonanda sifatida borgandim. O‘sha yerda suhbatlashish imkoni bo‘ldi. Faqat bir-birimizga qarab kulamiz, hayron qoldik. Bu mish-mishning tarqalishiga asos topmadik. Yonma-yon tushgan suratimiz bo‘lmasa yoki kinoda birga rol ijro qilmagan bo‘lsak. Xullas, qanday qilib bu mish-mish tarqalib ketganiga javob topa olmadik. Dilnoza Kubayevaning qanday ayolligi, oilaviy turmushi haqida ma’lumotga ega bo‘ldim. Ungacha faqat Dilnoza Kubayeva aktrisa ekanligini bilardim, xolos. Boshqa hech narsa bilmasdim. Endi nima deymiz, el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Bu fitna-fasodni yaxshi ko‘radigan insonlarning ig‘vosi, xolos. Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
106
1,374
Madaniyat
Shahrisabz Xalqaro maqom san’ati anjumaniga tayyor
Ma’lumki, Shahrisabz shahrida joriy yilning 6—10-sentabr kunlari Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi. Ushbu anjumanga 75 ta davlatdan xorijiy mehmonlarning tashrifi kutilmoqda, deb yozadi O‘zA. Anjumanga tayyorgarlik ishlari yuksak saviyada olib borilmoqda. Xususan, bir necha oylar davomida qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish kabi tashkiliy ishlar bajarildi. Oqsaroy hududida barpo etilgan 1 800 o‘rinli maxsus amfiteatr konsert dasturlarini o‘tkazishga tayyor. Oqsaroyning xalq bilan gavjum ko‘chalari bayram shukuhini tarannum etmoqda. Tabiat qo‘yinida qad roslagan mehmon uylari, mamlakat tarixi va madaniyatini ifoda etuvchi maxsus sahna qurilmalari, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘zni quvnatadi. Har kuni anjuman ishchi guruhining shtabi turli masalalar yuzasidan muhokamalar olib bormoqda, muammoli masalalar shu yerning o‘zida bartaraf etilmoqda.
50
892
Madaniyat
O‘zbekiston nomidan “Oskar” mukofotiga ilgari suriladigan film nomlari e’lon qilindi
San’at olamida eng nufuzli mukofot hisoblangan “93-Oskar” taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan filmlar – Jahongir Qosimovning “Ibrat”, Ayub Shaxobiddinovning “Rangsiz tushlar” va Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmlaridan biri ilgari surilishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi 2021-yilning 25-aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur Dolby teatrida bo‘lib o‘tadigan eng nufuzli marosim tanlovida ishtirok etishi uchun munosib nomzod bo‘yicha so‘nggi qarorini 2020-yilning 20-noyabr kuni e’lon qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi yangi tarkibdagi a’zolarini tasdiqladi. Qo‘mita raisi etib “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov tayinlandi. Qo‘mita a’zolari tarkibidan Zulfiqor Musoqov, Matyoqub Matchonov, Bahodir Odilov, Hamidulla Hasanov, Eljon Abbasov, Nigora Karimova, Jahongir Ahmedov, Mannop Qo‘chqorov, Aziz Arziqulov, Umid Hamdamov, Baxtiyor Yoqubov, Farruh To‘laganov, Eldor Yuldashev, Igor Pinxasov hamda prodyuser va Qo‘mita koordinatori Oybek Abdushukurov o‘rin olgan. Oskar reglamentiga muvofiq mukofotga nomzod filmlarga taqdimot bo‘lgunga qadar televideniye va internet tarmog‘ida namoyish etilmagan bo‘lishi talab qilinadi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yil bahorida “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilinib, AQSh kinoakademiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ilk bor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi O‘zbekiston nomidan nufuzli mukofotga ilgari surilgan edi.
84
1,766
Madaniyat
Terminator haqidagi yangi filmning qanday nomlanishi ma’lum bo‘ldi
Terminator haqidagi franshizaning dastlabki ikki qism muallifi rejissor Jeyms Kemeron yangi film nomini oshkor etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. “Agar filmda Arnold Shvartsenegger ishtirok etmasa, bu loyihada ishlashdan bosh tortishim haqida avvaldan ogohlantirdim”, — deydi Kemeron. Prodyusserning so‘zlariga ko‘ra, aynan u Linda Xemiltonni Sara Konnor roliga qaytishga ko‘ndirgan. Kemeronning ta’kidlashicha, filmning ishchi nomi “Terminator: Qora taqdir”, deb nomalanadi.
66
489
Madaniyat
Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi?
2018-yil uchun adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti polshalik adiba Olga Tokarchukka berildi (2018-yilda bu mukofot berilmay qolgani bois g‘olib bu yil e’lon qilindi). Tokarchukni tanqidchilar eng original zamonaviy yozuvchilardan biri sifatida ta’riflaydi. Shunga qaramay, u o‘zbek kitobxoniga deyarli tanish emas. Bu kamchilikni to‘ldirish maqsadida “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov Olga Tokarchukning “Yuguruvchilar” romani bilan tanishib chiqdi. Quyida uning roman haqida mulohazalarini taqdim etamiz. Bu asarni o‘tgan hafta o‘qib chiqdim. Polshalik ukrain millatiga mansub yozuvchi Olga Tokarchuk haqida 2018-yilda eshitgan edim. Birorta ham asarini o‘qimagan ekanman. Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 2018-yil uchun bu yozuvchiga topshirilgach, uning ijodiga qiziqish uyg‘ondi. “Yuguruvchilar” deb nomlangan asari diqqatimni tortdi, bunga sabab esa asarning yangi janrda yozilgani bo‘ldi. Asar haqida Olga Tokarchuk – zamonaviy Polshaning eng sevimli mualliflaridan biri. “Yuguruvchilar” romani unga mamlakatdagi eng nufuzli “Nika” adabiy mukofotini olib kelgan. “Yuguruvchilar” – dunyo bo‘ylab sayohat qilishning o‘ziga xos adabiy monografiyasi bo‘lib, fantastika bilan bog‘langan va qisqa hikoyalar, insho parchalari, sayohat qaydnomalari va boshqa qisqa fikrlar yordamida asar so‘ngida bir syujetni o‘z ichiga oladi. Bu asar haqida yaqqol tushunchaga ega bo‘lishni xohlasangiz, tasavvur qiling, buyuk o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi, faqat o‘sha qisqa-qisqa fikrlar yig‘indisidan asarning murakkab syujeti kelib chiqadi. Bu – zamonaviy ko‘chmanchilar haqida yangi roman. Biror inson o‘z uyini tark etishiga olib keladigan ichki tashvishlar haqida qissa. Muayyan maqsad sari intilgan insonlar va o‘sha maqsad sari eltuvchi yo‘lning o‘zi maqsad bo‘lib chiqishi haqidagi asar. Asarda juda ko‘p falsafiy fikrlar, hayotdan ma’no izlashga intilishlar mavjud: Safarga ketayotib, xaritalardan g‘oyib bo‘laman. Qayerdaligimni hech kim bilmaydi. Men yo‘lni boshlagan nuqtadamanmi yoki men intilgan nuqtada? Qandaydir “o‘rta” bormi? Yoki men sharqqa parvoz paytida yo‘qolgan kunga va g‘arbga parvoz paytida kirib kelgan tunga o‘xshaymanmi? Kvant fizikasini gultojini tashkil etuvchi “zarra bir vaqtning o‘zida ikkita joyda mavjud bo‘lishi mumkin” qonuni menga tegishli emasmi? Yoki bizga hali noma’lum va isbotlanmagan yana bir narsa: bir joyda biz ikki marta mavjud bo‘lolmaymizmi? Olga Tokarchuk nasrining ekzistensial tajribasi va mavzusi Sharqiy Yevropa intellektuallarining yarim asrlik sotsializm merosini “tomchilab chiqarib tashlash”ga urinishi emas, aksincha bu tajribadan xalos bo‘lishdir. Asar syujeti juda murakkab bo‘lgani sababli uni qisqa syujeti haqida yozish mumkin emas, 116 ta fragmentdan iborat qisqa fikrlarda o‘quvchining o‘zi markaziy syujetni bilib oladi. Tahlil Asarning tuzilishi kitobning nomini ham, uning “dunyo xaritasi va vaqt oqimida doimiy harakatlanish” degan asosiy g‘oyasini ham birdek juda yaxshi ochib beradi. Biz butun syujetning parchalarini o‘qiymiz, uzoq vaqt davomida xuddi yugurib ketayotgan odam kabi syujetga chuqur kirib borish uchun uni o‘qishdan to‘xtamaymiz. Bu asar kaleydoskop kabi, hattoki uning o‘rtasini, keyin boshini, keyin oxirini yoki fragmentlarni tanlab o‘qisangiz ham o‘sha qisqa fikrlardan go‘zallik paydo bo‘laveradi va undan olam-olam zavq olishingiz mumkin. Bu – muallifning sayyoradagi va vaqt aro uch o‘lchovdagi sayohati. Kitob – hayotda doimo yugurib yuruvchilar haqida. Asar qahramoni Kunitskiyning xotini kabi, Annushka yoki kema harakati tufayli jarohatlardan vafot etgan 80 yoshli professor kabi yugurib yuruvchi insonlar haqida. Umuman olganda, muallif ta’kidlaganidek, agar siz betartib yurib ketayotgan olomonning oyoqlari harakatiga uzoq vaqt qarab tursangiz, bizning hayotimiz shunchaki yerdagi changni toptashdan iboratga o‘xshaydi, degan xulosaga kelasiz. Aslida bu kitob muallifning o‘z sayohatlari haqidagi xotiralari natijasidir. Mehmonxonalar va ularning mehmonlari, doimiy o‘zgarib turadigan “aholi”ga ega bo‘lgan aeroportlar, barchamiz haqidagi yozuvlardan iboratdir. Bu asarda hatto yashash joyi butun Yer sayyorasi bo‘lgan, zamonaviy hayot manbai – plastik paketlar uchun ham joy bor. Muallif natijasini har doim ham oldindan aytib bo‘lmaydigan xotiralarini biz bilan baham ko‘radi. Olga Tokarchuk go‘yoki vaqtni to‘xtatib qo‘yib, fikrlarni qog‘ozga tushirib borishni istaydigan odamday ko‘rinadi. Odam tug‘ilganidan keyinoq yuguruvchiga aylanadi. Qo‘lyozmalar yonmasa ham, odam tanasi osongina yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Lekin u o‘z hayoti davomida yugurib-yelib, o‘zidan faqatgina quruq tana qoldirmasligi kerak... Asardagi birinchi juda kichik hikoya o‘qilishi bilanoq o‘qish oson va qiziqarli bo‘lishi aniq bo‘ladi. Ushbu roman turli uzunlikdagi ko‘plab hikoyalardan va fikrlardan iborat, ularni tasodifiy tanlab, sayohat va hayot, aeroportlar va mehmonxonalar haqida yangi va qiziqarli narsalarni o‘rganishingiz mumkin. Ammo bir-biriga begona tuyulgan hikoyalarni bitta katta romanga yaxlit va jozibali qo‘shilishini kuzatib, ketma-ket o‘qigan ma’qul. Albatta, bu hikoyalardagi hamma narsa quvonchli va beg‘ubor emas, inson o‘lik tanasini yorib ko‘rilishining ta’riflari va inson a’zolarining ko‘rgazmasi ham mavjud, ammo bularning barchasi hikoyaga shunchalik uyg‘unlashganki, kitobni kechiktirish yoki bu hikoyalarni o‘qimaslik uchun sabab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, kitobning o‘ziga xos stilistikasi alohida e’tibor talab etadi. Asar tili juda chiroyli, boy, taqqoslash va sinonimlarga boy. O‘qish nihoyatda yoqimli. Haqiqiy filologik hayajon. Agar siz diqqat bilan qarasangiz, kitob bir necha kishining hikoyasi emas, balki uning barcha qo‘rquvlari, yo‘qotishlari, kashfiyotlari va zavqlari bilan deyarli har qanday zamonaviy odamning portreti bo‘lib, uning asosiy maqsadi qanchalik g‘alati va hayratlanarli bo‘lmasin, harakatdir. Xulosa Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan Olga Tokarchuk Buker xalqaro mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan paytdan boshlab G‘arb o‘quvchilarining e’tiborini tortdi. Shuningdek, Tokarchuk kosmopolitligi, millatchilikka qarshi qarashlari bilan tanilgan va ba’zan shuning uchun haqoratlanadigan faol psixolog va aktivistdir. Uning keng doiradagi qiziqishlari bu asarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, asar fazo va vaqt orqali sayohat g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liq. Bir joydan ikkinchisiga, bir fikrdan boshqasiga o‘tish bu diskursiv matnning diqqat markazini ham, uslubini ham aniqlaydi. Kunitskiy ismli odamning hikoyalaridan birida xotini va bolasi ta’tilda g‘oyib bo‘lib, birdan paydo bo‘ladi. Dastlabki hikoya qiluvchi harakatini birma-bir eslab, harakat orqali o‘ziga xos xotirani taklif etadi. Tokarchuk, shuningdek, sayohat va mustamlakachilikning “ekzotik” amaliyotlar bilan bog‘liqligini o‘rganadi. Irkutskdan Moskvaga parvoz qilganidagi meditatsiya kabi falsafiy fikrlar mavjud. Tokarchuk ajoyib yumor hissiga ham ega. Xullas, bu kitob klassik romanlarni o‘qib-o‘rgangan insonlarga yangilik, toza havoday tuyuladi. Nahotki romanni shunday janrda ham chiroyli qilib yozish mumkin deb o‘ylab qoladi odam. Men bu kitobni barcha yangilikka intiluvchi insonlarga o‘qib chiqishni tavsiya etaman. Badiiy kitoblar o‘qishda konservator bo‘lgan insonlarga yoqmasligi mumkinligini ham eslatib o‘taman. Iqtiboslar Silliqlik, harakatchanlik, xayolparastlik – madaniyatli odam bo‘lish degani. Varvarlar sayohat qilmaydi, ular faqat maqsadli yoki talonchilik qilish uchun boradi; Harakatni to‘xtatgan odam qotib qoladi, to‘xtagan odamni hasharot kabi yanchib tashlashadi, yuragi yog‘och va igna bilan teshiladi, qo‘llari va oyoqlarini teshib, ostonaga va peshtoqqa qoqib qo‘yishadi; Ishonchim komilki, biz borliqning boshqa tomonida ilohiy harakatlar orqali yaratilgan taqdirimizni tushunishimiz mumkin emas. Bu bizlarga, odamlar uchun qora va oq rangda ko‘rinadi. Xudo esa chap qo‘li bilan ko‘zgudagi aksda ko‘rinadigan qo‘lda va biz tushunmaydigan tilda yozadi; Tan olib istig‘for aytilgan gunoh kechirildi. Hikoya qilib aytib berilgan hayot behuda yashash degani emas. Gapirishni o‘rganmagan kishi esa abadiy tuzoqqa tushadi; Meni chet ellarda vatandoshlar bilan uchrashuv mamnun qilmaydi. Men o‘zimni o‘z ona tilimni tushunmayotganday tutaman. Anonimlikni xohlayman. Qiziqarli faktlar - Olga Tokarchuk polyak yozuvchilari ichida Nobel mukofotini olgan beshinchi yozuvchi bo‘ldi; - Olga Tokarchuk “Yashillar” partiyasining azosi va “Siyosiy tanqid” jurnalining muharrirlar kengashida faoliyat yuritadi; - Adibaning kasbi – psixoterapevt. Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. “Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli”. “Molxona” asari haqida Real fojiaga asoslangan shedevr. “Amerika fojiasi” haqida Jinoyat huquqi haqida o‘ylar. “Jinoyat va jazo” romani haqida Matonat – muvaffaqiyatga erishishning yagona yo‘li. “Martin Iden” romani haqida “Usta va Margarita” XX asrning eng buyuk romanimi? “Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida “Davlat va vatan bitta narsa emas”. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida Buyuk yozuvchining iqrori. “Iqrornoma” romani haqida Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida
104
9,313
Madaniyat
“Nemislarning bayrog‘i ‘Xalqlar do‘stligi’ oldidagi bayroqdan katta emish”. Zulfiqor Musoqov filmlari kesilishining kulgili sabablari haqida (video)
“O‘zbekkino” milliy agentligida davlat buyurtmasi asosida suratga olingan filmlarning davlat va nodavlat telekanallarda namoyishi masalalariga bag‘ishlangan Badiiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Rejissor Zulfiqor Musoqov 29 yildan buyon filmlari davlat telekanallarida namoyish qilinishi va filmlarining muhim epizodlari asossiz va kulgili sabablar bilan kesilayotgani haqida gapirdi. Yaxshimi, yomonmi 29  yil mobaynida hamma kanallarda filmlarim ko‘rsatilgan. Bunga xursand bo‘lish kerak, lekin to‘la xursand bo‘lmaganman. Chunki badiiy kengashda ‘O‘zbekkino’ tomonidan tasdiqlangan, davlatni mulki hisoblangan filmlarni qo‘pol ravishda kesib berishdi. Ba’zi bir joylarda butun bir epizodni kesishdi. Birorta ‘kesilmagan’ filmim yo‘q. Hatto ‘Vatan’ filmi ham kesib berildi. Mana yaqindagina ochilgan ‘O‘zbekiston tarixi’ kanalida kesib berildi, jonim chiqib ketdi. ‘Berlin—Oqqo‘rg‘on’ filmi mazmunini yo‘qotdi. Sevishganlar qizil matoni ostida, birinchi bo‘sa olayotgan joyini shunday olib qirqib tashlashgan. Haligi kichkina bola kirayotganda qizil nemis bayrog‘ini kesib tashlashdi. Keyin tog‘asi chavaqlanib yotgan joyini ko‘rsatmagan, qaysi ahmoq qilgan?! Eski bir tanishim telefon qilib, ‘mening nomimni aytmang, bu tepadan chiqqan buyruq’ dedi. Nimaga? Hozir sababini bilsanglar, yiqilib tushasizlar. Emishki, nemislar bayrog‘i kattaligi bo‘yicha bizning ‘Xalqlar do‘stligi’ oldidagi bayroqdan ham katta bo‘lib qolgan emish. Bu qanaqa ahmoqgarchilik?! Men oldin ham uchrashganman, Xo‘jayev degan odam. Nima qilyapti desam, ularni gapi, ‘Qo‘limda 3000 ta odam bor, ahmoqlar bor’ deydi. ‘Yo‘q, kechirib qo‘yibsiz, efirga siz javob berasiz’ dedim. Qattiq gaplashganman. Otabek yonimda turgan edi o‘shanda. Lekin bu yerda bitta masala bor. Bizning bevosita rahbariyatimiz, 30 yil mobaynida qaysi boshliqqa aytmay, ‘qo‘ysang-chi, televideniye bilan aloqamiz yomon, televideniye bilan urushib qolganmiz, ular bilan qandaydir ‘dagovorimiz’ bor, 30 sekundlik reklamani berishimiz kerak’ deyishadi. Men aytdimki, bozormi bu? Ular boshqa davlatda yashaydimi, ularning bunday qilishga nima haqqi bor ? Zulfiqor Musoqov, O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissor
148
2,222
Madaniyat
Gollivud yulduzi Dueyn Jonson onasiga Yangi yil bayrami munosabati bilan Cadillac CT5 avtomobilini sovg‘a qildi (video)
Amerikalik aktyor va kurashchi Dueyn Jonson 73 yoshli onasiga Yangi yil uchun Cadillac CT5 avtomobilini sovg‘a qildi. Aktyor sovg‘aning taqdim etish videosini Instagram sahifasiga joylashtirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Qisqa videoda aktyor onasi Atani ko‘zlari yumilgan holda sovg‘a tomon yetaklaydi, ikki qizi esa Yangi yil qo‘shig‘ini kuylaydi. Qizil tasma bilan bezatilgan oq mashinani ko‘rib, ona hayratdan avval qo‘llari bilan og‘zini yopdi, so‘ng yig‘lab, o‘g‘lini bag‘riga bosdi. “Men onamga Yangi yil syurprizini tayyorladim. U hayratda qoldi va mashina ichida yig‘lab yubordi. Nabiralari unga qo‘shilganida, u juda ham xursand bo‘ldi”, – deydi Jonson. Dueyn, shuningdek, onasini xursand qilish imkoniyati bo‘lgani uchun taqdirdan minnatdor ekanligini, chunki uning boshidan juda og‘ir kunlar o‘tganini ta’kidladi. Ikki kun ichida aktyorning ushbu posti 5,3 milliondan ortiq layk to‘pladi.
119
905
Madaniyat
Nare va Gedizsiz qolgan “Elchining qizi” seriali reytingi tushib ketmoqda
Asosiy qahramon rolini ijro qilgan Neslihan Atagulning ketishi va sujetning tamoman boshqa tomonga o‘zgarishi “Elchining qizi” seriali reytingining tobora tushib borishiga sabab bo‘lmoqda. Voqealar rivoji Neslihan gavdalantirgan Nare bilan bog‘liq bo‘lgani sabab ham ssenariy mualliflari bir qahramonni ikkinchisiga almashtirmaslikni, buning o‘rniga yangi qahramon qo‘shishni afzal bilgan. View this post on Instagram Tuba Buyukustun ijrosidagi Mavining serialda paydo bo‘lishi va sujetning keskin o‘zgarishi esa serial muxlislarini keskin kamayishi va ijtimoiy tarmoqlarda salbiy izohlar yozib qoldirilishiga sabab bo‘lgan. Turk teletomoshabinlari tanqid qilayotgan bir paytda xorijlik muxlislar loyihani davom etishini qo‘llab-quvvatlagan. Buni turli tillarda yozib qoldirilgan izohlardan bilish mumkin. Qolaversa, “Pul va gul ishqi” muxlislari sevimli qahramonlari Tuba Buyukustun va Engin Akyurekning takror birga suratga tushishidan xursand. Shunday qilib serial auditoriyasini ikkiga: avvalgi va hozirgiga bo‘lindi deb, aytish mumkin. View this post on Instagram Serialning tugatilish ehtimoli katta, ammo Star TV bu borada qanday qarorga kelishi haqida aniq bir narsa deb bo‘lmaydi. Eslatib o‘tamiz, Neslihan Atagul salomatligi bilan bog‘liq muammo sabab serialda suratga tushishni to‘xtatgan. Undan keyin Gediz rolini gavdalantirgan Uraz Kaygilarog‘lu, ko‘p o‘tmay Levan rolini ijro qilgan Hivda Zizan Alp loyihani tark etgan.
73
1,467
Madaniyat
“Forsaj” filmlari yulduzi Pol Uoker avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumdi
Amerikalik aktyor Pol Uoker Los-Anjelesda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda. Foto © wallpaperhdfree.com Ma’lum bo‘lishicha, voqea aktyorning xayriya avtoshousi chog‘ida ro‘y bergan. Unda Pol Uoker va avtosalon xo‘jayini Rojer Rodus yangi Porsche Carrera GT’ni “sinovdan o‘tkazayotgan edi”, deyiladi xabarda. Ichida yo‘lovchi o‘rindig‘idan joy olgan Pol Uoker va haydovchilik vazifasini bajarayotgan Rojer Rodus bo‘lgan Porsche ko‘cha chirog‘i ustuniga katta tezlikda kelib urilgan va yonib ketgan. Natijada ularning har ikkalasi halok bo‘lgan. Avtomobil ham, qurbonlar ham “tiklab bo‘lmaydigan ahvolda edi”, deyiladi xabarda. Avtomobil ham, qurbonlar ham “tiklab bo‘lmaydigan ahvolda edi”. Foto © CNN Los-Anjeles okrugi sherifining ta’kidlashicha, yuqori tezlik avtohalokat sabablaridan biri bo‘lgan. Autoweek jurnali 450 000 dollarlik qiymatga ega mash’um Porsche’ni “hattoki, professional haydovchilar uchun ham boshqarish qiyin bo‘lgan avtomobil”, — deya ta’rifladi. Aktyor Pol Uoker 1973-yil AQShning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. Aktyorlik karyerasini seriallardagi rollari orqali boshlagan. Haqiqiy mashhurlikni esa unga 2001-yilda “Forsaj” (“The Fast and the Furious”) filmi keltirgan. Shu yil boshida “Forsaj”ning 6-seriyasi ekranlarga chiqqan, keyingi yili 7-qismi chiqishi haqida xabar tarqalgan edi.
78
1,368
Madaniyat
Kann kinofestivali-2013: taqdirlash marosimidan lavhalar
Joriy yilda 66-marotaba o‘tkazilgan Kann kinofestivali 26-may kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Tanlovning asosiy nominatsiyasi uchun 20 ta kinokartina taqdim etilgan edi. Ular orasidan rejissyor Abdelattif Keshishning “Adelning hayoti. 1 va 2 qism” (La vie d’Adele – Chapitre 1 & 2) filmi g‘olib deb topildi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, taqdirlash marosimida ilk marotaba sahnaga faqat rejissyor emas, balki bosh rol ijrochilari Adel Ekzarchopulos va Lia Seydular ham taklif etildi. G‘oliblarga bosh sovrin – “Oltin palma yaprog‘i”ni aktrisa Uma Turman topshirdi. "Oltin palma yaprog'i" mukofoti sovrindorlari. (Rejissyor Abdelattif Keshish, aktrisalar Adel Ekzarchopulos va Lia Seydu) Aka-uka Koenlarning “Devis Lyuinning ichki olami”(Inside Lewyn Davis) filmi Gran-Priga sazovor bo‘ldi. “Eng yaxshi senariy” uchun mukofot Szya Chjankening “Gunohkorona yaqinlik” (A touch of Sin) filmiga taqdim etildi. Rejissyor Szya Chjanke.  Bundan tashqari, “Eng yaxshi ayol roli” uchun mukofot  “O‘tmish”  (The Past) filmidagi roli uchun fransuz aktrisasi Berenis Bejoga nasib etdi. “Nebraska” filmidagi roli uchun Bryus Dern eng yaxshi aktyor deb topildi.  Rejissyorlik ishi uchun mukofotni esa meksikalik  Amat Eskalantening “Eli” dramasi qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda Kann festivalining hakamlar hay’ati raisi amerikalik taniqli rejissyor Stiven Spilberg bo‘ldi. Nikol Kidman, Kristof Valts, Vidiya Balan kabi boshqa taniqli yulduzlar va rejissyorlar ham hakam sifatida ishtirok etdilar. Shunday qilib, nufuzli Kann kinofestivali-2013 ga ham yakun yasaldi.
56
1,567
Madaniyat
"Shaytanat"dagi "Abdurahmon tabib" obrazi ijrochisi vafot etdi
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi, Do`stlik ordeni sohibi Muhammad Rafiqov 81 yoshida olamdan o`tdi. Muhammad Rafiqov qator obrazlari bilan tomoshabinlar e`tiboriga tushgan. Jumladan, «Bobur»da Shayboniyxon, «Kecha va kunduz»da Akbarali mingboshi, «Imom al-Buxoriy»da Imom Buxoriy , Sohibqiron»da Amir Temur, «Shaytanat»da Abdurahmon tabib,«Hakim va ajal»da Ibn Sino kabi esda qolarli obrazlar yaratgan. Marhumning oila a`zolariga chuqur hamdardlik izhor etamiz.
62
507
Madaniyat
Zo‘ravonmi yoki jabrdiyda? Taqdir zarbalaridan qochib qutulolmagan pop qiroli — Maykl Jeksonning fojiali taqdiri
Millionlab muxlislar qalbidan joy olgan, ammo mashhurlik va muvaffaqiyatlari shaxsiy hayotidagi muammolarni yengib o‘tishga yordam bermagan xonanda Maykl Jeksonning hayoti haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Qiyin kechgan bolalik Bo‘lajak yulduz Indiana shtatidagi uncha katta bo‘lmagan shaharcha — Gerida dunyoga kelgan. Bolakayning musiqaga shaydo bo‘lgan ota-onasi Jozef va Ketrin Jeksonlar ushbu sevgini 9 nafar farzandining qalbiga jo qilishga uringan. Shu bilan birga oila boshlig‘i, ya’ni ota haddan ortiq qattiqqo‘l bo‘lgan, bolalari uning chizgan chizig‘idan chiqmagan. Keyinroq Mayklning to‘ng‘ich akalaridan biri otasi ularga muntazam ravishda qo‘l ko‘targani, surunkali ravishda tahqirlaganini ma’lum qilgan. Onasi esa qo‘llab-quvvatlash o‘rniga bolalarini tashrif buyurishdan bosh tortish imkonsiz bo‘lgan diniy sekta yig‘ilishlariga yetaklab borgan. The Jackson 5 guruhi va karyeraning boshlanishi 1964-yilda The Jackson 5 guruhiga asos solingan. Undan Jeksonlar oilasining katta farzandlari o‘rin olgan. Tito, Jeremi va Jeki vokal ijrochi bo‘lgan, kenja farzandlar Maykl va Marlon esa musiqiy cholg‘u chalgan. Keyinroq iste’dodi payqalgach, kichik Maykl guruhda bek-vokalchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Bo‘lajak yulduz 1972-yilda yakkaxon xonanda sifatida karyera boshlagan. 1980-yillarga kelib uning ijrosidagi qo‘shiqlar deyarli barcha yerda yangray boshlagan. 1982-yilda taqdim qilingan va bir necha o‘n yil davomida eng ko‘p sotilgan albom sifatida e’tirof etilgan Thriller ulkan muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘lgan. Shaxsiy hayot Maykl ikki marta turmush qurgan. Ilk marta u Elvis Preslining qizi Liza Mariyaga oila qurishni taklif qilgan. 1994-yilda yashirincha turmush qurgan juftlik 2 yil o‘tib ajrashishgan. Ayriliqdan keyin qayta oila qurishga qaror qilgan Jekson bu safar rafiqa sifatida dermatolog-shifokorining assistenti Debbi Rouni tanlagan. View this post on Instagram Ushbu turmushi davomida ikki nafar farzand — Prins Maykl Jozef Jekson, Peris-Maykl Ketrin Jekson dunyoga kelgan. Ammo bu turmush ham vaqt sinovidan o‘tmagan, Debbi va Maykl munosabatlariga nuqta qo‘yishni afzal bilgan. 2002-yilda pop qiroli surrogat ona yordamida uchinchi marta otalik baxtini his qilgan — farzandi Prins Maykl Jozef Jekson II tug‘ilgan. “Neverlend”ni tark etib Qo‘shiqchi 1980-yil oxirida avlodini davom ettiruvchi farzandlar dunyoga kelishini orzu qilib yurgan chog‘lari Santa-Barbara yaqinida qo‘rg‘on qurdirgan va uning atrofini attraksionli bog‘ga aylantirgan. Ranchoga Maykl tomonidan “Neverlend” deb nom berilgan va keyinchalik xonanda haqida tarqalgan salbiy ma’lumotlarning aksariyati ushbu joy bilan bog‘liq bo‘lgan. 1993-yilda Jekson uyida mehmon bo‘lgan 13 yashar bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilishda ayblangan. Keyinroq ushbu holat boshqa bir bola bilan ham takrorlangan. Dalil-isbotlar topilmagan, ammo tarqab ulgurgan mish-mishlar ijodkor karyerasi va salomatligiga ta’sir qilgan. 2019-yil vafotidan 10 yil vaqt o‘tib, “Neverlendni tark etib” nomli film ekran yuzini ko‘rgan. Unda xonanda bilan bog‘liq o‘sha ehtimoliy zo‘ravonlik mavzusi qayta tilga olingan. Pop qirolning kasalligi va o‘limi Haddan ortiq darajada mashhur ekaniga qaramay, Mayklni baxtli yashagan deb aytib bo‘lmaydi. Shaxsiy hayotidagi muammo va bir qancha ayblovlardan tashqari, xonanda yuzining deformatsiyasiga olib kelgan vitiligo (terining pigmentatsiyasi buzilishi) hamda volchanka kasalligidan aziyat chekkan. Omadsiz jarrorlik amaliyotlari vaziyatni yanada og‘irlashtirgan. 2009-yil 25-iyun kuni muxlislar kutilmagan xabardan larzaga kelgan — pop qiroli davolovchi shifokorining ko‘rsatmasiga binoan qabul qilgan dori vositasi dozasini oshirib yuborgani oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Dozani hisoblamagani sabab tibbiyot xodimi 4 yilga ozodlikdan mahrum bo‘lgan. Maykl Jeksonning qizi uning dafn marosimida: “U faqatgina orzu qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi ota edi”, degan.
112
3,907
Madaniyat
Shahzoda Muhamedova “Ko‘chaning bolasi” filmida suratga tushmoqda
“Popcorn.uz” sayti “Ko‘chaning bolasi” deb nomlangan yangi film suratga olinayotganini xabar berdi. Ayni kunda bosh rollardan birini yosh va iste’dodli aktrisa Shahzoda Muhamedova ijro etayotgan “Ko‘chaning bolasi” filmining tasvirga olish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Shahzoda Muhamedova uni “o‘ynash”ga chiqargan saytni sudga bergani ma’lum bo‘lgandi.
65
398
Madaniyat
Farg‘ona vodiysida “Baron” filmi ijodkorlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi
12—14-mart kunlari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Baron” badiiy filmi ijodkorlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda. Uchrashuvlarda film rejissori Rustam Sa’diyev boshchiligida Dilorom Egamberdiyeva, Ulug‘bek Qodirov, Habibullo Nizomov va Xurshida Arabshoyeva kabi aktyor va aktrisalardan tashkil topgan ijodiy guruh ishtirok etdi. Tomoshabinlarda katta taassurot qoldirayotgan mazkur uchrashuvlar boshqa hududlarda ham davom etishi rejalashtirilgan.
76
579
Madaniyat
Hind kinosi afsonasi Amitabh Bachchan ikki va undan ko‘p obrazlarni gavdalantirgan filmlar (foto)
Bollivudning millionlab muxlislarga ega aktyorlaridan biri Amitabh Bachchan kino olamdagi faoliyati davomida ko‘plab filmlarda bir paytning o‘zida bir nechta rollarni ijro etgan. Ijodidagi 14 ta filmda bir nechta rollarni o‘ynagan aktyor 1973-yildan 2004-yilgacha beshta filmda ota va o‘g‘il, oltita filmda dublyor, ikkita kinokartinada aka-uka rollarini o‘ynadi. “Qasamlar va va’dalar” kinofilmi 1978-yil Aktyor birinchi obrazida Rakhiga oshiq bo‘lgan kollej professori rolini ijro etadi. Uning ukasi rolini ijro etgan Randhir Kapur Amitabh Bachchanning o‘ldiradi. Ammo kunlarning birida Rakhining uyida bosh qahramonning o‘lgan sevgilisiga ikki tomchi suv kabi o‘xshash qochoq jinoyatchi Shankar paydo bo‘ladi. Amitabh Bachchan ikkala rolni ham yaxshi ijro etgan va har xil xarakterga ega qarama-qarshi rolni mahorat bilan o‘ynagan. “Ajoyib yettilik” filmi 1982-yil Ravi Anand olti ukasi bilan shahardan uzoqda joylashgan fermada yashaydi. Ota-onasiz, aka-uka madaniyatsiz bo‘lib voyaga yetadi. Ravi hamshirani (Hema Malini) sevib qoladi va turmushga chiqqandan keyin u aktyorni uyiga olib keladi. Ravi qizning qarindoshlari qilgan ishlardan hayratda qoladi va asta-sekin hayotini o‘zgartiradi. Hikoyada katta boylikning merosxo‘ri va amakisi Amjad Xon Amitabh Bachchanni o‘ldirish orqali boyib ketishni xohlaydi. U Raviga o‘xshagan professional qotil Babuni yollaydi. Ravi o‘g‘irlab ketilgandan keyin uning o‘rnini Babu egallaydi. Film juda qiziqarli va komediya, harakat, yaxshi aktyorlik va musiqaning mukammal uyg‘unligi bilan to‘ldirilgan. Amitabh Bachchan yana bir ajoyib ijroni taqdim etadi va ikkala rolni ham mahorat bilan o‘ynaydi. “Hamkorlar” kinofilmi 1998-yil Bu filmda Amitabh Bachchan politsiyachi va mayda firibgar rolini ijro etgan. Filmda birinchi obraz ikkinchisi bilan adashib qolganda juda ko‘p kulgili vaziyatlar yuzaga keladi. “Bahubali 1” va “Bahubali 2” blokbasterlarida Shivagami rolini mahoratli aktrisa Ramya ijro etgan. “Taqqoslab bo‘lamydigan” kinofilmi 1982-yil Hrishikesh Mukerji rejissorligidagi boshqa filmlardan farqli o‘laroq, bu loyiha o‘zining noyob hikoyasi bilan ajralib turadi va Amitabh juda murakkab personajni tasvirlagan. Uning bu rolini filmdagi eng yaxshi ijrolaridan biri deb atash mumkin. Uning qahramoni hayotda qiyinchilik paydo bo‘lsa ham muhabbat va ishidan voz kechmaydi. “Qizil podshoh” filmi 1999-yil Amitabh Bachchanning bu filmdagi roli boshqa rollaridan ancha yaxshi ijro etilgan, biroq uning yoshi bosh qahramonning o‘g‘lini o‘ynagan obraziga umuman mos kelmagan. Bundan tashqari uning Manisha Koirala va Shilpa Shetti bilan birga partnyor bo‘lishi unchalik yaxshi ko‘rinmagan. Bu film uning karyerasida tezda unitilib yuborilgan film bo‘ldi. “Uzoq kutilgan” filmi 1999-yil Bu Nikol Kidman ishtirokidagi “Boshqalar” filmining remeyki hisoblanadi. Film ikkita ayol va bolalar haqida. Unda Amitabh Bachchanning roli juda qisqa va aktyor maxsus ko‘rinishlarda gavdalanadi. “Uzoq kutilgan” kinokartinasi e’tibordan chetda qoldi va kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. “Ajoyib” kinokartinasi 1983-yil Amitabh Bachchan ushbu filmda uchta rolni: ota va uning egizak o‘g‘illari rolini o‘ynagan. Qahramonning otasi halol advokat, biroq ayyor Amjad Xon o‘zini uning do‘sti qilib ko‘rsatadi. Amjad Xon bosh qahramonning otasini qotillikda ayblaydi, shuning uchun Amitabh boshqa shaharga qochib ketadi va o‘zini boshqa odamdek ko‘rsatadi. U bir qizga uylanadi va vaqt o‘tib rafiqasi Vahida Rehman egizak o‘g‘ilni dunyoga keltiradi. Ayol shifokor chaqaloqlardan birini farzandsiz dramatik aktyor Mukriga beradi. Bola otasi kabi drama truppasida aktyor bo‘lib o‘sadi. Uning egizagi halol politsiya inspektori bo‘ladi. Film deyarli uch soat davom etgan. “Ajoyib” kinokartinasi uzun bo‘lib tuyulsa ham Amitabhni uch xil ko‘rinishda ko‘rish juda qiziq. U o‘z qahramonlarining bir xil emasligini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Filmda u qarama-qarshi xarakterga ega obrazni ham gavdalantirgan.
97
3,944
Madaniyat
O‘zbekistonda bolalar uchun fantastik teleserial suratga olinmoqda
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda BMTning Bolalar jamg‘armasi ko‘magida mamlakatimizda yangi loyihaga qo‘l urildi. Foto © odessa-life.od.ua Hozirda ushbu idoralar boshchiligida “Kuch birlikda” nomli bolalar teleseriali suratga olinmoqda, deya xabar beradi “Mezon” nashri. Uni ishlab chiqarish “Kinoprom” kompaniyasiga topshirilgan. Serial voqealari bolalarning fantastik sarguzashtlari asosiga qurilgan. Kartina rejissyori Andrey Afrinning fikricha, loyihaning bosh maqsadi – yosh avlodga hayotdagi asosiy qadriyatlarni yetkazishdan, ularga qiyinchiliklar bilan kurashib, maqsad sari olg‘a odimlashni o‘rgatishdan iborat.
66
670
Madaniyat
“Shoirni nima jin urdi bilmayman, birdan o‘zgardi” — Mansur Agaliyev Yulduz Usmonovaning shoir bilan mojorosi qanday yakun topganiga oydinlik kiritdi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev “Daryo” muxbiri Nargiza Murodovaga bergan intervyusida shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev bilan bog‘liq sud qanday yakun topganiga oydinlik kiritdi. — Shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev bilan kelishib olindi. Ammo sudda ishlaydiganlarni unchalik tushunmadim. Jinoyat ishlari bilan shug‘ullanadigan sudning media sohasiga nima aloqasi bor? Bu soha vakillari qo‘shiqni ijodkordek tushunishmaydi-ku. Shoir bilan kelishdik, “Bu qo‘shiq biz uchun o‘ldi!” dedim. Shu bilan birga u yigit ham ijodini o‘ldirgandek bo‘ldi. Chunki ommaga chiqib, “She’r uchun pul bermadi”, deyishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bitta konsertda ishtirok etadigan orkester uchun 300-400 million pul berayotgan odam she’r uchun 200-300 AQSH dollarini berolmaymanmi? Menimcha, dushman bilan urishgandan foyda yo‘q. Uni yaxshilik qilib uyaltirish kerak. Ammo Yulduz opangiz bo‘lgan ishlardan qattiq xafa bo‘ldi. Chunki sud ishi boshlanganidan keyin 4 oygacha unga bildirmaslikka harakat qildik. Ammo bir kuni yo‘lda ketayotgan “uchastkavoy” to‘xtatdi. “Nima muammo menga ayting”, desam “Opani o‘zlari bilan gaplashishim kerak”, dedi. Dabdurustdan “Opa sizni ustingizdan ariza tushgan”, degandi Yulduz yig‘lab yubordi. Shunga ham yig‘laysizmi, deb uni yupatdim, ammo u xafa bo‘ldi. Aslida bu qo‘shiqning yaratilish tarixi bor. Konsert arafasida “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyidagi kassani bahoriy qilib bezatishga qaror qildim. Saroy kassasi qanchalik sovuq va zax ekanini ko‘pchilik biladi. Qishda esa yanada sovuq bo‘ladi. Dizayn tayyor bo‘lgunicha o‘sha yerda turib, tobim qochib qoldi. Qiynalayotganimni ko‘rgach, yig‘lab o‘sha she’rni qayerdandir topib qo‘shiq qilgan. Ammo she’rda “Kasal bo‘lma, Mohinur” deb yozilgandi. Qo‘shiq chiroyli chiqishi va musiqaga mos bo‘lishi uchun “xasta” so‘zi bilan bog‘liq naqoratni yozgan. Shoir yomon bola emas edi. Nima jin urdi, bilmayman birdan o‘zgarib qoldi. Balki haqiqatan ham pulga muhtoj bo‘lib qolgandir, bilmayman. Olgan pulini yaxshi kunlariga ishlatsin, — deydi Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev. Eslatib o‘tamiz, shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev Yulduz Usmonovadan “Xasta bo‘lma” she’ri uchun 3 yildan buyon qalam haqini ololmayotgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlarining ma’lum qilishicha, 2021-yilning 20-sentabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’r muallifidan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi kelib tushgan. Mazkur da’vo arizasi bo‘yicha fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan. 29-oktabr kuni qabul qilingan hal qiluv qarori bilan da’vo ariza qisman qanoatlantirilib, Yulduz Usmonovadan da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyevga 50 million so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida (135 million so‘m) yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan. Keyinchalik 18-yanvar kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Yulduz Usmonovaning tuman sudi qarori bo‘yicha shikoyat apellyatsiyasi ko‘rib chiqilgan. Sud ajrimiga ko‘ra, 29-oktabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
157
3,257
Madaniyat
Jerar Deparde O`zbekiston haqidagi filmini taqdim etdi
Kecha Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida Respublika Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Arno Frile rejissyorligida suratga olingan   "Mening o`zbekcha tushim" ("Moy uzbekskiy son") filmi namoyish etildi.   Kinokartinada bosh rolni taniqli aktyor Jerar Deparde ijro qilgan.   Namoyishdan oldin film ijodkorlari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi. Jerar Deparde uchrashuvda  O`zbekistonga avval ko`p bora kelgani va safarlaridagi xotiralari bilan bo`lishdi. Shuningdek, kinofestivalga taklif etilgani uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.
55
588
Madaniyat
Instagram: Malika Ravshanova yangi hovliga ko‘chyapti, Zarina Nizomiddinova erining yurtida, 1 mln kuzatuvchiga ega bo‘lgan Erali
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Sevara Nazarxon sahifasiga ot bilan tushgan suratini joyladi. Bunyodbek Saidov Musulmonlar idorasi muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov bilan uchrashib qoldi. Xonanda shunday ulug‘ insonning duosini olish nasib etganini ma’lum qildi. Qilichbek Madaliyev Odil Ahmedov bilan tasodifan uchrashib qolganini aytdi va u bilan tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi. Aktrisa Zarina Nizomiddinova Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida oilasi bilan dam olayotganini muxlislariga ko‘rsatdi. Shahlo Ahmedova yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Xonanda Gulsanam Mamazoitovaning fan-akkauntiga to‘y xizmatlarida qo‘shiq kuylagani aks etgan video joylashtirildi. Malika Ravshanova yangi uyiga ko‘chayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Xonanda narsalarining juda ko‘pligini aytgan. Opera xonandasi Milena Madmusayeva oilasi bilan tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi. Instabloger Erali Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 1 milliondan oshganini nishonladi. Yulduz Usmonova poytaxtdagi Basri Baba restoranining yangi filiali ochilish marosimida o‘zbek shou-biznesidagi yaqin insonlari — Halimaxon, xonanda Malik bilan ishtirok etdi. Aktrisa Halimaxon Basri Baba restoranining 3 yillik yubileyida Yulduz Usmonova bilan tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi. Xonanda Ziyoda bir necha yildan beri unga ishlayotgan administratorini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sovg‘a berdi. Munisa Rizayeva to‘y xizmatlarining birida xit taronasini kuylayotgani aks etgan videoni muxlislari bilan bo‘lishdi. DJ Piligrim Ispaniyadagi Barseloneta plyajida tushgan yangi suratini namoyish qildi. Qiziqchi, aktyor Shukurullo Isroilov yangi reklama roligida suratga tushish uchun butunlay o‘zgacha obrazga kirdi. Xonanda Hamdam Sobirov vayner, instabloger Erali bilan “Maktabimda” nomli xit taronasini ijro etdi. Aktrisa Bahora Arslonova tez kunlarda yangi ko‘rsatuvda boshlovchilik qilishini ma’lum qildi va muxlislaridan yangi ko‘rsatuvdagi boshlovchilik uchun qanday ko‘ylak tanlashini so‘radi. Turkiyada saraton kasalligidan davolanayotgan, ilk marta buvi bo‘lish arafasida turgan aktrisa Ra’no Shodiyeva bo‘lg‘usi nevarasiga aravacha xarid qilayotgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. Aktrisa Odinaxon To‘xtasinova yangi suratini namoyish qildi va muxlislariga baxtni topish uchun avvalo o‘zlikni topish kerakligini aytdi.
129
2,470
Madaniyat
“Muzlagan” filmi aprel oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Alisher Uzoqovning “Muzlagan” filmi aprel oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Aprel oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Muzlagan” filmidan keyingi o‘rinlarni Jahongir Ahmedovning “Asal oyi”, Ruslan Ibragimovning “Egizak oshiqlar”, Rustam Xalilovning “Amerikalik”, Dadaxon Obidovning “Yuragimdasan” filmlari band etgan. Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Merosxo‘r”, “Komila”, “Yolg‘on girdobi” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. 1-o‘rin. “Muzlagan” (komediya) Rejissor — Alisher Uzoqov 2-o‘rin. “Asal oyi” (komediya) Rejissor — Jahongir Ahmedov 3-o‘rin. “Egizak oshiqlar” (jangari komediya) Rejissor — Ruslan Ibragimov 4-o‘rin. “Amerikalik” (komediya) Rejissor — Rustam Xalilov 5-o‘rin. “Yuragimdasan” (melodrama) Rejissor — Dadaxon Obidov
99
955
Madaniyat
Tarixiy janrdagi eng ko‘p kutilgan yangi turk seriallari
Tomoshabinlar ekran yuzini ko‘rishni intiqlik bilan kutayotgan, turk kinosanoati vakillari tomonidan ishlangan tarixiy seriallar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. “Mavlono” Serial 1207-yilda tavallud topgan Jaloliddin Rumiy haqida hikoya qiladi. Mavlono bolaligidanoq otasidan falsafiy va diniy ta’lim oladi. Bog‘dodni tark etishga majbur bo‘lgan otasi keyinroq Konyaga boradi. Rumiyning hayoti asosida tasvirga olinayotgan tarixiy serial 2021-yilning sentabrida efir yuzini ko‘radi. “Aka-uka Barbarosslar” Turkiya tarixidagi eng qimmat budjetga ega serial bo‘lishi kutilayotgan serialda Engin Altan Dezyatan va Ulash Tuna Astepe suratga tushmoqda. Mazkur loyiha Usmonli imperiyasining tashkil topishidagi ahamiyatli shaxs Hayriddin Barbarossa haqida hikoya qiladi. Serialda bosh qahramonni gavdalantiradigan Engin Altan “Ertug‘rul: Tirilish”gi ijrosi bilan muxlislarga yaxshi tanish. Ulash Tuna Astepe esa “So‘yla Qora dengiz” serialida Tohir rolini gavdalantirgan. Yangi loyihaning muvaffaqiyatli chiqishi va tomoshabinlar qalbidan joy olishi kutilmoqda. “Afsona” Serial IX asrda yuz bergan voqealarni o‘zida mujassam etadi. Sujet nochor oilaning qizi va xon oilasining o‘g‘lining o‘rtasidagi munosabatlarga asoslangan. Unga ko‘ra ota-onasidan erta ayrilgan qiz kun ko‘rish uchun ko‘p va og‘ir mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. Xonning o‘g‘li esa nogiron bo‘ladi. Qo‘lida muammo bo‘lgani hisobiga u otasiga voris bo‘la olmaydi. Ushbu hikoya bilan parallel ravishda serialda bir qator tarixiy hodisalar ham ko‘rsatiladi. Muxlislar yangi loyihada “Muhtasham yuz yil”da Nigor xalfani va Sumbul og‘ani gavdalantirgan Filiz Ahmet hamda Selim Bayraktarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi. “Alp Arslon” Barish Arduch va Fahriye Evjen bosh qahramonni gavdalantiradigan mazkur serial “Uyg‘onish: Buyuk Saljuqiy”ga prikvel (voqealari avvalroq suratga olingan kino yoki serialdagi voqealardan oldin sodir bo‘lgan) bo‘ladi. Unda Saljuqiylar davridan avvalroq yuz bergan voqea va hodisalar ko‘rsatiladi. Loyiha premyerasi 2021-yilning sentabriga mo‘ljallangan.
56
2,040
Madaniyat
Rossiyaning 40 yoshgacha bo‘lgan eng omadli yulduzlari (foto)
Pop-artistlar, top-modellar, kinoyulduzlar va “Gremmi” nomzodlari... ularning qay biri Rossiyaning 40 yoshgacha bo‘lgan eng omadli yulduzlari reytingidan joy oldi? Forbes tomonidan tuzilgan ushbu reytingdagi 40 yoshgacha bo‘lgan eng omadli mashhurlarning aksariyatini madaniyat va shou-biznes yulduzlari tashkil etadi. Ro‘yxatga bir vaqtning o‘zida bu industriya vakillarining 11 nafari o‘rin olgan. Ularning 7 nafari pop-artist, ikki nafari top-model, bir nafari aktyor va yana biri klassik musiqa ijrochisidir. Quyida ularning suratlari keltirildi. Olga Buzova, 33 yosh Yegor Krid, 25 yosh Dima Bilan, 37 yosh Irina Sheyk, 33 yosh Polina Gagarina, 32 yosh Sergey Lazaryev, 36 yosh Emin Agalarov 39 yosh Monetochka 21 yosh Aleksandr Petrov 30 yosh Natalya Vodyanova 37 yoshd Daniil Trifonov 28 yosh
61
821
Madaniyat
Xonanda Shohsanam 6 yillik tanaffusdan so‘ng san’atga o‘g‘li bilan qaytdi
“Shaqildog‘idan” nomli qo‘shig‘i bilan tanilgan Shohsanam olti yillik tanaffusdan so‘ng, ijodini davom ettirishga qaror qildi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri. Xonandaning aytishicha, o‘tgan yillar davomida u o‘zini butkul oilasi va farzandlariga bag‘ishlagan. Hozirda u yangi “Shahzodam” nomli qo‘shig‘i bilan o‘z faoliyatini davom ettirishga shay bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, Shohsanamning o‘g‘li ham Bek taxallusi bilan ijod boshladi.
73
445
Madaniyat
Raj Kapurning merosxo‘rlari uning Mumbaydagi studiyasini sotuvga qo‘ydi
Hind aktyori va rejissori Raj Kapur (1924—1988)ning oilasi a’zolari u 70 yil avval Bombay (hozirgi Mumbay)da asos solgan RK Studios studiyasini sotishga qaror qildi, deb yozadi “TASS”. The Times of India xabariga ko‘ra, bunday qaror oilaning barcha vakillari ishtirokidagi uchrashuvda qabul qilingan. Raj Kapurning to‘ng‘ich o‘g‘li, aktyor, rejissor va prodyuser Randxir Kapur bu ma’lumotni tasdiqladi. U studiya joylashgan butun yer maydoni sotilishini, bunday qarorni qabul qilish ular uchun oson kechmaganini aytdi. “Bilasiz, o‘tgan yili studiyada yong‘in yuz berdi, shundan keyin biz studiyani ta’mirlash haqida o‘yladik, ammo bunga juda katta pul kerak bo‘ladi”, — dedi Kapur. 1948-yilda asos solingan RK Studios studiyasida Bollivudning “Daydi”, “Janob 420” kabi klassik filmlari ham suratga olingan.
71
807
Madaniyat
Farhod va Shirin dueti o‘z repertuarida “o‘g‘irlangan qo‘shiqlar” borligidan afsuslanmaydi
Farhod va Shirin musiqiy dueti o‘z ijodida “o‘g‘irlangan qo‘shiqlar” borligini tan oldi. Bu haqda ular “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. — Ijodini yo‘lga qo‘yib olgan ba’zi xonandalar bir paytlar tanilish uchun xorijiy musiqalardan foydalangani uchun andisha qilib, bu yo‘lga boshqa murojaat qilmaydi. Farhod va Shirin repertuarida ham o‘g‘irlangan qo‘shiqlar yo‘q emas... Farhod: — Bilasizmi, o‘sha taronalarimiz o‘zimizga juda yoqqan va chet el musiqasidan foydalanganimizdan afsusda emasmiz. Vaholanki, o‘sha paytda bastakorlarga musiqa yozdirishga bemalol imkoniyatimiz yetardi. Ko‘nglimizga o‘tirgani uchun olganmiz va o‘sha taronalarni haligacha yaxshi ko‘ramiz. Eng muhimi, “ijara”ga olingan qo‘shiqlarimiz asl nusxasidan yomon chiqmagan. Qolaversa, muxlislarga ham manzur bo‘lgan. Biz birovning musiqasidan foydalanishdan avval uning mualliflari kim ekanligini, albatta, aytib o‘tamiz.
90
915
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon 73 yoshida yana uylandi
O‘zbekiston xalq artisti, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ubaydulla Baqoyev (Ubaydulla Omon) 73 yoshida 44 yoshli qizga uylandi. Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vakilining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, to‘y 22-mart kuni Buxoro shahridagi “Tojimahal” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan hamda shu kuni aktyorning muchal to‘yi ham nishonlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ubaydullo Omon Buxoro shahar Xalq ta’limi bo‘limi ingliz tili metodisti va shahardagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi 44 yoshli Nilufar Sherovaga uylangan. O‘zbekiston xalq artisti Nilufar Sherovaning ilk turmushi hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati musiqali drama teatri rejissori Ubaydulla Omon birinchi turmush o‘rtog‘i Matluba Farmonova bilan 51 yil baxtli hayot kechirgan bo‘lib, u 2018-yilda vafot etgan edi.  Ubaydulla Omon umuman telefon ishlatmasligi sababini ma’lum qildi (video)
63
874
Madaniyat
Foto: Ozoda Nursaidova Sardoba falokatidan jabrlangan 5 ta oilaga uy topshirdi
Taniqli san’atkor Ozoda Nursaidova Sardoba fojiasidan jabrlangan 5 ta oilaga Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi ko‘p qavatli uylardan sovg‘a qildi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, 4 ta 3 xonali uy ko‘p bolali, 1 ta 2 xonali xonadon esa yosh oilaga tuhfa etildi. “O‘zbeklar azaldan sahovatpesha, tanti xalq. Bu bizning qonimizgacha singib ketgan. Sardobadagi fojia barcha o‘zbekistonliklar qatori meni ham juda ta’sirlantirdi. Hukumatimiz va xalqimizning sardobaliklarga yordam berayotganini ko‘rib, biz ham qo‘ldan kelgancha ko‘maklashishga qaror qildik. O‘tgan yili bu ko‘p qavatli uylarni bir tadbirkor ukamiz bilan yaxshi niyatlarda olgandik. Ushbu xonadonlarning 5 tasini yaxshilik yo‘lida jabrlanuvchilarga sovg‘a tariqasida tuhfa etdik. Uyning 3 tasini men, 2 tasini esa “Akmal yosh kuch” MChJ rahbari salkam bir oy davomida qayta ta’mirdan chiqarib, hadya qildik. Ushbu uylarda yashash istagida bo‘lgan yuzlab oiladan takliflar tushdi. Biz ularning ichidan 5 tasini tanlab oldik. Bu jarayon albatta, oson kechmadi. Munosiblarni saralashda hokimlik, MFYlar vakillari ham yaqindan yordamlashdi. Uylarni jihozlashda muxlislarim, yurtdoshlarimiz ham homiylik ko‘rsatishdi. Barchasiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Hammamizdan Yaratgan rozi bo‘lsin”, — dedi Ozoda Nursaidova jurnalistlarga bergan intervyusida. “Eyvalek” MFY raisi Hamida Eshboyevaning ta’kidlashicha, Sardobadan ko‘chib kelgan ayollar uchun tikuv sexida, erkaklarga esa beton ishlab chiqarish zavodida ish o‘rinlari hozirlangan. “Mazkur ko‘p qavatli uy 1986-yilda qurilgan. O‘sha paytda ichimlik suvi tanqisligi bois odamlar 5 yil yashagach, barchasi asta-sekin bu yerni tark etishgan. Keyinchalik qarovsiz manzaraga aylandi. ‘Obod markaz’ dasturi doirasida ushbu uylar tadbirkorlarga berilib, ta’mirdan chiqarilmoqda. Ehtiyojmand oilalar ko‘chib kela boshlashyapti. Suv muammosi avgust oyiga qadar “Obod markaz” dasturi asosida to‘liq hal etilishi ko‘zda tutilgan. Ozoda Nursaidovaning tashabbusidan albatta quvondik. Chunki u ko‘p yillar tashlandiq holatda bo‘lgan uylarni ta’mirlab, ichini zarur jihozlarga to‘ldirib berdi. Sardobadalik yangi mahalladoshlarimiz tikuv sexi va beton ishlab chiqarish zavodiga ishga, farzandlari esa maktab va bog‘chalarga joylashtiriladi”, —  dedi Hamida Eshboyeva.  Ozoda Nursaidova Sardoba falokatidan jabrlangan 5 ta oilaga Toshkent viloyatidan 5 ta uy sovg‘a qildi
78
2,420
Madaniyat
Burni singan “Hamdam”. “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam kastingdagi qiziq holat va “Osmondagi bolalar 3”ning suratga olinishi haqida (video)
Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor Muzaffar Sa’dullayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Muzaffar Sa’dullayev suhbat davomida “Osmondagi bolalar” filmiga qanday kelib qolgani va “Osmondagi bolalar 3” filmi suratga olinishi mumkinligi haqida gapirdi. ‘Osmondagi bolalar’ filmidagi Hamdam obraziga kasting jarayonlari ham qiziq bo‘lgan. Filmda Alfiya opa ismli ikkinchi rejissorimiz bor edi. Shu ayol ‘Zulfiqor Musoqov ishga tushdi, men ssenariyni o‘qib chiqdim, sen shu filmdagi Hamdam obraziga juda ham mos tushasan, u ham oddiy o‘zbek yigiti, kasting topshir, men Zulfiqorga sen haqingda aytaman’, degandi. Men ‘yo‘q, bu jamoada ma’mur bo‘lib ishlayveraman’, deganman. Kasting jarayonlari boshlanganidan so‘ng, har bir obraz uchun, adashmasam 300 va undan ortiq yigitlar kelgan, qizlar roli uchun ham xuddi shunday bo‘lgan. Foto sinovlar tugagach, video sinovlar boshlangan. O‘sha vaqtda bir epizodni berishdi, o‘qib, aytganlariday qilib berdim. Ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng, Hamdam roliga tasdiqlanding deyishdi. Oradan biroz vaqt o‘tgandan so‘ng, bu rolga mendan boshqa ham bir bola kastingdan o‘tganini eshitdim. U bola qandaydir oilaviy bir sharoitdanmi yoki ko‘chada janjallashganmi, bilmadim, xullas burni singan deyishdi. Shundan so‘ng ‘Osmondagi bolalar’ filmidagi Hamdam roliga men o‘tib ketgan ekanman. Adashmasam o‘tgan yilning yoz-kuz oylarida Zulfiqor Musoqov ‘Osmondagi bolalar 3’ filmining ssenariysini yozyapman degan edilar. Muzaffar Sa’dullayev, aktyor, “Inson” kinostudiyasi rahbari “Osmondagi bolalar 3” filmi suratga olinishi haqidagi ma’lumotga yanada oydinlik kiritish maqsadida film rejissori Zulfiqor Musoqovga bog‘lanib, ulardan quyidagi fikrlarni oldik. ‘Osmondagi bolalar 3’ filmini suratga olish rejamizda bor edi.‘Filmni suratga oling’, deyayotgan homiylar ham topilgandi. Keyin boshqa filmlar rejalashtirildi va bu film to‘xtab qoldi. Balki, kun kelib filmni suratga olishga homiylar topilsa, ‘Osmondagi bolalar 3’ filmini suratga olishimiz mumkin. Zulfiqor Musoqov, rejissor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ma’lumot uchun, “Osmondagi bolalar” filmi rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan 2002-yilda, “Osmondagi bolalar 2” filmi esa 2003-yilda suratga olingan.
144
2,354
Madaniyat
Bollivud yulduzlarida kino olamiga qiziqish uyg‘otgan filmlar
Aktyorlarning shou-biznesga qadam qo‘yishiga qandaydir turtki sababchi bo‘ladi. Kimlardir oilaviy an’analarni davom ettirgan holda, oila a’zolarining kasb yo‘lini tanlasa, ba’zilar film va kumirlari ijodidan ta’sirlanib faoliyatini san’at bilan bog‘lashni istaydi. E’tiboringizga film tomoshasi hamda sevimli qahramoni ijrosidan ta’sirlanib, ijod qilishni boshlagan aktyor va aktrisalar haqida ma’lumot havola etamiz. Karina Kapur Karina Kapur Bollivud afsonasi Shridevining muxlisi. Kapur xonim, Shridevining hayot yo‘lida ko‘tarilish va tushishlar bo‘lgan taqdirda ham sinib qolmaganiga lol qoladi va shu bois ham uni tengsiz deb hisoblaydi. U ijrosidagi “Xiyla” filmidan ilhomlangan Karina, aktrisaning o‘zini tutishi, qiyofasi, qo‘shiq kuylashi, xullas, hamma-hammasi qoyilmaqom bo‘lgan deb e’tirof etadi. Rol ijrosi davomida uning jozibasi, uzun kipriklari, makiyajiga maftun qolmay iloj yo‘q, deydi Karina. Amitabx Bachchan “Men sahnada bo‘lishni yoqtirganman, lekin filmlar meni ilhomlantirmagan shunchaki qiziqish uyg‘otgan. ‘Qog‘oz gul’, ‘Tashnalik’ filmlari katta taassurot qoldirgan, ‘Rampa olovlari’ filmining tomoshasidan keyin bir necha hafta uxlolmaganman, Dilip Kumar suratga tushgan ‘Ganga va Jamna’ filmi ham o‘ziga yarasha taassurot qoldirgan”, — deydi aktyor. Shabana Azmi Shabananing aktrisa bo‘lishiga onasi Shaukat Kaifi sababchi bo‘lgan. Onasi uning bolaligida choyshabga o‘rab, Pritxvi teatridagi repetitsiyaga o‘zi bilan birga olib ketgan. Shabani uch yoshida ilk marta keyin esa maktab va kollejda sahnada chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan keyin muqaddas Ksavyer kollejida Jaya Bxaduri rol ijro qilgan filmni tomosha qilganini, uning ijrosidan hayratda qolgani va buning ta’sirida Punadagi Kino va televideniye institutida o‘qishga qaror qilganini bildiradi. Vidya Balan Vidya Balan, “Anglash” filmidagi sahnalar, dialoglar, ijro va qo‘shiqlardan ta’sirlangan va ularni yoddan biladi. Ayniqsa, Pudja (Shaban Azim) va Kavita (Smita Patil)ning telefondagi suhbati Vidyaning eng sevimli sahnasi hisoblanadi. Irfon Xon Irfon Xonning oila a’zolari film tomosha qilishiga ruxsat bermagan. Keyinchalik esa, Dilip Kumar ijrosidagi “Yangi asr” filmi katta taassurot qoldirganini, rejissor Nasiruddin Shahning har bir filmidan o‘ziga nimadir olganini ma’lum qilgan.
61
2,289
Madaniyat
266 bo‘m-bo‘sh sahifadan iborat “Demokratlar uchun ovoz berish sabablari” kitobi Amazon bestselleriga aylandi
2017-yil fevral oyida AQShning Amazon internet-servisi sotuvida The Daily Wire nashri xodimi Maykl Noulzning “Demokratlar uchun ovoz berish sabablari” kitobi paydo bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Muallifning o‘zi ham kutmaganda, bir oy davomida — 10-martga kelib 266 bo‘m-bo‘sh sahifadan iborat “asar” servisning eng ko‘p sotilayotgan kitoblari — bestsellerlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Fox News telekanaliga bergan intervyusida Noulz Demokratik partiyani 10 yil davomida kuzatib, ular uchun ovoz berishning turli sabablarini yozib yurganini bildirdi. Lekin keyinchalik jurnalist sahifalarni bo‘sh qoldirishga qaror qildi. Bu kitobning ajoyibligi shundaki, uni boshidan oxirigacha 15, uzog‘i 20 soniyada o‘qib chiqish mumkin. Maykl Noulz “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
109
837