folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Sardor Rahimxon Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida konsert dasturini taqdim etdi (foto) | Namangan viloyati bo‘ylab katta turne doirasida olti kunlik konsert dasturlarini namoyish etayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon 20-avgust kuni To‘raqo‘rg‘on tumani markaziy stadionida 5000 ga yaqin tomshabin uchun konsert taqdim etgan bo‘lsa, kecha Kosonsoyda o‘z muxlislarini xushnud etdi. Bu haqda Popcorn.uz xabar bermoqda.
Sardor Rahimxon: “Meni quvontiradigan jihati, konsertimga nafaqat yoshlar, balki katta yoshli muxlislar ham tashrif buyurmoqda. Stadionga yig‘ilgan muxlislarning aynan 80 foizini yoshi kattalar tashkil etmoqda”, — deb ta’kidladi.
Xonandaning aytishicha, muxlislar undan “Do‘st” va “Malikam endi qara” qo‘shiqlarini ijro etishini qayta-qayta iltimos qilmoqda.
Hech qayerda e’lon qilinmagan yangi taronalarning ham so‘ralayotgani Sardor Rahimxonni hayron qoldirdi.
Xususan, xonandaning faqatgina konsert dasturida kuylangan “Ko‘rgani keldik” taronasiga butun stadion jo‘r bo‘ldi.
“Ayniqsa, onaxonlarning yurakdan aytayotgan niyatlari, duolari men uchun sovg‘a bo‘ldi. Qalbimdagi quvonchni so‘z bilan ta’rif etolmayman. Men uchun eng muhimi shu ekan”, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
Uning konsert dasturida shogirdi Abror Azizov ham ishtirok etib, nafaqat tomoshabinlar, balki ustozini ham quvontirdi.
Sardor Rahimxon o‘z konsert dasturi bilan bugun Yangiqo‘rg‘on tumanida mehmon bo‘ladi. | 112 | 1,363 |
Madaniyat | O`zbekiston va belarus ijodkorlari bilan “Yulduzlar kechikadi” filmi suratga olindi | Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Yulduzlar kechikadi” (“Stars will be late”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Uning postanovkachi rejissyori Dmitriy Semyonov, operatori esa Pavel Skakun.
Agentlikning qayd etishicha, mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida belaruslik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.
“Yulduzlar kechikadi” filmida bosh qahramon astronom yigit sevgan qizi bilan O`zbekistonga keladi. Rasadxonaga borib, yulduzlarni o`rganadi, turli sarguzashtlarga duch kelishadi. Filmda O`zbekistonning so`lim tabiati, milliy urf odatlari va an`analari aks etadi. | 83 | 707 |
Madaniyat | Yigitali Manzuraning yana bir klipida bosh rolni o‘ynadi | Manzura o‘zining yangi “Borsan” deb nomlangan qo‘shig‘iga klip suratga oldi, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz”. Videoda bosh rolni Yigitali Mamajonov ijro etdi.
Klipga Sanjar Matkarimov rejissorlik qilib, unda o‘ziga xos kompyuter grafikasidan foydalandi.
Nashrning eslatishicha, avvalroq Yigitali Manzuraning “Soxta tuyg‘u” qo‘shig‘i klipida ham ishtirok etgan edi. “O‘shanda ushbu video shov-shuvga sabab bo‘lgan, Manzura va Yigitali o‘rtasida ishqiy munosabatlar borligi haqida gap-so‘zlar chiqqan edi”, — deb yozadi nashr. Biroq aktyorning xonanda Rayhonga uylanishi bunday mish-mishlarga chek qo‘ygan.
Nashr ta’kidlashicha, Rayhon bilan ajrashish uchun ariza bergach, Yigitali bilan hamkorlikni yana yo‘lga qo‘ygani Manzuraning unga bo‘lgan qiziqishini ko‘rsatadi. | 56 | 770 |
Madaniyat | Sevara Nazarxonning yangi albomini Facebook orqali xarid qilish mumkin | Sevara Nazarxon yangi albom ustida ishlayotgani, uning “Pisma” (“Maktublar”) deb atalishi haqida avval xabar bergan edik.
Foto © facebook.com/sevaramusic
Xonandaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, yangi albomni tarmoqning Musiqa do‘koni (Music Store)dan xarid qilish mumkin.
Xabarga ilova qilingan link orqali kirib, “Pisma” albomini sotib olish mumkin. Albomga 13 ta yangi qo‘shiq kiritilgan bo‘lib, ular orasida “V etom sne” (В этом сне), “Sumerki” (Сумерки), “Nayti i poteryat” (Найти и потерять), “Ya bez nego” (Я без него) kabi qo‘shiqlar o‘rin olgan. Albomdagi har bir trekni 0,99 dollar evaziga yuklab olish mumkin.
Shuningdek, Facebook Musiqa do‘konida Sevaraning “Tortadur” albomini ham xarid qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval xonanda o‘z sahifasida yangi albomiga kiritilgan alohida qo‘shiqlari, xususan, “Butilka u steni” (“Devor yonidagi shisha idish”) va “Prosti” (“Kechir”) kompozitsiyalari bilan bo‘lishgan edi.
“Pisma” albomi qachon tayyor bo‘lishi va havola etilishi haqida ma’lumot berilmagan, biroq qo‘shiqlari ilova qilingan videolavhalarda yangi albomning 2014-yilda chiqishiga ishora qilingan edi. | 70 | 1,171 |
Madaniyat | Detslga o‘limidan so‘ng “Muz-TV” mukofoti berildi | Reper Detsl (Kirill Tolmaskiy) xip-xop rivojiga qo‘shgan hissasi uchun o‘limidan so‘ng “Muz-TV” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Detsl fevral oyining boshida 35 yoshida vafot etgan edi. Qo‘shiqchi Ijevskdagi kontsertdan so‘ng o‘zini yomon his qilgan. Konsert rejissori Pavel Belenesning aytishicha, u yuragi to‘xtab qolgani sabab vafot etgan.
“Muz-TV” mukofotini topshirish marosimida u “Xip-xop musiqasining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun” e’tirof etildi va maxsus mukofot oldi.
Mukofotni uning otasi, prodyuser Aleksandr Tolmatsiy qabul qildi. | 49 | 584 |
Madaniyat | “Asal oyi” filmining ilk tizeri e’lon qilindi (video) | Rejissor Jahongir Ahmedovning “Asal oyi” deb nomlangan filmining ilk tizeri e’lon qilindi.
Filmda bosh rollarni aktyor va rejissor Azamat Ahrorov hamda aktrisa va dizayner Shahzoda Muhamedova ijro etgan.
Filmda, Azamat Ahrorov va Shahzoda Muhamedovadan tashqari, Matyoqub Matchonov, Jumadulla Rametov, Saida Rametova, Ra’no Yarasheva, Muhammadiso Abdulxayirov, Dilshod Mirzamurotov, Alibobo singari akyor va aktrisalar ham suratga tushgan.
Filmning asosiy voqealari Misrning Sharm ash-Shayx shahrida, Turkiyaning Istanbul shahrida hamda Toshkentda suratga olingan.
Filmning keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premyerasi 17-fevral kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. | 53 | 707 |
Madaniyat | Kiyinishi aslidan ko‘ra katta ko‘rsatadigan mashhur ayollar (foto) | Kiyinish borasida yoshiga munosib tanlov qilmagani katta ko‘rinishiga hissa qo‘shadigan ayollar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Mey Mask, Karmen Dell’Orefiche va Meril Stripning yoshi ularning o‘ziga xos kiyinishiga qarshilik qila olmaydi. Quyidagi mashhur ayollar esa yosh bo‘lishiga qaramay kiyinishga unchalik e’tibor bermaydi.
Glenn Klouz
Maftunkor tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan Glenn ba’zida yoshidan uyalgani sabab ochiq-sochiq kiyinmaslikni afzal biladi. Buning o‘rniga yorqin detallar, masalan, qomatni yopib turadigan uzun jaket kiyishni afzal biladi. Uning tengquri Mey Mask esa kiyinish borasida eksperiment qilishdan qo‘rqmaydi.
Felisiti Jons
Felisitining kiyinishiga nazar tashlab, uning garderobidagi hamma liboslar zerikarli degan tasavvurga ega bo‘lish mumkin. U yosh bo‘lishiga qaramay sipo va yopiq kiyinishni ma’qul biladiganlardan.
Helena Bonem Karter
Karterning kiyinish uslubi o‘zi gavdalantirgan qahramoni Marla Singerdan sezilarli darajada farq qiladi. U oversize uslubi hamda uzun ko‘ylaklar kiyib, qo‘pol botinka bilan moslashni yaxshi ko‘radi.
Emiliya Klark
Aktrisa ham kiyinish borasida boshqalardan ajralib turmaydi. Masalan, suratdagi u tomonidan oqshomga kiyib borilgan libos yoshini aslidan katta ko‘rinishiga hissa qo‘shgan.
Kler Foy
O‘ziga xos kiyinishdan qo‘rqadigan aktrisa konservativ va zerikarli uslubda kiyinishni ma’qul ko‘radi. Ko‘p bo‘lmagan taqinchoq va oddiy soch turmagi bilan cheklanadi. | 66 | 1,440 |
Madaniyat | Yetti yil ishsiz qolgan, ayoli sabab krizisdan o‘tgan, chet el filmlaridagi yagona “osiyolik” Seydulla Moldaxanov haqida | Bugun har qanday filmda o‘zini namoyon qila oladigan, nafaqat o‘zbek kino olamida, balki, rus kinematografiyasida ham shuhrat qozongan aktyor Seydulla Moldaxanovning hayot va ijod yo‘llariga nazar solamiz.
Kollaj: “Daryo”
Seydulla Moldaxanov 1958-yil 24-may kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Aktyor intervyularidan birida oilasining mutlaqo san’atga aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan.
10 yoshlarda edim. Otam uyga o‘sha paytlari urf bo‘lgan oq-qora tasvirli televizor olib keldilar-u, men o‘zimni kinoaktyor sifatida ko‘ra boshladim. Yaqinlarim “Katta bo‘lsang, kim bo‘lasan?” deyishsa, hech ikkilanmay “Aktyor!”, derdim. Orzumdan xabar topgan tog‘am Moskvadagi kinematografiya universiteti (VGIK)da aktyorlikka o‘qitishadi degach, u yerga o‘qishga kirishni o‘ylay boshladim. Niyatimga yetdim ham.
Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Maktabni tugatib, Moskvadagi kinematografiya universitetiga hujjat topshirgan Seydulla Moldaxanov imtihondan yiqiladi. Aktyor bolaligidan o‘qishni orzu qilgan institutiga qabul qilinishi haqidagi qiyinchiliklarni shunday xotirlaydi.
Aktyor bo‘lib yetishishim chindanam oson bo‘lmadi, avvaliga o‘qishga kirolmadim, so‘ng bir necha marotaba teatr studiyalari uchun tashkillashtirilgan imtihonlardan yiqildim. Bekor yurmaslik uchun zavodga ishga kirdim va shu yerdagi madaniyat saroyi qoshida ochilgan teatr jamoasiga qatnay boshladim.
Jamoamiz bilan turli festivallarda ham ishtirok etganmiz. Bu men uchun katta maktab bo‘lib xizmat qilgan. Oradan bir yil o‘tib, madaniyat institutining tayyorlov kursiga ilindim. U yerda ham ikki yil tahsil oldim. “VGIK”dan o‘zbek guruhini tuzish uchun mutaxassislar kelishganini eshitib, imtihonda qatnashdim.
Birinchi bosqichdan o‘tdim, ammo keyingisida meni eshitishmadi va “Rejissorlikka o‘qiyotgan ekansiz, davom ettiravering”, deyishdi. Men esa xonada o‘tirganlarning barchasiga qo‘pollik qilib chiqib ketdim. Shu voqeadan keyin meni keyingi bosqichga o‘tkazishdi. Oradan ikki yil o‘tib, buning sababini bildim. Hay’at a’zolari orasida Moskvadan kelgan kishi mening holatimni ko‘rib, “Ana shunday yigitlardan haqiqiy aktyor chiqadi”, degan ekan. Uning bir oјiz so‘zi bilan meni “VGIK”ga olishgan, indamaganidami, orzumdagi universitetda o‘qish nasib qilmasmidi, ehtimol.
Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Kinodagi faoliyati haqida
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi matbuot xizmatining ma’lumotiga qaraganda, Seydulla Moldaxanov mehnat faoliyatini “O‘zbekfilm” kinostudiyasida 1983-yilda boshlagan.
Seydulla Moldaxanovsiz o‘zbek kinosini tasavvur qilish qiyin. U 80 ga yaqin teleserial va kinofilmlarlarda ham rang-barang rollarni mahorat bilan ijro etdi. Jumladan, kinorejissor Yusuf Roziqovning “O‘rtoq Boykenjayev” filmida direktor, “Siz kimsiz”da Salim, rejissor K.Kamalovaning “Nabiramiz militsiyada ishlaydi”da Po‘latov, “Klinika” da talaba, Jahongir Qosimovning “Nazira” filmida koreys, B.Berdiyevning “Qasos” filmida mayor, O.Yo‘ldoshevning “Uqubat” filmida kapitan, Murod Rajabovning “Ulfatlar” filmida trener, Hilol Nasimovning “Faqat g‘alaba” filmida xitoylik trener, Yodgor Sa’diyevning “Shaytanat” milliy serialida Hamdam, Muzaffar Erkinovning “Saodat” teleserialida Norqobil, Rustam Meliyevning “Maqsad” filmida general kabi obrazlarini xalqimiz sevib tomosha qiladi.
O‘zimizda epizod, chet elda bosh qahramon rollarida…
Seydulla Moldaxanov nafaqat o‘zbek kinosida, balki MDH davlatlari kinochilari tomonidan suratga olinayotgan filmlarda ham suratga tushib shuhrat qozonmoqda.
Xususan, ukrainalik kinorejissor S.Chekalovning “Polyarniy reys” da Shaman, “Serdsa tryox” filmida Rudolfo, Qozog‘iston kinochilarining “Vozvrashyeniye” filmida Ayumov, “Serdse moyo — Astana” da taksist, Rossiya kino ustalarining “Visoskiy”da vrach, “Sled salamandri”da Umar, “Na krayu stoyu”da cho‘pon, “Den pobedi”da o‘zbek, “Adaptatsiya”da Xasava, “Sofiya”da Timur, “Gostinitsa Rossiya” teleserialida Nuritdin, “Rodina”da Miyamoto, “Zvyozdi”da brigadir, “Priklyucheniya v strane chatranga”da ota, “Usnuvshiy passajir”da Musalim kabi obrazlari shular jumlasidandir.
Aktyor chet el filmlarida Osiyo xalqlaridan barchasini o‘ynagani haqida shunday xotirlaydi.
Rus filmlarida men mavjud Osiyo xalqlarining hammasini o‘ynagandekman (kuladi). U yakut, yapon, xitoy, hind va boshqalar edi. Hozir, masalan, men parallel ravishda: bir loyihada qrim-tatar va boshqasida O‘rda jangchisi (15-asr voqealari haqidagi film) rolini o‘ynayapman. Aytgancha, yaqin kelajakda yana bir juda yaxshi ekzotik rol bor — Nenets qishlog‘ining boshlig‘i roli. Bu film neft qazib oluvchilar tundraga quduqlarni o‘zlashtirish uchun qanday kelishlari haqida.
Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Kino olamidagi og‘ir kunlar haqida
Aktyor kino olamidagi og‘ir kunlarda moliyaviy yetishmovchiliklar sabab biroz tanaffus qilib, biznes bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. O‘sha yillar haqida Seydulla Moldaxanov shunday deydi:
Albatta, men ham, boshqa aktyorlar ham 90-yillarning o‘rtalarida, kino deyarli nobud bo‘layotgan paytda og‘ir kunlarni boshdan kechirdik. Keyin biznesga kirdim, matbaa bilan shug‘ullandim, sport klubida ishladim. Men teatrni tark etishga majbur bo‘ldim. Yo‘q, u moliyaviy jihatdan xavfsiz edi, lekin psixologik jihatdan qattiq bosdi. Keyin, Xudoga shukur, hammasi yaxshilana boshladi. Men teatrga qaytdim va birinchi qo‘ygan spektaklim “Oq qora laylak” bo‘ldi.
Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
O‘ttizdan ortiq xalqaro teatr festivallari qatnashchisi
Seydulla Moldaxonovni kinodagi bir-biridan farqli, ziddiyatli, o‘ziga xos rollari bilan eslab qolishgan. Lekin aktyor teatr sahnasida ham katta ishlar qila olgan ijodkor hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida teatr sahnasida 30 dan ziyod turli obrazlarni yaratdi.
U “Ilhom” teatrida sahnalashtirilgan “Oppoq, oppoq qora laylak” spektaklida Said, “Sem lun”da Mani, “Baxtli gadoylar”da Sayed, “Ruh”da Mulla, “Petrushka”da Mavr, “Dojd za stenoy” musiqali dramasida ota, “Podrajeniye koranu”da sayyoh kabi bosh rollarni katta mahorat bilan ijro etib kelmoqda. Ushbu spektakllar Amerika, Yaponiya, Germaniya, Rossiya kabi ko‘plab davlatlarda ham namoyish etilib, 30 dan ortiq Xalqaro teatr festivallarida faol qatnashdi.
Va ozgina e’tibor, kamgina e’tirof haqida
Aktyorning shuncha yillik mehnatlari juda katta desak mubolag‘a bo‘ladi-yu, ammo har qalay turli unvon va mukofotlarga munosib ko‘rilgan.
U 2003-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2006-yili Rossiya kino rejissori F.Petruxin tomonidan suratga olingan “Den pobedi” nomli badiiy filmida o‘ynagan o‘zbek roli uchun “Eng yaxshi ikkinchi darajali rol” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. O‘zbekiston va Estoniya hamkorligida rejissyor Yolqin To‘ychiyev tomonidan suratga olingan “Dom dlya rusalok” badiiy filmi esa 2016-yilda “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi” deb topilgan.
Seydulla Moldaxonovning deyarli 40 yillik mehnat faoliyatidagi biz bilgan mukofot-u unvonlari shulardangina iborat xolos.
Oilaga sadoqatda barcha aktyorlarga o‘rnak aktyor
Seydulla Moldaxanov oilaga vafo masalasida nafaqat hamkasblariga, balki ko‘plab muxlislariga ham o‘rnak bo‘la oladi. Aktyor “Sog‘diyona” gazetasiga 2017-yilda bergan intervyusida oilasi haqida va oilaga sadoqat haqida shunday deydi:
Qizim diplomatiya universitetini tamomlab, Moskvada o‘qishni davom ettirdi. Hozir xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha yirik kompaniyalardan birida faoliyat yuritib kelyapti. Turmushga chiqqan, nabiram bor. O‘tgan yili teatrdan ruxsat olib, Moskvaga yo‘l oldim, nabiramning qanday atak-chechak otayotganini ko‘rgim kelgandi-da. Bobo bo‘lish boshqacha bo‘larkan. Toshkentga kelganida tandirda yopilgan nonimizni yoqtirib qoldi. Bir butun nonni qo‘liga olvoladi-da, maza qilib paqqos tushiradi. Shundan boshqasini yemaydi.
Ayolim xoreograf. Ko‘p yillar badiiy jamoaga rahbarlik qildi, yaqinda nafaqaga chiqib, nabiramizga qarayapti.
Mening baxtli turmush sirim bu — muhabbat, o‘zaro hurmat va ishonch. Rafiqam rus millatiga mansub, ammo sharqona tarbiya ko‘rgan. Meni tushunib, qo‘llab-quvvatlab va mehr ko‘rsatib yashayapti. Bu yil turmush qurganimizga 36 yil bo‘ladi, 4 yil bir-birimizni sinaganmiz. Demak, 40 yildan beri birgamiz. Hozir ham kuniga o‘n martalab qo‘ng‘iroqlashamiz, bir-birimizni sog‘inamiz, baxtli turmush siri shu bo‘lsa kerak-da. Ochig‘i, bir necha martalab uylanadigan erkaklarni tushunmayman, hech kimni sevmaganmi ular? Bir paytlari ishsiz ham yurdim. Yetti yillar chamamda, suratga tushmadim, teatrdan ketdim, o‘sha damlarda rafiqam menga dalda bo‘ldi. Aktyorlardagi krizis davri qiyin kechadi, ayrimlarning toqati yetmay yengiladi. Yaqin do‘stlarim orasida ham shundaylari bo‘lgan, shukr, oilamning ko‘magi bilan men ulardan o‘toldim.
Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist | 120 | 8,844 |
Madaniyat | Yigitali buyuk erkakning ortida ayyor ayol tura olmasligini aytdi | Aktyor Yigitali Mamajonov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida xonanda, sobiq turmush o‘rtog‘i Rayhon bilan nima sababdan ajrashganiga qisman to‘xtalib o‘tdi. Mazkur nashr Yigitaliga san’atkorlardan tushgan savollar bilan murojaat qildi, deb xabar beradi “Diydor aziz”.
Xususan, Shohida Uzoqova aktyorga shunday savol berdi:
“Savolim sizga biroz og‘ir botishi mumkin. Farzand Allohning mo‘jizasi. Siz nima bo‘lgan tadqirda ham oilani saqlab qolishingiz kerak edi. Nega bunga harakat qilmadingiz?”
Yigitalining ushbu savolga javobi quyidagicha bo‘ldi:
“Inson birovning hayotini bilmasdan turib bunaqa xulosaga kelishi noto‘g‘ri. Har bir inson boshidan o‘tganini o‘zi biladi va har kimning o‘z haqiqati bor. Harakat qilmadi, degan qarorga kelish mening haqiqatimga to‘g‘ri kelmaydi. Men bolalarim otasiz o‘smasligi uchun urindim, chunki o‘zim 8 yoshda otadan yetim qolganman. Otasiz qancha qiyinchilikni ko‘rib ulg‘ayganim faqat o‘zimga ayon va doim niyat qilardimki, farzandlarimni hech qachon yolg‘iz qoldirmayman deb. Hayotda biz o‘ylamagan va bizga tegishli bo‘lmagan narsalar ko‘p bo‘lar ekan. Haligacha dadam bilan kulishib nonushta qilgan baxtli damlarimni ko‘z oldimga keltiraman va farzandlarim bilan ham shunaqa samimiy munosabat o‘rnataman, derdim. Nimaga biz bolalarimizni to‘liq oila mehrini his qilishidan mahrum qildik? Meni birga yashashni xohlamaydi, deb o‘ylaysizmi? Farzandlarimni qanchalik yaxshi ko‘rishim faqat o‘zimga ayon. Men ularning ham otasiz katta bo‘lishini umuman istamaganman. Hatto xayolimga ham keltirmaganman. Oilani saqlab qolish faqat erkak kishining qo‘lida bo‘lganida men bor-yo‘g‘imdan voz kechib bo‘lsa ham oilamni saqlab qolardim. Bunaqa gaplar bo‘lishini oila qurishdan oldin ham sezganman, lekin men shu insonni baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyor edim. Bunaqa yo‘qotishlarni bilib turib ham qanaqa kurashmasligim mumkin? Boshida men shunchaki taqdir ekan, deb ketganim yo‘q, haqiqiy erkak qilishi kerak bo‘lgan ishlarni qildim, ammo natija men kutganchalik bo‘lmadi. Boshimga tushganini men hatto dushmanimga ham ravo ko‘rmayman”.
“Menga oxirgi vaqtlarda shu savol juda ko‘p berilyapti, — so‘zida davom etdi san’atkor. — Ajrashishimizga jiddiy sabablar bo‘lganki, biz shu taqdirni tanladik. Shaxsiy hayotda aslida nima bo‘lganini, aytganimdek, faqat o‘zimiz bilamiz. ‘Nimaga oiladagi tushunmovchiliklarga ko‘z yummadingiz?’ deyishadi. Nega ko‘z yumish kerak? Me’yordan oshib ketganda ham jim qarab turish kerakmi? Men, Yaratganga shukr, musulmon oilada katta bo‘lganman va bizning oilada erkak kishi hukmron bo‘lgan, ayol emas! Har bir buyuk erkakning ortida oqila va dono ayol turgan bo‘ladi, ayyori emas”. | 65 | 2,659 |
Madaniyat | Respublika bolalar kutubxonasida o‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan iborat audiokitoblar taqdim etildi | Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “Ikki eshik orasi”, “Sariq devni minib”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Oq kema”, “Shamol ortidan yugurib” kabi jami 40 nomdagi o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyoti namunalarining audiokitob shaklidagi varianti yaratildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Kutubxonada ushbu audiokitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi va ular kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
Taqdimotda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov ishtirok etdi.
Joriy yil yakuniga qadar Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yana 40 nomdagi asarni audiokitob shaklidagi variantini yaratish rejalashtirilmoqda. | 107 | 788 |
Madaniyat | Dilnoza Kubayevadan Zarina Nizomiddinovagacha. Mualliflik qo‘shiqlariga ega bo‘lgan mashhur o‘zbek aktrisalari (video) | Aktrisalikdan uzoqlashgan Sevara Soliyeva faqat qizlardan iborat ansamblni tuzib, qo‘shiqchilik faoliyatini boshlaganini ma’lum qildi. Ammo uning hozircha birorta mualliflik qo‘shiqlari yo‘q. Ammo o‘zbek aktrisalari orasida mashhur bo‘lishiga qaramay, o‘zini qo‘shiqchilik sohasida ham sinab ko‘rayotganlar ham bor. Keling, bir necha yil avval qo‘shiq aytgan yoki endi o‘zidagi xonandalik mahoratini kashf etayotgan ijodkorlar bilan tanishamiz.
Dilnoza Kubayeva
Mahoratli aktrisa Dilnoza Kubayeva shu kungacha “Elda bo‘lsin”, “Hayot go‘zal”, “Leylam” kabi qo‘shiqlarni ijro etgan. Bundan tashqari, teleloyihalar uchun Alisher Fayz bilan “Yangi yil”, Murod Rajabov bilan “Kel, kel dedim” nomli duyetlarni ham ijro etgan. Hayratlanarlisi shundaki, eng talabgir bo‘lgan aktrisa ham keyingi paytlarda mualliflik qo‘shiqlarini yaratib, ularga klip suratga olmoqda.
— Qo‘shiq aytish shunchaki sevimli xobbilarimdan biri. Hozircha undan biror maqsadni ko‘zlaganim yo‘q. Aslida mualliflik qo‘shiqlarimni uzoq tanaffuslar oralig‘ida ijro etganman. Faqat ular ijtimoiy tarmoqlarga ketma-ket joylandi, xolos, — deydi Dilnoza Kubayeva.
Zarina Nizomiddinova
Ayni kunda farzandlarining tarbiyasi bilan band bo‘lgan aktrisa Zarina Nizomiddinova 2014-yili xonandalik faoliyatini boshlagandi. U “Afsonaviy” va “Meni kechir” nomli qo‘shiqlarni ijro etib, klip suratga olgandi. Bundan tashqari, yosh ijodkor bilan “Sen yuragimda” nomli duyet taronani ham ijro etgandi.
Asal Shodiyeva
Asal Shodiyeva aktrisa bo‘lmasidan avval xonandalik bilan shug‘ullangan. U davlat tadbirlarida ishtirok etib, “O‘zbekison” nomli qo‘shig‘ini ijro etardi. Shu kungacha, aktrisa Asal Shodiyevaning “Soxta” va “Chegarasiz” nomli mualliflik qo‘shiqlari ham bor. Farzandlar tarbiyasi bilan band bo‘lgan aktrisa yaqinda “Uchta so‘z” nomli qo‘shiq va klipni taqdim etdi. Afsuski, qo‘shiq YouTube tarmog‘iga joylangach, u qadar iliq fikrlar bo‘lmadi. Kuzatuvchilarning ko‘pchiligi “Hurmatingizni bilib, qo‘shiq aytmang”, degan ma’nodagi izohlarni qoldirdi.
Sitora Alimjonova
Aktrisa Sitora Alimjonova 8 yil avval xonandalik faoliyatini rasman boshlagandi. Afsuski, ko‘p o‘tmay unga prodyuserlik qilgan kompaniya bilan moliyaviy kelishuvga erishmay, xonandalik faoliyatiga nuqta qo‘ygan. U teleloyihalar uchun Otabek Mutalxo‘jayev bilan “Sevar yorim”, Yodgor Mirzajonov bilan “Tegaman” duyetlarini ijro etgan. “Yo‘g‘uborim” va “Opajonim” singari mualliflik qo‘shiqlarini ham ijro etgan. U hozir to‘y xizmatlariga faqatgina “Opajonim” qo‘shig‘ini ijro etish uchun boradi.
Shahzoda Muhammedova
Aktrisa Shahzoda Muhammedova 9 yil avval “Sensiz” nomli qo‘shiqni ijro etgan. Qo‘shiqning klipida ukasi Xojiakbar rol ijro etgan. Keyinchalik u Diyorbek Mahkamov, Qilichbek Mamadaliyev va Ozoda Nursaidovalarning taklifiga ko‘ra ular bilan duyet kuylagan.
Jamila G‘ofurova
Aktrisa Jamila G‘ofurova hech qachon xonanda bo‘lishni orzu qilmagan. Faqatgina takliflarni rad etmaslik uchun qo‘shiq kuylagan. Aktrisa shu kungacha teleloyihalar uchun “Habibim” va “Yeyasim galdi” qo‘shig‘ini duyet tarzida ijro etgan. Bundan tashqari, u besh yil avval xonanda Davron Ergashev bilan “Bidir-bidir” nomli duyetni ijro etgan. 2021-yili esa “Xiyonat” nomli qo‘shiqni ham yaratgan.
Oydin Yusupova
Anchadan buyon kino va seriallarda ko‘rinish bermayotgan aktrisa Oydin Yusupova 10 yil avval “Fayruz” guruhi bilan “Afsus” nomli duyetni ijro etgan. Oradan ancha vaqt o‘tib, xonandalik faoliyatini ham boshlaganini ma’lum qilgandi. U “Kel” nomli qo‘shig‘iga klip suratga olib, ommaga taqdim etgan. Afsuski, hozirgi kunda u na qo‘shiq, na rol ijro etadi.
Jayrona Hasanova
Ayni kunlarda salbiy rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Jayrona ijodini xonandalikdan boshlagan. U “Seni o‘yladim”, “Unutolmadim”, “Hayot” kabi mualliflik qo‘shiqlarini ijro etgan. Afsuski, faoliyatini davom ettirishga moddiy imkoniyati bo‘lmagani uchun ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilgan. Undan keyin rejissorlar uni rollarga taklif etgan. Hozirda uni to‘ylarga xonanda emas, boshlovchi sifatida taklif etishadi.
Xonzoda
Aktrisa va bloger Xonzoda ham qo‘shiq ijro etgan. U o‘tgan yili “Salom, Xanna” qo‘shig‘ini ijro etgandi. Afsuski, qo‘shiq u qadar muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Shu boisdanmi ijodkor shu kungacha boshqa qo‘shiq ijro etgani yo‘q.
Durdona Qurbonova
Aktrisa Durdona Qurbonova ham xonandalik faoliyatini boshladi. Hozircha u faqatgina Bilol bilan birga “Leylam” qo‘shig‘ini ijro etgan xolos. Ammo xonanda duyetdoshi bilan birga to‘y xizmatlarida ishtirok etmoqda. Xonanda rasman xonandalik faoliyatini boshlaganini ham Instagram orqali ma’lum qildi. | 118 | 4,606 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov Braziliya Federativ Respublikasining O`zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi | Bugun, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Braziliya Federativ Respublikasining O`zbekistondagi favqulodda muxtor elchisi Tovar da Silva Nunes bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Elchi janoblari va hamrohlari Tomaz Aleshandre Mayer Napoleao hamda Almir Ribiero Ameriko bilan hamkorlik uchrashuvida Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi.
O`zaro muloqotda, har ikki tomon uchun qiziqarli bo`lgan masalalar yuzasidan so`z bordi. Braziliya elchisining aytishicha yangilanayotgan O`zbekistondagi olamshumul o`zgarishlar barchani qiziqtirmoqda. Elchi sifatida O`zbekiston san`ati va madaniyati bilan braziliyaliklarni kengroq tanishtirish va shuningdek, o`z xalqining madaniyati va san`atini ham o`zbekistonliklarga namoyish etishni maqsad qilgan.
O`z navbatida Ozodbek Nazarbekov buning uchun O`zbekistonda sharoitlar etarli ekanini, buni o`tkazilayotgan har bir xalqaro festivallarda qatnashayotgan xorijlik mehmonlarning e`tiroflaridan bilish mumkinligini ta`kidladi. | 95 | 1,006 |
Madaniyat | Maxsus o‘zbek kinokomissiyasi tashkil etildi | “O‘zbekkino” milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi va Yosh kinoijodkorlar kengashi qoshida O‘zbekistonda kino turizmini rivojlantirish hamda xorijiy kinokompaniyalarni O‘zbekiston hududida filmlarni tasvirga olish ishlarida tashkiliy va ishlab chiqarish-texnik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan maxsus O‘zbek kinokomissiyasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlar bundan buyon respublika hududida filmlarni tasvirga olish uchun xorijiy kinokompaniyalarni keng jalb qilish hamda ularga xalqaro tajriba asosida kinoservis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Kinokomissiyaning asosiy vazifalari xorijiy investorlarni O‘zbekistonga jalb etish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ‘ib qilish, xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida qulay sharoit yaratish, ularga tashkiliy va texnik xizmat ko‘rsatish, ularning mahalliy kinostudiyalar bilan hamkorlikda filmlar (koproduksiya) ishlab chiqarishini tashkillashtirish, O‘zbekistonda suratga olinayotgan xorijiy kartinalarga mahalliy mutaxassislarni jalb qilish, respublikaning diqqatga sazovor joylarida tasvirga olingan filmlarni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish orqali mamlakatning turistik jozibadorligini namoyon qilish va kinoturizm sohasini rivojlantirishdan iboratdir.
Kinokomissiyaning sayti uzbekistanfilmcommission.com ishga tushirildi. Unda mamlakatning diqqatga sazovor joylari hamda komissiya tomonidan ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar haqida axborot aks ettirilgan.
Kinokomissiya shu yilning may oyida Fransiyada bo‘lib o‘tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi “Uzbekistan” pavilonida taqdimot qilinadi. Shuningdek, tez orada o‘zbek kinokomissiyasining shtab kvartirasi Los-Anjeles shahrida joylashgan xalqaro kinokomissiya assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish masalasi ham ko‘rilmoqda. | 44 | 1,895 |
Madaniyat | Go‘zalligi bilan butun dunyoni maftun qilgan osiyolik ayollar (foto) | Quyida ismlari keltirilgan ayollar go‘zalligi, hamisha yosh ko‘rinishi va esda qolarli tashqi qiyofasi bilan butun dunyoda mashhur hisoblanadi.
Gun Li 54 yosh
Amerikaning mashhur Red Hot Chili Peppers rok guruhi Gun Liga atab qo‘shiq kuylagan. People jurnali uni Xitoyning eng go‘zal ayoli deb atagan. Uch marta turmush qurgan aktrisaning Xitoy kinosanoatidagi o‘rni beqiyos.
Pe Juxen 29 yosh
Ayrin taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Janubiy koreyalik xonanda Red Velvet guruhining yetakchisi hisoblanadi. Moda olamida ham mashhurlikka ega bo‘lgan Ayrin qo‘liga ushlagan buyumlar bir zumda xaridorgir bo‘ladi. Bir marta u ushlab suratga tushgan kitob bestseller bo‘lgan. Shu sabab ham Xitoyda “Ayrin effekti” degan tushuncha bor.
Fan Binbin 38 yosh
Fan “Marvarid malika” serialidan keyin mashhurlikka erishgan va mamlakatning eng go‘zal ayollaridan biri deb atala boshlagan. “G‘aroyib odamlar: o‘tgan kelajak” filmida rol ijro qilgan Binbin jahonning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalar beshtaligidan o‘rin olgan. Shuningdek, u xonandalik bilan ham shug‘ullanadi va Louis Vuitton’ning ambassadori hisoblanadi.
Lalisa Manoban 23 yosh
Blackpink guruhi ijrochisining Instagram’ida 38 million kuzatuvchi bor. Xonanda yapon, ingliz, koreys tillarida gaplasha oladi.
Chjao Vey 44 yosh
Chjao yaxshi ta’lim olgan, fortepiano chalishni, raqs tushish va rasm chizishni biladi. 2006-yilda u Xitoyning eng go‘zal ayoli deb topilgan.
Chjan Ziyi 41 yosh
Time jurnali tomonidan “Xitoyning Gollivudga tuhfasi” deb atalgan aktrisa People jurnalining sayyoraning eng chiroyli odamlari ro‘yxatidan ham o‘rin olgan. Aktrisa turmushga chiqqan va farzandi bor.
Anjela Yan In 31 yosh
Anjelabeybi sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan model aktrisalik va xonandalik bilan ham shug‘ullanadi. Uning ota tomondan kelib chiqishi nemislarga, ona tomoni esa xitoyliklarga borib taqaladi.
Mishel Yeo 58 yosh
21 yoshida “Malayziya go‘zali” deb topilgan Mishel Londonda ta’lim olgan. U 2000-yilda to‘rt karra Oskar mukofotiga loyiq deb topilgan “Sirli yo‘lbars. Xilvatdagi ajdarho” filmida suratga tushgan.
Im Yun A 30 yosh
Janubiy koreyalik xonanda erta mashhurlikka erishgan va Girls’ Generation guruhining ishtirokchisiga aylangan. Im Yun kinofilmlarda suratga tushgan va Janubiy Koreyaning eng kassabop filmlardagi ijrosi uchun mukofotlar bilan taqdirlangan.
Rubi Lin Sinju 44 yosh
Rubi 17 yoshida fotomodel sifatida faoliyatini boshlagan. Uning ilk jiddiy shartnomasi jasmin choyining TV-reklamasi uchun bo‘lgan. Shundan keyin serial va filmlarda suratga tusha boshlagan. Arsenalida bir qancha milliy kinomukofotlari bo‘lgan Sinju ayni vaqtda prodyuserlik kompaniyasiga egalik qiladi. U 40 yoshida turmushga chiqqan va ayni vaqtda qiz farzandi bor.
Chjou Syun 45 yosh
Chjou eng yaxshi aktrisa nominatsiyasi bo‘yicha Xitoyning barcha nufuzli kino mukofotlarini qo‘lga kiritgan yagona aktrisa hisoblanadi. U internet va ijtimoiy tarmoqlarga butkul befarqligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Xe Suy 30 yosh
Xe Suy Ralph Lauren moda chiqishida ishtirok etgan ilk Osiyolik model hisoblanadi. Bugungi kunda turli moda uylarining chiqishlari uchun taklif qilinadigan model yetakchi jurnallar muqovasi uchun suratga tushadi va Victoria’s Secret kolleksiyalarini namoyish etadi.
Xu Jinglei 46 yosh
Ssenariy muallifi va rejissor Xu Gonkong kinooperatorlar jamiyati tomonidan “Xitoyning eng istarali aktrisasi” deb topilgan. U hamma narsani: shaxsiy jurnalni chop etish, faol bloger sifatida chiqish qilish va hamisha yosh va go‘zal ko‘rinishni eplaydi. Uning tashqi ko‘rinishiga qarab 40 yoshda ekaniga ishonish qiyin.
Kim Jenni 24 yosh
Instagram’da 32 million obunachi kuzatadigan Kim xonanda Rihannadan ilhom olishini ta’kidlaydi va unga taqlid qiladi. Uning o‘ziga xos tashqi qiyofasi mashhur brendlar e’tiboridan chetda qolmagan, 2017-yilda Jenni Chanel bilan hamkorlik qilgan.
Na In 52 yosh
2008-yil Yozgi Olimpiya o‘yinlarida asosiy kompozitsiyani kuylagan Na In ayni vaqtda Xitoydagi “Golos” loyihasi murabbiylaridan biri hisoblanadi va opera ijrochisi Andrea Bochelli bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Na Inning ikki nafar farzandi bor. | 68 | 4,121 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini”ning yangi qahramonlari ma’lum bo‘ldi | “Taxtlar o‘yini” seriali kastingi bo‘yicha direktor Nina Gold yangi rollar uchun aktyorlarni tanlashda davom etmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, Freylar oilasi to‘ldirilmoqda — birdaniga uchta qahramon paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, “shimollik qiz”, “dengizchi”, “go‘zallar”, “shimollik fermer” rollari uchun aktyorlar tanlash ham davom etmoqda. | 53 | 382 |
Madaniyat | Toshkentning Eski shahar hududida art-rezidensiyalar yaratiladi | Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi Toshkent shahrining tarixiy mahallalarini, ularning noyobligi va madaniy-tarixiy merosini asrab-avaylash bo`yicha o`z ishlarini davom ettirmoqda hamda Eski shahar hududida art-rezidensiyalar yaratish tashabbusini ilgari surmoqda. Bu haqda jamg`arma axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, loyiha dizayn-konsepsiyasi jahon talablarini inobatga olgan holda Marokashdagi “Studio KO” me`morchilik byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi. Ushbu loyiha Alisher Usmanovning “San`at, ilm va sport” hayriya jamg`armasi ko`magida amalga oshiriladi.
Yurtimiz va chet elliklar ichun ijodiy maskanni tashkil etish bo`yicha poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan ikkita obekt tanlab olingan.
Birinchi obekt “Namuna” mahallasida joylashgan, an`anaviy me`moriy ko`rinishi saqlab qolingan hamda qayta ta`mirlangan “Matkarimboy” madrasasi bo`lib, ushbu manzil ijodiy maydon yaratish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi obekt esa eski bolalar bog`chasi – “Hast Imom” mahallasida joylashgan.
Toshkentdagi art-rezidensiyalar Zamonaviy san`at markazining ta`lim yo`nalishi uchun platforma, hamda mahalliy va xalqaro ijod vakillari o`rtasida hamkorlik uchun xizmat qiladi. | 63 | 1,215 |
Madaniyat | “Ummon” yangi “Sen kechir” taronasini ijro etdi | “Ummon” guruhi yana bir yangi taronani muxlislari uchun hozirlab qo‘ydi. Guruh a’zosi Jasurning ma’lum qilishicha, yangi tarona “Sen kechir” deb nomlanadi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.
Sokin yo‘nalishdagi “Sen kechir” taronasining musiqasi, matni va aranjirovkasi Zohid Rixsiyevga tegishli. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, guruh xonandasi Zohid har doim yangi g‘oya va qo‘shiq ustida doimiy izlanishda bo‘ladi, deyiladi xabarda.
Popcorn.uz’ning ta’kidlashicha, qo‘shiqda armon bo‘lgan muhabbat va yigitning qizga ayta olmagan dil izhori tarannum etilgan. | 47 | 561 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo” 40 xonandani “qayta tarbiyalaydi” | Milliy matbuot markazida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida birlashma Bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov joriy yilning avgust oyida 40 nafar xonanda uchun ma’naviyat darslari tashkil etilishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
“Bundan oldingi darslarga aql-hushi joyida san’atkorlarni jalb qilganimiz yaxshi bo‘ldi. Boisi keyingi darslarni tashkil etish borasida ulardan ancha fikrlar oldik. Ma’naviyat soatlarini to‘xtatib qo‘ygan edik. Bugun bunga ehtiyoj ortib borayotganini his qilgan holda yana ma’naviyat darslarini davom ettirmoqchimiz. Chunki bugungi ayrim xonandalar kitob, gazeta o‘qimaydi, TV ko‘rmaydi. Dunyoda kechayotgan voqealardan xabardor emas. Bunday ijrochilarni esa o‘qitish kerak”, — dedi Majidov.
“O‘zbeknavo” bundan avvalgi malaka oshirish kurslarida Farrux Ahmedov, Umar Shamsiyev, Tohir Usmonov, Botir Yaminov, Yagona, Amira Alibekova, Ruhshona kabi estrada namoyandalarini “qayta tarbiyalagan” edi, eslatib o‘tadi “Qalampir.uz”. | 46 | 1,032 |
Madaniyat | “Umrimning oxirigacha bu sharmandalik bilan yashashga to‘g‘ri keladi”. Maryam Tillayeva eri uning yarim yalang‘och suratini ruxsatsiz e’lon qilgani va bobosining sovg‘asi o‘g‘irlangani haqida | O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi, Insta-bloger Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i Amiran bilan ajrashishi sababi, yarim yalang‘och surati uning roziligisiz tarqatilgani haqida so‘zlab berdi.
“Erim bilan munosabatlarim mavzusida gapirishni umuman xohlamagandim. Biz hali ham qonunan er-xotinmiz. Lekin biz birga yashamayapmiz, gaplashmayapmiz. Menga turli YouTube-kanallardan intervyu qilish taklifi bilan chiqishdi. O‘ylashimcha, hozir shundoq ham butun dunyoda xaos hukmronlik qilmoqda, global miqyosda turli ziddiyatlar mavjud, shuning uchun o‘z muammolarim haqida gapirishni lozim deb hisoblamayman. Odamlarning tashvishi menikidan ham ko‘proq hozir. Agar intervyu beradigan bo‘lsam, u yerda o‘zimning erishgan yutuqlarim haqida gapirishim kerak, men bilan yuz bergan ko‘ngilsiz holat haqida esa ozgina to‘xtalib o‘tsam bo‘ladi.
Nima uchun jonli efirga chiqib, bu mavzuda gapiryapman? Kecha erimning bir intervyusiga ko‘zim tushdi, u yerda men haqimda so‘z borayotgan ekan. Erim o‘z fikrlarini chiroyli shakllantira oladi, boshqalar ko‘ziga qanday qilib olijanob inson bo‘lib ko‘rinishni yaxshi biladi. Ammo aslida unday emas. Men bir yarim yil bu inson bilan yashab, qanday kunlarni boshdan kechirganimni hammaga so‘zlab bermoqchi emasman. Bugun qanday his-tuyg‘ular bilan yashayotganimni ham bo‘lishmayman. Agar boshimdan nimalar o‘tganini bilsangiz, shokka tushib, menga rahmingiz kelgan bo‘lardi. Men o‘zimga achinishlarini xohlamayman. Shuning uchun ko‘rgan-kechirganlarimni faqat yaqin do‘stlarimgina biladi. Ular yordamga muhtoj paytim meni qo‘llab-quvvatladi. Men haqiqat tarafman, odamlar aslidan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinish uchun yolg‘onlar to‘qib chiqarishiga qarshiman.
Men Moskvaga o‘sha insonni sevganim, u bilan keyingi hayotimni qurishni istaganim uchun ko‘chib o‘tgandim. Yosh bo‘lganim yoki nimagadir tayyor bo‘lmaganim ayrilishimiz sababchisi emas. Bu inson haqida yomon gapirishni istamayman, bizning ajrashishimizga menga o‘tkazilgan ruhiy va jismoniy bosim sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, men gapirishni istamaydigan boshqa sabablar ham bor. Hali o‘zimga kelolmadim, buning uchun psixolog bilan uzoq muddat ishlashim kerak.
Men sodda va ahmoq bo‘lgan ekanman. Shuning uchun ham boshimdan o‘tganlarga qaysidir ma’noda o‘zim ham sababchiman. Osmonda uchib yurgan ekanman. Shuni aytishim kerakki, bolaligimda maktabda juda ko‘p tahqirlashlarni boshdan kechirganman. Musulmon bo‘lganim uchun boshimni unitazga tiqishlar, haqoratlarni ko‘rganman, kaltaklanganman. Ammo men bir yarim yillik turmushimda ko‘rganlarimni hatto dushmanimga ham ravo ko‘rmayman. Bu haqda gapirish juda qiyin, sababi oilam, menga yaqin insonlarim va o‘zim aziyat chekdim. U insondan buyog‘iga meni, oilamni, buvimni umuman tilga olmaslikni so‘ragan bo‘lardim”, — deydi Maryam Tillayeva.
Maryam, shuningdek, muhokamalarga sabab bo‘lgan yarim yalang‘och surati turmush o‘rtog‘i tomonidan uning roziligisiz tarqatilgani haqida ham so‘zlab berdi.
“Amerikada mening muhokamalarga sabab bo‘lgan yalang‘och suratimni tarqatganlik uchun meni himoya qiladigan qonun moddasi bor. U Revenge porn deb nomlanadi. Men bunday suratimni hech qachon ijtimoiy tarmoqqa joylamagan bo‘lardim, rozilik ham bermaganman. Biroq sen har kunlik manipulyatsiya hamda tahqirlashga asoslangan munosabatlarda bo‘lsang, sen insonning “sevgisi”ni yo‘qotmaslik uchun, uni ranjitmaslik uchun hamma narsaga tayyor bo‘lasan. U 35 yoshida, ongli ravishda shunday o‘yin o‘ynadi. Amiran ijtimoiy tarmoqlar shunday ishlaydi, dedi. ‘Sen hech narsani tushunmaysan’, dedi. Bu xayp, men uni qo‘llab-quvvatlashim kerakligini aytdi, ‘Buni ikkimiz uchun qilyapman’, dedi. Men yig‘ladim. Hozir esa shu haqda o‘ylab, o‘zimni shunchalik yerga urganimdan afsuslanib ketyapman. Uning postidan keyin menga tasavvur qilib bo‘lmaydigan nafrat yog‘ildi. Meni fohisha deb atashdi, o‘lim tilashdi, tahdidlar bo‘ldi. O‘sha rasmni O‘zbekistonda yashaydigan hamma ko‘rdi, uni qarindoshlarim, buvilarimga ko‘rsatishdi. Bu — men hayotimning oxirigacha shu sharmandalik bilan yashashga to‘g‘ri keladigan holat.
Men erimning bu qilmishidan so‘ng uni tushunmay qolgandim, biroq uni sevganim uchun qo‘llab-quvvatlab, faqat o‘zimga yomon qilardim. Oilam oldida, otam, onam, ukam, singlim, bobom, buvim va xalqimiz oldida uyatga qoldim. Shunda ham Amiran taraf bo‘ldim. O‘shanda aqlim qayerda edi, tushunmayman. U o‘shanda birgina posti bilan ota-onam bilan munosabatlarimga butunlay nuqta qo‘ydi. Ularni tushunaman. Amiran niyatiga yetdi. Meni oilam va do‘stlarimdan ajratib qo‘ydi. Men esa o‘shanda o‘zim tushunmagan holda juda qattiq depressiyaga tushib qolgandim”, — deydi Maryam.
Maryam Tillayevaning aytishicha, Amiran Sardarov uning bobosi sovg‘a qilgan ziragini o‘g‘irlagan.
“Men uni Xudoga soldim. Men hayot yo‘limda davom etaman, u esa o‘zining narkotik botqog‘ida, jinnicha shoulari bilan qolaversin. Lekin menga bobom sovg‘a qilgan zirakni o‘g‘irlash bu odamning kimligini ko‘rsatadi. Bu yerda gap pulda ham emas, o‘sha narsaning menga qanchalik qadrli ekanligida. U shunaqa kimsa. Tushunishimcha, bu hammaga allaqachon ayon edi”, — deydi Maryam.
Ma’lumot uchun, Maryam Tillayeva 2021-yilning 13-aprel kuni rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqan edi. Ularning to‘yi Las-Vegasdagi mehmonxonalardan birida, juftlikning do‘stlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan. Maryam to‘yi tor doirada, kamtarona tarzda nishonlanganiga qaramay, o‘z orzusidagidek o‘tganini aytgan edi. U to‘ydan keyin Instagram sahifasini faol yurita boshladi, uning kuzatuvchilari soni qisqa muddat ichida bir necha yuz mingga ko‘paydi. U sahifasida kundalik turmush tarzi haqida hikoya qilib berardi.
Amiran Sardarov 2021-yilning 5-avgust kuni rafiqasi Maryamning ichki kiyimsiz tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Ushbu surat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar va keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Instagram foydalanuvchilari Maryamning ushbu nomaqbul suratiga tanqidiy munosabatini hatto uning onasi Lola Tillayeva-Karimova sahifasida ham bildira boshladi. Lola Tillayeva-Karimova ushbu holatni qizining ongli hayoti Yevropada o‘tgani, nima mumkin-u, nima mumkin emasligi haqida o‘z tushunchalari borligi bilan izohlagan edi. Shuningdek, internet foydalanuvchilaridan qizining suratiga qaramaslik, buning o‘rniga boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga chaqirgan edi.
Keyinroq Amiran Sardarov sahifasidan ushbu suratni o‘chirib tashlab, nomaqbul hazili uchun Karimovlar oilasidan kechirim so‘ragan edi. Maryam esa turmush o‘rtog‘iga uning kontenti yoqishini, hech kimdan kechirim so‘rash kerak emasligini aytgan edi.
Amiran intervyularidan birida to‘ydan so‘ng, Maryamning ota-onasi ular bilan gaplashmay qo‘yganini aytgan edi.
2022-yilning fevral oyida Amiran Maryam bilan ajrashganini e’lon qildi.
“Biz Masha bilan ajrashdik, afsuski, shunaqasi ham bo‘ladi. Senga hayotimda bo‘lganing uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sen yorqin, aqlli va shijoatlisan. Har doim shunday bo‘lib qolishingni tilayman. Hech qachon g‘am chekma! Aminmanki, hayotingdagi eng yaxshi kunlar hali oldinda, o‘z baxtingni topasan. Senga hammasi uchun rahmat!”, — degandi Amiran Sardarov. | 191 | 7,122 |
Madaniyat | Taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov vafot etdi | Bugun, 25 aprel kuni SSSR xalq artisti, O`zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor Shuhrat Abbosov hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda «Xabar.uz» nashri ma`lum qildi.
Shuhrat Abbosov 1931 yilning 16 yanvarida Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida tavallud topgan. Uning «Mahallada duv-duv gap», «Toshkent — non shahri», «Otamdan qolgan dalalar» kabi bir qator filmlari xalq qalbidan joy olgan.
So`nggi kunlarda Shuhrat Abbosov sog`ligi yomonlashgani sababli shifoxonada davolanayotgan edi.
Marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. | 44 | 554 |
Madaniyat | “Marvarid” bolalar guruhi Moskvadagi xalqaro festivalning ikki yo‘nalishida chempion bo‘ldi | Moskva mezbonlik qilgan o‘smirlar va bolalar ijodi xalqaro festivalida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan “Marvarid” bolalar studiyasi sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda guruh rahbari Gulchehra Ergasheva jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
O‘n sakkizinchi bor tashkil etilgan bu festival 1999-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi. Unda ishtirok etgan “Marvarid” bolalar studiyasi bir qator yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Raqs san’ati bo‘yicha o‘zbekistonlik bolakaylarga teng keladigani topilmadi va ular barchani ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Xareografiya yo‘nalishida ham “Marvarid” a’zolari qolgan ishtirokchilardan ustunlik qilib, 1-o‘rin egasiga aylandi.
Shuningdek, 5-8 yoshli bolalarning vokal bo‘yicha musobaqasida “Marvarid” ishtirokchilariga 3-o‘rin nasib qildi.
Guruh rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunda xareograf Dilafruz Mirzayeva, va ustasi vokal Gulnora Muxtorovaning mehnatlari alohida o‘rin tutadi. | 91 | 1,000 |
Madaniyat | Mashhur ayollarning go‘zallikda qizlaridan qolishmaydigan onalari (foto) | Albatta, qizlar chiroyini onasidan meros qilib oladi. Ayrim onalarning tashqi ko‘rinishiga qarab, ularning haqiqiy yoshiga ishonish qiyin. Shuning uchun ham ular chiroy borasida dunyoga mashhur qizlari bilan bellasha oladi.
Tina Noulz va Beyonse
Olga Shayxlislamova va Irina Sheyk
Gvadalupe Rodriges va Jennifer Lopes
Irina Lopireva va Viktoriya Lopireva
Iolanda Xadid va Bella, Jiji Xadid
Tish Sayrus va Mayli Sayrus
Kris Jenner va Kim Kardashyan
Kseniya Rappoport va Aglaya Tarasova
Tatyana Lyutayeva va Agniya Ditkovskite | 72 | 532 |
Madaniyat | Kinorejissor Ettore Skola 84 yoshida Rimda vafot etdi | Italiyalik mashhur kinorejissor Ettore Skola 84 yoshida Rimda vafot etdi. Bu haqda La Repubblica gazetasi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, Skola 17-yanvar, yakshanba kuni komada bo‘lgan. U 19-yanvar, seshanba kuni kechqurun Rim shifoxonalaridan biridagi kardiojarrohlik bo‘limida hayotdan ko‘z yumdi.
Rejissor sifatida Skola 1964-yilda “Agar ruxsat bersangiz, ayollar haqida suhbatlashamiz” komediyasi bilan faoliyatini boshlagan edi.
Uning e’tiborga molik ishlari qatoriga “Bir-birimizni qanchalar sevar edik”, Sofi Loren va Marchello Mastroyanni ishtirokidagi “Noodatiy kun”, “Bazm kechasi” va boshqa ko‘plab kartinalarni kiritish mumkin. | 53 | 684 |
Madaniyat | Kinematografiya agentligida turkiyalik kinoustalar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi (foto) | Bugun O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligida Turkiyalik bir guruh kinoijodkorlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Turkiyaning kino ishlab chiqaruvchi “Altınkesıt” mas`uliyati cheklangan jamiyati prodyuseri Mustafa Gyunesh, mazkur shirkatning bosh maslahatchisi Zebiniso Kamalova, “Colony Film” aksiyadorlik jamiyati ijrochi direktori Mustafa Pekchay O`zbekiston Kinemtaografiya agentligi rahbar va mutasaddilari bilan uchrashib, ijodiy hamkorlik bo`yicha muzokara olib borishdi.
O`zbekiston Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, o`zbek va turk xalqlari o`rtasidagi madaniy aloqalar uzoq o`tmishga borib taqalashi, bugungi kunda ikki davlat rahbarlari tomonidan hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotgani, bu munosabatlar kinematografiya sohasida ham davom etishi lozimligini ta`kidladi.
“Altınkesıt” kino ishlab chiqarish mas`uliyati cheklangan jamiyati prodyuseri Mustafa Gyunesh o`z navbatida turkiyalik kinoijodkorlar hamkorlikka har doim tayyor ekanliklarini, xususan, o`zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlikda buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyati haqda kinoloyihalar amalga oshirish niyatida ekanini bildirdi.
–Amir Temur nafaqt o`zbek, balki butun turkiy xalqlarning faxru iftixoriga munosib davlat va siyosati arbobidir, - dedi Mustafo Gyunesh. – Har ikki xalqdan etishib chiqqan ziyolilar, olim va yozuvchilar Amir Temur haqida asarlar bitishgan. Biroq, bu asarlar faqat kitoblarda qolib ketmasligi kerak. Shu bois, hamkorlikda buyuk sarkardaning hayotini haqqoniy yoritib bera oladigan teleserial va badiiy film yaratish har ikki tarafning zimmasiga katta yuklaydi.
–Biz bu taklifdan benihoya mamnunmiz, - dedi agentlik rahbari Firdavs Abduxoliqov. – Amir Temur mavzusida film yaratishni shaxsan muhtaram Prezidentimiz tomonidan o`zbek kinoijodkorlari oldiga muhim vazifa qilib qo`yilgan. Bu borada turkiyalik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda ish olib borish foydadan xoli bo`lmaydi.
Muzokaralar davomida hamkorlikda film yoki serial suratga olinadigan bo`lsa, ssenariy o`zbekistonlik mutaxassislar tomonidan turkiyalik hamkorlar ishtirokida yaratilishi, filmdagi asosiy voqealar mamlakatimiz hududida suratga olinishi ta`kidlab o`tildi.
Turkiyalik kinoijodkorlar bir necha kun davoimda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Shahrisabz shaharlarida bo`lib, bu erda temuriylar davrida yaratilgan tarixiy obidalar, kinolokasiyalar bilan tanishadilar, o`zbekistonlik kinochilar bilan uchrashuvlar, muloqotlar o`tkazadilar. | 86 | 2,549 |
Madaniyat | Rayhon: Lola bilan gaplashmay qo‘yganman. Aslida biz hech qachon do‘st ham bo‘lmaganmiz | Xonanda Rayhon 20-24-fevral kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsert dasturi arafasida shou-biznes saytlariga ketma-ket intervyular berishda davom etmoqda.
Xususan, “Darakchi.uz”ning yozishicha, xonanda “Shok.uz”ga bergan intervyusida hamkasbi, xonanda Lola bilan munosabatlarining hozirgi ahvoliga ham to‘xtalib o‘tdi.
Xonanda Rayhon 2015-yilgi yakkaxon konsertida hamkasbi Lola bilan “Ko‘nikmadim” nomli duet kuylab chiqqan, o‘sha chiqishdagi Lolaning libosi keskin tanqidlarga uchragan edi. Keyinroq xonandalar mazkur qo‘shiq uchun klip ham suratga oldirgan edi.
Biroq so‘nggi vaqtlarda Rayhon va Lola o‘rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligi haqida xabarlar tarqalgan. Shu munosabat bilan, “Shok.uz” muxbiri Rayhonga: “Lola bilan janjallashib qolgan ekansiz?”, qabilidagi savol bilan murojaat qilgan.
Yo‘q, shunchaki Lola bilan yo‘llarimiz bir emas ekan. U bilan gaplashmay qo‘yganmiz. Aslida biz hech qachon do‘st ham bo‘lmaganmiz... Lola bilan o‘rtamizda hech qanday ziddiyatli vaziyatlar bo‘lmagan. Shunchaki bizning o‘rtamizda masofa bor.
Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Rayhon uning nafaqat Lola bilan, boshqa bir xonanda – Manzura bilan ham munosabatlari yaxshi emasligi haqida mish-mishlar tarqalgani haqida ham to‘xtalib, aslida bu ikki xonanda bilan bor-yo‘g‘i hamkasb ekani, biroq ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini qayd etgan.
Manzura bilan urushib, janjallashib qolganimiz haqida ham mish-mishlar tarqaldi. Aslida Manzura bilan ham o‘rtamizda hech narsa bo‘lmagan. Biz shunchaki hamkasblarmiz. Biz do‘st yoki dugona emasmiz. Biz biron joyga birga bormaymiz. Men ularni tug‘ilgan kunlarga taklif qilmayman. Men ularga hurmat bilan munosabatda bo‘laman, biroq bu do‘stlik emas.
Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 87 | 1,977 |
Madaniyat | Enrike Iglesias “Istiqlol” san’at saroyida konsert beradi | Ispaniyalik mashhur qo‘shiqchi Enrike Iglesias “Istiqlol” san’at saroyida konsert beradi. Bu haqda “Istiqlol” san’at saroyi direktori Isroil G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Ispaniyalik mashhur qo‘shiqchi Enrike Iglesias 28-dekabr kuni yurtimizda konsert dasturini taqdim qilishi kutilmoqda. Konsert dasturi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani kabi Xalqaro forumlar saroyida emas, “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Hozircha konsert dasturining bilet narxlari ma’lum emas.
Isroil G‘ulomov, “Istiqlol” san’at saroyi direktori
Ma’lumot uchun, Enrike Iglesias 1975-yil 8-may kuni Ispaniyaning Madrid shahrida tug‘ilgan. Enrike Iglesias hozirgi kunda Lotin Amerikasi musiqasining eng taniqli qo‘shiqchisidir. Uning Bailando video klipi Youtube ijtimoiy tarmog‘ida 2,5 mlrd marotaba ko‘rilgan.
Qo‘shiqching Ring my bells, Escape, Bailamos, Hero qo‘shiqlari ham xit darajasiga chiqqan. Enrike Iglesiasning otasi Xulio Iglesias ham mashhur qo‘shiqchi bo‘lib, u ham o‘z vaqtida Toshkentga kelgan edi. | 57 | 1,036 |
Madaniyat | Foto: Bollivud aktyorlari va ularning Gollivuddagi qiyofadoshlari | Ba’zida tug‘ishgan opa-singil va aka-ukalar tamoman bir-biriga o‘xshamasligi, lekin turli millat vakillari ko‘rinishida umumiyliklar bo‘lishi mumkin.
Ritik Roshan va Bredli Kuper
Ularnining har ikkisi boshqa-boshqa odamlar ekaniga ishonish qiyin. Chap tomondagi suratga qarab, issiq o‘lkalarda quyoshdan qoraygan Bredli deb o‘ylash mumkin.
Ayshvariya Ray va Anjelina Joli
Sayyoraning eng go‘zal ayollari o‘rtasida o‘xshashlik ko‘p: ko‘zlari va burnining shakli, yanoqlari ham bir xil. Shunchaki teri rangi biroz farq qilishi mumkin.
Ranbir Kapur va Saymon Xelberg
Gollivud va Bollivud yulduzlarining yuz shakli, ko‘zlari hatto nigohlari ham bir xil.
Sonali Kulkarni va Xelli Berri
Sonali va Xellining tabassumi, ko‘z rangi va burnining shakli ham juda o‘xshash. Bundan kelib chiqib ularni qarindosh deb o‘ylash mumkin.
Kunal Kxemu va Xit Ledjer
Yulduzlarni ikki tomchi suvdek o‘xshash deb bo‘lmaydi, shunga qaramay, ularning ko‘rinishida umumiyliklar yo‘q emas.
Shammi Kapur va Elvis Presli
Raqs borasida ham o‘ta mahoratli bo‘lgan mashhurlarni o‘xshamaydi deb bo‘lmaydi.
Pariniti Chopra va Xeyden Panetter
Pariniti va Xeydenning soch rangi bir xil bo‘lsa bormi, ularni egizak deb o‘ylash mumkin.
Sanjay Datt va Jan Reno
Nigohlarning g‘amginligi, ko‘z shakli va yuz shakli juda ham o‘xshash. Soch turmagini esa aytmasa ham bo‘ladi.
Alia Bxatt va Ariana Grande
Yosh yulduzlarning bir-biriga juda ham o‘xshash ekanini, ayniqsa mazkur suratdan bilsa bo‘ladi. | 65 | 1,464 |
Madaniyat | Hoshim Arslonov: "Erishib bo`lmaydigan marraning o`zi yo`q" | 29 may sanasi soat 21:25 larda “Hoshim Arslonov olamdano`tibdi”, degan xabar tarqaldi. Ishonqiramay, darhol aktyorga qo`ng`iroq qildik. Biroq javob bo`lmadi. Balki qo`ng`iroqni eshitmay qolgandir yoki banddir, degan taskin bilan o`zimizni ovutib turgan bir vaqtda Kinoarboblar uyushmasi bu haqda rasmiy xabar berib qoldi. Shu onda “sevimli ijodkorimiz hayot!”, degan umidimiz chilparchin bo`ldi...
Hoshim Arslonov 1956 yilning 1 avgustida Namangan viloyatining Chust shahrida tavallud topgan. Uning ota-onasi tibbiyot xodimlari bo`lishgan. Aktyor oilada etti farzand (besh o`g`il, ikki qiz)ning beshinchisi edi. Yoshligidan sportga mehri bo`lakchaligi bois 5-sinfdan 9-sinfgacha sport maktabida o`z davrining etuk futbolchilari bo`lgan Vladimir Fyodorov, Mixail An, Olim Ashirov bilan tahsil olgan, bir jamoada to`p surgan. Kutilmaganda oyog`idan olgan jiddiy jarohat boissportbilan xayrlashishiga to`g`ri kelgan. So`ng Chustga qaytib, oddiy maktabda 10-sinfni tamomlagan.
Hoshim Arslonovning futbol bilan bir qatorda san`atga ham qiziqishi yuqori edi. Shu bois mazkur yo`ldan borishga qaror qiladi. Hatto maktab davrlarida ansambl tuzib, qo`shiq ham kuylagan. San`atga bo`lgan ishtiyoq asli otasidan o`tgan. U kishi mohir so`z ustasi bo`lgan, she`r ham yozgan.
"VAQT ENG OLIY HAKAM, DEB TO`G`RI AYTIShGAN EKAN"
Qator xorij aktyorlarini o`zbek tilida mahorat bilan “gapirtirgan”, dublyaj qirollari ro`yxatidan o`rin olgan Hoshim Arslonovning o`zi talabalik kezlari o`zbek tilida yaxshi gapira olmaganidan ko`pchilikning xabari bo`lmasa kerak.
Aktyor suhbatlarimizdan birida “1973 yil hujjatlarimni hozirgi O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutiga topshirganman. Rus maktabini tamomlaganim uchun imtihonda juda qiynalganman. Imtihon-ku mayli, o`qish davridagi mashaqqatlarni engib o`tish og`ir kechgan. 1-bosqichni tamomlayotganimda sahna nutqi fanidan dars bera- digan ustozimiz Nazira Alieva “Sen o`zingni qiynama, yaxshisi Toshkent Davlat pedagogika universitetiga o`qishga kiritib qo`yay”, degan. Shunda kurs rahbarimiz Arsen Ismoilov qarshi bo`lgan. O`shanda “Hamma uddasidan chiqqan ishni men eplolmaymanmi?” deya o`zbek tilini mukammal o`rganib, ko`zlagan marramga albatta erishishni oldimga maqsad qilib qo`yganman. 2-bosqichni tamomlaganimizda kursimizdan 4 kishini tanlab olishgan. Ular orasida men va Mahmud Ismoilov ham bor edik. Sankt-Peterburgda o`tgan tanlovda qatnashib, faxrli o`rin olganmiz. O`shanda inson intilish bilan astoydil mehnat qilsa, ko`zlagan marrasiga albatta erishar ekan, deya o`zimga xulosa qilganman”, deya xotiralari bilan bo`lishgandi.
Xalqimizning sevimli aktyori Hoshim Arslonov Mahmud Ismoilov, Matyoqub Matchonov, G`aybulla Hojiev, Muhammadsoli Yusupov, Karim Mirhodiev, Sanjar Sa`dullaev bilan kursdosh bo`lishgan.
O`zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov ularning diplom spektakli – Shekspirning “Richard III”ini ko`rib, etti nafar talabani teatrga ishga taklif qilgan. Aktyor bu boradagi xotiralari bilan ham bo`lishgan:
“To`g`ri, birdaniga katta rollarni ijro etmaganmiz, lekin tajriba yig`ishga imkon bo`lgan. Kunlarning birida Evgeniy Shabanning “Chandiqlar” spektaklida bosh rolni ijro etadigan aktyor harbiy xizmatga ketdi. Dublyor bo`lganim uchun o`zimni ko`rsatish uchun imkon tug`ilgan. Baxtiyor aka ham “Spektakl vazirlikka ma`qul kelsa, teatrda ishda qolasan, yo`qsa bo`shaysan”, degandi. Qancha qiynalganim o`zimga ayon. Shukr, “Chandiqlar”ni munosib baholashgan, katta rollarni ijro etishga yo`l ochilgan”.
2016 yil Hoshim Arslonov bilan u ijod qiladiganteatrida uchrashganimizda:
“Uch yildan buyon teatrimizda bosh rejissyor ham, badiiy rahbar ham yo`q. Har bir teatrning an`anasi bo`lishi kerak, buning uchunbarchaning boshini birlashtiradigan katta avlod vakillari bo`lishi shart. Ming afsus, teatrimizdagi aktyorlarni nafaqaga chiqarishga majburmiz, talab shunday. Yosh aktyorlarning taqdirini o`ylab, tashabbusni o`z qo`limga oldim. Hozir aktyorlikdan tashqari, truppa boshlig`i sifatida ish olib boryapman. Shu vaqtgacha ancha-muncha rejissyor kelib ketdi. Hammasi uzog`i bir yil ishlagan. O`zbek Davlat drama teatri eksperimental teatr emas-ku, deb jahlim chiqadi. Qaysidir rejissyorningishi yurishmay qolsa, “O`zbek Davlat drama teatriga yuboringlar”, deyishsa kerak-da. Buning yaxshi tomonini olsak, aktyorlar ishga kelib-ketgan rejissyorlardan ish uslublarini o`rganishdi. Ijod bilan shug`ullanishga bosh bo`ladigan rejissyor bilan ta`minlay olishmayapti”, deya kuyunib gapirgandi.
Hoshim Arslonov 1977 yildan 2017yilga qadar O`zbek Davlat drama teatrida sadoqat bilan faoliyat yuritdi. O`zbek Milliy akademik drama teatriga ishga o`tish imkoniyati tug`ilganda ham fidoyiligi bois ko`z ochib ko`rgan teatrini tark etmadi. Umrini shu teatrga bag`ishlagan, biroq uni tark etishga majbur bo`lgan aktyor uchun “Teatrni sog`inasizmi?” degan savol juda og`riqli edi.
“Bir yilga qadar juda qiynaldim. Sahnaga chiqqim keldi, spektakllarimni esladim... Manzilim qanchalik uzoqlashishidan qat`i nazar, ishlagan teatrimning oldidan o`tmaslikka harakat qilaman. Chunki xotiralar yuragimga tinchlik bermaydi... Vaqt eng oliy hakam, deb to`g`ri aytishgan ekan”, — degandi.
"ERIShIB BO`LMAYDIGAN MARRANING O`ZI YO`Q"
Teatrdan ketgach, aktyor ishsiz qolgani yo`q, dublyaj bilan band edi. “Erishib bo`lmaydigan marraning o`zi yo`q, hammasi odamning o`ziga bog`liq”, degan shior bilan yashagan aktyor boshlagan ishida ko`ngildagidek natijaga erishmagunicha qo`ymasdi. Aslida u 1986 yil Hojiakbar Nurmatov bilan dublyajga borishni boshlagan.
"Birinchi ustozim O`zbekiston xalq artisti Mukambar Rahimova. Omon Abdurazzoqov, Rimma Ahmedova, Hojiakbar Nurmatov, Farhod Aminov kabi o`z ishining ustasi bo`lgan dublyaj aktyorlari bilan ishlash baxti nasib etgan. Avvaliga “Dublyajni eplolmas ekanman”, deb qo`l siltagan vaqtlarim ham bo`lgan. Keyin oldimga yana maqsad qo`yganimdan so`ng bu kasbni ham uddasidan chiqdim. Shundan buyon shu soha bilan ham bandman”, deya faxr bilan so`zlardi.
Bu yo`nalishga qiziqadigan yoshlarni qo`llab-quvvatlash va yangi avlod dublyaj ustalarini tarbiyalash maqsadida 2019 yilning noyabrida dublyaj studiyasi ham ochgandi...
"RAQOBAT BOR ERDA IJOD "QAYNAYDI", LEKIN..."
Aktyor kinoga ilk qadamlarini institutni tamomlagan yili rejissyor Latif Fayzievning “Jizzax qo`zg`oloni” filmidagi Mahkam temirchi roli bilan boshlagan. So`ng “To`ylar muborak”ning ommaviy sahnasi, “Nodirabegim”, “Alpomish”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Marg`iyona” kabi qator filmlarda ishtirok etgan. Teatrga mehri bo`lakcha bo`lgan aktyor:
“Ochig`i, kino hayotimda u qadar muhim o`rin tutmaydi. Ijodkorni 20 million aholi tanishi shart emas, oz bo`lsa-da, o`z muxlisingga ega bo`lishning gashti bo`lakcha. Ko`pchilik san`atkorlar “Tinmay kinoda suratga tushib, TVda har kuni ko`rinsam mashhur bo`laman”, deydi. Lekin bu mashhurlikning “umr”i qisqa va u ijodkorni inqirozga olib keladi”, degandi Hoshim Arslonov.
Aktyor haq, biroq nazarimizda kinorejissyorlar Hoshim Arslonovning aktyorlik imkoniyatlaridan to`g`ri foydalana olmadi. Aktyor umrining so`nggi yillarida esa rejissyor Jahongir Ahmedovning “Islomxo`ja”, rejissyor Dilmurod Masaidovning “Qo`qon shamoli” filmlarida suratga tushdi.
“San`atga yuzaki qaraydiganlarni yomon ko`raman! “Havasda”, deb ssenariy yozadi, rejissyorlik qiladi, rol o`ynaydi. Prokurorning oldiga borib, “Havas qilaman-da, keling shu jinoiy ishni men olib boray”, desam rozi bo`ladimi? Jarrohning qo`lidan “skalpel”ni olib, bemorga tig` tekkizishimga kim ruxsat berib qo`yadi? Negasan`atga havas bilan munosabatda bo`lishlariga jim qarab turishimiz kerak? Hamma o`z ishini qilsin! Kamgina maoshga 40 yildan beri qanoat qilib, aktyor nomini olsam-u, nega bir havasmand pulini to`lab, filmda rol ijro etishi mumkin? Bu holat ijodkorga alam qiladi.
Balki xususiy kinostudiyalarning ko`p bo`lgani yaxshidir. Chunki raqobat bor erda ijod “qaynaydi”. Lekin xususiy kinostudiyalarning maqsadi pul ishlash bo`lishi kerakmas! Ochig`i, xususiy filmlarga ketkazgan vaqtimga achinaman. O`n yildan keyin tomoshabin maroq bilan ko`radigan xususiy filmning o`zi yo`q. Bir muddat rejissyorlar filmga chaqirishmadi, gap shundaki, tomoshabin darhol “Baxtli voqea” ko`rsatuvi boshlovchisini ko`z oldiga keltirarmish. Davlat buyurtmasi asosida suratga olinadigan filmlardagi rollarimni “cho`milib” o`ynayman. O`zimdan “yuk”i bor rollar qoldirishni istayman”, degandi aktyor.
SO`NGGI ROLINI EKRANDA KO`RISh AKTYoRGA NASIB ETMADI...
Rejissyor Akrom Shohnazarovning “101-reys” filmidagi bosh qahramon– uchuvchi roli aktyorning kinodagi yagona katta va so`nggi roli bo`lib qoldi. “Menga sira osonlikcha omad kulib boqmagan. Bosh qahramon roliga tasdiqlanishimni kutmagandim. Boisi kinosinovga borga- nimda mashhur kinoaktyorlarni ko`rib, ikkinchi rejissyorga “meni bekor chaqiribsizlar-da”, degandim. Ikkinchi bor kinosinov topshirganimdan so`ng ham “o`tolmadim”, deb o`ylagandim.
Biroq hozirgacha “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasida faoliyat yurita- yotgan, O`zbekiston Qahramoni – uchuvchi Zarxo`ja Saidazimovning filmdagi qiyofasini gavdalantirish menga nasib qildi. Filmning bir-ikki epizodlarini ko`rdim, juda ma`qul bo`ldi. Taqdimo- ti 2020 yilda bo`lishi rejalashtirilgan, bunga katta tayyorgarlik ko`ryapmiz”, degandi aktyor. Biroq 3 yil davomida o`zi ijro etgan rolni ovozlashtirish ham, taqdimotida ishtirok etish ham aktyorga nasib etmadi... O`zida saraton xastaligi boshlanganini kech bilgan aktyor davolanishni boshlaganiga qaramay, 29 mayda olamdan o`tdi...
Mablag` uchun o`z iste`dodini uvol qilmagan sevimli aktyor va dublyaj ustasi, o`z kasbining fidoyisi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Hoshim ARSLONOV qator rollari va dublyajdagi betakror ovozi, oddiy inson sifatida esa samimiy tabassumi va xushmuomalaligi bilan har birimizning xotiralarimizda mangu yashaydi.
Shunday qayg`uli damlarda aktyorning oila-a`zolari, yaqinlari va muxlislariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Sadoqat ALLABERGANOVA | 59 | 10,254 |
Madaniyat | “Detskaya novaya volna” tanlovida o‘zbekistonlik Milana Pak uchinchi o‘rinni egalladi | O‘zbekistonlik Milana Pak “Detskaya novaya volna” yosh ijrochilar tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Milana Pak Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Birinchi o‘rinni rossiyalik ikki bola Alisa Golomisova va Denberel Oorjak egalladi. Ushbu bolalarning qo‘shiqlariga klip olinadi.
Ikkinchi o‘rinni belaruslik Yaroslav Sokolikov egalladi. Uning qo‘shig‘ini studiyada yozish xarajatlari qoplanadi.
O‘zbekistonlik Milana Pakka esa uchinchi o‘rinni egallagani uchun “Detskoye Yevrovideniye-2019” tanlovida tomoshabin sifatida ishtirok etadi.
Tanlov hakamlar hay’atida Lev Leshenko, Yulianna Karaulova, Yuliya Savicheva va Igor Krutoy kabi san’atkorlar bor edi.
O‘zbekistonlik Milana Pak “Detskaya novaya volna” tanlovining final bosqichiga chiqdi | 85 | 758 |
Madaniyat | Rayhon: “Bunyodkor” stadionida konsert qo‘ygan bo‘lardim, lekin bunga ruxsat berishmasa kerak | Xonanda Rayhon Toshkentdagi 35 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Bunyodkor” stadionida konsert berish rejasi avvaldan bor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u “Sayyod.com”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Sayyod.com” sayti muallifi “Istiqlol” san’at saroyida bir necha kun konsert bergandan ko‘ra, “Bunyodkor” stadionida, 30 ming muxlis qarshisida bir kun konsert bergan ma’qul emasmi, degan savol bilan Rayhonga murojaat qilgan.
Biz bu haqda o‘ylaganmiz. Lekin keyin bunga ruxsat berishmasa kerak, degan fikrga keldik. Birinchidan, odam juda ko‘p bo‘ladi. Ikkinchidan, stadiondagi barcha maysali joyni maxsus qoplama bilan yopib chiqish kerak.
Rayhon, O‘zbekisonda xizmat ko‘rsatgan artist
Xonanda bir kun kelib O‘zbekistondagi eng katta stadionda konsert berishdan umidvor ekanligini qayd etib o‘tdi.
“Bunyodkor” stadionida konsert berishni juda xohlagan bo‘lardim. U yerda qanday chiqish qilishimni hozirdanoq tasavvur qilyapman.
Rayhon, O‘zbekisonda xizmat ko‘rsatgan artist
Ma’lumot uchun, xonanda Rayhonning 2017-yilgi konserti 20—24-fevral kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq xonanda o‘z konserti uchun ba’zi shaxslar tomonidan qalbaki taklifnomalar sotuvga chiqarilgani haqida ogohlantirgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 93 | 1,428 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov Oqdaryo madaniyat markaziga aytmasdan borib, achinarli holatga duch keldi (video) | Samarqand viloyati Oqdaryo tuman madaniyat markaziga rejalashtirilmagan tashrif bilan kirib kelganimizda xodimlar ish joyida emasligiga, markaz erlarining tadbirkorlarga berib yuborilganiga guvoh bo`ldik. Achinarlisi, xonalarda fayz yo`q, to`garaklar faoliyati haminqadar, xuddi qarovsiz qolgan keraksiz binoga o`xshaydi. Ko`nglimiz xira tortdi. Biz markaz rahbari va xodimlariga ishonib topshirgan san`at va madaniyatni targ`ib etuvchi dargohning holi shu bo`lsa, yoshlarni san`atga jalb etish maqsadidagi tinimsiz harakatlarimiz, targ`ibot va tashviqotlarimiz samara berarmikan, degan o`yda qoldik...
Keyin ulardan kasbiga, ish joyiga nisbatan bu darajada sovuqqonlik boisini so`radik. Yana o`sha eski muammolar: maosh kamligi, moddiy texnik bazaning etarli emasligi...
To`g`ri, yillar davomida madaniyat sohasiga e`tibor pasayib ketgan edi. Lekin hozir buning aksi-ku, san`at va madaniyat sohasini rivojlantirish bo`yicha Prezidentimizning qator farmonu qarorlari chiqarilyapti. Ular tufayli bizning bag`rimizga ham shamol tegadi, san`at va madaniyat xodimlarini sharoiti yaxshilanadi, endi o`zini o`zi eplab keta oladi va moliyaviy farovonlikka erishadi, deb o`ylagan edik. Ming afsuski, shunday imkoniyatlardan bexabar qolib ketayotgan, farmon va qarorlarga bir bora bo`lsa-da ko`z yugurtirmayotgan, undan foydalana olmayotgan soha vakillari hali ko`p ekan oramizda.
Uyg`oning! Axir sizning manfaatlaringiz yo`lida tinimsiz izlanyapmiz-ku, nega siz hali ham g`aflat uyqusidasiz?! Bugun jamiyatimizga uyg`oq kadrlar kerak, chunki zamon o`zgaryapti, odamlarning dunyoqarashi o`syapti. Yaratgan sizga iste`dod beribdi. Bu sizning san`atingiz! Madaniyat markazlarida ansambllar, guruhlar tashkil qilib, uni rang-barang dasturlar bilan boyitib, chiqmaysizmi, tashkilot va idoralarga, eshikma-eshik yurib, o`z xizmatingiz haqida xabar bermaysizmi?
Bizning xalqimiz haqiqiy san`atni tushunadi, uni qadrlaydi. Lekin siz o`z san`atingizni ko`rsatish yo`llarini topolmayapsiz. Buning uchun bir joyda kutib o`tirish emas, izlanish, zamonaviy bilimlarni egallash, xorij tajribasini kuzatish va o`rganish kerak! San`at va madaniyat targ`iboti endi o`z qo`lingizda, buni doimo yodda tuting! | 100 | 2,182 |
Madaniyat | Gollivud aktyori Mel Gibson 60 yoshga to‘ldi (foto) | 3-yanvar kuni avstraliyalik va amerikalik aktyor, rejissorlik ishi uchun “Oskar” sovrindori Mel Gibson 60 yoshga to‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
U ona vatani Avstraliyada 70-yillar oxirida kinolarda suratga tushishni boshladi, “Tim” melodramasi va, ayniqsa, “Telba Maks” jangari filmlari orqali tanildi. Biroq ijodiy faoliyatidagi haqiqiy muvaffaqiyatni unga “Sheryurak” filmi keltirdi. O‘zi rejissorlik qilgan va bosh rolni o‘ynagan film “Oskar” mukofotini o‘nta nominatsiyadan beshtasida qo‘lga kiritdi.
2000-yillarga kelib, Gibson bor e’tiborini rejissorlikka qaratib, “Iso ehtirosi” va “Apokalipsis” filmlarini suratga oldi.
So‘nggi yillarda aktyor ijodda ko‘rinmay qoldi, biroq 2016-yilda u “Vijdon amri bilan” nomli harbiy drama orqali katta kinoga qaytishga tayyorlanmoqda. | 51 | 793 |
Madaniyat | Moskvada "Mevazorlik ayol" filmi namoyish etiladi | Moskvada "Mevazorlik ayol" filmining namoyishi bo`lib o`tadi
21 may kuni Moskvadagi Tretyakov galereyasida taniqli rejissyor Ali Hamroevning tavallud ayyomi munosabati bilan "Triptix" ("Mevazorlik ayol") filmining namoyishi bo`lib o`tadi. Film namoyishi O`zbekiston Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda o`tkazilmoqda.
Filmda o`zbek ayollarining taqdiri haqida hikoya qilinadi. Hikoya markazidan turli xil yoshdagi va har xil xarakterga ega uch ayolning obrazi o`rin olgan, ularning taqdiri orqali sovet hokimiyati yillarida o`zbek ayollari hayotida yuz bergan ijtimoiy va ma`naviy o`zgarishlarni kuzatish mumkin.
Ta`kidlab o`tish lozimki, Ali Hamroevning "Triptix (Mevazorlik ayol)" filmi 1980 yilda o`tkazilgan San-Remo xalqaro festivalida Gran-pri g`olibi bo`lgan. | 49 | 774 |
Madaniyat | Eng ko‘p layk to‘plagan, eng katta kokteyl tayyorlagan: Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan jahon yulduzlari | Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Dueyn Jonson
Aktyor uch marta Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Bunga birinchi marta 2017-yili “Chayonlar qiroli” filmidagi roli uchun rekord darajada katta miqdorda gonorar olgani, ikkinchi marta esa 2015-yilda esa uch daqiqa davomida muxlislari bilan ko‘plab selfiga tushgani sabab bo‘lgan. Uchinchi marta o‘rin olishi esa 2017-yilda 245 kg Texas sousi — dipni tayyorlagani bilan bog‘liq. Taom keyin uysizlarga bo‘lib berilgan.
Ben Stiller
2016-yilda Ben dunyodagi eng uzun — 8,5 metrli selfi tayoqchasida suratga tushib, tarixda qolgan. Qo‘lbola tayoq bir nechta oyna yuvishga mo‘ljallangan langarcho‘plardan yasalgan. Aktyor o‘z ixtirosini namoyish qilgan tadbirdan keyin muvaffaqiyatini tasdiqlovchi hujjat topshirgan.
Vin Dizel
2013-yilda “Forsaj” filmi yulduzi Pol Uoker vafot etganidan keyin Dizel Facebook sahifasida hamkasbiga bag‘ishlab ta’sirli post yozib qoldirgan. Unga o‘sha vaqtda 8 milliondan ortiq layk bosilgan. Ayriliqqa chidash oson bo‘lmaganini yozgan aktyor Uolterning onasi bilan ko‘rishganda uni ovutish o‘rniga emotsiyalarini jilovlay olmaganini tan olgan.
Eminem
Reper ilk marta 2013-yilda “Rap God” qo‘shig‘i sabab Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning 6 daqiqalik qo‘shig‘i 1560 ta so‘zdan tashkil topgan. 2018-yilda esa u o‘z rekordini yangilagan va Niki Minaj bilan ijro qilgan “Majesty” kompozitsiyasida 12 soniya davomida 123 ta so‘z ishlatgan.
Snoop Dogg
2018-yilda o‘zini barmen sifatida sinab ko‘rgan reper Paradise kokteylining dunyodagi eng katta portsiyasini tayyorlagan. Buning uchun 315 litr jin, 156 litr o‘rikli brendi hamda deyarli 107 litr apelsin sharbati kerak bo‘lgan. Ichimlikning umumiy hajmi 500 litrni tashkil qilgan.
Jeki Chan
2012-yilda “Burj operatsiyasi” filmi prokatlarga chiqqanidan keyin aktyor bir vaqtning o‘zida ikkita jahon rekordi haqidagi sertifikatga ega bo‘lgan. Birinchisi, bir film doirasida maksimal darajada ko‘p mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgani uchun. Gap shundaki, mazkur filmda u shunchaki rol ijro qilmagan, rejissor, prodyuserlik bilan shug‘ullangan va umumiy 15 ta vazifani bajargan. Ikkinchi rekord esa Channing dublyorsiz bajargan tryuklari bilan bog‘liq. | 115 | 2,244 |
Madaniyat | Bugun “Oltin Gepard” uchinchi xalqaro kinoforumi start oldi | “Art Week Style.Uz – 2013” san’at haftaligi doirasida shu yilning 19—24-oktabr kunlari poytaxtimizda “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamda “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan “Oltin Gepard” uchinchi xalqaro Toshkent kinoforumi o‘tkazilishi haqida avval xabar bergan edik.
Foto © mcs.uz
Bugun, 19-oktabr, “Oltin gepard” xalqaro kinoforumi o‘z ishini boshlaydi. Kinoforumning birinchi kuni dasturidan xorij kino ustalari tomonidan mahorat darslari, filmlar namoyishi va ochilish marosimi o‘rin olgan. Mahorat darslari eronlik rejissor va ssenariynavis Abbos Kiarostami, xitoylik rejissor Chjan Yuan (“Syujet qurilishi haqiqatlari” mavzusida) tomonidan Yoshlar ijod saroyida, yaponiyalik rejissor Tomio Kuriyamadan (“Yapon kinosi – o‘tmish va kelajak” mavzusida) mahorat darsi va “Baliq ovining ashaddiy ishqibozlari esdaliklari” filmi namoyishi O‘zbekiston san’at va madaniyat institutida o‘tkaziladi.
Kech soat 19:00 da “International Tashkent” mehmonxonasida esa “Oltin gepard” xalqaro kinoforumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Kinoforumning to‘liq dasturi bilan tashkinofest.com manzili orqali tanishishingiz mumkin. | 59 | 1,153 |
Madaniyat | “Mo‘jizalar maydoni” ko‘rsatuvi efirga chiqqaniga 25 yil to‘ldi | “Mo‘jizalar maydoni” kapital-shousi bugun, 25-oktabr kuni 25 yilligini nishonlamoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“VID” telekompaniyasining birinchi ko‘rsatuvlaridan biri bo‘lgan “Mo‘jizalar maydoni” intellektual shousi 1990-yilning 25-oktabr kuni efirga chiqqan edi. Unga dastlab Vladislav Listyev boshlovchilik qilgan, 1991-yilning 1-noyabridan boshlab Leonid Yakubovich boshlovchilik qilib kelmoqda.
“Bugun bu ko‘rsatuv odat tusiga kirdi. Shunday odatiy narsalar borki, ular doim mavjud va ‘Mo‘jizalar maydoni’ ham ana shunday odatiy holga aylangan. Bu ko‘rsatuv uzoq vaqt efirga uzatilmasa, qandaydir bo‘shliqni his qilasan”, — deydi ko‘rsatuv asoschilaridan biri, “ORT” telekanali bosh direktori Anatoliy Lisenko.
Uning fikriga ko‘ra, ko‘rsatuv o‘zining doimiy boshlovchisi Leonid Yakubovichsiz umuman boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lardi. | 63 | 847 |
Madaniyat | Xonanda Rayhon: Shahzoda bilan do‘stligimizni tiklash uchun hech birimiz harakat qilmayapmiz | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon jurnalistlarning Shahzoda haqidagi savollaridan charchaganini ma’lum qildi. Xonanda bu haqda jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Avvalroq xonanda Shahzoda intervyularidan birida Rayhon bilan do‘stligini endi qaytarib bo‘lmasligi haqida aytib o‘tgan edi.
Qo‘shiqlar, ijod borasida millionlab savollar bo‘lishiga qaramay, doim intervyularda Shahzoda haqida so‘rayverishadi, tushunmayman. Nega qo‘shiqlarimni o‘zim yozishim haqida so‘rashmaydi? Boshqa xonandalarni gapga qo‘shaverishning nima keragi bor. Men boshqalarni do‘stlarim bilan, jurnalistlar bilan muhokama qilmayman. Shahzoda bilan esa do‘stligimizni qaytarib bo‘lmaydi. Do‘stlikni tiklash uchun hech qaysi birimiz harakat qilmayapmiz, chunki shuncha yillar o‘tdi, har ikkimizning sinalgan do‘stlarimiz yonimizda. Mening Shahzodaga munosabatim iliq va yaxshi, chunki baribir u o‘tmishda bo‘lsa-da, do‘stim edi. Unga eng ezgu tilaklarni yo‘llab qolaman.
Rayhon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Eslatib o‘tamiz, xonanda Rayhon 20—24-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
Xonanda Rayhon: Oilam hazil-mutoyiba uchun mavzu bo‘lishini istamayman
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 92 | 1,405 |
Madaniyat | Buxoroda sayyohlar uchun teatrlashtirilgan tomoshalar yo`lga qo`yildi | O`zbekiston turizm qo`mitasi sayyohlarga Buxoro amirligi davriga sayohat qilish imkonini taqdim etmoqda.
Endilikda qadimiy Ark qal`asida teatrlashtirilgan tomoshalar yo`lga qo`yilgan, deb xabar qildi qo`mita matbuot-xizmati.
Loyihaga ko`ra, tomoshabinlarga Buxoro Amirining rasmiy chiqishlari ko`rsatib beriladi. Xususan, tomoshalarning birida Amirning Eron, Xitoy va Rossiyadan kelgan elchilarni qabul qilish marosimiga guvoh bo`lish mumkin.
Tomosha kichik konsert dasturi bilan yakunlanadi.
Ta`kidlanishicha, turizm qo`mitasi xuddi shunday loyihalarni Samarqand, Shahrisabz, Qo`qon singari boshqa tarixiy markazlarda ham hayotga tatbiq etishni rejalashtirgan. | 69 | 661 |
Madaniyat | Argentina sudi Jastin Biberni hibsga olish haqidagi orderni bekor qildi | Argentina sudi kanadalik xonanda Jastin Biberni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni bekor qildi, ammo unga nisbatan ayblovlar o‘z kuchida qoladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Yaqin vaqt ichida sud Biber Argentinaga kelib, ko‘rsatma berishi lozim bo‘lgan sanani belgilaydi. Ungacha qo‘shiqchi Argentina politsiyasi so‘rovi bilan ta’qib qilinish xavfisiz butun dunyo bo‘ylab yurishi mumkin. 29-aprel kuni u Italiyada shu tufayli Interpol xodimlari tomonidan so‘roqqa tutilgan.
Argentina sudi aprel oyida Biberni hibsga olishga order bergan. Qayd etilishicha, 2013-yilgi gastrol vaqtida Argentina poytaxtidagi tungi klublardan birida Biberni suratga olmoqchi bo‘lgan fotografni uning tansoqchilari do‘pposlab, fotoapparatini olib qo‘ygan. Ular bu ishni qo‘shiqchining ko‘rsatmasi bilan bajargani taxmin qilinmoqda. Agar Biber Argentinada tan jarohati yetkazishda aybdor deb topilsa, bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. | 71 | 926 |
Madaniyat | Media-haftalik: yosh kinoijodkorlar grantlar bilan taqdirlanadi | O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan bir qator hamkor tashkilotlar ko`magida 3-7 may kunlari o`tkazilayotgan “Yangi O`zbekiston – yangi nigoh” media-haftaligi davom etadi.
Bugun, kechki dastur bo`yicha soat 18:00 da Kinematografiya agentligining yosh kinoijodkorlarini taqdirlash, pitching jarayonida tanlab olingan va «Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»ga bag`ishlangan yoshlar uchun filmlar yaratish bo`yicha grantlarni taqdim etish marosimi bo`lib o`tadi.
Yosh kinorejissyor Mahliyo Asqaralievaning “Galdir” (“Lola, quyosh va men”) qisqa metrajli filmi premera qilinadi. Mazkur film agentlik buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan.
Ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, g`oya muallifi va postanovkachi rejissyor Mahliyo Asqaralieva, postanovkachi operator Iste`dod Usmonov, liboslar bo`yicha rassom Feruza G`iyosova, kartina direktori Mahmudali Guseyinov.
Kinokartina psixologik drama janrida bo`lib, Oftob ismli dizayner qizning hayotida yuz bergan qiziqarli voqealar haqida hikoya qilinadi. Premeraga film ijodkorlari ham taklif etilgan.
Premeradan so`ng, taniqli estrada va kino yulduzlari ishtirokida shou-konsert dasturi o`tkazilishi rejalashtirilgan. | 63 | 1,298 |
Madaniyat | Monika Belluchchi, Salma Xayek va hech qachon plastik operatsiyaga murojaat qilmagan mashhurlar (foto) | Ko‘pchilik yulduzlar tashqi ko‘rinishiga juda erta o‘zgartirishlar kiritadi va 20 yildan keyin plastik jarrohlik amaliyotiga murojaat qiladi. Ammo quyidagi qahramonlari tabiiylikka amal qiladi: ular o‘z yoshini hurmat bilan qabul qilishni afzal ko‘radi, yosh ko‘rinish uchun boshqa masalalarga e’tibor qaratadi. Shuningdek, ular hamisha yoshiga monand go‘zal ko‘rinishni saqlab ham qolgan.
Monika Belluchchi
Monika Belluchchi yuzini hech qachon plastik operatsiya qildirmagan: na blefaroplastika, na yuz terisini taranglashtirish va u hatto botoksdan ham bosh tortadi. “Ko‘pchilik yoshligi bilan go‘zalligini yo‘qotishdan qo‘rqadi, lekin men bu narsalar haqida qayg‘urmaslikka harakat qilaman. Men o‘limdan ko‘proq qo‘rqaman, chunki ikki farzandim bor va ularning ulg‘ayishini ko‘rishni xohlayman. Qarigandan keyin shundog‘am hech narsa qilib bo‘lmaydi, shuning uchun bunga sabr qilgan ma’qul”, – deydi aktrisa yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar haqida.
Katrin Denev
Fransuz uslubining haqiqiy ramzi – Katrin Denev 78 yoshida ham ajoyib ko‘rinishda, garchi u yuziga botoks inyeksiyalaridan boshqa hech narsa qilmasa ham. Aktrisa yuzini hech qachon plastik operatsiya qildirmagan va kosmetik muolajalardan ko‘ra jiddiyroq aralashuvlarga jur’at etmagan.
Brijit Bardo
Brijit Bardo yoshligida aqlbovar qilmaydigan go‘zal edi va u ham yoshlikka intilmasdan, hurmat bilan qarishga qaror qildi. Aktrisa odatda plastik va hatto kosmetik muolajalardan bosh tortib, yuz foiz tabiiylikni tanladi.
Julianna Mur
60 yoshda Julianna Mur o‘z yoshidan yosh bo‘lmasa ham ajoyib ko‘rinadi. Mur ta’kidlashicha, plastik jarrohlik natijasida odamlar shunchaki boshqacha bo‘lib qoladi, lekin kamdan kam hollarda ular haqiqatan ham yoshroq ko‘rinishga erishadi.
Jodi Foster
Jodi Foster yuzidagi har bir ajinini boricha qabul qiladi. “Odamlar o‘zidan uyaladi, deyishlarini xohlamayman”, – deydi aktrisa. Shuning uchun u chiroyli qarishni afzal ko‘radi va 50 yoshdan keyin o‘zini yoshroq ko‘rsatishga urinmaydi.
Salma Xayek
Salma Xayek ham hech qachon plastik jarrohning tig‘i ostiga tushmagan, garchi u bu haqda bir necha bor o‘ylagan bo‘lsa ham. Aktrisaning aytishicha, u bunday muolajalardan shunchaki qo‘rqadi. Biroq Salma 55 yoshida ham go‘zallikda yoshlardan qolishmaydi, bu uning irsiyati bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Keyt Uinslet
Keyt Uinslet hech qachon o‘zining tashqi ko‘rinishiga e’tibor bermagan. “Men matbuotning qiziqishlari haqida emas, balki bolalarim haqida o‘ylayman”, – deydi yulduz o‘z intervyusida. Xuddi shu tarzda aktrisa plastik operatsiyani o‘zi uchun muhim deb bilmaydi.
Reychel Vays
51 yoshli go‘zal Reychel Vays nafaqat jarrohlik amaliyotini, balki botoks inyeksiyalarini ham yomon ko‘radi. U ko‘zlari atrofidagi ajinlarni haqida tashvishlanmaslikni afzal biladi. Bu borada uning turmush o‘rtog‘i Deniel Kreyg rafiqasini to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganga o‘xshaydi!
Xolli Berri
Xolli Berri 55 yoshida ham doimgidek ko‘rinishda – silliq teri, deyarli ajinlar yo'q. Xollining yuzi mutlaqo tabiiy! Aktrisa shunchaki malakali kosmetik muolajalar ham teriga to‘g‘ri g‘amxo‘rlik qiladi, lekin u hech qachon plastik operatsiyaga murojaat qilmagan.
Bruk Shilds
Bruk Shilds yoshligida ham nihoyatda go‘zal qiz edi va hozir ham o‘z yoshidan qo‘rqmaydigan juda chiroyli ayol. Bruk 56 yoshda va u plastik operatsiyadan foydalanmaydi. Shunchaki u o‘z ustida ko‘proq ishlaydi, parvarish masalasiga alohida e’tibor beradi.
Sheron Stoun
Sheron Stounning tashqi ko‘rinishiga qoyil qolish mumkin. U 63 yoshigacha bitta ham plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazmagan. Aktrisaning aytishicha, jarrohlar unga bir necha bor yuzni tortish amaliyotini o‘tkazgan, ammo hech qanday operatsiya qilinmagan. | 102 | 3,686 |
Madaniyat | Akrom Shoxnazarov: “O‘zbekkino”ning majlislari doim janjal bilan tugaydi, oxirida nuqta qo‘yilmaydi…” | “Kinochilar uyi”da “O‘zbekkino” milliy agentligining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda agentlik rahbariyati, kinorejissorlar, ssenaristlar, tizim tashkilotlari rahbarlari, OAV xodimlari qatori jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok qildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan yosh rejissor Akram Shoxnazarov o‘zining e‘tirozli fikrlar va takliflarini bildirib o‘tdi.
Otabek aka, deyarli beshta majlisda qatnashdim, majlislar har safar shunaqa janjal va kelishmovchiliklar bilan tugaydi. Men oxiriga bir nuqta qo‘yilgan fikrni eshitmadim. O‘tgan safar oldingizga kirib shu masalani ham aytganman, hozir davlat filmi boshqa, xususiy film boshqa, biroq barchasi bitta o‘zbek filmi.
Lekin xususiy kinoda ijod qilayotgan rejissorlarning ko‘pchiligini hali hech kim bilmaydi. Shuning uchun kimdir o‘sha rejissorlarning ro‘yxatini tuzib chiqsin, ularni hech kim tanimasa-da, filmlari ma’nili, kinoning barcha qoidalariga javob beradi.
Shunday yosh rejissorlarni bilaman, o‘qishni tugatganiga o‘n yil bo‘lsa-da prodyuser qidirish bilan ovora bo‘lib yurishmoqda. Sababi “O‘zbekkino” milliy agentligi ularga ishonib kino bermaydi, “O‘zbekkino” ishonib kino bermayotganining sababi “O‘zbekkino”dagi mutaxasislar ularning ko‘pchiligini tanimaydi.
San’at institutida bir yilda nechta rejissor o‘qishni tugallaydi? Ko‘pchiligini kuzatsam, qayerda ishlayapsan deya savol bersam “xususiy studiya ochdim, klip suratga olyapman”, deyishadi. Ustozlar “keling, kino boshladim, yordam bering” deyishsa, ish o‘rganish uchun, kerak bo‘lsa ularga choy tashib yurishga ham roziman. Hattoki ikkinchi rejissorlik ham qilmayman, shunchaki yonida yurib, buyumlarini ko‘tarib yurishga ham roziman. O‘rgatishmaydi, majlislarimiz janjal bilan tugaydi.
Misol uchun deyarli barcha sohalar bo‘yicha taqdimotlar, taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi, ammo kino sohasi uchun deyarli hech qanday taqdirlash marosimi o‘tkazilmaydi. Kinoni orqasida qancha mehnat yotibdi, rassomlar, liboslar bo‘yicha rassomlar, ssenaristlar, grimyorlar bor. Mana masalan dunyoning nufuzli kino festivallarida ikkinchi darajali aktrisa, ikkinchi darajali aktyor, kerak bo‘lsa grafika bo‘yicha, kerak bo‘lsa ovoz rejissorlariga ham mukofotlar beriladi. Bizda esa bitta “yilning eng yaxshi filmi” nominatsiyasi bor, tamom, uni biz qaysi rejissor suratga olganini ham bilmaymiz. Dramaturgiya bo‘yicha biz-ku mayli, ustozlarimizga ham hech qanday mukofot berilmayapti-ku…
Davlat filmimi, xususiy filmmi chet elga chiqqanda, chet ellik tomoshabinlar bu filmlarning barchasini o‘zbek filmi deyishadi. Bu filmni ustoz rejissor Zulfiqor Musoqov suratga olgan yoki endi chiqib kelayotgan Akrom Shoxnazarov, Ozod Shams suratga olgan ekan demaydi. Bu o‘zbeklarning filmi ekan deydi.
Hozir men bir prodyuser bilan ishlayman, o‘sha prodyuser menga ishonib 50 ming dollarni filmimga tikdi, bu pul uchun umrim o‘tib bormoqda. Yoshim o‘ttizga kirgan bo‘lsa ham haligacha uylanmaganman, chunki Toshkentda uy-joyim, propiskam yo‘q, biroq ijod qilish uchun, kino olish uchun harakat qilib yuribman.
Filmlarimizni bir ko‘ringlar, xontaxta, xontaxta deysizlar bizlardan ham sizlarning yoshingizga yetgancha yaxshi filmlar chiqib qolar.
Akrom Shoxnazarov, rejissor
Ma’lumot uchun Akrom Shoxnazarov “Yurak yig‘lar”, “Hamroh” filmlarini suratga olgan. | 101 | 3,271 |
Madaniyat | AQSh va Kanada shaxsiy to`plamlarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi durdonalari haqida jild nashr etildi | "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasining besh yillik tarixida birinchi marotaba AQSh va Kanada shaxsiy to`plamlarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosining durdonalari haqida alohida jild nashr etildi. Mubolag`asiz aytish mumkinki: albom madaniy merosning eng yirik va eng noyob namunalarini o`z ichiga olgan.
"O`zbekiston madaniy merosi AQSh va Kanada shaxsiy to`plamlarida" nomi ostida nashr etilgan jild ikki yil davomida tayyorlangan. Jildning o`ziga xos xususiyati shundaki, ba`zi maqolalar to`plam egalari tomonidan, ba`zilari esa to`qimachilik sohasi bo`yicha o`z izlanishlarini olib borayotgan mutaxassislar tomonidan yozilgan.
"O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot tashabbuslari O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. Loyihalar Eriell Group xalqaro neft servis kompaniyasi ko`magida amalga oshirilmoqda. | 114 | 949 |
Madaniyat | Dahshatli teraktda omon qolgan 101-reys voqeasi ekranga ko‘chdi: Hoshim Arslonov ishtirokidagi so‘nggi film premyerasidan reportaj (foto) | Toshkent shahridagi Kinochilar uyida 1-iyun kuni rejissor Akrom Shohnazarovning “101-reys” filmi katta premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Kinematografiya agentligi va “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQSHning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi. Bu parvoz tajribali uchuvchi Zarif Saidazimovning oxirgi, yakunlovchi parvozi bo‘ladi.
Taqdimot avvalida filmda bosh rolni ijro etgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov xotirasiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Premyerada film bosh qahramoni prototipi O‘zbekiston Qahramoni Zarifxo‘ja Saidazimov qatnashib, kinoijodkorlarga o‘z minnatdorligini bildirdi va marhum aktyor Hoshim Arslonov ijrosini e’tirof etdi.
O‘zbekiston Qahramoni Zarifxo‘ja Saidazimov
Ssenariy muallifi va rejissor Akrom Shohnazarov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida film nega to‘rt yildan keyin premyera qilinayotganini quyidagicha izohladi.
“Zamon qahramonini ekranga olib chiqish maqsadida 2017-yili ssenariy yozishga kirishdim. Filmning 90 foizi real voqealarga asoslangan. Biz faqat 10 foizini badiiylashtirdik. Bu borada yozuvchi va kinossenarist Erkin A’zam yaqindan yordam berdi. Filmda gavdalantirilgan voqealarning esa hammasi haqiqat.
Akrom Shohnazarov
Suratga olish ishlari 2018-yilda boshlangan. Yarim yil davomida o‘rganish va tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bosh rolga aktyor tanlash ham ko‘p vaqt oldi va oxiri rahmatli ustoz san’atkor Hoshim Arslonov nomzodida to‘xtaldik.
“Syomka” ishlari 2001-yil 11-sentabr kuni Amerika sari yo‘l olgan samolyotning o‘zida bo‘lib o‘tdi. Bu samolyot hozir ham parvoz qiladi. Shu bois u bizga har olti oyda o‘n kunga berib turildi. Ya’ni parvoz qilayotgan samolyotning turli qismlari “remont” bo‘layotgan vaqtida biz ham tasvirga tushirish ishlarini olib borganmiz. Remont o‘n kun bo‘lsa, suratga olish ham shuncha vaqt bo‘ldi. Shuning uchun jarayon ancha cho‘zildi. Bunga pandemiya ham sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, filmning 70 foizida grafikadan foydalanilgani tufayli bir necha oy vaqtimiz grafika va musiqiy ishlarga ketdi”, — deydi Akrom Shohnazarov.
Suratga olish ishlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan. Filmda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov, Lola Eltoyeva, Samiddin Lutfullayev, Umid Iskandarov, Oleg Galaxov, Erkin Bozorov, Xurshid To‘xtayev, Nigina Anorboyeva, Bahora Arslonova kabi aktyorlar rol ijro etgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyevaning qayd etishicha, tasvirga olish ishlari oson kechmagan.
“Ssenariyni o‘qib chiqqanimda menga juda ma’qul keldi. Chunki filmda insonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi. Suratga olish jarayonidan oldin katta tayyorgarlik ko‘rdik. Bu kasb egalari yo‘lovchilarga ichki tug‘yonlari, dardlarini sezdirmay, kasbiga fidoyilik bilan mehnat qilishini tushundim. Ular xuddi aktyorlarga o‘xshar ekan. Negaki biz ham sahnaga chiqqanimizda shaxsiy muammolarimizni parda ortida qoldiramiz.
Bu kinoda styuardessa qizlar rahbari, ya’ni bort boshqaruvchisi rolini ijro etdim. Buni talqin qilish oson kechgani yo‘q, albatta. Shu paytga qadar aviatsiya sohasi xodimi rolini o‘ynamagandim. Mazkur badiiy film ham, rolim ham faoliyatimda alohida ahamiyatga ega bo‘lib qolishi, shubhasiz”, — deydi aktrisa.
Aktyor Umid Iskandarovning aytishicha, filmda erkaklik g‘ururi, oriyat juda baland tarzda aks etgan.
“Syomka jarayonlari nega ko‘p vaqt davom etgani haqida ko‘p so‘rashmoqda. Shu paytga qadar samolyotda suratga olish tajribasi o‘zbek rejissorlarida ham, operatorlarida ham, aktyorlarda yo‘q edi. Tasvirga olish vaqtida samolyotni ham, pechkalarini ham yoqib qo‘ysak, tonna-tonna benzin sarflanardi. Isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun ham qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qildik.
Samolyotdagi uchuvchilar xonasi tor va kichkina bo‘larkan. U yerdagi o‘rindiqqa kirib o‘tirishga ham, joyingizdan turishingizga ham ko‘p vaqt ketadi. Yozda issiq, qishda sovuq bo‘lganligi bois kamera qarshisida ishlash qiyin kechdi. Ayniqsa, yoz oylarida terlab, kiyimlarimiz jiqqa ho‘l bo‘lardi. Shuning uchun bizga ikkita forma tikib berishdi, almashtirib jarayonni davom ettirdik.
Premyera kuni uzoq kutilgan sana bo‘ldi va men buni intiqlik bilan kutgandim. Mening filmografiyamda, “101-reys”ning alohida o‘rni bor. Syomka jarayonlari uzoq davom etdi va ijodiy ishlarimning eng qiziqarlisi bo‘ldi”, — deydi Umid Iskandarov. | 137 | 4,673 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova Rossiyaning “Birinchi kanal”ini unga va oilasiga bosim o‘tkazishda aybladi | 2014-yilda Rossiyaning “Birinchi kanal”idagi “Golos” teleloyihasida qatnashib, 2-o‘rinni egallagan o‘zbekistonlik Nargiz Zokirova Facebook’dagi sahifasida ushbu kanal unga va oilasiga bosim o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
Dastlab, xonanda “Birinchi kanal”dagi ko‘rsatuvlardan birining 2014—2017-yilgi “Golos” ishtirokchilari haqidagi soniga uni taklif qilishmaganidan ranjigan. Dasturga “Golos” loyihasining o‘sha yillardagi barcha ishtirokchilari chaqirilgan, ammo Nargiz bundan umuman bexabar qolgan. “Ko‘rsatuvda mening ismim biror marta ham tilga olinmadi. Go‘yoki, loyihada men hech qachon qatnashmagandekman”, — deb yozdi qo‘shiqchi.
Keyinroq esa Nargizga onasi qo‘ng‘iroq qilib, uni “Birinchi kanal” xodimlari tinch qo‘ymayotganini ma’lum qilgan: kanal xodimlari ayolga tinmay qo‘ng‘iroq qilib, Nargiz Zokirova bilan bog‘lana olmayotganini aytib, uni zudlik bilan topishga yordam berishni so‘rab, hol-joniga qo‘ymagan. “Ko‘ngillari tusagan vaqtda chaqirishadi, qolgan paytda esga ham olishmaydimi?” — deya ranjiganini bildirdi xonanda.
Shuningdek, Nargizning sobiq turmush o‘rtog‘i Fil Balzanoga ham “Birinchi kanal”dan tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘lgan: uni shoularga taklif qilib, qo‘shiqchining “sirlarini fosh qilish”ni so‘rashgan. Ammo, Nargizning so‘zlariga ko‘ra, sobiq eri bilan o‘zaro ahillikda ajrashgani tufayli, u bunday takliflarni rad etgan va ular haqida Nargizga o‘zi xabar bergan.
Xonanda o‘z postida “Birinchi kanal” vakillariga murojaat qilib, uni va oilasini tinch qo‘yishni so‘radi. “Bundan buyon onamni, farzandlarimni, nevaramni va turmush o‘rtog‘imni bezovta qilmang! Aks holda, o‘z advokatlarimning yordamidan foydalanishga majbur bo‘laman”, — deb yozdi Nargiz Zokirova. | 90 | 1,699 |
Madaniyat | Aziz Shohakimov Zalsburgda eng yaxshi yosh dirijor deb topildi | Avstriyaning Zalsburg shahridagi an’anaviy yosh dirijorlar tanlovida O‘zbekiston vakili Aziz Shohakimov Conbrio kompozitsiyasining qisqartirilgan versiyasi bilan ishtirok etdi. Tanlov prezidenti Plasido Domingo boshchiligidagi jyuri uni g‘olib deb topdi. Tanlovning sovrin jamg‘armasi — 15 ming yevro, deb ma’lum qiladi My Day.
G‘alaba munosabati bilan Shohakimov bir kunga Vena radiosining Simfonik orkestriga rahbarlik qilib, 5-avgust kuni Zalsburgda laureatlik konsertini berdi.
Ilgariroq Aziz Shohakimov Maler nomidagi dirijorlar tanlovi sovrindoriga aylanishga ulgurgan edi. U Deutsche Operam Rhein’ning amaldagi kapelmeysteridir, 2012-yilga qadar esa O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri bosh dirijori edi. | 62 | 713 |
Madaniyat | Bosh vazir o`rinbosari yosh kinoijodkorlar bilan uchrashdi | Bugun Kinematografiya agentligida Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.
Agentlik rahbariyati va yosh kinoijodkorlar ishtirokidagi mazkur uchrashuvda Bosh vazir o`rinbosari sohada yoshlarga berilayotgan e`tibor, ularning yutuq va kamchiliklari haqida yosh kinoijodkorlarning o`zlari bilan samimiy suhbat olib bordi.
Shuningdek, uchrashuv davomida 30 iyul — Xalqlar do`stligi kuni munosabati bilan suratga olinayotgan videoroliklar bo`yicha ham gaplashildi. Bundan tashqari, yoshlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qisqa metrajli filmlarni moliyalashtirishda hukumat hamda Turizm va sport vazirligi ko`magi bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.
Uchrashuv davomida Aziz Abduhakimov yoshlarning ham fikr va takliflarini tinglab, ularning kelgusidagi faoliyatida, o`qish va ishlarida omad tiladi. | 58 | 908 |
Madaniyat | Van Dammning o‘g‘li do‘stiga pichoq bilan hujum qilgani uchun hibsga olindi | Taniqli Gollivud aktyori va sportchi Jan Klod Van Dammning o‘g‘li, 21 yoshli Nikolas Van Varenberg tanishiga pichoq bilan tahdid qilganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
U birga ijarada turadigan odam bilan janjallashib qolganini eshitgan qo‘shnilar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Huquq-tartibot organlari vakillari voqea joyiga kelgach, kvartiraga olib kiradigan qon izlarini aniqlagan.
Tintuv chog‘ida uydan, pichoqdan tashqari, marixuana topildi. Gollivud yulduzining o‘g‘li sovuq qurol bilan hujum qilish va narkotik modda saqlashda ayblanishi mumkin. | 75 | 597 |
Madaniyat | Bollivud aktrisalarining mashhurlikda ulardan qolishmaydigan onalari (foto) | San’at vakillari orasida oilaviy mashhurlikka erishgan yoki ota-onasiga havas qilib shou-biznesni tanlagan farzandlar yo‘q emas. Quyida hind kinosanoatida aktrisa sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan onalar va ular yo‘lini tanlagan qizlar haqida ma’lumot beramiz.
Hema Malini — Esha Deol
Hind kino sanoatiga 70-yillar oxirida kirib kelgan Hema Malini ko‘p vaqt o‘tmay kino yulduziga aylangan. Iste’dodli va maftunkor aktrisa o‘ziga xos rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan. Hemaning qizi Esha Deol aktrisalik karyerasida onasichalik muvaffaqiyatga erisha olmagan bo‘lsa-da, qo‘lidan kelganicha mahoratini ko‘rsatishga uringan. U suratga tushgan filmlardan “Tezlik” omadli chiqqan.
Dimpl Kapadiya — Tvinkl Khanna
“Bobbi”, “Sevgi dengizi” filmlaridagi unutilmas rollari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Dimpl o‘smirlik chog‘idayoq Film Awards’ga sazovor bo‘lishga ulgurgan. Aktrisa ayni vaqtda 60 yosh bo‘lishiga qaramay, filmlarda suratga tushishda davom etmoqda. Kapadiya xonimning qizi Tvinkl kinosanoatda o‘rnini topa olmagan bo‘lsa ham, maftunkorligi va qiyofasi bilan esda qolgan. Tvinkl Bollivud yulduzi Akshay Kumarga turmushga chiqqan va hozirda farzandlar tarbiyasidan tashqari tadbirkorlik va dizaynerlik bilan shug‘ullanadi.
Tanuja — Kajol
Tanuja mahoratli rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktrisalardan biri hisoblanadi. Uning qizi Kajol esa allaqachon Bollivudda o‘z o‘rnini topgan, muxlislari uchun sevimli bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Ona-bola aktrisalar bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi, ularning hayotiy qarashlari bilan ham bir xil. Kajol Ajay Devgan bilan turmush qurgan va ularning ikki nafar farzandi bor.
Sharmila Tagor — Soha Ali Khan
O‘z vaqtida go‘zallik timsoli bo‘lgan Sharmilaning aktrisalik mahorati chiroyidan kam bo‘lmagan. Uning qizi Soha Bollivudda mashhur bo‘lmasa-da, ijrosi muxlislarda ijobiy taassurot qoldirgan.
Aparna Sen — Konkona Sen Sharma
Chiroyli tabassum va o’tli nigoh ona-bolani boshqalardan ajratib turuvchi xususiyat hisoblanadi. Aparna nafaqat aktrisa, balki rejissor sifatida ham hind kinosanoatida o‘z o‘rnini topgan. Qizi Konkona nomi mashhur aktrisalardan bo‘lmasa ham, turli janrdagi rollarni qoyilmaqom ijro etadigan iste’dodli aktrisa hisoblanadi. | 75 | 2,219 |
Madaniyat | Xonanda Sardor Mamadaliyevning onasi vafot etdi | Xonanda Sardor Mamadaliyevning onasi olamdan o‘tdi. Bu haqda Sardor Mamadaliyev Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi.
“Onajon joyingiz jannatda bo‘lsin! So‘nggi manzilga kuzatganimizga 2 kun bo‘ldi-yu, lekin nazarimda 2 kunmas 20 yildan beri ko‘rmagandekman. Faqat shirin xotiralar qoldi, sizni juda sog‘indim, ona”, — deb yozadi xonanda.
2020-yilda vafot etgan madaniyat va san’at sohasi vakillari (foto) | 47 | 410 |
Madaniyat | Jennifer Lourens o‘tkinchilardan o‘zi ishtirokidagi 5 ta film nomini aytishni so‘radi (video) | Gollivud aktrisasi Jennifer Lourens Jimmi Kimmelning ko‘rsatuviga taklif etilgan mehmon sifatida ko‘chadagi o‘tkinchilardan o‘zi ishtirokidagi beshta filmning nomini aytishni so‘radi, deb yozadi TJournal.
Ayrimlar savolga mazkur savolni aynan aktrisaning o‘zidan eshitayotganidan hayajonlanib, javob bera olmadi. Ayrimlar esa aktrisa ishtirokidagi filmlarni bilmasligini aytgan. | 93 | 379 |
Madaniyat | OAV: Anjelina Joli va Bred Pitt munosabatlarni qayta tiklamoqda | Anjelina Joli va Bred Pitt oilasining biogarfi Yan Galperinning xabar berishicha, yulduzli juftlik oilaviy munosabatlarni yangilashga qaror qilgan. Bu haqda The Sun nashriga tayanib, “Korrespondent.net” ma’lum qilmoqda.
Galperinning so‘zlariga ko‘ra, Joli va Pitt do‘stlarining uyida uchrashgan. Shunda ular ko‘z yoshini to‘xtatib tura olmagan va bir lahza bir-birini quchgan. Biografning ta’kidlashicha, munosabatlarni qayta tiklashda birinchi qadamni Berd Pitt tashlagan.
Xabar qilinishicha, juftlik munosabatlarni avvalgi holatga qaytarish uchun birgalikda oilaviy reabilitatsiya kurslariga qatnaydi. Biroq aktyorlar ajrashish jarayonini to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
Anjelina Joli va Bred Pittning 12 yillik hayotdan keyingi ajrashuvi haqida 2016-yilning sentabr oyida ma’lum bo‘lgan edi. | 63 | 796 |
Madaniyat | “Salom, ozodlik!”. Shohruxxon Instagram’iga bo‘lingan yurak suratini joylashtirdi va Asal Shodiyeva bilan to‘ydan keyin tushgan selfilarini o‘chirib tashladi | Xonanda Shohruxxon 26-avgust, juma kuni tongda Instagram’dagi sahifasiga bo‘lingan yurak suratini joylashtirib, unga: “Xayr Salom, ozodlik!”, — deb izoh qoldirdi.
Skrinshot: Instagram / @_shohruhhon_
Shohruxxon nima sababdan mazkur suratni joylashtirgani, gap qanday ozodlik haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan. Instagram foydalanuvchilari Shohruxxon aktrisa Asal Shodiyeva bilan ajrashayotganini taxmin qilgan.
Qayd etish joiz, Shohruxxonning ham, Asal Shodiyevaning ham Instagram’dagi sahifalaridan ularning to‘ydan keyingi birgalikda tushgan selfilari va videolari o‘chirib tashlangan. Ayni vaqtda, ular Instagram’da bir-biriga obunachi bo‘lishda davom etmoqda (bir-birini unfollow qilmagan)
Instagram’dagi to‘ydan keyingi birgalikdagi suratlarining o‘chirilishi hamda Shohruxxonning bo‘lingan yurak suratiga ilova qilib yozgan so‘zlari yuzasidan hozircha na Shohruxxonning o‘zi, na Asal Shodiyeva izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, aktrisa va xonandaning nikoh to‘yi 2016-yilning 5-iyun kuni bo‘lib o‘tgan va yilning eng shov-shuvli to‘y marosimlaridan biriga aylangan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 157 | 1,235 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri bo‘lganidan keyin ham to‘ylarda kuylashni davom ettiradimi? (video) | 22-yanvar kuni Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi hukumat a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilgan va muhokama qilingandi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Ozodbek Nazarbekov nomzodi madaniyat vaziriligiga ko‘rsatildi.
O‘zbekiston xalq artisti “Sevimli” telekanaliga bergan intervyusida vazir bo‘lganidan so‘ng xonandalik faoliyatini davom ettirishi yoki to‘xtatishi haqidagi savolga javob berdi:
“Ehtimol mana shu vazirlikda biroz tartib o‘rnatilganidan keyin buniyam shu parlamentga murojaat qilib, agar ijodkor odamlar davlat ishiga keladigan bo‘lsa, ular uchun ijodiy kun ajratilishini talab qilarmiz. Haftada besh kun ish ikki kun ijodiy kun deb imkoniyat berish kerak. Bu bizning ichki dardimiz ham. Men masalan, hozir ikki yarim yil mobaynida uyqumning hisobidan g‘uborimni chiqaryapman uyga borganda yoki studiyaga borganda. Uyqumning hisobidan. Dam olish kunlari deyarli yo‘q. Ish juda ham ko‘p”, — deydi Ozodbek Nazarbekov.
Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov bunga qadar sobiq madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning birinchi o‘rinbosari edi.
“Byaxkelingchi, Ozodaka”. G‘aniyev, Nazarbekov va Allamjonov aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda memga aylandi | 103 | 1,179 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva: Bir yigit bir yil ichida uch marta uylandi, uchalasida ham xizmatda bo‘ldim | Xonanda Munisa Rizayeva “So‘g‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida bugungi kunda oilalarda ajrashishlarning ko‘pligi haqida gapirib, unga misol ham keltirdi. Bu haqda “Darkachi.uz” xabar berdi.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, bir yigit bir yil ichida uch marotaba uylangan, u uchala to‘yda ham xizmatda bo‘lgan.
“Yana bir tanishimning to‘y kunigacha uch marta kelin almashdi. Ko‘ryapsizmi, nimalar bo‘lyapti”, — deb so‘ziga qo‘shimcha qilgan Munisa Rizayeva.
Dildora Yusufbekova suhbatlashdi. | 92 | 493 |
Madaniyat | Iyun oyida Otabek Muhammadzohid jonli ijroda konsert beradi | Xonanda Otabek Muhammadzohid 15—16-iyun kunlari “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
Ta’kidlash joiz, Otabek Muhammadzohid konsert dasturini jonli ijroda o‘tkazishni rejalashtirgan. Konsert repertuarida 26 ta qo‘shiq kuylanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning 15 taga yaqini yangi taronadir. Ular orasidan Yevropa va Sharq (turk, ozarbayjon, ingliz va Otabek Muhammadzohid so‘zi va musiqasi bilan rus tilida) qo‘shiqlari ham joy olgan.
Konsertda san’at ostonasiga endigina qadam qo‘yib kelayotgan yosh iste’dod sohibi, xonanda shogirdlaridan biri Eldorbek Maqsudovning ham katta sahnada ilk bor jonli ijroda qo‘shiq kuylashi mo‘ljallanmoqda.
Ayni vaqtda ushbu konsertga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Farg‘ona shahrida Otabek Muhammadzohidning 26 kishidan iborat sozandalari, shuningdek, barcha guruh a’zolari birgalikda mehnat qilmoqda. | 59 | 862 |
Madaniyat | “Irma” to‘fonidan omon qolgan xonanda Larisa Maskalyovaning onasi Toshkentda vafot etdi | 10-sentabr kuni ayni payda o‘z faoliyatini AQShda davom ettirayotgan xonanda Larisa Maskalyovaning onasi vafot etdi. Bu haqda xonandaning o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Mening va oilamning ahvolidan xavotirga tushib qo‘ng‘iroq qilayotganlar, yozayotganlar meni kechiringlar, hozirda javob beradigan holatda emasman. Biz “Irma” to‘fonidan qutulib qoldik. Shartli ravishda evakuatsiya qilindik. Afsuski bu vaqtda, mendan juda olisda — Toshkentda onam vafot etdi… To‘fon sababli uchib bora olmadim. 10-sentabr kuni onamni dafn qilishdi…
1-sentabr kuni 77 yoshni qarshilagan onam ulkan qalbga ega ajoyib inson edi.
Onam 1966-yilda sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng Toshkentga ko‘chib kelib, poytaxtning qayta tiklanishi uchun bor kuch-g‘ayratini sarflagan ayol edi…
Larisa Maskalyova, xonanda | 87 | 798 |
Madaniyat | “Daydi qiz”dagi Taxmina – Fotima Berdiyeva kinoda boshqa suratga tushmasligi va chet ellik yigitga turmushga chiqayotgani haqida so‘zlab berdi | “Milliy” telekanalida efirga uzatilgan “Daydi qizning daftari” teleseriali qisqa fursat ichida tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Unda bosh rolni ijro etgan Fotima Berdiyeva Taxmina obrazi kinodagi debyuti bo‘lishiga qaramay, o‘z ishini mahorat bilan uddalagan, deyish mumkin. Jurnalist Nargiza Murodova aktrisa bilan intervyu tashkillashtirdi.
Bolaligimdan san’atga qiziqqanman. Oilamizda san’atkorlar bo‘lmaganligi bois qiziqishimni avvaliga qo‘llab-quvvatlashmagan. Juda ko‘p kastinglarda ishtirok etganman. Afsuski, ba’zi rejissorlar ko‘zim “gapirmasligi”, boshqalar iqtidorli emasligim sabab rollarga tasdiqlashmagan. Eng yomoni, bosh rol uchun 1500 AQSh dollari so‘rashgan yoki yotoq taklif etgan paytlari ham bo‘lgan. Ana shu voqealardan so‘ng hayotimni boshqa soha bilan bog‘lashga qaror qilganman. Kiyev shahrida iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha o‘qidim. Ammo bu sohada ishlolganim yo‘q.
Taxmina roliga qanday tanlangani va buni oila a’zolari qanday qabul qilgani haqida
“Ummon” guruhining “Qo‘g‘irchoq” va Jasur Mavlonovning “Mayin-mayin” kliplarida suratga tushganimdan so‘ng, o‘zimni yana bir bor seriallarda sinab ko‘rishga qaror qildim. Taxmina roli uchun talabgorlar juda ko‘p edi. Ular orasidan yoshim va tashqi ko‘rinishim rolga mos kelgani uchun kaminani tanlab olishdi.
Rostini aytsam, serialda suratga tushganimdan biroz afsuslandim. Chunki uni biror marta oila a’zolarim orasida ko‘rolmadim. Ba’zi sahnalardan uyalaman.
“Kiyev ko‘chalarida och-nahor yurib, ofitsiant bo‘lib ishlashga majbur bo‘lganman”
Kiyevga yaqin tanishimga ishonib, o‘qishga borganman. Uning uyida turib institutga hujjat topshirishim kerak edi. Lekin tushunmovchilik sabab uyidan chiqib ketishimga to‘g‘ri kelgan. O‘sha kuni to tonggacha Kiyev ko‘chalarida chamadon sudrab yurganman. Institut shartnomasi uchun berilgan pulni ishlatishni istamay, och qolishga ham rozi bo‘lganman. Eng yomoni, rus tilini ham yaxshi bilmasdim. Kunlik ijara uyga joylashganman. Uch xonali uyda 30 dan ortiq odam yashar ekan. Bir necha kun o‘sha yerda yashab, institutga o‘qishga kirganman.
Musofirchilikda o‘qish oson emas. Puldan qiynalgan paytlarim juda ko‘p bo‘lgan. Shu bois 18 yoshimdan boshlab oshxonada ofitsiant bo‘lib ishlaganman.
“San’atdagi karyeram nihoyasiga yetdi”
San’at — xobbim. U bilan hayotimni bog‘lash niyatim yo‘q. Kelajakda oddiy o‘zbek ayollari singari oilani tanlab, bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanishni istayman. Menimcha, “Daydi qizning daftari” serialidan so‘ng san’atdagi karyeram o‘z nihoyasiga yetadi.
“Taxmina emas, Fotimaman”
Men Taxmina emas, Fotimaman. Yashash sharoitim, fe’l-atvorim va fikrlarim ham obrazimdan butunlay farq qiladi. Men Taxminadek sodda va ishonuvchan emasman. Shu bois negativlarga e’tibor bermayman. Keyin ba’zi internet foydalanuvchilari xorijga turmushga chiqayotganimni ham tanqid qilishyapti. Inson o‘zi istagan va ishongan insoni bilan oila qurishga haqli. Tanlagan insonim bokulik. U yerdagi odamlarning fikri biznikidan ancha farq qiladi. O‘tmish an’analariga sodiq qolgan millat hisoblanishadi. Shu bois odamlar meni yengil hayotga intilishda ayblashga shoshilmasliklari kerak.
Ma’lumot uchun, Fotima Berdiyeva 2000-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oilada to‘rt o‘g‘il va bir qiz. Debyut rolini “Daydi qizning daftari” serialida ijro etdi.
“Daydi qiz” — Fotima Berdiyeva rejissorlar “zapret”iga tushgani, bosh rol uchun 1,5 ming dollar so‘rashgani, serialdagi ochiq sahnalar haqida (video) | 142 | 3,429 |
Madaniyat | Kann kinofestivali liboslari (fotogalereya) | Fransiyada 71-Kann kinofestivali boshlandi, deb yozadi “Kommersant”. Bu yilgi festival nizomiga ko‘ra, qizil yo‘lakchada mehmonlarga suratga tushish va selfi olish taqiqlandi. Nashr yulduzlar qizil yo‘lakchalarga kiyib chiqqan liboslardan iborat fotogalereyani taqdim etdi. | 43 | 273 |
Madaniyat | O‘zbek aktrisasi Shahzoda Matchonova qirg‘iz filmlarida suratga tushmoqda | So‘nggi paytlarda o‘zbek kinosi olamida kamnamo bo‘lib qolgan aktrisa Shahzoda Matchonova Qirg‘izistonning MKS-Project kompaniyasi tomonidan suratga olingan “Tuman” to‘liq metrajli badiiy filmida bosh rolni ijro etdi. Bu haqda “12uz.com” nashri xabar bermoqda.
Foto © matchanova.ru
Yangi kartina shu yilning dekabr oyida ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.
Foto © showbiz.kg
Ta‘kidlash joiz, bu Shahzodaning qirg‘iz kinosidagi birinchi roli emas. Bundan avval u yana bir o‘zbekistonlik san’atkor Sitora Farmonova bilan Qirg‘izistonda suratga olingan “Yotoqxona” (“Общага”) teleserialida ham ishtirok etgan edi. | 73 | 616 |
Madaniyat | Amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes ruhiy kasalxonaga yotqizildi | Amerikalik mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes ruhiy klinikaga tushib qoldi, u yerda uni asab faoliyatining buzilishi oqibatlaridan davolashmoqda, deb yozadi Tengrinews.
TMZ ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oxirida 26 yoshli qo‘shiqchi qon tahlili natijalari qoniqarsiz chiqqach, oddiy kasalxonaga yotqizilgan edi. Tibbiy tekshiruv natijalari Gomesga bir yil avval buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyin leykotsitlarning past miqdorini ko‘rsatdi.
Selena tibbiy muassasadan chiqib ketmoqchi bo‘lgan, ammo shifokorlar buning nojoizligini aytgach, xonandaning ruhiy muvozanati buzilgan. Gomesni ruhiy bo‘limga o‘tkazishdi, u yerda u ruhiy beqarorlik va o‘z joniga qasd qilishga moyil bemorlarning ahvolini yaxshilashda qo‘llaniladigan davolanishdan o‘tmoqda.
Ta’kidlanishicha, Selena yigiti Jastin Biber bilan og‘riqli ayriliq, volchanka (teri silining bir turi), buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshidan kechirgan. Eng so‘nggi tomchi internetdagi salbiy izohlar bo‘ldi. Xonandaga bunday izohlar sobiq sevgilisi Jastin Biber model Xeyli Bolduinga uylangach, kelib tusha boshlagan. | 63 | 1,092 |
Madaniyat | “Qirol sher”dagi mashhur ibora Afrikadagi janjalga sabab bo‘ldi | 100 mingdan ziyod kishi Uolt Disney kino kompanyasidan “Qirol sher” multfilmidagi “hakuna matata” iborasiga mualliflik huquqidan voz kechishni talab qilib petitsiya imzoladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Suahili tilida u “hech narsadan tashvishlanma” degan ma’noni anglatadi.
Petitsiya tarafdorlari ushbu ibora uchun mualliflik huquqini G‘arbliklarning Afrika manbalariga “mustamlakachilik va o‘g‘irlik” bilan taqqosladi.
Suahili — Sharqiy Afrikada 150 millionga yaqin odamlar so‘zlashadigan til. U Keniya, Tanzaniya, Uganda, Kongo Demokratik Respublikasi, Mozambik va Janubiy Afrikada qo‘llaniladi.
Petitsiya muallifi Shelton Mpalaning so‘zlariga ko‘ra, til tashuvchilari Disney kompaniyasining harakatlaridan hayratga tushgan.
“Qirol sher” 1994-yilda chiqarilgan bo‘lsa-da, kompaniya 2003-yilda ushbu iboraga mualliflik huquqini qo‘lga kiritdi, janjal esa hozir chiqdi.
Buning sababi, keyingi yilda “Qirol sher”ning rimeyki chiqqani bilan bog‘liq edi. | 63 | 959 |
Madaniyat | “Muhtasham yuz yil” yulduzlarini qayta birlashtirgan 5 ta turk seriali | “Muhtasham yuz yil” – Turkiyada suratga olingan eng muvaffaqiyatli seriallardan biri sanaladi. Albatta, tarixiy voqealarga asoslangan boshqa seriallar ham mavjud, ammo hech biri bu qadar mashhurlikka erishmagan. Aktyorlarning barchasi o‘z o‘rnida tanlangani va qahramonlar xarakterini ochib bergani serialning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
“Muhtasham yuz yil” serialning suratga olish ishlari allaqachon yakunlanib, butun dunyoga namoyish etilgan bo‘lsa-da, aktyorlarning yana birlashishiga sababchi bo‘lgan 5 ta serial suratga olindi. Aktyorlar o‘sha-o‘sha, faqatgina ular boshqa obrazda namoyon bo‘ladi..
“Sen mening Vatanimsan”
Xalit Ergench, Berguzar Korel, Boran Kuzum, Okan Yalabik, Saadet Aksoy, Selma Ergech
“Sen mening Vatanimsan” dramasida bosh rolni Xalit Ergench va uning sevgilisini Berguzar Korel (hayotda ham Xalitning rafiqasi) ijro etadi. Ushbu tarixiy serialda Xalit harbiy obrazida namoyon bo‘ladi. Filmni suratga olishda 250 ga yaqin aktyor ishtirok etdi
“Fi Chi Pi”
Mehmet Gunsur, Ozan Guven, Berrak Tuzunatach, Nur Fettaho‘g‘lu, Yasemin Allen
Turkiya uchun noodatiy hisoblangan “Fi Chi Pi” serialida tanish chehralar talaygina. Masalan, bosh rollarni Mehmet Gunsur hamda Ozan Guven ijro etadi. Turk filmlari faqatgina sevgi yoki mafiya haqida bo‘ladi, deydiganlarga aynan ushbu serialni tomosha qilish tavsiya etiladi.
“Quyoshning qizlari”
Tolga Saritash, Burju Ozberk, Evrim Alasya, Irem Xelvajio‘g‘lu
“Muhtasham yuz yil”ning yosh aktyorlari Tolga Saritash hamda Burji Ozberkni “Quyoshning qizlari” to‘plamida ko‘rish mumkin. Qizig‘i shundaki, agar qahramonlar o‘rtasida sevgi chizig‘i bo‘lganida darhol “Muhtasham yuz yil” bilan taqqoslangan bo‘lardi. Ammo bu sodir bo‘lmadi.
“Mening ismim Gultepe”
Mete Xorozo‘g‘lu, Ekin Koch, Tolga Saritash, Burak Dakak, Evrim Alasya, Selen Ozturk, Shafak Bashkaya, Bige Onal, Fulya Aksular
“Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlari “Mening ismim Gultepe” teleloyihasida yana bir bor birlashdi. 2014-yil suratga olingan ushbu serial haqida ma’lumotlar kam bo‘lsa-da, muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi.
“Bobil”
Xalit Ergench, Ozan Guven, Nur Fettaho‘g‘lu
“Bobil” serialida Xalit Ergench va Nur Fettaho‘g‘lu yana birlashdi. Ushbu serial yana eng yaxshi reytingda bo‘lishiga umid bog‘langandi, albatta. Lekin “o‘rtacha” bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Nima bo‘lganda ham muxlislar “Muhtasham yuz yil”ning sevimli aktyorlarini ko‘rganidan mamnun. | 70 | 2,412 |
Madaniyat | OAV: AQShda 20 yoshli reperni otib ketishdi | XXXTentacion taxallusi bilan tanilgan amerikalik reper Jasey Dueyn Onfroy 18-iyun, dushanba kuni Mayamida vafot etdi. Bu haqda TMZ portaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisa reper motosalondan chiqqanida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs Onfroyning oldiga kelib unga o‘q uzgan va qo‘shiqchining sumkasini olib, voqea joyidan yashiringan. Reper koma holatiga tushgan, biroq keyinroq Brouard okrugi politsiyasining ma’lum qilishicha, reper shifoxonada vafot etgan.
XXXTentacion 1998-yilda Floridadagi Planteyshen shahrida tug‘ilgan. Onfroyning 2017-yilda chiqargan “17” nomli albomi AQShda eng ko‘p sotilgan albomlar reytingi — Billboard 200’da ikkinchi pog‘onani egallagan. | 43 | 700 |
Madaniyat | 21 million dollarlik ovoz: Megan Markl o‘zining birinchi podkastida nima haqida gapirdi? | Ikki yildan ko‘proq vaqt davomida ommaviy axborot vositalari eng yirik Spotify musiqiy strimeri bilan Megan Markl va shahzoda Garri orasidagi shov-shuvli kelishuvni muhokama qilmoqda. Podkast shartnomasi kompaniyaga 18 million funt sterling (21 253 860 dollar)ga tushdi. Biroq 2020-yilda hech kimning yodida ham qolmagan sinov uchun tayyorlangan epizoddan tashqari, qirollik oilasi boshqa hech narsa chiqarmadi. Shu bilan birga, bir yil oldin ular platformada ko‘plab noto‘g‘ri ma’lumotlar e’lon qilinganligini aytib, shartnomani bekor qilishga harakat qildi. Ammo bu borada keyinchalik tomonlar kelisha olgan ko‘rinadi, deb yozadi Elle.
Megan Markl o‘zining “Archetypes” (to‘ng‘ich o‘g‘li Archi va shartnoma imzolangan Archewell xayriya tashkiloti nomi bilan ataladigan o‘yin) nomli yangi podkast shousining ilk epizodini debyut qildi. Megan va’da qilayotan 12-qismli seriyada u jamiyat ayollarga berilayotgan baholarni tahlil qiladi, o‘rganadi va muammoni bartaraf etadi.
Britaniya matbuoti tomonidan qizg‘in (va ko‘pincha irqiy) munosabatlarga duchor bo‘lgan Sasseks gersoginyasi shunday dedi:
“Men bu qarashlar haqida bir-ikki narsani bilaman. Umid qilamanki, mening hayotiy tajribam boshqa ayollarni kashf qilishga va bu dunyoda hech birimiz yolg‘iz emasligimizni tushunishga yordam beradi. Kelajak biz birgalikda yaratishimiz mumkin bo‘lgan narsadir”.
Yaqinda tennisdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgan mashhur sportchi Serena Uilyams shouning birinchi qismiga dugonasini qo‘llab-quvvatlash uchun keldi. Suhbatning asosiy mavzusi ambitsiya haqda bo‘ldi.
Megan Markl va Serena Uilyams
Qahramonlar gender stereotiplari va jamiyatning ikki tomonlama standartlarini taqqosladi: erkak karyeristlar ko‘proq maqsadga yo‘naltirilgan deb nomlanadi va buning uchun maqtovga sazovor, ammo nimagadir erishishni istagan ambitsiyali ayollar esa xudbin, hokimyatni sevuvchi va o‘z manfaati uchun boshqalardan foydalanadigan hisoblanadi. “Farzandli bo‘lgan, keyin ishga qaytgan va eng yuqori darajada muvaffaqiyatga erishishga harakat qilgan ambitsiyali ayollar jamiyat ayollari uchun eng muhim qadriyat qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi umidlarini puchga chiqarmoqda”, — bu efirning asosiy iqtiboslaridan biridir.
Shahzoda Garri ham intervyu boshlanishidan oldin podkastning birinchi qismida paydo bo‘ldi. U Serena Uilyams bilan salomlashgani va soch turmagini maqtaganini eshitish mumkin. Kelgusi hafta chiqadigan ikkinchi sonda Megan bilan suhbat qahramoni Merayya Keri bo‘ladi. | 88 | 2,483 |
Madaniyat | Jurnalist, advokat va psixolog: haqiqiy kasbi ular haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirib yuboradigan jahon yulduzlari (foto) | Ko‘pchilikdan bolaligidanoq katta bo‘lganida kim bo‘lishini so‘rashadi. Ammo filmlarda rol o‘ynash yoki sahnada qo‘shiq kuylash kabi javobni eshitgan ota-onalar xo‘rsinib, boshqa kasb tanlashni, universitetga kirishni va keyin ish topishni taklif qilishadi. Ammo ular orasida bo‘lajak Gollivud yulduzlari ham bo‘lishi mumkin. Aytgancha, ulardan ba’zilari jahonga mashhur yulduzga aylansa-da, maqsadli ravishda universitet diplomiga ham ega.
Runi Mara — psixolog
“Ajdar tatuirovkali qiz” filmidagi roli bilan tanilgan aktrisa Jorj Vashington universitetida tahsil olgan. Ammo keyin u Nyu-York universitetidagi kollejga o‘qishini ko‘chirdi va u yerda psixologiya bo‘yicha tahsil oldi. “Men hech qachon psixolog bo‘lishni xohlamaganman, lekin universitetga kirishga majbur bo‘ldim, chunki ota-onam buni juda xohladi va psixologiya meni hayratda qoldirdi”, — deydi Runi Mara.
Bruk Shilds — filolog
Mashhur model va aktrisa Bruk Shilds Prinston universitetining fransuz adabiyoti bakalavriatini tamomlaganini ko‘pchilik bilmaydi. U yerda mamlakatdagi eng qadimgi teatr kompaniyalaridan biri bo‘lgan Princeton Triangle Club a’zosi edi. U o‘qishni boshlaganida, Bruk allaqachon mashhurlikka erishgandi va bu unga juda ko‘p muammolarni keltirib chiqargan.
Xyu Lori — antropolog
“Jivs va Vuster” va “Doktor Haus” teleseriallaridagi rollari bilan tanilgan aktyor Iton kollejida tahsil olgan, ushbu dargohda shahzoda Uilyam va Garri ham o‘qigan. Keyin Xyu Lori Kembrijdagi Selvin kollejiga o‘qishga kirdi va u yerda antropologiya va arxeologiyani o‘rganib, bakalavr darajasini oldi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u bu ta’lim muassasasini oilaviy an’anaga ko‘ra tanlagan, chunki otasi u yerda o‘qigan.
Emi Poler — jurnalist
Komik rollari bilan yodda qolgan aktrisa Boston kollejini media va kommunikatsiyalar bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan. Aynan o‘sha yerda u o‘zining komik iste’dodini kashf etdi.
Brayan Mey — astrofizik
Mashhur Queen guruhining gitarachisi astrofizika fanlari doktori darajasiga ega, deb kim o‘ylabdi. Brayan Mey London Imperial kollejida matematika va fizika bo‘yicha tahsil olgan. U rasadxonada ishlashga taklif qilindi, lekin musiqani o‘rganishni to‘xtatmaslik uchun buni rad etdi. Aytgancha, guruhning dastlabki qo‘shiqlaridan biri — “39”ni yaratishda musiqachining astrofizika bo‘yicha dissertatsiyasi ustidagi ishidan ilhomlangan.
Uill Ferrell — sport jurnalisti
Mashhur aktyor Janubiy Kaliforniya universitetida sport jurnalistikasi bo‘yicha o‘qigan. “O‘qishni tugatgandan so‘ng darhol uyga qaytdim, deb eslaydi Uill ko‘p yillar o‘tib universitet bitiruvchilari bilan suhbatda. — Tushunadigan onam borligidan baxtiyorman. Garchi men sport translyatsiyasiga qiziqqan bo‘lsam-da, sezgilarim menga haqiqatan ham boshqa ish bilan shug‘ullanishni xohlayotganimni aytdi va men komediyachi bo‘ldim”.
Rebel Uilson — advokat
Avstraliyalik aktrisa o‘zining iste’dodi bilan mashhurlikka erishdi va uni Yangi Janubiy Uels universitetini huquq va san’at fakultetini tamomlaganini kam odam taxmin qiladi. Bundan tashqari, Rebel Uilson o‘rta maktabda matematikadan yaxshi o‘qigan. Bo‘lajak aktrisa Janubiy Afrikaga safari paytida bezgak bilan kasallanganidan keyin ijod bilan shug‘ullanishga qaror qildi: bu uni o‘ylashga va rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.
Kris Payn — tilshunos
Gollivudning yana bir taniqli aktyori Kaliforniya universitetining ingliz tili bo‘yicha bakalavr darajasini oldi. Keyin bir yil Buyuk Britaniyaning Lids universitetida tahsil oldi. Bundan tashqari, Kris Payn fransuz restoranida ishlagan, bu aktyorning so‘zlariga ko‘ra, unga umuman yoqmagan.
Lionel Richi — iqtisodchi
Lionel Richi bolaligidan musiqa bilan shug‘ullanganiga qaramay, u katta bo‘lganida huquqshunos bo‘laman deb o‘ylagan. O‘rta sinf tennisidagi muvaffaqiyati tufayli u Taskigi institutida stipendiya oldi. 1974-yilda qo‘shiqchi iqtisod bo‘yicha bakalavr darajasiga erishdi.
Natali Portman — psixolog
Natali Portman o‘zining muvaffaqiyatli aktrisalik faoliyatini bolaligida boshlaganiga qaramay, Garvard universitetini psixologiya bo‘yicha bakalavr darajasini tamomlagan. Shuningdek, ibroniy adabiyoti va nevrologiyani ham o‘rgangan. “Universitetda o‘qish karyeramga xalaqit bermaydi, — deydi u. — Men kino yulduzidan ko‘ra aqlli odam bo‘lishni afzal ko‘raman”.
Dueyn Jonson — fiziolog
Mashhur kurashchi va Gollivud jangari yulduzi umidli o‘rta sinf futbolchisi bo‘lgani uchun Mayami universitetidan stipendiya oldi. Universitetda o‘qiyotganda Dueyn Jonson o‘zining birinchi rafiqasi bilan uchrashdi va milliy futbol chempionligini qo‘lga kiritdi. 1995-yilda unga kriminologiya va fiziologiya ixtisosligidan umumiy fanlar bo‘yicha bakalavr darajasi berildi.
Eshton Kutcher — biomuhandis
Mashhur kino aktyori Ayova universitetida biokimyoviy muhandislik fakultetida tahsil olganini tasavvur qilish qiyin. Treningga pul topish uchun Kutcher yozda zavodda ishlagan. Biroz vaqt o‘tgach, uni modellik agentligi vakili payqab qoldi va tanlovda ishtirok etishga taklif qildi. Birinchi o‘rinni egallagan Eshton universitetni tark etishga va Los-Anjelesda aktyorlik karyerasini qurishga qaror qildi. | 121 | 5,120 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik Malika Razzoqova “Novaya volna–2017” xalqaro qo‘shiq tanlovi kastingidan o‘tdi | O‘zbekistonlik Malika Razzoqova “Novaya volna–2017” (“Yangi to‘lqin–2017”) xalqaro qo‘shiq tanlovi kastingidan o‘tdi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda.
Musiqachilarni tinglash “Tavrida-2016” forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tanlov ishtirokchilarini Rossiya shou-bisnezi vakillari – bastakor Igor Krutoy, xonanda Valeriya va uning turmush o‘rtog‘i, prodyuser Iosif Prigojin tanlab oldi.
Xabarda qayd etilishicha, Malika Razzoqova O‘zbekistonda tug‘ilgan, keyinroq esa Ufaga ko‘chib o‘tgan. U Qozon madaniyat va san’at universiteti bitiruvchisi hisoblanadi. Malika qo‘shiqlarni tatar, boshqird, rus, ingliz va turk tillarida kuylaydi. | 93 | 633 |
Madaniyat | Mikki Maus, etik kiygan Mushuk va “Madagaskar”dagi pingvinlar: Shohruxxon “o‘z kumirlari”ni ko‘rsatdi | Xonanda Shohruxxon Instagram’dagi sahifasida e’tiborga molik tagso‘z ilova qilingan qiziq video e’lon qildi.
Videoda Shohruxxon o‘tirgan Mercedes atrofini Mikki Maus, “Madagaskar”dagi pingvinlar, etik kiygan Mushuk va ayiq Teddi libosini kiygan odamlar o‘rab olgani, go‘yoki “hayratda qolgan” Teddidan boshqa barcha “qahramonlar” xonandani olqishlayotganini ko‘rish mumkin.
Shohruxxon bu videoga: “Mening kumirlarim”, — deb izoh qoldirgan. Bu videodan avval u Instagram’dagi sahifasida “Madagaskar” multfilmidagi pingvinlar libosidagi odamlar bilan tushgan suratini e’lon qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 101 | 742 |
Madaniyat | Gollivud qirolichasi Anjelina Jolining kam uchraydigan suratlari | So‘nggi yillarda ekranlarda deyarli ko‘rinish bermay qo‘yganiga qaramay, Anjelina Joli faol ishlashda davom etmoqda. 2021-yilning kuzida muxlislar Marvel tomonidan suratga olingan filmda Anjelina bosh qahramon rolini gavdalantirganini ko‘rishi mumkin.
2 yoshligida otasi tark etgan Joli 11 yoshigacha onasi bilan Los-Anjelesda yashagan. 7 yoshida ilk rolini ijro qilgan qizaloq 15 yoshida taniqli aktrisaga aylangan.
16 yoshida uyini tark etib, alohida yashashni boshlagan va modellik bilan shug‘ullangan.
Modellik faoliyati davomida ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Shundoq ham sarvqomat bo‘lishiga qaramay, ozishi kerakligini tushunib yetgan.
20 yoshida suratga tushgan “Xakerlar” filmi uning arsenalidagi eng ko‘zga ko‘ringan loyihalardan sanaladi.
90-yillar oxirida Joli televizion seriallarda suratga tushgan, 1997-yilda “Jorj Uolles” serialida kongressmenning rafiqasini gavdalantirgan va bu roli uchun “Oltin Globus”ga sazovor bo‘lgan.
Maktab yillari lablari va ozg‘inligi uchun atrofdagilar ko‘p ustidan kulgan.
1988-yilda Shon Konneri bilan birga Villard Karrollning filmida suratga tushgan.
Jolining och soch turmagi bilan tushgan eng oxirgi suratlari tarixda qolgan. 2000-yildan boshlab aktrisa filmlarda qora soch turmagi bilan ko‘rinish bera boshlagan.
Aktrisa o‘zidan 20 yosh katta Billi Bob Tornton bilan turmush qurgan. Juftlik ajrashganidan keyin bir-birining ismi tushirilgan tatuirovkadan qutilishiga to‘g‘ri kelgan.
“Janob va xonim Smit” filmining suratga olish jarayonida Jennifer Eniston bilan oila qurgan Bredd Pitt va Anjelina
o‘rtasida sevgi munosabatlari boshlangan.
2014-yilda qirolicha Yelizaveta II Anjelinani faxriy kavaler ayol (ayollar uchun ritsarlik unvoni muqobili) unvoni bilan taqdirlagan. | 64 | 1,745 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” rahbari: Prezident Shavkat Mirziyoyev san’atkorlarning reklamasiga muhtoj emas (video) | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida “Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekkonsert” rahbariyati, soha vakillari, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” direktori Odiljon Abduqahhorov Jahongir Poziljonovning “Prezidentim bilan selfi” qo‘shig‘i bilan bog‘liq muammoli vaziyatga oydinlik kiritdi.
Jahongir Poziljonovning “Prezidentim bilan selfi” qo‘shig‘i jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Jahongir Poziljonovning “Prezidentim bilan selfi” qo‘shig‘i Zo‘r TV kanali bilan tayyorlangan loyiha sifatida efirga berildi. Bu qo‘shiq Badiiy kengashga topshirilmagan. Biz qo‘shiq aytsin, yoki aytmasin demaymiz. Lekin bir narsani to‘g‘ri tushunishlari kerakki, Prezident san’atkorlarning reklamasiga muhtoj emas. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi, amaliy ishlar natijasida Prezidentimizni nafaqat O‘rta Osiyo, balki butun dunyo tan olmoqda. Prezidentimiz faoliyatlarini boshlagan dastlabki vaqtlarning o‘zida ham “Bo‘ldi endi, maqtash bo‘lmaydi, endi amaliy ishlarga o‘taylik”, degan fikrlarni aytgan.
Biz Jahongir Poziljonovga hozir indamasak, yaxshi ko‘rinishga harakat qilib ikkinchi, uchinchi shunday qo‘shiqni aytishi mumkin. Qarabsizki, tashqarida tirnoq ichidan kir qidiradigan o‘nlab jurnalistlar “Hukumat Prezident haqida qo‘shiq ayt deb topshiriq berdi”, deb maqolalar chiqara boshlaydi. Xudoga shukr, butun dunyo hamjamiyati bizga tan bermoqda. Prezidentga yaxshi ko‘rinmoqchi bo‘lsak, chin yurakdan Vatan uchun, xalq uchun xizmat qilib, Prezident tomonidan olib borilayotgan islohotlarga o‘zimizni qaysidir joyda bo‘lsa ham hissamizni qo‘shaylik.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” direktori | 102 | 1,798 |
Madaniyat | “Million” jamoasining sobiq a’zosi, “Bravo” jamoasi vakili Otabek Mirzaxolovning otasi olamdan o‘tdi | “Million” jamoasining sobiq a’zosi, “Bravo” kulgi jamoasining vakili Otabek Mirzaxolovning otasi olamdan o‘tdi. Bu haqda “Bravo” jamoasi ma’muri Abdulaziz Xo‘jamurodov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“Bravo” jamoasining yana bir a’zosi Shahlo Zoirovaning ma’lum qilishicha, Otabek Mirzaxolovning otasi 10-sentabr kuni ertalab olamdan o‘tgan.
Ma’lumot uchun, “Bravo” jamoasining ilk konsert dasturi 11—16-sentabr kunlari Xalqlar do‘stligi san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. | 100 | 479 |
Madaniyat | Tojikiston madaniyat vaziri: mamlakatlarimizda madaniy merosni asrab-avaylashga katta e`tibor qaratilmoqda | Termiz shahrida o`tayotgan Birinchi xalqaro baxshichilik san`ati festivalida dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan baxshilar, oqin va jirovlar, folklor ijrochilari, mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ayni paytda tadbirga turli mamlakatlarning vazirlik va idoralari rahbarlari ham taklif etilgan.
Shamsiddin Orumbekzoda,Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri:
-O`zbek va tojik xalqlari azaldan bir daryodin suv ichib, asrlar davomida bir-biriga suyanch, elkadosh bo`lib kelgan. Keyingi yillar mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlar tobora yaxshilanib borayotganini alohida iftixor bilan ta`kidlash lozim. Har ikki mamlakat rahbarlari xalqlarimizning mushtarak madaniy merosini asrab-avaylash. Yosh avlodni ana shu milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashga katta e`tibor qaratilmoqda. Bugun Termizda o`tayotgan baxshichilik san`ati festivali ham ana shunday ezgu tadbirlardan biri sanaladi. Men termizga oldin ham kelganman. Sobiq tuzum yillarida Toshkentda ikki yil o`qiganman. Ammo, u paytlarda madaniy merosimizga ham, milliy qadriyatlarga ham boshqacha nuqtai nazardan qaralar edi. Bugun zamon o`zgardi, qarashlar o`zgardi. O`z ma`naviy xazinamizni o`zimiz xolisona o`rganish va targ`ib etish imkoniga ega bo`ldik. Aslida, xalq og`zaki ijodi namunalarini qaraydigan bo`lsak, juda ko`p mushtarak jihatlarni ko`ramiz. O`zbek xalqining baxshichilik san`ati singari tojik xalqning o`ziga an`analari bor. Bunday an`ananing davomchilari dostonsarolar yoki go`ro`g`lixonlar deb yuritiladi. Bugungi tadbirga ham olti nafar tojikistonlik vakillar ishtirok etish uchun kelishgan. Ularning uch nafari baxshilardir. E`tiborlisi, ulardan biri 93 yoshda bo`lsa, yana bir 76 da, eng yoshi 30 yoshda. Shu misolning o`ziyoq bugun an`analarni yosh avlod vakillari ham davom ettirayotganini ko`rishimiz mumkin. Nasib etsa, bunday tadbirlar bizning yurtimizda ham bo`ladi. | 106 | 1,857 |
Madaniyat | Elvis Preslining mashhur kiyimi auksion orqali rekord qiymatda sotildi | Kruse GWS kimoshdi uyi orqali amerikalik mashhur qo‘shiqchi Elvis Preslining kiyimi 1 million dollarga sotildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Kadr: YouTube
Qo‘shiqchining kombinezon va oq rangli keypi (yoping‘ich) auksionga qo‘yilgan. Musiqachi aynan shu kiyimda 1972-yili Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden sport majmuasida konsert bergan. Metall qotirgichli eksklyuziv kiyimni Presli uchun dizayner Bill Belyu yaratgan.
Savdolar avvalida lot 350 ming dollarga baholangan. Elvisning kiyimi uchun buncha pulni bergan insonning shaxsi oshkor etilmagan.
Auksionda ushbu kostyumdan tashqari, qo‘shiqchining sochlari solingan banka, poygachilar shlemi, smokingi, poyabzallari, notalar tushirilgan daftari va elektroustarasi sotilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Julien’s Auctions Elvis Presliga tegishli bo‘lgan to‘g‘nog‘ichni 205 ming dollarga, 2020-yilda gitarasini 1,32 million dollarga sotgan edi.
Elvis Presliga tegishli bo‘lgan 54 yillik GMC pikapi auksionga qo‘yiladi (foto) | 70 | 989 |
Madaniyat | Sevinch Mo‘minova Ozarbayjonda klip suratga oldirdi | Xonanda Sevinch Mo‘minova avvalgi shov-shuvli reytingini tiklash yo‘lida ishlamoqda, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi.
Xonanda yaqinda xalqona yo‘nalishdagi “Do‘qi-do‘qi” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldirgani ma’lum bo‘lgandi.
“Sevinch Mo‘minova ozarbayjon tilida yangraydigan yana bir sho‘x qo‘shig‘iga Boku shahrida maxsus klip suratga olish ishlarini yakunladi”, — deyiladi gazeta xabarida. | 51 | 403 |
Madaniyat | Shaya LaBaf ishtirokidagi yangi film Britaniya kinoprokatida atigi 7 funt to‘pladi | The Guardian gazetasi 30-mart—2-aprel kunlari Buyuk Britaniya kinoteatrlarida namoyish etilgan filmlarning kassabopligini ko‘rib chiqdi. Eng muvaffaqiyatli film Emma Uotson ishtirokidagi “Sohibjamol va maxluq” bo‘ldi. Film 6,75 million funt sterling to‘pladi. Premyeradan so‘ng o‘tgan uch hafta ichida film jami 51,4 million funt sterling to‘plashga erishdi. Bu haqda Meduza ma’lum qildi.
Kinoteatrlardagi eng kam tomoshabin kirgan film rejissor Dito Montielning Shaya LaBaf ishtirokidagi “Urush” filmi bo‘ldi. Kinokartina bir haftada atigi yetti funt sterling to‘pladi (31 800 so‘mdan ko‘proq).
Film Byornli shahridagi faqat bitta kinoteatrda namoyish etilgan. Tanqidchilar filmga past baho bergan.
“Urush” filmi 2015-yilda kinofestivallarda namoyish etilgan, 2016-yil dekabrida esa AQSh, Kuvayt va BAAda katta ekranlarga chiqqan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 82 | 906 |
Madaniyat | Obama Oq uy hovlisida birinchi rok-festivalni o‘tkazadi | AQSh prezidenti Barak Obama Oq uy hovlisidagi birinchi rok-festival — South By South Lawn’da chiqish qiladigan qo‘shiqchilarning ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda NME nashri ma’lum qildi.
Tadbirda The Lumineers, Sharon Jones And The Dap Kings guruhlari, shuningdek, dijey Beverly Bond ishtirok etadi. To‘liq ro‘yxat keyinroq e’lon qilinadi.
Festivalda, shuningdek, ekologiya haqidagi “Toshqin oldidan” hujjatli filmining premyeraoldi namoyishi bo‘lib o‘tadi. Film rejissori — Leonardo Di Kaprio.
Mazkur kartina uchun musiqani Mogwai shotland guruhi va Amerikaning Nine Inch Nails jamoasi yetakchisi Trent Reznor yozgan.
Bu Amerika prezidenti qarorgohi hududidagi birinchi musiqiy festival bo‘lib, tadbir 3-oktabrda bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 55 | 886 |
Madaniyat | “Scorpion” filmining treyleri tayyor bo‘ldi (video) | Rejissor Muxlisa Azizovaning “Scorpion” filmi joriy yilning 27-noyabrida Toshkentda ochiladigan PROlogue Xalqaro kinofestivalining ochilish filmi bo‘lishi kutilmoqda, deb yozadi UZ24.
Kartina 1-dekabr kuni katta ekranlarga chiqadi. Film Toshkent, Buxoro, Sankt-Peterburg va Marokashda suratga olingan.
Yoshlar o‘rtasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishga da’vat etuvchi filmda Farhod Mahmudov, Karim Mirhodiyev, Yulduz Rajabova, Ra’no Shodiyeva kabi taniqli aktyorlar ishtirok etdi.
Shuningdek, unda mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegayevlar rol ijro etgan etgan. | 51 | 617 |
Madaniyat | Instagram: Yordamchisiga mashina sovg‘a qilgan Kaniza, Sayyora Qoziyeva xonadonida iftorlik, Madina Mumtozni sudga berishdi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Rixsitilla Abdullayev Samarqand shahrida ochilgan yangi aeroport oldida tushgan suratini sahifasiga joyladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sayyora Qoziyeva xonadonida iftorlik dasturxonini yozib, shou-biznesdagi yaqin do‘stlarini mehmon qildi.
Xonanda Nigora turmush o‘rtog‘i Oybekka atalgan iliq so‘zlarini birgalikda tushgan suratlari izohiga yozib qoldirdi.
Madina Mumtoz bundan bir necha yil sotib olgan noturar joyi uchun sudga berildi. Ma’lum bo‘lishicha, noturar joy binosi oldida o‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirib olingan yer maydoni bo‘lgan hamda shahar hokimligidan ushbu yerni bo‘shatib berish haqida xat Madina Mumtozga yuborilgan. Qandaydir sabablarga ko‘ra sobiq xonanda ushbu xatni olmagan, buning ortidan esa ish o‘z-o‘zidan sudga oshirilgan.
Bollivud yulduzi Priyanka Chopra Los-Anjelesda hordiq chiqarmoqda.
Ilhom Farmonov onasining tug‘ilgan kunida o‘g‘li bilan birga qo‘shiq kuyladi.
Xonanda Lola otasi haqida qo‘shiq kuylamasligi, uning tuyg‘ulari bitta qo‘shiqqa sig‘masligi haqida gapirdi.
Sevara Nazarxon qizi Imon Anvarni taniqli gimnastikachi Oksana Chusovitina maktabiga shug‘ullanish uchun olib keldi.
Bahora Arslonova kuzatuvchilarini ro‘zador insonlarni hurmat qilishga chaqirdi.
Kaniza administratoriga Gentra avtomobilini sovg‘a qildi.
Aktrisa Fotima Rejametova bundan bir necha yil avval avtohalokatda vafot etgan marhum qizi, Farangizni g‘oyibona tarzda tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Bloger Liil Xurramov ayni paytda Istanbul shahrida bo‘lib turibdi. U Istanbulda qanday aldangani haqida kichik videoni sahifasiga joyladi.
Turk aktrisasi Fahriye Evjen kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
6-aprel kuni xonanda Nilufar Usmonova 35 yoshni qarshi oldi. Xonandaning oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlari ushbu kunda unutilmas syurprizlar tayyorlab, Usmonovani xushnud etdi. | 123 | 2,024 |
Madaniyat | Dilbar Ikromovaning kelini qaynonasi ko‘chada qolib, xor-u zor bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 25-avgust kuni koronavirus oqibatida vafot etdi.
Dilbar Ikromovaning hamkasblari “Milliy” telekanalining “M-kokteyl” loyihasida aktrisa qarigan chog‘ida ijarama-ijara, sarson bo‘lib yashagani haqida gapirib berdi.
Ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad Dilbar Ikromovaning kelini Zohira Ikromova bilan suhbatlashdi. Zohira Ikromova qaynonasi haqidagi barcha gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.
Bu ko‘rsatuvga chiqsammikan, yo‘qmikan, to‘g‘ri qilyapmanmi, yo‘qmi, deb o‘yladim. Oldimda uchta qizim bor, 5-6 yildan so‘ng uyimizga sovchilar kela boshlaydi. Kelgan sovchilar ‘bu qizlarning onasi qaynonasini ko‘chada qoldirgan’, degan malomatlar bo‘lmasligi uchun gapirishga qaror qildim.
Qaynonam bilan munosabatimiz juda yaxshi edi. Ular haqida faqat yaxshi gaplarni gapirishim mumkin. Har bir oilada ikir-chikir gap-so‘zlar bo‘lishi aniq. Meni erkalab Zohi derdilar, hattoki tug‘gan onamdan ham rashk qilardilar. ‘Uyga borib kelsam maylimi?’, desam, sal xafa bo‘lardilar-da, ‘mayli, faqat vaqtli qaytasiz, sizsiz o‘tira olmayman, sizlar ketsangiz uyim huvullab qoladi’, derdilar.
Ota-onamnikidan qaytganimdan keyin bir xil payt yig‘lab yuborar edilar. ‘Bolam, siz meni yoshingiz katta bo‘lgandan keyin tushunasiz, yolg‘izlik qursin, siz ketasiz yuragim huvullab ketadi, kelsangiz uyimga onam kelgandek bo‘ladi’, derdilar. Biz qaynona-kelin bo‘lmaganmiz, yaqin dugona bo‘lganmiz. Ko‘ngillari siniq inson bo‘lgani uchun birorta rejissor va aktyorlarning sal gapi ham ularni xafa qilib qo‘yardi. Hammaga meni administratorim derdilar. Bir-ikkita rejissorlar pullarini bermagan vaqtlarida ‘mana administratorim, yaqinda ko‘zi yoriydi, pulimni beringlar’, derdilar.
Haqiqatan, juda xokisor ayol edilar. Birovni yuziga tik qaramas, birovni dilini og‘ritmas edilar. Hamma dardlari shu o‘zlarining xonalarida qolib ketardi.
Ular yangi rol olsalar bayram bo‘lib ketardi. Bir kuni ‘Zohi, keling oldimga’, dedilar. Zohi dedilarmi, demak, bir yaxshi gap bo‘lar edi. ‘Bugundan boshlab eringizdan ham, bolalaringizdan ham dam olib, menga xizmat qilasiz’, dedilar. ‘Mana Turg‘un Azizov menga ‘O‘zbekcha raqs’ spektaklini berdilar, siz o‘tirib menga obraz topasiz’, dedilar. Men ularga doim partnyor bo‘lardim. Dam rais buva, dam Mariyam kelin bo‘lib rollarini ijro etardik. Xullas, qaynonam bilan munosabatimiz juda yaxshi edi.
Xo‘jayinim bilan o‘rtamizda sal bir mashmashalar chiqib qoldi, endi bu oilaviy gap-so‘zlar. 24- yanvar kuni tunda qaynonam eshikni taqillatdilar. Ular eshikni taqillatsalar qo‘rqib ketaman, chunki qon bosimlari bor. Chiqsam, yig‘laganlar, qo‘rqib ketib ‘oyijon tinchlikmi nima bo‘ldi?’, dedim. Qo‘llarida Qur’on kitobi, ‘Bolam, bir necha kundan buyon ko‘nglim juda g‘ash, Qur’on kitobini oling-da qasam iching, men bu hayotda bormanmi, yo‘qmanmi hech qachon o‘g‘limni tashlab ketmaysiz, shunday deb qasam iching’, dedilar. Orangizdan olamushuk o‘tganini sezib yuribman dedilar. ‘Erkak kishining bitta aynib oladigan vaqti bo‘ladi, aynigan vaqtida ham tashlab ketmang, sizni Allohga, o‘g‘limni sizga omonat qilib tashlayman’, dedilar. Keyin ‘nima bo‘lgan taqdirda ham, oilamni tashlamayman deb qasam ichdim, bag‘rilariga bosib yig‘ladilar. Xullas, erim bilan ma’lum bir sabablarga ko‘ra ajrashdik.
Zohira Ikromova, Dilbar Ikromovaning kelini
Zohira Ikromova suhbat davomida hozir yashayotgan 3 xonali uyini Dilbar Ikromova uch nabirasi ko‘chada qolmasligi uchun kelini va nabiralariga berib, uch yil oldin chiqib ketganligi, bu uydan tashqari Dilbar Ikromovaning Do‘rmonda hovlisi hamda 2 xonali boshqa bir uyi borligini ma’lum qildi.
Odamlar ‘Dilbar Ikromova davlatdan uy so‘rab yuribdi’, deyishmoqda. Bunga ham oydinlik kiritmoqchiman. Ular men uchun Sergeli tumanidan bir xonali uy so‘raganlar. Shu yerda ham qaynonam meni o‘ylaganlar.
Uch yildan buyon alohida yashardik. ‘Dilbar Ikromova umrining oxirida xor-u zorlikda yashadi, uysiz yashadi’, degan gaplar asossiz. Shu xonadonga tushganimdan buyon yetar-yetoshmovchilik ko‘rmaganman. Qaynonam hamisha muzlatkichni to‘ldirib qo‘yardilar. Erim ham juda nufuzli joyda ishlardi.
Qaynonam haqiqatdan ham jannati ayol edilar. Hayotlarini san’atga, farzandlariga baxshida qilgan, ismlariga monand dilbar ayol edilar. Muxlislaridan iltimos qilib so‘rardim, bu gaplarga chek qo‘yishsa, ruhlarini chirqiratishmasa, deyman. Allohga shukr, juda yaxshi yashadilar, hech muhtojlik ko‘rmadilar, qandaydir ikir-chikirlar bo‘lgandir, ammo ko‘chada qolgan, degan gaplar noto‘g‘ri.
Muxlislardan ularni tashvishga solganim uchun ming bor uzr so‘rayman, shuncha gap-so‘zlar bo‘lib ketgani uchun kechirim ham so‘rayman. Faqat ulardan vaziyatni to‘g‘ri talqin qilishlarini so‘rab qolaman.
Zohira Ikromova, Dilbar Ikromovaning kelini | 121 | 4,756 |
Madaniyat | Uill Smit AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan Yangi Orleanda mushakbozlik bo‘lmasligidan xabar topgach, uni o‘zi tashkillashtirdi | Amerikalik aktyor Uill Smit Yangi Orlean shahri aholisi uchun Missisipi daryosi bo‘yicha mushakbozlik uyushtirdi. U shahar ma’muriyati AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan bu ishni qilishni rejalashtirmayotganidan xabar topgach amalga oshirgan, deb xabar beradi Esquire.
Mushaklarning qiymati — 100 ming dollar. Yangi Orleanda mushakbozlik 2020-yildan buyon o‘tkazilmay kelinayotgan edi — bunga pandemiya sabab qilib ko‘rsatilgan.
Smit Yangi Orleanda “Emansipatsiya” nomli filmning suratga olish ishlari sabab bo‘lib turibdi. Aktyor unda Luizianadagi plantatsiyadan qochgan Piter ismli qul rolini ijro etmoqda. Filmda qahramon, shuningdek, fuqarolik urushida ittifoq armiyasi a’zosi sifatida ham ko‘rinish beradi.
Avvaliga ushbu filmni Jorjiyada suratga olish rejalashtirilgan edi, biroq shtatda qora tanli amerikaliklar oq tanlilar bilan teng saylov huquqidan mahrum etilishi mumkinligi borasida yangi qonun qabul qilingani sabab Luizianaga ko‘chirilgan.
Amerikalik aktyor Uill Smit uchta old tishidan ayrildi (video) | 133 | 1,023 |
Madaniyat | MC Doni Buxoroda suratga olgan klipini taqdim etdi (video) | Timati boshchilik qiladigan Black Star leybli ishtirokchisi farg`onalik MC Doni Buxoroda "Jin" qo`shig`i uchun klip suratga oldi va 21-mart kuni YouTube tarmog`iga joyladi.
Klipda shaharning ko`rinishi, sharqona muhit, ko`chalar, bozor va hattoki yaqindagina paydo bo`lgan uchar darvish ham mohirona ko`rsatib berilgan. Klip ijodkorlari uni suratga olishda yordam bergan Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasiga minnatdorlik bildirishdi.
MC Doni o`z faoliyatini Timati uchun bek-MC sifatida boshlagan, lekin yakkaxonlik faoliyatida ajoyib natijaga erishgan. | 58 | 559 |
Madaniyat | Bollivud yulduzi Sunil Shetti 60 yoshda. Aktyorning 40 yoshdagidek ko‘rinishining siri nimada? (foto) | Bollivudning eng sevimli aktyorlaridan biri Sunil Shetti 2021-yil 11-avgustda 60 yoshga to‘ldi. Sunil necha yosh bo‘lishiga qaramay, u hind kinosining zabardast aktyorlaridan biri sifatida rollar ijro etmoqda. Yosh ko‘rinishning siri esa faqat sport va kikboksingda emas.
Sunil 1961-yil 11-avgustda Karnataka shtatining Mangalor shahri yaqinida tug‘ilgan. U Bollivuddagi debyutini “Kuchli odam” (1992) filmi bilan boshladi, lekin u aktyor bo‘lishni xohlamagandi, chunki hech bir aktrisa Sunil bilan ishlashga tayyor bo‘lmagan, sababi Sunil bu sohada yangi edi.
Faqat bitta aktrisa – marhuma Divya Bxarti taklifga rozi bo‘ldi va film muvaffaqiyat qozongan. Shuningdek, Sunil filmda ijro etgan ba’zi xavfli sahnalari bilan ham tomoshabinlarni hayratda qoldirgan.
90-yillarda u Sonali Bendre va Akshay Kumar bilan duetda bir nechta filmlarda ishtirok etgan. Aytgancha, Sonali Sunilni yoqtirib qolgan va hatto unga ikkinchi xotin bo‘lishga ham rozi bo‘lgan, lekin aktyor bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymagan.
Aktyor Mana Shetti bilan 30 yildan buyon baxtli yashab kelmoqda. Aktyor bo‘lajak rafiqasini 9 yil davomida kutgan. Chunki qizning ota-onasi ularning munosabatlariga mutlaqo qarshi edi.
Gap shundaki, Sunil hindu, Mana esa musulmon. Bundan tashqari, o‘sha paytda u kollejni endigina tugatgan edi. Ota-onasini to‘yga ko‘ndirish uchun unga 9 yil kerak bo‘ldi.
Er-xotinning go‘zal qizi Atiya va Axan ismli o‘g‘li bor. Atiya allaqachon aktrisalikka qadam qo‘ygan, 2015-yilda “Qahramon” filmi bilan debyut qilgan, Axan esa Bollivudda “Tosca” bilan debyutini o‘tkazmoqchi.
Shubhasiz, Sunilning eng esda qolarli rollaridan biri Darmesh Darshan rejissorlik qilgan “Yurak urishi” (2000) melodramasidir. Sevimli Dev rolidagi aktyorning ijrosi ko‘pchilikning qalbidan joy olgan.
U, shuningdek, 1994-yilda “Shoqol” jangari filmidagi ajoyib ijrosi uchun maqtovga sazovor bo‘lgan. Uning ishtirokidagi yana bir mashhur film – “Chegara” (1997), u pokistonlik ulkan armiyaga qarshi chiqqan hind askarlarining kichik bir batalyoni haqida hikoya qiladi.
Uning filmografiyasida juda ko‘p ajoyib komediyalar bor. “Bechora tovlamachilar” va “Omadsiz ishbilarmonlar” – bu bir nechta misol. Biroq ko‘plab aktyorlardan farqli o‘laroq, Sunil Shetti faqat kino bilan yashamadi.
U, birinchi navbatda, muvaffaqiyatli biznesmen va turli sohalarda bir nechta kompaniyalarga ega. Uning Popcorn Entertainment o‘z ishlab chiqarish kompaniyasi, mehmonxonalar, butiklar va restoranlar tarmog‘i bor.
Aktyor o‘zini juda yaxshi holatda ushlab turadi, ko‘pincha sport zalida ishlaydi va ochiq havodagi mashg‘ulotlarni yaxshi ko‘radi. O‘z intervyusida, u har doim sport bilan shug‘ullangan bo‘lsa-da, haqiqatan ham 50 yoshdan keyin unga qiziqib qolganini tan oldi.
“Men uch yillik ta’tilda edim va o‘g‘lim Axan bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkoniyatini topdim. U 14 yoshda edi va men uni o‘rgata boshladim. Agar men uni hayratda qoldirmoqchi bo‘lsam, o‘zimga ham shug‘ullanishim kerak deb o‘yladim. Shunday qilib, men mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor qaratdim ... Hatto karyeramning eng yuqori cho‘qqisida ham.
Men parhezni qayta ko‘rib chiqdim. Shiorim shoh kabi nonushta qil va tilanchidek ovqatlan. Men kunni to‘rtta tuxum yeyishdan boshlayman, non yemayman. Ratsionga ko‘plab meva va yong‘oq qo‘shganman. Tushlik uchun sho‘rva va oddiy go‘shtli taomlar, ko‘pincha tovuq go‘shti tanovul qilaman”.
“Ammo eng qiyini shakarni rad etish bo‘ldi. Shirinlikni juda ham yaxshi ko‘raman, shuning uchun bu katta muammo bo‘lib qoldi. Natijada xurmo yeyishga o‘tdim. Ularni har ovqatdan so‘ng shakarga bo‘lgan ishtiyoqimni qondirish uchun iste’mol qilaman”. | 101 | 3,619 |
Madaniyat | “O‘rgimchak odam” hikoyasi: Tobi Maguayrning oddiy boladan Gollivudning eng sevimli yulduzigacha bo‘lgan hayot yo‘li | Ko‘pchilik mashhur kino yulduzi bo‘lishni orzu qiladi. Ular xuddi sevimli aktyorlari kabi shon-shuhratdan zavqlanishni va katta pul ishlashni xohlashadi. Ammo Gollivuddagi go‘zal hayot ortida u yerga borish uchun ko‘p narsalarni qurbon qilishga majbur bo‘lgan oddiy insonlar borligini unutamiz. Mashhurlik faqat mehnat, intizom va sabr-toqat ortidangina kelishini quyidagi hikoya ham isbotlaydi.
Tobi Maguayr nomi bilan mashhur Tobias Vinsent Maguayr 1975-yilda tug‘ilgan. Uning ota-onasi juda yosh turmush qurgan. 18 yoshli onasi Vendi Braun reklama sohasida ishlash bilan bir qatorda aktrisa bo‘lishga bir necha bor harakat qilgan, 20 yoshli otasi Vinsent Maguayr esa oshpaz edi. Tobi 2 yoshga to‘lganda, ota-onasi ajrashib ketadi.
Shundan so‘ng hayot yanada qiyinlashadi. Aktyor intervyularidan birida shunday deb eslaydi: “Boshpanamiz bo‘lsa-da, lekin doim qarindoshlarim bilan divanda uxlardim. Oilam davlat tomonidan beriladigan oziq-ovqat taloni va tibbiy sug‘urta hisobiga kun ko‘rardi. Menga bunday hayot yoqmasdi, shuning uchun birinchi galda pul ishlab topishni istaganman”.
Shubhasiz, asosiy harakatlantiruvchi kuch pul edi, shuning uchun aktyor otasining izidan borishni xohlaydi. Oshpaz bo‘lish tezda pul topish uchun yechim bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin Tobining onasi uni aktyorlik darslariga borishi uchun 100 dollar beradi. Aynan shu qaror uning hayotini butunlay o‘zgartirib yuboradi.
Aktyorlikni o‘rganishni boshlaganida u 12 yoshda edi. Avvaliga u bir nechta reklama roliklarida suratga tushadi, keyinchalik teleseriallarda kichik rollarni o‘ynaydi. Ammo aktyor shunchaki o‘tirib, mo‘jiza sodir bo‘lishini kutishni xohlamaydi. “Gap nafaqat imkoniyatlarda, balki ularga bo‘lgan munosabatda ham. Men o‘zingiz uchun boshqa kelajakni tasavvur qilish qobiliyati haqida gapiryapman”, — deydi aktyor.
Har kuni oy oxirigacha yashash uchun pulingiz yetish-yetmasligi haqida o‘ylashingiz kerak bo‘lganda, miyangizda shu narsa tinmay aylanaveradi. Maguayr buni shunday deb tushuntiradi: “Bunday sharoitda yashayotganingizda, miya faqat bugun odatdagidek ovqatlanish yoki ijara haqini qanday to‘lash kerakligi haqida o‘ylaydi. Agar bu haqda har kuni tashvishlanishingiz shart bo‘lmasa, ongingiz muhimroq narsalar uchun bo‘shaydi”.
Vaqt o‘tdi va Tobi shou-biznesda mustahkam karyera qurdi. U 1993-yilda “Bir o‘smirning hayoti” filmida Robert De Niro va Leonardo Di Kaprio bilan birga rol o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. 1997-yilda u “Muzli shamol” filmining aktyorlar tarkibiga kirdi va 2000-yilda Maykl Duglas va kichik Robert Dauni bilan birga “Daholar” filmida rol o‘ynadi.
Qiyinchiliklar o‘tmishda qoldi. “Tasavvur haqiqatga, infratuzilmaga yoki statistikaga bog‘liq emas. Menimcha, bizning hayotimiz tasavvurimiz mahsulidir”, — deb tan oladi aktyor.
Tobi Maguayrning hayoti 2002-yilda butun dunyo oldida 4 million dollarlik filmda o‘rgimchak odam rolini o‘ynaganida o‘zgardi. 2003-yilda u “Sevimli” filmida rol o‘ynadi va buning uchun u yana 12 million dollar daromad oldi.
“Birinchi marta muvaffaqiyatga erishganimda pulimga juda ehtiyot bo‘lganman. Albatta, o‘tmishning ham ta’siri bor edi. Katta miqdordagi pul yutib, keyin bir oy ichida uni yo‘qotadigan lotereya g‘oliblarini bilasizmi? Bu men haqimda emasdi. Kelajakda xarajatlarim ko‘p bo‘lganidan to‘xtovsiz suratga tushishni istamasdim”, — deb tan oladi aktyor.
Tobining karyerasida Piter Parker roli qanchalik muhim bo‘lganiga shubha yo‘q. Maguayr o‘rgimchak odam rolini o‘ynagan eng ko‘p maosh olgan aktyordir. U 17,5 million dollar va “O‘rgimchak odam-2” filmining 5 foizini va “O‘rgimchak odam-3” filmining chiqishidan 15 million dollar va 7,5 foiz daromad oldi.
Ammo muvaffaqiyatga erishish uchun faqat orzu qilishning o‘zi yetarli emas, ko‘p mehnat qilish ham kerak. “Agar men haqiqatan ham biror narsani xohlasam, reja tuzaman va nima bo‘lishidan qat’i nazar, o‘sha narsaga erishmagunimcha tinmay ishlayman”, — deydi Maguayr.
2021-yilda biz Tobi Maguayrni “O‘rgimchak odam: Uyga yo‘l yo‘q” filmida o‘rgimchak odam sifatida Marvel olamiga qaytganini ko‘rdik. Aktyor boshqa obrazlarni ham ijro etgan. Tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlar va aktyorlik mahorati uning suratga olish maydonchasidagi professionalligi haqida gapiradi, veganizm va yoga bilan shug‘ullanishi esa kundalik hayotda fidoyi va qat’iyatliligidan daraka beradi.
2023-yilda “Bobil” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi, unda Tobi Charlz Chaplin rolini ijro etadi.
Aktyor o‘z ijodi orqali chin yurakdan nimanidir xohlasangiz va unga erishish uchun harakat qilsangiz, hayot sizni oxir-oqibat mukofotlashini o‘z hayoti misolida isbotladi. | 116 | 4,577 |
Madaniyat | Ikram Abdikalikov “O‘zbekkonsert” Qoraqalpog‘iston bo‘limi direktori etib tayinlandi | “O‘zbekkonsert” Qoraqalpog‘iston bo‘limi direktori lavozimiga Ikram Abdikalikov tayinlandi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.
Ikram Abdikalikov bunga qadar “O‘zbeknavo” Qoraqalpog‘iston bo‘limi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. | 84 | 241 |
Madaniyat | Fotogalereya: Anjelina Joli 42 yoshda | 4-iyun kuni amerikalik taniqli aktrisa va jamoat arbobi Anjelina Joli 42 yoshga to‘ldi.
14 yoshda modellik karyerasini boshlagan qiz dastlab kliplarda va kam budjetli filmlarda suratga tushdi, so‘ng yirik loyihalardan o‘rin oldi. O‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida ko‘plab mukofotlar qatorida Joli “Oskar” mukofotini ham qo‘lga kiritdi.
Bugungi kunda ko‘plab farzandlarning onasi bo‘lmish Joli jamoatchilik faoliyatini ham olib boradi hamda turli xayriya aksiyalarida ishtirok etadi.
“Gazeta.ru” aktrisaning tavallud ayyomi munosabati bilan uning mashhur rollari aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi. | 37 | 605 |
Madaniyat | Ahvoli yaxshilangan rossiyalik xonanda Maksim unga dalda bo‘lgan muxlislariga salom yo‘lladi | Xonanda Maksimni davolashda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, u ulangan EKMO — ekstrakorporal membranali oksigenatsiya apparati (yurak va o‘pkalar o‘z faoliyatini bajara olmaydigan darajada xasta bo‘lsa, bemorning hayoti va organizmini vaqtincha qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladigan maxsus davolash usuli) o‘chirilgan, qo‘shiqchining ozi nafas olmoqda. Shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘lgan Marinaning menejeri Margarita Sokolova u bilan videoaloqa orqali gaplashishga muvaffaq bo‘lgan.
View this post on Instagram
“Marina bilan shifokori orqali videoaloqada gaplashdim. U ulangan apparat darhaqiqat o‘chirilgan, kislorodli niqob orqali nafas olmoqda va o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda. O‘pkasida tiklanish kuzatilmoqda. Muloqot davomida u bilan hazillashdik va kulishdik”, — deb yozgan u Instagram sahifasida. Tuzalish haqida gapirishga hali erta ekani, tiklanishga uzoq vaqt ketishiga qaramay Maksim hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonmoqda. U bunday oson bo‘lmagan vaqtda madad bo‘lgani uchun muxlislariga menejeri orqali minnatdorchilik bildirgan.
“Marina u uchun qayg‘urganlarga salom va minnatdorchiligini yo‘lladi. U mazkur qo‘llab-quvvatlashni his qilgan va tez orada barchaga shaxsan minnatdorchilik bildirishga umid qilmoqda”, — degan Sokolova.
Avvalroq Maksim taxallusi bilan ijod qiladigan xonandaning reanimatsiyada nogironlar aravachasida harakatlanayotgani va televizor tomosha qilayotgani haqida ma’lumot tarqalgan. Ammo bularning bari to‘qima bo‘lib chiqqan.
“Yangiliklarda biroz bo‘rttirib yuborishdi — reanimatsiya bo‘limida televizor yo‘q va uni shifokorlar aravachada olib yurmayapti. Birinchidan, bu taqiqlangan, ikkinchidan, esa shifokorlar bemorlarni kasalxonada aylantirib yurish emas o‘z ishlari bilan band”, — degan Margarita.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 15-iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Keyinroq yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. Ahvoli og‘irlashgan Maksimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan. | 92 | 2,168 |
Madaniyat | “Mo‘jizakor ayol” yulduzi Gal Gadot “Oppog‘oy”ning yangi ekranizatsiyasida yovuz qirolicha rolini o‘ynaydi | Gollivud yulduzi Gal Gadot “Oppog‘oy”ning yangi versiyasida yovuz qirolicha qahramonini gavdalantiradi.
Aktrisa mazkur filmda bosh qahramon roli uchun tasdiqlangan Reychel Zegler bilan birga suratga tushadi. Ta’kidlanishicha, studiya avvaldanoq ushbu rol uchun Gadotning nomzodini ko‘rib chiqqan. Endi grafikni tasdiqlash qolgan xolos. Suratga olish ishlari esa 2022-yilda start oladi.
Kartinaga “Yozning 500 kuni” (500 days of summer) melodramasi bilan ma’lum bo‘lgan Mark Uebb rejissorlik qiladi. Film sujeti, Disney studiyasi tomonidan 1938-yili taqdim qilingan shu nomli multfilmga asoslangan. Multfilm esa o‘z navbatida aka-uka Grimm ertagi asosida ishlangan.
Kartinadagi qo‘shiqlar ustida “La-la Lend”, “Buyuk shoumen”(The greatest showman), “Qadrli Evan Xansen” (Dear Evan Hansen) singari loyihalardagi musiqalari sabab e’tirofga sazovor bo‘lgan Pasyok va Pol dueti ishlaydi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Gal Gadotning uchinchi bor ona bo‘lgani haqida xabar berilgandi. | 106 | 975 |
Madaniyat | TURLI MAMLAKATLAR OLIM VA MUTAXASSISLARINI BIRLAShTIRGAN TARMOQ | Andreeva Galina Borisovna, Rossiya Dalvta mukofoti laureati, Xalqaro muzeylar kengashining Rossiya qo`mitasi Prezidiumining a`zosi: — “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” media-loyihasi o`z doirasi va maqsadi nuqtai-nazaridan noyob, deya tan olingan. Noyob san`at asarlari, bebaho qo`lyozmalar, umuman bu yurtning madaniy tarixi va san`ati, uning kelib chiqishi yoki ishlab chiqarishi bilan bog`liq mutloq tengsiz ishlari ilk bor shunday keng geografik va xronolik qamrovdagi loyihada o`z aksini topayotgani qayta-qayta ta`kidlangan. Mazkur loyihani amalga oshirish jarayoni turli mamalakatlardan kelgan muzey sohasidagi olim va mutaxassimlarni o`zaro tajriba va bilim almashishiga imkon beruvchi tarmoqni yaratdi. Loyihaning qimmatliligi, ahamiyati shundaki, keng ko`lamli nashriyot dasturini amalga oshiradi, filmlar suratga olinadi, televidenie va radiolarda eshittirishlar tayyorlanadi, dumaloq stol atrofida davra suhbatlari bo`ladi. Natijada dunyoga O`zbekistonnnig boy madaniyati va nomoddiy merosini ko`rsatib beradi. | 63 | 1,039 |
Madaniyat | Reper 50 Cent bankrot bo‘lganligi haqida e’lon qildi | 13-iyul kuni, 50 Cent taxallusi bilan mashhur bo‘lgan, reper Kyortis Jeyms Jekson III o‘zining bankrot bo‘lganligini e’lon qildi. Bu haqda “Tjournal.ru” xabar beradi.
AQShning Konnektikut shtatidagi Xartford shahar sudiga berilgan arizaga ko‘ra, 50 Cent’ning 10 milliondan 50 million dollargacha qarzi bor.
Reper besh million dollarni sudda 36 yoshli Lastoniya Levinstonga yutqazib qo‘yganidan so‘ng, uning iqtisodiy nochorligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ldi. | 52 | 460 |
Madaniyat | Instagram: Zarina Nizomiddinova kelinlik libosini kiydi, Nargiza Salmonova imijini o‘zgartirdi, Toshkentdagi o‘zgarishlardan ilhomlanayotgan Diyora Usmonova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Samandar Hamroqulov “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida 14 yildan beri farzandsiz ekanligi haqida gapira turib, uzoq yillardan beri farzand ko‘ra olmayotgan juftliklarga o‘z tavsiyalarini bo‘lishdi.
Turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay imijini o‘zgartirdi.
“Qahqaha” ko‘rsatuvi ijodkorlari o‘qituvchilar haqida yangi hajviya tayyorladi.
Shahzoda “Nimaiki bo‘lsa, yaxshilikka”, demoqda.
O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani, Bibiona brendi asoschisi Diyora Usmonova so‘nggi yillarda Toshkent shahrida bo‘layotgan o‘zgarishlar uni qanday ilhomlantirayotgani haqida so‘zlab berdi.
Munisa Rizayeva Moon Band bilan kuylagan “Qaytmaydi kech” deb nomlangan taronasiga klip suratga oldirmoqda.
Ra’no Shodiyevaning qizi Raxshonaning kelin salomini Shahlo Zoirova o‘tkazib berdi.
Feruza Normatova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Oksana Chusovitina Prezident bilan uchrashuv taassurotlari hamda kelajakdagi rejalari haqida so‘zlab berdi.
Guli Asalxo‘jayeva o‘rtancha o‘g‘li Javohir ham aktyor bo‘lish maqsadida Turkiyada tahsil olayotganini ma’lum qildi.
Yamin Band “Ilk muhabbatim” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.
Zarina Nizomiddinova kelinlik libosida fotosessiya uyushtirdi.
Turkiyada yashovchi aktrisa Nargiza Salmonova imijini o‘zgartirish jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi.
Lola Moskvada sevimli guruhi — “Ruki vverx”ning konsertida qatnashdi. | 156 | 1,573 |
Madaniyat | “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida taniqli xonandalar ham ishtirok etdi | Kuni kecha Islom Karimov qarori bilan 2009-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik tanlovining “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tizimi bo‘yicha Respublika bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda Popcorn.uz xabar bermoqda.
Bu yil tanlovda 482 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun kurashdi.
Respublika bosqichida viloyat bosqichida birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yosh xonandalar ishtirok etdi.
Barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakillari jonli ijroda Vatanni, mustaqillikni madh etuvchi qo‘shiqlarni kuyladi.
Taniqli madaniyat xodimlari, bastakorlar va shoirlardan tashkil topgan hay’at a’zolari esa ularning iste’dodiga baho berib bordi.
Tanlov ishtirokchilari 10 ballik tizimda baholandi.
Tanlovda estrada yo‘nalishida ijod qiluvchi va shu vaqtga qadar yetarlicha muxlislarga ega bo‘lgan xonandalar ham ishtirok etdi. | 106 | 883 |
Madaniyat | Reklamasida Morgan Friman obrazidan noqonuniy foydalangani uchun Siroj Abdullayevning “Daydi” filmi premyerasi to‘xtatib qo‘yildi | 2017-yilning 11-fevralida O‘zbekiston kinoteatrlari ekranlariga chiqishi kutilgan Siroj Abdullayev rejissorligida suratga olingan “Daydi” filmi premyerasi to‘xtatib qo‘yildi. Bunga asosiy sabab “TIMUR FILM” MChJ tomonidan suratga olingan badiiy filmning jamoatchilik orasida targ‘ibot qilishda bir qator qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yilganligi bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Filmning treylerlaridan biri 2017-yilning 21-yanvarida “Mover” videoxostingiga joylashtirilgan edi.
Filmning treylerida mashhur kinoaktyor Morgan Frimanning Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyalik kinoijodkorlar tomonidan 2014-yilda ishlab chiqarilgan Last Knights (“So‘nggi ritsarlar”) filmida suratga tushgandagi qiyofasi aks ettirilgan. Ammo Gollivud aktyori Siroj Abdullayevning ushbu filmida ishtirok etmagan.
Film ijodkorlari tomoshabinlarning filmga nisbatan qiziqishi va talabini kuchaytirish maqsadida mashhur kino yulduzini filmda suratga tushganligini bildiruvchi yolg‘on (chalg‘ituvchi) ma’lumotlar tarqatib, iste’molchilarning (tomoshabinlar) huquqlarini poymol qilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi talabiga ko‘ra ishlab chiqaruvchi iste’molchiga o‘zi realizatsiya qilayotgan tovarlar haqida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Qonunning 23-moddasida davlat iste’molchilarning tovar sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi belgilangan.
Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, “TIMUR FILM” MChJ studiyasi “Daydi” filmida bir qator xorijiy filmlardagi kadrlardan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasi talabini buzgan. Vaholanki, Qonunning ushbu moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar muayyan asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.
Shulardan kelib chiqib, ushbu holatlar bo‘yicha Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga hamda Intellektual mulk agentligiga rasmiy taqdimnoma kiritildi.
Qayd etilgan masalalar mazkur davlat idoralari tomonidan ko‘rib chiqilguniga qadar “Daydi” filmini kinoteatrlarda taqdimotini o‘tkazish va keng namoyish qilishni to‘xtatib turish ko‘rsatmasi berildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 129 | 2,594 |
Madaniyat | “Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Mario Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Ushbu asar ilk bor talabalik davrlarimda qo‘limga tushgan edi. Hamma o‘smir yigitlarda bo‘lgani kabi, menda ham mafiya romantikasiga qiziqish davri bo‘lib o‘tgan. Xonadosh do‘stim bilan bo‘sh qoldik deguncha mafiya haqida kinolar ko‘rar edik. Kunlardan bir kuni u Mario Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota” kitobini ko‘tarib keldi. Biz bu mavzuga shu darajada berilib ketgan edikki, kinolardan olayotgan axborotimiz yetishmasligi va mavzu bo‘yicha yana ham ko‘proq kontentga ochlik hissini tuyar edik. Shu sabab ham kitoblarini ham topib o‘qishga kirishgan bo‘lsak kerak. Ushbu kitobni o‘qib chiqqach, kino qanchalik zo‘r ishlangan bo‘lmasin, hech qachon kitob bo‘la olmasligini his qilganman.
Kitob shu darajada qiziq ediki, darsdan keliboq kim birinchi tashlansa, kitob o‘shaniki edi. Hattoki men kelsam, u qahramonlarcha kitobni egallab olgan bo‘lsa, “Bir daqiqaga berib turgin, hozir shu yeridagi gapini kinosiga solishtirib olay” deb olib, o‘zim ko‘chaga qochib ketar edim. Bog‘ga kirib, bir baklajka suv va sevimli kitob bilan Amerikaga, Nyu-Yorkning 40-yillariga sayohatga kirib ketardim...
Roman haqida
“Cho‘qintirgan ota” filmidan kadr
“Cho‘qintirgan ota” – amerikalik mashhur yozuvchi Mario Pyuzoni dunyoga tanitgan asari. Roman 1969-yilda chop etilgan. Asar AQShdagi o‘ta nufuzli jinoiy sindikat – Don Korleone mafiya klani haqida hikoya qiladi. Shu darajada ishonarli va ustalik bilan yozilgan ushbu asar o‘quvchining hayotiga xavf solmagan holda mafiozlarning eng qorong‘u xonalarigacha kirib borishiga yo‘l ochib beradi. Britaniya kriminalist yozuvchilari assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra, dunyoning eng buyuk kriminal asarlari yuztalik reytingiga kiritilgan. Asar asosida 1972-yilda rejissor Frensis Ford Koppola bosh rollarda Marlon Brando va Al Pachino o‘ynagan filmni suratga olgan. Bu film ham juda ko‘plab mukofotlar olgan va hozirda dunyo kinomatografi tarixidagi kinolar ichida IMDB tomoshabinlar reytingi bo‘yicha 2-o‘rinda turibdi.
Syujet
12 yoshli Vito Andolinining otasini Sitsiliya mafiyasi bilan kelishmovchiliklardan keyin o‘ldirib ketishadi. Mafiya uni ham ta’qib qilishni boshlagach, uni Amerikaga jo‘natib yuborishadi. AQShga kelgach, u o‘z familiyasini tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i nomiga Korleone deb o‘zgartiradi. Yosh Vito do‘sti Jenko Abbandandoning otasini do‘konida ishlay boshlaydi. 18 yoshida uylanadi, uch yildan so‘ng o‘g‘il ko‘radi va unga Santino (Sonni) deb ism beradi. Keyin ikkinchi o‘g‘li Frederiko (Freddi) tug‘iladi.
“Cho‘qintirgan ota” filmidan kadr
Do‘konchilardan pul yig‘ib yuradigan Fanuchchi ismli gangster Vitoning o‘rniga o‘z jiyanini ishga joylab, Vitoni ishsiz qoldiradi (klassik tanish-bilishchilik tizimi amalda). Adolatsizlikka chiday olmagan Vito och oilasini boqish uchun do‘sti Klemense va Tessio bilan birgalikda ipak ko‘ylaklar tashuvchi yuk mashinalarini o‘marish maqsadida birlashadi. Bu orqali kelgan puldan yana o‘sha reketchi Fanuchchi o‘z qismini talab qilgan paytda Vito uni o‘ldiradi. Bu xabar ortidan jinoiy guruhlar orasida uning hurmati oshib ketadi. Shu davrdan boshlab oqko‘ngil Vito jinoyatchilik olamiga sho‘ng‘ib ketadi.
Fanuchchining “mijozlari” ham o‘z-o‘zidan Vito Korleone qo‘liga o‘tadi. Do‘sti Jenko Abbandando bilan birgalikda zaytun moyi sotuvchi savdo uyiga asos soladi. Ularning moyini sotib olishdan bosh tortgan do‘konchilar bilan esa Klemense va Tessio shug‘ullanadi. “Bexosdan” omborlari yonib ketadi, norozilar yo‘qolib qoladi... AQShda amalga kirgan “Quruq qonun”, ya’ni alkogol ishlab chiqarish va sotish taqiqlangan davrlarda Vito savdo uyi orqali spirtli ichimliklar kontrabandasi bilan shug‘ullanadi. “Quruq qonun” bekor qilingach esa kazinolar biznesiga o‘tadi. Yillar o‘tgani sari uning imperiyasi kuchayib boraveradi, juda ko‘p odamlarni ish bilan ta’minlaydi va ularning barini politsiyadan himoya qilib, yashash uchun yaxshi sharoitlar qilib beradi. Hurmati oshgan sari ismiga “Don” unvonini qo‘shib atay boshlashadi. Uni hurmat qilib “Cho‘qintirgan ota” deyishadi.
“Cho‘qintirgan ota” filmidan kadr
Vaqtlar o‘tadi. Don Korleonening to‘rt farzandi bor; undan tashqari, Tom Xeygen ismli yetim bolani ham asrab oladi. Sonni 16 yoshidan otasining qo‘lida ishlay boshlaydi. Avvaliga tansoqchi, keyin Klemense va Tessio kabi oilaning qurollangan otryadlaridan birining boshlig‘i sifatida. Keyinchalik Freddi va Tommi ham “oilaviy biznes”ga qo‘shiladi.
Don Korleone qurol kuchi bilan emas, diplomatiya yo‘li bilan olish kerakligini birinchilardan tushungan mafiya sardori edi. Nyu-York jinoyat olami vakillarini birdamlikka chaqirar edi. Tashqi dunyoda Ikkinchi jahon urushi boshlangan bo‘lsa-da, Donning olib borgan ishlari natijasida Amerika jinoyat olamining ichki dunyosi nisbatan tinch edi. Faqatgina bir narsa Donni xafa qiladi – uning eng kichik o‘g‘li Maykl, otasining g‘amxo‘rligiga qaramasdan, o‘z xohishi bilan ko‘ngilli sifatida urushga ketadi. Urush davrida kapitan darajasigacha ko‘tariladi. Urushdan qaytib kelgach, yana hech kim bilan maslahatlashmasdan universitetga o‘qishga kiradi.
Romanning asosiy qismi 1945-yildan boshlanadi. Donning yagona qizi Konstansiya (Konni) turmushga chiqadi. Don Korleonega bo‘lajak kuyovi Karlo Ritssi yoqmaydi. Lekin unga Manxettendagi bukmekerlik kontoralaridan birini beradi (ko‘ryapsizmi, bunday holatlar mafiyaga ham xos).
Filipp Tattalya va Virgilio Solotsso oilalari Don Korleonega birgalikda narkobiznes bilan shug‘ullanishni taklif qilganida u bunga rozi bo‘lmaydi. Chunki bu uning prinsiplariga qarshi edi. Lekin katta o‘g‘li Sonni bu ishga qiziqish bildiradi.
“Cho‘qintirgan ota” filmidan kadr
Uch oydan so‘ng Donning hayotiga suiqasd uyushtiriladi. Qotillar yashirinishga muvaffaq bo‘ladi. Suiqasd chog‘i Donning tansoqchisi bo‘lib ishlayotgan o‘rtancha o‘g‘li lapashang Freddi qo‘rqib ketganidan hatto qurolini ham chiqara olmaydi. Solotsso odamlari Donning asrab olgan o‘g‘li Tom Xeygenni asirga oladi. Unga Don Korleone o‘ldirilgani, katta o‘g‘li Sonni esa yangi Don bo‘lishini va narkotik savdosini yo‘lga qo‘yishi kerakligini aytishadi. Bu masalada Xeygen o‘rtakash bo‘lishi kerak edi. Ammo yangi xabarlar keladi: beshta o‘q yegan bo‘lsa-da, Don hali tirik edi.
Sonni va Solotsso o‘rtasida uzoq muzokaralar boshlanadi. Bu vaqtda Sonni Tattalyaning o‘g‘li va Solotssoning odamini o‘ldirib, “hisobni tenglashtiradi”. Oila boshiga kelgan bunday qiyin kunlarda kenja o‘g‘il Maykl qaytib kelib, ular bilan birga bo‘lishni o‘z burchi deb biladi.
Kunlarning birida kasalxonaga kelgan Maykl Donning palatasini qo‘riqlayotgan yigitlari yo‘qolib qolganini sezadi. Demak, hozir Solotsso otasini tamoman o‘ldirish uchun kelishi kerak... Maykl tezda akasi Sonniga qo‘ng‘iroq qiladi va ular yetib kelguncha kasalxona kiraverishiga yaxshilab joylashib olib kuta boshlaydi...
Asarning eng qiziq va kulminatsion qismi voqealarini o‘qimoqchi bo‘lganlarga qoldiraman.
Tahlil
Men bu kitobni juda yaxshi ko‘raman. Mario Pyuzo juda yengillik bilan italyan mafiyasi olamiga olib kiradi. Asarda Don Korleone va Maykl Korleonelar bosh qahramonga o‘xshasa-da, nazarimda, haqiqiy bosh qahramon yo‘qday. Lekin ko‘pgina yorqin qahramonlar bor. Har bir personajning o‘z tarixi bor va u shu darajada mukammal yoritilganki, go‘yoki sen ulardan har birining butun umrini birga yashagandaysan. Hattoki uchinchi darajali qahramonlarning ham o‘tmishini bilib o‘tamiz. Bularni bilishning nima keragi bor, deb o‘ylaysan boshida, ammo asar davomida muallif buni yoritmaganida, ko‘p voqealar ipini yo‘qotib qo‘yar ekanman, deb o‘ylaysan. Shu sabab yozilgan hamma tarixlar bekorga emas, hammasi puxta o‘ylangan va, nazarimda, Pyuzoning o‘zi asar muqovasidagi qo‘g‘irchoqboz: u o‘z qo‘g‘irchoqlarini shunday yengil harakatlar bilan o‘ynatadiki, hech narsa birdaniga yuz bermaydi. Hamma narsa o‘z vaqti soatini kutib turadi. Asar davomida personajlarning va, eng qizig‘i, Nyu-York shahrining tranformatsiyasiga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
“Cho‘qintirgan ota” filmidan kadr
Bu kabi asarlardan o‘quvchi drayvdan boshqa yana nima olish mumkin? Hamma narsa bema’naviyat va zo‘ravonliklardan iborat bo‘lsa deb o‘ylovchilar ham borligiga ishonchim komil. Lekin biz asar konteksti va u yerdagi odamlar arxetipidan kelib chiqib yondoshishimiz kerak. Misol uchun, hozirgacha jamiyatimizda ayrim jabhalarda bo‘layotgan ishlar shu klassik mafiya uslubida namoyon bo‘lishda davom etmoqda. Tanish-bilishchilik, “muomalasini qilish”, korrupsiya, poraxo‘rlik, oligarx manfaatlariga ishlash kabi holatlar mavjud. Oilalarda ayollarga zo‘ravonlik qilish hali ham bor, lekin buni hozirda muhokama qilishadi va ayollarning huquqlari ta’minlanadi. Roman muallifi bu narsalar haqida erkin gapiradi va bu muallifga o‘quvchining ishonchini oshiradi. Butun kitob Amerikaning 40-yillarini o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, bu narsalarga o‘sha davrda yovuz jinoyatchilar kirdikorlari deb qaralsa-da, aslida kitobdagi ayrim hodisalar XXI asrning 10-yillarida ham ro‘y bermoqda, faqat biz e’tibor bermaymiz.
Detallarning to‘liqligi, qahramonlarning yorqinligi diqqatga sazovor. Asarning yakuni esa juda kuchli va qiziqarli. O‘ylash uchun o‘nlab savollar tashlab ketiladi.
Don Korleonening insoniylik taraflarini hurmat qilasan, ayrim qarorlaridan jirkanib ketasan, muallif bu qahramon yordamida seni ikki o‘t orasida qovuradi.
Katta o‘g‘il Sonni qo‘pol, betgachopar va impulsiv bo‘lsa-da, nimagadir uni yaxshi ko‘ra boshlaysan, asar o‘rtasida uni yomon ko‘rib qolasan, keyinroq uning uchun qayg‘urasan.
Har bir qahramonga nisbatan senda yo nafrat, yo simpatiya uyg‘onaveradi, ularga nisbatan hislaring asar davomida bir necha marta o‘zgarishi mumkin. Lekin men uchun eng sevimli qahramonlar albatta Tom Xeygen va Maykl Korleonelardir. Aslida bu ikkalasi ikki xil dunyo, lekin asar oxirida Mayklning o‘zgarishini ko‘rib Tom Xeygen va Maykl Korleone tipaji ko‘zingga bir xil bo‘lib ko‘rinadi. Ajoyib!
Xulosa
“Cho‘qintirgan ota” filmidan kadr
Mario Pyuzo asar uchun o‘tkir sujet tayyorlagan. Romanda omerta, mafiya oilasi prinsiplari kabi mavzular juda chuqur ochib berilgan. Ularning qonunlarini shunday bo‘lishi kerakday, tabiiy qabul qilasan. Chunki kitob mukammal yozilgan. Bu kitob hayotimga juda ko‘p narsalar olib kelgan. Ko‘p narsalarga to‘g‘ri burchak ostidan qarash, tahdidlarni o‘lchab ko‘rish, oqibatlarni chamalash kabi miyani hamma vaqt ishlatishga majbur qiladigan prinsiplarni sovg‘a qilgan.
Bu kitob meni o‘ziga asir qilib olgan desam adashmagan bo‘laman, hatto bog‘dagi o‘rindiqda soatlab qo‘limni yuzimga tirab o‘qishim oqibatida kitobni tugatib, uyga qaytib oynaga qarasam, yuzim ko‘karib ketgan bo‘lardi. Roman shu darajada o‘ziga mahliyo qilib olganidan buni sezmaganman ham. Asar boshida sizga ikkinchi, uchinchi darajali personajlar bo‘lib ko‘ringanlarni yaxshilab eslab qolavering. Ular asosiy so‘zni aytadi.
Asarni o‘qimagan bo‘lsangiz, o‘qib chiqing. Hattoki sizga mafiya mavzusi qiziq bo‘lmagan taqdirda ham asardan ezgu ishlar qilish uchun katta motivatsiya olasiz. Dunyoqarashingiz kengayadi.
Kitobdan iqtiboslar
Men unga rad qilib bo‘lmas taklif beraman (Men unga shunday taklif berayki, uni rad qilishning iloji bo‘lmasin);
Qasos – sovuq holda tortiladigan taom;
Shaxsiy hech narsa yo‘q, shunchaki biznes;
Qo‘lida portfeli bor yurist yuzlab qurollangan bosqinchilardan ko‘ra kuchliroqdir;
Eng yaxshisi do‘sting kuchingga yetarlicha baho bermaganida va dushmaning kamchiliklaringni bo‘rttirib ko‘rishida;
Do‘stlarni yoningda saqla, dushmanlaringni esa yanam yaqinroq;
O‘z farzandlari uchun vaqt topa olmaydigan ota haqiqiy erkak degan nomga loyiq emas;
Dushmanlarni yomon ko‘rish kerak emas, hissiyotlar o‘ylashga xalaqit beradi.
Qiziqarli faktlar
- Ayrim manbalarga ko‘ra, asardagi Don Korleone obrazining prototipi real shaxs bo‘lib Nyu-Yorkning eng mashhur mafiozilaridan Jo Bonanno ekan. Vito Korleone prototipi esa Billi Bonannodan olingan;
- Mario Pyuzo Random House nashriyoti bilan kitobni chop qilishga kelishgan paytida butkul xonavayron bo‘lish yoqasida edi;
- Kitob asosida, mashhur filmdan tashqari, kompyuter o‘yinlari ham chiqarilgan.
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
“Kitobni yoqishdan ham kattaroq jinoyat bor”. “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asari haqida
Yolg‘izlik – ichimizda. “Yolg‘izlikning yuz yili” romani haqida | 53 | 12,421 |
Madaniyat | Rejissorlardan o‘z qahramonlarini o‘ldirishni so‘ragan aktyorlar (fotogalereya) | Filmda sevimli personajingiz vafot etgani — qayg‘uli holat. Ko‘pincha bu syujet bo‘yicha bo‘ladi, ammo shunday vaziyatlar ham uchrab turadiki, aktyorning o‘zi o‘z qahramonini o‘ldirishni so‘raydi, deb yozadi AdMe.
1-qismni o‘ylash paytidayoq Ford o‘z personajini o‘ldirishni xohlagan va shu orqali uni tomoshabinlar nazdida qahramonga aylantirmoqchi bo‘lgan edi. Ammo Lukas Fordni 5-epizodda faqat muzlatib qo‘yishga rozi bo‘ldi, keyin esa qayta tiriltirdi. Xarrisonning iltimosini 7-epizoddagina amalga oshirishdi — u yana personajining o‘limini so‘radi va bu filmga hissiylik berishi va yangi personajlar paydo bo‘lishiga yo‘l ochib berishini aytdi.
Bin suratga olish joylari o‘zgarishi va ko‘p uchishga to‘g‘ri kelishi (u samolyotda uchishdan juda qo‘rqadi)ni bilgach, filmda suratga tushishga qaror qilganidan pushaymon bo‘ldi va o‘z qahramonini o‘ldirishlarini so‘radi.
Aktrisa filmning 3-qismida personajni o‘ldirishni o‘zi so‘raganini tan oldi. “Men “O‘zga Yirtqichga qarshi” filmini suratga olishmoqchi ekanliklari haqida eshitdim, bu meni juda xafa qiladi, chunki men bu filmlardan juda faxrlanaman”, — degan edi aktrisa bu borada. Shu tariqa u franshizani barbod qilib, o‘z personaji hech qachon qaytib kelmasligiga erishmoqchi edi.
Suratga olish ishlariga tayyorgarliklar oldidan Din Norris ssenariynavislar final ustida ishlayotganini bilardi va yangi serialga ketishga qaror qilgach, o‘z qahramonining o‘limini tezlashtirishni so‘radi. Norris o‘z personajini so‘nggi seriyada emas, oxirgi mavsumning birinchi yarmi so‘ngida o‘ldirishni taklif qildi. Shunday qilishdi ham, ammo Norris suratga olish ishlari cho‘zilib ketgani sababli baribir yangi serialga ulgura olmadi.
Kit Xarington o‘sha vaqtda xursand edi, chunki u o‘z personajining o‘limini ortiq sir tuta olmasdi va bu iloji boricha tezroq yuz berishini istardi. Ammo qayta tirilishi haqidagi sirni saqlash yanada qiyinroq kechdi. Yangi mavsum chiqqach, Kit uning personaji yo‘qotadigan narsa yo‘qligini tan oldi va, ehtimol 8-mavsumda u bo‘lmas.
Sofi Tyorner bu serialda hammani o‘lim kutayotganiga ishonchi komil va uning o‘zi ham o‘z personajining vafoti haqida o‘ylamoqda. Balki, Tyorner bu roldan charchab, loyihani kuchli taassurot qoldirgan holda tark etmoqchidir? | 79 | 2,246 |
Madaniyat | Los-Anjelesda Grammy musiqiy mukofotlari topshirildi | AQShning Los-Anjeles shahrida 57-Grammy mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Interfax.
“Eng yaxshi qo‘shiq” uchun mukofotni britaniyalik qo‘shiqchi Sem Smit o‘zining Stay With Me kompozitsiyasi uchun qo‘lga kiritdi. U ushbu yo‘nalishda Hozier (Take Me To Church), Sia (Chandelier), Teylor Svift (Shake It Off), Megan Treynor (All About That Bass)ni ortda qoldirdi.
Amerikalik musiqachi Bek Xensenning Morning Phase albomi biryo‘la ikkita: “Eng yaxshi albom” va “Eng yaxshi rok-albom” nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldi.
Beyonse va Jay-Z’ning Drunk In Love qo‘shig‘i ham “Eng yaxshi R&B ijro” hamda “Eng yaxshi R&B qo‘shiq” yo‘nalishida boshqa nomzodlardan ustun keldi. “Eng yaxshi yakkaxon pop-ijro” nominatsiyasida Farrel Uilyams Happy qo‘shig‘i bilan g‘olib chiqdi.
Miranda Lambertning Platinum albomi “Eng yaxshi kantri albom”, Toni Bennett va Ledi Gaganing Cheek To Cheek albomi “An’anaviy pop uslubidagi eng yaxshi albom”, Eminemning The Marshal Mathers LP2 albomi esa “Eng yaxshi rep albom” deb tan olindi. | 52 | 1,033 |
Madaniyat | Anita Soy Toshkentda konsert beradi | 9-oktabr kuni xonanda Anita Soy “10|20” shou-dasturi bilan mehmon bo‘ladi. Muxlislarni balet artistlarining chiqishlari, jahonning eng yaxshi xoreograflari tomonidan sahnalashtirilgan dastur, chiroqli installyatsiyalar va xonandaning eng xit qo‘shiqlari kutmoqda, deb yozadi MyDay.
“10|20” — Anita Soyning sahnadagi 20 yillik faoliyati davomida yaratilgan 10-yubiley konserti ma’nosini anglatadi. Shou xonandaning hayoti, ijodiy va shaxsiy yo‘liga asoslanib yaratilgan. Shouning asosiy ramzi qadimiy imperiya piyon guli bo‘lib, qadimiy koreys afsonalariga ko‘ra uni qo‘lga kiritgan insonning barcha orzulari amalga oshadi. Shou deyarli barcha Rossiya mukofotlarida eng yaxshi shou nomiga sazovor bo‘lgan.
O‘tkazilish vaqti: 19:00
Chiptalar narxi: 50 000 — 700 000 so‘m
Ma’lumot uchun telefon: +99895 1698787 | 35 | 808 |
Madaniyat | Forbes Jey-Zini eng boy reper deb topdi | Amerikaning Forbes jurnali dunyoning eng boy reperini ma’lum qildi. Bu safar mazkur reytingda Jey-Zi (haqiqiy ismi — Shon Karter) yetakchilik qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Beyonsening turmush o‘rtog‘i oxirgi yil davomida o‘z boyligini 810 dan 900 million dollarga oshirdi.
O‘tgan yili reytingning yetakchi o‘rnidan joy olgan reper Shon Kombs (Diddi) bu safar ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi miqdori — 825 million dollar.
Yetakchilar uchligidan reper Doktor Dre (Andre Yang) ham joy oldi.
Musiqachilar uchligi bu yil nafaqat sayyoraning eng boy reperlari, balki barcha yo‘nalishlar orasida eng badavlat amerikalik musiqachilar ekanligi aniqlandi.
Reyting o‘nligidan qo‘shiqchilar Dreyk va Eminem ham joy oldi. Ulardan har biri 100 million dollar sohibi hisoblanadi. | 39 | 783 |
Madaniyat | Moskvada aktyor Yevgeniy Leonov sharafiga o‘rnatilgan haykal o‘g‘irlab ketildi | Moskvaning Mosfilm ko‘chasidan rossiyalik taniqli kinoaktyor Yevgeniy Leonovning “Omadli jentlmenlar” filmidagi “Dotsent” obrazi ko‘rinishidagi haykali o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Moskva shahar politsiyasidan ma’lum qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “O‘g‘rilik” moddasi bo‘yicha ish ochilgan, tezkor-qidiruv ishlari boshlangan.
Hozirgi vaqtda politsiya xodimlari yaqin oradagi uylarda istiqomat qiluvchi aholi va tashkilotlarning xodimlaridan ko‘rsatmalar to‘plamoqda va boshqa zarur tezkor-qidiruv tadbirlarini olib bormoqda.
Politsiya malumotlariga ko‘ra, haykalning qiymati taxminan 160 ming rublga teng edi. | 78 | 674 |
Madaniyat | Rossiyada o‘zbekistonlik aktyorlar ishtirokidagi “Salam Maskva!” seriali namoyishi boshlandi | Rossiyaning Birinchi kanali onlayn-kinoteatrida “Salam Maskva!” ko‘p qismli kriminal dramasining namoyishi boshlandi. Pavel Bardinning filmida to‘rt nafar o‘zbekistonlik aktyor ishtirok etdi, deb ta’kidlaydi MyDay.
Serial syujeti markazida turli davlatlardan Moskvaga tashrif buyurgan muhojirlar hamda politsiyaning etnik jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi xodimlari taqdiri turadi.
Bosh qahramonlar — bo‘linmaning tezkor xodimlari, dog‘istonlik Rustam va moskvalik Sanya. Serialda nafaqat jinoiy qidiruv va tergov ishlari, balki qahramonlarning shaxsiy hayoti va turmush murakkabliklari aks etadi.
“Eng yorqin qahramonlarimiz tojiklar, chechenlar, dog‘istonliklar, vyetnamliklar, ruslar; ular filmda milliy raqslarini ijro etadi va ona tilida gapiradi”, — deb g‘oyasini tushuntirdi film rejissori Pavel Bardin.
Filmda to‘rt nafar o‘zbekistonlik aktyor rol ijro etdi.
Nargis Abdullayeva — 1981-yil 2-oktabrida O‘zbekistonda tug‘ilgan. 2002-yilda Mark Vaylning “Ilhom” teatri huzuridagi dramatik san’at maktab-studiyasini tamomlagan. “Ilhom” teatrida namoyish etilgan ko‘plab spektakllarda rol ijro etgan.
Farhod Mahmudov — 1972-yil 9-may kuni Toshkentda tug‘ilgan. 1993-yilda S. A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutini tamomlagan.
Aleksandr Soy — 1984-yil 9-oktabrida Paxtakor shahrida (Jizzax viloyati) tug‘ilgan. Toshkent davlat san’at institutining rejissorlik fakultetini tamomlagan. 2001–2008-yillarda O‘zbekiston yoshlar teatri qoshidagi studiyada ishlagan.
Kamilla Muxlisova. 1983-yil 26-sentabrida Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat san’at institutini tamomlagan. M. Kimsanovning “Parvona”, B. Yoqubovning “Sarvinoz” filmlarida qatnashgan.
Kasting bo‘yicha direktor Tina Tumanishvili Tojikiston va Vyetnamdan professional aktyorlar topish katta qiyinchiliklar tug‘dirganini aytdi. Natijada vyetnamlik obrazlardan birini Aleksandr Soy ijro etdi. Aktyor to‘g‘ri artikulyatsiya uchun uch oy davomida vyet tilini o‘rgandi, so‘ng unga haqiqiy vyetnamlik ovoz berdi.
Serial premyerasi 30-iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Serialni har payshanba kechki soatlarda “Kino.1tv.ru” saytida onlayn ko‘rish mumkin. | 92 | 2,147 |
Madaniyat | Imomali Rahmon Sherali Jo‘rayevga Tojikiston xalq artisti unvonini berdi | Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, ta’lim va san’at vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.
30-avgust kuni Dushanbe shahrida taqdirlash marosimi tashkil etilib, unga O‘zbekistonning taqdirlangan barcha fuqarolari taklif etildi va ular shaxsan prezidentning o‘zidan mukofotni qabul qilib oldi.
Jumladan, marosimda Sherali Jo‘rayevga madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari uchun Tojikiston xalq artisti unvoni berildi. Shuningdek, “Ustoz-shogird maktabi” o‘zbek milliy maqom san’ati bo‘limi xodimi Mavluda Xalilovaga ham shunday yuksak unvon topshirilgan. | 72 | 659 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.