folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Instagram: Asal Shodiyeva oilasidagi shodiyona, Izzat Shukurovning onasiga syurprizi, Muqaddas Sa’dullayevaning xeyterlariga murojaati | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Bollivud yulduzlari Saif Ali Xon va Karina Kapur barcha muxlislarini Hayit bilan tabrikladi.
Muqaddas Sa’dullayeva otasining o‘limidan so‘ng uning har bir harakatiga tanqidiy baho berayotgan xeyterlariga murojaat qilib, tinch yashashga qo‘yishni so‘radi.
Sitora Alimjonova bir yildan beri suratga olinayotgan “Parixona” serialida “qamaldi”.
Xonanda Izzat Shukurov onasini tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi.
Hind kino yulduzi Katrina Kaif onasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga atalgan iliq so‘zlarini yozib qoldirdi.
Sevinch qizi Leyla bilan Istanbul shahrida hordiq chiqarmoqda.
Aktrisa Jamila G‘ofurova farzandlarining suratini sahifasiga joyladi.
Hosila Rahimova Turkiyaning Istanbul shahrida to‘y xizmatlari uchun ko‘ylaklar sotib olish jarayoni aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Oybek va Nigora kuzatuvchilariga tog‘ yon bag‘ridan ko‘rinish berdi.
“Tohir va Zuhra” filmida sevishgan juftlik obrazini yaratgan Tohir Sodiqov hamda Parizoda Bo‘rixo‘jayeva 20 yildan so‘ng tadbirda ko‘rishib qoldi.
Shahlo Ahmedova sahifasiga bir muddatlik tanaffusdan so‘ng yangi surat joyladi.
Xonanda Gulasal Abdullayeva Farg‘onadagi xonadonidan kuzatuvchilari uchun reportaj tayyorladi.
Bunyodbek Saidov bir kunini oilasiga bag‘ishlagani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi.
Asal Shodiyeva bobosi Mirzakalon Shodiyevning 81 yoshga to‘lishi munosabati bilan poytaxtdagi restoranlardan birida katta ziyofat tashkillashtirdi. Tantanada ko‘plab shou-biznes vakillari mehmon bo‘ldi.
Shuningdek, Asal Shodiyeva o‘zining “Uchta so‘z” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni ham muxlislariga taqdim etdi. | 134 | 1,764 |
Madaniyat | Arnold Shvarsenegger yangi “Terminator”da suratga tushadi | Arnold Shvarsenegger “Terminator”ning yangi filmida suratga tushishini ma’lum qildi. Bu haqda Afisha Daily xabar bermoqda.
“U qaytdi. Film ustida ishlar ketyapti. Jeyms Kemeronda ‘Terminator’ni qanday davom ettirish bo‘yicha ajoyib g‘oyalar bor. Men unda suratga tushaman”, — deydi aktyor.
Shuningdek, aktyorga ko‘ra, 1986-yilda ekranlarga chiqqan “Egizaklar” filmining davomi bo‘lgan “Uchchovlon” filmi ssenariysi yana bir oydan so‘ng yakunlanadi.
Mazkur filmda Shvarseneggerdan tashqari Denni de Vito va Eddi Myorfi ishtirok etadi. | 57 | 534 |
Madaniyat | Foto: Mashhurlikda ota-onasidan o‘ta olmagan yulduzlar | Mashhurlarning farzandlari ikki toifaga bo‘linishi mumkin. Biri kasb borasida ota-onasining izidan borishni abzal biladiganlar, ikkinchisi esa karyera qilish uchun boshqa bir sohani tanlaydiganlar. Kasb tanlashda ota-onasidan namuna olgan, ammo ulardek muvaffaqiyatga erisha olmagan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Enrike Iglesias
Debyut albomi 6 million, keyin esa 23 million nusxada sotilgan, albomidagi qo‘shiqlar ham chartda yuqori o‘rinlarni qayd etgan. Bu natijalar otasi qo‘lga kiritgan natijalar oldida hech narsa emas. 77 yashar xonanda 300 million nusxada sitilgan plastinkalari va Ginnesning rekordlari kitobidan o‘rin olgani bilan maqtanishi mumkin. Shuningdek, 80 dan ortiq albomni Xulio 14 xil tilda yozgan.
Kolin Xenks
Tom Xenksning o‘g‘li “Dekster”, “Fargo” singari filmlarda rol o‘ynaganiga qaramay, otasidek mashhurlikka erishishiga hali bor. Tom 39 yoshida “Filadelfiya” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotiga loyiq deb topilgan. Keyingi yili “Forrest Gamp” filmida suratga tushgani unga yana bir “Oskar” olib kelgan. Shundan keyin 4 marta “Oskar”ga, shuningdek, 8 marta “Oltin Globus”ga laureat bo‘lgan va 4 marotaba ushbu mukofotni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bu hali hammasi emas. Gollivud yulduzining 13 marotaba Emmi mukofotiga nomzodi qo‘yilgan va ularning oltitasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Eva Amurri
Syuzan Sarandonning 35 yoshli qizi karyerasini ham onasinikichalik muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Bir qancha taniqli loyihalar, xususan, “Doktor Xaus”da suratga tushganiga qaramay, yetarlicha shon-shuhratga erishmagan. Aktrisalikdan tashqari, suratga tushgani va blog yuritgani ham unga yordam bera olmagan. Onasida esa istalgan amerikalik aktrisa havas qilishi mumkin bo‘lgan natija bor. U to‘rt marta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lishga va bir marotaba mukofotni qo‘lga kiritishga ulgurgan.
Rumer Uillis
32 yashar aktrisa o‘nlab filmlarda rol ijro qilganiga qaramay, arsenalida maqtanishga arzigulik rol deyarli yo‘q. Undan farqli o‘laroq, ota-onasi Demi Mur va Bryus Uillis mashhurlik bobida yetakchi bo‘lgan va ajrashganiga ham qaramay, tabloidlar sobiq juftlikning shaxsiy hayoti haqida yozishdan to‘xtamaydi. Uch farzandning kattasi bo‘lgan Rumer, 2015-yilda “Yulduzlar bilan raqs” teleshouda ishtirok etganidagina tanilgan. Uning ikki singlisi esa kasb borasida ota-onasining izidan ketishni istamagan.
Yakob Dilan
Yakob bergan intervyularidan birida jurnalistlar suhbat chog‘i uning o‘zidan ko‘ra otasi haqida ko‘proq savol berishini ma’lum qilgan. Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Bob o‘g‘li uchun namuna bo‘lgan. Kichik Dilan The Wallflowers guruhining a’zosi bo‘lgan vaqti 1996-yilda albom to‘rt million nusxada sotilganiga qaramay, shundan keyin pichoqqa ilinadigan natija qayd etmagan.
Kelli Osborn
Kelli va uning otasi Black Sabbat guruhi solistining yutuqlarini solishtirish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Aslida Kellining tanilishiga ham otasi sababchi bo‘lgan. U MTV kanalida “Osbornlar oilasi” shousida ishtirok etgan. Shundan keyin ikki marta albom chiqargan, kinoda suratga tushgan, ammo bularning bari besamar ketgan.
Memi Gammer
Meril Stripning qizi bo‘lishning o‘ziga yarasha yutuqlari va abzalliklari bor. Uydan chiqmasdan turib aktyorlik mahoratiga ega bo‘lish ijobiy tomoni hisoblansa, karyera borasida 19 marta “Oskar”ga nomzod bo‘lgan aktrisa bilan solishtirish va taqqoslanish salbiy tomoni hisoblanadi. Hamisha faol ekani, “Yaxshi ayol”, “Haqiqiy izquvar” va shunga o‘xshash mashhur seriallarda epizodik rollar ijro qilganiga qaramay, uning qo‘lga kiritgan natijalari bilan onasiniki o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.
Shon Lennon
Jon Lenonning o‘g‘li intervyularidan birida, nima qilishidan qat’i nazar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni otasi bilan taqqoslashi va o‘zi haqida noto‘g‘ri xulosaga kelishidan noligan. Aslida Shon ham ijod qilishdan tinadiganlardan emas. U prodyuserlik, musiqa yozish bilan shug‘ullanish bilan birga, ekofaol ham hisoblanadi. Ammo shunda ham muxlislar unda otasini ko‘rishga urinadi va unday bo‘lib chiqmasa, hafsalasi pir bo‘ladi.
Patrik Shvarsenegger
Patrik ham mashhurlik borasida otasining soyasida qolganlardan. “Temir Arni”ning 27 yashar o‘g‘li ham o‘zini ijodda sinab ko‘rganiga qaramay, yetarlicha muvaffaqiyatga erishmagan. Sariq matbuotdan uning nomi tushmasligiga ham nimagadir erishgani emas, Gollivudni zabt etgan Shvarseneggerning o‘g‘li ekani sabab. | 54 | 4,390 |
Madaniyat | “Arslon izidan” filmi iyul oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyul oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Iyul oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jahongir Ahmedovning “Onam bilmasin” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Hamroh”, “Bebahoginam”, “Voy dod 2”, “Otash ichra” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov
2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov
3-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)
Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov
4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov
5-o‘rin. “Onam bilmasin” (komediya)
Rejissor — Jahongir Ahmedov | 105 | 1,133 |
Madaniyat | Enrike Iglesiasning “Istiqlol”dagi konserti qanday o‘tdi? (foto va video) | 28-dekabr kuni ispaniyalik jahonga mashxur xonanda Enrike Iglesias ilk marta O‘zbekistonga tashrif buyurib, “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etdi.
Konsertga tashrif buyurgan o‘zbek shou-biznesi vakillari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga konsert dasturidan foto va videolarni joylashtirib, chipta sotilmagani bois, konsertga tusha olmagan xonandaning muxlislari uchun o‘ziga xos reportajni taqdim etdi.
Xususan, Enrike peshonasidan o‘pib qo‘ygan xonanda Nilufar orzusi ushalganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon esa Enrikega “O‘zi ispan bo‘lsa ham, tarbiyasi o‘zbekona ekan” deya ta’rif berdi. Uning ta‘kidlashicha, Iglesias hamma muxlislariga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lgan.
View this post on Instagram
Dizayner Dilnoza Umurzoqovaning qayd etishicha, Enrike balkonda o‘tirgan tomoshabinlarga ham juda yaxshi ko‘ringan. Dilnozaning yozishicha, Enrike muxlislariga qulaylik yaratish maqsadida maxsus effektlar texnikasini o‘zi olib kelgan.
View this post on Instagram
O‘zbekistonlik xonanda Ulug‘bek Ismoilov o‘z kumiri Enrike Iglesias bilan sahnada duet kuylash baxtiga sazovor bo‘ldi. Ulug‘bek sevimli xonandasi bilan bundan bir necha yil avval Moskvada o‘tgan konsertda ham duet kuylab, Iglesiasning nazariga tushgan edi.
View this post on Instagram
Xonanda o‘ziga muxlislari tomonidan taqdim etilgan birorta ham guldastani yerga qo‘ymagan, balki gullarni sahna to‘ridagi joyga qo‘yib, kuylashda davom etgan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan birining yozishicha, konsertning birinchi qo‘shig‘i yangrayotgan paytda hamma tomoshabinlar joyida o‘tirgan, keyingi qo‘shiqlarda esa hamma o‘rnidan turib xonanda bilan birga kuylagan va raqsga tushgan.
View this post on Instagram
“Sayyod.com”ning yozishicha, salkam bir soat kech boshlangan konsert bir soatcha davom etgan.
Konsertga bora olmagan ayrim shou-biznes vakillari Instagram’ga qo‘lda tayyorlangan o‘ziga xos chiptaning suratini joylashtirib, internet foydalanuvchilari yuzida kulgi uyg‘otdi.
View this post on Instagram | 73 | 2,174 |
Madaniyat | Germaniyada O`zbekiston kunlari bo`lib o`tmoqda | Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi ko`rgazmalar zalida "O`zbekiston kunlari" ma`rifiy tadbiri ochildi.Bu haqda O`zA xabar bermoqda.Tadbir doirasida badiiy ko`rgazma ham tashkil etildi. Unda O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zolari Sanjar Jabborov, Nuriddin Rasulov, Diyor Roziqov, Nigora Sharifxo`jaeva asarlari namoyish etilmoqda. Bu o`zbek musavvirlari 2018 yilning yoz oylarida Germaniyaning Duysburg shahrida bo`lib o`tgan yirik ko`rgazmada ham ishtirok etgan edi. Tasviriy san`at sohasida ikki mamlakat ijodkorlarining hamkorligi tobora faollashmoqda. Dyusseldorfdagi O`zbekiston kunlari doirasida tashkil etilgan ko`rgazmada 2018 yilning dekabr oyida Toshkentda o`tkazilgan ko`rgazmada ishtirok etgan nemis ijodkorlarining ishlari ham taqdim etildi. Bu erda tashrif buyurgan ishtirokchilar, shu jumladan, germaniyaliklar yurtimiz san`ati bilan yaqindan tanishmoqda. Ko`rgazma 18 yanvarga qadar davom etadi. | 47 | 922 |
Madaniyat | MADANIYaT VAZIRI XALQARO TANLOVLARNING SAVIYaSI PASAYIB KETGANINI TANQID QILDI | 17 oktyabr kuni O`zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida BMT ning Yoshlar huquqlari to`g`risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish borasidagi taklifi yuzasidan Madaniyat vazirligi va uning tasarrufidagi muassasalar oldida turgan dolzarb vazifalarga bag`ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligiAxborot xixmati.
Mazkur tadbirga adabiyot, jurnalistika, tasviriy va amaliy san`at, kompozitorlik va bastakorlik, kino va teatr, mumtoz qo`shiq, milliy va zamonaviy estrada, opera, raqs, cholg`u ijrochiligi sohalarida mehnat va ijod qilayotgan, ta`lim olayotgan 31 yoshgacha bo`lgan ijodkorlar va soha vakillari jalb etildi.
Seminarda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda madaniyat va san`at muassasalaridan unumli va samarali foydalanish imkoniyatlari”, O.Ibrohimov “Yoshlar va maqom san`ati”, A.Haydarov “Milliy estrada san`ati: dahldorlik va mas`uliyat”, D.Kattaxonova “Uyushmagan yoshlarni madaniyat va san`at vositasida maqsadli uyushtirish”, G.Xoliqulova “Yoshlarga oid davlat siyosati:madaniyat va san`at sohasida kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari” kabi mavzularda o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ma`ruzalardan so`ng savol-javoblarga o`tildi. Yig`ilganlar teatrga yoshlarni jalb qilish, san`atkorlarning kiyinish madaniyatini shakllantirish, musiqa san`atiga oid adabiyotlarni o`zbek tilida chop etish, teatr repertuarlaridan ariyalarni tadbirlarda ijro etish, sirk san`atini rivojlantirish bo`yicha turli takliflar bilan chiqib, B.Sayfullaevdan javoblar oldilar. Xususan, xalqaro tanlovlarning bugungi kundagi masalasiga alohida to`xtalib o`tildi. B.Sayfullaev tanlovlarning saviyasi pasayib, tijorat manbasiga aylanib borayotgani, shu kabi tanlovlarda laureat bo`lgan yoshlar o`qishga imtiyozli qabul qilinib, ta`lim jarayonida buni oqlay olmayotganini ta`kidlab, har bir tanlovni alohida ko`rib chiqib, talabga javob bermaydiganlarida ishtirok etishni to`xtatish lozimligini ma`lum qildilar. | 79 | 2,177 |
Madaniyat | Bred Pitt “Taxtlar o‘yini”ni Deyeneris bilan birga ko‘rishga 120 ming dollar to‘lashga tayyor edi. Ammo auksionda yutqazdi | Bred Pitt Shon Penning an’anaviy xayriya auksionida kimoshdi savdosida faol ishtirok etdi — u “Taxtlar o‘yini” seriali epizodlaridan birini ushbu serialda bosh rolni o‘ynagan aktrisa Emiliya Klark (Deyeneris Targariyen) bilan birga tomosha qilish huquqini qo‘lga kiritmoqchi edi, ammo uning loti auksionning boshqa ishtirokchisiga nasib qildi, deb yozadi Meduza.
Lotning boshlang‘ich narxi 20 ming dollar edi. Bred Pitt dastlab 80 ming dollar taklif qildi, keyin stavkasini 90 ming dollargacha ko‘tardi. Serialni nafaqat Emiliya Klark, balki Kit Xarrington (Jon Snou) bilan birga ko‘rish imkoniyati ham qo‘shilgach, lot yanada qimmatlashdi.
Oxir-oqibat, Bred Pitt 120 ming dollar taklif qildi, ammo uni auksionning 160 ming dollar taklif etgan boshqa ishtirokchisi ortda qoldirdi.
Xayriya ziyofatida, shuningdek, Lena Danem, Arnold Shvarsenegger, Konni Britton, Patritsiya Arkett va Leonardo Di Kaprio ham qatnashdi.
Sean Penn & Friends Help Haiti Home Gala auksioni oltinchi marta bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilgan mablag‘lar 2010-yildagi zilziladan jabrlangan Gaiti oroli aholisiga yordam berish bilan shug‘ullanadigan J/P Haitian Relief Organization tashkiloti hisobiga yuboriladi. | 122 | 1,178 |
Madaniyat | 180 santimetr va undan yuqori: bo‘yi baland mashhur ayollar (foto) | Shou-biznesning mazkur vakillari latofat hamda go‘zallik bo‘yning balandligi va ortiqcha kilolarga bog‘liq emasligining isboti.
Mariya Sharapova — 187 sm
Bo‘yining salkam 190 sm ekaniga qaramay, Mariyaning kelishgan qaddi-qomatiga havas qilsa arziydi. Uning yagona muammosi poshnali tufli bilan kiyganda tushib turadigan jinsi shim topa olmaslik hisoblanadi. U aksariyat shimlar unga kalta bo‘lib turishini ta’kidlaydi.
Adriana Sklenarikova — 185 sm
Dunyodagi eng uzun (124 sm) oyoqlar egasi sifatida modelning ismi Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan.
Bruk Shilds — 185 sm
“Moviy ko‘rfaz” filmining suratga olish jarayonida birga rol ijro qilayotgan aktyordan baland ko‘rinib qolmasligi uchun aktrisa qazilgan ariqcha ichida yurishiga to‘g‘ri kelgan. Shunga qaramasdan uning bo‘yi shaxsiy hayotida muammo keltirib chiqarmagan. Adriana o‘zidan balandroq erkakka turmushga chiqqan.
Sigurni Uiver — 183 sm
Sigurni o‘zining bo‘yini kamchilik emas, afzallik deb biladigan aktrisalardan. U sezilmagani sabab ham semirishdan qo‘rqmasligini ta’kidlagan.
El Makferson — 183 sm
Modellar uchun odatiy hol ekaniga qaramay, El uchrashuvga chiqqanda poshna kiya olmasligini bildirgan. Keyinroq esa fikrini o‘zgartirgani, qarshisidagi odam undan past bo‘lishi haqida bosh qotirmaslikka qaror qilganini bildirgan.
Yeva Gersigova — 183 sm
Model o‘zining bo‘yi va 15 santimetrlik poshna tufli kiyishdan mamnun ekanligini aytib, deyarli ikki metr yuqoridan dunyo boshqacha ko‘rinishini qo‘shimcha qilgan.
Lolita — 181 sm
“Akademiya” musiqiy guruhining sobiq ishtirokchisi karyerasi davomida Aleksandr Sekalo undan pastligidan uyalmagan.
Rebekka Romeyn — 181 sm
Gollivud yulduzi hech qachon baland bo‘yini noodatiy deb hisoblamagan. “Men olamon ichida ko‘rinib turaman, ammo shu bilan birga Gulliver singari ko‘rinmayman. Rostini aytganda, bo‘yim 175 santimetrdan past bo‘lishini istamagan bo‘lardim”, — degan u.
Nikol Kidman — 180 sm
Nikol Kidman bo‘yi unga atrofga yuqoridan nazar tashlash imkonini berishini ta’kidlaydi. | 66 | 2,019 |
Madaniyat | Taniqli turk aktrisasi Fahriye Evjen “Alp Arslon: Buyuk saljuqiy” tarixiy serialining ikkinchi mavsumida suratga tushmaydi | Taniqli turk aktrisasi Fahriye Evjen “Alp Arslon: Buyuk saljuqiy” tarixiy serialining ikkinchi mavsumida ishtirok etmaydi, deb yozadi “Kinoafisha”.
2021-yilning noyabr oyida Turkiyaning TRT1 telekanali sujeti mamlakatning mashhur hukmdorlaridan biri Alp Arslonga bag‘ishlangan serialni ommaga taqdim etdi. Mashhur loyihada bosh rollarni Barish Arduch va Fahriye Evjen ijro etdi. Serialning o‘zi darhol mamlakat televideniyesi reytingida yetakchi o‘rinni egalladi. Natijada kanal rahbariyati loyihani davom ettirishga qaror qildi va 2022-yilning kuzida serialning davomi namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq bosh qahramonlardan birining ijrochisi — Evjenning loyihada ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Birsen Altuntashning so‘zlariga ko‘ra, aktrisa bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, u loyihaning atigi 27 ta epizodida suratga tushishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun ham u keyingi kadrlarda ko‘rinish bermaydi. Shartnoma muddatining uzaytirilishi haqidagi barcha mish-mishlar esa haqiqatga zid.
Evjenning o‘zi hozircha vaziyatga rasman izoh bermadi. Internet foydalanuvchilari ta’kidlaganidek, serialning davomida aktrisaning ishtirok etmasligi “Muhtasham yuz yil”ning uchinchi mavsum o‘rtalarida Maryam Uzerlining to‘satdan ketishini eslatadi. U nafaqat muxlislarni, balki loyiha prodyuserlarini ham hayratga solib, suratga olish maydonini tark etgan. | 122 | 1,376 |
Madaniyat | Xonanda Umidaxon o‘g‘il farzandli bo‘ldi | Xonanda Umidaxon o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda o‘zbekistonlik san’atkorlar Instagram orqali ma’lum qilib, qo‘shiqchi va turmush o‘rtog‘ini qutlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Umidaxon 2018-yil 15-may kuni Nilufar Usmonovaning ma’muri Jamshidga turmushga chiqqan edi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 40 | 344 |
Madaniyat | “Pulni yaxshi ko‘rasizda, shuning uchun san’atdan ketolmaysiz’ deyishadi” — Dildora Niyozova turmush o‘rtog‘ining jahl ustida chiqargan videosi va oilasidagi sinovli kunlar haqida gapirdi (video) | Xonanda Dildora Niyozova “Daryo” internet nashri uchun intevyu berdi. U suhbat chog‘ida turmush o‘rtog‘ining Instagramga joylagan videomurojaati, odamlardan ranjigani va san’atdan ketmasligining sabablari haqida gapirdi.
— Har bir oilada o‘ziga yarasha sinovli kunlar bo‘ladi. Ammo san’atkor taniqli inson bo‘lgani uchungina uning shaxsiy hayotidagi ma’lumotlar keng tarqalib ketadi. Dunyoda urishmaydian er-xotin bormi? Videomurojaatdan avval turmush o‘rtog‘im haqiqatan rashkchi bo‘lib, sal gapim ham qattiq botadigan asabiy bo‘lib qoldi. Jahlda aql ketadi, deb bekorga aytishmaydi. Ayollar baribir og‘irroq bo‘lmasa, vaziyat butunlay izidan chiqib ketadi. Oilaning mustahkamligini saqlash oson emas. Erkakning jahli chiqqanida tez qaror qilib qo‘yadi.
Turmush o‘rtog‘im jahl ustida Instagram’ga san’atdan ketishim haqida video joyladi. Har bir oilada tushunmovchiliklar bo‘lib turadi. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Turmush o‘rtog‘imning fe’li tez bo‘lgani uchun shu videoni joylagan.
Ammo o‘zga oiladagi vaziyatni bilmay turib, munosabat bildiradiganlardan ranjidim. “Pulni yaxshi ko‘rasizda, shuning uchun san’atdan ketolmaysiz”, deyishdi. To‘g‘risi, shunga o‘xshash gaplar qalbimga og‘ir botdi. Rizqni avvalo Alloh beradi, san’atda shuncha harakat qilib turib ham hech narsaga erisholmayotganlar bor. Men to‘ylarga chiqib nima yomon ish qilayapman. Birovning haqqiga xiyonat qilayotganim yo‘q. San’atkor kichkina pulga xizmatga bormaydi, ammo odamlar niyat qilib uni yaxshi kuniga taklif etadi. “Odamlar meni to‘yiga aytsin”, deb niyat qilmayman. Rizqimni faqat Allohdan so‘rayman.
To‘ylarga oddiy kiyim va boshda ro‘molim bilan boraman. Menimcha, buning hech qanday yomon jihati yo‘q. To‘yga chiqishimning asosiy sababi san’atimni yaxshi ko‘raman. Agar Alloh istasa, odamlar to‘ylariga aytmay qo‘yishadi. Chunki xonandalar orasida “Qachon to‘yga aytisharkin?” deb umid qilib o‘tirganlar son mingta. Meni niyat qilib, yaxshi kuniga chaqirishayotgan ekan nega bormasligi kerak.
Yaqinda bir to‘yga borgaimizda onaxonlardan biri yonimga kelib “Xo‘jayiningiz to‘yga chiqarmayman, degandi-ku, yana qo‘shiq aytayapsizmi?”, deb so‘radi. Erinmay to‘yxonada ana shu savolga javob berib ketdim. Mikrofonda “Qani orangizda eri bilan urishmagan ayollar bormi?” desam hamma kulib yubordi. Mening ham erim jahli chiqqanida gapiradi, ko‘nglini olgandim yana to‘yga chiqarayapti, deb kuldim. Ho‘p deb og‘irroq bo‘lgan edim, yana san’atimni davom ettirishimga ruxsat berdi, dedim.
Ro‘molga katta kuch bilan kirganman. Haqiqatan ham o‘sha vaqtda qo‘shiq ham aytmayman, degandim. Ammo san’atdan ketdim emas, faqat salovat va nashidalar aytaman, deb hayolimdan o‘tkazgandim. Angladimki, Allohga bo‘lgan muhabbatimiz qalbimizda, uni ha deb atrofdagilarga ko‘rsatish shart emas. Qo‘shiq aytish taqdir qismatimda bor. Uni ham Alloh bergan. Agar taqdirimda shunday yozilmaganida men bugungi darajaga erishmagan bo‘lardim.
To‘y xizmatlariga borsam “Sizning qo‘shig‘ingiz sabab hayotga qaytdim”, deb haqqimga duo qilishadi. Balki qilayotgan ishim noto‘g‘ri emasdir, deb o‘ylab qolaman. Bandaning bandaga hukm qilishga haqqi yo‘q. Shunday ekan u noto‘g‘ri ish qilyapti, deb xulosa chiqarish yaxshi emas.
Men haqimda negativ fikr birdirayotganlarning xatosi, gunohi yo‘qmi? Men yomon gaplarni eshitib o‘rganmaganman. Negativ gaplarni ko‘nglimga qattiq ta’sir qiladi. Shuning uchun bilib-bilmay odamlar haqida yomon gumonga borishlarini istamasdim, — deydi xonanda Dildora Niyozova.
Dildora Niyozovaning turmush o‘rtog‘i uning san’atni butunlay tark etgani hamda to‘ylarga chiqmasligini ma’lum qildi. Xonandaning o‘zi bu gaplarni inkor etdi (video)
“Litsenziyamni topshirishga tayyor edim”. Dildora Niyozova o‘ranganidan so‘ng “O‘zbekkonsert”da bo‘lgan majlis haqida gapirib berdi (video)
Dildora Niyozova rossiyalik milliarder Alisher Usmonov uning muxlisi ekani haqida so‘zlab berdi (video) | 195 | 3,876 |
Madaniyat | Javohir Zokirov: O‘zbekistonda men tan beradigan aktyor yo‘q | Aktyor Javohir Zokirov rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmida hech kimni kashf etmaganini aytib o‘tdi. Bu haqda “Hordiq” gazetasi xabar bermoqda.
Kadr: YouTube
“‘Baron’da hech kimni kashf qilmadim. Hammasi hurmatga loyiq aktyorlar edi. Meni hayron qoldirish juda ham qiyin. O‘zbekistonda men tan beradigan aktyor yo‘q. Hayratlanishim uchun Al Pachino va Robert De Niro bilan uchrashishim zarur”, — dedi aktyor.
“Qaysi aktrisalar bilan partnyor bo‘lgim keladi? Lola Eltoyeva va Dilnoza Kubayeva bilan. Aktyor Bobur Yo‘ldoshev bilan ham bir filmda ishlagim keladi, uni professional aktyor sifatida bilaman” — deya qo‘shimcha qildi Javohir Zokirov. | 60 | 653 |
Madaniyat | Jastin Biber model Xeyli Bolduin bilan turmush qurdi | Kanadalik qo‘shiqchi Jastin Biber amerikalik model Xeyli Bolduinga uylandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Xonandaning oilasiga yaqin manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Jastin va Xeyli 14-sentabr kuni Nyu-York sudida nikohni rasmiylashtirgan. Cherkovdagi to‘y marosimi esa oila a’zolari va yaqin do‘stlar ishtirokida keyinroq bo‘lib o‘tadi.
7-iyul kuni Bagama orollaridagi hordiq paytida 24 yoshli Biber 21 yoshli Bolduinning qo‘lini so‘ragan edi.
Xeyli Bolduin aktyor Stiven Bolduinning qizi, Alek Bolduinning jiyani. | 52 | 516 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova “Men sen bilan qirolichaman” nomli albomi taqdimotini o‘tkazdi (foto) | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 22-dekabr kuni Toshkentdagi “Navro‘z” restoranida o‘zining 30 yillik ijodi davomidagi 60-albom — “Men sen bilan qirolichaman” taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda “Qalampir.Uz” xabar bermoqda.
Quyida ushbu tadbirdan uyushtirilgan qisqa fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin. Suratlar muallifi — Faxriddin Ubaydullayev. | 85 | 356 |
Madaniyat | O‘zbekistonda 15-aprel Madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida belgilanishi kutilmoqda | Oliy Majlis Senatining 29-mayda o‘tkazilgan o‘n beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun muhokama etildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 26 may kuni madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish bo‘yicha farmonni imzolagandi. Farmonda Prezident 15-aprelni “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni” deb e’lon qilish taklifini ma’qullangan.
Senat xabarida aytilishicha, Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda keng jamoatchilikning takliflarini hisobga olib, madaniyat va san’atning jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qonun bilan 15-aprel O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida belgilanmoqda.
Ayna paytda dunyoning ko‘plab davlatlarida ushbu sana Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanadi. Xususan, 2008-yildan Italiya, Ispaniya, Rossiya, Argentina, Meksika, Kuba, Latviya va Litva kabi davlatlarda 15-aprel — Xalqaro madaniyat kuni Tinchlik bayrog‘i ostida nishonlanadi.
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov shu kunga qadar O‘zbekistonda barcha soha vakillari uchun kasb bayrami kunlari belgilangani, ammo xalqaro miqyosda 15-aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida nishonlansa-da, O‘zbekistonda rasman qayd etilmaganini aytgandi.
Uning ta’kidlashicha, 15-aprel sanasini O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni deb e’lon qilish mazkur sohada faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlardan tortib, har bir ijodiy va texnik xodimlarning kasb bayrami sifatida ushbu kunni nishonlashi ularning ishchanlikni, fidoyiligi, ijodda sermahsulligini yanada oshiradi.
Qonun bilan, shuningdek, O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni aynan mana shu bayram kunida “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.
Qonun yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi. | 90 | 2,469 |
Madaniyat | Yalangto`sh Bahodir haqida film suratga olinadi | Kinematografiya agentligi Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Yalangto`sh Bahodir haqida film suratga oladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Bu haqida "Matonat" hujjatli filmining Samarqanddagi premerasi paytida ma`lum qilindi. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov "Yalangto`sh Bahodir" filmini hamkorlikda suratga olinishini bildirdi. Yangi loyiha ustida rejissyor sifatida Jahongir Ahmedov ishlaydi. Yana bir hamkorlikdagi film "Samarqandda qovun ifori" filmi taniqli rejissyor Ali Hamraev tomonidan suratga olinadi.
Mazkur tadbirda Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov so`zga chiqishib, o`zaro hamkorlikda qilinayotgan ishlarga to`xtalishdi. Hamkorlikdagi yangi loyihalar bo`yicha memorandum imzolandi.
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov memorandum haqida so`zlab, “Biz Kinematografiya agentligi bilan “Matonat” filmidan so`ng, boshqa yangi loyihaga Samarqand hududida hokimlik qilgan Yalangto`sh Bahodir haqida badiiy film suratga olish bo`yicha taklif bilan chiqdik. Mana bugun Agentlik bilan hokimlik memorandumini imzolaymiz. O`ylaymanki, o`zbek kinosi borgan sari rivojlanyapti, bizning o`zaro hamkorligimiz ham uzoq yillar davom etadi”, dedi.
Shundan so`ng, kinorejissyor Shuhrat Mahmudovning “Matonat” filmi ijodkorlari tanishtirildi. Mazkur hujjatli film ham Agentlik va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida suratga olingan. Unda ikkinchi jahon urushi yillarida nemis fashistlarining Gollandiyadagi konslagerida qahramonlarcha halok bo`lgan 101 nafar o`zbek askari haqida hikoya qilinadi. Tadbir yakunida “Matonat” hujjatli filmi premera qilindi. | 47 | 1,695 |
Madaniyat | Anjelina Joli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi | Gollivud aktrisasi Anjelina Joli shoshilinch ravishda ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Tibbiy muassasa anoreksiya va bulimiyani davolashga ixtisoslashgan, deb yozmoqda “MK.ru”.
Xabar berilishicha, Joli bir necha yil avval ortiqcha vazn haqidagi miyasiga o‘rnashib qolgan fikrlar sababli mazkur kasalxonaga yotqizilgan.
Kelishgan qomatga erishish uchun aktrisa 44 kilogrammgacha ozgan, bunda uning bo‘yi 170 santimetrni tashkil qilgan. O‘shanda tibbiy muassasa xodimlari Joliga anoreksiyaga qarshi kurashishga yordam bergan.
Taxmin qilinishicha, bu safar ruhiy tushkunlikka aktrisaning ajrashishi bilan bog‘liq jarayonlar sabab bo‘lgan. Joli shifokorlar nazorati ostida ikki hafta bo‘ladi.
Shundan so‘ng u “Malefisente” filmining ikkinchi qismini suratga olish ishlariga qaytishi mumkin, aktrisa filmda asosiy rolni ijro etmoqda.
Aktrisaning muvozanatga solib bo‘lmas holatini uning advokati Lora Vasser ham ta’kidlagan. U Anjelina bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan va kinoyulduzning xarakterini “zaharlovchi” deb atagan.
Vasser har qanday nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishni ma’qul ko‘radi. Uning fikriga ko‘ra, aktrisa “qonga tashna va Bredning bolalari bilan bo‘lgan munosabatlarni yo‘q qilishni istamoqda”. | 56 | 1,228 |
Madaniyat | Bryus Uillis teleboshlovchi bilan “qo‘l jangi”ga kirishdi (video) | Mashhur aktyor Bryus Uillis to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir chog‘ida teleboshlovchi Stiven Kolbert bilan “qo‘l jangi”ga kirishdi. Bu haqda “Oxu.az” xabar beradi.
Ular The Late Show with Stephen Colbert ko‘rsatuvida jangari kinolardan sahna ko‘rinish ijro etib, turli yasama buyumlarni bir-biriga uloqtirdi.
Ko‘rsatuv tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, haqiqiy sahnalardan deyarli farq qilmadi. | 65 | 410 |
Madaniyat | Ravshana Kurkova yangi obrazi bilan muxlislarini hayratga soldi (foto) | 37 yoshli aktrisa Ravshana Kurkova Instagram’ga joylashtirgan yangi surati bilan muxlislarini hayratga soldi.
Mazkur suratda Ravshana yangi obrazda namoyon bo‘ladi. Aktrisa yangi rolida oq soch, oq kiprik va qoshlar bilan ko‘rinish beradi.
Ravshananing mazkur surati qisqa muddat ichida 37 mingta “layk” yig‘di. Muxlislar uni Ledi Gaga va qor malikasiga o‘xshatdi. | 70 | 365 |
Madaniyat | Mashhurlarning turmush o‘rtoqlari bilan tanishing (foto) | Elga mashhur xonanda va aktyorlarning shaxsiy hayoti ularning muxlislari uchun doim qiziq bo‘lib kelgan. Shu tufayli bugungi “yulduzli” fotojamlanmada o‘zbek shou-biznesi vakillarining turmush o‘rtoqlari bilan tanishtirishga harakat qildik. | 56 | 240 |
Madaniyat | Nargiz Zokirova uni asli o‘zbekistonlik deb atamasliklarini talab qildi | Asli o‘zbekistonlik xonanda Nargiz Zokirova Instagram sahifasida tanqidli izohlar qoldirgan o‘zbekistonlik foydalanuvchilarga qarata javob yozdi.
“Joningizga tegmadimi,a??? Tinch qo‘ysangiz-chi, men sizga o‘xshaganlardan qochib ketganimga, O‘zbekiston deb atalmish jahannamdan aynan qochib ketganimga 20 yildan oshdi. Haligacha o‘sha yerda yashaydigan qarindoshlarim zarariga! Men ularni ko‘rmayman, ularni judayam sog‘inaman, lekin siz kabi razil, jirkanch nodonlar va riyokorlar tufayli o‘z vatanimni tark etishga majbur bo‘ldim! Nafaqat meni, balki mening taniqli sulolamni hurmatlash u yoqda tursin, yerga urib, o‘zlarining ayanchli darajalariga tortib tushirmoqchi bo‘lgan vatanimni! Bu sulolani yer bilan yakson qilish emas, u bilan faxrlanishingiz kerak edi! Men bobom, buvim, tog‘alarim, otam O‘zbekiston madaniyati taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shganidan faxrlanaman. O‘z familiyam ostida iftixor bilan yuraman!!! Va shuni bilishingizni istardimki, bu qanchalik beadabona va qo‘pol yangramasin, meni la’natlashga va menga qarata juda xunuk va jirkanch izohlar yozishga qo‘li boradiganlar tufayli O‘zbekistonni o‘z hayotimdan tag-tomiri bilan uzib olishimdan uyalaman ham! Men sizning, ha, ha aynan sizning respublikangizdan chiqqanligimni unuting! Men sizniki emasman! Va hech qachon bo‘lmaganman. Na e’tiqodim, na qiyofam, na ruhim, na qalbim bilan! Men erkin odamman! Mening Vatanim bu AQSh, Rossiya, Dog‘iston, Hindiston, Xitoy… Ishqilib, har qanday joy, lekin siz emassiz!!! Meni va oilamni o‘z holiga qo‘ying, yolvoraman!!! Va xudo haqqi, sahifamdan keting, sizlarda aytiladigandek, “shayton”dan nari yuring! Bu yer siz kabi “e’tiqodlilar” uchun emas!!!” — deyiladi san’atkorning izohida.
Skrinshot: kun.uz
Nargiz Zokirova 1971-yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi. Nargiz 14 yoshida Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda AQShga ko‘chib ketgan va oradan 20 yil o‘tib, 42 yoshida Rossiya sahnasida ko‘rinish berdi.
Nargiz Zokirovaga u “Golos” teletanlovi sahnasiga chiqqan ilk daqiqalardan boshlab ko‘pchilik qiziqish bildirdi. Bunga sabab xonandaning tashqi ko‘rinishi, noodatiy imidji, deyish mumkin. U noan’anaviy soch turmagi, bosh va qo‘llarida tatuirovkalar, turli taqinchoqlar bilan mutlaqo “o‘zbekcha” bo‘lmagan ko‘rinishda sahnaga chiqdi. | 71 | 2,453 |
Madaniyat | Turkiyalik taniqli aktyor Emre Kiviljim “Jaloliddin Manguberdi” serialida bosh rolni ijro etmoqda | O‘zbekiston madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko‘ra “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Turkiyaning “Bo‘zdag‘ film” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan ko‘p qismli film rejissyori Mehmet Bo‘zdag‘, ssenariy muallifi Nazar Eshonqul. Hozirda Turkiyaning Aksaray viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyadan iborat pavilyon qurilgan.
Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.
Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat.
Neslihanning eri Burak bilan munosabatlari haqida gapirdi, Kaan “Muhtasham yuz yil”dagi Firuze bilan bir filmda. Turk kinosi yangiliklari | 97 | 1,033 |
Madaniyat | Kim Kardashyan va Kanye Uest ajrashganidan so‘ng bolalarga birgalikda vasiylik qilishga kelishib oldi | Amerikalik reper Kanye Uest Kim Kardashyan bilan ajrashganidan so‘ng, to‘rt nafar farzandini birgalikda vasiylik qilishga rozi bo‘ldi. 9-aprel kuni musiqachining yuristlari tegishli arizani Los-Anjeles oliy okrug sudiga kiritgan, deb xabar beradi Esquire.
Nikoh shartnomasiga ko‘ra, Kardashyan va Uestning birgalikdagi mol-mulki yo‘q. Er-xotinning ikkisi ham o‘zaro murosasizlikni ajrashishga sabab sifatida ko‘rsatgan. Shuningdek, Uest va Kardashyan qonun bo‘yicha kamroq daromad topadigan sherigiga pul undirish imkonini beradigan er-xotin alimentlaridan voz kechgan. Ajrashish sanasiga aniqlik kiritilmagan.
2021-yilning yanvarida Amerika realiti-shoulari yulduzi Kim Kardashyan 6 yillik turmushdan so‘ng, reper Kanye Uest bilan ajrashayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Realiti-shoular yulduzi va reper 6 yillik turmushdan so‘ng ajrashishga qaror qilgan, juftlikning to‘rt nafar farzandi bor. Katta qizi Nort hozirda 7 yoshda, o‘g‘li Seynt — besh yosh, Chikago ismli qizi keyingi hafta uch yoshga to‘ladi, kenjasi Saam esa endigina to‘qqiz oylik bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Kanye Uest Kardashyanning uchinchi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Birinchi turmush o‘rtog‘i, musiqa prodyusseri Deymon Tomas bilan u 2004-yilda ajrashgan bo‘lsa, basketbolchi Kris Xamfris bilan qurgan ikkinchi turmushi esa 72 kun davom etgan. | 101 | 1,323 |
Madaniyat | Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatrning 86-mavsumi tantanali konsert bilan ochildi (foto) | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatri 14—15-noyabr kunlari o‘zining yangi mavsumini tantanali konsert bilan boshladi, deb xabar qiladi UZ24.
Konsertda o‘zbek va jahon opera san’atining durdona asarlari yangradi, balet raqslar namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, teatr 3 yillik rekonstruksiyadan so‘ng 2015-yilning 25-oktabr kuni ochilgandi. | 105 | 367 |
Madaniyat | Teylor Svift MTV Video Music Awards’ning “Yil klipi” yo‘nalishida g‘olib chiqdi | Los-Anjelesda MTV Video Music Awards 2015 taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, xonanda Mayli Sayrus boshlovchilik qilgan mazkur tadbir MTV telekanali tarixidagi hisob bo‘yicha 32-taqdimotdir.
“Yil klipi” yo‘nalishida Teylor Sviftning “Bad Blood” qo‘shig‘iga ishlangan video g‘olib chiqdi; klipda reper Kendrik Lamarning chiqishi esa “Eng yaxshi hamkorlik” mukofotiga loyiq ko‘rildi. Sviftning boshqa — “Blank Space” qo‘shig‘i uchun tayyorlangan video esa “Ayol xonandaning eng yaxshi klipi” va “Eng yaxshi pop-video” yo‘nalishlarida MTV VMA 2015 haykalchalarini qo‘lga kiritdi.
Fall Out Boy’ning “Uma Thurman” qo‘shig‘i klipi “Yil rok-videosi” deb topildi. Xip-xop yo‘nalishida Niki Minajning “Anaconda” qo‘shig‘i klipi, “Erkak xonandaning eng yaxshi klipi” yo‘nalishida esa Mark Ronson va Bruno Mars duetining “Uptown Funk” qo‘shig‘i videosi birinchi bo‘ldi.
Niki Minaj taqdimot tashkilotchilarini irqchilikda ayblaganiga qaramay, Maykl Jekson nomidagi maxsus mukofot AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchiligini e’lon qilgan reper Kanye Uestga, musiqa sanoatida kelajagi porloq yosh ijrochiga aylangan mukofot esa reper Fetty Wap’ga topshirildi. | 79 | 1,174 |
Madaniyat | “E’tirof—2016” taqdimoti. “Daryo” onlayni | Bugun, 14-fevral kuni “Istiqlol” san’at saroyida 2016-yil yakunlari bo‘yicha “E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Mukofot “Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, “Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati”, “Tasviriy va amaliy san’at”, “Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye”, “Sport”, “E’tibor, ehtirom, e’zoz” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Taqdimot marosimi 18:00 da boshlanishi kutilmoqda. Jurnalist Feruz Muhammad tadbirning eng muhim voqealarini onlayn yoritib boradi.
Matnli onlaynning yuklanishini biroz kuting.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 41 | 767 |
Madaniyat | Manzura qachon turmushga chiqishi borasidagi savollarga kesatiqli javob qaytardi | Xonanda Manzura ijtimoiy tarmoqlardan birida ikki oydan so‘ng turmushga chiqayotgani va non sindirilgani haqida yozdi. Bu gaplar bir zumda muxlislari orasida tarqalib, fan-klublari va ashaddiy muxlislari tabriklariga sabab bo‘lmoqda, deb xabar qiladi “Sayyod.com”.
“To‘ydan oldin nog‘ora chalishi bilan tanish saytlar kuyovni ham aniqlab qo‘ydi. So‘nggi paytlarda Manzurani oldida ko‘p ko‘rinadigan va uning do‘sti bo‘lgan yigit bilan suratlar ustiga yuraklaru tabriklar bilan fan-klub to‘yni boshlab yuborgan”, — deb yozadi “Sayyod.com”.
Manzura bu holatlar yuzasidan quyidagicha javob qaytargan: — Shunday jonimga tegdiki... ‘Og‘zing bunaqa, burning operatsiya qilingan, yaxshiyam plastik jarrohlik bor’, ‘qachon erga tegasiz, sizni hech kim erga olmaydi’ va hokazo yozishlari jonga tegdi. Hattoki, shunchaki kirib haqorat qiladiganlar ham bor. Ha, deb qutulib kulishdan boshqa ilojim qolmayapti.
Erga tegyapsizmi, deb ahmoqona savol berishadi. Erga tegmayapman hozircha. Bungayam ha, deb qutulyapman. Yana chin dildan tabriklar boshlanib ketsa deng (kuladi). Hammaga meni erga tegishim qiziq bo‘lmoqda. Endi erga tegyapsanmi, desa “Ha” deyman. Tegdingmi desa ham “Ha” deyman. ‘Qachon erga tegasiz?’ degan gapdan qutulaman”. | 80 | 1,228 |
Madaniyat | Taniqli turk aktyori ilk marta ota bo‘ldi, Shevval Sam “Qora niyat”dan ketayotgan aktyorlar haqida gapirdi. Turk kinosi yangiliklari | Turk kinosanoati vakillari va seriallar bilan bog‘liq eng so‘nggi xabarlarni e’tiboringizga havola etamiz.
21-oktabr kuni Sinem Kobal va Kenan Imirzalio‘g‘lu farzandli bo‘ldi va qiziga Lalin deb ism qo‘ydi. Shifoxonadan chiqaverishda aktyor va uning rafiqasi kutib turgan muxbirlarga juda ham baxtli ekanini aytib, hammaga ushbu baxt nasib qilsin, deb tilak bildirgan. Sinem esa ular yangi hayot boshlayotganini ma’lum qilgan.
Avvaliga shifoxonaning aktyorning qizi dunyoga kelgan qavati yopilgani haqida xabar berilgandi, lekin Kenanning o‘zi ushbu ma’lumot noto‘g‘riligi, ular mavjud qoidalarga amal qilganliklarini aytgan. Shuningdek muxbirlarning Fahriye va Burak O‘zchivit singari farzandiga Instagram sahifasi ochib berish haqidagi savolga aktyor buni unchalik muhim deb bilmasa-da, muxlislarini xafa qilmaslik uchun bu haqida o‘ylab ko‘rishini ma’lum qilgan.
Shevval Sam onasi Leman Sam bilan birga Jihangir tumanida e’tibordan chetda qolmagan. Undan “Qora niyat” serialini nima uchun aktyorlar birin-ketin tark etayotgani haqidagi savolga Shevval ssnesenariy mualliflari va prodyuserlar shunday qarorga kelgani va bu haqida u ham so‘nggi daqiqalarda xabar topganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Shevvalning o‘g‘li Tarik Tekin ayni vaqtda ”Sadoqatsiz” serialida suratga tushmoqda. Avvalroq u onasi bilan birgalikda qisqa metrajli filmda ham rol o‘ynagan.
Nejip Memili qizi Asya bilan birga tushgan surati bilan bo‘lishgan. Unga ota bo‘lish mehnat, sevgi talab qilishini yozib, lekin orqasidagi it nega bunday yotganidan hayratda ekanini yashirmagan.
Kivanch Tatlitug‘ Netflix tomonidan suratga olinayotgan yangi “Bir suvosti qayig‘i hikoyasi” serialida bosh qahramon rolini o‘ynaydi.
Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘i Kadir Do‘g‘ulu yuziga aylangan Hatemog‘lu kiyim brendining taqdimotida ishtirok etdi. Taqdimotdan chiqaverishda muxbirlarning taklif bo‘lsa Burak O‘zchivit bilan birga suratga tushish mazmunidagi savoliga Neslihan bu savol noo‘rin ekanligini aytib, bu kabi savollar odamni g‘azablantirishini bildirgan. Muxbirlarning farzandli bo‘lish haqida o‘ylayapsizmi, degan savoliga aktrisa tabassum bilan: “Men o‘ylayapman, siz-chi?”, — deb javob bergan.
“9 karra Leyla” filmining taqdimoti pandemiya sabab qoldirilgandi. Agar o‘zgarishlar bo‘lib qolmasa, ushbu film premyerasi 4-dekabrda Netflix’ning internet platformasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
“Chuqur” serialini tark etgan Barish Arduch, Solih Bademji va Go‘kche Bahodir bilan birgalikda “Klub” serialida bosh qahramon rolini o‘ynaydi.
Efirga uzatilish imkoniyati berilganiga qaramay, “Yangi hayot” seriali 9-qismda yakuniga yetishiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, yana ikki serial yakuniga yetadi. “O‘qituvchi” seriali past reytingni qayd qilgani uchun 9-qismda tugatiladi. “Tomdagi sevgi” seriali ham bosh qahramonni o‘zgartirganiga qaramay, reytinglarda yuqori natija qayd qila olmadi va 16-qismda serial yakuniga yetadi.
Bundan uch yil avval, 2017-yil 23-oktabrda “Chuqur” serialining birinchi qismi efirga uzatilgan. Suratga olish jamoasi ushbu kunni shirinlik bilan nishonladi. | 132 | 3,069 |
Madaniyat | Selena Gomes, Megan Markl: kinoni tark etganidan keyin mashhurlikka erishgan yulduzlar | Kinoda faoliyatini boshlagan, ammo turli sabablarga ko‘ra boshqa sohani tanlagan mashhurlar haqida ma’lumot beramiz.
Selena Gomes
Ilk bor ekranlarda “Barni va uning do‘stlari” televizion shousida chiqish qilgan Selena “Veyverli Pleyslik sehrgarlar” serialidagi Aleks Russo rolidan keyin o‘smirlar orasida tanilgan, lekin u haqiqiy mashhurlikka aynan musiqiy karyerasi ketidan erishgan. 28 yashar xonanda faoliyati davomida 50 dan ortiq mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Teylor Momsen
3 yoshidan ekranlarda ko‘rinish bergan Teylor 12 yil davomida suratga tushgan. 2011-yilda u aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘ygan va rok guruhiga asos solgan. “The pretty reckless” guruhi bir necha marta chartlarda yetakchilik qilgan.
Kayli Minoug
“Qo‘shnilar” nomli operali serialda suratga tushgani Kaylining xonandalik karyerasining boshlanishiga sababchi bo‘lgan. 1986-yilda aktrisa xayriya konsertida qo‘shiq kuylagani musiqiy prodyuserlar e’tiborini tortgan. Ushbu qadam uning musiqa olamida mashhurlikka erishishiga sabab bo‘lgan. U bir necha marta chartlarda yetakchilik qilgan va muxlislar qalbidan joy olishga ulgurgan.
Jared Leto
Aktyor bo‘lish uchun 1992-yilda Los-Anjelesga kelgan Jared mahorati sabab bir qancha nufuzli mukofotlar, xususan, “Oskar” va “Oltin globus”ni ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, u bugungi kunda musiqa bilan shug‘ullanadi. Akasi bilan birgalikda asos solgan “30 Seconds to Mars” rok guruhi butun dunyoda o‘z muxlislariga ega bo‘lgan.
Mayli Sayrus
Ilk bor Tim Bertonning “Yirik baliq” filmida suratga tushgan Mayli keyinroq “Xanna Montana” serialida rol ijro qilgan va unga saundtrek kuylagan. Musiqa olamidagi faoliyatini 2007-yilda boshlagan va ko‘plab muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan.
Adam Lambert
10 yoshidan teatrda rol ijro qilgan Adam o‘sha paytlardanoq musiqa bilan shug‘ullanib yurgan. Ammo haqiqiy mashhurlikka “American Idol”dagi ishtirokidan keyin erishgan. U nafaqat muxlislar qalbidan joy olgan, balki “Queen” guruhi a’zolarining e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Kemeron Dias
“Niqob” filmidan keyin mashhurlikka erishgan aktrisaga rejissorlardan turli takliflar kelib tusha boshlagan. 1990-yillar oxiri hamda 2000- yillarning boshida yetarlicha mashhurlikka erishgan Diasning keyingi ijrolari ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgan. Shu va oilasi bilan bog‘liq boshqa sabablar bois aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘ygan Kemeron karyerasini boshlaganidan 27 yil o‘tib, “The Body book” nomli kitob yozgan. Kitob The New York Times’ning bestsellerlari ro‘yxatidan o‘rin olgan.
Megan Markl
“Asosiy gospital” serialida ilk bor suratga tushgan Megan “Fors-major” loyihasidan keyin mashhurlikka erishgan. Markl aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘ygunicha 7 yil davomida kinosanoatda faoliyat yuritgan. Shahzoda Garri bilan 2018-yilning 19-mayida turmush qurgan malika oradan 2 yil o‘tib farzandli bo‘lgan.
Meri-Keyt va Eshli Olsen
“Egizaklar: men va mening soyam” filmidagi roli bilan mashhurlikka erishgan opa-singillar 8 yil davomida suratga tushgan. Bir qancha mukofot va e’tiroflarga loyiq deb topilgan aktrisalar 2004-yilda biznes bilan shug‘ullanish sabab faoliyatiga nuqta qo‘ygan. O‘zining shaxsiy brendiga asos solgan Meri-Keyt va Eshli o‘smirlar va mashhurlar uchun kiyimlar ishlab chiqara boshlagan hamda ikki karra Amerikaning “Eng yaxshi dizayneri” deb topilgan.
Kventin Tarantino
Kventin maktabni bitirganidan keyin aktyor bo‘lishga qaror qilgan. Kurslarga qatnashgan Tarantino e’tibor jalb qilish uchun rezyumelarida o‘zini “Qirol sher”da suratga tushgan deb ko‘rsatgan. Shunga qaramay, aktyorlik bobida uning omadi chopmagan. Ikki marta Elvis Preslining qiyofadoshi rolini ijro qilgan Tarantino keyinchalik o‘zi film suratga olish bilan shug‘ullana boshlagan. Aktyor Xardi Keytel uning ilk filmini moliyalashtirishga yordam bergan. Bugungi kunda Tarantino Gollivudning eng yaxshi rejissorlaridan biri hisoblanadi.
Ledi Gaga
Asl ismi Stefani bo‘lgan xonanda maktab teatrida rol ijro qilgan. U pyesalarda bosh qahramonni gavdalantirgan, hamda aktyorlik mahoratidan dars olgan. “Klan Soprano” serialida epizodik rolni o‘ynagan aktrisaning omadi keyinchalik bu sohada unchalik chopmagan. Shundan keyin xonanda bo‘lish uchun kollejni tark etgan. Nyu-York klublarida qo‘shiqlari yangragan qiz 2008-yilda birinchi shartnomani imzolagan hamda qo‘shiq yozgan va kuylagan. Iste’dodi sabab mashhurlikka erishgan xonandaga keyinchalik filmlardan ham takliflar kelib tusha boshlagan. | 86 | 4,431 |
Madaniyat | Sherali Jo‘rayev Ozodbek Nazarbekovning madaniyat vaziri etib tayinlanganini “ma’qul ish” deb atadi | Madaniyat vazirligiga san’atkor odamning bosh bo‘lgani yaxshi. Bu haqda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimovga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Sherali Jo‘rayevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning madaniyat vaziri etib tayinlanishi — ma’qul ish.
Madaniyat vaziri san’atkor bo‘lgani ma’qul. Ozodbekning vazir bo‘lgani yaxshi bo‘ldi. Chunki u san’atkorning qiyinchiliklarini boshidan o‘tkazgan. San’atkorlarga boshchilik qilish — og‘ir.
Har bir san’atkor bir respublikaga o‘xshaydi. Ularning barini boshqarish og‘ir, qiyin, lekin Ozodbek boshqara oladi, u ko‘p narsani ko‘rgan, hammasini boshidan o‘tkazgan. Ozodbekka muvafaqqiyat tilayman.
Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston xalq artisti
Ozodbek Nazarbekov 22-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimiga ma’qullangan, 24-yanvar kuni esa Prezident tomonidan tasdiqlangan edi. U bungacha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari edi.
Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri bo‘lganidan keyin ham to‘ylarda kuylashni davom ettiradimi? (video)
Avvalgi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Prezident tomonidan yangi shakllantirilgan Senatning a’zosi etib tayinlandi — u endi parlament yuqori palatasida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasiga raislik qiladi.
“Byaxkelingchi, Ozodaka”. G‘aniyev, Nazarbekov va Allamjonov aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda memga aylandi | 99 | 1,447 |
Madaniyat | Jastin Biber sobiq sevgilisining surati Instagram’ni ishdan chiqardi | 3-mart kuni Instagram servisi 50 daqiqacha ishlamay qoldi. Bunga ko‘pchilik Jastin Biberning postini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Bu haqda TechCrunch nashri ma’lumotiga tayanib, TJournal xabar berdi.
Gap shundaki, aynan o‘sha vaqtda pop-qo‘shiqchi Jastin Biber Instagram’da o‘zining sobiq sevgilisi Selena Gomezning fotosurati bilan bo‘lishgan. Biberning servisdagi muxlislari naq 14 millionta bo‘lib, fotosuratga 1,2 millionta “layk” bosilgan va 200 mingdan ziyod fikr bildirilgan.
TechCrunch’ning taxmin qilishicha, Biber muxlislarining keskin faolligi Instagram’ning vaqtinchalik ishdan chiqishiga olib kelgan.
Instagram xodimlari servisning ba’zi foydalanuvchilarda ishlamay qolganini rasman tasdiqlagan bo‘lsa-da, uning sababi Selena Gomezning surati ekanini rad etdi. “Kompaniya aybni qo‘shiqchilarga to‘nkashni istamadi, chog‘i”, — deb yozadi nashr. | 68 | 854 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik 11 yoshli dirijyor “G‘aroyib odamlar” ko‘rsatuvida ishtirok etdi (video) | Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqiy akademik litseyining skripka yo‘nalishi bo‘yicha beshinchi sinf o‘quvchisi, 11 yoshli dirijyor Asadbek Ayubjonov Moskva davlat simfonik orkestri bilan “Rossiya” telekanalida efirga uzatilgan “G‘aroyib odamlar” ko‘rsatuvida chiqish qildi, deb yozadi “MyDay”.
Shuningdek, Asadbek O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi V.B.Neymerning simfoniya dirijyorligi sinfida ham tahsil oladi.
Asadbek nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun dunyodagi eng yosh dirijyorlardan biri hisoblanadi. Taniqli dirijyor Vladimir Teodorovich Spivakovning shaxsan o‘zi termizlik iqtidor egasi Asadbek Ayubjonovni bir necha marta “Moskva do‘stlarni chorlaydi” xalqaro festivaliga taklif etgan. | 87 | 770 |
Madaniyat | Baxtli oila qurishga hech qachon kech bo‘lmasligini isbotlagan mashhur ayollar (foto) | Odatda 20 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, turmushga chiqishga shoshmayotgan qizlar atrofida “o‘tirib qolgan” yoki “qari qiz” kabi iboralar yangrar edi. Biroq hozirda bunday qarashlar eskirgan. Darhaqiqat, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arb mamlakatlarida turmush qurish arafasidagi ayollarning o‘rtacha yoshi doimiy ravishda o‘sib bormoqda.
Emi Adams
2015-yilda Emi Adams taxminan 15 yil davomida yaqin munosabatda bo‘lib kelgan sevgilisi Darren Le Gallo bilan oila qurdi. U turmushga chiqayotganida 41 yoshda edi. Emining so‘zlariga ko‘ra, endi sevgilisi “qo‘lga tushgan”. Shuningdek, turmush o‘rtog‘ining maqomi unga kerak bo‘lgan xotirjamlik hissini berdi.
Kameron Dias
Aktrisa Kemeron Dias rok-musiqachi Benji Medden bilan uchrashgunga qadar umuman turmushga chiqish haqida o‘ylamagandi. Faqatgina Benjini munosib umr yo‘ldoshi sifatida ko‘rdi, shuning uchun u turmush qurish taklifini olganida, javob berishda uzoq vaqt ikkilanmadi. Kameron 42 yoshida Benjining rafiqasiga aylandi.
Salma Xayek
Aktrisa 2009-yil 42 yoshida biznesmen va milliarder Fransua-Anri Pinoga turmushga chiqdi. Jurnalistlar bir necha bor aktrisani manfaat uchun oila qurganlikda ayblagan. Biroq uning o‘zi shunday deydi: “Ular xohlagan narsani o‘ylasin. Biz 10 yildan ortiq vaqt o‘tdiki, birgamiz va sevgimiz tobora kuchayib bormoqda”.
Jeri Xalliuell
“Spice Girls” a’zosi Jeri Xalliuell 2015-yilda Red Bull “Formula 1” jamoasi yetakchisi Kristian Xornerning turmush o‘rtog‘iga aylandi. O‘sha paytda u 42 yoshda edi. Ularning avvalgi oilasidan bolalari ham bo‘lgan va 2017-yilda juftlikning yana bir farzandi dunyoga kelgan.
Reychel Vays
Reychel Vays 41 yoshida turmushga chiqdi. U butun dunyo bo‘ylab millionlab ayollarning sevimli aktyoriga aylangan Deniel Kreyg bilan oila qurdi. Faqat 4 nafar mehmon ishtirok etgan yopiq nikoh marosimida juftlik bir-biriga uzuk taqdi.
Zoi Saldana
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uning turmushga chiqishni ortga surishi ota-onasini ranjitgan. Biroq 35 yoshida Zoi bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini uchratdi. Bu italiyalik rassom Marko Perego edi.
Jessika Chesteyn
Jessika Chesteyn va Monkler moda brendi rahbari Jan Luka Passi di Prepozulo 2017-yilda turmush qurdi. 40 yoshigacha aktrisa turmush qurish masalasiga qarshi edi. Biroq Jan Luka Jessikaga ta’sir o‘tkazdi va aktrisa o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqdi.
Helen Mirren
Afsonaviy aktrisa Helen Mirren rejissor Teylor Xekfordga 52 yoshida turmushga chiqdi. Yulduz buni birinchi nikoh uchun oddiy yosh deb hisoblamaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, juda ko‘p yosh qizlar uzoqni o‘ylamay erta turmush quradi va keyinchalik bundan azob ham chekadi. Yosh o‘tgan sari bunday qarorlar oqilona qabul qilinadi.
Julianna Margulis
“Yaxshi rafiqa” seriali yulduzi Julian Margulis va advokat Kit Libertal 2007-yilda turmush qurgan. Kelin o‘shanda 41 yoshda edi. Aktrisaning aytishicha, u to‘liq bo‘lmagan oilada o‘sgan, shuning uchun u uzoq vaqt davomida turmush qurishning ahamiyatini tushunmagan. Biroq o‘zidan 6 yosh kichik bo‘lgan bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuv hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘ydi.
Vanessa Paradi
45 yoshgacha aktrisa turmushga chiqmagan bo‘lsa-da, u Jonni Depp bilan fuqarolik nikohida taxminan 15 yil yashadi. Muxlislar bu juftlikni kun kelib ayrilib ketadi, deb o‘ylamasdi. Ammo qandaydir tarzda aktyorlar ajrashdi. 2018-yilda Vanessa birinchi marta to‘y libosini kiydi. Uning turmush o‘rtog‘i taniqli fransuz rejissori Samyuel Benshetri.
Penelopa Krus
Aktyorlar Penelopa Krus va Xaver Bardem 36 va 41 yoshida turmush qurishdi. To‘ygacha ular bir necha yil davomida uchrashib yurgan, lekin matbuot uchun munosabatlari haqida hech qanday izoh bermadi va hatto buni tasdiqlamagan ham. Shu sababli aktyorlarning nikohi hamma uchun kutilmagan voqea bo‘ldi.
Marsiya Kross
“Umidsiz uy bekalari” seriali yulduzi Marsiya Kross birinchi marta to‘y libosini 44 yoshida kiygan. U broker Tom Maxoniga turmushga chiqdi. To‘ydan ko‘p o‘tmay, aktrisa sun’iy urug‘lantirish yo‘li bilan ikki egizak qizni dunyoga keltirdi. Er-xotin juda ko‘p sinovlarni boshdan kechirdi, ikkisi ham jiddiy kasallikka chalindi, ammo ularga qarshi kurashishga muvaffaq bo‘ldi.
Peris Xilton
2021-yil noyabr oyida 40 yoshli Peris Xilton venchur sarmoyadori Karter Reum bilan turmush qurdi. Ilgari Peris bir necha marta unashtirilgan, ammo har safar u yoki bu sababga ko‘ra nikoh buzilgan. Peris va nihoyat Karterga turmushga chiqdi va muxlislari unga faqat baxt tilamoqda. | 85 | 4,424 |
Madaniyat | “Bolalar” guruhi yakkaxoni Tohir Sodiqov bobo bo‘ldi | Afsonaviy “Bolalar” guruhi yakkaxoni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov 12-aprel kuni nevarali bo‘ldi. Bu haqda “Xo‘ja” guruhi xonandasi Izzat Ibragimov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Tohir, do‘stim, nabira muborak bo‘lsin! Olloh peshonasini sajdali qilsin, qalbini Qur’onga muhabbatli qilsin! Ota-onasi ko‘zining quvonchi bo‘lib, unib-o‘ssin. Bizlarni ham Olloh mana shunday ‘doda’ bo‘lish baxtiga muyassar etsin! Omin!”, — deb yozdi Izzat Ibragimov.
Tohir Sodiqov 2019-yilning mart oyida to‘ng‘ich qizi Go‘zalni turmushga bergan edi. | 52 | 564 |
Madaniyat | Putin Leonid Yakubovichni 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi | Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik aktyor, mashhur teleboshlovchi va xalq artisti Leonid Yakubovichni 70 yoshlik yubileyi bilan tabrikladi, deb xabar beradi “TASS”.
“Siz o‘z kasbiy faoliyatingizda omadga erishdingiz, ko‘plab qiziqarli ijodiy loyihalarga mualliflik qildingiz. Mamlakatimizning millionlab tomoshabinlari sizni taniydi va sizdagi samimiylik, joziba hamda kishilarga quvonch va yaxshi kayfiyat ulasha olish qobiliyatingiz uchun yaxshi ko‘radi”, — deb ta’kidladi davlat rahbari.
Shuningdek, u Yakubovichga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat va boshqa ezgu tilaklarni bildirdi. | 62 | 595 |
Madaniyat | Rayhon: Shahzoda meni konsertiga taklif qilmadi | Turkiyada konsert berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan xonanda Rayhon 1−7-may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida konsert bergan Shahzodadan ranjigan ko‘rinadi, deb yozadi “7x7” gazetasi.
“Bir paytlar sodiq dugonangiz bo‘lgan Shahzodaning konsert dasturiga borasizmi?” degan savolga Rayhon “Meni taklif qilmadi” deb javob berdi.
Shuningdek, xonanda Turkiyada konsertdagi hamrohi Jahongir Otajonovning ijodi haqida nimalarni bilishini aytdi:
“Afsuski, uning ijodi haqida yetarlicha bilmayman. Uning jonli ijroda qoyilmaqom kuylashini bilaman. Xalqqa sahnadagi jo‘shqinligi, g‘ayrati juda yoqishini ham eshitgandim. Biroq uning ijodiga muxlis emasman”. | 47 | 647 |
Madaniyat | “Yulduzlar jangi”ning to‘qqizinchi epizodini suratga olish ishlari yakunlandi | “Yulduzlar jangi” filmining to‘qqizinchi epizodini suratga olish ishlari tugatildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Bu haqda film rejissyori Jey Jey Abrams o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Haqiqatdan ham ajoyib bo‘lgan jamoa va aktyorlarga minnatdorligimni qanday izhor etishni bilmayman”, — degan Abrams.
Shuningdek, ular oldida umrbod qarzdor ekanligini ta’kidlagan.
“Yulduzlar jangi. IX epizod” joriy yilning 19-dekabridan boshlab namoyish etilishi kutilmoqda. | 77 | 487 |
Madaniyat | Maksim Galkin ilk uchrashuvda Alla Pugachyovani qanday rom etganini ma’lum qildi | Maksim Galkin samimiy intervyu berib, Alla bilan birgalikdagi turmushi va ularning ilk uchrashuvi haqida aytib berdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
“Biz bir-birimizni sevamiz. Alla ketganda, yoki men o‘zimning gastrollarim bilan ketganimda, uyda qolgan kishi uyimizning avvalgidagidek bo‘lmay qolganligini his eta boshlaydi. Biz bir-birimizning ajralmas qismi bo‘lib qoldik va shunday bo‘ldiki bizning barcha farqli jihatlarimiz bir-biriga mos tushdi. Axir o‘rtamizda deyarli sinashish davri bo‘lmagan. Bizni taqdir uchrashtirdi. Ko‘p yillar oldin, men Allani birga raqs tushishga taklif etdim va hammasi shundan boshlandi”, ― dedi Galkin.
Shuningdek, Maksim “Biz 14 yil birgamiz va bu ajoyib. Asosiysi – biz bir-birimizdan charchamaymiz. Men uning orzusidagi erkak timsoliga javob bera oldim. Alla ko‘zoynak taqqan, aqlli va kamtarin ― xuddi menga o‘xshagan ziyolilarni sevadi”, ― deya ma’lum qildi. | 80 | 910 |
Madaniyat | Obid Asomov uchinchi qizini turmushga bermoqda (foto) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov uchinchi qizini turmushga bermoqda. Bu haqda Mirzabek Xolmedovning o‘g‘li Otabek Xolmedov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“Obid Asomov uchinchi qizlarini uzatayotganliklari munosabati bilan bugun “Charag‘on” to‘yxonasida nahorgi osh berdilar. Obid Asomovning san’at olamidagi barcha do‘stlari, yaqinlari, hamkasblari u bilan birga bo‘ldi”, - deydi Otabek Xolmedov | 53 | 424 |
Madaniyat | Aktrisa Nargiza Salmonova xonanda Shohruhxon bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi | Aktrisa Nargiza Salmonova “So‘g‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida san’atkorlar bilan yaxshi munosabatda ekanligini aytib o‘tdi.
“San’atkorlar bilan yaxshi munosabatdaman. Nima uchundir ijtimoiy tarmoqqa taniqli yigit va qiz birga tushgan suratini joylashtirsa, kuzatuvchilar ularni sevishganga chiqaradi”, — dedi aktrisa.
“Men gap-so‘zlardan qo‘rqaman. Turmushga chiqmagan qizning atrofida turli mish-mishlar bolalashi yaxshimas-da. Shohruhxon bilan do‘stmiz. Uni hurmat qilaman. Samimiyatni yo‘qotmagan inson”, — deya qo‘shimcha qildi Nargiza Salmonova.
Ayni vaqtda, aktrisa orzusidagi turmush o‘rtog‘i qanday bo‘lishi kerakligi haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Dugonalar bilan birga hammamiz o‘zimizcha orzu-havasga berilardik. Bo‘ylari uzun, kelishgan, harbiy xizmatni o‘tagan yigit bo‘lsa, derdim. Hozir esa oilaparvarlik, vafodorlik sifatlarini muhimroq sanayman”, — dedi yosh aktrisa.
Avvalroq, Nargiza Salmonova “Artist” serialida suratga tushish ishlari sabab 7 kilogrammga semirgani haqida xabar berilgandi. | 83 | 1,034 |
Madaniyat | Toshkentda tatar-boshqird milliy bayrami – Sabantuy nishonlanadi | Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi (sobiq Telman nomidagi) madaniyat va istirohat bog‘ida 7-iyun kuni soat 10:00da tatar-boshqird milliy bayrami – Sabantuy nishonlanadi. Bu haqda Kultura.uz xabar bermoqda.
Bayram tantanalari davomida 10 turdagi o‘yin va sport musobaqalari, tatar milliy jamoalari xonandalari va yakkaxonlari ishtirokidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tadi, milliy madaniyat markazlaridan mehmonlar tashrif buyuradi. | 64 | 431 |
Madaniyat | Xonanda Lola o‘zini bolalar huquqi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni deb atadi | Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) YuNISEF bilan hamkorligi va bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirayotgan boshqa loyihalari haqida so‘zlab berdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“YuNISEF tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda dastlab shunchaki mehmon sifatida qatnashgandim. Keyinchalik rahbariyat taklifi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Hozir men bolalar huquqi bo‘yicha milliy chempionman”, — dedi xonanda.
Lolaning so‘zlariga ko‘ra, u bolalar huquqini himoya qilishda vakil sifatida faoliyat yuritadi. “YuNISEF bilan juda ko‘p xayrli ishlarni amalga oshirayotganimdan juda xursandman”, — deydi Lola.
Lola o‘zi ishtirok etayotgan boshqa bir yangi loyiha — audio ertak kitob chiqarish haqida ham so‘zlab berdi.
“Bu loyihani amalga oshirish bilan bolalarimizga ertak o‘qib berishimiz shartligini ota-onalarga eslatib o‘tmoqchi bo‘ldim. Chunki ishdan, tashvishlardan charchab bunday yumushlarga ko‘p ham vaqt ajratmasligimiz mumkin. Ammo ertak aytish bilan farzandlarimizning orzulari, o‘ylari, fikrlaridan xabardor bo‘lib turishimiz mumkin”, — deydi xonanda.
“Audio ertakning onalarga biroz yordami tegishi mumkin. Aslida bu farzandlarimning taklifi bilan amalga oshirildi. Kitobda ‘12 oy’ nomli ertakni o‘qib berganman. Ertak voqealarga xos musiqalar bilan bezatilgan. Masalan, suvning shildirashi, olovning yonishi kabi tovushlar bolalarimizning qiziqishini oshirishi aniq”, — deya qo‘shimcha qildi Lola. | 75 | 1,414 |
Madaniyat | “Zohid bizdan ko‘proq pul olardi”. Shohrux “Ummon” guruhining bo‘linib ketishiga pul sabab emasligi haqida gapirdi (video) | Bo‘linib ketgan “Ummon” guruhining yakkaxon xonandasi sifatida faoliyat yuritayotgan Shohrux “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Shohruh “Ummon” guruhining bo‘linib ketishiga pul sabab bo‘lmagani, guruhda boshqalarga nisbatan Zohid ko‘proq mehnat qilishi va ko‘proq pul olishi haqida gapirib berdi.
Har doim mehnatga yarasha pul olish kerak. Zohid bizdan ko‘proq pul olardi. O‘zining she’ri, musiqasi va ijrosi uchun internet tarmoqlardagi qo‘shiqlarimizni yuklab olishlardan tushgan puldan bizdan ko‘p haq olardi. Lekin to‘y xizmatlaridan tushadigan pul 3 ga bo‘lingan. Pulni deb san-manga bormaganmiz. Bo‘linib ketishimizga ham pul sabab bo‘lmagan. Chunki hamma olayotgan pulidan rozi edi.
Shohrux, “Ummon” guruhi yakkaxoni | 122 | 818 |
Madaniyat | “Qaysarginam 2” filmi may oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2” filmi may oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Aprel oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Qaysarginam 2” dan keyingi o‘rinlarni Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Rustam Sa’diyevning “Er bermoq, jon bermoq 2” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Tug‘ilmaganlar”, “Mister Amerika yoxud Majruh 2”, “Yuzsiz”, “Isnod” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
1-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov
2-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov
3-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov
4-o‘rin. “Hamroh” (triller drama)
Rejissor — Akrom Shaxnazarov
5-o‘rin. Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama)
Rejissor — Rustam Sa’diyev | 102 | 1,098 |
Madaniyat | Alisher Otaboyev uni teatrdan Murod Rajabov quvgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video) | Aktyor Alisher Otaboyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Alisher Otaboyev suhbat davomida uni teatrdan Murod Rajabov quvgani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Murod Rajabov zo‘r san’atkor, men Murod akaga ixlos qilardim. Ustozim bor, ularni juda ham hurmat qilaman, ammo ixlos degan tuyg‘u ham bor. Men Murod Rajabov va Erkin Komilovga ixlos qilardim. Murod aka salomat bo‘lsinlar, sog‘liqlari yomon deb eshitdim.
Bu inson bizning teatrga noto‘g‘ri keldilar. Murod Rajabov Muqimiy nomidagi musiqali teatrga noto‘g‘ri keldilar, noto‘g‘ri eshikka kirib qoldilar. Balki o‘zlari xohlamagandir, lekin Murod akam bizning odam emas edi, ular o‘zbek kinosining odami edilar. Biz musiqali drama teatrimiz. Baxtiyor Ixtiyorov ‘Teatrni sen bilasan, ular bilmaydi, ketib to‘g‘ri qilibsan’, deb aytgandilar.
Murod Rajabov kelganlari ketishimga bir turtki bo‘ldi, xolos, o‘z ixtiyorim bilan, rozi bo‘lib ketganman.
Murod Rajabov oldilariga chaqirib, o‘n martalab ‘Tushunmayapman, Alisher, men kelganimga ketyapsizlarmi?’, deb so‘radilar. Teatrimizga musiqali teatrni tushunmaydiganlarni olib kela boshlashdi. Majlisda bittasi ‘Musiqali teatrga qo‘shiq kerakmi o‘zi?’, deb yubordi, bu bizning o‘lganimiz edi.
Bechora Murod Rajabov olib qolish uchun rosa harakat qildilar. Ularni aldab, turli bahonalar qilib, ketish harakatini qildim. O‘ttiz uch yil ishlagan joyimdan ketish oson bo‘lmadi. Hozir Mirza Azizov kelib, hammasi joyiga tushdi.
Men zo‘rligim uchun ketib qoldim, demayman, mensiz teatr to‘xtab qoladi ham demadim. Hamza Umarovlar, Razzoq Hamroyevlar ketganida to‘xtab qolmagan, men ketsam, to‘xtab qolarmidi.
Alisher Otaboyev, aktyor
Ma’lumot uchun, Alisher Otaboyev 1980-yildan 2013-yilgacha Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatrida ishlagan. Teatrda 50 dan ortiq, kinoda 100 dan ortiq turli darajadagi rollarni ijro etgan. | 100 | 1,921 |
Madaniyat | "O`zbekkonsert" efirga uzatilishi tavsiya etilmaydigan kliplar bo`yicha eslatma ishlab chiqdi | «O`zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan «O`zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy Kengashining xulosasini olish tartibiga eslatma» e`lon qilindi.
Kengash qo`shiqlar va ularga ishlanadigan videokliplar saviyasini baholashda va lisenziatlarning arizalarni ko`rib chiqishda quyidagi mezonlarni inobatga oladi:
— qo`shiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g`oyaviy-badiiy darajasi;
— taqdim etilgan repertuarning milliy an`analarga va umuminsoniy qadriyatlarga muvofiqligi;
— qo`shiqlar va ularga ishlangan va ishlanadigan videokliplar (ssenariysi)da Vatanga sadoqat, sevgi, muhabbat va insoniylik singari ezgu g`oyalar aks etgani.
Lisenziatning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati va tashqi ko`rinish madaniyatiga zid bo`lgan xatti-harakatlar qilishi hamda ma`naviyatga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi, tomoshabinlarning his-tuyg`ularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik g`oyalarini targ`ib etuvchi asarlari ma`qullanmaydi.
Kengash badiiy jihatdan etuk, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga muvofiq, xalqimizning mentalitetiga mos bo`lgan qo`shiqlar va ular asosida yaratilgan videokliplarning ommalashishiga ko`maklashadi.
Klipda umuminsoniy va milliy madaniyatga zid bo`lgan, nojoiz hatti-harakatlar, turli g`oyaviy tahdidlar aks etmasligi lozim. Jumladan:
— giyohvandlik, spirtli ichimliklar targ`iboti;
— qonli, terroristik xatti-harakatlarni targ`ib qiluvchi, urush va qo`poruvchilikka mayl uyg`otuvchi tasvirlar;
— dinlar va millatlararo nifoq, ziddiyat uyg`otuvchi unsurlar;
— davlat ramzlari (gerb, bayroq, Prezident) tasviridan nojoiz, noo`rin foydalanish;
— turli firma, kompaniyalar hamda ularning mahsulotlarini oshkora va yashirin reklama qilish;
— yotoqxona va boshqa xosxonalarda xonandalarning yonboshlab, o`zbekona odob qoidalariga zid holatda qo`shiq kuylashi;
— ommaviy madaniyatga xos tarzda ochiq-sochiq, yirtiq-yamoq, yarim-yalang`och kiyinish holatlari;
— shahvoniy hirs va behayolikni, engil-elpi hayotni targ`ib qiluvchi ohang va tasvirlar;
— tana a`zolariga tushirilgan turli tatuirovka va «naqsh»larni ko`rsatish;
— erkak xonandalarning ayollar kabi kiyinishi, bezanishi, aytaylik, har xil ziraklar taqishi va shunga o`xshash nomunosib holatlar;
— qo`shiq matni va mazmuniga hech qanday aloqasiz ravishda, faqat qimmatbaho mashinalaru qasrday uylarni, yarashiqsiz zebu ziynatlarni ko`rsatib ko`z-ko`z qilish;
— muqaddas qadamjolar, tabarruk yodgorliklar, qutlug` merosimizga nisbatan hurmatsizlik qilingan holatlar;
— o`zbekona urf-odatlarimizga yot, o`rinsiz va beo`xshov harakatlar.
Izoh: qo`shiq matnidan kelib chiqqan holda foydalanilgan, ezgu g`oyalar targ`ibotiga xizmat qiluvchi salbiy obraz va holatlar, agar maqsad amalga oshgan bo`lsa, Kengash tomonidan rad etilmaydi.
Kengash tomonidan ko`rsatilgan kamchilik va nuqsonlar bartaraf etilgach, klip qayta ko`rikka taqdim qilinishi mumkin. Ko`pchilik ovoz bilan ma`qullangan kliplar efir va boshqa namoyishlarga tavsiya etiladi. | 93 | 2,999 |
Madaniyat | Muvaffaqiyatga erishishiga yaqinlari ham ishonmagan yulduzlar (foto) | Mashhur yozuvchilar, aktyorlar yoki qo‘shiqchilarning hikoyalari ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi, rad etilganligi va boshqalarning tanqidiy qarashlari bilan to‘la. Faqat chinakam kuchli shaxslargina mashaqqatga boy yo‘lni yengib o‘tishga qodir va ularga shubha qilganlarning barchasiga, yumshoq qilib aytganda, noto‘g‘ri ekanliklarini isbotlay oladi. Qolaversa, ayrim hollarda nafaqat yaqinlar, balki o‘z ota-onalari ham bugungi mashhur odamlarning qanotlarini kesishga harakat qilgan.
Kventin Tarantino
Mashhur rejissor va ssenariynavis bolaligidanoq adabiy maydonda kuchini sinab ko‘rishni boshladi. Va ko‘pincha bu uy vazifasi zarariga sodir bo‘lardi. Natijada Kventin onasi bilan doimo janjallashib turardi. Tarantino hech qachon onasining maktab mashg‘ulotlari haqidagi yomon fikrlarini kechira olmagan. U kelgusidagi gonorarining bir foizini ham unga bermaslikka va’da bergan.
Jennifer Eniston
Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisalardan biri doimo onasi tomonidan tanqid qilinardi. Nensi Dou filmlarda ham rol o‘ynagan, ammo uning filmografiyasi yulduz qiziga qaraganda ancha kamtar bo‘lib chiqdi va u hech qanday maxsus mukofotlarga ega emas edi. Ammo Jennifer “Do‘stlar” sitkomi, shuningdek, aktyorlik uchun bir qancha nufuzli mukofotlar, shu jumladan, “Emmi” va “Oltin globus” tufayli dunyoga mashhur.
Stiven Spilberg
Rejissor Stiven Janubiy Kaliforniya universitetining kino maktabiga qabul qilinmagan. Sababi arzimas maktabdagi o‘rtacha ko‘rsatkich va sertifikatda past baholar edi. Yigit taslim bo‘lmagan va orzusini ro‘yobga chiqarish uchun kurashni davom ettirgan.
Anjelina Joli
Hozirda “Oskar” va bir nechta “Oltin globus” mukofotlari bo‘lgan aktrisa maktabda masxaralashga dosh berishga majbur bo‘lgan. Bolalar uni nozikligi, shuningdek, ko‘zoynak taqib olgani uchun masxara qilishardi. Biroz vaqt Anjelina faqat qora kiyim kiyishni boshlagan va hatto darslarini ham tashlagan.
Opra Uinfri
Kichkina Opraning mashhur teleboshlovchi bo‘lishiga ishongan yagona odam buvisi edi. U nevarasi hatto panjara ustidagi qo‘g‘irchoq va qarg‘alardan qanday intervyu olganini eslaydi. Ammo boshqa odamlar kambag‘al oiladan bo‘lgan, bolaligida kartoshka qopidan tikilgan libos kiygan qiz hayotda hamma narsaga erisha olishiga ishonmagan.
Viktoriya Bekxem
Spice Girls’ning mashhur qo‘shiqchisi va modelyeri deyarli prodyuserlar tomonidan rad etilgan. Ular qizlarning ijodkorligi juda o‘ziga xosligini va keng jamoatchilik tomonidan talab qilinmasligini his qilgan. Shuning uchun ular qizga bolalar televizion dasturlarida ishtirok etishni davom ettirsa yaxshi bo‘lardi, degan fikrni bildirgan. Ammo yosh xonimlar o‘zini tanitishda davom etdi va natijada 1990-yillarning mashhur pop guruhlaridan biriga aylandi. Viktoriya Bekxem o‘shandayoq o‘zining yulduzlik karyerasini boshlagan.
Elvis Presli
Bo‘lajak rok-n-rol qiroli yoshligida Tennessi shtatidagi vokal kvarteti tanlovida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Yigitga qo‘shiq kuylamaslikni taklif qilishdi. Keyin Presli Crown Electric kompaniyasiga yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishga joylashdi, lekin vokalchi bo‘lish umidini yo‘qotmadi. Keyingi sinovlarda esa unga: “Yuk mashinasini haydashda davom eting, chunki qo‘shiqchi sifatida siz to‘liq nolsiz”, deyishgan.
Ledi Gaga
Bolaligidan yosh Stefani Jermanotta o‘z tengdoshlari orasida o‘zini noqulay his qilardi. 17 yoshida bo‘lajak Ledi Gaga Nyu-York universitetining musiqa maktabiga o‘qishga kirdi, lekin u yerda ham tengdoshlari bilan munosabat o‘rnata olmadi. Ular hatto Facebook’da “Stefani Jermanotta, sen hech qachon muvaffaqiyat qozonmaysan” nomli haqoratli nom bilan guruh tuzdi. Natijada 2-kursni tashlab, musiqiy karyerasiga e’tibor qaratdi.
Jessika Chezteyn
2000-yillarning o‘rtalarida aktrisa, asosan, televizion loyihalarda kichik rollar bilan kifoyalandi. Hammasiga sochlarning nostandart qizil rangi sabab bo‘lgandi. Ammo keyin Jessikaning iste’dodi sezildi va 2011-yilda uning ishtirokida 6 ta film, shu jumladan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan “Xizmatkor” va “Hayot daraxti” chiqarildi. Endi aktrisaning ko‘plab mukofotlari va nominatsiyalari bor, shu jumladan, “Oskar” va “Oltin globus” ham.
Arnold Shvarsenegger
Yosh Arnold bodibilding karyerasini tugatib, aktyorlik bilan shug‘ullanishga qaror qilganida ko‘p eshitgan. Hamma uning gavdasi va g‘alati aksenti borligini aytdi. Bo‘lajak aktyor bu odamlarning fikrini jiddiy qabul qilmagan va ekranlarda ko‘rinishni ma’qul ko‘rgan.
Shakira
Hozirgi “Gremmi” mukofoti sovrindori bolaligida maktab xoridan quvilgan. Sinfdoshlari bo‘lajak yulduzga: “Sen qo‘shiq aytmaysan, echkidek qichqirasan” deya masxara qilishgan. Biroq bu qizni bezovta qilmadi, musiqiy tajribalarini muvaffaqiyatli davom ettirdi va oxir-oqibat dunyoning eng taniqli qo‘shiqchilaridan biriga aylandi. | 68 | 4,781 |
Madaniyat | Bred Pitt 40 million dollarga orzusidagidek okean yaqinida joylashgan uyni sotib oldi (foto) | Bollivud yulduzi Bred Pitt Anjelina Joli bilan ajrashgandan keyin ko‘plab qimmatbaho xaridlarni amalga oshirmoqda. Aktyorning navbatdagi qimmatbaho xaridi o‘zi orzu qilgan okean yaqinida joylashgan uy bo‘ldi.
The Wall Street Journal nashri Bred Pitt Tinch okeani sohilida joylashgan, narxi 40 million dollarga teng uyni sotib olganini ma’lum qildi. Kaliforniyadagi Karmel tog‘ida joylashgan mashhur saroy 1918-yilda qurilgan. Unda mashhur amerikalik yozuvchi Deniel Jeyms yashagan. Uy 1999-yildan beri tadbirkor Jozef Ritchi bilan bog‘liq bo‘lgan Searock kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. U Rossiyadagi birinchi yuqori texnologiyali “Dialog” qo‘shma korxonasini tashkil etishda ishtirok etgan.
Uy qumtosh va granitdan qurilgan. U derazalar va O‘rta Yer dengizi uslubida qurilgan tomga ega. Shuningdek, aholi okean manzaralaridan bahramand bo‘lishlari mumkin. Nashrning yozishicha, Pitt bunday uylarning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. | 92 | 932 |
Madaniyat | “Matonatli”: Teraktda omon qolgan sportchi haqidagi yangi film treyleri e’lon qilindi | RoadsideFlix studiyasi “Matonatli” filmining birinchi treylerini e’lon qildi. Kartinada bosh rolni taniqli aktyor Jeyk Jillenxol ijro etgan, deb xabar beradi Meduza.
Kadr: YouTube
Film yosh sportchi, 2013-yilgi Boston marafonida uyushtirilgan teraktda oyog‘idan mahrum bo‘lgan Jeff Bauman haqida. Bauman dugonasini finish chizig‘ida kutib turganida terakt uyushtirilgan, u voqealar markazida qolib ketgan edi.
Filmda, shuningdek, Tatyana Maslani, Klensi Braun va Frenki Shou bosh rollarda qatnashgan. Rejissor — Devid Gordon Grin. | 85 | 533 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik rejissor Qamara Kamolova filmi Germaniyadagi xalqaro kinofestival sovrindori bo‘ldi | O‘zbekistonlik rejissor va ssenariychi Qamara Kamolovaning “Unutma meni” bolalar uchun filmi Germaniyada 13—18-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Shlingel — 2014” bolalar va o‘smirlar xalqaro kinofestivalida “Tomoshabinlar simpatiyasi mukofoti”ni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Ushbu tanlovda Hindiston, Kuba, Eron, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Irlandiya, Germaniya, Finlyandiya, Ispaniya kabi mamlakatlardan taqdim etilgan o‘nlab bolalar filmlari ishtirok etdi.
Kinofestival tanlov dasturi bolalar, o‘smirlar, yoshlar uchun filmlar, qisqa metrajli va animatsion filmlar kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi.
Ma’lumot uchun: Qamara Kamolova 1938-yili Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi” unvoniga ega bo‘lgan. “Achchiq danak”, “Oʻzganing baxti”, “Ertaga chiqasanmi?”, “Nabiramiz militsiyada ishlaydi”, “Boʻlmagan narsa haqida” kabi filmlar muallifidir. | 98 | 925 |
Madaniyat | Gulchehra Sa’dullayeva 70 yoshni qarshi oldi. Farzandlari aktrisani uylaridan turib tabrikladi (video) | 12-aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva 70 yoshini qarshi oldi. Aktrisaning farzandlari, kuyovlari va nevaralari ushbu sana munosabati bilan videotabrik tayyorladi. Videorolik aktrisaning kenja farzandi Muqaddas Sa’dullayevaning Instagram’dagi sahifasiga joylashtirildi.
“Onajonim, ona bo‘lib qadringizni bildim, mehringizni yana ham his qildim. Tun yarmiga og‘ganda, bor dunyo uyquga ketganda ham meni o‘ylab, joynamoz ustida duo qilib o‘tirganingizni bilaman. Sizni va adajonimni duolari meni baxtli qildi, balolardan asrayapti. Onajonim meni, ko‘nglimdagi adog‘siz sog‘inchimni, adadsiz mehrimni doim sizga yetkaza olmayman. Qarshingizda turganimda, oq oralagan sochlaringizni silab, ajinlaringizni o‘pib, issiq qo‘llaringizni yuzimga bosib, mehrimni, rahmatimni aytgim keladi.
Ammo doimgiday bolalarning chug‘ur-chug‘uri meni chalg‘itadi. Bugun yurtimiz boshiga kelgan qayg‘uli damda, sinovlarga bardoshimiz imtihon qilinayotganda bizni duolaringiz kuchi himoyalayapti, onajonim. Oldingizga yetib borolmayman. Kunda bir necha marta telefon orqali gaplashsak-da, to‘ymayman sizga. Nafasingizni his qilgim, taftingizdan quvvat olgim kelyapti, onajon!
‘Hozirgi havoga ishonma, oyog‘ingga issiq kiyib ol’ — deysiz telefonda. Onaginam-ay, o‘zingiz-chi, deb so‘rab ulgurmayman. Yana qayg‘umni qilasiz, bolalarimni birma-bir so‘raysiz, men esa sizdan hol-ahvol so‘rab ulgurmayman. Kichkinam yig‘lab qoladi va doimgiday tezgina xayrlashib, o‘z tashvishlarimga sho‘ng‘ib ketaman. Siz esa meni o‘ylab joynamoz tomon yurasiz. Bilaman... Hozir yarim tun. Tunda mehrimni sizga izhor etishni istadim. Men sizni juda yaxshi ko‘raman, onajonim!
Borlig‘im bilan Allohdan sizga sog‘lik, yurtimizga va dunyoga ofiyat so‘rayman. Allohning mehri buyuk.
Onajon, barchamiz ushbu kunda o‘z xonadonlarimizda turgan holda, faqat akajonim uydan olisda, vatanimiz xalqimiz uchun posbon bo‘lib xizmatda turgan holda ushbu sog‘inchli tabrigimizni siz tomon armug‘on etaman. Tavallud kuningiz, ulug‘ 70 yoshingiz hammamizga muborak bo‘lsin, onajonim! Biz xalqimiz bilan bu sinovli kunlarni Inshaalloh, albatta, yengib o‘tamiz! Tez orada diydor ko‘rishamiz”, — deb yozadi Muqaddas Sa’dullayeva.
Videotabrikda Gulchehra Sa’dullayevaning o‘g‘li, qizlari Gulira’no va Muqaddas, kuyovlari Fathulla Ma’sudov, Yigitali Mamajonov hamda nevaralari aktrisaga dil izhorini bayon etgan.
View this post on Instagram
Ma’lumot uchun, Gulchehra Sa’dullayeva ko‘plab film va spektakllarda betakror obrazlarni gavdalantirgan. Aktrisa dublyaj san’ati rivojiga ham sezilarli hissa qo‘shgan. Uning “O‘tkan kunlar”dagi Zaynab, “Bahor qaytmaydi”dagi Muqaddam obrazlari ayniqsa tomoshabinlar yodida qolgan. | 102 | 2,708 |
Madaniyat | Jahonga mashhur rossiyalik modellar mashhurlikka erishmasdan avval qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) | Bugungi qahramonlar Rossiyaning kichik shaharlarida dunyoda kelgan bo‘lsa-da, ammo bu ularning dunyoga tanilishida to‘sqinlik qilmagan. Xo‘sh, g‘arbda muvaffaqiyat qozongan modellar dastlab qanday ko‘rinishda bo‘lgan?
Irina Sheyk
Dunyoda eng ko‘p maosh oladigan modellardan birining haqiqiy ismi − Irina Shayxlislomova. Ha, Chelyabinsk viloyatining Emanjelinsk shahrida Sheyk familiyasi deyarli uchramaydi. Go‘zallik tanlovlarining birida ushbu modelga Giya Jikidze e’tibor qaratmaganida, u o‘qituvchi onasining izidan yurishi tayin edi. Aynan shu sababli Irina modellar olamiga kirib kelgan. Bugungi kunda Irina haqli ravishda jurnallarning muqovalarini bezaydi va u bilan ishlash niyatida bo‘lgan dizaynerlar navbatda turadi.
Natalya Vodyanova
Giya Jikidze nafaqat Irinaning, balki Natalyaning ham hayotida katta burilish yasadi. Qisqa muddat ichida novgorodlik kambag‘al qiz hayoti tubdan o‘zgardi. 11 yoshida Natalya onasi Larisaga sabzavot va mevalarni sotishda yordam berish uchun maktabni tark etgan. Uning oilasi og‘ir miya falaji bilan tug‘ilgan kenja qizi Oksanani davolatish uchun pulga muhtoj edi. Tengdoshlari esa qashshoqligi uchun bo‘lajak yulduzni masxara qilar edi. Ammo bu kabi dilxiraliklarga qaramay, Natalya irodali bo‘lishga harakat qildi va modellik karyerasini qurdi. U bozordagi sotuvchi qizdan dunyoga taniqli yulduzga aylanishga erishdi. O‘zining g‘ayrioddiy qiyofasi hamda ajoyib iste’dodi tufayli Natalya − “eng yuqori yulduz” maqomiga ham erishdi.
Sasha Luss
Aleksandra Luss Magadanda shifokorlar oilasida tug‘ilgan. Bolaligidanoq uning oilasi Sashaga tibbiyotga oid kitoblarni o‘qitgan, shuningdek, kelajakda uning shifokor bo‘lishini xohlagan. Biroq u ota-onasi istagan kasbni tanlamadi va 15 yoshida modellik agentligiga murojaat qilgan. Uning ilk namoyishi 2007-yilda bo‘lib o‘tgan. Shundan so‘ng model boshqalarning ham nazariga tushib, dunyodagi eng taniqli modellarning biriga aylangan.
Natasha Poli
Natalya Polevshikova 1985-yil Permda dunyoga kelgan. 2000-yilda 15 yashar Natasha modellar tanlovida ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketgan. Tanlovda u ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa-da, ko‘plab dizaynerlar e’tiboriga tushgan. 18 yoshida unga Milandagi nufuzli modellik agenti bilan shartnoma tuzishni taklif qilishdi. Shundan so‘ng u birin-ketin eng mashhur brendlarning yuziga aylandi.
Anna Viyalitsina
Annaning ham ota-onasi shifokor bo‘lgan. 15 yoshida Anna shifokor bo‘la olmasligini tushunib yetgan. Shundan so‘ng u Sankt-Peterburgga jo‘nab ketgan. Uni modellik agentlari kastingda sinab ko‘rgan, ammo u u sinovdan o‘ta olmagan. Shunday bo‘lsa-da, u ko‘plab yutuqlarga erishdi. U IMG New York − dunyoning eng yirik modellik agentligi bilan shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldi.
Vlada Roslyakova
Vladaning oilasi haqida ma’lumotlar juda kam. U Omskda tug‘ilgan. Vladaning modellik faoliyati Rossiyada boshlangan, keyinchalik Tokio va Nyu-Yorkda davom etgan. Ayni vaqtda u eng mashhurlar bilan birgalikda, dunyodagi eng taniqli 30 ta model orasidan joy olgan. | 101 | 3,013 |
Madaniyat | Xonanda Lolaning sobiq turmush o‘rtog‘i uylandi | “Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Lola Yo‘doshevaning sobiq turmush o‘rtog‘i Shohrux uylandi. To‘y 16-yanvar kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tgan. Kuyov va kelinning to‘yda tushirilgan fotosuratlari esa ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqaldi, deb xabar beradi “Qalampir.uz”.
Shu bugunga qadar Lola Yo‘ldosheva turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini yashirib kelardi. Xonanda bundan bir oy avval RedPen nashriga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i bilan 2011-yilda ajrashganini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, Shohrux va Lola 2005-yilda turmush qurgan edi. Ularning bir o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. | 47 | 625 |
Madaniyat | “Ayg‘oqchi kampir 707” yanvar oyining uchinchi haftasida eng kassabop o‘zbek filmlari haftalik reytingida peshqadam bo‘ldi | Rejissor Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 707” nomli kinokomediyasi yanvar oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan axborotga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Yanvarning uchinchi haftasi kinoreytingida “Ayg‘oqchi kampir 707”dan keyingi o‘rinlarni Ozod Shamsning “Sevadi, sevmaydi”, Ilhom Muhammadibrohimovning “Qizlarning jahli chiqdi”, Ozod Shamsning “Voy-dod—2”, Murod Inog‘omovning “O‘g‘irlanmagan kelin” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomli kinosaroy hozirda “Ma’suma”, “Dadam betob”, “Ustyurtga yo‘l”, “Zurriyot”, “Boyvachcha kuyov”, “Virus”, “Darbadar” kabi filmlarni namoyish etmoqda.
Filmlar namoyishi jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
1-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 707” (komediya)
Rejissor — Ulug‘bek Yunusov
2-o‘rin. “Sevadi, sevmaydi” (komediya)
Rejissor — Ozod Shams
3-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya)
Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov
4-o‘rin. “Voy-dod—2 (komediya)
Rejissor — Ozod Shams
5-o‘rin. “O‘g‘irlanmagan kelin” (komediya)
Rejissor — Murod Inog‘omov
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 122 | 1,318 |
Madaniyat | “Onaning vafoti osmon qulashidek musibat ekan”. Yulduz Usmonova konsertida ona haqidagi yangi qo‘shiqni kuylayotganida yig‘lab yubordi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsert dasturida ona haqidagi yangi qo‘shig‘ini ijro etdi. U qo‘shiqni ijro etishdan avval marhuma onasi haqida gapirdi, kuylayotganida esa ta’sirlanib, yig‘lab yubordi.
Yulduz Usmonova marhuma onasi Rahimaxon aya bilan
— Onam olamdan o‘tganidan keyin bolalarini qanchalik e’zozlagan bo‘lsa, unga ham Allohning rahmati yog‘ilsin deb duo qildik. Onam o‘limidan avval bizni tanimay qolgan bo‘lsa ham oilamizning katta ustuni bo‘lib turgan ekan. Ba’zan haftada bir yoki oyda bir xabar olsam ham, ko‘nglim to‘q edi. Atrofdagilarning onasi o‘lganida “o‘lim haq” deb taskin beramiz. Ammo onaning o‘limi go‘yo osmonning yiqilishidek og‘ir musibat ekan. Hech bir bandaning boshiga osmon yiqilmasin ekan. Uch yoshlik nabiram ham ikkita buvasi borligidan baxtiyor edi, u ham dardni his qildi. Dadam rahmatli o‘tganida unchalik bilmagan ekanman. Chunki yonimda onam bor edi. Atrofdagilar “Onangiz yoshini yashadi, shu kunga yetkazsin hammani”, deb tasalli berishadi. Ammo bola uchun ona baribir ona. Uch yuz yoshga chiqsa ham bola onasi sari talpinib, bola bo‘laveradi. Ona yurmasa ham, farzandini tanimasa ham qalban sizni his qilib turadi.
Qariganda odam nima bo‘lishini bilmaydi. Balki xastalikka chalinar, yoki urushqoq bo‘lib qolar. Bu yoshga chiqqanda biz nima holga tushamiz Xudo biladi. Shu bois, keksa ota-onalarni vaqtida e’zozlab, injiqliklariga ko‘z yumib yashash kerak.
Ba’zan hayot og‘irligini, charchayotganimizni bahona qilamiz. Iloji bo‘lsa, ona o‘tgach bu haqida gapirmanglar, yig‘lab yuboraman deyishadi. Inson onaga yig‘lamasa, yana kimga kuyasan onangdan boshqa. Aslida farzand onasi o‘lgani uchun emas, o‘zining mung‘ayib qolgani uchun yig‘laydi. Hozir kuylaydigan ona qo‘shig‘ini yaratayotganimizda ko‘pchilik sozandalar tashqariga chiqib, xumoridan chiqib yig‘lab keldi. Chunki pandemiya sabab ko‘pchiligi onasidan ayrildi. “Ota-ona uchun ko‘z yoshingni yashirma. Ular uchun qancha yig‘lasang shuncha kam”, dedim. Ular uchun qancha yig‘lasa shuncha arziydi. Ota-onangiz yoningizdami demak baxtlisiz.
Hech qachon onam qaridi, yoshini yashab bo‘ldi, demanglar. Senga ustunligi ortiq nabiralaringga ham yetadi. Ammo boshqalarni bitta qilganda ham bitta onaning o‘rnini bosolmaydi. Hech kim ota-onasidan yetim qolmasin va osmon yelkasiga qulamasin, — deydi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova.
Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonovaning onasi Rahima aya Usmonova 2021-yilning 6-noyabr kuni vafot etgan.
Yulduz Usmonovaning “Muhabbat” deb nomlangan yangi konsert dasturidan to‘liq reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin. | 142 | 2,578 |
Madaniyat | Chopon-do‘ppi kiyib, o‘zbek tilida qo‘shiq aytayotgan qora tanli bola o‘zbekistonliklarni hayratga soldi (video) | Ijtimoiy tarmoqlarda chopon-do‘ppi kiyib, o‘zbek tilida qo‘shiq aytayotgan qora tanli bolaning videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Mazkur rolik o‘zbekistonliklarning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bundan hayratlanganini yashirmagan bo‘lsa, ayrim foydalanuvchilar favqulodda holatni ko‘rmayotganlari, Toshkentda ota-onalari sobiq Ittifoq davrida bu yerga kelib qolgan ko‘plab qora tanlilar borligini qayd etgan.
Aytgancha, videoda yigitcha “Yalla” guruhining “Toshkentim onam” qo‘shig‘ini ijro etayotgani aks etgan. | 112 | 555 |
Madaniyat | Moda sanoatini ham zabt etgan mashhur shou-biznes vakillari (foto) | Kino va filmlardagi roli, bir-biridan ajoyib qo‘shiqlar taqdim qilishi bilan mashhur bo‘lgan yulduzlardan kimlar o‘zini moda olamida ham sinab ko‘rgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Viktoriya Bekxem
Futbolchi Bekxemning rafiqasi 2009-yilda Viktoria Beckham brendiga asos solgan. O‘ziga xos kiyinish uslubiga ega ekani bilan ma’lum bo‘lgan dizayner kolleksiyalariga ham nozik did bilan yondashadi. Uning moda olimga kirib kelgan boshqa shou-biznes vakillaridan farqli o‘laroq kiyimlarni vaqtinchalik trendlardan kelib chiqib yaratmaydi, qaytanga o‘z yo‘lidan borib, bashang bichimlardan foydalanishni afzal biladi. Sipolik hamda minimallik bilan birga ayollarga xos jozibaga urg‘u berish Viktoriyaning tashrif qog‘ozi hisoblanadi. O‘zining to‘plamidagi kiyimlarni o‘zi kiyish mumkin bo‘lgan dizaynerga ortiqcha reklamaning keragi yo‘q.
Pippa Middlton
Pippa ancha avval xayriya maqsadida dizaynerlik faoliyatini boshlab yuborgan. Kembrij gersoginyasining singlisi londonlik dizayner Tabita Vebb bilan hamkorlik qilishi e’lon qilgan. Ko‘ylak sharflar dizaynini taqdim qilgan Pippa sotuvdan tushgan barcha mablag‘ni The British Heart Foundation xayriya fondiga sarflagan.
Rozi Xantington-Uaytli
O‘zining shaxsiy kosmetika brendini rivojlantirish bilan band bo‘lgan Rozi kollaboratsiya taqdim qilish uchun mashhur morda markalari bilan ham hamkorlik qilib ulgurgan. Gia Borghini poyabzal brendi bilan birgalikda taqdim qilgan kolleksiyasi eng yaxshi loyihalardan biri bo‘lgan.
Ledi Gaga
Iti Miss Aysha Kinnidan ilhomlangan xonanda hayvonlarga bag‘ishlangan kiyim va mahsulotlar to‘plamini taqdim qilgan. Shuningdek, 2017-yilda Amerikaning Urban Outfitters brendi bilan hamkorlikda kolleksiya yaratgan ijodkor 2019-yilda o‘z shaxsiy kosmetika tarmog‘ini yo‘lga qo‘ygan.
Anjelina Joli
Gollivud yulduzi Style of Jolie nomli zargarlik kolleksiyasini taqdim qilib ulgurgan. Undan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan zirak, uzuk va marjonlar o‘rin olgan. Bundan avvalroq ham u tomonidan “Himoyachi” nomli taqinchoqlar taqdim qilingan edi.
Ivanka Tramp
Biznesdagi faoliyati va modelligi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Ivanka o‘zini dizayner sifatida ham sinab ko‘rishga qaror qilgan. Qulay kiyim-kechaklar ishlab chiqarishni boshlagan kichik xonim 2018-yilga kelib ushbu biznesga nuqta qo‘yishga qaror qilgan.
Natali Portman
Nafaqat aktrisa, balki ijtimoiy va ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan faollardan hisoblangan Natali Richard Mille brendiga soatni dizaynlashga yordam bergan. Qimmatbaho aksessuarning sotuvidan to‘plangan mablag‘ning bari Freethe Children nomli bolalar fondiga xayriya qilingan. Shuningdek, 2008-yilda ekologik poyabzallar kolleksiyasini ham taqdim qilib ulgurgan. Ammo narxi qimmat ekani sabab unchalik bozori chaqqon bo‘lmagan.
Jastin Timberleyk
2005-yilda Jastin eng yaqin do‘st Treys Ayala bilan birgalikda William Rast nomli kiyimlar brendiga asos solgan. 2010-yilda yil brendi deb topilgan William Rast’ning mashhurligi bora-bora kamaya boshlagan. Bugunga kelib marka One Jeanswear bilan birlashtirilgan, xonanda esa faol ravishda kollabratsiya yaratishdan charchamaydi. 2018-yilda qo‘shiqchi mashhur brend bilan birgalikda The Levi’s x Justin Timberlake Fresh Leaves nomli kolleksiya taqdim qilgan.
Gven Stefani
Har bir ayolni go‘zal va o‘ziga qarab yurishini istagan Gven 2003-yilda L.A.M.B. nomli brendga asos solgan. Nom borasida esa o‘zining “Love. Angel. Music. Baby” deb ataluvchi qo‘shig‘idan ilhomlangan. Brend kiyim-kechak, aksessuarlar, atir hamda soatlar ishlab chiqarishi bilan yaxshi ma’lum.
Madonna va uning qizi Lurdes Leon
Ona-bola 2010-yilda Material Girl nomli brendga asos solgan. Lurdes 12 yoshligidayoq Material Girl’ning konsultanti bo‘lib ulgurgan. Keyinchalik tarmoqni rivojlantirishga qaror qilingan hamda kosmetika va ustki kiyimlar ham ishlab chiqarila boshlangan.
Meri-Keyt va Eshli Olsen
Opa-singillar 2006-yilda ayol va erkaklar uchun kiyim ishlab chiqarishga mo‘ljallangan The Row brendiga asos solgan. Moda ixlosmandlari orasida bir zumda mashhur bo‘lib ulgurgan brenddagi liboslarni Meri-Keyt va Eshli Olsenning o‘zi ham kiyishni kanda qilmaydi.
Keyt Moss
Model sifatida ham faoliyat yuritishga muvaffaq bo‘lgan Keyt o‘zini dizayner sifatida ham sinab ko‘rishga qaror qilgan. Equipment fransuz markasi bilan taqdim qilgan kolleksiyasi eng yaxshi hamkorlik namunasi bo‘lgan. Qolaversa, 2010-yilda Kate Moss for Longchamp nomli sumka ishlab chiqarishga mo‘ljallangan shaxsiy brendiga ham asos solgan.
Kim Kardashyan
Kim uyda kiyishga mo‘ljallangan Skims nomli brendning asoschisi hisoblanadi. 2021-yilda markaning AQShning olimpiya terma jamoasi bilan hamkorlik qilishi e’lon qilingan. Qolaversa, Kardashyan opa-singillari bilan birgalikda The Kardashians taqinchoqlar kolleksiyasini ham taqdim qilib ulgurgan. 2010-yilda esa Bebe brendi bilan hamkorlikda Kardashian by Bebe nomli opa-singillar uslubidagi liboslar to‘plami taqdim qilingan.
Beyonse
2005-yilda Beyonse onasi Tina Nouz bilan birga House Of Dereon nomli zamonaviy liboslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Brend mashhur tikuvchi sifatida ma’lum bo‘lgan xonandaning buvisi Agness Dereon sharafiga nomlangan. Sal avvalroq esa Beyonse Ivy Park sport brendi bilan hamkorlikni boshlaganini e’lon qilgan.
Sara Jessika Parker
2007-yilda Sara Bitten nomli liboslar tarmog‘ini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Oddiy odamlar xaridi uchun mo‘ljallangan libosga belgilangan narx 19,98 dollardan oshmagan. Bu bilan cheklanmagan Sara 2010-yilda Halston brendi uchun kiyimlar kolleksiyasini taqdim qilgan. 2014-yilga kelib esa Nordstrom gipermarketlar tarmog‘i uchun poyabzallar kolleksiyasini ishlab chiqargan. 2018-yilga kelib esa aktrisa Gap brendi bilan hamkorlikda bolalar uchun kolleksiya taqdim qilgan.
Timati
Reper 2006-yilda Black Star by TIMATI nomli kiyimlar tarmog‘ini yo‘lga qo‘ygan. Kundalik kiyishga mo‘ljallangan liboslarni o‘z ichiga oladigan Black Star Wear do‘konini Rossiyaning deyarli har bir shahrida uchratish mumkin. Keyinchalik bolalarga mo‘ljallangan kolleksiya taqdim qilgan xonanda 2020-yilga kelib ushbu biznes bilan shug‘ullanmay qolgan. | 66 | 6,096 |
Madaniyat | Yurtdoshimiz Strasburg filarmonik orkestrining yangi badiiy rahbari etib tayinlandi | Yurtdoshimiz, 32 yoshli talantli musiqachi Aziz Shohakimov Strasburg filarmonik orkestrining yangi badiiy rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Safari telegram kanali xabar berdi.
U rahbar sifatidagi ish faoliyatini 2021 yil sentryabr oyidan boshlaydi. Ungacha yurtdoshimiz o`z ichini sidqidildan bajarish uchun o`z oilasi bilan Strasburg shahriga joylashishga qaror qilgan.
U 9 yil davomida rahbarlik qilgan Marko Letonyaning o`rnini egallaydi. Uning shartnomasi qayta yangilanish imkoniyati bilan 3 yilga imzolangan.
Aziz Shohakimov 21 yoshidayoq Gustav Maxler" konkursini yutib, dunyoga tanilgan. Hozirgacha, yurtdoshimiz dunyoning eng katta sahnalarida nufuzli orkestrlarda dirijyorlik qilib kelmoqda. | 83 | 701 |
Madaniyat | Foto: Bollivudning bir nechta tilda gaplasha oladigan yulduzlari | Hind kinosanoati vakillari orasida bir nechta tilni yaxshi biladigan (poliglot) mashhurlar ham yo‘q emas.
Shohrux Xon
Dunyoning turli burchaklarida minglab muxlislariga ega bo‘lgan Bollivud qiroli ona tilidan tashqari yana uchta: ingliz, urdu va kannada (dravid tili) tilida gaplasha oladi. Bundan tashqari u nemis tilini yaxshi tushunadi.
Amitabx Bachchan
Uttar-Pradesh shtatida dunyoga kelgan Bachchanning otasi hind shoiri bo‘lgan. Aktyor hind, ingliz, urdu va panjob tillarida gaplasha oladi. Bundan tashqari bengal tilini ham oz-moz biladi.
Taapsi Pannu
Taapsiga filmlarda turli tillarda gaplasha oladigan bir-biriga o‘xshamagan qahramonlarni gavdalantirish juda ham yoqadi. U hind, panjob, tamil, telugu va ingliz tilida bemalol gaplasha oladi.
Kangana Ranaut
Aktrisaning yoshligida ingliz tilida yaxshi gaplasha olmagani uning karyerasiga salbiy ta’sir qilgan. Ammo Kangana o‘zini qo‘lga olib yaxshilab til o‘rganishga kirishgan. Bugungi kunda ingliz tilida bemalol so‘zlasha oladigan aktrisa, bundan tashqari fransuz va hind tilini ham yaxshi biladi.
Asin
Karyerasini Hindistonning janubiy hududlarida boshlagan aktrisa faoliyatini keyinroq Bollivudda davom ettirgan. Asin yettita: tamil, telugu, malay tili, ingliz, italyan va fransuz tilida so‘zlasha oladi.
Dipika Padukone
Dipika Daniyada badminton bo‘yicha chempion Prakash Padukonening oilasida dunyoga kelgan. Nafaqat Bollivud, balki Gollivud filmlarida ham suratga tushib ulgurgan aktrisa hind, ingliz va tulu tillarini yaxshi biladi. “Piku” filmida suratga tushish uchun bengal tilini o‘rganishiga ham to‘g‘ri kelgan.
Vaani Kapur
Vaani Kapur tamil, telugu, ingliz va hind tilidan tashqari fransuz tilida ham gapira oladi.
Ayshvariya Ray
Dunyo go‘zali Ayshvariya ona tili — tuludan tashqari yana sakkizta: hind, bengal, ingliz, tamil, maratxi, telugu, kannada va urdu tillarini yaxshi biladi. Shuningdek, ispan tilidan ham biroz xabardor.
Vidya Balan
Aktrisalik mahorati va turli rollarni qoyilmaqom ijro qilishi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Vidya oltita: tamil, hind, bengal, maratxi, malay va ingliz tilini biladi. | 64 | 2,090 |
Madaniyat | Sherlok Xolms rolini ijro etgan Benedikt Kamberbetchning Tomas Edison qiyofasidagi birinchi surati e’lon qilindi | The Weinstein Company biografik drama bo‘lgan “Toklar urushi” filmidan dastlabki suratni e’lon qildi. Bu filmda aktyor Benedikt Kamberbetch kashfiyotchi Tomas Edison rolini o‘ynagan. Bu haqda Entertainment Weekly nashriga tayanib, “Afisha Daily” xabar berdi.
Film doimiy va o‘zgaruvchan tokdan foydalanish imkoniyati ustida kurashgan Tomas Edison va Jorj Vestingauz (bu rolni Maykl Shennon ijro etgan) o‘rtasidagi raqobat haqida hikoya qiladi. Film voqealari XIX asrning 80-yillarida bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, filmda Tom Holland, Nikolas Holt, Ketrin Uoterston va boshqalar suratga tushgan. Film rejissori “Men, Erl va jon berayotgan qiz” melodramasini suratga olgan Alfonso Gomes-Rexon. Kartina prodyusserlaridan biri Timur Bekmambetov. Filmning premyera sanasi hozircha noma’lum.
Benedikt Kamberbetch Britaniyaning “Sherlok” serialida bosh rolni o‘ynagandan so‘ng butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Bundan tashqari, aktyor “Beshinchi hokimiyat”, “Doktor Strenj” va “Taqlid o‘yini” filmlarida suratga tushgan. “Taqlid o‘yini” filmida aktyor matematik Alan Tyuring rolini o‘ynagan va shu rol uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 112 | 1,308 |
Madaniyat | Selena Gomes “Spiral” trillerida ijtimoiy tarmoqqa bog‘lanib qolgan ayol rolini ijro etadi. Filmga reper Dreyk prodyuserlik qilmoqda | Amerikalik taniqli qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes “Spiral” nomli psixologik trillerda bosh rolni o‘ynaydi. Film ijtimoiy tarmoqlarga zararli qaramlik haqida. Kartina klipmeyker va suratkash Petr Kollinzning debyut filmiga aylanadi, deb yozadi “Film.ru”.
Sujet markazidan o‘tmishda katta ta’sir doiraga ega bo‘lgan, biroq ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolgani sabab tanasi qismlarga bo‘linib ketayotgan ayol o‘rin oladi. Ssenariy Kollinz hikoyasiga asoslangan.
Filmga reper Dreyk, shuningdek, “Eyforiya” ustida ishlagan Adel Nur prodyuserlik qiladi. Gomes va Kollinz 2017-yildan buyon do‘st bo‘lib, klip va qisqa metrajli filmlar ustida birga ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, Selena Gomes 2018-yilda ruhiy klinikaga tushib qolgan va u yerda qo‘shiqchini asab faoliyatining buzilishi oqibatlaridan davolashgan edi.
Selena Gomes o‘zining obrazi tushirilgan reklama postlarining narxini oshkor qildi | 132 | 896 |
Madaniyat | Rashid Xoliqov Shahlo Ahmedovani kelin qilishi bilan bog‘liq savolga javob berdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov “Sayyod.com” nashriga bergan intervyusida o‘g‘li Sanjar va xonanda Shahlo Ahmedovaning munosabatlari haqidagi savolga javob berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Agar taqdir bo‘lsa, kelin ham bo‘ladi, kuyov ham bo‘ladi. Men hech qachon farzandlarim tanlagan insonga qarshilik qilmayman. Chunki, ota-onam bizga umr yo‘ldosh tanlashimizga qarshilik ko‘rsatmagan. Onam “Kimni tanlasang o‘shanga uylantiraman. Men tanlagan qiz yomon chiqsa, keyin mening yuzimga solasan” deb aytgandilar. Shahlo Ahmedova bo‘lsa, demak Shahlo Ahmedova. Ular birga duet ham kuyladi. “Sayil” degan filmda duet kuylanglar, deb men taklif bildirgan edim.
Rashid Xoliqov, xonanda
Eslatib o‘tamiz, Sanjar va Shahloning aksariyat tadbirlarda birga ko‘rinishi, ijtimoiy tarmoqlarda ularning birga tushgan suratlari tobora ko‘proq e’lon qilinishi turli mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. | 80 | 904 |
Madaniyat | Chustdagi qarovsiz qoldirilgan ko`hna masjid va ziyoratgoh haqida ma`lumot berildi | Joriy yilning 3 yanvar sanasida internet tarmoqlarida «Ko`hna masjid va ziyoratgoh qarovsiz qolmoqda» sarlavhali maqola e`lon qilingan edi.
Madaniyat vazirligining ma`lum qilishicha, 2020 yilda Namangan viloyat madaniy meros boshqarmasi tomonidan viloyatdagi avariya holatidagi madaniy meros ob`ektlarining tezkorlik bilan restavrasiya qilish bo`yicha ro`yxati shakllantirildi.
Shu jumladan viloyat madaniy meros boshqarmasi Chust tumani hududida joylagan avariya holatidagi ob`ektlarini restavrasiya qilish yuzasidan tumani hokimiyatiga 2020 yil murojaat qilgan.
Ma`lum qilinishicha, mahalliy byudjetdan mablag` ajratilmaganligi sababli madaniy merosning milliy ro`yxatiga kiritilgan «Buloqmozor masjidi» 1912 yilda qurilgan bo`lib Chust tumanida joylashgan. Ushbu arxitektura yodgorligi 2021 yilda restavrasiya-tiklash ishlari amalga oshirish lozim bo`lgan ob`ektlar ro`yxatiga kiritilib, restavrasiya-tiklash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. | 82 | 960 |
Madaniyat | “Uzuklar hukmdori” filmi aktyorlari 19 yil ichida qanday o‘zgardi? (foto) | Afsonaviy “Uzuklar hukmdori” trilogiyasining birinchi qismi 2001-yilda suratga olingan va shu kungacha tomoshabinlarning sevimli filmlari qatoridan joy olib kelmoqda.
Filmning keyingi sonini suratga olish ishlari 2020-yil fevral oyiga rejalashtirilgan edi, ammo muxlislar intiq bo‘lib kutayotgan film namoyishi koronavirus pandemiyasi sabab kechikmoqda. Oradan o‘tgan 19 yil esa film qahramonlarining o‘zgarishi uchun kam vaqt emasligiga guvoh bo‘ling.
Aragorn
Viggo Mortensen
Legolas
Orlando Blum
Boromir
Shon Bin
Gimli
Jon Ris-Devis
Gendalf
Ien Makkellen
Frodo Beggins
Elayja Vud
Sem Gemji
Shon Estin
Meriadok Brendibak va Peregrin Tuk
Dominak Monagam va Billi Boyd
Gollum
Endi Serkis | 73 | 705 |
Madaniyat | Karantin vaqtida tomosha qilish mumkin bo‘lgan yangi seriallar | Izolyatsiya vaqtida zerikmaslik uchun biror qiziqarli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish kerak. Masalan, qiziqarli serialni tomosha qilish mumkin. “Filmpro” har qanday tomoshabinlar didiga mos keluvchi beshta serialni to‘plab taqdim etdi.
Kadr: “Ovchilar”
“Lokklar kaliti”
Netflix servisining yangi seriali amerikalik yozuvchi Jo Xilning komikslar seriyasiga asoslangan. Yosh chegarasi cheklangan ushbu serial boshqotirma-triller janrida suratga olingan. Bosh qahramonlar sirli “Kalitlar uyi” haqidagi jumboqni yechishlari lozim. Syujet Lokklar oilasi atrofida shakllanadi. Uch nafar farzandidan ayrilgan ayol “qarg‘ishga uchragan” deya ta’riflanuvchi joyga ko‘chib o‘tadi. Voqealarning asosiy qismi aynan shu yerdan boshlanadi.
“Begona”
Oklaxoma shtatining unchalik katta bo‘lmagan Flint-Siti shahrida maktab o‘quvchisini vahshiylarcha o‘ldirib ketishadi. Politsiya voqea joyidan erkak kishining — fojia sodir bo‘lgan vaqtida boshqa joyda bo‘lgan kamsuqum futbol murabbiyining barmoq izlarini topadi. Ishni olib borayotgan detektiv gumonlanuvchini hibsga olishni buyuradi, biroq u o‘sha vaqtda o‘zining boshqa joyda bo‘lganini isbotlovchi dalillarni keltiradi. Serial Stiven Kingning romaniga asoslangan.
“Ovchilar”
“Ovchilar” — “Nari tur” va “Biz” kabi qo‘rqinchli filmlarni suratga olgan Jordan Pilning prodyuserlik loyihasi hisloblanadi. Voqealar 1970-yillarning oxirida Nyu-Yorkda sodir bo‘ladi. Natsistlarni qidiruvchi bir guruh ovchilar Uchinchi reyxning qulashidan mo‘jizaviy tarzda omon qolgan yuzlab yuqori martabali natsistlar Amerikada yashayotgani va ular to‘rtinchi reyxni amalga oshirishni rejalashtirayotganidan xabar topadi. Shunda ongli amerikaliklar ularni ovlashga chiqadi, maqsad — fashistlarni javobgarlikka tortib, yovuzliklarining oldini olish. Tomoshabin bosh rollardan birini ijro etgan Al Pachinoning mahoratiga beixtiyor yana bir bor tan beradi.
“Yangi papa”
Rejissor Paolo Sorrentino tomonidan 2016-yilda taqdim etilgan “Yosh papa”ning uzoq kutilgan davomi. Mualliflar “Yangi papa” serialini mutlaqo alohida mavzu sifatida suratga olgan. Loyihaning o‘ziga xosligi serial Vatikanda suratga olingan. Sorrentinoning serialni tasvirga olishiga amaldagi Rim papasining shaxsan o‘zi ruxsat bergan. Serial o‘zining yorqin syujeti bilan birga, tomoshabinga taniqli aktyorlar tomonidan ijro etilgan rollar bilan ham xush yoqadi. Yangi papa rolini Jon Malkovich ijro etgan bo‘lib, kadrda, albatta, Jud Louga duch kelish mumkin.
“Drakula”
Benedikt Kemberbetch ijrosidagi “Sherlok” serialining mualliflari ko‘p marotaba ekranlashtirilgan graf Drakulaning hayot tarzini ochib berishga uringan. Mish-mishlarga ko‘ra, hikoyaning asosiy qismidan aynan Drakula o‘rin olgan — u seriyaning bosh qahramoniga aylangan, boshqa filmlarda esa bu personaj asosiy qahramonlarga qarshi, ya’ni ikkinchi darajali rol sifatida qaralgan. Serial formati xuddi “Sherlok”dagi kabi: birinchi mavsumda uchta 1,5 soatlik epizodlarni tomosha qilish mumkin.
Karantin vaqtida qaysi xorijiy filmlarni tomosha qilish mumkin? | 62 | 3,015 |
Madaniyat | “Hali urush tugamadi” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi | Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Hali urush tugamadi” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
Kinokartina urush bo`layotgan shaharlarning birida 9 yoshli Ali va 7 yoshli Maryam ismli qizaloqning hayoti va taqdiri aks ettiriladi. Bolalar voqea yakunida o`z vataniga qaytib kelishadi, ammo qalblarida sovuq urushning asorati o`chmaydi.
Ssenariy muallifi Go`zaloy Solih qizi, rejissyor Dilshoda Qosimova, postanovkachi operator Odil Qosimov, rassom Muhammadali Rahimov, grimyor Maftuna Ismatova, kartina direktori Orif Sobirov. | 61 | 715 |
Madaniyat | Bred Pitt ajrashish uchun ariza berilgandan keyin ichishni tashlaganligini ma’lum qildi | Amerikalik aktyor Bred Pitt rafiqasi Anjelina Joli ajrashish uchun ariza bergandan so‘ng alkogolli ichimliklardan voz kechganligi va klyukvali sharbatga o‘tganligini ma’lum qildi. Bu haqda u 3-may, chorshanba kuni chop etilgan GQ jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Pitt oilaviy hayotini alg‘ov-dalg‘ov qilib, o‘ziga o‘zi jabr qilganligini tan oldi.
“Vino ishlab chiqaradigan korxonamiz bor edi, vinoni juda, juda yaxshi ko‘rishimga qaramasdan, uni yer bilan tekislab tashladim. Bundan bir muncha vaqtga uzoqlashishim kerak edi. To‘g‘risini aytganda, aroq ichish bo‘yicha ruslardan ham o‘tar edim. Bunda haqiqiy professional edim”, — dedi aktyor.
Aktyor spirtli ichimlik o‘rnini klyukvali sharbat va gazli ichimliklar bilan bosganligini ma’lum qildi.
U bir advokatning “Sudda hech kim yutib chiqmaydi, sudda kimga og‘irroq bo‘lishi hal etiladi” degan maslahatidan foydalanganligidan minnatdor ekanligini bildirdi. “Bu haqiqat bo‘lib chiqdi. Siz bir yil davomida sudda o‘z qarashlaringiz to‘g‘ri ekanligini, ular esa aksini isbotlashga urinadi. Keyin esa barchasi nafrat bilan tugashi ma’lum bo‘ladi. Men bundan voz kechdim, baxtimga, sherigim ham bunga rozi bo‘ldi”, — deydi aktyor. | 87 | 1,210 |
Madaniyat | “Zakovat” ko‘rsatuvida yangi boshlovchi ish boshladi. Abdurasul Abdullayevga nima bo‘ldi? | So‘nggi vaqtlarda “Zakovat” intellektual teleo‘yini bir necha yillik boshlovchisining ishtirokisiz efirga uzatilayotgani ko‘pchilikni taajjublantirmoqda. Ko‘rsatuv muallifi va boshlovchisi Abdurasul Abdullayev o‘zi asos solgan loyihani tark etdimi? Jurnalist Nargiza Murodova bu savolga javob olish uchun Abdurasul Abdullayev bilan bog‘landi.
“Salomatligim bilan bog‘liq jiddiy vaziyat sabab so‘nggi ko‘rsatuvlarda ishtirok etolmadim. Yaqindagina yurak bilan bog‘liq jiddiy jarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazdim. Shu bois ‘Zakovat’ ko‘rsatuvi boshlovchiligini shogirdim Saidkamol Abdurazzoqovga topshirdim. Nasib qilsa, dekabr oyining so‘nggi kunlarida efirga qaytaman”, —deydi Abdurasul Abdullayev.
Boshlovchining ta’kidlashicha, ayni kunlarda uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavf yo‘q. Faqatgina muolajalarni o‘z vaqtida bajarsa va shifokor tavsiyalariga amal qilsa kifoya.
Ma’lumot uchun, 62 yoshli Abdurasul Abdullayev 35 yildan beri O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida faoliyat yuritib keladi. Dastavval radioda suxandon amaliyotchisi lavozimida ish boshlagan Abdurasul Abdullayev oliy toifali suxandon darajasigacha yetib bordi. 1996-yilda televideniyeda muharrir sifatida o‘z faoliyatini davom ettirdi.
“Zakovat” intellektual teleo‘yinining ilk soni 2001-yilda, Navro‘z bayrami arafasida efirga uzatilgan. O‘tgan davr mobaynida ushbu ko‘rsatuv millionlab teletomoshabinlar e’tiborini jalb etdi, muxlislar qalbiga yo‘l topa oldi. Ko‘rsatuv tashkil etilganidan beri o‘nlab iste’dodli, bilimdon yoshlarni kashf etdi.
Abdurasul Abdullayev 2009-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. | 89 | 1,615 |
Madaniyat | Abduhoshim Ismoilov: Hozir san’atkor to‘yga borib, boy bo‘lib ketmaydi (video) | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida san’atkorlarning to‘y-marosimlarda ishtirok etishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi xabariga ko‘ra, tadbirda dabdabali to‘y-marosimlarni cheklash ishlari doirasida bitta to‘yda nechta xonanda qatnashishi mumkinligi masalasi ham muhokama qilingan.
O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovning so‘zlariga ko‘ra, hozir san’atkor to‘yga borib boy bo‘lib keta olmaydi. Ayni vaqtda, hozirgi to‘ylardagi uvolning oldini olish, me’yorni saqlash borasidagi tashabbuslarni ham to‘g‘ri, deb hisoblaydi.
Hozir san’atkor to‘yga borib, boy bo‘lib ketmaydi. Kechirasiz-u, bitta qo‘shiqni bir aranjirovkachi 350—400 dollarga sayqallab beradi.
Bu yerda boshqa — to‘y-marosimlarni ma’lum bir me’yorda o‘tkazish kerak, degan masala bor. To‘g‘ri, to‘yda san’atkor ko‘payib ham ketmasin — birrovga uchta-to‘rtta guruh borsin, mayli.
Lekin san’atkorlar bir-biri bilan navbat talashib, urishib qoladigan bo‘lsa, bu ham san’atkorga to‘g‘ri kelmaydigan holat.
Abduhoshim Ismoilov, O‘zbekiston xalq artisti
Ma’lumot uchun, yig‘ilishda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva “bitta to‘yda faqat bir san’atkor qatnashsin” degan qoida amalga kiradigan bo‘lsa, san’atkorlar ishsiz qolishidan ogohlantirgan. O‘zbekiston madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov esa san’atkorlarning to‘ylardagi ishtiroki qisqartiriladigan bo‘lsa, ularning mualliflik huquqi ortidan daromad olish imkoniyatlarini oshirish kerakligi haqida gapirgan.
Shoir Bobur Bobomurod: Bir to‘y uchun bitta san’atkor, menimcha, juda kam | 78 | 1,606 |
Madaniyat | “Epidemiya” filmi koronavirus sabab yana mashhurlikka erishdi. Undagi voqealar reallikka mos kelmoqda | Premyerasiga deyarli o‘n yil bo‘lgan “Epidemiya” (Contagion) filmi yana mashhurlikka erishmoqda. 2019-yilning dekabrida Warner katalogida tomosha qilishlar soni bo‘yicha 270-o‘rinda turgan ushbu film 2020-yilda 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi, deb xabar beradi “KinoPoisk”.
Kadr: “Virus”
Ma’lumotlarga ko‘ra, Warner katalogining birinchi pog‘onasini “Garri Potter” filmining seriyalari egallagan. Bundan tashqari kartinaga bo‘lgan qiziqishni Amazon Prime obunachilari ham payqagan. iTunes’da esa 2011-yilda ekran yuzini ko‘rgan film “Parazitlar”, “Pichoqni olish” va “Muzyurak-2” filmlari bilan bir qatorda yetakchilik qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Epidemiya” filmiga bo‘lgan qiziqishning ortishiga COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning Xubey provinsiyasida tarqalgan koronavirus oqibatida butun dunyo bo‘ylab 167 mingdan ortiq odam kasallangan, vafot etganlar soni 5735 kishini tashkil etmoqda.
“Men hayratdan yoqamni ushlab qoldim. Xuddi hujjatli film ko‘rgandek bo‘ldim, undagi kinoyulduzlar haqiqiy insonlarni o‘ynayotgandek. Bu meni juda qo‘rquvga solib qo‘ydi”, — deydi filmni qayta tomosha qilgan rejissor Barri Jenkins.
Ssenariy muallifi Skott Z.Bernsning so‘zlariga ko‘ra, “Epidemiya” syujeti va COVID-19 pandemiyasi o‘rtasidagi o‘xshashlik ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ba’zi tomoshabinlar filmni global epidemiyani tasvirlashdagi aniqligi uchun maqtashayotgan bo‘lsa, boshqalar ssenariy muallifini maxfiy jamiyatlar va fitna nazariyalariga aloqadorlikda ayblamoqda.
“Epidemiya” filmida MEV-1 virusi ko‘rshapalak orqali cho‘chqaga, cho‘chqadan esa uning go‘shtidan taomlangan insonlarga yuqishi tasvirlangan.
Koronavirusga chalingan aktyor Tom Xenks va uning rafiqasiga davo muolajalaridan so‘ng uyiga javob berildi
Shuningdek, filmda global kasallik bilan kurashayotgan olimlar tasvirlangan. Ammo filmning yolg‘on ma’lumotlar bilan bog‘liq qismi ancha qiziqarli. Jurnalist Alan Krumvyede MEV-1 uchun davo borligi va o‘zi ham kasallikdan qutulishga muvaffaq bo‘lgani haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqata boshlaydi. | 101 | 2,083 |
Madaniyat | Dunyo yulduzlarining bolaligi. Siz ko`rmagan 12 tasvir... | 1. Freddi Merkyuri, 1974 yil
2. Djennifer Konnelli, 1990 yil
3. Kianu Rivz, 1989 yil
4. Meril Strip, 1974 yil
5. Ozzi Osborn
6. Makoley Kalkin i Arnold Shvarsenegger, 1991 yil
7. Prinsessa Diana
8. Pamela Anderson
9. Bred Pitt
10. Mishel Pfayffer
11. Robert de Niro
12. Andjelina Djoli | 57 | 288 |
Madaniyat | Reper L’One Timatini sudga berdi | Reper L’One (haqiqiy ismi — Levan Goroziya) Black Star musiqiy leybli, uning egasi Timur Yunusov (Timati) va bosh direktor Pavel Kuryanovni sudga berdi. Meduza’ning yozishicha, da’vo arizasi 5-iyul kuni ro‘yxatga olingan.
L’One Black Star leyblida 2012-yildan buyon artistlik qilgan. Iyun oyida reper o‘zining Instagram’dagi sahifasida leybl bilan shartnomani bekor qilganini, sobiq hamkorlar uning qo‘shiq va taxallusiga bo‘lgan mualliflik huquqini tortib olmoqchi ekanini ma’lum qilgan.
Timati esa izohlarda L’One shartnomani “hushyor holda” imzolaganini bildirib o‘tgan.
Leyblning sobiq artisti Kristina Sarkisyan ham 2019-yilning aprel oyida Black Star’ni sudga bergan. Unda shartnoma bekor qilingani sababli Kristina Si taxallusi Black Star’da qolgani bahsga sabab bo‘lgan. O‘shanda Sarkisyan eski taxallusi ostida yangi klip olganida leybl o‘zining Youtube kanalida uning barcha kliplarini o‘chirib tashlagan.
Avvalroq 2019-yilning mart oyida esa Black Star’ni Yegor Krid tark etgan. Leybl Krid taxallusini o‘zida qoldirganini aytgan. Keyinchalik esa artist bilan o‘zaro kelishib, undan foydalanishda davom etishga ruxsat bergan. | 32 | 1,136 |
Madaniyat | "Tutqunlik" filmining premerasi bo`lib o`tdi | Kuni kecha "O`zbekfilm"da Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Tutqunlik" badiiy filmining premerasi o`tkazildi.
Premera avvalida Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqalar so`zga chiqib, barcha yig`ilganlarni bayram va yangi film namoyishi bilan tabriklashdi. So`ngra bir qator kino san`ati vakillariga "O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni tantanali ravishda taqdim etildi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.
Mukofotlar egalariga topshirilgach, tadbir mehmonlari uchun rejissyor Rashid Malikov tomonidan yaratilgan "Tutqunlik" badiiy filmi namoyish qilingan.
Ma`lum bo`lishicha, film 2019-2020 yillarda o`tkazilgan "Mehr" operasiyasiga bag`ishlanadi. Unda uch inson hayoti parallel ravishda ko`rsatib boriladi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Rashid Malikov, postanovkachi operator Aleksey Venzos, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, rassom Doniyor Abdurahmanov, liboslar bo`yicha rassom Elena Aitova. Filmda rollarda Nigina Anorboeva, Feruza Sobitova, Anvar Mavlonov, Firdavs Oripov, Elbek Fayziev va boshqalar ijro qilgan. | 44 | 1,142 |
Madaniyat | Instagram: Xorijda ko‘ngilsizlikka uchragan Shahzoda Matchonova, Ramazonni o‘zgacha qarshi olgan Feruza Normatova, hashamatli uyini ko‘rsatgan Saida Saidbekova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Xonandalar Hilola Hamidova hamda Hamdam Sobirov ijrosidagi “Borolmasam” deb nomlangan qo‘shiqqa ishlangan klipda turkiyalik aktyor Burak O‘zchivitning qiyofadoshi Burak Xon suratga tushdi.
31-mart kuni sobiq “Ummon”chi Shohrux 32 yoshni qarshi oldi.
Sobiq xonanda do‘stlari tomonidan tayyorlangan syurprizni kuzatuvchilariga ko‘rsatdi.
Davron Kabulov oila a’zolari aks etgan suratni sahifasiga joyladi.
Senatorga kelin bo‘lgan aktrisa Saida Saidbekova kuzatuvchilariga hashamatli xonadonini ko‘rsatdi. Aktrisaning xonadonida yangi serial suratga olinmoqda.
“Allohning rejasi hamisha biznikidan yaxshiroqdir”, deb yozmoqda Shahzoda.
Ziyodaning “U meni deb” qo‘shig‘iga klip suratga olinmoqda.
Shahlo Ahmedova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Jigar saratoni tashxisi qo‘yilgach, Turkiyada davolangan aktrisa Ra’no Shodiyeva olti oy deganda ilk marta mashina ruliga o‘tirgani haqida so‘zlab berdi.
Zarina Nizomiddinova muborak oyda ro‘zadorlar safiga qo‘shilishini ma’lum qildi.
Ozoda Nursaidova Sevara Nazarxonning konsert dasturiga tashrif buyurib, u haqda iliq fikrlar bildirgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Shahzoda Matchonova ayni damda Yevropada oilasi bilan hordiq chiqarmoqda. Aktrisa muxlislariga boshidan kechirgan ko‘ngilsiz holat haqida so‘zlab berdi. Aktrisaning aytishicha, u begona mamlakatda telefonini yo‘qotib qo‘ygan. “Farzandimning qanday dunyoga kelgani, birinchi yig‘isi, birinchi suratlari, birinchi marta ‘dada’ degani hamda birinchi marta turli mevalarni tatib ko‘rgandagi reaksiyasi aks etgan rasm va videolarning hammasi telefonimda edi, onalar mening holatimni yaxshi tushunadi”, deydi aktrisa.
Shahzoda keyinroq sahifasiga muzqaymoqning suratini joylab, “Xuddi bolalikdagi kabi qayg‘uni muzqaymoq bilan davolaymiz”, deya izoh qoldirdi.
Aktrisa Feruza Normatova muqaddas Ramazon oyiga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rib, uyini bayramona tarzda bezatdi.
31-mart kuni yana bir xonanda — Jasur Umirov tug‘ilgan kunini yaqinlari davrasida nishonladi.
Yosh kelinchak Asal Abdullayeva turmush o‘rtog‘i Jahongir Xo‘jayevning “betartibligi” haqida qisqa video tayyorladi. | 159 | 2,260 |
Madaniyat | Kotiba, farrosh, jinnixonada yuk tashuvchi: Gollivud yulduzlari mashhur bo‘lgunga qadar qayerda ishlagan? | Taniqli odamlar ko‘pchilik nazarida yulduz bo‘lib tug‘ilganga o‘xshaydi. Yaltiroq va jozibali hayotdan oldin ularning ba’zilari restoranlarda buterbrod yoki muzqaymoq sotuvchisi, ayrimlari kotiba, ba’zilari esa ruhiy kasalliklar shifoxonasida yuk tashuvchi bo‘lib ishlaganini hech kim tasavvuriga sig‘dirolmaydi.
Keyt Uinslet — oziq-ovqat do‘konida sotuvchi
Kino olamiga kirib kelishidan oldin Keyt Uinslet gastronomda peshtaxta ortida ishlagan. Bir kuni u mijoziga kurkali buterbrod tayyorlayotganida birdan unga qo‘ng‘iroq bo‘lib, “Samoviy mavjudot” filmiga taklif qilinadi. “Titanik”ning bo‘lajak yulduzi bu qo‘ng‘iroqdan shu qadar hayajonga tushadiki, hatto buyurtmani ham unutib, ishidan chiqib ketadi.
Xyu Jekman — jismoniy tarbiya o‘qituvchisi
Xyu Jekman Rosomaxa rolini o‘ynashdan oldin, taxminan, bir yil davomida Angliyadagi Appingem maktabida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.
Jennifer Eniston – telemarketolog
Jennifer Eniston hayotini o‘zgartirib yuborgan “Do‘stlar” filmidagi Reychel rolidan oldin telemarketolog bo‘lib ishlagan. Enistonning so‘zlariga ko‘ra, u shu qadar yomon ishlaganki, umuman savdo qila olmagan.
Vupi Goldberg — dafn qilish byurosida grimyor
Vupi Goldberg aktrisa bo‘lishdan oldin turli sohalarda ishlagan. Shu jumladan, dafn qilish byurosida grimyor sifatida ham, chunki u go‘zallik maktabida o‘qigan va litsenziyaga ega kosmetolog bo‘lgan.
Dastin Xoffman — teatr garderobi xizmatchisi
1950 va 1960-yillarda Dastin Xofman va uning ikki do‘sti Jin Xekman va Robert Duval birga yashab, tirikchilik uchun har qanday ishni qilgan. Misol uchun, Yellow Pages telefon ma’lumotnomasi uchun harf teruvchi, Gavayi gulchambarlari yasovchi, teatrda garderob xizmatchisi. Shunga qaramay, aktyor o‘z faoliyatidan uyalmasligini bir necha bor ta’kidlaydi.
Gven Stefani — muzqaymoq sotuvchi
Gven Stefani mashhurlikka erishgunga qadar ko‘p yillar davomida ovqatlanish tarmoqlarida sharikli muzqaymoq sotgan. Bundan tashqari, u o‘zini univermagda vizajist sifatida ham sinab ko‘rgan.
Mik Jagger — jinnixonada yuk tashuvchi
Mik Jagger dunyoga mashhur The Rolling Stones guruhi a’zosi bo‘lgunga qadar Beksli ruhiy kasallar shifoxonasida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan.
Stiven King — yonilg‘i quyish shoxobchasida ishchi
XX asr oxirida ilmiy-fantastik janrni qayta tiklashga hissa qo‘shgan muallif 1966-yilda AQSHning Meyn shtatidagi eng yirik universitetga o‘qishga kiradi. O‘qish pulini to‘lash uchun Stiven farrosh, yonilg‘i quyuvchi, kir yuvish xodimi bo‘lib ishlagan.
Mayli Sayrus – farrosh
Uni mashhur qilgan Disneyning “Xanna Montana” serialida suratga tushishdan oldin Mayli Sayrus kompaniyada farrosh bo‘lib ishlagan. U bu ishni 11 yoshidan beri qilib kelgan. Uning vazifalariga xonalarni tozalash va hojatxonalarni yuvish kirgan.
Jennifer Lopez – kotiba
Jennifer Lopez — zamonamizning eng mashhur aktrisalaridan biri. U raqqosa, aktrisa va qo‘shiqchi sifatida o‘zining iste’dodini dunyoga namoyish etdi. Ammo bir paytlar Jey Lo advokatlik idorasida kotiba bo‘lib ishlagan. Uning vazifalariga politsiya va o‘t o‘chiruvchilar uchun soliq deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘lgan. | 105 | 3,118 |
Madaniyat | Xonanda Dilso‘z uchinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘ldi | Xonandalar Farruh Raimov va Dilso‘zlar (Go‘zal Jumaniyozova) xonadonida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu haqda Dilso‘z Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Ma’lumot uchun, chaqaloq xonandalarning uchinchi farzandi. Ularning Dilso‘z va Safina ismli qizlari bor.
Farruh Raimov va Dilso‘z chaqaloqqa Muhammad Saloh deb ism qo‘yishni rejalashtirmoqda. | 60 | 399 |
Madaniyat | Farhod Mahmudov: "O`zbekkino" bilan birgalikda loyihalarimizni amalga oshirishda davom etamiz" | Farhod Mahmudov o`zbek kinosi rivojiga o`z hissasini qo`shib kelayotgan kinoijodkorlardan. O`zA uning O`zbekistondagi ijodiy faoliyati haqida suhbat tayyorladi. Aktyor "O`zbekkino" bilan hamkorlik rejalari haqida o`rtoqlashdi va amalga oshirilayotgan qo`shma loyihalar to`g`risida so`zlab berdi.- Ma`lumki, shu kunlarda "O`zbekkino" rahbariyati bilan muzokaralar o`tkazdingiz. Unda qanaqadir kelishuvlarga erishildimi yoki yangi loyihalar muhokama qilindimi?– Kinomatografistlarni tarbiyalashga doir g`oya ustida faol ish boshladik. Ma`lumki, 30 yildan ortiq vaqt ichida bu yil birinchi marta o`zbekistonlik 7 nafar yoshlarimiz Butunrossiya davlat kinomatografiya instituti (VGIK) talabasi bo`lishdi. Darhaqiqat, bu kino sanoatini rivojlantirish yo`lidagi jiddiy qadamdir – deydi F.Mahmudov.
– Butunrossiya Davlat kinomatografiya institutiga o`zbekistonlik talabalarni qabul qilish oxirgi marta 1989 yilda amalga oshirilgan va ular 1994 yilda mazkur o`quv yurtini tugatgan edi. O`z mamlakatidan tashqarida bilim olish muhimligini alohida ta`kidlashni istardim. Insonni o`ziga qulay muhitdan tortib chiqarsang, u o`z dunyoqarashini kengaytirishga majbur bo`ladi, xarakteri toblanadi, o`ziga bo`lgan talabi ortadi va vaqtdan unumli foydalanishga o`rganadi.
Bunday favqulodda holat insonning ichki salohiyatini ochib beradi. U do`stlar orttiradi, demakki, aloqalari ham ortadi. Bularning barchasini inobatga olib, yil oxirigacha Butunrossiya davlat kinomatografiya institutida O`zbekistondan 15 ta bo`lajak kinomatografchidan iborat kurs tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Men bu kursning o`qituvchisi, rahbari bo`lishga umid qilaman.- Hozir Siz O`zbekistonda filmni suratga olishga tayyorgarlik ko`rayotgan ekansiz. Loyihangiz g`oyasi, mazmuni haqida biz bilan fikrlaringizni bo`lisha olasizmi?– Albatta. Bu "Pari sovg`asi" deb nomlangan 6+ toifasidagi ta`sirli va yaxshilik bilan tugaydigan ertak. Hozir suratga olish uchun tayyorgarlik jarayoni ketyapti, suratga olish esa bahorda rejalashtirilgan. Lekin film uchun aktyorlarni tanlash noyabr oyida boshlanadi. Filmda rus aktyorlari ham, o`zbek san`atkorlari ham ishtirok etadi. Filmni Buxoro, Samarqand va ehtimol Xivada ham suratga olishni rejalashtirganmiz. Shuni alohida qayd etishni istardimki, "VEGA" kinokompaniyasi va "O`zbekkino" MAning ushbu filmi so`nggi bir necha o`n yilda Rossiya va O`zbekistonning ilk jiddiy va to`laqonli qo`shma kinomahsuloti bo`ladi. Agar bu birinchi tajribamiz muvaffaqiyatli chiqsa, "O`zbekkino" bilan birgalikda va Rossiya madaniyat vazirligi ko`magida navbatdagi loyihalarimizni amalga oshirishda davom etamiz.– Farhod aka, so`nggi yillarda mamlakatimizda va xususan kino sohasida ro`y berayotgan o`zgarishlarni qanday baholaysiz?– Asl o`zbekistonlik sifatida hozirgi kunda O`zbekistonda ro`y berayotgan ijobiy o`zgarishlarni ko`rayotganimdan faxrlanaman. Mamlakatning biznes va sayyohlik uchun jozibadorligi ortmoqda. Darhaqiqat, hozir biznesda ham, odamlar orasida ham O`zbekistonga qiziqish katta. Menimcha, bu O`zbekistonda olib borilayotgan dono ichki siyosat va juda ochiq tashqi siyosat bilan bog`liq va bu nafaqat o`z mahsulotlarini, balki xalq madaniyatini targ`ib qilish uchun mamlakatga qo`shimcha imkoniyatlar beradi. Kino san`ati vakili sifatida ushbu sohani rivojlantirish, hamkorlikni davom ettirish va qo`shma loyihalarni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlayman. Bugun kino sohasida ro`y berayotgan ijobiy o`zgarishlarni ko`rib turibman. Hech qanday holatda ham to`xtab qolish kerak emas. | 94 | 3,495 |
Madaniyat | Irina Sheyk Kanndagi oqshomda “nur sochdi” | Fransiyaning Kann shahrida xalqaro kinotanlov doirasida Chopard zargarlik buyumlari brendining oqshomi bo‘lib o‘tdi. “Segodnya.ua”ning xabar berishicha, tadbirda sohibjamol modellarning butun bir delegatsiyasi mehmon bo‘ldi.
Irina Sheyk, Adriana Lima, Snejana Onopko, Petra Nemtsova va boshqa yulduzlar ushbu oqshom o‘ziga xos liboslar va zebu ziynatlar ostida “nur sochishdi”.
Nashrning qayd etishicha, bir necha yulduzlar ushbu oqshomda oq liboslarda jamoatchilik oldiga chiqishdi. | 42 | 484 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik Najmiddin Mavlonov Londondagi “Kovent-Garden” Qirollik teatri sahnasini zabt etdi | Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko nomidagi Moskva akademik musiqiy teatri solisti Najmiddin Mavlonov 11-yanvar kuni Londonning “Kovent-Garden” Qirollik teatrida Puchchinining “Toska” operasida Kavaradossi partiyasi bilan birinchi marta chiqish qildi. Bu haqda solistning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida aytiladi.
Mavlonov ushbu rolida mazkur teatr sahnasida 25, 29-yanvar hamda 2-fevral kunlari ham chiqish qildi. Opera 5-fevral kuni ham taqdim etiladi.
Skrinshot: “Daryo”
Xonanda Nasiba Abdullayeva Facebook’dagi sahifasida operadan keyin Najmiddin Mavlonov bilan tushgan suratlarini e’lon qildi va uning ijrosiga tasanno aytib, u bilan faxrlanishini ta’kidladi.
Najmiddin Mavlonov 2008-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini bitirgan. 2003—2010-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat opera va balet akademik teatri solisti bo‘lib ishlagan. Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko nomidagi Moskva akademik musiqiy teatriga 2010-yilda ishga o‘tgan. Ko‘pgina xalqaro tanlovlar g‘olibi. | 96 | 1,015 |
Madaniyat | “Notanish qotil”: Azamat Ahrorovning burnini sindirgan 180 mln so‘mlik film | Sentabr oyida aktyor va rejissor Azamat Ahrorovning jangari janrda suratga olingan “Notanish qotil” nomli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan jurnalist Feruz Muhammad film muallifi bilan suhbat uyushtirdi.
— “Notanish qotil” filmini tasvirga olish jarayonida juda ko‘p tan jarohati olgan ekansiz, shu rostmi?
— Bu jangari film bo‘lgani uchun, tasvirga olish jarayoni boshqa filmlarimga qaraganda qiyinroq kechdi. Yoshlikdan sport bilan shug‘ullanganman, shu sababli barcha sahnalarni kaskadyorsiz o‘zim bajardim. Jang sahnalaridan birida Alixan aka (Nurmuhammadxon Husniddinov) burnimni sindirib qo‘ydi. Ham burnim singani, ham o‘sha vaqtda qishning sovuq kunlari bo‘lgani sabab, tasvirga olish ishlari uzoq vaqtga to‘xtab qoldi.
— Gap-so‘zlarga qaraganda, bu filmni suratga olish uchun hatto uyingizni garovga qo‘ygan emishsiz.
— Haqiqatan ham, hech bir filmimga bu qadar katta mablag‘ ketmagan. Aktyorlarning gonarari, qimmat avtomobillar va uylarning ijara haqi, film 4K formatda suratga olingani, tasvirga olish jarayonining cho‘zilib ketgani uchun ham juda katta mablag‘ sarflandi. Film uchun, taxminan, 170—180 million so‘m ketdi. Buncha mablag‘siz bu filmni suratga olib ham bo‘lmasdi. O‘zimga yoqqan mavzuda film olish uchun bor narsamni o‘rtaga qo‘yib bo‘lsa-da ishga kirishaman. Ammo uyimni garovga qo‘yganim yo‘q. Aksincha, “Notanish qotil” homiylar ko‘magi bilan suratga olindi.
— Premyera kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyda juda katta tayyorgarlik bo‘ldi-yu, ammo o‘zingiz taqdimotga kech qoldingiz. Siz va aktrisa Shahzoda Muhamedovaning kechikkani sabab, sizlarni hatto kelmaydi, deb o‘ylashdi. Buning sababi nima?
— Bu mas’uliyatsizlik emas. Ham rejissorlik qilib, ham bosh rolda o‘ynaganim uchun tashkiliy ishlar o‘zimning bo‘ynimda qolib ketdi. Premyera kuni juda shoshib qoldim: viloyatdan kelgan mehmonlarni kutib olish, ularni ham premyeraga olib kelish kerak edi. Hammasini o‘rniga qo‘yib, premyeraga kelaman deganimda vaqt kech bo‘lgan edi. O‘zimga bog‘liq bo‘lmagan noqulayliklar uchun barchaga uzrimni aytib qolaman.
— Film saundtrekini nega aynan Shohrux reper kuyladi?
— Film xarakteri va mavzusini kuyda faqat Shohrux reper to‘la ochib berishi mumkin edi. To‘g‘risini aytsam, Shohruxning ijodi, uning yo‘nalishi o‘zimga ham juda yoqadi. U bilan ijodiy hamkorlik qilganimdan xursandman va bu hamkorlikni uzoq davom ettirmoqchiman. Film saundtrekiga ketgan pulni eshitganlar: “Bu pulga yana bir film olsa bo‘lardi”, degan fikrlarni ham bildirdi. Ammo har bir qilinayotgan ishning o‘z maqsadi, qadr-qimmati bo‘ladi. Saundtrekka ketgan pul o‘zini to‘la oqladi, deb o‘ylayman.
— Odatda, saundtrekni kuylagan xonanda film premyerasiga ham kelar, saundtrekni ham kuylab ketardi. Shohruxni esa premyrerada ko‘rmadik.
— Kelishuvimiz boshidan shunday bo‘lgan. Filmim Shohrux reperga yoqqani uchun, unga atab qo‘shiq kuylab, klipning trek joylariga videoga tushib berishlarini iltimos qilganmiz. Premyeraga kelish-kelmasliklari kelishuvimizda yo‘q edi. Agar premyera kuni gastrol safariga ketmaganida, menimcha, premyeraga ham kelgan bo‘lardilar.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 75 | 3,239 |
Madaniyat | Bill Geyts 2020-yilda o‘qigan kitoblaridan 5 ta eng yaxshisini tavsiya qildi | Bill Geyts an’anaga ko‘ra har yilning dekabr oyida unga eng ko‘p ishtiyoq bergan kitoblar to‘plami bilan o‘rtoqlashadi. 2020-yilda ham unga ko‘proq yoqqan asarlardan iborat “yomon yil uchun 5 ta yaxshi kitob” ro‘yxatini e’lon qildi.
“Ushbu kitoblar menga haqiqatan ham qiziqarli va maroqli tuyuldi. Ular sizlarga ham qiziq bo‘ladi deb umid qilaman”, — deya uning so‘zlarini keltirgan Forbes.
Ben Makintayrning “Ayg‘oqchi va xoin: sovuq urushning eng buyuk ayg‘oqchilik tarixi” asari — Britaniya razvedkasiga ishlagan va 1985-yilda Buyuk Britaniyaga qochib kelgan sobiq KGB polkovnigi Oleg Gordiyevskiy voqeasi. “Asar mening sevimli josuslik romanlarim kabi maroqli”, — deb yozgan Geyts.
Erik Larsonning “Muhtasham va manfur: Cherchill, oilasi va Blits vaqtidagi itoatsizlik haqidagi doston” asari — Buyuk Britaniyaning 1940—1941-yillarda nemis aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingani haqidagi kitob.
“Ba’zida tarixiy kitoblar uning mualliflari tasavvur qilganidan ham ko‘proq dolzarbroq bo‘ladi. Germaniya bombardirovkalar bilan inglizlarni bo‘ysundirishga harakat qilgan vaqtda inglizlar deyarli har oqshom podval va metro stansiyalariga tushib, jon saqlashga majbur bo‘lgan 1940 va 1941-yillar voqealari haqidagi ushbu ajoyib asar bilan ham shunday bo‘ldi. Ularning qo‘rquv va xavotiri biz pandemiya paytida duch kelganimizdan ancha jiddiyroq edi, ammo baribir tanishdek tuyuladi”, — degan milliarder.
Devid Epshteynnning “Diapazon. Universallar ixtisoslashuvlar dunyosida qanday g‘alaba qozonayotgani haqida” asari — ushbu kitobda “Sport geni” bestselleri muallifi muayyan mutaxassislikka sho‘ng‘ishdan avval ko‘pqirrali rivojlanishning ahamiyati haqida so‘z yuritadi.
“Agar siz bir paytlar o‘zingizni mutaxassis-hamkasblaringiz soyasida his qilgan yetuk mutaxassis bo‘lsangiz, bu kitob siz uchun”, — deya tavsiya qilgan Geyts.
Mishel Aleksanderning “Yangi Jim Krou: irqiy ko‘rlik davrida ommaviy qamoq” asari — sudlar adliya organlarining qora tanlilarga nisbatan adolatsizligi to‘g‘risidagi tadqiqot.
“Men bu kitobni bizga hukm chiqarishda yanada adolatli yondashuv va rangli uyushmalarga ko‘proq investitsiya kiritish kerakligi haqida har qachongidan ham ko‘proq ishonch bilan o‘qib tugatdim”, — deb yozgan Geyts.
Bijala Trivedining “Tuzdan nafas olish: o‘limga olib keladigan genetik kasallik, fanning yangi davri va tibbiyotni o‘zgartirgan bemor va oilalar” asari — ilmiy innovatsiya va uning mukovistidoz bemorlari va ularning oilalari hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida hikoya.
“Bu voqea men uchun ayniqsa ahamiyatli, chunki ushbu kitobda ta’riflangan yangi dorilar yordam bergan oilalarni bilaman”, — deb yozgan Bill Geyts.
Microsoft’ga asos solaman deb Garvardni tashlagan Geyts hozirda dunyoning eng sahovatpesha hamda ashaddiy kitobxon sanaladi. Har yili u 50 ga yaqin kitob o‘qishga vaqt topadi. | 76 | 2,818 |
Madaniyat | O`zbek ayol xonandalari ham "Ramazon" chellenj qo`shig`ini kuylashdi | Ramazon oyi yaqinlashishiga bir necha kun qolganida o`zbek xonandalari tomonidan "Ramazon" nomli qo`shiq chellenj tarzida aytilgani va bu qo`shiq hatto, xorijiy davlatlarda ham ommalasha boshlagani haqida yozgan edik.
Eslatib o`tamiz:
Qo`shiq, o`zbek shou-biznesining erkak xonandalari tomonidan kuylangan bo`lib, har bir qo`shiqchi qo`shiqni o`z xonadonida aytgan va chellenjlardan tashkil topgan kadrlar bir butun holatda aks ettirilgan. Mazkur video ketmaketlik internetda e`lon qilinishi bilan qisqa fursatda keng ommalashdi. Xususan, mashhur turk xonandasi Ibrahim Tatlisas o`zining instagramdagi shaxsiy sahifasida o`zbekcha “Ramazon" qo`shig`ini havola etgan edi.
Ushbu yoqimli qo`shiq kuni-kecha o`zbek san`atining ayol vakillari tomonidan qayta ijro etilib yangi chellenjga aylandi.
Unda, O`zbekiston xalq artisti Munojaat Yo`lchieva, Zalayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ozoda Nursaidova, Hosila Rahimova, Mavluda Asalxo`jaeva, Ziyoda Qobilova, xonandalar Yulduz Turdieva, Dildora Niyozova, Munisa Rizaeva, Dilso`z, Umidaxon va aktrisa Shahlo ishtirok etishgan.
Ma`lumot o`rnida:
“Ramazon” qo`shig`ining she`ri Abror Muhtor Ali, musiqasi Iqbol Muhammadga tegishli. | 68 | 1,221 |
Madaniyat | O`zbek filmlari Turkiya kinofestivalida namoyish etilmoqda | Joriy yilning 8-12 noyabr kunlari Turikiyada bo`lib o`tayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamraevning “Xalq jasorati” va Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmlari premerasi bo`lib o`tdi.
Premerada turkiyalik kinoijodkorlar bilan birga o`zbek delegasiyasi a`zolari ham ishtirok etishdi, deya xabar bermoqda Kinemotografiya agentligi.
Qayd etilishicha, ushbu festivalda taniqli kinoaktyorlar Dilorom Karimova, Matyoqub Matchonov, Tohir Saidov, Rixsitilla Abdullaev, Dilnoza Kubaeva va boshqalar ishtirok etishgan.
Uning dasturidan o`zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan “O`zbek kino kunlari” hamda Rashid Malikov rejissyorligidagi “Tutqunlik” filmining premeralari ham o`rin olgan.
"Shuningdek, kinofestival doirasida O`zbekiston va Turkiya kinematografistlari hamkorligini ta`minlash yuzasidan videomuloqot, ijodiy uchrashuvlar, badiiy va hujjatli filmlar hamda teleseriallar ishlab chiqarish bo`yicha memorandumlar imzolanishi kutilmoqda",-deyiladi agentlik xabarida. | 58 | 1,054 |
Madaniyat | Otabek Mirzaxolov “Bolalarda ayb yo‘q” haziliga Mirjalol Qosimov qanday munosabat bildirganini aytib berdi (video) | “Million” jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Intervyu davomida Otabek Mirzaxolov O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga qilgan haziliga qanday munosabat bildirgani haqida batafsil gapirib berdi.
“Bolalarda ayb yo‘q…”, deb nomlangan sahnadagi chiqishimdan so‘ng, o‘sha konsert disklarga chiqib, bu gap juda ham ommalashib ketdi. Har O‘zbekiston terma jamoasi yutqizganida muxlislar “bolalarda ayb yo‘q”, degan gapimni yozib, rasmga olib Instagram, Telegram tarmoqlarida menga yuborishar edi. O‘sha gapim rosa ommalashgan vaqtida Mirjalol aka bilan Artel kompaniyasida ko‘rishib qolganmiz.
O‘shanda Mirjalol akani ketayotganlarida ortidan borib, “Assalomu alaykum Mirjalol aka”, deganimdan so‘ng ular ham men bilan ko‘rishib, “E anavi meni ustimdan kulgan bola san-ku”, dedilar, “Ha aka, shunga men xijolat bo‘lib qoldim, noto‘g‘ri tushunmadingizmi, uzr agar ko‘nglingizga og‘ir botgan bo‘lsa” dedim. Men u yerda o‘zbek fudbolini ustidan kulganman, lekin shaxsning ustidan kulish niyatim bo‘lmagan. Muxlis har xil tushunib, kimlardir “shaxsning ustidan kuldi”, deb o‘ylagan. Vaholanki, biz u yerda “O‘zbekiston terma jamoasini rivojlansin”, deya, terma jamoaning minus tomonlarini ko‘rsatib berishga harakat qilganmiz. O‘zi kamchilikning ustidan qilingan hazil ommalashadi.
O‘shanda Mirjalol aka “E uka, bu nima deganing, bizlar to‘p tepib pul topamiz, senlar gapirib pul topasan, mana Rossiyada Putinlarning ustidan ham kulib tashlashadi, hech kim indamaydi, hamma to‘g‘ri tushunadi, degan edilar. O‘shanda juda ham xursand bo‘lib, ular bilan rasmga tushib, Instagram’ga joylab mana munosabatimiz buzilmagan”, degan ma’noda fikr ham yozib qoldirganman. O‘sha vaqtda Mirjalol akaning muomalasini, hazilni to‘g‘ri tushuna olishini ko‘rib, ularga nisbatan bir karra hurmatim oshgan edi.
Ba’zi bir insonlar bor, o‘zlari san’at vakili bo‘lishiga qaramasdan, hazillarimizni noto‘g‘ri tushunishadi. Balkim biz tomondan oshirib yuborilar, balkim chegara bo‘lishi kerakdir. Faoliyatim davomida hazillarim bilan kimnidir dilini og‘ritgan bo‘lsam, muborak oylarda ulardan chin dildan kechirim so‘rayman.
Otabek Mirzaxolov, “Milliy art” jamoasi a’zosi | 114 | 2,283 |
Madaniyat | Foto: Yoshligidagi suratlariga qarab tanish qiyin bo‘lgan mashhurlar | Ko‘rinishi avvalgidan farq qiladigan mashhurlar suratini e’tiboringizga havola etamiz.
Helen Mirren
“Qirolicha” filmida Yelizaveta II obrazini gavdalantirgan aktrisaning 70-yillardagi suratiga nazar tashlab avvalgidan sezilarli darajada o‘zgarganini bilish mumkin.
Liam Nison
Liamning hozirgi va 1983-yildagi ko‘rinishi.
Brayan Krenston
Brayan Krenstonning hozirgi va 1984-yilgi surati.
Judo Dench
Jeyms Bond haqidagi filmda agent M rolini ijro qilgan aktrisaning 60-yillardagi ko‘rinishi.
Kolin Fert
“Mamma Mia” filmida rol ijro qilgan aktyorning ko‘rinishi bugungi kundagidan sezilarli farq qiladi.
Ien Mak-Kellen
Gendalf obrazini gavdalantirgan aktyorning yoshligidagi suratiga nazar tashlab hamma ham taniyvermaydi.
Entoni Xopkins
“Oskar” mukofoti sovrindori yoshligida Elvis Presliga o‘xshagan.
Meril Strip
Merilning bundan 40 yil avvalgi ko‘rinishi ham hozirgidan farq qilmaydi.
Jeff Brijes
Jeff esa yoshligidan buyon tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan.
Jek Nikolson
Jek 1955-yilda tamoman boshqa ko‘rinishga ega bo‘lgan. | 68 | 1,035 |
Madaniyat | Britaniyalik mashhur yozuvchi Jeki Kollinz olamdan o‘tdi | Britaniyalik taniqli yozuvchi Jeki Kollinz 78 yoshida Los-Anjeles shahrida ko‘krak saratonidan vafot etdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Aktrisa Joan Kollinzning singlisi bo‘lmish Jeki birinchi galda Gollivud hayotiga oid ishqiy romanlari bilan tanilgan edi. Uning o‘ttizga yaqin kitoblari chop etilgan, ular orasida eng ommalashgani — “Gollivud xonimlari” 15 milliondan ziyod nusxada tarqalgan. 2013-yilda Yelizaveta II Kollinzga Britaniya imperiyasi ordenini topshirgandi.
Adibaning oila a’zolari marhuma uchun gul xarid qilmay, buning o‘rniga saraton bilan kurash markazlariga xayriya qilishga chaqirdi. | 56 | 615 |
Madaniyat | Asli o‘zbekistonlik 85 yoshli ayol Isroilda serial yulduziga aylandi | Asli buxorolik yozuvchi va shoira Xefsigul Osherova-Shmuelova 85 yoshida Isroil telekanallaridan biri orqali uzatiladigan “Qayerda yashaysan?” (“Eyfo ata xay?”) seriali yulduziga aylandi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Buxorolik yahudiylarning Isroildagi hamjamiyati haqida hikoya qiluvchi filmda u o‘z-o‘zini o‘ynaydi.
Isroillik taniqli aktyorlar ishtirokidagi serial yaratuvchilari Xefsigulning nabiralari — Xay va Ronan Davidovlardir.
Ayol Tel-Avivning buxoroliklar yashaydigan dahasi — Tel-Kabirada istiqomat qiladi. O‘n yildan oshiq vaqtdan buyon u REKA radiosida Buxoro tilidagi eshittirishni olib boradi. | 68 | 615 |
Madaniyat | Ispaniyalik taniqli aktyor Antonio Banderas koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi | Ikki hafta oldin, o‘zining 60 yoshini nishonlagan Gollivud aktyori Antonio Banderas koronavirusga chalinganini ma’lum qilgandi. Aktyor ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida yozishicha, u koronavirusdan tuzalgan.
“21 kun davom etgan tartibli izolyatsiyadan so‘ng koronavirusni yengdim deya olaman. Men sog‘aydim. O‘z fikrlarimni mendan ko‘ra kamroq omad kulib boqqan va og‘irroq oqibatlarga duchor bo‘lganlarga yo‘naltiraman. Shuningdek, hamon kurashayotganlarga kuch tilab qolaman”, — deb yozadi Banderas.
Avvalroq Banderas odatdagidan biroz charchaganini, ammo sog‘lom ekaniga muxlislarini ishontirgan edi. Daily Mail’ning yozishicha, aktyor hozir qayerda yashayotgani noma’lum. Uning Ispaniya, AQSh va Angliyaning Surrey grafligidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda uylari mavjud.
Koronavirus yuqtirib olgan mashhurlar (foto)
Bunga qadar yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan Olga Kurilenko, Tom Xenks, “Taxtlar o‘yini” yulduzi Kristofer Xivyu ham kasallangani haqida xabar berilgandi. | 83 | 987 |
Madaniyat | Eng tejamkor qirol: nima uchun Charlz III eski kiyimlarini tashlab yubormaydi? | Eng avvalo, qirol Charlz III shaxsiy hayoti bilan mashhur. Inglizlar, shuningdek, Janobi Oliylarining Kornuoll hududida o‘zi o‘rnatgan tartib haqidagi chiqishlari bilan ham qiziqishadi. Ammo ko‘pchilik qirolning moda borasidagi odatlari haqida bilmaydi — sobiq Uels shahzodasining moda haqidagi qarashlari alohida e’tiborga loyiqdir.
Foto Marie Claire
Britaniya taxti vorisi barqaror rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqi haqida ko‘pchilik biladi. Buni oliy hazratlarining garderobida aks etgan deyish mumkin. Vogue jurnalining britaniyalik bosh muharriri Edvard Enninful bilan bo‘lgan suhbatda Charlz o‘zining shkafi “to‘xtab qolgan soatga o‘xshaydi” deb hazil qilgandi. Bu gap bejizga aytilmagan — kenja o‘g‘lining to‘yida shahzoda 36 yoshida kiygan frakda ko‘rinish beradi.
Foto Marie Claire
O‘sha yili Uels shahzodasi “Chiqindidan boylikkacha” sammitida nutq so‘zlab, Buyuk Britaniyada har yili 140 million funt sterlinglik kiyim-kechak chiqindiga tashlanishini ma’lum qildi. “Biz o‘z dunyomizni barcha dahshatli tarzda vayron qilayotganimizni tushungan birinchi avlodmiz”, deydi Charlz. “Va biz bu borada nimadir qila oladigan so‘nggilarmiz”.
Foto Marie Claire
Kiyimlarini tashlab yuborish o‘rniga, Karl ularni saqlashni, yillar va hatto o‘n yildan keyin ham kiyishni afzal ko‘radi. Aytgancha, bu odat uni singlisi malika Annada ham bor. Qirollik malikasi singari, oliy hazratlari klassik liboslarni ta’mirlay oladigan, kiyimlarga ikkinchi hayot beradigan yaxshi hunarmandlarni qadrlaydi. “Menimcha, men to‘xtab qolgan soatga o‘xshayman — har 24 soatda ikki marta to‘g‘ri ko‘rsataman”, — deydi Charlz Enninfuluga va u har mayda detallarga e’tibor berishini qo‘shimcha qiladi.
Qirol Charlz III har qanday kiyim-kechak, xoh u kiyim, xoh poyabzal bo‘lsin ta’mirlab, qayta kiyishni afzal ko‘rishini tushuntiradi. Town & Country nashri avvalroq Charlz falsafasi bir fakt tufayli yaxshi to‘g‘riligini ta’kidlagan edi: qirolning 1980-yildan beri atigi ikkita paltosi bor.
Foto Marie Claire
Aftidan, qirol Shotlandiyadagi Gordonstoun maktab-internatida o‘qib yurgan chog‘idayoq buyumlarni ta’mirlash odatini shakllantirgan. “Bolaligimda biz Shotlandiyadagi etikdo‘zga tufli olib borardik va uning tagliklarni olib tashlab, keyin yangisini qo‘yishini hayrat bilan kuzatardik”, — deb eslaydi Charlz. Uning fikricha, xususiy ta’mirlash ustaxonalari kelajakda katta imkoniyatlarga ega bo‘ladi. | 78 | 2,388 |
Madaniyat | “Devoni Husayniy” – kitobat san`atining nodir namunasi | Sankt-Peterburgda, Ayni paytda Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari instituti (sobiq Osiyo muzeyi)da Husayn Boyqaro devonining nodir qo`lyozmalaridan biri saqlanmoqda.
Ma`lumki, Sulton Husayn Boyqaro (1438-1506) Amir Temurning evarasi bo`lib, 1469 yildan to umrining so`nggi qadar Xuroson taxtini boshqargan. Sulton Husayn bolalikda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy bilan do`st bo`lgan va bu do`stlik bir umr davom etgan. Alisher Navoiy ko`plab asarlarida Sulton Husayn Boyqaroni adolatli hukmdor sifatida ulug`lagan, uning saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan.
Sulton Husayn Boyqoroning hukmronlik davrida Hirot fan va madaniyat markaziga aylangan. U eski o`zbek tilining rivoji uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshirgan, shu tilda ijod qilishga doir maxsus farmon chiqargan, "Husayniy" taxallusi bilan ijod etgan. Husayn Boyqaroning devoni o`z davrida bir necha marotaba ko`chirilgan va shohona kutubxonalarda saqlangan.
Sankt-Peterburgdagi “Husayniy devoni” ana shunday qo`lyozmalarning eng nodiri bo`lsa ajab emas. Manbalarga ko`ra, devonni “davlat maslahatchisi” unvoniga ega bo`lgan mashhur sharqshunos olim V.S. Golenishev (1856-1947) Istanbuldan sotib olgan va 1910 yilda Osiyo muzeyiga tuhfa qilgan.
2017 yil dekabr oyida Toshkent shahrida o`tkazilgan “Zamonlar chorrahasi – O`tmishning boy merosi – ma`rifiy kelajak poydevori” mavzusidagi media-forum doirasida ushbu shohona devonning zamonaviy texnologiyalar asosida olingan nusxasi O`zbekistonga olib kelindi. Ushbu qo`lyozma nasta`liq xatida, sifatli qog`ozda ko`chirilgan va shohona bezaklar berilgan. Sahifalariga oltin zarralari sepilgan.
Devonda o`ta mahorat bilan bilan ishlangan to`rtta miniatyura, nafis naqshlardan hosil qilingan ikkita zarvaraq, Husayn Boyqaroning turli davrlarda bitilgan 154 ta g`azali (shundan ikkita g`azali to`liq emas) o`rin olgan.
6-8 iyun kunlari Sankt-Ptereburgda o`tadigan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va madaniyatlar o`rtasidagi mulofotga yo`l” II xalqaro kongressi ishtirokchilari ushbu go`zal shahardagi ilmiy-madaniy muassasalarda saqlanayotgan, O`zbekistonga oid qator osori atiqalar qatori mazkur bebaho devonning asl nusxasini ham ko`rish imkoniga ega bo`ladilar. | 54 | 2,219 |
Madaniyat | Xonanda Lola Yo‘ldosheva beli ochiq adras libosi uchun tanqid qilganlarni mehr va nur taratishga chaqirdi | So‘nggi vaqtlarda xonanda Lola Yo‘ldosheva tomonidan uning Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirilayotgan suratlar ko‘pchilik tomonidan tanqid ostiga olinmoqda, deb yozadi “Darakchi” gazetasi.
Skrinshot: Instagram / @lolaofficial_
“Xonanda kuni kecha adrasdan tikilgan beli ochiq libosda tushgan suratini Instagram’ga joyladi-yu, doimgidan-da ko‘proq e’tirozlar ostida qoldi. Hatto ayrim muxlislari undan yuz o‘girganini ham yashirmadi. Lekin Lola muloyimlik bilan barcha tanqidlarga javob qaytardi”, — deb yozadi gazeta.
“Azizlarim, chin ko‘ngildan barchangizga yaxshilik tilayman. O‘z quvvatingizni yomonlikka sarflamaslikka harakat qiling, uni yaxshi ishlarga yo‘naltiring. Siz uchun tushunarsiz narsalarni va sizga o‘xshamagan insonlarni tanqid qilmaslikka urinib ko‘ring. Nur va mehr taratib, yuz karra ko‘proq muhabbatga ega bo‘ling”, — deb yozdi Lola. | 105 | 867 |
Madaniyat | O‘zbek estrada xonandalari o‘tgan haftada nima bilan band bo‘ldi? (foto) | MyDay o‘zbek estrada xonandalari o‘tgan haftada nima bilan band bo‘lgani haqida maqola chop etdi.
Shahzoda
Maftunkor Shahzoda o‘tgan haftada kichkintoy o‘g‘li Xalidning to‘rt yoshini nishonladi.
Xonanda o‘tgan haftada yana Qozog‘istonlik muxlislarini xushnud qilishga ham ulgurdi.
Ulug‘bek Rahmatullayev
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev shu kunlarda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Nilufar Usmonova
Xonanda Nilufar Usmonova o‘tgan haftada Parijdan fotosuratlar bilan bo‘lishdi.
Madina Mumtoz
Serqirra ijodkor Madina Mumtoz o‘tgan haftada tavallud ayyomini nishonladi. Xonandani tabriklash uchun uning hamkasblari jam bo‘ldi.
Sardor Rahimxon
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon Navoiy shahrida to‘y xizmatida bo‘ldi, so‘ng Buxoro shahrida hamkasbi Rayhon bilan uchrashib, ijodiy loyihalar yuzasidan kelishib oldi.
Rayhon G‘aniyeva
Xonanda Rayhon esa avval Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida konsert dasturini taqdim etdi.
Shohruhxon
Shohruhxon Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali yangi yakkaxon konsert dasturining kunlarini e’lon qildi.
Alisher Fayz
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz hamkasbi Bahrom Nazarov bilan Moskva shahrida konsert taqdim etdi. | 72 | 1,256 |
Madaniyat | Gollivud yulduzlarining orzu qilgan, ammo o‘ynay olmagan rollari (foto) | Sevimli qahramonlarimizni o‘ynagan yulduzlar butunlay boshqa filmlarni tomosha qilishayotganini bilish biz uchun biroz g‘alati. Garchi ular dunyo yulduziga aylangan bo‘lsa-da, bu ularining karyerasidagi orzularini to‘liq amalga oshganligini anglatmaydi. Quyida siz sevgan mashhurlar o‘ynashni orzu qilgan rollari haqida gapirishadi.
Kianu Rivz — Rosomaxa
Biz “Rosomaxa” filmida Xyu Jekmanni ko‘rishga o‘rganib qolganmiz, biroq ma’lum bo‘lishicha, Kianu Rivz ham bu obrazni o‘ynashni xohlagan. Biroq o‘zi aytganidek, bu rolni o‘ynashiga endi “juda kech” bo‘lgan, ammo boshqa aktyor bu rolga juda mos tushgan. Marvel Studios prezidentining aytishicha, “Matritsa” yulduzini “deyarli har bir filmda” ko‘rishga harakat qilishgan.
Tom Holland — Jeyms Bond
U 2017-yildan beri mashhur O‘rgimchak odam rolini o‘ynamoqda. Biroq britaniyalik aktyor yosh Jeyms Bond rolini o‘ynashni orzu qiladi. “O‘rgimchak odamni o‘ynash — bu quvonch va sharaf, lekin agar ular yosh Jeyms Bond haqida film suratga olishsa, bu filmda qatnashgan bo‘lardim”, — deydi Tom.
Skarlett Yoxansson — Disney malikasi
Ekranda ko‘plab yorqin obrazlarni, jumladan, “Kapitan Amerika”da Natasha qiyofasini yaratgan aktrisa Disney malikasi rolini o‘ynashni orzu qiladi. Shuningdek, kichkina qizi ham onasini malika rolida ko‘rishni xohlaydi. Biroq Skarlett bunday bo‘lmasligi ehtimoli katta ekanini ham tan oladi: “Men bu rolni so‘nggi 20 yil davomida so‘raganman, lekin hech kim meni taklif qilmagan”.
Uill Ferrell — Saymon Kouell
Komediyachining aytishicha, uning orzusi katta ekranda The X Factor va American Idol hakami Saymon Kouellni o‘ynash. “Uni o‘ynash men uchun qiyin bo‘lmaydi, chunki Saymon Kouellda Ron Burgundi jihatlari ko‘p deb o‘ylayman”, — deb tushuntiradi u. Ron Uillning mashhur qahramonlaridan biri hisoblanadi.
Jennifer Lourens — Brijit Jons
“Hayot-mamot o‘yinlari” yulduzi Brijit Jons rolini o‘ynashni xohlashini tan oladi. Uning aytishicha, bu uning sevimli filmi va bu film har doim unga o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi: “Men Angliyada yashamasam ham vatanni sog‘inganimda bu filmni tomosha qilaman”, — deydi u.
Deniel Redkliff — O‘rgimchak odam
“Garri Potter” filmlari yulduzi superqahramonlar haqidagi filmlarni yaxshi ko‘radi. Uning fikricha, u yaxshi O‘rgimchak odam bo‘lishi mumkin. Shuningdek, u Tom Xollandni superqahramon rolida ko‘rganidan juda xursand ekanini, chunki u bu rolga juda mos kelishini qo‘shimcha qiladi. | 71 | 2,423 |
Madaniyat | O‘zbekistonda Jerar Depardye ishtirokida hujjatli film suratga olinadi | O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosi hamda madaniy va pazandalik an’analari haqida mashhur aktyor Jerar Depardye ishtirokida hujjatli film suratga olayotgan Fransiyaning B-Tween prodyuserlik kompaniyasi ijodiy guruhi O‘zbekistonga keladi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
Mazkur kinokompaniya Fransiya va xorijda kino va filmlar suratga olish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda Depardye ishtirokida film suratga olish loyihasi O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
“Ipak yo‘li” filmi Depardyening yana bir aktyor hamrohligida O‘zbekiston bo‘ylab sayohatiga bag‘ishlanadi. Ijodiy guruh Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarda bo‘ladi, arxitektura va madaniy yodgorliklar,o‘zbek hunarmandlarining ishlari va milliy oshxona bilan tanishadi.
Film mualliflari, shuningdek, Nukusdagi Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida ham bo‘ladi. Fransiyalik kinoijodkorlar tomoshabinlarga shuningdek, O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari haqida hikoya qilishadi.
Davomiyligi 52 daqiqa bo‘lishi kutilayotgan film Fransiya telekanallarida namoyish etiladi. Filmni suratga olish ishlarini sentabrda boshlash rejalashtirilgan. | 70 | 1,257 |
Madaniyat | Ota-onasining mashhurligi soyasida qolib ketgan hind aktyor va aktrisalari (foto) | Faoliyatidan ko‘ra mashhur shaxslarning qarindoshi sifatida ma’lum bo‘lgan aktyorlar kimlar ekaniga to‘xtalamiz.
Tanisha Mukerji
Tanisha o‘z davrining taniqli aktrisasi Tanuji va rejissor Shomu Mukerjining qizi. Uning opasi Kajol ota-onasi singari Bollivudda o‘z o‘rnini topgan bo‘lsa-da, Tanisha bunga muyassar bo‘la olmagan. 2007-yilda suratga olingan “Seni deb ” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi debyut” nominatsiyasi bo‘yicha Vijay Awards mukofotini qo‘lga kiritganiga qaramay, keyinchalik uning rollari muvaffaqiyatli chiqmagan. 4 yillik faoliyatida aktrisa sifatida e’tirofga sazovor bo‘lolmagan Tanisha keyinchalik televideniyeda faoliyat yuritishni afzal bilgan.
Uday Chopra
Uday afsonaviy rejissor Yash Chopraning o‘g‘li va mashhur prodyusser Aditya Chopraning ukasi. U ilk bor rol ijro qilgan “Sevishganlar” filmi muvaffaqiyatli chiqqani va “Eng yaxshi erkak debyut” nominatsiyasi bo‘yicha Filmfare Awards’ni qo‘lga kiritgan lekin keyinchalik Bollivudni zabt eta olmagan. Bosh qahramon rollariga taklif bo‘lmagani sabab “Tezlik” filmidan keyin aktyorlik karyerasiga nuqta qo‘ygan.
Esha Deol
View this post on Instagram
Hema Malini va Dxamendraning qizi Esha ilk marta “Kim mening yuragimdan so‘raydi?” filmida rol ijro qilgan va 2008-yilga qadar kinosanoatda faol bo‘lgan. Yulduzli oilaning farzandiga katta umid bilan qaralganiga qaramay, u o‘z o‘rnini topa olmagan. Aktrisaning o‘zi agar unga yaxshi filmlardan taklif ko‘p bo‘lganida hozir eng talabgir aktrisalardan biri bo‘la olishi aniq ekanligini ta’kidlaydi.
Tusshar Kapur
Tussharning otasi Jitendra aktyor, opasi Ekta bo‘lsa taniqli prodyusser hisoblanadi. Tusshar o‘zini bir qancha filmlarda sinab ko‘rgan bo‘lsa ham aktyor sifatida otasichalik omadli bo‘lolmagan. U muxlislarga “Quvnoq firibgarlar” filmidagi Laki sifatida tanish xolos.
Soha Ali Xon
Soha 70-yillarning eng chiroyli aktrisalaridan biri Sharmila Tagorning qizi, taniqli aktyorlardan biri bo‘lgan Saif Ali Xonning singlisi sifatida ma’lum. Uning arsenalida bir qancha filmlar bo‘lishiga qaramay, aktrisa akasi va onasichalik mashhurlikka erisha olmagan.
Mimoh Chakraborti
Taniqli yulduz Mitxun Chakrabortining o‘g‘li Mimoh 2008-yilda “Jimmi” filmida ilk marta suratga tushgan va ushbu film Filmfare Awards’da “Eng yaxshi film” deb topilgan. Shunga qaramasdan u bir charaqlab keyin so‘ngan aktyorlardan hisoblanadi. U otasichalik Bollivudda o‘z o‘rnini topa olmagan.
Arjun Kapur
Arjun mashhur prodyusser Boni Kapurning o‘g‘li. 2012-yilda u suratga tushgan “Ishaqzaade” kinotanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan. U naqd ikki marta Filmfare Awards mukofotining “Eng yaxshi debyut” nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan. Lekin Arjun ham Bollivudda boshqa aktyorlar soyasida qolib ketgan.
Imron Xon
Aktyor Amir Xoning jiyani Imron “Bir muhabbat tarixi” filmida muvaffaqiyatli rol ijro qilgan va bir qancha mukofotlar, xususan, Filmfare Awards’ga ham loyiq ko‘rilgan. Lekin faoliyati davomida u Amir Xonchalik bo‘la olmagan. “Bir kuni Dehlida” filmidan keyin esa kinosanoatni tark etishga va boshqa suratga tushmaslikka qaror qilgan. | 81 | 3,084 |
Madaniyat | Xonanda Lola: Munosib nomzod, katta tajribaga ega bo‘lgan insonga ovoz berdim | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovga tashrif buyurgan Lola u haqda o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Erta tongdanoq katta hayajon bilan uyg‘ondik. Bu kunni juda uzoq kutdik va tayyorgarlik ko‘rdik. Ayniqsa, farzandlarim. Ular har kuni ‘Biz qachon borib, o‘z tanlovimizni amalga oshiramiz’, deb kun sanadi”, — deydi Lola.
“Saylovda bizning ovozimiz katta ahamiyatga egaligini his etishning o‘zi yoqimli. Biz bugun munosib nomzod, katta tajribaga ega bo‘lgan inson uchun ovoz berdik. U qisqa fursat ichida juda ko‘p ishlarni amalga oshirdi. Men bu insonga ovoz berar ekanman, vatanim, oilam va farzandlarimning kelajagiga ishondim”.
“Saylovda qatnashib ulgurmaganlarga oilangiz bilan saylov uchastkasiga boring va kelajak uchun ovoz bering, deyman. Buning uchun barcha sharoit yaratilgan. Yosh onalar va ularning farzandi uchun xonalar bor. Ko‘zi ojizlar uchun ilk bor maxsus byulletenlar yo‘lga qo‘yilgan”.
Lolaning fikriga ko‘ra, bu yilgi saylovlar ochiq va oshkoralik ruhida o‘tgan. | 77 | 996 |
Madaniyat | Olimlar kino tarixida eng katta rol o‘ynagan filmlarni aniqladi | Amerikalik olimlar ularning fikricha kinematografning keyingi taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan o‘nta Gollivud filmlarini aniqladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Tadqiqotchilar klassik lentalarning ulardan ancha keyin suratga olingan filmlarda tilga olinish darajasiga asoslandi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Oz mamlakati sehrgari” filmidan 565 marta iqtibos keltirilgan. Bu ko‘rsatkich unga reytingda birinchi o‘rinni keltirdi. Reytingning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha: | 63 | 490 |
Madaniyat | “San’at” guruhining “Qaynona” filmi qo‘shig‘iga ishlagan klipi ozarbayjonliklar e’tiboriga tushdi (video) | O‘zbekistonning “San’at” musiqiy guruhi taniqli Ozarbayjon filmi — “Qaynona”dan olingan qo‘shiqqa ishlagan klipini taqdim etdi, deb yozadi Ozarbayjonning “Day.az” nashri. Yumorga boy klip syujetida komediyali film lavhalaridan ham foydalanilgan.
“Ozarbayjonning ‘Qaynona’ filmi O‘zbekistonda taniqli va ommabop, u o‘zbek tiliga dublyaj qilingan va mahalliy televideniye orqali tez-tez efirga uzatiladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, “San’at” guruhi avval ham Ozarbayjon musiqasidan foydalangani tilga olingan. Guruh 2015-yil yozida “Arshin mol olan” operettasidagi qo‘shiq asosida “Dengi yest” klipini chiqarganligi, xonanda Shahzoda esa o‘z klipida “Qaynona” filmi syujetidan foydalanganligi aytib o‘tilgan. | 105 | 712 |
Madaniyat | Fotogalereya: Gollivudda kadr orti sirlari | Kino yaratish — haqiqiy sehrgarlik. Sanoat iqtidorlari chiroyli aktyorlarni qo‘rqinchli maxluqlarga aylantiradi. AdMe ana shu kabi sirlar aks etgan suratlarni taqdim etdi. | 42 | 171 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.