folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Toshkentda Xalqaro QVZ kuni nishonlanadi | 18-yanvar Ofitserlar markaziy uyi (sobiq Aviasozlar) da Xalqaro QVZ kuniga bag‘ishlangan o‘yin tashkil etiladi, deb xabar berdi “Podrobno” nashri.
Bayramona festivalda O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar jamoasining eng yaxshi ishtirokchilari qatnashadi. Hazil-mutoyiba va san’atkorlik mahorati bellashuvida yurtimizdan “Toshkentlik armanlar” hamda eng tajribali QVZchilardan iborat “Redkollegiyalar va do‘stlar” deb nomlangan jamoalar kuch sinashadi.
Bellashuvga chiptalarni OMUdan yoki “Zarafshon” konsert zalidan sotib olish mumkin. | 40 | 535 |
Madaniyat | Said Muxtorov 2016-yilgacha ruxsat berilmagan “Kulba” filmini premyera qiladi | “Dilshoh media” kino kompaniyasi buyurtmasi bilan rejissor Said Muxtorov tomonidan suratga olingan “Kulba” filmining premyera kuni aniq bo‘ldi. Bu haqda film rejissori Said Muxtorov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Professional aktyor va aktrisalar jam bo‘lgan mazkur kartinaning premyerasi 27-oktabr kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tadi.
Shu vaqtgacha “Kulba” filmining g‘oyasi haqida o‘ylab yurardim, ammo 2016-yilgacha qariyalar uyida film suratga olish uchun ruxsatnoma ololmaganmiz. Bugunga qadar qariyalar uyida suratga olingan film yo‘q edi. “G‘ariblar” deb nomlangan spektaklni bilamiz, ammo butunlay qariyalar uyida suratga olingan birorta o‘zbek filmini bilmaymiz. “Kulba” filmi muxlislarning qalbidan chuqur joy egallagan “Faryod” filmi darajasidagi filmdir.
Said Muxtorov, rejissor va aktyor
Filmni suratga olish jarayonlaridan premyeraga qadar bir yildan ortiqroq vaqt sarflangan.
Filmda O‘zbekiston xalq artistlari Ubaydulla Omon, Gavhar Zokirova, Yayra Abdullayeva, Rixsi Ibragimova, O‘zbekiston san’at arbobi Isamat Ergashev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Madina Muhtorova, Fathulla Mas’udov hamda boshqalar rol ijro qilgan.
Ssenariy muallifi Ahror Nurmuhammad, operator Tal’at Mansurov, prodyuser Mahmud Erkabayevlardir. | 77 | 1,295 |
Madaniyat | Film va seriallar uchun maxsus yaratilgan hamda o‘sha davr ruhini to‘liq aks ettirgan bejirim liboslar (foto) | Tarixiy davrni katta ekranda aks ettirish oson ish emas. Buning uchun film va teleseriallar ijodkorlari tarixiy ma’lumotnomalarni, artefaktlarni o‘rganadilar, o‘sha davrga xos bo‘lgan mato va aksessuarlarni qidirishga ko‘p vaqt sarflaydilar. Bularning barchasi bitta maqsad bilan — tomoshabinlarga tarixiy davr atmosferasini 100 foiz his qilishiga yordam berish uchun qilinadi.
“Zodagonlar hayoti”
Film 1930-yillarda Gollivud va Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Shishgan, yengil matolar, nafis va ajoyib detallar — qahramonlarning kiyimlari davrga mos keladi. Yenglari manjetli, keng bo‘yinbog‘lar, tor chiziqlar va tizzadan past bo‘lgan etaklar moda ayollarga xos bo‘lgan davrni eslatadi. Kundalik kiyimlar ixcham va qulay, kechki liboslar esa haqiqiy hashamatdir. Ranglarning ulkan palitrasi va liboslardagi yorqin ranglar nihoyatda nafis ko‘rinadi.
Kristen Styuart qahramoni XX asrda uslub, hashamat va jozibadorlik timsoli hisoblangan Chanel liboslarini kiyadi. Uning qaymoqrang va pushti shaftoli rangdagi 2 ta vintaj libos brend tomonidan film uchun maxsus yaratilgan.
“Daunton abbatligi”
“Daunton abbatligi” filmidagi kostyumlar hashamatli va tarixiy jihatdan mukammaldir. Koraning qirollik balida kiygan libosi vintaj matodan tikilgan. Tilla barglar, past bel, bo‘ynidagi kristallar shodasi — dizayner Anna Robbins tomonidan ehtiyotkorlik bilan qayta tiklangan.
Qirolicha Marining bal libosi esa 1920-yillarga emas, balki oldingi davrga tegishli. Va bu ajablanarli emas, chunki o‘sha paytda Marining maqomi va uning yoshidagi xonimlar aynan shunday kiyimlarni kiyishgan. Ko‘ylak va ichki kiyimning maxsus bichimi aktrisa Jeraldin Jeymsga haqiqiy malika kabi harakat qilish imkonini berdi. Kembrij zumradlari bilan to‘ldirilgan original kumush rangli matodan tikilgan kostyum tasvirni tarixiylik bilan to‘ldirgan.
“Ikki qirolicha”
Yelizaveta yuziga urg‘u berish uchun sakkiz burmali yoqa kiygan. Bunday yoqani yaratish uchun juda ko‘p ipak to‘r kerak edi. Kartinaning liboslar bo‘yicha dizaynerlari asl nusxaga to‘liq o‘xshashlikka erishmaguncha neylon va boshqa materiallar bilan tajriba o‘tkazishadi Margo Robbi qahramonining yoqasidan biri uch qatlamli shaffof matodan tikilgan bo‘lib, u o‘z shaklini mukammal ushlab turadi va yorug‘likda chiroyli jimirlaydi.
“Makbet”
Liboslar bo‘yicha dizayner Jaklin Dyurant XI asr liboslarini mis o‘ymakorligidagi tasvirlar asosida qayta yaratadi.
Ledi Makbetning toj kiygandagi libosi qo‘l mehnatining estetikani namoyish etadi. Kelinlik fatasi ipakdan qilingan, uslub Yaqin Sharq to‘y madaniyatidan, bezaklar esa turli xalqlarning etnik liboslaridan olingan. Marvaridlar oq palitraga mos keladi va xochlardan foydalanish esa diniy mavzuga ishora qiladi.
“Buyuk Yekaterina”
Xelen Mirren ijrosidagi “Buyuk Yekaterina” seriali tarix darsi uchun yaxshi misol bo‘lishi mumkin. Liboslar bo‘yicha dizayner Mayya Meshede qirolichaning tarjimayi holini batafsil o‘rganib chiqadi va Ermitajga tashrif buyuradi. U 3 hafta davomida Italiyada XVIII asr matolarini qidirishga majbur bo‘ladi. Florensiya, Milan, Rimdan parcha, Venetsiyadan — baxmal qidiradi. Keyin u olti oy davomida korset, katta hajmli yubka va ustki liboslar tikadi. Kashtalar qo‘lda yaratilgan.
“Amerikancha firibgarlik”
“Amerikancha firibgarlik” filmidagi voqealar 1970-yillarda sodir bo‘ladi. Kartinada o‘sha davrning uslubi o‘zining butun shon-shuhrati bilan namoyon bo‘ladi: keng pochalar, yaltiroq shimlar, bezakli kombinezonlar, platformalar va boshqalar. Kostyum dizaynerlari mayda detallargacha alohida e’tibor berishgan: oltin medalyonli marjon, Bredli Kuperning tugmasiz ko‘ylagi, Kristian Beylning kapalaknusxa galstugi. “Amerikancha firibgarlik” filmi 10 ta “Oskar” nominatsiyasini olgan, jumladan, eng yaxshi liboslar bo‘yicha dizayner yo‘nalishida ham. | 109 | 3,773 |
Madaniyat | Zarina Nizomiddinova yangi fotosessiyasini taqdim etdi | Aktrisa Zarina Nizomiddinova yangi fotosessiyasini taqdim etdi. Bu haqda “Popcorn.uz” nashri ma’lumotiga tayanib, “Darakchi.uz” xabar beradi.
Aktrisaning Azucar Moreno brendining yuzi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Azucar Moreno’ning navbatdagi LA pasion deb nomlangan kolleksiyasida ham Zarina suratga tushdi. Bu safar unga model Aziza Primqulova hamrohlik qildi. | 54 | 371 |
Madaniyat | AQShda Everlasting Love qo‘shig‘ining ilk ijrochisi Robert Nayt olamdan o‘tdi | AQShda 72 yoshida soul va pop ijrochisi Robert Nayt vafot etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Nayt “uzoq davom etmagan xastalik” tufayli olamdan o‘tdi. Boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmadi.
Robert Nayt (haqiqiy ismi-sharifi Robert Pibls) 1945-yilda Tennesi shtatining Franklin shahrida dunyoga keldi. Fairlanes guruhi tarkibida faoliyat olib bordi va Paramounts yetakchisi bo‘lgandi.
Xonanda 1967-yili matnlar muallifi Baz Keyson bilan tanishdi va birgalikda o‘zining ilk yakka ijrodagi albomi ustida ish boshladi. Mazkur albomga Everlasting Love qo‘shig‘i ham kirgandi. Tarona o‘sha yilning o‘zida Billboard jurnalining “100 ta eng mashhur qo‘shiq” reytingidan o‘rin oldi.
Ushbu qo‘shiqni keyinchalik ko‘plab taniqli xonandalar va guruhlar, jumladan, U2 va Love Affair qayta ijro etgandi. | 77 | 793 |
Madaniyat | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov “Lazgi” ansamblining badiiy rahbari etib tayinlandi | Xorazm vohasining eng yorqin vakillaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov “Lazgi” ansamblining badiiy rahbari etib tayinlandi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Bunday mas’uliyatli vazifani ishoni topshirishganidan behad xursandman. Kelajakda ustozimiz Komiljon Otaniyozov boshlagan ishlarni munosib davom ettirishga harakat qilaman”, – dedi Og‘abek Sobirov. | 106 | 400 |
Madaniyat | Iste’dodli va yosh: suratga tushgan so‘nggi filmlarini ko‘rish nasib etmagan aktyorlar | Bu aktyorlar karyeralaridagi so‘nggisi bo‘lgan film premyerasidan biroz oldin fojiali tarzda vafot etgan.
Pol Uoker
Pol Uoker butun dunyoga “Forsaj” filmidagi bosh rollardan birini o‘ynagan personaji tufayli tanilgan. 2013-yilning noyabr oyida, “Forsaj 7” filmini suratga olish vaqtida aktyor avtohalokatda fojiali tarzda vafot etdi. Film ijodkorlari Uoker xotirasiga suratga olishni davom ettirishga qaror qildi: Pol ukasi va raqamli imkoniyatlari yordamida ekranda qayta yaratildi.
Brittani Merfi
Britanining o‘limi hanuzgacha mish-mishlar va afsonalar bilan xotirlanadi. O‘limi paytida aktrisa atigi 32 yoshda edi. Uning so‘nggi filmi “O‘zingni yo‘qotma” loyihasi bo‘lib, aktrisa film premyerasida qatnashishga ulgurmadi, chunki kartina uning vafotidan 5 yil o‘tib ekranlarga chiqdi. U o‘zining yana bir filmi — vafotidan bir necha oy o‘tgach, 2010-yilda ekranga chiqqan “Tadbirsiz” filmini ham ko‘ra olmadi.
Xit Lejer
Xit Lejer ajoyib aktyorlik mahoratiga ega edi, ammo uning 28 yoshida o‘limi hammasiga nuqta qo‘ydi. 2008-yil 21-yanvarda u otishmada ishtirok etgan va ertasi kuni o‘lik holda topilgan. Uning so‘nggi ishi “Tasavvur” kartinasi bo‘lib, unda hatto oxirigacha suratga tushishga ham ulgurmadi, shuning uchun prodyuserlar film sujetini qayta yozishga majbur bo‘lishdi va keyinchalik uning qahramonini bir vaqtning o‘zida uchta aktyor — Kolin Farrel, Dyud Lou va Jonni Depp o‘ynadi. Ammo bu Xit ko‘rmagan yagona lenta emas. Aktyor o‘zining “Qora ritsar” filmidagi Jokeri kult qahramoniga aylanishini va uning o‘zi “Oskar” bilan taqdirlanishini hech qachon bilmagan.
Robin Uilyams
2014-yil 11-avgustda Robin Uilyams Kaliforniyadagi uyida o‘lik holda topilgan. O‘lim sababi o‘z joniga qasd qilish deb rasmiylashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, aktyor Parkinson kasalligi tufayli o‘z joniga qasd qilgan. Aynan shu kasallik “Kelajakka qaytib” filmining yulduzi Maykl J. Foksga ham qo‘yilgan. Uilyamsning so‘nggi filmi “Bulvar” kartinasi bo‘ldi.
Anton Elchin
Rossiyalik Gollivud yulduzi Anton Elchin xorijda olamshumul mashhurlikka erishishi mumkin edi, ammo u 2016-yilda 27-yoshida fojiali tarzda vafot etdi. Uning so‘nggi asarlari “So‘nggi oshiqlar” va “Qayta eslash” kartinalari bo‘lib, aktyor ularning bittasini ham ko‘rmagan. | 86 | 2,240 |
Madaniyat | “Dizayn” jamoasi ham “Million”ga o‘xshab bo‘linadimi? Dilshodbek Musabekov ushbu savolga javob berdi (video) | “Dizayn” jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Dilshodbek Musabekov “Dizayn” jamoasi a’zolari Qobil Karimberdiyev va Sa’dulla Fatxullayev yakkaxon konsert dasturini taqdim qilgani bilan jamoa tarqab ketmasligi haqida gapirib berdi.
Sahnada Sa’dulla va Qobiljon bo‘lgani bilan parda ortida men va Abdurahmon bo‘lganmiz. Ijod, tayyorgarlik jarayonlarida har doim birga bo‘ldik. Bu holat otilib, ‘men bir o‘zim konsert beraman’, degan ohang bilan emas, balki maslahat bilan amalga oshgan.
‘Yoshligimda niyatim bor’, deyishganda, ‘agar shunday niyat qilgan bo‘lsang, biz sizlarning yoningizda tirgak bo‘lib, qanday yordam kerak bo‘lsa birga bajaramiz’, degan edik. Konsertni ko‘rsangiz oxirida biz ham sahnaga chiqib qo‘llab-quvvatlab turganmiz.
Tarqalish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu narsadan xudoning o‘zi asrasin. Bizda birinchi o‘rinda oqibat turadi. Umrimiz oxirigacha bunday bo‘lmasa kerak.
Dilshodbek Musabekov, “Dizayn” jamoasi a’zosi | 108 | 1,073 |
Madaniyat | Gollivud filmlarida erkaklar rolini ijro etgan 5 mashhur aktrisa (foto) | Mazkur aktrisalar kinosanoatda faqatgina go‘zalligi bilan emas, mahorati, kerak bo‘lsa, erkaklar rolini ijro qilishni do‘ndirishi bilan ham muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Anjelina Joli — “Solt” 2010
Go‘zal va kuchli ayol obrazlari bilan yaxshi tanish Anjelina Joli “Solt” kartinasida erkak obrazini gavdalantirgan. Blokbaster ssenariysiga ko‘ra, qahramon qiz Evelin Solt rus maxsus xizmati tomonidan tuzilgan fitnaga qarshi kurashish va maqsadiga erishish uchun boshqa odamga aylanadi. Aktrisaning o‘zi keyinchalik erkak obrazida suratga tushish unga oson bo‘lmaganini bildiradi. Suratga olishda Jolining yuz tuzilishi silikon niqoblar yordamida o‘zgartirilgan, u kiygan erkak libosi og‘ir va qo‘pol bo‘lgani sabab esa harakatlanish noqulay bo‘lgan.
Syuzan Sarandon — “Bulutli atlas” 2012
Sarandon 2012-yilda suratga olingan “Bulutli atlas” filmida universitet professori Yusuf Sulaymon rolini gavdalantirgan. Rolga nazar tashlab, qoramtir teri, soqol va ko‘zoynak ortida Gollivud aktrisasi Syuzan borligiga ishonish qiyin.
Keyt Blanshett — “Men u yerda yo‘qman” 2007
Blanshettning ushbu filmdagi qoyilmaqom ijrosidan keyin nima uchun unga “Oskar” berilmagani muxlislarni hayratga soladi. Rejissor Todd Xeynsning mazkur kartinasi musiqachi, rassom, aktyor va yozuvchi Bob Dilanga bag‘ishlangan bo‘lib, uning hayotining turli bosqichlari 6 nafar aktyor — Xit Lejer, Richard Gir, Kristian Beyl, Ben Uishou, Markus Karl Fransklin va Blanshett tomonidan ijro qilingan. Keyt Dilanning shon-sharafga erishish pog‘onasida bo‘lgan davrini gavdalantirgan va mahoratli ijrosi sabab 2007-yil Venetsiya kinofestivalida “eng yaxshi aktrisa” deb topilgan.
Glenn Klouz — “Sirli Albert Nobbs” 2011
Glenn Klouzning yuz tuzilishi, burni va umuman qiyofasi Rodrigo Garsianing tarixiy filmi uchun ayni muddao bo‘lgan. Film o‘z qarashlarini himoya qilish uchun 40 yil o‘zini Albert Nobbs ismli erkak qilib ko‘rsatgan ayol taqdiri haqida hikoya qiladi.
Meril Strip — “Amerikadagi farishtalar” 2003
Toni Kushner 2003-yilda suratga olgan “Amerikadagi farishtalar” teleserialidagi oqargan sochlar va ajinlar ortida “Oskar” laureati Meril Strip ekaniga ishonish qiyin. | 71 | 2,154 |
Madaniyat | Toshkentda “Biz – Mustaqillik farzandlarimiz” xayriya konserti bo‘lib o‘tdi | Poytaxtdagi “Istiqlol” saroyida “Biz – Mustaqillik farzandlarimiz” xayriya konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Respublika Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirga mehribonlik va muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, maxsus maktab-internatlar o‘quvchilari, Toshkent shahri mahallalaridagi kam ta’minlangan oilalar farzandlari taklif etildi.
– Muassasamizda 320 nafar bola tarbiyalanadi, – deydi 1-Muruvvat uyi tarbiyachisi Muyassar Xo‘jayeva. – Ularning salomatligini asrab-avaylash, ijtimoiy himoyalash, intellektual salohiyatini rivojlantirish uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Bu kabi ma’rifiy tadbirlar mamlakatimizda tibbiy, ijtimoiy imkoniyatidan qat’iy nazar, barcha bolalar birdek mehr va e’tibor og‘ushida ekanining amaldagi yana bir yorqin namunasidir.
Tadbirda “Marvarid” bolalar ijodiy teatr jamoasi hamda estrada ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi. Bolalarga sovg‘alar topshirildi. | 75 | 1,058 |
Madaniyat | Paparatssi ta’qibi tufayli mashhurlar bilan yuz bergan qo‘rqinchli avariyalar (foto) | Jahon yulduzlari hamisha jamoatchilik nazorati ostida. Ba’zan oddiygina kameralarning chirog‘i dahshatli oqibatlarga olib kelishi esa hech kimning xayoliga ham kelmaydi.
Malika Diana
Malika Diananing bevaqt o‘limi nafaqat qirol oilasi a’zolari, balki butun dunyo uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. 1997-yil 31-avgustda Parijda oddiy insonlar kabi qalbga ega Diana va milliarderning o‘g‘li Dodi Al-Fayed ishtirokida baxtsiz hodisa yuz bergan edi. Juftlik o‘tirgan mashina haydovchisi suratkashlardan qochish maqsadida tezlikni oshirgan va boshqaruvni yo‘qotib, Alma ko‘prigi yaqinidagi tunnel tayanchiga borib urilgan. Shahzoda Charlzning sobiq rafiqasi Diana hamda uning do‘sti Dodi Al-Fayed ham og‘ir tan jarohati tufayli vafot etgan.
Devid Bekxem
2013-yilda suratga olishga harakat qilayotgan suratkashlarning aybi bilan yana bir baxtsiz hodisa yuz bergan. Devid Bekxem tatuirovka salonidan mototsiklda chiqayotganida suratkashlar uni allaqachon kutib turgan edi. Ta’qibdan tezda xalos bo‘lishni istagan futbolchi boshqaruvni yo‘qotib, halokatga uchragan. Sportchi faqat ko‘kargan jarohatlar bilan qutulib qolgan bo‘lsa-da, ammo uning mototsikldan yiqilgan holati aks etgan suratlar o‘sha zahoti internetda paydo bo‘lgan.
Selena Gomes
2014-yilda Selena Gomesning yo‘ltanlamas mashinasi uni ta’qib qilayotgan suratkashlar mashinasi bilan to‘qnashgan. Hodisa yulduz avtoturargohdan chiqib ketayotganida to‘satdan yuz bergan. Qizig‘i shundaki, voqea joyida suratkashlar yulduzning ahvoli bilan qiziqmay, uning sarosimaga tushgan yuzini suratga olish bilan ovora bo‘lgan. Darhol internet olamida yulduzning voqea joyida olingan suratlari paydo bo‘lgan.
Nikol Kidman
Yetti yil muqaddam suratkashlar Nikol Kidmanning ajoyib suratini olishga muvaffaq bo‘lgan. Tezroq suratga olishga shoshilgan suratkashlardan biri aktrisani mehmonxona yaqinida velosipedida urib yuborgan. O‘sha vaqtda aktrisa Nyu-York moda haftaligining navbatdagi shousidan qaytib kelayotgan edi. Kuchli zarbaga u baland poshnadaligi tufayli qarshilik ko‘rsata olmagan. Natijada to‘pig‘iga shikast yetgan. Omadsiz fotosuratchi darhol mehmonxona xavfsizligi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, politsiyaga topshirilgan.
Jastin Biber
Jastin Biber ham sobiq sevgilisi Selena Gomes kabi ta’qibchilardan qochib, baxtsiz hodisaga uchragan. 2014-yil qo‘shiqchi muntazam tashrif buyuradigan restoran oldida kutilmagan voqea yuz bergan. Avtoturargohni tezroq tark etish maqsadida Jastinning haydovchisi tezlikni oshirgan va shu payt boshqa mashinani urib yuborgan. Avtohalokatdan hech kim jarohat olmagan, ammo mashinalar jiddiy zarar ko‘rgan. | 84 | 2,598 |
Madaniyat | Toshkentda “Mening Toshkentim” myuzikliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi | 8-may kuni estrada va kino yulduzlari ishtirokida “Mening Toshkentim” myuzikli premerasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda myuzikl tashkilotchilari “Daryo” nashriga ma’lum qildi.
Tadbir ishtirokchilari Toshkentning ko‘zga ko‘ringan obidalari — “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui, “Minor” masjidi, Hazrati Imom majmualarini ikki qavatli avtobusda ziyorat qildi. Eng so‘nggi bekat — myuzikl bosh homiysi Murad Buildings kompaniyasi tomonidan qurilgan “Gulsaroy” turar-joy majmuasida kichik shou-dastur namoyish etildi.
“Istiqlol” san’at saroyida 13—15-may kunlari namoyishi etilishi rejalashtirilgan “Mening Toshkentim” myuziklida Fotima Rejametova, Muhammadiso Abdulxairov, Hasan va Husan Solihovlar, Ozodbek Nazarbekov, Karen Gafurjanov, Jasur Mirsoatov, Matin, “VIA Sharq”, “Sado” guruhlari kabi xonandalar, aktyorlar, rejissyor va bastakorlarlar qatnashadi.
Ssenariyda qadimiy va hamisha navqiron shaharning bir mahalla ahli misolidagi hayoti — orzu va quvonchlari, muhabbat va oila, shodlik va xayajonlari aks ettirilgan. “Mening Toshkentim” myuziklida retro musiqalar zamonaviy talqinda ijro etiladi, original raqslar, yorqin kostyumlar, realistik sahna bezaklari bilan boyitiladi.
Tashkilotchilar “Mening Toshkentim” myuzikli Toshkentning “tashrif qog‘ozi” bo‘lib qolishiga va muxlislar qalbidan o‘rin egallashiga umid qilmoqda. “Bir kunini sevimli shahriga bag‘ishlashni maqsad qilgan san’atkorlar Toshkent ahli va mehmonlari uchun o‘ziga xos namuna bo‘la oladi”, — deydi tadbir tashkilotchilari. | 75 | 1,519 |
Madaniyat | “Rishta” filmining premyerasi 12-oktabrda bo‘lib o‘tadi | 12-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Rishta” badiiy filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Filmda hozirgi kun yoshlari, ularning turmush tarzi, milliy qadriyatlarning ardoqlanishi haqida hikoya qilinadi.
Film bir necha novellalardan iborat bo‘lib, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan voqealar orqali turli davrlar aro ko‘z ilg‘amas rishtalar o‘ziga xos uslubda bayon qilinadi.
“O‘zbekfilm” kinostudiyasida Yolqin To‘ychiyev ssenariysi asosida suratga olingan ushbu filmda bosh rollarni Nigina Anorboyeva, Adiz Rajabov, Po‘lat Saidqosimov, Jamshid G‘aniyev, Sharofat Husanxo‘jayeva, Jahongir Xo‘jayev va Gulruh Zokirovalar ijro etgan. | 55 | 712 |
Madaniyat | “Kavkaz asirasi”da Jabroil, “Mimino”da Xachikyan — armanistonlik aktyor Frunzik Mkrtchyanning taqdiri qanday kechgan? (foto) | Afsonaviy arman aktyori doimo qayg‘uli ko‘rinishining o‘ziga yarasha sabablari bor edi. Karyerasida muvaffaqiyat qozongan Mkrtchyan oilaviy hayotda aqlbovar qilmas fojialarni boshdan kechirgan.
Ajoyib muqaddima
Turk genotsididan qochgan armanning o‘g‘li Frunzik Mkrtchyan 15 yoshidanoq kinomexanik yordamchisi bo‘lib ishga kiradi. Kinoning sehrli olami uni shunchalik hayratda qoldiradiki, yigit teatr to‘garagiga qatnasha boshlaydi, keyin esa Leninakan (hozirgi Gyumri) teatriga ishga kiradi. Burni juda kattaligi tufayli sahnada rol ijro qilish uchun turli masxaralarga chidashga to‘g‘ri kelardi.
“Xudo insoniyatga burun berganida, u odamlardan hidlash organiga ega bo‘lishni xohlashlarini so‘raydi. Ruslar burunlari stakanga xalaqit bermasligini xohladi. Gruzinlar Kavkaz tog‘lariga o‘xshaganini so‘radi. Arman esa: “Narxi qancha?” deb so‘radi. Xudo bu bepul deb javob berganida, arman: “Unda imkon qadar kattaroq bo‘lsin” degan, — deb hazillashardi Mkrtchyan.
“Non-sharaf uchun” filmidan kadr (1956)
Ammo keyinchalik uning bu kamchiligi fazilatga aylanishi mumkinligi kashfiyot bo‘ldi: g‘ayrioddiy ko‘rinish Sirano de Berjerak rolini grimsiz o‘ynashga imkon berdi. Mkrtchyan boshqa rollarni ham shu qadar qoyilmaqom tarzda ijro etdiki, natijada tez orada teatr yulduziga aylandi. Sahnadan keyin aktyor kinoni zabt etdi. U talabalik yillaridayoq filmlardagi ilk rollarini o‘ynay boshladi. Karyerasida hammasi a’lo darajada edi, ammo shaxsiy hayoti haqida bunday deb bo‘lmasdi.
Oilaviy drama
Kursdoshi Knara bilan bo‘lgan birinchi nikohi tezda ajralish bilan yakunlandi, yosh bo‘lgani uchun bu narsa u uchun fojiaga o‘xshamagandi. Frunzikning ikkinchi jiddiy munosabati — o‘zidan ancha katta aktrisa Donara Pilosyan bilan edi. Donara erini chin yurakdan sevdi va evaziga xuddi shunday mehrni olgan tabiatan go‘zal ayol edi. Teatr oliygohida o‘qib yurganda tanishgan yoshlar tezda turmush qurishdi va birga ishlay boshlashdi.
Donara suratga olish maydonchasiga Mkrtchyanga tez-tez hamroh bo‘lib borardi — “Kavkaz asirasi” filmida u Jabroilning rafiqasi epizodik rolini ham o‘ynagan. Aynan u Shurikka Nina o‘g‘irlab ketilgandan keyin darvoza oldida turib, Kavkaz to‘ylarining o‘ziga xos xususiyatlarini afsus bilan tushuntiradi.
“Kavkaz asirasi” (1966) filmidan kadr
Bir muncha vaqt Frunzik Mkrtchyan baxtdan sarxush edi: sevimli rafiqasi, sevikli bolalari (qizi Nune va o‘g‘li Vazgen), u zavq bilan boradigan ishi va jamoatchilik e’tirofi. Ammo keyin hammasi chappasiga ketdi.
Frunzik rafiqasi Donara va qizi Nune bilan
Donara to‘satdan juda rashkchi va gumonsiraydigan bo‘lib qoldi: u erini o‘zidan bir qadam ham nariga qo‘ymasdi, arzimagan narsalarni deb janjal qilardi, gastrol bahonasida ma’shuqalari oldiga boradi, deb eridan shubhalanardi. Frunzik avval xotinini bunday emasligiga ishontirishga harakat qildi, keyin esa hammasi joniga tegdi: suratga olish ishlari yoki spektakllardan keyin ko‘pincha uyga qaytgisi kelmasdi: yo bo‘kkunicha ichardi, yoki shunchaki shahar kezardi. Uydagi vaziyat butunlay chidab bo‘lmas holga kelganida, Mkrtchyan do‘stlarining maslahatiga amal qildi va rafiqasini psixiatr qabuliga yozdirdi.
Shizofreniya tashxisi ularning hayotini avval va keyinga ajratib yubordi. Aktyor rafiqasini davolashga jiddiy kirishdi: uni Yerevan va Moskvadagi eng zo‘r mutaxassislarga ko‘rsatdi, chet elga olib ketdi. Muqarrar vaziyatga kelish uchun ko‘p yillar kerak bo‘ldi: Donaraga hech narsa yordam bermadi, uning ahvoli faqatgina yomonlashib borardi. Rafiqasining sog‘lig‘i uchun yelib-yugurgan, Mkrtchyan ko‘plab yulduzli rollaridan voz kechdi — uning karyerasida jimjitlik boshlandi.
Oxir-oqibat u Donarani Fransiyadagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizishga rozi bo‘ldi. Aktyorning o‘zi ikki farzandni tarbiyalash uchun ishlashda davom etishi kerak edi. Qizi Nune turmushga chiqib, Argentinaga ko‘chib ketganidan keyin esa o‘g‘li bilan yolg‘iz qoldi.
Bu safar u hammasini tez tushundi: o‘g‘li Vazgenning xatti-harakati juda g‘alati bo‘lib borar, onasining qiliqlariga o‘xshardi. Shifokorlar bu shubhani tasdiqladi: bir xil tashxis, bir xil ayanchli taqdir. Bu yangilik Frunzik Mkrtchyanni aqldan ozdiray dedi. U filmlarda suratga tushish, teatrda o‘ynashda davom etsa-da, ich-ichidan rafiqasi va o‘g‘lining jinnixonada yashashini qabul qila olmasdi. Donara va Vazgen esa kasalxona yo‘lagida uchrashib qolishganda ham bir-birlarini taniy olmaydigan darajaga yetgandi.
Oxiri
Frunzik Mkrtchyan Tamara Ovannisyan bilan uchrashganida hayotidagi qora ranglar qisqa vaqtga bo‘lsa-da yorqin rangga aylandi. Ular bir necha yil birga yashashdi, ammo oltmish yoshida aktyor yana yolg‘iz qoldi. Frunzik o‘ttiz yildan ko‘proq vaqt davomida xizmat qilgan teatrni yangi rejissor tayinlanishiga rozi bo‘lmagan holda tark etdi.
U 1987-yildan keyin esa filmlarda rol o‘ynamay qo‘ydi — uning aytishicha, hozirgi yoshida biror yangi narsa qilishga juda kech. Mkrtchyan o‘zining teatri bo‘lishini orzu qilgan va hatto uni yaratish ustida ishlay boshlagan, ammo yakunlashga ulgurolmagan.
“Frunz o‘lishni xohlardi, unga intildi, orzu qildi, hayotiy instinktlarini shafqatsizlarcha yo‘q qildi. Uni vaqt ham, sharob va tamaki ham o‘ldirmadi ... Yo‘q, u ataylab o‘lim tomon bordi, o‘g‘li va xotinining kasalligi tufayli yashashga kuch topa olmadi”, — deya tushuntiradi aktyorning akasi Albert Mkrtchyan.
1993-yil 29-dekabrda Armanistonning eng sevimli aktyori o‘z uyida yurak xurujidan tinchgina vafot etdi. O‘sha Yangi yilda Yerevan aholisi birinchi qadahni aktyor xotirasi uchun jimgina ko‘tarishdi
“Daryo nima haqda shovqin solmoqda” (1958) filmidan kadr
“01-99” (1959) filmidan kadr
“Musiqiy guruh yigitlari” (1960) filmidan kadr
“Kavkaz asirasi” (1966) filmidan kadr
“Oq royal” (1968) filmidan kadr
“Fotosurat” (1969) filmidan kadr
“Ayrik” (1972) filmidan kadr
“Erkaklar” (1972) filmidan kadr
“Mimino” (1977) filmidan kadr
“Katta yutuq” (1980) filmidan kadr
“Tarsaki” (1980) filmidan kadr
“Bolaligimiz tangosi” (1984) filmidan kadr | 124 | 5,974 |
Madaniyat | AQShda bir kun ichida ikkinchi reper otib ketildi | Amerikalik reper Jimmi Uopo Pittsburgda otib ketildi. 18-iyun kuni kechasi ikki nafar erkak yo‘ldan o‘tayotgan mashina ichidagilar tomonidan o‘qqa tutilgan. Bu haqda CBS’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Jarohat olganlarning ikkisi ham shifoxonaga yetkazilgan, biroq oradan bir necha soat o‘tgach ulardan biri vafot etgan. Reperning menejeri noxush hodisa oqibatida o‘zining 21 yoshli mijozi vafot etganini tasdiqladi.
Ushbu hodisadan bir necha soat oldin Floridada boshqa bir reper — XXXTentacion taxallusi bilan tanilgan Jasey Dueyn Onfroy ham otib ketilgandi. | 49 | 566 |
Madaniyat | Repper Snup Dogg Oq uyda marixuana chekkanini tan oldi | Amerikalik repper Snup Dogg Oq uy hojatxonasida marixuana chekkanini aytib berdi, deb yozadi Huffington Post.
Snup Doggning G News Network shousi mehmoni bo‘lgan teleboshlovchi Jimmi Kimmel undan Oq uyda chekkan-chekmaganligi haqida so‘radi. Repper ijobiy javob berdi va Oq uyning o‘zida bo‘lmasa-da, hojatxonasida chekkanligini ma’lum qildi.
Qo‘shiqchi bu Kennedi nomidagi mukofotlarni topshirish marosimi uchun Oq uyga mehmon sifatida tashrif buyurganida sodir bo‘lganini ta’kidladi. | 54 | 486 |
Madaniyat | “To‘rt farzandim bor, ammo ularni ommaga ko‘rsatmayman” — xonanda Janob Rasul oilasi va otasi haqidagi armonlari haqida (video) | “Daryo” nashrining YouTube’dagi kanalida Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Janob Rasul bilan suhbat uyushtirildi. Xonanda nima uchun oilasi haqida gapirishni istamasligi va otasining vafotidan keyin anglab yetgan haqiqati haqida gapirdi.
— Oilani ommaga ko‘rsatishning nima keragi bor? Aslida ayoli va farzandlarini ommaga ko‘rsatish mumkin emas. Shukrki, ikki o‘g‘il va ikki qiz farzandim bor. Ba’zan ular Instagram’dagi jonli efirlarda ko‘rinib qolishadi, ammo atayin ularni ommaga ko‘rsatmayman.
O‘g‘illarim yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayishlarini va otalari singari san’atkor bo‘lishlarini orzu qilaman. Shuning uchun ham hozircha ularning yuzini ommaga tanitmay yuribman. Ulg‘aygach, yaxshi qo‘shiq ijro etib xalqqa ko‘ringani boshqacha. Kichkinaligidan qo‘shiq aytib chiqsa, ulg‘ayganda ham odamlarning tasavvurida kichkina bolacha bo‘lib qolib ketadi. Shuning uchun ham hozir o‘g‘illarimga qo‘shiq ham ayttirmayman, bolalik gashtini sursin, deyapman. 7-8 yoshidan keyin ijodni o‘rganishni boshlaydi.
Ko‘pchilik farzandlarini olib kelib, shogirdlikka olib, klip chiqarib bering, deb so‘rashadi. Hozir klip olib, televideniyega ham chiqardingiz deylik, ammo 17 yoshga to‘lganida nima qilasiz, deyman. Chunki u bola endi xalq uchun qiziq bo‘lmay qoladi, avval ko‘rganman-ku, eshitganman-ku, deyishadi.
Agar o‘g‘illarim kun kelib san’atkor bo‘laman deb jiddiy ahd qilsa, albatta, yordam beraman. Aslida hozir ham imkoniyat bor. Konsertimda duet aytib chiqsa ham bo‘ladi. Chunki to‘ng‘ich o‘g‘limning chiroyli ovozi bor. Ammo uning ijodini hech kim jiddiy qabul qilmaydi. Bolaga baribir boladek munosabatda bo‘lishadi, — deydi xonanda Janob Rasul.
Xonanda otasi haqida berilgan savolga quyidagicha javob berdi.
— Qanday farzand bo‘lolganim haqida biror narsa deyolmayman, ammo hech qachon otamning ko‘ziga tik qaramaganim aniq. Menimcha, eng muhimi ham ana shu. Ikki yil avval qandli diabet sabab otam vafot etdi. Uning o‘limidan keyin hamma narsa otam bilan qiziq ekanligini tushunyapman. Uy qurishim ham otamning tavsiyasi bilan qiziq edi. Hozir hech narsaning qizig‘i yo‘q. Afsuski, bu narsalarni ularni yo‘qotgandan keyin ko‘proq his qilar ekansiz.
Oila borasida hech qanday armonim yo‘q. Chunki menda bir insonda bo‘lishi kerak bo‘lgan hamma oilaviy baxt bor. Faqat otamdan erta ayrilganim ko‘nglimni tirnaydi. Onam, farzandlarim va ayolim bilan butun dunyoni kezib chiqishni orzu qilaman. Xizmatlar sabab hech bunga vaqt ajratolmayapman, — deydi xonanda. | 127 | 2,469 |
Madaniyat | Amerikalik xonanda Billi Aylish konsertida tiqilinchda qolib ketgan muxlisining hayotini saqlab qoldi (video) | Ommaviy tiqilinchda 10 kishi halok bo‘lgan Astroworld festivalidan so‘ng xonandalarning o‘zi ham konsert davomida zaldagi xavfsizlikni diqqat bilan kuzatib boradigan bo‘ldi. Amerikalik xonanda Billi Aylish ham o‘z konsertida muxlisasining hayotini qutqarib qoldi.
Xonanda chiqish vaqtida harakatsiz qotib qolgan bir qizga e’tiborini qaratdi va darhol shouni to‘xtatib, shifokorlarni yordamga chaqirdi. Ma’lum bo‘lishicha, muxlisaga ingalyator kerak bo‘lgan va yaxshiyamki, bu Billining o‘zida bor edi.
Aytgancha, qizga yordam berilar ekan, Billi konsert paytida xavfsizlik qoidalarini eslatib o‘tgan. U tashrif buyurgan barchadan tinchlanishni, chuqur nafas olishni va siqilishning oldini olish uchun bir-biridan ma’lum bir masofada uzoqlashishni so‘radi. “U o‘zini yaxshi his qilguncha kutaman, shundan keyingina davom etamiz”, – deya qo‘shimcha qilgan xonanda. | 109 | 863 |
Madaniyat | Bill Geyts ajrashganidan bir yil o‘tib sobiq rafiqasiga qayta uylanish istagini bildirdi | Microsoft asoschisi Bill Geyts va Melinda Geytsning ajrashganiga deyarli bir yil bo‘ldi. 27 yil davomida bir oila bo‘lib yashab klegan kelgan juftlik orasidagi mojarolari haqida mish-mishlar tarqalsa-da, ularning ajralishini hech kim kutmagan edi. Endi bularning barchasiga qaramay, Bill Geyts Melinda bilan qayta turmush qurishga qarshi emas. Bu haqda milliarder Sunday Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deb yozadi People Talk.
“Biz ajoyib oila qurdik. Afsuski, ajrashishga majbur bo‘ldik. Ammo men uni tanlaganimdan biror marta afsuslanmaganman, uning o‘rnida boshqa hech kimni tasavvur ham qila olmayman. Kelajakda unga yana uylangan bo‘lardim”, — dedi Bill Geyts.
Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts va Melinda Geyts 2022-yilning may oyida ajrashishlarini e’lon qildi. 27 yillik nikoh davomida er-xotin to‘rt farzandni tarbiyaladi. Endi ular do‘stona munosabatlarni saqlab, birgalikda ishlashda davom etmoqda. Melinda hali ham Bill Geyts fondlarida ishtirok etadi. Ajralishdan keyin Melinda Geyts o‘z aktivlarini sezilarli darajada oshirdi: u taxminan 3 milliard dollarlik bir nechta kompaniyalarning aksiyalariga ega bo‘ldi. | 88 | 1,139 |
Madaniyat | Sabina Mustayeva Polshadagi “Golos” loyihasining 8-mavsumi ishtirokchisiga aylandi (video) | Sabina Mustayeva Polshadagi “Golos” loyihasi 8-mavsumi ishtirokchisiga aylandi, deb yozadi My Day.
Skrinshot: YouTube
Saralash bosqichida Uitni Xyustonning Run To You qo‘shig‘ini ijro etib, Sabina murabbiylar Tomson va Baron (Polshaning Afromental guruhi xonandalari) jamoasiga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Sabina Mustayeva Rossiyadagi “Golos. Deti” loyihasi ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan edi. | 90 | 405 |
Madaniyat | Toshkentda Yoshlar mualliflik kinosi haftaligi o‘tkaziladi | 12—15-oktabr kunlari Toshkentda “Afishka” Yoshlar mualliflik kinosi haftaligi o‘tkaziladi. Bu haqda “Anons.uz” nashri xabar bermoqda.
Haftalikda yosh kinematografchilarning qisqa metrajli filmlari namoyish qilinadi. Festivalda nafaqat O‘zbekiston, balki Rossiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Bolgariya, Isroil, AQSh, Tayvan, Belorussiya va boshqa mamlakat vakillari ham ishtirok etadi.
Ta’kidlash joiz, “Afishka” hamyurtlarimiz va chet ellik mualliflarning qisqa metrajli filmlari festivali 2011-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. | 58 | 534 |
Madaniyat | Lola: “Farhod va Shirin”da o‘zimni ijro qildim | Iste’dodli ijodkor Lola “Bu telba muhabbat yoxud Farhod va Shirin” filmidagi roli haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Fattohhon.com”.
“Film ssenariysini o‘qiganimda, ba’zi joylarida hattoki, bu rol men haqimda, deb o‘ylab ham qoldim, – dedi xonanda. – Hattoki, mening xarakterimning ayrim detallarigacha, meni o‘zimni tutishim, men ishlatadigan so‘zlar, hamma –hammasi menga shu qadar yaqin ediki! Suratga olish ishlari ham men uchun shunchalik oson bo‘ldiki, hattoki ba’zi joylarida rol o‘ynashimga ham to‘g‘ri kelmadi! Men o‘zimni ijro qildim, desam ham bo‘ladi!”
Uning so‘zlariga ko‘ra, film rejissyori juda talabchan bo‘lishiga qaramay, Lolaning sahnalari bitta dublda suratga olingan. Film uchun qandaydir boshqa bir obrazga kirishga, o‘zgarishga to‘g‘ri kelmaganini aytar ekan, xonanda hatto liboslar borasida ham o‘z liboslaridan foydalanganini ma’lum qildi. | 46 | 870 |
Madaniyat | “Paxta qo‘ya olganimda, qalinini qo‘yardim”. Yulduz Usmonova prezident saylovida kimga ovoz berishi haqida gapirdi (video) | O‘zbekiston xalq artistlari Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekov, xonanda Bunyodbek Saidov hamda yana bir necha san’atkorlar Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvining badiiy qismida chiqish qilish uchun Turkmanistonda bo‘lib turibdi. Bunyodbek Saidov Instagram sahifasi orqali jonli efir tashkillashtirib, kuzatuvchilarini Yulduz Usmonova bilan yuzlashtirdi. Jonli efirda Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdi, shuningdek, ular so‘ragan qo‘shiqlarni ham kuylab berdi. O‘zbekiston xalq artisti o‘z navbatida kutilayotgan prezidentlik saylovlarida kimga ovoz berishi haqida ham gapirib o‘tdi.
“Men bu borada bir narsani aytib qo‘yay. Prujinani bosib-bosib, qo‘yib yuborsang, u uzoqqa otilib ketadi. Mana hozir tobora rivojlanyapmiz, balki O‘zbekiston uchun yashab o‘tgan kunlarimiz kerak bo‘lgandir. Hozir bizda shunaqa o‘sish ketyapti, hamma joy chiroyli, odamlar erkin, ular nima o‘ylashidan, qanday fikr bildirishdan qo‘rqmayapti. Bu juda yaxshi. Haqiqatan ham, hammasi yaxshi. Agar paxta qo‘ya olganimda, qalinidan qo‘yardim.
Shunchaki, Alloh rizoligi uchun minnatdorchiligimni aytmoqchiman. Menga endi ishonmaysizlar, agar Allohga ham ishonmasanglar, o‘zlaring bilasizlar. Poshshoyimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Duolarimda shu odam. Hoji ota, hoji onalar, hoji aka, hoji opalar, qizlarimiz bor ibodatdagi — hammalaring duo qilinglar. Shu odam mana shu ketishda uyoq-buyoqqa burilmay, mana shunday ketaversinlar. Demokratiyamiz shunday ketaversin.
Men shunday qo‘rqaman buzilib qolmasin yo‘limiz, mashinamiz tormoz olib, tutab qolmasin, deb. Hozir yaxshi ketyapmiz. Shuning uchun mana shu saylovda men shu odam bilanman. Juda yaxshi odam. Ko‘z tegmasin! Yurtimizga, erkinligimizga ko‘z tegmasin, duo qilinglar. U odamni ham duo qilinglar — poshshoyimizni, charchab qolmasin. Nazar charchatadi. Nazar bizni charchatib yiqitadi-yu, Alloh yomon ko‘zlardan asrasin”, — deydi Yulduz Usmonova.
Yulduz Usmonova 2018-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga muvofiq “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Prezidenti saylovlari 2021-yil 24-oktabr kuni o‘tkaziladi. 6-avgust holatiga ko‘ra, Prezident saylovlarida ishtirok etish uchun 3 ta partiya o‘z nomzodini — Ekopartiya tomonidan partiya markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya siyosiy kengashi raisi Bahrom Abduhalimov, Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan partiya yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov tavsiya qilindi. XDP va O‘zLiDeP o‘z nomzodini hozircha tavsiya qilmadi. O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodi 2016-yilgi saylovlarda O‘zLiDePdan ilgari surilgandi.
Avvalroq Yulduz Usmonova “zapret”dan olib chiqqani uchun prezidentning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyevaga minnatdorchilik bildirgan edi.
“Tuya hammomni orzu qilgan ekan”. Yulduz Usmonova va boshqa shou-biznes vakillarining Jahongir Otajonovning prezident bo‘lish orzusiga munosabati (video) | 122 | 3,108 |
Madaniyat | Instagram: Ayblovlarga munosabat bildirgan Jasur Umirov, o‘zgarib ketgan Zarina, AQShdagi o‘zbeklarni ish bilan ta’minlayotgan Shahriyor | 13-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Sevimli” telekanalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov xotirasiga bag‘ishlangan “Har nafasda uyg‘oqman” deb nomlangan ko‘rsatuv efirga uzatildi.
View this post on Instagram
Shahlo Ahmedova milliy obrazda fotosessiya uyushtirdi.
View this post on Instagram
Bollivud yulduzi Priyanka Chopra sochi rangi va turmagini o‘zgartirdi.
View this post on Instagram
Xonanda Jasur Umirov Samarqanddagi Registon majmuasida sigaret chekkan holda o‘tirgan suratini sahifasiga joylab, “Samarqand baribir zo‘r-da” deb izoh qoldirdi. Jasur Umirovning folloverlari unga “Voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan xonanda sizmisiz?” qabilidagi savollar yozib qoldirdi. Xonanda muxlislarining savollariga “Aybim bir stolda shunaqa buzuqlar bilan o‘tirib qolganim”, “Tuhmat balosini endi ko‘rdim”, deb javob qaytardi.
Ilk bor ona bo‘lish arafasida turgan hind aktrisasi Anushka Sharma yangi surat bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Reper Shahriyor Amerikadagi o‘zbekistonliklarni ish bilan ta’minlamoqchi.
View this post on Instagram
Shahzoda Matchonova kuz faslini o‘zgacha yaxshi ko‘rishini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Asal Shodiyeva o‘g‘li Muhammad Yusuf bilan tushgan suratini ilk marta sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
“Qora niyat” seriali yulduzi Eda Eje yangi surat bilan folloverlarini xushnud etdi.
View this post on Instagram
Zarina Nizomiddinova ham folloverlariga o‘zgacha obrazda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram | 136 | 1,774 |
Madaniyat | Foto: Mashhur turk seriallari qanday joylarda suratga olinadi? | Turkiya go‘zal, betakror landshaftlari, O‘rta Yer dengizi va Egey qirg‘oqlarining g‘aroyib go‘zalligi, baland qarag‘ay o‘rmonlari bilan qoplangan tog‘lar, ko‘pikli sharsharalar va zumrad-turkuaz kengliklari bilan ajralib turadigan ajoyib mintaqadir. Dengizlar, daryolar va ko‘llar insonni zavqlantiradi, unutilmas taassurotlar qoldiradi. Qadimgi me’morchilik yodgorliklari o‘zining ulug‘vorligi, sirli yerosti galereyalari, g‘orlari, qadimiy xarobalar, shuningdek, zamonaviy shaharlar va kichik aholi punktlarining hayratlanarli darajada rang-barang ko‘chalari bilan lol qoldiradi. Turkiyada juda ko‘p noyob joylar mavjud. Serial va kinofilmlarning ayrim sahnalari uchun shu kabi joylar va manzaralar tanlanadi.
Antaliya qirg‘og‘ida, shahar markazidan 8 km uzoqlikda, dengizga quyiladigan dunyodagi eng baland sharshara — Quyi Dyuden sharshara bor. Sharsharaning balandligi taxminan 50 metrni tashkil qiladi.
Kemer kurort shahridan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda olovli Yanartosh tog‘i bor. Bu yerda olovli lavalar yer ostidan chiqib, g‘alati manzarani yaratgan. Qadim zamonlarda olov kemalar uchun mayoq bo‘lib xizmat qilgan, ularning yo‘lini yoritgan va kema halokatidan qochishga yordam bergan. Bu olov hech qachon o‘chmaydi, uni o‘chirishga urinishlar muvaffaqiyatsiz bo‘lgan, olov har safar yangi kuch bilan alangalanadi.
Turkiyaning eng chiroyli sharsharalardan biri Kursunlu sharsharasining (uning nomi turkchada “qo‘rg‘oshin” degan ma’noni anglatadi) oqimlari 18 m balandlikdan tushadi.
Nuh payg‘ambarning kemasi aynan Ararat tog‘iga to‘xtaganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Turli mamlakatlarga tanilgan ulug‘vor Ararat tog‘i Turkiyaning eng sharqiy qismida joylashgan.
Qadimda Kichik Olimp deb atalgan Uludag‘ tog‘ida afsonalarga ko‘ra, Troya jangi tomosha qilingan. Hozir bu yerda Turkiyadagi eng katta chang‘i kurorti mavjud.
Qiziqarli landshafti bilan mashhur bo‘lgan Kapadokiyaning go‘zal joylari, yerosti shaharlari miloddan avvalgi 1-ming yillikda yaratilgan. Aynan shu yerda “Sevgi taktikasi” filmi hamda “Mariya va Mustafo” teleserialidan unutilmas manzarali kadrlar suratga olingan.
Bosfor bo‘g‘ozining go‘zal manzarali joylarida ko‘plab turk seriallari suratga olingan.
Turkiyani go‘zal, g‘ayrioddiy, qiziqarli joylar xazinasi deb atash mumkin. Teleseriallar ijodkorlari Turkiyaning go‘zal joylari — tabiiy landshaftlarning, zamonaviy shaharlarning va tarixiy me’moriy inshootlarning maftunkor go‘zalligini suratga olish ham seriallarning qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi deb o‘ylaydi.
“Qulupnay lazzati”
Ushbu serialdagi otishma manzarasi Istanbuldan tashqari Turk Rivierasi deb ataladigan Bodrum kurort shahrida ham suratga olingan. Rejissorlar tomoshabinlarga Egey dengizi sohilining ajoyib manzaralarini, dengizning moviy kengliklarini, qulay plyajlar va hashamatli mehmonxonalarni namoyish etdi.
“Beqaror”
Bu serial Mardin va uning atrofida suratga olingan. Shahar o‘zining arab uslubidagi me’morchiligi va toshloq joylashuvi bilan mashhur.
“Elchining qizi”
Serialni suratga olish ishlari Egey dengizi sohilida bo‘lib o‘tgan. Bundan tashqari, serialda Chernogoriyadagi shahar ko‘chalarining kadrlari ham bor, chunki undagi voqealar Nare qizi bilan yashagan ushbu mamlakatda sodir bo‘ladi. Ammo ushbu sahnalar Bodrum va Mug‘lada suratga olingan. Serialni ko‘rish davomida ushbu hududlarning an’analari va madaniyati, rang-barang qishloq manzaralari, dengiz qirg‘og‘i, shaharning sokin ko‘chalari bilan tanishish, shuningdek, go‘zal tabiat manzaralari va diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish mumkin.
“Erta kelgan qush”
Serial Istanbulda va Riva qishlog‘ida suratga olingan, u yer kichik ko‘rfaz va orollar ko‘p bo‘lgan qirg‘oqda joylashgan. Riva daryosining qirg‘oq bo‘yida shinam qahvaxonalar va restoranlar ochilgan.
“To‘linoy”
“To‘lin oy” seriali Istanbulning elitali hududi — Kalamisda va shaharning Osiyo tomonidagi Kadiko‘yda suratga olingan. Bu yerda 1000 dan ortiq yaxta mavjud.
“Sizdan go‘zalroq”
Serialning suratga olish ishlari Gaziantepda bo‘lib o‘tgan, keyin esa Istanbulga ko‘chirilgan. Gaziantep o‘zining tabiiy diqqatga sazovor joylari va noyob me’moriy yodgorliklari bilan mashhur. Bu yerda Rim mozaikasining eng yirik muzeylaridan biri ochilgan. Katta maydondagi uzumzorlar va zaytun bog‘lari mavjud.
“Orol haqida ertak”
Serial orol va materikning ikki xil joyida suratga olingan. Ba’zi kadrlar Shimoliy Sporades orollari guruhiga kiruvchi Alonissos orolidagi Gretsiyaning Tesaliya mintaqasida suratga olingan. Asosiy voqealar Izmir viloyatidagi dengiz qirg‘og‘idagi kichik shaharcha — Sigajikda bo‘lib o‘tadi. Shahardan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Poyraz Xazironni mahalliy diqqatga sazovor joylar bilan tanishtirgan qadimiy Teos shahri joylashgan.
“Atirgul haqida ertak”
Serial gul yog‘i va gilamlari bilan mashhur bo‘lgan go‘zal Isparta shahrida suratga olingan.
Oxirgi, 5-qismda qadimgi Sagalassos shahrining ajoyib suratlari mavjud bo‘lib, uning birinchi binolari miloddan avvalgi 8000 yillarda paydo bo‘lgan. Saqlanib qolgan vayronalarning aksariyati Rim imperiyasi davriga to‘g‘ri keladi. Bu yerda balandligi 9 metr, kengligi 4 metr va uzunligi 28 metr bo‘lgan Rim vannalari, teatr, kutubxona va mashhur Entoni favvorasi (to‘liq tiklangan va hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan) xarobalari joylashgan. Suv strukturaning o‘rtasiga 4,5 metr balandlikdan tushadi. | 62 | 5,341 |
Madaniyat | Turkiyada “Qora niyat” seriali aktrisasi hibsga olindi | “Qora niyat” serialida Lila rolini ijro qilgan aktrisa Ayshegul Chinar politsiya xodimlari tomonidan qamoqqa olindi. Bu haqda Haberturk ma’lum qildi, deb yozadi “Kinoteka”.
Qayd qilinishicha, Istanbulning Beylikduzu tumanida do‘stlari bilan hordiq chiqargan aktrisa uyda qaytayotganida politsiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Tintuv vaqtida Ayshegulning mashinasidan narkotik moddalar topilgan. Qamoqqa olingan Chinar ko‘rsatmasida bular unga tegishli emasligi, hech qachon narkotik moddalardan foydalanmaganini ta’kidlagan. “Ushbu tuzoq holi joyimga qo‘ymayotgan sobiq yigitim tomonidan uyushtirilgan”, — degan Chinar.
Ma’lumot uchun, 1999-yilda Antaliyada dunyoga kelgan Ayshegul Mujdat Gezen nomli san’at markazining teatr bo‘limini tamomlagan.
Avvalroq mazkur serialda Yildiz Yilmaz rolini ijro qilgan Eda Ejening koronavirusni yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi. | 54 | 879 |
Madaniyat | Nukusda Xalqaro baxshichilik festivali boshlandi | Ayni paytda II Xalqaro baxshichilik san`ati festivalining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ma`lum qildi.
Bayroqdorlar chiqishidan so`ng Bosh vazirning 1-o`rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tabrik so`zlarini o`qib eshittirdi.
Tadbirda 260 dan ortiq turli davlatlar va xalqaro tashkilotlargan kelgan mehmonlar, mahalliy tomoshabinlar va OAV vakillari ishtirok etishmoqda.
Bugungi konsert dasturida 22 davlatdan kelgan 40 dan ortiq ishtirokchilarning chiqishlari kutilmoqda.
Tadbir davom etmoqda. | 48 | 630 |
Madaniyat | Maksim Galkin Toshkentdagi konsertida o‘zbekcha gapirdi | Rossiyalik shoumen va parodiya ustasi Maksim Galkin 5-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Istiqlol” san’at saroyida o‘z konsert dasturini o‘tkazdi.
Podrobno.uz’ning yozishicha, Maksim Galkin o‘zining Instagram’dagi sahifasida Toshkentdagi konsert yaxshi o‘tganini, sahna ajoyib bo‘lganini va hatto konsertdan oldin unga o‘zbek to‘ni kiydirilganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, u o‘zbek tilini o‘rgangani va konsert davomida o‘zbekcha gapirganini aytgan. | 55 | 455 |
Madaniyat | Toshkentda 80-yillar yulduzlari konsertiga va’da qilingan xonandalarni olib kelmagan tashkilotchi jazolandi | O‘zbekistonda 80-yillar yulduzlari ishtirokidagi “Legendarniy xit-parad” nomli konsert dasturi tashkillashtirilishi ishi yuzasidan hukm e'lon qilindi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiyasi konsert tashkilotchisi bo‘lgan Meridian Music MChJni qasddan yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybdor deb topdi.
Tashkilotchiga iste’molchilar tomonidan chipta xarid qilish uchun sarflangan pullarni qaytarish va konsert haqida reklama joylashtirilgan nashrlarda ushbu holat yuzasidan raddiya chop etish majburiyati yuklandi.
Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 80-yillar yulduzlari ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konsertda faqatgina o‘zbek estradasi vakillari ishtirok etgani xabar berilgan edi. Shouda ishtirok etishi e’lon qilingan Boney-M, Ottawan, “Kombinatsiya” guruhlari, Natalya Gulkina, Alisa Mondan faqatgina Boney-M guruhining bir a’zosi sahnaga chiqqan. | 107 | 1,178 |
Madaniyat | Rossiyalik mashhurlar Ice Kefir Challenge fleshmobida kefirda cho‘milmoqda | Rossiyalik bir qator taniqli shaxslar Ice Kefir Challenge deb nomlangan fleshmobda ishtirok etishni boshladi, deb xabar bermoqda “Tjournal.ru”.
Fleshmob ishtirokchilari o‘z ustida kefir quyib, buni suratga tushirishi va estafeta topshiriladigan keyingi uch kishining nomini aytishi zarur. Bu bilan tashkilotchilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga bepul ozuqa taklif etuvchi “Sutli oshxona” ijtimoiy dasturiga e’tibor qaratishni rejalashtirayotgani aytilgan.
Hozirgacha aksiyada xonanda Aleksey Vorobyov, komediya artisti Yelena Vorobey, aktrisa Anastasiya Denisova, “StarXit” jurnali vakilalari va balerina Anastasiya Volochkova qatnashgan. Tegishli suratlar ostiga qoldirilgan izohlarda bu 1-aprel hazili ekanligi haqidagi taxmin ilgari surilgan, biroq bu boradagi dastlabki fotosurat 29-mart kuni chop etilgan.
Aksiya nomi va o‘tkazilish tartibi 2014-yilda ommalashib ketgan Ice Bucket Challenge fleshmobidan olingan. O‘shanda jahon darajasidagi yulduzlar va oddiy internet foydalanuvchilari o‘z ustilaridan sovuq suv quyib, xayriyadan tushadigan mablag‘ amiotrofik skleroz kasalligiga chalinganlarga sarflanishi aytilgan edi. | 74 | 1,128 |
Madaniyat | "Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi xalqaro festivalda taqdirlandi | “O`zbekkino” MA buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan "Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi (rej. Yolqin To`ychiev) VI Xalqaro Osiyo kinofestivali (Asian world film festival)da "The snow leopard award" mukofotiga sazovor bo`ldi. Bu haqda agentlikning Axborot xizmati ma`lum qildi
2014 yildan buyon Los-Andjelesda o`tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro kinofestivalda Osiyo mintaqasining 50 mamlakatidan turli janrdagi filmlar saralab olinadi.
Mazkur kinofestival Osiyo va Gollivud kino sanoati o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. | 69 | 583 |
Madaniyat | “Ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelsin”. Lola xonandalarga litsenziya beruvchi komissiya faoliyatini ko‘rsatuvchi klip ishladi (video) | Xonanda Lola “Sevgingni menga ayt” deb nomlangan taronasiga ishlangan ikkinchi klipini taqdim etdi. Ushbu klipda xonandalarga litsenziya beruvchi komissiya faoliyati o‘ziga xos ravishda ochib berilgan.
Klipda Lola litsenziya olish uchun “Sevgingni menga ayt” qo‘shig‘ini komissiyaning ikki nafar a’zosi oldida sahnada ijro etadi. Xonanda “O‘zbekkonsert” litsenziyasini olib qo‘yib, ikki kundan keyin qaytarib bergan Jahongir Otajonovni ham eslab o‘tgan. Uning “Qaddi baland” taronasi yangraganida komissiya a’zolari qo‘shiqni o‘chirishni so‘raydi. Lola qo‘shiq aytayotganida komissiya a’zolari xonandani to‘xtatib, uning libosi milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmasligi, shlyapa kiyib olgani ularga yoqmaganini, shuningdek, sahnada Lolaning yonida ikki qiz o‘rniga sozandalar bo‘lsa yaxshiroq bo‘lishini aytadi.
Lola shlyapa o‘rniga cho‘girma kiyib chiqadi, shu payt sahnaga “jinoyatga moyil bo‘lgan” ayollar chiqib keladi. Ularning toifasi birma-bir o‘qib eshittiriladi, “Ma’naviy ko‘makka muhtoj ayollar” deyilganida Lola “men” deydi va boshqa qolgan ayollar bilan sahnadan chiqib ketadi.
Klipda, shuningdek, Lolaning Instagram’dagi kuzatuvchisi ham ishtirok etadi. U xonandaga qarab “Sizning tomingiz ketganmi? Yoki Maruvga taqlid qilyapsizmi?” deb so‘raydi. Videoda soqolli erkaklar ham ko‘rinish bergan.
Klip oxirida badiiy komissiya a’zosi Lolaga litsenziya berilgani haqidagi hujjatni imzolaydi, qo‘shiq esa “O‘zbek shou-biznesiga omad, cho‘ntakka daromad” so‘zlari bilan yakunlanadi. Xonanda bu bilan litsenziyani sotib olish mumkinligiga ishora qilgan bo‘lishi mumkin.
Lola o‘z faoliyatida bir necha marotaba byurokratik to‘siqlarga duch kelgan. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 2015-yilda “o‘ta ochiq sahna liboslari uchun” uning litsenziyasini bekor qilgan edi. Lola “O‘zbeknavo”ga litsenziyasini qaytarib berishni so‘rab murojaat qilgan, bir necha davlat tadbirlarida ishtirok etgan edi. Birlashma tomonidan uning litsenziyasi 2015-yilning dekabrida qaytarib berilgan.
2017-yilning fevral oyida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tugatilgach, uning o‘rniga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etildi. Ushbu muassasa xonandalarning ijodi, o‘zini tutishi, kiyinishi milliy mentalitetga, o‘zbekona urf-odatlarga mos kelishini nazorat qiladi.
Avvalroq, Lola Instagram’dagi sahifasida “Kelin ham odam!?” deb nomlangan post qoldirgan edi. Ushbu postda xonanda o‘zbek oilalarida kelinlarning qanday qiyinchiliklarga duch kelishi haqida o‘z misolida ma’lumot berib, ayollarni o‘zini hurmat qilishga chaqirgan edi.
“Faqat tushlarimda o‘zimni baxtli his etardim”. Lola sobiq turmush o‘rtog‘i bilan yashagan davridagi qiyinchiliklar haqida gapirdi | 128 | 2,657 |
Madaniyat | Serdar O‘rtach Toshkentga keldi. U “Istiqlol”da jonli ijroda konsert beradi | Turk estrada yulduzi Serdar O‘rtach 25-sentabrga o‘tar kechasi Toshkentga yetib keldi. Xonandani uning Toshkentdagi konserti tashkilotchilari va jurnalistlar kutib olgan.
Avval xabar berilganidek, turkiyalik xonanda 25—26-sentabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida konsert beradi. Mazkur dastur davomida O‘rtach “Qo‘shiq” nomli o‘zbekcha taronani kuylashi ham rejalashtirilgan.
Turk estrada yulduzi Serdar O‘rtach o‘zbek tilida “Qo‘shiq” deb nomlangan taronani kuylaydi
Konsert prodyuseri Sa’dulla Abdullayevning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, Serdar O‘rtach konsertda qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylaydi.
Konsertda Serdar O‘rtach jonli kuylaydi. Sozandalari ko‘pligi, ularning yo‘l xarajatlari katta mablag‘ talab qilgani bois, xonanda barcha sozandalarni ham o‘zi bilan olib kela olmadi. Shu sabab konsert musiqasi fonogramma asosida, qo‘shiqlari esa jonli bo‘ladi.
Serdar O‘rtach birinchi marta bundan 11 yil avval — 1996-yili “Istiqlol” san’at saroyida konsert bergan edi. Keyinchalik biz uni yana olib kelmoqchi bo‘ldik, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra bu rejalar amalga oshmadi. Mana, 25—26-sentabrga bu nasib qilgan ekan.
Sa’dulla Abdullayev, konsert prodyuseri va rejissori
Xabar berishlaricha, Serdar O‘rtach konsertining chiptalari 40 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotuvga chiqarilgan.
Uzoq tanaffusdan so‘ng Obid Asomov “Istiqlol” san’at saroyida chiqish qiladi | 75 | 1,403 |
Madaniyat | “Xafa bo‘lish yo‘q” boshlovchisi ko‘rsatuv sabab unga tahdidlar bo‘layotgani haqida gapirib berdi (video) | “Xafa bo‘lish yo‘q” ko‘rsatuvi boshlovchisi Abror Baxtiyorovich “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Abror Baxtiyorovich ko‘rsatuv sabab unga bo‘lgan eng so‘nggi tahdidlardan biri haqida gapirib berdi.
Ko‘rsatuvimiz har hafta efirga ketadi. Bir yilda 52 hafta bo‘lsa, biz ikki yil to‘xtamasdan, mana uchinchi yil ham ishlayapmiz. 120 ga yaqin soni namoyish etilgan. Har bitta soni har kimga har xil ta’sir qiladi.
Hammaga birdek yoqishning imkoni yo‘q. Masalan, bitta zo‘r asarni oling, kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi. Betxoven yomon kompozitormi? Bax yomon kompozitormi? Bularni butun dunyo tan olgan? Lekin yoshlar buni eshitmaydi? Hamma har xil.
Masalan, men kimgadir yoqaman, kimgadir yoqmayman. Kimgadir qiladigan ishlarim yoqmaydi, kimgadir ko‘rinishim yoqmasligi mumkin, kimgadir gapirishim, turmush tarzim, kiyinishim, sochim — xullas, hammaga yoqish qiyin.
Oxirgi tahdidlardan biriga bitta lavha sabab bo‘lgan. O‘sha epizodda aktyorimiz nochor va kambag‘al obrazida bo‘lgan, unga qayerdansan, deb so‘ralganida qashqadaryolikman, deb javob beradi.
O‘shanda qashqadaryolik bolalar menga tahdid qilishgan. Hammasiga aytdim: “Birinchidan, qo‘lingdan kelganini qil! Ikkinchidan, qashqadaryolikman deb aytgan bo‘lsa menga nima deysizlar? Uchinchidan, men unga unaqa degin, bunaqa degin deb aytmaganman”.
Umuman olganda, mening Qashqadaryoda mard, bir so‘zli do‘stlarim, tanishlarim, kursdoshlarim bor. Qashqadaryoliklarni hurmat qilaman. Ularning xarakteri boshqacha. Men ularga tushuntirganimdan keyin “O‘sha aktyor bolaning nomerini bering” deyishadi. Endi uyog‘iga uzr!
Abror Baxtiyorovich, “Xafa bo‘lish yo‘q” ko‘rsatuvi boshlovchisi | 105 | 1,740 |
Madaniyat | Shveysariyada “Yulduzlar jangi”ning yangi qismiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi | “Men sening otangman” nomli ko‘rgazma Shveysariyaning Iverdon shahrida “Yulduzlar jangi: So‘nggi jedaylar” taqdimoti arafasida ochildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Xabar berilishicha, “O‘zgalar uyi” nomli fantastika va utopiya muzeyiga tashrif buyuruvchilar boshi filmdagi har bir qahramonning yuzi bilan almashtirilgan Luvr muzeyidagi marmar haykallarning suratlarini tomosha qilishi mumkin. | 81 | 394 |
Madaniyat | Mashhur aktyorlarning filmlarda talaffuz qilgan har bir so‘zi qanchaga tushishi hisoblab chiqildi | Mutaxassislar tomonidan aktyorlarning faoliyati davomida barcha rollarida aytilgan so‘zlarning qiymati hisoblab chiqildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ushbu ma’lumotlar asosida “har bir so‘zning bahosi” reytingi tuzilib, ular yulduzlarning gonorari bilan taqqoslandi.
Reytingning yuqori pog‘onasidan joy olgan eng qimmat so‘zlar egasi Tom Kruz bo‘lib, bitta so‘zi bahosi 7091 dollarni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rin Kurt Rassel – 5882 dollar, uchinchi o‘rinni esa Jonni Depp – 4877 dollar bilan egalladi.
Shu tariqa reytingdan Denzel Vashington – 4581 dollar, Leonardo Di Kaprio – 4326 dollar, Bryus Uillis – 4080 dollar, Kianu Rivz – 3643 dollar, Arnold Shvarsenegger – 3447 dollar, Tom Xenks – 3150 dollar hamda Bred Pitt – 3058 dollar joy oldi.
Ayollar reytingida birinchi o‘rin har bir so‘zi 4637 dollarlik Kameron Diasga nasib etdi. Uning ortidan Kortni Koks – 3528 dollar, Jodi Fosterning so‘zi 3265 dollarga baholangani ma’lum qilindi.
Shuningdek, Juliya Roberts bir so‘z uchun 2415 dollar, Xolli Berri – 2405 dollar, Nikol Kidman – 2308 dollar, Niv Kempbell – 2010 dollar, Jennifer Lourens – 1869 dollar, Sigurni Uiver – 1402 dollar va Jennifer Lopes – 1192 dollar olishi ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, personajlarning ham “eng qimmat so‘zi” o‘rganib chiqildi. Bunga “Harbiy” filmidagi Todd rolini ijro etgan Kurt Rassellning har bir so‘zi 36855 dollarga loyiq deb topildi. Undan so‘ng “Titanlar janggi” filmida Zevs rolida o‘ynagan Liam Nison – 35211 dollar, “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” filmida Jonni Depp har bir so‘ziga 34037 dollar miqdorida pul olgan.
Ayollar o‘rtasidai reytingda birinchi o‘rinni “Oushenning 11 do‘sti” filmida Tress Oushen obrazini qoyilmaqom qilib ijro etga Julia Roberts – 14599 dollar, ikkinchi o‘rinda ham “Oushenning 12 do‘sti” filmida Julia har bir so‘zi uchun 12315 dollarni qo‘lga kiritgan. Uchinchi o‘rinni “Qichqiriq-4” filmida Kortni Koks qahramonida namoyon bo‘lgan Geyl Uezers har bir so‘zi uchun 11094 dollar olishga muvaffaq bo‘ldi.
Gollivud yulduzlarining faoliyati davomida olgan eng qimmat gonorarlari | 97 | 2,070 |
Madaniyat | Fotogalereya: Maxsus effektlarsiz olingan kino sahnalari | Turli filmlarda maxsus effektlar kompyuterlarda yaratiladi. Biroq ba’zi maxsus sahnalarni suratga olishda kompyuterning yordamidan voz kechiladi. AdMe ana shunday maxsus sahnalardan iborat jamlanmani taqdim etdi. | 56 | 212 |
Madaniyat | Toshkentda “Novda” badiiy filmining ko‘rigi va muhokamasi bo‘lib o‘tdi | 26-dekabr kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi badiiy kengashning navbatdagi majlisida agentlik buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olingan “Novda” badiiy filmining ko‘rigi va muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligining rasmiy saytida xabar berildi.
Badiiy kengash a’zolari film professional darajada tasvirga olinganini qayd etib, rejissura, operatorlik ishi va unga bastalangan musiqaga yaxshi baho berdi hamda unda rol o‘ynagan barcha yoshdagi aktyorlarning ijro mahoratini e’tirof etdi. Ushbu filmning ayrim epizodlarini yanada boyitish maqsadida o‘zgartirishlar kiritish tavsiya etildi.
O‘ziga xos yumor bilan yo‘g‘rilgan filmda (ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Zulfiqor Musoqov) bir oila misolida turli avlodga mansub kishilarning taqdiri, o‘zaro munosabatlari haqida hikoya qilinadi.
“Novda” badiiy filmining bolalar qishki ta’tili paytida katta ekranga chiqishi kutilmoqda.
Kengash a’zolari O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida tasvirga olingan “Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining navbatdagi to‘plamini ham muhokama etib, qabul qildi.
Bundan tashqari, badiiy kengashda rejissyor Shuhrat Mahmudovning “Sotuvga qo‘yilgan odamlar” (LONA studiyasi), rejissyor Nozim Abbosovning “Darg‘a” (YoTIU “5-studiya”), O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi taqdim etgan “Girdob” va “Qadriyatlar qadrlangan yurt” hujjatli filmlari muhokama qilinib, ularni katta ekranga chiqarishdan oldin ayrim juz’iy kamchiliklarini tuzatish tavsiya etildi. | 70 | 1,559 |
Madaniyat | Born haqidagi filmlar rejissori Breyvik haqida kino oladi | Agent Jeyson Born haqidagi filmlari bilan mashhur rejissor Pol Gringrass norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik haqida kino suratga tushiradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ushbu kartinani yaratish huquqi uchun kurashni Netflix onlayn-servisi yutib oldi.
Breyvik ommaviy qotillik tufayli 21 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2011-yil 22-iyul kuni u multikulturalizm va islom tajovuziga e’tiroz sifatida 77 kishini o‘ldirdi.
Breyvik haqidagi film syomkalari Norvegiyada bo‘lib o‘tadi, ularda mahalliy aktyorlar ishtirok etadi. Kartina budjeti 20 million dollarni tashkil etadi.
Gringrassa “Born ultimatumi” va “Born ustunligi” filmlarini suratga olgan. | 57 | 661 |
Madaniyat | “Ilm daraxti” filmini suratga olish ishlari boshlandi | Har qanday ulug` maqsadga etishish ortida katta mehnat, tinimsiz izlanishlar hamda iste`dod sarchashmalari yotadi. Biroz avval O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi YuNESKO ishlari bo`yicha Milliy komissiya boshchiligida “Koreya o`quv dasturlar telekompaniyasi” (EBS) mutaxassislari yurtimizning ko`hna shaharlari bo`lmish Samarqand va Buxoroda Islom madaniyatining rivojlanishiga oid “Ilm daraxti” nomli hujjatli film yaratishi borasida xabar berilgan edi. Endilikda mazkur loyihaning suratga olish ishlari boshlab yuborildi.
Koreya mutaxassislari hamkorligi bilan birgalikda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti jamoasi, postanovkachi rejissyor va operator Iqbol Meliqo`ziev boshchiligida filmning ilk suratga olish ishlari qadimiy Xitoy darvozasi, ko`hna Buxoroning madaniyat maskanlari, muqaddas tarixiy qadamjolar, qadimiy Afrosiyob tepaligi hamda afsonaviy Registon maydonida amalga oshirildi. Katta ishchi guruh zamonaviy kinotexnika jihozlari, jahon standartlariga mos yuqori sifatli moslamalardan foydalangan holda original film kadrlarini ishlashga chuqur mas`uliyat bilan yondashmoqdalar. Shuningdek, Samarqand qog`ozining yaratilish jarayoni, xomashyo yig`indisi, ishchilar mehnati ham yorqin kadrlarda aks ettirildi.
Bir so`z bilan aytganda “Ilm daraxti” qisqa metrajli filmi orqali mustaqil O`zbekistonimizning ilm o`chog`i bo`lganligi, betakror zaminning tarixiy boyliklari, qimmatli madaniy merosi haqidagi qiziqarli ma`lumotlar keltiriladi. Hududlarning betakror tabiati, muhiti, aholining turmush tarzi ham ko`rsatiladi. | 53 | 1,567 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova deputatlar faoliyatini tanqid qildi va endi ularning qarshisiga chiqmoqchi | “Darakchi” muhbiri Aliya Sulaymanova O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan suhbatlashdi. Intervyuda san`atkorning shaxsiy hayoti, o`zbek san`atining bugungi holat va bugungi siyosiy jarayonlar ham so`z bordi..
— Bugun esa va`dani berib, ko`zlagan maqsadiga erishguncha bir qop un bilan aldaganlarni eshityapman. Qopdagi un tugaydi, odamlarning muammosi-chi? Uni kim hal qiladi?
Bugungi kundagi san`atkor deputatlarga kelsak, aslida, san`atkorni bu jarayonda bir ko`prik sifatida ko`raman. Chunki ular xalq va siyosat o`rtasida bog`lovchi bir vosita. Deputat bu o`yin yoki qo`g`irchoq emas! Deputat bo`ldingmi, ishlash kerak! Xalqni dardi bilan yashasin! Chunki bugunning odamlari hamma narsani tosh-tarozusini yaxshi tushunib olgan. Bugun ovoz bergan nomzodidan ertaga albatta natija kutadi. Men ham xalq vakiliman. Endilikda men ham xalqimning yonida tengma-teng turib deputatlarning gaplariga javob so`rab olaman. Bergan va`dalarini amalda bajarishini albatta talab qilaman! “2.5 mln.ga oila boqsa bo`ladi, go`shtni ko`p emang!” degan gaplar endi o`tmaydi. Deputat bu — yangi qonun chiqsa, uni qo`llab-quvvatlab qarsaklar bilan kutib oluvchi “funksiya”ni bajarmaydi! Ularxalqning manfatini ustun qo`yib ishlashi shart! Kerak bo`lsa, Senat vakillari bilan talashib tortishsin! Yurtboshimiz ta`kidlagandek, deputatni xalq saylaydi va endi ulardan talab qilamiz.
MA`LUMOT O`RNIDA:
O`zbekiston xalq artisti bilan bo`lgan suhbatni to`liqligicha "Darakchi" gazetasining 2020-yil 1-sonida o`qishingiz mumkin. | 90 | 1,515 |
Madaniyat | “Men uchun bu ilohiy mavzu”. Rejissor Zulfiqor Musoqov Ikkinchi jahon urushi haqida film suratga olmoqda | Rejissor Zulfiqor Musoqov Ikkinchi jahon urushi haqida “Berlin — Oqqo‘rg‘on” deb nomlangan film suratga oladi. Bu haqda rejissor jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Filmning nomi oddiy. Bo‘lajak filmda sodir bo‘ladigan voqealar Berlin va bolaligim o‘tgan Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on qishlog‘ida bo‘lib o‘tgani uchun “Berlin — Oqqo‘rg‘on” deb nomlangan.
Gap shundaki, ota-onam oqqo‘rg‘onlik, rahmatli dadam Jaloliddin aka, tog‘am Alimqul aka, amakilarim, buvilarim o‘sha yerda yashagan. Garchi ikki oylik chaqaloqligimdan Toshkentning “Ko‘rasaroy” ko‘chasida o‘sgan bo‘lsam ham, har yoz faslida onam meni yozgi ta’tilda enamnikiga yuborar edi.
Ikkita amakim urushda qatnashib, ko‘kraklari to‘la ordenlar bilan g‘alaba qilib qaytgan. Enamning sinfdoshlaridan (16 ta yosh, kuchga to‘lgan yigitlar) birontasi uyga qaytib kelmagan.
Bu mavzuga bevosita ikkinchi marta murojaat qilishim. Men uchun bu mavzu — ilohiy mavzu, chunki aynan o‘sha urushda 375 ming vatandoshimizning nobud bo‘lgan hayoti tufayli, bir milliondan ortiq nogiron, ko‘r, cho‘loq bo‘lgan avliyo odamlar tufayli biz hozir yashab kelyapmiz.
Yana bir sabab, afsuski, ko‘pgina yoshlarimiz urush haqida umuman bilimlari yo‘q yoki bo‘lsa ham, juda sayoz.
Film ssenariysini o‘zim yozganman, hozirda aktyorlar tanlovi boshlandi. Jamoam har galgidek o‘sha–o‘sha, tarkibi o‘zgarmagan, ular — operator Azizbek Arziqulov, direktorim Nasrulloxon Sa’dullayev, yordamchilarim Muzaffar Shodiyev hamda Jamshid Tulaganov.
Suratga olish ishlari Berlin, Oqqo‘rg‘on, Moskva, London shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Tasvirga olish ishlarini kuzda boshlab, yangi yilgacha tugatish niyatidamiz.
Zulfiqor Musoqov, rejissor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi | 104 | 1,733 |
Madaniyat | Taniqli aktyor Mirolim Qilichev uylandi (video) | O‘zbek milliy akademik drama teatri ijodkori, “Shuhrat” medali sohibi, teatr va kino olamida samarali mehnat qilib kelayotgan mahoratli aktyor Mirolim Qilichev uylandi. Aktyorning to‘yi u tug‘ilib o‘sgan Buxoroda bo‘lib o‘tdi. Tantanali kechada ko‘plab taniqli aktyor va aktrisalar, xonandalar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Mirolim Qilichev “Umid”, “Hayotim orzusi”, “Jasur”, “Balli, Kamoliddin” kabi filmlardagi obrazlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan. | 47 | 460 |
Madaniyat | «O`zbekkonsert» yosh iste`dodlarga bir yil muddatgacha bepul lisenziya beradi | «O`zbekkonsert» davlat muassasasi yosh iste`dodlarga bir qator imtiyozlar beradi. Bu haqda yosh iste`dod egalari bilan ijodiy uchrashuvda muassasa rahbari Odilbek Abduqahhorov xabar bergan.
Jumladan qo`shiqchilik sohasida iste`dodini namoyish etmoqchi bo`lgan yoshlar o`z faoliyatlarini boshlab olishlari uchun ularga bir yil muddatgacha bepul lisenziya beriladi, iste`dodli talabalar va haqiqiy ovoz egalari uchun respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan «O`zbekkonsert»ga tegishli ovoz yozish studiyalari xizmatlaridan haftaning har seshanba va juma kunlari soat 9:00dan 18:00ga qadar bepul tarzda foydalanishlari mumkin bo`ladi.
Bundan tashqari jamiyatda faollik ko`rsatayotgan iste`dod egalarining san`at va madaniyat oid oliy o`quv yurtlariga o`qishga kirishlari uchun Madaniyat vazirligi bilan birgalikda tavsiyanomalar beriladi.
Ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga muhtoj iste`dod egalarini Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda uy-joy bilan ta`minlash yuzasidan tavsiyanomalar beriladi;
Yosh iste`dodlarni kashf qilish borasida o`tkaziladigan turli tanlovlarda g`olib bo`lgan yoshlarga 5 milliondan 20 million so`mgacha miqdorda moddiy rag`batlantirish yo`lga qo`yiladi.
«Milliy» telekanali bilan hamkorlikda yurtimizda ilk bor «Asian Top Band» xalqaro musiqiy loyihasi doirasida kasting va saralash bosqichlari o`tkaziladi. Loyihada g`olib bo`lganlar 50 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofotiga ega bo`lishadi. | 77 | 1,427 |
Madaniyat | Bir vaqtlar Gollivud undan yuz o‘girgan bo‘lsa-da, kinoga katta muvaffaqiyat bilan qaytgan aktyor Brendan Freyzer hikoyasi (foto) | 2000-yillarning boshlarida Brendan Freyzer Gollivudning eng istiqbolli aktyorlaridan biri hisoblanardi. Hammamiz u ijrosidagi “Junglidan kelgan Jorj” komediyasidagi kelishgan yovvoyi yigitni va “Mo‘miyo” blokbasteridagi jasur Rik O’Konnellini juda yaxshi eslaymiz. Lekin keyinchalik to‘satdan aktyor katta ekranlarda ko‘rinmay qoldi. Bugun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bir paytlar mashhur bo‘lgan Freyzer bilan nima sodir bo‘lgani haqida qiziqmoqda. Shu sababli AdMe nashrining sevimli aktyorning hayoti va ijodi haqidagi maqolasini tarjima tariqasida taqdim qilamiz.
Brendan Jeyms Freyzer AQShda tug‘ilgan. Onasi savdo bo‘yicha maslahatchi, otasi esa tashqi ishlar xizmati xodimi bo‘lgan. Brendan 1990-yilda Kornish san’at kollejini tamomlagach, Gollivudga ko‘chib o‘tadi. Aktyorlik karyerasini boshlashdan oldin u turli ishlarda, shu jumladan, univermagda jonglyor bo‘lib ishlaydi.
Freyzer asosiy rolni o‘ynagan birinchi film “Muzlagan kaliforniyaliklar” bo‘lib, bu film 90-yillarda Los-Anjelesda muzdan erigan neandertalning sarguzashtlari haqida edi. Ko‘pgina tanqidchilar komediyani ahmoqona deb hisoblashgan, film reytingi ham shunga yarasha past bo‘lgan. Shundan keyin Freyzer “Maktab rishtalari”, “Kallavaramlar” va “Qorong‘i tushdan keyin” kabi unchalik mashhur bo‘lmagan filmlarda bir nechta asosiy rollarni o‘ynaydi.
Haqiqiy shuhrat aktyorga 28 yoshida — 1997-yilda ekranlarga chiqqan “Junglidan kelgan Jorj” filmi orqali kelgan. Chakalakzorda katta bo‘lgan, liana poyalarida mohirlik bilan harakatlanadigan va gorillalar bilan do‘st bo‘lgan yovvoyi yigitning sarguzashtlari haqidagi bu film butun dunyo tomoshabinlarini o‘ziga jalb qilib, kassada 174 million dollar yig‘adi.
Ushbu filmning suratga olish ishlari boshlanishi bilan Brendan maxsus diyetaga amal qila boshlagan va olti oy davomida har kuni sport bilan shug‘ullangan. Aktyor filmdagi xavfli sahnalarni o‘zi ijro etgan: “Bir marta meni 18 metr balandlikka ko‘tarishgan, undan 48 km/soat tezlikda tushishim kerak edi, ammo bu jarohatlarsiz bo‘lmagan”, — deb eslaydi aktyor.
Ko‘pchilik Brendanni “O‘tmishdan portlash” komediyasi orqali yaxshi eslaydi, mazkur filmda aktyor yerto‘lada tug‘ilib o‘sgan va 35 yoshidagina ko‘chaga chiqqan inson rolini o‘ynagan. Garchi kartina tanqidchilardan turlicha baho olgan bo‘lsa-da, ko‘pchilikning sevimli filmiga aylangan. Shunga qaramay, Freyzerning aktyorlik qobiliyati bir necha bor e’tirof etilgan, masalan, “Xudolar va maxluqlar” filmi chiqqandan so‘ng, bir tanqidchi hatto: “Tan olinmagan aktyor, lekin ajoyib ijro” deb ta’kidlagan.
Brendan uchun eng omadli davr — 1999-yil bo‘lib, Stiven Sommers “Mo‘miyo” sarguzasht filmiga rejissorlik qilgan paytga to‘g‘ri keladi. Dastlab rol Tom Kruz, Bred Pitt va Ben Afflekka taklif qilingan, biroq rejissor va prodyuser “Junglidan kelgan Jorj” komediyasini ko‘rgach, Brendan Freyzerdan boshqa hech kim jasur sarguzashtchi Rik O’Konnell roliga tushmasligiga amin bo‘lishgan. Suratga olish ishlari qum bo‘ronlari, chidab bo‘lmas jazirama va zaharli ilonlar jamoaning ishiga to‘sqinlik qilgan Marokash va Sahroyi Kabirda bo‘lib o‘tadi.
Shunday qiyinchiliklarga qaramay kartina eng omadli kassabop filmga aylanadi va bugungi kunda ham u 90-yillarning asosiy blokbasteri hisoblanadi.
“Mo‘miyo” filmi chiqqandan so‘ng, darhol Brendan bosh rollarda o‘ynagan bir nechta filmlar paydo bo‘ladi. Ammo mehribon otliq politsiyachi haqidagi “Adolatli Dadli” komediyasi tanqidchilar noroziligiga sazovor bo‘lib, ijodkorlarga faqat zarar keltiradi.
2001-yil boshida “Maymun suyaklari” fantastik komediyasi ekranlarga chiqdi va u butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi: film 75 million dollarlik budjet bilan butun dunyo bo‘ylab 7 million dollar yig‘a oldi xolos.
2001yilda “Mo‘miyoning qaytishi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi, u tanqidchilar tomonidan turlicha baholandi, lekin yaxshigina kassa yig‘a oldi. Keyinchalik budjetini qoplay olmaydigan bir nechta filmlar chiqarildi va faqat tanqidlarga uchradi.
“Men o‘zimni Oruellning “Molxona” asaridagi hayvonlar fermasida ishlaydigan otdek his qilardim, uning hayoti ishlash, ishlash va ishlashdan iborat edi”, — deb eslaydi aktyor.
Shu orada aktyor ruhiyatiga ta’sir qilgan noxush voqea yuz berdi: Brendan qaysidir obro‘li kishiga yoqmay qoldi va Gollivuddagi karyerasi cheklana boshladi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u o‘sha paytda tushkunlikka tushib, kinoni tark etishga ham qaror qilgan.
Shu bilan birga, aktyorning oilaviy hayoti ham silliq kechmagan. U bo‘lajak rafiqasi, aktrisa Afton Smit bilan 1993-yilning yozida Vaynona Rayderning uyidagi barbekyuda tanishib qolgan. Ular 1998-yilda turmush qurishadi, 9 yillik turmushi davomida 3 o‘g‘il farzand — Griffin, Xolden va Lelandning ota-onasi bo‘lishadi. Bir intervyuda er-xotin to‘ng‘ich o‘g‘li Griffinga autizm tashxisi qo‘yilganini ham aytib o‘tgan.
2007-yilda Brendan va Afton ajralishga qaror qilishganini e’lon qilishdi. Hozirda farzandlar onasi bilan yashaydi, lekin aktyor bo‘sh vaqtini ular bilan o‘tkazadi.
2000-yillarning oxiriga kelib, aktyor muvaffaqiyatli kino karyerasini tiklagandek bo‘ldi. “Mo‘miyo: ajdaho imperatori maqbarasi” filmining suratga olish ishlari boshlandi. Film sujeti Brendanning qahramoni, rafiqasi va voyaga etgan o‘g‘li atrofida bo‘ladigan voqealarga asoslanadi.
Garchi film yaxshi daromad yig‘gan bo‘lsa-da, tanqidchilar va tomoshabinlar uni avvalgi ikki filmdek baholamadi. Bosh qahramon rolini o‘ynagan Reychel Vays o‘rnini boshqa aktrisa egalladi, suratga olish sahnasi Misrdan Xitoyga ko‘chdi, muhit keskin o‘zgarib ketdi va tomoshabinlarga umuman boshqa film namoyish etildi. Natijada 3-qism tugagandan so‘ng rejalashtirilgan 4-qism bekor qilindi va uning o‘rniga bosh rolni ijro etgan Tom Kruz bilan yangi versiya ustida ish boshlandi.
Oradan bir muncha vaqt o‘tgach, deyarli unutilayozgan aktyorni seriallardan birida rejissor Denni Boyl payqab qoladi va o‘zining “Ishonch” loyihasida ishtirok etishga taklif qiladi. Keyin Stiven Soderberg aktyorni “Qaltis harakatlarsiz” nomli trilleriga chaqiradi.
Shu kunlarda 52 yoshli Brendan Freyzer o‘ynagan bir nechta film premyeralari bo‘lishi rejalashtirilgan, “To‘lin oy qotillari” triller filmi ham shular jumlasidan. “Men Skorseze, Leonardo Di Kaprio va Robert De Niro bilan ishlamoqchiman, ammo bundan biroz xavotirdaman”, — deydi Freyzer yaqinda TikTok’da o‘tkazgan video intervyusida. Suhbatdosh ko‘p odamlar uni qo‘llab-quvvatlashini aytganida, aktyor bir oz to‘xtagan va uyalib ketgan.
Yaqinda yanada to‘lishib ketgan aktyorning omma oldida paydo bo‘lishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi: “Brendan Freyzer “Junglidan kelgan Jorji”dan keyin o‘ziga e’tibor bermay qo‘yibdi”, deb taxmin qilishdi Twitter foydalanuvchilari. Gap shundaki, hozirda rejissor Darren Aronofskiyning “Kit” deb nomlangan yangi filmi suratga olinmoqda, unda Brendan bosh rolni o‘ynaydi. Sujetga ko‘ra, uning vazni 272 kg bo‘lgan qahramonni 17 yoshli qizi bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qiladi.
Bugungi kunda Brendan Freyzerning yoshligidagi filmlarini eslaydigan muxlislar va tomoshabinlar aktyorni ijtimoiy tarmoqlarda har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, unga karyerasini tezroq tiklab olishini tilab qolishadi. | 129 | 7,170 |
Madaniyat | Vogue jurnali 2021-yilning eng did bilan kiyingan mashhurlarini e’lon qildi (foto) | Amerikaning mashhur Vogue jurnali yil davomida o‘ziga xos obraz bilan ko‘rinish bergan shou-biznes vakillari nomini e’lon qildi. Ro‘yxatdan yil davomida qizil yo‘laklarda porlagan, suratlari jurnal muqovalaridan tushmagan aktrisalar, model va xonandalar o‘rin olgan. “Qiyin davr ekaniga qaramay, Zendeya yana qizil yo‘lakda boshqalarni ortda qoldirishning uddasidan chiqqan, Ledi Gaga odatdagidek baland poshnada ko‘rinish bergan. Anjelina Joli esa vintaj uslubi qismi bo‘yicha bizning sevimli influenserimiz bo‘lgan”, — deb yozilgan jurnalda. Ro‘yxatdan Keyt Moss, Ledi Gaga, “Dyuna” va “Eyforiya” Zendaya, qo‘shiqchilardan Dua Lipa va Rianna, model Jordan Dann, aktrisalardan Izabell Yupper, Jemma Chan, Anjelina Joli, Zoi Kravis, Sintiya Erivo, shuningdek, Nikola Koxlanlar o‘rin olgan.
Keyt Moss
Ledi Gaga
Dua Lipa
Rianna
Jordan Dann
Izabell Yupper
Jemma Chan
Anjelina Joli
Zoi Kravis
Sintiya Erivo
Nikola Koxlan | 82 | 926 |
Madaniyat | “Maqsad” filmining dabdabali premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video) | Yoshlar ijod saroyida rejissor Rustam Meliyevning “Maqsad” deb nomlangan filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Jurnalist Feruz Muhammad mazkur premyeradan foto hamda video reportaj tayyorladi. | 68 | 190 |
Madaniyat | Zulfiqor Musoqov ijodiy ustaxonasiga talabalar qabuli yakuniga yetdi | Focus School — yagona Kino san’ati maktabi o‘z faoliyatini boshlayotgani haqida avval xabar berilgan edi. Ijodiy ustaxona badiiy rahbari — ko‘plab xalqaro kinofestivallar sovrindori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Zulfiqor Musoqov.
Darslar auditoriya va “Ijodiy ustaxona”da bo‘lib o‘tadi, o‘zbekistonlik va xorijlik ko‘plab kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Arizalar 9-aprelgacha qabul qilindi. O‘qish narxi — 1 600 000 so‘m.
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59a.
Mo‘ljal: “Hamid Olimjon” metro bekati
Batafsil ma’lumot: http://focusfilm.uz/uz/
Murojaat uchun telefon: (+998-99) 827-72-27 | 68 | 653 |
Madaniyat | Doim tabassum qiluvchi turkiyalik oshpaz Burak O‘zdemirning Dubaydagi restorani karantin qoidalariga rioya etmagani uchun yopildi | Dubay hokimiyati mashhur oshpaz Burak O‘zdemirning restoranini COVID-19 profilaktika qoidalarini buzgani uchun yopdi, deb yozadi “Russianemirates.com”. Restoran ochilganiga bir oy bo‘lgan va 45 mingdan ortiq mehmonlarga xizmat ko‘rsatilgan.
Restoranga tashrif buyurganlar orasida Dubay qirollik oilasi a’zolari, shuningdek, Rossiyaning aralash yakkakurash bo‘yicha chempioni Habib Nurmagomedov, futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu va amerikalik aktyor Stiven Sigal ham bor. Shuningdek, o‘zbek shou-biznes vakillaridan Shahzoda Muhammedova, Ziyoda, Yulduz Usmonova va Halima ham tashrif buyurgan.
Bu orada Dubay OAV vakolatxonasi Dubay munitsipaliteti amirlikning iqtisodiy rivojlanish departamenti bilan birgalikda mashhur restoranni COVID-19 profilaktika qoidalariga rioya qilmagani uchun yopib qo‘ygani haqida xabar qilgan.
Istanbullik 26 yoshli restoran egasi va oshpaz Burak O‘zdemir o‘zining tabassumi bilan butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Uning menyusida 150 dan ortiq taom mavjud bo‘lib, ularning har biri alohida mehnat talab etadi. Instagram tarmoqda esa uni 20 milliondan ortiq obunachi kuzatib boradi.
Mazkur restoran Dives Holding bilan qo‘shma loyiha bo‘lib, 600 kishiga mo‘ljallangan, ammo koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng, 1200 o‘ringa kengaytirish rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, restoran mintaqadagi eng katta ovqatlanish maskanidir.
Ushbu hafta davomida Dubayda yana COVID-19 profilaktika choralari buzilgani uchun 5 ta restoran yopilgan. Shuningdek, yaxta, kenglik va villalarda o‘tkazilgan ziyofat tashkilotchilari va mehmonlari ham jarimaga tortilgan.
Qolaversa, Dubay Inqiroz va ofatlarni boshqarish bo‘yicha Oliy qo‘mitasi avval restoran, qahvaxona va boshqa ovqatlanish xizmatlarini taklif etuvchi tashkilotlar uchun qoidalarni yangilagan. Xususan, stollar orasidagi xavfsiz masofa ikki metrdan uch metrgacha oshirilgan. Bitta stolda mehmonlarning ruxsat etilgan soni restoranlarda 10 dan 7 gacha, qahvaxonalarda esa 4 tagacha kamaytirilgan.
2021-yilning 2-fevralidan kuchga kirgan Dubay ma’murlari olomon yig‘iladigan tadbirlarni taqiqladi. Mehmonxona hududida musiqa taqiqlangan, kinoteatr va ko‘ngilochar markazlar, sport majmualarida bandlik darajasi 50 foizga tushirilgan. Mehmonxona, suzish havzalari kabilarda 70 foizgacha kamaytirilgan.
Restoran va qahvaxonalar 01:00 dan kechiktirmasdan yopishga buyruq berilgan. Shuningdek, o‘yin-kulgilar ham taqiqlangan bo‘lib, yangi cheklovlar 2021-yilning fevral oyining oxiriga qadar amal qiladi.
Qishda Dubayga borish uchun 4 sabab | 129 | 2,538 |
Madaniyat | “Chorchinor” qachon obod bo`ladi? | O`tgan yil yanvar oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Samarqand viloyatiga tashrifi chog`ida o`tkazgan yig`ilishi bayonida Urgut tumanidagi “Chorchinor” ziyoratgohini obodonlashtirish bo`yicha ko`rsatmalar berilgan, shundan so`ng bu erda qurilish, obodonlashtirish ishlari boshlangan edi.
“Zarafshon” gazetasining telegram kanalida e`lon qilingan murojaatga ko`ra, keyinchalik bu erdagi ishlar to`xtagan. Qurilish va obodonlashtirish ishlari chala qolgan. “Hozir Chorchinorga borsangiz, bu erni tanimaysiz – yo`laklar buzilib ketgan, qurilish chiqindilari to`planib qolgan” deyiladi murojaatda.
Eslatib o`tamiz, “Chor chinor” majmuasi mamlakatimizdagi eng qadimiy obidalardan hisoblanadi. Majmua hududidan yoshi ming yillardan oshgan chinorlar, qadimiy buloq o`rin olgan. Bu erda VIII-IX asrlarda yashagan sarkarda Abu Tolib Sarmast, Naqshbandiya tariqatining so`nggi vakillaridan bo`lgan ulug` alloma Valixon Eshon hazratlari, ul zotning avlodlari - adabiyotshunos olim Qutbiddin Muhiddinov, shoir Abduvali Qutbiddin singari taniqli hamyurtlarimiz dafn qilingan. | 33 | 1,072 |
Madaniyat | “Oz mamlakati sehrgari” filmi bosh qahramonining o‘g‘irlangan boshmoqchalari uchun 1 mln dollar mukofot e’lon qilindi | 1939-yilda suratga olingan “Oz mamlakati sehrgari” filmida Doroti rolini ijro etgan Judi Garlendning o‘g‘irlangan boshmoqchalari uchun 1 million dollar mukofot e’lon qilindi. Bu haqda “Exo Moskvi” radiosi xabar bermoqda.
Boshmoqchalar aktrisaning Minnesotadagi muzeyidan 10 yil avval yo‘qolgan. Ular 1 millionga sug‘urta qilingandi, hozir esa narxi bir necha barobar ortiqroq bo‘lishi mumkin. Mukofotni Judi Garlendning ismini oshkor etishni istamagan muxlisi berishga tayyor bo‘lib turibdi.
Afsonaviy filmda eng kamida uch juft “sehrli” qizil boshmoqchalar ishlatilgan bo‘lib, ularning uchchalasi ham saqlab qolingan, biri esa Vashingtondagi Smitson instituti ko‘rgazmasiga ham qo‘yilgan. | 117 | 690 |
Madaniyat | Rossiya Birinchi kanalining “Toch-v-toch” loyihasida o‘zbekistonlik Aziza g‘oliblikni qo‘lga kiritdi | Rossiya Birinchi kanalining “Toch v toch” loyihasining ikkinchi mavsumida o‘zbekistonlik Aziza g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “StarHit.ru”.
Qayd etilishicha, Aziza loyiha davomida Dalida, Sara Braytman, Edita Pyexa, Edit Piaf, Lui Armstrong, Yuriy Nikulin kabi taniqli shaxslar qiyofalarida namoyon bo‘lgan. Finalda esa u Lyudmila Gurchenko obrazida chiqish qilgan.
Loyihaning ikkinchi mavsumida Rodion Gazmanov, Oskar Kuchera, Taisiya Povaliy, Aglaya Shilovskaya, Stas Kostyushkin, Yelena Maksimova, Lyudmila Sokolova, Vlad Topalov va Intars Busulis ham qatnashgan. Polina Gagarina Eurovision’dagi ishtiroki tufayli loyihadan muddatidan oldin chiqib ketgan. | 100 | 675 |
Madaniyat | Xonanda Botir Qodirov “Istiqlol” san’at saroyiga zarar yetkazgani haqidagi xabarlarni rad etdi | Xonanda Botir Qodirov o‘zining noyabr oyidagi konsert dasturi vaqtida “Istiqlol” san’at saroyiga moddiy zarar yetkazgani haqidagi xabarlarni rad etib chiqdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Avvalroq ismi oshkor etilmagan bir jurnalist xonandaning o‘zidan ruxsat so‘ramay, uning oilaviy hayoti haqida kitob nashr ettirib, konsert vaqtida sotganidan achchiqlanib, Botir Qodirov jahl ustida sahnani tark etgani, g‘azabini bosa olmay, eshik, oynalarni sindirib, isitish moslamalarini buzib tashlagani haqida xabar berilgan edi.
“Men kitob nashrdan chiqqani va sotilgani haqida bilganimdan so‘ng, prodyuserlarimga jahl qildim, buni tan olaman. Lekin oynani men sindirmadim”, — dedi Botir Qodirov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida.
“Bu prodyuserlarimning ishi. O‘sha kitob masalasida men ularga qattiq gapirdim va prodyuserim jahl ustida eshikni tepib ochgandi, oynasi chil-chil bo‘ldi”, — dedi xonanda.
Botir Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, bu holat uchun san’at saroyi rahbariyati Botir Qodirovning ijodiy jamoasini jarimaga tortgan. | 94 | 1,054 |
Madaniyat | Suratga olish maydonchalarida tanishib, bir-birini sevib qolgan turk seriallari yulduzlari (foto) | Turk teleseriallari go‘zal muhabbat qissalari tufayli dunyo bo‘ylab tomoshabinlar ko‘nglini zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kabi his-tuyg‘ular boshqa millat seriallarida kamdan kam hollarda uchraydi. Turk ssenariynavislari seriallardan nimani kutishni juda yaxshi biladi. Shuning uchun ham ular mashhurlikka erishadi. Buning aslida ajablanarli joyi yo‘q, suratga olish maydonchasida qahramonlar ko‘pincha bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Ba’zilari o‘tkinchi bo‘lsa, yana boshqalari nikoh bilan mustahkamlanadi. Albatta, ko‘pchillikka Xalit Ergench va Berguzar Korel, Burak O‘zchivit bilan Fahriye Evjenlarning baxtli qissasi ayon. Ammo quyida ularning juftlik ekani ham noma’lum bo‘lgan yulduzlar bilan tanishish mumkin.
Aras Bulut Iynemli va Bige O‘nal
Juftlik o‘rtasidagi munosabat “Maral” serialining suratga olish maydonchasida boshlangan. Aras bosh rolni ijro etgan serialda sujetga ko‘ra, Maral ismli qizni sevib qoladi. Ammo hayotda esa serialning yana bir qahramoni – Alara (Bige O‘nal)ga ko‘ngil qo‘yib bo‘lgan edi.
Shundan so‘ng juftlik yana bir film – “Chag‘alaylar hukmdori”da rol ijro etdi. Ommaviy axborot vositalari esa 5 yildan buyon bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlikning nega oila qurmayotganini muhokama qilish bilan band. Shunga qaramay, Aras va Bige kelajakdagi rejalarini oshkor qilgani yo‘q.
O‘zge O‘zder va Sinan Guleryuz
“G‘aroyib doktor” serialining yulduzi O‘zge O‘zder o‘z sevgisini uzoq vaqt kutgan. 2007-yilda Aktyor Tansel O‘ngelga turmushga chiqqan, ammo 2 yildan so‘ng ular ajrashishga qaror qilgan. Shuning uchundir balki, bir qancha vaqt davomida aktrisa qalbini jiddiy munosabatlarga ochishni istamagan. Ammo 2018-yilga kelib barchasi o‘zgacha tus olgan. Xonanda va aktyor Sinan Guleryuz uning hayotiga kirib keldi va hozirda juftlik ilk farzandining dunyoga kelishini kutmoqda.
Gekberk Demirji va O‘zge Yag‘iz
“Qasam” serialining suratga olish jarayonida yana bir go‘zal juftlik paydo bo‘lgan. Aslida serial tomoshabinlarga unchalik manzur kelmagan bo‘lsada, ammo bosh qahramonlar bir-biriga juda mos. Gekberk O‘zgedan 8 yoshga katta, ammo bu farq ularning muhabbatiga to‘siq bo‘lmaganga o‘xshaydi. Yulduzli juflik o‘z munosabatlarini ommaga e’lon qilishni xohlamasada, ammo Yangi yil bilan muxlislarni birgalikda tabrikladi.
Afra Saracho‘g‘lu va Mert Yazijo‘g‘li
Ro‘yxatdan o‘rin olgan yosh juftlik – Afra va Mert. Afra – “Fazilat xonim va uning qizlari” serialining yulduzi. Mertning esa “Sevgi 101” serialida suratga tushganidan so‘ng mashhurligi yanada ortdi.
Turk aktyorlari 2018-yilda “Yaxshi o‘yin” filmidan keyin tanishgan. Ko‘pchilik ularning munosabatini “o‘tkinchi romantika” deb taxmin qilgan edi. Ammo yulduzli juftlik haligacha ayrilgani yo‘q. Ular bir-birining ota-onalari bilan tanishganiga qaraganda, munosabatlar jiddiy.
Xatije Shendil va Burak Sayashar
“Taqdirga qarshi muhabbat” serialining yulduzi Xatije Shendil aktyor va prodyuser Burak Sayashar bilan 2015-yilda turmush qurgan, bundan oldin ular bir necha yil davomida uchrashib yurgan. Juftlik “Qoradog‘lar” serialida tanishgan.
Xatije va Burak o‘zlarining dabdabali nikoh to‘yida turk seriallarining asosiy yulduzlarini taklif etgan. 2017-yilga kelib, ularning oilasida chaqaloq Jan dunyoga kelgan. Aktrisa o‘sha vaqtda farzandiga g‘amxo‘rlik qilish niyatida karyerasida tanaffus qilishiga to‘g‘ri kelgandi. Ammo yaqindagina yana o‘z faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.
Gokhan Alkan va Nesrin Javadzade
Nesrin va Gokhan o‘zbek tomoshabinlariga “Qora niyat” serialidagi Shahika va Kerem obrazlari orqali yaxshi tanish. Juftlik serial suratga olish jarayonida tanishib, bir-birini yoqtirib qolgan. | 97 | 3,617 |
Madaniyat | Noma’lum shaxslar Shon-sharaf xiyobonidagi Merayya Kerining yulduziga shikast yetkazdi (foto) | Noma’lum jinoyatchilar qo‘shiqchi Merayya Kerining Shon-sharaf xiyobonidagi yulduziga shikast yetkazdi. Bu haqda Los-Anjeles politsiya departamenti ma’lumotiga tayanib, ET Online xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ma’lum qilinishicha, artist ismi yoniga so‘roq belgisi chizib ketilgan. Hozirgi paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Keri 2015-yilda Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘lgan edi. So‘roq belgisi bilan bog‘liq hodisa qo‘shiqchi ijtimoiy tarmoqlardan vaqtincha ketishini e’lon qilgandan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.
Merayya Keri Yangi yil shousida fonogrammada kuylayotganini bildirib qo‘yganidan so‘ng tanqidlar ostida qolib ketgandi.
Avvalroq 2016-yilning oxirida AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp sharafiga qo‘yilgan yulduzga shikast yetkazilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 93 | 973 |
Madaniyat | Adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi Vidiadxar Naypol vafot etdi | Londonda 85 yoshida adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sohibi hisoblangan Vidiadxar Naypol vafot etdi. Bu haqda yozuvchining qarindoshlariga asoslanib, BBC News xabar tarqatdi.
Meduza’ning yozishicha, Vidiadxar Naypol 30 dan ortiq kitoblar muallifi sanaladi. U 2001-yili “o‘z asarlaridagi muhokama qilishga o‘rganmaganimiz faktlar ustida mushohada yuritishga majbur qiladigan o‘tkir hikoya qilish uslubi va bukilmas samimiyligi” uchun adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
“Osilgan holatda” nomli romani Naypolning eng mashhur asarlaridan biri sanaladi, bu asari uchun yozuvchi 1971-yili Buker mukofotini olgan. 2018 yili bu roman Buker mukofotini so‘nggi 50 yilda qo‘lga kiritgan eng yaxshi asar nomiga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan, biroq yakunda “Oltin Buker” Maykl Ondatjening “Ingliz bemor” asariga nasib etdi. | 71 | 838 |
Madaniyat | O`zbek filmlarining eng sara 100talik to`plami milliy telekanallarga taqdim etildi | Joriy yilning 30 dekabr kuni “O`zbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan Respublika Yoshlar ijod saroyida 100 ta eng sara milliy filmlarni telekanallarga topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Ushbu filmlar orasida ilgari telekanallar orqali efirga uzatilmagan ko`plab noyob filmlar mavjud.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20 noyabrda yangi rekonstruksiya qilingan “O`zbekfilm” kinostudiyasiga tashrifi davomida eng sara milliy filmlar 100 taligini tuzish va efirga uzatish topshirig`i berilgan edi. Mazkur vazifa yuzasidan “O`zbekkino” MA tomonidan maxsus komissiya tuzildi va filmlar yuztaligi tuzib chiqildi. Bugun agentlik tantanali ravishda filmlar jamlanmasini davlat va nodavlat telekanallarga topshirdi. Yangi, 2021 yildan eng sara milliy filmlar davlat va nodavlat telekanallarda efirga uzatiladi.
Tadbir avvalida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Bekzod Musaev hamda “O`zbekkino” MA Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov so`zga chiqishdi. So`ngra “O`tganlarni xotirlash – ulug` amallardandir” nomi bilan joriy yil olamdan o`tganlar yod etildi. Shundan so`ng “2020 yilda amalga oshirilgan ishlar to`g`risida”, “O`zbek kinosining 100 ta mumtoz namunasi” videotaqdimotlari hamda “CinemaTop-2020” taqdirlash marosimlari bo`lib o`tdi.
“CinemaTop-2020” taqdirlash marosimi doirasida qator kinoijodkorlar mukofotlanishdi. Jumladan, Jahongir Ahmedov – "Eng faol rejissyor", Nigora Karimova – "Eng faol kinoshunos", Aziz Arzikulov – "Eng faol operator", Farrux To`laganov – "Eng faol kinoprokatchi", Shohira Raufboeva – "Eng faol kinojurnalist", Bahodir Adilov – "Eng faol tizim tashkiloti", Feruza Nodirova – "Eng faol xodim", Anvar Ergashev – "Eng faol investor", Ali Hamroev – "Eng faol hujjatli kino ustasi", Matyoqub Matchonov – "Ijtimoiy faolligi uchun", Jahongir Qosimov – "Eng faol kinoijodkor", Rashid Malikov – "Xalqaro munosabatlardagi faolligi uchun", Botir Bazarbaev – "Jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun", Abdulatif Haydarov – "Eng faol multiplikator" nominasiyalariga munosib ko`rildi. | 82 | 2,091 |
Madaniyat | Farzandining otasiga aliment to‘lashga majbur bo‘lgan mashhur ayollar | Juftliklar ajrashganidan keyin farzandning otasi aliment to‘lashi yangilik emas. Ammo otalarning turmush o‘rtog‘idan pul undirmoqchi bo‘lishi ko‘pchilik uchun noodatiy hol sanaladi.
Xolli Berri
Rasmiy turmush qurmaganiga qaramay Gabriel Obri Xollining qizini otasi bo‘lgan. Ammo munosabatlariga nuqta qo‘yganidan keyin Obri xonandadan 16 ming dollar miqdorda aliment talab qilgan. Obri qizi butun vaqtini u bilan o‘tkazgani va pul tibbiy sug‘urta va o‘qishiga kerakligini bahona qilgan. Qizining 19 yoshigacha aliment to‘lanishini bilganidan keyin Gabriel ishini ham tashlagan. Katta miqdorda aliment to‘lashdan charchagan Xolli sud orqali uni kamaytirishga bir emas, bir necha marta harakat qilgan. 2021-yilga kelibgina aliment miqdorini ikki barobarga kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan.
Megan Foks
“Transformer” yulduzi va uning turmush o‘rtog‘i Brayan Ostinning ajrashishi haqida 2015-yilda ma’lumot tarqalgan. Aktyor bu vaziyatda rafiqasidan moliyaviy yordam istagan. Ammo hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari ketayotganda aktrisaning homiladorligi ma’lum bo‘lib qolgan. 2020-yilda Meganning reper Machine Gun Kelly bilan ishqiy munosabatda ekanligi ma’lum bo‘lganidan keyin, juftlikning ajrashishi aniq bo‘lgan. Brayan farzandlariga vasiylik qilish va Megandan pul undirishga kirishgan.
Morena Bakkarin
Morena Ben Makkenzidan avval rejissor Ostin Chik bilan turmush qurgan. Farzandli bo‘lganidan keyin 2016-yilda munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Ajrashish jarayonida aktrisa Bendan homilador bo‘lgan. Rafiqasini xiyonatini ro‘kach qilib ko‘rsatgan Ostin farzandiga vasiylik qilish va aliment talab qilgan. Shundan keyin Morena sobiq turmush o‘rtog‘iga oyiga 20 ming dollardan aliment to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.
Skarlett Yoxansson
Hayoti davomida bir qancha yigitlar bilan uchrashib yurgan aktrisa Rayan Reynolds bilan turmush qurgan. 2010-yilda ajrashganidan keyin 2014-yilda jurnalist Romen Doriak bilan oila qurgan. Qizlik bo‘lganidan keyin munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Skarlettning farzandiga qarashga vaqti yo‘qligini bahona qilgan Doriak vasiylik va aliment talab qilgan. Da’vo Romen hisobiga hal bo‘lmagan.
Britni Spirs
Xonanda bilan ajrashayotgan Kevin Federlayn farzandlariga vasiylik qilish, bir vaqtning o‘zida million dollar va oyiga 20 ming dollar to‘lashni talab qilgan. Keyinchalik farzandlarini katta qilish huquqiga ega bo‘lganiga qaramay Britnining o‘zi ham ayni vaqtda otasining vasiyligi ostida.
Mel Bi
Qo‘l ko‘targani sabab Mel Bi Stiven Bellafonte bilan ajrashishiga to‘g‘ri kelgan. Sud Stivenga yaqin kelishni taqiqlash bilan birga, uning turar joyi va yeyishga noni yo‘qligiga qaramay farzand katta qilishi kerak bo‘lgani uchun oyiga 40 ming dollar to‘lash haqida qaror chiqargan.
Madonna
Madonna va Gay Richining munosabatlari ajrashishgacha borganidan keyin, rejissor xonandadan katta miqdorda pul talab qilgan. Matbuotda gap 90 million dollar haqida ketayotgani haqida ta’kidlanganiga qaramay, aniq summa ma’lum qilinmagan. Bundan tashqari, juftlik bolani kim bilan qolishi masalasida ham uzoq sudlashgan. Bugungi kunda Rokka otasi bilan birga yashaydi. | 69 | 3,088 |
Madaniyat | Xonanda Lolaning 19 yoshli singlisi Asal turmushga chiqayotgani ma’lum qilindi (foto) | Bir necha kun avval xonanda Lolaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yuklangan unashtiruv patirlari aks etgan suratlari shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Kimdir Lolani turmushga chiqayotgani bilan tabriklasa, yana kimdir bu Lolaning emas, singlisining unashtiruvi ekanligini ta’kidladi. Lola bugun mana shu mish-mishlarga chek qo‘ydi va Instagram’dagi sahifasiga singlisi Asalning kelinlik libosidagi suratini joyladi.
“Xonandaning 19 yoshli singlisi Asal turmushga chiqmoqda”, – deyiladi “Darakchi.uz” xabarida.
Ma’lumot uchun, Lolaning singlisi Asal Moskva davlat xalqaro aloqalar instutida tahsil oladi. Asal opasining Love me va Super love kliplarida suratga tushgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 85 | 776 |
Madaniyat | Registonda “Shashmaqom” haqida film-konsert suratga olinmoqda | Registon maydonida “Shashmaqom’ — jahon miqyosidagi musiqa madaniyati merosi” film-konsertining tasvirga olish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.
Film-konsert Samarqand viloyatining “Sharq durdonasi” tarixiy-madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy markazi hamda Samarqand san’at kolleji bilan hamkorlikda suratga olinmoqda.
Unda kollejning “Meros” ansambli va an’anaviy ijrochilik bo‘limi san’atkorlari ishtirok etmoqda. | 61 | 447 |
Madaniyat | “Ketma-ket judoliklardan so‘ng ‘Qalpoq’ meni hayotga qaytardi”. Aktrisa Shirmonoy Abdullayeva hayotidagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi (video) | “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvidagi Saltanat obrazi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa Shirmonoy Abdullayeva “O‘zim” loyihasiga bergan intervyusida hayotidagi judoliklar haqida so‘zlab berdi.
“2003-yilda onam olamdan o‘tdilar. Mening baxtsizligimning boshlanishi shu deb o‘ylayman. Men hamisha kimgadir suyanib yashaganman. Ko‘rinishim shaddod bo‘lgani bilan, ko‘nglim juda bo‘sh. Onam o‘tganlaridan keyin men bu dunyoda yo‘q bo‘lib qoldim. Bittagina farzandimga onam qarardilar. Ular meni doim rag‘batlantirib turardilar. Yaxshiyam artist bo‘lgan ekansan, tikishni bilmaysan, chevarlikni bilmaysan, deb ko‘nglimni ko‘tarib turardilar. O‘sha paytda onamni yo‘qotish katta judolik bo‘ldi. Onamdan keyin eng yaxshi ko‘rgan singlim og‘ir kasal bo‘lib, bir yilning ichida u ham vafot etdi. Undan keyin eng kichkina, erka ukam 48 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu judoliklardan keyin men gangib qolishni boshladim. Shundan keyin oyog‘im yurmay qoldi”, — deydi aktrisa.
Shirmonoy Abdullayeva qattiq tushkunlikka tushib qolgan bir paytda bir taklif uning hayotini o‘zgartirib yubordi.
“O‘sha paytda ‘Qalpoq’ hajviy ko‘rsatuvi tashkil etilgan. Ko‘rsatuvda qahramonga xotin kerak ekan. Meni izlab topib, Saltanat obrazini taklif qilishdi. Mana, salkam 20 yildan beri shu ko‘rsatuvda o‘ynab kelyapman. Shu bilan chalg‘idim yana. Lekin g‘amni unutib bo‘lmaydi”, — deydi aktrisa.
Avvalroq “Qalpoq”chilar — Maraymamat va Saltanat — Rahmonali Suropov va Shirmonoy Abdullayeva “Omon-omon” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, hayotda yoshlari orasida necha yil farq borligi hamda yaqin opa-uka tutinganlari haqida so‘zlab bergan edi.
Komik aktyor Rahmonali Suropov yurak operatsiyasini boshdan kechirganidan so‘ng ilk marta ko‘rinish berdi (video) | 148 | 1,728 |
Madaniyat | Qaysi aktrisa 2021-yilda eng badavlat deb topilgan va bunga qanday qilib erishgan? | Forbes’ning ma’lum qilishicha, Riz Uizerspun dunyodagi eng badavlat aktrisa bo‘lgan. Ushbu maqomga u ko‘p millionli shartnomalar bois emas, prodyuserlik faoliyati tufayli erishgan. Ro‘yxatda yetakchilik qilishga katta gonorar va blokbasterlarda suratga tushish sabab bo‘lmagan.
Aktrisa “Katta, kichik yolg‘on” (Big little lies), “Hamma yerda yong‘in” (Little fires everywhere) va “Tonggi shou” (The Morning Show) singari mashhur seriallarni taqdim qilgan Hello Sunshine kompaniyasini 900 million dollarga sotgan. Ushbu kelishuvdan keyin Rizning moliyaviy ahvoli 400 million dollarga baholanmoqda. Aktrisaning kompaniyasini sobiq Disney rahbarlari Kevin Mayer va Tom Staggslar boshqaradigan mediakorxona sotib olgan.
Shunga qaramay, Riz va Hello Sunshine’ning ijrochi direktori Sara Xarden direktorlar kengashiga kiradi hamda kompaniyani boshqarishda davom etadi. Loyihani Blackstone investitsion korporatsiyasi moliyalashtiradi.
Riz Hello Sunshine kompaniyasiga 2016-yilda asos solgan. U voqea markazida ayol qahramonlar va ularning tajribasi bo‘ladigan film hamda seriallar taqdim qilishni istagan. Bu qilgan qarori darhaqiqat to‘g‘ri bo‘lib chiqqan. Kompaniyaning loyihalari katta foyda keltirgan va aktrisaning biznes borasida muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘lgan. Gollivuddagi insayderlarning aytishicha, Riz serialning o‘zi suratga tushgan har bir epizodi uchun 1 million dollar oladi. Aktrisa, shuningdek, katta miqdordagi gonorar evaziga reklamada faol suratga tushadi.
Forbes tomonidan tuzilgan ro‘yxatga ko‘ra, Jeymi Gers dunyodagi eng badavlat aktrisa deb topilgan. Ismi va kinodagi faoliyati bilan mashhur bo‘lmagan ayol milliarder Entoni Resslerning rafiqasi ekani bilan ko‘proq ma’lum. U 3 milliardga baholanadigan moliyaviy ahvoliga turmush o‘rtog‘i sabab erishgan.
Moliyaviy ahvoli 500 million dollarga baholanadigan opa-singil Meri-Keyt va Eshli Olsenlar reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan. Kinoda suratga tushmay qo‘yganiga ancha bo‘lgan Olsenlar ayni vaqtda dizaynerlik bilan shug‘ullanadi. Ular The Row nomli kiyim brendiga egalik qiladi.
Opa-singillardan keyin ro‘yxatda Riz, undan so‘ng esa moliyaviy ahvoli 350 million dollarga baholanadigan Jessika Alba keladi. Oxirga vaqtda filmlarda kam suratga tushayotgan Alba Honest Beauty kosmetik brendiga asos solgan.
2021-yilning eng badavlat aktrisalari reytingidan, shuningdek, Juliya Roberts (250 million dollar), Jennifer Eniston (240 million dollar), Sandra Bullok (220 million dollar), Jeyn Fonda (200 million dollar) va Mayli Sayrus (160 million dollar) ham o‘rin olgan. | 82 | 2,555 |
Madaniyat | O‘zbekistonda mustaqil kinoijodkorlar va xususiy kinostudiyalar gildiyasi tuziladi | “O‘zbekkino” milliy agentligida mustaqil kinoijodkorlar va xususiy kinostudiyalar Gildiyasini tashkil etish tashabbusi munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda uchrashuvda qatnashgan jurnalist Feruz Muhammad “Daryo”ga ma’lum qildi.
Rejissor va prodyuserlar, aktyor-aktrisalar, xususiy kinostudiyalar rahbarlari qatnashgan yig‘ilish juda ham bahsli, munozarali savollar bilan, qizg‘in takliflar bilan o‘tdi.
Dastavval Gildiyani tashkil etish tashabbuskorlari nomidan rejissor va ssenarist Jahongir Ahmedov Gildiya Nizomi loyihasi, uning Kengashi a’zoligiga nomzodlar bilan yig‘ilganlarni tanishtirib quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
Mustaqil kinoijodkorlar va xususiy kinostudiyalar gildiyasining asosiy maqsadlaridan biri bu kinoijodkorlarning katta avlodi va yoshlar orasidagi masofani yaqinlashtirishdir. Tan olish kerak, bu masofa hozirgi kunda juda uzoq, juda ham uzoq... Ustozlar yoshlarni tan olishmaydi, yoshlar esa qandaydir alamzada, jizzaki. Buning natijasida faqat o‘zbek kinosi yutqazmoqda. Yosh kinoijodkorlardagi shijoatga ustozlarimizni tajribalarini qo‘shish payti keldi. Shundagina xalqimiz kutayotgan filmlar yaratiladi.
Jahongir Ahmedov, rejissor, ssenarist
Mustaqil kinoijodkorlar va xususiy kinostudiyalar Gildiyasi xususiy kino studiyalarni birlashtirgan holda, ularga ham ma’naviy, ham amaliy va huquqiy yordam bera oladigan muassasa bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda rejissor Bahrom Yoqubov, aktyorlar Ulug‘bek Qodirov, Muhammad Ali Iskandarov, Aziz Rametov, Narimon Sultonxo’jayev, Azamat Axrorovlar fikr bildirib o‘tishdi.
Bundan tashqari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Saida Rametovaning fikr va mulohazalari yig‘ilish qatnashchilarining davomli qarsaklariga sazovor bo‘ldi.
Yig‘ilish yakunida yig‘ilganlar ko‘pchilik ovoz bilan Gildiya tashkil etilishiga rozilik bildirdilar. Navbatdagi majlislarda esa ushbu tashkilotning tuzilmasi, faoliyat yo‘nalishi, huquq va vakolatlarini muhokama qilishga kelishib olindi. | 82 | 1,971 |
Madaniyat | San’atni tark etganini aytgan, biroq ma’lum muddatdan so‘ng yana ijodga qaytgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video) | Keyingi paytlarda ijodkorlarning ijtimoiy tarmoqlar orqali san’atdan ketganligini ma’lum qilishi yangilik bo‘lmay qoldi. Jumladan, san’atni butunlay tark etib, o‘zini boshqa sohada sinayotganlar, ayollar orasida esa oilasiga bag‘ishlayotganlar juda ko‘p. Ammo ular orasida fikridan qaytganlar ham yo‘q emas.
Jahongir Otajonov san’atni tark etgani uzoqqa cho‘zilmadi
Jahongir Otajonov 2020-yilning dekabr oyida Instagram orqali san’atni butunlay tark etganini ma’lum qilgandi.
“Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, mana va nihoyat, Allohni irodasi bilan o‘zimni bir-ikki yildan beri qiynab kelayotgan savollarga ushbu daqiqalarda javob topdim, deb o‘ylayman. Inshalloh, o‘zim yaxshi ko‘rgan, meni shuncha darajaga yetkazgan, xalqimiz orasida ozmi-ko‘pmi obro‘-e’tibor qozonishimga sababchi bo‘lgan musiqachilik kasbimdan Alloh uchun shariatimizga to‘g‘ri kelmagani uchun voz kechishga jur’at qildim.
Hammalaringga kattakon rahmat, yillar davomida meni olqishlab, qo‘shiqlarimni eshitib, shunchalik hurmat-e’tibor qilganinglar uchun, hammalaringdan Alloh rozi bo‘lsin! Va shu qatorda mendan xafa bo‘lgan, sahna ishlarimdan norozi bo‘lgan do‘stlarimizga, yurtdoshlarimizga ham sog‘lik-salomatlik tilayman, mendan rozi bo‘lishliklarini so‘rab qolaman, Alloh barchadan rozi bo‘lsin. Bugundan boshlab menga musiqachilik kasbim bo‘yicha murojaat qilmanglar, 1-yanvargacha olingan to‘y va konsertlarimiz bor, oldindan olingan ‘zaklad’larni bemalol murojaat qilib qaytarib olishinglar mumkin. Men u sahnalarda ishtirok eta olmayman, Alloh menga bu kasb bilan vidolashishlikni nasib qildi. O‘zi xayrli qilgan bo‘lsin, barchanglarga ikki dunyo saodatini bersin. Muxlislarimdan bir iltimosim bor, sizlardan iltimos, mening musiqalarimni YouTube’dan o‘chirib tashlashni so‘rayman. Zotan, musiqa shariatda nomaqbul hisoblanarkan, sizlarning ham gunohkor bo‘lishinglarga sababchi bo‘lishni xohlamayman. Sog‘-salomat bo‘linglar!”
Ammo xonandaning bu qarori uzoq vaqtga cho‘zilmadi. U san’atni tark etganidan 6 oy o‘tib, “G‘iybatchilarga” nomli qo‘shiqni yaratganini ma’lum qildi. Bu premyeradan so‘ng Instagram sahifasiga to‘y-xizmatlarida avvalgidek jonbozlik ko‘rsatayotgani haqidagi videolarni joyladi.
Uning san’atni tark etishi, prezidentlik sayloviga nomzodini qo‘ymoqchi ekanligi va yana ijodga qaytgani bilan bog‘liq kutilmagan qarorlari uzoq vaqt muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Dildora Niyozovaning turmush o‘rtog‘i ayolining san’atdan ketishini istagandi
Dildora Niyozovaning turmush o‘rtog‘i Latifjon Yunusov Instagram sahifasiga video joylab, rafiqasining to‘liq islom yo‘lini tanlagani, endilikda to‘y xizmatlarida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.
“Assalomu alaykum, Dildora Niyozovaning kuzatuvchilari. Bugundan boshlab, ayolim haqiqiy islom yo‘lini tanlagani uchun to‘ylarga chiqmaslikka qaror qildi. Iltimos, kim biz bilan bog‘lanib, to‘y kunini belgilagan bo‘lsa, aloqaga chiqsin ‘zaklad’ pullarini qaytarib berishga majburmiz. Bugundan boshlab Dildoraxonim Niyozova to‘ylarga chiqmaydi. Uyda bola-chaqa tarbiyasi bilan shug‘ullanishga qaror qildi”, — deydi Latifjon Yunusov.
Ammo oradan bir kun o‘tib, Dildora Niyozova Instagram sahifasida aloqaga chiqib, turmush o‘rtog‘ining so‘zlarini inkor qildi hamda “zaklad” olingan to‘ylarga xizmatga borishini ma’lum qildi.
“Bir kunda bunchalik mashhur bo‘lib ketaman, deb o‘ylamagandim. Avvalambor, barchadan uzr so‘rayman. Meni niyat qilib to‘ylariga taklif etgan insonlar bor.
Ertalab turib telefonimga qarasam, hamma yerda ‘Dildora Niyozova san’atdan ketibdi’, degan shov-shuv tarqalibdi. Har bir oilaning o‘ziga yarasha siri, sinovi bo‘ladi. Alloh suygan bandasiga sinov beradi. Alhamdulillah, suygan bandasi ekanmizki, boshimizga ozgina sinov tushdi. Yaratgan sinovni ham bandasining yaxshi ko‘rgani bilan berar ekan. Turmush o‘rtog‘im bilan biroz kelishmovchilikka bordik. O‘zi bunday hol har bir oilada bo‘lib turadi. Kamchiliklarni uyning to‘rt devori berkitib turadi. Bunday ish bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Chunki oramizdan ozgina gap qochgandi, xolos.
Erkaklarga hamisha aytaman, rashkning ham o‘z o‘rni bor. Bu besh kunlik dunyoda bir-birimizni qadrlaylik. Inson yaxshi ko‘rib ham, kimgadir ozor berib qo‘yishi mumkin. Turmush o‘rtog‘im qattiqqo‘l, aytganini qildiradigan yaxshi inson. Haq yo‘lini tanlaganimdan keyin turmush o‘rtog‘imga yanada itoat qilishga harakat qilyapman.
To‘g‘risi, videoni ko‘rib, hayron qoldim. Jahlda chiqib ketib, Instagram’ga shu videoni qo‘yibdi. ‘Bu ishni bekor qilibsiz’, deganimdan keyin yanada ko‘proq jahli chiqdi. Mayli, hammasi xayrli yakun topsin.
Turmush o‘rtog‘im har doim ‘Ro‘mol o‘rading, bu yo‘limiz xato emasmikan? Allohdan nimaniki so‘ragan bo‘lsak, hammasini berdi’ , deb tushuntirardi. Haqiqatan ham turmush o‘rtog‘im uyimni uy qilgan.
Yaxshi er — xotinning omadi, yoki aksincha. Bolalarimning otasiga hech qachon yomonlikni ravo ko‘rmayman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar turmush o‘rtog‘imni hurmat qilaman. Shu bilan birga, uni yaxshi ko‘raman. U inson meni va san’atimni hurmat qiladi. Videoni rashk tufayli qo‘ydimi, bilmadim, hayratdaman.
Xudo xohlasa, olingan xizmatlarga borish kerakligini turmush o‘rtog‘imga tushuntiraman. Hammasi xayrli yakun topishini so‘rayman. Har bir ayol o‘z jufti bilan baxtli bo‘lsin. Bitta oilaga darz ketsa, Arshi a’lo zirillar ekan. U yerga Allohning qahri yog‘ilar ekan. Shuning uchun oilalarimiz tinch bo‘lishi uchun harakat qilaylik. Hammamiz bandamiz, gohida biz ayollar ham tilimizni tiyolmay qolamiz. Men san’atimni juda ham yaxshi ko‘raman, muxlislarim yo‘llayotgan fikrlardan kuch olaman. Ilohim, hamisha kerakli inson qilsin. Nashidalar kuylash nasib qilsin. Turmush o‘rtog‘im ‘Alloh seni sevarkanki, xalq seni qadrlaydi’, deb ko‘p ta’kidlaydi. Nega bu videoni chiqarganliklarini esa haligacha tushunmayapman.
Faqat noto‘g‘ri xayolga bormasliklaringizni so‘rayman. Hayotda kunning tuni, oqning qorasi bor. Alloh hayotimizga yaxshiliklarni ziyodasi bilan bersin. Nasib qilsa, olingan xizmatlarga borishga harakat qilamiz. Men hammadan uzr so‘rayman”, — deydi Dildora Niyozova o‘z murojaatida.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Latifjon Yusupovning hamda Dildora Niyozovaning videomurojaatlari Instagram’dan o‘chirildi. Ayni kunlarda Dildora Niyozova to‘y-xizmatlaridagi faollikni qo‘ldan boy berayotgani yo‘q. Ammo hozircha turmush o‘rtog‘i nega ijodiga qat’iy qarshi bo‘lganini ochiqlagani yo‘q.
Shohrux Isamuhammedov: “Bu yog‘iga ijodni to‘xtatmayman”
“Ummon” guruhi a’zosi Shohrux Isamuhammedov 2020-yilning noyabr oyida Instagram sahifasi orqali Alloh roziligi uchun san’atni tark etganini ma’lum qilgandi.
“Bu yo‘lni tark etdim. Alloh rozi bo‘lsin hammadan. Alloh qilgan gunohlarimizni, shuncha qilgan yomon ishlarimizni kechirsin. Bu soha bilan mashg‘ul bo‘lmoqchi bo‘lgan odamlarga shu narsani ta’kidlab o‘tmoqchiman: bu yo‘l yaxshi emas. Shu yo‘lda 12 yildan beri yurgan bo‘lsam, shunchaki halovatingizni yo‘qotasiz. Chiqasiz, mashhur bo‘lasiz. Hamma sizni olqishlaydi. Bandasi sizni qarsak chalib kutib oladi. Lekin bandasi uchun emas, Alloh uchun harakat qilish kerak ekan inson. Shu narsani dilimga tuggan edim. Xudodan so‘rardim, hidoyatingni ber, shu yo‘ldan chiqib ketay, shu yo‘lni tark etay, deb so‘rardim. Har kuni kechasi uyga qaytayotganimda o‘zimga o‘zim savol berardim: ‘Qachon bu yo‘lni tark etaman, nima qilyapman bu yo‘lda, maqsadim nima?’, deb. Bu qarorni kecha qabul qildim. Sardor aka Rahimxon, Alloh rozi bo‘lsin, sababchi bo‘lib qoldilar”, — degandi Shohrux Iasmuhammedov.
Ayni kunda xonanda kompyuter o‘yinlari xizmatini yo‘lga qo‘ydi. U ochilish marosimida YouTube’dagi “Shok.uz” kanaliga intervyu berib, kelgusidagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Ijodga avvalgi emas, boshqa yo‘lda qaytaman. Odamlarga ibrat bo‘ladigan qo‘shiqlar ijro etaman. Ozgina ishlar bilan band bo‘lib qolib, ijodga e’tibor berolmay qoldim. Nasib qilsa, bu yog‘iga ijodni to‘xtatmayman”, — dedi Shohrux Isamuhammedov.
Shohsanam Otayeva 10 yildan so‘ng san’atga qaytdi
Xorazmcha “Shaqildoq” qo‘shig‘i bilan muxlislar qalbidan joy olgan xonanda Shohsanam Otayeva 2009-yilda turmush o‘rtog‘ining talabi bilan san’atdan ketganligini ma’lum qilgandi.
“Turmush o‘rtog‘im rashkchi, qo‘shiq kuylashimni istamayapti. Shu bois bor e’tiborimni ikkinchi kasbim — tadbirkorlikka qaratmoqchiman”, — degandi Shohsanam Otayeva.
Xonanda ijodni tark etgach, 10 yil qimmatbaho oqshom liboslarining savdosi bilan shug‘ullandi. 2019-yili esa yangicha imijda “Jonim”, “Yuragim pora” va “Qizil olma” (Yulduz Usmonovaning qo‘shig‘i) qo‘shig‘i bilan faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgandi. Afsuski, bir-ikki qo‘shig‘idan keyin faoliyatida yana jimlik boshlandi.
Muzaffar Sa’dullayev: “Bu oxirgi qarorim: kinoni tark etaman”
“Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam roli bilan tanilgan aktyor Muzaffar Sa’dullayev ham ko‘plab intervyularida san’atni tark etgani va temirchilik sohasida ishlayotganini ma’lum qilgandi. Ammo u aktyor va kinoprodyuserlik sohasini tark etgani yo‘q.
“To‘g‘ri, bir necha marta kinodan ketdim, dedim. Ammo chala qolgan ishlarim sabab yana bu sohaga qaytishimga to‘g‘ri keldi. Men aktyorlikdan tashqari kartina direktori, prodyuser sifatida ham faoliyat yuritaman. Hozirda ‘Inson’ kinostudiyasi tomonidan davlat buyurtmasiga ko‘ra ikkita film suratga olinyapti. Uni topshirgach, kino sohasini butunlay tark etaman. Bu oxirgi qarorim”, — deydi Muzaffar Sa’dullayev. | 117 | 9,320 |
Madaniyat | Xonanda Manzura “O‘zbeknavo”ga sevgi izhor qildi | Xonanda Manzura Instagram’dagi sahifasi orqali “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga sevgi izhor qildi.
Manzura tomonidan qoldirilgan fotoxabarga ko‘ra, u Sardor Rahimxon bilan birga Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan uch kun davomida Surxondaryo viloyatining chekka hududlarida konsert bergan.
“Ayniqsa, uchinchi kun mazza qildik”, — deb yozadi xonanda.
“Yashasin ‘O‘zbeknavo’! ‘O‘zbeknavo’ hamisha bizning qalbimizda! Men seni sevaman, ‘O‘zbeknavo’!”, — deya o‘z xabarini yakunlagan xonanda Manzura.
Skrinshot: Instagram / @manzura_singer
Ma’lumot uchun, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi O‘zbekistondagi konsert-tomosha faoliyatini tartibga soladi, xususan, xonandalarga faoliyat uchun litsenziyalar beradi (belgilangan tartib-qoidalar buzilgan vaqtda, litsenziyalarni olib qo‘yadi). | 48 | 792 |
Madaniyat | Instagram: “Yoshlarga yomon o‘rnak ko‘rsatayotgan” Shahlo, Burak O‘zchivit bilan rol ijro etayotgan navbatdagi o‘zbek aktyori | 6-noyabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Shahzoda Muhammedova Sardor Mamadaliyevning yangi klipida kelinchak obrazida namoyon bo‘ladi.
Xonanda Nasafiyning “Aktrisa” qo‘shig‘i uchun klipmeyker Shuhrat Mavlonov tomonidan klip suratga olinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, klipmeykerning talabi bilan xonanda mo‘ylovini olishga majbur bo‘lgan.
Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Ra’no Shodiyeva ikki o‘g‘lining tug‘ilgan kunini bir kunda nishonladi.
Dildora Niyozova va uning turmush o‘rtog‘i Latifjon Yunusov.
“Bravo”chi Shahlo Zoirova tanasining yuqori qismini harakatlanayotgan mashina oynasidan chiqarib ketayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. Folloverlari uni yoshlarga yomon o‘rnak ko‘rsatayotganlikda aybladi. Shahlo salbiy izohlar ko‘payib ketgani uchun post ostidagi muhokamani o‘chirib qo‘ydi.
Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishib, “O‘xshatmasdan uchratmas” naqlining mazmuni haqida so‘z yuritdi.
Feruza Jumaniyozova aktrisalar Kamola Umarxo‘jayeva va Rayhon Ulasenova bilan kursdosh bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.
Lola va uning farzandlari.
O‘zbek aktyori Ma’ruf Otajonov bosh rolni Burak O‘zchivit ijro etayotgan “Qurilish: Usmon” serialida suratga tushmoqda. Avvalroq ushbu serialda Akbarxo‘ja Rasulov ham ko‘rinish bergan edi. | 125 | 1,446 |
Madaniyat | Kir yuvish mashinasidan ot fermasigacha: Depp, Kidman va boshqa yulduzlar ilk gonorarini nimalarga sarf etgan? (foto) | Mashhurlar hamisha ham hashamatli uylar va yaxtalarga ega bo‘lmagan. Ularning aksariyati dastlab faqatgina oziq-ovqatga yetadigan gonorar uchun suratga tushgan va ba’zida undan voz kechgan. Ammo ular ilk gonorarni nima uchun sarflaganini unutmaydi.
Nikol Kidman
Aktrisaning eslashicha, uning ilk gonorari nafaqat tushlik uchun yetgan, balki ota-onasiga kir yuvish mashinasini xarid qilgan.
Jennifer Lopes
Jennifer yaqinlari yordam bermagan bo‘lsa-da, Mercedes sotib olish bilan shug‘ullangan.
Jonni Depp
Aktyor gonorarini o‘zi uchun sarflamagan. U onasi uchun ot fermasini sotib olgan.
Selena Gomes
Xonanda asli texaslik bo‘lgani uchun gonorarini Los-Anjelesdagi uyiga sarflagan.
Bred Pitt
Aktyor pulini havoga sovurmagan. U shaxsiy kvartira sotib olgan va uni jihozlagan.
Rami Malek
Ko‘pchilik singari aktyor ham qahvasiz yashay olmaydi. U o‘ziga espresso mashinasini sotib olgan.
Eshli Grem
Model pullarini shaxsiy murabbiy hamda bir necha poyabzal uchun sarflagan.
Sindi Krouford
Mashhur model birinchi gonorarini kvartirasidagi oboylarni o‘zgartirishga sarflagan.
Bri Larson
Aktrisa ko‘p yillar davomida orzu qilgan ko‘k rangli elektrogitara sotib olgan. Ehtimol, u rok yulduzi bo‘lishni xohlagandir?
Serena Uilyams
Tennischi mukofot pulidan unumli foydalangan. Uni bankdagi hisob raqamiga qo‘ygan va foizlarni ola boshlagan. | 117 | 1,339 |
Madaniyat | Bollivud aktrisasi Bipasha Basu ilk bor ona bo‘ladi | Bollivudning mahoratli aktrisalaridan biri Bipasha Basu farzand kutayotgani haqidagi xushxabarni turmush o‘rtog‘i bilan tushgan chiroyli suratlar orqali e’lon qildi, deb yozadi Bollywoodtime.
“Yangi vaqt, yangi bosqich, yangi yorug‘lik hayotimizga yana bir o‘ziga xos tus beradi, bizni avvalgidan ham ko‘proq birlashtiradi, — deb yozadi bo‘lajak ona.
— Biz bu hayotni alohida boshladik, keyin bir-birimiz bilan uchrashdik va o‘shandan keyin juftlik bo‘ldik. Juda ham ko‘p sevgi ikki kishi uchun bizga nisbatan adolatsizlikdek bo‘lib tuyuldi. Shuning uchun tez orada biz uch kishi bo‘lamiz. Barchangizga cheksiz sevgi, duo va yaxshi tilaklar uchun rahmat, ular har doim bizning bir bo‘lagimiz bo‘lib qoladi”.
Bipasha 2016-yilda hamkasbi Karan Singx Grover bilan turmush qurgan. Tez orada ularning birinchi farzandi dunyoga keladi. | 51 | 831 |
Madaniyat | Elmira Rahimjonova “E’tirof” taqdimotida 2016-yilning eng yaxshi kinoaktrisasi deb topildi. U 2016-yilda birorta filmda suratga tushmagan | Aktrisa Elmira Rahimjonova “E’tirof” taqdimotida 2016-yilning eng yaxshi kinoaktrisasi deb topildi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. “Daryo” nashri taqdimotdan matnli onlayn uyushtirdi.
E’tiborli tomoni, jurnalist Feruz Muhammadning ma’lum qilishicha, Elmira Rahimjonova 2016-yilda birorta filmda suratga tushmagan.
Elmira Rahimjonova qanday mezonlar asosida yil kinoaktrisasi deb topilganiga hozircha aniqlik kiritilgani yo‘q.
Qayd etish joiz, aktrisa 2016-yil avgustida “O‘zbekkino” agentligi huzurida tashkil etilgan Kinoaktyor teatr studiyasining “To‘maris” spektaklida bosh rolni ijro etgan, shuningdek, rejissor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan “Artist” sitkomida epizodik rolni o‘ynagan edi.
Ma’lumot uchun, “E’tirof” taqdimotida “Baron” yilning eng yaxshi filmi, uning rejissori Rustam Sa’diyev esa yil rejissori deb topildi. Filmda bosh rolni ijro etgan rossiyalik aktyor Farhod Mahmudov “Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev yilning eng yaxshi kinoaktyori deb topilgan bo‘lsa, taniqli rejissor Zulfiqor Musoqov yilning eng yaxshi kinossenaristi deb e’lon qilindi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 137 | 1,391 |
Madaniyat | Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin turmush qurgan Bollivud yulduzlari | Quyidagi Bollivud yulduzlari necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, oila hamma uchun muhim ekanining isboti.
Amir Xon
Aktyor Amir Xon 21 yoshida Rina Datte bilan turmush qurgan. 16 yillik turmush ajrashish bilan yakun topgan. 2005-yilda qayta sevgisini uchratgan aktyor 40 yoshida Kiran Raoga uylangan. 46 yoshida esa to‘rtinchi marta ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan.
Fara Xon
Bollivudda xoreograf sifatida faoliyat boshlagan Fara Xon keyinchalik rejissor sifatida muvaffaqiyatga erishgan. Ijodkor 2004-yilda, 40 yoshida Sirish Kunder bilan turmush qurgan. 43 yoshida uch nafar farzandni dunyoga keltirgan Fara Xon bugungi kunda turmush o‘rtog‘i bilan baxtli hayot kechirib keladi.
Priti Zinta
Aktrisa 2016-yil 29-fevralda amerikalik do‘sti Jin Gudenafga turmushga chiqqan. Juftlikning nikoh marosimi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan.
Jon Abraham
Jon aktrisa Bipasha Basu bilan 9 yillik munosabatlariga nuqta qo‘yganidan keyin, 2014-yilda Priya Ranchal bilan turmush qurgan. To‘y yashirin o‘tkazilgan va bunga aktyorning shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni istamasligi sabab bo‘lgan.
Boni Kapur
Boni Kapur 41 yoshida 33 yoshli aktrisa Shridevi bilan turmush qurgan. Juftlik aktrisaning bevaqt hayotdan ko‘z yumguniga qadar, 22 yil birga hayot kechirgan.
Saif Ali Xon
Aktyor Amrita Singxga juda ham yosh uylangan va munosabatlarga 2004-yilda nuqta qo‘ygan. Shundan keyin Saif Ali Xon 42 yoshida aktrisa Karina Kapurga uylangan. Juftlik bugungi kunda o‘g‘il farzandni katta qilmoqda.
Urmila Matondkar
Urmila 42 yoshida o‘z sevgisini uchratgan. Aktrisa kashmirlik biznesmen va model Moxsin Axtar Mir bilan 2016-yilda turmush qurgan.
Sanjay Datt
Sanjay Datt tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi rafiqasini uchratguniga qadar uch marta turmush qurib ajrashgan. U 2008-yil 48 yoshida Manya Datt bilan turmush qurgan. | 71 | 1,816 |
Madaniyat | “Qornim och holda konsert berardim”. Hamdam Sobirov hamma “yulduz”lar ham boy emasligi haqida gapirdi (video) | “Mango” guruhining a’zosi, xonanda va bastakor Hamdam Sobirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Hamdam Sobirov “Mango” guruhida mashhurlikka erishgan davrida oilasiga moddiy yordam bera olmagani, konsert dasturlarida qorni och holatda qo‘shiq aytgani haqida so‘zlab berdi.
Onam “Mango”da chiqqanimni televizorda ko‘rganlar, juda xursand ham bo‘lganlar. Lekin mening “Mango”da chiqishim hayotimizga hech qanday o‘zgartirish olib kelolmagan. Iqtisodiy jihatdan oilamiz qiyin vaziyatga tushib qolganda, men olib chiqib ketolmaganman.
Masalan, shunday vaziyatlar bo‘lib qolganki, hatto oilamga kerak bo‘lganida 100 ming so‘m ham topib berolmadim. Lekin o‘sha payt “Mango” guruhida qo‘shiq aytardim. Hamma taniydi, men bilan muxlislar rasmga tushadi. Tasavvur qiling, konsertda hamma men bilan rasmga tushyapti, menga “Sen zo‘rsanda, hech kimni pisand qilmaysan”, deyishyapti. Lekin ishonasizmi, o‘sha vaqtda cho‘ntagimda bir tiyin pulim yo‘q, qornim och edi. Tezroq borib nimadir yeyman deyman, lekin bu vaziyatni hechkim tushunmaydi.
Odam yulduz bo‘lishi mumkin, lekin yulduz odam doim boy bo‘ladi degani emas. Hamma yulduzlar ham boy emas. Bu narsani qanday baholashni men bilmayman.
Hamdam Sobirov, xonanda, bastakor
Ma’lumot uchun, Hamdam Sobirovning “Sevgisi arzonim”, “Osmonlarda”, “Yurak”, “Yor-yor” deb nomlangan qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan. | 109 | 1,460 |
Madaniyat | Ra`no Yarasheva: «Barchangizdan kechirim so`rayman...» | Ramazon – oylarning sultoni, sayyidi, eng yaxshisi bo`lib kelgan va hamisha shunday bo`lib qoladi. Bu oy insonlar bir–birlari haqida qayg`urib, mehr–oqibat ko`rsatishadi, xato-kamchiliklar kechiriladi, arazlar unutiladi. Yana mo``jizalar ham yuz beradi! O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ra`no YaRAShEVA Ramazon oyi bilan bog`liq xotiralarini shirin entikish bilan eslaydi. Nega deganda... qolganini suhbatdoshimizning o`zidan eshiting.
— «Ramazon aytib keldik eshigingizga...»
— Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanida dunyoga kelganman. Ikki yoshimda Xadicha buvim, Payshanbaqo`rg`oniga olib ketganlaricha, sakkiz yoshimgacha ular bilan yashaganman. U taraflarda Ramazon boshqacha aytilardi: «Rabibam, yo rabibam yo Ramazon. Rabibam aytib keldik eshingizga Xudoyim o`g`il bersin beshingizga!» Buvim rahmatli Ramazon aytib kelgan bolalarni uyga olib kirib, ularni iftorlik dasturxonidagi noz-ne`matlar bilan siylardilar. Bolalarga pul berilmasdi va bu juda to`g`ri ish bo`lgan. Agar bolaning qo`liga pul tutqazilsa, keyinchalik Ramazon haqida noto`g`ri talqin paydo bo`lishi mumkin. Shu bois kattalar bu holatga nihoyatda diqqatli bo`lishlarini so`rardim.
— Birinchi marta ro`za tutganingiz yodingizdami?
— Buvim diniy–dunyoviy bilimlardan xabardor, taqvodor ayol edilar. Ularga havas qilib, maktabga chiqmasimdan burun ro`za tuta boshlaganman. Buvimning qo`yniga suqulib yotishni yoqtirardim-da, ertalab saharlikka turganlarida ularga ergashib, og`iz yopardim. «Іali kichiksan, qiynalib qolasan» desalar dod-voy qilib bo`lsa ham aytganimni qilardim. Eng qizig`i, ertalab uyqudan uyg`onganimdan so`ng odatdagidek nonushta qilardim, ochqasam taomlanardim, suv ichardim, buvimning ko`zi tushib qolsa, «Ro`zador eding-ku» derdilarda, shu uvvos solib yig`lardim, asti so`ramang. Buvim esa «Bilmasdan eb qo`ygansan-da, kechirimli bolam, qolganini tutaver» derdilar. Iftorlikda ham hech narsa bo`lmagandek, astoydil niyat qilardim kattalarga qo`shilib, jajji qo`llarimni duoga ochib, bir nimalarni so`rardim. Ajoyib damlar edi. Bolaligimni eslatdingiz-u, yuragim to`lib ketdi (ko`zlari yoshlandi).
— Bu oyda mo``jizalar ro`y beradi deyishadi?
— Bundan uch yil avval o`t pufagimni jarrohlik amaliyoti yordamida olib tashlashdi. Unga qadar har Ramazon ro`zasini sidqidildan ado etganim bois juda qiynaldim. Chunki shifokorlar qat`iy parhez buyurishgandi-da. Mo``jizalarga kelsak, bir necha yillar avval Ramazon oyi ibodat qilayotib, joynamoz ustida ikki santimetrcha ko`tarilgandek bo`lganman. Ehtimol bu mening xayolimda ro`y bergandir, lekin hissiyotlar haqiqiy edi. Bilasizmi, ulug` oy oldidan meni tanigan – bilgan barcha-barchadan kechirim so`rayman. Bilib–bilmay kimningdir ranjitib qo`ygandirman, noo`rin so`zlagandirman yoxud biror iltimosi erda qolgandir, mendan o`tgan bo`lsa ma`zur tutingiz. Yo`l–yo`lakay qoqilib ketdingizmi, bilingki bu kimnidir xafa qilganingiz jazosi. Іayotingizda biror noxushlikka duchor bo`ldingizmi, ortingizga qarang, hech kimga dilozorlik qilmaganmisiz?.. Ramazon oyi istig`for qiling, astoydil so`rang, gunohlaringiz kechirilgay.
— Muborak oyda xafalashganlarni yarashtirgan paytlaringiz bo`lganmi?
— Bu kabi voqealarni eslolmadim, ammo Ramazon bahonasida xafalashgan insonlarim bilan yarashgan paytlarim ko`p. Fe`lim salgina og`irroq bo`lishi mumkin-da ba`zan. Ammo nima bo`lishidan qat`iy nazar Mohi Ramazon oyida hech kim bir-biri bilan xafalashmasin.
Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi. | 54 | 3,431 |
Madaniyat | Aktrisa Muqaddas Xoliqova yurak xurujiga chalinib, shifoxonaga joylashtirildi | O‘zbek teatr va kino san’atining taniqli ijodkori, iqtidorli aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova shifoxonaga tushdi. Bu haqda aktrisaning qiziga tayanib, “Qalampir.uz” xabar berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xoliqova 22-yanvar kuni tobi qochgani bois Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlarning tashxisiga ko‘ra, Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak xurujini boshidan kechirgan va zudlik bilan shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga joylashtirilgan.
Muqaddas Xoliqova 2013-yilda ham yurak xurujiga chalingan edi. Davo choralari ko‘rilgach, aktrisa yana ishiga qaytdi. O‘zbek milliy akademik drama teatrining ko‘zga ko‘ringan aktrisalaridan sanalgan Muqaddas Xoliqovaning hozirgi ahvoli haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 77 | 938 |
Madaniyat | Fransiyalik aktyor Jan Roshfor olamdan o‘tdi | Fransiyada taniqli aktyor Jan Raul Rober Roshfor vafot etdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aktyor 87 yoshda edi.
Jan Roshfor “Poyezddagi odam”, “Qora poyabzaldagi daroz mallasoch”, “Ajoyib Anjelika”, “Anjelika, farishtalar markizasi”, “Fanfan-lola”, “Merosxo‘r” singari filmlar orqali shuhrat qozongan. Bundan tashqari, u “Graf Monte-Kristo”, “Mister Bin ta’tilda”, “Miloddan million yil avval” singari kartinalarda ishtirok etgan. | 44 | 447 |
Madaniyat | Foto: Rianna, Anjelina Joli, Adel va boshqa mashhurlar qanday atirdan foydalanadi? | Dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan ayollarning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘pchilikka qiziq, hattoki qanday uyda yashashidan tortib qanaqa atirdan foydalanishi muxlislarning e’tibor markazida turadi. “Woman.ru” nashri ularning qanday atirdan foydalanishi haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.
Viktoriya Bekhem
Viktoriya Bekhem sifatli va yaxshi narsani topganda undan bir umr foydalanish mumkinligini aytgan. U ko‘plab yillar davomida bir xil parhez, bir xil brend va bir xil parfyumeriya vositasidan foydalanadi. Xonanda mahalliy ishlab chiqarilgan narsalardan foydalanishni yaxshi ko‘radi. Viktoriya Britaniyadagi Jo Malone brendining xushbo‘y hidli Grapefruit Cologne atiridan 20 yildan beri foydalanadi.
Ushbu atir Ispaniya qirg‘oqlarida zich joylashgan greyfurt bog‘larining xushbo‘y hidini eslatadi. Yoqimli va tetiklantiruvchi hid atrofga tez tarqaladi. Parfyumeriyadan lavanda, kofur va yalpizning xushbo‘y hidi ham keladi. Bu hid yomg‘irdan keyin yanada ta’sirli iforni atrofga taratadi.
Naomi Kempbell
Naomi Kempbell kiyinishi, bo‘yanishi va umuman tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq hamma narsaga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun u eski, biroq hidi juda o‘tkir bo‘lgan atirni tanlaydi. Naomining so‘zlariga ko‘ra, bu tavsifga faqat bitta parfyumeriya mos keladi — Diorning Diorissimo. Diorissimo italyancha “bravissimo” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib “oliy” degan ma’noni anglatadi. Kempbell hidi bir kun turadigan atirlardan foydalanmaydi.
Diorissimo, Dior atiri
Diorissimo atiri xushbo‘y hidga ega bahoriy guldasta va suvning hidini eslatadi. Naomi aytganidek, Diorissimo cheksiz baxtning hididir.
Adel
Xonanda Adel ham Dior atiridan foydalanadi. Naomi Kempbelldan farqli o‘laroq, yulduz “Oppog‘oy” filmidagi zaharlangan olmadan ilhomlanib yaratilgan Poison liniyasining noyob hidga ega atiridan foydalanishni yaxshi ko‘radi. Xonanda muntazam ravishda Hypnotic yoki oddiygina Poison atiridan foydalanadi.
Hypnotic Poison bu tropik mevalarning hidini eslatuvchi atirlardan biri hisoblanadi. Atir Jasminning jozibali hidi va achchiq apelsin gulining nozikligi bilan uyg‘unlashib, yoqimli xushbo‘y hidni taratadi.
Rouzi Hantington-Uaytli
Rozi Hantington-Uaytli parfyumeriya mahsulotlarini tez-tez o‘zgartirib turadi. Jeyson Steytemning rafiqasi har kuni bir-biri bilan almashtirib turadigan turli xil xushbo‘y hidga ega 21 ta shishani saqlaydi. Rouzi ularning ichidan eng xo‘shbo‘y hidga ega — Le Labo kompaniyasi ishlab chiqargan Ylang 49 atirini yaxshi ko‘radi.
Ushbu atirdan Taiti orolidagi o‘simlikning hidi keladi. U bundan tashqari pachuli, eman moxi, vetiver, sandal daraxti va benzoinning kuchli hidlari aralashmasini eslatadi.
Anjelina Joli
Ko‘pgina mashhurlar xushbo‘y hidga ega atirlarninng “yuzi”ga aylanadi biroq o‘zlari undan foydalanmaydi. Anjelina Joli stereotipni buzdi: aktrisa o‘smirligidan buyon Mon Guerlain atiridan foydalanadi. Intervyularning birida Anjelina Jolining onasi atirning xushbo‘y hidini yaxshi ko‘rishini aytdi. Shundan keyin Guerlain jamoasi Jolini atirning “yuzi” bo‘lishga taklif qilgan va aktrisa bundan xursand bo‘lgan.
Atir lavandaning tetiklantiruvchi hidini eslatadi. Bu fransuz atirining hidi bilan to‘ldirilgan. Bundan tashqari atirdan iris va Hindistonda o‘sadigan jasminning hidi ham keladi. Tarkibida oq sandal daraxtining hidi va tropik vanilning ziravorli ifori bo‘lgan ushbu atir qimmatbaho atirlar turiga kiradi.
Rianna
Rianna Kilian brendining ashaddiy muxlislaridan biri. Xonanda ushbu brendning barcha xushbo‘y atirlarini yaxshi ko‘rishini bir necha bor aytgan. Rianna bu atirlar orasida Love by Killian atirini yoqtirishini ta’kidlagan.
Ushbu atirda bir necha xil gullarning kombinatsiyasi mavjud: yangi ochilgan jasmin va atirgulning xushbo‘y hidi bu qatorga kiradi. Bundan tashqari atirda marshmellouning kombinatsiyasi ham mavjud. | 82 | 3,850 |
Madaniyat | Instagram: Qudasiga mashina sovg‘a qilgan Dilfuza Ismoilova, Aziza Yoqubova qo‘lini so‘ragan bloger, beshinchi marta ota bo‘lgan Otabek Mirzaxolov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Sitora Farmonova ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi haqida mulohaza yuritdi.
Jigar saratonidan Istanbulda davolanayotgan aktrisa og‘ir bemorlarga motivatsiya bag‘ishlash uchun ximiya muolajalarini olayotganida raqsga tushdi.
Muqaddas Sa’dullayeva sahifasiga yangi suratini joyladi.
Saida Rametova “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyiga borib, Yulduz Usmonovani shaxsan o‘zi o‘g‘li Aziz Rametovning to‘yiga taklif qildi.
Lola Ukrainada yuz berayotgan voqea hodisalardan qayg‘uda ekanligi, shu bois Istanbuldagi barcha ishlarini bekor qilib, mehmonxona nomerida qolganini yozib qoldirdi.
25-fevral kuni taniqli ustazoda xonanda Ulug‘bek Otajonov 50 yoshni qarshi oldi. Yaqinlari xonandani kutilmagan syurpriz bilan tabrikladi.
Aktrisa Rayhon Asadova Turkiyaning Bursa shahridan ko‘rinish berdi.
“Bravo” kulgi jamoasi rezidenti Otabek Mirzaxolov beshinchi marta ota bo‘ldi. Aktyorning rafiqasi qiz farzandni dunyoga keltirgan.
Karina Kapur turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xonning yangi filmi chiqishini intizorlik bilan kutayotganini bildirdi.
Ikki marta oilasi buzilgan aktrisa Aziza Yoqubovaga yosh bloger Shohruz Ro‘ziboyev Gentra avtomobilini sovg‘a qilib, unga turmushga chiqishini so‘radi.
Shohruxxon muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Xonanda Dilfuza Ismoilova kelinining otasi — qudasiga tug‘ilgan kuni munosabati bilan Spark sovg‘a qildi.
Rossiyalik taniqli xonanda Valeriy Meladze Ukrainadagi urushni to‘xtatishni so‘rab, murojaat yo‘lladi. | 146 | 1,600 |
Madaniyat | Avval va hozir: Bollivud aktyorlarining bolalikdagi suratlari (foto) | Hozirda ular nafaqat o‘z yurtida, balki butun dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan yulduzlardir. Ammo bolaligida ular ham barcha kabi o‘yinqaroq, yig‘loqi yoki shirinliklarga o‘ch bo‘lgani aniq. Ehtimol, ular bolalik davridanoq tezroq ulg‘ayib, Bollivud yulduziga aylanishni orzu ham qilgandir. Albatta, ular bu borada muvaffaqiyatga erisha oldi.
Shohrux Xon
Bollivud qiroli Shohrux Xonni bolalikdagi suratiga qarab, faqat ko‘zlaridan tanib olish mumkin. Yillar o‘tsa ham, uning ko‘zidagi ma’no o‘zgarmagan.
Amir Xon
Ushbu aktyorning nafaqat ko‘zlari, balki quloq va tabassumi ham hanuzgacha bolalikdagidek. Amir Xon balki shuning uchun ham aktyorlik karyerasini yoshligidan boshlagan.
Abhishek Bachchan
Ma’lum bo‘lishicha, Abhishek bolaligida o‘qish va yozish borasida biroz muammoga duch kelgan. Ammo bu uning oliy ma’lumotli hamda taniqli aktyor bo‘lishiga to‘sqinlik qilmagan.
Ayshvariya Ray
Aktrisaning bolalikdagi suratiga qarab, uning kim ekanligini taxmin qilish mumkin. Lab, burun va ko‘zlar hamon o‘sha-o‘sha.
Akshay Kumar
Mana buni haqiqiy o‘zgarish desa bo‘ladi. Akshay Kumar bolaligida uzun va qora sochlari bilan go‘yoki qizaloqqa o‘xshagan. Ammo yillar o‘tib, jasur va mard aktyor sifatida tanildi.
Ranbir Kapur
Vaqt o‘tishi bilan butunlay tanib bo‘lmaydigan insonlar bor. Boshqalar esa deyarli o‘zgarmaydi. Ranbir ham ikkinchi toifaga ko‘ra, ko‘rinishi va nigohi, hattoki soch turmagi ham o‘zgarishsiz qolgan.
Shaxid Kapur
Suratdanoq bolakayning qaysarligi sezilib turibdi. Albatta, unga qarab, bir kuni Bollivud yulduzi bo‘lishiga ishonib bo‘lmas, ammo hammasi kutilmagan natijani berdi.
Karina Kapur
Karina bolaligidanoq xushchaqchaq va sertabassum qiz bo‘lgani uchunmi, uning aksariyat rollari ham shunday xarakterda.
Priyanka Chopra
Maktab yillaridanoq bayram tadbirlarida ishtirok etgan bo‘lajak yulduzning tabassumi o‘zgarishsiz qolgan.
Dipika Padukone
Hozirda Bollivudning eng ko‘p gonorar oladigan aktrisasi bolaligida oddiygina qizaloq edi. Shunisi ma’lumki, hech kim uni kun kelib yulduz bo‘lishiga ishonmagan. | 68 | 2,045 |
Madaniyat | Karantinda xorijda dam olayotgan xonandalar: Zohirshoh Turkiyada, Shahlo Ahmedova Mayamida. Instagram’dan daraklar | 3-avgust kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Javohir Zokirov “Temir xotin” filmidan arxiv suratni sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Rejissor Jahongir Ahmedov 3-avgust kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan aktyor Ulug‘bek Qodirovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
“Bravo”chi Shahlo yangi ko‘rsatuvda mehmon bo‘ldi.
View this post on Instagram
Hind aktrisasi Karina Kapur oilaviy surat bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Gitara ko‘targan Shohruxxon muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Nargiza Salmonova barchaga qalb xotirjamligini tiladi.
View this post on Instagram
Shahlo Ahmedova xorijda hordiq chiqarayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi. Izohlarda xonandaning folloverlari bu joyning Mayami ekanligini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Ozarbayjonlik xonanda Nahide Babashli yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Zohirshoh Jo‘rayev esa ayni paytda Turkiyada hordiq chiqarmoqda.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova tezroq karantin tugab, hamma o‘z ishiga qaytishini tiladi.
View this post on Instagram | 114 | 1,414 |
Madaniyat | Aktyor Turg`un Beknazarov 63 yoshida ota bo`ldi | O`zbekistonda xizmat ko`satgan artist Turg`un Beknazarov ota bo`ldi. Bu haqda “Omon-omon” dasturida aktyorning o`zi ma`lum qildi.
Aktyor bugungi kunda 63 yoshda. Beknazarovning aytishicha, u ikkinchi marta ota bo`ldi. Bola uning ikkinchi turmushidan ekani aytilmoqda. Aktyorning bir nafar qizi bor edi. “Mening rafiqam 57 yoshida vafot etdi. Oradan 1,5 yil o`tib qarindoshlarim meni ikkinchi marta uylantirib qo`yishdi. 63 yoshimda yana ota bo`ldim, o`g`il tug`ildi, ismini Saidakbar qo`ydik. Mening ikkinchi xotinim qizim bilan ishlaydi”, – deydi aktyor.
Ma`lumot o`rnida, aktyor 1956 yil 1 may kuni Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. 1997 yilda u O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoniga sazovor bo`ldi. | 47 | 722 |
Madaniyat | Marvel osiyolik superqahramoniga oid filmining treylerini taqdim etdi | Marvel kinostudiyasi tomonidan yaratilgan yangi filmning treyleri paydo bo‘ldi. Shu orqali kompaniya yangi superqahramonlarga bog‘liq o‘zining to‘rtinchi fazasini taqdim etdi. Gap Shan Chi va o‘n uzuk afsonasi haqida ketmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Kadr: YouTube
Kinokartinaning bosh qahramoni Shan Chi rolini Simu Lyu ijro etadi va u “O‘n uzuk” terrorchilik tashkilotining a’zolariga qarshi kurashadi. Biroq jangarilar rahbari o‘zining otasi ekanidan xabar topadi.
“10 yil o‘z hayoting bilan yashashingga imkon berdim. Va bu seni qayerga olib bordi? Sen mening soyamga yashirinding. Seni dunyoning eng xavfli qotillariga qarshi turishga o‘rgatdim. O‘g‘lim, endi mening yonimda turishing kerak”, — deyiladi treylerda.
Shan Chining otasi unga bolaligidan jang san’atini o‘rgatganiga qaramay, bosh qahramon terrorchilarga qo‘shilishni istamaydi.
Ta’kidlanishicha, kinokartina ekranlarda “Qora beva”dan so‘ng paydo bo‘ladi.
Avvalroq Kal va juda ozib ketgan Kristian Beyl “Tor 4”ning suratga olish maydonchasiga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Marvel muxlisi “Qasoskorlar: Final” kartinasini 191 marta tomosha qilib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi | 69 | 1,168 |
Madaniyat | Dunyo o`zbek tilida kuylamoqda yoxud Sevara Nazarxonning “Ulug`imsan, Vatanim” qo`shig`i nega chellenjga aylanib ketdi? | Bugungi kunda Covid-19 pandemiyasi davrida xalqimizning boshiga tushgan og`ir kunlar, jumladan Sardoba to`g`oni o`pirilishi, hududlarda sodir bo`lgan sel va to`fonlar bilan bog`liq favqulodda holatlar, So`x tumanida bo`lib o`tgan o`zbek-qirg`iz aholisi o`rtasidagi ziddiyatlar xalqimizni va butun bunyodagi bizga xayrixoh do`stlarimizni sergaklantirdi. Bunday sertashvish kunlarda xalqimizga kim moliyaviy ko`mak, kim tibbiy va muruvvat yuklari bilan, kimdir samimiy so`zlari bilan dalda bo`lishga harakat qilyapti.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon ijro etgan “Ulug`imsan Vatanim” qo`shig`ining gruzin, koreys, nemis, belgiyalik, portugaliyalik va boshqa millat vakillari tomonidan kuylanib ijtimoiy tarmoqlarda chellenj qilingani mehr-muruvvat aksiyalarining eng hissiyotlisi bo`ldi. Albatta, vatanini sevuvchi, jonajon O`zbekistonimizga befarq bo`lmagan insonlar borki, ushbu taronani shunchaki tinglolmaydi, yurakda hislari uyg`onadi. Avvaliga ushbu qo`shiqni Gruziyaning “Bravo metehi” guruhi kuylab ko`pchilikni xushnud etdi. Video:
So`ng O`zbekiston Koreys milliy madaniyatlari markazlari assosiasiyasi faollari ham bu chellenjga qo`shilish istagini bildirdi.
Bu chellenjga dunyoning qator mamalkatlarida yashovchi o`zbekistonliklar va do`stlik jamiyatlari faollari ham qo`shildi.
“Ulug`imsan vatanim” kuyi Belgiyada, Niderlandiyada ham angradi. Bu qo`shiqni kuylagan portugaliyalik honanda Sofiya Pedroning ovozi o`zbekchada juda go`zal eshitildi. Ular ushbu qo`shiq orqali “Biz yiroqdamiz ammo qalban birgamiz” deyishganini his qildik.
Muhammad Yusuf she`ri, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon kuyi va ijrosida yangragan «Ulug`imsan, Vatanim» taronasi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda o`ziga xos ruh va g`urur bag`ishlovchi chellenj bo`lib hamon davom etmoqda.
Ushbu qo`shiq matnida “Sirdaryoga sakragan” degan jumla bor... Bir necha yil oldin xit darajasiga ko`tarilgan yuksak vatanparvarlik mavzusidagi qo`shiq bugun yana bir marta tildan-tilga, og`izdan og`izga ko`chmoqda. Yurt boshiga tushgan sinovli kunlarda butun dunyodagi xayrixoh do`stlarimiz ijrosida yangrab, xalqimizning ko`nglini va ko`ksini tog` kabi yuksaltiryapti.
Muhammad Yusufning biron bir she`ri yo`qki, qo`shiq bo`lmagan, kuyga solinmagan. Uning har bir misrasi vatanparvarlik tuyg`usi, insoniy hissiyotlar bilan jaranglaydi.
Sevara Nazarxon ham qalbida vatanparvarlik hissi mo`l ijodkorlardan. Buni uning ayni pandemiya davrida ko`ngilli tarzda Mehr-saxovat markazida operator bo`lib ishlaganida ko`rdik. U telefon orqali xalq dardini tinglab, o`z bisotida bor mehrli so`zlari bilan dalda bo`lishga harakat qildi.
Ana shunaqa, ijodkor o`zini o`zi targ`ib qilishi, ommaga ko`z-ko`z qilishi shart emas. Uning dil qa`ridan chiqqan birgina so`z, hayotbaxsh kuy yoki qilgan xayrli amali kiftiga ikki qanot bo`lib qo`nadi. Mana shu ikki yurtparvar ijodkor yuragidan quyilib chiqqan tarona bugun qanot yoyib, dunyo osha parvoz qilmoqda.
Qo`shiqda aytilganiday:
“Sen — shoxlari osmonlargaTegib turgan chinorim,Ota desam,O`g`lim deb,Bosh egib turgan chinorim,Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,O`zing mening ulug`lardanUlug`imsan, Vatanim!”
Biz Vatanni tumor kabi asrasak, u ham bizni baloyu ofatlardan himoya qiladi. Qorni ochga non, qalbi ochga mehr beradi. Hozirga kunda xorijdan vatanga talpingan minglab yurtdoshlarimizni to`xtovsiz tashib, issiq quchog`iga olayotgani buning isboti.
Biz ishonamiz, bu kunlar o`tadi, murakkab pandemiya davrida boshga tushgan Sardoba ofati, to`fonu sellar, chegaradagi tushunmovchiliklar bilan bog`liq sinovlarni ham xalqimiz sabot bilan engadi. Bu o`tkinchi noxushliklar suronlarda pishib, mashaqqatlarda toblangan manonatli xalqning qaddini buka olmaydi.
Manzura BEKJONOVA | 119 | 3,746 |
Madaniyat | Yangi yil arafasida minglab odamlar bilan birga selfi-tabrik yo‘llagan Jahongir Poziljonov eski yilning so‘nggi kunida sochsiz qoldi | Xonanda Jahongir Poziljonov 31-dekabr kuni hamkasbi Rayhon bilan birga klip suratga oldirgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
“Shov-shuv.uz”ning yozishicha, klip Rayhonning yangi qo‘shig‘i uchun olinayotgan bo‘lib, mazkur hamkorlik doirasida Poziljonov sochidan ham voz kechishga rozi bo‘lgan.
“2016-yilning so‘nggi kunida Poziljonov sochining yarmidan voz kechdi. Rayhonning klipi uchun”, — deb yozadi “Shov-shuv.uz”.
Hali sochlari joyida bo‘lgan vaqtda esa Jahongir Poziljonov O‘zbekistonning asosiy bayram archasi o‘rnatilgan “Anhor-Lokomotiv” parkida minglab odam bilan birga o‘ziga xos uslubda selfi-tabrik yo‘llagan edi:
View this post on Instagram
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 132 | 848 |
Madaniyat | Yigitali Mamajonov rafiqasi Muqaddas Sa’dullayeva uning qaysi shartini bajarmasa, oilasi buzilishini ma’lum qildi (video) | Aktyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Yigitali Mamajonov xotini, aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaga filmlarda rol ijro etish uchun qanday shartlar qo‘ygani haqida gapirib berdi.
Xudo xohlasa, ayolim faqat men bilan rol o‘ynaydi, boshqa odamlar bilan filmlarda rol ijro etmaydi. Bu narsaga men yo‘l qo‘ymayman. Agar boshqa odamlar bilan rol ijro etganini ko‘rsangiz, bilingizki, bizning oilamiz buzilgan bo‘ladi.
Videokliplarda ham o‘zim bilan o‘ynaydigan bo‘lsa, ruxsat beraman. Balki partnyorsiz bo‘lsagina, bitta o‘zi rol ijro etishi mumkin. Bu — haqiqat.
Yigitali Mamajonov, aktyor, kaskadyor
Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov 1990-yil 16-iyun kuni Moskva shahrida dunyoga kelgan. 2012-yilda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. 20 dan ortiq film va seriallarda bosh rollarni ijro etgan. 40 dan ortiq videokliplarda rol ijro etgan. | 121 | 981 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon opera yo‘nalishida ham o‘zini sinab ko‘rdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining to‘qqizinchi turida opera qo‘shiqchisi Anna Netrebko qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda 12news.uz xabar berdi.
Navbatdagi bosqichda Sevara “Janni Skikki” operasi repertuaridan, 1918-yilda italiyalik bastakor Jakomo Puchchini tomonidan yozilgan O mio babbino caro ariyasini ijro etdi.
Hakamlar hay’ati a’zosi, dunyo operasi yulduzi, musiqa fanlari doktori, professor Lyubov Kazarnovskaya Sevarani dadilligi uchun maqtadi, biroq uning chiqishini 4 ballga baholadi. Leonid Yarmolnik va Anna Ardova ham xuddi shunday baho qo‘ydi. Faqatgina komediya aktyori Aleksandr Revva Sevaraning chiqishini a’lo darajada, deb baholadi. Betaraf hakam — aktyorlik mahorati bo‘yicha o‘qituvchi Danila Dunayev o‘zbek xonandasiga 5 ball qo‘ydi va Sevara 22 ochko bilan 10-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball, beshinchi bosqichda 23 ball, oltinchi va yettinchi turlarda 24 balldan, shuningdek, maxsus sakkizinchi turda 25 ball to‘plagan edi. | 58 | 1,339 |
Madaniyat | “Qattiqqo‘l xonim” filmi aktyorlari 15 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto) | Devid Frankelning “Qattiqqo‘l xonim” filmi 2006-yil 30-iyunda AQShda namoyish etilgan bo‘lib, 2021-yilda kartina o‘zining 15 yilligini nishonladi. Oradan yillar o‘tganiga qaramay, filmni sevib tomosha qiluvchi muxlislar soni kamaymagan.
Meril Strip, 72 yosh
Hali hamon suratga tushishda davom etayotgan Merilning hech qaysi hamkasbi eng yaxshi aktyorlik ishi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga 21 marta nomzod bo‘lish borasida uning oldiga tusha olmaydi. Bergan intervyularida aktrisa qattiqqo‘l rahbar ayolni gavdalantirish karyerasidagi eng qiyin vazifalardan biri bo‘lganini bir necha marta takrorlagan. Ammo shunga qaramay, u o‘z rolini maromiga yetkazib ijro qilgan.
Enn Xeteuey, 39 yosh
Filmda yosh va harakatdan to‘xtamaydigan Andrea rolini o‘ynagan Enn mazkur ijrosi sabab bir qancha mukofotlar, xususan, “Oskar”, “Oltin globus”, “Emmi” va “BAFTA”ni qo‘lga kiritgan. Muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etishda davom etayotgan aktrisa Adam Shulman bilan turmush qurgan. Juftlikning ikki nafar farzandi bor.
Emili Blant, 38 yosh
Filmda Miranda xonimning bosh assistentini gavdalantirganiga qaramay, Emili Blantga bugungi kunda bosh qahramon rolini ijro qilish uchun ko‘plab takliflar kelib tushadi. Aktrisa sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktrisa Jon Krasinskiga turmushga chiqqanidan keyin ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan.
Stenli Tuchchi, 60 yosh
Stenli filmda jurnalning kreativ direktori Nayjel sifatida ko‘rinish beradi. Shundan buyon u bir qancha mashhur ikkinchi darajali qahramonlarni gavdalantirishga muvaffaq bo‘lgan. Rollarini mahorat bilan ijro qiladigan aktyor karyerasi davomida bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Saymon Beyker, 52 yosh
Andreaning boshini aylantirmoqchi bo‘lgan Kristian ijrosi Saymonning karyerasidagi eng yaxshi rollardan biri bo‘lib qoladi. Filmdagi hamkasblaridan farqli o‘laroq, yangi loyihalarda ishtirok etish uchun takliflar kam kelib tushishiga qaramay, u bir qancha mashhur brendlar, masalan, Givenchy’ning reklamasida suratga tushishni kanda qilmaydi. | 76 | 2,011 |
Madaniyat | Dunyo yulduzlari qanday kutib olindi? Kinofestival qizil yo`lagidan fotoreportaj | Uzoq kutilgan Xalqaro Toshkent kinofestivali – "Ipak yo`li durdonasi" vanihoyat o`z ishini boshladi. Bugun, 28 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida dunyo tanigan kino yulduzlari qizil yo`lakdan o`tdi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri xabar berdi.
Festivalning tantanali ochilish marosimi haqida keyinroq ma`lumot beramiz. "Darakchi.uz"ni kuzatishda davom eting. | 80 | 376 |
Madaniyat | Amerikalik aktyor Shon Penn Ukrainani piyoda tark etdi | Jangovar harakatlar vaqtida Ukrainada bo‘lib turgan Gollivud aktyori va rejissori urush hududini tark etishga majbur bo‘ldi. Afsuski, bu safar odatdagidek hashamatli transfer taqdim etilmadi. Shu sababli Shon Penn Polshaga borish uchun bir necha kilometr piyoda yurdi.
“Ikki hamkasbim bilan mashinani yo‘l chetida qoldirib, Polsha chegarasigacha bir necha chaqirim yo‘l yurdik. Bu suratdagi deyarli barcha mashinalarda faqat ayollar va bolalar bor, ularning aksariyatida hech qanday yuk yo‘q, mashina esa ularning eng qadrli narsasiga aylangan”, — deb yozdi Shon Penn Twitter’da.
Eslatib o‘tamiz, “Oskar” sovrindori Ukraina haqidagi hujjatli film ustida ishlashni davom ettirish uchun 2022-yil 23-fevral kuni Kiyevga tashrif buyurgan. Biroq ertasi kuni butun dunyo bo‘ylab Rossiya tomonidan boshlangan harbiy harakatlar boshlangani haqida xabar tarqaldi. | 54 | 856 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” 7-mavsumining 4-qismi internetga chiqarib yuborildi | “Taxtlar o‘yini” serialining yangi mavsumi 4-qismi televideniye orqali namoyish etilmasdan turib internetga chiqib ketdi. Bu qismni Reddit resursida ko‘chirib olish mumkin.
Poster: Mod DB
Resursdagi tred muallifining so‘zlariga qaraganda, ushbu material Pokistondan sovg‘adir.
Ayni paytda ko‘rish va ko‘chirishlar soni juda ko‘pligi tufayli videoni ko‘rish imkoni mavjud emas.
Seriya taqdimoti televideniyeda 6-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Bir muddat ilgari HBO telekanalining minglab fayllar xakerlar tomonidan o‘g‘irlandi. Ular orasida video, tasvirlar va musiqa bor. | 68 | 569 |
Madaniyat | Bollivudning Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan filmlari | Hindiston dunyoning eng yirik kinosanoatlaridan biriga egalik qiluvchi mamlakat hisoblanadi. U tashkil etilganiga 100 yildan oshgan hamda bu muddat ichida Bollivud ko‘plab rekord natijalarga erishgan. “Bolliwoodtime.ru” Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan hind filmlari haqida ma’lumot berdi.
Hindiston kinosanoati — bir yil ichida eng ko‘p kino ishlab chiqargani uchun rekord o‘rnatgan
Hindistonda bir yilda 800 tadan 1000 tagacha badiiy filmlar suratga olinadi. Bu Gollivudda suratga olinadigan filmlardan ikki baravar ko‘p degani.
2009-yilda Hindistonda 24 ta tilda 1288 ta film taqdim etilgan. Ushbu ko‘rsatkich tufayli Hindiston kinosanoati Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Hindistonda koronavirus tufayli filmlarni suratga olish to‘xtatib qo‘yildi. Ular orasida “Forrest Gamp”ning hindcha remeyki ham bor
“Sevaman, deb ayt” — Eng ko‘p mukofot olgan film
Ushbu film juda ko‘p mukofot bilan taqdirlangani uchun 2002-yilda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. 2000-yilda suratga olingan Ritik Roshan va Amisha Patelning debyut filmi muvaffaqiyatli blokbasterga aylandi va umumiy hisobda 92 ta mukofotni qo‘lga kiritdi.
“Xotiralar” (Yaadein, 1964) — Bir nafar aktyor rol ijro etgan film
Rejissor va prodyuser Sunil Dattning ushbu filmida bosh rolni uning o‘zi ijro etgan. Jahon kinematografiyasida bir nafar aktyor ishtirok etgan birinchi va yagona film. Nargis Datt filmning oxirgi sahnasida soya sifatida namoyon bo‘ladi.
Bollivud yulduzlari Instagram’dagi postlaridan qancha ishlab topadi?
PiKey (2014) — Bollivudning birinchi eng kassabop filmi
Amir Xon bosh rolni ijro etgan “PiKey” filmi 2014-yilda namoyish etilgach, Hindiston tarixidagi eng muvaffaqiyatli film deb tan olingan. Film 6,22 milliard rupiy yoki 101,2 million dollar daromad keltirgan. “PiKey” 2015-yilda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Keyinroq ushbu rekordni yana 4 ta Bollivud filmi yangilagan: “Baxubali: Ibtido”, “Kurash”, “Robot 2”, “Baxubali: Intiho”. “PiKey” hozirgi kunga qadar eng kassabop hind filmlari beshligida qolmoqda.
Terrorchi, o‘qituvchi va savdoyi... Amirxon filmlari bo‘yicha test
“Baxubali: Ibtido” — Dunyodagi eng yirik afishaga ega film
Rejissor Rajamoulining ushbu filmi 2015-yilda eng katta afishasi bilan rekord o‘rnatgan. Afisha 4 793,65 metr kvadrat o‘lchamga ega bo‘lgan. Bungacha ushbu rekord Akshay Kumarning “Xo‘jayin” filmiga tegishli bo‘lgan.
Sevimli Bollivud yulduzlarining bolalikdagi suratlari (foto)
“Sevgi va Xudo”— Bollivudning eng uzoq vaqt suratga olingan filmi
“Sevgi va Xudo” filmining suratga olish ishlari 1960-yilda boshlangan hamda 1986-yilda yakunlangan. Filmning muhabbat haqidagi sahnalari suratga olinayotgan paytda bosh rol ijrochisi Guru Datt vafot etgan. Keyin rejissor uni Sanjiv Kumar ishtirokida qayta suratga olishni boshlaydi. Biroq 1971-yilda uning o‘zi vafot etadi. 1986-yilda rejissorning bevasi filmni suratga olishni yakunlab, namoyishni o‘tkazgan. Ushbu film eng uzoq muddatda suratga olingan hind filmi sifatida rekord o‘rnatgan.
“O‘g‘irlanmagan kelin” — Kinoteatrda eng uzoq muddat namoyish etilgan film
Bollivudning eng romantik ushbu filmi kinoteatrda eng uzoq muddat namoyish etilgan film sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. U ekranga chiqqan yili, ya’ni 1995-yildan boshlab 10 yil davomida 2005-yilgacha uzluksiz namoyish etilgan.
“Katta davlatlarda ham kichik ko‘ngilsizliklar bo‘lib turadi”. Shohruxxon o‘ynagan filmlardagi iqtiboslar bo‘yicha test
“Zulmat” (Tamas, 1988) — Kinoteatrda namoyish etilgan eng uzoq davom etuvchi film
Ushbu film Bollivudning eng uzoq vaqt davom etuvchi filmi sifatida rekord o‘rnatgan. Filmning davomiylik vaqti 4 soat-u 34 daqiqani tashkil etadi.
Filmda Om Puri, Dipa Saxi, Amrish Puri va Pankaj Kapur kabi taniqli aktyorlar rol ijro etgan.
Bollivudcha urf: Taniqli hind aktrisalari qanday kiyinadi? | 58 | 3,837 |
Madaniyat | Mashhur opera qo‘shiqchisi Monserrat Kabalye Ispaniyada firibgarlikda ayblanib, olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi | Ispaniyaning Barselona shahri sudi mashhur opera qo‘shiqchisi Monserrat Kabalyeni firibgarlikda ayblab, olti oylik qamoq jazosiga hukm qildi. 82 yoshli xonanda jazoni shartli ravishda o‘tashi taxmin qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Kabalye sud majlisida salomatligi tufayli ishtirok etolmadi, ko‘rsatmalarni esa videoaloqa orqali berdi. Qamoq jazosidan tashqari qo‘shiqchi 254 231 yevro miqdorida jarima, 72 ming yevro muddati o‘tib ketgan to‘lovlar uchun foiz to‘laydi, shuningdek, 1,5 yil davomida davlat yordamini ololmaydi.
Kabalye 2010-yilda jismoniy shaxs sifatida Ispaniya g‘aznasiga soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda. U rasman Andorra fuqarosi hisoblangan va bu holat Ispaniyada soliq to‘lamasligi uchun imkon bergan. Biroq prokuratura xonanda go‘yoki Andorrada yashayotganini soliq to‘lamaslik uchun o‘ylab topgani, aslida doimiy ravishda Barselonada istiqomat qilganini aniqladi.
Natijada Kabalye o‘zini aybdor sifatida tan olish, 250 ming yevro jarima to‘lash, shuningdek, olti oylik qamoq jazosiga hukm etilishiga rozi bo‘ldi. Bundan tashqari, qo‘shiqchi Ispaniya g‘aznasiga 508 ming yevroni qaytardi. | 118 | 1,129 |
Madaniyat | Ayrim narsalar hech qachon o‘zgarmaydi: mashhurlarning opa-ukalari bilan tushgan suratlari | Olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, 11 yoshga kelib, bolalar bo‘sh vaqtlarining taxminan 33 foizini opa-singlisi va aka-ukasi bilan o‘tkazadi. Bu ota-ona, do‘stlar, o‘qituvchilar va hatto yolg‘iz qolishdan ham ko‘ra ko‘proq foizni tashkil etadi. Ular bilan hayotdagi eng kuchli munosabat o‘rnatilishining ajablanarli joyi yo‘q va mashhurlar ham bundan mustasno emas.
Teylor va Ostin Svift
Teylor Sviftning ukasi 29 yoshda. U kollejda kino sohasida tahsil olgan. 2016-yilda Ostin “Sun’iy intellekt. Cheklanmagan kirish” trillerida aktyorlik debyutini qildi va o‘sha yili u Ben Afflekning “Tun qonuni” filmida ham rol ijro etdi.
Penelopa va Monika Kruz
Monika Kruz — aktrisa, raqqosa va dizayner. 2007-yilda u singlisi Penelopa bilan birgalikda ispaniyalik Mango reteyleri uchun kechki liboslar kolleksiyasini yaratdi. 2013-yilda Monika Antonella ismli qizini dunyoga keltirdi.
Jessika va Joshua Alba
Joshua Alba 18 yoshida opasi bilan “Qora farishta” teleserialida ishtirok etgan. Bungacha u Tommy Hilfiger, Sketchers va Teen Magazine kabi kompaniyalarda model sifatida ishlagan.
Emma va Aleks Uotson
Aleks Uotson — model hamda aktyor. 2010-yilda u opasi Emma bilan birga Burberry fotosessiyasida ishtirok etdi. Shuningdek, u Piksi Lottning klipida rol o‘ynagan.
Nikol va Antoniya Kidman
Antoniya jurnalist va teleboshlovchi sifatida ishlaydi. U ikki marta ASTRA mukofotini qo‘lga kiritgan. U Avstraliyada bolalari hamda turmush o‘rtog‘i Kreyg bilan yashaydi.
Jizel Byundxen va uning egizak opasi Patrisiya
Patrisiya va Jizel aslida egizak bo‘lsa-da, oddiy opa-singillarga o‘xshaydi. Patrisiya uning menejeri va rasmiy vakili sifatida Jizel bilan yaqindan hamkorlik qiladi. U ayni paytda Jizelga tegishli bo‘lgan kompaniyada ham ishlaydi.
Meri-Keyt va Eshli Olsen
Olsen egizak opa-singillar o‘zlarining eng mashhur rollarini biralikda o‘ynagan. Keyinchalik Meri-Keyt va Eshlining modaga qiziqishi ortdi va ular birgalikda 2006-yilda The Row leyblini ishga tushirdi.
Julianna va Derek Xaf
Derek Xaf professional raqqos, xoreograf, aktyor va qo‘shiqchidir. U hamkasblari bilan Dancing with the Stars loyihasida 6 marta g‘alaba qozonib, rekord o‘rnatdi.
Demi Lovato va Medison De La Garza
Medison De La Garza “Umidsiz uy bekalari” filmidagi Xuanita Solis roli bilan mashhur. U, shuningdek, qo‘shiqchi Demi Lovatoning kenja singlisi.
Keyli va Briana Kuoko
Briana Kuoko 33 yoshda va u aktrisa. U Kayli bilan birgalikda “Bort xizmatchisi” teleserialida suratga tushgan.
Anjelina Joli va Jeyms Xeyven
Jeyms Xeyven xuddi singlisi kabi aktyor va prodyuser. U Anjelina Joli bosh rolni o‘ynagan bir nechta filmlarda kichik rollarni o‘ynagan, masalan, “Jia” filmida. | 90 | 2,664 |
Madaniyat | Foto: “Titanik” filmi aktyorlari 24 yil ichida qanchalik o‘zgardi? | Rejissor Jeyms Kameronning afsonaviy “Titanik” filmi 1997-yilda suratga olingan va 12 yil davomida insoniyat tarixidagi eng kassabop film bo‘lgan. Ushbu filmda suratga tushganidan keyin mashhurlikka erishgan aktyor va aktrisalarning ko‘rinishi 24 yil ichida qanchalik o‘zgargan? AdMe nashri ushbu savolga quyidagi fotolar orqali javob beradi.
Rouz Dyuitt Byukeyter — Keyt Uinslet
“Titanik”dagi Rouz roli uchun “Oskar”ga nomzod bo‘lgan aktrisa, 2009-yilda “Kitobxon”(The Reader) filmidagi ijrosi sabab ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan. Unda Keyt Germaniya shaharlaridan birida tramvay konduktori bo‘lib ishlaydigan ayol rolini ijro qilgan. Uinslett yuvilmagan sochlar va makiyajsiz ko‘rinish berishdan qo‘rqmaydiganlardan. “Isttaunlik Meyr” (Mare of Easttown) serialida suratga tushish uchun aktrisaning maksimal darajada tabiiy ko‘ringani esa bunga isbot bo‘la oladi. 2022-yilda Keyt ishtirokidagi yana bir yangi film — “Avatar-2” ekran yuzini ko‘radi.
Billi Zeyn — Rouzning qaylig‘i Kaledon Xokli
Ilk faoliyatini 1985-yil “Kelajakka qaytib” (Back to the future) filmida Match ismli yigitni gavdalantirishdan boshlagan aktyor, keyinroq “Snayper”, “Megavil” va boshqa bir qancha filmlarda rol ijro qilgan. “Titanik” dan keyin esa uni, asosan, salbiy qahramon roliga taklif eta boshlashgan. Ayni vaqtda aktyor “Brando bilan vals” fimining ustida ishlamoqda. Unda bosh qahramon sifatida ko‘rinish beradi.
Rouzning onasi Rut — Frensis Fisher
“Titanik”dagi muvaffaqiyatidan keyin aktrisa “Jozibadorlik qonunlari” (Laws of Attraction), “Holidate” singari filmlarda asosan ona obrazida ko‘rinish bergan. Bugungi kunda ijod qilishda davom etayotgan Frensis ishtirokidagi Netflix tomonidan ishlangan “Gunohkor” (The Sinner) filmining 4-mavsumi premyerasi 2021-yilning oxirigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
“Titanik” kemasining kapitani — Bernard Xill
Sujetga ko‘ra, Xillning qahramoni “Titanik” bilan birga suv ostida qolgan. Film aktyorga katta shuhrat keltirgan bo‘lishiga qaramay, bu uning yagona tashrif qog‘ozi emas. Bernard “Titanik”dan tashqari “Uzuklar hukmdori” (The lord of the rings) kino trilogiyasida ham rol ijro etgan. Aktyor so‘nggi marta “Oltin yillar” (Golden Years) filmida ishtirok etgan. U filmda banklarga o‘g‘rilikka tushadigan nafaqaxo‘r qahramonini gavdalantirgan.
Kema quruvchisi Tomas Endryus — Viktor Garber
Olti karra “Emmi” va to‘rt marta “Toni” mukofotining laureati bo‘lgan Viktor Garber “Katta o‘yin” (Big Game), “Qotil” filmlarida suratga tushgan. 2020-yilda uning ishtirokidagi “Eng baxtli mavsum” (Happiest Season) filmi ekran yuzini ko‘rgan.
Kemadagi badavlat kimsa — Jonatan Xayd
Jonatan “Titanik”dan keyin “Mumiyo”, “Boyvachcha Richchi” (Richie Rich) singari filmlarda ikkinchi darajali qahramonlarni gavdalantirgan. “Jumanji”da birdaniga ikki qahramon: ota va ovchi obrazida ko‘rinish bergan. Ayni vaqtda aktyor teatrda faoliyat yuritadi.
Jon Jeykob Astor IV — ErikBraden
Asl ismi Gans-Yorg Gudegast bo‘lgan aktyor, 18 yoshida Germaniyadan AQShga ko‘chib kelgan. Faoliyatini serialda suratga tushishdan boshlagan Erik, sport bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. U yoshligida yengil atletika bo‘yicha Germaniyada chempion bo‘lgan, hatto.
Margaret Braun — Keti Beyts
“Oskar” laureati, ikki karra “Emmi”, “Oltin Globus” va “Qalquvchan Molli” nomi bilan tanilgan aktrisa “Titanik”dagi Margaret Braun roli uchun “AQSh kino aktyorlarining Gildi mukofot”lari bilan taqdirlangan. Aktrisa “O‘zgarish yo‘li”(Revolutionary road), “Richard Juellning ishi” (Richard Jewell) filmlarida suratga tushgan. Tuxumdonlar va ko‘krak bezi saratonidan aziyat chekkan Keti, shifo topganidan buyon esa o‘zini eng baxtli kishilardan biri deb hisoblaydi.
Jek Douson — Leonardo Di Kaprio
Kinodagi faoliyatini 1993-yilda boshlagan aktyor, “Gilbert Greypni nima qiynamoqda?”(What’s eating Gilbert Grape) filmida Jonni Depp bilan suratga tushgan, “Titanik”dagi ijrosi esa unga olamshumul mashhurlik olib kelgan. Karyerasi davomida u bir-biridan esda qolarli filmlarda suratga tushgan. “Buyuk Getsbi”, (The Great Gatsby) “Tutqich bermas firibgar” (Catch me if you can), “Murtadlar” (The Departed) va “La’natlanganlar oroli” (Shutter island) shular jumlasidan. 2016-yilda “Omon qolgan”(The Revenant) filmidagi roli uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgan aktyor, so‘nggi marta Kventin Tarantinoning “Bir kuni Gollivudda” (Once upon time in Hollywood) filmida suratga tushgan.
Jekning do‘sti Fabritsio De Rossi — Denni Nuchchi
Kinodagi faoliyatini 14 yoshida epizodik rollarni ijro qilishdan boshlagan aktyor, “Titanik”dan keyin ham ikkinchi darajali qahramonlarni gavdalantirgan. “Qoya” (The Rock) filmi Maykl Beyning suratga tushgan filmlari orasida eng omadlisi hisoblanadi. So‘nggi marta u “911” serialida ishtirok etgan.
Rouzning nabirasi — Syuzi Emis
Karyerasini fotomodel sifatida boshlagan Syuzi, keyinchalik aktrisalikni afzal bilgan. 1993-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Mitti Jo haqidagi ballada” (The ballad of little Jo) filmida jon saqlab qolish uchun o‘g‘il bolalardek kiyinib yurgan qiz rolini gavdalantirgani tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan. “Titanik”ning suratga olish davomida rejissor Jeyms Kemeron bilan uchrasha boshlagan. 1999-yilda juftlik munosabatlariga chek qo‘ygan. Bugungi kunda uning 3 nafar farzandi bor. | 66 | 5,248 |
Madaniyat | Armiya “QVZ”chilari O‘zbekiston chempioni bo‘ldi | Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida Oliy liga “QVZ” o‘yinlarining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.
Finalga uch jamoa yetib bordi — Mudofaa vazirligining “Yirik kalibr” jamoasi, “18+” va “Beats”.
Dastlabki “Tanishtiruv” shartini “18+” jamoasi boshlab berdi. Hayotiy hazillar, do‘stona yumor final o‘yinlarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning o‘ziga xos yutug‘i bo‘ldi. Dangasaligi bilan tanilgan “Beats” jamoasi esa mamlakatda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni kulgili tarzda omma e’tiboriga havola etdi.
“QVZ” tarixida hali sahnaga 50 nafar qorbobo chiqqan emas edi. Armiya “QVZ”chilari birinchi shartga tantanavor tayyorgarlik ko‘rib, harbiy libosni ko‘ylak va smokingga almashtirib chiqdi. Biroq oyoqdagi etiklar o‘zgarishsiz qolgan.
Birinchi shart bo‘yicha maksimal ball “Yirik kalibr” jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, “Beats” va “18+” tegishli ravishda keyingi o‘rinlarni egalladi.
Jamoalar O‘zbekiston “QVZ” chempioni bo‘lish uchun “musiqiy uyga vazifa”, “sardorlar bellashuvi”, “videotanlov” shartlari bo‘yicha o‘zaro kurashdi.
Rang-barang chiqishlar, o‘ziga xoslik va yengil hazm bo‘luvchi hazillar bilan Mudofaa vazirligining “Yirik kalibr” jamoasi barchaning diqqat markazida bo‘ldi.
Barcha shartlar yakuniga ko‘ra, armiya hazilkashlari 19,3 ball bilan 2019-yil chempioniga aylandi. “Beats” jamoasi 18,7 ball bilan ikkinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, “18+” jamoasi 15,7 ball bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. | 48 | 1,523 |
Madaniyat | Instagram: Yulduz Usmonova qanday holatda qizi Nilufarni ofitsiant qiladi? Bloger Doniyor Qayumov uylandi, to‘yda “avjiga chiqqan” Jahongir Otajonov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Muhammedova hamda Alisher Uzoqov 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Oltin humo” taqdirlash marosimiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shuningdek, Shahzodaning ma’lum qilishicha, Dilnoza Kubayevaning Instagram sahifasi ham bloklangan.
Yulduz Usmonova “Sevimli yulduz” ko‘rsatuvi syomkasida qizi Nilufarga qanday talablar qo‘ygani haqida so‘zlab berdi. Xususan, xalq artisti qiziga “Agar qo‘shiqchilikda o‘smaydigan bo‘lsang, sharmanda qilma, yig‘ishtir-da, ofitsiantlik qil”, degani haqida gapirdi.
Shohruhxon yangi imij bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Hulkar Abdullayeva “Aldama” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.
Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva ba’zida fast-fud ham iste’mol qilib turishlarini kuzatuvchilariga namoyon etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Jahongir Otajonovning to‘y xizmatida kuylayotgani aks etgan video tarqaldi. Videoda xonanda qo‘shiqqa berilib ketgani hamda uning ustidagi kiyim yechilib ketganini ko‘rish mumkin.
Luiza Rasulova sahifasiga yangi surat joyladi.
Bloger va komik aktyor Ozod Xurramov kafeda Munisa Rizayevani ko‘rib qolib, unga qo‘shiq aytib, o‘ynab berdi.
Bollivud yulduzi Bipasha Basuning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 10 millionga yetdi. Aktrisa barcha muxlislariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Bir vaqtlar aktrisa Sitora Farmonova bilan sevishayotganini aytib, piar qilgan bloger Doniyor Qayumov 21-dekabr kuni uylandi. Ko‘pchilik ijtimoy tarmoq kuzatuvchilari to‘yning haqiqiyligiga ishonmasligini yozib qoldirmoqda. Doniyorning o‘zi esa nikohdan o‘tgani hamda to‘yi aks etgan videolarni sahifasiga joylagan.
To‘yda boshqa taniqli blogerlar, xonandalar ham ishtirok etdi. | 148 | 1,817 |
Madaniyat | Rayhon o‘zining yangi “Ne bo‘lar” taronasi uchun klip suratga oldi | Ayni vaqtda onalik baxtidan bahra olayotgan Rayxon o‘zining yangi taronasi uchun klip suratga oldi. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.
Rayhon yaqinda “Ne bo‘lar?” nomli taronani yozib tugatdi. Qo‘shiqning musiqasini shaxsan Rayxonning o‘zi bastalagan.
Tez kunlarda qo‘shiq “O‘zbegim Taronasi” radiosida premyera qilinishi ma’lum qilindi.
Sho‘x va raqsbop ohangga ega mazkur tarona uchun videoklip ham suratga olindi.
Klipning ham syujet, ham trek yo‘nalishida bo‘lishi kutilmoqda. Tasvirga olish ishlari Toshkentning turli maskanlarida olib borildi.
Davlat Arabshoyev tomonidan tayyorlanayotgan klip uchun syujet g‘oyasini Rayxon va butun ijodiy jamoa birgalikda yozdi. | 66 | 671 |
Madaniyat | Anjelina Joli farzandlari bilan yangi uyga ko‘chib o‘tdi (foto) | Gollivud yulduzi Anjelina Joli oyiga 30 ming dollar to‘lanadigan hovli-joyni ijaraga oldi va Bred Pitt bilan ajrashish jarayoni vaqtida o‘z farzandlari bilan u yerga ko‘chib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net” Britaniyaning Daily Mail gazetasiga tayanib.
Uy Los-Anjeles okrugidagi Xidden-Xils yopiq hududida joylashgan. Maydoni 700 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan hovli-joy hududida ikkita basseyn va pog‘onali sharshara bor.
Ta’kidlanishicha, taniqli yulduzlar — Kim Kardashyan va turmush o‘rtog‘i Kanye Uest, Jennifer Lopes va boshqalar ham Joliga qo‘shni yashaydi. | 63 | 571 |
Madaniyat | “Elchining qizi” seriali yulduzi Engin Akyurek Instagram’da akkaunt ochdi | “Elchining qizi” seriali qahramoni Engin Akyurek Instagramda o‘z sahifasini yaratdi, deb yozadi “KinoTeka”.
Taniqli turk aktyori Engin Akyurek hanuzgacha ijtimoiy tarmoqda o‘zining sahifasiga ega bo‘lmagan kam sonli yulduzlardan biri edi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, uni bu kabi platformalar qiziqtirmaydi. Ammo Enginning muxlislari uzoq vaqtdan buyon sevimli aktyori bilan bevosita bog‘lanish uchun sahifa yaratishni so‘ragan. Akkaunt yaratilgandan so‘ng, ikki kun mobaynida Engin Akyurekning sahifasiga 250 ming folloverlar obuna bo‘ldi. Engin dastlab aktyor Tolga Saritashning mushugi bilan tushgan suratni joyladi va unga “Men keldim!”, deya izoh qoldirdi.
Postga birinchilardan bo‘lib uning eng yaqin do‘sti va hamkasbi Saritash shunday izoh qoldirdi: “Birinchi sharh!” Shundan so‘ng boshqa hamkasb va do‘stlardan Ahmed Tansu Tashanlar “Xush kelibsan, Akyurek!”, Bestemsu Ozdemir esa “Xush kelibsan!”, deya javob bergan. | 73 | 928 |
Madaniyat | Aktyor Arnold Shvarsenegger boshpanasiz qolgan Los-Anjeles faxriylariga 25 ta uy sovg‘a qildi | Aktyor va Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger boshpanasiz qolgan Los-Anjeles faxriylariga 25 ta uy sovg‘a qildi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Esquire.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor kichik turar joy binolarini o‘rnatish uchun jami 250 ming dollar ajratgan, faxriylar allaqachon ularga joylashishni boshlagan. Uylarning har biri konditsioner, elektr va isitish tizimiga ega.
Bayram oldidan Shvarsenegger turar joy massivlari qurilgan joyga tashrif buyurib, sovg‘a egalari suhbatlashdi. “Bugun men Yangi yilni oldinroq nishonladim”, – deb yozadi Shvarsenegger o‘z sahifasida.
View this post on Instagram
AQSh hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 37 mingdan ortiq boshpanasiz qariyalar yashaydi. Ularning ko‘chada qolishining sabablari nogironlik, psixologik muammolar, spirtli ichimliklar va giyohvandlikdir. | 93 | 881 |
Madaniyat | Kiyim va zargarlik buyumlari orqali sirli ma’noga ega obraz yaratgan mashhurlar (foto) | Mashhurlar qizil yo‘lak, konsert va kino premyeralarda ishtirok etish uchun har doim o‘z obrazlarining har bir elementiga e’tiborli bo‘ladi. Ko‘pincha ularning liboslari, bezaklari, taqinchoqlari nimanidir “so‘zlaydi”. Masalan, “Matritsa” filmining yulduzi kartinaning oxirgi qismi premyerasiga hammaga tanish bo‘lgan kodli libosda kelgan; Keyt Middlton shahzoda Filippning xotirasi hurmati uchun maxsus palto modelini tanladi; Adel o‘zining ziraklari bilan yangi hayotning boshlanishini belgiladi.
Kerri-Enn Moss
“Matritsa” filmlar seriyasida Triniti rolini ijro etgan Kerri-Enn Moss film premyerasida nafis libosda chiqdi. Aktrisaning ko‘ylagi shunchaki chiroyli kashtado‘zlik emas edi. Obrazda “Matritsa”ning ramziy kodini taqlid qilish uchun ko‘ylakning etak qismi yashil va kumush rangli pistonlar bilan bezatilgan.
Megan Markl
Megan Markl 2021-yil may oyida Global Citizen xayriya konsertida ishtirok etdi va unda nutq so‘zladi. Tadbir uchun gersoginya gul, zirak, soat, bilaguzuk va marjonlardan iborat qizil ko‘ylakli obrazni tanladi.
Marklning zargarlik buyumlaridan biri oddiy emas, balki qandaydir ma’noni anglatar edi. Meganning bo‘ynida feministik harakat belgisi shaklidagi marjonda siqilgan musht, kurash va qarshilik, aylana ichidagi ko‘zgu Venera – ayol ramzi sifatida tasvirlangan.
Spayk Li
“Oskar” sovrindori va basketbol ishqibozi Spayk Li 92-Oskar mukofotini topshirish marosimiga Lakers klubidan ilhomlangan holda binafsharang kostyumda keldi. Rejissorning kostyumida tillarang bezaklar hamda 2 va 4 raqamlari naqshlangan edi. Bu ko‘rinish Los-Anjeles Lakers klubining 24-raqamni kiygan afsonaviy o‘yinchi Kobi Brayantga bo‘lgan hurmat edi.
Keyt Middlton
Dekabr oyida Keyt Middlton xayriya konsertida xalq oldiga qizil bantli nafis ko‘ylak-paltoda chiqdi. Albatta, tanlov biron bir sababga ko‘ra bo‘lgan, xuddi shu palto, lekin qora rangdagisini, shahzoda Filipp bilan vidolashuv paytida gersoginya kiygan edi. Bu bilan Keyt oilaviy qadriyatlar muhimligini ta’kidladi va shahzoda Filipp oilasining qalbida abadiy qolishini eslatdi.
Xoakin Feniks
“Joker” filmidagi bosh roli uchun “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan aktyor Xoakin Feniks Stella McCartney libosida qizil yo‘lakka chiqdi. Marosimdan so‘ng dizayner o‘zining Twitter sahifasida Feniksni mukofot bilan tabrikladi va aktyor 2020-yilgi mukofotlar mavsumining barchasida ham bu kostyumni kiyishini aytdi.
Xoakin Feniks va uning dizayneri Stella McCartney kiyim-kechaklarning haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarilishining atrof-muhitga salbiy ta’siri muammosiga e’tibor qaratish uchun shunday qilishga qaror qildi.
Elizabet Teylor
1992-yilda Elizabet Teylor “Oskar” marosimida juda katta taassurot qoldirgan kichik aksessuar – qizil tasma bilan chiqdi. U eng yaxshi kino mukofoti bilan taqdirlangan kechada odamlar uning ajoyib taqinchoqlari va tashqi ko‘rinishi haqida emas, birinchi navbatda uning oq libosiga taqilgan qizil tasma haqida gapirib, butun dunyo e’tiborini OITSga qarshi kurashga qaratdi.
Adel
Adelning “Adel bilan oqshom” dasturidagi liboslari ramziy ma’noga ega edi. Qo‘shiqlarni ijro etish paytida xonanda libosini almashtirdi va qo‘lida Los-Anjeles tatuirovkasi va Saturn sayyorasi ko‘rinishidagi ziraklarni taqib oldi.
Adelning so‘zlariga ko‘ra, tatuirovka Saturn Quyosh atrofida to‘liq aylanishini yakunlagan va sayyora biz tug‘ilgan paytdagi holatga qaytgan asosiy astrologik hodisaga ishora qiladi. Bu hayotdagi muhim daqiqalarning boshlanishi va tugashini belgilaydi. Bu sodir bo‘lganda, hayotimizni tubdan o‘zgartirishi mumkin. Shunday qilib, bu qo‘shiqchi uchun yangi hayotning boshlanishiga bir ishora edi.
Bleyk Layvli
Ehtimol, ko‘pchilik e’tibor bermagandir, ammo Bleyk Layvli “Oddiy iltimos” filmining premyerasidagi obraz u o‘ynagan qahramonning uslubiga to‘liq mos keladi. Deyarli butun film davomida bosh qahramon ham faqat shim va kostyum kiygan. | 86 | 3,865 |
Madaniyat | Foto: Maksim Galkin kupeli vagonda | Rossiyalik qiziqchi Maksim Galkin tanqidchilariga o‘ziga xos javob berishga qaror qildi. Muqaddam uni Rossiyaning oddiy hayotidan uzilib qolishda ayblashgan edi, deb xabar beradi “MK.ru”.
Qiziqchi Instagram’dagi sahifasida Surgutga ketayotgan poyezd vagonida tushgan suratini joylashtirdi.
“Mana mening kupeim, u juda oddiy... Darvoqe, platskartda ham ko‘p yurganman”, — deyiladi suratga qoldirilgan izohda. | 34 | 408 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.