folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Ona bo‘lishni istamayotgan Xande Erchel, tugatilishi yoki davom ettirilishi noma’lum bo‘lgan “Beqaror”. Turk kinosi yangiliklari
Turk seriallari va undagi rollari bilan mashhurlikka erishgan yulduzlar hayoti va ijodi bilan bog‘liq so‘nggi yangiliklarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Muxlislar yaqin orada “Sadoqatsiz” filmi orqali sevimli aktrisalari Jansu Jereni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aktrisaning o‘zi tomoshabinlarning mazkur loyihaga qiziqish bildirayotganidan xursand ekanini ta’kidlagan holda uning hayotida ham yolg‘on va sotqinlik kuzatilgani, ammo u qahramoni singari reaksiya bildirmaganini qo‘shimcha qilgan. “Yaxshi va yomon kunda” serialining suratga olish jarayonidan e’lon qilingan yangi suratda bosh qahramonlarni birgalikda ko‘rish mumkin. “Agentimga qo‘ng‘iroq qiling” serialining ssenariy muallifi Elda Erog‘lu loyihani tark etgan, uning o‘rniga ssenariyni Ekin Atalay yozishi ma’lum qilingan. Ali Ersan Duru “Eshigimni qoq” serialining suratga olish jarayoniga qo‘shiladi. U 13-qismdan boshlab Efe Akman ismli qahramonni gavdalantiradi. Avvalroq loyihaga Pamir Pekin qo‘shilishi haqida xabar berilgandi, lekin tomonlar kelisha olmagani sabab rejalarga o‘zgartirish kiritilgan. Ulash Tuna Astepe “Barbaros” serialining suratga olish jarayonlarida ishtirok etish uchun shartnoma imzolagan. Serenay Sarikayadan nima uchun Deniz Bulutsuz uning obunachilar ro‘yxatidan chiqib ketgani haqida so‘ralganida aktrisa ajablangan va bu savolga javob bermagan. Serenayning ko‘zoynak bilan yaratgan obrazi paparatssi nishonidan chetda qolmagan. Marie Claire jurnalining oktabr soni muqovasi Xande Erchelning surati bilan bezalgan. Aktrisa bergan intervyusida jiyani Mavi oilasi uchun taqdir tuhfasi ekani, u avvallari ham oilasini yaxshi ko‘rgani, lekin Mavining dunyoga kelishi uni opasi bilan yanada yaqin munosabatda bo‘lishiga sababchi bo‘lganini ta’kidlagan. Ona bo‘lish bilan bog‘liq berilgan savolga Xande bunday rejasi yo‘qligini bildirgan. “Janob xato” serialining finalidan keyin boshqa loyihalarning ham tugatilishi va ular orasida “Beqaror” borligi haqida mish-mish tarqalgan. Serial prodyusseri Banu Akseniz esa bunga javoban Twitter sahifasida loyiha tugatilmayotgani, film ijodkorlarining hali tomoshabinlarga aytar so‘zi borligini yozib qoldirgan. Jan Yaman Italiyaga jo‘nab ketgan, u TV5 kanalidagi teleshoulardan birining mehmoni bo‘lgan. Jan mashhur rejissor Ferzan O‘zpetek bilan suhbatlashgan.
128
2,326
Madaniyat
Leonardo Di Kaprio Rim papasi qabulida bo‘ldi
Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio Rim papasining xos qabulida bo‘ldi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Qabul uchun italyan tilida minnatdorchilik bildirgan aktyor Fransiskga Iyeronim Bosx ishlari jamlangan kitobni taqdim etdi va musavvirning “Zaminiy lazzatlar bog‘i” triptixiga e’tibor qaratdi. Di Kaprioning aytishicha, bolalik chog‘ida mazkur kartina nusxasi belanchagi ustida turgan, biroq o‘sha paytlarda mazmunini tushunmagan. Hozirda esa kartina uning uchun ekologik falokat ramzi hisoblanadi. “Zaminiy lazzzatlar bog‘i” triptixi. Qabul yakunida aktyor Vatikanga summasi oshkor qilinmagan mablag‘ xayriya qildi.
45
624
Madaniyat
Xonanda Lola: Bu bayramni bolaligimdan yaxshi ko‘raman!
Xonanda Lola 6-iyul, chorshanba kuni Instagram’dagi sahifasida o‘z o‘quvchilarini bayram bilan tabriklab, xabar qoldirdi. “Bayram bilan, do‘stlarim! Bu yorug‘ bayramni bolaligimdan beri yaxshi ko‘raman. Butun kun davomida onang bilan oshxonada yurasan, pishir-kuydir bilan band bo‘lasan, so‘ng mehmonlarni kutib olasan, qo‘shnilar bilan shirinlik almashasan”, — deb yozadi Lola. “Bu bayram hozirga qadar barchamizni ota-onamizning uyimizda jamuljam qiladi. Xonadonlaringizdan kulgi va quvonch, tinchlik va xotirjamlik arimasin. Muhabbat va omad tilab qolaman, qadrdonlarim”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Lola. O‘zbekistonda 6-iyul kuni Ramazon Hayiti keng nishonlandi. Bundan bir kun avval xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida #arafamuborak xeshtegi bilan xabar qoldirgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
55
939
Madaniyat
“Intervyu” filmi to‘rt kunning ichidayoq 18 million dollar yig‘di
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inga suiqasd uyushtirilishi haqidagi mojarolarga sabab bo‘lgan “Intervyu” komediyasi to‘rt kun ichida internetdagi namoyishi davomida 15 million dollar yig‘di, deb xabar beradi “Kun.uz” “Vesti.ru” axborotiga tayanib. Mazkur filmni hozirga qadar ma’lum haq evaziga 2 millionga yaqin foydalanuvchi ko‘chirib oldi. Bu filmning bir qator kinoteatrlarda namoyish etilishi orqasidan yana 3 million dollar ishlab olindi. “Biz bu filmni Rojdestvo bayramiga chiqarishga harakat qildik. Bu o‘ziga yarasha chaqiruv bo‘ldi va biz bunga erishganimizdan mamnunmiz”, — deb aytib o‘tdi Sony Pictures rahbarlaridan biri Rori Bryuyer. Ma’lumot uchun, film avvalboshi 25-dekabr kuni katta ekranga chiqarilishi mo‘ljallangan edi. U AQShning 3000 ga yaqin kinoteatrida namoyish qilinishi kerak edi, deb axborot beradi “RIA Novosti”. Bundan bir necha kun avval Sony Pictures kompaniyasi xakerlarning hujumiga uchradi. AQSh hukumati bunda Pxenyanni ayblab, bunday harakatlar milliy xavfsizlikka tahdid solishi haqida aytib o‘tdi. Pxenyan esa Vashington qo‘ygan ayblovlarni inkor etdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, Sony Pictures bu filmning katta ekranlarga chiqishini to‘xtatib qo‘ydi, biroq AQShning bir necha kinoteatri bu filmni namoyish etish fikridan qaytmay, uni o‘z ekranlarida namoyish qilmoqda.
65
1,314
Madaniyat
“Tubanlik”dagi Qo‘chqorbek — Egamberdi Rahimov teatrdan “non” topolmagani va katta gonorar talab qilishining sabablari haqida so‘zlab berdi (foto, video)
Aktyor Egamberdi Rahimov tomoshabinlarga “Tubanlik” filmidagi o‘z qizini yoshi katta mullaga turmushga bergan Qo‘chqorbek roli bilan  yaxshi tanish. U aktyorlik faoliyatida ancha kamnamo bo‘lib qoldi.  Ayrimlarning fikricha, u san’atdan ketib, tabiblik bilan shug‘ullanayotgan ekan. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova bunga oydinlik kiritdi. — “Nega filmlarda kamnamosiz?” degan savolni aslida menga emas, rejissorlarga berish kerak. Aktyor ular taklif etsagina, rolni ijro etadi. Keyin avvalgidek filmlar ko‘p emas. Taklif etilganiga borib, ssenariy bilan tanishib ko‘raman. Ssenariy va gonorar summasi ma’qul bo‘lsagina, rozilik beraman. Qolgan payt esa sevimli mashg‘ulotlarim bilan bandman. Ayrimlar o‘ylaganidek, tabiblik bilan shug‘ullanayotganim yo‘q. Ammo tabobatga juda qiziqaman. Sun’iylikdan ko‘ra, Yaratgan ne’matlari bilan sog‘lom bo‘lish tarafdoriman. Bu sohaga qiziqishim avvaldan bo‘lgan. Uning ijodga hech qanday ta’siri yo‘q. Egamberdi Rahimov qimmat aktyor hisoblanadi. U yuqori gonorar so‘ragani uchun ko‘pchilik ijodkorlar u bilan hamkorlik qilishga cho‘chishadi.  — Men uchun ssenariy va gonorar summasi muhim ahamiyatga ega. Sababi aktyor ham hamma qatori inson. Uning ham ro‘zg‘ori, kam-ko‘sti bor. Agar olgan gonorarimga bozorga kirib, ikkita xalta ro‘zg‘orlik qilolmasam, ijodning qadr-qiymati qoladimi? Uch-to‘rt yil oldin teatrda ishlaydigan yaqin tanishim qo‘ng‘iroq qilib “Rossiyadan bir akamiz kelyapti, hech ishdan bo‘sholmayapman, ikki kun shu inson bilan shahar aylanolasizmi?”, deb iltimos qildi. Rozi bo‘lib, mehmonga yangi Toshkentni ko‘rsatdim. U ijodkorlarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rdi, suhbatda bo‘ldi. Ketar chog‘ida “Ijodkorning qadri yo‘q ekan, zavod ishchisi bilan bir xil oylik olarkan”, dedi. Haqiqatan ham ijodkorlarga to‘lanadigan gonorar ancha kam. Aktyor bir necha yil avval teatrlarda ham faoliyat yuritgan. Ammo qandaydir sabab bilan teatrdan ketishga qaror qilgan. Buning sababini u quyidagicha izohladi.  —  “Yosh tomoshabinlar” va “Ilhom” teatrlarida ishlaganman. Ammo oyliklarning kamligi bois teatrdagi faoliyatimni yakunlashga majbur bo‘lgandim. Hozir teatrlardagi ahvol qandayligini bilmadim-u, avval havas qilgudek emas edi. Oyliklar kam, sharoit deyarli yo‘q bo‘lgani uchun teatrda ishlash oson emasdi. “Ilhom” teatridagi vaziyat o‘sha vaqtda ham o‘zbek teatrlariga nisbatan ancha yaxshiroq edi. “Yosh tomoshabinlar teatri”da aktyor kiyimidan tortib, rekvizitini topishga ham o‘zi mas’ul edi. “Ilhom”da esa aktyor faqat roli haqida qayg‘urardi. Teatrda ishlash juda qiyin. Shunga yarasha ijodkor ham rag‘batlantirilsa yaxshi bo‘ladi. Hozirgi kunda ko‘pchilik ustoz aktyorlar ham seriallarda yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun olinayotgan roliklarda suratga tushmoqda. Bu borada sizga ham takliflar bo‘ldimi, degan savol aktyorni biroz o‘ylantirib qo‘ydi.  — Taklif qilishadi, pulning ortidan quvmay, ilmning ortidan boradigan yoshga yetdim. Pul berar ekan, ekranda ko‘rinar ekanman, deydigan yoshda emasman. Deyarli televizor ko‘rmayman, chunki ko‘rsam jahlim chiqishini bilaman. Hamma rejissorlarni yomon deyolmayman, avvaldan yaxshi kino va serial olib yurganlar ko‘p. Ammo serial olayotganlarning ko‘pchiligi faqat pul topish dardida shu ishga qo‘l urishyapti. Ular homiy topishni, firmadan firmaga pul o‘tkazishni qoyillatishadi, ammo ijodga kelganda — hammasi yumaloq yostiq bo‘lib ketadi. Ba’zida esa soqolim borasida tortishib qolamiz. Men ikkinchi kursda o‘qiyotganimdan beri soqol o‘stiraman. Umrim mobaynida bir marta davlat tadbiriga taklif etishganida uni olganman. Xullas, kino olinguniga qadar muzokaralar ko‘p bo‘ladi. Ilmning erta-kechi yo‘q. Inson hamisha ilm olishi, muqaddimamiz va yakunimiz qanday bo‘lishini anglab yetmog‘imiz lozim. Yoshgina bola edim, ikkinchi o‘g‘lim tug‘ilganida kap-katta erkak bo‘lib qolganimni angladim. Hozir esa bolalarimning bolasini ko‘rib, umrimning ancha qismini bosib o‘tganimni anglayman.
153
3,909
Madaniyat
Munisa Rizayeva ota-onasi pnevmoniyaga chalingani, ularning ahvoli og‘ir ekanligini ma’lum qildi
Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’da jonli efirga chiqib, o‘zi, ota-onasi kasal ekanligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ayniqsa, ota-onasining ahvoli og‘ir. Xonanda 21-iyul kuni kislorod apparati izlayotgani, ushbu uskuna shahar shifoxonalarida qolmaganini bildirgan edi. “Iltimos, o‘zingiz va oila a’zolaringiz salomatligini asrang. Hech qayerga chiqmang. Nafaqat koronavirus, undan ham yomon kasallik chiqqan. Onam ham, otam ham — hammamiz kasalxonadamiz. Pnevmoniya — eng yomon kasallik. Juda ham ko‘p insonlar pnevmoniya bilan kasallanmoqda. Ota-onam juda og‘ir ahvolda”, — deydi Munisa Rizayeva. Xonanda Instagram’dagi Stories’ga Akfa Medline xususiy klinikasida ukol olayotgani aks etgan videolar joylashtirdi. Avvalroq aktrisa Muqaddas Xoliqova, xonanda Kaniza, rejissor Sarvar Karimov va uning oilasi, “Benom” guruhi xonandasi Komil koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi.  Fotojamlanma: Koronavirus aniqlangan taniqli shaxslar
96
943
Madaniyat
Rossiyalik xonanda Filipp Kirkorov Toshkentda konsert beradi
Rossiyalik mashhur xonanda Filipp Kirkorov Toshkentda yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. Kirkorov o‘zining “Men” deb nomlangan shou-dasturi bilan 26-fevral kuni “Istiqlol” san’at saroyida chiqish qilishi rejalashtirilgan. Xabar berishlaricha, mazkur shou-dastur jahonning eng talabgir rejissorlaridan biri, asli italiyalik Franko Dragone tomonidan sahnalashtirilgan. Konsert dasturidan o‘rin olgan qo‘shiqlarning 70 foizini yangi ijod namunalari tashkil etsa, 30 foizi xonandaning eng mashhur taronalaridan iborat. Konsert chiptalari yaqin kunlarda “Istiqlol” kassalarida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
60
823
Madaniyat
Fotogalereya: Tanib bo‘lmas darajada grim qilingan aktyorlar
Aktyorlar filmlardagi rollarni ijro etishi uchun qahramonlar hayoti bilan yashashi kerak bo‘ladi. Bunda qilinadigan grim aktyorlarni tanib bo‘lmas darajaga olib kelishi mumkin. AdMe ana shunday holatlardan namunalar taqdim etdi.
60
228
Madaniyat
Hakim at-Termiziy majmuasini 2017 yilda 600 mingdan ortiq mahalliy, mingga yaqin xorijlik sayyoh ziyorat qildi
Ma`lumotlarga qaraganda, buyuk alloma Hakim at-Termiziy 400 dan ortiq asar yozgan, ularning 50 dan ziyodi bizgacha etib kelgan. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.Amudaryo bo`yida joylashgan buyuk mutafakkir ziyoratgohi viloyatdagi eng obod, eng ko`rkam maskanlardan biriga aylandi. Bu muqaddas dargohga ziyoratga keluvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar soni ham yildan yilga ko`payib bormoqda. Majmua ijrochi direktori Abduraim Chorievning aytishicha, o`tgan yili bu erga 600 mingdan ortiq mahalliy va mingga yaqin xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Prezident Shavkat Mirziyoev o`tgan yili Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog`ida majmuani yanada obodonlashtirish, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish borasida topshiriqlar bergandi. Xususan, maqbara ichki bezaklarini surxondaryocha uslubda, shuningdek, Buxorodagi Bahouddin Naqshband majmuasi va poytaxtdagi Minor jome masjidida qo`llanilgan bezaklardan foydalangan holda ta`mirlash lozimligini ta`kidlagan edi. O`tgan davr mobaynida bu erda keng ko`lamli ta`mirlash ishlari bajarildi. Maqbaraning ichki qismi to`liq rekonstruksiya qilinib, naqshinkor jilo berildi, muqaddas Qur`on oyatlari bitildi. Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoev Surxondaryoga amalga oshirayotgan tashrifi chog`ida Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi va Aqto`beda halok bo`lganlar haqiga duo qildi.
110
1,324
Madaniyat
AQShda “Islomxo‘ja” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto)
“Islomxo‘ja”  tarixiy, badiiy-publisistik filmining navbatdagi premyerasi AQShning Vashington shtatida bo‘lib o‘tdi. “Islomxo‘ja” filmi AQShda rasman premyera qilingan ilk o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda rejissor Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi. ‘O‘zbekkino’ milliy agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida  AQSh kino maktablari, kompaniya hamda kino tashkilotlari bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida bir haftadan buyon AQSh davlatidamiz. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tashabbusi bilan 1-oktabr kuni AQShning poytaxti Vashington shahrida joylashgan Uilson xalqaro markazida ‘Islomxo‘ja’ tarixiy, badiiy-publisistik filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Premyerada Vashingtondagi diplomatik korpus vakillari, tadbirkorlar, kinomutaxasislar hamda adabiyotchi va jurnalistlar ishtirok etishdi. Bundan tashqari AQShlik tadbirkorlar, elchixona bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan, yurtimizga investitsiya kiritish maqsadida yurgan tadbirkorlar ham premyerada ishtirok etishdi. ‘Islomxo‘ja’ filmi AQShda rasman premyera qilingan ilk o‘zbek filmi bo‘ldi. Premyeradan so‘ng kinomutaxasislar va jurnalistlarni qiziqtirgan juda ko‘plab savollarga javob berish uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Premyera va matbuot anjumanidan so‘ng, Vashingtonda joylashgan  O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov O‘zbekiston delegatsiyasini rasman qabul qildilar. Qabul jarayonida uch soatgacha davom etib, o‘zbek kinosi istiqbollari, AQSh bilan hamkorlik rejalari hamda o‘zbek kinoijodkorlarining AQSh davlatida ta’lim olish masalalari haqida suhbatlashdik. ‘Islomxo‘ja’ filmining premyerasida yurtimizga, o‘zbek kinosiga qiziqish bildirgan kinoprodyuser hamda tadbirkorlar bilan 3-oktabr kuni muzokoralar bo‘lib o‘tishini rejalashtirganmiz. Jahongir Ahmedov, rejissor
60
1,911
Madaniyat
“Qirol sher” tarixdagi eng muvaffaqiyatli animatsion filmga aylandi
Afsonaviy multfilmning remeyki bo‘lgan “Qirol sher” animatsion filmi tarixda o‘z janridagi eng muvaffaqiyatli film deb tan olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi. Dunyo bo‘yicha kassa tushumi 1,33 milliard dollarni tashkil etdi. Oldingi rekord egasi 2013-yilda chiqarilgan “Muzyurak” animatsion filmi edi. Uning kassa yig‘imi 1,29 milliard dollarni tashkil qilgan. Uchinchi o‘rinni esa kassa daromadi 1,24 milliard dollarga teng bo‘lgan “Incredibles 2” animatsion filmi egallagan. Top beshlikka, shuningdek, “Minionlar” animatsion filmlari (1,16 milliard dollar) va “O‘yinchoqlar tarixi 4” (1,07 milliard dollar) filmlari kiritilgan.
67
645
Madaniyat
Sherali Jo‘rayev “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi
Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Sherali Jo‘rayev “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. “O‘zining noyob iste’dodi, ko‘p yillik samarali va betakror ijodi bilan o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq artisti, ‘Vatandoshlar’ jamoat fondining Vasiylik Kengashi raisi Sherali Jo‘rayev ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan mukofotlansin”, — deyiladi prezident farmonida. Shuningdek, davlat rahbari Sherali Jo‘rayevni tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik ham yo‘llagan. “El-yurtimiz sizni butun hayotini o‘zbek madaniyati va san’atini rivojlantirishga bag‘ishlagan, o‘z ijodiy maktabini yaratgan ulkan va betakror iste’dod egasi, fidoyi va millatparvar shaxs sifatida yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi”, — deyiladi tabrikda. Qayd etilishicha, Sherali Jo‘rayev 50 yildan ziyod ijodi davomida “O‘zbegim”, “Sohibqiron”, “Egasi bor yurt”, “Karvon”, “Sarbon”, “Inson qasidasi” kabi 600 ga yaqin qo‘shiq yaratgan. Uning “Birinchi muhabbatim”, “Yoshligimiz”, “Oy yuzingga”, “Oshiqlar sardori”, “Do‘st bo‘lsang, yonimda tur” kabi ashulalari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketgan. Xonanda mumtoz shoirlar g‘azallarini kuyga solib, o‘zbek xalqi merosini yosh avlodga va jahonga tanitishga ulkan hissa qo‘shgan. Sherali Jo‘rayev 1981-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, 2018-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeniga sazovor bo‘lgan. Avvalroq Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev “Xalq ta’limi homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangandi. Shuningdek, prezident farmoni bilan Sergeli tumani 300-maktab direktori “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi” unvoni bilan mukofotlangan.
60
2,213
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi
O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev og‘ir ahvolda shifoxonada hayot bilan kurashmoqda. Bu haqda aktyorning qizi, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. Aktrisa otasining shifoxonaga yotqizilgani haqida 30-sentabr kuni yozgan. Dadam hozirda shifoxonada hayot bilan kurashayapti. Ular hali xalqimiz uchun ko‘p yashashlari, ko‘p ijod qilishlari kerak. Orzularidagi “Bahor qaytmaydi 2” , “Alimardon To‘rayevning qaytishi” filmlarini suratga olishni nihoyasiga yetkazishlari kerak. O‘sha filmlarni katta sahnada premyera qilib, Siz aziz muxlislar bilan diydor ko‘rishishlari kerak. Muqaddas Sa’dullayeva, aktrisa Lutfulla Sa’dullayev bundan avval ham infarkt tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. O‘shanda u qizi Muqaddas Sa’dullayevaning “Bebahoginam” filmidagi obrazi achchiq taqdiridan kuyunib, og‘ir ahvolga tushib qolgan edi.  O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev qizi Muqaddasning filmdagi achchiq taqdiriga chidolmay infarktni boshdan kechirdi
82
1,002
Madaniyat
Zamonaning eng mashhur supermodellari: ularning daromadi qancha?
Ko‘pchilik model bo‘lish uchun jurnal muqovasiga suratga tushib, podiumlarda eng so‘nggi brend liboslarni namoyish qilish kifoya deb o‘ylaydi. Lekin har sohada bo‘lgani singari moda olamida ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bo‘lishi, soatlab kamera qarshisida turish va mukammal ko‘rinish ortida salomatlik va ruhiyat bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin. Marie Claire nashri ushbu qiyinchiliklarga qaramay, moda olamini zabt etgan va eng ko‘p haq to‘lanadigan modellar haqida ma’lumot berib o‘tadi. Victoria’s Secret modellar Mashhur modellarning deyarli barchasi Victoria’s Secret bilan hamkorlik qiladi, ulardan ayrimlari esa brendning farishtalari (angels) ya’ni yuzi bo‘lishning uddasidan chiqib, kompaniya bilan boshqalarnikidan farqliroq shartnoma imzolaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yili Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan modellari ro‘yxatidan o‘rin olgan qizlarning 17 tadan 11 tasi Victoria’s Secret’ning sobiq yoki hozirgi “farishtalari” hisoblanadi. Brendning o‘zi ham, brendga ishlaydigan modellar ham shartnoma shartlarini ma’lum qilmasa-da, insayderlar brendning yuzi bo‘lish oson emasligini bir necha marta takrorlagan. 2016-yil fevralda 36 nafar model tanlab olinib, 2017-yilning oxirida ulardan atigi 14 nafari Victoria’s Secret’ning “farishtalari” bo‘lishga erishgani buning isboti. Dautsen Krez Karyerasidagi bir yillik tanaffusdan keyin modellik biznesiga qaytgan Krez Forbes versiyasiga ko‘ra 2018-yilning eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlarining o‘ntalik ro‘yxatidan o‘rin olgan. Model asosiy daromadi L’Oréal, Piaget va Repeat Cashmere brendlari bilan qilgan hamkorligidan. O‘sha yili u modellik faoliyatining 15 yilligini nishonlagan. Uning karyerasidagi muvaffaqiyatiga 2014-yil Victoria’s Secret’ni tark etgani ham ta’sir ko‘rsatmagan. Bella Hadid 8,5 million daromadi sabab Bella Forbes’ning 2018-yildagi eng ko‘p haq to‘lanadigan modellar reytingida sakkizinchi bo‘lgan. 22 yashar Hadid bunday daromadga eng yosh model hisoblanadi. Yosh ekaniga qaramay, Bella o‘z kasbiga jiddiy yondashadi va uni rivojlantirishga keragidan ortiq e’tibor beradi. Kunlik grafigi ish va fotosessiyalar bilan to‘la bo‘lgan model 6 million dollar ishlab, ilk bor Forbes’ning eng ko‘p daromadga ega modellari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Jiji Hadid Bellaning opasi 2018-yilda 9,5 million dollar ishlab topgan. U asosiy daromadini Maybelline, Tommy Hilfiger, Reebok singari brendlar bilan qilgan hamkorligidan olgan. Singlisi bilan bir sohada faoliyat yuritishiga qaramay, u o‘zini Bella bilan taqqoslamaydi. Elle nashriga bergan intervyusida u: “Bella bilan uslubimiz tamoman farqli. U xohlaydigan ish men izlaydigan ish emas, shu sabab ham men hech qachon muvaffaqiyatimizni solishtirmayman. U ko‘p narsaga meni ilhomlantiradi, bir-birimizdan o‘rganadiganlarimiz bisyor”, — degan u. Jizel Byundxen 90-yillardan boshlab Victoria’s Secret bilan hamkorlik qilishni boshlagan Jizel 2007-yilga kelib brendni tark etgan. Bunga podiumlarda Victoria’s Secret nomidan ochiq-sochiq chiqishi jonga teggani sabab bo‘lgan. Brend bilan hamkorligiga yakun yasaganiga qaramay, Byundxen dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan modellardan biri bo‘lib qoldi. 2018-yilda 10 million dollardan ko‘p daromadga ega bo‘lgan Byundxen Forbes reytingida beshinchi o‘rinni egallagan. Kara Delevin Kara Delevin psoriazdan aziyat chekkani sabab 2015-yilda moda olamini tark etishga qaror qilgan. Bunga moda haftaliklari davomida soatlab suratga olish jarayonidagi stresslar teri ahvolining yanada yomonlashishiga ta’sir qilgani sabab bo‘lgan. Terisidagi muammolarni yashirish uchun esa vizajistlar qalin konsilerlardan ko‘proq foydalanishga majbur bo‘lgan. “Qo‘lqop kiyib olgan odamlar mendagi muammoni moxov yoki shunga o‘xshash biror nima deb o‘ylab, menga teginishni istamagan”, — degan u The Times’ga bergan intervyusida. Ammo shunga qaramay, u 2018-yilda moda olamiga qaytgan va faoliyati davomida 10 million daromadga ega bo‘lgan. Rozi Xangtinton-Uaytli Moliyaviy ahvoli 11,5 dollarga baholanib, eng ko‘p haq to‘lanadigan modellar reytingida uchinchi bo‘lgan Roziga 2018-yil omadli kelgan. Aynan shu yili u ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan. Krissi Teygen Modellik biznesi bilan 2006-yildan shug‘ullanishni boshlagan Teygen Forbes’ning 2018-yildagi reytingida Rozi bilan birga uchinchi o‘rinni bo‘lishgan. Ilk bor Deal or No Deal shousida chiqish qilgan model keyinroq Maxim jurnalining muqovasi uchun suratga tushgan. 2010-yilda esa Sports Illustrated tomonidan “Yil kashfiyoti” deb topilgan. Karli Kloss 2018-yilda 13 million dollar ishlab topgan Karli eng ko‘p haq to‘lanadigan modellar orasida ikkinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Moda olamidagi faoliyatini bundan 10 yildan ko‘proq vaqt avval boshlagani sabab unga mashhurlik ham, bunday badavlatlik ham yangilik emas. 2015-yilda u podiumdagi har bir chiqishi uchun 249 dollarga yaqin mablag‘ olgan. Kendall Jenner Estee Lauder, Adidas, Calvin Klein brendlari bilan qilgan hamkorligi sabab Kardashyanlar oilasining vakili 23 yoshida bir yil ichida 22,5 million dollar ishlab topgan. Eng ko‘p haq to‘lanadigan modelning moliyaviy ahvoli bu qadar bo‘lishiga nafaqat brendlar bilan qilgan hamkorligi, balki Keeping Up With the Kardashian’s shousida ishtiroki sabab bo‘lgan. Aynan shu shou sabab boshqa modellar singari hammasini noldan boshlamaganini Kendallning o‘zi ham tan oladi.
64
5,337
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev qizi Muqaddasning filmdagi achchiq taqdiriga chidolmay infarktni boshdan kechirdi
Aktyor Lutfulla Sa’dullayev qizi Muqaddas Sa’dullayevaning “Bebahoginam” deb nomlangan filmdagi achchiq taqdiriga chidolmay infarktni boshdan kechirdi. Bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”. Xabarda qayd etilishicha, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ilk bor ota-onasi bilan bir filmda suratga tushgan. Ozod Shamsning “Bebahoginam” deb nomlangan o‘tkir syujetli film ularga ana shunday imkoniyatni yaratib berdi. Aktrisaning ma’lum qilishicha, ushbu filmning suratga olish ishlari tugagach, O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev qizining filmda gavdalantirgan achchiq taqdiridan kuyunib, kasalxonaga tushib qolgan va shifokorlar tomonidan unga infarkt tashxisi qo‘yilgan. “‘Bebahoginam’ filmida ilk bora ota-onam bilan birgalikda rol ijro etdim. Bunday taklifni anchadan beri orzu qilib kutardim, lekin hali hech bir rejissyor bizni filmga oilaviy tushirishni hayoliga ham keltirmagan va bunday taklifni hech kim bildirmagan edi. Va nihoyat bu taklif iste’dodli rejissyor Ozod Shams tomonidan bildirildi. Bu taklifdan boshim osmonga yetdi! Filmda ota-onam ham o‘z rollarida. To‘g‘risini aytsam, oilaviy filmda rol ijro etish begona aktyorlar bilan ishlashga nisbattan ancha qiyin bo‘lar ekan. Sababi shundaki, har bir hissiyot ichdan o‘tar ekan, ota-onam bilan bo‘lgan epizodlarda har bir voqea xuddi real hayotda bo‘layotgandek tuyuldi. Filmdagi qahramonim Jahonaga aylanib qolishimga sal qoldi. Hatto qahramonimning achchiq taqdiri va qismati tufayli otam syomka jarayonida menga chindan kuyinib, qattiq siqilib, syomka jarayoni tugaganidan 1 hafta o‘tar-o‘tmas tez yordam bilan shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga tushib qoldilar. Ularga shifokorlar tomonidan infarkt tashxisi qo‘yildi. Salkam 1 oy davolanib, endi bag‘rimizga qaytdilar. Jonimizmi fido qilib ishlagan filmimiz sizlarning ham yuragingizdan oz bo‘lsa-da, joy egallaydi degan umiddamiz”, – deb yozdi Muqaddas Sa’dullayeva. “Darakchi.uz” tahririyati Muqaddas Sa’dullayeva bilan bog‘langanida, u otasining ahvoli ayni damda ancha yaxshilanganini hamda havotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi.
127
2,115
Madaniyat
Xonanda Sevinch Mo‘minova ukasini uylantirdi (foto va video)
Sevinch Mo‘minovaning ukasi, yosh xonanda Komron oila qurdi. Bu haqda Sevinch o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. Komron va Dilshodaxonlarning nikoh oqshomi Toshkentdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tdi. View this post on Instagram
60
257
Madaniyat
O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivalida xorijiy kinokompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda
O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa kinobozorida ilk bor o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi. Xalqaro kinofestivalda Turkiya, Fransiya, Italiya, Ukraina, Ispaniya, Misr, Buyuk Britaniyaning nufuzli kinokompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ayni paytda kinofestivalda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasini Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish masalasi ko‘rib chiqilyapti. Scorpion filmi esa Buyuk Britaniya pavilonida sotilmoqda. An’anaviy o‘tkazilayotgan PROlogue kinofestivali taqdimotlari ham davom etmoqda. Kinofestivalda hindistonlik superyulduz Ranvir Singx o‘zbek kinosidan takliflar bo‘lsa, bajonidil qabul qilib, o‘zbek aktyorlari bilan birga rol o‘ynash niyati borligini ta’kidladi. Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar qilish hamda chet el kinokompaniyalarini O‘zbekistonga filmlar suratga olish uchun taklif etish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. Eslatib o‘tamiz, Berlin xalqaro kinofestivalidagi O‘zbekiston pavilonini tashkillashtirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan ko‘maklashdi.
123
1,346
Madaniyat
Did bilan kiyinuvchi mashhur ayollar reytingi e’lon qilindi
Moda va ayollar. Bu ikki tushunchani bir-biridan sira ajratib bo‘lmaydi. Ayollar doimo yangi urfdagi liboslarni xarid qilishga oshiqadi. Ammo modaning ketidan quvib, o‘ziga yarashmagan liboslarni kiyish odamlar fikrini salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi. Did va farosatga tayangan holda libos tanlagan ayol qolganlarga ham o‘rnak bo‘la oladi. AQShning mashhur People jurnali 2013-yilning eng didli ayollari reytingini tuzib chiqdi. Did bilan kiyinuvchi yulduzlar ro‘yxati bilan tanishing. Amerikalik aktrisa “Rey”, “Fantastik to‘rtlik”, “Shotlandiyaning so‘nggi qiroli” kabi filmlardagi rollari bilan mashhur. 2012-yil ABS kanali tomonidan suratga olinishni boshlagan “Mojaro” siyosiy teleserialida Kerri bosh rolni ijro etmoqda. 2013-yilda u aynan shu roli uchun Emmy mukofotining dramatik serialdagi eng yaxshi ayol obrazi nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni zabt etgan go‘zal aktrisa Jennifer Lourens kiyinish uslubini tez-tez yangilab turadi. U liboslarida kishining e’tiborini tortuvchi detallardan foydalanadi. Shu sababli ham People jurnali unga reytingning “kumush” pog‘onasini taqdim etdi. Eslatib o‘tamiz, aktrisa Jennifer Lourens 2013-yilda “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” hamda “Oltin Globus” mukofotlari bilan taqdirlangan. Eklektizmga asoslangan liboslari bilan doim diqqat markazida bo‘lishni yoqtiruvchi Nikol Richiga uchinchi o‘rin nasib etdi. Nikol Richi. Nikol Richi amerikalik aktrisa, xonanda, model hamda dizayner sanaladi. Peris Xilton bilan birga ishtirok etgan “Oddiy hayot” reality-shousi Nikolni chinakamiga taniqli qilgan. People jurnalining qayd etishicha, Zoe doim yengil va o‘ziga qulay bo‘lgan liboslarni tanlaydi. U odatda jinsilarni kiyishni yoqtiradi. Shu sababli ham omma oldida tabiiylikni yo‘qotmaydi. Aktrisa ijrosidagi filmlar: “Avatar”, “Yonayotgan palmalar”, “Yulduzli yo‘l” va boshqalar. “Yangi o‘rgimchak odam”, “Krudlar oilasi”, “Qog‘oz odam” kabi filmlardagi obrazlari bilan tanilgan aktrisa Emma Stoun did bilan kiyinuvchi ayollar ro‘yxatining beshinchi pog‘onasida turibdi. Aktrisa moda dunyosi shiddat bilan o‘zgarayotgan bir paytda uning ketidan quvmay, doimo klassik uslubga murojaat etadi. Shuningdek, reytingning keyingi o‘rinlarida Lili Kollinz, Keyt Bosuort, Jessika Chesteyn, Solanj Noulz va Jenna Dyuenn-Tatum nomlari ham qayd etilgan.
59
2,341
Madaniyat
Koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan rossiyalik xonanda MakSimning yuragida ham muammo kuzatilmoqda
Deyarli to‘rt hafta avval koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonanda MakSimning ahvoli kundan kunga yomonlashmoqda. Qo‘shiqchida yurak va o‘pkaning o‘ng tomoni bilan bog‘liq muammolar boshlangan, deb yozadi Starhit. Ta’kidlanishicha, 38 yoshli xonandaning o‘ng o‘pkasi faoliyatida jiddiy muammo kuzatilgan. Rentgen tekshiruvi a’zoda o‘sma va bo‘shliq tobora ko‘payib borayotganini ko‘rsatgan. Asoratlarning boshlangani sabab hatto sun’iy ventilyatsiya apparati ham yordam bermayapti, deyiladi xabarda. O‘pkalar faoliyati bilan bog‘liq muammo yurakka ham ta’sir qilgan — qo‘shiqchida chap bo‘lim kengaygani kuzatilgan, bu esa yurakning chap qorinchasi yetishmovchiligidan darak beradi. Shifokorlar 1 oyga yaqin vaqtdan buyon og‘ir ahvolda bo‘lgan, MakSim taxallusi bilan ijod qiladigan Marinaning salomatligi haqida oldindan hech narsa demayapti. Ijodkorning piar direktori Margarita Sokolova Marinaning ahvoli yaxshilanmagani bilan, umid borligini, hozirgi vaqtda faqatgina qilingan duolar yordam berishi mumkinligini ta’kidlagan. Keyinchalik Margarita MakSimning salomatligi haqida tarqalgan so‘nggi ma’lumotlarga ham munosabat bildirgan. “Aziz do‘stlar, yana telefon va direct tinchimayapti. Marinaning ahvoli haqidagi axborotni kim tarqatganini bilmayman. Bunday yangilikni qarindoshlar ruxsatisiz tarqatish qonunan ham taqiqlangan. Dam olish kuni bo‘lgani sabab oila a’zolari va bizda hatto bunday ma’lumot yo‘q. Davolaydigan shifokorlar dam olyapti va biz aynan ular bilan aloqada bo‘lamiz. Dushanbagacha hech qanday aniq ma’lumot bo‘lmaydi. To‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman! Kutamiz”, — deb yozgan u Instagram sahifasida. Bundan besh kun avval ham xonandaning qonida zararlanish boshlangani haqida mish-mish tarqalgan, ammo uning piar direktori bu ma’lumotni inkor qilgan. Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 15-iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Keyinroq yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. Ahvoli og‘irlashgan MakSimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan.
106
2,139
Madaniyat
Foto: “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevin Makkalisterning ukasi Fuller 32 yil ichida qay darajada o‘zgardi?
“Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevin Makkalisterning kenja ukasi ko‘rinishi, kolaga bo‘lgan muhabbati va biroz nimjonligi bilan ko‘pchilikning yodida qolgan. Jajji aktyor 30 yil ichidan qanchalik o‘zgargani va bugungi kunda nimalar bilan bandligi haqida Cosmopolitan nashri bo‘lishdi. “Uyda yolg‘iz” filmi 1990-yilda, 30 yildan ko‘proq vaqt oldin katta ekranlarda namoyish etildi. O‘tgan yillar davomida bosh qahramon Kevin rolini o‘ynagan Makoley Kalkin hayoti diqqat bilan kuzatib borildi, ammo mashhur komediyaning boshqa qahramonlari esa soyada qoldi. Bu safar kartinaning eng kulgili va jajji qahramonlaridan biri — Makkalisterlar oilasining eng yosh a’zosi Fuller haqida ma’lumot taqdim etamiz. Ishonish qiyin, ammo Kevin Makkallisterning ukasi rolini Makoley Kalkinning hayotdagi haqiqiy ukasi — Kiran o‘ynagan. U akasi Kalkin kabi mashhurlikka erishmagan, shuningdek, ularning maoshini bir-biri bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Lekin Kiranning kinokaryerasi keyinchalik ancha yaxshi rivojlandi. Kiran ko‘plab film va teleseriallarda rol o‘ynadi. Masalan, uni 1991-yilda “Kelinning otasi” filmi, 2018-yilda “Merosxo‘rlar” teleseriali, 2010-yilda “Skott Pilgrim hammaga qarshi” fantastik kartinasi va boshqa ko‘plab filmlarda ko‘rish mumkin. Kichik Kalkin shaxsiy hayotida ham muvaffaqiyatga erishdi. 2013-yilda u Jaz Charton bilan turmush qurdi, ularning ikki nafar farzandi bor: qizi Kinzi Su (2019-yil) va o‘g‘li Uaylder Vulf (2021-yil).
102
1,438
Madaniyat
​O`ZBEK MADANIYaTINING MAShHUR YoDGORLIKLARI
Irina Juravskaya Lvovna, Moskva shahridagi Davlat tarix muzeyining etakchi ilmiy xodimi: — Davlat tarix muzeyining ilmiy jamoasi «Dunyo to`plamlarida O`zbekistonning madaniy merosi» loyihasida zo`r ishtiyoq bilan ishtirok etgandi. Endilikda 28-29 noyabr kunlari Toshkentda o`tadigan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” forumida ham qatnashib, Moskvada saqlanayotgan o`zbek madaniyatining noyob yodgorliklari bilan tanishtirish biz uchun katta sharaf! Fursatdan foydalanib, mazkur forum tashkilotchilariga minnatdorlik bildiramiz va uning barcha ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ishonchimiz komilki, forum kelgusida davlatlar va xalqlar o`rtasidagi madaniy aloqalarning rivojiga katta hissa qo`shadi.
44
752
Madaniyat
Ariana Grandening Manchesterdagi xayriya konsertiga 50 ming tomoshabin tashrif buyurdi
22-may kuni Manchesterdagi konsertida terakt sodir etilgan amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande 4-iyun, yakshanba kuni shu shaharda yana sahnaga chiqib, jabrlangan tomoshabinlarga yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil qilingan xayriya tadbirida ishtirok etdi, deb yozadi “TASS”. Mashhur Emirates Old Trafford stadionidagi One Love Manchester nomli shouga 50 ming tomoshabin tashrif buyurdi. Bir kun avval Manchester kasalxonalariga borgan 23 yoshli qo‘shiqchi ommaga yuzlanib, uning xudkush terrorchi hujumidan jabrlangan muxlislariga ko‘mak berish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ba’zi qo‘shiqlarini u konsertga kelgan boshqa xonandalar — Mayli Sayrus, Black Eyed Peas guruhi, Robbi Uilyams, Keti Perri, Jastin Biber va boshqalar bilan jo‘rlikda ijro etdi. Chiptalari olti daqiqa ichida sotilib ketgan konsert politsiya va xavfsizlik kuchlarining qattiq nazorati ostida bo‘lib o‘tdi. Ushbu shoudan tushgan mablag‘ shahar kengashi va Qizil Xochning Britaniya bo‘linmasi tomonidan yaratilgan We Love Manchester fondiga o‘tkaziladi.
86
1,058
Madaniyat
Amerikalik reper nufuzli mukofot topshirilayotganda hibsga olindi
Amerikalik taniqli reper Scarface Atlantada (AQSh) o‘tkazilgan BET Hip Hop Awards marosimida “Men xip-xopman” mukofoti bilan taqdirlanayotgan chog‘ida hibsga olindi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda. Politsiyachilar Bred Jordan (reperning haqiqiy ismi-sharifi shunday) minnatdorchilik so‘zini yakunlashi bilan uning qo‘liga kishan soldi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiqchi sobiq turmush o‘rtog‘iga uzoq vaqt mobaynida aliment to‘lamagan ekan. Bred aynan qancha miqdorda qarzdor bo‘lib qolgani haqida xabar berilmagan. Reper salkam 500 ming dollar garov puli evaziga qo‘yib yuborilishi mumkinligi ma’lum qilindi.
65
613
Madaniyat
“Qora niyat” serialidagi Kerem va Shahika turmush qurishni rejalashtirmoqda
Bir necha oydan beri uchrashib yurgan aktyor Go‘khan Alkan va Nesrin Javadzade pandemiya tugaganidan keyin turmush qurishi kutilmoqda. Kollaj: “Daryo” “Qora niyat” serialining suratga olish jarayonida bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik ijtimoiy tarmoq orqali o‘rtasida sevgi borligi haqida ma’lum qilgan va bu muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘lgandi. 2020-yilning oktabrida Nesrin Go‘khanni oila a’zolari bilan tanishtirganidan keyin ularning munosabatlari jiddiyligiga shubha qolmagan. Kollaj: “Daryo” Jurnalistlarning oilalar tanishdi, endi juftlik turmush quradimi, deb bergan savoliga Javadzadening otasi yoshlarning o‘zi biladi, biz qarshilik qilmaymiz deb javob bergan. Juftlik baxtli lahzalari aks etgan suratlari bilan Instagram sahifasida bo‘lishib keladi. Nesrin sevgilisini uning uyida it bilan birga tushgan suratini joylab, hayotda hamisha tik turasan, deb izoh qoldirgan.
75
895
Madaniyat
72-xalqaro Kann kinofestivalida O‘zbekiston milliy pavilyoni ochildi
14-may kuni 72-xalqaro Kann festivali doirasidagi Marché du Film kinobozorida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi. O‘zbekiston milliy paviloni ikkinchi yil mamlakat kinoindustriya salohiyatini Kannda rasman namoyish qilmoqda. Ushbu ko‘rgazma va muzokaralar maydonchasi Yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Milliy kinokomissiyasi tomonidan O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilindi. Marché du Film kinobozori bosh tashkilotchisi Arno Menindes O‘zbekiston milliy pavilon ochilishida shaxsan ishtirok etdi. “Yildan yilga kinobozorimiz geografiyasi kengaymoqda va unda O‘zbekiston ikkinchi yil qatnashayotganidan xursandmiz. Ishonamizki, O‘zbekistonning go‘zal go‘shalari suratga olish uchun jozibali lokatsiya sifatida jahon kinoijodkorlarida qiziqish uyg‘ota oladi”, — dedi Arno Menindes. Kino sanoati mutaxassislari va ijodkorlardan tarkib topgan O‘zbekiston delegatsiyasining asosiy vazifasi mamlakatning kino lokatsiyalari hamda xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyatini taqdim etishdan iborat. Milliy pavilon faoliyati davomida xorijlik prodyuserlar va xalqaro kinokompaniyalarni O‘zbekistonda suratga olish uchun jalb qilish, shuningdek, 2019-yil 26—30-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PROlogue xаlqaro kinofestivaliga dunyoning turli nuqtalaridan qatnashchi va hay’at a’zolarini taklif qilish bo‘yicha uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.
68
1,554
Madaniyat
Barak va Mishel Obama Netflix kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning oilasi Netflix kompaniyasi bilan hamkorlikda film hamda seriallarni suratga oladi. Ular bu borada o‘zaro shartnoma imzoladi, deb xabar beradi KNews. Rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun sobiq prezident va uning rafiqasi Higher Ground Profuctions xususiy prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi. Biroq hozirda Netflix va Obamalar oilasi qanday film va seriallarni tasvirga olishi haqida ma’lumot yo‘q. “Biz odamlarda mehr-shafqat va hamjihatlikni uyg‘otishga xizmat qiladigan iqtidorlarni, ijodiy ovozlarni yetishtirishga, shuningdek, ularga o‘z tarixini dunyo bilan bo‘lishish borasida yordam berish niyatidamiz”, — deydi Obama. Taxminlarga ko‘ra, kontent 2019-yildan boshlab paydo bo‘ladi. Netflix butun dunyo bo‘ylab 125 million obunachisiga ega. Kompaniya o‘z dasturlarini kuzatuvchi tomoshabinlar sonini oshkor etmaslikka harakat qiladi, biroq o‘sib borayotgan bozorda striming servislar yetakchi ekanligi barchaga ayon. Nielsen kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu servislar barcha teleko‘rsatuvlarning 10 foizini tashkil etadi, Netflix esa bozorning 49 foiziga egalik qilgan holda, ular orasida yetakchi hisoblanadi.
66
1,185
Madaniyat
Janjallashib qolganidan keyin do‘stona munosabatlariga nuqta qo‘ygan yulduzlar (foto)
Bir vaqtlar munosabatlari yaxshi bo‘lgan, ammo turli sabablarga ko‘ra boshqa-boshqa yo‘ldan ketishni afzal bilgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Peris Xilton va Kim Kardashyan 2000-yillarda Peris va Kim deyarli barcha ziyofatlarga birga tashrif buyurgan. Ularga qaratilgan obyektivlar qarshisida bir-birini quchoqlab suratga tushgan. Ammo keyinroq qalin dugonalarning orasidan qora mushuk o‘tgan. Kimning jurnal muqovalarini bezagani, butun dunyoda mashhurlikka erishganini Peris chiday olmagan. Kimga raqobatchi sifatida qaragan xonanda u bilan do‘stligiga nuqta qo‘yishga qaror qilgan. Oradan yillar o‘tgach eski munosabatlarini tiklashga uringan. Bugungi kunga kelib Kardashyan va Xilton bir-biri bilan iliq munosabatda. Peris dam olish kunlari Kimning farzandlari bilan birga vaqtini chog‘ o‘tkazadi. Gvinet Peltrou va Vaynona Rayder 90-yillarning oxirida hech bir ziyofat va tadbirlar Gvinet va Vaynonasiz o‘tmagan. Orasidan qil o‘ymaydigan dugonalarning munosabatlarida darz ketishiga “Oshiq Shekspir” filmidagi rolni bo‘lisha olmagani sabab bo‘lgan. Gap shundaki, avvaliga Rayder uchun yozilgan rol keyinchalik Gvinetga nasib qolgan. Oqibatda Vaynona nafaqat yaxshi filmda suratga tushish imkoniyati, balki “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritishdan ham bebahra qolgan. Peris Xilton va Nikol Richi Perisning boshqa yulduz qizlar bilan chiqisha olmasligi yangilik emas. Xonanda bolaligidanoq tanish bo‘lgan Nikol Richi bilan ham shunday bo‘lgan. 2005-yilda bir-biri uchun sobiq bo‘lib ulgurgan yulduzlar har bergan intervyusida bir-biriga loy chaplagan. Ularning bir-biri bilan yuz ko‘rmas bo‘lib qolishiga bu safar ham raqobat sabab bo‘lgan. Kim bilan bo‘lgan vaziyatdan farqli ravishda bu safar Perisga nisbatan nohaqlik bo‘lgan. Mashhur bo‘lishiga yordam berganiga javoban, Richi Perisga nonko‘rlik qilgan. Selena Gomes va Demi Lovato Selena Gomes va Demi Lovato mashhurlikka erishishdan avvalroq juda ham qalin dugona bo‘lgan. Bir-birini qo‘llab-quvvatlagan va qanchalik band bo‘lmasin uchrashish uchun vaqt topgan. Ammo hayotning o‘zi hatto eng mustahkam munosabatlar ham vaqti kelsa barbod bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ularning yuz ko‘rmas bo‘lib ketishiga ismi noma’lum bo‘lgan erkakka bo‘lgan sevgi sabab bo‘lgan. Madonna va Gvinet Peltrou Deyarli 10 yil davomida bir-biri bilan ajralmas bo‘lgan mashhurlar o‘rtasidagi munosabatlar 2010-yilga kelib yomonlashgan. Madonnaning ma’lum qilishicha, matbuotga bergan intervyulardan keyin Gvinet bilan muloqot qilish tamoman imkonsiz bo‘lib qolgan. Ular aynan nimani bo‘lisha olmagani esa hali hamon sirligicha qolmoqda. Ken Peyvs va Jessika Simpson Stilist Ken Peyvsning Gollivudda mashhurlikka erishishiga uning mijozi Jessika Simpson sababchi bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tib ko‘p yillik do‘stlarning munosabatiga kechki ziyofatlarning birida nuqta qo‘yiladi. Buning sababi haqida gap ketganda Simpson izoh bermaslikni afzal bilsa, Peyvs xonanda o‘zidan boshqa hech kimni yaxshi ko‘rmasligini ta’kidlaydi.
85
2,974
Madaniyat
Gollivud yulduzlari Rayan Reynolds va Bleyk Layvli ukrainalik qochoqlar uchun million dollar xayriya qildi
Gollivud yulduzlari 45 yoshli Rayan Reynolds va 34 yoshli Bleyk Layvli Ukraina xalqining g‘amiga munosabat bildirdi. Juftlik o‘z vatanini tark etishga majbur bo‘lgan odamlarga yordam berishga hissa qo‘shdi. “Dedpul” va “G‘iybatchi qiz” yulduzlari uzoq vaqtdan beri qiyin vaziyatga tushib qolgan muhtoj odamlarga yordam berib keladi. Bundan avval juftlik tomonidan pandemiyadan aziyat chekkanlarga moddiy yordam ko‘rsatilgandi. Endi esa ular ukrainalik qochqinlar uchun xayriya qilishdi. Rayanning aytishicha, u Ukrainani tark etishga majbur bo‘lganlarga yordam berish uchun million dollar xayriya qilishga qaror qilgan. “So‘nggi 48 soat ichida son-sanoqsiz ukrainaliklar o‘z uylarini tashlab, qo‘shni davlatlarga ketishga majbur bo‘ldi. Ular himoyaga muhtoj”, — deydi Reynolds. Uning so‘zlariga aktyorning rafiqasi ham qo‘shildi. Bleyk kichik yoshdagi bolasi bor ayolning mamlakatni tark etish uchun poyezdga o‘tirgani tasvirlangan surat bilan bo‘lishdi. Aktrisaning ta’kidlashicha, BMT qochqinlarga yordam bermoqda, shuningdek, Ukrainaning qo‘shni davlatlari bilan odatdagi sharoitlaridan ajralgan odamlarga qulaylik yaratadi. Juftlikning obunachilari ularning qarorini qo‘llab-quvvatladi. “Rayan, Bleyk, barakalla”, “To‘g‘ri, hozir hammasidan ham oddiy odamlar uchun qiyin”, “Ularning butun hayoti o‘zgarib ketdi, aynan ular yordamga muhtoj”, – deya blogerlar Internetda muhokama qilmoqda. Avvalroq jahonga mashhur aktrisa Anjelina Joli ham Ukrainadagi vaziyatga munosabat bildirib, tinch aholiga yordam berishini ma’lum qilgandi. Kino yulduzi uzoq vaqtdan beri BMTning yaxshi niyat elchisi sifatida butun dunyo bo‘ylab qochqinlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.
106
1,663
Madaniyat
Pixar “Boshqotirma” multfilmining davomi chiqishini e’lon qildi
Pixar kompaniyasi “Boshqotirma” multfilmining davomi suratga olinishini rasman e’lon qildi. Bu haqdagi mish-mishlar Disney yangi loyihalarini e’lon qiladigan D23 fan-klubi tadbiri arafasida paydo bo‘ldi. “Qoyil. Emi Polyer ‘Boshqotirma-2’ multfilmida roliga qaytadi. Ushbu loyihaga Kelsi Mann rejissorlik, Mark Nilsen prodyuserlik qiladi. Multfilm ssenariysini Meg Lefov yozadi. Disney va Pixar o‘rtasidagi qo‘shma loyiha 2024-yilning yozida chiqariladi”, — deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, original animatsion film 2015-yilda chiqarilgan va kassada 800 million dollar yig‘gan, shuningdek, animatsiya yo‘nalishi bo‘yicha “Oskar” mukofotini olgan. Multfilmda Rayli ismli qizaloqning boshida yashaydigan beshta hissiyot: Quvonch, Qayg‘u, Qo‘rquv, G‘azab va Jirkanish haqida hikoya qilinadi. Rayli asta-sekin ulg‘ayib boradi, bu uning his-tuyg‘ularini xotirasida saqlab qolishga va halokatli o‘zgarishlarning oldini olishga yordam beradi. Yangi loyihaning sujeti hali oshkor etilmagan.
63
985
Madaniyat
Raj Kapurning kenja o‘g‘li, aktyor, rejissor va prodyuser Rajiv Kapur haqida faktlar
Kapurlar sulolasining vakili – aktyor Rajiv Kapur 2021-yilning 9-fevral kuni 58 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. Quyida marhum aktyorning hayoti va ijodi borasidagi bir qancha qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Bollivuddagi debyut Rajiv Kapur o‘zining Bollivuddagi debyutini 1983-yil Mexraning “Biz bir qalbmiz” filmidan boshlagan. Ushbu filmda Rajivning amakisi – aktyor Shammi Kapur hamda Tanuja ham ishtirok etgan. Rajiv Kapur − Chimpu Kapurlar oilasida laqab qo‘yish an’anasi mavjud. Randxir Kapur − Dabu, Rishi Kapur − Chintu, Rajiv esa Chimpu laqabini olgan. Ijodiy faoliyat Rajiv Kapur “Jannat”, “Ganga, suving loyqalangan”, “Zabardast”, “Priti”, “Zilzila”, “Hammasi uchun tashakkur”, “Olov daryo” va “Har kimning burchi” kabi filmlarda suratga tushgan. Rajiv Kapur − rejissor Rajiv Kapur o‘zining birinchi rejissorligini “Sevgi kitobi” filmi bilan boshlagan, unda Rishi Kapur va Madxuri Dikshit bosh rollarni ijro etgan. Afsuski, film muvaffaqiyatga erishmagan. Rajiv Kapur − prodyuser Rajiv nafaqat aktyor, rejissor, balki bir necha filmlarga prodyuserlik ham qilgan. Masalan, “Xina”, “Sevgi kitobi”, “Uyga qaytaylik” kabilar. So‘nggi ikki loyihaning muharriri ham bo‘lgan. Shaxsiy hayot Aktyorlik faoliyatining boshlarida Rajiv Kapur o‘zi ishtirok etgan film – “Ganga, suving loyqalangan” filmidagi partnyori Divya Rana bilan uchrashgan. Keyinchalik Mina Kanvar, Nagma va Madxuri Dikshit bilan ham yaqin munosabatda bo‘lgan. 2001-yilda aktyor arxitektor Arti Sabxarval bilan turmush qurgan, afsuski, bir necha yildan so‘ng ularning nikohi buzilgan. Bollivudga qaytish Rajiv Kapur taniqli rejissor Ashutosh Govarikerning “Toolsidas Junior” filmi orqali yana Bollivud kinosiga qaytishga tayyor edi. Loyihaning namoyishi 2021-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, unda asosiy rollardan birini Sanjay Datt ijro etgan. Afsuski, Rajiv Kapurga o‘zining ishtirokidagi so‘nggi filmni ko‘rish nasib etmadi.
84
1,917
Madaniyat
Kann kinofestivalining 2020-yilgi dasturi e’lon qilindi
Kann kinofestivalining saralash qo‘mitasi 56 filmni o‘z ichiga olgan 2020-yil uchun rasmiy dasturini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Meduza. Dasturda Ues Andersonning “Fransiyalik dispetcher”, Fransua Ozonning “85-yilning yozi”, Tonas Vinterbergning “Yana bittadan”, Frensis Lining “Ammonit”, Stiv Makkuinning “Boltacha” mini-seriali, Pit Dokerning “Qalb” multfilmi o‘rin olgan. To‘liq ro‘yxat kinoforum saytida e’lon qilingan. Koronavirus pandemiyasi tufayli Kann kinofestivali 2020-yilda o‘tkazilmaydi, biroq dasturdan o‘rin olgan filmlar kuzda boshqa festivallarda namoyish etiladi. The Film Stage’ning qayd etishicha, ushbu filmlar avval reajalashtirilganidek Venetsiya kinofestivalida ko‘rsatilmaydi. Eslatib o‘tamiz, Kann kinofestivali 12-23-may kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo karantin sabab vaqtinchalik qoldirildi. Tashkilotchilar festivalni iyun oxirida boshlanib, iyul oyining o‘rtalariga qadar davom etishini taxmin qilgandi. Biroq Fransiyada joriy etilgan favqulodda holat rejimi eng kamida 10-iyulgacha uzaytirildi. Shuning uchun kinofestivalni kuzda o‘tkazishning ham imkoni bo‘lmaydi. Tashkilotchilar Kann kinofestivalini virtual tarzda o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamagan. Mazvuga doir:
55
1,216
Madaniyat
“Men va sen. Kuchimiz — muhabbatda”. Xonanda Lola Instagram’da kim bilandir gaplashib, unga ishonishini aytdi
Bir muddat avval xonanda Lola Instagram’dagi sahifasi orqali uning o‘tmishini biladigan, kelajagiga ishonadigan, hozir esa uni boricha qabul qiladigan “haqiqiy yaqin insoni” borligiga ishora qilgan edi. 21-oktabr kuni u tarmoqdagi sahifasida yana bir faylasufona, lekin, aniq bir insonga qaratilgan yozuv qoldirdi. “Sen va men... Bizning kuchimiz muhabbatda. Bo‘sh kelma, yasha... Sen shunchaki menga ishon, men esa senga ishonaman”, — deb yozdi Lola Instagram’dagi sahifasida. Bu yozuv kimga qaratilgani noma’lum. Ma’lumot uchun, Lola 2005-yili turmushga chiqqan, 2011-yili esa ajrashgan. Uning Shahina ismli qizi va Shohdiyor ismli o‘g‘li bor. Lola intervyularining birida “kun kelib, o‘z qalbining sohibi bilan oila qurishi”ni aytib o‘tgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
109
905
Madaniyat
Nukusda kitob bayrami o‘tkazildi
Nukusda “Kitob mutolaasi madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida kitob bayrami o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir doirasida kitoblar ko‘rgazmasi va kitob savdo-yarmarkasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi, “Bilim”, “Qoraqalpog‘iston” nashriyotlari tomonidan taqdim etilgan yangi kitoblar taqdimoti yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Kitob bayramida faol ishtirok etgan nashriyotlar, namunaviy kitob do‘konlari, kitob ko‘rgazmalarini tashkil etgan muassasa va tashkilotlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari taqdirlandi.
32
865
Madaniyat
“Sotqin” filmi Qozog‘istondagi xalqaro kinofestivalda qatnashadi
O‘zbekistonlik rejissor Rustam Sa’diyevning “Sotqin” filmi Qozog‘istondagi “Yevrosiyo” kinofestivalida qatnashadi, deya xabar bermoqda “Kultura.uz”. U “Eng yaxshi Markaziy Osiyo filmi” nominatsiyasiga kiritiladi. Festivalning tantanali yopilish marosimi 30-sentabr kuni Olmaotadagi Respublika saroyida bo‘lib o‘tadi. Taniqli kinodramaturg Rixsivoy Muhammadjonov ssenariysi bo‘yicha Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olingan kartina keng tanildi. Mutaxassislar va matbuot fikricha, bu o‘zbek kinematografistlari tomonidan so‘nggi vaqtlarda yaratilgan eng yaxshi asarlardan biridir, deb yozadi nashr. Filmda yorqin rollarni Javohir Zokirov, Farrux Soipov, Matyoqub Matchonov, Ulug‘bek Qodirov, Yulduz Rajabova ijro etgan. Kartina bitta oila misolida zaif xarakterli, mafkurasi shakllanmagan yoshlarning ekstremistik oqimlarga qo‘shilib qolishi qanday oqibatlarga olib kelishi ko‘rsatib berilgan.
64
894
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” aktyorlari filmning birinchi qismi namoyishidan 31 yil o‘tib bir davraga to‘planadi
“Uyda yolg‘iz” komediyasining birinchi qismi 1990-yilda namoyish etilgan. Xo‘sh, filmda ishtirok etgan aktyorlar oradan 31 yil o‘tsa ham do‘stlikni saqlab qola oldimi? Ushbu komediyada Kevin Makkalisterning akasi Bazz rolini ijro etgan 44 yoshli aktyor Devin Retrey People nashriga bergan intervyusida, suratga olish maydonchasidagi hamkasblari bilan Whats App’da tez-tez yozishib, suhbat qurishlarini ma’lum qildi. Shuningdek, Devin film aktyorlari Jed Koen, Dayana Reyn, Terri Snell, Anjela Getals va Hillari Vulf uchrashishga qaror qilganini ta’kidlab o‘tgan. “Ular onlayn uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda, ammo men bu haqda yaqinda bildim, deydi Retrey. – Bizning oila jam bo‘lishni xohlaydi. Kim biladi, ehtimol bu yaqin kelajakda sodir bo‘lar”. Devinning qo‘shimcha qilishicha, bosh qahramon ijrochisi 41 yoshli aktyor Makoley Kalkin suratga olish guruhidagi hamkasblari bilan uchrashishdan bosh tortgan. “Ilgari u shunday atrofdan uzilgan odam edi, lekin hozir ko‘proq ochiq va kirishuvchan shaxsga aylanganidan xursandman”, – deydi Devin. 2019-yilda Disney “Uyda yolg‘iz” komediyasining remeykini suratga olishini ma’lum qilgan edi. Remeykka Den Mazer rejissorlik qildi. Ssenariyni Miki Dey va Striter Saydell yozgan. Kartina original lentadagi kabi bosh qahramon Makoley Kalkinning ota-onasi uni Rojdestvo bayramida uyida unutib qoldiradi. Uning rolini “Jojo laqabli quyon” filmi bilan tanilgan 12 yoshli Archi Yeyts ijro etdi. Bolaning ota-onasi rolini Elli Kemper va Rob Delani  ijro etgan. Film Disney + striming platformasida 2021-yil 12-noyabrda namoyish etildi va bunga tomoshabinlar asosan salbiy fikr bildirdi. Original film rejissori Kris Kolumb ham remeykni tanqid ostiga oldi. Eslatib o‘tamiz, Kris Kolumbning millionlar tomonidan sevib tomosha qilingan Yangi yil komediyasining birinchi qismi 1990-yilda namoyish etilgan va 476,7 million dollar daromad ko‘rgan. Keyinchalik uning bir nechta davomiy qismlari ham suratga olingan.
98
1,957
Madaniyat
Yozuv mashinkasi, hasharot va qo‘g‘irchoqlar. Mashhurlarning eng g‘ayrioddiy kolleksiyalari
Tanga va marka yig‘ish singari odatiy buyumlarni kolleksiya qilish quyidagi yulduzlar uchun xos emas. Mazkur shou-biznes vakillarini hasharotlar, suyak va g‘aroyib buyumlar qiziqtiradi. Tom Xenks: yozuv mashinkasi “Forrest Gamp”, “Yashil maskan” va boshqa bir qancha filmlarda qoyilmaqom ijrosi bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktyor eski yozuv mashinalarini kolleksiya qiladi. Muxbirlarni jini suymaydigan Xenks intervyu berishga faqat bitta shart bilan — yozuv mashinasi kolleksiyasi haqida qiziqilsa, modellari haqida ma’lumot so‘ralsa va yangi yozuv mashinkasi tuhfa qilinsagina rozi bo‘ladi, degan mish-mishlar ham yo‘q emas. Bundan bir necha yil oldin Talking Dead ko‘rsatuvi boshlovchisi Kris Xardvik, 1934-yilda ishlab chiqarilgan Smith Corona yozuv mashinkasini yuborib, aktyorni dasturda ishtirok etishga taklif qilgan. Xenks esa tabiiyki ushbu sovg‘adan keyin yo‘q deya olmagan. Anjelina Joli: pichoq Aktrisa sovuq qurollar yig‘ishni yaxshi ko‘radi. Uning kolleksiyasida Renessans davri va o‘rta asrga oid xanjar va pichoqlarni uchratish mumkin. Joli bergan intervyularida, mazkur buyumlarni uyida, bolalari bilan ehtiyotsizliklar kelib chiqmasligi uchun qulflangan holda saqlashini ta’kidlagan. Kira Naytli: tirnoq bo‘yog‘i “Karib dengizi qaroqchilari” yulduzi yuqoridagi hamkasblaridan farqli o‘laroq, qiziqishi zamonaviylikka qaratilgan. Kira markasi, tarkibi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar rang-barang, yorqin bo‘lgan tirnoq bo‘yog‘i — lak yig‘ishni yaxshi ko‘radi. Uning kolleksiyasida barcha rangdagi bo‘yoqlarni uchratish mumkin. Katrin Denev: lab bo‘yog‘i Fransuz kinosanoatining yorqin yulduzi Katrin Denev lab bo‘yog‘i — pomada yig‘adi. Aktrisa xarid davomida do‘kondan pomada olmasdan chiqib keta olmasligini bir necha marta tan olgan. Omma oldida e’tibor jalb qilmaydgan pomada surtgan holda namoyon bo‘ladigan Denevga qarab, kolleksiyasidagi kosmetik vositalardan foydalanmasa kerak degan xulosaga kelish mumkin. Dastin Xoffman: ayiq o‘yinchoqlar Aktyor ayiq o‘yinchoqlari, xususan, Teddi ayiqlarini kolleksiya qilishni yaxshi ko‘radi. Ma’lumot uchun ayiqlarni Teddi nomini olishi Teodor Ruzvelt bilan bog‘liq bo‘lib, u ovga chiqqanida ayiqni ota olmagani uchun Teddi nomi berilgan. Xoffmanning kolleksiya uchun alohida xonasi bor bo‘lib, u yerda mingdan ortiq ayiqlarni uchratish mumkin. Penelopa Krus: kiyim ilgich “veshalka” Rejissor Pedro Almodovarning ilhomi, Xavera Bardemanning rafiqasi ispan aktrisasining qiziqishi ham boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Gap shundaki, Penelopa yog‘och, plastmas, rang-barang, umuman, olganda turli-tuman kiyim ilgichlarni yig‘adi. Uning kolleksiyasida 500 dan ortiq namunani uchratish mumkin. Klaudiya Shifer: O‘rgimchak Top-model Shifer hasharot, xususan, o‘rgimchaklarga qiziqishiga ishonish qiyin. Klaudiyada bu qiziqish bolaligida paydo bo‘lgan va u soatlab o‘rgimchak to‘r to‘qishini kuzatib o‘tirgan. Bugungi kunda Shiferning uyida o‘rgimchak shaklidagi turli-tuman taqinchoqlar va qotirilgan o‘rgimchaklar kolleksiyasini uchratish mumkin. Devid Linch: o‘lik pashsha Eng g‘aroyib va noodatiy kolleksiya Devid Linchga tegishli, u o‘lik pashshalarni devorga yopishtirib qo‘yish bilan birga tovuq suyaklarini yig‘ishga ham qiziqadi. Jonni Depp: hamma narsa Aktyor hamma narsani birvarakayiga yig‘adi. U yoshligida kabutarlar skeleti, o‘lik ko‘rshapalaklar va quritilgan hasharotlarni to‘plagan degan mish-mishlar yo‘q emas. Keyinchalik shlyapalar eng qizig‘i esa Barbie qo‘g‘irchoqlarini kolleksiya qilgan. Avvaliga farzandlarini qo‘g‘irchoqlar bilan o‘ynatgan aktyor keyinchalik kolleksiya qilishga kirishganini tan oladi. Deppning to‘plamida mashhurlar — Elvis Presli, Beyonse, Lindsi Loxan ko‘rinishidagi, shuningdek, o‘zi gavdalantirgan “Karib dengizi qaroqchilari”dagi Jek Chittak va “Alisa mo‘jiazlar mamlakatida”gi shlyapa kiygan qahramonlarning qo‘g‘irchog‘ini ham uchratish mumkin. Bundan tashqari aktyor, yozuvchi Jek Keruakka tegishli bo‘lgan buyumlar — yozuv materiallari, plash, kurtka va chemodanini ham to‘playdi. Bu hali hammasi emas, san’at buyumlari — masxarabozlar tasvirlangan kartinalar, lampa va art-dekor uslubidagi mebellar ham Jonnining e’tiboridan chetda qolmaydi.
91
4,166
Madaniyat
Turkiyada o`zbek kinosanoatidagi islohotlar haqida taqdimot bo`lib o`tdi
Istanbulda Turk dunyosi birinchi xalqaro kinokonferensiyada O`zbekiston kinosanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar taqdimoti bo`lib o`tdi. Konferensiya "Korkut ota" Turkiy mamlakatlar kinofestivali doirasida o`tkazildi. Unda o`zbek kinosidagi bugungi natijalar va islohotlar haqida taqdimot o`tkazildi.   Shuningdek, Turkiya madaniyat va turizm vaziri o`rinbosari Axmet Misbax "Korkut Ata” festivali boshqa turkiy davlatlarda ham o`tkazilishini ma`lum qildi: -  Turkiy davlatlar bilan hamkorligimiz, kino orqali o`rnatayotgan munosabatlarimiz yanada mustahkam bo`ladi albatta.  O`zbek kinosi va kino ijodkorlari  haqiqatdan ham kuchli va  o`zbeklar kinofilmlarni juda  ajoyib ishlashadi, biz sizni olqishlaymiz.  O`zbekistonning Buxoro, Samarqand, Toshkent kabi shaharlariga borganmiz.  Vataningizga muhabbatimiz boshqacha. O`zbek kinosining kuchli ekanligi bizni juda quvontirdi.  Barcha aktyorlarimizni, prodyuserlarimizni O`zbekiston kinosi lol qoldirmoqda. Ozarbayjon kinematografiya departamenti rahbari Rufat Gasanov ham kinofestival haqida o`z fikrlarini bildirdi: – Bir oy avval biz O`zbekistonda katta delegasiya bilan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida bo`ldik. Mukofot ham oldik. Kinematografiya agentligi bilan “Xo`ja Nasriddin” kinoloyihasi yuzasidan o`zaro hamkorlikdagi memorandumni ham imzoladik. Bu loyihaning muallifi Ozarbayjon xalq artisti Vagif Mustafaev. Umid qilamizki, bu loyiha nafaqat O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasida, balki butun turkiy davlatlar o`rtasidagi qaldirg`och bo`ladi.   Firdavs Abduxoliqov, O`zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori: – Turkiy davlatlarning mazkur kinofestivalida o`zbek kinoijodkorlari delegasiyasi faol ishtirok etmoqda. Biz shunchaki bu jarayonning tomoshabini emas, balkim faol ishtirokchisi bo`ldik. Alohida ta`kidlash kerakki, bunday festivallar Qirg`iziston, Qozog`iston, Ozarbayjon va boshqa  mamlakatlarda ham o`tkazilishi quvonarli. O`zbekiston kinosanoati, VGIK filialining ochilishi, kinomuzey va kinofondning ochilishi va boshqa yangiliklarni, shuningdek, afsonaviy “O`zbekfilm” kinostudiyasining rekonstruksiya qilingani hamda boshka muxim ma`lumotlar festival ishtirokchilarida juda katta qiziqish uyg`otdi. Eslatib o`tamiz, Turkiyada o`zbek kinosi kunlari bo`lib o`tmoqda. Unda Rashid Malikovning "Tutqunlik" filmi namoyish etilmoqda. Shuningdek, "Ilhaq" hamda "Xalq jasorati" filmlari Turkiya telekanallarida efirga uzatiladi.
72
2,437
Madaniyat
Bahodir Yalangto`sh haqidagi filmning tayyorgarlik ishlari boshlandi
Yaqinda O`zbekiston Kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi o`rtasida Bahodir Yalangto`shning hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan tarixiy janrdagi badiiy filmni suratga olish bo`yicha memorandum imzolangan edi. Bugun film rejissyori Jahongir Ahmedov va  ssenariy muallifi Hasan Toshxo`jaevlar suratga olinishi kutilayotgan yangi film uchun manbalar yig`ish, Bahodir Yalangto`sh hayoti haqida hikoya qiluvchi materiallar bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahrida bo`lishdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Kinoijodkorlar ishni dastlab Bahodir Yalangto`sh va uning piri Mahdumi A`zamning qabrini ziyorat qilishdan boshladilar. So`ngra  Samarqand davlat universitetida viloyat tarixchi olimlari, san`at va madaniyat namoyandalari, yozuvchilar, jurnalistlar ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.
68
851
Madaniyat
Samarqandda “Ashula va raqs ansambllari” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi tomonidan Samarqandda “Ashula va raqs ansambllari” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Markaz matbuot xizmati xabar bermoqda. “Ashula va raqs ansambllari” respublika ko‘rik-tanlovida 128 ta havaskorlik xalq ashula va raqs ansamblari hamda 8 ta bolalar namunali jamoalari xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va go‘zal namunalarini, asriy kuy-qo‘shiqlarni ijro etdi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatining “Afrosiyob” ashula va raqs xalq ansambliga birinchi o‘rin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Shug‘la” ashula va raqs xalq ansambli, Navoiy viloyati Karmana tumani “Guli” ashula va raqs xalq ansambllariga ikkinchi o‘rin nasib etdi. Uchinchi o‘ringa Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani “Dil navosi” ashula va raqs xalq ansambli, Andijon viloyati Andijon shahri “Gulruh” ashula va raqs xalq ansambli, Xorazm viloyati Xiva tumani “Xiva naqshlari” ashula va raqs xalq ansambllari loyiq deb topildi. Tadbir so‘ngida tanlov g‘olib va sovrindorlari ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Faol ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
78
1,249
Madaniyat
Yodgor Sa’diyev Qoraqalpog‘iston xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Yodgor Sa’diyev Qoraqalpog‘iston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Rayosatining bu haqdagi qarori 30-avgust kuni qabul qilingan. Sa’diyevdan tashqari, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat musiqali teatri drama artisti Sapargul Dauletova ham Qoraqalpog‘iston xalq aristi unvoni bilan taqdirlangan. Nukus shahridagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jirovchilik hunari o‘qituvchisi Janibek Piyazov Qoraqalpog‘iston xalq jirovi, Chimboy tumanidagi 21-maktab fizika o‘qituvchisi Bazarbay Jaksimov Qoraqalpog‘iston xalq o‘qituvchisi unvoni bilan taqdirlangan. “Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi muxbiri Muzaffar Ahmedov Qoraqalpog‘iston xalq shoiri unvoni egasiga aylangan bo‘lsa, “Madaniyat va sport” gazetasi bosh muharriri Allanazar Abdiyev esa Qoarqalpog‘iston xalq shoiri unvoni bilan mukofotlangan. Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi rasmiy saytida tanishish mumkin. Ma’lumot uchun, 2016-yilning 12-iyun kuni 70 yoshni qarshilagan Yodgor Sa’diyev 1989-yili respublika davlat mukofotini qo‘lga kiritgan, 1998-yili esa O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
70
1,361
Madaniyat
20 yildan so‘ng: “Uddaburon bolalar” filmining bosh qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
2000-yillarda “Uddaburon bolalar” kinofranshizasida asosiy qahramonlarning rolini ijro etishni barcha bolalar orzu qilgan. Filmning birinchi qismi ekranlarga chiqqaniga 20 yil bo‘ldi. 2001-yilda “Uddaburon bolalar” filmining birinchi qismi ekranlarga chiqqanidan keyin undagi superqahramonlar katta mashhurlikka erishdi. Filmning birinchi qismida quyidagi voqealar sodir bo‘ladi: Gregorio va Ingrid Kortes (ushbu rollarni Antonio Banderas va Karla Gujino ijro etgan) maxfiy superagent bo‘lib ishlaydi. Biroq ular ancha oldin nafaqaga chiqadi va farzand ko‘radi. Shuningdek ular o‘tmishini yashirib, oddiy insonlardek hayot kechira boshlaydi. Bir voqea sabab hammasi o‘zgarib ketadi: Kortes ishlagan agentlikdan bir nechta ayg‘oqchilar g‘oyib bo‘ladi. Gregorio va Ingrid ishga qaytadi — biroq juftlik g‘alati mavjudotlar bilan to‘ldirilgan sirli qasrda qo‘lga olinadi. Kichik Gregorio — Juni va Karmen ota-onalariga yordam berish uchun yuboriladi — ular hattoki onasi va otasining nima ish bilan shug‘ullanayotganiga shubhalanmaydi. Blokbaster tez fursatlarda kassada katta mablag‘ ishlab topdi va shundan keyin filmning davomi suratga olindi. 2001-yildan beri “Uddaburon bolalar” filmining 4 ta qismi ekranlarga chiqarildi — uning oxirgi qismi 2011-yilda ekranlarda paydo bo‘lgan. Karmen va Juni rolini ijro etgan Aleksa Vega va Deril Sabara superyulduzlarga aylandi — ularga yangi loyihalardan ko‘plab takliflar tushdi. Bugungi kunda aktyor va aktrisa teleekranlarda ko‘rinish bermay qoldi. “Uddaburon bolalar” esa ularning kino olamdagi eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri bo‘ldi. Filmning ilk qismini suratga olish paytida Aleksa Vega 12 yoshda bo‘lgan. Hozir 34 yoshda bolgan aktrisa vaqti-vaqti bilan filmlarda suratga tushadi va turli teleko‘rsatuvlarda ishtirok etadi. “Yulduzlar bilan raqs” filmi esa shunga misol bo‘la oladi. Aleksa 2014-yilda xonanda Karlos Penya bilan turmush qurgan. Hozirda juftlik uch nafar farzand: ikki nafar o‘g‘ilni va bir nafar qizni tarbiyalamoqda. Deril Sabara esa “Uddaburon bolalar” filmida suratga tushgan paytda 8 yoshda bo‘lgan. Bundan tashqari, bu loyiha Deril uchun birinchi aktyorlik ishi bo‘lmagan. Deril o‘smirlik paytida ko‘plab serial va filmlarda rol ijro etgan — masalan, u Disneyning “Veyverli Pleys sehrgarlari” nomli bolalar serialining ko‘plab qismlarida bir necha yil davomida rol o‘ynagan. Aktyor 2010-yildan boshlab kino seriallarda suratga tushishni to‘xtatdi. Biroq u multfilmlar va video o‘yinlarni ovoz bera boshladi. Sabara 2018-yilda taniqli xonanda Megan Treynorga uylandi. Juftlik 2021-yilning qishida birinchi marta ota-ona bo‘ldi. Deril bir necha bor Aleksa Vegani hali ham o‘zining katta opasi deb bilishini aytgan. “Uddaburon bolalar” filmining suratga olish jarayonlarida Aleksa va Deril yaqin do‘stga aylangan. Ular hozir ham munosabatlarini saqlab qolgan.
97
2,835
Madaniyat
Jastin Biber chiroyli yuzga ega bo‘lish uchun tishlarini olib tashladi
21 yoshli Jastin Biber kamchiliksiz tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun to‘rtta tishini oldirib tashladi, deb xabar beradi “Nur.kz”. Kanadalik artist chiroyli yonoq sohibi bo‘lish uchun to‘rtta aql tishini oldirdi. Operatsiya umumiy narkoz ostida o‘tdi. Jastin o‘zining yangicha ko‘rinishdagi suratlarini Snapchat ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntiga joylashtirdi.
70
362
Madaniyat
Instagram: Kasal holida to‘yga borgan Parizoda, qizini uzatgan Asadillo Nabiyev, Lolaning farzandlari maktab formasiga qarshi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Rayhon Asadova sahifasiga yangi suratini joyladi. Nilufar Usmonova Samarqandga to‘y xizmatiga yo‘l olgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi. Botir Qodirov sahifasiga 2000-yilda “Yomg‘ir”, “Meni izlama” taronalari bilan mashhur bo‘lgan “Sahar” guruhining a’zosi Anvar Jo‘rayev bilan tushgan suratini joyladi. Muqaddas Sa’dullayeva fotosessiya jarayonida tushgan videosini e’lon qildi va muxlislariga hech qachon raqobatdan qo‘rqmasligini, sababi uning o‘rnini hech kim egallay olmasligini aytdi. Ozarbayjon, turk xonandasi Nahide Babashli Toshkent shahrida tushgan suratini namoyish qildi.. Parizoda kasal bo‘lib, isitma qilayotgan bo‘lsa ham Samarqanddagi to‘y xizmatida bo‘ldi va insonlarning orzu-havas bilan qilayotgan to‘ylariga qanday holatda bo‘lmasin borishini aytdi. Hindistonning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Priti Zinta hind xalqini 75 yillik Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Bollivud qiroli Shohrux Xon ham oilasi bilan Hindistonning mustaqillik bayramini nishonladi. Aktrisa Durdona Qurbonova muxlislariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Instabloger, aktrisa Feruza Normatova sahifasiga ingliz tilida shukronalik bildirgan videosini joyladi. Rayhonning turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov muxlislariga farzandlari bilan tushgan suratni namoyish qildi va oilaviy ovqatlanishga borganini aytdi. Aktrisa Farangiz Xoliqova Turkiyadagi modellik akademiyasida tahsil olayotganini ma’lum qildi. Bollivudning yana bir mahoratli aktrisasi Anushka Sharma va uning turmush o‘rtog‘i hind xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova qaynota, qaynona va xolasini Umra safaridan qaytganini nishonladi. Bundan tashqari, aktrisa turmush o‘rtog‘i yangi restoran ochganini ma’lum qildi. Feruza Jumaniyozova Tojikistondagi to‘y xizmatlarining biriga bordi. Xonanda sahifasiga Tojikiston xalq artisti Daler Nazarov bilan Xo‘jand shahrida uchrashib qolganini aytdi va u bilan tushgan suratini joyladi. Xonanda Sevinch Mo‘minova muxlislariga to‘y xizmatlarining biriga borgani aks etgan videoni ko‘rsatdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Asadillo Nabiyev qizini turmushga berdi. Aktyorning hamkasblari Lola Eltoyeva, Ra’no Shodiyeva, Muqaddas Xoliqova va boshqa aktrisalar uning qiziga baxt tilagan. Xonanda Shohruxxon yangi klipida mashhur sportchi Muhammadali Toshturg‘unov bilan birga suratga tushmoqda. Lola farzandlari bilan maktab formasini xarid qilishga borgani, biroq bu uning farzandlariga yoqmagani haqida gapirdi. Xonandaning o‘g‘li va qizi maktab formasi haqida taklif bildirgan. Ulug‘bek Xolmedov to‘y xizmatlarining birida kuyovning ota-onasini kelin-kuyov o‘tiradigan joyga olib borib, ularga hurmat ko‘rsatdi. “Oybek va Nigora” dueti a’zosi Nigora qizi Samiya bilan tushgan suratni obunachilariga ko‘rsatdi. Xonanda Dildora Niyozova muxlislariga Mavluda Asalxo‘jayeva bilan uchrashib qolgani aks etgan videoni namoyish qildi. Asal Shodiyeva singlisi Robiyani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
125
3,122
Madaniyat
Xonanda Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi tugatildi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, xonanda Shahlo Ahmedovaning “Letniye dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotganligi aniqlandi. Bu haqda muassasaning rasmiy bildirgisida ma’lum qilingan. Bildirgida aytilishicha, “Videoklipda milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan”. Yuqoridagilarga asosan xonandaning litsenziyasi joriy yil 13-noyabrdan tugatildi.
50
745
Madaniyat
Yangihayot tumanida "Bolaga kitob bering" nomli tadbir tashkil etildi (foto)
Bugun 2 aprel – "Xalqaro bolalar kitoblari kuni" munosabati bilan Yangihayot tumani hokimligi tomonidan "Bolaga kitob bering" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi a`zolari – bolalar shoiri Dilshod Rajab, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv davomida mehmonlar kitobning bolalar hayotidagi o`rni, sevimli asarlari va bolalik xotiralari haqida so`zlab berishdi. Shuningdek, tadbir davomida nomdor nashriyotlar ishtirokidagi kitob yarmarkalari va o`quvchilarning bilimini sinash uchun qiziqarli savol-javob tarzidagi viktorina o`tkazildi. Viktorinada savollarga to`g`ri javob bergan bolajonlarga hokimlik tomonidan kitoblar ulashildi.
76
722
Madaniyat
Xonanda Gulbahor Erqulova: Gazeta muqovalarini Shahzoda, Rayhon, Lola kabi “qo‘g‘irchoq”lar bezab turishi shart emas
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Gulbahor Erqulova xususiy gazetalarning muqovalarini tanqid ostiga oldi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda. Kadr: YouTube “Avvallari gazetalarimiz muqovasida elimiz orasida hurmati bor, har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan, hatto suratini devorga osib qo‘yishga arziydigan san’atkorlar chiqardi. Bugun esa sal yoshi kattaroq san’atkor bo‘lsa, muqovaga yarashmasmish!”, — dedi xonanda. “Nashrlarimizda birinchi betini Shahzoda, Rayhon kabi ‘qo‘g‘irchoq’lar bezab tursa, ishimiz yurishadi, degan bema’ni fikr shakllanib qolgan. Shaxsan men shundaylar bezagan gazeta olmasdim”, — dedi Gulbahor Erqulova. “Bu bilan yoshlarni birinchi betga chiqarmang, demoqchi emasman. Misol uchun, Dilnoza Kubayeva singari aqlli, so‘zlarida ma’nosi bor san’atkorlar bo‘lsa, bemalol. O‘sha Shahzoda, Rayhon, Lolalar bizning darajamizdagi san’atkor bo‘lishi uchun, bilasizmi, necha yillar kerak?!”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova.
116
1,017
Madaniyat
Tojikistonlik dizayner Gollivud uchun Marvel, Lucasfilm va Spilberg filmlari qahramonlari qiyofasini yaratmoqda
Yigirma yil avval tojikistonlik Jam Jo‘raboyev o‘zi ma’mur bo‘lib ishlaydigan Turkiyadagi internet-klub poliga o‘rnatilgan karton qutilarda tunab yurardi. Hozirda u dunyodagi eng xaridorgir konsept-dizaynerlardan biri va Jorj Lukas hamda Marvel qahramonlari qiyofasini yaratmoqda. Jam Jo‘raboyevning hayoti ham Gollivud filmlari ssenariysini eslatadi: tug‘ilib-o‘sgan yurti Tojikistondan fuqarolar urushi payti bosh olib ketgan, Turkiyada muhtojlikdan aziyat chekkan, uyga qaytgan va Ustodesign kompaniyasida dizayner sifatida ish boshlagan. Jo‘raboyev Ustodesign jamoasi bilan ta’lim loyihalari va professional musobaqalarni yoritib boradigan Cgsociety loyihasi saytida e’lon qilingan konsept-dizaynerlar uchun tanlovda ishtirok etishga qaror qildi. Jamoaga eng yaxshi video-prodakshn uchun mukofot berildi. Ushbu g‘alabadan so‘ng Jam Moving Picture Company (MPC) kompaniyasi London bo‘linmasi prodyuseridan maktub oldi va uning taklifiga binoan 2011-yil oktabrida Britaniya poytaxtiga keldi. U MPC reklama komandasi bilan loyihani ikki oy ichida yakunladi va Tojikistonga qaytib ketdi. Yana yarim yil kompaniya bilan frilanserlik asosida hamkorlik qildi. MPC kompaniyasidagi faoliyat Jo‘raboyev oldin ijodini faqat forumlarda kuzatgan konsept-dizaynerlarning yopiq olamiga eshik ochdi. 2014-yilda u haqda “Garri Poter”, “O‘rgimchak-odam” va boshqa filmlar uchun vizual effektlar yaratgan Framestore kompaniyasi xabar topdi. Framestore Jo‘raboyevga u orzu qilgan kino bo‘limida ish va yiligi 60 000 funt (o‘sha paytda 90 ming dollar) maosh taklif qildi. Ikki yil ichida Jam Framestore’da “Qasoskorlar: Altron asri”, “Yura davri dunyosi”, “Fantastik maxluqlar va ular qayerda istiqomat qiladi”, “Kong: bosh suyak oroli”, “Geoshtorm”, shuningdek, Stiven Spilbergning “Birinchi o‘yinchi tayyorgarlik ko‘rsin” filmlari ustida ishladi. Hozirda Jo‘raboyev frilanser maqomida Gollivud rejissorlari buyurtmasi asosida ishlashda davom etmoqda, shuningdek, kino konsept-dizayni bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tmoqda. Bularning barchasi unga yiliga 800 ming dollar daromad keltiradi.
111
2,073
Madaniyat
Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘i bilan tanishishi haqida: “Buni bir ko‘rishdan sevgi deb ayta olmayman”
“Sevgi iztirobi”, “Elchining qizi” kabi seriallardagi obrazlari orqali o‘zbek tomoshabinlarning sevimli aktrisasiga aylanib ulgurgan Neslihan Atagul Dog‘ulu “O‘sha lahzalar tarixi” dasturida Burak O‘zjanning savollariga javob berdi. Shuningdek, goh qat’iyatli, gohida ma’suma rolida namoyon bo‘layotgan aktrisa bolaligi hamda oilaviy hayoti haqidagi ma’lumotlarni aytib o‘tdi. “U kunni unuta olmasam kerak. Pufaklar uchun qarzdor bo‘lganimda uch kun ko‘chaga chiqa olmaganman”. Neslihanning bolaligi Istanbulda o‘tgan. “Men qanchalik qaysar bo‘lmay, shunga yarasha mas’uliyatli ham edim. Onam hamisha ishda bo‘lgani uchun yolg‘iz qolardim. Akam bilan turli o‘yinlar o‘ynardik. Ayniqsa, mahalladagi bolalar bilan o‘ynab, pufaklar uchun qarzdor bo‘lganim yodimda. O‘shanda uch kun ko‘chaga chiqmaganman”, – deydi aktrisa. “Aktrisa bo‘lish istagida qandaydir agentlik topib, noma’lum raqamga qo‘ng‘iroq qilganman”. Sakkiz yoshida televizordan film tomosha qilib, aktrisa bo‘lishga qaror qilgan Neslihan o‘sha kunlarni kecha bo‘lib o‘tgandek eslaydi: “Otamga 8 yoshimda aktrisa bo‘lishni xohlayman, dedim. Shunda u boshimni silab: “Albatta, bo‘lasan, qizim” dedi. Hatto o‘sha yoshimda o‘zimni hech narsaga ulgurmayman deb, qandaydir agentlik topib, noma’lum raqamga qo‘ng‘iroq qildim. Meni ko‘rish uchun agentlikka chaqirishganda, onamdan birga borishni iltimos qilgandim. Sababi, u 18 yoshimga qadar menga har ishda hamroh edi. Keyinchalik bir nechta reklama roliklarida ishtirok etdim, 13 yoshimda “Birinchi muhabbat” serialida rol ijro etganman. “Kadirga nisbatan his etganlarimni ta’rifga sig‘dira olmayman”. 2013-yilda “Ishq sohillari” serialida uchrashgan Neslihan va Kadir Dog‘ulu 2016-yilda turmush qurdi. “Bir qarashda muhabbat bo‘lganmi?” degan savolga aktrisa: “Biror narsa deyish qiyin, buni bir qarashda muhabbat deydimi, bilmadim. Lekin ilk uchrashuvimizda unga shunchalar boshqacha qaraganman. Agar bu savolga Kadir javob berganidami?! Unga nisbatan his etganlarimni ta’rifga sig‘dira olmayman yoki haqsizlik qilgan bo‘laman. Albatta, u avvalo, yaxshi inson. Men uning, marhamati, mehribonligi, haqiqatparvarligi, kasbini sevishi va barchaga bir xil muomalada bo‘lishini yaxshi ko‘raman. Kadirga bo‘lgan muhabbatim bir inson ko‘tara olmaydigan kattalikda. Shukrki, yo‘llarim u bilan bog‘langan”, — deb javob berdi. “Pandemiyada tushkunlikka tushmadik”. Neslihan Atagul pandemiya davri va undan keyin nima qilish kerakligi haqida fikr bildirdi: “Pandemiyada tushkunlikka tushmadik, chunki hayvonlarga g‘amxo‘rlik qildik, ularni oziqlantirdik, maskan qurdik. Tabiat bilan yolg‘iz qoldik. Yer va insoniyat tinimsiz rivojlanishda. Shuning uchun ham bu jarayonni odatdagidek qabul qildim. Odamlar boshqa kasallikdan ham vafot etyapti, ayollar qotilliklar qurboniga aylanyapti. Biz buning uchun uyda qolmadik. Ichimizdagi bir kuch harakatga kelishimizni kutyapti. Amallarni o‘zimiz uchun qilishdan to‘xtab, jamiyat uchun birlashishimiz kerak. Bilasizku, tuprog‘imiz qanchalar unumdor, o‘zini turk hisoblagan inson qanchalar aqlli. Shu tuproqqa don otgan zahoti javob qaytaradi. Tuproq shunday ekan, xalqqa don otsangiz natijani tasavvur qilavering”.
103
3,159
Madaniyat
Turk aktrisasi Fahriye Evjen tug‘ruqdan so‘ng qanday qilib vazn kamaytirish sirini ma’lum qildi
Turkiyalik taniqli aktrisa Fahriye Evjen tug‘ruqdan keyingi vazn yo‘qotish sirlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi “RusTurkey.com”. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa vazn yo‘qotish uchun tabletka va kremlardan foydalanmagan. “Rostini aytsam, tug‘ruqdan keyin ozishga bo‘lgan dastlabki urinish ish bermadi. Tashqi ko‘rinishim ommaviy axborot vositalarida muhokamalarga ham sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng o‘z ustimda ishlashni boshladim: meva-sabzavotlar iste’moli, parhez qilish, sport bilan shug‘ullandim”. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, tinimsiz urinishlarga qaramay, u avvalgi vaznga erishgan, ammo buning barchasi umuman boshqa holatlar tufayli amalga oshgan. “Ortiqcha kilogrammlar haqida o‘ylashni to‘xtatgan vaqtim ham bo‘ldi. Bolaga g‘amxo‘rlik qilishning o‘zidanoq shu qadar charchar edimki, hatto ovqatlanish va uxlashni ham unutib qo‘yar edim. Shu yo‘sinda o‘z-o‘zidan ortiqcha kilogrammlar meni tark eta boshladi”, − deydi aktrisa. Shuningdek, u tug‘ruqdan keyin ona tabiiy tarzda ozishini, ammo birdaniga vazn tashlashga harakat qilganlar farzandining asosiy ozuqasi hisoblangan sut sifatiga zarar yetkazishini ham qo‘shimcha qilgan. “To‘g‘ri vazn yo‘qotish asta-sekin amalga oshirilishi kerak. Jamoatchilik fikri uchun vaznni keskin kamaytirishga shoshmaslik zarur. Buning uchun vaqtida ovqatlanish, ko‘proq harakatda bo‘lish, stressni shirinlik bilan yengmaslik va B vitaminiga boy ovqatlarni iste’mol qilish kerak”, − deydi yulduz. Ma’lumot uchun, Turkiyaning mashhur aktyori Burak O‘zchivitning turmush o‘rtog‘i Fahriye Evjen “Choli qushi” seriali orqali o‘zbek teletomoshabinlariga tanish.
95
1,595
Madaniyat
Foto: Istanbulning mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi qadamjolarga nazar
“Shabi arus” tadbirlarida ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik jurnalistlardan iborat guruh 14–20-dekabr kunlari Turkiyaning Konya va Istanbul shaharlarida bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan uyushtirilgan safar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari Beyo‘g‘li tumanida ham bo‘lib, u yerdagi mashhur qadamjolarni ko‘zdan kechirdi. Galata mavlaviyxonasi. Galata mavlaviyxonasi Istiqlol ko‘chasining pastki qismidan Qorako‘y tramvay bekati hamda Galata ko‘prigigacha cho‘zilgan G‘olib dada ko‘chasida joylashgan. Kirish qismi, Holid afandi maqbarasi (o‘ngda) va Sebbilkitob kutubxonasi (chapda). Tor yo‘lakdan o‘tib, ichkariga kirilganda Yevropaga xos toshli hovli, Usmonlilar uslubida yog‘ochdan qurilgan samoxona, maqbaralar va favvoraga duch kelasiz. Muzeyda haqiqiy madaniyat obyektlari, samoxona, Holid afandi maqbarasi, Shayx G‘olib maqbarasi, Sebbilkitob binosi, Odila sulton favvorasi, Hasan og‘a favvorasi va “Hamuflon” mavlaviylar qabristoni bor. Mavlaviyxona. Galata yoki Kuliqopi mavlaviyxonasining ilk binosi 1491-yilda qurilgan. O‘sha vaqtda mavlaviyxona rahbarligiga shayx Mahmud dada, keyinroq esa Sofi Musa dada tayinlanadi. Tariqat a’zolari oq kigizdan qilingan baland konus shaklidagi qalpoq, yenglari yo‘q, tovongacha tushadigan oq yaktak (tanura), kalta yengli kamzul va keng belbog‘ taqishgan. Juma kunlari mavlaviyxona a’zolari zikr tushib, samo raqsini ijro etgan. Ilk bino 1766-yilda yong‘indan talafot ko‘rganidan so‘ng darvishlar yangisini quradi va u bugungi kungacha yetib kelgan muzeyga aylantiriladi. Shayx va shoir G‘olib dada sharafiga ushbu manzilni G‘olib dada dargohi deb ham atashgan. Bino oddiy madrasa uslubida katta zal, darvishlar xonasi, shayx xonasi, kutubxona, oshxona, maqbara va boshqa ichki bo‘limlar bilan birga qurilgan. Bino tuzilishi xaritasi. Samoxona. Darvishlar raqsi samo haqida ma’lumotlar aks etgan eksponatlar. Darvishlar kiyimlari. Darvishlar bosh kiyimlari. Darvishlar belbog‘i. Darvishlar libosi elementlari. Galata mavlaviyxonasi sultonlar Salim II, Mahmud II va Abdulmajid I davrida ham ta’mirlanib, restavratsiya qilingan. Turkiya respublikasi tashkil etilganidan keyin Galata mavlaviyxonasi yopilgan (1925–1965). Istanbul viloyat noibligi qarori bilan samo raqsi maktabi sifatida ishlatila boshlangan. Deyarli yarim asrdan so‘ng qilingan mukammal ta’mirlash ishlaridan keyin (1967–1972) bino ichida klassik turk she’riyatini o‘zida aks ettirgan Devon adabiyoti muzeyi ochilgan. Kichik muzey eksponatlari orasida musiqa asboblari, qo‘lyozmalar va darvishlarning buyumlari namoyish etilgan. Barokko usulida qurilgan sakkiz burchakli yog‘och zalda oyning har so‘nggi yakshanbasida sufiylar samo raqsi ijro etilgan. Mavlaviyxonaning qabristonida shayxlar, mashhur musiqachilar, shoir va mutafakkirlar dafn etilgan. Bu yerda ilk turk matbaachisi Ibrohim Mutafakkir, ilk g‘arbiy artilleriya maktabini ochgan Humbaraji Ahmad poshsha, devonning ilk shoirasi Laylo xonim va nay ustasi Usmon dada qabrlari bor. Ta’mirlash ishlari tugagandan keyin (2011-yilning noyabrida) sayyohlar uchun samo raqsi ham namoyish qilib kelinadi. Galata minorasi Galata minorasi. Galata minorasi Istanbulning Yevropa qismida, Galata tepaligi ustida, Beyo‘g‘li tumanida joylashgan. U shahar markazining deyarli barcha nuqtasidan ko‘zga tashlanib turadi. Minora balandligi 67 metr, diametri 9 metr, dengiz sathidan 140 metr balandlikda turadi va shahar ramzlaridan sanaladi. Minoraning tepa qismidagi 8-qavatdagi restoran va 9-qavatda tomosha maydonchasidan turib Istanbulning panoramali ko‘rinishiga guvoh bo‘lish mumkin. Beyo‘g‘li tumanining ko‘chalari, eski shahar, “Oltin shoh”ning (Bosfor bo‘g‘ozining Yevropa qirg‘oqlari yaqinidagi buxta) o‘ng qirg‘oqlari, Bosforning Osiyodagi qirg‘og‘i ko‘rinib turadi. Agar havo yaxshi bo‘lsa, “Shahzoda orollari” va Marmar dengizi qirg‘oqlarini ham ko‘rish mumkin. Minorada 2 ta lift, restoran, qovoqxona, sharqona qahvaxona va tungi klubgacha ishlagan. Minora ayni vaqtda muzey maqomida faoliyat yuritadi hamda 9 qavatdan iborat. 2020-yilgacha har bir qavatning o‘z vazifasi bo‘lgan. Uchinchi va to‘rtinchi qavatda esdalik sovg‘alari sotuvchi do‘konlar, beshinchi qavatda Genuez qovoqxonasi, oltinchi qavatda oshxona, yettinchi qavatda shahar maketi o‘rin olgan foye, sakkizinchi qavatda restoran va to‘qqizinchi qavatda tomoshagoh o‘rin olgan. Minoraning 9-qavatidan Istanbul kaftdek ko‘rinib turadi. Minoraning ichki ko‘rinishi. Shahar maketi. Minora haqidagi ma’lumotlar doskasi.  Minora o‘rnida qachonlardir VI asrda qurilgan mayoq bo‘lgan. Genuyaliklar vizantiyaliklardan ushbu tumanni tortib olganidan so‘ng koloniya tashkil etgach, 1341-yilda uning atrofida mudofaa devorlari qura boshlaydi. 1348-1349 yillarda tepalikda bugungi kungacha yetib kelgan mana shu minora qurilgan va “Masih minorasi”, deb atashgan. Minora dengizchilar va savdogarlar uchun alohida ahamiyat kasb etgan. Mudofaa devori va xandaqlarning bir qismi hozirgacha ham turibdi. Ayni vaqtdagi Galata nomi unga Usmonlilar davrida berilgan, chunki u shaharning tarixiy joylaridan bo‘lgan Galatadan (galaktos — yunon tilida sut) o‘rin olgan. Nomning kelib chiqishi xususidagi afsonalardan birida aytilishicha, Konstantinopol davrida ushbu hududda qo‘y va echkilar boqilgan. Boshqa bir talqinda esa Anatoliyaning kelt qabilalaridan birining nomi “galatalar”dan olingan, deyiladi. Uchinchi talqinda esa italiyaliklarning “kalata” — qiyalik so‘zidan olingan. Sulton Mahmud G‘olib davrida gumbazlar oldirilgan, minora balandligi 6,8 metrgacha kamaytirilgan. Murod II (1574-1595) davrida esa undan rasadxona sifatida, yerto‘lalaridan esa qamoqxona sifatida foydalanilgan. 1632-yilda minorada dunyoning eng birinchi parvoz amalga oshirilgan. Olim Hezarfon Ahmad Chalabiy qo‘lbola qanotlarda sakrab Bosfor ustidan uchib o‘tib, shaharning Osiyo qismiga muvaffaqiyatli qo‘nadi, sulton Murod tomonidan taqdirlanadi, ammo keyinroq sulton maslahatchilari va din peshvolari ig‘volari bilan Jazoirga surgun qilinib, 31 yoshida u yerda vafot etadi. Hezarfon parvozi aks etgan epizodni turklarning “Muhtasham yuz yil: Kosem” serialidagi qismlaridan birida tomosha qilish mumkin. 1971-yilda minora ta’mirlanib, balandligi 45 metrni tashkil qilgan. 1832-yildagi ta’mirlash ishlari natijasida esa tomoshagoh ham qurilgan.Tun-u kun qo‘riqchilik qilgan kuzatuvchi unda o‘tirib shaharning shimoliy “Oltin shoh” qirg‘og‘idagi tartibsizlik yoki yong‘inlardan xabardor bo‘lib turgan. 1875-yilda minora o‘zining zamonaviy ko‘rinishiga yaqin qiyofaga kirdi. 1964-1967 yillarda minora qayta tiklandi, konus shaklidagi gumbaz qayta qurildi va keyinchalik lift minora ichiga o‘rnatildi. 2020-yilda Galata minorasi shahar munitsipalitetidan Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi ixtiyoriga berildi hamda ta’mirlashga yopildi. 2020-yilning 9-oktabrida bino qayta ochilib, ko‘ngilochar maqomidan muzey maqomiga o‘tdi. Avliyo Antoniy Paduanskiy cherkovi Avliyo Antoniy Paduanskiy cherkovi Istanbulda ishlab turgan katolik bazilikasi sanaladi. U ham mashhur Beyo‘g‘li tumanidagi sershovqin Istiqlol ko‘chasidan joy olgan. Ilk cherkov 1724-yilda italyan ruhoniylari tomonidan qurilgan. U 180 yil turgan, ammo 1904-yilda tramvay yo‘li o‘tkazilishi munosabati bilan buzib tashlangan va sal nariroqda joy ajratilgan. 1905-yilda yangi cherkov qurilishi boshlangan. Italyanlarning neogotika uslubidagi qizil g‘ishtdan qurilgan bino 1912-yilda ibodatga ochilgan. Bino hovlisida 2 ta turar-joy binolari ham qurilgan bo‘lib, ulardan tushgan daromad cherkov bunyodkorligida ishlatilgan. Hozirda unga kirish mana shu uylar orasidagi arka orqali amalga oshiriladi. 1932-yilda Rim Papasi Piy X Avliyo Antoniy Paduanskiy cherkovini kichik bazilikalar doirasida kiritadi. Cherkov oldida Rim Papasi Ioann XXIII haykali bor. U bu yerda 1932-yilda ilk xutbasini o‘tkazgan, keyinroq 10 yil davomida Rim Papasining rasmiy vakili sifatida xizmat qilgan. Bugungi kunda cherkov Turkiyadagi eng yirik katolik dargohlaridan sanaladi, xutbalar turk, italyan, polyak va ingliz tilida olib boriladi. Koronavirus pandemiyasi davrida xavfsizlik qoidalari. Bino ichida tashrif buyuruvchilar uchun klassik katolik jihozlari, o‘rindiqlar, vitraj oynalar, mozaika devorlari va shiftdagi freskalarni ko‘rish mumkin.
66
8,287
Madaniyat
Britaniyalik rok ijrochisi Greg Leyk olamdan o‘tdi
Britaniyalik rok ijrochisi, Emerson, Lake and Palmer (ELP) va King Crimson guruhlari a’zosi Greg Leyk 69 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda. “Kecha, 7-dekabr kuni men eng yaxshi do‘stimni yo‘qotdim. U saratonga qarshi uzoq kurashdi. Greg Leyk qalbimda abadiy qoladi”, — deb yozdi Twitter’dagi sahifasida Leykning menejeri — Styuart Yang. Leyk progressiv rok yo‘nalishining asoschilaridan biri hisoblanar edi. Uning eng mashhur qo‘shig‘i — I Believe in Father Christmas kompozitsiyasi. To‘qqiz oy muqaddam Leykning ELP guruhi bo‘yicha hamkori Kit Emerson 71 yoshida olamdan o‘tgan edi.
50
627
Madaniyat
Xonanda Dilso‘z tug‘uruqxonadagi suratlarini tarqatib yuborgan shifokorlarni sudga beradi
Xonanda Dilso‘z tug‘uruqxonada dard turib yotgan holatini suratga tushirib, Telegram orqali tarqatib yuborgan tibbiy xodimlarni sudga berdi, deya xabar qiladi “Sayyod.com”. “Jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun ariza yozib berdim. San’atkorlarni bunaqa holatda suratga tushirib tarqatishlari birinchi marotaba emas ekan. Masalan, Xosiyat opani ham tug‘uruqxonadagi shu kabi suratlarini chiqarib yuborishgan ekan. Bu narsani cheklash kerak-ku, yaxshi inson bo‘lsa, unaqa paytda rasmga olmasligi kerak edi. Bu yaxshi ish emas”, — dedi Dilso‘z. Xonanda, shuningdek, “farzandi erta tug‘ilib qolibdi”, deb boshqa narsaga shama qilayotganlarga javoban, qizi yetti oylik bo‘lib tug‘ilganini, to‘ylari rasman e’lon qilinishidan oldinroq bo‘lib o‘tganini ta’kidladi. To‘yni namoyishkorona e’lon qilish oilaviy sharoitlar tufayli keyinroqqa qolib ketgan. “Bu shaxsiy bo‘lgani uchun har bitta odamga tushuntirishim shart emasdi, bunga imkon ham yo‘q. Hammaning o‘z hayoti bor-ku”, — dedi Dilso‘z. 18-oktabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 15:40 larda Toshkentdagi 6-tug‘uruqxonada Dilso‘z taxallusi bilan ijod qiladigan xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimova va uning turmush o‘rtog‘i “Mango” guruhining sobiq a’zosi Farrux Raimov qiz farzandlik bo‘lgandi. Qizaloqqa Dilso‘z o‘z taxallusini ism tariqasida qo‘yishga qaror qilgan va unga Dilso‘z ismini bergan. Eslatib o‘tamiz, xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimov joriy yilning aprel oyida turmush qurgan edi. Ularning nikoh to‘yi 15-aprelda Navoiyda va 21-aprelda Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.
89
1,522
Madaniyat
Kianu Rivz bilan 15 daqiqalik uchrashuv auksionda sotilmoqda. Hozircha uchrashuv uchun 50 ming dollar taklif qilishdi
Gollivud aktyori Kianu Rivz o‘zi bilan 15 daqiqalik onlayn uchrashuvni sotmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”. Onlayn uchrashuv auksionda sotuvga qo‘yilgan. Aktyor bilan videoaloqa orqali 15 daqiqa ko‘rishishning boshlang‘ich bahosi uch ming dollar. Hozirgi paytda uchrashuv uchun 50 ming dollar taklif qilinmoqda. Qayd etilishicha, auksion 22-iyungacha davom etadi. Videoqo‘ng‘iroqning o‘zi esa 6-iyuldan keyin amalga oshiriladi. Aktyor uchrashuvdan tushgan pullarni saratonga chalingan bolalar va ularning oilalariga beradi.  Tirbandlikda nima qilish kerak? Masalan, Kianu Rivz bilan suhbatlashib turish mumkin
117
615
Madaniyat
“Ijro eta olmasam kerak”. Aktyor Muzaffar Sa’dullayev Imom al-Buxoriy rolini ijro etish orzusida (video)
Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor Muzaffar Sa’dullayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Muzaffar Sa’dullayev orzusidagi rol haqida gapirib berdi. Bu narsa haqida hech qachon so‘rashmagan, so‘rashganida ham aytmas edim. Berkitmayman,  al-Buxoriy obrazini o‘ynashni juda xohlayman. Lekin, shuni ham bilamanki, al-Buxoriy roliga men torta olmasam kerak. O‘zimcha u odamning siymosi, ko‘rinishi qanday bo‘lganligini tasavvur qilaman. Kitoblarda o‘qiganmiz, ozgina shashti baland, qahri qattiq odam bo‘lgan deyishadi. Bilmayman, nimagadir shu oxirgi ikki yilda shu narsa miyamda aylanadi. Bilaman, u obrazni o‘ynashni o‘zi bo‘lmaydi. Chunki, Abdurahim aka Ismoilov ‘Kinoda ko‘z ko‘p narsani ifodalaydi’ , — deydilar. Aktyor avvalo, U odamning, ya’ni, dindor odamning ichidagi tuyg‘ularini, dunyoqarashini, uning fikrlashini qilib berish kerak. Shuni qila olamanmi, yo‘qmi, o‘sha savol xayolimda aylanaveradi. Men bu rolni ijro eta olmasam kerak deb o‘ylayman. Muzaffar Sa’dullayev, aktyor, “Inson” kinostudiyasi rahbari
104
1,179
Madaniyat
Toshkentda "Ovozsiz filmlar festivali" bo`lib o`tadi
Joriy yilning 10-14 mart kunlari Yoshlar ijod saroyida «O`zbekkino» MA va Gyote instituti hamkorligida  «Ovozsiz filmlar festivali» o`tkaziladi. Bu haqda   “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Mazkur festivalda o`zbek va nemis kinosining ovozsiz klassik filmlaridan namunalar namoyish etiladi. Filmlar «Safo» guruhining jonli ijrodagi musiqalari jo`rligida havola qilinadi.   Festivalning ilk kuni Gyote institutida “Respublika kinofondi” DUK direktori Eljon Abbasov va  kinoshunos Nigora Karimovalar ishtirokida «Kinolektoriy» hujjatli media loyihasining taqdimoti o`tkaziladi. Festival dasturidan "O`lim minorasi", "Shahzoda Ahmadning sarguzashtlari" va "Moxov" filmlari o`rin olgan.   Seanslarga kirish bepul.   ️Chiptalar va boshqa ma`lumotlar bo`yicha quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: (97) 4551768
52
838
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Kremlda chiqish qildi
27-yanvar kuni Moskva davlat Kreml saroyidagi “ ‘Romansiada’ yulduzlari” gala-konsertida O‘zbekiston xalq artisti, jahon operasining eng yorqin tenorlaridan biri Ramiz Usmonov ishtirok etdi. Bu haqda Art Uz Promotion Agency “Daryo”ga ma’lum qildi. Ramizning sahnaga chiqishi, shuningdek, uning jozibador ijrosi gulduros qarsaklar bilan kutib olindi. Tomoshabinlar ancha vaqt mashhur tenorni sahnadan qo‘yib yuborishni istamadi. “Romansiada” rus romansi xalqaro tanlovi bilan Ramiz Usmonovni uzoq muddatli va mustahkam do‘stlik bog‘lab turadi. U 2008-yilda Qozog‘istondagi “Romansiada - 2008” hududiy tanlovida birinchi mukofot, Rossiyadagi “Romansiada - 2008” xalqaro tanlovining ikkinchi darajali mukofoti sohibiga aylangan. Bayramona musiqiy kechada Ramiz  “Turandot” operasidan Kalaf ariyasini ijro etdi. Bundan tashqari, Kreml saroyi sahnasida Ramiz Usmonov va belaruslik mashhur tenor Vladimir Dmitruk ijrosida rus xalq qo‘shiqlari yangradi.
60
948
Madaniyat
Dinshunos Zarina, psixolog Muqaddas, sharqshunos Jamila: qaysi mashhur san’atkorlar bir urinishda oliygohga o‘qishga kirgan?
1-avgustdan keyingi kunlar o‘zbekistonlik abituriyentlar uchun juda ham sekin, ayni vaqtda bir olam hayajon bilan o‘tayotgani tabiiy. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilinadigan kun yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan, jurnalist Feruz Muhammad mashhur san’atkorlarning abituriyentlik xotiralarini jamladi. “Sevgi, balki bu jannat” filmidan lavha. Yigitali Mamajonov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga birinchi urinishda, to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Jamila G‘ofurova. Aktrisa Jamila G‘ofurova Toshkent davlat sharqshunoslik institutining xalqaro munosabatlar fakultetiga birinchi urinishda o‘qishga kirgan. Akbarxo‘ja Rasulov. Aktyor Akbarxo‘ja Rasulov Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ning estrada aktyorligi fakultetiga bir urinishda, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Feruza Normatova. Aktrisa Feruza Normatova O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining drama va kino aktyorligi bo‘limiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar orasida ikkinchi o‘rinda kirgan. Javohir Zokirov turmush o‘rtog‘i bilan. Aktyor Javohir Zokirov Moskvadagi Rossiya kinematografiya institutining teatr va kino aktyorligi fakultetiga birinchi urunishdayoq qabul qilingan. Zarina Nizomiddinova. Aktrisa Zarina Nizomiddinova Toshkent davlat sharqshunoslik institutining dinshunoslik fakultetiga birinchi urunishda o‘qishga kirgan. Sharof Muqimov. Xonanda Sharof Muqimov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga birinchi urinishdayoq kirgan — u davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganlar orasida so‘nggi o‘rinni egallagan. Ahad Qayum. Shoir Ahad Qayum Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga birinchi urinishning o‘zida, davlat granti asosida 4-o‘rinda o‘qishga qabul qilingan. Muqaddas Sa’dullayeva. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining psixologiya yo‘nalishiga birinchi urinishda o‘qishga qabul qilingan. Mirolim Qilichev. Aktyor Mirolim Qilichev O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at institutiga birinchi urinishda o‘qishga kirgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
124
2,383
Madaniyat
Italiyalik xonanda Buxoroda klip oldi (video)
Turizm sohasida ham O`zbekistonning bir-biridan go`zal viloyatlarini bor jozibasi bilan xorij auditoriyasiga taqdim etishda ham yangicha yo`nalishlarni izlashga to`g`ri kelmoqda. Aynan shuning uchun ham “Ko`k choy” vokal cholg`u ansambli Italiyalik xonanda Daniel Pistolozzi bilan hamkorlikda “Muhabbat ila Buxoro” (Bukhara with love) nomli qo`shiq ishlab, unga Buxoroda klip ishladilar. Qo`shiq ikki rus va italyan tillarida kuylangan bo`lib, klipda Buxoro o`zgacha joziba bilan namoyon qilinadi. Klip “O`zbekturizm”, “O`zbekiston temir yo`llari” homiyligida To`dako`l ko`lida suratga olingan. Klip Fransiya va Italiya davlatlarida 100 kishilik auditoriyaga namoyish etildi. Klip tomoshasidan so`ng 80 nafar kishi Buxoroga sayohat qilishga katta qiziqish bildirgan, 60 kishi esa er yuzida shunday go`zal tabiatli shahar borligini endi bilganini aytgan. “Bugungi kunda reklamalar bilan odamlarni jalb etish urfdan qoldi. Hozirda yoshlarni O`zbekistonga sayohat qilishga jalb etish uchun “Yutub“ga videolar joylash va ularning sevimli xonandalari kliplaridan foydalanish kerak. Biz suratga olgan klip aynan yoshlarbop va uni qo`l telefoni orqali ham osongina tomosha qilish va bo`lishish mumkin. Yana biz klipda Buxoroni odamlarga his qilish darajasida etkaza oldik deb o`ylayman. Undan Buxoroning sirliligi va ertaknamo go`zalligi bor-budi bilan namoyon bo`ladi”, deydi klip rejissyori Jasur Shametov.
45
1,403
Madaniyat
Natijadan hayratda qolasiz: zamonamizning eng go‘zal ayollari reytingi (foto)
Harli stritlik kosmetik jarroh Julian De Silva oltin nisbat bo‘yicha jismoniy mukammallikni o‘lchash uchun eng so‘nggi kompyuter xaritalash usullaridan foydalangan holda ro‘yxat ishlab chiqdi. Oltin nisbat birinchi marta yunonlar tomonidan ishlab chiqilgan matematik formuladir. Bu nisbat yuzning jozibadorligini o‘lchash uchun ham ishlatiladi. Tashqi ko‘rinishga kelsak, formula yuzning Phi ga nisbati 1,618 ga qanchalik yaqin bo‘lsa, u ko‘pchilikning idrokida shunchalik jozibali bo‘ladi, degan fikrga asoslanadi. Xo Yon Jun Janubiy koreyalik model va aktrisa ilmiy yondashuv asosida zamonamizning eng go‘zal ayollari ro‘yxatida o‘ninchi o‘rinni egalladi. Uning tashqi ko‘rinishi oltin nisbat mezonlariga 89,63% mos keladi. Ilgari Koreyaning top-modellari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallagan supermodel “Kalmar o‘yini” teleserialida rol o‘ynagach, jahon miqyosida shuhrat qozondi. Xo Yon Jun ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa uchun Primetime Emmy nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Dipika Padukone Bollivud sohibjamoli 91,22% oltin nisbati bilan dunyodagi eng go‘zal ayollar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Ushbu aktrisa butun ro‘yxatdagi eng mukammal qosh yo‘nalishiga ega. Padukone o‘zining xalqaro debyutini 2017-yilda Vin Dizel ishtirokidagi “XXX: Ksander Keyjning qaytishi” filmida qilgan. O‘shandan beri u Skarlett Yoxansson va Duna Pe bilan birga Vogue jurnalining muqovasi uchun suratga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Kim Kardashyan Ijtimoiy tarmoqlarni zabt etgan va yuz millionlab obunachilarga ega 41 yoshli realiti-shou yulduzi 91,28 foizlik oltin nisbat bilan sakkizinchi o‘rinni egalladi. Kardashyan dunyodagi eng jozibali ayollardan biri hisoblanadi. Jordan Dann Britaniyalik supermodel 2007-yil boshida o‘zining debyutini xalqaro podiumda amalga oshirdi, u Mark Jacobs va Polo Ralf Lauren bilan birga ishladi va 2008-yilning fevralida u so‘nggi o‘n yillikning Prada podiumini bosib o‘tgan birinchi qora tanli modelga aylandi. Dann eng ko‘p maosh oladigan modellardan biri. U Vogue, W, Elle va i-D kabi eng mashhur jurnallarning muqovalarida ko‘rinish beradi. Uning tashqi ko‘rinishi oltin nisbatga 91,39% to‘g‘ri keladi. Teylor Svift Teylor Svift so‘nggi o‘n yil ichida ko‘ngilochar industriyada hukmronlik qilib, ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritdi. 11 karra “Gremmi” g‘olibi eng jozibali ayollar ro‘yxati yetakchilaridan qolishmaydi. Uning oltin nisbati 91,64 foizni tashkil qilib, oltinchi o‘rinni egalladi. Ariana Grande Ariana Grande dunyodagi eng ko‘p ko‘rilgan va u haqida gapirilgan mashhurlardan biridir. Estrada xonandasining uslubi hayoti va faoliyati bilan birga rivojlanib, asta-sekin yetuk va betakror imij sari o‘tdi. Grande 91,81% oltin nisbati bilan eng aniq yuz xususiyatlaridan biriga ega ekanligi kuzatildi va u jozibali ayollar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa munosib topildi. Beyonse Beyonse eng jozibali ayollar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va buning sababini tushunish oson. Pop yulduzi yuz shakli (99,6%), shuningdek, ko‘zlari, qosh va lablari uchun eng yuqori ball oldi. 1990-yillar va Destiny’s Child davridan beri mashhurligi ortib borayotgan qo‘shiqchining umumiy yuz simmetriyasi 92,44% ga baholangan. Bella Hadid Uchinchi o‘rinda Bella Hadid joy oldi. Dastlab qiz “Beverli-Xillzning haqiqiy uy bekalari”da ishtirok etib, omma e’tiboriga tushdi, ammo tezda podium modeli sifatida tanildi. Bella tezda mashhurlikka erishdi va ijtimoiy tarmoqlarda katta muxlislarga ega bo‘ldi. Uning yuz simmetriyasi 94,35% ga teng. Zendaya 26 yoshli yulduz 94,37% oltin nisbat bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Zendaya, tadqiqotga ko‘ra, eng chiroyli lab va peshonaga ega. 2022-yilda dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi ko‘pchilik tomonidan butun dunyo bo‘ylab ko‘plab muxlislarga ega uslub timsoli hisoblanadi. Jodi Komer Ro‘yxatda 29 yoshli “Yevani o‘ldirish” filmi yulduzi birinchi o‘rinni egalladi. Uning yuzi go‘zallikning oltin nisbatiga 94,52% to‘g‘ri keladi — uning ko‘zlari, qoshlari, burni, lablari, iyagi, jag‘i va yuzi qadimgi yunonlarning mutanosib xususiyatlar tushunchasiga imkon qadar yaqin ekanligi aniqlangan. Komer birinchi marta “Yevani o‘ldirish” filmidagi Villanel roli bilan xalqaro shuhrat qozondi, buning uchun u bir qancha maqtovlarga sazovor bo‘ldi. Buning ortidan “So‘nggi duel” va boshqa filmlarda ham rollar ijro etdi.
77
4,353
Madaniyat
Dunyoni zabt etgan osiyolik 15 nafar xonanda (foto+video)
Ba’zan ajoyib qo‘shiqni eshitib, xonanda qaysi mamlakatdan ekanini bilmay qolamiz. “Kaktakto” o‘z ovozi bilan dunyoni zabt etgan 15 nafar xonanda haqida yozdi. Qozog‘iston Dimash Kudaybergen Eng mashhur qozoq vokalisti, instrumentalisti va kompozitori. Dimashning ovoz diapozoni olti oktava. U Xitoydagi mashhur Singer 2017 teleshousida qatnashib, shuhrat qozongan. Nufuzli qo‘shiqchilar bilan bellashib, finalgacha borgan va ikkinchi o‘rinni egallagan. Dimash rus, ispan, ingliz, fransuz va boshqa tillarda qo‘shiq kuylaydi. Skriptonit Skriptonit taxallusi bilan ijod qiluvchi qozog‘istonlik reperning asl ismi Adil Jalelov. U 1990-yil 3-iyunda Pavlodarda (Qozog‘iston) tug‘ilgan. 11 yoshida rep yo‘nalishida kuylay boshlagan. Hammasi Detslning qo‘shiqlariga bo‘lgan qiziqishidan boshlangan. 15 yoshidan boshlab Adil o‘zi qo‘shiq yozgan. 16 yoshida esa birinchi marta nisbatan katta sahnada qo‘shiq aytgan. Anuar bilan birga VBVVCTND trekiga ishlangan klipdan so‘ng mashhur bo‘lib ketgan. 2015-yil 24-noyabrda uzoq kutilgan hodisa yuz bergan: “Dom s normalnimi yavleniyami” (Oddiy hodisalar bo‘ladigan uy) albomi chiqqan. U tezda muvaffaqiyat qozonib, iTunes chartida ikkinchi o‘rinni olgan. 2016-yil sentabrda Rossiyaning GQ erkaklar jurnali Skriptonitni “Yil kashfiyoti” deb e’tirof etgan. Jah Khalib Baxtiyor Mamedov (reperning haqiqiy ismi) 1993-yil 23-sentabrda Qozog‘istonda musiqachilar oilasida tug‘ilgan. 5-sinfdan Baxtiyor musiqa maktabiga qatnay boshlagan. U yerda saksofon chalishni o‘rgangan. 13 yoshidan boshlab Baxtiyor sutidyalarda minusovkalar yozgan. Ularni internetga joylab, arzon narxga sotgan. 2014-yil 10 ta qo‘shiqdan iborat “Vse, chto mi lyubim” (Biz sevgan hamma) nomli birinchi albomini chiqargan. 2017-yilda esa Medina qo‘shig‘i uchun “Oltin grammafon” mukofotini qo‘lga kiritgan. Linda Rossiyalik qo‘shiqchi 1977-yil 29-aprelda Qozog‘istonning Kentau shahrida tavallud topgan. U trip-rok yo‘nalishida ijod qiladi. Linda uchun birinchi musiqa muallifi bastakor Maksim Fadeyev bo‘lgan. Keyinchalik esa Linda o‘zi she’r va musiqa yozishni boshlagan va Yevgeniy Pozdnyakov, Mara va Lyubasha kabi mualliflar bilan hamkorlik qilgan. Karyerasi davomida qo‘shiqchi Rossiyada 3 milliondan ortiq albom sotgan. A-studio Guruhga qozoq musiqachisi Baygali Serkebayev asos solgan. 1987-yilga qadar guruhda Roza Rimbayeva ham bo‘lgan. Ayni paytda guruhda besh nafar ishtirokchi: Baygali Serkebayev, Vladimir Mikloshich, Keti Topuriya (solist), Yevgeniy Dalskiy (zarbli musiqachi) va Sergey Kumin (gitarachi) bor. 2000-yillarga qadar Batirxon Shukenov vokalchi va guruhning yuzi edi. O‘sha davrning mashhur qo‘shiqlari “Juliya” va “Nelyubimaya” (Sevilmagan) bo‘lgan. Keti kollektivda paydo bo‘lgan davrda “Uletayu” (Uchaman), “Takje kak vse” (Hammaga o‘xshab), “Tolko s toboy” (Faqat sen bilan), “Tik-Tak” qo‘shiqlari xit bo‘lgan. Natan Qo‘shiqchi 1986-yil 17-martda Olmaotada tug‘ilgan. Bolaligidanoq san’atga qiziqib, she’rlar yozgan. Musiqiy faoliyatini “Sindikat” guruhida boshlagan. Uning haqiqiy ismi Natan Mirov. “Slish, ti chto takaya derzkaya?” (Ey, nega buncha qo‘polsan?) qo‘shig‘i bilan mashhurlikka erishgan. U Black Star yorlig‘ining tarkibiga kiradi. Nazima Nazima Janibekova asli chimkentlik. 1990-yil 21-oktabrda tug‘ilgan. An’anaviy musulmon oilasida tarbiya topgan. Bolaligidayoq sahnada qo‘shiq aytishni orzu qilgan. 12 yoshida qozoq tilidagi qo‘shig‘i bilan “Ocharovashka” xalqaro tanlovining g‘olibi bo‘lgan. 21 yoshida “Fabriki zvezd” (Yulduzlar fabrikasi) ning qozoqcha versiyasining final bosqichigacha borgan. “Xochu stat zvezdoy” (Yulduz bo‘lishni xohlayman) loyihasida ishtirok etganidan so‘ng Nazima ALTYN GIRLS triosining solistiga aylangan. Ammo ko‘p o‘tmay bu guruh tarqab ketgan. Nazima “Pesni na TNT” (TNT’da qo‘shiqlar) musobaqasida qatnashgan. U yerda Timati qizning iqtidorini ko‘rib, Black Star jamoasiga taklif qilgan. Qirg‘iziston Kayrat Primberdiyev Qirg‘izistonlik iste’dodli mustaqil rivojlangan qo‘shiqchi. U o‘zining vokal mahorati bilan yurtdoshlarining ko‘nglidan joy olgan va “Glavnaya ssena” (Asosiy sahna) va “Golos” (Ovoz) kabi teleko‘rsatuvlar orqali Rossiyada mashhur bo‘lgan. Kayrat O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 14 yoshida Kayrat Primberdiyev Qirg‘izistonning “Manas” xalq eposi  to‘garagiga qatnashgan, so‘ng Markaziy Osiyoning an’anaviy cholg‘u asbobi komuz chalishni o‘rgangan. Voyaga yetgach, vokal darslarini olishga kirishgan. Gorod 312 Guruh 2001-yil 14-oktabrda tashkil topgan. Bishkek shahrining telefon kodi 312 bo‘lgani sabab, guruhga shunday nom berilgan. Guruh juda mashhur albomlarni chiqargan: “Vne zoni dostupa” (Xizmat doirasidan tashqarida), “213 dorog” (213 yo‘l), “Obernis” (O‘giril), “Novaya muzika” (Yangi musiqa) va boshqalar. Guruh “Eng yaxshi rossiyalik ijrochi” yo‘nalishida MTV Europe Music Award mukofotini qo‘lga kiritgan. Uning qo‘shiqlari ko’pincha rus filmlariga saundtrek sifatida foydalaniladi. O‘zbekiston Sogdiana Qo‘shiqchining asl ismi Oksana Nechitaylo. U 1984-yil 17-fevralda Toshkentda muhandis va shifokor oilasida tug‘ilgan. Ota-onasi qizining qobiliyatini rivojlantirish uchun uni Gliyer musiqa maktabiga bergan. 2001-yilda Oksana O‘zbeksiton davlat konservatoriyasida estrada yo‘nalishida o‘qishni boshlagan. Xuddi shu yili uning birinchi albomi “Mening ko‘nglim” chiqqan. Undan o‘zbek, rus va ingliz tilidagi qo‘shiqlar o‘rin olgan. 2006-yilda Oksana Moskvaga borib, “Fabriki zvezd-6”ning ishtirokchisiga aylangan. Loyiha unga mashhurlik olib kelgan. Nargiz Zakirova Qo‘shiqchining asl vatani Toshkent shahri. Nargiz 1971-yil 6-oktabrda musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Bobosi O‘zbekiston operasi asoschisi, amakisi SSSRda mashhur “Yalla” guruhining yetakchi xonandasi bo‘lgan. Yoshlik chog‘ida Nargiz “Unutma meni” qo‘shig‘i bilan “Yurmale-86” da ishtirok etgan. Sirk maktabining vokal bo‘limida o‘qigan. Ekstravagant obrazda qatnashgani uchun uni o‘zbek Madonnasi deb atashgan. Eridan ajrashganidan so‘ng, Nargiz AQShga ko‘chib ketgan, u yerda u musiqa bilan shug‘ullanishni davom ettirgan. 2013-yilda Nargiz “Golos” (Ovoz) loyihasining ishtirokchisiga aylangani unga Rossiyaga mashhur qilgan. Uning Maksim Fadeyev bilan kuylagan duetini YouTube’da 149 million nafar odam tomosha qilgan. Sevara Nazarxon Sevara 1976-yil 23-dekabrda Andijonda tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkentga kelgan va Konservatoriyaga o‘qishga kirgan. 2000-yil “Baxtimdan” albomi chiqib, Sevarani O‘zbekistonga tanitgan. Aleksey Chumakov Aleksey 1981-yil 12-martda Samarqandda tug‘ilgan. Besh yoshidan kuylay boshlagan. Ota-onasi keyin uni musiqa maktabiga bergan. “Xalq artisi — 2003” loyihasi unga shuhrat keltirgan. U “Pesnya o lyubvi” (Sevgi haqida qo‘shiq), Tut i tam (Bu yerda va u yerda), “Nebo v tvoix glazax” (Osmon sening ko‘zlaringda) va boshqa qo‘shiqlari bilan mashhur. MC Doni Dostonbek Ismailov (reper va DJ’ning haqiqiy ismi) 1985-yil 18-dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. Lekin bolaligi Farg‘onada o‘tgan. O‘zbekistonda u DJ’lik faoliyatini boshlagan. Moskvaga ko‘chib o‘tgach, klublarda qo‘shiq aytgan. Rossiya qo‘shiqchisi Natali bilan ishlangan klipi “A ti takoy…” (Sen esa shundaysan…) YouTube’da 188 million foydalanuvchi tomonidan tomosha qilingan. Tojikiston Jasmin Karimova Jasmin Tojikistonda tug‘ilgan. Bolaligi Avstraliya, AQSh va Gollandiyada o‘tgan. 2015-yilda “Golos” loyihasining golland versiyasida Jasmin hakamlarni hayratda qoldirgan. 2017-yilda L’One bilan “Doroga” (Yo‘l) klipini chiqargan.
57
7,430
Madaniyat
OAV: Ikkita yangi G‘arb filmidan Putin obrazini olib tashlashdi
Fox va EuropaCorp kinostudiyalari o‘zlarining yangi filmlariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning obrazini kiritmaslikka qaror qildi, deb yozadi “Mk.ru” The Hollywood Reporter’ga tayanib. Bunda gap bosh rolni Jennifer Lourens ijro etgan, rus josus ayoli haqidagi “Qizil chumchuq” hamda Lyuk Bessonning Rossiya suvosti kemasidagi avariya to‘g‘risidagi “Kursk” filmlari haqida bormoqda. Xabarda aytilishicha, studiyalar “rus xakerlari”ning javob choralaridan xavfsiramoqda.
63
475
Madaniyat
Sitora Farmonova onasining tug‘ilgan kuniga kutilmagan syurpriz tayyorladi (video)
21-iyun kuni aktrisa Sitora Farmonovaning onasi 59 yoshni qarshi oldi. Sitora ushbu kun munosabati bilan katta bayram tashkillashtirdi. Tantanada oilaning do‘stlari, yaqinlari ishtirok etdi. Shuningdek, tug‘ilgan kunda xonanda Malika Ravshanova ham ishtirok etib, “Dadajonim” hamda “Bu mening onam” qo‘shiqlarini ijro etdi.  Lutfulla Sa’dullayevning tug‘ilgan kuniga farzandlari syurpriz tayyorladi. Sovg‘ani ko‘rgan aktyor yig‘lab yubordi (video)
82
447
Madaniyat
Instagram: “Kapelnitsa” qo‘yish uchun 125 ming so‘m so‘ragan shifokordan noligan Luiza, Munisa kimga ikkinchi imkonni beradi? Yangi obrazdagi Asal
18-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Moskvada yashayotgan Zarina Nizomiddinova folloverlariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Shahzoda farzandlari uyni dunyodagi eng iliq maskan sifatida eslab qolishlarini xohlashini yozib qoldirdi hamda o‘zi amal qiladigan oilaviy qadriyatlar bilan o‘rtoqlashdi. View this post on Instagram Taniqli hind aktrisasi Madhuri Dikshit hamkasbi Priyanka Choprani tavallud ayyomi bilan qutladi. View this post on Instagram Aktrisa Luiza Rasulova shamollagani tufayli xususiy klinikalardan birida tomchi ukol olmoqda. Uning ma’lum qilishicha, tibbiy muassasa rahbarlaridan biri 17-iyulgacha 15 ming so‘m bo‘lgan “kapelnitsa” narxini 125 ming so‘m qilib qo‘ygan. View this post on Instagram Davron Kabulov qizlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Aktrisa Asal Shodiyeva folloverlariga yangi obrazda ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Aktyorlar Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva farzandlari bilan hordiq chiqarmoqda. View this post on Instagram Gulchehra Eshonqulova singlisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram So‘z ustasi Shukurullo Isroilov folloverlarini uyda qolishga chorlovchi hazil she’r yozdi. View this post on Instagram Munisa Rizayeva adashgan yaqinlariga har doim ikkinchi imkoniyatni berishini, buning qadriga yetmaganlar bilan esa xayrlashishini ma’lum qildi. View this post on Instagram
146
1,700
Madaniyat
Gulchehra Jamilovaning koronavirusga chalingani haqida xabarlar tarqaldi. Aktrisa buning yolg‘on ekanligini ma’lum qildi
Kino va teatr aktyori Abror Yo‘ldoshev Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilovaning koronavirusga chalingani haqida xabar yozib qoldirdi. “Sevimli aktrisamiz Gulchehra opa COVID-19 infeksiyasiga chalinganlar. Hozir uyda davolanmoqda, ahvoli ancha yaxshi. Qizlari muolaja qilmoqda. Aziz muxlislar, barchangiz duo qilib, Allohdan Gulchehra opaga shifo so‘rang. Ilohim, tez tuzalib ketsinlar. Yana ko‘p betakror rollar kutib qolamiz. O‘zingizni asrang, azizlar!”, deb yozdi Abror Yo‘ldoshev. Aktyorning ushbu posti ayrim Telegram kanallarga ham tarqalishga ulgurdi. Post 2 soat ichida 120 ta layk va yuzdan ortiq izoh to‘pladi. Shundan so‘ng aktyor postni o‘chirib yubordi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov ushbu gap-so‘zlar qanchalik rostligiga oydinlik kiritish maqsadida aktrisa bilan bog‘landi. Ammo Gulchehra Jamilova soppa-sog‘ ekanligini ta’kidladi. “Qo‘ysangiz-chi, bunday gaplarni. Kim aytdi o‘zi sizlarga? Xudoga shukr, hozir soppa-sog‘man. Mana siz bilan gaplashyapman, ahvolim og‘ir emas”, — dedi aktrisa.  Muqaddas Xoliqovaning qizi aktrisaning koronavirusdan vafot etgani haqida yolg‘on xabar tarqatayotganlar ustidan shikoyat qilishini bildirdi
120
1,186
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov Dilbar Ikromovaning koronavirus oqibatida vafot etganini ma’lum qildi
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 25-avgust, seshanba kuni vafot etgan taniqli aktrisa Dilbar Ikromovaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Insoniyat yaralibdiki, shodligu qayg‘uni yengib o‘tishga majbur. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasidagi ko‘tarinkilik o‘rnini yana qayg‘u egalladi. San’atimizning yorqin yulduzlaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova mash’um koronavirus kasalligidan vafot etdi. Bir oy davomida og‘ir dard bilan kurashgan, hayotdan umidini uzmagan matonatli ayol shifokorlarning astoydil harakatlariga qaramay yorug‘ olam bilan vidolashdi. 73 yoshli yoshli Dilbar Ikromova kino va teatr aktrisasi sifatida barakali ijod qildi. Uning hayotida, ijodiy faoliyatida katta voqea bo‘lgan ‘Kelinlar qo‘zg‘oloni’dagi Sotti obrazi muxlislar qalbidan chuqur joy olgan edi. ‘Chimildiq’ spektakli va badiiy filmidagi momo obrazi esa ijodining cho‘qqisi bo‘ldi deyish mumkin. ‘O‘zbekcha raqs’dagi qaynona-ona obrazi bilan esa barcha onaxonlar, xotin-qizlar ehtiromiga sazovor bo‘ldi. Dilbar Ikromova o‘ziga topshirilgan rollarni butun vujudi bilan ijro etadigan otashin qalbli san’atkor edi. Aktrisaning 40 dan ortiq filmlardagi, qator-qator sahna asarlaridagi rollari xalqimiz sevib tomosha qiladigan obrazlarga aylangan edi. Tinib-tinchimas ijodkorning hali o‘ynalmagan rollari ham ko‘p edi. Sevimli aktrisamiz endi ana shu elimiz yoqtirgan, ardoqlagan ijodida, rollarida mangu yashaydi. O‘zbekiston madaniyat vazirligi yetuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromovaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga, hamkasblariga chuqur ta’ziya izhor etadi. Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri Dilbar Ikromovaning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lgani haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha xabar bermadi. “Daryo” hisobiga ko‘ra, Dilbar Ikromova O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etgan 294-bemor bo‘ldi.
88
1,921
Madaniyat
Toshkentda Chingiz Aytmatov haykali ochildi (foto)
Bugun 12 dekabr kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida Chingiz Aytmatov xotirasiga bag`ishlab o`rnatilgan barelefning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Atoqli qirg`iz adibining 90 yillik yubileyi munosabati shaharda uning nomiga ko`cha ham ochildi. Mazkur tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi, Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
50
460
Madaniyat
“Jasur ingliz atirguli” nomini olgan Keyt Uinslet 45 yoshga to‘ldi. Aktrisa haqida ko‘pchilik bilmagan ma’lumotlar (foto)
“Oskar” mukofotiga rekord darajada ko‘p nomzod bo‘lgan, zamonamizning eng iste’dodli aktrisalaridan biri Keyt Uinslet, 5-oktabr kuni 45 yoshga to‘ldi. Muxlislar uchun “Titanik” filmidagi Rouz roli bilan sevimli bo‘lgan aktrisa haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz. Yoshligida “ingliz atirguli” deb atalgan Keyt, 1975-yilda Buyuk Britaniyaning Reding shahrida dunyoga kelgan. Buvi va buvasini 60 kishiga mo‘ljallangan teatri bo‘lgan va u yerda ulg‘aygan Uinslet, kelajakda aktrisa bilishini aniq bilgan. Biografiyasida uning ilk bor 12 yoshda ekranda paydo bo‘lgani va reklama uchun suratga tushgani ta’kidlanadi. U avvaldan to‘ladan kelgan bo‘lgan va karyerasi uchun 19 yoshida 45 kiloga ozgan. Faqat olma va yorma iste’mol qilgan Keyt salomatligi parhez sabab yomonlasha boshlaydi. Xotirasi yomonlashadi, sochi to‘kiladi va tez-tez hushini yo‘qotadi. Bir safar rulda hushini yo‘qotadi va o‘limdan qoladi, shundan keyin o‘zini boricha qabul qilish kerakligini tushunib yetadi. Keyt bodipozitivning targ‘ibotchilaridan sanaladi. U suratlarini fotoshopda o‘zgartirilishiga ochiqchasiga qarshilik qiladi, bir marotaba GQ jurnalini o‘zining suratini sezilarli darajada ozg‘inlashtirganlikda ayblagan. 7 yil avval Vogue tahririyati a’zolari aktrisa yuzidagi ajinlarni yo‘q qilgani sabab boshi baloga qolgan. Uchinchi farzandini dunyoga keltirgandan keyin qanday qilib qomatini yaxshimoqchi ekani haqida savol berilganda Keyt, uning maqsadi qornini ketkazish emas farzandlarini oldida bo‘lish ekanini ta’kidlagan. “Samoviy mavjudotlar” dramasida rol ijro qilgan vaqti 19 yoshda bo‘lgan aktrisa mazkur roli sabab Venetsiyada “kumush sher” mukofotiga loyiq deb topilgan. 20 yoshida “Aql va sezgi” filmidagi ijrosi sabab esa Oskar mukofotiga nomzod bo‘lgan. “The reader” filmidagi ijrosi sabab esa Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan. Aktrisa Leonardo Di Kaprio bilan yaxshi do‘stona munosabatda, aktyor Oskar’ga loyiq topilganida Keyt xursandligidan ko‘z yoshini tiya olmagan. Aktyorlar 1996-yil Kann kinofestivalida tanishgan, lekin 1997-yilda “Titanik” filmining suratga olinish jarayonida do‘stlashgan. Ular o‘rtasida “bir gap bor” deydiganlarga nisbatan aktyor va aktrisa shunchaki qalin do‘st ekanini ta’kidlaydi, Uinsletning bolalari aktyorni Leo amaki deb chaqiradi. 2008-yilda, sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan suratga olingan “O‘zgarishlar yo‘li” filmida Keyt, Leo bilan birga suratga tushgan. Suratga olish jarayonlari yakunlanganidan keyin Di Kaprio, faqatgina Keytga ma’lum bo‘lgan yozuv o‘yib tushirilgan tilla uzuk sovg‘a qilgan. Keytning, Mendes bilan turmushiga esa nuqta qo‘yilgan. Keyt uchinchi marta Ned Roknrollga turmushga chiqqan. 2013-yilda aktrisaning turmush o‘rtog‘i 90 yoshli qaynonasini yong‘indan qutqarib qolgani uchun rafiqasiga kosmosga yo‘llanma sovg‘a qilgan. Aktrisaning uch nafar farzandi bor va kattasining yoshi yigirmada. Keytning qo‘shiq kuylashga ham qobiliyati yo‘q emas va ba’zi tanqidchilar uni farishta ovoziga ega deb ataydi. U “Rojdestvo hikoyasi” multfilmiga What if? nomli saundtrek kuylagan. Bahorda premyerasi bo‘lishi kerak bo‘lgan aktrisa ijrosida “Ammonit” filming taqdimoti pandemiya sabab qoldirilgan. Shuningdek u Jeyms Kemeronning “Avatar-2” filmida suratga tushadi. Bu rejissor va aktrisa hamkorligidagi “Titanik”dan keyingi ikkinchi loyiha. Filmda Ronal ismli qahramonni gavdalantirish uchun aktrisa fridayving (suv ostida nafas olmay turish) ni o‘rganishiga to‘g‘ri kelgan. Endi u 7 daqiqa suv ostida nafas olmay tura oladi. Keyt oilasi bilan birga dengiz bo‘yida joylashgan uyda yashaydi. “21 yoshingda 36 ga kirishga oz qoldi, uyog‘iga 40 gacha hech qancha qolmaydi, deb o‘ylaydi odam. Men bu yoshni bosib o‘tdim va menga aksincha ko‘rinishim juda ham yoqadi. Inson shunchaki o‘zini ajinlari bilan birga yaxshi ko‘rishi kerak”, deydi aktrisa.
121
3,804
Madaniyat
Anjelina Jolining asrab olingan o‘g‘li Markaziy Osiyoda o‘g‘irlaganmi?
Yaqinda Anjelina Joli va Bred Pitt 2002-yilda Kambojada asrab olgan o‘g‘li Meddoksni o‘g‘irlashda ayblangan edi. Ammo endi ularning to‘ng‘ich farzandini asrab olish haqidagi Markaziy Osiyodan kelgan bolalarning biologik ota-onalarini aldaganligini ochib beradigan hujjatli film suratga olinishi ma’lum bo‘ldi. Shunisi e’tiborga loyiqki, “O‘g‘irlangan bolalar” filmida amerikalik oilalarga yetimlarni asrab olishga yordam bergan Lorin Galindo agentligining yolg‘onini tasdiqlovchi dalillar keltiriladi. Agentlik xodimlari firibgarlik yo‘li bilan go‘daklar savdosi bilan shug‘ullanishi natijasida kompaniya asoschisi 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilinadi. O‘sha paytda ilk mish-mishlar ham paydo bo‘lgan: Anjelina Joli navbatdagi aldov qurboni bo‘ldi va uning o‘g‘li o‘sha “o‘g‘irlangan bola” edi. Aytgancha, bo‘lajak filmning rejissori bolalar savdosi qanday amalga oshirilganligini bevosita biladi. Gap shundaki, Elizabet Jeykobsning o‘zi ham Meddoks yulduzlar oilasiga kirib kelishidan bir necha yil oldin Galindoning agentligi orqali qiz asrab olgan. Shuning uchun ham u aktrisaga qarshi noqonuniy ayblovlar qo‘yishni rejalashtirmagan, chunki uning ishi mutlaqo boshqa maqsadlarga qaratilgan.
70
1,196
Madaniyat
Xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizildi
Xonanda Ozoda Nursaidova yurak xastaligi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda uning singlisi Nilufar Nursaidova Ozoda Nursaidovaning Instagram’dagi rasmiy sahifasiga joylagan videosida ma’lum qildi. Nilufar Nursaidova opasi 15 kundan buyon yurak xastaligi bilan qiynalayotgani sabab shifoxonaga yotqizilgani, opasi bu haqida hech kimga ma’lum qilmaslikni so‘raganini yozib qoldirgan. “Ming bor uzr, majburman. Opam aytma desalar ham aytdim, chidolmadim. Opamning Instagram’lariga, ularning ruxsatlarisiz ushbu postni joyladim”, — deydi Nilufar Nursaidova. View this post on Instagram
69
594
Madaniyat
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida “Shashmaqom” festivali o‘tkazilmoqda (foto)
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida 2018-yil 2, 9, 14, 16, 21, 23-fevral kunlari 19:00 da “Shashmaqom” festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda OXUS Culture jamiyati “Daryo”ga ma’lum qildi. Festival O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi va OXUS Culture jamiyati hamkorligidagi navbatdagi musiqiy loyiha bo‘lib, uning muallifi — Husniddin Ato. Loyiha Shashmaqom musiqa merosiga bag‘ishlangan bo‘lib, 2013 va 2014-yilllarda ilk bora o‘tkazilgan “Shashmaqom ko‘rgazmasi” loyihasi tinglovchi va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgan edi. Bu galgi loyihada esa Shashmaqom musiqa merosining har bir bo‘limi, turkumlariga alohida e’tibor qaratilgan. Festivalga tashrif buyuruvchilar Shashmaqom turkumigi kiruvchi barcha olti bo‘lim: Mushkulot (cholg‘u bo‘limi) qismidagi nodir asarlar va Nasr (ashula bo‘limi) qismidagi mukammal asarlarning turkumlaridan to‘liq bahramand bo‘lishi mumkin.
84
885
Madaniyat
Kino sohasida ta’lim olmay, Bollivudga asos solgan “daydi” — Raj Kapur hikoyasi
Kapurlar sulolasining asoschisi Raj Kapur 1924-yil 14-dekabrda dunyoga kelgan. U 62 yil umr kechirdi, hayot bo‘lganida 97 yoshni qarshi olgan bo‘lar edi.  Raj Kapur va Nargis “Daydi” filmida ajoyib oshiqlar rolini mahorat bilan ijro etgani tomoshabinlarga ma’lum. Ularni jahon yulduziga aylantirgan boshqa bir qancha filmlar ham suratga olingan. Filmda suratga tushish jarayonida Rajga nisbatan Nargisning ko‘nglida muhabbat paydo bo‘lgan. Rajga oq rang yoqishini bilgach, hatto ana shu rangda libos kiyishni ham odat qilgan. Ammo aktyorning allaqachon oilasi va farzandlari bor edi. Raj Kapur va Nargis Raj Kapur haqiqiy dunyo yulduzi edi. Ayniqsa, “Daydi” filmidan keyin sobiq ittifoq mamlakatlarida yanada mashhur bo‘lgan. Filmda aktyorning ajoyib partnyori rolini ijro etgan Nargis uning rafiqasi ekaniga hamma ishonardi. Ammo Raj o‘zining qarindoshi Krishna bilan turmush qurgan. Nargis uzoq vaqt davomida sevgilisining oilasidan ajrashishiga umid qildi, ammo bunday bo‘lmadi... Raj Kapur kino sohasida ta’lim olmagan Raj Kapur va uning rafiqasi Krishna Kapur Raj aktyorlar oilasida tug‘ilgan: bobosi aktyor, otasi esa teatrga rahbarlik qilgan. Shuning uchun ham Rajning bu kasbni davom ettirishi ajablanarli holat emas. U birinchi marta olti yoshida sahnaga chiqqan va o‘n bir yoshidan boshlab filmlarda o‘ynay boshlagan. Qizig‘i shundaki, Raj Kapur maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo 24 yoshida u Hindistonning eng yosh rejissoriga aylanib, filmlar suratga olishni boshlagan. Oradan ko‘p o‘tmay, u kinostudiyaga asos soldi. Ammo uning maktabni bitirganlik haqidagi shahodatnomasi ham yo‘q: u lotin tilini o‘rgana olmagani uchun imtihonlardan o‘ta olmagan. U kinoni auditoriyalarda emas, balki o‘z tajribasida o‘rgangan. “Daydi”ning muvaffaqiyati Raj Kapur ishtirokidagi “Daydi” filmi butun dunyoda mashhurlikka erishdi. Hind kinosi qanday bo‘lishi mumkin?  Cheksiz muhabbatni o‘z ichiga olgan va qo‘shiq hamda raqs bilan boyitilgan ijtimoiy drama. Ba’zilar buni sodda deb atadi, kimdir uchun bundan yaxshirog‘i bo‘lishi mumkin emas, film chindan ham samimiy va tushunarli.  Urushdan keyin vayrongarchilik va qiyinchiliklardan charchagan sobiq ittifoq mamlakatlari aholisi uchun daydi yigitning hikoyasi juda tanish va tushunarli edi. Film namoyishidan keyin tomoshabinlar ko‘zlari yoshga to‘lgan holda kinozallarni tark etgan: ular bechora daydiga achinar, uzoq vaqt davomida filmda yangragan taronlarni kuylab yurardi. Aytishlaricha, Javaxarlal Neru rasmiy tashrif bilan SSSRga kelganida Nikita Xrushchyov undan Raj Kapurni tanishi haqida so‘ragan. Hindiston bosh vaziri o‘g‘ri rolini o‘ynagan bola undan ko‘ra mashhurroq bo‘lishi mumkinmi, deya g‘azablangan. Lekin aynan shunday edi va Neru buni boricha qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan. “Janob va xonim Kapurlar” Albatta, Raj Kapur ishtirokidagi “Daydi” filmida bosh qahramonni Nargis ijro etgan. Ko‘pchilik ularning turmush qurishiga ishonchi komil edi. Hatto gazetalarda ham ular haqida: “Janob va xonim Kapurlar” deb yozishgan. Axir ekranda ular orasidagi muhabbat uchqunlari aniq sezilib turar edi, buni ijroga yo‘yib bo‘lmasdi! Filmlarga nom tanlash bahslarga sabab bo‘lardi. Bu yosh rejissorga oson bo‘lmagan, u hali ko‘p narsani bilmas edi. Nargis unga yordam berishga harakat qilardi. Raj dastlab uning maslahatiga quloq soldi, keyin bahslasha boshladi va keyin suratga olish maydonchasida jiddiy kelishmovchiliklar avj oldi. Ko‘rinishidan, bu his-tuyg‘ular filmda o‘z aksini topgan, chunki tomoshabinlar oshiq juftlikning sarguzashtlarini nafas olmay tomosha qilar edi. “Oq libosli xonim” So‘ngra “Yomg‘irlar mavsumi” suratga olindi va yana xuddi shu voqea takrorlandi. So‘ngra “Daydi” butun dunyoni zabt etdi. Faqat e’tiborsizlargina Raj Kapur va Nargisning munosabati haqida gapirmasdi. Biroq Raj jurnalistlarning savollarini javobsiz qoldirgan: u turmush qurgan, rafiqasi Krishna Malxotra – uning uzoq qarindoshi bo‘lib, ularning o‘sha vaqtda uch farzandi bor edi. Xo‘sh uni turmushga chiqmagan aktrisa bilan aloqasi bo‘lishi mumkinmi? O‘sha yillardagi Hindistonda bu jiddiy janjal keltirib chiqarishi mumkin edi. Shuning uchun Raj Nargisni balandparvoz sifatlashlar bilan ta’riflagan: Nargis – uning ilhom parisi va yordamchisi, “filmlarining onasi”. U sevgan insoniga yoqish uchun oq kiyim kiygani tufayli uni “oq libosli xonim” deb atashgan. Ikkalasi birgalikda Kapur kinostudiyasining logotipini yaratgan. Bir so‘z bilan aytganda, bu ikkisi Hindistonning ramzi, uning timsoli edi. Ayriliq Ular o‘n yil davomida ayrilmadi. Bu vaqt ichida Raj Nargis bilan oshiqlar rolini o‘ynagan o‘n oltita filmni suratga oldi. Ammo u Nargisga shon-shuhratdan boshqa narsani bera olmadi: rafiqasi bilan ajrashish haqida hech qanday gap bo‘lishi mumkin emas edi. Va nihoyat ular ajraldi. 1956-yilda tomoshabinlar juftlik ishtirokidagi so‘nggi film – “Hammadan yashirincha”ni tomosha qildi. So‘ngra darhol ekranlarda Nargisning o‘zi Rajsiz suratga tushgan “Ona Hindiston” filmi namoyish etildi. Aktrisaning yangi ampuladagi roli g‘alaba qozonish bilan barobardek edi: Nargis bolalari bilan tashlab ketilgan baxtsiz ayol rolini o‘ynadi. Uning mashhurligi misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘tarildi. Bu Raj uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Ustiga-ustak, Nargisning yangi partnyori bilan ishqiy munosabatlari haqida mish-mishlar tarqaldi. Tez orada u, ya’ni Sunil Datt Nargisga turmush qurishni taklif qildi. Ular turmush qurdi va Nargis bu nikohdan uch nafar farzandni dunyoga keltirdi. Raj Kapur bilan munosabatlar esa o‘tmishda qoldi. Nargis Rajsiz ham baxtli bo‘ldimi, buni hech kim bilmaydi. Har holda, u orzu qilgan narsasiga erishdi: oila qurdi va uch nafar farzand ko‘rdi. Nargis 1981-yilda 52 yoshida vafot etdi. Nargis va Sunil Datt Raj Kapur vafot etganida butun Hindiston yig‘ladi Raj Kapur va oilasi Raj Kapur hind kinosining ulkan imperiyasi – Bollivudning asoschisiga aylandi. U har qanday sharafga sazovor bo‘ldi. Uning ijodiy karyerasi baland-pastliklarni boshdan kechirdi, filmlarida eng yaxshi aktrisalar suratga tushdi. Ammo partnyorlar orasida Nargis kabi muvaffaqiyatli va sevimli tandem yo‘q edi. “Oq libosli xonim” davri yakuniga yetgandi. Afsonaviy “daydi” 1988-yil 2-iyunda yana bir nufuzli mukofotni qo‘lga kiritib, vafot etdi. Butun Hindiston unga motam tutdi, bir necha oylardan so‘ng Kapurning xoki sochilgan Gang daryosi sohillariga tog‘ gullari keltirildi. Hindlar o‘zining filmlari bilan qo‘ldan kelganicha hayotga umid va muhabbatni saqlab qolishga yordam bergan aktyorga minnatdorchilik bildirdi. Raj Kapurning rafiqasi Krishna esa turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng – umrining so‘nggiga qadar oq libos kiyishda davom etdi.
80
6,624
Madaniyat
Zulfiqor Musoqovning yangi filmi uchun Adolf Gitlerga o‘xshash tipaj qidirilmoqda
Rejissor Zulfiqor Musoqovning ishchi nomi “Berlin — Oqqo‘rg‘on” bo‘lgan yangi filmi uchun fotokasting e’lon qilindi, deb yozadi “Afisha.uz”. Kasting 14-iyuldan 29-iyulga qadar har kuni o‘tkaziladi. Xabarda talab qilinayotgan tipajlar keltirib o‘tilgan. Bular — 35—45 yoshlardagi tashqi ko‘rinishi Adolf Gitlerga o‘xshash erkak, 16—18 yoshlardagi ozg‘in o‘zbek qiz va 20—24 yoshlardagi ozg‘in o‘zbek yigit hamda 9—14 va 16—21 yoshlardagi yevropacha qiyofali qizlar va 18—23 yoshlardagi yevropacha qiyofali yigit. Film “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi” tomonidan suratga olinadi. Postanovkachi rejissor va ssenariynavis — Zulfiqor Musoqov, postanovkachi operator — Azizbek Orziqulov.
81
726
Madaniyat
“O‘zbeknavo”ning litsenziyasidan ayrilgan Sitora Farmonova Moskvadagi KVN tadbirlarida qatnashdi. “O‘zbeknavo” nima deydi?
Qirg‘izistonning “Aziya Miks” jamoasi tarkibida Moskvadagi KVN tadbirlarida qatnashib, yanada shuhrat qozongan aktrisa va xonanda Sitora Farmonova bir muddat avval “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan konsert-tomosha faoliyati uchun berilgan litsenziyasidan mahrum qilingan edi. Shu kunlarda Sitora Farmonova “Aziya Miks” jamoasi tarkibida KVNning 55 yilligiga bag‘ishlangan va Moskvadagi Kreml san’at saroyida tashkillashtirilgan tadbirlarda ham chiqish qildi, xususan, Instagram’dagi sahifasi orqali Moskvadagi tadbirlarga aloqador ko‘plab suratlarni e’lon qildi. Mazkur holat yuzasidan jurnalist Feruz Muhammad “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bilan bog‘lanib, izoh so‘radi. “Sitora Farmonova ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasidan xonanda sifatida litsenziya olgan edi. Biroq, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etmagani uchun, litsenziyasi ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgani haqida avval ham axborot bergan edik”, — deydi Odiljon Abduqahhorov. Abduqahhorovning qayd etishicha, “O‘zbeknavo”da ro‘yxatdan o‘tgan san’atkorlar har qanday holatda — dam olishga bo‘ladimi, xonandalik emas, aktrisalikka bo‘ladimi, konsert emas, to‘yga bo‘ladimi, farqi yo‘q — chet elga chiqishi oldidan estrada birlashmasiga bildirgi berishi kerak. “Sitora Farmonovaning hozirda chet eldagi tomoshalarda qatnashayotganiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ‘O‘zbeknavo’ unga belgilangan tartib asosida chora ko‘rdi. Bundan ortiq chora ko‘rish bizning vakolatimizga kirmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi estrada birlashmasi vakili. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
122
1,758
Madaniyat
Georgiy Xachiev: "Varshavada O`zbekiston tarixiga oid 300 ta fotosurat saqlanmoqda"
Surxondaryoning Termez shahrida bo`lib o`tayotgan Xalqaro arxeologiya-sayyohlik forumida ko`plab taniqli olimlar va tarixchilar ishtirok etmoqda. Ulardan biri, "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasining Chexiya va Polshadagi koordinatori Georgiy Xachiev quyidagilarni ma`lum qildi: –Chexiya respublikasida O`zbekistonga oid madaniy meros namunalarining 95 foizi Osiyo, Afrika va Amerika madaniyati muzeylarida saqlanadi. Jamlanmalarga juda noyob eksponatlar kiradi. Ular oldingi davrlarda sotib olingan yoki ularning egalari tomonidan taqdim etilgan. Milliy matolar, so`zanalar, sopol va zarhal iplar bilan to`qilgan mahsulotlar, badiiy o`ymakorlik buyumlari shular jumlasidandir. Polsha haqida gapiradigan bo`lsak, Varshava shahridagi mashhur Osiyo va Tinch okean muzeyi to`g`risida to`xtalib o`tish kerak. Bu muzeyni polshalik diplomat tashkil qilgan. U Indoneziyaga borganida ilk tarixiy ashyolarni to`plashni boshlagan. So`ng bu muzey O`zbekistonning XIX asrdagi va undan keyingi hayotiga oid 300 ta eksponat bilan boyitilgan. Madaniy merosning Chexiyaga bag`ishlangan boblari hozirda ko`p adadli nashrga tayyor qilib qo`yilgan. Polshaga oid qismi esa, menimcha joriy yilning oxirigacha tayyor bo`ladi. Ayni paytda manbalarni to`plash jarayoni davom etmoqda. Men Xiva, Samarqand va Buxoroda bir necha marta bo`lganman. Bu shaharlarning tarixiy arxitekturasi hammani hayratga soladi. Ayniqsa "Ichon-Qal`a"ga borganda afsonaviy shaharning go`zalligiga tan berganman. O`ylaymanki, bunga o`xshash joylar dunyoning boshqa mamlakatlarida yo`q. Bu shaharlarning har birining o`ziga xos diqqatga sazovor maskanlari, asrlar davomida saqlanib kelayotgan arxitektura yodgorliklari bor. Biz polshalik keksa fotograf Leon Borshevskiyning O`zbekistonga oid kolleksiyasini ham taqdim etmoqdamiz. U XIX-asrda Turkiston harbiy okrugiga xizmat qilish uchun kelgan. O`sha paytlarda Polsha Rossiya imperiyasi tarkibiga kirar edi. L.Borshevskiy Samarqand va Buxoro amirliklarida bo`lib, o`sha vaqtdagi odamlarni, o`zbek xalqining milliy kiyimlari, do`ppilari hamda arxitektura yodgorliklarini tasvirga olgan. Ular bundan ikki asr burun yashagan o`zbeklarning turmushi, an`analari, liboslari haqida aniq tasavvur qilish imkonini beradi. Bu fotograf 20 yil davomida O`zbekiston shaharlarida to`plagan fotosuratlaridan 300 dan ortig`ini meros qilib qoldirgan.
83
2,358
Madaniyat
Berlinda “Buyuk ipak yo‘li merosi — O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘prik“ mavzusidagi ilmiy-madaniy forum boshlandi
Berlin shahrida 15-yanvar kuni “Buyuk ipak yo‘li merosi — O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘prik“ mavzusidagi xalqaro ilmiy-madaniy forum boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi oldidan tashkil etildi. Forum doirasida O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida“ loyihasining kitob-albomlari ko‘rgazmasi ochildi. Prezident so‘zboshisi bilan boshlangan “O‘zbekiston madaniy merosi Germaniya to‘plamlarida“ kitob-albomi taqdimoti barchaning e’tiborini tortdi. Ushbu nashr zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda tayyorlangan. Nafaqat o‘qish, balki smartfon orqali maxsus tayyorlangan videolavhalarni 3 tilda tomosha qilish hamda osori-atiqalarni 3D ko‘rinishida o‘rganish imkonini beradigan ilk ilmiy-ommabop kitob sifatida O‘zbekiston noshirligi tarixidan joy oladi. Tadbir doirasida Germaniyaning yetakchi olim, ekspert, san’atshunoslari Berlin, Drezden, Leypsig va Shtutgart shaharlari muzeylarida saqlanayotgan o‘zbek san’atiga oid to‘plamlar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Ular orasida Berlin etnologiya muzeyida saqlanayotgan Buxoro amirligi to‘plami, Gamburgdagi Manzarali-amaliy san’at muzeyidagi Bayonqulixon maqbarasi ashyolari, Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmalari, Bumiller to‘plamiga kiruvchi O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosi namunalari, shuningdek, Shtutgartdagi Linden muzeyining Sharqiy bo‘limida saqlanayotgan noyob to‘plam ham bor. — O‘zbekiston madaniy merosining katta qismi ayrim tarixiy sabablarga ko‘ra xorijga chiqib ketgan. O‘zbek san’atining ajoyib to‘plamlari Berlin, Drezden va Leypsig muzeylarida saqlanmoqda. Masalan, Germaniyaning eng ko‘p tashrif buyuriladigan Peram muzeyida Buyuk ipak yo‘li markazida joylashgan qadimgi shahriston — Afrosiyobning butun dunyoga mashhur sopol buyumlari kabi bebaho durdonalar mavjud. Germaniya milliy kutubxonasida jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz qalamiga mansub noyob qo‘lyozma kitoblar saqlanmoqda. Shu sababli nemis hamkasblarimiz bilan imkoniyatlarni birlashtirib, madaniy merosimizning ham O‘zbekistonda, ham Yevropada o‘rganilishiga yangi sur’at bag‘ishlaydigan ushbu kitobni yaratdik, — deydi “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida“ loyihasi muallifi va rahbari Firdavs Abduxoliqov.
123
2,465
Madaniyat
“Ummon” guruhining sobiq vakillari hozir qanday ishlar bilan shug‘ullanayotgani ma’lum qilindi (video)
“Ummon” guruhining sobiq a’zosi Shohrux Isamuhammedov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Shohrux Isamuhammedov suhbat davomida “Ummon” guruhi yigitlari bugungi kunda qanday ishlar bilan shug‘ullanayotgani haqida gapirib berdi. Hozirgi kunda sherigimiz bilan birgalikda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanyapman. Plastmassa idishlar, bolalar o‘yinchoqlari, tog‘oralar, xullas, shunga o‘xshagan ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqaryapmiz. Bu ish boshlanganiga yarim yilcha bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, uy oldi-sotdisi, ofis sotib olib, ta’mirlab, keyin uni ijaraga berish xizmatimiz ham bor. Bu ish bilan anchadan buyon mashg‘ulman, ammo bu haqida hech qayerda gapirmas edim. Guruhimiz yigitlari bilan birgalikda ham shu ishlar bilan shug‘ullansak bo‘lardi. O‘n yil birga bo‘lganmiz, pul katta tushgani bilan u pullar uchga bo‘linganida juda katta miqdor bo‘lmasdi. Biznesga ham kattaroq pul kerak edi. “Ummon” brendi bilan suv ishlab chiqarishni ham o‘ylaganman. Lekin bu ham g‘oyaligicha qolib ketgan. Jasurning PlayStation’i borligini bilaman, bundan tashqari ham boshqa ishlari bor. Ochig‘i bir-birimizning tirikchilik ishlarimizga ko‘p ham aralashavermaymiz. Instagram tarmog‘idagi sahifasini ham qori bolaga sovg‘a qilib yuborgan. Zohid ijod bilan band. Shou-biznesdagi faoliyatini davom ettirmoqda. “Ummon” guruhi nomiga hozirgacha o‘zimiz egamiz. “Bir marta shu nomni bizga bering, guruh nomi bilan ijod qilmoqchimiz”, deb kelishgan edi. “Yo‘q, qanaqasiga, berolmaymiz”, deganman. Shohrux Isamuhammedov, tadbirkor, “Ummon” guruhining sobiq a’zosi Ma’lumot uchun, “Ummon” guruhi Zohid Rixsiyev, Jasur Rafiqov va Shohrux Isamuhammedov tomonidan 2007-yilda tashkil qilingan bo‘lib, guruh to‘liq tarkibda 2018-yilgacha ijod qilgan. “Ummon” guruhining yakkaxoni sifatida faoliyat yuritayotgan Shohrux Isamuhammedov 2020-yilda shou-biznesni tark etdi.
102
1,943
Madaniyat
Turli sabablarga ko‘ra tabassum qilishni unchalik xushlamaydigan Gollivud yulduzlari (foto)
Ko‘pchilik mashhurlar kameralar oldida tabassum qilish imkoniyatidan juda yaxshi foydalanishadi. Biroq ba’zilari jamoat joylarida xursandchiligini ko‘rsatmaslikni va yuzlarida jiddiy, tushunib bo‘lmaydigan ifodani saqlashni afzal ko‘rishadi. Robert Pattinson Shu kamchiligi tufayli aktyor “Sumerki”dagi rolini deyarli yo‘qotayozgan. Pattinson Edvard Kullenning g‘amgin odam bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi, lekin ijodkorlar ekranda hech bo‘lmaganda uning nimtabassumini ko‘rishni xohlashadi. “Esimda, prodyuserlar menga qahramonim har safar tabassum qilgan joylari belgilangan kitob nusxasini berishdi”, — deydi Robert. Aktyor qaysarlik qilib oyoq tirab olganida esa uni ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitishgan. Uma Turman Aktrisa qizil gilamda paydo bo‘lgandagina biroz jilmayadi. Buning sababi bor: Turman jilmayishdan uyaladi. “10 yoshimda kimdir menga yoqimsiz tabassum qilishimni aytgan, shuning uchun yoshligimdan jilmayishga uyalardim va hech qachon og‘zimni ochib kulolmayman”, — deydi Uma Turman. Kristen Styuart Kristen Styuart ekranda ham, ijtimoiy tadbirlarda ham tabassum qilishni yoqtirmaydigan, hissiyotsiz aktrisa sifatida yodga olinadi. Ammo u paparatssilar e’tiboriga tushishni xohlamaydi. Bir intervyusida Styuart kulishni bilishini, ammo hamma joyda ham bunday qilmasligini aytgan. Viktoriya Bekxem Bekxem xonim fotograflar oldida neytral ifodani saqlashni afzal ko‘radi va yillar davomida shunga amal qiladi. Ammo Spice Girls sobiq a’zosining maza qilib kulgan paytlari ham bo‘lgan. Runi Mara “Ajdaho tatuirovkali qiz” filmi yulduzi hammaga ham tabassum qilavermaydi. “Menga soxta tabassum nega kerak? Bularning hammasi samimiy emasdek tuyuladi”, — deydi Runi Mara. Shuning uchun aktrisa faqat xursand bo‘lganidagina kuladi. Billi Aylish Zamonaviy yoshlarning kumiri shunchaki tabassum qilishni yoqtirmaydi, u hatto “Menga tabassum qilma” nomli albomini ham chiqargan. Darhaqiqat, mashhur xonanda xushmuomalalik yuzasidangina tabassum qilishni xohlamaydi. U faqat o‘zi xohlagan paytda kulishni afzal ko‘radi. Kanye Uest Ba’zi fotosuratlarda repper norozidek ko‘rinadi. Ammo Kanyening so‘zlariga ko‘ra, tabassum qilmasligining sababi — u shusiz ham ajoyib ko‘rinishni xohlaydi. Kim Kardashyan Kanye Uestning sobiq rafiqasi ham tabassum qilish borasida o‘ta xasis. 2014-yildagi intervyusida Kim nega doim suratlarda shunchalik jiddiy ko‘rinishiga izoh berib, tabassum tufayli yuziga ajin tushishidan qo‘rqishini aytgan. Ammo ba’zida Kardashyan ham tabassum qilib turadi. Deniel Kreyg Jeyms Bond filmlari yulduzi oddiy sabab bilan atrofdagilarni tabassum bilan siylashni yoqtirmaydi: u paparatssilarni yomon ko‘radi. Ammo ba’zida fotograflar kerakli daqiqani topishga muvaffaq bo‘lishadi. Bella Hadid Tashqi tomondan taniqli model sovuq odamga o‘xshab ko‘rinishi mumkin. Bir intervyusida Bella ba’zida kameraga tabassum qilishdan uyalishini tan olgan.
91
2,878
Madaniyat
Yulduzlar ishtirokidagi sevgi uchburchaklari: Mojaroli hikoyalar qanday yakun topgan?
Sevgi, xiyonat, do‘stlik, yashirin munosabatlar bularning bari Cosmopolitan e’lon qilgan mashhurlar hayotida mujassam. Jennifer Eniston – Bred Pitt va Anjelina Joli Jennifer va Bred 1998-yildagi ziyofatlardan biridan tanishgan va aktrisa Gollivud yulduzining yuragidan urgan. 2000-yilda turmush qurgan juftlik munosabatlari, Jennifer farzandli bo‘lishni istamagani uchun yomonlasha boshlaydi. Ammo bu asosiy sabab bo‘lmagan. Gap shundaki, “Janob va xonim Smitning” suratga olish jarayonida Bred, Anjelinaga ilakishib qoladi va 2005-yilda Eniston bilan ajrashadi. Ushbu voqea kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilarining pul ishlashi uchun ham ayni muddao bo‘ladi. Eniston jamoasi va Joli jamoasi yozuvi tushirilgan futbolkalar sotuvga chiqariladi. Anjelina, munosabatlar paydo bo‘lishida Pitt tashabbus ko‘rsatgan deb ta’kidlashiga qaramay, aktyor Joli bilan hayot boshlaganidan keyin ham birinchi rafiqasi bilan gaplashib turgan. 40-yashar Joli, erining telefonida Jennifer bilan yozishmalarga guvoh bo‘lgan. Joli va Pitt munosabatlari ham uzoqqa bormaydi, mashhurlar 2016-yilda ajrashishini ma’lum qilgan. Malika Diana – shahzoda Charlz va Kamilla Parker Boulz Shahzoda Charlz, Diana bilan tanishganida bo‘lajak rafiqasi endigina 16 yoshda bo‘lgan. 1981-yilning 6-fevralida Diana shahzodaning turmushga chiqish taklifini qabul qiladi va juftlik 29-iyulda oila quradi. Turmushidan ikki o‘g‘il farzandi bolishiga qaramay Garri, Kamilla bilan ishqiy munosabatda bo‘ladi va bundan malika Diana bexabar qolmaydi. Diana esa ot sporti murabbiysi Jeyms Xyuitt bilan tanishadi. OAV esa ikki qirollik vakilining ma’shuqalari bilan telefon orqali so‘zlashmasi e’lon qilingan materiallar bilan to‘lib-toshadi. Ularning har ikkisi esa turmushi darz ketishida bir-birini ayblagan. Skarlett Yoxansson - Rayan Reynolds va Sandra Ballok Skarlett Yoxansson va Rayan Reynolds 2008-yilda turmush qurgan, lekin Rayanning Sandraga ilakishib qolgani haqidagi mish-mishlardan keyin 2010-yilda munosabatlarga nuqta qo‘yilgan. Rayan va Ballok “Taklif” filmida birgalikda suratga tushgan va shundan keyin o‘rtasidagi iliqlikni yashirmay qo‘ygan. Skarlett Yoxansson - Jastin Timberleyk va Kameron Diaz Rayanning xiyonatiga uchragan Skarlett ham oppoq emas, u ham Diaz va Timberleykning ajrashishiga sababchi bo‘lgan. Jastinning, What Goes Around klipida suratga tushgan Yoxansson, Kameronning rashki va uch yildan ko‘proq davom etgan munosabatlarga yakun yasalishiga sababchi bo‘lgan​. Uma Turman - Andre Balash va Kameron Diaz Diaz ham Skarlettdan qolishmaydi. 2007-yilda u mehmonxona tarmoqlari egasi Andre bilan tanishib, uning Uma Turman bilan unashtiruvi bekor bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Devid Bekhem - Viktoriya Bekhem va Rebekka Lus 2002-yilda, futbolchining asistenti Rebekka bilan ishqiy munosabatda ekani haqidagi xabar tarqalganidan keyin mashhur oilaning barbod bo‘lishiga bir baxya qolgan, lekin Devid bularning bari Rebekkaning uydirmasi ekaniga ont ichgan. Viktoriya esa eriga ishongan va oila saqlab qolingan. Shundan keyin futbolchi, ayolining qayta qo‘lini so‘ragan va juftlik takror bir-biriga sadoqatli bo‘lishga vada bergan. Gay Richi – Madonna va Aleks Rodriges Madonna, rejissor Gay Richi bilan turmush qurganining yettinchi yilida Amerikaning mashhur beysbolchisi Aleks Rodriges bilan tanishadi. Sport o‘yinlarini kuzatish uchun tashrif buyurgan xonanda, hatto farzandlari bilan ham tanishtirib ulguradi. Bu vaqtda Aleks ham oilali bo‘lgan. Ularning har ikkisi ham bir vaqtda ajrashish uchun sudga murojaat qiladi. Biroq oilasini tashlab boshlangan munosabatlar olti oydan ko‘pga bormaydi. Ayni vaqtda Rodriges, Jennifer Lopes bilan uchrashadi va unga turmushga chiqishni taklif qilgan. Dennis Kueyd – Meg Rayan va Rassel Krou Meg va Dennisning o‘n yillik turmushi “Hayotning isboti” filmining suratga olish jarayonida Meg, Rasselni sevib qolganidan keyin yakuniga yetgan. Aktrisaning xiyonati sabab 2001-yilda u bilan ajrashgan. Shunga qaramasdan, ularning hech birining shaxsiy hayotda omadi chopmagan.
85
4,007
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov Lutfiy g‘azallarini ham qo‘shiq qilmoqchi
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Buyuk siymolar ijodidan” loyihasini davom ettirishga kirishdi. Bu haqda, “Shov-shuv.uz” saytiga asoslanib, “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda. Avvalroq Ozodbek Nazarbekov “Buyuk siymolar ijodidan” loyihasi doirasida Bobur g‘azallarini qo‘shiq qilib kuylagan, bu qo‘shiqlarini alohida to‘plam sifatida taqdim etgandi. “Mayli-da, ular orasidan birgina qo‘shig‘imiz ommalashdi. “Lola”ni bugun qaysi tadbirga bormay, jo‘r bo‘lib kuylashadi”, — deya tan oladi O‘zbekiston xalq artistining o‘zi. “Endigi navbat Lutfiy ijodiga. Kuni-kecha shoirning “Yiroq” nomli g‘azali bilan tanishdim. G‘azalni o‘qir ekanman, qalbimda unga monand musiqa ham yaraldi. O‘ylaymanki, yangi albomim muxlislarimni befarq qoldirmaydi”, — deydi xonanda.
60
769
Madaniyat
“Mana senga bola, deb ichimga tepardi”. Zuhra Soliyeva turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam kaltaklangani haqida so‘zlab berdi (video)
Aktrisa Zuhra Soliyeva “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida haligacha Toshkentda ijara uyda yashashi, erga tegib, kuyib qolgani haqida so‘zlab berdi. “To‘ylarga chiqaman, lekin Toshkentdan kvartira sotib oladigan darajada pul topmayman, bu birinchidan. Ikkinchidan, erga tegdim. Erga tegib, uy-joy qilaman, desam, u er shunaqa tushdi, bor-yo‘g‘imni sovurdi. Ana shunda olardim. Erim ham pulimni sovurdi, ham dilimni og‘ritdi. Men nega chidardim, bitta bola bo‘lsa buyam bosiladi, o‘zgaradi, derdim. Bizda shunaqa gap bor-ku. Bitta bola bo‘lsa, erim bosiladi, deganlarga aytmoqchi bo‘lgan gapim: bosilmaydi! Bo‘lmagani boshidan bilinadi! GAIga tushgan jarimasini ham men to‘lardim, kiyim-kechak olib berardim, mashinani bo‘lib to‘lashga olganman, har oy 400 dollar to‘lardim. O‘sha pullarni hisoblasam, erimni ketidan ikkita uyning puli ketdi”, — deydi aktrisa. “Qaynonam ham ikkiyuzlamachilik qildi. Menga yaxshi gapirib, telefonda o‘g‘liga ‘ur’, derdi. ‘Bir marta qachon bola qilamiz, bola xohlayapman’, deganimda ‘Mana senga bola!’, deb bachadonimga tepgan’, — deydi Zuhra Soliyeva.  Aktrisa Aziza Yoqubova ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan ham ajrashganini ma’lum qildi
133
1,191
Madaniyat
Toshkentda O`zbekiston madaniyatini o`rganish va asrashga bag`ishlangan xalqaro kongress bo`lib o`tmoqda
Avval xabar berganiizdek, 22 avgust kuni Toshkentda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va targ`ib etish bo`yicha butunjahon jamiyatining III xalqaro kongressi ish boshladi. Ikki kun davom etadigan Kongressning birinchi kuni sermazmun o`tdi, bir-biridan qiziqarli ma`ruzalar, turli qarashlar, qadimiy madaniyatlar, dinlar, tamaddunlar haqidagi ilmiy va falsafiy nuqtai nazarlarga boy bo`ldi. Ishtirokchilar meros haftaligi, unda ko`rgazmaga qo`yilgan nodir kitob-albomlar va Surxondaryoda olib borilayotgan arxeologik qazishmalar haqida qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdilar. Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev: ─ Eng qadimgi davrlardan beri, O`zbekiston savdo va madaniyat aloqalarining yirik arteriya qon tomiri, ya`ni transport va kommunikasiya ko`prigi sifatida Buyuk Ipak yo`liga o`z bag`rini ochgan. Bu yo`l nafaqat tovar almashinuvi, balki ilm va madaniyatlar uyg`unlashuviga ham o`z hissasini qo`shgan. Ilm-fan va madaniyat almashunivida Sharq va G`arb orasidagi ko`prik hisoblangan. Shu bois YuNESKO bilan doimiy hamkorlik olib borish O`zbekiston siyosatining eng ustuvor yo`nalishlaridandir. Hozirda butun dunyoda iste`mol hajmining oshishi, tirik tabiatning halokat yoqasiga kelib qolgani, genofondning o`zgarishi, Er sayyorasi ekologik manzarasining keskin o`zgarishi kabi salbiy holatlar kuzatilayotgani sir emas. Shunday sharoitda taraqqiyot barqarorligi hamda zamon o`rtasidagi muvozanatni, insoniyat madaniy tarixini saqlab qolish, bahamjihatlikda ish ko`rish muhim. Ushbu kongress ham ayni shu maqsadda O`zbekiston hukumati tomonidan qo`yilgan muhim qadamdir. Aziz Abduhakimov, Bosh vazir o`rinbosari: ─ O`zbekiston YuNESKO bilan hamkorlikda alohida dastur asosida ko`pgina xayrli ishlarni bajarib kelmoqda. Bu O`zbekiston madaniyatiga bo`lgan e`tiborning yorqin dalilidir. “O`zbekiston buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiyalar, dinlar va madaniyatlar” haftaligi hamda uning doirasidagi kongress ham shu maqsaddagi ishlarni yangi bosqichga ko`tarish niyatida o`tkazilmoqda. Haftalik doirasida O`zbekiston tarixining ajralmas qismi bo`lgan Islom madaniyati, Temuriylar davri, Kushon sivilizasiyasi, So`g`d imperiyasi madaniyati bilan yaqindan tanishtiriladi. Tarix, madaniyatni o`rganishdagi qadamlar bu bilan to`xtab qolmaydi. Bu masala har doim hukumat darajasida ko`rib chiqiladi. Kongressda Firdavs Abduholiqov, Edvard Rtveladze va boshqalar loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil to`xtalib o`tdilar. E.Rtveladzening ta`kidlashicha aksariyat ilmiy kashfiyotlarga o`z zamonasida etarli e`tibor qaratilmaydi. Ayrim kashfiyotlar bir necha asr o`tib tan olinadi. Biroq ushbu loyihaga ayni paytda qiziqish juda katta bo`layotganini, turfa taxminlar mavjudligini, haqiqat baxslarda tasdiqlanishini, kelajak avlodlar ular topgan asori atiqalardan o`z ilmiy faoliyatida foydalanishini faxr bilan tilga oldi. Kongressda "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasi doirasida chop etilgan kitob-albomlar taqdimoti bo`lib o`tdi. Mehmonlarga ushbu kitob-albomlardan namunalar sovg`a qilindi. 44 ta mamlakatdan 250 nafardan ziyod olimni jamlagan kongressning birinchi kunida Movorounnahr qo`lyozmalari, so`g`d madaniyati, buddaviylik madaniyati, o`zbek hunarmandchiligi, Temuriylar sulolasi merosi mavzulariga bag`ishlangan ma`ruzalar tinglandi. Shuningdek, Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qimmatbaho qo`lyozmalar kongress ishtirokchilariga tanishtiriladi hamda Kushon imperiyasiga taalluqli noyob eksponatlar ko`rgazmasi o`tkaziladi. Bugun Kongressning ikkinchi kunida ishtirokchilar Islom madaniyati, “O`zbekistonning 114 Qur`oni” loyihasi, o`rta asr miniatyura san`ati mavzuida ilmiy suhbatlar o`tkazilishi rejalashtirilgan. Haftalik davomida Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida o`zbek madaniyatini o`rganish va asrash, targ`ib etishga bag`ishlangan qator tadbirlar bo`lib o`tadi. Ularning tafsilotlari bilan sizni saytimiz sahifalarida tanishtirib boramiz. Manzura BEKJONOVA
104
4,008
Madaniyat
“Hech narsadan xavotirlanayotganim yo‘q. Bir boshga bir o‘lim”. Yulduz Usmonova tergov natijasida adolat yuzaga chiqishiga umid qilmoqda
Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudida 5-may, seshanba kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani yuzasidan sud ishi bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi. Keyinroq sud ishi boshqa vaqtga qoldirilgani haqida aytildi. O‘zAning yozishicha, Yulduz Usmonova sud majlisiga kelmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonova Instagram sahifasida jonli efirga chiqib, sirdaryoliklar uchun odamlardan yig‘ilgan xayriyani topshirish uchun o‘zi bora olmasligi, sababi tergov tugagunicha shaharda bo‘lib turishi kerakligini aytgani aks etgan video tarqaldi. Xonanda, shuningdek, tergov natijasida adolat yuzaga chiqishidan umid qilayotganini bildirdi. “Ozgina xuliganlik qilingan, lekin bunga sabab bo‘ladigan odamlar ham bor, ishni boshlab qo‘yib yordam bermaganlar, chaqirganda va’da qilib qochib ketganlar. Tergovda hammasi aniqlanadi. Ko‘nglingizni to‘q qiling, mana shu tergov tugaganida qanchalik adolat borligini hammamiz ko‘ramiz. Ota-onalar xafa bo‘lmasin, yaxshi xodimlarning ota-onasi ham bor. Forma kiyishning javobgarligi katta. Forma — vatan mudofaasi, vatanni qo‘riqlash, biz tinch uxlaymiz bular bizni qo‘riqlagan paytda. Lekin ularni bizga kerakli vaqtda topa olmasak? Men savollarga javob topiladi, haqiqat yuzaga chiqadi, degan umiddaman. Bir boshga bir o‘lim. Men hech qachon biror narsadan xavotir olmaganman. Nima bo‘lsa, Allohdan”, — deydi Yulduz Usmonova. Eslatib o‘tamiz, 4-may, dushanba kuni, ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatidan norozi bo‘lib, ularni haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. Xonandaning Instagram sahifasidagi jonli efirdan yozib olingan ushbu videoda Yulduz Usmonova tomonidan militsiya va YHXB xodimlari sha’niga turli haqoratli so‘zlar yog‘dirilgan. O‘zbekiston xalq artistining ushbu qilmishi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining keskin tanqidlariga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng Yulduz Usmonovaning yana bir videomurojaati paydo bo‘ldi. Videoda xonanda ulug‘ ayyom kunlarida ichki ishlar xodimlaridan dilini og‘ritgani uchun kechirim so‘radi. Avvalroq O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ushbu video yuzasidan surishtiruv olib borilayotganini aytib, bayonot bergandi.
136
2,224
Madaniyat
Ukraina o‘zining Chernobil haqida badiiy filmini suratga olishga kirishdi
Ukraina o‘zining Chernobil haqida badiiy filmini suratga olishga kirishdi. Filmni ukrainalik taniqli rejissyor Miroslav Slaboshpiskiy suratga olmoqda. Kartina The Anthropocene deb nomlanadi va u Ukraina kinosi tarixidagi eng qimmat film bo‘lishi mumkin. Ijodkorlarga ko‘ra, film ekologik triller bo‘ladi va ikki nafar nurlanish darajasini o‘lchovchilarning xavf hududidagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.
73
410
Madaniyat
O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining alohida harbiy namunali-ko`rgazmali orkestri konsert beradi
O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining alohida harbiy namunali-ko`rgazmali orkestori va Milliy gvardiya tasarrufidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san`at akademik liseyi tomonidan poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining dam olish kunlarini maroqli o`tkazishlariga ko`maklashish maqsadida ochiq osmon ostida o`z konsert dasturlarini namoyish etib kelmoqda. Galdagi konsert dasturi joriy yilning 28 aprel kuni soat 16:00da poytaxtimizdagi “G`ofur G`ulom” nomidagi istirohat bog`ida bo`lib o`tadi. O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya matbuot xizmati
106
570
Madaniyat
“Faqat tushlarimda o‘zimni baxtli his etardim”. Lola sobiq turmush o‘rtog‘i bilan yashagan davridagi qiyinchiliklar haqida gapirdi
Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida “Kelin ham odam!?” sarlavhali post qoldirdi. Ushbu postda xonanda ilk marta sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kechgan hayotining qiyin davrlari haqida so‘zlab berdi. Biz sobiq turmush o‘rtog‘im bilan tanishganimizda 18 yoshda edim. U meni turmushga chiqishga ko‘ndirish uchun bir yil “mehnat qildi”, bizning to‘yimizga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan ota-onamni ko‘ndirish uchun esa yana bir yil sarfladi. U hammamizni ko‘ndirish uchun barcha mahoratini ishga soldi. Shu tarzda oradan 2 yil o‘tib biz unga taslim bo‘ldik. Otam sobiq turmush o‘rtog‘imdan to‘ydan keyin o‘qishimni davom ettirishim hamda o‘tgan yillar mobaynida erishgan karyeramni davom ettirish va’dasini oldi. Erkaklar qo‘l tashlashdi, non sindirildi, to‘yimiz bo‘ldi. To‘ydan keyingi 5 yil davomida men faqat uy ishlari bilan shug‘ullanib uyda o‘tirdim. Biz shahardan 30 kilometr uzoqlikda yashardik, men deyarli uydan ko‘chaga chiqmasdim. Menga o‘qishimni davom ettirishga ham ruxsat berishmadi. Chunki bu yangi kelinchakka uydagi majburiyatlarini bajarashiga xalaqit berardi. Shu tarzda Westminister’ni tamomlay olmadim. O‘qishimni yuridik universitetning sirtqi bo‘limiga ko‘chirishdi. Ishlashimni hamda kasbim bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishimni taqiqlashdi. Barcha dugonalarim bilan aloqam uzildi, ular bilan uchrashuvlarga, tug‘ilgan kun va to‘ylarga yuborishmasdi. Ota-onamnikiga bir haftada bir marta bir necha soatga borardim, yotib qolishga hech qachon ruxsat berishmasdi. Shunday qilib oradan yillar o‘tdi. Ikki farzandli bo‘ldim. Har kuni ertalab soat 6:00 da turardim, yarim kechasi uxlashga yotardim. Boshqalarning manfaatlari bilan yashardim, chunki o‘zimda hech qanday manfaat yo‘q edi. Hayotimdagi asosiy maqsad oila a’zolariga xizmat qilish, ularga yaxshi ko‘rinish edi. Har kecha uxlashdan oldin o‘zimni sahnada his etar, ko‘zlarim yonib tabassum qilayotganimni tasavvur qilardim. Faqat tushimda o‘zimni baxtli va erkin his etardim. Haqiqiy Lolani sog‘inardim… Kunlardan bir kun men 40 kunlik o‘g‘limni va ikki yoshli qizimni olib u uydan ketdim va u yerga boshqa hech qachon qaytmadim… “O‘shanda men qo‘rqqanmidim? Yo‘q. Qilmishimdan afsuslandimmi? Hech qachon! Kimnidir ayblaymanmi? Bu ahmoqlik. Biz bilan bo‘layotgan hamma narsaga biz qachondir ruxsat berganmiz. Oradan 10 yil o‘tganidan so‘ng men bu haqda birinchi marta gapiryapman. Chunki qachondir men bosib o‘tgan hayotda yashayotgan ayollarning og‘rig‘ini tushunaman, sizning umidsizligingizni his etaman, oilangizni yo‘qotishdan, shu bilan birga tubsiz jarlik yoqasida qolishdan qo‘riqishingizni bilaman. Birga yashayotgan odamlaringizning harakatlarini oqlab, bu sizning taqdiringiz va siz hech narsani o‘zgartira olmasligingizga o‘zingizni ishontirayotganingiz, ota-onangiz yuzini yerga qaratmaslik uchun harakat qilayotganingizni his qilaman. Siz juda ham istaydigan yagona narsa to‘yib uxlash yoki hech bo‘lmasa biron marta hech kimdan ruxsat so‘ramasdan biror qarorni qabul qilish. Biroq, siz bulardan ko‘prog‘iga loyiqsiz. Bu ajrashishga chaqiriq emas! Men uchun oilaviy qadriyatlar hamisha ustun bo‘lgan. Bu o‘zingizni hurmat qilishga chaqiriq! Siz shaxs ekanligingiz va o‘zingiz orzu qilgan hayotda yashashga to‘laqonli haqli ekanligingizni unutmang! Ha, siz kelin, rafiqa va onasiz, lekin birinchi navbatda siz o‘z haq-huquqlariga ega insonsiz hamda hech kim ularni oyoqosti qilish huquqiga ega emas. Kimdir o‘zgarishi va hayotingiz yaxshilanishini kutmang. Bu o‘z-o‘zini aldash. O‘zgarishi mumkin bo‘lgan yagona inson — sizsiz. Men shu tarzda yumshoq fe’l-atvorli, ochiq, sodda va ishonuvchan qizdan kuchli, asosiysi o‘zini sevadigan va hurmat qiladigan ayolga aylandim. Biz qizlarimizga o‘rnak bo‘lamiz, shuni yodda tuting. O‘ziga hurmat bolalikdan boshlanadi. Bolalar o‘ziga ishonchi yuqori, o‘ziga qaragan, otasi sevadigan baxtli onani ko‘rishi kerak. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas! Mening farzandlarim bugun meni shu holda ko‘ryapti. Oradan yillar o‘tib men turmush o‘rtog‘im siymosida baxtimni, sevgimni, erkimni, hurmat va qo‘llab-quvvatlashni topdim. Buning uchun undan minnatdorman. Endi siz bu shunchaki balandparvoz so‘zlar emas, balki mening hayotiy tajribam ekanligini bilasiz. Men sizlarning har biringiz baxtli bo‘lishingizni juda xohlayman. Yana o‘zingizning hayotingizni sevishingiz, bu yashash uchun kurash emas, ajoyib yo‘l ekanligini yodda tutishingizni istardim. Bu yo‘lni qanday bosib o‘tishni faqat siz hal qilasiz… View this post on Instagram  Xonanda Lolaning sobiq turmush o‘rtog‘i uylandi
130
4,536
Madaniyat
“Qor malikasi”ning muvaffaqiyatidan tug‘ilgan “Mening Toshkentim”: Muhammadiso Abdulxayirov va Asal Shodiyeva myuziklda qo‘shiq aytadi
Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 13—15-may kunlari “Mening Toshkentim” deb nomlangan myuzikl namoyishi bo‘lib o‘tadi. Jonli ijroda bo‘ladigan myuzikl aynan qaysi jihatlari bilan tomoshabinni hayratga solishi mumkin? Rollarni kimlar ijro etadi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad dasturning sahnalashtiruvchi rejissori Husan Solihov bilan suhbatlashdi. — Myuzikl haqida aniqroq ma’lumot bersangiz? — Soddaroq tushuntiradigan bo‘lsak, myuzikl — teatrlashtirilgan konsert dasturi. Myuzikldan ko‘zlangan maqsadimiz — oddiy konsert dasturidan kattaroq, mazmunli, ma’naviy jihatdan yuqori darajada sahna asarini taqdim etish. “Mening Toshkentim” deb nomlangan myuziklda ham aynan shu jihatlarga e’tibor qaratganmiz. — “Istiqlol”dagi konsertlarga, agar jonli bo‘lsa kamida ikki oy, fonogrammada bo‘lsa bir oy vaqt mobaynida tayyorgarlik ko‘riladi. Myuziklni tayyorlash uchun qancha vaqt ketdi? — Mazkur myuziklga tayyorgarlik ko‘rishni fevralda boshlaganmiz. Avval ssenariyni yozib, qo‘shiqlar, aktyor-aktrisalar, xonandalar tanlaganmiz. Aprelning boshida repititsiyalarni boshlaganmiz. Fevralda qo‘yilgan “Qor malikasi” nomli birinchi myuziklimizni tugatganimizdan so‘ng, orada 15 kuncha dam olib, so‘ng harakatga kirishgan edik. — Myuzikl faqat rus tilida bo‘ladimi? — Toshkent aholisi ko‘p yillardan beri ham o‘zbek, ham rus tilida so‘zlashadi, odamlar so‘nggi yillarda ingliz tilini ham mukammal o‘rganmoqda. Myuzikl Toshkentning mana shu ruhini saqlagan holda, ham rus, ham o‘zbek, ham ingliz tilida bo‘lib o‘tadi. — Aktyorlar jamoasi nima asosida shakllantirilgan? — Ssenariy tayyor bo‘lganidan so‘ng, aktyorlar jamoasini shakllantirishni boshladik. Myuzikl jonli ijroda bo‘lgani bois, ham vokal nuqtai nazardan, ham aktyorlik mahorati kuchli bo‘lgan ijodkorlarni yig‘ishga harakat qildik. Myuziklda musiqa fonogramma bo‘lsa ham, ijrochilar ovozi 100 foiz jonli bo‘ladi. Aktyorlardan Fotima Rejametova, Muhammadiso Abdulxayirov, Adiz Rajabov, Asal Shodiyeva, xonandalardan “VIA Sharq” guruhi, Jasur Mirsoatov va boshqalarni tarkibga jamlaganmiz. Mazkur ijodkorlar ham jonli kuylab, ham o‘z aktyorlik mahoratini namoyon eta oladi. Bosh rol ijrochilaridan tashqari, 20 dan ziyod yordamchi aktyorlar jamoasi ham sahnada rol ijro etadi, raqsga tushib, kuylaydi. Shu vaqtgacha tomoshabinlar Muhammadiso Abdulxayirov yoki Adiz Rajabovni sahnada qo‘shiq kuylaganini yoki “VIA Sharq” guruhi a’zolarining aktyorlik mahoratini ko‘rmagan. — “Qor malikasi” myuzikli tomoshabinlar tomonidan qanday kutib olindi? — Aynan “Qor malikasi”ning muvaffaqiyati, tomoshabinlar tomonidan juda yaxshi kutib olingani sababli ham yana bir shunday dastur tashkillashtirish uchun o‘zimizda kuch topdik. Tomoshabinlar bu safar ham kutilmagan chiqishlardan zavqlanib, madaniy hordiq olib ketishadi, degan umiddamiz.
134
2,827
Madaniyat
Uzoq yillik do‘stlikdan so‘ng turmush qurgan yulduzli juftliklar (foto)
Do‘stlik va muhabbatning orasi bir qadam bo‘lishi mumkin. Ammo buni anglab yetgunga qadar bir necha yillar o‘tib ketganini sezmaydi inson. Shuningdek, do‘stlikka asoslangan sevgi samimiy va mustahkam bo‘lishi shubhasiz. Mila Kunis va Eshton Katcher Eshton Katcher va Mila Kunis “70-yillarning shousi” serialining suratga olish maydonchasida tanishgan. O‘sha vaqtda Mila 14, Eshton esa 19 yoshda edi. Shundan so‘ng ular orasida do‘stlik rishtalari paydo bo‘lgan. Mila o‘tgan vaqt mobaynida “Uyda yolg‘iz” filmi qahramoni Makoley Kalkin bilan munosabatda bo‘lgan. Shuningdek, Eshton ham Jenyuri Jons, Eshli Skott va Brittani Merfi kabi aktrisalar bilan uchrashib yurgan. 2005-yil Eshton aktrisa Demi Murga uylandi va ularning nikohi ma’lum sabablarga ko‘ra buzildi. Bu vaqtga kelib, Mila va Eshton shunchaki kechki ziyofatlarda uchrashib qolar edi. 2012-yilda ikki do‘stning Ayova shtatiga qilgan sayohatidan so‘ng omma orasida paydo bo‘lgan savolga “do‘stlik ” deb javob berdi. Ular o‘z munosabatini sir saqlashni afzal ko‘rgan bo‘lsa-da, 2015-yilga kelib turmush qurishga muvaffaq bo‘ldi. Juftlik hozirda Uayatt ismli qizi va Dimitriy ismli o‘g‘lini tarbiya qilmoqda. Bleyk Layvli va Rayan Reynolds Bleyk va Rayan bir necha yillik do‘stlikdan keyingina oradagi muhabbatini angladi. Juftlik birinchi marta 2011-yilda “Yashil chiroq” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. O‘sha vaqtda Bleyk Skarlett Yoxansonn bilan oila qurgan, Layvli esa Pen Badgli bilan uchrashar edi. Suratga olish yakunlanganidan so‘ng ular ikkinchi yarmi bilan ajraldi. Endilikda juftlikka qadam qo‘yayotgan do‘stlarning uchrashuv rejalari barbod bo‘la boshlagandi. Ammo ular allaqachon kelajakdagi qarorini belgilab bo‘lgandi. Juftlik 2012-yil nikoh to‘yini nishonladi va uch nafar farzandini tarbiyalab kelmoqda. Reychel Vays va Deniyel Kreyg Reychel va Deniyel tanishganidan so‘ng 6 yil do‘stona munosabatda bo‘lgan. 2010-yil “Orzudagi uy” filmida juftlik rolini ijro etganidan so‘ng ular do‘stlardan ham yaqinroq ekanligini anglab yetdi. 2011-yilda esa turmush qurishga qaror qildi. Ularning yashirin tarzda o‘tgan nikoh marosimida atigi 4 kishi ishtirok etgan. Juftlik bu borada shaxsiy hayoti faqat o‘zlari uchun muhimligini va boshqalarga tegishli emasligini ta’kidlab o‘tgan. Rita Dokota va Vlad Sokolovskiy 2007-yil “Yulduzlar fabrikasi” loyihasida uchrashgan Rita va Vlad bir necha yillar davomida bir-birini qo‘llab-quvvatladi. Oradan 8 yil o‘tib ziyofatda qayta ko‘rishib qolgan do‘stlar endi avvalgidek emasdi, ularni hayotga qarashi o‘zgargan hamda anchagina ulg‘aygan edi. Oradan bir yil o‘tib, Vlad Ritaning qo‘lini Bali orollarida so‘radi. Shundan so‘ng ularning nikoh marosimi Bali an’analariga muvofiq tarzda nishonlandi. Hozirda juftlik ajrashib ketgan bo‘lsada, qizi Miya uchun yaxshi ota-ona bo‘lishga harakat qilmoqda. Yuliya Kovalchuk va Aleksey Chumakov Juftlik turmush qurmasidan besh yil avval tanishgan va do‘stona munosabatda bo‘lgan. Ammo ular orasida sevgi hikoyalari boshlanganiga qaramay turmush qurishga shoshilmagan. Shuningdek, Yuliya ham hech qachon to‘y haqida savol bermagan. Oradan 6 yil o‘tib, juftlik yaqinlarida davrasida o‘z nikoh to‘yini Ispaniyada o‘tkazishga qaror qilgan. Ular hozirda ham baxtli oila bo‘lib, qizalog‘i Ameliyani tarbiyalamoqda.
71
3,279
Madaniyat
San Jay Yulduz Usmonovaning qo‘lini o‘pib, undan kechirim so‘radi (video)
Halima Ibragimova Instagram’ga Checheniston xalq artisti San Jay Yulduz Usmonovani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, kechirim so‘ragani aks etgan videoni joyladi. Videoda San Jay “Agar men sizni hafa qilgan bo‘lsam, meni kechirishingiz kerak” deb, Yulduz Usmonovaga atirgullar beradi hamda uning qo‘lini o‘padi. View this post on Instagram
73
346
Madaniyat
Aktyor Alan Rikman vafot etdi
Aktyor Alan Rikman vafot etdi. U 69 yoshda edi, deya xabar bermoqda Meduza. The Guardian’ning xabariga ko‘ra, aktyorning oila a’zolari uning o‘limini tasdiqlagan. Rikman saraton xastaligidan aziyat chekayotgan edi. Alan Rikman aktyorlik faoliyatini teatrda boshlagan bo‘lib, 1978-yildan filmlarda suratga tusha boshlagan, ovozlashtirish ishlarida qatnashgan. Unga asosan salbiy qahramonlarni jonlantirish ishonib topshirilgan. Alan Rikman “Chaqilmas yong‘oq” filmida. Filmdan kadr Rikmanning “Chaqilmas yong‘oq” filmidagi terrorchi Xans Gruber, “Robin Gud: qaroqchilar shahzodasi” filmidagi Nottingem sherifi rollari ancha mashhur. Yosh avlod vakillari Alan Rikmanni asosan Garri Potter haqidagi kinosaga orqali taniydi — mazkur filmlar ketma-ketligida u professor Severus Snegg rolini gavdalantirgan. Rikmanning aksariyat muxlislari aktyorning muvaffaqiyatlari asosiy omili sifatida uning nutqini ko‘rsatadi. U noodatiy tembrdan tashqari, o‘ziga xos nutq uslubiga ega edi va ingliz tilida a’lo darajada gapirardi.
29
1,019
Madaniyat
Instagram: Sherzod Bin AQShda nikoh to‘yini o‘tkazdi, Imron Durdona Qurbonovaga uylanishi haqidagi savolga javob berdi
O‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Durdona Qurbonovaga atirgullardan iborat guldasta sovg‘a qilishdi. AQShda yashovchi aktrisa Gulchehra Eshonqulova farzandlari bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Xonanda Lolaning Dubaydagi hordig‘i davom etmoqda. Shahzoda Muhammedova Abu-Dabi shahridagi “Shayx Zayd” masjididan folloverlari uchun reportaj tayyorladi. Xonanda Anvar Sobirov qizalog‘i bilan. Munisa Rizayeva yangi rasmini sahifasiga joyladi. Folloverlari uni Jennifer Lopesga o‘xshab qolganini yozib qoldirdi. Shou-biznesni tark etib, hozirda AQShda yashayotgan komik aktyor Sherzod Bin uylandi. Shahlo Ahmedova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Xonanda Imron aktrisa Durdona Qurbonovaga uylanishi haqidagi savolga javob berdi. Turk aktrisasi Maryam Uzerli ikkinchi bor ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
118
926
Madaniyat
Turk professori: Kongressning ahamiyati buyuk allomalar asarlari chet tillariga tarjima qilinib, dunyoga taqdim etilayotganida
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Toshkentda "O`zbekiston madaniy merosi – yangi renessans poydevori" V xalqaro kongressi bo`lib o`tmoqda. Turkiya Selchuk universiteti professori  mazkur kongress haqidagi taassurotlarini bo`lishdi. "Ma`lumki, o`zbek madaniy merosi ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Bugungi kunda sharq madaniy merosiga beshik aynan men uchun muqaddas diyor O`zbekiston hisoblanadi. Biroq al-Xorazmiy, al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning asarlari arab alifbosida ifoda etilgan.  O`zbekistonda "Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorrahasida" xalqaro madaniy forumi va Madaniy meros Kongressining ahamiyati ham aynan mana  shu madaniyatning rus, ingliz tillarida tarjima qilinib, dunyoga taqdim etilayotganida deb o`ylayman. O`zbekiston rahbariyatining yangi O`zbekiston va uchinchi Renessans haqidagi fikrlari nazarimda mana shu jihatlarni o`z ichiga oladi. Bugungi kunda chin ma`noda davlatingiz bu kabi tadbirlar orqali dunyoga yuz tutadi", —deydi turk professori.
126
1,022
Madaniyat
Neslihan Atagul va Kerem 2020-yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Turkiyaning “Sinemaport” sayti 2020-yilning eng yaxshi aktyor va aktrisalari hamda loyihalarni aniqladi. Bu haqda “Kinoteka” xabar berdi. Yilning eng yaxshi aktrisasi − Neslihan Atagul (“Elchining qizi”) “Elchining qizi” seriali bosh qahramoni Neslihan Atagul “Yilning eng yaxshi aktrisasi” deb e’tirof etildi. Yosh hamda mahoratli aktrisa Neslihan millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etgan turk shou-biznesining marvaridi hisoblanadi. U dunyo bo‘ylab muxlislar mehrini qozongan, hattoki tanqidchilarning ham olqishiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, ko‘plab kino mukofotlari bilan ham taqdirlangan. Uning jozibali qiyofasi, aktyorlik mahorati va samimiy tabassumi hech kimni befarq qoldirmaydi. Yilning eng yaxshi aktyori − Kerem Bursin (“Eshigimni taqillat”) “Eshigimni taqillat” seriali qahramoni Kerem Bursin “Yilning eng yaxshi aktyori” deb topildi. Mashhur aktyorlar orasida yosh, taniqli va iste’dodli Kerem turk kinematografiyasining shahzodasi hisoblanadi. U hamisha o‘z ustida ishlashni yoqtiradigan mas’uliyatli shaxs. Eng yaxshi erkak debyutant − Taner O‘lmaz Eng yaxshi erkak debyutant – “G‘aroyib doktor” serialida rol ijro etgan Taner O‘lmazga nasib etdi. Ko‘plab tomoshabinlar serialning ilk qismidanoq iste’dodli yosh aktyorning muxlisiga aylanishga ulgurgan. Eng yaxshi ayol debyutant − Ahsen Ero‘g‘li Eng yaxshi ayol debyutant – “Agentimga qo‘ng‘iroq qil” seriali qahramoni Ahsen Ero‘g‘li deb topildi. Aktrisa ilk ijrosidanoq muxlislar e’tiboriga tushib, muvaffaqiyat eshigini ochishga ham ulgurdi. Eng yaxshi komik aktrisa – Gupse O‘zay Eng yaxshi komediya aktrisasi – “Kelinlar urushi” filmidagi ijrosi bilan mukofotga loyiq deb topildi. Komediya aktrisasi, rejissor, ssenariy muallifi va o‘z sohasining muvaffaqiyatli mutaxassisi bo‘lishi uchun zamonaviy go‘zallik standartlariga javob berish shart emasligini isbotlagan ayol. Yilning eng yaxshi aktyori – Aras Bulut Iynemli (“Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza”) Turk kinoyulduzi Aras Bulut “Muhtasham yuz yil” serialida shahzoda Boyazid rolini ijro etganidan so‘ng xalqaro miqyosda mashurlikka erishgan. Yilning eng yaxshi seriali – “Chuqur” Yilning eng yaxshi filmi – “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” Yilning eng yaxshi komediyasi – “Kelinlar jangi”
95
2,223
Madaniyat
Xonanda Kamillaning yangi klipi xalqaro ELLO kanalining xit-paradida ikkinchi o‘rinni egalladi
Xonanda Kamillaning yangi “Dejavyu” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTub’edagi xalqaro ELLO kanalining TOP-10 xit-paradida ikkinchi o‘rinni egalladi. Xit-parad boshlovchisi Vadim Oleynik qayd etishicha, ikki haftadan ko‘proq vaqt mobaynida klip 134 ming marta (hozir 144 ming) ko‘rildi hamda klipga nisbatan iliq fikrlar bildirildi. “Dejavyu” – bu “Alvon yelkanlar” ertagi asosida yaratilgan sevgi va yaxshilik qissasi. Klip g‘oyasi qo‘shiq yozilgan ilk kunlardayoq paydo bo‘lgandi. Xonandaning Pomidor entertainment jamoasi tomonidan tayyorlangan ushbu yangi klipda ham animatsiyadan foydalanilgan. Shuningdek, bugun Kamillaning taniqli DJ Flextra bilan ijodiy hamkorlik namunasi – “Illyuziya” taronasining remiks turi ham taqdim etildi. Remiksni SoundCloud onlayn-platformasida tinglash mumkin.
94
808
Madaniyat
“Brigada”dagi Kosmos — Dmitriy Dyujev o‘zbekistonlik talabaning filmida suratga tushish uchun Toshkentga keldi
Rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori, rejissor, “Brigada”, “Jmurki”, “Ostrov” kabi serial va filmlarda bosh qahramon obrazini yaratgan Dmitriy Dyujev 3-fevral kuni Toshkentga keldi. Bu haqda, “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmatiga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Dyujev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi Muxlisa Azizovaning ishchi nomi “U” (“Она”) bo‘lgan filmida suratga tushadi. Azizova O‘zbekistonda 2016-yil dekabrida o‘tkazilgan PROlogue – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar festivalida sovrindor bo‘lgan edi. Filmda, Dyujevdan tashqari, Ra’no Shodiyeva va Karim Mirhodiyev ham suratga tushishi kutilmoqda. Filmni suratga olish ishlari 4—5-fevral kunlariga rejalashtirilgan. HD CINEMA kinokompaniyasi filmni suratga olish uchun “O‘zbekfilm” kinostudiyasi pavilyonida maxsus dekoratsiya barpo qilgan. Taniqli va yosh kinoijodkorlardan iborat ijodiy guruh shakllantirilgan. “Asar bugungi kun kishilarining ma’naviy olami, hayotiy maqsadlari hamda muammolarini ilgari suradi. Voqea markazida sevimli ayolining vafotidek og‘ir fojiani boshdan kechirgan inson tarixi gavdalanadi. O‘tmish xotiralari, hayotidagi qalb jarohatlari uni so‘nggi imkon sari boshlaydi”, — deyiladi “O‘zbekkino” axborotida. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
110
1,461
Madaniyat
MDH Davlatlararo gumanitar hamkorlik fondi vakillari O‘zbekiston Madaniyat vazirligida bo‘ldi
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Davlatlararo gumanitar hamkorlik fondi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurib, bir qator idora va tashkilotlarida bo‘ldi, qator muzokaralar olib bordi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy, MDH Davlatlararo gumanitar hamkorlik fondi ijrochi direktori Anatoliy Iksanov, Rossiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev, “Rossotrudnichestvo” tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari V.N.Shuliko, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi maslahatchisi A.V.Suxanovdan iborat delegatsiya a’zolari tashrif davomida O‘zbekiston Madaniyat vazirligida bo‘ldi. O‘zaro muloqotlar chog‘ida tomonlar mazkur uchrashuvning aynan Xalqaro teatrlar kunida bo‘lib o‘tayotganligining o‘ziga xos ramziy ma’nosi borligini alohida ta’kidladi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasidagi gumanitar hamda madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalasi o‘rin olgan bo‘lib, teatrlararo munosabatlarni yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Unga binoan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining Rossiyaga, Sankt-Peterburgdagi “Malirinskiy” Davlat akademik opera teatrining esa O‘zbekistonga gastrollarini tashkil etish rejalashtirildi. MDH Davlatlararo gumanitar hamkorlik fondining 2017—2018 yillarga belgilangan dasturi rejasida, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida turli madaniy uchrashuvlar, folklor-etnografik dastalarining konsertlarini o‘tkazish, ko‘rgazmalar tashkil etish o‘rin olgan. Hozirda Moskvada A.Pushkin nomidagi Davlat san’at muzeyida I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyining durdona asarlaridan iborat ko‘rgazmani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi. Shvidkoy 2017-yil navbatdagi “Hamdo‘stlik yulduzlari” hamda “Hamdo‘stlik debyutlari” kabi festivallarni o‘tkazish, ushbu forumlarda O‘zbekiston vakillarining ishtirok etishi kutilayotganligini qayd etdi. Mehmonlar tashrif doirasida V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy davlat kutubxonasida ham bo‘ldi.
93
2,242
Madaniyat
Turkiyaning mashhur aktrisalari plastik operatsiyadan avval va keyin (foto)
Turk seriallari orqali o‘zbek tomoshabinlariga tanish bo‘lib ulgurgan aktrisalar plastik operatsiyaga murojaat qilganidan so‘ng qay darajada o‘zgarganiga quyida guvoh bo‘lish mumkin. Nebahat Chehre “Muhtasham yuz yil”ning Volida Sultoni 77 yoshda bo‘lishiga qaramay, yosh aktrisalardan qolishmaydi. Eng hayratlanarlisi shundaki, 1,66 santimetrli aktrisa xuddi baland bo‘yli go‘zal xonimdek taassurot qoldiradi. Uning ajdodlarini haqiqatan ham sulton oilasiga mansub deb o‘ylash mumkin. Ammo uning nasl-nasabida bunday insonlar yo‘q va uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyati va tashqi ko‘rinishi uchun hayotiy tajriba va o‘tgan yillardan qarzdor. Aktrisa tashqi ko‘rinish borasida og‘riq va inyeksiyalardan qo‘rqqanidan har qanday tibbiy muassasalardan, shu jumladan, go‘zallik muolajalaridan qochishga harakat qilardi. Ammo baribir u estetik kosmetologlar xizmatiga murojaat qilib, lablari atrofidagi ajinlar va dog‘larni bartaraf etgan. “Men shunga o‘xshash operatsiyalarga murojaat qilishni xayolimga ham keltirmaganman, ayniqsa, soxta lablarga chiday olmayman!” – deydi u turk gazetalaridan biriga bergan intervyusida. Xande Erchel “Malikam, endi qara”, “Gunesh qizlari” va “Eshigimni qoq” seriallaridagi bosh rollari bilan tanilgan 28 yoshli aktrisa allaqachon estetik jarrohlarga bir necha bor murojaat qilgan. Aktrisa hali hech qanday operatsiyalarni amalga oshirmasdan avval modellik bilan shug‘ullangan hamda Ozarbayjondagi go‘zallik tanlovida hakamlar hay’atining e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘lgan. Plastik jarrohlik bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, u ko‘zlari shaklini o‘zgartirgan, lablarini kattalashtirib, jag‘ sohasini kichiklashtirgan. Maryam Uzerli Mahoratli aktrisa Xurram – 38 yoshli nemis-turk yulduzi ikkinchi qizini dunyoga keltirganidan so‘ng sharq aktrisalari orasida mashhurlik bo‘yicha yana birinchi o‘rinni egalladi. U haqiqatan ham go‘zallashdi, albatta, rinoplastika tufayli aktrisaning burni yanada aniq va nozik ko‘rinishga kelgan. Aslixan Guner 34 yoshli iqtidorli turk aktrisasi “Ertug‘rul” va boshqa filmdagi rollari bilan mashhur. Uzoq vaqt davomida aktrisa mashhur turk aktyori Mert Qilich bilan uchrashib, unga turmushga chiqdi. Ammo hatto muvaffaqiyatli nikoh ham uning tashqi qiyofasini to‘g‘rilash qaroriga ta’sir qilmadi: kosmetologlarning fikricha, u yonoq suyaklarini biroz torttirgan va lablari shaklini kattalashtirgan. Ammo jarrohlik amaliyoti shunchalik mahorat bilan qilinganki, uning yuzi xuddi tabiiydek ko‘rinadi. Neslihan Atagul Ajoyib aktrisa va model Neslihan 1992-yil 20-avgustda Istanbulda tug‘ilgan. U o‘zining ajoyib chiroyi uchun cherkes va belarus ildizlarining kombinatsiyasidan qarzdor. “Sevgi iztirobi” va “Elchining qizi” serialidagi rollari unga yanada muvaffaqiyat keltirdi. Aktrisa rinoplastika – burun uchini tuzatish va blefaroplastika – ko‘z qovoqlari hamda ko‘z atrofidagi hududni o‘zgartirgan Demet O‘zdemir Turkiyaning yana bir go‘zal aktrisalaridan biri Demet O‘zdemir 30 yosh bo‘lishiga qaramay bir qancha muvaffaqiyatlarga erishdi. U ko‘plab mashhur brendlarning rasmiy yuziga aylangan, mashhur musiqachilarning klipida suratga tushgan va eng taniqli turk rejissorlarining filmlari va seriallarida bosh rollarni ijro etgan. Demetning muxlislari uning samimiy maftunkor tabassumi, ajoyib aktyorlik mahorati va tabiiy plastikasi uchun sevadi. Ammo shunga qaramay, aktrisa har doim o‘zining tashqi qiyofasi ustida ishlaydi. U botoks inyeksiyalari yordamida yuzining shaklini o‘zgartirgan va iyagini biroz kichraytirgan. Birjey Akalay Aktrisa va model Birjey Akalay 2004-yilda “Turkiya go‘zali” tanlovida 3-o‘rinni egalladi. Aktrisa ham rinoplastika amaliyotini o‘tkazgan, chunki u katta burnidan, to‘g‘rirog‘i, uning uchidan norozi edi. Aytgancha, Birjey sog‘lom turmush tarziga rioya qiladi, sport bilan shug‘ullanadi va turli xil parhezlarni yaxshi ko‘radi. Beren Saat Beren aktrisalik mahoratidan tashqari chiroyli qo‘shiq kuylaydi, televideniyeda ham dasturlarni olib boradi. Ammo u hali ham kinoni shunchaki qiziqish deb biladi. Lekin aktrisaga “Ko‘sem” loyihasidagi bosh rol xalqaro miqyosida shuhrat keltirdi. Bundan tashqari, u italiyalik yulduz Monika Belluchchi bilan “Karkidonlar mavsumi” tarixiy dramasida birga ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Beren barcha turdagi parvarish mahsulotlarini yaxshi ko‘radi, lekin ko‘pincha makiyajga e’tibor qaratmaydi, kundalik hayotda u deyarli bo‘yanmaydi. U ham botoks inyeksiyalari yordamida yuzning shaklini biroz tuzatgan, shuningdek, paydo bo‘lgan og‘iz-burun burmalarni yumshatgan.
75
4,523
Madaniyat
Jeyms Kemeron “Terminator” haqida yangi trilogiya suratga olish niyatida
Amerikalik rejissor Jeyms Kemeron “Terminator” haqida yangi trilogiya suratga olish rejasi borligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “MK.ru”. Kinomatografning aytishicha, u “Terminator” franshizasining butunjahon mualliflik huquqi egasi hisoblanuvchi Devin Ellison bilan muzokaralar olib bormoqda. Bunda AQSh bozoridagi huquqlar 1,5 yilga Kemeronga o‘tadi, bu borada hamkorllik yo‘llari muhokama qilinmoqda. “Ayni vaqtda biz trilogiya yaratish niyatidamiz”, — deydi Kemeron.
72
473
Madaniyat
“Hammadan uzr so‘rayman”. Jahongir Otajonov “siyosatdan chekingani” va onasi uchun konsert bermoqchi ekanini ma’lum qildi
Jahongir Otajonov “hozircha siyosatdan chekinadi” va onasi sharafiga konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasi orqali qilgan videochiqishida ma’lum qildi — jonli efirda xonandaning onasi ham qatnashgan. 15 kun bo‘ldi, siyosiy masalada efir qilmadim. Har efir qilganimda onamning umri besh yilga kamayib ketayotgandi. Ota-onamning har kuni yig‘lab o‘tirishi menga qimmatga tushyapti. Hatto ertaga prezident bo‘lib qolsam ham ota-onamga bir narsa bo‘lsa, tatimaydi. Shuning uchun men butun jamoatchilikdan uzr so‘rayman — hozircha bu siyosatdan chekinib turaman. Butun jamoatdan, barcha vatandoshlardan, siyosatchilardan, partiyachilardan uzr so‘rayman. Hozircha bu ishni davom ettira olmayman. Ota-onamning har kuni bir o‘lib-tirilishini ko‘rish meni charchatdi. Olti oy bo‘ldi: ota-onamni ko‘ndiraman deb har kuni kurashdim. Siyosiy faoliyat oson emas ekan, bu narsa ularni juda charchatdi. Mendan rozi bo‘linglar. Bu yilgi prezident saylovida hammaga omad tilayman. Nimaiki bo‘lsa, xalq foydasiga bo‘lsin, biz duodamiz. O‘z ishimizni davom ettiramiz. Jahongir Otajonov, xonanda Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin vaqt ichida “Onam uchun” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirgan. Eslatib o‘tamiz, Jahongir Otajonov 2020-yil oxirida “sha’riyatga to‘g‘ri kelmagani uchun” san’atdan ketganini e’lon qilgan edi. Yanvar oyi boshida esa Jahongir Otajonov navbatdagi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng u rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan “Xalq manfaatlari” partiyasiga a’zo bo‘ldi, fevral oyida esa “partiya vakillari bilan bo‘lgan tushunmovchiliklar tufayli” partiyani tark etdi. May oyida sobiq xonanda Turkiyadan O‘zbekistonga qaytdi va “Erk” muxolifat partiyasi faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirayotganini bildirdi. May oyi oxirida u “BBC O‘zbek” nashriga bergan intervyusida partiya yig‘ilishi vaqtida uyiga bir guruh erkak va ayollar bostirib kirganini aytgan. Iyun oyida esa videochiqishlarining birida hujjatsiz rulga o‘tirgan ukasining mashinasini jarima maydonchasiga joylashtirib qo‘ygan ichki ishlar xodimlarini “davlat va xalq xoinlari” deb atadi, keyinroq bu so‘zlari uchun uzr so‘rab chiqdi.
121
2,192
Madaniyat
Huquqshunos, biolog, ruhshunos: jahonga mashhur san’atkorlar mutaxassisligi bo‘yicha qaysi soha vakili? (foto)
Oliy ma’lumotga ega mashhurlar muxlislarini ajablantirishi mumkin. Qizig‘i shundaki, universitetda o‘qigan ayrim san’atkorlarning ijodga mutlaqo aloqasi yo‘q. Arxeologiya, psixologiya va hatto biokimyoviy muhandislik — qiziq, shunday emasmi? Mashhurlar aslida qaysi soha bo‘yicha ta’lim olganiga qiziqsangiz, Harper’s Bazaar.kz nashri taqdim etgan ro‘yxat bilan tanishib chiqing. Koul Sprous Aktyor Nyu-York universitetining Geografik axborot tizimlari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari fakultetini tamomlagan. Shuningdek, Koul buni asosan, arxeologiya bilan bir xil ekanligini aytib o‘tgan. Dakota Fanning Aktrisa Nyu-York universitetining Ayollar tadqiqotlari fakultetini tamomlagan. Jon Lejend Ma’lum bo‘lishicha, musiqachi Pensilvaniya universitetida o‘qish uchun Garvard stipendiyasini rad etgan. U 1999-yilda afro-amerikalik adabiyotga e’tibor qaratgan holda ingliz tili bo‘yicha mutaxassislikni tamomlagan. Eshton Katcher Aktyor Ayova universitetida biokimyoviy muhandislik diplomini olgan. Eshtonning bunday mutaxassislikda o‘qish qaroriga juda ta’sirli voqea sabab bo‘lgan. U akasining yurak nuqsoni haqida ko‘proq bilishni va uni davolashni istagan. Yeva Longoriya Ajablanarlisi shundaki, Longoriya kineziologiya (inson harakatlarini o‘rganadigan fan) bo‘yicha bakalavr darajasini oldi. Keyinchalik u Chikano tadqiqotlari bo‘yicha magistrlik darajasini oldi. Chikanoslar Amerikada istiqomat qilgan meksikaliklardir. Magistr darajasini olish bilan bir qatorda, aktrisa “Umidsiz uy bekalari” teleserialida suratga tushdi. Natali Portman “Yulduzli urushlar: Yashirin tahdid” filmida rol o‘ynaganida aktrisa hali ham talaba edi. U Garvard universitetida o‘qigan. 2003-yilda Natali Psixologiya fakultetini tamomlagan. Uning ishi hatto ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kris Martin Coldplay guruhining yetakchi xonandasi London Universiteti kollejida yunon va lotin tillarida bakalavr darajasini olgan. Aynan o‘sha yerda u guruh a’zolari bilan uchrashdi va to‘satdan ijodda muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘ldi. Jerard Batler Batler Glazgo universitetida huquqshunoslik darajasini olgan. Lekin u doimiy ziyofatlar tufayli tez-tez yuridik amaliyotini o‘tkazib yubordi. Oxir-oqibat u o‘zini aktyorlikka bag‘ishlash uchun 25 yoshida Londonga ko‘chib o‘tdi. Layonel Richi Albatta, Layonel Richining musiqasisiz dunyoni tasavvur qilish qiyin. Ammo xonandaning hayoti butunlay boshqacha kechishi mumkin edi, chunki uning asli kasbi iqtisodchi. Kortni Kardashyan Universitetni tugatgan Kardashyan oilasining yagona vakili — bu Kortni. Ishonish qiyin, lekin u 2002-yilda teatr san’ati bo‘yicha ta’lim olgan. Ammo u vaqtda Kardashyanlar hali mashhur emas edi. Dueyn Jonson 1992-yilda olgan jarohati uning futbol o‘ynashiga to‘sqinlik qilganidan so‘ng, Jonson o‘qishga e’tibor qaratishga qaror qildi. U bir vaqtning o‘zida ikkita oliy ma’lumot oldi. Dueyn Mayami universitetida kriminologiya va fiziologiya bo‘yicha bakalavr darajasiga ega. Liza Kudrou “Do‘stlar” serialidagi mashhur Fibi Buffi oddiy qiz emas, balki mahoratli aktrisa. 1985-yilda Kudrou Biologiya fakultetini tamomlagan. Rebel Uilson Komik aktrisa Janubiy Uels universitetining Huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
110
3,187
Madaniyat
Munisa Rizayeva o‘zi rol o‘ynagan filmlarni tanqid qildi
19-mart kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Discovery do‘konida Munisa Rizayevaning yangi albomlari — qo‘shiqlar va konsert dasturi diski taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Sayyod.com”. Unda xonanda o‘z muxlislari hamda jurnalistlar savollariga javob berdi. Savollarga javob berar ekan xonanda o‘z ijrosidagi filmlar bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirdi. “Menga ssenariylar yoqmayapti. Bir oyda o‘nta film chiqib yotibdi, ‘Hijron’ va ‘Nafs’ filmlari o‘zimga yoqadi”, — dedi u. Muxlislari “Kichkina xo‘jayin” yoki “Salom, Natasha”-chi, deya so‘rashganida ularni “bachkana” deya qo‘l siltadi. Munisa “Hijron” va “Nafs” kabi filmlarga taklif qilishsa, jon deb suratga tushishini bildirdi.
56
691