folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Uni ko‘rganda o‘zbek qizlari o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Burak O‘zchivit 35 yoshga to‘ldi (fotomaqola)
Bugun, 24-dekabr o‘zbek kino ixlosmandlariga“Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi” ,“Choliqushi” (2013-yil) seriallari, “Mening akam” filmi bilan ma’lum bo‘lgan turk yulduzi Burak O‘zchivitning tug‘ilgan kuni. Aktyor 2019-yilning fevral oyida Toshkengta tashrif buyurgandi va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida aylanib yurgan Burakni muxlisalari o‘rab olgani aks etgan video tarqalgan. Burak Toshkentdaligi vaqtida o‘z iste’dodini qadrlovchi ayollar bilan 2,5 soatlik muloqot qilib, qariyb 380 ming dollar olgan. Shuningdek, Zo‘r TV telekanalida bir nechta ko‘rsatuvlarda ishtirok etib, o‘zbekistonlik san’atkorlar bilan suhbatlashgan. Bolalik yillari Burak O‘zchivit 1984-yilda Turkiyaning Mersin shahrida dunyoga kelgan. Otasi Byulent O‘zchivit kichik restoran egasi, onasi Jeyhan esa Burak va uning opasi Burjun tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Bolaligidan og‘ir-bosiq fe’l atvor egasi bo‘lgan Burakning eng sevimli mashg‘uloti soatlab multfilm tomosha qilish bo‘lgan. U superqahramonlarni juda ham yaxshi ko‘rgan va atrofdagilariga katta bo‘lsa, “Betmen” bo‘lishini ta’kidlagan. Keyinchalik do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish, xususan, futbol o‘ynash va sport zalda shug‘ullanishni kanda qilmagan. Maktabni bitirgach Burak Marmara universitetida tasviriy san’at va kino yo‘nalishida ta’lim olish bilan birga podiumlarda model sifatida chiqish qila boshlagan. 2006-yilga qadar Turkiyaning eng talabgir modellaridan hisoblangan. 2003-yilda 17 yoshli Burak “Turkiyaning eng yaxshi modeli” tanlovining  mutlaq g‘olibi, shuningdek,  “Dunyoning eng yaxshi modeli” tanlovida ikkinchi o‘rin sohibi bo‘lgan. Karyera O‘smirlar hayoti haqidagi “Minus 18” trilleridagi kichik ishtiroki uning aktyorlik karyerasidagi ilk roli bo‘lgan. Ushbu filmdan ko‘p o‘tmay “Oilaviy uy” kinokomediyasi, “Sotqinlik” psixologik dramasida va “Kichik sirlar” filmida rol ijro etadi. “Muhtasham yuz yil” tarixiy-biografik serialdagi Malkacho‘g‘lu Bali bey roli unga katta muvaffaqiyat olib kelgan bo‘lsa, “Choliqushi” filmining yangi talqinidagi Kamron obrazi bilan u butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Ushbu filmdan keyin u rejissorlardan suratga tushish uchun taklifni uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmagan. Chunki dunyoning turli nuqtalaridagi muxlislar Burak ishtirok etgan filmlarni qayta-qayta so‘ray boshlagan. Shundan keyin “Sevgi senga o‘xshaydi” melodrammasida ishtirok etgan. 2015-yilni esa aktyor karyerasidagi eng omadli yillardan deb hisoblasa bo‘ladi. Negaki aynan shu yili butun dunyodagi tomoshabinlar sevib tomosha qilgan, o‘zbek telekanalida “Sevgi iztirobi” nomi bilan efirga uzatilgan “Kara sevda” seriali suratga olingan. Romantik filmda Burak Neslihan Atagul bilan sevishganlar rolini ijro etib, muxlislar, ayniqsa qizlar mehriga sazovor bo‘lgan. “Sevgi iztirobi”dagi juftlikning hayotda munosabatlari qanday ekani kino tomoshabinlarini eng ko‘p qiziqtirgan savol hisoblanadi. Internetda ularning munosabatlari qay darajadaligi bilan bog‘liq mish-mishlarni-ku aytmasa ham bo‘laveradi. Fakt esa shuki, serialdagi voqelik va ekran ortidagi reallik tubdan farq qiladi. Burak va Neslihanni faoliyati bilan bog‘liq zo‘raki aloqalar bog‘lab turgan. Do‘stona boshlangan munosabatlardan keyinchalik asar ham qolmagan. Shaxsiy hayot O‘zchivit 2014-yilga qadar mashhur turk jurnalistining qizi, fotomodel Jeylan Chapa bilan jiddiy munosabatda bo‘lgan, biroq Jeylanning asossiz rashki tufayli juftlik ajrashgan. Ma’lum bo‘lishicha, Jeylanning turli gumonlar sabab suratga olish maydonchasiga bostirib kelishi, ishonmasligi aktyorni asabiylashtirgan. “Choliqushi” serialining suratga olish ishlari boshlanganda aktyor bo‘lajak rafiqasi Faxriye Evjan bilan tanishadi. “Senga o‘xshagan sevgi” melodrammasida birgalikdagi ishtiroki vaqtida ular orasida iliq munosabatlar paydo bo‘la boshlaydi. Faxriye o‘ziga yarasha qaysar fe’l-atvorga ega bo‘lishiga qaramay, Burakga nisbatan sabrli va og‘ir-bosiq munosabatda bo‘lgan. Jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda u o‘ziga yoqmagan taqdirda ham Burakning odatlariga qarshilik bildirmasligini, insonning qandayligini bilib turib tanlov qilgach, uni o‘zgartirishga urinish mantiqqa to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan. O‘zchivit oradan ko‘p o‘tmay Faxriyeni ota-onasi bilan tanishtirgan va ular 2017-yilning 29-iyun kuni turmush qurgan. Juftlik shov-shuvli marosim xohlamagan, lekin mashhur yulduzlar tantanasi shunchaki o‘tib ketmasligi aniq edi. To‘y marosimi Bosfor sohili bo‘yidagi Sait Halim Pasa villasida bo‘lib o‘tgan. Tashrif buyurgan mehmonlarning o‘sha zahotiyoq ulashgan Instagram’dagi jonli efirlari, foto va videolari juftlik muxlislari sevimli kumirlarining baxtli kuni qanday o‘tayotganini virtual kuzatishiga sabab bo‘lgan. Kelin va kuyov to‘ydan so‘ng Maldiv orollariga jo‘nab ketgan. Ular 2019-yilning 13-aprelida o‘g‘il farzandli bo‘lishdi va unga Karan deb ism qo‘yishdi. Shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydigan yosh oila farzandi dunyoga kelganidan sakkiz oy o‘tib o‘g‘lining suratini ommaga namoyish qildi. Faxriye Evjanning Instagram sahifasiga joylangan surat o‘sha kunning o‘zidayoq ommaviy axborot vositalari uchun kun mavzusiga aylandi.
99
5,099
Madaniyat
​AKTRISA ASAL ShODIEVA TADBIRKORLIKKA QO`L URDI (FOTO, VIDEO)
Asal Shodievaning Instagramdagi ijtimoiy tarmog`ida o`ziga xos dizayndagi liboslar to`plami aks etgan suratlar paydo bo`ldi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur liboslar aktrisaning g`oyasi bilan yaratilgan bo`lib, Miel (ispan tilidan olinganda Asal) brendi ostida chiqariladi. Bu haqda Asal Shodievaning o`zi Darakchi.uz nashriga shunday deydi: HAMMASI MANA ShUNDAY BOShLANGAN:
61
371
Madaniyat
“Totoro”, “Qalb”, “Luka” — original sujetga ega eng yaxshi multfilmlar (video)
Bir yarim soat yaxshi multfilm tomosha qilish kabi hech narsa kayfiyatingizni ko‘tara olmaydi. Bunday kinoterapiya sizni, albatta, tabassum qilishingizga sabab bo‘ladi. Quyida betakror sujetga ega eng yaxshi multfilmlar ro‘yxatini keltiramiz. “Mening qo‘shnim Totoro” Xayao Miyazakining qishloqdagi uyi yonida o‘rmon ruhlarini kashf etgan opa-singillar va Totoro ismli qudratli xushmuomala odam boshchiligidagi o‘rmon qo‘riqchilari haqidagi durdona asari. Asta-sekin u qizlarning do‘stiga aylanib, kundalik sarguzashtlarining asosiy qahramoniga aylanadi. “Vall-i” (2008) “Oskar” sovrindori bo‘lgan mazkur multfilmni qayta-qayta ko‘rib zerikmaysiz. Yer sayyorasini koinotga uchgan odamlar qoldirgan axlat tog‘laridan tozalab kelayotgan robot Vall-i haqidagi hikoya. Hozircha u oldinda uni yangi do‘stlar, sevgi va dunyoni qutqaradigan vazifa kutayotganini tasavvur ham qilolmaydi. “Kung-fu panda” (2008) Mehribon, beso‘naqay va yebto‘ymas Po dunyoni qutqarish uchun mo‘ljallangan Ajdaho jangchisi sifatida tanlanadi. Lekin na o‘zi, na afsonaviy jangchilar, na ustozi bunga ishonmaydi. “Yuqoriga” (2009) 78 yoshli g‘amgin Karl Fredriksen marhum xotiniga bergan va’dasini bajarish uchun uyiga minglab sharlarni bog‘lab, Janubiy Amerikaning yovvoyi tabiatiga uchib, ajoyib sarguzasht haqidagi orzusini amalga oshirishga qaror qiladi. Pixar’ning ushbu kartinasi “Oskar”ni qo‘lga kiritgan. “Tengi yo‘q janob Foks” (2009) Rejissorning eng yaxshi vizual an’analarida Ues Andersonning animatsion filmi. Ayyor tulkining tovuqxonalariga doimiy hujumlaridan charchagan g‘azablangan dehqonlar o‘z dushmanini va uning “ayyor” oilasini yo‘q qilishga hozirlik ko‘rmoqda. “Illyuzionist” (2010) Shotlandiya, 1950-yillarning oxiri va o‘zining haqiqiy sehrgar ekanligiga amin bo‘lgan qizni uchratgan keksa sehrgar. Sizni Yevropa ko‘chalari bo‘ylab sayohatga olib boradigan ajoyib sujet. “Orzular himoyachilari” (2012) Yangi yil bayrami haqidagi betakror multfilm. Yovuz ruh Kromeshnik eng qimmatli narsaga — bolalik orzulariga tajovuz qilganda, Shimoliy, Muzli Jek, Quyon, Tish parisi va Qum odam birinchi marta orzularni himoya qiluvchi jamoani yaratish va dunyoni himoya qilish uchun birlashadi. “Ralf” (2012) Ralf ismli kompyuter o‘yinidagi ikkinchi darajali qahramon zamonaviy o‘yinchoqlar olami bo‘ylab sayohatga chiqadi va Vanellope fon Keks bilan uchrashadi. Bu uning sindirishdan ko‘ra ko‘proq narsani qila olishini isbotlash imkoniyatidir. “Kuyla” (2016) Teatrni yopilishdan qutqarib, iste’dodlar namoyishini yo‘lga qo‘ygan koala Baster Mun hikoyasida yuzlab zamonaviy musiqiy hitlar mavjud. “Hayvonlar shahri” (2016) Hayvonlar shahri politsiyasida karyera qilishni orzu qilgan jasur quyon Judi Xopps va beixtiyor uning sherigiga aylangan ayyor tulki Nik Uayld haqidagi, “Oskar” mukofotiga ega chiqqan multfilm. Uni bir necha marta tomosha qilishingiz va har safar yangi ma’nolarni topishingiz mumkin. “Uy hayvonlarining sirli hayoti” (2016) Mushuk uyda yolg‘iz qolganda nima qiladi, deb hammamiz qiziqamiz. Mashhur multfilm yaratuvchilari bir vaqtning o‘zida bir nechta mantiqiy versiyalarni taklif qilishdi — mushuk muzlatkichdan mazali taomlarni yeb ko‘radi, pudel zotli it rok tinglaydi, kanareyka esa videoo‘yin o‘ynaydi. Va ularning barchasi birgalikda yovuzlikka qarshi kurashadilar. “Qalb” (2020) Pixar multfilmlaridan yana bir ajoyib kartina. Hayotning mazmuni va biz kundalik shoshqaloqlikda o‘tkazib yuboradigan muhim kichik narsalar haqidagi hikoya. “Luka” (2021) Oddiy bola qiyofasida dengiz maxluqlari odamlar dunyosini o‘rganmoqda. Betashvish bolalik haqidagi yoqimli ertak.  Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
78
3,672
Madaniyat
“Lyube” guruhining bas-gitarachisi Pavel Usanov kaltaklanganidan so‘ng shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi
Rossiyaning “Lyube” musiqiy guruhi bas-gitarachisi Pavel Usanov 19-aprel, seshanba kuni miya jarohati oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “MK.ru” xabar berdi. Usanov Moskvada noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangan edi. Og‘ir ahvolda Sklifosovskiy nomidagi institut reanimatsiyasiga yotqizilgan sozandaning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmadi. Pavel Usanov 1975-yilda tug‘ilgan. U 1996-yilda “Lyube”ning o‘sha paytdagi bas-gitarachisi Aleksandr Nikolayevning fojiali o‘limidan so‘ng guruhga qo‘shilgan edi. Bundan tashqari, Usanov “Vstrechniy boy” rok guruhining asoschisi va badiiy rahbari hisoblanadi.
102
624
Madaniyat
Xonanda Qilichbek Madaliyev qiz farzandli bo‘ldi
Marhum xonanda Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li — xonanda Qilichbek Madaliyev farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonandaning ma’muri Jamshid Isoqov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. “Ayni kunlarda Madaliyevlar oilasida juda ham katta bayram, chunki 12-fevral kuni, soat 13:00 da Qilichbek Madaliyev qiz farzandli bo‘ldi. Xudoga shukr, Qilichbekning ayoli ham, qizalog‘i ham sog‘-salomat”, — deydi Jamshid Isoqov. Yangi mehmonga Ma’suma ismi berildi. Ma’lumot uchun, xonanda 2015-yil 24-may kuni turmush qurgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
48
584
Madaniyat
​Asal Shodiyeva Instagram’dagi kuzatuvchilari soni bo‘yicha Rayhon va Loladan o‘tib ketdi
Aktrisa Asal Shodiyeva o‘zini Instagram orqali kuzatib boruvchilar soni bilan xonandalar Rayhon hamda Loladan o‘zib ketdi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”. Asal Shodiyevaning kuzatuvchilari soni 1 millionga yetdi. Rayhonning Instagram kuzatuvchilari soni 931 ming, Lolaniki esa 875 ming kishini tashkil etadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
89
382
Madaniyat
Afsonaviy Mitxun Chakraborti Toshkentda
Avval xabar qilganimizdek, kinofestivalga hind kinoyulduzi  Mitxun Chakrabortining tashrifi kutilayotgan edi. Afsonaviy kinoyulduz parvoz qilgan samolyot bugun tunda yurtimizga kelib qo`ndi.   «Disko raqqosi» filmi bilan birga  «O`yna-o`yna», «Qirol ovi» kabi kinolari bilan tomoshabinlarning ko`nglidan joy olgan san`atkor o`zbekistonlik mezbonlar tomonidan munosib kutib olindi.   Eslatib o`tamiz, 29 sentyabr kuni kinofestival doirasida Hindiston  kinosi kunlari oldidan mashhur yulduzlar bilan uchrashuvlar (soat 14:00 dan 17:00 gacha bo`lib o`tadi. Alisher Navoiy kinosaroyida (“Panorama”) o`tkaziladigan ushbu tadbirlarda  ishtirok etish bepul.
39
650
Madaniyat
Eng yomonlar uchun mukofot: “Oltin malina”ning 2017-yilgi nominantlari e’lon qilindi
“Oltin malina” mukofoti tashkilotchilari mukofotning 2017-yilgi nominantlari nomini e’lon qildi. Nominatsiyalar soni bo‘yicha (9 ta nominatsiya) rejissor Ben Stillerning “ Namunali erkak 2” filmi yetakchilikni qo‘lga olgan. Bu haqda The Hollywood Reporter’ga asoslanib, “Afisha Daily” xabar berdi. Zak Snayderning  “Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida” filmi sakkizta nominatsiya, shu jumladan, “Eng yomon film” va “Eng yomon aktyor” yo‘nalishlarida nomzod sifatida ko‘rsatildi. “Oltin malina”ning asosiy mukofotiga shuningdek, “Yengil tabiatli bobo”, “Misr xudolari” va “Mustaqillik kuni: Qayta tug‘ilish” filmlari ham da’vogarlik qilmoqda. “Namunali erkak 2” filmi. 2016-yilda “Oltin malina”ning asosiy mukofoti birdaniga ikkita film – “Kulrangning ellik xil jilosi” va “Fantastik to‘rtlik” filmlariga berilgan edi. 2017-yilda “Oltin malina” 37-marta o‘tkaziladi. Kinomatografiyadagi eng yomon natijalar uchun beriladigan ushbu mukofot 1980-yilda Jon Uilson tomonidan tashkil qilingan. “Razzi” (“Oltin malina”ning ikkinchi nomi) mukofoti sohiblari 25-fevralda, “Oskar” mukofotini topshirish marosimidan bir kun oldin е’lon qilinadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
84
1,315
Madaniyat
Do‘stlikdan muhabbatgacha bir qadam: Ikkinchi turmushidan baxtini topgan Anupam Kxer va Kirron
Bollivudning eng sevimli juftliklaridan biri bo‘lgan Anupam Kxer va Kirron Kxer haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Anupam drama maktabini bitirganidan keyin Mumbayga kelgan. U 1979-yilda turmush qurgan, ammo turmushi o‘xshamagan. Shu kabi Kirran ham biznesmen bilan oila qurgan va turmushidan o‘g‘il dunyoga keltirgan. Ular Chandigarxdagi teatrda ishlayotganda tanishishgan. Bir-biri bilan do‘st tutingan juftlik vaqti kelib munosabatlari jiddiylashishi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Kirran bergan intervyulardan birida u Anupamni yaxshi bilgani, aktyor Kirran haqida deyarli hech narsa bilmaganini ammo bu vaqtda o‘rtalarida do‘stlikdan boshqa narsa bo‘lmaganini ta’kidlagan. Aktrisa Mumbayga 1980-yilda kelgan va birinchi turmush o‘rtog‘ini uchratgan. Bir haftadan keyin turmush qurgan juftlik tez orada turmush borasida shoshilganini tushunib yetgan. Anupam va Kirran rol ijro qilish va xizmat safarlariga tashrif davomida bir-biriga iliqlik his qilgan, bilmagan holda bir-birini qattiq yaxshi ko‘rib qolishni boshlagan. Birinchi bo‘lib aktyor sevgi izhor qilgan. U Kirranning oldiga borib o‘ylashimcha, men seni sevib qoldim, degan. Aktrisa birinchi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan va aktyorga turmushga chiqqan. Tanishlari eng yaqin do‘stiga turmushga chiqqaniga ishonmagan. Qolaversa, ularning kelib chiqishi ham farqli bo‘lgan. Aktrisaning ota-bobolari feodal, oilasi esa o‘ziga to‘q bo‘lgan. Aktyor esa o‘rta, ammo baxtli oilaning farzandi, ota-onasi quvnoq va yaxshi insonlar bo‘lgan. 1985-yilda bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida teatrdagi va umumiy tanishlar ishtirok etgan. Turmushning birinchi yillari baxtli kechgan, ular oilaviy sayohat qilgan. Bu vaqtda aktrisaning birinchi turmushidan bo‘lgan farzandi kichkina bo‘lgani sabab ijodiy tanaffus qilgan, ammo aktyor xorijdagi xizmat safarlariga rafiqasi va farzandini ham olib ketgan. Hamma oilada bo‘lgani singari ularning hayotida ham muammolar kuzatilgan va bu moliyaviy krizis bilan bog‘liq bo‘lgan. Anupam prodyuserlik biznesini yo‘lga qo‘yaman deb katta pulga tushib qolgan va rafiqasi unga moliyaviy yordam berish uchun ishga qaytgan. Kirron ekranga qaytganidan keyin unga bir qancha filmlardan taklif kelib tusha boshlagan va ulardan biri “Devdas” filmi bo‘lgan. Aktyorga bo‘lgan talab esa Kirrondan kamroq bo‘lgan. Rafiqasining undan ko‘proq ishlashi va pul topishi unga xush kelmagan. Shundan keyin ular o‘rtasidagi munosabatlar darz ketgan. Ammo aktrisa bu uni kuchli qilgani, yolg‘iz yashash va sayohat qilishga o‘rgatganini ta’kidlaydi. Albatta, oson bo‘lmagan, ammo Kirron buning uddasidan chiqa olgan. “U bir-birimizga umuman mos kelmaymiz, menga tashkilotchilik va nazorat qilish xos, u esa bosiq va xotirjam. U tushlik taomidan keyin uxlashni, men esa dam olish va kitob o‘qishni ma’qul ko‘raman. Ammo biz barcha qiyinchiliklarni yenga olganmiz. Men Anupamdan romantikroq odamni bilmayman ”, — deydi aktrisa. Anupam Kirronning birinchi farzandiga haqiqiy otalik qilgan. U voyaga yetganida o‘gay otasining familiyasini olgan va u kabi aktyorlik bilan shug‘ullanishga qaror qilgan. O‘rtalarida bo‘lib o‘tgan shuncha voqeadan keyin ham Anupam va Kirron hali hamon iliq va do‘stona munosabatda.
95
3,169
Madaniyat
Lolaning Love me klipida suratga tushgan aktyor uylandi
Xonanda Lolaning Love me, Super love kabi kliplarida suratga tushgan aktyor Shohzamon Boydadayev 28-aprel kuni uylandi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi. Mazkur kliplarda Shohzamon Lolaning singlisi Asal bilan sevishganlar obrazini yaratgan. Aktyor Lolaning mazkur ikki klipidagi obrazlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozongan. Shohzamon va Mabrukaning nikoh to‘yi poytaxtdagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
55
498
Madaniyat
“Qora niyat”dagi Xalit vafot etadi, Kerem serialdan ketadi, O‘zjan Denizning yangi loyihasi. Turk kinosi yangiliklari (foto)
Turk kinosanoatining o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktyor va aktrisalari haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Kenan Imirzalio‘g‘lu va Sinem Kobal qiz farzandli bo‘ladi. Jurnalistlarning farzandini qanday nom bilan atashini so‘rab qilgan murojaatiga Kenan ism allaqachon tanlangani, ammo uni rafiqasi tomonidan ma’lum qilinsa, to‘g‘ri bo‘lishini bildirgan. “Uçankuş” jurnalida faoliyat olib boradigan Barish Agilga ko‘ra, qizga ma’nosi yorqin qizil rangni bildiradigan Lalin deb ism qo‘yiladi. Serenay Sarikaya go‘zallik markazidan chiqaverishda muxbirlar e’tiboridan chetda qolmagan. Ularning qanday go‘zallik amaliyotini bajargani haqidagi savolga shoshayotganini bahona qilgan aktrisa bu muammo haqida gapirmasligini aytib, aniq javob bermagan. Murat Yildirimning rafiqasi Iman Elbanini soch turmaklash saloni yonida kutib turgani ham diqqatdan chetda qolmagan. Aktyor Imaning Turkiyada o‘zidan boshqa hech kimi yo‘qligi sabab u bilan hamma yerda birga ekaniga oydinlik kiritgan. Ibrohim Chelikkol Instagram sahifasida yangi surat bilan bo‘lishgan va unga “Chelikollar oilasi”, deb izoh qoldirgan. Italiyada Jan Yamanga bag‘ishlab kitob chop etildi. Corriere della Sera gazetasida faoliyat yuritadigan Florianna Rullo muallifligi asosida yozilgan kitob “Jan Yaman — men seni umrbod sevaman” deb nomlangan. Italiyada sotuvga chiqarilgan kitobni 12,9 yevroga xarid qilish mumkin. Mazkur kitob aktyor haqidagi qiziqarli faktlar uning oilasi, bolaligi va talabalik yillari, shuningdek, shaxsiy hayoti va intervyularni o‘z ichiga oladi. “Qora niyat” seriali sujetida o‘zgarishlar yuz berishi kutilmoqda. Unda Talat Bulut gavdalantirayotgan Xalit Argun serialning 85-qismida vafot etadi. Birsen Aluntashning ma’lum qilishicha, Gekxan Alkan ham ssenariy bo‘yicha serialni tark etadi. “Turkiyaning Jorj Klunisi” — O‘zjan Deniz “Men seni uzoq kutdim” serialining suratga olish jamoasi bilan birgalikda Erzinjandan qaytib keldi, suratga olish ishlari Istanbulda davom etadi. Aktyor Irem Helvajio‘g‘lu bilan birga rol ijro qiladigan ushbu serial sujeti hayotiy voqealikka asoslangan. Demet O‘zdemir Italiyaning Verissimo televizion shousi mehmoni bo‘lgan.
124
2,186
Madaniyat
Instagram: Alisher Qodirovni konsertga taklif qilgan Davron Kabulov, Dili.me tug‘ilgan kunidagi syurpriz, Mirolim Qilichev oilasidagi judolik
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Yosh xonanda Afruza kuzatuvchilarining e’tiboriga yangi suratini havola qildi. Yulduz Usmonova “Ay, dunyo” deb nomlangan yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi. 27-aprel kuni Sevara Nazarxonning qizi Imon Anvar 6 yoshga to‘ldi. Xonanda ushbu sana munosabati bilan qiziga atalgan iliq so‘zlarini sahifasiga yozib qoldirdi. Mavluda Asalxo‘jayeva ayni paytda Umra ziyoratini amalga oshirmoqda. Xonanda muxlislari uchun Madina shahridan reportaj tayyorladi. Bahora Arslonova ota-onasining ra’yiga qarshi borib, o‘z istagan kasbni egallagani haqida muxlislariga hikoya qilib berdi. 27-aprel kuni el suygan xonanda Ilhom Farmonov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Xonandaning o‘g‘illari otasiga atab, birgalikda qo‘shiq kuyladi. Sitora Alimjonovaning fikricha, insonni baxtli qiladigan omillardan biri — bu tabassum qilishdir. Sardor Rahimxon qilayotgan ishlariga shubha bilan qaraydiganlarga murojaat yo‘lladi. O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori Mirolim Qilichev og‘ir judolikka uchradi. Aktyorning onasi vafot etdi. Muqaddas Sa’dullayeva jahl ustida keskin post yozgani uchun Yigitali Mamajonovdan uzr so‘radi. “Oila muqaddas, oilani asrash kerak. Onajonimga ham bizni baxtli yashashimiz yanada yashashga kuch beradi”, — deydi aktrisa. Turk kinosi yulduzi Fahriye Evjen folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. 24-aprel kuni “Million” kulgi jamoasining 2021-yildagi konsert dasturi YouTube’ga joylandi. Konsertda deputat Alisher Qodirovning mehnat muhojirlarini soliqqa tortish haqidagi fikri kulgi ostiga olingan. Ushbu sahna ko‘rinishi Alisher Qodirov e’tiboridan chetda qolmadi. U sahna ko‘rinishiga munosabat bildirar ekan, “Million”ni yanada jur’atliroq bo‘lishga chaqirdi. “Million” yetakchisi Davron Kabulov Alisher Qodirovning munosabatini Stories’ga joylab, “Deputatlarda yumorni qabul qilish hissi shakllanayotgani quvonarli” ekanligini aytib o‘tdi hamda deputatni “Million”ning may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yangi konsert dasturiga taklif etdi. 26-aprel kuni vayner, komik aktyor Dili.me 23 yoshni qarshi oldi. Vaynerning yaqinlari ushbu sana munosabati bilan unutilmas syurpriz tayyorladi.
141
2,286
Madaniyat
O‘zbekistonda dunyodagi ilk QR kodli she’riy kitob nashr etildi
Innovatsion rivojlanish vazirligi Yozuvchilar Uyushmasi hamda Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlashning innovatsion usullarini joriy etmoqda. Bu haqda “Daryo” vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi. Ana shunday innovatsion faoliyatlardan biri QR kodlar joylashgan kitoblarni chop etishdir. Shoira, o‘qituvchi Dil Bonuning ”Qalbim ko‘zgusi” nomli she’riy to‘plami QR kodlarda joylashgan audio ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan dunyodagi birinchi kitob. Kitobning har bir sahifasiga maxsus QR kod tushirilgan bo‘lib, mobil telefondagi ilova orqali muallif tomonidan o‘qilgan she’rlarni mazmunga mos musiqa ostida tinglash mumkin. Kitobdagi she’rlarning audio tarzda QR kodlarga bunday joylashtirilishi innovatsion g‘oya mahsulidir. Odatda QR kod mahsulot yorliqlarida, reklama mahsulotlarida qo‘llaniladi. Ammo QR kodli bunday shakldagi she’riy kitob dunyoning birorta mamlakatida hali yaratilmagan. Badiiy matn, xususan, she’riy asarning mazmun-mohiyati, uning poetikasi va ruhiyatini hech kim muallifdan yaxshiroq talqin etolmasligini inobatga olinsa, bunday kitobning yaratilishi axborot yetkazish va saqlashning yangi, mukammal usulini kashf etdi.Kitobning an’anaviy bosma nashri bilan audio shaklining uyg‘unlashuvi matbaa sohasida yangi imkoniyatlarning ochilishiga xizmat qiladi. Shunday usuldan foydalanib ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodik adabiyotlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalar, ensiklopedik asarlar, bibliografik nashrlarni chop etish o‘quvchilar, xususan, imkoniyati cheklangan insonlar uchun qulaylik yaratadi.
63
1,674
Madaniyat
“Istiqlol” saroyida yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
“Istiqlol” saroyida 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir va gala-konsert bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA. Mukofot sohiblari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga imtihon va test sinovlarisiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imkoniyati, “Nihol”ning maxsus statuetkasi va eng kam oylik ish haqining 70 barobari miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ldi. “Nihol” mukofotining 2015-yilgi sovrindorlari e’lon qilindi. Estrada san’ati yo‘nalishi bo‘yicha Shahzodbek Sobirjonov (Andijon viloyati), Shiraz Tursinboyev (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), Bekzod Bahromov (Namangan viloyati), Farangiz Shamsiyeva (Samarqand viloyati), Dilmurod Sultonov (Xorazm viloyati), mumtoz qo‘shiq yo‘nalishi bo‘yicha Sayyod Jo‘rayev (Buxoro viloyati), Bahodir Sayidov (Navoiy viloyati), Alisher Ahmedov (Toshkent shahri), musiqa ijrochiligi bo‘yicha Shahzod Asatullayev (Qashqadaryo viloyati), Dostonjon Mirzokarimov (Sirdaryo viloyati), opera ijrochiligi bo‘yicha Zarnigorxon Umarova, Dildora Mirsodiqova (Toshkent shahri), Iqboljon Rahmatov (Farg‘ona viloyati), Aminzoda Jumaniyozov (Xorazm viloyati), raqs san’ati yo‘nalishi bo‘yicha Sehriyo Mirzayeva (Toshkent shahri) mazkur mukofotga loyiq topildi. Ularga diplom va mukofotlar tantanali tarzda topshirildi. Tantanali kechada san’at ustalari va “Nihol” mukofotining sovrindorlari ishtirokida gala-konsert namoyish etildi.
118
1,469
Madaniyat
“Poytaxt Abdulhamid” serialini to‘xtatish uchun Turkiyaga Isroil va Yevropadan bosim o‘tkazildi
Turkiya ijodkorlari tomonidan namoyish etilayotgan “Poytaxt Abdulhamid” seriali ssenariy muallifi serial ishini to‘xtatish uchun Isroil va Yevropa davlatlaridan bosimlar bo‘lganini ma’lum qilgan. Bu haqda “Azon.uz” xabar berdi. 23-fevral kuni Istanbulda “Arab jurnalistlar uyi” jamiyati tomonidan serialning arab tomoshabinlarga ta’siri haqidagi san’at forumi tashkil etilgan. Tadbirda serial ijodkorlaridan tashqari o‘nlab jurnalistlar va yozuvchilar ishtirok etgan. Forumda “Poytaxt Abdulhamid” seriali efirini to‘xtatish uchun bosimga duch kelgani ham aytib o‘tilgan. Chunki serial Turkiya va arab mintaqasi orasidagi aloqalarni mustahkamlaydi va bu ba’zilarga yoqmasligi tayin. Shu nuqtayi nazardan serial ssenariy muallifi Salmon Kayabashning ma’lum qilishicha, Yevropa parlamenti a’zolaridan biri serialni “fashistik” deb sifatlagan va uning namoyishini to‘xtatish kerakligini aytgan. U so‘zi davomida Turkiyada eng ko‘p sotiladigan gazetalardan biri serialga qarshi maqola yozganini, shuningdek, Isroilning “Heartz” gazetasi ham shu kabi hamlani amalga oshirganini va bir qancha xalqaro gazetalar ham bunga ergashganini qayd qilgan. “Bizga qarshi o‘tkazilgan ushbu kampaniyadan keyin biz serialni yana-da professional tarzda ko‘rsatishga qaror qildik”, — deydi Kayabash. “Biz ‘Poytaxt Abdulhamid’ serialida haqiqiy tarixni ko‘rsatishga harakat qilyapmiz”, - deydi Kayabash. Serialda Mahmud poshsho rolini ijro etayotgan Hokan Boyav serialni to‘xtatish uchun bo‘layotgan bosimning sababini tushuntirib: “Mintaqamiz aholisi orasida umumiy mentalitet mavjud. Dushmanlarimiz bizni parchalab tashlashga harakat qilmoqda”, — dedi. Boyav oradagi kichkina ixtiloflarni tark etish zarurligini aytib: “Biz birgalikda harakat qilishimiz zarur. Chunki tariximiz bitta. Barchamiz bir yo‘lda yurgan yaxshi kishilarmiz”, — dedi. Eslatib o‘tamiz, Zo‘r TV telekanali orqali namoyish etilayotgan “Poytaxt Abdulhamid” seriali namoyishi o‘tgan haftada texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan.
95
1,979
Madaniyat
Tojikiston bilan doimiy ravishda qo‘shma konsertlar va festivallar o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi
Dushanbe shahrida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov hamda Tojikiston Respublikasi madaniyat vazirligining “Bazmaro” davlat muassasasi direktori Olim Akbarov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. 20-fevral kuni bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston hamda Tojikiston davlatlari o‘rtasida aynan shu sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tajribalar almashinildi. Shuningdek bir necha yillardan buyon to‘xtab qolgan madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, konsert faoliyati bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, doimiy ravishda qo‘shma konsertlar, festivallar tashkil etish borasida kelishib olindi. Shuni alohida aytib o‘tish joizki, Tojikistonlik mutaxasislar tomonidan bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Prezidentimiz tomonidan san’at, madaniyat, estrada aynan “O‘zbekkonsert” davlat muasassasiga qaratilayotgan e’tibor, berilayotgan imkoniyatlar ularda juda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ular aynan O‘zbekiston tajribasi asosida “Bazmaro” faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘yish maqsadida, Tojikiston hukumatiga taklif kiritishni aytib o‘tishdi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati
101
1,256
Madaniyat
Yangi “Cheburashka” multfilmining treyleri taqdim etildi: bosh qahramon qanchalik o‘zgargan? (video)
Central Partnership kinokompaniysasi tomonidan yangi “Cheburashka” filmining treyleri taqdim etildi. Filmda timsoh Gena o‘rniga katta quloqli qahramonning eng yaqin do‘sti xuddi shu nom bilan ataluvchi bog‘bon bo‘ladi. Bundan tashqari yangi kartinadan yomon kampir Shapoklyak obrazi olib tashlangan. Film rejissori Dmitriy Dyachenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘rniga Rimdagi shokolad fabrikasi direktori paydo bo‘ladi. Oilaviy blokbasterda rus aktyorlari Sergey Garmash, Yelena Yakovleva, Artem Bistrov, Natalya Schukina, Fedor Dobronravov rol ijro etgan. Cheburashka roli esa “Oshxona” serialidagi roli bilan tanilgan aktrisa Olga Kuzmina tomonidan gavdalantirilgan.
100
671
Madaniyat
Ekranlarda ko‘rinmay qolgan Gollivud yulduzlari (foto)
Hammaga ma’lumki, Gollivudda mashhurlikni saqlab qolish uchun yangi rollar, personajlar, obrazlarni o‘zgartirish kerak... Hech kim bir martada va bir umrga mashhur bo‘la olmaydi. Kimdir shon-shuhrat osmonida yillar davomida porlaydi, boshqalari esa ekranlardan g‘oyib bo‘ladi. Tobi Maguayr Tobi Maguayr 2002-yildan 2007-yilgacha “O‘rgimchak odamning” uchta filmida rol o‘ynagan, keyinchalik uning o‘rnini Endryu Garfild va Tom Xolland egallaydi. Shundan so‘ng Maguayr ekranlardan deyarli g‘oyib bo‘ldi. 2013-yildagina “Shovvoz Getsbi” va bir nechta muvaffaqiyatsiz filmlarda rol o‘ynadi. Hayotda ham unga omad kulib boqmadi: u noqonuniy poker klubiga aralashib qolib, rafiqasi Jennifer Meyer bilan ajrashadi. Biroq 2019-yil mart oyida u yosh model bilan birga ko‘rinish bergan, balki keyingi o‘n yil uning uchun muvaffaqiyatli bo‘lar. Teylor Lotner “Sumerki” filmida Jeykob Blek rolini o‘ynaganidan so‘ng, aktyorning kelajagi porloq ekaniga hech qanday shubha yo‘q edi. Ammo Robert Pattinson va Kristen Styuartdan farqli o‘laroq Teylor Lotnerning omadi kelmadi. Keyinchalik u o‘ynagan deyarli barcha yangi loyihalar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va kichik rollar tanilishiga imkon bermadi. “Qichqiriqlar malikasi” teleserialidagi roli muvaffaqiyatli bo‘ldi, ammo loyiha ikkinchi mavsumda davom ettirilmadi. Jessika Alba “Qora farishta”, “Gunohlar shahri”, “Fantastik to‘rtlik” va sokin hayot. Aytishlaricha, ssenariy mualliflari uni o‘z asarlari haqida yomon gapirgani uchun yoqtirmay qo‘ygan. Ammo Alba bu vaqt mobaynida turmushga chiqdi, uch nafar farzandli bo‘ldi va hozirda biznes bilan shug‘ullanadi. Ketrin Xeygl “Sevgi anatomiyasi” filmidagi Izzi Stivens rolidan keyin u Gollivudning eng yaxshi aktrisalari ro‘yxatiga kirishi mumkin edi. Lekin bu sodir bo‘lmadi. Xeygl suratga olish maydonchasidagi muammolar tufayli urushaverib, serial ijodkorlarining birinchi raqamli dushmaniga aylandi. U bir nechta muvaffaqiyatli bo‘lmagan filmlarda rol o‘ynagan va omadsiz rollari uchun bir necha bor tavba qilgan. Lindsi Lohan “Xosiyatsiz juma” va “Yomon qizlar” filmlarining muvaffaqiyati, afsuski, boshqa qaytarilmadi. Aktrisa giyohvand moddalarga berilib ketadi va suratga olish maydonchasida o‘zini juda yomon tutadi. “Kanyonlar” filmini suratga olishning birinchi kunidayoq qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini yaxshi his qilmayotganini, ertaga borishini aytadi. Lekin shu bilan qorasini ko‘rsatmaydi. U o‘z nomi bilan atalgan realiti-shou ham boshlagandi, ammo birinchi mavsumdan keyin loyiha tugatiladi. Mettyu Foks “Hayot-mamot” serialini tomosha qilgan har bir kishi Jek rolini ijro etgan aktyorni eslaydi. Aktyor keyinchalik kichik rollarda ham ko‘rinish berdi, ammo ularning nomlarini deyarli hech kim eslay olmaydi (“Imperator”, “Tomahavk”). Mettyuning aytishicha, u faqat qiziqarli ssenariylarni tanlaydi, hamma loyihalarga rozi bo‘lavermaydi. Nima ham deymiz, bu uning tanlovi.
54
2,881
Madaniyat
Avaz Oxun “Padaringga la’nat, Xitoy!” deb hazil qo‘shiq kuyladi (video)
Qiziqchi Avaz Oxun koronavirusga atab qo‘shiq kuyladi. “Azizim” deb nomlangan mashhur qo‘shiq so‘zlari va aytilish uslubidan foydalanilgan taronada kasallik ilk marta aniqlangan mamlakat — Xitoy la’natlanadi. “Atirgullar yopdi chiroy, Karantinga bo‘ldi uch oy, Seni, Padaringga la’nat, Xitoy!”, deyiladi qiziqchining qisqa qo‘shig‘ida.  “Xayr karantin, ikki oy ezding”. Yosh xonandalar karantinga atab hazil qo‘shiq ijro etdi (video)
71
433
Madaniyat
Instagram: Munisa Rizayeva bilan uchrashgan Oktay Kaynarja, Jahongir Otajonovdan yangi qo‘shiq premyerasi, Dilfuza Ismoilovadan ranjigan Shohjahon Jo‘rayev
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Ayni paytda O‘zbekistonda bo‘lib turgan turkiyalik aktyor Oktay Kaynarja poytaxtdagi restoranlardan biriga tashrif buyurdi hamda u yerda Munisa Rizayeva bilan tanishdi. Munisa Rizayevaning o‘zi esa bu holatga boshqacharoq izoh berdi. “Bravo” va “Dizayn” kulgi jamoalari muxlislariga yangi hamkorlik namunasini tayyorlamoqda. Lola Ahmedova Istanbul shahrida hordiq chiqarmoqda. 24-iyun kuni xonanda Ravshan Sobirov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Nargiza Salmonova esa Turkiyadagi bog‘ida gilos termoqda. Aktyor va rejissor Aziz Umrzoqov o‘g‘il farzandli bo‘ldi. “Setora” guruhi xonandasi Feruza Latipova atoqli san’atkorlar bilan tushgan suratlarini sahifasiga joyladi. Jahongir Otajonov san’atdan ketganini aytganidan olti oy o‘tib, yana ijodga qaytdi. Tanaffusdan keyingi birinchi qo‘shiq “Ajib dunyo” deb ataladi, tarona tez kunlarda muxlislar e’tiboriga havola etiladi. Shahzoda Muhammedova amerikalik dugonasi bilan uchrashdi. Yulduz Rajabova “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmidagi obrazi aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi. Dilfuza Ismoilova intervyularidan birida “San’atkorlarga oson, ular o‘ynab-kulib pul topadi, ularning hammasi maza qilib yashayapti”, dedi. Xonandaning ushbu fikri Shohjahon Jo‘rayevga yoqmadi. SanJay va Jasurbek Mavlonov bir-biri bilan yarashib oldi.
155
1,434
Madaniyat
Vevo videokanalida Nilufar Usmonovaning “Maktab” qo‘shig‘iga ishlangan klip premyerasi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 26-iyun kuni xonanda Nilufar Usmonovaning “Maktab” qo‘shig‘iga ishlangan klipining premyerasi nufuzli Vevo internet-resursida bo‘lib o‘tdi va Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazilgan #M2015 tanlovining yakunlari ham bugun e’lon qilinadi. Qo‘shiqning musiqasi Kyamran Silence, matni esa Yakzon tomonidan yozilgan. Maroon 5’ning Sugar qo‘shig‘i klipini to‘ylarda olganidan ilhomlanib, Nilufar Usmonovaning ijodiy guruhi 25-may kuni Toshkentdagi 145 va 96-sonli maktablarga hamda Uspenskiy nomidagi musiqa maktabidagi tantanalarga tashrif buyurdi. Klip rejissyori Great Wall Media kompaniyasi asoschisi Yassaviy bo‘ldi. Qayd etilishicha, bugun “Maktab” klipi premyerasiga bag‘ishlangan tanlov yakunlari ham chiqariladi. Tanlov shartlariga binoan, #M2015 #bolilam xeshtegi ma’nosini topib, uni #M2015 xeshtegi bilan yozish kerak edi. 29-iyun kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. G‘oliblarga Nilufar Usmonova dastxati tushirilgan futbolkalar topshiriladi.
99
986
Madaniyat
Isroilda “Yevrovideniye-2019” xalqaro qo‘shiq tanlovi boshlandi (video)
12-may kuni Tel-Avivda “Yevrovideniye-2019” xalqaro qo‘shiq tanlovi boshlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Tanlovda 41 mamlakatdan kelgan xonanda va guruhlar ishtirok etmoqda. Tanlov yarim finali Tel-Avivdagi Ko‘rgazmalar zalida 14 va 16-may kunlari, final esa 18-mayda bo‘lib o‘tadi. Isroil poytaxtida mazkur tadbir munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Shaharni tanlov o‘tadigan hafta mobaynida 20 ming politsiyachi qo‘riqlaydi.
71
451
Madaniyat
Mashhur turk oshpazi Nusret Go‘kche Londonda sof oltin bilan qoplangan 1000 dollarlik steyk tayyorlanadigan restoran ochmoqchi
Mashhur turk oshpazi Nusret Go‘kche may oyining oxirida Londonda restoran ochmoqchi. Restoranda sof oltin bilan qoplangan steyk tayyorlanadi, deb xabar bermoqda LAD Bible. Ta’kidlanishicha, oshpaz tomonidan tuzilgan menyuda “Oltin Tomagavk” bandi qo‘shilgan bo‘lib, bu 24 qirotlik tilla bilan qoplangan mol go‘shti hisoblanadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur taom narxi 1000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ma’lumki, turk oshpazi Nusr-Et nomli restoranlar tarmog‘iga egalik qiladi. Go‘kche restoranlariga mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio, fransuz futbolchisi Pol Pogba, sobiq futbolchi Devid Bekhem va boshqa yulduzlar tashrif buyurgan. Eslatib o‘tamiz, Nusret Go‘kchening 2017-yil yanvarida Twitter’da steyk pishirayotgani tasvirlangan videosi tarqalib, 48 soat ichida ikki milliondan ortiq tomosha qilganidan keyin mashhur bo‘lgan. Oshpazning steykka tuz sepish uchun qo‘lini g‘ayrioddiy tarzda ko‘targani tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. 2018-yilda oshpaz Nyu-Yorkda o‘zining birinchi steyk-hausini ochdi, shundan so‘ng uning shaxsiyatiga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Avvalroq Nusret Go‘kche Habib va Konor bilan jang qilishga tayyorligini bildirgani haqida xabar berilgan edi.  Turkiyalik oshpaz-mem Burak O‘zdemir Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ustiga qaynoq ovqatni quyib yuborishiga bir baxya qoldi (video)
126
1,334
Madaniyat
“Endi biz aysberglarni qutqaryapmiz”. “Titanik” yulduzlari yana uchrashdi
26-iyul kuni “Titanik” filmida bosh rollarni ijro etgan aktyorlar Sen-Tropeda Leonardo DiCaprio Foundation tomonidan tashkil etilgan xayriya kechasida ishtirok etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet “Titanik”dan keyin ham bir necha marta uchrashgan. Ammo aynan 2017-yili ularni yulduzga aylantirgan kartina 20 yoshga to‘ldi. “Bezorilar yana birga. Endi biz aysberglarni qutqaryapmiz”, — deb yozdi “Titanik” triosining a’zosi Billi Zeyn birgalikda tushilgan rasmga qoldirilgan izohda. Di Kaprio jamg‘armasi iqlim o‘zgarishi va ekologiyaning buzilishi muammolari bilan shug‘ullanadi. Joriy yilda u mashhurlar ishtirokidagi auksionda 30 million dollar to‘pladi.
73
695
Madaniyat
Qodirov Gollivud rejissori filmida suratga tushdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Gollivud rejissorining “Tushunmagan tushunadi” filmida suratga tushdi, deya xabar bermoqda “Snob.ru”. U o‘z Instagram’iga filmdan bir parcha joyladi. Qisqa videorolikda Qodirov qo‘lida avtomat bilan yugurib, havoga o‘q uzayotganini ko‘rish mumkin. Unga hamrohlik qilayotgan yoki uni ta’qib qilayotgan jiplardagi kishilar ham havoga o‘q otmoqda. “Bu o‘tkir syujetli kartina, uzoq muzokaralardan so‘ng unda bosh rolni o‘ynashga rozi bo‘lgan edim”, — deb yozadi Checheniston rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, filmda “jahon yulduzlarining yirik namoyandalari” suratga tushgan, unga “taniqli Gollivud filmlari muallifi” rejissorlik qilgan. Kartinani qachon ko‘rish mumkin bo‘lishi noma’lum, Qodirov aytishicha, film “tez orada” kinoteatrlar ekranlariga chiqadi.
49
792
Madaniyat
Foto: Xonanda Sevara Nazarxon farzand kutmoqda
Xonanda Sevara Nazarxon farzand kutmoqda. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan fotosurati orqali ma’lum qildi. Sevara Nazarxon hech bir izohsiz, qora libosdagi suratini Facebook’da e’lon qilgan bo‘lib, unda xonandaning homilador ekani ochiq ko‘rinib turibdi. Surat ostida fikr bildirgan Facebook foydalanuvchilari xonandani homilador ekani bilan tabriklab, unga “eson-omon qutulib olishni”, tug‘ilajak farzandga esa uzoq umr tilagan. “Ijodiy tanaffus uchun eng go‘zal sabab”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. Ma’lumot uchun, Sevara Nazarxon 2007-yili o‘z prodyuseri Bahrom Pirimqulovga turmushga chiqqan; xonandaning Deniz ismli o‘g‘li bor.
46
660
Madaniyat
O‘zbekistonlik yigitga Mercedes’ini sovg‘a qilgan reper Morgenshtern sevgan qiziga 13 ming dollarlik soat sotib oldi
Rossiyalik reper Morgenshtern 14-fevral kuni sevgan qizi Dilara Zinatullinaga narxi 13 ming dollarni tashkil qiladigan soat tuhfa qildi. Bu haqda People Talk xabar berdi. Morgenshternning “Cristal & МОЁТ” nomli qo‘shig‘i klipida chiqib ulgurgan Dilara u bilan barcha tadbir va ziyofatlarga birgalikda tashrif buyuradi. Sevgisini izhor qilish uchun xonanda Shveysariyaning Patek Philippe brendidan qimmatbaho soat sovg‘a qilishni lozim topgan. Asl ismi Alisher bo‘lgan reper sevgilisi bilan 2017-yilda ziyofatlardan birida tanishgan. Birgalikdagi ilk surati bilan Instagram sahifasida bo‘lishgan juftlik ko‘p o‘tmay munosabatlariga nuqta qo‘ygani haqida xabar tarqalgan. Ammo biroz muddatdan keyin topishib olgan juftlik vaqtini birga o‘tkaza boshlagan va Yegor Kridning tug‘ilgan kuniga ham birgalikda tashrif buyurgan. Eslatib o‘tamiz, Morgenshtern Instagram sahifasi orqali tanlov o‘tkazganida o‘zbekistonlik ishtirokchi g‘olib bo‘lgan. Shundan keyin reper Buxoroga tashrif buyurib, Mercedes avtomobilini buxorolik Azim Abdullayevga tantanali tarzda topshirgan.
116
1,065
Madaniyat
“Devdas” filmi yulduzi — aktrisa Kirron Kher suyak iligi saratoniga chalindi
Mashhur aktyor Anupam Kherning rafiqasi — 68 yoshli Bollivud aktrisasi Kirron Kher suyak iligi saratoni kasalligiga chalindi. Bu haqda aktrisaning turmush o‘rtog‘i o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. Anupam ayolining kasalligini tasdiqlagan holda, u hozir davolanayotganini hamda rafiqasi bu kasallikdan qutulib ketishiga ishonishini aytgan. View this post on Instagram Kirron Kher mahoratli Bollivud aktrisasi bo‘lib, o‘zbek tomoshabinlariga “Devdas” va “Om Shanti Om” filmlaridagi ijrosi bilan yaxshi tanish. So‘nggi yillarda aktrisa televizion realiti-shoularda hakam sifatida ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, u 2014-yilda BJP xalq partiyasiga qo‘shilgan holda siyosiy maydonga ham qadam qo‘ygan. Avvalroq Munnaboy rolini ijro etgan hind aktyori Sanjay Dattga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
76
853
Madaniyat
“Beqaror” seriali yulduzi Ebru Shahin mashhur turk basketbolchisi bilan unashtirildi
O‘zbek muxlislariga “Beqaror” serialidagi Reyyan roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktrisasi Ebru Shahin turmushga chiqmoqda. U professional basketbolchi Chedi Usmon bilan oila quradi. Bu haqda u Instagram sahifasida e’lon qilgan. Qaylig‘i uning qo‘lini so‘raganini ma’lum qilgan aktrisa o‘sha lahzalarni o‘zida aks ettirgan kadrlar bilan bo‘lishgan. Sportchi Ebruga turmush qurishni taklif qilish uchun Kappadokiyani tanlagan. Ebru tomonidan sahifasiga joylangan suratda katta brilliantli uzukni ko‘rish mumkin. Avvalroq “Ichkarida” yulduzi Chig‘atay Ulusoy aktrisa Duygu Sarishinga uylanishi haqida xabar berilgandi.
84
624
Madaniyat
Asal Shodiyevaning Miel brendidan yangi to‘plam (foto)
2017-yilda o‘zining brendiga asos solgan aktrisa Asal Shodiyeva “Bahor-yoz” to‘plamini taqdim etdi, deb yozadi MyDay. To‘plam sport uslubida bo‘lib, shimlar, maykalar va bomberlardan tashkil topgan. Aktrisa yangi kolleksiyasini yaratishda zamonaviy, yorqin, qulay va hamyonbop bo‘lishiga alohida e’tibor qaratgan.
54
314
Madaniyat
Xolida Komilova: “Asl maqsadimiz — liboslarimiz hamda dizaynerlarimizni dunyoga tanitish”
15 dekabr kuni yoshlar ijod saroyida madaniy meros haftaligi doirasida ajoyib feshn-shou o`tkaziladi. Unda taniqli dizaynerlarning mualliflik namoyishlari bo`lib o`tishi kutilmoqda. Ularning eng yaxshilariga meros haftaligining maxsus sovg`alari topshiriladi. Xolida KOMILOVA, O`zbekiston dizaynerlar uyushmasi raisi: – Feshn-shou (modalar namoyishi) asosan bizning o`zbek milliy liboslarimizga bag`ishlangan, chunki milliy liboslarimizni yanada tiklagan holda zamonaviy ko`rinishda to`plamlar yaratganmiz. Bu shouda birinchi o`rinda 6 ta hududimiz bo`yicha: Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog`iston, Surhondaryo-Qashqadaryo, Toshkent-Farg`ona tarixiy kastyumlarni ko`rsatamiz. Tadbirda tarixiy matolar va milliy dizaynda tayyorlangan to`plamlar bo`ladi va bu bizga yangi liboslarni yaratishda asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. Asosiy maqsad, milliy libosimizni zamonaviy liboslarda ko`rsatish va ushbu liboslarimizni dunyoga yoyish hamda dizaynerlarimizni dunyoga tanitish. Shouda eng ko`zga ko`ringan, professional, taniqli dizaynerlar o`z to`plamlari bilan ishtirok etadilar. Bu erda ham pret-a-porte (zamonaviy moda yo`nalishiga mos kichik hajmda chiqariladigan liboslar) hamda bashang, milliy uslubdagi liboslar ham bo`ladi. Bu liboslarning hammasida, albatta, milliylik elementlarini uchratasiz. Dizaynerlarga bizning asosiy qo`ygan talabimiz ham shunday.  Hozir pandemiya payti, odatda biz mana shunaqa tadbirlarga juda ko`p chet ellik dizaynerlarni ham jalb qilardik. O`zlari ham sayt va ijtimoiy tarmoqlardan eshitib, bunday tadbirlarga kelishardi. Ularning maqsadi, bizning madaniy merosimizni ko`rgan holda, kelajakdagi ijodiy ishlarida, to`plamlarida shu ko`rgan, o`rganganlarini qo`llashdan iborat.  Shuni ham aytib o`tish kerakki, dunyoda ko`p dizaynerlarimiz Dolche Gabbanadan tortib Roberto Kavalligacha o`zining har bitta to`plamida bizning yo matomiz yo andozamizni, yoki bo`lmasa dizaynimizni ishlatishadi.  Eng muhimi shuki, Evropadagi har bir moda haftaligi namoyishlarida albatta, bu o`zbek modasi, o`zbek dizayni deb aytib o`tishadi. Demak mana shu tadbirlarimizning ahamiyati ham shundaki, biz dunyoga o`zimizni milliy merosimiz, milliy liboslarimizni targ`ib qilyapmiz va o`tkaziladigan tadbir buning uchun yana bir imkoniyat beradi.
89
2,262
Madaniyat
Lola Eltoyeva nega reklama va kliplarda suratga tushmasligini izohladi
Aktrisa Lola Eltoyeva nega reklama va kliplarda deyarli suratga tushmasligini “Kinorama.uz” saytiga bergan intervyusida izohlab o‘tdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “Hozircha tushgan takliflarga rad javobini beryapman. Bu men klip va reklamalarda rol ijro qilmayman, degani emas. Agar har tomonlama meni qoniqtiradigan ssenariy bo‘lsa, klip yoki reklamaga tanlangan mavzu meni qiziqtirsa, kichkina epizod bo‘lsa-da, yurakni jizzillatadigan nimasidir bo‘lsa men uni ijro etaman. Kichkinagina ikki daqiqalik reklamaga ham butun boshli asarday qarayman. U butun vujudimni shunday qamrab olishi kerakki, men ijro qilgan rolimdan qoniqishim lozim. Qanday rol bo‘lishidan qat’iy nazar, ijodkor sifatida mening ochilmagan qirralarimni namoyon qilishi kerak. Mabodo shunaqa ta’sirli rol taklif qilishsa, o‘ylab ko‘rishim mumkin”, — dedi aktrisa.
70
847
Madaniyat
OAV: Braziliyada Maykl Jeksonning otasi shifoxonaga yotqizildi
Amerikalik xonanda va raqqos Maykl Jeksonning otasi Jo Jekson shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Braziliyaning Globo gazetasiga asoslanib “TASS” xabar bermoqda. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, Jekson yakshanba kuni San-Paulu shahridagi shifoxonalardan birining intensiv davolash bo‘linmasiga olib kelingan. U insultni boshidan kechirgani aytilgan. Qayd etilishicha, Jo Jekson Braziliyaga 26-iyul kuni o‘zining 87 yoshlik yubileyini nishonlash uchun tashrif buyurgan.
62
462
Madaniyat
“Allohga nima deyman, degan savol qiynadi”. Feruza Normatova hijobga kirishiga turtki bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi (video)
Aktrisa Feruza Normatova Shahzod Sultonovning YouTube-kanaliga bergan intervyusida hijobga kirishiga turtki bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi. “Turkiyaning Antaliya shahriga sayohat chiqib qoldi. O‘sha yerga borganimda infeksiya tushib, burnim shishib ketdi. O‘sha paytda menda katta-katta uchta loyiha bor edi. Bittasida bosh rolda, ikkitasida ham asosiy rollarda edim. Qaytib kelganimdan keyin syomka jarayoniga qatnay boshladim. Kadrda o‘zimga yoqmasdim, burnim juda katta ko‘rinardi. O‘zimdan soviy boshladim. Kadrdagi odam men emasdim. Rollarimdan sovib keta boshladim. Oxiri jarrohga borganimda umumiy narkoz bilan operatsiya qilamiz, deyishdi. Operatsiyaga kirishdan avval Allohdan xayr berishini so‘radim. Narkoz berishganida ko‘zimni bir ochdim va yumdim. Holatimga tushuna olmadim. Xonada yotibman, ruhim o‘zimga kirib, kirmayapti, chiqib, chiqmayapti. Azob bu. Bu narsani tushuntirish qiyin. Uyga kelganimda zalga joy solib berishdi. Zal yonidagi oshxona eshigi ochiq turardi. Ochiq eshikka qarab yotibman. Shu eshikdan hozir Azroil alayhissalom kirib kelarmikan yo tepadan kelarmikan, degan narsa o‘tdi ichimdan. Men bu holatdan o‘tib ketishimga o‘zim ham ishonmadim. Agar Alloh meni saqlab qolmaganida, bo‘ldi, ketdim, deb o‘yladim. Eshitgandim, insonlarning amali yaxshi bo‘lsa, Azroil alayhissalom ularning ko‘ziga yaxshi qiyofada, yomon bo‘lsa, yomon qiyofada ko‘rinar ekan. Men eslaganim sari o‘zimni bilganim uchun shuni o‘ylab qiynaldim. Men ular bilan ko‘rishishga tayyormanmi? Shu holatda ko‘rishamanmi, deb o‘zimdan uyaldim. Allohga nima deyman, nega dilimda bo‘lsa ham, shu paytgacha ro‘mol o‘ramadim, deb o‘ylab yotdim”, — deydi Feruza Normatova.  Ra’no Yarashevadan Feruza Normatovagacha. O‘zbek shou-biznesining hijobga kirgan vakillari (foto)
128
1,770
Madaniyat
“O‘zbekkino” AQShlik kinojodkorlar bilan hamkorlik qiladi
“O‘zbekkino” milliy agentligida AQShning Unity Productions Foundation (UPF) nodavlat fondi rahbari, kinoprodyuser va rejissor Daniel Tutt rahbarligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. UPF nodavlat fondi aqidaparastlikka qarshi kurashish, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib etishga asosiy e’tibor qaratadi. Televizion filmlar, teleko‘rsatuvlar turkumini tayyorlash bilan shug‘ullanadi. UPF’ning media va kino mahsulotlari uzoq muddatli ma’rifiy kampaniyaning bir qismi bo‘lib, u diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 1999-yilda tashkil etilgan mazkur ijodiy tuzilma tomonidan yaratilgan filmlar ikki yuz milliondan ortiq auditoriya to‘plagani bilan ahamiyatlidir. E’tiborga molik jihati, bu telemahsulotlardan bahramand bo‘lgan tomoshabinlarning aksariyati filmlar xususida ijobiy fikrlar bildirgan. Fond, shuningdek, Gollivuddagi kinosanoat mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari bilan o‘zining MOST resurs markazi orqali hamkorlik qilib, mashhur ko‘rsatuvlarning mualliflari, prodyuserlariga faktlar, tadqiqotlarni taqdim etadi. Uchrashuvda “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda mazkur ijodiy tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga oid fikr-mulohazalar bildirildi. Ikki davlat kinoijodkorlari hamkorligida kino sohasida bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Shu kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida AQSh kinoijodkori Daniel Tutt ishtirokida talabalar uchun mahorat saboqlari, ijodiy uchrashuvlar ham o‘tkazildi.
57
1,627
Madaniyat
Bryus Uillis Brodveydagi myuziklni deb Vudi Allenning filmini tark etdi
Bryus Uillis suratga olish ishlari Los-Anjelesda davom etayotgan Vudi Allenning yangi filmi aktyorlari tarkibidan chiqib ketdi. Deadline xabariga ko‘ra, aktyor boshqa loyihada bandligi sabab shu qarorga kelgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Uillis Stiven Kingning “Misery” romani asosida sahnalashtirilgan, premyerasi shu yil kuzda Brodveyda bo‘lib o‘tadigan spektaklga ko‘proq vaqt ajratishni ma’qul deb topgan. Uillis sahnada avtohalokatga uchraydigan yozuvchi Pol Sheldon rolini ijro etadi. Roman syujetiga ko‘ra, yozuvchini uning ashaddiy ixlosmandi, sobiq hamshira Enni Uilks qutqarib qoladi va uni uyiga olib kelib, zarurat bo‘lmasa ham, yozuvchini uyida saqlab o‘tiradi. Tez orada Sheldon qiz o‘zini g‘alati tutayotganini his qiladi. Endi rejissor Vudi Allen o‘z filmi uchun Uillis o‘rniga boshqa aktyor topishi hamda Uillis ishtirokidagi sahnalarni qaytadan tasvirga olishi kerak bo‘ladi. Vudi Allenning yangi loyihasi 2016-yilda katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda, hozircha uning nomi oshkor etilmayapti. Filmda Kristen Styuart, Jessi Ayzenberg, Bleyk Layvli, Parker Pouzi va boshqalar suratga tushmoqda.
71
1,114
Madaniyat
Xonanda Shakira ilk bor Jerar Pike bilan ajrashganiga izoh berdi
2022-yilning iyun oyida xonanda Shakira 12 yillik munosabatlaridan so‘ng “Barselona” himoyachisi Jerar Pike bilan ajrashishini ma’lum qildi. Ularning ajrimiga futbolchining xiyonati sabab bo‘lgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, Shakira sukunatni buzishga qaror qildi va bu mavzuga birinchi marta o‘zi izoh berdi, deb yozadi “Lisa.ru”. “Men sukut saqladim va hammasini yengishga harakat qildim. Ha, hozir bu haqda gapirish men uchun juda qiyin. Ayrilishimiz xalqning ko‘z o‘ngida yuz berdi, shuning uchun bu nafaqat menga, balki bolalarimizga ham og‘ir bo‘ldi. Paparatssilar meni uyimda 24/7 kuzatib turdi. Ulardan yashirinadigan joyim yo‘q, oddiy oiladek bog‘da ham sayr qila olmaymiz. Bilasizmi, men ajrashishimizning tafsilotlarini oshkor qilishga tayyor emasman, lekin aytmoqchimanki, men sevgimiz uchun o‘zimni va karyeramni qurbon qildim. Buning sharofati bilan farzandlarim haqiqiy onaga ega bo‘ldi. Mening ular bilan munosabatim juda ajoyib. Aytishim mumkin bo‘lgan narsaning bori shu”, — dedi yulduz. Eslatib o‘tamiz, Shakira va Jerar Pike 2010-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida tanishgan. Sobiq sevishganlar bir kunda, 10 yil farq bilan tug‘ilgan. Ular farzandi Sasha va Milan tug‘ilganiga qaramay, juftlik oilaviy munosabatlarini qonuniylashtirmagan. Ular fuqarolik nikohida yashagan.  Shakira qachonlardir Pikeni deb Argentina prezidentining o‘g‘lidan voz kechgandi: mashhur xonanda va futbolchining sevgi tarixi
64
1,432
Madaniyat
2020-yilda Kann kinofestivali o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
Nufuzli Kann kinofestivali 2020-yilda o‘tkazilmaydi. Bu haqda tashkiliy qo‘mita vakilining so‘zlariga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Fransiyada joriy etilgan favqulodda holat rejimi eng kamida 10-iyulgacha uzaytirildi. Shuning uchun kinofestivalni kuzda o‘tkazishning ham imkoni bo‘lmaydi. Kann kinofestivalini virtual tarzda o‘tkazish g‘oyasini tashkilotchilar qo‘llab-quvvatlamagan. Kinofestival uchun saralab olingan filmlar boshqa festivallar, jumladan, Venetsiyada namoyish etiladi. Kinokartinalar ro‘yxati iyun oyi boshida e’lon qilinadi.  Fransiyada karantin uzaytirildi. An’anaviy Kann kinofestivalining taqdiri nima bo‘ladi?
53
679
Madaniyat
Instagram: Dilshod Musabekov avariyaga uchradimi? Lexus’ini sotayotgan aktrisa, uyatsiz filmdagi ishtirok uchun katta pulni rad etgan aktyor
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Munisa Rizayeva sevimli xonandasi Jah Khalib’ning konsertida mehmon bo‘ldi hamda taassurotlarini muxlislari bilan bo‘lishdi. Muqaddas Sa’dullayeva farzandlari bilan “Bola tilidan” ko‘rsatuvida ishtirok etdi. Xonanda Shohruhxon shahardagi valyuta ayirboshlash bankomatlari yaxshi ishlamayotganidan shikoyat qildi. U dollarni so‘mga aylantirish maqsadida pulini bankomatga tiqqanida, apparat pulni “yutib yuborgan”. Dilnoza Kubayeva “Sizsiz o‘tmas kunlarim” spektaklidan sahnalar aks etgan suratlarni sahifasiga joyladi. Aktrisa va model Aziza Xalilova o‘ziga tegishli Lexus NX avtomobilini sotayotganini ma’lum qildi. Maryam Tillayeva Moskvada bobosi Islom Karimov haykalini ziyorat qildi. “Havas” guruhi xonandasi Qahramon G‘ulomjonov o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Azamat Ahrorov uyatsiz filmda suratga tushish taklifini olgani, katta pul taklif qilishsa ham uni rad etgani haqida so‘zlab berdi. Otabek Mirzaxolov farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Raqqosa Parizoda to‘rtinchi farzandiga homiladorligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. 27-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Dizayn” kulgi jamoasi aktyori Dilshod Musabekov avariyaga uchrab, qo‘l va oyog‘i singani haqida mish-mishlar hamda ushbu holatni aks ettiruvchi suratlar tarqaldi. Keyinroq Dilshod Musabekovning o‘zi aloqaga chiqib, soppa-sog‘ ekani, ushbu suratlar esa ko‘rsatuv syomkasidan olinganini ma’lum qildi. “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘tkazilayotgan “Yetti yulduz” konsert dasturida qaysi xonandalar chiqish qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
140
1,673
Madaniyat
40 yoshdagi debyut, saraton ustidan qozonilgan g‘alaba: “Muhtasham yuz yil” va “Zuleyha”dagi aktrisa Vahide Gerdyum haqida nimalarni bilamiz?
“Muhtasham yuz yil” serialining to‘rtinchi faslida Maryam Uzerli ijro qilgan Xurram rolini davom ettirgan Vahide Gerdyum haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Loyihaga qo‘shilganida 48 yosh bo‘lgan aktrisa muxlislar tomonidan unchalik iliq qabul qilinmagan. Maryamga o‘rganib qolgan teletomoshabinlar serialga eski Xurramni qaytishi kerakligini ta’kidlay boshlagan. Bunday salbiy munosabatlarga nisbatan Vahide og‘ir-bosiq holda yondashgan va o‘zini 29 yoshli go‘zal Maryam emasligini, Uzerlining yoshida uning ham o‘ziga yarasha chiroyi bo‘lgani va qolaversa, filmda u katta yoshdagi Xurramni gavdalantirganini bildirgan. Ammo u rol ijro qilgan yangi qismlar efirga uzatilganidan keyin muxlislar Gerdyumning ijro mahoratini tan ola boshlagan. Serialda suratga tushgan vaqtida uning kinodagi tajribasi unchalik ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, tanqidchi va teleekspertlar Vahideni eng yaxshi teatr aktrisalaridan biri ekanligini e’tirof etgan. Aktrisa 1965-yil 13-iyunda Izmirda dunyoga kelgan. Otasi yuk mashina haydovchisi, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. Maktabni tamomlaganidan keyin bo‘lajak aktrisa tasviriy san’at, keyinroq esa iqtisod bo‘yicha ta’lim olgan. Avvaliga Izmir teatrida rol ijro qilgan Vahide keyinchalik Anqara va Adanadagi teatrlarda ishlagan. Uzoq yillar davomida u dunyo klassik pyesalarida rol ijro qilgan. 2007-yilda “Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi” deb topilgan Vahide “Oltin apelsin” festivalida “Birinchi sevgi” filmida bosh qahramonni gavdalantirgani uchun eng yaxshi aktrisa deb topilgan. “Ishq ertagi” filmi uning kinodagi debyuti bo‘lgan va u vaqtda Vahide 40 yoshda edi. Shundan keyin “Yangi yil bilan, London!”, “Mening onam”, “Inqilob mashinasi”, “Zefir” filmlarida suratga tushgan. “Muhtasham yuz yil” serialida suratga tushish taklif qilinganida u darhol rozilik bermagan. Bu vaqtda Maryam Uzerli homiladorligi sabab loyihani tark etib, davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketgan. Vahide u bilan bir necha marotaba bog‘lanishga qaror qilgan, ammo u telefonini ko‘tarmagan. Uzerlining otasi telefon qo‘ng‘iroqlaridan biriga ularni boshqa bezovta qilmasliklarini aytgan javobidan keyin Gerdyum loyihada ishtirok etishga rozilik bergan. Serialda Vahidening Gerdyum familyasi yozilgan bo‘lgan, ammo 22 yillik turmushidan keyin 2013-yilda eri bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygan va Perchin familyasiga qaytgan. U “Muhtasham yuz yil”da epizodik rollardan biri Bekir og‘a rolini ijro qilgan Altan Gerdyum bilan oila qurgan edi. Ajrashishlariga qaramasdan sobiq juftlik do‘stona munosabatlarda bo‘lgan. 2011-yilda aktrisaga sut bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan va kasallik bilan kurashish uchun ijodida tanaffus e’lon qilgan. Bu vaqtda sobiq turmush o‘rtog‘i uni qo‘llab-quvvatlagan. Avvaliga mamlakatining o‘zida mashhur bo‘lgan aktrisa “Muhtasham yuz yil”dan keyin dunyoga tanilgan. Shuningdek, yapon filmi motivi asosida suratga olingan “Ona” serialidagi roli ham unga muvaffaqiyat olib kelgan. Aktrisa teatr va kinoda suratga tushishdan tashqari endigina faoliyatini boshlaganlarga aktyorlik mahoratidan dars beradi. “Ona” serialidagi rolidan keyin u “Bir kuni Chukurovada” seriali va “Eshik” filmida suratga tushgan.
141
3,144
Madaniyat
Britni Spirsning otasi qiziga vasiylik qilishdan voz kechish uchun 2 million dollar talab qilmoqda
Britni Spirsning advokati xonandaning otasi Jeymi Spirs vasiylikdan voz kech kechish uchun qizidan 2 million dollar talab qilayotganini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Jeymi bu bilan sudga sarflangan xarajatlarini qoplamoqchi. Avvalroq erkak qiziga vasiylik qilishdan voz kechishga tayyorligini ma’lum qilgan. U bunday qaror qabul qilish uchun hech qanday asos yo‘qligi — ammo o‘z farzandi bilan oshkora nizoga borishni istamasligini qo‘shimcha qilgan. Ammo hammasi boshqacharoq bo‘lib chiqqan. Spirsning advokatining so‘zlariga ishonilsa, so‘ralgan summa Jeymiga advokatlarga sarflangan mablag‘ (1,3 million dollar)ni qoplash, Britnining sobiq menejerlari xizmat haqlari (500 dollar)ni hamda shaxsiy xarajatlarni to‘lash uchun kerak. Eslatib o‘tamiz, Britni Spirs va uning otasi o‘rtasidagi sud jarayonlari bir necha yildan buyon davom etib keladi. Qo‘shiqchi 2008-yil ruhiy kasalxonaga tushganidan buyon otasining vasiyligidan qutulishga urinadi. Ayni vaqtda Jeymi qizining shaxsiy munosabatlaridan tortib moliyaviy ahvoligacha bo‘lgan hayotining barcha jabhalarini nazorat qiladi. Britni sudda kishini hayratga soladigan bir qator ko‘rsatma bergan. Qayd qilinishicha, unga o‘z mablag‘iga egalik qilish, xohishiga qarab pul sarflash taqiqlangan, u bir necha marta og‘ir mehnat qilishga majburlangan. Qo‘shimcha qilinishicha, otasi qizining farzandli bo‘lishiga ham qarshilik qiladi.
98
1,385
Madaniyat
Roli uchun chiroyini qurbon qilgan Gollivudning go‘zal yulduzlari (foto)
Gollivud aktrisalarining kutilmagan obrazda namoyon bo‘lishi ko‘p bora kuzatilgan. Quyida ularning bir nechtasini taqdim etamiz. Mishel Pfayffer “Yulduzli chang ”filmida ishlagan vizajistlar qancha urinsa ham Mishel Pfayfferning go‘zalligini berkita olmadi. Ha, Mishel qarigan kampir sifatida qayta tug‘ildi, lekin uning istarasini hatto sahna bo‘yoqlarning qalin qatlami ostida ham yashirib bo‘lmadi. Aktrisa ushbu kartinada jodugar rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan. Kristina Richchi “Penelopa” filmida Kristina Richchi tomoshabinlar oldida cho‘chqa burni bilan paydo bo‘ldi. Kartinaning sujetiga ko‘ra, Penelopaning burnini ko‘rgan malika deyarli dahshatdan hushidan ketib qoladi. Lekin aktrisa bu shaklda ham juda yoqimtoy ko‘ringan. Sharliz Teron “Monstr” dramasini suratga olish uchun Sharliz Teron qo‘shimcha vazn yig‘di va sochlarini ham o‘zgartirdi. Aktrisa film uchun dahshatli ko‘rinish hosil qilishi kerak edi. Serialda qotil rolini ijro qilgan aktrisa ijrosi uchun “Oskar” bilan taqdirlangan. Intervyuda yulduz go‘zal obrazlardan ko‘ra xunukroqlarini o‘ynashni yoqtirganini tan oldi, shuning uchun u ikkilanmasdan “Oppog‘oy va ovchilar” va boshqa filmlarda ham haqiqiy o‘zgarish mahoratini namoyish etdi. Emma Tompson  “Mening qo‘rqinchli enagam” filmida ingliz aktrisasi Emma Tompsonni tanib olish qiyin. Katta burun, chiqib turgan tish: u chindan ham unchalik yoqimtoy bo‘lmagan, ammo enaga rolini mahorat bilan ijro etgan. Ember Xerd “Zombilendga xush kelibsiz” filmida Ember Xerd odam go‘shti bilan oziqlanadigan Zombi rolini ijro etgan. Go‘zal aktrisani mohirona grimdan so‘ng darrov tanib olish qiyin. Mila Kunis Sohibjamol aktrisa Mila Kunis “Oz: buyuk va qo‘rqinchli” filmida jodugar Teodora rolini o‘ynagan. Qizig‘i shundaki, aktrisa bo‘yanish uchun ko‘p vaqt sarflamadi, chunki qahramonining kiyimlari yopiq edi va butun tanani yashil rangga bo‘yashga hojat bo‘lmadi.
72
1,898
Madaniyat
Di Kaprioning qiyofadoshi kinodagi eng taniqli obrazlarda (foto)
Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprioning rossiyalik qiyofadoshi mashhur bo‘lib bormoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”. Yaqinda Podolsk shahrida yashovchi “112” xizmati texnik ko‘mak xodimi Roman Bursev Instagram’da sahifa ochdi, u yerga o‘zining turli obrazlarda tushgan suratlarini joylab bormoqda. Nashr ushbu suratlarni haqiqiy Di Kaprio ishtirokidagi filmlardan lavhalar bilan solishtirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Di Kaprioning qiyofadoshi “Titanik” filmidagi mashhur sahnani qayta jonlantirgani xabar berilgan edi.
64
518
Madaniyat
“Transformerlar” yulduzi Shaya Labaf mastlikda janjal chiqargani uchun qo‘lga olindi
Gollivuda yulduzi, “Transformerlar” filmi bilan shuhrat qozongan Shaya Labaf Jorjiya shtatida mast holda bezorilik qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda. Aytilishicha, aktyor kechki soatlarda Savanna shahrida ushlangan. U shaharda o‘tayotgan syomkalarda ishtirok etayotgan edi. Ayni paytda u 7 ming dollar garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan. Aktyor ilgari ham bezorilik uchun hibsga olingan.
84
421
Madaniyat
Maykl Jeksonga tegishli qo‘lqop auksionda 104 ming dollarga sotildi
AQShning Texas shtatidagi auksionda Maykl Jeksonga tegishli Swarovski toshlari bilan bezatilgan oq qo‘lqop sotildi, deb yozadi The Sun. Xonandaning garderobidan olingan ushbu element 104 ming dollarga xarid qilindi. Xaridorning ismi oshkor qilinmayapti. Xaridor, shuningdek, qo‘lqopning 1998-yilda UNICEF’ga sovg‘a qilingani haqidagi xatni ham qo‘lga kiritdi. Aksessuar Maykl Jeksonning tashrif qog‘oziga aylanib ulgurgan edi. U sahnada qo‘shiq ijro etayotganida hamda kliplar suratga olish jarayonlarida ushbu qo‘lqopdan foydalangan. Intervyulardan birida Maykl Jekson ushbu bitta qo‘lqop bir juft qo‘lqopdan ham yaxshiroq ekanligini aytgan. 15 marta “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritgan Maykl Jekson 51 yoshga to‘lishiga ikki oy qolganida, 2009-yilda Los-Anjelesda vafot etgan. Xonandaning o‘limiga propofol anestetikining me’yordan ko‘p qabul qilingani sabab bo‘lgani aytilgan.
67
881
Madaniyat
Gollivud aktyori Jeyson Momoa dunyoni plastikdan qutqarish uchun mashhur sochlarini kesib tashladi (video)
Gollivudning dunyoga mashhur aktyori Jeyson Momoa o‘zining uzun sochini oldirdi. U bu haqdagi videoni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi. U dunyo bo‘ylab plastik idishlar sonini kamaytirish kerakligini aytib, o‘z g‘oyasiga qo‘shilishga chaqirdi. Yulduz yangi, qisqaroq soch turmagida ko‘rinish berdi va plastikdan ifloslanish muammolariga e’tibor qaratdi. “Hammaga salom. Sochlarni oldirish. Men u yerda hech qachon shamolni his qilmaganman. Plastik idishlardan charchadim. To‘xtashimiz kerak. Plastik vilkalar — bu axlat. Hammasi bizning yerimizga, okeanga kirib boradi. Bu juda achinarli, shuning uchun bir marta ishlatiladigan plastmassani hayotingizdan chiqarib tashlash uchun qo‘lingizdan kelganini qiling. Menga yordam bering. Yangi boshlanishlar uchun, keling, tarqataylik”, — deydi aktyor. Ma’lumki, Momoaning o‘ziga xos uzun sochlari yillar davomida uning imijining ajralmas qismi bo‘lib kelgan va yulduzning soch aksessuarlariga bo‘lgan muhabbati shunchalik kuchli ediki, u hatto o‘zining sochi uchun bog‘lamalar to‘plamidan ham voz kechdi. Momoa 2018-yilda Daily Telegraph nashriga bergan intervyusida sobiq sevgilisi Liza Bona haqida: “Sochimni kestirsam, xotinim meni tashlab ketar edi, shuning uchun sochimni kesmayman”, — degan edi.
106
1,252
Madaniyat
“Quduq” filmi premyeraoldi namoyishi bo‘lib o‘tdi
Respublika Kinochilar uyida “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi bilan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Quduq” badiiy filmining ommaviy axborot vositalari uchun premyeraoldi namoyishi va film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Ushbu film sobiq tuzum davridagi qishloq ahlining o‘ta og‘ir va murakkab hayoti haqida hikoya qiladi. Kartina bosh qahramoni Elmurod timsolida hamqishloqlariga quduq qazib, eng og‘ir yumushlarni bajarib umrini o‘tkazayotgan odamning hayotiy qarashlari turli ziddiyatli voqealar yordamida tomoshabinga yetkazib beriladi. Soddadil, ishonuvchan, oqko‘ngil bu inson barchani o‘ziga qadrdon deb biladi. Ozor yetkazgan odamlarni osongina kechirib yuboradi. Shu bois o‘ziga Lallay degan nomni orttirib olgan. Elning qudug‘ini qazib yurgan bu insonning yuragida dardi bor – to‘ng‘ich o‘g‘li og‘ir xastalikka chalinib, yurolmay qolgan. Lallay Toshkentdagi shifoxonada davolanayotgan o‘g‘lining holidan xabar olishni istaydi. Biroq qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan odamlarning ham yuzidan o‘ta olmaydi. U quduq qazish jarayonida har xil voqealarga guvoh bo‘ladi, turfa tabiatli odamlar bilan muloqot qiladi. Hayotda ko‘rgan-kechirganlarini umumlashtirib, o‘zicha xulosa chiqaradi: “Umr bo‘yi tuproq kavlash bilan andarmon bo‘lib, odamlar ko‘ksidagi ezgulik qudug‘i qurib borayotganini sezmay qolibman. Ulardan yaxshilik umidvor bo‘lib behuda urinayotganga o‘xshayman...”. Lallay bir umr o‘zi axtargan shirin suvli quduqni xonadoni yaqinidan topadi. Hayotda ko‘rgan qiyinchiliklari, boshidan kechgan sinovlar uni ana shu shirin suvli quduqqa yetaklab keladi. To‘g‘rilik, halollik, lafz, oriyat, hamiyat, mehnatsevarlik kabi chin insoniy fazilatlar haqida hikoya qiluvchi ushbu film G‘afur Shermuhammad ssenariysi asosida postanovkachi rejissyor Mansur Abduxoliqov, postanovkachi operator Umid Malikov tomonidan suratga olingan. Postanovkachi rassom – Bektosh Rajabov. Bosh rollarni Muhammadiso Abdulhayirov, Lola Eltoyeva, Abduxalil Mingnorov, Yulduz Hamidova, Farhod Xudoyberdiyev ijro etgan.
49
2,153
Madaniyat
Xonanda Munisa Rizayeva jamoat joyida niqobsiz yurgani uchun javobgarlikka tortildi
Xonanda Munisa Rizayeva karantin paytida jamoat joyida bo‘lish qoidasini buzib, niqobsiz yurgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Munisa Rizayeva 26-mart kuni Instagram’dagi sahifasiga qurilish kompaniyasi sotuv ofisiga borib, ofis xodimlari bilan niqob taqmasdan muloqotda bo‘lgani aks etgan videoni joylashtirgan. U niqobsiz yurganini alohida, katta harflar bilan yozib qoldirgan. Bu holat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Niqob taqish majburiyati hammaga emasmi, xonandalar niqobsiz yurishi mumkinmi?” qabilidagi savollarni yozib qoldirgan edi. “Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda davlat rahbari va hukumat tomonidan ishlab chiqilayotgan zaruriy choralar O‘zbekistondagi barcha fuqarolarga tegishli ekanligini ta’kidladi. O‘z navbatida Munisa Rizayeva bu holat yuzasidan izoh berib, qayta takrorlanmasligiga va’da berdi”, — deyiladi vazirlik xabarida. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2020-yil 26-martda imzolangan qonunga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu kodeksning 54-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (27-mart holatiga, 1 115 000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.  O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 3600 dan ortiq holat qayd etildi
83
1,658
Madaniyat
Bollivudning latofatli ko’rinishga ega 80 yoshdan oshgan aktrisalari (foto)
Ayol kishi hech qachon xunuk bo‘lmaydi, shunchaki yillar o‘tishi uning qiyofasida aks etib, yoshga xos o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Quyidagi aktrisalar buning isboti. Kamini Kamushal — 93 yosh Aktrisa bir vaqtlar jiyani uchun o‘z orzularidan voz kechgan. U opasining o‘limidan keyin farzandi yetim ona qo‘lida o‘smasligi uchun pochchasiga turmushga chiqqan. Kamini nafaqat ijrosi, balki inson sifatida ham e’tirofga loyiq. Aktrisa 2021-yilning yanvarida 94 yoshni qarshilashiga qaramay, hali hamon latofat va istara uni tark etmagan. Sulochana Latkar — 92 yosh Hind kinosining eng sevimli onalaridan biri hisoblangan aktrisa mazkur yozda 93 yoshni qarshiladi. Sulochana nabiralarning buvasi ekanligiga qaramay ko‘zlari hali ham yoshligidagi singari porlab turadi. Kalpana Kartik — 89 yosh Dev Anandning rafiqasi, turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin o‘zini farzandlari va nabiralariga bag‘ishlagan. U yoshiga nisbatan kichik ko‘rinishga qaramaydi, ammo bu uning maftunkorligiga ta’sir o‘tkazmaydi. Vijayantimala — 84 yosh Bollivudni zabt etgan Vijayantimala nafaqat aktrisa balki xoreograf va raqqosa sifatida ham yaxshi ma’lum. U yoshligida juda ham go‘zal bo‘lgan. Hozir ham tabassumi o‘ziga yarashadi va ko‘zlari kulib turadi. Mala Sinxa— 84 yosh Mazkur nepallik madonna 1950-yillarda millionlab hind muxlislari qalbidan joy olgan. U yaqindagina 84 yoshni qarshiladi. Ammo ko‘rinishiga qarab hech kim uni 80 yoshdan katta demaydi. Vahida Rexman — 82 yosh Guru Dattning ilhom parisi bo‘lgan aktrisa bundan 55 yil avval debyut rol ijro qilgan. Zamon o‘zgargan, lekin Vahida hali ham betakrorligini yo‘qotmagan. 30 yoshida sochiga oq tushishni boshlaganiga qaramay, boshqalardan farqli ravishda sochlarini bo‘yamagan va o‘zini boricha qabul qilgan. Ayni vaqtda sochidagi oqlar o‘ziga yarashib turadi. Xelen — 82 yil Yaqindagina 82 yoshni qarshilagan aktrisa ommaga kam ko‘rinish berishiga qaramay, u ko‘rinish berishi muxlislar kayfiyatini ko‘taradi. Xelen parhez va kosmetologik muolajalarga qiziqmaydi va tabiiy ko‘rinishni abzal biladi. Asha Parekx — 78 yosh Mazku maqola 80 dan oshgan aktrisalar haqida bo‘lishiga qaramay, latofatli Ashuni mazkur ro‘yxatga kiritmay iloj yo‘q. Aktrisa 1950-yillarda debyut rolini ijro qilgan. Asha go‘zal qarish mumkin ekanligining isboti.
75
2,288
Madaniyat
Kinochilar uyida Oybek haqidagi filmning namoyishi o`tkazildi
Bugun Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Bayram” studiyasi hamda Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti bilan hamkorlikda suratga olingan "Oybek" hujjatli filmining namoyishi bo`lib o`tdi. Namoyish avvalida ijodiy jamoa sahnaga taklif qilinib tomoshabinlarga tanishtirildi. "Xalq yuragi" turkumi ostida yaratilgan hujjatli film O`zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek hayoti va ijodiga bag`ishlangan. Film ssenariy muallifi va rejissyor Eljon Abbosov, operator Rahmatilla Yoqubov, kompozitor Rumil Vildanov, film direktori Baxtiyor Asilov.
61
580
Madaniyat
Selena Gomes o‘zining obrazi tushirilgan reklama postlarining narxini oshkor qildi
Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomes Clothes Forever — Styling Game o‘yini qahramoni o‘ziga o‘xshab qolgani uchun o‘yin yaratuvchilarini sudga berdi, deb yozadi TMZ. Gomesning ma’lum qilishicha, o‘yin yaratuvchilari uning ruxsatisiz Flare jurnali muqovasidagi suratidan foydalangan. Shuningdek, Gomes da’vo arizasida o‘zining obrazi tasvirlangan reklama postlari qancha turishini oshkor etgan — 800 ming dollar. Uning ta’kidlashicha, App Store’da o‘ziga o‘xshash qahramonga ega o‘yinning paydo bo‘lishi reklama borasidagi daromadlariga zarar keltiradi, chunki o‘yinga nisbatan ko‘plab salbiy fikrlar bildirilgan. Qo‘shiqchi yetkazilgan zarar qoplab berilishini talab qilgan va mobil dasturning savdosidan tushadigan daromaddan ulush olish istagini bildirgan. Eslatib o‘tamiz, Selena Gomes 2018-yilda ruhiy klinikaga tushib qolgan va u yerda qo‘shiqchini asab faoliyatining buzilishi oqibatlaridan davolashgan edi.
82
924
Madaniyat
Toshkentdagi Gyote-Institut “Mudrayotganlar va kanniballar” mavzusidagi filmlarni namoyish etadi
Toshkentdagi Gyote-Institutda umumiy “Mudrayotganlar va kanniballar” mavzusi ostida zamonaviy nemis filmlari namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Afisha.uz’ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda. “Mudrayotganlar va kanniballar” mavzusi ostida Gyote-Institut jami o‘nta filmni namoyish etishni rejalashtirgan. Ularning dastlabki beshtasi 2014-yilning 12-noyabridan 11-dekabriga qadar, qolganlari esa 2015-yilning 22-yanvar – 20-fevralida namoyish etiladi. Barcha filmlar ikki marta – nemis tilida, shuningdek, rus tiliga tarjima yoki ruscha subtitrlari bilan namoyish etiladi. Tomoshalar belgilangan kunlarda 18:30da boshlanadi, ularga kirish bepul. Filmlar 18 yoshlardan kattalarga mo‘ljallangan. Tomoshalar jadvali 12−13-noyabr – “Ota-onalar”, rejissyor Robert Talgeym (2014 yil) 19−20-noyabr – “Boshimiz uzra faqat osmon”, Yan Shomburg (2011) 26−27-noyabr – “Borar joy yo‘q”, Oskar Ryoler (2000) 3−4-dekabr – “Qolgan hammasi”, Gans-Kristian Shmid (2012) 10−11-dekabr – “Chegara bilmas ehtiros”, Maren Ade (2009)
96
1,007
Madaniyat
Amerikalik reper Kanye Uest prezident lavozimi uchun kurashmoqchi
Amerikalik rep-qo‘shiqchi Kanye Uest 2024-yilgi AQSh prezidenti saylovlarida qatnashish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘rib chiqayotganini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu haqda u Chikago radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. “Ha, bu 2024-yilda 100% ehtimol bilan bo‘lishi mumkin”, — dedi musiqachi. Prezident Donald Trampning ashaddiy tarafdori Uest davlat rahbari o‘rnini egallashga “urinmoqchi” emasligini, balki saylovda qatnashish haqida qaror qabul qilsa, buni aniq amalga oshirishini ta’kidladi. Uest prezident bo‘lish haqidagi rejalarini birinchi marta 2015-yilda e’lon qilgan edi. O‘shanda reper 2020-yilgi saylovlarda qatnashishini aytgandi.
65
659
Madaniyat
Xonanda Lola Shahzodaning kenja o‘g‘lini o‘z ukasi deb bilishini ma’lum qildi
“Xonanda Lolaning dadasi, taniqli prodyuser, Tarona Records kompaniyasining egasi Ravshan Yo‘ldoshev mana ko‘p yildirki xonanda Shahzodaning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Shu tufayli, tabiiyki, Lola bilan Shahzodaning munosabatlari havas qilsa arzigulik emas”, — deb yozadi “Kun.uz”. Lola oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, Anora va Asal ismli ikki singlisi va Rustam ismli ukasi bor. Lola Instagram’da o‘z muxlislari bilan suhbatda Shahzodaning to‘ng‘ich o‘g‘li Solihni “ukasi deb bilmasligi”, balki dadasining Shahzodadan ko‘rgan o‘g‘li Xolidni ukasi deb bilishini ta’kidlagan: “Solih bizning ukamiz emas, Xolid bizning ukamiz”, — deb yozgan xonanda. Shu bilan birga Lola ijtimoiy tarmoqda dadasi va ukasining qo‘l berib tushgan rasmini joylashtirib, unga quyidagicha izoh qoldirgan: “Rasmda dadam va ukam Rustam. Bizning oilada ota-onamiz bizni doim har bir masalada qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ular bizga tanlash huquqini bergan. Mustaqil qarorlar qabul qilishga va o‘z xatolaridan uyalmaslikka o‘rgatgan. Ukam uylanishga va dunyoning narigi chekkasidan o‘z sevgilisini olib kelishga qaror qilganda, otam uning qo‘lini siqib, qo‘llab-quvvatladi. Biz sevgi tarafdorimiz”.
77
1,173
Madaniyat
Koronavirusdan 12 kunda tuzalgan Muqaddas Xoliqova, Sitora Farmonova oilasidagi og‘ir judolik. Instagram’dan daraklar
23-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Tohir Saidov film suratga olish jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram AQShda yashovchi o‘zbekistonlik san’atkorlar Feruza Latipova hamda Otabek Mahkamov uchrashdi. View this post on Instagram “Agar men sizga yoqmasam, bu normal holat, hammaning ham didi yaxshi emas”, — demoqda Rayhon. View this post on Instagram Halima Ibragimova va Shahzoda Muhammedova yangi loyihada hamkorlik qiladi. View this post on Instagram O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova 12 kun deganda koronavirusni yengib, kasalxonadan uyiga qaytdi. Bu haqda uning qizi Zebiniso Xoliqova o‘z sahifasida ma’lum qildi. Luiza Rasulova sharsharalar yonida ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Hind aktrisasi Karina Kapur uchun eng muhim insonlar jam bo‘lgan surat. View this post on Instagram Aktrisa Sitora Farmonovaning oilasi og‘ir judolikka uchradi. Uning tog‘asi vafot etdi. View this post on Instagram Istanbul shahrida suratga olinayotgan serialda suratga tushayotgan aktrisa Rayhon Ulasenova jonli efir orqali muxlislari bilan muloqot qildi hamda O‘zbekistonni juda sog‘inganini aytib o‘tdi. View this post on Instagram
117
1,418
Madaniyat
“Menga oyoq kiyim olib bergan qo‘shnilarimning to‘yida tekin xizmat qilyapman”. “Million” jamoasining sobiq vakili Shahlo Zoirova og‘ir o‘tgan bolaligi haqida (video)
“Million” jamoasining sobiq, “Milliy Art” kulgu jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Intervyu davomida Shahlo Zoirova qiyinchiliklarga to‘la bolaligi haqida gapirib berdi. Bolaligimda oyoq kiyimga pulim yetmagan, iqtisodiy jihatdan qiynalgan vaqtlarimizda qo‘shnilarimiz oyoq kiyim olib berardi. Qo‘shnilarim “Ol, Shahlo, bu senga, kiyib yuraver” der edi. Onam ko‘z yosh qilib, “Sizga buning pulini qanday qaytarib beramiz” deganlarida, qo‘shnilarimiz “Olavering, bu sizga, qizingizga”, deb hattoki pulini ham so‘ramas edi. Hozir endi shunaqa vaziyat bo‘ldiki, ulg‘ayganimdan so‘ng ularning to‘ylarida bir so‘m pul olmasdan, beminnat xizmat qilaman. “Menga pulingiz kerak emas, o‘shanda bizga juda ko‘p yaxshilik qilgansiz, ko‘ksimizdan itarmagansiz”, deya ularning qaysiki yaxshi kuni bo‘lsa xolajon, tog‘ajon deya xizmatlarida bo‘laman. Bu hayotda hech narsa besabab bo‘lmas ekan. O‘tgan kunlarimga behisob shukrlar qilaman. Shahlo Zoirova, “Milliy Art” jamoasi a’zosi
166
1,073
Madaniyat
Yaponiyalik rejissor Berlin xalqaro festivalida O‘zbekistonda suratga olingan filmni taqdim etadi
Yaponiyalik rejissor Kiyosi Kurosava “Berlinale—2019” xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekistonda suratga olingan filmni taqdim etadi. Bu haqda Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Kadr: You Tube Film “Dunyo chekkasida” (Tabi No Owari Sekai No Hajimari) deb nomlanadi. Festival Berlin shahrida 9—14-fevral davomida bo‘lib o‘tadi.
97
389
Madaniyat
Bred Pitt Anjelina Joli bilan ajrashishni nima sababdan paysalga solayotgani ma’lum bo‘ldi
Gollivud aktyorlari Bred Pitt va Anjelina Jolining haligacha rasman ajrashmaganiga ularning o‘rtasidagi iliq tuyg‘ular sabab emas, deb yozadi “Tengrinews”. Yulduzli juftlikning o‘zaro munosabatlariga 2016-yilning sentabrida putur yetgan edi. Biroq Bred va Anjelina haligacha rasmiy ravishda er-xotin hisoblanadi. Qayd etilishicha, nikohni bekor qilish jarayonining cho‘zilishiga oilaning ko‘chmas mulklari, xususan Fransiya janubidagi Shato Miraval manzilgohi sabab bo‘lmoqda. Er-xotin uzumzorga ega ushbu ko‘chmas mulkni hali nikohdan o‘tmasidan ya’ni 2009-yilda 60 million dollarga sotib olgan edi. “Anjelina Breddan ushbu ko‘chmas mulkni sotib, pulining yarmini o‘ziga berishini talab qilmoqda. Biroq Bred bunday qilishni istamayapti. Bred hududdagi binolarni ta’mirlashni va uzumchilik va zaytun yog‘i ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni yoqtiradi. U hosilni shaxsan o‘zi nazorat qiladi va merosni saqlab qolishni istaydi”, — deyiladi xabarda.
90
951
Madaniyat
"O`zbekkonsert" badiiy kengashi Shahlo Ahmedova va Jasur Umirovning kliplarini rad etdi
“O`zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi Qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Kengashda 10 nafar xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko`rib chiqildi. Bu haqda muassasaning matbuot xizmati xabar beradi. Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Lola Axmedovaning “Erka desam”, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yuldashevaning Ozarbayjon tilida kuylangan “Man bir ayri”, xonanda Xurshid Rasulovning “Yoshligimga qaytgim keladi”, xonanda (Shahzoda) Zilola Musaevaning “Jajji qizaloq” hamda xonanda Navro`z Sobirovning “Bu tuproq” deb nomlangan qo`shiqlariga ishlangan kliplari muhokama etilib, ushbu ijrochilarga kliplardagi ba`zi juz`iy kadrlarni to`g`rilash sharti bilan efirga uzatish uchun tavsiya berildi. Xonanda Shahlo Axmedova ijro etgan “Indama” qo`shiq matni she`riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, “oldi-qochdi” jumlalardan iboratligi, unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda milliy mentalitetimizga mos bo`lmagan, ma`naviyatimizga zid xatti-harakatlar, “ommaviy madaniyat”ni targ`ib qiluvchi raqslar aks etganligi bois ushbu klip rad etildi. Xonanda Hadicha Qurbonova ijro etgan “Yolg`iz qiz” qo`shig`iga ishlangan videoklip to`liq nihoyasiga etmaganligi hamda musiqasini milliy cholg`ular asosida boyitish kerakligi tushuntirildi. Xonandaga klipni tayyor holda navbatdagi Kengashga topshirilishi ma`lum qilindi. Xonanda Jasur Umirov ijrosidagi “Xo`rlandi yurak” qo`shig`iga ishlangan videoklipda kompyuter grafikasidan o`rinli foydalanilmaganligi, qo`shiq matni mazmunan sayozligi va videoklipdagi ayrim o`rinsiz kadrlar olib tashlanishi lozimligi ijodkorga tushuntirilib, ushbu klip rad etildi. Xonanda Nodir Niyozov tomonidan ijro qilingan “Ona” qo`shig`i matni yaxshi yozilgani e`tirof etilib, klipdagi tushunarsiz kadrlarga e`tiroz bildirildi. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilgandan so`ng, xonandaning videoklipi Badiiy Kengashda qayta ko`rib chiqiladigan bo`ldi. Xonanda Elvira Yusupova (“Ko`k choy” guruhi) ijro etgan “I love you, Bukhara” qo`shig`iga ishlangan videoklipdagi ayrim juz`iy kamchilik ya`ni yigit tomonidan qizni ko`tarish raqsi olib tashlash tavsiya etildi. Xonanda tomonidan joyida to`g`rilanganligi uchun ruxsat berildi. Kengash a`zolari tomonidan xonandalarga qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplardagi qo`shiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g`oyaviy-badiiy darajasiga alohida e`tibor qaratishini, shuningdek, odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati va tashqi ko`rinish madaniyatiga zid bo`lgan xatti-harakatlar qilishi hamda ma`naviyatga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi, tomoshabinlarning his-tuyg`ularini haqorat qiluvchi holatlarning oldini olishga e`tibor qaratishi lozimligi tushintirilib kelinmoqda.
87
2,775
Madaniyat
“Ko‘sem” serialidagi Safiya Sulton—Hulya Avshar Turkiyadagi orolni sotib oldi
Taniqli turk aktrisasi Hulya Avshar Ayvalikdagi 55 million liralik (7 million dollar) orolni sotib oldi. Bu haqda turk OAV xabar berdi. Qayd etilishicha, aktrisa orolni qizi Zehraga olib bergan. Aktrisaning aytishicha, bir necha yillardan buyon orol egalari bilan muzokara olib borayotgan edi. Orol anchagina qimmat bo‘lsa ham, uni sotib olish orzusidan voz kecha olmagan. Avshar orolda tennis kortlari va dam olish zonalarini qurishni rejalashtirmoqda. Uning aytishicha, bu uning hayotidagi eng omadli xarid. Ma’lumot uchun, Hulya Avshar reytingi baland bo‘lgan ko‘rsatuvlarning boshlovchisi, xonanda, shuningdek, o‘zbek tomoshabinlariga “Muhtasham yuz yil: Ko‘sem” serialidagi Safiya sulton obrazi bilan tanilgan aktrisa hamdir. U bir necha marta xalqaro tanlovlarda eng yaxshi aktrisa va xonanda sifatida e’tirof etilgan.
77
826
Madaniyat
“Qasoskorlar: Final” 2019-yilning eng ko‘p foyda keltirgan filmi bo‘ldi
Deadline nashri 2019-yilda katta ekranlarga chiqarilgan eng kassabop filmlar ro‘yxatini tuzdi. Hisob-kitoblar jarayonida filmning kassadan olgan sof foydasi inobatga olindi. Hosil bo‘lgan summadan jurnalistlar ishlab chiqarish budjeti, reklama va boshqa xarajatlarni chiqarib tashlagan. 25 ta filmni o‘z ichiga olgan ro‘yxatning birinchi o‘rnini 2019-yilda ijodkorlarga 890 million dollar sof foyda keltirgan “Qasoskorlar: Final” filmi egalladi. Qo‘rqinchli filmlar eng serdaromad janrlardan bo‘lib qolmoqda. Buning sababi ularning kam budjet asosida suratga olinishi. Jordan Pilning “Biz” filmi o‘tgan yili eng ko‘p daromad keltirgan qo‘rqinchli film bo‘ldi. Film ijodkorlari 119 million dollar sof foyda ko‘rgan. “Yulduzlar jangi”ning to‘qqizinchi epizodi yangi trilogiyaning eng qimmat budjetga ega qismi bo‘ldi. Uning budjeti 275 million dollarni tashkil etdi. Bunga qaramay Jey Jey Abramsning kartinasi Disney’ga bor yo‘g‘i 300 million dollar foyda keltirdi. “O‘rgimchak odam: uydan uzoqda” 2019-yilda Sony kinostudiyasiga eng ko‘p daromad keltirgan film bo‘ldi. Sikvel ijodkorlarga 339 million dollar foyda keltirdi. To‘rtinchi o‘rinni “Joker” 437 million daromad bilan zabt etdi. Ushbu summaning yarmi Warner Bros’ning hamkorlariga tegishli. Shuningdek, rejissor Todd Fillips ham 70 million dollar oladi. Eng serdaromad filmlar reytingining kuchli beshtaligiga “Kapitan Marvel”, “Qirol sher”, “Muzyurak 2” hamda “Qasoskorlar: Final” filmlari kirdi.  Kun topilmasi: Qora mushuk ishtirokidagi “Taxtlar o‘yini”, “Matritsa” va “Qasoskorlar” (video)
71
1,552
Madaniyat
Asilbek Negmatov endi kuylamasligini ma’lum qildi
Xonanda Asilbek Negmatov “Sayyod.com” saytiga murojaat qilib, boshqa kuylamoqchi emasligi haqidagi xabarni chop etishni iltimos qilgan, deb xabar beradi “Uz24.uz”. Xonanda o‘z qarorini quyidagicha izohlagan: “Bu piar emas, shunchaki tinchlik va normal hayot tarzini istayapman. Uy muhitiga moslashgan odamman, bedor tunlaru tinimsiz safarlar bilan betartib turmush tarzi ketyapti. Oddiy ish, uy va tinchlikni xohlayman. Boshqa sohada ishlayman, 2 ta nonga odamni qorni to‘yadi, dabdabaga intilmaganman. Tinchlik-xotirjamlikning o‘zi katta baxt”. Asilbek san’at sohasidan charchaganini ham qo‘shimcha qildi. “Bu soha meniki emas ekan, bu qarorga allaqachon kelishim kerak edi. Ha, balki havas va xobbidir, ammo men charchadim.... Estradaga chiroyli kirdim va chiroyli ketishni istayman”, — deb xonanda so‘zini yakunladi. Saytning qayd etishicha, Asilbek Negmatov o‘zining ajabtovur raqsga tushishi bilan o‘zbek estradasida tanilgan edi. U Asilbek Amanulloh taxallusi bilan ijod qilayotgan edi.
49
993
Madaniyat
Kamberbetch yomon sovg‘alarni qanday qabul qilishni ko‘rsatdi (video)
Britaniyalik mashhur aktyor Benedikt Kamberbetch befoyda sovg‘alarga ularni taqdim qilayotgan do‘stlarni ranjitmasdan qanday reaksiya bildirish haqida hikoya qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”. Aktyorning ta’kidlashicha, sovg‘a qidirish uchun do‘stlar vaqt va pul sarflaydi. Ko‘pincha sovg‘aga yurakni yoki qandaydir fikrni joylaydi. Agar odam so‘nggi daqiqada sovg‘a haqida eslab qolsa, bu ham fikr. Aktyor qanday qilib yomon yoki befoyda sovg‘aga reaksiya bildirishni ko‘rsatgan. Video mualliflari aktyorga ichida kitoblar, shamlar, futbolka, paypoqlar va boshqa mayda narsalar bo‘lgan qutilarni tayyorlagan. Kamberbetchning qayd etishicha, yomon sovg‘a uni oluvchiga zarar yetkazmaydi, salbiy munosabat esa sovg‘ani beruvchi bilan munosabatga putur yetkazishi mumkin.
69
776
Madaniyat
Shahzodaning “Shunchaki” taronasiga ishlangan klip muxlislar e’tiboriga havola etildi (video)
7-avgust kuni Shahzodaning “Shunchaki” taronasiga ishlangan videoklip muxlislar e’tiborga havola etildi. Bu haqda Popcorn.uz xabar bermoqda. Sarvar va Komil mazkur taronaning so‘zi va musiqasini tayyorlashda, shuningdek, videoklipni suratga olish ishlarida ishtirok etdi. Klip “BenoMedia” studiyasi ijodkorlari tomonidan tayyorlandi. Video g‘oyasi Shahzodaning o‘ziga tegishli. Shaxsan Shahzoda o‘zining navbatdagi videosini tayyorlashga jiddiy yondoshib, professionallar bilan hamkorlik qildi. Sarvar va Komil ssenariyni kadrda tomoshabinga yetkazish uchun operator Behzod Po‘latov bilan hamkorlik qildi. Shahzod Po‘latov suratga olingan videoni montaj qildi. Klip yuqori sifatli kadrlari bilan tomoshabin e’tiborini tortadi. Lekin eng asosiysi klip syujeti bo‘lib, u tomoshabinda butun bir film tomosha qilgandek tasavvur uyg‘otadi. Video turli kutilmagan qaltis voqealarga, ta’sirchan kadrlarga boy. Rejissyor Akrom Shohnazarov yosh aktyorlar jamoasi — Ziyoda Qobilova, Jamshid Isoxodjayev, Shohruh Hamdamov va Bahrul Qurbonov bilan ishladi. Aktyorlar jamoasi hali professional darajaga erishmagan bo‘lsa-da, lekin topshirilgan vazifani, ya’ni murakkab sahnalarni ham mahorat bilan ijro etgan. Videoda nafaqat syujet qismiga, balki trek qismiga ham asosiy e’tibor qaratilgan, ya’ni bu tasvirlar ham mutlaqo o‘zgacha yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Turli hissiyotlar, ichki kechinmalar Shahzodaning nigohlarida aks etadi. Shahzoda ijodidagi eng shov-shuvli va ta’sirchan klip aynan mazkur video bo‘lishi kutilmoqda. Videoda qahramonlar dialogi, turli ovozli effektlar ham qo‘llanilgan bo‘lib, barcha dublyaj ishlari “BenoMedia” ijodkorlari tomonidan tayyorlandi.
93
1,670
Madaniyat
“Bir umrga bog‘langanmiz”. “Titanik” yulduzi Keyt Uinslet filmdagi partnyori Leonardo Di Kaprio bilan uch yil deganda uchrashdi
1997-yil “Titanik” filmida suratga tushayotgan vaqtida tanishgan aktrisa Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio pandemiya sababli uch yil davomida bir-biri bilan ko‘risha olmadi. Aktyorlar ikkalasi ham Los-Anjelesda bo‘lgandagina uchrashishga muvaffaq bo‘ldi. Uinslet o‘sha paytda o‘zini yig‘idan to‘xtata olmaganini so‘zlab berdi va filmdagi partnyorini “hayotining yarmi” deb bilishini aytdi. “Biz o‘z mamlakatimizni tark eta olmadik, – deydi Keyt Uinslet The Guardian nashriga. – Dunyodagi ko‘plab do‘stlar kabi biz ham pandemiya tufayli bir-birimizni sog‘indik. U mening do‘stim, juda yaqin do‘stim. Biz bir umrga bog‘langanmiz”.
127
630
Madaniyat
Toshkentda oilaviy ahillik mavzusidagi “Xonadon egasi” filmi taqdim etildi
Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Xonadon egasi” badiiy filmining ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun premyeraoldi namoyishi va kartina ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Yozuvchi Erkin A’zam ssenariysi asosida yaratilgan ushbu film xalqimizda oila azaldan muqaddas sanalib, tarbiya va ma’naviyat maskani ekani, undagi ahillik, hamjihatlik, ma’naviy muhitning barqarorligini saqlash milliy fazilatlarimizning ajralmas qismini tashkil etishi haqida hikoya qiladi. Film bosh qahramoni – Zuhriddin ota tabarruk yoshdaligi va tibbiy ko‘makka muhtojligiga qaramay, tinib-tinchimaydi. Lekin xonadoni xotirjam va osoyishta emasligi otaxonni bezovta qiladi. Mo‘may pul topayotgan o‘g‘illaridan birining takabburligi oiladagi ma’naviy muhitni ichidan darz ketkazgan, aka-uka, opa-singillar o‘rtasiga shubha va nifoq solgan. O‘zbekona samimiyatga yo‘g‘rilgan filmda har qanday vaziyatda ham oilaning muqaddas qo‘rg‘on ekani hayotiy voqealar orqali tomoshabinga mahorat bilan yetkazilgan. Ayni paytda kartina tomoshabin, ayniqsa, yoshlarni oila posboni bo‘lgan ota-onani e’zozlash va qadrlashga undaydi. Filmning postanovkachi rejissyori O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev. Postanovkachi operator – Sultonmurod Mirzaahmedov. Filmda O‘zbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Xayrulla Sa’diev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mahmud Ismoilov, Fatxulla Ma’sudov, Lola Eltoyeva, Ra’no Shodiyeva rol ijro etgan.
74
1,565
Madaniyat
Odiljon Abduqahhorov rasman “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2017-yil 1-dekabrdagi buyrug‘iga asosan Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda. Odiljon Abduqahhorov mehnat faoliyatini “Kamolot” YoIH Namangan viloyat bo‘limi Kengashida boshlagan bo‘lib, keyinchalik Respublika “Kamolot” YoIH Markaziy Kengashi apparatining bir qancha mas’ul lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2012-yildan “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi (sobiq “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi) Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i, 2017-yilning oktabr oyidan esa “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
87
772
Madaniyat
O‘zbekistonlik dijey Roger Gunn Minorayi kalonda navbatdagi musiqiy to‘plamini taqdim etdi (video)
Poytaxtlik dijey Roger Gunn – Sarvar Po‘latov Buxorodagi Minorayi kalonda tasvirga olingan musiqiy klipini taqdim etdi, deb yozadi “Afisha.uz”. Videotasvirda zamonaviy musiqa va tarixiy meros birlashtirildi. Dijey bu bilan nafaqat o‘zining iste’dodini namoyish etdi, balki sayyohlar e’tiborini mamlakatning diqqatga sazovor joylariga ham qaratdi. Sarvarga ushbu musiqiy to‘plamni yaratishda O‘zbekistonning tarixiy maskanlarini ko‘rsatish fikri turtki bo‘lgan. Dijeyning so‘zlariga ko‘ra, bu hamma uchun qiziqarli bo‘lishiga shubha qilmagan. Shuningdek, bu vatanining g‘ayrioddiy joylarini sayyohlarga namoyish etish imkoniyatini beradi. “Biz jamoamiz – Abror Ismoilov, Tim Yeliseyev va Shahriyor Qurbonovlar ushbu g‘oya bilan Turizm va sport vazirligiga murojaat qildik va ijobiy javob oldik. So‘ngra zudlik bilan yo‘lga chiqdik, ammo bizni bir qancha qiyinchiliklar kutayotganini bilmas edik”, – deydi dijey. Musiqiy to‘plam davomiyligi, taxminan, 25 daqiqani tashkil etadi. Ammo tayyorgarlik uchun ko‘proq vaqt ketgan. Bundan tashqari, klipni suratga olish jarayonida minorada kuchli shamol bo‘lgan va natijada ishlash qiyin kechgan. Hattoki stolni shamol uchirib yuborgan va dron harakatlanishi oson bo‘lmagan. Eslatib o‘tamiz, dijey yaqinda Toshkent teleminorasida  o‘z musiqiy to‘plamini taqdim etgan. Uning bundan avvalgi videosi orqali muxlislar nafaqat musiqadan, balki Chimyon tog‘larining go‘zalligidan ham bahramand bo‘lgan edi.
98
1,441
Madaniyat
Ledi Gaga pardozsiz tushgan suratini Instagram’ga chiqardi
Muxlislari hashamatli liboslarda va haddan tashqari ko‘p kosmetika vositalari surilgan holda ko‘rishga o‘rgangan 28 yoshli amerikalik xonanda Ledi Gaga o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida pardozsiz holda tushgan suratini chiqardi, deb xabar bermoqda “7days.ru”. Ledi Gaga pardozsiz holda to‘shakda yotgan suratiga “Dam olish kuni. Men uyqusiraypman” deya izoh bergan. Ushbu fotosuratni ko‘rgan qo‘shiqchining ba’zi muxlislari u pardozsiz yaxshiroq ko‘rinishini qayd etgan. Asl ism-sharifi Stefani Joann Anjelina Jermanotta bo‘lgan xonanda o‘zining yangi albomini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilayotgan turneda qatnashayotgani ma’lum qilingan.
58
661
Madaniyat
Floyd Meyvezerni kinoga chorlashmoqda
Floyd Meyvezerning Andre Bertoga qarshi yaqinda o‘tkaziladigan olishuvidan so‘ng, bokschi faoliyatini yakunlashi haqida ovozalar tarqaldi. Shu bois hozirdan Floydni suratga olish maydoniga chorlayotgan kinostudiyalar soni ko‘paydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. “O‘tgan hafta kinoda rol ijro etish yuzasidan 3 ta jiddiy taklif oldik. Floyd o‘z faoliyatini shou-biznesda davom ettirsa ajab emas. Ishonavering, u buni a’lo darajada uddalaydi”, — deya takidlagan Meyvezerning yordamchisi Leonard Ellerbi. Bokschida teleekranlarda ko‘rinish berish tajribasi bor, u oldinroq “Yulduzlar bilan raqslar” shousida ishtirok etgandi.
37
638
Madaniyat
Anjelina Joli Yekaterina II haqidagi filmda bosh rolni ijro etadi
Amerikalik aktrisa Anjelina Joli Rossiya imperator ayoli Yekaterina II va graf Potyomkin o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi filmda bosh rolni ijro etadi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda. Aktrisa britaniyalik tarixchi Saymon Sebag Montefiorening Buyuk Yekaterina haqidagi asari asosida film suratga olish huquqini sotib olgan. “Anjelina aynan mening kitobimni tanlaganidan xursandman, chunki bu mening birinchi asarim. Yekaterina — juda feministik qahramon”, — deya qayd etdi tarixchi. Montefiorening ishonch bilan qo‘shimcha qilishicha, Anjelina Joli Yekaterina rolini ijro etishni qoyilmaqom tarzda uddalaydi.
65
618
Madaniyat
Amersfort konslageridagi o`zbek asirlari qahramonligi haqidagi hujjatli film suratga olinmoqda
Samarqandda Ikkinchi Jahon urushi davrida yuz bergan tarixiy voqealar haqida hikoya qiluvchi hujjatli kinoasarni suratga olish ishlari boshlandi.   Mazkur film 1941 yilda Smolensk ostonasida asir tushgan va Gollandiyaning Amersfort konslageriga jo`natilgan 101 nafar o`zbek o`g`loni haqida hikoya qiladi.  Yigitlarni nasistlarning g`oyaviy rahnamolaridan biri Gebbelsning shaxsiy topshirig`iga binoan, nemis askarlari “yovvoyi xalqlar” bilan qanday kurashayotgani haqidagi targ`ibot filmini suratga olish uchun tayyorlashadi. Gitlerning Sovet Ittifoqini yashin tezligida bosib olishga qaratilgan rejasi barbod bo`lgach, ushbu asar nemis askarlarining tushkun ruhini ko`tarishi, raqiblarning “qanchalik nochor va insoniylikdan yiroq” ekanligini ko`rsatishi lozim edi.   Ana shu maqsadda nasistlar 101 nafar o`zbekistonlik asirni tanlab olishdi va ularga ma`lum vaqt mobaynida ovqat berishmadi. Nemislarning suratga olish guruhi etib kelganida, ochlikdan sillasi qurigan o`zbek asirlarining oldiga bir buxanka nonni irg`itishadi. Ularning nazarida asirlar bir burda non uchun bir-birini g`ajishga tayyor turishi kerak edi. Ammo, hammasi boshqacha tus oladi.   O`zbek asirlari sharqona odatga ko`ra, nonni teng bo`laklarga taqsimlab,  bir-birlariga uzatishdi.   Nemislar bunday g`azabga mindi. Asirlarni rosa tepkilashdi, keyin esa, otib tashlashdi. Shu tariqa Gebbelsning vahshiyona rejasi yo`qqa chiqdi.   Suratga olinayotgan filmning asosiy g`oyasi ana shu tarixiy fakt yordamida o`zbek xalqining mardligi, tantiligi, bag`rikengligini ko`rsatishan iborat. Bu tarixiy voqeani gollandiyalik jurnalist Remko Reyding 20 yildan beri tadqiq qilib keladi. U ayni paytda O`zbekistonga tashrif buyuorib, insonparvarlik va qahramonlikni tasvirlovchi ushbu kinoasarni suratga olish  jarayonida ishtirok etmoqda.   Amerfort lagerida halok bo`lgan 101nafar yigit frontga Samarqand viloyatidan borgani taxmin qilinmoqda. Shu bois, loyiha “O`zbekkino Milliy agentligi tomonidan gollandiyalik kinematograflar bilan hamkorlikda, Samarqand viloyatida hokimlikning moliyaviy ko`magida amalga oshirilmoqda. “O`zbekiston Respublikasi Prezidkenti Shavkat Mirziyoev  Oliy Majlisga yo`llagan murojaatnomasida mamlakatimizda o`zbek xalqining urush yillarida ko`rsatgan jasoratini abadiylashtirish borasida keng ko`lamli ishlar olib borilayotganini qayd etdi – deydi “O`zbekkino” Milliy agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov.  – Aminmanki, o`zbek va golland kino ustalari hamkorligida xalqimizning milliy ruhi, o`zbek asirlarining insoniyligi, qahramonona xatti-harakatlari yaqqol ochib beriladi”. “Loyihaning bosh maqsadi urushning asl qahramonlari xotirasiga  munosib ehtirom ko`rsatishdan iborat, - deydi gollandiyalik jurnalist Remko Reyding. – Hamkorlikdagi  izlanishlarimiz natijasida ushbu botir jangchilarning nomlari tiklanishi  va ularning yaqinlari  topilishiga astoydil umid qilamiz”.
94
2,872
Madaniyat
Tamilaning prodyuseri behayo videolar sabab u bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Kuni kecha, 28-yanvar kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida xonanda Tamila ishtirokidagi ikki behayo videorolik tarqaldi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. Birinchi videorolikda bankadan nimadir ichib o‘tirgan xonandadan uni videoga olayotgan erkak kishi “Tamila yulduz bo‘lguniga qadar kim bo‘lgan?” deb so‘raydi. Tamila esa bunga javoban ensasini qotirib o‘rnidan turadi va nojo‘ya harakatlar qila boshlaydi. Ikkinchi videorolikda esa deyarli kiyimsiz Tamila katta yo‘l o‘rtasida nojo‘ya xatti-harakatlar qilayotgani tasvirlangan. Videorolikdagi haqiqatan ham Tamila yoki u emasligini aniqlash maqsadida “Sayyod.com” u bilan bog‘langan. Tamila birinchi videorolikdagi o‘zi ekanligi, ikkinchi videodagi qahramon esa u emasligini aytib o‘tgan va “Bunga hech qanday izoh bera olmayman” degan. Vaziyatga xonandaning prodyuseri Najot Agzamov quyidagicha izoh bergan: “Biz chuqur shokdamiz. Shaxsan o‘zim bugun barcha efirlarga uni promosini to‘xtatish haqida murojaat qildim va ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasiga ham o‘zim bu mavzu haqida xabar berdim. Ochig‘i men Tamila uchun judayam uyatdaman. Hammaning oldida uyatga qoldik. Uni bunday taraflarini men va prodyuserlik markazimiz xodimlaridan birortasi bilmagan ekanmiz va albatta bilganimizda u bilan ishlamasdik. Avval tarqalgan va Tamila deya gumon qilingan suratlarda u emasligini tasdiqlovchi ekspertiza xulosasini Tamila olib kelganini ko‘rgandim. O‘sha suratlarda u emasligiga jamoamiz bilan ishongandik. Bugundan boshlab Tamila bilan hamkorlikni yakunlaymiz. Unga insof tilab qolamiz. Essiz unga ketgan harakat va mehnatim”. “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov bu mavzu yuzasidan choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.
73
1,713
Madaniyat
Taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilov qizini uzatdi (video)
Taniqli so‘z ustasi, qiziqchi Shukurullo Isroilov qizi Mushtariybegimni turmushga uzatdi. Qiz bazmi hamda kelinni ota uyidan kuzatish jarayoni aks etgan video Shukurullo Isroilovning Instagram’dagi sahifasiga joylashtirildi. View this post on Instagram Videoda so‘z ustasi qiziga baxt tilab, turmushda uchrab turadigan turli vaziyatlarda og‘ir bosiqlik bilan, sabr-bardoshli bo‘lishni, ahil va inoq yashashni, qaynata va qaynanasining hurmatini joyiga qo‘yishni tilagani aks etgan. View this post on Instagram  Mirzabek Xolmedov o‘g‘li Ulug‘bekni uylantirdi (video)
61
597
Madaniyat
“Tangem” o‘zi ishtirokidagi 3 mln dollarlik yangi serialni O‘zbekiston xalqiga sovg‘a qildi
O‘zbekistonning Koreyadagi turistik brend elchisi, mashhur “Saroy javohiri” teleserialidagi Tangem roli ijrochisi Li Yon E o‘zi ishtirokidagi yangi serialni O‘zbekistonga hadya qildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida aktrisa Li Yon E hamda GroupEight kompaniyasi raisi Byong Jun Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda aktrisa butun dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq pandemiya sabab aprel oyida O‘zbekistonga kela olmasligini afsus bilan qayd etib, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat normallashganidan so‘ng prodyuser Byong Jun Song bilan, albatta, mamlakatga tashrif buyurishini ma’lum qilgan. Aktrisa O‘zbekistonning boy madaniy merosi va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgani, shuningdek, mamlakat turistik brendini targ‘ib qilishda davom etishini alohida ta’kidlagan. Uchrashuv davomida Li Yon E O‘zbekiston xalqiga o‘zi bosh rolni ijro etgan “Saimdan, rang-barang xotiralar” nomli teleserialini hadya qilgan. Aktrisa ushbu serial ayni damda aksariyat vaqtini uyda o‘tkazayotgan O‘zbekiston aholisiga vaqtni mazmunli o‘tkazishiga yordam beradi, — deya umid bildirgan. “Davlat rahbari tashabbusi bilan xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning turizm elchisi lavozimiga chet ellik mashhur siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanib kelmoqda. Bunday shaxslarning turizm targ‘ibotiga jalb qilinishi yurtimizga keladigan xorijiy sayyohlar oqimini oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlardagi turistik brend elchilarining hozirgi pandemiya sharoitida O‘zbekiston va uning xalqiga bunday e’tiborni namoyon etishi, albatta, tahsinga sazovordir”, —  deydi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov. Ma’lumot uchun, “Saimdan, rang-barang xotiralar” Janubiy Koreyaning 30 seriyali dramasi bo‘lib, koreyalik mashhur musavvir, xattot va shoira Shin Saimdan (1504—1551) hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Koreya respublikasining 50 000 von nominalli eng yirik banknotasida uning tasviri aks ettirilgan. Mazkur serial 2017-yilda Janubiy Koreyaning “SBS” telekanalida efirga uzatilgan. Shundan so‘ng Xitoy, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Tailand va boshqa mamlakatlar telekompaniyalari uni o‘rtacha 3 million AQSh dollari evaziga translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan.  2018-yilda suratga olingan koreys serialida koronavirus tarqalishi prognoz qilingani aniqlandi (video)
91
2,487
Madaniyat
Alisher Uzoqov nima uchun to‘yga chiqmasligini ma’lum qildi (video)
Aktyor, rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Intervyu Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida Alisher Uzoqov  birrov xizmatlarga chiqqani, bir kunda ikkita ko‘ngilsiz holat bo‘lgani va to‘yga chiqayotgan xonandalarga haykal qo‘yish kerakligi haqida gapirdi. “Birrov” xizmatlariga juda zo‘r chiqardim. “Nahotki”ni aytardim, ortidan “Tundan tonggacha”ning soundtreklarini aytardim. Uch-to‘rtta qo‘shiq aytib, chiqib ketardim. Juda yaxshi narxga chiqardim. (Kulib). Hozir ham chiqsam, yaxshigina narx qilib qo‘yaman. 2009—2010-yillar atrofida to‘ylarga chiqardim. “Birrov” xizmatimning narxi 400-500 dollar atrofida edi. Meni ko‘pincha valsga chaqirishar edi. Unda “Nahotki”, “Oshiq yurak” kabi qo‘shiqlarimni aytardim. To‘yda odamlar sizga yetib qoladi-da. Bilasizmi, san’atkor qayerdadir baribir sirligicha qolaverishi kerak. Kuniga to‘rtta to‘yga chiqsangiz, to‘yda 500 tadan odam bo‘lsa, ikki mingta odam har kun sizni ko‘ryapti. Bu degani 10 kunda 20 ming, bir oyda 60 mingta odam ko‘radi degani. Bizda to‘ylarimizda katta-katta artistlarni ham xo‘rlashganini, kaltak yeyishganini ham eshitganmiz. Oxirgi chiqqan to‘yimni eslayman. Bir kunda ikkita voqea bo‘lgan. To‘yda ashula aytib turganimda bir odam bolasini ko‘tarib oldimga keldi. Bolachasining qo‘liga 500 so‘mmidi yoki 200 so‘mmi pul turibdi. Pul qistiryapti, to‘yga kelgansan, kim bo‘lishidan qat’i nazar, pulni olasan baribir, artistsan, olasan. Hamma syomka qilib turibdi, meni ham monitorda katta qilib ko‘rsatib turibdi. Anavi bolacha qo‘lini uzatib, pulni berayotganida qo‘limni cho‘zishim bilan pulini tortib oldi. Juda xijolat bo‘lib, yuragim shuv etdi. Juda mashhur vaqtlarim edi. Bu holat qattiq ta’sir qildi. U to‘yxonadan chiqib, “Tekstilniy” tomondagi boshqa to‘yxonaga kirdim. Sho‘x ashula aytib turibman, hamma o‘ynab turibdi. Hozir-ku ancha bosilganman, u vaqtlarda jahlim juda tez edi. Sho‘x ashula aytib turganimda bitta xira kelib “sho‘xidan ayt”, dedi, xo’p dedim. Yana bir necha marta kelib, “sho‘xidan ayt”, deb turib oldi. Oxiri bo‘ynimdan ushladi, o‘zi avvalgi to‘ydagi voqea ta’siridan hali chiqib ketmaganman, mikrofonni tushirdim, fonogramma ketib turibdi, qo‘limdagi mikrofon bilan xirani boshiga urdim, mikrofon ham chiyillab ketdi. Nariroqda “talpa” guv etib qo‘zg‘aldi. Navbatchi guruh tanishim edi, mashinaga o‘tqizib yuborishdi. Shumi endi san’atkor, dedim. Bundan keyin to‘yga chiqmayman, deb qat’iy qaror qildim. Hamma san’atkorlar mening do‘stlarim, og‘ir kunlarida doim yonidaman, xizmatidaman. Ochig‘ini aytaman, shunday holatlarga chidab, to‘yga chiqayotganlarga haykal qo‘yish kerak. Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov “Janob hech kim”, “Uylanish”, “Tundan tonggacha”, “So‘nggi lahza”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. “Muzlagan”, “Kuzda gullagan daraxt”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarga rejissorlik qilgan. Alisher Uzoqov hozirgi kunda Dubay shahrida Smart bolla deb nomlangan xalqaro IT-kompaniyada faoliyat yuritmoqda.
67
3,161
Madaniyat
Instagram: Yoppasiga Dubayga ketayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar, ikkinchi marta ajrashgan Aziza Yoqubova, Kanizaning videomurojaati
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Shahlo Temirova Munavvara Abdullayevaning shogirdi ekanidan faxrlanishini yozib qoldirdi. Bir necha kun Toshkentda bo‘lgan Sevara Nazarxon qizi va o‘g‘lini olib, Londonga uchib ketdi. Otabek Mirzaxolov Moskva shahridan hazilomuz suratini sahifasiga joyladi. Aktrisa Bahora Arslonovaga turmush o‘rtog‘i iPhone 13 Pro Max smartfonini sovg‘a qildi. Aktrisa smartfon yordamida ilk rejissorlik ishlarini suratga olmoqchi. Ikkinchi marta turmushga chiqqan aktrisa Aziza Yoqubova bu turmushi ham o‘xshamaganini ma’lum qildi. “Bugun hamma mani qiynayotgan 1 ta og‘ir savolga javob bermoqchiman va shu bilan nuqta qo‘ymoqchiman. Savolilar aniq. Javob ham bitta. Ha… Bu Allohning taqdiri manam taqdirim chiroyli bo‘lishini istagandim, afsus… Taqdirimiz Allohning qo‘lida. Bandasi qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Demak Alloh hayrli qilmagan. Nega degan savolingizga javobni Alloh beradi. Mening taqdirimni gapirayotgan, menga oson tutganlar, g‘iybatimni qilganlar, kulganlar, ehtiyot bo‘ling. Sizga bu kunni ravo ko‘rmayman. Oxirgi gapim men aslo afsusda emasman. Chunki Allohim bergan Muhammadim bor”, — deydi Aziza Yoqubova. 5-yanvar kuni taniqli aktrisa Kamila Gimandinova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Uning yaqin do‘sti hamda partnyori Muhammadali Aliyev birinchilardan bo‘lib, uni tabriklashga bordi. Shahlo Zoirova sahifasiga yangi surat joyladi. Kaniza ayrim erkaklarga murojaat qilib, ulardan “erkak bo‘lishni” so‘radi. Dilnoza Kubayeva ancha ulg‘ayib qolgan o‘g‘lining suratini sahifasiga joyladi. Umidaxon, Dilso‘z va Nigora Kamola Oripovaning uyida mehmonda bo‘ldi. O‘zbek shou-biznesi vakillarining ko‘pchiligi ayni paytda Dubayda hordiq chiqarmoqda. Shahzoda Nammos Dubai restoranidan dugonasi bilan ko‘rinish berdi. Shohruhxon onasi bilan Dubayga yo‘l oldi. 7-yanvar kuni xonandaning Dubayda konsert berishi kutilmoqda. Munisa Rizayeva bloger Erali bilan birgalikda Dubayga yo‘l oldi. Munisa Erali bilan do‘konlarni aylandi, so‘ngra turkiyalik taniqli oshpaz Burak O‘zdemirning tamaddixonasida ovqatlandi. Manzura ham bir necha kundan beri Dubayda hordiq chiqarmoqda. Mavluda va Guli Asalxo‘jayevalar ham oilaviy Dubayga sayohat qilmoqda.
133
2,298
Madaniyat
Kinotavsiya: Jonivorlar haqidagi eng ta’sirli filmlar (foto)
Farzandlaringiz bilan oila davrasida ko‘rish tavsiya qilinadigan filmlar bilan tanishing. “Xatiko: eng sodiq do‘st” Richard Gir va akito-ino zotli it ishtirok etgan “Xatiko: eng sodiq do‘st” filmidan ko‘ra ta’sirchan va qayg‘uliroq filmni topish qiyin. Filmni tomosha qilayotganda hech kim ko‘z yoshlarini ushlab turolmaydi, chunki u real voqealarga asoslangan. Bir kuni universitet professori vokzalda kuchukchani uchratib qoladi va uni o‘zi bilan olib ketadi. Jonivor o‘sib-ulg‘aygach, egasini ishga, stansiyaga kuzatib qo‘yishni boshlaydi. Bir kuni professor uyga qaytmaydi, Xatiko esa o‘sha joyda do‘stini kutishda davom etadi. Mazkur kartina nafaqat Gollivudda, balki Yaponiyada ham suratga olingan. Aktyorlar mahoratini solishtirish uchun “Xatiko hikoyasi” filmini ham tomosha qilish mumkin. “Villini ozod qiling” Mazkur film tomoshabinlarning katta muhabbatiga sazovor bo‘ldi va bir vaqtlar hatto kitlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga qarshi ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi. “Villini ozod qiling” filmi erta yoshda oilasidan ajralgan va istirohat bog‘iga olib ketilgan qotil kit va uyidan qochgan bola o‘rtasidagi do‘stlik haqida. Shunisi e’tiborga loyiqki, 1993-yilgi lenta tomoshabinlarni shunchalik hayratda qoldiradiki, film chiqqandan keyin kitlarni saqlash jamg‘armasiga 20 million dollardan ortiq xayriya qilinadi va Villi rolini o‘ynagan kit — Keyko jamoatchilik bosimi tufayli Mexiko Siti Parkidan ozod qilinadi. “Orzumand” Dakota Fanningning birinchi asosiy rollaridan biri darhol uning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylandi: “Orzumand” filmida u mashhur aktyor Kurt Rassell bilan birga o‘ynadi. Hikoyada ota va kichkina qiz sahroda yashaydi va ular ko‘p vaqtlarini birga o‘tkazishsa ham, bir-birini tushunishmaydi. Ularning yaqinlashishlarining kutilmagan sababi qizcha tarbiyalayotgan otning kasalligi: u otasidan uni davolashda yordam berishini so‘raydi. Shundan so‘ng ularning do‘stligi va jonivor hayoti uchun kurash boshlanadi. “Doktor Dulittl” Tentaknamo (boshqalar nazarida) doktor Dulittlning sarguzashtlari bir necha bor suratga olingan: birinchi marta hayvonlarning 500 dan ortiq tilini biladigan va hayvonlarga yordam berishni yaxshi ko‘radigan odam haqidagi film 1967-yilda suratga olingan. Kartina jamoatchilikning qiziqishini shu qadar uyg‘otadiki, film hatto ikkita “Oskar”ga sazovor bo‘ladi. Qahramonga bo‘lgan muhabbatning yangi to‘lqini 1998-yilda Eddi Merfi professor rolini o‘ynaganida ko‘tarildi. Hozirda Dulittlning navbatdagi qayta suratga olish ustida ish olib borilmoqda — shifokor rolini kichik Robert Dauni ijro etadi. “Sevimli” Garchi film bitta ham “Oskar” olmagan bo‘lsa ham (garchi u birdaniga 7 ta nominatsiyasda nomzod bo‘lgan), bu film darajasini belgilab bermaydi. “Sevimli” Tobi Maguayr faoliyatidagi eng yaxshi filmlardan biri bo‘lib, kartina sujetidan ta’sirlanmaydigan odamni topish qiyin. Ko‘zi ojiz chavandoz musobaqada g‘alaba qozonishni orzu qiladi. Lekin u kuchli otga emas, balki kuchsiz va shiddatli poyga uchun deyarli yaroqsiz otga ishonadi. Bu obraz taqdirni yengib, barchaga g‘alabaga loyiq ekanini isbotlay oladimi? “Oqtish” Bolalar bilan tomosha qilish uchun ideal film, ayniqsa ular hayajonli sarguzasht filmlarini yaxshi ko‘rsalar. Filmning bosh qahramoni yosh Jek oltin vasvasasi paytida Klondaykka keladi. Bu yerda u onasi mahalliy ovchi tomonidan o‘ldirilgan bo‘ri bolasini uchratadi. Taqdir taqozosiga ko‘ra bola yovvoyi hayvonga tez-tez duch keladi va asta-sekin ular haqiqiy do‘stona jamoaga aylanadi. “Qoraquloq Bim” Gavriil Troepolskiyning xuddi shu nomdagi hikoyasining ekranlashtirilgan varianti darhol rus kinosining “oltin fondi”ga kirdi. Kasalxonaga olib ketilgan xo‘jayinini kutayotgan Shotlandiya setteri haqidagi hikoya ommani o‘ziga rom etdi. Sarguzashtlari davomida setter yaxshi va yomon odamlarni uchratadi, lekin ko‘p yillar davomida unga g‘amxo‘rlik qilgan Ivan Ivanovichni topish istagi o‘zgarmaydi.
60
3,923
Madaniyat
Xonanda Shohruxxonning yangi ijod mahsuli: uning o‘zi vampir, Asal Shodiyeva esa “buratino-burun”
Aktrisa Asal Shodiyeva Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i — xonanda Shohruxxon bilan birga tushgan va montaj dasturi yordamida qayta ishlangan hajv-suratini e’lon qildi. Unda Shohruxxon qo‘rqinchli qora ko‘zoynak taqqani, vampirlarnikiga xos “tishlari” yaqqol to‘la ko‘rinib turganini, Asal Shodiyevaning burni esa Buratinonikidek uzun, qoshlari esa qop-qora qalin qilinganini ko‘rish mumkin. “Erimning ijod mahsuli... Shunday burnim bo‘lishini har doim orzu qilardim”, — deb suratga izoh qoldirgan Asal Shodiyeva. Foydalanuvchilardan biri: “Shohruxxon oxirgi vaqtlarda ko‘proq multfilm ko‘rayapti, shekilli”, — deb yozgan. Haqiqatan ham, Shohruxxonning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan uning do‘sti bilan tushgan surati ham shunday montaj qilingan. Montaj qilinmagan suratlar ham bor: Shohruxxonning sahifasida Asal Shodiyeva tomonidan olingan selfi e’lon qilingan bo‘lib, unda xonandaning mashina ichida hordiq chiqarayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
97
1,127
Madaniyat
“Garri Potter” kinofranshizasining 20 yilligiga bag‘ishlangan maxsus epizodning birinchi tizeri taqdim qilindi
HBO Max “Garri Potter va hikmatlar toshi” filmi taqdim qilinganining 20 yilligi munosabati bilan “Hogvartsga qaytish” deb nomlangan maxsus epizodning birinchi tizerini taqdim qildi. Rolikda deyarli barcha aktyorlar — Deniel Redkliff, Emma Uotson, Rupert Grint, Tom Felton, Mettyu Lyuis, Geri Oldmen, Helena Bonem Karter va boshqalar suratga tushgan. Tizerda ularga Hogvartsdan taklifnoma yuborilganini ko‘rish mumkin. Film premyerasi 2022-yilning 1-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Maxsus epizoddagi ishtirokchilar ro‘yxatida Garri Potter haqidagi kitob muallifi Joan Rouling haqida e’lon qilinmagan. Mish-mishlarga ko‘ra, u irqchilik bilan bog‘liq ayblovlar sabab faqat arxiv kadrlardagina paydo bo‘ladi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda yozuvchini qo‘llab-quvvatlash uchun fleshmob boshlangan. Kitob va kinofranshizaning muxlislari #IStandWithJKRowling (Men Joan Rouling uchun) degan xeshtegni ommalashtirgan. Avvalroq Lego “Garri Potter va hikmatlar toshi” filmiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan yangi jamlanmani taqdim etgani haqida xabar berilgandi.
110
1,061
Madaniyat
Davlat adabiyot muzeyi “Adabiy meros” nomli ilmiy elektron jurnalni nashrdan chiqardi
Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan Alisher  Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi “Adabiy meros” nomli ilmiy elektron jurnalni nashrdan chiqardi.   Bu haqda O`zR FA ma`lum qildi. Jurnalda adabiyotshunoslikda o`z maktabini yaratgan fidoyi olimlar va adabiy jarayonni namoyish etuvchi eng yangi ilmiy asarlar haqida tanqidiy, bibliografik xarakterdagi maqolalar o`rin olib boradi.   Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga armug`on sifatida  tayyorlangan ushbu sonda “Qadimiy bitiklar”, “Navoiy abadiyati”, “Manbashunoslik va matnshunoslik”, “Jadid adabiyoti” “Tilshunoslik”, “Oltin beshik” kabi ruknlarda ko`pgina yangiliklarga boy va ilmiy jihatdan muhim hisoblangan qiziqarli maqolalari o`rin olgan.   Jurnalda mamlakatimizning folklorshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi eng etuk olimlari bilan bir qatorda AQSh, Germaniya, Turkiya, Koreya, Rossiya, Qozoqiston, Qirg`iziton, Ozarboyjon kabi mamlakatlarning  taniqli olimlarining maqolalari o`rin olish bilan birga, jurnal tahrir hay`atidan ham ko`pgina xalqaro miqyosdagi olimlar joy olishgan.
85
1,079
Madaniyat
Britaniyalik aktyor Idris Elba koronavirusni yengdi
Britaniyalik 47 yoshli aktyor Idris Elba koronavirusdan sog‘aydi. Unda koronavirusning simptomlari umuman kuzatilmayapti. Aktyor bu haqda Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi. Aktyor yangi filmda suratga tushish uchun AQShning Nyu-Meksiko shtatiga kelganida kasallikni yuqtirib olgan edi. Elbadan alohida yashashni istamagan rafiqasi 30 yoshli Sabrinada ham koronavirus aniqlangan. Elba va rafiqasi koronavirusdan tuzalganidan so‘ng o‘zini yaxshi his etmoqda. Aktyor “eng yomon davr ortda qolganini” yozib qoldirdi. Aktyorning qo‘shimcha qilishicha, rafiqasi bilan karantin davrini o‘tkazgan bo‘lsa-da, to‘liq sog‘aymaguncha uylariga uchib keta olmaydi. Elba, shuningdek, astmadan aziyat chekadi. Aynan shu kasallik aktyorni koronavirus tufayli salomatligiga yanada e’tiborli bo‘lishga undamoqda. My peeps????????.. pic.twitter.com/gqea4S3zKD — Idris Elba (@idriselba) March 31, 2020 “Tor” filmidagi ijrosi bilan shuhrat qozongan Idris Elbada koronavirus aniqlangani haqida 17-mart kuni xabar berilgan edi.  Koronavirus yuqtirib olgan mashhurlar (foto)
51
1,054
Madaniyat
Farzandlari oddiy hayot kechirishi uchun o‘z kasbini sir tutgan mashhur ota-onalar (foto)
Bolaligimizda ota-onalarning uydan tashqaridagi hayoti borligini, ularning ismlari aslida “oyi” va “dada” emasligini va oilaviy majburiyatlardan tashqari, ularning ishi ham borligini tasavvur qilish qiyin edi. Ayrim mashhurlar shaxsiy hayoti jamoatchilik e’tiborini tortmasligi uchun ba’zan o‘z mashhurligini farzandlaridan yashirishni afzal ko‘radi. Jastin Timberleyk va Jessika Bil Aktrisa va qo‘shiqchi farzandlarini jamoatchilik e’tiboridan himoya qilishga qaror qilishgan, chunki ularning bolaligi tez tugab qolishini xohlashmaydi. Jastin Timberleyk boshqalar o‘g‘illari Saylas va Fineasga ota-onasining karyerasi tufayli alohida munosabatda bo‘lishlarini istamaydi. Jennifer Lopes Jennifer Lopes bir necha yil avval egizaklari ota-onasi haqida maktabda eshitgan va televizorda onalarining chiqishlarini ko‘rgan bo‘lsalar ham ular uchun onasi yoki otasi Mark Entonining shon-shuhrati qiziq emasligi haqida ma’lum qilgan edi. Jennifer shunday deydi: “Ular bilishadi: ular bu haqda maktabda eshitishgan. Ular otalarining qo‘shiq kuylashini bilishadi, bizning chiqishimizni ko‘rishgan, meni televizorda American Idol’da ko‘rishgan. Ular bunga parvo qilmaydi. Mutlaqo befarq. Men ularga: “Onangiz ishlashi kerak”, desam, ular “Nega?” deb so‘rashadi. Bleyk Layvli va Rayan Reynolds Aktyorlarning 3 nafar qizi bor: Jeyms, Ines va Betti. Garchi ular Gollivuddagi eng mashhur juftliklardan biri bo‘lsa ham bolalari uchun jamoat hayoti foydasiz deb hisoblashadi. “Qizlarimiz bizga o‘xshash oddiy hayot kechirishlarini xohlaymiz. Biz ularni o‘zimizdagi narsadan mahrum qilmoqchi emasmiz, chunki bu biz tomonimizdan qilingan xudbinlik bo‘lardi”, — deydi Bleyk Layvli va Rayan Reynolds o‘z qarorlarini tushuntirgan holda. Kris Xemsvort Aktyor va rafiqasi Elza Patakining (u ham aktrisa) 3 farzandi bor: Indiya Rouz va egizaklar Tristan va Sasha. Ota-onalar iloji boricha farzandlaridan o‘zlarining yulduzli hayotini yashiradi. “Men ishdan kelaman va bolalarimdan biri: “Dada, siz hech yirtqich hayvonlar bilan jang qilganmisiz?” deydi, u Torni biladi. Ammo qolgan ikkitasi bunga ahamiyat bermaydi. Ular: “Ha, dadamiz — Tor, nima bo‘pti?”. Televizorda ko‘rgan narsangiz va haqiqiy hayotingiz o‘rtasidagi chiziq aslida shunday ko‘rinadi. Ulardan kamida bittasiga yoqar ekanman. 3 tadan 1 tasi — yomon natija emas”. Mila Kunis va Eshton Kutcher Yulduzli juftlikning farzandlari — Uayt Izabel va Dimitri Portvud turli tadbirlarda bir necha bor suratga tushishgan. Bir necha yil oldin Eshton Kutcher ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarining suratlarini nashr qilishni to‘xtatishni so‘ragandi. “Ular ko‘rib turib, bunday hayotni tanlamadilar”, deb yozgan u o‘z sahifasida. Skarlett Yoxansson Aktrisaning 7 yoshli Rouz Doroti ismli qizi bor va 2021-yilda ikkinchi farzandi — Kosmo ismli o‘g‘il ko‘rdi. Qora beva roli bilan hammaga ma’lum bo‘lgan aktrisa o‘zining shaxsiy hayoti haqida ko‘p gapirmaydi, u ijtimoiy tarmoqlarda yo‘q, bolalarining fotosuratlarini ham nashr qilmaydi. Juliya Roberts Aktrisa 2012-yilda farzandlari — o‘g‘li Genri Deniel va egizaklari Hezel va Finneas onasining mashhurligini bilmasligini tan oldi. U onalarining yulduz ekanini sezdirib qo‘ygan kulgili voqeani shunday eslaydi: “Bir kishi meni tanib qoldi, keyin boshqasi. Biz o‘tib ketayotganimizda kimdir: “Bu Juliya Roberts-ku”, dedi. Biz esa yo‘limizda davom etardik, o‘g‘lim Finn esa: “To‘g‘ri, mening onam — Juliya Roberts”, degandi.
89
3,405
Madaniyat
Amerikalik tomoshabin “Islomxo‘ja” filmi haqida: “Kino — bu hamma zerikarli joylari kesib tashlangan hayot”
Bu so‘zlarni “Oskar” mukofoti sovrindori Alfred Xichkok O‘zbekiston san’ati va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Prezident mukofotini qo‘lga kiritgan rejissor Jahongir Ahmedovning “Islomxo‘ja” filmini tomosha qilgan amerikalik tomoshabinlardan birining fikridan keltiradi, deb yozadi TIV matbuot xizmati. Kartinaning Amerikadagi ilk namoyishi AQShning 28-prezidenti Vudro Vilson memorial majmuasida o‘tkazildi. Film tomoshabinni XX asr boshlaridagi Xorazmga chorlaydi. Unda yosh tadqiqotchi so‘nggi ikki Xiva xoniga xizmat qilgan buyuk vazir Islomxo‘janing sirli o‘limini o‘rganadi. O‘sha davrlarda Xiva xonligi Rossiya imperiyasi nazorati ostida bo‘lsa ham bilim va kuchli obro‘ Islomxo‘jaga imperator Nikolay II bilan milliy va xalqaro siyosatni bemalol muhokama qilish imkonini beradi. Islomxo‘ja xalq orasida xondan ham ko‘ra ko‘proq hurmat va siyosiy obro‘ga sazovor bo‘lgan. U amaldagi hukumatga tahdid soluvchi ta’lim, iqtisodiy va madaniy islohotlarni yoqlab chiqadi. Film namoyishidan so‘ng qizigan muhokamada Vilson markazi direktori direktori Metyu Royanski, yozuvchi Natali Ruland, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov, film muallifi Jahongir Ahmedov ishtirok etdi. Taniqli kinorejissor, prodyuser, kinotanqidchi, yozuvchi, san’atshunoslar, Vashingtonning ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat 200 dan ortiq tomoshabin nafaqat kinoning qanday suratga olingani, balki sujetning qanchalik tarix bilan uyg‘unligi, O‘zbekistonda kinematografiyaning hozirgi holati va istiqboli bilan qiziqdi. Mehmonlar o‘zbek rejissorining ishini yuksak baholab, uni Gollivud filmlari bilan bir qatorda sanab o‘tdi. Suhbat davomida ana shunday o‘zbek kinolarining Amerika ekranlardagi namoyishini tashkillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.
107
1,756
Madaniyat
Javohir Zokirov kastingdan o‘tolmagani, farzandlarining qiziqishlari va Nargiz Zokirovaning O‘zbekistonga qaytishi haqida
Aktyor Javohir Zokirov “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida kastingdan o‘tolmagani, farzandlarining qiziqishlari, Nargiz Zokirovaning O‘zbekistonga qaytishi va boshqalar haqida gapirib berdi. Rejissor sifatida uchinchi filmimni taqdim etish arafasidaman. Biroq “Toshkentim — onam” muallifligimdagi ilk yirik kinoloyiha. Bu kartina mehr-oqibat va muhabbat mavzusida. Bu gapimni o‘qiganlarning “Yana o‘sha mavzumi?” deya ensasi qotishi mumkin. Lekin dunyoga mashhur rejissorlar ham bu mavzuga turlicha yondashib, tomoshabinning e’tiborini qozonib kelgan. Men ham bu mo‘jizaviy his-tuyg‘ularni o‘zimdan kelib chiqqan holda ekranga olib chiqishni istadim. Ssenariy muallifi, turmush o‘rtog‘im — Shahrizod G‘ulomova. U bilan birgalikda hayotimiz davomida ko‘rgan voqealarni badiiylashtirib film qildik. Uni munosib baholashadi, deb umid qilaman. Endi filmning nomlanishiga kelsak. Turli fe’l-atvordagi qahramonlarning taqdiri aynan poytaxtimiz — Toshkent bilan uzviy bog‘liq. Eng qizig‘i, tomoshabinlar birinchi marta ekranda hayotdagi Javohirni ko‘rishadi. Ya’ni, men faqat rejissorlik bilan cheklanmadim (kuladi). Shuningdek, filmda mashhur aktyor Farhod Mahmudov bilan ham yaqindan “tanishishlari” mumkin. Ya’ni, Farhod ham filmda o‘zini “o‘ynadi”. Muallif Nurilla Abbosxon serialning ikkinchi mavsumida aynan meni tasavvur etgan holda ssenariy yozgan ekan. Qahramonimning xarakteri juda qiziq. Avval salbiy obrazda bo‘lib, keyin voqealar rivojida yaxshi tomonga o‘zgarib boradi. Serial va undagi rolim haqida faqat shuni aytishim mumkin. Chunki ayrim sabablarga ko‘ra, hozircha, tasvirga olish ishlari to‘xtatilgan. Ammo umid qilamanki, tez kunda yana davom ettiramiz. Ushbu serial haqida shunchaki gapirib o‘tish noto‘g‘ri, nazarimda. Rejissor, aktyorlar va umuman ijodiy guruhning har bir a’zosi haqiqiy professionallar edi. Ular qatorida men ham bo‘lganimdan juda xursandman. Tarixiy-fentezi janrida suratga olingan filmni tomosha qilib, turli davrlarda ro‘y bergan voqealarga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Filmdagi munajjim roliga nega aynan meni tanlashganini rosti, o‘zim ham bilmayman. Lekin bunga osonlikcha erishganim yo‘q. Kinosinovga faqat uchinchi gal borganimdagina rejissor va prodyuser meni rolga tasdiqlashgan. Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, bu loyihada ishtirok etganimdan xursandman. Xorijlik rejissor va prodyuserlarning aktyorlarimizga bo‘lgan qiziqishi juda kuchli. Afsuski, ular bizning aksariyat kartinalarimizga yuqori baho berishmaydi. Lekin menimcha, rivojlanish bor. Vaqti-soati yetib, o‘zbek kinosi ham dunyo miqyosiga chiqishiga ishonaman. Bu film va rol men uchun juda qadrli. Rejissor Bahodir Yo‘ldoshev va Gollivud aktyorlari bilan birgalikda maroq bilan ishladik. Film haqida hamma gapirib, ketma-ket xabarlar chiqdi-yu, lekin negadir yana jim bo‘lib qolishdi. Premyerani men kabi ishtiyoq bilan kutayotgan inson bo‘lmasa kerak. Chunki qahramonimni gavdalantirishda jonimni berib ishladim, yuragimdan o‘tkazgan hissiyotlarimni hozir tushuntirib berolmayman. Filmni tomosha qilgach, meni yaxshiroq tushunsangiz kerak. Shuning uchun keling, bu kino haqida premyeradan so‘ng gaplashamiz... Faol xonanda bo‘lish uchun moliyaviy tomondan juda baquvvat inson bo‘lishingiz kerak. Mening ijodga bo‘lgan qarashim hozirgi ba’zi xonandalarnikidan farq qiladi. Bugun tinglovchilarga yoqsa-yoqmasa, “Reytingni ushlab turish kerak. To‘ylarim kamayib ketmasin”, deb kuylashyapti. Men bunday qilolmayman. Qo‘shiq yurakdan chiqishi shart. Rostini aytishim kerak, Ruslan bilan ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi. O‘tgan yili internetda uning suratlarini ko‘rib, ko‘nglim og‘ridi. Kuchli iqtidor egasi shunday ayanchli ahvolga tushib qolganidan juda xafa bo‘ldim. Bilasizmi, mashhurlikni ko‘tarib yurish oson ish emas. Hammaning tiliga tushgan paytda tarqalgan gap-so‘zlarni yengib o‘tish uchun irodasi bo‘shlik qildi, deb o‘ylayman. Lekin bu vaziyatda uning oilasi va eng asosiysi turmush o‘rtog‘i dastak bo‘lishi shart. Aynan ular, begonalar tosh otganda yoki mish-mish tarqatganda, Ruslanning yonida turib, unga dalda bo‘lganda, qo‘llab-quvvatlashganda hozirgi holat yuzaga kelmasmidi, balki... Axir har bir buyuk erkak ortida, buyuk ayol turadi, degan gap bekorga aytilmagan-ku?! Ulug‘bek va Jahongir Otajonovlarning qo‘shiqlari yoqadi. Jahongir konsertiga taklif etgan edi, ishlar bilan bo‘lib, borolmadim. Uning jonli ijroda kuylashini hurmat qilaman. 2001-yil “Istiqlol” san’at saroyi­da yakkaxon konsert dasturimni taqdim etganman. Fonogrammada kuylagandim, o‘shanda. Konsert yakuniga yetguncha, o‘zim ham tamom bo‘lay degandim. Sahnaga chiqib yolg‘ondan, o‘zimni xuddi qo‘shiq kuylayotgandek tutganimni hazm qilolmay, vijdonim qiynalgan. Chunki aslida, fonogrammani jinim suymaydi. Shu sabab ham bugungi konsertlarga bormayman. Mayli, mini-diskni qo‘yib, kuylashsin, kimdir buni o‘ziga ep ko‘rar, lekin shunga yarasha chiptalar narxini 5-6 barobarga arzonlashtirishsin. Axir, fono­gramma tomoshasi uchun yuz ming so‘mlab pul to‘lash noto‘g‘ri-ku? Bunday xonandalarga faqat insof so‘rayman... Nargiz bugun faqat men bilan gaplashib turibdi. Ishi ko‘p, gastrol safarlari kundan-kunga ko‘payib bormoqda. O‘zbekistonga nega kelmayotgani sababi haqida esa o‘zi gapirgani ma’qul, bu haqda men gapirishim noo‘rin. Biroq shu kunlarda uni O‘zbekistonga qaytarish haqida o‘ylab yuribman. Uning konsert dasturidan yurtdoshlarimiz ham bahramand bo‘lishlarini istayman. Urinishlarim besamar ketmasa, albatta, u bilan ko‘rishasiz... Kenjatoyimiz Said Karim haqiqiy san’atkor. Rafiqam ikkimiz uning harakatlarini ko‘rib, hozirdan kelajakda qaysi kasbni egallashini bilib turamiz. Aslida men uning opera xonandasi bo‘lishini istayman. Uning yo‘g‘on ovozini eshitsangiz, o‘zingiz ham bunga amin bo‘lasiz. Yaqinda qizimga kinoda rol ijro etasanmi, desam, rad etdi. Negadir, bolalarim tengqurlari singari ekranga chiqishga qiziqishmaydi, boshqalarning ko‘zidan yiroq bo‘lishni istashadi. O‘g‘lim juda erka. O‘zini erkin tutishga o‘rgangan. Atrofimizdagilarning aytishicha, uni juda taltaytirib yuborganmiz. Balki shundaydir, bilmadim... Hali kichkina deb uncha qattiqqo‘llik qilmasdim. Biroq endi sekin-sekin chegaralar qo‘yilyapti. Chunki kelajakda aynan shu erkaligi uchun hayotda qiynalib qolishini istamayman. Ko‘p narsalar o‘zgarganini sezyapman. Masalan, bu dunyoda oila va farzandlardan muhim hech narsa yo‘qligini tushunib yetdim. Ish, san’at, boylik, mashhur inson bo‘lish hammasi ahamiyatsiz, aslida. Inson faqat yaqinlarining yonida, ularning qalbida bo‘lishi kerak. Qolganlari ikkinchi darajali. Bilasizmi, bolaligimda ota-onam ko‘p ishlashardi. Shuning uchun ko‘p vaqtim buvimning uyi­da yoki ular bilan birgalikda gastrol safarlari, tasvirga olish maydonchalarida o‘tgan. Bugun men bunday qilmayapman. Bo‘sh vaqt topdim deguncha oilamga, bolalarimga e’tibor berib, birgalikda vaqt o‘tkazamiz va doim shunday bo‘ladi. Hayotim davomida qo‘limdan kelgancha ularga yordam berishni niyat qilaman.
121
6,912
Madaniyat
“Darakchi” san’atkor va boshlovchilarning to‘ylardagi “stavkalari” reytingini tuzdi
“Darakchi” gazetasi taniqli san’atkor va boshlovchilarning to‘ylardagi xizmat haqlari bo‘yicha reytinglarini tuzib chiqdi. To‘ylarga borish narxlari “shartli birliklar”da ko‘rsatilgan. Reytingga ko‘ra, to‘yda boshlovchilik xizmatini ko‘rsatuvchilar orasida birinchi o‘rinni Dilnoza Kubayeva egalladi — u 1 “shartli birlik” evaziga to‘yni o‘tkazib beradi. Undan keyingi o‘rinlarni egallagan Dildora Rustamova, Davron Kabulov, Rayhon Ulasenova va Jahongir Mirzo 0,4 “shartli birlik”, Rixsitilla Abdullayev 0,3, Tolib Mo‘minov 0,2, Mehriddin Rahmatov esa 0,15 “shartli birlik” evaziga to‘yga boradi. “Darakchi” tadqiqotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda to‘ylarda navbatchilikni asosan 3—4 nafar yigit-qizdan iborat guruhlar olib borayotgani, narxlari esa mashhur xonandalarnikiga nisbatan hamyonbopligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, “San’at” guruhi 1,5, “Sharq” 1,2, “Karavan”, “Eldido” va “Poytaxt” guruhlari esa 0,6 “shartli birlik” evaziga navbatchilik qiladi. Bundan tashqari, 0,3 “shartli birlik”ka to‘yni “qizitib” beradigan guruhlar ham bor. Mashhur yakkaxon xonandalarning reytingi esa alohida jadval ko‘rinishini olgan. Unda har bir san’atkorning to‘yda birrov ko‘rinishi hamda navbatchilik qilishi narxlari alohida keltirilgan. “Darakchi” reytingiga ko‘ra, taniqli xonandalarning to‘ylardagi “stavkasi” quyidagicha:
83
1,309
Madaniyat
25 mingdan 1,5 million so‘mgacha: “Xalqlar do‘stligi” saroyida yil oxirigacha o‘tkaziladigan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?
Konsert-tomoshalarga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilingach, karantin sabab qoldirilgan konsert dasturlari namoyishi boshlandi. Quyida yil so‘ngiga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsert chiptalarining narx-navosiga qiziqdik. Qiziqchi Avaz Oxunning konsert dasturidan so‘ng rus estradasi vakillari HammAli va Navaining konsert dasturi namoyish etiladi. 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan konsert biletlari 250 ming so‘mdan, 750 ming so‘mgacha narxda sotuvga chiqarilgan. Sotuv onlayn tarzda ham amalga oshirilmoqda. 21–24-noyabr kuni Bunyodbek Saidovning “Xalqim bilan” nomli konsert dasturi namoyish etiladi. Konsert biletlari 20 ming so‘mdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqarildi. Ammo hozir balkondan tashqari bo‘lgan joylardan bilet xarid qilish muammo. Old qatorlardagi biletlar allaqachon sotib bo‘lingan. Tohir Sodiqov, Rayhon, Shohrux reper, Munisa Rizayeva va Shohruxxon ishtirokidagi  “7 yulduz” gala-konsert biletlari 2020-yildan sotuvga chiqarilgan edi. Uzoq kutishlardan so‘ng nihoyat konsert 26—30-noyabr va 1—2-dekabr kunlari namoyish etiladi. Konsert biletlarini 30 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilish mumkin. Turk xonandasi Mustafo Sandalning 4-dekabr kuni  “Humo arena” muz saroyida o‘tkaziladigan konsert dasturi biletlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi kassasida ham sotilmoqda. Biletlar afishalarda yozilganidek 150 ming so‘mdan boshlanmaydi, aksincha shu summada yakunlanadi. Eng yaxshi o‘rinlarni 1 500 million so‘mdan xarid qilish mumkin. “Dizayn” kulgi jamoasining 4—13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert biletlari 35 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan  narxda sotuvga qo‘yilgan. Jamoaning avvalgi yillardagi konsertlariga nisbatan bu yilgisiga talab u qadar yuqori emas. Pulingizga qarab istalgan o‘rinni band qilishingiz mumkin. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz konsertining biletlar savdosi havas qilgudek. 14—19-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturining biletlari deyarli sotib bo‘lingan. Faqat sahnaning chekka qismidagi biletlarni 150 ming so‘mdan va balkonning yuqori qatorlaridagi joy biletlarini 30 ming so‘mdan xarid qilishingiz mumkin. Har yili bir necha kunlab konsert beradigan qiziqchi Nodirbek Hayitov bu yil bir kunlik konsert bilan kifoyalandi. “Odamlar nima deydi?” deb nomlangan konsert 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Konsertda yoshlar orasida ommalashgan qoraqalpog‘istonlik qo‘shiqchi Osman Navro‘zov mehmon sifatida ishtirok etadi. Chipta narxlari boshqa konsertlarga qaraganda ancha arzon. Hamyoningiz ko‘targancha, 25 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin. 23—24-dekabr kunlari “Tarona shou” konsert dasturi namoyish etiladi. Afishalarda qaysi san’atkorlar chiqishi ochiqlanmagan konsert biletlarini 30 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin. 26—27-dekabr kunlarini opera xonandasi Jenisbek Piyozov band etgan. Konsert uchun chiptalarni 25 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda xarid qilishingiz mumkin. Biletlar hali serob. 28—29-dekabr kunlari “Yangi yil yulduzlar davrasida” nomli konsert dasturi o‘tkaziladi. Mazkur konsert uchun ham 25 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda chiptalarni xarid qilishingiz mumkin. Bu tomosha ishtirokchilari nomi e’lon qilinmaganligi uchunmi, talab yuqori emas. Chiptalar savdosi anchagina sust. Yilning eng so‘nggi tomoshasi doimgidek bolajonlarga bag‘ishlanadi. “Yangi yil qaroqchilari” deb nomlangan konsert dasturining chiptalari boshqa konsertlarga qaraganda ancha arzon. Chiptalar ochiq kassada emas, hamkorlar ko‘magida sotiladi. Ha aytgancha, yo‘q deyilayotgan konsert biletlari doimgidek ko‘chada topiladi. Faqat kassa narxidan biroz qimmatga sotib olasiz.
130
3,722
Madaniyat
Foto: Go‘zallik saloniga tashrif ayol kishini qanchalik o‘zgartirishi yulduzlar obrazi misolida
Muxlislar Peris Xiltonni malla sochligida ko‘p ko‘rgan bo‘lishi mumkin, lekin sochlarining to‘q bo‘lgandagi ko‘rinishini hamma ham eslay olmaydi. Gal Gadotni esa aksincha, och rangli soch bilan, shuning singari Demi Murni kalta turmak bilan tasavvur qilib bo‘lmaydi. Quyida havola qilingan suratlar esa soch turmagi va rangi kishini qanchalik o‘zgartirishi mumkinligining isboti hisoblanadi. Peris Xilton Skarlett Yoxansson Jennifer Eniston Nikol Richi Ember Xyord Demi Mur Juliya Roberts Dakota Jonson Jennifer Lav Xyuitt Sherilin Fenn Gal Gadot Lili Kollinz Lyusi Lyu Zoui Deshanel
95
596
Madaniyat
Rossiyalik rejissor Artyom Mixalkovning “Janob Nokaut” filmi O‘zbekistonda suratga olinadi
Rossiyalik rejissyor Artyom Mixalkov “Janob Nokaut” filmining ijodiy jamoasi bilan tasvirga olish joylarini ko‘rish uchun O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligining matbuot xizmati xabar berdi. “Janob Nokaut” – biografik drama bo‘lib, mashhur sovet boksyori, 1964-yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, ikki karra Yevropa chempioni, olti karra SSSR chempioni va Vel Barker Kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan yagona sovet boksyori  Valeriy Popenchenko hayoti haqida hikoya qiladi. Bo‘lajak Olimpiya chempionining yoshligi urushdan keyingi yillarda Toshkentdagi Suvorov maktabida o‘tadi. Ushbu fakt O‘zbekistonda, ya’ni Toshkent, Buxoro, Chirchiq va Yangiobodda filmni suratga olish uchun asosiy omil bo‘ldi. Film ijodkorlaridan postanovkachi operator, postanovkachi rassom, ikkinchi rejissor, kartina direktori O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Film direktori va prodyuser — mashhur rejissor Nikita Mixalkovning o‘g‘li Artyom Mixalkov. “Janob Nokaut” Artyom Mixalkovning “Bekat”, “Qora shahzoda siri”, “Rossiyaga qiziqish”, “Moskva, seni sevaman!” filmlaridan keyingi oltinchi to‘liq metrajli rejissyorlik ishi hisoblanadi. Filmning suratga olish ishlarida “O‘zbekkino” MA amaliy yordam beradi.  O‘zbekistonda koronavirusga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olinmoqda (foto)
90
1,324
Madaniyat
“U qiz bolamas deyishgan”. Ilmira Rahimjonova tuhmat sabab bir yil tildan qolgani va o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgani haqida gapirdi (video)
Aktrisa Ilmira Rahimjonova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Ilmira Rahimjonova suhbat davomida uni “nomussiz” deya tuhmat qilishgani, buning natijasida qattiq depressiyaga tushib, bir yil gapira olmay qolgani, hattoki o‘zini o‘ldirish darajasiga borgani haqida gapirib berdi. “Balli qizlar” tanlovi bo‘ldi, men ikkinchi o‘rinni olganman. Biz u yerda ovqatlanganmiz, men pomidorni po‘stini archmasdan yeganman va mazam qochib qolgan. Ikki-uch kun “o‘tib ketadi, o‘tib ketadi” deb, yurganman, bir kun kunduzi hushimdan ketib, Bo‘stonliqda kasalxonaga tushib qolganman. Keyin qishloqda duv-duv gap bo‘lgan, falonchini qizi falon joyga borgan ekan… Endi u gapni ham o‘zimning yaqinlarim tarqatgan, “endi u qiz bolamas, shu ikki-uch kunda kim biladi qayerlarda, kim bilan yurgan deb tuhmat gaplarni tarqatishgan. O‘shanda men qattiq psixologik zarba olganman. Kasalxonaga borib hushimdan ketganimdan keyin poliklinikadan shahar shifoxonasiga olib ketishgan. Bir kun vaqt o‘tgan, ota-onam qidirgan. Poliklinikada bir qishloqdosh hamshira bor edi, unga “ota-onamga aytib qo‘ying”, deb iltimos qilgandim. Ko‘p bolali ayol edi, ota-onamga kasalxonaga tushganimni aytib qo‘yishga imkon topolmagan. Men shu darajada siqilganman, o‘zimni o‘ldirish darajasigacha borib, gapirolmay qolganman. Bir yilgacha gapirmaganman. Kun bo‘yi bir nuqtaga tikilib o‘tiraverardim. Bilmadim nimalarni o‘ylardim, bilmayman. Ba’zida hayotingizdagi ko‘p voqealarga birvarakayiga javob izlashga to‘g‘ri kelarkan. Bu tuhmatdan qutulish qiyin. Buni o‘sha vaqtda isbot qila olmagansiz. Lekin yillar davomida insonlar sizni kuzatib, o‘zlari xato gumonda, fikrda ekanligini tushunib yetishgan. Bu tuhmatda bir yillar ichida qutulganman. Balki, buning asorati hali ham bordir, balki o‘ynagan personajlarimda yashaganim uchun bu narsalar chiqib ketgani bilmay ham qolasiz. Jonimga haqiqatan ham qasd qilmoqchi bo‘lganman. O‘zimni poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘lganman. Orqamizda “elektrichka” o‘tardi, ikki-uch marotaba o‘shani yo‘lida yurib ko‘rganman. O‘shanda o‘zim bilan o‘zim gaplashganman. “Singling, ukalaring nima bo‘ladi? Onam o‘ldi, bobom o‘ldi — hamma unutib yubordi. Hayot esa davom etmoqda, yashash uchun kurashaman, deb, bu fikrimdan qaytganman. Ilmira Rahimjonova, aktrisa Ma’lumot uchun, Ilmira Rahimjonova 1969-yil 27-sentabrda Toshkent viloyati Burchmulla qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. “E’tirof-2016” taqdimotida yilning eng yaxshi kino­aktrisasi deb topilgan. “Charxpalak” seriali, “Zabarjad”, “Iblis devori”, “Chayongul”, “Sog‘inch sohili”, “Muhabbat sinovlari”, “Oydinoy”, “Farishta”, “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” kabi filmlarda rol ijro etgan.
136
2,720
Madaniyat
Sharqshunoslik institutida misrlik taniqli olimlar muallifligidagi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 3-sentabr kuni misrlik taniqli olimlar Ahmad Tarabik, Ahmad Rajab Muhammad Ali Rizq va Magda Maxluf muallifligidagi O‘zbekiston tarixi va boy madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA. Unda misrlik olimlar, shuningdek, O‘zFA ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, akademiklar, tadqiqotchilar qatnashdi. Ahmad Tarabik Qohira universitetining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi sifatida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan yaxshi xabardor. Ahmad Tarabikning “O‘zbekiston: islom tamadduni manbai” kitobida mamlakat tarixi, madaniyati, ilm-fan rivoji haqida hikoya qilinadi. Mazkur kitob 2017-yili Misrda arab tilida chop etilgan. Ushbu fundamental tadqiqot ikki qismdan iborat. Birinchi qismda O‘zbekiston tarixi, geografik joylashuvi, iqtisodiyoti, aholisi, tili, arab dunyosi bilan tarixiy aloqalari, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Xorazm va Nasaf shaharlari haqida ma’lumotlar keltiriladi. Islom tamadduni rivojiga hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar tilga olingan ikkinchi qismdan Imom Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ko‘plab allomalar hayotiga oid ma’lumotlar o‘rin olgan. Misrlik tarixchi, arxeolog olim Ahmad Rajab Muhammad Ali Rizq ham o‘z hayotini Sharq diyori, xususan, O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosini tadqiq qilishga bag‘ishlagan. Tadbirda muallifning 2017-yilda nashrdan chiqqan “Yodgorliklar va Buxoro islom madaniyati” nomli ikki jildli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur kitob o‘n yillik izlanishlarning mahsuli sifatida yaratilgan. Ikki bo‘limdan iborat asarning birinchi qismida Buxoro madaniy yodgorliklari, diniy tamoyil va mazhablar haqida batafsil hikoya qilinsa, madaniy yodgorliklardagi yozuvlar, devoriy tasvirlar va naqshlar bo‘yicha izlanishlar bayoni asosiy bo‘limdan o‘rin olgan. Taniqli olima Magda Maxluf turkiy tildan tarjima qilgan “Boburnoma” 20 yillik mehnat samarasi o‘laroq, arab tilida chop etildi. Ta’kidlanganidek, kitob Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston xalqlarining XV-XVI asrga oid tarixiy-etnografik, adabiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni jamlagan. Buyuk davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyati haqida ko‘plab ma’lumot beradi. Taqdimotda kitoblarning Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan qomusiy olimlarning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini ochib berishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
96
2,497
Madaniyat
“O‘zbekkino” rahbari Furqat Zokirov va AQShning UPF kino kompaniyasi direktori Daniel Tutt o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi (foto)
“O‘zbekkino” rahbari Furqat Zokirov va AQShning UPF kino kompaniyasi direktori Daniel Tutt o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. “O‘zbekkino” Milliy agentligida   mamlakatimizga  ijodiy loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik maqsadida  kelgan AQShning “Unity Productions Foundation” (UPF) delegatsiyasi bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi va uchrashuv so‘nggida memorandum imzolandi. Uchrashuvda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov, direktorning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev, xalqaro aloqalarni rivojlantirish xizmati boshlig‘i Umid Zunnunov, rejissor Jahongir Ahmedov, prodyuser Zafar Yo‘ldoshev va AQShning UPF kompaniyasi direktori Daniel Tutt, direktor yordamchisi Lena Sulpovar va kino ijodkorlar ishtirok etishdi. Uchrashuv so‘nggida ikki davlat kinoijodkorlari hamkorligida kino sohasidagi bir qancha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Memorandumga “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan delegatsiya rahbari, kinoprodyuser va rejissor Daniel Tutt imzo chekdilar.
141
1,169
Madaniyat
Erkin Vohidov yashagan xonadonda shoirga atalgan yodgorlik lavhasi o‘rnatildi
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1966−2016-yillarda yashab, ijod qilgan xonadonda 28-dekabr kuni yodgorlik lavhasi o‘rnatildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. O‘zbekiston Badiiy akademiyasidan ma’lum qilishlaricha, yodgorlik lavhasi haykaltarosh Azamat Hotamov tomonidan tayyorlangan. O‘zAning yozishicha, yodgorlik lavhasi o‘rnatilishiga bag‘ishlangan tadbir ishtirokchilari va adibning oila a’zolari atoqli shoir qabrini ziyorat qildi. Shoir qabriga gul qo‘yilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi, Qur’on tilovat qilindi. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Erkin Vohidovning rafiqasi Gulchehra Vohidova atoqli shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish borasidagi yuksak e’zoz-e’tibor uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi. Marosimda Erkin Vohidov sevgan va uning g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlardan iborat konsert namoyish etildi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
77
1,240
Madaniyat
Google’dan xirgoyi qilish orqali qidirilgan eng mashhur qo‘shiqlar reytingi tuzildi
Google qidiruv tizimi orqali amerikalik foydalanuvchilar tomonidan 2020-yilda eng ko‘p so‘rov yuborilgan qo‘shiqlar Top-100 taligini tuzib chiqdi, deb xabar beradi Billboard. Skrinshot: YouTube Ta’kidlanishicha, dasturning yangi funksiyasi foydalanuvchi tomonidan 10-15 soniya davomida kuylanib yoki xirgoyi qilinib, Google orqali qidiruvga berilgan istalgan qo‘shiq haqida qo‘shimcha ma’lumotni taqdim etadi. Ovozli yordamchi orqali qidirilgan eng mashhur qo‘shiq nomi — Old Town Road sazovor bo‘ldi. Tizim bo‘yicha qidirilgan eng mashhur qo‘shiqlar Top-10 taligi: Avvalroq Reddit tarmog‘i 2020-yilning eng mashhur filmlari, serial va videoo‘yinlar reytingini foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan ma’lumotlar asosida tuzib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
83
792
Madaniyat
Jennifer Lopes Marokashdagi konserti tufayli 2 yilga qamalishi mumkin
Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopes Marokashda “jamoatchilik tartibini buzgani” uchun bir oydan ikki yilgacha qamalishi mumkin, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” TMZ’ga tayanib. Ta’kidlanishicha, Lopes va uning promouteri ustidan u “jamoatchilik tartibini buzgani, ayollik obro‘siga isnod keltirgani va hurmatsizlik ko‘rsatgani” uchun da’vo berilgan. Bu yil xonandaning konsert dasturi milliy televideniye orqali translyatsiya qilindi. Shou Jenniferga xos ruhda — doimgidek ochiq raqslar va shunday liboslar bilan kechdi. Qo‘shiqchi Marokashda avval ham bunday shoular uyushtirgan, biroq ular milliy televideniye orqali uzatilmagan edi.
69
647
Madaniyat
“Ketayotib ko‘zlarim namlandi”. Alisher Uzoqov Zo‘r TV kanalidan nima sababdan ketganini ma‘lum qildi (video)
Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Alisher Uzoqov suhbat davomida Zo‘r TV kanalidan nima sababdan ketganini ma‘lum qildi. Meni tushunishmadi va qadrimga yetishmadi. Men ishlardim, jon deb ishlardim, lekin maqsadlarim boshqa edi, o‘sha maqsadlarimni ularga tushuntirib bera olmadim. Dublajlarda qancha harakat qilsam ham chopilaverdi, loyihalarda ham, ko‘rsatuvlarda ham shunday bo‘ldi. Men sifatga ko‘proq e‘tibor beraman, meni nazarimda, meni fikrimcha sifat Zo‘r TV oldiga qo‘ygan eng asosiy maqsadlardan biri emas ekan. Fikrim bo‘yicha shunaqaroq ekan. Ketish juda og‘ir bo‘ldi, chiqib ketayotganimda ko‘zlarim namlandi. Chunki ancha loyihalar qildim, qadrdonlarim o‘sha yerda edi. Yana taklif bo‘lsa qaytmayman. Faqatgina bitta “Bekat” degan loyiham u yerda qolgan, ammo bu haqda o‘zimga umuman indashmadi. U yerdan rozi-rizolik bilan ketdim. Men Zo‘r TV’dagi hammani yaxshi ko‘raman va hammani hurmat qilaman. Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor Ma‘lumot uchun, Alisher Uzoqov “Janob hech kim”, “Uylanish”, “Tundan tonggacha”, “So‘nggi lahza”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. “Muzlagan”, “Kuzda gullagan daraxt”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarga rejissorlik qilgan.
109
1,380
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov: «Ilhom teatri vazirlik himoyasida!»
Ayni paytda internet saytlarida "Ilhom" teatri tugatilishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o`zining Instagramdagi sahifasida teatrning o`z joyida qolishiga muzokara yo`li bilan erishilgani haqida yozdi va bu bo`yicha quyidagi xabarni qoldirdi: Ilhoming so`nmasin, “Ilhom”! So`nggi kunlarda shov-shuvga sabab bo`lib kelayotgan, keng jamoatchilik e`tiborida turgan masala bu “Ilhom” teatrining kelajagi haqidadir. 10 fevral kuni ushbu masala yuzasidan “Ilhom” teatri badiiy rahbari Boris Gafurov hamda teatr joylashgan bino rahbarlari bilan uchrashdim. Uchrashuvda nafaqat O`zbekistonda, balki, xorij mamlakatlarida ham o`z dovrug`i va muxlislariga ega bo`lgan "Ilhom" teatri o`z joyida qolishiga kelishib olindi.   Madaniyat va san`at Madaniyat vazirligining doimiy himoyasidadir. Bundan buyon “Ilhom” teatrining ijodiy faoliyati ham har tomonlama vazirlik tomonidan qo`llab-quvvatlanadi.
55
926
Madaniyat
Maykl Jeksonning farzandlari o‘zlarining mashhur otasidan boyib ketdi
Pop musiqa qiroli Maykl Jekson 50 yoshida deyarli bankrotlik holatida vafot etgan edi. Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, iste’dodli musiqachi, son- sanoqsiz kompozitsiya va kliplar muallifi, mukofot va rekordlar sohibi oxir-oqibatda deyarli bir chaqasiz qolgan edi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”. Bugungi kunda, Jeksonning o‘limidan olti yil o‘tib, uning oilasi hamon uning nomidan foydalanib pul ishlamoqda. G‘arb OAVlarining oxirgi ma’lumotlariga qaraganda, Mayklning farzandlari – 18 yoshli Prins, 17 yoshli Peris va 13 yoshli Blanketlar hozirgi vaqtda o‘zlarining mashhur otasidan boyroqdir. Maykl Jekson vorislaridan har birining mol-mulki 100 million dollarga baholanmoqda. Manbalarda aytilishicha, uning o‘limidan buyon ikki milliard dollar pul ishlangan.
69
765
Madaniyat
O`zbek kinoijodkorlari delegasiyasining Tojikistonga safari yakunlandi
O`zbek kinoijodkorlari delegasiyasining Tojikiston Respublikasiga ijodiy safari bugun, 22 may kuni o`z nihoyasiga etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi. Avvalroq 19-22 may kunlari qo`shni respublika Tojikistonda “O`zbek kinosi kunlari” bo`lib o`tishi haqida ma`lum qilingan edi. Shu munosabat bilan taniqli kinoijodkorlar va jurnalistlardan iborat delegasiya tuzilib, delegasiya a`zolari uch kun davomida Tojikistonda ijodiy safarda bo`lishdi. Tashrifning ilk kuni, 19 may O`zbekistonlik hay`at a`zolarini «Tojikfilm» davlat muassasasi direktori Mahmasaid Shohiyon boshchiligidagi tojik kinoijodkorlari kutib olishdi. Shu kuni delegasiya Tojikiston Ommaviy axborot vositalari akademiyasida bo`lib, matbuot anjumanida ishtirok etdi. Anjumandan so`ng o`zbekistonlik kinoijodkorlar Abu Abdulloh Ro`dakiy nomidagi milliy kutubxonaga tashrif buyurishdi. Mazkur kutubxonada uch yarim million nusxadan ortiq turli tillardagi kitoblar, gazeta va jurnallar saqlanmoqda. Shuningdek, tashrif davomida o`zbekistonlik mehmonlar Dushanbe shahridagi Alisher Navoiy bog`iga ham tashrif buyurib, u erda hazrat Navoiyning she`rlaridan namunalar o`qildi. Mazkur bog` 2018 yil ochilgan bo`lib, uning ochilishida ikki davlat rahbari Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon ishtirok etishgan. 20 may kuni o`zbekistonlik kino ustalari Hisor shahriga tashrif buyurib, shaharning diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari bilan tanishdilar. Yana shu kun inoijodkorlarning Tojikiston Milliy muzeyiga tashrifi ham mazmunli o`tdi. Muzeyda “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” kitob-albomlarining taqdimoti ham o`tkazildi. Taqdimotdan keyin mehmonlar  tojik kinematografiyasining etuk namoyandalaridan biri Boris Kimyogarov (1920-1979) qabrini ziyorat qilishdi.   21 may kuni O`zbekiston delegasiyasi Vahdat shahrida ham kino muxlislari katta xursandchilik va tantana bilan kutib olishdi. Vahdat  madaniyat saroyida o`tkazilgan uchrashuv so`ngida rejissyor Ayub Shaxobiddinov suratga olgan “Rangsiz tushlar” badiiy filmi namoyish qilindi. Shu kuni Dushanbe shahridagi “Zebuniso” kinoteatrida o`zbek va tojik kinoijodkorlarining uchrashuvi o`tkazildi. Uchrashuv nihoyasida  O`zbekiston Kinemtaografiya agentligi bosh direktori F.Abduxoliqov hamda “Tojikfilm” Davlat muassasasi raisi M.Shohiyon ikki tomonlama hamkorlik bo`yicha memorandum imzolashdi. Shu kuni “Tojikfilm” Davlat muassasasi tomonidan suratga olingan “Suv bolasi” (“Bachai obiy”) filmi ham tomoshabinlar e`tiboriga havola qilindi. Shu bilan “Tojikistonda O`zbekiston kinosi kunlari” o`z nihoyasiga etdi. Uch kun davomida Tojikistonning bir qator shahar va tumanlarida tomoshabinlarga “Ilhaq”, “Rangsiz tushlar”, “Kelinlar qo`zg`oloni”, “Hamkorlik bo`yicha navbatchi”, “Xalq yuragi”, “Sirli sandiq” singari badiiy, hujjatli va animasion filmlar namoyish qilindi. O`zbekistonlik  kinoijodkorlar 22 may kuni Vatanimizga qaytib kelishdi.
70
2,912
Madaniyat
Samarqandda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik boshlandi
Bu yil Samarqandda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘ninchi bor o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. O‘zbekistonda, jumladan, Samarqandda Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi arafasida o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” o‘ninchi xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik boshlandi. Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Samarqand viloyati hokimligi ishchi guruhi tarkibi va tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shaharni festival ruhiga mos bezatish, mehmonxonalarni tayyorlash, Registon maydonida asosiy sahna va tomoshabinlar uchun o‘rindiqlar o‘rnatish, “So‘g‘diyona”, “Yoshlik” istirohat bog‘lari, “Mo‘’jiza” amfiteatrida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga kirishildi. Tadbirning tantanali ochilish marosimi ommaviy sahnalarida ishtirok etadigan qatnashchilar, folklor jamoalar saralanmoqda. Festival qatnashchilari joylashadigan mehmonxonalar, Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasida hamda muzeylarda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali tarixiga oid fotosuratlar, milliy musiqa asboblari, tarixiy liboslar, tasviriy va amaliy san’at asarlari, milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi. Festival qatnashchilarining Samarqand viloyati tuman va shaharlaridagi istirohat bog‘lari, musiqa va san’at maktablarida o‘z dasturlarini namoyish etishi, yosh ijodkorlar ishtirokida mahorat mashg‘ulotlari o‘tishi uchun zarur sharoitlar yaratish choralari ko‘rilmoqda. Festival ishtirokchilari va mehmonlarini kutib olish va mehmonxonalarga joylashtirish, ularga yuqori sifatli zamonaviy servis xizmati ko‘rsatish, gid-ekskursovod va tarjimonlar tayyorlash, viloyat bo‘ylab sayohatlar tashkil etish kabi muhim masalalar yuzasidan aniq vazifalar va ularni amalga oshiruvchi mas’ullar belgilangan. Ayni paytda mutasaddi idoralar tomonidan dastlabki yumushlar boshlab yuborildi. Bir nechta joyda, jumladan, mehmonxonalar, Toshkent ko‘chasi va Ruhobod maydonidagi Hunarmandlar markazida aynan Sharq milliy musiqa va san’atiga oid hunarmandlik buyumlari, cholg‘u asboblari namoyishini o‘tkazishni rejalashtirilmoqda. Musiqa asboblari yasash bilan shug‘ullanuvchi sulolalar vakillari ishtirokida uchrashuvlar, yosh hunarmandlar uchun mahorat mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Ma’lumot uchun, 2013-yili bo‘lib o‘tgan to‘qqizinchi festivalda 56 mamlakat vakillari Registon maydonidagi sahnada o‘z milliy san’atini namoyish etgan edi.
80
2,414