folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | “Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo‘lmaydi…” Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” asari haqida | Amerika va butun dunyo adabiyotida o‘z o‘rniga ega, asarlari bilan millionlab o‘quvchilarini topgan Ernest Xemingueyning mashhur asari “Chol va dengiz” 1952-yil 1-sentabrda ilk marta nashr qilingan edi. “Daryo” sana munosabati bilan asar haqidagi qiziqarli faktlar haqida hikoya qiladi.
Amerikalik mashhur yozuvchi Ernest Xeminguey 1899-yil Amerikaning Illinoys shtatida shifokorlar oilasida tug‘ilgan. 1954-yilda Nobel mukofoti laureati bo‘lgan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi ekani asarlarida jang maydonlarining bemisl suratlarini aks ettirishida poydevor vazifasini bajardi. Dastlabki hikoyalar kitobi — “Bizning zamonda”, “Quyosh chiqadi”, “Alvido, qurol!” (1929) romanlarida ham urush sahnalari yorqin ifodalangan edi.
Xeminguey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv o‘rnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga e’tibor qaratadi. Inson huquqlari yo‘lida, ozodlik kurashida yolg‘iz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi. Asarlari orasida “Chol va dengiz” qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirdi. Yozuvchi asos solgan XX asrning o‘ziga xos bo‘lgan qat’iy xolislikka asoslangan uslubi keyinchalik Amerika yozuvchilari tomonidan yangi yo‘nalish sifatida qaraldi va qo‘llanildi.
Ernest Heminguey mashhur “Chol va dengiz” asarini 1952-yilda Bagama orollarida 51 yoshida yozgan edi. Kasallik yozuvchi hayotiga xavf solib turganda ham ushbu asari orqali betakror obrazlarni yaratdi. Asar ikki oy ichida davomida tugallangan edi. Qahramonlar oddiy obrazlar orqali tasvirlangan bo‘lsa ham, zamirida hayot haqiqatining chizgilar bor.
Demak, asar Xemingueyning umri oxirda yozilgan mashhur asari. Unda kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuni aytish kerakki, “Chol va dengiz” asarida, avvalo, inson hamisha suyanadigan ishonch tuyg‘usi va albatta, umid haqida so‘z boradi. Asar bosh qahramonida ham tajribasiga suyanib yashayotgan, ishonchini yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qilayotgan obrazni ko‘rishimiz mumkin.
Asar kitob ko‘rinishida 1952-yil sentabrda 50 ming nusxada nashrdan chiqdi. 1953-yil may oyida Xeminguey Pulitser mukofotiga, 1954-yilda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shunday qilib roman yozuvchini dunyoga tanitdi.
Asarning syujetiga biroz to‘xtalsak. Santyago ismli chol Kubadagi kichik baliqchi qishlog‘ida yashaydi. Va baliqchilik bilan shug‘ullanardi. U 84 kundan buyon dengizda qolib ketgan, ammo biror o‘ljaga ega bo‘lmagandi. Manolin – chol bilan birga baliq ovlagan bola. Ota-onasi cholni omadsiz sanagani uchun unga boshqa qayiqqa chiqishni buyurgan edi. Ammo bola Santyagoni juda yaxshi ko‘rardi.
Xullas, bu gal chol omadiga ishonib dengizga yo‘l oladi. Dastlab, qahramonimiz kichkina tunets balig‘ini ushlaydi. So‘ng esa juda katta baliq qarmoqqa ilinadi. Ulkan baliq qayiqni uzoqqa tortib keta boshlaydi. Chol uning yonida Manolin yo‘qligidan xafa bo‘ladi, bunday paytlarda bolaning yordami juda asqotardi. Shunday qilib, chol baliq bilan uzoq “jang” qiladi. Umid va ishonch uni bir zumga bo‘lsa-da tark etmaydi. Santyagoga tashqi muvaffaqiyat yetishmasa ham, uning ishonch va umidi uni oldinga boshlayveradi.
Asarda adib inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni, insoniyatning hamisha kurashuvchanligini ham tasvirlaydi. Qissa uning ana shu jihatlari yorqin ko‘zga tashlanadigan asarlaridan. Shunday kurash oldida borayotgan o‘quvchi beixtiyor asardagi muvaffaqiyatsizlikdan og‘rinmaydi, balki insonning oldinga bo‘lgan ishonchi uni ruhlantirib boraveradi.
Roman 1952-yil 1-sentabrda Life jurnalida nashr etilgan edi. Ikki kun ichida jurnal besh million nusxada sotilishga muvaffaq bo‘lgan. Qissa atoqli olim va tarjimon Ibrohim G‘afurov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
Quyida esa asardan keltirilgan iqtiboslar bilan tanishasiz.
Zulxumor Orifjonova tayyorladi. | 115 | 3,919 |
Madaniyat | Alisher Uzoqov: Otamning vafotidan keyin birdan ulg‘aydim | “Sug‘diyona” gazetasi o‘zining komik rollari bilan tanilgan aktyor Alisher Uzoqov bilan intervyu o‘tkazdi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.
Alisher, siz o‘zini har jabhada sinab ko‘rishdan charchamaydiganlardansiz. Odamlarning hali xonandalikka, hali futbolga o‘zingizni urishingizni qabul qilmasliklaridan cho‘chimaysizmi? Tanqidlar ham yetarlicha bo‘ldi, adashmasam?
— Ko‘zim yetgan ishgagina qo‘l uraman. Agar odamlar nima derkan, deb o‘tirsam, hech narsa qilmasligim kerak. Men bolaligimdan yaxshi ko‘rgan, qiziqqan mashg‘ulotlarim bilan shug‘ullanib ko‘rishga o‘rganganman. Kichkinaligimda televizorning ovozini pastlab, filmlarni dublyaj qilardim, futbol sharhlardim. Qilayotgan barcha ishim ularga bo‘lgan muhabbatim tufayli, aslo mashhur bo‘lish, tanilish yo‘lidagi har tomonga o‘zni urish emas. Tanqidga kelsak, hech kimning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Boshqalarning fikri bilan tanlagan yo‘lingizdan chekinsangiz, hech qachon hech narsaga erisha olmaysiz.
Farzandlaringizga ham yaxshi ko‘rgan ishlari bilan shug‘ullanishga imkon berayapsizmi?
— Albatta. Umuman, har bir ota-ona farzandining qiziqishlaridan kelib chiqib, turli sohalarga yo‘naltirib ko‘rishi kerak. Iqtidori namoyon bo‘lgani bilan esa shug‘ullanishga ruxsat berishi lozim. Shunda u yomon yo‘llarga yurmaydi, tashqi ta’sirlarga berilmaydi. O‘zini izlaydi.
Sizning qarashlaringizni o‘zgartirgan, ulg‘aytirgan voqealar.
— Bo‘lgan. Ko‘p bo‘lgan. Otamning vafotidan keyin birdan ulg‘aydim. Tanaffusdagi uch yilim ham oson kechmadi. Bilasizmi, xonandalar sahnadan uzoqlashishsa ham, ijod qilaverishlari mumkin. Qo‘shiqlar yozadi, kuylaydi, kliplar suratga oladi, internetga joylaydi. Muxlislari chin bo‘lsa, o‘zlari topib, eshitaverishadi. Men aktyorman, kamera, kino bilan tirikman. Ijoddan birdan to‘xtab qolganim hayotga nisbatan qarashlarimni o‘zgartirdi. Oldinlari hamma narsaga yengilroq qarardim-da. To‘g‘ri, tushkunlik botqog‘iga botib o‘tirmadim. Ssenariy yozdim. Izlandim. Oq-qorani ajrata boshladim. Atrofimdagilarning munosabati oydinlashdi. Har neda hikmat borligiga yana bir bor amin bo‘ldim. | 57 | 2,077 |
Madaniyat | “Kim qilganini Yodgor biladi, men ham bilaman”. Erkin Komilov “Shaytanat”ning nima uchun “zapret”ga tushgani haqida gapirdi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Erkin Komilov suhbat davomida “Shaytanat” serialini 20 yil davomida kim “zapret” qilganini bilishini, ammo uning kimligini ayta olmasligini ma’lum qildi.
Alloh shu kunlarni to‘g‘ri qilgan ekan, mana serial baribir berildi. Kimdir qilgan bu “zapret”ni, lekin kim qilganini Yodgor biladi, men ham bilaman. Aytib bo‘lmaydi. Baribir efirga ketdi-ku. Shunday narsalar bo‘lganki, masalan Mirzo Ulug‘bekni o‘ynaganimda kimlardir kelib ko‘klarga ko‘tardi. Uyoqqa noto‘g‘ri yetib borgan. Endi bunga nima deysiz? Biz kimga yomonlik qilibmiz? Yomonlik yetib borgandan keyin kelib ko‘rmaydimi, o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi kerak-ku, axir bir vaqt topib bo‘lsa-da! Kelib ko‘rsa, yo to‘g‘ri ekan, yo noto‘g‘ri ekan deydi.
To‘g‘ri, hammaga ham yoqavermaymiz. Hammaga yoqaman deyish ham kufrlikka kiradi. Yo‘q, biz ham bir bandamiz. Kimgadir osh yoqadi, kimgadir shavla. Xuddi shunaqa narsa “Shaytanat”da ham bo‘lgan. To‘xtatib qo‘ya qolgan.
Yoki Tohir Malikka bir xusumati bordir u insonni, yoki Yodgorga xusumati bordir, yoki filmni o‘zi yoqmagandir. Nega bunday filmlarni targ‘ib qilishimiz kerak degandir. To‘g‘ri, “Shaytanat”dagilar hammasi shayton yo‘liga kirganlar. Hammasi odam o‘ldirgan, hammasi ham oppoq emas: Asadbek ham, Hosilboy ham, Chuvrindi ham, Haydar ham. Bitta Jalil bu yerda pok. Lekin baribir aql yo‘liga kirishdi-ku, xatosini tan oldi-ku. Shunaqa insonlarga muhtoj ekan, Asadbek kabi yigitlarga ham muhtojlar bor ekan-ku, jamiyatda.
Kimgadir yaxshilik qilgan, kimgadir yomonlik qilgan. Lekin jamiyatga emas. Birortasi jamiyatga, davlat siyosatiga putur yetkazmagan. O‘z yo‘lida haddidan oshganlarni jazosini bergan. Lekin siyosatga ham aralashmagan, yaxshi ham demagan, yomon ham demagan. Vijdon hamma narsadan ulug‘ turgan.
Demoqchimanki, nimadan qo‘rqadi? Davlatlar nimadan hayiqib turadi? Albatta, quroldan. Davlatdan nega hayiqamiz biz? Chunki qonun ustuvor. Endi qonunni chiqarganlar nimadan qo‘rqishi kerak? Xudodan qo‘rqishi kerak. Xudodan qo‘rqmasa, u qonun bir tiyin. O‘zlari qonunni chiqarib qo‘yib, o‘zlari buzishi mumkin. Shuning uchun ular Xudodan qo‘rqishi kerak.
Bu dunyo hammamizdan qolaveradi, insoniyatni ko‘tarib olib ketaveradi. Bu dunyoning yaralganiga 4,5 mlrd yil bo‘lgan bo‘lsa, hali birorta odam uyoqdan buyoqqa kelgan emas. Odamlardan faqat yaxshilik qoladi.
Erkin Komilov, O‘zbekiston xalq artisti
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Shaytanat” serialini “zapret” qilgan odamlarning o‘zi, nega serialni “zapret” qilishganini bilmasligini aytgandi. “Shaytanat” serialining hali efirga uzatilmagan 21-qismi ham mavjud bo‘lib, ushbu qism Alisher Navoiy nomli kino saroyida premyera qilinishi kutilmoqda. | 131 | 2,810 |
Madaniyat | Instagram: Moskva sitida raqs tushgan Dili.me, Timati bilan uchrashgan Aziza Xalilova, Ravshan Namozovni xotirlayotgan mashhurlar | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Shahlo Zoirova sahifasiga O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva bilan tushgan suratini joyladi.
Tiktoker, instabloger Baby Mohi to‘yiga uch oy bo‘lgani munosabati bilan turmush o‘rtog‘iga qanday sovg‘a berganini muxlislariga ko‘rsatdi. Shuningdek, u turmush o‘rtog‘i bilan bir xil sovg‘a olgani haqida ham gapirgan.
“Sarbon” guruhi xonandasi Farhod Saidov sahifasida marhum san’atkor Ravshan Namozovning xotirasiga atab post qoldirdi.
Komik rollari bilan muxlislarining mehrini qozongan aktyor Husan Musaboyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov uning Hindistondagi operatsiyasi uchun pul bergani haqida gapirib berdi.
“Qattiq kasal bo‘lib qoldim, yurak xuruji bo‘ldi. Bilaman, Alloh saqlab qoldi, lekin bunda ham do‘stlarimning, ayniqsa, Matyoqubning xizmati katta. Matyoqub menga ham ma’naviy, ham moddiy yordam berdi. Har doim yonimda bo‘lib qo‘llab-quvvatlab turdi. Hattoki Hindistonga ketishimga katta yordam berdi, shuning uchun men uning xizmatlarini o‘lgunimcha unutmayman. Haqiqiy do‘st shunaqa bo‘ladi, bunaqa do‘stlarim bor”, — deydi aktyor.
Shuningdek, xonanda Sardor Mamadaliyev ham marhum san’atkor Ravshan Namozov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va uning vafot etgani o‘zbek estradasida katta yo‘qotish bo‘lganini aytdi.
Zarina Nizomiddinova o‘g‘li Saidumar bilan jiyanining to‘yiga borgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Bollivudning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Ayshvariya Ray yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Xonanda Ziyoda muxlislariga “Mayli” deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.
Jahongir Otajonov sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanayotgani haqida muxlislariga gapirdi.
“Aristokratlar” kulgi jamoasi a’zosi Obidjon Nasriddinov ota-onasini Umra safariga kuzatib qo‘ygani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Lola Ahmedova “Qars” guruhi asoschisi Ravshan Namozovning vafot etgani, uning beozor inson va noyob san’atkor bo‘lgani haqida gapirdi.
Instagram sahifasida 2 milliondan ortiq muxlisga ega vayner, aktyor va xonanda Dili.me Moskva sitida TikTok’da mashhur bo‘lgan qo‘shiqni xirgoyi qilgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Bollivudning mahoratli aktrisalaridan biri Karishma Kapur sahifasiga singlisi Karina Kapur bilan tushgan suratini joyladi.
Aktrisa Dineyra farzandi bilan sayrga chiqqani aks etgan suratni obunachilariga ko‘rsatdi.
Jasur Umirov yangi “Oygul” nomli taronasini va unga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim etdi.
“Setora” guruhining xonandalaridan biri Laylo Galiyeva ham sahifasida marhum xonanda Ravshan Namozovning xotirasiga atab post qoldirdi. Xonanda marhum san’atkorning buyuk qalbli inson bo‘lganini ta’kidladi.
Turkiyaning dunyoga mashhur aktyori Burak O‘zchivit sahifasiga yangi suratini joyladi.
Yulduz Turdiyeva Parijda tushgan yangi videosini muxlislariga namoyish qildi.
Qiziqchi Mirzabek Xolmedov sahifasiga marhum xonanda Ravshan Namozov va boshqa san’atkorlar bilan tushgan suratini joyladi. Aktyor marhum san’atkorning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Aktrisa Diana Yagofarova uy bekalarining oshxonadagi hayoti haqida kulgili rolik suratga oldi.
Xonanda Shahzoda yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Munisa Rizayeva to‘y xizmatlarining birida Umidaxon bilan uchrashib qolgani aks etgan videoni e’lon qildi. U san’atkor ayollar to‘yda uchrashib qolsa, ozish va boshqa mavzularda gaplashishini aytgan.
Aktrisa Aziza Xalilova sahifasiga rossiyalik xonanda Timati bilan tushgan suratini joyladi. | 129 | 3,650 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov shogirdi Bahrom Nazarovga tanbeh berdi | Xonanda Bahrom Nazarov 26—27-noyabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Baxt uchun” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etmoqda.
Konsertning birinchi kunida mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad Bahrom Nazarovning chiqishini zalning 15-qatoridan o‘tirib kuzatgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning dastur haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov xonanda Bahrom Nazarovning ustozi sanaladi.
— Bahrom Nazarovning avvalgi konsertida ham kuzatganman, bu yil ham aynan shunga guvoh bo‘ldim: shogirdingiz konsertini orqa qatorlarda o‘tirib kuzatasiz. Buning sababi nima?
— Shogirdlarning konsertlarini iloji boricha orqaroq qatorlarda o‘tirib kuzatishga harakat qilaman. Chunki shu yerdan xonandaning sahna bilan, tomoshabinlar bilan bog‘lanishini yaxshiroq tomosha qilish, jarayonga to‘g‘ri va aniq baho berish imkoni bor.
— Bahrom Nazarovning o‘tgan yilgi konserti muxlislar tomonidan yaxshi kutib olingan edi. O‘shanda ham konsert kunlari davomida shogirdingizga uning xato-kamchiliklarini aytib turgan edingiz. Xonandaning bu galgi konsertida qanday kamchiliklarni ilg‘adingiz?
— O‘ziga yarasha kamchiliklar bor. Eng katta kamchilik — jamoaning ham, Bahromning ham kayfiyati pastligi bo‘lsa kerak, menimcha. Bu Bahromning bor-yo‘g‘i ikkinchi konsert dasturi, shuning uchun unda hayajon hali ham kuchli bo‘lishi tabiiy. Xonanda sahnani o‘ziniki qilib olishi, unda erkin harakatlanishi uchun ko‘p yillik tajriba kerak. Qanchalik tanbeh berganimni o‘zingiz ham ko‘rdingiz, konsertning ikkinchi kunida ancha o‘zgarish bo‘lishiga aminman.
— Sizningcha, konsertda unga ortiqchalik qilgan, unga kerak bo‘lmagan birorta qo‘shiq, raqs, sahna ko‘rinishi bo‘ldimi?
— Konsert boshida boshlovchining sahnaga chiqib, “Konsert dasturimizni boshladik, hozir sahnaga Bahrom Nazarovni taklif qilamiz!”, degan gaplarni aytishiga hojat yo‘q edi. Chunki bu gala-konsert emas, odamlar kimning konsertiga kelganini yaxshi biladi. Parda ochilishi bilan xonanda sahnaga chiqib, muxlislar bilan salomlashib, qo‘shiq kuylashi kerak edi.
— Shogirdingiz Bahrom Nazarovning bu galgi konsertida yutuq tomonlari ham bormi?
— Repurtuar juda chiroyli! Ayniqsa, g‘azallar asosida kuylagan qo‘shiqlar, klassik adabiyotga murojaat qilgani juda yaxshi. Biri biridan go‘zal ijod namunalarini muxlislarga yetkazib bera olish — muhim ahamiyatga ega va zamonaviy xonandaning vazifalaridan biri. Konsertdagi yangi qo‘shiqlarni bir kuylashning o‘zidayoq muxlislarga yoqadigan darajada havola qilish juda qiyin. Sababi, qo‘shiq hali reklama qilinmagan, qo‘shiqqa nisbatan ko‘pchilikning fikri o‘rganilmagan bo‘ladi. Yangi qo‘shiqni muxlislar yaxshi qabul qilish uchun qo‘shiqqa bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish lozim, bu esa bevosita xonandaga bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Yuki bor qo‘shiqlarni shunchaki kuylab, navbatdagi qo‘shiqqa o‘tib bo‘lmaydi.
— “Dizayn” jamoasining: “Jonli ijroda kuylay olasizmi?”, degan savoliga javoban Bahrom Nazarov sizning xit darajasiga chiqqan “Majnuntolning novdalari” qo‘shig‘ingizni kuylab berdi. Bu jonli ijroga munosabatingiz qanday? Har xolda, qo‘shiqning asl egasi sifatida ijrochining xato va kamchiliklarini boshqalarga nisbatan aniqroq ko‘rishingiz tabiiy.
— Bahrom ikki soatlik konsertni 100 foiz jonli ijroda bemalol o‘tkaza olishiga ko‘zim yetadi. U ko‘plab davralarda jonli ijroda kuylab yurgan, jonli ijroda suyagi qotgan shogirdlarimdan. Bugungi ijrosi ham yaxshi bo‘ldi. U bugun jonli ijroda kuylab yurgan Bahrom Nazarov uchun jonli ijroda kuylashning qo‘rqinchli tomoni yo‘qligini yana bir karra isbotladi. Shunchalik kuylay olar ekan, unda nega 100 foiz jonli konsent bermaydi, degan savol tug‘ilishi tabiiy, albatta. Savolning javobi — jonli ijroda konsert berishning boshqa texnik talablari bor, yosh xonandalarning o‘sha talablarga javob berishga kuchi yetmayapti. Bu ko‘proq moliyaga borib taqaladigan muammo — jonli ijroda bo‘ladigan ikki soatlik konsert uchun har bir sozanda kamida uch oy mehnat qilishi kerak. Dasturda 20 sozanda qatnashsa, ularni to‘plash, ovqatlantirish, maoshini to‘lash — barcha-barchasi xonandaning yelkasida bo‘ladi. Shunday jihatlari borligi sabab, bugun nafaqat Bahrom Nazarov, boshqa ko‘plab yosh, zabardast xonandalarimiz jonli ijroda konsert berishga jur’at qila olmayapti.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 57 | 4,428 |
Madaniyat | Xonanda Rayhon va boshlovchi Farhod Alimov nikohdan o‘tdi. 5-noyabrda — osh | Xonanda Rayhon va boshlovchi Farhod Alimov nikohdan o‘tdi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
Ular qachon nikohdan o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.
Sayt axborotiga ko‘ra, nikohdan o‘tilgani munosabati bilan, Alimov va G‘aniyevlar oilasi 5-noyabr kuni amru-ma’ruf sifatida osh beradi.
Xonanda Rayhon va boshlovchi Farhod Alimov oila qurishi mumkinligi haqidagi xabarlar oktabr oxirida paydo bo‘lgan, ularning to‘yi 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi aytilgan edi.
Biroq keyinroq Farhod Alimov bayonot bilan chiqib, Rayhon bilan dardi bir ekani, munosabatlari jiddiy ekanini tasdiqlagan, biroq to‘y sanasi va joyi haqidagi xabarlarni rad etgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 75 | 801 |
Madaniyat | Shvarsenegger AQSh prezidenti lavozimida Trampning o‘rnini egallashni taklif qildi | Aktyor va “Mashhurlar shogird bo‘lganida” (The Celebrity Apprentice) realiti-shousi boshlovchisi Arnold Shvarsenegger AQSh prezidenti Donald Trampga “o‘zaro o‘rin almashishni” taklif qildi. Bu haqda u o‘z Twitter’iga joylangan videoda aytib o‘tdi.
“Siz shou bilan mashg‘ul bo‘lishingiz kerak, axir siz reytinglar bo‘yicha katta ekspertga o‘xshaysiz. Men esa sizning ishingiz tashvishini qilaman. Shunda odamlar nihoyat xotirjam uxlashi mumkin bo‘ladi” — dedi aktyor rolikda.
2-fevral, payshanba kuni Tramp Milliy ibodat nonushtasi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Shvarsenegger ko‘rsatuv reytingini tushirib yuborgani uchun uni “duo qilib qo‘yishga” chaqirdi. Tramp saylovoldi kampaniyasi boshlanguniga qadar shouda boshlovchilik qilardi, hozirda esa uning ijrochi prodyuseri hisoblanadi.
The National Prayer Breakfast? pic.twitter.com/KYUqEZbJIE
— Arnold (@Schwarzenegger) February 2, 2017 | 82 | 893 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov Termizda Turkmaniston delegasiyasini kutib oldi | 14 oktyabr kuni Termizga Turkmaniston delegasiyasi tashrif buyurdi. Delegasiyani madaniyat vaziri o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov kutib oldi, deb xabar beradi O`zA.
Turkmaniston delegasiyasi 371 kishidan iborat. | 66 | 210 |
Madaniyat | Kushon podsholigi xazinasi: O`zbekiston va Afg`oniston madaniy merosiga bag`ishlangan nashrni tayyorlash rejalashtirilmoqda | O`zbekiston va Afg`oniston madaniy merosiga bag`ishlangan nashrni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Elektron ommaviy axborot vositalari assosiasiyasi ma`lum qildi.
Ma`lumki, Afg`oniston hududida insoniyat tarixidagi eng katta va qimmatbaho xazinalardan biri - Kushon oltinlari topilgan. Bugungi kunda xazina Milliy muzey to`plamida saqlanmoqda.
O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyati doktor Rahimiy bilan bo`lib o`tadigan muzokaralar davomida Afg`oniston va O`zbekistonning umumiy madaniy merosi bo`lgan topilmalarga bag`ishlangan kitob-albom nashr etish to`g`risida kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda.
Bugungi kunda Kushon oltinlari Qobul milliy muzeyida saqlanmoqda, hozirda biz sobiq ulug`vor Kushon podsholigi hududida joylashgan davlatlarni birlashtirgan bebaho xazinalar to`plamini tadqiq qilish imkoniyatiga egamiz.
Qobul milliy muzeyi direktori doktor Muhammad Fahim Rahimiy 2021-yil sentyabr oyida bo`lib o`tadigan O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyatining V yubiley Kongressida ishtirok etishi kutilmoqda.
"O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqot tashabbuslari O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. Loyihalar Eriell Group xalqaro neft servis kompaniyasi ko`magida amalga oshirimoqda. | 123 | 1,416 |
Madaniyat | “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” filmining anime janridagi qisqa metrajli so‘nggi prikveli chiqdi (video) | “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” filmining anime janridagi qisqa metrajli so‘nggi prikveli chiqdi, deya xabar bermoqda TJournal. Uni “Animatritsa” epizodlaridan biri ustida ishlagan rejissor Sinitiro Vatanabe yaratdi.
Qisqa metrajli film “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi” olamida 2022-yilda yuz bergan “blekaut” haqida hikoya qiladi. Syujetga ko‘ra, replikantlar odamlarga qarshi isyon ko‘taradi va Los-Anjelesga elektromagnit bombani tashlaydi. Bu shaharda elektr toki o‘chib qolishiga va aqlli robotlar ishlab chiqarilishining taqiqlanishiga olib keladi, shuningdek, Tyrell korporatsiyasi faoliyatiga nuqta qo‘yadi. O‘n yildan so‘ng replikantlarni endi Wallace korporatsiyasida yana yaratishni boshlashadi, “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” filmida aynan u haqda gap boradi.
Bu birinchi “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi” va uning davomi o‘rtasidagi voqealar haqida gapirib beruvchi uchinchi va oxirgi qisqa metrajli filmdir. “Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049” kinoteatrlarda 6-oktabrdan namoyish etiladi. | 103 | 982 |
Madaniyat | Zarina Nizomiddinova ikkinchi marta turmushga chiqadi | O‘zbek kinosining eng maftunkor aktrisalaridan biri – Zarina Nizomiddinova yana turmushga chiqmoqda! Yakshanba kuni shov-shuv.uz sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, hatto to‘y kuni ham yaqin – u yanvarning oxirlarida bo‘lishi kutilmoqda.
Tabiiyki, barchaning xayoliga birinchi navbatda “Kuyov kim ekan?” degan savol keladi. Aytishlaricha, aktrisamizning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i biznesmen ekan. Hozirda Zarina to‘yga tayyorgarlik ko‘rib, o‘ziga mos eng go‘zal kelinlik libosi tanlamoqda.
Aytib o‘tish kerakki, Zarina Nizomiddinova avval ham oila qurgan va birinchi turmushidan bir o‘g‘li bor. | 53 | 589 |
Madaniyat | Foto: Mashhur hind aktrisalarining kinolarda rol ijro etgan singillari | Hind kinosanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktrisalarning karyera uchun aktrisalikni tanlagan, ammo opasichalik mashhur bo‘lolmagan singillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Mina Kumari va singlisi Maxlika (Madxu)
Mina Kumarning singlisi Madxu 1940-yillarda mashhur aktrisa bo‘lgan va 1953-yilda komik aktyor Mehmudga turmushga chiqqan. Oilasiga o‘zini bag‘ishlagan aktrisaning o‘g‘li Laki Ali xonanda bo‘lgan.
Madxubali va uning singlisi Chanchal
Zamonasida o‘ziga yarasha mashhurlikka erishgan Madxubalining singlisi ham aktrisa bo‘lgan. U “Gang daryosi oqadigan mamlakat” va “Aloqa” singari filmlarda rol ijro qilgan.
Mumtaz va uning singlisi Mallika Askari
Mumtazning singlisi 60-70-yillarda ijod qilgan va ko‘p bo‘lmasa ham esda qolarli rollar o‘ynagan. “Abadiy sevgi hikoyasi”, “Sevgilim”, “Kashmirdagi sevgi” shular jumlasidan. Malika aktyor Randxava bilan turmush qurgan. Uning o‘g‘li 1990-yillarda salbiy qahramonlar rolini ijro qilgan.
Padmini, Ragini va Lalita
Opa-singillarning har uchchalasi ham aktrisalik bilan shug‘ullangan. Ular orasidan Raj Kapur bilan birga suratga tushgan Padmini ko‘proq mashhurlikka erishgan. Ragini Shammi Kapur bilan birga “Mujrim” filmida suratga tushgan.
Nutan va uning singillari Tanudja hamda Chatura
O‘tgan yillarning eng mashhur aktrisalaridan biri bo‘lgan Nutanning singlisi Tanudja ham aktrisa bo‘lgan. Singlisi Chatura esa rassomlik bilan shug‘ullangan.
Vohida Raxman va singlisi Saida
Vohida Raxmanning uch singlisi bor: Shohida, Zohida va Saida. Shohida va Zohida 8-sinfgacha ta’lim olgan, Vohida va Saida esa maktabni tugatmagan, raqs bilan shug‘ullangan. Ularning otasi to‘satdan vafot etgani sabab katta opalarini turmushga berib yuborishgan va Pokistonga ko‘chib ketgan.
Dimpl Kapadiya va singlisi Simpl Kapadiya
Dimplning singlisi Simpl ilk bor “Sizga murojaat qilyapman” filmida pochchasi Rajesh Khanna bilan birga suratga tushgan. Keyin Jitendra bilan birga hamkorlik qilgan. Ammo karyera borasida unchalik omadi chopmagan. Aktrisalik u uchun emasligini tushunib yetgan Simpl liboslar rassomi sifatida faoliyatini davom ettirgan. U Sanni Deol, Tabu, Amrita Singx, Shridevi va Priyanka Chopra singari mashhurlar uchun obraz yaratgan. | 70 | 2,198 |
Madaniyat | Farg‘onada Haziniy uy-muzeyi ta’mirlanmoqda | Shoir Haziniy tug‘ilib o‘sgan Farg‘ona viloyatining Katta kenagas qishlog‘idagi uy-muzey va uning yonida joylashgan maqbarada kompleks va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilib, ziyoratchilar uchun go‘zal maskanga aylantirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Maqbara va uy-muzeyni kapital ta’mirlash va eksponatlar bilan boyitish uchun davlat budjetidan 1 milliard 200 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Hozirda muzey va maqbarada qurilish-montaj va pardozlash, eksponatlar uchun maxsus vitrinalarni joylashtirish ishlari davom etmoqda.
—2019-yilning birinchi choragida 200 dona eksponat, Haziniy davrini yoritib beruvchi uy-ro‘zg‘or buyumlari, rang tasvir asarlari, mehnat qurollari bilan birga shoir va uning zamondoshlari ijodiga mansub kitoblar, maqolalar hamda toshbosma kitoblarni bosqichma bosqich keltirib joylashtiramiz. Ta’mirlash va hujjatlashtirish ishlari yakunlangach Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida uy-muzey 10 nafar xodim bilan rasman faoliyat boshlaydi, – deydi Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi rahbari Bahodir Hoshimov. | 43 | 1,113 |
Madaniyat | Toshkentdagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi tasdiqlandi | “O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
"Huquqiy axborot" kanali xabar berishicha, qaror bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (Markaz) tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.
O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi (Akademiya) rektoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to`lash fondi doirasida o`zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
▫️Shuningdek, Akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovasion loyihalar markazi tugatilib, uning moddiy-texnika bazasi Markazga berildi.
Eslatib o`tamiz, Prezidentning 2020 yil 11 avgustdagi qarori bilan O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan. | 80 | 895 |
Madaniyat | Roli uchun nafaqat muxlislari, balki onasi ham tanimaydigan darajada o‘zgargan aktyorlar (foto) | Hozirgi paytda aktyorlar uchun imkonsiz narsa yo‘qdek go‘yo. Ular osongina boshqa jins vakillari personajini ham o‘ynashlari mumkin. Rejissorlar uchun ham tashqi ko‘rinish endi unchalik muhim emas: agar aktyor o‘z qahramoniga o‘xshamasa, unga bir nechta grimyorlar va diyeta yordam beradi.
AdMe nashri hatto eng sodiq muxlislari ham kadrda taniy olmaydigan obrazlar jamlanmasini to‘pladi.
Jonni Depp
Jonni Depp mohirona niqoblanishga usta ekani hammaga ma’lum. U ko‘plab esda qolarli obrazlarni yaratgan — Edvard Qaychiqo‘ldan tortib kapitan Jek Chittakkacha. Eng ekstravagant grimda ham ashaddiy muxlislari aktyorni tanib olishadi. Ammo “Yoga ilgaklari” filmida aktyorni tanish ancha qiyin bo‘ladi.
Kristian Beyl
Kristian Beyl o‘z qahramonini ishonarli tarzda o‘ynash uchun vaznini bir necha bor o‘zgartirgan. “Mashinist” filmidagi Trevor Reznik roli uchun u 28,5 kiloga ozgan, ko‘p o‘tmay, u Betman rolini o‘ynash uchun yana odatiy vazniga qaytgan. Ammo “Hukmronlik” filmida aktyorni tanish juda mushkul.
Helli Berri
“Bulutli atlas” filmida Helli Berri bir vaqtning o‘zida 6 ta rol o‘ynagan. Umuman olganda, uni tanib olish mumkin, faqat bittasidan tashqari — jozibali aktrisa Ovid ismli keksa plastik jarroh rolini o‘ynagan.
Rassell Krou
2019-yilda namoyish etilgan “Eng baland ovoz” miniserialida kelishgan yigit Rassell Krou bosh rolni o‘ynagan. Ammo tomoshabin ortiqcha vaznli mediamagnat obrazi ortida kim yashiringanini darhol taxmin qila olmaydi.
Kolin Farrell
Kolin Farrell 2022-yilda ekranga chiqishi kutilayotgan yangi Betmen filmida Pingvin rolini ijro etdi. Suratga olish paytida aktyor grimi bilan qahvaxonaga kirgan. Ammo hech kim yulduzni tanimagan.
Margo Robbi
Aktrisa ko‘pincha jozibali ayollar rolini o‘ynaydi. Ammo tashqi ko‘rinishidan tashqari, u ajoyib iste’dodga ham ega. “Ikki qirolicha” filmida Robbi Elizabet I rolini o‘ynadi va vizajistlar qizni o‘zgartirish uchun ko‘p harakat qilishdi.
Jim Kerri
“Yomon partiya” filmida taniqli komik soqov darvesh rolini o‘ynagan, grimda uni umuman tanib bo‘lmaydi. Taxminlarga ko‘ra, aktyorning o‘zi filmdagi ishtiroki tomoshabinlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lishini xohlagan va reklama kampaniyasida uning ismi va u bilan bog‘liq har qanday tasvirlardan foydalanishni taqiqlagan.
Tilda Suinton
“Suspiriya” mistik trillerida Tilda Suinton birdaniga 3 ta rol o‘ynagan, ulardan biri — doktor Jozef Klemperer roli. Aktrisani bu rolda, umuman, tasavvur qilolmaysiz.
Keyt Blanshett
“Manifesto” — bu Avstraliya—Germaniyaning ko‘p kanalli videoinstallyatsiyasi bo‘lib, unda Keyt Blanshett 13 tagacha obrazlarida namoyon bo‘lgan. Ular orasida maktab o‘qituvchisi, fabrika ishchisi, xoreograf, pank, yangiliklar boshlovchisi, olim, qo‘g‘irchoqboz, beva va uysiz odam bor. So‘nggi rolida aktrisani taniy olmasligingiz aniq. | 95 | 2,788 |
Madaniyat | Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmida Ulug‘bek Qodirov va Javohir Zokirov rol ijro etmasligini ma’lum qildi (video) | “Baron 2” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan rejissor Rustam Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Rejissor intervyu davomida “Baron” filmida asosiy rollarni ijro etgan Ulug‘bek Qodirov hamda Javohir Zokirov “Baron 2” filmida rol ijro etmasligi va buning sabablari haqida gapirib berdi.
“Baron 2” filmida ham Farhod Mahmudov bosh rolni ijro etadi. Bundan tashqari Dilnoza Kubayeva, Shahzoda Matchonova, Alixan singari aktyor va aktrisalar filmda rol ijro etishadi. Aktyorlar Ulug‘bek Qodirov hamda Javohir Zokirov “Baron 2” filmida ko‘zda tutilmagan, sababi oldingi filmda syujet bo‘yicha ularning ishtiroki tugab bo‘lgan. “Baron 2” filmida buning hammasi oqlangan. Bir filmda bitta voqelik bo‘lsa, ikkinchi filmda boshqa voqelik bo‘ladi. Ya’ni birinchi voqelikdagi aktyor-aktrisalarning aksariyati ikkinchi filmda ishtirok etmaydi. Lekin asosiy qahramon bo‘lgani uchun, uning atrofidagilar albatta ishtirok etadi. Ya’ni asosiy qahramonning oilasi, misol uchun aktrisa Dilnoza Kubayeva timsolida filmda rol ijro etishadi.
Rustam Sa’diyev, rejissor
Baron filmi uch qismdan iborat bo‘ladi. | 111 | 1,190 |
Madaniyat | Rayhonning “Ne bo‘lar?” taronasi uchun ishlangan klip muxlislar e’tiboriga havola etildi (video) | O‘zbek estradasining go‘zal vakilalaridan biri Rayhon bugun o‘zining yangi videoklipini muxlislar e’tiboriga havola etmoqda. Bu haqda Popcorn.uz xabar berdi.
“Ne bo‘lar?” nomli taronasiga ishlangan videoklipning qiziqarli g‘oyasi Rayhon hamda rejissor Davlat Arabshoyevga tegishli bo‘lib, ko‘p sonli ishtirokchilar qatnashgan video hayot zavqini tarannum etadi. O‘z o‘rnida mohirona qo‘llanilgan kompyuter grafiklari esa klipga o‘zgacha ruh bag‘ishlagan.
Bundan avvalroq, Rayhonning “Ne bo‘lar?” taronasi uchun klip suratga olish jarayonidan fotolavhalar havola etgan edik. | 96 | 575 |
Madaniyat | Aziza: o‘zbek to‘ylarida hamma jo‘r bo‘lib kuylay oladigan qo‘shiqlar kerak | Qo‘shiqchi Aziza Muhammedova Sputnik’ka bergan intervyusida O‘zbekistonda to‘ylar uchun qo‘shiqlarning rasmiy ro‘yxati tasdiqlanishi yaxshi tashabbus ekanligini aytdi.
“‘O‘zbekkonsert’ xodimlari repertuarni belgilab berishni istashayotgani, menimcha, to‘g‘ri”, — dedi u.
Azizaning fikricha, to‘ylarda odamlar eski va yaxshi tanish bo‘lib qolgan qo‘shiqlarni eshitishni xohlaydi. Umuman olganda, “O‘zbekkonsert” bilan ishlagan har bir xonandaning o‘z repertuari bo‘lgan.
“Mening fikrimcha, bular birinchi navbatda, milliy hamda xalq qo‘shiqlariga aylanib ulgurgan ommabop ashulalar bo‘ladi”, — deya taxmin qildi xonanda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘ylarda odamlar o‘zlari kuylagisi, qo‘shiqchiga jo‘r bo‘lgisi keladi. “Shunday qo‘shiqlar kerakki, dasturxon atrofidagi mehmonlar qo‘shiqchiga jo‘r bo‘lsin… Shuning uchun qo‘shiqchilarning repertuarida har xil vaziyatlar uchun mo‘ljallangan musiqiy asarlar bo‘lishi kerak”, — dedi Aziza. | 75 | 934 |
Madaniyat | Xonanda Malika Egamberdiyeva turmushga chiqdi (foto va video) | Xonanda Malika Egamberdiyeva oila qurdi. Temur va Malikaxonlarning nikoh to‘yi 12-aprel kuni poytaxtdagi “Charog‘on” restoranida bo‘lib o‘tdi. To‘yda ko‘plab taniqli xonandalar va san’atkorlar ishtirok etdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 61 | 376 |
Madaniyat | Yigitali Mamajonov nima uchun Rayhonning uyida yashashga rozi bo‘lgani va “hozir qaynatasining uyida yashaydi” degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi (video) | Aktyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Yigitali Mamajonov nima sababdan xonanda Rayhonning uyida yashashga rozi bo‘lgani va “hozir ham qaynatasining uyida yashaydi”, degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.
Aslo, qaynatamnikida yashamayman. Men bir marta ichkuyovlikning issiq-sovug‘ini tatiganman. Birinchi sobiq ayolim Rayhon to‘yimizdan oldin ‘menikida yashaymiz’, deb aytganida men rad qilishga uringanman.
‘Ichkuyovlik bu uyat, men erkak kishiman, sening uyingda yashash mening g‘ururimga tegadi, kel, yaxshisi, ijarada yashaymiz’, deb aytganimda Rayhon menga ‘mening onam vafot etgan. Onamdan yolg‘iz yodgorim — singlimni bu katta uyga qanday qilib tashlab ketaman? Kim qaraydi unga? Yaxshisi, vaziyatni murakkablashtirmaylik, axir biz bir oila bo‘lamiz, seniki-meniki yo‘q, hammasi bizniki’, deb aytgan.
Vaholanki, uylanishimdan oldin men o‘zim bilmagan holda notariusda nikoh shartnomasiga qo‘l qo‘yib kelgan ekanman. Keyin bilsam, u shartnomada ‘agar biz ajrashsak, hamma o‘z mol-mulki bilan qolishi’ haqida band bo‘lgan ekan.
Men o‘shanda u qanday shartnoma ekanligini bilib qolganimdan keyin Rayhonga ‘demak, siz menga ishonmayotgan ekansiz-da, mening tuyg‘ularim siz uchun ahamiyatsiz ekan-da’, deganimda u yoshi katta qarindoshlari shuni xohlashayotganini aytgan. Hozir o‘ylab qarasam, hammasini o‘shanda to‘xtatishim kerak bo‘lgan ekan. U vaqtda to‘yimizga ozgina vaqt qolgan edi. Men hammasini yaxshilikka yo‘yib, uylanaman dedimmi, tamom, uylanaman, deb qaror qabul qilganman.
To‘g‘ri, mening yomon niyatim bo‘lmasa ham, shunaqa niyatli yoshlar bor. Men ham unaqalarni bilaman. O‘ylasam, Rayhon o‘shanda ehtiyotkorlik jihatidan aqlli ish qilgan. Lekin men 100% Rayhondan unday narsalar talab qilmas edim. O‘zi men uning uyida yashashim uyatli narsa, men yana qanday qilib boshqa narsa talab qilishim mumkin? Astag‘firullo, undan ko‘ra o‘lib keta qolay, unaqa harom luqmani yeganimdan ko‘ra o‘lib ketganim yaxshi.
Allohning izmisiz hattoki bitta barg shoxidan uzilib yerga tushmaydi, biz kimmiz, biz kimmiz? U paytda men juda ham sodda bola bo‘lganman. Mana hozir o‘ylab, reja qilib, kinolardan ko‘rib, o‘ylab, keyin shu ishlarni qilsam, haqiqatga yaqin bo‘ladi.
Insonlarning qanday ekanligini ko‘rdim, ancha-muncha bilib oldim. Ora-orada mana shunaqa uylanib foydalanish, boyligiga ega bo‘lish, tortib olish kerak ekan, degan shaytoniy fikrlar ham o‘tib turadi.
Lekin biz unday harom luqma yeb o‘rganmaganmiz. Masalan, hozirgi aqlim shunday qilishga yetadi, lekin shunday erkaklarni men o‘zim yomon ko‘raman. Qanday qilib hazm qilasizlar, deyman.
Bu shaklda tirikchilik qilgandan, sharmandalarcha o‘lganimiz yaxshi.
Yigitali Mamajonov, aktyor, kaskadyor
Ma‘lumot uchun, Yigitali Mamajonov 1990-yil 16-iyun kuni Moskva shahrida dunyoga kelgan. 2012-yilda O‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat institutini tamomlagan. 20 dan ortiq film va seriallarda bosh rollarni ijro etgan. 40 dan ortiq videokliplarda rol ijro etgan. | 155 | 3,054 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi Lili Kollinz rejissor Charli MakDauell bilan turmush qurdi (foto) | Ushbu quvonchli voqea haqida 32 yoshli aktrisa o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Men hech qachon sendan boshqaniki bo‘lishni xohlamaganman, endi esa rafiqangman. 2021-yil 4-sentabrda biz rasman va abadiy bir-birimizniki bo‘ldik. Senga bo‘lgan muhabbatim cheksiz”, — deb yozadi u.
“Ertak sifatida boshlangan munosabat endi mening abadiy haqiqatim. Dam olish kunlari qanday o‘tganini hech qachon ta’riflay olmasam kerak, lekin bu yangi hayot boshlash uchun juda yaxshi joy”, – deya qo‘shimcha qildi Kollinz.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning kuzida 38 yoshli rejissor Charli MakDauell Lilining qo‘lini so‘ragan edi. Juftlik 2019-yilda tanishgan. | 82 | 660 |
Madaniyat | Turmush o‘rtog‘inikiga nisbatan daromadi yuqori bo‘lgan mashhur ayollar (foto) | Mashhur ayollar bilan bir oila bo‘lib yashash oson emas. Chunki ular taniqli bo‘lishi bilan birga shunga munosib ravishda pul ishlab topadi. Grazia nashri taqdim etgan material qahramonlarining moliyaviy holati ham bir xilmas. Bu hatto muxlislarning muhokamasiga ham sabab bo‘lgan.
Kseniya Borodina va Qurbon Omarov
Internetda Qurbon Omarov ma’lum bir qurilish kompaniyasining hammuassisi va raisi ekani, shuningdek, investitsiyalar bilan shug‘ullanayotgani va doimiy ravishda yangi korxonalarni ishga tushirayotgani haqida ma’lumot topish mumkin. Kseniyaning o‘zi ham bu haqda gapirib, muntazam ravishda u bergan qimmatbaho sovg‘alarni namoyish etadi. Biroq gap qaysi kompaniyalar haqida gap ketayotganini hech kim aniqlay olmadi. Qurbon teleboshlovchi ish joyida bo‘lgan vaqtda o‘z blogiga ko‘p kontentni uydan turib joylaydi. Mish-mishlarga ko‘ra, ushbu notenglik er-xotinning ajrashishiga sabab bo‘lgan.
Kameron Diaz va Benji Medden
Kemeron Diaz “Good Sharlotte” guruhi gitarachisi Benji Medden bilan turmush qurganiga besh yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Ular bir yillik tanishuvdan so‘ng turmush qurdi. Avvalgi muvaffaqiyatsiz munosabatlari tajribasidan saboq olgan aktrisa bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashish uning hayotida sodir bo‘lgan eng yaxshi narsa ekanini tan oldi. U musiqachiga chin dildan oshiq bo‘lib, ularning daromad darajasi turlicha bo‘lsa-da, o‘zini oilasiga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlab, Gollivuddagi karyerasini butunlay tark etdi.
Sati Kazanova va Stefano Tiotsso
2017-yilda “Fabrika” guruhining sobiq solisti italiyalik fotograf Stefano Tiotssoga turmushga chiqdi. Juftlik Germaniyada do‘stlarining to‘yida uchrashgan. Sati avvalgi xonimlardan farqli o‘laroq, uning tanlagani biznesmen yoki millioner emasligidan hech qachon xijolat bo‘lmagan.
Nikol Kidman va Kit Urban
Nikol Kidmanning turmush o‘rtog‘i Avstraliyada juda taniqli qo‘shiqchi bo‘lishiga qaramay, uning daromadini rafiqasining gonorarlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Nikol bir paytlar aktrisa shunchalik ko‘p pul ishlay boshladiki, u eri va bolalari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun yuqori haq to‘lanadigan loyihalardan ham bosh tortdi. Moliyaviy holatga bunday yondashuv juftlikka mos keldi, chunki ular topgan pullarini umumiy hisob raqamiga qo‘yadi. | 78 | 2,254 |
Madaniyat | Qoraqalpog‘istondagi eng yaxshi to‘y boshlovchisi kimligi ma’lum bo‘ldi | “KRuz.uz” sayti telegramdagi kanali orqali “Qoraqalpog‘istondagi eng yaxshi to‘y boshlovchi (tamada) kim?” nomli so‘rovnoma o‘tkazdi.
Ovoz berish jarayonida 115 kishi ishtirok etgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, Yumorbek (Maxset Abdijamilov) (61%) eng yaxshi to‘y boshlovchi deb topildi.
Shuningdek, reytingda 6-o‘rinni Ruslan Esbergenov (3%), 5-o‘rinni Bayram Davletmuratov (4%), 4-o‘rinni Rinat Daurxanov (5%), 3-o‘rinni Islam Satullaev (8%), 2-o‘rinni Berdaq Qallibekov (19%) egalladi. | 71 | 490 |
Madaniyat | Keyt Uinslet Di Kaprio AQSh kinoakademiyasi tomonidan e’tirof etilmayotganini “adolatsizlik” deb hisobladi | Keyt Uinslet bu yil yana “Oskar” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan Leonardo Di Kaprio AQSh kinoakademiyasi jyuri a’zolari tomonidan e’tirof etilmayotganini adolatsizlik deb hisoblaydi. Bu haqda u People nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Segodnya.ua”.
“U men ko‘p yillardan beri biladigan o‘sha Leo, ammo professional nuqtai nazardan qaraganda juda ulg‘aygan. Zabardast aktyor: avvalgiga qaraganda kuchliroq, chiroyliroq va o‘ziga har qachongidan ko‘ra ishonchi baland. U bilan bog‘liq shuncha gap-so‘zga qaramay, sovuqqonlikni boy bermay kelmoqda”, — deya ta’kidlagan Uinslet.
40 yoshni qarshilagan aktrisa 41 yoshli Leonardo Di Kaprioda deyarli yigirma yil avvalgi “Titanik”dagi sherigini ko‘rishini yashirmadi. “U ajoyib va sodiq do‘st, hamisha shunday bo‘lgan. Nafaqat menga, balki o‘ziga yaqin barcha kishilarga nisbatan ham shunday. U hozirgacha “Titanik” filmini suratga olish chog‘ida tanishgan ko‘pchilik insonlar bilan yaqin aloqalarni uzmagan”, — deydi Keyt. | 106 | 993 |
Madaniyat | Sarvar Karimov: Nega 2019-yilda “Prolog” festivali o‘tkazilmadi? Chunki “Skorpion-2” filmi suratga olinmadi | Yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan “Prolog” qisqa metrajli filmlar festivali keyinchalik ayrimlar tomonidan olingan to‘liq metrajli filmni mukofotli qilish uchun katta festivalga aylantirib yuborildi, 2019-yili esa o‘tkazilmadi ham. Bu fikr kinorejissor Sarvar Karimov tomonidan “Ular” dasturiga berilgan intervyu davomida aytib o‘tildi.
— “Prolog”—2018 kinofestivalida “Sarvqomat dilbarim” short-listga kiritildi va eng yaxshi ayol aktrisa nominatsiyasida ham g‘olib chiqdi. “Prolog”—2018’ning tashkilotchisi Yoshlar Ittifoqi edi. Aynan o‘sha yili Yoshlar Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va dahshatli budjet hisobiga suratga olingan “Skorpion” filmi short-listga kiritilmadi. Ushbu film nima sababdan short-listga kiritilmadi va uni short-listga kiritish bo‘yicha qandaydir bosim bo‘lmaganmi?
— Men buni hozir aniq isbot bilan ayta olmayman, chunki qo‘limda isbotim yo‘q. Taxmin emas, men bu narsani bilaman, agar juda kerak bo‘ladigan bo‘lsa, kerakli odamlardan so‘rab turib, buni isbot tariqasida keltirib bera olaman.
— Keling, unda ozgina aniqlik kiritib o‘taman. Menda bor ma’lumotlarga ko‘ra, aynan festivalning hay’at a’zolari: “Biz bu filmni short-listga kiritmaymiz, biz shunday deb hisoblaymiz va bizga bosim o‘tkaziladigan bo‘lsa, biz ketamiz”, degan.
— Ha, xuddi shunday voqea bo‘lgan. Men ham bu narsani eshitganman, bilaman. Qanaqa bo‘lgan? Ochiqchasiga aytadigan bo‘lsak, hamma narsani o‘z nomi bilan atash kerak, “Prolog” — bugungi kunga kelib, o‘z o‘rnini topolmay yurgan dovdir festival. Nimaga? Boshida “Prolog” tashkil etilganida xursand bo‘lgandim, chunki, nomi ham “Prolog” — debocha degani, ya’ni birinchi marta film olayotgan talabalar, qanaqadir qisqa metrajli film qilayotgan odamlar uchun maydoncha edi. “Yoshlarga bir ko‘mak bo‘ladigan joy bo‘libdi”, deb xursand bo‘lgandim. Unda mening talabalarim ham qatnashgan, qo‘limda yordamchi, assistent bo‘lib ishlagan bolalar ham qatnashib, birinchi yilda hatto oliy mukofotini ham olgan.
Boshida, adashmasam, bu “O‘zbekkino” tomonidan tashkil etilgan festival edi. Keyin birdan nimadir bo‘ldi-yu, bu festivalga o‘zidan o‘zi Oybek Abdushukurov direktor bo‘lib qoldi. O‘sha yili u prodyuserlik qilgan “Ona” (“U”) nomli — qisqa metrajli film desam sal noto‘g‘ri bo‘ladi, ijtimoiy rolik desam to‘g‘ri bo‘ladi — ijtimoiy rolik nimagadir bosh mukofotni oldi. “O‘zim festival o‘tkazaman, o‘zimga o‘zim bosh mukofotni beraman” bo‘ldi, ochig‘ini aytganda. Kelasi yili yana shu Oybek Abdushukurov prodyuserlik qilgan to‘liq metrajli film paydo bo‘lgani uchun, bu festival o‘zidan-o‘zi, birdaniga to‘liq metrajli filmlar festivaliga aylanib qoldi.
Mazmun-mohiyati yo‘qolib qoldi. O‘rnini topolmayotgan dovdir festival deganim sababi shu. “Prolog” — debocha deyilyapti, to‘g‘rimi? 2018-yili qatnashgan bo‘lsam, men eng yosh rejissor edim, vaholanki o‘shanda men 32 yoshda edim. U yerda qatnashayotganlarning bari 40, 50, 60 kirgan odamlar edi. Ular orasida birorta ham debyutant yo‘q. Endi unga Yoshlar Ittifoqining nima aloqasi bor, “Prolog” degan nom nimaga kerak — buni endi hech kim bilmaydi. Eng qizig‘i, o‘sha kuni ochilishi bo‘ldi. Xudoning zori bilan menga bitta taklifnoma berishdi. “Bo‘pti, mayli”, deb bordim.
Borsam, 3-qatordan joy berishgan ekan, o‘tirdim. U yerda qisqa metrajli filmlar seksiyasi ham bor edi-da, unda mening talabalarim qatnashgan edi. Qarasam, birorta talabam yo‘q — balkonda, eng oxirida o‘tirishgan ekan, bechoralar. “Joy yetmay qolgandir-da, shunga balkonga chiqib ketishgandir”, deyishingiz mumkin. Xo‘p, yonimda Nilufar Usmonova bilan uning administratori o‘tirgandi, orqa qatorda Zafar Hoshimov o‘tirgandi. Men bu odamlarning barini hurmat qilaman, ular juda ham yaxshi insonlar, ularga hech qanday qarshiligim yo‘q. Lekin “Prolog” festivalida Nilufar Usmonova va uning administratori 3-qatorda, Zafar Hoshimov 4-qatorda o‘tirsa-da, festivalda qatnashayotgan bechora talabalar balkonda o‘tirsa — insofdanmi shu ish?
Xullas, bosim masalasida gaplashadigan bo‘lsak. Orqavarotdan eshitganimga ko‘ra, o‘zi bu festival nima sababdan to‘liq metrajli filmlar festivali bo‘lib qolgani — “Skorpion” filmi O‘zbekiston nomidan qatnashib, mukofotlarni olib, biz shunday bir buyuk san’at asari yaratdikki, bu film O‘zbekiston sharafini himoya qilyapti, deb chiqish niyati bo‘lgan ularning, tushunishim bo‘yicha. Lekin festival jyurisi: “Yo‘q, bu film to‘g‘ri kelmaydi, uni o‘tkazmaymiz, boshqa kinoni o‘tkazamiz”, deb, keyin mening filmimni o‘tkazishgan. Tushunishim bo‘yicha, jyuriga bosim o‘tkazilgan. Hattoki, eshitishim bo‘yicha, ular qanaqadir hujjatlarni, jyuri a’zolarining xulosalarini qalbakilashtirmoqchi, o‘zgartirmoqchi ham bo‘lishgan.
Lekin shunda jyuri a’zolari: “Bizni hakam sifatida chaqirdinglarmi, yo bizning fikrimizni hurmat qilinglar, yoki faqat shu film deydigan bo‘lsangiz, biz ketamiz”, deganidan keyin ular sekin bosilib, ularning filmi emas, mening film festivalga o‘tgan. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, “Skorpion” filmining premyerasi o‘tganidan keyin, bu festival hech kimga kerakmas bo‘lib qoldi. Hattoki festival tugaganidan keyin ham saytida g‘oliblar nomi e’lon qilingani yo‘q.
— Demak, shunday xulosa chiqyaptiki, bu festival 2018-yili aynan “Skorpion”ning reklamasi uchun tashkillashtirilgan.
— Bu festival emas, bu “Skorpion” filmining bir katta, dabdabali premyerasi bo‘ldi, desam haqiqatga mos keladi. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, 2019-yilda festival o‘tkazilmadi. Chunki bu yil kino olishmadi, “Skorpion-2”ni olganida, festival ham bo‘lishi mumkin edi. | 107 | 5,555 |
Madaniyat | Shaxsiy mashinalar kolleksiyasi va shohona qasr egasi: dunyodagi eng yosh milliarder qanday hayot kechiradi? (foto) | Muhammad Aval Mustafo sayyoradagi eng yosh milliarder sifatida tanilgan. U Nigeriya fuqarosi bo‘lib, endigina to‘qqiz yoshda, lekin yoshiga qaramay, u allaqachon barcha orzu qiladigan hamma narsaga ega. Daily Mail jurnalistlari bugungi kunda bolaning qanday mulkka egalik qilayotgani bilan bo‘lishdi, deb yozadi Robb Report.
Yosh milliarder bor-yo‘g‘i olti yoshida shaxsiy uyining egasiga aylangan. Endi u qimmatbaho va tezkor mashinalarning butun kolleksiyasiga ega. Tabiiyki, bola bularning barchasini o‘zi ishlab topishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Buning hammasi bolaning 42 yoshli otasi, valyuta almashtiruvchi va Momfa laqabli mahalliy internet yulduzi Ismoil Mustafo tufaylidir.
View this post on Instagram
Otasining ommaviy axborot vositalariga ta’sirini hisobga olgan holda, Momfa Junior ham ota-onasiga garderobi jihatidan mos kelishga harakat qiladi. Shuning uchun u ko‘pincha boshdan oyoq dizaynerlik kiyimlari va quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklarda suratga tushadi. U yoki uning ota-onasi barcha suratlarni Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtiradi, uning hozirda 45,2 ming obunachisi bor.
View this post on Instagram
Ijtimoiy tarmoqdagi postlarga ko‘ra, Mustafo Versace va Gucci kabi moda brendlarini, avtomobillardan qizil Lamborghini Aventador va yorqin Bentley Flying Spur’ni yaxshi ko‘radi. Aftidan, superkarlar kolleksiyasida sariq Ferrari ham bor, uni suratlardan birida Dubaydagi hashamatli uy tashqarisida turganini ko‘rish mumkin.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
To‘g‘ri, Daily Mail qayd etganidek, oilaning bunday hashamat uchun buncha pulni qayerdan topishi mumkinligiga shubha bor. Garchi ota o‘g‘lini milliarder sifatida ko‘rsatsa ham, aslida uning boyligi atigi 15 million dollarga baholangan.
View this post on Instagram
Aytgancha, hozirda Momfa o‘z vatanida korrupsiya bo‘yicha gumon qilinmoqda. Sud tadbirkorni hibsga oldi, ammo keyin uni 469 ming dollar garov evaziga ozod qildi.
View this post on Instagram | 115 | 2,060 |
Madaniyat | Xonanda Otabek Muhammadzohid Turkiyadagi “Turkcha nigoh” xalqaro festivalida ishtirok etadi | Kuni kecha Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 20 dan ortiq davlatning eng iste’dodli xonandalari jonli ijro mahoratini namoyish etadigan mazkur festivalda bu yil Otabek Muhammadzohid ham O‘zbekiston sharafini himoya qiladi, deb xabar bermoqda san’atkorning matbuot kotibi Shahnoza Tojiddinova.
Otabek Muhammadzohid festivalda o‘zining “Mayli telba denglar”, “Qandoq go‘zal” nomli qo‘shiqlarini jonli ijro etadi. Shuningdek, u “Qandoq go‘zal” taronasining turk tili va musiqasidagi variantini ham kuylaydi. Mazkur qo‘shiqning matni va musiqasiga xonandaning o‘zi mualliflik qilgan.
Tadbir tashkilotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirish, shu bilan bir qatorda, jahondagi barcha qo‘shiqchilik uslublarini o‘zaro xalqlar o‘rtasida yuksaltirishdir. | 91 | 928 |
Madaniyat | Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filiali birinchi bo`lib Toshkentda ochiladi | 28 sentyabr — 3 oktyabr kunlari o`tkaziladigan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali ochilishi bo`lib o`tadi.
Institut «dramaturgiya» va «prodyuserlik» yo`nalishlari bo`yicha talabalarni tayyorlaydi. Hozirgi kunda VGIKga bir guruh o`zbek yoshlari qabul qilingan. Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, VGIKning filiali birinchi bo`lib Toshkentda tashkil etilmoqda.
Qabul jarayonlari va boshqa yangiliklar haqida Kinematografiya agentligi Ijro aparati rahbari Eldor Yo`ldoshev «Polina Po`latova bilan INTERVYu» loyihasida bu haqda ma`lumot berdi. | 93 | 612 |
Madaniyat | “Yulduzli tunlar” spektakli: Bobur rolida — Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov esa — Ahmad Tanbal (foto) | O‘zbek kinofilmlarida ko‘rishga odatlanib qolganimiz taniqli aktyorlar teatr rejissori Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Yulduzli tunlar” spektaklida rol ijro etdi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda.
Spektakl Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida hikoya qiladi. Unda Bobur rolini aktyor Alisher Uzoqov, uning yoshligini Shahzod Egamberdiyev, Boburning singlisi Xonzodabegim rolini esa Yulduz Rajabova ijro etgan.
Akbarxo‘ja Rasulovga me’mor Mavlono Fazliddin roli nasib etgan bo‘lsa, Adiz Rajabov andijonlik bek Ahmad Tanbal rolini ijro etgan. Spektakldagi yagona teatr aktyori — Bobur Yo‘ldoshev esa Shayboniyxon rolini o‘ynagan.
Spektaklda Javohir Zokirov ham qatnashishi va Mahmudxon rolini ijro etishi ko‘zda tutilgan, biroq boshqa syomkalarda juda band bo‘lgani sabab, uning o‘rnida dublyorlar harakat qilmoqda.
Loyiha “Diydor” teatr-studiyasi va “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan. Spektakl hozircha har shanba va yakshanba kunlari soat 11:00 da “Diydor”ning 20—22 tomoshabinga mo‘ljallangan zalida sinov tariqasida namoyish etilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 98 | 1,239 |
Madaniyat | “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasidagi malika Leya roli bilan tanilgan aktrisa Kerri Fisher vafot etdi | “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasidagi malika Leya roli bilan tanilgan aktrisa Kerri Fisher 27-dekabr kuni vafot etdi. U 60 yoshda edi, deya xabar bermoqda Meduza.
Aktrisaning o‘limi haqida uning qarindoshlari ma’lum qildi. Bir necha kun avval Fisher yurak xurujidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan edi.
Kerri Fisher “Yulduzlar jangi” kinoepopeyasidagi birinchi filmda (1977-yil) o‘ynagan malika Leya roli bilan shuhrat qozongan. Mazkur filmni tasvirga olish ishlari boshlangan vaqtda u 19 yoshda edi. Keyinchalik Fisher yana to‘rtta “Yulduzlar jangi”da, xususan, VII (2015) va VIII (2017-yilda ekranlarga chiqishi kutilmoqda) epizodlarda ham Leya rolini o‘ynadi.
1990- va 2000-yillarda Fisher Gollivudda “ssenariy shifokori” sifatida ishladi, ya’ni, ssenariylarni qayta ishlash va to‘ldirish bilan shug‘ullandi. Bu lavozimda u “Yulduzlar jangi”ning I – III epizodlari, “O‘ldiruvchi qurol 3”, “To‘ydagi xonanda”, “Mister va missis Smit” filmlarida ishlagan.
Fisher bir necha badiiy va avtobiografik kitoblar muallifidir. Uning so‘nggi, “The Princess Diarist” nomli kitobi 2016-yilda chiqqan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 99 | 1,248 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi Bred Pitt qaysi aktyorlar bilan hech qachon bir filmda suratga tushmasligi ma’lum qilindi | Bred Pitt kamdan-kam hollarda eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlar reytingiga kirishiga qaramay, Gollivudda unga talab yuqori. Shuningdek, ko‘plab mashhurlar ham u bilan birga ishlashni orzu qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, Anjelina Jolining sobiq turmush o‘rtog‘i potentsial ravishda o‘zi ishtirok etayotgan filmda rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan aktyorlar tarkibiga juda talabchan, deb yozadi Grazia.
Bu haqda Bredning hamkasbi Aaron Teylor-Jonson ma’lum qildi. Yaqinda ular “O‘qdan tez” filmida birga ishtirok etdi. Variety nashriga bergan intervyusida Teylor-Jonson Pitt bilan birga suratga tushish unga juda yoqqanini aytgan.
“U shunchaki bu dunyoga yorug‘lik va quvonch keltirmoqchi. Shuningdek, vaqtini yaxshi o‘tkazishni xohlaydigan odamlar bilan birga bo‘lishini istaydi”, — dedi Aaron. Teylor-Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, aktyor ko‘pchilik bilan ishlashga muvaffaq bo‘lgan, shuning uchun ularni o‘zi uchun qayd etishni boshlagan. “Biroz vaqt o‘tgach, boshqa hech qachon birgalikda ishlamaydigan odamlarning ismlari yodingga tushadi”, — deydi aktyor.
Aaronning so‘zlariga ko‘ra, Bredning ro‘yxati ham xuddi shunday. Xo‘sh, unga kimlar kiradi? Taxmin qilish mumkinki, u Anjelina Jolining sobiq eri — Xarrison Ford bilan hech qachon suratga tushmaydi. Ular “Iblisning mulki” filmida birga rol o‘ynagan va doimiy ravishda suratga olish maydonchasida janjallashgan. Tom Kruz ham Bred Pitt bilan “Vampir bilan intervyu” filmida suratga tushayotganida ko‘plab nizolarga duch keldi. Qolvaersa, endi sobiq rafiqasi Anjelina Joli bilan ham filmlarda rol ijro etmasa kerak. | 106 | 1,560 |
Madaniyat | "O`zbekkino" Xiva xonligi bosh vazirining sirli o`limi haqida film suratga olmoqda | “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan Xiva xonligining bosh vaziri Islomxo`janing hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi film suratga olinmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qiladi.
O`z davrining taraqqiyparvar, halqparvar davlat va jamoat arboblaridan biri bo`lgan Islomxo`ja 17 yoshidan xonlikning savdo va sanoat markazlaridan biri hisoblanmish Xazorasp bekligiga xokimlik qilgan, 26 yoshida Xiva xonligining bosh vaziri etib tayinlangan. Valiaxd Asfandiyor to`raning hukmronligi davrida Islomxo`ja xonlikning barcha muhim va mas`uliyatli vazifalarini o`z zimmasiga olib, ko`plab inshootlar qurdirgan. Qator sohalarda islohotlar olib borgan. Biroq xonlikning eng yuqori amaldori, buyuk islohotchi Islomxo`ja sirli ravishda o`ldirilib, hatto qotillikni fosh etish uchun boshlangan tergov harakatlari bosdi-bosdi qilingan.
“Islomxo`ja” nomli badiiy-publisistik filmda bosh vazirning sirli o`limi tafsilotlarini o`rganishga bel bog`lagan tadqiqodchi-tarixchi olim oradan bir asr o`tganiga qaramay, mavjud hujjatlarga asoslanib, asl aybdorlar qiyofasini ochishga harakat qiladi.
Film ssenariy muallifi — Jo`rabek Ro`zmetov, rejissyor — Jahongir Ahmedov.
Ssenariyni yozish jarayonida ijodiy guruh Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida bo`lib, buyuk ajdodimizning Rossiya bilan bog`liq faoliyatini o`rganib qaytdi.
Islomxo`ja obrazini taniqli aktyor Ulug`bek Qodirov ijro etishi kutilmoqda. Shuningdek, ayni kunlarda filmda rol o`ynashi mumkin bo`lgan aktyorlar jamoasi ham saralab olinmoqda.
Foto | 82 | 1,538 |
Madaniyat | Engin Akyurek va Eda Eje juftligi, Italiyada restoran ochayotgan Jan Yaman: turk ijodkorlarining yangi loyiha hamda rejalari (foto) | So‘nggi paytlarda taniqli aktyorlarning raqamli platforma loyihalarida ishtirok etishi bilan tobora ko‘proq yangi seriallar paydo bo‘lmoqda. Bu yosh aktyorlar uchun har tomonlama foydalidir, chunki ularga teleloyihalarda rol o‘ynash imkoniyati beriladi, deb yozadi “Yandeks Dzen”.
“Uch opa-singil”
“Oila uchun” seriali muxlislari tomonidan Kaan sifatida yodda qolgan va shu paytgacha atigi 3 ta loyihada rol o‘ynagan mahoratli aktyor Eren O‘ren kuz mavsumida boshlanadigan “Uch opa-singil” serialida yozgi tanaffusdan keyin yana ekranlarda paydo bo‘ladi.
Yangi serial juftligi
Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlardagi aktyorlarning bir-birining akkauntlariga obuna bo‘lishi ko‘pincha yangi loyihadan darak beradi. Shunday qilib, Engin Akyurek Eda Ejening akkauntiga obuna bo‘lishi aktyorlar Disney + ning bitta loyihasida birga rol o‘ynashlari mumkin degan taxminga aylandi.
Seray Kaya va Berk O‘ktay — yangi loyiha “Yorug‘lik nuri”
“Mahbus” serialidagi suratga olish ishlarini endigina yakunlagan Seray Kaya va “Qora niyat” loyihasini tark etgan Berk O‘ktay yangi “Yorug‘lik nuri” loyihasida bosh ijrochilarga aylandi. Bu yangi psixologik drama bo‘lib, ba’zida hayotdagi eng og‘ir voqealar keskin burilish nuqtasi va yorug‘lik nuriga aylanishi mumkinligi haqida hikoya qiladi. Suratga olish ishlari Italiya va Turkiyada bo‘lib o‘tadi.
Jan Yaman faoliyat doirasini kengaytiradi
Jan Yaman faoliyat doirasini kengaytiradi. Advokat, aktyor, model, parfyumer (o‘zining parfyumeriya liniyasini ochdi), yozuvchi (biografik kitob nashr etdi) va endi aktyor o‘zini restoran sohasida sinab ko‘rishga qaror qildi.
U Italiyada steykxaus ochishni rejalashtirmoqda. Steykxauslar – asosiy taomi go‘sht bo‘lgan restoranlardir. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jan mashhur Nusret steykxausi bilan raqobatlashishga qaror qilgan. Bu asosan Istanbuldagi go‘shtli taomlar bilan juda mashhur bo‘lgan restoranlar tarmog‘idir. Jan Yaman o‘zining yangi loyihasi uchun taxminan 3 million yevro sarflashni rejalashtirmoqda.
“Muhabbat taktikasi-2” filmini suratga olish ishlari boshlandi
Demet O‘zdemirda koronavirus testi manfiy chiqdi, shuning uchun “Muhabbat taktikasi-2” filmini suratga olish ishlari 2022-yil 22-iyuldan boshlandi. Shuningdek, aktrisa yaqinda bo‘lib o‘tadigan nikoh bazmini ham rejalashtirmoqda.
Erkan Petekkayaning yangi loyihalari
Reytinglari pastligi sababli boshidayoq to‘xtatilgan “Senga va’da beraman” serialida so‘nggi marta teleekranlarda paydo bo‘lgan Erkan Petekkaya bu mavsumda birdaniga 2 ta loyihada ishtirok etadi. Bu “Kinoga kel” filmi va “O‘sha qiz” serialidir.
Ibrohim Xalil Jeyhanning yangi taronasi
“Ishonchli” seriali muxlislari unda bosh rolni ijro etgan Ibrohim Xalil Jeyhanning raqamli platformalar uchun yozgan yangi “Derin özledim” klipini tomosha qilishlari mumkin. Aktyorga konsertlar uchun ko‘plab takliflar tushmoqda.
Ammo Ibrohimning fikricha, konsert uchun yana bir nechta qo‘shiqlar, jumladan, o‘z kompozitsiyasini tayyorlash va shundan keyingina professional musiqiy karyerasini qurish kerak. 2022-yil 22-iyun kuni bo‘lib o‘tgan translyatsiyaning birinchi kunida klipni allaqachon YouTube’da 125 mingdan ortiq obunachi tomosha qilgan. | 131 | 3,151 |
Madaniyat | Yulduz Usmonovaning ShHTga bag‘ishlab kuylagan qo‘shig‘i: nima bo‘ldi, qachon, qayerda? | Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tgan 2016-yilgi sammiti arafasida internet-nashrlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova mazkur tadbirga atab qo‘shiq kuylagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Qo‘shiqda nafaqat o‘zbek tilidagi, balki ShHTning asoschisi hisoblangan boshqa mamlakatlarning davlat tili — xitoy, qirg‘iz, qozoq, tojik va rus tilidagi so‘zlarni ham eshitish mumkin edi. Biroq bu qo‘shiq 2016-yilgi ShHT sammitiga bag‘ishlab kuylanmagani ma’lum bo‘ldi.
Xonandaning ashaddiy ishqibozlari bergan ma’lumotga ko‘ra, ShHTning 2016-yilgi Toshkent sammiti arafasida internetda ommalashib ketgan qo‘shiq aslida bundan salkam 10 yil avval yozilgan va u Yulduz Usmonovaning 2005-yilgi “Ayol” nomli albomidan “Do‘stlik” nomi bilan o‘rin olgan.
Yulduz Usmonovaning rasmiy sayti — “Yulduz.uz” ma’muri Azamat Qodirovning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, qo‘shiq haqiqatan ham Shanxay hamkorlik sammitiga bag‘ishlab kuylangan, biroq bunda gap 2016-yilgi emas, balki 2004-yilgi Toshkent sammiti haqida bormoqda.
“Keyinchalik 2005-yilgi ‘Ayol’ albomiga kiritilgan bu qo‘shiq ilk bor ‘Istiqlol’ san’at saroyida, sammitga bag‘ishlangan bayram dasturida kuylangan”, — deya qo‘shimcha qildi Azamat Qodirov.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 87 | 1,437 |
Madaniyat | Eron O`zbekistonga Bobur qalamiga mansub «Risolai aruz» asari qadimiy qo`lyozmasi nusxasini topshirdi | O`zbekiston elchisi Bahodir Abdullaev Eron fors tili va adabiyoti akademiyasi raisining o`rinbosari Muhammad Rizo Nossiriy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Uchrashuv davomida Eron vakillari Tehrondagi «Golestan saroyi» muzeyida saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub «Risolai aruz» (“Aruz risolasi”) asarining qadimiy qo`lyozma kitobi nusxalarini topshirdi.
O`zbekiston elchixonasi ma`lumotga ko`ra, ushbu qo`lyozmani ko`chirgan hattotning nomi aniq emas. U Hindistonda Bobur hukmronligi davrida qo`chirilgan va qo`ldan-qo`lga o`tib, Nasruddin Shoh Qojar (1848-1896) davrida Eron hududiga olib kelingan.
Shundan so`ng asar «Golestan saroyi» muzeyiga topshirilgan va so`nggi 150 yil davomida noyob qo`lyozma ushbu muzeyda saqlanib kelinmoqda.
“Aruz risolasi”da turkiy aruzning tabiati, taraqqiyoti va she`riy asarlardagi ko`rinishlari, aruzning 272 vazni va 21 bahriga ilmiy sharhlar berilgan. Kitob 1524-1525 yillarda yozilgan. Asarda X-XVI asrlarda yashab o`tgan 60 dan ortiq mashhur shoir va olimlar, shuningdek, ularning asarlari haqidagi ma`lumotlar o`rin olgan. «Aruz risolasi»da aruz vazni haqida boshqa risolalarga nisbatan ko`proq badiiy elementlar mavjudligi turkiy aruz tadqiqotlari Temuriylar davrida o`zining tadrijiy kamolotiga erishganidan dalolat beradi.
Aruz vazni dastlab arab she`riyatida paydo bo`lgan. Fors va turkiy she`riyatda keng tarqalgan uzun va qisqa bo`g`inlarning almashuviga asoslangan shakldir. Aruz ilmiy-nazariy ta`limot sifatida Temuriylar sulolasi davrida o`z cho`qqisiga erishgan. Aruzning nazariy asoslari Alisher Navoiy asarida ham chuqur tahlil etilgan.
Boburning «Aruz risolasi» asari Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon» asaridan keyin turkiy tilda aruz vazniga bag`ishlangan ikkinchi qimmatli asar hisoblanadi.
«Risolai aruz» asarining qo`lyozma nusxasidan olingan fotonusxalar ilmiy tadqiq etish va yanada chuqur o`rganish uchun O`zbekistonga yuboriladi. | 101 | 1,931 |
Madaniyat | Alisher Usmonov Rossiyaning mashhur san’atkorlarini Toshkent sahnalariga taklif etdi | Joriy yil aprel oyida Toshkent shahri sahnalarida Rossiyaning mashhur san’atkorlari — dirijyor Valeriy Gergiyev boshchiligidagi Mariinskiy teatri simfonik orkestri, balerina Diana Vishnyova va mazkur teatr balet truppasi hamda dirijyor Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri chiqishlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.
13-aprel kuni “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida rossiyalik atoqli dirijyor, Mariinskiy teatri badiiy rahbari Valeriy Gergiyev boshchiligidagi teatr simfonik orkestri konserti bo‘lib o‘tadi. Mashhur sozandalar bilan birgalikda sahnaga o‘zbekistonlik pianinochi Behzod Abduraimov ham ko‘tariladi.
14-aprel kuni Rossiya xalq artisti, Diana Vishnyova o‘zbekistonlik muxlislarni o‘z san’atidan bahramand etadi. Mariinskiy teatri prima-balerinasi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tadigan kechada “Karmen-syuita” baletini taqdim qiladi. Shuningdek, teatr balet truppasi solistlari tomonidan “Don Kixot”, “Oqqush ko‘li”, “Anna Karenina”, “Shahrizoda” va boshqa balet asarlaridan parchalar namoyish etiladi.
26-aprel kuni “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyi Vladimir Spivakov rahbarligidagi Rossiya milliy filarmoniya orkestri konsertiga mezbonlik qiladi. Kechada rossiyalik yetakchi opera solistlari — Anna Aglatova, Vasiliy Ladyuk va maxsus mehmon — O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov ham ishtirok etadi.
Toshkentdagi mumtoz san’at kechalari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 84 | 1,682 |
Madaniyat | Internetda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan qo‘shiq muallifi Sardor Rahimxon ekanligi ma’lum bo‘ldi | Bir necha oylar avval Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali “Habibim holim yomon” nomli qo‘shiqning anons fotosuratlari uni ijro etgan xonandaning ismi oshkor qilinmagan holda tarqalgandi, deb yozadi “Popcorn.uz”. O‘sha vaqtda bu surat ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lib, turli taxminlar bildirilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu qo‘shiqning muallifi Lola, Rayhon va hatto Asal Shodiyeva deb o‘ylaganlar o‘z taxminlariga javob oldilar. Vaqt o‘tib, bu tarona va uning ijrochisi nomi oshkor bo‘ldi. Premyera qilingan qo‘shiqning nomi “Habibim holim yomon” deb nomlanib, uning muallifi ko‘plab muxlislarning sevimli xonandasi Sardor Rahimxondir.
Qo‘shiqning matni Bobur Bobomurod qalamiga mansub, musiqa va aranjirovka muallifi esa Ahmad Xojimatovdir. Chinakam muhabbat tuyg‘usi e’tirof etilgan tarona uchun shu kunlarda klip suratga olinmoqda. Videoklip taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov tomonidan tasvirga olinmoqda. | 95 | 913 |
Madaniyat | “Terminator” va “Titanik” filmlarida o‘ynagan aktyor Bill Pekston vafot etdi | “Terminator”, “Boshqalar” va “Titanik” kabi filmlarda rollar o‘ynagan amerikalik aktyor, “Emmi” mukofoti sovrindori Bill Pekston vafot etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Uning oilasi vakili ma’lum qilishicha, aktyor operatsiyadan keyingi asoratlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Aktyor 61 yoshda edi.
Pekston Texasda tug‘ilgan, “Emmi” mukofotini “Xetfildlar va Makkoylar” teleserialidagi roli uchun qo‘lga kiritgan. Aktyorlik karyerasini u 1970-yillarda boshlagan.
U ilk ahamiyatli rollarini “Terminator” (1984) va “Boshqalar” (1986) filmlarida ijro etdi. Shuningdek, “Quyun” (1996) filmidagi bosh roli va “Titanik” (1997) filmidagi xazina izlovchi Brok Lavett roli ham aktyor uchun muhim bo‘ldi. | 76 | 700 |
Madaniyat | “Madaniyat vazirligi qoniqarsiz ishlamoqda”. Senat qo‘mitasida Ozodbek Nazarbekov rahbarlik qilayotgan vazirlik tanqid qilindi | Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida 25-mart kuni Madaniyat vazirligi faoliyati muhokamasiga doir majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, unda madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan madaniyat vazirining axboroti eshitilgan. Muhokamalar jarayonida sohada amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham mavjudligi ta’kidlangan. Jumladan, vazirlik tizimida oliy ma’lumotli malakali kadrlar taqchilligi joylarda madaniyat sohasida davlat siyosatining samarali olib borilishiga, belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Sobiq madaniyat vaziri, qo‘mita raisi Baxtiyor Sayfullayev madaniyat vazirligi tizimini tanqid qilgan: “Tizim bo‘lmagandan keyin natija ko‘rinmaydi. Ikki yildan beri kutamiz, yangi vazir, o‘ziga kelib olsin, o‘rgatmaylik dedik va nihoyat chegaraga yetib keldik”.
Senator Sayfullayev Madaniyat vazirligi tizimida oliy ma’lumotli kadrlar yetishmayotganini tanqid qilib, bilimsiz xodimlarni chetlashtirish taklifini bildirgan.
“Vazirni uyaltirayotgan, vazirning oyog‘idan tortayotgan, vazirlikni sharmanda qilayotgan mana shunaqa xodimlar”, — degan u.
E’tirozlarga javoban Nazarbekov ma’lum muddat vazirlik tizimidagi xodimlar maoshi keskin tushib ketgani ortidan xodimlarda ishchanlik qobiliyati pasayganini, ammo hozirda vaziyat ijobiy hal etilganini ma’lum qilgan.
“O‘sha paytlarda nafaqat talab qilsam, hatto, sal qovoq solib, qattiq gapirsam ham ketib qolayotgandi, xodimlar. O‘zi zo‘rg‘a yurishgandi”, — deydi vazir.
Uning aytishicha, hududlarda davlat-xususiy sherikchilik asosida madaniyat markazlari va istirohat bog‘lari tashkil etish, ularga tuman/shahar markazlaridan joy ajratish belgilangan. Ammo ishni amalga oshirishda to‘siqlar mavjud.
Qo‘mita raisi vazirlik Senat bilan bamaslahat ish olib bormaganini, mavjud muammolarni bartaraf etishda yordam so‘ramayotganini, berilayotgan imkoniyatlardan foydalanolmayotganini ta‘kidlagan.
Yig‘ilish so‘nggida qo‘mita raisi tomonidan mutasaddilarga bir kun muddat ichida muammolar yechimiga qaratilgan takliflarni berish talabi qo‘yilgan.
“Hozir qat’iy qaror qabul qila olmayman. Men madaniyat vazirligi ishini qoniqarsiz deb topaman”, — deya yig‘ilishga yakun yasagan Sayfullayev.
Ma’lumot uchun, Ozodbek Nazarbekov 2020-yilning yanvaridan buyon Madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Undan avval vazirlikka 2017-yildan buyon Baxtiyor Sayfullayev rahbarlik qilib kelgan. | 126 | 2,563 |
Madaniyat | Yangi filmda Jeyms Bond uylanadi | Britaniyalik agent 007 haqidagi filmda bosh qahramon uylanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” insayderlik ma’lumotlariga tayangan holda ma’lum qildi.
“Bond maxfiy xizmatdan ketadi, u sevib qolgan va uylanadi”, — ma’lum qildi insayder.
Ammo, ma’lumotga qaraganda, agentning rafiqasi o‘ldiriladi, shundan so‘ng u yana ishga qaytadi.
Shuningdek, yangi film Liam Nison ishtirokidagi “Asira” filmiga o‘xshab ketishi bildirilmoqda.
Franshizaning oxirgi filmi “007: Qubba”da Bondning ma’shuqasi Madlen Suonn rolini Lea Seydu ijro etgan edi. Taxminlarga ko‘ra, yangi filmda ular rasmiy nikohda yashayotgani ko‘rsatiladi.
Film 2019-yil noyabrida prokatga chiqadi. Unda bosh rolni, oldingiday, Deniyel Kreyg ijro etadi. | 32 | 708 |
Madaniyat | Marvel Qora beva haqidagi alohida film uchun rejissor topdi | Marvel kinostudiyasi Qora beva komikslarining superqahramoni haqidagi alohida film uchun rejissorni tanladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, Qora bevaning sarguzashtlarini sahnalashtirish bilan avstraliyalik rejissor Keyt Shortlend shug‘ullanadi.
Kerakli rejissorni izlab, prodyuserlar 70 nafar nomzod bilan uchrashgan. Qora beva rolini Skarlett Yoxanson ijro etadi. | 59 | 397 |
Madaniyat | Buxorodagi Madaniy meros ob`ektlari uzoq muddatga ijaraga berilmoqda | Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Buxoroda Madaniy meros ob`ektlarini uzoq muddatga ijaraga berish bo`yicha investision takliflar ishlab chiqilgan.
Ta`kidlanishicha, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PQ-4095-sonli qaroriga muvofiq hududida turizm infratuzilmasi ob`ektlari joylashgan yoki barpo etiladigan moddiy madaniy meros ob`ektlarini o`ttiz yilga, biroq o`n yildan kam bo`lmagan muddatga ijaraga berish bo`yicha berilgan topshiriqlarning ijrosini ta`minlash maqsadida Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi tomonidan Buxoro shahridagi bo`sh turgan madaniy meros ob`ektlarini uzoq muddatga ijaraga berish bo`yicha investision takliflar katalogi ishlab chiqildi.
Mazkur investision takliflarga ko`ra, bo`sh turgan madaniy meros ob`ektlari, ularni investisiya kiritish yo`li bilan restavrasiya qilgan holda, turizm infratuzilmasi ob`ektlarini tashkil qiladigan xorijiy va mahalliy tadbirkorlarga uzoq muddatga (10 – 30 yilga) shundan, 5 yil imtiyozli davr (ijara to`lovidan ozod etiladi) bilan ijaraga berilishi rejalashtirilgan.
Takliflar bo`yicha qiziqish bildirgan tadbirkorlar ob`ektlar bo`yicha qo`shimcha ma`lumotlarni va ularni ijaraga berish tartibi to`g`risidagi ma`lumotlarni Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasidan (+99891-410-83-00) olishlari mumkin. | 69 | 1,346 |
Madaniyat | Janubiy Koreyada robotlar va avtomatik kassalar xizmat ko‘rsatuvchi kinoteatrlar ish boshladi | Janubiy Koreyadagi CJ-CGV kinoteatrlar tarmog‘i Yoido shahridagi zallarini kontaktsiz ish rejimiga o‘tkazdi, deb xabar berdi “Kinopoisk”.
Bu kinoteatr xodimlari bilan koronavirusni yuqtirish xavfi tufayli aloqa qilishni istamaydigan tomoshabinlarni kinoteatrga jalb qilish maqsadida qilindi.
Buning uchun kinoteatr xodimlari o‘rnini sun’iy intellektga ega robotlar, avtomatik kassa va mobil dasturlar egalladi.
Endilikda Yoido shahridagi CGV kinoteatr tarmog‘iga tashrif buyuruvchilar boshqa insonlar bilan bevosita aloqasiz kinoga chipta sotib olishi va zalga o‘tishi mumkin. Ular maxsus avtomatlar orqali yegulik va ichimliklarni ham sotib olishi mumkin.
“Kontaktsiz xizmatlarga bo‘lgan talab oshishi prognoz qilinmoqda. Biz yangilikka tomoshabinlar reaksiyasini o‘rganamiz hamda kontaktsiz xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytiramiz”, — deydi kinoteatr vakili.
Kontaktsiz tizimni Lotte Cinema tarmog‘i ham bir necha zallariga joriy etdi.
Xitoyda karantindan keyin kinoteatrlar ochila boshladi | 93 | 995 |
Madaniyat | “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Berdaq hayotiga bag`ishlangan “Amu sohili kuychisi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda | “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan Berdaq hayoti va ijodi haqida “Amu sohili kuychisi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur film etuk shoir, qoraqalpoq mumtoz adabiyoti asoschisi Berdaq taxallusi bilan ijod qilgan Berdimurod Qarg`aboy o`g`li haqida bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda. "Xalq yuragi" nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri.
Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov.
Filmning suratga olish ishlari Qoraqalpog`iston Respublikasi Bo`zatau tumani Berdaq bog`ida, Qoraqalpoq davlat universitetida, Berdaq muzeyida bo`lib o`tmoqda. | 140 | 915 |
Madaniyat | “Dunyo sening tog‘angmas” deb internetni “portlatayotgan” Java kim o‘zi? U nega yuziga niqob taqib yuradi? (video) | Ijtimoiy tarmoqlarda juda tez mashhurlikka erishgan va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan “Dunyo seni tog‘angmas” taronasining ijrochisi Java “Shoubizuzb” YouTube kanaliga bergan intervyusida asl ismi, ijodga qanday kirib kelgani, niqobda yurishining sababi, tanqid qiluvchilarga munosabati, biznesi, Nasafiy bilan munosabati va dueti haqida gapirdi.
Asl ismi, qayerda, qachon tug‘ilgani haqida
“Asl ismim Javohir Abduxoliqov Ikrom o‘g‘li. Jizzaxdanman, 1999-yilda tug‘ilganman” , — deydi xonanda.
Xonanda ijodga qanday kirib kelgan?
“Musiqachi oilasida tug‘ilganman, dadam shu bilan shug‘ullangan. Yoshligimda, maktabga chiqmasimdan oldin uyimizda pianino bo‘lardi, shu paytdan qiziqish boshlangan. Keyin ammam musiqa maktablariga olib bordi, u yerda ham pianino chalib yurardim. Vaqt o‘tib Glier nomidagi akademik-litseyiga o‘qishga kirdim.
Nima sababdan niqobda yurishi haqida
Yuzimni yashirib yurishim — piar ham, niqob ham, imij ham emas. O‘ziga yarasha sababi bor. Bu haqda gapirish menga qiyin. Vaqti kelib, balki bilishinglar mumkin. Sog‘liqqa ham borib taqaladi. Sababini aniq ayta olmayman.
“Dunyo seni tog‘angmas” taronasining yaratilishi va mashhur bo‘lib ketishi haqida
“Bularning hammasi Allohdan. Bu musiqaga ham boshqa musiqalarim kabi yondashganman. Avvalgi musiqalarimga sarflagan energiya va kuchimni bu taronaga ham shunday qilib sarflaganman. Shunaqasi ham bo‘lar ekan, inson bilmaydi qachon u kuylagan qo‘shiq mashhur bo‘lib ketishini. ‘Dunyo seni tog‘angmas’ taronasi asosiy ijodni boshlaganimdan keyin 4-musiqam hisoblanadi. Ijodni yaqinda boshladim”, — deydi Java.
Instagram: Kasal bo‘lib qolgan Feruza Normatova, konsertida onasiga gul bergan Java, mashinasini sotayotgan Jahongir Poziljonov, Lola — bozorda | 114 | 1,736 |
Madaniyat | Viktoriya Bekxem 2014-yilda Angliyaning eng omadli tadbirkori deb topildi | Spice Girls guruhining sobiq xonandasi Viktoriya Bekxemni Angliyaning bu yildagi eng omadli tadbirkori deb hisoblash mumkin. Bu xulosa biznesga oid bo‘lgan Management Today jurnalidagi ekspertlar tuzgan ro‘yxatga asoslangan, deya xabar bermoqda “Segodnya” nashri.
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilgan mutaxassislar birinchi o‘rin Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxemning umr yo‘ldoshi, Viktoriya Bekxemga tegishli ekanini qayd etdi.
Viktoriya xonandalik faoliyatini tashlaganiga ancha bo‘lgan. U dunyoning mashhur modelyerlari qatorida bo‘lishga qaror qilgan. Vaqt o‘tishi bilan u juda ham mashhur bo‘lib ketdi. Jurnal bergan ma’lumotga ko‘ra, hisobot davrida Bekxem biznesidagi sotuv hajmi 2900 foizga oshgan.
Angliyaning eng omadli tadbirkorlar reytingining 2-pog‘onasida aka-singil Mita va Amit turibdi. Ular Auden Mckenzie farmatsevtika kompaniyasi sohiblaridir. Uchinchi o‘rinni esa Boohoo.com ta’sischisi Mahmud Kamani egalladi. | 73 | 950 |
Madaniyat | Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi | O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev vafoti munosabati bilan mamlakat rahbariyati, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Qonunchilik palatasi raisi Nuriddinjon Ismoilov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va boshqalar hamdardlik bildirdi. Hamdardlik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Mamlakatimiz san’ati va madaniyati og‘ir judolikka uchradi. Milliy teatr san’atimiz va madaniyatimiz rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk va betakror iste’dod sohibi, atoqli rejissor, ustoz san’atkor, O‘zbekiston san’at arbobi, Xalq artisti Bahodir Tursunovich Yo‘ldoshev 2021-yil 16-may kuni 76 yoshida vafot etdi.
Bahodir Yo‘ldoshev 1945-yil 7-sentabrda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent teatr va rassomchilik institutida rejissorlik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oldi.
Mehnat faoliyatini O‘zbek davlat akademik drama teatri (hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatri) artisti lavozimida boshladi. O‘zining shonli an’analariga ega bo‘lgan mazkur ijodiy dargohda tez orada o‘ziga xos yorqin uslubi va ijodiy prinsiplariga ega bo‘lgan mohir rejissor sifatida shakllandi. Yigirma yetti yoshida ushbu nufuzli teatrga bosh rejissor va badiiy rahbar etib tayinlandi. O‘n uch yil davomida jamoada ishchan ijodiy muhit yaratish, teatr repertuarini zamonaviy hamda mumtoz milliy va xorijiy asarlar bilan boyitish, iqtidorli iste’dod egalarini tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shdi.
1984—2004-yillarda Abror Hidoyatov nomidagi O‘zbek davlat drama teatrida badiiy rahbar sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi.
San’atni chin dildan sevgan, unga sadoqat bilan xizmat qilishni o‘z hayotining ma’no-mazmuni deb bilgan yorqin iste’dod sohibi o‘zbek rejissorlik san’atida o‘z ijodiy maktabini yaratdi.
Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Abu Rayhon Beruniy”, “Ibn Sino”, “Iskandar”, “Nodirabegim”, “Yulduzli tunlar”, “Qora kamar”, “Farmonbibi arazladi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Maysaraning ishi”, “Checha”, “Arshin mololon” kabi o‘nlab dramatik asarlar millionlab san’at muxlislarining qalbidan chuqur joy olib, teatr san’atimizning “oltin fondi”dan o‘rin egalladi. Ushbu asarlarning aksariyat ko‘pchiligi chet ellarda ham katta muvaffaqiyat bilan namoyish etildi.
Milliy teatr san’atimizni yangi g‘oya va talqinlar, betakror asarlar bilan boyitish haqida tinimsiz izlanib yashagan Bahodir Yo‘ldoshev maydon tomoshalari, ommaviy madaniy tadbirlarni sahnalashtirish bo‘yicha nafaqat respublikamiz, balki xorijiy mamlakatlarda ham e’tirof etilgan, badiiy tafakkuri nihoyatda keng, o‘z kasbining chinakam ustasi va fidoyisi bo‘lgan atoqli ijodkor edi.
Ulkan iste’dod sohibi Bahodir Yo‘ldoshevning ijodiy faoliyati, tashkilotchilik salohiyati, ayniqsa, mustaqillik yillarida yorqin namoyon bo‘ldi. Mustaqillik va Navro‘z umumxalq bayramlari hamda yurtimiz va chet ellarda katta shuhrat qozongan “Sharq taronalari” musiqa festivalini, maqom va baxshichilik, milliy hunarmandchilik san’atlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro anjumanlarning badiiy dasturlarini yaratish borasida o‘zini ayamasdan, fidokorona xizmat qilganini xalqimiz, madaniy jamoatchiligimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.
Butun ongli hayotini milliy san’atimizni ravnaq toptirishga bag‘ishlagan ulug‘ san’atkor 2009-yilda “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qilib keldi. Ushbu studiya faoliyati orqali o‘nlab iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, mumtoz milliy adabiyotimiz namunalarini sahnalashtirish va targ‘ib etish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatdi.
Bahodir Yo‘ldoshev o‘zining boy bilim va tajribasi asosida yoshlarga sahna ilmi, rejissorlik san’atining nazariy va amaliy masalalaridan saboq berish maqsadida markaziy telekanallarimiz orqali g‘oyat ibratli “Mahorat darslari”ni o‘tkazib keldi.
Bahodir Yo‘ldoshevning milliy san’atimiz va madaniyatimizni rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” hamda “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonlari, “Mehnat shuhrati” , “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.
Xalqimizning buyuk san’atkor farzandi, betakror shaxs, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Bahodir Tursunovich Yo‘ldoshevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov, A.Aripov, O.Nazarbekov, S.Saidov
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov hamda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan edi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi | 106 | 4,882 |
Madaniyat | “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi film” nominatsiyasiga 10 ta kartina da’vogarlik qiladigan bo‘ldi | Amerika kinoakademiyasi “Oskar” mukofotining asosiy yo‘nalishiga nomzodlar sonini cheklab qo‘ydi. Mukofotning 94-marosimidan boshlab ularning soni 10 tani tashkil etadi, deb xabar beradi kinoakademiya matbuot xizmati.
“2021-yilda o‘tkaziladigan 94-marosimdan boshlab ‘Eng yaxshi film’ yo‘nalishi bo‘yicha yildan yilga o‘zgarib turadigan nomzodlar soni o‘rniga o‘nta nomzod taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.
Bunga qadar ushbu yo‘nalish bo‘yicha mukofotga nomzodlar soni beshtadan o‘ntagacha o‘zgarib turgan. Masalan, 2019-yilda “Eng yaxshi film” yo‘nalishi bo‘yicha 8 ta nomzod kurashgan bo‘lsa, 2018 va 2020-yillarda ularning soni 9 tani tashkil etgan.
Shuningdek, endilikda akademiya Academy Screening Room maxsus platformasi orqali “Oskar”ga nomzodlarni butun yil davomida kuzatib borishlari mumkin. Mukofot tashkilotchilarining fikricha, bu ovoz beruvchilarning barcha nomzodlar bilan yaxshilab tanishib olishi uchun imkoniyat yaratadi.
Avvalroq “Oskar” mukofoti tashkilotchilari koronavirus pandemiyasi sabab filmlarni tanlab olish qoidasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror qabul qilgan, nomzodlarni tanlab olish jarayonida vaqtincha faqat onlayn ravishda namoyish etilgan kartinalar ishtirok etishi haqida xabar berilgandi.
“Oskar-2020”: Eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks, eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger | 97 | 1,323 |
Madaniyat | “Hattoki syomkadan ham ketganman”. Asal Shodiyeva rejissor bilan kelisha olmay suratga olish maydonchasidan ketib qolgani haqida gapirib berdi (video) | Aktrisa Asal Shodiyeva “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Aktrisa baqir-chaqir orasidan kelib chiqqan xafagarchilik tufayli suratga olish maydonchasidan ketib qolgani, keyinroq esa o‘sha jamoa bilan qadrdon bo‘lib ketgani haqida gapirib berdi.
Ham aktyor, ham rejissor Sanjar Shodiyev insoniy tomonlama ham juda yaxshi inson. Ular rejissorlik qilgan “Qalb ko‘zi” hamda “Jigarbandim” deb nomlangan filmlarda suratga tushganman. “Qalb ko‘zi” filmida ular bilan chiqisha olmaganmiz, hattoki syomkadan ham ketganman, xafa bo‘lganman, shu baqir-chaqir orasidan kelib chiqqan xafagarchilik bo‘lgan. Keyinchalik juda ham qadrdor, yaxshi do‘st bo‘lib ketganmiz. Chunki bunaqa tushunmovchiliklar baribir ish jarayonida bo‘ladi, men yosh bo‘lganman, ularning jahli chiqib turgan bo‘lishi mumkin.
Asal Shodiyeva, aktrisa | 150 | 881 |
Madaniyat | Tarjimon, logoped, dizayner: O‘zbek shou-biznesi yulduzlarining rafiqalari qaysi sohalarda faoliyat yuritadi? (foto) | Mashhurlarning shaxsiy hayoti hamisha qiziq. Shu bois o‘zbek shou-biznesidagi mashhur erkaklarning turmush o‘rtoqlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik. Ular qanday sohalarda faoliyat yuritadi?
Shahrizod G‘ulomova
Mashhur aktyor Javohir Zokirov intervyularida buyuk o‘zbek yozuvchisi va shoiri G‘afur G‘ulom avlodi bo‘lmish Shahrizod G‘ulomova bilan oila qurgunga qadar ikki marta uylangani va unga uchinchi turmushi omadli kelganini ta’kidlaydi. Hozirda ularning bir qiz va ikki o‘g‘ili bor.
— Ayolim ingliz tili tarjimoni bo‘lib ishlaydi. Ba’zi paytlardan mendan ham yaxshiroq pul topadi. Agar u ishlamaganda, menga ancha qiyin bo‘lgan bo‘lardi. Chunki aktyorlarning gonorari ko‘p ko‘ringani bilan doimiy emas. Ba’zan umuman rollarga chaqirishmaydi, ba’zida esa chaqirganlariga borgim kelmaydi, — deydi aktyor Javohir Zokirov.
Marjona Sobirova
Hamdam Sobirov ayoli Marjona bilan sevishib oila qurgan. Hozirda ularning bir o‘g‘il va bir qizi bor.
— Tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, faqat aynan qaysi yo‘nalishda ekanligini oshkor etolmayman. Hozirgi kunda ko‘proq bolalarim bilan bandman, — deydi Marjona Sobirova.
Iroda Usmonova
Aktyor Muhammadali Yo‘ldoshev Iroda ismli qiz bilan oila qurgan. Hozirda ularning Muhammadali va Madina ismli farzandlari bor. Ha adashmadingiz, ota o‘g‘liga o‘z ismini qo‘ygan. Chunki uning asl ismi Muhammad va bolalikdan farzandiga Muhammadali ismini qo‘yishni niyat qilgan ekan.
— Ayolim bilan qurilish mollarini sotadigan bozorda tanishib qolganmiz. Men onam bilan, u dadasi bilan kafel sotadigan do‘konga kirgan. Ko‘z-ko‘zga tushib, o‘rtamizda muhabbat paydo bo‘lgan. To‘rt oyda to‘yimiz bo‘lgan, — deydi Muhammadali Yo‘ldoshev.
Shahnoza Aliyeva
“Qadam” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Muhammadali Aliyev esa Shahnoza ismli qiz bilan oila qurgan. Hozirda ularning Asmira va Salma ismli qizlari bor. Shahnoza Aliyeva malakali psixologlardan biri hisoblanadi.
— San’atkor bo‘lishimga ayolim sabab bo‘lgan, agar u majbur qilmaganida hali ham sotuvchi bo‘lib yurgan bo‘lardim. Shahnoza men uchun nafaqat mehribon turmush o‘rtoq, balki yaxshi psixolog va zo‘r motivator hisoblanadi, — deydi aktyor Muhammadali Aliyev.
Zarina Umrzoqova
Aktyor Aziz Umrzoqov Zarina ismli tibbiyot xodimasi bo‘lgan qiz bilan oila qurgan. Hozirda ularning Usmon va Mustafo ismli o‘g‘illari bor.
— Ayolimni ilk bor “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasida ko‘rganman. O‘shanda u o‘zi o‘qiydigan oliygohning jamoasidan ishtirok etgandi. Hay’at raisi sifatida uning jamoasiga past ball qo‘ygandim. Keyin Zo‘r TV’dagi ko‘rsatuvda uchratib qoldim. Avvaliga do‘stona gaplashdim, keyin 4 yilda munosabatlarimiz jiddiylashdi. Ammo u paytda uylanishga sharoitim yo‘q edi. Unga sharoitim yo‘qligini tushuntirdim, Zarina o‘ylab turib agar rozi bo‘lsangiz, birgalikda harakat qilamiz, dedi. U bilan kreditga pul olib, oila qurdik, to‘y kuni belgilangandan keyin imtiyozli uy oldik. Xullas, ayolimning qadami qutlug‘ keldi, — deydi aktyor Aziz Umrzoqov.
Dilnoza Umurzoqova
Teleboshlovchi Jamshid Umurzoqov kursdoshi Dilnoza bilan oila qurgan. Hozirgi kunda ularning Soliha, Samira va Oisha ismli qizlari bor. Asli mutaxassisligi xalqaro jurnalistika bo‘lgan Dilnoza Umurzoqova hozirgi kunda O‘zbekistondagi mashhur dizaynerlardan biri hisoblanadi.
— Ayolim bilan bir universitetda o‘qiganmiz. Men ispan tilini, u ingliz tilini o‘rganardi. Bir kuni yonimga kelib, bir so‘zning tarjimasini so‘ragan. So‘zning tarjimasi sabab bir-birimiz bilan tanishib qolganmiz. Ammo institutni bitirgunga qadar unga munosabatimni bildirmaganman. 2009-yili oila qurdik, — deydi oliy toifali suxandon Jamshid Umurzoqov.
Dilnoza Ahrorova
Yaqin kunlarga qadar ko‘pchilik aktyor Azamat Ahrorovni bo‘ydoq deb bilardi. Ammo “Lola gulim” filmining premyerasida u Dilnoza ismli qiz bilan oila qurgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda ularning Safiya va Azizmuhammad ismli farzandlari bor.
— Biz syomkada tanishganmiz. Tanishuvimizga 6 yil avval suratga olingan “Lola gulim” filmi sabab bo‘lgan. Bu film 2021-yilning so‘ngida premyera qilindi, uni uzoq vaqt kutdik, — deydi Dilnoza Ahrorova.
Shahlo Umarova
Aziz Rametov va Shahlo Umarovaning nikohini yilning eng shov-shuvli to‘ylaridan biri bo‘ldi, deyish mumkin. Nafaqat aktyorning, balki Shahlo Umarovaning hurmati yuzasidan ham ko‘plab san’at vakillari to‘yga tashrif buyurishdi.
— Shahlo bilan Instagram’ga joylanadigan reklama sabab tanishib qolganmiz. U Nastarin Collection brendiga asos solgan. Xullas, uning reklama puli men uchun barakali keldi. Bir-ikki marta gaplashganimizdan keyin onam ham u qizni maqtay ketdi. Keyin uylanish haqida gap ochdim, — deydi aktyor Aziz Rametov.
Mohinur Uzoqova
Mashhur aktyor Alisher Uzoqov Mohinur ismli qiz bilan oila qurgan. Hozirda ularning ikki nafar farzandlari bor. Mohinur Uzoqova maktabgacha ta’lim muassasasida logoped bo‘lib ishlaydi. | 116 | 4,846 |
Madaniyat | “Qora Pantera” filmi yulduzi Chedvik Bouzman vafot etdi | Amerikalik aktyor, “Qora Pantera” (2018) filmida bosh rol ijro qilgan 43 yashar Chedvik Bouzman saraton tufayli vafot etdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2016-yil Bouzmanning yo‘g‘on ichagida saraton borligi aniqlangan. Chedvik Los-Anjelesda joylashgan uyida, oila davrasida hayotdan ko‘z yumgan.
View this post on Instagram
Ma’lumot uchun aktyor 1976-yilda AQShda dunyoga kelgan. U “Adolat” (2011), “42” (2013), “Misr Xudolari” (2016), “Kapitan Amerika: Jahon urushi” (2016), “Marshall”(2017), “Qasoskorlar: Abadiyat urushi” (2018), “Qasoskorlar: Final” (2019), “21 ko‘prik” (2019) singari filmlarda rol ijro qilgan.
Gollivud aktyori Jon Travoltaning rafiqasi, aktrisa Kelli Preston vafot etdi | 55 | 732 |
Madaniyat | “2020-yilda olingan chiptalar kuyib ketdimi?!” “Xalqlar do‘stligi” saroyi rahbari karantindan keyingi konsert dasturlarini o‘tkazish tartibi haqida so‘zlab berdi | Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 28-yanvardan konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etishga ruxsat berildi.
“Daryo” muxbiri Feruz Muhammad “Xalqlar do‘stligi” saroyi rahbari Isroil G‘ulomov bilan suhbatlashdi.
Saroy rahbari suhbat davomida konsertlarni o‘tkazish tartibi, saroy ijarasi, 2020-yilda sotib olingan chiptalar taqdiri, konsert tashkilotchilari va tomoshabinlarga qo‘yiladigan talablar haqida gapirib berdi.
Xudo xohlasa 19-fevralgacha ikkita xayriya konsert tashkillashtiramiz. Bu konsertlar pandemiyada kim jonbozlik ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘sha insonlarga bag‘ishlanadi. Yangi konsertlar mavsumini yaxshi niyatlar bilan xayriya konsertlardan boshlaymiz.
19-fevraldan “Million” jamoasi konsert dasturini taqdim etadi. Yulduz Usmonovaning konsert dasturi 2020-yil 16-mart kuni pandemiya sabab to‘xtatilgan edi. Yulduz Usmonovaning 2021-yildagi dasturi 10-mart kunidan boshlanadi. O‘tgan yilda sotib olingan chiptalar o‘z kuchida qoladi. Yana bir ma’lumot 8-fevraldan “Xalqlar do‘stligi” saroyining kassalari ochiladi. O‘sha kundan muxlislar chiptalarini almashtirib olishlari ham mumkin bo‘ladi.
Ichki ishlar vazirligiga iltimos qilib, konsert vaqtini 18:00 dan 20:00 gacha va 20:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilish tartibini taklif qildim. O‘tgan yillarda birinchi seans soat 15:00 da boshlanar edi. Bu esa ko‘pchilikning ish vaqtiga to‘g‘ri kelgani sababli, odamlarga noqulaylik tug‘dirgan. Shuni inobatga olgan holda shu taklifni berdim.
“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi 3816 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra shundan 50 foiz tomoshabin konsert dasturida ishtirok etadi.
Bilet narxlari avvalgidek saqlanib qoladi. Avval necha so‘mdan sotib olingan bo‘lsa, hozir ham o‘sha narx saqlanib qoladi.
Kelgan tomoshabinning salomatligi jiddiy tekshiruvdan o‘tadi. Har bir tomoshabin shaxsiy niqob taqqan bo‘lishi majburiy qilib qo‘yiladi. Agar niqob taqmagan bo‘lsa o‘zimiz niqob berib, issig‘ini o‘lchab, qo‘liga antiseptik vositalari sepilgach, bitta-bitta tekshiruvdan o‘tkazilib, o‘z joylarini egallashlari mumkin bo‘ladi. Oraliq masofa saqlanganligi qat’iy nazoratga olinadi.
Bundan tashqari ikkita tez yordam mashinasi shu yerda turadi, shifokorlar doimiy nazorat qilib turishadi.
Saroyimizda test oladigan laboratoriya ham tashkillashtiryapmiz. Sahnaga chiqadigan har bir ijodkordan texnik xodimlargacha testdan o‘tib chiqadi. Ijodiy jamoada birorta odam kasal bo‘ladigan bo‘lsa sahnaga chiqmaydi. Menga ularning ko‘chadan olib kelgan tibbiy ma‘lumotnomasi o‘tmaydi. Laboratoriyaning eng zamonaviysini olib kelamiz, qisqa muddatda test javobi chiqadi.
Konsert tashkilotchilariga yengillik qilish maqsadida bir kunda uch marta konsert beradigan bo‘lsa ham, avvalgidek, ya’ni 25 million so‘m ijara haqqi to‘lashadi. Undan ortiq pul olinmaydi. Ovoz apparati, chiroqlar, monitor xizmatlari ham xuddi shunday tartibda, ya’ni bir kunda uchta seans konsert berishsa ham, bir kunlik pulni to‘lashadi. Bu tartib konsertga tomoshabinlarning 100 foiz kelishgunicha amalda bo‘ladi.
Isroil G‘ulomov, “Xalqlar do‘stligi” saroyi rahbari
Instagram: Yulduz Usmonovaning konserti sanasi aniq bo‘ldi, Jahongir Otajonovdan “zamhokim”likni so‘ragan sobiq xonanda, o‘zini O‘rta Osiyodagi eng zo‘r rejissor deb biladigan Ahad Qayum | 161 | 3,294 |
Madaniyat | Asl mohiyatini faqat kattalar tushuna oladigan multfilmlar (foto) | Barcha bolalar multfilmlarni yaxshi ko‘radi. Kattalar esa ulardan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanadi. Multfilm orqali faqatgina bolalarni chalg‘itib, o‘z ishlari bilan shug‘ullanish uchun emas, balki murakkab mavzularga ham sekingina teginib o‘tish mumkin. Masalan, atrof-muhit muammolari yoki hatto yaqin va aziz odamlaring ham ba’zan zarar yetkazishi mumkinligi haqida.
“Muzlik davri”
Multfilmdagi bir oz aqldan ozgan, o‘tkir tishli olmaxon Skrat doimo o‘zining jozibali yong‘og‘i ketidan quvadi. Ammo bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘rsangiz, jonivorning hayoti juda dramatik. U yagona xazinasini saqlab qolishga harakat qiladi va deyarli o‘zi sabab bo‘lgan muzliklarning qulashi qurboni bo‘ladi.
Shundan so‘ng Yer aholisi bir qator muammolar — oziq-ovqat tanqisligi, ayrim turdagi jonzotlarning yo‘q bo‘lib ketish xavfiga duch kelishadi. Bundan tashqari, hayot tajribasi Skratga hech narsa o‘rgata olmaydi: 20 ming yildan keyin muzdan erigan olmaxon yana yong‘oqqa yopishib oladi va yana tabiiy ofatni qo‘zg‘atadi — bu safar vulqon otilishiga sababchi bo‘lib qoladi.
Namoyishidan 20 yil o‘tib ham tomoshabinlarning sevimli multfilmi bo‘lib qolayotgan “Muzlik davri” kartinasi haqida qiziqarli ma’lumotlar
“Muzyurak”
Elza — sehr qila oladigan kam sonli Disney malikalaridan biri. U bolaligida o‘yin paytida tasodifan singlisi Annani jarohatlab qo‘yadi. Shundan keyin undagi sehr kuchini ko‘rgan ota-onasi Elzani alohida xonada qulflab saqlashadi, birovga ziyoni yetmasin deb his-tuyg‘ularini boshqarishni o‘rgatishadi va u boshqalar uchun xavfli ekanini uqtirishadi.
Ota-onasining vafotidan so‘ng qat’iyatli Elza “hamma uchun yaxshi qiz” bo‘lishni to‘xtatib, o‘zini boricha qabul qiladi va Arendelle mamlakatining munosib malikasiga aylanadi. Bunda unga singlisi Anna yordam beradi. Aslida go‘dakdek tuyulgan mehribon singlisi hayratlanarli darajada jasur qiz bo‘lib chiqadi.
Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham sevimli multfilmlaringizdagi siz payqamagan holatlar (foto)
“Muzyurak-2”
Odatda Disney multfilmlarining davomi omadli chiqmaydi, lekin “Muzyurak-2” bundan mustasno. Multfilmning 2-qismida Elza o‘zining kimligini bilish uchun xavfli sayohatga chiqadi. Qiz o‘zining shaxsiy maqsadlari uchun taxtni tark etadi va oxir-oqibat undan butunlay voz kechadi. Aslida Elza burchdan ko‘ra shaxsiy baxtini afzal ko‘rdi.
O‘z navbatida Anna o‘zini ancha mas’uliyatli tutadi: u opasini shoshma-shosharlik bilan qo‘yilgan qadamdan, keyin esa o‘limdan qutqarishga harakat qiladi. Elzaning o‘z ichki dunyosini bilish istagi tufayli saroyda betashvish yashash va sevganiga turmushga chiqish o‘rniga jiddiy sinov va haqiqiy tushkunlikdan o‘tishi kerak edi. Natijada aynan Anna Arendelle malikasiga aylanadi, chunki u uchun oldiga qo‘yilgan vazifa shaxsiy hayotidan muhimroq edi.
Bolalar uchun ishlangan mashhur multfilmlardagi faqat kattalar tushunadigan kadrlar (foto)
“Koko siri”
Multfilmda bolalar va kattalar ham yaxshi do‘st bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Kartinaning yana bir eslatmasi: inson eslansagina tirik. Lekin bu ijodkorlar aytmoqchi bo‘lgan hamma narsa emas.
12 yoshli Migelning oilasi asrlar davomida etikdo‘zlik bilan shug‘ullanadi, ammo bola musiqachi bo‘lishni orzu qiladi. Qarindoshlari unga gitara chalishni taqiqlaydi, hatto musiqiy asbobini sindirib tashlashadi. Buning sababi bor edi: bolaning katta bobosi — Gektor shou-biznesni deb xotini va kichkina qizini tashlab ketgan. O‘liklar kuni deb nomlangan Meksika bayramida Migel narigi dunyoga o‘tib qoladi va o‘sha ajdodi bilan uchrashadi. Ma’lum bo‘lishicha, qarindoshlari unga aytgan hamma narsa dahshatli xato bo‘lgan.
Bola uyiga qaytib, qarindoshlariga bu haqda gapirganda unga faqat bir kishi ishonadi — keksaygan katta buvisi Koko, Gektor shon-shuhratni deb tashlab ketgan qizi. U bolaligidanoq otasining fotosuratini birga olib yurgan va u bilan bog‘liq barcha narsalarni xotirasida saqlashga harakat qilgan. Qiz qalbining tubida otasi unga xiyonat qilmaganiga ishonardi. Xulosa shuki: ba’zan hamma narsani biladigan kattalar emas, balki bolalar haq bo‘lib chiqadi.
O‘liklar kunini nega quvonch bilan nishonlashadi? “Koko siri” multfilmi haqida
“Ratatuy”
Film “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida “Oskar” va “Oltin globus” mukofotlarini qo‘lga kiritadi. Qishloqda yashovchi kichik Remi nozik hid va ta’mga ega. U oshpaz bo‘lishni orzu qiladi, ammo muammo shundaki: u kalamush, hattoki uni biror-bir restoran oshxonasiga ham yaqinlashtirishmaydi. Ammo kemiruvchi taslim bo‘lmaydi va oxir-oqibat ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tib, maqsadiga erishadi.
Aslida multfilm boshqa sohalardagi kabi pazandachilikda ham mavjud bo‘lgan kamsitish haqida. Oshpazlar orasida ayollar kam bo‘lsa-da, jamiyatda pazandachilik aynan ayollarning ishi, deb hisoblashadi. “Ratatuy” ijodkorlari bu muammoni multfilm orqali ko‘rsatib, “Hamma ovqat pishirishi mumkin!” degan iborani shior sifatida qo‘llaydilar.
“Ameli”, “Emili Parijda”, “Ratatuy”: Fransiyadagi hayot haqqoniy aks ettirilgan eng yaxshi filmlar (foto, video)
“Sheryurak qiz”
Pixar’ning birinchi multfilmi bir qarashda feminizmning haqiqiy madhiyasiga o‘xshaydi. Malika Merida kashtado‘zlikni va shunga o‘xshash qizlarga xos ishlarni yoqtirmaydi, u ot minishni va kamondan otishni afzal ko‘radi. Kamiga u buni ko‘pchilik erkaklarga qaraganda yaxshiroq uddalaydi. Qirol va malika qizini turmushga bermoqchi, lekin qiz bu qarorga qarshi chiqadi. Ko‘rinishidan, Merida adolatsiz hayot tarzi bilan kurashayotgan ijobiy qahramon.
G‘azablangan Merida onasini fikridan qaytarish uchun jodugarga murojaat qiladi. Natijada esa onasidan ayrilib qolishi mumkinligini tushunadi. Qirolicha ham o‘z navbatida qiziga o‘z maqsadlarini amalga oshiradigan buyum emas, balki mustaqil shaxs sifatida qaray boshlaydi
“Daydi to‘tining qaytishi”dan “Vinni Pux”gacha: Sovet multfilmlarining siz e’tibor bermagan yashirin ma’nolari | 65 | 5,836 |
Madaniyat | Xonanda Lola o‘tmishini biladigan, kelajagiga ishonadigan, hozir esa boricha qabul qiladigan inson borligiga shama qildi | Xonanda Lola o‘zining Instagram sahifasida yozib qoldirgan post “Darakchi” nashrining e’tiborini tortdi.
“Haqiqiy yaqin inson bu — sening o‘tmishingni biladigan, kelajagingga ishonadigan, hozir esa seni boringcha qabul qiladigan insondir. Rahmat senga...”, deb yozgan Lola.
Nashr Lolaning 2011-yil turmush o‘rtog‘i bilan rasman ajrashganini qayd etib, uning Shahina ismli qizi va Shohdiyor ismli o‘g‘li borligini eslatib o‘tgan. | 120 | 429 |
Madaniyat | “Yengiltak qiz rolini ijro etishni istamayman, chunki uni otam va aka-ukam ko‘radi”. Klip va seriallarda rollari bilan tanilayotgan Gulruh Pirnazarova bilan suhbat | Gulruh Pirnazarova boshlovchi, teatr, kino va dublyaj aktrisasi sifatida o‘zini kashf etishga intilayotgan yosh iste’dod sohibalaridan biri. U serial va filmlarda suratga tushish bilan birga O‘zbek davlat drama teatrida ham faoliyat yuritadi. Keyingi paytlarda esa uning o‘qigan she’rlari ham ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishmoqda. “Daryo” muxbiri yosh aktrisa bilan suhbatda bo‘lib, uning ijodi haqidagi ko‘plab savollarga javob oldi.
“Tanlov sabab san’atga mehr qo‘yganman”
— Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilib, o‘sha yerda maktabda o‘qib katta bo‘lganman. Yettinchi sinfda o‘qiyotganimda “Bahor malikasi” nomli tanlov o‘tkazilishi haqida aytishgan. Tanlov shartiga ko‘ra, unda qizlar qatnashib, g‘olib bo‘lgan ishtirokchi “Bahor malikasi” nomini qo‘lga kiritadi, deyishgan. O‘shanda men ham sinfimiz nomidan qatnashganman va matematika, pazandachilik, kasb-hunar, adabiyot va sahna ko‘rinishi kabi shartlarni bajarganman. Afsuski, ko‘p shartlardan past baho olganman. Lekin sahna ko‘rinishi sharti kelganida, o‘zim rejissorlik qilib, sinfdoshlarim bilan rol ijro qilganmiz. O‘sha sahna ko‘rinishimiz eng yuqori ball olib, qolgan baholarimning o‘rnini to‘ldirib, birinchilikni qo‘lga kiritganman. Shu voqeadan keyin san’atga bo‘lgan mehrim kuchaygan. Menda “Bu ishni uddaladim, demak iste’dodli insonman”, degan ichki intilish paydo bo‘lgan. Birinchi bo‘lib onamga aktrisa bo‘lish niyatim borligini aytganman.
“Dadam aktrisa bo‘lishimni istamagandi”
— Albatta, aktrisa bo‘laman, degan xohishim oila a’zolarimga, ayniqsa, dadamga umuman yoqmagan. Jiddiy qarshiliklar bo‘lgan. Dadam aktrisa emas, boshlovchi bo‘lishimni istardi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat oliygohiga budjet asosida qabul qilinganimdan so‘ng shu yo‘nalishda o‘qishimga qarshi bo‘lishmagan. Institutda o‘qiyotgan kezlarimda “Dadamning orzusini ushaltirishim kerak”, deb ko‘p xayoldan o‘tkazardim. Odam nima haqida ko‘p o‘ylasa, hayotida o‘sha narsa sodir bo‘ladi, deb bejiz aytishmas ekan. “Hindi Show”dan taklif tushganda quvonib ketganman. Chunki bu ko‘rsatuvda nafaqat boshlovchi, balki aktrisa va raqqosa sifatida ham ishtirok etish mumkin. Bundan tashqari, ko‘rsatuvda erkinlik va rang-baranglik bor. Kelasi ko‘rsatuv qanday tartibda suratga olinishini oldindan bilmas edik.
“Teatrda Julyettaga aylandim”
— Institutni tamomlab, O‘zbekiston davlat drama teatriga ishga kirganman. Hayotimdagi unutilmas rollardan biri Julyetta obrazini teatr sahnasida ijro etdim. Buning uchun ustozim Olimjon Salimovdan minnatdorman. Ana shu inson sabab men Julyetta rolini ijro etoldim. U inson biz yoshlarga katta maktab vazifasini o‘taydi.
Atrof muhit juda katta o‘rin tutadi. Men hali yosh ijodkorman, ko‘proq tajribali insonlar bilan ishlashni xohlayman. Chunki ulardan bilim, mahorat o‘rganaman. Ijodiy jamoaning rol o‘ynashingizda ham ta’siri katta bo‘ladi. Teatrdan ayro ijod qilishni istamayman. Chunki u tinimsiz aylanib turadigan charxpalakka o‘xshaydi. Unda ishlagan ijodkor hamisha charxlanib boraveradi.
“Ilk rolim uchun tanbeh eshitganman”
— Ilk rolimni Bekzod Haqqiyevning “Nega seni sevdim” nomli klipida ijro etganman. U paytda talaba edim. Shuning uchun ham kamera qarshisida hayajonlanganman. Syomka Jizzaxda bo‘lgani va rolim massovka bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham qiynalganman. Klip chiqqanidan keyin xursand bo‘lib ustozim Zamira Ahmedovaga ko‘rsatganimda “Hali kamera bilan ishlashga tayyor emassan. Bu nimasi?” deb koyib bergandi. Ustozim qattiqqo‘l va talabchan inson. O‘sha vaqtda undan biroz ranjigandim, ammo vaqt o‘tib, klipni ko‘rib bu gaplar to‘g‘ri ekanligiga takror va takror amin bo‘laman.
“Kitob yozishni istayman…”
— Aktrisalikdan avval menda kitobga bo‘lgan mehr uyg‘ongan. Bolalikdan kitob o‘qishni yaxshi ko‘rardim. Hatto 13 yoshimda o‘zim ham hayotiy roman yozaman, deb niyat qilganman. Nasib qilsa, ilk kitobimni 30 yoshimda yakunlash va chop ettirish niyatim bor. Dramaturgiyaga ham qiziqaman, kelajakda nafaqat filmlarda suratga tushish, ularning ssenariysini yozishni ham istayman.
“Yengiltak qiz rolini ijro etishni istamayman”
— Yengiltak qizlarning rolini o‘ynashni istamayman. Nasib qilsa, karyeramda bunday rollar umuman bo‘lmaydi. Bundan tashqari, diniy va milliy qadriyatlarimizga qarshi bo‘ladigan rollarni taklif etishsa ham, umuman rozi bo‘lmayman. Ikki yil avval tanish rejissorlardan biri “Sizga zo‘r rol bor? Keling, gaplashib olamiz”, dedi. Xullas u rolni tushuntirib berayotganda “Taxmina roli haqida gapirmayapsizmi?”, deganman. Chunki “Daydi qizning daftari” asarini 8-sinfda o‘qigandim. Asar juda yaxshi yozilgan, bir insonning tarbiyalanishi hayotiy voqealar bilan ochib berilgan. Ammo bu rolni ijro etishni istamasdim. Chunki uni otam, aka-ukam va yaqinlarim ko‘rishi mumkin, deb uni rad etganman. Har bir aktrisaning o‘z cheklovi bo‘ladi. Men ana shunday rollardan nari yurishga harakat qilaman. Ba’zan shunday rollarga taklif etishsa “Nahotki, meni shunday rolda ko‘roldingiz” deb rejissorlardan ranjigan paytlarim ham bo‘lgan.
“Kastingdan o‘tolmadim…”
— “Muhabbat bahori” filmida Zulfiya rolini ijro etishni juda istaganman. Chunki bolalikdan she’r o‘qishni yaxshi ko‘raman. Afsuski, ko‘rinishim sabab bu rolni o‘ynash nasib etmadi. Rosti, kastingdan o‘tmaganimni eshitib, biroz xafa bo‘lib qolgandim. Ammo niyatim xolis ekan, dublyajdagi ustozim Komil Tursunboyev meni Zulfiyaxonim roliga ovoz berishga taklif etdi. Xullas, rolni boshqa aktrisa ijro etgan bo‘lsa ham unga ovoz berganimdan va she’rlarini kadr ortida bo‘lsa-da o‘qiganimdan xursandman.
“Sakkiz farzandim bo‘lishini orzu qilaman”
— Yaqin kelajakda mehr-muhabbatga to‘la, ko‘p farzandli oila bekasi bo‘lishni orzu qilaman. Kamida sakkizta farzandim bo‘lishini istayman. Eng muhimi, turmush o‘rtog‘im Allohni taniydigan, ibodatli inson bo‘lsa bo‘ldi, qolgan kamchiliklarini esa to‘g‘irlasa bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Gulruh Pirnazarova 1995-yilning 10-oktabrida dunyoga kelgan. U oilada uch farzandning o‘rtanchasi bo‘lib, akasi va ukasi bor. U Ozod Shamsning “Voy-dod” filmi va “Iztirob” seriallarida suratga tushgan. | 163 | 6,048 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” rahbari: Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” qo‘shig‘i so‘ziga e’tiroz bo‘lmagan (video) | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida “Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” DM rahbariyati, soha vakillari, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” deb nomlangan qo‘shig‘i klipi bilan bog‘liq muammoli vaziyat haqida gapirdi.
Jahongir Otajonovning “Qaddi baland” nomli qo‘shig‘i jamoatchilik tomonidan keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Jahongir Otajonovga badiiy kengash tomonidan “qo‘shiq so‘ziga e’tiroz bo‘ldi”, deya noto‘g‘ri ma’lumot berilgan. Aslida e’tiroz she’rga emas, klipdagi nojo‘ya hatti-harakatlar, oila davrasida ko‘rish mumkin bo‘lmagan holatlarga tegishli edi. Qizlarning bir-biriga yopishib o‘ynagan holatlari mavjudligi uchun klip bir marta badiiy kengashdan qaytarilgan.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov | 105 | 1,055 |
Madaniyat | Munisa va Manzura kliplarida kamchilik topildi | «O`zbekkonsert» qoshidagi qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Kengashda 18 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko`rib chiqib, bir qancha kamchiliklar topgan.
Milena Xalilova, Kaniza, Otabek Muhammadzohid, Munisa Rizaeva, Alijon Isoqov, Shaxribonu Axtamova, Javlon Olimov, Poytaxt guruhi, Sanjar Usmonov Zafar Qurbonboev, hamda xonanda Bexruz Toxirov qo`shiqlariga tasvirga olingan videokliplarga Kengash a`zolari tomonidan bildirilgan ba`zi juz`iy kamchiliklarni bartaraf etish xonandalarning o`zlariga va klipmeykerlariga tushuntirilib, ba`zi kadrlardan voz kechish, to`g`rilash sharti bilan istisno tariqasida ruxsat berildi.
Manzura Yuldasheva ijro etgan «Adashdim» qo`shig`ining klipdagi ayrim tasvirlarni to`g`rilash kerakligi tushuntirilib, ushbu klipni efirga uzatish rad etildi. Ammo kamchiliklarni bartaraf etgandan so`ng qayta topshirish mumkinligi ma`lum qilindi.
Xonanda Baxriddin Zuxriddinov ijro etgan «Dilozorim» qo`shig`iga ishlangan videoklip mazmuni bilan qo`shiq mazmunida uyg`unlik yo`qligi, klipdagi oxirgi qismidagi dialoglar qo`shiqqa mos emasligi ta`kidlanib, rad etildi. Ko`rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etilganidan so`ng, Kengashga qayta taqdim etilishi ta`kidlandi. | 46 | 1,300 |
Madaniyat | Rossiyalik ayol chiqindilardan reper Morgenshtern portretini yasadi (video) | Rassom Yevgeniya Xaybullina 23 yashar reper Alisher Morgenshternning ijodiga o‘z munosabatini bildirdi. Qiz o‘z vazifasini ustalik bilan bajardi.
Yevgeniya ijrochining portertini yaratish jarayonini bosqichma-bosqich namoyish etdi. Dastlab Ufa shahrida yashovchi rassom chiqindi qutisini bo‘shatdi va qo‘lqoplarini yechmagan holda musiqachining rasmini tuza boshladi. Rassomning so‘zlariga ko‘ra, u mamlakatda bolalar kelajagiga befarq bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydigan “mashhur ekaklar” borligidan xursand. “Men ham bir ona sifatida chetda qarab tura olmayman va farzandim bu kabi bema’ni musiqachini tinglashini xohlamayman”, − deydi Yevgeniya. Uning ta’kidlashicha, ota-onalar doim ham farzandlarining internetdan topgan narsalarini nazorat qila olmaydi. Yevgeniya bunday qo‘shiqlar bilan birgalikda haqorat, giyohvandlik va spirtli ichimliklarni ommalashtirishni cheklash kerakligiga ishonch bildirgan.
So‘nggi vaqtlarda tez-tez reperga qarshi tanqidlar eshitilmoqda. Musiqachining qo‘shiqlari hatto taniqli sportchilarning ham e’tiborini tortgan. Ularning fikriga ko‘ra, bu kabi qo‘shiq matnlari yosh avlod uchun haqiqiy xavf tug‘diradi. Aralash sport turi jangchisi Aleksandr Shlemenko bu haqda birinchilardan bo‘lib gapirdi. U reperni yuzida pentagrammasi bo‘lgan shayton deb atadi. “Bu o‘zi qo‘shiqlarida nimani kuylaydi? Ayollarga nimani takilf qilmoqda?”, − deydi g‘azablangan Aleksandr.
Uning fikrini Habib Nurmagomedov ham qo‘llab-quvvatladi. Habib undan ham qattiqroq gapirdi – reperning ijodini tushuntirar eka, iboralar qo‘llashda tortinmadi. “Qadriyatlar o‘zgardi, buning eng qo‘rqinchilisi – bolalar uchun. Bolaning begonasi bo‘lmaydi. Umid qilamanki, mamlakatimizda bu kabi axloqsizlikni nazorat qiladigan va tozalaydigan biror intizomiy organ paydo bo‘ladi”, − deydi sportchi.
View this post on Instagram | 75 | 1,827 |
Madaniyat | Ikkinchi qismi birinchisidek tomoshabinlar mehrini qozona olmagan mashhur multfilmlar (foto) | Ba’zan omadli chiqqan multfilmning muvaffaqiyatini takrorlash uchun uning davomi ishlanadi. Ammo har doim ham quyidagi kartinalar kabi 2-qism originali kabi tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lmasligi mumkin.
“Changalzor kitobi-2”
“Changalzor kitobi-1”
Sevimli animatsion filmi “Changalzor kitobi” 1967-yilda Disney tomonidan ishlangan. Ekranga chiqqandan so‘ng multfilm ajoyib hazillari va chuqur ma’noga ega qo‘shiqlari uchun ijobiy sharhlarga ega bo‘ldi.
“Changalzor kitobi-2”
1990-yillarda yozuvchilar “Changalzor kitobi”ning davomini taqdim etishdi, unga ko‘ra Balu urg‘ochi ayiqni sevib qoladi va uni brakonyerlardan qutqarishga harakat qiladi. 2003-yilda 2-qism butunlay boshqacha sujet bilan ekranlarga chiqdi. Garchi multfilm uni yaratishga sarflanganidan deyarli 7 baravar ko‘p daromad olgan bo‘lsa-da, tanqidchilar yaxshi baholamadi. Ular yangi kartina faqat 1-qismning mashhurlik to‘lqinida pul ishlash uchun yaratilganligini va multfilmda sujet va musiqa jihatidan yangi narsa yo‘qligini yozishdi.
“Mulan-2”
“Mulan-1”
Fa Mulan ismli jasur qiz haqidagi multfilmning 2-qismi avvalgisidan 6 yil o‘tgach, 2004-yilda ishlangan. Tanqidchilar ijobiy baho olgan original kartina haqida “dinamik sujet va boy animatsiyaga ega ta’sirli film” deb atashgan bo‘lsa, Mulanning davomi sharmandalik deb ataldi. “To‘liq sharmandalik, bu o‘zidan oldingi multfilmning eng yaxshi narsalarini olib, uni mayda-chuyda qilib berishdek gap”. Rotten Tomatoes’ning tomosha qilish agregatori filmga 0 foiz baho bergan.
“Mulan-2”
“Bembi-2”
“Bembi-1”
1942-yilda Uolt Disney tomonidan yaratilgan “Bembi” dramatik animatsion filmi ekranlarga chiqdi. Qizig‘i shundaki, bu multfilm dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin takroriy namoyishlar bilan u mashhurlikka erisha boshladi. Bugungi kunda “Bembi” eng zo‘r multfilmlardan biri hisoblanadi.
“Bembi-2”
64 yildan so‘ng esa uning davomi chiqdi, bu esa turli sharhlarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar multfilmda bashorat qilish, oddiylikning ko‘pligini ta’kidladilar.
“Oppog‘oy-2: Va ular baxtli yashashdi”
“Oppog‘oy va yetti gnom”
“Oppog‘oy va yetti gnom” Disneyning 1937-yilda chiqqan birinchi animatsion filmi. Kartina omadli chiqdi va hanuzgacha tarixdagi eng yuqori daromad keltiruvchi multfilm bo‘lib qolmoqda: kartina unga sarflaganidan 280 baravar ko‘p daromad keltirdi. Ko‘pgina sharhlovchilar “Oppog‘oy”ni bolalar va kattalar uchun tavsiya etilgan haqiqiy san’at asari deb atashgan.
1989-yilda “Oppog‘oy-2: Va ular baxtli yashashdi” deb nomlangan multfilmning davomi katta ekranlarga chiqdi. Sujetga ko‘ra, bosh qahramon va shahzoda turmush qurmoqchi, ammo marhum yovuz malikaning qasoskor ukasi qiyofasida yangi tahdid paydo bo‘ladi.
“Oppog‘oy-2: Va ular baxtli yashashdi”
“Oppog‘oy-2” yilning eng katta xitlaridan biri bo‘lishi kutilgan edi, ammo keng ko‘lamli reklama kampaniyasiga qaramay, multfilm omadsizlikka uchradi. Tanqidchilar esa u haqda “asabiy animatsiya”, “yomon chizilgan qo‘pol qahramonlar”, “zaif animatsiya, hatto beo‘xshov hazillar”, “qo‘shiqlari bir zumda unutiladi” deb baholashdi.
“Sohibjamol va maxluq: Ajoyib Rojdestvo”
“Sohibjamol va maxluq”
1991-yilda Uolt Disney studiyasi “Sohibjamol va maxluq” musiqiy fantastik filmini chiqardi. U o‘zining romantik hikoyalari, animatsiyasi (ayniqsa, bal sahnasi), personajlar va musiqasi e’tiroflarga sazovor bo‘ldi. Film eng yaxshi musiqiy yoki komediya uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi va bu mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi animatsion film bo‘ldi.
“Sohibjamol va maxluq: Ajoyib Rojdestvo”
Muvaffaqiyatni takrorlashga qaror qilgan studiya 6 yildan so‘ng multfilmning davomi — “Sohibjamol va maxluq: Ajoyib Rojdestvo”ni chiqardi. 1-qism Rotten Tomatoes saytida 94 foiz olgan bo‘lsa, 2-qismning reytingi 13 foiz edi. Tanqidchilar ta’kidlaganidek, “Sohibjamol va maxluq” filmining yonida “Ajoyib Rojdestvo” marvarid yonidagi ko‘mir parchasiga o‘xshaydi.
“Zolushka: Orzular amalga oshadi”
“Zolushka”
1950-yilda Disneyning 12-metrajli animatsion filmi “Zolushka” ekranlarga chiqdi. Mashhur rejissor, “Kasablanka” (1942) ijodkori Maykl Kertis Uolt Disneyga yozgan maktubida “Zolushka”ni “barcha multfilmlaringizning durdonasi” deb atagan. Multfilm, shuningdek, hikoyaning ohista tasvirlangani, qo‘rqinchli yovuz qahramonlar yo‘qligi va “to‘satdan, shirali hazil tuyg‘ulari” borligi bilan ham olqishlandi.
“Zolushka: Orzular amalga oshadi”
2000-yillarning boshida studiya “Zolushka” kartinasining davomini chiqardi. Garchi davomi uning yaratilishiga sarflanganidan ko‘proq daromad olgan bo‘lsa-da, tanqidchilarning sharhlari asosan salbiy edi. Ular 2-qism “Zolushka” originalining qoldiqlariga o‘xshaydi, degan fikrga kelishdi. Hozirda u Rotten Tomatoes bo‘yicha 11 foiz reytingga ega.
“Pokaxontas-2”
“Pokaxontas”
1998-yilda 1995-yilda suratga olingan “Pokaxontas” filmining davomi, xuddi shu nomdagi hind malikasining tarjimayi holiga asoslangan hikoyasi chiqdi. Qizig‘i shundaki, multfilm kinoteatrlarda yoki televizorda ko‘rsatilmasdan oldin darhol videokasseta va DVD’larda chiqarildi.
1-qism 2 ta “Oskar” va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘ldi, ijodkorlarga sarflanganidan 6 baravar ko‘proq pul keltirdi va kartina “zamonaviy Disney animatsion filmlarining eng puxta o‘ylangan va eng chiroylisi” deb nomlandi.
“Pokaxontas-2”
2-qism esa past baholarga sazovor bo‘ldi, tanqidchilar davomiy sujetni kattalar uchun “siyqasi chiqqan”, bolalarga esa shunchaki yoqishi mumkin deb baho berishdi. | 92 | 5,431 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva qiyofasini o‘zgartirdi?! | Nahotki shu mallasoch qiz Munisa Rizayeva bo‘lsa? Xonandaning bunday ko‘rinishiga nima sabab bo‘ldi?
Buning sababi shundaki, shaddod xonanda Jahongir Poziljonovning “Salom, Natasha” filmida suratga tushmoqda. Antiqa nomga ega mazkur filmda Munisa Rizayeva aynan Natasha obrazida namoyon bo‘ladi.
Ayni damda kulgili voqealarga boy bo‘lgan ushbu filmni suratga olish ishlari davom etmoqda. Kartina barcha tomoshabinlar uchun qiziqarli bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Manba: shou-biznes.uz | 40 | 484 |
Madaniyat | Gal Gadot “Mo‘jizakor ayol: 1984” filmini tomosha qilish vaqtida yig‘laganini tan oldi | 25-dekabr kuni katta ekranlarga chiqqan “Mo‘jizakor ayol: 1984” filmi bosh qahramoni Gal Gadot kartinani birinchi marotaba tomosha qilganida ko‘ziga yosh olganini so‘zlab berdi, deb yozadi “Film.ru”.
“Ko‘zimga yosh olgan onim haqida hech narsa deya olmayman, bundan tashqari, bu boshida sodir bo‘lgandi. Oldin hech qachon bu kabi narsani his qilmaganman. Filmni tomosha qilib, hech qanday sababsiz aktrisa, prodyuser va suratga olish guruhining biror a’zosi bo‘lishdan to‘xtadim. Bu qadar hayratlanarli ishlarni amalga oshirayotgan qahramonga termulib o‘tirgan isroillik kichkina qizcha edim. Men osonlikda yig‘laydigan odam emasman. Men reklamaga qarab, yig‘lashga tushadigan ayol emasman”, — deydi aktrisa.
Shuningdek, Gadot butun dunyodagi ko‘plab insonlarni ilhomlantirgan qahramonidan faxrlanishini ta’kidlagan.
“Ayollar, erkaklar, bolalar va qizlarning reaksiyasini ko‘rish va eshitish — bu men tayyor bo‘lmagan narsa edi va bu ajoyib”, — deya qo‘shimcha qiladi aktrisa.
“Mo‘jizakor ayol: 1984”da bosh qahramon filmning birinchi qismida halok bo‘lgan sevgilisi Stivni yana uchratadi. Shu ondan boshlab insonlar tilagini bajo keltiradigan qadimiy artefaktni qo‘lga kiritgan biznesmen Maks Lord dunyoni vayron qilishni boshlaydi.
“Mo‘jizakor ayol”— Gal Gadot: Isroillik kamsuqum qiz qanday qilib Gollivudni zabt etdi? | 86 | 1,323 |
Madaniyat | Xitoyning yirik shaharlarida “O‘zbek kinosi kunlari” festivali o‘tkazildi | Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Shanxay va Sian shaharlarida “O‘zbek kinosi kunlari” festivali o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Festivalda “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Hayotda...”, “Quduq”, “Vijdon”, “Ota”, Tubanlik”, “Sehrli qalpoqcha” kabi badiiy filmlar namoyish etildi. Festival davomida mazkur filmlar namoyishlariga 5000 dan ziyod kino ixlosmandlari tashrif buyurdi.
Xitoy matbuot, noshirlik, radioeshittirish, kinematografiya va televideniye ishlari bo‘yicha davlat bosh boshqarmasi boshlig‘i Chjan Xunsenga ko‘ra, ushbu festival Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning joriy yil 21—23-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifining natijasi bo‘lib, ikki xalqning madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy sohalardagi aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev festival doirasida namoyish etilgan filmlar orqali o‘zbek madaniyati hamda an’analari bilan yanada yaqinroq va chuqurroq tanishish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidlab o‘tdi. O‘zbek va xitoy kinematograflari bilan tajriba almashish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishda ushbu festival dastlabki muhim qadam ekanligini bildirdi.
Xitoyning yirik shaharlarida bo‘lib o‘tgan ushbu festivalni ko‘plab mahalliy ommaviy axborot vositalari yoritib bordi. Jumladan, Chinanews, Chinadaily, CCTV-6 kabi yigirmadan ortiq axborot vositalarida berilgan axborotlar natijasida millionlab kishilar festival ishidan xabar topdi. | 73 | 1,563 |
Madaniyat | Sarvar va Komil kuzda jonli ijroda konsert beradi | O‘zbek estradasi vakillari Sarvar va Komil kuz faslida birinchi yakkaxon konsertini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Guruh ma’murining xabar berishicha, konsert “Istiqlol” san’at saroyida ikki kun davomida jonli ijroda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, Sarvar va Komil muxlislari e’tiboriga ikkita yangi taronani havola qilmoqchi. Qo‘shiqlarning biri “Notanish qiz” deb nomlanadi. Ikkinchi qo‘shiq nomi esa hozircha sir saqlanmoqda. | 49 | 455 |
Madaniyat | Instagram: Shirinning baxtli kuni, kasal bo‘lgan Mavluda Asalxo‘jayeva, Ozoda Nursaidovaga syurpriz tayyorlagan “GAI” xodimlari | 9-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
9-oktabr kuni taniqli xonanda Ozoda Nursaidova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Rejissor Shuhrat Mavlonov xonandaga YPX xodimlari bilan birgalikda unutilmas syurpriz tayyorladi.
View this post on Instagram
“Bravo”chi Otabek Mirzaxolov “Liboyini uylantiramiz” deb nomlangan serialda suratga tushmoqda.
View this post on Instagram
Lola folloverlariga chiroyli surat orqali xayrli kun tiladi.
View this post on Instagram
Mavluda Asalxo‘jayeva biroz tobi qochgani, hozir yaxshi ekanligini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Turk aktyori Kadir Dogulu yangi loyihalar ustida ish olib borayotganini bildirdi.
View this post on Instagram
Xonanda Shirinning turmush o‘rtog‘i uni to‘ylari bo‘lgan kun bilan ta’sirli tarzda tabrikladi.
View this post on Instagram
Davron Kabulov Luiza Rasulova bilan tushgan surati ostiga kulgili izoh yozdi.
View this post on Instagram
Yulduz Rajabova folloverlarini tabassum qilishga chorladi.
View this post on Instagram
Jasur Umirov yo‘lbars bolasini boqib oldi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova fan-klubi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
View this post on Instagram | 127 | 1,415 |
Madaniyat | Saudiya Arabistonida mamlakat tarixida ilk bor Comic Con pop-madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi | Saudiya Arabistonida mamlakat tarixida ilk bor Comic Con pop-madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mamlakat g‘arbidagi Jidda shahrida o‘tkazilgan tadbirga uch kun mobaynida 20 mingga yaqin kishi tashrif buyurdi.
“Ko‘ngilochar mashg‘ulotlar avvalgi yillarga qaraganda anchagina ko‘paydi. Oldinlari oila bilan borish mumkin bo‘lgan bunday tadbirlar o‘tkazilmasdi”, — deya hikoya qiladi mahalliy aholi vakillaridan biri.
Jiddada o‘tkazilgan Comic Con festivalining o‘ziga xos tomonlari ham qayd etildi: erkaklar va ayollar alohida navbatda turdi, shou esa azon chaqirilgan payt to‘xtatib turildi.
Ekspertlar Saudiya Arabistoni mamlakat iqtisodiyoti asosi bo‘lgan neft narxining pastligi tufayli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar o‘tkazish, ko‘ngilochar tadbirlarga e’tibor qaratishga harakat qilayotganini ta’kidlamoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 93 | 924 |
Madaniyat | Amerikalik aktrisa Meril Strip AQShning eng oliy mukofoti bilan taqdirlanadi | Barak Obama aktrisa Meril Strip va xonanda Stivi Uanderni AQShdagi eng oliy mukofot — prezidentning “Ozodlik” medali bilan taqdirlaydi. Bu haqda Associated Press’ga tayanib, “Segodnya” xabar bermoqda.
Taqdirlash marosimi 24-noyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tadi. Medal bilan, shuningdek, teatr bastakori Stiven Sondxeym, teleboshlovchi Tom Brokou, adiba Isabel Alyende va boshqa bir qator madaniyat arboblari mukofotlanadi.
Ma’lumot uchun, “Ozodlik” medali AQSh xavfsizligiga hissa qo‘shgan, butun dunyoda tinchlik uchun kurashgan hamda madaniy muvaffaqiyatlarga erishgan fuqarolarga beriladi. | 76 | 590 |
Madaniyat | Bryus Lining noyob qobiliyatlari haqida 18 fakt | Bryus Li tufayli Gollivud kung-fu nimaligini o‘rgandi. Jang san’atlari ustasi va instruktori, faylasuf, rejissor hamda Jit Kun Do asoschisi Bryus Li juda erta — 32 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
“Interesniye fakti” sayti uning favqulodda iste’dodini isbotlaydigan faktlarni yodga oldi.
1. Sekinlashtirilgan syomka
Bryus Lining tezligi shu qadar yuqori ediki, u ovqatlanish tayoqchasi yordamida havodagi guruchni tutib olishga qodir edi. Tomoshabinlar uning harakatlarini farqlay olishi uchun filmlarda jang sahnalari biroz sekinlashtirilar edi.
2. Tanga yordamida ko‘rsatiladigan fokus
Bryus Li birovning kaftidagi tangani olib, uning o‘rniga boshqasini qo‘yishni shu qadar tez bajarardiki, tangani ushlab turgan odam buni payqamay qolishi mumkin edi.
3. “O‘lim o‘yini”
Bryus Li “O‘lim o‘yini” filmida vafotidan so‘ng bosh rolni ijro etgan. Filmda uning dafn marosimida olingan sahnalar mavjud. Aktyor syomkalar yakunlanishidan oldin olamdan o‘tgani bois ayrim sahnalarda montaj va dublyorlardan foydalanilgan.
4. Jahlimni chiqarma
Jang sahnasidagi sherigi Bob Voll yo‘l qo‘ygan xato tufayli shishada qo‘lini kesib olgan Bryus Li raqibiga shunday zarba berganki, uning himoya uchun ko‘tarilgan qo‘li sinib qolgan. Jarohat olgan qo‘lini ishlatmaslik uchun Li boshqa qo‘li bilan zarba bergan, ammo zarba kuchini to‘g‘ri hisoblay olmagan edi. Voll esa zarba bu qadar kuchli bo‘lishini kutmagan.
5. 11 sekund
1962-yilda Bryus Li 11 sekund davom etgan jangda raqibiga 15 ta zarba berib, uni nokautga uchratgan. Muxlislari haligacha uning “bir dyuym naridan” turib beriladigan zarbasini takrorlashga harakat qiladi.
6. Bir qo‘lda 50 marta yotib turish
Bryus Li bitta qo‘lining katta va ko‘rsatkich barmoqlarida turib 50 marta, boshqasida yana 50 marta yotib tura olardi.
7. Gongkong chempioni
Bryus Li 1958-yilda cha-cha-cha raqsi bo‘yicha Gongkong chempioni bo‘lgan. O‘shanda u 18 yoshda edi.
8. Umurtqa pog‘onasi jarohati
Bryus Li umurtqa pog‘onasidan olgan jiddiy jarohatni yengib o‘ta olgan. Mashg‘ulotdagi muvaffaqiyatsiz harakat tufayli uning to‘rtinchi umurtqasiga zarar yetgan. Bu amalda sport karyerasining yakuni degani edi. Shifokorlar Bryus yarim yil davomida boshqatdan yurishni o‘rganishi lozimligini, umrining oxirigacha og‘ir yuklamalardan qochishi kerakligini aytgan. Lekin u o‘z terapiyasini ishlab chiqib, nafaqat tuzalib ketgan, balki ilgarigidan ham baquvvatroq va epchilroq sportchiga aylangan.
9. Jeki Channing adabini bergan
Bir kuni Bryus Li tasodifan Jeki Channi do‘pposlagan. “Ajdarning chiqishi” filmida u Jekining yuziga aso bilan zarba bergan. Ammo yosh Jeki bu voqeani hazilga yo‘ygan va o‘zi muxlislik qiladigan afsonaviy aktyor bilan yaqinroq tanishish imkoniyatidan foydalanib qolgan.
10. Sinib qolgan boks grushasi
Jeyms Kobern Li tomonidan jang san’atiga o‘rgatilgan kino yulduzlaridan biridir. Bir safar u bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish paytida Bryus Li 68 kilogrammlik boks grushasini sindirib qo‘ygan.
11. Bryus Li Chak Norrisdan kuchliroq bo‘lgan
Chak Norris bu haqda gapirishni yoqtirmaydi, lekin bir safar do‘sti Bryus Li jangda uni osonlikcha yengishini tan olgan.
12. Yengilmas jangchi
Bryus Li dunyodagi yagona yengilmas jangchi — Buyuk Gamning muxlisi edi. Buyuk Gamning faoliyati 50 yil davom etgan.
13. Bryus — tinchlik ramzi
Bosniyaning Mostar shahrida Bryus Lining haykali o‘rnatilgandi, negaki u aholining barcha etnik qatlamlariga birday yoqardi. Keyinchalik haykal buzib tashlandi.
14. Bryus Li boks texnikasini o‘rgangan
Bryus Li Muhammad Alining muxlisi bo‘lib, uning janglarini videotasmada qayta-qayta ko‘rgan. Li uning harakatlarini sinchiklab o‘rgangan.
15. Equagesic
Bryus Li 32 yoshida Equagesic og‘riq qoldiruvchi preparati bergan allergik reaksiya oqibatida vafot etdi.
16. 0,05 sekund
Bryus Lining tezligi rasman qayd qilingan: 1 metr masofadan beriladigan zarbaga 0,05 sekund sarflangan. Ayrim jang sahnalarida u 50 nafar raqibini bir necha sekundda yiqitgani aks etgan.
17. Nemis qoni
Uning onasi katolik e’tiqodida bo‘lib, bir tomondan nemis edi.
18. Yip Men va Bryus Li
Bryus Liga jang san’atini o‘rgatgan kishi — Yip Men afyunga pul topish uchun o‘z sport maktabini ochgan edi. Bryus Li unga kung-fu texnikasini faqat xitoyliklar uchun saqlab qolib, chet elliklarga oshkor qilmaslikka va’da bergandi, lekin u so‘zining ustidan chiqmadi. | 47 | 4,297 |
Madaniyat | Vera Brejnevaning qizi bilan tushgan suratlari muhokamalarga sabab bo‘ldi | Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik qo‘shiqchi Vera Brejnevaning qizi Sonya Kipermanning suratlari muhokamalarga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda “Tengrinews.kz”.
Instagram foydalanuvchilarining fikricha, Vera Brejneva qizidan yoshroq ko‘rinadi. Sonya esa ancha ulg‘ayib qolgan. Ko‘plab foydalanuvchilar Vera va Sonyani ona-bola emas, opa-singilga o‘xshatgan. | 73 | 350 |
Madaniyat | Vanity Fair yuksak did bilan kiyinuvchi mashhurlarning 2015-yilgi reytingini e’lon qildi | Vanity Fair jurnali yuksak did bilan kiyinuvchi mashhurlarning 2015-yilgi reytingini e’lon qildi. “Korrespondent.net”ning qayd etishicha, ayollar reytingida ham, erkaklar ro‘yxatida Buyuk Britaniya vakillari yetakchilik qilmoqda.
Nashr Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeronning turmush o‘rtog‘i Samanta Kemeronni 2015-yilning eng yuksak did bilan kiyinuvchi ayoli sifatida qayd etdi. Undan keyingi o‘rinlarni xonanda Teylor Svift va balerina Misti Koplend egallagan.
Sayyoraning eng yuksak did bilan kiyinuvchi ayollari o‘nligi
Erkaklar ro‘yxatida aktyor Bill Nayi birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni moliya arbobi Stavros Niarxos, uchinchi o‘rinni esa rassom Ik Uda egalladi.
Sayyoraning eng yuksak did bilan kiyinuvchi erkaklari o‘nligi
Gollivudning eng yuksak did bilan kiyinuvchi vakillari sifatida nashr shvetsiyalik aktrisa Alisiya Vikanderni tanlagan. Ikkinchi o‘rinni aktyor Eddi Redmeyn, uchinchi o‘rinni esa Emma Stoun egallagan. Yuksak did bilan kiyinuvchi juftlik maqomi esa Benedikt Kamberbetch va uning xotini Sofi Xanterga nasib etdi.
Vanity Fair’ning o‘tgan yilgi reytingida Keyt Blanshett va Benedikt Kamberbetch birinchi bo‘lgandi. | 88 | 1,153 |
Madaniyat | “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Halit Ergench oilasi bilan birgalikda Turkiyani tark etdi | Turkiyaning taniqli aktyori Halit Ergench va uning rafiqasi Berguzar Korel uch nafar farzandi bilan vatanini tark etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Endilikda ular Londonda yashaydi. “Bobil” serialini suratga olish ishlari yakunlangach, Halit Ergench taklif qilingan loyihalarda ishtirok etishdan bosh tortdi va butun bo‘sh vaqtini oilasiga bag‘ishladi. Juftlik Turkiyaga qachon qaytishini rejalashtirmagan.
Aktyor buning sabablari haqida rasmiy bayonot bermagan. Ammo Buyuk Britaniyaga ko‘chib ketish haqidagi xabarni tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, Halit Ergench o‘zbek tomoshabinlariga “Aliya”, “Muhtasham yuz yil” va “Bobil” seriallari orqali tanish. | 93 | 648 |
Madaniyat | Nyu-Yorkda Britni Spirs yashagan pentxaus 7 mln dollarga sotuvga qo‘yildi (foto) | Qo‘shiqchi to‘rt yil davomida Manxettendagi pentxaus egasi bo‘lgan. Uyini kengaytirish va qulay sharoitda yashash uchun u ikkita qo‘shni kvartirani ham xarid qilib, uyi maydonini 352 kvadrat metrgacha kengaytirgandi.
Ammo Britni Spirs bu kvartirada yashagan yagona yulduz emas. Pentxausning birinchi egasi qo‘shiqchi Sher edi. U uyni 1980-yillarda sotib olib, bu yerda bir muddat yashagach, uni musiqa prodyuseri Rassell Simmonsga 1,6 million dollarga sotgan.
Simmonsdan keyin kvartira boshqa ijodkor egasini topdi. Bu Rolling Stones gitarachisi Keyt Richards edi, Britni Spirs pentxausni undan sotib olgan. Ko‘rinishidan, pentxaus foni musiqiy aura bilan to‘ldirilgan.
Ammo uydagi maxsus atmosferaga qo‘shimcha ravishda ajoyib interyer va tartibli joylashuvdan bahramand bo‘lish mumkin. To‘rt qavatli pentxaus barcha qavatlarni bog‘laydigan liftga ega. Bundan tashqari, ko‘plab funksional yashash va texnik xonalarga ega.
Birinchi qavatda katta mehmonxona, o‘tin yoqiladigan kaminli ovqatlanish xonasi va “markaziy orol”ga ega ulkan oshxona mavjud. Yashash xonalaridan tashqari, to‘liq o‘lchamli kir yuvish va alohida yuvinish xonasi ham mavjud.
Yuqori qavatda bemalol ishlash uchun marmar hammom va maxsus dam olish zonasiga ega bo‘lgan ofis bor. Pastki qavatda yana bir kamin, keng shkaf va ichimliklar bari bo‘lgan xona mavjud.
Toza havodan bahramand bo‘lishni istasangiz, pentxausning yuqori qavatida 120 kvadrat metrli ayvondan Empire State Building va butun Nyu-York manzarasini tomosha qilish mumkin. | 80 | 1,513 |
Madaniyat | Qo‘shiqchi Rianna pardoz-andozi uchun haftasiga 50 ming dollar sarflashi ma’lum bo‘ldi | Amerikalik qo‘shiqchi Rianna kosmetik protseduralar uchun bir haftada 50 ming dollar sarflaydi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.
Kiprik bo‘yicha mutaxassis Rianna bilan 24/7 rejimida aloqada bo‘lib turadi. “Rianna unga yakshanba kuni kechki 11 da qo‘ng‘iroq qilib, ishga chaqirishi odatiy holdir”, — deya qo‘shiqchining yaqinlaridan biri Look nashriga ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Rianna yuzini parvarish qilishga alohida e’tibor bilan yondashadi va kosmetolog huzurida juda ko‘p vaqtini o‘tkazadi. U lazer terapiyasi yordamida yuz terisidagi teshikchalarni kichraytiradi, kislorod niqoblari va fotokomplekslardan foydalanadi.
Qo‘shiqchi sochlarini parvarishlash uchun ham pullarini ayamaydi: uning kun-tun ishlaydigan stilistlari bor. U sochini bir marta turmaklatishga so‘nggi marta 7 ming dollar sarflagan. | 86 | 817 |
Madaniyat | O`zbekiston davlat san`at muzeyi binosi rekonstruksiya qilinadi | O`zbekiston davlat san`at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasining dizayn konsepsiyasi tasdiqlandi.
Hukumat komissiyasining bayonnomasi bilan dunyoga mashhur yapon me`mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan O`zbekiston davlat san`at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasining dizayn konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Yakuniy loyiha 2020 yil oxiriga qadar taqdim etiladi. 2019-22 yillarda rejalashtirilgan O`zbekiston davlat san`at muzeyini rekonstruksiya qilish loyihasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shahrisabz, T. Shevchenko va Yakka Chinor ko`chalari kesishmasida joylashgan muzeyga tutash bo`lgan xiyobonning hududi kengaytirish va modernizasiya qilish uchun O`zbekiston davlat san`at muzeyiga o`tkazildi. Qo`shimcha maydon Tadao Ando konsepsiyasini to`liq amalga oshirishga imkon beradi.
Qo`shimcha ajratilgan hududda shisha va betondan ishlangan va Tadao Ando me`morchiligi uchun xos bo`lgan umumiy maydoni 17 ming kvadrat metrdan ortiq bo`lgan yangi ko`rgazma galereyasi quriladi. Shu bilan birga, mavjud binoning tomida yashil terrasa barpo etiladi - yangi va eski binolarni ulash uchun xizmat qiluvchi oraliq joy.
Muzey binosini rekonstruksiya qilish muzeyning umumiy maydonini 25 000 kvadrat metrgacha etkazadi va shu bilan muzeyning ko`rgazma maydoni kengaytiriladi hamda zamonaviy talablarga javob beradigan yangi ombor paydo bo`ladi. Me`morlar I. Abdulov, A. Nikiforov, S. Rozenblyum tomonidan loyihalashtirilgan hozirgi muzey binosi 1974 yilda qurilgan va me`moriy yodgorlik hisoblanadi.
Ushbu loyihaning alohida ahamiyati shundan iboratki, Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan muzey binosini rekonstruksiya qilish loyihasi arxitekturadagi zamonaviy tendensiyalarni ob`ektning tarixiy qiymati va yaxlitligi bilan birlashtiradi hamda bugungi kunning ijtimoiy arxitekturasini aks ettiradi.
«Men ushbu muzeyning konsepsiyasi aylana va kvadratni o`zida mujassam etgan hamda birlashtirgan bo`lishini istardim. Men o`zida tarix va an`ana qadriyatlarini asosiy elementlarini mujassam etgan zamonaviy muzey yaratmoqchiman», - dedi Tadao Ando.
Tadao Ando dunyodagi eng taniqli me`morlardan biridir. 1995 yilda u arxitektura sohasidagi individual yutuqlari uchun «Pritsker mukofoti»ga sazovor bo`ldi. Tadao Andoning eng taniqli loyihalari - Parijdagi Fransua Pino Zamonaviy san`at jamg`armasining binosi, Venesiyadagi Punta della Dogana va Palazzo Grassi muzeylari binolari, Missuri (AQSh)dagi Pulitser San`at markazi, Quyosh ibodatxonasi (Yaponiya).
Qayd etib o`tish lozimki, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi dunyoning etakchi muzeylari bo`lgan Luvr, Arab dunyosi instituti (Parij, Fransiya), Albertina (Vena, Avstriya), Jeyms Simon galereyasi (Berlin, Germaniya), Tretyakov galereyasi, «Ermitaj» (Rossiya) bilan yangilangan O`zbekiston davlat san`at muzeyida hamkorlik aloqalarini o`rnatish va qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha kelishuvlarga erishdi. | 63 | 3,071 |
Madaniyat | Gangnam Style, Mr.Saxobeat singari qo‘shiqlari bir kunda xit bo‘lgan ijrochilar hozir nima bilan band? (video) | Mashhur bo‘lish oson emas, mashhurlikni saqlab qolish esa undan-da qiyin. Quyida birgina xiti bilan mashhur bo‘lgan, ammo shundan keyin ko‘rinmay qolgan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Pyer Nartsiss
“Shokoladli quyon” (“Shokoladniy zayats”) qo‘shig‘i bilan yaxshi tanish bo‘lgan Pyer keyinchalik ham ijod bilan shug‘ullanishiga qaramay, omadli karyera qilishga muvaffaq bo‘lmagan. U ba’zida qo‘shiqlar taqdim qiladi, klub va oqshom tadbirlarida dijey sifatida ham faoliyat olib boradi. Bir vaqtlar qo‘shig‘i xit bo‘lgan Nartsiss shov-shuvli janjallarga ham aralashgan.
2017-yilda xonandaga bir necha ayollar tomonidan ayblovlar qo‘yilgan, xususan, rafiqasi Valeriya Kalacheva erini spirtli ichimliklar ichish va qo‘l ko‘tarishda ayblagan. Oqibatda Pyer rafiqasi bilan ajrashgan.
Masha Rjevskaya
“Yulduzlar fabrikasi–2” ning yana bir ishtirokchisi Masha Rjevskayaning ham “Mushuk bo‘lsam” (“Kogda ya stanu koshkoy”) qo‘shig‘i xit bo‘lgan.
Bir vaqtlar radiokanallardan tushmagan qo‘shiq ijrochisi keyinchalik estradada o‘z o‘rnini topa olmagan va aktrisalik bilan shug‘ullanishga qaror qilgan. Unga amerikalik kinorejissorlar tomonidan takliflar ham kelib tushgan va u Mariya Kaya taxallusi bilan qisqa metraji filmlarda suratga tushgan. Ayni vaqtda Masha Londonda yashaydi va teatrda ishlaydi. U turmush qurgan va bir qizi bor.
Aleksandra Stan
Ruminiyalik xonanda Aleksandra Stanning Mr.Saxobeat qo‘shig‘i dunyoning barcha burchagida mashhurlikka erishgan desak, xato bo‘lmaydi. Ammo xit qo‘shiq va uning ijrochisi vaqtlar o‘tib unutilgan.
Shunga qaramasdan, Aleksandra musiqa bilan shug‘ullanishda davom etadi, albomlar chiqaradi va Yevropa hamda AQSH bo‘ylab tur safarlarga borib turadi. 2013-yilda xonanda salomatligi sabab karyerasida biroz tanaffus kuzatilgan, ammo hozir ijod qilishda davom etmoqda va yaqinda yangi albomini taqdim etdi.
Nikita Malinin
“Yulduzlar fabrikasi–3” g‘olibi bo‘lgan Nikita “Mushukcha” (“Kotyonok”) qo‘shig‘i sabab mashhurlikka erishgandi. Shundan keyin uning boshqa ijod namunalari avvalgisidek xit bo‘lmagan, ammo Malinin xonandalik karyerasini to‘xtatgani yo‘q.
U nafaqat o‘zi, balki boshqa shou-biznes vakillari uchun ham qo‘shiq yozib, musiqa bastalab turadi. Xonanda turmush qurgan, uni onda-sonda sahnada uchratish mumkin.
Las Ketchup
Ispaniyalik uch opa singil — Las Ketchup guruhi a’zolari aslida shou-biznesga begona bo‘lgan. Hazil tarzida “Asereje” qo‘shig‘ini yozishga qaror qilgan opa-singillar qo‘shiqdan keyin bir onda mashhur bo‘lib ketgan. Deyarli barcha mamlakat xit-paradlarida ularning qo‘shig‘i bir necha hafta davomida yetakchi bo‘lgan.
Keyinchalik ular tomonidan Hijas del Tomate deb nomlangan debyut albomi taqdim qilingan va bir qancha nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lishlariga sababchi bo‘lgan. Ayni vaqtda Las Ketchup musiqa yozish va Yevropa bo‘ylab gastrol safar qilishda davom etmoqda. Guruh chiqishi davomida eski repertuaridagi qo‘shiqlarni ijro qilishni yaxshi ko‘radi.
Yelena Terleyeva
Yelena “Quyosh” qo‘shig‘i ijrosidan keyin “Oltin grammafon”ga sazovor bo‘lgan, RMA 2007 taqdirlash marosimida “Eng yaxshi qo‘shiqchi” va “Eng yaxshi kompozitsiya” nominatsiyalaridan o‘rin olgan. 2013-yilda u jazz janrida yozilgan albomini taqdim qilgan.
Shundan keyin bir necha qo‘shiq kuylagan Terleyeva avvalgidek mashhurlikka erisha olmagan.
PSY
2012-yilda Psy tomonidan kuylangan Gangnam Style qo‘shig‘i deyarli barchani raqsga tushirgan desa yanglish bo‘lmaydi. Shundan keyin xonanda qisqa muddat bo‘lsa ham megayulduz bo‘lgan.
PSY YouTube’da videosi bir milliarddan ko‘p ko‘rilgan ilk xonanda bo‘lgan. PSY ayni vaqtda o‘z mamlakatida hali ham mashhur, shu bilan birga, turizm elchisi sifatida faoliyat olib boradi va reklama roliklarida suratga tushadi. Uning xalqaro arenadagi mashhurligi so‘nishni boshlagani hamda Adele’ning videosi unikidan ham ko‘proq ko‘rilganidan keyin u spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani va birgina xit muallifi ekanligi og‘irligini tan olgan. 2017-yilda “4X2=8” albomini taqdim qilgan va undagi I Luv It treki bir qancha xalqaro chartlardan o‘rin olgan. Ammo boshqa qo‘shiqlari Gangnam Style’chalik mashhur bo‘la olmagan. | 110 | 4,142 |
Madaniyat | Chikagoda restoran ochgan Shahriyor, “portlagan” Umidaxon, hammani yig‘latgan Sardor Rahimxon. Mashhurlar karantinda | San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 4-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Aktyor Shohrux Hamdamov Dildora Hoshimova va Sitora Alimjonova bilan tushgan suratiga “Sevgi” deya izoh berdi.
View this post on Instagram
Shahlo Ahmedova O‘zbekiston tog‘lari go‘zallikda Shveysariyadan qolishmasligini bildirdi.
View this post on Instagram
“Bravo”chi Otabek Mirzaxolov sahifasiga kayfiyatni ko‘taruvchi, quvnoq video joyladi.
View this post on Instagram
Shahzoda Muhammedova onalik baxtiga sazovor bo‘lganiga 30 kun to‘ldi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova yangi obrazda muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Sardor Rahimxon Andijon viloyatining chekka qishloqlaridan birida yashovchi nochor oila haqida so‘zlab berdi. Xonandaning folloverlari ushbu hikoyani yig‘lab o‘qiganini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Manzura 2011-yilda London shahriga qilgan sayohati taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
View this post on Instagram
AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik reper Shahriyor Chikagoda restoran ochganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Umidaxon folloverlari e’tirozidan dili og‘ridi.
View this post on Instagram
Niqob va qo‘lqopda muxlislariga ko‘rinish bergan Tarkan.
View this post on Instagram
Lola Ahmedova “Dusetdoram” deb nomlangan qo‘shiq ustida ishlamoqda.
View this post on Instagram
Dipika Padukone 2019-yilda Kann kinofestivalidagi ishtiroki jarayonidan olingan qiziqarli video bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Nigora farzandlarni erkalatish borasida folloverlaridan maslahat so‘radi.
View this post on Instagram
Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin: | 116 | 2,002 |
Madaniyat | Java 22 dollarga ijaraga olgan “Dunyo sening tog‘angmas” qo‘shig‘ini YouTube’dan o‘chirib yuborish sababini ochiqladi (video) | “Dunyo sening tog‘angmas” qo‘shig‘i bilan mashhurlikka erishgan Java qisqa fursatda 13 000 000 dan ortiq tomosha qilingan qo‘shig‘ini YouTube tarmog‘idan o‘chirib yuborganini ma’lum qildi.
Java bu haqida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida gapirib berdi.
Odamlar orasidagi har xil mish-mishlarga barham bermoqchiman. Sabringiz yetib, gaplarimni yaxshilab tinglasangiz hammasini bilib olasizlar.
Internetda tayyor musiqalar sotiladi. Kava ismli ukrainalik bastakor boladan “Dunyo sening tog‘angmas” qo‘shig‘i musiqasini ijaraga sotib olgan edim. Ya’ni musiqani tag-tugi bilan emas, ma’lum bir vaqt davomida foydalanish uchun ijaraga sotib olganman. Bu amaliyotni internetni yaxshi biladiganlar yaxshi tushunadi. Biroz vaqt o‘tib, bu qo‘shiq juda ham katta mashhurlikka erishgandan so‘ng, bu musiqani boshqa birov Kavadan katta pulga sotib olibdi.
O‘sha sotib olgan odam menga aloqaga chiqib, “Kavadan musiqani sotib oldim, bu musiqadan faqat mening roziligim bilan foydalana olasan. Mening ikkita shartimga ko‘nsang, musiqadan foydalanishing mumkin”, dedi.
“Agar men bilan ishlaydigan bo‘lsang, daromadning 70 ga 30 hisobida kelishamiz. Bundan tashqari senga 1 000 AQSh dollari beraman va qo‘shiqning so‘zi, g‘oyasi, ya’ni mualliflik huquqi to‘liq menga o‘tadi”, dedi.
Men u odamning ikkala shartiga ham ko‘nmadim va YouTube’dan qo‘shiqni o‘chirib yubordim.
Odamlar orasida tarqalgan “Dunyo sening tog‘angmas” qo‘shig‘i o‘g‘irlangan”, degan gaplarning barchasi bo‘hton gaplar. Men shunchaki musiqani ijaraga olganman. AQSh, Yevropa yoki Rossiyada ham bunday usuldan foydalanishadi.
Lekin ashula 100 foiz o‘zimniki. Mualliflik huquqini ham rasmiylashtirib qo‘yganman.
Xudo xohlasa avgust oyida klip suratga olish ishlarini boshlaymiz. Qo‘shiqqa esa yangi musiqa yoziladi. O‘chirib tashlaganim uchun ortiqcha siqilganim yo‘q. Hammasi joyida.
“Dunyo sening tog‘angmas” qo‘shig‘i musiqasini 22 dollarga sotib olgandim. Musiqani to‘liq sotib olgan odamdan “musiqani sotib olaman, qancha so‘raysan”, deganimda u sotmasligini ma’lum qildi.
Java, xonanda
Ma’lumot uchun, asl ismi Javohir bo‘lgan, ayni vaqtda Java taxallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Jizzax viloyatida dunyoga kelgan. 2010-2017-yillarda o‘tkazilgan Respublika ko‘rik tanlovlarining hammasida 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston davlat Konservatoriyasiga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilingan. | 125 | 2,369 |
Madaniyat | Kivanch Tatlitug‘ning yangi rekordi, “Muhtasham yuz yil” seriali aktrisasi kinodagi faoliyatini yakunladi. Turk kinosi yangiliklari (foto) | Turk kinosi olamida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklarni e’tiboringizga havola etamiz.
Taniqli aktyor Kivanch Tatlitug‘ avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona bilan reklama shartnomasini imzolab, yangi rekord o‘rnatdi. Shartnoma summasi 8 million lira (576 ming dollar)ni tashkil etadi.
Yangi turk serialining ko‘rishlar soni rekord darajaga erishdi. Akin Akino‘zu bosh rolni ijro etgan “Taqdirim o‘yinlari” yangi turk seriali namoyish etildi. Serialning birinchi epizodi internet foydalanuvchilari orasida shov-shuv bo‘ldi, natijada namoyishdan keyingi 2 kun ichida serialni tomosha qilganlar soni 1 million kishidan oshdi.
Tolga Saritash jurnalistlarga berishni taqiqlagan savol ma’lum bo‘ldi. Bu “Suratga olish maydonchasidagi partnyorlardan qaysi biri bilan ko‘proq yaqinlashdingiz?” savoli edi.
“Eshigimni qoq” loyihasining yulduzi Bige Onal Arasrm Bulut Yinemli bilan yarashganidan so‘ng imijini o‘zgartirib, yangi hayot boshlashga qaror qildi. Ba’zi jurnalistlar aktrisaning homiladorligi haqida yozdi, ammo uning o‘zi bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.
Burju O‘zberk: “Mening qalbim sevgiga ochiq!” Aktrisaning aytishicha, uning yuragi bo‘sh, haqiqiy sevgisini uchratishga tayyor.
Fahriye Evjen ishtirokidagi serial “Muhtasham yuz yil” rekordini yangiladi: “Alp Arslon” dunyodagi eng mashhur tarixiy loyihaga aylandi.
“Muhtasham yuz yil”ning yulduzi Merve Bolug‘ur aktyorlik faoliyatini tugatib, qo‘shiqchilikda o‘zini sinab ko‘rmoqchi. Uning birinchi taronasi 2022-yilda chiqadi.
Xande va Bensu Soral “Kartalar uyi” seriali asosidagi kompyuter o‘yinining reklama roligida suratga tushdi.
Kerem Bursin xotin-qizlar huquqlarini himoya qiluvchi uyushma vakiliga aylandi, bu esa turk jamoatchiligining noroziligiga sabab bo‘ldi. | 138 | 1,753 |
Madaniyat | Tailandlik erkak qirolni tahqirlovchi musiqa uchun 20 yilga qamaldi | Tailandda matnlari qirollik oilasi a’zolarini tahqirlaydigan musiqani internetga joylashtirgan erkak 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Erkak 2015-yil yanvarida qo‘lga olingan edi. U DJ Banpodj taxallusi ostida yozilgan musiqiy yozuvlarni internetga joylashtirgan edi. Matnlarning ko‘pchilik qismida u marhum qirol Pxumipon Adulyadet hamda uning rafiqasini tilga oladi.
Tailand qonunchiligi qirol, qirollik oilasi a’zolari haqida salbiy axborot tarqatishni taqiqlaydi. Odatda bunday qonunbuzarlik uchun 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi. | 67 | 600 |
Madaniyat | Soibjon Begmatov O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga bosh direktor etib tayinlandi | O‘zbek milliy maqom san’ati markaziga san’atshunoslik fanlari nomzodi Soibjon Begmatov bosh direktor etib tayinlandi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Soibjan Begmatov yaqin yillar mobaynida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha prorektor, “Musiqiy sharqshunoslik”, “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedralarida mudir lavozimida faoliyat olib borgan.
1996-yildan buyon san’atshunoslik fanlari nomzodi, “Farg‘ona vodiysi hofizlik an’analari” mavzusida ilmiy ish yoqlagan. Sohaga oid ijodiy ishlari, ilmiy-publitsistik maqolalari muntazam nashr qilinib keladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Prezidentning 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil qilindi. | 84 | 813 |
Madaniyat | “Eldido” guruhi xonandasi Dilniyoz G‘afforov 17-sentabr kuni uylanadi | “Eldido” guruhi xonandasi Dilniyoz G‘afforov 17-sentabr kuni oila quradi. Bu haqda guruhning yana bir a’zosi Eldor Xushvaqtov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Kechagina uylanishimga 7—8 yil bor hali, deb yurgandi, bugun esa o‘sha vaqt keldi, qiz bazmini ham o‘tkazdik, 17-sentabrda to‘y bo‘ladi”, — deb yozadi Eldor Xushvaqtov.
Dilniyoz ko‘ngil qo‘ygan qizning ismi — Shohsanam.
Ma’lumot uchun, Dilniyoz nafaqat xonanda, balki aktyor sifatida ham faoliyat yuritadi. U “Sevgi farishtasi”, “Andijoncha muhabbat” kabi filmlarda rollar ijro etgan. | 69 | 552 |
Madaniyat | Jasur Umirov o‘zini “trenddagi bola” deb atadi, Husan esa uni “qidiruvdagi jinoyatchi” ekanligini aytdi. Instagram yangiliklari | 15-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Gulchehra Eshonqulova o‘g‘li va qizining suratlarini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
“Bravo”chi Shahlo jamoadoshini qo‘rqitib yubordi.
View this post on Instagram
Feruza Jumaniyozovaning o‘g‘li Abdulloh ilk marta kabob pishirdi.
View this post on Instagram
Turk aktrisasi Fahriye Evjen yangi surat bilan folloverlariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Shahlo Ahmedova treyding sohasiga akasi tufayli qiziqib qolgani haqida so‘zlab berdi.
View this post on Instagram
Tohir Saidov Dilbar Ikromovani xotirladi.
View this post on Instagram
Rayhon yangi suratlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Xonanda Husan Jasur Umirovni “Butun O‘zbekiston izlab yurgan jinoyatchi” deb atadi va buning uchun Jasur Umirovdan dakki eshitdi. Husan keyinroq ushbu videoni sahifasidan o‘chirib yubordi.
Jasur Umirov esa o‘zini “trend”dagi xonanda deb atadi, Nasafiyning Husandan ham mashhurroq ekanligini aytib, hazillashdi.
View this post on Instagram
Madina Mumtoz 93 yoshli bobosi haqida hikoya qilib berdi.
View this post on Instagram
Zohirshoh Jo‘rayev Samarqandda to‘yda xizmatda bo‘ldi.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Priti Zinta Dubayga bordi, koronavirusga test topshirdi hamda ayni paytda karantinni mehmonxonada o‘tkazmoqda.
View this post on Instagram | 127 | 1,623 |
Madaniyat | “Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov uylandi (video) | 21-noyabr kuni “Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. To‘y Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi. Nikoh oqshomida Davron Kabulov, Alisher Botirov, Feruza Normatova, Mo‘min Ibrohimov hamda “Million”ning boshqa a’zolari, xonandalar San Jay, Hamdam Sobirov, Fazel Farruh ishtirok etdi. | 61 | 309 |
Madaniyat | Bred Pitt bilan rol ijro etishdan bosh tortgan, 10 ta tilda so‘zlasha oladi, Hindistondagi eng mashhur oilaning kelini — Ayshvariya Ray 48 yoshda (foto) | Bollivud yulduzi Ayshvariya Ray 2021-yil 1-noyabr kuni 48 yoshni qarshi oldi.
Uning hayotida hamma narsa sodir bo‘ldi: aqlbovar qilmas cho‘qqiga chiqish va birdaniga qulash, hayratga solish va jamoatchilik orasida unutilish, mukammal qomat hamda tashqi ko‘rinishiga nisbatan muxlislarning kulgusi... Ammo Ayshvariya Ray hammaga inson o‘z taqdirining egasi ekanligini isbotladi. U birinchi go‘zallik timsoli va mamlakatining tirik ramzi maqomini tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Ayshvariya 1973-yil Hindistonning Mangalor port shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Krishnaraja Ray Hindiston dengiz savdo ofitseri, onasi Vrinda Ray esa mashhur yozuvchi edi. Oila jamiyatda imtiyozli mavqega ega bo‘lgani uchun ham Ayshvariya va uning akasi Aditya yaxshi ta’lim oldi. Bolaligidan Ayshvariya klassik musiqa va raqs san’atini yaxshi bilgan hamda til o‘rgangan. Uning ona tili tulu tili bo‘lsa-da, tamil, hind, maratxi va ingliz tillarini yaxshi bilardi, bu esa bo‘lajak aktrisaning foydasiga xizmat qilgan.
Bolaligidanoq Ayshvariya o‘zining boshqacha ekanligini bilardi. Axir u Hindistonning mahalliy aholisi uchun xos bo‘lmagan och kulrang ko‘zlari bilan tug‘ilgan. Shuning uchun ham unga xuddi kichkina malika kabi munosabatda bo‘lishdi va u ham o‘zini xuddi shunday his qildi.
Yuksaklarga parvoz
Ota-ona “malika”ga shaharning torlik qilishi, bu yerda u hech narsaga erisha olmasligini tushundi va Bombeyga ko‘chib o‘tdi. Ayshvariya elita maktabga yuborildi, shundan so‘ng u universitetga o‘qishga kirdi. Arxitektura fakultetida o‘qib, bu uning sohasi emasligini tushunib yetdi. Uning vazifasi o‘zining go‘zalligi bilan odamlarni xursand qilish edi. Shundan so‘ng u modelga aylandi va bu yo‘l uni hind go‘zallari erishib bo‘lmaydigan cho‘qqilarga olib chiqdi – 1994-yilda musobaqa tarixida birinchi marta Hindiston vakili “Dunyo go‘zali” toji va unvonini qo‘lga kiritdi.
Aytishga hojat yo‘q, shundan so‘ng katta reklama shartnomalari uning ustiga yomg‘ir kabi yog‘ildi. U Pepsi reklama kampaniyasida faol ishtirok etdi, mashhur jurnallar, shu jumladan, Vogue muqovasi uchun suratga tushdi. Modellik biznesining har qanday vakili shon-shuhrat nurlarida cho‘milib, uning boshni aylantiruvchi muvaffaqiyatidan zavqlanar edi, lekin Ayshvariya emas. Modellik dunyosi uning uchun kichiklik qildi va u kino olamiga qadam qo‘ydi.
Kino karyerasidagi kesishgan yo‘llar
Ayshvariya Ray nafaqat kinoga qadam qo‘ydi, balki tezda Bollivudni zabt etib, Gollivudga yo‘l oldi. Gollivud tarixda birinchi marta hind aktrisasini o‘zining kinematografiya oilasiga qabul qildi. Gollivudda Ayshvariya muvaffaqiyatli, daromad keltiruvchi filmlar va omadsiz loyihalarga ega edi. Ammo to‘siqlar uni yiqitmadi: aktrisa yangi prodyuser, agentlarni qidirdi, ssenariylarni o‘rgandi, kastinglardan o‘tdi ... Va muvaffaqiyatsizlik o‘rnini g‘alabaga bo‘shatdi.
Karyera yoki shaxsiy hayot?
2000-yillar boshida Ayshvariya Rayning kinematografiya karyerasi jadal rivojlana boshladi. 2000-yilda katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan va kinotanqidchilarning yuqori baholariga sazovor bo‘lgan “Ong va sezgi” va “Muhabbatga ishtiyoq” filmlari chiqarildi. Shuningdek, “Sevgi haqida bir necha so‘z” filmida bosh rolni aktyor Abxishek Bachchan, ayol rolini esa Ayshvariya Ray ijro etdi. Film kutilmaganda kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin aktyorlar o‘rtasida asta-sekin katta alangaga aylanmoqchi bo‘lgan sevgi uchquni paydo bo‘ldi.
Karyera yoki shaxsiy hayot? Uning butun dunyo bo‘ylab safarda bo‘lishini talab qiladigan muvaffaqiyatli shartnomalari bor edi va u ularni bekor qila olmasdi. 2003-yilda Ayshvariya Kann kinofestivalida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi. Keyin u L’Oreal bilan uzoq muddatli reklama shartnomasini imzoladi, kola va De Beers uchun reklama roliklarida qatnashdi.
Ammo Ayshvariya mashhurlik cho‘qqisida va eng talabgir aktrisa bo‘lishiga qaramay, Abxishek Bachchan bilan o‘rtasidagi his-tuyg‘ularni yashira olmadi. Ular uchrashgan vaqtdan beri yetti yil o‘tgandi va bu yakuniy qaror qabul qilish uchun yetarli vaqt. 2007-yil yanvar oyida aktrisa Bachchan bilan unashtirilganini e’lon qildi va 2007-yilning 20-aprelida tantanali to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Aktrisaga endilikda sevimli va mehribon rafiqa roli ekranlarda emas, balki real hayotda topshirilgandi.
Farzandining dunyoga kelishi aktrisaning karyerasini barbod qildimi?
2011-yil 16-noyabrda Bachchanlar oilasida muhim voqea sodir bo‘ldi. Mumbaydagi nufuzli klinikada aktrisa Aaradhiya Bachchan ismli qizni dunyoga keltirdi. Bu vaqtda aktrisa 38 yoshda edi. Albatta, bu yoshda birinchi bolaning tug‘ilishi ayol tanasi uchun qiyin vazifadir. Gormonal o‘zgarishlar keskin vazn ortishiga olib keldi, homiladorlik paytida aktrisa 25 kilogrammdan ortiq vaznga ega bo‘ldi. To‘lachadan kelgan Ayshvariya Rayning suratlari butun dunyo bo‘ylab tarqaldi. Kechagi jonkuyar muxlislar uni “millat iftixori”dan “millat sharmandasi” deb nomlashdi. Kino uning oldida eshiklarini yopdi, reklama shartnomalari tugadi. Aktrisaga qaror qilish vaqti kelgandi: karyera va unvonlar bilan xayrlashish yoki ularni qaytarib olish uchun kurashish.
Ayshvariya Ray qanday vazn yo‘qotdi?
Yil davomida aktrisa maxsus parhezga rioya qildi va shaxsiy murabbiy bilan ishladi. “Zavorlar malikasi” hech qachon qat’iy parhez cheklovlarini ma’qullamaydi, shuning uchun ehtiyotkorlik bilan uzoq vaqt davomida uzilishlarsiz rioya qilishi mumkin bo‘lgan parhezni tanladi. Tez vazn yo‘qotish haqida gap yo‘q edi: axir keskin vazn yo‘qotish ham yuzda jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi, teri osiladi, burmalar va ajinlar paydo bo‘ladi. Bollivud yulduzi esa bunday qurbonliklarga tayyor emas edi. Natijada barcha variantlarni to‘liq tahlil qilingandan so‘ng aktrisa vazn yo‘qotishning an’anaviy hind usuliga qaror qildi. Bu go‘sht, xamir ovqatlar, shirinliklar, yog‘li ovqat va hatto mevalarni butunlay rad etishni nazarda tutadi. Limon qobig‘i ertalabki bo‘tqa uchun qo‘shimcha sifatida ruxsat etiladi.
Pinterest
Uzoq vaqt davomida aktrisaning kundalik ratsionini quyidagilar tashkil etdi:
Hind diyetasida yana bir sir bor – ziravorlar. Ko‘p miqdorda zarchava, dolchin iste’mol qilish metabolizmni tezlashtirishga va yog‘lardan xalos bo‘lishga yordam beradi. To‘g‘ri ovqatlanishdan tashqari, aktrisa shaxsiy murabbiy bilan ishlagan. Uning uchun maxsus yoga va meditatsiya elementlari bilan mashqlar to‘plami tuzilgan. Va Ayshvariya yugurish yo‘lakchasida yurib emas, balki ko‘p vaqtini qizi bilan yurishga sarflashni afzal ko‘rdi. Kutilgan “mo‘jiza” sodir bo‘ldi! Aktrisa o‘zining avvalgi qiyofasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi!
Kino olamiga qaytish
2015-yilda Ayshvariya Ray g‘alaba bilan kinoga qaytdi. 5 yillik faoliyatidagi tanaffusdan so‘ng u “O‘zaro tortishuv” filmida rol o‘ynadi va o‘zini birinchi marta prodyuser sifatida sinab ko‘rdi.
2016-yilda uning ishtirokida ikkita film chiqdi: “Sarbjit” va “Yurak ishlari”. Filmdan so‘ng buyuk Juliya Roberts Ayshvariya Rayni “Hindistonning eng go‘zal ayoli” deb atadi. Va 2017-yilda aktrisa nufuzli kinofestivalning qizil gilamida hashamatli yaltiroq ko‘ylakdagi nozik qomatni namoyish etib, tomoshabinlarni xursand qildi va Hindistonning tirik ramzi unvoniga sazovor bo‘ldi.
Aktrisa haqidagi qiziqarli faktlar: | 152 | 7,183 |
Madaniyat | Reper Timati saytlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi | Reper Timati “Blek target” veb-dizayn studiyasiga asos soldi, u Black Star leybli uchun bir qator loyihalarni amalga oshirishga ulgurdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Dizayn-studiya barcha platformalarda veb-loyihalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘liq turdagi xizmatlarni taqdim etadi. “Blek target” Timatining yana bir loyihasi — Black Star Burger burger restoranlari tarmog‘i uchun sayt va mobil dastur, shuningdek, Black Star Wear internet-do‘koni uchun iOS va Android-qurilmalarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqqan.
Timatining yangi loyihasi unga tegishli bo‘lgan Make it Music saytining yangi funksionalini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Servis musiqiy va videokontentni chiqarish va monetizatsiya qilish xizmatlarini taklif etadi.
Nashr eslatishicha, shu yilning yozida Timati asos solgan Black Star Inc. korporatsiyasi mobil aloqa virtual operatorini ishga tushirishi haqida ma’lum qilgan edi. Kompaniya ilk mijolarini o‘z virtual operatoriga 2017-yil oxirigacha ulamoqchi. | 55 | 1,003 |
Madaniyat | "Istanbullik kelin" serialining suratga olish jarayonida bosh qahramon kutilmagan vaziyatga tushib qoldi | Qo`shiqchi va aktyor O`zjan Deniz "Istanbullik kelin" serialining yangi bo`limlarini suratga olish jarayonida kutilmagan vaziyatga tushib qoldi.
Bosh qahramon Farruhni ijro etayotgan O`zjan Deniz navbatdagi bo`limda Esma Bo`ron bilan uchrashib, ba`zi bir masalalarni muhokama qilishi kerak edi.
Aynan shu sahna ko`rinishida Esma Bo`ron Farruhga tarsaki tushishi lozim. Bo`ron rolini o`ynayotgan Ipek Bilgen ushbu sahna ko`rinishini qoyilmaqom tarzda ijro etib berdi.
U O`zjan Denizning yuziga shu qadar kuchli tarsaki tushirdiki, bosh qahramonning ko`zidan o`t chaqnab ketdi. Bu ham etmaganday...
Shapaloqning zarb kuchini O`zjan shunday izohlaydi: | 104 | 651 |
Madaniyat | Gangnam Style ijrochisi reper Psy’ning qizil Rolls-Royce’i Xitoyda halokatga uchradi | Janubiy koreyalik reper Psy Xitoyda yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deya xabar bermoqda Hong Kong Free Press.
16-iyul, payshanba kuni uning qizil Rolls-Royce’i Xanchjouda avtobus bilan to‘qnashib ketgan. Mashina kortej tarkibida aeroportdan mehmonxonaga qarab harakatlanayotgan bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Halokat natijasida hech kimga jabr yetmagan. Avtobus haydovchisi yo‘l politsiyasini chaqirgan, biroq keyinroq Rolls-Royce egasi bilan tovon puli haqida kelishib olganini ma’lum qilgan. Qo‘shiqchini YTH joyidan Porsche’da olib ketishgan.
Ta’kidlanishicha, lyuks avtomobilni ta’mirlash taxminan 113 ming dollarga tushadi. | 84 | 629 |
Madaniyat | Kevin nima uchun uyda yolg‘iz qolgandi? Yangi yilda efirga uzatiladigan filmlar bo‘yicha test | Yangi yilni oila a’zolari bilan kutish yaxshi, oila davrasida bayram kayfiyatini mujassam etgan filmlarni tomosha qilish esa yana yaxshi. Kevinning o‘g‘rilarni adabini berishi, Garri Potter va Shurikning sarguzashtlarini har yili qayta-qayta tomosha qilib yangidan zavq olmaydigan tomoshabin bo‘lmasa kerak.
“Daryo” o‘quvchilar qiziqishlarini inobatga olib hamda yangi yil kayfiyatini baxsh etish maqsadida yangi yil arafasida televideniye orqali efirga uzatiladigan, katta-yu kichik tomoshabinlar qalbidan joy olgan filmlardan tuzilgan testni taqdim qiladi. Unda siz savollarga javob berish orqali bir vaqtni o‘zida xotirangizni charxlash bilan birga madaniy xordiq chiqarishingiz mumkin bo‘ladi.
Test yuklanishini biroz kuting.
“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring.
Kinomanlar uchun:
Melomanlar uchun:
Siyosatga befarq bo‘lmaganlar uchun: | 93 | 853 |
Madaniyat | Instagram: Kasal bo‘lib qolgan Feruza Normatova, konsertida onasiga gul bergan Java, mashinasini sotayotgan Jahongir Poziljonov, Lola — bozorda | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Ko‘plab xit taronalar ijrochisi Shohruxxon sahifasiga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bayram tadbirida uchrashgani aks etgan suratni joyladi.
Suratga olish jarayonlarida ba’zan tushunmovchiliklar ham bo‘lib turadi. Aktrisalar Vazira Yunusova hamda Zilola G‘ulomova ham shunday jarayonlarning birida tortishib qoldi.
Aktrisa Durdona Qurbonova obunachilariga yangi fotosuratini namoyish qildi.
AQSHda istiqomat qilayotgan sobiq aktrisa Gulchehra Eshonqulovaning to‘ng‘ich farzandi Amir 6 yoshga kirdi.
Lola uyga bozorlik qilishni hech kimga ishona olmasligi, har doim kerakli masalliqlarni o‘zi xarid qilishi haqida gapirdi hamda Toshkentdagi bozorlardan birida ko‘rinish berdi.
Instabloger, vayner Azoda yangi klipga suratga tushayotganini ma’lum qildi. U sahifasiga xonanda Jasur Umirov va vayner Xoliqjon bilan tushgan suratini joyladi.
Parizoda sahifasidagi ayol obunachilarga chiroyli kiyimlarni kiyishni, chiroyli narsalarni ishlatishni, buning uchun alohida kunlarni kutmaslikni maslahat berdi.
Hindistonlik aktyor Viki Kaushal rafiqasi, Bollivudning latofatli aktrisalaridan biri Katrina Kaif bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva va Zuhra Soliyeva to‘y xizmatida uchrashib qoldi.
Xonanda Lola Ahmedova singlisi Shahlo Ahmedovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. U singlisiga yaxshi tilaklarini tilab, sahifasida post qoldirgan.
Shahlo Ahmedova tavallud ayyomini yaqinlari davrasida nishonladi.
Xonanda Jahongir Poziljonov o‘tgan yili xarid qilgan Hongqi avtomobilini sotmoqda. “Deyarli yangi, 8000 km yurgan, 42 mingga berib yuboraman”, degan xonanda.
Xonanda Dilso‘z ham sahifasiga farzandi bilan tushgan suratini joylagan va yozda oilaviy dam olayotganini aytgan.
Instabloger, vayner Feruza Normatova shamollab qolganini ma’lum qildi va hammadan o‘zini ehtiyot qilishni so‘radi.
Xonanda Sherzod Ergashevning onasi Haj safaridan keldi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva sahifasidagi obunachilarga hayotda nima bo‘lsa ham yaxshilikka xizmat qilishi haqida gapirgan.
Xonanda Otabek Mutalxo‘jayev tug‘ilgan kunini Saxovat uyida nishonladi.
“Dunyo sening tog‘angmas” qo‘shig‘i bilan tanilgan Java Jizzaxda konsert berayotganida onasiga guldasta sovg‘a qilgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. | 143 | 2,414 |
Madaniyat | “Kinopoisk” mobil dasturda Jonni Dep, Tom Xardi va boshqa aktyorlarni “dafn etdi” | “Kinopoisk” xizmati foydalanuvchilari 22-avgust kuni bir qator tirik rus va xorijlik aktyorlarning profillarida ularning o‘lgan deb ko‘rsatilganini payqab qoldi. O‘limning aniq sanasi ko‘rsatilmagan. Xatolik “Kinopoisk”ning faqat mobil dasturida tarqalgan. Bu haqda “Daily Afisha” xabar berdi.
O‘lim haqidagi ma’lumot Jonni Dep, Anjelina Joli, Rassell Krou, Leonardo Di Kaprio va boshqa aktyorlarning sahifalarida paydo bo‘lgan.
Xatolik haqiqatdan vafot etgan aktyorlar sahifalariga ta’sir qilmagan. Ularning sahifasida haqiqiy o‘lim sanasi va yashagan yillar soni aks etib turibdi. | 81 | 583 |
Madaniyat | Muzaffar Erkinovning “Umr bekatlari” filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi | O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rejissor Muzaffar Erkinovning “Umr bekatlari” filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kultura.uz” xabar bermoqda.
Mazkur hujjatli filmda ko‘p yillar davomida temiryo‘l sohasida xizmat qilgan 101 yoshli Halima aya Qayumovaning ibratli hayoti, samarali mehnat faoliyati haqida hikoya qilinadi. Taqdimotda ayaning oila a’zolari, film yaratuvchilari, Toshkent temiryo‘l transporti muhandislari instituti talabalari hamda Toshkent temiryo‘l kolleji o‘quvchilari ishtirok etdi.
“Umr bekatlari” Respublika ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida “Keksalarni e’zozlash yili” doirasida suratga olingan. | 65 | 637 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” seriali “Emmi” mukofotining rekord darajada — 32 ta nominatsiyasiga da‘vogarlik qiladi | Los-Anjelesda “Emmi” mukofotining nomzodlari e’lon qilindi. 71-tantanali taqdirlash marosimi 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Meduza.
“Taxtlar o‘yini” seriali 32 ta nominatsiyani, jumladan, “Eng yaxshi dramatik serial” yo‘nalishi bo‘yicha nomzod deb topildi. Kit Xarrington eng yaxshi erkak roli uchun, Emiliya Klark esa eng yaxshi ayol roliga da’vogarlik qiladi.
“Taxtlar o‘yini”dan tashqari “Yaxshisi Solga qo‘ng‘iroq qiling”, “Tansoqchi”, “Yevani o‘ldirib”, “Ozark”, “Merosxo‘r” va “Bu biz” seriallari ham “Eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasiga nomzod.
“Eng yaxshi komedik serial” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikka esa “Barri”, “Dryan”, “Eng yaxshi olamda”, “Ajoyib missis Meyzel”, “Matryoshka”, “Shitts Krik” va “Vitse-prezident” o‘zaro kurashadi.
“Eng yaxshi mini serial” nominatsiyasi uchun “Chernobil”, “Dannemor qamoqxonasidan qochish”, “Fossi/Verdon”, “O‘tkir predmetlar” va “Bizni ko‘rishganida” seriallari da’vogarlik qilmoqda. | 103 | 957 |
Madaniyat | “Salom, rashk” filmi noyabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Begzod Joniyevning “Salom, rashk” filmi noyabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Noyabr oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Salom, rashk” filmidan keyingi o‘rinlarni Rustam Meliyevning “Maqsad”, Murod Inog‘omovning “Jonimga tegding jonim”, Laziz Ashuraliyevning “Nayrang”, Nodir Mominovning Temur filmlari band etgan.
Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Istanbullik milliarder”, “Haloskor”, “Millioner kelin”, “Jekpot” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
5-noyabr — 11-noyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Salom, rashk” (komediya)
Rejissor — Begzod Joniyev
2-o‘rin. “Maqsad” (detektiv-triller)
Rejissor — Rustam Meliyev
3-o‘rin. “Jonimga tegding jonim” (komediya)
Rejissor — Murod Inog‘omov
4-o‘rin. “Nayrang” (komediya)
Rejissor — Laziz Ashuraliyev
5-o‘rin. “Temur” (jangari)
Rejissor — Nodir Mo‘minov | 104 | 1,021 |
Madaniyat | Kayli Jenner “Dunyoning eng yosh milliarder ayoli” maqomidan mahrum bo‘lishida onasini ayblamoqda | Realiti-shou yulduzi va tadbirkor Kayli Jenner Forbes nashri tomonidan “Dunyoning eng yosh milliarder ayoli” maqomidan mahrum etilganida onasini aylab, u bilan gaplashmay qo‘ydi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Forbes nashri bir necha kun avval Kaylining daromadini hisoblab chiqdi va uni milliarder deb atamaslikka qaror qildi. Jennerni bir necha yil mobaynida daromadlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berib kelganlikda ayblashdi.
Qayd etilishicha, 22 yoshli Kayli onasi Keytlinni hisobchi bilan til biriktirganlikda ayblamoqda. Keytlin Jenner qizining menejeri hisoblanadi, aynan u pul borasida tovlamachilik qilgan bo‘lishi mumkin. U qizining kelishuvlaridan 10 foiziga egalik qiladi.
Xabar berilishicha, Kris hozir Kayli uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermayotganidan xavotirga tushgan. Shuningdek, Jennerlar oilasi ushbu mojaro qonuniy muammolar keltirib chiqarishi hamda brend obro‘siga putur yetkazishi mumkinligidan tashvishlanmoqda.
Kayli Jennerning o‘zi ham uning daromadini 900 million dollardan sal ko‘proqqa baholagan Forbes nashrining ma’lumotiga izoh bergan. Uning aytishicha, jurnal asossiz taxminlarni chop etgan. | 97 | 1,124 |
Madaniyat | Jennifer Lopes, Nikol Kidman hamda boshqa jahonga mashhur ayollarning yoshartiruvchi parhezlari | Agar kimdir yosh ko‘rinishni qanday saqlab qolishni bilsa, bu, albatta, Gollivud yulduzlaridir. Ulardan ba’zilari 50 dan o‘tgan, ammo 35 yosh kabi ko‘rinadi. Bularning barchasi nafaqat kosmetologlarga, balki turmush tarzi, shu jumladan ma’lum bir parhezga ham bog‘liq. “Lisa.ru” nashri Gollivud aktrisalarining yoshlikni abadiy saqlab qolish borasidagi sirlarini ochib berdi.
Jennifer Eniston — 53 yosh
Eniston interval ochlikka amal qilishini yashirmaydi. U 16 soat davomida hech narsa yemaydi, ertalab soat 10:00 ga qadar nonushta qilmaydi va birinchi bo‘lib selder sharbatini ichadi. Shuningdek, muvozanatli ovqatlanishga sodiq qoladi, avokado va qizil ikra kabi sog‘lom yog‘larga, shuningdek, uglevod, oqsil va sabzavotlarga ustunlik beradi.
Jennifer Lopes — 52 yosh
Lopes shirinliklar va qayta ishlangan mahsulotlardan voz kechishdan tashqari, kuniga kamida yetti stakan suv ichadi. Suv organizmni ichkaridan namlantirishga yordam beradi — ya’ni u tashqi tomondan ham namlikni saqlaydi, terini silliqlaydi. Shuningdek, to‘qlik hissini nazorat qiladi.
Riz Uizerspun — 46 yosh
Riz Uzerspun oz-ozdan tez-tez ovqatlanishga amal qiladi. Uning asosiy prinsipi shundaki, kun davomida bir nechta kichik qismdagi mahsulotlardan bir necha marta iste’mol qiladi. Bu ochlikni cheklashga va energiya darajasini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu nafaqat organizmning yoshligi uchun mas’ul bo‘lgan, balki diqqatni jamlash, xotira va ko‘rishda muhim rol o‘ynaydigan qonda shakar darajasini barqaror ushlab turishning samarali usulidir.
Xolli Berri — 55 yosh
Aktrisaning yoshligini saqlab qolishning kaliti uning sog‘lom yog‘larga va keto parheziga bo‘lgan muhabbatidir. U o‘z organizmini yog‘dan foydalanishga o‘rgatdi, chunki bu parhezning asosiy tarkibiy qismi, ammo undagi uglevodlar imkon qadar kamayadi. Aktrisa muntazam ravishda yong‘oq, urug‘ va avokadolarni iste’mol qiladi, bu oziq-ovqatlar tarkibida terining salomatligi va ko‘rinishini yaxshilaydigan, shuningdek, to‘yinganlik tuyg‘usini uzaytiradigan oziq moddalar mavjud.
Kameron Dias — 49 yosh
Dias ko‘katlar hamda yashil sabzavotlarni iste’mol qiladi. Ushbu mahsulotlar organizmni kletchatka bilan ta’minlaydi, bu esa uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi. Bundan tashqari, ko‘katlarda organizmning qarishi bilan faol kurashadigan ko‘plab antioksidantlar mavjud. Qolaversa, Dias shirinliklarga mutlaqo befarq ekanini ham aytib o‘tgan.
Kim Kardashyan — 41 yosh
Kardashyanning ovqatlanishda asosiy qoida shundaki, agar mahsulot tabiiy ravishda o‘stirilmagan bo‘lsa, uni yemaydi. Oddiy qilib aytganda, Kim vegetarian bo‘lib, bu ham uning yosh ko‘rinishiga yordam beradi. Bundan tashqari, Kim qayta ishlangan mahsulotlarni ratsiondan butunlay chiqarib tashlagan.
Kristen Bell — 41 yosh
Bell mahsulotlar yorliqlarini o‘qishda usta ekanini aytib o‘tgan va iste’mol uchun ovqat va gazaklarni shunday tanlaydi. Shuningdek, u oqsil, yog‘ va uglevodlar miqdorini diqqat bilan nazorat qiladi. Agar u ko‘p oqsil iste’mol qilgan bo‘lsa, u keyingi ovqatni uglevod va kletchatkaga boyroq qilishga harakat qiladi. Kristen kunlik ovqat haqida oldindan o‘ylab qo‘yadi. Shunday qilib, u salomatlikni yaxshilash va qarish bilan kurashish uchun zarur bo‘lgan barcha oziq moddalarni qabul qiladi.
Nikol Kidman — 54 yosh
Aytishlaricha, aktrisa ovqatlanishda 80/20 qoidasiga amal qiladi, bu yerda uning ratsonining ko‘p qismini sog‘lom (80 foiz), qolgan 20 foizi esa o‘zi istagan mahsulot. Bu, albatta, parhezning ajoyib usuli, chunki u bo‘shashmaslikka yordam beradi hamda hech narsa taqiqlanmaydi. Shu bilan birga, asosiy oziq-ovqat parhezbop hisoblanadi. Asosiysi, mahsulotlar qayta ishlanmagan bo‘lishi kerak va oziq-ovqat tarkibiga turli xil ozuqa moddalari kiritilishi kerak. Bu aktrisaning yosh ko‘rinishiga yordam beradi. | 95 | 3,774 |
Madaniyat | Media haftalik: "Shum bola 2021" VIII o`zbek va nemis filmlari festivali tashkil etilmoqda | “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” milliy media haftaligi doirasida O`zbekistondagi Gyote instituti, "O`zbekkino" Milliy agentligi hamda "Shlingel" Xalqaro film festivali (Kemnis, Germaniya) hamkorlikda bolalar va o`smirlar uchun "Shum bola 2021" VIII o`zbek va nemis filmlari festivali tashkil etilmoqda.
2021 yil 6-10 may kunlari kinofestival doirasida 5 ta film (o`zbek, rus tillarida) namoyish etiladi.
Kirish bepul. Bepul chiptalarni iTicket.uz orqali olishingiz mumkin:
- Medison (06.05.2021 y.) - https://iticket.uz/events/cinema/medison/15625;
- Oskar va Lilli (07.05.2021 y.) - https://iticket.uz/events/cinema/oscar-and-lilly/15626;
- Yakari (08.05.2021 y.) - https://iticket.uz/events/cinema/cartoon-yakari/15628;
- Zirapchalar va chuqur dengiz xazinasi (09.05.2021 y.) - https://iticket.uz/events/cinema/tabacerky-detectives-and-treasures-of-the-deep-sea/15633;
- Jodugar-malika (10.05.2021 y.) - https://iticket.uz/events/cinema/princess-witch/15630.
Batafsil ma`lumot: Gyote institutining qabulxonasi va +99890 3186463 tefon raqami orqali olish mumkin. | 90 | 1,064 |
Madaniyat | O`zbekiston madaniy merosi Amerikani zabt etmoqda | Dunyoga mashhur kolleksiyachi Gido Goldmanning noyob, o`ziga xos rang berish uslubi katalogi nashrga tayyorlanmoqda. 2019 yilning 27 sentyabrida AQSh poytaxti Vashingtonningof Ronald Reagan Building and International Trade Center nomli nufuzli zalida "Yangi O`zbekiston: noyob madaniy tashabbuslar" nomli media ivent bo`lib o`tdi. Mashhur amerikalik tarixchilar, sharqshunoslar, kolleksiyachilar, zardo`zlar tadbirning asosiy ishtirokchilari bo`lishdi va unga haqiqiy sharqona kayfiyat ulashishdi.
Media iventda aynan o`zbek to`qimachilik sanoatiga katta e`tibor qaratildi. Olimlar o`zbek to`qimachiligini yuqori baholab, o`z ma`ruzalarida, taqdimotlarida uning go`zalligi, nafisligi haqida so`z yuritishdi, sharqona liboslarni namoyish etishdi.
"Agar hayotim davomida birorta san`at turidan hayratlangan bo`lsam, bu albatta o`zbek to`qimachiligidir..." deb Garvard universiteti qoshidagi Evropa tadqiqotlari markazi asoschi-direktori,kolleksiyachi, doktor Gido Goldman so`zlaridan iqtibos keltirdi "Vashington post" gazetasi.
Muzey hamjamiyati vakillari va kolleksiyachilar "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasining dunyo amaliyotidagi o`rnini yuqori baholab, hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini ta`kidlashdi.
Media ivent yakunida O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov va kolleksioner Gido Goldman o`zbek matosining nodir va boy namunalari jamlanmasini o`z ichiga olgan “O`zbek ikatlari” nomli albomni nashr qilish borasida kelishib olishdi. Mazkur albomga kiruvchi ajoyib manbalarni doktor Goldman hadya tariqasida bir qator Amerika muzeylariga taqdim etgan.
Dunyoga mashhur kolleksioner o`zbek ikatlari katalogini tuzish borasida loyihaga qo`ldan kelgancha beminnat yordam berishini ta`kidladi. | 49 | 1,797 |
Madaniyat | Instagram: Yulduz Usmonovaga javob qaytargan Jahongir Otajonov, turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatgan Zarina, 1 mlrd so‘m gonorar oladigan Ahad Qayum | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Munisa Rizayeva folloverlariga hayotini haqiqiy sevgan insoni bilan o‘tkazishni tiladi.
Sitora Farmonova milliy obrazda tushgan suratiga rus yozuvchi Anton Chexovdan iqtibos keltirdi.
Luiza Rasulova gullar va sovg‘alar qurshovidagi suratini sahifasiga joyladi.
Shirin Mamatova sharlar tutib turgan holda ko‘rinish berdi.
Prezidentlikka nomzodini qo‘yish harakatida yurgan Jahongir Otajonov Yulduz Usmonovaning “Tuya hammomni orzu qilibdi” degan gapiga javob qaytardi.
Xonanda Shirinning turmush o‘rtog‘i sahifasiga u bilan tushgan yangi suratini joyladi.
Zarina Nizomiddinova ilk marta turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Sitora Alimjonovaga ulkan ayiq sovg‘a qilishdi.
14-fevral kuni taqdimoti bo‘lib o‘tgan “Mendirman Jaloliddin” serialida bosh rolni ijro etgan turk aktyori Emre Kiviljim o‘zbek tomoshabinlariga o‘zbek tilida murojaat qildi.
Raqqosa Parizoda turmush o‘rtog‘idan chiroyli guldasta oldi.
SanJayning rafiqasi Alisha yangi surati ostiga qoldirgan izohi bilan folloverlarining hayratiga sabab bo‘ldi. U “SanJayni mening sahifamdan izlamang, u uyda, boshqa joyda yoki o‘z sahifasida bo‘lishi mumkin, mening sahifamda esa faqat men borman”, — deb yozdi.
Karina Kapur sevishganlar kuni munosabati bilan Saif Ali Xonga o‘ziga xos tarzda sevgi izhor etdi.
Ahad Qayum bundan keyin reklamalarga 1 milliard so‘mdan kamiga suratga tushmasligini aytib o‘tdi. | 141 | 1,538 |
Madaniyat | Tobi Maguayr o‘rgimchakdan, Ledi Gaga bolalardan qo‘rqadi: mashhurlarning eng g‘ayrioddiy fobiyalari | G‘alati va g‘ayrioddiy deb atash mumkin bo‘lgan fobiyalar ham mavjud. Agar siz qorong‘ilikdan qo‘rqsangiz, bolaligingizda juda ko‘p dahshatli filmlarni tomosha qilgan bo‘lishingiz mumkin. Yoki bolaligingizda daraxtlarga chiqishni yaxshi ko‘rgan bo‘lsangiz va yiqilib tushganingizda, balandlikdan qo‘rqish hissi yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. AdMe nashri mashhur insonlarning eng g‘alati fobiyalari haqida ma’lumot berdi.
O‘z aksidan qo‘rqish
Eyzotrofobiya — bu odamning ko‘zguda o‘zining aksidan qo‘rqadigan fobiya turi hisoblanadi. Pamela Anderson xuddi shu fobiya turidan aziyat chekadi, u ko‘zguga qaramaslik uchun o‘zini ko‘plab vizajistlar o‘rab olishini yaxshi ko‘radi.
Tish shifokoridan qo‘rqish
Robert De Niro stomatologdan har bir muolaja qilishidan avval narkoz qilishini so‘raydi. U nafaqat shifokor kursisida, balki tish davolash haqida o‘ylashdan ham vahima tushadi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, unga tishlari bilan bog‘liq muolajada nimanidir noto‘g‘ri qilishlari mumkindek tuyuladi.
Teshiklardan qo‘rqish
Umuman olganda, tripofobiya — teshiklar va kichik g‘ovaklardan qo‘rqish kasalligi, bu juda keng tarqalgan fobiya turi hisoblanadi. Ushbu kasallikdan aziyat chekadigan insonlar asalari inlari, g‘ovakli shokolad, gubkalar va boshqa ko‘plab narsalardan qo‘rqadi. Mashhur model Kendall Jennerda ham shunday fobiya mavjud.
Hayvonlar va hasharotlardan qo‘rqish
Hayvonlar va hasharotlardan qo‘rqish insonlar orasida eng keng tarqalgan fobiyalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, o‘rgimchaklar va ilonlar haqida gap ketganda ko‘plab insonlarning ulardan qo‘rqishi tabiiy holat ekanini barchaga ma’lum. Masalan, Orlando Blum cho‘chqalardan juda qo‘rqadi — u porkufobiyadan aziyat chekadi. Aktyorning aytishicha, u hatto cho‘chqa go‘shtiga ham chiday olmaydi va u cho‘chqa go‘shti sotiladigan joylarda bo‘lmaslikni afzal ko‘radi. Aktyor suratga olish maydonchasida cho‘chqaga yaqinlashganida u isteriyani boshdan kechirdi. Hayvon ham, aktyor ham bir-biri bilan bu holatdan so‘ng uzoq vaqt o‘tib o‘ziga kelgan.
Mashhurlar orasida hasharotlardan qo‘rqadiganlari ham bor. Masalan, taniqli aktrisa Skarlett Yoxansson suvaraklardan qo‘rqadi. Suvaraklar aktrisaga jirkanish hissini emas, balki haqiqiy qo‘rquv hissini beradi.
Nikol Kidman kapalaklardan qo‘rqadi. U bu jonzotlarning uzoqdan go‘zal, yaqindan qaraganda esa haqiqiy yirtqich hayvonlarga o‘xshab ketishini aytgan.
“O‘rgimchak odam” rolini mahorat bilan ijro etgan, millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan aktyor Tobi Maguayr o‘rgimchaklardan o‘lgudek qo‘rqadi. U hayotining ko‘p vaqtini psixoanalitik qo‘rquv bilan o‘tkazgani haqida gapirgan. Tobi Maguayrning rafiqasi Jennifer Meyerda ham xuddi shunday fobiya borligi ma’lum qilingan.
Kristian Styuart va Robert Pattinson gippofobiyadan aziyat chekadi – ular otlardan, Rianna esa har xil shakl va o‘lchamdagi baliqlardan qo‘rqadi. Xonanda yoshligida dengiz va okeandan ko‘ra hovuzni yaxshi ko‘rgan.
Salma Xayek yaqinida ilonni ko‘rsa vahimaga tushadi, xonanda Adel esa baliqchi qushdan qo‘rqadi.
Telefon qo‘ng‘iroqlaridan qo‘rqish
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha har ikkinchi odam qo‘ng‘iroq qilishni va qo‘ng‘iroqqa javob berishni yomon ko‘radi. Bu voqea sodir bo‘lmoqda, chunki atrofdagi raqamli makon bizning odatiy hayotimizni asta-sekin egallab olmoqda. Xonanda bunday fobiyaga atab Telephone qo‘shig‘ini ijro etgan. Ledi Gaga kichik bolalardan ham qo‘rqadi.
Masxarabozlardan qo‘rqish
Aksariyat bolalarni masxarabozlar bilan qo‘rqitishadi, ayrimlar bu qo‘rquvni katta bo‘lganida ham yengib ololmaydi. Jonni Depp bu fobiyadan aziyat chekadi, u yorqin bo‘yangan insonlardan ham qo‘rqadi. Aktyorning fikricha, u niqob ostida xavfli qorong‘ilikni his qiladi.
Qizil yo‘lakchadan qo‘rqish
Penelopa Kruz qizil yo‘lakdan o‘tishdan qo‘rqadi. U chiroqlar qarshisida o‘tirganida o‘zi bilan kurashishini eslash ham qo‘rqinchli. Ko‘p yillar davomida fobiyaga duch kelmasangiz bu boshqa narsa, biroq kasbi davomida bunday holatga tez-tez duch kelish ham mumkin. Penelopa Kruz bu fobiyani yengishning yaxshi usulini topdi — u qizil yo‘lakchada hamrohlari bilan ko‘rinish beradi. Penelopa Kruz bu holatda o‘zini xotirjam his etadi.
Qog‘ozdan qo‘rqish
Megan Foksning fobiyasi ham juda g‘alati. Aktrisa biror joyini qog‘oz kesishidan qo‘rqadi, shuning uchun u hech qachon ssenariylarga qo‘l tekkizmaydi. Ssenariylar unga pochta yoki xat orqali yuboriladi. Aktrisaning bu fobiyasi haqida bilgan ishlab chiqaruvchilar unga xatlarni laminatlangan sahifalar bilan yuboradi yoki yaqin atrofdagi insonlar ularni yulduzga ovoz chiqarib o‘qib beradi.
Suvga sho‘ng‘ishdan qo‘rqish
Jennifer Eniston suvga sho‘ng‘ish bilan bog‘liq fobiyadan aziyat chekadi. Aktrisa bolaligida uch g‘ildirakli velosipedda hovlidagi basseyn atrofida aylanib yurgan paytda tasodifan velosiped bilan birga suvga tushib ketgan. Jenniferning akasi uni qutqargan va o‘shandan beri aktrisa suvga sho‘ng‘ishdan qo‘rqadi. Shuningdek Jennifer samolyotda uchishdan qo‘rqadi va samolyot qo‘nayotgan vaqtda stress holatiga tushadi.
Eshik tutqichlaridan qo‘rqish
Kameron Dias eshik tutqichlariga tegishni rad etadi: ular yulduzni shunchalik qo‘rqitadiki, aktrisa tutqichlarni umuman ushlamaydi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: aktrisa qanday yashaydi? Ma’lum bo‘lishicha, Dias unga barcha eshiklarni ochib beruvchi maxsus xizmatkor yollagan. | 100 | 5,310 |
Madaniyat | Yo‘rgakdanoq hashamatli hayot. Farzandlarining barcha istaklarini so‘zsiz muhayyo qiladigan mashhurlar (foto) | Qimmatbaho avtomobillar, dizaynerlik liboslari, ko‘chmas mulk va san’at asarlari – bu mashhur bolalar hali o‘n olti yoshga to‘lmagan, ammo ular allaqachon hayotda hamma narsaning eng yaxshisini ko‘rib ulgurgan.
Bolalikdanoq ular kattalar orzu qilishi mumkin bo‘lgan hamma narsaga ega – shon-shuhrat, pul va cheksiz imkoniyatlar. Balki, ular oddiy bolalik quvonchlari nima ekanligini bilmas, lekin o‘yinchoqlari qancha turishini va ota-onalarini o‘zi xohlagan narsaga qanday jalb qilishni biladi. Ushbu “oltin” avlodga ota-onalari tomonidan barchasi muhayyo qilinganligi uchun ularda yulduzlik kasaliga chalinish xavfi mavjud.
Beyonse va Jey-Zining farzandi Blyu Ayvi 9 yoshda
Beyonse va Jey-Zining birinchi farzandi Blyu Ayvi Karter nafaqat mashhurlar oilasida, balki qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, nodir toshlar bilan bezatilgan dizaynerlik kursisi, 50 ming dollarlik aravacha va eng hashamatli brend liboslar orasida tug‘ilgan. Qizaloq oilaning chinakam erkatoyi bo‘lib ulg‘aydi. Juftlik hali ham uning har qanday injiqligini ko‘tarishga tayyor. Tug‘ilgan kun sharafiga o‘tkaziladigan ziyofatlar, hashamatli avtomobillarning mini-versiyalari – unda allaqachon pushti Cadillac va ko‘k Lamborghini bor, 75 000 dollarlik arab ayg‘iri, zargarlik buyumlari va onasining ko‘ylagini takrorlaydigan liboslarga qaraganda Blyu Ayvining ota-onasi xursand qilish va erkalatish o‘rtasidagi farqni aniq his qilmaydiganga o‘xshaydi.
2017-yilda Blyuning egizak singlisi va ukasi Ser hamda Rumi dunyoga keldi. Aftidan, egizaklar ham allaqachon shohona hayotning barcha lazzatidan tatib ko‘rmoqda. Blyu esa, ehtimol, birinchi marta e’tiborning yetishmasligini his qilayotgandir. Ayni paytda Beyonsening so‘zlariga ko‘ra, u hatto qizini oilada o‘zini begona his qilmaslik uchun tug‘uruqxonaga olib kelmoqchi bo‘lgan va maxsus kun uchun qiziga Givenchy hamshira kostyumiga buyurtma bergan. Onaning bunday yo‘l tutishi qizning oilaviy raqobatga ko‘nikishiga qanchalik yordam bergani sirligicha qolmoqda.
Keti Xolms va Tom Kruzning farzandi Suri Kruz 15 yoshda
Suri ham kelajakda Nyu-York “oltin” yoshlarining malikasi bo‘lishga tayyor. U yoshligidan buyon garderobdan o‘zi kiyim tanlaydi. Shuningdek, faqat ko‘ylak va yubkalar kiyishni afzal ko‘radi, baland poshnali tuflilarni yoqtiradi. Shuningdek, uning o‘zi shaxsiy o‘qituvchilarini ishdan bo‘shatadi va bo‘sh vaqtida dugonalari bilan Manxetten markazidagi manikyur salonlariga tashrif buyuradi. Suri 7 yoshida hatto o‘zining kiyim-kechaklar tarmog‘ini ham yaratgan.
Suri onasi bilan yashaydi, otasi bilan deyarli aloqa qilmaydi, ammo Tom Kruz qiziga muntazam ravishda qimmatbaho sovg‘alar yuboradi. Tarbiya borasida unga mas’ul bo‘lgan Keti Xolms qizini vaqti-vaqti bilan basketbol o‘yinlariga yoki muzeylarga olib boradi. Ilgari Suri vaqtini hashamatli joylarda o‘tkazishni talab qilgan bo‘lsa, endi u o‘zini kamtarroq tutishga harakat qilmoqda.
Salma Xayek va Fransua-Anri Pinoning farzandi Valentina Paloma Pino 14 yosh
Aktrisa Salma Xayek 41 yoshida qizini qiyinchiliklar bilan dunyoga keltirdi. Shifokorlar chaqaloqning Daun sindromi bilan tug‘ilishini gumon qilgan. Xayriyatki, homiladorlikda mumkin bo‘lgan muammolar bartaraf etildi va Xayek-Pino oilasi baxtli hayot kechirmoqda. Xo‘sh, ona dunyoga mashhur aktrisa, ota-bobolar Forbes ro‘yxatidan joy olgan bo‘lsa, qizga biror narsaga muhtoj bo‘lish haqida xayol surishning keragi ham yo‘q. Shuning uchun Valentina yoshligidanoq zamonaviy garderob, mukammal manikyur va ijtimoiy tadbirlar nima ekanligini biladi. Milliarder Fransua-Anri Pino o‘z qizini yaxshi ko‘radi va unga Los-Anjelesda 12 million dollarlik mulk sotib olgan.
Donald va Melaniya Tramp farzandi Barron Tramp 15 yosh
AQSh sobiq prezidentining kenja o‘g‘li xuddi otasining nusxasi bo‘lib ulg‘aymoqda. Onasi Melaniya hatto intervyusida uni “mini-Donald” deb atagan. U nafaqat Trampning yoshligiga o‘xshab ketadi, balki vaqti-vaqti bilan kiyinish uslubidan ham nusxa ko‘chiradi, ya’ni uzun galstukli kostyumlarga ustunlik beradi. Uzoq vaqt davomida matbuot va internet foydalanuvchilari bolani omma oldidagi “g‘alati” xatti-harakati uchun masxara qildi, hatto prezidentning o‘g‘li kasal ekanligi aytilgan edi, buning uchun ular darhol ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlaridan ayrildi.
Biroq keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Barron butun dunyo e’tiboriga odatlanmagan va Nyu-Yorkda yashaydigan bola kamtarona hayotni afzal ko‘radi. U yiliga 45 ming dollar turadigan xususiy maktabga boradi, Trump Tower’dagi o‘zining alohida qavatida qo‘riqchilar nazoratida o‘ynaydi hamda onasining kosmetika liniyasidagi qora ikrali yuz niqoblaridan foydalanadi.
Viktoriya va Devid Bekhem farzandi Xarper Bekhem 10 yosh
Xarper Bekhemlar oilasining chinakam malikasi. Onasi Viktoriya qizni zamonaviy kiyimlar bilan erkalaydi va u birinchi qatorda o‘tirib, eng muhim shoularda ishtirok etadi. Devid esa deyarli har bir intervyusida qiziga barcha narsaning faqat yaxshisini berishini ta’kidlaydi.
Aftidan, Devid haqiqatan ham so‘zida turadigan odamga o‘xshaydi, chunki uning Xarperga bergan sovg‘alarining dabdabasi va qimmatligiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Misol uchun, sevimli qizining 2 yoshga to‘lgan kunida futbolchi unga bristollik mashhur rassom Damien Xerstning 600 ming funtlik rasmini sovg‘a qildi. Shuningdek, sportchining qizi olti yoshga to‘lishi munosabati bilan tug‘ilgan kunini nafaqat shohona ziyofat qilib nishonlagan, balki Bukingem saroyida Xarper do‘stlari uchun tashkil etgan kechada Yelizaveta II ning nabirasi malika Yevgeniy mezbon sifatida ishtirok etgan.
Kembrij gersogi Uilyam va Ketrinning farzandlari Jorj 8 yosh, Sharlotta 6 yosh va Lui 3 yosh
Zodagonlar endi avvalgi davrdagidek kamtar odamlar emas. Ular orasida 1,5 million dollarlik olmosli manikyur to‘plamlari va Karib dengizidagi orolga teng o‘yinchoqlar bilan ta’minlangan bolalar ham bor. Misol uchun, Jorj tug‘ilishidan oldin ham boshdan-oyoq sovg‘aga ko‘milgan edi va taxtning bo‘lajak vorisi tug‘ilgandan keyingina sovg‘alar oqimi yanada ko‘paya boshladi. Avtomobil, velosiped, skeytbord, teridan tikilgan plash, syorfing kiyimlari, Avstraliyaning Darvin shahri hukumatining shaxsiy timsohi va hatto Pippa xoladan yangi tug‘ilgan shahzodaning qo‘l-oyoqlarining kumush quymalari kabilar. Keyt Middlton o‘z avlodlarini oddiy bolalar kabi tarbiyalashga harakat qiladi, bunday sovg‘alar shahzoda va malikalarga ularning yuksak mavqeyini eslatib turadi.
Aytgancha, Sharlotta sovg‘alar soni bo‘yicha akasidan qolishmaydi. Birinchi tug‘ilgan kunida kichkina malika 64 mamlakatdan sovg‘a oldi, ular orasida, masalan, 30 ming funt sterlingga teng olmos, yoqut va sapfir toshlar bilan bezatilgan oltin shaqildoq, shuningdek, o‘yinchoqlar va boshqa sovg‘alar bor edi.
Kristina Agilera va Jordan Bretman farzandlari Maks Layron Bretman va Sammer Reyn, 13 va 7 yosh
Kristina Agilera ko‘plab yulduz onalar singari farzandlarini erkalash imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydi. Masalan, qo‘shiqchi va uning o‘sha paytdagi turmush o‘rtog‘i Jordan Bretman birinchi farzandi tug‘ilishidan oldin chaqaloq xonasiga 35 ming dollar sarflagan. U yerda chaqaloqni qayiq shaklidagi karavot, bahaybat yarim oy, odam o‘lchamidagi Paddington ayig‘i, o‘nlab o‘yingohlar va juda qimmat dizaynerlik mebellari kutib turardi.
Kristinaning qiziga esa prodyuser Mettyu Ratler tomonidan xuddi shunday e’tibor qaratilmoqda. Ona chaqaloq uchun rang-barang ziyofatlar uyushtirdi, haqiqiy malika kabi kiyintirdi va hatto bir marta Amerika jurnallaridan birining muqovasida chiqishini ham ta’minladi. | 109 | 7,492 |
Madaniyat | Ishdagi ishq: Munosabatlari to‘ygacha yetib bormagan turk kinosi yulduzlari (foto) | Kino olami vakillari uchun hammasi suratga olish maydonchasida boshlanishi yoki yakun topishi mumkin. Kun-u tun suratga olish bahonasida birga vaqt o‘tkazadigan ijodkorlar bilmagan holda hamkasbiga ko‘ngil qo‘yadi. Lekin hammaning ham sevgisi to‘ygacha yetib boravermaydi va bunga kimlarningdir ijodni tuyg‘ulardan ustun bilishi sabab bo‘lsa, boshqalarning fe’l-atvori yoki xiyonati hammasiga nuqta qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.
Faxriye Evjen va O‘zjan Deniz
2012-yilda suratga olingan “Mening uyim sensan” filmida suratga tushgan juftlik o‘rtasida sevgi uchquni paydo bo‘lgan. Shundan keyin munosabatda bo‘lgan mashhurlar hayoti OAV uchun mavzuga aylangan. Aktyor Faxriyaning go‘zalligiga oshiq bo‘lgan ammo uning og‘ir fe’l-atvori ularning oxirigacha birga bo‘lmasligiga sabab bo‘lgan. Aktrisa O‘zjanning do‘stlari va oila a’zolari yonida janjallashishdan tap tortmagan, ammo Deniz hammasiga ko‘z yumgan. Shunga qaramay, yulduzlar ayrilganini ma’lum qilgan. Mish-mishlarga qaraganda aktyor sevgilisiga xiyonat qilgan va shu sabab ular o‘rtasidagi munosabatlarga nuqta qo‘yilgan.
Demet O‘zdemir va Yusuf Chim
2015-yilda “Qulupnay ifori” serialida suratga tushish vaqtida ular o‘rtasida iliqlik paydo bo‘lgan. Demet va Yusuf munosabatlarini yashirmagan va ko‘p vaqtini birga o‘tkazgan, keyinroq birga yashashni boshlagan, hatto. Muxlislar ular o‘rtasidagi aloqalar bora-bora to‘y bilan yanada mustahkamlanishini istagan, biroq ularning har ikkisi boshqa-boshqa yo‘ldan ketishni afzal bilgan. Shunga qaramay, haligacha do‘stona munosabatda va bir-birini doim qo‘llab-quvvatlaydi.
Chagatay Ulusoy va Serenay Sarikaya
O‘smirlar haqida hikoya qiluvchi “Medchezir” serialida suratga tushgan aktyor va aktrisaning sujetdagi sevgisi hayotga ham ko‘chgan. Ammo tez alanga olgan sevgi tezda so‘ngan va to‘ygacha yetib bormagan. Ularning har ikkisi ham sevgisini saqlab qolishga yetarlicha vaqt topa olmagan. Shunga qaramasdan, ular bir-birini hamisha qo‘llab-quvvatlab keladi va Instagram sahifasini kuzatib boradi.
Gurbey Ileri va Ezgi Eyyuboglu
Gurbey va Ezgi “Qalbim seni tanladi” serialining suratga olish maydonchasida tanishgan. Ko‘p o‘tmay esa ularning munosabatini OAV ma’lum qilgan. Bir-biriga bog‘lanib qolgan juftlik “Muhtasham yuz yil” serialida ham birga suratga tushgan. Bir-biri uchun yaralgandek tuyilgan juftlik barcha tadbir va marosimlarga birgalikda tashrif buyurgan. Ammo keyinchalik karyerani birinchi o‘ringa qo‘ygan mashhurlar ayrilishga qaror qilgan.
Engin O‘zturk va Idil Firat
“Muhtasham yuz yil” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan moviy ko‘zli aktyorning ayni vaqtda yuragi bo‘sh. Ammo avvalroq U Idil bilan oshiq-ma’shuq bo‘lgan. Ular o‘rtasidagi munosabatlar seriallarni esga solgan. Tez-tez urushib qoladigan juftlik shuncha tez yarashib olgan. Deyarli 2 yil uchrashib yurgan Engin va Idilning muxlislari ularni rasmiy birga bo‘lishini juda ham istagan. Ammo Idil aktyorning aktrisa Jansu Dere bilan yozishmalarini topib olgan va uni xiyonatda ayblay boshlagan va shu bahona hammasiga nuqta qo‘yilgan. | 82 | 3,036 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.