folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
“Yulduzli janglar” filmi muxlislari Adidas krossovkalarini o‘z didiga moslab bezashi mumkin bo‘ldi
Sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi oyoq kiyimlar onlayn-konstruktorida Jorj Lukasning “Yulduzli janglar” filmlari mavzusiga oid krossovka yaratish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi. Bu haqda Mashable xabar beradi. Xaridor ushbu film bilan bog‘liq krossovka modelini tanlashi, shuningdek mustaqil ravishda unga bezaklar qo‘shishi mumkin. Bunday oyoq kiyimining narxi 110 dollardan 120 dollargacha turadi. Kompaniya iyul oyining o‘rtalarida“Yulduzli janglar”dan ilhomlanib yaratilgan krossovkalarining yangi to‘plamini taqdim qildi.
98
560
Madaniyat
Beyonse ovozidagi muammo tufayli dunyo bo‘ylab turnesini ma’lum muddatga qoldirdi
AQShlik xonanda Beyonse ovozidagi muammo tufayli dunyo bo‘ylab turnesini ma’lum muddatga qoldirdi. Bu haqda Entertainment Weekly’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. 7-sentabr, chorshanba kuni xonanda Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida qo‘shiq kuylashi kerak edi. Ammo shifokorning Beyonsega hordiq chiqarish tavsiyasidan so‘ng konsert 7-oktabrga qoldirildi. Tashkilotchilar ushbu hodisa yuzasidan tomoshabinlardan uzr so‘radi. Bekor qilingan konsert uchun sotib olingan chiptalardan oktabrdagi shouda foydalansa bo‘ladi. 35 yoshli xonanda 10-sentabr, shanba kuni Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida konsert berishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Beyonse Los-Anjeles, Xyuston, Yangi Orlean, Filadelfiya va boshqa shaharlarga yo‘l olishi kerak.
81
753
Madaniyat
200 dan ortiq aktyor va aktrisa jalb qilinadigan “101-reys” filmining dastlabki tayyorgarlik ishlari boshlandi
“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan “101-reys” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari boshlandi. Film rejissori Akrom Shaxnazarov hamda prodyuseri Ravshan Norbayev tayyorgarlik jarayonlari oldidan jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi. Film rejissori hamda prodyuseri filmdagi katta aktyorlar jamoasi hamda kasting ishlari haqida gapirib berdi. Deyarli bir yildan buyon prodyuser Ravshan Norbayev bilan “101-reys” filmining ssenariysi hamda suratga olish jarayonlari haqida bosh qotiramiz. Mana nihoyat, filmni suratga olishimiz ham aniq bo‘ldi va so‘nggi tayyorgarlik hamda kasting ishlarini ham boshlab yubordik. Kastingga kelayotgan professional aktyorning ham, havaskor aktyorning ham savoli bir xil: “rolim kattaroq bo‘ladimi, ko‘proq gapirib, filmda ko‘proq ko‘rinamanmi?!”, ularga tushuntirishga harakat qilmoqdaman. “101-reys” filmi uchun 200 dan ortiq aktyor va aktrisalar kerak bo‘ladi. Chunki samolyotda ketayotgan oddiy yo‘lovchi xavfli, chigal, tahlikali vaziyatni ichki holati, ichki kechinmasi, ko‘zi bilan chiqarib bera olishi kerak.  Shuning uchun ham butun respublikamizda joylashgan hamda Toshkent shahrida joylashgan barcha teatrlarda faoliyat yuritayotgan aktyorlarni jalb qilmoqdamiz. Akrom Shaxnazarov, “101-reys” filmining rejissori “101-reys” filmining prodyuseri Ravshan Norbayev aktyorlar tanlovi hamda kasting ishlari haqida quyidagicha ma’lumot berdi. Biz bu filmda tomoshabinlarning tasavvurini qiynamaslik uchun hamda film muvaffaqiyatli chiqishi uchun, hech kimga tanish bo‘lmagan, yosh, havaskor ammo favqulotda qobiliyatli aktyor va aktrisalarga katta filmda ilk bora imkon bermoqchimiz. “101-reys” kapitani Zarxo‘ja Saidazimov roliga ham butun respublikamizda joylashgan barcha teatrlarda faoliyat yuritayotgan aktyorlarni kasting qilib olishga qaror qildik. Agar Zarxo‘ja Saidazimov roliga teatrlardan ham munosib nomzod topa olmasak, qo‘shni respublikalardan ham nomzod izlashimiz mumkin. Shuning uchun kasting jarayonlari faqat fotosinovlardan emas, balki video sinovlardan ham iborat bo‘ladi. Biz barcha kasting jarayonlarini qadam-ba qadam “101-reys” filmining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga hamda OAVga ma’lum qilib boramiz. Ravshan Norbayev, “101-reys” filmining prodyuseri Ma’lumot uchun, “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi. Film postanovkachi rejissor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
110
2,896
Madaniyat
Tamila: Bolaligimda onam bilan bir-birimizni tushunmaganmiz
O‘zi ishtirokidagi videolar va turli suratlar tarqalganidan so‘ng mish-mishlar girdobida qolgan xonanda Tamila “Shok.uz” saytiga intervyu berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Xonanda suhbat davomida o‘zbek tilini bilishi, lekin intervyuni rus tilida berish unga qulayroq ekanligini aytib o‘tdi va shu bilan bog‘liq bolaligida ro‘y bergan voqeani so‘zlab berdi. “Mening otam o‘zbek, onam esa rus millatiga mansub. O‘zbek tilini bilaman, lekin intervyu berish rus tilida qulayroq. Bolaligimda onam Moskvaga safarga ketgan. Meni esa otam tomondan buvimga tashlab ketgan. Buvim rus tilini bilmaganlari uchun men ular bilan o‘zbek tilida gaplashishga majbur bo‘lganman. Oradan 4 oy o‘tgach, onam safardan qaytib kelgan va meni uyga olib ketgan. O‘shanda 4 oy ichida men rus tilini esimdan chiqarib qo‘ygan ekanman. Ancha paytgacha onam meni tushunmagan, men esa onamni”, — dedi Tamila.
59
877
Madaniyat
Filmografiyasida eng yomon rollar ham o‘rin olgan Gollivudning mahoratli aktyor va aktrisalari (foto)
Hatto buyuk aktyorlarda ham yomon rollar bor. Kimdir noodatiy rollarni o‘z zimmasiga oladi, ammo bardosh bera olmaydi, kimdir sayoz ssenariy ko‘rinishidagi to‘siqni yengib o‘tolmaydi. Quyida buni o‘z tajribasidan anglab yetgan yulduzlar haqida o‘qib, hech kim muvaffaqiyatsizliklardan himoyalanmaganiga yana bir bor amin bo‘lasiz. Keyt Uinslet — “Divergent 2-mavsum: isyonchi” Ushbu o‘smirlar haqidagi filmida ko‘plab kinoyulduzlar rol o‘ynagan. Ammo hatto iste'dodli aktyorlar ham biror narsa bilan shug‘ullanishi kerak, aks holda ular suratga olish maydonchasida shunchaki zerikib qolishadi. Janinni o‘ynagan Keyt Uinslet bilan ham shunday bo‘ldi. U zerikkanini yashirishga ham urinmadi. Ba’zilar hatto bu uning birinchi muvaffaqiyatsiz roli deb hisoblashadi. Al Pachino – “Yolg‘ondan ham yomoni” Ushbu film Pachinoning eng yomon ishlari ro‘yxatiga kiritilgan. Tomoshabinlar aktyorning hech qanday kuch sarflamaganini va shunchaki gonorarni qurtdek sanab olgan degan fikrda. Filmdagi aktyorlar guruhi ham juda xotirjam va hissiyotsiz edi. Meril Strip — “Rikki va Flesh” Meril Stripning mazkur filmdagi ishtiroki aktrisaning har qanday rolni qoyilmaqom o‘ynashiga ishonchi komil bo‘lgan muxlislarining e’tiborini tortdi. Ammo tomoshabinlarning fikriga ko‘ra, Meril rok yulduzi obrazini ishonarli o‘ynamagan. Ularning ta’kidlashicha, bir nechta aktyorlar bu rolni o‘ynay olishi mumkin edi, ammo Strip ulardan biri emas. U roliga moslasholmagan va juda ishonchsiz ijro etgan. Tom Xenks — “Elvis” Ushbu filmda Tom Xenks yovuz qahramon rolini o‘ynaydi va uning ishi tanqidchilar tomonidan yuqori baholanmadi. Ular aktyorning qiyofasini falokat, qahramonning o‘zini esa chidab bo‘lmas deb atashdi. Keyt Blanshett – “Dahshatlar xiyoboni” Kate filmda muhim rol o‘ynadi, lekin, afsuski, u tomoshabinlarni hayratda qoldira olmadi. Ba’zi sharhlarda qahramonning o‘zida mahorat yo‘qligi va aktrisaning bu borada qo‘lidan hech narsa kelmagani ta’kidlangan. Rassel Krou — “Mo‘miyo” Film nafaqat sujeti, balki tajribali aktyorlar, jumladan, doktor Jekil obrazida paydo bo‘lgan Rassel Krou ijodi bilan ham ko‘pchilikning hafsalasini pir bo‘ldi. Tomoshabinlarning fikriga ko‘ra, u shunchaki o‘zini o‘ynagan va zerikkanini namoyish qilgan. Ehtimol, bu yomon ssenariy tufaylidir. Film davomida Krou qahramoni sujetga yoki personajning hikoyasiga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmagan shiddatli dialogli ko‘plab sahnalarda ko‘rinish beradi. Kira Naytli – “Bekhem kabi o‘yna” Yosh futbolchi rolini deb Kira tanqidlar ostida qoldi. Sharhlarda uning haqiqiy aktrisadan ko‘ra ko‘proq modelga o‘xshab ketganini yozishgan. Yillar o‘tib, Naytli ayblovlarga izoh sifatida muvaffaqiyatsizlik sababi uning tajribasizligida ekanini aytdi. U hatto aktyorlik maktabiga ham bormagan edi. Nikol Kidman “ Stepford ayollari” Xuddi shu nomdagi kartina remeyki juda yuqori baholanmadi, hatto Nikol Kidmanning ishtiroki ham tomoshabinlar nazarida film muvaffaqiyatini ta’minlay olmagan. Ulardan ba’zilari ta’kidlaganidek, Kidman qahramoniga mehrini bera olmagan. Boshqalar shunchaki qahramonning o‘zini zerikarli deb topdi. Natali Portman — “Tor” Natali “Tor” filmidagi Jeyn Foster rolini ijro etishi bilan ko‘plab muxlislarning hafsalasini pir qildi. Aktrisa ularga zerikarli tuyuldi. Biroq ba’zilar Portmanni himoya qilib, aybni film rejissoriga to‘nkashdi. Yaxshi rejissor ostida ishlaganida, Natali ajoyib ijroni taqdim etgan bo‘lardi.
101
3,408
Madaniyat
Katrina, Bipasha, Madxuri, Juhi va haqiqiy yoshini yashiradigan Bollivudning boshqa aktrisalari (foto)
Yosh taqdirni belgilaydigan sohada aktrisalar tobora ko‘proq tug‘ilgan yillarini yashirishga urinmoqda. Albatta, aktrisalar tashqi ko‘rinishi juda yaxshi bo‘lishi bilan birga, o‘zini bir-ikki yilga yoshroq ko‘rsatishni afzal biladi. Katrina Kaif Bollivud yulduzining haqiqiy yoshi muhr ortidagi sir. Times Of India nashriga bergan intervyusida Katrina Berlin devori qulaganda 8 yoshda ekanligini aytdi. Shunga asoslanib, uning tug‘ilgan yili – 1981. Bu uning yoshi 40 da ekanligini bildiradi. Matbuot anjumanlaridan birida Katrin bir marta shunday dedi: “Akshay va Salmon bilan suratga tushganim meni qaritmaydi. Men Ranbirdan yoshman”. Ammo Ranbir 1982-yilda tug‘ilgan, ya’ni Katrina aslida undan katta. Qizig‘i shundaki, Dipika Katrinaning pasportini ko‘rishni xohlaydi, u buni shoulardan birida aytib o‘tgan. Bipasha Basu Bipasha Basuning sirli yoshi haqidagi qiziq voqea bundan bir necha yil oldin, aktrisa o‘zini 28 yoshda deb aytganida sodir bo‘lgan. Aynan shu paytda u bilan o‘sha maktabda birga o‘qigan qizlardan biri ommaviy axborot vositalariga Bipasha undan uch yoshga katta ekanligini va hech qanaqasiga 28 yosh emasligini ochiq aytgan. IMDB ma’lumotlariga ko‘ra, Bipasha hozir 42 yoshda, lekin 45 yoshda bo‘lishi ham mumkin. Madxuri Dikshit Vikipediyaning ta’kidlashicha, Madxuri Dikshit 1967-yilda tug‘ilgan, demak u hozir 54 yoshda. Biroq bunday emas. Aktrisa o‘zini 4 yil davomida “hisobdan chiqarib tashlagan” va aslida u Shridevi bilan tengdosh. Bu Madxurining sobiq sinfdoshlari internetda uning yoshi haqidagi ma’lumotlarni “tarqatib yuborganida ma’lum bo‘ldi. Juhi Chavla Ma’lum bo‘lishicha, Juhi Chavla ham o‘zini bir yoshga yashartirgan. Endi uning tug‘ilgan yili hamma joyda 1967-yil sifatida ko‘rsatilgan, lekin agar bu rost bo‘lsa, unga 1984-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida qatnashishga ruxsat berilmagan bo‘lardi. Chunki unda faqat 18 yoshdan oshgan qizlar qatnashishi mumkin. Juhi esa atigi 17 yoshda bo‘lgan. U bu tanlovda qatnashgan va hatto eng yaxshi milliy libos uchun sovrinni qo‘lga kiritgan, demak u o‘sha paytda kamida 18 yoshda edi. Gauhar Xon Bigg Boss realiti-shousining yettinchi mavsumi g‘olibi (2013) va aktrisa Gauhar Xon yosh teledasturchi Kaushal Tandonga bo‘lgan muhabbatidan shunchalik ilhomlanganki, u necha yoshda ekanligini eslay olmaydi. Dasturda u 29 yoshda ekanligini aytdi, lekin 2011-yilda yigirma to‘qqiz yoshini “Xon opa-singillari” realiti-shousida nishonlaganini umuman unutgan chog‘i. Kangana Ranaut Kangana o‘zining 6 yoshini hisobdan chiqarib tashlagan. U 28 yoshga to‘lganida o‘zining 22 yoshda ekanini aytdi. Biroq tez orada haqiqat oshkor bo‘ldi. Mashhur manba shunday yozdi: “Biz uning pasportini ko‘rdik, unda 1981-yilda tug‘ilganligi aniq ko‘rsatilgan. Kangananing aytishicha, u 1987-yilda tug‘ilgan. Biz u yoshini nega yashirganini bilmaymiz, lekin o‘zi aytganidek u 22 yoshda emas. Aytgancha, mart oyida aktrisa o‘zining “34 yoshini” nishonladi. Aslida u 40 yoshga kirgan.
102
2,949
Madaniyat
Kristofer Nolanning “Dalil” filmining yangi treyleri chiqdi (video)
Rejissor Kristofer Nolanning “Dalil” nomli filmining yangi treyleri chiqdi. Film sujeti haqida haligacha biror nima ma’lum emas, deb xabar beradi Meduza. Bosh qahramon (Jon Devid Vashington ijrosidagi) “to‘g‘ri eshiklarni ochuvchi” “dalil” so‘zini biladi, xolos. Yana protagonist vaqtni boshqara oladi va shu orqali Uchinchi jahon urushining oldi olinishi kerak. E’tiborli jihati, treyler premyerasi Fortnite o‘yinida bo‘lib o‘tgan. Avvalroq o‘yinda “Yulduzlar jangi” to‘qqizinchi epizodiga taalluqli sahnasi namoyish etilgandi, reper Trevis Skott uyushtirgan virtual konsertni esa 12 milliondan ortiq o‘yinchi tomosha qilgan. The Game Awards marosimi tashkilotchisi Jeff Kilining so‘zlariga ko‘ra, yozda Fortnite’da Nolanning filmini to‘liq tomosha qilish mumkin. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, birinchi treylerdan farqli o‘laroq, yangi rolikda film premyerasi ko‘rsatilmagan — 2020-yil 17-iyul. U faqatgina treylerning nomida qolgan. Ehtimol, studiya pandemiya sabab premyerani ko‘chirishi mumkin. “Dalil” filmida, shuningdek, Robert Pattinson, Elizabet Debiki, Maykl Keyn, Kennet Brana va Yuriy Kolokolnikov suratga tushgan.
67
1,131
Madaniyat
Instagram: Sherali Jo‘rayev xonadonida mehmon bo‘lgan Ozodbek Nazarbekov, Botir Qodirovga qo‘shig‘ini sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova, o‘g‘liga Nexia olib bergan aktrisa
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Ayni paytda Istanbul shahrida bo‘lib turgan aktrisa Ra’no Shodiyevaga Toshkentdan qizi va kuyovi bir chamadon yeguliklar olib keldi. Aktrisa Bahora Arslonova oilasi bilan tog‘ga hordiq chiqarish uchun yo‘l oldi. Munisa Rizayeva jonli efirda muxlislarining savollariga javob berar ekan, Erali bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi. Uning aytishicha, Erali xonandaning “loyihasi”. Shahzoda Muhammedova Italiya xotiralari aks etgan suratlari bilan bo‘lishdi. Aktrisa Zarnigor G‘aniyeva o‘g‘liga Nexia-3 avtomobilini sovg‘a qildi. Nilufar Usmonova sahifasiga farzandlarining suratini joyladi. Istanbul ko‘chalarida aylanib yurgan Shohruhxon, Asal Shodiyeva va Shahlo Zoirova tasodifan Abdulla Qurbonovni uchratib qoldi. Sobiq “Ummon”chi xonanda Zohid Risqiyev sahifasiga rafiqasi Kamola bilan tushgan suratini joyladi. Xonandaning folloverlari uning rafiqasi bilan yarashib olganini taxmin qildi. Kamola Ortiqova esa turmush o‘rtog‘i bilan birga yashamasa-da, birga ovqatlanishga borib turishlarini yozib qoldirdi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ustoz san’atkor Sherali Jo‘rayev xonadonida mehmon bo‘ldi. Ikki taniqli san’atkor samimiy suhbat qurdi. Ozoda Nursaidova yangi fotosessiyasi suratlarini muxlislariga taqdim etdi. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Botir Qodirovga o‘zining “Asal” qo‘shig‘ini sovg‘a qildi. Ushbu tarona Botir Qodirov ijrosida o‘zgacha jarang sochdi. 10-yanvar kuni aktrisa va model Aziza Xalilova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Yaqinlari Azizaga yoqimli syurpriz tayyorlab, uni xursand qildi. Umidaxonning otasi 10-yanvar kuni tabarruk 79 yoshni qarshi oldi. Xonanda ushbu quvonchli kunni qanday nishonlayotgani aks etgan videoni folloverlari bilan bo‘lishdi.
167
1,844
Madaniyat
Munisa Rizayeva “Yangi ovozlar” teletanlovining 2-bosqichiga tayyorgarlik ishlarini boshladi
“Yangi ovozlar” teletanlovi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi asosida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Alisher Navoiy nomli kino saroyi hamda Yoshlar madaniyat va san’at markazi davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. O‘tgan 2016-yilning noyabr oyida dastlabki saralash bosqichlarida, nufuzli ekspertlar guruhi yoshlarning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqib, 35 nafar ishtirokchiga navbatdagi bosqichga yo‘llanma bergan edi. 20-yanvar kuni Munisa Rizaeva rahbarligidagi ijodiy guruh a’zolaridan iborat ustoz-hakamlar Tri media studiyasida o‘zlari saralab olgan 12 nafar ishtirokchi bilan “Duet bosqichi”ga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Bu haqda Yoshlar madaniyat va san’at markaziga tayanib, Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  “Yangi ovozlar”. Munisa Rizayeva loyihada o‘zidan mahoratliroq yoshlar borligiga iqror bo‘ldi Tayyorgarlik jarayoni ishtirokchilar bilan tanishuvdan boshlandi va ularning yo‘nalishi bo‘yicha duetdoshlari aniqlab olindi. Ayni damda ishtirokchilar uchun asarlar tanlanmoqda. Hakam ustozlar 27-yanvar kuniga qadar ikkitadan ishtirokchini tinglab, ular bilan yangi qo‘shiq ustida ish olib boradi. Shuningdek, 30-yanvardan umumiy mashg‘ulotlar tarzida tayyorgarlikni davom ettirish rejalashtirilgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
92
1,559
Madaniyat
Nargiz Zokirova “Golos” finalida ishtirok etadi
Kecha, 20-dekabr kuni Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish etilayotgan “Golos” teleloyihasi ishtirokchilari o‘rtasida yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. “Golos-2” finalistlari. Foto © facebook.com/1tvru  Leonid Agutin jamoasi a’zolaridan Nargiz Zokirova loyihaning final bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Finalda Nargiz qolgan jamoalarning ishtirokchilari Sergey Volchkov, Gela Guralia va Tina Kuznetsova bilan raqobatlashadi. Yarim final dasturida ham Nargiz Zokirova Alla Pugachyovaning taniqli qo‘shiqlaridan biri — “Men ketganimda” (“Когда я уйду”)ni ijro etib, tomoshabinlar va murabbiylar olqishiga sazovor bo‘ldi. Nargizga final bahslarida omad tilab qolamiz. Eslatib o‘tamiz, “Golos” teleshousining ikkinchi mavsumida yurtdoshimiz Nargiz Zokirova ishtirok etmoqda. 1984-yil rejissor Ali Hamroyevning “Vodillik kelin” filmida yangragan “Sen ketarsan” nomli qo‘shiq orqali tanilgan Nargiz O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirovning jiyanidir. Xonanda 1971-yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi. Nargiz 14 yoshida Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda AQShga ko‘chib ketgan va oradan 20 yil o‘tib, 42 yoshida Rossiya sahnasida ko‘rinish berdi. Nargiz Zokirovaga teletanlov sahnasiga chiqqan ilk daqiqalardan boshlab ko‘pchilik qiziqish bildirdi. Bunga sabab xonandaning tashqi ko‘rinishi, noodatiy imidji, deyish mumkin. U noan’anaviy soch turmagi, bosh va qo‘llarida tatuirovkalar, turli taqinchoqlar bilan mutlaqo “o‘zbekcha” bo‘lmagan ko‘rinishda sahnaga chiqdi.
47
1,669
Madaniyat
Tog`lik kuyov – Yo`lchi Ortiqovni kim yoki qanday sabablar kinodan ketishga majbur qildi?
“Ena, non”, “Ena, muzqaymoqni non bilan eydimi?” degan gaplari va zabardast ko`rinishi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish tog`lik kuyovni eslaysizmi? 90-yillarning oxirlarida suratga olingan “Tog`lik kuyov” filmi hali-hanuz teleekranlarimizda namoyish etib kelinadi. Ammo bosh qahramon — tog`lik kuyov 13 yildan buyon ekranlarda ko`rinmaydi. Bunga nima sabab bo`lgan? “Kinoga sport ortidan kirib keldim...” — Surxondaryoning tog`li hududida katta bo`lganman. Men o`qigan 42-o`rta maktabga sport gazetalari kelardi. Shu gazetalarda ushu, kunfu darslari yozilardi, ya`ni xatti-harakatlar rasmlari bilan berilardi. 8 yoshimdan boshlab shu rasmlarga qarab mustaqil o`rganganman. 18 yoshimda O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutiga o`qishga kirish uchun Toshkentga keldim. O`sha yili institutda Ushu bo`limi ochilishi haqida xabarlar chiqqandi. Lekin hujjat topshirgani kelsam, ochilmagan ekan. Shu vaqtda Siyovush degan ushu maktabi ochildi, imkoniyatdan foydalanib maktabda o`qidim. Olti oyda menga diplom berishdi, chunki deyarli tayyor sportchi edim, faqat nafas mashqlaridagi kamchiliklarni to`g`irladim, xolos. Mana shu maktabda o`qib yurgan vaqtimda Bishkekdagi MDH mamlakatlari kaskadyorlar assosiasiyasi tomonidan kasting o`tkazildi. Ularga bir film uchun kunfu uslubida jang qiloladigan kaskadyorlar kerak edi. Meni sinovdan o`tkazishdi va “O`zbekfilm” kinostudiyasiga taklif qilishdi.  Taqdirni qarangki, “O`zbekfilm”ga borganimda buyuk o`zbek rejissyori Shuhrat Abbosovga duch keldim. Bu ismni eshitib, filmlariga maftun bo`lib kelardimu, lekin hayotda ko`rinishlari qanday ekanini bilmasdim. U kishi meni chetdan kuzatib turgan ekan-da, yonimga kelib: “O`zbekmisan? Qaerdan kelding?” deb so`radi. Men qishloqdan kelganimni va bu erga kelishim sababini aytdim. Sport bilan shug`ullanganim uchun baquvvat, gavdali edim-da. Shunda menga aktyorlikka o`qishimni tavsiya qildi, kerak bo`lsa, o`qishga kirishda yordam berishini aytdi. “Menga sportchini aktyorlikda sinab ko`rish qiziq” dedi. O`sha vaqtda sportchilarning kinoda rol o`ynashi urfda edi. Van Damm, Jeki Chan, Bryus Li, Arnold Shvarsnegger bunga yorqin misol.  Shu tariqa hozirgi O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining Drama va kino aktyorligi bo`limiga o`qishga hujjat topshirdim. Imtihonlar oldidan meni  Muhammadjon Uzoqov (Ma`murjon Uzoqovning o`g`li) bilan tanishtirishgan, u kishi menga maslahatlar berib, etyudlarni o`rgatgan.  “Dastlab tog`lik kuyov bo`lgim kelmagan...” — Institutni tamomlaganimdan so`ng, 1998 yil ustozim Shuhrat Abbosov meni “Jaloliddin Manguberdi” filmiga chaqirdi. Xuddi shu paytda Habibulla Fayzievning “Alpomish” filmiga taklif qilindim. Lekin ikkalasida ham rol o`ynash nasib qilmadi. Jaloliddin Manguberdi haqidagi tarixiy film ba`zi sabablarga ko`ra suratga olinmay, to`xtab qoldi. Alpomish dostoni asosidagi filmda esa rol o`ynamaslik o`zimning tanlovim bo`ldi. Chunki rejissyor nazdida Alpomish — turli tryuklar qiladigan zabardast, baquvvat bo`lishi shart emas edi.  Shundan keyin O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O`zbektelefilm” studiyasida Mashrab Kimsanov rejissyorligida “Tog`lik  kuyov” telefilmi suratga olinadigan bo`ldi. Unda tog`lik kuyov — Xolmurod roliga 25 kishi sinovdan o`tkazilishi lozim bo`lgan. Shunaqa talab bo`lardi. Yigirma beshinchi nomzod topilmay turganida meni chaqirishdi. Bir marta borib, sinovdan o`tib keldim. Mashrab aka:“Seni tasdiqladik, seniki tabiiy chiqyapti”, dedi. Ammo menda xohish bo`lmadi, “yo`q, bu rolda masxaraboz, qiziqchi bo`lib qolaman-ku”, deganman.  Oradan ikki oylarcha vaqt o`tdi. “Tog`lik kuyov”ning suratga olish ishlari boshlangan edi. Bir kuni Navoiy ko`chasi chorrahasidan o`tib ketayotsam, “s`yomka” bo`layotgan ekan. Qarasam, rahmatli aktyor Ravshan aka Solihov, To`ti Yusupovalar bor ekan. Salomlashay deb yonlariga borsam, Ravshan aka: “E sen qaerda yuribsan? Nega bu rolni sen o`ynamayabsan? Boshqasi o`xshatolmayapti, Mashrab (rejissyorni nazarda tutib) qiynalyapti”, dedi. Shundan keyin rozi bo`lganman. Shu kuniyoq rolga kirishib ketganman. “Kiyimlarimni kesib, yirtib ketishgan...” — “Tog`lik kuyov” Toshkent shahri va Toshkent viloyatida (Oqtosh) suratga olingan.  Ssenariydagi ba`zi joylarini o`zgartirishni taklif qilganman. Masalan, ssenariyda tog`lik kuyov buvisini “buvi” deb chaqiradi, lekin bilsangiz kerak, chekka qishloqlarda “ena” deb chaqiriladi. Shu jumladan, biz tomonlarda ham “ena” deyiladi. Men rolim davomida “buvi” deb aytishga hech o`rganolmadim. Shunda “ena” devorganman.  Bu rejissyorga ham ma`qul kelgan va shunday qoldirgan. Shuningdek, ba`zi xatti-harakatlarni ham o`zim kiritganman. Tog`lik kuyovning raqsga tushadigan sahnasi bor. O`shanda rejissyor menga andijoncha yoki xorazmcha raqsga tushishimni aytgan. Men esa butunlay boshqacha raqsga tushganman, chunki real qaralsa, tog`lik odam raqsning farqiga bormaydi, u tog`da o`sgan, momosining erkasi. U raqsga tushganda, tabiiyki, o`z bilganicha, to`poricha o`ynaydi. To`g`risini aytsam, o`shanda Ruslan Sharipovga o`xshab raqs tushganman (kuladi). “S`yomka”ning birinchi kuni Toshkentdagi katta hovlida bo`lgan. Bu hovli bosh operator Akmal Umarbekov (yozuvchi O`lmas Umarbekovning ukasi)ning uyi edi. Shu kuni filmda kiyishim kerak bo`lgan yaktak, shimlarim kesilib, yirtilib ketilgan. Bu ishni kim va nima uchun qilganini haligacha bilmayman. Biror noxushlik bo`lmasin, deb izlamaganman ham. Keyin Chorsu bozoridan boshqa kiyimlarni sotib olganmiz.  1999 yilda “Tog`lik kuyov” ekranlarga chiqdi. Dastlab film taqdimoti bo`lib o`tdi. Shunda ilk bora muxlislar e`tibori, olqishlar, dastxat qo`yib berish baxtini his qilganman.  Keyin film kinoteatrlarda namoyish etildi, tomoshabinlar yaxshi kutib olishdi. Aytish kerakki, o`sha yillari kinoteatrlarimiz achinarli ahvolga kelib qolgan, tomoshabin uzoqlashgan bir davr edi. Bu bevosita milliy kino san`atimizning ahvolidan ham darak edi. Shunday bo`lsa-da, tog`lik kuyovni ko`rish uchun tomoshabinlar kelardi. “Rejissyorlikka qo`l urib, baraka topmadim...” — 2000 yil “Ayol makri” filmini suratga oldim. Bu mening ilk rejissyorlik ishim. Bungacha albatta, Shuhrat Abbosov bilan birga suratga olish maydonlarida rejissyorlikka havas qilib, o`rganib kelganman. Aytmoqchimanki, rejissyorlikka birdan kirib qolganim yo`q. Birinchi filmimda O`lmas Alixo`jaev, Farhod Aminovlar bilan birga ishladim. Ular nafaqat rol o`ynashdi, balki rejissyorlik tomondan ham menga yordam berishdi. Film respublika bo`ylab katta ekranlarda namoyish etildi.  O`sha yili Anapa shahrida kinofestival bo`ldi. Men “Ayol makri”ni shu festivalga yubordim. Bundan “O`zbekkino” rahbariyatining xabari bo`lmagan. Ular tomonidan esa boshqa bir film jo`natilgan bo`lgan. Festival tashkilotchilari esa mening filmimni tanlab olishgan. Shuni ortidan rahbariyat tomonidan menga festivalga borishga sun`iy taqiqlar qo`yildi. Ammo men bir o`zim bo`lsam ham bordim. U paytda bir narsani tushunmaganim pand bergan, ya`ni qoidaga ko`ra, festivalda kinoplyonkaga olingan filmlar namoyish etiladi, men bundan bexabar holda videotasvirda olgan filmni jo`natgan ekanman. Buni menga to`g`ri tushuntirishgan, maslahatlar berishgan. Ammo o`zimiznikilar... Gazetalarda katta tanqid qilishdi, ustimdan mag`zava ag`darganlar bo`ldi. Shundan keyin menga televidenie eshiklari yopildi... Ikkinchi urinish... — Rejissyorlikning ilk qadami og`ir kelsa ham, bundan qaytmadim. 2006 yilda “Hayot-mamot” filmiga qo`l urdim. Film terrorizm, giyohvandlikka qarshi kurashish mavzusida edi. Butun respublikamiz bo`ylab ayni shu mavzudagi tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etildi, uch yil mobaynida film ana shu tadbirlar doirasidagina namoyish qilindi. Bu ishlarni burchim deb, sidqidildan qildim. Lekin shu film ortidan ham qiyinchiliklarga, ham tazyiqqa uchradim. Film homiylari eng so`ngida tashlab ketgan, mablag` ajratishdan qaytishgan. Mablag`ni qoplayman deb, uyimni, mashinamni sotib, ijaralarda yashab yurishga majbur bo`ldim.  Televidenieda namoyish etish uchun taqdim etsam, 6 qismli serial tarzida qayta ishlab kelishimni aytishdi. Shunday qildim ham. Lekin mana, 13 yildirki, film zangori ekran yuzini ko`rolmaydi...  13 yillik tanaffus sababi... — Ijodkor uchun 13 yillik tanaffus, albatta katta muddat. Bu yana qancha davom etadi yoki nihoyasiga etadimi, buni vaqt ko`rsatadi. Tanaffusga sabab nima deb so`rasangiz, yuqoridagi aytgan gaplarim va o`sha paytdagi kino san`atimizda bo`lgan nosog`lom muhit, desam xato bo`lmaydi. Ijodkorlar bir-birini sotishini, bir-birini yomonlashini, lekin bir joyda ko`rishib qolishsa, hech narsa bo`lmagandek, bir-birini maqtashini ko`rdim. Mana shuni hazm qilolmadim. Ijodkor o`ziga berilgan iqtidor, qobiliyatni shunaqa behuda narsalarga sarflashi ham isrof, deb o`ylayman. Shuning uchun men bu maydondan vaqtida chiqib ketishni ma`qul ko`rdim. Mard mardlar maydonida kurashadi, deyishadi. O`shanda men mard san`atkorlarni topolmay qoldim.  Ammo kinoga bo`lgan muhabbat, ijodiy “qaynash” meni tark etgani yo`q. Har narsaning o`z vaqti-soati bor. Agar vaqti kelgan bo`lsa, nasib qilgan bo`lsa, ehtimol ijodga qaytaman.  QIZIQ GAPLAR - Ena, ovqat eyman... - Voy o`lmasam, bu eyishda butun mamlakatni yutadi-ku?! - Ena, non... - Hoy, kelin, mundoq 5-6 ta non olib kelib qo`ysang bo`lmaydimi-a, somsadek non berib, keganingdan beri og`ziga tikilasan-a... Munisa ALIEVA
89
9,283
Madaniyat
Asal Shodiyeva, Rayhon, Kaniza va san’atkor bobosining faoliyatini davom ettirayotgan boshqa mashhur nevaralar (foto)
Siz hamisha kuzatib boradigan shou-biznes vakillari — juda mashhur, o‘zbek san’atiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorlarning nabiralari ekanligini bilasizmi? Keling, sizni mashhur bobosi bilan hamisha faxrlanadigan ijodkorlar bilan tanishtiramiz. Rayhon G‘aniyevning bobosi mashhur rejissor bo‘lgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning katta bobosi Nabi G‘aniyev o‘z davrining mashhur aktyor va rejissori bo‘lgan. U o‘zbek kino san’atining nodir durdona filmlari: “Nasriddin Buxoroda” (1943), “Tohir va Zuhra” (1945), “Nasriddinning sarguzashtlari” (1946) va “Farg‘ona qizi” (1948) kabilarni suratga olgan. Uning to‘rt farzandi bo‘lib, ularning birortasi san’atkor bo‘lishni istamaydi. Faqatgina o‘g‘li Hotamning farzandi Otabek G‘aniyev bobosining kasbini davom ettiradi. Umri va ijod yo‘li nihoyatda qisqa bo‘lgan Otabek G‘aniyevning orzularini qizi Rayhon G‘aniyeva davom ettirmoqda. Alisher Uzoqovning bobosi O‘zbekiston xalq hofizi bo‘lgan Aktyor Alisher Uzoqov O‘zbekiston xalq hofizi Ma’murjon Uzoqovning nabirasi hisoblandi. U o‘z davrining mashhur ijodkori bo‘lish bilan birga, oltin fondga kirgan ko‘plab qo‘shiqlarning otasi hisoblanadi. U ijro etgan “Mustahzod”, “Sayding qo‘yaber, sayyod”, “Parvo etib ket” va “Ayrilmasin” kabi qo‘shiqlar haligacha o‘z muxlislarini yo‘qotgani yo‘q. Aktyorning otasi Muhammadjon Uzoqov ham o‘z davrining mashhur aktyori bo‘lgan. Shahzoda Matchonovaning bobosi Qoraqalpog‘istonda ijod qilgan Aktrisa Shahzoda Matchonovaning bobosi O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Boshqirdiston xalq artisti Bayram Matchonov hisoblanadi. Ijodkor o‘z davrining mashhur lirik xonandasi va rejissori bo‘lgan. U uzoq vaqt Qoraqalpoq davlat filarmoniyasida va Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatrida rahbar bo‘lib ishlagan. Kanizaning asl ijodkor bobosi Murodjon Ahmedov Xonanda Kaniza esa O‘zbekiston xalq artisti, mashhur hofiz Murodjon Ahmedovning nabirasi hisoblanadi. Uni ko‘pchilik xonanda sifatida bilsa-da, ammo ijodkor uzoq vaqt teatrda faoliyat yuritgan. Qo‘qon va Farg‘ona musiqali teatrlarida faoliyat yuritib, ko‘plab mashhur rollarni ijro etgan. Ijodkorga “O‘tkan kunlar” filmi uchun aytgan “O‘rtar” ashulasi katta shuhrat keltirgan. Murodjon Ahmedovning farzandlari san’at yo‘lini tanlashmadi. Ammo o‘g‘li Farhodning qizi Kaniza 2006-yildan buyon yakkaxon xonanda sifatida ijod qilyapti. U Kaniza buvisining ismidan taxallus sifatida foydalanadi. Erkin Komilov nabirasining klipida suratga tushdi O‘zbek san’atida Layli va Majnun juftigining paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lmadi. Layli qiziqchi Valijon Shamsiyevning qizi, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning nabirasi hisoblanadi. Bu aktyorning hayot va ijodini eslatish shart emas. Chunki uni bugungi tomoshabinlar orasida tanimaydiganlar topilmasa kerak. Erkin Komilov qizi Dilfuzani qiziqchi Valijon Shamsiyevga turmushga bergan. Aktyor yaqinda nabirasining “Sevgi” klipida suratga tushdi. Yunus Rajabiy sulolasi davom etmoqda Xushovoz xonanda Aziz Rajabiy mashhur sulolaning munosib davomchisi ekanligi hech kimga sir emas. Uning bobosi Yunus Rajabiy, otasi Hasan Rajabiylar o‘zbek san’ati rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan san’atkorlardir. Lutfulla Sa’dullayevning yagona ijodkor nabirasi Yosh aktyor Abdulloh Mas’udov O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevning nabira o‘g‘li hisoblanadi. U to‘ng‘ich qizi Gulira’noni marhum aktyor Fathulla Mas’udovga turmushga bergandi. Abdulloh ularning kenja o‘g‘li bo‘lib, bobo ijodini davom ettirayotgan yagona nabirasi hisoblanadi. Ikki mashhur bobosi bor aktyor Yosh aktyor Shohruhmirzo Abduqunduzov ikki ijodkor boboning suyukli nabirasi hisoblanadi. Uning ota tomondan bobosi O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, ona tomondan bobosi esa O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim hisoblanadi. Ayni kunlarda Shohruhmirzo aktyorlik bo‘yicha tahsil olish bilan birga, seriallarda suratga tushmoqda. Asal Shodiyeva bobosining rejissor bo‘lishini istadi Aktrisa Asal Shodiyevaning bobosi Mirzakalon Shodiyev 13 yildan buyon konsert dasturlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. — Asli kasbim iqtisodchi, rejissor bo‘lishimga esa nabiram Asal sababchi bo‘lgan. Bugungi kunda ko‘plab katta konsert tomoshabinlariga rejissorlik qilaman. Shu bilan birga, poytaxtdagi “Chustiy” MFYning raisi hisoblanaman, — deydi Mirzakalon Shodiyev. Zokirovlar sulolasining asoschisi kim? Aktyor Javohir Zokirov san’at sulolasining vakili ekanligi barchaga ma’lum. Uning otasi va amakilari mashhur ijodkorlar bo‘lishgan. Aslida bu an’ana ularga bobosi Karim Zokirovdan meros qolgan. O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirov 1929-yildan dramatik aktyor sifatida ish boshlagan. O‘zbekiston opera san’ati kelib chiqishida bosh-qosh bo‘lgan. Butun umri davomida Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida faoliyat olib borgan va 30 dan ziyod partiyalarni ijro etgan. Tabiatan noyob, ulkan imkoniyatli baritoni tinglovchilarni o‘ziga rom etgan.  Mavzuga doir
117
4,912
Madaniyat
Ishdagi ishq: suratga olish maydonchasida bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan yulduzli juftliklar (foto)
Ko‘pchilikka hamkasblarning turmush qurishi ma’qul kelamaydi. AdMe nashri havola etgan manbaga ko‘ra, bugungi juftliklarni chinakam sadoqatning isboti deyish mumkin, chunki ular suratga olish maydonchasida uchrashgan va hozirgacha birgalikda baxtli hayot kechirmoqda. Hattoki ularning ba’zilari aynan qaysi filmning suratga olish jarayonida tanishganini ham unutib qo‘ygan. Josh Dallas va Jinnifer Gudvin Jinnifer Gudvin va Josh Dallas “Bir zamonlar ertakda” serialida Oppog‘oy va Shahzoda rolini ijro etgan va ularning ertakdagi ishqiy munosabatlari chinakamiga aylangan. Ular 2013-yilda unashtirilgan va 2014-yilda turmush qurgan. Yulduzli juftlik hozirda ikki nafar o‘g‘ilni tarbiya qilib kelmoqda. Piter Krauze va Loren Grem Ikkisi ham bir-birini “Ota-ona” filmida suratga tushishdan ancha oldin bilgan, lekin ular suratga olish maydonchasida partnyor bo‘lgandan keyingina yaqindan tanishishni boshlagan. Bu voqealar 12 yil avval sodir bo‘lgan. Juftlik shaxsiy hayotining tafsilotlarini muhokama qilmaslikni afzal ko‘radi, ammo ular 12 yildan beri birgalikda baxtli. Freddi Prins va Sara Mishel Gellar Yosh ijodkorlar “O‘tgan yozda nima qilganingni bilaman” trillerining suratga olish maydonchasida uchrashdi. Sara Mishelning haydovchilik guvohnomasi yo‘q edi, shuning uchun ham Freddi uni suratga olish maydonchasida olib borib yurdi. 2002-yilda “Skubi-Du” filmida suratga tushish paytida ularning do‘stona munosabati mustahkamlandi va o‘sha yili juftlik turmush qurdi. Elayza Teylor va Bob Morli Elayza va Bob “100” filmida partnyor sifatida suratga tushdi, lekin qaysidir nuqtaga kelib ularning do‘stligi yanada ko‘proq narsaga aylandi. Ular o‘z munosabatlarini faqat 2019-yilda turmush qurganlaridan so‘ng e’lon qildi va bu bilan muxlislarini hayratda qoldirdi. 2022-yil fevral oyida juftlik birinchi farzandini kutayotganliklarini ma’lum qildi. Stiven Moyer va Anna Pekuin Haqiqiy hayotga ko‘chgan ekrandagi mhabbatning yana bir misoli. Stiven Moyer “Haqiqiy qon” filmida Anna Pekuin bilan birga suratga tushdi. Kasting paytida ular orasida ishq uchquni paydo bo‘lgandi. Stivenning so‘zlariga ko‘ra, u umrining qolgan qismini Anna bilan o‘tkazishini darhol bilgan, garchi ular hali bir-birlarini yaxshi tanimasalar ham. 2010-yilda juftlik turmush qurdi va hozir ularning ikki nafar farzandi bor. Deniyel Kreyg va Reychel Vays Reychel Vays va Deniyel Kreyg 2010-yilda “Orzular uyi”da birga ishlashdan oldin ham bir muncha vaqt uchrashgan. Suratga tushish jarayonida esa ularning munosabati yanada mustahkamlandi. Taxminan bir yil o‘tgach, ular turmush qurdi va hozirda ularning qizi bor. Greys Jily va Trey Bayers Juftlik “Imperiya” serialining suratga olish jarayonida tanishgan va buni bir qarashda muhabbat deb atash mumkin. Ular 2015-yilda unashtirilib, bir yildan so‘ng turmush qurgan. Kirsten Danst va Jessi Plemons Danst va Plemons “Fargo”da er-xotin rolini ijro etdi va boshqalar singari ularning munosabatlari ham suratga olish maydonchasidan tashqariga chiqib ham davom etdi. Qizig‘i shundaki, Kirsten bilan uchrashishdan oldin Jessi uning ashaddiy muxlisi edi. Hozir ularning ikki farzandi bor.  Zendeya va Tom Holland Tom Holland va Zendaya “O‘rgimchak odam” filmini suratga olish maydonchasida tanishdi. Ular haqidagi mish-mishlar 2016-yilda, “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” filmi suratga olinayotgan paytda tarqala boshlagan. Juftlikning aytishicha, Tom va Zendaya uzoq vaqt davomida shunchaki do‘st bo‘lgan va keyin ularning munosabati jiddiylashgan. Rayan Gosling va Yeva Mendes Bu mashhur juftlik o‘zlarining oilaviy hayoti haqida kam gapiradi, ammo muxlislar hamma narsani bilib olado. Aktyorlar 2011-yilda “Qarag‘aylar ostida” filmini suratga olish maydonchasida tanishgan. Ular hali rasmiy ravishda turmush qurmagan, ammo ikki nafar farzandi bor.
95
3,784
Madaniyat
Toshkentda “O‘zbekiston yakkaxonlari” kamera orkestri va Davlat xor kapellasi konserti bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida “O‘zbekiston yakkaxonlari” kamera orkestri va Davlat xor kapellasi mavsumlari yakunlanganini bildiruvchi konsert bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Today. Unda buyuk bastakor, mahoratli skripkachi, padagog, dirijor, katolik ruhoniysi Antonio Vivaldi asarlari yangradi. Kamera orkestri ijrosida Torli cholg‘u orkestri uchun Re-major konserti va Torli cholg‘u orkestri uchun Do-major simfoniyasi yangradi. Fagot va torli cholg‘u orkestri uchun konsert Toshkentda ilk bora ijro etildi, uning yakkaxon partiyasini Boburmirzo Sultonov chaldi.
99
586
Madaniyat
Yig‘lamasdan ko‘rib bo‘lmaydigan mashhur hind filmlari
Ta’sirli filmlar ishlash bo‘yicha hamma ham Bollivud bilan tenglasha olmaydi. Har bitta hind filmi inson qalbidan chuqur joy oluvchi his-tuyg‘ularga to‘la. Quyida tomosha qilayotganingizda hislaringizni junbushga keltiradigan mashhur hind filmlari ro‘yxatini taqdim etamiz. “Gohi shodlik, gohi g‘am” Film 2001-yilda suratga olingan. Badavlat tadbirkor o‘z rafiqasi bilan Raxul ismli bolani asrab oladi. To‘qqiz yildan keyin Xudo ularning o‘zlariga ham farzand beradi. Unga Rohan deb ism qo‘yishadi. To‘ng‘ich o‘g‘il kambag‘al qizga ko‘ngil qo‘yadi va ota-onasidan yashirincha unga uylanadi. U ushbu qilmishi bilan do‘stining qizini kelin qilmoqchi bo‘lgan otaning rejasini chippakka chiqaradi. Raxuldan ranjigan otasi uni merosdan mahrum qilib, uydan haydaydi. U rafiqasi bilan Londonga ketadi. Rohan otasi va akasi o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi… “Suratkash” 2019-yilda suratga olingan filmda ijtimoiy tabaqalanish muammosi ko‘rsatilgan. Filmning bosh qahramoni Rafi ismli suratkash, u o‘z kasbini juda yaxshi ko‘radi. U diqqatga sazovor maskanlar fonida suratga tushishni istagan odamlarga qarashni yoqtiradi. Kunlardan bir kun buvisi uning to‘yini ko‘rgisi kelayotganini aytib qoladi. Yigit esa hali uylanmoqchi emas. Shunda u buvisining ko‘nglini xotirjam qilish maqsadida yaqinda tanishgan qizini qallig‘i sifatida tanishtiradi. Oradan vaqt o‘tib, yoshlar haqiqatan ham bir-birini sevib qoladi. Qizning badavlat oilasi esa ularning birga bo‘lishiga qarshi chiqadi.  “Mening ismim Xon” 2010-yilda suratga olingan filmda dinlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar insonlar hayotini qanchalik qiyinlashtirishi aks ettirilgan. Rizvon Xon oila qurib, ishlash maqsadida Hindistondan Amerikaga ketadi. U bir muddat akasi va kelinoyisi bilan birga yashaydi. Rizvon Asperger sindromidan aziyat chekadi, atrofdagi odamlar buni xavotir bilan qabul qiladi. Biroq ushbu kasallik Rizvonga muhabbatini topishiga to‘sqinlik qila olmaydi. U Mandira ismli qizga uylanadi. 2001-yildagi teraktdan so‘ng Amerikada musulmonlarga bo‘lgan munosabat keskin o‘zgaradi. Bu murakkab davrda Mandiraning farzandi vafot etadi. Shunda u Rizvondan AQSh prezidenti bilan uchrashib, unga familiyasi Xon ekanligi, biroq terrorchi emasligini aytishini so‘raydi. “O‘tkinchi dunyo” 2003-yilda ishlangan film hayot tashvishlari qalbida muhabbatga o‘rin qoldirmagan g‘amgin qizning hayoti haqida hikoya qiladi. Neyna otasining o‘limidan keyin oilasining barcha a’zolariga g‘amxo‘rlik qila boshlaydi. Bir kuni uning hayotiga Aman ismli quvnoq va aqlli yigit kirib keladi. U Neynani sevib qoladi, qiz esa uni o‘ziga yaqinlashtirishga qo‘rqadi. Shunda Aman qizning qalbini zabt etish uchun uning do‘sti Rohitdan yordam so‘raydi...
54
2,739
Madaniyat
Mirolim Qilichev Ahmadboy sabab Matiz, Captiva 2 va uch xonali uyidan ajralib, ko‘chada qolgani haqida gapirib berdi (video)
Aktyor Mirolim Qilichev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Mirolim Qilichev Ahmadboy sabab uch xonali uyidan ajralib, ko‘chada qolgani haqida gapirib berdi. Erkak kishi hayoti davomida mana shunday vaziyatlarga ko‘p tushib qolar ekan. Sababi mening dadam ham mashina olaman deb Mustaqillikdan oldin bankda uzoq yillar pul jamg‘arib yurgan ekanlar. Keyin mustaqillik bo‘lib, pullar o‘zgargani uchun dadam bankda yig‘gan pullari ham kuyib ketgan ekan. Shu taqdir menda ham qisman takrorlandi. O‘zi boshida Ahmadboy shov-shuv bo‘lib yurganida men ishonmay yurdim. Lekin kunlardan bir kuni teatrimizda do‘stimiz meni shu ishga ko‘ndirdi. O‘sha paytlarda Matiz rusumli avtomobilim bor edi. Men mashinamni to‘g‘ridan to‘g‘ri Ahmadboyga emas, uning Rixsitilla degan shogirdiga berdim. Qarasak puli vaqtida berilyapti. Keyin yana bitta mashina bilan yig‘ib yurgan pulimizni berdik. O‘sha vaqtda Captiva-2 rusumli avtomobil endi chiqqan paytlari 30.000 AQSh dollariga sotib olgan edim. Ana shu Captiva-2 ni ham berdik. Shunaqa biznes qilayotganimizda bir-ikkita do‘stlarimning orasiga ham kirdim. Bir-ikkita ustozlarga ham “pulingizni beraveringlar o‘rtada mana men turibman”, deb yuboribman. Keyin esa Ahmadboylar qo‘lga olindi. Men esa atrofimdagilarga “men o‘rtada turibman” degan lafzim borligi uchun uch xonali uyimni sotib, bir kundayoq pulini ana shu lafz qilgan odamlarimga tarqatib chiqqanman. Men o‘rtaga tushgan odamlarning oldiga borib, “Ahmadboyga qancha bergansiz”, deganimda agar 7000 dollari berganman deyishsa, “maylimi mana shu bergan pulingizni o‘zini qaytarsam”, deganimda ular ko‘nishmagan. “Yo‘q 7000 dollar berganmiz 8000 dollar qaytarishing kerak deyishgan”. “Men o‘zimning yonimdan to‘layapman, ahvol mana bunaqa desam”, “sen bizni to‘g‘ri tushun”, deyishgan. Shundan so‘ng 7000 dollar berganlarga 8000 dollar, 5000 dollar berganlarga 6000 dollar qilib qaytarganman. Bir kunda uyning pulini tarqatib bo‘lganimdan keyin ham mayda-chuyda qarzlar qolib ketgan. U pullarni ham ishlab, to‘ylardan topib egalariga qaytarib berdim. Xullas, hech kimning oldida tilim qisiq bo‘lmadi. Lafzimga javob berib, o‘zim itdek qiynalsam ham pullarni ortig‘i bilan to‘ladim. Oson kelgan pul oson ketar ekan. Bu o‘zi noto‘g‘ri ekaniga ichimda shubha bo‘lardi. Kimdir bu noto‘g‘ri emas, sudxo‘rlik emas derdi, o‘zim esa ichimda bu noto‘g‘ri ish derdim. Boshqalardan so‘rasam “ular yo‘q, sen foydaga sheriksan”, deyishardi. “Sen pul tikyapsan va pul olyapsan”, deyishardi. Xullas, shu ishlarim Xudoga xush kelmadi. Undan keyin baribir yaxshi kunlar bo‘ldi. Uy ham oldim, mashina ham oldim. Noldan oyoqqa turdim. 4-5 yil shuning ortidan qiynalganman. Yigitchilikda shunaqa ishlar bo‘ladi. Bosh omon bo‘lsa do‘ppi topiladi deyishlari bejiz emas ekan. Mirolim Qilichev, aktyor
124
2,863
Madaniyat
Instagram: Muqaddasga orzusidagi mashinani sovg‘a qilgan Yigitali Mamajonov, Istanbul aeroportida tunashga majbur bo‘lgan Maryam Tillayeva, samolyot bortida janjal ko‘targan Halima Ibragimova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. “Ummon”chi Zohid rafiqasi Kamola bilan Istanbul shahridan ko‘rinish berdi. Shohruhxon to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammadyusufning ukasi Baxtiyor bilan tanishish jarayoni aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Shahzoda Muhammedova chiroq o‘chgani munosabati bilan hovlisi oldidagi telefon butigi yonida suratga tushib oldi. Maryam Tillayeva Meksikadan Istanbul orqali Toshkentga kelayotganida kuchli qor bo‘roni tufayli reys bekor qilindi. U kuzatuvchilariga aeroportda uxlashga majbur bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Rixsitilla Abdullayev esa chiroq o‘chganidan so‘ng oddiy narsalarning qadriga yetish zarurligini angladi. Sitora Alimjonova chiroq o‘chgani tufayli yuzaga kelgan tirbandlikda qolib ketdi. Aktrisa Feruza Sobitova o‘g‘lining tug‘ilgan kunini nishonladi. Komik aktrisa Halima Ibragimova Istanbulga uchayotgan samolyot bortida aviakompaniya xodimi bilan janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Halima Ibragimova ushbu reysdan tushirib qoldirilgan. Umid Iskandarov “Farhod va Shirin” filmi suratga olish jarayoni aks etgan arxiv suratni sahifasiga joyladi. Yigitali Mamajonov rafiqasi Muqaddas Sa’dullayevaga orzusidagi mashina — Hyundai Sonata’ni sovg‘a qildi.
191
1,335
Madaniyat
“Portlash ehtimoli yo‘q”. “Chernobil” seriali, haqiqat, mas’uliyat va insoniyat haqida
HBO telekanalining “Chernobil” seriali ulkan shovshuvga sabab bo‘ldi. Buning boisi nimada, serialning O‘zbekiston uchun qanday ahamiyati bor — bu savollarga Eldar Asanov javob qidiradi. AQShning HBO telekanali o‘z shoulariga nihoyatda jiddiy yondashishi, syujet mantiqi va postanovka detallari ustida qattiq ishlashi bilan mashhur. 2000-yillarning eng sifatli asarlaridan biriga aylangan “Nazorat” (The Wire) seriali shu kanal tomonidan ishlangan edi. Keyinroq esa XXI asrning eng mashhur seriali — “Taxtlar o‘yini” (Game of Thrones) taqdim etildi. Bir muddat ilgari telekanal ijodkorlari endilikda eng mukammal tarixiy serial nomiga da’vogar “Chernobil” teleshousini efirga uzatdi. Kadr: HBO Besh qismdan iborat mini-serial butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Lekin meni qiziqtirgan narsa — u O‘zbekistonda chinakam shovshuv keltirib chiqardi; ko‘plab o‘zbek blogerlari allaqachon serialga o‘z munosabatini bildirdi va bildirishda davom etmoqda. Serial O‘zbekiston uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida quyiroqda gaplashamiz. Hozir esa uning kinematografik jihatlariga to‘xtalib o‘tsak. Serialning o‘ziga xosligi nimada? Syujetga alohida to‘xtalib o‘tirish, menimcha, ortiqcha bo‘lsa kerak. Nomidan ham ma’lumki, serial Chernobil halokatiga bag‘ishlanadi. O‘n minglab odamlar hayotini olib ketgan, yuz minglarni jismoniy va ruhiy majruhlarga aylantirgan, millionlab insonlar taqdiriga ta’sir o‘tkazgan bu fojia zamonaviy madaniyatda o‘z o‘rniga ega. Chernobil halokati haqida o‘nlab hujjatli kitoblar bitilgan, she’rlar, badiiy asarlarning-ku adog‘i yo‘q. Xususan, yozuvchi Dmitriy Gluxovskiy tomonidan boshlab berilgan “Metro 2033” postapokaliptik romanlar turkumi ko‘p jihatdan Chernobil fojiasidan ilhomlanib yaratilgan. Shuningdek, ko‘pgina mashhur kompyuter o‘yinlari syujeti va atmosferasi Chernobildan, tark etilgan shahar — Pripyatdagi taqiq zonasidan olingan. Hujjatli va badiiy filmlar, seriallar, qo‘shiqlarni sanab o‘tirsak, vaqtimiz yetmaydi. Shu qadar mashhur mavzuga qayta qo‘l urgan serial ijodkorlari nima ish qildiki, ularning mehnat mahsuli alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi? Nahotki bu sohada aytilmagan gap, yozilmagan fakt, ko‘rsatilmagan sahna qolgan bo‘lsa? Birinchidan, serial nihoyatda realistik olingani bilan kishini hayratga soladi. Odatda amerikaliklar Rossiya yoki SSSR haqida biror narsa ishlasa, bu asar sovetlar va ruslar haqidagi stereotiplarga to‘la bo‘ladi. Bu stereotiplarni hazilomuz shaklda “balalayka, ayiq, Russian Vodka, Kalashnikov avtomati” deb ta’riflashadi. Hatto propaganda yo‘lida emas, sovet tarixiga hurmat ko‘rsatish uchun olingan kartinalar ham bundan mosuvo emas. Stalingrad uchun janglarda bemisl jasorat ko‘rsatgan mashhur sovet snayperi Vasiliy Zaysevga bag‘ishlangan “Dushman ostonada” (Enemy at the Gates) filmini olaylik. Stalingrad himoyachilari bo‘sh vaqtlarida aroq ichib, balalayka sadolari ostida raqs tushadi, sovet askarlari esa amerikacha fikrlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, amerikalik kinoijodkorlar boshqa davlatlar, xususan, ruslar haqida kino ishlaganda ko‘p hollarda detallarga e’tibor qaratib o‘tirmaydi, “bu badiiy ijod, demak, badiiy to‘qima mumkin” qabilida ish tutadi. Lekin badiiy ijod namunasida real hayot haqqoniy aks etishi, tasvir tarixan autentik bo‘lishi to‘qimani sayqallaydi, uning ertak emas, haqiqatga aloqador badiiy fikr ekanligini ko‘rsatib beradi. Kadr: “Kinoman.uz” “Chernobil” ijodkorlari buni teran anglaganini tushunish qiyin emas. Amerikalik ijodkorlar sovet turmush tarzini, maishiy hayotini shu qadar sinchiklab tiklaganki, birorta jiddiy kamchilik topish qiyin. Shaharlar qiyofasi, uylar, shifoxonalar arxitekturasi va ichki ko‘rinishi, uylardagi va davlat idoralaridagi mebel, mebel ustidagi kuldon, vaza, stakan, devorlardagi gulqog‘oz va plakatlar, oshxona buyumlari, odamlarning kiyimlari, hatto qahramonlarning uyidagi axlat chelagi ham aynan o‘tgan asrning 80-yillaridagi SSSRni gavdalantiradi; nomi keltirilmaydigan bir epizodik personaj farzandiga uzatayotgan pechenye ham o‘sha yillarga xos; mashinalarning avtoraqamlari aynan Ukraina SSR, Kiyev oblasti uchun taqsimlangan real avtoraqamlardan olingan. Tarixiy haqqoniylikka ishqiboz nozikta’b sinefil o‘rta asrlar dasturxoni ustida Starbucks’dan keltirilgan qahva idishini ko‘rib qanchalik asabiylashgan bo‘lsa, ayol qahramonlarning 80-yillarga xos soch turmagini ko‘rib shunchalik qoniqish hosil qiladi. Kamchiliklar yo‘q emas, albatta. Kimlardir ruscha aroq ichish madaniyati to‘g‘ri aks ettirilmaganiga urg‘u berdi, masalan. Nima bo‘lganda ham, hatto rossiyalik ijodkorlar ham sovet davrini bu qadar haqqoniy aks ettirganini eslay olmayman. Ikkinchidan, ijodkorlar til eksperimentlaridan voz kechgan. Odatda biror davlat yoki xalq turmushini aks ettirish uchun amerikalik kinochilar qahramonlarni o‘sha xalq tilida gapirishga majbur qiladi. Barcha aktyorlarni Rossiyadan olib kelish qiyinligi tufayli Gollivud yulduzlari qiynalib-qiynalib ruscha gapirishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa filmga haqqoniylik bag‘ishlamay, aksincha, uni parodiyaga aylantirib qo‘yadi. Shu bois “Chernobil” ijodkorlari barcha qahramonlarni inglizcha gapirtirib qo‘yaqolgan. Ayni damda, ularning suhbatlarida sovetcha dunyoqarash va tushunchalar aks etishiga e’tibor qaratgan. Uchinchidan, voqealar ketma-ketligi, tarixiy faktlar juda batafsil va mumkin qadar to‘g‘ri yoritilgan. Deyarli barcha qahramonlar (shu jumladan nomi eslanmaydigan kichik obrazlar) real prototipga ega. Masalaning ilmiy tomonida ayrim xatolar borligi, ba’zi tarixiy faktlar buzilgani (misol uchun, konchilarning qip-yalang‘och bo‘lib ishlashi) haqida yozildi; badiiy to‘qima ham kam emas. Shunga qaramay, serial Chernobil fojiasi haqida to‘laqonli ma’lumot beradi. Kadr: HBO Nihoyat, “Chernobil” haqiqiy epopeya tarzida suratga olingan. Epopeyaning o‘ziga xosligi shundaki, unda bitta aniq bosh qahramon bo‘lmaydi, o‘nlab, yuzlab odamlarning kechinmalari vositasida butun bir davr yoki jamiyat taqdiri chizib beriladi. Epopeya badiiy ijodning eng murakkab janri bo‘lib, uncha-muncha qalamkash unga yaqinlashishga jur’at eta olmaydi. Kinochilarga-ku yo‘l bo‘lsin — vaqt nuqtai nazaridan cheklangan filmlarda o‘nlab odamlarni ko‘rsatib, ularning xarakterini ochish va taqdirini oxirigacha ko‘rsatish deyarli imkonsiz. Lekin “Chernobil” mini-seriali qandaydir yo‘l bilan buning uddasidan chiqqan hamda besh soat ichida o‘nlab obrazlarni to‘la ochib berib, tugal hikoyalarni tomoshabinga taqdim eta olgan. Yirik fojialar, katta urushlar, uzoq davom etgan ijtimoiy-siyosiy voqealar juda noqulay kinematografik material hisoblanadi. Olti yillik Ikkinchi jahon urushini, uch yilga cho‘zilgan Uotergeyt mojarosini ikki-uch soatda jonlantirishning imkoni yo‘q, imkoni topilganda ham, bu juda zerikarli film bo‘ladi. FIFAning yuz yillik tarixini 110 daqiqaga sig‘dirishga uringan “Birdam hissiyotlar” (United Passions) filmi tanqidchilardan “nol” baho olgani bejiz emas. Shu tufayli kinematografda odatda bitta-ikkita obraz bosh qahramon sifatida tanlanib, ularning taqdiriga urg‘u beriladi, urush yoki siyosiy mojaro esa fon bo‘lib xizmat qiladi. “Chernobil” esa ko‘plab katta-kichik obrazlarni kadrga sig‘dirib, fojianing ko‘lamini namoyon eta olgan, u millionlab odamlarning taqdiriga ta’sir ko‘rsatganini tomoshabinga yetkaza olgan. Kadr, ijro, operator ishi Operatorlar juda yaxshi ishlagan. Qandaydir original operatorlik priyomlari qo‘llanmagani bilan, bo‘layotgan voqealar juda aniq va tushunarli ko‘rsatilgan. Harakatlanuvchi, qimirlovchi tasvirlar, keskin plan o‘zgarishi, tezlashish, sekinlashish, qisqa kadr (“klipper”) — bunday narsalar yo‘q. Kamera bir maromda, sekin harakatlanishi (yoki joyida o‘zgarishsiz turishi) filmning jiddiyligini oshiradi. Ayni paytda, serialda ramziy kadrlar juda ko‘p. Pripyatliklar yarim tunda to‘planib, olisdagi alanga go‘zalligidan bahra olayotganini, ilk radioaktiv zarralar ayollarning sochlariga, go‘dakning belanchagiga to‘kilayotganini ko‘rib ham zavqlanasan, ham dahshatga tushasan. Kadrda ko‘rib turganing odamlar o‘limga mahkumligini, hech narsa ularni qutqara olmasligini tushunib, iching ag‘dariladi. Kadr: HBO Aktyorlar tarkibi saralanganda, bilinib turibdiki, ataylab mashhurlar bilan ishlashdan voz kechilgan. O‘nlab katta-kichik personajlar ichidan ikki-uchta tanish chehrani topa oldim. Bu qahramonlar muhim emasligini, asosiysi bo‘layotgan voqealar ekanligini urg‘ulaydi. Kristofer Nolan o‘zining “Dyunkerk” epopeyasida xuddi shu yo‘ldan borgan edi. Shu bilan birga, bir-ikki obrazni aytmaganda, deyarli barcha aktyorlar obrazga tushgan: g‘irt sovetcha qiyofalar, qarashlar, hissiyotlar va vaziyatga muvofiq fe’l-atvor yaxshi ochib berilgan. Bir so‘z bilan aytganda, serialning yutug‘i uning yulduzli aktyorlari emas, balki notanish aktyorlarning mahoratli ijrosidir. Postanovka va rejissura Yuqorida aytganimdek, “Chernobil” voqealarni hujjatli filmlar darajasida batafsil ko‘rsatib berishga urinadi. Biroq u baribir hujjatli filmga aylanib qolmaydi, chinakam badiiy asar sifatida qabul qilinadi. Har bir qism biror ta’sirchan, xavotirli sahna bilan yakunlanadi. Har bir qism o‘z ichki tugalligiga ega. Birinchi qism so‘nggida odamlar allaqachon o‘lib bo‘lganidan, fojianing ko‘lamidan bexabar bemalol ishga borib kelayotgani ko‘rsatiladi: hali Pripyatda hammayoq tinch, odatiy turmush tarzi izidan chiqmagan. Ikkinchi qism yakunida pripyatliklarning “komfort zonasi”, o‘rganib qolgan maishatlari beshafqatlik buzib yuboriladi: odamlar uyidan, ishxonasidan olib chiqilib, evakuatsiya qilinadi. Kechagina hech narsadan shubhalanmagan baxtli, baxtsiz, quvonchli, tashvishli odamlar bir zumda zamona qurbonlariga aylanadi. Kadr: HBO Serial rejissurasining, syujetining asosiy yutug‘i ham balki shundadir: bu yerda yovuz dushman yo‘q, uni yengish uchun qahramonlar qon kechishi kerak emas. Lekin har qanday yovuz dushmandan qudratliroq texnogen ofat bor. Uni ko‘rib, ushlab bo‘lmaydi, uni to‘xtatib bo‘lmaydi, uni biror mo‘jiza to‘xtatsa ham, filmning eng boshida allaqachon barcha qahramonlar radiatsiyaning o‘ziga tegishli ulushini o‘pkalariga yutib bo‘lgan. Film o‘rtasida biror burchakdan Supermen uchib kelib, barchani qutqarib qolmasligini, kadrda amalda o‘limga mahkumlarni ko‘rib turganingni, ularning eng baxtlilari umrining oxirigacha mutatsion xastaliklardan azob chekishini anglar ekansan, real hayot har qanday xorror filmdan chorasizroq va qo‘rqinchliroqligini tan olasan. Mana yosh o‘t uchiruvchi oilasi bag‘rida xushbaxt — ikki soatdan so‘ng uning terisi kuyib ketib, suyagi qoladi, azobdan bo‘kirib, o‘ldirishlarini, qiynoqdan qutqarishlarini so‘raydi. Birorta fantastik triller tomoshabinga bu qadar ta’sir ko‘rsata oladimi? Kadr: HBO Tarixiy janrning dahshati ham shunda — qahramonlar taqdir tegirmontoshi ostidan omon chiqa olmasligini bila turib ularga mehr qo‘yasan. Beixtiyor Salmon Rushdiyning bir chizgisi esga keladi: ...otam fortning nurayotgan devoridagi eshik tirqishida tong otishini kutib turibdi... Otam keyinroq Pokistonga ketishida poyezdda jon taslim qiladigan S.P. Butt, bir necha yildan so‘ng Flegstaff-Rouddagi katta uyida olomon tomonidan tilka-pora qilib tashlanadigan Mustafo Kamol bilan yonma-yon turibdi… Otam ikki o‘limga mahkum bilan vayronalar panasida turibdi. “Chernobil” keskin burilishlar va kutilmagan voqealar negiziga qurilmagan. U sovuq va beshafqat tarixiy faktlarga asoslanadi. Yolg‘onchilik, mansabparastlik, tilyog‘lamalik, jur’atsizlik millionlab odamlarning taqdirini izidan chiqarib yuborishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. “Chernobil”, propaganda va Xenlon prinsipi Serial chiqishi bilan Rossiya rasmiy telekanallari jazavaga tushib qoldi. Bu kanallar, menimcha, G‘arbda Rossiya aytiladigan har qanday gapni avtomatik tarzda propaganda va axborot urushi deb qabul qilishga o‘rganib qoldi. Ularning ta’kidlashicha, serial tarixiy haqiqatni buzayotgan emish, Rossiyani qoralash kampaniyasi emish. Har qancha harakat qilmay, “Chernobil”da biror-bir propaganda belgisini, Rossiya yoki SSSRga dushmanlik kayfiyatini topa olmadim. Aksincha, serial ijodkorlari tarixni juda chuqur tahlil qilish bilan birga Xenlon prinsipidan foydalangan degan taassurot qoldi. Xenlon prinsipiga ko‘ra, biror voqea sabablarini qidirganda birinchi galda odamlarning ahmoqligiga, oddiy insoniy xatolarga e’tibor berish lozim. “Chernobil”da aynan shuning guvohi bo‘lamiz: AESdagi halokat fitna tarzida, sovet hokimiyati esa yovuz mahluq qilib ko‘rsatilmaydi. Olimlarning xatosi bois ehtimoli yo‘q deyilgan portlash sodir bo‘ladi. Olimlar o‘zlarini oqlash uchun, amaldorlar kursisidan va boshidan judo bo‘lmaslik uchun aslida nima bo‘lgani yashiradi, vaziyatni yumshatishga urinadi; eng yuqori rahbariyat ideologik raqibi — AQShning nishoniga aylanmaslik uchun haqiqatni yashirishga, fojia ko‘lamini kichraytirib ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu har qanday amaldorga, har qanday hukumatga xos xatolar bo‘lsa kerak. Umuman olganda, hukumat ham, odamlar ham nima bo‘lganini anglab yetmaydi, oxirigacha yaxshilikka umid qiladi (bu ham oddiy insoniy fe’l-atvor). Pirovardida barcha harakatga tushadi: hukumat kerakli choralarni ko‘radi, odamlar o‘z yaqinlarini qutqarish uchun mislsiz jasorat ko‘rsatadi. Kadr: HBO Serial sovet hokimiyatining xatti-harakatlariga xolis baho beradi, oddiy odamlarning matonatiga hurmat ko‘rsatadi, ayni paytda tomoshabinda ularning taqdiridan achinish hissini jonlantiradi. Unda propaganda yo‘q. O‘zbekistonda nima gap? Teparoqda ham aytdim, serial o‘zbek mediasida katta shovshuvga sabab bo‘ldi. Bu kinotanqidchilik deyarli yo‘q, mualliflar kino borasidagi fikrlarini o‘rtoqlashib o‘rganmagan bizning jamiyat uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Bu ijobiy o‘zgarish bardavom bo‘lishini, blogerlar va jurnalistlar yangi film va seriallar haqida yozib, jamoatchilikni ular bilan tanishtirib borishni odat tusiga aylantirishini xohlardim. Qolaversa, sekinlik bilan aynan kinoga ixtisoslashgan mualliflar jamoasi paydo bo‘lishi kerak. Lekin aynan shu serialga e’tibor berilishining, chamamda, boshqa sababi ham bor. O‘zbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda AES qurilishi xususidagi yangiliklar anchadan buyon muhokama markazida. Avval boshidan loyihaning xavfsizligi va kerakligi borasida jiddiy shubhalar yangragan edi. Shu asnoda HBO’ning yangi serialida o‘zimizga tegishli kontekstni topdik. Serialning asosiy mazmunidan “AES xavfli ekan” degan xulosa qilindi, serial qahramonlarining taqdirida o‘zimizni ko‘rib, dahshatga tushdik. “Chernobil”dan ta’sirlanganlar uni tomosha qilishga, ibrat chiqarishga va atom texnologiyalaridan uzoqroq yurishga chaqira boshladi. Kadr: HBO Fikrimcha, shu tufayli “Chernobil” o‘zbek blogerlari e’tirofiga sazovor bo‘ldi. * * * Chernobil AES avariyasi tarixdagi eng yirik texnogen ofatlardan biridir. Chernobil qahramonlarining xotirasini mangu saqlash, fojiadan ibrat olish butun insoniyatning burchidir. O‘zbekistonda AES qurilishiga kelsak... Rostdan loyiha xavflimi? Yoki o‘zini oqlaydimi? Bu savollarga aniq javoblarni bilmayman. Nima bo‘lganda ham, “Chernobil” faqat serial ekanligini unutmaylik. Tarix darslari qanchalik achchiq bo‘lmasin, hissiyotga berilmay, aqlni bir joyga to‘plab xulosa qilishni eng maqbul yo‘l deb bilaman. Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
86
15,165
Madaniyat
Yulduz Usmonovaning “Devonalarmiz” qo‘shig‘i matni “muallif”i fosh qilindi
16-mart kuni “Sayyod media markazi”da Yulduz Usmonovaning “Devonalarmiz” qo‘shig‘i matni muallifi Renis emas, aslida Amir Xudoyberdi ekanligi isbotlandi. Bu haqda Sayyod.com xabar berdi. Sayyod.com ma’lumotlariga ko‘ra, Yulduz Usmonovaning “Devonalarmiz” qo‘shig‘i muallifi avvaliga noaniq bo‘lgan. Keyinroq Renis Meshayan unga da’vo qilib, she’rning to‘liq matnini Sayyod.com muallifiga yuborgan. Yulduz Usmonovaning “Yoningdaman” albomi taqdimoti o‘tkazilganda ham Renis o‘zini she’r muallifi sifatida tanishtirib, sahnaga chiqqan. Albom taqdimotining videosini ko‘rgan shoir Amir Xudoyberdiyevning qizi Gulruxsor Xudoyberdiyeva taqdimot tashkilotchisi — Sayyod.com muallifi bilan bog‘langan va bu haqda 17-mart kuni o‘z blogida e’lon qilgan. Gulruxsor “Sayyod media markazi”ga kelib, “Devonalarmiz” she’ri nashr qilingan Amir Xudoyberdiyev qalamiga mansub kitobni taqdim etgan. Shundan so‘ng Renis ham chaqirilgan. Avvaliga o‘xshashlik, deb bahona qilgan Renis oxiri she’rning muallifi emasligini tan olgan. Bundan tashqari, Yulduz Usmonova bu shoirning “Gar o‘lsam” va yana bir she’rini ham qo‘shiq qilib kuylagani Amir Xudoyberdiyev kitobidan ma’lum bo‘lgan. Sayyod.com muallifining ta’kidlashicha, “Renis  uzr so‘rash o‘rniga, SMS’da tinmay shu maqola chop etilmasligini” so‘ragan.
74
1,289
Madaniyat
Gollivud aktyori Robin Uilyams 63 yoshida vafot etdi
AQShlik aktyor Robin Uilyams 63 yoshida vafot etdi. Uning jasadi mahalliy vaqt bilan 11-avgust, dushanba kuni 11:55 da (Toshkent vaqti bilan 11-avgust 23:55 da) Kaliforniya shtati Tiburon shahridagi uyida topilgan. “ITAR-TASS”ning politsiyaga tayanib ma’lum qilishicha, aktyor o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Politsiya rasmiy hujjatlarida aktyor tanasida asfiksiya (nafas siqilishi) belgilari borligi qayd etilgan. Rasmiy ma’lumot 12-avgust kuniga belgilangan ekspertizadan so‘ng e’lon qilinadi. Robinning vakili Mara Buksbaum uning so‘nggi vaqtlarda depressiyaga tushib qolganini aytdi. Uilyams 1951-yilda Chikogoda tug‘ilgan. Julliard drama maktabini bitirib, katta sahnaga yo‘l olgan. Aktyorning “Xayrli tong, Vyetnam” (Good Morning, Vietnam), “O‘lik shoirlar jamiyati” (Dead Poets Society), “Uyg‘onish” (Awakenings), “Aqlli Uill Hanting” (Good Will Hunting) kabi filmlardagi rollari unga bitta “Oskar”, beshta “Oltin globus” mukofotlarini keltirgan. O‘zbekistonlik tomoshabinlar Robin Uilyamsni asosan “Jumanji” (Jumanji), “Dautfayr xonim” (Mrs. Doubtfire) va “Ikki yuz yoshli odam” (Bicentennial Man) filmlari orqali yaxshi taniydi.
52
1,146
Madaniyat
Ayshvariya Ray, Dimpl Kapadiya va ekranlarga qaytayotgan boshqa Bollivud yulduzlari (foto)
Bollivudning taniqli yulduzlari yangi loyihalar bilan ekranlarga qaytmoqda. Ayshvariya Ray Bachchan 2018-yilda namoyish etilgan “Fanni Xan” filmining muvaffaqiyatsizligidan so‘ng ekranlardan g‘oyib bo‘lgan aktrisa 3 yildan buyon hech qayerda ko‘rinish bermayotgan edi. Ammo sevimli rejissori suratga olayotgan “Ponniyin Selvan” tarixiy darmasi bilan ekranlarga qaytmoqda. Shuningdek, Ayshvariyani Sanjay Lila Bhansalining “Heera Mandi” filmida ham ko‘rish mumkin. Dimpl Kapadiya Dimpl o‘zi ishtirok etgan “Dalil” filmi muvaffaqiyatidan so‘ng seriallarda rol ijro etishga tayyor. U shuningdek, Saif Ali Xon bilan birgalikda Amazon’ning “Tandav” loyihasida suratga tushadi. Bundan tashqari, aktrisa Shohrux Xon bilan “Patan” va “Braxmastra” filmida ham rol ijro etadi. Bobbi Deol Aktyorga hozirda salbiy xarakterdagi rollarga talab katta. U yaqinda Ranbir Kapurning “Hayvon” nomli loyihasida yovuz odamning rolini ijro etadi. Madhuri Dikshit Madhurini anchadan buyon muxlislari intiqlik bilan kutmoqda. Yaqinda ommaviy axborot vositalari uning sevimli rejissorlaridan Sanjay Lila Bhansali, Aditya Chopra va Karan Joharning taklifi bilan ekranlarga qaytishni rejalashtirmoqda. Ularning uchalasi ham aktrisa uchun rol yozmoqchi. Farxan Axtar Farxanning so‘nggi roli 2019-yilda namoyish etilgan “Pushti osmon” dramasi edi. Bu yil rejissor Rakesh Omprakash Mexraning “Toofan” filmida ishtirok etadi.
90
1,398
Madaniyat
Maqsud Shayxzoda haqidagi hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi
Bugun, 9 sentyabr kuni Adiblar xiyobonida Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmining premerasi o`tkazildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Mazkur turkum hujjatli filmlar premeralari Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yilda bo`lib o`tadigan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilmoqda. Premeradan avval, Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonov, akademik Naim Karimov, Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov so`zga chiqishdi, O`zbekiston xalq artisti Ramz Usmonov tomonidan qo`shiq ijro etildi.   “Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi va Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan. Kuni kecha Bobur, Abdulla Oripov, G`afur G`ulom hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premeralari bo`lib o`tadi.
67
1,127
Madaniyat
Turk aktyori Burak O‘zchivit takabburligi uchun jarima to‘ladi
Burak O‘zchivit — Turkiyaning dunyoga mashhur aktyorlaridan biri. Biroq aktyorning modellarga xos bo‘lgan ko‘rinishi ham, kino olamidagi muvaffaqiyatli karyerasi ham unga janjallardan qochishga yordam bermadi. Aktyor sabab yuzaga kelgan janjallarning biri uning obro‘siga ta’sir ko‘rsatdi. Ish sudgacha borgan. “Muhtasham yuz yil” serialida rol ijro etgan aktyor juda ko‘p marotaba takabburlikda, “yulduzlik kasali”ga chalinishda ayblangan. Aktyor muxlislari bilan yomon munosabatda bo‘lgan, suratga tushishdan va dastxat berishdan bosh tortgan. Oxir-oqibat takabburlik Burak O‘zchivitning obro‘siga zarar yetkazdi. O‘tgan yilning noyabr oyida “Qurilish: Usmon” serialining suratga olish jarayonlarida ishtirok etgan bir necha xodimlar aktyorning ustidan sudga murojaat qilgan. Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, aktyor o‘zini yomon tutgan, boshqalarni odobsizlarcha haqorat qilgan va ularga zo‘ravonlik bilan tahdid qilgan. Aktyor to‘rt yilga qamalishi mumkin edi, biroq sud prokurorning talabini rad etdi va O‘zchivit kichik jarima bilan qutilishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi turk nashrlari. Jarayon davomida muxlislar o‘zlarining kumiriga bo‘lgan qiziqishlarini sezilarli darajada yo‘qotdi, endi aktyor o‘z obro‘sini tiklashiga uzoq vaqt kerak bo‘ladi.
62
1,258
Madaniyat
Xonanda Sevara turmushga chiqdi (foto, video)
Xonanda Sevara oila qurdi. Aziz va Sevaraning nikohni qayd etish jarayoni aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. Videoda kelin-kuyovning ham obraziga mos himoya niqobi taqqanini ko‘rish mumkin. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ijobiy izohlariga sabab bo‘ldi. Sevaraning muxlislari hamda hamkasblari xonandaga baxt tilamoqda.
45
365
Madaniyat
Stiven Sigal Venesuela prezidentiga qilich sovg‘a qildi (video)
Taniqli aktyor va aykido ustasi Stiven Sigal Karakas Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Sigal Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya—Amerika gumanitar aloqa masalalari bo‘yicha maxsus vakili hisoblanadi. Venesuela OAVlarining ta’kidlashicha, uchrashuv “bolivarian tinchlik diplomatiyasining bir qismiga” aylangan. Sigal sovg‘a sifatida mamlakat rahbariga samuraylar qilichini taqdim etgan. Internetda paydo bo‘lgan qisqa rolikda Maduro qurolni qo‘liga olib, bir nechta harakatlarni amalga oshirganini ko‘rish mumkin. Stab at diplomacy: Steven Seagal presents Venezuela's Maduro with a sword - @AFP pic.twitter.com/gOWV0yuvDk — Satish Cheney (@SatishCheney) May 5, 2021 Aktyor Venesuela rahbarining manyovrlarini kuzata turib, undan qoniqish hosil qilgan holda boshini qimirlatib turgan, biroq u barmog‘ini lezviyaga yaqinlashtirganda ehtiyot bo‘lishini ta’kidlagan. Maduro esa o‘z navbatida Stiven Sigalga gitara sovg‘a qilgan. En el encuentro con el actor estadounidense Steven Seagal, tuvimos el honor de disfrutar de su faceta musical, a través de la guitarra. Un obsequio que entregamos con el cariño del pueblo venezolano. ¡Gracias por tu visita! pic.twitter.com/kHeIIOK9xy — Nicolás Maduro (@NicolasMaduro) May 5, 2021 “Amerikalik aktyor bilan uchrashuvda gitara yordamida uning musiqiy mahoratidan bahramand bo‘lish nasib etdi. Bu Venesuela xalqi nomidan mehr ila berilgan sovg‘adir. Tashrif uchun rahmat!”, — deyiladi Maduroning Twitter’dagi sahifasida.  “Tabriklayman, ukam”. Stiven Sigal Mirziyoyevning kenja kuyoviga murojaat yo‘lladi (video)
63
1,615
Madaniyat
“O‘zimga bo‘lgan hurmatni yo‘qotdim”: Kim Kardashyan homiladorlik davridagi muammosi haqida gapirdi
Yaqinda to‘rt farzandning onasi Kardashyan homiladorlik paytida nafaqat gormonal o‘zgarishlar va his-tuyg‘ular bilan bog‘liq muammolar, balki o‘z-o‘zini hurmat qilish borasida qiyinchilikka uchraganini aytdi. “Homiladorlik men uchun oson kechmadi, men o‘sha paytda o‘zimni juda chiroyli emasman, deb hisoblardim. Nima deyish mumkin, tashqi ko‘rinishimdan nafratlandim va shu tufayli azob chekdim. Onam va singillarim homiladorlik paytida qanday bo‘lganini ko‘rganman, ular shunchaki ajoyib edi! Tug‘ruqdan keyin ham ular tezda avvalgi holatiga qaytdi, lekin bu menda bunday bo‘lmadi”, — shikoyat qildi yulduz. Kardashyanning so‘zlariga ko‘ra, unga ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan: ular nafaqat yulduzning homiladorligi haqida gapirgan, balki qomatidagi biroz o‘zgarishlarni ham tanqid qilgan. “Homiladorlikda 30 kilogrammdan ortiq vazn yig‘dim, paparatssilar meni doimo ta’qib qildi, keyin nashr etilgan rasmlarimni  ko‘rib ko‘proq qiynalardim. OAV har bir kilogramm haqida yozardi. Bu o‘zimga bo‘lgan hurmatni o‘ldirdi, — deydi Kim. Men bu vaqtda doim uyda o‘tirdim va yig‘lardim”. Kim, shuningdek, homiladorlik paytida duch kelgan boshqa muammolar haqida gapirdi: “Men preeklampsiya bilan og‘riganman, bu haqda hatto bilmaganman. Shu tufayli oyoqlarim va yuzim juda shishgan edi. Hatto muddatidan olti hafta oldin tug‘ishimga to‘g‘ri keldi va shoshilinch ravishda kesarcha kesish yo‘li orqali farzandimni dunyoga keltirdim”, — deydi yulduz.
99
1,479
Madaniyat
“Iloji bo‘lsa, pampers taqib yur, yo‘lingdan chiqsam, ishtoningni ho‘llab qo‘yasan”. SanJay o‘zining ustidan kulgan hamkasbi Jasur Mavlonovga murojaat qildi (video)
Xonanda SanJay “Chotki tv” YouTube-kanaliga bergan intervyusida o‘zining ustidan kulgan hamkasbi Jasurbek Mavlonovga murojaat qildi. “Jonli efirda bir inson mening ustimdan kulib chiqyapti, keyin men to‘g‘rimda she’r chiqaryapti, undan keyin jonli efir qilyapti va mavzuni davom ettiryapti. Men bu uchta videoni ham Instagram’dagi sahifamga joylab qo‘ydim. Xalq o‘z bahosini bersin. Uning ma’muriga 5-6 marta telefon qildim. Ma’muri uni dam olyapti dedi. Telefon qilsin menga, dedim. Agar u erkak bo‘lganida, telefon qilib, uzr, Sanjar aka, men xato qilibman, degan bo‘lardi, qachonlardir yopilib ketardi bu ish. Bu bola mendan uzr so‘ramay turib, ikkinchi va uchinchi zarbalarni beryapti. U erkak emas, unga ayollarning kofta-yubkasini berib, ro‘mol taqib, ko‘chaga chiqarib yuborish kerak. Uning ismini ham o‘zgartirish kerak. Qanaqadir antiqa ayollar ismlaridan qo‘yish kerak, masalan Lolita”, — deydi SanJay. “Kel, men bilan uchrash, erkak bo‘lsang, kel, ‘duxing’ yetsa kel. Baribir men sendan so‘rab olaman, qochib keta olmaysan mendan. Sening o‘zi toming joyidami? Tom bormi senda? Iloji bo‘lsa, har kuni pampers taqib yur. Men yo‘lingdan chiqsam, ishtoningni ho‘llab qo‘yasan!”, — deya so‘zlarini davom ettiradi SanJay. Eslatib o‘tamiz, SanJay jonli efirda folloverlariga murojaat qilib, ko‘chalarni toza saqlashga, birdam bo‘lishga chorlayotgan vaqtda yig‘lab yuborgan edi. Xonanda Jasurbek Mavlonov esa ushbu holatni mazax qilib, SanJayning ustidan kulgan.  Toshkent shahar hokimligi xonanda SanJayga Obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimini taklif etdi
164
1,567
Madaniyat
“Arvoh ovchilari” filmining yangi qismida tobut tashiladigan mashinadan foydalanildi
“Arvoh ovchilari” komediyasining yangi qismi rejissyori Mark Feyg o‘z Twitter’ida bosh qahramonlarning xizmat avtomobili – yangilangan Ecto-1 tasvirga olingan fotosuratlarni e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Motor.ru”. O‘tgan asrning 80-yillari o‘rtalarida ishlab chiqarilgan va dafn marosimlari uchun mo‘ljallangan Cadillac Superior Hearse ushbu mashinaga asos bo‘lib xizmat qilgan. “Arvoh ovchilari”ni suratga olish ishlari 2015-yil may oyida Bostonda boshlandi. Ekranlarga 2016-yil 22-iyunda chiqishi rejalashtirilgan filmdagi arvoh ovchilari rollarini ilk bor ayollar ijro etgan.
84
584
Madaniyat
Rossiya xalq artisti Nikolay Karachensov vafot etdi
Rossiya xalq artisti Nikolay Karachensov 74 yoshda Moskva shahridagi 62-sonli shifoxonada vafot etdi, deb yozadi “Vedomosti”. Karachensov 27-oktabr kuni 74 yoshga to‘lgan bo‘lar edi. Aktyor bilan vidolashuv marosimi qachon o‘tkazilishi hozircha noma’lum. Karachensov Moskvadagi “Lenkom” davlat teatrida 20 dan ortiq sahna asarlarida rollar ijro etgan. 2017-yilda aktyorning rafiqasi Lyudmila Porgina turmush o‘rtog‘ining o‘pkasida xavfli o‘simta aniqlanganligi haqida ma’lum qilgan edi.
51
487
Madaniyat
Bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida taniqli kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda
“O‘zbekkino” Milliy agentligi hududiy bo‘limlari tomonidan oromgohlarda dam olayotgan bolalarning mazmunli madaniy hordiq chiqarishlari uchun milliy filmlar namoyishlari, taniqli kinoijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Jumladan, Agentlikning Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan 10-avgust, dushanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli “Tong” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi rahbariyati bilan hamkorlikda O‘zbekiston Mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuvda oromgohda hordiq chiqarayotgan 120 dan ortiq bolalar qatnashdi. Unda san’atkor o‘z ijodiy faoliyati, suratga olish jarayonlarida yuz bergan qiziqarli hodisalar haqida so‘zlab berdi, bolalarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
101
952
Madaniyat
Armen Jigarxanyanning do‘sti aktyor Moskvada politsiya tomonidan qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi
CCCR xalq artisti Armen Jigarxanyanning do‘sti Artur Sogomonyan aktyor u bilan Moskvaning Molodogvardeyskiy ko‘chasidagi kvartirani ochgani va shundan so‘ng politsiya tomonidan qo‘lga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. OAVga ko‘ra, politsiya Jigarxanyan va Sogomonyanni aktyor Molodogvardeyskiy ko‘chasidagi rafiqasi Vitalina Simbalyuk-Romanovskaya bilan yashagan kvartira qulfini buzishga uringan chog‘da qo‘lga olgan. Kvartira hozirda ayolning mulki hisoblanadi. “Navbatdagi yolg‘on. Armen Borisovich uyga kirish va hujjatlarini olish uchun mahalliy shirkat vakili bilan birga ko‘tarildi. Vitalina hech bir hujjat, jumladan, xorijiy pasport, pensiya guvohnomasi, tibbiy sug‘urta polisini bermadi, biroq qulf almashtirilgandi. U pastga tushdi, uy boshqaruvi vakili bilan muloqotda bo‘ldi va ketdi. Hech qanday politsiya naryadi bo‘lmagan. Aytgancha, o‘zim ham bu payt Moskvada bo‘lmaganman, Armen Borisovich bilan telefon orqali aloqada edim”, — dedi Sogomonyan.
109
1,007
Madaniyat
Vohidjon Isoqov uylandi. To‘yda Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova va yana 10 dan ortiq xonanda qo‘shiq kuyladi (foto+video)
Qo‘shnisining qiziga uylanayotganini ma’lum qilgan xonanda Vohidjon Isoqov 14-sentabr kuni bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. Uning to‘yi Tashket City parkida bo‘lib o‘tdi. Vohidjon va Dilnozaxonni tabriklash uchun to‘yga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurdi. Nikoh oqshomida O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Alisher Fayz, Ulug‘bek Rahmatullayev, xonandalar Shohruhxon, Jasur Umirov, Sevinch, Bahrom Nazarov, Nasafiy, Abduvali Rajabov, Yodgor Mirzajonov, Sharof Muqimov, Jasur Mavlonovlar qo‘shiq kuyladi. Vohidjon Isoqovning o‘zi ham Sevinch bilan duet ijro etdi.
121
638
Madaniyat
“Minyonlar: Gryuvitatsiya” multfilmining yangi treyleri chiqdi
Illumination studiyasi “Minyonlar: Gryuvitatsiya” multfilmining yangi treylerini namoyish etdi. Kartina relizi 2022-yilning 1-iyulida bo‘lib o‘tadi. Rolikda minyonlar ustoz Choudan kung-fu o‘rganish uchun samolyotda San-Fransiskoga uchadi. Multfilm voqealari 1970-yillarda sodir bo‘ladi. Sujetga ko‘ra, superqahramon bo‘lish orzusidagi 12 yoshli Gryu “Badjahl oltilik” tashkilotiga a’zo bo‘ladi. Buning uchun u minyonlarini yordamga chaqiradi. Film rejissori “Minyonlar” franshizasi ustida ishlagan Kayl Bald ava Bred Ebleson. Gryuga yana Stiv Kerell ovoz bergan. Multfilm premyerasi bir necha bor ko‘chirilgan. Avvaliga u 2020-yilning 3-iyunida prokatga chiqishi kerak edi, biroq pandemiya sabab reliz 2021-yil iyulga qoldirilgandi.
62
735
Madaniyat
Sardor Milano O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga taklif qilindi
Sardor Milano O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasiga taklif qilindi. Bu haqda Sardorning o‘zi Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. “Bugun Moskvadagi elchixonamizga taklif qilindim. Iliq qabul, qo‘llab-quvvatlash so‘zlari uchun katta rahmat! Bu juda yoqimli”, − deb yozgan Sardor va tegishli fotosuratni ilova qilgan. Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Sardor Milano Rossiyadagi “Glavnaya ssena” musiqiy teleloyihasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
69
486
Madaniyat
Marhum qiziqchi Obid Asomovning o‘g‘li Odilxon uylandi (foto)
Marhum qiziqchi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomovning o‘g‘li Odilxon uylandi. To‘y 22-oktabr, seshanba kuni poytaxtdagi to‘yxonalardan birida bo‘lib o‘tgan. Odilxon va Zuhraxonning visol oqshomi suratlari Instagram’da e’lon qilindi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov 2018-yilning 14-dekabr kuni Toshkentdagi 1-shahar klinik shifoxonasida vafot etdi. U 55 yoshda edi. Obid Asomov so‘nggi rolini ijro etgan “Shod-u xurramlik” filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi Rossiyalik qiziqchi Obid Asomov xotirasiga festival o‘tkazishni taklif qildi
61
590
Madaniyat
Ayol matonati haqidagi o`zbek filmi — “Nazira”
Ayolni qanchalik ojiza demaylik, uning kuchli iroda va g`ayrati oldida dunyoning har qanday muammosi arzimasdek tuyuladi, Rejissyor Jahongir Qosimovning 8 yillik tanaffusdan so`ng taqdim etgan “Nazira” filmi esa yuqoridagi fikrlarimizni yana bir karra isbotlaydi. Biz bilan bir zamonda yashagan Nazira Shodmonova hayoti badiiy asarga aylantirilgan kinokartinada o`zbek ayolining naqadar sabr-qanoatli, haqiqatparvar, farzandlarining hotirjamligini baxt, deb bilganiga guvoh bo`lasiz... “Nazira” filmi ijodkorlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashishga qaror qildik. Zero, kinokartina voqealarida ko`rsatilgan kechinmalar hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi. “Men uchun Nazira haqiqiy qahramon!” — Jahongir aka, salkam 8 yildan so`ng navbatdagi badiiy filmingizni tomoshabinlar e`tiboriga havola etdingiz. — Xabaringiz bor, o`tgan vaqt davomida bir qancha lavozimlarda faoliyat yuritdim. Rasmiy va tashkiliy ishlar bilan kino suratga olish biroz qiyin. Ammo oradan shuncha vaqt o`tganiga qaramay, o`zim ishlashni istagan janrdagi ijod mahsulini taqdim etdim. Bilasizmi, Nazira Shodmonovaning o`g`li Shokir Xoliqov menga onasining hayotini so`zlab berganida, juda ta`sirlanganman. Filmda ham qahramonlarning hayotdagi ismlaridan foydalanilgan. U ayolning qiyinchiliklarga dosh bera olgani, shu bilan birgalikda o`zligini yo`qotmasdan, faqat oldinga intilishi va sabrini yo`qotmaganiga tan bermasdan iloj yo`q. Bir insonning taqdir yo`lidan ilhomlanib ssenariy yozganmiz. Film voqealarida badiiy to`qimalar juda oz. “Nazira”ning 70-80 foiz voqealari real hayotdan olingan. — Filmning rejissurasiga taalluqli bir jihatga aniqlik kiritmoqchi edim. Voqealar davomida Naziraning o`nta bolaning onasi ekani bir necha bor ta`kidlangan bo`lsa-da, kadrda faqat ikki o`g`li va qizini ko`rdik, xolos... — E`tibor bergan bo`lsangiz, film ikki soatdan ko`p davom etadi. Agar vaqtini undan oshirsak, “prokat” qonunlariga zid bo`lardi. Aslida kadr ortida qolgan voqealar juda ko`p. Nasib qilsa, bir yildan so`ng “Nazira”ning serial varianti efirga uzatiladi. 6 qismdan iborat, har biri 50 daqiqa davom etadigan serialda voqealar rivojini to`liq ko`rish mumkin bo`ladi. — Filmda ayolning irodasi naqadar kuchli ekanini isbotlash bilan birga ayrim erkaklarning zaif tomonlarini ham ko`rsatib bergansiz. Masalan, Naziraning umr yo`ldoshini olaylik. U er sifatida rafiqasini tuhmatlardan qutqara olmadi. Erkak kishi sifatida buni ko`rsatish, qabul qilish siz uchun qiyin kechmadimi? — Men bu holatni biroz boshqacha ta`riflagan bo`lardim. Inson xoh u erkak bo`lsin yoki ayol, qalbida yonib turgan o`ti bo`lsa, u hatto, haddi sig`magan narsalardan ham ortig`ini bajara oladi. Filmning voqeasida esa ana shu yurakdagi vujur Naziraga tegishli edi. Hayoti davomida hech narsadan qo`rqmay, haqiqatni izlab, u uchun kurashib, hatto “korrupsiya va byurokratizmni engaman”, degan ayol edi u. Shaxsan men ana shunday kuchli fe`l-atvorga ega boshqa qahramonni ko`rmadim. Shuning uchun ham kinokartinamizda biz zamonamizning qahramonini ana shu ayol timsolida ko`rdik. — “Nazira” orqali tomoshabinga aytar so`zingiz... — Hech ahamiyat berganmisiz, bugungi zamonamizning odamlari juda noziklashib boryapti. Salgina shamol tegsa jabirlanib qolayotgandek. Bunday zaiflik bilan hayotning sinovlariga bardosh bera olmasligimiz aniq. Aslida, xoh ayol, xoh erkak bo`lsin, avvalambor o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishishi kerak emasmi? Yo`lida uchragan suvni simirib, toshni kemirib, to`xtamaslikni o`rganishimiz kerak! Baxt, to`kin hayot shunchaki berilmaydi. Buning uchun kurashish, ma`lum bir qiyinchiliklardan o`tishimiz shart. Insonlar mana shu muhim narsani yodida tutishlarini istadim. Yana bir gap, aksariyat holatlarda ayolning vazifasini faqat farzand dunyoga keltirib uni tarbiyalashda, deb bilamiz. Ammo “Nazira”ning qiyofasida tomoshabin ayol faqat birgina shu bilan cheklanmasligini ko`rish mumkin. Qahramonimiz o`nta farzand ko`rib, ulg`aytirib, o`qitib, hayotda o`z o`rnini topishiga ko`mak bergan va shu bilan birgalikda o`zi ham O`zbekistonning birinchi tadbirkor ayollaridan biriga aylangan. Film orqali ayol bir qo`li bilan beshikni, ikkinchi qo`li bilan esa dunyoni tebrata oladigan kuchga egaligini isbatlagim keldi. “Nazira” deb sog`lig`imdan kechganman” Shodiya Abduqodirova, (Naziraning yoshligini ijro etgan): — Bilasizmi, doim zamonamiz qahramoni, deya bong uramiz-u, lekin nega o`sha qahramon ayol kishi bo`la olishi mumkinligi haqida kam o`ylaymiz. Hatto ayollar uchun atab yozilgan ssenariylar ham kam. Aslida oila va ishni birdek uddalash, jamiyatda o`z o`rnini topish bizga ikki karra qiyinchilik tug`diradi. Shu ma`noda, “Nazira” filmi ayni paytida namoyish etilgan, zarur kinokartina bo`la oldi. Real voqealarga asoslangan filmning hayotdagi qahramoni bilan tanishishga ulgurmadik. Nazira aya 61 yoshda, og`ir xastalikdan olamdan ko`z yumgan ekan. Ammo o`g`illarining “Onam biz uchun hamma narsadan voz kechib, qiyinchiliklarga dosh bera olgan ayol. Hech bo`lmasa, volidam uchun film suratga olishimiz kerak”, deya taklif kiritishgandi. Aslida aktrisa sifatida hech qachon rol ijro etib qiynalmaganman. Har qanday kuchli his-hayajonli qahramonlarni gavdalantira olishimga ishonardim. Ammo tan olishim kerak, bu gal juda qiynaldim. Sababi, filmning suratga olish jarayonida ikkinchi farzandimga homilador edim. Shu holimda, qahramonimning emosional sahnalarini ijro etib, hatto bir necha bor tobim ham qochdi. Naziraning yoshi katta davrini ham o`zim ijro etishim kerak edi, biroq sog`ligimda muammolar yuzaga kelmasligi uchun bu davrni Muyassar Berdiqulova o`ynadi. Nimaiki bo`lmasin, bari yaxshilikka, deyishadi-ku. Nazarimda, Muyassar Berdiqulova Naziraning katta yoshdagi davriga mendan ko`ra ko`proq mos tushgan. Tajriba, tashqi ko`rinish, umuman har jihatdan rolni to`ldirib turibdi. “Filmning har bir sahnasi men uchun sinov bo`ldi” — O`rta yosh aktrisalarga kinoda bosh qahramon rolini ijro etish bir omad... Muyassar Berdiqulova: — Haqsiz. Hech ikkilanmay aytishim mumkin, Nazira har bir tengdosh va mendan kichik hamkasblarim ham orzu qilib, uzoq kutgan rollardan biri. Aslida har bir yoshda ham muvaffaqiyatli hamkorlik qilish bu ijodkorning omadi. Bu baxt aynan menga va shu yoshimda berilganidan hursandman. Birinchidan film psixologik drama janrida, ikkinchidan Jahongir Qosimovning talablarida judayam charxlandim. Hatto bitta epizod ustida bir kun davomida ishlagan paytlarimiz ham bo`ldi. Har bir sahnani ijro etganda ich-ichimdan ezilib, “nahotki, vazifani tushuna olmayapman?” deb yig`ladim. Bugun esa shu qadar talabchan ijodiy guruh bilan ishlaganimdan juda faxrlanaman. Ortga nazar tashlab, qaysidir sahnani ijro etish oson bo`lganini eslolmayman. Har biri haqiqiy sinov edi. Ammo ijodkor uchun bu qiyinchiliklar, haqiqiy rohat ekan! “Zolim qaynonaman...” — To`ti aya, sizni doim ijobiy rolda ko`rib o`rganib qolgan ekanmiz. “Nazira”da salbiy qahramonni gavdalantirishga sizni qanday ko`ndirishdi? To`ti Yusupova, Naziraning qaynonasi roli ijrochisi: —Jahongir bilan ilk bor 1989 yilda hamkorlik qilgan edik. O`shanda “Jangak” filmida kinodagi birinchi salbiy – amma rolini ijro etganman. Oradan sal kam o`ttiz yil o`tib, yana salbiy qahramonni gavdalantirishimni aytdi. Qanday ko`ndirganini o`zim ham bilmayman (kuladi). Ammo taklifini qabul qilib adashmadim. Tomoshabin meni bunday zolim qaynona rolida umuman ko`rmagan. Filmdagi rolim uncha katta bo`lmasa-da, vaziyatni keskin hal qilishi bilan e`tiborga loyiq. “Jamiyatimiz hayotiga tutilgan ko`zgu" Nigora Umarova, san`atshunos: — Mavlono Rumiy "Qanotim yo`q, va lek, uchmoqdaman", deb yozgan edi. Agar insonda sabot bo`lmaganda edi, o`zining yuksak maqsadiga erishmagan, turmushning mayda ikir-chikir tashvishlariga o`ralashib o`zi ham maydalashib qolgan bo`lardi. Yuqorida keltirilgan hayot hikmati esa go`yo film qahramoniga atab bitilgandek. Naziraning taqdirini kinotasmaga tushirishda rejissyor Jahongir Qosimovning hayot haqiqatini kino san`atidagi namoyishiga guvoh bo`lamiz. U o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishish yo`lida turmushning “mushti”, taqdiri azalning “toshli” zarbalariga qaramay oilam, farzandlarim, elim-yurtim, deb yashagan zamonamiz qahramoni sifatida gavdalangan tadbirkor ayol qiyofasida namoyon bo`lgan. Film yaqin 25-45 yildagi voqealarni o`zida aks ettirgani, yurtimizda hozir kechayotgan jarayonlarda ko`tarilib, echilishi shart bo`lgan masalalarning yoritilishi jihatidan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Kinokartinadagi voqealar "yaltir-yultur", "jimjimalar"dan holi, biroq unda hayotning achchiq-chuchuklari ko`rsatilgan. Agar insonda e`tiqod, iroda kuchli bo`lsa, uni na tuhmat, na mahalliy boshqaruv tizimining o`sha paytdagi (1994-2000 yillar) byurokratik to`siqlari enga olmasligi film voqealiklarida yaxshi ochib berilgan. “Nazira” ana shu jihatdan tomoshabinga qadrdon bo`lib qolsa kerak. Chunki undagi rakurs jamiyatimizning hayotiga tutilgan ko`zgu sifatida olingan. Aktrisalar Shodiya Abduqodirova va Muyassar Berdiqulova ijro etgan Nazira Shodmonovalarning qiyofasida fe`l-atvor jihatdan bir-biridan farqli taraflari bor. Biri o`z orzulari yo`lida harakat qilsa, ikkinchisi aql va yurak bilan uyg`unlashgan qat`iyat orqali harakat qiladi. Obrazning umumiy tarafi esa Nazira Shodmonovaning sinmas va bukilmas irodasi hisoblanadi. Aliya SULAYMANOVA
46
9,288
Madaniyat
Foto: Farangiz Rejametovaning vafotidan 3 daqiqa avval olingan surat
“Oyijon” filmidagi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 20-iyul kuni YTH oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik. “Darakchi.uz” voqea joyida guvoh bo‘lgan, Farangiz hayotining so‘nggi daqiqalarida yonida turgan dugonalari bilan bog‘landi. Shuningdek, uning vafotidan 3 daqiqa avval olingan surat bilan bo‘lishdi. Dilnoza Bobomirzayeva: — Farangiz bilan kursdosh bo‘lganmiz. Xuddi opa-singildik edik. Nimani o‘ylasa yoki siqilsa doim bo‘lishardi, sirlashardik. May oyida dadasining o‘limidan so‘ng Farangiz o‘zini yo‘qotib, ko‘ngli kemtikib yurardi. O‘limidan bir hafta oldin esa uyiga bordim. Yarim tungacha mazza qilib suhbatlashib, kulishib o‘tirdik. Ertasi kuni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga tayyorlandi. Ammo ming afsus, o‘sha guvohnomani qo‘liga olish o‘ziga nasib etmabdi (yig‘laydi)... Nargiza Bobomurodova: — Bilasizmi, Farangiz istirohat bog‘ini juda yaxshi ko‘rardi. Hayotining so‘nggi kunlarida ham “Ketdik parkka, yuringlar aylanib kelamiz” deb ko‘p gapirgandi.O‘sha mudhish kun besh dugona yig‘ilib, Mirzo Ulug‘bek bog‘iga bordik. Lekin u hech qaysi attraksionda uchmadi. Faqat sayr qildi va uni o‘sha holat qoniqtirayotganini sezardik. Bog‘dan chiqib, ovqatlanishga yo‘l olganda, bog‘ yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasida... undan ayrilib qoldik (yig‘ladi)... Dilnoza Bobomirzayeva: — Men va ikki qiz orqada, Farangiz esa Mohiniso bilan bizdan oldinroqda ketishayotgandi. (Bog‘dan chiqqan boshqa ko‘pchilik odamlar ham ana shu yo‘lni kesib o‘tayotgandi) Dugonamizdan yarim qadamgina oldinda qadam tashlab yurgan farishta Farangizni aynan o‘sha qora mashina urib ketdi. Nargiza Bobomurodova: — (Xo‘rsinib yig‘lab) Bugun o‘sha holatni ko‘z oldimdan umuman ketmayapti. Farangiz katta tezlikda kelayotgan mashinaning zarbidan shu qadar yuqoriga uchib ketdiki... Yerga ikki uch marta dumalab tushdi. Boshidan juda ko‘p qon oqardi. Tez yordamga qo‘ng‘iroq qildik, ammo ularning vaqtida kelolmaganidan, o‘sha yerda yo‘l harakatini nazorat qilib turgan militsiya xodimi, Farangizni urib ketgan mashina egasiga aytib, bizni shifoxonaga yubordi. Farangizni Dilnoza bilan birga olib ketdik. Birinchi Tibbiyot Akademiyasiga borganimizda shifokorlar dugonamizni vafot etganini ma’lum qilishdi. Dilnoza Bobomirzayeva: — Bilasizmi, yo‘lda ketayotganimizda Farangizning yuragi urib turganini sezgandim. Ammo shifokorlarning aytishicha, miyaga tekkan qattiq zarb uning hayotiga nuqta qo‘ygan ekan. Tasavvur qiling, jism o‘lgan, ammo yurak urib turibdi... (yig‘lab) Bu ham bejizga emas. Chunki Farangiz hayotni sevar, har bir kunidan zavq olib yashashni istardi. Farishtadek beozor, beg‘ubor qiz edi. Uning bir olam orzulari bor edi, afsus... 21-iyul kuni soat 13:00 da Farangizimizni so‘nggi yo‘lga kuzatdik. O‘sha kundan beri uning xonadonidamiz. Fotima opaning yonida dalda bo‘lib turishga harakat qilyapmiz. Zero, bu fojiada onaning qalbi kabi azobda qiynalayotgan, dard chekayotgan inson bo‘lmasa kerak.
68
2,989
Madaniyat
Amerikalik musiqachi 70 yoshlik yubileyiga bag‘ishlangan konsert vaqtida vafot etdi
Amerikalik musiqachi, Hampton Grease Band guruhi asoschisi Bryus Xempton 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan konsert dasturi vaqtida vafot etdi. Bu haqda NME xabar bermoqda. Bryus Xemptonning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan konsert tadbiri 2-may kuni Atlanta shahri (Jorjiya shtati)dagi Fox teatrida bo‘lib o‘tayotgandi. Artist 13 yoshli gitarachi Brendon Nederauerning yakkaxon chiqishi vaqtida sahnada yiqildi. Sahnadagi boshqa musiqachilar Bryus Xemptonning yiqilishi shouning bir qismi deb o‘ylab, ijroni davom ettiraverdi. Keyinroq esa Xempton shifoxonaga yetkazildi va o‘sha yerda uning joni uzildi. O‘lim sababi ma’lum qilinmayapti. Konsert ishtirokchilari orasida aktyor va musiqasi Billi Bob Tornton, R.E.M. guruhi gitarachisi Piter Bak, Phish guruhining barabanchisi Jon Fishman va boshqalar bor edi.
83
822
Madaniyat
O‘zbekiston hududidan topilgan xazinalar haqida bilasizmi?
Ko‘pincha yer ostiga ko‘milgan, yashirib qo‘yilgan va egasi olmagan, keyinchalik esa tasodifan topilgan qimmatbaho buyum va tangalar majmuini xazina, deb ataymiz. Xo‘sh, hozirgi O‘zbekistondan qanday xazinalar topilgan? “O‘kuz xazinasi” Tarixda “O‘kuz xazinasi” nomini olgan Amudaryo xazinasi haqida ko‘pchilik eshitgan. Miloddan avvalgi IV–II asrlarga oid mazkur xazinadagi buyumlardan biri — oltin bilaguzuk milliy valyutaning 100 so‘mlik kupyurasida ham aks etgan. Amudaryo xazinasi 1877-yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish yerida, Taxtiqubod kechuvi yaqinida topilgan. Xazina 179 oltin va 7 kumush buyum, shuningdek, 1500 kumush va chaqa tangalardan iborat. Ular 1897-yilda Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan. Bugungi kunda ham o‘sha yerda saqlanmoqda. Hozirgi Tojikiston hududidan topilgan mazkur xazina haqida amaldagi maktab darsliklarida ham ma’lumot berilgan. Biroq O‘zbekiston hududidan topilgan xazinalar haqida darsliklarda lom-mim deyilmagan. Shuning uchun ham aksariyat kishilar maktabda Amudaryo xazinasi haqida eshitgan bo‘lsa-da, mamlakat hududidan topilgan ko‘plab xazinalar haqida hech narsani bilmaydi. 36 kilogrammlik oltin buyumlar va fil suyagidan ishlangan dunyodagi eng qadimiy shaxmat donalari Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hududi xazinalar makoni. Tuman markazi — Sho‘rchi shahridan 10 kilometr shimoli-sharqda 47 gektarlik Dalvarzintepa shahri xarobalari yastanib yotibdi. U asrlar davomida ulkan xazinani o‘z bag‘riga olgan. Qazishmalardan ayon bo‘ladiki, ko‘hna shahardagi kengligi 12 metrga yaqin shoh ko‘chalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga borib taqaladi. 1972-yilda O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi shu uylarning biridan vazni salkam 36 kilogramm chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qadimiy bo‘lgan shaxmat donalarini topdi. Yarim metr chuqurlikdan qazib olingan ikki baldoqli sopol ko‘zachadagi oltin buyumlar soni 115 ta. Ular yombilar, bilaguzuklar, oltin shodalar va boshqalardan iborat. Taxmin qilinishicha, xazina podsho amaldorlari, boylarga har xil taqinchoqlar tayyorlab beradigan zargarga tegishli bo‘lgan. Chunki ba’zi taqinchoqlar juda og‘ir, hatto bitta bilaguzuk 872 gramm sof oltindan iborat. Xazinadagi to‘g‘ri burchak shaklida tayyorlangan yombilar katta ilmiy ahamiyatga ega. Ular jami 21 ta, ammo 10 tasida qadimgi kxaroshti yozuvi bitilgan. Dalvarzintepa xazinasi milodiy I asrlarga to‘g‘ri keladi. Xazinaning eng qimmatli tomoni uning antik dunyo davri san’atida tutgan o‘rnidir. Bo‘stonliqda bo‘y ko‘rsatgan xazinalar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla qishlog‘i nomi tarixda qoldi. 1955-yilda uning yaqinidan topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari “Burchmulla xazinasi” nomini oldi. Biroq so‘nggi bronza davriga oid mazkur xazinaning salmog‘i ko‘zni quvontiradigan darajada emas. Burchmulla xazinasi topilmalari miloddan avvalgi II-I mingyilliklar mobaynida yaratilgan 1 nayza uchi, 4 paykon va 3 ot yugani to‘qasidan iborat. Bugungi kunda mazkur xazina O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti fondida saqlanmoqda. Bo‘stonliqdan topilgan xazina shu bilan tugamaydi. Tumanning Sijjak qishlog‘idagi Ko‘kyong‘oq mavzeida, Piskom daryosining o‘ng sohilida topilgan moddiy madaniyat yodgorligi ham bor. U tarixda “Bo‘stonliq xazinasi” nomini oldi. 1965-yilda cho‘pon Q.Ermatov tomonidan topilgan xazina O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi)ga topshirilgan. Xazinaning qiymati ancha tosh bosadi. U har birining og‘irligi 200 grammli 8 ta burama bilaguzuk, 8 ta tumor saqlanadigan quticha, 27 ta qo‘ng‘iroqcha, 1 ta buloqi (burunni teshib taqiladigan zirak) va bo‘yinga taqiladigan bir qancha zanjirlardan iborat. Bularning barchasi kumushdan yasalgan. Shunisi qiziqki, bilaguzuklar o‘yma, chizma va bosma usulda ishlangan bo‘lib, ikki uchi ilon boshi ko‘rinishida. Sirti esa turli geometrik shakl, naqsh va so‘g‘dcha yozuvlar bilan bezatilgan. Bo‘stonliq xazinasi milodiy XI asr birinchi yarmiga oid. Bu erdan qadimiy tangalar ham topilgan. Bo‘stonlik xazinasi Toshkent vohasining qadimgi aholisi madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Mis va kumush tangalar xazinasi Bundan tashqari, Angren shahridan taxminan 8 kilometr shimoldagi Dukent qishlog‘idagi o‘rta asrlarga oid Dahkat shahri xarobalaridan kumush va mis tanga xazinalari topilgan. Angren shahri yaqinida joylashgan qadimiy Ko‘hisim shahri xarobalari ham o‘zining 1962 va 1963-yillarda olib borilgan qazishmalar vaqtida topilgan X-XI asrlarga oid ikkita mis va kumush tangalar xazinasi bilan mashhur. Toshkentning shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan Oqota shahar xarobasidan 1960-yilda temuriylar davriga oid xazina topilib, 1040 ta mis tanga O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi)ga topshirilgan. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududida, Ohangaron daryosi qadimiy o‘zani chap sohilida joylashgan Qanqa shahri xarobalaridan ham tangalar xazinasi, oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan taqinchoqlar topilgani bu diyor azaldan xazinalar makoni bo‘lganini isbotlaydi. Toshkent shahridan janubda, Chirchiq daryosining o‘ng sohilida, daryodan yarim kilometr narida joylashgan Xonobodtepa shahar xarobasi ham xazinalarga boy. U erdan VIII asrning birinchi yarmiga oid Choch hokimi Tarnabchaning silovsin tasvirli tangasi, Ustrushona hokimi Satachuriy II, So‘g‘d ixshidi Turgar (hukmronligi: 738–750), Turk hoqoni Eltegin tangalari va abbosiylar sulolasining mis fuluslaridan iborat xazina topilgan. Shuningdek, Afrosiyobni arxeologik qazishlar vaqtida turli davrlarga oid mis tangalar xazinasi topilgani, yoki Samarqandning Registon maydonidan topilgan XIV–XVI asrlarga oid metall buyumlarning yirik xazinasi ham katta ahamiyatga ega. Ermitaj ekspozitsiyalarida “Chelak xazinasi” Hozirgi Namangan viloyati Xok qishlog‘idan 1894-yilda metall buyumlar xazinasi topildi. Miloddan avvalgi II mingyillikning birinchi yarmiga oid bu xazina “Xok xazinasi” nomini oldi. U jami 6 ta buyumdan iborat bo‘lib, 5 tasi jezdan va bittasi kumushdan tayyorlangan. Bular ko‘za, pichoq bo‘lagi, 3 ta to‘g‘nog‘ich (bittasi kumushdan yasalgan), shuningdek, iskana bo‘lagi. To‘g‘nog‘ichlar juda mayda ishlangan bo‘lib, uning bir tomoniga buzoqcha hamda sigir sog‘ayotgan ayol juda ustalik bilan tasvirlangan. Xok xazinasi Farg‘ona vodiysi arxeologiyasida noyob hisoblanadi. U hozirda Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajining Sharq bo‘limida saqlanmoqda. Samarqand viloyati hozirgi Chelak shahar xarobasida 1961-yilda topilgan moddiy boyliklar “Chelak xazinasi” nomini oldi. Topilmalar 4 ta kumush idishdan iborat bo‘lib, ulardan biri sosoniylar davriga oid. Idishda shahanshoh Pero‘z (hukmronligi: 459–484) tasviri tushirilgan. Ikkinchi idish qalin bo‘lib, unda bir eftaliy zodagonning tasviri bor. Qolgan 2 idish yupqa, nozik ishlangan bo‘lib So‘g‘dda qilingan. Chelak xazinasi milodiy VI asr oxiri – VII asr boshida So‘g‘dda yashagan shaharlikning xonadonidan topilgan bo‘lib, bu yerga aftidan bir asr muqaddam kelib qolgan. Chelak xazinasi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda.
58
7,153
Madaniyat
Madaniy meros haftaligida 60 ta davlatdan kelgan olimlar, noshirlar va jurnalistlar ishtirok etmoqda
Yoshlar ijod saroyida “O`zbekiston buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasida: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi ochilishiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi. U o`z so`zida Haftalikka tayyorgarlik jarayonlarini Prezident Shavkat Mirziyoev shaxsan nazorat qilib borayotganini ta`kidladi. «Oldimizda turgan Madaniy meros haftaligini nafaqat markaziy Osiyo, balki butun Evrosiyo kontinenti uchun unutilmas voqea deya e`tirof eta olamiz», — dedi Aziz Abduhakimov. – Har bir tadbirning asosiy tarkibiy qismi unga tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan ahamiyatli. Bu esa dunyoga mashhur olimlar, ekspertlar, O`zbekiston va uning madaniy boyliklariga befarq bo`lmagan insonlardir. Mazkur fikrni O`zbekiston madaniyat vazirining o`rinbosari Kamola Aqilova ham tasdiqladi. U o`z so`zida boshlanayotgan Madaniy meros haftaligi jahon ilm-fani ravnaqiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Zero ilm va fan faqatgina bir mamlakat doirasida rivojlanmaydi. «Bizning asosiy vazifamiz mamlakatimizning boy merosini o`rganish va kelgusi avlodlarga etkazib berishdir», – dedi K. Aqilova, – “O`zbekiston buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasida: imperiyalar, dinlar va madaniyatlar” madaniy meros haftaligi bu borada o`z vazifasini to`liq ado etmoqda. Haftalikning tashkilotchilari madaniy meros masalasiga turli nuqtai nazardan yondashdilar. Jumladan loyiha doirasidagi ishlar ilmiy, ko`rgazmali, noshirlik va sayohatlarga asoslanib amalga oshirildi. Bu faoliyatga, albatta chet ellik olimlar ham katta hissa qo`shmoqdalar. Ular O`zbekiston madaniy merosini shakllantirish asoslarini yaratishga yordam berishmoqda. Madaniy meros haftaligiga doir fakt va raqamlar borasida yanada batafsil ma`lumotlarni “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`rplamlarida” loyihasi muallifi, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va targ`ib qilish jamiyati raisi Firdavs Abduholiqov havola etdi. Uning ta`kidlashicha tadbirda 60 ta mamlakat Fanlar akademiyalarining 3 nafar Prezidenti, 3 nafar nashriyot direktorlari, 3 nafar fond direktori, 35 nafar turli kutubxona va muzeylar rahbarlari, 250 nafar tadqiqotchi-olimlar, 200 nafar professorlar, 12 nafar akademiklar, shuningdek ICOMOS i YuNESKO xalqaro tashkilotlarining 25 nafar vakili, 60 xorijiy va 70 mahalliy OAV vakillari ishtirok etmoqda. Manzura BEKJONOVA
100
2,414
Madaniyat
Rayhonning 2016-yilgi konserti: plyus va minuslar
23-fevral kuni xonanda Rayhonning “Istiqlol” san’at saroyidagi 27-fevralga qadar davom etadigan konsert dasturi boshlandi. Konsertning birinchi kunida mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad shou-dasturning yutuq va kamchiliklari haqidagi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Maqolada berilgan baholar, fikr va mulohazalar — muallifniki. Tahririyat fikri muallif fikridan farq qilishi mumkin
49
397
Madaniyat
Nargiz Zokirova Sankt-Peterburgdagi xalqaro tanlovda Rossiya nomidan qatnashib, Gran-Pri sohibasi bo‘ldi
10-iyul kuni Sankt-Peterburg shahrida “Oq tunlar” (“Белые ночи”) xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Nargiz Zokirova Rossiya nomidan ishtirok etdi va g‘olib bo‘ldi. Super.ru xabar berishicha, tanlovda besh qit’aning 12 mamlakatidan kelgan qatnashchilar o‘zaro bellashdi. Sahnaga oddiy ishtirokchilar bilan birga, dunyo darajasidagi super yulduzlar ham ko‘tarildi. Nargiz Zokirovaning Facebook’dagi sahifasida uning muxlislari xonandani ushbu tanlov Gran-Prisini qo‘lga kiritgani uchun tabriklab xabarlar qoldira boshladi. Kecha, 12-iyul kuni xonandaning o‘zi ham post yozib, “Oq tunlar” Gran-Prisini yutib olganini tasdiqladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda tug‘ilib, hozirda AQShda istiqomat qilayotgan Nargiz Zokirova Rossiyaning “Golos” teleshousidagi ishtirokidan keyin musiqa muxlislari orasida mashhurlikka erishgan edi.
104
835
Madaniyat
Yaponiyada “Garri Potter”ning sehrli olamiga bag‘ishlangan bog‘ barpo etiladi
2023-yil Yaponiyada “Garri Potter” filmiga bag‘ishlangan yangi bog‘ paydo bo‘ladi, deb yozadi “Sky News”. Tokioda qurilishi rejalashtirilgan bog‘ga tashrif buyuruvchilar filmdagi kabi dekoratsiya, liboslar, kinoni suratga olishda ishlatilgan rekvizitlarni ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, muxlislar qayta tiklangan haqiqiy Xogvarts qal’asi, shuningdek, Kosom ko‘chasi va Gringotts sehrli bankini ham tomosha qiladi. Bog‘ning maydoni Yaponiya poytaxtining markazidan poyezdda yarim soatlik masofada joylashgan Narmire tumanining 30 ming kvadrat metrini egallagan. Mazkur joyda hozir ko‘ngilochar bog‘ va akvapark joylashgan bo‘lib, avgust oyi oxirida bog‘ning yopilishi rejalashtirilgan. Britaniyada ham shunga o‘xshash bog‘ bor va u sayyohlarning sevimli markazi hisoblanadi. 2012-yilda ochilgan ko‘ngilochar maskanga shu kungacha 14 milliondan ortiq kishi tashrif buyurgan. “Garri Potter” sehrli olamiga bag‘ishlangan alohida attraksionlarni Universal Studios’ning Amerika va Yaponiyadagi bog‘larida tomosha qilish mumkin.
77
1,025
Madaniyat
Navoiy shahrida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining umumbashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi, viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Vengriya, Ozarbayjon, Qozog‘iston davlatlaridan taniqli navoiyshunos olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi. O‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon bir oiladek yashab kelayotgan inoq xalqlardir. Bu Navoiyning ezgulik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik kabi go‘zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qimmatli g‘oyalari bilan uzviy bog‘liqdir. Shoir nomi bilan ataluvchi Navoiy viloyatida bunday yirik anjumanning o‘tkazilishi buyuk so‘z san’atkoriga bo‘lgan cheksiz hurmat belgisidir. Buyuk mutafakkir ijodi biz, avlodlar uchun ulkan ma’naviy boylik bo‘lib, uni birgalikda o‘rganmoq, teran anglamoq har birimiz uchun sharafdir Almaz Uvli, Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi adabiyot institutining Ozarbayjon—Turkmaniston—O‘zbekiston adabiy aloqalar sho‘basi mudiri Anjumanda ishtirokchilar sho‘balarga bo‘linib, Navoiy ijodini o‘rganishda erishilgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar xususida munozaralar o‘tkazdi. Navoiy asarlarini dunyo tillariga tarjima qilish, zamonaviy o‘quvchiga yetkazish borasidagi ilmiy izlanishlar samarasi tahlil etildi. Konferensiyada Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga oid ko‘rgazma tashkil etilib, “Farhod” madaniyat saroyida taniqli aktyor va san’atkorlar tomonidan sahna ko‘rinishi ijro etildi, shoir g‘azallaridan namunalar o‘qildi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
79
1,971
Madaniyat
“Rapunsel” multfilmi sujetida koronavirusga ishora qiluvchi belgilar aniqlandi
2010-yilda katta ekranlarga chiqqan “Rapunsel” multfilmi sujetida COVID-19 pandemiyasiga ishora qiluvchi sahnalar topildi, deb yozadi “KinoPoisk”. Multfilm aka-uka Grimm ertagi asosida yaratilgan. Uning sujetiga ko‘ra, yerga quyosh tomchisi tushadi. Ushbu tomchidan kasalliklarni tuzatish va abadiy yoshlikni taqdim etishi mumkin bo‘lgan gul paydo bo‘ladi. Gul dastlab Gotel ismli keksa ayolning qo‘liga tushadi, keyin esa uni Korona qirolligi askarlari homilador qirolichani davolash uchun olib ketadi. Qirolicha sog‘ayganidan so‘ng u malika Rapunselni dunyoga keltiradi. Abadiy yosh qolishni istagan Gotel qizaloqni o‘g‘irlab ketadi va baland minoraga qamab qo‘yadi. Rapunsel minorada 18 yil yashaydi, u hech kim bilan muloqot qilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari multfilmdagi ikki detalga e’tibor qaratdi. Birinchidan, Rapunsel tug‘ilgan qirollikning nomi Korona. Ikkinchidan, hozirgi pandemiya sharoitida odamlarni izolyatsiyalanishga chaqirishmoqda, bu esa Rapunselning hayot tarzini eslatadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Rapunsel izolyatsiyadan so‘ng baxtga erishgani, bu esa karantinning ahamiyatini ko‘rsatishini yozib qoldirgan. Shu munosabat bilan “Rapunsel” multfilmi OAV e’tiboriga tushdi. USA Today nashri karantinda qanday ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish lozimligi haqida material e’lon qildi. Maqola muallifi punktlardan birida minorada shamlar tayyorlash, rasm chizish bilan mashg‘ul bo‘lgan Rapunselni eslab o‘tadi.
78
1,455
Madaniyat
Tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmaydigan Gollivud yulduzlari (foto)
Chiroyli va mashhur bu ayollar muntazam ravishda “eng jozibali” va “eng latofatli” deb e’tirof etib kelingan. Biroq ular ham tashqi qiyofasidagi o‘zlariga yoqmagan jihatlardan norozi bo‘lib turishadi. Skarlett Yoxansson: oyoqlari Skarlett Yoxansson har doim oyoqlaridan norozi bo‘lgan: aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, ular juda kalta va to‘la. “Gollivudda hamma juda ozg‘in, men har doim o‘zimni semiz his qilardim, ayniqsa, oyoqlarim tufayli”, — deydi Skarlett bir intervyusida. Biroq aktrisa vaqt o‘tishi bilan ushbu “kamchilik”ni qabul qilishni o‘rganganini tan oladi. Jennifer Lourens: qomati Harper’s Bazaar jurnaliga bergan intervyusida “normal qomat” haqida orzu qilishini aytgan Jennifer o‘zini juda semiz hisoblaydi. Aktrisa bu haqda shunday deydi: “Men haqiqatan ham oddiy qomatga ega bo‘lishni istardim. Lekin qomatim unday emas. Chiroyli qomatga ega bo‘lish uchun pilates bilan har kuni shug‘ullanaman va ratsionimni muntazam nazorat qilaman. Ammo dunyodagi eng semiz ayol emasligim menga taskin beradi”. Lili Allen: do‘mboq sonlari Xonanda Lili Allen o‘zining do‘mboq oyoqlarini qiziquvchan ko‘zlardan yashirishga harakat qiladi. Lekin bari behuda! Bir marta yulduz: “Jinsi shimlar oyoqlari ingichka qizlar uchun ixtiro qilingan. Men esa bunday sonlar bilan faqat ko‘ylak va yubka kiyishim mumkin”, — deb xafa bo‘lgan. Viktoriya Bekhem: tabassumi Viktoriya jilmaymaslikka harakat qiladi, chunki u tabassumidan qoniqmaydi. Bunga esa yulduzning tabassumi aks etgan bir qancha fotosuratlari sabab bo‘lgan. Viktoriya o‘zining tabassumini irjayish deb hisoblaydi va bu unga umuman yarashmasligiga ishonchi komil. Shunday ekan jiddiy xonim bo‘lishdan boshqa yo‘l yo‘q. Shakira: qomati Hayratlanarlisi Shakira ham o‘z qomatidan ko‘ngli to‘lmaydi. Shakiraning o‘zi bir paytlar shunday degan edi: “Ba’zi kliplarimda men juda erkin va o‘ziga ishongan odamga o‘xshayman. Darhaqiqat, gavdam meni shunday ko‘rsatadi va bu menga yoqmaydi”. Nikol Kidman: ayollarga xos nazokat yetishmasligi Uzun va ingichka oyoqlar sohibasi Nikol Kidmanning ham shikoyat qiladigan narsasi bor. U ko‘proq ayollarga xos latofatga ega bo‘lishni xohlaydi. Bu haqda aktrisa shunday deydi: “Men doimo o‘zimni o‘g‘il bolalarga xos tanaga egaman deb o‘ylayman. Qomatimga ayollarga xos nafislik yetishmaydi”.
68
2,285
Madaniyat
Instagram: Onasini tug’ilgan kuni bilan tabriklagan Zohirshoh Jo’rayev, taniqli turk aktyori bilan uchrashgan Yulduz Usmonova, sayohatdagi san’atkorlar
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Rayhon yoshligida onasi, ya’ni aktrisa Tamara Shokirova bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi. Ayni damda Turkiyada saraton kasalligidan davolanayotgan aktrisa Ra’no Shodiyeva turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Yosh aktrisa, muxlislarga “Soya” seriali orqali tanilgan Mavluda Hikmatova Ispaniyaning Barselona shahriga dam olishga bordi. Aktrisa va teleboshlovchi Luiza Rasulova sahifasiga Buxoroga ketayotgani aks etgan suratni joyladi. Bollivud yulduzi, Hindistonning mashhur aktyorlaridan biri Saif Ali Xonning rafiqasi Karina Kapur o‘g‘li Jening suratini muxlislariga ko‘rsatdi. Aktrisa Shahzoda Matchonova sahifasidagi obunachilarga “Minyonlar” multfilmni ko‘rishni tavsiya qildi. Xonanda Shahlo Ahmedova tug‘ilgan kunida o‘zi yoqtirgan musiqaga raqsga tushdi. DJ Piligrim Ispaniyaning Mayorka orolidan ko‘rinish berdi. Zohirshoh Jo‘rayev sahifasidagi obunachilardan ota-onasini duo qilishini so‘radi va birinchi marta onasi haqida gapirdi. Xonanda onasining tug‘ilgan kuniga gul olganini va maxsus tarona tayyorlaganini aytdi. Xonanda Iroda Dilroz yangi suratini muxlislariga namoyish qildi. Yulduz Usmonova “Abdulhamid” serialida bosh vazir rolini ijro etgan taniqli turk aktyori Bahadir Yenisheherlio‘g‘lu bilan Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida ko‘rishdi. O‘zbekiston xalq artisti uchrashuvga yaqin insonlari bilan birga borgan. Xonanda Umidaxon sahifasidagi muxlislariga hayot juda qisqa ekanligini, uni hasad, nifoq, qarindoshlikni uzish bilan o‘tkazib bo‘lmasligi haqida aytgan. Ko‘plab taronalari xit darajasiga chiqqan Ravshan Sobirov Qashqadaryoga bordi va tandirgo‘sht ajoyib taom ekani haqida muxlislariga aytdi. Aktyor Aziz Umurzoqov muxlislariga hayotda shoh yoki gado bo‘lish emas, haqiqiy erkak bo‘lish muhimligini aytgan. Belarusning Minsk shahrida rejissor Akbar Bekturdiyev “Uzbechka” filmini suratga olmoqda. Filmda bosh rolni ijro etayotgan aktyor Yigitali Mamajonov o‘zi gavdalantirayotgan obrazning nemis tilida hissiyotlarini tushuntirib berish jarayoni murakkab kechayotganini aytdi. Bundan tashqari, u ob-havodagi o‘zgaruvchanlik suratga olish ishlariga halaqit qilayotganini ma’lum qildi. “Qadam” seriali orqali tanilgan aktrisa Aziza Xalilova har doim biror narsadan chalg‘ish uchun safarga borishini, biroq bu narsalar uni avvalgidan qattiqroq qamrab olishini va xotiralar insonga azob berishini aytdi.
151
2,521
Madaniyat
Stiven Sigal mo‘g‘ulistonlik rafiqasi bilan Bokuda dam olmoqda (foto)
Yakka kurash san’ati ustasi va Gollivud yulduzi Stiven Sigal rafiqasi Batsuxiyn Erdenetuyaa bilan Ozarbayjon poytaxti Bokuga tashrif buyurib, “Jara 2019” xalqaro festivalining mehmoni bo‘ldi, deb xabar beradi “Trend.az”. “Emin (ozarbayjonlik xonanda) mening do‘stim va uning o‘z ona shahri Bokuga yana bir bor borish, Kaspiy dengizi bo‘yida dam olish va festival sahnasida chiqish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildim. Ozarbayjonga yana tashrif buyurganimdan juda xursandman. Bokuda, shuningdek Haydar Aliyev markazida yakkaxon konsertda va o‘tgan yili “Jara”da sahnaga chiqdim. Boku dunyodagi eng yaxshi shaharlardan biri. Bu yerda yuqori darajadagi bag‘rikenglik, barcha dinlar va xalqlarga hurmat ko‘rsatiladi. “Jara” festivali yuqori saviyada tashkil etilgan, u dunyodagi eng yaxshi festivallardan biri va men yana bir bor ushbu sahnada chiqish qilayotganimdan mamnunman. Munosib qabul qilgani uchun barchaga minnatdorchilik bildiraman va Eminga yanada muvaffaqiyatlar tilab qolaman!” — dedi Stiven Sigal.
69
1,014
Madaniyat
Tug‘ilishidan oldin otasini yo‘qotgan, uzoq vaqt hayotda o‘zini qidirgan va 44 yoshida mashhurlikka erishgan Bollivud yulduzi Boman Iranining hayot va ijod yo‘li haqida (foto)
Bugungi kunda Boman Irani Bollivuddagi eng ko‘p daromad topuvchi aktyorlar qatoriga kiritilgan. Hozir 62 yoshda bo‘lgan aktyor “Don” filmidagi salbiy rollarni mahorat bilan ijro etibgina qolmay, komediya yo‘nalishida ham yaxshi ijod qilgan. Ajablanarlisi, Irani hech qachon aktyor bo‘lishni rejalashtirmagan. U ulg‘ayganida birgina orzusini amalga oshirish — onasi va opa-singillariga hech narsaga muhtoj qilmaslik uchun harakat qilgan. “Otam men tug‘ilishimdan oldin, 28 yoshida buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan. Onam homiladorlikning uchinchi oyida edi. Otamning kichik bir novvoyxonasi bor edi, uning vafotidan keyin onam bu biznesni yuritish bo‘yicha barcha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Opa-singillarim maktabga borishardi va men juda kichkina edim, shuning uchun onam ishga ketayotganda meni ruhoniyning xotini oldida qoldirishga majbur bo‘lgan”, — deydi aktyor. “Bolaligimda men uning uchun qanchalik og‘ir bo‘lganini, qanday kurashganimni va uchta singlimning yolg‘iz qolganini ko‘rganman. Maktabda nutq va uni o‘rganishda muammolarim bor edi, juda yomon o‘qirdim. Nutqimni yaxshilash uchun onamga meni qo‘shiq aytishga yuborishni maslahat berishdi. Bir kuni onam mening sahnada qanday chiqishimni ko‘rish uchun keldi. Oxirida u menga chalinayotgan qarsaklarni yozib oldi. Men odamlarning qarsak chalayotganini tingladim va bu menga ishonch bag‘ishladi” , — deydi Boman Irani. “Men teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqib qoldim, fotografiyani yaxshi ko‘rardim. Kollejni tugatgach, oilamga yordam berishni boshlashim kerakligini bilardim, lekin qanday uddalashni bilmasdim. Men “Taj” mehmonxonasi menejeriga borib, tomdagi restoranda ishlamoqchi ekanimni aytdim. U esa menga ‘Yuqoriga erishish uchun pastdan boshlash kerak’, — dedi va meni xona xizmatiga ishga yubordi. Bir yarim yildan keyin men restoranda ofitsiant bo‘ldim”, — deydi aktyor. “Oradan ko‘p o‘tmay, onam baxtsiz hodisaga uchradi, men ishdan bo‘shab, oilaviy biznesimizni yurita boshladim. Shunday qilib oradan 14 yil o‘tdi. Men ota-onamning ishlarini boshqardim, turmush qurdim va hatto ikkita o‘g‘il farzandning otasi bo‘ldim. Biroq men o‘zimga yoqadigan ishni qilmayotganimni, hayotimda nimadir noto‘g‘ri ekanini his qildim. Turmush o‘rtog‘im Zenobiya menga bu ishni to‘xtashim kerakligini, nima yoqishini o‘ylab ko‘rishim kerakligini aytdi”, — deydi Bollivud yulduzi. “Men suratga olishni yaxshi ko‘rardim, otam ham fotograf edi. Shuning uchun men bu sohada o‘zimni sinab ko‘rishga qaror qildim. Avvaliga ish yo‘q edi, lekin men sabr qildim va nihoyat muvaffaqiyatga erisha boshladim. O‘shanda bir do‘stim mendan reklama roligida ishtirok etishimni so‘radi. Harakat qildim va ular meni tanladi. Ular menga katta maosh ham berishdi”, — deydi Boman Irani. “Men reklama roliklarini suratga olishga qaror qildim, bir necha yil ichida 180 dan ortiq reklama roliklarini suratga oldim va hattoki mashhur spektakllarda ham rol o‘ynadim. Meni ham qisqa metrajli filmga taklif qilishdi. Bu kichik budjetdagi va qo‘l kamerasi bilan suratga olinadigan film bo‘lsa ham men uchun bu ajoyib imkoniyat edi”, — deydi aktyor. “Mening hayotim Vidhuning studiyasida filmni montaj qilayotganda va bu filmdan olingan parchani Vinod Chopra ko‘rganidan keyin tubdan o‘zgardi. U men bilan bog‘lanib, uchrashishni taklif qildi. Ko‘rishganimizda u menga 200 ming rupiylik chek berib, ‘Bu mablag‘ keyingi filmimda suratga tushishing uchun’, — dedi. Men undan kino haqida so‘radim, lekin u hali bu haqda bilmasligini aytdi. U shunchaki mashhur bo‘lishimni xohlamadi va loyiha qachon suratga olinishini ham aytmadi”, — deydi Boman Ironi. “Aynan o‘sha paytda ‘Munnaboy: Baxt sotuvchisi’ filmi suratga tushdim. Shunday qilib, 44 yoshda mening orzumdagi karyera boshlandi. Bu mening hayotimda kutilmagan narsa edi, men o‘zimga taqdim etilgan imkoniyatdan foydalandim va uni qo‘ldan boy bermadim. Bu ko‘tarilish va pasayishlarga to‘la ajoyib sayohat bo‘ldi. Men tushungan yagona narsa shuki, inson hech qachon hayotdan umidini uzmasligi kerak va eng muhimi, qayta boshlash uchun hech qachon kech emasligini bilishi kerak”, — deydi Bollivud aktyori. “Men aktyorlik faoliyatimni 44 yoshimda, ssenariy yozishni 55 yoshimda boshlaganman, 62 yoshimda esa rejissor bo‘ldim. Yoshning sizning ehtirosingizga hech qanday aloqasi yo‘q, chunki vaqt jadvalining har bir qismi — hayotingiz”, — deydi Boman. Boman Irani Bollivudga kirib kelgunga qadar fotograf sifatida tanilgan. Teatr va reklama sohasidagi tajriba unga katta yordam berdi. Uning kino olamdagi debyuti 2001-yilda suratga olingan ‘Hamma yaxshiman deydi’ filmi bo‘lgan. Aktyor 2003-yilda ‘Hech narsadan qo‘rqmang’ filmida epizod, biroq ta’sirli rol o‘ynadi va bu muxlislarning e’tiborini tortdi. Shundan keyin u ‘Munnaboy: Baxt sotuvchisi’, ‘Men yoningdaman’, ‘Uch savdoyi’, ‘Vir va Zara’, ‘Yaqin do‘stlar’, ‘Blef ustasi’ va boshqa kinofilmlarda suratga tushdi. Bomanning o‘zining eng yaxshi rolini 2009-yilda namoyish etilgan “Quduq qazing, dada!” filmidagi roli deb biladi, biroq film muxlislarning e’tiboriga tushmadi. “Ushbu rol tomoshabinlarning mehriga sazovor bo‘lmadi, lekin hammasi joyida. Men hech qachon hech narsadan afsuslanmayman. Har bir filmning o‘z taqdiri bor. Bir marta Rishi Kapur menga shunday degan edi: ‘Uring, lekin boshingizga tegmasin, muvaffaqiyatsizliklar esa yuragingizga tegmasin. O‘zingizni qayta kashf qiling’. Men ham shunga harakat qilyapman”, — deydi aktyor.
175
5,411
Madaniyat
Akmal Nur: Ko`ngillardan san`at ruhi ketmasin!
Bayram tabrigi — Yosh tasviriy san`at iqtidorlilarni tanlab olishda bu yil ijodiy yo`nalishdagi oliygohlarda faqat ijodiy imtihonlar bo`ldi. Shu qatorida Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutida ham test bo`lmadi. O`ylaymanki, tabiatan iste`dodlilar tanlab olindi. Nasib etsa, mevasini sentyabrda yangi o`quv yilida kuzatamiz. Tasviriy san`atning o`quv sistemasida katta ijobiy o`zgarishni ko`rish mumkin. Rassomlar uchun yaratilayotgan sharoitlarning esa cheki yo`q. Xursand bo`lganim, ijodkorlar faoliyatidagi xalqaro munosabatlarga “yashil chiroq” yondi. Tasviriy olam kishilari o`z atrofida aylanmasdan, jahonga chiqishi ularni ancha sayqallaydi. Ushbu xurriyat zamonidagi tarixiy sana - 27 yoshni qarshi olayotganimiz onlarida polotnodagi ko`rinish yorug`, sof, musaffodir. Mustaqillik yillar taqvimida 27-muhim sana rivojlanishning “Oltin davr”ini tasvirlamoqda. Bu dunyo o`tkinchiligini bilgan holda abadiyatga daxldor darajada elimizga xizmat qilish burchimizdir. Niyatim, diyorimizning ma`naviyati va ma`rifati yuksaklarga ko`tarilsin. Doim ko`ngillarda beg`ubor, bokira san`at ruhi bo`lishining tilakdoshiman. Jonajon O`zbekiston aholisini ulug` kun bilan muborakbod etaman!
47
1,221
Madaniyat
Fojia joyida: malika Diananing o‘limidan avval aytgan oxirgi so‘zlari qanday bo‘lgan?
Ichida malika Diana bo‘lgan mashina 1997-yili 31-avgust kuni kechqurun Parijdagi tunnelda halokatga uchragan edi. Ushbu hodisadan keyin bir muddat yashagan malika ertalabga yaqin shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Ma’lum qilinishicha, halokatga uchragan mashina ichidan chiqarib olinganidan keyin Diana o‘zining so‘nggi so‘zlarini aytgan. Yordam ko‘rsatgan guruh boshlig‘i, yong‘in o‘chiruvchi Ksavye Gurmelon esa u bilan gaplashgan oxirgi odam bo‘lgan. The Independent nashriga bergan intervyusida u Diana oxirgi marta nima degani haqida ma’lumot bergan. Qayd qilinishicha, mashina bo‘laklari ostidan olib chiqishganidan keyin malika: “Ey Xudo, nima bo‘ldi?”, — degan. Gurmelonning qo‘shimcha qilishicha, tez yordam mashinasi yetib kelguniga qadar malika nafas olishdan to‘xtagan. Ksavye esa birinchi yordam ko‘rsatib, uni hushiga keltirgan. “Albatta, ancha yengil tortganman, chunki voqea joyiga yetib kelgan birinchi odam sifatida hayotni saqlab qolishni istaysiz va men aynan shuni uddasidan chiqdim deb o‘ylaganman”, — deya yodga oladi Ksavye. Ertasi kuni malikaning jarohatlar tufayli vafot etganidan xabar topgan o‘t o‘chiruvchi juda ham qattiq xafa bo‘lgan. “O‘sha tun haqidagi xotiralar doimo men bilan qoladi”, — degan u. Qo‘shimcha qilinishicha, o‘limidan atigi bir necha soat avval Diana o‘g‘illari bilan telefonda gaplashgan. Bu vaqtda shahzodalar Uilyam va Garri Shotlandiyadagi Balmoral qasrida bo‘lgan. “Diana — bizning onamiz: Uning hayoti va merosi” nomli hujjatli filmda aka-ukalar ushbu suhbat bilan bog‘liq tafsilotlarni oshkor qilgan. Garri suhbat haqida gap ketganda, uning shunchalik qisqa bo‘lganidan butun hayotiga tatiydigan afsus-nadomatni eslashini ta’kidlagan. “Agar bu onam bilan so‘nggi muloqot ekanligini bilganimda kerak bo‘lgan hamma narsani aytgan bo‘lardim”, — degan u. Shahzoda Uilyamning aytishicha, Diana qo‘ng‘iroq qilganida ular Garri bilan yugurayotgan, o‘z ishlari bilan mashg‘ul, jiyanlari bilan vaqtlarini chog‘ o‘tkazayotgan bo‘lgan. U o‘yinga qaytish uchun suhbatni tezroq yakunlashga oshiqqanini aytib o‘tgan. “Keyinroq ko‘rishamiz, ketsam bo‘ladimi?”, — degan u so‘nggi bor onasiga.
85
2,134
Madaniyat
​“QUYoSh YuRTI PAHLAVONI” 12 DEKABRDAN BOShLAB RESPUBLIKA KINOTEATRLARIDA
“O`zbekfilm” kinostudiyasida, Ismoil Shomurodning ssenariysi asosida joriy yilda ishlangan “Quyosh yurti pahlavoni” multfilmi 12 dekabrdan boshlab respublika kinoteatrlarida namoyish etiladi. Postanovkachi rejissyorlar – M.Mahmudov, N.Abbosov va D.Vlasov. “O`zbekkino” Milliy agentligi o`zbek xalq ertaklari asosida bolalar uchun mo`ljallangan animasion filmlarni tayyorlash yuzasidan keng hajmdagi ishlarni olib bormoqda. Keyingi yillarda bu boradagi sa`y-harakatlar o`z natijasini berib, jajji o`zbek tomoshabinlari e`tiboriga bir qator zamonaviy animasion filmlar havola etildi va ular bolajonlarning sevimli multfilmlari qatoridan joy oldi. “Bo`ynoq”, “Qari bilganni pari bilmas”, “Kenja botir”, “Rustam va Said” multfilmlari shular jumlasidandir. “Quyosh yurti pahlavoni” nomli navbatdagi multfilm o`zbek animasion filmlari tarixida to`la metrajli multfilm bo`lgan ilk kartina hisoblanishi bilan alohida ahamiyatga ega. Ushbu kartina ham o`zbek xalq ertaklari motivlariga asoslangan bo`lib, unda akalari ortidan go`zal malikani yalmog`iz changalidan ozod etish uchun yo`lga chiqqan No`xatpolvon turli sinovlarga duch keladi. Ikki boshli bahaybat ajdarho va har qanday yovuzlikka qodir yalmog`iz qahramonimiz yo`liga g`ov bo`lishga urinadi. Ammo, No`xatpolvon bundan butunlay bexabar va kuchli raqiblariga peshvoz chiqishga tayyor emas edi. Qahramonimiz ularni engish uchun qanday yo`l tutadi, kim unga yordam beradi, u o`z yurtini yovuz kuchlardan ozod eta oladimi? Film davomida bolajonlarni shu kabi savollar chulg`ab oladi. Filmda “Quyosh yurti pahlavoni”ning ajoyib va g`aroyib sarguzashtlari orqali halollik, mehnatsevarlik, muhtojlarga yordam berish cingari tarbiyaviy ahamiyatga ega ezgu g`oyalar aks ettirilgan.
73
1,726
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov: To‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qoldi
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 1-sonli musiqa va san’at maktabida madaniyat sohasida erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. Unda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov, viloyatdagi bolalar musiqa va san’at maktabi rahbarlari hamda joylardagi madaniyat muassasalari vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda Ozodbek Nazarbekov so‘zga chiqib, bugungi kunda to‘ylarda milliy musiqa san’ati namunalari emas, xorijiy qo‘shiqlar yangrayotganini tanqid ostiga oldi. Joylarda to‘ylarni mutaxassislar, mahalla vakillari emas, qandaydir noma’lum tashkilotchilar boshqaryapti. Nega to‘ylarda milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atimiz durdonalari ijro etilmayapti? To‘ylarda asosan fono­gramma asosidagi ijrolarga keng o‘rin berilyapti. To‘y – bu bizning asrlar osha yashab kelayotgan ibratli an’ana va udumlarimiz aks etadigan tadbir sanaladi. To‘ylarga odamlar aslida to‘y egalarini qutlash, dil istaklarini bildirish, qadrdonlari, yaqinlari bilan diydorlashish, madaniy hordiq chiqarish uchun boradi. Lekin keyingi paytlarda to‘ylardagi milliy qadriyatlarimiz yo‘qolib ketyapti. To‘ylarga odam­lar, ayniqsa, ayollar istagan kiyimlarida – ochiq-sochiq liboslarda borishyapti, qandaydir xorijiy yoki ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmaydigan, matni g‘aliz, tushunarsiz, zamonaviy qo‘shiqlarni eshityapti. Qisqa qilib aytganda, to‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qolmoqda. Bu narsalarga chek qo‘yish vaqti keldi. Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
88
1,666
Madaniyat
Tom Xenks kino va TVda AQSh tarixini aks ettirgani uchun mukofotlanadi
Taniqli amerikalik aktyor, “Oskar” mukofoti sovrindori Tom Xenks kino va televideniyeda AQSh tarixini aks ettirgani uchun mukofot oladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Mukofotni artistga National Archives Foundation notijorat tashkiloti topshiradi. Marosim 21-oktabr kuni Vashingtondagi milliy arxiv muzeyida bo‘lib o‘tadi. Xenks real voqealarga asoslangan qator filmlarda suratga tushgan, “Oddiy askar Rayanni qutqarish”, “Apollon 13”, “Ayg‘oqchi ko‘prigi”, “Qo‘lingdan kelsa, tutib ol”, “Gudzondagi mo‘’jiza” shular jumlasidandir. National Archives Foundation bayonotida aytilishicha, Xenksning qahramonlari Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, “sovuq urush” yillari AQSh nomidan muzokaralar olib borgan, Vyetnamda jang qilgan, kongressda ishlagan, kosmik dastur bilan shug‘ullangan. Muqaddam ushbu mukofot rejissor Stiven Spilbergga va “Gamilton” myuzikli muallifi Lin-Manuel Mirandaga berilgan.
70
927
Madaniyat
Viktoriya Bekxemning liboslarini yaratish uchun o‘ldirilgan hayvonlar soni hisoblab chiqildi
Moda dunyosi ekspertlari dizayner Viktoriya Bekxemning liboslarini yaratish uchun o‘ldirilgan hayvonlar sonini hisoblab chiqdi, deb yozadi “MK.ru”. Dizaynerning o‘zi va uning yaqinlari uning garderobida tabiiy mo‘ynadan qilingan kiyim-kechaklar yo‘qligini da’vo qilmoqda. Ammo mutaxassislar ta’kidlashicha, mo‘ynalar bo‘lmagan taqdirda ham, libos va poyabzallar uchun yuzlab hayvonlar o‘ldirilgan. Masalan, Viktoriyaning tuflilari va sumkalari soniga ko‘ra, ular uchun 780 ta qo‘zi, 600 ta buzoq, 130 ta timsoh va 43 ta tuyaqush qurbon qilingan. Bekxem ekzotik jonivorlar terisidan qilingan eksklyuziv kiyim-kechaklar ishqibozi hisoblanadi. Uning kurtkalar, paltolar, yubkalar, qo‘lqoplar va kamarlar to‘plamiga 313 ta kaltakesak, 16 ta bizon va 63 ta echki terisi ketgan. Shuningdek, Victoria Beckham brendining Quincy bag deb ataluvchi sumkasi va katta klatchi ilon terisidan tikilgan.
92
888
Madaniyat
O‘zbekistonlik xonanda Mohim turkiyalik Ayla Chelikning taronasi bilan qariyb bir xil qo‘shiq kuyladi (video)
Xonanda Umidaxon Hojiyeva Instagram’dagi sahifasida hamkasbi Mohimning yangi ijod namunasi — “Ishon” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdan parcha e’lon qildi. Asalim @mohimofficial ha omad tilaymiz ortola???? A video posted by Administrator (+99890)9435005 (@umidaxonxojieva) on Nov 14, 2016 at 12:45am PST Video ostidagi dastlabki kommentlardan biri qo‘shiq turkiyalik xonanda Ayla Chelikning “Bağdat” nomli taronasiga o‘xshashligi haqida bo‘lgan. Ayla Chelikning qo‘shig‘i kuyi biroz sokinroq uslubda ijro etilgan bo‘lsa, Mohimning “Ishon”i biroz jadalroq. Biroq ular deyarli bir xil, hatto so‘zlari ham o‘xshash. Xususan, turkcha qo‘shiq ham, o‘zbekcha qo‘shiq ham “Seni bugun sevish/o‘ylashdan boshqa ish qilmadim” qabilidagi gap bilan boshlangan, naqoratning boshlanishi esa ikkisida ham bir xil (“Men dunyoning eng buyuk oshig‘i bo‘lib qolaman”). Naqoratning uchinchi bandida Ayla Chelik ham, Mohim ham Layli va Majnun, Farhod va Shirinlarni tilga olib o‘tgan. Ma’lumot uchun, Ayla Chelikning qo‘shig‘i 2016-yil may oyida taqdim etilgan, Mohimning qo‘shig‘i audiosi noyabrda internetda paydo bo‘ldi. “Popcorn.uz”ning yozishicha, Mohimning qo‘shig‘i Nodir Azimov va Rustam To‘lashev bilan hamkorlikda yaratilgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
109
1,381
Madaniyat
Javohir Zokirov: Nargiz Zokirova bilan rejalashtirgan loyihamiz uchun juda katta mablag‘ zarur
Bir muddat avval OAVda xonanda Nargiz Zokirovaning sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan yollangan qotil unga tahdid qilib, katta miqdorda pul so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Nargiz Zokirova atrofidagi so‘nggi shov-shuvlarga aniqlik kiritish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad xonandaning yaqin qarindoshlaridan biri — aktyor va xonanda Javohir Zokirovga murojaat qildi. — Xonanda Nargiz Zokirovaning sobiq turmush o‘rtog‘i uni o‘ldirish uchun killer yollagani, qotil bu haqda Nargizga ma’lum qilib, telefon orqali berilgan buyurtma ovozi evaziga 200 ming rubl talab qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu gap-so‘zlar qanchalik rost? — Bunday ma’lumotlar haqida hech qayerda hech narsa o‘qiganim yo‘q. Nargiz bilan gaplashganimda ham u hayotidagi bunday og‘ir vaziyatlar yoki uni o‘ldirishga yollangan qotil haqida biror narsa deganini eslay olmayman. — Bir necha oy avval Rossiyada ijodiy safarda bo‘ldingiz. Safar vaqtida Nargiz Zokirova bilan tushgan suratlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgansiz. Nargiz Zokirova bilan qandaydir ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganmi? — Ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida unda ham, menda ham takliflar bo‘lgan. Lekin bu ko‘pchilik o‘ylaganidek birga qo‘shiq kuylash emas. O‘ylagan g‘oyamizga juda katta mablag‘ zarur, shuning uchun hozircha bu haqda jar solmayapmiz. Agar rejamizni amalga oshira olsak, bu juda katta shov-shuvga sabab bo‘lishi aniq. — Bir suhbatimizda “Nargiz juda katta gonorar oladi”, degan edingiz. — Adashmasam, bu ma’lumot Nargizning shaxsiy saytida ham e’lon qilingan bo‘lishi kerak. U 45 daqiqalik chiqishi uchun 25 ming dollar miqdorida gonarar oladi. Qo‘shiqlarni jonli ijroda kuylaydi. — Nargiz Zokirova sizning ijodingizga — o‘ynagan filmlaringiz, kuylayotgan qo‘shiqlaringizga qanday munosabat bildiradi? — Nargiz mening aktyorlik mahoratimga hamisha yuqori baho bergan, filmlarim haqida ham xuddi shunday ijobiy fikrda. Qo‘shiqlarimga kelsak, ular xususida ham hech qachon yomon fikr bildirmagan. — “Mirzo Ulug‘bek” nomli tarixiy filmda suratga tushdingiz, ammo film premerasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. — Bu film tayyor bo‘lganidan xabarim bor, ammo premerasi qachon bo‘lishi, muxlislar singari, menga ham qorong‘u. — Teatrdan takliflar tushayotgani, lekin hozircha ikkilanib turganingiz haqida aytgandingiz. Bu yo‘nalishda biror yangilik bo‘lmadimi hali? — Bir qarorga keldim. Hozircha rejissor Bahodir Yo‘ldoshev rahbarligidagi “Diydor” teatr-studiyasida “Yulduzli tunlar” spektaklida kichkina bir rolni ijro etyapman. Lekin bu hali boshlanishi, albatta. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
94
2,730
Madaniyat
Munisa Rizayeva Moskva va Sankt-Peterburgda yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi (video)
Xonanda Munisa Rizayeva 17—18-fevral kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Dasturdagi barcha qo‘shiqlar jonli ijro etildi. Xonanda Instagram’dagi sahifasida joylashtirgan videolarida muxlislar sevimli qo‘shiqlarini xonanda bilan birga kuylaganini ko‘rish mumkin. View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram View this post on Instagram
90
492
Madaniyat
Yaponiya malikasi sevgan yigitiga turmushga chiqish uchun unvoni va million dollarlik boyligidan voz kechdi
Muhabbat har narsaga qodir! Yaponiyalik malika Mako hayotidagi asosiy odamdan voz kechmaslikka va lokdaun muddati tugagandan so‘ng u o‘z hayotini oddiy advokat Komuro bilan bog‘lashga qat’iy qaror qilganini tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, ular 2021-yil 26-oktabrda rasman turmush quradi, ammo tantanali marosimlar bo‘lmaydi. Rasmiy ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng ular faqat matbuot anjumani o‘tkazadi. Ikkisi ham 2021-yil oxirida Nyu-York shahriga ko‘chib ketishi kutilmoqda, u yerda juftlik imperator saroyi va unvonlaridan uzoqda hayot kechiradi. Vaziyat kuyovning maqomi bilan emas, balki uning onasi – malikaning bo‘lajak qaynonasi moliyaviy firibgarlikda ayblanishi bilan yomonlashdi. Bu holat imperator oilasi uchun haqiqiy sharmandalikka aylanib, juftlikning ommaviy qoralanishiga olib keldi va ularning nikohini uch yilga kechiktirdi. Shuningdek, Malika Mako imperator oilasi bilan xayrlashgandan so‘ng unga tegishli bo‘lgan 150 million iyenadan (taxminan 1,5 million dollar) voz kechdi. Mako Ikkinchi Jahon Urushidan buyon oddiy odamga turmushga chiqish uchun pul olmagan imperator oilasining birinchi ayol a’zosi bo‘ladi. Yaponiya matbuoti xabariga ko‘ra, yaqinda kelinga og‘ir ruhiy kasallik tashxisi qo‘yilgan, uni saroy shifokorlari “travmatik stress buzilishining bir shakli” deb ta’riflagan. To‘yidan uch kun oldin 30 yoshni qarshi oladigan Mako imperator Naruxitoning jiyani. Mako va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i 2017-yil sentabr oyida turmush qurishini e’lon qilganida, ular hali Tokio xalqaro xristian universitetining talabalari bo‘lgan.
107
1,561
Madaniyat
Afsonaviy britaniyalik musiqachi Devid Boui vafot etdi
Afsonaviy britaniyalik rok-musiqachi Devid Boui 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda musiqachining rasmiy vakili bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda. Musiqachi 18 oy davom etgan saraton xastaligidan so‘ng o‘z oilasi davrasida hayotdan ko‘z yumdi. Devid Bouining (haqiqiy ismi Devid Robert Jons) 1969-yildagi Space Oddity qo‘shig‘i Britaniya xit-paradida birinchi beshlikdan joy olib, unga shuhrat keltirgan. 1972-yildagi The Rise and Fall of Ziggy Stardust and the Spiders from Mars albomi esa uni mashhur qilgan. Faoliyati davomida, Boui 136 milliondan ziyod plastinka sotishga muvaffaq bo‘lib, uning oltita albomi Rolling Stone jurnali versiyasi bo‘yicha “500 ta eng buyuk albom” ro‘yxatidan o‘rin olgan. Yettita kompozitsiyadan iborat bo‘lgan Blackstar deb nomlangan so‘nggi albomini Boui 2016-yil 8-yanvarda, o‘zining 69-tug‘ilgan kunida taqdim etgan edi.
54
876
Madaniyat
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Javlon Toshxo‘jayev vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, rejissor Javlon Toshxo‘jayev uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Javlon Toshxo‘jayev 1943-yilning 11-dekabrida Toshkentda tug‘ilgan. 1953-yildan boshlab (10 yoshidan) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining bolalar tahririyatida havaskor diktor, 1960—1974-yillarda oliy toifadagi teleradiorejissor lavozimlarida ishlagan. Radio fonotekasi “Oltin fondi”da 200 dan ziyod asarlari mavjud. U “Tabassum” radiojurnali, “Dugonajonlar”, “Yoshlik radiostansiyasi” “Alanga” radiojurnallari asoschisidir.
79
630
Madaniyat
"Kino 5 kunda" tanlovi g`oliblariga sovrinlar afsonaviy aktyor Lyuk Besson tomonidan topshiriladi
Odatda, xalqaro festivallarda ko`pgina yangiliklar sir saqlanadi. Toshkent xalqaro kinofestivalining tashkilotchilari ham taniqli mehmonlar haqidagi ma`lumotlarni sir saqlashmoqda. Ammo ichki manbalardan ma`lum bo`lishicha, «Kino 5 kunda» tanlovi g`oliblarini fransiyalik mashhur kinorejissyor, ssenarist, prodyuser va yozuvchi Lyuk Bessonning shaxsan o`zi taqdirlaydi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. «Kino 5 kunda»  yosh kinoijodkorlar tanlovi bo`lib, ishtirokchilar turli mukofotlar — diplomlar, haykalchalar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Har bir yosh bu mukofotni qo`lga kiritishni,  ayniqsa, uni Lyuk Bessonning qo`lidan qabul qilib olishni orzu qiladi.   Eslatib o`tamiz, «Kino 5 kunda» tanlovini maqsadi, milliy kinoni qo`llab-quvvatlash, rag`batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Tanlov ishtirokchilari dasturga muvofiq  besh kun ichida o`zbek urf-odatlari, madaniyati va tarixiga oid filmlarni suratga olishlari kerak bo`ladi.
97
985
Madaniyat
“Payg‘ambar Muhammad hayoti” filmi Eronda katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilmoqda
Eronda rejissor Majid Majidiy tomonidan suratga olingan “Payg‘ambar Muhammad hayoti” trilogiyasining dastlabki filmi katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Film direktori Muhammad Rizo Sobiriyning so‘zlariga ko‘ra, film Tehrondagi 41 ta, shuningdek, mamlakatning boshqa shaharlaridagi yirik 85 ta kinoteatrda ko‘rsatilmoqda. Kinoteatrlarda mazkur film chiptalari uchun kun-u tun navbatlar tizilgan, namoyishlar vaqtida zallarda bo‘sh o‘rindiqlarni topib bo‘lmayapti. Film namoyishi huquqiga egalik qiluvchi “Nuritobon” kinokompaniyasining savdolar bo‘yicha menejeri Humoyun Xazaiforning aytishicha, kartina prokatning dastlabki kunlaridayoq 15 milliard rial (470 ming dollar) miqdorida daromad keltirgan. Eronliklarning mazkur filmga bo‘lgan qiziqish shu qadar yuqoriki, shu vaqtgacha hech qachon kinoteatri bo‘lmagan chekka shaharcha va qishloqlarda ham shoshilinch ravishda kinozallar tashkil etilmoqda va zamonaviy proyeksion uskunalar bilan ta’minlanmoqda. “Payg‘ambar Muhammadning hayoti” filmini suratga olish ishlarida ko‘plab taniqli eronlik va xorijlik kinoijodkorlar qatnashgan. Ular orasida maxsus effektlar bo‘yicha rejissor Skot Anderson, italiyalik postanovkachi rejissor Vittorio Storaro, hindistonlik bastakor A.R. Rahmon kabi “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritganlar ham bor.
85
1,328
Madaniyat
Instagram: Yigitalidan xafa bo‘lgan Muqaddas Sa’dullayeva, nevarali bo‘lgan Yulduz Hamidova, Jahongir Poziljonovning hokimiyatga minnatdorchiligi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Teleboshlovchi Iroda Nosirovaga ulkan guldasta sovg‘a qilishdi. Jahongir Poziljonov o‘zi yashayotgan “Hasanboy” mahallasidagi bir necha yillik muammolarni hal qilib berayotgan hokimiyatga minnatdorlik bildirdi. Shahlo Ahmedova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Hamdam Sobirovning qaynonasi u o‘g‘illi bo‘lgani sharafiga Chevrolet Tahoe avtomobilini sotib oldi. Ikkinchi farzandiga homilador Bahora Arslonova vazni 85 kiloga yetganini ma’lum qildi. Durdona Qurbonova yangi serialda sigir sog‘ishni bilmaydigan kelin obrazini gavdalantirmoqda. Ayni paytda AQSHda yashayotgan taniqli aktrisa Yulduz Hamidova yana bir bor buvi bo‘ldi. Uning qizi Fotima o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Raqqosa Parizoda kuzatuvchilariga buvisi qanday kasallikka chalingani hamda qanday operatsiyani boshdan kechirgani haqida so‘zlab berdi. Sitora Alimjonova sahifasiga yangi surat joyladi. Xonanda Nigora kuzatuvchilariga ilk marta qizining yuzini ko‘rsatdi. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonovdan xafa bo‘ldi. Aktrisaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i otasi vafotidan so‘ng 4 kun o‘tib, sahifasiga turli promoroliklar joylay boshlagan, bu esa unga og‘ir botgan. Ushbu holat Muqaddasning kuzatuvchilariga ham erish tuyulgan. Aktrisa “Omad! Odam o‘zining boshidan o‘tmaguncha tushunmas ekan”, deb yozib qoldirdi.
145
1,487
Madaniyat
Nargiz Zokirova Rossiyadan nafratlanishi haqidagi gap-so‘zlar bo‘hton ekanligini ma’lum qildi
Xonanda Nargiz Zokirova Rossiyadan nafratlanishi haqidagi gap-so‘zlar jirkanch va tuban yolg‘on ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda xabar “RIA Novosti” bermoqda. “Rossiyani yomon ko‘rishim, bu mamlakat fuqarolarini esa ‘basharalar’ deb atashim haqidagi ovozalar jirkanch va tuban uydirma. Bu gaplarim uchun yolg‘on detektorida ham javob berishga tayyorman”, — deya yozuv qoldirgan Nargis Instagram’dagi sahifasida. Xonanda bu yerda uni yoqtirishgani uchun mamlakatni tark etish niyatida emasligini bildirdi. “Bolalik orzularimni ro‘yobga chiqarish va aslimdagidek bo‘lish imkoniyatini berganlaring uchun sizlarni sevaman va doim shunday bo‘lib kelgan”, — ta’kidlagan Nargis.
93
673
Madaniyat
Yoshligida mashhur insonlarga ko‘ngil qo‘ygan yulduzlar (foto)
Yulduzlar ham mashhurlikka erishishdan va shou-biznes olamiga kirib kelishdan avval oddiy insonlar kabi taniqli shaxslarni g‘oyibona yaxshi ko‘rgan. Ular hozirda yoshlikdagi muhabbatini oshkor qilishdan uyalmaydi. Meril Strip Aktrisaning aytishicha, agar tanlash imkoniyati bo‘lsa, faqat Uill Ferrelga turmushga chiqqan bo‘lar edi. Shahzoda Garri Qirolichaning nabirasi yoshligida aktrisa Xelli Berriga oshiq bo‘lganini tan oldi. Qizig‘i shundaki, bu haqda yulduzning o‘zi bilib, uni Twitter orqali uchrashuvga taklif qilgan. Riz Uizerspun MTV telekanaliga bergan intervyusida Riz Jonni Deppni har doim yaxshi ko‘rganini tan oldi. Ariana Grand Uning sevimli aktyori har doim Jim Kerri bo‘lgan. Selena Gomes Xonanda aktyor Billi Krudupni 2014-yilda birga ishlagunga qadar yaxshi ko‘rgan. Britni Spirs Qo‘shiqchi uchun Bred Pitt uzoq vaqt birinchi muhabbat bo‘lgan. Rayan Gosling Aktyor Britni Spirs bilan ko‘rsatuvida qanday rol o‘ynaganini esladi va unga oshiq bo‘lganini tan oldi. Yeva Mendes Aktrisaning aytishicha, u ko‘p yillar davomida Liam Gallagerni yaxshi ko‘gan. Merilin Menson Mashhur musiqachilaridan biri o‘smirligida Madonnaga oshiq bo‘lgan! Eshton Kutcher Demi Murning sobiq eri jurnalistlarga aytganidek, maktab yillarida xonasida Jennifer Eniston tasvirlangan plakat bo‘lgan.
62
1,301
Madaniyat
Xande Erchel, Kivanch Tatlitug‘, Maryam Uzerli: Turkiyaning eng muvaffaqiyatli hamda badavlat aktyorlari reytingi tuzildi
Yaqinda jurnalistlar katta pul ishlash imkonini beradigan ijodiy faoliyatida muvaffaqiyat qozongan turkiyalik aktyor va aktrisalarning ro‘yxatini tuzdi. Ularning daromadlari bir nechta tarkibiy qismlardan iborat: omadli loyihalar va reklama kompaniyalari, deb yozadi “Kinoforum”. Kivanch Tatlitug‘ Balki aktyor o‘g‘li Kuzey Efe tug‘ilgandan so‘ng o‘z merosxo‘ri uchun juda katta imperiya yaratishga qaror qilgandir. Hozir ham jurnalistlar Kivanch Tatlitug‘ning Turkiya yerlarining yarmini sotib olganini, qolgan yarmini esa o‘ylab ko‘rmoqchiligini aytishni yaxshi ko‘radi. Ammo aktyorning rejalari ularning taxminlari bilan to‘g‘ri kelmagani ma’lum bo‘ldi. U Nyu-Yorkda kvartira sotib olishga qaror qildi. 2022-yil aktyor uchun juda samarali yil bo‘ldi. Raqamli platformalar uchun 2 ta loyiha, Netflix uchun yangi filmning suratga olish ishlari yaqinda yakunlandi. Taniqli avtomobil brendining reklama kompaniyasida ishtirok etish, shuningdek, ko‘p yillardan beri ishlayotgan taniqli brendning djinsi kiyimlar va idishlarni yuvish vositalarining reklamasi aktyorga yaxshi daromad keltirayotgani shubhasiz. Yil oxirida esa “Agar podshoh yutqazsa” televizion loyihasini suratga olish ishlari boshlanadi. Umuman olganda, 2021—2022-yillar davomida Kivanch taxminan 40 million turk lirasi (2 154 867 dollar) ishlab oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur aktyor 15 million dollar boyligi bilan Turkiyaning eng badavlat aktyorlaridan biri hisoblanadi. Maryam Uzerli va Jan Yaman Maryam Uzerli va Jan Yaman Kivanchdan keyingi o‘rinni egalladi. Ularning har biri 10 million dollar boylikka ega. Hozirda aktyorlar o‘zlari ishtirok etayotgan xorijiy loyihalar va reklamalarda rol o‘ynab, pul ishlashni afzal ko‘rmoqda. Ayni vaqtda Maryam ham, Jan Yaman ham Disney+ bilan shartnoma imzoladi. Maryam Uzerli Turkiyadagi eng ko‘p haq to‘lanuvchi ayol aktrisadir. U tez-tez reklama roliklarida ishtirok etadi. Hatto Rossiyaning kosmetika kompaniyasi uchun suratga tushdi va buning uchun 1 million dollar oldi. Turkiyani tark etgan Jan Yaman esa hali ham turk aktyori sifatida taniqli. Uning bu qarori karyerasiga ta’sir qilmadi. Italiyaning “Dengiz kabi binafsharang” teleseriali, makaron mahsulotlari va Mercedes-Benz Italia brendining reklamasida ishtirok etdi. Dineya + ning yangi “Turk” loyihasida suratga tushish uchun ham u vataniga kelishi shart emas, chunki loyiha Vengriyada suratga olinadi. Xande Erchel Ulardan keyingi o‘rinni Xande Erchel egalladi, uning boyligi 8 million dollarga yaqin. Televideniyedagi muvaffaqiyatli loyihalar, ayniqsa, dunyoning ko‘plab mamlakatlariga sotilgan “Eshigimni qoq” seriali unga Disney+ raqamli platformasi bilan shartnoma imzolash imkonini berdi. Aktrisa reklama sohasida ko‘plab brendlar bilan faol hamkorlik qiladi, bu esa unga katta daromad keltiradi. Serenay Sarikaya Serenay Serikayaning boyligi 6 million dollarga yaqin. So‘nggi paytlarda aktrisaning daromadi amaliy reklama kompaniyalaridan iborat. Turk seriallaridagi bitta epizod uchun aktrisa 100-150 ming turk lirasi (5000-8000 dollar) ni va bitta reklama kompaniyasi uchun 2-3 million turk lirasi (107000-161000 dollar) ni olishi hisobga olinsa, 2019-yilda televizor ekranlarida oxirgi marta suratga tushgan serialdan keyin aktrisaning bunday daromadga ega bo‘lishi ajablanarli emas. Demet O‘zdemir Demet O‘zdemirning boyligi 5 million dollarga baholanmoqda. Demet muvaffaqiyatli aktrisa bo‘lib, uning mashhurligi ko‘plab mamlakatlar tomonidan sotib olingan “Erkin qush” serialidan so‘ng keskin oshdi va bu uning chet elda mashhurligini ta’minladi. “Siz tug‘ilgan uy — sizning taqdiringiz” dramasidagi ishtirokidan so‘ng u Netflix va televideniye uchun bir necha loyiha va reklamalarga takliflar oldi.
121
3,696
Madaniyat
Toshkentda turk filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi
Toshkent shahrida 16-20-aprel kunlari 11-Turk filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga asoslanib, Uzdaily.uz xabar berdi. Kinohaftalik Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va turizm bo‘limi tomonidan tashkil etilmoqda. Filmlar namoyishi Radisson SAS mehmonxonasidagi Grand Ball Room zalida bo‘lib o‘tadi. Kinotomoshabinlar e’tiboriga beshta turk filmi havola etiladi: 16-aprel – “Qizil durracha” 17-aprel – “Tashkiliy ishlar” 18-aprel – “Boshqa tildagi sevgi” 19-aprel – “Muzqaymog‘im – qaymoq” 20-aprel – “Shirin hayot” Barcha filmlar o‘zbekcha subtitrlari bilan turk tilida namoyish etiladi. Tomoshalarga taklifnomalar bilan kiriladi. Har bir seans 18:30da boshlanadi.
48
731
Madaniyat
Aktyor Yevgeniy Leonovning o‘g‘irlangan haykali rangli metall qabul qilish bo‘linmasiga topshirilgan
Aktyor Yevgeniy Leonovning Moskvada o‘g‘irlangan haykali bo‘laklarga bo‘linib, rangli metall qabul qilish bo‘linmasiga topshirilgan. Bu haqda Moskva IIV Bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Andrey Galiakberov bergan ma’lumotlarga asoslanib, “TASS” xabar beradi. Oldinroq Mosfilm ko‘chasidagi haykal kompozitsiyasini o‘g‘irlashda gumon qilingan besh nafar kishi qo‘lga olingani xabar qilingan edi. “Bronza haykalining barcha bo‘laklari daliliy ashyo sifatida musodara qilingan. Ayni vaqtda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha zarur bo‘lgan tergov harakatlari olib borilmoqda”, – deya ma’lum qildi Galiakberov.
100
615
Madaniyat
Mashhur qiyofadoshlariga ega jahon yulduzlari (foto)
Hatto ashaddiy muxlislar ham ba’zida kumirlarini boshqa bir yulduz bilan adashtirib qo‘yishi mumkin. Chunki shou-biznesda qiyofasi va imiji bir-biriga o‘xshash mashhurlar ko‘p. Karla Bruni va Bella Xadid Karla sal avval Instagram sahifasiga Bella bilan tushgan suratini joyladi. Unda har ikkala modelning bir-biriga quyib qo‘ygandek o‘xshashini ko‘rish mumkin. Sindi Krouford va Eva Mendes Sindi va Evaning sochlari, ko‘z tuzilishi, teri rangi va hatto labining tepasidagi xoli ham o‘xshash. Mendesning xoli Sindinikidan sal teparoqda joylashganini aytmasa ularni ajratib bo‘lmaydi. Zoi Saldana va Tendi Nyuton Aslida Zoyini, Jado Pinkett-Smitga o‘xshatishadi, ammo u Tendiga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi. Margo Robbi va Jeymi Pressli Mallasoch, ko‘zining rangi och bo‘lgan Margo va Jeymi birga suratga tushganda ularning ashaddiy muxlisi ham ajrata olmaydi. Kris Xamfris va Teylor Lotner Teylor bugungi kunda “Sumerki” da suratga tushganidagi singari kelishgan emas. Biroz vazn to‘plagan Teylor, avvallari basketbolchi Kris Xemfrisga o‘xshardi. Kortni Koks va Nelli Furtado Yoshlarida 15 yosh tafovut bo‘lishiga qaramay, Kortni plastik operatsiya qildirguniga qadar Nelli bilan opa-singildek ko‘rinardi. Xilari Suonk va Jennifer Garner Xilari va Jennifer soch turmagi o‘xshash bo‘lgani sabab ular ko‘p marta adashtiriladi. Amanda Seyfrid va Jemma Uord Amanda va Jemmi Uord egizaklarga o‘xshagan qiyofaga ega. Bredli Kuper va Reyf Fayns Millionlab qizlar muxlislik qiladigan har ikki aktyor ham bir-biriga o‘xshashi ko‘pchilikni xayoliga kelmasligi mumkin. Kim Kardashyan va Nikol Sherzinger Kim va Nikol bir qarashda bir-biriga o‘xshab ketishini payqash mumkin. Linda Evangelista va Mila Yovovich Yoshligida Linda va Mila ikki tomchi suvdek bir-biriga o‘xshagan. Mila karyerasini boshida modellik bilan shug‘ullangan keyin esa aktrisalikni tanlagan. Liza Kudrou va Dita fon Tiz Tabiiy mallasoch Dita fon Tiz, “Do‘stlar” serialidagi Lizaga juda ham o‘xshab ketadi. Nina Dobrev va Viktoriya Jastis Ikki aktrisaning o‘xshashligini payqamaslikni iloji yo‘q. Ularning yagona farqi bo‘yida, Nina Viktoriyadan bir necha santimetrga balandroq. Rassel Krou va Benjamin Makkenzi Rassel va Benjaminning ko‘zlari bir xil bo‘lgani sabab ular juda ham bir-biriga o‘xshashdek tuyulishi mumkin.
52
2,291
Madaniyat
“Oltin palma novdasi”ni Ruben Estlundning “Kvadrat” filmi qo‘lga kiritdi
Kann kinofestivalining bosh sovrini — “Oltin palma novdasi”ni Ruben Estlundning “Kvadrat” filmi qo‘lga kiritdi, deb yozadi Meduza. Gran-pri (ahamiyati bo‘yicha ikkinchi mukofot) fransiyalik rejissor Roben Kampiyoning “Daqiqasiga 120 ta zarba” filmiga nasib qildi. Rossiyalik Andrey Zvyaginsev “Xush ko‘rmaslik” filmi bilan hakamlar simpatiyasi mukofotiga ega bo‘ldi. Avvalroq Sofiya Koppola eng yaxshi rejissor, Diana Kryuger va Xoakin Feniks eng yaxshi aktyorlar deb e’tirof etilgan edi. Nikol Kidman 70-marosimning maxsus mukofotini qo‘lga kiritgan edi.
72
556
Madaniyat
Turkiyalik aktyor Murat Yildirim Scorpion filmida suratga tushish uchun Buxoroga keldi
5-mart kuni Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi, Scorpion trilleri prodyuseri Oybek Abdushukurov turkiyalik aktyor Murat Yildirim bilan Istanbul shahrida shartnoma imzolagan edi. Bugun, 23-mart kuni Murat rafiqasi Iman Elbani bilan birga Buxoro shahriga yetib keldi. Bu haqda film ijodkorlari “Daryo”ga ma’lum qildi. Scorpion’da Murat Yildirim ijro etadigan sahnalarni suratga olish ishlari Buxoro viloyatida 24-mart kunidan boshlanadi.
86
436
Madaniyat
Ko‘zlar kichik, burun katta: noto‘g‘ri makiyajning xunuk ko‘rsatib qo‘yishi yulduzlar misolida (foto)
To‘g‘ri makiyaj go‘zallik va o‘ziga xoslikka urg‘u beradi. Noto‘g‘risi esa obrazni muvaffaqiyatsiz chiqishiga, yuzdagi kamchiliklarni ko‘zga tashlanishiga sababchi bo‘ladi. Emili Ratakovski Modelning ko‘zlari juda ham chiroyli, shunchaki unga makiyaj bilan urg‘u berish kerak xolos. Ammo birinchi suratdagi rang Emiliga mos kelmagani va makiyaj omadsiz chiqqanini ko‘rish mumkin. Kulrang ten va podvodka esa uning husniga husn qo‘shgan. Margo Robbi Robbi ham trenddan ortda qolishni istamasdan grafik makiyajni sinab ko‘rgan, ammo muvaffaqiyatli chiqmagan. Noto‘g‘ri makiyaj sabab uning yuzi kasallarnikiga o‘xshab qolgan. Buning o‘rniga och jigarrang tendan foydalanganida obrazi tamoman boshqacha chiqardi. Selena Gomes Suratdagi yaltiroq makiyaj Selenaning eng omadsiz obrazlaridan biri bo‘lgan. Undagi kulrang ten va tillarang blesklar umuman bir-biriga mos tushmagan, kamiga bronzerdan foydalangani xonandani quyosh nurida kuyib ketgandek ko‘rsatib qo‘ygan. Kira Naytli Kiraning ko‘zlari katta bo‘lmagani sabab vizajistlar asosan unga smoky eye uslubida makiyaj qiladi. Shunga qaramay, podvodkaning to‘g‘ri surilmagani hisobiga birinchi suratda ko‘zlari ikki karra kichik ko‘rinib qolgan. Skarlett Yoxansson Go‘zal aktrisani noto‘g‘ri makiyaj ko‘ngildagidek ko‘rinmasligiga sababchi bo‘lgan. Agar qora qalam o‘rniga och qalam bilan ko‘zining ichki burchagiga urg‘u berganida obrazi yanada chiroyli ko‘ringan bo‘lardi. Ledi Gaga Qo‘shiqchining ko‘zlari bodomsimon ekaniga qaramay, ko‘pincha makiyaj sabab aslidan kichik va dumaloq ko‘rinadi. Ko‘zining tagiga yorqin ten surtganida ko‘zlariga yanada urg‘u bergan bo‘lardi. Jasmin Sanders Och yashil tenni butun qovog‘iga surtib, tashqi tomoniga och jigar rangdan foydalangani Jasminning obrazini mukammal chiqmasligiga sabab bo‘lgan. Bunday makiyaj bilan nafaqat xastaga o‘xshab ko‘rinib qolgan, balki ko‘zi ostidagi ko‘karishlar yanada ko‘zga tashlangan. Ikkinchi suratda esa xuddi shu yashil tendan foydalanib, qovoqning chetiga to‘q rang surtgani esa o‘ziga juda ham yarashgan va ko‘zlarini katta-katta ko‘rsatgan.
101
2,077
Madaniyat
Haligacha farzand ko‘ra olmagan va buning sababini hech kimga aytmagan aktrisa — Jennifer Enistonning hayoti va karyerasi (foto)
Ko‘p yillardan beri karyerasini farzandli bo‘lishdan ustun ko‘rishda ayblanib kelinayotgan aktrisa Jennifer Eniston har kim o‘z hayotini qanday yashashini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lish muhimligi haqida ochiq gapirdi. AdMe nashri Reychel Grin roli bilan mashhur bo‘lgan aktrisaning hayoti haqidagi hikoyani siz bilan baham ko‘radi. Karyerasining dastlabki yillari Jennifer Eniston 1969-yil 11-fevralda tug‘ilgan. Uning ota-onasi aktyor bo‘lgan, shuning uchun u yoshligidanoq bu faoliyat bilan yaxshi tanish edi. U Nyu-York shahridagi musiqa, san’at va aktyorlik maktabida drama bo‘yicha tahsil olgan. Avvaliga u hatto reklama sohasida ham ish topa olmaydi. Jennifer 2 yildan ortiq muzqaymoq do‘konida ofitsiant va sotuvchi bo‘lib ishlaydi. U pul qarz olib, so‘nggi bir necha dollarini “Do‘stlar” filmidagi rolga fotokasting uchun suratga tushishga sarflaydi. “Do‘stlar” va Reychel Grinning muvaffaqiyati “Do‘stlar” premyerasi 1994-yilda bo‘lib o‘tdi va serial keyingi 10 yil davomida ham katta muvaffaqiyat bilan davom etdi. Qahramon Jennifer barchaning sevimlisiga aylandi, uning kiyimlari va soch turmagi 10 yillik tendensiyani belgilab berdi, uni haligacha eslashadi va bunday turmakdan hozirgacha foydalanishadi. 2000-yilda Eniston Bred Pittga turmushga chiqadi. Odamlar bu ajoyib juftlikni juda yaxshi ko‘rishardi va ular qayerga ketayotganini, nima qilayotganini doimiy ravishda kuzatib boradigan matbuot, ayniqsa, ularning farzandli bo‘lish-bo‘lmasligi bilan qiziqardi. Ammo juftlik uchun bu asosiy narsa emas edi. 2005-yilda ular ajralishdi va tez orada Bred Pitt Anjelina Joli bilan munosabatlarini rasman e’lon qildi. Komediyalar yulduzi Esda qolarli rol o‘ynagan mashhur aktyorlar bilan tez-tez sodir bo‘ladigan narsa Jennifer bilan ham sodir bo‘lishi ehtimoli bor edi: u Reychel Grin timsolida qolib ketishi va boshqa rollarda sinab ko‘rilmasligi mumkin edi. Biroq Eniston bunday bo‘lmasligi uchun juda ko‘p harakat qildi. “Yaxshi qiz” (2002) filmini suratga olish ishlari boshlangach, u film ustida ishlashni to‘xtatmaydi. “Do‘stlar” 2004-yilda tugadi va Jenniferning karyerasi katta ekranga ko‘chadi. Xuddi shu yili yana bir yulduz — Ben Stiller bilan birgalikda rol ijro etgan “Mana, Polli ham keldi” filmi namoyish etildi. 2006-yilda u Vins Von bilan birgalikda rol o‘ynagan “Amerikancha ajralish” filmi prokatga chiqdi. Shundan keyingina Reychel obrazi ortda qoldi, Jennifer o‘zining karyerasi endigina boshlanayotganini hammaga ko‘rsatib qo‘ydi. 2012-yilda aktrisa Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ldi. Yangi rollar va yangi vazifalar Jennifer yaxshi komedik aktrisa bo‘lishiga qaramay, faqat shu janr bilan cheklanib qolishni xohlamadi. 2005-yilda u “Xiyonatning bahosi” dramasida, 2008-yilda esa “Marli va men” filmlarida ijro etgan rollari muvaffaqiyat olib keldi. U 2009-yilda “Va’da berish — turmush quradi degani emas” va 2011-yilda “Rafiqam bo‘l” melodramalarida ham rol o‘ynadi. 2014-yilda Jennifer “Tort” filmidagi obrazi bilan barchani hayratda qoldirdi, mazkur filmda u surunkali og‘riqdan azob chekayotgan ayol rolini o‘ynadi. Jennifer 2015-yilda Jastin Teruga turmushga chiqdi. Karyerasidagi muvaffaqiyatiga qaramay, u shaxsiy hayotidagi voqealar tufayli jurnallar muqovalarida paydo bo‘la boshladi. Bir intervyusida u shunday degandi: “Hech kim bu mavzu erim va men uchun juda og‘riqli ekanini o‘ylamaydi. Ular mening ruhiy holatim va sog‘lig‘im haqida bilishmaydi. Ayollarga ona bo‘lish uchun bosim o‘tkaziladi va agar bunday bo‘lmasa, hammasiga uni aybdor qilishadi. Balki, mening maqsadim nasl qoldirish emasdir. Balki, men boshqa birov uchun yaratilgandirman”. Aktrisaning sabr kosasini to‘ldirgan ochiq xat 2016-yilda Jennifer sabr kosasi tugaganini his qilgach, ochiq xat yozishga qaror qildi. Aktrisa ko‘p yillar oldin birinchi marta homiladorligi haqida mish-mish tarqatganlarga murojaat qildi. Biroq u bu gapni o‘ziga olmagan va umuman, qasd olishni niyat qilmagandi. Buning o‘rniga u boshqalarga g‘amxo‘rlik qiladi. Jenniferning ta’kidlashicha, bu kabi g‘iybat va mish-mishlar ayollardan go‘zallikning ma’lum “standartlari”ga javob berishni talab qiladigan jamiyatning har doimgi kamsitishidir. U qizlarning go‘zal deb hisoblanishi uchun ozg‘in bo‘lishi kerak degan fikrda o‘sib ulg‘ayishidan xavotirda ekanini aytdi. Eniston o‘z maktubida qalbining eng tubidagi gaplarni yozdi: “Biz hayotda umr yo‘ldoshli yoki usiz, farzandli yoki farzandsiz ham baxtimiz to‘kis bo‘lishi mumkin. Tanamizga kelganda esa nima go‘zal ekanini o‘zimiz hal qilishimiz kerak. Bu qaror faqat bizga tegishli. Keling, buni o‘zimiz va bizga namuna sifatida qaraydigan yosh qizlar uchun qilaylik. Baxtli bo‘lish uchungina turmush qurishimiz yoki ona bo‘lishimiz shart emas. Baxtli yakunimiz nima bo‘lishini faqat o‘zimiz hal qilamiz”. Jennifer Eniston bugun: ko‘p qirrali aktrisa va ishbilarmon ayol 2021-yilda Jenniferga The Hollywood Reporter nashriga bergan intervyusida Riz Uizerspun ishtirokidagi “Tong shousi”ning 2-mavsumining muvaffaqiyati, “Do‘stlar” jamoasining birlashishi va Adam Sendler bilan bo‘lajak “Qotillik siri” filmining premyerasi haqida savollar berildi. Jennifer hozirda jurnal o‘qimasligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u ilgari hamma narsani ko‘ngliga yaqin olgan — homiladorlik haqidagi barcha mish-mishlar va “u bolalardan ko‘ra karyerasini afzal ko‘rgani”ni to‘g‘risidagi tuhmatni ham. “Hech kim mening nega farzandlarim yo‘qligi sababini, mening ruhiyatimda va o‘zimda tibbiy jihatdan nima bo‘layotganini bilmaydi”, — deydi aktrisa. Bugungi kunda Jennifer o‘ziga tegishli go‘zallik brendining muvaffaqiyatidan bahramand bo‘lib, ajoyib loyihalarni amalga oshirishda davom etmoqda. Shunday tinib-tinchimasligi ortidan 2021-yil dekabrda Sherry Lansing Leadership Award mukofotini qo‘lga kiritdi. Aynan shu marosimdagi nutqida u eng yaxshi ishi hali oldinda ekanini alohida ta’kidladi.
128
5,865
Madaniyat
"Unutilmas qahramonlar" turkumi ostida yangi hujjatli filmlar yaratiladi
«O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi" DUK tomonidan "Unutilmas qahramonlar" turkumi ostida yangi hujjatli filmlar yaratiladi. Bu haqda Agentlik Axborot xizmati xabar bermoqda.  Filmlar Inoyat Navro`zboev, Malik Qayumov, Qudrat Suyunov, Sobir Rahimov, Zebo G`anieva, Sharof Rashidov, Ergash Hamroev kabi xalq tanigan shaxslarning hayot yo`li, kasbiy muvaffaqiyatlariga bag`ishlanadi. Xozirda ssenariylar muhokamalari, suratga olish ob`ektlari bilan tanishish, ijodiy guruhlarni shakllantirish bosqichlari ketmoqda.
72
566
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning onasi vafot etdi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning onasi Rahima aya Usmonova vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” DM matbuot xizmati ma’lum qildi. “Bugun, 6-noyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning onasi Rahima aya Usmonova vafot etdi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi jamoasi ustoz san’atkor Yulduz Usmonovaga hamda uning oilasiga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deya xabar beradi “O‘zbekkonsert” DM matbuot xizmati.
61
429
Madaniyat
Ebola yuqtirib olmaslik uchun shar ichiga kirib olgan reper Akon Afrikada konsert berdi
Amerikalik reper Akonning Kongodagi konserti mojaroga sabab bo‘ldi. Ebola bezgagiga duchor bo‘lgan afrikaliklarni qo‘llashni istagan xonanda o‘z sog‘lig‘ini o‘ylab, germetik rangsiz shar ichida chiqish qildi. Bu haqda Daily News’ga tayanib, “Vesti” xabar bermoqda. Qisqa muddatda internetda Akonning Goma shahrida katta sharda o‘tirib, ko‘plab muxlislar qo‘lida sayr qilayotgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘la boshladi. “Bezgak yuqtirib olmaslik uchun menga Akonnikidek shar kerak. Men unda ishlayman”, — deb qayd etdi muxlislardan biri o‘z tvitterida. Qo‘shiqchining o‘zi esa mazkur yangilikka hech qanday izoh bermadi. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, reper bundan avval ham o‘z dasturlarida shardan foydalangan. Masalan, 2010-yil Akon Avstraliyadagi shouda muxlislarini sharda o‘tirgan holda xursand qilgan.
87
814
Madaniyat
500 milliondan 80 milliard dollargacha: Mashhurlarning juda qimmatga tushgan ajrashishlari (foto)
Oddiy odamlar ajrashishayotganda odatda kvartira, mashina va yana nimlarnidir bo‘lishishadi. Mashhurlarda esa mol-mulkning ancha uzun ro‘yxat bo‘ladi, bank hisoblari ham juda katta. Ajralish ishi bilan shug‘ullangan advokatlar ham bunday paytda ancha-muncha foyda oladi. Sobiq erlariga juda qimmatga tushgan eng katta ajralishlar haqida gaplashamiz. Bill Geyts va Melinda French: 80 milliard dollar Ularning sevgisi ishdagi ishq bilan boshlangan. Bill Melindaning rahbari edi, juftlik ish bo‘yicha birgalikda ko‘p yillar ishlashdi, 27 yil davomida bosqichma-bosqich muvaffaqiyatga erishishdi. Koronavirus pandemiyasi sabab boshlangan karantin ularga munosabatlarining boshqa qirralarini ham ko‘rsatib qo‘ydi. Chunki endi ular aqldan ozar darajadagi ish jadvalisiz, birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazishlari kerak edi. Er-xotin bunga chiday olmadi. Kompensatsiya sifatida Melinda dunyoning eng boy odamidan mol-mulkining yarmini, ya’ni 80 milliard dollar oldi. Jeff Bezos va Makkenzi Skott: 69 milliard dollar Dunyoning eng badavlat odami ham ajralish paytida yaxshigina pulga tushdi, shundan keyin u eng boy odamlar reytingida pastladi. Ammo Makkenzi ajrashgandan keyin dunyodagi eng boy ayollardan biriga aylandi. Sud qaroriga ko‘ra, u Bezos mulkining yarmiga, ya’ni qariyb 69 milliard dollarga ega bo‘lishga haqli edi. Ammo Bezosning aksiyalari, qasrlari, boshqa ko‘chmas mulklari va baham ko‘rish uchun juda ko‘p qimmatbaho buyumlari bor. Biroq Makkenzi bu narsalar uchun talashib o‘tirmadi. U pulning katta qismini xayriya ishlariga sarfladi, mol-mulk, aksiyalar va boshqa muhim hujjatlarni ham hech bir muammosiz sobiq eriga qoldirdi. Roman Abramovich va uning rafiqasi Irina: 6 milliard funt sterling Oligarx sobiq styuardessa bilan 15 yildan ortiq birga yashadi. Har doim shunday bo‘ladiganga o‘xshardi, lekin bu nikoh umrining oxirigacha davom etmadi. Biroq Irina quruq qo‘l bilan qolmadi, albatta. Ajrashish paytida u Romandan 6 milliard funt sterling oldi. Qimmat villalar, qasrlar va kvartiralarni hisobga olmaganda, bu summa Irinani qoniqtirgan. Alek Vildenshteyn va Joslin: 4 milliard dollar 20 yillik turmushdan so‘ng, fransuz tadbirkori Alek xiyonat ustida qo‘lga tushdi: rafiqasi Joslin uni ma’shuqasi bilan ushlab oldi. Ajralishda milliardlarni bo‘lishishni istamagan Alek darhol xotiniga tahdid qila boshladi. Biroq Joslin hech ikkilanmay, tavakkal qildi: u erini tahdid qilgani uchun sudga berdi, buning uchun Alek shartli qamoq jazosiga hukm qilindi, shuningdek, xiyonatkor erini ajrashish uchun sudga berib, 4 milliard dollardan ko‘proq pul undirib oldi. Rupert Merdok va uning turmush o‘rtoqlari Anna va Vendi: 1,7 milliard dollar va 1,8 milliard dollar Rupert Merdok Badavlat bu odam ikki marta shov-shuvli va janjalli ajralish jarayonidan o‘tgan. Rupert birinchi xotini Anna bilan 25 yil davomida yashagan. Shuncha yillik munosabat ham oilasini saqlab qolishga sabab bo‘lolmadi. Mediamagnat Anna bilan ajrashgach, unga 1,7 milliard dollar to‘ladi. Annadan keyin yangi va yosh xotini Vendi bilan oila qurdi. Vendi bilan 13 yil yashagach, u bilan ham ajrashishga qaror qildi va yana mulkni taqsimlashga to‘g‘ri keldi: Vendi eridan 1,8 milliard dollar oldi. Mel Gibson va Robin Mur: 850 million dollar Robin bilan ko‘p yillik turmushidan so‘ng, Mel rossiyalik go‘zal Oksana Grigoryevaga ilakishib qoldi. Buning uchun u xotini bilan ajrashishga va unga yaxshigina tovon to‘lashga tayyor edi. Robin Mur nafaqat 850 million dollar oldi, balki ajrashgandan keyin Melning ishlari chappasiga ketganidan zavqlandi ham. Uning rus sevgilisi bilan nikohi uzoqqa bormadi, karyerasida ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi, Gibsonning keskin bayonotlari sabab jamoatchilikning undan yuz o‘girdi. Dubay shayxi Muhammad va malika Xaya: 730 million dollar Malika Xaya Dubay shayxi bilan ajrashayotganda uni yaxshigina summa uchun sudga berdi. Umuman olganda, bu hikoya avvalgilaridan farq qiladi. Boshqa ayollardan farqli o‘laroq, malika Xaya eridan qutulish uchun bolalari bilan Dubaydan qochishga majbur bo‘ldi. Mish-mishlarga ko‘ra, uning eri qoidalariga qarshi chiqqanlarga, hatto oilasiga nisbatan ham juda shafqatsiz munosabatda bo‘lgan. U o‘z qizlarini qamoqqa tashlab, qiynoqlarga solgan. Xayaning Iordaniya qiroli Abdulla II ning singlisi bo‘lgani, akasi singlisi va farzandlarining Buyuk Britaniyada daxlsizlik maqomiga ega bo‘lishiga yordam bergani ayolga hamma narsani sud orqali hal qilishga yordam berdi.
97
4,420
Madaniyat
Shou-biznes vakillari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan aksiyada qatnashdi (video)
Internetning ijtimoiy tarmoqlarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Hayotni saqlab qolamiz” aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida DYHXB ko‘magi bilan taniqli san’atkorlar ishtirokida ijtimoiy videorolik suratga olindi hamda tarqatildi. Videorolikda respublika yo‘llarida sodir bo‘layotgan YTHlar mavzusi ko‘tarilgan, shuningdek, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash va yo‘l harakati ishtirokchilarining hayotlarini saqlab qolish uchun zarur choralar ko‘rish masalasi ko‘ndalang qo‘yilgan. Rolik namoyish etilgandan so‘ng bir necha kun avval u Facebook’da 22 mingdan ko‘p marta, san’atkorlarning Instagram’dagi sahifalarida 50 mingdan ko‘p marta ko‘rildi, Telegram-kanallarda esa ko‘rishlar soni 183 mingdan oshdi. Ushbu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, yo‘l harakati xavfsizligi mavzusi jamoatchilik orasida dolzarb bo‘lib qolmoqda va zarur choralarni ko‘rishni talab etadi. “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bizning davlatimiz va jamoatchilik oldida turgan muhim muammodir. Haydovchi va yo‘lovchilarning intizomsizligi yo‘llarimizda xavfsizlik darajasiga salbiy ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri, deyish mumkin. Men mamlakatda yo‘l xavfsizligi holatini ijobiy tomonga o‘zgartiruvchi choralar ko‘rish vaqti keldi, deb o‘ylayman”, — deya izohladi ijtimoiy aksiyada ishtirok etgan xonanda Rashid Holiqov. “Bizda kunora sodir bo‘ladigan YTHlardan keyingi raqamlar kishini xavotirga soladi. Biz hammamiz yo‘llarda o‘zimizni xavfsiz his qilishimiz uchun bu muammoni hal qilish juda zarur. Axir bu — bizning hayotimiz, yaqinlarimiz hayoti, barcha-barchaning hayoti”, — deydi xonanda Munisa Rizayeva.
100
1,619
Madaniyat
Taniqli dramaturg Sharof Boshbekov 71 yoshida vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati”ordeni sohibi, taniqli dramaturg, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sharof Boshbekov 2022-yilning 26-yanvar kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar qildi. Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani G‘ubir qishlog‘ida tug‘ilgan. 1974-yili Toshkent teatr va rassomchilik san’ati institutini tamomlagan. O‘qishni tugatgach, Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida faoliyat ko‘rsatgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1983—1985), O‘zbekiston Milliy davlat akademik drama teatrida (1986—1987) adabiy xodim bo‘lib xizmat qildi. Sharof Boshbekov yozuvchilik ijodini 1980-yilda “Taqdir eshigi” nomli komediya bilan boshlagan. Shundan so‘ng adibning birin-ketin yozilgan “G varianti” (1981), “G‘urur” (1982), “Jumboq” (1986) hikoyalari, “Tikansiz tipratikanlar”, “Musiqa sayyorasi”, “Tentak farishtalar”, “Tushov uzgan tulporlar” (1983) dramasi, “Eshik qoqqan kim?” (1987), “Eski shahar gavroshlari” (1998), “Temir xotin” (1989) kabi jiddiy komediyalari o‘zbek dramaturgiyasi xazinasini boyitdi. “Temir xotin” komediyasi nafaqat respublikada, balki boshqa mamlakatlar teatrlarida ham sahnaga qo‘yildi. Mazkur asar avval Respublika miqiyosida o‘tkazilgan teatr festivalida bosh sovrin – “Gran-pri”ni qo‘lga kiritdi, so‘ngra Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o‘tkazilgan teatr festivalining mutlaq g‘olibi deb topildi. Ushbu pyesa asosida badiiy film, operetta ishlandi. Asar 1989-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Maqsud Shayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq topildi. Sharof Boshbekov ssenariysi asosida “Ma’ruf va Sharif”, “Yuzsiz” (1993), “Tilla bola” (1994) kabi filmlar yaratildi. U “Masxaraboz” (1996), “Farhod va Shirin” filmlarida ham ssenariy muallifi, ham rejissor sifatida ishtirok etdi. Uning ssenariysi asosida “Charxpalak” teleseriali suratga olingan. Bundan tashqari, “Tentak farishtalar” (1995), “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” (1996) kabi sahna asarlari ham respublika teatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etildi. Hajviy hikoyalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining “Yilning eng yaxshi hajviy asari” (1982) mukofotiga munosib ko‘rilgan. “Mushtum” jurnalida e’lon qilingan “Buyuk maqtanchoqlik”, “Buyuk qo‘rqoqlik”, “Buyuk baxtiyorlik” nomli publitsistik maqolalariga jurnalning “Yilning eng yaxshi publitsistik asari” (1992) mukofoti berilgan. Mustaqillik yillari “O‘yin” (2002), “Doka ro‘molning qurishi” (2004) telefilm ssenariylarini yozdi, “So‘qmoq” (2003), “Mehr va mauzer” (2007) kinoqissalarini yaratdi. “Eshik qoqqan kim bo‘ldi?” (1989), “Falakning gardishi” (2009), “Musofir bo‘lmaguncha” (2009), “Tentak farishta” (2010), “Charxpalak” (2017), “Tanlangan asarlar” (“2021”) kabi to‘plamlari nashr etilgan. Adib drama va kinoqissalardan iborat “Tanlangan asralar” kitobi uchun 2021-yili O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Yilning eng yaxshi asari” tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Sharof Boshbekov 1996-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, 2001-yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi ko‘p sonli a’zolari va adabiyot muxlislari nomidan adibning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deyiladi xabarda.
56
3,320
Madaniyat
Sardor Milano “Glavnaya ssena” tanlovining superfinaliga yo‘l oldi (video)
10-aprel, juma kuni “Glavnaya ssena” vokal shousi finali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Anons.uz”. Unda superfinalga chiqish uchun boshqa ishtirokchilar qatorida hamyurtimiz Sardor Milano ham kurashdi. Sardor Fred Merkurining Queen nomli kompozitsiyasini ijro etib, tomoshabinlar va hay’at a’zolari e’tiborini qozondi. Superfinalga har bir jamoadan bir kishidan — jami besh kishi yo‘l oldi. Bular Arsen Mukendi, Aleksandr Ivanov, Kseniya Dejneva, “Moya Mishel” guruhi va Sardor bo‘ldi. Shou g‘olibi tomoshabinlar tomonidan tanlanadi. Ovoz berish natijalari keyingi hafta juma kuni e’lon qilinadi.
74
601
Madaniyat
“O‘zbekkino” rahbari: Davlat filmi uchun ajratilgan 1 mlrd so‘mning 47 foizi soliqlarga ketadi
“Milliy matbuot markazi”da “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan “Mustaqillik yillarida milliy kinematografiya san’ati: kecha, bugun va ertaga” mavzusida matbuot anjumani о‘tkazildi. Matbuot anjumanida agentlik rahbariyati, kino rejissorlar, ssenaristlar, tizim tashkilotlari rahbarlari, OAV xodimlari qatori jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Tadbirda “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev yig‘ilgan jurnalistlarning barcha savollariga ochiq-oydion javob berdi. - “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan suratga olinayotgan filmlar uchun ajratilgan mablag‘ning 49 foizi soliqlar tufayli ushlanib qolinishi rostmi?  Deylik rejissorga bir milliard so‘m pul beriladigan bo‘lsa, shuning deyarli teng yarmi ulardan qaytarilib olinar ekan. Bundan tashqari pulni ko‘chirish ishlari, ovoragarchiliklar tufayli juda kam pul rejissorga yetib borar ekan. Bu biz talab qilayotgan filmlarni suratga olishga yetarli mablag‘ emasku…,  yuqorida sanab o‘tilgan sabablar va ma’lumotlarim qanchalik asosli, shunga oydinlik kiritsangiz - Juda ham 50 foiz emasku, ammo shunga yaqin. - Aynan qancha, shunga aniqroq yondoshsangiz? - 47 foiz ushlanib qolinadi. - Unda nega rejissorlarga 1 milliard so‘m ajratiladi deyiladi? Aniq mablag‘ini, aniq raqamlarni aytishning iloji yo‘qmi? Chunki biz rejissorlardan sizlar milliard so‘mlik mablag‘ni olib, pulga yarasha film ishlamayapsizlar degan savol bilan ularni qiynaymiz - Nihoyatda muhim masalani ko‘tardingiz. Bu masalani biz ilgari ham ko‘targan edik. Yana qaytarib o‘taman, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi, hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar mas’uliyati cheklangan jamiyatining huquqiy maqomini o‘zgartirish masalasi qo‘yilgan, oktabr oyigacha bu masalani hal qilishimiz kerak. Bu yerda soliq to‘lash bazasini ham qayta ko‘rib chiqish masalasi qo‘yilgan. Bu mablag‘ bilan bog‘liq masala bo‘lgani uchun ancha sinchkovlikni talab qiladi, lekin sinchkovlik deganimiz bilan bu masalani cho‘zmoqchi emasmiz, bir yarim, ikki oy ichida bu masala hal qilinadi. Bu soliqni 47 foizdan 20 foizgacha tushirish masalasi belgilab qo‘yilgan va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oktabr oyida taklifingni kiritasan deya belgilab qo‘yilgan. Men xususiy studiyalar tomonidan yoki davlat buyurtmasi asosida suratga olingan filmlar deya filmlarni ikkiga ajratilishiga qarshiman. Bugungi kunda xususiy studiyalar bilan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqarish, xususiy studiyalarda faoliyat olib borayotgan, intilishi bor ijodkorlarni qo‘llab quvvatlashni, birgalikda film suratga olishni rejalashtirganmiz. Misol uchun rejissor Jahongir Ahmedov o‘zining studiyasidan davlat buyurtmasi bilan ishga tushadi.
94
2,774
Madaniyat
Fotoreportaj: Shahrisabzda ochilgan maqom muzeyi
O‘zA Shahrisabz shahrida ochilgan maqom muzeyidan fotoreportaj tayyorlab, taqdim etdi. FotoL O‘zA FotoL O‘zA FotoL O‘zA FotoL O‘zA FotoL O‘zA FotoL O‘zA FotoL O‘zA FotoL O‘zA FotoL O‘zA FotoL O‘zA
48
216
Madaniyat
“Burakning tuflisini yalashga tayyor bo‘lgan ayollarimizni ko‘rib, achindim”. Matyoqub Matchonov o‘zbek ayollarining turk aktyori bilan rasmga tushish uchun qilgan qiliqlarini qoraladi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Kino arboblari uyushmasi raisi, aktyor Matyoqub Matchonov XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida tashkil etilgan “Turk kino kunlari” ijodiy kechasida turk aktyorlari Burak O‘zchivit, Nurgul Yeshilchay va ularning hamkasblari bilan yuzaga kelgan mojarosiga munosabat bildirdi. Aktyor, shuningdek, o‘zbek qizlari va ayollarining turk aktyori Burak O‘zchivit bilan ko‘rishib, rasmga tushish uchun qilgan ishlarini keskin tanqid qildi. “Kinofestivalning qanday o‘tgani haqida juda ko‘p savollar kelyapti. Kinofestival yaxshi o‘tdi, keyin turk kino ijodkorlari nima sababdan janjal qilishdi, degan savollar keldi va shunga izoh bermaysizlarmi, deyishdi. Bu ularning ichki nizolari, sababi oddiy bir misol qilib gapiradigan bo‘lsak, uyimizga 10 ta mehmon chaqiradigan bo‘lsak, 8 tasiga boshqacha, 2 tasiga boshqacha iltifot ko‘rsatmaymiz. Qaysidir ma’noda bu bizning ham aybimiz. Vaholanki, bu yerda qolgan 8 ta ijodkorlar ham nihoyatda katta-katta ijodkorlar edi, turk kinosida mustaqil o‘rniga ega san’atkorlar. Ularga behurmatsizlik qilish nihoyatda achinarli hol. Men boshqa narsani aytmoqchiman, Burak O‘zchivit keldi, qizil yo‘lakchadan o‘tyapti, u yoqqa, bu yoqqa boryapti. Shuni orqasidan ergashib, kerak bo‘lsa tuflisini yalashga tayyor bo‘lgan o‘zbek qizlarini, ayollarimizni ko‘rib achinarli holatga tushdim. Nahotki, shunchalik o‘zlaringizni yerga urib tashlaysizlar, g‘urur bormi, o‘zi sizlarda? O‘sha bilan rasmga tushaman, shuni oldiga boraman, gaplashaman, yalinib sal bo‘lsa ham deb, g‘urur bormi, sizlarda? Rasmga ham tushding, keyin nima bo‘ladi, g‘alati holatku, bir-ikkitasi kelsa, ha, siz bilan rasmga tushmaganim alam qilyaptimi, deysan. Menga alam qilayotgani yo‘q, alam qilayotgani o‘sha qizlar o‘zbek qizlariga, o‘zbek ayollariga “xurmacha” qiliqlar bilan isnod keltiryapti. Hayronman, shu qizlarimizni, ayollarimizni turmush o‘rtog‘i, aka-ukalari, otalari bormi? Shu darajada bo‘ladimi, qo‘pol so‘zlarni ishlatmayapman. Shunchalik ham qiladimi, kim u, oddiy siz bilan menga o‘xshagan inson. Yaxshi ko‘rasizmi, mayli o‘ynagan rolini yaxshi ko‘ring, vaholanki, unaqa fantastik aktyor emas u, fotomodel. Sal ozgina kimligimizni, u yoqda turmush o‘rtog‘imiz, otamiz, akamiz, ukamiz, farzandlarimiz borligini esdan chiqarmaylik. Bu fanatizm yaxshilikka olib kelmaydi, bilib olinglar. Bandadan kimnidir yasash yaxshilikka olib kelmaydi, Allohning muxlisi bo‘linglar. Qattiq gapirgan bo‘lsam uzr,  lekin bu haqiqat”, — deydi aktyor.
192
2,492
Madaniyat
Maykl Jeksonning oilasi HBO’dan kompensatsiya sifatida 100 mln dollar oladi
Maykl Jeksonning qarindoshlari HBO’ga qarshi sudda g‘olib chiqdi. Endilikda ular musiqachi pedofiliyada ayblangan “Neverlendni tark etib” hujjatli lentasiga qarshi kiritilgan apellyatsion da’vo doirasida 100 million dollar kompensatsiya oladi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi. Qo‘shiqchining oilasi HBO 1992-yilda Jeksonning The Dangerous Tour filmini namoyish etish uchun eksklyuziv huquqni qo‘lga kiritgani, 27 yil davomida artistning obro‘siga putur yetkazadigan har qanday materiallarni translyatsiya qilmaslik majburiyatini olganini ma’lum qilgan. Biroq 2019-yilda telekanal Den Ridning “Neverlendni tark etib” kartinasini efirga uzatgan. Unda ikki nafar erkak bolaligida Jekson tomonidan zo‘ravonlikka uchraganini so‘zlab bergan. HBO vakillari shartnomaning mazkur shartini ushbu vaziyatga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan. Natijada sud 1992-yilda imzolangan bitim o‘zaro kelishuv asosida bo‘lgani va oradan 28 yil o‘tgan bo‘lsa ham hozirga qadar kuchda ekanligi to‘g‘risida qaror chiqargan. Hozircha HBO sud qaroriga hech qanday izoh bermagan. Eslatib o‘tamiz, Maykl Jekson 2009-yili 50 yoshida vafot etgan. Uning o‘limiga shaxsiy shifokori Konrad Myurrey tomonidan tayyorlangan anestetika inyeksiyasi sabab bo‘lgan.  Maykl Jekson kundaligidan maxfiy qaydlar e’lon qilindi Avvalroq Maykl Jeksonning qizi otasining izidan ketib, qo‘shiqchi bo‘lishga qaror qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
75
1,422
Madaniyat
Gollivudning eng keksa aktrisasi vafot etdi
Gollivudning eng keksa aktrisasi Konni Soyyer 105-yoshida vafot etdi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”. Soyyer saratonga qarshi ko‘p yillik kurashdan so‘ng Vudlend-Xillzdagi (Kaliforniya shtati) uyida vafot etdi. Uning o‘limi aniq sababi hali aniqlanmagan. Aktrisa ilk rolini 18 yoshida qo‘lga kiritgan, karyerasi davomida 140 dan ortiq kartinada suratga tushgan. U ko‘proq televideniyeda mashhur bo‘lsa-da, “Garri Sallini uchratganda”, “Ananasli ekspress” kabi filmlarda rol ijro etgan. Soyyer 99 yoshida Kinematografiya fan va san’ati akademiyasining eng keksa a’zosi bo‘lgan.
43
606
Madaniyat
Fotogalereya: 2020-yilgi Oskar mukofotini topshirish marosimidagi asosiy voqealar
Kecha, 10-fevral Los-Anjelesda Amerika kinoakademiyasining 92-tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi — Oskar mukofotini topshirish bu safar ham boshlovchilarsiz o‘tdi. Asosiy sovrin, ya’ni eng yaxshi film uchun Oskar mukofotini tarixda birinchi marta ingliz tilida suratga olinmagan film – Janubiy koreyalik rejissor Pon Chjun Xoning “Parazitlar” kartinasi qo‘lga kiritdi. Aktyorlarga mukofot topshirish jarayonida kutilmagan o‘zgarishlar kuzatilmadi mos ravishda Xoakin Feniks hamda Rene Zelleveger eng yaxshilar deb topildi, ikkinchi darajali eng yaxshi rol ijrochilari sifatida Bred Pitt va Lora Dern e’tirof qilindi. Eng yaxshi rejissor deb Pon Chjun Xo topildi, shuningdek u eng yaxshi original ssenariy nominatsiyasida ham g‘olib chiqdi. Tayka Vaytiti eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy uchun Oskarga sazovor bo‘ldi. Taqdirlash marosimi vaqtida bir nechta yodda qolarni musiqiy chiqishlar kuzatildi: tadbirni Janel Mone o‘z qo‘shig‘i bilan ochib berdi, dastur o‘rtalarida Eminem barchaga zavq-shavq ulashgan bo‘lsa, marosim final qismida Billi Aylish va uing akasi Finneas O’Konnel qo‘shiq kuyladi. Meduza taqdim etgan ushbu fotogalereyada Oskarning eng yodda qolarli lahzalari bilan tanishish mumkin. “Parazitlar” filmi ijodkorlari jamoasi “Oskar – 2020” taqdirlash marosimining qizil yo‘lagida Eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger (“Judi”) Eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks (“Joker”). U marosimda insonning atrofidagi jamiyatga ta’siri haqida hayajonli nutq so‘zladi Eng yaxshi ikkinchi darajali rol ijro etgan aktrisa — Lora Dern (“Nikoh tarixi”) Eng yaxshi original ssenariy nominatsiyasiga nomzodi qo‘yilgan Noa Baumbak ushbu yo‘nalishda haykalchani qo‘lga kiritgan Pon Chjun Xoni tabriklamoqda Bred Pitt “Bir kuni Gollivudda” filmidagi ijrosi uchun “Ikkinchi darajali eng yashi rol ijrochisi” nominatsiyasida ilk aktyorlik “Oskar”ini olmoqda Bastakor Xildur Gudnadottir “Joker” filmidagi kompozitsiyasi uchun Oskar bilan mukofotlandi Elton Jon “Roketmen” filmidagi “(I’m Gonna) Love Me Again” qo‘shig‘i uchun ikkinchi bor Oskarga munosib ko‘rildi. U mukofotni Berni Topin bilan birga oldi Tayka Vaytiti “Quyon Jojo” filmi bilan “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” nominatsiyasida haykalchani yutib oldi “Mushuklar” kinomyuziklida rol ijro etgan Jeyms Korden va Rebel Uilson “Eng yaxshi vizual effektlar” nominatsiyasi g‘oliblarini e’lon qilmoqda Eminem 17 yil avval Oskarga loyiq topilgan “Lose Yourself” qo‘shig‘ini yana ijro etdi Janel Mone Oskar mukofotining 92-tantanali marosimini ochib bermoqda. U qo‘shiq ijro qilayotgan vaqtda bir nechta obrazni sahnada gavdalantirdi, jumladan “Quyosh ma’budasi” rolini ham ijro qildi Eng yaxshi film — “Parazitlar” Skarlett Yoxansson ikkita yo‘nalishda nominant bo‘lgandi, biroq yakunda mukofot olmadi “1917” filmida bosh rollarni ijro etgan — Jorj Makkey va Din-Charlz Chempen “Quyon Jojo” filmida rol ijro etgan Roman Griffin Devis hamda Archi Yeyts “Eng yaxshi qahramon ayol roli” yo‘nalishida nominant bo‘lgan Sharliz Teron (“Mojaro”) Eng yaxshi aktyor bo‘lish uchun kurashgan Jonatan Prays (“Ikki dada”) Margo Robbi “Mojaro” filmidagi roli bilan eng yaxshi ikkinchi darajali qahramon obrazi uchun mukofotni olishga urindi Aktyor Billi Porter Oskarda eng yaxshi ayol roli uchun nomzod Sirsha Ronan (“Kichkina ayollar”) Eng yaxshi aktrisa va eng yaxshi qo‘shiq ijrochisi sovrinlari uchun kurashgan aktrisa Sintiya Erivo (“Garriyet”)
81
3,438
Madaniyat
Qirg`iz dostoni “Manas” endida o`zbek tilida nashr etildi
29 noyabr kuni Qirg`iziston Respublikasining Osh shahrida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o`rinbosari Kamola Akilova TURKSOY Xalkaro tashkiloti kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etmoqda. Mazkur tadbir joriy yilning 29 noyabridan 1 dekabr kuniga qadar davom etadi. Dastur asosida kengashning ilk kunida “Manas” eposi dostonining o`zbek tiliga tarjima qilingan kitobi taqdimoti bo`lib o`tdi. Manas eng katta qirg`iz dostonidir, unda qirg`izlarni birlashtirgan qaxramoni Manasdir. Manas YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan. Ginnesning rekordlar Kitobiga dunyodagi eng katta doston sifatida kiritilgan. U juda ko`p tillarga tarjima qilingan, endilikda u o`zbek tilida ham nashr etildi.
57
761
Madaniyat
Pol Uokerning ukalari “Forsaj-7”da uning rolini o‘ynaydi
Marhum Gollivud aktyori Pol Uokerning ukalari yettinchi “Forsaj” filmini suratga olish ishlarining yakunlovchi qismida qatnashadi. Ular akasi suratga tushib ulgurmagan epizodlarda uning rolini bajaradi. Bu haqda filmning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilishdi. “Biz syomkani yangiladik. Polning ukalari Kaleb va Kodi Uoker “Forsaj” oilasini to‘ldirdi. Ularning filmdagi ishtiroki xuddi Pol oramizda yurgandek taassurot uyg‘otmoqda”, — deyiladi xabarda. Aktyorning halokatidan so‘ng film yaratuvchilari syujetni tezkorlik bilan o‘zgartirgani va Pol Uokerning personaji — Brayan O’Konnorni “o‘ldirmoqchi” bo‘lgani haqida gap-so‘zlar paydo bo‘lgan edi. Biroq rejissorlar u shunchaki franshizadan ketishini ma’lum qildi. Yettinchi “Forsaj”ni 2015-yil aprelida taqdim etish rejalashtirilgan. Amerikalik aktyor Pol Uoker Los-Anjelesda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea aktyorning xayriya avtoshousi chog‘ida ro‘y bergan. Unda Pol Uoker va avtosalon xo‘jayini Rojer Rodus yangi Porsche Carrera GT’ni “sinovdan o‘tkazayotgan edi”, deyiladi xabarda. Ichida yo‘lovchi o‘rindig‘idan joy olgan Pol Uoker va haydovchilik vazifasini bajarayotgan Rojer Rodus bo‘lgan Porsche ko‘cha chirog‘i ustuniga katta tezlikda kelib urilgan va yonib ketgan. Natijada ularning har ikkalasi halok bo‘lgan. Avtomobil ham, qurbonlar ham “tiklab bo‘lmaydigan ahvolda edi”, deyiladi xabarda.
56
1,418
Madaniyat
Saida Mirziyoyeva “Mendirman Jaloliddin” haqida: Serialimiz kimgadir yoqishi, kimgadir ma’qul kelmasligi tabiiy
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Telegram kanalida 14-fevral kuni ilk qismi efirga uzatilgan “Mendirman Jaloliddin” seriali haqidagi fikr-mulohazalarini yozib qoldirdi. Xudo xohlasa, 14-fevral kuni soat 20:30 da “Milliy” telekanalida uzoq kutilgan “Mendirman Jaloliddin” serialining premyerasi bo‘ladi. Serial efirga uzatilmasdanoq odamlarda katta qiziqish uyg‘otdi va qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu – tabiiy. To‘laqonli kino ko‘rinishidagi tarixiy serial olish amaliyoti bizda deyarli yo‘lga qo‘yilmagan. Demak, bu – biz uchun yangilik. Yangi havo esa har qanday jamiyatni doim to‘lqinlantiradi. Serial kimgadir yoqishi, kimgadir ma’qul kelmasligi ham tabiiy holat. Biz premyeradan so‘ng fikrlar turli-tuman bo‘lishiga tayyormiz. Odamlar o‘z mulohazasini erkin bildirishi jamiyatning ochiqligi belgisidir. Masalan, eng ko‘p savol filmda nega bosh rolga turk aktyori taklif etilgani haqida bo‘ldi. Asosiy maqsad serial orqali aktyorlarni tanitish emas, balki taniqli aktyorlar orqali jahonga millatimiz qahramonlarini namoyon qilishdir. Serial to‘qima obrazlar va voqealar bilan boyitildi. Seriallarning asosiy maqsadi — tomoshabinlarda tarixiy qahramonlarga, tarixiy voqealarga qiziqish uyg‘otish. Odamlar o‘zimizning boy tariximizga qiziqib, uni o‘rganishlari — serialning eng katta maqsadi. Serial, hujjatli filmlardan shunisi bilan farq qiladi. “Ancha budjet mablag‘i sovurilibdi”, degan gaplar ham bo‘ldi. Ammo bu ta’na asossiz. Serial to‘liq homiylar ko‘magida ishlandi. Buning uchun bosh homiy “Orient Finans Bank”ga minnatdorlik bildiramiz. Azizlar, bugun “Mendirman Jaloliddin” filmi ijodkorlari va bu loyihani qo‘llab-quvvatlagan barcha uchun uzoq kutilgan bayram! Keling, maza qilib serialni tomosha qilaylik. Serialimiz sizga yoqadi, degan umiddamiz. Saida Mirziyoyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari
111
1,992
Madaniyat
Instagram: Jahongir Otajonov siyosiy partiya tuzmoqchi, Sevinch Mo‘minova “tonirovka” uchun jarimaga tortildi, Bahora Arslonova “roddom”dan chiqdi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Sitora Alimjonova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Aktrisa Bahora Arslonova qizalog‘i bilan tug‘ruqxonadan chiqdi. Farhod Alimov va Rayhon G‘aniyeva sport bilan shug‘ullanish lozimligini targ‘ib qilmoqda. Yigitali va Muqaddas esa Amirsoyda hordiq chiqarmoqda. Jahongir Otajonov “Xalq manfaatlari” deb nomlangan yangi siyosiy partiya tuzish harakatiga tushdi. Munisa Rizayeva hayotda sodir bo‘ladigan barcha harakatlar yaxshilikka ekanligini ta’kidlamoqda. Rixsitilla Abdullayev qaynotasi, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Asal Shodiyeva o‘g‘li Muhammadyusuf bilan birgalikda muxlislariga ko‘rinish berdi. Xonanda Sevinch Mo‘minova tezlikni oshirgani va mashinasini noqonuniy ravishda “tonirovka” qildirgani uchun jarimaga tortildi.
146
942
Madaniyat
Jastin Biber biryo‘la uchta MTV Europe mukofotiga ega bo‘ldi
Kanadalik xonanda Jastin Biber uch yo‘nalish bo‘yicha MTV Europe Music Awards mukofotiga ega bo‘ldi. Bu haqda, USA Today nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Shuningdek, Biber eng yaxshi kanadalik artist hamda eng sadoqatli muxlislarga ega ijrochi deb topildi. Xonanda taqdirlash marosimida shaxsan ishtirok etmadi.
60
335
Madaniyat
Gollivud aktyorlari Nyu-York markazida Trampga qarshi miting uyushtirdi
Gollivud aktyorlari va AQSh Demokratik partiyasi vakillari Nyu-York markazida miting o‘tkazib, Donald Trampga qarshi kurashish uchun ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda Hill nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi “RBK”. Respublikachilarning azaliy tanqidchisi rejissor Maykl Mur olib borgan aksiyada Robert de Niro, Mark Ruffalo, Alek Bolduin, shuningdek, Nyu-Yorkning amaldagi meri Bill de Blazio chiqish qildi. Bolduin o‘z chiqishida Donald Trampga qarshi yuz kunlik namoyishga chaqirdi. Mur esa milliarderni sotsiopat deb atadi. Biz bu odamni to‘xtatamiz, u to‘rt yil boshqaruvni saqlab qola olmaydi. Maykl Mur, rejissor Inauguratsiya — bu hammasi tugadi degani emas. Biz oxirigacha kurashamiz. Bill de Blazio, Nyu-York meri Julianna Mur, Sher, Salli Fild ham mitingda ishtirok etdi. Prezidentlik saylovlarida Nyu-York aholisining 80 foizi Hillari Klinton uchun ovoz bergan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
71
1,079
Madaniyat
Taniqli rus aktyori Leonid Kuravlev 85 yoshida vafot etdi
Rossiyalik aktyor Leonid Kuravlev vafot etdi. Bu haqda "Afisha.ru" xabar bermoqda. Xabarda aytilishicha, aktyor yanvar oyi boshida koronavirus infeksiyasi bilan Moskva shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Uning o`g`li Vasiliyning xabar berishicha, aktyorda koronavirus testi salbiy natija ko`rsatgan. 17 yanvar kuni rassom reanimasiyada yotgani haqida xabar berilgan edi. Shifokorlar bemorda nafas olish tizimining zararlanishi aniqlagan. Bundan tashqari, Kuravlevga qon tomirlariga ta`sir qiluvchi va miyada qon aylanishining buzilishiga olib keladigan serebrovaskulyar kasallik tashxisi qo`yilgan. Ma`lumot uchun: Leonid Kuravlev - taniqli aktyor, RSFSR xalq artisti. U "Viy", "Bunday yigit yashaydi", "Ivan Vasilevich kasbini o`zgartiradi", "Afonya" va boshqa sovet filmlarida o`ynagan.
57
793
Madaniyat
Nargiz Zokirova eri uni va o‘g‘lini o‘ldirish bilan tahdid qilganini aytdi
Xonanda, “Golos” teleshousi yulduzi Nargiz Zokirova “Layf” nashriga bergan intervyusida eri, italiyalik xonanda Filipp Balzano unga tahdid qilayotganini tan oldi. Uning ta’kidlashicha, ajrashish jarayoni yanada kattaroq oilaviy nizoni keltirib chiqargan. “Bir yil davomida erimning bosimi ostidaman, — deb hikoya qiladi Nargiz. — Bu men uchun yoqimsiz bo‘lgan pul mavzusi bilan bog‘liqdir. Negadir u, xotinim pulni kurab olmoqda va millionlar topmoqda, deb o‘ylab qoldi, muhimi, uning fikricha, men barcha ishlab topganimni unga berishim kerak ekan. Men pul topish uchun Rossiyaga ketdim, negaki rus Nyu-Yorkidagi klub va restoranlarda ish topish oson emas. Ayniqsa nomzod turmush o‘rtog‘imdagi kabi portlovchi fe’l-atvorga ega bo‘lsa, ixtilofga moyilligi bo‘lsa. Shu bois men uni uyda o‘tirishga ko‘ndirdim, o‘zim esa unga pul bilan bilan yordam berib turishimni aytdim. Ishlab topganimni erim va bolalarimni ta’minlash uchun Nyu-Yorkka yuborar edim. Ammo bu unga kam ko‘rindi. U qarz bo‘lib qolganini aytdi va bir necha yuz ming dollardan iborat summani keltirdi — bu men uchun ancha katta raqamdir. Lekin men unga yordam berishga majbur edim, negaki, uning so‘zlariga qaraganda, pulni ‘jiddiy’ insonlarga va imkon qadar tezroq yetkazish kerak edi”. “U nimadan qarz bo‘lib qolganligini hanuzgacha bilmayman, — so‘zida davom etdi xonanda. — Men uning barcha moddiy injiqliklarini qoniqtirdim — mashina sotib oldim, uyni ta’mirdan o‘tkazdim, studiya olib berdim. Bundan tashqari, bolalarning kollej va maktabi uchun barcha hisoblarni o‘zim yopdim. Hozir esa u meni beparvo ona ekanligimda ayblamoqda, go‘yoki uni u yerda qizim bilan tashlab ketibman. U nafaqat menga, balki oilam va bolalarimga ham tahdid qilmoqda. Nyu-Yorkka kelganimning ikkinchi kuni Filipp ichib olib, o‘zini bilmaydigan ahvolda uyga keldi. U o‘g‘limga tashlana boshladi, uni kaltaklash darajasiga yetdi. Men ularni arang ajratdim. Hamma o‘sha yerda edi: oyim, bolalarim, shu bois politsiyani chaqirdim, aks holda ixtilof hal bo‘lmas edi”. Nargiz Zokirova ularning 16 yoshli qizi ajrashish qarorini bosiqlik bilan qabul qilganini alohida qayd qilib o‘tdi. “U, tabiiyki, mening tomonimda edi, negaki, otasining xatti-harakatlarini ko‘rib, qiyin ahvolga tushdi. Lekin Leyla menga shunday dedi: ‘Oyi, men sizni juda yaxshi ko‘raman, men sizning tomoningizdaman va otam nima qilayotganini ko‘rib turibman, lekin bu vaziyatda suz buvim va Auel (Nargizning o‘g‘li) bilan birga qolganingiz yaxshi. Men esa otam bilan qolaman, u qandaydir xatolar qilayotganida to‘xtatib turish uchun’. Hozir u otasi bilan yashamoqda. O‘g‘lim esa o‘sha kuniyoq ketishga majbur bo‘ldi. Filipp unga tahdid qildi. U meni, o‘g‘limni, oilamni o‘ldirishini aytdi. U to‘pponchasi borligini, agar hozir birorta kelsa, hammani otib tashlashini bot-bot takrorladi. Bu juda qo‘rqinchli manzara edi, politsiya chaqirishdan boshqa choram qolmagan edi”, — deb eslaydi xonanda. U eri o‘g‘lini to‘rt yoshligidan yoqtirmay qolganini, shundan buyon ikkalasiga og‘zaki tarzda bosim o‘tkazib kelganini ta’kidladi. Nargiz Zokirova, shuningdek, ajrashish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi: “Hozir ajrashish bilan Nyu-Yorkda advokatlar shug‘ullanmoqda, bunda menga Maksning prodyuserlik markazidagi odamlar yordam bermoqda, shu bois, Rossiyadan hujjatlar talab etilsa, biz ularni yubora olamiz”. “Bilasizmi, men uni aqldan ozar darajada yaxshi ko‘rar edim. Men hammasini kechirardim. Buni chetdan ko‘rgan odamlar meni bunday yashab bo‘lmasligidan, ketgan ma’qulroq ekanligidan ogohlantirgan edi. Men hech kimga quloq solmadim, yuragimga ergashdim, hammasi joyiga tushishiga ishondim”, — deb so‘ziga yakun yasadi Nargiz.
74
3,645
Madaniyat
Sharq go‘zallari: Turk aktrisalari qanday makiyajni afzal biladi? (foto)
Turk seriallaridagi esda qolarli rollari bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktrisalarning qanday bo‘yanishni ma’qul bilishiga to‘xtalib o‘tamiz. Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” yulduzi Maryam Uzerli och rangda bo‘yanishni yaxshi ko‘radi. U kam bo‘yoqlar bilan go‘zalligiga urg‘u berish, shu bilan birga, o‘ziga xos ko‘rinishni afzal biladi. Fahriye Evjen “Choliqushi” yulduzi esa podvodka yordamida shahlo ko‘zlariga urg‘u berishni yaxshi ko‘radi. Ko‘zining tashqi burchagiga jigarrang ten surtib, kipriklarini qalin bo‘yashni ma’qul biladi. Lablariga esa och rangdagi pomada surtadi. Elchin Sangu “Ijaraga sevgi” yulduzi esa turli makiyajlarni sinab ko‘rishi mumkin. Neslihan Atagul “Sevgi iztirobi”da bosh qahramon rolini gavdalantirgan aktrisa esa tilla va kumush rangdagi bo‘yoqlardan foydalanadi, kundalikda esa kam bo‘yanib, tabiiy ko‘rinishni afzal biladi. Hande Erchel “Eshigimni qoq” yulduzi Hande esa ko‘zlariga urg‘u berib, kipriklarini uzun qilib bo‘yaydi. Demet O‘zdemir “Qulupnay ifori”dagi rolidan keyin mashhurlikka erishgan Demet esa makiyaj va aksessuarlar borasida ham yorqin ranglarni afzal biladi.
72
1,140
Madaniyat
Di Kaprio Putin haqidagi filmda Rossiya prezidenti rolini o‘ynashga rozilik berdi
Leonardo Di Kaprio Vladimir Putin haqida hikoya qiluvchi filmda Rossiya prezidenti rolini o‘ynashga rozilik berdi. Bu haqda filmni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan Knightsbridge Entertainment’ga (Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan va Amerika, Yevropa, Osiyoda vakolatxonalariga ega mustaqil kinokompaniya) yaqin ikki manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “Dojd” telekanali. “Putin” deb nomlangan film loyihasi kompaniya saytida joylashtirilgan bo‘lib, unga Mark Deymon prodyuserlik qilmoqda. Kinokompaniya vakili Valeriy Saaryanning ta’kidlashicha, hozirda yakuniy ko‘rinishi ustida ishlanayotgan film ssenariysi uch muallif tomonidan yozilmoqda, uning rejissyorini esa “hamma biladi”. Film kastingida Gollivudning bir necha yulduzlari ishtirok etmoqda. Suratga olish ishlari 2016-yil bahorida boshlanib, Rossiya, Amerika va Yevropada bo‘lib o‘tadi. “Putin” 2017-yil bahorida ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan. Saaryanning aytishicha, film janri siyosiy triller bo‘lib, unda “dunyoning eng qudratli insonlaridan biri shaxsiy hayoti va karyerasiga nigoh tashlanadi”.
81
1,078
Madaniyat
Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov uni manziliga bepul eltib qo‘ygan qirg‘izistonlik haydovchiga yangi avtomobil sovg‘a qildi (video)
Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov uni manziliga bepul eltib qo‘yishga rozi bo‘lgan haydovchiga mashina sovg‘a qildi. O‘tkazilgan ijtimoiy eksperiment bilan u Instagram sahifasida bo‘lishgan. Ijtimoiy eksperiment o‘tkazishga qaror qilgan videobloger taksi haydovchilariga borib juda ham shoshayotgani, ammo puli uyda qolib ketganini aytgan va ulardan bepul eltib qo‘yishni iltimos qilgan. Aksariyat rad javobini bergan kishilardan farqli ravishda bir haydovchi uni eltib qo‘yishga rozi bo‘lgan. Yo‘l-yo‘lakay u Qirg‘izistondan Moskvaga pul topish uchun kelgani, ikki nafar farzandi borligi va qizini operatsiya qildirishi kerakligini aytib bergan. Mashina ijarasi uchun kuniga 1600 rubl (21 dollar) sarflashini aytgan qirg‘izistonlik erkak ba’zida yo‘lovchilarni tekinga olib borib qo‘yishini ham qo‘shimcha qilgan.“Kimgadir sen ko‘maklashasan, boshqa birov esa senga yordam beradi. Niyatim birinchi navbatda qarzlarni yopish, biroz pul ishlab, vatanimga qaytish. U yerda onam yolg‘iz qolgan”, — degan u. Undan avtosalonga haydashni so‘ragan blogerlar yarim million rubl evaziga xarid amalga oshirib, mashina kalitini haydovchining qo‘liga bergan.
131
1,146
Madaniyat
Alisher Uzoqov va Munisa Rizaeva nima uchun talashdi? Yoxud “Kim ekan?” shousi endi efirga uzatilmaydimi?
“Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan “Kim ekan?” shousi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Rejissyor va prodyuser Baxtiyor Safarovning navbatdagi loyihasi yana bir bor yuqori reytinglarni zabt etdi. Katta qiziqish bilan tomosha qilinayotgan “Kim ekan?” shousining 12 iyun kuni final soni e`tiboringizga havola etiladi. Aynan ko`rsatuvga oid turli gap-so`zlarga oydinlik kiritish uchun Baxtiyor Safarovga yuzlandik. —Biror loyihani boshlayotganda o`ylagan rejalaringiz puchga chiqqan vaqtlari ham bo`lganmi?  —  Qandaydir loyiha haqida o`ylasak, bir-ikki hafta o`tgach, o`zimizga o`sha narsa yoqmay qolgan vaqtlari ham kuzatilgan. Ammo noodatiy, yaxshi loyihalardoimo “shuni qilish kerak” degan yashil chiroqday xayolimizda yonib turadi.  — Ijtimoiy tarmoqlarda “Kim ekan?” shousi nega tugayapti”, “Yana efirga qaytadimi?” degan savollar ko`p… — Yoz televidenie uchun mavsum hisoblanmagani sababli ko`p ko`rsatuvlar tanaffus e`lon qilishadi. Ikkinchi mavsumni yanada kattaroq tayyorgarliklar bilan, dekorasiyalarni o`zgartirib, yangi kostyumlar tiktirib, qaysidir ma`noda “yorib” chiqish uchun ham biroz tin olish kerak. O`zgacha shijoat bilan kuz faslida ko`rsatuvni efirga qaytarishni reja qilyapmiz.  —Suratga olish jarayonlarida nimadandir  ko`nglingiz to`lmagan vaqtlari bo`ldimi?  — Ha, ba`zi qiziquvchan tomoshabinlar hakamlarga ishtirokchi kim ekanini aytib qo`ygan vaqtlari ham bo`lgan. Bundan tashqari Shahzoda Muhammedova kerak bo`lmagan vaqtlarda hay`at a`zolariga ortiqcha yordam berib ham yuborgan. Hatto buning uchun biz Shahzoda bilan jiddiy gaplashib ham olganmiz.             — Ko`rsatuvning final soni nimasi bilan farq qiladi? — Mavsumning oxirgi ko`rsatuvidaetti nafar ishtirokchi qatnashadi. Hay`at a`zolari orasida Munisa Rizaeva ham bor. Munisa Rizaeva hamda Alisher Uzoqov ko`rsatuvning yanada qiziq chiqishiga katta hissa qo`shishdi, deb aytish mumkin. Ular o`n ming dollarga garov bog`lab, sahnadagi san`atkor kim ekani borasida tortishishgan.  — Mavsumning yakunlanishi Alisher Uzoqovning safarga ketishi bilan bog`liqmi? Uzoqovdan boshqa iqtidorli va tomoshabin sog`ingan chehralar ham ko`p-ku… — Birinchi mavsum yakunini Alisher Uzoqovning ketishidan avval rejalashtirilgan edi. Va oradan ko`p vaqt o`tmasdan Alisher Uzoqov bizga ketishi mumkinligi haqida aytgan. Lekin biz mart, aprel oylaridayoq “Kim ekan?” shousining birinchi mavsumini yozning boshida tugatishni mo`ljallagandik. Yana shuni ham aytib o`tishim kerakki, Alisher Uzoqov hamda Shahzoda Muhammedovalar ko`rsatuvning yuzi sifatida o`zining ta`mal toshini qo`ygan. Agar biz hozir boshqa san`atkorlarni boshlovchi sifatida chiqarsak, ko`rsatuv hozir qarshi olinayotganday sevimli bo`lmasligi mumkin. Menimcha, “Kim ekan?” loyihasining tomoshabinlarning e`tiboriga sazovar bo`lishida shu ikki ijodkorning hissasi katta! Mohigul DIYoRXO`JAEVA suhbatlashdi."Darakchi" gazetasi, 2022 yil 9 iyun, 23-son
105
2,901
Madaniyat
Jeyms Bond haqidagi yangi film rejissori loyihani tark etdi
Britaniyalik rejissor Denni Boyl agent 007 Jeyms Bond haqidagi yangi filmni suratga olmaydi. Rejissorning ketishi haqida film prodyuserlar Maykl Uilson va Barbara Brokkoli ma’lum qilgan. Boyl loyihani “ijodiy kelishmovchilik” sababli tark etgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Boylning ketishi Bond haqidagi 25-filmning suratga olish ishlari boshlanishiga ta’sir qilish-qilmasligi noaniq. Suratga olish ishlari dekabr oyiga rejalashtirilgan. Loyihada uning o‘rniga kim kelishi ham noma’lum qolmoqda. Yangi filmda Bond maxfiy xizmatni tark etadi va uylanadi, biroq uning rafiqasi o‘ldiriladi.
59
603