folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Qiziqchi Obid Asomovning Instagram’dagi hajviyalari (foto) | Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov qariyb uch oydan beri Instagram’da o‘z shaxsiy sahifasini yuritmoqda. Unda san’atkorning oila a’zolari, hamkasb do‘stlari bilan tushgan suratlari va xorij safarlari davomida olingan fotolavhalar bilan tanishish mumkin.
Suratlarni omma e’tiboriga havola qilish davomida Obid Asomov faqat o‘zigagina xos bo‘lgan hazil-mutoyibani ham yoddan chiqarayotgani yo‘q — joylashtirilayotgan suratlarga deyarli har safar san’atkor tomonidan original va yumorga boy o‘tkir ta’riflar ilova qilinadi. | 58 | 517 |
Madaniyat | Farzandlariga meros qoldirishni istamaydigan yulduzlar (foto) | Aksariyat mashhurlar muvaffaqiyatga qiyinchilik bilan erishgani uchun farzandlarini ham shu tarzda tarbiya qiladi. Ular millionlab pulini xayriya ishlariga sarflaydi. Bolalariga katta miqdorda meros qoldirmaslikka qaror qilsa-da, ulariga chin dildan yordam berishga tayyor.
Deniyel Kreyg
Deniyeldan ikki qiziga qoldiradigan merosi haqida ko‘p so‘rashadi. Aktyor Candis jurnaliga bergan intervyusida bolalariga ko‘p pul qoldirmoqchi emasligini aytib o‘tgan. “Mening falsafam — puldan qutulish yoki ketishidan oldin ishlatish”.
Gordon Ramzi
Mashhur oshpaz Telegraph’ga shunday deydi: “Ular mening pulimni olmaydi va bu umuman yomon narsa emas. Men rafiqam Tana Bilan rozi bo‘lgan yagona narsa shundaki, ular kvartiraning 25 foizini oladi, lekin hammasini emas! So‘nggi 15 yil ichida o‘z kasbimni topganimdan baxtiyorman. Rostini aytsam, men boylik orttirdim va omadliman, shuning uchun ham bor narsamni hurmat qilaman”.
Jeki Chan
“Agar odam qobiliyatli bo‘lsa, o‘zi pul topadi. Aks holda, u pulni behuda sarflaydi”, — deydi aktyor NewsAsia nashriga.
Elton Jon
Elton Jonning boyligi 500 million dollarga baholanmoqda. Devid Furnish bilan birgalikda ular egizak o‘g‘illarni tarbiyalamoqda. “Bolalarga oltindan qoshiq berish juda qo‘rqinchli. O‘g‘il bolalar aql bovar qilmaydigan hayot kechiradi. Ammo ular pulga ham, ishga ham hurmat bilan qarashi kerak ”, — deydi Jon Daily Mirror nashriga bergan intervyusida.
Mila Kunis va Eshton Kutcher
“Oxir-oqibat, pulimizni xayriya ishlariga sarflaymiz. Bolalar haqiqatan ham imtiyozli hayot kechiradi va ular bu haqda hatto bilmaydi. Agar bolalarim biznes qilishni xohlasa va agar ular yaxshi biznes-reja tuzsa, bunga sarmoya kiritamiz, lekin ular meros olmaydi”, — deydi juftlik. | 61 | 1,723 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik rejissyor Bishkekdagi xalqaro festivalning maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi | Bishkek shahrida o‘tgan “Qirg‘iziston — qisqa metrajli filmlar mamlakati” IV xalqaro festivalida o‘zbekistonlik iqtidorli operator va rejissyor Aziz Ahmedjanov maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi “Sharh.uz”.
Mazkur kinofestivalda MDH, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va gruziyalik kinoijodkorlar o‘zining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdi. Festival ikkita tanlov dasturini o‘z ichiga olgan bo‘lib, har biri to‘rtta nominatsiya bo‘yicha baholandi. Festivalda badiiy, hujjatli va animatsion filmlar namoyish etildi. Uch kun davomida tomoshabinlar ham o‘ziga manzur bo‘lgan film uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi.
Xalqaro kinofestivalda operator va rejissyor Aziz Ahmedjanov “16-uy” nomli kinokartinasi bilan ishtirok etdi va hay’at a’zolarining maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ushbu kinoasar Ikkinchi jahon urushi voqealari haqida hikoya qiladi. Film ssenariysi Madina Yo‘ldosheva bilan hamkorlikda yozilgan. Bosh rolni Fatxulla Ma’sudov ijro etgan.
Festival g‘oliblari esdalik sovg‘alari — kinofestivalning maxsus statuetkasi va diplom bilan taqdirlandi. Aziz Ahmedjanov ayni paytda okean ortida tahsil olayotgani sababli festivalda shaxsan o‘zi ishtirok eta olmadi — mukofot uning dadasi Azimjon Axmedjanovga topshirildi. | 90 | 1,236 |
Madaniyat | Afsonaviy izquvar — Puaro rolini ijro qilgan aktyor Devid Sushe haqida 7 ta fakt | Mashhur izquvar rolini ijro qilish taklif qilinganda Devid Sushe 41 yoshda bo‘lgan. Avvaliga rozilik berishga ikkilangan aktyor keyinchalik to‘g‘ri tanlov qilganini tushunib yetgan. Suratga olish ishlari 25 yil, 1988-yildan 2013-yilgacha davom etgan serialdagi belgiyalik izquvar qahramoni muxlislar qalbidan joy olgan. Puaro roli bilan yaxshi tanish bo‘lishiga qaramay, yana 90 ta film va seriallarda suratga tushishga ulgurgan aktyor haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Suratga olishni yaxshi ko‘radi
Onasi Joan Patrisiya aktrisa, otasi Jek Sushe esa shifokor bo‘lgan. Ular 1932-yilda Janubiy Afrikadan Angliyaga ko‘chib kelgan. Buvasi Jeyms Jarshe mashhur suratchi bo‘lgan. Devid ham fotografiyani yaxshi ko‘rgan, suratga olish maydonchasidagi aktyor va aktrisalarni ish jarayonida suratga tushirib yurgan. Yoshligida sport bilan shug‘ullanish joni-dili bo‘lgan Sushe regbi, tennis va kriket o‘ynagan.
Kasbini tashlab, o‘zini oilasiga bag‘ishlagani sabab rafiqasidan minnatdor
U bo‘lajak rafiqasi Sheyla Ferris bilan teatrda tanishgan. Bir-birini yoqtirib qolgan Devid va Ferris ma’lum vaqt davomida his-tuyg‘ularini yashirib yurgan. “Drakula” spektaklida birga rol ijro qilgan aktyorlar 1972-yilda turmush qurgan. 1981-yil juftlik ilk marta farzandli bo‘lgan. Oradan ikki yil o‘tib ikkinchi farzandi dunyoga kelgan. Shundan keyin Sheyla aktrisalik faoliyatga nuqta qo‘yib, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullana boshlagan. Devid intervyularda u bilan yashash osonmasligi, ishiga juda ham jiddiy yondashishi va rolidan boshqa narsani o‘ylay olmasligini ta’kidlaydi. Oila a’zolari uchun bu oson bo‘lmasligiga qaramay, sabrli rafiqasi uni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, o‘ziga ishonishga undab, rollarga tayyorgarlik qilishiga yordam beradi.
Puaro haqidagi barcha hikoyalarni o‘qib chiqqan
Izquvar rolini gavdalantirish taklif qilinmagunicha Sushe biron marta ham Puaro haqidagi hikoyalarni o‘qimagan bo‘lgan. Ammo rolga tayyorgarlik jarayonida hammasini o‘qib chiqqan. Puaroning odatlari va fe’l-atvoriga oid, barcha detallarni o‘z ichiga olgan 93 ta qayddan iborat 5 sahifalik ro‘yxat tuzgan. U tomoshabinlar e’tiroz bildirmasligi uchun obraz va ijro benuqson bo‘lishini xohlagan. Suratga olish maydonchasida ro‘yxatni o‘zi bilan birga olib yurgan va film ustida ishlagan har bir rejissordan u bilan tanishib chiqishini so‘ragan.
Semizroq ko‘rinishi uchun kostyum ichidan nakladka kiyishiga to‘g‘ri kelgan
Sushe suratga olish ishlari boshlanishidan avvalroq obrazga tayyorgarlik ko‘rish uchun uyida Puaro kostyumini kiyib yurgan. Bundan tashqari, Agata Kristi tomonidan tasvirlanganidek, Puaro singari kalta qadamlar bilan tez-tez yurishni o‘rgangan. Urinish o‘xshashi uchun bog‘ bo‘ylab yurib chiqqan.
Puaro yashagan uyni sotib olish mumkin
Londonning Florin-Kort uyining ikkinchi qavatida joylashgan va serialda qahramon Puaro yashaydigan 203-xonadon sotuvga qo‘yilgan. Bir xonadan iborat ar-deko uslubidagi studiya narxi 335 ming funt sterling (455 712 dollar)ni tashkil qiladi.
Yelizaveta II tomonidan taqdirlangan
2002-yilda Sushe Yelizaveta II tomonidan Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan. Qirolicha aktyorning o‘zi, oilasi va xalqining zavqlanishiga sababchi bo‘lganini e’tirof etgan. 2020-yilning oktabrida dramaturgiya sohasidagi xizmatlari va xayriya ishlarida faol ekani sabab Sushega ritsar-bakalavr unvoni berilgan. Devid bir necha yildan buyon BAFTA — Buyuk Britaniya kino va televizion san’ati akademiyasining a’zosi hisoblanadi, shuningdek, Britaniyadagi daryo va kanallarni saqlash uchun kurashib keladi.
Og‘ir kasallar qo‘llab-quvvatlanishi tarafdori
2014-yilda Devid nabirali bo‘lgan. Ammo chaqaloq davolab bo‘lmaydigan irsiy kasallik — tuberoz skleroz bilan tug‘ilgan. Shundan keyin aktyor ushbu kasallikka chalinganlarga yordam beradigan uyushma hamda kam uchraydigan kasallarga dori-darmon topishga yo‘naltirilgan internet-kampaniyaga a’zo bo‘lgan. U nabirasining ahvoli yaxshilanishga yordam beradigan dorini bepul qo‘lga kiritib bo‘lmasligi, u kabi og‘ir kasalliklarga uchragan bemorlar tibbiyot nog‘orasiga o‘ynashiga to‘g‘ri kelishidan tashvishlanadi. | 80 | 4,113 |
Madaniyat | Gollivud filmlari amerikalik tomoshabinlar orasida mashhurligini yo‘qota boshladi | Gollivud filmlari Shimoliy Amerikada shiddat bilan ishqibozlarini yo‘qotib bormoqda, ammo chet elda borgan sayin ko‘proq kinozallarni to‘ldirmoqda. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bunday tendensiya Shimoliy Amerika kinoprokatida 2017-yil boshidan buyon kuzatilmoqda. “Transformerlar: Oxirgi ritsar” bunga yaqqol dalil bo‘ldi: AQShda birinchi uik-end uchun kassa yig‘imlari 69 million dollarni tashkil qilgan bo‘lib, bu franshizaning bundan oldingi filmi (2014) ko‘rsatkichlaridan 31 foizga kam. Xitoyda esa film shu davr ichida 123,4 million dollar ishlab topdi. Kartinaning umumiy kassa yig‘imlari shu paytga qadar 265 million dollarga yetdi.
“Forsaj 8”, “Karib dengizi qaroqchilari: Marhumlar ertak aytmaydi”, “Mumiya 3” ham shu kabi natijalar qayd qildi. Ular ishlab chiqaruvchilarga deyarli daromad keltirmadi.
Chet el prokatida esa kassa yig‘imlari ancha yaxshi ko‘rsatkichlar qayd qilmoqda, lekin bu kinochilarning moliyaviy ahvolini yaxshilamayapti. Gap shundaki, AQShda kinostudiyalar chipta xaridlari tushumining 60 foizini oladi, chet elda esa bu ko‘rsatkichlar ancha past darajada. Masalan, Xitoyda kinoteatrlar daromadining chorak qismigina kinokompaniyalarga taqdim etiladi. | 81 | 1,238 |
Madaniyat | “Yillar davomida gaplashmagan bo‘lsak-da, bir-birimizga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdik”. Amir Xon Juhi Chavla bilan do‘stligi haqida | Bollivudning dunyoga mashhur aktyorlaridan biri Amir Xon hamkasbi, “Ishq” filmidagi partnyori Juhi Chavla bilan qattiq urishib qolgani, hattoki gaplashmasa ham o‘rtasidagi iliq munosabatlar saqlanib qolgani haqida gapirdi.
“Biz ‘Ishq’ filmining suratga olish jarayonidagi qandaydir arzimas gaplar tufayli Juhi bilan janjallashib qoldik. Bu arzimas narsa edi, lekin keyin menda xudbinlik paydo bo‘ldi. Shuning uchun men u bilan boshqa gaplashmaslikka qaror qildim. Hatto suratga olish paytida ham men undan uzoqlashdim. Nega bunday qilganimni bilmayman.
U kelib yonimga o‘tirganida men turib ketardim. Juhi bilan salomlashmadim ham va xayrlashmasdim ham. Faqat sahnada, agar bizdan gapirish talab etilsa, men u bilan gaplashardim. Faqat ish yuzasidan.
Shunday qilib, keyingi olti yoki yetti yil davomida biz gaplashmadik. Lekin Rina bilan ajrashganimdan xabar topgach, u menga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashishimiz kerakligi haqida aytdi. Juhi Rinaning ham, mening ham yaqin insonim edi va u bizning kelishmovchiliklarimizni hal qilmoqchi bo‘lgan.
U qo‘ng‘irog‘iga javob bermasligim mumkinligini ich-ichidan sezgan, lekin baribir qo‘ng‘iroq qilgan. Bu holat meni ta’sirlantirdi. O‘rtamizdagi do‘stlikka zarracha putur yetmaganini his qildim. Biz yillar davomida gaplashmagan bo‘lsak-da, lekin biz bir-birimizga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdik”, — deydi aktyor. | 134 | 1,357 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo” rahbarining virtual qabulxonasi tayyorlandi | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori Farhod Jo‘rayevning virtual qabulxonasi ish boshladi. U qabulxona.uzbeknavo.uz manzilida joylashgan.
Skrinshot: “Qabulxona.uzbeknavo.uz”
Mazkur virtual qabulxona ham O‘zbekiston bosh vazirining shunday qabulxonasi kabi ishlaydi — unda ham murojaatlarni yo‘llash shakli, shuningdek, yuborilgan murojaat maqomini tekshirish imkoniyati bor.
Alohida qayd etilishicha, “O‘zbeknavo” bosh direktorining virtual qabulxonasi orqali yo‘llangan murojaatlar rasmiy maqomga ega bo‘ladi.
Qabulxona aynan qachon ish boshlagani ma’lum emas. Murojaatlar statistikasi bandida noma’lum muddatdan 15-dekabrgacha bo‘lgan oraliqda birorta murojaat tushmagani ko‘rsatilgan.
Qo‘shimcha qilishlaricha, “O‘zbeknavo” rahbariga savol, shikoyat va takliflarni (+998-71) 234-24-28, (+998-71) 234-52-90 telefon raqamlari orqali bog‘lanib, bildirish ham mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 56 | 1,052 |
Madaniyat | Obid Asomov Avaz Oxun va Comedy Club’ni tanqid ostiga oldi | Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Comedy Club guruhi hamda qiziqchi Avaz Oxun haqidagi fikrlarini bayon qildi, deb xabar bermoqda “Diydor aziz” sayti.
San’atkor “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida Avaz Oxunning gaplariga umuman kulmaganini aytdi.
“Farzandlarim bilan Avaz Oxunning konsertiga tushdik, qizim kuldi, bilmadim, men umuman kulmadim. U meni kuldira olmadi”, — dedi so‘z ustasi.
Shuningdek, u zamonaviy Comedy Club’chilar borasidagi fikrini ham ochiq-oydin aytdi:
“‘Klub’ so‘zining o‘zi aytib turipti — ular aytayotgan hazillar kichkina klub, tor doiraga mo‘ljallangan. Lekin ular 4300 nafar odam to‘la zalda beparda gaplarni aytishlari umuman madaniyatimizga to‘g‘ri kelmaydi. U yerda qiz poshshalar, uylanmagan yigitlar bor, ularning hazillarini oilaviy o‘tirib eshitib bo‘lmaydi. Bu yo‘ldan avval AQSh, Rossiya ham o‘tgan. Hatto ular ham sharmsiz hazillardan zerikkan”.
Shuningdek, jurnalistning “to‘ylarga yuryapsizmi?” degan savoliga Asomov “Albatta, bo‘lmasa bola-chaqamni kim boqadi?” deb javob qaytardi.
“Daryo” izohi: O‘zbekistonda Comedy Uz nomli loyiha faoliyat yuritib kelayotganini inobatga olsak, san’atkor ushbu o‘rinda, Comedy Club haqida gapirar ekan, aynan Comedy Uz’ni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin. | 58 | 1,230 |
Madaniyat | “Arsenal” muxlisi Sevara Nazarxon: Bugun imkoniyatni boy berdik, ertaga navbat sizlarga! (foto) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon futbolni yoqtirishi, xususan, Londonning “Arsenal” klubiga muxlislik qilishi ko‘pchilikka ma’lum. Xonanda Angliya chempionatining 23-turi doirasida 24-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan “Arsenal”—“Chelsi” o‘yinini “Emireyts” stadionida kuzatgan va Instagram’dagi sahifasida uchrashuvdan olingan suratlarni joylashtirgan.
“Hayratlanarli o‘yin!!! To‘g‘ri, biznikilar bugun imkoniyatni boy berdi, ertaga navbat sizlarga! Hammasi hayotdagidek, asosiysi, yuraklarimizdagi alanga bizni doim olg‘a boshlashi”, — deya o‘yindan olgan taassurotlarini bayon qilgan Sevara.
Uchrashuv o‘yinning 18-daqiqasida 10 kishi bo‘lib qolgan “Arsenal” mag‘lubiyati bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golni 23-daqiqada “Chelsi” hujumchisi Diyego Kosta kiritdi. | 95 | 795 |
Madaniyat | Gulchehra Eshonqulova Instagram’da muxlislarining savollariga javob berdi | Gulchehra Eshonqulova Instagram orqali muxlislaridan kelgan savollarga javob berdi, deb yozmoqda MyDay.
Bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan aktrisa san’atdan biroz chetlashgan bo‘lsa-da, uning hayoti va ijodiga bo‘lgan qiziqish so‘ngani yo‘q.
Ayni paytda Gulchehra Eshonqulova 2 farzandni tarbiyalamoqda.
Muxlis savoli: Agar Gollivuddan sizga taklif bo‘lsa, qaysi filmda va qaysi aktyor bilan rol ijro etishni xohlar edingiz?
Aktrisa javobi: Rejissor Bahodir Yo‘ldoshevning filmida, turmush o‘rtog‘im bilan.
Muxlis savoli: To‘ylarda boshlovchilik qilasizmi (Bruklinda) ?
Aktrisa javobi: Takliflarga binoan yaqin orada niyatimiz bor.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 73 | 784 |
Madaniyat | Rejissor “Xellboy” filmining uchinchi qismi haqida so‘zlab berdi | Qon qirolichasining qayta tug‘ilishi haqidagi “Xellboy” filmining uchinchi qismi avvalgi ikki qismga qaraganda shafqatsizroq bo‘ladi. Film 2019-yilning 12-aprelida taqdim etiladi. Filmga “Taxtlar o‘yini” rejissori Nil Marshal rejissorlik qilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Rejissorning ma’lum qilishicha, ba’zi epizodlar shafqatsizroq va nisbatan qonli bo‘lgan. Filmda Xellboy Angliyaga yo‘l oladi. U yerda qahramon Merlinniing rafiqasi hisoblangan qon qirolichasi Nimue bilan kurashadi. Bosh qahramonning vazifasi ularning jangi dunyoning halokatiga olib kelishi mumkinligi bilan murakkablashadi.
Filmda bosh rolni Devid Xarbor, qon qirolichasini esa Mila Yovovich ijro etgan. | 64 | 693 |
Madaniyat | Bollivudning tashqi ko‘rinishidagi nuqsoni bilan faxrlanib, hech kim mukammal emasligini isbotlagan yulduzlari (foto) | Muxlislar Bollivud yulduzlari mukammal va ularning ko‘rinish bilan bog‘liq hech qanday muammosi yo‘q, deb o‘ylaydi. Aslida esa bunday emas, chunki yulduzlar ham odam va ularning ham ko‘rinishida turli nuqsonlar bo‘lishi tabiiy hol. Shunchaki kimdir bu kamchiliklarni boricha qabul qilib, o‘zidan uyalmasa, boshqalar plastik jarrohlarga murojaat qilishni afzal biladi.
Sonam Kapur
Jurnal muqovalaridagi suratlari mukammaldek ko‘rinadigan aktrisa bergan intervyulardan birida, ortiqcha vazn uni qiynashini ta’kidlagan. Ko‘rinishi ko‘ngildagidek bo‘lishi uchun u hamisha parhezga amal qiladi va shirinlik iste’mol qilmaydi. Talabalik yillarida vazni deyarli 90 kilo bo‘lgan Sonam, debyut rolidan avval 35 kilo vazn tashlagan. Aktrisa hech qachon fotosessiyadan keyin mutaxassislar uning suratlar ustida uzoq ishlashiga to‘g‘ri kelishini yashirmagan. U hatto Buzzfeed nashri uchun mutaxassislar mashhurlarni mukammal ko‘rsatish uchun o‘lib-qutilishi haqida maqola ham yozgan. Sonam selyullit yoki chandiqlarning yomon tarafi yo‘qligi, ular yosh markeri ekanligi hamda ularning haqiqiyligi bu go‘zallik ekanligini ta’kidlagan.
Vidya Balan
Vidya o‘zini boricha qabul qiladi. Uning aytishicha, vaznning ortishi muammo emas va har bir ayol nima bo‘lgan taqdirda ham o‘z qomatini yaxshi ko‘rishi kerak. U muxbirlarning vazni ortgani haqidagi savolga o‘zidan uyalmasligi va hech kim ham uyalmasligi kerakligini aytib, javob qaytargan.
Rani Mukerji
Bo‘yining pastligi ko‘pincha kinoprodyuserlar uchun muammo bo‘lib ko‘rinadi. Ranining bo‘yi esa 156 sm ekanligiga qaramay, o‘zini aktrisalik karyerasidan sinab ko‘rishga qaror qilgan va hech nima uni qaytara olmagan. Qolaversa, uning yonida prodyuser Aditya Chopra bo‘lgan va keyinchalik juftlik turmush qurgan.
Kajol
Bir necha yil davomida OAV aktrisa Kajolning qoshlarini tanqid qilishdan charchamagan va buni kamchilikdek ko‘rsatishga harakat qilgan. Ammo Kajol qoshlari kamchilik emas o‘ziga xoslikning namunasi ekanligini isbotlagan.
Ritik Roshan
Ritikning qo‘lidagi barmoqlari soni 6 ta. Aktyor maktab davrida ushbu kamchilik ko‘pchilikni qochirgani, ammo shunga qaramay, u hech ham jarrohlik qildirish haqida o‘ylab ko‘rmaganini ta’kidlaydi. U o‘zini boricha qabul qilgan va mavjud kamchilikni imijidagi o‘ziga xoslikka aylantirgan.
Ayshvariya Ray Bachchan
Dunyoning eng go‘zal aktrisalaridan biri hisoblanadigan aktrisaning homiladorlik vaqti va farzandli dunyoga keltirganidan keyin vazn to‘plagani turli yoqimsiz xabarlarga sabab bo‘lgan. Shunga qaramasdan, u o‘z qomati va Kann kinofestivalida ko‘rinish berishdan uyalmagan.
Soxa Ali Xon
Oila va ishida hech narsadan muhtojlik sezmagan aktrisa, kichik kamchiligidan uyalmagan va uni o‘zining yutuqlaridan biriga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan. U burnining shakli qanchalik tanqidlarga sabab bo‘lsa ham uni plastik operatsiya bilan o‘zgartirmagan. | 117 | 2,852 |
Madaniyat | Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tadi | Shahrisabz muhim tarixiy voqeaga mezbonlik qilish arafasida. Prezident tashabbusi bilan joriy yil 6—10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda anjumanga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in davom etmoqda, deb yozadi O‘zA.
Anjuman munosabati bilan tarixiy maskan Amir Temur xiyoboni o‘zgacha qiyofa kasb etgan. Oqsaroy atrofidagi maydonlar, hududlar kesimida taqsimlanib, milliy an’ana va qadriyatlarni aks ettiruvchi ssenariy va dasturlar lavhalari ustida ish olib borilmoqda. Sahna dekoratsiyasi va maydonni obodonlashtirish ishlari avjida. Qo‘shimcha chiroqlar va dekoratsiyalar uchun maxsus yoritgichlar o‘rnatilmoqda. Bu jarayonda ming nafarga yaqin ishchi ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida ilmiy simpozium, jahon maqom san’ati va o‘zbek maqom san’ati ustalari ishtirokidagi chiqishlar, yosh maqom ijrochilari tanlovi, shuningdek, ilmiy-ijodiy taqdimotlar, davra suhbatlari va boshqa barcha tadbirlar belgilangan dasturlar asosida tashkil etiladi. Buning uchun alohida pavilonlar ajratilgan. Forumni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida 1 ming 600 kishilik maxsus amfiteatr barpo etilmoqda. Anjumanning ochilish marosimi badiiy dasturida rejissor Bahodir Yo‘ldoshev tavsiyasiga ko‘ra, Buxoro, Xorazm, Toshkent va Farg‘ona maqom yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatlar maqom ansambllarining chiqishlari, musiqiy kompozitsiyalar rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, shahrisabzlik yosh maqomchilarning ijrolari va Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli tomonidan “Shashmaqom”ning dunyoda e’tirof etilgan 6 sho‘’ba tarmog‘i — “Buzruk”, “Rost”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”, “Iroq” maqom namunalaridan kompozitsiyalar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. | 64 | 1,684 |
Madaniyat | “Men o‘zbekman”: “O‘zbekkino”ning yangi rahbari Otabek Musayev o‘ynagan filmlar | “O‘zbekkino” rahbari o‘zgardi — keng jamoatchilikka “Vatan” filmi so‘nggidagi “Men o‘zbekman” degan ta’sirli gapi bilan tanilgan telejurnalist Otabek Musayev endi butun O‘zbekiston kinosiga rahbarlik qiladi.
Otabek Musayev so‘nggi bir necha yildan beri turli davlat lavozimlarida ishlab kelayotgandi. Xususan, 2013-yil fevralida Madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan bo‘lsa, keyinchalik O‘zbekiston Prezidenti Devonida mas’ul xodim sifatida ishladi.
Keng omma uni asosan milliy filmlardagi ishtiroki orqali taniydi. Otabek Musayev, “Kino-teatr.ru”, “Kinopoisk” kabi ommabop servislar ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yaqin filmlarda suratga tushgan bo‘lib, ularning aksariyati xususiy kinostudiyalar tomonidan suratga olingan, nomlari ham bir-biriga o‘xshash, maishiy mavzulardagi kartinalar bo‘lsa-da, filmografiyasida “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin” kabi turli xalqaro tanlovlarda g‘olib chiqqan kino asarlar ham bor.
Kadr: “Vatan” filmi | 79 | 949 |
Madaniyat | Tejamkor millionerlar: Kira Naytli, Kianu Rivz va juda kamtarona yashaydigan badavlat yulduzlar (foto) | Ijtimoiy tarmoqlarda Gollivud yulduzlarini hashamatli avtomobillar, ko‘chmas mulk, zargarlik buyumlari va mashhurlarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylangan tashqi ko‘rinishiga katta miqdorda pul sarflayotganini ko‘ramiz. Ammo moddiy boyliklarni birinchi o‘ringa qo‘ymaydigan va isrofgarchilikdan oqilona sarflash va tejashni afzal ko‘radigan yulduzlar ham bor.
Tayra Benks
Dunyoga mashhur Victoria’s Secret modellaridan biri pul tejash haqida o‘ylamasligi kerakdek tuyuladi. Yoshligidan Tayra Benksni onasi qo‘llab-quvvatlagan, u qiziga modellik karyerasidagi ilk qadamlarida yordam bergan. Aynan onasi qiziga puli yetarli bo‘lishi uchun moliyaviy munosabatlarni qanday qurish kerakligini o‘rgatgan. Ayni paytda uning boyligi 90 million dollarga baholanmoqda. Modelning yagona zaif tomonlari — mazali taomlar va qimmatbaho hojatxonalar, ammo bu ham modelni o‘zi qoladigan mehmonxonalardan sovun va shampun olishiga to‘sqinlik qilolmaydi.
Jennifer Lourens
“Oskar” mukofotini qo‘lga kiritish va bir qancha yirik franshizalarda suratga tushish Jennifer Lourensning oddiy turmush tarziga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmaydi. Aktrisaning boyligi 130 million dollarga baholangan, bu esa uning eski Volkswagen va Chevrolet mashinalarini haydashidan to‘xtatib qololmaydi. U xayriya jamg‘armalariga pul o‘tkazadi yoki uni tejaydi. Muntazam sayohatlardan ko‘ra mazali kechki ovqat va film tomosha qilish uchun uydagi oilaviy oqshomlarni afzal ko‘radi. Yirik oziq-ovqat do‘konlarida qimmat bo‘lmagan xaridlar qiladigan Jennifer Lourens bir nechta shaxsiy yordamchilarni yollash va ularga uy-ro‘zg‘or, kundalik ishlarni ishonib topshirish haqida o‘ylamaydi ham.
Sara Jessika Parker
Dunyoga mashhur aktrisa Sara Jessika Parker eri — aktyor Metyu Broderik va uch farzandi bilan juda kamtarona turmush tarzini olib boradi. Uning boyligi 100 million dollarga yaqin bo‘lishiga qaramay, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasligi bolaligi bilan bog‘liq: u katta oilada o‘sgan, uning hayoti, jumladan, oziq-ovqat, uy-joy va kiyim-kechak to‘g‘ridan to‘g‘ri ijtimoiy nafaqalarga bog‘liq edi. Shuning uchun aktrisaning bolalari uchun kiyimlarni kattadan kichikka o‘tkazish odatiy hol. Er-xotin narsalarni ham, pulni ham tejab ishlatadi.
Kianu Rivz
Ushbu ro‘yxatni Kianu Rivzsiz tasavvur qilish mumkin emas: uning kamtarona turmush tarzi g‘aroyibdir, chunki u Gollivuddagi eng mashhur aktyorlardan biri bo‘lishiga qaramay jamoat transportida (yoki mototsiklda) yuradi, ommaviy bozordan kiyim sotib oladi, bog‘larda tushlik qilishni yaxshi ko‘radi. Aktyor “Matritsa” franshizasidagi daromadining 85 foizini dizaynerlar jamoasiga maxsus effektlar va kostyumlar uchun sovg‘a qilgan, chunki Rivzning fikricha, ularning ishi tufayli tomoshabinlarga juda yoqqan film ishlangan. Aktyor topgan pulining deyarli barchasini xayriya ishlariga sarflaydi, bu esa, albatta, yanada katta hurmatga sabab bo‘ladi.
Rene Zellveger
Hamma sevadigan “Brijit Jons” hashamatga ishtiyoqi baland bo‘lmagan Gollivud yulduzining ajoyib namunasidir. Rene Zellveger uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘zi qiladi. Misol uchun, u elektr energiyasini iste’mol qilishni nazorat qiladi, supermarket va ixtisoslashtirilgan do‘konlarda chegirmali xaridlarni o‘tkazib yubormaydi. Bunday tejamkorlik tufayli u band bo‘lmagan ish jadvaliga qaram bo‘lmaslik uchun sayohatga borishi mumkin. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, baxt buyumlarda emas, balki oddiy hayotning haqiqatan ham go‘zal bo‘lgan kichik narsalarida.
Kira Naytli
Kira Naytlining hayotga yondashuvi juda oddiy: baxt pulda emas, ortiqcha narsalarning ko‘pligi, aksincha chinakam muhim qadriyatlarni yo‘qotadi. Aktrisa o‘zi uchun har oy xarid qilish chegarasini belgilab qo‘ygan, u shaxsiy stilist va vizajistlar xizmatlaridan foydalanmaydi, balki dunyoga mashhur va qimmatbaho kiyim brendidan ko‘ra mahalliy brendlarni afzal ko‘radi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, hayotdagi asosiy narsa bu oila va do‘stlar bo‘lib, u eng baxtli damlarini ham kamtarona joylarda o‘tkazadi. | 102 | 3,963 |
Madaniyat | Asal Shodiyeva: To‘ydan keyin ham ijod qilishimga turmush o‘rtog‘im rozi bo‘lmadilar | “Darakchi” gazetasi aktrisa Asal Shodiyeva bilan dildan suhbat qurish istagida, uni mehmonga chaqirgani, Asal esa suhbat uchun qaynonasi Zebo Navro‘zova bilan birga tashrif buyurgani haqida yozdi. Quyida ular tomonidan berilgan javoblar taqdim etildi.
“Bu bizning o‘rtamizdagi tuyg‘ular, orzular va niyat edi. Shuning uchun ham to‘y sanasini, munosabatlarni begonalardan asrab-avayladik. To‘y kuni esa baxtimizni ko‘pchilik bilan baham ko‘rdik. Menimcha, hammasi ko‘ngildagidek”.
Asal Shodiyeva turmush qurguniga qadar Shohruxxon bilan turli tadbirlarda ko‘rishib turgani, hammasi shundan boshlanganini aytib o‘tgan.
“Ishonasizmi, oila qurish taklifini o‘zbekona urf-odatlarimizga ko‘ra sovchilar kelganidan keyin bilganman. Boshida esa hamkasb, do‘st bo‘lib yurgandik”, — dedi Shodiyeva.
“Shohrux aka men uchun ideal darajadagi inson. U insonni hali to‘liq anglab yetmaganman. O‘ziga yarasha sirli fe’l-atvorga ega. Har qanday vaziyatda ularga suyanishim, ishonishim mumkin. Ba’zida menga noto‘g‘ridek tuyulgan qarorlari ham oxir-oqibat eng to‘g‘ri yo‘l ekanligiga guvoh bo‘lganman. Shuning uchun har bir qaroriga hurmat bilan munosabatdaman”.
“Ikkimiz yolg‘iz qolganda butunlay boshqa insonlarga aylanamiz. Gapdan tinmaymiz. Kulguli voqealarni eslab, kulishib, sira zerikmaymiz”.
“O‘zimni baxtli insonlar qatoriga qo‘shaman. Ikki o‘g‘lim menga kelin emas, qiz olib keldi. Shuning uchun ham bugun ishga sho‘ng‘ib ketganman”, — dedi Zebo Navro‘zova.
“Zebo opa to‘yimizni kutib turgan edilar, nazarimda. To‘y o‘tdi-yu, ishga berilib ketdilar. Hozir faqat tasvirga olish ishlari, yangi film va seriallar bilan bandlar”, — deb suhbatga aralashdi Asal. Javobdagi “Zepo opa” esa jurnalistning e’tiborini tortdi.
“O‘zlaridan ruxsat so‘raganman. Shu kungacha Zebo opa deb chaqirganim uchun, to‘ydan keyin oyijon deyishga sira o‘rganolmadim”, — deb izoh berdi Asal Shodiyeva. O‘z navbatida Zebo Navro‘zova kelinini quvvatladi:
“Mening o‘zim ham qarshilik qilmadim. Insonni qanday atash muhim emas. O‘ziga yoqqandek murojaat etaversin. Hurmat bu bilan o‘lchanmaydi-ku, to‘g‘rimi?”
“Asal juda sodda va uyatchan. Ba’zida aktrisaga ham o‘xshamaydi, qanday qilib rol o‘ynagan ekan, deb ajablanaman ham. Hayotdagi past-balandliklarni birgalikda yengib o‘tishimizga ishonaman. Men esa kasbimdan kelib chiqib, juda talabchanman. Vaqt o‘tishi bilan bir-birimizni o‘rganib, bir-birimizga ko‘nikib bormoqdamiz”.
“To‘ydan keyin turmush o‘rtog‘im ijod qilishimga rozi bo‘lmadilar. Oilam bilan, uy ishlari bilan band bo‘lishimni istadilar. Zebo opa mening yonimni olib, ishlashimga rozilik olib bermoqdalar. Shohrux aka aniq qarorga kelmaganlar, shunday bo‘lsa ham oyijonimiz ko‘maklarida kichik fotosessiya, kichik loyihalarda ishtirok etyapman”, — deb javob bergan aktrisa qaynonasiga alohida rahmat aytishni ham unutmadi.
“Asalni rolga taklif qilgan har qanday rejissor birinchi galda men va Shohruxning oldidan o‘tadi. Ssenariylarni ham avval o‘zimiz o‘qiymiz. Bu Asalga ishonchsizlik emas. Uning o‘zi ham rollarni chertib-chertib tanlashiga ishonaman”, — dedi Shohruxxonning onasi.
“Hozirda ‘Baxtli bo‘lamiz’ serialining uchinchi fasli suratga olinyapti. O‘g‘lim va kelinim uchun unga maxsus o‘zgartirish kiritdik. Chunki tasvirga olish ishlari yaqinlashganidan keyin Shohrux rol o‘ynash fikridan qaytib qoldi. Ba’zi syujetlar unga yoqmagan emish. Men esa ssenariyga o‘zgartirish kiritib, unga berdim. Rozilik olsam, ikkalasi bilan birga ishlayman”, — dedi Zebo Navro‘zova.
Asal Shodiyeva o‘zi tanigan va bilgan oilaga kelin bo‘lib tushganini, qayniukalarini ham avvaldan tanigani haqida aytdi. Yo‘l qo‘yadigan ayrim xato va kamchiliklarni oila a’zolari ko‘magida yengib o‘tayotgani haqida so‘zladi.
O‘z navbatida qaynona bunday holatlarda keliniga yordam berishga va’da berdi. | 84 | 3,764 |
Madaniyat | Nyu-Yorkda eng ko‘p “kinematografik ofatlar” sodir bo‘lgani aniqlandi | Qiziquvchilar turli badiiy filmlarda har xil ofatlardan talofat ko‘ruvchi AQSh shaharlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, ularning xaritasini internetda e’lon qilishdi. Mazkur xaritani tuzish uchun 189 ta film tahlil etib chiqilgan, ammo loyiha mualliflari bu tadqiqotni tugal, deya da’vo qilmayotirlar.
Aniqlanishicha, kinofilmlarda eng ko‘p jabr ko‘rgan shahar Nyu-York ekan: unga nisbatan 35 marta “kinematografik hujum” uyushtirilgan. Aksariyat hollarda unga ulkan maxluqlar bostirib kirgan. Ikkinchi o‘rindagi “jabrdiyda” shahar Los-Anjeles 34 ta “kinohujumni boshidan kechirgan” bo‘lsa, San-Fransiskoda 21 marta “kinoofat yuz bergan”.
Loyiha mualliflari har xil kinematografik ofatlarni o‘n turga ajratishdi. Masalan, ulkan maxluqlar (Godzilla, King Kong) hujumi, haqiqiysiga yaqin holatlar – ekstremal iqlim sharoitlari, zilzilalar va vulqonlar, infeksiya va viruslar, terrorchilar hujumlari va yadro qurolining qo‘llanishi, o‘zga sayyoraliklar bosqini, meteoritlar, superqahramonlar ishtirokidagi janglar kabi. | 69 | 1,019 |
Madaniyat | “O‘g‘ri” filmi noyabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri” filmi noyabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Noyabr oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “O‘g‘ri” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada”, Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2”, Imtiyaz Alining “Muhabbat yosh tanlamas” filmlari band etgan.
Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Kulba”, “Daydi”, “Armon” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
1-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)
Rejissor – Durdona To‘laganova
2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov
3-o‘rin. “Ada emas, dada” (komediya)
Rejissor – Mirmaqsud Oxunov
4-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov
5-o‘rin. “Muhabbat yosh tanlamas” (komediya)
Rejissor – Imtiyaz Ali | 98 | 960 |
Madaniyat | Asl ismidan foydalanmaydigan mashhurlar (foto) | Yevropa va Amerikada bolalarga ko‘pincha bir nechta ism va familiyalar beriladi. Quyidagi mashhurlar turli sabablarga ko‘ra asl ismlaridan foydalanishmaydi.
Riz Uizerspun
Aslida aktrisaning ismi Laura Jin Riz Uizerspun. 14 yoshidan boshlab u Riz ismidan foydalangan, bu ism aslida onasi Bettining qizlik familiyasi.
Pol Makkartni
Mashhur xonanda va sobiq “Bitlz” guruhi gitarachisining asl ismi — Jeyms Pol. Jeyms otasining ismi bo‘lgan, keyinchalik Makkartni bu ismni o‘g‘liga bergan.
Aaron Pol
Breaking Bad filmida Jessi Pinkman rolini ijro etgan aktyorning to‘liq ismi Aaron Pol Stertevant. U familiyasidan Stertevant so‘zini olib tashlab, ism sifatida foydalangan.
Eshton Kutcher
Aktyor tug‘ilganidayoq Kristofer Eshton deb nomlangan, ammo 19 yoshida modellik faoliyatini boshlaganida, birinchi ismidan voz kechgan.
Bryus Uillis
Aktyor G‘arbiy Germaniyada tug‘ilgan, uning ismi Uolter Bryus Uillis bo‘lgan. Do‘stlari uni Bruno deb chaqirishadi. Kinodagi karyerasini boshlaganidan so‘ng, Bryus birinchi ismidan foydalanmagan.
Dreyk
Reperning asl ismi Obri Dreyk Grem, ammo hamma uni faqat Dreyk sifatida taniydi.
Dakota Fenning
Oilaviy afsonaga ko‘ra, unga Dakota ismini otasi bergan. Onasi tanlagan Xanna ismini hozir hech kim eslamaydi.
Jeyson Momoa
Aktyorning to‘liq ismi Jozef Jeyson Namakeaha Momoa. Uning otasi gavayilik, onasi amerikalik bo‘lgan. Aktyor ota-onasining hurmati uchun ism va familiyasining qisqartirilgan versiyasini tanlagan.
Megan Markl
Shahzoda Garri rafiqasining to‘liq ismi — Reychel Megan Markl, ammo kinodagi karyerasi boshlanganidan beri birinchi ismdan foydalanmaydi.
Jud Lou
Mashhur britaniyalik aktyorning ismi Devid Jyud Xeyvort Lou.
Bred Pitt
Aktyorning asl ismi Uilyam Bredli Pitt. Bu ism unga otasi Uilyam Alvin Pittdan meros bo‘lib o‘tgan.
Shon Konneri
Jeyms Bond roli ijrochilaridan biri Jeyms Shon Konneri deb atalgan. U bu ismni bobosining sharafiga olgan, ammo maktabni tugatgandan keyin undan foydalanmagan. | 46 | 1,964 |
Madaniyat | "O`zbekistonning 100 nodir qo`lyozmasi" asl vataniga qaytariladi | O`zbekiston zamini azaldan dunyo tamadunining qadimiy beshiklaridan biri bo`lib kelgan. Bu qadimiy yurtdan etishib chiqqan allomalar, ularning betakror ijodi, yaratgan ilmiy va badiiy merosi bugun ham jahon ilm ahlini hayratlantirib kelmoqda. Ajdodlarimizning aqlu zakosi, teran tafakkuri, qalb qo`riyu ko`z nuri bilan yaratilgan durdonalarni bugungi kunda dunyoning turli hududlaridan, yuzlab yirik kutubxona va muzeylardan, shaxsiy koleksiyalaridan topish mumkin.
2018 yil 10-11 dekabr kuni Toshkentda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va "Yo`l xaritasi-2019"ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimediya forumi bo`lib o`tadi. Mazkur forumda dunyoning turli mamlakatlaridan 300 nafardan ortiq sharqshunos, tarixchi va san`atshunos olimlar, yirik muzey va kutubxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
– Forum kun tartibidan o`rin olgan yangi loyihalardan biri “O`zbekistonning 100 nodir qo`lyozmasi” deb nomlanadi, deydi loyiha rahbari Firdavs Abduxoliqov. – Ushbu loyiha turli mamlakatlardagi ilmiy va madaniy muassasalarda saqlanayotgan, bevosita O`zbekistonga tegishli bo`lgan qo`lyozmalarni izlab topish va ularning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish bilan bog`liq. Ayni paytga qadar mazkur loyiha doirasida bir qator durdona asarlarning faksimile nusxalari Evropa texnologiyalari asosida ko`paytirilib, yurtimizga olib kelindi.
Ular qatorida “Temur tuzuklari”, “Devoniy Husayniy”, “Me`rojnoma”, “Ravzatus-safo” singari noyob asarlarni misol keltirishimiz mumkin. Biz xorijiy mamlakatlarga qilgan ekspedisiyalarimiz davomida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ajdodlarimizning bebaho asarlarini topdik. “O`zbekistonning 100 nodir qo`lyozmasi” loyihasi bo`yicha ularning faksimle nusxalarini olish bo`icha tegishli muassasalar bilan muzokaralar olib boryapmiz.
Hali yuzlab ana shunday nodir qo`lyozmalar dunyoning turli hududlarida sochilib yotibdi. Ularning ayrimlari bizning ilmiy jamoatchiligimiz uchun sirligicha qolmoqda.
Loyihadan ko`zda tutilgan maqsad ham bu bebaho boylikni xalqimizga qaytarish, shu bilan birga O`zbekistonning tarixiy haqiqatini, boy madaniy merosini, ma`naviy salohiyatini namoyish qilishdan iborat. | 64 | 2,267 |
Madaniyat | “Kemalar qabristoni”da xalqaro elektron musiqa festivali o‘tkaziladi | 14-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Stixiya” nomli elektron musiqa festivali o‘tkaziladi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
“Centil Law Film”, “TrendSetter” va “Peopletravel” tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur tadbir Mo‘ynoq shahridagi “Kemalar qabristoni” maydonida – ochiq osmon ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, bundan buyon “Stixiya” abstrakt elektron musiqa festivali har yili o‘tkaziladi. | 68 | 469 |
Madaniyat | Instagram: Kasallik tufayli tushkunlikka tushgan aktrisa, Hindistondagi to‘ylarda qo‘shiq kuylayotgan xonandalar, Aziza Yoqubova eri bilan yarashdimi? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Sitora Alimjonova folloverlari bilan yaqindan tanishish uchun o‘zi haqidagi ma’lumotlarni ular bilan bo‘lishdi.
Aktrisa Mashhura Zulfiqorova Hindi show ko‘rsatuvida “Qasos o‘ti” filmidagi Rekxa yaratgan obrazni gavdalantirdi.
Lola o‘zidan 28 yosh katta raqibi bilan shaxmat o‘ynayotgan o‘g‘li uchun muxlislaridan omad so‘radi.
Shahzoda Muhammedovaning qizi Milananing tug‘ilgan kunidan video e’lon qilindi. Ushbu videoda aktrisaning qaynata, qaynana, qaynopa va boshqa qarindoshlarini ko‘rish mumkin.
Durdona Qurbonova muhtoj oilalarga yegulik ulashish xayriya aksiyasida qatnashdi.
Aktrisa Aziza Yoqubova folloverlarining savollariga javob berdi. U “Farzandingiz uchun eringiz bilan yarashasizmi?” degan savolga hozir faqat farzandini o‘ylayotgani aytib, javob berdi.
“Havas” guruhi xonandalari Hindistondagi to‘ylarni o‘tkazib berayotgani, hindlarning to‘yi qanday o‘tishi haqida so‘zlab berdi.
Milena Madmusayeva ustoz san’atkorlar bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
DJ Piligrim tog‘ yonbag‘rida hordiq chiqardi.
“Jaydari kelin” spektaklidagi bosh qahramon obrazini mahorat bilan gavdalantirgan aktrisa Munojat Alimboyeva bedavo kasallik tufaylik bir muddat tushkunlikka tushgani, biroq yaqinlari ko‘magida yana ijodga qaytgani haqida so‘zlab berdi. | 150 | 1,415 |
Madaniyat | Alla Pugachyova Qorbobodan Rossiyani yolg‘onlardan asrashni so‘radi | Qo‘shiqchi Alla Pugachyova Instagram’da o‘z obunachilarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
San’atkor o‘z tabrigida Qorbobodan Rossiyani urushlardan, yolg‘on balandparvozlikdan, g‘iybatlardan saqlashni so‘ragan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya aholisi tinch osmon ostida yashashni istaydi. | 67 | 341 |
Madaniyat | Avaz Oxun ustozi Hojiboy Tojiboyevning o‘limi bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev muxlislari orasida uning o‘limi bilan bog‘liq turli gap so‘zlar yuradi.
Hojiboy Tojiboyevning shogirdi, qiziqchi Avaz Oxun “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.
Hojiboy Tojiboyevning konsertdagi hazili uchun urishgan ekan, “podval”ga olib kirishgan ekan, degan gaplarni menga ham aytishadi. Hojiboy aka o‘zlari kasal edi, mazalari yo‘q edi. Oxirgi konsertlarida qalin jemferlar kiyib, konsert berganlar.
“Ustoz, jemferingizni yechib qo‘ymaysizmi”, deganimda “Menga sog‘lig‘im kerak, bolam”, deb sahnaga chiqib ketganlari esimda. Sog‘liqlari yaxshi emas edi. Odamlar gapiraveradi: o‘lmagan odamni, o‘lmagan san’atkorni o‘libdi, deyishadi-ku. G‘iybat bu hammasi.
Avaz Oxun, qiziqchi
Avaz Oxun Hojiboy Tojiboyev bilan qanday tanishgani, birinchi marotaba sahnaga chiqib, institutda “zvezda” bo‘lgani haqida quyidagi voqealarni esladi.
Hojiboy Tojiboyev bilan tanishuvimiz talabalik vaqtimizda bo‘lgan. Ularning konsertiga parda orqasidan borganmiz, tanishganmiz. O‘shanda repertuarlarimizni aytib berganmiz va keyingi kuni konsertga chiqib, birinchi kurs vaqtimda institutda “zvezda” bo‘lganman.
Bir marta institutda konsert qilganimda ularni taklif qilganman. Telefon qilib “Ustoz,institutda konsert berayotgandim, deganimda “Omadingizni bersin, men stomatologda tishimni to‘g‘rilatayotgandim, duo qilib qo‘yamiz”, degandilar.
Men u insonga o‘xshab qiziqchilik qilishimni Hojiboy Tojiboyev bilmaganlar. Bir marta o‘zlari sahnaga olib chiqqan vaqtlarida Hamza Umarov, Nabi Rahimov, Soyib Niyozovlarga parodiya qilganimni ko‘rganlar, xolos.
Avaz Oxun, qiziqchi
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955-yil 25-avgust kuni tug‘ilgan. “Buxoro-o-o!”, “Kalla qo‘ygan Zidan”, “Borma, kuyasan! Ana kuyding!”, “Hozir borib sev!”, “Yangi boylar va traktorchilar haqida” kabi ko‘plab iboralari va hazillari bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish. Hojiboy Tojiboyev 2008-yili 53 yoshda vafot etgan. | 99 | 2,051 |
Madaniyat | Chechenistonlik yozuvchi “Avatar”ni suratga olish chog‘ida huquqini buzganlikda ayblab, 20th Century Fox kinostudiyasini sudga berdi | Chechenistonlik yozuvchi Ruslan Zakriyev Moskvaning Xamovnicheskiy tuman sudiga AQShning 20th Century Fox kinokompaniyasiga qarshi da’vo kiritdi. Yozuvchi kinostudiyani “Avatar” filmini ishlab chiqarish chog‘ida mualliflik huquqi buzilganida ayblab, ma’naviy zarar uchun 10 million rubl miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda “TASS” habar beradi.
“Sudga 20th Century Fox kinokompaniyasi tomonidan 2009-yilda men tomonimdan 1996—2001-yillarda yozilgan va 2002-yilda chop etilgan “Maxfiy qurol” badiiy asari g‘oyalaridan foydalanilgani munosabati bilan murojaat etdim”, — deya ta’kidlagan Zakriyev.
Yozuvchi o‘zining muallif ekanligini ekspertlar xulosasi, ‘Maxfiy qurol’ romaniga 2002-yilda olingan egalik huquqi, ikki asar o‘xshashligi tan olingan “Avatar” filmi rejissori Jeyms Kemeronning vakillari yozgan maktublar bilan isbotlash niyatida. Zakriyevning aytishicha, u Kemeron bilan besh yildan beri muzokara olib boradi. Shu vaqt mobaynida u ishni sudgacha olib bormaslik so‘ralgan va qarshi da’vo berish bilan tahdid qilingan o‘nga yaqin xat olgan.
2009-yilda ekranlarga chiqqan “Avatar” tijoriy jihatdan kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli film sanaladi: kartina 2,7 milliard dollar daromad keltirgan. | 132 | 1,215 |
Madaniyat | Germaniyada o`zbek askarlari xotirasiga yodgorlik lavhi o`rnatildi (foto) | Mamlakatimizning Berlindagi elchixonasi tomonidan 9 may - Xotira va qadrlash kuni arafasida Germaniyada o`zbek askarlari xotirasiga atab yodgorlik lavhi o`rnatildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 23 oktyabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi ham fashizmga qarshi janglarda mardlik ko`rsatib, yurt ozodligi uchun qurbon bo`lgan vatandoshlarimiz qabrlarini topish, xotiralarini abadiylashtirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal eridagi Shtukenbrok shaharchasida urush yillari barpo etilgan “Shtalag 326” (Stalag 326 VI K Senne) harbiy lageri muzey va arxiv tashkiloti bilan birgalikda olib borilgan izlanishlar natijasida 1941-1945 yillarda ushbu lagerga keltirilgan vatandoshlarimizga oid hujjatlar o`rganib chiqilib, harbiylar qabristoniga dafn etilgan o`zbek askarlari haqida qimmatli ma`lumotlar to`plashga muvaffaq bo`lindi.
To`plangan ma`lumotlarga ko`ra, ushbu lagerga keltirilgan 65 ming harbiy asir orasida 360 nafar o`zbek askari bo`lgan va ulardan 35 nafari «Shtukenbrok» harbiylar qabristoniga umumiy holda dafn etilgani aniqlangandi. 2018-2019 yillar mobaynida O`zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan «Shtalag 326» arxivi materiallarini o`rganish natijasida yana 20 nafar vatandoshimiz mazkur qabristonda mangu orom topgani aniqlandi.
Arxivdan 1912 yil Buxoro viloyatida tug`ilgan Nurali Safarov 1943 yil 5 mart kuni, 1918 yil Toshkent viloyatida tug`ilgan Abdurahmon Ro`zmetov 1944 yil 9 iyul kuni, 1921 yil Samarqandda tug`ilgan Musa Isaev 1943 yil 2 iyun kuni, 1915 yil Toshkentda tug`ilgan Anorboy Mirzaahmedov 1944 yil 25 iyul kuni, 1902 yil Buxoroda tug`ilgan Safar Kamolov 1945 yil 13 yanvar kuni vafot etgani haqidagi ma`lumotlar topildi.
Xotira tadbirida ishtirok etgan Detmold okrugi prezidenti Yudit Pirsher mamlakatimizda urush qurbonlari xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
— 9 may O`zbekistonda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanishi, urushda qurbon bo`lganlar xotirasiga ko`rsatilayotgan hurmat maqtovga loyiqdir, — dedi u. - Ikkinchi jahon urushida «Shtalag 326» harbiy lageriga keltirilgan asirlar orasida 360 nafar o`zbekistonlik bo`lgani va ulardan 55 nafari shu erga dafn etilgani haqida ma`lumotlar mavjud. Urush qurbonlarining nomlarini abadiylashtirish, ularning so`nggi qo`nim topgan manzillari, qabrlarini topish juda ham xayrli ishdir.
Bugungi kunda «Shtalag 326» arxividagi o`zbek askarlariga oid ma`lumotlarni aniqlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. | 73 | 2,732 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” serialining final qismi AQShda rekord darajada tomosha qilindi | AQShda “Taxtlar o‘yini” seriali yakuniy mavsumining so‘nggi qismini 19 milliondan ortiq odam tomosha qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Korrespondent” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sakkizinchi mavsumning oltinchi qismi efir vaqtida, shuningdek, HBO GO va HBO NOW platformalarida jami 19,3 million marta ko‘rilgan. Mazkur ko‘rsatkich nafaqat serial uchun, balki HBO kanali uchun ham rekord darajaga aylandi.
Bundan oldingi rekord serialning beshinchi qismiga tegishli edi — 18,4 million marta ko‘rilgan.
HBO ma’lumotlariga ko‘ra, “Taxtlar o‘yini” serialini dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlaridan turib ko‘rish mumkin, biroq ko‘plab bozorlardan ma’lumotlarni olish qiyinligi sabab, uning butun dunyo bo‘ylab necha marotaba ko‘rilganini bilishning imkoni yo‘q. | 79 | 771 |
Madaniyat | Bred Pitt va Anjelina Joli mojarosidan so‘ng farzandlar ilk bor otasinikida tunab qoldi | Gollivud aktyorlari Bred Pitt va Anjelina Jolining farzandlari ajrashish jarayoni boshlangandan buyon ilk bor otasinikida tunab qoldi. Bu haqda In Touch Weekly xabar bermoqda.
Nashr manbasining ma’lum qilishicha, bolalar Pittning uyiga Joli tomonidan yollangan ikki enaga hamrohligida kelgan. “Dastlab Pitt enagalarning hozir bo‘lishiga qarshi bo‘ldi, biroq Enji bu psixoterapevtlarning tavsiyasi ekanligini ta’kidlagach, bunga rozi bo‘ldi”, — deya hikoya qiladi nashr manbasi. Enagalar bolalar bilan birga tunab qolgan.
Otasi bilan tushlik qilish davomida bolalarning har biri turlicha taom so‘ragan, biroq Pittning oshpazi ularning har biri ko‘ngliga yo‘l topgan.
Nashr uchrashuvga Pitt va Jolining katta o‘g‘illari Meddoks va Paks ham kelganligini ta’kidlaydi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 87 | 838 |
Madaniyat | “Millionlab xarajat bilan kitob chiqarasiz, ayrim ‘savobtalab’lar esa elektron shaklini tarqatib yuborishadi” — O‘zbekiston noshirlari mualliflik huquqi muammolari haqida | O‘zbekistonda noshirlik faoliyati havas qilgulik darajada emas. Kitobxon bo‘lyapmiz, deymiz-u, lekin aksarimiz aynan noshir ishiga xalal berayotganimizni o‘ylamaymiz. Bir kitobni ming mashaqqat bilan tayyorlab, o‘quvchiga tutqizayotgan, goh moddiy, gohi ma’naviy zarar ko‘rayotgan nashriyotlar zahmatini o‘sha kitobni nusxalab yoki elektron shaklda “savob uchun” tarqatayotganlar o‘zari bilib-bilmay qonunni buzayotganlari — mualliflik huquqini poymol etayotganlarini yaxshi tushunishsa-da, buni tan olgilari kelmaydi.
“Daryo” o‘zbek noshirlari yurtimizdagi mualliflik huquqini qanday baholashi, qonunga rioya etishda kimlar yoki nima asosiy tayanch bo‘lishi, muammolar qanday bartaraf etilishi xususida “Akademnashr”, “Hilol Nashr”, “Yangi asr avlodi” nashriyotlari, Asaxiy Books kabi kitob loyihalari vakillaridan javob oldi.
Mualliflik huquqi masalasi noshirlik sohasining ustunlaridan biridir. Kitobning asosi — asar. Muallif iste’dodi, tafakkuri, tajribalarini o‘zida jamlagan turli asarlar kitob holida chop etiladi. Ilm, ijod, iste’dod mashaqqati va qadri uchun to‘lanadigan haq mualliflik haqqi hisoblanadi. Unga bog‘liq huquqlarning bari esa mualliflik huquqi bo‘lib, u kitob chop etilganda ham himoya qilinishda davom etadi.
Aslida har bir kitobning dunyoga kelishi muallif bilan muzokaralardan boshlanishi kerak. “Akademnashr”da muallif-u, tarjimonlar bilan shu qoida asosida ishlab kelmoqdamiz. Qalam haqlarining to‘lanishi, mualliflik huquqlariga rioya qilinishiga jiddiy e’tibor qaratiladi.
Sanjar Nazar
Nashriyotimizda deyarli barcha tarjima asarlari mualliflik huquqi olingan holda chiqariladi. Imkon qadar arzonga olishga harakat qilamiz. Chunki O‘zbekistonda kitob narxi rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslanganda, ancha arzon. Biz oladigan huquq narxi tufayli kitoblarimizning bozordagi narxi boshqalarnikidan jiddiy farq qilmasligi kerak.
Ma’lumot uchun: Mualliflik huquqi asarlarning keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon bo‘lishi mumkin. Ular qatoriga she’r, tezis, sahna va boshqa adabiyot asarlar, film, xoreografik asar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiya, audio yozuv, rasm, chizma, EHM dasturlari, radio va teleko‘rsatuvlar va boshqalar kiradi.
O‘zbekistonda kitob narxi uning sahifalari miqdoriga qarab belgilanadi. Aslida bu juda noto‘g‘ri. Axir kitob faqat qog‘ozdangina iborat emas-ku. Deylik, 320 betlik kitoblarning bozordagi o‘rtacha narxi bor. Chiqaradigan kitobingiz shundan keskin farq qilmasligi kerak. Baribir tafovut bo‘ladi-kuya, lekin farq jiddiy bo‘lmagani ma’qul.
Shuning uchun biz mualliflik huquqi qimmat turadigan kitoblarni sotib olmaslikka harakat qilamiz. Masalan, “Garri Potter” juda qimmat turadi. Uni o‘zbek bozoriga olib kirmoqchi bo‘lgan odam muallifning o‘ziga bir dona kitob uchun 50 yoki 70 ming so‘mdan to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.
Deylik, sotib olindi ham. Ustiga tarjima va nashr xarajatlari qo‘shilib, kitob chidab bo‘lmas darajada qimmatga aylanadi. Shularni nazarda tutgan holatda arzonroq yo‘llarini topishga harakat qilamiz. O‘ta qimmat kitoblar, quruq bestsellerlarga xaridor bo‘lmaymiz.
Bizdan eng katta qalam haqi olgan muallif kitobi uchun 200 million so‘mga yaqin daromad ko‘rdi. Bu hali hammasi emas. Kitob sotilishda, qalam haqi to‘lanishda davom etmoqda va yakunda summa bir necha barobar ko‘p bo‘lishi tayin.
Ma’lumot uchun: Mualliflik huquqi — inglizchada copyright g‘oya (fikr) yoki ma’lumotning ma’lum bir ko‘rinishdagi ifodalanishini tartibga soluvchi huquqlar majmuidir. Ular asosan cheklangan muddatli bo‘ladi. Mualliflik huquqi belgisi © bo‘lib, ba’zi bir manbalarda qo‘shimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin.
Mualliflik huquqini himoya qilish belgisi. Butundunyo mualliflik huquqini himoya qilish konvensiyasiga ko‘ra ushbu belgi qo‘yilgan har bir asar qonun himoyasidadir.
“Akademnashr” nashriyoti 2010-yildan mualliflik huquqiga qat’iy amal qilishni boshlagan. O‘shanda bu masalaga jiddiy qaralmas, qalam haqi to‘lash degan tushuncha unutilayozgan edi. Biz hech qursa, arzimagan miqdorda bo‘lsa-da, berishga harakat qilganmiz.
Boshqa nashriyotlardan “Ortiqcha daxmazaning nima keragi bor, qonunda bo‘lgani bilan u ishlamasa, birov so‘ramasa, boshingni ortiqcha og‘ritib nima qilasan?” degan mazmunda munosabat bo‘lar, orqavorotdan shunga ham boshini og‘ritib turibdi, deb kulishardi. Ammo o‘zim ijodkor bo‘lganim uchun bu masalaga yengil qaray olmaganman.
Oradan 10 yillar o‘tib vaziyat o‘zgardi. Ayniqsa, 2021— 2022-yildan bu masalaga ko‘p nashriyotlar e’tibor bera boshlashdi. Shu yili mart oyida Turkiyada mualliflik huquqlari savdosi bo‘yicha muzokaralar uchun o‘tkaziladigan “Istanbul 7-Xalqaro noshirlar haftaligi” bo‘lib o‘tdi. Unda son jihatdan mezbon Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston noshirlari bo‘lishdi.
15 ta nashriyot ishtirok etdi. Bu nashriyotlar uchun xalqaro doiradagi mualliflar bilan kelishuvga erishib, mualliflik huquqlarini sotib olish uchun maydon ham bo‘ldi. Bu ham nashriyotlarning mualliflik huquqiga munosabati o‘zgarganining yaqqol isboti.
Ma’lumot uchun: Mualliflik huquqi bo‘yicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi. O‘zbekistonda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunda mualliflik huquqlari mezonlari belgilab berilgan. Intellektual mulk agentligi tomonidan esa ular tartibga solinib, nazorat qilib turiladi.
O‘zbekistonda mualliflik huquqining himoya qilinish darajasi haminqadar. Bilishimcha, mamlakatimiz Butunjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun eng katta to‘siqlardan biri — intellektual mulk himoyasidagi kamchiliklarimiz. Bu borada dunyodagi ahvol eng yomon bo‘lgan 23 mamlakatdan biri hisoblanarkanmiz.
Mualliflik huquqining buzilishi ko‘p uchraydi. Yaqinda bir kitobni tarjima qilayotib, tarjimon huquq egasi bilan gaplashsa, O‘zbekiston uchun hali bo‘sh, berishimiz mumkin degandi. Keyin birdan bilib qoldikki, bu kitob uch yildan beri O‘zbekiston bozorida sotilayotgan ekan. Qaysidir nashriyot muallifning ruxsatisiz kitobni nashr etgan.
Muayyan bir kitobning soxta, qaroqchi nusxalari chiqib ketishi avj olgan. Ba’zan kitobingizdan nashr ma’lumotlarini olib tashlab chiqarishsa, gohida tamg‘alaringiz, nashr ma’lumotlaringiz bilan qo‘shib soxta nusxa bosishadi.
Ular mualliflikning — tafakkur va iste’dodning qotillaridir. Bu kabi holatlarga to‘qnash kelganimizda muzokara yo‘li bilan muammoni bartaraf etishga harakat qilamiz. Andisha, ishonchsizlik sabab biror ishni hali sudgacha olib bormadik.
O‘zgartirish uchun rivojlangan, masalan, Yevropa davlatlarining tajribasini o‘rganishimiz mumkin. Avvalo harakat quyidan, manfaatdor tomon o‘laroq muallif-u, noshirlarning o‘zlaridan boshlanmog‘i kerak. Hozircha bu borada sal yovvoyiroq jamiyatga o‘xshab ketamiz.
Nashriyotlarda tarjima huquqini sotib olish bilan yurist shug‘ullanadi. Odatda mualliflarning mualliflik huquqi bilan shug‘ullanuvchi agenti bo‘ladi. Biror kitob tanlangach, huquqshunos avval nashriyoti tarjima qilmoqchi bo‘lgan tili, deylik, o‘zbek tili uchun mualliflik huquqi bo‘sh yoki bo‘sh emasligini tekshiradi. Agar bo‘sh bo‘lsa, muzokara boshlaydi.
Firuz Allayev
Ular bir-biriga narxlar borasida o‘z xohish-u, fikrlarini bildirishadi. Kitob nechta nusxada, qachon chiqishi, tarjimani kim qilishi haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Muallif taraf esa undan kitobini so‘rayotgan nashriyotning maqsadi qanchalik jiddiyligi, shu paytgacha nimalarni chiqarganini tekshirib, talabgorga qay darajada ishonish mumkinligini tekshirib oladi.
Agar ikki taraf bir-birining xohish-shartlarini qabul qilsa, elektron shartnoma tuziladi. Muallif to‘lovnoma taqdim etadi. Nashriyot tomonidan bank orqali rasman deklaratsiya qilinib, to‘lov amalga oshiriladi. Shu bilan ikkinchi taraf mualliflik huquqini oladi va kitob chiqarish jarayonini boshlashi mumkin. Faqat muallifga nechta kitob, qanday holatda chop etilgani to‘g‘risida doimiy ma’lumotlarni berib boradi.
Asaxiy Books loyihasi doirasida qoidasiga ko‘ra, har bir tarjima asarni muallifidan rasman ruxsat olib chop etamiz. Faqatgina jamoatchilik mulkiga aylanganlari bundan mustasno.
Odatda G‘arb davlatlarida ish shu qoida bo‘yicha ketadi. Ayrim joylarning o‘z mahalliy qoidalari bo‘lib, farqlanishi mumkin.
O‘zimizning o‘zbek tilida ijod qiladigan yozuvchilar bilan har qaysi nashriyot turlicha shartnoma qilishi mumkin. Bilishimcha, bizning nashriyotlar ko‘pincha bitta nashrga bir martalik shartnoma qiladi. Shuning uchun bitta yozuvchining kitobini ba’zida o‘n martalab turli xil nashriyot chiqarish hollari uchraydi. Asaxiy Books loyihasida xalqaro standart bo‘yicha ishlashga harakat qilmoqdamiz.
Masalan, Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” asari uchun ma’lum yilni kelishdik. Shu muddatda kitob faqat bizda chop etiladi va har bir sotilgan kitobdan muallifga 10 foiz miqdorida gonorar to‘lab turamiz. Yaxshi tarafi — muallif asari uchun bir martagina qanchadir miqdorda summa olmaydi-da, har kitobi chiqqanda unga ma’lum pul kelib turadi. Qolaversa, muallif biz bilan shartnoma muddati tugagandan keyin, boshqa nashriyot bilan hamkorlik qilib bu kitobidan yana daromad topa oladi.
Infografika: “Daryo”/ Dilzoda Hamidjonova
Kontrafakt mahsulotlar ko‘plab nashriyotlar singari bizni ham behalovat qiladi. 2021-yilda Uolter Ayzekson qalamiga mansub “Stiv Jobs” asarining qalbakilashtirilgan variantlari chiqib ketdi. “Stiv Jobs” katta kitob, 250 million so‘mdan ortiq xarajat ketgan. Hali-beri qoplay olganimizcha yo‘q. Buning uchun kitob kelgusida ham ancha vaqt sotilishi kerak.
Holat bo‘yicha Intellektual mulk agentligiga murojaat qildik. Ulardan kitob himoyasi bo‘yicha yaxshi reaksiya bo‘ldi. Tushuntirish ishlari olib borishdi. O‘zimiz esa ushbu kitobni sotadigan do‘konlar bilan bir necha bor gaplashib soxta kitoblarni chiqarayotganlar kimligini aniqladik.
Toshkent viloyatidagi “Quyoshli” kitob bozori orqali tarqatilayotgan ekan. Faqat topilganda ular ishni to‘xtatib bo‘lishgan edi. Qo‘limizda aytarli dalil qolmagach, sudgacha borishning imkoni bo‘lmadi. Biroq shu harakatlar bilan asarning soxta variantlari chiqishi va sotilishini to‘xtatishga erisha oldik.
Yana bir holat hali kelajakda chiqaradigan start-aplar uchun muhim bo‘lgan “Zero Plan” bilan sodir bo‘ldi. Kitobning mualliflik huquqi Asaxiy Books loyihasiga tegishli bo‘lsa ham, biz chiqarishimizdan oldin boshqa bir nashriyot tarjima qilib, nashr etayotganini bilib qoldik.
Bunda muzokara yo‘lini tanladik. Ularga huquq aslida bizga tegishli ekani, sotib olish uchun mablag‘ sarflaganimizni aytdik. Muammoni tinch hal qilish yo‘li esa o‘sha nashriyot kitob nashrini to‘xtatishi edi. Shu paytgacha chiqargan kitoblarini o‘zimizning saytimizda sotishimiz, shunda ikki tarafga ham jiddiy zarar yetmasligini taklif qildik. Tushunishdi.
Xoh tarjima, xoh mualliflik asari bo‘lsin, bitta kitobning chop etib chiqarilishi bir necha yuz millionga tushishi mumkin. Siz bu yoqda joningizni jabborga berib millionlab xarajat bilan bir kitobni chiqarasiz, boshqa tarafda esa qog‘oz va chop etishgagina pul sarflagan kimdir asarning soxta variantini chiqarib oladi. Kam pul ishlatilgan mahsulot arzonga sotilishi esa tabiiy. Ikkalasi ham mavjud bozorda ko‘p xarajat ketgan mahsulotingiz emas, arzonroq varianti tanlanadi. Bundan katta miqdorda moliyaviy zarar ko‘rasiz.
Bu faqat bugun qaysidir nashriyotga yetkazilgan zarar emas. Kelajak uchun ham zarar. Chunki biror mahsulotni soxtalashtirish yangiliklar, innovatsiyalarni o‘ldiradi.
Asaxiy Books loyihasi mualliflik huquqiga jiddiy qaraydi. O‘z faoliyatimiz huquqlarini himoya qilmasdan turib, rivojlanolmaymiz. Avvalo bir narsani anglab olishimiz kerak — xususiy yoki davlat nashriyoti bo‘lishidan qat’i nazar, bu biznes. Biznes egasi bir mahsulotini chiqarib sotadi, undan ko‘rgan foydasini esa o‘zining operatsion xarajatlariga sarflaydi.
Bunda xodimlarning oyligidan tortib, bino yoki soliq pullarini to‘lashgacha bo‘lgan mablag‘lar kiradi. Agar shu biznes foyda olish u yoqda tursin, xarajatlariniyam qoplolmasdan zararga kirib ketadigan bo‘lsa, tinchgina faoliyatini to‘xtatadi. Kitoblarda mualliflik huquqining himoyalanmasligi ham nashriyotlar uchun ancha yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.
O‘zbekistonda mualliflik huquqi bo‘yicha umumiy holat yomon. To‘liq himoya qilingan, nazoratga olingan soha emas. Istalgan odam bitta kitobni skaner qilib, internetda tekinga tarqatib yuborishi mumkin.
“Hilol Nashr” nashriyotida chop etiladigan barcha kitoblar muallif bilan kelishilgan holda chiqariladi. Ayrim muallif yoki nashriyotlar ma’lum shartlar evaziga bu huquqni bepulga ham taqdim etishadi.
Diniy tarjima asarlar bo‘yicha Misrning “Dorus Salom”, “Dorul G‘avsoniy”, “Dorul Ma’rifa”, “Dorul salsabil” nashriyotlari bilan ham hamkorligimiz bor. Ular Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining hurmatlari hamda “Hilol Nashr” nashriyoti O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada qilayotgan xizmatlarini inobatga olib, kitoblaridagi mualliflik huquqlarini tekinga taqdim etishgan. Faqat bir qancha shartlari bor.
Masalan, “Dorul G‘avsoniy” va “Dorus Salom” nashrlarining birorta ham harfini o‘zgartirmay chiqarishimiz, kichik xato o‘tib ketsa ham katta jarima to‘lashimiz shartini qo‘yishgan. “Dorus Salom” bilan hamkorlik uch yilda bir beriladi. Har bir qilingan nashrdan “Dorus Salomga” jo‘natib turamiz. “Dorul Ma’rifa” nashriyotining “Tajvidli Mus’haf”igagina qalam haqi to‘laymiz. U ham boshqa nashriyotlarga nisbatan ancha arzonga.
“Sahih ul Buxoriy”, “Sahih ul Muslim”, “Hidoya” asarlarining o‘zbek tiliga tarjimasi chiqarilganda mualliflik huquqi uchun hech kimdan ruxsat olmaganmiz. Sababi, ularning yozilganiga ming yillar bo‘lgan va jamoat mulkiga aylangan.
Qalbaki kitoblar bo‘yicha, afsuski, juda ko‘p muammolarga uchraganmiz. Misol uchun, “Baxtiyor oila” kitobining qalbakilashtirilgan varianti Tataristondan Qirg‘izistonga 5500 adadda kirib kelayotganda bizga ma’lumot yetkazilgan va o‘sha joyda ushlangan.
Odamlar bunday qalbaki kitoblarni chiqarishining ma’lum sabablari ham bor edi. Avvallari nashriyotimiz uchun nashrga beriladigan ruxsat soni kamligi, qolaversa, bosmaxonaning kuchi ko‘p emasligidan kam kitob chiqarishimizga to‘g‘ri kelardi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblari, ayniqsa, “Baxtiyor oila”ga talab juda katta bo‘lgan. Qondirilmagach, odamlar kitoblardan turli ko‘chirmalar qilib chiqara boshlashgan.
Ularning asl varianti bilan taqqoslaganda farqlari yaqqol ajralib turadi. Lekin buni xaridorlar farqiga bormasdan sotib olish ehtimoli yuqori bo‘lgan. Qachon shunday holatlarga duch kelsak, o‘z vaqtida prokuratura, Savdo departamenti, Soliq qo‘mitasiga xabar qilganmiz.
Ular o‘ziga yarasha ishlarni olib borgan. Afsuski, hammasi ham muvaffaqiyatli yakunlanmagan. Buning asosiy sababi qalbakilashtirilgan mahsulotlarda hatto Diniy qo‘mita tomonidan beriladigan gologrammalar ham qalbakilashtirilib, yopishtirilgan bo‘lgan. Buni soha mutaxassisi bo‘lmagan odamning ajratishi qiyin bo‘ladi.
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 18-moddasiga ko‘ra:
Asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biror-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Muallifning roziligisiz uning asarini bezaklar, so‘zboshi, xotima, sharhlar yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish taqiqlanadi.
Ko‘p harakatlar samarasiz yakunlangach, keyinchalik do‘konlarimiz, o‘zimizning sotuvchilarimiz orqali qalbaki mahsulotlar sotayotgan insonlar, kitob sotuvchilariga aloqaga chiqib, qilayotgan ishlari ham shariat, ham qonun jihatidan noto‘g‘ri ekanini tushuntirish ishlarini olib borganmiz.
Yaqin hamkorlarimizdan bu kitoblarni sotmasliklari talab qilganmiz. Vaziyat shuni taqozo etganidan hatto sotgan taqdirlarida o‘zimizda chiqadigan kitoblarni ularga boshqa bermaslik sharti bilan qo‘rqitganmiz ham. Shu bilan bir qanchalari qalbaki kitoblardan voz kechgan. Lekin ta’sir qilmaganlari ham bo‘lar, ayrim do‘konlardan 20-30 talab soxta kitoblarni yig‘ishtirib olib kelardik. Bu kabi holatlar bizga jiddiy zarar yetkazgan.
Kitoblarning qog‘oz shaklini yo skanerlab boshqa yo‘llar bilan PDF shaklida tarqatish hollari ham begona emas. “Baxtiyor oila”, “Tafsiri Hilol”, “Hadis va Hayot” kabi 10 dan ortiq kitoblarimiz PDF shaklda turli Telegram kanallari, guruhlari orqali tarqatilganiga guvoh bo‘lganmiz.
Bu kabi muammolarga individual holatda ishlaydigan odamlarimiz ham bor. O‘sha guruh yo kanallariga bu nashriyotning mulki ekanini aytib bog‘lanamiz. Shunda ularning aksari “Hamma ham kitobni sotib olib o‘qiyolmaydi, kitobni tarqatish savob-ku”, deyishadi. Kitoblarga sarflagan mehnat va mablag‘imizni keltirib, ularni bu tarzda tarqatish bizga katta ziyon keltirishini tushuntirganimizda 99 foiz holatda uzr so‘rab, bilmaganliklarini aytib, o‘chirishadi.
Ayrimlar “Hamma tarqatgan, men yagona emasman-ku!” deyishadi. Ular nashriyot ruxsatisiz tarqatgani, “Hilol eBook” dasturi orqali elektron kitoblarni o‘qish PDF’dan ko‘ra ancha qulayligini tushuntiramiz.
“Hilol Nashr” nashriyoti bunday mualliflik huquqlarining buzilishiga salbiy munosabatda. Nafaqat o‘zimiz, balki boshqa nashriyotlar uchun ham qayg‘uramiz. Muallif bir asarni qanchadir umri, vaqti va sog‘lig‘ini ketkazib yozadi. Ortida qancha mashaqqat borligini faqat kitob mualliflarining o‘zigina his qiladi, xolos. Muallif nashrga berganda asar kitob holatiga keltirilib, do‘konlarga borgunigacha nashriyotlar qancha mehnat qiladi? Hammasi shu bilan tugab qolmay, kitobxonning qo‘liga borguncha savdo, marketingga oid ishlar ham qilinadi.
Bu juda katta jarayon. Shuncha ishni qilganingizda kimdir savob uchun yoki insonlarning ilmli bo‘lishiga harakat qilib tarqatyapman deyishi juda og‘riqli.
O‘zbekistonda mualliflik huquqining himoyalanishini past baholaymiz. Istalgan sohani oling, yangicha mahsulot chiqsa va yaxshi sotilsa, hamma o‘shaning qolipini olib chiqara boshlaydi. Ammo sifati asl mahsulotnikidan pastroq bo‘ladi. Odamlarda tanlov imkoniyati yo‘qoladi. Aslini ajratolmaydi. Foydalanganda sifatsiz tovarga nisbatan e’tibor va ishonch kamayadi. O‘z-o‘zidan yaxshi sifatda chiqargan dastlabki odam bundan jabr ko‘radi.
Birinchi ishlab chiqargan insonning mahsuloti patentlanib, boshqalarga qandaydir cheklovlar qo‘yilsa, bunday holatlar kuzatilmaydi. Intellektual mulk agentligi beradigan ma’lumotnoma ham ham bizni qaroqchilardan asrolmaydi. Agentlik vakillaridan ulardan oladigan ma’lumotnoma bizni qanday himoyalashini so‘raganimizda, siz pul to‘lab ma’lumotnoma olganingizni bilan bu bo‘ladigan noxushliklardan sizni himoyalay olmaydi deyishgan.
Shundan keyin biz o‘zimizda chiqqan kitoblar, ayniqsa, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitoblariga patent yoki ma’lumot olishdan voz kechgandik.
“Yangi asr avlodi nashriyoti” shu yili mart oyida Turkiyada bo‘lib o‘tgan “Istanbul 7-Xalqaro noshirlar haftaligi”da ishtirok etib, 100 ga yaqin kitoblarga mualliflik huquqi bo‘yicha shartnoma tuzdi. Ularning teng yarmi Buyuk Britaniya ensiklopedik kitoblari, bolalar adabiyotlari bo‘ldi. Bundan tashqari Turkiyaning bir qator ko‘zga ko‘ringan nashriyotlari, Eronning bolalar tarbiyasiga oid bo‘lgan kitoblari uchun ham mualliflik huquqini oldik. Hozir ularning tarjima ishlari boshlangan.
O‘zbek adabiyotidan Komil Sindorovning detektiv asarlari, Ibrohim G‘ofurov tarjimasidagi Dostoyevskiy, Chingiz Aytmatovning bir qator asarlarining kontrafakt nusxalari chiqib ketdi. Kitobning yuzi, muqovasi o‘zgartirilgan, ammo ichki ko‘rinish, dizaynlari bizning kitobimiz bir xil bo‘lgan holatda bosib chiqarib sota boshlashgan. Taqqoslasangiz, suvtekinga sotishayotganiga guvoh bo‘lasiz. Bu bizning zararimizga ishlamoqda.
Bugun odamlar orasida g‘alati sindrom shakllangan. Ijtimoiy tarmoqlarimizda kitoblarimiz haqidagi post ostiga “Kitobning PDF variant yo‘qmi?”, deb yozishadi. O‘qib turib bir o‘ylanasiz, bir asabiylashasiz. Bugungina nashrdan chiqqan kitobning PDF’ini birdan so‘rashlari biz uchun erish tuyuladi.
Ilm ulashaman deb kitoblar haqida blog yurituvchi odamlar tomonidan o‘sha kitoblarning PDF yoki audio variantlari tarqalib ketadi. Bilasiz, ijtimoiy tarmoqlarda PDF qilingan faylni biridan boshqasiga o‘tkazish va tarqatish erkin, ham juda oson. Bunday holatlar nashr etgan kitobimizni sotib tugata olmasligimiz, ko‘plarining esa omborlarda chang bosib qolib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Asarning PDF varianti chiqqanda qog‘oz kitobga bo‘lgan talab juda tez so‘nadi. Sababi, PDF variantli elektron kitob og‘irlik tug‘dirmaydi va telefoningizga yillar davomida saqlanib qolishi mumkin. Kitob esa ba’zida odamlarga ko‘tarib yurishga og‘irlik qiladi.
“Yangi asr avlodi” nashriyoti kotrafakt mahsulotlar, kitoblarini har xil ko‘rinishda tarqatishga qarshi to‘xtovsiz kurash olib bormoqda. Qarshi davo arizalari kiritmoqdamiz. Lekin shunday holatlar ham bo‘ladiki, aynan sud yo prokuraturaga murojaat qilgan paytimizda ular tomonidan turli hujjatlar so‘raladi. Bizning kitob muallifi yoki tarjimoni bilan kelishuv qilib tuzgan shartnomamiz bo‘lishi mumkin, lekin ba’zi bir holatlarda so‘ralayotgan hujjatlarning o‘zi hech qachon ikki o‘rtada kelishilmagan va tuzilmagan bo‘ladi.
Masalan, Komil Sindorovning bir asari uchun dizaynerning kitob dizaynini men qilganman degan, yana bir boshqa kitobda muharrirning bu kitob tahririni men qilganman degan ishonch hujjatini so‘rashgan. Bu sud jarayonida bizning minusimizga ishlagan.
Nashriyotimizga asarlarini topshirayotgan muallif yo tarjimonlar bilan suhbatlashsam, kitobimning elektron varianti tarqalib ketmaydimi deb qayta-qayta so‘rashadi. Muallif va tarjimonlar bilan qilgan shartnomalarimiz ham har doim qudratli kuchga ega bo‘lavermaydi.
Kitobxonlik, mualliflik huquqi kafolatlangan, himoyalangan davlatlar, deylik, Buyuk Britaniya, Turkiyada mualliflar hech bir hadiksiz yangi asarlar yarataverishadi. Kuzatadigan bo‘lsangiz, turkiyalik bir qator zamondosh adiblarning yigirma-o‘ttizlab kitoblari bor. Bu ular har tomonlama himoyaga egaligidan, bemalol, qo‘rqmasdan ijod qilayotgani belgisidir.
Turkiyada kitob nashr etiladigan paytda agar kitobning mualliflik huquqi bo‘lsa, mualliflik tomonidan, tarjima asar bo‘lsa, tarjimon tomonidan nashriyotlarga beriladi. Turkiyadan chiqqan muallifning kitobining tarjima huquqini biz o‘zbekistonliklar hech qachon muallifning o‘zi bilan gaplashib ololmaymiz.
Aynan ma’lum nashriyotga murojaat qilib, nashriyotning roziligi bilan, ularga to‘lov qilib olishimiz mumkin. Bu nashriyotlarning obro‘si, qudratini ham oshiradigan narsa. Qolaversa, muallif-u, tarjimonlar huquqi o‘zi birga ishlayotgan nashriyot tomonidan himoyalangan bo‘ladi.
Xoh yirik, xoh o‘rta, uzoq yoki bir necha yillik tajribaga ega bo‘lsin, har bir nashriyot vakilining dardlari, faoliyatidagi to‘siqlari umumiy. “Akademnashr” direktori Sanjar Nazar bejiz: “Mualliflik huquqining buzilishiga istalgan ko‘zi ochiq odamning munosabati o‘ta salbiy bo‘lishi kerak. Bu mualliflikni, fikrni, kashfiyotni o‘ldirish, muallif faoliyatiga daxl qilish bilan barobar. Muallif asardan foyda ko‘rmasa, huquqlari himoya qilinmasa, asar yaratishdan soviydi. Yoki kamida ishtiyoqsiz, yangi va yaxshi asarlar yaratishga befarqroq bo‘lib qoladi”, demagan. Qonun ishlasa, ikki tomon manfaatlari himoya qilinsa, “savobtalablar”ga qat’iy chora ko‘rilsa, muammoning bo‘rtgan tomonlari sal yumshab, vaziyat o‘nglanishiga hech bo‘lmaganda umid uyg‘onadi. | 170 | 23,306 |
Madaniyat | “Chiko”ga klip suratga olindi | Shahzodaning bolajonlarga bag‘ishlangan “Chiko” taronasiga klip suratga olindi.
Shou-biznes.uz saytining xabar berishicha, klipni tasvirga olish ishlariga Sanjar Matkarimov rejisyorlik qildi. Narimon Sultonxo‘jayev esa operator vazifasini o‘tadi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Shahzoda “Chiko” qo‘shig‘ini ilk bora yakkaxon konsert dasturida kuyladi va u muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Xonanda taronada jajji bolajonlarga bo‘lgan mehr-muhabbatni tarannum etgan. Yangi klip tez kunlarda telekanallarimiz orqali namoyish etiladi. | 29 | 544 |
Madaniyat | Aktyor Sherzod Bin: Suratga olgan filmim professional emas, biroq unda tomoshabinga aytmoqchi bo‘lgan gaplarim bor | Aktyor va taqlidchi Sherzod Bin o‘zini rejissorlikda sinab ko‘rib, “Qaysar oshiqlar” nomli film suratga oldi. Kartina premyerasi 23-sentabr kuni bo‘lib o‘tgani haqida avval xabar berilgan edi. Jurnalist Feruz Muhammad Sherzod Bilan uning yangi ijodiy tajribasi haqida suhbatlashdi.
— Savolimni to‘g‘ri qabul qilasiz, degan umiddaman. Bugun kinoda havaskor rejissorlar, ularning ba’zan tanqidga ham arzimaydigan filmlari ko‘payib ketdi. Sizni mahoratli aktyor sifatida bilamiz, biroq rejissura — umuman boshqa olam. Bu borada bilim, tajribam yetarli, deb hisoblaysizmi?
— Institutda Estrada aktyorligi fakultetida tahsil olganman. Bu fakultetda juda ko‘p sohalar, xususan, dramaturgiya, rejissura, pantomimo kabilar bo‘yicha mukammal bilim beriladi. Rejissurani amaliyotda, filmlarni tasvirga olish jarayonida rejissorlardan o‘rganganman.
— “O‘zbekkino”dagi Badiiy kengashdan filmlarning o‘tishi qiyinlashib ketgan, Kengash tomonidan filmlarga qo‘yilayotgan talablar qat’iylashgan. Mazkur jarayonda qiyinchiliklar bo‘lmadimi?
— Filmimiz Badiiy kengashdan o‘tdi. Premyeradan uch oycha avval ruxsat olingan edi. Asal Shodiyeva, Jahongir To‘lqinov, Elyor Nosirov, Ra’no Yarasheva, Muhammadiso Abdulxairov, Lola Eltoyeva kabi aktyor-aktrisalar suratga tushgan filmimizning ishchi nomi “Uchrashguncha” edi, ko‘plab muxlislarimiz ham kartinani shu nom bilan bilishadi. Premyera arafasida uning nomi “Qaysar oshiqlar” deb o‘zgartirildi. “Qaysar oshiqlar”ni professional darajadagi film deya olmayman, biroq bu ishim orqali tomoshabinlarga aytadigan gaplarim ko‘p.
— Adashmasam, 2016 yilning ikkinchi yarmida premyerasi bo‘lib o‘tgan birorta filmda ko‘rinmadingiz. Buning sababi nima: rolga taklif yo‘qmi yoki takliflarni rad etyapsizmi?
— Buning sababi, avvalo, taqdirdan deb o‘ylayman. Ochig‘i, 2016-yilda birorta filmga taklif qilishmadi. 2015-yil oxirida davlat buyurtmasiga asosan suratga olinadigan filmlardan biriga, bosh rolga taklif qilishgan edi, ammo sayohat sabab taklifni rad etgandim. So‘nggi vaqtlarda faqat kliplarga taklif bo‘lmoqda — 2016-yil boshidan beri, yanglishmasam, 6—7 klipda suratga tushdim. Bundan tashqari, shu yil birinchi bor o‘zim ham ssenariysini yozib, ham rejissorlik qilgan klipim muxlislar e’tiboriga havola qilindi. Mazkur klip Oybek va Nigoraning “Oppog‘oy” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan edi. Bu klipdan so‘ng juda ham ko‘p xonandalardan takliflar tushmoqda. Bugungi kunda asosan kliplar bilan bandman.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 114 | 2,599 |
Madaniyat | Disney multfilmlari 80 yil ichida qanchalik o‘zgargan? (video) | Ko‘ngilochar sanoatdagi eng yirik konglomeratlardan biri hisoblangan The Walt Disney Company’ning alohida bir bo‘linmasi ko‘pchiligimiz sevib tomosha qilgan va tomosha qilib kelayotgan to‘liq metrajli animatsion filmlarni tayyorlaydi.
Walt Disney Animation Studios tomonidan 1937 — 2016-yillar oralig‘ida suratga olingan multfilmlarga to‘liqsiz uch daqiqa davomida nazar solib, animatsion filmlar qanchalik o‘zgarganiga guvoh bo‘lish mumkin.
“Oppog‘oy va yetti gnom” multfilmi bilan boshlanadigan video ketma-ketlikda 1942-yilgi “Bembi”, 1959-yilgi “Uyqudagi malika”, 1973-yilgi “Robin Gud”, 1994-yilgi “Qirol sher”, 2010-yilgi “Rapunsel”, 2016-yilgi “Hayvonlar shahri” kabi kartinalar ham o‘rin olgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 62 | 876 |
Madaniyat | Toshkentda Qarshovultepaning sirli topilmalari ko‘rgazmasi ochildi | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Qarshovultepa ekspeditsiyasi natijalari asosida topilgan arxeologik topilmalar ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ko‘rgazmada mazkur yodgorlik majmuasidan topilgan 100 dan ortiq arxeologik topilma namoyish etilmoqda. Ekspozitsiyaga qo‘yilgan buyumlar orasida ko‘plab sopol idishlarni ko‘rish mumkin.
Qarshovultepa yodgorlik majmuasi Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Do‘stlik” fermer xo‘jaligi hududida joylashgan.
Yodgorlik majmuasidan topilayotgan vumizmatik va boshqa topilmalar milodning VI—VIII asrlarida Qarshovultepada yashagan aholining hayotini tasvirlab beradi. II—III asrlarga tegishli bo‘lgan nayzaning uchi bu joyning qadimiyligini tasdiqlaydi.
Qarshovultepadan topilgan topilmalar shaharchada din erkinligi hukmronlik qilganidan darak beradi.
Ko‘rgazma 10-sentabrgacha davom etadi. | 66 | 893 |
Madaniyat | Instagram: Imronning Durdonasiz ishlangan navbatdagi klipi, Farhod uchun rafiqasining syurprizi, qo‘shiq ayta boshlagan Zuhra Soliyeva | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Farhod va Shirin” duetining xonandasi Farhod Sulaymonov 28-avgust kuni 31 yoshni qarshi oldi. Duetning yana bir xonandasi Shirin Farhodning turmush o‘rtog‘i va yaqinlari uni tabriklagani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Ruxshona yangi suratini muxlislari bilan bo‘lishdi va muxlislaridan hayotida davomida iste’mol qilgan eng g‘alati taom qaysi ekanini so‘radi.
O‘zini xonandalikda sinab ko‘rayotgan aktrisa Zuhra Soliyeva to‘y xizmatlarida xonanda Omadbek Axmadjonov bilan “Bag‘dat” nomli turk tilidagi taronani ijro etdi.
Rayhon yangi surati bilan ko‘rinish berdi va barcha muxlislarini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
Sevinch Mo‘minova muxlislaridan romantik sovg‘a olgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Nilufar Usmonova erta tongdan to‘y xizmatlari uchun Qarshiga yo‘l olganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Ravshan Sobirov yangi suratini obunachilari bilan bo‘lishdi va gitaraning inson qalbiga o‘xshashini aytdi.
Ra’no Shodiyeva “Mendirman Jaloliddin” serialining ikkinchi fasli suratga olish jarayonlari yakunlanishini va shu bilan birga uning tibbiy muolajalari davom etayotganini ma’lum qildi.
Bir qancha xit taronachilar ijrochisi Munisa Rizayeva yangi suratini sahifasiga joyladi va kuchli ayol ekani, hayotidagi hech bir muammo uni maqsadlaridan voz kechishiga sabab bo‘la olmasligini aytdi.
Bundan tashqari xonanda unga muxlislaridan biri katta guldasta sovg‘a qilganini ko‘rsatdi va guldasta sovg‘a qilgan insonga minnatdorchilik bildirdi.
Xonanda Yulduz Turdiyeva to‘y xizmatlarining birida fors tilida qo‘shiq kuylagani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.
Aktyor, qiziqchi Otabek Mirzaxolov sahifasiga Jahongir Foziljonov va Dilshod Mirzamurodov bilan tushgan suratini joyladi. U muxlislaridan bu kadr qaysi filmdan olinganini so‘radi.
Parizoda o‘g‘li Abdulqodirning raqsga tushayotgan videosini e’lon qildi va uning har qanday taronaga raqsga tushishini aytdi.
Zarina Nizomiddinova o‘zi uchun yaratilgan yangi obrazni obunachilariga ko‘rsatdi.
Aktrisa, jozibador ovoz sohibasi Gulruh Pirnazarova yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Gulchehra Eshonqulovaning turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov xonanda bo‘lgan. Aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan uning qo‘shig‘ini eshitib, Nyu-York ko‘chalarini sayr qilayotgan videosini muxlislariga ko‘rsatdi.
Maryam Tillayeva buvisi Tatyana Karimova va xolasining qizi Imon Karimova bilan Samarqandga borgani aks etgan videoni e’lon qildi.
“Million” jamoasining a’zosi Davron Kabulov aktrisa, jamoaning yana bir a’zosi Dilnoza Habibullayeva bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Imron ko‘plab kliplaridagi partnyori Durdona Qurbonova suratga tushmagan navbatdagi klipini, ya’ni “Sevmaysan meni” taronasiga ishlangan klipni muxlislariga namoyish qildi. | 134 | 2,880 |
Madaniyat | Muxlislar turmush qurishini kutgan, biroq taqdir yo‘li bog‘lanmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video) | Shou-biznesni mish-mishlar olami deyish ham mumkin. Chunki unda asosli yoki mutlaqo asosiz bo‘lgan mish-mishlar ko‘p uchraydi. Shunday mish-mishlardan bir nechtasi mashhurlarning hamkasbiga ko‘ngil qo‘ygani bilan bog‘liq. Quyida muxlislar oila qurishini istagan, biroq taqdir yo‘llari turli sabablarga ko‘ra bog‘lanmagan mashhurlar haqida so‘z boradi.
Sardor Toirov va Rayhon Asadova
Ularning iliq munosabatlari haqidagi gap-so‘zlarga Rayhon xonandaning bir nechta kliplarida suratga tushgani sabab bo‘lgan. Xususan, ular “Baxtingni top”, “Sevmasam” va “Hasrat” kabi kliplarda sevishgan juftlik rolini ijro etishgan. Balki ularning hayotda birga bo‘lishlarini muxlislari ko‘proq istashgandir. Ammo ijodkorlar mish-mishlar asossiz, ular faqatgina ijodiy hamkor ekanliklarini bildirib o‘tishgan.
Xonanda Sardor Toirov shu yilning mart oyida uylandi. Aktrisa Rayhon Asadova bir guruh hamkasblari bilan to‘yga tashrif buyurib, kelin-kuyovni tabrikladi.
Aziz Rametov va Zara Shirinova
Ular haqidagi mish-mishlarni asosiz deyolmaymiz. Chunki ijodkorlarning o‘zi ham bu gaplarning haqiqat ekanligiga ishora qilishadi.
— Aziz Rametov haqida gapirishni istamayman. Chunki endi uning oilasi bor, nasib qilsa, men ham turmushga chiqyapman. Unga baxt tilayman, — dedi boshlovchi Zara Shirinova.
Aziz Rametov shu yilning mart oyida oila qurdi. Zara Shirinovaning to‘yi esa shu yilning oktabr oyiga belgilangan.
Azamat Ahrorov va Shahzoda Muhammedova
Ijodkorlar orasidagi mish-mishlarning tarqalishiga “Asal oyi” filmida birga suratga tushishgani sabab bo‘lgan. Ammo ko‘p o‘tmay bu shunchaki mish-mish ekanligini va o‘rtalarida hech qanday ishqiy munosabat yo‘qligini aytishgandi.
— Bu piar emas edi, Azamat Ahrorov haqiqatan ham Shahzodaning qo‘lini so‘ragan. Ochig‘ini aytaman, men bu masalaga boshidan yo‘q deb turib olganman, hattoki Shahzoda bilan qarama-qarshi bo‘lib, ancha vaqt gaplashmaganmiz. O‘g‘lim ham, men ham norozi bo‘lganmiz, faqat qaynonam, hoji ona Shahzodaga yon bosgan. Uni bo‘ynimga olaman, chunki onaning duosisiz sen turmush qura olarmikansan, deganman. Meni norozi qilib, bu bola bilan turmush qura olmaysan, turmush qurganing bilan uzoqqa bora olmaysan, dedim.
U sening insoning emas, deb aytganman. Onaning yuragi his qiladi, ichidan biladi, men ham Shahzodaning insoni kim ekanini sezganman. Kuyovim Maratjondan taklif bo‘lganda, avvaliga, to‘g‘ri, yo‘q deganman, keyin Moskvaga borib, yaxshilab gaplashganman. Uning gap-so‘zini olganimdan keyin Shahzodaga mana shu sening insoning, deganman. Shu inson seni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, san’atingga nuqta qo‘ymaydi, buni tushunadi, sababi u baribir zamonaviy, tushunadigan inson deganman, xullas, bir ko‘rishda kuyovim bilan gap-so‘zimiz bir-biriga to‘g‘ri kelgan”, — deydi Gulmira Muhammedova.
Sug‘diyona Azimova va Azamat Ahrorov
Azamat Ahrorov va Sug‘diyona Azimovaning oila qurishi haqidagi mish-mishlar ham uzoq yillar davom etdi. Bunga ularning “Qaysarginam” filmida bir-biriga mos partnyor bo‘lgani sababdir. Ammo ikki ijodkor ham bu shunchaki mish-mish ekanligini va ular hech qachon oila qurmasligini ta’kidlab kelishgan. Azamat rejissorligida suratga olgan “Lola gulim...” filmida xorazmlik Dilnoza ismli qiz bilan tanishgan va oila qurgan. Hozirda ularning ikki nafar farzandi bor.
Shahzod Sultonov va Zarina Yo‘ldosheva
Bu ijodkorlarning munosabatini mish-mish deyolmaymiz. Chunki ular YouTube’dagi “Don-don” loyihasidan ancha avvalroq bir-biri bilan tanish edi. Ammo munosabatlari ko‘pga bormadi. Balki bunga aktyorning Feruza Normatova bilan vaynlar olishni boshlagani sabab bo‘lgandir.
Shahnoza Otaboyeva va Mirolim Qilichev
Shahnoza Otaboyeva turmushga chiqmasidan avval Mirolim Qilichev bilan hamkorlik qilgan. Ya’ni aktyor Shahnoza Otaboyevaning prodyuseri va to‘y xizmatlarida boshlovchi vazifasini bajargan. Ularning fotiha to‘yi bo‘lgani haqidagi mish-mishlar ham tarqalgandi. Afsuski, xonanda Mirolim Qilichev bilan emas, balki aktyor Kamol Bobonazorov bilan oila qurgan. Afsuski, ularning iliq munosabatlari uzoqqa bormadi.
— Rasman ajrashdim, endi bir-birimizga begonamiz. Uning o‘z hayoti, mening esa o‘z hayotim bor. Hozircha oila qurish haqida o‘ylamayapman. Ikki o‘g‘limga yaxshi ona bo‘lib, ularning baxtli bo‘lishi uchun yashash niyatidaman, — deydi xonanda Shahnoza Otaboyeva.
Ha darvoqe, Mirolim Qilichev ham uylangan, ammo xonanda ham ijodiy hamkorligini saqlab qolgan.
Munisa Rizayeva va Jasur G‘oyipov
Xonanda Munisa Rizayeva va Jasur G‘oyipovning oila qurishi haqidagi ma’lumotlar 2014-yili tarqalgandi. Afsuski, oradan ko‘p o‘tmay bir-biriga qarshi berilgan intervyular ularning oila qurishi haqidagi xayollarni puchga chiqardi.
Munisa bilan to‘yimiz bo‘lmagani, avvalo, taqdir. Bunga ko‘p narsalar sabab bo‘lib qoldi. Munisa ikkalamizni “o‘qitib” ajratib yuborishdi. Bizning eng katta xatomiz — to‘yimiz bo‘layotganini ommaga chiqarib yuborganimiz. Munosabatlarimizdan PR qilmoqchi bo‘lmaganmiz. Men hozir hech narsa deya olmayman. Balki munosabatlarimiz yana tiklanar, ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Men hozir bo‘ydoqman, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Munisa bilan eslaydigan xotiralarimiz ko‘p, u bilan hozirgacha yaxshi munosabatdamiz, — deb intervyu bergandi Jasur G‘oyipov.
Sitora Farmonova va Doniyor Qayumov
Aktrisa Sitora Farmonovaga o‘zidan 15 yosh kichik bo‘lgan instabloger Doniyor Qayumov sevgi izhor qilgandi. Afsuski, ularning shov-shuvga aylangan munosabatlari bir oyga bormay darz ketdi.
Doniyor Qayumov Sitora qo‘ng‘iroqlariga javob bermayotgani, birga tushgan suratlarini ham Instagram tarmog‘idan olib tashlagani haqida ma’lum qilgandi. Ammo kuzatuvchilar ularning munosabatini shunchaki piar deb izohlashgandi. Bu mish-mishlardan ko‘p o‘tmay Doniyor Qayumov boshqa qiz bilan oila qurdi.
Oydin Yusupova va Ahad Qayum
Shoir Ahad Qayum va aktrisa Oydin Yusupova haqidagi gap-so‘zlar ham odamlar orasida ovoza bo‘lgandi. Ahad Qayum aktrisa bilan iliq munosabatda ekanligini bildirsa, Oydin uning so‘zlarini inkor etardi. Hatto aktrisa Ahad Qayum undan piar uchun foydalangani va nomini bulg‘agani haqida aytib o‘tgandi.
Imron va Durdona Qurbonova
Muxlislar orasida xonanda Imron va aktrisa Durdona Qurbonovaning ishqiy munosabatlari haqidagi mish-mishlar tarqalgandi. Ammo ularning ikkisi ham bu gaplar asossiz ekanligi haqida aytishgan.
Imron Durdona kliplardagi doimiy partnyori bo‘lgani va ayolini to‘ydan avval 2,5 yil kutgani haqida ma’lumot berib o‘tgandi. U 2021 yili uylanib, ayni damda bir farzandning otasi hisoblanadi. | 111 | 6,473 |
Madaniyat | “Avatar-2” filmining ilk kadrlari namoyish etildi (foto) | Tarixda eng ko‘p daromad keltirgan filmlardan biri — Jeyms Kemeronning ilmiy-fantastik “Avatar” filmi chiqqanidan 13 yilga yaqin vaqt o‘tdi. Bu yillar davomida rejissor mashaqqatli va sirli ravishda afsonani davom ettirish bilan shug‘ullandi va nihoyat, 2022-yil uni intizor bo‘lib kutayotgan tomoshabinlarga taqdim etishga tayyor. Loyihaning premyerasi 2022-yil 14-dekabrga rejalashtirilgan, deb yozadi Elle.
Prodyuserlar o‘zlarining durdona asarini qanchalar sir tutmasin, bir necha kun avval CinemaCon’da bo‘lib o‘tgan “Avatar: Suv yo‘li” tizerining premyerasidan so‘ng Twitter’da bir nechta suratlar paydo bo‘ldi.
Suratlar kartina haqida bilvosita tasavvur beradi. Navi xalqini himoya qilish haqidagi hikoyalar dunyo okeani fonida rivojlanishi ushbu suratlardan oldin ham ma’lum edi. Jeyms Kemeron turli ilmiy guruhlar tarkibida suv kengliklarini ko‘p marta tadqiq qilgani bejiz emas. Tez orada bo‘lib o‘tadigan film premyerasidan so‘ng barcha ma’lumotlar taqdim etiladi. | 56 | 977 |
Madaniyat | “Novaya volna” tanlovida vyetnamlik Lilu Sardor Milanodan qolishmayapti | Sochi shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Novaya volna” ommabop musiqa yosh ijrochilari xalqaro tanlovida O‘zbekiston nomidan Sardor Milano qatnashmoqda, Vyetnam vakili sifatida esa Toshkentdagi V. Uspenskiy nomli Respublika ixtisoslashtirilgan musiqiy akademik litsey bitiruvchisi Lilu Liyen ishtirok etmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”.
Lilu Liyen 20 yildan buyon Toshkentda yashaydi, ammo Vyetnam fuqarosi hisoblanadi, shu sababli u Vyetnam vakili sifatida qatnashmoqda.
Ikkala qo‘shiqchi ham o‘tgan tanlov kunlarida a’lo natijalarni ko‘rsatdi va yetakchi pog‘onalarni egallab turibdi.
Ayni paytda Sardor eng yuqori ballarni yig‘ib, birinchi o‘ringa da’vogarlik qilmoqda, Liyen esa — uchinchi o‘ringa. So‘nggi, hal qiluvchi bosqich g‘oliblarni aniqlaydi.
“Novaya volna” 16 yildan buyon har yili Rossiyada bo‘lib o‘tadi. Bu yil unda MDH mamlakatlari, Ruminiya, Moldova va Shvetsiya kabi 9 mamlakat vakillari qatnashmoqda. | 71 | 910 |
Madaniyat | "Abdulla Oripov" hujjatli filmining premerasi bo`lib o`tdi | Bugun, 7 sentyabr kuni Adiblar xiyobonida O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayoti va ijodiga bag`ishlangan hujjatli filmning premerasi o`tkazildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kinoijodkorlar bilan o`tkazilgan uchrashuvning 92-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda “Xalq yuragi” turkumidagi 24 nafar adiblarga bag`ishlangan filmlar yaratildi.
Premeradan oldin Kinematografiya agentligi va Toshkent irigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislarii instituti tomonidan "She`riyatga baxshida umr" mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir tashkil etiladi. Tadbirda shoir hayoti va ijodiga bag`ishlangan ma`ruzalar, she`riy parchalar ijro etildi. Ma`lumot uchun, bu yil Abdulla Oripov tavalludiga 80 yil to`ldi.
Shundan so`ng, Kinematografiya agentligi va Toshkent irigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislarii instituti buyurtmasiga binoan “SPECTRE” studiyasi tomonidan suratga olingan “Abdulla Oripov” hujjatli filmi namoyish etildi.
Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Akmal Saidov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, ijrochi prodyuser Davronxo`ja Abdug`aniev.
Filmni tasvirga olish ishlari Toshkent va Qashqadaryo viloyatida, Toshkent shahrida hamda “O`zbekfilm” kinokonserni pavilonida bo`lib o`tgan.
Kuni kecha Bobur haqidagi hujjatli film namoyish etilgandi. Oldinda Ogahiy, Cho`lpon, G`afur G`ulom, Erkin Vohidov va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premeralari bo`lib o`tadi. | 58 | 1,897 |
Madaniyat | Ukraina Prezidentining o`zbekistonlik qiyofadoshi serialda suratga tushmoqda | Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning o`zbekistonlik qiyofadoshi Umid Isaboev Rossiyada 12 qismli “Ze” serialida suratga tushmoqda. Serialning qismlaridan birini Namanganda tasvirga tushirish ham ko`zda tutilmoqda. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
Umid Isaboevning aytishicha, u “Mosfilm” bilan uch yillik shartnoma tuzgan.
"Bundan oladigan gonorarni yurtimizda turizmni rivojlantirishga, o`zim tug`ilib o`sgan Chortoq va Alixon qishlog`i infratuzilmasini yaxshilash, yirik ishlab chiqarish korxonalarini ochishga sarflayman. Maqsadim Namangan dong`ini dunyoga taratish, – deydi u.
Eslatib o`tamiz, bir necha yillardan buyon Rossiya Federasiyasida avtochilangarlik bilan shug`ullanib kelayotgan namanganlik Umid Isaboev Moskva metrolarida tushgan surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, mashhur bo`lib ketgandi. Bunga sabab uning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga o`xshab ketishi edi. Shundan so`ng uni Rossiya va ukrainalik jurnalistlar uchrashuv va intervyularga chaqira boshlashdi. Hamyurtimiz haqida ko`plab ko`rsatuv, eshittirishlar, maqolalar yozildi. Endilikda kino sanoati mutaxassislari nazariga ham tushdi.
"Darakchi" gazetasi ham hamyurtimiz bilan suhbat uyushtirgandi. | 76 | 1,186 |
Madaniyat | O‘zbekistonda “Yosh kitobxon” tanlovining 2019-yil mavsumiga arizalar qabuli boshlandi | O‘zbekistonda “Yosh kitobxon” tanlovining 2019-yil mavsumiga arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Tanlovda mamlakatda istiqomat qilayotgan millati va tilidan qat’iy nazar 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.
“Yosh kitobxon”da ishtirok etishni xohlovchi yoshlar joriy yilning 1-aprelidan 15-mayiga qadar Yoshlar ittifoqining ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari yoki mahalliy kengashlariga ariza bilan murojaat qilib, o‘zi haqidagi tegishli ma’lumotlar (tanlov anketasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxalari)ni taqdim etadi.
Tanlov quyidagi uchta yosh toifasi bo‘yicha alohida tartibda o‘tkaziladi:
10 yoshdan 14 yoshgacha;
15 yoshdan 19 yoshgacha;
20 yoshdan 30 yoshgacha.
“Yosh kitobxon”ning 2019-yilgi mavsumi uchun saralab olingan kitoblar ro‘yxati haqida Yoshlar ittifoqining hududiy va mahalliy kengashlari orqali ma’lumot olish mumkin.
Tanlov g‘oliblariga Prezident sovg‘asi — Spark avtomobili topshiriladi. | 86 | 1,025 |
Madaniyat | Kanye Uest va Jastin Biber “Gremmi” taqdirlash marosimiga boykot e’lon qilishi mumkin | Amerikaning ba’zi mashhur musiqachilari nufuzli “Gremmi” taqdirlash marosimini noxolis deb hisoblab, unga nisbatan boykot e’lon qilishi mumkin, deb yozadi “TASS”.
Shu tariqa yulduzlar ozchilik huquqlari uchun kurashishda davom etadi. Bu mojaro o‘tgan yilgi “Oskar” mukofotini topshirish marosimida yuzaga kelgan edi.
Yosh qo‘shiqchi, bastakor va xip-xop uslubidagi ijrochi Frenk Oushen o‘zining oxirgi, eng muvaffaqiyatli Blonde albomini “Gremmi” tashkiliy qo‘mitasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishdan bosh tortdi. Qora tanli qo‘shiqchi o‘tgan yil yakunida jurnalistlarga “Gremmi” tashkiloti va uning vakillari xolisligiga ishonmasligini ma’lum qilgan edi. Uning fikricha, ular kelib chiqishi o‘ziniki kabi odamlarga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi.
O‘z navbatida, mashhur xip-xop ijrochi Kanye Uest agar Frenk Oushen nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmasa, “Gremmi”ga nisbatan boykot e’lon qilishini ma’lum qildi.
Joriy yilgi marosimda kanadalik mashhur qo‘shiqchi Jastin Biber ham ishtirok etmasligi mumkin. Uning albomi nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganligiga qaramasdan, Biber ham mukofotning xolisligiga shubhalanmoqda.
Mukofotlash marosimida qatnashmaydigan mashhurlar orasida 8 ta yo‘nalishga nomzodi qo‘yilgan xip-xop ijrochisi Dreyk ham bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 85 | 1,417 |
Madaniyat | Bollivud yulduzi Vidya Balan haqida 10 qiziqarli fakt (foto) | Hindistonlik aktrisa Vidya Balan juda ko‘p nominatsiyalar va turli xil film mukofotlariga sazovor bo‘lgan Bollivud yulduzidir. U 2014-yilda hind kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun “Padma Shri” nomidagi davlat mukofotini qo‘lga kiritgan.
Vidya Balan haqida tomoshabinlarga noma’lum bo‘lgan 10 ta qiziqarli faktni e’tiboringizga havola etamiz.
16 yoshda debyut
Vidya Balan Hindistonning Ottapalam shahrida dunyoga kelgan va Bombeyda voyaga yetgan. Uning kumirlari Shabana Azmi va Madxuri Dikshit bo‘lgan. Aktrisa ham bolaligidan san’atga qiziqa boshlagan.
U 16 yoshida ko‘zi xira ko‘radigan, kar qiz Radxiki Matxur obrazini mohirlik bilan ijro etdi. Ommabop sitkom hisoblangan “Biz beshovimiz” kartinasi Vidya uchun kino san’atiga ajoyib yo‘llanma bo‘lib xizmat qildi.
2012-yilda nikoh
Prodyuser va UTV Motion Pictures kompaniyasining direktori Siddxartx Roy Kapur aktrisa bilan turmush qurdi. Nikoh marosimi Mumbay chetidagi Bandra shahrida bo‘lib o‘tdi. Uning turmush o‘rtog‘i Vidya rol o‘ynagan bir qancha filmlarni suratga olgan.
Sotsiologiya bo‘yicha magistrlik darajasi
Aktrisa ota-onasining maslahatiga amal qilgan holda o‘qishini tugatguniga qadar aktyorlik faoliyatini to‘liq olib bormadi. U kollejda bakalavr va magistraturani sotsiologiya bo‘yicha tamomladi va Mumbay universitetida o‘qishni davom ettirdi. Agar aktrisa shou-biznesni tark etmoqchi bo‘lsa, uning oldida yana bir imkoniyat mavjud.
Qiziquvchan kitobxon
Vidya mutolaani juda yaxshi ko‘radi. Bollivudning taniqli yulduzi biror kunini kitobsiz o‘tkazmaydi. Zamonaviy mualliflardan Paulo Koelo asarlarini yaxshi ko‘rib o‘qiydi.
Tillarga nisbatan qobiliyat
Vidya Balan ingliz, bengal, malayal, tamil va hind tillarida so‘zlasha oladi.
Bollivudda kino siyosatining o‘zgarishi
Vidya Balanning ijtimoiy faoliyati tufayli ayollar mavzusidagi filmlarni suratga olish boshlandi. Ilgari kartinalar faqat erkaklar hayoti haqida hikoya qilar edi, u yerda ayol kishining o‘rni ikkinchi darajada bo‘lgan.
Fotosessiya va reklamalarning ko‘pligi
Vidya filmlarga suratga tushishdan tashqari, boshqa sohalarda ham yuqori talabga ega aktrisalardan hisoblanadi. Uning fotosessiya va reklamalarda ishtiroki hisobiga ish jadvalida ortiqcha vaqti bo‘lmaydi.
Masalan, aktrisa ketma-ket 90 ta reklama roligida ishtirok etgan, shuningdek, Charli Chaplin qiyofasida jurnal muqovasini bezagan.
Vazn bilan bog‘liq muammo
Aktrisa bir qancha intervyularida ham o‘z vaznini ushlab turolmasligini tan olgan: u dam semiradi, dam ozadi. Vidya tug‘ruqdan keyingi biroz noqulaylik tufayli o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik uchun yetarli kuch kerakligini ta’kidlaydi.
Ijtimoiy faoliyat
Vidya suratga tushishdan tashqari, taniqli jamoat arbobi hisoblanadi. U turli xil xayriya tadbirlarida faol qatnashadi va insoniy qadriyatlarni targ‘ib qiladi.
Aktrisaning mashhur opasi
Vidya Balanning amakivachchasi – hindistonlik model va aktrisa Priyamani juda mashhur. Muxlislar uning opasi Shohrux Xon bilan ishtirokidagi “Chinnay ekspres” komediyasini juda yaxshi ko‘radi. | 60 | 3,015 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” uchun harbiy tajribaga ega ommaviy sahna aktyorlari qidirilmoqda | Ispaniyada “Taxtlar o‘yini” seriali uchun kasting e’lon qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Nomzodlar 13- va 14-sentabr kunlari ko‘rib chiqiladi, tanlab olish bilan Modexpor International Casting kompaniyasi shug‘ullanadi.
18 dan 50 yoshgacha bo‘lgan ayollar va erkaklar taklif etiladi. Ta’kidlanishicha, barcha da’vogarlar “ozg‘in” bo‘lishi kerak. Erkaklarga nisbatan alohida talablar ularning sportchilarga xos qomatga va harbiy tajribaga ega bo‘lishidan iborat.
Kastingga minglab da’vogarlar kelishi kutilmoqda, ammo saralashda 2,4 ming erkak va 600 ayol ishtirok eta oladi, xolos.
Suratga olish ishlari 14-noyabrdan 15-dekabrga qadar Kaseres provinsiyasida bo‘lib o‘tadi. Kastingdan o‘tganlar kuniga 54 yevrodan maosh oladi.
Avvalroq “Taxtlar o‘yini” serialining oxiridan oldingi — yettinchi mavsumini suratga olish ishlari rasman boshlangani xabar berilgan edi. | 81 | 864 |
Madaniyat | Gitlerning birinchi raqamli dushmani. Chaplinning fashizm ustidan kulgan “Buyuk diktator” filmi haqida | Jasoratli Charli Chaplin fashizmga qarshi “Buyuk diktator” filmini Ikkinchi jahon urushi allaqachon Polsha, Belgiya va Gollandiyani qamrab olgan 1940-yilda katta ekranlarga chiqargan edi. “Daryo” shov-shuvlarga sabab bo‘lgan film tarixi haqida hikoya qiladi.
Natsizmni parodiya va masxara qilgan ajoyib lentaning kassasi katta muvaffaqiyatlarga erishdi, o‘z o‘rnida tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘ldi, shuningdek, butun dunyoga Gitler va uning atrofidagilar mafkurasining bema’niligini namoyish etdi. Filmni suratga olish 1939-yil sentabrda, Uchinchi Reyx armiyasi Polshaga bostirib kirganidan bir hafta o‘tgach boshlandi. Ko‘pchilik ushbu film boshqa ko‘plab Gitlerga qarshi filmlar singari ekranga chiqa olmasligiga ishongan edi.
“Buyuk diktator” – bu Chaplinning juda katta tijorat muvaffaqiyatiga erishgan, ammo siyosiy jihatdan qarama-qarshi bo‘lgan birinchi ovozli filmidir. Charli Chaplin komediyaning klassikasiga aylangan bo‘lsa-da, ijodkorning sovet mafkura tarafdori sifatida obro‘sining pasayishiga hissa qo‘shdi va bu oxir-oqibat uni 1952-yilda AQShdan haydab chiqarilishiga sabab bo‘ldi.
Kinoasarning bosh qahramoni yahudiy sartaroshi bo‘lib, u Tomaniya (Germaniya uchun kinoya) deb nomlangan mamlakat rahbariga ikki tomchi suvday o‘xshash bo‘ladi. Sartarosh samolyotdagi baxtsiz hodisadan so‘ng xotirasini yo‘qotadi va kasalxonaga yotadi. Bu yerda u yolg‘iz yashaydi va kasalxona devorlari tashqarisida nima bo‘layotganini bilmaydi.
Tomaniya diktatori Adenoid Xinkel (Adolf Gitlerga ishora) barcha yahudiylarga qarshi ayovsiz qirg‘in va kurashni boshlaydi. Uning azaliy orzusi butun dunyoga yakka hukmronligini qo‘lga kiritish. Diktatorning asosiy va yagona muammosi armiya uchun zarur bo‘lgan katta miqdordagi pul. Ularni berishga tayyor bo‘lgan yagona kishi bu katta bankir Epshteyn. Bu pullarga erishish uchun Xinkel hattoki mamlakatdagi yahudiy aholisiga qarshi kurashni to‘xtatishga tayyor ...
Kelib chiqishi sartarosh bo‘lgan bosh qahramon avval natsistlar joylashgan Gettoga, keyin esa konslagerga boradi. Konslagerdan u Shultz ismli sadoqatli do‘sti bilan birgalikda fashistlarning formasini kiyib, qochib ketadi. Harbiylar bosh qahramoni sartaroshni Adenoid Xinkel bilan adashtiradi. Haqiqiy diktatorning o‘zi esa daryo bo‘yida tinchgina baliq ovlardi. Endi butun dunyo taqdiri oddiy yahudiy sartaroshining qo‘lida qoladi...
Filmdagi ismlarning aksariyati atayin fashistlarga ishora qilib o‘ylab topilganini ko‘rish mumkin. Adenoid ismi Adolf Gitlerni eslatadi va uning yordamchisi Garbich (inglizcha axlat degani) Gebbelsga o‘xshaydi. Diktatorning ittifoqchisi bo‘lgan Benzino Napaloni nomi Benito Mussoliniga tegishli.
1940-yil oktabrda film AQShda, dekabrda Buyuk Britaniyada namoyish etildi. “Buyuk diktator” Parijni ozod qilgandan keyingina 1945-yil aprelida Fransiyaga yetib keldi. Ispaniyada va Yaponiyada aniq sabablarga ko‘ra, lentani namoyish qilish taqiqlangandi. Ba’zi guvohlar Gitlerning o‘zi filmni ko‘rgan va shu filmdan so‘ng u Charli Chaplinni shaxsiy dushmani deb e’lon qilganini aytdi. Kinoasarda yuqoridagi o‘xshashliklardan tashqari o‘sha paytda butun dunyoni larzaga solib kelgan Diktator qiyofasidagi sartaroshning otashin nutqidir. Charli Chaplin aynan shu nutq orqali fashizm va insoniyatning qanchalik abgor ahvolga kelib qolganini anglatdi.
Chaplin bir necha oy davomida mashhur filmining yakunlovchi nutqini tayyorladi va qayta-qayta diqqat bilan ko‘rib chiqdi. Natijada, Ikkinchi jahon urushi paytida tinchlikni ta’minlashga chaqiriq paydo bo‘ldi. Holbuki, mazkur nutq hozirgi vaqtga qadar dolzarbdir. Quyida o‘sha nutqni keltirib o‘tamiz:
-Kechirasiz, lekin men imperator bo‘lishni xohlamayman. Bu mening ishim emas. Men hech kimni boshqarishni yoki zabt etishni xohlamayman. Men hammaga – iloji bo‘lsa yahudiy, yahudiy bo‘lmagan, qora tanli va oq tanli odamga yordam berishni xohlardim. Barchamiz bir-birimizga yordam berishni xohlaymiz. Odamlar shunday. Biz azob chekish bilan emas, bir-birimizning baxtimiz bilan yashashni xohlaymiz. Biz bir-birimizdan nafratlanishni va bir birimizni kamsitishni sira xohlamaymiz. Bu dunyoda hamma uchun joy yetarli. Unumdor va mehribon zaminimiz har kimni ta’minlashi va qornini to‘ydirishi mumkin. Hayot yo‘limiz erkin va chiroyli bo‘lishi mumkin edi, ammo biz yo‘ldan adashdik.
– Ochko‘zlik inson qalbini zaharladi, dunyoni nafratga to‘ldirdi, bizni qashshoqlik va qon to‘kishga sudrab ketdi. Biz tezlikni rivojlantirdik, lekin o‘zimizdan ortda qoldik. Farovonlik beradigan texnika bizni muhtojlikda qoldirdi. Bizning bilimimiz bizni zaharxanda qildi. Bizning aqlimiz endilikda toshday sovuq, qattiq va mehrsiz. Biz juda ko‘p o‘ylaymiz va juda oz his qilamiz. Mashinalar va texnikalardan ham ko‘proq bizga insoniylik kerak. Aql-idrokdan tashqari, bizga mehr va yumshoqlik kerak. Ushbu fazilatlarsiz hayot zo‘ravonlikdan iborat bo‘lib qoladi va insoniyat yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketadi...
“Samolyot va radio bizni yaqinlashtirdi. Ushbu ixtirolarning mohiyati odamlarni mehr-oqibat, umumiy birodarlikka chorlaydi. Hozir ham mening ovozim butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarga, millionlab umidsiz erkaklar, ayollar va yosh bolalar – gunohsiz odamlarni qiynoqqa solishga va qamoqqa olishga majbur qiladigan tizim qurbonlariga yetib boradi.
– Meni eshitganlarga aytaman: tushkunlikka tushmang! Hozir boshimizga tushgan baxtsizlik bu shunchaki o‘tmish sarqiti bo‘lgan ochko‘zlik, taraqqiyot yo‘lidan qo‘rqqan odamlarning achchiqlanishi xolos. Xalqdagi nafrat asta-sekin so‘nadi, diktatorlar o‘ladi va ular xalqdan olgan kuch xalqqa qaytadi. Odamlar o‘lishi mumkin, ozodlik esa hech qachon o‘lmaydi.
– Askarlar! Sizni xo‘rlaydigan, sizni qulga aylantiradigan, go‘yoki hayotingizni asrab qo‘yadigan, nima qilish kerakligini, nimani o‘ylashingizni va nimani his qilishingizni siz uchun hal qiladigan hayvonlar bilan salomlashmang! Sizni ular o‘qitadi, ovqatlantiradi, sizga hayvonga qilgan kabi muomala qiladi, sizni bir xalta go‘shtday qurbon qiladi. O‘zingizni yuraklari va aqllari mashinaga aylanib qolgan ushbu jirkanch odamlar qo‘liga topshirmang! Siz mashina emassiz! Siz chorva emassiz! Siz erkaklarsiz! Insoniyatga bo‘lgan muhabbat yuraklaringizda yashaydi! Siz nafratlanmaysiz! Nafrat biz uchun, aslida, umuman yot narsa! Askarlar! Qullik uchun kurashmang! Erkinlik va hurlik uchun kurashing!
Filmning suratga olinishi xalqaro ziddiyatning yuzaga keltirdi. Qo‘shma Shtatlar va Germaniya o‘rtasidagi neytral munosabatlarga zarar yetkazmaslik uchun ushbu film chiqarilmasligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bu esa Chaplinning boshqa studiyalardan moliyaviy va ijodiy jihatdan mustaqil ekani sababli sodir bo‘lmadi. Bundan tashqari, namoyishning qoldirilishi Chaplinni bankrotlikka olib kelar edi, chunki u filmga 1,5 million dollar sarmoya kiritgan edi.
Charli Chaplin 1938-yilda o‘zining birinchi “Buyuk diktator” ovozli filmi ustida ish boshladi. Mashhur komediyachi Yevropada sodir bo‘layotgan voqealarga xotirjam qarab turolmadi: Italiyada fashizm, Germaniyada natsizm! Aktyor butun sivilizatsiyalashgan dunyo mamlakatlarining yahudiylarni ommaviy ta’qibini yoki Fyurerning yangi jahon urushiga ochiq tayyorgarligini sezib sezmaganlikka olishini ko‘rib g‘azablandi.
Chaplin Gitlerni faqat kulgi va masxara bilan mag‘lub etish mumkinligiga amin edi. Diktatorning ismini (uning ismi Adenoid Xinkel), shuningdek, eng yaqin sheriklarining ismlarini o‘zgartirib, Charli hamma narsani mutlaqo tanib oladigan qildi: mo‘ylov, harbiy forma, ekssentrik xatti-harakatlar, imo-ishoralar va intonatsiyalar. Ammo komediya qiroli bu ishga jur’at qilib hamma narsani xavf ostiga qo‘ydi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng, Amerika hukumati Charli Chaplinni SSSRni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagani va ikkinchi frontni erta ochishga chaqirgani uchun kechirmadi.
Unga kommunist degan nom berildi. 1952-yilda Chaplin Amerikadan Britaniyaga o‘zining “Rampa chiroqlari” filmining Yevropadagi premyerasida ishtirok etish uchun uchib ketdi. O‘sha paytdagi Federal qidiruv byurosi direktori Edgar Guvver Chaplinning qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bor kuchini ishga soldi. Buyuk komediyachi Shveysariyada yashashga majbur bo‘ldi. U 1972-yil aprelida, Oskar olish uchun uchib kelganidagina yana Amerika tuprog‘iga qadam qo‘ydi.
“Buyuk diktator” haqidagi ish matbuotda keng yoritildi. Juda katta shov-shuvlarga sababchi bo‘ldi. Gitler 1945-yilda bunkerlarning birida o‘z joniga qasd qildi va Charli Chaplin 1977-yilda Shveysariyada uyqusida vafot etdi. 1978-yil 1-martda uning ko‘milgan jasadi o‘g‘irlab ketilgan. Jinoyatchilar yaxshi mukofot olishga umid qilgan, biroq politsiya tomonidan tezda topilib, hibsga olingan edi. Charli Chaplinning qoldiqlari atigi ikki oydan keyin Jeneva ko‘li bo‘yidan topildi. Qoldiqlarni qayta ikki metr qalinlikda beton ostiga ko‘mishga majbur bo‘lindi. “Buyuk Diktator” filmi beshta Oskarni qo‘lga kiritdi va qalblarni larzaga solgan buyuk rejissyor, aktyor va komikning shoh asarlaridan biri bo‘lib qoldi.
Abdulazizxon Akramov tayyorladi.
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. | 102 | 9,031 |
Madaniyat | Ukraina “Yevrovideniye” tanlovida birinchi o‘rinni egalladi | “Yevrovideniye” qo‘shiqlar tanlovida Ukraina nomidan qatnashgan xonanda Jamala birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “RBK”. U professional hakamlar hay’ati hamda tomoshabinlar bergan ovozlardan so‘ng maksimal ballga ega bo‘ldi.
Bu yil tanlov ishtirokchilarini ikki bosqichda baholashdi: avvaliga ishtirokchi mamlakatlarning professional hakamlar hay’ati vakillari o‘z ballarini taqdim etdi, so‘ng ushbu natijalarga tomoshabinlar bergan ovozlar natijasi qo‘shildi.
Hakamlar hay’ati bergan balldan so‘ng Ukraina Avstraliyadan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, tomoshabinlar bergan ovozlar natijasida birinchi o‘ringa chiqdi. Jamala qrim-tatarlar deportatsiyasiga bag‘ishlangan “1944” nomli qo‘shig‘ini ijro etdi.
Ikkinchi o‘rinni Sound of Silence qo‘shig‘i bilan avstraliyalik Demi Im band etdi. Rossiya vakili Sergey Lazarev esa You Are The Only One qo‘shig‘i bilan uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Hakamlar hay’ati ballari e’lon qilingach, Lazarev beshinchi o‘rinda joylashdi. Tomoshabinlar bergan ovozlardan so‘ng esa u birinchi o‘ringa ko‘tarildi, ammo professional hakamlar ballari hisobga olinganda, uchinchi o‘ringa tushib qoldi. | 59 | 1,161 |
Madaniyat | Xonanda Lola Instagram’dagi suratlari “milliylik me’yorlari”ni buzadi, deb hisoblamaydi | Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) Instagram’dagi ko‘p bora tanqidlarga uchragan suratlari yuzasidan izoh berdi. “Bekajon” gazetasi muxbiri xonandaga: “Sizga mutasaddi tashkilotlar tomonidan asosiy e’tiroz milliyligimizga mos kelmaydigan selfilaringiz oqibatida bildirildi. Ammo shu kabi suratlaringizda ijodingizga taqiq paytida ham kamaygani yo‘q”, — savoli bilan murojaat qilgan.
“O‘sha suratlarim bilan milliyligimiz me’yorlarini buzdim, deb o‘ylamayman. U mening shaxsiy sahifam, unda har kim lozim bo‘lgan suratlarini, fikrlarini qoldirishi mumkin”, — dedi xonanda.
“Litsenziyam olingan paytda avvalgi hayot tarzimni davom ettirdim, avval qanday bo‘lsam, shundayligimcha qoldim. Auditoriya uchun boshqacha qiyofada, hayotda esa mutlaqo o‘zga odam bo‘lishga harakat qilmayman”, — dedi Lola.
“Hatto Instagram’dagi fikrlarim ham o‘zimniki, birovdan yozib berishni iltimos qilmayman, ko‘chirmachilik bilan shug‘ullanmayman. Muxlislarimga nisbatan samimiy va ochiq bo‘lishga intilaman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda. | 87 | 1,013 |
Madaniyat | “Dada” 12 yoshda: Film qanday suratga olingan? Bosh rol ijrochisi — chaqaloq hozir qanday ko‘rinishda? (foto) | Mashhur bokschi yigit ko‘chada to‘lg‘og‘i tutgan ayolga yordam berish uchun uni tug‘uruqxonaga olib boradi. Ammo shu kundan e’tiboran uning hayoti butunlay o‘zgarib ketadi. Chunki ayol farzandini bokschi yigitga tashlab ketadi. To‘yi bo‘lish arafasidagi yigit gap-so‘zlardan qo‘rqib, chaqaloq haqida yaqinlariga aytmadi. Ammo uni tashlab ketishga ham ko‘zi qiymaydi.
Bu voqealar sizga “Dada” filmini eslatdi, to‘g‘rimi? Bu yil mazkur kartina suratga olinganiga 12 yil to‘ldi. Film 2010-yilning iyul oyida ilk marta premyera qilingan edi. Shu munosabat bilan “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova film ijodkorlari bilan bog‘lanib, “Dada”ning suratga olinishi bilan bog‘liq qiziqarli voqealar haqida suhbatlashdi.
“Dada” filmida Ulug‘bek Qodirov, Muhabbat Ergasheva, Matyoqub Matchonov, Nodira Qodirova, Nigora Karimboyeva, Ahror Mahmudov, Abdirayim Abduvahobov, Aziza Bekmatova, O‘tkir Meliyev, Zuhra Soliyeva kabi iste’dodli aktyorlar jamoasi suratga tushgan.
Abduvohid G‘aniyev — film rejissori
— “Panoh” filmining suratga olish vaqtida talabalar yotoqxonasida uzoq yillardan buyon ishlaydigan qorovul bilan suhbatlashib qolganman. U talaba qizlarning biri to‘y ko‘rmay, homilador bo‘lgani va farzandini tashlab ketgani haqida aytib qoldi. Bundan mazmundagi filmlar avval ham yaratilgani uchun boshqacharoq tarzda film olgim keldi. Ya’ni tashlab ketilgan bolaning taqdiri qanday bo‘ladi, degan savolga javob bermoqchi bo‘ldim. Shoira G‘iyosova va Akrom Mahkamovlar bilan maslahatlashib, ssenariy yozganmiz.
Zafar roli uchun ko‘p nomzodlar bo‘lgan. Avvaliga Ulug‘bek Qodirovni olishga ikkilanib turganmiz. Chunki Zafar bokschi yigit bo‘lishi, ringdagi xatti-harakatlari ko‘rsatilishi kerak edi. Ammo u vaqtda Ulug‘bek yaxshigina vazn to‘plagandi. Tan berish kerak, Ulug‘bek 15 kunda ozib, sport formasiga kirgan.
Suratga olish maydonchasida qiyinchiliklar juda ko‘p bo‘lgan. Chunki 6 oylik chaqaloq bilan ishlash oson emas. Olti oylik bolakay injiqlanishi, kutilmaganda uxlab qolishi yoki tinmay yig‘lashi mumkin. Ulug‘bek Qodirov u vaqtda hali farzandli bo‘lmagandi. Chaqaloqni cho‘miltirish, tagligini almashtirish bilan bog‘liq kadrlarda rosa qiynalgandi, — deydi film rejissori Abduvohid G‘aniyev.
Rejissor “Dada” filmida kichkina Zafar rolini ijro etgan Behruz G‘ulomovning bugungi hayoti va qiziqishlari qanday ekanligini bilishni istashishi aytdi.
— Aniq esimda, u bola film suratga olingan vaqtda olti oy edi. Oradan ancha yil o‘tib, qaysidir filmning premyerasida “O‘zbekkino”ning sobiq rahbari A’zam Isoqov uni sahnada tanishtirgandi. U 5 yoshni qarshilab, shiringina bolakay bo‘lgandi. “Dada” filmini ko‘rganda shu bolakayning bugungi hayoti, qiziqishlari qanday ekan deb o‘ylayman. U biz bilan bog‘liq voqealarni eslolmasligi tabiiy hol. Ammo u bilan bizning shirin xotiralarimiz bor, — deydi rejissor.
Bu rejissor bir necha yildan buyon AQSHda istiqomat qilyapti. Ijodkor buning sababini quyidagicha izohladi.
— Ayrimlar o‘ylagandek, O‘zbekistondan yoki ijoddan ketganim yo‘q. Katta qizim AQSHdagi universitetda o‘qiydi. Shu bois oilam bilan AQSHga ko‘chib kelganmiz. Ammo vaqti-vaqti bilan O‘zbekistonga borib, filmlar suratga olyapmiz. O‘tgan yili borganimda ham qoraqalpoq ijodkorlari bilan hujjatli film suratga oldim. Okean ortida ham ijod bilan bandman. Reklama roliklari suratga olamiz. Hozirgi kunda esa Gollivud prodyuserlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchiman. AQSHda o‘zimni xuddi talabadek his qilaman, chunki bu yerga kelib juda ko‘p narsalarni o‘rgandim, — deydi rejissor Abduvohid G‘aniyev.
Ahror Mahmudov — aktyor:
— “Dada” filmi bilan bog‘liq qiziqarli voqealar juda ko‘p. Masalan, Zafar kelinbola bilan to‘y ko‘ylagini ko‘rgani ko‘rgani borganida mening qahramonim chaqaloq bilan mashinada o‘tirib turadi. O‘sha paytda havo bugungidek juda issiq edi. Qo‘limdagi bola yig‘layverib, qizarib ketgandi. Uni ovutolmay qiynalib ketganmiz. Bolakayning onasi ham qiynalib ketgan. “Stop” deyilishi bilan yugurib kelib, bolani qo‘limizdan olardi, — deydi aktyor Ahror Mahmudov.
Muhabbat Ergasheva — aktrisa:
— Bu filmga Abduvohid G‘aniyevning ustozi Rustam Sa’diyev taklif etgandi. Kasting topshirgach, rolga tasdiqlashgan. Suratga olish maydonchasida juda ko‘p qiziqarli voqealar bo‘lgan. Masalan, Ulug‘bek akani it quvlagan sahnasi olinayotganda o‘rgatilgan it haqiqatan ham uni quvib ketgan. Aktyorga tan-jarohatini yetkazmasin deb, itning ortidan yana 3-4 kishi yugurishgan. Keyin Ulug‘bek Qodirov bilan kechasi tomga chiqib, shahar manzarasini tomosha qiladigan sahnamiz bor. Ulug‘bek aka tasodifan oyog‘imni bosib olgan. U kishining qanchalik gavdali ekanligini yaxshi bilasiz? Oyog‘im og‘rib, bir haftagacha cho‘loqlanib yurganman, — deydi aktrisa Muhabbat Ergasheva.
“Dada” filmini ko‘rgan kishida kichkina Zafar qanday yigit bo‘lgan ekan, degan savol tug‘ilishi tabiiy hol. Chunki o‘zbek kinosida chaqaloq bosh rolni ijro etgan filmlar juda kam. Shu bois Behruz G‘ulomov va uning oila a’zolarini izlashga qaror qildik.
Mana bu uyni tanidingizmi? Bu yerda “Dada” filmi suratga olingan. To‘g‘ri, 12 yil davomida u biroz o‘zgargan. Ammo aktyor Ulug‘bek Qodirovning qahramoni yashagan bolaxona saqlab qolingan.
— Film ijodkorlariga uyimiz ma’qul kelgan. Ungacha ko‘pchilik oilalar oylik chaqaloqlarini filmda suratga tushishiga rozi bo‘lishmagan ekan. Bizdan so‘rashganida qarshi bo‘lmadik. Adashmasam, suratga olish jarayonlari taxminan bir oy davom etgandi. O‘g‘lim vazmin bo‘lgani uchun ijodkorlarni deyarli qiynamagan. Qorni to‘q, uyqusi yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, kadrga kulib suratga tushib berardi.
O‘g‘lim Behruz G‘ulomov poytaxtdagi 94-maktabda tahsil oladi. Futbolni juda yaxshi ko‘radi. Aktyorlikka qiziqmaydi, ammo o‘zi suratga tushgan “Dada” filmini ko‘p marta tomosha qilgan. “Shunaqa bo‘lganmanmi?” deb savollarni qalashtirib tashlaydi. Tarixda qoladigan film yaratilgan, unga o‘z hissamizni qo‘shganimizdan juda xursandmiz, — deydi Behruz G‘ulomovning onasi Kamola G‘ulomova.
Behruz G‘ulomovdan san’atga qiziqishi va do‘stlari u suratga tushgan film haqida qanday fikrda ekanligi haqida so‘radik.
— Ko‘pchilik kinoda suratga tushganimni bilishadi. Ammo men bu haqida gapirishga uyalaman. Ammo kinoni juda maqtashadi. Aktyorlikka emas, futbolga qiziqaman. Yaqinda ham qo‘limdan jarohat oldim. Ammo baribir futbol eng qiziqarli sport turi, — deydi Behruz G‘ulomov. | 109 | 6,316 |
Madaniyat | Britni Spirs, Megan Foks va Ledi Gaga — o‘g‘rilik qilib qo‘lga tushgan Gollivud yulduzlari | Faqat muhtoj kishilargina o‘g‘rilik qilmaydi, ba’zan hamma narsasi yetarli mashhur insonlar ham bu ishga qo‘l uradi. Cosmopolitan ana shunday taniqli insonlar haqida ma’lumot berdi.
Megan Foks
Megan Foks Florida shtatidagi gipermarketlarning biridan lab bo‘yog‘i o‘g‘irlagan. Videokameradagi yozuvlar sabab Megan o‘sha zahotiyoq qo‘lga olingan. Aybini tan olgan va hammasi tinch yo‘l bilan hal qilingan. Bu holat haqida gap ketganda Megan yosh bo‘lganini bahona qiladi, lekin uning do‘stlari lab bo‘yog‘i Megan tomonidan o‘g‘irlangan yagona narsa emasligini, Foks do‘kondan muntazam ravishda konfet va yeguliklar o‘g‘irlab kelishini ta’kidlaydi.
Lindsi Loxan
Aktrisa o‘zini qanday xohlasa shunday tutadi va o‘zi istagani darajasida chegaradan chiqadi. Uning fikriga ko‘ra, mayda o‘g‘riliklar jinoyat emas. Lindsi zargarlik do‘konidan 2500 dollarlik marjonni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan. Sud aktrisani aybdor deb topib, 120 kun ozodlikdan mahrum qilgan.
Kortni Lav
Kortni Kiss guruhi surati tushirilgan futbolkani o‘g‘irlayotgan vaqtda qo‘lga tushgan. Bu hali hammasi emas, oradan hech qancha vaqt o‘tmay aktrisa 100 000 dollarlik taqinchoqni ijaraga olib qaytarib bermagan.
2012-yilda Britni Spirs eng ko‘p haq to‘lanadigan xonanda deb topilgan. O‘sha yili xonandaning daromadi 58 million dollarni tashkil qilgandi. Ammo Britni shuncha daromad ko‘rishiga qaramay, mayda o‘g‘rilik qilish odatini yo‘qotmagan. Yoqilg‘i quyish shoxobchasidan yondirgichni, do‘kondan kofta, restorandan orasida hisob qog‘ozi bo‘lgan papkani olib ketadigan Britni g‘arazli niyatda bo‘lmaganini ta’kidlab, e’tiborsizlik yoki shunchaki ermak deb oqlaydi.
Ledi Gaga
Qo‘shiqchi istagan narsani olishga qurbi yetsa ham ba’zi-ba’zida u bilan bog‘liq ko‘ngilsizliklar kuzatiladi. Dizayner Jan-Pol Gotye “Gaga by Gaultier” filmi uchun Ledi Gagaga o‘z kolleksiyasidan libos taqdim qilgan va xonanda suratga olish jarayoni tugaganidan keyin libosni egasiga qaytarishi kerak bo‘lgan, ammo u ko‘ylakni yo‘qotib qo‘ygan. Dizayner bo‘lsa bunga ishonmagan, u xonandani libosni o‘g‘irlagan deb hisoblaydi.
Peris 2008-yilda taniqli brenddan ziyofatda taqish uchun zargarlik buyumini ijaraga olgan. Tantanadan keyin Hilton taqinchoqni uyidagi seyfga yashirib qo‘ygan, ammo o‘sha kuni uyiga o‘g‘ri tushib, ularni o‘g‘irlagan. Politsiya aralashib hammasi oydinlashgan, shunda ham xonanda taqinchoqlarni qaytarib berishni istamay, politsiya o‘g‘rilikning oxiriga yetmadi, deb bahona qilgan. | 90 | 2,455 |
Madaniyat | Sting, Eminem, Timberleyk: O‘zini kinoda sinab ko‘rgan xonandalar | Xonanda va musiqachi sifatida mashhurlikka erishganiga qaramay, aktyorlik borasidagi imkoniyatlarni sinab ko‘rish maqsadida filmlarda suratga tushgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Alisha Kiz “Enaganing kundaligi”
2001-yilda ilk albomini taqdim qilgan Alishaning mashhurligi shundan keyin tobora ortib borgan. 2006-yilga kelib allaqachon ikkita albomli to‘kis va to‘qqizta “Gremmi” mukofotining egasi bo‘lib ulgurgan. Shundan keyin “Enaganing kundaligi” filmida suratga tushishga taklif qilingan. Bosh qahramonni Skarlett Yoxansson gavdalantirgan kartinada Alisha, uning eng yaqin dugonasi rolini ijro qilgan. Shuningdek, filmda Kris Evans, Lora Linni va Pol Jamattini ham ko‘rish mumkin.
Lenni Kravis “Hayot mamot o‘yinlari”
90-yillarning oxiri 2000-yillar boshida mashhurlikka erishgan Lenni 2009-yilda “Xazina” nomli filmda suratga tushgan va shu tufayli bir nechta mukofotlarga nomzodi qo‘yilgan. Qolaversa, aynan mazkur rolidan keyin Geri Rot uni “Hayot mamot o‘yinlari”da ishtirok etishga taklif qilgan. Natijada u muxlislar uchun sevimli bo‘lgan Sinna rolini gavdalantirgan. Uning obrazi borasida rejissor, Iv Sen Loran va Tom Fordning obrazlaridan ilhomlangan.
Jastin Timberleyk “Mo‘jiza charxpalagi”
Jastin 20 yillik aktyorlik karyerasi davomida 22 ta kartinada rol ijro qilib ulgurgan. Shu sabab ham uni shunchaki xonanda emas, balki iste’dodli aktyor sifatida ham yaxshi bilishadi. U Vudi Allenning “Mo‘jiza charxpalagi” filmida Keyt Uinslet, Jeyms Belushu va Juno Templ bilan birgalikda suratga tushgan. Jastin mazkur kartinada qutqaruvchi Mikki rolini ijro qilgan.
Selena Gomes “Nyu-Yorkdagi yomg‘irli kun”
“Veyverli-Pleyslik afsungarlar” serialidagi ijrosi sabab mashhurlikka erishgan Selena ovozi yaxshi bo‘lgani uchun turli filmlar uchun qo‘shiq kuylagan. Bu esa to‘liq musiqiy karyerasini boshlashiga sabab bo‘lgan. Xonanda sifatida samarali ijro qilishiga qaramay, onda-sonda aktrisalik qilishni ham kanda qilmaydi. Masalan, Vudi Allenning “Nyu-Yorkdagi yomg‘irli kun” filmida u Timoti Shalam bilan birga rol ijro qilgan.
Eminem “Sakkizinchi mil”
Asl ismi Marshall Bryus Meters III bo‘lgan reper karyerasi davomida atigi bir marta o‘zini aktyor sifatida sinab ko‘rgan. 2000-yilda uning ijrosidagi “Sakkizinchi mil” filmi ekran yuzini ko‘rgan. Xonanda unda musiqa olamidagi mojarolar avj olgan vaqtda o‘z yo‘lini topishga urinayotgan reper rolida namoyon bo‘lgan. Shundan keyin “MTV Music Awards” mukofotini bir necha marta qo‘lga kiritgan Eminemning film uchun kuylagan “Lose yourself” qo‘shig‘i “Oskar” olishiga sababchi bo‘lgan.
Mik Jagger “Talonchilik san’ati”
“The Rolling Stones” solisti Mik Jagger 2009-yilda “Talonchilik san’ati” nomli filmda Elizabet Debik va Donald Sazerlend bilan birga suratga tushgan. Jagger san’atdan foydalanib yirik talonchilikni amalga oshirmoqchi bo‘lgan art-diler rolini ijro qilgan.
Uitni Xyuston “Tansoqchi”
Uitni Xyuston suratga tushgan “Tansoqchi” filmi va unga kuylangan “I will always love you” qo‘shig‘ining qanchalik mashhur ekanini bilmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Rejissor Mik Jakson tomonidan tasvirga olingan filmda xonanda Kevin Kostner bilan birga suratga tushgan.
Sting “Karta, pul va ikki o‘q”
“Shape of my heart” nomli qo‘shig‘i qalblardan joy olib ulgurgan Sting, 17 marta “Gremmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan, “Oltin Globus” va “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. U Gay Richining filmida suratga tushib o‘zini, aktyorlik bobida ham chakki emasligini isbotlagan. Uning loyihada ishtirok etishga bergan roziligidan keyin boshqa aktyorlar ham rol ijro qilishga darhol rozilik bera boshlagan.
Jared Leto “Dallas xaridorlar klubi”
2021-yil 50 yoshni qarshilagan Jared Leto “Thirty Seconds to Mars” guruhidagi muvaffaqiyatli karyerasidan tashqari, aktyor sifatida ham e’tirof etilgan. Ijrosidagi “Dallas xaridorlar klubi” filmi 2014-yilda “Oskar” va “Oltin Globus”ga loyiq topilgan. | 65 | 3,864 |
Madaniyat | Madaniy meros haftaligining uchinchi kuni O`zbekiston kinematografiyasiga bag`ishlanadi | Kino sanʼati har bir xalqning urf-odatlarini ochib berishi bilan bir qatorda o‘sha mamlakatning reytingini ham belgilab beradi. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston madaniy merosi haftaligining uchinchi kuni kino va fotografiya tarixiga bag‘ishlanadi.
17 dekabr kuni tadbirlari doirasida O‘rta Osiyo kinoshunoslarining seksiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston kinematografiyasi tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim tadbir o‘tkaziladi. Xususan Rossiya filmofondida saqlanayotgan multiplikatsion kinotasmalar (100 dan ortiq multfilmlar) O‘zbekistonga qaytarilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi.
Shu jumladan, “oltin” kinofilmlarimiz: «Mahallada duv-duv gap» (1960, rejissyor Shuhrat Abbosov), «Alibobo va 40 qaroqchi» (1980, rejissyor Latif Fayziyev) – 2 qism, «Leningradliklar – jigarbandlarim mening» (1980, rejissyor Damir Salimov), «Tohir va Zuhra» (1945, rejissyor Nabi G‘aniyev), «Achchiq danak» (1975, rejissyor Qamara Kamolova), «Kelinlar qo‘zg‘oloni» (1985, rejissyor Melis Abzalov) badiiy filmlari raqamlashtirilgan formatda yurtimiz kino fondiga qaytarib beriladi. Bularning barchasi muhim loyiha doirasida madaniy merosimizni xalqimizga qaytarish yo‘lida olib borilgan saʼy-harakatlar natijasidir.
Haftalikning aynan kinoga bag‘ishlangan kunida ilk bor katta ekranda Yolqin To‘ychiyevning «Moskva premyerasi» xalqaro kinofestivalida gran-pri sovriniga muvaffaq bo‘lgan hamda “Oskar” jahon kino sovriniga tavsiya etilgan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» nomli art-xaus filmi namoyish etiladi. Ushbu kartinaga xorijdan kelgan mehmonlarga tushunarli bo‘lishi uchun ingliz tilida subtitrlar ham havola qilinadi.
Shu qatorda, madaniy meros haftaligining ishtirokchilari va mehmonlari milliy kinematografiyaning paydo bo‘lgan kunidan boshlab, hozirgi kungacha rivojlanish jarayoni haqidagi nodir xronika kadrlarini tomosha qilishadi. | 87 | 1,886 |
Madaniyat | Aka-uka va opa-singillari bilan bir filmda suratga tushgan Bollivud yulduzlari (foto) | Bollivud yulduzlari orasida bir-biriga qarindosh bo‘lgan aktyorlar talaygina. Qolaversa, ular birgalikda bosh rollarni ham ijro etgan.
Kumarlar: Ashok, Anup va Kishor
Kishor, Ashok va Anup Kumarlar Mukerjilar sulolasiga mansub. Hind kino san’ati tarixida ilk bora birgalikda rol ijro etgan birodarlar. Ular ishtirokidagi “Mashinani boshqaradi” komediyasi hanuzgacha Bollivud klassikasi hisoblanadi.
Deollar: Sanni va Bobbi
Aka-uka Deollar birinchi marta “Ular bir-birini yoqtiradi” filmida birgalikda rol ijro etgan. Bosh rolda Bobbi gavdalangan. Keyinchalik boshqa loyihalarda ham birgalikda ishtirok etgan.
Xonlar: Salmon, Arbaz va Sahil
“Sevgidan qo‘rqmaslik kerak” filmi Salmon va Arbaz bilan suratga olingan ilk kartinalardan biri. Ushbu romantik melodrama ularning ukasi Sahil tomonidan suratga olingan. Loyiha shu qadar muvaffaqiyatli bo‘lganki, hattoki Filmfare nominatsiyasiga ham nomzod bo‘lgan. Bundan ilhomlangan Sahil kelasi yili “Ko‘rinmas akadan salom” komediyasini suratga olgan. Ammo kartina teskari natijaga erishgan.
Xonlar: Amir va Fayzal
Aka-uka Xonlar Dharmesh Darshanning “Mela” nomli omadsiz loyihasida ishtirok etishiga qaramay, aktyorlar muxlislar yodida qolgan.
Mukerjilar: Kajol va Rani
Amakivachcha Kajol va Rani “Hayotda hamma narsa bo‘ladi” kartinasida birgalikda rol ijro etgan va film eng taniqli melodramaga aylangan.
Kapurlar: Aditya Roy va Kunal
“Bu telba yoshlik” filmida aka-uka birgalikda rol ijro etgan. Ammo ko‘pchilik buni sezmagani aniq.
Shettilar: Shilpa va Shamita
2000-yillarning eng yaxshi kartinalarning biri “Ehtiros olovida” filmida opa-singil Shilpa va Shamita ishtirok etgan.
Kapurlar: Shahid va Sana
“Muhtasham” komediyasi Kapurlar oilasi uchun alohida o‘ringa ega. Ushbu filmda suloladan uch vakil ishtirok etgan. Ota Pankaj Kapur, o‘g‘li Shahid va qizi Sana. Bu birgalikdagi debyut film edi. | 85 | 1,854 |
Madaniyat | Qisqa metrajli filmlar Respublika festivali uchun 20 ta film tanlab olindi | Joriy yilning 16—22-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostidagi “Yoshlar haftaligi” doirasida PROlogue – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar Respublika festivali tashkil etilmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Festivalda ishtirok etish maqsadida turli hududlardan 100 ga yaqin ariza kelib tushdi. Festival Saralash komissiyasi filmlar ko‘rigini o‘tkazdi va ulardan 20 tasini festival asosiy dasturiga tavsiya etdi.
16—19-noyabr kunlari “Yoshlar ijod saroyi”da asosiy ko‘rik dasturiga kirgan filmlar namoyishlari tashkil etiladi va 21-noyabr kuni Festival g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlanadi. Shu bilan birga, g‘olib va sovrindorlardan iborat ijodiy guruh tashkil etilib, ularga 2016-yilda davlat buyurtmasi asosida badiiy filmni suratga olish topshiriladi.
G‘oliblar g‘oyaning originalligi va dolzarbligi, yuqori badiiy saviya, qiziqarli syujet, kino tilining o‘ziga xos uslubi, novatorlik va izlanish, rejissorlik va operatorlik topilmalar, aktyorlarning ijrosi kabi mezonlar bo‘yicha aniqlanadi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, Festivalda ishtirok etgan asarlar jamlanib, maxsus to‘plam shaklida chiqariladi hamda xalqaro kinofestivallarga tavsiya etiladi, shuningdek, respublika kinoteatrlarida aholi uchun namoyishlari tashkil etiladi.
Festival doirasida maxsus effektlardan foydalanish va 3D-texnologiyasi asosida filmlar suratga olish bo‘yicha xorijlik mutaxassislar ishtirokidagi master-klass, o‘zbek kinosan’ati muzeyida ochiq eshiklar kuni, zamonaviy kinoindustriya uskunalari ko‘rgazmasi, “Kino va moda” namoyishlari kabi bir qator tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur Festival doirasidagi Cinema Expo – zamonaviy kinoindustriya uskunalari xalqaro ko‘rgazmasi haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Ko‘rgazma O‘zbekiston kinobozoriga zamonaviy audio-vizual texnologiyalar va innovatsion loyihalarni olib kirish hamda film ishlab chiqarish va uni targ‘ib qilish bilan bog‘liq barcha turdagi xizmatlarni qamrab oladi. Unda Chexiya, Hindiston, Rossiya kabi 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar kompaniyalari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Misol uchun aytib o‘tish mumkin, eng katta stendlardan birini Hindiston kinokompaniyasi egallagan bo‘lib, unda “Bollivud” haqida to‘liq axborot olish mumkin bo‘ladi. | 74 | 2,356 |
Madaniyat | Lola: O‘zbekiston shou-biznesi 15 yilga orqada qolgan (video) | Xonanda Lola o‘zining Instagram’dagi sahifasiga bundan 15 yil avval “Istiqlol” san’at saroyidagi konsertda chiqishi aks etgan videodan parcha joyladi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”. “Poteryalis” qo‘shig‘ini ijro etayotgan Lola o‘sha paytda 16 yoshda bo‘lgan.
Lola 2002-yildagi o‘zbek shou-biznesi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Kelajakka qaytish...Bu 2002-yildagi video! Men videoni tomosha qila turib, quloqlarim va ko‘zlarimga ishona olmayapman. Men o‘shanda 16 yoshda edim! Mamlakatning bosh sahnasi! Mening qornim ochiq! Kiyimim quloqlarimgacha yirtiq! Va aniq ifodalangan o‘smirlarga xos maksimalizm! Va hech kim o‘sha payt menga ta’na toshini otish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan! Men hozir kiyimlardagi ochiqlik darajasi haqida gapirmayapman. Biz o‘sha vaqtda madaniyatli jamiyatda yashaganmiz! Bilamanki, mening so‘zlarim va ushbu ‘shaytoniy’ videodan so‘ng(aynan mana shu so‘zni men turli ijtimoiy media izohlarida ko‘p ko‘raman va eshitaman) men tanqidlarga duchor bo‘laman.
Biroq men anchadan beri mamlakatimizdagi tanazzulga yuz tutayotgan shou-biznes uchun qayg‘urmoqdaman. Shuning uchun, ruxsatingiz bilan fikrimni aytib olsam.
Men 2002-yildagi konsert dasturini tomosha qildim. Va shuni aytamanki, do‘stlar, bugungi kunda biz nafaqat 15 yilga ortda qoldik, balki biz inqirozga yuz tutdik va bizning tinglovchilarimiz ham biz bilan birga.
Bizning shou-biznesimizda 15 yil avval bo‘lgan darajaga yetish uchun biz hali ko‘p ijod qilishimiz kerak!
O‘shanda qanday musiqalar yaratardik! Qancha ko‘p yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, rivojlanayotgan edi. Rok, pop, folk, xip-xop, rep va har bir ijrochi o‘ziga xoslikka ega edi. O‘sha yillarda yaratilgan har bir qo‘shiq hozirgacha sevib tinglanadi. Sababi, hamma ijod bilan shug‘ullanar edi! Hozir esa hamma xonandalar biznes, to‘y-biznesi bilan shug‘ullanmoqda. Ular haqiqiy musiqa yaratishdan qo‘rqishadi. Ular odat bo‘lib qolgan yo‘nalishlardan chetga chiqishga qo‘rqishadi.
Chunki, shou-biznes dunyosini to‘ylar boshqarmoqda! Shuning uchun hamma to‘ybop qo‘shiqlar yaratmoqda. Radioni yoqasan — bitta oxiri yo‘q qo‘shiq kun davomida yangraydi!
O‘ziga va o‘z ishiga sodiqlar sanoqli qoldi. Tinglovchining musiqiy didini o‘stirishga intilayotgan, jamoatchilikka berayotgan narsasining mazmuni haqida unutib qo‘ymagan, o‘z qo‘shiqlari bilan xalqni ortidan borayotgan emas, balki uni bir pog‘ona ko‘taradiganlar sanoqli. Bu missiya. Hozir yuz berayotgan holat — qayg‘uli. To‘laqonli didsizlik! Uzliksiz davom etayotgan o‘z-o‘zini sevish va sho‘xidan bo‘lsin! Men mamlakatda amalga oshiralayotgan o‘zgarishlarga sidqidildan ishonaman va umid qilamanki, biz o‘lik nuqtadan oldinga harakatlanamiz.
O‘g‘irlangan qo‘shiqlar, ma’naviy tushkun kliplar, behayo konsertlar bo‘lmaydi va bizning madaniyatimiz yangi, yorqin ranglarga ega bo‘ladi. Ijodkorlik va jasurlik g‘alaba qozonadi! Ijod va muhabbat!
P.S.: O‘zingizdagi san’atni seving, san’atdagi o‘zingizni emas!” | 61 | 2,920 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini”ning spin-offida asosiy aktyor kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi | “Taxtlar o‘yini”ning spin-offini yaratuvchilar bo‘lajak televizion loyihada asosiy rol ijrochisini ma’lum qildi. U aktyor Josh Uaytxaus bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Aktyor “Ko‘cha mushuklari”, “Zamonaviy hayot” va “Shimoliy soul” filmlarida ham rol ijro etgan.
Televizion shouning Uaytxaus gavdalantiradigan qahramoni haqidagi tafsilotlar hozircha sir saqlanmoqda. | 73 | 386 |
Madaniyat | “Made in India” xiti ijrochisi Alisha Chinay: Hindistonning pop malikasi bugun nimalar bilan band? (video) | 2022-yil 18-mart kuni Hindiston pop malikasi 57 yoshga to‘ldi. Quyida xonandaning muvaffaqiyat yo‘li hamda bugungi kundagi faoliyati haqida so‘z boradi.
Alisha 1965-yil 18-martda Ahmadobodda tug‘ilgan. Uning haqiqiy ismi Sujata, lekin u karyera uchun Alisha taxallusini oldi. Aslida bu uning amakivachchasining ismi. Uning otasi Madxukar Chinay klassik qo‘shiqchi bo‘lgan. Onasi esa pianino chalgan. Ota-ona bolaligidan qizini qo‘shiqchi bo‘lishga tayyorlagan, ammo Alishaning so‘zlariga ko‘ra, dadasi uni klassik musiqa bilan tanishtirishga harakat qilgan va u ko‘proq G‘arb musiqasini yoqtirgan. Ayniqsa, The Beatles va Barbara Streyzandni sevib tinglagan.
Alisha kino sanoatiga 19 yoshida kirib kelgan. U Mahesh Bhattning “Tug‘ilish” (1985) filmida Kumar Gaurav bilan birgalikda aktrisa sifatida debyut qilishi kerak edi, lekin keyinchalik rejissor fikrini o‘zgartirdi va Alisha aktyorlik karyerasi o‘rniga qo‘shiqchi sifatida faoliyatini boshladi.
Uni musiqa olamiga bastakor Bappi Lahiri tanishtirdi, u bilan birga 1980-yillardagi filmlar uchun eng yaxshi albomlarni chiqarish orqali Bollivudda mashhurlikka erishdi: “O‘yna, o‘yna”, “Guru”, “Sevgi, sevgi, sevgi”, “Kommando” va hokazo. U 1984-yilda “Tarzanning sarguzashtlari” filmida qo‘shiqchi sifatida debyut qildi va u uchun beshta tarona yozdi. Bir yil o‘tgach, u “Sehr” deb nomlangan birinchi albomini chiqardi.
Shundan keyin u ko‘plab mashhur mualliflar bilan ishlagan va pop musiqa olamida shov-shuvlarga erishgan yulduzga aylandi. Uning Kishor Kumar bilan birgalikda yozilgan “Hindiston janoblari” filmidagi qo‘shig‘iga aktrisa Shridevi yomg‘ir ostida ko‘k sarida raqsga tushdi va yilning eng ommabop qo‘shig‘iga aylandi.
1995-yilda Alisha “Made in India” nomli yana bir yakkaxon albomini chiqardi, bu uning shuhratini mamlakat chegaralaridan tashqariga olib chiqdi. Shu bilan birga, xonanda bastakor va xonanda Anu Mallik bilan jiddiy kelishmovchilikka uchradi. Alisha uni zo‘ravonligi uchun sudga berdi, shundan so‘ng ular hech qachon birga ishlamaslikka qaror qildi. Garchi ba’zilar bu qo‘shiqchining albomini targ‘ib qilish uchun shunchaki reklamasi deb ta’kidlasa-da, Alisha va Anu 8 yil davomida birga ishlamadi.
Biroq, 2003-yilda ular Shahid Kapurning “U qanday, muhabbat?” (2003) debyut filmida birga ishlash uchun bir jamoaga aylandi. 2005-yilda “Banti va Babli” loyihasi uchun “Kajra Re” qo‘shig‘ini kuylagan Alisha Chinayning karyerasi yangi cho‘qqiga chiqdi. Ayshvariya Ray va Amitabh Bachchan ishtirokidagi qo‘shiq xitga aylandi va Alisha eng yaxshi ayol qo‘shiqchi nominatsiyasida o‘zining birinchi va yagona Filmfare mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, unga bu qo‘shiq uchun bor-yo‘g‘i 15 000 rupiy to‘langan. Bundan tashqari, Yash Raj Films litsenziya huquqini qo‘lga kiritdi va Alishaga ushbu kompozitsiyani o‘z konsertlarida ijro etishni taqiqladi. Alisha Bollivuddagi bunday vaziyatdan shunchalik hafsalasi pir bo‘lganidan intervyularning birida shunday dedi: “Men filmlar uchun qo‘shiq aytishni to‘xtatdim. Chunki qo‘shiq aytishga og‘zimni ochishim bilan boshqa birov pul ishlab olmoqda. Hindiston Gollivud etikasiga amal qilishi kerak. U yerda ijrochilarning huquqlari himoyalangan. Endi bu yerda hamma narsa o‘zgargandagina hind kinosida qo‘shiq aytganimni eshitasiz”.
Xonandaning shaxsiy hayotiga kelsak, 1986-yilda u o‘zining menejeri Rajesh Javeriga turmushga chiqdi, ammo 9 yildan keyin ularning nikohi buzildi. Keyinchalik uning kanadalik musiqachi Romel Kazzua bilan munosabatlari haqida mish-mishlar tarqalgan bo‘lsa-da, u bilan turmush qurmadi va farzandi ham ko‘rmadi.
Xonanda umri davomida uzoq yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lsa ham yolg‘iz hayot kechirmoqda, ingliz tilida qo‘shiqlar yozadi va ularga prodyuserlik qiladi. “Musiqa arenasiga qaytamanmi?” deya o‘ziga o‘zi bergan savolga xonanda shunday javob qaytardi: “Balki. Har 10 yilda men katta muvaffaqiyatga erishaman. Balki, yana omadim kelar”. | 106 | 3,920 |
Madaniyat | “Joker” 2020-yilda Buyuk Britaniyada eng ko‘p tomosha qilingan filmga aylandi | Britaniya televizion ko‘ngilochar assotsiatsiyasi (BASE) tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Todd Fillipsning “Joker” kartinasi Buyuk Britaniyada eng ko‘p tomosha qilingan filmga aylandi. Gap disklar va VOD-platformalar orqali uy sharoitida tomosha qilish haqida ketmoqda. “Joker”ning turli formatlardagi savdosi 1,4 million nusxani tashkil etgan, deb xabar beradi “Film.ru”.
Shuningdek, Top-5 yetakchilar ro‘yxatidan “Muzyurak-2” (1,3 million), “Jumanji: Yangi bosqich” (1,1 million), “1917” va “Yulduzlar jangi: Skayuokerning uyg‘onishi” kartinalari o‘rin olgan.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, mamlakatda uy sharoitida tomosha qilish ulushi 2019-yilga nisbatan 26 foizga oshgan. Shunday qilib, mazkur sohadagi kirim 4,7 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Disney+, HBO hamda 2020-yilda paydo bo‘lgan striming servislarning uy sharoitida tomosha qilish bo‘yicha bozordagi ulushi 74 foizga yetgan.
Ma’lumot uchun, “Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida 2020-yilgi “Oskar” mukofoti “Joker” filmidagi ijrosi uchun Xoakin Feniksga nasib etgan.
Venetsiya kinofestivalining bosh sovrini “Joker”ga nasib etdi | 77 | 1,099 |
Madaniyat | Tarkan — 49 yoshda: Qo‘shiqlari bilan millionlab qalblarni zabt etgan turk xonandasining hayoti va ijod yo‘li (foto) | Shirali ovozi, mahorati va tashqi ko‘rinishi bilan muxlislar qalbidan joy olgan turk xonandasi Tarkan 17-oktabr kuni 49 yoshni qarshiladi.
Xonanda 1972-yilda kelib chiqishi turklardan bo‘lgan Germaniyadagi ko‘p farzandli oilada dunyoga kelgan. Onasi Neshe unga homiladorlik vaqtida avtohalokatga uchrab, bir oy davomida komada bo‘lgan. Bolaning hayoti xavf ostida deb hisoblagan shifokorlar homilani oldirib tashlashni maslahat bergan. Ammo otasi Alibey boshida yulduzi bor bolakayni tushida ko‘rib, nima bo‘lsa ham o‘g‘li dunyoga kelishi kerak deb hisoblaydi. Shifokorlarning xavotiriga qaramay bola sog‘lom tug‘iladi. Onasining so‘zlariga ko‘ra, Tarkanning yig‘isi kuchliligidan hamshiralardan biri uni kelajakda xonanda bo‘lishini taxmin qilgan, hatto. Bolakayga Husametin Tarkan deb ism qo‘yiladi. Husametin “o‘tkir qilich” ma’nosini anglatadi.
Onasi tomonidan Tarkanning qo‘shiqchi qarindoshlari bisyor bo‘lgan, xonadonlarida esa hamisha musiqa yangrab turgan. Shuning ta’sirida bo‘lsa kerak, yosh Tarkanda san’atga qiziqish paydo bo‘la boshlagan va ota-onasi o‘g‘lining musiqa borasidagi qobiliyatiga e’tibor bermay qolmagan. Uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu yo‘nalishda ta’lim olishini ma’qul deb bilishgan. 1986-yil Germaniyadan Istanbul yaqinidagi Karamursel shahriga ko‘chib kelganidan keyin Tarkan musiqa bilan shug‘ullana boshlagan.
18 yoshida Istanbul tomon yo‘l olgan bo‘lajak xonanda muhandislikka o‘qimoqchi bo‘ladi. Ammo nima ham bo‘ladi-yu musiqiy akademiyaga qabul qilinadi. Moddiy yetishmovchilik sabab choyxona, restoran va to‘ylarda ishlab pul topishiga to‘g‘ri keladi. Akademiyani 1992-yilda tamomlaydi. Bu vaqtda kursdoshi Alpay Aldin bilan birga birinchi albom ustida ishlay boshlaydi. U musiqani Alpay esa so‘zlarini yozadi. 1992-yilda “Yine Sensiz” nomli ilk albomini taqdim qiladi. Unda turkcha milliy va yevropacha pop musiqani o‘zida mujassam qilgani uning mashhurlikka erishishiga sabab bo‘ladi. Albom 700 ming nusxada sotiladi, Tarkan esa yulduzga aylanadi.
Zabt etilgan Istanbul, Nyu-York va Yevropa
1994-yilda ikkinchi “Aacayipsin” nomli albomini taqdim qiladi. Undan Sezen Aksu tomonidan yozilgan ikkita qo‘shiq o‘rin olgan. “Hepsi Senin Mi?!”, “Şıkıdım” singari qo‘shiqlar nafaqat Yevropa, balki O‘zbekistonda ham mashhurlikka erishgan. Muvaffaqiyatga erishganidan keyin Tarkan Amerikaga jo‘nab ketgan. U yerda Nyu-York kollejida o‘qish bilan birga ingliz tilini mukammal o‘rganmoqchi bo‘ladi. Fursatdan foydalanib ingliz tilidagi ilk albomi tayyorlashga kirishadi, ammo taqdir taqozosi bilan ushbu ijod mahsuli 10 yil o‘tibgina taqdim qilinadi. Xonanda AQShdan qaytganidan keyin Yevropani zabt etishga kirishadi.
1997-yilda uchinchi “Ölürüm Sana” albomi taqdim qilinadi. Albom Yevropa va Meksikada mashhurlikka erishadi. 90-yillar oxirida Tarkan “Eng muvaffaqiyatli turk san’atkori” sifatida World Music Awards mukofotiga sazovor bo‘ladi, Universal Music Group bilan shartnoma imzolaydi.
Harbiy xizmat, villadagi hayot
Tarkan harbiy xizmatga unchalik oshiqmagan. Ammo baxtsiz tasodif u uchun ayni muddao bo‘lgan. 1999-yil Turkiyaning Izmir shahrida kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun hukumat tomonidan maxsus qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra armiyada xizmat qilish 6-12 oydan 4 haftagacha qisqartirilgan. Buning uchun jabrdiydalar uchun ochilgan fondga 16 ming dollar miqdorda mablag‘ xayriya qilish kerak bo‘lgan. Tarkan bu imkoniyatdan samarali foydalangan. U shunchaki kerakli mablag‘ni to‘lashning o‘zi bilan cheklanmagan, armiyaga ketishdan oldin Istanbulda xayriya konserti bergan. Tarkan musiqiy karyerasini davom ettirish bilan birga reklama biznesida ham o‘zini sinab ko‘radi. 2001-yilda u Pepsi’ning Turkiyadagi yuzi bo‘ldi.
2002-yilgi jahon chempionatida Turkiya terma jamoasi uchun “Bir Ölürüz Yolunda” nomli qo‘shiq kuylagan. Keyinroq o‘z nomi bilan atalgan kosmetik brendga asos solgan. So‘nggi “10” nomli albomi 2017-yilda taqdim qilingan.
2016-yilda Tarkan 5 yildan buyon munosabatda bo‘lgan Pinar Dilek bilan turmush qurgan. Tarkandan 14 yosh kichik bo‘lgan qiz uning ashaddiy muxlisalaridan biri bo‘lgan.
2018-yilda u Instagram sahifasiga yangi tug‘ilgan qizi Liyaning suratini joylagan.
Otalik baxtidan masrur xonanda bugungi kunda Istanbuldagi villasida oilasi bilan birga hayot kechiradi. | 116 | 4,295 |
Madaniyat | Sevara Nazarxonning o‘zbek sahnasiga qaytishi shov-shuvga sabab bo‘ldi | Xonanda Sevara Nazarxon 20-dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan “E’tirof-2013” taqdirlash marosimida chiqish qilgani haqida avval xabar bergan edik.
Foto © shov-shuv.uz
“Sayyod.Uz” “Tomoshabinlar xuddi stadiondagi futbol ishqibozlari kabi jonlanib ketdi”, — deya xabar bergan edi.
“Kun” nashrining ma’lum qilishicha, tadbirdan Tvitterda onlayn tashkil qilgan @hamidov_, “Sevara Nazarxon sahnaga chiqqanda, butun zal oyoqqa turgani”ni yozgan. “Sevara Nazarxonning chiqishi ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Avvaliga, shunchaki musiqa yangramoqda, deb o‘yladi ko‘pchilik. So‘ng hayqiriqlar boshlanib ketdi. Nazarxon boshqalardan farqli o‘laroq qo‘shiqni jonli ijro etib, bir og‘iz so‘z aytmay, sahnadan chiqib ketdi”, – deb yozadi @hamidov_.
“Yil so‘ngida sensatsiya: Sevara o‘zbek sahnasiga qaytdi, unga yo‘l ochib berishdi”, — deyiladi sayt xabarida.
Bundan tashqari, shou-tadbirda Nasiba Abdullayeva, Mansur Toshmatov, Tohir Sodiqov, Rashid Holiqov kabi mashhur san’atkorlarning chiqishlari ham katta olqishlarga sazovor bo‘lgan. | 70 | 1,044 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik ayol Chaykovskiy nomidagi 15-Xalqaro tanlov nomzodi bo‘ldi | Moskva va Sank-Peterburgda 17—29-iyun kunlari Pyotr Chaykovskiy nomidagi 15-Xalqaro tanlov bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda o‘zbekistonlik Angelina Axmedova “Yakkaxon quylash” nominatsiyasida birinchi va ikkinchi turda g‘olib bo‘ldi va musiqiy turnirning final bosqichiga chiqdi.
Tanlov ishtirokchilarini baholash Sara Billingxyorst-Solomon (Yangi Zelandiya, hayat raisi), Yeva Vagner-Paske (Germaniya), Yevamariya Vizer (Avstriya), Edita Gruberova (Slovakiya), Syuzen Grem, Charlz Makkey va Nil Shikoff (AQSh), Mixail Pyotrenko va Albina Shagimuratova (Rossiya) Matti Salminen (Finlyandiya), Jonatan Frend (Buyuk Britaniya), Ferruchcho Furlanetto (Italiya) kabi san’at namoyondalariga topshirildi.
Tanlovning final bosqichiga chiqqan nomzodlar 28-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi Marinskiy-2 teartri sahnasida e’lon qilindi. Unda o‘zbekistonlik Angelina Axmedova rossiyalik Oksana Mayorova bilan birgalikda to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lib, ularga 5 ming dollar pul mukofoti va maxsus diplom beriladi. | 73 | 1,067 |
Madaniyat | “Xalqning taqdiri uning madaniyatiga bog‘liq” yoxud Zulfiqor Musoqovning o‘zbek kino san’ati haqidagi fikrlari | “Xalq so‘zi” muxbiri taniqli kinorejissor Zulfiqor Musoqov bilan suhbatlashdi. Ijodkor o‘zbek kinosining bugungi holati, undagi ichki muhit, olinayotgan filmlar saviyasi haqida ro‘y-rost, ochiq-oydin gapirib berdi. Kezi kelganda keskin tanqidiy fikrlarni ham bildirdi.
Muxbir: Zulfiqor aka, bugungi kunda san’atning barcha turida, u adabiyotmi, kino yo musiqami, hammasida g‘alati bir chuchmallashishga o‘xshash holat kuzatilayapti. Haqiqiy san’at, professionalizm o‘z qo‘nalg‘asidan pastga — omma orasiga tushib kelayotir. Deylik, bugun jamiyatimizda Hazrat Navoiy o‘quvchilaridan ko‘ra, Ahad Qayumning ixlosmandlari bir necha o‘n barobar ko‘pligini qanday baholash mumkin?
Zulfiqor Musoqov: “Osmondagi bolalar” filmidan epizodni qaytarilishi bo‘layapti. U yerda kinorejissor muxbirga “mening fikrim birovga kerakmi?” degandi...
Muxbir: Bizga kerak...
Zulfiqor Musoqov: Adabiyot, musiqa bo‘yicha mutaxassis emasman, kino san’atiga kelsak, bu savolingizga “O‘zbekkino”ning bevosita rahbarlari atroflicha javob berishi mumkin.
Muxbir: Bizni aynan sizning fikrlaringiz qiziqtiradi...
Zulfiqor Musoqov: Kinoya bilan aytganda, keyingi filmim qanaqa bo‘lishini bilmayman-ku, o‘zbek kinosi muammolari haqida nima ham deya olaman? Gap shundaki, o‘zbek kinosi haqida televideniyeda, ommaviy axborot vositalarida “jonkuyarlar” juda ko‘payib ketdi. Nazarimda, bugun kinoning taqdirini hal qiluvchi odamlarga mening fikrimning keragi yo‘q. Zarur bo‘lganda, taklif etishardi. Bu, albatta, bitta odamning o‘ta shaxsiy, balki bahsli, lekin samimiy fikrlari. Vaholonki, hech qanaqa vakolatim yo‘q. Zero, hech qachon u yoki bu lavozimga intilmaganman va intilmayman ham. Har bir kino mahsuloti alohida professional muhokamaga munosib. Yaxshimi-yomonmi, vaqt hamma narsani o‘z joyiga qo‘yadi. Yuqoridagi savolingizga eng qisqa javobni bir olimning kundaligidan o‘qiganim mana bu fikr ifodalashi mumkin: diletantlar dunyoni xonavayron qilishadi... Afsuski, kinoda shu jarayonni kuzatayapmiz. Agar mavzuga jiddiyroq va chuqurroq yondashsak, ushbu holat sabablari hamda natijalari juda jiddiy, hatto, fojiali...
Muxbir: Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki marta aynan kinoijodkorlar bilan yaqin muloqotda bo‘ldilar. Yig‘ilishda bo‘lganingizda, siz ularga qanaqa savollar berardingiz?
Zulfiqor Musoqov: Savol bermasdim. Ularning aytgan gaplaridan menga juda yaqin va ma’qul bo‘lgan fikrlarini qo‘llab-quvvatlashimni aytardim xolos...
Birinchidan, Prezident ochiq-oydin sohadagi muammolar, kamchiliklar haqida aytib o‘tdi. Aslida ham kino san’atining ahamiyati Mudofaa vazirligi bilan teng yuradi. Ya’ni yuksak badiiy asarlargina yosh tomoshabinlarimizni zararli g‘oyalardan asray oladi.
Ikkinchidan, Prezident bir narsaga alohida urg‘u berdi. Adabiyotda, san’atda, kinoda biznes degan tushunchani unutinglar, biz bu narsaga yo‘l qo‘ymaymiz, dedilar.
Uchinchidan, Prezident Kinoarboblar uyushmasi va badiiy kengash oldiga ham aniq vazifalar qo‘ydi. O‘ylab ko‘rsam, o‘n to‘rt yildan ortiq vaqt ichida Kinochilar uyushmasining birorta syezdi o‘tkazilmabdi. Xo‘sh, nimaga?!
To‘rtinchidan, badiiy kengashga faqat kino sohasiga yuksak hissa qo‘shgan, professional mutaxassislar taklif qilinishi kerak, dedilar.
Muxbir: Siz bir suhbatingizda “Tarkovskiyni bilmasdan turib qanday kino olish mumkin?” degan edingiz. Bu o‘rinda siz haq edingiz. Zero, bugungi rejissorlar, kinoijodkorlarning ko‘pchiligi kino san’ati tarixi, sohada yaratilgan oqimlar, masalan, Akira Kurosava, Federiko Fellini maktabidan yoxud XX asr san’atida voqea bo‘lgan “absurd teatri” yo‘nalishidan, jabhada bo‘layotgan yangilanishlardan xabardorligi meni shubhalantiradi. Shu ma’noda, bugungi o‘zbek kinoindustriyasida kinodramaturgiya, rejissura haqida nimalar deya olasiz? Bu boradagi fikringiz qanday?
Zulfiqor Musoqov: XX—XXI asrning donishmand insonlaridan biri, “Toshkent — non shahri” filmi ssenariy muallifi Andrey Konchalovskiy aytgan edi: “Xalqning taqdiri uning madaniyatiga bog‘liq” deb. Kino san’atining tarbiyaviy, ma’naviy ahamiyati haqida ortiqcha gapirib o‘tirishning hojati yuq. Birgina so‘z bilan izohlab o‘tish mumkin: ushbu soha davlat miqyosida strategik ahamiyatga ega. Xohlaymizmi-yo‘qmi, bu nafaqat bizning kinoga, balki dunyo (AQSh va Hindistondan tashqari) kino san’atiga tegishli gap. Yana bir fakt: Yer kurrasining Xitoy va Hindistondan tashqari, boshqa davlatlaridagi deyarli barcha kinoteatrlarni AQSh kinomahsulotlari qamrab olgan. Rivojlangan mamlakatlar (Fransiya, Germaniya, Angliya, Shvetsiya va boshqalar) milliy kinosini saqlab qolish uchun o‘z kinematografiyasiga davlat tomonidan moddiy yordam beradi. Binobarin, asosiy fikrim shundan iboratki, bizning kino davlat yordamisiz o‘ladi. Va davlatimiz qo‘lidan kelgancha kinomizni rivojlantirish uchun har yili mablag‘lar ajratib turibdi. Lekin oxirgi o‘n — o‘n besh yil ichida biz tomoshabinni yo‘qotdik. Uni aniq odamlarning didi va bilimlari pastligi, tijorat filmlarga bo‘lgan o‘ta mehribonligi (o‘ylaymanki, beg‘araz tarzda emas) va kattalarga yoqish uchun kinoda kechirib bo‘lmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yganliklari tufayli yo‘qotdik. Bor gap shu. Men bu illatga qarshi o‘n yillar kurashdim. 2007-yilda Birinchi Prezident Islom Karimovga ochiq xat yozganman. Prezident o‘rniga 5 kishidan iborat fuqarolar guruhi menga javob xati yo‘llashgan. Vaholonki, ularda O‘zbekiston Prezidenti vakolati yo‘q edi... Surbetlikning eng cho‘qqisi. Muammolar juda jiddiy. Ertaga kech bo‘ladi. Kino san’ati aynan badiiylik, ma’naviy inqiroz ostonasida. Kino haqida qonun yo‘q ekan, demak, Birinchi Prezidentimiz kino hamda badiiy kengash haqidagi Farmoni kuchga ega. O‘sha Farmonda aniq aytilgan: badiiy kengashga talabchan, yuksak professional, kino san’atiga ko‘zga ko‘rinarli hissa qo‘shgan mutaxassislar chaqirilishi lozim deb. Afsuski, bu hujjat bajarilmay kelayapti. Ba’zilar Vazirlar Mahkamasining bu borada maxsus qarori borku, deya e’tiroz bildirishlari mumkin. Lekin birorta hujjatda “Badiiy kengashda kinoni chuqur o‘rganmagan, kino sohasida sayoz bilimli, umuman tushunmay turib baho berish kerak ”, degan gap yuk. Afsuski, uning o‘rniga “buni tepadan man qilishdi”, “idoraga to‘g‘ri kelmayapti” “kuratorimizga yoqmayapti”, degan gaplar bor. Kim ular? Nimaga filmlarni yaratuvchi insonlar bilan ular ochiq muloqotda bo‘lishmaydi? Biz ularni tanimasak, nimaga kinoda bir kun ham ishlamagan odamlarga ishonishim kerak? Biz nima, atom sirlari bor zavodda ishlaymizmi? Millionta idoradan biz roziligini olishimiz kerak ekan: mahalladan tortib, xotin-qizlar qo‘mitasigacha. Xo‘sh, ma’rifat va madaniyat markazi hamda boshqa idoralar nimaga o‘ta bachkana, yoshlarning didini, ongini, axloqini buzadigan filmlarga yo‘l qo‘yadi? Birorta davlat hujjati yo‘qki, u yerda “tomoshabinlarni bachkana, badiiy saviyasi past filmlar bilan zaharlash mumkin”, deyilgan bo‘lsin.
Yoshlar masalasi. Ular har xil. Ba’zilari shaxsan men yozgan yoki suratga olgan filmlardan parchalarni surbetlarcha o‘g‘irlab, pul qilishayapti. Oxirgi misol. Kecha televizorda bir rolikka ko‘zim tushdi. Bu men Fatxulla Ma’sudov, Farhod Abdullayev, Nigora Karimboyeva kabi aktyorlar bilan 14 yil oldin olgan ijtimoiy klipning aynan o‘zi. Men shunday ochiqdan-ochiq o‘g‘rilik bilan kun ko‘rayotgan yoshlarni hurmat qilishim kerakmi? Yoki yana bittasi uyimga kelib, “Aka, siz yozgan ssenariy bo‘yicha film bor ekan, meniki ham shunga o‘xshab ketayapti”, deb qoldi. Keyin o‘qisam, g‘irt ko‘chirma. “E, baraka topgur, to‘xta”, desam ham, to‘xtamay surbetlarcha o‘sha qo‘lyozmasini kino qilibdi... Siz esa menga Felliniyu Kurosava haqida gapirasiz. Qanaqa Kurosava, qanaqangi absurd teatri... San’at va madaniyat institutining rejissorlik bo‘limi 4-kurs talabalari Komil Yormatovni, Varsham Yeremyanni, Yo‘ldosh A’zamovni bilishmaydi-ku. Bilimli yoshlarga hurmatim baland. Lekin kino atrofida xira pashshaga o‘xshab aylanib yurgan shuhratparast odamlar meni yosh ijodkorlarni yomon ko‘radi, degan tuhmatlariga aniq javob berishim mumkin: yuragi toza, madaniyatli, do‘stlikka sodiq, ilmli va o‘z ustida ishlaydigan yoshlarga butun umr yordam berib kelganman... Lekin umrida ikkita kitob o‘qimay, pulni, bir kunlik arzon shon-shuhratni ketidan yugurgan, yoshligidan buzuq ishlarga moyil yoshlardan jirkanaman... Mening umidim — kinomizning ertangi kuni ayni shu yuzlari ochiq, ko‘ngli toza yoshlardan.
Kinoindustriya degan tushuncha hozirgi paytda umuman yo‘q. Qanchadan- qancha kinoteatrlar sotilib, to‘yxonalarga, restoranlarga aylantirilgan. Niderlandiyada Rotterdam, Amsterdam, Gaaga, Utrext shaharlarida o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim: kichkina shaharlarda ham o‘nlab zamonaviy texnika bilan jihozlangan shinamgina kinoteatrlar bor. Niderlandiyaning nufusi 18 million. Bizda 32,5 million aholi yashaydi...O‘zingiz xulosa chiqaravering.
Muxbir: Iste’dodli rejissor Bahodir Yo‘ldoshev bir gurungida qaysidir rejissor haqida so‘z yuritib “U hatto o‘z pasportini ham oxirigacha o‘qimagan”, degan ekan. Bu gap bilan sizdan kinoijodkorlarimizning badiiy saviyasi haqida so‘ramoqchi edim...
Zulfiqor Musoqov: Afsuski, o‘z ishiga loqaydlik, savodsizlik, qog‘ozbozlik va majlisbozlik, minbardan turib quruq “qizil” gaplar aytish hamda maddohlik ommaviy tus olib ketayapti. Bir kino boshliqdan “Cho‘qintirgan ota”ni ko‘rganmisiz desam, u “Nima u?” deganidan keyin dodingizni kimga aytasiz...
Muxbir: Sizningcha, kino targ‘ibot vositasimi yoki san’atmi?
Zulfiqor Musoqov: Avvalambor, san’at. Keyin targ‘ibot vositasi. Lekin nimani targ‘ibot qilishga bog‘liq.
Muxbir: Prezident yaqinda kinochilar bilan uchrashganda Buxoriy, Nasafiy, Termiziy, Naqshbandiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimiz haqida filmlar yaratish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Sizningcha, bu tarixiy shaxslar hayotini kinoda tom ma’noda jonlantira oladigan rejissorlar bormi?
Zulfiqor Musoqov: Bunday filmlarni yaratish, albatta, kerak. Davlatimiz rahbari aniq aytdilar-ku: tarixiy mavzuga bag‘ishlangan film katta mablag‘ talab etadi va bu mablag‘lar alohida qo‘shimcha tarzda qilib beriladi. Bu loyihalarni amalga oshiradigan rejissorlar bor: Bahodir Odilov, Ayub Shahobiddinov, Abduxalil Mignarov. Bundan tashqari, hozir “Abu Ali ibn Sino” haqida bir emas, ikkita badiiy film bor, Nodirabegim, Furqat haqida ham filmlar olingan. Nimagadir ularni televideniyeda ko‘rsatishmaydi? Shularni yoshlarimizga ko‘rsatsak, tarbiyaviy jihatdan katta ish qilgan bo‘lardik.
Muxbir: Ko‘pgina tomoshabinlar guvoh. Siz “E’tirof” sovrinini olayotganingizda, ko‘nglingiz ancha g‘ash edi. Keyin bilsak, siz o‘sha sovrinni “O‘zbekkino”ga ertasi kuni qaytarib beribsiz? Sabab?
Zulfiqor Musoqov: Chunki bu sovrin shaxsan menga botmadi. Negaki, anchagina g‘irrom, ko‘zbo‘yamachilik jarayoni bo‘ldi. Ko‘proq men “Dadam betob” filmimda bosh rolni ijro etgan taniqli aktyorimiz Farhod Abdullayev uchun xafa bo‘ldim. Negaki, u yerda “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi Farhodga qaysi filmdagi qaysi roli uchun berilgani aytilmadi. “Eng yaxshi aktrisa” qaysi roli uchun olgani ham ochiq qoldi. Va nihoyat, menga qaysi film uchun sovrin berildi?.. Yosh bolalarning o‘yiniga o‘xshab ketdi, g‘irt bachkanalikdan boshqa narsa emas. Shuning uchun tinchgina sovrinni qaytardim. Bo‘lgan gap shu.
Muxbir: Zulfiqor aka, siz “Achchiq choy” ko‘rsatuvida “Berlin-Oqqo‘rg‘on” filmidan keyin, kinorejissuradan ketaman, filmlar suratga olmayman, deb ochig‘ini aytganingizda, biz, muxlislaringizni ancha xafa qildingiz... Axir sizdan yoshi ancha ulug‘ bo‘lgan kinochilar ham haligacha film olayapti-ku! Bu nima — iddaomi, charchoq alomatimi yoxud shunchaki qarilik gashtini surmoqchi bo‘layotgan oddiy bir odamning falsafasi?..
Zulfiqor Musoqov: Sabablari ikkita. Birinchisi, har bir ijodkorning hayotda, ijodda o‘z yo‘li bor. Sportda ham, san’atda ham o‘z vaqtida, obro‘ bor vaqtda ketish kerak. Chunki qarigan chog‘ida odam hammaga kulgi bo‘lish xavfi bor. Shuning uchun kinossenariylar yozish bilan band bo‘laman. Shogirdlar tayyorlayman. Noshukr bo‘lmayman: hozir buni aytishga haqqim bor — xalqimizning qalbidan bir nechta asarlarim joy olgan ekan, nima uchun baxtliman demasligim kerak?! Ikkinchidan, shaxsan menga bizni kino san’atimizda oxirgi paytlarda vujudga kelgan noprofessional muhit ma’qul bo‘lmayapti. Albatta, bu qarorga kelishim juda og‘ir o‘tdi: axir 30 yildan beri suratga olish guruhim a’zolarini ham o‘ylashim kerak... | 110 | 12,289 |
Madaniyat | Turk aktyori Burak O‘zchivitning qiyofadoshi Burak Xon o‘zbek serialida suratga tushmoqda (video) | Mashhur turk aktyori Burak O‘zchivitning qiyofadoshi Burak Xon o‘zbek serialida suratga tushmoqda. Bu haqda aktyor “Omon-omon” ko‘rsatuvida so‘zlab berdi.
“Turkiyaning Istanbul shahrida yashayman. Ikki yildan beri aktyorlik sohasidaman. O‘zbek rejissoridan taklif bo‘lganida, ham mamlakatga sayohat qilish, ham ishlash maqsadida taklifga rozilik bildirdim. Agentim menga ssenariyni ko‘rsatganida, u komedik serial bo‘lgani uchun menga ma’qul bo‘ldi”, — deydi aktyor.
Kartina direktori Bekzod Mahkamov serialga nima uchun aynan turk aktyori tanlangani haqida gapirdi:
“Tomoshabinlarimiz turk serialini sevib tomosha qiladi. Bundan tashqari, Burak Xonning tashqi qiyofasi bizning serialimizga mos keladi. Shuning uchun, yangilik qilish maqsadida serialimizga uni taklif qildik. Serialning ishchi nomi ‘Past ketish yo‘q’ deb nomlanadi. Serialda ikki professional oshpazning o‘zaro raqobati ko‘rsatib beriladi”.
View this post on Instagram | 97 | 943 |
Madaniyat | AQShda yashayotgan yana bir o‘zbekistonlik aktyor Ahmad Berdimurodov hayotidagi eng katta yo‘qotish hamda orzulari haqida gapirdi | O‘zbekistonlik taniqli aktyor Ahmad Berdimurodov bir necha yillardan beri Amerikaning Los-Anjeles shahrida yashaydi. Aktyor “Snayper”, “Ziddiyat”, “Orville”, “NCIS Los Angeles” kabi qator Gollivud seriallarida suratga tushgan, 5 yildan beri “Oskar” mukofoti taqdimot marosimining maxsus 7 tansoqchilaridan biri.
Jurnalist Jasur Hamroyev Ahmad Berdimurodov bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda suhbat uyushtirdi. Ushbu suhbat davomida aktyorning muxlislari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
“Amerikada yashayotgan bo‘lsam-da, hali ham O‘zbekiston fuqarosiman. Bir necha yil avval san’atga kirib kelganimda Gollivud kinosining sir-asrorlarini o‘rganishni maqsad qilgandim. Shu maqsadimni amalga oshirish uchun Amerikaga keldim. Haligacha butun dunyoda birinchi o‘rinda turadigan kinosanoatining sir-asrorlarini o‘rganib kelmoqdaman. Gollivudda har yili hamma narsa o‘zgaradi, yangi texnologiyalar joriy etiladi. O‘rganishdan hali ham to‘xtaganim yo‘q”, — deydi Ahmad Berdimurodov.
Shuningdek, aktyor hayotidagi eng katta yo‘qotishi hamda orzulari haqida ham so‘zlab berdi.
“Hayotimdagi eng katta yo‘qotish — avvalambor ota-onamni yo‘qotganim. Bundan tashqari, 1 yil avval turmush o‘rtog‘im — Layloni berib qo‘ydik. Uning o‘limidan so‘ng haligacha o‘zimga kela olmadim”, — deydi aktyor.
Ahmad Berdimurodov uch nafar — ikki qiz va bir o‘g‘il farzandi borligi, ular hozir Toshkentda ekanligini aytdi. Aktyorning o‘g‘li uning izidan borib, rejissura sohasida tahsil olmoqda. U Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmida Zulfiya ayaning nevarasi obrazini gavdalantirgan.
Aktyor eng katta orzularidan biri “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritish ekanligini aytadi.
Ma’lumot uchun, asli kasbi huquqshunos bo‘lgan Ahmad Berdimurodov “Shaytanat” serialida Jamshid obrazini gavdalantirganidan so‘ng aktyor sifatida tanilgan. U “Panoh”, “Sevginator”, “Qalbim o‘g‘risi”, “Makrli dunyo” filmlarida hamda “Mehmonxona” serialida turli obrazlarni gavdalantirgan. | 129 | 1,941 |
Madaniyat | Sevara Nazarxonni 40 yoshga to‘lgani bilan tabriklagan Obid Asomov: “Bilib qo‘y, muxlislaring sardori menman!” | Taniqli xonanda Sevara Nazarxon 23-dekabr kuni 40 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan, ko‘plab san’atkorlar qatori, mashhur so‘z ustasi Obid Asomov ham xonandaga Instagram orqali tabrik yo‘lladi.
“Sevara, singlim, rosa sovuq kunda tug‘ilgan ekansan, lekin, qizig‘i, juda qaynoq qalbli insonsan. Har bir aytgan qo‘shig‘ing yuragimizning eng chuqur joyigacha yetib boradi”, — deb yozdi Obid Asomov o‘z tabrigida.
“Yer yuzi bo‘yicha muxlislaring bor, men ham shular qatorida. Lekin, bilib qo‘y: muxlislaring sardori menman!”, — deya hazil qildi taniqli so‘z ustasi.
“Oilang baxtiga, farzandlaring hamda biz, muxlislaring baxtiga sog‘ bo‘lishga majbursan! Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin!”, — deya qo‘shimcha qildi Obid Asomov o‘z tabrigida.
Ma’lumot uchun, Sevara Nazarxon o‘z tavallud kunini Toshkentda, yaqinlari va do‘stlari davrasida qarshiladi. U o‘z tug‘ilgan kunidan lavhalarni Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 110 | 1,271 |
Madaniyat | Aktrisa Rayhon Ulasenova farzand kutmoqda | Aktrisa Rayhon Ulasenova farzand kutmoqda. Bu haqda, aktrisaning o‘ziga asoslanib, “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
“Nasib etsa, kelasi oy o‘zim xabar beraman”, — dedi aktrisa “Qalampir.uz” muxbirining murojaatiga javoban.
Ma’lumot uchun, Rayhon Ulasenovaning bir o‘g‘il va bir qizi bor. U “Kechir”, “Aldangan ayol”, “Haqiqat kuni”, “Go‘zallik siri”, “Zarb”, “Sotqin” kabi filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. | 41 | 430 |
Madaniyat | Jahon prokatida katta daromad olgan filmlarning kichik gonorar to‘langan mashhur aktyorlari (foto) | AdMe nashri ular o‘ynagan film kassada millionlab daromad keltirganiga qaramay, unchalik katta bo‘lmagan gonorarga ham rozi bo‘lgan Gollivud kino yulduzlari haqida ma’lumot beradi.
Jon Travolta Vinsent Vega roli, “Jinoiy asar”
Vega roli uchun Jon Travolta 150 ming dollarga suratga tushadi. Filmning taxminiy budjeti 8 million dollarni, butun dunyo bo‘ylab kassa tushumlari esa 213 million dollardan ko‘proqni tashkil qilganini hisobga olsak, bu unchalik ko‘p emas.
Silvestr Stallone Rokki Balboa roli, “Rokki”
1976-yilda “Rokki” filmining 1-qismi uchun Silvestr Stallone bor-yo‘g‘i 23 ming dollar olgan. Budjeti 1 million dollardan kam bo‘lgan film shu qadar muvaffaqiyatga erishganki, u butun dunyo bo‘ylab 117 million dollardan ko‘proq pul yig‘gan. 1990-yilda aktyorga yanada ko‘proq haq to‘langan — 15 million dollar.
Jon Xill Donni Azoff roli, “Uoll-stritlik bo‘ri”
Jon Xill “Uoll-stritlik bo‘ri” filmida rol o‘ynashni shunchalik orzu qilganki, 60 ming dollarga rozi bo‘lgan. Taqqoslash uchun Leonardo Di Kaprio xuddi shu filmdagi roli uchun 10 million dollar olgan. Gap shundaki, Xill Martin Skorseze bilan ishlashni orzu qilgan, hatto buning uchun o‘zi pul to‘lashga ham tayyor bo‘lgan. Film budjeti 100 million dollarni tashkil etadi va butun dunyo bo‘ylab 392 million dollar yig‘adi.
Benedikt Kamberbetch Alan Tyuring roli, “Taqlid o‘yini”
Benedikt Kamberbetch “Taqlid o‘yini” filmidagi bosh roli uchun 1,2 million dollar olish bilan birga “Oskar”ga ham nomzod bo‘ladi. Ammo film budjeti 14 million dollar bo‘lib, jahon prokatida 233 million dollardan ko‘proq daromad keltiradi. Bu ko‘rsatkichlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, aktyorning bosh rol uchun gonarari unchalik ko‘p emas.
Jonni Depp kapitan Jek chittak roli, “Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqila’nati”
Qaroqchilar haqidagi birinchi filmi uchun Jonni Depp 10 million dollar oladi. O‘shanda kartina budjeti 140 million dollarni tashkil etgan — butun dunyo bo‘ylab kassa yig‘imi esa 654 million dollar bo‘lgan. 5-qism — “O‘liklar ertak aytmaydi” filmida aktyorning maoshi 9 barobarga oshiriladi.
Xarrison Ford Xan Solo roli, “Yulduzlar jangi”
Xarrison Ford Xan Solo roliga tasdiqlanganda taniqli aktyor emas edi. Bu roli uchun u bor-yo‘g‘i 10 000 dollar olgan. Budjeti 11 million dollar bo‘lgan film dunyoni zabt etib, 775 million dollar yig‘gan. Biroq Ford bu rolni yoqtirmaydi va hatto Jorj Lukasdan Xan Soloni sujetdan olib tashlashni so‘raydi.
Opra Uinfri Sofiya rolida, “Binafsharang gullar dalasi”
Opra Uinfri ushbu filmdagi ishi uchun 35 ming dollar olgan va uning ismi afishada ham ko‘rsatilmagan. Keyinchalik Sofiya roli uchun u “Oskar”ga nomzod bo‘ladi. Film butun dunyo bo‘ylab 15 million dollarlik budjetda 98 million dollardan ortiq daromad keltiradi.
Rayan Reynolds Dedpul roli, “Dedpul”
Rayan Reynolds yollanma askar haqidagi birinchi filmda bosh rolni o‘ynash orqali 2 million dollar ishlab oladi, o‘ha vaqtda bu uning uchun juda ko‘p edi. Lekin budjeti 58 million dollardan oshmagan film katta muvaffaqiyatga erishadi va jahon prokatida 782 million dollardan oshib ketadi. Bu fonda aktyorning gonorari kamtarona ko‘rinadi.
Kichik Robert Dauni Toni Stark rolida, “Temir odam”
Kichik Robert Dauni “Temir odam” sifatidagi birinchi ishini 500 000 dollar bilan ish boshlagan. Film budjeti 140 million dollarni tashkil etgan, butun dunyo bo‘ylab kassa yig‘imi 585 million dollardan oshgan. Temir odam dunyoni qutqarib halok bo‘ladigan “Qasoskorlar: Final” filmida esa aktyorga 80 million dollar to‘langan. | 98 | 3,506 |
Madaniyat | “15 kun davomida jonli kuylay olmasligini Ozodbekning o‘zi ham biladi”. Gulbahor Erqulova Instagram’da Yulduz Usmonova nomidan chiqarilgan soxta bayonotga fikr bildirdi | Instagram tarmog‘ida xonanda Yulduz Usmonova nomidan uning muxlislari ochgan sahifa Ozodbek Nazarbekov 2017-yilda konsertlar bermasligiga munosabat bildirgan. Sahifa bu munosabatni Yulduz Usmonovaning nomidan chiqargan, biroq, “Qalampir.uz”ning yozishicha, Usmonovaning o‘zi bu gaplardan bexabar.
Shunga qaramay, Yulduz Usmonova nomidan chiqarilgan soxta bayonot yuzasidan, Instagram’dagi ko‘pchilik qatori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ham fikr bildirishga ulgurgan.
“Jonli ijro, deb vahimaga aylantirdinglar. O‘zi ham biladi — 15 kun jonli ijroda qo‘shiq ayta olmaydi. Mayli, odamlar fonogrammaga o‘rgangan-ku, o‘sha qo‘shiqni o‘zi aytgan-ku. Konsertda o‘sha darajada kuylay olmas, vaziyat har xil... Oxirgi bir hafta 70 foiz jonli kuyladi. Jonli ijro qahramonlik emas, bizda ham fonogramma umuman yo‘q bo‘lsa, hamma narsa suvning yuziga chiqadi”, deb yozadi Gulbahor Erqulova.
“Qalampir.uz”ning yodga solishicha, Gulbahor Erqulova bungacha, Ozodbek Nazarbekovdan tashqari, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, Rayhon G‘aniyeva, Ziyoda Qobulova, Shahzoda, Manzura, Munisa Rizayeva kabi qator xonandalarni tanqid qilgan edi.
Avvalroq 2017-yilda Ozodbek Nazarbekov konsert bermasligi haqida xabar berilgan edi. Bunga uning ketma-ket bir necha yil davomida berilgan jonli ijrodagi konsertlardan biroz jismoniy toliqqani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 168 | 1,550 |
Madaniyat | “Yulduzlar jangi”ning bastakori 51-marta “Oskar“ga nomzod sifatida taqdim etildi | Bastakor Jon Uilyams 51-marta “Oskar” mukofotiga nomzod sifatida qo‘yildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Shu tariqa bastakor o‘z rekordini yangiladi. 85 yoshli Uilyams “Yulduzlar jangi: So‘nggi jeday” filmidagi original musiqa uchun mukofotga da’vogarlik qilmoqda.
Ayni vaqtda bastakorda beshta “Oskar” mukofoti bor. U mukofotlarni ”Jag‘lar”, “Tomdagi skripkachi”, “O‘zga sayyoralik”, “Shindler ro‘yxati” va “Yulduzlar jangi: 4-epizod — Yangi umid” filmlari uchun qo‘lga kiritgan.
“Oskar”ning mutlaq rekordchisi Uolt Disney bo‘lib, uning nomzodi 59 marta qo‘yilgan va 22 marta mukofotni qo‘lga kiritgan. | 80 | 608 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov: Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent shahrida madaniyat obyektlari hokimlik tomonidan sotib yuborilgan | 2019-yilda madaniy meros obyektlari hokimlik va departamentning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ayrim obyektlar hozir mavjud emas. Bu haqda 8-yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.
Anjumanda ma’lum qilinishicha, o‘tgan 2020-yil mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida 8 tadan, Farg‘ona viloyatida 13 ta, Toshkent shahrida 3 ta madaniyat obyekt mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan Madaniyat vazirligi bilan kelishilmagan holda hokimlik hisobiga o‘tkazilib, sotuvga qo‘yib, sotib yuborilgan.
Ozodbek Nazarbekovning ta’kidlashicha, bunday muammolarga Madaniyat vazirligining aniq pozitsiyasi shakllanadi.
“Bizning eng og‘riqli masalamiz — Madaniyat vazirligining zimmasida turgan va bizni tashvishga soladigan madaniy meros masalasi. Ko‘rib, guvoh bo‘lib turibsiz, bir qancha mahalliy hokimiyat va idoralarning ta’siri juda ham katta. Sababi qaysidir tashkilotning o‘zi madaniy meros obyektida ishlayapti. Lekin o‘sha tashkilotning bugungi kunda qurilgan binoga munosabati shakllanmagan”, – dedi madaniyat vaziri.
Madaniyat vazirining aytib o‘tishicha, ko‘plab rahbarlarda madaniy meros obyektlariga nisbatan tushuncha shakllanmoqda.
“Mahalliy hokimiyatlarda bu muammolar juda ham ko‘p. Tuman yoki shahar hokimlari bilib-bilmay ish yuritishyapti. Mana e’tibor beradigan bo‘lsak, tarixiy-madaniy meros obyektlari shahar markazlarida joylashgan. Bu esa, tabiiyki, markazlarda hududlarga talabgorlar juda ham ko‘p. Ya’ni madaniy meros obyekti bo‘lishiga qaramasdan, o‘sha binoda mehmonxona yoki restoran qurish istagidagi tadbirkorlar ko‘p. Bunday salbiy holatlarga ayrim holatlarda hokimlar befarq holda qaror chiqarishlari yoki tadbirkorlarga obyektning yonidan yer berishlari ham sabab bo‘lmoqda. Madaniy meros obyektining oldidan joy berilgan tadbirkor bino qurmoqda va uning ortidan turli xil muammolar chiqmoqda. Biz esa bunday holatlarni bino ko‘tarilganidan keyin, ko‘p ishlar amalga oshganidan keyin bilyapmiz”, – dedi Ozodbek Nazarbekov.
Ayni vaqtda Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish departamentida 60 nafardan ortiq xodim ishlasa, madaniy meros obyektlari 8 mingdan ortiq. Buni kundalik ishga bo‘ladigan bo‘lsak, “xodimlarning borib o‘rganishiga imkoniyati yo‘q”. Shu bois bu sohaga ko‘proq jamoatchilikning e’tiborini yo‘naltirish rejalashtirilgan.
“2019-yilda madaniy meros obyektlari hokimlik va departamentning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ayrim obyektlar ro‘yxatdan o‘chirib yuborilgan. Bizda o‘chirilgan obyektlarning ro‘yxati turibdi, lekin hozir unday obyektlar mavjud emas. Shuning uchun mana yaqinda madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini qaytadan shakllantirib, kadastrini qilmoqdamiz. Keyin uni ochiq portalga joylab, jamoatchilikka ko‘rsatmoqchimiz», – dedi u. | 137 | 2,936 |
Madaniyat | Vin Dizel va Dueyn Jonson ulkan bolalarga aylanib qoldi: “Forsaj”dagi payqash mushkul bo‘lgan noodatiy kadr | Shotlandiyada Lili ismli gitarachi “Forsaj”ning oltinchi qismini tomosha qilayotib g‘alati kadrni payqab qoldi — unda Vin Dizel va Dueyn Jonson bir necha soniyaga bolalarga aylanib qolgan, deb yozadi Meduza.
Kadr: Twitter
Ushbu sahnada Diplomatik xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Lyuk Xobbs noqonuniy poygachi va jinoyatchi Dominik Torettoning oldiga keladi. Sujet bo‘yicha Toretto va Xobbs bir-biriga dushman, biroq film oxirida, aynan ushbu epizodda barchasi yarashuv bilan yakunlanadi.
Sahnada qahramonlar bir-birga qarama-qarshi turadi. Xobbs sobiq raqibi tomon bir qadam tashlaydi va bahaybat Dizelning fonida yosh bolaga aylanadi. Shundan so‘ng tasvir boshqa rakursdan ko‘rsatiladi va Dizelning boshi ulkan Dueyn Jonsonning fonida kichkina bo‘lib qoladi.
watched fast and furious 6 last night and absolutely cannot stop thinking about the weird perspective in this scene pic.twitter.com/NHBmVkfBkf
— lily f (@lilyeIiz) March 31, 2021
Birinchidan — bu Xobbs va Toretto baribir do‘st bo‘lmaganini ko‘rsatish uchun operator yoki rejissor tomonidan o‘ylab qilingan ish;
Ikkinchidan — Dizel va Jonson suratga olish vaqtida o‘zaro janjallashib qolgan va shunday buyon birgalikda biror sahnada ko‘rinish bermagan (rolikda ular aslida bir-birining ko‘ziga qaramayotganini ko‘rish mumkin);
Uchinchidan — bo‘ydagi farq. Jonson bo‘yining balandligi — 196 santimetr, Dizel esa 178 santimetr. Aftidan, Dizel, rejissor yoki prodyuser kadrda aktyor ulkan Jonsondan kichik ko‘rinishini xohlamagan. Chunki ularning qahramonlari bir-biriga xavf tug‘dirishi kerak. Shu sababli operator Dizel va Jonsonni shunday rakursdan suratga olishi kerak bo‘lganki, ularning biri ikkinchisidan sezilarli darajada katta ko‘rinishi kerak bo‘lmagan. Natijada ularning ikkisi ham o‘smir bolalarga aylanib qolgan. | 107 | 1,788 |
Madaniyat | Video: “Janob Prezident” filmi musiqasi — O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining jonli ijrosida | O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 63 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri “Janob Prezident” filmidagi musiqani jonli ijro etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi.
“Bugun murakkab davr. U xalqdan birlik va hamjihatlikni talab etadi. Pandemiyaga qaramay, Siz shijoat, mehnatsevarlik va matonat namunasini ko‘rsatmoqdasiz va butun xalqimiz buning guvohi bo‘lmoqda. Shu kunlarda Sizga naqadar qiyin bo‘layotganini his qilib, atrofingizda biz xammamiz birlashishga tayyormiz!.. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!”, — deyiladi Davlat filarmoniyasi tabriknomasida.
Qayd etishlaricha, musiqani ijro etishda O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining 55 kishilik jamoasi karantin qoidalariga amal qilgan holda ishtirok etgan.
Ushbu musiqa 2018-yili kompozitor Adham Abduraimov tomonidan “Janob Prezident” filmi uchun maxsus yozilgan. “Janob Prezident” filmi 2017-yil 24-iyul kuni — Prezident Shavkat Mirziyoyev 61 yoshga to‘lganida O‘zbekiston televideniyesi orqali namoyish etilgan edi.
Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 63 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi | 97 | 1,150 |
Madaniyat | Video: Konki uchayotgan Obid Asomov | Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Instagram’dagi sahifasida Toshkentdagi sobiq “Yubileyniy” muz saroyidagi konsertda konki uchayotgani tasvirlangan videolavhani e’lon qildi.
Kadr: Instagram / @asomov_obid
Videolavhada oppoq kastyum-shimdagi Obid Asomov sportchi ayol bilan birgalikda muz ustiga chiqib kelayotganini ko‘rish mumkin.
Ээ мактанишми мактаниш! Россия каналини куриб жахлим чикди! " танцы со звездами" 'звезды на льду"! 1990 йилларда тошкентдаги юбелейний муз саройида коньки такиб концерт беришни биз бошлаганмиз!"Ялла"дан бошлаб хамма юлдузлар катнашган!Ха йигит кишига кирк хунар оз дейишгандек бинойидек учардим конькида! Энди муз саройи хам йук кучада учаман десайиз корли киш хам йук! Коньки жонвор деворда осилганча турибди!!!
A video posted by Администратор +998901761109 (@asomov_obid) on Apr 8, 2016 at 10:50pm PDT
“E, maqtanishmi, maqtanish! Rossiya kanalidagi ‘Tansi so zvyozdami’, ‘Zvyozdi na ldu’ kabi ko‘rsatuvlarni ko‘rib, jahlim chiqdi. 1990-yillarda Toshkentdagi ‘Yubileyniy’ muz saroyida konki taqib, konsert berishni biz boshlaganmiz!”, — deb yozdi Obid Asomov.
“‘Yalla’dan boshlab hamma yulduzlar qatnashgan. Ha, yigit kishiga qirq hunar oz deyishganidek, konkida binoyidek uchardim. Endi muz saroyi ham yo‘q, ko‘chada uchaman desangiz, qorli qish ham. Konki jonivor devorda osilganicha turibdi”, — deya qo‘shimcha qildi taniqli qiziqchi. | 35 | 1,377 |
Madaniyat | Rim papasining filmda suratga tushish rejasi yo‘qligi ma’lum qilindi | Rasmiy Vatikan Rim papasi Fransiskning “Quyosh ortida” sarguzasht filmida suratga tushishi haqidagi xabarlarni rad qildi. Bu haqda Entertainment Weekly nashri bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Bu haqda Muqaddas taxtning aloqalar bo‘yicha kotibiyatining boshlig‘i Dario Edoardo Vigano ma’lum qildi va “Papa aktyor emas”, ― deya qo‘shib qo‘ydi.
Ta’kidlanishicha, filmda pontifik ishtirokidagi sahna ko‘rinishlar bo‘lmasa-da, kinotasmada papa ishtirokida oldin suratga olingan hujjatli filmlardan parchalar keltirilishi ehtimoldan xoli emas.
O‘z navbatida, AMBI Pictures kinostudiyasi vakillari izoh berishdan bosh tortdi.
Eslatib o‘tamiz, ayrim xorijiy OAVlari Rim papasi Fransisk “Quyosh ortida” (Beyond the Sun) oilaviy sarguzasht filmda o‘zini o‘zi o‘ynaydi deya xabar qilgan edi. | 68 | 812 |
Madaniyat | Mashhurlar hayotini ijro etishda nafaqat xarakteri, balki tashqi jihatdan ham ularga o‘xshagan aktyorlar (foto) | Aktyor bo‘lish — tomoshabinni filmdagi qahramon haqiqiy odam ekanligiga ishontirish san’ati demakdir. Ammo butun dunyoga ma’lum bo‘lgan shaxsni tasvirlash yanada qiyinroq. Bunda aktyorlarning ham, vizajistlarning ham iste’dodi muhim ahamiyatga ega. Axir ikkinchisining yordamisiz tarixiy shaxslar bilan tashqi o‘xshashlikka erishish qiyin bo‘lardi.
Ledi Gaga Patrisiya Rejani rolida (“Guchchi uyi”)
Film ijodkorlari Patrisiyaning tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatidagi mayda elementlarga ham e’tibor berishgan. Aktrisaning tashqi qiyofasini iloji boricha o‘xshatish kerak edi, shuning uchun ular haqiqiy Patrisiya qanday gapirgani, sochlarini qanday bo‘yagani va lablarini qanday chizganini o‘rganib chiqishgan.
Adam Drayver Mauritsio Guchchi rolida (“Guchchi uyi”)
Ko‘zoynak va soch turmagi bilan aktyor Mauritsioga ancha o‘xshagan. Guchchi xuddi shunday soch turmagi va ko‘zoynak taqib yurgan.
Jared Leto Paolo Guchchi rolida (“Guchchi uyi”)
Suratdagi Jared Letoni deyarli tanib bo‘lmaydi. Paolo bilan maksimal darajada o‘xshashlikka erishish uchun grim stolida bir necha soat o‘tirish kerak edi. Bundan tashqari, ular, taxminan, 3 hafta davomida tayyorlangan bosh uchun maxsus qoplamadan foydalangan.
Kristen Styuart malika Diana rolida (“Spenser”)
Butun jamoa aktrisaning qiyofasi ustida ishladi. Operatorlar uni yanada o‘xshatish uchun maxsus yorug‘lik yordamida ma’lum bir rakursdan suratga olishdi. Ko‘pgina kadrlarda Kristen orqa tomondan suratga olingan — bu ham kerakli effektga erishishga yordam berdi. Tasvirni yaratishda vizajistlar va stilistlar katta hissa qo‘shgan. Misol uchun, aktrisa uchun aynan malika Diana kiygan kiyimlar yaratilgan.
Jek Farting shahzoda Charlz rolida (“Spenser”)
Jek Farting britaniyalik aktyor, shahzoda Charlz kabi Londonda tug‘ilgan. Ehtimol, bu unga o‘z xarakterini real tasvirlashga yordam bergandir. Bu aktyorning birinchi biografik roli emas. U avvalroq Jon Lennon rolini ham o‘ynagan.
Granit Rushiti Zlatan Ibragimovich rolida (“Men Zlatanman”)
Zlatan Ibragimovich — zamonaviy futbolning mashhur shaxslaridan biri. Film futbolchi hayotining bir necha davrlari haqida hikoya qiladi, shuning uchun uni turli aktyorlar ijro etadi. Asosiy rolni o‘zi ham bir vaqtlar futbol o‘ynagan Granit Rushiti o‘ynagan.
Shirli Makleyn Koko Shanel rolida (“Koko Shanel”)
Shirley Makleynning Koko Shanel kabi bo‘ysunmas va eksantrik xarakterga egaligi ularni birlashtirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Shirli yoshligidanoq Shanelning muxlisi bo‘lgan. Lekin o‘sha paytlarda brend mahsulotlarni sotib olishga qurbi yetmagan, shuning uchun qalbakilaridan foydalangan.
Kichik Robert Dauni Charli Chaplin rolida (“Chaplin”)
Aktyor oldidagi vazifa oson emas edi. Charli Chaplinga o‘xshab ko‘rinish va o‘zini tutish uchungina emas, balki uni hayotining turli davrlarida tasvirlash ham kerak edi. Negaki film Chaplinning 19 yoshidan 83 yoshgacha bo‘lgan hayoti haqida hikoya qiladi.
Teron Ejerton Elton Jon rolida (“Roketmen”)
Asosiy vazifa Eltonning karikaturasini yaratish emas, balki grim yordamida musiqachining hayoti mohiyatini yetkazish edi. Buning uchun Teron mayda detallargacha ahamiyat bergan.
Uill Smit Muhammad Ali rolida (“Ali”)
Uill Smit dastlab Muhammad Ali obrazini gavdalantira olishiga shubha qilgan. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u tarixni buzib ko‘rsatishni istamagan. Ammo bokschi Alining o‘zi va uning oilasi shaxsan Smitdan bu rolni u ijro etishini so‘ragan.
Riz Uizerspun Iyun Karter Kesh rolida (“Chegaradan chiqish”)
Riz o‘zining “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan mazkur rolini iliqlik bilan eslaydi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u xonanda obraziga to‘liq tusha olgan va bu film uning hayotida alohida iz qoldirgan. | 111 | 3,668 |
Madaniyat | Video: Call-markazda qo‘ng‘iroqlarga javob berayotgan Sevara Nazarxon | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon “O‘zekspomarkaz”da fuqarolarga yordam berish maqsadida tashkil etilgan Call-markazda volontyorlarga murojaatlarni qabul qilishga ko‘maklashdi. Xonanda ish jarayoni aks etgan videoni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi.
Videoda himoya kombinezoni va bosh kiyimidagi yuziga niqob taqqan Sevara Nazarxon yordam so‘rab murojaat qilayotgan insonlar bilan suhbatlashayotganini ko‘rish mumkin.
“Bu yerda ajoyib insonlar ishlamoqda. Bir kunda 200,000 ta qo‘ng‘iroq qabul qilinmoqda. Volontyorlarning aksariyati shifokorlar. Menga bu yerdagi muhit yoqdi. Odamlar har xil kayfiyatda qo‘ng‘iroq qilmoqda. Ularga xotirjamlik bilan javob beryapmiz. Suhbatimizni Sevara Nazarxon eshitadi deb boshlayapman, lekin odamlar bunga e’tibor berayotgani yo‘q. Darrov o‘ziga kerakli mahsulotlar haqida gapirishyapti. Aslida biroz ular bilan suhbatlashib, kayfiyatini ko‘tarsam, degandim, lekin bu yerda liniyani band qilmaslik uchun har bir fuqaroga 2 daqiqa ajratilgan, shuning uchun buning imkoni bo‘lmayapti. Asosan ko‘p farzandli, yosh bolali oilalar qo‘ng‘iroq qilyapti. Taglik, sut, bo‘tqalar so‘rashyapti. Agar sizga biror yordam kerak bo‘lsa 1197 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Qo‘lingizni tez-tez sovunlab yuving, hammasi yaxshi bo‘ladi”, — deydi Sevara Nazarxon. | 69 | 1,305 |
Madaniyat | Amerikalik xonanda Britni Spirs uchinchi marta ona bo‘ladi | Xonanda Britni Spirs uchinchi marta ona bo‘ladi. Bu haqda qo‘shiqchi Instagram sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Peoplenews.
2021-yilning sentabr oyida estrada malikasi Britni Spirs 27 yoshli fitnes-trener Sem Asgariga turmushga chiqayotgani haqida xabar qilgan. Ko‘pchilik bunga ishonmadi, lekin qo‘shiqchi bilan besh yillik munosabatlardan so‘ng Sem unga turmush qurish taklifini bildirdi.
Britni bu quvonchli xabarni Instagram’da e’lon qildi. U homiladorligini tasodifan bilib qolgan. Avvaliga u o‘zining vaznini ortgan deb o‘ylagan. Shuningdek, odamlar e’tiborini kamroq tortish va homiladorlik suratlari bilan paparatssilarning pul ishlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun omma oldida ko‘rinmaslikka harakat qilishini aytib o‘tgan.
“Men Maui oroliga sayohatga borishimdan oldin juda ko‘p vazn yo‘qotdim, lekin yana semirdim. Qornimga nima bo‘lyapti, deb o‘yladim. Turmush o‘rtog‘im homiladormisan, deb so‘radi. Shundan keyin homiladorlik testidan foydalandim. Natijaga ko‘ra, men yana farzandli bo‘laman. To‘rt kundan keyin qornim yanada kattalashdi. Shuning uchun ham endi ko‘chaga ko‘p chiqmayman, chunki paparatssilar avvalgidek suratlarimdan pul ishlab olishadi”, — dedi Spirs.
40 yoshli mashhur xonandaning oldingi turmushidan ikkita o‘g‘li bor, ammo Britni ular bilan kamdan kam ko‘rishadi: ular otasi Kevin Federlayn bilan yashaydi. | 58 | 1,339 |
Madaniyat | Rianna va Kris Braun: yana birga! | Rianna va Kris Braun
Jahon shou-biznesining yorqin yulduzi Rianna (Rihanna) sobiq sevgilisi Kris Braun (Chris Brown) bilan yana birga. Ikki yulduz birgalikda Riannaning tug‘ilgan kunini Gavayi orolida nishonlashdi.
Qo‘shiqchi shu kuni Instagram sahifalarida o‘zining Kris Braun bilan tushgan suratlari va izohlarini joylashtirib, “sobiq sevishganlar” atamasiga chek qo‘ydi. Hozirda ikki yoshning unashtirilishi haqidagi mish-mishlar yuribdi.
Pop-yulduz Rianna 20-fevral kuni o‘zining 25 yoshini qarshi oldi. | 33 | 507 |
Madaniyat | Instagram: Jahongir Poziljonovni eski Lacetti’ga o‘xshatgan Ahad Qayum, hijobga kirgan Gulchehra Eshonqulova, Rayhondan yangi klip | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Amerikada yashayotgan aktyor Sherzod Saidaliyev sahifasiga yangi surat joyladi.
Yosh aktrisa Rayhon Asadova folloverlariga milliy obrazda ko‘rinish berdi.
Shahlo Zoirova yangi suratini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
AQShda yashovchi aktrisa Gulchehra Eshonqulova hijobga kirgani aks etgan video bilan bo‘lishdi.
Yigitali Mamajonov 90-yillar uslubidagi fotosurati bilan bo‘lishdi.
Yigitali va Muqaddas juftligi Ulug‘bek Rahmatullayevning yangi klipida suratga tushmoqda.
Zarina Nizomiddinova ham folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Sharof Muqimov Anvar Sanayevning kliplari orqali tanilgan aktyor do‘sti bilan tushgan suratini taqdim etdi.
Yulduz Rajabova imijini o‘zgartirdi.
Ahad Qayum Jahongir Poziljonovni eski Lacetti’ga taqqosladi.
Shuningdek, Ahad Qayum “Million” kulgi jamoasining konsert dasturida ishtirok etmoqda.
Rayhonning “Yig‘lama, qizaloq” klipi tayyor bo‘ldi. | 130 | 1,042 |
Madaniyat | Xonanda Teylor Sviftning 4 ta klipini tomosha qilishga insoniyat 11 427 yil sarfladi | Dadaviz sayti yaratuvchisi Jishay Evers Teylor Sviftning “1989” nomli albomidagi qo‘shiqlarga ishlangan kliplarni ko‘rishga insoniyat qancha vaqt sarflaganini hisoblab chiqdi, deya xabar bermoqda Look At Me.
Buning uchun u YouTube’da kliplarning tomosha qilinganlik statistikasini oldi va har bir videoning ko‘rilganlik miqdorini uning davomiyligiga ko‘paytirdi. Internet foydalanuvchilari eng ko‘p Blank Space klipiga vaqt sarflagan. Uni jami 5620 yil ko‘rishgan. Klip o‘tgan yil noyabrida e’lon qilingan, shu paytgacha uni 880 million marta tomosha qilishgan.
Shuningdek Shake It Off videosiga 4471 yil, Style’ga 989 yil va Bad Blood klipini ko‘rishga 347 yil vaqt ketkazishgan. To‘rtta klipga jami 11 427 yil sarflangan. | 84 | 724 |
Madaniyat | Xalq artistlari ham, xizmat ko‘rsatgan artistlar ham yo‘q. Munosiblar yo‘q | Har yili Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonning imzolanishi yaxshi bir an’anaga aylangan.
O‘zbekiston Prezidentining mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvidan lavha.
Turli yillarda imzolangan bu farmonlarning bir-biridan asosiy farqi — sarlavhasida mustaqillikning qaysi yili ekani aytilishi-yu, farmon matnida mukofotlanganlarning ism-familiyalari o‘zgarib turishidir. Hatto faxriy unvonlar va orden-medallarning egalari nima uchun mukofotlangani haqidagi kichik izohlar ham qariyb o‘zgarmaydi.
Lekin 2017-yilgi farmonda avvalgilariga nisbatan sezilarli bir farq bor — mamlakatdagi birorta aktyor-aktrisa davlat mukofotlariga loyiq ko‘rilmagan. Na teatr, na kino vakillari. Nafaqat “xalq artisti”, “xizmat ko‘rsatgan artist” kabi faxriy unvonlarga, balki orden-medallarga ham. “Mukofotga loyiq ko‘rilmaganlar” qatorida xonandalar ham bor — taqdirlanganlar ro‘yxatida sozandalarni uchratish mumkin, lekin xonandalar yo‘q.
Yana ham tushunarliroq bo‘lishi uchun alohida qayd etish lozim — bu yilgi mukofotlanganlar ro‘yxatida “O‘zbekiston xalq artisti” va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlanganlarni uchratmaysiz. Masalan, 2013-yildan beri har yili kamida uch kishi Prezident tomonidan xalq artisti unvoni bilan mukofotlanib kelayotgan edi.
Xususan, 2013-yili (jami 3 kishi shu mukofot bilan taqdirlangan) xonanda Gulsanam Mamazoitova, 2014-yili (3 kishi) diktor Abdumo‘min O‘tbosarov, 2015-yili (3 kishi) Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri aktyori Mirza Azizov, 2016-yili (3 kishi) esa O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Gavhar Zokirova O‘zbekiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.
Yoki bo‘lmasa — 2013-yildan beri har yili kamida yetti san’atkor “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlanayotgan edi. Masalan, 2013-yili (jami 8 kishi shu mukofot bilan taqdirlangan) xonanda Abdurashid Yo‘ldoshev, 2014-yili (11 kishi) opera xonandasi Jenisbek Piyazov, 2015-yili (7 kishi) aktrisa Zulhumor Mo‘minova, 2016-yili (12 kishi) esa xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev.
Tegishli mukofotlar bilan hech kimning taqdirlanmagani — unga munosiblar yo‘q, deb topilganidan darak. Ayni shu vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3-avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda “xalq artistlari”, “xizmat ko‘rsatgan artistlar” masalasida bildirgan tanqidiy fikrlarini yodga olish o‘rinli.
Prezident ushbu uchrashuvda nomdor san’atkorlar, hatto “O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘lgan aktyorlar ham filmlarda bachkana rollarni ijro etayotganini tanqid qilgan, “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” kabi mukofotlar bilan taqdirlash masalasini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelganini ta’kidlagan edi.
Ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz, ilgari “Xalq artisti” degan unvon olish uchun san’atkor necha o‘n yillar samarali ijod qilishi talab etilardi. Masalan, mashhur hofiz Tavakkal Qodirov “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini olganidan keyin – shunga e’tibor bering – oradan 25 yil o‘tib, “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan edi. Yaqin o‘tmishdan bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.
Shu ma’noda, unvon berishda san’atkorning faqat to‘rtta qo‘shig‘i emas, uning ijtimoiy faolligi, munosib shogirdlar tarbiyalagani, el-yurt o‘rtasidagi obro‘-e’tibori, eng muhimi, san’atga sadoqati ustuvor mezon sifatida belgilanishi shart. Boshqacha aytganda, biz bu yuksak unvonlarning nufuzi va obro‘sini saqlashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Prezident mazkur uchrashuv davomida xalq artistlari va xizmat ko‘rsatgan artistlarning mas’uliyatini yanada oshirish kerakligini haqida gapirgan edi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev xalq artistlarini “respublikadagi musiqa va san’at maktablariga, ijodiy markazlarga” rahbar etib tayinlashni, sohadagi kamchilik va muammolarni yechish uchun Xalq artistlari klubini tashkil etishni taklif qilgan edi.
Mana, davramizda G‘ulomjon Yoqubov, Farrux Zokirov, Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova, Mahmud Namozov, Zulayho Boyxonova, Ozodbek Nazarbekov, G‘afur va G‘ulom Eshjonovlar, Gulsanam Mamazoitova kabi xalq artistlari o‘tiribdi. Sizlarning har biringiz bittadan san’at kolleji yoki musiqa maktabiga borib rahbarlik qilsangiz, men o‘ylaymanki, bundan san’atimiz faqat yutgan bo‘lar edi. Ayni vaqtda yuzlab shogirdlar yetishtirib, o‘zingizga haykal qo‘ygan bo‘lardingiz.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
O‘rni kelganda qayd etish joiz — bu yilgi mukofotlar orasida “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” va “O‘zbekiston xalq shoiri” kabilar ham yo‘q. Misol uchun, 2013—2015-yillarda ham xalq yozuvchilari-yu shoirlari chiqmagan. Faqat 2016-yili Erkin A’zam xalq yozuvchisi, Enaxon Siddiqova esa xalq shoiri sifatida mukofotlangan edi. Lekin bir yilda aqalli birorta xizmat ko‘rsatgan artistning chiqmasligi — so‘nggi yillarda qiyosi yo‘q holat.
Bu yil “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston xalq shoiri”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvonlari bilan hech kimning taqdirlanmagani bo‘yicha Prezident bitta farmon bilan oddiy javob bermoqda — munosiblar yo‘q. | 74 | 5,367 |
Madaniyat | “O‘zgarish uchun dushanbani kutish shart emas”. Aktrisa Nargiza Salmonova qizlarga “qumsoatga aylanish” yo‘lini o‘rgatdi | Aktrisa Nargiza Salmonova qizlarga “qumsoatga aylanish”, yigitlarga esa kirillcha “F” harfi ko‘rinishini olish yo‘llarini o‘rgatdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.
Aktrisa bu posti bilan jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishni tavsiya qilmoqchi bo‘lgan.
Sport bilan shug‘ullanishni misol tariqasida “kasallik”ka o‘xshatsak, natijaga erishganing sayin sportga bo‘lgan ishtiyoq oshib borib, kechagi ko‘rsatkichlar kamdek tuyulaveradi. Yana o‘z ustingizda ko‘proq ishlash shunchaki xohish emas, balki kuchli maqsadga aylanadi.
Haftada uch marta emas, to‘rt marta, bir oyda 16 marta mashg‘ulotlarga borib, shug‘ullanadigan bo‘lsak, bir yilda 192 marta mashg‘ulotlarga qatnagan bo‘lamiz. Qarabsizki, qizlar — “qumsoat”ning o‘zginasi, yigitlar esa bamisoli kirillcha “F” harfi!
Nargiza Salmonova, aktrisa
Aktrisa Instagram’dagi posti oxirida: “O‘zgarish uchun dushanbani kutish shart emas”, — deb qo‘shimcha ham qilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 120 | 1,117 |
Madaniyat | Amerikaliklarning deyarli yarmi Dueyn Jonson prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini xohlamoqda | Piplsay ijtimoiy so‘rovnomasiga ko‘ra, Amerika aholisining 46 foizi Gollivud aktyori va biznesmen Dueyn Jonson prezidentlik poygalarida ishtirok etishini xohlamoqda, deb yozadi “Film.ru”.
“Qoya”ni nomzodlar qatorida ko‘rishga 17 foiz respondent ovoz bergan bo‘lsa, 29 foizi Jonson va Mettyu MakKonaxi bir vaqtning o‘zida prezidentlikka nomzodini qo‘yishiga qarshilik bildirmagan. MakKonaxi avvalroq siyosatga kirmoqchi ekani va 2022-yili Texasdagi gubernatorlik saylovlarida qatnashish niyati borligini ma’lum qilgandi.
Ovoz berganlarning 21 foizi hech bir aktyorni siyosatda ko‘rishni istamasligini bildirgan va yana shuncha odam javob berishga qiynalgan.
So‘rovnomada ishtirok etgan mashhurlarning 45 foizi o‘zlari xohlagan ishni qilishga imkoni borligini ma’lum qilgan bo‘lsa, 19 foizi hozirda istalgan odam siyosatchi bo‘la olishini ta’kidlagan, 13 foizining esa aktyorlar kinoda ishlashni davom etishi kerak deb hisoblamoqda.
Amerikaliklar prezident sifatida ko‘rishni istayotgan boshqa yulduzlar orasida Tom Xenks (22 foiz), Uill Smit (21 foiz), Anjelina Joli (30 foiz) va Opra Uinfrini (27 foiz) ko‘rish mumkin.
Tramp 2024-yilda AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirdi | 99 | 1,199 |
Madaniyat | Dunyo tomoshabinlarini “ekranga mixlagan” — “Kalmar o‘yini” seriali aktyorlari haqida nimalarni bilamiz? (foto) | “Kalmar o‘yini” serialining aktyorlari bir kecha-kunduzda dunyoga mashhur bo‘ldi. Ular hali nufuzli kinofestivallarga taklif qilinmagan bo‘lsa-da, boshqa tomondan, ularning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni Gollivud standartlaridan oshib ketgan. E’tiboringizga mashhurlikka erishgan yulduzlarning hayoti haqida bir qancha ma’lumotlarni havola etamiz.
Li Chon Je
View this post on Instagram
Aktyor 1972-yil 15-dekabrda tug‘ilgan. U kinodagi karyerasini dastlab modellikdan boshlagan. Ilk debyuti “Dinozavr o‘qituvchi” dramasidagi asosiy roli bo‘ldi. 1994-yil “Tuyg‘ular” kartinasi aktyorga muvaffaqiyat keltirgan.
2006-yilgacha aktyor kino sohasida faol ishtirok etgan, so‘ngra 4 yil tanaffus qilgan. 2010-yilda “Xizmatkor” filmida o‘ynab, Yevropa jamoatchiligi orasida ham muvaffaqiyat qozondi.
Aktyorning shaxsiy hayoti sirlarga to‘la. Uning na rafiqasi, na farzandlari haqida ma’lumot bor. Samimiy Song Ki Xun haqiqiy hayotda ijtimoiy tarmoqlardan uzoqda edi. Faqatgina Instagram’da 2021-yil 2-oktabrda, serialning mashhurligi cho‘qqiga chiqqan paytda ro‘yxatdan o‘tdi va birdaniga 3 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega bo‘ldi. O‘z karyerasida yana bir bora muvaffaqiyatga erishgan Li Chon Ji dramaning sahna ortidagi eksklyuziv kadrlarini muntazam ravishda sahifasiga joylab, hamkasblariga yetib olishni xohlaydi.
Chon Xo Yen
View this post on Instagram
Hozirgi kunda Chon Xo Yen eng mashhur koreys aktrisalaridan biri. U 1994-yil 23-iyun kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida tug‘ilgan. Balandligi 177 santimetr, kino olamiga kirib kelmasidan avval modellik bilan shug‘ullangan. Aktrisaning Instagram’dagi sahifasini go‘zalligi va iste’dodini tinmay maqtaydigan 20 milliondan ortiq folloverlar kuzatadi. Qizig‘i shundaki, serial namoyish etilmasidan avval ularning soni 400 mingtani tashkil etgan. Aytgancha, aktrisa “Kalmar o‘yini” serialida Kan Se Bekning roli bilan mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, u moda olamida allaqachon muvaffaqiyat qozongan edi. Modellik faoliyatini 16 yoshdan boshlagan aktrisa “models.com” saytining 50 ta eng yaxshi modellar ro‘yxatidan joy olgan. Shuningdek, Korean Vogue jurnali muqovasi uchun suratga tushgan. Qolaversa, Chanel, Louis Vuitton, Prada va Dolce & Gabbana kabi brendlar ko‘rgazmalarida ishtirok etgan.
Kan Se Bek roli modelning debyutiga aylandi. U qahramonining xarakterini o‘rganish uchun Shimoliy Koreyaning qochqinlari bilan muloqotda bo‘ldi. Ular haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilib, jang san’atini o‘rgandi.
Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlar unchalik ham ko‘p emas. Uning 36 yashar koreyalik aktyor Li Don Xvi bilan munosabatlari jiddiy. Lekin aktrisa sevgilisi bilan tushgan suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmaydi.
Serial suratga olinmasdan avval aktrisaning soch turmagi qahramonga mos kelmagan, uning sochlari uzun va qizg‘ish rangda bo‘lgan. Shuning uchun model sochlarini kestirib, tabiiy rangiga qaytargan.
Pak Xe Su
View this post on Instagram
Pak Xe Su xuddi Li Chon Je singari faqat serialda eng ziddiyatli qahramonlardan birini ijro etadi. Shuning uchun u haqida ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar hanuzgacha davom etmoqda. Aktyor 1981-yil 21-noyabr kuni Janubiy Koreyada tug‘ilgan. Bo‘yi 181 santimetr. Pak Xe Su avval ham ko‘plab seriallarda rol ijro etgan, lekin unga ko‘pincha yordamchi rollar berilgan.
Koreyalik mashhur kishilar singari Pak ham shaxsiy hayotini sir saqlashni afzal ko‘radi. 2019-yil 14-yanvarda sevgilisi bilan turmush qurgan va ularning bir nafar o‘g‘il farzandi bor.
Aktyor “Kalmar o‘yini” serialida suratga tushgandan keyin Instagram’ga qiziqib qolgan. Ko‘rinib turibdiki, aktyor mashhurlikka endigina ko‘nikmoqda va sahifasini ma’nosiz postlar bilan to‘ldirib yubormaslikka harakat qilmoqda.
Vi Xa Jun
View this post on Instagram
Vi Xa Junning postlarini tomosha qilib turib, uni yaxshigina romantik deb atash mumkin. Aktyor 1991-yil 5-avgustda Janubiy Koreyaning Vando shahrida tug‘ilgan. U Sungul universitetining teatr va kino fakultetini tamomlagan. Vi Xa Jun aktyorlikdan tashqari modellik sohasida ham faoliyat yuritadi.
Aktyor muntazam ravishda Instagram’da 8,5 million kuzatuvchilari bilan o‘zining jilmaygan selfilarini baham ko‘radi. Ammo muxlislarni ko‘proq drama yulduzining o‘zi ham namoyish etishni yaxshi ko‘radigan mushaklari jalb qiladi.
Li Yu Mi
View this post on Instagram
Li Yu Mi 1994-yil 18-iyulda Janubiy Koreyaning Cholla-Pukto shahrida dunyoga kelgan. Drama ixlosmandlari uchun aktrisa begona emas. U o‘zining mashhurlik olib kelgan o‘nlab muvaffaqiyatli rollariga ega. Aktrisaning karyerasini hozirda 22 ta film tashkil qiladi.
Serial namoyishidan so‘ng aktrisaning Instagram sahifasifa kuzatuvchilar soni oshdi, folloverlarning soni 6,2 millionga yetdi.
Xo Son Te
View this post on Instagram
“Kalmar o‘yini” serialining aktyorlari har doim ham o‘z qahramonlariga o‘xshamaydi. Xo Son Te esa buning isboti. 101-raqamli tajovuzkor va hasadgo‘y o‘yinchi hayotda aslida mushuklarni yaxshi ko‘radigan xushmuomala va muloyim odam.
Aktyor 1977-yil 20-oktabrda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida tug‘ilgan. Xo Son Te kino olamiga yetuk yoshida kirib kelgan. U 2011-yil iste’dodlar shousida ishtirok etish uchun ariza yuborgan. 2012-yil “Maskarad” filmini ijro etgach, yiliga kamida ikkita filmda suratga tusha boshladi.
Shuningdek, aktyor rus tilini yaxshi biladi, chunki u Pusan milliy universitetining rus tili bo‘limini tamomlagan. Shundan so‘ng LG kompaniyasinig Rossiya vakolatxonasida ishlay boshlagan.
“Kalmar o‘yini”ning rus tomoshabinlari aktyorning rus tilida so‘zlasha olishini bilib, uning postlarini sharhlarga to‘ldirib yubordi. Aktyorning o‘zi bunday e’tibordan juda xursand bo‘ldi, hatto o‘z sahifasiga Vladimir Putin ishtirokidagi memlarni joyladi.
Xo Son Tening shaxsiy hayoti haqida hech narsa ma’lum emas. U sira ham oilasi va bolalari haqida gapirmagan.
Anupam Tripati
View this post on Instagram
Ali qahramonining muxlislari aktyorning juda ko‘p qirrali ijodkor bo‘lganidan hayratda qoldi. Anupam Tripati 1988-yil 2-noyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda u qo‘shiqchilik va aktyorlik mahoratidan dars olgan. 2010-yilda yaqin do‘stining maslahati bilan Koreya milliy san’at universitetiga o‘qishgan kirgan. Shundan so‘ng Janubiy Koreyada yashab qolgan.
Aktyor debyutini 2014-yilda “Otamga duo” filmida ijro etgan. O‘shandan buyon Anupam muntazam ravishda film va seriallarda rol ijro etadi, lekin hammasi ikkinchi darajali edi. Shuningdek, ko‘pincha hind millatiga mansub aktyorga odatda muhojir obrazi topshirildi.
Anupamning ham shaxsiy hayoti haqida hech narsa ma’lum emas, u na oila va na sevgilisi haqida so‘z yuritadi. Faqatgina o‘z kasbi haqida gapirishni afzal ko‘radi.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, dastlab madaniyat va tilga moslashish qiyin bo‘lgan. Lekin u hozirda koreys tilini mukammal biladi. Ma’lum bo‘lishicha, Anupam teatrda ishlaydi, gitara chaladi va yaxshi qo‘shiq kuyladi. Serial namoyishidan so‘ng Instagram’da uni 3,5 milliondan ortiq odam kuzatmoqda.
Kim Ju Ren
View this post on Instagram
Kim Ju Ren sahifasi eng ko‘p sahna orti aks etgan postlarga ega. Aktrisa, shuningdek, o‘z ishini muntazam ravishda baham ko‘rib, kuzatuvchilar bilan yaqin aloqada bo‘lishga harakat qiladi. | 111 | 7,315 |
Madaniyat | Ijtimoiy tarmoqlarda Alla Pugachyovaning vafot etganligi haqida xabar tarqaldi | Twitter ijtimoiy tarmog‘ida aprel oyida o‘zining 69 yoshini nishonlagan Alla Pugachyovaning vafot etganligi haqidagi xabar paydo bo‘ldi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Unda “4-may kuni Alla Pugachyova vafot etdi”, deb yozilgan. Xabarda mashhur xonandaning o‘limiga yurak arteriyasining trombozi, sal keyinroq esa giyohvand moddalarning ko‘p miqdorda qabul qilinishi sabab bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan. Go‘yoki ayni paytda Alla Pugachyovaning jasadi Moskva o‘likxonalaridan birida saqlanayotgan emish.
Mazkur xabar Alla Pugachyovaning muxlislarini dahshatga soldi. Biroq bu ma’lumotlar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Chunki Alla Pugachyova bu xabardan keyin o‘zining Instagram sahifasiga o‘g‘li Garrining videosini joylashtirib, sog‘-salomat ekanligini isbotladi. | 78 | 756 |
Madaniyat | “Tanka” filmining rejissori Toreniyaz Qalimbetov vafot etdi | “Tanka” badiiy filmining rejissori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Toreniyaz Qalimbetov vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino“ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qalimbetov Toreniyaz Оumabayevich, 1954-yil 19-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida, ishchi oilasida tug‘ilgan, 1976-yili Toshkent madaniyat institutini rejissorlik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.
T.Qalimbetov “Qozoqfilm”da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasida, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasida va “Qoraqalpoqkino” agentligida rejissorlik va turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
T.Qalimbetov rejissor sifatida 30 ga yaqin badiiy va hujjatli filmlar yaratgan va turli kinofestivallarda munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Rejissorning eng mashhur filmlari qatorida 2002-yilda suratga olgan, “Tanka” badiiy filmini olish mumkin. | 59 | 845 |
Madaniyat | O‘n yil avval “Qayt” deb kuylagan Shahzoda va reper Shohruh birgalikda “Ket” nomli yangi qo‘shiq tayyorlamoqda | Xonanda Shahzoda 2015-yilda duetlar yaratish borasida peshqadamlikni qo‘ldan boy bermadi, deb xabar bermoqda “7x7” gazetasi.
Xabar berishlaricha, 2015-yil yakunida Shahzoda reper Shohruh bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Qayd etish joiz, ikki xonanda duet bo‘lib, 10 yil avval “Qayt” nomli qo‘shiq kuylagan edi.
“Yangi — ‘Ket’ deb nomlangan tarona yaqin kunlarda tinglovchilar hukmiga havola etiladi”, — deyiladi gazeta xabarida. | 110 | 429 |
Madaniyat | Maryam Tillayeva Maykl Jeksonning farzandlari bilan bir maktabda o‘qigani, Entoni Hopkins bilan filmda suratga tushgani va Shveysariyadagi maktabda kamsitilgani haqida (video) | Instabloger Maryam Tillayeva rossiyalik teleboshlovchi Lyaysan Utyashevaga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i, Rossiyaning mashhur blogerlaridan biri Amiran Sardarov bilan munosabatlari, AQSHda Maykl Jeksonning farzandlari bilan bir maktabda o‘qigani, maktab yillari, ota-onasining Amiran Sardarov bilan nikohiga munosabati, Gollivud yulduzi Entoni Hopkins bilan bir filmda rol o‘ynagani haqida gapirdi.
Amiran Sardarov bilan munosabatlari va ikkinchi imkoniyatni berishi haqida
“Bu inson biz u haqda gapirishimiz uchun arzimaydi. Bu mavzuga nuqta qo‘ydim. Boshqa gapirishni istamayman. Esimdan chiqarib, yo‘limda davom etmoqchiman. Bu munosabatlar men uchun katta tajriba bo‘ldi. Rafiqa bo‘lish nimaligini, o‘zingni hurmat qilish qanaqa bo‘lishini o‘rgandim”, — deydi instabloger.
Ota-onasining Amiran Sardarov bilan nikohiga munosabati
“Amiran bilan AQSHdagi bazmda tanishganman. Ota-onam boshida bizning munosabatlarimizga qarshi bo‘lgan. Lekin men ularni eshitishni xohlamaganman. Keyin agar shu yo‘lni to‘g‘ri deb bilsang, mayli qaror qabul qil, deyishgan. Sen istaganingdek bo‘lsin, lekin qayerdadir bizning yordamimiz kerak bo‘lsa, biz yoningdamiz, deyishgan”, — deydi Maryam Tillayeva.
Maryam Tillayeva Toshkentdan Shveysariyaga ko‘chib o‘tgani haqida
“Juda ham qiyin kechgan, chunki barcha bolalar fransuz bo‘lgan. Men esa gapirmasdan yurganman, moslashishim biroz qiyin bo‘lgan. Ammo ma’lum vaqt o‘tgach ular bilan muloqotga kirishishim uchun bu tillarni o‘rganishimga to‘g‘ri kelgan”, — deydi Maryam Tillayeva.
Tug‘ilgan kunida onasi tort pishirib bergani, biroq uni hech kim yemagani haqida
“Tug‘ilgan kunim edi, onam shokoladli tort tayyorlab bergan. Men sinfga kirib sinfdoshlarimga tortni ko‘rsatmoqchi bo‘lganimda, sinfimdagi qizlar hech kim uning tortini yemasin deb aytgan. O‘tirib tortni o‘zim yeganman” , — deydi instabloger.
AQSHda Maykl Jeksonning farzandlari bilan bir maktabda o‘qigani
“AQSHdagi maktabda o‘qiganimda, o‘shanda 14 yoshda, o‘tish davrida edim. Menga u yer yoqqan. Do‘stlarim o‘qiydigan maktabga bordim. Umuman olganda, boshqa-boshqa dunyoqarashlar, bolalar, men madaniyatning ko‘p qismini shu yerdan o‘rgandim. Men o‘qigan maktabda juda ko‘p mashhurlarning farzandlari o‘qir edi, masalan Maykl Jeksonning farzandlari va yana boshqalar. Ota-onam meni mashhurlarning uyiga tashlab ketgan va shu orqali ular bilan yaqindan tanishishni istagan. Ukam aktrisa Helli Berrining qizi bilan do‘st bo‘lgan”, — deydi instabloger.
Gollivud yulduzi Entoni Hopkins bilan bir fimda rol ijro etgani
“Entoni Hopkins bilan bir filmda rol ijro etganman. Atigi bir daqiqalik epizod bo‘lgan. Mening bir do‘stim bor, rejissor, ismi Mateo. U menga o‘zimni aktrisalikda sinab ko‘rishim haqida gapirgan”, — deydi instabloger. | 175 | 2,749 |
Madaniyat | Alisher Uzoqov bugungi kinoning darajasi va onasini Dubayga olib ketolmagani sababi haqida yig‘lab gapirdi (video) | Aktyor, rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Intervyu Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida Alisher Uzoqov “bugungi kundagi kino, teatr va san’atning darajasini qanday bilsa bo‘ladi?” mazmunidagi savolga quyidagicha javob berdi.
Alisher Uzoqov: Hozirgi kunda o‘zbek san’atida yoshi ulug‘ san’atkorlardan kimlarni bilasiz?
Feruz Muhammad: To‘ti Yusupova, Rixsixon Ibragimova, Yodgor Sa’diyev, Erkin Komilov, Xayrulla Sa’diyev, Saida Rametova va boshqalar.
Alisher Uzoqov: Ulardan bir avlod avvalgi ijodkorlardan kimlarni bilasiz?
Feruz Muhammad: Nabi Rahimov, G‘ani A’zamov, Shukur Burhonov, Zaynab Sadriyeva, Hojiakbar Nurmatov…
Ko‘p ular. Darajasiga yetib kelamiz, qarang. Oxirgi ta’kidlab o‘tgan san’atkorlarimiz, aktyor-aktrisalarimiz hozirgi sanab o‘tgan aktyor-aktrisalarimiz yoshida qanday rollarni ijro qilishgan? G‘ani A’zamovda qanday rollar bor edi: ‘Oltin devor’, ‘Temir xotin’, ‘Suyunchi’dagi obrazlar; Zaynab Sadriyeva ‘Kelinlar qo‘zg‘aloni’, Shukur Burhonovlar sahnada, teatr, kinolarda qanday rollar ijro etishgan?
Hozirgi sanatkorlardachi? Yodgor Sa’diyev, To‘ti Yusupova, Erkin Komilovlarga qanday rollar berishmoqda?!. Darajani shundan bilsa bo‘ladi. Ancha achinarli holat. Men ustozlarimni juda yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman. Lekin ular avvalgi ustozlari ijro etgan rollar darajasidagi rollarni ijro etishyaptimi? ‘Oltin devor’ni aytamizmi, ‘Kelinlar qo‘zg‘aloni’ni aytamizmi, o‘sha davrdagi san’at darg‘alari va ular ijro etgan rollar, ular ulug‘, keksa yoshida shunday rollarni ijro etishgan!
Biz o‘sha asarlarni tomosha qilib, shulardan tarbiya olib, katta bo‘ldik.
Bular hozir qanday rolni ijro etishadi? O‘zbekistondagi san’atning darajasini shundan bilsak bo‘ladi. Qanchaligini emas, yo‘qligini. Qo‘rqmay ayta olaman: Yo‘q bizda san’at, darajasi nol. Lekin joyi kelganda ustozlarimizni ko‘klarga olib chiqib qo‘yamiz. Yodgor Sa’diyev deymiz, Erkin Komilov deymiz, To‘ti Yusupova deymiz, boshqa san’atkorlarni ham, hamma hurmat qiladi, hamma yaxshi ko‘radi. Lekin ular aktyor, ular ijodkor, nega ular shuncha yildan beri rol ijro etishmadi?
Tarixda qoladigan rol qani ularda? Qani? Qayerga qarayapmiz? Ular nimalar bilan band? Nimaga biz bulardan foydalanmayapmiz? Mukambar Rahimova, eski dublyajchilardan qolgan bitta-yu bitta, yagona ijodkor. Nega foydalanmaymiz ? Eski dublyaj maktabidan bitta shu kishi qolgan. Afzal Rafiqov borlar, lekin ular Mukambar opadan keyin chiqqanlar. Mukambar opa To‘lqin Tojiyev, Obid Yunusov, Hamza Umarov, Hojiakbar Nurmatov, hammasini ko‘rgan odam. Eski maktabni bitta-yu bitta biladigan odam shu, nimaga biz ulardan foydalanmaymiz?
Men-ku 37 yoshman. Bo‘lib qolar, menga nasib qilib qolar, hozir o‘ynamayotgan bo‘lsam ham keyinroq nasib qilar.
Lekin kattalarimiz, buyuklarimiz nima bilan band hozir? Ular qani? Qayerda ko‘ryapmiz ularni? Zaynab Sadriyevani ‘Kelinlar qo‘zg‘aloni’da ko‘rarmidik? ‘Suyunchi’da ko‘rarmidik? G‘ani A’zamovni ‘Oltin devor’da ko‘rarmidik? Obid Yunusovni ‘Parvona’da ko‘rarmidik? Rimma opalarni ko‘rarmidik? Ko‘rardik-ku! Ular 20 yoshdayam o‘ynagan, 30 da ham, 40 da ham, 50 da ham, 60 da ham, 70 da ham, 80 da ham rol o‘ynagan-ku. Kerak bo‘lsa, 90 yoshida ham Zikr Muhammadjonov rol ijro etgan. Rahmatli Po‘lat Saidqosimov ham ijro etgan.
O‘zbekistondagi san’atning darajasini mana shu yerdan bilsa bo‘ladi.
Men achinaman, ular buyuk odamlar. Bizdagi buyuk ijodkorlar hech narsa qilmayaptimi, demak, bizlarga yo‘l bo‘lsin!
Men 3—4 yil kinoga tushmadim, sog‘indim. Men rol o‘ynashni qanchalik sog‘inganimni bilasizmi, bilasizmi shuni? Ularni tasavvur qiling endi?
Mening onam 30 yildan ziyod ijod qilib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini oldilar, onajonimni shu yerga olib kelaman desam, sog‘inganlarda, menga qaysidir kanaldagi bir ko‘rsatuvni olib borishim kerak deyaptilar. Tushunyapsizmi?
Nimaga shuncha yil ijod qilgan odam qanaqadir ko‘rsatuv olib borishi kerak?
Yodgor aka Milliy teatrda direktor bo‘ldilar, Fathulla akadan keyin, lekin ular direktor emaslar-da, ustoz xafa bo‘lmang. Umrlari uzoq bo‘lsin. Tarixda qoladigan, butun jamiyat uchun naf bo‘ladigan rol qilib berishsin, ilohim.
Agar biz ulardan nimadir olib qololmasak, keyingi avlod nol, o‘lik avlod bo‘ladi. Ta’lim nol. Kamida 50—60 yilga o‘ladi. Kunimiz mayda elementar narsalarga qolib ketadi. Natijada, birinchidan, ma’naviyat, ikkinchidan milliyligimiz, o‘zimizning shoh asarlarimiz, shoh spektakllarimiz bo‘lmaydi. Hech narsamiz bo‘lmaydi. Keyin turk serialini dublyaj qilishga majbur bo‘lamiz. Majbur bo‘lamiz, bolalarimizga Turkiya madaniyatini o‘rgatishga, Amerika madaniyatini o‘rgatishga majbur bo‘lamiz. Bizda faqat cheklash bor. Mumkin emas ekan. Xo‘p, nima mumkin? Nega o‘sha mumkin bo‘lgan narsalarni qilmaymiz? Biz nimani taklif beramiz? Bizda nima bor?
‘Ayamga yuring, Dubayga aylanib kelasiz’, desam, ishlarini yaxshi ko‘radilar-da, ‘Yo‘q bolam, men shartnoma qilib qo‘ydim bir yillik, haftada bitta-ikkita ko‘rsatuv qilishimiz kerak’, deydilar. Bu aslida fojia!
Bu insonlar san’atning fidoyilari, ular haqiqiylari, asllari ular. Ularning oldiga ‘Shaytanat’dek, ‘Oltin devor’, ‘Kelinlar qo‘zg‘aloni’dek asar olib borsangiz, ular gonorar so‘rashmaydi. Men shunga javob beraman.
Bu gaplarni baribir kimdir gapirishi kerak. Shu savolingizga javob, san’atning darajasini mana shulardan bilsa bo‘ladi.
Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor, prodyuser
Ma’lumot uchun, Alisher Uzoqov “Janob hech kim”, “Uylanish”, “Tundan tonggacha”, “So‘nggi lahza”, “Islomxo‘ja”, “Elparvar”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan.
“Muzlagan”, “Kuzda gullagan daraxt”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq” kabi filmlarga rejissorlik qilgan. Alisher Uzoqov hozirgi kunda Dubay shahrida Smart bolla deb nomlangan xalqaro IT-kompaniyada faoliyat yuritmoqda. | 114 | 5,878 |
Madaniyat | «DEBYuT» kinofestivali g`oliblari taqdirlandi | Bugun "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" doirasida bo`lib o`tgan yosh kinoijodkorlar uchun tashkil etilgan «Debyut» qisqa metrajli filmlar festivali g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Marosimni «O`zbekkino» Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ochib berdi. Shundan so`ng, sahnaga Yoshlar ishlari agentligi direktor o`rinbosari Dilnoza Kattaxonova taklif qilinib, yosh kinoijodkorlarni bugungi kun bilan tabrikladi va ularning kelajakdagi ishlarida omad tiladi. Bildirilgan yaxshi tilaklardan keyin sahnada «Durdona» raqs ansamblining chiqishlari namoyish etildi. So`ngra «Debyut» qisqa metrajli filmlar festivalini taqdirlash marosimiga start berilib, "Eng yaxshi film", "Eng yaxshi rejissyor", "Eng yaxshi operator", "Eng yaxshi rassom", "Eng yaxshi ssenariy" nominasiyalari bo`yicha g`oliblarni e`lon qilish boshlandi.
Festivalning "Eng yaxshi ssenariy muallifi" nominasiyasiga «Ro`mol» qisqa metrajli filmining ssenariy muallifi Abbos Xurramov loyiq ko`rildi. Mukofotni O`zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universtiteti rektori Sherzodxon Qudratxo`ja topshirdi.
"Eng yaxshi rassom" nominasiya bo`yicha "Ertaga bahor" filmi uchun Muhiddin Kenjaev va Muhammad Tangmatov, "Eng yaxshi operator" nominasiyasi uchun «Bahs» filmi operatori Abdulaziz Asatullaevlar taqdirlandi.
"Eng yaxshi rejissyor" nominasiya bo`yicha esa «Ro`mol» filmi rejissyori Hasan Alijonov mukofotlandi.
«Debyut» filmlar festivalining mutloq g`olibi, "Eng yaxshi qisqa metrajli film" nominasiya bo`yicha yosh rejissyor Roman Grublyakning "Kichkina katta odam" filmi g`olib deb topildi. Film rejissyoriga mukofotni «O`zbekkino» MA Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov topshirdi.
Kino haftalikning beshinchi kuni ham oxirlab, "Debyut" qisqa metrajli filmlar festivalining bu yilgi g`oliblari munosib taqdirlandi.
Eslatib o`tamiz, ertaga haftalikning so`nggi kuni O`zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor va pedagog Shuhrat Abbosovning 90 yillik yubileyiga bag`ishlangan xotira kechasi bo`lib o`tadi. | 45 | 2,092 |
Madaniyat | «O`zbekkino» va «Mir» teleradiokompaniyasi «Hamkorlik bo`yicha navbatchi» hujjatli filmini suratga oldi | «O`zbekkino» va «Mir» teleradiokompaniyasi «Hamkorlik bo`yicha navbatchi» («Dejurny po Sotrudnichestvu») hujjatli filmini suratga oldi. Bu haqda MA Axborot xizmati ma`lum qildi.
Bugun videokonferensaloqa formatida muhim siyosiy tadbir – MDH davlatlari hukumat rahbarlarining kengashi bo`lib o`tadi. Ma`lumki, joriy yilda O`zbekiston MDHga raislik qilmoqda. Ushbu tadbir uchun maxsus ravishda Rossiyaning uch telekanali «Mir», «Mir 24» va «Mir premium» «Hamkorlik bo`yicha navbatchi» hujjatli filmini namoyish etadi.
26 daqiqalik filmda O`zbekiston va MDH davlatlarining nafaqat 2020 yildagi, balki mamlakatimizning Hamdo`stlik davlatlari bilan uzoq yillik munosabatlari davomidagi hamkorligi haqida hikoya qilinadi.
Filmni yaratish jarayoni haqida ssenariy muallifi va rejissyor Irina Kuzminskaya shunday deydi:
«Oramizdagi masofa 3 ming kilometr, lekin biz buni uddaladik. Film ustida sirtdan ishlash – men uchun birinchi tajriba. Ammo masofadan ishlash sharoitlarida ham, fikrimcha, juda munosib material tayyorlay oldik. O`zbekiston Respublikasi 2020 yilda MDHga raislik qilayotgani «Hamkorlik bo`yicha navbatchi» filmini suratga olish uchun bosh sabab bo`ldi. Ko`plab dastlabki ishlar amalga oshirildi, film g`oyasi o`ylandi, suratga olish jarayonlari rejalari tuzildi, prodyuserlar bilan ularning sanalari kelishildi.
Aprel boshida «Mir» davlatlararo teleradiokompaniyasi suratga olish guruhi O`zbekistonga uchib borishi, «O`zbekkino»dagi hamkasblari bilan suratga olish ishlariga kirishishlari kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi bizning rejalarimizni yo`qqa chiqardi, chegaralar yopildi, Hamdo`stlik davlatlarida karantin joriy etildi. Lekin, shunga qaramay, «O`zbekkino» va «Mir» teleradiokompaniyasi hamkorlikdagi loyihadan voz kechmadilar. Suratga olish jarayonlarining asosiy yuki «O`zbekkino» zimmasiga tushdi, tashkillashtirish va muvofiqlashtirish jarayonlari bilan ham Moskvadan, ham Toshkentdan bir vaqtda shug`ullandilar.
Biz zamonaviy O`zbekistonni, uning jadal sur`atlar bilan rivojlanishi, o`z ishiga fidokor insonlari, o`ziga xos madaniyati, betakror tabiatini qiziqarli va keng ko`lamda namoyish etishni istagandik. Afsuski, barcha o`ylaganlarimiz ham amalga oshmadi... Aniq bilamanki, fan va tibbiyot COVIDni engadi, chegaralar ochiladi va biz albatta birgalikda ishlay olamiz. Va baxt haqida katta hujjatli film suratga olamiz... Nima uchun baxt haqida deysizmi? Hozircha bu haqda gapirmay qo`ya qolay, biroq «Hamkorlik bo`yicha navbatchi» filmida bu mavzuga ozgina ishora qilib ketamiz».
Kuzminskaya chin dildan ushbu loyihani amalga oshirishga aloqador bo`lgan insonlarga o`z minnatdorligini bildirdi.
«Mazkur filmni tayyorlash borasida «O`zbekkino» bosh direktor Firdavs Abduxoliqov va MDH Ijroiy qo`mitasi Raisi Sergey Lebedev o`rtasida 2019 yilning dekabrida kelishuvga erishilgan edi. Biz «Mir» telekompaniyasiga ushbu loyihani amalga oshirishda baholi qudrat yordam ko`rsatgani uchun katta minnatdorlik bildiramiz.
Film koronavirus pandemiyasi tufayli yangi formatlar va yondashuvlarga tayangan holda, noodatiy ish tartibi va sharoitlarida yaratildi. Rossiyalik ijodkorlar, mamlakatdan chiqmagan holda, «O`zbekkino» operatorlari, rejissyorlari va hujjatli film mutaxassislari yordamida film ustida ishladilar», – deya qayd etib o`tdi hujjatli filmlar DUK direktori Bahodir Odilov.
Ayni vaqtda filmni o`zbek tiliga dublyaj qilish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayon yakuniga etgach, film barcha milliy telekanallarda namoyish etiladi. | 103 | 3,483 |
Madaniyat | Joriy yilda Twitter’da mashhur bo‘lgan kino va seriallar ro‘yxati tuzildi: “Mo‘jizakor ayol” va “Taxtlar o‘yini” birinchi o‘rinlarda | Twitter’ning AQSh segmentida eng katta shuhratga erishgan va ko‘p tilga olingan film hamda seriallar reytingi tuzildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, amerikalik mikroblogerlar asosan “Mo‘jizakor ayol” filmi va “Taxtlar o‘yini” serialini tilga olgan.
Filmlar top-10 ligiga, shuningdek, “La-La Lend”, “Dyunkerk”, “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish”, “Adolat ligasi”, “U”, “Sohibjamol va mahluq”, “Tor: Ragnaryok”, “Qora pantera” kabilar kirdi.
Seriallar o‘ntaligidan “O‘ta g‘alati ishlar”, “Katta aka”, “Negaligiga 13 sabab”, Saturday Night Live, “Yuruvchi o‘liklar”, “Ehtiros anatomiyasi”, “Ovoz”, “G‘ayritabiiy”, “Go‘zal aldoqchilar” o‘rin oldi. | 132 | 664 |
Madaniyat | Ota-onasi mashhur bo‘lishiga qaramay, hamma narsaga o‘z kuchi bilan erishgan Gollivud yulduzlarining farzandlari (foto) | AdMe nashri ota-onasi izidan borishga qaror qilgan va nihoyat orzusiga erishish uchun yeng shimarib mehnat qilgan yulduzlarning farzandlari haqida ma’lumot beradi.
Ben Stiller
Mashhur aktyor, rejissor va prodyuser komik aktyorlar — Jerri Stiller va Enn Miraning o‘g‘lidir. Benda kinoga bo‘lgan qiziqish singlisi va do‘stlari bilan birga 8 mmlik plyonkada filmlar suratga olishni boshlaganida uyg‘ongan. Uning otasi “Seynfeld” (u erda u bosh qahramonning otasini o‘ynagan) va “Kvins qiroli” seriallarida ishlagan. Shuningdek, Jerri Stiller “Model erkak” komediyasida o‘g‘li bilan suratga tushish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan.
Simona Jonson
Simona 2001-yil 17-avgustda taniqli aktyor va restler Dueyn Jonson oilasida tug‘ilgan. Avvaliga u otasining izidan borib, jang san’atiga qiziqa boshlagan. Hozirda Simona dunyodagi yetakchi modellik agentligi IMG bilan hamkorlik qiladi.
Simona World Wrestling Entertainment bilan shartnoma imzolagan tarixdagi eng yosh odamga aylandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, juda qattiq ishlasa-da, o‘zini otasi bilan solishtirishni istamaydi.
Jessika Kepshou
Jessika aktrisa va prodyuser Keyt Kepshouning qizi. Uning onasi ajrashgandan so‘ng Stiven Spilbergga turmushga chiqqan. Jessika ko‘plab filmlarda suratga tushgan, ammo uning eng esda qolarli roli “Sevgi anatomiyasi” filmidagi Arizona Robbinsdir.
Sozi Beykon
Aktyorlar Kevin Beykon va Kayra Sejvikning qizi 12 yoshidayoq otasining “Erkatoy” filmida debyut qilgan. U, shuningdek, “Neganing 13 sababi” loyihasida ishtirok etadi va Keyt Uinslet bilan birga “Isttaunlik Meyr” mini-serialida rol o‘ynagan.
Matilda Ramzi
Bu qiz oshpaz Gordon Ramzining qizi, u otasining ishini davom ettirishga qaror qilgan. Bolaligidanoq u “Matilda va boshqa Ramzilar” teleko‘rsatuvida qatnashib, o‘zining oshpazlik iste’dodini to‘liq namoyon etgan. Matildaning retseptlar kitobi nashr chiqqan, u shuningdek, “Yulduzlar bilan raqs” shousida ishtirok etgan. Uning TikTok’da 10 milliondan ortiq obunachisi bor.
Memi Gammer
Memi Gammer aktrisa Meril Strip va haykaltarosh Don Gammerning qizi. Bir yarim yoshida onasi bilan birga “Rashk” filmida suratga tushgan. Hozirda Memi mashhur aktrisa. Uning filmografiyasida 40 dan ortiq film va teleseriallar bor. Ular orasida “Yaxshi rafiqa” va “Haqiqiy detektiv” loyihalari mashhur. 2015-yilda suratga olingan “Riki va Flesh” filmida Meril Strip va Memi Gammer ona va qiz rolini o‘ynagan.
Billi Lurd
Billi “Yulduzlar jangi” epopeyasida malika Leya rolini o‘ynagan Kerri Fisherning qizi va “Yomg‘ir ostida” filmi yulduzi Debbi Reynoldsning nabirasi. Billi 2015-yilda “Yulduzlar jangi: Qudrat uyg‘onishi” filmida debyut qilgan. Bundan tashqari, u “Qichqiriqlar malikasi” va “Amerikancha dahshatlar tarixi” kabi mashhur teleseriallarda rol o‘ynagan. | 119 | 2,757 |
Madaniyat | Foto: Bir xil ko‘rinishdagi libosga turli miqdorda pul sarflagan yulduzlar | Lyuks brendlari tomonidan taqdim qilingan liboslarning cho‘ntakbop narxdagilari ham ishlab chiqarilishi mumkin. Quyidagi yulduzlarning narxi turli ammo ko‘rinishi bir xil tanlovi esa buning isboti.
Celine (3063 dollar) va Asos (53 dollar)
2019-yilda Selena Gomes Celine brendidan 3063 dollarlik libosda ko‘rinish bergan. Bundan bir necha yil avval Keyt Middlton ham shunday obraz tanlagan, ammo u Asos’dan tanlagan libos unga atigi 53 dollarga tushgan.
Brandon Maxwell (1495 dollar) va Zara (50 dollar)
Bir xil ko‘rinishdagi libosning narxi singari odamga yarashishi ham turli bo‘lishi mumkin. Meganning dizayner Brendon Maksvell va Yeva Longoriyaning Zara’dan qilgan tanlovi buning yaqqol isboti.
Dolce & Gabbana (2234 dollar) va Zara (28 dollar)
Kembrij gersoginyasi 2020-yilning boshida narxi 2234 dollarni tashkil qiladigan Dolce&Gabbana brendidan libos kiygan.
Bundan avvalroq Ispaniya qirolichasi ham shunday obrazda ko‘rinish bergan, ammo u Keytdan farqli o‘laroq kam mablag‘ sarflagan.
Gucci (13000 dollar) va Wasteland (26 dollar)
Dakota Jonson 2018-yildagi “Oltin globus” mukofotining taqdirlash marosimiga Gucci brendidan 13 ming dollarlik baxmal libos tanlagan. 2007-yilda Anjelina Joli ham shunga o‘xshash ko‘ylak kiygan. Wasteland brendi tomonidan taqdim qilingan libos bilan obrazni yakunlash uchun Christian Louboutin’ning tuflisini tanlagan.
Mulberry (645 dollar) va Asos (67 dollar)
2016-yilda Keyt Middlton Mulberry brendi tomonidan taqdim qilingan paltoda ommaga ko‘rinish bergan.
Undan ikki yil avval Teylor Svift mazkur paltoning arzon variantini tanlagan.
Celine (5790 dollar) va Mango (229 dollar)
2019-yilda Emiliya Klark va Irina Sheyk ikki xil brenddan bir ko‘rinishdagi palto tanlagan.
Calvin Klein (2000 dollar) va Meshki (76 dollar)
Shakli qalamni esga soladigan yubka komplektni turli brendlar kolleksiyasida uchratish mumkin.
Alessandra Ambrosio va model Eshli Grem ham bir-biridan bexabar bir modeldagi libosni tanlagan. Farq faqatgina libosning narxida bo‘lgan.
Aritzia (228 dollar) va H&M (60 dollar)
Har bir moda ixlosmandining garderobida uchratish mumkin bo‘lgan oversize bichimli kurtkani turli narxda xarid qilish mumkin. Masalan, Kendall Jenner 228 dollarga sotib olgan kurtkani uning hamkasbi Jiji Hadid H&M’dan 60 dollarga olgan.
Victoria Beckham (777 dollar) va Topshop (59 dollar)
Juliya Roberts film premyerasiga Victoria Beckham’dan qora libosda tashrif buyurgan.
Keyt Middlton esa xuddi shu ko‘ylakni arzonroq variantini Topshop’dan xarid qilgan.
Ellery Conrad (1228 dollar) va Aritzia Babaton (138 dollar)
Iordaniya qirolichasi Ellery Conrad’dan o‘zgacha bichimli libosda bir emas, naqd ikki marta ko‘rinish bergan, uni 1228 dollarga sotib olgan. Megan Markl esa 2019-yilda undan farqli o‘laroq shunga o‘xshash libos uchun atigi 138 dollar sarflagan.
Hugo Boss (980 dollar) va Marks&Spencer (220 dollar)
Hugo Boss brendi taqdim qilgan kostyum-shimni yoqtirib qilgan qirolicha Letitsiya uni bir emas, ikki marta kiygan.
Keyt Middlton ham klassik uslubga befarq emasligiga qaramay, bunday model uchun ancha kam pul sarflagan. | 74 | 3,087 |
Madaniyat | 2017-yilning eng yomon filmi ma’lum bo‘ldi | AQShning Rolling Stone jurnali 2017-yilning eng yomon filmlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Transformerlar: So‘nggi ritsar” filmidan kadr
Reytingda birinchi o‘rinni Maykl Beyning “Transformerlar: So‘nggi ritsar” filmi egalladi.
Ikkinchi o‘ringa “Qorong‘u minora”, uchinchi o‘ringa “Ellik tusga qorong‘uroq” filmlari “munosib” ko‘rildi.
O‘nlikka, shuningdek, “Qo‘shiq ketidan qo‘shiq”, “Mumiya”, “Oramizda tog‘lar bor”, “Valerian va ming sayyora shahri”, “Salom ota, Yangi Yil!” va “Suburbikon” filmlari kirdi. | 42 | 552 |
Madaniyat | “Darakchi” gazetasi asoschisi Firdavs Abduxoliqov “O‘zbekkino”ga direktor bo‘ldi | Furqat Zokirov “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. “Daryo”ning agentlikdagi ishonchli manbalari bergan axborotga ko‘ra, uning o‘rniga Firdavs Abduxoliqov agentlikning yangi rahbari etib tayinlangan.
Firdavs Abduxoliqov.
56 yoshli Firdavs Abduxoliqov 1992—1995-yillarda O‘zbekistondagi dastlabki xususiy telekanallardan biri — “STV” va ilk nodavlat gazetalardan biri — “Darakchi”ga asos solgan. 2003-yildan O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib keladi.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining raisi hisoblanadi. Uning prodyuserligida ko‘plab hujjatli filmlar suratga olingan, u BBC, Euronews, CNBC va boshqa qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Furqat Zokirov 2017-yil avgustida “O‘zbekkino” milliy agentligi direktori etib tayinlangan edi. Zokirov ushbu lavozimda Otabek Musayevning o‘rnini egallagan edi.
Firdavs Abduxoliqov: Gulnoraning tosh-tarozisi | 80 | 1,051 |
Madaniyat | Kolumbiyani diplomsiz tark etgan shoira. Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Luiza Glyuk haqida | Bu yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti “o‘zining qat’iy jozibasi bilan individual mavjudlikni umumbashariy qila olgan mukammal she’riy ovozi uchun” amerikalik shoira va essenavis Luiza Glyukka nasib qildi. Ijodiy faoliyatidan kelib chiqqan holda Glyuk ko‘pincha avtobiografik shoira sifatida tavsiflanadi. Uning yozganlari hissiy intensivligi va shaxsiy tajribalar hamda zamonaviy hayot haqida mulohaza yuritish uchun afsonalar, tarix yoki tabiatga tez-tez murojaat qilish bilan mashhurdir.
Hozirda Glyuk Yel universitetida yordamchi professor bo‘lib faoliyat yuritadi va Kembrijda yashaydi. “Daryo” yuksak mukofotga munosib ko‘rilgan ijodkorning hayoti va ijodi to‘g‘risida hikoya qiladi.
Luiza Glyuk 1943-yil 22-aprelda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Kelib chiqishi venger yahudiylariga borib taqaladigan Glyukning ota-bobosi Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib keldi va Nyu-Yorkda oziq-ovqat do‘konini yurita boshladi. Glyukning otasi oilaning AQShda tug‘ilgan ilk a’zosi edi. Ijodkorlik Glyukning oilasi uchun yot emas edi, uning otasi yoshligidan yozuvchi bo‘lishni orzu qilgan edi. Glyuk bolaligidanoq ota-onasidan qadimgi yunon miflari va Janna d’Ark voqealari kabi klassik hikoyalarni eshitib ulg‘aydi. U yoshligidan she’rlar yoza boshladi.
O‘smirlik davrida Glyuk anoreksiya nevroziga yo‘liqdi. Bu shoiraning eng jo‘shqin yoshlik davrining asosiy muammosiga aylandi. U o‘zi yozgan insholardan birida kasal davrida onasining ko‘magisiz mustaqil harakat qilishi uchun chekkan mashaqqatlarini tasvirlab berdi. Sog‘lig‘i Glyukning kollejga kunduzgi talaba sifatida qabul qilinishiga to‘sqinlik qildi. Buning natijasida u Sara Lourens kollejida she’riyat bo‘yicha tahsil ola boshlaydi. Shoira o‘zining ijodkor bo‘lib yetishishida ushbu ta’lim muassasasining alohida o‘rin tutishini ta’kidlaydi.
Kolumbiyani diplomsiz tark etgan Glyuk o‘zini kotibalik faoliyatida sinab ko‘rdi. 1967-yilda shoira Charlz Xertzga turmushga chiqdi, biroq bu nikoh ajralish bilan yakunlandi. 1968-yilda Glyuk o‘zining ilk she’riy to‘plamini nashr ettirdi. Uzoq davom etgan davolanish jarayonlaridan so‘ng shoira 1971-yildan Vermontdagi Goddard kollejida she’riyatdan dars berishni boshladi. 1975-yilda uning ikkinchi she’riy kitobi – “Marshlanddagi uy” nashrdan chiqdi. Ko‘plab tanqidchilar bu kitobni shoiraning “o‘zgacha ovozini kashf etgan” muhim qadam deya baholaydi.
1980-yilda Glyukning Descending Figure nomli uchinchi to‘plami nashr etildi va u keng jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olindi. Xuddi shu yili yong‘in natijasida shoiraning Vermontdagi uyi xarobaga aylandi, natijada u o‘zining barcha mol-mulklaridan ayrildi. Ushbu fojiadan so‘ng Glyuk keyinchalik unga mukofot olib kelgan “Axilles zafari” (1985) asarida to‘planadigan she’rlarni yoza boshladi.
Tanqidchi Liz Rozenberg o‘zining The New York Times’ga yozgan maqolasida ushbu kitobga Glyukning avvalgi kitoblariga qaraganda “aniqroq, tozaroq va o‘tkirroq” deya ta’rif bergan edi. Yana bir tanqidchi Piter Stitt The Georgia Review gazetasida yozgan maqolasida “kitob Glyukning bizning zamonamizning muhim shoirlaridan biri” ekanini ko‘rsatdi, deya ta’kidlaydi. To‘plamdan shoiraning feministik madhiyaga o‘xshab ketadigan mashhur Mock Orange she’ri ham o‘rin olgan edi.
1985-yilda shoiraning otasi vafot etdi. Bu yo‘qotish uni “Ararat” (1990) nomli yangi she’rlar to‘plamini boshlashga undadi, to‘plamning nomi Ibtido toshqini haqidagi hikoyadagi tog‘ga ishora qiladi. 2012-yilda The New York Times gazetasida tanqidchi Duayt Garner bu kitobni “so‘nggi 25 yil ichida nashr etilgan Amerika she’riyatining eng shafqatsiz va qayg‘uga to‘lgan kitobi”, deb ataydi.
Shu tariqa shoiraning bir nechta she’riy to‘plamlari birin-ketin nashrdan chiqa boshladi. 1993-yilda Pulitser mukofotiga sazovor bo‘lishi Glyukning eng mashhur amerikalik shoira sifatidagi obro‘sini yanada mustahkamladi. 1994-yilda u “Isbot va nazariyalar: she’riyat haqida insholar” deb nomlangan insholar to‘plamini nashr ettirdi. 2004-yilda shoira 2001-yil 11-sentabr voqealariga bag‘ishlangan she’rini yozdi.
Glyukning ijodiy faoliyati ko‘plab sharaflarga sazovor bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlardagi she’riyat uchun beriladigan eng yirik mukofotlardan tashqari u Milliy san’at jamg‘armasi va Guggenxaym jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan ko‘plab stipendiyalarga sazovor bo‘ldi. Shoira Griffin xalqaro she’riyat mukofotining finalisti maqomiga ham erishdi.
Glyukning she’rlari Oksforddagi Amerika she’riyati kitobiga, Kolumbiya antologiyasiga va boshqa ko‘plab almanax va antologiyalarga kiritildi. Uning hujjatlari, shu jumladan, qo‘lyozmalari, yozishmalari va boshqa materiallar Yel universitetidagi Baynek noyob kitob va qo‘lyozmalar kutubxonasida saqlanadi.
Glyuk o‘zining lingvistik aniqlik va keskin ohang bilan yozilgan lirik she’rlari bilan mashhur. Shoir Kreyg Morgan Teyxer uni “so‘zlari bekorga sarf qilinmaydigan” ijodkor, deb ta’riflagan edi. Olim Lora Kvinni esa so‘zlarni ehtiyotkorlik bilan ishlatishi Glyukni shiddatli lirikani qadrlaydigan amerikalik shoirlar qatoriga qo‘shib qo‘yganini ta’kidlaydi, Glyukning she’rlari kamdan kam hollarda qofiyaga asoslanib, ular ritmga erishish uchun takrorlash, qo‘shish va boshqa usullarga tayanadi.
Glyukning ijodi tematik jihatdan xilma-xil bo‘lsa-da, olimlar va tanqidchilar unda ustuvor o‘rin tutuvchi bir nechta mavzularni aniqladi. Glyuk she’riyati travmatizmga qaratilgan, deb aytish mumkin, chunki u butun faoliyati davomida o‘lim, yo‘qotish, rad etish, munosabatlarning muvaffaqiyatsizligi, davolanish va yangilanishga urinishlar haqida yozdi.
Glyuk psixoanalizning, shuningdek, bolaligidan qadimgi afsonalar, masallar va mifologiyalarni o‘rganishining o‘z ijodiga ta’sirini ta’kidlaydi.
Qadrdon nafaslar sun’iyligida
Bir surat chizardik moybo‘yoq bilan.
To‘kilib, eriblar ketardi bo‘yoq,
Biz chizgan suratlar shunchalar xira –
Olis qardoshlikning sharpasi yanglig‘.
Bir do‘st salomida unutilgan dil
Izhor chashmasidan tomchi suv istar.
Begona tashnalik musofir misol
Tanimga aylaydi sovuq tashriflar
Va moviy maysazor tumani aro
Menga jon do‘st bo‘lar ul begonalik.
(“So‘ngso‘zlar” kitobidan. Mirzohid Muzaffar tarjimasi)
2020-yil shoira uchun omadli keldi. Glyuk o‘zining ko‘p yillik ijodiy faoliyati samarasi o‘laroq Nobelga loyiq ko‘rildi.
Dilbar Ismatullayeva tayyorladi. | 103 | 6,244 |
Madaniyat | “Laskoviy may” guruhi solisti Yuriy Shatunov 48 yoshda vafot etdi | Bugun, 23-iyun kuni “Laskoviy may” guruhi solisti, 80-yillar oxiri 90-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etgani haqida xabar qilindi.
Yuriy Shatunov 1973-yil 6-sentabrda tug‘ilgan bo‘lib, otasi va onasidan erta ayrilgan. Bolalar uyida katta bo‘lgan. Orenburgdagi internatda badiiy to‘garak rahbari bo‘lgan Sergey Kuznetsov bilan tanishuv uning hayotida tub burilish yasaydi. Yuriy Shatunov 1986-yil u bilan birgalikda “Laskoviy may” guruhini tashkil qiladi.
Mazkur guruh tomonidan yaratilgan “Beliye rozi”, “Leto”, “Pust budet noch”, “Sedaya noch”, “Nu, chto je ti…”, “Tayushiy sneg” kabi qo‘shiqlar tez orada xitga aylanadi.
Yuriy Shatunov O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan guruh — “Bolalar” guruhi bilan yaqin hamkorlikda bo‘lib, guruhning konsertlariga muntazam ravishda tashrif buyurgan.
Qo‘shiqchining vafotiga o‘tkir yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. | 65 | 896 |
Madaniyat | Fotima Berdiyeva “Daydi qizning daftari”dagi Taxminaga Durdona Qurbonova o‘rniga uni tanlashgani hamda Aziz Umrzoqov bilan bog‘liq sahnalar qanday suratga olingani haqida so‘zlab berdi (video) | “Daydi qizning daftari”dagi Taxmina – aktrisa Fotima Berdiyeva u aslida Durdona Qurbonova tanlangan obrazni ijro etgani hamda serialdagi muhokamalarga sabab bo‘lgan sahnalar qanday suratga olingani haqida so‘zlab berdi.
“Aynan Taxmina roliga bir nechta aktrisa kelgan, ulardan bir qanchasi o‘zi rozilik bildirgan. Lekin yuz ko‘rinishi to‘g‘ri kelmagan, xarakter bera olmagan. Shuning uchun ularni olishmagan, agar boshqa sabab bo‘lganida o‘sha aktrisalarni tanlashgan bo‘lardi. Xalq yomon deb o‘ylayotgan qahramondan bitta men ko‘rinyapman ko‘ziga, men bo‘lmagan taqdirda ham boshqa aktrisa o‘ynar edi. Masalan, Durdona Qurbonova tasdiqlangan, bu rolda aynan u chiqishi kerak bo‘lgan. Suratga olishga bir hafta qolganida meni ko‘rib, tasdiqlab yuborishgan. Kastingga juda ham ko‘p taniqli aktrisalar kelgan, juda ko‘pchilik tayyor bo‘lgan. Yomon rollarda chiqqan aktrisalar ko‘p-ku, fohisha rolida chiqadiganlar bor. Hozir endi ular hurmatli aktrisaga aylangan. Nimaga aynan bizning serialga yopishib olishganini tushunmayman”, – deydi Fotima Berdiyeva.
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u ssenariyni boshidan oxiriga qadar o‘qib chiqqan va juda ham ma’qul kelgan. Qolaversa, rolni ham maza qilib ijro etgani, serialni ham miriqib tomosha qilganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
Fotima ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan ochiq sahnalar qanday suratga olinganiga ham to‘xtaldi.
“Nima desam bo‘ladi, mening ham aqlim bor. Shuncha erkakning ichida qanday qilib kiyimsiz suratga tushaman? Mana, operatorlarimiz bor, bemalol kim istasa, so‘rasin. Agar aldayotgan bo‘lsam, tepamda Xudoyim turibdi. U sahnada mening kiyimim bo‘lgan. Mayka va tizzamgacha shorti bo‘lgan. Aziz aka bilan oramizda yarim metr masofa bor edi. O‘rtaga yostiq ham qo‘yilgan, hattoki qo‘l ham tegib ketmasligi uchun. Har taraflama ehtiyotimizni qilganmiz. Albatta, buni oqlamayman, lekin afsuslanmayman. U yerda dubl ko‘p bo‘lgan, ba’zilarida kiyimim ko‘rinib qolgan, lekin yaxshisi qo‘yilgan”, – deydi aktrisa.
Fotima eski o‘zbek filmlari ham ochiq sahnalardan mustasno emasligini aytadi.
“Yana bir narsani aytib o‘tishim kerak. U paytda o‘zimni muammolarim bilan xayolimda juda ko‘p narsa bo‘lgan. To‘liq jahlda yurgan holatlarim edi. Shuning uchun bu serialdan keyin nima bo‘ladi, deb o‘ylamaganman. To‘g‘ri, bilib turganman. Keyin bu asar bo‘lsa, biz buyurtma qilib yozdirmaganmiz. Asar asosida ssenariy qilingan, topshirilgan, o‘qilgan va ruxsat berilgan. Serialni kuzatganlar bo‘lsa, ichida qanchadan qancha aqlli gaplar, odam o‘ziga olishi kerak bo‘lgan narsalar bor. Nega aynan u narsalar olib chiqilmaydi? Oldingi o‘zbek kinosi durdonalarida, masalan, ‘Shum bola’da ayrim sahnalar efirga uzatilgan-ku?! Lekin bor narsani gapirsa, xalqimizga yoqmaydi”, – deydi Fotima Berdiyeva. | 192 | 2,759 |
Madaniyat | Dastin Xoffman ishtirokidagi “Tutsi” eng yaxshi film deb tan olindi | 73 nafar kino yulduzlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra Dastin Xoffman ishtirokidagi “Tutsi” eng yaxshi film deb tan olindi. Bu haqda Time Out New York xabar beradi .
Unda aktyorlardan Jyulyet Binosh, Maykl Shin, Killian Myorfi va Endi Syorkis kabilar ham qatnashgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Marlon Brando va Al Pachino ishtirokidagi “Cho‘qintirgan ota” filmi (1972), uchinchi o‘rinni esa Jon Kassavetisning “Ta’sir ostidagi ayol” filmi (1974) egalladi. Shuningdek, birinchi o‘ntalikka “‘Paradizo’ yangi kinoteatri” (1988), “Cho‘qintirgan ota 2” (1974), “Enni Xoll” (1977), “Taksichi” (1976) kabi filmlar kiritildi. | 67 | 636 |
Madaniyat | “Forsaj 2” filmi rejissori vafot etdi | Los-Anjelesda kinorejissor Jon Singlton 52 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Meduza.
Jon Singlton 17-aprel kuni insultni boshdan o‘tkazgan va zudlik bilan Sedars-Sinay kasalxonasiga yetkazilgan. Rejissorning qarindoshlari uni 29-aprel kuni hayotni saqlab turish qurilmasidan uzishga rozilik bergan.
“Jon o‘z oilasi va qarindoshlari davrasida vafot etdi. Biz bunday og‘ir paytda qo‘llab-quvvatlab, dalda bo‘lgan Jonning barcha muxlislari, do‘stlari va hamkasblariga yana bir bor minnatdorchilik bildiramiz”, — deyiladi Jonning oila a’zolari bayonotida.
Jon Singlton 1991-yilda, Ays Kyub, kenja Kuba Guding va Lourens Fishbern rol o‘ynagan “Qo‘shni bolalar” (“Boyz N The Hood”) filmi bilan debyut qilgan. O‘sha vaqtda 24 yoshda bo‘lgan Singlton ushbu film uchun “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Jon Singlton, shuningdek, “Shaft” (“Shaft”), “Bolakay” (“Baby Boy”), “Forsaj 2” (“2 Fast 2 Furious”) va boshqa filmlari bilan mashhur. | 37 | 932 |
Madaniyat | Ruslan Sharipovning onasi: Inson boshiga tushgan barcha narsaga o‘zi sababchi bo‘ladi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bugungacha xit bo‘lib kelayotgan taronalar muallifi Ruslan Sharipovning suratlari internetda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Vaziyatga oydinlik kiritish uchun “Darakchi.uz” uning xonadoniga yo‘l oldi va onasi Lola opa bilan suhbatda bo‘ldi.
— Aytingchi, bugungi kunda o‘g‘lingiz nimalar bilan band?
— Hozir toqqa ketgan, umuman olganda esa hech narsa bilan band emas.
— O‘z vaqtida o‘zbek estradasining cho‘qqilarini zabt etgan Ruslan Sharipovning hayotida nima bo‘ldiki, u hammasidan voz kechib, bugungi ahvolga tushdi?
— Oilaviy sabablar ham bo‘ldi... Lekin baribir inson taqdiri uchun o‘zi mas’ul bo‘lishi kerak, shu sababdan hammasiga baribir o‘zi aybdor deb o‘ylayman.
— Qanday oilaviy sabablar uni hamma narsadan voz kechishiga olib keldi?
— Ruslan turmush o‘rtog‘ini juda qattiq sevardi, hozir ham sevadi... Uning yaxshi yashashi uchun hamma sharoitlarni yaratib berdi. Qo‘sha-qo‘sha mashinalar, uy yumushlarini bajaradigan xizmatchilardan tortib, bolalariga qaraydigan enagagacha yolladi. To‘qlikka sho‘xlik bo‘ldimi, xotini Ruslanga boshqasini sevib qolganini va unga turmushga chiqishini aytdi. Nazarimda, Ruslanda hayotga bo‘lgan juda katta qiziqish va ishtiyoq o‘sha onda so‘ndi.
— O‘g‘lingizning tarqalgan suratlarini ko‘rdingizmi?
— Yo‘q, agar bo‘lsa ko‘rsating.
(Suratlarga nazar solgach...)
— Ha, bugun u mana shunday insonga aylangan.
— Ushbu suratlar hammani larzaga soldi. Otasi qanday inson bo‘lgan?
— U ham o‘z sohasini juda iste’dodli sohibi bo‘lgan. Biroq u ham juda ko‘ngli bo‘sh odam edi. Ruslan ham shunday, boshiga tushgan barcha narsaga ham uning mana shu xarakteri sabab. Kuchli emas, hayot sinovlariga taslim bo‘ladigan, kurashuvchanlik qobiliyati yo‘q inson.
— Uning suratlarini ko‘rib, san’atkorlardan birortasi keldimi?
— Hech kim kelmadi. Na Izzat Ibrohimov, na Rashid Xoliqov va na Tohir Sodiqov, birortasi kelmadi.
— Bugun u ishlamayotgan bo‘lsa yashash uchun pulni qayerdan olyapti?
— Uyini sotgan. Hozir men bilan yashayapti.
— U hamma narsasini yo‘qotayotgani, hayoti tubanlikka tushib borayotganini anglayaptimi?
— Ehtimol, lekin bildirmaydi. U “agar istasam ertagayoq avvalgidan-da zo‘r bo‘lib ketishim mumkin”, deydi.
— Uni ichkilik balosidan davolash haqida o‘ylab ko‘rmadinglarmi?
—Men uchun asosiysi u sog‘ bo‘lgani va ichmagani. Boshqa narsa kerakmas. Albatta, davolash niyatidaman, uning avvalgi holiga qaytishiga ishonaman. | 85 | 2,411 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.