folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Feyza Aktan sobiq turmush o‘rtog‘i O‘zjan Denizni uni muntazam ravishda kaltaklaganlikda aybladi
Sobiq rafiqasi tomonidan unga kuch ishlatganlikda ayblab, qamoqqa olish talab qilinayotgan O‘zjan Deniz bilan bog‘liq sud jarayonida yangi hodisalar yuz berdi. O‘z murojaatida Feyza Aktan sobiq eri uni bir emas, bir necha marta urganini ta’kidlagan. O‘zjan unga nafaqat tan jarohati yetkazish, balki ozodlikdan mahrum qilish, haqorat va po‘pisa bilan psixologik zarar yetkazgani ham ma’lum qilingan. Aktan Deniz unga turmushi davomida xiyonat qilgani, ketmoqchi bo‘lganida esa xonaga qamab o‘lim bilan tahdid qilganini ta’kidlagan. Jarohat yetkazishda ayblangan O‘zjanga 6 oydan 1 yil-u 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish talabi bilan da’vo ochilgan. Istanbul jinoyat sudidagi birinchi instansiyadan keyin Feyza va O‘zjan bir-biriga qarshi da’vo ochgan. Feyza o‘z arizasida sobiq turmush o‘rtog‘iga bir emas ko‘p marta qasddan zarar yetkazgani uchun jazo berilishini so‘ragan. U eri tomonidan homiladorlik paytida uyga qamab qo‘yilgani, 2018-yilda Gochekdagi dam olish vaqtida onasining ko‘z o‘ngida kaltaklanganini ma’lum qilgan. Shuningdek, u so‘nggi marta 2019-yil Germaniyada opasining yonida qo‘l ko‘targan. Shundan keyin Feyza mahalliy politsiyaga murojaat qilgan. Feyzaning da’vosidagi ayblovlarning isboti yo‘qligini ro‘kach qilib ko‘rsatgan aktyor esa ishning tugatilishi va uni oqlashlarini talab qilgan. Avvalroq O‘zjan Denizning sobiq rafiqasini o‘ldirishga uringanlikda ayblangani uning karyerasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.
96
1,463
Madaniyat
Qamoqxonada tug‘ilgan, 200 dollarga baholangan va shkafda uxlagan: Mashhurlikka qiyinchilik va og‘ir mehnat evaziga erishgan aktyor va aktrisalar (foto)
Gollivud yulduzlarining gonorari o‘n millionlab dollarlarni tashkil qiladi. Ular mashhurlikka erishgach, hayotning barcha afzalliklaridan bahramand bo‘ladi. Ammo muvaffaqiyatga erishish yo‘li har doim ham oson emas. Ko‘pincha u og‘ir sinovlar va to‘siqlar bilan birga keladi. Kris Prett Aktyor Kris Prettning oilasi otasining ishi tufayli doimiy ravishda shtatdan shtatga ko‘chib yurgan. Ko‘p yillar sarson-sargardon bo‘lgandan so‘ng ular Sietlning bir chekkasida istiqomat qilgan. Biroq oila boshlig‘iga xavfli skleroz tashxisi qo‘yilgandan keyin barcha tashvishlar onaning yelkasiga tushgan. Supermarketdagi kichik maosh hech narsaga yetmas, kamiga oradan ko‘p o‘tmay oila boshpanasini ham yo‘qotgan. Kris maktabda o‘qishni tugatishi uchun oila vaqtincha kvartirani ijaraga olgan. O‘rta maktabni tugatgach, Prett kollejga bordi, lekin tez orada o‘qishni tashlab ketdi. Bir muddat uyma-uy yurib, chegirmaga kupon sotdi va omad kulib boqquncha ofitsiant bo‘lib ishladi. Skarlett Yoxansson Skarlett Yoxansson doimiy ravishda o‘n million dollar gonorar oluvchi Gollivud yulduzlari qatoriga kiradi. Biroq aktrisaning bolalik osmonida ham qora bulutlar suzgan. Yoxansson Nyu-Yorkning eng nufuzli va qimmat hududi bo‘lgan Manxettenda tug‘ilib o‘sgan bo‘lishiga qaramay, bo‘lajak aktrisaning ota-onasi arang kun kechirardi. Intervyularning birida Yoxansson ular nafaqa asosida yashaganini ma’lum qilgan. Oilada to‘rt nafar bolani boqish uchun ota-ona kambag‘al oilalarga mo‘ljallangan kupondan foydalangan. Leyton Mister Leyton Mister “G‘iybatchi qiz” teleserialidagi manxettenlik boy maktab o‘quvchisi – Bler Uoldorf roli bilan dunyoga tanildi. Leyton muvaffaqiyatga erishishi uchun juda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Aktrisaning qamoqxonada tug‘ilgani ko‘pchilikka noma’lum. U hayotining dastlabki oylarini toki buvisining qaramog‘iga kelguniga qadar mahkumlar uchun reabilitatsiya markazida o‘tkazgan. Vudi Xarrelson Aktyor 12 yoshga to‘lganida, otasi qamoqqa tushgan, u yerda 5 yil bo‘lgan va bir necha yil o‘tgach, yana sudlanib, umrining qolgan qismini qamoqda o‘tkazgan. Oilani boqish yuki esa butunlay onaning yelkasiga tushgan. Shuning uchun Vudi yoshligidanoq mehnat qilishga majbur bo‘lgan. U 9 yoshidayoq pul topish yo‘lini o‘ylab topdi. Bo‘lajak aktyor gazetalarni nashriyotdan ko‘tarasiga (optom) sotib olib, xonadonlarga yetkazib berardi. Ammo bu biznes tezda kasodga uchradi. “Muammo men gazetalarni yetkazib berishda yaxshi, lekin mijozlardan pul yig‘ishni uddalay olmaganimda edi”, – deydi aktyor. Selin Dion Selin Dion katta oilada o‘sgan, qo‘shiqchi 14 farzandning eng kichigi edi. Tabiiyki, oila ko‘pincha moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelardi. Masalan, xonanda shkafning tortmasida uxlashiga to‘g‘ri kelardi, chunki uyda hamma uchun ham karavot yetarli bo‘lmagan. Jim Kerri Otasi ishdan ayrilganida Jim Kerri hali yosh edi. Uy sotib ololmagan oila bir lagerdan ikkinchisiga ko‘chib, chodirlarda uxlashga ham majbur bo‘lgan. Jim yetishmovchilik tufayli o‘smirlik chog‘idayoq ota-onasining ishiga yordam berar, farrosh va qo‘riqchi bo‘lib ishlar edi. Mila Kunis Mila Kunis ukrainalik muhojirlar oilasida o‘sgan. Qiz 7 yoshga kirganida ular oilaviy AQShga ko‘chib ketgan. Aktrisaning ota-onasi tom ma’noda hayotni noldan boshlashi kerak edi. Kunisning aytishicha, ularning moliyaviy ahvoli shunchalik achinarli ediki, ba’zida oila kechki ovqatga ketchupdan tayyorlangan sho‘rva ichardi. Jastin Biber Millionlab muxlislarning kumiri ham bolaligida moddiy qiyinchilikka uchragan oilada o‘sgan: uni onasi tarbiyalagan. Ular sichqonlar bilan to‘la uyda yashagan va hamma joyda sichqonchaning qopqonlari bo‘lgan. “Mening haqiqiy karavotim bo‘lmagan. Xonamda ko‘k rangli yig‘iladigan divanda uxlardim. Muzlatgichda ham hech narsa bo‘lmagan, faqat maktab tushligi, makaron va pishloqdan tashqari”, deb eslaydi xonanda. Keyt Uinslet Keyt Uinsletning ota-onasi aktyor. “Titanik” yulduzining bolaligi ham qiyinchilikda o‘tgan. Oilani boqish uchun aktrisaning otasi pochtachi bo‘lib ishlagan va hatto asfalt ham yotqizgan. Uinslet birinchi videomagnitofonni faqat uning 12 yoshida olinganini eslaydi. Billi Bob Tornton Billi Bob Tornton Arkanzas shtatidagi katta oilada o‘sgan. Ular oilasi kambag‘al bo‘lib, oziq-ovqat yetishmas edi. Aktyor yoshligidan oilasiga yordam berish uchun ishlagan. Maktabda o‘qish bilan bir qatorda u fabrikada ishlagan va mahalliy guruhlar bilan birga chiqish qilgan. Demi Mur Demi Murning ota-onasi uning tug‘ilmasidan oldin ajrashgan. Bo‘lajak aktrisa 3 oylik bo‘lganida onasi boshqa erkakka turmushga chiqqan. Uydagi muhit nihoyatda yomon edi. Oila doimiy ravishda bir shahardan boshqasiga ko‘chib o‘tib, oxir-oqibat Los-Anjelesga joylashgan, u yerda Murning modellik, keyin esa kino karyerasi boshlandi. Jeki Chan Jeki Chan Gonkongda xitoylik qochqinlar oilasida tug‘ilgan. Uning hayoti alohida film bo‘lishga arziydi. Aktyorning onasi shoshilinch ravishda kesarcha kesish orqali bolani dunyoga keltirishi kerak bo‘lgan. Ammo operatsiya narxi oila uchun juda qimmatlik qilgan va yosh ota-ona hatto bolani britaniyalik shifokorga 200 dollarga sotish haqida o‘ylab ko‘rgan. Yaxshiyamki, qarindoshlar ularni bu qarordan qaytargan. Er-xotin Fransiya elchixonasiga ishga kirgach, oilaning moddiy ahvoli biroz yaxshilangan. Bo‘lajak aktyorning onasi xizmatkor, otasi esa oshpaz bo‘lib ishlagan. Pul tanqisligidan ular arang hayot kechirgan. Keyinchalik uning ota-onasi Jekini Pekin opera maktab-internatiga yuborgan, u yerda 10 yil davomida Jeki akrobatika, qo‘shiq kuylash, jang san’ati va pantomima bilan shug‘ullangan. Bo‘lajak aktyor maktabda kelajakdagi karyerasiga yordam beradigan ko‘nikmalarni o‘rgangan bo‘lsa-da, u yerda o‘tkazgan yillar juda og‘ir kechgan, shuning uchun u hanuzgacha o‘sha vaqtlarni eslashni xohlamaydi.
152
5,784
Madaniyat
Instagram: SSVni vahima qilmaslikka chaqirgan Yulduz Usmonova, osh damlagan Mehmet Bo‘zdag‘, yiqilib tushgan Feruza Normatova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Gulchehra Eshonqulova sahifasiga yangi surat joyladi. Antaliyada hordiq chiqarayotgan aktrisa Feruza Normatova folloverlari uchun video olayotganida yiqilib tushdi. Mirzabek Xolmedov folloverlariga taniqli aktyor Farhod Abdullayev bilan tushgan suratini taqdim etdi. “Mendirman Jaloliddin” serialini suratga olayotgan turkiyalik prodyuser Mehmet Bo‘zdag‘ o‘zbek palovini tayyorlab ko‘rdi. Priyanka Chopra va Nik Jonas Londonda “Oskar” mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. Dilso‘z folloverlarini minnatdor bo‘lib yashashga undadi. Alisher Uzoqov ham sahifasiga yangi surat joyladi. Toshkentda 15-mart kuni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashayotgani haqidagi xabarlar e’lon qilingach Yulduz Usmonova Sog‘liqni saqlash vazirligini vahima qilmaslikka chaqirdi. “Hammasi joyida, Xudo xohlasa”, — deydi xonanda. Shuningdek, xonanda muxlislari bilan muloqot chog‘ida birinchi avtomobili qanday bo‘lgani haqidagi savolga ham javob berdi. Yulduz Usmonovaning 15-martdagi konsert dasturiga To‘ti Yusupova, Baxtiyor Ixtiyorov, Rixsi Ibrohimova, Lutfulla Sa’dullayev, Muhammadali Abduqunduzov va boshqa keksa aktyor va aktrisalar taklif etilib, ularga o‘zgacha ehtirom ko‘rsatildi.
125
1,323
Madaniyat
Telegram tarmog‘ida Zarina Nizomiddinovaning stikkerlari paydo bo‘ldi
Kuni kecha aktrisa Zarina Nizomiddinnovaning rossiyalik ashaddiy muxlislari uning maxsus fotosuratlaridan nusxa olib, Telegram tarmog‘i uchun stikkerlar tayyorlab, unga syurpriz qildi, deb xabar beradi “Popcorn.uz”. Maxsus stikkerlarni yuklab olish uchun quyidagi manzildan foydalanishingiz mumkin. https://telegram.me/addstickers/Zarina_N Aktrisalik bilan birga xonandalik ham qilayotgan Zarina 24-iyun kuni soat 18:20 da o‘zining yangi taronasi premyerasini o‘tkazadi. “Yetar” deb nomlangan qo‘shiq bugungi kundagi eng dolzarb hisoblangan ijtimoiy tarmoqlar mavzusi bilan bog‘liq.
69
588
Madaniyat
Tish cho‘tkasida soch tekislash, uy niqobi: Qirollik oilasidan go‘zallik sirlari (foto)
Barchaga qirollik oilasini kuzatish qiziq bo‘lsa kerak, shunday emasmi? Va undan ham qiziqrog‘i – ularning sirlarini o‘rganish. Quyida qirollik oilasi xonimlarining go‘zallik haqidagi g‘ayrioddiy layfxaklari bilan tanishish mumkin. Megan Markl – tish cho‘tkasida sochini tekislaydi Megan maxsus kichkina cho‘tka bo‘lmasa, paxmoq sochlarini tish cho‘tkasi yordami bilan tekislaydi. U avval sochlar uchun lakni sepadi va boshidagi paxmoqlarni muloyimlik bilan silliqlaydi. Mana, qisqa vaqt ichida xonim qanday qilib zamonaviy uslubga erishadi! U har doim sumkasida choy daraxti moyini olib yuradi “Bu eng glamur narsa emas, lekin biror yer kesilib ketsa, chivin chaqsa, husnbuzar yoki boshqa biror narsa chiqsa, deyarli har doim choy daraxti yog‘i yordamga kelishi mumkin. Ushbu vosita arzon bo‘lib, eng kichik sumkachaga ham osonlikcha sig‘adi”, – deydi Megan Allure jurnaliga. Keyt Middlton – ajinlarga qarshi na’matak moyi Keyt teri parvarishida Trilogy Certified Organic Rosehip moyidan foydalanadi. Odatda ushbu vosita ekodo‘konlarda sotiladi. Uning tarkibida terini oziqlantiradigan va yoshlikni uzoq vaqt saqlashga yordam beradigan ko‘plab yog‘ kislotalari mavjud. Qirolicha Yelizaveta II – ko‘p funksiyali vositalar Ma’lum bo‘lishicha, qirolicha Elizabeth Arden’ning go‘zallik mahsulotlaridan foydalanadi. Brend vakili o‘z intervyusida qirolicha stilistiga doimo mazkur mahsulotlarni buyurtma qilishini ma’lum qilgan. Uning eng sevimlilaridan biri bu taniqli  “Eight Hour Cream” – terini himoya qilish vositasidir. U o‘zining ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi: mahsulot namlash va tiklash uchun yuzga, qo‘llarga, tirnoq va tirsaklarga ham qo‘llanilishi mumkin. Malika Diana – rozatseaga qarshi uy niqobi Hamma malika Diananing mukammal terisi haqida eshitgan edi, lekin kamdan kam odam uning rozatsea teri kasalligi mavjudligini bilardi. Ba’zilar malika pushti yonoqlarini tinchlantirish uchun atirgul moyi va avakado niqoblaridan foydalanganligi haqida yozgan.
87
1,977
Madaniyat
Madonna o‘ziga poyabzal kiyishda yordam beradigan uch nafar xodim yolladi
Madonna o‘z konsertida kiyish uchun mashhur Givenchy brendidan baland charm etik sotib oldi. Uni qo‘shiqchi mustaqil ravishda kiya olmaydi, deb yozadi Segodnya.ua. Endi u har safar sahnaga chiqishidan oldin botfortni (tizzadan yuqorida turadigan etik) kiyish uchun yordamchilari ko‘magidan foydalanadi. Uch kishi Madonnaga oyoq kiyim kiyishda yordamlashayotgani aks etgan surat allaqachon internetda tarqalib ketdi. Nashrning ta’kidlashicha, 7—8-noyabr kunlari Madonnaning shaxsiy buyumlari kimoshdi savdosi bo‘lib o‘tadi. Unda jami 140 dan ortiq lot sotuvga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
73
588
Madaniyat
Koronavirus tufayli musiqa tinglash 23 foizga kamayib ketdi
Dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi karantini tufayli odamlar musiqa tinglashni kamaytirdi, deb xabar berdi Quartz nashri. Ko‘pchilik odamlar uyda o‘tirsa ko‘proq musiqa tinglashini taxmin qilgandi, lekin buning aksi bo‘ldi. Masalan, Spotify’dagi eng ko‘p tinglanadigan 200 ta qo‘shiq Italiyada 2019-yilning fevralida bir sutkada 18,3 million marta tinglangan. Hozir esa bu ko‘rsatkich 14,4 million martani tashkil etmoqda. 3-martdan 17-martgacha musiqa tinglash darajasi 23 foizga tushib ketdi. Nashr o‘sha auditoriya saqlanib qolgani, biroq odamlar boshqa janrdagi musiqa tinglay boshlaganini taxmin qilmoqda. Masalan, o‘tgan vaqt ichida eski xitlar yana ommalashgan. Biroq musiqa tinglash darajasi boshqa mamlakatlarda ham pasayib ketgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniyada ham odamlar avvalgidek qo‘shiq eshitmay qo‘ygan. Mutaxassislar buni odamlar kayfiyati yaxshi paytida musiqa tinglashga moyil bo‘lishi bilan izohlaydi. Karantin vaqtida esa ko‘pchilik vaqtichog‘lik qilishni istamaydi. Nashrning qayd etishicha, odamlar ishga bormay qo‘ygani uchun ham musiqa tinglamayapti. Chunki ko‘pchilik yo‘lda ketayotib qo‘shiq eshitishni ma’qul ko‘radi.
59
1,163
Madaniyat
75-Kann kinofestivali g‘oliblari e’lon qilindi
2022-yil 28-may kuni 75-Kann kinofestivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nihoyat, dunyodagi eng nufuzli kinomukofotlardan birining asosiy g‘oliblari e’lon qilindi, deb yozadi People Talk. Kinofestivalning bosh mukofoti — “Oltin palma novdasi” shvetsiyalik rejissor Ruben Estlundning “Qayg‘u uchburchagi” filmiga nasib etdi. “Qayg‘u uchburchagi” filmining kadr orti jarayoni Shuningdek, rejissorlardan Lukas Dontning “Yaqin”, Kler Denisning “Tush vaqtidagi yulduzlar” filmi Gran-priga munosib deb topildi. “Yaqin” filmi “Tush vaqtidagi yulduzlar” filmi “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasi bo‘yicha Pak Chan Uk — “Ketish qarori” filmi bilan g‘alaba qozondi. “Ketish qarori” filmi “Oltin kamera” mukofoti esa “War Pony” kartinasi rejissorlari Rayli Kio va Jina Gammellga topshirildi. “War Pony” filmi Quyida yana bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yulduzlar bilan tanishish mumkin: “Eng yaxshi aktrisa” – Zara Amir Ebraximi, “Muqaddas o‘rgimchak” “Muqaddas o‘rgimchak” filmi “Eng yaxshi aktyor” – Song Kang Xo, “Vositachi” “Vositachi” filmi “Eng yaxshi ssenariy” — Tariq Solih, “Jannatdan kelgan yigit” “Jannatdan kelgan yigit” Hakamlar hay’ati mukofoti — Yeji Skolimovski, “Ia”; Sharlotta Vandermersh va Feliks van Groningen “Sakkiz tog‘” “Ia” filmi “Sakkiz tog‘” Kann kinofestivalining yubileyi sharafiga maxsus mukofot — aka-uka Lyuk va Jan-Pyer Dardenn, “Tori va Lokita”. “Tori va Lokita”  Kann kinofestivali—2022: mashhurlarning tarixga muhrlangan eng yaxshi obrazlari (foto)
46
1,534
Madaniyat
Hamma ham takrorlashi mumkin bo‘lgan mashhur ayollarning 10 ta kundalik obrazi (foto)
Mashhur ayollar har doim ham noyob dizaynerlik liboslarini kiymaydi. Deyarli har birining garderobida odatiy djinsi shimlar, futbolka va sviterlar mavjud. Mashhur aktrisa, model va qo‘shiqchilar o‘zlarining zamonaviy kundalik qiyofasini yaratish uchun oddiy kiyimlardan foydalanadi. AdMe nashri mashhur ayollar qanday qilib oddiy kiyimlar bilan obraz yaratishi va ularning nafis qiyofasini takrorlash juda oson ekanini ma’lum qildi. Keyt Moss  Qora leginslarni Keyt Mossning zamonaviy obrazining elementi deb atash mumkin. Modelga ushbu asosiy element kundalik ko‘rinishiga ham, zamonaviy obraziga ham mos keladi. Bella Xadid  Bella Xadid futbolka va shim bilan klassik blayzer kiyishni odat qilgan. Kiyimlarning ranglari bir-biriga mos. Model ko‘zoynak va taqinchoq aksessuarlarini qo‘shib, obrazni yanada boyitadi. Viktoriya Bekhem Viktoriya Bekhem ko‘pincha oq futbolkani afzal ko‘radi. Bekhem uni turli xil djinsi modellari bilan birlashtiradi. Obraz har doim dolzarb, noodatiy hamda zamonaviy ko‘rinish hosil qiladi. Zoe Kravits 2020-yilgi modalar ko‘rgazmasida Zoe Kravits djinsi shimlarda omma oldiga chiqdi. Aktrisa kamtarona obrazini tovlanuvchi oddiy kofta bilan boyitdi. Tillarang ziraklar va tabiiy makiyaj Kravitsni yanada jozibali ko‘rsatadi. Xeyli Biber Xeyli Biber Nyu-York ko‘chalarida katakli kulrang shim, pushti sviter va uchli oq tuflida yuradi. Modelning makiyaji sviterga mos kelsa, tufli rangi shimning chiziqlari bilan uyg‘unlashgan. Kendall Jenner Chiziqli regbi ko‘ylak Kendall Jennerning sevimli tanlovidir. Katta o‘lchamli ko‘ylakni djinsi va yozgi poyabzallar bilan birlashtirish zamonaviy va noan’anaviy ko‘rinishni hosil qiladi. Rozi Xantington-Uaytli  Qora sviter Rozi Xantington-Uaytli garderobining asosiy qismidir. Shim, yozgi poyabzal va mos keladigan ko‘zoynak bilan model 100 foiz kombinatsiyani hosil qiladi. Qora rang orqali  model qomatiga alohida urg‘u beradi. Aleksa Chang  Kalta yubkalarni odatda bo‘yi baland ayollar kiyishi kerak, degan qarash mavjud. Ammo buni aksini takrorlaydigan Aleksa Chang o‘ziga xos obraz yaratadi. Kalta yubka va qora kolgotka bilan ham qomatdagi nuqsonlarni yashirish mumkin. Oliviya Palermo  2018-yilda Oliviya Palermo chiziq-chiziq sviter bilan obraz yaratdi. Model ko‘rinishini charm shim va kalta etiklar bilan uyg‘unlashtirgan. Xeyli Biber Katta o‘lchamdagi blayzerni sviter, futbolka va mayka ustidan kiyish mumkin. Xeyli Biber ushbu uslubdan tez-tez foydalanadi. Djinsi va oq futbolka bilan birgalikda blayzer kundalik qulay kiyimga aylanadi.
85
2,533
Madaniyat
Foto: 74-Kann festivalining ochilish marosimiga tashrif buyurgan yulduzlarning eng esda qolarli obrazlari
2021-yilning 6-iyul kuni Kann festivalining 74-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga Bella Hadid, Karla Bruni, Kendis Sveynpol va boshqa ko‘plab yulduzlar tashrif buyurdi. O‘ziga xos kiyinishi bilan boshqalardan ajralib turgan mashhurlarning eng esda qolarli va yorqin obrazlarini e’tiboringizga havola qilamiz. Bella Hadid Kendis Sveynpol Jessika Chesteyn Karla Bruni Jodi Foster Endi Makdauell Marion Kotiyyar Helen Mirren Meggi Jillenxol Lu Duayon Ket Grexem Melani Loran
105
486
Madaniyat
O‘zbekistonda ikki yil ichida 50 dan ortiq kinoteatr quriladi
O‘zbekistonda 2019-yil oxirigacha 50 dan ortiq kinoteatr quriladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi. Hozirda uchta — yozgi, bir va ikki qavatli kinoteatrlarning namunaviy loyihalari tasdiqlangan. Oxirgi ikki loyihaga asosida quriladigan binolarda har biri 50 o‘ringa mo‘ljallangan ikkita zal bo‘ladi. Ayni paytda loyihani moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Milliy bank namunaviy loyihalardan birini tanlab olib, mazkur kinoteatrlarni qurish va tasdiqlangan standartlar asosida jihozlashga tayyor bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli — 7 foizli kredit beradi. “Bu kinoteatrlar qanday qurilmalar bilan jihozlanishini o‘rganib chiqyapmiz, lekin ular davr talabiga muvofiq bo‘lishi shubhasiz. Kinoteatrlar faoliyatini tashkillashtirish uchun ularni yangi milliy va xorijiy filmlar bilan ta’minlaydigan maxsus Ijara markazi tashkil etiladi. Keyinchalik yagona chipta tizimi paydo bo‘lishi, chiptalarni internet va mobil dasturlar orqali sotilishi ko‘zda tutilgan”, — dedi “O‘zbekkino” milliy agentligi texnik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Muhammedov.
61
1,045
Madaniyat
BTS guruhi Ginnes rekordini o‘rnatdi. Dynamite qo‘shig‘iga ishlangan klip premyerasi bir vaqtning o‘zida 3 milliondan ortiq tomosha qilingan (video)
Janubiy Koreyaning K-pop guruhi Ginnesning yangi rekordini o‘rnatdi. Guruhning Dynamite taronasiga ishlangan klip premyerasi eng ko‘p ko‘rilgan videoga aylandi. Premyera bir vaqtning o‘zida uch million marta tomosha qilindi, deb yozadi Esquire. Klip premyerasi 2020-yilning 21-avgustida bo‘lib o‘tgan. Premyeradan keyingi dastlabki 24 soat ichida klip 101,2 million marta ko‘rilgan edi – bu ham jahon rekordini yangilagan. Endi ushbu klip YouTube’da 933 milliondan ortiq tomosha qilingan bo‘lib, 25 million layk to‘plagan. The worst kept secret in history ????@BTS_twt's record for the 'most simultaneous viewers for a music video on YouTube Premieres' has now been confirmed, with the 2020 single Dynamite clocking up over three million viewers.???? pic.twitter.com/QUdBQf2KEu — Guinness World Records (@GWR) March 16, 2021 Guruh ushbu qo‘shig‘i bilan “Gremmi” mukofotining “Eng yaxshi pop-duet yoki guruh ijrosi” nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan edi, ammo g‘oliblikni Ledi Gaga va Ariana Grande “Rain on me” taronasi uchun qo‘lga kiritdi. Guruhning 2020-yil fevral oyida taqdim etgan “Map of the soul: 7” to‘plami ham Ginnesning rekordlar kitobiga Janubiy Koreyada eng ko‘p sotilgan albom sifatida kiritilgan. Albom chiqarilgach 6 soat ichida 2,65 million, iyun oyiga qadar esa 4,4 million nusxadan ko‘proq sotilgan.
148
1,317
Madaniyat
“Sumbul” filmi ilk bor katta ekranda namoyish etildi
“O`zbek milliy kino san`ati haftaligi” doirasida “O`zbekkino” MA va “Tatarkino” bilan hamkorlikda “Buxoriylar” MChJ tomonidan suratga olingan “Sumbul” filmining katta premerasi bo`lib o`tdi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.  Premera avvalida Yoshlar ijod saroyining katta zalida tatar millati vakillari musiqali chiqishlarini taqdim etishdi. Shundan so`ng, “Sumbul” filmi ijodkorlari sahnaga taklif etilib, film haqidagi taassurotlari to`g`risida gapirishdi. Mazkur film drama janrida bo`lib, unda tataristonlik Sumbul ismli qizning yolg`on muhabbatga aldanishi, qalb iztiroblari va keyinchalik, o`z baxtini topishi yo`lidagi voqealar tasvirlangan.   Film ssenariy mualliflari Rashid Malikov, Iffat Kamaliev, rejissyorlar Ramil Fazliev, Rashid Malikov. Aktyorlar Sabina Asanova, Eldar Haydarov, Karim Mirhodiev, Nigora Karimboeva.
52
865
Madaniyat
Nafaqat sahnada, balki hayotda ham ajralmas do‘st bo‘lgan turk yulduzlari (foto)
Turkiyalik taniqli shaxslar har doim muxlislarining diqqat markazida. Tomoshabinlar azaldan nafaqat ekrandagi personajlar, balki rol ijrochilarining hayotiga ham qiziqib kelgan. Suratga olish jarayonidagi tez-tez uchrab turadigan janjallar haqida juda tez shov-shuv ko‘tarilsa-da, lekin ba’zi aktyorlarning haqiqiy do‘stligi haqida ko‘pchilik bilmaydi. Teleseriallarni suratga olishdan tashqari, do‘stlik uchun vaqt topa oladigan turk yulduzlari haqida ma’lumot beramiz. Gulenay Kalkan va Maryam Uzerli Gulenay Kalkan “Ona” melodramasidagi roli, Maryam esa necha yillar o‘tsa ham, tomoshabinlar uchun betakror Xurram sulton roli bilan yaxshi tanilgan. Maryam va Gulenay o‘rtasidagi do‘stlik 2015-yilda “Mafiya dunyoni boshqara olmaydi” serialini suratga olish jarayonida boshlangan. Qizig‘i shundaki, Gulenay ushbu serialda suratga tushmagan, ammo uning turmush o‘rtog‘i Tarik Unluo‘g‘lu asosiy rollardan birini o‘ynagan. Maryam va Gulenayning umumiy jihatlari bor — xayriya. Aktrisalar bir nechta fondlarga doimiy ravishda yordam berishadi. Berguzar Korel va Beyza Shekerji Aktrisalar Berguzar va Beyza ancha vaqtdan beri do‘st. Ular 10 yil oldin “Tugallanmagan qo‘shiq” teleserialini suratga olish vaqtida tanishgan. Berguzar va Beyza ko‘pincha birgalikda dam olishadi va ijtimoiy tarmoqlarda ham birgalikdagi fotosuratlarini baham ko‘rishadi. Engin O‘zturk va Aras Bulut Iynemli Engin O‘zturk va Aras Bulut Iynemli hozirda turk seriallarining yulduzlari hisoblanadi. “Muhtasham yuz yil” filmini suratga olish paytida ular o‘zlarining ijod yo‘llarini endi boshlashgan edi. Tarixiy drama sahnasida boshlangan do‘stlik bir necha yil o‘tsa ham, o‘z qadrini yo‘qotmagan. Ular muxlislarini birgalikdagi suratlari bilan xursand qilishadi, hatto bitta serialda rol ijro etishni ham rejalashtirishmoqda. Xande Erchel va Burju O‘zberk Xande va Burju “Gunesh qizlari” teleserialida opa-singillar rolini ijro etishgan. Shu tariqa ularning mustahkam do‘stligi boshlangan. Aktrisalar hattoki bir-biriga yaqin joydan uy ham sotib olishgan. Ular birgalikda dam olishadi va ijtimoiy tadbirlarda qatnashadi. Qizlar raqobatlashmaydi, balki bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
80
2,162
Madaniyat
Gollivud yulduzi Jeyson Stetxem va model Rozi Hantington-Uaytli ikkinchi marta ota-ona bo‘ladi
Rozi Hantington-Uaytli va Jeyson Stetxem ikkinchi marta ota-ona bo‘ladi. Model bu xushxabarni homiladorligi aks etgan suratini Instagram sahifasiga qo‘yish orqali obunachilari bilan baham ko‘rdi. View this post on Instagram E’tiborlisi shundaki, o‘tgan bir necha oy ichida Rozi Hantington-Uaytli keng liboslari va qomati bilinmaydigan rakursda suratga tushishi bilan homiladorligini yashirishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo modelning o‘zgargan qiyofasini ta’kidlaydigan oq-qora libosdagi oxirgi surati barchasiga aniqlik kiritdi. “Taa daa!! Ikkinchi raund”, deb yozgan model bu uning ikkinchi homiladorligi ekanligiga ishora qilgan holda. Eslatib o‘tamiz, juftlik 2017-yilda tug‘ilgan birinchi farzandi — o‘g‘li Jekni ham tarbiyalaydi. Bundan avval “Forsaj” yulduzi Jeyson Stetxem Turkiyadagi o‘q o‘tmaydigan villada dam olayotgani haqida xabar berilgandi.
94
867
Madaniyat
Xonanda Lola barchadan kechirim so‘radi
Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasida barchani kechirimli bo‘lishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”. “Kechirish – bu ozod bo‘lish. Gina-araz esa sizdan boshqa kimdir zaharlanishiga umid qilib ichilayotgan zahardir. Bugun men barcha yaqinlarim, do‘stlarim, qarindoshlarim va hattoki begonalardan ham kechirim so‘rayman. Balki, so‘zlarim yoki xatti-harakatlarim bilan dilingizni og‘ritgandirman. Balki mening sukutim ham ko‘nglingizga og‘ir botgandir. Ba’zan atrofingda sendan xafa bo‘lgan, sendan og‘ringan qalb sohibi borligidan bexabar tarzda yashayverasan... Hammamiz xato qilamiz, kimnidir xafa qilib qo‘yamiz. Keling, kechirimli bo‘lishni o‘rganamiz...” – deya yozdi Lola. Eslatib o‘tamiz, Lola 7-avgust kuni Moskva shahrida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Shuningdek, bugun, 1-avgust kuni radiokanallar orqali xonandaning yangi — “Xabar ol” deb nomlangan qo‘shig‘i premyerasi bo‘lib o‘tadi.
39
917
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning manbalari ma’lumot berdi. Muqaddam Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanalining direktori etib tayinlangan edi. Ammo bir muddatdan so‘ng san’atkor ushbu lavozimdan ketgani hamda telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettirishi ma’lum bo‘lgan edi.
76
385
Madaniyat
“Yosh kitobxon” tanlovining 2019-yilgi nizomi tasdiqlandi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining 2019-yilgi nizomi tasdiqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi. Nizomga ko‘ra, tanlov to‘rt bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqich arizalar qabul qilish va saralash bosqichi bo‘lib, unda tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilarning arizalari 15-may kuniga qadar Yoshlar ittifoqining tuman, shahar kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Ariza topshirgan yoshlar adabiyotlar ro‘yxati asosida o‘zbek va jahon adabiyotiga, buyuk adiblar hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob berish orqali saralanadi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan beriladi. Test natijalariga ko‘ra 86 va undan yuqori ball to‘plagan 15 nafar ishtirokchi keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi bosqich tanlovning mahalliy bosqichi bo‘lib, iyun oyida tuman, shaharlar miqyosida saralash bosqichida 86 va undan yuqori ballni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘rtasida “O‘zbek adabiyoti bilimdoni” va “Jahon adabiyoti bilimdoni” shartlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Uchinchi bosqich tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib, avgust—sentabr oylarida “Buyuk mutafakkir va adib” hamda “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari asosida teletanlov shaklida bo‘lib o‘tadi. Har bir yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1 nafardan jami 3 nafar ishtirokchi Respublika bosqichi uchun yo‘llanmaga ega bo‘ladi. So‘nggi bosqich tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, har yili noyabr—dekabr oylari davomida “O‘zbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni”, “She’riyat” hamda “Buyuk mutafakkir va adib” kabi 4 ta shart bo‘yicha o‘tkaziladi. Tanlovning Respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan 3 ta yosh toifasidagi ishtirokchilarning har biri Prezident sovg‘asi sifatida yengil avtomobil, diplom va “Yosh kitobxon” statuetkasi bilan taqdirlanadi. Uchta toifada 2-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biri kompyuter jamlanmasi (monoblok), o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlaridan iborat kitoblar jamlanmasi va boshqa qimmatbaho sovg‘alarga sazovor bo‘ladi. Uchta toifada 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilarning har biriga 100 tadan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari berilib, tashkilotchilarning maxsus sovg‘alarini qo‘lga kiritadi.
57
2,287
Madaniyat
Jerar Depardye va Alen Delon ishtirokidagi filmlar rejissori olamdan o‘tdi
Fransiyalik rejissor Alen Jessyua Evre shahridagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Fransiyaning Le Figaro gazetasi ma’lum qildi. Kinematografist 85 yoshda edi. O‘limi oldidan u bir oy davomida ikki tomonlama pnevmoniyadan aziyat chekib, intensiv terapiya bo‘limida davolangan edi. Jessyua 1932-yili Parijda tug‘ilgan. U taniqli aktyor Alen Delon ishtirokidagi “Shok bilan davolash” va “Armageddon”, shuningdek, Jerar Depardye bosh rolni ijro etgan “Itlar” filmining muallifi hisoblanadi. Oxirgi filmini rejissor 1997-yili olgan edi.
74
542
Madaniyat
Bollivudning 30 dan oshgan, boshi ochiq aktrisalari (foto)
Chiroyli, muvaffaqiyatli, iste’dodli va boshi ochiq. Gap “Yandeks Dzen” platformasida e’lon qilingan, 30 dan oshgan Bollivud yulduzlari haqida ketyapti. Katrina Kaif — 36 yosh Katrina Kaif bir necha yillardan beri Hindistonning eng talabgir aktrisalaridan biri hisoblanadi. U ishtirok etgan filmlar namoyishi muxlislar bilan to‘lib-toshadi. Katrina avvalroq Salmon Xon, Ranbir Kapur bilan munosabatda bo‘lganiga qaramay, ayni vaqtda boshi ochiq. Parinita Chopra — 31 yosh Parinitaning debyut “Sevgi isyonchilari” filmida zamonaviy Juliettani jonlantirgan roli, nafaqat muxlislar, balki kinotanqidchilar tomonidan ham ijobiy baholangan. Ammo so‘nggi vaqtlarda, aktrisa karyerasida o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanmayapti. Shunga qaramasdan u o‘zini turli janrlarda sinab ko‘rishdan to‘xtamaydi. Bir vaqtlar rejissor Manish Sharma bilan uchrashib yurgan aktrisaning, ayni damda shaxsiy hayotida hech kim yo‘q. Tabu — 48 yosh Yosh va go‘zal Tabu Bollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biri, u ijrosidagi rollar hamisha qiziqarli va esda qolarli ekani bilan ajralib turadi. Karyerasida muvaffaqiyatga erishgan aktrisaning shaxsiy hayotda omadi chopmagan, u avvalroq oilali aktyor Nagarjunga ilakishib qolgan. Hozir esa boshi ochiq. Sonakshi Sinxa — 32 yosh Sonakshi ilk faoliyatini Salmon Xon bilan birga suratga tushgan “Qo‘rqmas” filmidan boshlagan. U hind muxlislarini, qiyofasi va milliy kiyinish uslubi bilan o‘ziga rom qilgan. Aktrisa bergan intervyulardan birida taniqli aktyor bilan iliq munosabatda bo‘lganini ta’kidlagan, ammo “mashhur janob X” kim ekanini bilish hech kimga nasib qilmagan. Kangana Ranaut — 33 yosh Iste’dodli aktrisalardan biri hisoblangan Kangana, uch marotaba milliy film mukofotini olishga muyassar bo‘lgan. Kangana avvalroq, Aditya Panchol va Ritik Roshan bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Shraddxa Kapur — 33 yosh Shraddxa nafaqat aktrisa, balki qo‘shiqchi sifatida ham tanilib ulgurgan. U hamkasblaridan Aditya Roy Kapur va Farxan Axtar bilan sevishgan. Jaklin Fernandes — 34 yosh “Miss Shri Lanka-2006” deb e’tirof etilgan Jaklin, Bollivudga “Olovuddin” filmidagi roli orqali qadam qo‘ygan. U va rejissor Sadjid Xan o‘​rtasida suratga olish jarayonlaridan birida boshlangan munosabatlar, uzoqqa bormagan. Ammo aktrisa ruhan tushkunlikka tushmagan buni rejissordan keyin davomiy bo‘lgan oshiqlar ro‘yxatidan ham bilish mumkin. Shayh Hasan bin Rashid, Bahrayn shahzodasi, amerikalik aktyor Adam Kalder, shuningdek, Salmon Xon va Arjun Kapur bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan Jaklin hayotida ayni damda hech kim yo‘q.
58
2,550
Madaniyat
Maksim Galkin va Alla Pugachyova nikohdan o‘tdi (foto, video)
18-noyabr kuni rossiyalik qiziqchi va teleboshlovchi Maksim Galkin xonanda Alla Pugachyova bilan nikohdan o‘tdi. Bu haqda ForumDaily xabar bermoqda. Marosimda olingan qisqa video Galkinning Instagram’dagi sahifasida chop etildi. View this post on Instagram “Bizda quvonchli yorqin voqea bo‘ldi! Biz nikohdan o‘tdik”, — deb izoh berdi videoga qiziqchi. Marosimda juftlikning egizak farzandlari — Liza va Garri qatnashdi. Nikoh marosimida, shuningdek, xonanda Igor Nikolayev rafiqasi Yuliya Proskuryakova bilan ishtirok etdi. View this post on Instagram
61
577
Madaniyat
“O‘tkan kunlar” filmining to‘liq versiyasi bugun 10 ta milliy telekanal orqali namoyish etiladi
Bugun, 29-dekabr kuni “O‘zbekkino” va 10 ta milliy telekanal “O‘tkan kunlar” filmining to‘liq versiyasini bir vaqtda namoyish qilish aksiyasini o‘tkazadi. Bu haqda Milliy agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi. Kadr: “O‘tkan kunlar” Abdulla Qodiriy romani asosida yaratilgan ushbu film namoyishi yozuvchi tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlanadi. Joriy yilda Prezident tashabbusiga ko‘ra 1969-yilda rejisser Yo‘ldosh A’zamov tomonidan yaratilgan “O‘tkan kunlar” filmining to‘la versiyasi negativ plyonkadan qayta tiklanib, raqamli formatga o‘tkazildi va 2019-yil 7-dekabr kuni O‘zbekistonga taqdim etildi. “Taniqli hamyurtimiz, mashhur xayriyachi Alisher Usmonovning beminnat ko‘magida amalga oshirilgan misli ko‘rilmagan bu tadbir milliy kinematografimizning durdona asarlarining raqamli formatga o‘tkazilgan versiyasini Rosiya kinofondidan qaytarib olib kelish milliy loyihasining navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Shu sababdan ‘O‘zbekkino’ milliy agentligi hamyurtimiz Alisher Usmonovga o‘zbek xalqiga qilingan ushbu bebaho sovg‘a uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi”, — deyiladi xabarda. Film namoyishi davlat va nodavlat telekanallarda quyidagi tartibda boshlanadi:
95
1,169
Madaniyat
Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida film taqdim etildi
Amerikalik xonanda Billi Aylish haqida “Biroz xiralashgan dunyo” nomli hujjatli film suratga olindi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, film allaqachon prokatga chiqqan. Kartina yosh yulduzning shaxsiy hayoti va professional faoliyati haqida hikoya qiladi. Unda kliplarning suratga olish hamda qo‘shiq yozish jarayonlari, Aylishning oila a’zolari bilan munosabatlari, qolaversa, Jastin Biber bilan do‘stligi haqidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Billining sobiq yigiti Brendon Kventin Adams bilan ayrilishi haqidagi ma’lumotlar esa sujetdagi o‘ziga xoslik sanaladi. Billi reper sifatida ma’lum bo‘lgan Adams bilan 16 yoshida uchrashgan, ammo ularning munosabatlari haqida hech kim bilmagan. Avvalroq Billi Aylishning Bad guy klipi YouTube’da 1 milliarddan ko‘p ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.
57
801
Madaniyat
Xorazmdagi to‘yda Og‘abek Sobirovga muxlislari tomonidan “pulchambar” sovg‘a qilindi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda xorazmlik taniqli xonanda Og‘abek Sobirov bo‘ynida “dollarli pulchambar” osilgan holda qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqaldi. “Daryo” muxbiri ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida xonandaning administratori bilan bog‘landi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat 30-mart kuni Xorazm viloyatining Gurlan tumanida o‘tkazilgan sunnat to‘yida kuzatilgan. Og‘abek Sobirovning ashaddiy muxlisi bo‘lgan to‘y egasi xonandaning bo‘yniga 20 ta 1 dollarlik kupyuradan iborat “pulchambar” taqib qo‘ygan. Video to‘yda ishtirok etgan mehmonlar tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.
92
615
Madaniyat
20 mingdan 500 ming so‘mgacha: “Xalqlar do‘stligi” saroyida yil oxirigacha o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?
“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oyida mashhur xonandalar, qiziqchi va millionlab muxlislarga ega kulgi jamoalarining konsert dasturi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Quyida kutilayotgan konsertlar va ularning chipta narxlari haqida ma’lumot beriladi. “Bravo” kulgi jamoasi “Bravo” kulgi jamoasi 10—20-sentabr kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert dasturini muxlislariga taqdim etadi. Ushbu konsertning 40 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha sotuvga chiqarilgan. Old qatorlardagi chiptalar deyarli sotib bo‘lingan, orqa qator, qanotlar va balkondagi chiptalarni esa bemalol xarid qilish mumkin. “Sizga ta’zim mehridaryo ustozlar” nomli gala-konsert “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida 21-sentabr kuni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan “Sizga ta’zim mehridaryo ustozlar” nomli gala-konsert bo‘lib o‘tadi. Ushbu konsert dasturiga kirish uchun 30 ming so‘mdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan chiptalarni sotib olish mumkin. Old qator chiptalari sotib bo‘lingan, boshqa qatordagi chiptalar esa mavjud. Gala-konsertda Jenisbek Piyazov, Bahrom Nazarov, Shohruxxon, Asal Shodiyeva, Zohirshoh Jo‘rayev, Lola, Bunyodbek Saidov va boshqa estrada yulduzlari ishtirok etadi. Ozod Shukrulloyev Aktyor, yumorist, instabloger Ozod Shukrulloyev 22-sentabr kuni “Xalqlar do‘stligi”da “Stand up shou”sini o‘tkazadi. Chiptalarni 20 ming so‘mdan 200 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin. Deyarli barcha o‘rinlardagi: old, o‘rta, orqa qatorlar, balkon, qanotdagi chiptalarni sotib olsa bo‘ladi. Janob Rasul  “Yomonsan”, “Yolg‘on dunyo”, “Super”, “Kabutarim” kabi xit taronalar ijrochisi Janob Rasulning konsert dasturi 28—29-sentabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Konsert dasturi to‘liq jonli ijroda muxlislarga taqdim etiladi. Xonandaning konsert dasturidagi chiptalar narxi 25 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha qilib belgilangan. Old qator va balkondagi joylar deyarli sotib bo‘lingan, o‘rta qator, orqa qator va qanotlardagi chiptalarni esa bemalol xarid qilish mumkin. Sherali Jo‘rayev va Zohirshoh Jo‘rayev O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 10—12-oktabr kunlari o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayev bilan birga o‘zining 75 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Sherlar makoni” nomli konsert dasturini o‘tkazadi. Ushbu konsert dasturining chiptalarining narxi boshqa xonandalarnikiga nisbatan balandroq, ya’ni ularni 40 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin. Bu konsertga kirish chiptalarini topish muammo emas. Nilufar Usmonova  Xonanda Nilufar Usmonova 15—16-oktabr kuni ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislariga taqdim etadi. Uning konsertiga kirish chiptalari narxi 35 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha. Hozirda old qatorlardagi chiptalar sotib bo‘lingan, biroq orqa qator va balkon chiptalarini xarid qilish imkoniyati bor. Qizig‘i, ushbu xonandaning konsertiga kirish chiptalari umumiy kassada emas, alohida kassada sotilmoqda. “Million” kulgi jamoasi “Million” kulgi jamoasining bir yil hisobida ikkinchi bor o‘tkazilishi kutilayotgan konsert dasturi 18—30-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Konsertga kirish chiptalarining narxi 40 ming so‘mdan 450 ming so‘mgacha qilib belgilangan. Balkondagi ko‘plab joylarning chiptalari sotib bo‘lingan, boshqa qatorlardagi chiptalarni esa xarid qilish mumkin. Bahrom Nazarov Xonanda Bahrom Nazarov noyabr oyining ilk kunlarida, ya’ni 2—6-noyabr kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyidagi navbatdagi konsertini muxlislarining e’tiboriga havola etadi. Konsertning chiptalari sotuvga chiqqaniga hali bir oy ham bo‘lmagan, biroq chiptalar deyarli sotib bo‘lingan. Faqat o‘rta qator va balkon chiptalarini sotib olish mumkin. Konsertga kirish uchun chiptalar narxi 30 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha qilib belgilangan. Ulug‘bek Rahmatullayev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyidagi konserti 9—15-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Xonandaning konsert dasturiga kirish chiptalari narxi 20 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha etib belgilangan. Old qatordagi chiptalar deyarli sotib bo‘lingan, boshqa qatorlar va balkon chiptlarini esa bemalol xarid qilish mumkin. Dostonbek Ergashev  Muxlislariga “Ko‘zmunchog‘im”, “Uylanamiz”, “Dada” nomli taronalari bilan yaxshi tanish bo‘lgan xonanda Dostonbek Ergashev 16—17-noyabr kunlari konsert dasturini taqdim etadi. Uning konsert dasturiga kirish chiptalarini 30 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha xarid qilish mumkin. Old qator chiptalari sotib bo‘lingan, o‘rta, orqa qator, balkon va qanot chiptalari esa serob. Avaz Oxun  Qiziqchi Avaz Oxunning “Xalqlar do‘stligi”dagi konsert dasturi 18—23-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Konsertga kirish uchun 25 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha bo‘lgan chiptalarni sotib olish mumkin. Uning deyarli barcha kunda namoyish etiladigan konsert chiptalarini topish mumkin. Jasurbek Mavlonov Xonanda Jasur Mavlonov 29—30-noyabr kunlari “Yana sog‘inch” nomli konsert dasturini muxlislariga havola etadi. Chipta narxlari 20 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha qilib belgilangan. Old qatordagi ayrim chiptalar sotib bo‘lingan. Umuman olganda, xonandaning konsertiga chipta topish muammo emas. “Dizayn” kulgi jamoasi konserti “Dizayn” kulgi jamoasi 4—13-dekabr kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida navbatdagi konsertini namoyish qiladi. Konsertga kirish uchun 40 ming so‘mdan 350 ming so‘mgacha bo‘lgan chiptalarni xarid qilish mumkin. Ushbu konsert dasturiga kirish chiptalari endi sotila boshlagan, shuning uchun barcha kunlardagi istalgan qatordagi chiptalarni sotib olish mumkin. Ma’lumot uchun, kassada bo‘lmagan konsert chiptalarini ko‘chadan topsa bo‘ladi, biroq narxlar kassaga qaraganda biroz balandroq bo‘lishi mumkin.
146
5,666
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov vazir bo‘lishdan ko‘ra xonandalik yaxshiroq ekani hamda hozirgi lavozimida qancha oylik olishi haqida gapirdi (video)
O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida  vazir bo‘lishdan ko‘ra xonanda bo‘lib ijod qilish yaxshi ekanini, qancha oylik olishini, “Jaloliddin Manguberdi” serialiga ketgan mablag‘lar, “Yor-Yor” ko‘rsatuviga munosabati va sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirdi. Ozodbek Nazarbekov uchun vazir bo‘lish yaxshimi yoki xonanda? “Albatta xonanda bo‘lib ijod erkin ijod qilishning qulayligi yuqori. Bugungi kunda, davlat idoralari xalq manfaatiga xizmat qilayotgan paytda vazir bo‘lish yanada mas’uliyatli hisoblanadi. Halovat joyida bo‘lmaydi. Vaqt, ish ko‘lamining kengligi nuqayi nazaridan katta davlatning butun bir madaniyat sohasiga javobgarlik insonni behalovat qilishi aniq”, — deydi madaniyat vaziri. Madaniyat vaziri qancha oylik oladi? “Ishni yoqadi, yoqmaydi deb qilish noto‘g‘ri, men buni o‘zimga mas’uliyat va yuklama deb qabul qilganman. Buni xalqimiz va prezidentimiz oldidagi mening mas’uliyatim deb bilaman. Oyligim bugungi kunda, yaqinda oshganini hisoblasam to‘liq hisobda 20 000 000 dan oshadi, hozir esa qo‘limga olayotganim 14-15 000 000 ga boradi”, — deydi O‘zbekiston xalq artisti. “Jaloliddin Manguberdi” serialiga ketgan mablag‘lar haqida “Jaloliddin Manguberdi” serialiga ketgan mablag‘lar o‘zini oqlamadi degan xulosaga borishga hali vaqtli. Serialning birinchi fasli tugadi, hozir esa ikkinchi va uchinchi fasllari suratga olinishi kutilmoqda. Bu yil ikkita faslini ham suratga olamiz, serialning birinchi faslida qahramonlarning fe’l-atvori bilan tanishtirildi, shu bilan serial yakunlandi. Shuning uchun ham hali xulosa qilishga erta deb o‘ylayman. Ijod mahsuli shunaqa, kerak bo‘lsa ba’zi ishlarni dekoratsiyani buzib qilishga to‘g‘ri keladi. Birinchidan, ijodiy ishlar har doim ham moddiy manfaat keltirish uchun qilinmaydi. Ikkinchidan, bu serial foyda keltirsa ham, keltirmasa ham biz yutamiz. Bu serial kelajakda O‘zbekistonda olinishi mumkn bo‘lgan seriallarning reytingini ko‘tarib beradi. Agar yana tarixiy seriallar olinadigan bo‘lsa juda bo‘lmaganda shu serialning reytingini qayd etadi. Bugungi kunda butun bir ovozda seriallarni kim olayapti desangiz turklar deb javob berishadi. Shuning uchun ular bu sohada eng oldi qatorida. Turklar bilan hamkorlik qilishdan asosiy maqsad kino industriyani o‘zgartirish edi. Mana shu katta-katta loyihalar, hamkorlik, aholiga taqdim qilinayotgan proyektlar kinoni ‘oyoqqa turishi’ga sabab bo‘ldi. Bugun hech kimga sir emas, O‘zbekiston kinosi ‘oyoqqa turmadi’ deya olmaydi. To‘g‘ri, qilinayotgan ishlar hali ko‘p, lekin 50 yil e’tibor berilmagan sohadan nimani kutish kerak? Shuni aytmoqchimanki, ertaga bu kinoni hamma yotib olib ko‘rmagan taqdirda ham bu o‘zbek kinosini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishiga xizmat qiladi va shu serialda suratga tushgan bizning aktyorlarimiz har qanday tarixiy serialga tayyor”, — deydi Ozodbek Nazarbekov. “Yor-Yor” ko‘rsatuviga munosabati  “Yor-Yor ko‘rsatuvi bor ko‘rsatuvlardan ko‘chirilgan. Lekin umuman bizning qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga to‘g‘ri kelmasligini o‘ylash kerak. Men bitta ko‘rsatuvni boshidan oxirigacha ko‘rmadim, lekin e’tirozlar bo‘lgandan keyin internetda ko‘rib qoldim. Kesilgan joylarini ko‘rdim, shu millatning vakili sifatida bu ko‘rsatuvni qabul qilolmadim”, — deydi madaniyat vaziri. Ozodbek Nazarbekov sog‘lig‘idagi muammolar haqida  “Bugungi kunda, umuman olganda dunyodagi 7 milliard insonning sog‘lig‘i bilan bog‘liq qanaqadir muammolar bo‘lyapti, chunki koronavirus o‘zining asoratlarini qoldiryapti. Shu jumladan, men ham koronavirus bo‘lganimdan keyin sog‘lig‘im bilan bog‘liq muammolarga duch keldim. Ikki-uch marta bo‘lganman, shunda bularning hammasi oshqozonimga ta’sir qildi va tabiiyki, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga olib keldi. Hozirgi kunda ancha o‘zimga keldim, biroq xotiramga ham katta ta’sir qildi”, — deydi xonanda.
136
3,872
Madaniyat
Komada yotgan rossiyalik xonanda MakSimning ahvoli og‘irlashib qolishi sababi ma’lum qilindi
Moskvadagi klinikalardan birida bo‘lgan rossiyalik 38 yashar xonanda Marina koronavirusning asoratlari bilan kurashmoqda. Bu haqda Cosmopolitan nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, nafaqat xonandaning o‘zi, balki uning butun jamoasi ham COVID-19 bilan zararlangan. 4 kun davomida o‘zini o‘zi davolagan qo‘shiqchi keyinroq shifoxonaga yotqizilgan. Test tahlillarida uning organizmida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlanmagan. Bu xonandaning kasallikka xos ilk simptomlar boshlanishi bilan katta miqdorda antibiotik va virusga qarshi dori vositalari qabul qilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Virus shilliq qavatlardan o‘tib, organizmga chuqurroq singgani sabab ham PZR-testida aniqlanmagan bo‘lishi mumkin. Qayd qilinishicha, Marinada ikki tomonlama polisegmental pnevmoniyaning og‘ir darajasi aniqlangan. Ikki haftadan buyon medikamentoz komada bo‘lgan xonanda o‘pkasida 80 foiz zararlanish aniqlangan. “Ikki tomonlama polisegmental pnevmoniya o‘pka to‘qimalarining umumiy zararlanganini bildiradi. O‘tkir nafas yetishmovchiligi va gaz almashinuvi buzilganidan tashqari organizmda kuchli intoksikatsiya rivojlanmoqda. Bundan tashqari, kasallik qo‘zg‘atuvchisi — pnevmakokk yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qiladi”, — degan shifokor-pulmonolog Sergey Puryasev. Avvalroq xonanda ahvoli yomonlashganini oddiy shamollashga yo‘ygani, koronavirusga topshirgan test tahlili natijasi salbiy chiqqanidan keyin faol ishlashda davom etgani haqida xabar berilgandi. U tana harorati yuqori va holsiz bo‘lganda ham Kazandagi konsertni qoldirmasdan, chiqish qilishda davom etgan. Shifokorlarga Moskvaga kelganidagina murojaat qilgan. 15-iyun kuni Instagram sahifasiga shifoxonada tomchi ukol olayotgan suratini joylagan. Shundan keyin aloqaga chiqmagan. “Bu uning eng asosiy xatosi bo‘lgan: kasallik nafas olish tizimini dahshatli darajada zo‘riqtiradi. O‘pka to‘qimasi olov paketni eritgani singari yemiriladi. Xonanda shu ahvolda sahnada chiqishda davom etgan. Kuchli ventilyatsiya hisobiga qo‘shiqchining sog‘lom to‘qima qoldiqlari ham zararlangan va xonanda mazkur konsert bilan o‘zini tamom qilgan”, — deb qo‘shimcha qiladi shifokor. MakSim shifoxonaga yotqizilganining ertasi kuni uning piar-direktori Margarita Sokolova klinikaga yetib kelgan. U xonandani sun’iy komaga tushishdan avval ko‘rishga muvaffaq bo‘lgani, unga eng yaxshi shifokorlar qarayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, u hammadan tinchlik rejimiga amal qilish va ahmoqona savollar bermaslikni iltimos qilgan. MakSimning kliplari rejissori Vadim Shatrov esa koronavirus bilan kurasha olmasdan, 45 yoshda hayotdan ko‘z yumgan. Marinaning ahvoli qanday ekanligi haqida ma’lumot berib turgan Yana xonandaning hisob raqami soliqchilar tomonidan bloklangani haqidagi xabarni inkor qilib, turli mish-mishlar tarqatishdan avval rasmiy manbalarga murojaat qilish kerakligini ta’kidlagan.
92
2,853
Madaniyat
Raqqosa Parizoda uchinchi marta ona bo‘ldi
Raqqosa Parizoda 8-yanvar kuni uchinchi farzandini dunyoga keltirdi. U Instagram’dagi sahifasiga o‘g‘il farzandli bo‘lganligi haqidagi chiroyli she’rni joylab, folloverlariga xushxabarni yetkazdi. Ma’lumot uchun, asli ismi Dilnoza Safarova bo‘lgan ijodkorning E’zoza va Sa’diya ismli qizlari bor.  2020-yilda farzandli bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
42
361
Madaniyat
Madaniyat vazirligi hajviyachilarning YPX xodimlari haqidagi hazillari uchun kechirim so‘raganiga munosabat bildirdi
8-iyun kuni “Qalpoq” hamda “Sho‘rdanak” hajviy ko‘rsatuvlari ijodkorlari YHXB xodimlari haqidagi hazillari uchun ichki ishlar organlari xodimlaridan kechirim so‘ragani aks etgan videolar ichki ishlar vazirligining Telegram kanaliga joylashtirildi. Madaniyat vazirligi ushbu holatga munosabat bildirdi. Kadr: “Sho‘rdanak” hajviy dasturi Qayd etilishicha, vazirlik vakillari vaziyat yuzasidan “Sho‘rdanak” hajviya guruhining vakili bilan suhbatda bo‘lganida, fikr bildirishni istamagan. “Shu bilan birga, madaniyat vazirligi hajviya, satira, askiya borasida san’atni chegaralamaslik fikrini bildirmoqda. Yillar davomida hajviya orqali jamiyatdagi muammo va illatlarni yo‘q qilishga qaratilgan, bu yo‘l orqali turli soha yo‘nalishlarini isloh qilishga ham ko‘maklashilgan. Bu xuddi jurnalist va blogerlarning bir muammoni olib chiqib, uni hal etilishiga qaratilgan mavzularga o‘xshaydi. Shunday ekan, unda nima uchun bu hazillar o‘rinli qabul qilinmaydi, degan savollar ham yo‘q emas. Agar hajviya biron bir shaxsga tegishli bo‘lib, uni kamsitilishiga qaratilgan bo‘lsa, madaniyat vazirligi bunday ijodlarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Zero, xoh hajviya, xoh drama, askiya hamda satira orqali jamiyatdagi illatlarni davolashga qaratilgan mavzular yoki voqealar namoyon etilsa, uni hech narsa bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Tarixga bir nazar solsak, o‘zbek hajviy adabiyoti sermazmun tarixga egadir. Hajv, satira-voqelikni aks ettirishning alohida g‘oyaviy-badiiy prinsipi sifatida barcha sivilizatsiyalashgan xalqlar adabiyoti, shu jumladan, o‘zbek xalqining ham og‘zaki va yozma ijodlarida qadimdan katta o‘rin olib kelgan. Ijtimoiy illatlarning kulgili tanqidi bo‘lgan satira o‘zbek xalq ijodida ham keng tarqalgan edi. Nasriddin afandi, Aldar ko‘sa kabi to‘qima obrazlar hajviy, milliy qahramonlar o‘z zamonasining illatlarini xalq orasida askiyalar va hajviyalar bilan namoyish etishgan. Qadimdan xalqning ichida hajviya, satira, askiya kabi yumoristik ijodlar keng tarqalib, ommalashgan. Xullas, madaniyat va san’at sohasida cheklovlar qo‘yilsa, u hech qachon rivojlanmaydi”, — deyiladi vazirlik munosabatida.  “Sho‘rdanak” va “Qalpoq” ko‘rsatuvlari ijodkorlari YPX xodimlari haqidagi hazillari uchun uzr so‘radi (video)
116
2,216
Madaniyat
“Istanbullik kelin” − Asli Enverning oilasi, bolaligi, qiziqishlari, muammolari haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar (foto)
Asli Enver 1984-yil 10-mayda Londonda tug‘ilgan. Aslining otasi kiprlik, onasi esa Istanbuldan. Juftlik Angliyada uchrashdi va shu sababli Asli vatanidan uzoq joylarda dunyoga kelgan. Bolaligi Asli 12 yoshigacha oilasi bilan Londonda yashadi va shundan so‘ng Istanbulga qaytdi. Aslining ota-onasi ko‘p o‘tmay ajrashishga qaror qildi. Asli esa ikki akasi bilan onasining yonida qoldi. Aslining oilasi bilan Istanbulga ko‘chib kelganidan so‘ng u yerga moslashishi qiyin bo‘lgan. Sababi u turkchani bilmasdi, uni o‘rganishi kerak edi. “Avvaliga hayotimda bo‘layotgan o‘zgarishlar men uchun qiyinchiliklar tug‘dirgan. Men o‘shanda 12 yoshda edim. Biz Istanbulga ko‘chib kelganimizda hech narsani tushunmaganman, turkchada yozish, o‘qishni-ku umuman aytmasa ham bo‘ladi. Onam meni Mujdat Gezen teatr maktabiga yuborishga qaror qildi. Tez orada u yerdagi bolalar bilan do‘stlashib ketdim. Oradan bir hafta o‘tishi bilan menga boshqa hech narsa kerak emasligini angladim. O‘z orzularim amalga oshishiga yaqin ekanligini tushunib yetgandim. Chunki bolaligimdan aktrisa bo‘lishni, teatrda rol ijro etishni yaxshi ko‘rardim”, − deydi aktrisa. Ta’lim Asli Enver san’atga muhabbati tufayli tasviriy san’at maktabida tahsil oldi. Keyinchalik Xalich universitetining teatr fakultetini tamomladi. Asli Enver o‘zining xarakterini quyidagicha ta’riflaydi: “Ilgari men uyatchan bo‘lganman. Lekin do‘stlarim davrasida o‘zimni erkin his etaman. Ammo tashqi ko‘rinishim bunga unchalik ham mos kelmaydi. Vaqt o‘tishi bilan o‘zim uchun muammolar yaratish behuda ekanligini angladim. Men qanday bo‘lsam, shundayligimcha edim. Biror narsani yashirishni, bo‘rttirishni bilmaganman. O‘ttiz yoshdan oshgandan keyin esa o‘zimni yanada erkin his qila boshladim”. Tabiatan quvnoq insonman. Men bilan muloqot qilish oson, albatta. Har qanday muammoni suhbat orqali hal qilishga ustaman. O‘zimni ifodalashda biror muammo yo‘q. O‘qishdagi muammolar Asli Enverda disleksiya mavjud edi, u o‘qishda qiyinchilikka uchrashini o‘zi ham tan oladi. “Men hattoki ssenariylarni ham qalamsiz o‘qiy olmayman. Planshetda o‘qiganda ham qatorlarning ostiga chizishim kerak. Bu juda qiynab yuboradi. Shuning uchun ko‘proq audiomatnlar tinglayman. Tarjimayi hollarni o‘qishni yaxshi ko‘raman, ammo bu oson emas. Bilimimni oshirish uchun ko‘plab hujjatli filmlarni tomosha qilaman”, deya qo‘shimcha qiladi Asli. Shuningdek, Asli Enverning manzil topishida xotirasi biroz sust. U 10 marta tashrif buyurgan joyini ham keyingi safar topa olmasligi mumkin. Hayotga va muhabbatga qarash Aktrisaning fikriga ko‘ra, chinakam juftliklar bir-birini o‘zgartirishga yoki ikkinchi yarmi uchun o‘zgarishga urinmasligi kerak. “Kimligidan qat’i nazar, u uchun o‘zini xursand qiladigan narsadan voz kechishi g‘alati, albatta. Ikkisi ham o‘z holicha qolishi kerak. Yoqmagan odatlar uchun murosaga kelgan ma’qul. Sevgi bo‘lsagina bunga kuch topish mumkin”, deb ta’kidlaydi yulduz. Shuningdek, u ayni damlarda insonlar bir-biriga shafqatli bo‘lish o‘rniga ko‘proq qoralash bilan ovoraligidan hayratda. Aktrisa buni jamiyatning asosiy muammosi deb biladi. Karyerasi Aktrisa har qanday kasbning muvaffaqiyatida iste’dod va uzluksiz mashg‘ulotni muhim deb biladi. Aktyor uchun birinchi o‘rinda iste’dod bo‘lishi kerak, agar u yaxshi ta’lim olgan bo‘lsa, ikki karra yaxshi. Ammo shunchaki chiroy bo‘lsa-yu, iste’dod, kasbga doir bilimlar yetarli bo‘lmasa, undan tayinli san’at insoni chiqmasligi ehtimoli ko‘proq, degan fikrda. Aktrisa o‘z kasbini yaxshi ko‘radi va hech qachon bu faoliyatni tark etaman, deb o‘ylamaydi. Kelajak haqida orzular Turk kinosi yulduzi kelajak haqida juda oddiy orzu qiladi – baxtli bo‘lish. Shuningdek, uning uchun eng muhim narsa – ichki xotirjamlik. Asli so‘nggi paytlarda to‘g‘ri ovqatlanish va sportga ko‘proq ahamiyat bera boshladi. U sabzavotlar iste’mol qilishga odatlangan. Makaron mahsulotini esa ratsionidan chiqarib yuborgan. Sport bilan muntazam emas, qachonki vaqti topganida shug‘ullanadi. Lekin boks uni tetiklashtiradi va rag‘batlantiradi. Aktrisa tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, sohildan ko‘ra o‘rmonda sayr qilishni yoqtiradi. Instagram / @aslienver Aktrisa deyarli gadjetlardan foydalanmaydi, faqatgina ish yuzasidan ularni ishlatishi mumkin. Ayniqsa, Instagram sahifasida ham faol emas, garchi 6 million obunachisi bo‘lsa-da. Shuningdek, sahifaga har kuni surat joylashtirish Asli uchun emas. Uning sevimli shahri – London. Asli, albatta, biror narsa sotib olishi kerak bo‘lgandagina do‘konga boradi. Interyer dizaynga juda qiziqadi, uyida ham hamisha eng kichik detallarni o‘zgartirib turishga harakat qiladi.
128
4,632
Madaniyat
Raqqosalarimiz Koreyadagi Niqob raqs festivalida ishtirok etishmoqda (foto)
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o`rinbosari boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi 27-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Koreya Respublikasining Andon shahrida o`tkazilayotgan xalqaro Niqob raqs festivalida ishtirok etmoqda.
75
231
Madaniyat
“Miniatyura san’ati” YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
2020-yilning 16-dekabrida YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi XV sessiyasida “Miniatyura san’ati” YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, YuNESKO masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov ma’lum qildi. “O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz madaniy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarini, shuningdek, YuNESKO bilan hamkorlikni rivojlantirishga doir Mamlakat dasturini amalga oshirishda, ko‘p millatli ‘Miniatyura san’ati’ elementi insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod bo‘ldi. Nomzodlar to‘plami YuNESKO masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Komissiyasi tomonidan Turkiya, Ozarbayjon va Eronning shu kabi tuzilmalari bilan hamkorlikda tayyorlandi”, — deydi Aziz Abduhakimov. “Miniatyura san’ati” faylini qo‘mitaga taqdim etish paytida Baholash komissiyasining raisi al-Busadiy hammualliflik qilgan mamlakatlar tomonidan Vakillar ro‘yxatiga kiritilgan barcha besh mezonga to‘liq javob beradigan nominatsiya paketini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan sa’y-harakatlarni yuqori baholadi. Xususan, u nominatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi kafolatlar homiylari elementning uzatilishini, hayotiyligini, ko‘rinishini va xabardorligini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek miniatyura amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha hujjatlar va o‘quv dasturlarini o‘z ichiga olgan ilmiy ish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilganini qayd etdi. “Miniatyura san’ati”ning YuNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi uzoq tarixga ega va O‘zbekistonda o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan ushbu san’at turining xalqaro e’tirofidir. Tadbirda Kamoliddin Behzod singari ko‘plab yorqin va taniqli rassomlar bilan o‘zbek miniatyura maktabi ko‘p asrlar davomida dunyodagi eng kuchli va eng taniqli maktablardan biri bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi. Ushbu sessiyada nomoddiy madaniy merosning 42 milliy va ko‘p millatli elementi bo‘yicha nomzodlar ko‘rib chiqiladi. Sessiyada YuNESKO rahbarlari va vakillari, 170 dan ortiq mamlakatning doimiy vakolatxonalari, shuningdek milliy komissiyalar, xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlari delegatlari ishtirok etmoqda. Bugungi kunga qadar YuNESKO Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga “Shashmaqom”, “Boysun tumanining madaniy makoni” , “Katta Ashula”, “Askiya”, “Palov madaniyati va an’analari”, “Navro‘z”  va Xorazm “Lazgi” raqsi  kiritilgan. Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi – Adras va Atlas to‘qish san’ati Ilg‘or tajribalar ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, 2020-yilning mart oyida Milliy komissiya tomonidan mutaxassislar bilan hamkorlikda “Baxshi san’ati” nomzodnomasi tayyorlanib, YuNESKO Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga Milliy nomzod sifatida taqdim etilgan. “Baxshi san’ati” nomzodnomasi nomoddiy madaniy meros qo‘mitasining navbatdagi 2021-yilning dekabrida o‘tkaziladigan yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
77
3,058
Madaniyat
Ruslan Sharipov, Husniddin Xoliqov va qo‘shiqlari farzandlari tomonidan qayta kuylangan boshqa marhum san’atkorlar (video)
Marhum san’atkor Husniddin Xoliqovning qizi Farangiz Xoliqova otasining xotirasiga bag‘ishlab uning “Ayirmagin” nomli taronasini qayta kuyladi. “Daryo” nashri shu kabi marhum san’atkorlarning farzandlari tomonidan qayta kuylangan taronalarni e’tiboringizga havola etadi. Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li — Qilichbek Madaliyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum san’atkor Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li Qilichbek Madaliyev otasining “Ko‘rmasam bo‘lmas”, “Nasibam”, “Sevgi-sevgi”, “Yig‘ladim”, “Yetardi” nomli taronalarini ijro etgan. Muhriddin Xoliqovning o‘g‘li — Odil Xoliqov Marhum san’atkor Muhriddin Xoliqovning o‘g‘li Odil Xoliqov yoshligida otasining “Nargiz”, “Qoraqosh”, “Oyning o‘n beshi qorong‘i, o‘n beshi yog‘du bilan” taronalarini kuylagan. Nuriddin Haydarovning o‘g‘li — Hojiakbar Haydarov Xonanda Hojiakbar Haydarov otasi, xalq ardog‘ida bo‘lgan marhum san’atkor Nuriddin Haydarovning “Aldama”, “Do‘lana”, “Yur, muhabbat”, “Davlating borida”, “Yulduzim” kabi taronalarini ijro etgan. Husniddin Xoliqovning qizi — Farangiz Xoliqova Marhum san’atkor Husniddin Xoliqovning hijobini yechgani uchun tanqid ostida qolgan qizi Farangiz Xoliqova otasining “Ayirmagin” nomli qo‘shig‘ini qayta kuyladi. Ruslan Sharipovning qizlari — Kamilla va Yasmina Sharipovalar Bir qancha xit taronalar ijrochisi, marhum san’atkor Ruslan Sharipovning qizlari Kamilla va Yasmina Sharipovalar otasining xotirasiga bag‘ishlab uning “Otam qabri bor” taronasini qayta kuylagan. Mo‘min Oripovning o‘g‘li — Bilolxo‘ja Oripov “Bojalar” guruhining asoschilaridan biri, marhum san’atkorning Mo‘min Oripovning o‘g‘li Bilolxo‘ja Oripov yoshligida otasining “Anhor” va “Boyvachcha” kinofilmiga ishlangan “Boyvachcha” nomli taronasini ijro etgan. Ortiq Otajonov — Ulug‘bek Otajonov O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti, marhum xonanda Ortiq Otajonovning o‘g‘li Ulug‘bek Otajonov otasining “Umr o‘tar” nomli taronasini kuylagan.
122
1,924
Madaniyat
Qizil yo‘laklarda o‘zi gavdalantirgan qahramon obrazida ko‘rinish bergan yulduzlar (foto)
Film premyeralariga tashrif buyurish uchun o‘zi suratga tushgan film qahramonlarining obrazidan ilhomlangan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Beyonse “Qirol sher”ning premyerasida “Qirol sher”ning premyerasiga tashrif buyurgan xonanda e’tibor jalb qilish bo‘yicha farzandli bo‘lganidan keyin ilk bor ko‘rinish bergan Megan Marklni ham ortda qoldirgan. Beyonse dizayner Cong Tri tomonidan mashhur multfilmga xos sariq rangli matodan tikilgan libosni kiyishni afzal bilgan. Kira Naytli “Qarsildoq” (Shelkunchik) premyerasida Kira esa “Qarsildoq va to‘rt qirollik” multfilmining premyerasiga Leyt Klark tomonidan tikilgan, “tortga o‘xshash” oq ko‘ylakda tashrif buyurgan. Kira Naytli “Kolett” premyerasida “Qarsildoq” premyerasidan bir necha oy avval “Kolett” ilk bir ekran yuzini ko‘rgan. Kira unda XX asr boshlarida yashagan yozuvchi rolini ijro qilgan. Qahramonining fe’l-atvoriga urg‘u berish uchun u film taqdimotiga kostyum-shim va oq ko‘ylak kiyib kelgan. Margo Robbi “Bir kuni Golivudda” filmining premyerasida Kann shahrida bo‘lib o‘tadigan premyera uchun Margo Robbi “Bir kuni Gollivudda” o‘zi gavdalantirgan Sheron Teytning uslubidan ilhomlangan. Chanel’dan yelka qismi ochiq, oq libos kiygan aktrisa soch turmagi ham Sheronnikiga o‘xshashiga harakat qilgan. Ember Xyord “Akvamen”ning premyerasida Ember Londonda bo‘lib o‘tgan premyeraga “haqiqiy okean qirolichasi” obrazida tashrif buyurgan. Valentino‘dan yashil ko‘ylak tanlagan aktrisa bosh kiyimi bilan o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan. Lyupita Niongi “Biz” filmining premyerasida “Biz” filmini tomosha qilganlar Lyupitaning premyeraga kiyib kelgan kiyimi bejizga emasligini bilishi mumkin. Anjelina Joli “Malifisenta”ning premyerasida Anjelina Joli ham ““Malifisenta”ning premyerasiga o‘zi gavdalantirgan qahramon obrazida, qora ko‘ylakda tashrif buyurgan. Emili Blant “Meri Poppins”ning premyerasida Emili Blant filmning premyerasiga kiyib kelgan kiyimi, qahramoni obrazidan ham ko‘ra o‘sha kundagi “qizil bo‘lmagan” yo‘lak rangiga mos bo‘lgan. Lili Jeyms “Zolushka” premyerasida Disney malikasi haqidagi filmga Lili Jeyms moviy rang libos va Jimmy Choo tomonidan taqdim qilingan poyabzalda tashrif buyurgan. Emma Uotson “Sohibjamol va maxluq” filmining premyerasida Emma Uotson suratga tushgan yana bir Disney malikasi haqidagi film 2017-yil ekran yuzini ko‘rgan. Aktrisa filmning barcha premyerasida haqiqiy Bell singari ko‘ringan. Londondagi taqdimotda Emma Emilia Wickstead tomonidan tikilgan o‘ziga xos libosda tashrif buyurgan. Gal Gadot “Mo‘jizakor ayol” “Mo‘jiza ayol” yulduzi film premyerasiga Givenchy brendining qizil libosida tashrif buyurgan. Bleyk Layvli “Oddiy imtiyoz” filmining premyerasi Bleyk Layvli “Oddiy imtiyoz” filmining premyerasiga och pushti kostyum-shimda tashrif buyurgan. Bleyk Layvli “Izquvar Pikachu”ning premyerasida “Izquvar Pikachu”ning premyerasida Bleyk Layvli yorqin sariq rangli libosda borgan.
89
2,922
Madaniyat
Dahshatli tush: yaqinlarining fojiali o‘limiga guvoh bo‘lgan yulduzlar (foto)
Mashhurlarning hayoti nafaqat qizil gilamdagi shon-shuhrat, balki dahshatli fojialarga ham to‘la. Noxush voqealar ular bilan ham yuz beradi, ba’zida esa keyingi hayotlarida jiddiy iz qoldiradi. Sharliz Teron 1991-yilda aktrisaning onasi Gerda Marits Sharlizning otasi Charlz Teronni qizining oldida otib qo‘ygan. Mast ota qizi va ayolini to‘pponcha bilan qo‘rqitgandan so‘ng onasi o‘zini himoya qilishga majbur bo‘lgan. Maykl Jordan Basketbol yulduzining otasi 1993-yilda o‘z mashinasida uxlab yotganida otib ketilgan. Ikki noma’lum shaxs erkakni o‘ldirib, Lexsus’ni o‘g‘irlab ketishgan. Keyinchalik qotillar 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Sofiya Vergara Aktrisaning akasi 1998-yilda o‘g‘irlab ketilgan va shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Sofiya bu fojiani shunday eslaydi: “Biz Kolumbiyada boy oilada yashardik, akam qo‘riqchilarsiz hech qayerga bormasdi. Ammo bir kuni tansoqchilarisiz tashqariga chiqqanida uni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan, qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lganida otib ketishgan.” Mark Ruffalo Aktyorning akasi Skott o‘qdan yaralangan holda Beverli Xillzdagi uyidan topilgan, ammo kasalxonada vafot etgan. Taxminlarga ko‘ra, u revolverga bitta o‘q joylab, o‘zi bilan “rus ruletkasi”ni o‘ynagan, ammo bu tasdiqlanmagan. Jennifer Hadson Aktrisa 2008-yilda onasi, ukasi va jiyanidan ayrilgan. Singlisi Juliyaning eri ularni Chikagodagi uyida xotinidan ajralishni istamagani uchun o‘ldirgan. Roman Polanski Uning rafiqasi aktrisa Sheron Teyt 1969-yil 9-sentabrda Los-Anjelesdagi uyida Charli Menson to‘dasi a’zolari tomonidan o‘ldirilgan. O‘sha vaqtda ayolining 8 oylik homilasi bo‘lgan. Patrik Daffi Aktyorning ota-onasi Montanadagi kichik kafeni o‘marmoqchi bo‘lgan ikki o‘spirin qurboniga aylangan.
77
1,722
Madaniyat
Ajrashib keyin qayta topishgan mashhur juftliklar
Sevgisiga ikkinchi imkon bergan yulduzlar kimligiga to‘xtalamiz. Jastin va Heyli Biber Ushbu juftlik o‘rtasida munosabatlar borligi haqida 2016-yildagi paparatsiyalardan keyin ma’lum bo‘lgandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay ularning yo‘li ayri tushgan va bunga Jastinni, sobiq sevgilisi Selena Gomesning do‘stlari davrasida bo‘lgani haqidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan. Lekin juftlik, taqdir bo‘lsa yo‘qotilgan yillarning ham ahamiyati yo‘q ekanini isbotladi. Heyli va Jastin 2018-yilda turmush qurgan. Jiji Hadid va Zeyn Malik Modellik olamida yaxshi ma’lum bo‘lgan opa-singil Hadidlarning kattasi Jiji nafaqat o‘ziga xos kiyinish uslubi, balki Zeyn bilan ekshnlarga boy munosabatlari sabab ham sariq matbuotda mavzu bo‘lib kelgan. One Direction guruhining sobiq solisti Zeyn Malik va Jiji, 2018-yilda ma’lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra jiddiy xayrlashgan. 2020-yilga kelib esa ularni birgalikda sayr qilib yurgani paparatsiya nishoniga uchragan. Avvalroq bo‘lsa, yulduzli juftlik tez orada farzandli bo‘lishini ma’lum qildi. Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton Shahzoda va bo‘lajak malika o‘rtasidagi iliqlik talabalik yillarida boshlangan. To‘rt yil davom etgan munosabatlardan keyin juftlik 2007-yilda xayrlashgan. Keytning gaplariga qaraganda, bu vaqt ichida u o‘zini juda ham baxtsiz his qilgan va shu bilan birga o‘ziga to‘g‘ri xulosalar chiqargan. Uilyam bo‘lsa xato qilganini tushunib yetgan va Middltonning qo‘lini so‘ragan. 2011-yilda turmush qurgan qirollik oilasi vakillari, hozirgi vaqtda uch farzandning baxtli ota-onasi. Rouz Lesli va Kit Harington Juftlik o‘rtasidagi munosabatlar ilk marta 2012-yilda boshlangan va oradan uch yil o‘tib nuqta qo‘yilgan. Ammo Rouz va Kit ikki yil o‘tib yarashib olgan va 2017-yilda unashtirilgan, 2018-yilda bo‘lsa turmush qurgan. Behati Prinslu va Adam Levin Xonanda va model o‘rtasidagi munosabatlar 2013-yilda poyoniga yetgan, lekin ikki oy o‘tib bir-birisiz yashay olmasligini tushunib yetgan yulduzlar 2014-yilda munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan. Hozirda Behati va Adamning ikki nafar qiz farzandi bor.
49
2,063
Madaniyat
Keyt Blanshett 71-Kann kinofestivali hay’atiga raislik qiladi
Avstraliyalik aktrisa Keyt Blanshett shu yil may oyida bo‘lib o‘tadigan 71-Kann kinofestivali hay’atini boshqaradi. Bu haqda nufuzli kinoko‘rik tashkilotchilari ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”. 48 yoshli aktrisa festival hay’atini boshqaradigan o‘n ikkinchi ayol bo‘ladi. Oxirgi bor rais kreslosini 4 yil avval Yangi Zelandiya vakili, rejissor, ssenariynavis va adiba Jeyn Kempion egallagandi. “Ko‘p yillardan beri Kannga aktrisa, prodyuser sifatida, gala-kechalar va tanlov sessiyalari, kino bozorida ishtirok etish uchun kelaman. Endi ushbu buyuk festival hay’atini boshqarish nasib etmoqda. Bunga bajonidil kirishaman”, — dedi Blanshett.
61
647
Madaniyat
Reklamasida Jonni Depp suratga tushgan Dior Sauvage atiriga talab ikki baravar oshib ketdi
Odatda mashhur brendlar katta janjallarga nisbatan uzoq turishga harakat qiladi. Ammo Ember Xyord Jonni Deppni zo‘ravonlikda ayblaganida ham Dior Sauvage atirining yuzi hisoblangan aktyor bilan shartnomani buzmagan yagona brend bo‘ldi. Natijda u Depp bilan g‘alaba qozondi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sud jarayoni boshlanganidan beri Dior Sauvage’ga talab deyarli ikki baravar oshgan, deb yozadi People Talk. Bir oy mobaynida Google’dagi qidiruvlar soni 48 foizga o‘sdi — martda 823 000 dan aprel oyida 1,2 millionga yetdi. Xuddi shu narsa TikTok’da ham sodir bo‘ldi — odekolon 209 million marta ko‘rilib, dasturda ommalashdi. Sauvage hozirda Google va ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha dunyodagi ikkinchi eng mashhur atir hisoblanadi. U Baccarat Rouge 540, Maison Frensis Kurkdjian’dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Depp 2015-yilda Sauvage kompaniyasi ishga tushirilgandan so‘ng uning yuziga aylangandi. Sud jarayonining boshidan oxirigacha Dior aktyorni qo‘llab-quvvatladi. Bir yil oldin u hatto Depp bilan yangi reklamaga tayyorgarlikni ham boshladi. Buning uchun brend tez-tez tanqid ostiga olindi, lekin baribir hamkorlikni davom ettirdi va bundan afsus qilmadi.
90
1,157
Madaniyat
Paramount studiyasi yangi “Terminator” premyerasini ortga surdi
AQShning Paramount studiyasi Terminator haqidagi navbatdagi filmning chiqish muddatini ortga surdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Oldinroq loyiha relizi 2019-yil 26-iyuliga mo‘ljallanayotgan edi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, bu muhlat 22-noyabrga surildi. Buning sabablari oshkor etilmayapti. Taxminlarga ko‘ra, bu Arnold Shvarsenegger yurak operatsiyasini boshdan kechirgani bilan bog‘liq.
63
409
Madaniyat
Shahrisabzda xalqaro maqom san’ati anjumaniga tayyorgarlik yakunlanmoqda (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida“gi qaroriga asosan joriy yil 6—10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati anjumani bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Shahrisabzda ushbu anjumanga qanday tayyorgarlik ko‘rilayotgani aks etgan fotoreportajni taqdim etdi. “Bu nufuzli tadbirda milliy mumtoz san’at jozibasi namoyish etiladi, mahalliy va xorijlik musiqashunoslar, olimlar, xonanda va sozandalar o‘zaro fikr almashadi, “Maqom musiqa san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Shahrisabzdagi “Oqsaroy” majmuasida anjumanni o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari deyarli yakuniga yetay deb qoldi”, — deyiladi xabarda.
79
808
Madaniyat
“Shaytanat”dagi Hongireydan Zarina Nizomiddinovagacha: Rossiyada yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
So‘nggi o‘n yillikda ko‘plab taniqli o‘zbek san’at va madaniyat sohasi vakillari AQSh, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarga ko‘chib ketmoqda. Ayrimlar musofir yurtda ijodiy faoliyatini davom ettirayotgan bo‘lsa, ba’zilar boshqa sohadan daromad topyapti. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov turli sabablar bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan taniqli san’atkorlar haqida material tayyorladi. “O‘zbekistondan ketishni rejalashtirmagandim” “Ovora bo‘lma”, “Meni esla”, “Yurak mahzun” kabi taronalari va “Sug‘diyona”, “Xo‘ja Nasriddin” filmlaridagi rollari bilan mashhurlikka erishgan Sug‘diyona bir necha yildirki, Moskvada yashab, faoliyat yuritmoqda. Asl ism-familiyasi Oksana Nechitaylo bo‘lgan qo‘shiqchi ijodini 2001-yilda O‘zbekistonda boshlagan. 2006-yili Moskvada o‘tkazilgan “Yulduzlar fabrikasi” loyihasidagi yorqin ishtiroki bilan Rossiyada ham tanilgan. Toshkentlik xonanda rus shou-biznesida Sharq malikasi qiyofasi bilan e’tibor qozongan. Rossiya fuqaroligini olgan 37 yoshli Sug‘diyonaning ikki nafar o‘g‘li bor. Kollaj: “Daryo” “Men O‘zbekistondan ketishni rejalashtirmagandim va hech nimani o‘zgartirishni istamagan edim. Bilasizmi, ko‘p insonlar dunyo bo‘ylab ko‘chib yuradi. Nazarimda, asosiysi kimligimiz, qayerdan ekanligimiz va o‘z ildizlarimizni unutmasligimiz kerak”, degan edi u intervyularining birida. Eslatib o‘tamiz, Sug‘diyona O‘zbekistonda “Nihol”, Rossiyada “Oltin grammofon” mukofotlari hamda Ingushetiyada xizmat ko‘rsatgan artist, Checheniston xalq artisti unvonlariga sazovor bo‘lgan. Rusiyzabon yoshlarning sevimli xonandasi 1998-yil Toshkentda tug‘ilgan Abdulg‘ofur Isaxonov ham ayni paytda Rossiyada yashaydi. U “Soy qo‘shig‘i”, “Novda”, “Dadam betob” va “Elparvar” kabi filmlardagi turli xarakterdagi rollari orqali kino muxlislarga yaxshi tanish. Qisqa vaqt ichida rossiyalik yoshlarning sevimli yulduziga aylangan ijodkor RAAVA Music leybli guruhida ijod qilmoqda. “Gafur” taxallusi bilan tanilgan Abdulg‘ofur o‘tgan yili “Kaleydoskop” nomli ilk albomini chiqardi. Uning “Lollipop” taronasiga ishlangan klipdagi Gafur va Jony’ning raqslari yoshlar o‘rtasida tez ommalashdi. Ushbu harakatlar ayniqsa, TikTok ijtimoiy tarmog‘ida chellenjga aylandi.  O‘zbek aktyori Abdulg‘ofur Isaxonov qanday qilib rusiyzabon yoshlarning eng sevimli xonandasiga aylandi?(foto+video) “Sado”dagi Aziza Muhamedova Kollaj: “Daryo” 1980-yillar mashhurlikka erishgan “Sado” ansambli a’zosi Aziza Muhamedova 30 yildan buyon Rossiyada faoliyat yuritadi. U 1964-yil Toshkent shahrida professional musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Aziza 16 yoshida “Sado” ansambliga qabul qilinib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kumush Razzoqova hamda ayni paytda Rossiyada yashayotgan Mila Romanidi bilan bir safda qo‘shiq kuylaydi. 1988-yilda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini bitirgach, o‘sha yili Latviyada o‘tkazilgan Sovet estrada yosh ijrochilarining uchinchi Butunittifoq televizion tanlovida qatnashadi. 1989-yilda Moskvaga ko‘chib ketadi va u yerda yakkaxon ijodini boshlaydi. “Xushomadgo‘y” qo‘shig‘i bilan omma nazariga tushgan xonanda 1990-yil “Aziza” nomli debyut albomini chiqaradi. U o‘tgan davr mobaynida yuzlab qo‘shiqlar yaratib, o‘nlab albomlarini sotuvga chiqardi va bir qancha televizion loyihalarda g‘oliblikka erishdi. 57 yoshli Aziza Muhamedova hozir ham Moskvada faol ijod qilib kelmoqda. “Shaytanat”dagi Hongirey Kollaj: “Daryo” “Shaytanat” serialidagi Hongirey roli orqali kinosevarlar yodida qolgan Rustam Qayumov ko‘p yillardan buyon yaqinlari bilan Moskvada istiqomat qiladi. U aktyor sifatida faqat “Shaytanat”da rol o‘ynagan. O‘zbekiston xalq artisti, mashhur kino operator Malik Qayumovning nabirasi hisoblangan Rustam Qayumov Toshkent avtomobil yo‘llari institutini bitirgach, bir muddat o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mehnat qiladi. So‘ngra Rossiyaga ko‘chib ketishga qaror qiladi. Hozirda u tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Zarina Nizomiddinova “Romeo va Juletta” filmidagi roli orqali mashhurlikka erishgan ijodkor Zarina Nizomiddinova 2020- yil may oyida Moskvada yashayotganini ma’lum qildi. Birinchi turmushidan Temurxon ismli o‘g‘ilni dunyoga keltirgan aktrisa 2020-yilning bahorida ikkinchi marta onalik baxtiga erishib, farzandiga Saidumar deb ism qo‘ydi. Hozirda Zarina Nizomiddinova uchinchi umr yo‘ldoshi va ikki farzandi bilan Moskvada hayot kechirmoqda. “Bo‘rilar”dan “Baron”gacha Kollaj: “Daryo” Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov o‘n yetti yoshigacha Toshkent shahrida yashagan. Kinodagi ilk rolini “Bo‘rilar” (Sobir Nazarmuhammedovning 1986-yilda tasvirga tushirilgan) filmida o‘ynagan Farhod Mahmudov maktabni tamomlaganidan so‘ng Moskvaga ketadi. U o‘sha vaqtgacha Valeriy Axadovning “Nazar”, Melis Abzalovning “Sharq mug‘ombiri” musiqali komediyasida ham suratga tushishga ulgurgan. 1993-yilda Butun Rossiya davlat kinematografiya universitetini tamomlagan aktyor bir yil Moskva drama teatrida ishlaydi. 1994-yildan beri esa Roman Viktyuk teatrida faoliyat yurityapti. Farhod Mahmudov “Brigada” seriali, “Siznikiga farishta keldi”, “Zastava”, “Sutli viski” kabi filmlardagi ijrolari orqali Rossiyada ham mashhurlikka erishgan. U 2016-yil o‘zbek kinosidagi uzoq yillik tanaffusga chek qo‘yib, “Baron” filmida ko‘rinish berdi. Keyin esa “Ibrat” tarixiy filmida ham rol o‘ynadi. Bugungi kunda ona yurtida bo‘lib turgan aktyor “Pari sovg‘asi” nomli rejissorlik filmini suratga olish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xonanda Lola Latofatli xonanda Lolaning Moskva shahrida yashayotgani 2020-yilning yozida uchinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘lganidan keyin ko‘pchilikka ma’lum bo‘ldi. 2011-yilda birinchi turmushidan ajrashgan xonanda uchinchi farzandini Rossiya poytaxtidagi klinikalardan birida dunyoga keltirdi. U hozirda Shahina, Shohdiyor va Aisha ismli farzandlari hamda ikkinchi turmush o‘rtog‘i bilan Moskvada istiqomat qilmoqda.  Lola ajrashish jarayonini qanday o‘tkazgani, erining “plyus” va “minus”lari, otasining eng yaxshi maslahati haqida so‘zlab berdi Toshkent—Nyu-York—Moskva... 15 yoshida “Meni esla” qo‘shig‘ini kuylab, tinglovchilar nazariga tushgan Zokirovlar sulolasi davomchisi Nargiz Zokirova 1995-yilda ota-onasi va qizi bilan AQShga ko‘chib ketadi. U Nyu-Yorkda dastlab turli do‘kon va restoranlarda chiqish qiladi, bir qancha guruhlarda qo‘shiq kuylaydi. 2001-yilda “Oltin qafas” etno uslubidagi albomini yozadi va yakkaxon sifatida ijodini boshlaydi. 2013-yil Rossiyaning “Ovoz” televizon loyihasida ishtirok etib, hakamlar va tomoshabinlarni hayratga soladi hamda tanlovning final bosqichida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Nargiz Zokirova 2014-yil aprelidan 2019-yil avgustigacha rossiyalik taniqli prodyuser va bastakor Maksim Fadeyev bilan hamkorlik qiladi. U MALFA prodyuserlik markazida ishlagan davrida o‘nlab hit qo‘shiqlar va albomlar yaratadi. 2014-yilda “Sankt-Peterburgning oq tunlari” xalqaro musiqa festivalida Rossiya vakili sifatida qatnashib, Gran-prini qo‘lga kiritadi. Nargiz Zokirova hozirda Moskvada yashab, faoliyatini davom ettirmoqda. Xonanda uch nafar farzand – Sabina, Leyla va Auelning onasi hisoblanadi, Nuh ismli nabirasi bor. “Fazo”ning Abdushukuri Kollaj: “Daryo” 2000-yillarda yoshlarning sevimli guruhidan biriga aylangan “Fazo”da ijod qilgan Abdushukur Abdurahmonov ham o‘n yildan beri Rossiyada yashaydi. “Fotima va Zuxra”, “Janob hech kim” kabi filmlardagi rollari bilan ham tomoshabinlarga yaxshi tanish bu serqirra ijodkor ona yurti O‘zbekistonga tez-tez kelib turadi. Muhojirlikdan katta sahnaga... Rossiya estradasining taniqli yulduzi reper MC Doni 1985-yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Asl ismi-familiyasi Dostonbek Islamov bo‘lgan xonanda Farg‘ona shahrida ulg‘aygan. Ayni o‘smirlik chog‘ida rep va hip-hop yo‘nalishiga qiziqib qolgan Dostonbek Islamov boshida klub va barlarda DJ’lar xatti-harakatini kuzatib, ulardan o‘ziga nimadir olishga harakat qiladi. 2012-yili Moskvaga muhojir sifatida borib, dastlab og‘ir jismoniy mehnat orqali pul topadi. Dostonbek Islamov qurilish sohasida ishlasa-da, undagi musiqaga bo‘lgan ishtiyoq tinchlik bermaydi. Bo‘lajak reper avvaliga tungi klublarda qo‘shiq aytadi va tez orada tor doiralarda shuhrat qozonadi. Butunrossiya mashhurligini orzu qilgan MC Doni 2014-yili bir nechta bosqichdan iborat kastingdan omadli o‘tib, Black Star jamoasiga qo‘shiladi. Uning iste’dodi Black Star asoschisi Timur Yunusov (Timati) tomonidan yuqori baholanadi. Reper bir qancha duetlardan so‘ng 2016-yilda ikkita qo‘shig‘ini o‘z tinglovchilariga havola etadi va har yili ketma-ket hit taronalar yaratadi. Yuzlab qo‘shiqlar ijrochisi MC Doni 2020-yilning yanvarida Black Star brendini tark etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus faqat uning o‘zidan kelib chiqqan, chunki unda musiqadan tashqari boshqa ko‘plab biznes loyihalari ham paydo bo‘lgan. Vaqt yetishmasligi bois u yakka ishlashga qaror qilgan.  MC Doni Buxoroda suratga olingan “Jin” klipini taqdim etdi (video) Ravshana Kurkova Rossiyalik san’at muxlislari ko‘nglidan joy olgan o‘zbekistonlik mashhurlar haqida so‘z ketar ekan, nomdor ijodkorlar qatoriga Ravshana Kurkovani ham qo‘shmaslikning iloji yo‘q. U 1980-yil Toshkent shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Otasi taniqli o‘zbek aktyori Bahrom Matchonov bo‘lib, u ancha yildan beri AQShda yashaydi. Onasi Ra’no Kubayeva ham aktrisa va kino rejissor. Ravshana Kurkova ilk rolini 12 yoshida Rashid Malikovning “Qirq quloq siri” falsafiy dramasida o‘ynaydi. U Uspenskiy nomidagi musiqa maktabida tahsil olgach, 1990-yillar oxirida onasi bilan Moskvaga ko‘chib ketadi. Moskva pedagogika davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlaganidan so‘ng televideniyeda muharrir va rejissor yordamchisi bo‘lib ishlaydi. Keyinchalik rejissorlik va aktyorlik bo‘yicha kurslarga qatnab, soha mutaxassislaridan saboq oladi. Ustazoda san’atkor “Oq qarg‘a”, “Haqiqiy bo‘lmagan sevgi”, “...va bizning hovlimizda”, “Oshiq ayollar” kabi yuzlab film va teleseriallarda rol talqin qilishdan tashqari bir muddat teatrda ham faoliyat yuritgan. Uning “Xonalar”, “Chidab bo‘lmas darajada uzoq quchoqlashish” kabi spektakllardagi rollari muvaffaqiyat qozongan. Shuningdek, kliplardagi ijrolari va model sifatida ham tanilgan. “...va bizning hovlimizda” teleserialidan Serqirra ijodkor ikki marta oila qurib, ajrashgan. Birinchi turmush o‘rtog‘i fotosuratchi Semyon Kurkov bo‘lib, oila ajrashgach, u sobiq erining familiyasida qolishni lozim topdi. Ikkinchi umr yo‘ldoshi aktyor Artyom Tkachenko bilan 2004-—2008-yilgacha yashagan.
109
10,425
Madaniyat
“Yangi loyihalarga taklif bo‘lgani yo‘q”. “Kalmar o‘yini” yulduzi Li Jon-je serialdan keyingi hayoti haqida so‘zlab berdi
Janubiy Koreya kinoijodkorlari tomonidan ishlangan “Kalmar o‘yini” seriali ekran yuzini ko‘rishi bilan mashhurlikka erishdi. 900 million dollar daromad keltirgan loyihani 17 kun ichida 111 million obunachi tomosha qilgan. Sujetga ko‘ra, kredit beruvchilardan yashirinayotgan 456 nafar qarzdor o‘z xohishi bilan turli o‘yinlarda ishtirok etadi. Mag‘lub bo‘lganlarni shunchaki jazo emas, o‘lim kutadi. G‘olibga esa 40 million dollar miqdorda pul beriladi. Kinotanqidchilar serialni ijobiy baholayotganiga qaramay, boshqalar uni “Hayot-mamot o‘yinlari” bilan taqqoslaydi. Serialda bosh qahramonni gavdalantirgan aktyorlar sanoqli kunlar ichida mashhurlikka erishgan. Aktrisa Xo En Chon shular jumlasidan. Uch hafta ichida En Chonning Instagram sahifasini 13 million kishi kuzatishni boshlagan. Oktabrning boshida esa u Louis Vuitton brendining xalqaro ambassadori bo‘lishga erishgan. Ammo hamkasbi Li Jon-jega omad unchalik kulib boqmagan. Variety jurnaliga bergan intervyusida 48 yoshli aktyor rejissorlardan hech qanday taklif kelib tushmaganini ma’lum qilgan. “Menga hech qanday taklif kelib tushmadi. Ayni vaqtda xorijiy loyihalarda ishtirok etish rejamda yo‘q. Ammo to‘g‘ri keladigan taklif bo‘lsa, ishtirok etishdan baxtiyor bo‘lardim. Bu qiziq bo‘lishi mumkin”, — deb ta’kidlagan u. Li Jon-jening aytishicha, u avvaliga serialning bunchalik mashhurlikka erishishiga ishonmagan, ammo keyinroq o‘z fikrini o‘zgartirgan. “Men serialda ishlashni boshlaganimda bunchalik muvaffaqiyatni kutmagan edim. Ammo ssenariy bilan tanishganda Koreyadan tashqaridagi tomoshabinlarni ham o‘ziga jalb qilishi mumkin bo‘lgan nimadir borligini tushunganman”, — degan aktyor. Ma’lumot uchun, Li Jon-je o‘z mamlakatida “Kalmar o‘yini” ekran yuzini ko‘rishidan avval ham mashhur bo‘lgan. Model sifatida faoliyatini boshlagan Li Jon kinodagi karyerasini 1993-yilda “Dinozavr-o‘qituvchi (Dinosaur Teacher) nomli dramada suratga tushishdan boshlangan. Uning arsenalida, shuningdek, “Yangi olam” (New world), “Tik-tak” va “O‘g‘rilar” (The Thieves) filmlari ham bor.
121
2,043
Madaniyat
Anjelina Joli tug‘ilgan kunida 200 ming dollar xayriya qildi
4-iyun kuni 45 yoshni qarshilagan Gollivud yulduzi Anjelina Joli mavjud epidemiya sabab tug‘ilgan kunini odatdagidek nishonlamadi, deb yozadi Harper’s Bazaar. Aktrisa yana bir yoshga ulg‘ayganini farzandlari — 18 yashar Meddoks, 16 yashar Paks, 15 yashar Zahara, 14 yashar Shaylo hamda 11 yashar Viven va Noks davrasida nishonlagan. Jolining sobiq turmush o‘rtog‘i — aktyor Bred Pitt farzandlari bilan yaxshi munosabatda ekaniga qaramay, ushbu muhim kunda tashrif buyurmagan. Anjelina tug‘ilgan kunida ham mamlakat hayotiga befarqmasligi va bag‘rikeng ekanini isbotlagan. U NAACP fondiga irqiy diskriminatsiyadan aziyat chekkanlar uchun 200 ming dollar xayriya qilgan, deyiladi xabarda. “Diskriminatsiya va jazosizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, buni oqlash yoki tushuntirishning keragi yo‘q. Umid qilamanki, biz amerikaliklar jamiyatdagi eng katta xatolarni tuzatish uchun birlasha olamiz”, — degan Joli.
60
904
Madaniyat
Yaponiyalik olimlar O`zbekiston madaniy merosni ommalashtirish loyihasini yuqori baholashmoqda
Ayni paytda Yaponiyaning poytaxti – Tokio shahrida “O`zbekiston va Yaponiya – Buyuk ipak yo`lida” deb nomlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo`lib o`tmoqda.  Tadbir O`zbekiston madaniy merosini saqlash, tadqiq etish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati, O`zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy         assosiasiyasi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi, O`zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashqilotlar ko`magida tashkil etildi. Sir emaski,  keyingi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O`zbekistonning jahon miqyosidagi nufuzini oshirish, uning tarixi, boy madaniy merosi, turistik salohiyatini targ`ib etishga katta e`tibor qaratilmoqda. O`zbekistonning uzoq va yaqin xorij mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari tobora kengayib bormoqda.  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 17-20 dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida o`tkazilayotgan ushbu anjuman ham Kunchiqar yurtda O`zbekistonning tarixiy merosini yanada kengroq targ`ib etishni ko`zda tutadi.  Ma`lumki, O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi madaniy aloqqalar uzoq asrlarga borib taqaladi. Bugungi kunda Yaponiyadagi imperator xazinasida, bir qator ilmiy va madaniy muassasalarida, muzey va kutubxonalarda O`zbekiston bilan bog`liq yuzlab osori atiqalar saqlanmoqda. “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” multimedia loyihasi  doirasida o`zbek va yapon olimlari hamkorligida “Markaziy Osiyo san`ati Yaponiya to`plamlarida” kitob-albomi yuzaga keldi. O`zbek, yapon, ingliz va rus tillarida chop etilgan ushbu kitobda ikki xalq madaniy aloqalari tarixi haqida hikoya qiluvchi qiziqarli maqolalar, Yaponiyada saqlanayotgan Markaziy Osiyo, xususan O`zbekiston bilan bog`liq durdonalarni o`zida aks etirgan fotosuratlar va ma`lumotlar o`rin olgan. E`tibor loyiq jihati shundaki, kitob O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tabrik so`zi bilan boshlanadi.  Anjumanda ushbu kitob-albom hamda undagi ma`lumotlar asosida suratgan olingan hujjatli film taqdimoti bo`lib o`tdi. Ta`kidlash joizki, yapon va o`zbek olimlari ishtirokidagi bunday yirik anjuman ilk bor o`tkazilmoqda.  – Biz “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi doirasida dunyoning o`ndan ortiq mamlmkatida ijodiy safarda bo`ldik, - deydi O`zbekiston madaniy merosini saqlash, tadqiq etish va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi, “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. – Biz bugun Kunchiqar yurt zaminidagi uchrashuvlar chog`ida jahon miqyosida xalqimizning buyuk merosiga, shuningdek, Yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish qancha yuqori ekaniga amin bo`ldik.  Mazkur anjumanda o`zbekistonlik va yaponiyalik olimlar ham faol ishtirok etishmoqda. Ular bu kabi tadbirlar ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari, jamoat arboblari, sarmoyadorlar, umuman, Buyuk ipak yo`li merosi bilan qiziquvchi barcha insonlar o`rtasidagi muloqotni jonlantirishga xizmat qilishini ta`kidlashmoqda.  – Bugun taqdim etilayotgan kitob-albomlar chindan ham tahsinga loyiq, - deydi Kasixara Arxeologiya instituti direktorining sobiq o`rinbosari Kinosita Vataru. – Bu kitob-albomning yaralishida mening ham hissam borligidan mamnunman. Bu nashrlar orqali bizning muzeylarimizda saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosining ajoyib namunalari haqida ma`lumot olish mumkin. Biz bu yo`nalishdagi ishlarimizni bundan keyin ham davom ettiramiz.  – Men madaniy meros ob`ektlarini saqlab qolishga qaratyotgan missiz e`tibori uchun O`zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman, - deydi Yaponiya imperatorlik qasri xazinasi boshqaruvining sobiq direktori Yoneda Yuske. – Mamlakatingiz katta ilmiy salohiyat va boy madaniy merosga ega. Bizning madaniy aloqalarimiz esa, juda qadimiy. Buni imperatorlik xazinasida saqlanayotgan, kelib chiqishi qadimiy O`zbekiston hududlariga borib taqaladigan arxeologik topilmalar, turli bebaho artefaktlar ham tasdiqlaydi.  Mazkur anjuman doirasida Yaponiyaning Tokio, Kioto singari shaharlarida ham qator madaniy tadbirlar, davra suhbatlari, ko`rgazmalar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.
94
4,234
Madaniyat
"Sarvqomat dilbarim" filmining so`nggi epizodlari Mamay qishlog`ida suratga olindi
O`zbekiston Prezidentining “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to`g`risida”gi qarori o`zbek va qirg`iz xalqlari o`rtasidagi azaliy do`stlik va qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlashda muhim hujjatlardan biri bo`ldi. Mazkur qaror asosida Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish, tavalludining 90 yilligini munosib nishonlash yuzasidan katta tayyorgarlik ishlari ko`rilmoqda, yubileyoldi ma`naviy-ma`rifiy tadbirlari o`tkazilmoqda. Buyuk adib qalamiga mansub “Sarvqomat dilbarim” qissasi asosida badiiy film suratga olish sa`y-harakatlari bu boradagi yana bir salmoqli loyihalardan bo`ldi. “O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi bilan “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” tomonidan ekranlashtirilayotgan mazkur film Toshkent viloyati, asosan Namangan viloyati va qisman Qirg`izistonda tasvirga olinmoqda. Jumladan, Namangan shahrining “Ozod” mahallasidagi xonadonlardan birida, viloyat markaziy tug`uruqxonasida, Chust tumanidagi G`ova qishlog`ida ijodiy ishlar olib borildi. Tumanimizdagi Mamay qishlog`ida esa filmning so`nggi epizodlari suratga olindi. Kartina “Sariq devni minib”, “Sehrli qalpoqcha” kabi filmlari bilan tanilgan yosh rejissyor Sarvar Karimovga ishonib topshirildi. Ijodiy guruhga Matyoqub Matchonov, Bobur Yo`ldoshev, Adiz Rajabov, Ulug`bek Qodirov kabi taniqli aktyorlar taklif etildi. Film prodyuserligi esa qirg`izistonlik Parizat Jakipbekova zimmasiga yuklatildi. Uning aytishicha, bu asar asosida oxirgi 40 yil mobaynida hech kim film suratga olmagan. Ssenariy bugungi kunlarga moslashtirilgan, uning bosh qahramonlari Ulug`bek Qodirov va Adiz Rajabov esa Qirg`izistonda ham juda mashhur. Filmdagi bosh qahramon — Asal rolini Qirg`iziston akademik teatri aktrisasi Madina Talipbek ijro etmoqda. Shuningdek, Xadicha roli ham qirg`iz aktrisasi Elina Abay qiziga nasib etdi. — Yoz faslining jazirama kunlari suratga olish jarayonlari Yangiqo`rg`on qir-adirlarida kechgani ayni muddao bo`ldi. Shu bahona tuman bilan yaqindan tanishish, mahalliy yoshlarni 30-iyun kuni ilk bor nishonlangan O`zbekiston yoshlari kuni bilan qutlash imkoniga ega bo`ldim. Film ekranlarga chiqqach, yangiqo`rg`onliklar o`zlariga tanish manzaralarni ko`rib, faxrga to`lishsa ajab emas, — deydi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Matyoqub Matchonov. “Sarvqomat dilbarim” filmi premerasi shu yilning dekabr oyiga mo`ljallangan.
83
2,394
Madaniyat
“Badavlat insonning qizi yoki o‘ynashi emasman”. “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya — Barchin G‘ofurova bilan intervyu
Barchin G‘ofurova “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Ushbu obraz aktrisa tomonidan o‘ta ishonarli tarzda ijro etilgani bois, unga ijtimoiy tarmoqlarda turli haqoratlar, tahdidlar ham bo‘ldi. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova Barchin G‘ofurova bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida aktrisa nima sababdan salbiy rollarni ijro etishi, tanqidga uchragani va hayotidagi qiyinchiliklari haqida gapirdi. “Raqqosa bo‘lishimga qarshi bo‘lishgan”  — Ota-onam asli qashqadaryolik bo‘lishgan, ammo men Toshkentda tug‘ilganman. Bolaligimdan raqqosa bo‘lishni orzu qilardim. Ammo oila a’zolarim bu kasbni egallashimga jiddiy qarshilik qilishdi. Hech bo‘lmasa aktrisa bo‘lishimga ruxsat beringlar, deb O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Drama aktyorligi” bo‘limiga hujjat topshirganman. Afsuski, o‘sha yili shartnoma pulini to‘lolmaganim uchun o‘qishdan chetlashtirishgan. Bir yildan so‘ng yana hujjat topshirib, bujet asosida o‘qishga qabul qilinganman. Ayrimlar o‘ylagandek, san’atga begona inson emasman. Institutni bitirib, O‘zbekiston davlat Satira teatrida ham ishladim. Ammo truppa rahbarining qo‘pol muomlasi sabab, teatrdan ketishga qaror qildim. “Ijara uyda yashash azobini bilaman”  — Oilada ikki farzandmiz. Ukam ikkimizning bolalik yillarimiz havas qilgudek o‘tgan. Afsuski, maktabni bitirish arafasida ukamda jiddiy xastalik aniqlandi. Onam uyimizni sotib, ukamni davolatishga qaror qildi. U kunlarni eslash juda og‘ir. Shukrki, ukam Pragada uzoq vaqt davolanib, kasallikdan butunlay xalos bo‘ldi. Ammo ijara uyda yashash oson emasdi. Yashirmayman, puldan qiynalganim uchun darsdan keyin oshxonalarda ishlashimga to‘g‘ri kelgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining eski binosi yaqinida “Gap” kafesi bor edi. Har kuni darsdan keyin ofitsiantlik qilardim. Uning doimiy mijozlaridan biri aktrisa Saida Rametova edi. Men ham shu inson kabi aktrisa bo‘lolamanmi deb orzu qilardim. Orzum Ozod Shamsning “Ishq o‘yinlari” serialida amalga oshdi. “Rol uchun beradigan pulim yo‘q”  — Ayol san’atkorlarga juda qiyin. Bitta rolga erishguncha bema’ni takliflar va kamsitilishlarga chidash kerak. Yashirmayman, mendan ko‘plab rejissorlar rol uchun pul so‘rashgan. Shu bois ko‘plab kastinglardan “To‘rt yil nega aktyorlik bo‘yicha o‘qidim”, deb jahl qilib chiqib ketganman. Chunki u paytdagi moddiy ahvolim og‘ir edi. Teatridan oladigan 500—600 ming so‘m oyligim ijara uy va yeb-ichishimdan ortmasdi. Hayotimga kutilmagan tashvishlar ko‘p bora soya solgan. Shulardan biri 2015-yili 25-may kuni sodir bo‘ldi. O‘shanda teatrda “Qo‘sh arava” spektaklining tayyorgarlik jarayoni edi. Onam qo‘ng‘iroq qilib, metroning Abdulla Qodiriy bekatida yiqilib jarohat olganini aytdi. Ko‘zimga hech narsa ko‘rinmay, yugurib sahnadan chiqib ketdim. Kelsam onam metrodan chiqish eshigi oldida yiqilgancha o‘tiribdi. Birorta inson qo‘lidan tutib, nega yiqilganining sababini so‘ramagan, bekat xodimlari ham tez yordamga qo‘ng‘iroq qilishmagan. Zaxda shuncha payt qolib ketgan onamga achindim va tez yordamga qo‘ng‘iroq qildim. Suyak singani uchun onam ancha qiynaldi. Operatsiya qildirmasa yurolmay qolishini aytishdi, ammo menda yetarli pul yo‘q edi. Shunda qarindosh-urug‘lar va teatrdagi hamkasblarim ozgina pul yig‘ib berishdi. Umarali Barotovich degan shifokor ahvolimni ko‘rib, “Menga pulingiz kerak emas”, deganda, quvonganimdan onam yurib ketsa, butun shifoxonaga osh tarqataman, deb niyat qilgandim. Shukrki, niyatim ko‘p o‘tmay amalga oshdi. “Men ijobiy rolda “yasholmayman” — Ko‘pchilik meni “Baxt ovchisi” serialidan so‘ng tanidi. Ammo undan avval ham bir necha film va seriallarda suratga tushganman. “Qadam”, “Ishq o‘yinlari”, “Ojiza”, “Ona zamin” seriallarida ham o‘ziga xos rollarni ijro etganman. Ammo “Baxt ovchisi” serialidagi rolim omadli chiqdi. Aslida bu rolga “Afandining qizlari” jamoasidagi Nigora Abdullaxonova tayinlangandi. Ammo suratga olish jarayonlari boshlanishiga uch kun qolganda rolga tasdiqlandim. Men ijobiy rolda yasholmayman. Ammo salbiy rolni miriqib o‘ynayman. “Baxt ovchisi” serialidagi Zulya rolidan uyalmayman. Aksincha, shu yo‘lni tanlash ostonasida turgan qiz ayollarga ta’sir etolgan bo‘lsam xursand bo‘laman. Avvaliga ijtimoiy tarmoqlar rolimga nisbatan aytilgan  nojo‘ya fikrlarga to‘lib ketdi. Hatto, Instagram orqali “Seni o‘ldiraman, uyatsiz, rolingdan uyalsang bo‘lardi”, degan tahdidlar ham bo‘ldi. Ammo hozir ko‘pchilik tomoshabinlar rol mohiyatini tushunib, minnatdorlik bildirishyapti. Ayniqsa bekalar ko‘cha ayollari qanday yo‘l bilan erkaklarning ko‘ngliga yo‘l topishini serial voqealari asosida tushunishdi. Erlariga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishgan bo‘lsa ajabmas. Serial “piari” ko‘pgina davralarda muhokama etildi. Aslida video qanday tarqab ketganidan xabarim yo‘q. Bir kuni ertalab Ozod Shams qo‘ng‘iroq qilib, serialdagi sahnalardan biri tarqab ketgani va ko‘pchilik meni hayosizlikda ayblayotgani haqida aytdi. Videoni ko‘rib, qattiq ranjidim. Rejissor bilan tortishdim. Chunki kichik parchani har kim o‘zicha talqin qilishi mumkin, bu sahna nima maqsadda olinganini tushunish uchun serialni boshidan-oxirigacha ko‘rish kerak. Ba’zilar o‘ylagandek oilamiz erkaklari dayus emas, ular shunchaki san’atni tushunishadi. Menimcha, video serialning reklamasiga xizmat qildi. — Ba’zilar o‘ylagandek, badavlat insonning qizi yoki o‘ynashi emasman. Faqat aktrisalikning ortidan pul topaman. Ukam Nyu-York shahrida yashaydi. Ba’zi paytlarda moddiy yordam beradi. Onam bilan 300 AQSh dollari to‘lab kichik kvartirani ijraga olganmiz. Meni yengiltabiat deb o‘ylaydiganlar bir marta suhbatlashgach, hayotda Zulyaning aksi ekanimga amin bo‘lishadi. Nima qilay ijobiy rollarni ko‘p ijro etdim, ammo tomoshabinlar e’tiboriga tushgani yo‘q. Salbiy rolim esa tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Onam san’atkor bo‘lmasa-da, bu sohaga qiziqadi. Mendan avval ssenariylarni o‘qib chiqadi, hatto rol uchun ham liboslarni o‘zi tanlaydi. Olti yuz ming nafaqa pulini ham o‘ziga sarflamay, menga liboslar sotib oladi. — Tashqi qiyofamni tez-tez o‘zgartirib turaman. Avval sochim qora va uzun edi, undan keyin sariq sochlarni tanladim. “Ishq o‘yinlari” seriali rejissori Ozod Shams serial uchun sochlarimni kaltalatishimni so‘radi. Shu sabab uzun sochlardan voch kechganman. Eslatib o‘tamiz, aktrisa 1990-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Qarshi shahridagi 1-sonli maktabni tamomlagan. Shu kungacha asosan seriallarda suratga tushgan.
116
6,425
Madaniyat
Enrike Iglesiasni Toshkentga milliarder Alisher Usmonov olib kelmoqda
Jahonga mashhur xonanda Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konserti rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning ko‘magida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda. Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konserti 28-dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan (shu sabab taniqli so‘z ustasi Obid Asomovning uch kunlik konsertidan bir kuni 2018-yilga o‘tib ketdi). Avvalroq “Istiqlol” san’at saroyi direktori Isroil G‘ulomov konsertga chiptalar sotilmasligi, unga tomoshabinlar faqat taklifnoma asosida kiritilishi haqida “Daryo”ga ma’lum qilgan edi. “Nuz.uz” xabariga ko‘ra, ispaniyalik xonandaning konserti chiptalari Madaniyat vazirligi va Yoshlar Ittifoqi, shuningdek, boshqa jamoat tashkiloti va Mehribonlik uylari orqali iqtidorli, faol yoshlarga tarqatiladi. Bundan tashqari, o‘qishda va jamoatchilik ishlarida ma’lum bir yutuqlarga erishgan o‘quvchi va talabalar ham Enrike Iglesiasning konserti chiptalarini qo‘lga kiritishlari mumkinligi aytilmoqda. Avvalroq rossiyalik milliarder Alisher Usmonov boshqa taniqli xonandalar — Robbi Uilyams va Xose Karreraslarning Toshkentdagi konsertlarini uyushtirgani aytilgan edi.
69
1,149
Madaniyat
“O‘zbekkonsert” to‘y-hashamlardagi qo‘shiqlar masalasida xalqqa murojaat qildi
“O‘zbekkonsert” to‘y-hashamlardagi qo‘shiqlar masalasida xalqqa murojaat qildi. Murojaatda shunday deyiladi: “Aziz yurtdoshlar! To‘y-hashamlarda kuylanadigan qo‘shiqlar bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu borada sizning takliflaringiz muhim ahamiyatga ega. Siz to‘y-hashamlarda qaysi yo‘nalishda va qanday ijro uslubida kuylangan qo‘shiqlarni tinglashni istaysiz?” Ushbu so‘rovnoma bo‘yicha takliflarni [email protected] yoki +998951942323 telefon raqamiga ochilgan telegram messenjeriga yuborish mumkin.
78
583
Madaniyat
“Peshonamizga koronavirusdan o‘lish yozilgan bo‘lsa, taqdirdan qochib qutula olmaymiz”. O‘zbek shou-biznesi vakillari odamlarni vahima qilmaslikka chaqirmoqda
O‘zbek shou-biznesi vakillari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga koronavirus haqidagi fikrlarini yozib qoldirib, odamlarni karantin qoidalariga rioya qilishga, vahima qilmaslikka va sabrli bo‘lishga chorlamoqda. Xususan, aktrisa Shahzoda Matchonova xorijdan qaytganidan so‘ng koronavirus aniqlangan o‘zbekistonliklarga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘layotgan, ijtimoiy tarmoqlarda ular haqida xunuk gaplarni yozib qoldirganlarga murojaat qildi. View this post on Instagram Aktyor Yigitali Mamajonov o‘z folloverlarini xotirjamlikni saqlab qolishga chaqirmoqda. “Agar peshonamizga shu kasallikka chalinib, vafot etish yozilgan bo‘lsa, demak bu taqdir, bu Allohning irodasi, muhimi xotirjamlikni saqlab qolaylik”, — deydi aktyor. View this post on Instagram O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova esa karantin davridan unumli foydalangan holda uydagi anchadan beri rejalashtirib qo‘yilgan ishlarni bitirib olayotganini aytdi. “Dunyo ishlaridan dam olaylik, dunyo ishlari bizdan dam olsin, balki Alloh ham shuni xohlagandir. 10-15 kun uyda o‘tirib tursak, hammasi o‘z izmiga tushadi”, — deydi xonanda. View this post on Instagram Yulduz Usmonova koronavirus sabab konserti qoldirilganiga munosabat bildirdi (video) Yulduz Usmonovaning fikrlarini yana bir xalq artisti Zulayho Boyxonova davom ettiradi. “Hech qanday vahimaga tushmanglar, mana yaqinda Navro‘z bayrami, televizorni qo‘yinglar, sizlar uchun yaxshi konsertlar tayyorlab qo‘ydik”, — deydi xonanda Instagram folloverlariga murojaatida. View this post on Instagram Xonanda Abdurashid Yo‘ldoshev fuqarolarni karantin jarayoniga jiddiy munosabatda bo‘lishga chaqiradi. “Zarurat bo‘lmasa, odam gavjum joylarga bormang, bayramni ham imkon qadar uyda, oila davrasida o‘tkazishga harakat qiling”, — deydi u. View this post on Instagram Mavluda Asalxo‘jayeva ham folloverlarini zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikka chaqirdi. Xonandaning aytishicha, o‘zi ham uyda o‘tiribdi, vaqtni unumli o‘tkazish uchun kitoblar o‘qiyapti. “Tohir Malikning ‘Odamiylik mulki’ kitobini o‘qidim”, — deydi u. View this post on Instagram Xonanda Lola esa folloverlariga murojaat qilib, “Vahima qilib do‘konlardagi hamma makaronni sotib olish bizga emas, to‘g‘rimi, chunki biz kap-katta odamlarmiz, axir? Bu vaziyatda birdamlikda harakat qilib, muammoni bartaraf etishimiz mumkin”, — deydi. View this post on Instagram Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 23 ta holat aniqlangan.
158
2,598
Madaniyat
200 rublga tushgan shohona tushlik, KGB nazoratida bo‘lgan “Brilliant qo‘l”, Brejnevga yoqqan “Kavkaz asirasi”: tomoshabinlar qalbidan joy olgan Leonid Gaydayning mashhur filmlari
Gayday 50-yillarda filmlar suratga olishni boshlagan, ammo rejissorlikdagi muvaffaqiyati oltmishinchi va yetmishinchi yillarga to‘g‘ri kelgan. Leonid Gayday butun umri davomida atigi 20 ta film suratga olgan, ammo ularning deyarli yarmi sovet kinosining oltin fondiga kirgan. “I” operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” 1965-yil “Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” 1967-yil “Brilliant qo‘l” 1968-yil “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” 1973-yil
179
484
Madaniyat
Jorj Lukas AQShda 2017-yilning eng badavlat mashhur shaxsi deb topildi
Mol-mulki 5,5 milliard dollar baholanayotgan “Yulduzlar jangi” rejissori Jorj Lukas AQShda 2017-yilning eng badavlat mashhur shaxsi deb topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Forbes jurnali ro‘yxatida birinchi uchlikka rejissor Stiven Spilberg (3,6 milliard dollar) va teleboshlovchi Opra Uinfri (2,8 milliard dollar) ham kirdi. Umumiy mol-dunyosi 18 milliard dollardan iborat 10 nafar badavlat mashhur shaxs ro‘yxatidan, shuningdek, Maykl Jordan (1,4 milliard dollar), illyuzionchi va shoumen Devid Kopperfild (875 million), reperlar Diddy (820 million dollar), Jay–Z (810 million dollar) va Dr. Dre (740 million dollar), detektiv romanlar muallifi Jeyms Patterson (730 million dollar) ham o‘rin oldi.
70
712
Madaniyat
Asal Shodiyeva yangi fotojamlanmasini taqdim etdi (foto)
Aktrisa Asal Shodiyeva o‘zi ishtirokidagi yangi fotojamlanmani taqdim etdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Asal dizayner Gulchehra Yunusovaning yangi kolleksiyasi uchun fotosessiyada suratga tushdi. Gulchehra Yunusova bu galgi liboslar jamlanmasini yaratishda tarixga murojaat qildi. Qadimda o‘zbek ayollari kiygan uzun ko‘ylaklar va boshlariga o‘ragan ro‘mollarni zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirilgan holda yaratdi, deyiladi xabarda.
56
430
Madaniyat
Xonanda va aktrisa Madina Mumtoz uchinchi marta ona bo‘ldi
Taniqli xonanda va aktrisa Madina Mumtoz uchinchi bor onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda uning Instagram sahifasida ma’lum qilindi. Madina Mumtoz o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Xonanda shu paytgacha ikki o‘g‘ilni tarbiyalab kelayotgan edi.  Farzand kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
58
307
Madaniyat
Xonanda Malika Egamberdiyeva farzandli bo‘ldi
“Nihol” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyeva qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova o‘zining Instagram sahifasida shogirdini tabrikladi. Eslatib o‘tamiz, Malika Egamberdiyeva o‘tgan yili Temur Vohidov bilan oila qurgandi.  Xonanda Malika Egamberdiyeva turmushga chiqdi (foto va video)
45
343
Madaniyat
Gulsanam Mamazoitova “jurnalistlar” sabab konserti oldidan matbuot anjumani o‘tkazishni xohlamadi
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova shaxsiy hayoti va ijodiga doir savollarga javob berdi, deb xabar qiladi “Darakchi.uz”. “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida u “Kasbingizning haligacha o‘zingizga yoqmaydigan taraflari bormi?” degan savolga: “San’atkor xalq xizmatlariga borganida, dunyoqarashi, bilimi, farosati ham har xil odamlarga duch keladi. Uning tashrifi kimgadir yoqadi, kimdir uni to‘g‘ri tushunadi, kimdir qabul qilmaydi, nojoizlikka yo‘yadi. Mana shunday vaziyatga tushsam, to‘ylarga san’atkor sifatida borgim kelmay qoladi”, — deya javob berdi. Shuningdek, xonanda konserti oldidan matbuot anjumani o‘tkazmayotganligiga quyidagicha izoh berdi: “Matbuot anjumani o‘tkazishni xohlamadim. Chunki hozir havaskor ‘jurnalist’lar ko‘p. Ularning mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan, bo‘lar-bo‘lmas savollariga javob berib vaqtimni ketkazishni, asabimni buzishni xohlamayman. Lekin haqiqiy jurnalistlarning savollariga soatlab javob berishim mumkin”.
97
962
Madaniyat
O‘zbekistonlik rejissor Cheboksari kinofestivalida hakamlik qiladi
O‘zbekistonlik rejissor va ssenariychi Qamara Kamolova Cheboksari xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Anhor.uz’ning yozishicha, kichik xalqlar kinematografiga bag‘ishlangan ushbu kinoanjumanda Kamolova hakamlar hay’ati a’zosi hisoblanadi. Kamolovadan tashqari, festivalda rossiyalik aktrisa Inna Churikova, rejissor Gleb Panfilov (Rossiya), kinoshunos Xong Sangvu (Koreya), kinorejissor va ssenariychi Sebastyan Alarkon Ramon Ramires (Chili), festival prezidenti Karen Shaxnazarov, aktyor Aleksandr Pankratov-Chyorniy ham qatnashadi. “Kun”ning xabar berishicha, Cheboksaridagi kinofestival doirasida tomoshabinlar e’tiboriga 12 filmdan iborat tanlov dasturi, milliy kinostudiyalarning 14 filmidan iborat tanlov dasturi va 40 kartinadan iborat tanlovdan tashqari dastur namoyish etiladi. Yettinchi Cheboksari kinofestivali 24-mayga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun: Qamara Kamolova 1938-yili Buxoro shahrida tug‘ilgan bo‘lib, O‘zbekistonning eng mashhur rejissor va ssenariychilaridan biri hisoblanadi.
66
1,007
Madaniyat
Maktabga ham bormagan Katrina Kaif qanday qilib Bollivudni zabt etgan?
Hind kino sanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Katrina Kaifga, “Zolushka”ning hayotdagi prototipi degan ta’rif berilsa ham xato bo‘lmaydi. Hatto maktabga ham bormagan qiz surati qanday qilib to‘satdan mashhur jurnal muqovalaridan o‘rin olgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz. 1983-yilda Gonkongda dunyoga kelgan Katrina oilasida undan tashqari yana 6 qiz va 1 o‘g‘il farzand bo‘lgan. Onasi Syuzann Tyurkott ingliz, otasi Mohammed Kaif esa hind millatiga mansub. Ular qizaloq kichikligidayoq ajrashib ketgan. Onasi ijtimoiy faol bo‘lgani uchun bir davlatdan ikkinchisiga ko‘chib yurgan, shu sabab ham uning oilasi Gonkongdan keyin Yaponiya, Fransiya, Shveysariya, Polsha, Belgiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida istiqomat qilgan. Katrina, 14 yoshga to‘lganidan keyin oilasi Angliyaga kelib, u yerda uch yil yashagan so‘ngra Hindistonga ko‘chib ketgan. Shaharma-shahar ko‘chib yurgani sabab ham aktrisa maktabga bora olmasdan, uyda ta’lim olishga majbur bo‘lgan. Voyaga yetganidan keyin esa oliy ta’lim muassasasiga topshirib ko‘rish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. 14 yoshida bo‘lajak sohibjamol, Gavayida o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan keyin unga turli modellik agentlaridan taklif kela boshlagan va Londonda modellik faoliyati bilan shug‘ullangan. Aynan ushbu faoliyat turi uni kino olamiga qadam qo‘yishiga sabab bo‘lgan. Kaifga 2003-yilda “Saaya” filmida Jon Abraham bilan birga suratga tushish taklif qilingan. Katrinaning hind tilida bemalol gapira olmagani sabab, ushbu film uning debyuti bo‘la olmagan. Shundan keyin “Bum” filmida ilk marta rol ijro qilishga muyassar bo‘lgan. Hozirda 36 yoshda bo‘lgan Bollivud yulduzi hali turmushga chiqmaganiga qaramasdan, Ranbir Kapur va Salmon Xon bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlari tillarda doston bo‘lgan. Bollivudning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalaridan biri hisoblangan Katrinaning bugunga kelib Instagram sahifasida 39 milliondan ortiq obunachisi bor. Aktrisa ijrosidagi “Toki hayot ekanman” (2012), “Tezlik 3” (2013), “Hayot zerikarli bo‘lishi mumkin emas” (2011) filmlarini ko‘rish tavsiya qilinadi. Bollivudga qiziquvchilar uchun:
70
2,135
Madaniyat
“Asadbekning yo‘tali 2 yil ketmagan”. Yodgor Sa’diyev Asadbekning qaysi odatlari unga o‘tgani haqida gapirib berdi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Yodgor Sa’diyev “Shaytanat” serialidagi Asadbekdan unga qaysi odatlar o‘tganligi haqida gapirib berdi. Rol o‘ynashni men hech kimdan olgan emasman, men Tohir Malikni so‘zlarini gapirganman. Ko‘pincha menga ‘sen haligacha Asadbekka o‘xshab yurasan-a?’, deyishadi. Men o‘zi shunaqa yuraman, qarashim, gapirishim, yurishim ham hayotda qanday bo‘lsa, filmda ham shuni ko‘rsatganman. Faqat bir narsani ushlaganman, ya’ni ko‘proq ko‘z bilan o‘ynab, sukutni ushlab turishni oldimga maqsad qilib qo‘ygandim. Nimaga uni ‘O‘q ilon’ deyishgan, chunki u bir narsaga qo‘l urmoqchi bo‘lsa, tez xulosa qiladi va shiddat bilan u ishni bajaradi. Og‘aynilarim ham ‘Asadbekni yurishi senga yopishib qolgan’, deyishganida, ‘sizlar serialni 20 qismini ko‘rib, mening yurishimga e’tibor beryapsizlar, aslida ham men shunday yurardim’, deyman. Asadbek Yodgor Sa’diyevni keskinlikda o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Menga Asadbekning yo‘tali o‘rnashib qolgan. Serialda yo‘talga tayyorgarlik ko‘rganimda o‘zimni zo‘rlab ko‘p yo‘talganman va bu narsa o‘tirib qolgan edi. Bu yo‘talish 2-2,5 yilcha davom etgan. Asadbekdan Yodgor Sa’diyevga o‘tgan narsa — bu yo‘tal. Boshqa hamma narsa Tohir Malikdan o‘tgan, uning yozgani bo‘yicha ijro qilingan. Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ma’lumot uchun, “Shaytanat” seriali 20 yillik “zapret”dan so‘ng, ilk bor Zo‘r TV telekanalida namoyish etilmoqda.
114
1,576
Madaniyat
Jahon bo`ylab sochilgan javohirlar
“O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” mega-loyihasi xalqimizning nodir durdonalarini izlab topish, o`rganish va targ`ib etishga bel bog`lagan. O`zbekiston o`zining boy va betakror tarixiy merosiga ega. Bugungi kunda mamlakatimizdagi beshta ob`ekt (Xiva shahridagi Ichan-qal`a majmuasi, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz shaharlarining tarixiy qismlari, Chotqol qo`riqxonasi) YuNESKOning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga mazkur nufuzli xalqaro tashkilotning nomoddiy madaniy meros ob`ektlari qatoriga Marg`ilondagi atlas va adras to`qish san`ati, palov, askiya, katta ashula, Boysun folklor etnografik madaniyati joy olgan. Bu dunyo miqyosida tan olingan madaniy merosimiz namunalari xolos. Hali taqdir taqozosi bilan dunyoning turli hududlariga tarqalib ketgan, bugungi kunda qator nufuzli muzeylar, kutubyuxonalar, shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan tarixiy buyumlarimiz, qo`lyozmalarimiz qancha... Jahonning yirik madaniy ma`rifiy muassasalarini kezar ekansiz, minglab tarixiy eksponatlar, ota-bobolarimiz yaratgan san`at asarlari, uy-ro`zg`or buyumlari, xalq amaliy san`ati namunalari, tangalar, taqinchoqlar, kiyim-kechaklar, qurol-yarog`lar, yozuv madaniyati, kitobat va miniatyura san`atining nodir namunalarini ko`rasiz. Beixtiyor qalbingiz nurga to`ladi. Biroq, ba`zi hollarda aynan Buxoro Samarqand, Toshkent, Shahrisabz, Farg`ona singari tarixiy hududlarda bobolarimiz va momolarimiz yaratgan mehnat va ijod namunalari boshqa mamlakatlarga va xalqlarga tegishli deb ko`rsatilganini ko`rib, dilingiz og`riydi. Xo`sh, dunyoda bunday “sayohatchi” eksponatlarning soni qancha? Ular asosan qaysi davlatlarda saqlanadi? Ular yurtimizdan qanday va qay tarzda olib chiqib ketilgan? Shu paytga qadar bu kabi savollarga aniq javob berish mushkul edi. O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi, Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi va Islom sivilizasiyasi markazi, “Eriell Group” xalqaro neft sohasida xizmat ko`rsatish kompaniyasi, “Zamon press info” nashriyot uyi va boshqa bir qator idora va muassasalar, xalqaro tashkilotlar hamkorligida boshlangan “O`zbekiston madaniy merosi – dunyo to`plamlarida” loyihasi orqali shu kabi savollarga ham javob topish mumkin. 2017 yilda o`z ishini boshlagan bu loyiha doirasida shu paytga qadar O`zbekiston madaniy merosiga oid nodir ma`lumotlarni qo`lga kiritishi uchun Rossiya, Turkiya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya singari mamlakatlarda faoliyat olib borayotgan sharqshunos, san`atshunos, etnograf olimlar, yirik ekspertlar jalb qilindi, turli davlatlarga ijodiy safarlar uyushtirildi. Zamona zayli bilan dunyoning turli hududlariga borib qolgan madaniy merosimiz namunalari haqida ma`lumotlar to`plana boshladi. Tadqiqotlar davomida Tumanli Albiondan to Sahroi Kabirgacha, Yapon arxipelagidan to Gavayi orollariga qadar cho`zilgan bepoyon hududda xalqimizning bebaho yodgorliklari “sochilib” yotgani ma`lum bo`ldi. Qisqa vaqt davomida O`zbekistondagi I.Saviskiy nomli Qoraqalpog`iston Davlat san`at muzeyi, Rossiyadagi Davlat Sharq muzeyi, Rossiya etnografiya muzeyi, Davlat Ermitaji, Rossiya Milliy kutubxonasi, Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo`lyozmalari institutida saqlanayotgan osori atiqalarimizga bag`ishlangan kitob-albomlar chop etildi. Mazkur kitob-albomlarning o`ziga xos jihati ularning o`zbek, rus va ingliz tillarida, zamonaviy poligrafiya imkoniyatlari doirasida chop etilganidir. Kitoblar muayyan to`plamlargning shakllanish tarixi haqidagi maqolalar va kataloglardan tashkil topgan. Qayd etish lozimki, mazkur osori atiqalarning aksariyati shu paytga qadar keng ommaga oshkor qilinmagan. Ular haqidagi ma`lumotlar va fotosuratlar mamlakatimizning bir qator rasmiy idoralari, xalqaro tashkilotlar, yurtimizning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari, taniqli olim va mutaxassislar yordamida qo`lga kiritildi. Kitob-albomlar orasida “O`zbekiston madaniy merosi Germaniya Federativ Respublikasi to`plamlarida” deb nomlangan X jildi alohida ahamiyatga ega. Chunki, ushbu kitob bevosita O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning so`zboshisi bilan chop etildi. Kitob-albomning ilk taqdimoti Germaniyada bo`lib o`tdi. Mamlakatimiz rahbari uning bir nusxasini Bavariya federal eri bosh vaziri Markus Zederga tuhfa qildi. Bu kitob-albomlarning yana bir afzal jihati ularning zamonaviy axborot texnologiyalariga uyg`un tarzda chop etilayotganidir. Bir qator kitob-albomlarga biriktirilgan maxsus ilovalar planshet va smartfonlar yordamida muayyan mavzulardagi videomateriallar bilan tanishish imkonini beradi. Buning uchun gadjet kamerasini tegishli sahifaga yo`naltirish kifoya. Ilovaning o`zi internet tarmog`idan ushbu mavzuga oid videomaterialni topib beradi. “O`zbekiston madaniy merosi – dunyo to`plamlarida” loyihasi doirasida chop etilayotgan kitoblarga ularning mazmun-mohiyatini o`zida aks ettirgan hujjatli filmlar joylangan disklar ilova qilingan. Taniqli jurnalist Shahnoza G`anieva boshchiligidagi ijodiy guruh tomonidan bir qator muzey va kolleksiyalarda saqlanayotgan yodgorliklarimiz haqida o`nlab filmlar yaratildi, milliy va xorijiy telekanallar orqali o`zbek, rus, ingliz tillarida efirga uzatildi. O`zbekiston va xorijiy mamlakatlarda tashkil qilinayotgan forumlar, konferensiyalar, media-iventlar doirasida mazkur kitob-albomlar va filmlarning taqdimoti o`tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarda kitob-albomlar turli madaniy-ma`rifiy, ilmiy muassasalarga, muzey va kutubxonalarga beg`araz asosda topshirilmoqda. Aytish mumkinki, katta mehnat va izlanish samarasi bo`lgan ushbu nashrlarni bugungi kunda sayyoramizning turli nuqtalarida, eng nufuzli ilm va ma`rifat maskanlarida ham o`qish mumkin. “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yirik anjumanlar Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati bo`yicha izlanishlar olib borayotgan yuzlab olimlarni birlashtirmoqda. Ular safida Frederik Starr, Aleksandr Naymark (AQSh), Mixail Piotrovskiy, Efim Rezvan, Olga Vasileva (Rossiya), Lale Uluch (Turkiya), Shohin Mustafoev (Ozarboyjon), Sergey Laptev (Yaponiya), Katibur Rahmon (Hindiston), Ladan Akbarniya, Firyuza Melvil (Buyuk Britaniya), Frensis Rishar (Fransiya), Benedik Peri (Vengriya) singari xalqaro miqyosda tanilgan olimlar bor. Ilk bor 2017 yilning may oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida o`tkazilgan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” nomli birinchi xalqaro ilmiy-madaniy kongressda 200 dan ortiq dunyo olimlari ishtirok etgan, ular tomonidan qabul qilingan deklarasiyada bunday yirik anjumanlarni har yili muntazam o`tkazib borish belgilangan. 2018 yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tgan ikkinchi xalqaro kongressda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va targ`ib etish bo`yicha Butunjahon jamiyatining nizomi tasdiqlandi, jamiyat oldiga qo`yilgan asosiy maqsad va vazifalar belgilab olindi. Joriy yilda bu anjumanning qamrovi yanada kengaydi. 22-23 avgust kunlari poytaxtimizda O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va targ`ib etish bo`yicha Butunjahon jamiyatining III xalqaro kongressi “O`zbekiston buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasida: imperiya, din, madaniyat” madaniy meros haftaligi doirasida o`tkaziladi. Unda turli mamlakatlardan akademiklar, fan doktorlari va professorlar, tadqiqotchilar yangi tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar natijalarini e`lon qilishadi. Mehmonlarni qiziqarli taqdimotlar, eksklyuziv ko`rgazmalar, tarixiy yodgorliklarga sayohat, madaniy tadbirlar kutmoqda. Mazkur haftalik davomida “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumidagi kitob-albomlarning yangi jildlari keng jamoatchilikka taqdim etiladi. Mazkur kitob-albomlarning besh jildi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan qo`lyozmalarga bag`ishlangan. Shuningdek, O`zbekiston tarixi davlat muzeyi, Samarqand Davlat muzey qo`riqxonasi, O`zbekiston muzeylarida Kushon saltanati va temuriylar davri merosiga bag`ishlangan jildlar yurtimizda saqlanib qolgan osori atiqalar haqida ma`lumot beradi. Shu bilan birga bu yilgi meros haftaligi davomida Turkiya, Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Yaponiya, Polsha singari mamlakatlarning O`zbekistonga oid to`plamlariga bag`ishlangan kitob-albomlar ham ilmiy jamoatchilikka taqdim qilinadi. Bu kitoblarning har biri yurtimiz tarixi, xalqimizning o`tmishdagi turmush tarzi, ajdodlarimiz dahosi, idroki va tafakkuri, ma`naviy qiyofasi haqida yorqin tasavvur bera oladi. Xorijdagi eng dongdor bosmaxonalarda bosilayotgan, ming yillar davomida o`z sifatini yo`qotmaydigan bu kitoblar xalqimizning o`tmishi, bugungi kuni va kelajagini bog`lovchi ko`prik bo`lsa ajab emas. Rustam Jabborov
34
8,813
Madaniyat
O‘zbekistonda milliy avtomobillar ishtirok etgan 3D multfilm suratga olindi
15-yanvar kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kengash tomonidan “Avto sarguzashtlar” multfilmi muhokama qilingan edi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda. “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Astir Animation Studio”​ korxonasi postanovkachi rejissor Abdulatif Haydarov boshchiligida “Avto sarguzashtlar” nomli 3D animatsion filmlar turkumi yaratildi. 3D animatsion film ijodkorlari 2018-yilda ishlab chiqarish mo‘ljallangan oltita qismiga 11 oy vaqt sarfladi. Multfilmning har bir qismi davomiyligi 3-4 daqiqani tashkil qiladi. “Avto sarguzashtlar” multfilmini yaratishda 15-20 nafarga yaqin mutaxassislar ijod qildi. Filmda o‘zbek avtomobillari multqahramonlar qiyofasida namoyon bo‘lgan. Multfilm qahramonlarining qiyofasi illyustrator, rassom va multfilmning sahnalashtiruvchi rassomi Zilola Hamidova tomonidan yaratilgan. Quvnoq avtomobillar yashaydigan zamonaviy shahar modellashtirilishida me’moriy jihatdan milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, bunda barchaga tanish bo‘lgan bino va inshootlar, muzeylar, masjidlar, mehmonxonalar, yaqin yillarda qurilishi tamomlanadigan Tashkent City majmuasi va boshqa diqqatga sazovor joylarning multfilm uchun moslashtirilgan 3D ko‘rinishini uchratasiz. Multfilmning eng asosiy yutuqlaridan biri — uning animatsiyasi. Filmda dinamika juda kuchli, harakatlar tezligi chet el 3D multfilmlaridan qolishmaydigan darajaga olib chiqilgan. Birinchi yaratilgan oltita qismda multfilm voqealari markazida kichkintoy Matiz. Shu bilan birga, uning oilasi va yaqin do‘stlari ham e’tibordan chetda qolmagan. Ular kechirayotgan sarguzashtlar kichkintoy teletomoshabinlar uchun nafaqat qiziqarli, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. “Astir Animation Studio” bu loyiha doirasida 2018-yilda bajarilgan boshqa loyihalarga nisbatan ikki barobar ko‘proq ish hajmini bajardi desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu paytgacha O‘zbekistonda 10 daqiqalik multfilm yaratishga 1 yil yoki undan ko‘proq vaqt sarflagan bo‘lsa, “Astir animatsion studio” jamoasi ishga zamonaviy yondashuvi natijasida 11 oyda 20 daqiqadan ko‘p yuqori sifatli multfilm ishladi. Bu o‘n yillik davri ichida eng tez, sifatli va samarador ishlagan studiya desak adashmagan bo‘lamiz. Multfilmning ovozlashtirish jarayoniga ham katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, har bir qahramonga eng mashhur aktyorlar mohirlik bilan ovoz berishgan. Multfilm bosh qahramoni matizga mahoratli aktrisa Sanobar Sodiqova ovoz bergan. Siz filmda Sanjar Sa’dullayev, Oybarchin Bakirova, Mahmud Ismoilov, Laziza Aslzoda, serqirra aktyor Akbarxo‘ja Rasulov, 2018 yilning eng yaxshi aktrisasi Zilola G‘ulomova, Gulnoza Jumanazarova, Rustambek Nasriddinov, Ahror Alijonov, Habibulla Ortiqov, Hamza Xasanovlar o‘z ishlarini a’lo darajada uddalashganini ko‘rishingiz mumkin. Multfilmning futbol muxlislari uchun ham qiziqarli jihati bor bo‘lib, multfilm qismlaridan birida jonli tarzda taniqli sharhlovchi Mirzahakim To‘xtamirzayev shaxsan o‘zlari shiddatli o‘yinni sharhlagan.
75
3,006
Madaniyat
Tramp “Oskar” marosimida “La-La Lend”ning eng yaxshi film deb e’lon qilinishi bilan bog‘liq xatolikni izohladi
“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimida eng yaxshi filmni e’lon qilish chog‘idagi xatolik Amerika kinoakademiklarining siyosatga haddan tashqari berilib ketgani tufayli yuzaga kelgan. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp Breitbart News nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “O‘ylashimcha, ular (marosim tashkilotchilari) siyosatga shunchalik berilib ketgan ediki, yakunda o‘zlarini qo‘lga ololmadi. Bu biroz qayg‘uli bo‘ldi. ‘Oskar’ hashamatdan ayrildi. Marosim shohona kechganga o‘xshamadi. Men ‘Oskar’ marosimlarida bo‘lganman. Bu safar qandaydir o‘ziga xoslik yetishmadi, xotima esa qayg‘uli bo‘ldi”, — dedi Oq uy rahbari. Eslatib o‘tamiz, marosim chog‘ida sahnadan “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “La-La Lend” g‘olib bo‘lgani haqida e’lon qilingach, kartina prodyuseri mikrofon qarshisiga kelib, xatolik yuz berganini aytgandi. Ma’lum bo‘lishicha, tashkilotchilar konvertlarni chalkashtirib yuborgan, va aslida esa eng yaxshi kartina deya “Oy shu’lasi” e’tirof etilgan. Keyinroq “Oskar” kino mukofoti sovrindorini aniqlab beruvchi ovoz berish yakunlarini kuzatib boruvchi PriceWaterhouseCoopers (PwC) auditorlik kompaniyasi xatolikka o‘z vakili sababchi bo‘lganini ma’lum qildi. Kompaniya xatolikdan aziyat chekkan ikkala film yaratuvchilaridan, boshlovchilardan, shuningdek, shou tomoshabinlaridan uzr so‘radi. “Oskar” marosimida boshlovchi Jimmi Kimmel boshidanoq Donald Tramp borasida bir necha marta hazil qildi. Hatto, u Twitter’dagi sahifasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga xabar yuborib, undan “Oskar”ni ko‘rayotgan yoki ko‘rmayotganligi haqida so‘radi. “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida esa AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmonlariga noroziligi tufayli marosimga kelishdan bosh tortgan eronlik rejissor Asqar Farhodiyning “Kommivoyajer” kartinasi g‘olib bo‘ldi. Trampni butun marosim davomida tilga olishdi — ayniqsa, boshqa mamlakatlardan tashrif buyurganlar Meksika bilan chegarada qurilayotgan devorni nazarda tutib, “bizni ajratuvchi devor” haqida gapirdi.
110
2,022
Madaniyat
O`zbekistonda “Animation School” animasiya markazlari ochiladi
Bugun rossiyalik taniqli rejissyor Timur Bekmambetov Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) Toshkent filiali talabalari va yosh kinoijodkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuv “O`zbekfilm” pavilonida bo`lib o`tdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda. Tadbirda O`zbekiston Kinematografiya agentligi va “Bazelevs Animation” studiyasi vakillari tomonidan “Animation School” animasiya markazlari tarmog`i ochilishi haqida e`lon qilindi. “Bu kabi tajriba ilk marotaba O`zbekistonda joriy etilmoqda. Bu borada o`tgan yil bo`lib o`tgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida memorandum imzolangan edi. Keyinchalik bizga Tatariston, Qozog`iston va Perm qo`shiladi”, — dedi Bekmambetov. Ta`kidlash joizki, animasiya studiyalarini tashkil etish 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili” Davlat dasturiga ko`ra amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar qatoriga kiritilgan. “Loyihadan ko`zlangan maqsad — qo`g`irchoq teatri aktyorlari va ijodiy oliy o`quv yurtlarining tegishli fakultetlari bitiruvchilari uchun “ta`lim ol va daromadga ega bo`l” konsepsiyasiga asoslangan holda o`zini-o`zi ta`minlovchi animasiya studiyalarining mintaqaviy tarmog`ini shakllantirishdan iborat. Misol uchun, O`zbekistonda loyihaga Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) Toshkent filiali talabalari jalb etiladi. Yigitlar animatorlik kasbini aniq loyiha — “Xo`ja Nasriddin” multfilmi asosida o`rganishadi va uning barcha qahramonlarini yaratishadi. “Xo`ja Nasriddin” bo`lajak animatorlar uchun o`ziga xos tajriba maydoniga aylanadi. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi taniqli animatorlar va kinoijodkorlar rahbarligida olingan bilim va tajribani amaliyotda qo`llash imkonini beradi”, — deya izoh berdi Bekmambetov. Tajriba sifatida yaratilayotgan multfilm ustidagi ishlar 2023 yilgacha davom etishi rejalashtirilgan. Shundan so`ng, animatorlar “Bazelevs Animation» studiyasining boshqa loyihalarida ishlashni davom ettiradilar.
62
2,049
Madaniyat
O‘zbekiston nomidan “Oskar” mukofotiga ilgari suriladigan film nomi ma’lum bo‘ldi
21-noyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita raisi Firdavs Abduxoliqov hamda qo‘mita a’zolari Zulfiqor Musoqov, Matyoqub Matchonov, Bahodir Odilov, Hamidulla Hasanov, Eljon Abbosov, Nigora Karimova, Jahongir Ahmedov, Mannop Qo‘chqorov, Aziz Arziqulov, Umid Hamdamov, Baxtiyor Yoqubov, Farrux To‘laganov, Eldor Yo‘ldoshev, Igor Pinxasov hamda prodyuser va qo‘mita koordinatori Oybek Abdushukurovlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan sayyoramizning nufuzli “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Fox music cinema studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi tanlandi. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmidan lavha. 25-noyabrgacha kartina film mualliflari tomonidan tegishli tartibda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasiga taqdim etilishi zarur. “‘Faridaning ikki ming qo‘shig‘i’ filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib beriladi. Yuz berayotgan voqea-hodisalarga e’tibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil to‘rtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bog‘liq ba’zi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ladi”, — deyiladi xabarda. Ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin To‘ychiyev, postanovkachi operator Bahodir Yo‘ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizayev. Rollarda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Hojiquliyeva va boshqalar. 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021-yilning 25-aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yil bahorida “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilingan edi.  O‘zbekiston nomidan “Oskar” mukofotiga ilgari suriladigan film nomlari e’lon qilindi
81
2,155
Madaniyat
Xonanda Kaniza nikohdan o‘tdi, biroq to‘y sanasini yashiryapti
Xonanda Kanizaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uning to‘y libosida tushgan suratlari paydo bo‘ldi, hamkasblari esa Kaniza tomonidan taklifnoma va fotiha noni ham ulashilayotgani haqida xabarlar qoldirmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi. Internet-nashr vakillari mazkur holat yuzasidan Kaniza bilan bog‘langanida, xonanda: “FHDYoda nikohimiz qonunan qayd etildi, shar’iy nikohimiz ham o‘qildi. To‘y sanasi haqida tez kunlarda bilib olasiz”, — dedi. “Ajablanarli tomoni, avvalroq Kaniza 28-aprel kuni ‘Istiqlol’ san’at saroyi sahnasida turmushga chiqaman, deb e’lon qilgan edi. Biroq endi to‘y sanasini yashiryapti”, — deb yozadi “Darakchi.uz”.
62
657
Madaniyat
Stiven Sigal mo‘g‘ul ayolga uylanganini bilarmidingiz? (foto)
“Stiven Sigalning rafiqasi mo‘g‘ulistonlik ekanligini bilarmidingiz?” — deb yozadi o‘zbekistonlik Facebook foydalanuvchilaridan biri. Ma’lum bo‘lishicha, Gollivud aktyori ancha yillar oldin Mo‘g‘ulistonga kelganida bir qiz unga tarjimonlik qilgan. So‘ng Sigal uni Amerikaga taklif qilgan va o‘ziga kotiba qilib ishga olgan. Yetti yil birga ishlagach, ular turmush qurib, o‘g‘il farzandli bo‘lgan.
61
397
Madaniyat
Buyuk Britaniyada “Taxtlar o‘yini” qahramonlariga bag‘ishlangan pochta markalari chiqariladi
Buyuk Britaniya pochtasi mashhur “Taxtlar o‘yini” teleseriali qahramonlarining suratlari aks etgan pochta markalarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Komplektning minimal qiymati 1,3 dollarni tashkil qiladi. Cheklangan kolleksiyaga 100 dollardan qimmatroq narx belgilanadi. Markalar yanvar oyining oxirida sotuvga chiqariladi. Hozirda mahsulotni oldindan buyurtma qilish imkoniyati mavjud.
92
425
Madaniyat
Navoiy viloyati va Qozog`iston o`rtasida ziyorat turizmini rivojlantirishga doir memorandum imzolandi
Kecha, 25 yanvar kuni Qozog`iston delegasiyasi Navoiy viloyatida bo`lib, uning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Axborot xizmati ma`lum qildi. Tur davomida Nurota tumanidagi «Chashma» kompleksi va Qozoq xalqining buyuk kichik juz ajdodlaridan biri bo`lgan «Aytekiy Biy» ziyoratgohi, Konimex tumani «Konimex Eko Park» dam olish maskanlariga hamda Karmana tumanidagi «Mavlono Orif Deggoroniy», «Qosim-Shayx», «Mirsaid Baxrom», Qiziltepa tumanining «Tosh masjid» kabi madaniy meros ob`ektlari bo`ylab sayohat tashkil etildi. Navoiy viloyati hokimligi hamda O`zbekistonning Qozog`istondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Qozog`iston turizmi sohasidagi yirik vazirlik va assosiasiyalar bilan sohasidagi o`zaro aloqalarni mustahkamlash, Navoiy viloyatida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish bo`yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbir doirasida Navoiy viloyatida hamda Qozog`istonda faoliyat olib borayotgan yirik sayyohlik kompaniyalari o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik kelishuvlariga erishilib, tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida ham memorandumlar imzolandi.   Kelishuvlardan ko`zlangan maqsad Navoiy viloyatining mavjud turizm imkoniyatlari Qozoqiston OAVda keng targ`ib etilishi, hududga sayyohlar oqimini kuchaytirish, ikki tomonlama doimiy hamkorlikni yo`lga qo`yilishi va sayohatchilarni yo`naltirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratilishi, har yili 18 mayda «Aytekiy Biy» ziyoratgohida birgalikda yuqori saviyadagi tadbir o`tkazilishi, Navoiy viloyati hamda Qozog`istonning faol yoshlari o`rtasida Navoiyda xalqaro yoshlar forumi tashkil etilishi, qozoq kinomotogroflari ishtirokida hududning tarixiy maskanlari va «Aytekiy Biy» ziyoratgohi to`g`risida xujjatli film suratga olinishi nazarda tutilgan.
101
1,783
Madaniyat
Aktyor Dueyn Jonson film uchun bir necha oy mobaynida izlab topilgan oq Porsche mashinasida nega rol ijro etmaganini ma’lum qildi
Aktyor Dueyn Jonson o‘zining Instagram sahifasida “Qizil xabarnoma” (2021-yilda Netflix’da chiqishi kutilayotgan) jangovar filmini suratga olish ishlari to‘g‘risida ayrim jarayonlarni ma’lum qildi. Aniqrog‘i, suratga olish amalga oshmagan sahna haqida. Film rejissori Rouson Marshall Terber Jonsonning qahramoni oq Porschega sakrashi kerak bo‘lgan vaqtda kim bilandir poyga qilishini o‘ylab topdi. Ushbu sahna uchun suratga olish jamoasi tomonidan bir necha oy mashinaning o‘zini izlab topildi va katta miqdordagi to‘lov tufayli suratga olish maydonchasiga keltirildi. Va nihoyat hammasi tayyor bo‘lganda muammo paydo bo‘ldi. Afsuski, Jonson sportkarga sig‘madi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha marotaba takrorlangan urinish ham ish bermagan. “Men tanga tiqiladigan teshikka sig‘ishga urinayotgan jigarrang yegulikka o‘xshar edim”, − deydi aktyor. – Rousonning 15 soniyalik sukunatidan so‘ng men va butun jamoa kulishni boshladik. Jin ursin, 2020-yilga xush kelibsiz. Oxir-oqibat biz tezkor fikr yuritish qobiliyatimizni ishga soldik va sahnaga o‘zgartirish kiritish uchun ijodiy usullarni o‘ylab topdik”. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, sahna boshqacharoq tarzda suratga olinishi kerak edi, ammo montaj jarayonida baribir olib tashlandi.
129
1,239
Madaniyat
Rayhon G‘aniyeva egizaklari Islom va Imronning tug‘ilgan kunini nishonladi (foto)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning egizak farzandlari Islom va Imron 1-may kuni 5 yoshga to‘ldi. Xonanda shu munosabat bilan bayram tadbirini tashkillashtirdi. Kecha kosmik sayohat mavzusida o‘tkazildi.
81
227
Madaniyat
Meni «Titanik»ka qabul qilishgani aqlbovar qilmas voqea bo`lgan — Keyt Uinslet
Britaniyalik  aktrisa Keyt Uinslet "Los Angeles Times"  nashriga bergan intervyusida Gollivuddagi karerasi boshlanmasidan tugashiga sal qolganini aytib berdi. Aktrisaning aytishicha, rejissyor Jeyms Kemeron "Titanik" uchun nega aynan uni tanlaganiga hayron bo`lgan. Aktrisalikning ilk qadamlarida uni kastinglarga chaqirishavermagan. Chunki uning familiyasi alifbo bo`yicha ro`yxatning oxirida bo`lgan. "Bu hayotimdagi birinchi  amerikalik  ayol rolini o`ynashim edi. Bundan tashqari, partnyorim Leonardo Di Kaprio edi. Semiz va oddiygina qiz bo`lganman. Familiyam ham  "W" (Winslet) harfi bilan boshlangani uchun kasting tugul, uning eshigigacha etib borolmasdim. Ammo «Titanik»ka qabul qilishgani aqlbovar qilmas voqea bo`ldi», - deya eslaydi aktrisa. Keyt Uinslet "Titanik"dan keyingi qo`rquv sabab ancha vaqtgacha Gollivud filmlarida o`ynamadi.  Gollivud u uchun qo`rqinchli joy bo`lib tuyulardi, u erda hamma  sarvqomat bo`lishi shartdek edi go`yo.   Keyt Uinslet  etti marta "Oskar" mukofotiga  nomzod etib ko`rsatilgan bo`lsa, 2009 yil «The reader» filmidagi roli uchun ushbu mukofotni qo`lga kiritgan. Hozir u  Jeyms Kemeronning yangi – 2022 yilda ekranlarga  chiqishi kutilayotgan "Avatar" filmining ikkinchi qismida bosh rolni ijro etmoqda. "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati
78
1,296
Madaniyat
Shahzoda Matchonovadan bahoriy fotojamlanma (foto)
Ayni damda rejissyor Muxlisa Azizovaning Scorpion filmida suratga tushayotgan aktrisa Shahzoda Matchonova yangi fotosessiya o`tkazdi, deb yozadi My Day. O`zgacha fotojamlanma muallifi — suratchi Veronika Yasina.
50
212
Madaniyat
O‘zbekistonda yangi “Kuyla, yoshligim” loyihasi tashkil etiladi
Yoshlar madaniyat va san’at markazi, “O‘zbeknavo” EB hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan yangi “Kuyla, yoshligim” loyihasi tashkil etiladi. Bu haqda Yoshlar madaniyat va san’at markazi axborotiga tayanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda. Ishtirokchilarni saralab olish 3 bosqichda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Loyihaning birinchi saralash bosqichi respublikaning barcha hududlarida 5-fevraldan 11-martga qadar o‘tkaziladi. Shu maqsadda mutaxassislardan tashkil topgan guruhlar respublikaning barcha hududlariga safar uyushtiradi va har bir viloyatdan 5—8 nafar ishtirokchini saralab oladi. Saralab olingan yoshlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi. Ikkinchi bosqich yakunida hakamlar hay’ati eng qobiliyatli 15 nafar ijrochini tanlab oladi va ularga 6 hafta mobaynida aktyorlik mahorati, vokal va raqs darslari o‘tiladi. Shuningdek, har hafta hisobot konsertlari o‘tkaziladi. Loyiha yakunida final gala-konserti tashkillashtiriladi. Unda barcha ishtirokchilar o‘zbek estrada yulduzlari bilan birgalikda qo‘shiqlar ijro etadi va g‘oliblar e’lon qilinadi.
63
1,129
Madaniyat
O‘zga sayyoralikka “aylangan” Rayhon, Shahlo bilan Gagraga “ketayotgan” Otabek Mirzaxolov, tort sabab “tosh otilgan” Lola. Mashhurlar karantinda
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 16-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Lola 15-may kuni 11 yoshga to‘lgan o‘g‘li Diyorning tug‘ilgan kuniga Fortnite o‘yini qahramoni aks etgan tort tayyorlatgan. Lolaning folloverlariga tortda aks etgan xoch yoqmadi. Xonandaning muxlislari uning qaysi dinga e’tiqod qilishini so‘rab, tort haqida salbiy izohlar yozib qoldirmoqda. View this post on Instagram  “Chaqaloqni ko‘rishga boraman, degandi”. Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan so‘nggi suhbatini yodga oldi Mavluda Asalxo‘jayeva ham 16-may kuni tavallud topgan o‘g‘lini tabriklab, samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. View this post on Instagram “Bravo” chi Otabek Mirzaxolov Shahlo Zoitova bilan Gagraga yo‘l oldi. View this post on Instagram “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Mohidavron qizi bilan o‘tkazayotgan karantin aks etgan surat bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Serialning yana bir yulduzi Xurram ham qizi bilan sayr qilmoqda. View this post on Instagram Rayhon va farzandlari karantinda o‘zga sayyoraliklarga “aylanib qoldi”. View this post on Instagram Zohirshoh Jo‘rayev yangi olgan Gelandewagen avtomobili salonini ko‘rsatdi. View this post on Instagram Turk aktyori Murat Yildirim Marokash milliy taomlaridan birini tayyorlashni o‘rganib oldi. Bu ishda unga rafiqasi Iman Elbani yordam berdi. View this post on Instagram Karantinni Istanbulda o‘tkazayotgan aktrisa Feruza Normatova esa karantinda turli pishiriqlarni pishirishni o‘rganganini bildirdi. View this post on Instagram Muqaddas Sa’dullayeva esa haqiqiy go‘zallik qalb go‘zalligida ekanligini ta’kidlamoqda. View this post on Instagram Bollivud aktrisasi Dipika Padukone 13 yoshligida tushgan suratini sahifasiga joyladi. Uning yonida o‘sha paytda ancha yosh bo‘lgan Amir Xonni ham ko‘rish mumkin. View this post on Instagram “Haqiqiy baxt shon-shuhratda emas, balki farzand kulgusida”, — deydi xonanda Dilso‘z. View this post on Instagram Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin:
144
2,334
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” 31 yoshda: Qanday qilib tasodifiy sujet va Warner’ning xatosi dunyo tomoshabinlariga Yangi yil ramziga aylangan filmni hadya etgan?
Yillar qanchalik tez o‘tayotganini his qilishga tayyormisiz? “Uyda yolg‘iz” — bolalikdan buyon sevib tomosha qilinayotgan filmning suratga olinganiga 31 yil to‘ldi. Film ilk namoyishidanoq tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan, bir kechada Shimoliy Amerikadagi barcha davrlarning eng yuqori daromad keltirgan Rojdestvo filmiga va AQSh kinematografiyasi tarixidagi eng kassabop komediyaga aylangan. Shuningdek, u Yangi yil arafasida, albatta, tomosha qilish kerak bo‘lgan filmlar ro‘yxatidan o‘z o‘rnini egallagan. Bundan tashqari, film qahramoni — endigina 10 yoshga kirgan iste’dodli aktyor Makoley Kalkin yulduzga aylangan. Biroq bu ta’sirli va quvnoq hikoyaning sodir bo‘lishi oson kechmagan. Film g‘oyasi prodyuser va ssenariy muallifi Jon Xyuzda to‘satdan paydo bo‘lgan. Ammo kinostudiyalar filmga pul tikishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, har bir  baxtli tasodif o‘z vaqtida nafaqat Kevin Makkallisterga, balki kartina mualliflariga ham yordam bergan. Kartinaning sujeti uyni o‘g‘rilardan himoya qilayotgan bolaning hikoyasiga asoslangan. 1989-yil  “Bak amaki” filmini suratga olish maydonchasida qahramonlardan biri – Makoley Kalkinga Jon Xyuzning ko‘zi tushib qolgan. Jon jajji aktyor bilan tanishib, rolning bir qismi sifatida uyga notanish odamni kiritish haqida bir qancha savollar bergan. “Uyda yolg‘iz” filmi g‘oyasi o‘sha paytda tug‘ilgan bo‘lsa-da, lekin u hali ekranlarda namoyish etilishdan juda yiroqda edi. Jon Xyuzning o‘zi ushbu janrda film suratga olishga ko‘zi yetmadi, shuning uchun u Kris Kolumbga rejissorlikni taklif qildi. Bu Kris uchun ham so‘nggi najot edi, chunki “Buzilgan yuraklar mehmonxonasi” (1988) filmining kassadagi muvaffaqiyatsizligi tufayli u Gollivudda Jon Xyuzdan tashqari hamma uchun e’tibordan qolgan shaxsga aylangandi. Ssenariy mukammal ko‘rinsa-da, Makoley Kalkin bunga ko‘r-ko‘rona yondashmagan. U kartinani o‘ziga xos improvizatsiya bilan to‘ldirgan. Aynan o‘sha mashhur quloq teshar darajadagi qichqiriq sahnasini aktyorning o‘zi o‘ylab topgan, unda soqol olgandan keyin surtiladigan suyuqlik Kevin Makkallisterning yuzini achishtirib yuboradi, qahramon esa qo‘llarini yuzidan olmay qichqiradi. Bu kabi ijodiy yondashuvlar suratga olish maydonchasida yuzaga kelayotgan bo‘lsa-da, “Uyda yolg‘iz” taqdiri qil ustida qolishda davom etdi. Afsuski, keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan Warner bu ajoyib komediyani jiddiy qabul qilmadi. Filmni birorta mashhur aktyorning yo‘qligi tufayli tomosha qilishga arzimaydi, deb bildi. Bir tarafdan esa kino ijodkorlari oldida moliyaviy savol turardi: Kris Kolumb barcha ixtiro qilingan tuzoqlarni qoplash uchun budjetni 10 million dollarga oshirishni so‘radi, kinostudiya esa ularni rad etdi. Agar mablag‘ topilmaganida, film qanday ko‘rinishga ega bo‘lardi, bunisi noma’lum. Lekin 20th Century rejissorning iltimosiga ko‘ra, “Qaychiqo‘l Edvard” filmi bilan birga kartinani sotib oldi va budjetini 8 millionga oshirdi. Warner shundan so‘ng tirsagini tishlagan bo‘lsa ajab emas: rad etilgan har ikkala film ham tanqidchilarning turli baholariga qaramay, premyeradan keyin kutilmagan muvaffaqiyatga erishdi. Umuman olganda, ehtimol, “Uyda yolg‘iz” multfilmi bo‘lganida, bu Warner uchun mukammal yechim bo‘lardi. Film multfilmlarning eng yaxshi an’analari motivida yaratilgan bo‘lib, unda qahramonlar doimo tuzoqqa tushib qoladi. Lekin bu kattalar mavzusidan xoli bo‘lmagan – o‘g‘li bilan uzoq vaqt janjallashib qolgan cherkovdagi keksa odam va, albatta, ota-ona bilan munosabatlar haqidagi oilaviy film edi. Rojdestvo loyihasining barcha me’yorlariga ko‘ra, “Uyda yolg‘iz” noodatiy, ammo tomoshabinga kerak bo‘lgan film hisoblandi. Bu bayramlar arafasida yolg‘iz qolgan va butun uyni katta o‘yin maydonchasiga aylantirgan mehribon bola haqidagi komediya edi. Kris Kolumb va Jon Xyuz kattalar kinosini bolalarga xos mezon bilan uyg‘unlashtirdi. Hatto Kevin Makkallisterning tuzoqlari rejasini film rassomlaridan biri chap qo‘li bilan chizgan. Shuning uchun rasm ko‘proq bolalarnikiga o‘xshardi. Tanqidchilar bir paytlar “Bu o‘n minglab dollarlik budjet va maxsus effektlar bilan shug‘ullanadigan odamlar jamoasining ishtirokisiz ham har qanday sakkiz yoshli bola mustaqil ravishda o‘ylab topadigan tuzoqlardir”, deb aytgan bo‘lsa-da, Yangi yil arafasida barcha intiqib kutadigan kartina yillar davomida o‘z o‘rnini boshqa filmlarga bo‘shatmay kelmoqda.
146
4,340
Madaniyat
Yolg‘on tasavvur: Ekranda haqiqiy hayotdagidan go‘zalroq ko‘rinadigan Gollivud yulduzlari (foto)
Ushbu yulduzlarni faqatgina ekranda ko‘rganlar ular kabi bo‘lishni orzu qilishi shubhasiz. Ammo hayotda ular hech qanaqasiga e’tiborni torta olmaydi. Mila Kunis Mila Kunis bir necha bor Gollivudning eng jozibali va talabgir aktrisalari ro‘yxatiga kiritilgan. Albatta, bu uning ekrandagi rollari uchun edi. Hayotda esa Mila umuman boshqacha ko‘rinishga ega: yuzdagi ajinlar, ko‘z ostidagi ko‘k dog‘lar. Aftidan, yulduz atrofdagi odamlar fikri bilan umuman qiziqmaydi va bo‘sh vaqtini bunday narsalarga sarflamaslikni afzal ko‘radi. Kemeron Diaz Bir necha yildan buyon aktrisa muxlislarini yangi rol bilan xursand qilmaganiga qaramay, hamon uning ishtirokidagi filmlar zavq bilan tomosha qilinadi. Kadrlarda Kemeron beg‘ubor va ajoyib tabassumi bilan ko‘rinish beradi. Oddiy hayotda esa umuman boshqacha: kamdan kam hollarda sochlarini turmaklaydi. Bo‘yanishni-ku, aytmasa ham bo‘ladi. U keng va qulay kiyimlarni afzal ko‘radi. Anjelina Joli Anjelina Joli uzoq yillardan buyon eng ko‘p tilga olinadigan go‘zal va reytingi yuqori yulduzlardan biri bo‘lib kelmoqda. Uning film va qizil yo‘lakdagi ko‘rinishi qanchalar jozibali bo‘lmasin, ammo hayotda unday emas. U ham keng va qulay liboslarni yoqtiradi va deyarli bo‘yanmaydi. Uning o‘ta oq terisi va ozg‘inligi ham kasallarga xos ko‘rinishni aks ettiradi. Kristen Styuart Kristen Styuart hamisha ekran va qizil gilamda chiroyli ko‘rinishga ega. U nafis liboslar, chiroyli soch turmaklari va pardoz bilan tomoshabinlarni hayratga solishga odatlangan. Har safar u yaratgan obraz tafsilotlari diqqat bilan tekshiriladi. Ammo aktrisani kundalik hayotda bunday uchratib bo‘lmaydi. U shunchaki sayrga chiqqan vaqtida nafaqat kiyinish haqida o‘ylaydi, balki sochlarini ham taramaydi.
96
1,728
Madaniyat
O‘zbekistondagi barcha kinoteatrlar vaqtincha yopiladi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tarqalishining olidini olish maqsadida O‘zbekistondagi barcha kinoteatrlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekistondagi barcha kinoteatrlar yopiladi. Agentlik fuqarolarga filmlar tomosha qilishning muqobil yo‘llarini taklif qilmoqda. Milliy agentlik davlat va nodavlat telekanallari orqali kinoteatrlarda namoyish etiladigan hujjatli, badiiy va animatsion filmlarni teledasturlar efir jadvaliga kiritish loyihasini ishlab chiqmoqda. “Tashkil etilayotgan loyihaga ko‘ra, ‘O‘zbekkino’ Milliy agentligi tomonidan davlat va nodavlat telekanallariga televizion namoyish qilish uchun badiiy, hujjatli, multiplikatsion filmlar va boshqa kino mahsulotlarini beg‘araz asosda yetkazib berish uchun maxsus paketi shakllantirilgan”, — deyiladi xabarda.  Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti 16-martdan boshlab qoldiriladi, “Million” jamoasining konserti yozga ko‘chirildi Eslatib o‘tamiz, koronavirusning O‘zbekistondagi mart oyida bo‘ladigan to‘ylarga ta’sir ko‘rsatmasligi, hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qilgani aytildi. Shuningdek, barcha sport (masalan, Superliga), madaniy (jumladan, konsert) va boshqa tadbirlar, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilingan.
54
1,440
Madaniyat
Britaniyalik xonanda Ed Shiranda koronavirus aniqlandi. Xonanda o‘z o‘zini yakkalashini e’lon qilgan
Britaniyalik xonanda Instagram sahifasida koronavirus bilan zararlangani va o‘z o‘zini yakkalamoqchi ekani haqida ma’lum qildi. “Afsuski koronavirusga topshirgan testimning natijasi ijobiy chiqdi, shu bois o‘z o‘zimni yakkalab, hukumatning barcha ko‘rsatmalariga amal qilaman”, – deb yozgan qo‘shiqchi. Shuningdek, u barcha rejalashtirilgan intervyu va konsertlarni uydan turib amalga oshirishini ta’kidlagan. “Kimning hafsalasini pir qilgan bo‘lsam uzr so‘rayman. O‘zingizni asrang”, – deb qo‘shimcha qilgan Shiran. Eslatib o‘tamiz, xonanda 2011-yilda “The a team” nomli qo‘shig‘i sabab mashhurlikka erishgan. Uning barcha: “+” (2011), “×” (2015), “÷” (2017) va No.6 collaborations project (2019) albomlari Britaniyaning musiqiy chartlarida yetakchilik qilgan. “Thinking out loud” qo‘shig‘i tufayli 2019-yilda ikkita Gremmi mukofotini qo‘lga kiritgan. Shu yili Forbes’ning eng ko‘p haq to‘lanadigan musiqachilar reytingidan o‘rin olgan. Yangi “=” nomli albom taqdimoti 2021-yilning 29-noyabrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
100
1,030
Madaniyat
Obid Asomov: Nasiba Abdullayevani yurakdan sevaman va sevgimdan tonmayman
Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga Nasiba Abdullayeva bilan birga tushgan suratini joyladi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. Skrinshot: “Darakchi.uz” “Nima deyishim mumkin bu rasmga qarab? Nasibaxonga vaqt ta’sir qilmas ekan! Borgan sari yosharib ketyaptilar! Yurakdan sevaman va sevgimdan tonmayman! Ko‘rolmaganlarga alam qilsin!”, — deya suratga izoh qoldirdi Obid Asomov.
73
406
Madaniyat
Shvarsenneger o‘g‘lining bitiruv oqshomiga sobiq rafiqasi bilan birga bordi
Hollivud aktyori, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenneger o‘g‘lining bitiruv oqshomiga sobiq rafiqasi Mariya Shrayver bilan tashrif buyurdi. Bu haqda, ABC News nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Patrik Shvarsenneger Janubiy Kaliforniya universitetini tamomladi. 22 yoshli bitiruvchini qo‘llab-quvvatlashga uning otasi ham, onasi ham bordi. Marosimdan so‘ng ular oilaviy suratga tushdi. “Bu ikkovisiz men ham bo‘lmas edim. Hammasi uchun sizga rahmat, ikkalangizni ham yaxshi ko‘raman”, — deb yozdi rasm ostida Patrik. Arnold Shvarsenneger, o‘z navbatida, o‘g‘lidan faxrlanishini aytdi. Shvarsenneger va Shrayverning to‘rt farzandi bor. Ular 2011-yilda ajrashib ketgan edi.
75
707
Madaniyat
Jorj Kluni Forbes talqiniga ko‘ra 2018-yilda eng ko‘p daromad topgan aktyor bo‘ldi
Forbes talqiniga ko‘ra, 2018-yilda eng ko‘p daromad topgan aktyor Jorj Kluni bo‘ldi, deb yozadi “RBK”. 2017-yilning iyunidan 2018-yilning iyuniga qadar u 239 million dollar ishlab topgan. Forbes aktyorlarning daromadini hisoblayotganida suratga olish jarayonlaridan ishlab topgan pullari hamda boshqa daromadlarini ham inobatga oladi. Kluni 2013-yilda asos solgan tekila ishlab chiqaruvchi Casamigos Tequila kompaniyasini qurilish magnate Mayk Meldman va Rendom Gerberga sotdi. Biznesmenlarning har biri ushbu biznesga 600 ming dollardan investitsiya kiritgan va ularning har biri kompaniyada teng ulushdor hisoblanadi.
82
620
Madaniyat
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi to‘liq ta’mirlanadi
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi (sobiq “Panorama”) to‘liq ta’mirlanadi. Bu haqda “O‘zbekkino” agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”. “Yaqin orada Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi to‘liq ta’mirlanadi va bunday inshootlar uchun zarur bo‘lgan barcha zamonaviy talab va standartlarga mos ko‘rinishga keltiriladi. Bu turli, jumladan, xalqaro darajadagi tadbirlarni o‘tkazish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar tug‘diradi”, — dedi Firdavs Abduholiqov. “O‘zbekkino” agentligi bosh direktoriga ko‘ra, mamlakatdagi yirik viloyat markazlarida har birida uchtadan kinozal bo‘lgan markazlar quriladi. “Bu O‘zbekiston kinoindustriyasini yaqin kelajakda kutayotgan keng ko‘lamli islohotlarning kichik bir qismi”, — dedi Abduholiqov.
55
771
Madaniyat
“Ikki yarim oylik davolanishdan keyin uyga qaytib, joni uzildi”. Muhabbat Namozova turmush o‘rtog‘i Ravshan Namozov hayotining so‘nggi kunlari haqida (video)
“Daryo”ning YouTube’dagi kanalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Namozovning turmush o‘rtog‘i bilan suhbat tashkil etildi. U turmush o‘rtog‘iga Filipp Kirkorovning aytgan quvonchli xabari va o‘limidan bir kun avvalgi voqealar haqida so‘zlab berdi. — Ravshan Namozovning xalqaro tanlovlardagi ishtiroki harbiy xizmatni o‘tgan vaqtlari bilan bog‘liq. U Rossiyaning Saratov viloyatiga xizmatga yuborilganida musiqaga qiziqadigan uchta xizmatdoshi bilan tanishib qolgan. Ular faollar zalini tozalayotganda strunalari uzilgan eski gitara topib olishadi. Turmush o‘rtog‘im bu voqealarni o‘zgacha hayajon bilan eslardi. U “Gitaraga leska simlarini bog‘lab, qo‘shiq aytayotganimni komandir ko‘rib qolgandi. Musiqaga qiziqishimizni bilib zalda mashg‘ulot o‘tishimizga ruxsat bergandi”, deb so‘zlab bergandi. Ular harbiy qismda mashhurlikka erishganidan keyin. Ularning SOYuZ bo‘yicha gastrol konsertlarida ishtirok etishiga ruxsat berishgan. Harbiy xizmatni yakunlagach, ular Termizga qaytib “Behruz” nomli ansamblni tashkil etishgan. O‘sha vaqtlarda bu ansambl Termizda katta mashhurlikka erishgan. 1985-yili Moskvada o‘tkazilgan yoshlar festivalida sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan, undan keyin Germaniya va Toshkentda o‘tkazilgan festivallarda ishtirok etishgan. Toshkentdagi festivalda “Qars” guruhidagi yigitlar Ravshan akaga birga ijod qilishni taklif etishgan. Ular 1989-yili  “Osiyo ovozi” ko‘rik tanlovida qatnashganida, hakamlar hay’ati uch kun g‘olibni aniqlash bo‘yicha bosh qotirishgan ekan. Hatto, yevropalik ular tadbir tashkilotchilariga “Agar shu yigitlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishmasa, tanlovda hakam sifatida ishtirok etmaymiz”, deb shart qo‘yishgan ekan. Ravshan aka yo‘lakda ketayotsa, rossiyalik mashhur xonanda Filipp Kirkorovni uchratib qolib, u g‘alaba bilan tabriklagan ekan, — deydi Ravshan Namozovning turmush o‘rtog‘i. Muhabbat Namozova turmush o‘rtog‘ining kamtarona hayot kechirgani va mol-dunyoga qiziqmagani haqida aytib o‘tdi. — Odamlar pul yig‘ib, qimmatbaho narsa olsam yoki sayohat qilsam deydi. Ravshan aka hech qachon bunday narsalarga intilmasdi. U ro‘zg‘ordan ortgan pullarini yig‘ib, musiqiy asboblar sotib olardi. Uning yoniga bir bonka suv va to‘rttagina qotirilgan non qo‘ysa bo‘ldi edi. U gitarasini olib, juda chiroyli musiqalarni chalardi. Eski mashina haydab, oddiy kiyinib yursa ham qimmat musiqiy asboblar sotib olganidan jahlim chiqardi. “Shuni o‘rniga yaxshiroq kiyim olsangiz bo‘lmaydimi?” deb koyib berardim. O‘limidan avval ikki yarim oy kasalxonada davolandi. “Gitaramni sog‘indim”, deb xuddi uni quchoqlagandek yotardi. Ammo ko‘z tegadi, deb ularni kasalxonaga olib kelishlarini istamasdi, — deydi Muhabbat Namozova. U suhbat davomining turmush o‘rtog‘i ikki yarim oylik davolanishdan so‘ng, o‘limidan bir kun avval uyiga qaytgani haqida gapirdi. — Turmush o‘rtog‘im umumiy hisobda ikki yarim oy kasalxonada davolandi. Jonlantirish bo‘limidan chiqqanidan keyin shifokorlar uning yonida bo‘lishimni so‘rashdi. Uzoq vaqt davolanganidan keyin 22-sentabr kuni kechasi soat ikkida: “Uyga ketaylik”, deb qoldi. Uning xohishiga qarshi bormay, yuzimni yuvgani borib keldim. Qaytsam “Onasi, ertalab ketaqolamiz. Shifokorlarga rahmatimizni aytib ketamiz”, dedi. Ertalab shifokorlar kelgach, uyga ketishga ruxsat oldik. Shunda ham muhim qarorni yolg‘iz o‘zim chiqarishga qo‘rqib, qaynsingillarimni chaqirdim. Balki yaqinlarining oldida bo‘lsa, ko‘ngli ko‘tarilar deb umid qilgandik. Ikki yarim oy kasalxonada davolangan bo‘lsa biror marta uyga ketishni so‘ramagandi. Endi nega uyga kelishni so‘raganini tushunyapman. U uyini, oilasini va gitaralarining bag‘rida joni uzilishini istagan ekan. 23-sentabr kuni tungi soat 1:30 da joni uzildi, — deydi Muhabbat Namozova.
157
3,723
Madaniyat
“Tarixni qayta yaratib”: Badiiy filmlarda tarixiy kadrlar qanday ko‘rsatiladi? (video)
Britaniyalik rejissor Vugar Efendi “Tarixni qayta yaratib” deb nomlangan roligida hujjatli xronika kadrlarini ularning badiiy filmlardagi tasviri bilan taqqosladi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.  To‘plamga “Yovvoyi sharoitlarda”, “Yorqin ranglardagi hayot”, “Qo‘lingdan kelsa, tutib ol”, “Inson Oyda”, “La’natlangan ‘Yunayted’”, “Jeki”, “Selma”, “J.F.K: Dallasdagi o‘q uzishlar”, “Jangchi”, “Dorz”, “Stiven Xokingning koinoti” va “Laving” filmlaridagi kadrlar kirdi.  Rolikni ko‘rib, tomoshabin badiiy filmlarda hayotiylikka nechog‘li rioya etilganini haqida xulosa qilishi mumkin. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
86
659
Madaniyat
"O`zbekkino" qish mavsumida 50 dan ortiq ajoyib kinofilmlarni bizga taqdim etmoqda
"O`zbekkino" Milliy agentligi dekabr oyidan boshlab, 50dan ortiq filmlarning qishgi premeralar mavsumini e`lon qilmoqda. Mavsum davomida 18ta to`liq metrajli va 21ta qisqa metrajli badiiy filmlar, 15ta hujjatli, 3ta animasion va “Zumrasha” kinojurnalining yangi 4ta soni televidenie va kinoteatrlar orqali namoyish etiladi. Shuningdek ilk bora, 11ta televizion milliy seriallar taqdim etiladi.   Taqdimoti kutilayotgan filmlar ro`yxatida jumladan, o`zbek kinematografiyasining ustasi Baqo Sodiqovning “Behbudiy” tarixiy dramasi filmi, iste`dodli rejissyorlar Yolqin To`ychievning “Faridaning ikki ming qo`shig`i” tarixiy-mualliflik filmi, Ayub Shaxobidinovning “Rangsiz tushlar” psixologik dramasi, Zulfiqor Musoqovning “Alvido, ssenarist” filmi,  Hilol Nasimovning “Meros” tarixiy dramasi, Ergash Mo`minovning “Orzular qanotida” musiqiy komediyasi, Nozim To`laxo`jaevning  “Tanho Qayiq” dramasi, Ibrohim Rasulovning “Muhabbat bahori” melodrammasi tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi. Yosh rejissyorlar Muhammadali Iskandarovning “Men terrorchi emasman”, Akrom Shoxnazarovning “101 reys”, Shoxrux Rasulovning “Bir kunlik to`y”, Murod Inog`omovning “Iztirob”, Azamat Ahrorovning “Lola gulim” kabi  filmlari ham namoyish etiladi. Shuningdek, hamkorlikdagi ko-prodakshn mahsulotlari - mohir rejissyorlar Rustam Sagdievning “Baron 2”, taniqli yaponiyalik rejissyor Kiyosi Kurasavining “Dunyoning bir chekkasi”, Rashid Malikov va Ramil Fazlievning “Sumbul” kabi filmlari taqdim etiladi.   “Debyut” studiyasida yangi ish boshlagan yosh va iste`dodli rejissyorlarimiz tomonidan suratga olingan 20 dan ortiq to`liq va qisqa metrajli filmlar ham mavsum premeralaridan o`rin olgan. Bundan tashqari, “Avloniy”, “Ibrat”, “Behbudiy”, “Muhabbat bahori”, “Mahalladoshlar” kabi milliy kinoseriallar premeralari ham televidenie orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan. Yana “O`zbekkino” tarixida ilk bor telekanallar bilan hamkorlikda suratga olinayotgan “Qodirxon” (MU5), “Najotkorlar” (Zo'r TV), “Ona zamin” (Sevimli TV), “Orzular palatasi” (MU5), “Dard” (Sevimli TV) kabi milliy seriallar televidenie orqali tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.   Yana Doniyor Shokirovning “COVID-19:Sinovli kunlar”, Bobur Yo`ldoshevning “Zahiriddin Muhammad Bobur. Yo`lbars izidan”, Shuhrat Mahmudovning “101” kabi ko`plab hujjatli filmlar ham premeraga tayyorlanmoqda. “Sehrli qalamdon”, “Jasur Qutqarboev”, “Avtosarguzashtlar 6” multiplikasion filmlari ham televilenie orqali efirga uzatiladi. Mavsum premeralari ro`yxati bilan mana bu erda tanishishingiz mumkin.
82
2,545
Madaniyat
Sovg‘a qutisi ichidan chiqqan Durdona Qurbonova, xonanda onasining quvonch ko‘z yoshlari: Imronning ilk konserti qanday o‘tdi? (foto va video)
“Yomon qiz” qo‘shig‘i bilan muxlislar qalbidan joy olgan xonanda Imron 13—14-fevral kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. “Yomon qiz” dasturi 20 ta qo‘shiqdan tashkil topdi. Xonanda biroz hayajonlangani tufayli aksariyat qo‘shiqlarini fonogramma orqali ijro etdi. Ammo muxlislar uchun qadrdon bo‘lgan va xonandaning tashrif qog‘oziga aylangan “Yomon qiz” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuyladi. Xonandani qo‘llab-quvvatlash maqsadida konsertga O‘zbekiston xalq artistlari Tesha Mo‘minov, Erkin Komilov, Saida Rametova, so‘z ustasi Shukrullo Isroilov, xonanda Farhod Saidov, aktyorlar Aziz Rametov va Durdona Qurbonovalar tashrif buyurdi. Konsert qadrdon va yangi qo‘shiqlarga boy bo‘ldi. Ammo aktrisa Durdona Qurbonovaning syurprizi ko‘pchilikka ma’qul keldi. Sahnaga muxlislar tomonidan yuborilgan quti ichidan aktrisa Durdona Qurbonova chiqib, xonanda konsertiga taklif etmasa-da, kelganligini aytib o‘tdi. Aslida bu hazil tomosha xonanda Imron g‘oyasi asosida yaratilgandi. Bundan tashqari, konsertda Rametovlar oilasi ham qatnashib teatrlashgan sahna ko‘rinishini ijro etdi. “Bizni hurmat qilib, hamkorlikka taklif etgan ijodkorlarga hech qachon rad javobini bermayman. Imron ham konsertida oilaviy ishtirok etib, “jonli” klip sahnalashtirib berishimizni so‘radi. Bajonidil qabul qildim. Ammo turmush o‘rtog‘im Jumadulla aka betobligi uchun konsertda ishtirok etolmadi”, — deydi aktrisa Saida Rametova. Aktrisa Durdona Qurbonova konsertda Imronning rafiqasi bilan tanishgani haqida so‘zlab berdi. “Kelishmovchiliklarni unutdik. Imron aka klip olish jarayonida konsertida ishtirok etishimni so‘radi. “Konsertda nima qilaman, qo‘shiq aytamanmi?” deb hayron bo‘lgandim. Keyin muxlislar uchun kutilmagan tomosha ko‘rsatishga qaror qildik. Shu kungacha hech bir xonandaning klipida suratga tushishni istab, o‘zim murojaat qilmaganman. Biror narsa nasib etmasa, men uchun xayrli bo‘lmaganiga ishonaman. Shu kungacha nasib etmagan rol yoki tark etilgan jamoa uchun achinmaganman. Imron aka konsertiga taklif etgani uchun keldim. Klipiga taklif etmaganida ham xafa bo‘lmaganman. Shunchaki muxlislarning savollariga javob berib, kasting va klip syomkasi haqida ham eshitmaganimni aytgandim. Ochig‘ini aytsam, menga “Xiyonat qilma” klipi yoqmagan, u rolda o‘zimni tasavvur ham qilolmasdim. Chunki o‘zbek ayollari hech qachon osonlikcha xiyonat yo‘lini tanlashmaydi. Imron aka uylangach, albatta ayoli bilan tanishishni niyat qilgandim. Chunki odamlar o‘rtamizdagi kelishmovchiliklardan so‘ng meni oila buzg‘unchiligida ayblashgandi. Ammo menda hech qachon bunday niyat bo‘lmagan. Bugun ilk marta Imron akaning ayoli bilan uchrashib, biroz suhbatda bo‘ldim”, — deydi Durdona Qurbonova. Eslatib o‘tamiz, xonanda Imron 1990-yilning 5-may sanasida Buxoro viloyatida tavallud topgan. Ijodiy faoliyatini 2008-yilda boshlagan. 2008-2013-yillarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining estrada san’ati bo‘limida tahsil olgan. Shu kungacha 40 ga yaqin mualliflik qo‘shiqlarini yaratgan.  Yulduz Usmonovadan Lobodagacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarning chipta narxi qancha?
142
3,122
Madaniyat
Instagram: Krossover sotib olgan Insta-bloger, kasal bo‘lib qolgan Aziz Rametov, shou-biznesdagi dugonalar qanday hordiq chiqaradi?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Gulchehra Eshonqulovaning turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov sahifasiga birgalikda tushgan rasmini joyladi. Aktrisa Huvaydo Jumayeva Dezdemona obrazini gavdalantirgan hajviya ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda. Dilnoza Kubayeva o‘ldiga chiqarilgan O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovani yo‘qladi. Sitora Alimjonova “Tahsin—2021” tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi. Alisher Uzoqov “Dizayn” kulgi jamoasi vakili Dilshodbek Musabekovga hazil qildi va ushbu jarayonni videoga oldi. O‘zbek shou-biznesidagi bir guruh dugonalar birgalikda Chorvoqda dam olmoqda. Gap uchun dachaga yig‘ilgan dugonalar o‘z sahifalarida qiziqarli foto va videolar bilan bo‘lishdi. Masalan, dachaga Shahloning yetib borishi juda qiziq bo‘ldi, u kechikib borgani uchun dugonalari uni basseynga itarib yubordi. Bahora Arslonovaning onasi kasal bo‘lib qoldi. Insta-bloger Gulchehra Jamilova folloverlariga yangi avtomobil — Hyundai Santa Fe sotib olganini bildirdi. U avtomobilni avtosalondan olib chiqishi aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Aktyor Aziz Rametov ukol olayotgani aks etgan suratni sahifasiga joylab, kuzatuvchilarini niqob taqib yurishga va masofa saqlashga chaqirdi. Lola qizi Aishaning bir yoshga to‘lgani munosabati bilan uning dunyoga kelish jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi.
131
1,432
Madaniyat
Xonanda Manzura Bokuda klip suratga oldirmoqda (foto)
Xonanda Manzura shu kunlarda Ozarbayjonning Boku shahrida ijod bilan band, deb xabar beradi My Day. Manzura Bokuga taniqli xonanda Terlan Novxani taklifi bilan tashrif buyurgan bo‘lib, ijodkorlar “Ayri dunyala” qo‘shig‘i uchun klip suratga olmoqda. Klip rejissori ozarbayjonlik Nail Naiboglu, operator Daler Orujlu. Suratga olish ishlarining bir qismi Kaspiy dengizi sohillarida bo‘lib o‘tdi. Manzura va Terlan shu yilning aprel oylarida “Xiyonat qilmadim” duet taronasiga suratga olingan klipni taqdim etgan edi.
53
516
Madaniyat
Bir kam dunyo: Bedavo kasalliklardan aziyat chekadigan mashhurlar (foto)
Har qanday kasallik ruhan sinish, tushkunlikka tushish va maqsadlar uchun intilmaslikka sabab bo‘la olmaydi. Bunga maqolada nomi keltirilgan mashhurlarning hayoti yaqqol misol bo‘la oladi. Bella Hadid Mashhur model kana orqali yuqadigan infeksion kasallik — Laymadan aziyat chekadi. Tashxis unga 2012-yilda qo‘yilgan, ammo 2015-yilga kelib kasallikka xos belgilarni his qila boshlagan. Qizig‘i shundaki, gendan o‘tmasligi, qarindoshlaridan yuqishi mumkin emasligiga qaramay, oilasida ukasi Anvar va onasi Iolanda ham Laymadan aziyat chekadi. Kasallik surunkali charchoq, doimiy ravishdagi bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, shuningdek, suyaklar og‘rishi bilan kuzatiladi. Bella oddiy turmush tarzini kechirish u uchun naqadar og‘ir ekanligini bir necha marta ta’kidlagan. Devid Bekxem 2009-yilda mashhur futbolchining astmadan aziyat chekishi ma’lum bo‘lgan: u o‘yin vaqtida skameykaga o‘tirib, ingalyatordan foydalangan. Avvallari futbolchilarga astma tashxisi qo‘yilishi uning karyerasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin edi. Devid bolaligidanoq astmadan aziyat chekkan. U hech qachon kasalligini ommaga namoyish qilishni istamagan. Uning agenti Bekxem uzoq vaqt davomida tashxisni yashirganidan hayratlangan. Selena Gomes 2014-yilda Selenaning karyerasida tanaffus kuzatilgan. Muxlislar uzoq vaqt buning boisini bila olmagan, keyinroq xonandaning o‘zi haqiqatni oshkor qilishga qaror qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Gomes volchanka (teri silining bir turi) tashxisi qo‘yilganidan keyin jiddiy davolanishiga to‘g‘ri kelgan. Keyinroq esa unga buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan. Maykl Jey Foks “O‘tmishga qaytib” filmining yulduziga 29 yoshida Parkinson kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Karyera borasida ayni omadi chopayotgan bir vaqtda aktyor simptomlarga jiddiy e’tibor bermagan, ammo bora-bora vaziyat nazoratdan chiqqan. Kasallikni yashirishdan ma’no yo‘qligini tushunib yetgan Maykl barchaning oldida buni tan olishiga to‘g‘ri kelgan. Keyinroq Foks aynan mazkur kasallik spirtli ichimlikka qarshi kurashishga yordam berganini ma’lum qilgan. Kim Kardashyan Bundan bir necha yil avval Kimning surunkali teri kasalligi —psoriazdan aziyat chekishi ma’lum bo‘lgan. O‘z tashxisi haqida u oilaviy teleshouning jonli efirida e’lon qilgan. U oilasida onasidan kasallik o‘tgan yagona farzandligini va simptomlar 25 yoshida namoyon bo‘la boshlaganini ta’kidlagan. Kardashyandan tashqari, Britni Spirs va Kara Delevin ham ushbu kasallikdan aziyat chekadi.
72
2,451
Madaniyat
Emma Uotson va Tom Xenks ishtirokidagi “Doira” filmining birinchi treyleri chiqdi (video)
Yozuvchi Deyv Eggersning “Doira” nomli romani asosiga qurilgan shu nomli Gollivud filmining birinchi treyleri tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Kadr: YouTube Film barcha foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni bir bazaga to‘plash bilan shug‘ullanuvchi The Circle IT-korporatsiyasi haqida hikoya qiladi. Filmda Emma Uotson ijro etgan qahramon kompaniya bosh direktori (Tom Xenks) suhbatidan o‘tadi. Bu ikki yulduz filmda bosh rollarni ijro etadi.
89
486
Madaniyat
Ko‘z yoshlarni tiyish mushkul: “Forsaj” yulduzlari Vin Dizel va Pol Uokerning do‘stlik hikoyasi
“Forsaj” yulduzlari nafaqat ekranda, balki real hayotda ham yaqin do‘st bo‘lgan. Marhum Pol Uokerning yolg‘iz qizi Midou turmushga chiqqanda uni mehrobga Vin Dizel olib borgani bunga isbot bo‘la oladi. Ular bir-biri bilan qanchalik yaqin edi? Quyida ushbu savolga javob berib o‘tamiz. Erkaklar o‘rtasidagi qalin do‘stlikka nisbatan bromans atamasi ishlatiladi. Bu shunchalik yaqinligidan bir-birini aka-uka deb bilish va ularning oilasi ham do‘stlashib ketganini anglatadi. Pol Uoker hamda Vin Dizelning o‘rtasidagi do‘stlik ana shunday bo‘lgan va bu aloqalar hatto Polning vafotidan keyin ham o‘zgarmagan. Uoker o‘lgan, ammo uning Dizel bilan do‘stligi yashashda davom etgan. Ekrandan hayotga ko‘chgan do‘stlik “Forsaj” filmi 2001-yil ekran yuzini ko‘rishi bilanoq superxitga aylangan. Unda ikki bosh qahramon: Toretto va Brayan O’Konnorni gavdalantirgan Vin Dizel va Pol Uoker qalin do‘st bo‘lib qolgan, yangi franshizalar suratga olingani sayin esa oilaviy aloqalari ham tobora yaxshilangan. Ekranda do‘stlar rolini o‘ynagan aktyor va aktrisalar hayotda shunchaki yaqin tanish bo‘ladi. Vin va Pol esa chindan ham do‘stlashib, suratga olish maydonchasida yaxshi muloqot qila boshlagan. Ularning samimiy, ochiq va yaqin do‘stona munosabatlariga havas qilsa arzirdi. Bir-biriga ishongan tog‘ 2008-yilda Dizelning hayotida o‘ziga xos burilish bo‘lgan. Bunga “Forsaj”ning ikkita qismida suratga tushmagani emas, ota bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rgani sabab bo‘lgan. Vin o‘sha vaqtda sevgilisining yonida bo‘lishni afzal deb bilib, suratga olish ishlaridan biroz uzoqlashgan. Bunday oson bo‘lmagan davrda Uoker Dizelga yelkadosh bo‘lgan. “Pol mening oldimga kelib, men bilan nima bo‘layotgani nega bunday asabiyligim haqida so‘ragan. Men tug‘ruq jarayoni qanday kechishi haqida hayajonlanayotganimni tushuntirganman, axir bu mening birinchi farzandim edi. U mening ko‘zlarimga boqib, sen bu yerda hamma narsani tashlab, zudlik bilan rafiqangni yoniga borishing, uning yonida bo‘lishing va qizingning dunyoga kelishini ko‘rishing kerak degan. Polning gapiga kirganman, men faqat akamning gapigagina shunday quloq solishim mumkin edi. Suratga olish maydonchasini tark etdim va qizimning tug‘ilish jarayonida ishtirok etdim. Unda nafas olishi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan. Tafsilotlarni aytishni istamayman, ammo agar o‘sha vaqtda qizimning yonida bo‘lmaganimda, o‘zimni hech qachon kechirmagan bo‘lardim. O‘sha maslahati uchun Poldan bag‘oyat minnatdorman”, – degan Dizel. Aktyor do‘stining bu gaplaridan xulosa qilib, hayotda nimalar muhimligi-yu, nimalar ahamiyatsiz ekanini tanlashni o‘rgangan. Kundan-kunga Vin va Polning do‘stligi tobora mustahkamlashgan.Uokerning onasi ham uyida o‘g‘lining yaqin do‘stini ko‘rishdan hamisha mamnun bo‘lgan. “Ular soatlab suhbatlashishi, nafaqat suratga olish ishlari bilan bog‘liq ikir-chikirlarni, balki boshqa narsalarni ham muhokama qilishi, hayot bilan bog‘liq turli vaziyatlarni eslashi, navbatdagi ta’til yoki dam olishni rejalashtirishi, birgalashib biron nima ustidan kulishi mumkin edi”, — deb eslaydi Uokerning onasi Sheril. “Forsaj”ning qolgan qahramonlari ham aynan Vin va Pol sabab do‘stlashib, haqiqiy oiladek bo‘lib ketganini ta’kidladi. Ular boshqalarning kelib chiqishi, qarashlari va fe’l-atvor turli ekanidan tashqari do‘stlashishga o‘rgatgan. So‘nggi nafasgacha 2013-yili 1-dekabr kuni 40 yoshga to‘lganiga ko‘p bo‘lmagan Pol Uoker, avtohalokatda vafot etgan. Fojia haqida xabar topgan Vin, o‘sha vaqtning o‘zidayoq samolyotga o‘tirib, vafot etgan do‘stining onasining oldiga yetib borgan. “Ichkariga kirishga qaror qilolmay, orqa hovlida turib yig‘laganman. Do‘stimning onasi meni ko‘rib, tashqariga chiqqan va taskin berishga harakat qilgan. Men yig‘lagancha, aslida men sizni ovuntirishim kerak, axir uning onasi sizsiz, deganman. Bunga javoban u: Sen uning ikkinchi yarmi eding, deb javob bergan”, — deb eslaydi Dizel. O‘zining xayrlashuv postida Dizel, u uchun buyuk va haqiqiy do‘stlik davri tugaganini yozgan. Uokerning dafn marosimidan keyin Dizel birdaniga yo‘q bo‘lib qolgan. Na ko‘chada, na ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ringan, hatto karyerasida ham tanaffus kuzatilgan. Pol bir nechta epizodlarida suratga tushib ulgurgan “Forsaj”ning yettinchi qismini suratga olish jarayonlari ham to‘xtatilgan. Suratga olish ishlarining 4 oyga qoldirilishi, millionlab mablag‘ tikilgan va ko‘plab muxlislar intiqib kutayotgan film ijodkorlari uchun oson bo‘lmagan. Filmning taqdimoti qoldirilgani ularning o‘ziga kelib olishi imkonini bergani ta’kidlagan Vin, o‘sha vaqt hayotidagi eng ko‘p ko‘z yosh to‘kkanini qo‘shimcha qilgan. Do‘stlik va farzandlar  2015-yil 16-martda Vin yana bir marta farzandli bo‘lgan. Dunyoga kelgan qizaloqni marhum do‘stining sharafiga Polin deb ism qo‘ydi. “Qizim dunyoga kelganida, uni do‘stim va akamdek bo‘lgan insonning sharafiga nomlashim kerakligini anglaganman. Biz “Forsaj”ning birinchi qismidanoq Pol bilan bir-birimizni shunday atagandik. O‘sha onda uning yonimda ekanini his qilganman”, — degan Vin. View this post on Instagram Polning qizi Midou esa aslo yolg‘iz qolmagan. Dizel unga otasining yo‘qligini bildirmaslikka harakat qilgan. Ular o‘rtasida iliq munosabatlar yillar o‘tgani sayin mustahkamlangan. Qiz har yili Dizelni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni unutmaydi, Vin esa u uchun muhim bo‘lgan kunlarni aslo o‘tkazib yubormaydi. 2019-yilgi tabrigida Dizel, Midou bilan faxrlanishi, uni yaxshi ko‘rishi va qadrlashini yozib qoldirgan. 2021-yil 22 yashar Midou turmush qurgan. Dominikanda bo‘lib o‘tgan to‘y pandemiya sabab ixcham o‘tkazilgan. Midou turmush o‘rtoq sifatida aktyor Lui Tornton-Allanni tanlagan. Pol Uokerning qizining to‘yi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik Dominik Toretto bilan bog‘liq, oilaning naqadar muhimligi haqidagi memni eslagan.
95
5,810
Madaniyat
O‘zbekistonlik pianinochi Qozog‘istondagi xalqaro tanlov gran-prisini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik pianinochi Jasmin Abdunazarova Qozog‘istonning Pavlodar shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlov gran-prisini qo‘lga kiritdi, deb yozadi UZ24. S.Raxmaninovning 145 yilligiga bag‘ishlangan tanlovda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Gruziya va Rossiyadan 70 nafar iste’dodli pianinochilar qatnashdi. Tanlovning tantanali yopilish marosimi 24-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tanlov g‘olibi nomi bilan birga pran-prini Jasmin Abduazarovadan tashqari, qozog‘istonlik yana uch ishtirokchi qo‘lga kiritdi. Hakamlar hay’ati o‘zbekistonlik yana bir musiqachi — Shohjahon Isroiljonovning iste’dodini alohida qayd etib, uni ushbu xalqaro tanlov diplomi bilan taqdirladi.
84
680
Madaniyat
Alla Pugachyova qiyofasidagi Sevara Nazarxonga primadonnaning o‘zi yuqori ball qo‘ydi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining sakkizinchi turida Alla Pugachyova qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda 12uz.com xabar berdi. “Toch v toch”ning maxsus Alla Pugachyovaga bag‘ishlangan bosqichida Sevara Rossiya estradasi primadonnasining “Sevib tonmaydilar” (“Не отрекаются любя”) ashulasini ijro etdi. Hakamlar hay’ati a’zolari: Leonid Yarmolnik, Anna Ardova, Lyubov Kazarnovskaya va Gennadiy Xazanov o‘zbek xonandasining chiqishini a’lo darajada, deb baholadi va unga 20 ball qo‘ydi. Keyinroq betaraf hakam — Rossiya xalq artisti Alla Pugachyova ham Sevaraning ijrosini 5 ballga loyiq, deb topdi va u maksimal 25 ball to‘pladi. Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball, beshinchi bosqichda 23 ball, oltinchi turda va yettinchi turlarda 24 balldan to‘plagan edi.
85
1,124
Madaniyat
Putin, Aliyev, Tramp va dunyodagi boshqa davlat rahbarlarining qizlari qanday sohada faoliyat yuritadi?
Malikalar — siyosiy rahbarlarning merosxo‘rlari qirollik protokolisiz davlat ishida otalariga yordam beradi va yirik loyihalarni o‘zlari boshqaradi. Mariya Putina — Rossiya prezidenti Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi Rossiya prezidentining merosxo‘ri haqida ishonchli ma’lumotlar kam. Mariya Sankt-Peterburg universitetining biologiya va tuproqshunoslik fakulteti va Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakultetini tamomlagan. Garchi kursdoshlari uni hech qachon auditoriyada ko‘rmaganliklarini da’vo qilgan bo‘lsa-da, ba’zi o‘qituvchilar yakshanba kunlari u bilan birga dars o‘tganini aytgan. Mariya gormonlarni boshqaradigan endokrin tizimga ixtisoslashgan biomeditsina bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, 2015-yilda Lambert Akademik Publishing nashriyoti tomonidan chop etilgan bolalarda idiopatik past bo‘yli kitobning hammuallifidir. Mariya Moskvadagi Sog‘liqni saqlash vazirligining Endokrinologik tadqiqot markazida ishlaydi. Qolaversa, u endokrin kasalliklarga chalingan bolalarga yordam beradigan “Alfa-Endo” xayriya dasturini boshqaradi. Mariya Putina gollandiyalik tadbirkor Yorrit Faassenga turmushga chiqqan. U Gaaga universitetida arxitektura bo‘yicha tahsil olgan va keyin Rossiyada muvaffaqiyatli karyera qurdi. 2007-yilning noyabr oyidan Faassen “Gazprombank-Invest” va “Gazprom Interneshenl” kompaniyalarida ishlagan va uch yil oldin Mariya Putina va uning turmush o‘rtog‘i Niderlandiyaga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, Mariya 2012-yilda o‘g‘il tug‘gan. Yekaterina Tixonova – Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kenja qizi Yekaterina 30 yoshda, u Germaniyada tug‘ilgan, Sankt-Peterburg davlat universitetini tamomlagan. 2015-yilda Yekaterina Moskva davlat universitetining “ilmiy va texnologik vodiy” konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etgan “Milliy intellektual rivojlanish” jamg‘armasining rahbari bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, Yekaterina akrobatik rok-n-roll bilan shug‘ullanadi. Shveysariyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Tixonova va uning sherigi beshinchi o‘rinni egalladi. Yekaterina, shuningdek, Butunrossiya akrobatik rok-n-roll federatsiyasi vasiylik kengashining raisi va Butunjahon rok-n-roll konfederatsiyasining (WRRC) marketing va rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti. Yekaterina Tixonova Vladimir Putinning do‘sti Nikolay Shamalovning o‘g‘li Kirill Shamalovga turmushga chiqqan. Kirill Shamalov “Gazprom”, “Rosoboroneksport”, “Gazprombank” va hukumat apparatida ishlagan. Ivanka Tramp – AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning katta qizi Yoshligida Ivanka model bo‘lishni rejalashtirgan. 1997-yilda u Seventeen o‘smirlar jurnalining muqovasida paydo bo‘ldi, keyin suratga olish va shoularda ishtirok etdi. Keyinchalik, Ivanka biznes foydasiga modellik karyerasidan voz kechdi va 2017-yil mart oyidan boshlab u otasining yordamchisi bo‘ldi. Bundan tashqari, Ivanka “Tramp kartasi: ishda va hayotda g‘alaba qozonish” kitobini yozgan. Ivanka millioner Jared Kushnerga turmushga chiqqan, uning uch farzandi bor: bir qiz va ikki o‘g‘il. Ivanka AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonning qizi Chelsi Klintonni o‘zining eng yaqin do‘sti deb biladi. Ammo 2016-yilda qizlar ota-onalari – Donald Trump va Hillari Klintonning saylovoldi davrida aloqani to‘xtatdi. Tiffani Tramp – AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning kenja qizi Tiffani – Tramp va uning ikkinchi xotini Marli Meyplizning qizi. 2016-yilgacha Tiffani Pensilvaniya universitetida sotsiologiya va shaharshunoslik fakultetida tahsil olgan. Tiffani Garvardda o‘qishni davom ettirishga qaror qildi va u yerda huquqshunoslikka e’tibor qaratdi. Tiffani musiqaga qiziqadi. 2014-yilda Tiffani “Like a Bird” qo‘shig‘ini yozdi, bu hozircha uning repertuaridagi yagona tarona. Tiffanining nigeriyalik milliarder Maykl Buglos bilan munosabatlari jiddiy. Barbara Berluskoni – Yevropa parlamenti deputati Silvio Berluskonining qizi Bolaligida Barbara vokal, pianino va aktyorlikni o‘rgangan. Keyin u falsafaga qiziqib qoldi va San-Raffaele xususiy universitetida o‘qishni boshladi. Hozirda u “FinInvest” direktorlari a’zosi va “Milan” futbol klubi vitse-prezidenti lavozimini egallab turibdi. 16 yoshida Barbara o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, biznesmen Jorjio Valagutssa bilan uchrashdi, ularning ikki nafar farzandi bor. Mish-mishlarga ko‘ra, Barbara va Yekaterina dugona. Alisa Meri Xiggins – Irlandiya prezidenti Maykl Xigginsning qizi Alisa otasining izidan bordi. U siyosiy tahlilchi va mustaqil siyosatchi. Shuningdek, Irlandiya Milliy ayollar kengashining rahbari va Yevropa ayollar lobbisi boshqaruv kengashi a’zosi. 2016-yilda Alisa Irlandiya Senatiga saylangan. Xiggins Dublin universitet kollejida ingliz tili va falsafadan dars beradi. Kinga Duda – Polsha prezidenti Ajey Dudaning qizi Kinga Krakovdagi Yagellon universitetining huquq fakulteti talabasi. 2015-yilda otasining saylovoldi vaqtlari Kinga uchun juda qiyin bo‘ldi, chunki universitetda imtihonlar xuddi shu davrga to‘g‘ri keldi. Kinga Facebookda faol va ba’zi siyosatshunoslarning fikricha, u ijtimoiy tarmoqlarda otasini qo‘llab-quvvatlab, saylovchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Si Minsze –Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning qizi Si Minszening onasi soprano xonanda Peng Liyuandir. Si Garvard universitetini tamomlagan, u yerda psixologiya va ingliz tilini o‘rgangan. Talabalar shaharchasida Si soxta nom ostida yashagan. Uni Xitoydan kelgan xavfsizlik xizmati xodimlari qo‘riqlayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan. 22 yoshida Si Xitoyga qaytib kelgan va hozir Pekinda yashaydi. Si moda va adabiyotga qiziqadi. 2008-yilda Si Xanvanga jo‘nab ketdi va ko‘ngillilar bilan birga zilzila qurbonlariga yordam berdi. Leyla Aliyeva – Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning to‘ng‘ich qizi Leyla yoshligida  Shveysariya va Buyuk Britaniyadagi xususiy kollejlarda tahsil olgan, 2008-yilda esa Aliyeva MGIMO magistraturasini tamomlagan. Leyla hamma narsada qobiliyatli ko‘rinadi. Prezidentning merosxo‘ri filmlar suratga oladi, she’r yozadi, rasmlar chizadi, “Baku” jurnalini chop etadi. Uning bobosi Geydar Aliyevga bag‘ishlangan “Elegiya” she’ri Ozarbayjonda beshinchi sinf adabiyoti darsliklariga kiritilgan. 2006-yildan 2015-yilgacha Leyla musiqachi va Crocus Group vitse-prezidenti Emin Agalarov bilan turmush qurgan. Er-xotinning Ali va Mikoil ismli o‘g‘illari bor edi, ajrashgandan keyin Leyla Amina ismli qizni asrab oldi. Aliya Nazarboyeva – Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning uch qizining kenjasi 37 yoshli Aliya opalaridan farqli ravishda siyosatga qiziqmaydi. Shveysariya, Angliya va AQShda o‘qiganidan so‘ng Aliya o‘zini turli sohalarda sinab ko‘rdi. Nazarboyeva “Yevropa Plus” radiosida direktor yordamchisi bo‘lgan, TuranAlemBankning yuridik bo‘limida va otasining kotibi lavozimlarida ishlagan. Hozir Aliya shaxsiy fitnes klubiga ega va “Elitstroy” qurilish kompaniyasini boshqaradi. Ikkinchi turmushida – futbolchi Doniyor Xasenov bilan Aliya Tiara va Alsara ismli qizlarni dunyoga keltirdi. Hozir Nazarboyeva uchinchi turmushi, “Kaztransoil” OAJ bosh direktori Dimash Do‘sanov bilan yashaydi.
103
7,094
Madaniyat
Xonandalar Farrux va Dilso‘zning to‘yi Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi
2015-yil 15-aprel kuni xonanda Dilso‘z “Mango” guruhining solisti Farruxga turmushga chiqdi. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda. Qayd etilishciha, nikoh va qiz bazmi Navoiydagi “Oqshom” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. “Sayyod.com” yozishicha, 21-aprelda Toshkentda ham to‘y bazmi o‘tkaziladi.
67
288
Madaniyat
Tyusso xonim muzeyida Tereza Meyning mum haykali o‘rnatiladi
Tyusso xonim muzeyi Twitter’dagi rasmiy sahifasi orqali Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning mum haykali tayyorlanayotgani haqida hikoya qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Mey xonimning mum haykali AQSh prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel singari yirik siyosatchilar haykallari qatoriga qo‘shilishini muqaddam The Guardian nashri bildirgan edi. Haykalni 2017-yil oxirigacha muzeyda tomosha qilish mumkin bo‘ladi.
60
450
Madaniyat
Toshkentda Botir Zokirovning 80 yillik yubileyi nishonlanadi
18—26-aprel kunlari Toshkentdagi Bonum Factum galereyasida afsonaviy o‘zbek xonandasi Botir Zokirovning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Yubiley tadbirlarini Botir Zokirovning o‘g‘li — Bahodir Zokirovning “Meros” shaxsiy ko‘rgazmasi ochadi. Ochilish marosimida uning qo‘shiqlari “Karavan” guruhi ijrosida yangraydi. 21-aprelda “Sato” guruhi ishtirokida musiqiy kecha o‘tkaziladi, unda rejissor Bahodir Zokirovning “To‘lqincha” filmidagi musiqiy ohanglar ijro etiladi, 24-aprelda esa Marat Shunqor guruhining musiqiy kechasi bo‘lib o‘tadi. 26-aprelga rejalashtirilgan xotira kechasida O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov rahbarligidagi Botir Zokirov nomli etnojaz orkestri qatnashadi, shuningdek, Bahodir Zokirov rejissorlik qilgan “Botir Zokirov” filmining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
60
854
Madaniyat
Burak O‘zchivitdan Lyuk Bessongacha. Jahon yulduzlarini jamlagan Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimidan reportaj (foto, video)
Poytaxtda 13— 18-sentabr kunlari “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 40 ta davlatidan 500 dan ortiq kinematograflari ishtirok etadi. Kinofestival doirasida 150 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar namoyish etilishi rejalashtirilgan. “Daryo” muxbirlari kinofestivalning tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, foto va video reportaj tayyorladi. O‘zbek va jahon kinosi yulduzlari qizil yo‘lakdan ochilish marosimi bo‘lib o‘tadigan yozgi bog‘ tomon yo‘l oldi. Yuzlab muxlislar sevimli aktyorlarini kutib olish uchun tashrif buyurgan. “Kinochilar uyi” hovlisi kino san’atiga monand bezatilgan, u yerda nafaqat yosh kino muxlislarini, balki yoshi ulug‘ insonlarning ham tashrif buyurgani quvonarli hol. Qizil yo‘lakni ustoz san’atkorlar guruhi ochib berdi. Undan so‘ng xorijlik mehmon kinoijodkorlar qizil yo‘lakni bosib o‘tdi. Tadbir boshlovchilar qizil yo‘lakdan o‘tadigan har bir kinoijodkorni tanishtirib o‘tdi. Endi navbat yosh kinoijodkorlarga berildi. Ular orasida blogerlar ham bor. Muxlislar emotsiyasini aks ettirgan yigitlar tomoshabinlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi. Ustoz aktrisalar ham munosib qarshi olindi. Nilufar Sotiboldiyeva rus va ingliz tilida mehmonlarni tanishtirdi. Shohruxxon qizil yo‘lakdan onasi Zebo Navro‘zova va turmush o‘rtog‘i Asal Shodiyeva bilan o‘tdi. Aktrisa Sitora Farmonova festival unga manzur bo‘layotgani va xorijlik kinoijodkorlar bilan yaqindan tanishgani haqida so‘zlab berdi. Bloger Timur Alixonov “Daryo” muxbiri bilan festival taassurotlarini o‘rtoqlashmoqda. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva tadbirga jiyani Abdulloh Ma’sudov bilan tashrif buyurdi. Negadir Yigitali Mamajonov festivalda ko‘rinish bermadi. Alisher Uzoqov o‘tgan galgi kinofestivalga taklif etilmaganidan ranjigandi. Bu safar hammasi joyidaga o‘xshaydi. Burak O‘zchivit bilan suratga tushishni istovchilar nihoyatda ko‘p bo‘ldi. Kinofestivalni ko‘rish uchun yig‘ilgan minglab tomoshabinlar. Ulug‘bek Qodirovga nimadir yoqmadi, shu boisdanmi intervyu berishni ham istamadi. Ustoz san’atkor Shohida Ismoilova ham negadir festivalga yolg‘iz tashrif buyurdi. Turmush o‘rtog‘i Mahmud Ismoilov ko‘rinmadi. Turk kinoijodkorlari ham yorqin lahzalarni tarixga muhrladi. Mahoratli aktyor Farhod Mahmudov yosh aktyorlar qurshovida suratga tushdi. Tantanali qizil yo‘lakdan o‘tish marosimi yakunlangach, kinoijodkorlar va muxlislar katta kinosaroyida yig‘ildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro kinofestival ishtirokchilariga tabrigi o‘qib eshittirildi. To‘liq reportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin. Muxbirlar: Nasiba Abduhamidova,  Nargizaxon Murodova Operator: Ilhom Xursanaliyev
143
2,708
Madaniyat
“Bu oydan, u oyga qarz bo‘lib o‘tardim”. Behzod Muhammadkarimov kinoni tashlab, AQShga ketish sababini ma’lum qildi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Behzod Muhammadkarimov suhbat davomida AQShga ketib qolish sabablarini ma’lum qildi. AQShga ketganimning sababi bitta emas. Sabablar majmuasi yig‘ilib qolgandan keyin ketishga to‘g‘ri kelgan. Birinchi sababi moliyaviy masala bo‘lgan. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistman, teatrda, filmlarda bosh rollarni ijro etaman, dublyajda tinmasdan ishlayman, ammo topadigan pulim oylikdan oylikka yetmas edi. Akam tijorat bilan shug‘ullanar edi, bu oydan u oyga yetib olish uchun ulardan 50-100 dollar qarz olib yashardim. Yoshim ham o‘ttiz beshdan oshgan, tog‘ni ursam talqon qiladigan yoshdaman, ammo sharoit shunaqa edi. Inflyatsiya darajasi juda yuqori edi. Bu ketishimning birinchi sababi bo‘lgan. Bundan tashqari o‘sha vaqtda filmlar suratga olinmadi. Aktyor bo‘lib, endi ko‘ksimizga shamol tegadi, degan vaqtimizda, filmlar suratga olinmay qo‘ydi. Bu yoqda bola-chaqa katta bo‘lmoqda, ota bo‘lib ularni ham moddiy jihatdan ta‘minlab qo‘yishim kerak edi. Bosh qahramonlarni ijro etadigan aktyorlarning barchasida o‘tish davri bo‘ladi. Ya’ni otani o‘ynashga yoshlik qilib qoladi, o‘g‘lini ijro etishga esa yoshi katta bo‘lib qolgan vaqt, arosat davri bo‘ladi. O‘sha davrda menda ham shunday vaziyat edi. O‘sha vaqtda juda ko‘p aktyor va aktrisalar ishsiz qoladi. Yana o‘zimni Gollivudda ham sinab ko‘rish niyatim ham bo‘lgan. Ammo u yerdagi real ahvolni ko‘rganimdan keyin, u fikrdan kechganman. Tezroq tirikchilik qilib, uyga qaytish niyatida tinmay ishlaganman. Behzod Muhammadkarimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist   Ma’lumot uchun, Behzod Muhammadkarimov “Shaytanat”, “Amir Temur”, “O‘tkan kunlar”, “Parizod”, “Oq bino oqshomlari”, “Tangalik bolalar”, “So‘g‘diyona”, “Omonat”, “Buyuk Turon” kabi filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan.  AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
123
2,006
Madaniyat
“O‘zbekkino”da rejissorlar tayyorlash bo‘yicha oliy kurslar tashkil etiladi
“O‘zbekkino” milliy agentligi kino san’ati sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash maqsadida oliy kurslar tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda My Day xabar bermoqda. Kino san’ati oliy kurslari 2016-yil oxiriga qadar tashkil etilishi kutilmoqda. O‘qish muddati kamida ikki yil bo‘ladi. U yerda nafaqat asosiy, balki ikkinchi darajali kinematografiya kasblari ham o‘rgatiladi. “Bugun rejissorlarga assistentlar, operatorlar, ovoz operatorlari, rekvizitorlar, rassom assistentlari, libos ustalari, grimchilar, montajchilar va boshqa ko‘plab mutaxassislar yetishmaydi, ularsiz yaxshi kino olish esa ilojsizdir. Ba’zan hatto ko‘chadan odam olishga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, bu syomkani ijodiy jarayon emas, mayda muammolarni hal qilishdan iborat ishga aylantirib qo‘yadi, o‘z-o‘zidan, rejissura saviyasi tushib ketadi. Bizning kurslarimiz ushbu vaziyatni tuzatishi kerak”, — dedi “O‘zbekkino” vakili. Joriy yilning birinchi yarmida agentlik delegatsiyasi kino sanoati sohasida tajriba almashish maqsadida bir qator mamlakatlarga borib keldi. Xususan, ular Chexiyadagi “Barrandov”, Rossiyadagi “Mosfilm” va Gorkiy nomli kinostudiyalarda bo‘ldi, shuningdek, soha mutaxassislarini tayyorlash uslublari bilan tanishdi. 2016-yilda 15 ta to‘liq metrajli, 40 qismdan iborat jami 20 ta hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar, 10 ta multfilm, shuningdek, bir nechta ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-metodik videofilmlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
75
1,430
Madaniyat
Rossiyalik reper Detsl 35 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
Detsl taxallusi bilan mashhur bo‘lgan rossiyalik reper Kirill Tolmaskiy 35 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning otasi, prodyuser Aleksandr Tolmaskiy Facebook’da ma’lum qildi. “Kirill endi yo‘q”, deya yozuv qoldirgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Detslning o‘limi sabablari rasman ma’lum qilinmagan. Uning ma’muri Pavel Belens xonandaning yuragi to‘xtab qolganini bildirdi. Kirill Tolmaskiy 1983-yil 22-iyulda Moskvada tug‘ilgandi. “Bad B. Alyans” guruhining sobiq ishtirokchisi. Yakkaxon ijrochi tariqasida jami 8 ta musiqiy albom tayyorlagan. Ilk albomi — “Kto? ti” milliondan ortiq nusxada tarqalgan va Rossiyada eng ko‘p sotilgan to‘plamlar qatoriga kiradi.
53
672