folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Unashtiruvini e’lon qilgan Britni Spirs brilliant uzugini muxlislariga ko‘rsatdi
O‘n yildan ko‘proq otasining vasiyligi ostida bo‘lgan va ozodlikka erishish arafasida turgan xonanda Britni Spirs shaxsiy hayotida ham o‘zgarish qilishga qaror qildi. Qo‘shiqchi Instagram’dagi sahifasi orqali unashtiruvini e’lon qildi. U yaqin orada model va fitnes bo‘yicha trener Sem Asgari bilan turmush qurishi mumkin. Qaylig‘i bilan birga ko‘rinish berib, brilliantdan ishlangan uzugini muxlislariga ko‘z-ko‘z qilgan Spirs videoga izoh sifatida bunga ishonmayotganini yozib qoldirgan. Ushbu zargarlik buyumi Forever Diamonds NY brendi dizayneri Roman Malayev tomonidan taqdim qilingan. Uzuk 4 qirotlik tosh bilan bezalgan. Britni bo‘ynidagi choker, qizil french manikyuri hamda yangi soch turmagi bilan ko‘rinish bergan. Sochlarining uchini qirmizi rangga bo‘yab, nomiga jingalak qilgan. 2016-yildan buyon munosabatda bo‘lgan juftlik Slumber Party qo‘shig‘ining klipida tanishgan. Britni hayotidagi qiyinchiliklar vaqtida Sem hamisha uning yonida bo‘lib, qo‘llab-quvvatlagan. Avvalroq Britni Spirsning otasi qiziga vasiylik qilishdan voz kechish uchun 2 million dollar talab qilgani haqida xabar berilgandi.
80
1,114
Madaniyat
Tom Kruz ishtirokidagi “Mumiyo”ning ikkinchi treyleri chiqdi
Internetda qaytadan suratga olingan “Mumiyo” filmining ikkinchi treyleri paydo bo‘ldi. “Afisha Daily”ning yozishicha, filmda bosh rolni Tom Kruz ijro etgan. Film rejissor Aleks Kursman tomonidan suratga olingan. “Mumiyo”ning MDH mamlakatlaridagi premyerasi 2017-yil iyunida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
60
375
Madaniyat
“Oltin kuz” xalqaro san’at festivali boshlandi
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Oltin kuz” xalqaro san’at festivali boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Festival 28-oktabrdan 3-dekabrgacha Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari — “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori F. Jo‘rayev va boshqalar ochilish marosimida ishtirok etdi. “Oltin kuz” xalqaro san’at festivali O‘zbekiston davlat konservatoriyasida taniqli fortepyanochi, Ya. Vitola nomidagi Latviya musiqa akademiyasining kafedra mudiri, professor Yuris Kalnsiyemsning mahorat darsi bilan boshlandi. Dastur davomida Shveysariya, Fransiya, Latviyadan kelgan yosh iste’dodli solistlar Ilva Vera Eygus, Avrora Gexter, Karlis Bukovskis hamda o‘zbek dirijori Alibek Kabdurahmonov ishtirokida simfonik orkestr konserti bo‘lib o‘tdi. Festival dasturi keng qamrovli. Xususan, rossiyalik Vladimir Gorbik (dirijor), Vladimir Sverdlov-Ashkenazi (fortepyano), Igor Kalnin (skripka), isroillik Yuriy Gandelsman, AQShlik Sennet Roshell (fortepyano) kabi mashhur san’atkorlar ishtirokida mahorat darslari, O‘zbekiston ijodkorlari bilan birgalikda konsertlar o‘tkazish rejalashtirilgan. “‘O‘zbekiston’ xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston milliy simfonik orkestri bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan italiyalik mashhur xonanda Toto Kutunyo, taniqli italyan opera solisti Alessandro Safinaning konserti ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otishi shubhasiz”, — deyiladi xabarnomada. O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi va folklor-etnografik jamoalar tomonidan ham qator tadbirlar tashkil etiladi. Dutorchilar ansambli va “Maqom” ansambli “Turkiston” saroyida, folklor-etnografik jamoalar viloyat markazlarida konsert beradi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri, O‘zbekiston akademik rus drama teatri, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatri va O‘zbekiston yoshlar teatri Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ijodiy safar qiladi.
46
2,074
Madaniyat
Polshada prezident Kachinskiy samolyoti halokati haqidagi “Smolensk” filmi ekranlarga chiqdi
Polshada 2010-yili Rossiyaga yo‘l olgan prezident Lex Kachinskiy va uning hamrohlari Smolensk viloyatida aviahalokat qurbon bo‘lishiga bag‘ishlangan “Smolensk” badiiy filmi ekranlarga chiqdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda. Film rejissori Antoni Krauze premyera arafasida kartinada tarix badiiylashtirilmagani, unda Smolensk fojiasi haqida bor haqiqat jamlanganini bildirdi. U samolyot bortida portlash ro‘y bergani haqidagi taxminga ishonishini yashirmadi. Film syujeti Polsha telekanalining qurbonlar yaqinlari, rasmiylar vakillari va aviahalokat guvohlari bilan muloqotda bo‘lib, reportaj uchun material to‘playotgan Nina ismli muxbir ishi atrofida qurilgan. Unga hujjatli syomka kadrlari, aviahalokatdan so‘ng bo‘lib o‘tgan tadbirlardan (Varshavadagi motam mitinglari, prezident va uning turmush o‘rtog‘i dafn marosimlari, Polsha prokuraturasi va Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi matbuot anjumanlari) reportajlar kiritilgan.
92
933
Madaniyat
Bollivud aktyorlari Amitabh va Abhishek Bachchanlarda koronavirus aniqlandi
Hind kinosi yulduzlari Amitabh va Abhishek Bachchanlar koronavirusni yuqtirib oldi. Bu haqda ota-o‘g‘il aktyorlar Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan. 77 yoshli Amitabh va 44 yoshli Abhishekda kasallikning yengil alomatlari kuzatilgan. Amitabh Bachchan “Qasos va qonun”, “Amar, Akbar, Antoni”, “Bog‘bon”, “Gohi shodlik gohi g‘am” kabi hind filmlari, shuningdek, Gollivudning “Buyuk Getsbi” filmidagi obrazi bilan mashhur. U faoliyati davomida 200 dan ortiq loyihalarda suratga tushgan. Abhishek Bachchan ham kino sohasidagi faoliyati uchun uch marotaba Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan. U otasi bilan “Hech qachon alvido dema” filmida ishtirok etgan.  Ota-onasi bilan bir filmda suratga tushgan Bollivud yulduzlari
75
720
Madaniyat
Evropa kinosi festivali Xorazmda davom etdi
Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida VII Evropa kinosi festivali doirasida Evropa kinolari namoyishi bo`lib o`tdi. 1 noyabr kuni Xorazm yoshlar markazida festivalning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ochilish marosimida “O`zbekkino” Milliy agentligi mutasaddilari, Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi, Respublika kinoprokati markazi vakillari ishtirok etishdi, deb xabar berdi "O`zbekkino" matbuot xizmati. “Buyuk Ipak yo`lining chorrahasida joylashgan Xiva va Urganch tarixan Sharq va G`arb o`rtasidagi madaniyatlar chorrahasi, sayohatchilar va savdogarlar qadami uzilmaydigan, turli madaniyat va urf-odatlar doimo hurmat-e`tiborda bo`lib kelgan bir maskandir. VII Evropa kinosi festivalining Xorazmda davom etayotgani biz uchun quvonarli hol, o`sha tarixiy ruhni  his qilib turibmiz. Festivalda taqdim etilayotgan filmlar orqali sizga Evropa xalqlarining madaniy xususiyatlarini tanishtirishdan mamnunmiz, ular baribir umumiy qadriyatlarga ega. O`zbekiston hozirgi islohotlar jarayonida ushbu qadriyatlarga amal qilishga intilayotganidan bag`oyat xursandmiz", deydi Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi rahbari o`rinbosari Yussi Narvi. Festival doirasida Xorazmda evropalik taniqli rejissyorlar tomonidan yaratilgan 7 ta film: “Belgiyaliklar Qiroli” komediya janrida suratga olingan drama, “Qishdagi Luiza” animasion filmi, “Stefan Sveyg: Evropa bilan xayrlashuv” hujjatli filmi, “Kichik fermer” dramasi, biror bir inson kadrga tushmagan “Homo sapiens” filmi, “Uzoqdagi kuchuklar hayqirig`i” hujjatli filmi,“Hayotdagi eng baxtli kun” nomli quvnoq hujjatli film va “Jannat 89” badiiy filmlari namoyish qilindi. Barcha filmlar rus va o`zbek tilidagi subtitrlar bilan asliyat tilida namoyish etildi. Kinoseanslarga kirish bepul bo`ldi. VII  Evropa kinosi festivali doirasida Xiva va Urganch shaharlaridagi namoyishlar 3 noyabrgacha davom etdi. Shundan keyin filmlar namoyishi Jizzax viloyatining Jizzax shahri kinoteatrlarida – 8-10 noyabr kunlari bo`lib o`tadi.
43
1,997
Madaniyat
Nelson Mandela tomonidan chizilgan surat AQShda 112 ming dollarga sotildi
Janubiy Afrika respublikasining sobiq prezidenti Nelson Mandela tomonidan chizilgan Robben orolidagi qamoqxona kamerasining eshigi surati Nyu-Yorkdagi Bonhams kimoshdi savdo uyida 112 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. “Otam prezidentlikdan nafaqaga ketgach, nima bilan shug‘ullanishni bilmay qoldi. O‘ylashimcha, rassomchilik bilan shug‘ullanish otamga o‘zini ifoda etish yoki butun hayoti davomida sodir bo‘lgan hodisalarga ko‘nikish uchun harakat bo‘lsa kerak”, — deydi Mandelaning qizi. Nelson Mandeladan jami 22 ta kartina meros bo‘lib qolgan. Ma’lum qilinishicha, Mandela tasvirlangan kameraga dunyoning turli mamlakatlari rahbarlari, jumladan, AQSh sobiq prezidentlari Barak Obama va Bill Klinton tashrif buyurgan. Nelson Mandela Robben orolidagi qamoqxonada 18 yil o‘tirgan (1964—1982 y.y).
73
820
Madaniyat
“Chuqur” seriali yulduzi ishtirokidagi “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” filmi Turkiya tomonidan “Oskar”ga nomzod qilib ko‘rsatiladi
Turkiya Madaniyat vazirligi 2021-yil 23-aprelda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan “Oskar” mukofotining 93-taqdirlash marosimiga rejissor Mehmet Ada O‘ztekinning “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” (Yedinci Koğuştaki Mucize) deb nomlangan filmining nomzod qilib ko‘rsatilishini ma’lum qildi. Bu haqda Milliyet nashri xabar beradi. Madaniyat va turizm vazirligi hamda turk kinouyushmasi vakillaridan iborat kengash aynan mazkur filmni “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga munosib hisoblab, Turkiya tomonidan nomzod qilib ko‘rsatish uchun tanlab olgan. 23 film orasidan tanlab olingan mazkur kartina aqlan zaif Memo va uning 7 yashar qizi Ova haqida hikoya qiladi. “Chuqur” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Aras Bulut va Nisa Sofiya Aksongur bosh qahramon sifatida ishtirok etgan drama 2019-yil Turkiyadagi eng mashhur film bo‘lgan. Voqealari 1983-yilda kechadigan filmda, shuningdek, Ilker Aksum, Mesut Akusta va Deniz Baysal suratga tushgan. Ayni vaqtda onlayn platformalarda namoyish qilinayotgan filmni, deyarli, 6 million kishi tomosha qilgan.
129
1,063
Madaniyat
“Istiqlol” aprelda Ozodbek Nazarbekovsiz huvillab qolmaydi: Yulduz Usmonova 13 kun konsert beradi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Istiqlol” san’at saroyida 13 kun davomida jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etadi. Bu haqda taniqli fotosuratchi Shuhrat Usmonov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. Xabar berishlaricha, “Ey aziz inson” deb nomlangan konsert dasturi 11-apreldan 23-aprelga qadar davom etadi. E’lon qilingan suratlarda 13 kunlik konsert jonli ijroda o‘tkazilishi qayd etilgan. Chiptalar qachondan sotuvga chiqishi noma’lum. Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda aynan aprel oyida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Istiqlol” san’at saroyida 10 kundan ortiq konsert berishi odat tusiga kirgan edi. Biroq xonanda 2017-yilda konsert bermasligini ma’lum qildi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
97
872
Madaniyat
Ko‘ylak uchun 4 mln dollar! Qizil yo‘lakda qimmatbaho liboslar bilan ko‘rinish bergan yulduzlar (foto)
Ushbu ko‘ylaklarning bahosi hashamatli avtomobil yoki okean sohilida joylashgan uyga teng. Afsuski, ular qimmatbaho bo‘lmasin, barchasining ham ko‘rinishi bu kabi tasavvurni bermaydi. Jennifer Lourens − 4 million dollar 2013-yil “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rilgan Jenniferning ushbu qiyofasi barcha rekordni yangiladi. Tomoshabinlar uzoq vaqt mobanida aktrisaning mazkur libosini unutmasligi aniq. Bu nafaqat libos narxi va dizayni bilan, balki uning noto‘g‘ri bichimi bilan ham bog‘liq. Taqdirlash marosimida boshlovchilar aktrisani sahnaga taklif qilganida, u zinapoyada yiqilib tushgan edi. Balki Jennining o‘zi ham buni unuta olmasa kerak. Sharliz Teron  − 100 ming dollar Xuddi shu yili Sharlz ham qizil gilamda Christian Dior’ning 100 ming dollarlik libosida namoyon bo‘ldi. Chindan ham uning libosi bir qarashda ko‘rinadigan darajada oddiy emas. Ko‘ylakka qo‘l mehnati yordamida yuzlab kristallar bilan ishlov berilgan. Shuningdek, yulduz faqatgina ko‘ylak bilan cheklanib qolmagan. Uning olmos bilaguzugi ham tasvirni yanada boyitgan va bu unga 4 million dollarga tushgan. Lyupita Niongo − 150 ming dollar 6 ming dona marvarid bilan bezatilgan ko‘ylakni 2015-yilda Lyupita kiyishga muvaffaq bo‘lgan. Albatta, libos narxi yoki dizayni unga shon-sharaf keltirmagan. Ammo “Oskar” taqdirlash marosimidan so‘ng o‘g‘irlab ketilgan. O‘g‘rilar esa hech qachon politsiya qo‘liga tushmagan. Keyt Blanshett − 200 ming dollar 2007-yilda bo‘lib o‘tgan “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimida eng hashamatli kiyingan ayol maqomi Keyt Blanshettga nasib etgan. Yulduz qizil gilamda qimmatbaho toshlardan tikilgan va bahosiga arziydigan dizayndagi libosda namoyon bo‘lgan. Nikol Kidman − 2 million dollar Ushbu libosni Nikol 1997-yilda bo‘lib o‘tgan “Oskar” marosimida kiygan. Aktrisa marosimga shunchaki Tom Kruz bilan tashrif buyurgan, ammo u kechaning asosiy yulduziga aylangan. Sariq rangli ipak libos aktrisaga nafaqat zamonaviy, balki taniqli shaxs nomini ham bergan. Keyt Uinslet − 100 ming dollar 2007-yilgi “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimida oddiygina ko‘rinishda bo‘lgan aktrisaga libos 100 ming dollarga tushgan. Peris Hilton − 270 ming dollar Ma’lumki, Peris hashamatsiz yashay olmaydi. U 2017-yilda Hollywood Beauty Awards marosimiga 50 mingta Swarovski tosh bilan bezatilgan libosda tashrif buyurgan. Chindan ham uning bu libosi kechada boshqa yulduzlardan ko‘ra ko‘proq porlaganini taxmin qilish mumkin.
102
2,471
Madaniyat
Ertaklardagi Shahrizodalar: Arab shayxlarining rafiqalari qaysi sohalarda faoliyat yuritadi? (foto)
Sharqning olijanob ayollari siymosida mo‘tadil, g‘ayrioddiy go‘zallik va juda aqlli malika yashiringan. Ba’zan ularning har biri xuddi ertakdagidek turli mamlakatlardan olib kelingan bo‘ladi. Kelib chiqishi oddiy oilalarga taqaluvchi arab shayxlarining sevimli rafiqalari qanday ko‘rinishda? Saudiya Arabistoni qirolichasi Fotima Kulsum Zoxar Fotimaning taqdiri chindan ham haqiqiy jumboq bo‘lib, u hech qanday nasl-nasabga ega bo‘lmagan oddiy oilada dunyoga kelgan qizaloq edi. Fotimaning bor boyligi uning go‘zalligida ham bo‘lishi mumkin. Aynan chiroyi tufayli Yaqin Sharqning hukmdorlaridan birining rafiqasiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Qirolning 31-rafiqasi bugun davlatning birinchi raqamli bekasiga aylangan. Fotima shov-shuvlarni yoqtirmaydi, iloji boricha jamiyatdan qochishga urinadi. Atgancha, qirolicha sharqona uslubni afzal ko‘radi. Rasmiy ziyofatlarda vaqti-vaqti bilan ko‘rinish beradigan Fotima liboslarning nafisligi, nozik didi va go‘zalligi bilan barchani hayratga soladi. Shayxa Xayya Bintu Xusseyn Al-Maktum Fotimadan farqli o‘laroq Xayya qirollik oilasining vakili, uning otasi Iordaniya hukmdori. U Dubay shayxining ikkinchi rafiqasi hisoblanadi va turmush o‘rtog‘i bilan bayramlarning birida uchrashgan. Darhaqiqat, Oksfordda ta’lim olgan bu ayol o‘z saroyining malikasiga aylangan. Ikki farzandning onasi Xayya xayriya ishlarida faol qatnashadi. Shuningdek, xonim ochlikka qarshi kurashish fondini ham ochdi va barcha bo‘sh vaqtini mana shunday xayriya ishlariga bag‘ishlaydi. Xayya yevropacha uslubda kiyinishni ma’qul ko‘radi va ijtimoiy tadbirlarni birortasini ham o‘tkazib yubormaydi. Qirolicha-polkovnik Raniya Al-Abdulla Raniya uy bekasi bo‘lsa-da, Iordaniya qiroli o‘z rafiqasini general deb biladi. 2004-yilda go‘zal xonim rasman polkovnik unvonini olishga muvaffaq bo‘lgan. Iordaniya armiyasi esa bundan juda quvongan. Polkovnik-malikaning taqdiri ham an’ana va urf-odatlarni buzgan otashin va jo‘shqin muhabbatga misol bo‘la oladi. U shifokorlar oilasida dunyoga kelgan va Iordaniya shahzodasi al-Abdulla bilan kutilmaganda tanishib qolgan, oradan 4 oy o‘tib ularning munosabati nikoh bilan mustahkamlangan. Raniya 4 farzandni dunyoga keltirganiga qaramay, zamonaviy ayollardan ortda qolmaydi. U sharqona ko‘rinishga biroz qarshi. Shuning uchun ham zamonaviy uslubdagi liboslarni kiyadi. Shuningdek, hamisha ayollar huquqlarini himoya qilib keladi. Shayxa Moza Bintu Naser al-Misned Sharq go‘zalligini donishmandlik bilan birlashtirgan ayol. U turmush o‘rtog‘i Qatar amiri Xamad bin Kalif al-Tani bilan uchinchi rafiqa sifatida 40 yil birga yashadi. Bu davrda unga davlat lavozimlari ishonib topshirildi. Shayxa mamlakatdagi ta’lim tizmi uchun mas’ul. Oilaviy munosabatlar bo‘yicha Oliy Kengashning prezidenti etib saylangan va YuNESKOda ham faoliyat yuritadi. Bundan tashqari u yetti nafar farzand tarbiyasi bilan ham muntazam shug‘ullanib boradi. Shayxa arablarning moda uslubini yoqtiradi, shuningdek, chiroyli qomati, nafisligi va yosh ko‘rinishi bilan barcha ayollarning havasini keltiradi. Malika Aisha al-Maktum Belaruslik Natalya Aliyeva talaba, ofitsiant va nihoyat barcha qizlar kabi oq otdagi shahzodasining kelishini kutgan qiz edi. Afsonaviy, badavlat, kelishgan Dubay hukmdorining jiyani Said al-Maktum merganlik musobaqasida qatnashish uchun Minskka tashrif buyurgan va shu ondayoq Natalyaning oshig‘iga aylangan. Bir haftalik tanishuvdan so‘ng belarus go‘zalini Dubaydagi saroyiga rafiqa sifatida olib ketgan. Natalya islomni qabul qildi, uni endilikda Aisha al-Maktum deb chaqirishadi. Umuman olganda, qizning shahzoda haqidagi ertakona orzusi haqiqatga aylandi.
99
3,627
Madaniyat
Lolaning qizi Shahina ilk bor katta sahnada qo‘shiq kuyladi, keyinroq bokschi Hasanboy Do‘stmatov zalga chiqib keldi
Xonanda Lolaning uch kunlik konsert dasturidan birinchisiga tashrif buyurgan “Darakchi” nashri unda sodir bo‘lgan voqealar haqida hikoya qildi. Lola duetdoshi Shohruxxon bilan qo‘shiq kuylagach, unga murojaati bilan hammani kuldirdi, deb yoziladi sharhda. “Bugun Shohruxxon nimadandir uyalyapti. Asal siz bilan birga kelganmidi? U zaldami?”, — deb Lola sahnada tortinchoqlik bilan qo‘shiq kuylagan Shohruxxonga hazil bilan yuzlangan. Shohruxxon esa Lolaning savollariga javob qaytarmay, zalni o‘sha-o‘sha tortinchoqlik bilan tark etgan. Shuningdek, konsert davomida Lolaning to‘ng‘ich farzandi Shahina ilk bor qo‘shiq kuylagan. Onasining yoshligini eslatuvchi bu qizcha “Erkatoy” qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etdi, deb yozilgan “Darakchi” maqolasida. Xonanda Lola navbatdagi qo‘shig‘ini ijro etib bo‘lgach, kiyimini almashtirish uchun sahna ortiga o‘tib ketgan. Zaldagi chiroqlar o‘chirildi va sahnada to‘rt raqqos paydo bo‘ldi. Ular qo‘llaridagi uzun arqon bilan ramziy ringni hosil qildi. Birozdan so‘ng musiqa sadolari ostida ringda bokschi paydo bo‘ldi. Dastlab, uni hamma raqqoslardan biri deb o‘yladi. Biroq u Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov edi. Boshlovchi uni tanishtirganida, muxlislar bokschini hayajon bilan olqishladi. Do‘stmatovdan so‘ng ringga yana bir ‘bokschi’ kirib kelgan. Oppoq kiyimdagi bu ‘bokschi’ esa reper Shahriyor bo‘lib, u Lola bilan birga ‘Ko‘nikmadim’ duetining yangi talqinini ijro etgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
116
1,599
Madaniyat
Madaniyat vazirligi karantinda havaskor ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Uydagi yulduzlar” tanlovini e’lon qildi
O‘zbekiston madaniyat vazirligi “Uydagi yulduzlar” tanlovini e’lon qildi. Bu haqda vazirlikning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi. “Tanlov shartlari: karantin davrida uyingizda ijod bilan mashg‘ul ekaningizni tasvirga olib, ijod namunangizni @mvforbot botiga yuboring. Ishtirokchilar yoshi chegaralanmagan, ya’ni tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Har bir yo‘nalish g‘olibi 2 000 000 so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritadi”, — deyiladi xabarda. Tanlov 25-martdan 25-aprelga qadar davom etadi. Tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha: 1. “Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi”; 2. “Eng yaxshi xonanda” (maqom, baxshi, estrada va opera); 3. “Eng yaxshi raqs ijrochisi”; 4. “Eng yaxshi rassom”; 5. “Eng yaxshi hunarmand” tanlanadi va taqdirlanadi. “Uyda o‘tirib, yulduz bo‘ling! Yashirin qirralaringizni namoyon qiling! Karantin kunlarini maroqli va foydali o‘tkazing!”, — deyiladi vazirlik e’lonida.
118
911
Madaniyat
Spilberg 184 mln dollarga xarid qilgan yaxtasini sotadi
Amerikalik rejissor Stiven Spilberg bir necha yil avval 184 million dollarga sotib olgan Seven Seas yaxtasini sotishga qaror qildi, deb xabar beradi The Daily Mail. Spilbergning so‘zlariga qaraganda, uzunligi 86 metrni tashkil etgan yaxta uning uchun kichiklik qilmoqda. Stiven uning o‘rniga to‘qqiz metrga uzunroq, 245 million dollarlik, yangi yaxtani sotib olishni rejalashtirgan. Sotuvga qo‘yilgan yaxtada basseyn, vertolyot maydonchasi, massaj xonasi va sportzal, shuningdek, televizor ekrani sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan katta deraza mavjud.
55
554
Madaniyat
Instagram: Lolaning “super tarbiyasiz” farzandlari, Rayhon — qoidabuzar, Jahongir Otajonov — qiziqchi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Botir Qodirov yaqinlari bilan Chimyon tog‘lari sari otlandi. Aktrisa Durdona Qurbonova barcha talabalar singari qishki sessiya topshirish bilan band. Aktrisa Sitora Alimjonova bir necha yildan buyon boqayotgan mushugi tanasida “Alloh” so‘zi borligiga hech e’tibor bermaganligi haqida post qoldirdi. Mazkur mo‘jizaviy holat barcha kuzatuvchilarining hayratini oshirdi. Sayohatdan qaytgan Ziyoda hamon Dubayda tushgan suratlarini kuzatuvchilari bilan bo‘lishmoqda. Navbatdagi posti sevgi g‘amxo‘rlik va hurmat bilan isbotlanishi haqida bo‘ldi. Xonanda Yulduz Turdiyeva muxlislarining yangi obrazlari haqidagi fikrlarini o‘rgandi. Xonanda Dilso‘z hayotda o‘z o‘rnini topish muhimligi haqida mazmunli post qoldirdi. Sevara Nazarxon a’lo kayfiyat, go‘zallik va sog‘liq sport bilan do‘st ekanligi haqida post qoldirdi. U stories'da London ko‘chalari bo‘ylab piyoda sayr qilayotganligini aytib o‘tdi. Aktrisa Juhi Chavla 90-yillarni eslab, hamkasbi Shohruh Xon bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Xonanda Tarkan qorli kunlardan tarixga muhrlangan suratini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi. Aktrisa Asal Shodiyeva ovsini Iroda Usmonova bilan Dubaydagi plyajda sayr qilayotgani haqidagi videoni sahifasiga joyladi. Ahad Qayum Jahongir Otajonovning prezidentlik saylovida ishtirok etish istagiga munosabat bildirib, uni qiziqchi deb atadi. Lola Yo‘ldosheva kuzatuvchilariga yo‘llagan videosida hayotda ideal ona va rafiqa emasligi hamda “super tarbiyasiz” farzandlari haqida so‘zlab berdi. Xonanda Rayhon G‘aniyeva bir vaqtning o‘zida mashina boshqarib, qo‘shiq kuyladi va uni videoga oldi.
101
1,743
Madaniyat
“Avatar: Suv yo‘li-2” filmining rasmiy treyleri namoyish etildi (video)
Internetda uzoq kutilgan “Avatar: Suv yo‘li-2” filmining birinchi treyleri namoyish etildi. Oradan 13 yil o‘tib, film tomoshabinlari va muxlislari 2022-yilning dekabr oyida premyerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan kartinaning davomini ko‘radi, de yozadi People Talk. Bosh qahramon Zoi Saldananing fikricha, filmning davomi hech kimni befarq qoldirmaydi va hammaning aqlini shoshirib qo‘yadi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon 20 daqiqalik fragmentni ko‘rgan va bu uni yig‘lashga majbur qilgan. “Tomog‘imga tiqilgan narsa bilan bu haqda gapirish qiyin, men 2021-yilning oxirida ikkinchi qismning 20 daqiqasini tomosha qilishga muvaffaq bo‘ldim. Men hech narsa deya olmadim va yig‘lab yubordim. Kartina barchani o‘ziga jalb etishi aniq. ‘Avatar-2’ birinchi filmga nisbatan haqiqatan ham oldinga o‘tib ketdi, shuning uchun siz bunday unutilmas sarguzashtga tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak deb o‘ylayman”, — dedi u.  “Avatar-2” filmining ilk kadrlari namoyish etildi (foto)
71
982
Madaniyat
Instagram: Parizoda xonadonidagi qo‘shaloq bayram, kasal bo‘lib qolgan Munisa Rizayeva, Dubayda konsert bergan Shohruxxon
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Sitora Alimjonova yangi reklama roligida farishta obrazida namoyon bo‘ladi. Gulsanam Mamazoitova oilasi bilan dam olish uchun Dubayga jo‘nab ketdi. Shahzoda folloverlariga yangi suratini taqdim etdi. Shahlo Zoirova hordiq chiqarish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. Uni Istanbulda katta hurmat-ehtirom bilan qarshi olishdi. Hosila Rahimova qarindoshlarining to‘yida tog‘asi bilan raqsga tushayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ra’no Shodiyevaning qizi Raxshona Toshkentda narx-navo qimmatligidan shikoyat qildi. U qahvaxonalardan birida bir chashka qahvani 57 ming so‘mga xarid qilgan. Turk aktrisasi Fahriye Evjen sahifasiga yangi suratini joyladi. Ulug‘bek Rahmatullayev AQShda o‘zbekistonliklar ochgan restoranda ovqatlandi. Bollivud yulduzi Katrina Kaifning to‘yi bo‘lganiga bir oy to‘ldi. Aktrisa turmush o‘rtog‘ini ushbu sana bilan muborakbod etdi. Nilufar Usmonova yangi klipini suratga olish jarayonida sovqotgani bois ertasi kuni tobi qochdi. Javohir Zokirov rossiyalik rejissorning filmida suratga tushmoqda. Suratga olish jarayoni Kiprda bo‘lib o‘tmoqda. Shohruxxon Dubayda konsert berdi. 8-yanvar kuni Parizodaning turmush o‘rtog‘i Sherali Safarov tug‘ilgan kunini nishonladi. Ushbu kunda raqqosaning o‘g‘li Abdulqodir ham bir yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan u folloverlariga o‘g‘lining yuzini ko‘rsatdi. Bunyodbek Saidov oilasi bilan Dubayda hordiq chiqarmoqda. Munisa Rizayeva Dubaydan qaytgach, qattiq shamolladi. U o‘zini koronavirusga chalinganini taxmin qilmoqda. Muqaddas Sa’dullayeva “Baxtlimiz” ko‘rsatuvida ota-onasining baxtli turmushi haqida qo‘shiq kuyladi.
121
1,771
Madaniyat
Leonardo Di Kaprio shou-biznesning eng nufuzli vakillaridan biri sifatida e’tirof etildi
Leonardo Di Kaprio The Hollywood Reporter jurnali tomonidan tuzilgan shou-biznesning eng nufuzli vakillari reytingida o‘ninchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.  Nashrga ko‘ra, Leonardoga “Oskar”ni olib kelgan “Omon qolgan” deyarli bir aktyor filmi bo‘ldi va birinchi galda 41 yoshli Di Kaprio tufayli butun dunyo bo‘ylab 532 million dollar to‘pladi. Shuningdek, aktyor Yer sayyorasining ekologik muammolariga alohida e’tibor qaratmoqda.  Mazkur reytingning birinchi qatorida Walt Disney kompaniyasi prezidenti Robert Ayger qayd etilgan. Undan keyin 21st Century Fox egalari bo‘lmish Merdoklar oilasi joylashgan, uchinchi o‘rinda esa CBS mediaxoldingi rahbari Lesli Munvsni ko‘rish mumkin. Shou-biznesning eng nufuzli vakillari qatorida nashr rejissorlar Stiven Spilberg, Jeyms Kemeron va Martin Skorseze, teleboshlovchi va jamoat arbobi Opra Uinfri, aktrisa Jennifer Lourens, aktyorlar Bred Pitt va kichik Robert Daunini ham tilga olgan.
88
960
Madaniyat
Ben Stillerning selfi tayog‘i Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi
Aktyor Ben Stiller “Namunali erkak 2” komediyasining Londonda bo‘lib o‘tgan premyerasida foydalangan selfi tayog‘i Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda The Telegraph xabar qilmoqda. Stillerning selfi tayog‘i 8,5 metr uzunlikda bo‘lib, uning yordamida aktyor tadbirga taklif qilingan yulduzlar bilan birga suratga tushdi. Taqdimotda ishtirok etgan Ginnes Kitobining vakili Stillerga qayd etilgan rekordni tasdiqlovchi maxsus sertifikat berdi. Premyerasi 2016-yil 12-fevralda bo‘lib o‘tadigan film bir modelning qiyin sarguzashtlari haqida bayon qiladi. Mazkur filmda Jastin Biber, Ouen Uilson, Penelopa Krus, Kanye Uest, Kim Kardashyan, Naomi Kempbell va Kara Delevin kabi yulduzlar suratga tushgan.
69
713
Madaniyat
“Brigada” serialining qahramoni MTV Show’da
23-dekabr kuni soat 21.00 da Milliy telekanalining kechki loyihasi mehmoni mashhur kinoaktyor Farhod Mahmudov bo‘ladi. Farhod Mahmudov o‘zbek va Rossiya kino va teatr aktyori, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist. Farhod Mahmudov “Brigada” serialidagi roli orqali keng tomoshabinlar ommasiga tanilgan, shuningdek, u “Baron” filmida ham bosh rollardan birini ijro etgan.
43
368
Madaniyat
TOShKENTDA "EHTIROM" MUKOFOTI SOHIBLARI TAQDIRLANMOQDA
Poytaxtimizda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san`at sohalaridagi "Ehtirom" mukofoti sohiblarini taqdirlashga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tmoqda. Bu haqda O`zA xabar qildi. Tadbirda san`atning turli jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz, rejissyor va xonandalar, bastakorlar, musiqa ijrochilari, muzey va teatr mutasaddilari, oliy ta`lim maskanlarining professor-o`qituvchilari, ommaviy axborot vositalarining xodimlari taklif etilgan. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ziyolilari bilan uchrashuvi chog`ida san`atning barcha yo`nalishlari, adabiyot, media sohaga e`tibor va g`amxo`rlik ko`rsatishga oid amaliy chora-tadbirlar bilan birga yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish, ularning didi va tafakkurini to`g`ri shakllantirishda ijodkorlar zimmasidagi mas`uliyatni yanada kuchaytirish borasida dolzarb vazifalar belgilandi. Tadbirda san`at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan ijodkorlar taqdirlandi.
54
1,005
Madaniyat
Namanganda “Bibliobus” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Namanganda “Bibliobus” — ko‘chma avtokutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. 120 million so‘m evaziga xarid qilingan avtobus 25 million so‘m mablag‘ evaziga jihozlanib, ko‘chma avtokutubxonaga moslashtirildi. 200 xil nomdagi mingdan ziyod badiiy kitob va siyosiy adabiyotlar bilan ta’minlandi. “Bibliobus” Namangan shahridagi “Ma’rifat kitob olami” xayriya jamoat fondiga tuhfa etildi. Viloyat markazidan ancha olis hududda joylashgan “Bunyodkor” mahallasida “Bibliobus” faoliyati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari, OAV vakillari, yozuvchi va shoirlar hozir bo‘ldi. Ko‘chma kutubxona faoliyati aynan “Bunyodkor” mahallasidan boshlangani bejiz emas. Mazkur hudud aholisi kitob xarid qilish maqsadida shahar markaziga borishi uchun 15-20 kilometr yo‘l bosishiga to‘g‘ri kelardi.
48
870
Madaniyat
Uch dahoni ulg‘aytirgan ona, 70 yoshida ham kosmetika brendi yuzi bo‘lishni uddalagan mashhur model — Mey Mask hikoyasi
Maftunkor, sharttaki, jasur: agar kimdir shu sifatlar bilan “ajdarlarning onasi” unvoniga loyiq bo‘lsa, bu mashhur model Mey Mask bo‘lishi, shubhasiz, deb hisoblaydi Marie Claire nashri. U yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida modellik bilan shug‘ullangan va uchta mashhur shaxsni tarbiyalagan. Bugun uning katta o‘g‘li Ilon Mask muhandis, ixtirochi, elektromobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Tesla hamda kosmik kemalar quruvchi SpaceX kompaniyasining tashkilotchisi va direktori, 2020-yilda Marsga o‘z raketalarini uchirdi, kichik o‘g‘li Kimbal — muvaffaqiyatli restoranlar egasi va taniqli filantrop (xayriya ishlari bilan shug‘ullanuvchi odam), qizi Toska esa 2017-yilda Kann kinofestivalida o‘z filmi bilan ishtirok etdi, uning 40 dan ortiq loyihalari bor. Meyning o‘zi 70-yillar arafasida CoverGirl kosmetika brendi bilan modellik bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ammo modellik biznesi uning uchun eng muhim narsa emas. Mey Mask modellik karyerasining avvalida (60-yillar) Ona May 1948-yil 19-aprelda Kanadaning Saskachevan provinsiyasi poytaxti Rejaynada dunyoga kelgan, lekin u tug‘ilganidan ikki yil o‘tib, oila Afrika Pretoriyasiga ko‘chib o‘tadi. Sarguzasht va kashfiyotlarga bo‘lgan ehtiros Masklarning qonida bor. Mayning ota-onasi Uinnifred Jozefina va Joshua Norman Xoldeman sarguzashtlarni jonidan sevuvchi odamlar bo‘lgan: 1952-yilda ular bir dvigatelli samolyotda dunyoni aylanib chiqishgan, o‘n yil davomida Kalahari cho‘lidagi afsonaviy Farini shahrini qidirishgan. Meyning so‘zlariga ko‘ra, uning ota-onasi juda mashhur odamlar bo‘lganiga qaramay, boshqalarni nazarga ilmaydigan kibrli odamlar toifasidan emas edi. Bolaligida Ilon bobosining sarguzashtlari haqida ko‘plab hikoyalarni eshitgan va savannada bo‘lgan sayohatlarning slayd-shoularini tomosha qilgan. “Buvim bu kabi sayohatlar paytida ular o‘limdan atigi bir necha qadam narida bo‘lishganini aytardi, — deydi Mask. — Ular samolyotda hech qanday texnikasiz parvoz qilishgan. Hatto radio ham bo‘lmagan. Parvoz xaritalari o‘rniga oddiy yo‘l xaritalaridan foydalanishgan, u esa har doim ham to‘g‘ri kelmas edi. Bobom butun borlig‘i bilan sarguzasht va kashfiyotlarga berilgan bo‘lib, tushunarsiz narsalar qilib yurardi”. Ilonning tan olishicha, uning tavakkal qilishga moyilligi bobosidan meros bo‘lib o‘tgan. Yoshligida Mey boshqalar singari oddiy qiz bo‘lgan: matematika va boshqa fanlarni yaxshi ko‘rar, maktabda yaxshi o‘qirdi. U 15 yoshga to‘lganida atrofidagilar uning boshqa jihatlariga ham e’tibor berishni boshladi. Mey juda go‘zal edi:baland bo‘yli va tik qomatli, kulrang sochli, qip-qizil va chiroyli yuzli Mey dugonalari orasida ajralib turardi. Oilaning bir do‘sti modellar maktabini boshqarardi va Mey u yerda o‘qirdi. Dam olish kunlari u podiumga chiqar, jurnallar uchun suratga tushardi, vaqti-vaqti bilan hurmatga sazovor kishilar tashrif buyurgan uchrashuvlarga borardi, natijada Miss South Africa ​​tanlovining finalchisi bo‘ldi. Mey va Errol Mask —  Ilonning otasi bir tumanda katta bo‘lishgan. Ular birinchi marta 1948-yilda — Mey 11 yoshligida tanishishgan. Errol Meyning akademik muvaffaqiyatiga befarq edi, ammo ko‘p yillardan beri uni sevardi. “U mening oyoqlarim va tishlarimni yoqtirib qolgan”, deb kulib eslaydi Mey. Universitetda o‘qish davomida ular doim uchrashib turgan. Meyning so‘zlariga ko‘ra, Errol yetti yil davomida uning doimiy muxlisi bo‘lgan va nihoyat unga erishgan. “U bir zumga ham ortimdan qolmasdi”, — deydi Mey. Ularning nikohi boshidanoq oson bo‘lmagan. Mey asal oyi davomida homilador bo‘lib, Ilonni 1971-yil 28-iyunda — to‘ylaridan to‘qqiz oy-u ikki kun o‘tgach dunyoga keltiradi. Garchi ular nikohda juda baxtli bo‘lmasa ham ularning Pretoriyadagi hayoti juda yaxshi edi. Errol yirik qurilish loyihalar ofislarida, savdo markazlari, turar joy binolari va hatto harbiy havo kuchlari bazasida ham muhandis bo‘lib ishlagan. Bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, Ilonning ukasi Kimbal va ko‘p o‘tmay singlisi Toska dunyoga keldi. Mey model sifatida ishlashdan tashqari farzandlari tarbiyasini o‘qish bilan birgalikda olib bordi: avval Janubiy Afrikadagi Orange Free State universitetining diyetologiya, keyin Toronto universitetining nutritsiologiya mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajalarini oldi. Ko‘p o‘tmay, oilada halovat yo‘qoldi. 1979-yilda Mask xonim ajrashish uchun ariza berdi. Mey bolalari bilan Janubiy Afrikaning sharqiy sohilidagi Durban shahrida joylashgan dala hovliga ko‘chib o‘tdi. Meyning so‘zlariga ko‘ra, ajralishdan keyingi birinchi yilda unga oson bo‘lmagan: u va bolalari Torontoga ko‘chib o‘tishgan va moliyaviy yordamsiz qolishgan, uning Janubiy Afrika bank hisob raqamlaridagi pullari ham muzlatilgan. Mey to‘ng‘ich farzandi Ilon bilan “Bir marta bolalar sutni to‘kib yuborganida yig‘laganman, chunki boshqa sut sotib olishga pulim yo‘q edi”, — deb eslaydi Mey bir intervyusida. Ilon, Kimbal va Toska JARdagi uylarida Hozirgi zamonaviy onalardan farqli o‘laroq, Mey farzandlarining ta’lim olishini nazorat qilmagan, uy vazifalarini tekshirmagan ham, aka-ukalar hatto onasining imzosini soxtalashtirishni o‘rganib olgan. Kimbalning aytishicha, ular juda mustaqil bo‘lib ulg‘aygan. Bolalarni tarbiyalashga bo‘lgan munosabati haqida so‘rashganida, Mask xonim xotirjam javob beradi: “Men doim ideal ona bo‘lganman”. Kimbal, Toska, Mey va Ilon Mask Uning so‘zlariga ko‘ra, u hech qachon farzandlari hayotda o‘z yo‘lini topa oladimi, deb xavotirlanmagan: “Bunga vaqtim ham yo‘q edi”, deb javob beradi u.  Bir necha yil o‘tgach, Ilon otasi bilan yashashni xohlayotganini aytadi. “Menga otam juda g‘amgin va yolg‘izdek tuyuldi: onamning uch farzandi bor, uning esa hech kimi yo‘q edi, — deydi Mask. — Bu menga nohaqlikdek ko‘rindi”. “U nega men unga yaratib bergan bu baxtli oilani tark etganini tushuna olmadim, — deb shikoyat qiladi Mey. — Ammo Ilon har doim o‘zi nimani to‘g‘ri deb bilsa, o‘shani qilardi”. Keyinchalik Kimbal ham otasinikiga ko‘chib o‘tdi va buni o‘g‘il otasi bilan yashashi tabiiy hol ekani bilan tushuntirdi. Ammo Ilonning so‘zlariga ko‘ra, bu narsa u bugun pushaymon bo‘lgan kam sonli qarorlaridan biri bo‘lgan. “Bolalik yillarim yaxshi bo‘lmagan deb aytishim mumkin, — deydi u. — Tasavvurda yaxshi ko‘rinishi mumkin, ammo unday emas edi. Aksincha bolaligim azob-uqubatlarga to‘la bo‘lgan. Otam hayotni ma’nosiz qilishni juda yaxshi bilardi. U har qanday vaziyatni, eng yaxshisini ham — hamma narsani buzishi mumkin edi. U baxtsiz odam. Bilmayman...odam qanday qilib bunday bo‘lib qolishi mumkin”. Garchi Ilon va Kimbal hozirgacha bu haqda batafsil so‘zlab berishni rad etishsa-da, ular otalari bilan bo‘lgan vaqt davomida jiddiy jismoniy jarohatlarga ham duch kelganliklari aniq. Ikkalasida ham qandaydir ruhiy qiynoq taassurotlari borligi seziladi. Sobiq turmush o‘rtog‘i Errol haqida gap ketganda Mey shunday deydi: “Hech kim u bilan til topisholmasdi. U bilan yashash qiyin edi. U haqda gapirishni xohlamayman, chunki bularning barchasi dahshatli tush kabi”. Chapdan o‘ngga: Toska, Kimbal Mey va Ilon “Jurnal muqovasidagi buvijon” Muqovasida Mey tasvirlangan d4 Magazine jurnali va BBC rus xizmatining model haqidagi maqolasi 80-yillardan boshlab Mey Mask, asosan, ovqatlanish tibbiyoti bilan shug‘ullanadi, shu bo‘yicha ma’ruzalar o‘qiydi, ba’zida modellik qilish yoki videokliplarda suratga tushishdan ham bosh tortmaydi (uni Beyonsening Haunted qo‘shig‘i klipida ko‘rish mumkin). Ammo bir necha yil oldin uning modellik karyerasida burilish davri bo‘ldi — Mey nafaqat fotosessiyalarda, balki podiumlarda ham model sifatida ishtirok etish bo‘yicha kelib tushgan ko‘plab takliflar tufayli nutritsiolog sifatida ish jadvalini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. 80—90-yillardagi fotossesiyalar Meyning “buyuk va dahshatli” Ilon Maskning onasi bo‘lgani uning modellik faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. Suratga tushish jarayonlarida u hali ham farzandlaringiz bormi, degan savolni tez-tez eshitib turadi. “Yangi davr” fotossesiyasi Mask xonimning aytishicha, 2017-yil u uchun, ayniqsa, e’tiborli voqealarga boy bo‘lgan — o‘tgan 50 yil davomida u hech qachon bunchalik faol ishlamagandi. 2016-yilning kuzida Mey CoverGirl kosmetika brendining yuziga aylangan birinchi katta yoshdagi ayol bo‘ldi. Mey bu shartnomaga faqatgina pul uchun rozi bo‘lmagan. “Menimcha, 69 yoshida ham byuti-kompaniyaning yulduziga aylanish mumkinligi ayollarga ilhom bag‘ishlaydi. Men uchun yosh muammo emas, balki ajoyib narsa. Bunday paytda o‘zingizga ishonch hosil qilasiz, muammolarni osonroq hal qilasiz. Men o‘z yoshimga yarasha modelman va 50 yoshdaman deb yashirishga urinmayman. Yaqinda 70 yoshga to‘laman va bundan faxrlanaman”, — deydi o‘sha paytda xonim. Va qo‘shimcha qilgan holda: “Axir hammasi endigina boshlanmoqda”, — deydi Mey Mask May Dolce & Gabbana Alta Moda ko‘rgazmasida model sifatida, 2018-yil 8-aprel #justgettingstarted #justgettingstarted — Mey Maskning Instagram’dagi eng mashhur heshtagi. “Hammasi endigina boshlanmoqda” — uning shiori, hatto hayotdagi falsafasi deb aytish ham mumkin. Xonim kelajakka yaxshi umid bilan qaraydi va uning uchun ajoyib namuna — Meyning onasi. Meyning so‘zlariga ko‘ra, onasi Uinnifred Jozefin nafaqaga chiqish haqida umuman o‘ylamagan: 94 yoshida kompyuter grafikasini o‘rganish uchun MacBook ishlata olgan va 96 yoshgacha jismoniy jihatdan juda faol bo‘lgan. Mey Mask Karli Kloss bilan birga “Men doim shunday bo‘lganman. Nafaqa so‘zi mening lug‘at boyligimda yo‘q”, — ta’kidlaydi Mey Mask. Ammo Mask xonim yosh modellar bilan umuman raqobatlashmoqchi emas — uning o‘z tamoyillari bor. Shuning uchun ham 60 yoshidan boshlab u sochlarini bo‘yamaydi: “Bu juda ajoyib. Sochlarim uzoq vaqtdan beri jigarrang jingalak edi va ko‘pincha ildizlarini bo‘yab yurardim. 60 yoshga kirganimda sochlarimning haqiqiy rangini ko‘rishni xohlab qoldim. Avvaliga sochimni och sariq rangga bo‘yadim, keyin esa kalta qilib kestirdim”. 1990 hamda 2010-yillardagi suratlari U har kuni ertalab yarim soat vaqtini velotrenajorda o‘tkazadi, chalqancha yotgancha cho‘zilishni ham unutmaydi. Nutritsiolog sifatida Mey rejali ovqatlanish qanchalik muhim ekanini biladi va har kuni taomlar ro‘yxatini tuzishga harakat qiladi. “Aks holda vaznim nazoratdan chiqib, semirib ketaman. Hozir ham ozg‘in emasman”, — deydi u. Bundan tashqari, Mask xonim hozirgacha to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda — u bu ish bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, u har doim yosh hamkasblariga chekmaslikni maslahat beradi: uyning so‘zlariga ko‘ra, chekish teri rangini hamda modellik karyerasini buzadi. Ilon bilan munosabatlari qanday? Ilon yoshligidanoq qiziquvchan va g‘ayratli bola edi. U uchun hamma narsa oson edi va Mey ko‘plab onalar singari o‘g‘lini daho, deb hisoblardi. “U boshqa bolalarga nisbatan tez tushunardi”, deydi u. Faqatgina uni Ilonning trans holatiga tushib qolishi tashvishlantirardi. U bilan gaplashishardi, lekin u eshitmasdi va uzoqlarga qarardi. Bu shunchalik tez-tez sodir bo‘la boshladiki, ota-onasi va shifokorlar bolani kar deb o‘ylay boshladilar. “Ba’zan u bizni umuman eshitmasdi”, — deydi Mey. Shifokorlar bolani tekshirishadi va odatda eshitish qobiliyatini yaxshilaydigan adenoidlarni olib tashlashni taklif qilishadi. Bu yordam bermasligini tushungan Mey Ilonning ahvoli eshitish bilan emas, balki miyasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligini his qilardi. “U o‘zini unutar, boshqa dunyoga tushib qolardi, — deydi u. – U hozir ham shunday bo‘lib qoladi. Endi bunga ahamiyat bermayman: chunki u bu paytda yangi raketa yoki shunga o‘xshash narsani o‘ylayotganini bilaman”. Mey katta o‘g‘li bilan yaxshi munosabatda. 2017-yilda ular Vanity Fair kechasida birga ko‘rinish bergan. Mey aslida Ilondan oldin u mashhur bo‘lganini aytib hazillashadi. Shuning uchun ham Tesla avtomobilini birinchilardan bo‘lib onasiga berishi kerakligini gap orasida qistirib o‘tadi. Aslida esa Mey ham har bir yangi Tesla modelini boshqa xaridorlar singari kutishga majbur. Yaxshi munosabatlarga qaramay, u Ilonning onasi bo‘lgani uchun ham boshqa mijozlaridan oldin avtomobilga ega bo‘lishi dargumon. Lekin Mey bundan shikoyat qilmaydi, chunki uning uchun “hammasi endigina boshlanmoqda”. 2018-yillar 2019-yillar
119
12,172
Madaniyat
Aktrisa Kemeron Dias kinoni tark etadi
Faoliyati muvaffaqiyatli kechayotgan 42 yoshli aktrisa Kemeron Dias bo‘lajak farzandini deb Gollivud bilan vaqtincha xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda. Kemeron Dias 2015-yilning yanvarida Good Charlotte guruhi gitarachisi, 36 yoshli Benji Meddenga turmushga chiqqan edi. Xabar berishlaricha, juftlik nikohda baxtiyor hayot kechirmoqda va farzand ko‘rish niyatida. US Weekly nashri xabariga ko‘ra, Dias yaxshi kechayotgan faoliyatida tanaffus e’lon qilib, bor e’tiborini shaxsiy hayotiga qaratish va farzand ko‘rishni maqsad qilgan. Mallasoch aktrisa o‘z agentlarini eng katta gonorarlar ham uning fikrini o‘zgartira olmasligi haqida ogohlantirgan. Avvalroq jurnalistlar Kemeron allaqachon egizak farzandlarni kutayotgani, tug‘ilajak bolalardan biri o‘g‘il, ikkinchisi esa qiz ekanligi, shu sababli ham u shoshilinch ravishda erga tekkani haqida xabar tarqatgan edi.
38
890
Madaniyat
O`zbekistonda suratga olingan hind filmining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi
Joriy yilning 31 martida Alisher Navoiy nomli kinosaroyda "Shodu xurramlik" badiiy filmining taqdimot marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi “O`zbekkino” Milliy agentligi. Taqdimotda ikki mamlakat kino ijodkorlari, Hindiston va Bangladeshning mamlakatimizdagi elchixonalari vakillari ham ishtirok etdi. Film "O`zbekkino" Milliy agentligi va Hindistonning "Dev entertaiment ventures" kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olingan. Ssenariyni o`zbek tiliga Shoira G`iyosova muvofiqlashtirgan. Hindistonlik rejissyor Aniket Chattopadhay esa g`oyani ekranlashtirdi. Bosh rollarni Dev Adxikari Dipak Guru, Karaj Mukerji, Puja Banerji, Koushani Mukerji kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan. Komediya janrida suratga olingan filmda o`zbekistonlik aktyorlardan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, marhum ijodkor Obid Asomov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Muqaddas Xoliqova va Dilnoza Kubaevalar suratga tushgan.Shuni alohida ta`kidlash lozimki, Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, taniqli so`z ustasi Obid Asomov so`nggi bor rol ijro etgan. Shu munosabat bilan taqdimotga aktyorning oila a`zolari ham tashrif buyurdi, uning yorqin ijodi va faoliyati yodga olindi. Kartinada mamlakatimizning go`zal va maftunkor shaharlari, muqaddas qadamjolari aks etgan, 2019 yilning 1 aprelidan boshlab uni yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilish mumkin bo`ladi.
75
1,366
Madaniyat
Al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi (foto)
17-dekabr kuni Kuvaytning Al-Kuvayt shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Madaniyat kunlari O‘zbekistonni madh etuvchi fotoko‘rgazmalar namoyishi bilan boshlandi. Kuvaytda O‘zbekiston madaniyati kunlari rasmiy ochilish marosimi davlat madhiyalari va Qur’oni Karimdagi oyat bilan boshlandi. Maxsus dasturga muvofiq, tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov ochib berdi. Tadbirda Kuvayt madaniyat, san’at va adabiyot milliy kengashi bosh kotibi Ali Husayn al-Yuxa va uning vakillari, shuningdek, Kuvayt davlatidagi O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Bahrom A’loyev hamda elchixona xodimlari qatnashdi. Marosimda tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alarini bir-birlariga taqdim etdi. Tadbirda o‘n beshdan ortiq davlatning elchilari, kuvaytliklar va mamlakatdagi o‘zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.
66
960
Madaniyat
2017-yilda eng ko‘p tomosha qilingan videokliplar aniqlandi (video)
Youtube tarmog‘ida 1 milliondan ortiq obunachilariga ega  “Rizanova” kanali tomonidan 2017-yilda eng ko‘p tomosha qilingan videokliplar taqdirlandi. Mazkur kliplar “Rizanova 2018” gala-konserti doirasida bo‘lib o‘tgan maxsus marosimda e’lon qilindi. Taqdirlash marosimi muxlislar, marosim ishtirokchilari hamda OAV xodimlari ishtirokida o‘tdi. Marosimda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Xonanda Shahzodaning “Yomg‘ir” deb nomlangan taronasiga ishlangan videoklip  “Rizanova 2018”da  eng ko‘p tomosha qilingan videoklip sifatida e’tirof etildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev hamda Ziyoda Qobilova duet tarzda kuylagan “Meni sev” deb nomlangan taronasi 2017-yilda eng ko‘p tomosha qilingan kliplar reytingidan o‘rin olgan. “Ummon” guruhining “Sen meniki emassan” deb nomlangan videoklipi ham mazkur marosimda eng ko‘p tomosha qilingan videoklip deya baholandi. Xonanda Shohruhxonning 2017-yildan shu vaqtga qadar 8 mlndan ortiq tomosha qilingan “Parizod” deb nomlangan videoklipi eng ko‘p ko‘rilgan videolar ro‘yxatiga kiritildi. Shuningdek, marosimda O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning “Kel”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonnining “Onam”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva hamda “Bojalar” guruhi birgalikda kuylagan “Aldamagin” deb nomlangan kliplari ham eng ko‘p tomosha etilgan videolar sifatida e’tirof etildi. Bundan tashqari, Sevinch Mo‘minovaning “Dil gavhari”, Janob Rasulning “Yomonsan”, Munisa Rizayevaning “Alamim bor”, “Benom” guruhining “Ortingga qara”, Hulkar Abdullayevaning “Qora parang” deb nomlangan taronalariga ishlangan videokliplar 2017-yil davomida eng ko‘p ko‘rilgan kliplar sifatida alohida qayd etildi. Marosim tashkilotchilarining ma’lumotiga qaraganda, ushbu marosimda birinchi yoki ikkinchi o‘rin hech qaysi xonandaning klipiga berilmagan. Chunki videokliplarning qaysi biridir 2017-yilning boshida, qay biri yil o‘rtasida, boshqa bir video esa 2017-yilning oxirida Youtube’ga joylashtirilgan.
67
2,035
Madaniyat
“Bosh rollarda Adiz Rajabov hamda Madina Talipbek”. “Sarviqomat dilbarim” filmining tasvirga olish ishlari Qirg‘izistonda davom etadi (foto)
“Sarviqomat dilbarim” filmining  tasvirga olish ishlari Qirg‘izistonda davom etadi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. Mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olinmoqda. Film Chingiz Aytmatovning mashhur “Sarviqomat dilbarim” qissasi asosida qirg‘izistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda rejissor Sarvar Karimov tomonidan suratga olinmoqda. Ushbu film sujetida qissadagi voqealar, personajlarning o‘zaro munosabatlari, muhabbat mojarolari asosan saqlab qolingan. Lekin davr jihatidan voqealar bugungi kunga, aksariyat voqealar esa O‘zbekiston hududiga ko‘chirildi. Bo‘lajak film qahramonlarining ham ikki millat vakillaridan iborat ekanligi, bu ikki qardosh xalqning urf-odatlari, qadriyatlari mushtarakligini, hissiyotlar, tuyg‘ular chegara bilmasligini anglatadi. Filmdagi bosh qahramon — Asal roliga Qirg‘iziston akademik teatri aktrisasi Madina Talipbek taklif etilgan, Ilyos rolini esa aktyor Adiz Rajabov ijro etmoqda. Boytemir rolini aktyor Ulug‘bek Qodirov ijro etayotgan bo‘lsa, Xadicha rolini qirg‘iz aktrisasi Elina Abay qizi ijro etmoqda. Shuningdek, filmda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov hamda aktyor Bobur Yo‘ldoshevlar ham rol ijro etishmoqda. O‘zbekiston va Qirg‘iziston kinoijodkorlari hamkorligida yaratilayotgan ushbu filmning tasvirga olish ishlari Qirg‘iziston Respublikasida davom ettiriladi. O‘n nafardan iborat ijodiy guruh 6-avgust kuni Qirg‘izistonga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan.
140
1,773
Madaniyat
Britni Spirs otasining vasiyligidan ozod bo‘ladi
Amerikalik pop-qo‘shiqchi Britni Spirsning otasi Jeymi qizining vasiyligidan voz kechishga roziligini ma’lum qildi. Bu haqda Jeymi Spirsning advokati sudga taqdim etishni rejalashtirayotgan hujjatlarga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi. Unda aytilishicha, Britnining otasi muntazam “asossiz hujumlarga” uchramoqda, uning fikricha, qizi bilan omma oldidagi janglari uning vasiy rolidagi “manfaatlariga mos kelmaydi”. Shu bilan birga, Britning otasi vasiylikdan voz kechayotganiga real asoslar yo‘q deb hisoblamoqda. Shuningdek, u qizining ixtiyoriga zid ravishda biror ishni qilishga, jumladan, sahnada chiqish qilishiga majburlaganini rad etgan. Hujjatlarda aytilishicha, Spirsning otasi Britni ustidan vaziylik qilish huquqini boshqa insonga berish uchun sud bilan hamkorlik qilishga tayyor. Eslatib o‘tamiz, 2008-yilda xonanda bilan bog‘liq ruhiy muammolar sabab nafaqat mablag‘lari, balki shaxsiy hayoti va ishini ham nazorat qilgan otasi Jeyms unga vasiy etib tayinlangan. 2021-yilning iyulida esa sud Britni Spirsning o‘z otasini vasiylikdan ozod etish borasidagi so‘rovini rad etgandi.  Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirsga iPad’dan foydalanishga ruxsat berishdi
48
1,176
Madaniyat
Berlin kinofestivalida o‘zbek rejissorining filmi premyerasi o‘tkaziladi
6-fevral kuni ochiladigan Berlin kinofestivalida o‘zbekistonlik kinorejissor Saodat Ismoilovaning “Chilla” nomli filmi namoyish etiladi. Bu haqda kinofestival saytidagi ma’lumotga asoslanib “Kun” nashri xabar beradi. Film O‘zbekiston, Tojikiston, Gollandiya, Fransiya va Germaniya kinoijodkorlari mehnati mahsuli bo‘lib, tojik tilida suratga olingan. 88 daqiqa davom etadigan filmda rollarni Rushana Sodiqova, Saodat Rahimova, Farida Olimova kabi aktrisalar ijro etgan. Toshkentda tug‘ilgan, o‘z vaqtida Toshkentda oliy ta’lim ko‘rgan Saodat Ismoilova hozirgi vaqtda Parijda yashab, ijod qiladi. Faoliyatini hujjatli va qisqa metrajli filmlar bilan boshlagan Ismoilova uchun “Chilla” ilk to‘liq metrajli badiiy film hisoblanadi. ScreenDaily ma’lumotlariga ko‘ra, Berlin kinofestivalining aslida hech qanday rasmiy sovrin va’da qilmaydigan, asosan yosh, ilk filmi bilan ishtirok etayotgan kinoijodkorlar uchun mo‘ljallangan Forum dasturida qatnashayotgan Ismoilovaning debyut filmi Best First Feature sovrini uchun kurash olib boradi. Ushbu norasmiy yo‘nalishda g‘olib chiqqan film ijodkorlariga 50 ming yevro mukofot puli va’da qilingan. 6-fevral kuni start oladigan 64-Berlin kinofestivalini Ues Andersonning “Grand Budapesht mehmonxonasi” (The Grand Budapest Hotel) filmi ochib beradi. Kinofestival 16-fevralga qadar davom etadi.
72
1,332
Madaniyat
“Qora niyat”dagi Yildiz — Eda Eje haqida nimalarni bilamiz?
O‘zbek teletomoshabinlariga “Qora niyat” turk serialidagi Yildiz Yilmaz roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Eda Eje haqida ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz. Yoshligi To‘liq ismi Eda Eje Uzunaliog‘lu bo‘lgan turk aktrisasi 1990-yil 20-iyunda Istanbulda dunyoga kelgan. Eda oliy ma’lumotli oilaning farzandi. Uning ikki opasi bor, ulardan biri Edadan 9 yosh, ikkinchisi esa 7 yosh katta. Opalari yurist va jurnalistlik kasbini tanlagan. Bo‘lajak aktrisa bolaligida baletga qatnagan, pianino chalishga qiziqqan va xorijiy tillarni o‘rgangan. Lekin teatrga bo‘lgan qiziqishi boshqacha bo‘lgan. Maktab teatrida rol ijro qilganini ko‘rgan Tyumay Ozokur unga “Hayot fani” filmida rol berishga qaror qilgan. Onasi uni suratga olish maydonchasiga yetaklab borganida Eje 13 yoshda bo‘lgan. Lekin ma’lum vaqtdan keyin onasi qizini boshqa suratga tushmasligini ma’lum qilgan. Shundan keyin u maktabni tamomlab, Istanbuldagi Bilgi universitetining psixologiya fakultetiga qabul qilingan. American Hastanesi xususiy shifoxonasida tajriba muddatini o‘tash davomida Eje psixologiya va san’at o‘rtasida uzviy bog‘liqlik bor ekanini tushunib yetadi. Shundan keyin universitetda san’at tarixi yo‘nalishida o‘qishini davom ettiradi. Aktrisa ingliz va nemis tillarida bemalol gaplasha oladi. Karyerasi Gani Mujde kastingida ishtirok etib “Yomon yettilik” serialida rol ijro qilishga muvaffaq bo‘ladi va shu bilan aktrisalik faoliyatini boshlaydi. 2013-yilda Zeynep Saldiran va Burju Birijik bilan “Meni shunday sev” serialida suratga tushadi. Shuningdek, shu yilning o‘zida “Qizim uchun” filmida ham Yetkin Dikinchi bilan birga rol ijro qiladi. 2015-yilda “Oilaviy Ahvol: aralash”, 2016-yilda “Qaynisingil” filmida ishtirok etadi. Foto Akşam Ammo Talat Bulut, Shevval Sem, Kivan Kasabali va boshqalar bilan birga suratga tushgan “Qora niyat” filmidagi roli unga mashhurlik olib kelgan. Ushbu filmning suratga olish jarayonida ko‘ngilsiz voqea yuz bergan va bu aktyorlar munosabatiga ta’sir qilmay qolmagan. Aktyor Talat Bulat liboschi qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblangan. Sud dalillar yetarli bo‘lmagani sabab aktyorni aybsiz deb e’lon qilishiga qaramay Eda qizning yonini olgan va hamkasbiga qarshi chiqqan. Shaxsiy hayot Turk sariq matbuotining yozishiga qaraganda, Eda prodyuser Nejati Akpinar bilan munosabatda bo‘lgan. O‘zidan 28 yosh katta inson bilan uchrashib yurishi uzoq vaqt OAV uchun mavzu bo‘lgan. Bugungi kunda esa aktrisa Buxraxan Tunser bilan munosabati yaxshi, degan mish-mishlar ham yo‘q emas.
59
2,503
Madaniyat
Tarkan o‘zining ashaddiy muxlisasiga uylandi (foto)
Turkiyalik taniqli qo‘shiqchi Tarkan bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”. Tarkan va uning sevgilisi Pinar Dilek qonunan nikohdan o‘tdi. Ularning nikoh marosimi Istanbul shahridagi yirik villalardan birida bo‘lib o‘tdi.  OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Tarkan o‘zining ashaddiy muxlisasi bilan Germaniyadagi konsert dasturida tanishgan. Nikoh marosimida kelin-kuyovning yaqin qarindoshlari va do‘stlari ishtirok etdi. Dabdali to‘y marosimi esa yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
51
513
Madaniyat
Suratga olish maydonchasida janjal keltirib chiqargan eng injiq turk aktyor va aktrisalari (foto)
Haqiqiy hayotda sevimli turk aktyor va aktrisalari seriallardagidek yoqimtoy va bekam-u ko‘st deb o‘ylasangiz, adashgan bo‘lasiz. Ular haqidagi bor haqiqatni suratga olish guruhi a’zolari biladi. Yulduzlarning injiqliklari ba’zan eng yuqori cho‘qqiga chiqadi va tom ma’noda ijodiy jamoani qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Ellegirl nashri suratga olish maydonchasida janjallarga sabab bo‘lgan turk aktyor va aktrisalarining bir nechtasi bilan tanishtirib o‘tdi. Kivanch Tatlitug‘: aktyor suratga tushishi uchun shaxsiy karvoni bilan kelishi kerak Butun dunyo singari Turkiya ham koronavirusga duchor bo‘lganida, Kivanch Tatlitug‘ arzimas narsalarga ham vaqt sarfladi. Aktyor nafaqat har kuni COVID-19 testlaridan o‘tdi, balki u xavfsiz joyda ekaniga ishonch hosil qilish uchun 750 000 liraga (40 350 dollar) shaxsiy karvon sotib oldi. Gap shundaki, Kivanch hech kimni kiritmagan shaxsiy karvonini har kuni zararsizlantirgan va unda bo‘lish xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilgan. Fahriye Evjen: makiyajni faqat uning o‘zi qiladi, chunki vizajistlarning uning yuziga tegishga haqi yo‘q “Choliqushi” seriali yulduzi Fahriye Evjen serialda suratga tushish davomida bir guruh vizajistlarni aqldan ozdirdi. Buning barchasi aktrisaning unga qilingan grimi bilan bog‘liq. Unga biror narsa yoqmaganida, ikki soatlik mehnatni yuzidan yuvib tashladi va o‘zi bo‘yandi. Uning bu injiqliklari suratga olish jarayonini doimiy ravishda sekinlashtirdi va barcha aktyorlarni uni bir necha soat kutishga majbur qildi. Maryam Uzerli: yugurish yo‘lakchasisiz suratga tushmadi “Muhtasham yuz yil” yulduzi suratga tushish jarayonida foydalanish uchun yugurish yo‘lakchasisiz ishlashni istamadi. Muxlislarning e’tiborining ortishi tufayli u sport zaliga borolmadi, shuning uchun u to‘g‘ridan to‘g‘ri suratga olish maydonchasida sport bilan shug‘ullangan. Albatta, Maryamning mashg‘ulotlari tugaguncha hamma uni kutishga majbur bo‘ldi. Afsuski, bu nafaqat aktyorlarni, balki loyiha prodyuserlari va rejissorlarini ham juda g‘azablantirdi. Burak O‘zchivit: Suratga olish maydonchasida jazavaga tushdi Burak O‘zchivit atrofdagilarni o‘ziga nisbatan munosib hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishini yaxshi ko‘radi. Aktyorning talablarini bajarmaganlarning holiga voy. Bu “Tirilish. Usmon” serialining suratga olish maydonchasida sodir bo‘ldi. Burak kayfiyati yo‘qligidan bor g‘azabini jamoaga sochdi. Natijada u hammani haqorat qildi va suratga tushishni rad etdi. So‘ngra aktyorni sudga berishdi, lekin shon-shuhrat va pul o‘z ishini qildi, shuning uchun da’vo javobsiz qoldi. Melissa Asli Pamuk: “Qarama, gapirma, hech narsa taklif qilma” “Sevgi iztirobi” serialining yulduzi Melissa Pamuk umuman barcha injiq hamkasblaridan o‘zib ketdi. Suratga olish guruhi a’zolari uning chidab bo‘lmas tabiati va talablari haqida oldindan ogohlantirilgan. Gap shundaki, Melissa unga qaragan yoki gapirgan odamni yomon ko‘radi. Bu aktrisa uchun juda g‘alati. Bir kuni xodimlardan biri qoidani unutib, unga bir stakan suv taklif qilganda, u suratga tushishni to‘xtatdi va ishlashdan bosh tortdi. Jan Yaman: kayfiyati yomon bo‘lsa, suratga tushmaydi “Erkin qush” serialini suratga olish jarayonida jamoaning barcha a’zolari Jan Yamanning kayfiyatini buzishdan chin dildan qo‘rqdi. Agar bu sodir bo‘lsa, unda ish jarayoni buziladi. Aktyor suratga tushishdan qat’iyan bosh tortadi. Eng dahshatlisi, uning serialdagi partnyori Demet O‘zdemir bilan janjallashishgani edi. Agar bu ikkisi janjallashsa, unda hamma narsa, ya’ni bir kunlik suratga olish ishlari shunchaki to‘xtatilar edi.
97
3,544
Madaniyat
“O‘zbek kinosi tarixi” fotoko‘rgazmasida suratlar 3D formatida namoyish etilmoqda
Avval xabar berganimizdek, PROlogue xalqaro kinofestivali doirasida “Yoshlar ijod saroyi”da “O‘zbek kinosi tarixi” fotoko‘rgazmasi ochilndi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi. Ko‘rgazmada “O‘lim minorasi”, “Ikkinchi xotin”, “Qasam”, “Boy ila xizmachi”, “Mahallada duv-duv gap”, “Toshkent – non shahri”, “Shum bola”, “Yettinchi o‘q”, “Siz kimsiz?”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Vatan”, “Sabot” va boshqa bir qator milliy filmlarning suratlarga muhrlangan lahzalari aks etgan. —Fotoko‘rgazmani ko‘rib, o‘zbek kinosiga tamal toshini qo‘yib ketgan buyuk san’atkorlar, ustozlarni yana bir bor esladik. Bu filmlarning hammasi o‘zbek kinosining oltin fondini tashkil qiladi, yoshlar tarbiyasida ham alohida o‘rin tutadi. Bugungi festival faqat san’atkorlarniki emas, butun xalqniki, yoshlarniki, tomoshabinlarniki. Chunki festival doirasida ko‘plab to‘liq va qisqa metrajli fil’mlar namoyish etiladi, — dedi O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev. Ko‘rgazma zaliga monitorlar o‘rnatilib, unda fotosuratlar 3D formatida namoyish etildi. Fotoko‘rgazma 29-noyabrga qadar davom etadi.
81
1,094
Madaniyat
Sevara Nazarxon “Rossiya 1” kanalining “Subbotnik” ko‘rsatuvida chiqish qildi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon 13-iyun kuni “Rossiya 1” telekanalining “Subbotnik” (“Shanbalik”) ko‘rsatuvida chiqish qildi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda. “Subbotnik” dasturi ketma-ket yetti yildan beri har shanba kuni “Rossiya 1” telekanali orqali efirga uzatilmoqda va oilaviy qadriyatlarni targ‘ib etmoqda. Ko‘rsatuv mashhur kishilar misolida oila har bir inson uchun qanchalar muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berishga intiladi.
77
470
Madaniyat
UNESCO O`zbekistonni "Markaziy Osiyoning yuragi" deb atadi
UNESCO’ning "Buyuk Ipak yo`li" loyihasi rahbari Xose Mario Chikilo «Shaharlari Buyuk Ipak yo`li bo`ylab joylashgan O`zbekiston "Markaziy Osiyoning yuragi" deb fikr bildirgan. Bu haqda Sputnik xabar berdi."O`zbekiston bizning loyihada ishtirok etayotgan davlatlar orasida namunali davlatdir. Ushbu mamlakat hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan barcha choralar dunyo hamjamiyati oldida mamlakat imidjiga ijobiy ta`sir qilmoqda", - dedi Xose Mario Chikilo.Xose Mario Chikilo, shuningdek, O`zbekiston nafaqat turizm sohasida, balkim demokratiyalashtirish jarayonida ham oldinga qadam tashlayotganini va yaqin kelajakda Markaziy Osiyo geosiyosatida muhim rol o`ynashini ta`kidladi.Ispaniyadagi ko`rgazmaga tashrif buyurgan O`zbekiston delegasiyasi tarkibiga O`zbekiston Turizmni rivojlantirish qo`mitasi, "O`zbekiston havo yo`llari" hamda Madriddagi O`zbekiston elchixonasi vakillar kirgan.
58
889
Madaniyat
“O‘zbeknavo” “o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmagan” 25 ta klipni telekanallar efiridan olib tashladi
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Milliy estrada san’ati: shoir, bastakor va xonanda hamkorligi – davr talabi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar beradi UZ24. O‘zAning yozishicha, anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari Iqbol Mirzo, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi Rustam Abdullayev, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Murodjon Majidov va boshqalar ishtirok etdi. Tadbirda bu yil Mustaqillikning 24 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish asnosida shoirlar va xonandalar hamkorligida 40 dan ziyod yangi qo‘shiq yaratilgani, Yozuvchilar uyushmasi ko‘magida Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yosh shoirlarning yurtga sadoqat tuyg‘ulari aks etgan she’rlari G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida maxsus to‘plam holida chop etilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, sohada bu kabi yutuqlar bilan birga, hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar ham yo‘q emasligi, jumladan, chet el ohanglariga o‘zbekcha so‘zlarni qo‘yib ijro etish hollari kuzatilayotgani qayd etildi. Ushbu tadbirda “O‘zbeknavo” birlashmasi tashabbusi bilan “umumiy talablarga javob bermaydigan”, “o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan” 25 ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlangani aytildi. Hamda ommabop bo‘layotgan qo‘shiqlarning matnidagi ma’nosizliklar yana muhokama etildi. Misol tariqasida xonanda Munisa Rizayevaning “Sakramento” qo‘shig‘i, yaqinda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga ega bo‘lgan Ziyodaning so‘nggi qo‘shig‘i matni tanqid qilindi.
101
1,556
Madaniyat
Yigitali Mamajonov xonanda Rayhonning ikkinchi marta oila qurishi haqida: Bo‘layotgan ishlardan xursand emasman
Aktyor Yigitali Mamajonov sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Rayhonning ikkinchi marta oila qurishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda. “Men bo‘layotgan ishlardan xursand emasman. Hamma narsani vaqt ko‘rsatadi. Men barcha narsa Yaratgandan deb bilaman. Demak, peshonamizga shu bitilgan ekan. Hamma narsa yaxshilikka”, — dedi Yigitali. “Farzandlarimni hech qachon tashlab qo‘ymayman va ularni o‘zim tarbiyalashga harakat qilaman. Men ularning otasiman, ular o‘z qaramog‘imda bo‘lishini istayman”, — dedi aktyor. “Shaxsiy hayotim va oilam haqida gapirishni yomon ko‘raman. Bu mening tabiatimga to‘g‘ri kelmaydi. Barcha intervyularimda ham bu haqda aytganman. Men muxlislardan birovning hayotiga aralashmasliklarini so‘ragan bo‘lardim”, — deya qo‘shimcha qildi aktyor Yigitali Mamajonov. Yigitali va Rayhonning to‘yi 2012-yil noyabrida bo‘lib o‘tgan. 2014-yil may oyida ular egizak farzandli bo‘lgan. 2015-yil 9-yanvarida Rayhon ajrashish uchun ariza bergani, 2016-yil may oyida esa ularning nikohi rasman bekor bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Oktabr oyi oxirida Rayhon ikkinchi marta oila qurishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. U 29-oktabr kuni chet elda bo‘lishi aytilgan to‘y marosimida taniqli boshlovchi Farhod Alimovga turmushga chiqishi aytildi. Biroq keyinroq to‘y sanasi va joyi haqidagi xabarlar Farhod Alimovning o‘zi tomonidan rad etildi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
111
1,543
Madaniyat
Anjelina Joli harbiy suratkash haqida film suratga oladi
Anjelina Joli harbiy suratkash Don Makkallin haqida “Asossiz xatti-harakatlar” hujjatli filmini sahnalashtiradi. Ushbu film 2017-yilda “Ular avval otamni o‘ldirgan” dramasidan keyin uning ilk rejissorlik loyihasi bo‘ladi, deb yozadi “KinoPoisk”. Film Makkallinning shu nomdagi tarjimayi holiga asoslangan bo‘lib, kitob “71” trillerining ssenariysi uchun BAFTA nomzodi bo‘lgan Gregori Burk tomonidan tayyorlangan. Film suratkashning karyerasi va qanday qilib qashshoqlikdan dunyodagi eng xavfli urush zonalariga o‘tib qolganini o‘rganadi. Suratkash Makkallin Vyetnam va Kambojada The Observer, Sunday Times nashrlarida ishlab yurgan kezlari oq-qora suratlari bilan tanilgan. Kartinaga Tom Xardi va uning sherigi Din Beykerga tegishli bo‘lgan Working Title va Hardy Son & Baker Producing kompaniyalari prodyuserlik qilmoqda. Hozircha filmda ishtirok etuvchi aktyorlar tarkibi, suratga olish sanasi va boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.
56
937
Madaniyat
Zulxumor Mo‘minova: Umidimni yer-u ko‘kka ishonmayman
Aktrisa Zulxumor Mo‘minova baxt va umid haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Sug‘diyona” gazetasi. “Inson har kuni, hamma joyda, har doim ham baxtli bo‘la olmaydi. Biroq baxtsiz onlarimiz ham aslida baxtli damlarimiz ekanligini oradan yillar o‘tgach tushunarkansiz. Chunki siz ularni yashab o‘tdingiz va umid-la yashashda davom etyapsiz, – dedi aktrisa. Umid menga kuch beradigan tuyg‘u! O‘g‘limning ismini ham shuning uchun Umid deb qo‘yganman. Umidimni yer-u ko‘kka ishonmayman. Hozir xorijda o‘zi sevgan ishi bilan mashg‘ul. Kun davomida hamma onadek ‘Bolam, nima yeding? Vaqtida uxla’, deb yonib-kuyaman, internet orqali ko‘rishmasam, uxlay olmayman. Unga suyanib, ishonib yashayman. Nimalardan umid qilib yashayapman? O‘ynalmagan rollarimni ijro qilishdan, aytilmagan qo‘shiqlarimni kuylashdan, dunyo bo‘ylab sayohat qilishdan, xullas, bir olam! Til o‘rganishni, gitara chalishni istayman. Bu bolalikdagi orzularim. Bugun shu orzular yo‘lida harakat qilyapman”.
53
986
Madaniyat
Xonanda Dilso‘z “to‘yidan keyin besh yarim oyda tug‘ishi” sabablarini tushuntirdi
Dilso‘z taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimova so‘nggi bir necha haftadan beri uning atrofida yuzaga kelgan shov-shuvlar munosabati bilan “Darakchi” gazetasiga katta intervyu berdi. Suhbat davomida to‘yi nima sababdan kechikkani va farzandi, ko‘pchilik nazarida, erta tug‘ilgani sabablarini ma’lum qildi. “Odamlar bilib-bilmay xulosa chiqarib, gap tarqatganidan xafa bo‘ldik, albatta. Yetti yillik sevgi tariximizdan xabaringiz bor. Aslida to‘yimiz 2014-yil noyabrda bo‘lishi kerak edi, bunga hamma narsa tayyor edi”, — dedi xonanda. “Kutilmaganda 21 yoshli jiyanim vafot etdi. Ta’ziyali bo‘lganimiz uchun to‘yni qoldirgandik. Lekin Navoiyda nikoh o‘qitilgan, FHDYodan ham o‘tgandik”, — dedi Dilso‘z. “Toshkentdagi to‘yni orzu-havasimizdagidek o‘tkazish uchun fursat kutdik. Farzandim esa muddatidan biroz avval dunyoga keldi”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda. Avvalroq, xonanda Dilso‘z 18-oktabr kuni Toshkentda qiz farzandlik bo‘lgani, unga Dilso‘z deya ism qo‘ygani haqida xabar berilgan edi. Xonandalar Dilso‘z va Farrux Raimovlarning turmush qurishi munosabati bilan tashkil etilgan to‘y marosimlari 2015-yil 15-aprelida Navoiyda, 21-aprelida esa Toshkentda bo‘lib o‘tgandi.
81
1,207
Madaniyat
“O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Kechikkan hayot” filmi Hindistondagi kinoanjumanda namoyish etildi
Dehli shahrida Hindiston fuqarolik kinoforumi, Hindiston kinoklublari federatsiyasi, Hindiston fotograflari va rassomlari jamiyati tomonidan tashkil etiladigan an’anaviy “Do‘stlik” kinofestivalining beshinchi anjumani o’z ishini boshladi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda. Dehlida akkreditatsiyadan o‘tgan MDH mamlakatlarining elchixonalari ko‘magida tashkil etilgan ushbu tadbirning ochilish marosimida Hindistonning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-gumanitar doiralari vakillari, diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari, kinomuxlislar va jurnalistlar hozir bo‘ldi. Anjumanda bunday san’at forumlari jahon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash hamda o‘zaro ishonchni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Festivalda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan, bir necha xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan “Kechikkan hayot” filmi (ssenariy muallifi Y. To‘ychiyev, rejissor A. Shahobiddinov) namoyish etildi. Turmushning inson oldiga qo‘yadigan vazifalari, orzu va niyatlarning ushalishi yo‘lidagi mehnat, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashning muhimligi o‘ziga xos, yangicha va qiziqarli tarzda, ajoyib obrazlar vositasida ifoda etilgan mazkur asar hindistonlik kino muxlislari va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, Hindiston fotograflari va rassomlari jamiyati prezidenti Vimal Mehtaning fikricha, “Kechikkan hayot” filmi O‘zbekistonda ijod qilayotgan yosh rejissor va aktyorlar, ularning mahoratlari, o‘zbek kino maktabining bugungi darajasi va erishayotgan yutuqlari haqida atroflicha tasavvur beradi. Beshinchi “Do‘stlik” kinofestivali shu yilning 22-noyabriga qadar davom etadi.
120
1,643
Madaniyat
Parijda Charli Chaplinning 1 mln dollarlik ilk “Oskar”i o‘g‘irlab ketildi
Parijdagi Chaplin Uyushmasidan aktyor, ssenariynavis va kinorejissor Charli Chaplinning dastlabki uchta “Oskar”idan birinchisi o‘g‘irlab ketildi, deya xabar bermoqda “Novosti-Kazaxstan”. Chaplin 1929-yilda qo‘lga kiritgan bosh kinomukofotning qiymati 1 million dollarga baholanmoqda. Haykalcha bilan birga, har biri 90 ming dollarlik ruchkalar to‘plami ham o‘marilgan. “O‘g‘rilar faqat shu buyumlarni olib ketmoqchi bo‘lgan, ular buyumlarning joylashuvi haqida juda yaxshi axborotga ega bo‘lgan”, — deyiladi politsiya bayonotida. Parij prokuraturasi o‘g‘rilik bo‘yicha tergov ishlarini boshlab yubordi.
73
603
Madaniyat
Xorazmlik yosh xonanda dubaylik Saeed ismli yigitga turmushga chiqdi (video)
Shu kunlarda qora tanli yigit va o‘zbek qizining to‘yi aks etgan foto va videolari ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu to‘y 13-noyabr kuni Urganch shahridagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tgan. Kelinning ismi Shahnoza bo‘lib, u xonanda. Kuyov esa, aytishlaricha, dubaylik, uning ismi Saeed. Internet foydalanuvchilari ushbu to‘y haqida turli fikrlarni bildirmoqda. Kimdir xorijga turmushga chiqib ketayotgan o‘zbek qizini qoralayotgan bo‘lsa, boshqalar unga baxt tilamoqda. View this post on Instagram
76
552
Madaniyat
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat haqida birinchi va bugungi kundagi yagona lyuks-kitob nashr etildi (fotoreportaj)
17-may kuni Toshkentda Global Oil and Gas Uzbekistan Xalqaro ko‘rgazmasi madaniyat dasturi doirasida “Quyoshning 365 kuni” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu nashr Dinara&Co nashriyot uyining Welcome to Uzbekistan deb nomlangan to‘plamidagi birinchi kitob sanaladi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekistonning turizm sohasidagi salohiyatini namoyon etish va jahon hamjamiyati e’tiboriga milliy taomlarga yangicha nigohni taqdim etishdan iborat. Kitob muallifi Bahriddin Chustiy tomonidan “Tandir ichidan mo‘jiza” deb nomlangan oshpazlik shousi taqdimotning markaziy qismidan joy oldi. Oshpazlar “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining 25 yilligi munosabati bilan ramziy ma’noda tandirda 25 xil taom bilan mehmonlarni siylashdi. “Quyoshning 365 kuni” – O‘zbekiston bo‘ylab sayohat haqidagi birinchi va bugungi kunda yagona lyuks-kitob hisoblanib, 50 dan ortiq taom, 200 ta fotosurat, 3000 dan ziyod fotolavha va millionlab mazali shirinliklarni o‘z ichiga oladi. Mualliflar 6 oy davomida sayohatda bo‘lib qadimiy va ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan taomlar, ularni tayyorlagan milliy oshxona qahramonlarini topdi hamda taomlar fotosuratlaridan hayratlanarli durdonalar yaratdi. Nashr rus va ingliz tillarida taqdim etilgan, o‘zbek tilidagi nashr chop etishga tayyor. Ayni vaqtda dunyoning boshqa tillariga ham tarjima qilinishi rejalashtirilgan.
109
1,360
Madaniyat
Tohir Malik “Shaytanat” asarini film qilish huquqini faqat Yodgor Sa’diyevga berganmi? Aktyorning o‘zi bunga oydinlik kiritdi (video)
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. O‘zbek kino olamida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik “Shaytanat” asarini film qilish huquqini faqatgina Yodgor Sa’diyevga bergan, mazmunidagi gap-so‘zlar yuradi. Yodgor Sa’diyev suhbat davomida ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi. Menimcha, bunga hozircha hech kim jur’at ham etolmaydi. Taklif qilib nima... U hayot u. Nima qilib beradi u, nimasini yangilaydi. Mana qarab turaylik, cover degan. ‘The cover’ deyishadi-ku, haligi ko‘rsatuv. Nima degani u?! Kavlash degani. Top-toza, yaxshi qo‘shiqni kavlab, abjag‘ini chiqarish degani deb o‘ylayman. Bunaqa narsaga men mutlaqo qarshiman. Marhamat, olishsa, olaverishsin. Nima yangi talqinda ‘cover’ qilib olishadimi?! U yerda hamma narsa mantiqqa bog‘liq. U yerda Tohir Malik shunaqangi mantiqni bergan. Filmni xalqning orasidagi e’tibor qozongan jihati ham muallifning mantig‘ini to‘g‘riligidir. Men o‘zi har doim mantiqqa qarab ish qilaman. Oladigan bo‘lsa, olaversin. Hech kim bunga qarshi emas. Buni borib Tohir Malikning oilasidan so‘rab olsin, lekin bu film — mening filmim va muallif menman. Men buni ‘Qalqon’ studiyasida deyarli o‘zimning mablag‘imga suratga olib, o‘zim yana sotib olganman. Bu filmni muallifi menman. Shuning uchun ham titrlarda Yodgor Sa’diyev filmi deb yozilgan. Olishmoqchi bo‘lsa, olishsin. Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev suhbat davomida “Shaytanat” serialining telekanallardagi 20 yillik “zapret”i sababi, serialning 21-qismi hamda hayoti va ijodiga oid ko‘plab javobsiz savollarga oydinlik kiritgan.
133
1,759
Madaniyat
Stallone, Shvarsennegger va 90-yillardagi boshqa mashhur Gollivud aktyorlarining sohibjamol qizlari (foto)
Kelishgan tashqi ko‘rinishi va jang sahnalarini qoyillatib ijro qilgani bilan muxlislar qalbidan joy olgan aktyorlarning qizlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Arnold Shvarseneggerning qizi Ketrin Shvarsennegger  Aktyorning Mariya Shrayver bilan turmushidan bo‘lgan farzandiga go‘zal tabassum otasidan meros. Jurnalistika fakultetini bitirgan qiz go‘zallik va salomatlik haqida podkastlar yozadi. 2018-yilda Kris Prett bilan turmush qurgan Ketrin 2020-yilda farzandli bo‘lgan. Silvester Stallonening qizi Sofi Stallone Sofi otasiga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi. Bolaligida yuragi ikki marta operatsiya qilingan qiz voyaga yetganida sohibjamolga aylangan. 2016-yilda “Rembo” filmining yulduzi qizil yo‘laklarda otasi bilan birga ko‘rinish bera boshlagan. Modellik faoliyati bilan shug‘ullanadigan qiz seriallarda faol suratga tushadi. Dolf Lundgrenning qizi Ida Lundgren  Ida aktyorning birinchi turmushidan dunyoga kelgan. Ota-onasi ajrashganiga qaramay, qiz otasi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan. Otasi kabi yorqin ko‘rinishga ega bo‘lgan qiz Los-Anjelesdagi modellik agentligi e’tiborini tortgan. Suratga tushib ko‘rgan Ida aktrisa sifatida karyera qilishni istamaydi. Jan Klod Van Dammning qizi Byanka Bri Vann Damm  Aktyorning qizi Byanka uning uchinchi turmushidan dunyoga kelgan. Bolaligidan karate, kikboksing, boks va figurali uchish bilan shug‘ullangan qizga otasidan nafaqat e’tibor jalb qiladigan tashqi ko‘rinish, balki mahorat ham meros bo‘lgan. Olimpiada o‘yinlarida konki uchish bo‘yicha qatnashishni istagan qiz jarohati sabab rejalarini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan. Kinoda suratga tushib ko‘rgan qiz ijrosidan ko‘ra Instagram’dagi faolligi sabab mashhurlikka erishgan. U sahifasida otasi bajargan tryuklarni takrorlagani aks etgan videolar bilan bo‘lishadi.
106
1,789
Madaniyat
Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida
“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” qissasi haqida hikoya qiladi. Fleshbek Bolaligimda maktab darsliklaridan bu asar parchalarini o‘qib chiqqanman, keyin uni to‘liq o‘qish ishtiyoqi bilan yurganman. O‘zbek tilida topa olmaganman. U paytlar rus tilini kitob o‘qib tushunadigan darajada bilmasam-da, ilk bor rus tilida boshidan oxirigacha o‘qigan edim. Keyin o‘zbek tilida topganman. Bu qissani sevardim. Bu – hayotimizga ta’sir ko‘rsatadigan chiroyli iboralar va ta’limotlar bilan to‘la qissa. Har bir so‘z, har bir jumla bizni kundalik hayotimiz, atrof-muhitimiz bilan munosabatlarimizni rivojlantirish va muammolarni hal qilish usullari haqida fikr yuritishga majbur qiladi. Men hali ham uni chiroyli, sehrli kitob deb o‘ylayman. Ajablanarlisi, kitob har bir o‘quvchiga uning hayotiy tajribasi ta’sirida boshqacha ta’sir qiladi. Asar haqida “Kichkina shahzoda” – allegorik ertak, Antuan de Sent-Ekzyuperining eng mashhur asari. Ertak koinotdagi, shu jumladan, Yerdagi turli sayyoralarni ziyorat qilgan Kichkina shahzoda haqida hikoya qiladi. U yolg‘izlik, do‘stlik, sevgi va yo‘qotish mavzulariga bag‘ishlangan. Kitob bolalar uchun yozilganiga qaramay, uning xarakteri hayot va inson tabiatiga yaqin. Kitob birinchi marta 1943-yil 6-aprelda Nyu-Yorkda nashr etilgan. Dunyo bo‘ylab 140 million nusxada sotilgan va dunyoda eng ko‘p sotilgan kitoblardan biriga aylangan. Syujet Uchuvchi Sahroi Kabirga favqulodda qo‘nadi, bu yerda u bir g‘ayrioddiy va sirli bolani – boshqa sayyoradan kelgan Kichkina shahzodani uchratadi. Kichkina shahzoda unga Yerdagi sayohatlari, o‘z sayyorasidagi hayoti, u yerdagi ikkita faol va bitta yo‘q bo‘lib ketgan vulqon, o‘z sayyorasida qoldirib kelgan ajoyib atirgul haqida so‘zlaydi. U sayyorasini tozalashga vaqt sarflaydi, chuqur ildiz otishga va butun sayyorani bosishga intilayotgan baobablarni yo‘q qiladi. Kichkina shahzoda o‘zining kichik sayyorasida kuniga o‘nlab marta ko‘rish mumkin bo‘lgan Quyosh botishini tomosha qilishni yaxshi ko‘radi. Kichkina shahzoda o‘zini bu yerda baxtsiz his etib, koinotning boshqa joylarini o‘rganish uchun uchib ketgandi. Boshqa bir qancha sayyoralarni ziyorat qilib, ko‘plab g‘alati katta yoshlilar bilan uchrashadi: o‘zini yulduzlarni boshqaruvchisi deb o‘ylaydigan qirol, boshqalar uni maqtashini istagan shuhratparast, ichishdan uyalishini unutish uchun ichuvchi piyonista, doimiy ravishda yulduz sanaydigan ishbilarmon, ko‘p yulduzlarga egalik qilaman deb o‘ylaydigan va undan-da ko‘prog‘ini sotib olishni xohlaydigan, sayohat hikoyalarini yozadigan, lekin hech qayerga bormaydigan geograf. Kichkina shahzoda geografning maslahati bilan Yerga tashrif buyuradi. Yerda u halokatga uchragan samolyot uchuvchisidan tashqari boshqa personajlar bilan ham uchrashadi va ular bilan muloqotda bo‘lib, muhim narsalarni o‘rganadi. Tahlil Bu ertak yoki masal bolalar uchun yozilganday tuyuladi. Lekin yuqori falsafiy va she’riy mazmun bilan boyitilgan bu qissa bekorga sayyoradagi eng ko‘p tarjima qilingan badiiy asarlar uchligiga kirmaydi. Zamonaviy madaniyatda “Kichkina shahzoda” ko‘p davlatlarning o‘rta ta’limida qabul qilingan. Yaponiyada esa hatto syujet qahramoni uchun muzey qurilgan. Yozuvchi asarda bosh qahramonlardan biriga aylanadi. U hikoyachi bo‘lish bilan bir qatorda asardagi uchuvchi hamdir. Hikoya samolyotda yuzaga kelgan muammolardan boshlanadi, uchuvchi dunyo bo‘ylab sayohat qilib, vaqtincha Sahroi Kabirga tushib qoladi. Uyg‘ongach, Kichkina shahzoda bilan uchrashadi. U uchuvchidan qo‘zichoq rasmini chizib berishni so‘raydi. Hikoyachining esa rassomlik bilan bog‘liq bolalik jarohati bor: u filni yutib yuborgan ilonni chizgan, ammo kattalar uning rasmida shunchaki shlyapani ko‘rgan. Rasm chizishni davom ettirishga rag‘batlantirilmagan uchuvchi Kichkina shahzoda buyurtma qilgan ishni chizishga qiynaladi, hijolat chekadi, bir nechta variantda qo‘zichoq rasmini chizib beradi. Bular shahzodaga yoqmaydi. Oxir-oqibat u haqiqiy qiyofani tashqaridan ko‘ra oladigan odamni topgan edi. Shu tariqa bolaga quticha chizib beradi va ichida qo‘zichoq bor deydi. Qo‘zichoq rasmda ko‘rinmasa-da, bola fantaziyalariga berilib, rasmdan xursand bo‘ladi. Bu epizod kattalar ulg‘ayganida va o‘zidagi bola holatini o‘ldirganida sehrli xayoliy olamni idrok etishda qiyinchiliklarga duch kelishini ochib beradi. Bola sarguzashtlarini yozuvchiga hikoya qilib, ko‘z oldimizda hayot soddaligini, nigohi pokligini, voqelik mohiyatini ochib beradi. U ko‘pchilik insonlar uchun odatiy hisoblangan har bir hodisani tabiiy ravishda muhokama qiladi. Haddan tashqari ko‘p o‘sadigan xavfli baobablarni iste’mol qila oladigan qo‘zichoqni qidirib topish uchun takabbur va mag‘rur gullar bilan yashaydigan kichik sayyorasidan chiqib ketayotganidagi epizodlar orqali yozuvchi insonning kamchiliklarini ochib beradigan allegorik kosmik trayektoriyani boshlaydi. U allaqachon bir nechta sayyorani bosib o‘tgan va yo‘lida kattalar dunyosining keraksiz tashvishlarini anglatuvchi personajlarni uchratgan edi. “Kichkina shahzoda” kattalar unutgan oddiy narsalarning qiymatini ko‘rsatadi. Muallif ulg‘aygan va ichki “bola”sini unutgan odamlar tushunib bo‘lmaydigan g‘alati mavjudotlarga aylanib qolishini ta’kidlaydi. Kitobdagi rasmlarni muallifning o‘zi chizgan. Ular mashhurlikda kitobdan kam emas. Ular shunchaki rasmlar emas, asarning organik qismidir: ertak qahramonlari chizmalarga murojaat qiladi, ular haqida bahslashadi. “Kichkina shahzoda”dagi noyob rasmlar til to‘siqlarini yo‘q qiladi va hamma tushunadigan universal vizual lug‘atning bir qismiga aylanadi. Asarning bosh qahramoni hech qachon qarimaydi. U bizni atrofimizdagi haqiqiy qiymat haqida o‘ylashga taklif etadi. Kichkina shahzoda – hammamizning ichimizda mavjud bola. Motivatsiyangiz yoki dunyoni ko‘rish usulingiz – bolalikdagi qalbingiz. Kitob shunchalik samimiyki, kayfiyatga yoki uni o‘qiyotgan yoshingizga qaramay, to‘liq o‘ziga jalb etadi. U sizga har safar biror yangi ta’limot beradi. Xulosa Asar yosh bolalar uchun ibrat sifatida o‘qib berilishi mumkin. Uni o‘qib chiqish bolalarcha orzu qilishni to‘xtatgan kattalar uchun ham zarur. Hayotning og‘ir tashvishlarini unutib, asarni o‘qib chiqing. Yengil tortasiz. Dunyoga bolalarcha yengil nigoh bilan qarab yashasak, muammolar miyamizdagina mavjud ekaniga amin bo‘lamiz. Shuni yodda tutishimiz kerakki, kitob yozilgan paytda Ikkinchi jahon urushi davom etayotgandi. Urush davrida esa asardagi har qanday umid uchquni, xayolot yoki yangi hayot orzusi o‘sha paytda yashaganlar uchun juda ko‘p narsani anglatar edi. Iqtiboslar Avvaliga barcha kattalar bola edi, ko‘pchiligi buni eslay olmaydi; O‘zingizni to‘g‘ri baholay olsangiz, unda haqiqatan donosiz; Kattalar raqamlarni yaxshi ko‘radi. Yangi do‘stingiz borligini aytsangiz, ular hech qachon eng muhim narsani so‘ramaydi. Hech qachon “Ovozi qanday? Qanday o‘yinlarni o‘ynashni yaxshi ko‘radi? Kapalak tutadimi?” deb so‘rashmaydi. Ular “U necha yoshda? Nechta aka-ukasi bor? Vazni qancha? Otasi qancha pul topadi?” deb so‘rasydi. Shundan keyin ular bu odamni bilamiz deb o‘ylaydi; Sen tanada emas, harakatlaringda yashaysan. Sen – bu sening harakatlaring. Boshqa sen yo‘q; Odamlar bir haqiqatni unutdi, – dedi Tulki, – ammo hech qachon yodingdan chiqarma: kimniki qo‘lga o‘rgatgan bo‘lsang, uning taqdiriga hamisha javobgarsan. Qiziqarli faktlar - Kitob juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. 2005-yilda u Shimoliy Argentina hindularining toba tiliga tarjima qilindi. Bu juda ajoyib voqea edi, chunki o‘sha paytda toba tiliga tarjima qilingan yagona kitob Injil edi; - Asar qahramoni – uchuvchi-hikoyachining rasmi kitobda yo‘q. Biroq 2014-yilda Nyu-Yorkdagi Morgan kutubxonasi va muzeyida Sent-Ekzyuperining ilgari nashr etilmagan ko‘plab rasmlari, shu jumladan, samolyoti yonida uxlab yotgan uchuvchining surati namoyish etildi; - Ikkinchi jahon urushidan oldin Antuan de Sent-Ekzyuperi Afrika va Janubiy Amerikada pochta yo‘nalishlarida parvoz qilgan va hatto sinov uchuvchisi sifatida ham mashhur bo‘lgan. Parij va Saygon o‘rtasidagi eng tezkor parvoz rekordini buzishga urinayotganida Sent-Ekzyuperi Qohiradan 125 kilometr naridagi cho‘lga qulab tushgan. Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin. Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi? Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida Jamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida “Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman “Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida
67
9,115
Madaniyat
Karen Gafurjanovning Instagram’dagi rasmiy sahifasiga ikki kun ichida yuzlab foydalanuvchilar obuna bo‘ldi
Muxlislarining takliflariga binoan xonanda Karen Gafurjanov Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi. Bu haqda “Daryo”ga xonandaning vakili ma’lum qildi. Xonanda o‘z sahifasining dastlabki kunlarida fotosuratlar bilan birgalikda repetitsiya jarayonlarini o‘zida aks ettirgan videoroliklar ketma-ketligini taqdim etdi, deyiladi xabarnomada. Sahifaga ikki kun ichida Gafurjanovning yuzlab do‘stlari va muxlislari obuna bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bunday e’tiborni kutmagan Karen Gafurjanov do‘stlari va muxlislariga minnatdorchilik bildirib, yangi qo‘shiqlar ustida ishlayotgani va muxlislari uchun ajoyib sovg‘alar tayyorlagani haqida ma’lumot berdi.
106
658
Madaniyat
Shohruhxon va Asal Shodiyeva yangi oilaviy fotosuratlarini taqdim etdi (foto)
Xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodiyeva juftligi yangi oilaviy fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirdi. Suratlarda Shohruhxonning onasi, taniqli rejissor Zebo Navro‘zova, uning ukalari Shuhrat va Muhammadali, kelinlari Xumora va Irodalarni va albatta rafiqasi Asal Shodiyevani ko‘rish mumkin. Oilaning jajji a’zosi, Shuhrat Yo‘ldoshevning o‘g‘li Muhammadrizgar ham oilaviy fotosessiyada ishtirok etgan.
77
430
Madaniyat
Filmlarda ko‘pincha birgalikda rol o‘ynaydigan hamda hayotda ham do‘st tutingan aktyorlar (foto)
Ushbu aktyorlar yaqin do‘sti bilan suratga olish maydonchasida ishlash nimani anglatishini biladi. Ba’zilar bir-birini nafaqat uzoq vaqtdan beri taniydi, balki bolaligidan do‘st tutingan. Shuning uchun bitta filmda ishtirok etish ular uchun hayotidagi katta va muhim voqeadir. Mett Deymon va Ben Afflek Yaqinda tarmoqlarda Ridli Skottning 2021-yilning oktabr oyida namoyish etiladigan yangi “So‘nggi duel” filmining treyleri paydo bo‘ldi. Filmda XIV asr voqealari aks etgan bo‘lib, asosiy rollarni Adam Drayverdan tashqari do‘stlar — Mett Deymon va Ben Afflek ijro etgan. Ushbu tandemda birgalikda yaratilgan ko‘plab filmlar mavjud va ular birgalikda rol o‘ynash imkoniyatidan bosh tortmaydi. Aktyorlar bolaligidan do‘st bo‘lishi bilan birga, ba’zan xayriya tadbirlarini uyushtiradi, shuningdek, ikkalasi birga ovqatlanish imkoniyatidan foydalanadi. Tobi Maguayr va Leonardo Di Kaprio Tobi va Leo yoshligida tanishgan va tez orada til topishib ketgan. Ularning do‘stligi 30 yildan ortiq davom etmoqda va shu vaqt ichida ular mashhurlikka erishdi. Ushbu hamkorlik “Dons Plumning qahvaxonasi” va “Bu bolaning hayoti”ni o‘z ichiga oladi, ammo eng katta umumiy film, albatta, “Buyuk Getsbi” filmi edi. Jennifer Eniston va Pol Radd Jennifer va Pol “Mening hayratim obyekti” komediyasining suratga olish maydonchasida uchrashgan. O‘shandan buyon ularning do‘stligi davom etmoqda. Jennifer va Pol “Do‘stlar” teleserialida rol o‘ynashga taklif qilingan va 2012-yilda ular yana bir filmida rol ijro etdi. Mazkur filmda Eniston va Radd sivilizatsiyadan uzoqroq yashashga qaror qilgan er-xotin obrazini tasvirlagan. Mettyu MakKonaxi va Vudi Xarrelson Ekrandagi Mettyu MakKonaxi va Vudi Xarrelson dueti tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan. Aktyorlar ishtirok etgan “Haqiqiy detektiv” seriali shov-shuvlarga ham sabab bo‘lgan. Ammo aktyorlar ushbu serial chiqarilishidan ko‘p yillar oldin do‘st tutingan. Ularning hisobida yana bir nechta loyihalar mavjud. Tom Xiddlston va Benedikt Kamberbetch Haqiqiy hayotda Tom Xiddlston va Benedikt Kamberbatchning do‘stligiga 10 yildan ortiq vaqt bo‘lgan. Aktyorlar “Jangari ot” dramasida tanishgan. Shundan so‘ng ular nafaqat yaqinlashgan, balki tennis musobaqalariga borishni boshlagan. Bundan tashqari, 2017-yilda “Tor: Ragnaryok” kartinasida ham ishtirok etgan. Kemeron Dias va Dryu Berrimor Kemeron va Dryuning tanishuvi tasodifan sodir bo‘lgan, ular qahvaxonada uchrashgan. O‘sha vaqtda Dias kino olamida birinchi qadamlarini qo‘yayotgan edi va Dryu unga yaqindan yordam bergan. Keyinchalik ular ikkita film suratga tushgan. Do‘stlar bugungi kun bilan faol muloqot qilmoqda va vaqti-vaqti bilan muxlislarni ijtimoiy tarmoqlarda birgalikdagi selfilar bilan quvontirmoqda.
96
2,756
Madaniyat
To‘y uchun million. Nikoh marosimi uchun katta mablag‘ sarflagan yulduzli juftliklar
Gollivudning to‘yi uchun millionlab mablag‘ sarflagan juftliklari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Jastin Timberleyk va Jessika Bill Xonanda va aktrisa 2012-yil 19-oktabrda turmush qurgan. Juftlik to‘yi bo‘lguniga qadar 5 yil uchrashgan, ammo muxlislar ularning rasman turmush qurishidan umidini uzgan. Uzoq kutilgan marosim Italiya janubida bo‘lib o‘tgan. “Oila qurish bag‘oyat ajoyib. Marosim juda yaxshi o‘tdi”, — degan juftlik jurnalistlarga bergan intervyusida. Mashhurlar to‘y uchun 6,5 million dollar sarflagan. Jorj Kluni va Amal Alamuddin Gollivud yulduzi Jorj Kluni kasbi advokat bo‘lgan Amal Alamuddin bilan 2014-yilda turmush qurgan. 4,5 million dollar miqdorda mablag‘ sarflangan marosim Venetsiyada bo‘lib o‘tgan. Mehmonlarni butun shahar bo‘ylab tashish uchun juftlik o‘nlab maxsus kichik kemalarni ijaraga olgan. To‘y uchun aynan bu shaharning tanlanishi Klunining Venetsiya kinofestivaliga bo‘lgan o‘ziga xos sevgisi bilan bog‘liq. Sofiya Vergara va Jo Manganello Yulduzli juftlik 2014-yildagi to‘yi uchun 4 million dollar sarflangan. Palm-Bitchda bo‘lib o‘tgan marosimga 400 nafar mehmon tashrif buyurgan. Mablag‘ning asosiy qismi dekoratsiya uchun sarflangan. Gullar uchun 1 million dollar, yeguliklar uchun esa shundan ikki karra kam mablag‘ ishlatilgan. Juftlik tashrif buyuruvchilardan ularga sovg‘a keltirishdan ko‘ra, xayriyaga pul o‘tkazishni so‘ragan. Kim Kardashyan va Kanye Uest Yulduzli oila hech qachon dabdabali tadbir va marosimlar, xususan, to‘yi uchun ham pul tejamagan. 2014-yil Florensiyada bo‘lgan nikoh marosimiga 200 nafar mehmon tashrif buyurgan. Jami 2,8 million dollar, Fort-Belvederdagi qo‘rg‘onni ijaraga olish uchun yarim million dollar sarflangan. Yana zallarni gullar bilan bezatish uchun million dollar ishlatilgan. Shuncha xarajatga qaramay, yulduzlarning turmushi vaqt sinovidan o‘tmagan. 2021-yilning boshida juftlikning ajrashishga tayyorlanayotgani haqida xabar tarqagan. Kristina Agilera va Jordan Bratman Xonanda va musiqa prodyuseri 2005-yil Kaliforniyada turmush qurgan. To‘y uchun mashhurlar 2 million dollar sarflagan. Birgina kelin ko‘ylakning o‘zi deyarli 100 ming dollarga xarid qilingan, qolgan xarajatlar haqida gapirmasa ham bo‘laveradi. Katta mablag‘ sarflanganiga qaramay, Agilera mehmonlardan hech qanday sovg‘a xarid qilmaslikni, buning o‘rniga Amerikadagi fondlardan biriga xayriya qilishni so‘ragan. Afsuski, juftlik oradan 6 yil o‘tib ajrashishga qaror qilgan.
84
2,436
Madaniyat
Reyting: 2019-yilda eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari (foto)
O‘zbekistondagi barcha filmlarning asosiy taqdimoti Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo‘lib o‘tadi. Jurnalist Feruz Muhammad Alisher Navoiy kinosaroyi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida 2019-yilda eng ko‘p tomoshabin to‘plagan milliy filmlar o‘ntaligini tayyorladi. 10-o‘rin. “Millioner kelin” (komediya) Rejissor — Otabek Mirzaxolov. Namoyishi 15-sentabrdan boshlangan. 9-o‘rin. “Jonim yig‘loqi”. (komediya) Rejissor — Otabek Mirzaxolov. Namoyishi 16-martdan boshlangan. 8-o‘rin. “Istanbullik milliarder” (komediya) Rejissor — Ozod Shams. Namoyishi 10-noyabrdan boshlangan. 7-o‘rin. “Salom, rashk” (komediya) Rejissor — Begzod Joniyev. Namoyishi 26-oktabrda boshlangan. 6-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari) Rejissor — Azamat Ahrorov. Namoyishi 15-martdan boshlangan. 5-o‘rin. “Vasiyat” (drama) Rejissor — Said Muxtorov. Namoyishi 22-noyabrdan boshlangan. 4-o‘rin. “Super xizmatkor” (komediya) Rejissor — Davron Umarov. Namoyishi 12-fevraldan boshlangan. 3-o‘rin. “Muhabbat restorani” ( melodrama) Rejissor — Ikrom Ali. Namoyishi 17-apreldan boshlangan. 2-o‘rin. “Keksa bo‘ydoq” (komediya) Rejissor — Shavkat Komilov. Namoyishi 26-martdan boshlangan. 1-o‘rin. “Snayper” (drama) Rejissor — Ozod Shams. Namoyishi 4-martdan boshlangan.
72
1,283
Madaniyat
Diana Yagofarova: “Super kelinchak”dagi voqealarni hayotda ham boshdan kechirdim
Aktrisa Diana Yagofarova “The Mag” jurnaliga bergan intervyusida shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni oshkor qildi. “Ochig‘ini aytsam, shaxsiy hayot borasida omadim chopgan. Bilasizmi, ‘Super kelinchak’ dagi rolim oilaviy hayotimda o‘ziga xos iz qoldirdi, filmdagi aksariyat hodisalarni hayotda ham boshimdan kechirdim”, — deydi aktrisa. Diana turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida shunday deydi: “Biz Yangi yil bayramidan keyin, restoranda umumiy do‘stlarimiz davrasida tanishdik. Murod meni to‘rt kun bir tadbirda ko‘rgan va o‘shandayoq menga uylanishga qaror qilgan ekan. Taqdirdan qochib qutulib bo‘lmas ekan. To‘rt kundan so‘ng men uning qarshisida turardim. Mana to‘qqiz yildirki, baxtli hayot kechirib, ikki nafar o‘g‘limizni tarbiyalayapmiz. Uzoq yillardan beri birga yashayapmiz va har safar bir-birimizga munosabatga boshqacha yondoshamiz. Axir vaqt o‘tgan sari hammamiz o‘zgaramiz. Rivojlanyapmiz, yangi rollarni o‘zlashtiramiz, mas’uliyat ortadi. Oilamizda eng asosiysi — ishonch, hurmat va sadoqat”. Aktrisa o‘g‘illarini qanday tarbiyalayotgani haqida gapirib, quyidagilarni so‘zlab berdi: “Birinchi navbatda, biz bolalarni emas, o‘zimizni tarbiyalaymiz. Chunki ular bizning aksimiz. Shuning uchun ham o‘z ustimizda ishlash jarayoni to‘xtamaydi. Ota-ona sifatida biz farzandlarimizni faqat qo‘llab-quvvatlash va ulardagi ijodkorlikni rivojlantirishga harakat qilamiz. Farzandlarim san’at bilan shug‘ullanishni istasa, imkoniyat yaratamiz, yadro kimyosi bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘lsa uni ham qo‘llab-quvvatlaymiz”.
80
1,545
Madaniyat
Bred Pitt yuz terisini parvarish qilishga mo‘ljallangan kosmetik brend yaratdi (foto)
“Oskar” sovrindori Bred Pitt “Le Domaine” nomli terini parvarish qilishga mo‘ljallangan kosmetik brendini taqdim etdi. Brend jinsidan qat’i nazar, barcha teri turlari uchun mo‘ljallangan va tabiiy, barqaror mahsulotlardan tayyorlangan. Kosmetikani yaratishda Pitt o‘zining sobiq sevgilisi Gvinet Peltrouning Goop brendidan ilhomlangan. “U hali ham mening do‘stim, u butun bir imperiyani yaratdi. Gvinet kurator sifatida har doim o‘ziga xos bo‘lgan, u uchun bu ajoyib ijodiy imkoniyat edi. Darhaqiqat, u meni kuniga ikki marta yuzimni yuvishga majbur qilardi”, — deb eslaydi Pitt Vogue jurnaliga bergan intervyusida. Krem flyuid-krem, sarum va tozalovchi emulsiyani o‘z ichiga oladi. Le Domaine’ni yaratishda Pittga Perrin vinochilar oilasi sheriklik qilgan. Mahsulotlar ikki xil: Sira va Murvedr uzum navining  qobig‘idagi antioksidantlar va urug‘laridan tayyorlanadi. Ishlab chiqarish jarayonlari Bred Pittning sobiq rafiqasi, Gollivud yulduzi Anjelina Joli bilan birga 2012-yilda sotib olgan Chateau Miraval vino zavodida bo‘lib o‘tdi. Hozirda ularning ikkalasi ham vino zavodi bo‘yicha sud jarayonida ishtirok etmoqda.
85
1,123
Madaniyat
Mikki Maus superqahramonlarga egalik qiladi: Disney kompaniyasi Fox’ni sotib oldi
Animatsion filmlari va oilaviy kinomahsuloti bilan mashhur Walt Disney kinokompaniyasi Fox mediaxoldingini 52,5 milliard dollarga sotib olishini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Shartnomaga ko‘ra, 20th Century Fox kinostudiyasi bilan birga Disney National Geographic, Sky va FX teletarmoqlariga, shuningdek, Marvel personajlari va boshqa kinofranshizalar uchun mualliflik huquqiga ega bo‘ladi. Bular orasida “Iks odamlar”, “Dedpul”, “Fantastik to‘rtlik”, “Yirtqich”, “Begona”, “Maymunlar sayyorasi”, “Avatar” va boshqalar bor. Shartnomaga Fox’ning telebiznesi hamda uning sport va yangilik kanallari kirmadi — ular News Corporation nazorati ostida qoladi.
81
671
Madaniyat
Dilshod Rahmonov san’atga qaytishiga nima turtki bo‘lgani, biznesi va nohaq “zapret”ga tushgani haqida (video)
Xonanda Dilshod Rahmonov “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida oilasi, san’atga qaytishiga nima turtki bo‘lgani, biznesi, so‘ramasdan cover taronalar kuylovchi xonandalarga munosabati, Avaz Oxun konsert dasturida uni askiya qilgani, hech bir sababsiz “zapret”ga tushgani haqida gapirdi. Dilshod Rahmonov oilasi va asli qayerlik ekani haqida “Otam Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. Umri uzoq bo‘lsin, musiqa fani o‘qituvchisi bo‘lgan. Onam esa Toshkent shahridan. Otam bilan institutda o‘qigan paytida tanishgan va turmush qurgan. Oilada 4 ta farzand bo‘lganmiz. Akam rahmatli to‘y xizmatidan qaytishda avtohalokatga uchragan. Otam Farg‘onadan, onam Toshkentdan, o‘zing qayerliksan deb so‘rashsa hazillashib ‘pereval’dan deb qo‘yaman. Aslida farg‘onalikman. Men 1968-yil Toshkentda tug‘ilganman, shundan keyin Farg‘onaga ko‘chib ketganmiz”, — deydi xonanda. Xonandaning san’atga qaytishiga nima turtki bo‘ldi? “Bu dunyo yolg‘on dunyo, inson qachon bu hayotdan ketishini bilmaydi. Biz ham onamning vafot etishini o‘ylamagandik. Konsertlarga chiqqanimda ham ota-onam borligi sababli o‘zimni eng baxtli, boy odamman deb yurardim. Nimaga bu maqtanadi deyishganda, ota-onam tirik bo‘lgandan keyin maqtanaman derdim. Keyin bu voqealar bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng siqilib to‘ylarga ham bormay qo‘ydim. To‘yga borganda boshqa onalarni ko‘rib meni onam qani deb borganda siqilib ichimdan yig‘layman. Ona haqida qo‘shiq aytsam ham ko‘zimga yosh kelardi. Keyin otam to‘yingga bor, xalq xizmatidan qolma dedi. Boshqa kasbim bo‘lmasa bari bir qiladigan ishim shu. Qo‘limdan qo‘shiq aytish keladi, bank sohasida ishlay olmayman, soliqchi bo‘lolmayman. Ishimiz shu, otam san’atga qayt degandan keyin qaytdim”, — deydi Dilshod Rahmonov. Biznesi va Tashkent City’ning qurilishida texnikalari ishlayotgani haqida “Tashkent City’da texnikalarim ishlashi rost. Endi bir yigitga qirq hunar oz deyishadi. Bir kuni leninobodlik xushovoz xonanda Qodir Mirashurov ‘Dilshodjon, hozir zamon sal boshqacha, topganingizga biror narsa qilib qo‘ymasangiz, ertaga hech narsa qilolmay qolasiz. Biz ham vaqtida qoplab pul topganmiz’, — dedi. Shu gapdan keyin, demak, pul kelgan vaqtda biror narsa, uylar, magazinlar, texnikalar yoki boshqa narsa olib qo‘yish kerak ekan dedim. Pul kelganda 1-2 ta ekskavator, yuk tashuvchi mashina olib qo‘ydim, boshimni qotirmayman, unga qaraydigan odam bor, ishlayveradi. Yurtimizga qo‘limizdan kelgancha yordamimiz tegadi. Qish kunlarida ish bo‘lmaydi, yoz kunlarida qurilish bo‘lganida texnikalar ishlaydi. Bu biznes. Mashina haydayotgan yigitlar viloyatlik, ular shuni orqasidan oilasini boqadi. Xalq sabab olganman”, — deydi xonanda. Dilshod Rahmonov so‘ramasdan cover taronalar kuylovchi xonandalarga qanday munosabatda? “O‘zim ham Nuriddin Hamroqulovning bir taronasini kuylaganman, uning o‘g‘li Oybek Hamroqulov yaqin do‘stim bo‘ladi. Keyin Oybekka otasining bir musiqasi menga yoqib qolganini, kuylamoqchiligimni aytdim, u ham rozi bo‘ldi. Borib duosini olib aytganman. Duo olishning sababi ertaga studiya borib o‘sha qo‘shiqni kuylaysan, keyin u chiqib ketdi, lekin musiqa egasining dilini og‘ritib bo‘lmaydi. Balki uni uxlamasdan, oylar, yillar davomida studiyaga borib so‘z, musiqa tanlab yozgandir. Qo‘shiq ham farzanddek yaraladi. Musiqa so‘rab aytilgandan keyin yaxshi natijaga erishadi. So‘ramasdan aytilgan musiqa bir kun, ikki kun eshitiladi, keyin esdan chiqadi. So‘rab aytgan ma’qul”, — deydi Dilshod Rahmonov. Avaz Oxun konsertida uni askiya qilgani haqida “Unaqa narsalarga e’tibor qilmayman. Inson har narsaga e‘tibor bermasligi kerak. Mayli, shuni ma’qul ko‘rgan bo‘lsa. Nima qilibdi? Nazari tushib gapiribdimi, mayli, uni askiyaligini hamma biladi. Men xafa bo‘lmayman, lekin bu degani mening ustimdan hamma qiziqchilar kulaversin degani emas. U hazil qilgan, yomon gap gapirmagan. Hamma ham eslanmaydi”, — deydi xonanda. Xonanda hech bir sababsiz “zapret”ga tushgani va sahnaga chiqa olmagani haqida “Hozir hammasi yaxshi. Oldin hech bir sababsiz ‘zapret’ga tushib qolganman, nimaga unaqa bo‘lganini bilmaganman. Hozir sababini bilaman, menga vatan haqida aytilgan qo‘shiqlaringiz kam deyishgan. Kim sababchiligini ham bilaman, lekin vafot etgan insonning ortidan gapirish yaxshi emas. Hamma joyda gapimni o‘ylab gapiraman, qo‘lim ko‘ksimda, shunda ham boshga uradiganlar topilarkan. Litsenziyamni olganimdan keyin ham menga televizorga kamroq chiqing, deyishgan. Shunaqa voqealar bo‘lgan. Hozir esa qancha chiqsam ham hech kimning ishi yo‘q. Qo‘shiqlarim mashhur bo‘lgan paytda shu ishlar bo‘lgan. Ko‘pchilik, Anvar Sanayev ham ‘zapret’ga tushgan”, — deydi Dilshod Rahmonov.
110
4,629
Madaniyat
Raqsga tushadi, she’r yozadi, komikslarni yaxshi ko‘radi: filmdagi obrazlaridan butunlay farq qiladigan aktyor va aktrisalar (foto)
Suratga olish maydonchasida aktyorlar turli qahramonlarga aylanishlari kerak. Ko‘pincha rol ijrochisi va uning qahramoni o‘rtasida umumiylik bo‘lmaydi. Hayotda ekrandagi yovuz yaxshi xulqli odam bo‘lib chiqishi mumkin, yoki aksincha filmdagi jiddiy obraz quvnoq ayolga aylanadi. Entoni Xopkins Entoni Xopkins o‘zining kuchli dramatik rollari, jumladan, yovuz qahramonlari bilan mashhur. Uning eng dahshatli qahramonlaridan biri — makkor Gannibal Lekter, u odamlarning ustidan kulish bilan birga, bir qarashda hammani qo‘rqitadi ham. Aslida Xopkins yaxshi odam. U hozir 80 yoshda, ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi. Aktyor zamonaviy musiqa ostida raqsga tushgani va mushugi bilan pianino chalayotgani tasvirlangan videolarini ulashib, muxlislarini quvontiradi. Megan Foks Megan doim sarguzasht izlab yuradigan sohibjamol kabi rollari bilan tanilgan. U bunday qahramonlarni, masalan, “Transformerlar” va “Ninza toshbaqalar” filmlarida o‘ynagan. Ammo haqiqiy hayotda aktrisa xotirjam vaqt o‘tkazishni tanlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u kamdan kam hollarda uydan chiqadi va o‘zini muammolardan uzoqroq tutadi. Foks tungi bazmlardan ko‘ra Garri Potter haqidagi komikslar va kitoblarni o‘qishni afzal ko‘radi. Zoi Saldana Zoi ko‘plab jangari filmlarda rol o‘ynagan. Masalan, “Galaktika qo‘riqchilari” serialida u dunyo himoyachisiga aylangan xavfli yollanma askar Gamora qiyofasida paydo bo‘ladi. Ammo aktrisaning o‘zi ancha xotirjam va tartibli hayot kechiradi. Uning uchta farzandi bor va Zoi ona rolini eng qiyin rol deb ataydi. U o‘ziga vaqt ajratishni, dam olishni va bolalar bilan o‘ynashni muhim deb biladi. Rouen Atkinson Rouen o‘zining ahmoqligi tufayli kulgili vaziyatlarga tushib qolgan g‘ayrioddiy janob Bin roli bilan mashhur. Atkinson qahramonidan ko‘ra aqlliroq ekanligi aniq. Masalan, u magistrlik darajasiga ega. Aktyorlik faoliyatini boshlashdan oldin u Oksford universitetida elektrotexnika bo‘yicha tahsil olgan. Stefani Beatris Aktrisaning eng ko‘zga ko‘ringan rollaridan biri “Bruklin 9-9” teleserialidagi detektiv Roza Diazdir. Bu qahramon kamdan kam tabassum qiladi, past ovozda gapiradi va har doim qora kiyim kiyadi. Real hayotda esa quvnoq Stefani o‘zini juda boshqacha tutadi, odamlar u va uning personaji o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan hayratda qolishlarini ta’kidlaydi. Omar Si Omar “1+1” va “2+1” filmlarida beparvo oddiy yigit rollari tufayli mashhur bo‘ldi. Ammo hayotda u jiddiy oilaparvar odam. Si 2007-yilda 10 yil davomida uchrashib yurgan sevgilisi bilan oila qurdi. Hozirda er-xotinning 5 nafar farzandi bor. Mishel Rodriges Filmlarda aktrisa ko‘pincha erkakshoda qiz rolini o‘ynaydi. Uning qahramonlari tashqi ko‘rinishiga ahamiyat bermaydi, ular asosan kuchli mushtlariga ishonadi. Biroq Mishelning hayotdagi uslubi filmdagidan boshqacha. Rasmiy tadbirlarda u hashamatli liboslarda ko‘rinish beradi va qizil gilamda malikaga aylanadi. Viggo Mortensen Viggoning qahramonlari qattiqqo‘lligi bilan ajralib turadi. U “Uzuklar hukmdori” trilogiyasida jangchi Aragorn, “Yashil kitob”da esa qo‘pol mushtumzo‘r rolini o‘ynagan. Ammo hayotda Mortensen ijodkor odam. U she’r yozadi, rasm chizadi, musiqa va fotosuratlarni yaxshi ko‘radi. Tilda Suinton Aktrisa juda ko‘p dahshatli yovuz odamlarni, jumladan, “Narniya yilnomalari: Arslon, jodugar va sehrli shkaf” filmidagi qirolicha Jadis rolini o‘ynagan. Aslida Tilda fitna va shafqatsizlik qiladigan ayol emas. Aksincha, aktrisa foydali ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Masalan, Suinton Shotlandiyada maktabga asos solgan.
131
3,525
Madaniyat
Toshkent mahallalari YuNESKO Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritildi
Toshkent mahallalari YuNESKO Butunjahon madaniy merosining Dastlabki ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`zining telegram kanalida e`lon qildi. Xabarda shunday deyiladi: – Eski shahar mahallalari madaniy qatlamlarini saqlab qolish bo`yicha dastlabki qadamlar 2019 yilda, Venesiya arxitektura Biennalesida taqdim etilgan "Mahalla: shahar va qishloq hayoti" loyihasi ishlab chiqilganda amalga oshirilgan edi.  Mahallalarimiz xalqaro ekspertlar tomonidan eko-arxitekturani tiklash, zamonaviy shaharlarni ommaviy urbanizasiyadan asrash, shuningdek, ijtimoiy qadriyatlar va jamoaviylikni saqlab qolish usuli sifatida e`tirof etildi. Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi YuNESKO bilan hamkorlikda etakchi olim, mutaxassis, arxitektor va tadqiqotchilarni birlashtirdi. Oldimizdan oqqan suvni, ya`ni mahallaning tarixiy qadr-qimmatini, milliy madaniy o`ziga xosligini  anglay boshlaganimizdan juda xursandman.   Tabiiyki, ushbu hududda hech qanday investisiya qurilish loyihalarini amalga oshirishga ruxsat bo`lmaydi.   Toshkentning yuragi bo`lgan qadimiy Zarqaynar ko`chasi taqdiriga samimiy qayg`urayotgan barchaga - jamoatchilik vakillari, faollar, jurnalist va blogerlarga minnatdorchilik bildiramoqchiman. Shuningdek, mahallani asrab qolish loyihasini qo`llab-quvvatlagani va uni Butunjahon tabiiy va madaniy merosi dastlabki ro`yxatiga kiritgani uchun YuNESKO tashkilotiga minnatdorchilik bildiramiz. Mahallani asrab-avaylash masalasida jamoatchilik mas`uliyati va ongli yondashuviga tayangan holda, ushbu yo`nalishda ilmiy-restavrasiya ishlarini davom ettiramiz.
75
1,639
Madaniyat
“Hech narsa besabab bo‘lmaydi”. “Million” jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov jamoani tark etish sabablarini ma’lum qildi (video)
“Million” jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov  “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad uyushtirdi. Intervyu davomida Otabek Mirzaxolov  “Million” jamoasidan ketish sabablari hamda yangi “Milliy art” jamoasi tuzilganligi haqida batafsil gapirib berdi. Hech narsa besabab bo‘lmaydi, bu narsaning ham o‘ziga yarasha sabablari bor. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, shunaqa savollarga javob bermaslik uchun, intervyu berishdan qochib yurgan edim. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, ijod borasida alohida-alohida bo‘lib ijod qilishga qaror qildik. Endi ijod shunaqa ekanda, alohida ijod qiladigan vaqtimiz kelibdi, biz alohida ijod qilishni boshladik. O‘ylashimcha bundan muxlislar faqat yutadi, chunki har yili o‘nta kulgu konserti bo‘layotgan bo‘lsa, bundan buyog‘iga o‘sha konsertlar soni o‘n bitta bo‘ladi. Qo‘ldan kelganicha muxlislarni kuldirishga harakat qilamiz, sababi, qo‘limizdan faqat shu ish keladi. Ijodiy tamonlama bo‘linishga to‘g‘ri kelib qoldi, sababi u guruhda ijod qilayotgan bolalarning formati, ajralib chiqqan bolalarning formatiga to‘g‘ri kelmay qoldi. Bu faqat ijod tomonlama, hayotda biz xuddi avvalgidek aka-ukamiz, bordi-keldimiz bor. Otabek Mirzaxolov, “Milliy art” jamoasi a’zosi
136
1,258
Madaniyat
“Mendirman Jaloliddin” serialining 2 va 3-fasllari suratga olinadi
Shu kunlarda davom etayotgan “Madaniy me`ros haftaligi” doirasida yirik konferensiya va festivallar bilan birgalikda bir qator xalqaro darajadagi uchrashuvlar, yig`ilishlar va madaniy tadbirlar ham o`tkazilmoqda. Navbatdagi “tet-a-tet” uchrashuvi Xiva shahrida, O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovva Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Karimov o`rtasida bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov. Uchrashuvda: Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov turk kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan “Mendirman Jaloliddin” tarixiy-badiiy serialining keyingi fasllarini suratga olishda Ozarbayjon tomonining ham hamkorlik qilishini so`radi. “Jaloliddin Manguberdi shaxsini o`rganishda va tarixiy asarlar yaratishda Ozarbayjon tarixchi va adiblarining xissasi juda katta. Shuning uchun serialning navbatdagi 2 va 3-fasllarini suratga olishda sizlarning ham tajribangizga va yordamingizga tayanamiz”, - dedi vazir. Bu taklif Ozarbayjon madaniyat vaziri tomonidan to`laqonli ma`qullandi va serialda Ozarbayjon aktyorlari ham ishtiroki ta`minlanadigan bo`ldi. Shuningdek, Anar Karimov Nasriddin Afandi haqida O`zbekiston bilan hamkorlikda film suratga olish taklifini ham bildirib, Xo`ja Nasriddin Markaziy Osiyo davlatlari bilan birga Ozarbayjon va Turkiya davlatlarining ham xajviy qahramoni ekanligini eslatib o`tdi. Bunga javoban Ozodbek Nazarbekov qanday hamkorlik lozim bo`lsa tayyorligini bildirdi. "Istasangiz bu filmni Buxoro, Samarqand, Xiva shaharlarida suratga olamiz. Hech qanday dekorasiya qurishga muhtoj bo`lmaymiz. “jonli va ishonarli dekorasiya”ning o`zi bizda bor. Biz tayyormiz!” - dedi u.
66
1,659
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitova vafot etdi
Yangi yilning birinchi kunida noxush xabar tarqaldi: O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Hayitova hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Shov-shuv” nashri xabar berdi. Foto © shov-shuv.uz Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor qandli diabet xastaligidan vafot etgan. Olmaxon Hayitova 1940-yilda Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tug‘ilgan. 1974-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutini tugatgan. 1958—59-yillarda Yangiyo‘l teatrida, 1959-yildan “Xorazm” (Hozirgi “Lazgi”) ansamblida ishlagan. 1993-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘lgan. 1995—2003-yillarda “Oʻzbeknavo” birlashmasining Xorazm viloyati boʻlimida rahbar bolib, 2003-yildan Toshkent madaniyat institutida ishlagan.
52
688
Madaniyat
Toshkentda Kamoliddin Behzod miniatyuralariga bag`ishlangan noyob ko`rgazma bo`lib o`tdi
Unda mehmonlar muzey to`plamida saqlanayotgan zamonaviy rassomlar va xattotlarning miniatyuralari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda OAV.Uz.  “O`zbekiston madaniy merosi – yangi renessans poydevori” xalqaro kongressi mehmonlarining navbatdagi manzili O`zbekiston tasviriy san`at galereyasi bo`ldi. Unda “Kamoliddin Behzod: “Moniyni hijolat qilib”. “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi tomonidan nashr etilgan kitob-albom taqdimoti o`tkazildi. Jumladan, “Kamoliddin Behzod: “Moniyni hijolat qilib” kitob-albomining taqdimoti bilan bir qatorda XIV-XX asr boshlarida qadimiy Samarqand qog`oziga bitilgan xattotlik va qo`lyozma na`munalari namoyish etildi. Ko`rgazmaning asosiy qismi Behzod va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan, hozirgi kunda dunyoning turli muzeylari va kutubxonalarida saqlanayotgan asarlarining litografiyalari, shuningdek, XV–XVI asrlarda yaratilgan Hirot va Buxoro miniatyuralari nusxalaridan iborat bo`ldi.
88
952
Madaniyat
Leonardo Di Kaprio Instagram’dagi sahifasiga “Yoqutiston Oskari” suratini joyladi
“Yoqutiston Oskari” suratini Instagram’dagi sahifasiga joylagan aktyor Leonardo Di Kaprio uning ostida minnatdorlik izohini ham qoldirgan. Bu haqda TJournal xabar beradi. U, ayniqsa, haykalchani yasash uchun o‘z taqinchoqlarini bergan ayollarga alohida minnatdorlik bildirgan. Aktyor, shuningdek, Yoqutiston iqlim o‘zgarishlariga juda ta’sirchan hudud ekanligini eslatib o‘tgan. Yaqinda “Oskar”ga ega bo‘lgan Leonardo Di Kaprio Yoqutistonda boshlangan aksiya doirasida “xalq Oskari” bilan taqdirlanganligi haqida ma’lum qilingan edi.
81
534
Madaniyat
Ularning kunlik gonorarini boshqalar bir oyda topadi: O‘zbek kinosining “eng qimmat” aktrisalari reytingi (foto)
Ijodkorlarning qancha haq olishi ko‘pchilik uchun qiziq. Har yili xorij kinoyulduzlarining yillik daromadlari ommaga e’lon qilinadi, ammo o‘zbek ijodkorlarining daromadlari haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi. Aslida, uni oshkor etishning yomon tomoni yo‘q. Gonorar ijodkorning mehnatiga yarasha to‘lanadigan haq hisoblanadi. O‘zbek kinosining taniqli rejissorlari bilan muloqotda bo‘lib, bugungi kundagi eng talabgir aktrisalar va ularning kunlik gonorar miqdorini o‘rganishga qaror qildik. Durdona To‘laganova  –  “Jurnalist”, “Sevgi”, “Shukrona”, “Sensiz” seriallari va “Koreyalik kelin”, “Ojiza”, “Ayriliq”, “Yo‘qotilgan jannat”, “Hijron” filmlarining rejissori: Dilshod Ahmedov – “Vijdon azobi”, “Fitna”, “Saboq”, “Omonat” va “Jumboq” serillari rejissori: Ruslan Mirzayev – “Snayper”, “Yondiradi, kuydiradi”, “Farhod va Shirin”, “Jodugar” filmlari va “Yuraklar jangi” seriali prodyuseri: Shavkat Komilov – “Komila”, “Singlim”, “Aybsiz aybdor” filmlari va “Zalolat”, “Mazlumlar” seriallari prodyuseri va rejissori: Umid Xusanov – “Daydi qizning daftari” seriali rejissori: Rejissor va prodyuserlarning fikrlarini umumiylashtirib, hozirgi kunda eng talab yuqori bo‘lgan aktrisalar va ularning gonarar miqdori qanchaligini bilishga harakat qildik. 1. Dilnoza Kubayeva – injiq va mas’uliyatli ijodkor. U seriallarda suratga tushishni yoqtirmaydi. Uning kunlik gonorar miqdori 500—700 AQSh dollarini tashkil etadi. 2. Asal Shodiyeva ijodiy takliflarni qabul qilishda partnyorlarning kimligiga alohida e’tibor beradi. Uning injiq va qaysarligini inobatga olmaganda, u bilan ishlash maroqli. Aktrisaning kunlik gonorar miqdori taxminan 500 AQSh dollarini tashkil etadi. 3. Zarina Nizomiddinova – atrofdagilar kayfiyati bilan hisoblashishlarini istaydigan aktrisa. U uchun pul unchalik ahamiyatga ega emas. Shu bois, vaziyatga qarab gonorar miqdorini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin. Uning kunlik gonorari taxminan 300—500 AQSh dollarini tashkil etadi. 4. Shahzoda Matchonova – o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, suratga olish maydonchasida yonib ishlaydigan aktrisa. Uning gonorar miqdori 300—500 AQSh dollarini tashkil etadi. Ammo keyingi paytlarda u faqat kliplarda suratga tushmoqda. Aktrisa yirik loyihalarda ishtirok etishni istamayapti. 5. Rayhon Ulasenova – mahoratli va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan ijodkor. Uning kunlik gonorar haqqi 250—300 AQSh dollarini tashkil etadi. Faqat aktrisaning bo‘sh vaqtini topish nihoyatda mushkul. Chunki uning to‘y-xizmatlaridagi gonorari bundan ancha qimmat. 6. Ra’no Shodiyeva – ochiqqo‘ngil aktrisa hech kimni xafa qilishni istamaydi. Debyutant rejissor va prodyuserlarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bois, uning gonorar haqqi haqida aniq raqamlarni aytish mushkul. O‘rtacha gonorari kuniga 200 AQSh dollarini tashkil etadi. 7. Nigora Karimboyeva – talabchan va barchadan professionallikni talab qiladigan ijodkor. Uning kunlik gonorar haqqi 200 AQSh dollarini tashkil etadi. 8. Feruza Normatova, Shahzoda Muhammedova, Durdona Qurbonova — bu yosh aktrisalarning kunlik gonorari 100-150 AQSh dollarini tashkil etadi. Mazkur ro‘yxatdan aktrisa Yulduz Rajabova ham o‘rin egallashi kerak edi. Chunki u ham o‘zbek kino san’atidagi eng qimmat aktrisalardan biri hisoblanadi. Aktrisa so‘nggi yillarda xususiy kinostudiyalar bilan ishlamayapti va serillardan tushadigan takliflarni rad etmoqda.
112
3,368
Madaniyat
“Ko‘zimga yosh kelgan, ‘Million’ o‘ldi deganlar bo‘lgan”. Alisher Botirov “Million” bo‘linganidagi holati haqida gapirdi
“Million” jamoasining a’zosi Alisher Botirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Alisher Botirov “Million” jamoasi ikkiga bo‘linganidagi holati haqida gapirib berdi. Biz o‘zi 90 foiz bo‘linib bo‘lgan edik. Umid, Mirkomil, Davron va men bir kafeda o‘tirib, ‘shunaqa vaziyat, nima qilamiz, hammaning o‘z fikri, ongi va zaboni bor. Bolalar gapirsin’ deb Davron gapirdi. O‘shanda men ham o‘zimning fikrimni aytganman. ‘Davron, qaysi yo‘l to‘g‘ri ekanligini bilmayman, lekin xalq meni ‘Million’ning orqasidan tanidi. Men ‘Million’ degan qayiqda suza boshladim. Men bu qayiqdan sakrab qolmoqchi emasman, cho‘kib ham ketmoqchi emasman. Qayergacha yetsam-yetmasam, ‘Million’ qayig‘ida suzib ketaveramiz’ deb javob berganman. Ishonasizmi, ko‘zimga yosh kelgan. Hatto tayyorgarlik jarayonida ham o‘zimizga kela olmaganmiz. 60-70% odam ‘Million’ o‘ldi degan fikrlarni bildirishgan. Konsertning birinchi kuni juda og‘ir bo‘lgan, qiynalganmiz. Yonimizga qaraymiz — sheriklarimiz boshqalar. Uchinchi, to‘rtinchi kundan ko‘nika boshlaganmiz. ‘Bravo’ jamoasi bilan munosabatlarim yaxshi. Menda hech qanaqa muammo yo‘q. Hammasi bilan yaxshi munosabatdaman. Avval qanday bo‘lsam, shundayman. Adashmasam besh kun avval Otabek bilan gaplashdim. Ularning konsertida Mirkomil bilan mehmon ham bo‘ldik. Alisher Botirov, “Million” jamoasi a’zosi
120
1,397
Madaniyat
Ulug`bek Rustamov: “Muqimiy ilmli va xalqparvar inson bo`lgan"
“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “O`zbekfilm”  DUK tomonidan Fotih Jalolov rejissyorligida "Muqimiy" tarixiy-badiiy filmining tasvirga olish ishlari yakunlanib, hozirda premeraga tayyorgarlik ko`rilmoqda. Bu  haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Filmda Muqimiy obrazini yaratgan yosh, mahoratli aktyor Ulug`bek Rustamov qahramoni haqida  gapirib berdi: – Har bir aktyorda tarixiy asarda ishlash, tarixiy obraz yaratish orzusi bo`ladi. Menda ham shunday niyat bor edi va nihoyat orzuyim amalga oshdi. Ochig`i, avval Muqimiy shaxsi va hayoti haqida to`liq ma`lumotga ega emasdim. Film suratga olina boshlagach, obraz ustida ishlash jarayoni biroz qiyin kechdi,  ammo suratga olish jarayonlari vaqtida qahramonim haqida ko`p ma`lumotlarga ega bo`ldim. Muqimiy mohir xattot bo`lish bilan birga, xokisor, ilmli, xalqparvar inson va xalq ma`naviyati, ma`rifati uchun kurashgan, umrini ezgu amallarga bag`ishlagan shaxs bo`lgan. Filmda uning shaxsi va xarakteri ochib beriladi. Tez kunlarda namoyishi kutilayotgan "Muqimiy" filmida rollarni Behzod Hamroev, Adiz Rajabov, Marjona Umjonova, Nargiza Matkarimova, Ma`rifat Ortiqova, Gulruh Pirnazarova, Ulug`bek Rustamov va boshqalar ijro etishgan. Film postanovkachi rejissyori Fotih Jalolov, ssenariy muallifi Rustam Jabborov, postanovkachi operator Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom Alisher Umrzoqov, liboslar bo`yicha rassom Anastasiya Reym, kompozitor Toir Qo`ziev, kartina direktori Shahnoza Sirojiddinova.
62
1,501
Madaniyat
Shvetsiya akademiyasi Dilanning sukutini “takabburlik va hurmatsizlik” deb atadi
Shvetsiya akademiyasi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan amerikalik xonanda Bob Dilan bilan hozirgacha bog‘lana olmadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda. Akademiya Dilanning bu tariqa sukutini “takabburlik va hurmatsizlik” deb atadi. Dilan shu kungacha mukofot olganiga izoh bermadi. U Nobel mukofoti laureati bo‘lgani haqidagi ma’lumot xonandaning saytida bir muddat paydo bo‘ldi, biroq ko‘p o‘tmay olib tashlandi.
80
435
Madaniyat
Yulduz Usmonovaning yangi klipida Dilnoza Kubayeva va Rixsitilla Abdullayev rol ijro etdi (foto va video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Tut qo‘limdan” deb nomlangan qo‘shig‘i uchun klip suratga oldirdi. Klipni rejissor Jonrid Sagdiyev tasvirga oldi. Videoasarda bosh rollarni taniqli aktyorlar Rixsitilla Abdullayev va Dilnoza Kubayevalar ijro etdi. Yangi klip tez kunlarda muxlislar e’tiboriga havola etiladi. View this post on Instagram
105
361
Madaniyat
“Ishdagi ishq”dagi Alisa Freyndlix va 40 yoshdan keyin mashhurlikka erishgan boshqa yulduzlar (foto)
Muvaffaqiyat va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun hech qachon kech bo‘lmaydi. Quyida nomi keltirilgan yulduzlarning hayoti esa buning yaqqol misoli. Kim Ketroll, 64 yosh Bir-biridan qiziq qahramonlarni gavdalantirgan aktrisaning yaqinda 65 yoshga to‘lishini tasavvur qilish qiyin. Bundan 20 yil avval ekranlarda ko‘rinish bergan Kim 40 yoshida ham 20 yashar qizlar singari go‘zal va latofatli ko‘ringan. Melissa Makkarti, 50 yosh Amerikalik Melissa Makkarti aktrisalikdan tashqari, ssenariy muallifi va prodyuser sifatida ham yaxshi ma’lum. 2011-yildagi suratga olish jarayonlaridan keyin mashhurlikka erishgan. U vaqtlarda Melissaning ko‘rinishidan uni 40 yosh ekanligini bilish oson bo‘lmagan. Jan Reno, 72 yosh 1979-yilda suratga tushishni boshlagan aktyor 1985-yillarda mashhurlikka erishgan va bu vaqtda 40 yoshda bo‘lgan. Bugungi kunda Parij, Los-Anjeles va Malayziyada uylari bor aktyorni yangi loyihaga jalb qilish uchun rejissorlar navbatda turadi. Yuliya Aug, 50 yosh Bir qancha loyihalarda ishtirok etib ulgurganiga qaramay, aktrisa “Yekaterina” seriali ekran yuzini ko‘rganidan keyin mashhurlikka erishgan. U vaqtda 43 yosh bo‘lgan Yuliya qirolicha Yelizaveta rolini gavdalantirgan. Morgan Frimen, 83 yosh Aktyorga mashhurlik juda kech — 1989-yilda, u 52 yoshidaligida kelgan. “Deyzi xonimning haydovchisi” filmidagi ijrosi omadli chiqqanidan keyin unga rejissorlar tomonidan turli takliflar kelishi to‘xtamagan. Samuel L.Jekson, 71 yosh Amerikalik aktyor va prodyuser Samuel “Pulp Fiction” filmi ekran yuzini ko‘rganidan keyin mashhurlikka erishgan. U vaqtda 46 yosh bo‘lgan aktyor shundan keyin bir qancha filmlarda rol ijro qilib, ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda 71 yashar Samuel bugungi kunda ham ijrosi bilan muxlislarni xursand qilishda davom etadi. Alisa Freyndlix, 85 yosh Rejissor Eldar Ryazanovning “Ishdagi ishq” filmidagi roli Alisaning yulduzga aylanishiga sabab bo‘lgan. U bunga qadar ham suratga tushganiga qaramay, aynan mazkur rolidan keyin nafaqat Rossiya, balki bosha sovet mamlakatlarida ham mashhurlikka erishgan. Shundan keyin “Kalugina effekti” degan tushuncha paydo bo‘lgan va ishga mukkasidan ketgan ayol-qizlar tashqi ko‘rinishiga e’tibor bera boshlagan. Stiv Karell, 58 yosh Stiv turli film va shoularda ishtirok etganiga qaramay, mashhurlikka 43 yoshida erishgan. Shundan keyin yulduzli karyerasi boshlangan Karellning arsenalida bir qancha esda qolarli rollar bor.
100
2,462
Madaniyat
“Xonandalar doimgidek toshlar ostida”. Munisa Rizayeva “birrov” xizmati uchun oladigan 700 dollar muhokamalariga javob berdi
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida to‘y va marosimlardagi “birrov” xizmati narxi muhokamalarga sabab bo‘lgani uchun ushbu fikrlarga o‘zining munosabatini bildirib o‘tdi. Munisa Rizayevaning ta’kidlashicha, u “birrov” xizmati uchun oladigan 700 dollar puldan bir oyda 150 ga yaqin insonlar foyda ko‘radi. Bugungi kunda aholi har bir mansabdor, mashhur, e’tiborga tushgan insonlarni hatto xarajatigacha kuzatmoqda. Xonandalar ham har doimgidek toshlar ostida. Men Munisa Rizayeva 4 ta qo‘shiq ijro etsam-da, mening jamoamdagi insonlar-chi? Har biri o‘z ishining ustasi, shuning uchun ham ularning mehnatlarini qoplab bera olishim zarur. Mening ijodimdan umumiy bir oyda 150 ga yaqin insonlar foyda ko‘radi. Men 700 dollarning hammasini o‘zim uchun olmayman! Nafaqat men bugungi shou-biznes buni talab qilgani uchun estradamizning barcha vakillarida shunday. Xulosa o‘zingizdan. Munisa Rizayeva, xonanda
124
925
Madaniyat
Zohid “Ummon” guruhini tark etdi
Yoshlarning sevimli guruhlaridan biri “Ummon” tarkibida o‘zgarish ro‘y berdi: guruh asoschilaridan biri Zohid uni tark etdi. Bu haqda My Day xabar bermoqda. Guruh muxlislari bu xabarga ishonishni istamay xonandalarni ijtimoiy tarmoqlarda savollarga ko‘mib tashladi. Guruh a’zosi Shohruh ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalarining birida bu xabarni tasdiqlovchi izoh qoldirdi. Ma’lumot uchun, guruh 2007-yilda tashkil topgan bo‘lib, avvaliga “Jazo” deb nomlangan, so‘ng “Ummon”ga o‘zgartirilgandi. Ilk marta 2010-yilda “Turkiston” saroyining yozgi maydonida konsert bergan. Guruhning “Qanday unutding”, “Aldangan qiz”, “Yettinchi qavat”, “Do‘st”, “Boylik” kabi taronalari xit darajasiga ko‘tarilgandi.
32
702
Madaniyat
"Taxt o`yinlari" ning ilk sahnasi 3000 dona pechenedan tayyorlandi (Video)
“Taxt o`yinlari”ning ilk sahnasi 3000 dona pechenedan tayyorlandi, deb xabar qildi Life.ru nashri. Bularning barchasi tashabbuskori Oreo brendi bo`lgan reklama kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan. Bu lavha, turgan gap, NVO telekanali bilan hamkorlikda yaratilgan. Mazkur pechenelar 8 apreldan sotuvga chiqarildi.
74
319
Madaniyat
Ledi Gaga Dalay-lama bilan uchrashuvidan so‘ng Xitoyda persona non grataga aylandi
Ledi Gaga Dalay-lama bilan uchrashuvidan so‘ng Xitoy kommunistlar partiyasining “tashqi dushman kuchlar” ro‘yxatiga kiritildi va mamlakatda persona non grataga aylandi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Amerikalik xonanda va Dalay-lamaning uchrashuvi 26-iyun, yakshanba kuni Indianapolisda, AQSh merlari anjumanida bo‘lib o‘tdi. Gaga quvg‘indagi Tibet oliy rahbari bilan anjuman sahnasida va shaxsan suhbatlashdi. Ular meditatsiya, ruhiy salomatlik va insoniyat xalos bo‘lishi lozim bo‘lgan illatlarni muhokama qilgani bildirilmoqda. Rasmiy Pekin Xitoy hududida Ledi Gaganing barcha qo‘shiqlarini taqiqlash yuzasidan ko‘rsatma berdi. Mahalliy veb-saytlar uning treklarini tarmoqda tarqatmasligi, davlat OAVlari esa Dalay-lama bilan uchrashuvni qoralashi lozim. Oldinroq shu sababga ko‘ra Xitoyda Oasis va Maroon 5 guruhlari, shuningdek, xonanda Byork ijodi man etilgandi.
82
872
Madaniyat
Rashid Xoliqov to‘ng‘ich o‘g‘li Sanjarni uylantirmoqda
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqovning to‘ng‘ich o‘g‘li, xonanda Sanjar Xoliqov uylanmoqda. Shu kunlarda Sanjar va Asilyaning fotihasi bo‘lib o‘tgan. Yoshlarning nikoh to‘yi sanasi hali aniq emas. Rashid Xoliqov ikkinchi o‘g‘li Islomni 2018-yilning 7-aprelida uylantirgan edi. Xonanda 2020-yil 4-yanvar kuni nabirali bo‘ldi hamda shu munosabat bilan rafiqasiga BMW X7, keliniga Malibu sovg‘a qildi.
54
418
Madaniyat
Erta so‘ngan yorqin yulduz: Chedvik Bouzmanning hayot va ijod yo‘li
Chedvik Bouzman chindan ham iste’dodli hamda yorqin yulduzga aylangan aktyorlardan biri edi. Uning har bir roli tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Afsuski, “Qora pantera” filmining bosh qahramoni endi yo‘q, uni faqat esdalik bo‘lib qolgan filmdagi rollari orqali ko‘rish mumkin, xolos. 28-avgust kuni saraton kasalligi oqibatida vafot etgan taniqli aktyorning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz. Yoshligi Kichkintoy Chedvik AQShning Janubiy Karolina shtatida yashovchi oddiy oilada dunyoga kelgan. Ota-onalar farzandiga hamisha eng yaxshisini berishga harakat qildi. Otasi kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullanar, onasi esa hamshira bo‘lib ishlagan. Keyinchalik Chedvikning so‘zlariga ko‘ra ma’lum bo‘lgandiki, u qora tanli bo‘lganligi uchun ko‘p joylarda ta’qiblarga uchragan. Tabiiyki, bunday holatlar uning hududida tez-tez uchrab turgan. Maktabni tugatganidan so‘ng Chedvik rejissorlik faoliyati bo‘yicha ta’lim oldi. Ammo aktyor bu bilan qoniqmadi va Drama akademiyasining aspirantura bosqichida ham o‘qidi. U aktyorlikda to‘xtashni istamagan bo‘lsa-da, vaqt o‘tib, bor e’tiborini aynan shu sohaga qaratdi. Bundan tashqari yulduz yoshligidan basketbol bilan shug‘ullanar edi va bu uning karyerasida ham yordam berdi. Karyerasi Ta’lim olish jarayoni tugaganidan so‘ng Chedvik mutaxassisligi bo‘yicha ish boshladi, u televizion film va seriallar uchun ssenariylar yozdi. Keyinchalik u o‘zini aktyor sifatida sinab ko‘rishga qaror qiladi. Faqatgina seriallardagi bir nechta rollaridan so‘ng u katta ekranlarda ko‘rindi. Masalan, “42” kartinasida bosh rolni ijro etdi. Kastingdan so‘ng darhol bosh rolga tasdiqlanganiga qaramay, u o‘sha paytda ham aktyorlikdan voz kechish va o‘zini rejissorlik hamda sahnalashtirishga bag‘ishlash haqida o‘ylar edi. “42” kartinasidan so‘ng aktyor bir nechta rollar ijro etdi. Ammo “Kapitan Amerika: Birinchi qasoskor” filmidagi Qora pantera roli uning karyerasida muhim voqea bo‘lib qoldi. Kartina namoyishidan so‘ng ham u bir necha bor Marvel’ning filmlarida suratga tushdi. Ulardan yana bir mashhuri 2018-yilgi “Qora pantera” filmi bo‘ldi. Aktyorning so‘nggi ijrosi Spayk Li obrazi bo‘lib, bu rol “Bir xil qonning beshtasi” filmida ijro etilgandi. Aynan shu filmda Chedvikni tashvishga solgan irqchilik muammosi yoritilgan. Shaxsiy hayoti va og‘ir kasallik Bouzmanning o‘limidan keyin jurnalistlar uning hayotini chuqurroq o‘rganib, aktyorning hech kimga oshkor qilmay uylanganini aniqladi. Chedvikning ko‘ngil qo‘ygan insoni Teylor Simona Ledvard edi. Ular besh yilcha uchrashib yurgan. Juftlik 2019-yilning oktabrida nikohdan o‘tgan. Aktyor va uning sevgilisi Simona. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yil aktyorning sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lgan va unga yo‘g‘on ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan. Aktyor kasallikka qarshi jasorat bilan kurashdi va bu haqda biror marta jamoatga ochiqlamadi. Ammo so‘nggi vaqtlarga borib, muxlislari yulduzni qandaydir muammo qiynayotganini sezib qoldi. Sababi Chedvik juda ozg‘in va horg‘in ko‘rinishga kelib qolgandi. Shavqatsiz kasallik tufayli Chedvik Bouzman 2020-yilning 28-avgust kuni bu olamni tark etdi.
67
3,090
Madaniyat
Gollivud yulduzlari aeroportlarda o‘zini qanday tutadi? Sobiq aeroport xodimi ularning xushmuomalalik darajasi reytingini tuzdi
Los-Anjeles aeroportining Sindi ismli sobiq xodimi o‘zi xizmat ko‘rsatgan mashhur yulduzlarning boadab va xushmuomalalik darajasini 10 balli shkalada baholadi. Sindi yulduzlar haqidagi fikrlari bilan Tik Tok’da bo‘lishgan, deb yozadi Glamour. Kendall 2 ball bilan ro‘yxat oxiridan o‘rin olgan. Sindining so‘zlariga qaraganda, 24 yashar model juda ham kekkaygan va xodimlarga samimiy munosabatda bo‘lmagan. Niki Minaj ham 2 ballga loyiq deb topilgan. Sindining aytishicha, Niki boshqalar tushmaguncha samolyotdan tushmasligini aytib, xodimlar ishiga xalal bergan. Samimiy munosabatda bo‘lgan Kris Evansga 8, Kris Xemsvortga esa 10 ball qo‘yilgan. Xemsvort juda ham xushmuomala bo‘lgan, ayrim xodimlarni o‘z ismi bilan aytib chaqirgan. Jensen Eklz 7,5, uning hamkasb Jared Padaleki esa 10 balli shkaladan 12 ballga loyiq ko‘rilgan. Shuningdek, “Juda ham g‘alati ishlar” seriali aktyorlari Geyten Matarazzo 10, Nataliya Dayer va Charli Xitonga esa 9 ball qo‘yilgan. Sindi Orlando Blumni xushchaqchaq, Jo Jonas va Sofi Ternerni esa ajoyib odamlar deb atagan. Rebel Uilson juda ham oddiy, Dakota Jonson esa reysni o‘tkazib yuborganiga hazil bilan yondashgani uchun 9 ball olgan. Robert Pattinson unga bir marta ko‘zini qisgan, Anna Ferris esa mavjud 10 balli shkaladan ham yuqori – 12 ballga loyiq deb topilgan. Bunga uning Sindi bilan dugonasidek munosabatda bo‘lgani sabab bo‘lgan va xodim hayotida bunday insonni uchratmaganini bildirgan.
127
1,442
Madaniyat
Instagram: Yulduz Usmonovaning hokimiyatga murojaati, parhez tufayli kasalxonaga tushgan Iroda Nosirova, “jarohatlangan” Javohir Zokirov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Umidaxon imijini o‘zgartirdi. Yulduz Usmonova Marg‘ilondagi bolaligi o‘tgan hovlida iftorlik tashkillashtirdi. U, shuningdek, Marg‘ilon shahridagi tarixiy qadamjolarni ham ziyorat qildi hamda ushbu jarayonda shahardagi yo‘llarning ta’mirtalab ekanligiga guvoh bo‘ldi. Yulduz Usmonova Marg‘ilon shahar hokimligiga murojaat qilib, yo‘llarga e’tibor berishni so‘radi. Bollivud aktrisasi Madhuri Dikshit koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini oldi. Burak O‘zchivit o‘zi hamkorlik qiladigan kiyim brendining yangi fotosessiyasida suratga tushdi. Uchinchi marta ota-ona bo‘lish arafasida turgan Oybek va Nigora “O‘g‘ilmi yoki qiz?” mavzusida fotosessiya uyushtirdi. Madina Mumtoz turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan turk tilida tabrikladi. Yulduz Nizomova otlar bilan tushgan suratini “muhabbat” deb atadi. Teleboshlovchi Iroda Nosirova ozish uchun qattiq parhez qilib, kasalxonaga tushib qolgani haqida so‘zlab berdi. Sitora Alimjonova kitoblarga mehri va katta kutubxonasi bo‘lishini orzu qilishi haqida post yozdi. Otabek Mirzaxolov “Setora” va “VIA Marokand”ning yangi klipi uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Javohir Zokirov “Mendirman” seriali haqida gapirgan Ozod Shamsga “ko‘rsatib qo‘ymoqchi” bo‘ldi, oqibatda esa o‘zi jarohatlandi.
136
1,410
Madaniyat
“Ular juda ko‘p savol berishyapti”: Keyt Middlton qirolicha Yelizaveta II ning vafoti uning chevaralariga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi
Uels malikasining so‘zlariga ko‘ra, shahzoda Jorj endi katta buvisi qanchalik ahamiyatli inson ekanini tushundi, shahzoda Lui esa nima bo‘layotganini anglashga bor kuchi bilan harakat qilmoqda, deb yozadi “Pravila jizni”. Qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimi oldidan Hamdo‘stlik mamlakatlari general-gubernatorlari uchun uyushtirilgan yig‘ilishda Keyt Middlton o‘zi va shahzoda Uilyamning farzandlari katta buvisining o‘limi uchun qanchalik qayg‘urayotgani bilan o‘rtoqlashdi. Avstraliya general-gubernatori Devid Xerlining so‘zlariga ko‘ra, Uels malikasining to‘ng‘ich o‘g‘li, to‘qqiz yoshli Jorj endi katta buvisi qanchalik ahamiyatli inson ekani va hozirda nima ro‘y berayotganini tushungan. Yetti yoshli Sharlotta va to‘rt yashar Lui buni tushunishga hali kichkina. Shuning uchun shahzoda Lui ota-onasidan Balmoral qal’asiga yozgi tashrifi xuddi avvalgidek bo‘lishi haqida so‘ragan. Bolalar shunday savollar bermoqda: “Sizningcha, biz Balmoralga borganimizda, u yerda buvim bo‘lmasalar ham, hamma o‘yinlarni o‘ynay olamizmi? — dedi Xerli. Shotlandiyadagi Balmoral qal’asi qirollik oilasi uchun an’anaviy yozgi manzildir. Biroq bu yil qirolicha Yelizaveta II sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u yerdan Londonga qaytib kela olmadi va 2022-yil 8-sentabr kuni Bukingem saroyi uning vafoti haqida e’lon qildi. 2022-yil 19-sentabr kuni shahzoda Jorj va malika Sharlotta buvisining dafn marosimida ishtirok etdi. Uels shahzodasi va malika o‘z farzandlari marosimda bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qligini uzoq o‘yladi (qirollik oilasining boshqa farzandlari, masalan, kenja o‘g‘li Lui uyda qoldi).
142
1,592
Madaniyat
Marg`ilonda drama teatr ish boshladi (foto)
Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida ish boshlagan drama teatrining binosi foydalanishga topshirildi. Teatr binosining ochilishi katta shodiyonaga aylandi, deb yozadi O`zA. O`zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi, O`zbekiston xalq artisti Yo.Ahmedov va boshqalar mamlakatimizda milliy teatr san`atini rivojlantirish, san`atimizning mumtoz an`analarini asrab-avaylash, yangi sahna asarlari yaratish masalalariga qaratilayotgan alohida e`tibor yuksak samaralar berayotganini ta`kidladi. Farg`ona viloyatida ham teatrlar faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi uch yilda Farg`ona shahrida Teatr-konsert saroyi, viloyat qo`g`irchoq teatri qurildi, viloyat rus drama teatri hamda Qo`qon shahar musiqali drama teatri binolari rekonstruksiya qilindi. "Maqom maktabi" va "Askiya maktabi" tashkil etildi. Marg`ilon shahri azaldan madaniyat va san`at maskani sifatida ham dovrug` qozongan. Bu erdan Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usmon qiziq, Tamaraxonim, Mukarramaxonim, Sattor buva, Madali hofiz, Jo`raxon Sultonov, Ma`murjon Uzoqov, Madaminjon Yusupov kabi san`atkorlar etishib chiqqan. Drama teatrining tashkil etilishi esa, yangi-yangi asarlar yaratilishiga xizmat qiladi. Mazkur drama teatri binosi san`at ixlosmandlari, teatr fidoyilari, keng jamoatchilik uchun o`ziga xos tuhfa bo`ldi. 200 o`rinli tomosha zalida zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Viloyat musiqali drama teatri va rus drama teatri ijodkorlari spektakllardan parchalar namoyish etdi. Tadbirda Farg`ona viloyati hokimi Sh.G`aniev so`zga chiqdi.
43
1,595
Madaniyat
Tomoshabinni “ekranga mixlab qo‘yadigan” turk seriallari
Butun dunyo bo‘ylab turk kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan loyihalarga bo‘lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Dam olish kunlari va kechki hordiq chiqarish uchun qanday serial ko‘rsam ekan, deb bosh qotiradiganlar uchun qiziqarli voqealar rivojidan tashkil topgan va mahoratli aktyor hamda aktrisalar ishtirok etgan ijod namunalarini tavsiya qilamiz. “Qahraton” “Sevgi iztirobi” ijodkorlari tomonidan suratga olingan mazkur serialda muxlislar Feruza ismli oddiy turk qizi haqidagi voqealarga guvoh bo‘ladi. Qiz otasining qamoqqa olinishiga sababchi bo‘lgan odamning tashkilotiga ishga kiradi. Yangi ishi sabab Feruza bundan bir necha yil avval besabab yo‘q bo‘lib qolgan sobiq sevgilisi bilan uchrashadi. Shundan keyin qiz nafaqat oila a’zolari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi, otasini qutqarishi, balki sevgisi uchun ham kurashishiga to‘g‘ri keladi. “Elchining qizi” 2019-yilda taqdim qilingan “Elchining qizi” muxlislar qalbidan joy olishga ulgurgan seriallardan sanaladi. Unda badavlat oilaning qizi va oddiy oilaning o‘g‘li bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Ammo kunlardan bir kuni qahramon qiz Nare izsiz yo‘q bo‘lib qoladi. Sevgilisini yo‘qotgan Sanjar hayotini tubdan o‘zgartirishga qaror qiladi. Bir vaqtlar otasi ishlagan korxonada rahbar bo‘lishga erishadi va boshqa bir qizga uylanmoqchi bo‘ladi. Ularning to‘yi kuni sobiq qaylig‘i Nare paydo bo‘ladi. Juftlik turli qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, ammo bir-biriga bo‘lgan sevgisi aslo so‘nmaydi. “Beqaror” 2019-yilda suratga olingan mazkur serial nafaqat Turkiya balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan. Unda nafratdan tug‘ilgan sevgiga asoslangan voqealar rivojini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Miran ismli qahramon oilasining qasosini olish uchun Reyan ismli qizga uylanmoqchi bo‘ladi. Uning sha’ni va familiyasiga loy chaplashni rejalashtirgan yigit o‘zi bilmagan holda qizga bog‘lanib qoladi. “Shimol yulduzi” Mazkur serial ham sevgi va nafrat haqida hikoya qiladi. Unda bir qishloqda tug‘ilib o‘sgan yigit va qiz turmush qurmoqchi bo‘ladi. Ammo hammasi yigitning Istanbulga ketib, boshqa qizni sevib qolganidan keyin o‘zgaradi. “Farhod va Shirin” Tolga Saritash va Leyla Tanlar ijrosini shunchalik qoyillatganidan tomoshabin o‘z muammolarini unutib, ularning munosabati uchun qayg‘urishi mumkin. Kelib chiqishi jihatidan turli oilaning farzandi bo‘lgan yoshlarning muhabbatiga ularning qarindoshlari qarshilik qiladi. Juftlik esa sevgisini saqlab qolish uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. “Aziza” Hayotini barbod qilgan odamlardan qasd olishga qaror qilgan qiz ismini o‘zgartiradi. O‘ch olishga ahd qilgan qiz dushman oilaning a’zolaridan birini yaxshi ko‘rib qoladi. “Halqa” Serialda g‘alati hodisa sabab uchrashib qolgan ikki yigit bundan bir necha yillar avval amalga oshirilgan jinoyat uchun zo‘ravonlar guruhi rahbarini topib, qilmishi uchun uni jazolamoqchi bo‘ladi. Ammo bu yo‘lda ular turli kutilmagan hodisa hamda qiyinchiliklarga duch keladi.
56
2,949
Madaniyat
Ravshana Kurkova “Qora rus” spektaklida bosh rolni ijro etdi
O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan rossiyalik aktrisa Ravshana Matchonova (Kurkova) A. S. Pushkinning “Dubrovskiy” asari asosida sahnalashtirilgan “Qora rus” spektaklida bosh rolni oldi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda. Postanovka maydonchasi sifatida Moskva markazidagi XIX asrda qurilgan Spiridonov uyi tanlandi. Spektaklga kirishda tomoshabinlarga niqoblar taqdim etiladi. Spektaklda an’anaviy sahna va zalga bo‘linish mavjud emas, shuningdek, aktyor va tomoshabin o‘rtasida ham masofa yo‘q. Tomoshabinlar uyning u xonasidan bu xonasiga o‘tib yuradi va shu asnoda har bir kishi o‘z spektaklini tomosha qiladi, o‘zi tanlagan xonalarda guvoh bo‘lgan sahnalar asosida o‘z syujetini yaratadi va o‘ziga xos taassurotlarga ega bo‘ladi. Rejissor biryo‘la ikki aktyorlar guruhi bilan ishlamoqda, negaki sahna asari haftasiga bir necha kun, kuniga ikki-uch martalab namoyish etiladi. Masha Troyekurova rolini Ravshana Kurkova va Marina Vorojishcheva ijro etmoqda, Dubrovskiy obrazini esa Artyom Tkachenko, Vladimir Koshevoy va Maxib Gladston gavdalantiradi. “Marhum rafiqa” rolini Yuliya Loboda va Aleksandra Revenko jonlantirmoqda.
60
1,122
Madaniyat
Futbol bo‘yicha jahon chempionatining rasmiy madhiyasi Youtube’ga joylashtirildi
Amerikalik repper Pitbul YouTube tarmog‘iga futbol bo‘yicha 2014-yilgi jahon chempionatining rasmiy madhiyasini joylashtirdi. Madhiya Jennifer Lopes va braziliyalik xonanda Klaudiya Leytte ishtirokida kuylangan. Qo‘shiq We Are One deb nomlanib, JCh—2014 qo‘shiqlarining albomiga kiritilgan. Madhiya YouTube’ga 7-aprel kuni joylashtirilgan va juda qisqa muddatda 18 mingdan ortiq tomoshabin tomonidan ko‘rilgan. Qo‘shiqda video ketma-ketlik yo‘q. Klipda JChga bag‘ishlab kuylangan barcha qo‘shiqlardan iborat One Love, One Rhytm albomining muqovasi aks etib turadi xolos. JCh—2014’ning asosiy madhiyasidan tashqari, albomdan Karlos Santana, Uayklif Jin, Rikki Martin, Shakira va boshqalarning ham qo‘shiqlari o‘rin olgan. Pitbul, Lopes va Leytte We Are One qo‘shig‘ini 12-iyun — JChning Arena stadionidagi ochilish marosimida kuylashi belgilangan. Ushbu marosimdan so‘ng Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida JChning ilk o‘yini bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, 2010-yildagi JCh madhiyasini (Waka, Waka) kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira ijro etgan edi.
80
1,060
Madaniyat
Neslihan Atagul 30 yoshda: mashhur turk seriali — “Sevgi iztirobi” yulduzi haqida 11 ta qiziqarli fakt
Mashhur turk aktrisasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning ijodiy yo‘li va shaxsiy hayoti haqida suhbatlashamiz. Slavyan ildizlari Neslihan Istanbulda tug‘ilgan, lekin uni haqiqiy turk ayoli deyish biroz noto‘g‘ri. Aktrisaning onasi belarus, otasi esa cherkas. Ko‘pchilik qon aralashganligi sababli Atagulning shunday jozibali ko‘rinishga ega deb hisoblaydi. Oilaviy qiyinchiliklar Aktrisaning oilasi boy bo‘lmagan. Onasi uy bekasi bo‘lib, bolalarini tarbiyalagan — Neslihanning katta akasi ham bor, otasi esa haydovchi bo‘lib ishlagan. Otasining puli tirikchilikka zo‘rg‘a yetardi, shuning uchun oila boshlig‘i xotini va bolalarini boqish uchun tez-tez qo‘shimcha ish ham qilardi. Onasining yordami Ko‘pchilik qizining go‘zalligiga qoyil qolayotganiga e’tibor bergan onasi uning modellik karyerasida muvaffaqiyat qozonishi mumkin deb o‘ylaydi. Shu sababli qizini turli xil kastinglarga olib boradi, reklama agentliklariga yuborish uchun portfolio tayyorlaydi. Erta kelgan omad Atagul sakkiz yoshga to‘lganda turk agentligi unga ish taklif qiladi. Qiz reklama roliklarida faol suratga tusha boshlaydi va televizorda ko‘rinadi. 14 yoshida aktrisa o‘zining birinchi kino asari — “Birinchi muhabbat” filmida rol o‘ynaydi. Ushbu loyihada ishtirok etgani uchun u hatto “Oltin pilla” mukofotiga sazovor bo‘ladi. Dunyo miqyosidagi muvaffaqiyat 2013-yilda Neslihan Turkiyada mashhur bo‘lgan “Istanbulning ikki yuzi” serialida suratga tushadi, ammo haqiqiy muvaffaqiyat hali oldinda edi. 2015-yilda aktrisa “Muhtasham yuz yil” yulduzi — Burak O‘zchivit bilan birga “Sevgi iztirobi” serialida ishlay boshlaydi. Serial nafaqat Turkiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhur bo‘ldi. Ulkan sevgi “Istanbulning ikki yuzi” serialining suratga olish maydonchasida aktrisa sujetga ko‘ra qahramoni oshiq bo‘lgan Qodir Do‘g‘ulu bilan tanishadi. Natijada haqiqiy hayotda ham aktyorlar bir-biriga nisbatan nozik his-tuyg‘ularni boshdan kechiradi. Kadirning aytishicha, meni birinchi ko‘rganida uni kimdir otib tashlanganga o‘xshagan. Men esa hech narsani his qilmadim deb o‘ylaganman. Lekin unday emas edi. Menda ham nimadir bo‘lgan, lekin buni so‘z bilan ifodalay olmayman. Kadir va men bir-birimiz bilan bog‘langan edik, — deydi aktrisa. Kadir Neslihandan 11 yosh katta, lekin ular yoshda unchalik katta farqni his qilishmaydi. 2016-yilda juftlikning to‘yi bo‘ldi, unga 200 ga yaqin mehmon taklif qilindi. Erining taqiqi Atagul Do‘g‘ulu bilan baxtli bo‘lsa-da, “Sevgi iztirobi” serialining muxlislari uning hamkasbi Burak O‘zchivit bilan uchrashayotganiga amin edilar, chunki aktyorlar sevishganlarni juda ishonchli tarzda o‘ynashgan. Biroq ular faqat ish yuzasidan munosabatlarga ega edilar, garchi ular filmda bir necha marta bo‘sa olishlari kerak edi. Yana bir ehtirosli bo‘sadan so‘ng, Kadir sevgilisiga Burak bilan suratga olish maydonchasidan tashqarida gaplashishni taqiqladi, aftidan, u mish-mishlar qachondir haqiqat bo‘lib chiqishidan qo‘rqqan. Turmush o‘rtog‘i bilan doim birga Neslihan Kadir hayotidagi asosiy insonlardan biri ekanligini yashirmaydi. O‘zining sevgilisi uchun aktrisa hatto “K” harfini tatuirovka qildirgan va shu bilan u butun umri davomida u bilan birga bo‘lishni xohlayotganiga ishora qilgan. Tabiiy go‘zallik uchun Atagul kundalik hayotda pardozsiz yurishni afzal ko‘radi — u har bir inson o‘ziga xos tarzda go‘zal ekanligiga ishonadi, shuning uchun tabiiyligingizni kosmetika ortiga yashirmaslik kerak. Albatta, suratga olish paytida aktrisa makiyaj qiladi, shunda ham yengil pardozni afzal ko‘radi. Plastik jarrohlik Neslihan tabiiylikni qadrlasa-da, tashqi ko‘rinishini biroz o‘zgartirgan. Aktrisaga burnining shakli yoqmaydi, shuning uchun u rinoplastika qildirgan. Sevimli taomi Atagul kartoshkani juda yaxshi ko‘radi va ko‘pincha u bilan turli xil ovqatlar pishiradi — bularning barchasi slavyan ildizlariga ega ekani tufayli.
102
3,865
Madaniyat
“Davlat yordamidan umidingizni uzing. Rasmiylarning barcha gapi yolg‘on”. Rejissor Sarvar Karimov otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi
Taniqli rejissor Sarvar Karimov Twitter’dagi sahifasida o‘zi va oila a’zolari COVID-19’ga chalingani, otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etganini ma’lum qildi. Bugun dadam qazo qildilar. Koronavirusdan. Lekin tashxis qo‘yilmadi. Bir hafta uyda davoladik. 103 ga telefon qilsak, bemorning isitmasi bo‘lsa, kelolmaymiz deyishdi. Ularni ham tushunaman, na dorisi bor, na himoya vositasi. Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Davlatga ishonmang. Rasmiylarning barcha gapi yolg‘on. Ishonch raqamlariga telefon qilib tushib bo‘lmaydi, tushsangiz ham boshqa nomerni berib yuboradi. Biz dadamizga bir hafta tez yordam chaqirolmadik. Axiri o‘pkalariga o‘tib ketib, jonlari uzildi. 63 yoshda edilar. 10 kun avval soppa-sog‘ edilar. Bu gaplarni yozishimdan maqsad — davlat yordamidan umidingizni uzing. Ko‘chaga chiqmang, ayniqsa kattalarni ehtiyot qiling! Hozir butun oilamiz COVID-19’ga chalingan (rasmiy). O‘zimizni o‘zimiz davolayapmiz, chunki boshqa iloj yo‘q. Duo qilinglar, tuzalib ketaylik. Alloh shifo bersin hammamizga. Sarvar Karimov Avval Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayev vafot etgani xabar qilingan, keyinchalik san’atkorning koronavirus bilan kasallanib hayotdan ko‘z yumgani oydinlashgandi.
146
1,301
Madaniyat
Toshkentda “Mardi maydon” jonli ijrodagi qo‘shiqlar festivali g‘oliblari ishtirokida konsert o‘tkazildi (foto)
“Istiqlol” saroyida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamkorligida tashkil etilgan “Mardi maydon” jonli ijrodagi qo‘shiqlar festivalining g‘olib va sovrindorlari ishtirokida konsert o‘tkazildi, deya xabar bermoqda O‘zA. “Yangi yil muborak, O‘zbekistonim – sen mening mangu bo‘stonim!” deb nomlangan ushbu konsertda san’at ustalari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari, turli ijodiy tanlovlar g‘oliblari, ijrochi yoshlar, badiiy jamoalar ishtirok etdi. “Popcorn” nashrining xabar berishicha, konsert dasturida xonandalar Alisher Fayz, Mashhurbek, Xurshida, “Diyor” guruhi va boshqalar ham ishtirok etdi. 2011-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Mardi maydon” jonli ijrodagi qo‘shiqlar festivalidan ko‘zlangan maqsad milliy estrada san’atini yanada rivojlantirish, shu bilan birga an’anaviy ijrochilik, akademik xonandalik yo‘nalishida izlanayotgan yosh iste’dodlarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iboratdir. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi, mazkur festival ishtirokchisi Yulduz Nazirova qo‘shiqlarni katta sahnalarda jonli tarzda ijro etish xonandadan katta mas’uliyat, mahorat talab etishini ta’kidladi. Konsertda Vatan, istiqlolimiz, bunyodkor xalqimiz, tinch-osoyishta, farovon hayotimiz, ibratli qadriyatlarimiz, mehr-muhabbat tuyg‘ularini tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi. Festivalning g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari, imtiyozli litsenziyalar topshirildi. Foto © O‘zA
110
1,479
Madaniyat
Qiziqarli syujeti bilan tomoshabinni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘yadigan turk seriallari
Turk kinosanoatida bir-biridan qiziq syujetga ega, turli janrda suratga olingan seriallar qalashib yotibdi. Voqealar rivoji bir-biriga o‘xshamagan, shu bilan birga, o‘ziga xosligi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan loyihalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. “Tong qushi” 2018-yili ekran yuzini ko‘rgan serialda Sanem ismli qiz moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun opasi ishlaydigan reklama agentligiga ishga kiradi. Ochiqko‘ngil, samimiy qahramon faoliyat yuritayotgan agentlik rahbarini yaxshi ko‘rib qoladi. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik bir-biridan qiziqarli voqealarni boshdan kechiradi. Tomoshabinlar 51 qism davom etadigan serialni ko‘rish davomida baxtga erishish oson bo‘lmasligi, ko‘p sinovlar duch kelishi mumkinligiga amin bo‘ladi. “To‘lin oy” “Tong qushi”dagi ijrosi bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktyor Jan Yaman mazkur serialda ham bosh qahramonlardan birini gavdalantiradi. Endi oshpazlikni boshlagan Nozli va u ishlaydigan xonadon egasi Ferit bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Jan Yaman jonlantirgan bosh qahramon o‘ta talabchan va tartib-qoidalarga amal qiladigan, qiz bo‘lsa buning aksi bo‘ladi. Voqealar rivoji qizning bola uyiga oshpaz bo‘lib ishga kirganidan keyin boshlanadi. Yapon restoranini ochishni istaydigan qizning hayoti shaxsiy oshpaz bo‘lib faoliyat boshlaganidan keyin o‘zgarib ketadi. “To‘qnashuv” Syujeti taqdirdan qochib qutilib bo‘lmaslikka ishora qiladigan mazkur serialda to‘rt nafar qahramonning hayoti yo‘l transporti hodisasiga uchragandan keyin bir-biriga bog‘liq bo‘lib qoladi. Mazkur baxtsiz hodisada aybdor bo‘lgan, erining xurmacha qiliqlaridan charchagan bank xodimi Zeynep, uning advokati Jemre, terakt sabab oilasini yo‘qotgan politsiyachi Qodir va endigina qamoqdan chiqib hayotini yangidan boshlashga qaror qilgan Kerem o‘rtasida nima aloqadorlik borligini serialni tomosha qilish davomida bilib olishingiz mumkin. “Qulupnay ifori” Mazkur serialni ko‘rgan har qaysi tomoshabinda Turkiyaga ta’til uchun borish istagi paydo bo‘ladi. Qizlarga suyagi yo‘q bo‘lgan Burakning hayoti oddiy oilaning farzandi bo‘lgan va taniqli qandolatchi bo‘lishni istaydigan Asli bilan uchrashgandan keyin o‘zgaradi. Qiz va badavlat yigit kulgili vaziyatlardan birida tanishadi. “Qanotsiz qushlar” Ushbu serialni tomosha qilish davomida ona farzandlarining baxti uchun hamma narsaga tayyor bo‘lishini yana bir marta tushunib yetish mumkin. “Qanotsiz qushlar”da hamma narsa — sevgi, nafrat, sadoqat, xiyonat va umid bor. Undagi psixologik yondashuv va yorqin kelajakka bo‘lgan ishonchning mujassamligi oddiy narsalarga ham boshqa ko‘z bilan qarash, hatto chorasiz tuyilgan muammolarga ham qo‘l siltashga undaydi. “Sevgi iztirobi” Ssenariy mualliflari fantaziyasining chegara bilmagani va ajoyib sevgi qissasini o‘z ichiga olgan “Sevgi iztirobi” Turkiyada “Muhtasham yuz yil”dan keyin ikkinchi mashhur serial sanaladi. Ilk bor avtobusda uchrashgan juftlik – badavlat oilaning rassomlik bilan shug‘ullanadigan qizi Nihon va oddiy oilaning farzandi Kamol o‘rtasida keyinchalik sevgi paydo bo‘ladi. Qahramonlar bir qancha qiyinchilik va sinovlarni boshdan kechiradi. “Hayot sirlari” E’tibor markazida restoran biznesi bilan shug‘ullanadigan Kuzgun oilasi bo‘ladi. Tomoshabin asosiy qahramonlarning munosabatlarini kuzatish bilan ovora bo‘lgan bir vaqtda boshqa qahramonlarning sirlari ochilib, voqealar rivoji yanada qiziqarli tus ola boshlaydi.
89
3,384
Madaniyat
“Diydor qiyomatga qoldi”. Hoshim Arslonovning do‘sti va shogirdlarining ushalmay qolgan armonlari haqida (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 29-may kuni 64 yoshida olamdan o‘tdi. Hoshim Arslonovning san’at olamidagi do‘stlari va shogirdlari “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga u bilan bog‘liq eng yaxshi xotiralari va armonlari haqida gapirib berishdi. Kinolarda partnyor bo‘lib ishlash armoni... Teatrda, sahnada Hoshim bilan juda ko‘p partnyor bo‘ldim. Mening bitta armonim qolib ketdi. U ham bo‘lsa, suratga olish maydonchalarida, kinolarda partnyor bo‘lib ishlash armoni. Biz bir-birimizni juda yaxshi tushunar edik. San’atga endi kirib kelayotgan yoshlarimiz Hoshim Arslonovdek insonlardan san’atga bo‘lgan fidoyilik, halollikni o‘rganishini xohlar edim. Matyoqub Matchonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim aka o‘zlaridan tirik haykal yasab olmagan edi. Juda kutilmagan narsa bo‘ldi. Messenjerda “Hoshim aka, nima gap? Ko‘rinmaysiz, sog‘-omonmisiz?” deganimda “Sal mazam yo‘q” deb yozgandilar. Oldinlari kulib turgan smayllar yuborardilar, o‘sha yozishganimda jo‘natmadilar. Shubhalanib “Umidvorman, jiddiy narsa yo‘qdir” deb yozsam, hech narsa yozmay, shunchaki “klass” jo‘natdilar. O‘shanda ko‘nglimga shubha tushgandi. Bolalardan so‘raganimda qon bosimlari ko‘tarilgan bo‘lsa kerak, deyishdi. Ular haqida yomon xayollarni o‘zimdan haydardim, hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonar edim. Yaqinda ular bilan bir serialga tushgan edik. O‘shanda ham ularni kutdik, ammo ularni kasalxonada deyishdi. Biz Hoshim akani sog‘-u salomat yonimizga kelishlarini, ishga chiqishlarini kutgandik. Ularning vafot etishlarini kutmagandik — hammamiz shokka tushib qoldik. Hoshim aka o‘zlaridan tirik haykal yasab olmagan, xokisor, oddiy, oliyjanob inson edi. Mohira Nurmatova, aktrisa Diydor qiyomatga qoldi… Nima deyishga ham hayronman. Ularning yo‘qliklariga ishonging kelmaydi. Ularni qanday san’atkor ekanligini, san’atga qo‘shgan hissalarini barchamiz yaxshi bilamiz. Hoshim aka juda samimiy, yuzlaridan nur yog‘ilib turadigan, yaxshi inson edilar. Oxirgi marta 2007- yilda “Saodat” serialida birga ishladik. O‘shanda birga rol ijro etganimizda “qizim, bu joyida bunday ishlash kerak, bu xarakter bo‘yicha to‘g‘ri yo‘ldasan” deb maslahatlarini ayamagan edilar. Bilasizmi, ba’zida turmush tashvishlari, past-balandlari bilan ovora bo‘lib qolib, yaqinlarimizni, qadrdonlarimizni yo‘qlamay qolarkanmiz. Ulgura olmadim, diydor qiyomatga qoldi. Nasiba Tursunova, aktrisa Shu inson bilan juda ham rol o‘ynagim kelardi. Har bir ko‘rishgan inson bilan alohida gaplashib, alohida salom-alik qilar edilar. Kichik rolimizni ham, ozgina muvaffaqiyatimizni ham e’tirof etardilar. Ustozlardan bunday gaplarni eshitish biz uchun baxt edi. Shu inson bilan juda ham rol o‘ynagim kelar edi, afsuski, ular bilan rol o‘ynash nasib etmadi. Oilalariga, muxlislari va shogirdlariga sabr-toqat tilayman. Nargiza Abdullayeva, aktrisa
112
2,857
Madaniyat
Seriallarda birga suratga tushgan bo‘lsa-da, sahna ortida bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘q turk aktyor va aktrisalari (foto)
Ekranda go‘zal sevgi hikoyasi, to‘siqlarni birgalikda yengib o‘tishni uddalagan aktyor va aktrisalar eng ajoyib juftlik sifatida tomoshabinlar mehrini qozonadi. Ammo sahna ortida yulduzlarning bir-birlari bilan munosabatlari havas qilgudek darajada emas. Faqatgina loyiha uchun bir-birlariga chidashga majbur bo‘lgan taniqli aktyor va aktrisalar juda ham ko‘p, ularning aksariyati tomoshabinlarni hayratga solishi aniq. Elle nashri bu haqda eng qiziq ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Jan Yaman va Selin Soyder Turkiyalik kelishgan aktyor Jan Yaman o‘zining injiq xarakteri bilan mashhur. “Qaysi birimiz sevmadik” serialida go‘zal sobiq juflik rolini ijro etgan Selin hamda Jan sahna ortida bir necha bor ziddiyatga duch kelgan. Hattoki Jan qizga qarata stakan uloqtorganini ham rad etmagan. Bunisi ham yetmaganidek, u o‘z partnyorini aktrisalik qobiliyati yo‘qligini ta’kidlab, haqoratlagan. Shundan so‘ng Selin loyihani tark etishga qaror qilgan va shunday keyin Jan bilan hayotda uchrashib qolmaslikka harakat qiladi. Kivanch Tatlitug‘ va Fahriye Evjen “Kurt Seit va Aleksandra” serialida ehtirosli juftlik rolini ajoyib tarzda namoyon etgan Fahriye va Kivanch ham ekran ortida unchalik iliq munosabatlarga ega bo‘lmagan. Shuningdek, suratga olishga olish ishlariga aktrisaning turmush o‘rtog‘i Burak O‘zchvit ham rashk tufayli o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Aktrisaning o‘zi ham suratga olish guruhining a’zolariga kun bermagan. Kivanchning so‘zlariga ko‘ra, hammaga aql o‘rgatishga odatlangan aktrisa aslida unchalik ham iste’dodli bo‘lmagan. Oxiri mashhur aktyorning rafiqasi Kivanchdan mevali yogurt keltirishini so‘rganida, u bu kabi takabbur xonim bilan hech qachon birga ishlamasligini ma’lum qilgan. Burak O‘zchivit va Neslihan Atagul Evjen va O‘zchivit juftligi oilaviy tarzda suratga olish maydonchasida kelishmovchiliklarga sabab bo‘lishi bilan hammani hayratda qoldirmoqda. “Sevgi iztirobi” serialida ajoyib juftlik tarzida tomoshabinlar qalbini zabt etgan Neslixan hamda Burakning sahna ortidagi nizolari rejissorlarni ham qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Bunga aktyorning rafiqasi Evjenning rashki sabab bo‘lgan. Burak rafiqasini qanchalik xotirjam qilishga urinmasin, hammasi o‘zining partnyoriga issiq qahva uzatganidan keyin boshlangan. Aynan shu voqeadan so‘ng Neslixan Burak bilan birga tushishi kerak bo‘lgan sahanalarni ijro etishdan bosh tortgan. Ijodiy jamoa ish shunday davom etsa, Fahriye keyingi safar qahvani Neslihanning yuziga sepib yuborishdan ham qaytmasligiga ishongan. Shuning uchun Nihan va Kemal sahnalarini alohida-alohida suratga olib, montajning ajoyib mo‘jizalaridan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan. Neslihan esa Burak bilan munosabatlarini to‘xtatgan, ular bugungi kunda bir-birini ko‘rsa ham gaplashmaydi. Nurgul Yeshilchay va Yerkan Petekkaya “Parchalangan yuraklar” serialida Nurgul Yeshilchay va Yerkan Petekkaya bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan bosh qahramonlarni o‘ynagan. Biroq hayotda ular orasidagi munosabat tamoman buning aksi bo‘lgan va hattoki bir-birlaridan nafratlangan. Vaziyat shu darajaga yetganki, Nurgul karyerasiga ta’sir qilishidan ham qo‘rqmay, loyiha yakuniga yetmasdan tark etdi. Sababi Yerkan bilan ortiqcha bir daqiqa ham ishlamaslik edi. Ularning mojarosi qanday bo‘lgani hozircha noma’lum, biroq Yerkan Petekkaya aktrisani intervyuda haqorat qilgani uchun sudga ham bergan. Engin Altan va Burak O‘zchivit Burak O‘zchivit “Tirilish: Usmon” loyihasida bosh rolni o‘ynagan bir paytda “Ertug‘rul” sujetini yozgan ssenariy mualliflari qahramon Engin Altanni o‘ldirishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa aktyorlar o‘rtasidagi ziddiyat boshlandi. Dastlab rejissorlar o‘g‘il va otaning yonma-yon kurashayotganini ko‘rsatmoqchi edi. Biroq bu ish bermadi. Ikki mashhur aktyor bitta loyihada rol ijro etishni qat’iyan rad etdi va prodyuserlar ular bilan kelisha olmadi. Chunki bir paytlar Engin Altan Burakni o‘rtamiyona aktyor deb atagan va tasodifiy uchrashuv paytida u bilan janjallashib qolishiga bir baxya qolgan.
122
3,954
Madaniyat
Xarrison Fordning singan oyog‘i Disney uchun 2 mln dollarga tushdi
Buyuk Britaniya sudi “Yulduzlar jangi: kuchning uyg‘onishi” filmini suratga olish jarayonida xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun Foodles Production kinokompaniyasini (The Walt Disney Company) 1,6 million funt sterling, ya’ni 2 million dollar atrofidagi jarimaga tortdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Sud kompaniyani Buyuk Britaniyaning mehnat muhofazasi sohasidagi qonunchiligini buzishda aybladi. Bu esa gidravlik eshik qulab, filmda Xan Solo rolini ijro etgan aktyor Xarrison Fordning chap oyog‘i sinishiga olib keldi. Eshituvlar chog‘ida kompaniya vakillari o‘z aybini to‘liq tan oldi. Prokuror Endryu Marshallga ko‘ra, hodisa suratga olish guruhi aktyorni dekoratsiyalarning bir qismi mahkamlanmagani haqida ogohlantirmagani tufayli sodir bo‘lgan. Natijada operator eshikni yopganidan so‘ng u Fordning ustiga quladi va yuzini shikastlashiga sal qoldi.  Ma’lumot uchun, o‘tgan yil dekabridan kinoteatrlarda namoyishi boshlangan “Yulduzlar jangi: kuchning uyg‘onishi” filmi hozirga qadar dunyo bo‘yicha 2 milliard dollardan oshiq mablag‘ to‘plashga ulgurdi. Bu kino tarixidagi daromadi jihatidan uchinchi natija.
66
1,120
Madaniyat
Toshkentda qozoq shoiri Abay tavalludining 173 yilligi keng nishonlandi
Toshkentda buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev tavalludining 173 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi ma’lum qildi. Tadbirda shoirning she’rlari yangradi, qo‘shiqlar ijro etildi. Abay haykali poyiga gullar qo‘yildi. — Abay ijodini targ‘ib etishga berayotgan ulkan e’tibori uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz, — dedi Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimi o‘rinbosari Asal Uzimova. — Mamlakatimizda har yili Abayxonlik o‘tkaziladi. 28 tilda, jumladan, o‘zbek tilida ham asarlari taqdim etilgan “Bizning Abay” elektron kutubxonasi tashkil etilgan. O‘zbekistonga tuhfa tariqasida Abay, Muxtor Avezov va Andrey Falshinbayev to‘plamlarining ilk nashrlarini olib keldik. Shundan so‘ng Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida Sharqiy Qozog‘iston viloyati Madaniyat, arxivlar va hujjatlashtirish boshqarmasi tomonidan “Dunyo tan olgan Abay” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
71
1,030
Madaniyat
Scorpion — suratga olish maydonida aktyorlar ovozi “toza” holda yozilib, qayta ovozlashtirilmaydi
Joriy yilning 1-martidan suratga olish ishlari boshlangan Scorpion trilleri o‘zbek kinosida yangi davrni boshlab berishi kutilmoqda, deb xabar berdi O‘zA. Xorijlik mutaxassislar ham jalb etilgan mazkur film haqida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev ijtimoiy sahifalari orqali quyidagi fikrlarni bildirgan: “Bu ishlar tariximizda birinchi marotaba tashkil qilinmoqda. Barchangizga omad tilayman. Natijasi bilan bersin. Bu yoshlar hali ko‘p ishlar qilishiga ishonamiz”. E’tiborli jihati shundaki, triller uchun xorijdan tajribali mutaxassislar taklif etilgan. O‘zbekistonlik yoshlar ulardan soha sirlarini o‘rganmoqda. Suratga olish maydonida aktyorlar ovozi “toza” holda yozilib, qayta ovozlashtirilmaydi. Bu esa aktyorlardan o‘z ishiga o‘ta jiddiy yondashish, qahramonining har bir so‘zini yodlash, his qilishni talab etadi. Rossiyadan loyiha uchun O‘zbekistonga maxsus tashrif buyurgan mutaxassislar film kadrlarini suratga olish maydonining o‘zida xomaki montaj qilib boradi. Film ijodiy va texnik jamoasini O‘zbekiston, Rossiya, AQSh va Germaniya mutaxassislari tashkil etadi. Suratga olish ishlari Toshkent shahri va Buxoro viloyati, shuningdek, Rossiya va Marokashda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, mazkur filmda turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirimning ishtirok etishi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.
97
1,349
Madaniyat
Xakerlar HBO’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga hujum qildi
OurMine xakerlik guruhi HBO telekanalining Facebook va Twitter’dagi sahifalarini buzdi. Xakerlarning xabarlari ikkala akkauntda ham 17-avgust kuni ertalab paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza. Telekanalning asosiy akkauntlaridan tashqari, xakerlar “Taxtlar o‘yini” serialining Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirdi. Xabarlar tez orada o‘chirildi. Telekanal rasmiylari izoh berishdan bosh tortmoqda.
65
401
Madaniyat
Rossiya estradasi yulduzlari tunni Toshkent aeroportida o‘tkazdi
Rossiya estradasi yulduzlari Filipp Kirkorov va Stas Mixaylov 23-dekabr kuni “Aeroflot” kompaniyasi reysini kutib, tunni Toshkent aeroportida o‘tkazishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kun”. Toshkentda quyuq tuman tushganligi sababli bu reysning kechiktirilganligi e’lon qilingan edi. Samolyot Toshkentdan Moskvaga bugun — 24-dekabr kuni kechki soat birda uchib ketdi. Shu sababli Stas Mixaylov 24-dekabrda Moskva viloyati Reutov shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertini boshqa kunga ko‘chirishga majbur bo‘ldi.
64
525
Madaniyat
Fathulla Mas’udovning rafiqasi: “Turmush o‘rtog‘imni Dilnoza Kubayevadan rashk qilganman”
2020-yilning 30-avgust kuni koronavirus oqibatida vafot etgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udovning rafiqasi Gulira’no Mas’udova “Mirsodiqova bilan” YouTube-kanaliga intervyu berdi. “Spektaklga tushdim, birinchi qatorda o‘tiribman. ‘Sizsiz o‘tmas kunlarim’ qo‘yilayotgan edi. Shu kunlari menga e’tiborlari kamayib ketgan, judayam ishlari bilan band bo‘lib ketib, asabiy bo‘lib yurgandim. Dilnoza Kubayeva bila partnyor bo‘lib o‘ynayaptilar. Qarab o‘tiribman: bitta quchoqladilar, ikkita quchoqladilar. Dilnoza Kubayeva — mening idealim. Undagi quvnoqlik, ochiqlik menga yetishmaydi. Fe’lim og‘ir-bosiq. Spektakldan keyin mashinaga o‘tirib, o‘kirib yig‘lab yubordim-da, bitta urdim. Sen meni urdingmi, dedilar. O‘zim qo‘rqib ketdim qilgan ishimdan, men sizdan xafa bo‘ldim, dedim. Voy, sen meni rashk qildingmi, rashk qildingmi, deb so‘rab, quchoqlab oldilar. Siz menga vaqt ajratmayapsiz, Dilnozani to‘rt marta quchoqladingiz, dedim. Voy jinni, bu rol-ku, dedilar”, — deydi Gulira’no Mas’udova. Shuningdek, marhum aktyorning rafiqasi marhuma Gavhar Sharipova ham turmush o‘rtog‘iga ko‘p qo‘ng‘iroq qilib, muammolarini aytib berganini esladi. “Gavhar Sharipova, rahmatli, ko‘p telefon qilardi. Kechasi soat 10-11, voy-dod derdim. Qizimning g‘ashi kelardi, nega bu adamning boshini aylantiraveradi, derdi. Siz menga ham keraksiz, adasi, menga yetmayapsiz, derdim”, — deydi Gulira’no Mas’udova.
89
1,463
Madaniyat
“Bravo’da xatoliklar bor edi”. Mirkomil Musayev Bravo’ning litsenziyasi olingan kuni “O‘zbekkonsert”da bo‘lgani haqida gapirdi (video)
“Million” jamoasining a’zosi Mirkomil Musayev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Mirkomil Musayev Bravo jamoasining litsenziyasi olib qo‘yilganiga o‘z munosabatini bildirdi. Biz Alisher Botirov bilan Bravo jamoasining konsertiga borganmiz. Faqatgina konsertda birinchi qatorda o‘tirmadik. Sababi vaqt shuni taqozo qilar edi. U vaqtlar Bravo va ‘Million’ jamoasi o‘rtasidagi munosabatlar junbishga kelgan payt edi. Muxlislar tomonidan savollar yog‘ilib kelardi. Ularga ham, bizga ham ortiqcha savollar bo‘lmasligi uchun tomoshabinlarga ko‘rinmaydigan joydan konsert dasturini tomosha qilganmiz. Konsert yaxshi o‘tgan. ‘Beayb parvardigor’ deganlariday xatoliklar bo‘lgan. O‘zimning shaxsiy qarashlarimni bolalarga aytganman. Nima xatoliklar bo‘lganini fikrimizni aytganmiz. Ular imkon darajasida bartaraf qilishga harakat qilishdi. Ammo baribir xatoliklar bor edi. Bu bilan ‘ularda xato bor, bizda yo‘q’, demoqchimasman. Xatoliklar bizda ham bo‘lgan. Ikkiga bo‘linganimizning ta’siri bo‘lgan. Ish jarayonida vaqt tig‘izligi bo‘yicha ulgura olmay qolishganmi?! Yoki ko‘proq yoshlar bilan ishlashganmi, asosiy mavzudan chiqib ketilgan. Hozir ma’lum muddatga ulardan litsenziya olib qo‘yildi. Litsenziya olingan kuni ‘O‘zbekkonsert’da birga o‘tirgan edik. Kulishib o‘tirdik, kulishib xayrlashdik. Bu narsa ularga dars bo‘ldi. Mirkomil Musayev, “Million” jamoasining a’zosi
134
1,461
Madaniyat
Kun videosi: Anjelina Joli Salma Xayekni yuzi bilan tortga itardi
Gollivud yulduzi Salma Xayek o‘zining 55 yillik yubileyini Marvel kinoolamining “Abadiylar” filmi bo‘yicha hamkasbi Anjelina Joli bilan birgalikda nishonladi, deb xabar beradi PeopleTalk. Kadr: YouTube Tug‘ilgan kun egasi tomonidan e’lon qilingan yangi videoda Anjelina meksikancha urf-odat bo‘yicha shart bajarishi kerakligidan xabar topgach, hayratga tushgani tasvirlangan. Meksikada Mordida deb ataluvchi urf-odatga ko‘ra, tug‘ilgan kun egasi yuzi bilan tortga itarib yuboriladi va shu holda u shirinlik bo‘lagini tishlashi kerak. “Ukam Sami bilan birga Anjini meksikancha Modida’ni amalga oshirishga urinyapmiz”, — deb yozadi Xayek. Salma va Anjelina kichikroq jamoa qurshovida bo‘lgan va Jolidan an’anaga binoan aktrisaning boshini itarish so‘ralgan, ammo Anjelinaga birinchi urinishdayoq yengil turtki kifoya qilgan. Anjelina baqirib, yuzini yopgan holda Salmaning boshini desert tomon bosgan.
65
901
Madaniyat
O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini ta’mirlashga Janubiy Koreya grantlari jalb etiladi
Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Cyeulda Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vaziri Du Jonxvan bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuv doirasida tomonlar o‘rtasida bir qator bitimlar imzolanishi kelishib olindi. Jumladan: ikki davlatda dadaniyat kunlarini o‘tkazish; O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya ishlarini hamkorlikda olib borish va unga Koreya grantlarini jalb etish; Osiyo madaniyat markazida o‘zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirish; Koreyaning madaniyat yo‘nalishidagi ta’lim maskanlari bilan hamkorlik qilish, O‘zbekistonda Koreya madaniyat maktablarini ochish. Baxtiyor Sayfullayev koreyalik hamkasbiga Termiz shahrida 5—10- aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan xalqaro baxshichilik san’ati festivali hamda Samarqanddagi “Sharq taronalari” xalqaro festivaliga fahriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalarni topshirdi.
91
927
Madaniyat
O‘zbekistonlik mashhur erkaklar qanday ayollarni hurmat qiladi?
Bu ko‘hna dunyoni ayol zotisiz bir lahza ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uning mehr-u muhabbati bor ekan, hayot turfa ranglarda jilvalanib, yanada go‘zallashib boraveradi. Nozik hilqat vakili bo‘lmish ayol o‘zining nodir fazilatlari bilan biz erkaklarning ko‘nglimizga yo‘l topib, quvonch-u shodligimizga doimo sherikdir. Jurnalist Mirolim Isajonov taniqli erkak ijodkorlarni nozik hilqat vakillarining qaysi fazilatlari hayratga solishiga qiziqib, ularga murojaat qildi. Rustam Sa’dullayev, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist: — Men avvalo, nozik hilqat vakillarining yaqinlariga bo‘lgan yuksak e’tiborini alohida qadrlayman. Agarda ayol kishi turmush o‘rtog‘i va farzandlariga e’tiborli, hamisha ularning kamchiliklarini to‘ldirib tursa, bunday oilada albatta, baxt va baraka hukmron bo‘ladi, farzandlar ham onasidan ibrat oladi. Ayol kishi har jihatdan havas qilgudek bo‘lishi lozim. Shuningdek, sarishta, samimiy va ahil-inoqlikni xush ko‘ruvchi ayollarni ham yaxshi ko‘raman. Manmanlik, kibr-havoga tezda berilib ketadigan, yolg‘on gapirib, erdan va o‘zidan kattalardan beruxsat, o‘zboshimchalik bilan biror ishni amalga oshiruvchi ayollarni esa ochig‘i, unchalik ham xushlamayman. Ayniqsa, muqaddas qo‘rg‘onda eridan ustun bo‘lishga intiluvchi opa-singillarimizni ko‘rsam, judayam jahlim chiqadi. Bu o‘zbek ayollariga to‘g‘ri kelmaydigan xunuk odat. Ayol baribir ham ayol. U erkak kishidan bir pog‘ona pastda turishi shart. Avaz Oxun, qiziqchi: — Men bo‘sh vaqtini behuda narsalarga emas, aksincha bordan yo‘q qilishga odatlangan, mehnatkash ayollarni yaxshi ko‘raman. Yoshlik chog‘larimda shunday ayollarni ko‘rganmanki, ular umr bo‘yi halol mehnat qilib, farzandlarini birovdan kam bo‘lmay, ulg‘ayishiga astoydil harakat qilishgan. Suyagi mehnatda qotgan bu kabi ayollar kamdan-kam hollarda kasal bo‘lishardi. Unda ham biror jiddiy kasallikdan aziyat chekishmasdi. Afsuski, zamon shiddat bilan rivojlangani sari bunday ayollarimiz soni kamayib bormoqda. Balki, kunini mazmunsiz narsalar bilan “chog‘” o‘tkazayotganlar orasida turli kasalliklar avj olayotgandir. Istardimki, mehnatkash opa-singillarimiz yanada ko‘paysa. Ular umrining donishmand faslida yashayotgan nuroniy otaxon-u onaxonlarmizning hayot yo‘llaridan ibrat olishsa sira kam bo‘lishmaydi. Bekzod Muhammadkarimov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist: — Yoshlik chog‘larimda biror ayb ish qilib qo‘ysam, rahmatli onam “Bolam nahotki, shu ishni qilishdan oldin unga tushunmagan bo‘lsang. Buning uchun aqlni ishlatish shart emasdi, farosating yetsa bo‘lardi-ku!”, deb koyib berardi. Bunday o‘ylab qarasangiz, farosat juda ham keng qamrovli va hammada ham bo‘lavermaydigan tug‘ma xislatlardan biri ekanligini anglab yetarkansiz. Oilada erkakka nisbatan ayol kishi fahm-farosatli bo‘lishi lozim, deb o‘ylayman. Sababi farosatli ayol qayerda qanday gap aytishni, vaziyatdan qay yo‘l bilan chiqib ketishni, kerak bo‘lsa, turmush o‘rtog‘ini ham ko‘klarga ko‘tarishni uddalay oladi. Shu bilan birga farosat ayolni bezab turadi, uning go‘zalligiga go‘zallik qo‘shadi.
63
3,063
Madaniyat
“Zita va Gita”dagi Badrinat amaki — Satyen Kappu: Ikkinchi darajali rollar bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktyorning hayoti va ijodi haqida
“Zita va Gita” filmidagi Badrinat amaki esingizdami? “Qasos va qonun” filmida janob Tagorning xizmatkori Ramlala yoki “Devor”da Amitabh Bachchanning otasi-chi? Bu rollarning barchasi ikkinchi darajali aktyor — Satyen Kappu tomonidan ijro etilgan. Satyen 1931-yil 14-yanvarda Mumbayda braxmanlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Budx Singx Sharma yirik muzqaymoq zavodini boshqargan, onasi Ganga Devi uy bekasi bo‘lib, ikki o‘g‘il — Satyen va Radhe Shyamni tarbiyalaydi. Aslida Satyenning haqiqiy ismi Satyendra Sharma, lekin bolaligida hamma uni Kappu deb chaqiradi, shuning uchun u kino olamiga kirib kelganida bu ismdan familiya sifatida foydalanadi. Otasi o‘g‘lining aktyorlikka bo‘lgan ishtiyoqiga juda qarshi edi. U oilaviy biznesini davom ettiradigan merosxo‘rni orzu qilgan va o‘g‘lini zavod boshqaruvchisi bo‘ladi, deb umid qilgan, lekin Satyenning boshqa rejalari bor edi. U aktyorlik faoliyatini turli bayram va festivallarda qo‘yiladigan spektakllarda rol ijro etishdan boshlaydi. 1953-yilda u Hindiston xalq teatrlari uyushmasiga qo‘shiladi va bu yerda 15 yil ishlaydi. Satyen Kappu o‘zining yorqin iste’dodini aynan pyesalardagi tajribasi tufayli kashf qila oldi. U o‘z davrining yetakchi dramaturglari va rejissorlari, jumladan, rejissor Ritvik Ghatak bilan hamkorlikda ishlaydi. 1960-yilda rejissor Bimal Roy teatr sahnasida aktyornining ajoyib ijrosini payqab qoladi va uni o‘zining “Kobullik” filmiga (1961) taklif qiladi. Filmdagi mazkur roli tufayli Satyendraning Bollivuddagi uzoq va juda munosib yo‘li boshlanadi. Hind kinosining yorqin aktyorlaridan biri har qanday filmni o‘zining kichik rollari bilan boyita oldi, ayniqsa, Amitabh Bachchan ishtirokidagi — “Kechikkan qasos”, “Devor”, “Qasos va qonun”, “Mafiya rahbari”, “Qora tosh”, “Noma’lum qo‘ng‘iroq”, “Hammol”, “Kechir, Aruna” va boshqa shu kabi blokbasterlardagi rollari bilan tomoshabinlar ko‘nglidan joy oldi. “Hammol” filmida Amitabh Bachchan bilan suratga olish joyida sodir bo‘lgan mashhur baxtsiz hodisa yagona emas edi. Satyen ushbu filmda Amitabhning otasi rolini o‘ynagan va suratga olish paytida o‘lim yoqasiga borib qaytgan — aktyor daryo girdobiga tushib qoladi. Mo‘jiza tufayligina uning hayoti saqlab qolinadi. 19 yoshida ota-onasining qistovi bilan Satyen Kaylashmati ismli qiz bilan tanishib, 1951-yilda turmush qurishadi. O‘shandan buyon er-xotin nikoh muqaddas ekanini isbotlab keldi. Kailashmati hayot yo‘lida sodiq umr yo‘ldosh, yaxshi do‘st va yelkadoshga aylandi. Ular butun umri davomida birga yashab, to‘rtta qizni dunyoga keltirdilar: Uma, Dipti, Bidita va Tripti. Kenja qizi Tripti otasining izidan borib, ssenariy muallifi sifatida kino olamiga kirdi. Keksaygan sari Satyenni qandli diabet va yuqori qon bosimi qiynay boshladi. Unutilmas rollar ijrochisi 2007-yil 27-oktabr kuni 76 yoshida bu dunyoni tark etdi.
145
2,824