folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Abdulla Qurbonov: Onam 11 marta o‘lib tirilgan | Abdulla Qurbonov “Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” ko‘rsatuvida ishtirok etdi. Xonanda ko‘rsatuvda bolaligi va oilasi haqida so‘zlab berdi.
“1991-yilda ilk marta yosh estrada xonandalari tanlovida ishtirok etganman. O‘shanda Botir Zokirovning arab tilidagi ‘Tango’sini ijro etganman. Onam bolam sahnaga chiqarkan, qo‘shiq kuylarkan, deb xursand bo‘lganlar, arabcha kiyim tikib berganlar. Haligacha ‘bolam, o‘sha kiyimingni asrab qo‘yibman’ deydilar.
Katta oilada tug‘ilib, voyaga yetganman, 11 ta farzandmiz. Men 7-farzandman. Onamga ‘11 marta o‘lib tirilgansiz, onajon’, deyman. Ilohim bizning baxtimizga sog‘ bo‘lishsin onalarimiz”, — deydi Abdulla Qurbonov. | 46 | 668 |
Madaniyat | OAV: Jeki Channing qizi o‘z joniga qasd etishga urindi | Jeki Channing qizi Etta U Chjolin o‘z joniga qasd etishga urinishdan so‘ng kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Tayvan OAVlariga tayanib, Sina ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Etta Tailandga safarini to‘xtatib, shoshilinch Gonkongga qaytgani va bu yerda kasalxonaga joylashtirilgani bildirilmoqda.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, tushkunlikka berilgan qiz o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Jeki Chan nikohsiz farzandi bo‘lgan Ettani tan olmaydi. Uning onasi Eleyn Ng 1990-yilda “Osiyo go‘zali” tanlovida g‘olib chiqqandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 54 | 619 |
Madaniyat | “Yulduz Usmonova bilan birga yurish — faqat restoranda birga o‘tirish degani emas”. Halima Yulduz Usmonova jamoasidagi o‘rni haqida (video) | “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova Yulduz Usmonovaning bu yilgi konserti oldidan o‘tkazilgan repetitsiya jarayonlarida ishtirok etdi. U xonandaning doimiy hamrohi aktrisa Halima Ibragimova bilan suhbatda bo‘lib, muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob oldi.
— Yulduz Usmonova bilan yurish faqat restoranlarga birga borish, yaxshi kunlarida yonida turish degani emas. Opa-singilchilik ham, ish ham o‘z yo‘liga. Yulduz Usmonova bilan o‘rtamizda ishonch ham bor. Ishonchni suiiste’mol qilmagan holda ishlashga harakat qilaman.
O‘tgan yilgi konsert arafasida opa muhim topshiriqni aytdilar. Konsert sahnasini ikki qismga ajratganmiz. Chap tomondan turib, Yulduz opam va raqqosalarning vaqtida sahnaga chiqishiga kamina mas’ulman. O‘ng tomonda esa chiroq, ovoz kuchaytirish va sozandalarning ishtirokini Mansur aka nazorat qilib turadi.
Oshxonada ovqat qilsangiz, odamlar mazali ovqatni ko‘rishadi. Ammo ungacha bo‘lgan jarayon va besaranjomlikni bilishmaydi. Men va Mansur aka ham sahna ortidagi tartibsizlikni xalqqa ko‘rsatmaslikka harakat qilamiz. Chunki sahna ortida ham kutilmagan vaziyatlar bo‘lib qolishi, kimdir qandaydir sabab bilan kech kelishi mumkin.
Yulduz opam juda mas’uliyatli ijodkor. Kecha ham 8-mart arafasida yangi qo‘shiq premyerasi bo‘lishi kerak edi. Aksiga olib, restoran gaplashish esimizdan chiqib qolibdi. Hech qayerdan joy topolmadik. Shunda “Hammani uyga yig‘, o‘zim ovqat qilib beraman”, deydi. Qanaqa charchamaydigan xotinsiz, deb rosa kuldik.
Yulduz Usmonovaning jamoasida hech kim “men chiroqchiman” yoki “men sozandaman” deb turmaydi. Hamma qo‘lidan kelgan ishni qilib, bir-biriga yordam beradi.
Ishning o‘z vaqtida bajarilishini yaxshi ko‘raman. Opa ham xuddi shunday. Ba’zan baqir-chaqir qilib bo‘lsa-da, ishni o‘z vaqtida bajarishlarini talab qilsam, Yulduz opa indamaydi. “Halimadan boshqa hech kim eplay olmasdi”, deydi. Urishib, baqirib bo‘lsa-da, ishni o‘z vaqtida bajarishlarini talab qilaman.
Tegmaganga tegmayman, asabimga teggan inson bilan oxirigacha kurashaman. Yulduz opada ham xuddi shu fe’l-atvor bor. Shu jihatdan olib qaraganda fe’limiz bir-biriga o‘xshaydi. Ba’zan asabiylashsalar, “menga qo‘yib bering o‘zim gaplashib qo‘yaman”, deyman.
Yulduz Usmonova bilan ishlash maza, faqat mashaqqatiga chidash kerak. Ba’zan internet orqali “har doim Usmonovaning yonidasiz, qiladigan boshqa ishingiz yo‘qmi?” degan gaplar ham yozishadi. Men jamoaning rasmiy a’zosiman. Konsertda ham rejissor yordamchisi sifatida ishlayapman. Vaqti kelsa, qo‘shiqlar uchun taklif kiritaman, she’rlarni tavsiya qilaman. U insonni qattiq hurmat qilaman.
Menimcha, besh vaqt namoz o‘qib, Allohdan kuch-g‘ayrat so‘raganlari uchun shu darajaga yetyaptilar, deb o‘ylayman. Yulduz opa oddiy hayot kechiradi, men san’atkorman deb, o‘ziga ortiqcha e’tibor talab qilmaydi. Hatto ba’zida go‘zallik saloniga bormaydi. Qolgan kunlari hamma qatori yuradilar. Yulduz opa yoga bilan shug‘ullanadi, ruhiy jihatdan o‘zini tinchlantirishni yaxshi biladi.
Halima Ibragimova, komik aktrisa, Yulduz Usmonova konsert dasturining rejissor yordamchisi | 139 | 3,053 |
Madaniyat | Toshkentda o‘tgan dabdabali to‘yda Rossiya va O‘zbekistonning eng taniqli xonandalari qo‘shiq kuyladi (video) | 24-may kuni Toshkentdagi mehmonxonalardan birida Anvar va Nargizaxon ismli kelin-kuyovning dabdabali to‘yi bo‘lib o‘tdi. To‘y videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Nikoh oqshomida Farruh Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Farhod Alimov, Nilufar Sotiboldiyeva boshlovchilik qilgan. Kechada rossiyalik xonandalar Soso Pavliashvili, Arsen Shaxuns, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov hamda yana bir necha xonandalar qo‘shiq kuylagan. | 109 | 500 |
Madaniyat | Kutilmaganda millionerga aylangan uy bekalari (foto) | Boyib ketishiga uyda o‘tirishi xalaqit qilmagan ayollar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Joy Mangano
Ushbu ayolning taqdiri haqida “Joy” nomli film ekran yuzini ko‘rgandan keyin hamma ma’lumotga ega bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan Mangano ixcham kvartirada uch nafar farzandi bilan yolg‘iz qolgan. Avvaliga ish topishga uringan ayolning mushkul vaziyatdan chiqishiga xayoliga kelgan ajoyib fikr sabab bo‘lgan. U suvini siqish uchun qo‘llar bilan lattaga teginishga hojat bo‘lmagan polyuvgich o‘ylab topgan. Oradan bir necha oy o‘tib esa ro‘zg‘or buyumlari o‘rin olgan do‘kon ichishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo ushbu biznesidan deyarli daromad kelmaydi. Shundan keyin auditoriyasini aniqlab, teledo‘kon bilan shartnoma tuzadi. Teleekran orqali o‘z mahsulotining afzalliklari haqida aytib berganidan keyin, 18 ming dona polyuvgich sotib olinadi. Shu yo‘sinda davom etganidan Joy 2 yil o‘tib yillik daromadi 1 million dollarni tashkil qiladigan kompaniya egasiga aylanadi. Bu bilan cheklanib qolmagan Mangano uyni xushbo‘y qiladigan vositalar, qisqichli va sirpanmaydigan kiyim ilgichlar hamda boshqa kerakli buyumlarni ishlab chiqaradi.
Kim Levin
Bosh va bo‘yin mushaklari uchun foydali bo‘ladi, deb yostiq ichiga jo‘xori donini solish xayoliga kelgan Kim unda yotish qulay bo‘lishini tushunib yetgan. Keyinchalik bunday yostiqni qizdirish yanada yaxshi samara berishiga guvoh bo‘lgan. Do‘st va qarindoshlariga sovg‘a qilib ulashganidan keyin mahsulotini reklama qilishga kirishgan.
Tuzilgan shartnomadan keyin omadi kelgan Levin tushgan daromadini mahsulotini takomillashtirish va mashhur bo‘lishiga sarflagan. Bugungi kunda u millionlab mablag‘ keltiradigan kompaniyaning egasi hisoblanadi. Uning yillik daromadi 700 million dollarni tashkil qiladi.
Sheri Shmelser
Sherining farzandlari teshikli shippaklarni yaxshi ko‘rgan. Ayol bolalarining poyabzallarini qiziqarli qilishni istab, teshiklarni turli narsalar, avvaliga gul, keyin tugma hamda loydan yasalgan shakllar bilan bezagan. Bunday poyabzallarni bolalari maktabga kiyib borganidan keyin boshqa ota-onalar ham undan farzandlarining poyabzallarini shunday bezab berishni iltimos qilgan. Yerto‘lasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan ayol jibbits deb atagan ijod namunasining bir donasini 3 dollarga sotgan. Oradan bir yil o‘tib, dunyo bo‘yicha shunday oyoq kiyimlardan 8 millionta xarid qilingan. Shmelser esa o‘z mahsulotini Crocs kompaniyasiga 20 million dollar evaziga sotib yuborgan.
Tatyana Bakalchuk
Uy bekasi bo‘lgan Tatyana o‘z xonadonida bolalarga ingliz tilidan dars o‘tgan. Farzandli bo‘lganidan keyin esa uyda o‘quvchi qabul qilishning iloji bo‘lmagan. Internet orqali savdo qilish Rossiyada hali yo‘lga qo‘yilmagan bir vaqtda ayol bu ishni amalga oshirishga harakat qilib ko‘rgan. U hech nima ishlab chiqarmagan, shunchaki bir savdogardan olgan mollarini internetda sotishga uringan. Turmush o‘rtog‘i qo‘llab-quvvatlagan ayol bir yil o‘tib Rossiyadagi ilk onlayn do‘kon Wildberries’ning egasiga aylangan. Biznesi.ru domenidagi eng qimmat kompaniyalar reytingidan o‘rin olgan Bakalchuk Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra Rossiyaning eng badavlat rossiyalik ayollar Top 15 ro‘yxatidan o‘rin olgan. Uning moliyaviy ahvoli 10,1 milliard dollarga baholanadi.
Erining xiyonati moda imperiyasiga asos solishiga sabab bo‘lgan Enne Burda hikoyasi | 52 | 3,334 |
Madaniyat | "O`zbekkino" Belarussiyada "Ilhaq" filmining harbiy sahnalarini suratga olishni boshladi | “O`zbekkino” Ikkinchi Jahon urushidagi g`alabaning 75 yilligiga bag`ishlangan “Ilhaq” filmining O`zbekistondagi suratga olish jarayonini yakunladi. Shu bilan birga, agentlik rahbariyati filmni suratga olish guruhi Belorussiyaga yuborilgani, u erda film uchun harbiy sahnalar suratga olinishini ma`lum qildi.
“Ilhaq” tarixiy filmi bo`lgan voqealarga asoslangan. Ushbu film urushda beshta o`g`lini: Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjon Xolmatovlarni yo`qotgan Toshkent viloyatining Zangiota tumani Xonobod qishlog`ida yashagan Zulfiya Zokirovaning fojiali hayoti haqida hikoya qiladi. .
Filmni yaratish g`oyasi shaxsan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tegishli, - dedi "O`zbekkino" rahbari Firdavs Abduxoliqov.
Dastlab film faqat O`zbekiston hududida ro`y bergan voqealar haqida suratga olinishi kerak edi. Ammo keyinchalik ssenariy Zulfiya Zokirovaning o`g`illari qanday qilib qahramonona jang qilgani va jang maydonlarida halok bo`lganligi tasvirlangan jang sahnalari ssenariyga kiritildi”, dedi film rejissyori Jahongir Ahmedov. - Biz allaqachon “Belarusfilm"da bo`lganmiz va hamkasblar bilan ushbu film ustida birgalikda ishlash to`g`risida kelishib olganmiz, - deya qo`shimcha qildi Ahmedov.
“Ikkinchi Jahon urushidagi dahshatli janglarda o`z jonini fido qilgan o`zbek xalqining jasorati va mardligini namoyish etish biz uchun juda muhimdir, chunki bizda jang maydonlaridagi askarlarimizning jasoratini aks ettiruvchi harbiy filmlar deyarli yo`q. Shu munosabat bilan biz hukumatga ushbu g`oyani amalga oshirish uchun qo`shimcha 200 ming dollar ajratgani uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deya ta`kidlab o`tdi Firdavs Abduxoliqov. | 88 | 1,691 |
Madaniyat | Bekxemning o‘g‘li, milliarder va oddiy yigit: Dunyoning eng badavlat qizlari kimga ko‘ngil qo‘ygan? (foto) | Millionlab mablag‘lar meros bo‘lib qolgan dunyoning eng boy xonimlarining shaxsiy hayot va munosabatlar borasidagi tanlovi qanday bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Amanda Xerst va Xoakim Ronning
Mediamagnat Uilyam Xerstning evarasi 2019-yilda norvegiyalik rejissor Uilyam Xerstga turmushga chiqqan. Ronning “Karib dengizi qaroqchilari”ning so‘nggi filmini, shuningdek, “Malifisenta”ning davomini suratga olgan. Kaliforniyadagi dabdabali to‘yda kelin Oscar de la Renta brendining qimmatbaho libosini kiygan.
Sofya Abramovich va uning sirli yigiti
Roman Abramovichning Britaniyada yashaydigan 23 yashar qizi Instagram stories’iga yigitining rasmini qo‘yib, super baxtli ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, u havas qilsa arziydigan darajada chiroyli guldastalar tutgancha tushgan surati bilan ham bo‘lishgan.
Delfina Arno va Ksavye Nel
Louis Vuitton modalar uyi vitse-prezidenti va fransuz milliarderining qizi Alessandro Gancha bilan turmush qurgan va ajrashgan. 2011-yildan boshlab Ksavye bilan yashaydi va 2012-yilda qiz farzandli bo‘lgan.
Bella Xadid va Eybel Tesfaye
Qurilish sohasidagi magnatlardan biri Muhammad Xadidning qizi reper The Weekend bilan 2015-yildan uchrashishni boshlagan. Ular bir necha marta ajrashgan va qayta yarashib olgan. 2020-yilning mayida qayta topishib olgan juftlik yaqin orada to‘y haqida e’lon qilib qolishi ham mumkin.
Jiji Xadid va Zeyn Malik
Bellaning opasi Jiji xonanda Zeyn Malik bilan munosabatda bo‘lgan. Ular ham bir ayrilib, bir yarashgan, 2019-yilda topishib olgan juftlik 2020-yilning sentabrida farzandli bo‘lgan.
Nikola Pelts va Bruklin Bekxem
Amerikalik milliarderning qizi Bekxemning o‘g‘li bilan uchrashadi. Sevishganlar allaqachon unashtirilgan va to‘yni mazkur kuz faslida o‘tkazish rejalashtirilgan, ammo koronavirus sabab kamida 2021-yilning kuziga qoldirilgan.
Sharlotta Kaziragi va Dmitriy Rassam
Greys Kreyslining nabirasi 2019-yilda fransuz kinoprodyuseriga turmushga chiqqan. To‘yigacha ikki yil avvaldan uchrashib yurgan juftlik 2018-yilda farzandli bo‘lgan. Ularning har ikkisining ham sobiq sevgilisidan farzandi bor.
Marta Ortega Peres va Karlos Torreta
Zara modalar uyining merosxo‘ri turmush o‘rtoq sifatida kasting-agenti Karlos Torretani tanlagan. 2016-yilda uchrashishni boshlagan juftlik 2018-yilda turmush qurgan. Kelinning libosini Martaning o‘zi o‘ylab topgan, uni tikishni esa Valentino modalar uyiga ishonib topshirgan. | 107 | 2,402 |
Madaniyat | “Chaqmoq MakKuin 3” multfilmining yangi treyleri namoyish etildi (video) | Internet tarmog‘ida “Chaqmoq MakKuin” multfilmi 3-qismining (Cars 3) ikkinchi tizer-treyleri namoyish etildi. Rolik Disney Pixar’ning YouTube’dagi kanalida e’lon qilingan, deb ma’lum qiladi “112.ua”.
Kadr: YouTube
Yangi qismda qahramon MakKuin barcha poygalarda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatishda davom etadi, biroq g‘alabani qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi, raqobat esa tobora kuchayib boraveradi. Qahramonni hayajonli sarguzashtlar kutadi. Bu sarguzashtlar davomida u yangi do‘stlarini uchratadi, shuningdek, faqatgina tezlik va dvigatelning quvvati poygachini chempion qila olmasligini tushunib yetadi.
Film rejissori Brayan Fi. Bosh rollarga Armi Xammer, Ouen Uilson, Bonni Xant, Tonni Shelub va Chich Marin ovoz bergan.
Multfilm ekranlarga 2017-yil 15-iyunda chiqadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 72 | 948 |
Madaniyat | Leyla va Ravshan Sobirov “Lazgi”ni o‘zi xos tarzda kuyladi | Sobiq “Setora” guruhi va Ravshan Sobirov ijrosidagi “Xayr, maktabim!” duetini eslaysizmi? Qarangki, yillar o‘tsa-da, u o‘z jozibasini yo‘qotgani yo‘q. Sobiq guruhning vakili Leyla o‘sha damlarni xotirlagan holda Ravshan Sobirov bilan yan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi, deb yozadi “7x7” gazetasi.
Ular bastakor Vagif Zokirov musiqasi asosida yaratilgan “Lazgi” taronasini ijro etdi.
“Qo‘shiq asliyati saqlab qolingan, ammo ijro o‘ziga xos”, — deydi Ravshan Sobirov.
Xo‘sh, sobiq duetdoshlarning navbatdagi mehnat mahsuli ham avvalgisidek ommalasharmikan? Albatta, buni vaqt ko‘rsatadi. | 58 | 581 |
Madaniyat | Mahmud Nomozov: “‘Daryo’ning ashaddiy mushtariyiman” | 7-may kuni Toshkent shahridagi “Muloqot.Uz” kafesida O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozov va muxlislari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv savol-javoblar bilan boshlandi.
Muxlislardan birining “Internetdan foydalana olasizmi?” degan savoliga Mahmud Nomozov “Internetni endi o‘rganishni boshlayapman, ‘Daryo’ yangiliklarining ashaddiy muxlisiman, ‘Muloqot’ ijtimoiy tarmog‘ida ham ijodimiz haqida yangiliklar berib boramiz”, – deb javob berdi.
Ijodiy uchrashuvda xonanda Toshkent shahriga atab kuylagan qo‘shig‘i haqida so‘zladi. Mahmud Nomozovning ta’kidlashicha, ushbu tarona san’atkorning 19—21-may kunlari “Istiqlol” saroyida bo‘lib o‘tadigan konsertida ijro etiladi.
8-may Mahmud Nomozovning tavallud topgan kuni bo‘lgani sababli “Muloqot” saytlar tarmog‘i tomonidan xonandaga “Ko‘za” deb nomlangan tort sovg‘a qilindi.
Eng yaxshi savol egalariga Mahmud Nomozovning ukasi Musulmon Namozning akasi haqida yozgan “Yulduzlar shamoli” kitobi taqdim etildi. | 52 | 974 |
Madaniyat | Qozondagi ilk turk kinosi xalqaro festivalida o`zbek filmi namoyish etildi | Tataristonning Qozon shahrida bugun ilk turkiy filmlar xalqaro festivali o`z ishini yakunlamoqda. Bu haqda «Anhor.uz» xabar bermoqda.
Festivalda Rossiya, Turkiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, O`zbekiston, Ozarbayjon va Turkmaniston kino san`ati vakillari qatnashmoqda.Festival g`oliblar va mukofotlar bo`lmaydi. Uni o`tkazishdan maqsad tomoshabinlarga turkiy tilli davlatlar kinematografiyasining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish hamda ushbu davlatlar uchun umumiy kinobozor tashkil qilishdan iborat.
O`zbekistonlik rejissyor Qamara Kamolova 22 mart kuni festival doirasida o`zining «Osmonlar ostidagi yo`l» filmini tomoshabinlarga taqdim etdi.
Festival ko`chma bo`lib, u har yili turli mamlakatlarda o`tkazilishi rejalashtirilgan. | 74 | 735 |
Madaniyat | Xonanda Erkin Xudoyqulov san’atdan ko‘ngli qolib Dubayga ketgani, ijodiy tanaffusiga sabab bo‘lgan ishlar haqida gapirdi (video) | “Onajon”, “To‘ying kuni to‘yib yig‘ladim”, “Yangalar” kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Erkin Xudoyqulov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Erkin Xudoyqulov suhbat davomida san’atdagi uzoq tanaffusi sababi haqida gapirib berdi.
Bugun ko‘p gaplarni ochiq-oydin gapirmoqchiman. Ancha tanaffus bo‘lishiga sabab oddiy narsa. 2009-yilda san’at saroyida 4 kunlik ‘Erkin o‘g‘lingman o‘zbegim’ deb nomlangan oxirgi konsertimni qo‘ydim. O‘shandan keyin san’atni taqqa to‘xtatdim. Nega degan savol tug‘iladi. Chunki, rosa san’atdagi narsalardan charchagan edim.
Birinchi xafa qilgan narsa — nohaqlik ko‘p. Hatto san’at ichida ham ba’zilarini do‘st deb bilsak, biror joyga borsak falonchi do‘stingiz keldi, ‘u fanogrammachiku, u bunaqa-yu, deyishdi. Kimdirlari besh vaqt namoz o‘qishadi-da, yana birovlarni g‘iybat qilishadi. Eng yomon ko‘rgan narsam g‘iybat. Men yuziga aytaman, hech qachon g‘iybat qilmaganman.
Dadam juda xohlab, ‘O‘g‘lim, sen ham Navro‘z, Mustaqillik bayramlarida chiqqin, shu yerda seni ham ko‘ray’, deganlar. Otamni orzusi edi. Hamma san’atkorni ham shunday bayramlarda chiqish orzusi bo‘ladi. Lekin, negadir o‘sha paytda faqat belgilangan san’atkorlar chiqar edi. Kimlar chiqadi, kim qanday qo‘shiq aytadi, kim chiqmaydi uni xalq ham yodlab olgan edi. O‘sha narsalar xafa qilgan. Har yili qo‘shiq yozaman, ‘Vatan’ haqida yangi qo‘shiq yozardim, o‘sha paytda ‘O‘zbeknavo’ konservatoriyada yig‘ilish qilardi. ‘Tanish — bilishlaring o‘tmaydi, tepadan qo‘ng‘iroq qildirmalaring, zo‘r qo‘shiq bo‘lsa chiqaraman’, derdi. Zo‘r qo‘shiqlarni kechirasizlarku, o‘n-yigirmatasini yozib bo‘lganmiz. Bitta arinjirovka qildirish o‘sha paytda 200-300 dollar edi. Ha, pulimiz yo‘q emas, border, lekin, shuncha qo‘shiqni havoga otib yubormaysizku.
Keyin ba’zi bir televediniyeda aylantiramiz desak ham, endi faqat vatan haqida qo‘shiq kuylamaysizku, tijorat, pul keltiradigan sevgi-muhabbat haqida ham qo‘shiq qilish kerak, u narsalar xalqqa kerakku. Mana shunaqa narsalar meni juda charchatgan. Shu darajada ko‘nglimni qoldirib yuborgan.
Vatanimni sevaman, vatanimdan hech qachon ko‘nglim qolmaydi, shu yerda tug‘ilganman, shu yerda o‘laman. Mening aytmoqchi bo‘lgan gapim, boramiz, qo‘shiq yozamiz, tayyorlaymiz, aranjirovka qilamiz, shoirga boramiz uni-buni qilib olib boramiz beramiz bo‘ldi, tag-tugi yo‘q, hech kim javob aytmaydi. Televediniyega bersangiz javobi kelmaydi. Ko‘pchilik san’atkorlar qo‘shig‘i nima sababdan o‘tmaganini bilmaydi. ‘O‘zbeknavo’ borasiz, litsenziya olasiz, to‘ylar bunaqa. Qisqasi ko‘p narsalar ozgina ranjitgan.
2009-yilning oxirida Birlashgan Arab Amirliklariga ketdim, Dubayda yashadim. To‘g‘ri, halol mehnat qildim u yerda. O‘zbek sherik do‘stlar bilan u yerda biznes qildik. Besh yil umrim o‘sha yerda o‘tdi, oilam bilan Dubayda yashadim O‘sha paytda televizorga chiqaman desak, falon so‘m bo‘ldi. Biz pul qizg‘onmayapmiz, klip olib borsak o‘tmaydi. Eng muhimi, klip to‘rt daqiqadan oshmasin degan gap bo‘lardi. Ashula qanday qilib to‘rt daqiqadan oshmasligi mumkin. Unda shoirni ham chaqirib, 2 bo‘limdan ortiq she’r yozmang degan talab qo‘yish kerak ekanda.
To‘g‘ri ba’zi bir qo‘shiqlar uch-to‘rt daqiqaga sig‘adi, lekin ba’zi qo‘shiqlar undan oshishi mumkin. Olib boramiz klipimiz o‘tmaydi. Kechirasiz, bu xarajat, o‘sha paytda kliplarimizni 1000-1500 dollarga olganmiz. Biz ham Navro‘z, Mustaqillik bayramlarida chiqib kuylashni orzu qilganmiz, lekin, o‘roqda yo‘q, xirmonda yo‘q odamlar chiqardi o‘sha paytda.
Men o‘zim har safar kuzatardim, qora ko‘jali uch-to‘rtta qiz chiqardi. Bir balo ashulalarini aytardi-da, bo‘ldi edi, ammo el tanigan xonandalar chiqa olmas edi.
Xalq bizni taniydi, davlat tadbirlariga borganmiz, hozir ham boramiz. Paxta dalalariga tadbirlarga borar edik, ‘O‘zbeknavo’ omon bo‘lsin, o‘sha yerda ishlayotganlar bo‘lsa, vijdoni bo‘lsa to‘g‘rilikcha biladi. Men ularni hech narsada ayblayotgan joyim yo‘q. Shunchaki bor gapni aytayapman. Nimaga ‘biz haqli emasmidik o‘shanda bayramda chiqishga. Oxiri xulosa qildik, yoki zo‘r tanishing bo‘lishi kerak yoki kimdir tepadan aytishi kerak ekan.
Erkin Xudoyqulov, xonanda | 128 | 4,174 |
Madaniyat | Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi o‘lmasligi uchun, bolasining o‘limiga ham rozi bo‘lgan og‘ir kunlari haqida gapirib berdi (video) | Aktrisa Munojat Alimboyeva otasi o‘lmasligi uchun, bolasining o‘limiga ham rozi bo‘lgan og‘ir kunlari haqida gapirib berdi.
Bu haqda aktrisa YashinTVga bergan intervyusida ma’lum qildi.
40 kunlik farzandim og‘ir kasal bo‘ldi. Davolanib chiqqach, bir kuchli shifokordan so‘raganimizda, “urug‘ingizda kimdadir shunaqa o‘pka-nafas olish kasalligi bor, farzandingga ham bu o‘tgan”, dedi.
Dadamga “dada, bizni avlodimizda kimningdir o‘pkasi yomon ekan, shu qondan o‘tgan ekan” dedim. Dadam yoshliklarida qattiq bronxit bo‘lgan ekanlar. Dadam bu gapimni yuraklariga qattiq olibdilar, kasal bo‘lib qoldilar. “Mendan o‘tgan kasallik”, deb ko‘ngillariga oldilar, qattiq kasal bo‘lib qoldilar. Endi dadamni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan xavf, xavotir farzandimdan dadamga o‘tdi.
Men bu paytda “To‘maris” roliga rozi bo‘lib, teatrga borganman. Bolam ikki-uch oylik bo‘lib qolgan.
Spektaklda To‘maris farzandini Eron shohi Kir olib qo‘yadi, “davlatingni bermasang, farzandingni o‘ldiraman”, deydi. O‘shanda To‘marisning qalbi larzaga kelib, yig‘laydigan joyi bor. Shunda men har kuni shu ssenariyni o‘qiyotganimda farzandimni 40 kunlik chaqaloqligida qanaqa yo‘qotayotganimni ko‘z oldimga keltirardim.
To‘maris erini ham yo‘qotgan edi. Shu narsalarni hammasini ko‘z oldimga keltirardim. Farzand yo‘qotishning qanchalar azobliligini ko‘z oldimga keltirib, shu ssenariyni o‘qirdim.
Buyoqda dadam kasal bo‘lib qoldilar. Endi ichimda “Mayli, ey Xudo, o‘g‘limni olgin-u, faqat dadamni qaytarib bergin. Faqat dadamga hech narsa bo‘lmasin. Dadam o‘tib qolmasinlar. Men o‘g‘ilni yana tug‘ib olarman, lekin otamni qayerdan topaman? Otam o‘tib qolsalar hech qachon qaytib kelmaydilar-ku?” deb har kuni, tun-u kun Xudodan dadamni sog‘liklarini so‘rardim.
Allohga behisob shukr, dadam yaxshi bo‘lib qoldilar. Lekin o‘sha kundan boshlab, men dadam uchun qo‘rqadigan bo‘lib qoldim. Ozgina mazalari qochib qolsa ham, dadamni yo‘qotib qo‘yish xavfi doim miyamda aylanardi.
Hozir ham dadamga bir narsa bo‘lsa zirillayman. Yomon bo‘lib qolaman. Hamma farzandim der ekan, hech kim ota-onam demas ekan. Man farzandimni olgin, lekin dadamni qaytarib bergin deydigan g‘alati inson ekanman. “Farzandimni ol demasdan ham, otamni olib qo‘ymagin”, desam ham bo‘ladi-ku. Yo‘q, men shu garovga kimnidir qo‘yarkanman. Bu yaxshi narsa emas ekan. Garovga kimningdir hayotini qo‘yish kerak emas ekan. Bu narsalarni endi tushundim.
Munojat Alimboyeva, aktrisa va xonanda
Ma’lumot uchun, aktrisa Munojot Alimboyeva “Jaydari kelin” spektakli bilan mashhurlikka erishgan. Aktrisa “Onam bilmasin”, “Dadam bilmasin”, “Er bermoq, jon bermoq” filmlari va bir qancha seriallarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan. | 130 | 2,675 |
Madaniyat | Xonanda Shahzoda Qozog‘istonda Markaziy Osiyoning eng mashhur yulduzi sifatida e'tirof etildi | Xonanda Shahzoda Nur-Sultan Music Awards xalqaro musiqiy festivalida taqdirlandi. Bu haqda “Kun-u tun” xabar berdi.
Qozog‘iston poytaxtida Nur-Sultan Music Awards uchinchi xalqaro musiqiy festivali bo‘lib o‘tdi. “Baris-Arena” muz saroyida bo‘lib o‘tgan festivalda Svetlana Loboda, Lolita, Grigoriy Leps, Dima Bilan kabi bir qator jahon yulduzlari ishtirok etdi.
Xonanda Shahzoda Markaziy Osiyoning eng mashhur yulduzi nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. | 93 | 463 |
Madaniyat | Hamisha yosh ko‘rinadigan Bollivud aktrisalari (foto) | Bollivud o‘zining filmlari bilan birga sira qarimaydigan aktyor va aktrisalarga ham boy. Ayniqsa, hind ayollari abadiy go‘zallik va yoshlik sirini biladi. Shuning uchun ham ularning yoshini hatto taxmin ham qilib bo‘lmaydi.
Ayshvariya Ray
Takrorlanmas ko‘z rangi bilan nafaqat Bollivudni, balki butun dunyo tomoshabinlarini o‘ziga rom etgan aktrisa. U haqli ravishda dunyodagi eng go‘zal ayol unvoniga ega. Aktrisa hozirda 47 yoshda, lekin u o‘z tengdoshlariga qaraganda ancha yosh ko‘rinadi. Ayshavriya Abhishek Bachchan bilan oila qurgach, 37 yoshida qizini dunyoga keltirgan.
Rani Mukerji
Hindistonning yana bir yulduzi − Rani “Bollivudning eng yaxshi o‘nta yulduzi” ro‘yxatida uch marotaba yuqori o‘rinni egallagan. “Bollivudning o‘nta buyuk ismi”ning beshtaligiga kirgan. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, u “Vir va Zara” filmidagi yoqimtoy qizligicha qolgan. Ammo uning yoshi ayni damda 43 da.
Karina Kapur
2010-yilda People jurnali Karinani Hindistondagi eng go‘zal ayol deb topgan edi. Shuningdek, o‘tgan yillar mobaynida aktrisa o‘z familiyasi uchun mehnat qildi va eng ko‘p gonorar oluvchi yulduzlardan biriga aylandi. Karina hozirda 40 yoshda. U hali ham avvalgidek yosh va go‘zal ko‘rinishini saqlab qolgan. Aktrisaning go‘zallik siri oddiy: u parhezni emas, to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘ygan. Plyajda sayr qilishni yaxshi ko‘radi va oddiy narsalardan ham zavq olish muhimligini ta’kidlaydi.
Priyanka Chopra
Turmush o‘rtog‘i Nik Jonasdan 10 yoshga katta aktrisada aslida hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. U 2021-yilning yozida 39 yoshini qarshi olsa-da, xuddi 17 yoshdagi ko‘rinishni saqlab qolgan.
Hema Malini
Zita va Gita obrazlari tufayli mashhur bo‘lgan aktrisaning ko‘zlari hamon o‘sha-o‘sha. Umuman olganda, uning hisobida 158 ta film bor. Aktrisa hozirda ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, garchi u 72 yoshini qarshi olgan bo‘lsa ham.
Padma Lakshmi
Lakshmi Amerikada taniqli teleboshlovchi, ammo u avval modellik bilan ham shug‘ullangan. Lakshmi Parij, Milan, Nyu-Yorkda karyerasini shakllantirgan birinchi hind modeli. Shundan so‘ng rejissorlar nazariga tushgan model Bollivud aktrisasiga ham aylandi. Uning 50 yoshga to‘lganiga shubha qilish mumkin, chunki chindan ham yosh ko‘rinadi. | 53 | 2,214 |
Madaniyat | “Qora niyat” seriali voqealar rivojida tub burilish kutilmoqda | Keyingi mavsumga qadar davom etishi rejalashtirilayotgan “Qora niyat” serialida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Kinoteka xabar beradi.
Jurnalist Birsen Altuntash serialning keyingi qismlari bilan bog‘liq ayrim detallarni oshkor qilgan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda nikoh uzugi taqqan Jansu (Nilperi Shahinkaya)ning surati tarqalgan. Shundan keyin muxlislarda qanday qilib, Yildiz (Eda Eje)ni jondan ortiq yaxshi ko‘rgan Chagatay (Berk Oktay) Jansuga uylanishi mumkin, degan savol tug‘ilgan. Gap shundaki, 102-qismda yong‘in yuz beradi va Yildiz hamda Chagatay baxtli tasodif tirik qoladi. 103-qismdan esa tamoman yangi davr boshlanadi.
View this post on Instagram
Oradan 5 yil o‘tadi, bu vaqtni Yildiz komada o‘tkazadi. Ko‘zlarini ochganida Chagatay uylanganidan, ulg‘aygan Halit Jan Jansuni oyi deb chaqirayotganidan xabar topib, shokka tushadi. Jansu o‘z niyatiga yetadi, ammo tirik qolgan
Yildiz baxti uchun kurashishda davom etadi. Muxlislarga yanada qiziqarli bo‘lishi uchun boshqa qahramonlar hayotidagi o‘zgarishlar ma’lum qilinmagan. | 62 | 1,077 |
Madaniyat | Britni Spirs, Mariya Sharapova va 35 yoshdan keyin ona bo‘lishga qaror qilgan boshqa mashhur ayollar (foto) | Hozirgi kunda yulduzlar tanqidlardan qo‘rqmaydi va 35 yoshdan keyin ham farzand ko‘rish haqida qaror qabul qiladi. Cosmopolitan nashri ushbu maqolada aynan shunday homilador mashhur onalarni sanab o‘tdi.
Mariya Sharapova, 35 yosh
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova 35 yoshga to‘lgan kuni homiladorligini e’lon qildi. Sportchi va uning turmush o‘rtog‘i britaniyalik biznesmen Aleksandr Gilks uchun tug‘ilajak chaqaloq birinchisi.
Hilariya Bolduin, 38 yosh
Alek va Hilariya Bolduin har doim katta oilani orzu qilgan va ular bu borada omadli. Er-xotin hozirda olti farzandni tarbiyalamoqda, qahramon ona esa yettinchi farzandini ham dunyoga keltirishga tayyor! 2019-yilda homilasidan ayrilganidan so‘ng Hilariya juda ehtiyotkor bo‘lib qolgan. U hatto chaqaloqning yurak urishini nazorat qilish uchun maxsus qurilma sotib oldi.
Britni Spirs, 40 yosh
Britni — taqdiriga butun dunyo achingan mashhur xonanda. Vasiylik tugashi bilan xonandaning hayoti tubdan o‘zgardi: u Sem Asgari bilan, mish-mishlarga ko‘ra, allaqachon turmush qurishga muvaffaq bo‘lgan va ular farzand ham kutmoqda. Spirs uchun chaqaloq uchinchisi, Sem uchun esa birinchi farzand hisoblanadi.
Adriana Lima, 40 yosh
Supermodel uchinchi farzandini kutmoqda. Yaqinda bo‘lib o‘tgan jinsini aniqlash marosimida Adriana o‘g‘il farzandli bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, u allaqachon Mark Yarich bilan birgalikda ikki qizni tarbiyalamoqda.
Milla Yovovich, 46 yosh
Milla Yovovich to‘rtinchi bor homiladorligini e’lon qilmaslikka harakat qildi. Ammo kundan kunga kattalashayotgan qorinni yashirishning iloji bo‘lmadi. 46 yoshli aktrisa ajoyib ko‘rinishda, hatto ancha yosh ham ko‘rinadi. Shuning uchun u 50 yoshida yana ona bo‘lishga qaror qilsa ham, ajablanmaymiz! | 107 | 1,735 |
Madaniyat | Avstraliyada 457 ta gitarada bir vaqtda chalingan musiqa jahon rekordini o‘rnatdi (video) | Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan musiqa festivalida 457 nafar gitarachi AC/DC guruhining Highway to Hell qo‘shig‘i musiqasini bir vaqtda ijro etdi. Ishtirokchilar elektrogitarada bitta kompozitsiyani bir joyda sinxron ijro etgan kishilar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Meduza jarayon aks etgan videoga e’tibor qaratdi.
The Choirboys guruhi sahnadan olomon ichidagi musiqachilar uchun ritm berib turdi. Gitarachilar Marshall firmasining portativ ovoz kuchaytirgichlaridan foydalandi. Qurilmalar tashrif buyuruvchilarga 45 dollarlik ro‘yxatdan o‘tishdan keyin berildi. Festivaldan tushgan mablag‘lar nosog‘lom muhitdan chiqqan bolalarni musiqaga o‘rgatuvchi Australian Childrenʼs Music Foundation notijorat tashkilotiga yo‘naltirilgan. | 89 | 755 |
Madaniyat | Persona non grata: Turli mamlakatlarga kirishi taqiqlangan mashhur shaxslar | San’at va ijod chegara bilmaydi, lekin ba’zi yulduzlar uchun cheklovlar bor va shu sabab ham ular ma’lum mamlakatlardagi muxlislari bilan uchrashish baxtiga muyassar bo‘la olmaydi. Buning sababi nima bilan bog‘liq? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Sasha Baron Koen
Mamlakat: Tojikiston va Qozog‘iston
Sababi: Aktyor va komediantning “Diktator” va “Borat” filmlaridagi roli sabab mazkur mamlakatlarga kiritilmaydi.
Beyonse
Mamlakat: Malayziya
Sababi: Beyonse ochiq kiyimlardagi nojo‘ya chiqishlari sabab Malayziyaga kiritilmaydi.
Bred Pitt
Mamlakat: Xitoy
Sababi: Bollivud yulduzi 1997-yilda suratga olingan “Tibetda yetti yil” filmida kommunizm haqida yomon gaplar gapirgani mazkur mamlakatga kirishiga taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lgan. 2006-yilda esa taqiq olib tashlangan.
Jastin Biber
Mamlakat: Argentina va Xitoy
Sababi: Qo‘shiqchi Argentinada suratkashni ranjitgani sabab sudga chaqirilgan. Keyingi safarida esa mamlakat bayrog‘iga nisbatan hurmatsizlik qilgan. Xitoyga qo‘yilmasining sababi turli mamlakatlarda o‘zini yomon tutgani bilan bog‘liq.
The Beatles
Mamlakat: Filippin
Sababi: Afsonaviy guruh 1966-yildagi Filippinga bo‘lgan xizmat safari davomida birinchi xonimning nonushtaga qilgan taklifini rad etgan.
Alek Bolduin
Mamlakat: Filippin
Sababi: Aktyor 2009-yilda filippinliklar kelinchaklarni internet orqali buyurtma qiladi deb hazillashib, ushbu millat vakillarining jig‘iga teggan.
Ledi Gaga
Mamlakat: Indoneziya
Sababi: Xonandaning chiqishlaridan keyin mahalliy diniy tashkilot uni axloqiy asoslarni buzganlikda ayblagani sabab bo‘lgan.
Xarrison Ford
Mamlakat: Xitoy
Sababi: Aktyorning Xitoyga kiritilmasligiga bir nech marotaba Tibet mustaqilligini yoqlab so‘zlagan jo‘shqin nutqlari sabab bo‘lgan. | 75 | 1,730 |
Madaniyat | O‘zbek milliy akademik drama teatrining “andishali kelinchagi” o‘zgardi | O‘zbek milliy akademik drama teatri yangiliklarini taqdim etar ekan, “Darakchi” gazetasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametovaning yana sevimli jamoasiga qaytganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, muxlislarga kliplardagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Shahlo Temirova endilikda faoliyatini aynan shu teatr sahnasida davom ettiradi. Unga “Andishali kelinchak” spektaklidagi kelin roli ishonib topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, bu rollarni avval Dilnoza Kubayeva, sal keyinroq Shodiya To‘xtayeva ijro etgan edi. Hozirda aktrisa Shodiya To‘xtayeva qizalog‘i Maryamning tarbiyasi bilan band bo‘lgani bois bu rol teatrning yangi a’zosiga ishonib topshirildi. | 71 | 678 |
Madaniyat | “Qalbim chechagi” 23 yoshda: Serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? (foto) | Janubiy Koreya ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan ilk “Qalbim chechagi” seriali nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyo mamlakatlari bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Serial qahramonlarining mashhurligi uning yuqori reytingdan joy olishiga ham sabab bo‘ldi.
Film haqida bir og‘iz…
MBC tomonidan suratga olingan “Qalbim chechagi” seriali 1997-yil tomoshabinlarga taqdim etildi. Ushbu serial soddadil va mehribon yetim qiz Li Yun Xi, xonanda bo‘lishni orzu qiladigan badavlat tadbirkorning o‘g‘li Kang Min Xi va mamlakatning yetakchi moda uylaridan birining dizayneri Li Jun Xi o‘rtasidagi sevgi uchligi haqida hikoya qiladi.
Afsuski, bolalar uyidan otasining do‘sti tomonidan olib ketilgan Li Yun Xini bir qancha muammolar kutib turar edi. Yangi oila bilan yashash qanchalar qiyin bo‘lmasin, qiz barchasiga sabr qiladi va bir kuni ziyofatda Li Jun Xi bilan tanishib qoladi. Li Yun Xining tashqi ko‘rinishi yigitning sobiq sevgilisiga juda ham o‘xshar edi.
Birozdan so‘ng Li Yun Xi dugonasi ishlaydigan tungi klubda Kang Min Xi bilan uchrashib qoladi. Kang Min Xi bir qarashdayoq soddagina Li Yun Xini sevib qoladi. Taniqli qo‘shiqchi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan yigit va qiz orasi tobora yaqinlashib borgan sari yigitning otasi ularning muhabbatiga to‘siq bo‘laveradi.
Bu orada Kang Min Xining muhabbatdagi raqibiga aylanib ulgurgan ishbilarmon tadbirkor Li Jun Xi dizaynerlik borasida o‘zini sinab ko‘rayotgan Yon Miga nisbatan iliq his-tuyg‘ularga beriladi. Sababi u qachon muammolarga duch kelsa, yo‘q joydan paydo bo‘lib, unga yordam berardi.
Raqibini yo‘ldan olishni istagan qo‘shiqchi yigit yaqinlashib kelayotgan konsert dasturiga sevgilisi hamda Li Jun Xini taklif etadi va u yerda qo‘shiq kuylab, sevgilisi Li Yun Xiga sevgi izhor qiladi. Shu orqali u raqibiga hammasini tushuntirib qo‘yadi.
Serial hali efirga uzatilmay turib, ommaviy axborot vositalarining e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Sababi serialda mashhurlikka erishgan aktyor va aktrisalar ishtirok etishi ma’lum bo‘lgan edi.
Serial kutilganidan ham ko‘proq shon-shuhratga erishdi, Koreya tomoshabinlarining eng sevimli kartinasi sifatida belgilandi. Dastlab serial namoyishining boshida tomoshabinlar shunchaki ikki yoshning muhabbati aks etgan deb o‘ylagan, ammo keyinchalik serial minglab, millionlab muxlislarga ega bo‘ldi.
Kang Min Xi
An Je Uk
Aktyor, xonanda va kompozitor An Je Uk 1971-yil 12-avgustda Janubiy Koreyaning Seul shahrida tug‘ilgan. 1994-yil universitetni tamomlagan aktyor ilk bora “Ko‘r qushlar qo‘shig‘i” dramasida rol ijro etadi. Nafaqat muvaffaqiyatli aktyor, balki taniqli qo‘shiqchi 5 ta musiqiy albom chiqargan. 1997-yilda u o‘zining “Abadiy” nomli albomini taqdim etdi va ushbu musiqiy to‘plam 700 ming nusxada sotilgan. Aktyor aynan shu albomdan o‘rin olgan qo‘shiqlarni “Qalbim chechagi” serialida ham ijro etgan. Serial aktyorning shaxsini hamda qo‘shiqlarini ham ommalashtirib yubordi.
Undan so‘ng birin-ketin filmlarda suratga tushib, tomoshabinlar ko‘nglini zabt etgan aktyor 2013-yil fevral oyida AQShda miya bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bir yillik o‘zini qayta tiklashdan so‘ng aktyor 2014-yil aprel oyida musiqiy ijodini boshladi. Aktyorga oid qiziqarli ma’lumotlarga ko‘ra, u uxlashni juda yaxshi ko‘radi, hatto rekord ko‘rsatkichi 36 soatni tashkil qilgan.
Ko‘k rangni yaxshi ko‘radigan aktyor san’at yo‘lini tanlamaganida, albatta, tadbirkor bo‘lar edi. U konsertda jonli ijroda kuylayotgan qo‘shig‘ining so‘zlarini unutib qo‘yganini hayotidagi eng kulgili va esda qolarli voqea deb biladi. Aktyor xushbo‘y shamlar, parfyumeriya, musiqa, golf, kompakt-disklar to‘plami va ovqat tayyorlashni yaxshi ko‘radi.
Li Yun Xi
Chxve Jin Sil
Chxve Jin Sil 1968-yil 24 dekabrda Seulda tug‘ilgan. Aktrisa Janubiy Koreyaning eng taniqli ijodkorlaridan biri “Millat aktrisasi” maqomiga ega. U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ota-onasi bolaligida ajrashib ketgan. Oilasi juda qashshoqligidan uning onasi ko‘cha chodirida turli xil ovqatlar sotgan. Qizaloq bolaligidayoq kambag‘al bo‘lib yashashdan qutulish uchun mashhur inson bo‘lishni orzu qilgan. Keyinchalik u yuqori maosh oladigan model va mashhur aktrisaga aylangan bo‘lsa-da, uning tejamkorligi saqlanib qolgan.
U birin-ketin reklama va filmdagi ijrolari ortidan mashhurlikka erishdi. 1994-yil uning sobiq menejeri Be Ben Su o‘ldiriladi va aktrisa jinoyatga guvoh sifatida chaqiriladi. Ushbu mash’um voqea katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Aktrisaning jinoyatga aloqadorligi va tuhmat qilinganligi haqidagi mish-mishlar ko‘payib bordi. Uning hayoti bir necha marotaba xavf ostida qolgani, 1995-yil avtohalokat, ta’qiblar va ikki marotaba noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganligi haqida ham xabarlar tarqalgan.
2000-yilga kelib aktrisaning shaxsiy hayotida yangilik yuz berdi, Chjo Sun Min bilan turmush qurdi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay juftlik oradagi nizo va turmush o‘rtog‘ining homilador aktrisaga qo‘l ko‘targani uchun 2004-yil ikki ajrashishga qaror qilgan. 2008-yil 2-oktabr kuni 39 yoshli aktrisa Chxve Jin Sil o‘z uyida osilgan holatda topildi. Uning o‘limi Janubiy Koreyada o‘z joniga qasd qilishning qisqa vaqt ichida o‘sishiga olib keldi, o‘sha oyda odatdagidan ko‘proq 700 ta holat qayd etildi. Oradan bir yarim yil o‘tib, aktrisaning ukasi ham o‘z joniga qasd qiladi — opasining yoniga dafn etiladi. 2008-yil sentabrda komik aktrisa Jon Sun Xening turmush o‘rtog‘i mashinasida o‘lik holda topiladi va bu jinoyat aynan aktrisa Chxve Jin Sildan gumon qilinishi uni qattiq tushkunlik girdobida qoldirgandi. Aynan ushbu voqea aktrisaning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu voqea internet olamida ham misli ko‘rilmagan darajada shov-shuv bo‘ldi. Aktrisaning bevaqt o‘limiga javoban Janubiy Koreya hukumati internet foydalanuvchilarining tarmoqqa joylayotgan ma’lumotlarini nazorat qilishga harakat qilgan. Hozirda aktrisaning ikki farzandiga uning onasi g‘amxo‘rlik qiladi.
“Qalbim chechagi” seriali qanchalar mashhurlikka erishgan bo‘lsa, unda ijro etilgan qo‘shiqlar undan ham ko‘proq ommalashdi, hatto hanuzgacha muxlislar tomonidan sevib tinglanadi. | 82 | 6,043 |
Madaniyat | Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemir turmushga chiqmoqda | Mashhur aktrisa Demet O‘zdemir va musiqachi O‘guzxan Kochning to‘yi Turkiyada eng kutilgan voqealardan biriga aylandi. Juftlikning ko‘plab muxlislari buni “yil to‘yi” deb atamoqda.
Kiprda yakkaxon konsertini taqdim etgan O‘guzxan jurnalistlarning so‘rovlariga javob berar ekan to‘yi haqida ham ma’lumot berib o‘tdi:
“Demet bilan to‘yimizni Istanbul va Cheshme orasida qatnovchi kemada nishonlashimiz haqidagi xabarga duch keldim. Bu haqda gazetalardan o‘qidim, albatta, bular haqiqat emas. Hozircha rejamiz bunday emas. Fikrimcha, kelinning o‘zi to‘y haqidagi qarorlarni qabul qilishda ko‘proq rol o‘ynaydi. Ammo biz Demet bilan hamma narsani birgalikda muhokama qilmoqdamiz. To‘y sanasi juda tez orada ma’lum bo‘ladi, ish jadvallarimizni kelishib olamiz. Biz hali faol tayyorgarlikni boshlamadik, ehtimol, barcha rejalar oxirgi lahzada amalga oshar”, – deydi Koch.
Ma’lum bo‘lishicha, juftlik 2021-yil tanishgan, ammo 11 oylik munosabatlardan so‘ng ular orasida kelishmovchilik yuz bergan. Yulduzlarning do‘stlari ularning yarashishiga va kelishmovchiliklarni yengishga yordam berdi. Shundan so‘ng 2022-yil 14-fevral kuni O‘guzxan Demetga turmush qurish taklifini bildirgan. | 58 | 1,176 |
Madaniyat | Bugun O`zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov tavalludiga 108 yil to`ldi | O`zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov 1911 yilda 7 noyabrda Qo`qonda tavallud topgan.
Nabi Rahimov 1926-1929 yillarda Qo`qon teatri spektakllarida qatnashgan. 1930 yildan to umrining oxirigacha Hamza nomidagi O`zbek Davlat (hozirgi O`zbek milliy akademik drama teatri) akademik drama teatrida etakchi aktyor sifatida samarali faoliyat ko`rsatdi. U oltmish yildan ziyod sermazmun va serqirra ijodiy faoliyati davrida juda ko`p spektakllarda bosh rollarni o`ynab, to`laqonli, betakror obrazlar yaratdi.
Teatr tomoshabini ko`z o`ngida Nabi Rahimov deganda Yago, Bobo Kayfiylar obrazi gavdalanadi. O`zbek kino san`ati ravnaqida ham Nabi Rahimovning xizmatlari benihoya kattadir. U yaratgan “Stadionda uchrashamiz“ dagi Aliev, “O`tgan kunlar“ dagi usta Olim, “Qutlug` qon“ dagi Shoqosim, “Abu Rayhon Beruniy“ dagi Xo`jandiy, “Kelinlar qo`zg`oloni“ dagi usta Boqi kabi obrazlar ko`pchiligi kino san`atida mashhurdir.
Nabi Rahimov 1994 yilda Toshkentda vafot etgan. | 70 | 958 |
Madaniyat | Bollivudning eng janjalkash aktyorlari | Quyidagi hind aktyorlari nafaqat iste’dodli ijrosi, balki urushqoq ekani bilan ham yaxshi ma’lum.
Salmon Xon
Salmon Xon hind kino sanoatidagi eng janjalkash erkaklardan biri hisoblanadi. Hammasi u maktab yillarida Qizil kitobga kiritilgan ikki antilopalarni yo‘q qilganidan boshlangan. Shundan keyin 2002-yilda mast holda mashina haydab odam urib yuborgan. Ayshvariya Ray bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan aktyor rashk tufayli “Sevgi yo‘llari” filmining suratga olish maydonchasida janjal chiqargan. Buning oqibatida Ayshvariya bosh qahramon rolini ijro qilishdan mosuvo bo‘lgan. Bundan tashqari, aktyor jurnalist va paparatsiyalarni jini suymaydi. Internetda esa aktyorning o‘zini yaxshi tutmagani aks etgan videolar qalashib yotibdi. Hatto Salmon Xonning muxlislari ham uni jahlini chiqarish yaxshilikka olib kelmasligini yaxshi biladi.
Saif Ali Xon
Aktyor o‘zini tuta olmasligi bilan muxlislarga yaxshi ma’lum. 1994-yilda aktyor sobiq rafiqasi Amrita Singh haqida yoqimsiz maqola e’lon qilgani uchun, Star and Style jurnali muharriri o‘rinbosarini kaltaklagan. Bundan tashqari, u aktyor Salmon Xon bilan birgalikda noqonuniy brakonyerlikda ayblangan. Qolaversa, bir necha marta fotograf va jurnalistlar bilan nizoga borgan, restoranda unga dakki bergan kishining burnini sindirgan, hatto.
Ranbir Kapur
Kapurlar naslining davomchisi Ranbir, yetishmovchilik nimaligini bilmay katta bo‘lgan. U o‘z xohish va qarashlarini har narsadan ustun biladiganlardan. Katrina Kaif bilan o‘rtalarida munosabat bo‘lgan vaqtlarda paparatsiya nishoniga uchrab qolganini payqagan aktyor kamerani sindirib jurnalistlarga hurmatsizlarcha munosabatda bo‘lgan. Uning sobiq sevgilisi Dipika Padukon, Ranbirni temperamenti baland, xiyonat qilishdan tab tortmaydigan yigit deb ta’rif beradi. | 38 | 1,770 |
Madaniyat | “Ayg‘oqchi kampir” mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007” filmi mart oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Mart oyining birinchi haftasida kinoreytingida “Ayg‘oqchi kampir 007” dan keyingi o‘rinlarni Ozod Shamsning “Bebahoginam”, Ozod Shamsning “Voy dod 2” hamda “Sevadi, sevmaydi”, Ilhom Muhammadibrohimovning “Qizlarning jahli chiqdi” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Koreyadagi muhabbat”, “Gazini bos, Jamshid”, “Sevgi sotilmas”, “Zulmat”, “Firibgar oshiq”, “Kokteyl” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
27-fevral — 5-mart oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” ( komediya )
Rejissor – Ulug‘bek Yunusov
2-o‘rin. “Bebahoginam” (romantik drama)
Rejissor — Ozod Shams
3-o‘rin. “Voy dod 2” (komediya)
Rejissor — Ozod Shams
4-o‘rin. “Sevadi, sevmaydi” (komediya)
Rejissor — Ozod Shams
5-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya)
Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov | 100 | 1,199 |
Madaniyat | Uzoq yillar davomida chiroyli ko‘rinishini yo‘qotmagan qirolicha Yelizaveta II ning ovqatlanish tartibi qanday? | Qirolicha Yelizaveta II 96 yosh bo‘lishiga qaramay chiroyli ko‘rinishga ega. So‘nggi yillarda u o‘z vazifalaridan voz kechishni xayoliga ham keltirmagan, muntazam ravishda tadbir va yig‘ilishlarda qatnashgan. Uning uzoq umr ko‘rish sirlaridan biri to‘g‘ri ovqatlanish tartibi. Quyida Yelizaveta II ning ovqatlanish tartibi haqida ma’lumot beriladi.
Birinchi nonushta
Qirolicha kunni bir stakan shakarsiz issiq Erl Grey choyi bilan boshlaydi. Unga har doim choy bilan birga shokoladli pechenye beriladi.
Ikkinchi nonushta
Suvli protseduradan keyin qirolicha kiyinib, avvalgisiga qaraganda ancha to‘yimli bo‘lgan rasmiy nonushtasiga o‘tadi. U ikkinchi nonushtani yormadan boshlashni afzal ko‘radi, ba’zida tost va marmelad iste’mol qiladi. Qizig‘i shundaki, uning nonushta dasturxoniga kamdan kam hollarda tuxum qo‘yiladi.
Tushlik
Qirolicha Yelizaveta II tushlik uchun qovurilgan baliq, ismaloq va qovoq kabi yuqori proteinli, kam uglevodli taomlarni tanlaydi. U qovurilgan tovuqli salatni ham yaxshi ko‘radi. Shunisi e’tiborga loyiqki, oshpazlar asosan qirollik mulkida yetishtiriladigan organik mahsulotlardan foydalanadi.
Peshindan keyingi choy
Tushlikdan keyingi ovqatlanishda Yelizaveta II har doim pishloqli, bodringli sendvichlar yoki mevali pirog bilan choy ichadi. Qirolicha bolaligida nonga sariyog‘ va qulupnay murabbosini surib yeyishni yaxshi ko‘rgan.
Kechki ovqat
Qirollikning sobiq oshpazi Darren Makgredining so‘zlariga ko‘ra, Yelizaveta II kechki ovqat uchun sabzavotli salat bilan qovurilgan yoki qaynatilgan baliq yeydi. U kechki ovqatda tarkibida kraxmal bo‘lmagan mahsulotlarni iste’mol qiladi.
Yelizaveta II vaqti-vaqti bilan qaymoqli steyk va qo‘ziqorin sousidan iborat taomlarni tanovul qilib turadi.
Desert
Ko‘pincha qirolicha shirinlik sifatida o‘z bog‘ida yetishtirilgan rezavor mevalarni, ba’zida shokoladli shirinliklarni iste’mol qiladi. Yelizaveta II sut va oq shokoladni iste’mol qilishdan qochadi, faqat qora shokolad tanovul qiladi.
Qirolicha nimani iste’mol qilmaydi?
Yelizaveta II hech qachon sarimsoq solingan taom yemaydi. Ushbu mahsulotni qirollik oshxonasida ishlatish ham taqiqlangan. | 111 | 2,126 |
Madaniyat | Nyu-Yorkdagi mehmonxona “Uyda yolg‘iz” filmidagi bosh qahramonning bir kunini yashab ko‘rishni taklif qilmoqda | “Uyda yolg‘iz” filmining ikkinchi qismi suratga olingan Nyu-Yorkning Plaza Hotel mehmonxonasi mehmonlarga “Kevin kabi yasha” xizmatidan foydalanishni va o‘zlarini film qahramonidek his qilishni taklif etmoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Xizmat taxminan 895 dollarga tushadi. Bu pullar evaziga fotokabinada suratga tushish, xona ichida ulkan muzqaymoq yeyish, esdalik sovg‘alari olish va komediyaning beshta qismidan iborat disklarning eksklyuziv kolleksiyasiga ega bo‘lish mumkin.
Bundan tashqari, 1990-yillarga xos bo‘lgan, o‘sha davrda o‘sgan bolalarning sevimli yeguliklaridan iborat maxsus taomnoma tayyorlangan.
Qo‘shimcha ravishda Empire State Building osmono‘par binosining 86-qavatidagi tomosha maydoniga kirish chiptasi, limuzinda Kevinning yo‘nalishi bo‘yicha shahar bo‘ylab sayr, Wollman Rink yaxmalagiga chipta, shuningdek, shaxsiy fotosuratchini buyurtma qilish mumkin.
Mehmonxona ushbu taklifni filmning 25 yilligiga bag‘ishladi. | 110 | 949 |
Madaniyat | O‘zbekiston vakillari Xalqaro talabalar kinofestivalida ishtirok etadi | O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti talabalari Butunrossiya davlat kinematografiya institutining “38-Xalqaro talabalar festivali”da ishtirok etish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.
O‘zbek talabalari tomonidan suratga olingan 16 ta hujjatli film uch kun davomida institut talablari, o‘qituvchilari, magistrantlar va kinoijodkorlar tomonidan baholanib, xalqaro festivalga tavsiya etilgan.
Xalqaro kino festivali Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) tomonidan tashkil etilgan. Tadbir 1961-yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan dunyodagi nufuzli talabalar kino tanlovlaridan biri hisoblanadi.
Bu yilgi talabalar festivali 12—16-noyabr kunlari Tomsk shahrida o‘tkaziladi. | 70 | 720 |
Madaniyat | Aktyor Kristian Beyl Ferrari avtomobillari asoschisi rolini o‘ynaydi | Britaniyalik aktyor Kristian Beyl italiyalik avtokonstruktor va poygachi Entso Ferrariga bag‘ishlangan biografik filmda bosh rolni ijro etadi. “Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, filmga Brok Yetsning 1991-yilda chop etilgan “Entso Ferrari: erkak, mashinalar, poygalar” kitobi asos bo‘ladi.
Film Maykl Mann rejissorligida suratga olinadi, u mazkur filmni tasvirga olish uchun 15 yildan beri harakat qiladi. Film uchun investor topish maqsadida 2015-yilgi Toronto kinofestivalida kartina loyihasi taqdimoti o‘tkaziladi.
Syujet bo‘yicha, hodisalar 1957-yilda yuz berdi. Filmda Ferrari brendining avtomobilsozlik bozoriga kirib kelishi haqida hikoya qilinadi. Unda, shuningdek, muhabbat sahnalariga ham o‘rin beriladi — Mann hozirda ayol roli uchun bir qator aktrisalarning nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda. | 68 | 801 |
Madaniyat | Instagram: Qizalog‘ini tug‘ruqxonadan olib chiqqan Vohidjon Isoqov, Yulduz Usmonovadan yangi qo‘shiq, DXX xodimlariga san’atkorlar tuhfasi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Dildora Niyozova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Munisa Rizayeva, Ziyoda va Shohruhxon DXX xodimlarining kasb bayramiga atab qo‘shiq kuyladi. Qo‘shiqqa ishlangan klip bayramga tuhfa sifatida taqdim etildi.
Bollivud aktrisasi Karishma Kapur otasi bilan tushgan suratini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Aktrisa Ra’no Zokirova 3,5 yil ichida hayotidagi eng yaqin uch insonidan ayrilgani haqida so‘zlab berdi.
Priyanka Chopra esa folloverlariga Parijdan ko‘rinish berdi.
Yulduz Usmonova “Mayli-mayli” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
Shahzoda Muhammedova Rim shahrini aylanmoqda.
Xonanda Lolaning AQShda yashovchi singlisi, Insta bloger Anora Ilyosova iPhone 13 sotuvga chiqqan kunda 1 terabayt xotiraga ega to‘rtta smartfon xarid qildi.
Feruza Jumaniyozova ham muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Bloger Ozod Xurramov talaba bo‘ldi.
Rayhon turmush o‘rtog‘i bilan safarga otlandi.
Luiza Rasulova taniqli aktyor Rixsitilla Abdullayev bilan o’rtalarida yuz bergan tushunmovchilik haqida so’zlab berdi.
Hosila Rahimova yangi obrazda tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Ilk marta ota bo‘lgan xonanda Vohidjon Isoqov qizalog‘ini tug‘ruqxonadan olib chiqdi.
Ravshan Komilov Yuqori chirchiqlik paxtakorlar bilan uchrashib, ularga yuqori kayfiyat ulashdi. | 138 | 1,456 |
Madaniyat | Maryam Uzerlining “Muhtasham yuz yil”dan ketishi asl sababi fosh bo‘ldi | “Muhtasham yuz yil” mashhur turk serialida Xurram Sulton rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan aktrisa Maryam Uzerlining serialdan ketganligi haqida avval xabar bergan edik. Turli manbalarda bunga turlicha sabablar keltirilgan bo‘lib, ba’zilar aktrisa asab faoliyatining buzilishi va qattiq zo‘riqishdan charchab, serialda o‘ynashdan bosh tortganligini ro‘kach qilsa, boshqalar Maryamning o‘z gonoraridan qoniqmayotganini sabab qilib keltirdi. Xullas, aniq bir dalil keltirilmadi.
Bugungina esa Turkiyaning Hurriyet.com.tr nashrida yangi xabar paydo bo‘ldi: Maryam Uzerli homilador ekan. Mashhur turk jurnalisti Oysha Armon Turkiyaning Hurriyet.com.tr nashrida bu haqda yozib, surat ham ilova qilgan. U homiladorlikning to‘rtinchi oyida ekanligi aytilgan. Tug‘ilajak bolaning otasi haqida esa aniq ma’lumotlar yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida: Maryam Sahro Uzerli (Meryem Sahra Uzerli) turk-nemis aktrisasi bo‘lib, 1983-yilning 12-avgustida Germaniyaning Kassel shahrida tavallud topdi. Otasi turk, onasi esa nemis millatiga mansub. Oilada ikki akasi va bir singlisi ham bo‘lib, singlisi Jonon jazz musiqachisidir.
2000—2003-yillarda Maryam Gamburgdagi “Freze” drama studiyasida aktyorlik mahoratidan saboq oldi. Bu davr mobaynida turli teatr loyihalarida qatnashdi. 2003-yildan 2008-yilgacha bir qator nemis qisqa metrajli filmlarida suratga tushdi. 2011-yilda esa prodyuser Yusuf Temur Savji uni “Muhtasham yuz yil” serialiga taklif qildi. Qolgani esa o‘zingizga ma’lum :)
Eslatib o‘tish joiz, Maryam Uzerli serialni tark etgach, Xurram Sulton rolini boshqa bir mashhur turk aktrisasi Vahide Gerdyum ijro etmoqda.
Aziz o‘quvchilar, Vahide Gerdyum ijrosi haqida qanday fikrdasiz? U Maryam Uzerli o‘rnini bosa olyaptimi? | 71 | 1,712 |
Madaniyat | HILOL NASIMOV LAVOZIMIDAN OZOD QILINDI | 2017 yil 27 oktyabr kuni «O`zbekfilm» aksionerlik jamiyatining navbatdan tashqari yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda kinostudiyaning bugungi holati, mavjud kamchilik va muammolar muhokama qilindi. Bu haqda «O`zbekkino» axborot xizmati xabar berdi.
Korxonani sog`lomlashtirish va uni qayta shakllantirish yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi. Yig`ilishda tashkiliy masala ham ko`rildi. Hilol Nasimov boshqa ishga o`tganligi munosabati bilan «O`zbekfilm» AJ direktorligi lavozimidan ozod qilindi.
Shu bilan birga, jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini tahlil qilish va kelgusida rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish bo`yicha ishchi guruhi tuzildi. | 38 | 653 |
Madaniyat | Anjelina Joli London iqtisod maktabida “taklif etilgan o‘qituvchi” lavozimiga ega bo‘ldi | Gollivud aktrisasi Anjelina Joli London iqtisod maktabida “taklif etilgan o‘qituvchi” lavozimiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aktrisa “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” magistrlik dasturi doirasida ma’ruzalar turkumi o‘qishi uchun taklif etildi. Bundan tashqari, dasturda huquq himoyachisi Jeyn Konnors (Amnesty International), Buyuk Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Uilyam Xag, “Ayollar tinchlik va ozodlik uchun” xalqaro ligasi bosh kotibi Medelin Ris ham ishtirok etadi.
Joli o‘qituvchilikka BMT qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi yaxshi niyat elchisi sifatida taklif etilgan. Maktab vakillarining bildirishicha, o‘qituvchilar yangi ayollar, tinchlik va xavfsizlik muammolari markazi faoliyatiga jalb etiladi. Bu yerda talabalarga “Gender va harbiylashuv” yoki “Gender hamda inson huquqlari” kurslari o‘tilishi mo‘ljallanmoqda. | 88 | 870 |
Madaniyat | “KVN” Oliy ligasi chempioni nima uchun dasturdan Putin haqidagi hazillar kesib tashlanishi haqida gapirdi | Samaraning SOK jamoasi tarkibida “KVN” Oliy ligasi chempioni bo‘lgan Dmitriy Kolchin Birinchi kanalda hazillarni senzuralash jarayoni qanday kechishi haqida gapirib berdi, deb yozadi Afisha Daily.
Kolchin Birinchi kanaldagi senzura qanday ishlashi borasida bir nechta misollar keltirib o‘tdi.
Kanalda “ko‘p sonli senzuralovchi filtrlar”, muharrirlar tepasida muharrirlar ishlaydi. Aynan shu tufayli, “KVN”da prezidentlar haqidagi nomerlar janri uzoq vaqtga yo‘qolib qoldi, dedi u.
Bir marta esa oxirgi repetitsiyaga Birinchi kanalda ishlaydigan odam kelib, Viktor Soyning “Peremeni” qo‘shig‘ining o‘zgartirilgan versiyasini qo‘yishni taqiqlab ketgan, buni u ushbu qo‘shiq “hukumatdan norozilik bilan bevosita assotsiatsiya uyg‘otishi” bilan izohlagan.
Shuningdek, yakuniy montajdan keyin ham ko‘rsatuvning alohida parchalari kanal xodimlari tomonidan jamoalarni ogohlantirmasdan, kesib tashlanadi. Shu tufayli, nomerlar yomonlashib qoladi, deydi Kolchin. | 105 | 955 |
Madaniyat | Yosharib ketgan Alla Pugachyova Yudashkinning qizi tug‘ilgan kunida qatnashdi | Rossiyalik taniqli dizayner Valentin Yudashkinning qizi 25 yoshini tantanali ravishda nishonladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Galina Moskvadagi restoranlardan birida Bollivud uslubida ziyofat uyushtirdi. Mehmonlar rang-barang sarilarga burkandi.
Yudashkinaning tavallud ayyomiga yosharib ketgan Alla Pugachyova, xonanda Olga Orlova, Aleksandr Buynov, model va teleboshlovchi Inna Simbalyuk va boshqalar tashrif buyurdi. | 77 | 427 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev og‘ir judolikka uchradi | O‘zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktyori Xayrulla Sa’diyevning o‘g‘li Sardor Sa’diyev olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining Telegram kanalida xabar berildi.
O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi boshqaruv kengashi hamda a’zolari Xayrulla Sa’diyev va oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, janoza namozi 5-fevral, peshinda, Sebzor dahasi 21-uyda bo‘lib o‘tadi.
Xayrulla Sa’diyev 25-yanvar kuni jamoatchilik asosida O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisining maslahatchisi etib tayinlangan edi. | 66 | 585 |
Madaniyat | Mo‘ynoqda “Stixiya” elektron musiqa festivali bo‘lib o‘tdi (foto) | 23—24-avgust kunlari Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi ostida “Stixiya” elektron musiqiy festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tashkilotning matbuot xizmati xabar berdi.
“Stixiya” festivalida Angliya, Ispaniya, Germaniya, Daniya, Fransiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, AQSh, Isroil, Janubiy Koreya, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston va Turkmaniston kabi mamlakatlardan kelgan sayyohlar, mahalliy aholi hamda O‘zbekistonning boshqa hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning umumiy soni 5000 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, shundan 500 nafari xorijiy va mahalliy sayyohlardir.
Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad Mo‘ynoqqa xorijiy turistlar oqimini oshirish, O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirish hamda jahon hamjamiyatini Orol bo‘yi ekologik muammosidan xabardor qilish.
Ikki kun davomida Alien Rain (Germaniya), Jamaica Suk (AQSh), Yan Cook (Ukraina), Acronym (Shvetsiya), Mama Snake (Daniya) va Dj Sodeyama (Yaponiya) kabi taniqli dijeylar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Shuningdek, “Stixiya” festivalini yoritish uchun The Telegraph, Resident Advisor, NBC telekanali, Deutsche Welle, Guardian kabi mashhur xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari vakillari hamda mustaqil blogerlar hamda Orol dengizi haqida kitob yozayotgan Jay Owens tashrif buyurdi.
Ta’kidlash lozim, NBC telekanali jurnalistlari “Stixiya” haqida film yaratmoqda va uni Nyu-Yorkdagi kinofestivalda namoyish qilmoqchi.
“O‘zbekistonda bunday darajadagi tadbir o‘tkazilishini kutmagandim, barchasi kutganimizdan-da a’lo! Men rassomman va shu sabab ushbu noyob hodisa menga yangi asar yaratish uchun ilhom bag‘ishladi. Ajoyib tabiat qo‘ynida bu kabi yoshlar tadbirlarining o‘tkazilishi, shubhasiz, yurtingizda turizmni yanada rivojlantirishga turtki beradi”, — dedi isroillik sayyohlardan biri.
Yaponiyalik Dj Sodeyama fursatdan foydalanib O‘zbekiston hukumatiga yaratilayotgan imkoniyatlar, tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar va taklif uchun samimiy minnatdorchiligini bildirdi.
Festival yakuniga ko‘ra, ko‘ngillilar tomonidan ishlangan SEA installyatsiyasi rasman yoqildi. Sayyohlar kelgusida ham O‘zbekistondagi bu kabi tadbirlarda qatnashish istagini bildirib qoldi. Tadbir “Fakultet” xususiy tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Centil Law va Peoples Travel, “Gete” instituti va Indorama tomonidan tashkil etildi. | 65 | 2,491 |
Madaniyat | Instagram: 11 soatlik operatsiyani boshdan kechirgan Ra’no Shodiyeva, Shahzod Sultonov Feruza Normatovaga uylanganmi? To‘xtamurod Azizov oilasida judolik | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
28-yanvar kuni el suygan aktyor, so‘z ustasi, “Do‘stlik” ordeni sohibi To‘xtamurod Azizovning rafiqasi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.
Nilufar Usmonova Dubayda konsert dasturini taqdim etdi.
Sitora Alimjonova va Shohruh Hamdamov “Ming bir kecha” deb nomlangan serialda juftlik obrazini yaratmoqda.
Ziyoda uyida el qatori oddiy beka ekanligini namoyon qiluvchi videoni sahifasiga joyladi.
Oybek va Nigora farzandlari bilan fotosessiya tashkillashtirdi.
Ra’no Shodiyeva 11 soatlik og‘ir operatsiyani boshdan kechirdi
“Yaratgan egam menga ikkinchi hayotni tuhfa etdi. Bugun 11 soat davom etgan murakkab operatsiyadan o‘tganimga 10 kun bo‘ldi. So‘nggi bir necha oydagi hayotim ko‘z oldimda ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi. Hayotimni saqlab qolish uchun kurashgan barcha shifokorlarga minnatdorlik bildiraman”, — deydi Ra’no Shodiyeva.
Shahzoda Muhammedova qaynonasi va qizalog‘i bilan Dubayga jo‘nab ketdi.
Zarina Nizomiddinova “Romeo va Julyetta” filmidagi obrazini takrorladi.
Yulduz Usmonova “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining o‘z she’ri bilan yaratilgan yangi talqinini muxlislar e’tiboriga havola etdi.
Ozoda Nursaidova “Sevimli” telekanalidagi yangi ko‘rsatuvning ilk mehmoni bo‘ldi.
Feruza Normatova hijobga kirgani bois tark etgan “Parixona” seriali uchun aktrisaga juda o‘xshaydigan qizni topishdi.
Bloger Ozod Xurramov o‘zbek shou-biznesi vakillariga taklifnomalar tarqatdi. 30-yanvar kuni uning tug‘ilgan kuni. Ozod ushbu kunni unutilmas tarzda nishonlashni rejalashtirmoqda.
Feruza Normatovaning klip va vaynlardagi partnyori Shahzod Sultonov bilan turmush qurgani, biroq juftlik buni ommadan sir tutishi haqida mish-mishlar yuradi. Bu gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqin? Shahzod Sultonov “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida shu haqda so‘zlab berdi. | 153 | 1,953 |
Madaniyat | Doimiy ravishda qilgan eksperiment tufayli kal bo‘lib qolishiga ozgina qolgan yulduzlar (foto) | Ortiqcha bo‘yoqlardan foydalangani va turli turmaklarni sinab ko‘rgani sochlari to‘kilishiga sabab bo‘lgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Naomi Kempbell
Bir necha yillar avval super model Naomining boshining old qismidagi sochlari to‘kilganini yaqqol ko‘rish mumkin bo‘lgan foto tarqalgan. Aftidan, yulduz traksion alopetsiya, ya’ni afrikancha o‘ralganga o‘xshagan soch turmaklari bilan uzoq vaqt yurishning qurboni bo‘lgan chog‘i.
Kira Naytli
Aktrisa intervyularidan birida so‘nggi 5 yildan buyon parik kiyib yurganini tan olgan. U bunga filmlaridagi qahramonlari uchun sochini turli rangga bo‘yashi kerak bo‘lgani va oqibatda sochlari to‘kilganini bildirgan.
Keti Perri
Sochlari bilan muntazam ravishda eksperiment qilgani Ketining sochlari sezilarli darajada to‘kilishiga olib kelgan. Shu sabab ham keyinchalik kalta soch turmagi bilan yurishga qaror qilgan.
Kristina Agilera
Ulama sochlarni o‘rab, bo‘yashdan charchamagan Agilera 2015-yildagi ziyofatlaridan birida boshining old qismi kal bo‘la boshlagani yaqqol ko‘zga tashlanadigan soch turmagi bilan kelgan.
Rianna
Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki sochlari bilan ham eksperiment qilishni yaxshi ko‘rishi xonandaning ko‘rinishida salbiy aks etmay qolmagan. Sochi to‘kilishni boshlagan qo‘shiqchi trixologga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelgan. Shifokor unga bir yil davomida sochlarini bo‘yashni taqiqlagan.
Ledi Gaga
Sariq, qoradan tortib jigarranggacha bo‘yab ko‘rgan Gaganing ham sochlari bilan bog‘liq muammo kuzatila boshlagan.
Britni Spirs
Depressiyadan keyin xonandaning sochlari to‘kilib ketgan. Ulama sochlardan foydalanmoqchi bo‘lgan, ammo bu ish bermagan. Keyinroq xatolarini tushunib yetib to‘g‘ri turmush tarzini tanlagan. | 94 | 1,706 |
Madaniyat | O‘zbekistonda yosh kinoijodkorlar kengashi ochildi | 11-noyabr kuni Yoshlar press-klubi zalida Yosh kinoijodkorlar kengashining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ma’lum qildi.
Marosimda kengash tomonidan bugungacha qilingan ishlar hisoboti berilib, istiqboldagi loyihalar keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillariga taqdim etildi.
Tadbir avvalida “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov, Yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov, Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi Oybek Abdushukurov so‘zga chiqib, bugungi o‘zbek kinosidagi yangilanishlar haqida aytib o‘tildi.
Taqdimot marosimida kengashning eng yirik loyihasi bo‘lgan Art House haqida ma’lumot berilib, loyihaning birinchi faslida faoliyat olib boradigan rejissyorlar Jahongir Qosimov, Rashid Malikov, Rustam Sa’diyev, Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov sahnaga taklif etildi.
Ular loyihaning ahamiyati haqida gapirib, yosh kinoijodkorlarga o‘zlarining aktyor, operator, dramaturglardan iborat bo‘lgan guruhlarini tanishtirib o‘tdi.
Yosh nomlar, g‘oyalar, iste’dodlarni kashf etishga, “Ustoz va shogird” an’analarini rivojlantirishga qaratilgan mazkur loyihaning yilning eng shovshuvli loyihasi bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, tadbirdan Kengash tomonidan suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Gildiya” tok-shousi, tashkilot sayti hamda PROlogue yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari festivalidan o‘rin olgan pitching-taqdimoti o‘rin oldi. | 50 | 1,454 |
Madaniyat | “Jigarimning 60 foizini olib tashlashdi”. Aktrisa Ra’no Shodiyeva ilk marta qanday kasallikka chalingani haqida so‘zlab berdi (video) | Taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva Instagram’dagi jonli efir vaqtida qanday kasallikni boshdan kechirgani haqidagi savolga javob berdi.
“Jigarimning 60 foizini olib tashlashdi va sog‘lomini qoldirishdi. Jigar — bu o‘sadigan a’zo. Xudo xohlasa, olib tashlangan o‘sha foizi bir yil davomida yana ham o‘sib, joyiga tushadi. Oson amaliyot bo‘lmadi, juda qiyin, mashaqqatli. Jigarning o‘zi 300 ta funksiyani bajaradi. Unda qon tomirlari ko‘p. Shuning hammasini joy-joyiga tikib, amalga oshirish kerak”, — deydi Ra’no Shodiyeva.
Shuningdek, aktrisa 5 oydan beri Turkiyada ekanligi, ayni damda “Ajibadem” klinikasida kimyoterapiya muolajasini olayotganini ham aytib o‘tgan.
“Alloh menga sinov berdi”. Ra’no Shodiyeva operatsiyani boshdan kechirgani hamda Turkiyada davolanayotgani haqida | 133 | 778 |
Madaniyat | Londonda BAFTA mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi | Londonda Royal Festival Hall binosida BAFTA TV Awards 2019 mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Mukofot Amerikaning Emmy mukofotining britancha muqobili hisoblanib, Britaniya kino va televizion san’at akademiyasi tomonidan televideniye sohasidagi yutuqlar uchun beriladi.
Bu yil “Yevani o‘ldirib” televizion shousi eng yaxshi dramatik serial deb topildi. Yana ikkita asosiy — eng yaxshi aktyor va eng yaxshi aktrisa yo‘nalishida Benedikt Kamberbetch (“Patrik Melrouz”) va Jodi Komer (“Yevani o‘ldirib”) g‘olib bo‘ldi.
BAFTA sovrindorlarining to‘liq ro‘yxati esa quyidagicha: | 61 | 618 |
Madaniyat | 10 yoshli boyvachcha Momfa: afrikalik dunyodagi eng yosh milliarder qanday hayot kechiradi? (foto) | Kichik Momfa butun dunyodagi odamlarni hayratda qoldirdi. Qanday qilib deysizmi? U Afrikadagi eng boy bola. Shuningdek, jahon milliarderlar klubining eng yosh a’zosi, deb yozadi Wday.
Bola bor-yo‘g‘i olti yoshida o‘zining birinchi hashamatli uyiga ega bo‘ldi. U tug‘ilgan kunida otasi — internet yulduzi Ismoil Mustafo, katta Momfadan uyni hadyaga oldi.
Chiroyli uydan tashqari, bolaning 10 yillik yubileyi sharafiga sovg‘a qilingan 368 ming dollarlik Lamborghini Aventador avtomobili ham bor. Hisob-kitoblarga ko‘ra, endi Momfaning jami olti milliarddan ortiq Nigeriya nayrasi mavjud.
Kichkina milliarderning haqiqiy ismi Muhammad Aval Mustafodir. Obunachilar uni fondagi hashamatli avtomobillar suratlaridan juda yaxshi tanishadi, masalan, yuqorida aytib o‘tilgan Lamborghini Aventador, shuningdek, qaymoq rangli Bentley Flying Spur. Ba’zi suratlarda uning yonida singlisi Fotima ham paydo bo‘ladi.
Katta Momfa hammani o‘g‘li boyligini o‘zi topganiga ishontiradi. Bolaga birinchi koshonani sovg‘a qilganidan so‘ng shunday dedi: “O‘z uyingga ega bo‘lish — dunyodagi eng yaxshi tuyg‘ulardan biri, uni so‘z bilan tasvirlab bo‘lmaydi va pul bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Bu tuyg‘u hayotning har bir kunini boyitadi. Uning sharofati bilan barcha past-balandliklardan so‘ng seni hali ham kelish mumkin bo‘lgan va quchoq ochib qabul qiladigan joy mavjudligiga ishonch bor”.
Kichik Momfaning otasi unga bo‘lgani kabi, qolgan oila a’zolariga ham saxiydir. U ko‘pincha xotinini “Pul xonim” deb ataydi. U bu haqda shunday deydi: “Bunday go‘zal va qo‘llab-quvvatlovchi hamroh bilan hayotda yashash — barakaning o‘zginasidir”.
2022-yil yanvar oyida Ismoil Mustafo Nigeriya korrupsiyaga qarshi agentligi tomonidan 700 million rubl (11 764 711 dollar) ortiq mablag‘ni yuvishda ayblanib, hibsga olingan edi. Milliarder qo‘yilgan ayblarni tan olmadi va 350 ming funt sterling (414 ming dollar) garov evaziga qo‘yib yuborildi.
Ma’lum bo‘lishicha, katta Momfa investitsiyalar bilan shug‘ullanishdan oldin Lagosdagi valyuta ayirboshlash kompaniyasida boylik orttirgan.
Yo‘rgakdanoq hashamatli hayot. Farzandlarining barcha istaklarini so‘zsiz muhayyo qiladigan mashhurlar (foto) | 98 | 2,162 |
Madaniyat | Xonanda Lola sobiq turmush o‘rtog‘ining uylanishiga munosabat bildirdi | Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) sobiq turmush o‘rtog‘i Shohruxning uylanishiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Shov-shuv.uz” sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lolaning sobiq turmush o‘rtog‘i Shohrux 16-yanvar kuni uylangani ma’lum bo‘ldi. Lola va Shohruxning turmushi 2005-yildan 2011-yilga qadar davom etgan, ularning Shahinabegim ismli qizi va Shohdiyor ismli o‘g‘li bor edi.
“Hamma baxtli bo‘lsin! Yuqoridagi mavzu borasida boshqa izohim yo‘q”, — dedi xonanda sobiq turmush o‘rtog‘ining uylanishiga munosabat bildirarkan.
Lola “Darakchi” nashriga bergan intervyusida farzandlari bilan bog‘liq masalalarni sobiq turmush o‘rtog‘i bilan birga hal qilishini aytib o‘tgandi. Bundan avvalroq, turmush o‘rtog‘i bilan “boshqa shaxsiy sabablarga ko‘ra” ajrashganini ma’lum qilgandi. | 70 | 775 |
Madaniyat | "O`zbekkino” milliy filmlar uchun tanlov e`lon qiladi | “O`zbekkino” Milliy agentligi 2020 yilda 30 ta badiiy, 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, 30 ta multiplikasion, 10 soatli qisqa metrajli va yumoristik kinojurnal ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Mazkur reja bo`yicha Agentlik iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, san`at, fan, ta`lim hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, aholining real ehtiyojidan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy granti asosida milliy filmlar ishlab chiqarish uchun ustuvor mavzular ro`yxatini e`lon qiladi.
Ushbu loyiha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3176-son Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. | 53 | 921 |
Madaniyat | Meril Strip, Enn Xeteuey va boshqa aktyorlar “Qattiqo‘l xonim” filmining 15 yilligini nishonlaydi | 2021-yil Devid Frankelning “Qattiqo‘l xonim” komedik dramasi o‘zining 15 yilligini nishonlamoqda. Mazkur kartina 2006-yil 30-iyunda AQShda namoyish etilgan. Yubiley filmning asosiy yulduzlari — Meril Strip, Enn Xeteuey, Emili Blant va Stenli Tuchchi uchrashuviga sabab bo‘ldi. Albatta, aktyorlar kartinaning davomini suratga olish uchun yig‘ilmaydi, deb yozadi Hello! nashri.
Aktyorlarning yana bir vaqtning o‘zida bir joyda bo‘lishiga sabab xayriya kimoshdi savdosi bo‘lib, unda har qanday inson Zoom orqali yulduzlar bilan muloqot qila oladi. Ya’ni, istagan kishi Gollivud aktyorlari — Meril Strip, Enn Xeteuey, Emili Blant va Stenli Tuchchi bilan qo‘ng‘iroqlashishi va o‘n daqiqa davomida hamma narsa haqida suhbatlashishi mumkin. Buning uchun allaqachon boshlangan va 3-avgustgacha CharityBuzz’da davom etadigan savdo yutuqlarini yutib olish kerak. Tushgan daromadni aktyorlar shifoxonadagi bolalarga yangi film va spektakllar namoyish etadigan “Lollipop Theater Network” tashkilotiga o‘tkazadi.
“Qattiqqo‘l xonim” kartinasi Amerikaning “Vogue” jurnali bosh muharririning sobiq yordamchisi Anna Vinturning “Loren Vaysberger” romani asosida yaratilgan. Meril Strip Miranda Pristli roli uchun “Oskar” va BAFTA mukofotiga nomzod bo‘lgan, ammo faqatgina “Oltin globus”ni olishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, film dunyo bo‘ylab 330 million dollar daromad yig‘gan. | 97 | 1,366 |
Madaniyat | Ulug‘bek Rahmatullayev klipining g’oyasini ko‘chirgan qozog‘istonlik xonandaga omad tiladi | Ulug‘bek Rahmatullayevning “Sog‘inib tonglar otguncha” nomli taronasiga ishlangan videoklip syujeti qozog‘istonlik ijodkorlar tomonidan xuddi shunday ko‘rinishda ko‘chirilib, boshqa xonanda ishtirokida klip tayyorlangani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Aslida bu holatga jahli chiqib, mualliflik huquqini talab qilishi kerak bo‘lgan Ulug‘bek Rahmatullayev bundan xabar topib mutlaqo qarshi emasligi, aksincha bu holatdan mamnun ekanini aytib o‘tdi.
https://youtu.be/6utOmK8NyyY
“Bizning ijodimizni qo‘shni davlatlarda ham tinglab, tomosha qilishlaridan, san’atimizga befarq bo‘lmaganlaridan juda xursandman”, − deydi ijodkorning o‘zi. Ulug‘bek, uning qo‘shiqlari va kliplariga havas qilgan qardosh xalqlar xonandalari ijodiga omad, tilab, kelusi ishlarida videomahsulotlarning sifatiga e’tiborli bo‘lishlarini istab qolishini qayd etdi. | 90 | 853 |
Madaniyat | Instagram: Mirzabek Xolmedovni o‘ldirmoqchi bo‘lgan lo‘lilar, Javohir Zokirovning eshaklar haqidagi ertagi, Ziyoda xonadoniga to‘y | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Feruza Normatova qalbida sokinlik hukm surgan damlarni sog‘inmoqda.
Ozod Xurramov maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar mavzusidagi yangi hajviy rolik tayyorladi.
Munisa Rizayeva o‘zini hayotdan nima xohlashini yaxshi biladigan ayollar safiga qo‘shadi.
Nilufar Usmonova paralimpiyachilarni kutib olish jarayonida ishtirok etib, sportchilar bilan suhbatlashdi.
Turk aktyori Emre Kiviljim muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Milena Madmusayeva “Senga” deb nomlangan klipini taqdim etdi. Unda bosh rollarni Milenaning o‘zi hamda Yigitali Mamajonov ijro etgan.
Durdona Qurbonova otlar bilan fotosessiya uyushtirdi.
Aktyor Javohir Zokirov kuzatuvchilariga “aldangan eshak” haqida ertak aytib berdi. Uning kuzatuvchilari ushbu ertak aslida uning o‘zi haqida ekanligi, aktyor ertak orqali suratga tushgan serial yoki filmidan gonorar ololmayotganiga ishora qilganini taxmin qilmoqda.
Rayhon Ulasenova yangi suratini “Kuz” deb nomladi.
Ziyodaning xonadonida katta to‘y: Xonanda jiyanini uylantirdi.
Lola turmush o‘rtog‘i bilan Shveysariyada hordiq chiqarmoqda.
Sitora Alimjonova yangi serialda jabrdiyda qiz rolini ijro etmoqda.
“Subyektiv” loyihasida lo‘lilar qiziqchi Mirzabek Xolmedovni o‘ldirmoqchi bo‘lgani haqida hikoya qilib berishdi. | 130 | 1,400 |
Madaniyat | Shahzoda Garri va Megan Markl birinchi marta qizi Lilibetning fotosini ko‘rsatdi | Megan Markl va shahzoda Garri Team Rubicon nomli veteranlar saytida farzandlari — o‘g‘li Archi va qizi Lilibet bilan birga suratlari muhrlangan tabriknoma (otkritka) bilan bo‘lishdi.
“Bayram muborak bo‘lsin! 2021-yilda qizimiz Lilibet dunyoga keldi. Archi bizni ilk bor ota-ona bo‘lishga, Lilibet esa oila bo‘lishimizga sabab bo‘ldi”, — deyilgan matnda.
Otkritkada juftlik 2022-yil arafasida Afg‘onistondan kelganlarga, haligacha amerikalik oilalarni qo‘llab-quvvatlaydiganlarga, pullik bola parvarishi ta’tiliga muhtoj bo‘lganlarga yordam beruvchi tashkilotlarga xayr-ehson qilgani aytiladi. Team Rubicon, Welcome. US, Human First Coalition, Humanity Crew & Paid Leave For All, PL+US, Marshall Plan for Moms tashkilotlari shular jumlasidan hisoblanadi.
Surat muallifi Aleksi Lyubomirskiy ushbu foto bilan Instagram sahifasida bo‘lishgan.
Ma’lumot uchun, Lilibet Garri va Megan AQShga ko‘chib o‘tganidan keyin 2021-yil 4-iyulda tavallud topgan. Qizaloqning to‘liq ismi — Lilibet Diana Mauntbatten-Vindzor (Yelizaveta II ning buvisini buvisi va malika Diana sharafiga tanlangan). Garri va Megan Markl 2018-yilda turmush qurgan, oradan bir yil o‘tib esa to‘ng‘ich farzandi Archi Xarrison Mauntbetten-Vindzor tug‘ilgan. | 80 | 1,218 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi Jorj Kluni livanlik advokatga uylandi | Kecha Italiyaning Venetsiya shahriga ko‘plab Gollivud aktyorlari tashrif buyurdi– ular Jorj Klunining nikoh to‘yiga taklif qilingan edi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
May oyida 53 yoshni qarshi olgan aktyor o‘zining “abadiy bo‘ydoq” imijini buzishga qaror qilgan: shanba kuni u Wikileaks asoschisi Julian Assanjning advokati, huquq himoyachisi Amal Alamuddin bilan turmush qurdi.
Avvalgi rafiqasi bilan 1993-yilda ajrashgan Jorj Kluni boshqa hech qachon hech kim bilan turmush qurmaslikka qasam ichgan edi. | 54 | 507 |
Madaniyat | Maryam Tillayeva to‘yidan 10 oy o‘tib turmush o‘rtog‘i, rossiyalik bloger Amiran bilan ajrashdi | O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i, rossiyalik bloger Amiran Sardarov bilan ajrashdi. Bu haqda Amiran Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Biz Masha bilan ajrashdik, afsuski, shunaqasi ham bo‘ladi. Senga hayotimda bo‘lganing uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Sen yorqin, aqlli va shijoatlisan. Har doim shunday bo‘lib qolishingni tilayman. Hech qachon g‘am chekma! Aminmanki, hayotingdagi eng yaxshi kunlar hali oldinda, o‘z baxtingni topasan. Senga hammasi uchun rahmat!”, — deb yozdi Amiran Sardarov.
Maryam Tillayeva noyabr oyida turmush o‘rtog‘i Amiranning ortidan Rossiyaga ko‘chib kelgan edi.
Maryam nashrlardan biriga bergan intervyusida “Amiran Rossiyaga kelganlaridan keyin butunlay o‘zgargani hamda uning hafsalasini pir qilgani”ni aytib o‘tgan.
Amiran va Maryamning to‘yi 2021-yilning 13-aprelida AQShning Las-Vegas shahridagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tgan edi. Nikoh marosimida juftlikning do‘stlari ishtirok etgan.
Keyinroq Amiran Sardarov 5-avgust kuni rafiqasi Maryam Tillayevaning ichki kiyimsiz tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga joylagan, ushbu surat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining tanqidlariga sabab bo‘lgan edi. Maryamning onasi Lola Karimova ushbu surat haqida gapirar ekan, “qizining ongli hayoti chet elda o‘tgani”ni bildirgan edi.
Amiran Sardarov YouTube kanallardan biriga bergan intervyusida Maryamga pul uchun uylangani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
“Men ham, Masha ham (Maryam) uning ota-onasi bilan gaplashmaymiz, aloqamiz yo‘q. Men uning hayotida paydo bo‘lishim bilan ular biz bilan gaplashmay qo‘ydi. Bu sizlarga aytishim mumkin bo‘lgan hamma ma’lumot”, — degan edi Amiran. | 95 | 1,712 |
Madaniyat | Aktyor Javohir Zokirov Rossiyaning “Oltin O‘rda” serialida munajjim rolini ijro etmoqda | Aktyor Javohir Zokirov Rossiya loyihasi bo‘lgan “Oltin O‘rda” tarixiy serialida munajjim rolini ijro etmoqda, deb yozadi MyDay.
Serial 2017-yilda ekranlarga chiqishi kutilmoqda.
Serial XIII asrning so‘nggi davrlari haqida bo‘lib, unda buyuk knyaz Yaroslav tarqoq rus knyazliklarini birlashtirish yo‘lidagi urinishlari haqida hikoya qilinadi. | 87 | 343 |
Madaniyat | Manzura va Bunyodbek Saidov bir-biridan bezor bo‘ldi (video) | Manzura va xonanda Bunyodbek Saidov ijrosida yangi tarona yaratilib, unga klip suratga olindi. Bu haqda Popcorn.uz xabar bermoqda.
Manzura va Bunyodbek Saidov tomonidan yaratilgan “Dastingdan” qo‘shig‘ida muhabbat mojarosi tasvirlangan.
Mazkur duetni tayyorlashda Jasur Badalboyevning xizmati katta. Jo‘shqin ruhdagi aranjirovka qo‘shiqning ta’sirchanligini oshirgan.
Tarona uchun Sanjar Matkarimov rejissorligi va Jahongir Ibragimov operatorligi ostida klip suratga olindi.
Mazkur taronaga ishlangan videoklip uchun maxsus dekoratsiya yaratildi.
Xonandalarning ko‘rinishi ustida ham ancha mehnat qilingan bo‘lib, ularni klipda yangi qiyofada ko‘rish mumkin. | 60 | 663 |
Madaniyat | 2014-yilda “Zumrasha” kinojurnalining 12 ta to‘plami suratga olinadi | “O‘zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Yoshlar ijodiy tajriba 5-studiyasi “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturiga kiritilgan “Zumrasha” hajviy bolalar kinojurnalini ishlab chiqarishga kirishdi. Bu haqda agentlik sayti xabar berdi.
Yoshlar ijodiy tajriba 5-studiyasi direktori Izzatilla Saidjabborovning ma’lum qilishicha, Davlat dasturida bir yilda har biri 4 ta epizoddan iborat 15 daqiqalik 12 ta “Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnali ishlab chiqariladi.
— Ushbu kinojurnal Davlat dasturida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish bilan birga, yosh kinoijodkorlar uchun o‘ziga xos tajriba maktabi vazifasini ham o‘taydi. 12 to‘plamli kinojurnalni tasvirga olish uchun 48 ta ijodkorlar guruhi (ssenaristlar, rejissorlar, operatorlar va boshqalar) kerak bo‘ladi. Bu 100 ga yaqin yosh kinoijodkor uchun sinov bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ijodiy jarayonga taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa’diyev rahbarlik qilmoqda, — deydi I. Saidjabborov.
Ayni paytda kinojurnalning ilk to‘plami suratga olindi va u yaqin kunlarda katta ekranga chiqadi.
Ishlab chiqarilayotgan “Zumrasha” kinojurnali qismlari respublika kinoteatrlarida filmlar namoyishidan oldin, shuningdek, milliy va mahalliy telekanallar orqali namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, “Zumrasha” bolalar hajviy kinojurnalining 12 qismini suratga olish uchun 820 mln 400 ming so‘m mablag‘ ajratilgan. | 68 | 1,363 |
Madaniyat | Reper va deputat Shohrux uchinchi marta ota bo‘ldi | Hozirgi kunda Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashi deputati sifatida faoliyat yuritayotgan Shohrux reper uchinchi marta ota bo‘lgani haqidagi xabarni folloverlari bilan bo‘lishdi.
“Allohga shukr! Uchinchi farzand! Bugun o‘g‘illi bo‘ldim”, — deb yozadi xonanda Instagram’dagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Shohrux 2016-yilning may oyida 2 yoshli o‘g‘li Islomning onasi Zlataga uylangan edi. O‘shanda reper aslida u Zlata bilan 2,5 yil avval nikohdan o‘tgan, biroq to‘y qilishga sharoiti bo‘lmagani uchun to‘yni kechroq o‘tkazganini ma’lum qilgan edi.
Shohrux va Zlata 2016-yilning dekabr oyida qiz farzandli bo‘lgan edi. Qizchaga Leyla deb ism qo‘yilgan. | 50 | 658 |
Madaniyat | Timati 10 yildan beri Qozog‘istondagi jarima maydonida saqlanayotgan Audi avtomobilini sotib, pulini bolalar uyiga berishlarini so‘radi | Rossiyalik reper Timati 10 yildan oshiq vaqtdan beri Qozog‘istonning Petropavlovsk shahridagi jarima maydonida turgan Audi TT avtomobilini sotib, tushgan mablag‘ni bolalar uyi yoki og‘ir kasallikka chalingan bemorlarni davolash markaziga berishga qaror qildi. Bu haqda qo‘shiqchi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi Tengrinews.
14-15 yil avval chindan ham mazkur avto egasi bo‘lganimni tasdiqlayman. Biroq beg‘amligim tufayli (tashqarida qor uyumida qoldirganman) mashinani “egalari” olib ketgan. Hech kimga hech qanday da’voyim yo‘q, vaziyatni allaqachon unutganman. Xudoga shukur, sevgan yo‘nalishimda ishlash va o‘zimni transport vositalarining istalgan turi bilan ta’minlash imkoniyati nasib etdi. Begonalashtirish bo‘yicha barcha qog‘ozlarni imzolashga tayyorman. Petropavlovskdagi jarima maydoni rahbaridan shoshilinch ravishda avto sotuvini tashkil etish va tushgan mablag‘ni shahardagi bolalar uyi yoki og‘ir kasallik bilan og‘rigan bemorlarni davolash markaziga topshirishni so‘rayman
Timati, rossiyalik reper
Petropavlovskda Timatining avtomobili diqqatga sazovor matohga aylangan. Qimmatbaho avto o‘z vaqtida xonandaning kvartirasi yaqinidan o‘g‘irlab ketilgandi. Bir necha oy ichida Audi TT qo‘ldan-qo‘lga o‘tdi va oxiri 2006-yili o‘zgartirilgan davlat raqamlari bilan Qozog‘iston shimolida topildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 135 | 1,509 |
Madaniyat | “Fayoztepadan Qirq qizgacha”. Surxondaryoga press tur boshlandi (foto) | Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida 5— 10-aprel kunlari Xalqaro baxshichilik festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniyat vazirligi matbuot xizmati tomonidan ushbu festivalni yoritish maqsadida Surxondaryo viloyati, Termiz shahri bo‘ylab press tur tashkil etildi.
Press turda OAV xodimlari bilan bir qatorda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham 4-aprel kuni Termiz shahriga yetib keldi.
Termiz shahridagi “Sharq” mehmonxonasiga joylashgan jurnalistlar ishni shaharga yaqin tarixiy obidalarni o‘rganishdan boshladi.
Jurnalistlar dastlab I-IV asrlarda qurilgan Fayoztepa buddizm inshootiga bordi.
Press tur ishtirokchilari Fayoztepa buddizm inshoatidan so‘ng IX-X asrlarga tegishli Qirq qiz me’morchilik yodgorligiga borishdi. | 70 | 721 |
Madaniyat | Kaliforniyadagi Disneylend 60 yoshini nishonlamoqda | AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Disneylend bog‘ining 60 yilligi nishonlanmoqda, deya xabar berdi “TASS”.
22-may kuni mahalliy vaqt bilan 6:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00)da yorqin maskarad paradi boshlandi, unda The Walt Disney Company kinokompaniyasining 60 yillik faoliyati aks etdi.
Kunning ikkinchi yarmida World of Color shousi bo‘lib o‘tdi, u bir nechta parad, filmlardan parchalar namoyishi, ko‘p sonli musiqiy va raqs guruhlari tomoshalarini o‘z ichiga oldi.
Kech kirishi bilan yubiley feyerverki otildi. Sayillar shanba kuni tonggacha davom etadi.
Nashr eslatishicha, Disneylend deb nom olgan attraksionlar bog‘i amerikalik taniqli multiplikator rassom va prodyuser Uolt Disney tomonidan o‘ylab topilgan va yaratilgan. U 1955-yilda Kaliforniyaning Anaxaym shahrida ochilgan. | 51 | 793 |
Madaniyat | “VIA Sharq” guruhi xonandalari Sarvar va Tatyana ota-onalik baxtiga muyassar bo‘ldi | “VIA Sharq” guruhi xonandalari Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva ota-onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Juda ham baxtliman! Shu kunlarga yetkazganiga shukr!”, — deb yozgan xonanda Sarvar Akbarov Instagram’da sahifasida qoldirgan xabarida.
“Qalampir.uz” nashrining yozishicha, “Sharq” guruhi 2001-yili Sarvar Akbarov va Murod Rahmatullayev tomonidan tashkil etilgan.
Keyinchalik Sarvar Akbarov guruh uchun ayol xonanda izlashni boshlaydi va 2008-yili Tatyana Zayseva guruhga qo‘shiladi.
“Sarvar va Tatyana bundan besh yil avval turmush qurgan. Bu ularning to‘ng‘ich farzandi”, — deb yozadi “Qalampir.uz” nashri.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 83 | 805 |
Madaniyat | Rayhon “xizmat ko‘rsatgan artist” bo‘la turib, o‘zbekcha gapirmasligiga izoh berdi | Xonanda Rayhon G‘aniyeva o‘zbek tilida kuylasa-da, uning davlat tilida gapirganini deyarli eshitmaymiz. U O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist bo‘la turib, o‘zbek tilida gapirmasligini “Sayyod.com” nashriga bergan intervyusida izohladi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Avvalambor, til o‘rganadigan yoshda emasman. Mening yoshimda til o‘rganish juda murakkab. Men bog‘cha, maktab va universitetning ham rus tilidagi guruhiga borganman. Do‘stlarim, tanishlarimning deyarli barchasi rus tilida gaplashadi. Men o‘zbek tilida gapirmasam ham, tushunaman. Bu kamchilikni to‘ldirish uchun bir vaqtlar o‘zbek tili repetitoriga ham borganman. Uyimda hammaning o‘zbek tilida gapirishini talab qilganman. Ammo men bundan qiynaldim va asabiylashdim. Farzandlarim hozir o‘zbek tilida gapiradi, balki ularga qo‘shilib o‘zbek tilini o‘rganib ketarman”, — dedi xonanda. | 82 | 850 |
Madaniyat | Janubiy Koreyadagi musiqiy guruh Windows’dan chiqadigan tovushlarni kuyladi (video) | Janubiy Koreyadagi Maytree akapella guruhi (“akapel kuylash” — musiqiy anjomlar jo‘rligisiz kuylash) TikTok’ka noodatiy video joyladi. Rolikda ular to‘liq tarkib bilan Windows operatsion tizimining klassik tizimli tovushlarini kuylagan.
Xususan, musiqachilar Windows XP va Windows Vista’ning yonayotgandagi, “vstavkalar” va USB-fleshkani sug‘urib olishdagi, xatolik paydo bo‘lgandagi hamda boshqa qator tovushlarni ijro etgan. Ular aynan qaysi signalni ijro etayotganini tushunmaganlar uchun ekranda kartinka paydo bo‘ladi.
E’lon qilingan video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyatiga yoqqan. U 4,5 milliondan ortiq layk to‘plab, guruh kanalidagi eng mashhur videoga aylangan. | 83 | 689 |
Madaniyat | “Uyda yolg‘iz” filmining ashaddiy muxlisi uyini kartina qahramonlari – Kevin va “ho‘l o‘g‘rilar” bilan bezadi (foto) | Amerikalik dasturchi Kevin Urrutiya O’Rayli Rojdestvo arafasida Texasdagi uyini Kris Kolambus boshchiligida suratga olingan “Uyda yolg‘iz” filmining qahramonlari tasvirlangan haykallar bilan bezadi. O’Rayli uyining ayvoniga holdan toygan va patlarga burkangan “ho‘l o‘g‘rilar”ni joylashtirdi va ularning ustidan chelakda bo‘yoqni quyishga tayyor Kevin obrazida namoyon bo‘lgan Makoley Kalkin manekenini o‘rnatdi.
Bundan tashqari, Kris Kolambus franshizasining muxlisi o‘z uyining devoriga “ho‘l o‘g‘rilar”ning qamoqdan qochib ketganligi to‘g‘risida xabar bergan gazetaning deyarli aniq nusxasini joylashtirdi. Faqatgina gazeta nomi “Ostin, Texas shtati” deb o‘zgartirilgan xolos. Shuningdek, bezaklar qatorida “Rojdestvo muborak!” degan tabrikni ham o‘qish mumkin.
Dasturchi o‘z ijodiy ishini suratga olib, uni Instagram sahifasiga joylashtirgan. “Bilaman, Rojdestvo bezaklari uchun biroz erta, ammo 2020-yilda Rojdestvoga qadar yetib bora olmaslik ham mumkin. Bugun ‘Uyda yolg‘iz’ filmi namoyish etilganiga 30 yil to‘lmoqda, ushbu bezaklar ustida esa oxirgi ikki oy mobaynida ish olib bordik”, − deya izoh qoldirgan sahifa egasi. | 116 | 1,137 |
Madaniyat | «Oskar» laureati bo`lgan rejissyor PROlogue xalqaro kinofestivalining faxriy mehmoni bo`ladi | Rossiyalik rejissyor va aktyor Vladimir Menshov 27 – 30 noyabr kunlari Toshkentda bo`lib o`tadigan PROlogue IV xalqaro kinofestivalining faxriy mehmonlari ro`yxatiga kiritildi. Xalqaro kinofestival direksiyasidan ma`lum qilinishicha, boshqa taklif etilgan yulduzlar qatorida Vladimir Menshov ham O`zbekistonning yosh kinematografistlari uchun mahorat-darslarini o`tkazadi. Teatr, kino va televidenie aktyori, kinorejissyor, ssenarist, prodyuser va teleboshlovchi rossiyalik Vladimir Valentinovich Menshov 1939 yilning 17 sentyabr kuni Bakuda tug`ilgan. Menshov – Rossiyada xizmat ko`rsatgan san`at arbobi,Rossiya xalq artisti, «Moskva ko`z yoshlarga ishonmaydi» filmi uchun «Oskar» mukofotining «Xorijiy tildagi eng yaxshi film» nominasiyasida laureat bo`lgan. Tashkilotchilarning ma`lum qilishicha, to`liq va qisqa metrajli, shuningdek milliy qisqa metrajli badiiy filmlar tanloviga 280 dan ortiq ish kelib tushgan. Shvesiya, Fransiya, Isroil, Eron, Ukraina, AQSh, Peru, Qozog`iston va boshqa 60 dan ortiq davlatlarning kino sohasi vakillari PROlogue kinofestivalida ishtirok etish istagini bildirgan. | 92 | 1,102 |
Madaniyat | Hindistonda “Taxtlar o‘yini” epizodini tarmoqqa joylashtirgan 4 kishi qo‘lga olindi | Hindiston politsiyasi xodimlari “Taxtlar o‘yini” seriali epizodini muddatidan avval oshkor etishda gumon qilib, 4 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Qo‘lga olinganlar hali e’lon qilinmagan seriyalar bilan tanishish huquqiga ega kompaniya xodimlari hisoblanadi.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, ular serialning to‘rtinchi epizodini rasmiy premeradan avval tarmoqqa joylashtirgan.
Gumonlanuvchilar tekshiruv yakunlangunga qadar hibsda qolishi bildirilmoqda. | 83 | 472 |
Madaniyat | Raj Kapurning shedevri — “Bobbi” filmi qanday suratga olingan? (foto) | 1973-yilda suratga olingan va nafaqat Hindiston, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan “Bobbi” filmining yaratilishi bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ishtirokidagi “Mening ismim masxaraboz” filmi kutilgandek natija qayd qilmaganidan keyin, film rejissori va bosh rol ijrochisi Raj Kapur tushkunlikka tushgan. Suratga olish uchun ganster Karim Laladan qarz olgan Raj, uni qaytarish haqida bosh qotira boshlagan. Qarzdan qutilishi uchun studiyasi va rafiqasining taqinchoqlaridan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Kapur oyoqqa turishi va hammasi iziga tushishi uchun xit darajasidagi film suratga olishi kerakligini yaxshi bilgan. Shunday vaqtda uning xayoliga do‘sti, yozuvchi Abbos kelgan. “Janob 420”, “Mening ismim masxaraboz” filmlarining ssenariy muallifi bo‘lgan Abbos, unga yordam bera oladigan sujet haqida o‘ylash uchun 3 kun muddat so‘ragan. Bir necha kun o‘tib ssenariy muallifi Rajga ikki o‘spirin: badavlat oilaning o‘g‘li va oddiy baliqchining qizi sevgi hikoyasi haqida so‘zlab bergan. Rajga ushbu g‘oya juda ham yoqib tushgan va Abbosga nafaqat studiyani qutqaradigan, balki kelajak avlodning ham yodida qoladigan film olishga vada bergan. Shundan keyin jamoa tanlashni boshlab yuborgan. Lakshmikant va Pyarelalga musiqa, Patel, Sharma va Anand Bakshiga she’r yozish vazifasi yuklatilgan. Filmdagi qo‘shiqlarni Shaylendra Sinxa va Lata Mangeshkar kuylagan.
Qizig‘i shundaki, bir necha aktrisa filmda Bobbi rolini ijro qilishdan bosh tortgan. Rejissor avvaliga bosh qahramon rolini o‘ynashni opasi, 70-yillarda model sifatida yaxshi tanish bo‘lgan Rekha — Radxaga taklif qilgan. U aktrisa bo‘lishni istamagani uchun rozi bo‘lmagan. Farida Jalol ham ushbu taklifni rad qilib, filmda uncha katta bo‘lmagan boshqa bir qahramonni gavdalantirishni afzal bilgan. Shuningdek, Soma Chatterji va Nita Singh ham Bobbi rolidan bosh tortgan.
Budjet juda kam bo‘lgani sabab rejissor mashhur yulduzlarni rol ijro qilish uchun taklif qila olmagan. Avvaliga Rajesh Khannaning ishtirok etishini istagan Raj, ta’kidlangan sabab tufayli ham serialda bosh qahramonlarni o‘g‘li va do‘stining qizi ijro qilishini ma’qul deb bilgan. Juftlikning otasi roliga o‘sha davrning mashhur aktyorlaridan bo‘lgan Premnatxa va Pranni taklif qilgan. Ular aktyorning eng yaqin do‘stlaridan biri ekani sabab, filmda suratga tushishga rozilik berib, gonorardan voz kechgan.
Salbiy qahramon roli esa Prem Chopraga ishonib topshirilgan. Avvaliga rolning epizodik ekani sabab ikkilangan aktyor, keyinroq rozilik bergan. Unda aktyor tomonidan aytilgan bir jumla, uning karyerasiga muvaffaqiyat olib kelgan. 85 yoshda bo‘lishiga qaramay, turli tadbirlarda muxlis va ishtirokchilar aktyordan ushbu filmdagi so‘zlarini takrorlashni iltimos qiliadi.
“Mening ismim Prem. Prem Chopra.
Intervyulardan birida butun karyerasi davomidagi filmlar va gavdalantirgan qahramonlaridan ko‘ra, aynan shu jumlalar sabab ko‘proq mashhurlik, muvaffaqiyat hamda daromadga ega bo‘lganini ta’kidlagan Chopra, bu buyuk Raj Kapurning daholigidan darak berishini qo‘shimcha qilgan.
Juftlik sifatida suratga tushgan Dimpl Kapadiya va Rishi Kapur esa film premyerasidan keyin haqiqiy yulduz bo‘lib uyg‘ongan. Rishi rol ijro qilish uchun klinikada vazn yo‘qotishdan davolangan. Aynan o‘sha yerda u birinchi sevgisi, Yasmin ismli qiz bilan tanishgan. Matbuotda Rishi va Dimplning munosabatlari haqidagi turli mish-mishlar tarqala boshlaganidan keyin Yasmin aktyor bilan bo‘lgan aloqalarni uzib tashlashga qaror qilgan.
Oradan yillar o‘tib Rishi ushbu filmdagi ijrosi haqida quyidagicha fikr bildirgan: “ ‘Bobbi’ men uchun o‘ziga xos film bo‘lgan. Ammo men ushbu filmdagi ko‘rinishimga qaray olmayman. Shunaqangi yosh va qiltiriq bo‘lganmanki! Hatto hozir ham qanday edim-u, qanday bo‘ldim taqqoslashga uyalaman. Har gal televizor orqali ‘Bobbi’ namoyish qilinganda boshqa kanalga olaman yoki xonadan chiqib ketaman. Bu filmdagi bola men emasman”.
Film premyerasidan yarim yil avval Dimpl, Rajesh Kxannaga turmushga chiqqan. Bu vaqt filmning suratga olish ishlari deyarli tugagan, shunchaki kliplarni yakunlash ishlari qolgan, xolos. Ularning birida Dimplning qo‘lida nikoh xinasi borligini ko‘rish mumkin.
Rejissor kutganidan ham a’loroq natijaga erishgan, ikki yosh iste’dod egalari Rishi va Dimplning kashf etilishiga sababchi bo‘lgan mazkur film bugungi kunda nafaqat Raj Kapur arsenali, balki hind kinosanoatidagi eng yaxshi loyihalardan biri sanaladi. | 69 | 4,451 |
Madaniyat | Nikolay Baskov va Viktoriya Lopiryovaning to‘yi nega qoldirilgani ma’lum bo‘ldi | Nikolay Baskov va teleboshlovchi Viktoriya Lopiryovaning 5-oktabrga mo‘ljallangan to‘yi xonandaning onasi tufayli bekor qilindi. Bu haqda 7MedNews xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Baskovning onasi 5-oktabrda otasidan ayrilgan va bu kunni motam sifatida nishonlaydi. Shu sababli u tantanada ishtirok etolmas edi.
Xonanda Andrey Malaxovning efirlaridan birida to‘y ko‘pchilik buni piar deb hisoblagani sababli ham bekor qilinganini bildirdi.
“To‘y bilan bog‘liq xabar barchani oyoqqa turg‘azdi va negadir ikkimizga nisbatan alohida qiziqish uyg‘otdi. Shu sababli buni yo‘qqa chiqarishga qaror qildik. Keyin, hamma tinchlanib, bu piar ekanligi haqida xulosaga kelib bo‘lganidan so‘ng to‘satdan syurpriz uyushtiramiz!” — dedi Baskov. | 79 | 733 |
Madaniyat | Afsonaviy GTA haqidagi film treyleri chop etildi | BBC’ning The Gamechangers kompaniyasi tomonidan Grand Theft Auto’ning ishlab chiqarilishi haqidagi hujjatli film 15-sentabr kuni prokatga chiqadi. Bu haqda “Korrespondent.net” kompaniya matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Kompaniya, shuningdek, film treylerini nashr qildi.
Hujjatli film Sem Xauzer (GTA’ni yaratuvchilardan biri) va GTA’ni Amerika ko‘chalaridagi qotillik holatlarining ko‘payishiga olib keluvchi sabab qilib ko‘rsatgan huquqshunos Jek Tompson bilan qarama-qarshiliklari tarixini yoritadi. Film voqealari 2002-yildan boshlab bir necha yilni o‘z ichiga oladi. | 48 | 589 |
Madaniyat | Hindiston fuqaroligiga ega bo‘lmagan Bollivud aktyorlari | Quyida Hindiston fuqaroligiga ega bo‘lmagan Bollivud aktyorlari haqida so‘z yuritamiz.
Aliya Bxatt Britaniya fuqarosi hisoblanadi. Aktrisaning onasi Angliyada o‘sgan, shuning uchun Aliyaga ham ikki mamlakat fuqaroligi o‘rtasida tanlov huquqini bergan.
Taniqli aktyor Akshay Kumar Kanada fuqarosi hisoblanadi.
Katrina Kaifning pasport bo‘yicha vatani — Angliya. Uning otasi kashmirlik, onasi angliyalik. Shuning uchun Katrina ham Britaniya fuqaroligini olgan.
Imron Xon Amerikada tug‘ilgan shuning uchun shtatlar pasportiga ega.
Bollivud aktrisasi Kalki Koyechlinning hind qizlariga o‘xshamaydigan tashqi ko‘rinishi juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladi. Kalkining ota-onasi fransuzlar. Ular Hindistonni yaxshi ko‘rgani uchun ushbu mamlakatga ko‘chib o‘tgan. Shuning uchun fransuz bo‘lishiga qaramay Kalki juda ko‘p filmlarda suratga tushgan va tez tanilgan. | 56 | 861 |
Madaniyat | O‘zbek shou-biznesida yana bir yulduzli juftlik paydo bo‘ladimi? (foto va video) | Xonandalar Shahlo Ahmedova va Sanjar Xoliqovlar so‘nggi paytlarda birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazayotganligini Instagram’ga joylanayotgan suratlar va hatto birgalikdagi jonli efirlardan ham bilib olish qiyinmas, deb yozadi “Sayyod.com”.
Undan ham qizig‘i, yaqindagina Barselonaga yangi qo‘shig‘iga klip olish uchun ketgan Sanjar Xoliqovni o‘sha yerda ham Shahlo Ahmedova bilan birga ko‘rishgan.
Nashr tashkil qilgan “Varrak shou”ga ham qo‘shiqchilar birga tashrif buyurdi. U yerda nashr xonandalardan shu mavzuda intervyu oldi. Ular shunchaki do‘st ekanligini ta’kidlasa-da, o‘z xatti-harakatlari bilan “tutilib qoldi”, deyiladi xabarda. | 80 | 636 |
Madaniyat | Toshkentda Butunrossiya davlat kinematografiya institutining filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda | O`zbekiston kinematografiya agentligi va Rossiya madaniyat vazirligi vakillari o`rtasida S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkentda filialini ochish masalasiga bag`ishlangan videomuloqot bo`lib o`tdi.
Unda Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, agentlik jamoatchilik kengashi rais o`rinbosari Botir Bazarbaev, Ijro apparati rahbari Eldar Yuldashev, Rossiya tomondan Madaniyat vazirligi boshqaruv loyihasi va ta`limi, dinni rivojlantirish Departamenti bo`limi boshlig`i Elena Bayramova, Departament bosh maslahatchisi Mariya Sanina, Madanriyat vaziri o`rinbosari Olga Yarilova va boshqalar ishtirok etishdi.
Videomuloqotda institut filialini ochish, kadrlar tayyorlash, prodyuserlik, dramaturgiya yo`nalishlarini tashkil etish, o`quv davrini moddiy texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, moliyaviy xarajatlar, pedagoglar salohiyati va metodik ta`limni rivojlantirish kabi masalalar muhokama etildi.
Endilikda muntazam ravishda muloqotlar o`tkazish, qisqa fursat ichida Kinematografiya agentligi qoshida filial ochish va tashkiliy jarayonlarni tezlashtirish kelishib olindi. | 103 | 1,141 |
Madaniyat | Anjelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashdi | Amerikalik aktyorlar Anjelina Joli va Bred Pitt rasman ajrashdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
The Blast yozishicha, yaqinda sobiq er-xotin ajrashish uchun ariza bergan edi, sud esa ularning da’vosini qondirdi.
Aniqlik kiritilishicha, Joli va Pitt ajrim haqidagi qog‘ozlarni imzolashi qolgan, xolos. Shuningdek, sobiq er-xotin vasiylik va mol-mulkni bo‘lib olish masalalarini hal qilishi kerak bo‘ladi. | 42 | 406 |
Madaniyat | “Karvon ko‘rdim’ni aytgan SanJayga xasislik qilishdi” — Mansur Agaliyev Yulduz Usmonova qo‘shiqlarini qizg‘anmasligi va duetdoshlaridan pul talab qilmasligi haqida gapirdi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyev “Daryo” muxbiri Nargiza Murodovaga “Karvon ko‘rdim” qo‘shig‘ini cover yo‘nalishida ijro etgan SanJayga xasislik qilishgani va “Qo‘shig‘imni aytma sudga beraman” deydiganlarni tushunmasligi haqida gapirdi.
— Yulduz opangiz bilan duet kuylamoqchi bo‘lganlar juda ko‘p. Iqtidori bo‘lsa, yo‘l ochamiz. Shu kungacha duet aytish uchun birovdan pul olib yoki qo‘shiq xarajatini ko‘tarasan, demaganman. Masalan, bu yilgi konsertda “Yor biyo” duetini aytgan Malik ham tasodifan kelib qoldi. Ovozi yaxshimi, marhamat, duet aytsin, dedik.
Yoshlarga yo‘l berish kerak, san’atini bo‘g‘gandan foyda yo‘q. “Meni qo‘shig‘imni aytma, sudga beraman”, deydiganlarni umuman tushunmayman. Hozir qanchadan qancha yoshlar Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini aytishyapti. Qo‘shiq yashashi uchun uni berishni ham bilish kerak. Bir kuni Amerikaga borganda Yulduzni “Mama” qo‘shig‘ini eshitib qoldik. Yonimizga kelib “Bu qo‘shiqni siz aytganmisiz?” deb so‘rashyapti. Xursand bo‘ldik, chunki Yulduz Usmonovaning ijodiga ularning ham qiziqishi yanada ortdi. Qo‘shiq har bir ijroda o‘ziga xos chiqadi, balki ular Yulduzdan ham zo‘rroq ijro qilishlari mumkin.
SanJay degan yigit yo‘q bo‘lib ketgan “Karvon ko‘rdim” qo‘shig‘ini ijro etdi. Uning ijrosi sabab qo‘shiq yosh tinglovchilarga ham ma’qul keldi. Ammo o‘sha yigitga nisbatan xasislik qilishdi. Suddan keyin u 70-80 million so‘mni to‘lab, yo‘q bo‘lib ketdi. Axir qo‘shiqni SanJay aytgani bilan u Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘i bo‘lib qoladi-ku. Mualliflik huquqi degan gap bor to‘g‘ri, ammo san’atni bo‘g‘maslik kerak.
Yulduz Usmonova ham bir yili turklarning “Seni sevardim” degan qo‘shiqni aytmoqchi bo‘lgan. Ammo ular sotib olasan, deyishgan. Qo‘shiqni aytish uchun 2 ming AQSH dollari berganmiz. Bizdan esa “Mama” qo‘shig‘ini dog‘istonlik qizlar 1000 dollarga sotib olishgan. O‘tgan yili “Muhabbat” qo‘shig‘ini ozarbayjonlik qiz aytmoqchi bo‘ldi. Tanishlar kamida 3 ming dollar so‘rashimni aytishgandi. Ammo u qiz puli kamligini aytib, 100 dollar bera olishini aytdi. “Menga o‘sha pulni bermay, bolalaringga yedir”, dedim. Ammo qo‘shiqni aytishiga ruxsat berdik.
Aytmoqchi bo‘lganim, san’atni bo‘g‘may, boshqalar ham ijro etishiga imkoniyat yaratish kerak, — deydi Mansur Agaliyev.
Bundan tashqari, Mansur Agaliyev retro konsertda maxsus dastur orqali Obid Asomov va Ruslan Sharipov siymolari “jonlantirish” rejasi nega amalga oshmaganligini quyidagicha izohladi.
— Avvalgi intervyuda va’da bermayman, ammo harakat qilaman degandim. Bu juda katta loyiha. Uni ukrainalik yigitlar bilan amalga oshirmoqchi edik. Afsuski, urush sabab ular xorij davlatlariga ketishdi. Bu loyiha “my ping” dasturi orqali amalga oshiriladi. Bir inson qiyofasi sahnada paydo bo‘lib, xuddi odamlardek gapiradi. Buning uchun sahna to‘liq oq rangda bo‘lishi kerak va u proyektorlar orqali boshqariladi. Bu xarajatni amalga oshirish 100 ming dollarni talab etadi. Ammo gap pulda emas, niyat qildimmi, albatta, uni amalga oshiraman. Agar faqat foyda uchun konsert berganimizda 160 ta orkestr o‘rniga 4-5 ta sozanda bilan ishlagan bo‘lardik”, — deydi Mansur Agaliyev. | 179 | 3,145 |
Madaniyat | “Yo‘qchilik yiqitar yigit zo‘rini”. Ruslan Sharipov bilan xit darajasiga chiqqan qo‘shiqlar (video) | So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, ommabop messenjerlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli xonanda va bastakor Ruslan Sharipovning qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan suratlari va videolari tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan uning o‘zi ham, onasi ham fikr bildirdi. Ruslan Sharipov MY5 telekanaliga bergan intervyusida: “Hammasiga o‘zim aybdorman”, — deb aytgan bo‘lsa, onasi “Darakchi” gazetasi muxbiri bilan suhbatda: “Hammasiga baribir Ruslanning o‘zi aybdor deb o‘ylayman”, — dedi.
Hozirgacha qator mashhur san’atkorlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali o‘z davrining zabardast san’atkorlaridan biri hisoblangan Ruslan Sharipovga yordam qo‘lini cho‘zish kerakligi haqida fikrlar bildirdi, hatto, bu yo‘nalishda alohida tadbirlar uyushtirish rejalari ham ilgari surildi.
Har nima bo‘lganda ham, Ruslan Sharipov zamonaviy o‘zbek estradasi, bugungi o‘zbek shou-biznesining shakllanishiga salmoqli hissa qo‘shgani, hozirgi kunda ham dovrug‘i va obro‘si so‘nmagan 1990-yillarning qator mashhur guruhlari va yakkaxon xonandalariga qariyb ustoz darajasida ko‘mak berganini unutib ham, rad etib ham bo‘lmaydi.
Quyida Ruslan Sharipovning yakka o‘zi va boshqa xonandalar bilan birga kuylagan mashhur qo‘shiqlari ketma-ketligi e’tiboringizga havola qilinmoqda. Bu qo‘shiqlar nafaqat Ruslan Sharipov iste’dodiga yana bir bor baho berish, balki 10—15 yil avvalgi o‘zbek estradasini yodga olish imkonini ham beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 99 | 1,594 |
Madaniyat | Abdulla Qodiriy hayotining so‘nggi o‘n ikki yili haqida tarixiy film suratga olinadi | Rejissor Umid Hamdamov yozuvchi Abdulla Qodiriy hayotiga bag‘ishlangan tarixiy-badiiy filmni suratga olmoqda. Bu haqda rejissor jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi.
Film ssenariysini bir qancha qodiriyshunoslar bilan maslahatlashgan holda o‘zim yozishga harakat qilyapman. Ushbu film yozuvchi Abdulla Qodiriy hayotining so‘nggi o‘n ikki yili haqida bo‘ladi. Aktyorlar foto va video sinovlar asosida tanlab olinishi rejalashtirilgan. Suratga olish ishlari 2019-yilning oxiri yoki 2020-yil boshida boshlanadi.
Umid Hamdamov, rejissor | 84 | 563 |
Madaniyat | "Oskar" mukofoti sohibi Nikita Mixalkov: "Toshkent xalqaro kinofestivali tiklangani juda quvonarli hodisa" | "Oskar" mukofoti sohibi, rejissyor Nikita Mixalkov Toshkent xalqaro kinofestivali haqidagi fikrlarini bildirdi.
""Ipak yo`li durdonasi" Toshkent xalqaro kinofestivali tiklangani juda quvonarli hodisa. Vaqtida bu festival o`z davrining noyob va o`zgacha bayrami edi. Hozir bu qadriyatlar qayta tiklanayotgani, o`zbek kinosiga yangi ruhiyat va kuch bag`ishlayotganiga ishonaman. Umid qilamanki, endi har yili shu payt sizlar bilan O`zbekistonda, xalqaro kinofestivalda uchrashamiz",-deydi Mixalkov,
Eslatib o`tamiz, kecha Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi bo`lib o`tgan edi. | 106 | 591 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev vafot etdi | O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 10-aprel kuni vafot etdi. Bu haqda uning qizi Muqaddas Sa’dullayeva Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Aktyor bir necha kun avval shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga og‘ir ahvolda joylashtirilgan, keyinroq esa komaga tushib qolgan edi.
Lutfulla Sa’dullayev 1940-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965-yil Toshkent teatr va rassomchilik san’at institutini tugatgan. 1963—2007-yillarda Respublika yosh tomoshabinlar teatri, Abdulla Qahhor nomidagi satira teatrlarida aktyor bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. So‘nggi yillarda Abdulla Qahhor nomidagi satira teatrida ijod qilib kelayotgan edi.
Faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esda qolarli rollar ijro etadi. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir. Lutfulla Sa’dullayev uzoq yillik ijodiy faoliyatida davomida o‘z hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi, ustozlari, marhum hamkasblari haqidagi xotiralari jamlangan “Qismat”, “O‘kinch”, “Meni kechir” nomli kitoblarini nashrdan chiqargan. | 56 | 1,064 |
Madaniyat | Sharqona “lyuks”: Turk aktrisalari qizil yo‘lakda va kundalik hayotda qanday kiyinadi? (foto) | Ijro mahorati va o‘ziga xos go‘zalligi bilan minglab muxlislar qalbidan joy olgan turk aktrisalari kundalik va tadbirlarda qanday uslubda kiyinishni yoqtirishi ularning didiga bog‘liq.
Maryam Uzerli
Hayotda Maryam oddiy va qulay kiyinishni yaxshi ko‘radigan ayol. Taqdirlash marosimlarida esa haqiqiy Xurram sultonga aylanadi.
Qo‘l ishi bilan bezalgan bashang liboslar, keng yubka, qimmatbaho toshli taqinchoqlar uning obrazini tashkil etadi.
Demet Ozdemir
“Tong qushi”, “Qulupnay ifori” yulduzi kundalik hayotda qomatni aks ettiradigan kiyimlarni kiyishni yoqtiradi. Kalta yubka, “razrez”li libos, shorti va toplar shular jumlasidan.
Poshnali tuflilarni aktrisa faqatgina ziyofatlarga kiyishi mumkin, kundalikda esa qulay poyabzallar botinka, etik va krossovkalarni afzal biladi.
Neslihan Atagul
“Sevgi iztirobi”dan keyin mashhurlikka erishgan aktrisa, odatda, jinsi shim, legins, keng sviter, erkin bichimli shim va sport uslubidagi oyoq kiyim kiyishi mumkin. U ortiqcha makiyaj qilmaslik va sochlarini nomiga jingalak qilish orqali tabiiy go‘zalligiga urg‘u beradi.
Alohida tadbir va ziyofatlarga ipak, tillarang yoki yaltiroq matodan tikilgan hashamatli liboslarni ma’qul ko‘radi.
Melisa Asli Pamuk
Asli yirik krossovka, botinkalar, keng shim va printli futbolka hamda erkaklarnikiga o‘xshash tolstovkalar kiyadi. Uning garderobida, asosan, qora rangdagi libos, zanjirli taqinchoq va brasletlarni uchratish mumkin. Taqdirlash marosimi va ziyofatlar uchun ham aktrisa qora libos yoki kam detalli kostyum tanlaydi.
Xazal Feliz Kuchyukyose
Xazalning kiyinishida so‘nggi trendlarni ko‘rish mumkin. U ranglar bilan o‘ynab, sport va romantik uslubni kombinatsiya qila oladi.
Tadbirlarga Xazal har bir detalgacha e’tibor berilgan holda qomati va ko‘rinishidan kelib chiqib kiyinadi.
Xande Erchel
“Malikam, endi qara”, “Eshigimni qoq” seriallari yulduzi rang-barang kiyinishni yaxshi ko‘radi. Uning garderobida bluzkalar, gulli ko‘ylaklar va midi yubkani ko‘rsa bo‘ladi. Alohida kun yoki oqshom uchun aktrisa ultrazamonaviy kostyum va ko‘ylaklar, tillarang kalta libos va smoking kiyishi mumkin.
Fahriye Evjan
Burak O‘zchivitning rafiqasi ham kundalik hayotda qulay kiyinishni xush ko‘radi. Poshnali poyabzallarni alohida kunlarda, kundalik uchun krossovka va botinka kiyadi.
Ziyofat, tadbir va taqdirlash marosimlarida esa uni qomatga urg‘u beradigan ko‘ylak va ingichka poshnali tuflida ko‘rish mumkin.
Xande Dog‘andemir
“Quyoshni kutib”, “Muhtasham yuz yil” va “Ko‘sem” seriallarida rol ijro qilgan aktrisa ma’lum uslub asosida emas, nimani yoqtirsa shuni kiyadi.
Alohida tadbir va ziyofatlar uchun esa tabiiy rangdagi libos bilan aksessuarlardan foydalanadi. | 93 | 2,672 |
Madaniyat | Ruslan Sharipov: Hammasiga o‘zim aybdorman | Bir muddat avval O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bugungacha xit bo‘lib kelayotgan qator taronalar muallifi hisoblangan Ruslan Sharipovning suratlari internetda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan MY5 (“Mening yurtim”) telekanali ijodkorlari san’atkordan qisqa intervyu oldi.
“Hammasiga o‘zim aybdorman. Yoshim 50 ga chiqdi va hayotimdagi eng qimmatli jihat — mening qizlarimdir”, — dedi Ruslan Sharipov MY5 telekanaliga bergan intervyusida.
Ruslan Sharipov o‘z vaqtida u bilan birga ishlagan yoki u bilan hamkorlik qilgan bir qator san’atkorlarning ko‘p yillardan beri barqaror ijod bilan shug‘ullanayotganini alohida ta’kidlab, ularni olqishladi.
“Menga yoshlar juda yoqadi. Masalan, Ziyoda, Ulug‘bek Rahmatullayev, Manzuraning qo‘shiqlari ma’qul. Lekin ular bilan deyarli muloqotda bo‘lmayman”, — dedi Ruslan Sharipov.
“Men birgalikda qo‘shiq yozishni istaganim san’atkorlar ro‘yxati katta. Chunki yozish mumkin bo‘lgan qo‘shiqlar juda ko‘p”, — deya qo‘shimcha qildi Ruslan Sharipov.
Avvalroq Instagram’da Ruslan Sharipovning sahifasi paydo bo‘lgani, biroq u soxta deb taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Sharipovning onasi esa “Darakchi” nashriga bergan intervyusida o‘g‘lining o‘zi hammasiga aybdor ekanini aytib o‘tgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 42 | 1,441 |
Madaniyat | Xonanda Hojiakbar Haydarov: Menga na Erkin Komilov, na Tesha Mo‘minov e’tiroz bildirdi | Xonanda Hojiakbar Haydarov “Otamga deb” nomlangan ilk albomi taqdimotini o‘tkazdi. Jurnalist Feruz Muhammadning yozishicha, taqdimot oqshomida Hojiakbar san’at yo‘lini adashib tanlamagani, otasi — O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Haydarovning chin ma’noda munosib izdoshi ekanligini isbotlay olgan.
— “Yig‘latur” taronasini Botir Qodirov va Sardor Mamadaliyev ham kuylagan. Ushbu qo‘shiqni Siz ham takror kuylashingizdan maqsad nima?
— Bu qo‘shiqni Botir Qodirov kuylashidan avval ham bilardim, u kishi kuylaganidan keyin, “men ham kuylasam bo‘lar ekan-da”, degan fikr tug‘ildi. Botir Qodirov bilan ham, Sardor Mamadaliyev bilan ham juda ko‘p ko‘rishamiz, suhbatlashamiz, ammo bu qo‘shiq haqida umuman gaplashmadik. To‘g‘risi, yaxshi qo‘shiq xalqniki, shu ma’noda birorta san’atkor “Bu meniki”, deya olmasa kerak.
— Intervyularingizdan birida: “Dadamning qo‘shiqlarini qizg‘anaman, iloji boricha boshqa san’atkorlarga ayttirmayman”, degan ekansiz.
— Yo‘q, qizg‘anaman degan gapni aytmaganman. To‘g‘ri, dadamning qo‘shiqlarini ko‘pchilik kuyladi, bular orasida yosh san’atkorlar ham bor, ba’zi birlari bizdan so‘ramasdan, onamning oldidan o‘tmasdan kuylaganlari ham bo‘ldi. Shunday holatlarda dadamning yaqinlari, do‘stlari menga tanbeh berdi, “Dadangni qo‘shiqlarini o‘zing ayt, bu senga vasiyat”, deyishdi. O‘ylab qarasam, bu qo‘shiqlar haqiqatan ham menga vasiyat ekan, men bularni qo‘sh-qo‘llab tarqatib yubora olmas ekanman. Dadamning qo‘shiqlarlarini kuylayman deya astoydil harakat qilganlarga hech qanday e’tirozim, qarshiligim yo‘q. Ammo men ham bundan keyin san’at yo‘lini tanladim, bu qo‘shiqlarni qo‘limdan kelganicha o‘zim kuylashga harakat qilaman.
— Jonli ijroda uncha-muncha san’atkorni ortda qoldira oladigan qobilyatingiz, ovozingiz bor. Taqdimotda otangizning qo‘shiqlarini o‘zgartirilgan variantini iloji boricha kuylamadingiz. Iltimos qilishgani uchun majburan kuylagandek ko‘rindingiz. Bu “Do‘lana”ning o‘zgartirilgan varianti tanqidga uchraganidan keyin chiqarilgan xulosami? Endi “Do‘lana”ning yangi talqinini kuylamaysizmi?
— Avvalo, mazkur taqdimot dadamning yorqin xotiralariga bag‘ishlangani uchun u kishining qo‘shiqlarini iloji boricha o‘zgartirmasdan kuylashga harakat qildim. Chunki tadbirda dadamning do‘stlari, muxlislari mehmon bo‘ldi, qo‘shiqlarni asl variantini kuylamasam bo‘lmasdi. “Do‘lana” qo‘shig‘ining yangi varianti chiqdi, degani bu yangi talqin originalidan o‘tdi, degani emas, balki uni yoshlar ham eshitsin, kuylasin degan maqsad ko‘zlangan. Yangi talqindagi “Do‘lana”ni asosan to‘y-tantanalarida, tadbirlarda kuylayapman. Ko‘z tegmasin, qo‘shiqni yoshlar yaxshi qabul qilmoqda.
— “Do‘lana” qo‘shig‘i uchun ishlangan klipda suratga tushgan ustoz san’atkorlar — Erkin Komilov, Hamid Toshpo‘latov, Tesha Mo‘minov Sizga e’tiroz bildirgani haqida gap-so‘zlar chiqdi.
— Klipda suratga tushishga rozilik bildirishgani, vaqtlarini ayamaganliklari uchun ustozlarimizga katta rahmat. Lekin, to‘g‘risi, ular nima uchun bunday fikrlar bildirishganiga menda aniq bir javob yo‘q.
— Ular siz bilan ko‘rishib yoki telefon qilib, e’tiroz bildirishdimi?
— Yo‘q, hech kim menga e’tiroz bildirmadi. Ustozlarimizning so‘zlarini faqat gazeta orqali o‘qidim, xolos.
— Klip g‘oyasi kimga tegishli edi?
— Qo‘shiq g‘oyasi Ilhom Mamatovga, klip g‘oyasi esa prodyuserim va klipmeyker tomonidan o‘ylangan. Shu vaqtgacha barcha qo‘shiqlarimga klip g‘oyasini o‘zim taklif qilardim. Bu safar ishga umuman aralashmay, ularga ishondim. Qo‘shiq nomi “Do‘lana” bo‘lmay, so‘zlari ham boshqa bo‘lganida, bunchalik tanqid bo‘lmas edi. Ishonch bilan ayta olamanki, bu qo‘shiq o‘z muxlislarini topa oldi.
— Prodyuseringiz: “Bir yildan so‘ng ‘Istiqlol’ san’at saroyida jonli ijroda konsert beramiz”, dedi.
— Hozir qo‘limdan kelganicha ijod qilyapman. Konsert berishdan oldin muxlislarim qo‘llab-quvvatlashiga, ularning qalbidan joy egallaganimga ishonishim kerak. Konsert berishimga haqqoniy talab bo‘lsa, o‘sha darajaga yetsamgina, albatta, konsert beraman.
— Hozir deyarli hech kim tanimaydigan xonandalar ham konsert bermoqda.
— Meni unday niyatim yo‘q: konsertimga majburan emas, qiziqib, muxlis bo‘lib tushishlarini istayman. Bir yil mobaynida tinimsiz mehnat, ijod qilib, konsert berish darajasiga yetsam, ilk yakkaxon dasturimni taqdim etaman. Bo‘lmasa — kutaman, ijod va mehnatdan to‘xtamayman.
— Sizga kim homiylik qilayapti?
— Asosan o‘zimiz, oilamiz. Oila a’zolarim bilan maslahatlashib, bir to‘xtamga kelganimizdan so‘ng, buni prodyuserimiz bilan kelishib olamiz. | 86 | 4,483 |
Madaniyat | "Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovi e`lon qilindi | Tanlov Yoshlar ishlari agentligi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Arizalar 2 ta nominasiya bo`yicha qabul qilinadi:
● «Eng yaxshi adabiy-badiiy kitob»;
● «Eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob».
G`oliblar:
birinchi o`rin — 100 million so`m,
ikkinchi o`rin — 75 million so`m,
uchinchi o`rin — 50 million so`m
pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Arizalar 2022 yil 1 yanvarigacha @engyaxshikitob_bot orqali qabul qilinadi.
Ma`lumot uchun: (97) 750 01 89. | 65 | 549 |
Madaniyat | “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining noodatiy xobbilari (foto) | “Muhtasham yuz yil” seriali tomoshabinlarni shunchalar qiziqtirib qo‘ydiki, ular nafaqat ekrandagi obrazlar, balki ularni qoyilmaqom tarzda ijro etgan aktyorlarning shaxsiy hayoti haqida ham bilishni istaydi. Marhamat, serial yulduzlari bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi va xobbilari haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing.
Xalit Ergench
Serialning Sulton Sulaymoni hayotini oilasi va ijodiga bag‘ishlagan aktyorlardan. Uning xobbisi – qo‘shiq kuylash.
Shuningdek, Xalit yoshligida raqsga tushish va vokal bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, konservatoriyada opera bo‘limida tahsil olgan. Uning musiqaga muhabbati bejizga emas, sababi otasi taniqli shoir va bastakor bo‘lgan. Ergenchning qulog‘i musiqa ohangini juda yaxshi tahlil etadi va o‘zi ham yoqimli ovoz tembrga ega. Aktyorning konsert dasturlari va musiqa festivallaridagi ishtirokini ham ko‘rish mumkin. U garchi kuylashni filmlarda suratga tushishdek ko‘p takrorlamasa ham, xobbisidan katta zavq oladi.
Selma Ergech
Serialning yana bir go‘zal qahramoni Xadicha Sulton – bo‘sh vaqtlarida jang san’ati, kikboksing va koreys jang san’ati – taekvondo bilan shug‘ullanishni yoqtiradi. Albatta, bunday nozik ayolga qarab uning sevimli mashg‘ulotini tasavvur qilish qiyin. Selmaning xobbisi, hattoki uning oilasi va do‘stlariga ham ajoyib syurpriz bo‘lgan.
Pelin Karaxan
Serialda Xurram va Sulaymon Sultonning qizi rolida gavdalangan aktrisa shirinlik pishirishni yaxshi ko‘radi. Yoshligida novvoy bo‘lib ishlagan aktrisaga bu kasb juda yoqadi. Karaxanning oila a’zolari u pishirgan shirinlik va nonlarni sevib iste’mol qiladi. Aktrisa, tabiiyki, bundan faxrlanadi. Shuningdek, uning orzusi − o‘zining shinamgina qandolatxonasini ochish va xaridorlarni mazali yegulik hamda shirinliklar bilan siylashdir.
Burak O‘zchivit
Burak retro mashinalarga qiziqadi. Uning hattoki katta bo‘lmagan kolleksiyasi ham mavjud. Agar avtomobillar buzilib qolsa, aktyor uni o‘zi ta’mirlaydi.
Selim Bayrakter
Aktyor mashhurlikka erishishidan avval sirk masxarabozi sifatida faoliyat yuritgan. Ehtimol, uning serialdagi qahramoni – Sumbul og‘a juda g‘alati ko‘ringan bo‘lishi mumkin. Ammo Selim ajoyib jonglyor.
Filiz Ahmet
Serialning yana bir qahramoni Filiz sayohat qilishni xush ko‘radi. Ammo bu uning sevimli mashg‘uloti emas. Aktrisa poliglot – 6 ta tilda so‘zlasha oladi. Hozirda bular safiga bolgar tili ham qo‘shilmoqda.
Nur Fettaho‘g‘li
Nur bolaligida modelyer bo‘lishni orzu qilgan. U chindan ham liboslar ustida ishlashni yoqtiradi. Ammo aktrisa ish faoliyatini boshlovchilikdan boshladi, keyin esa aktrisa sifatida ijod qilishga o‘tdi. Nur agar kinodagi faoliyatini tugatsa, qo‘liga yana igna-ip olishini ta’kidlagan. | 68 | 2,675 |
Madaniyat | Lola, Rayhon va Shahzoda Xitoyda Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandalari deb topildi | O‘zbekistonning uch nafar xonandasi Xitoy nashri tuzgan Markaziy Osiyoning eng go‘zal xonandalari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fotokollaj: “Daryo”
Reytingga o‘zbekistonlik xonandalar — Shahzoda, Rayhon va Lola Yo‘ldasheva kiritildi.
Shuningdek, ro‘yxatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning eng mashhur qo‘shiqchilari nomlari keltirilgan.
Reyting mualliflari Markaziy Osiyo nafaqat o‘zining go‘zallari bilan, balki iste’dodli xonandalari bilan ham mashhurligini ta’kidlab, TOP-13 xonandaning ro‘yxatini taqdim etdi. | 86 | 576 |
Madaniyat | Nilufar Usmonova: “Turkvision tanlovida jonli ijro bo‘yicha tajribasizligim pand berdi” | Nilufar Usmonova “Shov-shuv” nashriga bergan intervyusida Turkvision tanlovi haqidagi taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Foto © shov-shuv.uz
Turkiyada bo‘lib o‘tgan Turkvision 2013 Xalqaro qo‘shiq tanlovida hamyurtimiz Nilufar Usmonova O‘zbekiston sharafini himoya qilgan, tanlovning 21-dekabr kuni o‘tkazilgan final bosqichida Nilufar jami 12 o‘rindan 11-siga loyiq deb topilgan edi.
Tanlovda g‘alaba qozona olmagani haqida gapirar ekan, Nilufar unga qaysi o‘rin berilgani muhim emasligi, kimning qanday darajada iste’dod egasi ekanini tadbirni kuzatgan 300 million xalqning o‘zi belgilab olganini ta’kidladi. “Tanlov men uchun katta dars bo‘ldi”, — dedi xonanda.
Shuningdek, Nilufar Usmonova Turkvision’da jonli ijro bilan ba’zi bir muammolarga duch kelganini ham yashirmadi. Ma’lum bo‘lishicha, har bir repetitsiyada bir qo‘shiqni 8 marotabalab jonli kuylashi natijasida ovoziga ziyon yetgan. “To‘g‘risini aytsam, biz to‘ylarda fonogrammadan foydalanishga o‘rganib qolganmiz. Shu sababli jonli ijroda kuylash bo‘yicha tajribasizligim pand berdi”, — dedi u.
“Nilufar Usmonovaning Turkvision’dagi mag‘lubiyatiga uning o‘ziga va ovoziga mos qo‘shiq tanlanmagani sabab bo‘ldi. Tanlovda kuylangan “Unutgin” qo‘shig‘i Nilufarning mahoratini ochib bera olmadi”, — degan fikrlarga nisbatan xonanda baribir birinchi o‘rinni ololmasligini ta’kidladi. Ma’lum bo‘lishicha, tanlov ishtirokchilari hali biron joyda kuylanmagan qo‘shiqni ijro etishi kerak bo‘lgan. Tanlovda qatnashadigan qo‘shiqni tashkilotchilarning o‘zi nomzodlar oldindan yuborgan ijod namunalari orasidan tanlab bergan. Bundan tashqari, “birinchi kundan (jonli ijro natijasida) ovozim ketib qolgandi”, — dedi Nilufar. | 87 | 1,674 |
Madaniyat | Bir-birining yelkasidagi Gollivud yulduzlari — Instagram’da Rojdestvo chellenji (foto) | Gollivud yulduzlari Rojdestvo arafasida Instagram’da bayramona chellenj boshlab yubordi. Bu haqda Esquire xabar beradi.
Chellenjga muvofiq, mashhurlar o‘zlari hamda ismi qofiyadosh bo‘lgan boshqa shou-biznes vakili suratini kollaj qilishi, qofiyadosh ismli yulduz surati foto egasining yelkasiga joylangan bo‘lishi kerak.
Mazkur aksiya bayramona Elf on the Shelf (tokchadagi Elf) nomli rojdestvo an’anasini esga soladi. Unga ko‘ra, Rojdestvodan avval kattalar shkaf tokchasiga elf haykalchasi yoki qo‘g‘irchog‘ini o‘tkazib qo‘yadi. Afsonaga ko‘ra, elf bolani kuzatib turadi va Santa Klausga u o‘zini qanchalik yaxshi tutganini aytib beradi.
Chellenjga Nikol Kidman, Elizabet Benks, Riz Uizerspun, Gal Gadot, Mark Ruffalo hamda Natali Portman kabi ijodkorlar qo‘shilgan. Shuningdek, internetning boshqa foydalanuvchilari ham #myelf xeshtegi bilan chellenj shartidan kelib chiqqan holda suratlarini joylamoqda, deyiladi xabarda.
Stark on Mark: Tonni Stark Mark Buffaloning yelkasida.
Mick on a Nic: Nik Jagger Nikol Kidmanning yelkasida
Grinch (Jim Kerri) Meraya Kerining yelkasida.
Janney on Annie: Elison Jenni Enn Xeteueyning yelkasida.
Kat on Nat: Ket Dennings Natali Portmanning yelkasida.
Hanks on Banks: Tom Xenks Elizabet Benksning yelkasida.
Grease-on-Reese: Riz Uizerspunning yelkasida Jon Travolta va Olivya Nyuton-Jonning “Briolin” filmida gavdalantirgan qahramonlari.
Pascal-on-Gal: Pedro Paskal Gal Gadotning yelkasida. | 86 | 1,441 |
Madaniyat | Aktrisa Jennifer Lourens AQShda sodir bo‘layotgan to‘fonlarni tabiatning Trampga javobi deya atadi | Aktrisa, “Oskar” mukofoti laureati Jennifer Lourens AQShda sodir bo‘layotgan to‘fonlarni tabiatning Amerika prezidenti Donald Trampga nisbatan javobi deya atadi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Aktrisa “Ona!” filmini taqdim etish uchun Buyuk Britaniyaga tashrif buyurgan. AQShda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar borasida berilgan savolga “ona tabiat”ning qahrini sezmaslikning iloji yo‘q deya javob berdi.
Aktrisaning so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar Lourens ishtirokidagi filmlarga nisbatan boykot e’lon qilishga chaqirdi.
Aktrisa bundan oldin ham bir necha bor Trampni xushlamasligini bildirgandi. | 98 | 672 |
Madaniyat | Fotosayohat: Xonanda Selena Gomesning plyajdagi uyi qanday ko‘rinishga ega? | Xonanda Selena Gomesning Malibudagi uyi muxlislarga tanish tuyulishi mumkin. Buning sababi okean sohilidagi ushbu ko‘chmas mulk avvalroq “Xanna Montana” shousida namoyish etilgan. Endi esa bu yerda Selena+Chef oshpazlik dasturining to‘rtinchi mavsumi suratga olinadi, deb xabar beradi Harper’s Bazaar.
Birinchi epizodning premyerasi arafasida Selena tomoshabinlarga o‘z uyining har bir qismini ko‘rsatib, kichik ekskursiya uyushtirdi. Aytgancha, uy yettita yotoqxona va sakkizta hammomdan iborat. Bundan tashqari, Tinch okeaniga qaragan terassa ham bor, u yerda xonanda kechqurun do‘stlari bilan suhbat qurishni yaxshi ko‘radi. Biroq Selena ko‘pincha vaqtini kameralar va chiroqlar bilan to‘ldirilgan oshxonada o‘tkazadi. | 75 | 722 |
Madaniyat | Madaniyat vaziri Yaponiya san`at delegasiyasi bilan uchrashdi (foto) | Bugun, 10 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev Koto musiqiy asbobi ijrochisi Ivamoto Kyoke rahbarligidagi Yaponiya san`at delegasiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv nihoyatda samimiy va taassurotlarga boy bo`ldi. Muloqotlar davomida delegasiya rahbari vazirga aynan “Xalqaro maqom san`ati anjumani” doirasidagi festival sahnasida yaponiyalik rassomlar tomonidan chizilgan sakura daraxti va ajdar suratlarini taqdim etdi.
Shuningdek, Ivamoto Kyoke ikkita yapon milliy musiqa asbobi Kotoni va unga qo`shib yana Tokio minorasi ramzi bo`lgan esdalik sovg`alarni ham taqdim qildi. Eng qizig`i, yapon san`at delegasiyasi rahbari vazirdan Kotoni chalib ko`rishni iltimos qildi. Vazir esa buni bajonidil qabul qilib, xorijlik musiqachilar yordamida Kotodan musiqa chaldi. Bu esa mehmonlarning xursandchiligiga sabab bo`ldi.
O`z navbatida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B. Sayfullaev ham mazkur hurmatga javoban o`zbek milliy cholg`u asbobi bo`lgan sozni, Shahrisabz tasviri va “Xalqaro maqom san`ati anjumani” yozuvi tushirilgan laganlarni hamda yurtimiz tarixiga oid rasm albom shaklidagi kitoblarni yaponiyalik san`atkorlarga sovg`a qildi. Bu mehmonlarni yanada quvontirdi.
Uchrashuv davomida vazirning iltimosiga binoan yaponiyalik xonanda qiz o`zbek milliy qo`shig`i hisoblangan “Sunbula”ni ijro etib, barchaning olqishiga sazovor bo`ldi.
Shundan so`ng har ikki davlat san`ati va madaniyati olamida kelgusida mustahkam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Bugun festivalning so`nggi kuni. Tadbirlar esa davom etmoqda. | 68 | 1,571 |
Madaniyat | Alisher Uzoqov: Muxlislar saratonga chalinganim haqidagi mish-mishlarga ishonmasin | So‘nggi vaqtlarda aktyor va rejissor Alisher Uzoqovning vafot etgani haqida tarqalgan mish-mishlar qo‘shni mamlakatlardagi o‘zbekistonliklarning ham qulog‘iga borib yetdi, deb yozadi “Qalampir.uz”. Mish-mishlarga oydinlik kiritish uchun nashr aktyor Alisher Uzoqov bilan bog‘landi.
“Shukur tirikman! Muxlislar Alisher Uzoqov saraton kasaliga chalingan degan gaplarga ham yo vafot etibdi degan mish-mishlarga ham ishonmasin. Sog‘lig‘imdan hech qanday shikoyatim yo‘q. Odamlarni bilasiz-ku, ko‘rmasdan, bilmasdan turib yangi gaplarni o‘ylab topadi. Shu kunlarda yangi film ustida ish boshlaganman. Ayni vaqtda o‘z uyimda ssenariy yozib o‘tiribman”, — dedi Alisher Uzoqov.
Nashrning qayd etishicha, aktyor haqidagi turli mish-mishlarning tarqalishiga uning ikki yildan buyon TV orqali ko‘rinmay qolgani sabab bo‘lgan. Uzoqov so‘ngi bor 2015-yilda tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Hayotda” nomli filmida suratga tushgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning oktabr oyida ham Alisher Uzoqovning hayotdan ko‘z yumgani haqida yolg‘on xabarlar tarqalgan. | 82 | 1,083 |
Madaniyat | Alla Pugachyova giyohvand jiyanining farzandini vasiylikka oldi | Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova va Maksim Galkinning oilasida uchinchi farzand paydo bo‘ldi, deb yozadi “MK.ru”.
Gap shundaki, qo‘shiqchi giyohvandlikdan azob chekuvchi qarindoshining farzandini o‘z vasiyligi ostiga oldi.
Bolaning otasi — xonandaning yagona jiyani Vlad Pugachyov — Primadonnaning bir necha yil avval vafot etgan tug‘ishgan ukasining o‘g‘li. Vlad uzoq yillar davomida narkotiklar qabul qilgan va giyohvandlikka qarshi muvaffaqiyatsiz kurashgan. Bo‘lg‘usi rafiqasini ham reabilitatsiya markazida uchratgan, ular farzand ko‘rgan. Ayni paytda Vlad narkotiklar tufayli nogiron bo‘lib qolgan, rafiqasi esa dozaning oshirib yuborilgani tufayli kasalxonaga tushgan.
Alla Pugachyova ota-onasining qarovisiz qolgan bolani vasiylikka olish haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirdi. U Vladni bolani vaqtinchalik olib ketishi, ammo u aqlini joyiga yig‘masa, farzandidan butunlay ajralishi haqida ogohlantirdi. | 63 | 913 |
Madaniyat | Los-Anjelesda “Emmi” mukofoti laureatlari e’lon qilindi | 22-sentabr kuni Los-Anjelesda “Emmi” mukofotining 71-tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Meduza.
“Taxtlar o‘yini” seriali “Eng yaxshi dramatik serial” deb topildi. Serial jami 12 ta yo‘nalish bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi. Xususan, Tirion Lannister roli uchun Piter Dinkleyj “Ikkinchi plandagi eng yaxshi dramatik aktyor” nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.
Avvalroq, “Taxtlar o‘yini” seriali “Emmi” mukofotining rekord darajada — 32 ta nominatsiyasiga da’vogarlik qilishi haqida xabar berilgandi.
“Chernobil” esa “Eng yaxshi mini-serial” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Ssenariynavis Kreyg Meyzin va serial rejissori Jonan Renk o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tengsiz deb topildi. “Chernobil” seriali jami 10 ta “Emmi” haykalchalarini qo‘lga kiritdi.
Eng yaxshi dramatik aktyor deya Billi Porter (“Holat” seriali) topilgan bo‘lsa, eng yaxshi dramatik aktrisa sifatida Judi Komer (“Yevani o‘ldirish”) e’tirof etildi.
Eng yaxshi televizion film deya “Qora ko‘zgu”, “Brandashmig” epizodlari topildi. | 55 | 1,017 |
Madaniyat | Vaynshteynning kompaniyasi 500 mln dollarga sotilishi mumkin | Amerikalik prodyuser Xarvi Vaynshteynning o‘z nomi bilan ataluvchi kompaniyasi yaqin vaqt ichida 500 million dollarga sotilishi mumkin, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Bu summaning yarmi Weinstein Co qarzlari uchun javobgarlikni qabul qiluvchi hisob raqamga o‘tadi. Xabarga ko‘ra, kompaniyani qo‘llab-quvvatlash va xarajatlarni to‘lashni, shuningdek, yuridik ishlar bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olganda kompaniyaning ayni paytdagi egalari hech qanday daromad olmaydi.
Oktabr oyida AQShda bir qator aktrisalar, xususan, Anjelina Joli va Gvinet Petrou prodyuser Xarvi Vaynshteynni jinsiy tegajoqlikda ayblagan. Shundan so‘ng u o‘zi asos solgan kompaniyadan bo‘shatilgan va bir qator kasbiy jamiyatlardan chetlatilgan. | 60 | 718 |
Madaniyat | “Qaysar sevishganlar” filmi yanvar oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Ruslan Ibragimovning “Qaysar sevishganlar” filmi yanvar oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Yanvar oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Qaysar sevishganlar” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri”, Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada”, Suhrob Hasanovning “Sevgimiz uchun”, filmlari band etgan.
Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Kulba”, “Nazira” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
1-o‘rin. “Qaysar sevishganlar” (melodrama)
Rejissor — Ruslan Ibragimov
2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)
Rejissor — Otabek Mirzaxolov
3-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)
Rejissor — Durdona To‘laganova
4-o‘rin. “Ada emas, dada” (komediya)
Rejissor — Mirmaqsud Oxunov
5-o‘rin. “Sevgimiz uchun” (melodrama)
Rejissor — Suhrob Hasanov | 111 | 978 |
Madaniyat | Instagram: Mashhurlarni tabriklagan YPX xodimlari, to‘yi bo‘layotgan Kaniza, Avaz Oxunning qiyofadoshi topildi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Rayhon barcha ayollarni bayram bilan tabriklab, turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov sovg‘a qilgan gullarning suratini sahifasiga joyladi.
YPX xodimlari 8-mart munosabati bilan ayol haydovchilarga gullar taqdim etdi. Ularning orasida mashhurlar, xususan, Yulduz va Nilufar Usmonovalar ham bor.
Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ushbu harakati komik aktyor Ulug‘bek Xolmedovga “erish tuyuldi”. U 14-yanvarda YPX xodimlari tomonidan erkak haydovchilarga ham sovg‘a ulashish tashabbusi bilan chiqdi.
Bollivud aktrisasi Karina Kapur xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ikkinchi o‘g‘lining suratini sahifasiga joyladi. “Ayollar qila olmaydigan biror ish yo‘q”, deb izohladi aktrisa suratni.
Ozoda Nursaidova ham yangi surati orqali ayollarni bayram bilan tabrikladi.
Xonanda Anvar Sobirov sahifasiga bir nechta filmlarda chiroyli juftliklarni gavdalantirgan partnyori Nargiza Abdullayeva bilan tushgan suratini joyladi.
Avaz Oxun Qirg‘izistonda yashaydigan qiyofadoshi bilan tanishdi.
Kaniza sahifasiga barmog‘iga uzuk taqilayotgani aks etgan suratni joyladi.
Zarina Nizomiddinova ham ulkan guldasta bilan tushgan suratini sahifasiga joylab, ayollarni bayram bilan tabrikladi.
Sevara Nazarxon ham barcha ayol kuzatuvchilarini bayram bilan muborakbod etdi.
“Mendirman Jaloliddin” serialida bosh rolni ijro etayotgan turk aktyori Emre Kiviljim o‘zbekistonlik muxlisalariga o‘zbek tilida bayram tabrigini izhor etdi. | 110 | 1,560 |
Madaniyat | Aktyor Baxtiyor Qosimov vafot etdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Baxtiyor Qosimov vafot etdi. Bu haqda aktrisa Gavhar Sharipova o‘zining Facebook’dagi sahifasida xabar berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Kino-Teatr.ru” ma’lumotlariga ko‘ra, Baxtiyor Qosimov 1953-yilda aktyor va rejissor Ne’mat Qosimov hamda o‘qituvchi Sara Qosimovalar oilasida dunyoga kelgan.
U 30 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan. Ular orasida “To‘ylar muborak” (1978), “Yodgor” (2003), “O‘zimdan o‘zimgacha” (2009), “Arosat” (2009), “Uqubat” (2009), “Jasur” (2011), “Parizod” (2012), “Sardor-3” (2012), “Bog‘” (2013), “Gumrohlar” (2014), “Faryod 2” (2014) va “Hayotda…” (2015) kabi mashhur filmlar bor. | 34 | 646 |
Madaniyat | Maksim Galkinning yangicha ko‘rinishi hammani hayratga soldi | Rossiyalik yumorist va shoumen Maksim Galkin “Muz-TV” telekanalining matbuot anjumaniga yangi soch turmagi bilan keldi, deb yozmoqda “Vokrug TV”.
Galkinning mayda o‘rilgan sochlarini ko‘rgan jurnalistlar uning rep yo‘nalishida ijod qilish niyati borligi haqida savol berdi. Galkin o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasligi, bu shunchaki soch turmagi ekanini ma’lum qilgan.
Shoumen janubda dam olgani va tez orada yana eski soch turmagiga qaytishini aytgan. “Bu dred (tabiiy yoki sun‘iy yo‘l bilan Afrika stilida o‘rilgan sochlar) emas. Bu shunchaki mayda o‘rilgan sochlar. Dredlar qirqib tashlanadi, o‘rilgan sochlar esa osongina yozib tashlanadi”, — degan Galkin. | 60 | 658 |
Madaniyat | Instagram: Vohidjon Isoqov ota bo‘ldi, Saida Rametova tug‘ilgan kunini qanday nishonladi? “Daydi qiz” kimning ustidan IIBga arz qilmoqchi? | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Rejissorlar Jahongir Ahmedov va Sohib Abbosxon AQShda uchrashib qoldi.
“Ummon” guruhining sobiq xonandasi Shohrux to‘yining 4 yilligi munosabati bilan turmush o‘rtog‘iga romantik syurpriz tayyorladi.
Zarina Nizomiddinova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Nukus shahrida o‘tkazilgan baxshichilik festivalida Zohirshoh Jo‘rayev hamda Ozoda Nursaidova Sherali Jo‘rayevning “Karvon” qo‘shig‘ini duet tarzida ijro etdi.
Afruza sahifasiga “Benom” guruhi yakkaxonlari ham ko‘ringan qiziqarli suratni joylab, muxlislaridan unga nom berishni so‘radi.
Dildora Niyozova ishtirok etgan to‘ylardan birida qiziq holat kuzatildi. Kelinchak xonandaning “Onaginam” qo‘shig‘ini onasiga atab shaxsan o‘zi kuylab berdi.
Xonanda Vohidjon Isoqov ilk marta ota bo‘ldi.
Rayhon G‘aniyeva va Farhod Alimov juftligi Farrux Zokirov bilan suratga tushdi.
Raqqosa Parizoda tug‘ilgan kunini qanday nishonlangani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Turkiyaga turmushga chiqqan aktrisa Nargiza Salmonova ikki yildan so‘ng O‘zbekistonga keldi.
“Daydi qizning daftari” seriali bosh qahramoni — Taxmina roli ijrochisi aktrisa Fotima Berdiyeva uning rasmlaridan foydalanib, uyatsiz guruhlarda pul ishlayotganlar ustidan IIBga murojaat qilishini bildirdi.
“Qalb xotirjamligi — qulaylik demakdir”, demoqda Shahzoda.
21-sentabr kuni taniqli aktrisa Saida Rametova 63 yoshni qarshi oldi. Aktrisaning xonadonidagi katta ziyofatda uning hamkasb do‘stlari, yaqinlari ishtirok etdi. | 138 | 1,602 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon Londonga uchib ketdi, Muqaddas Sa’dullayevaga xiyonat qilishdi. Instagram’dan daraklar | 17-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov karantin qoidalariga rioya etish madaniyati haqida mulohaza yuritdi.
View this post on Instagram
Xonandalar Farrux Raimov va Dilso‘z muxlislari uchun qiziqarli video tayyorladi. Jonli ijrodan so‘ng Dilso‘z basseynga “ravona bo‘ldi”.
View this post on Instagram
Javohir Zokirov sahifasiga Istanbulda davom etayotgan suratga olish jarayonlaridan fotosurat joyladi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova bolaligida kuylagan qo‘shiqlarini jamlab, maxsus albom yozdi. Albomdan jajji Nilufarning tilidan yangragan “Shaytonga bo‘ysungan yuraklar”, “Otajon”, “Ozodman”, “Oh, buvi”, “Yur” kabi taronalari joy olgan.
View this post on Instagram
Sevara Nazarxon Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyotning biznes-klassida Angliya poytaxti London shahriga, aniqrog‘i turmush o‘rtog‘i hamda o‘g‘li Dengizning yoniga uchib ketdi. Xonanda Instagram’dagi Stories orqali parvoz jarayonidan videolar joylab turdi.
View this post on Instagram
Shahzoda Matchonova folloverlaridan o‘zlarini asrab-avaylashni so‘rab, bu kunlar ham ortda qolishini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
AQShga ko‘chib ketgan reper Shahriyor Chikagodan folloverlariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Muqaddas Sa’dullayeva do‘st deb bilgan yaqin insonining xiyonati haqida post yozdi.
View this post on Instagram
Koronavirusga chalinganini aytgan Kaniza unga shifo tilab, qo‘llab-quvvatlayotgan barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
Xonanda Umidaxon “Dastingdan” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni muxlislariga taqdim etadi.
View this post on Instagram
Koronavirusdan davolanayotgan hind aktyorlari Amitabh va Abxishek Bachchanlar ham ezgu tilaklari uchun muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
Madina Mumtoz oila mustahkamligi uchun Qur’oni Karimda keltirilgan ko‘rsatmalar bilan o‘rtoqlashdi.
View this post on Instagram | 102 | 2,271 |
Madaniyat | Instagram: 57 yoshni qarshilagan Mavluda Asalxo‘jayeva, “O‘g‘irlanmagan kelin”ning o‘zbekcha talqini, Umarjon Mahkamboyev xonadonidagi to‘y | 15-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva yangi oilaviy fotosessiyani muxlislar e’tiboriga havola etdi.
View this post on Instagram
Feruza Jumaniyozova taniqli san’atkor Umarjon Mahkamboyevning xonadonidagi to‘yda xizmatda bo‘ldi.
View this post on Instagram
“Ko‘zlar aldamaydi”, demoqda xonanda Ozoda Nursaidova.
View this post on Instagram
Shahzoda Matchonova ikki do‘st haqidagi ibratli hikoya bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Zarina Nizomiddinova o‘zini Odri Totu obrazida sinab ko‘rdi.
View this post on Instagram
Dilso‘z qo‘shiq aytishga qiziqadigan uch yoshli qizi ijrosi aks etgan video bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Manzura tojik tilida kuylangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.
View this post on Instagram
Hind aktrisasi Karina Kapur Amir Xon bilan rol ijro etgan Lal Singh filmi suratga olish jarayoni yakunlanganini ma’lum qildi hamda ijodiy jamoaga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
Mavluda Asalxo‘jayeva 15-oktabr kuni 57 yoshni qarshi oldi. Xonandaning hamkasblari va muxlislari uni tavallud ayyomi bilan muborakbod etmoqda.
View this post on Instagram
Turkiyaga kelin bo‘lgan aktrisa Nargiza Salmonova mamlakatdagi yana bir diqqatga sazovor maskan haqida folloverlariga so‘zlab berdi.
View this post on Instagram
Shahzod Sultonov va Durdona Qurbonova hamkorlikdagi ijod namunasida mashhur hind filmi — “O‘g‘irlanmagan kelin”dagi epizodni takrorladi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram | 139 | 1,799 |
Madaniyat | Rayhon Ravshan Yo‘ldoshev uning qo‘shiqlarini “O‘zbegim taronasi” radiosida bepul “aylantirib bergani” haqida so‘zlab berdi | “Tarona rekords” kompaniyasi xonanda Rayhonga ijodini boshlayotgan yillarda katta yordam bergan. Bu haqda xonanda “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida so‘zlab berdi.
“2000-yillarda faqat ‘Tarona rekords’ albom chiqarardi. O‘shanda men ham ushbu kompaniyaga murojaat qilganman. Ular menga chegirma qilib berishgan. ‘O‘zbegim taronasi’ radiosi ham ushbu kompaniyaga tegishli. Ular qo‘shiqlarimni radio orqali bepul rotatsiya qilib berishgan. Men buning evaziga radioda boshlovchi bo‘lib ishlaganman. Bu o‘ziga xos ‘barter’ edi. Ravshan akadan bularning barchasi uchun minnatdorman. Ijodini endi boshlayotgan san’atkor uchun har qanday yordam juda muhim”, — deydi Rayhon.
“Tarona rekords” kompaniyasi asoschisi, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xuruji oqibatida olamdan o‘tdi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan. | 123 | 926 |
Madaniyat | ENRIKE IGLESIASNING TOShKENTGA TAShRIF KUNI MA`LUM BO`LDI | “O`zbekkonsert” davlat muassasidan “Qalampir.uz”ga xabar qilishlaricha, 28 dekabr kuni “Istiqlol” san`at saroyida taniqli ispan xonandasi Enrike Iglesias konsert dasturini taqdim etadi.
Ma`lumot o`rnida, Enrike Iglesias O`zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda. | 58 | 262 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.