folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
"Rossiya 1" telekanali tomonidan Xorazm haqida ko`rsatuv suratga olindi
Shu yilning 14-16 fevral kunlari O`zbekiston Respublikasi Turizmni riojlantirish davlat qo`mitasi taklifiga binoan Rossiya Federasiyasining «Rossiya 1» telekanali xodimlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi. Xorazmda Mark Bogatryov boshlovchiligidagi «Po sekretu vsemu svetu» teleko`rsatuvining galdagi soni suratga olindi. Bu haqda Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda. Ijodkorlar ikki kun davomida Xorazmning qadimiy an`analari va to`y marosimlariga guvoh bo`lishdi, Xorazmcha kelin salom an`anasi, milliy taom tayyorlanish jarayoni, misgarlik va naqqoshlik maktablari faoliyati, Xiva shahridagi «Nurillaboy saroyi», «Ichan-qala» davlat muzey qo`riqxonasi obidalari suratga olindi. Tasvirga olish jarayonida ijodkorlar oddiy aholi uylarida mexmon bo`lishdi.
71
810
Madaniyat
“Ipak yo`lida” filmi xalqaro kinofestivallarga qatnashadi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yo`lida” qisqa metrajli filmi joriy yilning 1-11 noyabr kunlari AQSh da o`tkazilayotgan «Asian World Film Festival» hamda 16-21 dekabr kunlari Rossiyada bo`lib o`tadigan «Moskovskaya premera» xalqaro kinofestivallarida ishtirok etadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi. Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida suratga olingan. Kinofestivalning bosh sovrini «Gran-Pri» hamda «Eng yaxshi aktyor» nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgan. Ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroev.
57
826
Madaniyat
Irfon Xon bilan vidolashayotgan Bollivud, Sami Yusufni tinglaydigan Rayhon, odamlardan ranjigan yana bir Rayhon. Mashhurlar karantinda (foto+video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 29-aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Shu kuni taniqli hind aktyori Irfon Xon saraton bilan uzoq yillik kurashishlardan so‘ng vafot etdi. Bollivud aktyorlarining Instagram’dagi sahifalarida Irfon Xon bilan vidolashuv so‘zlari yozib qoldirilmoqda. “Zamonamizning eng yaxshi aktyorlaridan biri, do‘stim, seni sog‘inamiz, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin”, — deb yozdi Bollivud qiroli Shohruxxon. View this post on Instagram  Dizayner, yozuvchi, prodyuser: Hind aktyorlari qaysi kasb egalariga uylangan? “Haqiqiy iste’dod egasi, katta yo‘qotish, sizni juda sog‘inamiz, siz doim qalbimizdasiz”, — deb yozadi Katrina Kaif. View this post on Instagram  Hindiston fuqaroligiga ega bo‘lmagan Bollivud aktyorlari “Kinosanoat, muxlislari, ayniqsa, oilasi uchun katta yo‘qotish”, — deb yozadi Salmon Xon. View this post on Instagram “Sizni dunyo hech qachon unutmaydi, joyingiz jannatdan bo‘lsin”, — deb yozdi Priyanka Chopra. View this post on Instagram  Hindistonning eng badavlat 10 aktyori Xonanda Rayhon “Milliy” telekanalida taniqli san’atkor Sami Yusufning konserti efirga uzatilishi haqidagi xabar bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram  Reyting: Instagram’da eng ko‘p obunachiga ega o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) Xonanda Manzura esa folloverlarini jonli ijro bilan xushnud etdi. View this post on Instagram Jasur Umirov koronavirusga atab “Uyda qol, Nigor” nomli qo‘shiq kuyladi. View this post on Instagram Turkiyada qolib ketgan aktrisa Rayhon Ulasenova Instagram’da ko‘rinish berdi. “Orangizda biz uchun qayg‘urayotganlar ham kam emas. Bu postni biz Turkiyada tinchlik-xotirjamlikda, rizqi butunlikda Yaratgan panohida ekanligimizni bildirish uchun va shu bilan birgalikda, o‘zga yurtda tushkunlikka tushgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun shu yerda qoldirgan edim. Tushunganlar bo‘ldi, tushunmaganlar ham. Xayolimda karantin davrida hamma bir-biriga mehrli, oqibatli bo‘lgandek. U xayollarim ekan... Afsus”, — deb yozdi aktrisa ushbu post izohiga. View this post on Instagram Turkiyalik oshpaz-mem Burak O‘zdemir noodatiy yeguliklar pishirib, folloverlarini lol qoldirishda davom etmoqda. Bu safar u Pikachu shaklidagi yegulikni tayyorladi. View this post on Instagram  Tabassumi bilan dunyoga tanilgan turkiyalik oshpaz Burak O‘zdemir 2,5 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini muhtojlarga tarqatdi “Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Hazal Filiz Kuchukko‘z yangi suratini muxlislariga taqdim etdi. “Balki, sen tushunganingdek emasdir”, — deb yozdi Zaynab obrazi bilan o‘zbek tomoshabinlariga tanilgan Hazal. View this post on Instagram Xonanda Ziyoda chinakam mo‘min inson bo‘lishning shartlaridan birini ma’lum qildi. View this post on Instagram Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva saharlikda qilingan duolar ijobat bo‘lishini tiladi. View this post on Instagram Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin:
147
3,223
Madaniyat
“Oskar-2022” taqdirlash marosimida aktyor Uill Smit rafiqasi haqidagi hazili uchun boshlovchiga tarsaki tushirdi (video)
Amerikaning Los-Anjeles shtatida navbatdagi “Oskar-2022” taqdrilash marosimi bo‘lib o‘tdi va haykachalar o‘z egalariga munosib ravishda topshirildi. Shuningdek, ushbu dunyo miqyosidagi marosim bir qancha yodda qolarli voqealarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida mashhur qiziqchi Kris Rok “Eng yaxshi hujjatli film” kategoriyasi bo‘yicha nominatsiya egalarini e’lon qildi. Oradagi qisqa tanaffusda u aktyor Uillning rafiqasi Jadaning soch turmagi haqida hazil qilishdan o‘zini tiya olmadi. Aytgancha, Jada intervyularining birida alopetsiya tufayli sochlari to‘kilayotganini aytib o‘tgandi. Shuning uchun ham 2021-yilning dekabr oyi oxirida sochini oldirib, muxlislariga yangi obrazida namoyon bo‘lgan. Uning alopetsiya — bosh, yuz va tananing boshqa qismlarida sochlarning to‘liq yo‘qolishi bilan tavsiflangan autoimmun kasallikdan aziyat chekayotgani aniqlangan. Mehmonlar Kris Rokning hazilini kulgili deb bilgan bo‘lishi mumkin, ammo Uill Smit bunday fikrda emasdi. U o‘sha zahoti sahnaga chiqdi va qiziqchining adabini berdi. Kutilmagan vaziyatdan Kris gandiraklab qoldi. Aktyorning o‘zi ham bu voqeadan hayajonlangani ko‘rinib turibdiki, u tomosha zalidan o‘z joyini egallagach, “Iflos og‘zing bilan rafiqamning ismini tilingga olma”, deb baqirdi. Qizig‘i shundaki, bu lahzalar AQSHning aksariyat qismi uchun translyatsiyada ko‘rsatilmagan, ammo xalqaro tomoshabinlar uchun jonli efirda uzatildi. Tabiiyki, Internet foydalanuvchilari bu voqea sahnalashtirilganmi yoki improvizatsiya ekanini, allaqachon muhokama qilmoqda. Keyinroq Uill Smit Rokdan kechirim so‘radi va o‘zining harakatlarini nomaqbul va kechirib bo‘lmas deb atadi. “Men sendan ochiqchasiga uzr so‘ramoqchiman, Kris. Men belgilangan chegaradan chiqib ketdim va xato ish qildim”, — dedi Smit Instagram’da e’lon qilingan rasmiy murojaatida. Eslatib o‘tamiz, mazkur marosimda Uill Smit “Qirol Richard” filmidagi eng yaxshi erkak roli uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritdi. Bu aktyorning karyerasidagi birinchi haykalchasi.  Aktyor Uill Smit ortiqcha vazndan qanday xalos bo‘lgani haqidagi 6 qismli hujjatli serialni suratga oldi
120
2,085
Madaniyat
O‘zidan 23 yosh kichik qizga ko‘ngil qo‘ygan O‘zjan Deniz, yangi serialda suratga tushayotgan Jan Yaman. Turk kinosi yangiliklari
Turk kinosanoati bilan bog‘liq eng muhim yangiliklarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. 29-yanvar kuni Star TV kanalida O‘zjan Deniz bosh qahramon rolini ijro qilgan “Seni uzoq kutdim” seriali premyerasi bo‘lib o‘tdi. Uzoq kutilgan film reytingda past ko‘rsatkich qayd etgan va e’tirozlarga sababchi bo‘lgan. Muxlislar qahramon qiz rolini gavdalantirgan Irem Halvajio‘gluning aktrisalik mahorati yetishmasligi va sujetda o‘ziga xoslik yo‘qligini tanqid qilgan. Ammo past ko‘rsatkichlar aktyorning sobiq rafiqasi premyeradan avval eri uni o‘ldirishga uringanini ovoza qilgani bilan bog‘liqligi ehtimoli ham yo‘q emas. Chunki O‘zjanning o‘zi bularning bari atayin yangi loyiha namoyishidan avval uyushtirilgani va bu uning ijodiy faoliyatiga qarshi aksiya ekanini ta’kidlagan. Posta gazetasi esa Denizning o‘zidan 23 yosh kichik eronlik dizayner Samar Dadgar bilan munosabatda ekanini ma’lum qilgan. Maryam Uzerli qizlari Lara va Lili bilan birga tushgan suratlarini e’lon qildi. Aktrisaning ikkinchi farzandi 2021-yilning 8-yanvar kuni dunyoga kelgandi. Ibrohim Chelikkolening rafiqasi ikkinchi marta ota-ona bo‘lishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Juftlik qizlik bo‘lishni istayotganini aytib, allaqachon ism tanlab qo‘yganini ma’lum qilgan. Ibrohim va Mixre 2017-yilda turmush qurgan va 2019-yilda ilk marta farzandli bo‘lgan. Gulseren Budayijio‘glu asari asosida OGM Pictures tomonidan suratga olingan “Ma’sumlar xonadoni” va “Qizil xona” seriallari mashhurlikka erishishga muvaffaq bo‘lgan. Navbat Gulseren qalamiga mansub “Oyna ortidagi qiz” kitobiga. OGM Pictures tomonidan suratga olinadigan serial premyerasi 2021-yilning fevral oyi so‘ngida bo‘lishi rejalashtirilgan. Elchin Sangu InStyle jurnalining fevral sonidagi muqovasi uchun suratga tushdi. Engin O‘zturk Sözcü gazetasiga bergan intervyusida Mustafo Kamol Otaturkka bag‘ishlangan filmda rol ijro qilishni orzu qilishini bildirgan. Aktyor uning tarix sahifalarida muhrlanmagan hayotidagi lahzalarni gavdalantirishni va inson sifatida fe’l-atvorini istaydi. Jan Yaman “Sandokan” serialida suratga tushish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.
129
2,142
Madaniyat
Rayhon: ko‘nglim bo‘shligi uchun deputat bo‘la olmayman
4-aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘z fan klubi a’zolari bilan uchrashdi va ularning savollariga javob berdi. Intervyu chog‘ida berilgan savollar va Rayhonning javoblarini “Daryo” muxbiri va Rayhonning muxlisi Ulug‘bek Xudoyberganov yozma shaklda taqdim etdi. Xonanda “O‘zingizni kelajakda siyosatda ham sinab ko‘rib, deputat bo‘lishingiz mumkinmi?” — qabilida berilgan savolga javoban, siyosatdan uzoq odam ekanligini ma’lum qildi. “O‘zbekistondagi partiyalar soni to‘rtta ekanligini hozirgina sizdan bildim, rahmat (savol bergan muxlis mamlakatda to‘rtta partiya faoliyat yuritayotganini aytib o‘tgandi). Men umuman siyosatdan uzoq odamman. Siyosat ko‘proq erkaklarga yarashadigan ish. Men san’atkorman. Agar men deputat bo‘lsam davlatning pullarini ko‘nglim bo‘shlik qilib odamlarga berib yuborsam kerak”, — dedi Rayhon kulib. Shuningdek, qo‘shiqchi fan-klub bilan uchrashuv davomida Moskvaga shaxsiy sabablarga ko‘ra safar uyushtirgani, kinodan uzoqlashib ketgani, ammo yaxshi ssenariy chiqsa, o‘ylab ko‘rishini, bu yil dam olishga Antaliyaga emas, boshqa shaharga borishini ma’lum qildi.
55
1,128
Madaniyat
Fransuz haykaltaroshi Luiza Burjuaning po‘lat “O‘rgimchak” asari 40 million dollarga sotildi
Shveysariyadagi Art Basel yarmarkasida rassom Luiza Burjuaning mashhur “O‘rgimchak” (1996) asari 40 million dollarga sotildi, deb yozadi The Symbol. Endilikda “O‘rgimchak” Art Basel hamda Burjuaning, shuningdek, ayol kishi tomonidan yaratilgan dunyodagi eng qimmat san’at asarlaridan biri hisoblanadi. Mutlaq rekord hozircha Jorjiya O’Kiffega tegishli, 2014-yilda Sotheby’s auksionida Jimson Weed / White Flower kartinasi uchun 44,4 million dollar berishgan. “O‘rgimchak” — Burjuaning eng mashhur asarlaridan biri. Haykalning turli xil variantlari dunyoning yetakchi muzeylarida, jumladan, Bilbaodagi Guggenxaym va Moskvadagi “Garaj” muzeyida namoyish etilgan. Rassomning o‘tgan auksion rekordi ham bronza “O‘rgimchak” bo‘lib, 2019-yilda Christie’s’da ulardan biri 32 million dollarga sotilgan.  Gollivud afsonasi Merilin Monroning portreti 195 mln dollarga sotildi va kartina XX asrning eng qimmat asariga aylandi
92
916
Madaniyat
“Avatar” “Qasoskorlar”ni ortda qoldirib, yana tarixdagi eng kassabop filmga aylandi. Kartina Xitoyda qayta namoyish etilgan
Jeyms Kemeronning “Avatar” filmi yana tarixdagi eng kassabop filmga aylandi, deb xabar beradi Esquire. 12-mart kuni 2009-yilda katta ekranlarga chiqqan “Avatar” Xitoyda qayta namoyish etilgan va ertasi kuni kechga borib qariyb 9 million dollar ishlab topgan. Endilikda kartinaning jahon bo‘ylab prokatlarda yiqqan mablag‘i 2 milliard 798 million 579 ming 794 dollarni tashkil etmoqda. Bunga qadar rekord Marvel’ning “Qasoskorlar: Final” kartinasiga tegishli edi. 2019-yilda ekranga chiqqan superqahramonlar ishtirokidagi film hozirga qadar dunyo bo‘ylab 2 milliard 297 million 501 ming 328 dollar ishlab topgan. 2021-yilda “Avatar” Xitoy prokatida dam olish kungi reytingning boshidan o‘rin olgan birinchi xorij filmiga aylandi. Prokatchilarining prognozlariga ko‘ra, filmning qayta relisi Disney’ga 58 million dollarga yaqin mablag‘ olib kelishi mumkin. “Avatar” prodyuseri Jon Landau kartinaning yangi rekordi to‘g‘risidagi xabarga izoh bergan. “Bu kabi muhim bosqichga chiqqanimiz bilan faxrlanamiz va Jeyms Kemeron bilan shunday davrda kinoteatrlarga qaytganidan juda hayajondamiz. Xitoylik muxlislarimizdan ularning qo‘llab-quvvatlovi uchun minnatdormiz. Keyingi filmlar ustida g‘ayrat bilan ishlayapmiz”, — deydi u. Hozirda Jeyms Kemeron to‘rtta yangi film ustida ish olib bormoqda, ular “Avatar” tarixining davomiga aylanishi kerak. “Avatar 2”ning katta ekranlarga chiqishi 2022-yilning 16-dekabriga mo‘ljallangan. “Avatar 3” esa 2024-yilda, “Avatar 4” — 2026-yilning dekabrida, “Avatar 5” esa 2028-yilning dekabrida chiqishi kerak.  “Qasoskorlar: Final” 2019-yilning eng ko‘p foyda keltirgan filmi bo‘ldi
123
1,613
Madaniyat
Xonanda Manzura: Tushunishimcha, Vatan faqat menga kerak
Xonanda Manzura Instagram’dagi shaxsiy sahifasida O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida o‘z fikrini yozib qoldirdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi. Xonanda o‘z Instagram’iga joylashtirgan surati ostiga: “‘Kim edigu, kim bo‘ldik’ tadbirlaridamiz. Tushunishimcha, Vatan faqat menga kerak. Bu tadbirlarda tengdoshlarim va ‘yulduz’lardan hech kim yo‘q. ‘O‘zbeknavo’, seni sevaman!”, — deb yozib qo‘ygan. Biroq, “Darakchi” gazetasining yozishicha, surat tarmoqqa joylashtirilganidan 10 daqiqa o‘tib, xonanda suratdagi izohini o‘chirib tashlagan. “Buning sababi bizga qorong‘u. Balki xonandaning izohidagi tanqid hamkasblari e’tirozini uyg‘otgandir”, — deb yozadi “Darakchi” gazetasi. Avvalroq, xonanda Manzura hamkasblari — xonanda Rayhon va Munisa Rizayeva bilan munosabatlariga darz ketganini tan olgandi. Bundan tashqari, u xonanda Shahnozabonuning janozasiga estrada vakillaridan deyarli hech kim bormagani ham tanqid ostiga olgandi. “Instagram’da ‘opajonim’lab uning o‘limi bilan keng ommani ‘tabriklagan’larning birortasi janozaga kelmadi”, — degandi Manzura. Qayd etish joiz, Shahnozabonuning vafoti munosabati bilan shou-biznes vakillari ijtimoiy tarmoqlar orqali hamdardlik bildirgan edi, xususan, xonanda Munisa Rizayeva: “Ishongim kelmayapti. Qadrdon opam! Juda ham hurmat qilardim, juda yaxshi ko‘rardim. Siz doim bizning qalbimizdasiz!”, — deb qayd qoldirgan edi.
56
1,486
Madaniyat
Oqsuyak zodagonlar: Kelib chiqishi qirollik oilalariga borib taqaladigan jahon yulduzlari (foto)
Marie Claire nashri qirol oilalari bilan oilaviy aloqalaridan maqtana oladigan mashhurlar haqida ma’lumot beradi. Kit Xarington “Taxtlar o‘yini”dagi qahramonidan farqli o‘laroq, Kit Xarington har doim o‘zining “qirollik nasl-nasabidan” faxrlangan. Gap shundaki, buvisi Lavender Sesiliya Denni orqali u ingliz qiroli Charlz II ning avlodi hisoblanadi. “Kichikligimda ota-onam boy bo‘lmagan. Biz hamma qatori yashardik, lekin men Oksbrij (Oksford va Kembrij universitetlari)da o‘qimaganman”, — degan Harington London Evening “Standard” nashriga bergan intervyusida. Robert Pattinson Robert Pattinson — ommaga tanishtirishga muhtoj bo‘lmagan aktyor. U “Sumerki” kino epopeyasi chiqqandan so‘ng darhol yosh qizlarning kumiriga aylandi, u filmda oddiy o‘rta maktab qiziga oshiq bo‘lgan sirli va odamovi vampir qiyofasida paydo bo‘ladi. Aktyorning uzoq qarindoshlari orasida nafaqat Britaniya knyazlari Garri va Uilyam, balki hatto Bram Stokerning xuddi shu nomdagi romanida Drakulaning prototipiga aylangan Valaxiyaning mashhur hukmdori Vlad Impaler ham bor. Pattinson nima uchun vampir rolini shunchalik ishonarli o‘ynaganini endi tushungandirsiz. Jonni Depp Jonni Depp har doim o‘zini qirol kabi tutadi — suratga olish maydonchasida, restoranlarda va hatto sud majlislarida ham. U butun tashqi ko‘rinishi bilan dunyoga o‘zining tug‘ma huquqi bo‘yicha boshqalardan qandaydir ustunlikka ega ekanligi haqidagi fikrni singdiradi. Hammasi takabburlikdan, deb o‘ylaysizmi? Adashasiz. Britaniyalik genealog Nik Barratt amerikalik aktyorning qirolicha Yelizaveta II bilan umumiy ildizlarga ega ekanini aniqladi. Jonni Deppning yana bir oilaviy shajarasi fransuz gugenotlariga borib taqaladi. Meggi va Jeyk Jillenxol Jeyk va Meggi Gollivuddagi eng qobiliyatli aka-singil hisoblanadi. Ular birgalikda “Donni Darko” trillerida rol o‘ynashdi, shuningdek, mashhur “Fors shahzodasi”, “Bukri tog‘”, “Qora ritsar” va “Kotiba” filmlarida rol ijro etishgan. Meggi va Jeyk nafaqat iste’dodli, balki qirollik oilasi o‘rtasidagi aloqalari bilan ham ajralib turadi. Ular Angliya qiroli Edvard III ning bevosita avlodlari va qirolicha Yelizaveta II ning 19-amakivachchalaridir. Beyonse Xonanda Beyonse musiqa industriyasida olamshumul karyeraga erishdi, reper Jey Zi bilan turmush qurdi va uch farzandni dunyoga keltirdi. Yaqinda esa u Disney’ning “Qirol sher” remeyki qahramonlaridan biri - qirol Simbaning suyukli yori Nalaga ovoz berdi. Aytish mumkinki, yulduzli juftlik Beyonse va Jey-Zi haqida juda ko‘p mish-mishlar yuradi — ba’zilar hatto ular dunyoni boshqaradigan maxfiy jamiyati a’zolari ekaniga amin. Albatta, bu fitna nazariyalari haqiqat emas, lekin u yoki bu tarzda qo‘shiqchi tojga ega bo‘lganlar bilan ma'lum aloqalarga ega. Jurnalistlarning fikricha, Beyonse qirolicha Yelizaveta II ning 25- amakivachchasidir (ularning umumiy ajdodi, ingliz qiroli Genrix II Plantagenet orqali). Benedikt Kamberbetch Sherlok rolini o‘ynagan mashhur britaniyalik aktyor Bukingem saroyidagi tantanali qabullarda tez-tez mehmon bo‘ladi. Benedikt Kamberbetchning ajdodi ingliz qiroli Richard III ning avlodi bo‘ladi. Kamberbetch BBC filmlar seriyasi uchun qirol Richard III qoldiqlarini tantanali qayta ko‘mish marosimida qatnashgan va marosimda Kerol Enn Daffining “Richard” she’rini o‘qib bergan. Megan Markl Shahzoda Garri amerikalik aktrisa Megan Markl bilan uchrashayotgani haqida birinchi mish-mishlar paydo bo‘lganda, tanqidlar to‘lqini darhol qizga tegadi. Ko‘pchilik bunday “oddiy odam” Buyuk Britaniya qirolichasining nabirasiga munosib juft bo‘la olmaydi, deb o‘ylashadi. Biroq nasl-nasabga ko‘ra, Megan Markl ota tomonida ingliz qiroli Edvard III ning avlodi. Demak, 2018-yil 19-mayda Megan Markl qirollik oilasiga kirmay, Britaniya monarxiyasi bilan oilaviy aloqalarini mustahkamladi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Anjelina Joli va Bred Pitt Eng mashhur Gollivud juftliklari haqida gap ketganda, darhol Anjelina Joli va Bred Pitt yodga tushadi. Ularni “Janob Smit va Smit xonim” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan deb hisoblashadi, balki ular orasidagi kimyo ma’lum darajada boshqa birlashtiruvchi omil – “qirollik kelib chiqishi” tufayli paydo bo‘lgandir? Ma’lumki, aktyorning ona tomonidan ajdodlari Angliya qiroli Genrix II Plantagenet bo‘lgan, aktrisaning esa Fransiya qiroli Filipp II Avgust bilan uzoq qarindoshchiligi bor.
96
4,330
Madaniyat
Instagram: Hashamatli xonadonini ko‘rsatgan Ulug‘bek Rahmatullayev, tug‘ilgan kunini Dubayda nishonlagan Asal Shodiyeva, ahvoli og‘irlashgan Lutfulla Sa’dullayev
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Rejissor Zebo Navro‘zova o‘g‘illari va kelinlari bilan tushgan suratini sahifasiga joylashtirdi. Rejissorning o‘rtancha kelini, aktrisa Asal Shodiyeva 6-aprel kuni 30 yoshni qarshi oldi. U ayni paytda o‘g‘illari bilan Dubayda hordiq chiqarmoqda. Shohruxxon rafiqasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, sahifasiga u bilan birga tushgan suratini joyladi. Davron Kabulov kuzatuvchilarining savollariga javob berar ekan, rafiqasiga xiyonat qilmaganini ta’kidlab o‘tdi. Parizoda 1-shahar klinik shifoxonasiga buvisini yotqizmoqchi bo‘lib bordi, ammo u yerdagi sharoitsizlikni ko‘rib, bu fikridan qaytdi. Raqqosaning aytishicha, shifoxonadagi palatalar zax va sovuq, bemorlar uchun yetarli sharoit yaratilmagan. Turk kinosi yulduzi Nurgul Yeshilchay yosh hamkasabasi Afra Saracho‘g‘lu bilan Londonga sayohat qilmoqda. Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev kuzatuvchilariga zamonaviy uslubda ta’mirlangan xonadoni interyerini namoyish etdi. Rixsitilla Abdullayev tug‘ilgan kuni munosabati bilan iliq tabriklar yozib qoldirgan kuzatuvchilariga minnatdorchilik bildirdi. Yulduz Usmonova konsert dasturidan so‘ng o‘zi tug‘ilib o‘sgan Marg‘ilon shahrida oilasi, ijodiy jamoasi bilan dam olmoqda. Xonanda shahardagi istirohat bog‘laridan birida nevaralari bilan birgalikda attraksionlarda uchayotgani aks etgan video uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylandi. “Sadoqatsiz” seriali yulduzi Jansu Dere ispaniyalik muxlislari bilan uchrashdi. Xonanda Yulduz Turdiyeva buvijonisining 97 yoshda hayotdan ko‘z yumganini aytib, kuzatuvchilaridan marhumaning haqqiga duo qilib qo‘yishlarini so‘radi. Feruza Jumaniyozova kuzatuvchilariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng kinoga qaytayotgan Ulug‘bek Qodirov “Yur muhabbat” serialida suratga tushayotgani ma’lum bo‘ldi. Uning serialdagi partnyori aktrisa Sitora Alimjonova. 6-aprel sanasida xonanda Nilufar Usmonova ham tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shahzoda Matchonova dugonasi Nilufar Usmonovani samimiy tabriklab, unga iliq so‘zlarni yozib qoldirdi. Kasalxonanining jonlantirish bo‘limida yotgan O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevning ahvoli og‘irlashdi. Bu haqda uning kenja qizi Muqaddas Sa’dullayeva ma’lum qildi. Muqaddas otasining haqqiga duo qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
161
2,422
Madaniyat
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon Istanbulda konsert beradi
Yaqinda konsert dasturi videotasvirini muxlislar e’tiboriga havola etgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva “Parvoz etay” nomli qo‘shig‘iga klip suratga oldi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi. Xonandalar Sarvar va Komil tomonidan yaratilgan qo‘shiqqa klip rejissyor Jasur Shametov tomonidan tasvirga olindi. 2 kun mehnat sarf etilgan klipda Rayhon haykaltarosh qiz obrazida gavdalanadi. Manbada qo‘shimcha qilinishicha, xonanda may oyida Istanbulga gastrol safariga jo‘nab ketishni rejalashtirmoqda.
71
525
Madaniyat
Aktyor Pol Uoker notanish juftlik uchun 9 ming dollarlik uzuk xarid qilgani haqidagi voqea oshkor etildi
AdMe marhum aktyor, “Forsaj” kinofranshizasi yulduzi Pol Uoker bilan bog‘liq ta’sirli voqeani hikoya qilib berdi. 2004-yilda Kayl Apxem va uning o‘sha paytdagi qaylig‘i, hozirgi rafiqasi Kristen Santa-Barbaraning zargarlik do‘konlaridan birida brilliant ko‘zli uzuk qidirayotgan edi. Ulardan tashqari, do‘konda yana bir xaridor bor edi, lekin juftlik unga e’tibor qaratmadi. Erkak Kayl va Kristenga qimmatroq buyumlarni ko‘rishni maslahat berdi, ammo juftlik bunga puli yetmasligini tan oldi. Suhbatdan so‘ng ular nihoyat Pol Uokerni tanidi. Kayl aktyorga armiyada xizmat qilgani va yaqinda ikkinchi marta Iroqqa ketishi haqida aytib berdi. Safardan oldin Kayl bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga uzuk sovg‘a qilishni istagan edi. Kristenning eslashicha, Kaylning askarligini eshitgan Polning yuzi o‘zgardi. O‘sha kuni juftlik hech narsani tushunmay, do‘konni tark etdi. Yoshlar hech narsa sotib olmadi — brilliant ko‘zli uzuklar ularga qimmatlik qildi. Ammo tez orada ular kutmagan ish bo‘ldi: do‘kon xodimi qo‘ng‘iroq qilib, ulardan 9 ming dollarlik uzukni olib ketishni so‘radi. Uzuk pulini noma’lum kishi to‘lagan edi. Yoshlar buni bilishga harakat qildi, ammo do‘kon xodimlari bu odam kim ekanligini oshkor etmadi. Haqiqat 2013-yilda yuzaga chiqdi. Pol Uokerning o‘limidan so‘ng do‘kon xodimi Ayrin King buni sir tutishdan ortiq foyda yo‘qligini tushundi va barini aytib berdi. Ayrinning so‘zlariga qaraganda, aktyor qiz uzuklardan birini juda yoqtirib qolganini payqadi. Shu bilan birga, Kayl bu uzukni sotib olib bera olmas edi — Pol buni ham ko‘rdi. Shunda aktyor uzukni o‘zi sotib olib, juftlikka bir necha kundan so‘ng taqdim etishni so‘radi. O‘z nomini Uoker sir saqladi. Uoker o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yayotgan harbiy keliniga uzuk sotib olib bera olmasligidan juda ranjib, bu adolatsizlikni bartaraf etishga qaror qildi. Shu tariqa Kayl va Kristen Uoker ularga yaxshilik qilganini bilib oldi. “Bu men olgan eng saxiy sovg‘a bo‘ldi. Biz bu uzukni va uning tarixini avloddan avlodga o‘tkazamiz”, — dedi Kristen.
104
2,020
Madaniyat
Samarqandda xalqaro konferensiya muhokamalari uch yo`nalishda davom etmoqda
Samarqandda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusiga ko`ra, O`zbekiston ilm-fan tarixida ilk marta “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” xalqaro konferensiyasi o`z ishini boshlagan “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” xalqaro konferensiya qatnashchilarining muhokamalari uch yo`nalish bo`yicha seksiyalarda davom etmoqda. Dunyo miqyosida o`z nomiga ega bo`lgan misli ko`rilmagan miqdordagi olimlar ishtirokida o`tayotgan muhokamalar mavzusi esa juda katta ahamiyatga ega. Ya`ni “Zamonaviy madaniyat qadriyatlari tizimida moddiy va nomoddiy meros: tadqiqotlar va tiklash amaliyoti”; “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlashning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari”; “Madaniy merosni saqlashga xizmat qiluvchi axborot texnologiyalari” ana shular jumlasidan. Dunyo olimlar mazkur mavzularda fikr almashish asnosida O`zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy merosini asrash va kelajak avlodga etkazish borasida jahon amaliyotlariga ham murojaat qilish maqsadga muvofiqligini ta`kidlashmoqda.
75
1,157
Madaniyat
Timati Chechenistonda xizmat ko‘rsatgan artistga aylandi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov rossiyalik rep ijrochisi Timatiga respublikada xizmat ko‘rsatgan artist unvonini topshirish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda Qodirov o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan. Shu yo‘l bilan Checheniston rahbari Dima Bilanni sahnada giyohvand moddalar iste’mol qilishda ayblagan Timatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. “Timati − irodali inson, uning uchun nomus, vijdon va intizom qadrlidir. Aks holda men uni hech qachon do‘stim deb atamagan bo‘lardim. U har qanday tibbiy ekspertizaga tayyor”, − deb yozdi Qodirov.
56
570
Madaniyat
Matyoqub Matchonov Obid Asomov hamda “Shaytanat” seriali nima sababdan “zapret”ga tushgani haqida gapirdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Matyoqub Matchonov suhbat davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov hamda “Shaytanat” serialining “zapreti” sabablari haqida gapirib berdi. “Zapret” so‘zining o‘zi bir ahmoqona so‘z. Allohga behisob shukr, shu narsalarni yo‘q qilgan Prezident boshimizga keldi. Umrlari uzoq bo‘lsin, bu baloni olib tashlashdi. Avvallari buni qarasang “zapret”, uni qarasang “zapret”, nimaga bunday bo‘lgan ekan, deya hayron bo‘lardik. O‘zimiz ham biror nimani gapirib qo‘ysak, “zapret”ga tushib qolmaylik’, deb qo‘rqib gapirar edik. “Shaytanat” serialini kim “zapret” qilganini, aniq sababini bilmayman. Albatta, endi menga yoki Yodgor akaga o‘xshagan odamlar “zapret” qo‘ymaydi-yu, demak, katta bir lavozimda ishlayotgan odamlar qo‘ygan bo‘lishi mumkin. Bizda, afsuski, mahalliychilik, tarafkashlik degan narsalar bor. Rahmatli Obid nima uchun “zapret” bo‘lgani haqida aytgan edi. O‘sha odamlardan birining to‘yiga bormagani uchun. O‘zidan so‘raganimda “Hayronman, keyinroq bildim, aytgan to‘yiga bormagan ekanman” degan edi. O‘sha lavozimdagi odamning qo‘lidan “zapret”dan boshqa narsa kelmaydi. Agar davlat, millat yoki tizimning sha’niga yomon gap gapirayotgan bo‘lsa, bu butunlay boshqa narsa, bu vatanfurushlik bo‘ladi. Bular oddiy san’atkor-ku. “Shaytanat” serialiga san’at asari sifatida qarash kerak, maktab darsligi sifatida emas. Shunday mulohazalar eshitib qolganman, “‘Shaytanat’ni ko‘rgandan keyin hamma Bek aka bo‘lib ketdi, hamma ko‘cha bo‘lib ketdi” deyishdi, tavba qildim. Serial nima uchun “zapret” bo‘lganini hech kim bilmaydi, bilganimiz bu ahmoqona ish edi. Matyoqub Matchonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti “Shaytanat” seriali rejissori va bosh rol ijrochisi Yodgor Sa’diyev serialni “zapret” qilganlar nima uchun bunday qilishganini o‘zlari ham bilmasligini aytgan edi.  “Shaytanat” seriali yigirma yillik “zapret”dan so‘ng Zo‘r TVda namoyish etildi. Serialning hamma kutgan so‘nggi 21-qismi esa kinoteatrlarda premyera qilishini ma’lum qilindi.
113
2,267
Madaniyat
Yoshning shunchaki pasportdagi raqam ekanini isbotlovchi yulduzlarning surati
Yosh o‘tishi ko‘pchilikni havotirga soladi. Nima uchundir ko‘pchilik 30 yoshdan keyin odam yuzini ajin bosadi va avvalgidek tashqi ko‘rinishga ega bo‘lmasligi mumkin, deb hisoblaydi. Aslida esa bunday emas.Tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab, odam hamisha yosh va ko‘rkam ko‘rinishi mumkinligiga amin bo‘lish imkonini beruvchi mashhurlarning suratini e’tiboringizga havola qilamiz. Priyanka Chopra Aktrisaning 18 va 39 yoshidagi suratlari Helena Bonem Karter Aktrisaning 26 va 53 yoshidagi suratlari. Amanda Seyfrid Aktrisaning 22 va 35 yoshidagi suratlari. Jo Jonas Xonandaning 19 va 31 yoshidagi suratlari. Dryu Berrimor Akrisaning 25 va 46 yoshidagi suratlari. Adam Levin Qo‘shiqchining 25 va 40 yoshidagi suratlari. Adam Drayver Aktyorning 29 va 37 yoshidagi suratlari. Rene Zellveger Aktrisaning 27 va 50 yoshidagi suratlari. Beyonse Xonandaning 21 va 35 yoshidagi suratlari. Tom Xiddlston Tomning 36 va 37 yoshidagi suratlari. Riz Uizerspun Aktrisaning 21 va 45 yoshida suratlari. Deniel Kreyg Aktyorning 27 va 51 yoshidagi suratlari. Kristian Beyl Aktyorning 23 va 45 yoshidagi suratlari. Jennifer Garner Aktrisaning 29 va 47 yoshidagi suratlari. Jeyk Jillenhol Aktyorning 19 va 38 yoshidagi suratlari. Rayan Reynolds Aktyorning 32 va 44 yoshidagi suratlari. Kris Xemsvort Aktyorning 26 va 37 yoshidagi suratlari. Megan Foks Modelning 19 va 35 yoshidagi suratlari.
77
1,387
Madaniyat
Samarqandlik xonanda Rossiya telekanalining “Golos” shousida ishtirok etdi
Asli samarqandlik bo‘lgan 33 yoshli xonanda Alla Seydaliyeva Rossiyaning “Birinchi kanal”idagi mashhur “Golos” musiqiy tanlovi 6-mavsumida ishtirok etdi. Bu haqda MyDay xabar berdi. Kadr: “Birinchi kanal” Qiz britaniyalik xonanda Enn-Marining Alarm qo‘shig‘i bilan eshituvlarda ishtirok etdi. U keyingi bosqichga o‘ta olmadi, ammo hakamlar uning ijrosini yuqori baholadi. Alla Seydaliyeva Toshkentdagi musiqiy gimnaziyada ta’lim olgan, shuningdek, musiqiy maktabning fortepiano sinfini tamomlagan. 2010-yili Londonga ko‘chib o‘tgan. Dastlab u yerda University of West London’dagi Tech Music School (TMS) maktabini tamomlab, ommabop musiqa bakalavri unvonini olgan. So‘ng qiz University of East London’ning The Institute of Contemporary Music Performance (ICMP) maktabida magistraturada o‘qigan. Yetti yil musiqadan dam bergan, shu jumladan, Buyuk Britaniyada ishlagan. 2010–2013-yillarda trip-xop janrida kuylovchi The Mouth of Ghosts guruhi yakkaxoni bo‘lgan. Shouning o‘tgan mavsumida o‘zbekistonlik boshqa xonanda — Sardor Milano finalgacha borgan edi.
74
1,058
Madaniyat
2021-yilda taqdim qilinadigan turk seriallari
Turk kinosanoati vakillari mavjud pandemiya vaqtida ham yangi serial va filmlarni suratga olishdan to‘xtatgani yo‘q. 2021-yilda 41 ta loyiha taqdim etish rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan 18 tasi televideniye, qolganlari esa raqamli platforma orqali efirga uzatiladi. “Qizil yuk mashinasi” Sevindik Gerkem, Chaqir Usxan va Shahin Bahor ishtirokidagi serial sujetini o‘t o‘chiruvchilarning xavfli ish jarayoni va u bilan bog‘liq voqealar tashkil qiladi. Shunchaki hamkasb emas, bir oilaga aylangan jamoa a’zolari hayotini xavf ostiga qo‘yib, insonlar hayotini saqlab qoladi. Oddiy odamlarning qahramonlarcha qanchadan qancha odamlarga beradigan yordami davomida turli stress, qiyinchilik hamda kutilmagan holatlar kuzatiladi. “Ma’sumlik” Kinotanqidchilar tomonidan hozirdan yaxshi baho berilgan serial premyerasi 24-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. 19 yashar qizi bor juftlik, Chaqir Deniz, Gyulech Tolga, Daner Miray, Serkay Tutunji rol ijro qilgan serialning bosh qahramoni sanaladi. Kunlarning birida bosh qahramonning sobiq sevgilisi paydo bo‘ladi. Shundan keyin voqealar chigallashib, oila ajralish yoki munosabatlarini saqlab qolish haqida qaror qilishiga to‘g‘ri keladi. “Barbaros” Aysan Junet, Aksungur O‘zan, Ayaz O‘g‘uz, Altan Duzyatan suratga tushadigan mazkur serial 2021-yilda ekran yuzini ko‘radi, ammo aniq sanasi ma’lum emas. Serial Usmonli imperiyaning eng nufuzli posholaridan biri Hayriddin Barbaros haqida hikoya qiladi. Unda ushbu insonni nafaqat obro‘li davlat faoli, balki oddiy inson sifatidagi xususiyatlari, oila a’zolari bilan munosabatlariga ham urg‘u beriladi. “Razvedka” Serialning bosh qahramonlari milliy razvedka tashkilotining xodimlari hisoblanadi. So‘nggi vaqtda turk kinosanoati vakillari josus va agentlar hayoti hamda faoliyatiga asoslangan loyihalarni ekranlashtirmoqda. Yangi serial razvedkada faoliyat yuritadigan xodimlarning qiyinchiligi, muvaffaqiyatlari va vataniga bo‘lgan muhabbatini o‘zida mujassam etadi. Unda Chag‘lar Ertug‘rul va Deniz Baysal suratga tushadi. “Qardoshlarim” Mart oyida ekran yuzini ko‘rishi rejalashtirilayotgan serialda Yagtu Axu, Sari Xalit Ozgur, Joshkin Su Bursu suratga tushadi. Serial sujeti oddiy turk oilasining hayot tarzi, muammolarga yechim topishi va baxtli onlarni o‘zida aks ettiradi. Sujetga ko‘ra avtohalokat tufayli ota-onasidan ayrilgan farzandlar, bir-birining dardiga malham bo‘lishi, muammolarni mustaqil hal qilishiga to‘g‘ri keladi. “Bir kuni Kiprda” Mart oyida efirga uzatilishi kutilayotgan ushbu serialda Chayog‘lu Serkan, Kural Ahmet va “Muhtasham yuz yil”dagi ijrosi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Pelin Qoraxon suratga tushadi. 26 qismdan iborat loyihaning 2 yoki 3 fasl davom etishi kutilmoqda. Hayotiy voqealikka asoslangan mazkur serialda 1963-yilda yuz bergan va tarixda Qonli Rojdestvo sifatida qolgan voqealarni ko‘rish mumkin. Unda Kiprda yashaydigan turk va yunonlar o‘rtasidagi kurash hamda munosabatlarga guvoh bo‘lish mumkin. “Yashil qarag‘ay” O‘zbek muxlislariga “Ichkarida” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Chig‘atay Ulusoy, shuningdek, Afra Sarachog‘lu va Shekerji Selin ishtirok etadigan mazkur serial turk kinosanoatining “oltin asri” bo‘lgan 1951—1974-yillardagi voqealarni o‘zida mujassam qiladi. Muxlislar uni tomosha qilish orqali mashhurlik, muvaffaqiyat va tomoshabinlar sevgisini qozonish oson bo‘lmasligi, buning uchun ba’zida qurbonlik qilish, qarashlar va prinsiplarni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishini tushunib yetishi mumkin bo‘ladi. “Qonunsiz yerlar” Gunesh Ugur, Avshar Xulya o‘zbek muxlislariga “Zuleyha” seriali bilan tanish. Ushbu juftlik ishtirokidagi serialni tomoshabinlar qonunlar amalda bo‘lmagani sabab insonlar hayoti barbod bo‘ladigan Turkiyaning “qora tomoni”ni ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Voqealar eski an’analarga muvofiq hayot kechiradigan mamlakatning sharqiy qismida yuz beradi. Serial qahramoni nohaqliklarga qarshi adolat, haqqoniylik bilan qarshi chiqadigan, o‘zi hamda yaqinlarini himoya qilishi uchun bir qancha qiyinchiliklarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladigan va bu yo‘lda o‘z sevgisini uchratadigan inson bo‘ladi. “Oyna ortidagi qiz” Ushbu serialda Burju Birijik bilan birga “Elchining qizi” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Uraz Kaygilarog‘lu bosh qahramon rolini ijro qilishi kerak bo‘lgan. Ammo aktyor Ershan Kunerining Netflix uchun suratga olinadigan loyihasida ishtirok etish uchun bundan bosh tortgan. “Oyna ortidagi qiz” mashhur psixoterapevt Gulseren Budayijio‘gluning kitobi asosida suratga olinadi. Gulseren qalamiga mansub OGM Pictures tomonidan suratga olingan “Ma’sumlar xonadoni” va “Qizil xona” seriallari mashhurlikka erishishga muvaffaq bo‘lgan. Unda nafaqat qiziqarli voqealar rivoji, balki har bir inson hayoti davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan psixologik muammolarga e’tibor qaratiladi.
45
4,781
Madaniyat
Xonanda Sarvara o‘zbek shou-biznesidan ketib, Turkiyada ijod qilayotgani sababini ma’lum qildi
O‘zbek muxlislari orasida “Izlab qolasiz”, “Ayriliq”, “Muhabbat”, “Olmacha” deb nomlangan bir qancha qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Sarvara “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Xonanda Sarvara suhbat davomida nima sababdan ijodini Turkiyada davom ettirayotganiga oydinlik kiritdi. Har doim ham turk san’atiga, turk shou-biznesiga qiziqishim katta bo‘lgan. Shu boisdan turk san’atini yanada yaxshiroq o‘rganish, turk xonandalari bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qilish maqsadida Turkiyada ijodimni davom ettirmoqdaman. Turkiyaga ketganimga ikki yilcha bo‘lib qoldi. U yerda turk xonandalari bilan duetlar qildik, yangi qo‘shiqlar yozyapmiz. Hozir bu yerda ijod qilayotganim ‘butunlay Turkiyada qolib ketaman’, degani emas. Imkoniyatim yetganicha ham Turkiyada, ham O‘zbekistonda ijod qilmoqchiman. Shou-biznes ichida ‘Sarvara ijodni tashlab, boshqa bir tirikchilik uchun Turkiyaga ketdi’, degan mish-mishlar yurgani haqida eshitdim. Bu gaplar asossiz, bu yerda ham asosiy tirikchililigim qo‘shiq kuylash. ‘Xo‘rlayvermang’ deb nomlangan qo‘shig‘imni turk orkestri bilan birgalikda kuyladim, birgalikda tayyorladik. Tez kunlar ichida ushbu taronamizni muxlislar e’tiboriga havola etamiz. Sarvara, xonanda
94
1,288
Madaniyat
Reper Lil Uzi Vert rostan ham 24 mln dollarli brilliantni peshonasiga qo‘ydirdi. Uni anime va komiks qahramonlariga o‘xshatishmoqda (foto)
Amerikalik reper Lil Uzi Vert (haqiqiy ismi Saymir Vuds) peshonasiga operatsiya yo‘li bilan 24 million dollarlik pushti brilliantni muvaffaqiyatli implantatsiya qildi, deb xabar beradi Esquire. Operatsiyani zargar Elliot Elliante amalga oshirgan. “Go‘zallik — bu og‘riq”, — deb yozadi reper o‘zining Instagram’dagi sahifasiga. Avvalroq u ushbu qimmatbaho toshni sotib olish uchun 2017-yildan buyon pul to‘lab kelganini ma’lum qilgandi. View this post on Instagram Ijtimoiy tarmoqlarda Lil Uzi Vert’ning ushbu harakati turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda: muxlislarning bir qismi uning bu kabi jur’atidan hayratga tushgan bo‘lsa, ayrimlar buni ahmoqona deb atamoqda. Musiqachining yangicha ko‘rinishi yapon anime-seriallari qahramonlari va Marvel kinoolamidagi Vijnga qiyoslanmoqda. someone said this how lil uzi look now @LILUZIVERT pic.twitter.com/BRIJNKuppg — cloutless (@cloutvis) February 3, 2021 this is how ima pull up on lil uzi when he gets that diamond on his forehead pic.twitter.com/satDm9mKS1 — ???????????? ???? (@woahgio_) February 3, 2021 Avvalroq amerikalik erkak 75 ming dollar evaziga oyoqlarini uzaytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Shvetsiyalik 29 yoshli qiz Disney malikalariga o‘xshash uchun 6 ta qovurg‘asini oldirib tashladi (foto)
138
1,277
Madaniyat
Bollivud yulduzi — Amir Xon suratga tushishi kutilayotgan hind filmlari (foto)
Amir Xon hind kinosanoatining eng mashhur aktyorlaridan sanaladi. U suratga tushgan “Uch savdoyi”, “Jonim fido”, “Pikey” va “Tezlik-3” singari filmlar nafaqat Hindiston, balki butun dunyoda sevib tomosha qilinadi. 2018-yildagi “Hindistonlik kallakesarlar” loyihasi omadsiz chiqqaniga qaramay, aktyor harakat qilish va suratga tushishda to‘xtamagan. “Lal singh chadha” 2019-yil 14-martda 54 yoshni qarshilagan aktyor yangi loyihada ishtirok etishi haqida e’lon qilgan. “Lal singh chadha” deb nomlanuvchi film “Forest Gamp”ning bollivudcha versiyasi ekani va unda bosh ayol qahramonni Karina Kapur gavdalantirishi ma’lum bo‘lgan. Amir Xonning obrazi muxlislar orasida shov-shuv ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan. Avvaliga 2020-yil Yangi yil arafasida taqdim qilinishi aytilgan film, keyinroq 2021-yilga ko‘chirilgani bildirilgan. Sal avvalroq esa film ijodkorlari ushbu loyihaning namoyishi 2022-yil 14-aprelda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan. “Mo‘g‘ul” Rejissor Subxash Kapur 1997-yil mafiya tomonidan o‘ldirilgan prodyuser Gulshan Kumanning hayoti asosida biografik film suratga olishni rejalashtirgan. Bosh qahramon roliga taklif etilgan Akshay Kumar ishtirokida hatto animatsion poster ham tayyorlangan. Ammo gonorar borasidagi kelishmovchilik sabab aktyor loyihani tark etgan. Keyin esa uning o‘rniga Amir Xonning filmga kelib qo‘shilishi ma’lum qilingan. “Mahobhorat” Amir Xon bergan intervyulari davomida orzusi tarixiy “Mahobhorat”da suratga tushish ekanini ta’kidlagan. Mish-mishlarga qaraganda, ayni vaqtda aktyor Krishna roliga tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Lal Singx Chadha”ning taqdimoti bo‘lganida keyingina u boshqa filmlarda suratga tushishga kirishadi.
78
1,659
Madaniyat
67 talabgordan 10 nafariga “O‘zbeknavo” litsenziyasi berildi
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasining yangi tartibiga ko‘ra, har bir yangi ijodkor, o‘z faoliyati uchun litsenziya olishidan avval “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi qoshidagi “Ijodiy ko‘maklashish” guruhining badiiy kengashidan o‘tadi. Asosiy talab va qoida — xonandalar jonli ijroda kuylashi zarur. Bu haqda “Sayyod” xabar berdi. O‘zbeknavo matbuot kotibining ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yilning 6-may kuni o‘tkazilgan kengashda ishtirok etgan 67 nafar talabgorning 57 nafari  imtihondan “yiqildi”. Ularga litsenziya olish uchun rad javobi berildi. Faqatgina 10 nafari litsenziyaga loyiq deb topilib, ijodini boshlashiga ruxsat berildi. “Endilikda istagan odam xonanda bo‘la olmaydi. “O‘zbeknavo” qoshidagi badiiy kengash litsenziya berish uchun o‘z tavsiyasini bildirishda, talabgorning nafaqat jonli ijrosi, balki kuylash mahorati, kiyinish madaniyatidan to o‘zini tutishigacha e’tibor qaratadi”, — deyiladi xabarda.
60
917
Madaniyat
AQSh sudi Prinsning DNK tahlilini o‘tkazishga ko‘rsatma berdi
Minnesota shtati rasmiylari 21-aprelda olamdan o‘tgan xonanda Prinsning DNK tahlilini o‘tkazadi. Mazkur jarayon qo‘shiqchining yaqinlari va merosi bilan bog‘liq savollarga aniq javob topishda yordam berishi kerak. Bu haqda Karver okrugi sudyasi Kevin Eyd ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Sudya shu tariqa Prinsga tegishli mol-mulkni vaqtincha boshqaruvchi etib tayinlangan Bremer Trust kompaniyasi iltimosini qondirdi. Eyd Prinsning jasadi tekshiruvdan o‘tkazilgan sud tibbiyoti laboratoriyasida DNK tahlili o‘tkazish uchun xonanda qoni namunasidan foydalanishga ruxsat berdi. Qo‘shiqchining singlisi Tayka Nelson Prinsning yagona yaqin qarindoshi sanaladi. Prins ikki bor uylangan bo‘lib, o‘rtada farzand tug‘ilgan birinchi nikoh 1999-yilda, ikkinchi nikoh esa 2006-yilda bekor qilingan. Prins vasiyatnoma qoldirmagan, meros miqdori aniqlanmagan. Uning mol-mulki 300 million dollar atrofida baholanadi.
61
911
Madaniyat
Oksford lug‘ati yil so‘zi sifatida “youthquake”ni tanladi
Oksford lug‘atining tuzuvchilari 2017-yilning so‘zi sifatida “youthquake” so‘zini tanladi. So‘z “yoshlar harakati yoki ta’siri ostida yuzaga kelgan muhim madaniy, siyosiy yoki ijtimoiy o‘zgarish”, degan ma’noni bildiradi. Bu haqda Meduza xabar berdi. Lug‘at tahrirchilari bu so‘zning qo‘llanilishi 2017-yilda o‘tgan yilga nisbatan besh barobar o‘sganini qayd etgan. “Youthquake” so‘zi “earthquake” (yer qimirlashi) va “youth” (yoshlar) so‘zlaridan hosil bo‘lgan. U birinchi marta 1965-yilda Vogue jurnalining bosh muharriri Diana Vriland tomonidan moda va musiqadagi o‘zgarishlarga nisbatan ishlatilgan. 2017-yilda bu so‘z Buyuk Britaniyadagi konservatorlarning iyun oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovidagi muvaffaqiyatsiz yurishi munosabati bilan ko‘p ishlatildi. Leyboristlarning muvaffaqiyati aynan yoshlarning ovoz berishi bilan bog‘landi. Sentabr oyida Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan saylovlar vaqtida so‘zning qo‘llanilishi ikkinchi bor yuqori cho‘qqiga chiqdi.
57
971
Madaniyat
Toshkentda Turkiya va Rossiya estrada yulduzlari ishtirokidagi dabdabali to‘y bo‘lib o‘tdi (video)
7-iyun kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida Abdulloh va Munisa ismli kelin-kuyovning dabdabali to‘yi o‘tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu to‘y xonanda Munisa Rizayevaniki ekani haqida gap-so‘zlar ham tarqaldi. Biroq internet foydalanuvchilarining bu taxminlari asossiz bo‘lib chiqdi. Nikoh oqshomini taniqli boshlovchilar Jamshid Umrzoqov va Zara Shirinova olib bordi. O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov va Nasiba Abdullayevalar mehmonlarni xit qo‘shiqlari bilan xushnud etdi. To‘ydaб shuningdek, turkiyalik mashhur xonanda Serdar O‘rtach hamda Rossiya estradasi yulduzi Lyubov Uspenskaya ham qo‘shiq kuylagan.
98
623
Madaniyat
Oxus ansambli o‘zbek mumtoz musiqasi namunalaridan iborat dastur bilan Boltiq o‘lkalarida ijodiy safarda bo‘ldi (foto)
Oxus ansambli 7—20-fevral kunlari o‘zbek mumtoz va an’anaviy musiqa namunalaridan tayyorlangan dastur asosida Latviya, Estoniya va Finlyandiyada ijodiy safarda bo‘lib qaytdi. Bu haqda Oxus Culture matbuot xizmati xabar bermoqda. Ushbu konsert safari Estoniyaning MUUILMAMUUSIKA tashkiloti tomonidan Oxus Culture tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi hamda davlat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 533 yilligiga bag‘ishlandi. Safardan ko‘zlangan maqsad esa Boltiqbo‘yi mamlakatlari aholisini Shashmaqom musiqa merosi bilan yaqindan tanishtirish bo‘ldi. Estoniyaning Tallin, Tartu hamda Vilyandi shaharlaridagi konsertlarda Navoiyning “Farhod va Shirin” hamda “Saddi Iskandariy” dostonlarining eston tilidagi tarjimalaridan parchalar o‘qib eshittirildi. Tallinda bo‘lib o‘tgan konsertda ushbu dostonlardan parchalarni tarjimon — Li Seppel-Exin (Ly Seppel-Ehin)ning shaxsan o‘zi o‘qib berdi.
118
982
Madaniyat
Sherali Jo‘rayev kuylaganida doira chalib jo‘r bo‘lgan Yulduz Usmonova, Avaz Oxundan “Bu mening onam” qo‘shig‘iga parodiya. Instagram’dan daraklar
20-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova folloverlarini sabr qilib, karantin qoidalariga amal qilishga chaqirdi. View this post on Instagram Nilufar Usmonovaning fikricha, go‘zallikning asosiy siri sevgida. View this post on Instagram Qiziqchi Avaz Oxun “Bu mening onam” qo‘shig‘iga parodiya kuyladi. View this post on Instagram Gollivud aktrisasi Jennifer Eniston hech qachon kasal bo‘lmagan do‘sti koronavirusga chalinib, azob chekkani haqida post qoldirdi hamda barchani niqob taqib yurishga chorladi. View this post on Instagram O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning fan klubi sahifasiga ajoyib videorolik joylashtirildi. Ushbu videorolikda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev tor chalib, “Birinchi muhabbatim” qo‘shig‘ini ijro etadi, Yulduz Usmonova esa san’atkorga doira chalib jo‘r bo‘ladi. View this post on Instagram Hind aktrisasi Katrina Kaif suratga olish jarayonlarini sog‘inmoqda. U karantinga qadar bo‘lib o‘tgan suratga olish jarayoni videosi bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Ra’no Shodiyeva Turkiyada uch oy davom etgan karantin tugaganidan xursand. View this post on Instagram Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Ajrashish” deb nomlangan kinokomediyada aktyor Shohrux Hamdamov bilan birga rol ijro etmoqda. View this post on Instagram Ozoda Nursaidova Zo‘r TV telekanalining “Jonli ijro” dasturida konsert berdi. View this post on Instagram “Koronavirus oramizdagilarning ongi va vijdonidagi viruslar oldida hech narsa emas”, — deb yozmoqda Davron Kabulov. View this post on Instagram
146
1,834
Madaniyat
OAV: aktrisa Jennifer Eniston aktyor Jastin Teruga turmushga chiqdi
Amerikalik mashhur aktrisa Jennifer Eniston va aktyor Jastin Teru nikohdan o‘tdi, deb xabar beradi “TASS” CNN’ga tayanib. Nikoh marosimi ularning Los-Anjelesdagi uyida 6-avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Manbalarda qayd etilishicha, ular Teruning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun mehmonlarni taklif qilgan. Shundan so‘ng yig‘ilgan mehmonlar tug‘ilgan kun o‘rniga to‘y bo‘lishidan xabar topgan. Teru va Eniston 2011-yilning bahoridan uchrasha boshlagan.
67
458
Madaniyat
“Oskar”ning 2017-yildagi asosiy g‘oliblari — bitta rasmda
Toshkent vaqti bilan 27-fevral, dushanba kuni Los-Anjelesda “Oskar” mukofotining 89-taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Oskar 2017: g‘oliblarning to‘liq ro‘yxati
57
150
Madaniyat
“Buyuk Britaniya go‘zali” Sofi Gradon o‘lik holda topildi
2009-yilgi “Buyuk Britaniya go‘zali” tanlovi g‘olibasi, shuningdek, Britaniyadagi ommabop teleshou ishtirokchisi, 32 yoshli aktrisa Sofi Gradon jonsiz holda topildi, deb yozadi “24tv.ua”. Bu haqda Sofi Gradonning yigiti Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan. O‘lim sababi hozircha noma’lum. Ta’kidlanishicha, g‘ayritabiiy o‘limning tashqi belgilari yo‘q va barchasi murda yorib o‘rganib chiqilganidan keyin ma’lum bo‘ladi.
57
424
Madaniyat
Italiyaning afsonaviy “Rikki va Poveri” guruhi va Oleg Gazmanov “Humo Arena”da qo‘shiq kuylaydi
7-may kuni “Humo Arena” muz kompleksida “Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan konsert dasturi tashkillashtiriladi. Bu haqda “Humo Arena” matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, konsert dasturida rossiyalik taniqli xonanda Oleg Gazmanov, Italiyaning mashhur “Rikki va Poveri” guruhi, o‘zbekistonlik san’atkorlar, xususan “Yalla” guruhi, Ozodbek Nazarbekov, Sevara Nazarxon, Shahzodalar qo‘shiq kuylaydi. Shuningdek, konsert mehmonlari Olimpiada chempionlari va figurali uchish bo‘yicha jahon chempionlarining chiqishlaridan ham bahramand bo‘lishi mumkin.
95
565
Madaniyat
Asal Shodiyeva yangi fotosessiya uchun suratga tushdi (foto)
Aktrisa Asal Shodiyeva Sharkoni Must Have brendi uchun suratga tushdi, deb yozdi “Darakchi”. Unda aktrisani bir necha xil obrazda ko‘rinish bergan.
60
148
Madaniyat
Aktrisa Gulzoda Isroilova kinodagi uzoq yillik tanaffusi va oilasidan ajrashish sababini ma’lum qildi (video)
“Hayot jilg‘alari” seriali orqali mashhurlikka erishgan aktrisa Gulzoda Isroilova kino olamidagi uzoq yillik tanaffusi, o‘zini aybdor his qilish sababi, ajrashgani haqida gapirib berdi. Bu haqida aktrisa YouTube‘dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 2011-yilda ona bo‘lganman. Ona bo‘lganimdan so‘ng butun umrimni bolamga bag‘ishlayman deb niyat qilgan edim. Ammo san’at har nima bo‘lganda ham o‘ziga tortaverar ekan. Sahnaga bir marta chiqqan odam sahnani tark eta olmas ekan. To‘rt yil uyda o‘tirganimdan so‘ng teatrga qaytdim, teatrdan biroz ishlaganimdan so‘ng u yerdan ham butunlay ketib, syomkalar bilan band bo‘ldim. Bolam birinchi sinfga chiqqach, yana oila bilan band bo‘ldim. Soham bo‘yicha rejissor bo‘lganim uchun rejissorlik ham qila boshladim. Hozir “Qoplon” deb nomlangan yangi, jangari janrda serial suratga olish ishlarini boshlaganmiz. Ayni vaqtda yana ijod bilan bandman. Gulzoda Isroilova, aktrisa Aktrisa suhbat davomida oilasi bilan ajrashish sabablari, nima uchun teatrdan ishdan ketgani, bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil gapirib bergan.
109
1,090
Madaniyat
O‘zbekistonlik Oleg Ternovoy Rossiyada “Pesni” shou-tanlovining g‘olibi bo‘ldi
Oleg Ternovoy (Terry) Rossiyaning TNT telekanali tomonidan tashkil qilingan “Pesni” shou-tanlovining g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda Sputnik ma’lum qildi. O‘zbekistonlik qo‘shiqchi tanlovda “Domofon” va Yegor Krid bilan juftlikda aytilgan “Mega” nomli qo‘shiqlari bilan tomoshabinlar yodida qoldi. O‘z g‘alabasini esa onasiga bag‘ishladi. Ternovoyga 5 million rubl mukofot beriladi va u yana bir o‘zbekistonlik — MC Doni kabi Timatining Black Star leybli bilan shartnoma imzolaydi. Professional xonanda bo‘lmagan Oleg Ternovoyning ushbu tanlovda g‘alaba qozonishi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. U oldin Toshkent rus dramatik akademik teatri artisti hamda tez yordam feldsheri bo‘lib ishlagan.
78
696
Madaniyat
“Sardor” seriali qahramonlari 21 yildan so‘ng qanchalar o‘zgargan va ular qanday ishlar bilan band (foto va video)
Suratga olinganiga 21 yil bo‘lishiga qaramasdan “Sardor” seriali hozirgacha vatanparvarlik ruhidagi seriallar ichida millionlab insonlarning sevimli filmi bo‘lib qolmoqda. “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad serialda bosh rolni ijro etgan aktyor va aktrisalarning 21 yildan keyingi faoliyatiga qiziqdi. “Generalning jiyani” kursant Zafar Davlatnazarov rolini mahorat bilan ijro etgan Bobur Yo‘ldoshev serialning suratga olish jarayonida 21 yoshda bo‘lgan. “Sardor” serialidan so‘ng birin-ketin “Dev bilan pakana”, “Osmondagi bolalar 2”, “Sevinch”, “Vatan”, “Zabarjad”, “Omad”, “Qo‘rg‘oshin”, “Tog‘a” kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Aktyor bugungi kunda “Diydor” yoshlar teatri rahbari sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. “Sardor” serialida serjant Zamira rolini ijro etgan aktrisa Nigora Karimboyeva o‘sha vaqtda 21 yoshda bo‘lgan. Ushbu serialdagi epizod aktrisaning ilk rollaridan biri hisoblanadi. Aktrisa hozirgi kunga qadar “Alvido”, “Vatan”, “Chashma”, “Osmon yaqin”, “Dada”, “Sabot”, “Tog‘a” kabi filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. Aktrisa bugungi kunda “Ilhom” teatrida aktrisa sifatida, O‘zbekiston va Zo‘r TV telekanallarida boshlovchi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Aktyor Ulug‘bek Yunusov “Sardor” serialida kursant O‘ktam rolini ijro etgan. “Sardor” seriali aktyorning ilk rollaridan biri hisoblanadi. “Sardor” serialidan tashqari “Qaytar dunyo” serialidagi Abdulla roli bilan ham aktyor muxlislar orasida mashhurlikka erishgan. Asli kasbi rejissor bo‘lgan, filmlarda rol ijro etishni xushlamaydigan Ulug‘bek Yunusov “Muhabbat sinovlari”, “Sarvinoz”, “Fotima va Zuhra”, “Jasur”, “Begonalar”, “Muqaddas burch” kabi filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. Aktyor va rejissor Ulug‘bek Yunusov bugungi kunda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda. “Sardor” serialida kursant Ismoil Qudratov rolini ijro etgan Shomahmud Shorasulov 31 yoshda bo‘lgan. Hozirgi kunda dublyaj rejissori bo‘lib ishlayotgan Shomahmud Shorasulov “Sardor”dagi rolining katta qismi kesib tashlanganini va shundan so‘ng filmlarda rol ijro etmaganini ma’lum qilgan edi. Shomahmud Shorasulov moddiy qiyinchiliklar sabab Isroil davlatida 10 oy davomida ofitsiantlik qilgani haqida ham gapirib bergan edi. Shomahmud Shorasulov “Saroy javohiri”, “Yoz ifori” (Koreya), “Ikki taqdir” (Hindiston), “Oila rishtalari” (Turkiya), “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “O‘smir” (Dostoyevskiy asarlari asosida. Rossiya) “Urush va tinchlik” (BBC) kabi seriallarga, “Vanya tog‘a”, “Jamila” (Rossiya) “Iltijo”, “Tazarru”, “Orzu daraxti” (Gruziya) “Samoviy yog‘du”, “Yomg‘ir”, “Tilla baliqcha”, “Chumchuq qo‘shig‘i” (Eron) “Yovvoyi nok” (Turkiya) “Qo‘rqoq”, “Apu trilogiyasi”, “Qizil qalampir” (Hindiston), “Yo‘l”, “Qizil sahro” (Italiya), “Rasyomon”, “Qumlikdagi ayol” (Yaponiya) kabi badiiy filmlarning ovozlashtirish jarayoniga rejissorlik qilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonovning to‘ng‘ich farzandi Jamshid Arslonovni kino ixlosmadlari avvalo Hoshim Arslonovning o‘g‘li emas, balki, “Sardor” serialidagi janjalkash kursant Botir Roziqov roli bilan tanishadi. Jamshid Arslonov “Sardor” serialiga 22 yoshida suratga tushgan. “Zanjir”, “Chempionlik orzusi” seriallari hamda “Otamdan qolgan dalalar” filmida turli darajadagi rollarni ijro etgan. Jamshid Arslonov bugungi kunda tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Faoliyatini 1998-yilda “Shaytanat” serialida epizod roldan boshlagan aktrisa Durdona Tursunboyeva 2000-yilda “Sardor” serialida serjant rolini ijro etgan. Aktrisa bugungi kunda AQShda yashab, tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Aktyor O‘tkir Mengliyev “Sardor” serialida starshina Eshjonov rolini ijro etgan. Aktyor o‘shanda 23 yoshda bo‘lgan. O‘tkir Mengliyev “Sardor”dagi ilk rolidan so‘ng “Kichkina odamlar”, “Tavba”, “Advokatlar”, “Dada”, “Zirapcha”, “Akajon, xizmatingizdamiz”, “Taqdirlar” kabi bir qancha filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. O‘tkir Mengliyev bugungi kunda O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. “Sardor” seriali 2000-yilda rejissor Shavkat Mahbubov tomonidan suratga olingan bo‘lib, serialda bosh rollarni Ulug‘bek Yunusov, Shomahmud Shorasulov, Bobur Yo‘ldoshev, Jamshid Arslonov, Nigora Karimboyeva, Durdona Tursunboyeva, Yoqub Ahmedov, Karim Mirhodiyev, Mahmud Ismoilov, Fotih Jalolov, O‘tkir Mengliyev singari aktyor va aktrisalar ijro etishgan.
114
4,363
Madaniyat
Lolaning yangi “Love me” qo‘shig‘iga klip olindi (fotoreportaj)
O‘zbek estradasining betakror vakili Lola bugun o‘zining yangi “Love me” deb nomlangan qo‘shig‘iga klip suratga olish ishlarini yakunladi. Klipga Yodgor Nosirov rejissorlik qildi. Ushbu videoklipni tasvirga tushirish ishlari uch kun davom etib, u shahrimizning turli nuqtalarida, jumladan Toshkent Pedagogika Universiteti, karaoke klubi va boshqa joylarda  bo‘lib o‘tdi. Lola muxlislari qurshovida Klip voqealarida Lolaning 15 yoshli singlisi Asal bosh qahramon sifatida ishtirok etdi. Lolaning fan klubi a'zolari Klipda Lolaning fan klubi a’zolari ham faol ishtirok etishdi. Quyida videoklipni suratga olish jarayonidan maxsus fotoreportajni e’tiboringizga havola etamiz. Asal: “Yoshim 15 da, bu yil TIMI qoshidagi International House Tashkent akademik litseyiga o‘qishga kirdim”. O'zbek estradasining yosh vakillari Hasan va Husan: “Biz Lolaning ijodini juda hurmat qilamiz va klipga taklif qilinganimizdan minnatdormiz”. Lolaning administratori: “Charchashga ham vaqt yo‘q”. “Daryo” muxbiri Zuhra Yunusova Lola va Asal bilan
63
1,039
Madaniyat
“Qor malikasi” 55 yoshda: Filmdagi Gerda, Kay va qaroqchi qizning taqdiri qanday kechdi?
2021-yil Gennadiy Kazanskiyning “Qor malikasi” ertak-filmi o‘zining 55 yoshini nishonlaydi. Oradan o‘tgan yarim asr vaqt mobaynida qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? Sujetga ko‘ra, qish oqshomlarning birida Qor malikasi (Natalya Klimova) Gerdaning ukasi (Yelena Proklova) Kayni (Vyacheslav Tsyupa) o‘g‘irlab ketadi. Yovuz sehrgar uning yuragini muz parchasiga aylantiradi. Gerda Kayni sovuq asirlikdan qutqarish uchun uni izlaydi. Muz saroyga boradigan yo‘lda qiz ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tadi. U qal’aga ayyor qirol Erik (Yevgeniy Leonov) bilan keladi va o‘rmon qaroqchilari  (Olga Vikland) va uning qizi (Era Ziganshina) bilan uchrashadi. Era Ziganshina – kichkina qaroqchi “ ‘Qor malikasi’ mening kinodagi birinchi debyutim edi, – deydi Era Garafovna. – O‘sha paytda men malika rolini o‘ynagan ‘O‘n ikki oy’ televizion spektaklida birga ishlagan aktyor Nikolay Boyarskiy suratga olish boshlanishi haqida gapirib qoldi. U ‘Lenfilm’ga borishni va kichkina qaroqchi rolini sinab ko‘rishni taklif qildi va ular meni o‘sha yerda kutishlarini aytdi. Darhol kinostudiyaga yugurdim. Ammo rejissor Gennadiy Kazanskiy kayfiyatimni tushirib yubordi: ‘Katta rahmat. Biz aktrisani tasdiqladik. U allaqachon suratga tushmoqda’. Bu javob menga og‘ir zarba bo‘ldi. Yig‘lamaslikka urinib, suratga olish guruhiga minnatdorchilik bildirdim va chiqish tomon yo‘l oldim. Lekin biror narsa demasdan ketolmasdim. Eshikka yaqinlashar ekanman, birdan ortimga o‘girilib: ‘Afsus. Baribir, hech kim mendan yaxshiroq o‘ynay olmaydi’, – dedim. Albatta, ko‘chada hafsalam pir bo‘lib, xo‘rlikdan bo‘kirardim. Bir hafta o‘tgach, ‘Lenfilm’dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va meni kelishimni so‘rashdi. Ular meni bo‘sh xonaga olib bordi va kutishimni aytishdi. Bir necha daqiqadan so‘ng koridorda g‘azab va qichqiriqni eshitdim. Ma’lum bo‘lishicha, u qaroqchi rolini ijro eta olmagan aktrisa edi. Uning utidagi kostyumni menga olib kelishdi. Hali aktrisaning tafti ketmagan kostyumni kiyar ekanman, o‘zimga o‘zim shunday g‘o‘ldiradim: ‘Nimanidir noto‘g‘ri boshlayapsan...’ Natijada men rolga tasdiqlandim. Shuni tan olaman, men suratga tushishni xohlamagandim”. “Ichimda norozilik tuyg‘usi bor edi. Darhaqiqat, o‘sha vaqtda ‘Boltiq uyi’ teatrida uchta asosiy rolim bor edi. Suratga olish maydonchasida esa hech kimga kerak emasdim. Hamma o‘z ishi bilan band. Ular matnni berishdi, uni tezda o‘rganib, o‘ynashni boshlash kerak edi. Bu meni nihoyatda g‘azablantirdi. Shundagina kino – ishlab chiqarish ekanini anglab yetdim”. “Aytishim kerakki, ‘Qor malikasi’ filmining premyerasidan zo‘rg‘a omon qoldim. Men ekranda ajoyib ko‘rinsam kerak deb o‘ylagandim, chunki hamma meni maqtagandi. Filmda esa aksincha, men atrofga yugurib, nimadir deb qichqirayotganimni ko‘rdim xolos... Film tugagach, chiroqlar yoqilguncha zaldan bildirmay chiqa ketdim”. “Kartinada hech narsani tuzatib bo‘lmasligi meni xafa qildi. Teatrda esa buning aksi. Har doim biror narsani qayta ko‘rib chiqish va keyingi spektaklda boshqacha o‘ynash imkoniyati borligi yaxshi. Shuning uchun, 15 yil davomida suratga tushishdan bosh tortdim. Keyin, albatta, eng yaxshi kino yillarini o‘tkazib yuborganimdan afsuslandim. Lekin asosan kichkina qaroqchiga o‘xshagan qahramonlar taklif qilinar edi. Men 40 yoshdan oshib, pulga muhtoj bo‘lganimda suratga olish maydoniga qaytdim. Darhaqiqat, 90-yillarda mamlakat og‘ir kunlarni boshidan kechirayotgan edi”. Aktrisa hali ham filmlarda rol o‘ynaydi, uning ekstremal ishlaridan biri “Sobiq” teleserialining uchinchi mavsumidir. Uning bir qizi, ikki o‘g‘li, uchta nevarasi va bir chevarasi bor. Natalya Klimova – Qor malikasi Qor malikasi roli 30 yoshli aktrisaga haqiqiy shuhrat keltirdi. Hamma uning qiyofasi, o‘tkir ko‘zlari va sovuq yarim tabassumini yaxshi eslaydi. Shundan so‘ng u yana ikkita filmda o‘ynadi – Pavel Kadochnikovning “Qorqiz” va Olgerd Voronsovning “Ural tog‘lari ertaklari”. Muvaffaqiyatga qaramay, Natalyaning bu kasbdan hafsalasi pir bo‘la boshladi. U afsonaviy “Sovremennik”dagi ishdan mamnun emas edi: teatrdagi muhit unga yoqmadi. U jamoa a’zolari o‘rtasidagi sovuq munosabatlardan afsusda. Taqdir taqozosi bilan san’atkor 70-yillarda og‘ir kasallik tufayli sahnani tark etdi. Aynan yoshlikdagi xato Natalya Klimovani birinchi navbatda aktyorlik faoliyatini tark etishga, shon-shuhratdan voz kechishga va gunohlarini yuvishga undadi. Eng qizig‘i shundaki, Natalya Klimova ijod haqida eslashni yoqtirmaydi va o‘zi suratga tushgan filmlardan deyarli nafratlanadi. Taqdir haqiqatan ham iste’dodli aktrisa va uning turmush o‘rtog‘i – ajoyib aktyor Vladimir Zamanskiyga juda ko‘p sinovlarni yubordi. Ularning hayoti kitob yozish va film suratga olishga arziydi. Natalya Ivanovnani talabalik davridanoq muammolar qiynay boshlaydi. O‘sha yillarda Vladimir Zamanskiy unga oshiq bo‘lgandi. Yoshlar uchrasha boshladi va Natalya uchinchi kursda homiladorligini bilib qoldi. U paytda Natalya 24, Vladimir esa 36 yoshda, oila qurish va farzand ko‘rishning vaqti kelgandi. Ammo u karyerasini bola tufayli to‘xtatishni xohlamadi. Karyerasining eng yuqori cho‘qqisida u kasal bo‘lib qoldi. Tekshiruvdan so‘ng shifokorlar aktrisada sil kasalligining og‘ir shakli borligini aniqladi. Natalya Ivanovna bir necha yilni kasalxonada o‘tkazdi, murakkab operatsiyalarni boshdan kechirdi. So‘ngra teatrga ishga qaytganida, u yerda unga joy yo‘qligini, hech kim unga rol bermasligini anglab yetdi. Keyinchalik aktrisa hayotidagi eng katta xatoga yo‘l qo‘yganini angladi, chunki u istalmagan homiladorlikdan xalos bo‘lgandi. Ammo nima uchun o‘sha vaqtda Vladimir Natalyani bu yo‘ldan qaytarmagan, degan savolga u “xudbinlik” deya javob qaytargan. Shuningdek, unda og‘riq, umidsizlik, o‘zini kechirmaslik bor. Ammo shunday bo‘ldi, o‘tmishni qaytarib, xatolarni tuzatib bo‘lmaydi. 1998-yilda er-xotin poytaxtdan 300 km uzoqlikda joylashgan Murom shahridan uy sotib oldi. Bu Natalya Ivanovnaning tashabbusi edi, u uzoq vaqtdan beri dunyo shovqinidan uzoqlashishni xohlardi. Uyni ta’mirlash uchun aktyorlar bor narsalarini sotishlari kerak edi. Yigirma yildan ko‘proq vaqt davomida ular u yerda yashab, cherkovga borib, ibodat qilib, gunohlarini kechirishini so‘raydi. Natalya Klimova hozirda 83 yoshda. U boshidan kechirgan barcha qayg‘u va sinovlarga qaramay, hali ham go‘zal. Bir paytlar bu maftunkor ayol o‘lishni xohlaganiga ishonish qiyin. Vyacheslav Syupa – Kay “Qor malikasi”ga 10 yoshimda, avvalgi ikki film – “Ilyich tabassumi” va “Ustalar shahri”dagi rolim tufayli kirganman, – deydi Vyacheslav Olegovich. — Rejissor yordamchilari mening ma’lumotlarimni topib, asosiy rollardan biri – Kayni taklif qildi. Kartina ustida ishlayotganda u kinodagi opasi Gerda – Lena Proklova bilan do‘stlashdi. “Qizig‘i shundaki, biz dastlab bir xil bo‘yli edik. Yil davomida u sezilarli darajada o‘sdi. Kadrda bir xil ko‘rinish uchun men teparoqda turardim”, deydi aktyor. “Esimda, “Qor malikasi”dagi ba’zi sahnalar ‘Lenfilm’da suratga olingan. Saroyga kuchli yorug‘lik chiroqlari yuborildi, shu sababli pavilyon nihoyatda issiq edi. Suratga olish maydonchasidagi epizodlar jiddiy sinovga aylandi, chunki men kostyum va makiyajda edim. Gerda Kayni yovuz sehrgarning qo‘lidan olib ketgan sujet Finlyandiya ko‘rfazida 20 daraja sovuqda suratga olingan. Rejalashtirilganidek, kuchli bo‘ron ko‘tarilishi kerak edi. To‘g‘ri, biz shamol bo‘lmagan vaqtga to‘g‘ri keldik. Shuning uchun uni ikkita ulkan shamol turbinasi yordamida sun’iy ravishda yaratish kerak edi. Lena va men tomon uchayotgan muzli havo oqimlari suyakkacha o‘tib ketdi. Shundan so‘ng biz avtobusga yugurardik, u yerda bizni spirtli ichimlik bilan ishqalab, choy bilan isitishardi. Ko‘p bolalar qarg‘alar Gerdaga yordamga kelgan epizodni yaxshi ko‘radi. Ekranda qushlarni haqiqiylardan ajratib bo‘lmas edi. Ular qo‘g‘irchoq teatridagidek boshqarilgan”. “Qor malikasi”dan keyin u yana bir nechta filmlarda o‘ynadi, biroq hayotini musiqa bilan bog‘lashga qaror qildi. Dastlab u Rostovdagi musiqali komediya teatrida ikkita operetta va uchta myuziklni sahnalashtirdi. Keyin u Minskdagi teatrlarda deyarli o‘n besh yil ishladi. 90-yillarning oxirida unga Krasnoyarsk opera va balet teatrining bosh rejissori bo‘lishni taklif qilishdi, u hozirgacha o‘sha teatrda faoliyat yuritadi. Yelena Proklova – Gerda 2021-yil 2-sentabr kuni Yelena Proklova 68 yoshni qarshi oldi, ammo bu aktrisaning pasportidagi raqami xolos. Yelena Igorevna sport bilan shug‘ullanadi, ovqatlanishni nazorat qiladi va jozibali bo‘lib qolish uchun kosmetik muolajalarni qoldirmaydi. Bolaligidan Yelena ilm-fan va san’at olamida ulg‘aygan: onasi o‘qituvchi, otasi harbiy-siyosiy akademiyada dars bergan, bobo va buvisi esa teatrda aktyor bo‘lib xizmat qilgan. Biroq qarindoshlari qizning aktrisalikni tanlashini kutmagan. U to‘rt yoshida  gimnastika bilan shug‘ullangan va 11 yoshida u sport ustasi bo‘lgan. Aktrisa bo‘lish orzusi Proklovaning xayolini egallab oldi va 12 yoshli qizga “Qor malikasi” filmidagi Gerda roli taklif qilindi. U o‘zini go‘yoki ertakda yashayotgandek his qildi, ammo yolg‘iz edi. “Suratga olish ishlari Leningrad va Ujgorodda bo‘lib o‘tdi, yil davomida men ota-onamni faqat ikki marta ko‘rganman.  Albatta, mening sevimli buvim Viktoriya Fransevna men bilan edi, lekin men dadam va onamni ko‘rishni xohlardim ”, — deydi aktrisa qiyinchiliklar haqida. Aktrisa kinorejissor Vitaliy Melik-Karamov bilan oila qurgan. Ammo qizi Arinaning tug‘ilishi ham uning oilasini saqlab qololmadi. Yelenaning nikohi buzilganidan xafa bo‘lishga vaqti yo‘q edi, u bolani parvarish qilishni ota-onasiga topshirib, kinoda o‘ynashni davom ettirdi. “Mimino”, “Oxirdagi it”, “Kapitan qizi” kabi ko‘plab filmlarda rol ijro etdi. Bundan tashqari, o‘qishni tugatgach, u Moskva badiiy teatrining aktrisasi bo‘ldi. Keyinchalik aktrisa rollarni tanlab oladigan bo‘ldi va teatrga ko‘proq e’tibor berdi. Tomoshabinlar taniqli san’atkorning chiqishlarini zavq bilan tomosha qilib, uning nafaqat iste’dodi, balki yoshlik qiyofasi ham saqlanib qolganini ta’kidlashadi. Go‘zallikning asosiy sirlari Proklova sog‘lom turmush tarzga rioya qiladi. Shuningdek, plastik operatsiyalariga murojaat qilib, yuz shaklini o‘zgartirgan.
88
10,108
Madaniyat
Xonanda Loladan qo‘rqinchli qichqiriq — o‘tkazib yubormang! (video)
Xonanda Lola Instagram’dagi sahifasi orqali “Bilmaysan” nomli yangi qo‘shig‘iga ishlangan klip lavhalari, uni suratga olish jarayonidan kadrlarni e’lon qilib bormoqda. Lola shunday videolardan yana birini 12-noyabrga o‘tar kechasi e’lon qildi. Unda, xususan, xonanda tiz cho‘kib yig‘layotgan yomg‘irli sahnadan ham lavhalarni ko‘rish mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
67
499
Madaniyat
“Paxtakor” stadionida yulduzlar ishtirokida “Futbol shou” o‘tkazildi (foto)
22-iyun kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida “Futbol shou” bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “O‘zbeknavo” matbuot xizmati. Tadbir “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamkorligida tashkil etildi. Oldinroq “Futbol shou” “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilishi xabar berilgandi. Lekin noma’lum sabablarga ko‘ra ushbu tadbir “Paxtakor” stadioniga ko‘chirilgan. Kamolot.uz bergan xabarga ko‘ra, “Futbol shou”da Aktyorlar jamoasi Xonandalar guruhiga qarshi maydonga tushgan. Aktyorlar jamoasiga Dilshodbek Kattabekov, xonandalar jamoasiga esa Ravshan Namozov murabbiylik qildi. Aktyorlar jamoasi a’zolari: Javlon, Abror Hayitnazarov, Tolibjon Mo‘minov, Shukrullo Isroilov, Narimon Sultonxo‘jayev, Aziz Rametov, Mehriddin Rahmatov, Valijon Shamsiyev, Samandar Hamroqulov, Yigitali, Sherzodbek Saidaliyev, Sobirjon Otajonov (darbozabon) va boshqalar. Xonandalar guruhi a’zolari: Dilniyoz, Adham Soliyev, Mustafo, Muzaffar, Jamshid, Ravshan Sobirov, Bahrom Nazarov, Sardor Rahimxon, Shohruxxon, Doston Ubaydullayev, Mashhurbek, Eldido, Doston, Alisher va boshqalar. O‘yin durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida xonandalar g‘oliblik shohsupasiga chiqdi.
75
1,282
Madaniyat
61 yoshli aktyor Mel Gibson to‘qqizinchi marta ota bo‘ldi
Amerika va avstraliyalik aktyor va rejissor Mel Gibsonning to‘qqizinchi farzandi dunyoga keldi. Bu haqda artistning vakili People nashriga ma’lum qildi. 61 yoshli Gibsonning sevimli ayoli 25 yoshli ssenariychi Rozalind Ross Los-Anjelesda o‘g‘il farzand ko‘rdi. Unga Lars Jerard deb ism qo‘yishdi. Aktyor Ross bilan ikki yil avval uchrasha boshlagan edi. Ross birinchi marta ona bo‘ldi. Larsdan tashqari Gibsonning ikki nafar qizi va olti nafar o‘g‘li bor. Uning Robin Mur bilan nikohidan Xanna (1980), egizaklar Edvard va Kristian (1982), Uilyam (1985), Lui (1988), Maylo (1990) va Tomas (1999) dunyoga kelgan. Ular 2011-yilda ajrashgan. Nikohni bekor qilish jarayonida Gibson rossiyalik Oksana Grigoryeva bilan uchrasha boshlagan. 2009-yilning oktabrida ularning qizi Lusiya dunyoga kelgan. Aktyor, rejissor, ssenariynavis va prodyuser Mel Gibson ikkita “Oskar” va “Oltin globus” mukofoti sovrindoridir. U “Telba Maks” trilogiyasi, “Meverik”, “Ayollar nimani istaydi?” va “Sheryurak” filmlaridagi rollari bilan shuhrat qozongan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
57
1,203
Madaniyat
Toshkentda ilk bor «Vino san`ati» festivali o`tkaziladi
Toshkentda joriy yilning 21-23 noyabr kunlarida mamlakatda birinchi marotaba o`tkaziladigan xalqaro vino festivali oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. Xorijiy investisiyalarni jalb etish va korxonalarning eksport salohiyatini oshirish, O`zbekiston vino san`atini xalqaro miqyosda namoyish etish maqsadida o`tkaziladigan festivalda Rossiya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Bolgariya, Vengriya, Gruziya va boshqa davlatlardan vinochilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislar ishtirok etadi. «Vino san`ati» uch xil — ilmiy, madaniy va ko`ngilochar yo`nalishlarni o`z ichiga oladigan noodatiy festival sifatida tashkil etiladi va uning doirasida «Vino va uzumchilik sanoatida innovasion texnologiyalar», «Sharq uzumlari» nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar o`tkaziladi. Shuningdek, madaniy-ko`ngilochar dasturlar, vino san`ati bo`yicha mahorat darslari, mahalliy gastronomik mahsulotlar va milliy hunarmandchilik namunalari ko`rgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.
55
1,005
Madaniyat
Ajrashib, so‘ng qayta topishgan mashhur juftliklar (foto)
Ayriliqdan keyin ham o‘z munosabatlariga yana bir marotaba imkoniyat bergan yulduzlar qaroridan mamnun. Ular yana baxtli hayot kechirmoqda. Keti Perri va Orlando Blum Amerikalik qo‘shiqchi va britaniyalik aktyor 2016-yil “Oltin globus” mukofotining taqdirlash marosimida uchrashgan. Ular matbuotga bu haqda bildirishni istamagan bo‘lsa-da, munosabatlar ancha jiddiy edi. Ammo oradan bir yil o‘tib, Keti ajrim haqida ma’lum qilgan. Bunga Blumning boshqasiga nisbatan muhabbati sabab bo‘lgan. Lekin nima bo‘lganda ham 2019-yil qo‘shiqchi Blumni kechirishga kuch topa oldi. Ular turmush qurib, 2020-yil qiz farzand ko‘rdi. “Mening taronalarim nimalarni boshdan kechirganimizni bayon qiladi. Munosabatlarda muammolar hali ham mavjud. Va bu mutlaqo normaldir. Chunki barcha juftlik ham bunga duch keladi. Biz endilikda har qanday qiyinchilikka tabassum qilamiz, chunki biz sinovlardan o‘tib bo‘ldik”, − deydi Keti. Jessika Bil va Jastin Timberleyk Yulduzlar ilk marotaba 2007-yilda uchrashgan. O‘sha vaqtda Jessika Kris Evans bilan endigina munosabatlarini uzgan, ammo Jastin hali ham Kemeron Diaz bilan yaqin edi. Oradan 6 oy o‘tib, ular o‘zini juftlik  deb e’lon qilgan hamda jamoat joylarida birgalikda ko‘rinish berdi. Ammo 2010-yil ular ajrashishga qaror qildi. Bir yillik ayriliq ularning muhabbatini so‘ndira olmasligini anglagan ko‘rinadi, 2012-yil juftlik yashirin tarzda to‘y qilgan. Hozirda ularning ikki nafar o‘g‘li bor. “Biz sadoqat va halollikka ishonamiz, shuningdek, zavqlanishni ham yaxshi ko‘ramiz. Bizning o‘xshash jihatlarimiz bor, masalan, karyerani qadrlaymiz”, − deydi Jessika. Rouz Lesli va Kit Xarington “Taxtlar o‘yini” seriali yulduzlari 2012-yil suratga olish maydonchasida uchrashgan. Ularning orasidagi munosabatlarni payqagan muxlislar tez orada to‘y bo‘lishini taxmin qilgan edi. Ammo bir necha oydan so‘ng juftlik “murosasiz kelishmovchiliklar” tufayli ajralishini e’lon qildi. Shuningdek, ularning ajrimi ham uzoqqa cho‘zilmadi. Ko‘p o‘tmay Rozi va Kit munosabatlarni davom ettirish kerakligini angladi. 2018-yil juftlik oila qurgan va 2021-yil fevral oyida Lesli ismli merosxo‘r dunyoga keldi. Jiji Xadid va Zeyn Malik Amerikalik model musiqachi bilan 2015-yilda tanishgan. Ularning hayoti xuddi filmga o‘xshaydi. Chunki ular avval ayrilgan. 2016-yilda Zeyn Xadidga turmush qurish taklifini bildirgan. Ikki yil o‘tib, yana ularning ajrimi shov-shuv bo‘lgan. Ammo 2019-yilda juftlik yana birgalikda ko‘rinish bera boshlagan. 2020-yil sentabr oyida ular qiz farzandlik bo‘ldi. Ketrin Zeta-Jons va Maykl Duglas Ketrin va Maykl Gollivudning eng go‘zal juftliklaridan biri hisoblanadi. Oradagi 25 yosh farqqa qaramay, ular muhabbatning bor ekanini bir necha bor isbotladi. Juftlik birgalikda Mayklning saraton kasalligini, sobiq rafiqasining sud jarayonini, o‘g‘li bilan bog‘liq muammolarni ham boshdan o‘tkazdi. Ammo 2013-yilda alohida yashashga qaror qilindi. Bunga Ketrindagi ruhiy tushkunlik sabab bo‘lgan edi. Ammo oradan 4 oy o‘tib, barchasi iziga tushdi. Juftlikning bi nafar o‘g‘li va qizi bor.
57
3,033
Madaniyat
Yulduz Usmonova IIV xodimlarini "pryamoy efirda" haqoratladi (video)
Biroz avval O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov va O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova hamda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi boshchiligida san`atkorlar Sardoba fojiasida jabr ko`rgan oilalarga yordam aksiyasini boshlagani haqida san`atkorlar o`zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar bergani haqida yozgan edik.  Xalq artisti jarayon qanday olib borilayotgani haqida muntazam instagram tarmog`idagi "primoy efir" orqali hisobot berib bordi. Shu jumladan kecha tunda san`atkorni g`azabini kelitirgan holat ham "efir"da ko`rsatildi. U milisiya xodimlarini haqorat qilgan lavhalar esa ko`p o`tmay ijtimoiy tarmoqlarda ham muhokama qilina boshlandi.  Uning aytishicha, hayriya ishlarini tartibga solishda YPX hodimlaridan yordam so`ragan. Ammo huquq targ`ibot idoralari uning bu murojaatini e`tiborsiz qoldirgan.  IIV tomonidan bu masala hali rasmiy izohlanmadi.   Quyidagi havolada Yulduz Usmonovaning "chiroyli" gaplarini tinglashingiz va ko`rishingiz mumkin.
68
1,033
Madaniyat
Iqbol Mirzoning “Bonu” nomli romani nashr etildi
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Bonu” nomli romani nashr etildi. Bu haqda Turon 24 xabar bermoqda. Adabiyotshunos Ibrohim G‘ofurovning aytishicha, roman ko‘p fojiali damlar, fojiali sho‘rishlar, ayriliqlar, xiyonatlar, sharmandaliklar, razolatlarni o‘z boshidan kechirgan Bonu ismli go‘zal qiz – muallimaning tilidan maktublar, kundaliklar, xotiralar tarzi-usulida bitilgan”. Ushbu asar Iqbol Mirzoning ilk romani, bundan oldin “Zarb” nomli qissasi chop etilgandi. Shu paytgacha muallifning “Yurakning shakli”, “Ko‘ngil”, “Seni sog‘inaman”, “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” va boshqa she’riy kitoblari chop etilgan.
48
623
Madaniyat
Diana Yagofarova «Maqsad» filmi premerasida (foto)
«Super kelinchak» filmi orqali mashhurlikka erishgan aktrisa Diana Yagofarova katta tanaffusdan so`ng 14 sentyabrda «Yoshlar ijod» saroyida rejissyor Rustam Melievning «Maqsad» filmi katta premerasida ko`rinish berdi. Bu haqda "Kunutun" nashri xabar berdi. Aktrisa film premerasiga turmush o`rtog`i bilan tashrif buyurdi. Diana Yagofarova o`zbek tomoshabiniga «Zirapcha», «Tashlandiq», «Ichkuyov» filmlari tanish. Unga rejissyor Baxrom Yoqubovning «Super kelinchak» filmidagi roli katta mashhurlik keltirgan. Ayni damda aktrisa ikki farzand onasi.
50
548
Madaniyat
Mashhur filmlarning suratga olish jarayonida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalar (foto)
Filmlarning suratga olinishi hamisha maroqli bo‘lgan. Uning muvaffaqiyatli chiqishi esa nafaqat aktyor, balki butun jamoaning mehnatiga bog‘liq bo‘ladi. Omadli chiqqan kartina ortida turli voqealar, ba’zida esa fojialar ham bo‘lishi mumkin. “Ustasi faranglar” (2013) Suv to‘la kamerada suratga olinayotgan vaqt Ayla Fisherning halok bo‘lishiga sal qolgan. Aktrisaning qo‘lidagi kishan zanjiri chalkashib ketib, nimagadir ilinib qolgan. Oqibatda u 3 daqiqaga yaqin vaqtni suvda o‘tkazishga majbur bo‘lgan. “Tulki ovchisi” (2014) Chenning Tatumning karyerasidagi eng qiyin roli u uchun omad keltirgan. Aktyor boshini ko‘zguga urgan sahnada jarohat orttirib olgan. Dubl shunchalik ta’sirli chiqqanki, uni filmga kiritmaslik mumkin emas edi. “Ozod etilgan Jango” (2013) Ushbu filmdagi bosh suyagini ko‘rish mumkin bo‘lgan sahna Leonardo DiKaprioning barcha muxlislarini hayratda qoldirgan. Ammo undan o‘rin olgan ajoyib dubl Leoga qimmatga tushgan. “Esingizda bo‘lsa, ushbu sahnada Leo stolga qo‘lini zarb bilan urgan sahna bor, shunday dubllardan birida u yonida turgan bokalni sindirib yuborgan”, — degan film prodyuseri Steysi Sher. Uning qo‘shimcha qilishicha, shundan keyin qon sizib chiqqaniga qaramay, Leo obrazdan chiqmasdan monologini davom ettirgan. Keyin esa jarohatini tiktirishga to‘g‘ri kelgan. “Uzuklar hukmdori. Ikki qal’a” (2002) Shlem tepiladigan sahnaning beshinchi dublida Viggo Mortensen oyog‘ining ikkita barmog‘ini sindirib olgan. Ammo aynan mazkur dubl eng yaxshi deb topilgan. Umuman olganda filmda nafaqat Mortensen, balki Orlando Blum ham jarohatlangan. “Mulen Ruj” (2001) Go‘zallik qurbonlik talab qiladi. Aktrisalarning esa nafaqat go‘zallik, balki roli uchun ham qurbonlik qilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Intervyularidan birida Nikol Kidman “Mulen Ruj”ning suratga olish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari, ikki marta qovurg‘asini sindirib olganini aytib bergan. Ma’lum bo‘lishicha, bunga aktyor Yuen Makgregor sababchi bo‘lgan. “Yuen meni tushirib yuborgan va men qovurg‘amni sindirib olganman. Endi bitishni boshlaganida korset kiysam, qovurg‘a barqarorlashadi va yaxshiroq bo‘ladi. deb o‘ylaganman. Aksincha bo‘lib chiqqan: korset yanada zo‘riqtirib yuborgan. Men tik turgancha uni ikkinchi marta ham sindirib oldimov deb o‘ylaganimni yaxshi eslayman”, — degan aktrisa. “Gotik” (2003) Kichik Robert Dauni va Xelli Berri qahramonlarining o‘rtasidagi kurash vaqtida, aktyor kuchini to‘g‘ri sarflamagani hisobiga aktrisaning qo‘lini sindirib yuborgan. Berri o‘sha sahnani shunday eslaydi: “U meni qo‘limni qayirganidan keyin ikkimiz ham qarsillagan ovozni eshitdik”. Ushbu voqeadan keyin suratga olish ishlari aktrisani qo‘li bitguniga qadar — ikki oyga to‘xtatilgan. “Quzg‘un” (1994) Ushbu filmning suratga olish maydonchasida sodir bo‘lgan hodisa nafaqat Gollivud, balki butun dunyoni hayratda qoldirgan. Kutilmagan tasodif dahshatli fojia bilan yakun topgan. Bryus Lining o‘g‘li “Quzg‘un” komiks-filmining so‘nggi sahnasini suratga olish jarayonida o‘ldirilgan. Ssenariyga ko‘ra, dushmanlardan biri uni otib tashlashi kerak bo‘lgan. Ammo o‘sha vaqtda pistoletdan bo‘sh o‘q bilan birga temir tiqin uchib chiqib, uning oshqozonini teshganini hech kim sezmay qolgan. 28 yoshli aktyor oradan 12 soat vaqt o‘tib juda ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan. “Yetti” (1995) Kechki yomg‘irdagi quvish sahnasini suratga olish jarayonida Bred Pittning qo‘lidagi pay uzilgan. Jarohatning shunchalik jiddiyligidan ssenariyga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘lingan. “Garri Potter va ajal tuhfasi: birinchi qism” (2010) Deniel Redkliffning dublyori Devid Xolms qahramonlarning uchish sahnasini suratga olish vaqtida devorga borib urilgan. Oqibatda yelkasi shikastlangan va tanasining yuqori qismi falaj bo‘lib qolgan. Eslatib o‘tamiz, 22-oktabr kuni Amerikaning Nyu-Meksiko shahrida bo‘lib o‘tayotgan filmni suratga olish jarayonida fojia yuz berdi. Aktyor Alek Bolduin “Zang” (Rust) filmini suratga olish maydonchasida operator Galin Xatchins va rejissor Joel Sousga tasodifan o‘q uzdi. Hodisa oqibatida operator ayol vafot etgandi.
86
4,060
Madaniyat
Mansab keksaytiradimi? Ayol prezident va qirolichalarning yoshligidagi va hozirgi ko‘rinishi (foto)
Dunyoga mashhur siyosatchi va monarx xonimlar qanchalik o‘zgarganini bilish uchun ularning yoshlikdagi va hozirga suratlarini solishtirib ko‘rish mumkin. Yelizaveta II Qirolicha bundan 69 yil avval, 25 yoshida taxtga o‘tirgan. Yelizaveta 95 yoshda ekaniga qaramay, hali ham tetik ko‘rinishiga ega, davlat ishlari bilan shug‘ullanadi va eng obro‘li ayollardan sanaladi. Makiyaj borasida monarx xonim och pushti rumyana bilan yanoqlariga urg‘u berishni, yorqin pomada surtishni yaxshi ko‘radi. Sochlari esa yengil jingalak qilib turmaklangan bo‘ladi. Angela Merkel Angela Merkel sevimli soch turmagini hamisha bir xil. Tashqi ko‘rinishi siyosiy karyerasi davomida o‘zgargani aniq, ammo hech kim uning yoshi 67 da ekanini taxmin qila olmaydi. Bunga sochini och rangda bo‘yab yurishi sababdir balki, yana kim bilsin. Hillari Klinton Hillari Klinton yoshligida juda ham jozibali bo‘lgan. Oradan yillar o‘tgach ham o‘ziga xosligi saqlanib qolgan. Chuqur ajinlari yo‘q, terisi tarang va parvarishni joyiga qo‘yishi bilinib turadi. Tereza Mey Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Tereza Meyning husni yillar o‘tishi bilan ortib borgan. Ayni vaqtda yoshi 65 da bo‘lgan ayol, hali hamon siyosat bilan shug‘ullanishiga qaramay, o‘ziga qarashni ham esdan chiqarmaydi. Kosmetik muolajalar, yaxshi parvarish Meyni o‘ziga xos ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Qirolicha Silviya Silviya bundan 46 yil avval Shvetsiya qiroliga turmushga chiqqanidan keyin qirolicha bo‘lgan. Ayni vaqtda uning tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab, 77 yoshda ekaniga ishonish qiyin. Aftidan, u o‘ziga qarashni kanda qilmaydiganlardan. Avvalgidan farqli ravishda u bugun pushti rumyana va pomadadan foydalanadi. Margret II Daniya qirolichasining 81 yosh ekaniga ishonish qiyin. Ajin tushgani va yuz rangi o‘zgarganini hisobga olmasa u hali ham latofatli ko‘rinadi. U ham boshqa siyosatchi xonimlar singari yorqin pushti rangli lab bo‘yog‘idan foydalanishni yaxshi ko‘radi. Kolinda Grabar-Kitarovich Siz suratda ko‘rib turgan ayol Xorvatiyaning sobiq prezidenti. Kolind Grabar-Kitarovichni hech kim 53 yoshda deb o‘ylamaydi. Yuzida ajin yo‘qligidan tashqari, sarvqomatiga ham havas qilsa arziydi. Aftidan, bunday ko‘rinishga erishishiga sog‘lom turmush tarziga amal qilishi yordam bergan. Kristina Fernandes de Kirshner Argentinaning sobiq prezidentini hech kim 68 yosh ekaniga ishonmaydi. Kristina Fernandes de Kirshner makiyaj borasida ko‘zlariga urg‘u berishni afzal biladi, lablariga esa blesk surtadi.
99
2,471
Madaniyat
Los-Anjelesda “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
AQShning Los-Anjeles shahrida Sharqning buyuk mutafakkiri va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Karimov fondining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi. Ushbu film Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev prodyuserligi ostida rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan. Los-Anjelesdagi taqdimotda 1969-yilda “Apollon 11” missiyasi doirasida Oy yuziga ikkinchi bo‘lib qadam bosgan afsonaviy amerikalik astronavt Bazz Oldrin va tarixiy kinolentada bosh rolni ijro etgan aktyor, jahon kinosi yulduzi Armand Assante ishtirok etdi. Mazkur kinoasar 2017-yilda 74-xalqaro Venetsiya kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominatsiyasida nufuzli “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi, Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda esa “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Joriy yil sentabr oyida “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi o‘zbek tilida bepul taqdim etiladi. Hozirda esa filmni ingliz tilida Amazon va Vimeo  saytlari orqali ko‘rish mumkin.
88
1,189
Madaniyat
Dilso‘z: shou-biznesning o‘zimga yoqmaydigan qonunlarini hazm qilishga harakat qilyapman
Xonanda Dilso‘z onalik vazifasini qay darajada uddalayotgani, ayni paytdagi ijodiy yangiliklari haqida “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida gapirib o‘tdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Xususan, xonanda shou-biznesdagi o‘ziga yoqmaydigan qonunlarni hazm qilishga urinayotgani haqida quyidagicha fikr bildirdi: “Kayfiyatingiz va sog‘lig‘ingiz joyida bo‘lmasa ham, xizmatlarga borganda, sahnada buni bildirishga haqingiz yo‘q. Odamlarga ular ko‘rishni istagan qiyofada ko‘rinishga majbursiz. Qo‘shiqchi ham yaxshi aktyor bo‘la olishi, o‘ynaydigan yagona obrazini hech qachon unutib qo‘ymasligi lozim. Hatto, boshiga eng og‘ir kulfat tushganida yoki ichidan zil ketib turganda ham... Mana shunga o‘xshash ‘qonun’larni hazm qilishga harakat qilyapman”.
88
747
Madaniyat
“Ey, sinfdosh” qo‘shig‘i bilan tanilgan “Oqshom” guruhi yakkaxoni qamoqda o‘tgan 9 yili haqida gapirib berdi (video)
“Ey sinfdosh”, “Nilufar”, “O, rashk” qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan “Oqshom” guruhining yakkaxoni Zokir Sobirov “Daryo” uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Zokir Sobirov suhbat davomida qamoqda o‘tgan to‘qqiz yillik hayoti haqida gapirib berdi. Ijodni 1995-yilda boshlagan bo‘lsak, ketma-ket aytgan qo‘shiqlarimiz omadimiz kelib xit bo‘lib ketdi. O‘zimiz bilmagan holda tanildik. Odam tanilgani sari dushmani ham ko‘payar ekan. Biz bilmaymiz, do‘st kim, dushman kim. Xullas, e’tibor bermagan ekanmiz, dushmanimiz ham ko‘payib, oxiri shu qo‘shiqlarni orqasidan ham ko‘tarildim, maza qilib o‘ynab-kulib yurdim-u, o‘zim yaxshi ko‘rgan kasbimni qildim-u, lekin shuni orqasidan to‘qqiz yil qamoqda shu xursandchiliklarimning azobni tortdim. Bu narsani do‘st-u, dushmanga ravo ko‘rmayman. Ko‘chada yurganimda oq-qorani ajrata olaman deb o‘ylar edim. Lekin bu narsa noto‘g‘ri ekan. Qachonki odam o‘zidan o‘tganini o‘zi bilsa, qamoqda bo‘lsa, yaqinlaridan uzoqda bo‘lsa, kim qanaqa, kim yaxshi kim yomonligini anglab yetarkan. To‘qqiz yil bu juda katta vaqt. To‘qqiz yilda bir bola voyaga yetadi. Shu yillar ichida shu joylarning azobini ko‘rib chiqdim. U yerda juda katta xulosa chiqardim. O‘zim uchun bir tomondan yaxshi bo‘ldi. Dunyoqarashim o‘zgardi. Oldin boshqa odam edim, hozir umuman boshqa odamman. Allohga behisob shukr, yetkazganiga shukr, sog‘-salomatman. U yerlarda ham muxlislarimiz bor ekan, bizni qo‘llab-quvvatlab turishdi. Ko‘chada qilib yurgan ishimni qamoqda ham qildim, o‘sha yerda qo‘shiq kuylab yurdim. Haqiqatni aytish kerak, qo‘shiqni orqasidan, Xudo yuqtirgan ekan, shu yerda ham sindiraman degan dushmanlarim sindira olmadi. Nimaga? Xudo yuqtirsa, hech kimni qo‘li yetmas ekan. Xudoga shukr u yerda ham hurmatim bo‘ldi. Xodimlar ham juda yoqtirar edi. Sahna bo‘lardi, sahnada qo‘shiq aytardik, qo‘shiq yaratar edik. U yer ham kichkina shaharcha, u yerni ham qonun-qoidasi boshqa. Ko‘chada boshqa, u yerda boshqa. O‘sha yerda ham Xudoga shukr hurmat topib, sog‘-salomat chiqdik. Shu sabab ham to‘qqiz yil yo‘q bo‘lib ketdik. Endigi harakatlar, avvalo, Xudo. Keyin oldinga qarab talpinish, talpinish va yana talpinish. Niyatim—oldingi darajamdan yanada yuqoriroq pog‘onaga chiqish. Baribir hammasi Xudodan ekan, omad kelsa hech gap emas. Birinchi o‘rinda Xudodan so‘rab qolaman, lekin harakatdan to‘xtamayman.                         Zokir Sobirov, “Oqshom” guruhi yakkaxoni
116
2,452
Madaniyat
Luvr muzeyi qirol Fransisk I ning duolar kitobini sotib olish uchun pul yig‘moqda
Fransiyadagi Luvr muzeyi ma’muriyati san’atsevar fuqarolarga murojaat qilib, qirol Fransisk I ning duolar kitobini sotib olish uchun pul xayriya qilishni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Auksiondagi narxi 10 million yevroni tashkil etadigan kitob xaridi uchun bir million yevrodan kam bo‘lmagan pul yig‘ish zarur. Mazkur summaning yarmini hashamatli buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi LVMH kompaniyasi beradi. Luvr muzeyi esa 5,2 million miqdoridagi yillik daromadi evaziga san’at asarini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, Luvrning pul yig‘ish bo‘yicha kampaniyasi 24-oktabrda boshlandi va kelasi yilning 15-fevralida yakunlanadi. Bu turdagi aksiya muzey tomonidan qimmatbaho san’at asarlarini sotib olish uchun sakkizinchi marta o‘tkazilmoqda. Muzey direktori Jan-Lyuk Martinez qirol Fransisk I ning duolar kitobi Luvrning qimmatbaho ekspozitsiyalari qatoridan o‘rin egallashiga umid qilmoqda.
81
927
Madaniyat
Umid Iskandarov rafiqasi Renata bilan ajrashganini Shahzoda Matchonova bildirib qo‘ydi
Aktyor Umid Iskandarov rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashgani haqida mish-mishlar tarqalgan, biroq aktyor bunday gap-so‘zlarni inkor etib kelayotgan edi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Bugun, 14-dekabr kuni Umid Iskandarovning rafiqasi Renata Iskandarova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktyor rafiqasini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tabrikladi. Umid Iskandarov she’riy tabrigida rafiqasiga hammaning xush ko‘rgan insoni, kimdir uchun esa eng sevimli bo‘lishni, g‘am chekmaslik va baxtli kunlarni unutmaslikni tilagan. Renata Iskandarova mazkur tabrikka javoban “Rahmat, Umid, ta’sirli she’r uchun!”, — deb yozib qoldirgan. “Renataning yaqin dugonasi, aktrisa Shahzoda Matchonovaning tabrigi e’tiborimizni tortdi. Mazkur tabrikda Shahzoda Renataga hayotida uni butun qalbi bilan sevadigan inson bo‘lishini tilagan”, — deyiladi “Darakchi.uz” xabarida. “Mening qadrli insonim! Bizning qo‘g‘irchog‘imiz, tug‘ilgan kuning bilan! Hayoting o‘zing kabi chiroyli bo‘lsin! Har doim hayotdan mamnun, yorqin va samimiy tabassum qiluvchi inson bo‘l! Hayotingda butun qalbi bilan seni sevadigan inson bo‘lsin!”, — deb yozdi Shahzoda Matchonova. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
86
1,318
Madaniyat
Milliy matbuot markazida IIVning Yong‘in xavfsizligi instituti faoliyatiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Milliy matbuot markazida Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi instituti faoliyatiga bag‘ishlangan “25 yil: sharaf, mahorat va mardlik maktabi” nomli kitob taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA. Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi mas’ullari, IIV Yong‘in xavfsizligi instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatda aholining mol-mulkini olov iskanjasidan himoya qilishda jonbozlik ko‘rsatayotgan insonlar mehnatini qadrlash, malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Ushbu kitob Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining 25 yilligiga bag‘ishlab G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi. Unda institutning tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari, tuzilma va kafedralari faoliyati, kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi kabi ko‘plab mavzular qamrab olingan. Tadbirda soha xodimlari bugungi kunda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, olib borilayotgan izlanishlar va tahlillarga to‘xtalib o‘tdi.
117
1,166
Madaniyat
G‘iyos Shermuhammedov: Zulfiqor Musoqovning filmlarini kim ko‘rmoqda? Nega u ketma-ket film suratga oladi?
“Kinochilar uyi”da “O‘zbekkino” milliy agentligining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o‘tdi. Yig‘ilishda agentlik rahbariyati, kino rejissorlar, ssenaristlar, tizim tashkilotlari rahbarlari, OAV xodimlari qatori jurnalist Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan rejissor G‘iyos Shermuhammedov Badiiy kengash a’zolari hamda rejissor Zulfiqor Musoqov yuzasidan e’tirozlarini aytib o‘tdi. Hozir Otabek Musayevning atrofida barchamiz yig‘ilib, bir tan-u, bir jon bo‘lib bu odamni qo‘llashimiz kerak. Bu odamning atrofiga yig‘ilib olgan ba’zi bir odamlar, bu kishiga pand berib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtda Badiiy kengash a’zolaridan 3 kishigina aqlli, hushli, gapi o‘tadigan insonlar, bular Shuhrat Rizayev, Rixsivoy Muhammadjonov, Hamidulla Hasanov qolganlari hammasi kim? Mana bizlarda o‘zgarmaydigan Badiiy kengash a’zosi, ketma-ket ssenariy yozaveradigan, Musoqov degan ham rejissor, ham dramaturg bor. Endi bu odamning ishlari, kinolari hammasi doimiy chiqaverarkan, qani bizning yozuvchilarimiz ? Ularni chaqirib ssenariy yozdirish yo‘q, bu kishining ssenariysi o‘tib ketaveradi. Mana hozir tarixiy film suratga oling deb chiqarganlar, bu kishim “Vanka-vstanka”da shartta Stalinni tarixini yozib, hozir ishga tushib ketibdi, buni qanaqa tushunish mumkin. Bu odamni olgan kinolarini kim ko‘ryapti, nega bu odam doimo ketma - ket film suratga olaverishi kerak. Xalq, tomoshabin hayron shunga. G‘iyos Shermuhammedov, rejissor Rejissor G‘iyos Shermuhammedovning mazkur fikrlariga, rejissor Abduxalil Mingnorov qarshi chiqib, “xalq hayronmi yoki siz hayronmi? Qo‘lingizdan kelsa siz ham qiling, hech kim sizga birovni haqorat qilishga huquq bermagan. Siz nimani qotirib qo‘ygansiz”, deb e’tiroz bildirib o‘tdi va ikkala ijodkor o‘rtasida tortishuvli bahs ko‘tarildi. Bahsli tortishuvga agentlik rahbari chek qo‘ydi.
106
1,824
Madaniyat
Qozog‘istonlik kaskadyor Xellouin munosabati bilan uyushtirilgan tadbirdan so‘ng olamdan o‘tdi
Qozog‘istonlik kaskadyor Kasim Jumagujin Xellouin bayrami munosabati bilan uyushtirilgan kechki bazmda amalga oshirilgan tryukdan keyin vafot etdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi. Hodisa o‘tgan shanba kuni yuz bergan. Jumagujin hamkasblari bilan Olmaotadagi tungi klublarning birida tashkillashtirilgan shou-dasturda ishtirok etayotgan bo‘lgan. “Kaskadyor arqonda osilib turgan mumiya rolini ijro etishi kerak edi, uning egnida aynan shu turdagi tryuklarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan maxsus nimcha bo‘lgan”, — deb so‘zlab bergan nashrga Nomad Stunts professional kaskaderlar guruhining kommunikatsiyalar bo‘yicha menejeri Yevgeniya Li. “Kasim shu nimchaga bog‘langan va osilgan edi. Tomoshabinlar ko‘rgan — butafor sirtmog‘i libosning bir qismi bo‘lib, u qattiq tortilmagan edi”, — deb tushuntirgan ayol. Lining so‘zlariga ko‘ra, uskuna dastlab sinovdan o‘tkazilgan, tryuk bajarilishi vaqtida kaskaderyoning holati uning sherigi tomonidan nazorat qilingan. Jumagujin bir necha marotaba unga “hammasi joyida”ligi haqida ishora bergan. Oradan 15 daqiqa o‘tgach, 34 yashar kaskadyorni pastga tushirishgan, u hali hushida bo‘lgan, lekin o‘zini yomon his qilgan. Uni xonadan chiqarib, tez yordamni chaqirishgan. “Hodisa joyiga yetib kelgan mediklar avval jonlantirish tadbirlarini amalga oshirgan, lekin keyin o‘lim tashxisini qo‘ygan. Bugun Kasimning yaqinlari sud-tibbiy ekspertiza xulosasini oldi, unda hamkasbimiz o‘ta o‘tkir kechgan miokard infarkti tufayli vafot etgani aytilgan”, degan Li. Jumagujin 25 ta film syomkalari, jumladan, Silvestr Stallonening “Tutqich bermaslar-2” va Kianu Rivz bilan “47 roninlar” filmlarida ishtirok etgandi.
94
1,649
Madaniyat
Shuhrat Qayumov hozirgi qo‘shiqlar orasida “adabiyotga daxli yo‘q odamlar”ning ishlari ko‘payganini tanqid qildi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, suxandon va xonanda Shuhrat Qayumovning fikricha, haqiqiy ijod mahsullari vaqt o‘tgani bilan, o‘z qadrini yo‘qotmaydi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda. “Afsuski, hozirgi qo‘shiqlar orasida adabiyotga daxli yo‘q odamlarning ‘qalamiga mansub’ so‘zlar jamlanmasi ancha ko‘paygan. Ularda na qofiya, na ma’no bor. Bular, albatta, vaqtinchalik”, — dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov. “Haqiqiy ijod mahsullari esa asrlar o‘tsa-da o‘z o‘rnini yo‘qotmaydi, yangi tinglovchilar, yangi avlodlarni o‘ziga jalb etib boraveradi. Misol uchun, maqom ashulalarimiz uzoq asrlardan beri yashab kelayotgan bo‘lsa, ayrim bastakorlarning yaratgan qo‘shiqlari hozirgi paytda maqomlarimiz darajasiga ko‘tarilgan”, — dedi Shuhrat Qayumov.
112
790
Madaniyat
Yapon filmida o‘zga sayyoraliklarni qirg‘izlar deb atashdi. Bu qirg‘izlarni kuldirdi (video)
Yaponiyada 10-noyabr kuni rejissor Dzunya Okabening “Dovyuraklar g‘alayoni” nomli fantastik jangari film kinoteatrlarda namoyish etila boshlaydi, deb yozadi Afisha Daily. Film syujeti Yerda tirik qolgan so‘nggi odamlarning qirg‘iz robot yo‘lboshchiligidagi o‘zga sayyoraliklar bilan olib borilgan kurashi haqida hikoya qiladi. Filmda Qirg‘iziston haqida boshqa birorta ham so‘z yo‘q. Mamlakat aholisini bunday tarzda “tilga olinish” xafa qilmadi, aksincha, kuldirdi, deyiladi xabarda. “Biz, qirg‘izlar, unday emasmiz. Ular (filmdagi o‘zga sayyoraliklar) esa o‘zlariga juda oro bergan va yaxshi kiyingan”, — deb yozdi qirg‘izistonlik foydalanuvchilardan biri. Ba’zilar hazilga olib, o‘zga sayyoraliklarni “o‘rtacha qirg‘iz mansabdoridan farqlab bo‘lmasligi”ni qayd etdi. Boshqalar esa “kelgindilarda asl qirg‘izlarning husni yo‘q‘ligidan shikoyat qildi. Ammo xafa bo‘lganlar ham bo‘ldi. “Yaponiya ustidan BMT xalqaro sudiga murojaat qilaverish mumkin. Ammo afsus, do‘st davlat bilan aloqalarni buzishni istamaymiz-da”, — deyishdi ular.
92
1,034
Madaniyat
“Eri judayam rashkchi edi”. Nigora Ruxshonaning sobiq turmush o‘rtog‘i uni dugonalari bilan uchrashishiga ham ruxsat bermagani haqida so‘zladi (video)
Xonanda Nigora “Mirsodiqova bilan” YouTube-kanaliga bergan intervyusida klipmeyker Sanjar Matkarimov va xonanda Ruxshonaning darz ketgan oilasi haqida ham gapirib o‘tdi. “To‘rtta devor ichidagi narsa ichkarida qolib ketishi kerak edi. Men oilaning ishiga aralashmayman. Er-xotinning o‘rtasiga tushgan ahmoq, deyishadi. Shuning uchun aralashmayman ham, fikrimni ham ayta olmayman. Men, masalan, ayol sifatida o‘zimni, erim o‘zining teoriyasini gapirishi mumkin. Shuning uchun men ikki tarafning ham holatini bilmagan holda, voy ana, bu yerda bunaqa qildi, Sanjar aka yomon ekan, Ruxshona mana bunday qildi, u ham yomon ekan, deya olmayman. Ular ikkalasi kelisha olmadi, ularning o‘rtasida men faqat farzandlarga achinyapman. Chunki farzand beayb, u ham otasi, ham onasi bo‘lishiga haqli”, — deydi Nigora. Nigoraning aytishicha, Sanjar Matkarimov juda rashkchiligi bois Ruxshonani dugonalari bilan uchrashuvlarga ham jo‘natmay qo‘ygan. “Eri judayam rashkchi, Ruxshona ham chiroyli ayol. Ko‘rishishga u-bu joyga yubormasdilar. Qoyil qolaman shu qizga, oilasidagi biror narsani hech qachon tashqariga bildirmagan. Endi mana yig‘ilib kelganlari chiqib kelayotgandir. Lekin shu paytgacha erim bunaqa edi, qaynonam unaqa edi, degan gap bo‘lmagan. Erim rashk qiladilar, bora olmayman, tushunasizlar, deb aytardi. Hattoki bolalarimizning tug‘ilgan kunlarida ham farzandlaringni olib kel, tanishsin bir-biri bilan, der edik, nimaga olib kelmaysan, deb jahlimiz ham chiqar edi. Keyin yana o‘zimizga nima ham derdik, er xo‘p desa xo‘p, yo‘q desa yo‘q, deymiz. Biz hech narsa qila olmaymiz, jim turamiz. Ko‘p joyga yubormas edi, shuni bilaman”, — deydi xonanda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonanda Ruxshona Instagram’dagi sahifasiga sobiq turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimovning farzandlarini majburlab olib ketishga urinayotgani aks etgan videoni joylab, kuzatuvchilariga so‘nggi kunlarda boshidan o‘tayotgan mojarolar haqida so‘zlab bergandi.  Rejissor Sanjar Matkarimov ilk marta Ruxshona bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi (video)
150
2,037
Madaniyat
Yangi yil kayfiyatini ulashuvchi kino. Bayram kunlari tomosha qilish uchun eng yaxshi filmlar o‘ntaligi
Yangi yil, shubhasiz, oila davrasida nishonlash uchun eng yaxshi bayramlardan biri hisoblanadi. Bu davra uchun Yangi yil shukuhini berib turuvchi filmlarning o‘rni juda katta. “Daryo” e’tiboringizga bayram kunlari tomosha qilib, bayramona kayfiyatda bo‘lish uchun eng sara filmlar ro‘yxatini taqdim etadi. Ushbu “Santa Klaus” filmlari jami uch qismdan tashkil topgan bo‘lib, 1994–2006-yillar orasida Jon Paskvin va Maykl Lembek tomonidan suratga olindi. Filmdan lavha Filmlarda Tim Allen bosh rolda – Santa Klaus obrazini yaratdi. Film bosh qahramonning Yangi yilga yaqin haqiqiy qorboboga aylanib borishi bilan boshlanib, o‘zining vazifasi – bolalarga sovg‘a ulashishi bilan davom etadi. Yangi yilgacha dunyodagi barcha bolalarga sovg‘a ulashish yo‘lida esa bosh qahramon bir necha to‘siqlar, qiyinchiliklar va qarshiliklarga uchraydi. Ushbu trilogiya barcha tomoshabinlarga bayram shukuhini bera olgani uchun klassik filmlar qatoridan joy oldi va qorbobolar haqida ishlangan eng yaxshi filmlar qatoriga kirdi. “– Nima uchun «Ы» operatsiyasi? – Hech kim bilmasligi uchun!” Sovet davrida ishlangan ushbu klassik film Leonid Gayday tomonidan 1965-yil yaratildi. Film jami uchta turli komedik hikoyalar bilan davom etib, bosh qahramon – talaba Shurik (Aleksandr Demyanenko)ning qiziqarli sarguzashtlarini ko‘rsatib beradi. Ilk epizod Shurikning 15 sutka administrativ ishlarga hukm qilingan Fedya bilan qurilish maydonchasida yuz beradigan kulgili sarguzashtlari bilan davom etadi. Ikkinchi epizodda bosh qahramon bo‘lgan talabaning imtihonlar davrida yuz beradigan qiziqarli taqdiri bilan davom etadi. Uchinchi, so‘nggi epizodda esa bosh qahramon omborni tunash uchun yollangan bir guruh jinoyatchilarga qarshi turadi. Ko‘plab teletomoshabinlarga yaqindan tanish bo‘lgan “Ы operatsiyasi” filmi o‘zidagi ajoyib va esda qolarli dialoglari bilan ham hanuzgacha muxlislarning eng sevimli kinokartinalaridan hisoblanadi. 2003-yil Terri Svigoff tomonidan yaratilgan ushbu komediya klassik qorbobolar haqida ishlangan filmlardan tubdan farq qilib, hayotda omadi kelmagan va ichkilikka ruju qo‘ygan bosh qahramon – Villi (Billi Bob Tornton)ning Yangi yil arafasidagi sarguzashtlari bilan davom etadi. Villi qorbobo qiyofasida bolalardan ularning Yangi yil tilaklarini eshituvchi bo‘lib ishga kiradi va sherigi bilan u joyda o‘g‘rilik qilishni rejalashtiradi. Uning hayotiga o‘ta sodda bo‘lgan bola kirib kelganida, u asta-sekin o‘zgarishni boshlaydi. Filmdan lavha Film Santani ertaknamo qilib emas, haqiqiy hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan odam tasvirida ko‘rsatgani uchun ham ko‘plab tomoshabinlarning yoqtirgan qorbobosiga aylandi. Ispaniyalik rejissyor Serxio Pablosa tomonidan 2019-yil ishlangan, an’anaviy qorbobolar tarixidan farq qiluvchi yangicha animatsion film. Undagi voqealar XIX asr ko‘rinishida tasvirlanib, shimoliy qutbdagi orol-shaharda davom etadi. Bosh qahramon bo‘lgan pochtachi o‘z maktublarini eltib berish davomida o‘yinchoq yasovchi odam bilan tanishib qoladi va birgalikda bolalarga o‘yinchoq ulashishni boshlaydi. Bir yil ichidayoq multfilm yuksak muvaffaqiyatlarga erishishga ulgurib, muxlislarning eng sara animatsiyalaridan biriga aylandi. Filmdan lavha 1946-yil Frenk Kapra tomonidan “Eng buyuk sovg‘a” hikoyasi asosida suratga olingan “Mo‘jizaviy hayot” filmi Yangi yil arafasida bosh qahramonning oiladagi muammolari va moliyaviy ahvoli yomonligi bilan yuzaga keluvchi taqdir sinovlari bilan davom etadi. Film bosh qahramon Jorj Beyli (Jeyms Styuart)ning boshqalarga yordam berish uchun o‘z orzularidan kechishi va hayotidagi ulkan qiyinchiliklarga duch kelishidan boshlanadi. Jorj har qanday vaziyatda o‘z yaqinlarini qo‘llab-quvvatlab, shaxsiy hayotiga deyarli e’tibor bermaydi. Film davomida esa uning hayotida mo‘jiza yuz beradi. Filmdan lavha Yangi yilga yaqin o‘zgacha oilaviy zavq bera oladigan ushbu film inson hayotida oila ahamiyatini qanchalik muhim ekanini doimo ko‘rsatib turadi. Aleksandr Seriy tomonidan 1971-yil suratga olingan “Omadli jentlmenlar” filmi barchamizga qadrdon kinokomediya bo‘lishga ulgurdi. Filmda Yevgeniy Leonov ikki bosh qahramon rolini ijro etgan bo‘lib, voqealar bog‘cha tarbiyachisining jinoiy guruhga bosh bo‘lishi va ular bilan o‘g‘irlangan arxeologik topilmalarni qidirish bilan davom etadi. Filmdan lavha Yangi yil arafasida oila va do‘stlar davrasida tomosha qilish uchun eng sara film hisoblangan “Omadli jentlmenlar” deyarli barcha tomoshabinlarning ko‘nglidan joy olishni kafolatlaydi. 2004-yil Robert Zemikis tomonidan yaratilgan “Shimoliy ekspress” animatsiyasi Yangi yil uchun ishlangan barcha davrlarning eng zo‘r multfilmi hisoblanadi. Unga ishlangan soundtrek esa Yangi yil kayfiyatini bera oladigan eng yaxshi musiqa deb topildi. Animatsiyadagi voqealar qorbobo borligiga ishonmaslikni boshlagan bolaning mo‘jizaviy poyezdda shimoliy qutbga borishini tasvirlaydi. Bosh qahramon ushbu sayohati davomida haqiqiy do‘stlar orttirib, hayotidagi eng ajabtovur kunni o‘tkazadi. Ushbu multfilm esa bolalar uchun sarguzashtlarga boy ertaknamo olamni ajoyib ko‘rsatib beradi. Eldar Ryazanovning 1975-yil suratga olingan “Taqdir hazili” melodramasi bayram kuni tomosha qilish uchun eng sara sovet filmi hisoblanadi. Shuning uchun ham har Yangi yil oldidan ushbu film turli telekanallarda qo‘yilishi an’anaga aylanib ulgurdi. Filmda mast holatda bo‘lgan bosh qahramon manzilda adashib, boshqa shaharga yo‘l oladi. Moskva va Leningrad shaharlari bir xil manzillarga ega bo‘lgani uchun bosh qahramon adashganini sezmaydi, voqealar davomida esa yana taqdir hazili bilan sevgi aloqalarini o‘rnatishni boshlaydi. Filmdan lavha Taqdir hazillariga boy bo‘lgan ushbu film hayotdagi turli tasodiflar sababli hayotimiz mutlaqo o‘zgarib ketishi mumkin ekanini ko‘rsatib turadi. 2003-yil Jon Favro tomonidan ishlangan “Elf” filmi bosh qahramonning hali aqlan ulg‘aymagan bo‘lsa-da, soddadillik, ochiqko‘ngillik, beg‘uborlik bilan odamlarga yaxshilik qilishga intilishini ko‘rsatadi. Filmda Elf (Vill Ferrel) yoshligida qorboboning qopiga tushib oladi va shimoliy qutbda ulg‘ayadi. Vaqt o‘tishi bilan u o‘z oilasini qidirgani Nyu-York shahriga tashrif buyuradi. Voqealar esa oilaning qayta birlashuvi bilan davom etadi. Filmdan lavha Sof tuyg‘ular va beg‘uborlik bilan ishlangan ushbu klassik komediya o‘zi bilan “Ushbu bayramda o‘z elfingni kashf qil”, deya tomoshabinlarga o‘z maqsadlariga intilish uchun iliq xabarlar ulashadi. “Uyda yolg‘iz” filmlari Jon Xyuz tomonidan suratga olingan bo‘lib, shubhasiz, Yangi yil shukuhini ko‘rsatib turuvchi eng zo‘r klassika hisoblanadi. Filmlar 1990–1997-yillar davomida ishlangan bo‘lib, uning ilk ikki qismi dunyo bo‘ylab ulkan mashhurliklarga erishdi. Ushbu filmlarda bosh qahramon Kevin Makkalister (Makoley Kalkin) oilasidan yolg‘iz holda ikki o‘g‘riga qarshi turli tuzoqlar bilan qarshilik qiladi. Kevin yosh bo‘lsa-da, kattalardan qolishmagan holda fikrlay olishi filmni qayta ko‘rganda ham qiziqarli davom etishini ta’minlab turadi. Filmdan lavha “Uyda yolg‘iz” filmlarining birinchi va ikkinchi qismi har Yangi yil arafasida eng ko‘p qayta ko‘riladigan filmlar hisoblanadi. Qo‘shimcha tariqasida, bayram uchun eng yaxshi filmlar qatoriga “Ta’tillar almashganda” (2006),  “Grinch” (2000), “Yangi yil sovg‘asi” (1996), “Ishdagi ishq” (1977), “Haqiqiy sevgi” (2003), “Charli va shokolad fabrikasi” (2005) kabi sara kinolarni ham misol keltirish mumkin. Farrux Ahmadjonov tayyorladi.
103
7,399
Madaniyat
Hajviy aktyor “O‘rgimchak odam” premyerasiga o‘z qiyofadoshini yubordi
Amerikalik hajviy aktyor Gannibal Byoress yangi “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish” kinofilmi premyerasiga o‘z qiyofadoshini yubordi. Qiyofadosh o‘zini ayni o‘sha aktyor deb tanishtirdi, deb xabar beradi “TASS”. Aytilishicha, Byoress uni ijtimoiy tarmoqlar orqali topgan. Filmda murabbiy Uilson rolini o‘ynagan aktyor Twitter’da kechki tadbir uchun o‘ziga o‘xshash odam kerakligini ma’lum qilgan edi. U xizmat uchun 500 dollar taklif qilib, nomzodlardan suratlarini yuborishni so‘ragan edi. Hozir bu yozuvlar o‘chirilgan. O‘zini Byoress deb tanishtirgan odam premyeraga kirdi va hatto aktyorning yangi “O‘rgimchak odam”dagi obrazi haqidagi gapirib berdi. Yolg‘on fosh bo‘lib qolganiga qaramay, Byoress Twitter’da tadbir translyatsiyasidan olingan skrinshotni e’lon qildi va unga “Men ‘O‘rgimchak odam: Uyga qaytish’ filmi premyerasidaman” degan izoh qoldirdi. Skrin: “Daryo”
70
873
Madaniyat
“Turist” filmi haqida bitiklar (taqriz)
Rejissor: Ayub Shahobiddinov Rollarda: Yoqub Ahmedov, Yulduz Rajabova, Nozim To‘laxo‘jayev, Doniyor Hafizov, Feruza Sobitova, Nodira Mahmudova va boshqalar Janr: melodrama, drama O‘zbekiston, 2013-yil. “Turist” filmi rasmiy posteri Badavlat oila. Bu oila boshlig‘i Jamol (Yoqub Ahmedov) karyerasini yo‘lga qo‘yib olgan va 30 yoshlarni qoralab qo‘ygan bo‘lsa-da, hamon ko‘ngli yosh va yangi narsalarni o‘rganib, hayotini boyitishga intiladi. Aktyorlik kurslarida o‘qishga bel bog‘lagan Jamol onasi (Gulbahor Yo‘ldosheva) va opasi (Feruza Sobitova) bilan xayrlashib, boshqa shahardagi imtihon sari yo‘l oladi. Aeroportda samolyotga chiqib ulgurmay, Ruxshona ismli bir taksichi (!) qiz (Yulduz Rajabova) uni chet ellik sayyoh deb o‘ylab, gidlik qilish taklifini majburan qabul qildiradi. Yigit ham bunday sarguzashtni kutib turgan ekanmi, ko‘p qiynamay rozilik bildiradi. Ular sarguzashtlarda davom etaversin, endi gapni Ruxshonaning oilasidan eshiting. Qizning otasi (Nozim To‘laxo‘jayev) aqli ojiz kishi. Film voqealaridan ma’lum bo‘lishicha, xotini vafot etgach, u shu ahvolga tushib qolgan. Ruxshonaning ukasi Ibrohim (Doniyor Hafizov) – giyohvandlikka berilib ketgan yosh yigit esa opasining boshiga faqat tashvish keltirishdan boshqasiga yaramaydi. Epizodik rol ijrochisi Zuhra Soliyeva, rejissor Ayub Shahobiddinov va Yoqub Ahmedov (Jamol) foto: shok.uz Xullas, Jamol va Ruxshona bir qancha vaqtni birgalikda o‘tkazib, oralarida yaqinlik paydo bo‘ladi. Va bir qancha to‘siqlar va tushunmovchiliklarni yengib o‘tib, hayotiy masala va muammolarni hal qilib, bahamjihatlik topishga muvaffaq bo‘lishadi. Filmda ba’zi ensani qotiruvchi sahnalar borki, u ancha jiddiy voqealar rivojiga yarashmay qolgan. Xususan, Ruxshonaning Jamolni hindistonlik turist deb o‘ylashi, u “g‘irt o‘zbekcha” gapira boshlaganida ham, shu yerlik oddiy fuqaro ekanligiga fahmi yetmaganligi filmni bachkanalik manzili sari yetaklagan. Bundan tashqari, Jamol va Ruxshonaning turmush tarzi, yashash muhiti bir-biriga shunchalik zidki, qizning film bo‘yi boshi tashvishdan chiqmaydi. Yigit esa, beg‘amlik va xudbinlikda ba’zan chegaradan ham chiqadi. Biroq, filmning umumiy g‘oyasi saviyali tomoshabinlarga manzur bo‘lishi shubhasiz. Ruxshonaning ishonuvchanligi va reallikni tasavvuri buyurganicha qabul qilishi  bu anglashilmovchiliklar asosida yotishi film poyoni arafasida oshkor bo‘ladi. Aktrisalar Feruza Sobitova (Jamolning opasi) va Yulduz Rajabova (Ruxshona) foto: shok.uz “O‘tov”, “Parizod” kabi xalqaro tanqidchilar maqtoviga sazovor bo‘lgan filmlar rejissori Ayub Shahobiddinov bu safargi ijodi mahsuli ham saviya jihatidan anchagina yuqori darajada, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Film g‘oyasi o‘zbek kinosi uchun yangi bo‘lgan detallarga boy. Uning birgina nomi ham mamlakatimiz kinosiga xos tipik nomlardan keskin farq qiladi. “Sevgi bahori”, “Bahor sevgisi” yoki “Sevgi va bahor” kabi quloqqa tanish nomlardan farqli o‘laroq, “Turist” nomi ancha aniq va muayyan ma’noni ko‘zda tutadi. Mamnunlik uyg‘otadigan yana bir jihati shundaki, voqealar qamrovi ancha keng. Harqalay, filmga tajribali rejissorning qo‘li  tekkanligi yaqqol seziladi. Kartina syujeti qiziqarli, eng asosiysi, odatiy ssenariy yo‘nalishidan chekinib, yangicha yo‘l bilan yondashilganligidir. Ssenariy muallifi Yolqin T‘oychiyev tomoshabin diqqatini oxirigacha ushlab tura oladigan syujet yaratishga muvaffaq bo‘lganligini aytib o‘tish joiz. Yosh aktyorlar Yoqub Ahmedov va Yulduz Rajabova o‘zbek kinosi uchun notanish chehralar bo‘lsa-da, ancha yillardan beri xalq e’tiborida bo‘lgan boshqa ba’zi yosh ijodkorlarga ko‘ra ancha yuqori iste’dodni namoyon qilishgan. Yoqub Ahmedov o‘z ism-sharifini sal o‘zgartirgan holda kino olamiga kirishi kerakmidi, axir biz bilgan va hurmat qiladigan taniqli aktyor Yoqub Ahmedov faqat bitta bo‘lishi kerak, nazarimda. Tajribali aktyorlar Nozim To‘laxo‘jayev, Nodira Mahmudova va boshqalar ham filmda o‘zlarining esda qolarli obrazlarini yaratishgan. Filmni musiqalarga boy deb bo‘lmaydi, kartinada faqat Shohruxxon va Lolaning qo‘shiqlari yangragan. Ayrim mayda bachkanaliklarni hisobga olmaganda, “Turist” ayni paytdagi o‘zbek xususiy filmlari ichida saviya jihatidan ancha yuqori o‘rinni egallagan, deb hisoblaymiz. [review]
39
4,220
Madaniyat
“Qahramon qiz sirligicha qolmoqda”. Ulug‘bek Qodirov bosh rolni ijro etayotgan “Snayper” filmining Turkiyadagi suratga olish ishlari tugadi (foto va video)
Prodyuser Ruslan Mirzayev hamda rejissor Ozod Shams hamkorlikda suratga olayotgan “Snayper” filmining Turkiyadagi suratga olish ishlari tugadi. Filmda Ulug‘bek Qodirov bilan bosh rolni ijro qilayotgan aktrisaning kimligi haligacha sirligicha qolmoqda. Film va filmda bosh rolni ijro qilayotgan aktrisa haqda batafsil ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad film rejissori Ozod Shams bilan bog‘landi. “Ekranda faqat bir xil aktrisalarni ko‘rib zerikdik” degan e’tirozlarini tushungan holda, umuman boshqa, yangi chehrani, yangi aktrisani Ulug‘bek Qodirovga partnyor sifatida bosh rolga oldik. O‘z muxlislariga ega aktrisalarni tomoshabinlarimiz ko‘plab rollarda ko‘rib, o‘rganib qolishgan. Muxlislar “mashhur aktrisaga katta gonorar berishdan qochib, yangi aktrisani olib chiqayotgan ekan”, degan fikrga bormasliklarini so‘ragan bo‘lardik, bu filmda puldan, moddiy xarajatdan qochayotganimiz yo‘q. Yangi aktrisa bo‘lganda ham, o‘z ustida ishlagan, ishlayotgan va, ishontirib aytamanki, tomoshabinlarning ensasi qotmaydigan darajada qobiliyatga ega aktrisani bosh rolga oldik va hozircha u aktrisa kimligini ma’lum qilish niyatimiz yo‘q. Ozod Shams, rejissor Ma’lumot uchun, “Snayper” filmining Turkiyadagi suratga olish ishlari 12 kun davom etgan bo‘lib, filmda turkiyalik aktyor Dug‘ukan Erdem ham suratga tushgan. Film premyerasi mart oylariga mo‘ljallangan.
155
1,371
Madaniyat
Sabina Mustayeva Toshkentdagi maktabida o‘ziga xos tarzda kutib olindi (foto)
Rossiyaning Birinchi kanali tomonidan tashkil etilgan “Golos. Deti” loyihasining ikkinchi mavsumi g‘olibasi − o‘zbekistonlik 14 yoshli Sabina Mustayeva o‘zi o‘qiydigan Toshkent shahridagi 94-maktabda ajoyib tarzda kutib olindi. Ushbu tadbir aks etgan fotosuratlar Sabinaning oyisi tomonidan Facebook  tarmog‘iga chiqarilgan. Eslatib o‘tamiz, Sabina Mustayeva 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Golos. Deti” teleloyihasi ikkinchi mavsumi finalida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
77
480
Madaniyat
Gonkong televideniyesi O‘zbekistonda kurash haqida film tasvirga olmoqda
Shu kunlarda Gonkong televideniyesining bir guruh ijodiy xodimlari xizmat safari bilan O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turibdi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘zbek kurashi haqida “The legend of martial arts – Kurash” (Kurash – jang san’atining afsonasi) deb nomlangan hujjatli film yaratish. O‘zbekiston kurash federatsiyasi bu yo‘lda gonkonglik teleijodkorlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda, deya yozadi O‘zA. O‘tgan haftada Toshkentga yetib kelgan Gonkong televideniyesining ijodiy xodimlari dastavval milliy terma jamoa mashg‘ulotlarini tasvirga oldi. Shuningdek, mehmonlar Xalqaro kurash assotsiatsiyasining asoschi raisi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, zamonaviy kurash qoidalarini yaratgan Komil Yusupovdan intervyu oldi. Ayni paytda Gonkong televideniyesi xodimlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tayotgan kurash bo‘yicha Prezident sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan ilk xalqaro turnirni tasvirga olmoqda. “Maqsadimiz – kurash falsafasi, undagi umuminsoniy qadriyatlarni tarannum qiluvchi hujjatli film yaratish, — deydi delegatsiya a’zosi Riv Tang. Kurash haqida ayrim ma’lumotlarga egamiz, negaki uni Gonkongda ham yaxshi biladi, sababi ushbu sport turi vatanimizda dzyudo, sambo kabi yakkakurash turlari bilan birgalikda rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonga kelishdan maqsadimiz – kurash vataniga kelib uning boy tarixi, qadriyatlari, falsafasini yaqindan o‘rganish. O‘zbekiston kurash federatsiyasida bo‘lib, Komil Yusupov bilan juda mazmunli suhbat uyushtirdik. Buxorodagi tasvirga olish ishlarimiz ham samarali bo‘lmoqda. Ayniqsa, Qorako‘l tumanida faxriy kurashchi Nurmuhammad Yusupovning 74 yoshida 30-marta turnikka tortilishi bizni hayratga soldi. Shu yoshida bunday jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lish uchun kishi muntazam o‘z ustida ishlashi, sog‘ligi haqida qayg‘urishi talab qilinadi. Shuningdek, kurashning Vatani bo‘lgan Buxoroda kurash mutaxassislari va kurashchilar bilan intervyular uyushtirayapmiz. Bu bizga o‘z maqsadimizga erishishda qo‘l keladi”. Gonkong televideniyesi xodimlari bugun Buxoro ramziga aylangan Ark majmuasida ham tasvirga olish ishlarini davom ettirdi.
72
2,166
Madaniyat
Gollivud aktrisasi Jennifer Lourens “Tepaga qarama” komediyasini suratga olish vaqtida jarohat oldi
“Oskar” mukofoti sohibasi Jennifer Lourens “Tepaga qarama” filmini suratga olish vaqtida shishaning portlashi oqibatida jarohat oldi — aktrisaning qovog‘i tilingan, deb xabar beradi “Film.ru”. Ma’lum qilinishicha, Lourens Timoti Shalame bilan sahnada suratga tushgan. Sujet bo‘yicha qahramonlar restoranda deraza oynasining portlashi guvohiga aylanishi kerak edi. Baxtsiz hodisa tufayli shisha parchalaridan biri Jenniferning ko‘z sohasi atrofiga shikast yetkazgan. Suratga olish ishlari vaqtincha to‘xtatilgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, jarohat “u qadar chuqur emas”. “Tepaga qarama” filmi Yerga meteorit yaqinlashib kelayotgani haqida jamoatchilikni ogohlantirishga uringan ikki astronom (Lourens va Leonardo DiKaprio) haqida. Jamoatchilik, hatto AQSh prezidenti ham (Meril Strip) olimlarning dalillarini tinglashdan bosh tortgani sabab vaziyat yanada murakkablashadi. Kartina rejissori va ssenariysi ustida Adam MakKey (“Hokimiyat” filmi) ish olib bormoqda. Aktyorlar tarkibidan Keyt Blanshett, Kris Evans, Jon Xill, Rob Morgan, Ron Perlman, Ariana Grande va boshqalar o‘rin olgan. Netflix’dagi premyerasi 2021-yil oxirlariga rejalashtirilgan.
99
1,152
Madaniyat
Hindistonda o‘zbek aktyori Zikir Muhammadjonov haqida kitob chop etildi
Yaqinda Hindistonning “Raj Kapur films” kinokompaniyasi buyurtmasi bilan O‘zbekiston xalq artisti, ajoyib aktyor Zikir Muhammadjonov ijodiy faoliyati haqida so‘zlovchi “Osmon bepoyon ummon kabidir” deb nomlangan kitob chop etildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri bergan ma’lumotga tayanib, “Uz24” xabar berdi. O‘zbekiston xalq artisti Zikir Muhammadjonov umrining 70 yilini o‘zbek teatri, kino va televideniyesiga bag‘ishladi. 300 dan ortiq turli obrazlarni yaratdi. Mirzo Ulug‘bek, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur kabi buyuk siymolarni sahna va ekranda gavdalantirdi. Hindiston kinosi bilan mustahkam ijodiy aloqada bo‘lgan Zikir Muhammadjonov taniqli hind aktyori va rejissori Raj Kapur bilan do‘st edi. O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya, Yaponiyada namoyish etilgan “Ali bobo va qirq qaroqchi”, “Muhabbat afsonasi” singari mashhur hind filmlarida rollar ijro etgan. Kitobda Hindistonda bo‘lib o‘tgan suratga olish ishlari haqida ko‘plab qiziqarli voqealar hikoya qilinadi. “Nashr bebaho aktyor ijodiga befarq bo‘lmagan barcha o‘quvchilar uchun sovg‘a bo‘ladi”, — deb yozadi “Pravda Vostoka”. Zikir Muhammadjonov 2012-yil 23-avgustda 91 yoshida vafot etgan.
71
1,174
Madaniyat
Instagram: “Million” konsertiga kelgan “Bravo”chilar, Ahad Qayumning shou-biznesdagi dushmanlari, Lola turmush o‘rtog‘i bilan urishib qolganmi?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Yaqinda ikkinchi marta ona bo‘lgan Karina Kapur barcha muxlislarini sog‘inganini yozib qoldirdi. Yulduz Rajabova bir yil avval tushgan suratini folloverlariga ulashdi. Umidaxon bahor kelishi munosabati bilan ushbu mavzudagi she’rni sahifasiga joyladi. Lola Ahmedova barcha muxlislarini bahorning ilk kuni bilan qutladi. Rayhon Ulasenova folloverlarini shukronalik hissi bilan yashashga undadi. Xonanda Lola folloverlarining savollariga javob berdi. Uning muxlislari turmush ortog‘i bilan munosabatlari haqida so‘radi. “Turmush o‘rtog‘ingiz bilan urishib, ketib qoldingizmi?”, degan savolga xonanda “Yo‘q, bunday savollar juda ko‘p. Men ish yuzasidan uchib keldim, bolalar buvisi va qarindoshlarni juda sog‘ingan. Turmush o‘rtog‘im esa bizni intizorlik bilan kutmoqda, bir-birimizni juda sog‘indik”, — deb javob berdi xonanda. Saida Rametova, Ra’no Yarasheva va Anvar Sanayev — “Eslab-eslab” ko‘rsatuvining navbatdagi mehmonlari. Ahad Qayum “Aldama meni” ko‘rsatuvida yaqin vaqt ichida o‘zi uchun ashaddiy dushmanga aylangan shou-biznes vakillarini sanab o‘tdi. Rejissor va aktyorning aytishicha, ular — Aziz Rametov, Halima Ibragimova, Feruza Normatova, Avaz Oxun va boshlovchi Jahongir Xo‘jayev. Afsonaviy “Setora” guruhi tashkil etilganiga 23 yil to‘ldi. Sevara Nazarxon o‘g‘li Dengizni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, avval e’lon qilinmagan suratlarini sahifasiga joyladi. Halimaxon bahorga yetkazganiga shukronalik keltirdi. Sobiq “Millionchi”lar — “Bravo” kulgi jamoasi vakillari sobiq jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Million”ning konsertiga tashrif buyurdi. Davron Kabulov intervyularidan birida har yili konsertga “Bravo”chilarni taklif qilishini, biroq ular kelmasligini aytgan edi. Kulgi jamoalarining muxlislari izohlarda ularni birga ko‘rishdan xursand ekanliklarini yozib qoldirgan.
143
1,955
Madaniyat
“Yura davri olami” filmi uch qismli bo‘ladi
“Yura davri olami” uch qismli film bo‘ladi, buni uning ikkinchi qismi rejissori Xuan Antonio Bayona tasdiqladi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Birinchi film 2015-yilda chiqarildi. Unda bosh rollarni Kris Prat va Brays Dallas Xovard o‘ynadi, Kolin Trevorrou esa rejissorlik qildi. Dunyo prokatida film 1,6 milliard dollardan ko‘proq ishlab topdi. Bayonaning ta’kidlashicha, yangi trilogiyani yaratish rejalashtirilmoqda, u original “Yura davri olami” trilogiyasi merosiga sodiq qoladi, biroq shu bilan birga, franshiza yangi auditoriya uchun modernizatsiya qilinadi. “Butun ‘Yura davri olami’ — bu Kolin Trevorrou o‘ylab qo‘ygan trilogiya. Biz ikkinchi bobni yozmoqdamiz”, — dedi Bayona. Uning so‘zlariga ko‘ra, sikvelni suratga olish ishlari yana yarim yildan so‘ng boshlanadi. “Yura davri olami — 2” 2018-yilda chiqishi kerak.
43
821
Madaniyat
Xonanda Kamilla kelin va kuyov raqsiga tuhfa sifatida “Dejavyu” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Yaqin kunlardan boshlab nikoh marosimidagi eng hayajonli damlar — kelin va kuyov raqsi “dejavyu” deb atala boshlasa ajab emas. 14-fevral kuni premyerasi bo‘lgan “Dejavyu” qo‘shig‘i bunga sababdir. Qo‘shiqni estrada yo‘nalishida san’at olamiga kirib kelayotgan xonanda Kamilla ijro etgan. Mazkur qo‘shiq kelin va kuyov raqsiga tuhfa sifatida taqdim etilmoqda. Har bir inson baxtdan sarxush paytda ushbu tarona unga hamohang bo‘lishi uchun qo‘shiq ijodkorlari: bastakor Pavel Uporov va shoira Madina Siddiqova hamkorlik qildi. Yaqin kunlarda esa biz “Dejavyu” qo‘shig‘iga Jasur Shametov tomonidan suratga olingan klipni ham tomosha qilishimiz mumkin bo‘ladi.
87
657
Madaniyat
“Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Aprel oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Jonim yig‘loqi” dan keyingi o‘rinlarni Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Durdona To‘laganovaning “Yuzsiz”, Rustam Sa’diyevning “Er bermoq, jon bermoq 2”, Rixsivoy Muhammadjonovning “Isnod” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Bebahoginam”, “Vaqt o‘g‘risi” “Seni sevdim”, “Ketaman dedimmi, ketaman”, “Oh, Salima, Salima” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 2-o‘rin. “Hamroh” (triller drama) Rejissor — Akrom Shaxnazarov 3-o‘rin. “Yuzsiz” (drama) Rejissor — Durdona To’laganova 4-o‘rin. “Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama) Rejissor — Rustam Sa’diyev 5-o‘rin. “Isnod” (drama) Rejissor — Rixsivoy Muhammadjonov “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
105
1,190
Madaniyat
2017-yilning eng kassabop aktyorlari reytingi e’lon qilindi
Forbes nashri 2017-yilning eng kassabop aktyorlari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxat kartinalarning prokatlarda qancha yig‘ganini kuzatib boruvchi Box Office Mojo saytining ma’lumotlari asosida tuzildi. Kadr: “Forsaj 8” Reytingga Vin Dizel yetakchilik qilmoqda — u ishtirok etgan filmlar umumiy miqdorda 1,6 milliard dollar yig‘gan. Ular orasida eng kassabopi “Forsaj 8” filmi bo‘ldi. “Reytingda ikkinchi o‘rinni ‘Forsaj 8’da rol ijro etgan yana bir aktyor Dueyn Jonson egalladi, uchinchi pog‘onani esa ‘Mo‘jiza ayol’ filmining bosh qahramoni Gal Gadot band etdi. Uning natijalariga ‘Adolat ligasi’ filmi sezilarli hissa qo‘shdi”, — deya ta’kidlaydi reyting mualliflari. Shuningdek, reytingning dastlabki o‘ntaligidan Emma Uotson, Jonni Depp, Deyzi Ridli, Tom Xolland, Kris Prett, Kris Xemsvord va Jon Boyega o‘rin olgan. “Superqahramonlar va jedaylar kinoprokatchilarga yaxshigina daromad keltirmoqda, biroq shunga qaramay ekshn-filmlarning aktyorlari yetakchilik qilmoqda”, — deb yozadi nashr.
59
995
Madaniyat
Yulduz Usmonova 10 yil “zapret”da yurishiga sabab bo‘lgan voqealarni gapirib berdi (video)
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Yulduz Usmonova suhbat davomida so‘nggi “zapret”ga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirib berdi. Allohni tanigan insondan yomonlik chiqmaydi, otam rahmatli bizga oyatlarni o‘rgatardilar, bilganlarini, yodlaganlarini bizga ham yodlatardilar. Oxirgi ‘zapret’, albatta, qo‘shiqlarimizdan bo‘lgan. ‘O‘rgansinlar Qur’onni’ degan qo‘shiqlarimiz bo‘lgan. Men diniy fanat yo‘lida emas, ‘Allohdan qo‘rqishni o‘rgatish kerak’, degan ma’noda aytgandim. O‘sha paytda ‘shu qo‘shiqni aytmaysan’ deb xat ham yozdirib olishgandi. Men shu o‘jarligim, xarakterim tufayli aytmayman deb sahnaga chiqqanimda aytib yubordim. Men san’atkorman, birovdan qo‘rqishga vaqtim yo‘q, xohlamayman. Chunki men birovga ziyon qilayotganim yo‘q. Nega mening qo‘shiqlarimdan qo‘rqasan?! Aytdim, o‘tdim... Ha, qo‘shiqlarim kuch ekanmi?!  Demak, kerakli mavzu! Mavzudan qo‘rq, bu mavzuni men yopsam, ertaga boshqasi ochadi. Bu faqat bitta misol. Turkmanistonda yonimda ishlab yuradigan Akmal degan ma’murim o‘lgani yo‘q, o‘sha keyin-keyin aytib berdi, do‘ppi deyishardi. Kelsam uch kunga qolmay jo‘natib yuborgandi. Azizxo‘jayevlar ‘yo‘qotasan buni bu yerdan’, degan ekan. Men birovga gina ushlayotganim yo‘q. Andijon bo‘yicha bo‘lsa kerak, aytasan deyishganda aytmaganman. Men unisini ham, bunisini ham boshida bo‘lmadim, men siz tarafda ham, bu tarafda ham bo‘lmayman, men Allohning haqiqati tomonda bo‘laman deganman. O‘shandan so‘ng o‘sha mansabdor odam bilan stadionda yoqalashganman. Hamma ko‘rgan. Uch-to‘rtta shunaqa narsalar bo‘lgan. Xudoni ishini qarang, o‘zining shogirdi galstugini boshiga kiydirib qo‘ydi. So‘rayapsiz aytyapman-da, hozir demokratiya, gapirsa bo‘ladi. Shu omon-omon zamon kelganiga Xudoga shukr. Keyin Gulsanam aytdi shu ashulani. Menga shu so‘zlarni aytasan deb berganida ‘meni boshim ikkita emas, men Allohdan qo‘rqaman’ deganman. ‘Tepada jannatmish-da, pastda O‘zbekiston emish’, kechirasiz-u qo‘ng‘iz bolasini oppog‘im der ekan-da endi. Lekin Allohni ishiga aralashib bo‘lmaydi. Nima bo‘lganda ham tepadagi jannatga solishtira olmaysan. Men o‘zim qo‘rqdim, mumkin boshqasi qo‘rqmadi aytdi. Men Allohdan qo‘rqdim, jannat degan yurtim mana bunaqa bo‘ladi deb sanga har xil narsalar bo‘lishidan, yurtimga ko‘z tegib qolishidan, bu shirkka ham kirib qoladi degan ma’noda aytmayman deganman. U odam boshqalar bilan juda qo‘pol, bepisand gaplashar edi. Shundan so‘ng yoqalashganmiz, men shunaqa urushqoqman. Yulduz Usmonova, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti
90
2,630
Madaniyat
Muvaffaqiyatga erishish uchun haqiqiy yoshini yashirishga majbur bo‘lgan yulduzlar (foto)
E’tiboringizga hayotida o‘zlarini bir necha yoshga katta yoki kichik qilib ko‘rsatishga to‘g‘ri kelgan yulduzlarni havola etamiz. Mila Kunis Aktrisa Mila Kunis intervyularining birida “70-yillar shousi” teleserialida Jeki Byurxart rolini ijro etish uchun o‘zining haqiqiy yoshini yashirishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan. Loyihada ishtirok etish uchun ariza beruvchi aktrisalar 18 yoshdan oshgan bo‘lishi kerak edi, lekin Mila endigina 14 yoshga to‘lgandi. Bo‘lajak yulduz o‘ziga bir emas, ikki emas, naqd to‘rt yosh qo‘shib oldi. Prodyuserlar uning haqiqiy yoshini iste’dodli ekanligidan keyingina bilgan. Shunday qilib, “70-yillar shousi”dagi rol Milaning karyerasidagi boshlang‘ich nuqtaga aylangan. Jennifer Lopes Haqiqiy yoshini yashirish hikoyasi Jey Loning ham hayotida ro‘y bergan. Fly Girl truppasida raqqosa sifatida faoliyatini boshlagan qo‘shiqchi va aktrisa 1990-yillar oxirida bir yil davomida o‘zini “yoshartirdi”, lekin haqiqat kutilmaganda oshkor bo‘ldi. Jenniferning yigiti, reper P.Diddy tungi klubda otishma uyushtirganidan so‘ng politsiya uni so‘roqqa chaqirdi. Qonun vakillari bilan suhbat chog‘ida Lopes 1970- emas, 1969-yilda tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi. Gabriel Karteris 1990-yilda aktrisa Gabriel Karteris “Beverli-Xillz 90210”da maktab gazetasi muharriri – Andreya Sukerman rolini o‘ynadi. Ko‘pgina tomoshabinlar maktab o‘quvchilari va talabalarni doimo yetuk aktyorlar o‘ynashiga odatlangan, ammo bu ma’noda yulduz ko‘plab hamkasblarini chetlab o‘tdi. 15 yoshli qiz rolini u allaqachon 30 yoshdan biroz oshganida ijro etgan. U boshqalardan farqli o‘laroq, o‘zini bir necha yilga “yoshartirgan”. Sandra Ballok Ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, Sandra Ballok yoshroq ko‘rinishdan ko‘ra o‘zini qaritishiga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib, “Muhabbat eleksiri №9” filmidagi rol uchun 26 yoshli aktrisa kasting direktoriga, aslida, 30 yoshda ekanligini aytdi. Gap shundaki, u ancha yetuk ayol rolini o‘ynashi kerak edi va yaxshilik uchun yolg‘on gapirish zarar qilmadi, Sandra o‘z orzusidagi rolni ijro etdi. Nikol Sherzinger 43 yashar Nikol Sherzinger o‘zining haqiqiy yoshidan uyalmaydi, lekin har doim ham shunday bo‘lmagan. Faoliyatining boshida, The Pussycat Dolls guruhining solisti sifatida u yosh tomoshabinlarni ko‘proq xursand qilish va iloji boricha muxlislar mehrini qozonish uchun o‘zini bir necha yilga “yoshartirishga” qaror qildi. Keyinchalik qo‘shiqchi bu ishidan voz kechdi va 1978-yilda tug‘ilganligini hech kimdan yashirmadi.
89
2,476
Madaniyat
OAV: Bryus Uillis “Chaqilmas yong‘oq” filmining oltinchi qismida suratga tushadi
Bryus Uills “Chaqilmas yong‘oq” (Die Hard, 1988-yil) filmining oltinchi qismida yana bir bor politsiyachi Jon Makkleyn rolini ijro etadi. Bu haqda rejissor Len Uayzman Deadline internet-jurnaliga ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”. Yangi “Chaqilmas yong‘oq”ning asosiy jihati undagi voqealar rivoji franshizaning bundan oldingi qismlarida taqdim etilgan voqealardan ham oldin, ham undan keyin sodir bo‘ladi. Rejissorning ta’kidlashicha, u yosh Makkleyn roliga nomzod qidirish ishlarini boshlab yuborgan. Syujetga ko‘ra, u 1970-yillarda Nyu-York politsiyasida xizmat qilayotgan bo‘ladi. Filmning beshinchi — “Chaqilmas yong‘oq: O‘lish uchun ajoyib kun” qismi AQShda 67,4 million dollar, boshqa mamlakatlarda 304,7 million dollar to‘plagan edi. 2010-yilda Bryus Uills Showbiz Spy nashriga filmning oltinchi qismidan so‘ng, politsiyachi Makkleyn bilan xayrlashish niyati borligini ma’lum qilgan. “Hozircha ekranda turli harakatlarni bajara olaman. Ammo shunday vaqt keladiki, bu ish bilan shug‘ullangim kelmay qoladi. O‘shanda men “Chaqilmas yong‘oq” filmlari bilan xayrlashaman”, — degan edi Uillis. Bryus Uillis 90 dan ortiq filmlarda, jumladan, Pulp Fiction, “Beshinchi element” (The Fifth Element), “Oltinchi hissiyot” (The Sixth Sense) va boshqa shu kabi mashhurlikka erishgan kartinalarda bosh rolni ijro etgan. Moonlighting serialidagi (1985—1989) roli uchun “Oltin globus” mukofotini qo‘lgan kiritgan.
80
1,409
Madaniyat
Amerikalik xonanda Merayya Keri ovozi kuchi bilan shisha “butilka”ni qulatib yubordi (video)
Amerikalik taniqli xonanda Merayya Kerri ovozi kuchi bilan shisha idishni ag‘darib yuborgani aks etgan videoni Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Videoda qora kiyimdagi xonandaning “butilka” oldida turganini ko‘rish mumkin. U idishni qo‘l harakatlari bilan ag‘darishga intilayotgandek tuyuladi, biroq buning o‘rniga u yuqori notani oladi, shundan so‘ng “butilka” qulab ketadi. View this post on Instagram Xonandaning aytishicha, bu 2019-yilda ommalashgan Bottle Cap Challenge uchun tayyorlangan video dubllaridan biri. Ushbu chellenj doirasida ishtirokchilar “butilka” qopqog‘ini oyoq zarbasi bilan ochgan edi. Xonanda esa ushbu harakatni ovozidan foydalanib amalga oshirgan. Ushbu dublda esa “butilka”ning qopqog‘i o‘rniga uning o‘zi yerga tushib ketgan.
92
772
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini” yulduzlari Kit Xarington va Rouz Lesli turmush qurdi
HBO telekanalining “Taxtlar o‘yini” serialida ijro etgan rollari orqali butun dunyoga mashhur bo‘lgan aktyor Kit Xarington va aktrisa Rouz Lesli turmush qurdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Kit Xarington serialning asosiy qahramonlaridan biri Jon Snou rolini ijro etgan. Rouz Lesli uning mahbubasi Igritt roli bilan tanilgan. To‘y Shotlandiyaning Aberdinshir viloyatida bo‘lib o‘tdi — Lesli o‘sha viloyatda tug‘ilib o‘sgan. Inveruri cherkovida yoshlarga nikoh o‘qildi. Marosimda serialning boshqa yulduzlari — Piter Dinkleyj, Meysi Uilyams, Sofi Tyorner va Emiliya Klarklar ishtirok etdi.
69
591
Madaniyat
“Bolalar”, “Shahzod”, “Bayram” va “Xo‘ja” guruhlari Toshkentda birgalikda konsert beradi
Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyining yozgi maydonida 27—28-may kunlari “Afsonaviy 90” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Popcorn.uz” xabar bermoqda. Mazkur konsertda 90-yillardan buyon ijod qilib kelayotgan afsonaviy ijodkorlar — “Shahzod” guruhi solisti Rashid Xoliqov, “Bolalar” guruhi solisti Tohir Sodiqov, “Xo‘ja” guruhi yakkaxoni Izzat Ibragimov, “Bayram” guruhi xonandasi Akmal Mamedov va taniqli xonanda Ravshan Sobirov qatnashadi.
88
458
Madaniyat
“Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqida, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Aprel oyining birinchi haftasi kinoreytingida “Jonim yig‘loqi”dan keyingi o‘rinlarni Rustam Sa’diyevning “Er bermoq, jon bermoq 2”, Iqbol Meliqo‘ziyevning “Ketaman dedimmi, ketaman”, Rixsivoy Muhammadjonovning “Isnod”, Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Oh, Salima, Salima”, “Kokteyl”, “Bebahoginam”, “Yettinchi qavat”, “Voy dod 2” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 27-mart — 2-aprel oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari 1-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 2-o‘rin. “Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama) Rejissor — Rustam Sa’diyev 3-o‘rin. “Ketaman dedimmi, ketaman” (komediya) Rejissor — Iqbol Meliqo‘ziyev 4-o‘rin. “Isnod” (drama) Rejissor — Rixsivoy Muhammadjonov 5-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” (komediya) Rejissor — Ulug‘bek Yunusov “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
105
1,307
Madaniyat
Kinematografiya agentligida qozog`istonlik kinoijodkorlar bilan videomuloqot bo`lib o`tdi
Bugun Kinematografiya agentligida qozog`istonlik kinoijodkorlar Akan Sataev hamda Azamjan Sayidbaev bilan agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda Bosh direktorning birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev bilan onlayn muloqot bo`lib o`tdi.  Bu haqda agentlik Axborot xizmati xabar berdi. Unda “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini o`tkazishda hamkorlikni yo`lga qo`yish, Qog`og`istonda “O`zbek kinosi kunlari”ni o`tkazish, shuningdek, hamkorlikda “Qo`shnilar” filmini suratga olish kabi masalalar muhokama qilindi.   Mazkur  “Qo`shnilar” filmi komediya janrida bo`lib, unda o`zbek va qozoq qo`shnilarning o`zaro munosabatlari va hovli o`rtasidagi devorning buzilganidan so`ng, topib olingan tilla atrofidagi voqealar aks ettiriladi.   Film O`zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning “Oltin devor” asari asosida suratga olinishi rejalashtirilgan. Ushbu kinoloyiha ssenariysi ustida Qozog`iston tomondan aktyor, bloger va ssenarist Azamjan Saidbaev ish boshlaydi. Hamkorlikdagi yangi film “Ipak yo`li durdonasi” Xalqaro Toshkent kinofestivalida taqdim etilishi ko`zda tutilgan.
89
1,097
Madaniyat
Lolaning “Bilmaysan” qo‘shig‘i turk musiqiy telekanali xit-paradida birinchi bo‘ldi
Xonanda Lolaning “Bilmaysan” nomli qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklip Türk müzik birliği televizion musiqiy kanalida yuqori pog‘onani zabt etdi. Bu haqda xonandaning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”. “Mening ‘Bilmaysan’ trekim TMB musiqiy telekanalidagi TOP—20 xit-paradida birinchi pog‘onani egalladi. Bu juda yoqimli. Mualliflarga, ushbu video yaralishida ishtirok etgan barchaga rahmat. Mening bir yaqin insonim aytganidek: ‘Bilmaysan’ – bunga arziydi!” – deb yozadi Lola. Mazkur xit-paradda Loladan tashqari, Nilufar Usmonova hamda Shahzodaning qo‘shiqlari ham joy olgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
83
697
Madaniyat
Rol uchun 25 kg ozgan, sochini kalga oldirgan: Sifatli ijod mahsuli uchun tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirgan shou-biznes vakillari (foto)
Xorij aktyorlarining rol uchun tashqi qiyofasini o‘zgartirgani haqidagi ma’lumotlarni ko‘p eshitganmiz. Aslida bu o‘zbek aktyorlari uchun ham yangilik emas. Chunki ular hamisha rolning ishonchli chiqishi uchun tashqi qiyofalarini o‘zgartirishga, hatto qisqa muddatda bir necha kilogramm vazn tashlashga ham tayyor. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova quyida ana shunday fidoiy aktyorlar haqida ma’lumot beradi. Nigina Anorboyeva Aktrisa Nigina Anorboyeva Rustam Meliyev tomonidan suratga olinayotgan “Ofitser” filmidagi roli uchun uzun qora sochlarini kaltalatishga rozi bo‘ldi. — Yaxshi rol imidj o‘zgartirishga arziydi. Rejissor Rustam Meliyev sochlarimni kaltalatishni so‘radi, bu taklif o‘zimga ham yoqdi. Men hamisha o‘ziga xos xarakter va qiyofadagi rollarni kutib yashayman. Soch o‘sadigan narsa, ammo yaratilgan rol tarixga muxrlanadi, — deydi aktrisa Nigina Anorboyeva. Barchin G‘ofurova Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan “Baxt ovchisi” serialida Zulya rolini ijro etgan aktrisa Barchin G‘ofurova ham rol uchun sochini kaltalatishga qaror qilgan. — Sochlarim avval uzun va qop-qora rangda edi. “Ishq o‘yinlari” seriali rejissori Ozod Shams rol uchun sochlarimni kaltalatishni so‘radi. Rozi bo‘lib, sochlarimni kaltalatgandim. “Baxt ovchisi” seriali prodyuseri va rejissori sochimni sariq rangga bo‘yashimni so‘radi. Xullas, rol sabab uslubim butunlay o‘zgarib ketdi, — deydi aktrisa Barchin G‘ofurova. Ulug‘bek Qodirov Aktyor Ulug‘bek Qodirov uchun qisqa muddatda ozishga yoki semirish muammo emas. U “Aka” filmi uchun 26 kilogrammga semirgan. “Baron” filmi uchun esa avvalgi vazniga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Aktyor qisqa vaqtda 25 kilogramm vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Aktyorning ta’kidlashicha, u to‘plagan 120 kilogramm vazndan rol va salomatligi uchun voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. — Bu yil ham rol uchun katta vazn tashlashimga to‘g‘ri keldi. “Osiyo arsloni” filmida asosiy rol ijro etayapman. Kuchaytirilgan parhez sabab 25 kilogramm vazn tashladim, — deydi aktyor Ulug‘bek Qodirov. Ma’lumot uchun, “O‘zbekfilm” hamda “Belarusfilm” Milliy kinostudiyasi o‘rtasida hamkorlikda “Osiyo arsloni” nomli filmda bosh rolni Ulug‘bek Qodirov ijro etadi. Mazkur biografik drama O‘zbekiston va Belarusda suratga olinadi va kelgusi yil 9-mayda premyerasi bo‘lib o‘tadi. Asal Shodiyeva Aktrisa Asal Shodiyeva 2012-yili “Hay-hay qizaloq” filmida Yulduz rolini ijro etgan. Aktrisa mazkur rol uchun sochlarini antiqa tarzda kaltalatgan va rangli ulama sochlardan foydalangan. Hamisha nafis imijda ko‘ringan aktrisaning mazkur ko‘rinishi tezda e’tiborni tortgan. U zamonaviylikka intiladigan va milliy qadriyatlarni unutgan qiz rolini mohirlik bilan ijro etgan. — “Hay-hay qizaloq” filmini ko‘p marta tomosha qilganman. Boisi, filmdagi rolim o‘zimga yoqadi. O‘ziga xoslik va yangicha yondashuv bor, — deydi Asal Shodiyeva. Bahrom Matjonov Ayni kunlarda AQSHda istiqomat qiladigan aktyor Bahrom Matjonov “Ibrat” filmida suratga tushish uchun uch oy soqolini o‘stirgan. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmiga taklif etilganida esa sochlarini qirtishlab oldirishiga to‘g‘ri kelgan. Rol mazkur imijni talab etgani uchun u soch-soqolidan osongina voz kechgan. Boir Xolmirzayev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Boir Xolmirzayev “Mendirman Jaloliddin” seriali uchun boshqa aktyorlar singari soch va soqolini o‘stirdi. Bu natijaga erishish uchun u taxminan ikki yil sarfladi. Serialda ishtirok etuvchi boshqa aktyorlardan farqli ravishda uning sochlari ancha uzun. Lola Bundan roppa-rosa 7 yil avval xonanda Lola “Xayr” nomli qo‘shig‘iga klip suratga olgan. Klip o‘ziga xosligi bilan boshqa kliplarga o‘xshamaydi. Ya’ni xonanda yuz qiyofasi orqali inson borliqdan yo‘qlikka o‘tib qolishi aks ettirilgan. Imij o‘zgarishida grimyorning mahoratini sezish qiyin emas. Xonanda klip uchun sochlarini oldirmagan. Shunchaki, boshiga niqob kiygan xolos. Sitora Alimjonova va Ali Otajonov Bahrom Nazarovning “Hijron” klipida Sitora Alimjonova va Ali Otajonov uchun shunga o‘xshash imij yaratilgan. Ya’ni ular boshlariga niqob kiyib bemor odam rolini ijro etgan. Ijro va mohirlik bilan yaratilgan imij sabab klip ta’sirli chiqqan.
144
4,136
Madaniyat
Bred Pitt suddan Joli ikkisiga farzandlari ustidan teng vasiylik huquqini berishni so‘radi
Bred Pitt o‘zi va ajralish jarayonida bo‘lib turgan turmush o‘rtog‘i Anjelina Joliga 6 nafar farzandlari ustidan teng vasiylik huquqini berishni suddan rasman so‘radi. Bu haqda People ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Jurnal xodimlari Pittning advokatlari Kaliforniyadagi sudga jo‘natgan hujjatlar bilan tanishdi. Mazkur hujjatlarga ko‘ra, aktyorni Jolining bolalarning barchasi u bilan yashashi, Pitt esa ular bilan faqat ko‘rishib turishi mumkinligi haqidagi taklifi qoniqtirmaydi. Hozirgi paytda esa vaziyat aynan shunday. Sud qaroriga Pittning bolalar bilan nomaqbul munosabatda bo‘lishi yuzasidan rasmiylar tomonidan olib borilayotgan tekshiruv yakunlari ham ta’sir etishi mumkin. Joli shunday holatlar bo‘lganini da’vo qilgan, Bred esa buni inkor etmoqda.
90
768
Madaniyat
“Unga ko‘ngildagi sirlarni ishonish mumkin”. Sharof Muqimovning yonidagi qiz kim?
Xonanda Sharof Muqimovning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan surat shov-shuvga aylandi. Suratda xonanda bir qiz bilan ko‘rish mumkin, surat ostidagi kommentlar esa “chiroyli juftlik!” qabilidagi fikrlarga to‘la. Suratdagi qiz kim va uni Sharof Muqimov bilan nimalar bog‘lab turadi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi. — Instagram’ga joylagan so‘nggi suratingiz qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Yoningizdagi qiz kim? — Bu qizning ismi Munisa u muxlislarga Shahzodaning “Qo‘llar tepaga” qo‘shig‘iga ishlangan klipdagi ishtiroki orqali tanish. Munisa bilan yaxshi do‘st, suhbatdoshmiz. Yaqin kunlarda ikkimiz “Xayollaring olay” nomli qo‘shig‘imga ishlanadigan klipda birga rol ijro etmoqchimiz. — Surat ostida kommentlarda ko‘pchilik: “Endi shu qizga uylanasizmi?”, mazmunida javobsiz qolgan savollar yozib qoldirgan... — Uylanish masalasiga kelsak, buni kelajakda kimga, qachon uylanishimni vaqt ko‘rsatadi. Munisa haqiqatan ham juda tarbiyali, oilasini ham, ishini ham o‘rniga qo‘yadigan qiz. San’atdagi ijodi bilan bir vaqtda katta qurilish kompaniyasidagi ishini ham bekamu ko‘st ado etib kelayotgan, nafaqat o‘z ishini, balki boshqalarning ishini ham hurmat qiladigan xodima. Uni juda ham hurmat qilaman, unga ishonish, ko‘ngildagi sirlarni bemalol aytish mumkin. Chunki u sir saqlashni biladi va og‘ir damlarda qo‘lidan kelgan yordamini ayamaydi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
81
1,577
Madaniyat
Nargiz Zokirova mashhurlikda Filipp Kirkorovni ortda qoldirdi
YouTube videoxostingi rossiyaliklarning 2013-yil davomidagi so‘rovlari natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Nargiza Zokirovaning “Scorpions” guruhiga tegishli “Still Loving You” qo‘shig‘ini kuylagan videolavhasi 4 milliondan ziyod marta ko‘rilgan. Filipp Kirkorov ijrosidagi “Trolling” klipi esa undan deyarli ikki marta kam tomosha qilingan. Bu haqda “Uz24” nashri xabar berdi. Foto © weheartit.com Ma’lum bo‘lishicha, YouTube’da rossiyaliklar tomonidan eng ko‘p ko‘rilgan videoroliklar o‘ntaligiga kirgan Nargiz ijrosidagi “Still Loving You” Mayli Sayrus, Vintaj, Filipp Kirkorov, Selena Gomez va boshqa taniqli yulduzlar ishtirokidagi lavhalarni ortda qoldirgan. Ta’kidlash joiz, Rossiyaning “Golos” tanlovida ilk marotaba chiqish qilganida Nargiz “Still loving you” qo‘shig‘i bilan hakamlar va zaldagi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan edi. Uning ijrosi, hattoki “Scorpions” asoschisi Rudolf Shenkerning o‘zini ham hayratda qoldirgani, u Nargizning videolavhasini o‘z sahifasiga joylab qo‘ygani haqida ham xabarlar tarqaldi. “Golos” teleshousining ikkinchi mavsumida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz Nargiz Zokirova O‘zbekistonda 1984-yil rejissor Ali Hamroyevning “Vodillik kelin” filmida yangragan “Sen ketarsan” nomli qo‘shiq orqali tanilgan. U O‘zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirovning jiyanidir. Xonanda 1971-yil Toshkentda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. U taniqli opera qo‘shiqchisi, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Karim Zokirovning nabirasi. Nargiz 14 yoshida Yurmaladagi qo‘shiqlar tanlovida qatnashgan. 90-yillarda o‘zbek estradasida ijod qila boshlagan. 1995-yilda AQShga ko‘chib ketgan va oradan 20 yil o‘tib, 42 yoshida Rossiya sahnasida ko‘rinish berdi. Nargiz Zokirovaga teletanlov sahnasiga chiqqan ilk daqiqalardan boshlab ko‘pchilik qiziqish bildirdi. Bunga sabab xonandaning tashqi ko‘rinishi, noodatiy imidji, deyish mumkin. U noan’anaviy soch turmagi, bosh va qo‘llarida tatuirovkalar, turli taqinchoqlar bilan mutlaqo “o‘zbekcha” bo‘lmagan ko‘rinishda sahnaga chiqdi.
61
2,021
Madaniyat
Sardobaga borgan san’atkorlar, bolaligida ham “stilniy” bo‘lgan Munisa Rizayeva, hijobda ko‘ringan Sevinch. Mashhurlar karantinda (foto+video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 5-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining saxovat va ko‘mak karvoni Sardobaga taniqli san’at vakillari hamrohligida yetib bordi. View this post on Instagram “Million” kulgi jamoasi sardori Davron Kabulov esa sardobaliklarga nafaqat o‘zining atagani, balki karantin tufayli Istanbulda qolib ketgan aktrisa Feruza Normatova nomidan ham 27 million so‘mlik kiyim-kechakni topshirdi. View this post on Instagram Xonanda Sevinch muslima ayol obrazida ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Yigitali Mamajonov 1-may kuni 6 yoshga to‘lgan o‘g‘illari Islom va Imronni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Bollivud aktrisasi Priyanka Chopra karantinni birga o‘tkazayotgan kichik hamrohi uni ne ko‘ylarga solayotgani aks etgan surat bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Manzura “Unutsaydim o, seni” qo‘shig‘ini jonli ijro kuylab berdi. View this post on Instagram Xonanda G‘ayrat Usmonov onasining videosini sahifasiga joyladi. Ushbu videoda onasi xonandaga nima sababdan G‘ayrat deb ism qo‘yilganini aytadi. View this post on Instagram Xonanda Munisa Rizayeva bolaligida ham kiyinish bo‘yicha nozik did sohibasi bo‘lgan. View this post on Instagram Xonanda Bahora Arslonova  1-may kuni tug‘ilgan kunini nishonlagan edi. U yaqinlari tomonidan uyushtirilgan “syurpriz” videosi bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Rossiyalik xonanda Sogdiana o‘z qo‘llari bilan pishirgan pirogi rasmini sahifasiga joylashtirdi. View this post on Instagram Taniqli hind aktrisasi Juhi Chavla yoshligini eslab, arxiv surat bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Xonanda Izzat Ibragimov Ramazon oyida istig‘for qilishda hikmat borligini aytdi. View this post on Instagram “Sukut saqlab ish qil, natijasi shovqin bo‘lsin”, — demoqda “Bravo”chi Shahlo Zoitova. View this post on Instagram Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin:
142
2,327
Madaniyat
Rossiyaning Birinchi kanali “Minuta slavi” ko‘rsatuvi uchun Toshkentda kasting e’lon qildi
Rossiyaning Birinchi kanali O‘zbekistondagi sherigi — Kinoshniki.uz sayti orqali respublikada “Mashhurlik daqiqasi” (“Минута славы”) teleko‘rsatuvi uchun kasting e’lon qildi. “Shouda qatnashish uchun iste’dod kerak, — deyiladi Kinoshniki.uz xabarida. — Bu chiroyli ovozga ega bo‘lish kabi klassik yoki uzun matnni teskarisiga aytib berish kabi ekzotik iste’dod bo‘lishi mumkin”. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda o‘tkazilgan kasting natijalari Birinchi kanalga yuboriladi. U yerdagilar  eng yaxshi chiqishlarni tanlab olib, iste’dod egalarini Moskvaga taklif qiladi. Tanlov g‘olibiga 1 million rubl (taxminan 67 million so‘m) mukofot puli beriladi.
90
646
Madaniyat
Sal avval san`atni tark etgan "Ummon"chi Shoxrux ismini o`zgartirdi
Bir muddat avval "Ummon" guruhi a`zosi Shoxrux Alloh uchun san`atni va qo`shiq kuylashni tark etgani haqida xabar qilingan edi.  Xalqqa Shoxrux nomi bilan tanilgan xonanda endilikda ismini ham o`zgartirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma`lum qildi.  "Ismingizni ham o`zgartirmadingizmi?" degan savolga, xonanda "O`zgartirdim, endi meni Yusuf deb chaqirishingiz mumkin" deya izoh qoldirgan. Shuningdek, endilikda u ma`qul kelgan savollarga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali javob berib turishini ma`lum qilgan.
67
529
Madaniyat
Adel Sony Music bilan rekord summadagi shartnomani imzoladi
Xonanda Adel Sony Music bilan Buyuk Britaniya uchun rekord darajadagi summa — 90 million funtga (130 million dollar atrofida) teng shartnoma imzoladi. Kelishuv 28 yoshli qo‘shiqchining mol-dunyosini deyarli ikki barobarga oshirib, 175 million funtga (254 million dollar) yetkazadi, deya xabar beradi “RBK”.  “Biz bugungi avlod musiqasining eng yorqin yulduzi bo‘lgan Adelni qo‘lga kiritdik. Sony Music uning qo‘shiqlarini butun dunyo bo‘ylab tarqatishda eksklyuziv huquqqa ega bo‘lmoqda”, — deya ta’kidlagan kompaniyadagi manba.  Britaniyalik ijrochining oldingi rekord shartnomasi 2002-yilda EMI bilan 80 million funtlik (116 million dollar) shartnoma tuzgan Robbi Uilyamsga tegishli edi. Adelning Sony bilan shartnomasi ayol ijrochilar o‘rtasidagi rekordni ham yangiladi. Ungacha bu maqom 2001-yili Arista kompaniyasidan 70 million funt (101 million dollar) olgan Uitni Xyustonga nasib etgandi.
59
897
Madaniyat
“SCORPION” filmining eng qiyin sahnalari suratga olindi (Foto)
“SCORPION”da bugungi kunning dolzarb muammosi – xalqaro jinoyatchilik mavzusiga yoshlar nigohi bilan qaraladi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan imzolangan qo`shma qaror asosidagi ushbu filmning suratga olish ishlari ayni kunlarda Buxoro viloyatida davom etmoqda. Rossiyadan loyiha uchun yurtimizga maxsus tashrif buyurgan mutaxassislar film kadrlarini suratga olish maydonining o`zida xomaki montaj qilib borishadi. Film ijodiy va texnik jamoasini O`zbekiston, Rossiya, AQSh va Germaniya mutaxassislari tashkil etadi. Filmning suratga olish ishlari Toshkent shahri va Buxoro viloyatlari, shuningdek Rossiya hamda Marokash davlatlari hududida bo`lib o`tadi. Loyihaning katta shov-shuvga sabab bo`lgan voqeasi sifatida unda turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirim (o`zbek tomoshabinlariga “Osiyo” serialidagi Demir roli bilan yaxshi tanish)ning ishtirokini qayd etish mumkin. 5 mart kuni Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi hamda film prodyuseri Oybek Abdushukurov Murat bilan Istambul shahrida shartnoma imzoladi. Murat O`zbekistonga rafiqasi, marokashlik mashhur aktrisa va model Imane Elbani bilan birga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan edi. “SCORPION”da Murat Yildirim suratga tushadigan sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinadi. Uning aynan qaysi obrazda chiqishi hozircha sir tutilmoqda. Film bosh qahramonlaridan biri (aka roli)ni Farhod Mahmudov ijro etadi. Ikkinchi bosh qahramon (uka roli) ijrochisi hozircha sir tutilmoqda. Shuningdek, filmda elimiz suygan san`atkorlar Karim Mirxodiev, Ra`no Shodieva ham suratga tushishmoqda. Janri: triller Davomiyligi: 90 daqiqa Prodyuser:Oybek Abdushukurov Rejissyor: Muxlisa Azizova Ssenariy mualliflari: Bob Andervud (AQSh), Rashid Malikov Operatorlar: Maks Tsui (Germaniya), Jasur Shametov Rassom: Doniyor Abdurahmonov Kartina direktori: Sayyora Xudayberdieva Liboslar bo`yicha rassom: Elsevar Ishoqova
62
2,033
Madaniyat
Nasiba Qambarova: «Kelinimga havasim keladi!»
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Nasiba Qambarova ko`p yillar mobaynida O`zbekiston televideniesida suxandon, jurnalist bo`lib ishlagan. U olib borgan ko`rsatuvlarni katta avlod vakillari hanuzgacha eslab turishadi. Ayni kunda nabirasi Azamatjon va nabira kelini Madinabonularning ardog`ida yashayotgan Nasiba opa bilan hayot yo`llari to`g`risida suhbatlashdik. — Umringizning ko`p qismini televidenieda o`tkazgansiz. O`zingiz ishlagan qadrdon dargohni xotirlaganingizda kimlarni minnatdorlik bilan eslaysiz? — Umrim o`sha erda o`tdi desam, mubolag`a bo`lmas. Erta tongda borib, yarim tunda qaytgan kunlarim juda ko`p bo`lgan. Qodir aka Maxsumov, Tuyg`unoy Yunusxo`jaeva... Ularning ismlarini mehr bilan tilga olaman. G`azal kechasi bo`ladigan kuni, albatta, radioga erinmasdan borib, g`azallarni ularga o`qitib olardim. Qodir aka bilan Mashrab g`azallarini galma-gal o`qiganlariimiz hech yodimdan chiqmaydi... O`ktam aka Jobirov — birinchi ustozlarimdan. «Yonib eshitasan, yonib ishlaysan! Shogirdlarim ichida eng qobiliyatlisan», deb maqtab ishga yanada ko`proq mehr uyg`otardilar. O`sha yillarda videoyozuvlar yo`q edi. Bir kunda 5–6 ta ko`rsatuv yozib olinardi. Mana shu ko`rsatuvlarning deyarli barchasini navbatchi suxandon olib borardi. Bir gal charchaganimdan bo`lsa kerak, boshim qattiq og`riy boshladi. Rejissyor eshitadigan mikrofon deb o`ylab, bitta tugmani bosdim-da, navbatchi rejissyorimizga «Sulton aka, bosh og`rig`i doringiz bormi?» dedim. Yuqoriga qarasam, oynadan hech qanday imo-ishora bo`lmayapti. Keyin yana ikkinchi marta aytdim. Bu yoqda konsertni e`lon qilib qo`yganman, kuy-qo`shiq avjida. Yana hech qanday javob bo`lmadi. Ma`lum bo`lishicha, men bosgan tugma butun O`zbekiston eshitadigan mikrofonniki ekan. So`zlarimni hamma eshitibdi. Ertasiga «Rahbarlar endi nima deyisharkan, qovun tushirdim-ku! deb ishga qo`rqa-pisa keldim. O`sha paytdagi rahbarimiz Ubay Burhon hazillashib, «Tomoshabinlar Nasibaxon uchun televidenie oldiga bosh og`rig`i dorisi ko`tarib kelibdi», deganlar. — Ayni damda televidenieda faoliyat yuritayotgan suxandonlar bilan siz ishlayotgan paytdagi suxandonlar o`rtasida tafovut ancha katta. — Hozir suxandonlar deyarli qolmadi. Bizning paytimizda suxandonlik san`at darajasiga ko`tarilgan edi. Balki men bu so`zlarim bilan biroz injiqlik qilayotgandirman. Ko`rsatuvni olib borayotganlar har doim ham adabiy til normalariga amal qilishmaydi. Vaholanki, bunday gapirishga hech kimning haqqi yo`q. Birorta notanish yoki xorij so`zlari uchrasa, lug`atdandan ma`nosini ko`rib, urg`uni qaerga qo`yish kerakligini qayta-qayta takrorlab o`rganardik. Ayni kunda esa shartta-shartta o`qib ketaverishadi. Hozirgi suxandonlardan Dildora Rustamovani ajratib ko`rsatishim mumkin. U birinchilikni qo`ldan boy bermayapti, ham ko`rinish jihatdan, ham o`z kasbini yaxshi bilishi bilan. — Ha, bu gaplaringizda jon bor. Katta avlod Nasibalar, deya sizlarni ko`p eslaydi... — Dastlab Nasiba Turdieva bilan to`rtta bo`lganmiz. U O`ktam Jobirovga turmushga chiqqanidan so`ng suxandonlikni davom ettirmagan. Uch Nasibaning uch xil xarakteri bor edi. Menda lirika, Nasiba Ibragimovada siyosat, rahmatli Nasiba Maqsudovada tashkilotchilik kuchli deyishardi. «Diydor shirin» kabi ko`rsatuvni tayyorlash bitta to`y qilish bilan barobar, deb o`ylayman. Eshitishimcha, so`nggi ko`rsatuvni tungi uchgacha yozishgan. Nasibaxon yana ertalab soat to`qqizda ishga kelgan. Yuragini berib, jon-dili bilan ishlagan. Bir oyda 4 ta ko`rsatuv tayyorlash oson emas, axir. Muxlislarning olqishi uni yana oldinga undayvergan. — Sizning ham muxlislaringiz o`sha kezlarda juda ko`p bo`lgan... — Ba`zan televideniening oldida ishdan chiqishimni kutib o`tirishardi. Nokamtarlikka yo`ymang-u, hatto Qashqadaryodan ham bir suhbatlashib ketay, deb kelishgan. Yaratganga shukr, hozir ham yo`qlab turishibdi. Yaqindagina bir yigit qo`ng`iroq qilib, «Onam siz bilan bir marta ko`rishishni umr bo`yi orzu qilganlar», dedi. «Uzr, uyda sizlarni qabul qilolmayman, oyoq bosadigan joy yo`q, remont ketayapti», desam, «Sizni boshqa joyda biz kutamiz. Onamning orzularini ro`yobga chiqarmoqchiman. Telefon raqamingizni juda qiyinchilik bilan topdim», dedi. Ular aytgan joyga borsam, namanganlik, farishtagina ayollar dasturxon atrofini to`ldirib o`tirishibdi. Meni ko`rmoqchi bo`lgan ayolning yoniga kelinlari, qizlari, yana boshqa yaqinlari qo`shilishib ko`payib ketishibdi. Miriqib suhbatlashdik. — Nasiba opa, hayot yo`llaringizning burilish nuqtalarini ayta olasizmi? — O`g`lim Abrorjon tug`ilgan yili «Ulug`bek yulduzi» filmida suratga tushganman va o`g`limning vafot etgan paytlari... «Ulug`bek yulduzi»da Feruza obrazini gavdalantirayotganimda homiladorligim bois ijodiy guruh a`zolari meni asrab-avaylashga harakat qilishgan. Film Samarqand va Buxoroda 10 oy mobaynida mashhur rejissyor Latif Fayziev rejissyorligida suratga olingan. Shu davrda meni suxandonlikdan ozod etishgan. Bu filmda o`zbek kinosining darg`alari, jumladan, Shukur Burxonov bilan rol o`ynash men uchun faxr bo`lgan. — Nima uchun ushbu kinokartinaga sizni taklif etishgan: go`zalligingiz sababmi yoki?.. — Kim biladi deysiz. O`shanda juda ko`pchilik meni shu filmda ishtirok etishimni istagani aniq. Shukur Burxonovdan to musavvir Chingiz Axmarovgacha. Chingiz aka nimagadir Feruzaning yuz tuzilishini aynan menikiga o`xshatib chizib bergan ekanlar. Film suratga olinganda 21–22 yoshlarda edim. Asli, yoshlikning o`zi go`zal... — Ijroingizdan ko`nglingiz to`lganmi? — Juda mamnun bo`lganman, deya olmayman. Yoshlik, tajribasizlik bo`lgan, albatta. Yillar suroni aqlingizni to`lishtiradi, tajribangiz oshadi... O`zimga Ulug`bek bilan ajrashish sahnasi manzur bo`lgan. Buxoroning cho`llarida otda yurganlarim dilimda yaxshi xotiralarni qoldirgan. Іomiladorligim uchun ijodiy guruh «Buni ehtiyotlaylik, yana eridan baloga qolmaylik», deya yuvvosh otlarni olib keltirishganini hech qachon unutmayman. O`shanda, hatto, ot minishni ham bilmasdim. Ulug`bek toju taxtni tashlab ketayotganida qahramonim uning yonida otda ketishi kerak edi. — Eshitishimizga qaraganda, ismingizning o`ziga xos tarixi bor ekan. — Dunyoga kelishimga sanoqli kunlar qolganida otam Ahmadali Qambarovni urushga olib ketmoqchi bo`lishadi. Shunda rahbarlar «Tug`ilajak farzandini ko`rib ketsin» deb, bir oyga urushdan olib qolishgan ekan. Men 1942 yilning 12 avgustida tug`ilganman. Shuning uchun yaqinlarimiz «Nasibali qiz ekan, otasini bir oy urushdan olib qoldi» deb ismimni Nasiba qo`yishgan. Urushga ketgan otamni esa onam va ikki opam bilan umrbod kutib yashadik... — Tug`ilgan kuningizni nishonlashni xush ko`rasizmi? Men negadir yoqtirmayman... — Men ham... Lekin payg`ambar yoshiga kirganimda mana shu hovliga juda ko`pchilik yaqinlarim va do`stlarimni taklif etganman. Boshqa paytlari esameni qadrlagan, hurmatlagan kishilar o`zlari kelib, tabriklab ketishadi. — Shu ulug` yoshda hayotdan nimani kutasiz? — Farzandlarim, nabirayu evaralarimni doimo sog`u salomat yurishlarini Yaratgandan so`rayman. Dog`ini ko`rmayin deyman. Yaqinlarimni yo`qotishdan juda yurak oldirib qo`yganman. Іozir sal shamollab qolishsa ham, dardi dunyom qorong`i bo`lib ketadi. — Do`stlar boshga tashvish tushganda bilinadi, deyishadi. Yakkayu yolg`iz o`g`lingiz Abrorjon vafot etganda do`stlaringiz saralagan bo`lsa, ajab emas... — Falokat yuz bergan kuni men hushimni yo`qotganman. Shifokorlar juda kuchli tinchlantiradigan ukol qilishgan. Gulchehraxon ismli dugonam yonimda suyanch bo`lgan. O`g`lim to`g`risida gap ochilsa, juda ustalik bilan bu mavzuni chetlab o`tardi. O`shanda men haqimda o`g`lining dog`ida o`libdi, jinni bo`lib qolibdi, degan mish-mishlar ham tarqalgan. «Nahotki, odamlar shu kunimni ham ko`p ko`rishayapti?», deb o`ylaganman. Bir-ikki dugonalarim «O`zingizni qo`lga oling, nabiralaringizga hali keraksiz», deyishganidan keyin irodali bo`lishga harakat qilganman. «Іaqiqatan shular uchun yashashim kerak, kelinim yosh, nabiralarim bir-biridan shirin. Vaqti kelganida o`g`limning oldiga yorug` yuz bilan boray», deya ishga kirishganman. Lekin shungacha oradan ikki yillarcha o`tgan... — Ayni damda baxtni nimalarda ko`rasiz? — O`ylashimcha, har qanday ayol uchun farzandlarining kamolini ko`rish eng katta baxt. Іazrat Alisher Navoiyning «O`zgalarning baxtini ko`rish, his etish ham bir baxt» degan so`zlari bor. Turmush o`rtog`i bilan qo`sha qarishni ham baxt, deb bilaman. — Orzularingiz kim bilan bog`liq? — Albatta, evaralarim bilan. — Agar TV da biror ko`rsatuvni olib borishga taklif etishsa... — «G`azal kechasi»ni tiklab, Fuzuliy g`azallari bilan ishni boshlagan bo`lardim. Nazarimda, hozir badiiy ko`rsatuvlar kamayib ketgan. «Otalar so`zi – aqlning ko`zi», «Qo`shiqlarda qiz qalbi», «Lirika kechalari»ning o`z o`rni va ko`plab tomoshabinlari bo`lgan. Shu kabi ko`rsatuvlar ko`paytirilishi kerak. — Qaynonalik ilmi. Nabira keliningizdan nimalarni talab qilasiz? — O`g`il nabiram bilan ahil-inoq yashasa, farzandlariga yaxshi qarasa, xursand bo`laman. Uning erining aytganlarini so`zsiz bajarayotganini ko`rib, juda to`g`ri qilayapti, degan o`yga boraman. Kelinimga qarab havasim keladi. Chunki shon-shuhrat, mashhurlik, karera juda qisqa fursatda o`tib ketarkan. Oila ayolning eng katta hayot ustuni ekan. Qaynonalar farzandlari — kelini va o`g`li osoyishta turmush kechirayotganini ko`rsa, ikki qo`li faqat duoda bo`lishi kerak. Ma`pura NABIEVA suhbatlashdi.
45
9,329
Madaniyat
“Bosh qahramon aniq emas”. Imom Iso at-Termiziy haqidagi filmning suratga olish ishlari boshlandi
“O‘zbekkino” MA buyurtmasiga asosan rejissor Abduxalil Mingnorov Imom Iso at-Termiziy haqida hikoya qiluvchi filmni suratga olish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda rejissor jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida ma’lum qildi. Filmda Imom Iso at-Termiziyning bolaligi, o‘rta yoshligi va keksaligi hikoya qilinadi. Shuningdek, fimda Imom Buxoriy bilan Imom Iso at-Termiziyning uchrashgani haqida ham alohida epizod kiritganmiz. Imom Iso at-Termiziyning yoshligini kim o‘ynashi aniq bo‘ldi, ammo hozircha o‘rta yoshligi hamda keksalik chog‘ini qaysi aktyorlar ijro etishi haqida aniq ma’lumot bera olmayman. Ayni vaqtlarda ham kasting ishlari davom etmoqda. Filmning asosiy voqealari Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda suratga olinadi. Filmni suratga olish uchun sivilizatsiya kirib bormagan hudud kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus dekoratsiya qurish, yo bo‘lmasa Qozog‘iston va Isfaradagi mavjud dekoratsiyalardan foydalanishimiz kerak. Filmning suratga olish ishlari qachon tugashi va premyerasi haqida ham hozircha aniq ma’lumot bera olmayman. Abduxalil Mingnorov, rejissor Ma’lumot uchun, Imom Iso at-Termiziy haqidagi filmning suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari 2018-yilning fevral oyidan boshlangan edi.
97
1,255
Madaniyat
Abdulla Qurbonov bir o‘limdan qolgani haqida so‘zlab berdi
Xonanda Abdulla Qurbonov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida bundan bir necha yil avval bir o‘limdan qolgani haqida gapirdi. — “Otimning o‘lishini bilganimda, bir qop kepakka almashgan bo‘lardim”, deyishgan. Boshimga tushgan sinov haqida ham “Beayb Parvardigor, har bandada bir ayb bor. Mening aybim to‘qligimdir, to‘qligimdan sho‘xligimdir” misrali qo‘shiq hozirlayapman. Bir yomonning yaxshisi bor. 2013-yil chet elda yashaydigan do‘stim Jaloliddin bilan qo‘ng‘iroqlashdim, oktabrda ikkovimiz oilamiz bilan bir oy kemada sayr qilishga kelishdik. Rafiqam, to‘rt farzandimni olib, Floridadagi Disneylendga olib borishni ham reja qilib, bir yilga viza oldik. Lekin 27-avgust tarix zarvaraqlarida emas, yuragimda o‘chmas dog‘ bo‘lib qoldi. O‘sha sanada menga nisbatan jinoiy ish ochilib, chet elga borolmaganmiz... Radioda esa biz sayr qilishni reja qilgan kema halokatga uchraganini eshitdim, oilam bilan bir o‘limdan qolganman-da, — dedi xonanda.
58
953
Madaniyat
Qozoq rejissorining filmi “Oskar” mukofoti nomzodlarining short-listiga kiritildi
Qozoq rejissori Sergey Dvorsevoyning “Ayka” filmi “Oskar” mukofotining “Chet tilidagi eng yaxshi film” kategoriyasi nomzodlarining short-listiga kiritildi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi. “Ayka” filmi syujetida Moskvada ishlaydigan qirg‘izistonlik yosh muhojir qizning ichki “men”ining shakllanishi aks etadi. Bosh rolni qozoq akrtisasi Samal Yeslyamova ijro etgan. U “Ayka” filmidagi obrazi uchun “Xalqaro Kann festivali”da “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bilan taqdirlangan. “Oskar” mukofotining “Chet tilidagi eng yaxshi film” ro‘yxatida “Qushlar yo‘lagi” (Birds of Passage, Kolumbiya), “Aybdor” (The Guilty, Daniya), “Hech qachon ortga qarama” (Never Look Away, Germaniya), “Do‘kon o‘g‘rilari” (Shoplifters, Yaponiya), “Kapernaum” (Capernaum, Livan), “Roma” (Roma, Meksika), “Sovuq urush” (Cold War, Polsha) va “Yong‘in” (Burning, Janubiy Koreya) kinofilmlari kiritilgan. “Oskar” mukofotining 91-taqdirlash marosimi 2019-yilning 24-fevral kuni Los-Anjelesning “Dolbi” teatrida bo‘lib o‘tadi.
81
998
Madaniyat
Hindistonning afsonafiy sulolasi vakili Karishma Kapur yana kinoga qaytdi
Bir paytlar afsonaviy Kapurlar avlodining vakilasi Karishma Kapur ishni tashlab, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishga qaror qildi. O‘shanda bu qaror abadiymi yoki vaqtincha hali aniq emas edi. Ammo bir yil oldin “Devona qalb” filmi yulduzi qaytdi va yirik Bollivud olamidagi o‘z o‘rnini egalladi. Albatta, o‘sha paytlarda Karishma ba’zan turli xil reklama roliklarida ekranlarga chiqib turar, moda tadbirlarini o‘tkazar va hattoki filmlarda ikkinchi darajali rollarni ham o‘ynar edi. Masalan, Shohrux Xonning 2018-yildagi “Nol” (“Zero”) filmida ham epizodik rol ijro etgandi. Karishma aktyorlik o‘yinlarini velosipedda yurish va suzishga o‘xshatib, shunday deydi: “Bu o‘yin mening bir qismimga aylandi. Bu  hech qachon ketmaydigan narsalardan biridir. Men qiziq bir narsani kutardim. Chunki farzandlarimning kichkinaligi sabab filmlarda suratga tusha olmasdim. Uyda bolalar bilan qolishni xohlardim”. Karishmaning farzandlari Samayra va Kian onasining kinoga qaytganidan xursand. “Ular yana ishlay boshlaganimdan xursand. Bu sohaga kirib kelganimda juda yosh edim. Oilamning barcha a’zolari aktyorlar edi, har bir Kapur bu sanoatga o‘z hissasini qo‘shdi. Men yetarlicha kuchli mehnat etikasi bilan ulg‘aydim, umid qilamanki, bu farzandlarimga ham o‘tgan”. Shunday bo‘lsa-da, Karishma duch kelgan birinchi taklifni qabul qilmadi. Aktrisa nima uchun aynan AltBalaji’ning “Aqldan ozishdan himoya” serialini tanlaganligi bilan o‘rtoqlashdi: “Bu kartina onalargagina xos bo‘lgan tuyg‘ular haqida. U qayerda bo‘lsa ‘qalbini to‘kadigan’ ona. Men juda ko‘p rollarni o‘ynab, shunday ajoyib karyera qilganimdan baxtiyorman. Lekin bu yangi narsa, boshqa platforma. Men har xil narsalarni sinab ko‘rishni yaxshi ko‘raman. Bu serial ona hayotidagi qiyinchiliklar haqida hikoya qiladi”. Karishma onasi va singlisi Karina bilan. View this post on Instagram Karishma uchun eng kuchli ayol va aktrisa bu uning onasi Babita: “U Karina ikkalamizga kuch va madad berdi. Biz undan ko‘p narsani o‘rgandik. U bizga oilaga hurmat, pulni qadrlash, tinimsiz ishlash, samimiy va yaxshi inson bo‘lish kabi qadriyatlarni singdirdi. Bu esa haqiqatdan ham ahamiyatga ega narsalar, ular sizning shaxsingizni shakllantiradi”.
73
2,218
Madaniyat
Video: Rashid Holiqov o‘g‘li Sanjarni karantin paytida uylantirdimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqovning o‘g‘li, xonanda Sanjarning to‘yi aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu tasvirlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad Sanjar Holiqovning ma’muri Doniyor Alimuhammedov bilan bog‘landi. “13-iyun kuni Sanjar va do‘stlari kelinnikiga bordi. Bu faqat oila a’zolari va yaqin do‘stlar uchun kichik marosim edi. Bugun kelinning oila a’zolari Sanjarnikiga tashrif buyuradi. Katta to‘y karantindan keyin bo‘ladi”, — deydi Sanjarning ma’muri. Videoda kuyov — Sanjarning yaqinlari, do‘stlari, hatto uning o‘zi ham tibbiy niqob taqmagan, mehmonlar o‘zaro ijtimoiy masofa saqlamaganini ko‘rish mumkin. Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1-iyundan boshlab “yashil” hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berilgan. Bunda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi. O‘z navbatida karantin davrida mazkur belgilangan talablarni buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.  O‘ttiz kishilik to‘y o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berildi
68
1,420
Madaniyat
Xemingueyning evarasi Chloe brendining yangi ifori reklamasida suratga tushdi
Amerikalik fotomodel va aktrisa, yozuvchi Ernest Xemingueyning evarasi Dri Xeminguey Chloe brendining Chloe Eau de Parfum deb nomlangan yangi ifori reklamasida suratga tushdi. Ular sentyabrda paydo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Vogue xabar berdi. Dri Xeminguey 2009-yilda model sifatidagi faoliyatini boshladi va oradan bir yil o‘tib, Gianfranco Ferré “yuzi”ga aylandi. Undan tashqari, Gucci, Valentino, Chanel va Paco Rabann brendlari bilan hamkorlik qildi. Chloe bilan shartnoma 2015-yil may oyida imzolangan.
77
512
Madaniyat
AQShning UPF kompaniyasi O‘zbekistonda uchta film suratga oladi (foto)
O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamda UPF kompaniyasi tashabbusi bilan Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida O‘zbekiston hamda AQShning UPF kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olish rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda rejissor Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi. AQShning UPF kinokompaniyasi prodyuseri Daniel Tutt boshchiligidagi bir guruh ijodkorlar 10—20-yanvar kunlari ijodiy tashrif  bilan O‘zbekistonda mehmon bo‘lishgandi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston kinoijodkorlari bilan ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lib, safar so‘ngida UPF va “O‘zbekkino” MA o‘rtasida anglashiluv memarandumi imzolangan edi. O‘zaro hamkorlik bo‘yicha so‘nggi konferensiya O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tashabbusi bilan Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi rahbari o‘rinbosari Qadamboy Sultonov  ochib berdilar. Tadbirda O‘zbekiston bilan hamkorlikda suratga olish rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida Daniel Tutt  bilan birgalikda  kinoloyihalar, ularning mazmun va mohiyati bilan yig‘ilganlarni tanishtirdik. UPF kinokompaniyasi bilan uchta — bitta badiiy film, bitta ko‘p qismli turkum badiiy-publitsistik film hamda bitta O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi qisqa film suratga olishga kelishdik. Mazkur loyihalar byudjeti 80% UPF kompaniyasi, 20% esa O‘zbekiston tomonidan qoplanadi. Jahongir Ahmedov, rejissor
70
1,526
Madaniyat
Advokatlar marhum aktyor Pol Uokerning mashinalar kolleksiyasini qaytarishni talab qilmoqda
2013-yilda avtohalokat oqibatida vafot etgan aktyor Pol Uokerning advokatlari uning do‘stlaridan birini Uokerning avtomobillar kolleksiyasini o‘zlashtirishda ayblamoqda, deb xabar berdi “Gazeta.ru”. Los-Anjeles sudiga da’vo Richard Teylorga qarshi berilgan. Arizaga binoan, “Forsaj” yulduzi halokatidan keyin 24 soatdan kam vaqt ichida Teylor va uning yordamchilari Uokerga tegishli mashinalardan bir nechtasini noma’lum joyga olib borib qo‘ygan. Teylor jami 7 ta avtomobilni, jumladan Porsche GT3 RS’ni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Advokatlar avtomobillarni qaytarishni yoki ularning qiymatiga teng miqdorda tovon to‘lashni talab qilmoqda.
91
646
Madaniyat
"Mehr qolur, muhabbat qolur!" Bugun o`zbekning tanti shoiri tug`ilgan kun
Bugun o`zbek xalqining sevimli va tanti shoiri Muhammad Yusufning tavallud kuni.  O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug`ilgan.Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutini (hozirgi O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti) tamomlagan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasida tahsil olgan.Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “O`zbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. 1998 yildan umrining oxirigacha O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritdi.Uning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima ena allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko`nglimda bir yor”, “Bevafo ko`p ekan”, “Erka kiyik”, “Saylanma”, “Biz baxtli bo`lamiz”, “Osmonimga olib ketaman”, “Ulug`imsan, Vatanim” singari o`ndan ortiq she`riy to`plamlari o`quvchilar qalbidan joy oldi.Muhammad Yusuf “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlangan. El sevgan ijodkor Muhammad Yusuf 2001 yil 1 avgustda 47 yoshida vafot etdi.
73
1,131