folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Madina Mumtoz: O‘ziga bino qo‘ygan insonlarga “allergiyam” kuchli! | “Sug‘diyona” gazetasi xonanda, aktrisa, ikki farzandning onasi, suyukli yor va chaqqon kelin Madina Mumtozga noodatiy savollar bilan murojaat qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
— Hayotda qiyofadoshingiz bo‘lishi mumkinmi?
— Ha! “Zuhram”ni uchratmaganman-u, ammo qaysidir jihatlari, ehtimol tashqi ko‘rinishi, yuz tuzilishi menga o‘xshash bo‘lganlar bor. O‘zim ko‘rganman!
— Opera, jaz, rep — qay bir yo‘nalishda tajriba qilib ko‘rishingiz yoxud duet ijrosi amalga oshishi mumkin?
— Opera yo‘nalishida tajriba qilish niyatim yo‘q emas.
– Tavakkal qilib...
— Menimcha, oila qurayotganimizda, tanlagan yorimizni qanchalik yaxshi bilmaylik, tanimaylik, qaysidir ma’noda tavakkal qilamiz. Menda ham shunday bo‘lgan.
— Kimlarga nisbatan “allergiyangiz” bor?
—O‘ziga bino qo‘ygan, atrofidagi odamlarni qo‘l uchida ko‘rsatadigan insonlarga nisbatan “allergiyam” kuchli!
— Madinaning jahli chiqqanda...
– Qorni ochqagan bo‘ladi. Arzimagan narsaga ham achchig‘im kelishi mumkin, mabodo fikrimni oxiriga yetkazib berishimga qo‘yishmasa, juda qattiq jahl qilaman.
— Qilayotgan ishingizdan uyalasiz, qachonki...
— Yolg‘on aralashgan bo‘lsa... Ertami, kechmi sirim fosh bo‘lishidan cho‘chib, qilayotgan ishimdan uyalaman. Lekin bunaqangi vaziyatlar sira bo‘lmagan. Rostgo‘ylikni qadrlayman!
— Bir marta bo‘lsa ham mushtlashganmisiz?
– Maktab paytlarim dugonalarimning yonini olib, tortishib turar edim. Lekin mushtlashishgacha bormagan.
—Pardozsiz ko‘chaga chiqishingiz mumkinmi?
— Ha va bu holat juda ko‘p takrorlanadi.
—Turmush o‘rtog‘ingizni kutib olishda-chi?
— Ba’zan pardozsiz bo‘lishim mumkin, lekin imkon qadar umr yo‘ldoshimning ishdan qaytishiga yasan-tusan qilvolaman!
— Ijodiy safarga ketayotganingizda o‘zingiz bilan olishingiz shart bo‘lgan uchta buyum?
— Pul, uyali telefonim va uning quvvatlagichi!
— Madina Mumtoz hayotining saundtreki?
— O‘zim ijro qilgan “Baxtli bo‘l” qo‘shig‘i! | 66 | 1,896 |
Madaniyat | Despacito klipi Youtube’da rekord natijani qayd etdi | Luis Fonsining Despacito qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube’da to‘rt milliard marta tomosha qilindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Biz Youtube’da eng ko‘p ko‘rilgan video sifatida tarixga kirdik. Lekin biz buni nishonlash o‘rniga klip suratga olingan joyni qayta tiklash ishlariga e‘tiborimizni qaratmoqchimiz”, — deb yozdi xonanda klip suratga olingan Puerto-Riko orolining dovul oqibatida zarar ko‘rganiga ishora qilib. | 52 | 437 |
Madaniyat | “Menga nisbatan juda ham nohaqlik qilyapsiz”. Dilnoza Kubayeva Instagram’dagi “Dilnoza Kubayeva”larga murojaat qildi (video) | Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Suhbat davomida aktrisa Instagram ijtimoiy tarmog‘ida uning nomidan soxta akkaunt ochganlarga murojaat qildi.
Instagram’da faol ketayotgan hurmatli “Dilnoza Kubayeva”lar! Bu mavzu haqida ko‘p gapirdim. Mayli, sizlarni xafa qilmayman, agar shu narsa bilan xursand bo‘layotgan bo‘lsangiz, davom etavering, nima ham derdim.
Lekin meni nomimdan gapirib, kimlarnidir tabriklab, u insonlarni oldida meni g‘alati ko‘rsatib qo‘yish kerak emas, deb o‘ylayman. Bu ish musulmonchilikka ham to‘g‘ri kelmaydi, bu ish bilan Xudoning oldida ham menga nisbatan nohaqlik qilyapsiz. Bir insonning ko‘nglini og‘ritish qanchalik yomon ekanligini o‘ylab ish qilsangiz, menimcha, yaxshi bo‘lardi.
Dilnoza Kubayeva, aktrisa
Dilnoza Kubayeva bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin. Aktrisa suhbat davomida kinoda kamnamoligi sabablari, yosh aktrisalarni nima uchun qizg‘anishi, hayotidagi unutilmas kunlar, birinchi va oxirgi muhabbati va boshqa mavzular haqida to‘xtalib o‘tgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 124 | 1,296 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” telekanaliga rahbar etib tayinlanadi | O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi “Yoshlar” telekanaliga direktor etib tayinlanadi.
Bu haqda, o‘zining ishonchli manbalariga asoslanib, “Darakchi.uz” nashri xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Ozodbek Nazarbekovning “Yoshlar” telekanaliga rahbar etib tayinlanishi Toshkentda 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan “Kamolot” YoIH qurultoyi vaqtida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan qurultoy davomida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini tugatib, uning o‘rnida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabar berilgan edi. | 65 | 711 |
Madaniyat | Foto: Dunyodagi eng boy odamlarning farzandlari qanday yashaydi va nima ish bilan shug‘ullanadi? | Ko‘pchilik badavlat odamlarning farzandlari hech qanday yetishmovchilik va kam-ko‘stsiz yashaydi, deb o‘ylaydi. Ammo hisob raqamlarida milliardlab dollar bo‘lsa-da, farzandlarini ortiqcha hashamatga o‘rgatmay, o‘z mehnati bilan kun ko‘rishga undagan otalar ham bor. Hatto ularning ba’zilari boyligini bolalariga meros qilib qoldirmaydi ham.
Uorren Baffet: uch nafar farzandi bor
2019-yil fevral oyida qariyb 85 milliard dollarga ega bo‘lgan 91 yoshli amerikalik tadbirkor 2004-yilda vafot etguniga qadar butun umri davomida faqatgina Syuzan ismli ayol bilan turmush kechirdi. Er-xotinning Syuzan Elis, Xovard va Piter ismli uchta farzandi bor.
Qiziqarli fakt — ularning qizi Syuzan Elis bolaligida otasi dunyodagi eng boy odamlardan biri ekanligiga shubha qilmagan, bu haqda u Wall Street Journal’dagi maqoladan bilib olgan. Bu esa Baffet kundalik hayotda hashamatga moyil emasligini va o‘z farzandlarini g‘ayritabiiy narsalar bilan ovora qilmaganini ko‘rsatadi.
Qizi Syuzan Elis bilan
“Biz yaxshi uyda yashardik, lekin bu shahardagi eng katta uy emas edi”, — deb eslaydi Syuzi HBO hujjatli filmida. “Ukalarim va men oddiy maktabga borganmiz, ota-onamiz bizga kundalik xarajatlar uchun ozgina pul berishardi, lekin biz qo‘shimcha ish qilib ham, pul ishlardik”.
Syuzan butun umri davomida qashshoqlikni yo‘qotish, yadroviy qurolsizlanish va ayollar salomatligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi turli jamoat tashkilotlarida ishlagan.
Govard — biznesmen, doimo qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan, ulkan fermer xo‘jaliklariga ega va tabiatni himoya qiladi. Shuningdek, u Illinoys shtatining Makon okrugiga sherif etib tayinlangan.
Govard Baffet
Kenja o‘g‘li Piter — ijodkor, u professional musiqachi, 16 ta albom yozgan. Shu bilan birga, u rafiqasi bilan birga otasi tomonidan tashkil etilgan xayriya jamg‘armalarida ham ishtirok etadi.
O'g'li Piter bilan
Aytgancha, Baffetning farzandlariga meros qolmaydi: tadbirkor hamma boyligini xayriya jamg‘armalariga vasiyat qilgan. Bundan tashqari, 2010-yilda Uorren Baffet insoniyat tarixidagi eng saxovatli odamga aylandi: u xayriya tashkilotlariga taxminan 37 milliard dollar xayriya qilgan.
Jeff Bezos: to‘rt nafar farzandi bor
Amazon asoschisining ismi 25 yillik turmushidan ajrashishga qaror qilganidan keyin ko‘pchilikka ma’lum bo‘ldi. Uning tanlagani teleboshlovchi, lekin jozibali va mashhur emas. Bundan tashqari, ajralish tufayli Jeff dunyodagi eng boy odam maqomini yo‘qotdi.
Jeff va uning sobiq rafiqasi Makkenzining to‘rt farzandi bor: uchtasi o‘zlariniki va Xitoydan asrab olingan qiz. Jamoatchilik Bezosning bolalari haqida ko‘p narsa bilmaydi. Turmush o‘rtoqlar o‘z farzandlarini noodatiy tarzda tarbiyalagan: ular oshxonada tajriba o‘tkazishgan, tovuq boqishgan, ekzotik tillarni o‘rganishgan, juda g‘ayrioddiy sayohatlar uyushtirishgan.
Biroq bolalar hayot ne’matlaridan mahrum emas va hatto ajrashgandan keyin ham qashshoqlikda yashashlari dargumon.
Donald Tramp: besh nafar farzandi bor
3,1 milliard dollar boylikka ega amerikalik biznesmen dunyodagi eng badavlat yuz kishilar ro‘yxatiga kiritilmagan (2019-yil holatiga ko‘ra), ammo shuhrat borasida AQSH prezidenti bilan raqobatlasha oladiganlar kam. Aytgancha, bir necha yil oldin prezidentlik yillarida Forbes reytingida 116 pog‘onaga tushib ketgan, ammo boshqa tomondan u mamlakat va dunyo tarixiga kirgan.
Kichik Donald, Melaniya, Katta Donald, Ivanka, Erik va Tiffani
Trampning birinchi rafiqasi Ivana Zelnichkovadan (kichik Donald, Ivanka va Erik), qizi Tiffani ikkinchi rafiqasi Marla Meypsdan va 16 yoshli o‘g‘li Barron hozirgi rafiqasi Melaniyadan.
Birinchi turmushidan bo‘lgan uch farzandi otasining Trump Organization kompaniyasida biznes bilan shug‘ullanadi, ammo har birining sevimli mashg‘uloti ham bor. Masalan, Ivanka bir necha oy davomida bestseller bo‘lgan biznes haqida kitob yozgan, shuningdek, o‘zining zargarlik va kiyim-kechak biznesini ochgan.
Melaniya bilan nikohidan bo‘lgan o‘g‘li Berron
Erik otasi prezident bo‘lganidan so‘ng, The Trump Organization oilaviy biznesini boshqaradi, kichik Donald ham kompaniyada vitse-prezidentlardan biri sifatida ishlaydi.
Tiffani esa siyosat va biznes u uchun emasligini tushundi. Qiz aktrisa va prodyuser onasining izidan borib karyerasini shou-biznesda qurdi: u model va qo‘shiqchi. To‘g‘ri, u ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining sharmandaligi bilan mashhur: Tiffani rasmlarini sezilarli darajada fotoshop qiladi va bu ahmoqona ko‘rinadi.
Bill Geyts: uch nafar farzandi bor
Microsoft asoschisi va 1994-yildan beri birga bo‘lgan sobiq rafiqasi Melindaning uch nafar farzandi bor: qizlari Jennifer va Fibi hamda o‘g‘li Rori. Katta qizi Jennifer 26 yoshda. U Stenford universitetida biologiya bo‘yicha tahsil olgan. Bundan tashqari, qiz ot sportini yaxshi ko‘radi.
Jennifer ot sporti bilan shug‘ullanadi
Aytgancha, Geyts uyidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda yana bir kompyuter dahosi, marhum Stiv Jobsning qizi yashaydi. Yeva Jobs ham Stenford talabasi va professional chavandoz.
Geytsning rafiqasi Melinda o‘g‘li Rori bilan
Geytsning o‘g‘li Rori 23 yoshda, u talaba. Kenja qizi Fibi 19 yoshda va hozirda u ota-onasi bilan Vashington shtatida yashaydi.
Fibi ota-onasi bilan yashaydi
Maykl Blumberg: ikki nafar farzandi bor
50 milliard dollardan ortiq boylikka ega biznesmen uzoq vaqt Nyu-York meri bo‘lgan, shuningdek, Bloomberg media imperiyasiga egalik ham qiladi.
Jorjina, Diana Teylor, Maykl va Emma
Tadbirkorning ikki qizi bor: Emma (1979-yilda tug‘ilgan) va Jorjina (1983-yilda tug‘ilgan). U ancha yillar oldin rafiqasi bilan ajrashgan. Katta qizining omadi kelgan — u milliarder Kristofer Frissorning o‘g‘liga turmushga chiqqan. Hozirda bolalari tarbiyasi bilan shug‘ullanadi, shu sabab omma nigohiga u qadar tashlanmaydi.
Jorjina faolroq: u ot sportini yaxshi ko‘radi, ko‘plab musobaqalarda g‘olib bo‘lgan, hatto ushbu sport turi bo‘yicha sport jamoasiga egalik qiladi. | 96 | 5,871 |
Madaniyat | Kliplardagi obrazlari bilan el nazariga tushgan o‘zbek aktyor va aktrisalari (video) | Hozirgi kunda o‘zbek kinosida o‘z o‘rniga ega aktyor va aktrisalarning ko‘pchiligi bosh qahramon obraziga taklif etilishidan avval kichik rolik va kliplarda suratga tushgan. Eng qizig‘i, ba’zi kichik rollar ham aktyorlarga kutilmagan omad keltirgan.
Feruza Sobitova “Bolalagim”
Feruza Sobitova Shohrux reperning “Bolalagim” klipi orqali tanilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu fikrni aktrisaning o‘zi ham bir nechta intervyularida tasdiqlagan. Aktrisa klipdan avval “Sohibqiron Amir Temur”, “Suratdagi sir” va “Qaydasan, muhabbat” filmlarida suratga tushgan. Ammo uni tomoshabinlarga klipdagi salbiy roli yaqinroq tanishtirgan. Klip 2006-yili suratga olingan.
Muqaddas Sa’dullayeva “Yor-yor”
Muqaddas Sa’dullayeva asli mutaxassisligi bo‘yicha aktrisa emas. Shu bois faoliyatining ilk bosqichlarida filmlarda suratga tushmagan. Uni xalqqa xonanda G‘ayrat Usmonovning “Yor-yor” klipi tanitgan desak, xato bo‘lmaydi. Klipdan so‘ng aktrisa 2012-yilda “Salom sevgi, xayr sevgi” filmida debyut rolini ijro etgan.
Sitora Alimjonova “Sog‘inib”
Aktrisa Sitora Alimjonova Ulug‘bek Rahmatullayevning “Sog‘inib” klipida suratga tushgach, tomoshabinlar e’tiborini qozongan. Undan avval u 2012-yilda “Koreyalik kelin” filmida suratga tushgandi. Ammo klipdagi ishtiroki unga omad keltirgan.
Madina Fayziyeva “Jumagul”
Jasur Umirovning “Jumagul” klipida suratga tushgan Madina Fayziyeva qator filmlarda asosiy rollarni ijro etgan bo‘lishiga qaramay, hamon uni tomoshabinlar Jumagul deb bilishadi. Klipdagi ishtiroki unga ancha omadli kelgan va xalq orasida Jumagul nomi bilan tanilgan.
Sug‘diyona Azimova “Layloyimsan”
Sug‘diyona Azimova 2011-yil suratga olingan “Enagalar” filmida suratga tushgan. Undan keyin ham qator filmlarda rollar ijro etgan, ammo natijalar kutilganidek bo‘lmagan. Ulug‘bek Rahmatullayevning “Layloyimsan” klipidagi ishtirokidan so‘ng xalq uni yaqindan taniy boshlagan. Albatta, bunga qo‘shiqning xalq orasida mashhurlikka erishgani ham sabab bo‘lgan.
Shahlo Temirova “Aldoqchi”
Aktrisa Shahlo Temirova teatr va kino aktrisasi bo‘lsa-da, uni xalqqa tanitgan xonanda Bunyodbek Saidovning “Aldoqchi” klipidagi ishtiroki bo‘lgan. Mazkur qo‘shiq ommalashgani va aktrisaning klipdagi professional ijrosi klipning xalq e’tiboriga tushishiga sabab bo‘lgan.
Rayhon Asadova “Baxtingni top”
Keyingi paytlarda tarixiy filmlarda asosiy rollarni ijro etayotgan aktrisa Rayhon Asadova ham ilk rollarini kliplarda ijro etgan. U Sardor Toirovning “Hasrat”, “Sevmasam” va “Baxtingni top” kliplaridagi rollari bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan.
Yigitali Mamajonov “Jonim sog‘indim”
Aktyor Yigitali Mamajonov filmlarda suratga tushishdan avval kaskadyor sifatida faoliyat yuritgan. Yigitalini Lolaning “Jonim sog‘indim” klipidagi obrazi elga tanitgan. Keyinchalik Lola “Sog‘indim” deb nomlangan klipni ham suratga oldirgan. Undan so‘ng Yigitali “Yozsiz yil” va “Onaginamning orzusi” filmlariga taklif etilgan.
Yulduz Rajabova “Omadim kelmadi”
Aktrisa Yulduz Rajabova ilk rolini 2013-yilda “Hazon” filmida ijro etgan. Talaba qizning natijalari u qadar yomon bo‘lmagan, ammo kliplardagi ishtiroki uni xalqqa yanada yaqindan tanitgan. U 2013-yilda Ulug‘bek Rahmatullayevning “Omadim kelmadi” qo‘shig‘iga ishlangan klipda suratga tushgan. Klip tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olingan va aktrisaga omad keltirgan. Undan so‘ng Sayyora Qoziyevaning “Yomg‘irlar”, Sardor Mamadaliyevning “Dil yarasi”, Mahmud Namozovning “Ko‘za afsonasi” va Sardor Rahimxonning “Bibixonim” klipidagi ishtiroki ham Yulduzning xalq orasida tanilishiga o‘z hissasini qo‘shgan. | 84 | 3,560 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov o‘z konsertida telefonlarni o‘chirib qo‘yishni so‘radi | O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 1-2-mart kunlari qutlug‘ 65 yoshini “Istiqlol” san’at saroyida muxlislari va hamkasblari davrasida nishonladi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
G‘ulomjon Yoqubovning “Seni qo‘msayman” nomli konsert dasturi “Comedy.uz” rezidentlarining chiqishlari bilan boshlandi. So‘ng parda ko‘tarilib, “Vatan qolur” nomli qo‘shiq jarang sochdi.
Muxlislari bilan salom-alikni o‘rniga qo‘ygan G‘ulomjon Yoqubov telefonlarni o‘chirib qo‘yishni so‘rab, konsert “uzo-o-oq davom etishi”ni ta’kidladi, deyiladi manbada. | 97 | 567 |
Madaniyat | Hojiboy Tojiboyevning yordamchisi qiziqchini “o‘ldirib yuborishgan” degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi (video) | Tashkent City’da O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning haykali ochildi.
Hojiboy Tojiboyevning yordamchisi, qiziqchi Otabek Hasanov Hojiboy Tojiboyevning vafoti bilan bog‘liq turli gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi. U bu haqda jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida gapirib berdi.
Ularning vafoti haqida har xil gap-so‘zlar bo‘ldi, ‘o‘ldirib yuborishgan’ deganlar ham bo‘lgan, tavba qildim. ‘Ko‘p gapirib yuborgani uchun yo‘q qilib yuborishdi’ deyishdi. Ammo ular darddan, kasallikdan vafot etdilar.
Valijon Shamsiyev guvoh bo‘lganlar. Konsertda birga edik. Hojiboy akaning oxirgi konsertlarida, videoni ko‘rsanglar ‘Hov, eshikni yopinglar, maza yo‘q’, degan joylari bor. Xurshid Rasulov bo‘lsa kerak, oxirida qo‘shiq aytayotgan joyida Hoji aka tanaffusga chiqdilar-da shunday stulga o‘tirdilar va mazalari qochdi.
Valijon massaj qilib yotibdi, bu yoqda yugur-yugur, menga ‘zalda Hojiboy akaning doktorlari bor, shuni tezda topib keling’ deyishdi. Shunda zalga tomoshabinlarni orasiga tushib, doktorlarini topib, Hoji akani o‘zlariga keltirganmiz. Hech qanday tez yordam chaqirilmagan, juda mazalari qochgan edi. Bu oxirgi konsertlarida bo‘layotgan voqea edi. Hoji aka darrov o‘zlariga keldilar. ‘Xalqlar do‘stligi’ san’at saroyi xodimlari choy damlab, issiq-issiq choy ichib o‘zlariga kelgan. Shu narsaga o‘zim guvoh bo‘lganman. Chiqdilar, xalqni kuldirdilar.
Bir kundan so‘ng ‘aka kecha nima bo‘ldi’ desam, ‘ endi charchaysiz-da, ko‘z tegadi-da, o‘qitib qo‘yish kerak-da’ degandilar.
Otabek Hasanov, Hojiboy Tojiboyevning yordamchisi, qiziqchi
Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva intervyularining birida dadasi haqida odamlar tarqatgan asossiz mish-mishlardan jahli chiqishi haqida gapirib bergan edi.
Asossiz mish-mishlarni aytyapman. Dadamni avtohalokatga uchrab halok bo‘lgan deyishlari yoki kimdir o‘ldirgan degan yolg‘on, bo‘lmagan gaplarni eshitish og‘ir botadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, so‘nggi konsertlarida ahvollari juda og‘ir edi. Dadam hayot bo‘lganlarida 60 yillik yubileylarini nishonlagan bo‘lar edik.
Intizor Tojiboyeva, Hojiboy Tojiboyevning qizi, aktrisa | 112 | 2,136 |
Madaniyat | Instagram: Nevarali bo‘lgan Mavluda Asalxo‘jayeva, kislorod apparati izlayotgan Munisa, Turkiyani larzaga solgan qotillik | 21-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Turkiyalik taniqli aktyor Burak O‘zchivit Bodrum shahrida hordiq chiqarmoqda.
View this post on Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova opera xonandasi Shirin Mamatovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Turkiyalik aktrisa Shevval Sam “Qora niyat” serialining 4-mavsumi suratga olish ishlaridan video joyladi.
View this post on Instagram
Aktyor Yigitali Mamajonov rafiqasi Muqaddas Sa’dullayevaga uni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
AQShda yashovchi aktrisa Gulchehra Eshonqulova farzandlari bilan texnika do‘konini aylandi.
View this post on Instagram
Taniqli hind aktrisasi Priti Zinta akasini tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi.
View this post on Instagram
Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi Stories orqali kislorod apparati izlayotganini ma’lum qildi. U kislorod apparatining suratini ham sahifasiga joyladi. Ushbu post ostiga ko‘plab izohlar qoldirildi. Bir muddatdan so‘ng xonanda postni o‘chirib yubordi.
Xonanda Shohruxxon Tabriziyning falsafiy fikrlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Sitora Farmonova va rossiyalik komik aktyor Ararat Keshyan.
View this post on Instagram
Turkiyada 27 yoshli Pinar Gultekin ismli qiz zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi. Besh kun bedarak yo‘qolgan qizning jasadi Mug‘la shahridagi o‘rmon yaqinida joylashgan avtoturargohdan topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, qiz oilali erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Qizni o‘sha erkak o‘ldirgan, deya taxmin qilinmoqda. Ushbu qotillik ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi. Xususan, turkiyalik qator aktyor va xonandalar ayollar ustidan zo‘ravonlik qilayotganlarga beriladigan jazo qat’iylashtirilishini talab qilmoqda. Instagram’da #pinargultekin xeshtegi ostida minglab postlar qoldirilmoqda.
Taniqli qo‘shiqchi Tarkan mamlakat amaldorlariga murojaat qilib, “Har kuni o‘nlab ayollar zo‘ravonlik qurboni bo‘layotgan vaqtda siz uyingizda qanday tinch uxlaysiz?” deb yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Yana bir turkiyalik xonanda Gulshan esa amaldorlarga “Qonunlarni o‘zgartirish, chora-tadbirlar qabul qilish uchun yana qancha ayol qurbon bo‘lishi kerak?” deb yozdi.
View this post on Instagram
“Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Otabek Mirzaxolov “Qaynanamdan qarzim bor” filmidan kulgili sahnani sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Mavluda Asalxo‘jayeva o‘g‘il nevarali bo‘ldi. Xonandaning qizi uni yana bir bor buvi bo‘lish baxti bilan siyladi.
View this post on Instagram | 121 | 2,831 |
Madaniyat | Aktyor Matyoqub Matchonov ozodlikka chiqqanidan so‘ng birinchi navbatda nima haqida o‘ylaganligini ma’lum qildi | Bundan to‘rt oycha avval ozodlikdan mahrum etilgan Matyoqub Matchonov ozodlikka chiqqandan so‘ng birinchi navbatda nima haqida o‘ylaganligini ma’lum qildi. Intervyu matni “Darakchi.uz” nashrida chop etildi.
“Nabiralarimni juda sog‘ingan edim. Ular bilan tezroq uchrashishni o‘yladim. Ikkinchi o‘rinda esa chala qolgan ijodiy ishlarimiz borligini, mening aybim bilan qolib ketgan filmlarni yakunlab qo‘yishim kerakligini o‘yladim. Shuning uchun ham ikki kun oilam davrasida o‘tirib, keyin ishga sho‘ng‘ib ketdim”, — deydi aktyor.
“‘O‘rigidan danagi shirin’ deb bekorga aytishmas ekan. Chunki bolalarimiz yoshligida biz ham yosh edik. Ish bilan bo‘lib ularga ko‘p vaqt ajratolmaganmiz. Farzandlarimizning bolaligi tez o‘tib ketgan. Yosh o‘tgan sayin dunyoqarash o‘zgararkan. Ko‘z o‘ngimizda yugurib yurgan nabiralarimizga bolalarimizga berolmagan mehrimizni bergimiz keladi. Ular bilan o‘tgan har bir daqiqani qadriga yeta boshlarkan kishi. Bundan tashqari, aka-ukalarimiz bilan qo‘shni bo‘lib yashaymiz. Ularning nabiralarini ham o‘zimnikidek ko‘ramiz. Ular ham meni bobo deb chaqirishadi. Ayniqsa, o‘zingizdagi qaysidir fe’l-atvorni, insoniy jihatlarni ularda ko‘rsangiz, bormi? Ich-ichingizdan rohatlana boshlaysiz. Bu his-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalab, tushuntirib berish juda qiyin”, — dedi Matyoqub Matchonov.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 111 | 1,473 |
Madaniyat | Sobiq ittifoq va ukrain rejissori Kira Muratova vafot etdi | Sobiq ittifoq va ukrain rejissori Kira Muratova 83 yoshida vafot etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Ayni paytda uning aynan qanday sabab bilan olamdan o‘tgani noma’lum.
Muratova bir qator filmlar ssenariysini yozgan va yana bir qancha filmlarga rejissorlik qilgan. Ular orasida 40-Berlin kinofestivalida hakamlarning maxsus mukofotini va “Nika” kinomukofotini qo‘lga kiritgan “Astenik sindromi” filmi alohida ajralib turadi.
Uning kartinalarida Vladimir Visotskiy, Oleg Tabakov, Renata Litvinova kabi mashhur aktyorlar suratga tushgan.
Kira Muratova 2012-yilda o‘z karyerasini yakunlagan edi. | 58 | 588 |
Madaniyat | Anjelina Joli suriyalik qochoqlar bilan uchrashuvga qizlari bilan birga bordi (foto) | Amerikalik aktrisa va rejissor Anjelina Joli qizlari Zaxara va Shayloni Iordaniyadagi suriyalik qochoqlar bilan uchrashuvga birga olib bordi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Uchrashuv 28-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar “Zaatari” lagerini ko‘zdan kechirdi, shuningdek TIGER ta’lim loyihasida ishtirok etayotgan qizlar bilan suhbatlashdi.
11 yoshli Shaylo uchun mazkur safar shu turdagi uchrashuvlarning uchinchisi bo‘ldi, 13 yoshli Zaxara uchun esa — birinchisi.
Lagerda so‘zlagan nutqida Joli hozirgi paytda qochoqlarning aksariyati moliyaviy qiyinchiliklar girdobida ekanligini, ko‘pchilik bir kunda uch dollardan kamroq mablag‘ sarflash evaziga yashayotganini ma’lum qildi.
Aktrisaning qayd etishicha, insonparvarlik yordami bu uzoq muddatga mo‘ljallangan yechim emas, shu sababli hozirgi vaziyatdan chiqishning boshqa yo‘lini topish zarur. | 84 | 846 |
Madaniyat | Gonkonglik rejissor Ringo Lem vafot etdi | Gonkonglik rejissor, ssenarist, prodyuser va aktyor Ringo Lem 29-dekabr kuni 63 yoshda vafot etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.
Lemning vafot etgani haqida uning rafiqasi ma’lum qilgan. U grippga chalingan va shifokor tavsiyasisiz dorilar qabul qilgan.
Lem tomoshabinlarga “Umumiy trevoga”, “Olov ichidagi shahar” kabi filmlari bilan yaxshi tanish.
Marhum Jan Klod Van Damm va Jeki Chan kabi taniqli aktyorlar bilan bir necha marotaba hamkorlik qilgan. | 40 | 453 |
Madaniyat | “Terminator” filmi prodyuseri Lourens Alan Kasanoff O‘zbekistonda blokbaster suratga oladi | AQShlik mashhur prodyuser Lourens Alan Kasanoff O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi a’zolari hamrohligida Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarini o‘zining navbatdagi filmi uchun lokatsiyalar tanlash maqsadida ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik natijasida O‘zbekistonda Gollivud blokbasterining bir qismini suratga olish ishlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi AQShlik kinoijodkorlarning respublikda mazkur filmni tasvirga olishini tashkil qilish va AQShdan kelgan kinoijodkorlarga tasvirga olish jarayoni davomida to‘liq ko‘mak ko‘rsatish masalasida kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, Lourens Kasanoff “Mortal Combat” franshizasi asoschisi, “Terminator”, “Lego-yulduzlar jangi” kabi filmlar prodyuseri hisoblanib, “Terminator 2: Judgment Day” (Terminator 2: Qiyomat kuni) kartinasi uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
U Arnold Shvarsenegger bosh qahramon rolini ijro etgan va Jeyms Kemeron rejissorlik qilgan “True Lies” (Chin yolg‘onlar) filmida ijrochi prodyuser vazifasini bajargan.
Lourens Kasanoff 1990-yil kinorejisser Djeyms Kemeron bilan birgalikda “Lightstorm Entertainment” kinokompaniyasiga asos soladi. Ushbu kinokompaniya shu kungacha “Titanik”, “Avatar” singari filmlar prodyuserligi bilan shug‘ullangan. Lourens 200 ortiq filmlar yaratilishda ishtirok etib, kinobiznesda milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan. | 90 | 1,461 |
Madaniyat | Aktrisa Asal Shodiyeva “Miel” brendi orqali o‘ttizta odamni ish bilan ta’minlaganini ma’lum qildi (video) | Aktrisa Asal Shodiyeva “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Intervyu davomida aktrisa o‘zining “Miel” brendi haqida to‘xtalib, ushbu kichik korxona orqali o‘ttiz odamni ish bilan ta’minlagani haqida gapirib berdi.
Qizlarimiz ko‘pincha uyda o‘tiramiz, o‘zimizga ham, turmush o‘rtog‘imizga ham yoqadigan, kundalik hayotda kiyib yuradigan kiyim topishga qiynalamiz deb yozishardi. Shaxsan o‘zim muxlislarim, qizlar uchun deya boshida ilk kolleksiyani chiqarganimizdan so‘ng uy bekalari, yosh qizlar uchun kiyimlar tikishni yo‘lga qo‘yganmiz. Bugungi kunda mazkur kichik korxonada o‘ttiztacha xodim ish bilan band.
Asal Shodiyeva, aktrisa | 105 | 704 |
Madaniyat | Shohruxxonga 25-may kuni konsert qo‘yishga ruxsat berilmadi | Xonanda Shohruxxon 23, 24 va 26-may kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Yulduzlar” deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
“Bekajon” gazetasining yozishicha, xonandaga 25-may kuni konsert berishga ruxsat etilmagan. “Buning sababi esa bizga qorong‘i”, — deyiladi gazeta xabarida.
Avvalroq Shohruxxonning konsert dasturi “Istiqlol” san’at saroyida beriladigan eng ko‘p kunli konsertlar reytingidan o‘rin olgani haqida xabar berilgan edi. | 59 | 464 |
Madaniyat | “Qalpoq”dagi Maraymamat — Rahmonali Suropov tez yordamning noto‘g‘ri tashxisi sabab infarkt bo‘lgani, shundan so‘ng qand kasalini orttirib olganini ma’lum qildi (video) | “Qalpoq”dagi Maraymamat — aktyor Rahmonali Suropov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida aktyor Rahmonali Suropov tez yordamning notog‘ri tashxisi sabab infarkt bo‘lgani, infarktdan so‘ng qand kasalini orttirib olgani haqida gapirib berdi.
Infarkt sababi pala-partish ovqatlanishdan, maishatni ko‘paytirib yuborishdan, boshqa hech narsa emas. Boshimdan o‘tganini o‘zim bilaman. Sport bilan shug‘ullanmaslik yoki mehnat qilmaslikdan kelib chiqdi.
Meni o‘sha kuni tushlik payti bir ukamiz mehmon qildi. Beshbarmoq yedik. Beshbarmoq bir odamga ko‘p suzilgan ekan, qazilari bilan. Kechqurun To‘ytepaga ziyofatga bordim. Choyxonada qozonkabob qilishgan ekan.
Kechqurun uyga keldim, ko‘krak qafasim qattiq og‘ridi. Infarkt bo‘lgan ekanman. Juda ham qattiq og‘riq paydo bo‘ldi. Xotinimga bildirmadim-da, zalga chiqib yotdim. Og‘riq juda ham kuchayib borardi. Keyin xotinim chiqib keldi.
“Tez yordam chaqiraylikmi?” dedi. Men yo‘q dedim. U baribir chaqirdi. Tez yordam kelib, “oshqozoningiz kasal ekan-ku”, dedi. Keyin oshqozon og‘rig‘iga qarshi ukol qildi. U esa mumkin emas ekan.
Ertalab o‘zim shifoxonaga bordim. “Sizni kim olib keldi?” deyishdi. “O‘zim keldim”, dedim. “Iye, qanaqa odamsiz? Infarkt bo‘lganingizni bilasizmi?” deyishdi. Tez yordam chaqirmoqchi bo‘lishdi. Nima qilish kerakligini so‘radim. “Yotish kerak, qimirlashingiz mumkin emas”, deyishdi.
Keyin o‘zim mashinaga minib, 16-shahar shifoxonasiga bordim. U yerda ham “kim olib keldi?”, deya savol berishdi. O‘zim kelganimni aytdim. Aravachaga yotqizib, reanimatsiyaga olib kirib ketishdi. Reanimatsiyada 3 kun yotdim. Keyin stend qo‘yishdi.
Hozir ahvolim yaxshi, lekin baribir ko‘p o‘ylayverganimdan oddiy shamollash bo‘lsa ham, yuragim og‘ridimi, deb qo‘rqib qolganman. Lekin qon suyultiradigan dorini har doim ichib turaman. Oz-moz sport bilan shug‘ullangandek bo‘laman. Hayot o‘tib turibdi, alhamdulillah.
Endi hamma narsa bo‘ynimda bo‘lgani uchun, “men ham xohlayman, kimdir ko‘rsatuv qilsa-da, o‘shanda faqat rolimni o‘ynab, qaysi rolni bo‘lsa ham, o‘ynab, ketsam”, lekin unaqa bo‘lmaydi. Ssenariydan boshlab syomka tugagunga qadar, montaj bo‘lib, ko‘rsatuv tayyor holga kelgunga qadar bo‘ynimda mas’uliyat turadi.
Bu yerda tortishuvlar bo‘ladi, siqilishlar bo‘ladi. Aytilgan paytda aktyor-aktrisamiz kelmay qoladi. Unga siqilasiz.
Yurakka stend qo‘yganimdan keyin u narsalarning hammasini unutdim. Kelmasa-kelmas, “Xudoning aytgani bo‘ladi”, deya siqilmay qo‘ydim.
Stend qo‘yganimdan keyin, qand kasalligini ushlab olibman. “Diyeta qilib yuring” deyishyapti, men diyeta qilolmayman. Qilsam bo‘ladi, lekin qilolmayman. Dorisini bir-bir ichib turaman. Ko‘p esimdan chiqib qoladi.
Men qand kasali bo‘lmayman, deb o‘ylagandim, yurak kasali ham bo‘lmayman, deb o‘ylab yurardim. Xudoning aytgani bo‘larkan. Allohning o‘zi asrab yursin.
Rahmonali Suropov, aktyor, “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi asoschisi
Ma’lumot uchun, Rahmonali Suropov 1969-yil, 1-yanvar kuni Namangan viloyati, Chust tumani, Axcha qishlog‘ida dunyoga kelgan. Teatr va rassomchilik institutida tahsil olgan. “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi asoschisi. Oilali. Uch farzandning otasi | 168 | 3,194 |
Madaniyat | Mahallada duv-duv gap: Yuz-ko‘zi qon aktyor Dilshodbek Kattabekov, uning yonida esa majaqlangan Lacetti | “Kichkina tabib” filmidagi roli bilan hammaga tanish aktyor Dilshodbek Kattabekov Instagram’dagi sahifasida majaqlangan Lacetti yonida yuz-ko‘zi qon bo‘lgani holda, jilmayib tushgan suratini e’lon qildi.
Surat ostida “Yangi film syomkasidan” deb yozib qo‘yilganiga qaramay, izohdan avval suratni ko‘rib xulosa qilgan foydalanuvchilar yetarlicha shov-shuvga ko‘tarishga ham ulgurdi.
Jurnalist Feruz Muhammad aktyor bilan bog‘lanib, surat qaysi filmni tasvirga olish jarayonidan olingani bilan qiziqdi.
“Buyuk rejissor Shuhrat Abbosovning ishchi nomi ‘Mahallada duv-duv gap 2’ nomli filmida suratga tushmoqdaman. Instagram’da e’lon qilingan surat ham shu film syomkasi vaqtida olingan”, — dedi Kattabekov.
“Filmning suratga olish ishlari Farg‘ona, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda. Filmda Ahror bezori degan rolni o‘ynayapman”, — deya ma’lum qildi Dilshodbek Kattabekov.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 103 | 1,041 |
Madaniyat | O‘smirlikdan o‘tish qiyinchiliklari va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Ushbu asarni talabalik davrimda, asar qahramoni Xoldendan to‘rt yosh kattaligimda o‘qiganman. Asarda o‘zimni ko‘rganman. Albatta, har bir o‘spirin va endi balog‘at yoshiga kirib kelgan qiziqqon va to‘polonchi yigit Xolden siymosida o‘zini ko‘rishi aniq.
Roman menda katta taassurot qoldirgan. Muammolarimning sabablarini va ular ortidan kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni kaftday namoyon qilib bergan. Roman kimnidir to‘polonchilikni davom ettirishga undasa, kimgadir o‘zini bosib olish uchun ko‘zgu vazifasini o‘tashi mumkin. Menda ikkinchisi bo‘lgan edi.
Asar haqida
“Javdarzordagi xaloskor” – amerikalik yozuvchi Jerom Selinjerning romani. Unda muallif Xolden ismli o‘spirin bola nomidan Amerika haqiqatini chuqur anglashi, zamonaviy jamiyatning umumiy qonuniyatlari va axloqini rad etishi haqida ochiq gapiradi.
Asar yoshlar va kattalar orasida juda mashhur bo‘lib, XX asrning ikkinchi yarmida dunyo madaniyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Roman deyarli barcha yirik tillarga tarjima qilingan. 2005-yilda Time jurnali romanni 1923-yildan beri ingliz tilida yozilgan 100 ta eng yaxshi romanlari ro‘yxatiga kiritgan.
Syujet
Roman 16 yoshli o‘smir Xolden Kolfild nomidan yozilgan. Xolden 1949-yil dekabr oyida sodir bo‘lgan voqealar haqida gapirib beradi. Bosh qahramonni Pensi maktabidan qoniqarsiz baholari uchun haydashadi. U qilichbozlik guruhining kapitani sifatida Nyu-Yorkka musobaqaga boradi. Ammo sport jihozlarini metro vagonida unutib qo‘ygani sababli uning guruhi musobaqada ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotadi.
Xolden maktabdan haydalgani haqida ota-onasiga xabar bermay, qishki ta’tilgacha qolgan bir necha kunni Nyu-Yorkdagi mehmonxonalarning birida o‘tkazishga qaror qiladi.
Bir kuni u mehmonxonani tark etib, nonushta qilish uchun restoranga kiradi. U yerda Xolden ikki rohiba bilan tanishib qoladi. Ularning biri adabiyot muallimasi bo‘lgani uchun Xolden o‘qigan kitoblari haqida so‘z yuritadi. Xususan, ular “Romeo va Julyetta” asarini muhokama qiladi.
Nonushtadan so‘ng Xolden singlisi uchun “Kichkintoy Sherli Binz” nomli plastinkani xarid qilish maqsadida musiqa do‘koniga boradi. Yo‘lda bir notanish bola qo‘shiq kuylab yurganini eshitib qoladi. Bu qo‘shiqda “Agar sen kimnidir javdarda, tunda ushlagan bo‘lsang…” degan ibora mavjud edi. Qo‘shiq Xoldenning kayfiyatini ozgina bo‘lsa ham ko‘taradi.
Xolden dugonasi Salli bilan spektaklga boradi. Aktyorlarning mahorati tomoshabinlarni g‘oyat zavqqa solgan bo‘lsa-da, Xoldenni pyesa qoniqtirmaydi.
Spektakldan so‘ng ular yaxmalakka boradi. U yerda ular janjallashib qoladi.
Kechga yaqin Xolden maktabdagi tanishi Karl Lyuisni uchratib qoladi. Lyuis o‘zini doim takabbur tutuvchi talaba edi. Xoldenning gaplarini eshitib, unga psixoanalitikka murojaat etishni maslahat beradi.
Bir o‘zi qolib, Xolden markaziy tomoshabog‘ga yo‘l oladi. Qish faslida ko‘l bo‘yidagi o‘rdaklar qayerga g‘oyib bo‘lishi uni doim qiziqtirar edi. Yo‘lda Xolden bilmagan holda singlisining musiqiy plastinkasini sindirib qo‘yadi.
Xolden uyga borib kelishga qaror qiladi. Uning omadi keladi, uyda singlisi Fibidan tashqari hech kim bo‘lmaydi. Xolden singlisiga orzulari haqida gapirib beradi. U notanish bolaning qo‘shig‘ini ham eslaydi.
Kutilmaganda ularning ota-onasi uyga qaytib keladi. Xolden ular bilan uchrashishga ruhan tayyor bo‘lmagani uchun bekinib uydan chiqib ketadi.
Tunni o‘tkazish uchun Xolden maktabdagi adabiyot ustozi mister Antolinining xonadoniga boradi. Muallim Xoldenni xushmuomalalik bilan kutib olib, uning muammolarini muhokama qilishga tushadi.
Tong otganda Xolden G‘arb tomon jo‘nab ketishga qaror qiladi. Xolden hatto singlisiga maktub yozib qoldiradi. Bu maktubda u Fibi bilan uchrashish niyatida ekanini xabar qiladi. Fibi akasining rejalarini eshitib, u bilan birga ketmoqchi bo‘ladi. Lekin Xolden uning iltimosini rad etadi. Fibini bu xabar g‘amga soladi. Singlisiga rahmi kelib, Xolden uydan ketish niyatidan qaytadi. Fibi bilan yarashib olish maqsadida uni markaziy tomoshabog‘dagi hayvonot bog‘iga olib boradi. U yerda ot o‘yini ishlayotgan bo‘ladi. Xolden singlisini unda uchib ko‘rishga ko‘ndiradi. Birdan jala quyib yuboradi. Roman oxirida Xolden yomg‘ir ostida qolib ketganidan qat’iy nazar singlisining ot o‘yinida uchayotganini zavq bilan tomosha qilib, nihoyat o‘zini baxtiyor his etadi.
Epilogda esa Xolden bu hodisalardan keyin sodir bo‘lgan voqealar haqida qisqacha gapirib beradi.
Tahlil
Asar bizga o‘spirinlikdan balog‘atga o‘tish bosqichida bo‘lgan yosh yigit Xolden Kolfildning atigi ikki kunda ro‘y bergan hikoyasini tasvirlaydi. Bolalikni ideal tasavvuriga yopishib olish bilan birga, yetuklikka nisbatan istak va ulg‘ayish oldidagi qo‘rquv orasida yurish shu yoshda qiyinchiliklarga duch keladigan inson hayotining murakkab bosqichidir.
Roman davomida Selinjer taksistlar, rohibalar, sayyohlar, sobiq sinfdoshlar va boshqalar bilan o‘nlab uchrashuvlar orqali Kolfild izidan borib, hayratda qoldiradigan tushunchalarni aytib beradi.
Aytish mumkinki, Kolfild o‘zining boshqalarga ta’sirini sezmaydi va jamiyatning ijtimoiy me’yorlariga moslashishdan bosh tortadi, barcha urinishlarda omadsizliklarga yuz tutgan holda o‘zini himoya qilish uchun psixologik jihatdan ijtimoiy anarxist qiyofasini qabul qiladi.
Xolden Kolfild hamma narsadan kattalar dunyosida topadigan yolg‘onga qarshi haqiqatni qidiradi.
Xolden o‘zining hissiy va qo‘pol munosabatlarini, boshqalar bilan bo‘lishishni va ayniqsa ba’zi vaziyatlarda kattalar o‘zini qanday tutishi haqida tushunchalarga ega bo‘lishni istaydi. Uning boshqa odamlar bilan bo‘lgan uchrashuvlari boshqalar tomonidan sovuq kutib olinadi, chunki u o‘zini g‘ayritabiy tutish orqali xatti-harakatlardan zavqlanib, odatda boshqa odamlar unga nisbatan g‘azablanmaguncha noo‘rin qarorlar chiqaraveradi. Yuqorida aytib o‘tganimday, bunda adib o‘smirlik yoshidan yetuklikka o‘tish juda qiyinchiliklar orqali bo‘lishi mumkinligini chiroyli yoritadi.
Ammo siz bilan menda ham va albatta qahramonimiz Xolden Kolfildda ham o‘sib-ulg‘ayishdan va kattalar dunyosiga kirishdan bosh tortish ertami kechmi muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir.
Xoldenning ismi ham ahamiyatlidir: Inglizcha hold so‘zini “ushlash” deb tushinish mumkin. “Javdarzordagi xaloskor (ushlab qoluvchi)” nomi aslida ingliz tilida ajoyib ma’noga ega ibora. Rus tilida bu asar “Nad propastyu vo rji” (Javdarzordagi jarlik uzra) deb nomlansa-da, hech bir til uning asl ma’nosini ingliz tilichalik ochib bera olmaydi nazarimda. Chunki asarning nomi buyuk ingliz klassik shoiri Robert Byornsning Comin’ Thro’ the Rye deb nomlangan she’ridan olingan bo‘lib, u bolalarning beg‘uborligini saqlashni istagan bosh qahramonlarning ramzini anglatadi. Unda bolalarni jarlikka tushib ketishidan himoya qiluvchi insonlar haqida so‘z boradi.
“Javdarzordagi xaloskor” romanining mag‘zi sifatida bolalik beg‘uborligini erta yo kech yo‘qotishimiznini tushunishimiz mumkin. Xolden “javdarzor xaloskori” bo‘lib, bolalarni jarlikdan tushib ketishdan saqlashni xohlaydi, buni esa balog‘atga yetish yoki unga kirish uchun metafora sifatida tushunsa bo‘ladi.
Xolden romanning bosh qahramoni va hikoyachisidir. U hozirgina maktabdan qobiliyatsizligi uchun haydalgan o‘n olti yoshli aqlli va juda sezgir bola. Hikoyasida Xolden atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga zerikish bilan qaraydi. Uning dunyoga va jamiyatga nisbatan nuqtai nazari o‘ta tanqidiy va salbiy bo‘lgan bir paytda ikkiyuzlamachiliklarga to‘la jamiyat tubida rivojlanayotganini payqaydi. Unga bu yoqmaydi, bu uni asabiylashtiradi.
Ba’zi adabiyotshunoslar Selinjer qahramonining xarakterini, uning dardini va ko‘ngilsizliklarining sabablarini Xoldening sinizmi bilan bog‘lamoqchi bo‘lganini ta’kidlaydi. Biroq, fikrimcha, Xoldenning atrofdagi odamlarga nisbatan tanqidlari avvalo uning o‘ziga qaratilgan. Zaif tomonlaridan o‘zini noqulay his qilishi va buni ba’zan shu sabab yolg‘on, bema’nilik va yuzakilikni namoyon etishidan payqash qiyin emas. O‘zi joylashgan jarlikni hayotiy tajribasi kamligi tufayli muvaffaqiyatli talqin qilishning imkoni yo‘qligi uni hissiy qulash yoqasida qoldiradi.
Xulosa
Roman qahramoni – bolalikdan balog‘at yoshiga o‘tish davriga duch kelgan o‘spirin. Bizning hayotiy vaziyatda Xolden maktabni bitirgan kollejning birinchi kurs talabasi bilan teng yoshda. Hozirgi yoshlardan farqli o‘laroq, roman bosh qahramoni va undagi boshqa qahramonlar biz “ijtimoiy jihatdan namuna bo‘lgan yuksak ma’naviyatli yoshlar” deb atashimiz mumkin bo‘lgan model emas. Bu haqiqat esa o‘quvchini qahramonlarning xatti-harakatlari va fikrlarini o‘zi uchun baholashga majbur qiladi, shu bilan matnni mulohaza qilmasdan shunchaki “yeb yuborish”dan saqlaydi.
Romanda biz ko‘r-ko‘rona ishonish kerak bo‘lgan bir qator qadriyatlarning ekspozitsiyasini topmaymiz, ammo romandagi asl mag‘zni chaqqan normal sharoitdagi yoshlarning hayoti va muammolari uchun ushbu roman haqiqiy ekzistentsial psixoterapiyaga aylanadi. Roman juda intensiv dinamikaga ega emas, chunki unda bir nechta kichik voqealardan tashqari dinamik rivojlanish borasida deyarli hech narsa yo‘q. Romanning bu xususiyati oddiy kitobhonlarni o‘rganmagan adabiyot janriga moslashishi uchun yaxshi vositaga aylanadi.
Iqtiboslar
Biror kishi vafot etgani sababli o‘zimizni uni sevishni to‘xtata olmaymiz, ayniqsa u barcha tiriklardan yaxshiroq bo‘lsa, bilasizmi?
Bunday kitoblar meni hayratga soladi, chunki siz ularni oxirigacha o‘qib bo‘lgach, darhol o‘ylaysiz: qaniydi bu yozuvchi mening eng yaqin do‘stim bo‘lsa-yu va u bilan xohlagan paytda telefonda gaplashsam;
Har doim biror kimga “siz bilan tanishganimdan xursandman” deyman. Aslida men bundan umuman xursand emasman. Ammo odamlar bilan yashashni istasangiz, buni aytishga majbursiz;
Kun keladi va qayerga borishni o‘zingiz hal qilishingiz kerak bo‘ladi. Shunda zudlik bilan o‘zingiz qaror qilgan joyga borishingiz kerak. Darhol. Bir daqiqani yo‘qotishga ham haqqingiz yo‘q. Sizga bu mumkin emas.
Qiziqarli faktlar
- Selinjer “Javdarzordagi xaloskor” romanini Ikkinchi jahon urushi paytida Normandiyaga tushirilgan desant tarkibida bo‘lganida yozgan;
- Xolden asar davomida Xemingueyning “Alvido, qurol!” romani haqida yomon fikr bildirganiga qaramay, Selinjer va Xeminguey hayotda do‘st bo‘lgan, bir-birining ishlarini hurmat qilgan va hatto doimiy yozishmalar olib brogan;
- ko‘pchilik “Javdarzordagi xaloskor” romani Jon Lennonning qotili Mark Chapmanning sevimli kitobi bo‘lgani haqida eshitgan, ammo yana bir nechta mashhur jinoyatlar ham bu kitob bilan bog‘liq. Masalan, 1981-yilda roman fanati bo‘lgan Jon Xikli AQSh prezidenti Ronald Reyganga suiqasd uyushtirishga uringan.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida
Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi?
Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida
Jamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida
Ko‘rlar mamlakatida bir ko‘zlilar qirol bo‘ladi. Xose Saramagoning “Ko‘rlik” romani haqida
Bir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning “Parfyumer” romani haqida
“Nega dunyoda o‘limimdan keyin hech narsa o‘zgarmadi?” “Buzrukning kuzi” – diktatorlar taqdiri haqida roman
“Dunyoni qanchalik ko‘p kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti”. “Andisha va g‘urur” romani haqida
Bolalik insonning asl holatidir. “Kichkina shahzoda” qissasi haqida
“Men insonman. Men sevishim kerak”. “Eljernon uchun gullar” romani haqida
“Bu hayotda yo ovchisiz, yo o‘lja”. “Buyuk Getsbi” romani haqida | 96 | 11,775 |
Madaniyat | Kinotavsiya: bolalar bilan tomosha qilish kerak bo‘lgan, boshqalarga o‘xshamaydigan odamlar haqidagi filmlar (foto) | Biz inklyuziv bo‘lishni o‘rganayotgan dunyoda yashayapmiz. Bolalarni bunday holatga tayyorlash juda muhim, ular boshqalarga o‘xshamaydigan odamlar bilan uchrashganda, kimga duch kelayotganini va qanday javob berishni tushunishlari kerak. Qiyin, ammo muhim mavzu haqida gaplashish uchun quyidagi filmlardan birini birgalikda tomosha qilish yordam beradi.
“Mo‘jiza”, 2017
Kamdan kam uchraydigan genetik xatolik tufayli Avgustning yuzi deyarli yo‘q. O‘zini Oggi deb ataydigan bu bolakay tug‘ilganidan beri 27 ta operatsiyani boshdan o‘tkazgan, ammo baribir uning tashqi ko‘rinishi tengdoshlarinikidan juda farq qiladi. U mehribon va g‘amxo‘r oilada, ajoyib dono ota-onasi va jasur opasi bilan o‘sgan. Ammo endi Oggi ochiq “kosmos” — maktabga chiqishi kerak. “Xudoyim, uni xafa qilmasalar edi”, deb pichirlaydi duo qilayotgan ona (Juliya Roberts). Lekin uni ranjitishadi. U maktab koridorlari bo‘ylab yurganida bolalar o‘zlarini chetga olishadi va undan uzoqroqda turishadi. Ba’zilar uning aqliy qobiliyati ham tashqi ko‘rinishidek bo‘lsa kerak deb o‘ylaydi.
Bir kuni mo‘jiza sodir bo‘ladi va Oggi o‘ziga do‘st topadi. Ammo tengdoshlarining bosimi ostida yangi o‘rtoq Avgustga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Endi bola, uning oilasi, sinfdoshlari oldida uzun va mashaqqatli yo‘l bor — tushunish, hamdard bo‘lish va qabul qilish yo‘li.
“Iqtidorli”, 2017 yil
Har qanday jamiyatda bo‘lgani kabi bolalarda ham qoidalardan tashqariga chiqish holatlari kuzatiladi. Va ko‘pincha boshqalarga o‘xshamaydiganlar masxara qilinadi. Buni noyob matematik iste’dod bilan tug‘ilgan kichkina Merining onasi yaxshi tushunardi. Ammo u vafot etgach, Meri tog‘asi (Kris Evans) qaramog‘ida qoladi. U qizga o‘zi bilgan hamma narsani o‘rgatadi, odamlarga qo‘shilishi uchun Merini maktabga yuborishga qaror qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi tezda uning ajoyib iste’dodini kashf etadi. Maktab Merini iqtidorli bolalar akademiyasiga yuborishni taklif qiladi, ammo bu Frenk va Meri katta muammoga duch kelishi bilan baravar edi. Axir Frenk singlisiga Merining boshqa bolalar kabi oddiy hayot kechiradi, deb va’da bergandi. “Hech kim aqllilarni yoqtirmaydi”, deydi bir kuni Meri.
Bu orada shuhratparast buvi nabirasining iqtidorini bilib qoladi. U va Frenk o‘rtasida haqiqiy qarama-qarshilik boshlanadi: tog‘asiga buvisi uni bolaligidan mahrum qilmoqchidek tuyuladi. Buvisi esa tog‘asi Merining kelajagini barbod qilyapti, deb hisoblaydi.
“Forrest Gamp”, 1994
Bu aqli zaif, ammo mehribon va ochiqko‘ngil bolaning hayoti va ulg‘ayishi haqidagi ajoyib hikoya. yuqori IQ’ga ega bo‘lishdan ko‘ra yaxshi inson bo‘lish muhimligi haqidagi film.
Hayot Forrestga (Tom Xenks) mehribon edi, chunki u ham atrofdagilardan mehrini ayamasdi. Forrest ajoyib sportchi, front qahramoni, millionerga aylanadi. Ammo uning asosiy boyligi doimo odamlar bo‘lib qolaveradi. Aslida boshqalar unga g‘amxo‘rlik qilishlari kerak, lekin Forrest har doim ularni himoya qiladi, qutqaradi va ilhomlantiradi. Axir hayot shokolad qutisiga o‘xshaydi: qanday nachinkali shokolad chiqishini hech qachon bilmaysiz.
“Kakku uyasi uzra parvoz”, 1975
Rendl Patrik Makmerfi (Jek Nikolson) qamoqqa tushmaslik uchun o‘zini aqldan ozgandek ko‘rsatib, bundan ham yomonroq joy — hamshira Mildred Ratched tomonidan shafqatsizlarcha boshqariladigan ruhiy kasallar muassasasiga tushib qoladi. Makmerfi klinikaning qolgan bemorlari bunday davolanishga qarshi emasligidan hayrat qoladi va isyon ko‘taradi.
Film so‘zsiz qudrat ruhiy kasallikdan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilishi va aqldan ozdirishi haqida — “oddiy” odamlar ruhiy kasallarga qaraganda ancha qo‘rqinchli va xavfliroq bo‘lishi mumkin.
“Stiven Xoking olami”, 2014
Kuchli aql va temir iroda kasallikni yenga oladimi? Stiven Xokingning butun hayoti bu savolga javob beradi. Yosh fizik talaba oldida buyuk kashfiyotlarga to‘la hayot turardi. Ammo dahshatli tashxis hamma narsaga chek qo‘yishi mumkin.
Film odamlarning aqli va qalbini bilmasdan turib, ularning tashqi ko‘rinishi va jismoniy imkoniyatlariga qarab baho bermaslik kerakligi, haqiqiy sevgi va buyuk maqsadlar mo‘jizalar yaratishi haqida.
“Insonning jasoratida chegara bo‘lmasligi kerak. Hayot qanchalik dahshatli ko‘rinmasin, u bor ekan, umid bor. Buyuk olimning bu iborasi muammolarga duch kelgan har bir kishiga dalda beradi.
“1+1”, 2011
Baxtsiz hodisa natijasida nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan badavlat aristokrat Filip endi hech narsadan xursand bo‘lolmaydi.
Ammo qashshoqlikda yashovchi, yaqinda qamoqdan chiqqan yosh fransuz Dris uning yordamchisi bo‘lganda hammasi o‘zgaradi. Bu ikkisi butunlay boshqa-boshqa dunyo va har biri o‘z stereotiplardan voz kechishi kerak. Bu ular bir-biriga yordam berishning yagona yo‘li.
Dris Filippga yana hayotning ta’mini his qilishga yordam beradi, chunki u Filippda nogiron emas, balki yaxshi insonni ko‘radi. Bu barcha yoshdagi bolalar bilan suhbatlashish uchun foydali bo‘lgan muhim tajribadir. | 115 | 4,891 |
Madaniyat | Turk seriallaridagi tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan juftliklar (foto) | Ma’lumki, efirga uztilayotgan turk seriallarining davomiyligi, albatta, reyting bilan bog‘liq. Reyting esa o‘z navbatida, ssenariy, rejissorlik ishi hamda aktyor va aktrisalar mahoratiga ko‘ra tomoshabinlar tomonidan belgilanadi. Ayniqsa, melodramalardagi juftlik serial ixlosmandlari mehrini qozonsa, bu serial muvaffaqiyatidan darak beradi. Quyida turk seriallarida rol ijro etgan eng go‘zal juftliklarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Eshigimni qoq” – Eda va Serkan
Serial sujetiga ko‘ra, Xande Erchel gavdalantirgan qahramon Eda Yildiz gulchi bo‘lib ishlaydi va shu tariqa oilasiga yordam beradi. U landshaft dizayneri bo‘lishni orzu qiladi va hatto chet elda o‘qish uchun grant oladi. Ammo so‘nggi pallada qizning o‘qishi uchun pul to‘lashi kerak bo‘lgan kompaniya grantni bekor qiladi. Eda hamma narsada kompaniya egasi, yosh tadbirkor Serkan Bolatni ayblaydi, u esa o‘z firmasi advokatlari tomonidan chiqarilgan adolatsiz qarordan ham bexabar. Sujetning nozik jihatlari bosh qahramonlarni birlashtiradi, bundan tashqari, Serkan Edani o‘zining bo‘lajak rafiqasidek ko‘rsatishga ko‘ndiradi va buning evaziga uning o‘qishi uchun pul to‘lashga va’da beradi.
“Erkin qush” – Jan va Sanem
Quvnoq qiz Sanem reklama agentligiga ishga kiradi va voqealar girdobiga tushib qoladi. Kompaniya tug‘ilgan kunini nishonlayotgan vaqtda u adashib boshqa xonaga kirib ketadi va u yerda bir yigit bilan uchrashadi. Sanem bu uning taqdiri ekanini his qiladi va uni izlashga tushadi. Bu vaqtda agentlikka direktorning katta o‘g‘li Jan Divid rahbar etib tayinlanadi. Jan va Sanem tez orada til topishib ketadi, ammo qiz o‘sha notanish yigitni izlashda davom etadi.
“Gilos mavsumi” – Oyku va Ayaz
Oyku yosh va go‘zal, lekin uning hayoti Mete ismli yigitga bo‘lgan yashirin va javobsiz muhabbat tufayli qorayadi. Mete boshqa ayolni sevadi, baxtsiz Oyku esa indamay azob chekadi. Mete bilan birga ishlaydigan bosh qahramonning hayotida Ayaz ismli yigit paydo bo‘lganda hamma narsa o‘zgaradi. Oyku chin sevgi nimaligini nihoyat tushunib yetadi va Ayazning taqdiri ekaniga chin dildan ishonadi.
“To‘lin oy” – Nazli va Ferrit
Nazli oshpaz bo‘lishni va o‘z restoranini ochishni orzu qilgan talaba. Bir kuni o‘qituvchisi unga yarim kunlik ish taklif qiladi, taniqli biznesmen Ferrit Aslan uchun shaxsiy oshpaz bo‘lish. Ferrit boy, talabchan va injiq, ammo Nazli o‘z xo‘jayiniga alohida yondashuv topadi. Ferritning esa uzoq vaqtdan beri ayollardan hafsalasi pir bo‘lgan va yuragida sevgiga joy yo‘q edi, ammo yangi xodimining quvnoqligi uni mag‘lub etadi.
“Malikam endi qara” – Hayot va Murat
Serial turk jamiyatining turli qatlamlari vakillari o‘rtasidagi buyuk muhabbat haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Hayot Istanbulga ish topish uchun keladi. Katta shaharda u yirik to‘qimachilik imperiyasining vorisi Murat bilan uchrashadi. Qiz biroz aldov yo‘li bilan Muratning kompniyasiga ishga kiradi. Yoshlar o‘rtasidagi munosabatlarni iliq deb atash mumkin emas, lekin oldinda har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga qodir bo‘lgan go‘zal sevgi hikoyasi bor.
“Oq va qora sevgi” – Asli va Ferhat
Serial qahramoni Ferhat uchun odam o‘ldirish oddiy ish qilish bilan barobar. U muhabbat haqida barchasini unutgan. Kunlarning birida hayot uni klinikada ishlaydigan Asli bilan to‘qnashtiradi. Bir kishining hayotini saqlab qolish uchun Ferhatga zudlik bilan shifokor kerak bo‘ladi. U Aslini aldab qishloqdagi uyga olib keladi. Ferhatning amakisi Namiq jiyaniga qizni yo‘q qilish vazifasini beradi. Ferhatning birinchi marta odam o‘ldirishga qo‘li bormaydi, lekin Aslining hayotini saqlab qolish oson ish emas.
“Taqiqlangan sevgi” – Bixter va Behlul
Go‘zal Bixter otasi tengi Adnanni sevib qoladi. Qizning his-tuyg‘ulari samimiy, lekin uning baxtiga Adnanning raqibi to‘sqinlik qiladi, buning ustiga onasi ham. Ammo Adnan yosh qizni o‘ziga xotin qiladi. Bu vaqtda Bixter va Adnanning asrab olingan jiyani Behlul o‘rtasidagi haqiqiy va qizg‘in muhabbat hali alangalanmagan edi.
“Sevgi iztirobi” – Kemal va Nihan
Kemal Soydere Istanbul universiteti talabasi, oddiy va aqlli yigit. Uning otasi Husayn sartaroshxona egasi, onasi Fehime esa uy bekasi. O‘g‘lining badavlat oiladan bo‘lgan Nihan ismli qizga bo‘lgan ehtirosli muhabbati oilasining “tinchligini buzadi”. Ularning orasidagi ijtimoiy tengsizlik shunchalik kattaki, Kemal va Nihan his-tuyg‘ularini yashirishga majbur bo‘ladi. | 75 | 4,355 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritildi | Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston xalq artisti, 74 yoshli Sherali Jo‘rayevning og‘ir ahvolda ekani yoki vafot etgani to‘g‘risida turli mish-mishlar tarqalmoqda. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov mazkur gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida san’atkorning kenja izdosh o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayevning ma’muri G‘ayrat Shokirov bilan bog‘landi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ozib ketgan Sherali Jo‘rayevning choy ichayotgani aks etgan video tarqaldi.
“Kimlardir judayam noto‘g‘ri xabarlar tarqatib yuboribdi. Bunday gaplarni kim chiqargan bo‘lsa, Alloh unga insof bersin”, — dedi G‘ayrat Shokirov.
— Sherali Jo‘rayev ayni paytda Istanbulda davolanayotgani haqidagi xabarlar qanchalik rost?
— Aslida Turkiyaga safarga ketgan. U yerda qizlari o‘qiydi. Magistraturani bitirish arafasida diplom olish jarayonlari bo‘larkan. Hozir qizlarining oldida. 7—8-mart kunlari Toshkentga qaytib keladi. Xudo xohlasa, 21-mart kuni davlat bayramida ko‘rinish beradi. Dasturga qo‘shiqlari kiritilgan, tayyorgarlik ketyapti.
Sherali Jo‘rayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Shohjahon Jo‘rayev ham otasining tirik va sog‘-salomat ekanligini aytib, muxlislardan yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda ham O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. | 113 | 1,339 |
Madaniyat | Ozarbayjonda Zulfiqor Musoqovning “Vatan“ filmi xalq sevgan filmlardan biri ekanligi aytildi | Ozarbayjonda davom etayotgan “O‘zbekiston kinosi kunlari“ haftaligi doirasida Nizomiy kinoteatrida rejissor Zulfiqor Musoqovning “Berlin-Oqqo‘rg‘on“ badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zbekkino” matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vazirligi kinematografiya bo‘limi boshlig‘i Jahongir Mamedov urush mavzusi birgina millatning og‘riqli nuqtasi emasligi, kartinadagi umuminsoniy iztiroblar hech kimni befarq qoldirmasligini aytib o‘tgan.
Ozarbayjonlik kinoshunoslar Zulfiqor Musoqovning “Vatan“ filmi Ozarbayjonda katta qiziqish bilan ko‘rilishini, xalq sevgan filmlardan biri ekanini aytishdi.
“O‘zbekiston kinosi kunlari“ haftaligida 10 ta (6 ta badiiy, 4 ta hujjatli) o‘zbek filmi namoyish etiladi.
Ma’lumot uchun, rejissor Zulfiqor Musoqovning “Vatan” filmi 2006-yilda suratga olingan bo‘lib, film ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekistondan ketib qolgan o‘zbekistonliklar hayotidan hikoya qiladi. Filmda bosh rollarni Muzaffar Sa’dullayev, Ra‘no Shodiyeva, Bobur Yo‘ldoshevlar ijro etishgan. | 92 | 1,052 |
Madaniyat | “Uddalab bo‘lmas topshiriq-8” filmi kosmosda suratga olinadi | “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasining sakkizinchi qismi yakuniy bo‘ladi, shu sababli uning prodyuseri, shuningdek, bosh rol ijrochisi Tom Kruz kosmosda suratga olish ishlarini tashkillashtirishga urinmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor NASA bilan muzokaralar o‘tkazmoqda va barcha detallarni muvofiqlashtirib bo‘lgan. Bundan tashqari, Tom Kruz o‘z rejasini amalga oshirish uchun kosmosga uchish uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga tayyor.
“Tom o‘zining tryuklari bilan mashhur va ‘Uddalab bo‘lmas topshiriq’ filmlaridagi sahnalar ham hozirga qadar suratga olingan eng qiyin sahnalardan. Biroq u yanada oldinga qarab harakat qilish niyatida. U o‘zi o‘ylagan rejaning amalga oshishiga ishonchi komil va bu haqda NASA bilan gaplashgan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Tom Kruz hozirda “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7”ni yakunlash ustida ish olib bormoqda. Turli tryuklarga boy film 2021-yilda katta ekranlarga chiqadi..
Kruzning kosmosda film suratga olishi haqida may oyida ma’lum bo‘lgandi. Loyihaga SpaceX asoschisi Ilon Mask qiziqish bildirgan.
Avvalroq Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq-7” filmining suratga olish jarayonida avariyaga uchragani ma’lum bo‘lgandi. | 60 | 1,216 |
Madaniyat | Anjelina Joli Qizil kxmerlar haqida film suratga oladi | Anjelina Joli Qizil kxmerlar davridagi Kambodja haqida to‘liq metrajli badiiy filmni suratga oladi. Bu haqda u Gollivudda tarqatilgan maxsus bayonotida ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda “TASS”.
Joli nafaqat rejissor, balki prodyuser sifatida ham ishlayotgan film kambodjalik yozuvchi Lun Unning “Ular avval otamni qatl etishdi: Kambodja qizining xotiralari” kitobiga asoslangan. “Unning kitobi menda katta taassurot qoldirdi, — deydi Joli. — Bolalar urushni qanday qabul qilishi va bu ularning ruhiyatiga nechog‘li ta’sir ko‘rsatishini anglab yetgandek bo‘ldim. Men o‘zim uchun o‘ta ahamiyatli bo‘lgan kitob asosida film olayotganimdan mamnunman”.
Ssenariysi Joli va Un tomonidan birga yozilayotgan loyiha 2016-yilning ikkinchi yarmida dunyo yuzini ko‘rishi kutilmoqda. | 54 | 771 |
Madaniyat | Xonanda Azamat Sharipov mikroinsultni boshdan o‘tkazdi | Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Azamat Sharipov avtohalokatga uchrab, ayni vaqtda ahvoli og‘ir ekani haqida gap-so‘zlar tarqalib ketdi. Xonandaning ukasi Islom Sharipov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusi avtohalokat haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
“Akam 17-sentabr kuni mikroinsultni boshdan o‘tkazib, uyda yotib qoldi. Ba’zi birovlar buni ‘Azamat Sharipov avtohalokatga uchrabdi, ahvoli og‘ir ekan’, deb, turli gap-so‘zlarni tarqatib yuboribdi. Shundan beri odamlar, do‘stlarimiz xavotir bilan bizga qo‘ng‘iroq qilishmoqda”, — deydi xonandaning ukasi.
“Hozir akamning ahvoli yaxshi. Biroz vaqt yotib qolganlari bilan, odamlar aytganidek og‘ir ahvolda emaslar. Salomatliklarini tiklab bormoqdalar. Har xil gap-so‘zlarga chek qo‘yish maqsadida sizlarga murojaat qilgan edim”, — dedi Islom Sharipov.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 54 | 965 |
Madaniyat | Milliy teatr jamoasi Qoraqalpog‘istonga ijodiy safar bilan boradi | O‘zbek milliy akademik drama teatri jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijodiy safarda bo‘ladi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ijodiy safar 20—21-yanvar kunlariga mo‘ljallangan. | 65 | 204 |
Madaniyat | Bryus Uillis afaziya tufayli kinodagi faoliyatini yakunladi. Yana qaysi mashhurlarga shunday tashxis qo‘yilgan? | Bryus Uillisning yaqinlari juda qayg‘uli yangilik haqida xabar berdi: aktyor ushbu kasallik tufayli kino karyerasini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Uning qarindoshlari buning sababini afaziya — eshitish qobiliyatini saqlab qolgan holda idrok etish bilan bog‘liq nutq buzilishi deb tushuntirdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, afaziya jiddiy bosh jarohati yoki insultdan keyin rivojlana boshlaydi. Natijada nutq uchun mas’ul bo‘lgan miya markazlari buziladi. Bunday tashxis qo‘yilgan odam kerakli so‘zlarni boshqalari bilan almashtirib, qisqa, tushunarsiz jumlalar bilan gapira boshlaydi. Bemorga boshqalarning suhbatlariga kirishish ham qiyinlashadi.
Biroq shifokorlar tiklanish imkoniyatini istisno qilmaydi. Bu shunchaki ko‘p narsa miya shikastlanishining og‘irligiga, bemorning yoshiga, terapiya samaradorligiga va mashg‘ulotlarning intensivligiga bog‘liq. Aytgancha, shou-biznesda dahshatli tashxisdan omon qolib, normal hayotga qaytishga muvaffaq bo‘lgan mashhurlar ham talaygina.
Sheron Stoun
2001-yilda aktrisa miyaga qon quyilishi tufayli insult bilan kasalxonaga yotqizilgan. Afsuski, hech qanday asoratlar bo‘lmadi. “Men shifoxonadan uyga qattiq duduqlanish bilan qaytdim. Ikki yil davomida yana yurishni va gapirishni o‘rgandim. Menga kinoda ishlashni davom ettirish oson bo‘lmadi, chunki so‘zlarimni zo‘rg‘a eslardim. Ammo hozir sog‘lomman va so‘z boyligim to‘liq”, — dedi yulduz intervyularining birida.
Emiliya Klark
“Taxtlar o‘yini” yulduzi og‘ir miya operatsiyasidan omon qoldi, shundan so‘ng aktrisa ikki hafta davomida o‘zining ismini ham eslay olmadi. “Men tibbiyot xodimlaridan o‘lishga ruxsat berishlarini iltimos qildim. Axir mening ishim va umuman hayotim muloqot bilan bog‘liq edi. Ammo men bu qobiliyatni yo‘qotdim”, — deydi Emiliya.
Kirk Duglas
1996-yilda Kirk Duglas insultni boshdan kechirdi, bu afaziya rivojlanishiga sabab bo‘ldi. U kasallikdan butunlay tuzalmadi, shu sababli aktyor faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ammo bu, masalan, ijtimoiy tarmoqlarni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qilmadi. Kirk hatto dunyodagi eng keksa mashhur bloger sifatida tan olingan. Duglas xayriya ishlarida ham faol bo‘lgan va hatto ijtimoiy tadbirlarda qatnashgan. U 103 yoshida olamdan o‘tdi. | 111 | 2,212 |
Madaniyat | Sobiq malikalar qanday yashaydi: rasmiy majburiyatlaridan voz kechgan qirolichalar (foto) | Qirolichalar o‘z vazifalaridan voz kechgandan keyin ularning hayoti qanday davom etdi? Kimdir bolalar uchun kitoblar yozdi, yana biri ayollarning huquq va erkinliklarini himoya qildi. Ehtimol, ular rasmiy majburiyatlarni bajarmaslik uchun tegishli imtiyozlardan voz kechgan bo‘lishi mumkin, ammo ularning olib borayotgan faoliyati bunga arziydi.
Malika Nori
Sobiq malika faxriy imperator Akixito va uning rafiqasi qirolicha Michikoning kenja farzandi, Yaponiyaning 126-imperatori Naruxitoning singlisi. Ilgari Nori ornitolog edi. 2005-yilda 36 yoshli qirolicha o‘z hayotini rasmiy aristokratiyadan bo‘lgan, ammo kuchini yo‘qotgan, dizayner Yoshiki Kuroda bilan o‘z hayotini bog‘ladi va imperator oilasini tark etib, mavqeyidan voz kechgan. Keyinchalik malika Ayako va malika Mako uning izidan bordi, ular ham oddiy odamlarga turmushga chiqdi. Hozirda Nori 2017-yilda xolasi Atsuko Ikedaning o‘rniga Yaponiyadagi eng muhim Ise ziyoratgohida oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilmoqda.
Malika Marta Luiza
Malika Marta Luiza Norvegiya qiroli Garald V va qirolicha Sonyaning to‘ng‘ich farzandi. U Norvegiyaning mashhur ertakchisi sifatida tanilgan va uning bolalarga bag‘ishlangan “Nega qirol va malikalar toj kiymaydi?” hikoyasi katta muvaffaqiyat qozongan. Keyinchalik malikaning bu roliga yanada noodatiy ampula qo‘shildi. 2002-yilda Marta Luiza o‘z unvonidan voz kechdi va marhum yozuvchi Ari Benga turmushga chiqdi. Ular uch nafar farzand ko‘rgan. Turmushga chiqqanidan bir necha yil o‘tgach, Astarte Educationning “farishtalar maktabi”ga asos soldi.
Marta Luizaning hayotini zerikarli deb bo‘lmaydi. 2019-yilda qirolning qizi o‘z Instagram’ida ish faoliyati tufayli malika unvonidan voz kechishini ma’lum qilgan. Uni o‘zining “Malika va shaman” turi uchun unvonidan foydalanganlikda ayblashgan edi. Shuningdek, saroy ham uning qarorini tasdiqlovchi press-relizni taqdim etgan.
Malika Amira
Malika Amira 2008-yilda shahzoda Al-Valid bin Talalga turmushga chiqqani tufayli Saudiya Arabistoni hukmron qirollik oilasi Saud xonadoni a’zosiga aylangandi. 2013-yilda qirollik oilasi bilan xayrlashgandan keyin ham Amira xayriyachi, jamoat arbobi, kompaniya asoschisi va bosh direktori sifatida barchaning diqqat markazida. Bugungi kunda malika fuqarolik huquqlari va imkoniyatlarining ashaddiy himoyachisi sifatida ayollarning avtomobil boshqarishi, teng merosdan foydalanishi va ajrashgandan keyin bolalarning huquqini himoya qilish haqida ish olib boradi.
Malika Ubolratana
Ubolratana Tailandning marhum qiroli Pumipon Adulyadet va qirolicha Sirikitning birinchi farzandi. Qirolicha 1972-yilda universitetdan tanishgan amerikalik Piter Jensenga turmushga chiqqandan keyin qirollik unvonidan voz kechgan. 1998-yilda ajrashganidan uch yil o‘tgach, qirolicha Ubolratana Tailandga qaytib keldi va mahalliy jamiyatga qayta qo‘shildi. Ubolratana hatto 2019-yilda bosh vazirlikka o‘z nomzodini qo‘yishga urinib ko‘rdi, biroq uning ukasi qirol Maxa Vajiralongkorn tezda unga to‘sqinlik qildi. Tailand monarxining fikriga ko‘ra, qirollik oilasi a’zolarining siyosat bilan shug‘ullanishi “noo‘rin”.
Gersoginya Megan
Sassekslar qirollik oilasidan ajralib chiqishga qaror qilgandan so‘ng ular moliyaviy tomondan mustaqil yo‘lini topishi kerak edi. Bugungi kunda Megan va Garri o‘zlarining barcha faoliyatini “Archewell Inc” fondi orqali amalga oshiradi. Biroq er-xotin nafaqat xayriya ishlari, balki Netflix va Spotify uchun media va audio kontent ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Megan turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li Archiga bag‘ishlangan bolalar kitobini faol ravishda targ‘ib qilmoqda, uni gersogiva gersoginyaning qizi Lilibet tug‘ilgan paytda taqdim etdi. | 89 | 3,667 |
Madaniyat | Berlinda Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash muhokama qilindi | 20-fevral kuni boshlangan Berlin kinofestivalida “O‘zbekkino” Milliy agentligi vakillari xorijning yetakchi kinoarboblari bilan bo‘lgan uchrashuvda Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash masalasini ham muhokama qildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.
Toshkent kinofestivalini qayta tiklash, uni nufuzli kinofestivalga aylantirish haqida “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov, shuningdek, xorijlik kinoekspertlar o‘z fikrlarini bildirgan.
“Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kinematografiya sohasidagi aloqalarni kengaytirish O‘zbekiston kinosanoatining muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Biz Berlin xalqaro kinofestivalida dunyoning mashhur kinoarboblari bilan Prezidentimiz tashabbusi asosida afsonaviy xalqaro Toshkent kinofestivalini o‘tkazishni yana yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildik. Bu muhim vazifani xorijlik hamkorlar ishtirokisiz amalga oshirishning iloji yo‘q.
Bu yerda faqat Toshkent kinofestivalini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish emas, balki uni dunyo miqyosidagi eng nufuzli kinofestivalga aylantirish haqida gap ketmoqda” — deb ta’kidlagan Firdavs Abduxoliqov.
“Dunyo ahli uchun sevimli bo‘lgan Toshkent xalqaro kinofestivalini oradan shuncha yillar o‘tganiga qaramay, qayta tiklash haqidagi tashabbusni haqiqiy jasorat desa bo‘ladi. Bu bir paytlar buzib tashlangan, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigini qayta tiklash, deganidir. Mazkur ko‘prik vaqt zanjirini va butun boshli avlodlarni birlashtiradi, jipslashtiradi. Bunday ezgu maqsadni amalga oshirishda qo‘limdan kelgan barcha yordamni ayamayman”, — degan FIAPF direktori Benoit Ginisti (Benoit Ginisty).
“Toshkent kinofestivalini barcha kinematografiyachilar yaxshi eslashadi. Uni qayta tiklash, yana xalqaro orbitaga olib chiqish kerak. Bu muhim masalani amalga oshirishda biz ham qo‘l qovushtirmay, yordam berishga tayyormiz. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo kinosi uchun ham eng dolzarb masaladir”, — deb ta’kidlagan FIPRESSI Xalqaro kino matbuoti federatsiyasi bosh direktori Klaus Eder.
“Hozir O‘zbekistonda davlatni va jamiyatni o‘zgartiruvchi keng miqyosli ijobiy jarayonlar ketmoqda. Toshkent kinofestivalining qayta tiklanishi O‘zbekistonning dunyoga o‘z eshiklarini ochish sari qo‘ygan muhim qadamlaridan biri, deb o‘ylayman”, — deb fikr bildirgan mashhur kinotanqidchi, kinoekspert Sergey Lavrentyev.
“Toshkent xalqaro kinofestivalining qayta tiklanishi kinosanoat sohasida ijodiy izlanishlar maydonchasi vazifasini o‘taydi, bu biz uchun juda foydali va qiziq jarayon. Kinofestival doirasida yosh kinematografiyachilarda o‘zaro fikr almashish, tajribalarini o‘rtoqlashish imkoniyati yuzaga keladi. O‘zbekistonda yoshlar ko‘pligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu juda muhim masaladir” — degan Kottbuss kinofestivali dasturiy direktori Berndt Buder.
Mazkur masala yuzasidan Berlinalening rasmiy vakili Barbara Vurm, MKF GoEast direktori Xeleyen Gerritsen, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa kinematografiyachilarining UNIFRANCE departamenti rahbari, kinotanqidchi Joel Shapron (Joel Shapron), kinoshunos, Germaniyadagi Chingiz Aytmatov jamg‘armasi filiali asoschisi Svetlana Slapke va boshqa kinoekspertlar ham so‘zga chiqib, bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.
Ma’lumot uchun, Toshkent kinofestivali O‘zbekiston poytaxtida 1968-yildan boshlab o‘tkazib kelingan. U Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari kinematografiyasining dunyoga mashhur, eng katta anjumani bo‘lgan. Toshkent kinofestivali dunyo miqyosida katta mavqega ega bo‘lib, unda ishtirok etgan dunyo kinochilari kinosanoatni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan. Yosh kinematografiyachilar uchun esa tajriba almashish, o‘rganish imkonini bergan. | 72 | 3,676 |
Madaniyat | “Qora niyat” turk serialining yangi mavsumi tizeri e’lon qilindi: Shahika qamoqda (video) | “Sevimli” telekanali orqali efirga uzatilayotgan “Qora niyat” (“Yasak elma”) turk serialning yangi mavsumi tizeri e’lon qilindi.
Bir daqiqalik videoda serial qahramoni Shahikaning qamoqqa tushgani, qamoqda uni qandaydir ayol kutib olgani hamda bu holat uni qattiq qo‘rqitib yuborganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumot uchun, “Qora niyat” seriali 2018-yilda Turkiyaning Medyapim kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan. Kartina rejissori— Neslihan Yeshilyurt. Unda bosh rollarni Talat Bulut, Shevval Sam, Eda Eje, Nesrin Jevadzade kabi iste’dodli aktyorlar ijro etgan. Serial Turkiyaning Fox telekanalida efirga uzatiladi.
Serial bosh qahramoni yirik biznesmen — Halit Ergench. Uning ayollarga suyagi yo‘q, shu sabab to‘rt marta uylanib, ajrashgan. Halitning sobiq xotinlari Ender (Shevval Sam) va Yildiz (Eda Eje) dastlab bir-birini ko‘rishga ko‘zi yo‘q dushmanlar edi, keyinchalik ularning hayotiga yangi raqib — Shahika (Nesrin Jevadzade) kirib keldi. Shundan so‘ng Yildiz va Ender Shahikaga qarshi kurashish uchun birlashdi. Uch ayol o‘rtasidagi mojaro turli makr va hiylalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Serialni suratga olish ishlari karantin tufayli to‘xtab qolgan edi. Uning yangi mavsumida tomoshabinlar raqiblaridan o‘ch olish, shuningdek, turli qabih rejalarini amalga oshirish uchun bir nechta jinoyatlarni sodir etgan Shahikani qamoqda ko‘radi.
“Qora niyat”dagi Shahika — Nesrin Javadzade haqida qiziqarli faktlar | 89 | 1,430 |
Madaniyat | Turli xil obrazlarni qoyilmaqom qilib ijro etgan aktyor va aktrisalar (foto) | Kino olamida o‘z o‘rnini topgan va ma’lum bir obraz orqali muvaffaqiyat qozongan yulduzlar ko‘plab topiladi. Tilda Svinton, Gari Oldman, Jonni Depp, Helena Bonxem Karter singari taniqli yulduzlar turli xil obrazlarni ham ajoyib tarzda ijro etishlari kishini hayratga soladi. Quyidagi aktyor va aktrisalar ham shu qadar turfa rollarni ijro etishganki, ba’zida ularni taniy olmay qolasiz.
Xoakin Feniks
Anjelina Joli
Bred Pitt
Sharliz Teron
Entoni Xopkins
Jek Nikolson
Timoti Shalame
Adam Drayver
Lili Jeyms
Jennifer Lourens
Tom Xardi
Hyugo Uiving | 76 | 556 |
Madaniyat | “Bravo” jamoasining sakkiz kunlik konsert dasturidan reportaj (foto+video) | “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida 13—20-oktabr kunlari “Bravo” jamoasi o‘zining ikkinchi konsert dasturini taqdim etdi. Jurnalist Feruz Muhammad mazkur konsert dasturidan reportaj tayyorladi. | 74 | 193 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” rahbari Filipp Kirkorovning raqqosalari kiyimlariga tashkilot nega munosabat bildirmaganini izohladi | “O‘zbekkonsert”da yoshlar bilan ijodiy uchrashuv hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” rahbari Odiljon Abduqahhorov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga intervyu berdi.
Odiljon Abduqahhorov suhbat davomida Filipp Kirkorovning Toshkentda bo‘lib o‘tgan konsertidagi raqqosalarning kiyimlari ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar ostida qolgani, ammo bu holatga “O‘zbekkonsert” izoh bermagani sababini quyidagicha izohladi.
Ushbu holat bo‘yicha ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi emas, balki Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi. Yana bir qiziqarli tomoni shundaki, agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, Filipp Kirkorovning konsertida sahnadagi raqqosalarning kiyimlariga jamoatchilik tomonidan juda katta e’tirozlar bildirildi.
Aynan shu e’tirozlardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan munosabat bildirilganida, o‘sha bildirilgan munosabatga ‘nimaga endi buni nazorat qilish kerak?’, mazmunida e’tirozlar bo‘ldi.
Jamoatchilikning ayrim qismi bu narsani qoralasa, boshqa qismi bu holatni qo‘llab-quvvatlamoqda. Shundan kelib chiqqan holda, biz barchasining o‘rta me’yorini olib, ikki tomonga ham yoqadigan konsertlar tashkil qilishga harakat qilmoqdamiz.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” rahbari | 116 | 1,257 |
Madaniyat | Adam Sendler kanadalik juftlikning fotosessiyasida qatnashdi | Amerikalik aktyor Adam Sendler endigina turmush qurgan juftlikning fotosessiyasida kutilmagan qatnashchi bo‘ldi. Bu haqda The Mashable’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Juftlik Kanadaning Monreal shahrida to‘y fotosessiyasi uchun suratga tushayotgan edi. Aktyor esa shu atrofdan o‘tib ketayotgan bo‘lgan.
Aleks ismli ayol aktyorni darrov tanigan va unga qo‘l silkitib, Sendlerning muxlisi ekanini aytgan.
“Biz Sendlerga uning ashaddiy muxlislari ekanimiz va uning ishlarini yaxshi ko‘rishimizni aytdik. Biz uning barcha filmlarini tomosha qilganmiz”, — deya Kevin so‘zlab berdi.
Juftlikning so‘zlariga qaraganda, shundan so‘ng aktyor fotosessiyada ishtirok etishga qaror qilgan. Suratlar CBS Sunday Morning’ning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilingan. | 60 | 763 |
Madaniyat | Gollivudda suratga olish guruhining har bir a’zosi qancha pul topadi? (video) | Vanity Fair jurnali e’lon qilgan videorolikdan Gollivudning 200 million dollar budjetga ega kinoloyihasining har bir ishtirokchisi qancha pul topishini bilib olish mumkin, deb xabar beradi TJournal.
Kutilganidek, jamoaning eng ko‘p pul ishlaydigan a’zolari aktyorlar, rejissyorlar va ssenariynavislar bo‘lib chiqdi. Jarayonning ko‘pgina ishtirokchilariga to‘lanadigan haq esa ming dollarga ham bormaydi. | 77 | 404 |
Madaniyat | Gulsanam Mamazoitova: “Bugungi estradaning 80 foizi tadbirkorlik bo‘lib qoldi” | “Darakchi” gazetasi muxbiri Sadoqat Allaberganova xonanda Gulsanam Mamazoitova bilan intervyu uyushtirdi. Suhbat matnini “Darakchi.uz” nashri e’lon qildi.
— Prezidentning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda estrada san’atini tanqid qilganlarida shu sohaning vakili sifatida ijodingizga tanqidiy nazar tashlab, aybdorlik hissini tuydingizmi?
— Albatta! Nafaqat menda, balki uchrashuvga yig‘ilganlarning hammasi aybdorlikni his qildi, nazarimda. Ma’ruzani eshita turib, yosh xalq artisti sifatida qilishga ulgurmagan ishlarim, zamonaning zayli bilan repertuarimda umrboqiy qo‘shiqlarimning kamligi, ko‘pgina ijodkorlar qatori yengil-elpi qo‘shiqlarni ham ijro etayotganim xususida o‘ylanib qoldim. Achchiq haqiqat bo‘lsa ham tan olish kerak, san’atkorlar birinchi o‘ringa pulni qo‘yadigan bo‘lib qolganmiz. Bu kabi o‘ylar tinchlik bermadi, shu sohaning jonkuyar vakili sifatida albatta, uyaldim.
— Davlatimiz rahbari o‘z tajribasidan kelib chiqib, katta tadbirlar — Mustaqillik, Navro‘z, Konstitutsiya bayramlarini o‘tkazishda eng qiynaydigan, xunobni chiqaradigan estrada dasturi ekanini aytdilar. Siz ham bu kabi holatlarni kuzatgan bo‘lishingiz kerak...
— E’tibor bersangiz, Mustaqillik bayramida yangragan qo‘shiqni Navro‘z bayramida ham eshitib qolasiz, bayram repertuari deyarli bir xil. Davlat tadbiri bo‘lgani uchun qo‘shiqning so‘zlari, musiqasi, musiqiy sayqali, ijro mahoratiga e’tibor berish shart. Shu nuqtai nazardan bayramda muxlislarning “chig‘irig‘i”dan o‘tgan qo‘shiqlardan foydalanishadi.
— “Muxlislarning “Yana eski qo‘shig‘ini kuylabdi!” degan e’tirozlari asossiz”, demoqchimisiz?
— Har bir bayramga kamida ikkita yangi: xalqona va vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni taqdim qilamiz. Tanlov esa bayram tashkilotchilarida qolgan gap. Gohida kamchilik o‘zimizdan o‘tib, belgilangan tartib-qoidaga mos bo‘lmagan qo‘shiq kuylab qo‘yamiz.
— Ayb xonandalarning o‘zida ekan-da, talabga javob beradigan qo‘shiq yozolmayapsizlar...
— Shunday deysizku, yillar o‘tib o‘sha qo‘shiqlarimizdan ham foydalanishyaptida.
— Uchrashuvda “xalq artisti” degan unvon olish uchun san’atkor necha o‘n yillar samarali ijod qilishi talab etilgani haqida so‘z yuritildi, mashhur hofiz Tavakkal Qodirovni misol keltirildi. Haqiqatda, O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov hamda Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kumush Razzoqova va Rayhon G‘aniyeva. Quloqqa qanday eshitilyapti?
— To‘g‘ri, unvon egalari yosh jihatdan “yosharib” ketyapti. Unvon bu — e’tibor va e’tirof. Bordi-yu, unvonga yosh bo‘la turib sazovor bo‘lgan bo‘lsak, bildirilgan ishonch va mas’uliyatni oqlashimiz shart!
— Xonandalarning o‘ziga belgilab qo‘ygan marrasi unvon olgunchami?
— Har kim o‘z qarichi bilan o‘lchaydi-da. Masalan, men “xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘lganimda ko‘p narsalarda o‘zimga chek qo‘ydim. Avvalo, fonogrammada konsert berishdan voz kechdim, davlat tadbirlaridan tortib to‘ylargacha milliyligimizni targ‘ib qiladigan liboslar kiyishga e’tibor qaratdim, intervyu berishda ham har bir gapimni o‘ylab gapiradigan bo‘ldim. Rostini aytaman, oldinlari bu jihatlarga u qadar e’tiborli emasdim. To‘g‘ri, unvonni yosh oldim, lekin bu menga foyda bo‘ldi. Kibrlanib ketganim yo‘q, aksincha o‘ta mas’uliyatli inson sifatida shakllandim. Ijoddan to‘xtab qolganim ham yo‘q. Yiliga albom chiqaryapman, bitta bo‘lsa ham klip suratga olib taqdim qilyapman. Bu ijod mahsullarim professional shoir va bastakorlar bilan hamkorlikda ishlangan. Qo‘shiqlarimning ba’zilari yengil bo‘lsa-da, ma’no-mohiyati bor. Yillar o‘tib, yosh ijrochilar qayta kuylasa bo‘ladigan va o‘zim ham “Eh, shunday qo‘shiqlar kuylagan ekanman”, deb uyaladigan qo‘shiqlar emas.
— Fonogrammada konsert bermaslik bu — qahramonlik emas, xonandaning kasbiy vazifasi-ku!
— Lekin hamma xonandalar ham bu majburiyatini his qilmayapti-da. Bizning og‘riqli nuqtamiz ham shu. Avvallari fonogrammadan foydalanib qo‘shiq kuylaganimda ham mumtoz qo‘shiqlarni jonli ijro qilmaslikka uyalardim. Hozir to‘ylarda ham jonli ijrodan foydalanyapman, o‘zimga nisbatan talabchanligim oshdi, o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlaydigan bo‘ldim.
— Xonandalarning goh Yangiyo‘lu Shovot, goh Yangiqo‘rg‘onu Chiroqchiga to‘yga qatnashi ham tanqid qilindi. Siz ham shu “kema”dasiz...
— Albatta. Sira to‘y birlamchi bo‘lib, tadbirlardan bosh tortgan emasman. Yaqinda ham Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga tadbirga borib keldik. Istagim, hamkasblarim xalqimizning yaxshi kunlarida xolis xizmat qilishdan qochishmasin. Pulli xizmatdan xolis xizmatning mukofoti, savobi katta, deb o‘ylayman.
— Yurtboshimiz aytganlaridek, dabdabali to‘ylarga barham berishga hissa qo‘shish maqsadida mo‘may puldan voz kechib, eshigingizni taqillatib kelgan odamga “To‘yingizga bormayman!” deya olasizmi? “Gulsanamni falon pulga olib keldim”, degan fikrlar ham dabdabali to‘ylar o‘tishiga bir omil, axir...
— Puldan voz kechib, “bormayman” deya olaman, lekin ularda yomon taassurot qoldirishim mumkin. Moddiy manfaatdan kechib, xolis xizmat qilgan vaqtlarim ko‘p bo‘ladi. Faqat minnatga kirib qolmasin, deb buni oshkor qilmayman.
— O‘zbekistonda estrada ijodkorlari aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishdan topadigan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lash majburiyatidan ozod qilingan. Yilda bir marta belgilangan tartibda ma’lum miqdordagi mablag‘ni to‘lab litsenziya oladi, tamom. Vaholanki, xonandalar litsenziyaga to‘laydigan pulini bitta to‘yda topadi. Gulsanam Mamazoitovaning to‘y xizmatlari narxi nimaga qarab belgilangan?
— Ijodiy jamoamning soniga qarab belgilangan. Lekin poytaxtdagi to‘ylarga chiqadigan hamkasblarim oladigan xizmat haqining teng yarmiga boraman to‘ylarga. Imkoniyati yo‘qlarning albatta, sharoitiga qarayman.
— Efirga berilayotgan ba’zi klip, qo‘shiq va raqslarni kuzatib, “ommaviy madaniyat” tahdidini sezish qiyin emas. G‘arbga taqlid sezilib turadigan bunday “ijod namunalari”ni oila, farzandlar davrasida tomosha qilib bo‘lmaydi. Shu ma’noda mana shunday kliplar ishlayotgan, qo‘shiqlari sayoz hamkasblaringizga nimalar degan bo‘lardingiz?
— Xatoni to‘g‘rilash uchun hali ham kechmas. Musiqiy bilimi yo‘qlar ikki soat restoranda o‘tirish o‘rniga pedagoglarning oldiga borib saboq olsin, o‘z ustida ishlasin, avvalo adabiy tilimiz va chet tillarini o‘rgansin. Shu yo‘sinda kamchiliklar bartaraf etilsa, tanqidlarga o‘rin qolmaydi.
— Prezidentimiz ham san’atda 50 foiz sohaviy bilimi yo‘qlar ishlayotganini ta’kidladilar. Professional ijodkor sifatida sahnani qizg‘anmaysizmi?
— Avvallari qizg‘anardim, hozir yo‘q. Chunki haqiqatni hamma ham to‘g‘ri qabul qilmas ekan. Bir intervyuimda ochiq-oydin gapirgandim, ko‘pchilikka yaxshi ko‘rinmadim. Bir-birimiz bilan salom-alik qilmasak-da, boshiga ish tushsa hamdard bo‘lamiz, kasbdoshmiz, avvalo o‘zbekmiz! Shaxsan men san’atkorlar oilasida tug‘ilganman va shu sohada bilim olganman. “Hamkasblar”im sohaviy bilimga ega bo‘lmagani uchun ham qilayotgan ishini o‘zi uchun to‘g‘ri deb biladi. “Qo‘shiq yozdim, muxlislarga yoqdi, mo‘may daromad topyapman”, deya bugungi kun bilan yashaydi, ularni ertangi kun tashvishga solmaydi. Eng yomoni, o‘z ortidan ergashtirib, yosh avlodni ham shu yo‘sinda yashashga o‘rgatib qo‘yishyapti. Ularni bu “botqoq”dan olib chiqish uchun o‘qitishimiz, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishimiz kerak, agar qabul qilsa, albatta. Havaskor “shifokor”ga hayotimiz, sog‘ligimizni ishonib topshirib qo‘ymaymiz-ku, nega ma’naviyatni e’tirozsiz “havaskor”lar qo‘liga tutqazyapmiz. Ustozimiz Ozodbek Nazarbekov ma’naviyatni buzayotganlarni qonuniy javobgarlikka tortish haqida o‘rinli fikr aytdi.
— Bugun estrada necha foiz tadbirkorlik bo‘lib qoldi?
— 80 foiz tadbirkorlik. 20 foizini esa professional iqtidorlar tashkil qiladi.
— Gulsanam Mamazoitova 80 foiz sirasidami yo 20?
— 20 foizning ichidaman. 80 foiz tadbirkorlik bilan kurashda televideniye va radioning ham o‘rni katta. Madaniyat va san’atimizni targ‘ib qiladigan OAV bo‘lgani bois moddiy manfaatdorlikni chetga surib, yengil-elpi emas, kishiga ma’naviy ozuqa beradigan ijod mahsullarini “proma” qilishi kerak. Agar ular estradaga qaratayotgan e’tiborini milliy yo‘nalishga bursa, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Birgina misol, milliy yo‘nalishdagi qo‘shiqlarimni OAVlarga olib borsam, ba’zilari “bizning formatdagi qo‘shiqmas, qabul qilmaymiz”, deydi. Kechirasiz-u, milliy qo‘shiqlarimiz o‘zbek OAV va to‘ylarida yangramasa, qayerda yangraydi, bu ijod mahsullarimizni qayoqqa olib boraylik?
— Televideniye, radiolarda badiiy kengash yo‘qligi shunday salbiy oqibatlarning kuchayishiga sabab bo‘lyapti...
— Balki u yerda ham diplomsiz, soha mutaxassisi bo‘lmaganlar o‘tirgandir...
— “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandalarga kategoriya belgilab, musiqiy bilimiga qarab litsenziya berishni joriy qilsa va televideniye, radioga shu asosda chiqariladigan bo‘lsa-chi?
— Kategoriya masalasida fikringizga qo‘shilaman. Musiqiy bilimi yo‘qlarga esa soha bo‘yicha ta’lim olmagunicha, litsenziya berish kerak emas. Shou-biznesni tartibga solmoqchi bo‘lishsa, shu haqda o‘ylab ko‘rishsa yaxshi bo‘lardi.
— Bugungi kunda san’atkor odobi, ularning yurish-turishi, kiyinish madaniyati, muomalasi masalasi ham katta muammolardan biri bo‘lib qoldi. Xushovoz xonanda Sanobar Rahmonovadek hamkasblaringizni sanab berolasizmi, barmoqlaringiz ortib qolmaydimi?
— Sanab o‘tgan omillaringiz hozir avvalgiga nisbatan anchayin yaxshilangan. Tadbirlarga “Osiyo ramzi” dizaynerlar va modelerlar uyushmasi boshqaruvi raisi Xolida Komilovaning nazorati ostida chiqamiz. Televideniyedagi rahbarlarga balki ayrim hamkasblarimning kliplari yoqayotgandirki, efirga e’tirozsiz berishyapti (kuladi). Lekin haqsiz ba’zi ayol xonandalar majlislarga shortik, to‘ylarga maykada kirib borishyapti.
— Prezidentimiz “O‘zbekiston xalq artistlari” klubini tashkil etib, mazkur klub a’zolari muntazam yig‘ilishib, yurtimiz va jahon san’at olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni muhokama qilib, tilga olingan kamchilik va muammolarni yechish, yosh iste’dodlar tarbiyasi, madaniyatimizni ravnaq toptirish bo‘yicha yangi g‘oya, tashabbus va takliflar bildirib borish taklifini berdilar. Aytilganidek, Gulsanam Mamazoitova yil yakunida klubning eng faol a’zosi sifatida e’tirof etilib, rag‘batga loyiq ko‘rilarmikan?
— Judayam umid qilaman! Ijodimdan tashqari san’atning rivojiga foydam tegsa, boshim osmonga yetardi, ochig‘i buni orzu qilardim.
— O‘zbekiston xalq artistlarining har biriga bittadan san’at kolleji yo musiqa maktablariga borib rahbarlik qilib, yuzlab shogirdlar yetishtirishni tayinladilar. Gulsanam Mamazoitova qay biriga rahbarlik qiladi va shogirdlari nimasi bilan boshqalardan ajralib turadi?
— Qay birini munosib ko‘rishsa, o‘sha yerga boraman. Shogirdlarimdan esa birinchi navbatda puxta bilim olish, tarbiyasi, ichki madaniyatining go‘zalligini talab qilaman. Chunki ovozi zo‘r degani bu — ko‘ngliga kelgan ishni qilish huquqiga ega, degani emas.
— “Istiqlol” san’at saroyining mavqei tushib ketmadimi? Axir bu san’at saroyi san’atkorlar uchun orzu darajasida bo‘lishi kerak emasmi?
— Aslida shunday bo‘lishi kerak. Konsert zaldan tijorat uslubida foydalanilayotgani uchun bugun shu ahvolga kelib qoldi. Ochig‘i, san’at o‘ninchi darajaga tushib qolgan, pul birlamchi. Uchrashuvdan to‘g‘ri xulosa chiqargan bo‘lishsa, ahvol yaxshilanib, ehtimol, biz ham “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishga yaroqsiz bo‘lib qolarmiz (kuladi). Farrux Zokirov, Munojot Yo‘lchiyeva, Nasiba Abdullayeva, Zulayho Boyxonova, Abduhoshim Ismoilov, Kumush Razzoqova kabi faqatgina ustoz san’atkorlarimiz konsert berishsa ham roziman va shogird sifatida bundan faqat xursand bo‘lamiz, o‘rnak olamiz.
— Mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda Gulsanamning salomga yarasha aligi qanday bo‘ladi?
— Har bir tashkilotda shoir, bastakor, klipmeyker, dizayner, jurnalist kabi sohani tushunadiganlardan iborat badiiy kengash tashkil qilish kerak. Eng muhimi, professional mutaxassislarimiz yetarli, faqat ularni birlashtirish lozim. Va bu ishning boshida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi turishi kerak. Yo‘qsa, bari eski hammom, eski tos bo‘lib qolaveradi.
— Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi hozirgidek emas, talab darajasida ishlashi shart!
— Prezidentimiz bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng chiqarilgan to‘g‘ri xulosalar natijasi vaqti kelib, albatta bo‘y ko‘rsatadi va o‘zbek san’ati biz xohlagan natijalarga erishadi. | 78 | 12,381 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik san’atkorlar tarixiy obidalarda (foto) | Bugungi fotojamlanmaga o‘zbekistonlik mashhurlarning me’moriy yodgorliklarga ziyorati chog‘ida olingan suratlarini kiritdik. | 53 | 124 |
Madaniyat | “O‘zbekkino” ayrim multiplikatorlar tomonidan yo‘llangan ochiq xatga o‘z munosabatni bildirib, xatga imzo chekkanlarning gonorarini ochiqladi | “O‘zbekkino” mamlakatdagi ayrim multiplikatorlar tomonidan milliy agentlikning muammolari haqida yo‘llagan ochiq xatiga rasmiy munosabat bildirdi.
“O‘zbekkino” MA kino sohasidagi muammolar bilan bog‘liq barcha nuqtayi nazarlarni hurmat qilishini bildiradi. Biroq yuqorida ko‘rsatilgan “Siz kim bilansiz, janob bosh direktor?” deb nomlangan ayrim multiplikatorlarning “O‘zbekkino” muammolari haqidagi ochiq xatini ko‘rib chiqib, agentlik undagi ayblovlarni qat’iyan rad etadi va bu materialning mualliflari ma’lumotlarni atayin buzib ko‘rsatib, jamoatchilikda yanglish fikrlarni shakllantirishga uringan deb hisoblaydi.
Murojaatda ko‘tarilgan tanlov va PR aksiyalar o‘tkazilishi kabi ba’zi bir mavzular haqida bahs-munozaralarga kirishmasdan, agentlik jamoatchilik e’tiboriga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
Ochiq xatda “‘O‘zbekkino’ rahbari Firdavs Abduholiqov animatsion filmlar yaratish bo‘yicha davlat mablag‘lari va buyurtmalarni xususiy nodavlat studiyalarga saxiylik bilan tarqatadi...” shuningdek, “o‘tgan yilda davlat studiyasida bironta ham animatsion film ishga tushirilgani yo‘q”, deb ta’kidlanadi.
Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki 2020-yilda “O‘zbekkino” tomonidan jami 5,2 milliard so‘mlik 11 ta multiplikatsion film ishga tushirilgan bo‘lsa, shundan 3,4 milliard so‘mini “Multiplikatsion filmlar studiyasi” davlat unitar korxonasi olgan (2020-yil oktabr oyidagi ma’lumotlar). O‘tgan yili esa 4,6 milliard so‘m umumiy summadan, studiya shuningdek, 3,4 milliard so‘m mablag‘ olgan, xususiy studiyalarga esa 1,2 milliard so‘mlik animatsion mahsulotlarga mablag‘ ajratilgan.
Ochiq xatda ta’kidlanishicha, “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUKning 30 nafar xodimi — rejissor, rassom va animatorlar tirikchilikdan mahrum bo‘lib, ishsiz qolgan. Bu bir yildan beri davom etib kelmoqda. Pandemiya paytida bu haqiqiy falokat, chunki ularning oilalari, yosh bolalari, keksa ota-onalari bor va ularni boqish, parvarish qilish kerak...”. Bu ma’lumotlar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Agentlikka qo‘yilgan ayblovlar jiddiyligini hisobga olib, “O‘zbekkino” ochiq xatga imzo chekkan shaxslar tomonidan o‘tgan sakkiz oy mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun olingan gonorarlar miqdorini e’lon qilishga majbur:
Gonorarlar animatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi narxlarga muvofiq hisoblangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda jamoatchilikni chalg‘itmaslikni va ommaviy axborot vositalarida yolg‘on ma’lumotlarni e’lon qilmaslikni so‘raymiz. Bolalarni adolatli qilib tarbiyalash va haqiqatni gapirishga o‘rgatadigan multfilmlar ishlab chiqaradigan odamlar, albatta, hayotdagi xatti-harakatlari bilan o‘zlari yaratgan ijobiy obrazlarga mos bo‘lishlari ham kerak, deb hisoblaymiz.
Shu bilan birga, “O‘zbekkino” tomonidan o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK tomonidan yaratilayotgan, buning uchun ulkan davlat mablag‘lari sarflanayotgan qisqa metrajli animatsion filmlar afsuski, O‘zbekiston yosh tomoshabinlari e’tiborini jalb qila olmayapti. Murojaatni imzolaganlarning aksariyati o‘z ishlarida animatsion kontent yaratishning eskirgan tizimi 2D formatidan foydalanadi. Shu sababli “O‘zbekkino” ajratilgan davlat mablag‘larini bolalar auditoriyalari uchun yangi, zamonaviy va talab katta bo‘lgan kontent yaratish uchun yo‘naltirishni zarur deb hisoblaydi.
“O‘zbekkino” chet el tajribasi va xorijda ham, mamlakatimizda ham mashhur bo‘lgan bolalar multiplikatsion seriallarini o‘rganib, bilim olish va tomosha qilishni uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan yangi janrni (edutainment: education + entertainment) amalga joriy etishga kirishgan. Agentlik tomonidan barcha quyi studiyalarni, shu jumladan multiplikatsion studiyani ham texnik qayta jihozlash bo‘yicha shartnoma imzolangan. Ushbu loyihaning muhim yo‘nalishlaridan biri zamonaviy animatsiya bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashdir.
Murojaatni imzolagan shaxslar tomonidan xususiy studiyalar vakillari – hamkasblari haqidagi fikrlarini va ularni layoqatsizlikda ayblashni noto‘g‘ri va professional etikaga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaymiz. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xususiy studiyalar tomonidan 3D formatida yaratilayotgan filmlar davlat multiplikatsion filmlar studiyasi tomonidan yaratilgan mahsulotlarga nisbatan yuqoriroq reytinglarga ega bo‘lmoqda, ularga internetda ham, televideniyeda ham talab katta. Shu sababli “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK buyurtmalarining bir qismi, xususan multseriallar, xususiy studiyalar bilan hamkorlikda, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yaratilmoqda.
Ushbu murojaatda shunday deyiladi: “O‘zbekkino” bosh direktori davlat filmlarini moliyalashtirishning yangi qoidalarini o‘rnatdi: “Agar men multfilmingizni ishga tushirsam, uni ishlab chiqarish uchun Moliya vazirligi rejalashtirgan pulning atigi 60 foizini beraman, qolganini ko‘chada o‘zingiz topasiz!”. Bu iqtiboslar va dalillarni qasddan noto‘g‘ri talqin qilishdan boshqasi emas.
Afsuski, murojaat mualliflari zamonaviy kino ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy tushunchalari, xususan co-production – ya’ni xususiy va davlat sektorlaridan manfaatdor tashkilotlarni sherik sifatida jalb qilgan holda hammualliflikda kino ishlab chiqarish haqida tushunchalarga ega emas. Bu amaliyot allaqachon “O‘zbekkino” da hujjatli va badiiy filmlar ishlab chiqarishda amaliyotga joriy etila boshlangan.
Ochiq xatda “U (ya’ni bosh direktor) “Futurist” xususiy korxonasining egasi Behzod Salomovni “Multiplikatsion filmlar studiyasiga” direktor etib tayinladi, bu yuridik jihatdan noqonuniy, chunki xususiy tadbirkor davlat studiyasiga rahbarlik qilish huquqiga ega emas” deyilgan.
Bu ham haqiqatga mos emas. Davlat unitar korxonasining amaldagi rahbari Behzod Salomovning ishbilarmonlik fazilatlarini hisobga olib, uni studiya xodimlari va animatorlar jamoasining o‘zi direktor lavozimiga nomzod sifatida taklif etgan. Uning nomzodi uchun bir ovozdan ovoz berganlar orasida — bu ochiq xatga imzo chekkanlarning aksariyati bor. Natijada Behzod Salomov davlat unitar korxonasini to‘liq boshqarish uchun “Futurist” studiyasidan ishdan bo‘shadi va ta’sischilar tarkibida uning ism sharifi yo‘q.
“O‘zbekkino” MA animatsion studiyada mana necha yilki birdamlik va hamjihatlik yo‘qligi, vaqti-vaqti bilan janjal va xatbozlik avj olishidan afsusdamiz. Biroq O‘zbekistondagi animatorlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlovchilarining soni yuqorida ko‘rsatilgan maktubga imzo chekuvchilarga qaraganda bir necha marta ko‘pligidan xursandmiz. Shu munosabat bilan mazkur murojaatni imzolagan guruh jamoatchilikka o‘zini “‘Multiplikatsion filmlar studiyasi’ DUK animatorlari jamoasi” deb taqdim etishi to‘g‘ri emas, deb hisoblaymiz.
“O‘zbekkino” bir necha bor ayrim shaxslar kino sohasi xodimlarini jalb qilgan holda “O‘zbekkino” MA rahbariyati tomonidan kinosanoatini isloh qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish jarayonini ommaviy ravishda obro‘sizlantirish maqsadida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan. Internet tarmog‘ida va ayrim yirik ommaviy axborot vositalarida “O‘zbekkino” nuqtayi nazarini taqdim etmasdan, atayin kinosanoat vakillarining noxolis materiallari, murojaatlari va intervyularini joylashtirish tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan, bunday materiallar uchun platforma taqdim etadigan ommaviy axborot vositalarining professionalligi va xolisligiga shubha qilmagan holda, ushbu turdagi materiallarni nashr etishdan oldin ma’lumotlarni qayta tekshirib ko‘rishlarini va ulardagi faktlarni tasdiqlash uchun Agentlikka murojaat qilishlarini so‘raymiz.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi milliy kino maqomini ba’zi kinoijodkorlar tomonidan asossiz ayblov va tuhmatlardan himoya qilish maqsadida ayrim turdagi hujjatlarni chop etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi mamlakat kino sanoatini isloh qilish va rivojlantirishning barcha masalalari bo‘yicha muloqotga tayyorligini yana bir bor ma’lum qiladi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmati | 141 | 7,967 |
Madaniyat | Hindistonda afsonaviy aktyor Rishi Kapur bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi (foto+video) | 30-aprel kuni Hindistonning Mumbay shahridagi kasalxonada 67 yoshli aktyor va rejissor, Kapurlar sulolasining mashhur vakillaridan biri Rishi Kapur olamdan o‘tdi. U so‘nggi ikki yil mobaynida leykemiya (oqqon) bilan kurashib kelgan.
Rishi Kapur davolangan kasalxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, aktyor hayotining so‘nggi daqiqasigacha bardamlikni, yuqori kayfiyatni saqlab qolgan. U tinmay hazillar qilgan, hammaga tabassum qilib, kayfiyat ulashgan. Marhumning shifoxonadagi so‘nggi videosi internetda tarqaldi. Unda yosh yigit aktyorning qo‘shig‘ini ijro etib, undan duo qilishni so‘raydi. Aktyor esa yigitga shuhrat qozonish uchun ko‘p va tinimsiz mehnat qilish kerakligini aytadi.
View this post on Instagram
Hindistonda joriy etilgan qat’iy karantin rejimi tufayli aeroportlar ishlamayotgani, transportda harakatlanish cheklangani uchun marhumning Dehlida yashaydigan qizi Ridhima Kapur otasi bilan vidolashishga yetib kela olmagan.
View this post on Instagram
Uni so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimida marhumning turmush o‘rtog‘i Nitu Singx, o‘g‘li Ranbir Kapur va uning sevgilisi, aktrisa Aliya Bxatt, Kapurlar oilasining vakillari Randhir Kapur, Karina Kapur va uning turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xon, Bollivud aktyori Abhishek Bachchan ishtirok etgan.
View this post on Instagram
Qora kiyimda marhumning rafiqasi Nitu Singh, uning yonida aktyorning singlisi hamda aktrisa Aliya Bxat.
Yakunlanayotgan hafta hind kinosi uchun og‘ir judoliklar keltirdi. 29-aprel kuni onkologik kasallik bilan bir necha yil kurashgan taniqli aktyor Irfon Xon olamdan o‘tdi. Karantin tufayli Irfon Xonning dafn marosimi faqat yaqinlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. U Mumbaydagi musulmonlar qabristoniga dafn etildi. | 92 | 1,749 |
Madaniyat | Instagram’dagi reklamasidan eng ko‘p pul topadigan mashhurlar (foto) | Bir necha million kuzatuvchilar, minglab suratlar egasi bo‘lgan yulduzlar o‘z Instagram sahifasida biron brend yoki mahsulotni reklama qilib berishi uchun millionlab mablag‘ to‘lanishi kerak.
Dueyn Jonson
Obunachilari: 208 million
View this post on Instagram
“Skala” taxallusi bilan ma’lum bo‘lgan Dueyn nafaqat eng talabgir aktyor, balki eng ko‘p haq to‘lanadigan bloger hamdir. Jonsonning Instagram sahifasidagi reklama posti 1 million 100 ming dollarni tashkil qiladi.
Kayli Jenner
Obunachilari: 206 million
View this post on Instagram
Kardashyan-Jennerlarning eng kichik singlisi bo‘lgan Kaylining go‘zallik va kosmetika haqidagi posti 990 ming dollarga baholanadi.
Krishtianu Ronaldu
Obunchalari: 248,9 million
View this post on Instagram
Zamonaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan Krishtianuning Instagram’ida sport brendlarini reklama qilib post joylash 900 ming dollarga tushadi.
Kim Kardashyan
Obunachilari: 196 million
View this post on Instagram
40 yashar model, biznesvuman va 4 nafar farzandning onasi bo‘lgan Kim reklama uchun 870 ming dollar so‘raydi.
Ariana Grande
Obunachilari: 212 million
View this post on Instagram
“Thank u, next” xit qo‘shig‘i ijrochisi 860 ming dollar evaziga reklama joylaydi.
Selena Gomes
Obunachilari: 199 million
View this post on Instagram
Selena go‘zallik va salomatlik bilan bog‘liq brendlarni 850 ming dollar evaziga maqtab beradi.
Beyonse
Obunachilari: 158 million
View this post on Instagram
Ushbu xonanda tomonidan post qo‘yish 800 ming dollarga tushadi.
Jastin Biber
Obunachilari: 155 million
View this post on Instagram
Butun dunyoda muxlisga ega bo‘lgan xonandaning reklama narxi 750 ming dollarni tashkil qiladi.
Teylor Svift
Obunachilari: 152 million
View this post on Instagram
Iste’dodli xonandaning bir reklamasi narxi 730 ming dollar turadi.
Neymar
Obunachilari: 144 million
View this post on Instagram
Instagram’da reklama uchun eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlarning o‘ntalik reytingini braziliyalik futbolchi Neymar yakunlab beradi. Sport brendlari reklama uchun sportchiga 700 ming dollardan ko‘p mablag‘ to‘laydi. | 68 | 2,258 |
Madaniyat | 13 yoshli Maftunabonu Mahmudjonova Italiyadagi xalqaro san’at festivali sovrindori bo‘ldi | 9–15-sentabr kunlari Italiyaning Venetsiya shahrida Orpheus in Italy VI xalqaro san’at festivali bo‘lib o‘tdi. Unda 28 mamlakatdan 400 ga yaqin iste’dodli yoshlar ishtirok etdi.
Qatnashchilar orasida o‘zbekistonlik Maftunabonu Mahmudjonova kuylagan qo‘shiqlar hakamlar tomonidan yuqori baholandi va ikkinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Bu haqda “Darakchi” nashri xabar qiladi.
Festivalda 13 yoshli hamyurtimiz “Dilxiroj” hamda rus tilidagi “Italyan bolasi” (Итальянский мальчик) qo‘shig ‘ini ijro etdi. Shuningdek, tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun Maftunabonu shu yilning noyabr oyida Litva Respublikasida o‘tkaziladigan xalqaro san’at festivaliga taklif qilindi.
Ma’lumot o‘rnida: Maftunabonu Mahmudjonova Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabining dutor va estrada yo‘nalishida tahsil oladi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Maftunabonu viloyat, respublika miqyosida o‘tkazilgan “Bolaligim – poshsholigim”, “San’at g‘unchalari”, “Vatanimni kuylayman” kabi qator tanlov va festivallar g‘olibi bo‘lgan. | 89 | 1,042 |
Madaniyat | Muzaffar Erkinov: "Mabodo kinokartina biz kutgan muvaffaqiyat ko`chasidan o`tmasa, ayb mening zimmamda" | Muzaffar Erkinov, rejissyor:
— Mabodo kinokartina biz kutgan muvaffaqiyat ko`chasidan o`tmasa, ayb mening zimmamda, deb bilaman. Ssenariyga O`zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning «Qaldirg`och» qissasi badiiy asos qilib olindi. Asarni tezda o`qib chiqdim. Kitob qo`limda, ammo xayolim olislarda bo`ldi. Suratga olinajak kadrlar, qahramonlar qiyofasi ko`z o`ngimda gavdalandi. Hali yaratilmagan filmimni tomosha qilardim go`yo. Bu onlar qanday lazzatli ekanini faqat rejissyorlar tushunsa kerak. Adib bilan uchrashuvga otlanganimda albatta roziligini olib qaytishimga ishonardim. Xastalik kuchini ko`rsatgan bo`lsa ham, Tohir Malik bizni xush chehrada qarshiladi. Avloniy haqida so`z ochilishi bilan tetiklashdi, gaplari quyulib kelaverdi.
“Saodat” serialini ko`rgan ekan, yaxshi baholagani ko`nglimni ko`tardi. Keyin birdan ko`zimga qarab: «Men hozir ssenariy yozadigan ahvolda emasman, kasalman», dedi. O`rtaga og`ir sukunat cho`kdi. So`ngra «Saodat»ning muallifi kim edi, balki buniyam eplar?» deb o`ng`aysiz jimlikni buzdi. Muqaddas Usmonovani yaxshi tanishini, qachondir universitetda dars berganini esladi. Masala shu tariqa hal etildi. Ssenariy ustida 6 oy bosh qotirdik. Bu vaqt oralig`ida Tohir Malikning xonadoni o`z uyimizdek bo`lib qoldi. Abdulla Avloniy Afg`onistonga sayohatini kundaligiga kunma-kun yozib borgan ekan. Bu nodir qo`lyozma bizga real voqealarni tasavvur qilish, qissadagi to`qimalar bilan solishtirish, qahramon ruhiyatini yaxshiroq anglashga imkon yaratdi. “Qayda borsang g`olibi mag`lubni aylar poymol, Marhabo, ey hurriyat, sandan muruvvat ko`rmadim”, deya hayqirgan Abdulla Avloniyning ko`ngildan ko`chirmalarini o`qirkanman, ko`z oldimda siyosatning chirkin hiylalariga aldangan oqko`ngil inson siymosi gavdalanardi.
Abdulla Avloniy 1917 yildagi oktyabr inqilobini o`zgacha umid va xayrixohlik bilan qarshi oldi. Yangi tuzumga ishondi, maqtovlar bitdi, bu hayajonlar she`r-u maqolalarga aylandi. Kommunistlarni “mazlumlarni qo`llab-quvvatlovchi”, “xalqni ma`rifatga boshlovchi” deb o`yladi. Hokimiyatning azaliy qurolsiz quroli – va`dalarga aldandi. Mazlumlar hayoti o`zgarmadi, erishilgan hurriyat esa millat uchun mag`lubiyatga aylandi. Aynan mana shu kezlari Avloniy kechirgan og`riqlar, azobli ichki kurash filmga ham ko`chirildi. | 103 | 2,272 |
Madaniyat | Bollivud yulduzlarining xorijdagi nufuzli oliygohlarda aktyorlik mahoratini o‘rganayotgan farzandlari (foto) | Hind kinofilmlaridagi esda qolarli rollari bilan mashhur bo‘lgan aksari shou-biznes vakillarining farzandi ham ota-onasi singari kinosanoatda faoliyatini davom ettirishni istaydi. Quyida Bollivud yulduzlarining aktyor bo‘lish uchun xorijda tahsil oladigan farzandlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Kxushi Kapur — Shridevining qizi
Shridevining to‘ng‘ich qizi Janvi allaqachon Bollivudda bir qancha rollar ijro qilishga ulgurgan. Boni Kapur va Shridevining kichik qizi esa Nyu-York kino institutida aktyorlik mahoratidan ta’lim oladi. Yaqin orada hind filmlarida suratga tushish ehtimoli bo‘lgan Kxushi keyinchalik Gollivudda ham suratga tushsa ne ajab.
Aryan Xan — Shoxruh Xonning o‘g‘li
Bollivud yulduzi Shoxruh Xonning katta o‘g‘li Janubiy Kaliforniya universitetda kinemotografiyani o‘rganadi. Aryanning ham Bollivuddagi debyuti kutilishiga qaramasdan uning o‘zi aktyorlik emas, suratga olishga qiziqadi.
Navya Naveli Nanda — Amitabh Bachchanning nevarasi
Amitabh Bachchanning nevarasi Britaniyada maktabni tamomlaganidan keyin Nyu-Yorkdagi Fordham universitetiga qabul qilingan. Ammo hali uning Bollivudda suratga tushish uchun Hindistonga qaytish-qaytmasligi aniq emas.
Alaviya Jaffri — Javed Jaffrining qizi
Javed Jaffrining qizi Alaviya Jaffri ijtimoiy tarmoqlarda yulduzlar farzandlari orasida mashhur sanaladi. U o‘zining tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos kiyinish uslubi bilan ma’lum bo‘lgan Alaviya Nyu-Yorkdagi Moda texnologiya institutida o‘qiydi. U ham akasi Mizaan singari Bollivudda suratga tushishi mumkin.
Ibrohim Ali Xon — Saif Ali Xonning o‘g‘li
Sara Ali Xon Kolumbiya universitetini tamomlaganidan keyin Hindistonga qaytgan, Ibrohim esa Londonda o‘qiydi. O‘z karyerasi haqidagi rejalar haqida gapirishni yoqtirmaydigan Ibrohimning otasi Saif Ali Xon va onasi Amrita Singx izidan ketish ehtimoli yo‘q emas.
Suxan Xon — Shoxruh Xonning qizi
Nyu-York universitetida aktyorlik mahoratidan ta’lim oladigan Suxana allaqachon Nyu-York teatrida rol ijro qilishni boshlagan. Otasi singari Bollivudda suratga tushishi aniq bo‘lgan qizning debyut roli qachonligi noma’lum.
Nisa Devgan — Kajolning qizi
Kajol va Adjay Devganning qizi Nisa Singapurdagi United World College of South East Asia kollejida o‘qiydi. OAV bir necha marta u ham ota-onasi singari Bollivudda karyera qilishni istashi haqida yozgan.
Yashvardxon Axuja — Govindaning o‘g‘li
Yashvardxon Axuja Londondagi Met Film School’da aktyorlik mahoratidan dars oladi. Uning ham otasi izidan ketish istagi bor.
Aliya Kashyap — Anuraga Kashyapa
Mashhur rejissor Anuraga Kashyapning qizi Janubiy Kaliforniyaning Chapman universitetida o‘qiydi va o‘qishni tamomlashi bilan Bollivudda suratga tushadi.
Dishani Chakraborti — Mitxun Chakrabortining qizi
Mitxun Chakrabortining qizi Nyu-York kinoakademiyasida tahsil oladi. Aktrisa bo‘lishi aniq bo‘lgan Dishaning debyuti Bollivud yoki Gollivudda bo‘lishi mavhum.
Axan Shetti — Sunil Shettining o‘g‘li
Axan AQSh universitetida aktyorlik mahorati va kino ishlab chiqarish kursida o‘qiydi. U allaqachon o‘zining “RX 100” filmini suratga olish ishlarini boshlab yuborgan. | 108 | 3,088 |
Madaniyat | Shvarsenegger AQSh senatorligiga da’vogarlik qilishi mumkin | Kelib chiqishi avstriyalik aktyor va Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger kelajakda AQSh Kongressi Senatiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin, deb yozadi “TASS” Politico gazetasiga tayanib.
Nashrning Kaliforniyadagi Respublikachilar partiyasiga aloqador manbalariga ko‘ra, Shvarsenegger 2018-yilda senat a’zoligiga harakat qilib ko‘rishi mumkin. Aktyorning rasmiy vakili Daniel Ketchell ham unda bunday rejalar paydo bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi.
Shvarsenegger Amerikaning amaldagi yetakchisi Donald Trampning siyosiy yo‘nalishiga qarama-qarshi bo‘lgan siyosiy platformani taklif qilishi mumkin.
Shu yil boshida aktyor va prezident o‘rtasidagi pichinglar OAVlar e’tiborini tortgan edi. 2-fevral, payshanba kuni Tramp Milliy ibodat nonushtasi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Shvarsenegger “Mashhurning shogirdi” (The Celebrity Apprentice) ko‘rsatuvi reytingini tushirib yuborgani uchun uni “duo qilib qo‘yishga” chaqirdi. Aktyor va realiti-shou boshlovchisi Arnold Shvarsenegger esa AQSh prezidenti Donald Trampga “o‘zaro o‘rin almashishni” taklif qildi. | 59 | 1,083 |
Madaniyat | Alla Pugachyova, Ledi Gaga, Deniel Redkliff va past bo‘yli boshqa yulduzlar (foto) | Bo‘yining pastligi muvaffaqiyatga erishishiga qarshilik qilmagan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Riz Uizerspun — 156 sm
Shakira — 157 sm
Kristina Agilera — 157 sm
Kim Kardashyan — 159 sm
Vanessa Paradi — 160 sm
Natali Portman — 160 sm
Skarlett Yoxansson — 160 sm
Mixail Galustyan — 163 sm
Deniel Redkliff — 165 см
Josh Xatcherson — 170 sm
Kayli Minoug — 155 sm
Yeva Longoriya — 157 sm
Salma Xayek — 157 sm
Vanessa Xadjens — 158 sm
Mayli Sayrus — 164 sm
Fergi — 157 sm
Meri Keyt va Eshli Olsen — 155 sm
Madonna — 158 sm
Kelli Osborn — 157 sm
Jeri Xolliuell — 158 sm
Ledi Gaga — 155 sm
Denni De Vito — 150 sm
Kichik Robert Dauni — 169 sm
Ben Stiller — 169 sm
Elayja Vud — 168 sm
Alla Pugachyova — 162 sm
Yuliya Savicheva — 159 sm | 82 | 763 |
Madaniyat | Instagram: Otasiga mashina sovg‘a qilgan Xoliqjon vayner, o‘zini oshpazlikda sinab ko‘rgan Asal Shodiyeva, keksa aktrisani yo‘qlagan Ozodbek Nazarbekov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Qodirxon” serialining bosh qahramonlaridan biri aktyor Davron Asqarov bo‘lajak rafiqasini nikoh oqshomiga taklif qilgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Xonanda Bahrom Nazarov “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganini ma’lum qildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov el ardog‘idagi aktrisa Ro‘za Karimovani ko‘rishga bordi. Ozodbek Nazarbekov aktrisani bir necha yillar davomida san’atda faoliyat yuritganini ta’kidlab, minnatdorchilik bildirdi.
Xalq ardog‘idagi xonanda Zulayho Boyxonova Yaponiyada, dunyoga mashhur “Xatiko” filmidagi itga bag‘ishlab o‘rnatilgan haykal oldida tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.
Xoliqjon vayner dadasiga Cobalt mashinasini sovg‘a qildi.
Xonanda Hilola Hamidova yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Xonanda Ruxshonaning muxlislari farzandlari, onasi va o‘zining surati tushirilgan maxsus sovg‘a berdi.
Qiziqchi, aktyor Dilshod Mirzamurotov onasini Umra safariga jo‘natayotgani aks etgan suratni obunachilariga ko‘rsatdi.
Asal Shodiyeva Toshkentdagi yangi restoranlardan birining ochilish marosimida ishtirok etdi va shu bilan birga o‘zini oshpazlikda sinab ko‘rdi.
Munisa Rizayeva inson hayotda turmush o‘rtog‘ini tanlayotgan paytda uning his-tuyg‘ulari, ruhiy salomatligi, mehribonligiga e’tibor berish kerakligi haqida gapirdi.
Yulduz Usmonova Qozog‘istonning Turkiston shahrida muxlislari uchun konsert bermoqda.
Ulug‘bek Qodirov XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida tushgan suratini e’lon qildi.
Xonanda Jahongir Otajonov Ulug‘bek Otajonov bilan qo‘shiq kuylagani aks etgan videoni e’lon qildi.
“Qaytar dunyo” seriali orqali muxlislarga tanilgan aktrisa Gulnora Qosimova o‘g‘li bilan tushgan suratini e’lon qildi. | 151 | 1,804 |
Madaniyat | Toshkentlik ko‘cha organchisi Rossiya bo‘ylab sayohat qilmoqda | Toshkentlik 74 yoshli sharmankachi (sharmanka – ko‘cha organi, musiqa chiqaruvchi quti) Gennadiy Chumachenko Rossiyaning Kursk viloyati drama teatri oldida paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 90-yillarda Rossiyaga otlanishdan oldin yarim asr Toshkentda yashab fotograflik bilan shug‘ullangan. O‘zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog‘istonga sayohat qilib, “ko‘chmanchi” hayotga o‘rgangan, yangi joylar, odamlar, taasurotlat izlagan. Bundan tashqari, doim sharmankaga qiziqib kelgan.
Qayd etilishicha, artist Rossiya bo‘ylab o‘z o‘g‘li bilan birgalikda sayohat qilmoqda. Konstantin ham sharmanka chala oladi. May oyida ular Kurskdan Nijniy Novgorod yoki Rostov-na-Donuga, u yerdan esa Anapa, Gelenjikka yo‘l oladi. | 62 | 746 |
Madaniyat | Foto: 50 yoshdan keyin turmush qurgan mashhurlar | Sevgi va munosabatlarni rasmiylashtirishning erta-kechi yo‘q. 60, 70 hatto 90 yoshida turmush qurgan quyidagi juftliklar esa buning isboti.
Alan Rikman va Rima Xorton
Shaxsiy hayoti haqida ovoza qilishni yaxshi ko‘rmaydigan rejissor bo‘lajak rafiqasi bilan 1965-yilda tanishgan. Bu vaqtda u 19 Rima esa 18 yoshda bo‘lgan. Oradan 12 yil o‘tib birga yashashga qaror qilgan juftlik 47 yil o‘tib munosabatlarini rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. 2012-yilda 66 yosh Alan va 65 yashar Rima yashirincha turmush qurgan. Nyu-Yorkda guvohlarsiz nikohdan o‘tgan juftlik marosimdan keyin shahar aylangan va restoranda ovqatlangan. Bu haqda Bild nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan Alan 2016-yilda saratondan vafot etgan.
Xelen Mirren va Teylor Xekford
Mashhur aktrisa hamisha rasman turmush qurishga qarshi bo‘lgan. “Oq tunlar” (1985) filmini suratga olish maydonchasida Teylor bilan tanishgan aktrisa oradan 12 yil o‘tib, 1997-yilda unga turmushga chiqqan.
Kventin Tarantino va Daniela Pik
Hayotini ishiga bag‘ishlagan va turmush qurishga qarshi ekanini ta’kidlab kelgan 60 aktyorning uylangani haqidagi xabar muxlislari uchun kutilmagan bo‘lgan. Rejissor Daniela bilan 2009-yilda “Sharafsiz vahshiylar” filmining premyerasi uchun Isroilga borganida tanishgan. Uchrashishni boshlaganidan keyin orada biroz muddatga ayrilgan juftlik 2016-yilda yarashib olgan. 2018-yilda oila qurgan va 2020-yilda farzandli bo‘lgan.
Tina Terner va Ervin Bax
Sakkiz marta “Gremmi”ni qo‘lga kiritgan yulduzning hayoti o‘zgarishlarga boy bo‘lgan. Ervinga qadar u Reymond
Xill, Ayk Terner bilan turmush qurgan va ularning har ikkisidan ham farzandli bo‘lgan. 1986-yil Kelnga xizmat safariga borgan yulduzni EMI ovoz yozish kompaniyasining vakili Ervin Bax kutib olgan. 30 yashar Ervin 46 yoshli Tinaga turmush qurishni taklif qilgan. Ammo Terner ushbu taklifga oradan 27 yil o‘tibgina (73 yoshida) rozilik bergan. 2013-yilda turmush qurgan juftlikning to‘yida mashhurlardan Eros Ramazotti, Devid Boi, Opra Uinfri ishtirok etgan. Oradan oylar o‘tib Ternerning salomatligi yomonlashgan va Ervin buyrak ko‘chirib o‘tkazish uchun unga donorlik qilgan.
Xyu Grant va Anna Ebershteyn
Aktyor nafaqat filmlardagi rollari, balki uzoqqa bormaydigan munosabatlari bilan ham mashhur hisoblanadi. 1987-yilda Elizabet Xerli bilan uchrashib yurgan yulduz keyinroq Tinglan Xong bilan ham munosabatda bo‘lgan. Xong — Xyuning ikki nafar farzandining onasi. Prodyuser Anna Ebershteyn ham uning uch farzandini dunyoga keltirgan va shundan keyingina 57 yashar aktyor birinchi marta rasman turmush qurishga qaror qilgan.
Jerri Xoll va Rupert Merdok
Jerriga qadar ham shaxsiy hayotida turli insonlar bo‘lgan Rupert 84 yoshida 59 yashar Xollga uylangan. Londonda bo‘lib o‘tgan marosimda juftlikning do‘stlari va yaqinlari bilan birga o‘n nafar farzandi ham ishtirok etgan.
Joan Kollinz va Persi Gibson
Mashhur britaniyalik aktrisa bir emas, besh marta turmush qurib ulgurgan. So‘nggi marta 2002-yilda turmush qurganida uning yoshi 69 da bo‘lgan. O‘rtalarida 32 yosh tafovut bo‘lishiga qaramay, juftlik 19 yildan buyon birga.
Jorj Kirbi va Dorin Laki
Britaniyalik mazkur juftlik Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Oila qurgan vaqti Dorinning yoshi 91, Jorjniki
esa 92 da bo‘lgan. Kirbi sevishganlar kunida Doringa turmush qurishni taklif qilgan va ular 2015-yilning 13-iyunida munosabatlarini rasmiylashtirgan. Avvalgi turmushlaridan 7 nafar farzandi, 15 ta nabira va 7 ta evarasi bo‘lgan juftlikning to‘y marosimida yaqinlari hamda do‘stlari ishtirok etgan. | 48 | 3,516 |
Madaniyat | Prezident Shavkat Mirziyoevning “Sharq taronalari” o`n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so`zi | Assalomu alaykum,
Aziz vatandoshlar,
Muhtaram mehmonlar!
Hurmatli festival qatnashchilari!
Xonimlar va janoblar!
Bugun siz, azizlar bilan go`zal O`zbekiston diyorida, “Er yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqand shahrida ko`rishib turganimdan baxtiyorman.
Barchangizni “Sharq taronalari” o`n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Mana, yigirma ikki yildirki, biz bu festivalni YuNESKO rahnamoligida o`tkazib kelmoqdamiz.
Bugun ushbu tashkilotning Bosh direktori Odri Azule xonim yurtimizga shaxsan tashrif buyurib, anjumanimizga alohida fayz va ko`tarinki ruh bag`ishlagani uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Shuningdek, tantanamizda qatnashayotgan faxriy mehmonlarimiz Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Ijroiya qo`mitasi raisi Sergey Lebedevga, Rossiya Federasiyasi Prezidentining madaniyat masalalari bo`yicha maslahatchisi Vladimir Tolstoyga, Qozog`iston Respublikasi Madaniyat va sport vaziri Aqto`ti Raimqulovaga, Qirg`iziston Respublikasi Madaniyat, axborot va turizm vaziri Azamat Jamanqulovga, Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzodaga, Turkmaniston Madaniyat vaziri Atageldi Shamuradovga, Bangladesh Xalq Respublikasi Madaniyat vaziri Muhammad Xolidga, Butan Qirolligi Madaniyat va ichki ishlar vaziri Sherub Gyel-tshenga, Polsha Respublikasi madaniyat va milliy meros vaziri o`rinbosari Pavel Levandovskiga, Buyuk Britaniya Parlamenti Lordlar Palatasi a`zosi Muhammad Iltof Shayxga, Belarus Respublikasi Milliy Majlisi senatori Ekaterina Dulovaga, Yaponiyaning Nara shahri meri Moto-nobu Naka-gavaga, Koreya Respublikasi Andong shahri meri Kvon Yong-sega, Lal Bahodur Shastri instituti raisi, Hind-o`zbek do`stlik aloqalari kengashi prezidenti Anil Shastriga, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning O`zbekistondagi muhtaram elchilari va vakillariga, festivalimizni jahon miqyosida yoritish maqsadida yurtimizga kelgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga chuqur tashakkur izhor etaman.
Bugungi anjumanimizga dunyoning barcha qit`alaridagi 75 ta davlatdan 340 nafar aziz mehmonlarimiz ishtirok etmoqdalar.
Biz ushbu taniqli madaniyat arboblari, mashhur ijodiy guruhlar va iste`dod sohiblarini, san`atning chinakam fidoyilari, tinchlik va ezgulik elchilari sifatida, hurmat qilamiz va yuksak qadrlaymiz.
Xush kelibsiz go`zal O`zbekistonimizga,
Xush kelibsiz muazzam Samarqand shahriga!
Hurmatli festival ishtirokchilari!
Hammamizga yaxshi ma`lum, dunyoning ko`plab qit`a va mintaqalarida turli san`at va musiqa anjumanlari o`tkazib kelinadi.
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ular orasida o`zining alohida o`rni, shuhrati va maqomi bilan ajralib turadi.
Ushbu festival sababli bugungi kunda afsonaviy Samarqandning uzoq o`tmishini aks ettiradigan munavvar koshonalari, muattar havosi bilan birga, bu muqaddas zamindan taralayotgan dilbar va maftunkor taronalar ham dunyo ahlini o`ziga chorlamoqda.
O`tgan salkam chorak asr davomida Samarqandning moviy gumbazlari, yulduzli osmoni ostida qanchadan-qancha sehrli navolar, hayotbaxsh ohanglar yangradi.
Festival o`nlab mashhur xonanda va sozandalar, noyob yosh iste`dodlarni kashf qildi, ularning parvoziga qanot, kuch va ilhom bag`ishladi.
Eng muhimi, ushbu anjuman turli sivilizasiyalar, xalqlar va millatlar o`rtasida o`ziga xos madaniy hamkorlik hamda muloqot maydoniga aylandi.
Biz bu festivalning zaminida ulug` o`zbek mutafakkir shoiri Alisher Navoiy bobomizning, Olam ahli, hamisha bir-biringizga do`st bo`ling, Er yuzini o`z mehnatingiz, iste`dodingiz bilan obod qiling! degan mazmundagi o`lmas da`vati mujassam ekanini ko`ramiz.
Ayni paytda, buyuk fransuz adibi Viktor Gyugoning “Ezgulik va hamjihatlik – inson ma`naviy olamining quyoshidir” degan hikmatli so`zlari mana shunday yuksak g`oyalar bilan uyg`un va hamohangdir.
Bu fikrlar bundan necha yuz yillar avval aytilgan bo`lsa-da, bugun ham o`z ahamiyatini yo`qotmasdan, bizning qalblarimizda, yuraklarimizda aks-sado bermoqda.
Mana shu yuksak sahnaga – ko`rkam va muhtasham Registon maydoniga qadam qo`ygan har bir san`atkor, millati, tili va dinidan qat`i nazar, bashariyat farzandi sifatida dillarni dillarga, ellarni ellarga bog`laydi.
Buning uchun sizlarga chin yurakdan har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.
Imkoniyatdan foydalanib, bir masalaga munosabatimni bildirib o`tmoqchiman.
Barchangiz guvohsiz, shu kunlarda generativ musiqa, sun`iy intellekt haqidagi bahslar qizg`in tus olmoqda. Kelajak musiqasini endi faqat texnika yaratadi, degan bashoratlar ilgari surilmoqda.
Lekin hammamiz yaxshi bilamizki, har qanday mukammal texnika vositasi ham tirik inson nafasini, uning yurak nolalarini, jonli ovoz jozibasini, chinakam san`at o`rnini hech qachon bosolmaydi.
Haqiqiy san`atni, sof va boqiy musiqani faqat Parvardigori olamning marhamati bilan hazrati Inson yaratadi.
Sayyoramizda turli kelishmovchilik va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan tahlikali zamonda, odamzot tobora o`z dunyosiga o`ralib borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg`otadi.
Musiqa san`ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga etkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir.
San`at bilan oshno bo`lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo`ladi.
Va men ishonaman, ular dunyoni ma`naviy tanazzuldan qutqarishga qodir bo`lgan, o`zaro ahillik va birdamlikni ulug`lovchi avlod bo`lib maydonga chiqadi.
Shu ma`noda, musiqa – hech narsa bilan o`lchab, solishtirib bo`lmaydigan beqiyos ilohiy ta`sir kuchiga ega, desak, ayni haqiqatni aytgan bo`lamiz.
Muhtaram mehmonlar!
Bugun biz mamlakatimizda milliy taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo`ymoqdamiz.
Hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan jadal o`zgarish va yangilanishlar madaniyat va san`at sohalarida ham izchil davom ettirilmoqda.
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida orttirgan tajribamizga tayangan holda, biz birinchi marta Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san`ati anjumanini, Termiz shahrida Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini o`tkazdik.
Sentyabr oyida Qo`qon shahrida Xalq amaliy san`ati xalqaro festivalini o`tkazishga katta tayyorgarlik ko`rmoqdamiz.
Ushbu anjumanlar YuNESKO, AYSESKO, Xalqaro folklor san`ati tashkiloti singari nufuzli tuzilmalar, sizlar kabi san`at jonkuyarlari tomonidan keng qo`llab-quvvatlanayotgani uchun barchangizga rahmat aytmoqchiman.
Hozirgi kunda mamlakatimizda yuzlab musiqa va san`at maktablari, akademik liseylar, oliy o`quv yurtlari, yuzlab teatrlar, tasviriy san`at va konsert zallari faoliyat olib bormoqda.
O`ylaymanki, sizlar ana shu ijod maskanlariga ham tashrif buyurib, yoshlarimiz uchun mahorat darslari bo`lib xizmat qiladigan uchrashuv va suhbatlar o`tkazasiz.
Fursatdan foydalanib, barchangizga bir taklif bilan murojaat qilmoqchiman.
Agar sizlarda yurtimizdagi konservatoriya yoki o`quv yurtlarida yoshlarga saboq berish niyati tug`ilsa, sizlarni shaxsan o`zim qo`llab-quvvatlayman.
Muhtaram festival qatnashchilari!
San`atni, kuy-qo`shiqni sevadigan, ijod ahlini munosib qadrlaydigan el-yurtimiz ushbu anjumanni quvonch bilan kutib olmoqda.
Tubdan yangilanayotgan O`zbekiston bilan yaqindan tanishuv, olijanob va bag`rikeng xalqimiz bilan uchrashuv va muloqotlar, Sizlarda, albatta o`chmas taassurot qoldiradi, deb ishonaman.
Festival doirasida bo`lib o`tadigan “Sharq xalqlari an`anaviy musiqa san`atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishiga ham omadlar tilayman.
Bu ajoyib nafosat bayramini yuqori saviyada o`tkazish maqsadida fidokorona mehnat qilgan barcha insonlarga, mehmondo`st va olijanob Samarqand ahliga anjuman ishtirokchilari va butun xalqimiz nomidan samimiy minnatdorchilik izhor etaman.
Qadrli do`stlar!
Aziz mehmonlar!
Musiqa san`atiga sadoqatingiz, uni asrab-avaylash va rivojlantirish yo`lidagi mehnatu mahoratingiz, ulkan hissangiz uchun barchangizga yana bir bor cheksiz ehtiromimni bildiraman.
Yangi ijodiy yutuqlar, millionlab muxlislarning olqishi va mehr-muhabbati sizlarga hamisha yor bo`lsin!
Jahonda tinchlik, xalqlar o`rtasidagi mustahkam do`stlik rishtalari barqaror bo`lsin!
E`tiboringiz uchun rahmat. | 153 | 8,247 |
Madaniyat | Farg‘onada “Maftun bo‘ldim” musiqali komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto) | Farg‘ona shahridagi rus musiqali drama teatrida rejissor Abduvohid G‘aniyevning “Maftun bo‘ldim” deb nomlangan musiqali komediyasining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Film “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda “Dono Productions” kinokompaniyasida suratga olingan. Ishchi nomi “Maftuningman-2” bo‘lgan ushbu filmni suratga olish ishlari 2017-yilning 12-may oyida boshlangan edi.
2016-yilning yoz oylarida “Maftuningman-2” filmiga kasting e’lon qilinib, aktyorlar tanlovi butun mamlakat bo‘ylab, har bir viloyat markazida tashkil etildi. Kastingda jami 2 000 nafar nomzod qatnashdi. Aktyorlik mahorati yuqori baholangan yosh nomzodlar filmda ishtirok etgan. Suratga olish ishlari butun O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirildi. | 82 | 779 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 83 yoshida vafot etdi | O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova vafot etdi. Bu haqida “Daryo”ga Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri truppa rahbari Murodjon To‘raqul ma’lum qildi.
Ustozimiz Maryam Ixtiyorova Maksim Gorkiydagi kasalxonaning jonlantirish bo‘limida davolanayotgan edilar. Bugun ertalab ahvollari yaxshi edi, biroz avval qizlari telefon qilib, ustozimizning joni uzilgani haqida xabar berdilar. Maryam Ixtiyorovaning janoza namozi 23-mart kuni, peshinda o‘qiladi.
Murodjon To‘raqul, Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri truppa rahbari
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 1939-yil Xorazm viloyati, Yangibozor tumanida dunyoga kelgan. 1959-yildan bugunga qadar Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri aktrisasi sifatida faoliyat yuritgan. 1997-yili O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan edi. | 64 | 846 |
Madaniyat | “Fazilatxonim va qizlari”dagi Hazan va Yag‘iz “Razvedka” deb nomlangan yangi serialda suratga tushmoqda | Turkiyaning mashhur yulduzlari Deniz Baysal va Chag‘lar Ertug‘rul navbatdagi yangi “Razvedka” serialida suratga tushmoqda. “Fazilat xonim va qizlari” serialining muxlislari o‘zlarining sevimli juftligini yana birga ko‘rishdan xursand, deb yozadi “KinoTeka”.
Loyihaning suratga olish ishlari Anqarada bo‘lib o‘tmoqda va serialning to‘liq uch qismi efirga uzatilish tayyor. Tez orada birinchi treylerning ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Serialning o‘zini esa 2021-yilning mart oyidan TRT1 telekanali orqali namoyish etish rejalashtirilgan. Qizig‘i shundaki, ushbu kanal davlatga qarashli bo‘lgani uchun ham reyting haqida qayg‘urishning keragi bo‘lmaydi. Reyting qanday bo‘lishidan qat’i nazar ijodiy guruh loyihani o‘zi to‘xtatmaguncha, u ekranlarda namoyish etiladi.
“Serialning suratga olish ishlari Anqarada bo‘lib o‘tmoqda va TRT1 telekanalida namoyish etiladi. Men kartinada Turkiya xavfsizligini ta’minlash uchun o‘ta maxfiy va muhim operatsiyalarda qatnashadigan sirli qahramon rolini ijro etaman. Qahramonim aqlli, qat’iyatli hamda jasur qiz. U o‘jar bo‘lsa-da, o‘z vazifasini oxirigacha yakunlaydi. O‘zining kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi”, — deydi Deniz Baysal “Milliyet” gazetasiga bergan intervyusida.
Bundan avval serialning sujeti sir tutilayotgani, ammo drama janrida bo‘lishi hamda turk maxsus xizmat xodimlarining faoliyatiga bag‘ishlanishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, aktyorlar 2020-yilning 8-dekabr kuni suratga olish ishlari boshlangan serial suratlarini ijtimoiy tarmoqda bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, Deniz Baysal hamda Chag‘lar Ertug‘rul “Fazilat xonim va qizlari” serialidagi Hazan va Yag‘iz sevishgan juftlik roli bilan o‘zbek tomoshabinlari ko‘nglidan joy olgan. | 103 | 1,691 |
Madaniyat | 50 Cent bitkoin savdosi tufayli boyib ketganini rad etdi | 50 Cent (Kyortis Jekson) sudga hech qachon birorta ham bitkoinga egalik qilmaganini va Animal Ambition albomi uchun kriptovalyutada to‘lov olmaganini ma’lum qildi, deb yozadi TJournal. Bu haqda musiqachining bankrotligi haqidagi hujjatlarda aytiladi.
Sudga taqdim etilgan hujjatlarda reper OAVlarni u bitkoinlarda 8 million dollar ishlab olgani haqida yolg‘on xabarlarni tarqatganlikda aybladi, ular, go‘yoki, uning bankrotlik haqidagi ishini ko‘rib chiqish vaqtida tilga olinmagan.
Reper aniqlik kiritishicha, matbuotning uning boyligi haqidagi axborotini rad etmagan, chunki odatda “material uning imijiga yoki brendiga zarar yetkazmasa, hech qanday chora ko‘rmaydi”. Musiqachi o‘z albomi uchun bitkoinlarda olgan o‘sha 400 ming dollar reper yoki uning vakillari qo‘liga kelib tushguniga qadar, uchinchi taraf tomonidan naqd pulga aylantirilgan.
2015-yilda bankrot bo‘lganini e’lon qilgan 50 Cent 24-yanvarda yana boyib ketgani va kriptovalyuta savdosidan yetti million dollar ishlab olgani haqida xabar berilgan edi. Xabarga ko‘ra, reper 2014-yilda taqdim etilgan Animal Ambition nomli albomini kriptovalyutaga sotgan va o‘sha vaqtdagi narxda qiymatda 400 ming dollar bo‘lgan bitkoin ishlab olgan. U shu vaqtga qadar kriptovalyutasidan foydalanmagan. 2017-yilning oxiriga kelib, bitkoinning narxi 11—12 ming dollarga ko‘tarilganda u o‘z kriptovalyutasini sotgan va yetti million dollardan ortiq daromad ishlab olgan. | 56 | 1,420 |
Madaniyat | Vazir o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov bilan doira chalayotgan bir guruh san‘atkorlar (video) | O‘zbekiston xalq artisti, madaniyat vazirining birinchi o‘qinbosari Ozodbek Nazarbekov, xonandalar Maxset O‘tamuratov, To‘lqin Jabborov, Yaxyobek Mansurovlar birgalikda doira chalayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda “aylanmoqda”.
Xonandalar qachon va qayerda birga doira chalgani haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
View this post on Instagram | 91 | 359 |
Madaniyat | Marhuma Aziza Niyozmetovaning o‘g‘li uylandi. Ko‘z yoshlarga to‘la dabdabali to‘ydan reportaj (foto va video) | Marhuma Aziza Niyozmetovaning o‘g‘li Miraziz uylandi. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan nikoh oqshomidan “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad reportaj tayyorladi.
Nikoh oqshomiga Aziza Niyozmetovaning san’atdagi va hayotdagi eng yaqin do‘stlari: jurnalist Muhabbat Hamroyeva, suxandon va xonanda Tolibjon Isroilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, Sayyora Qoziyeva, xonanda Umida Mirhamidova, Dilfuza Ismoilova, Ravshan Nomozovlar bosh bo‘lishdi.
Bundan tashqari kechada Via Marokand, Imron, Dilfuza Hayitmetova singari juda ko‘plab san’atkorlar mehmon bo‘lishdi.
Dabdabali nikoh oqshomi bir-biridan ajoyib raqslar, kuy va qo‘shiqlar bilan birgalikda, marhuma Aziza Niyozmetova, uning san’atdagi o‘rni, hayotdagi eng yaxshi fazilatlari ham yodga olindi.
Aziza Niyozmetova ijodining eng yorqin lahzalarini jamlagan video lavha restoranning katta ekranida namoyish etildi.
Aziza Niyozmetovaning to‘ng‘ich qizi Nilufar Nazariy oilasining yaxshi kunida xizmatda bo‘lgan barcha insonlarga minnatdorchiligini bildirdi. | 109 | 1,036 |
Madaniyat | “Vaqtim bo‘lmadi va fond ochishga qo‘rqdim”. Shohrux Sardor Rahimxon sabab shou-biznesdan ketib, nima sababdan uning loyihasida qolmaganini izohladi (video) | “Ummon” guruhining sobiq a’zosi Shohrux Isamuhammedov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Shohrux Isamuhammedov suhbat davomida shou-biznesdan ketishiga Sardor Rahimxon sabab bo‘lgani va Sardor Rahimxonning “Yurak amri” loyihasida faoliyatini davom ettirmagani sababini izohladi.
Shou-biznesdan ketishimga Sardor Rahimxon sabab bo‘lganlar. Ancha vaqtdan buyon o‘zim bilan o‘zim kurashib yurganman. Keyin Sardor Rahimxon bilan suhbatlashib, “bo‘ldi, shou-biznesdan ketaman”, deb qaror qabul qilganman.
Shou-biznesdan ketganimdan so‘ng “Yurak amri” loyihasida Sardor Rahimxon bilan birga yurdim. Keyinchalik boshqa ishlarim sabab vaqtim bo‘lmadi, ko‘p aytgan joylariga bora olmay qoldim. Balki bu odatimdan xafa bo‘lib qolgandirlar.
Keyin o‘zim xayirya fondi ochish uchun harakat boshladim. Fond ochish tartib qoidalarini o‘rganib chiqdim. Kerakli tashkilotlar bilan ham bog‘landim. Ochig‘ini aytsam fond ochishdan qo‘rqdim. Chunki yig‘iladigan pulni to‘g‘ri taqsimlash, kerak bo‘lsa, u pullarning bir so‘mi uchun bu dunyoda ham, u dunyoda ham javob berishimni o‘yladim. Qaysidir joyida ilmim yetmay qolib, noto‘g‘ri harakat qilib qo‘ymay, dedim.
Qiladigan ehsonimni hech kimga ko‘rsatmay berishni ma’qul deb bildim, Alloh bilsa bo‘lgani. Alloh shu ishimni xohlamadi va bu ish bo‘lmadi, deb bilaman.
“Yurak amri” loyihasida oxirigacha birga bo‘lishga vaqtim bo‘lmadi.
Shohrux Isamuhammedov, tadbirkor, “Ummon” guruhining sobiq a’zosi
Ma’lumot uchun, Shohrux Isamuhammedov 1990-yil, 1-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2018-yildan “Ummon” guruhining yakkaxoni sifatida faoliyatini boshlab, 2020-yilda shou-biznesni tark etdi. | 156 | 1,711 |
Madaniyat | Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi | Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.
Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga qarshi kurashib kelgan.
Mari Fredriksson ushbu guruhdagi faoliyati davomida mashhurlikka erishgan. Qo`shiqchi jami sakkizta albom chiqargan, ulardan oxirgisi 2013 yilda dunyo yuzini ko`rgan. | 37 | 411 |
Madaniyat | Turk aktrisasi Xande Erchel Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha Neslihan Atagul va Fahriye Evjenni ortda qoldirdi | Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Yangi albom, film yoki teleserial, yangi sevgi qissasi, yakshanba kungi nonushta, chiroyli liboslar yoki reklama — nima bo‘lishidan qat’i nazar, yulduzlar obunachilari bilan hayotlaridagi har bir lahzani baham ko‘rishga harakat qilishadi.
Ko‘raylik-chi, bugungi turk shou biznesida kim Instagram’da mashhur va eng ko‘p obunachilarga ega ekan.
Turkiyaning taniqli aktyori Engin Akyurek mart oyida Instagram’da o‘z sahifasini ochdi va 9 kun ichida 300 mingdan ortiq obunachiga ega bo‘ldi.
Kivanch Tatlitug‘ning esa 3,4 million obunachisi bor.
Beren Saat ko‘plab ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashi bilan tanilgan mashhur turk aktrisasi. Mashhur bo‘lishiga qaramay, uning 4,9 million obunachisi bor.
Jem Yilmaz — aktyor va ssenariylar muallifi, 5 million obunachiga ega.
Tuba Buyukustun — 5,1 million obunachiga ega bo‘lgan aktrisa.
Hazal Kaya — aktrisa, 6,3 million obunachiga ega.
Kerem Bursin eng mashhur yosh aktyorlardan biri, ijtimoiy tarmoqlarda faol, 7,2 million obunachisi bor.
Jan Yaman — aktyor, hozirda Italiyada yashaydi va butun dunyoda juda mashhur. Yosh aktyorning obunachilari soni 8,2 million kishini tashkil qiladi.
Demet Akalin 9,2 million obunachiga ega taniqli qo‘shiqchi.
Fahriye Evjen — aktrisa, Burak O‘zchivitning rafiqasi ham o‘z sahifasida juda faol. Uning obunachilari soni 11,5 million kishini tashkil qiladi.
Neslihan Atagul ham 11,7 million obunachiga ega bo‘lgan eng mashhur aktrisalardan biridir.
Demet O‘zdemir 12,6 million obunachiga ega bo‘lgan turk aktrisasi.
Burak O‘zchivit butun dunyoda, ayniqsa Yaqin Sharqda katta shuhrat qozongan, 17 million obunachiga ega bo‘lgan kelishgan aktyor.
Va nihoyat 21 million obunachiga ega bo‘lgan yosh va go‘zal aktrisa Xande Erchel. U o‘zining Instagram sahifasida obunachilar soni bo‘yicha Fehriye va Neslihanni ortda qoldirdi. | 119 | 1,892 |
Madaniyat | “O`zbekkino”: Yil yakuniga qadar 4 ming o`rinli 15 ta kinoteatr qurilib foydalanishga topshiriladi | Joriy yilning 4 avgust kuni “O`zbekkino” Milliy agentligi binosida Bosh direktor Firdavs Abduxoliqov raisligida Toshkent shahridagi yirik kinoteatrlar rahbarlari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur uchrashuv 2020 yil 31 avgustdagi O`zbekiston Respublikasiga koronovirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan kinoteatrlar tizimi faoliyatini yo`lga qo`yishga ruxsat etilganligi munosabati bilan tashkil etildi. Unda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan tanishib chiqilib, barcha kinoteatrlar belgilangan talablar va karantin qoidalariga qat`iy amal qilgan holda faoliyat yuritish bo`yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayrim kinoteatrlarga borib tayyorgarlik ishlari va real holat bilan tanishib chiqildi.
Ma`lumot o`rnida, hozirda respublika bo`yicha 161 ta kinoteatr mavjud bo`lib, umumiy sig`imi 25 500 tani tashkil etadi. Shundan 9 tasi davlat kinoteatrlari bo`lib, 152 tasi esa xususiy kinoteatrlar hisoblanadi. Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar yana qariyb 4 ming o`rinli 15 ta kinoteatrlarning qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshiriladi. | 98 | 1,246 |
Madaniyat | Toshkentda week-end: “O‘limdan qaytgan” Di Kaprio, “Qor malikasi” Saida, xalqaro grossmeysterlarni yig‘adigan “Poytaxt” | “Daryo” yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlari — 9—10-yanvarda Toshkentda bo‘ladigan qiziqarli tadbirlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola qiladi.
Toshkent kinoteatrlarida Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi “O‘limdan qaytgan” (“The Revenant”) filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, “Yulduzlar jangi” sagasi yettinchi epizodi, Ivan Sarevich va Snupi haqidagi multfilmlar, “Dadam bilmasin”, “Payshanbadan payshanbagacha-2” kabi milliy komediyalar namoyishlari ham davom etmoqda. Film namoyishlarining to‘liq jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
Maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’tilning so‘nggi kunlarida bolalar bilan birga O‘zbek milliy akademik drama teatrida “O‘rmon sirlari”, Muqimiy teatrida esa “Yalmog‘izning nayrangi” spektakllarini tomosha qilish mumkin. Teatrlar repertuari “Daryo.Afisha”da keltirilgan.
“Istiqlol” san’at saroyida 10-yanvarga qadar “Qor malikasi” myuzikli bo‘lib o‘tadi, deya axborot bermoqda Afisha. E’tiborli tomoni, unda bosh rollarni xonandalar Saida, Sardor Milano va Jasur Mirsagatov ijro etgan.
“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, 8—11-yanvar kunlari “Poytaxt” biznes markazida xalqaro grossmeysterlar ishtirokida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tadi, bolajonlar uchun Next savdo-ko‘ngilochar markazida ijodiy mahorat mashg‘ulotlari, Caravan Kids’da esa pazandalik mashg‘ulotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. | 119 | 1,360 |
Madaniyat | Kinodan butunlay voz kechgan Farruh Soipov nima bilan tirikchilik qilayotganini ma’lum qildi (video) | Bir qancha filmlardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan, ammo bugungi kunda kino olamidan butunlay voz kechgan aktyor Farruh Soipov “Daryo” uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Farruh Soipov suhbat davomida kino olamidan butunlay ketganidan so‘ng qanday ish bilan kun kechirib, tirikchilik qilayotgani haqida gapirib berdi.
“Tadbirkorlik bilan shug‘ullanamiz, kafel olib kelib sotamiz”, — deydi Farruh Soipov.
Farruh Soipov suhbat davomida Qadr kechasi, islomiy filmda rol ijro qilmasligining sabablari, Ramazon oyi haqida ham gapirib berdi.
Ma’lumot uchun, Farruh Soipov “Kelgindi kelin”, “Kelgindi kuyov”, “Panoh”, “Qalbim o‘g‘risi”, “Sotqin”, “Nafs”, “Sug‘diyona”, “Feride”, “Oshiqlar” filmlarida suratga tushgan. | 100 | 782 |
Madaniyat | Disney “Ledi va daydi it” multfilmining yangi qismini suratga oladi | Disney studiyasi 1955-yilda taqdim etilgan “Ledi va daydi it” multfilmining yangi qismi ustida ish boshladi. Yangi talqin animatsion effektli kino formatida suratga olinadi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Yangi talqin ustida rejissor Charli Bin ishlaydi. Kartina prodyuseri Brigem Teylor bo‘ladi.
Yangi “Ledi va daydi it” Disney tomonidan 2019-yilda ishga tushirish rejalashtirilayotgan striming xizmatida taqdim etiladi. | 67 | 420 |
Madaniyat | Kinematograflar Gollivudning eng omadsiz filmini ma`lum qildi | Disney studiyasining «Jon Karter» (2012 yil) sarguzasht jangari filmi zamonaviy kinematografiya tarixidagi eng omadsiz film deb topildi, deb yozmoqda «RIA Novosti».
Endryu Stenton rejissorlik qilgan Mars xalqining ozodligi uchun kurashgan amerikalik harbiy Jon Karter haqidagi ilmiy-fantastik film ijodkorlari bu filmga marketingni qo`shib hisoblaganda 363,7 million dollardan ortiq pul sarflagan. Ammo jahon prokatida atigi 284 million dollar to`plagan.
Film ijodkorlari ko`rilgan zararni kamaytirishga harakat qilgan va turli ushlab qolishlar va hisobdan chiqarishlardan so`ng moliyaviy yo`qotishlar 136,6 million dollarni tashkil etgan.
Shu sababli «Jon Karter» filmi butun kino tarixidagi eng omadsiz loyiha bo`ldi. Bunga qadar 20 yildan ortiq vaqt davomida Renni Harlinning «Kallakesarlar oroli» (1995 yil) filmi shunday hisoblanar edi. Film byudjeti 98 million dollarni tashkil etgan, jahon prokatida esa atigi 10 million dollar to`plagandi. | 61 | 947 |
Madaniyat | Taniqli hind aktyori Abhishek Bachchan tug‘ilgan kunini nishonladi (foto) | Abhishek Bachchan 2021-yil 5-fevral kuni 45 yoshga to‘lishi munosabati bilan tug‘ilgan kunini nishonladi. Bu haqda “Kinoteka” xabar berdi.
Albatta, butun mamlakat aktyorni tabriklash asnosida uning otasi Amitabh Bachchan birinchilardan bo‘ldi, u o‘g‘li bilan tushgan ikki surat kollajini baham ko‘rdi.
Amitabh Bachchan suratga quyidagicha izoh bergan: “Bir paytlar men uning qo‘lidan ushlab, yetaklagan bo‘lsam, endi u meni qo‘limdan tutib olib yuradi”.
Shuningdek, Abhishekning rafiqasi maftunkor Ayshvariya Ray ham turmush o‘rtog‘ini tabriklab, baxt porlayotgan oilaviy suratini taqdim etdi. Aktrisa postga quyidagicha izoh bergan: “Baxtliman. Va bir umrga yaxshi ko‘raman”.
Bundan tashqari, 45 yoshga to‘lgan aktyorning muxlislari ham bir-biridan ajoyib tilaklar bilan uni tabriklashgan. Aktyorning ijodi borasida ham bir qancha yangi loyihalar mavjud bo‘lib, ulardan biri Xarshad Mexta rolini ijro etgan “Katta buqa” filmidir. Shuningdek aktyorni “Tarix” filmining davomi sifatida Dii Annapurniy Gosh rejissorligidagi “Bob Bisvas” trillerida ko‘rish mumkin. | 73 | 1,064 |
Madaniyat | Parijda O`zbekiston madaniyati va san`ati kunlari bo`lib o`tmoqda | O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Fransiya Respublikasiga qiladigan rasmiy tashrifi munosabati bilan Fransiyada 26 sentyabrdan 10 oktyabrgacha O`zbekiston madaniyati va san`ati kunlari tashkil etilgan. Shu bilan birga Parij moda haftaligi, dunyoning yirik avto konserni BMW ko`rgazmasi, Top Rese-2018 xalkaro sayyohlik ko`rgazmasi bo`lib o`tmokda.
Uchta yirik ko`rgazma va O`zbekiston madaniyati va san`ati kunlari davom etayotgan bir paytda O`zEOAVMAning ijodiy jamoasi Parijda tasvirga olish jarayonlari bilan band. Professionallardan iborat jamoa "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasi doirasidagi navbatdagi film ustida ishlayapti. Film "O`zbekiston madaniy merosi Luvr to`plamlarida" deb nomlanadi. Uni tasvirga olish uchun ijodiy jamoamiz muzeyning islom madaniyati kolleksiyasi saqlanadigan zallariga kirdi. Shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki, bu fondlarga shu paytga qadar hech kim kira olmagan. Jurnalist Shahnoza G`anieva muallifligidagi filmda siz ana shu xazinani ko`rishingiz va ular haqida ma`lumotga ega bo`lishingiz mumkin.
Ma`lumot o`rnida shuni aytish kerakki, "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasi doirasida 30 ga yaqin hujjatli film tayyorlangan. Mazkur filmlar Rossiya (Sankt-Peterburg, Moskva), Germaniya (Berlin, Drezden, Leypsig), Chexiya (Praga), Buyuk Britaniya (London, Oksford, Kembridj) muzeylarida saqlanayotgan moddiy va madaniy merosimiz, ularning yaratilishi va O`zbekistondan olib ketilishi tarixi haqida hikoya qiladi.
Eslatib o`tamiz, 3 oktyabr kuni "Madaniy meros - O`zbekiston va Fransiya o`rtasidagi ko`prik" mavzusida xalqaro ilmiy media-ivent bo`lib o`tadi. Unda Fransiyaning eng yirik muzey, kutubxona va ilmiy muassasalarning rahbarlari, sharqshunos olimlar qatnashishi kutilmoqda.
Shu bilan birga may oyida Samarqandda bo`lib o`tgan xalqaro kongressda butun dunyo sharqshunos olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan O`zbekiston madaniyatini o`rganish buyicha dunyo hamjamiyatining birinchi kengashi o`tkaziladi.
Tadbirda Fransiya milliy kutubxonasi, Luvr muzeyi, Gimn muzeyiga loyiha doirasida chop etilgan kitob albomlar va “Katta Langar Qur`oni”, “Devoni Husayniy”, “Ravzat-ussafo”, “Me`rojnoma”, “Temur tuzuklari”, “Zafarnoma” kabi qadimiy kulyozmalarning faksimile nusxalari beg`araz tuhfa qilinadi. | 65 | 2,317 |
Madaniyat | Italiyalik aktrisa Monika Beluchchi 50 yoshni qarshi oldi | Bugun, 30-sentabr kuni yangi avlod Italiya kinematografi yorqin namoyondasi Monika Beluchchi 50 yoshni qarshi oldi, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS”.
O‘zining tan olishicha, uni bunday yosh xavotirga solmayapti: “Men tirikman, sog‘lomman, jonimdan ortiq ko‘radigan ikki farzandim bor. Ayni paytda o‘z hayotimdan mamnunman”.
Aktrisa nafaqat italyan filmlarida, balki Yevropa, ayniqsa Fransiya kinosida faol suratga tushadi. Uni bir necha marta Gollivudga ham taklif qilishgan.
Beluchchining so‘nggi ijodi — o‘z hamyurtining “Mo‘jizalar” kartinasidagi roli bo‘ldi. Film Kann kinofestivalida Gran-prini qo‘lga kiritdi. | 57 | 615 |
Madaniyat | Ikram Abdikalikov “O‘zbeknavo”ning Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari etib tayinlandi | “Juldizlar.uz” sayti muharriri, ko‘plab estrada xonandalarining prodyusseri Ikram Abdikalikov “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
Ikram Abdikalikov bundan oldin “Kamolot” YoIH Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashida faoliyat olib borayotgan edi. | 83 | 346 |
Madaniyat | Soxta “bloger-malikalar”ni “trolling” qilgan Davron Kabulov, o‘zgarib ketgan Rayhon. Instagram’dan daraklar | 15-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Bravo”chi Shahlo yangi obrazda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Ziyoda folloverlarini karantin qoidalariga rioya etishga chorladi.
View this post on Instagram
Xonanda Rayhon sahifasiga yangi suratini joyladi. Muxlislari esa uning o‘zgarib ketganligi, aniqrog‘i biroz to‘lishganini e’tirof etdi.
Ra’no Shodiyeva qizi va o‘g‘li bilan.
View this post on Instagram
Munisa Rizayeva hayotida amal qiladigan bir nechta qoidalarni sanab o‘tdi.
View this post on Instagram
Shohjahon Jo‘rayev jigarlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida ta’sirli qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova pianino chalishni o‘rganayotganini bildirdi.
View this post on Instagram
Ozoda Nursaidova yangi fotojamlanmasini folloverlariga taqdim etdi.
View this post on Instagram
Hosila Rahimova issiq kunlarda tabiiy sharbatlar ichishni tavsiya qildi.
View this post on Instagram
Davron Kabulov ilk marta klip g‘oyasini yozib ko‘rganini bildirdi. Yosh xonanda Farruh Fazelning “Bor ana” qo‘shig‘iga ishlangan klipda Davron Kabulov internetga mukkasidan ketgan, bloger qizlarni o‘ziga xos tarzda tanqid ostiga olgan.
View this post on Instagram | 107 | 1,438 |
Madaniyat | Rayhon: qahvangga qancha shakar qo‘shish kerakligini biladigan inson yoningda bo‘lishi kifoya ekan | Xonanda Rayhon G‘aniyeva Instagram’dagi sahifasiga egizak farzandlari — Islom va Imron bilan tushgan suratlarini muntazam ravishda joylashtirib boradi.
“Darakchi” gazetasining yozishicha, shunday suratlardan birining ostida xonanda farzandlari uchun Allohga shukrona bildirgan bo‘lsa, yana birida ko‘nglidan o‘tgan kechinmalari bilan o‘rtoqlashgan.
“Ulg‘ayganing sari arzon spektakl va fitnalardan uzoqda yurishni istarkansan kishi. Shunchaki shinam uy, oila davrasidagi shirin taom, farzandlarning kulgusi va baxti, shuningdek, qahvangga qancha shakar qo‘shish kerakligini biladigan inson yoningda bo‘lishi kifoya ekan”, — deb yozadi Rayhon.
Eslatib o‘tamiz, Rayhon 2012-yil noyabrida aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan edi, 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandli bo‘ldi. 2015-yil yanvarida Rayhon Yigitali bilan ajrashayotganini tasdiqladi. | 98 | 868 |
Madaniyat | Amerikalik aktyor Eshton Katcherning sobiq sevgilisi qotili o‘lim jazosiga hukm qilindi | 16-avgust kuni amerikalik aktyor Eshton Katcherning sobiq sevgilisini o‘ldirgan qotilga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Qotilga o‘lim jazosi qo‘llaniladigan bo‘ldi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Qotil Mayk Gargilo uch nafar ayolni o‘ldirganlikda aybdor deb topildi. Ulardan biri Eshton Katcherning sobiq sevgilisi Eshli Ellerin.
Katcher va Ellerinning munosabatlari 2001-yilda boshlangan edi. O‘shanda Katcher bir nechta filmlarda rollar ijro etishga ulgurgan edi. Qiz esa dizayn instituti talabasi edi. Katcher 23 yoshda, qiz esa 22 yoshda edi.
2001-yilning 21-fevralida Eshli Eshtonning uyiga bormoqchi ekanligini aytadi. Shunda Eshton o‘zi borib qizni olib ketmoqchi bo‘ladi hamda unga ikki marta qo‘ng‘iroq qiladi, qiz javob bermaydi.
Katcher qizning uyiga kelganida u qizil suyuqlik ichida yotardi. Aktyor Eshli uning kechikkani uchun vinoni to‘kib yuborib, shu yerda uxlab qolgan, deb o‘ylaydi. Erta tongda Ellerinning jasadini qo‘shnisi ko‘rib qoladi. Qotil qizga 47 marta pichoq urgan. Eshli 12-zarbada halok bo‘lgan. | 87 | 1,025 |
Madaniyat | Qo`qonda xalqaro hunarmandchilik festivali o`tkaziladi | Hukumat qarori bilan Xalqaro hunarmandchilik festivalini o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, festival 2019 yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba sentyabr oyida Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida o`tkaziladi.
Festival Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi va Farg`ona viloyat hokimligi tomonidan tashkil etiladi.
Festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy san`atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya, hunarmandlarning ko`rik-tanlovi, shuningdek xorijiy va mahalliy hunarmandlarning mahorat darslari tashkil etiladi.
Quyidagilar ko`rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholashda asosiy mezon hisoblanadi:
Xalqaro hay`at tomonidan ko`rik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari ko`rgazmasi va mahorat darslari 5 ta nominasiya bo`yicha baholanadi.
Festival doirasida o`tkaziladigan ko`rik-tanlov g`oliblari diplom, haykalcha va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: | 54 | 975 |
Madaniyat | O`zbekistondan Oskar mukofotiga qaysi film ishtirok etishi ma`lum bo`ldi | Shu yilning 21 noyabr kuni O`zbekiston Oskar qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda "O`zbekkino" matbuot xizmati xabar qilmoqda. Unda qo`mita raisi Firdavs Abduxoliqov hamda qo`mita a`zolari Zulfiqor Musoqov, Matyoqub Matchonov, Bahodir Odilov, Hamidulla Hasanov, Eljon Abbosov, Nigora Karimova, Jahongir Ahmedov, Mannop Qo`chqorov, Aziz Arziqulov, Umid Hamdamov, Baxtiyor Yoqubov, Farrux To`laganov, Eldor Yo`ldoshev, Igor Pinxasov hamda prodyuser va Qo`mita koordinatori Oybek Abdushukurovlar ishtirok etishdi.
O`zbekiston Oskar qo`mitasi tomonidan sayyoramizning nufuzli Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominasiyasiga O`zbekiston nomidan "O`zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin To`ychievning “Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmi tanlandi.
25 noyabrgacha kartina film mualliflari tomonidan tegishli tartibda O`zbekiston Milliy kinokomissiyasiga taqdim etilishi zarur.
“Faridaning ikki ming qo`shig`i” filmida o`tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko`rsatgan ta`siri bir oila misolida ochib beriladi. Yuz berayotgan voqea-hodisalarga e`tibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil to`rtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bog`liq ba`zi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda bo`lishiga sabab bo`ladi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin To`ychiev, postanovkachi operator Bahodir Yo`ldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizaev.
Rollarda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O`ljaeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiqulieva va boshqalar.
93-Oskar taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida bo`lib o`tadi.
Eslatib o`tamiz, 2019 yil bahorida "O`zbekkino" Milliy agentligi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi va O`zbekiston milliy kinokomissiyasi tashabbusi bilan O`zbekiston Oskar qo`mitasi tashkil qilingan edi.
“O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati | 72 | 2,120 |
Madaniyat | Latviyada tahsil olayotgan toshkentlik talaba qiz Riga haqida multfilm suratga oldi (video) | Rigadagi oliy o‘quv yurtlaridan birining ikkinchi bosqichida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik Olga San Latviyada qanday yashayotganligi haqida qayta-qayta takrorlamaslik uchun mulftilm suratga oldi. Bu haqda Riga dumasi portali xabar bermoqda.
Olganing aytishicha, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa mamlakatlardagi do‘stlari uning hozirgi hayot tarzi haqida ko‘p so‘raydi.
Universitetda videoblog tayyorlash va obunachilar to‘plash haqida topshiriq berilganida nima qilish haqida uzoq o‘yladim. Nihoyat, hozir o‘zim yashayotgan mamlakat haqida multfilm chizishga qaror qildim. Bu yerda hech qachon bo‘lmagan kishilarga Riga va Latviya haqida hikoya qilaman. Bu — endi birinchisi, butun boshli turkum tayyorlayapman.
Olga San, o‘zbekistonlik talaba
Olga mahalliy universitetning audiovizual bo‘limida tahsil oladi. “Filmlar, videoroliklar suratga olishni istayman. O‘zbekiston — Vatanim, uni juda yaxshi ko‘raman. Kino bilan hayotimni bog‘lamoqchiman, karyeramni Yevropada davom ettirish haqida o‘ylayapman”, — deydi Olga.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 91 | 1,205 |
Madaniyat | “Buvi bo‘lgan” “Setora” xonandasi, ijodga qaytayotgan Muqaddas, “qorin solgan” Sitora Alimjonova. Instagram yangiliklari | 5-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Amerikalik xonanda va aktrisa Jennifer Lopes barchani niqob taqib yurishga chaqirmoqda.
View this post on Instagram
Sitora Farmonova yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Yigitali Mamajonov oilasi va yaqinlarini boyligi deb bilishini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Xorijda hordiq chiqarayotgan Shahlo Ahmedova.
View this post on Instagram
Bollivud aktyori Ajay Devgan rafiqasi Kajol bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi hamda baxtli kunlar qaytishiga umid bildirdi.
View this post on Instagram
Turkiyaga turmushga chiqqan aktrisa Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i bilan Bursa shahrida hordiq chiqarmoqda.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Priti Zinta ko‘ylagi rangiga mos tibbiy niqobda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
“Sahar” guruhi xonandasi Anvar Jo‘rayev Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Ko‘kto‘be” dam olish markazida hordiq chiqarmoqda.
View this post on Instagram
Qora futbolka hamda niqobdagi Sitora Alimjonova “Dunyo sening qo‘lingda” demoqda. Ushbu rasmda aktrisaning biroz to‘lishib qolganini ko‘rish mumkin. Undan folloverlari “Homiladormisiz?” deb so‘radi, biroq Sitora bu savollarga javob bermadi.
View this post on Instagram
“Setora” guruhi xonandasi Laylo qizi Salma va “nevarasi” Kuzya bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Muqaddas Sa’dullayeva biroz tanaffusdan so‘ng ijodga qaytayotganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram | 120 | 1,792 |
Madaniyat | Shavkat Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli kitobi nashr etildi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” deb nomlangan kitobi “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kitobdan davlat rahbarining shu yil 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan, mamlakatni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi o‘rin olgan.
Chuqur tahlil va tanqidiy yondashuvga asoslangan ushbu risolada O‘zbekistonning 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga atroflicha baho berilgan. Ayni vaqtda iqtisodiyotni boshqarish, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida keyingi paytda turli vazirlik va idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlar ochiq va xolis tanqid qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Turli sohalardagi mavjud ulkan imkoniyat va zaxiralarni to‘liq va samarali ishga solishga jiddiy e’tibor qaratilgan.
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2017-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar, jahon bozorida raqobat kuchayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muhim vazifalar ma’ruzada batafsil ko‘rsatib berilgan.
Ayniqsa, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, jumladan, shahar va qishloqlarda arzon va qulay uy-joylar qurish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar ham kitobdan alohida o‘rin egallagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 175 | 2,110 |
Madaniyat | Beyonse, Kardashyan, Uizerspun va ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan ko‘p farzandli mashhur onalar (foto) | Aksariyat yulduz onalar farzandlarini dunyoga keltirgach, avvalgi qomatini yo‘qotadi. Lekin ayrimlari o‘z ustida qattiq ishlab, yana go‘zal qomatga ega bo‘ladi. Quyida bir necha farzandini dunyoga keltirgan hamda go‘zal tashqi ko‘rinishini ham yo‘qotmagan mashhur onalar bilan tanishib chiqing.
Beyonse
Uch farzandning onasi Beyonse homiladorlik paytida juda ko‘p vazn yig‘gan. Ayniqsa, ikkinchi homiladorligida u 30 kilogrammga semirdi. Muxlislari juda go‘zal qomatda ko‘rishga odatlangan bechora Beyonse tanqidlarga uchradi. Ba’zan bu kabi tanqidlarga xonandaning onasi ham javob qaytardi. Homilador ayol duch keladigan qiyinchiliklarni tushuntirdi. Beyonse tug‘ruqdan so‘ng o‘zining go‘zal qomatini qaytarish bilan shug‘ullanadi. U taniqli murabbiy Marko Borxesga murojaat qildi, u har kuni shaxsan mashg‘ulot o‘tkazish uchun xonandaning kvartirasida yashashga ham ko‘ndi. Beyonsening diyetasi juda oddiy bo‘lib, go‘sht va sut mahsulotlarini ratsiondan butunlay chiqarib tashladi va faqat oqsilga boy kokteyllar, ananas va tuxum oqini iste’mol qildi.
Megan Foks
Meganning tashqi ko‘rinishiga qarab uch farzandning onasi ekanligiga ishonish qiyin. Aktrisa o‘z sirini oddiy tushuntiradi: u homiladorlik paytida ham, undan keyin ham sut mahsulotlaridan voz kechgan. Shuning uchun u o‘n kilogrammdan biroz ko‘proq vazn olgan, xolos. Garchi ba’zi muxlislar Meganning so‘zlari samimiyligiga shubha qilsa-da, u qomatini sun’iy ravishda tuzatishga hech qanday xarajat qilmaydi.
Kortni Kardashyan
Opalari singari Kortni ham semirishga moyil, shuning uchun Kardashyan oilasining ayollari umrbod diyetada. Kortnining uchta farzandi bor. Homiladorlikda Kortni kuchini yo‘qotdi va 22 kilogrammga semirdi. Kortni murabbiy Treysi Andersonga murojaat qildi. Treysi har kuni Kortnini bir yarim soat davomida shug‘ullantirdi, lekin u kaloriyalarni hisoblashga majburlamadi. Ammo Kortni hali ham ovqatlanishda cheklovlarga amal qiladi. Masalan, nonushta uchun u banan bilan oqsilli kokteyl ichadi va kechki ovqat uchun bir piyola ko‘k choy ichishi mumkin.
Jessika Simpson
Xonandaning uch nafar farzandi bor. U uzoq vaqt davomida oza olmadi. Garchi u o‘zini xuddi shundayligicha ham sevishini bir necha bor aytgan bo‘lsa-da, Jessika yangi ko‘rinishda o‘zini noqulay his qilishi aniq edi. Yaxshiyamki, yulduz sport va ovqatlanishga bo‘lgan munosabatida muvozanatni topdi. Uning ratsioni oddiy: har doim tovuq yoki kurka go‘shti va sabzavotlar. Shirinlikdan esa voz kechgan.
Riz Uizerspun
Gollivud aktrisasining uchta farzandi bor. Riz ortiqcha vazndan aziyat chekmadi. Homiladorlik vaqtida ham unchalik ko‘p kilogramm yig‘madi. Lekin uning bor vazni ham kichik bo‘yiga og‘irlik qildi. Riz bundan qutulmadi va maxsus dasturlar ixtiro qilmadi, shunchaki, bolalar ovqatini yeyishni boshladi. | 101 | 2,775 |
Madaniyat | “Nega?” deya kuylab, Uznetni “portlatgan” Umidjon Shermatov o‘z muxlislariga yangi qo‘shiq va’da qildi | Jonli kuylangan, videosi havaskorlik darajasida suratga olingan “Ayrildik-ku bizlar” qo‘shig‘i bilan Uznetda mashhur bo‘lib ketgan Umidjon Shermatov o‘z muxlislariga murojaat qildi. Havaskor xonandaning videomurojaati Mover.uz servisiga joylashtirilgan, deb yozadi “Kun”.
Umidjon Shermatov. Skrinshot: kun.uz
Umidjon Shermatov uni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirib, birinchi qo‘shig‘i jonli kuylangani bilan, ba’zi kamchiliklari borligini ham tan olgan.
“Ilohim baxtimga sog‘ bo‘linglar! Yangi qo‘shiqni kutib qolinglar!”, – deydi Umidjon Shermatov o‘z videomurojaatida. Yangi qo‘shiq qachon, qayerda chiqishi haqida havaskor xonanda ma’lumot bermagan.
Nashrning eslatishicha, Umidjon Shermatov “Ayrildik-ku bizlar” nomli qo‘shiq kuylagani haqida internet-nashrlar orasida birinchi bo‘lib iLike.Uz sayti xabar bergandi. “Ovoz muharriri va yaxshi telefon yordamida internet yulduziga aylanishning yorqin misoli”, – deb ta’rif bergandi o‘shanda Umidjon Shermatovning birinchi “klipi”ga.
Internet hamjamiyati qo‘shiqdagi so‘zlar orasida naqoratidagi alohida urg‘u berib aytiladigan “Nega” jumlasiga ayniqsa katta e’tibor qaratdi, ushbu so‘z va umuman qo‘shiq muallifi internetdagi ko‘plab memlarning qahramoniga aylandi.
Ma’lumot uchun, YouTube’dagi Sayyod kanalida “Ayrildik-ku bizlar” klipi 10 ming martadan ko‘p, Mover.uz’da esa 18 ming martadan ko‘p ko‘rilgan. | 102 | 1,395 |
Madaniyat | Fotoreportaj: Samandar Hamroqulov va boshqa xonandalar Nukusdagi gala-konsertda | Nukus shahridagi “Turon” stadionida Yoshlar kuni munosabati bilan gala-konsert bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “KRuz.uz”.
Gala-konsertda o‘zbek estradasi vakillari Samandar Hamroqulov, Davron Ergashev, Bahriddin Zuhriddinov va qoraqalpoq estradasi yulduzlari ishtirok etdi. | 79 | 266 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov 88 yoshida vafot etdi | O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida filmni suratga olish jarayonida ishtirok etayotgan taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimovning to‘satdan tobi qochib Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markaziga olib kelingan edi.
Bemorni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Hojiboyev ko‘rikdan o‘tkazib, operatsiya qilgan edi. Jarrohlik amaliyoti murakkab kechgani sababli uning davomiyligi 6 soatga cho‘zilgan.
Aktyor bugun, 18-yanvar kuni olamdan o‘tdi. O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Po‘lat Saidqosimovning janoza namozi 19-yanvar kuni peshin namozi vaqtida Sag‘bondagi masjidda o‘qiladi. | 65 | 957 |
Madaniyat | Jonni Depp Ember Xyord unga to‘lashi kerak bo‘lgan pulning 8 mln dollaridan voz kechishi mumkin | Ma’lumki, Jonni Depp va Ember Xyord o‘rtasidagi shov-shuvli sud jarayoni bir necha kun avval yakuniga yetdi. Ko‘pchilik kutganidek, aktrisa tuhmat qilganlikda ayblanib, 10 million dollar va yana jarima sifatida 5 million dollar to‘lashi kerakligi ayon bo‘ldi. Ammo “Akvamen” yulduzining advokatlari Ember Xyordda bunday mablag‘ yo‘qligini ta’kidlamoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Ember tez orada kasodga uchraganlik to‘g‘risida ariza bermoqchi, deb yozadi Grazia.
Sud jarayoni ancha uzoq davom etgani sababli, Jonnining advokatlari ham yetarlicha mashhurlikka erishdi. Kamilla Vaskes va Benjamin Chu Amerika televideniyesida ko‘rinish berib, ishga yollovchining his-tuyg‘ulari haqida gapirib bergan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi olti yil ichida aktyor hech qachon bunchalik baxtli bo‘lmagan.
Bundan tashqari, advokatlar Emberning Jonni faqat o‘zining obro‘si va mashhurligi tufayli sudda g‘alaba qozongani haqidagi so‘zlarini rad etgan. “Xyord xonim hakamlar hay’atini yoqtirmadi, chunki u janob Deppdan farqli o‘laroq, o‘z mas’uliyatini tan olishga tayyor emas edi”, — deb ta’kidladi advokatlar.
Shuningdek, ular aktyor sobiq rafiqasi to‘lashi kerak bo‘lgan puldan voz kechishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. “Albatta, biz buni to‘liq ishonch bilan ayta olmaymiz, lekin janob Depp uchun hozirgi jarayon faqat boyish bilan emas, balki obro‘-e’tiborni tiklash bilan bog‘liq”, — deya qo‘shimcha qildi Vaskes.
Eslatib o‘tamiz, sud jarayoni boshlanganidan beri reklamasida Jonni Depp suratga tushgan Dior Sauvage’ga talab deyarli ikki baravar oshgan. | 95 | 1,549 |
Madaniyat | Maykl Jeksonning to‘ng‘ich o‘g‘li maktabni bitirdi | Maykl Jeksonning to‘ng‘ich o‘g‘li — 18 yoshli Prins Jekson maktabni tugatdi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”. Prinsni bitiruv bilan tabriklash uchun Maykl Jeksonning opasi La Toya keldi.
“Biz sen bilan faxrlanamiz, Prins! Sen buni uddalading. Buni a’loga uddalading!” — deb yozdi xonanda Twitter’ida.
Jekson doim o‘z oilasini matbuot va muxlislardan yashirishga harakat qilgan: otasi bilan omma oldiga chiqqanida bolalar yuzlariga niqob taqib olardi. Jeksonning o‘limidan so‘ng uch farzandi uning onasi Ketrin Jekson vasiyligiga o‘tdi. | 50 | 539 |
Madaniyat | “Shum bola” bolalar va yoshlar uchun III o‘zbek va nemis kinolari festivali boshlandi | “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Gyote instituti Toshkent filialining “Shum bola” bolalar va yoshlar uchun III o‘zbek va nemis kinolari festivali 28-aprel—1-may kunlari Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda, 3—5-may kunlari Farg‘ona shahridagi Teatr va konsert saroyi hamda San’at kolleji zalida tashkil etiladi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 28-aprel kuni soat 14:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda tadbir tashkilotchilari va mehmonlar ishtirokida festivalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev va Gyote instituti direktori Yuliya Xanske so‘zga chiqdi.
Mazkur festivalning ahamiyatli tomoni shundaki, unda germaniyalik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan badiiy mahsulotlar bilan bir qatorda o‘zbek kinematografchilarining ham ijod mahsullari namoyish etiladi.
Jumladan, “Ayiqcha”, “Ochko‘z xo‘roz”, “Doniqishloq hangomalari”, “Sarishtali uy – farishtali uy”, “Bor baraka”, “Jasur tipratikon”, “Birlashgan o‘zar”, “Oq tovuq”, “Shiroq haqida afsona” va “Sohibjamol qo‘g‘irchoq” multfilmlari har bir seanslardan oldin namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Bolalar va yoshlar uchun “Shum bola” III o‘zbek va nemis kinolari festivalining dasturi:
28-aprel
14:30 – “Qarsildoq va qirol”
29-aprel
11:00 – “Rikko, Oskar va samimiy taom”
14:30 – “Raffini qutqarish!”
30-aprel
11:00 – “Sharpa ovchilari”
14:30 – “Vinnetuning o‘g‘li”
17:00 – “Mening qizim Anne Frank”
1-may
11:00 – “Klara va ayiqlar siri”
14:30 – “Yo‘qolgan aka”
Kinofestival doirasidagi barcha namoyishlar Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo‘lib o‘tadi. Namoyishlarga kirish bepul. Nemis tilidagi filmlar ruscha titrlar bilan ko‘rsatiladi. | 85 | 1,779 |
Madaniyat | Mashhur hamkasblari orqali tanishgan yulduzli juftliklar (foto) | Yulduzli juftliklar qanday qilib tanishib qolgan bo‘lishi mumkin? Bir filmda suratga tushish, birga qo‘shiq kuylashdan tashqari mashhur do‘stlari tufayli tasodifan tanishib, juftlikka aylangan yulduzlar ham talaygina. Marhamat, ular bilan tanishing.
Nik Jonas va Priyanka Chopra
Dueyn Jonson Priyanka bilan 2017-yilda “Malibu qutqaruvchilari” filmida rol ijro etgan. O‘sha yili “Jumanji”da Nik bilan ham birga ishlagan. 2018-yil Entertainment Tonight nashriga bergan intervyusida u baxtli juftlik yaratish uchun mas’ul ekanligi haqida hazil bilan aytib o‘tgan. “Men buni uddalay oldim, agar ular baxtli bo‘lsa”, — deydi aktyor.
Kortni Koks va Jonni Makdeyd
2014-yil “X” albomi yozilishi jarayonida “Do‘stlar” kartinasida ishtirok etgan aktrisa Kortni Shiranga Malibudagi uyida bepul yashashiga ruxsat bergan. U uyda yashash vaqti uning do‘sti “Snow Patrol” gitarachisi Jonni Makdeyd albom uchun yordam bergan va shu tarzda aktrisa bilan tanishib qolgan. “U bizni uchrashtirgani uchun minnatdormiz”, — deydi Kortni.
Teylor Svift va Kelvin Xarris
Elli Goldingning The Sun’ga bergan intervyusida: “Kelvin ajoyib do‘st va yaxshi odam. Teylor ham mening yaqin qadrdonim. Ularning ikkisi ajoyib juftlik bo‘ladi, deb o‘ylagan edim. Afsuski, Teylor va Kelvin hech o‘ylamagan tarzda ajrashdi”, — deya ma’lum qilgan.
Jo Jonas va Sofi Terner
2016-yilda Xeyli Steynfild “DNCE” guruhi bilan hamkorlikda “Rock Bottom” taronasini chiqargan, uning tarkibida Jo Jonas ham bor edi. Shundan so‘ng Sofining o‘zi Xeyli bilan bog‘lanib, Joning raqamini so‘ragan. Xeyli bu haqda shunday deydi: “Sofidan Jo haqida gapirib ber, mazmunidagi xabarni oldim va qani olg‘a dedim”.
Xloi Kardashyan va Tristan Tompson
Tristan Instagramdagi sahifasida basketbolchi hamkasbi Brendon Jennings uni Xloi bilan tanishtirganini tasdiqlagan: “Aytgancha, qirol va malikani uchrashtirganing uchun tashakkur! Seni yaxshi ko‘raman”, deya izoh qoldirgan.
Jon Krasinski va Emili Blant
“Ushbu munosabatlar uchun Enn Xeteueyga minnatdorlik bildirishimiz kerak. Juftlik aktrisa tomonidan uyushtirilgan uchrashuvda tanishgan. Jon buni bir ko‘rishda muhabbat ekanligini tan olgan: ‘Men chindan ham munosabatlar izlamagan vaqt edi. Ammo men u bilan uchrashdim va uni sevib qolaman, deb o‘yladim. Uning qo‘llarini ushlab, menga yoqasan deya oldim”.
Megan Treynor va Deril Sabara
Juftlikning uchrashuviga Xloya Greys Morets sababchi bo‘lgan. Do‘sti Deril, albatta, Meganga yoqishi va kelajakda ajoyib juftlik bo‘lishini oldindan sezgan.
Jennifer Eniston va Jastin Teru
Robert Dauni Jennifer va Jastinni tanishtirishga muvaffaq bo‘lgan. Aktyor ularning bir-birini bir qarashda yoqtirib qolganini qo‘shimcha qilgan.
Josh Groban va Ket Dennings
Ket va Josh uzoq yillar davomida do‘st bo‘lgan. Ammo Bet Bers: “Men har doim unga munosib qiz topishni xohlar edim, ammo Ketning hayotida boshqasi bor edi. Shuning uchun ularni birlashtirishning imkoni bo‘lmagan. Ko‘p vaqt o‘tmay ikkisi ham bir vaqtda yolg‘iz qoldi”, — deydi.
Stenli Tuchchi va Felisiti Blant
2006-yilda Emili Blant Stenli bilan ishlaganidan so‘ng opasini u bilan tanishtirgan. Oradan 6 yil o‘tib, Stenli va Felisiti turmush qurgan. | 63 | 3,146 |
Madaniyat | “Bar, Sholpan apangni shaqir!”. Melis Abzalov filmlarining o‘zidan-da mashhurroq kinoiqtiboslari | Rejissor Melis Abzalov tomonidan suratga olingan milliy filmlar o‘zbek kinematografiyasining oltin fondidan o‘rin olgan. Ularni bir kadridan, kerak bo‘lsa, bir iqtibosidan-da tanib olsa bo‘ladi.
Twitter’dagi “O‘zbek kinoiboralari” sahifasi bir necha yildan beri o‘zbek tilida suratga olingan va o‘zbek tiliga dublyaj qilingan mashhur filmlarning eng mashhur iqtiboslarini to‘plab boradi. Sahifada 2013-yildan beri Melis Abzalov rejissorligida suratga olingan “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Armon”, “Maysaraning ishi” kabi filmlarning xalq orasida keng tarqalib ketgan ko‘plab dialoglari e’lon qilingan.
Bu kinoiboralar Melis Abzalov filmlari naqadar xalqchil, qanchalik o‘zbekona bo‘lganiga yana bir dalil, ayni vaqtda, buyuk rejissorni xotirlash uchun chiroyli bir sabab hamdir.
25-oktabr, seshanba kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Melis Abzalovning vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Taniqli kinoarbob 18-noyabr kuni 78 yoshga to‘lgan bo‘lardi. Xabar berishlaricha, Abzalov Shvetsiyada dafn etiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 96 | 1,216 |
Madaniyat | Xonanda Lola din va e’tiqod masalasidagi xabarini Instagram’dan o‘chirib tashladi | Xonanda Lola din va e’tiqod masalasida Laylat ul-qadr kechasida Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan xabarini o‘chirib tashladi. Xabar nima sababdan o‘chirib tashlangani noma’lum.
Skrinshot: Instagram / @lolaofficial_
Lolaning Instagram sahifasidagi hozircha so‘nggi fotoxabarda u barchaga dam olish kunlarini yaqinlar davrasida o‘tkazishni tilagani, o‘zi esa o‘z yaqinlarini sog‘ingani haqida yozilgan.
“Oilam — mening baxtim, muhabbatim, omadim!”, — deb yozadi Lola o‘zining so‘nggi Instagram-xabarida. Xabar ostida foydalanuvchilar aynan din va e’tiqod masalasida qizg‘in muhokamalar olib borayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Laylat ul-qadr kechasida xonanda Lolaning Instagram sahifasida faol munozaralarga sabab bo‘lgan xabar e’lon qilingan edi. Unda xonanda o‘z e’tiqodi masalasida fikr bildirgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 81 | 970 |
Madaniyat | Tamila san’atni butunlay tark etganini e’lon qildi | Tamila taxallusi ostida ijod qilib kelgan Esmeralda Rahmatova san’atni butunlay tark etadi. Bu haqda u “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Tamila.
— Demak, san’atni butunlay tark etdingiz-a?
— Ha! Chunki odamlarning men haqimdagi salbiy fikrlari ko‘nglimga og‘ir botyapti. | 50 | 293 |
Madaniyat | Instagram: Bayramni nishonlayotgan san’atkorlar, 3 ming dollarlik kostyumi tanqidga uchragan Yulduz Turdiyeva, Shahzoda Muhammedovaning onasiga kutilmagan sovg‘asi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktyor Javohir Zokirov O‘zbekiston ahlini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
Aktrisa, dizayner Shahzoda Muhammedova onasiga Umra safari yo‘llanmasini sovg‘a qildi va muxlislariga bu har bir o‘g‘il, qiz farzandning burchi ekanini aytdi.
Tiktoker, Instagram sahifasida ikki milliondan ortiq obunachiga ega instabloger Ozod Xurramov yangi suratini muxlislariga namoyish qildi va hayotida uning sinishini kutayotgan insonlarning borligi, aynan shu insonlar sabab yaxshi natijalarga erishganini aytdi.
Xonanda Nilufar Usmonova SMM mutaxassisi bilan ishlay boshlaganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, Nilufar Usmonova qizlari Safiya, Sa’diya va o‘g‘li Saidning suhbati aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi. Uning farzandlari xiyobonga borish haqida suhbat qurgan.
Ziyoda sahifasidagi obunachilarini Mustaqillik kuni bilan qutladi.
Xonanda Otabek Mutalxo‘jayev muxlislari orasidan Ichki ishlar xodimlari hamrohligida chiqqani aks etgan videoni e’lon qildi.
Bir qancha xit taronalar ijrochisi Hamdam Sobirov qizi Sa’diya bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Botir Qodirov Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan shodiyonada madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan tushgan suratini e’lon qildi va muxlislarini bayram bilan tabrikladi.
Aktrisa Halima Ibragimova mashinasida O‘zbekiston bayrog‘ini yoyib, Toshkent ko‘chalari bo‘ylab sayr qildi va obunachilariga ushbu shodiyona munosabati bilan samimiy tilaklarini bildirdi.
Aktyor Shohrux Hamdamov Turkiyada tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Lola o‘g‘li va qizi bilan maktab bozorini aylanganini, farzandlariga qanday o‘quv qurollarini olganini obunachilariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova Moskvada tushgan suratini e’lon qildi va o‘zbekistonlik muxlislarini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.
Xonanda Alisher Fayz konsert berish uchun AQSHga borgani aks etgan videoni e’lon qildi va barcha muxlislarini konsertga taklif etdi.
Aktrisa Aysanemxon Yusupova ilk rolini Hilol Nasimovning “Hayot” filmida ijro etganini, bu filmning suratga olinganiga 5 yil bo‘lganini, har gal ushbu filmni ko‘rganda ko‘ziga yosh kelishini, sababi unda Vatan tinchligi yo‘lida mardonavor halok bo‘lgan insonlar ko‘z oldiga kelishini aytgan.
Shuningdek, u muxlislarini Mustaqillik bayrami bilan tabriklagan va tinchlikning qadriga yetish kerakligi haqida gapirgan.
Xonanda Malika Ravshanova 90 yoshli muxlisasini xonadonidagi shodiyona bilan tabrikladi.
Aktrisa Durdona Qurbonova o‘zbekistonlik muxlislarini Mustaqillik shodiyonasi bilan qutladi.
Aktrisa Ra’no Shodiyeva “Baxt ovchisi” serialini suratga olish jarayonlari uchun Istanbulga kelgan hamkasbi, dugonasi Rayhon Ulasenovani ko‘rish uchun uning oldiga borgani aks etgan videoni e’lon qildi.
“Ummon” guruhining sobiq a’zosi Shohrux qizalog‘i bilan tushgan videosini muxlislariga ko‘rsatdi.
Oyog‘i shikastlangan raqqosa Parizoda yo‘lning belgilanmagan joydan kesib o‘tgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Xonanda, teleboshlovchi Husnora Shodiyeva yana bir orzusi amalga oshganini, ya’ni Moskva Xalqaro aloqalar Davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, menejment va turizm yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilinganini ma’lum qildi. Husnora ota-onasi uni qo‘llab-quvvatlaganini ham ta’kidlagan.
Xonanda Yulduz Turdiyeva to‘ylarda ikki-uch kun bitta kostyumda qo‘shiq kuylagani obunachilarining tanqidiga uchradi. Shundan so‘ng xonanda egnidagi kostyumning narxi 3 000 dollar ekanini, bundan tashqari, u o‘zi uchun qulay kiyimni kiyishini muxlislariga aytdi.
“Instagram’ga xalq xizmatidagi videolardan birini qo‘ygandim. Ba’zi opa-singillarimiz isib ketmadingizmi, necha kundan beri faqat shu pidjakdasiz, g‘alatimasmi, deb yozyapti. Birinchidan, bu o‘zimga yoqadi. Bu Balmain juda ham qimmatbaho. Mening necha yillik orzumdagi pidjak. Iltimos, shuning uchun har xil gaplarni yozmang. Men o‘zimga qulay kiyimni kiyaman. Men uchun qo‘shiqlarimni eshitib, maza qilsangiz kifoya”, — deydi xonanda.
Mahoratli raqqosa Iroda Ismoilova to‘y xizmatlarining birida o‘zgacha uslubda raqsga tushgan videosini e’lon qildi.
Aktrisa Feruza Normatova atrofidagi insonlarning unga bo‘lgan munosabatidan kulgisi kelishini, ko‘plab insonlar uning atrofida rol o‘ynashini, bunaqa insonlarga achinishini va taqdirida o‘z qonunlari borligini, ushbu qonunlar aktrisaning hayotidagi qaysidir insonga to‘g‘ri kelmasa, hayotidan chiqib ketishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, u aktrisalik sohasida tahsil olganini ta’kidlagan.
AQSHda oilasi bilan istiqomat qiladigan aktrisa Gulchehra Eshonqulova haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshirgan imtihondan o‘tganini ma’lum qildi va barcha o‘zbekistonlik muxlislarini Mustaqillik kuni bilan qutladi.
Tatyana, Imon Karimovalar va Maryam Tillayeva O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning xotira kechasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Videoda Islom Karimov va Tatyana Karimovaning shaxsiy arxividagi suratlarni ham ko‘rish mumkin. | 163 | 5,057 |
Madaniyat | Vudi Allenning “Irratsional odam” filmi rasmiy treyleri chiqdi | Vudi Allenning yangi “Irratsional odam” filmi rasmiy treyleri internetda paydo bo‘ldi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, filmda bosh rollarni aktrisa Emma Stoun va aktyor Xoakin Feniks ijro etgan.
Film ssenariysini Alleni o‘zi mustaqil ravishda yozgan. Syujetga ko‘ra, ekzistensional inqiroz (hayotlik ma’nosi haqidagi masalada chuqur ruhiy noqulay ahvolga tushish, vahima holati)ni boshdan o‘tkazayotgan professor hayotini yangi yo‘nalishga burib, o‘z talabasi bilan ishqiy aloqaga kirishadi.
Emma Stoun taniqli kinorejissyorning filmlarida ilk bor suratga tushayotgani yo‘q. Bungacha u Vudi Allenning “Oy nurining jodusi” kartinasida ishtirok etgandi.
“Irratsional odam” filmi premyerasi 13-24 may kunlariga rejalashtirilgan Kann kinofestivalining tanlovdan tashqari dasturida bo‘lib o‘tadi. | 62 | 803 |
Madaniyat | “Parchalangan yuraklar” seriali aktyorining onasi vafot etdi, taniqli aktyor politsiyachilardan qochib ketdi. Turk kinosi yangiliklari | Turk kinosanoatidagi eng so‘nggi yangilik va xabarlarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz.
Ekranga uzatilganiga ko‘p bo‘lmay mashhurlikka erishgan va muxlislar qalbidan joy olib ulgurgan “Eshigimni qoq” serialida rol ijro qilayotgan aktrisa Melisa Do‘ngel aftidan yulduzlik kasaliga chalingan ko‘rinadi. Aktrisa Istanbuldagi kafelardan birida janjal chiqargan.
U do‘stlari bilan tashrif buyurgan kafe xodimlari tashrif buyuruvchilar soni cheklangani sabab kirita olmasligini bildirgan.
Shundan keyin Melisa janjal ko‘targan va kafeni yoptirib yuborishini aytib, do‘q-po‘pisa qilgan. Kafe xodimlari videoyozuvlarni politsiyaga bergan, ammo yashash joyi ro‘yxatga olingan manzildan aktrisani topishning imkoni bo‘lmagan.
Turk matbuoti aktrisa Neslihan Atagul go‘zallik borasida onasiga o‘xshaganini, onasida rus qoni borligini yozishda davom etmoqda.
Turkan Shorayning qizi Yagmur Unal Nishantashi tumanida muxbirlar e’tiborini tortdi. Suhbatlashish davomida Unal Tyurkan rolini ijro qilishni istayotgan Demet O‘zdemir haqidagi savolga javob bergan.
U Demetni aktrisa sifatida yaxshi ko‘rishini, lekin rol borasida onasi javob bergani yaxshiligini bildirgan.
Erkan Petekkayaning onasi Sherife Petekkaya olamdan o‘tdi. U Altsgeymer kasalligidan aziyat chekkan.
“Istanbullik kelin” roli bilan o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Asli Enverning surati Marie Claire Türkiye jurnali muqovasida chiqdi.
Jan Yaman Xellouin munosabati bilan uyushtirilgan kechada vaqtini chog‘ o‘tkazdi. U muxlislari bilan esdalikka suratga tushishdan bosh tortmagan. Ammo politsiya yetib kelganidan keyin aktyor kechani tark etishiga to‘g‘ri kelgan. Ma’lumot uchun, epidemiya sabab Turkiyada ommaviy tadbirlar taqiqlangan.
Ispaniyaning Divinity kanali “Eshigimni qoq” serialini efirga uzatish huquqini qo‘lga kiritdi.
Past reyting qayd qilgani sabab Show TV kanalida efirga uzatilayotgan “Sharaf so‘zi” seriali 4-qismda tugatiladi. | 134 | 1,931 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva konsertida jonli kuylashini, ammo bannerlarda fonogramma deb yozilishini ma’lum qildi | Munisa Rizayeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida 7, 8, 9-oktabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida ilk yakkaxon konserti bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda Darakchi.uz sayti xabar qiladi.
Munisa Rizayevaning konsert banneri
“Hayotimdagi muhim kun yaqinlashib kelmoqda. Mening ilk yakkaxon konsertim (...) barchani 7, 8, 9-oktabr kunlari o‘zimning kamtargina shou-dasturim bilan “Istiqlol” sa’nat saroyida kutaman”, — dedi Munisa Rizayeva.
Shuningdek, xonanda ayrim bannerlarda fonogramma deb yozilishini, ammo u jonli aytishini ma’lum qildi.
Ta’kidlash joiz, tahririyatimizga kelib tushgan tadbir bannerida konsert jonli ijroda bo‘lishi haqida yozilgan. Bundan tashqari, bannerda ko‘plab imloviy xatolarni uchratish mumkin. | 101 | 732 |
Madaniyat | Rashid Malikovning “Tog‘a” filmi Baykal bo‘yidagi kinofestival Gran-Prisi sovrindori bo‘ldi | Rashid Malikovning “Tog‘a” tragikomediyasi Irkutsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Oila davrasida” nomli xalqaro teatr va kino festivalining to‘liq metrajli kino yo‘nalishi Gran-Prisini yutib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hissiyotlarimni so‘z bilan yetkazib bera olmayman. Men hayotimda juda kam bunday hayajonlanganman. Nihoyat, mening Irkutskka borish orzum ushaldi”, — deydi rejissor Rashid Malikov.
Hakamlar hay’ati “Tog‘a” filmida bosh rolni ijro etgan Bobur Yo‘ldoshevni “Eng yaxshi aktyor” deb tan oldi.
“Tog‘a”dan tashqari, rossiyalik rejissor Alla Surikovaning bolalar uchun mo‘ljallangan “Polniy vpered” (“Faqat oldingga”) va yana bir rossiyalik rejissor Gennadiy Shaposhnikovning Valentin Rasputin qissasi asosida ishlangan “Posledniy srok” (“So‘nggi muddat”) nomli spektakli “Oila davrasida” xalqaro teatr va kino festivalining bolalar filmlari va teatr postanovkalari yo‘nalishlarida Gran-Pri sovrindorlariga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, “Oila davrasida” nomli xalqaro teatr va kino festivali Rossiyaning Baykal ko‘li bo‘yidagi Irkutsk shahrida 2-avgust, shanba kuni ochilgan edi. | 91 | 1,099 |
Madaniyat | “Garri Potter” haqidagi kitoblar to‘plamining birinchi nashri Christie’s auksionida sotildi. To‘plam 118-177 ming dollarga baholangan | “Garri Potter”ning birinchi to‘liq nashri Christie’s auksionida sotildi. O‘z ichiga 7 ta kitobni olgan to‘plam qancha narxga sotilgani hamda xaridori noma’lum, ammo ekspertlar lotni 118-177 ming dollarga baholagan, deb yozadi “Pravila jizni”.
Har bir kitobga muallif Joan Rouling tomonidan imzo chekilgan. To‘plamning birinchi kitobi “Garri Potter va hikmatlar toshi” (1997) 500 nusxada nashr etilgan. Unda imlo xatolar ham mavjud bo‘lib, 53-sahifada “bir tayoq” iborasi ikki marta takrorlangan, orqa muqovada “faylasuflar” so‘zida ham bitta harf tushib qolgan.
Ikkinchi kitob “Garri Potter va maxfiy hujra”da (1998) Roulingning shaxsiy murojaati ham bor: “Tessa Makgregor, eng yaxshi tilaklar bilan”.
To‘plam sotuvchisi tushgan mablag‘ning bir qismini Rowling’s Lumos Foundation bolalar xayriya tashkilotiga o‘tkazishga va’da bergan. | 133 | 835 |
Madaniyat | Xitoyda karantindan keyin birinchi kinoteatr ish boshladi. Ammo hech kim kelmadi | Urumchi okrugida 16-mart, dushanba kuni, “Oltin palma” kinoteatri ochildi. Bu koronavirus pandemiyasi sabab uzoq davom etgan karantindan so‘ng Xitoyda qayta ochilgan ilk kinoteatr hisoblanadi, deya xabar qiladi “KinoPoisk”.
Jadvaldan 22 ta seans o‘rin olganiga qaramay, “Oltin palma” ochilgan kuni birorta ham tomoshabin kelmagan.
Variety nashrining yozishicha, tomoshabinlarni “filmni farzandlari bilan tomosha qilishga kelgan ota-onalar uchun bepul” degan aksiya ham jalb eta olmagan. 16-mart kungi repertuardan vatanparvarlik filmlari, kriminal triller va bir necha o‘nlab multfilmlar o‘rin olgan.
“Oltin palma”ning ochilishiga Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar sonining kamaygani sabab bo‘lgan. 15-mart holatida ko‘ra, hududda COVID-19 virusini yuqtirib olish bo‘yicha birorta holat aniqlanmagan. Kinoteatr vakillarining ta’kidlashicha, “Oltin palma” o‘z faoliyatini test rejimida davom ettiradi, xodimlar esa tashrif buyuruvchilarning fikrlariga quloq tutadi.
Hozirda “Oltin palma”da qat’iy qoidalar joriy etilgan. Kinoteatrda uch kishi ishlamoqda, ular binoni muntazam dezinfeksiya qiladi. Chiptalarni faqat kassadan sotib olish mumkin. Bundan tashqari kinoteatrga kirishdan oldin tashrif buyuruvchilarning tana harorati o‘lchanadi va ular niqobda bo‘lishi shart.
Xorijda odamlar karantin tartibini buzmasligi uchun onlayn-kinoteatrlar, ko‘ngilochar portallar bepul ishlamoqda
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston telekanallari birgalikda koronavirus profilaktikasi kunlarida “Uy kinoteatri” aksiyasini amalga oshirmoqda. Aksiya davomida “O‘zbekkino” 30 ta yangi filmni telekanallarda bepul namoyish etadi. | 80 | 1,672 |
Madaniyat | Sotuvchi, murabbiy, oshpaz va modellikdan aktyorlikkacha: Bollivudning Tom Kruzi —Akshay Kumar karyerasini qurguncha qanday yo‘llarni bosib o‘tgan? (foto) | Oilasidan aktyor chiqmagan, hatto bu sohaning biror vakili bilan ham yaqin aloqa o‘rnatmagan, teatr ma’lumotiga ega bo‘lmagan, maktab spektakllarida qatnashmagan va hech qanday aktyorlik maktabida o‘qimagan Bollivudga begona odam qanday qilib aqlbovar qilmas darajada yulduzga aylandi? Bollywoodtime nashri bugungi qahramon — Akshay Kumar o‘z karyerasini qurishdagi mashaqqat va muvaffaqiyatlari haqda so‘z yuritadi.
Asli ismi Rajiv Xari Om Bhatiya bo‘lgan Akshay Dehlidagi Chandni Choukning chekka qishloqlarida o‘sgan va jang san’ati bo‘yicha murabbiy sifatida karyera qilishni rejalashtirgan, ammo u ko‘p qirrali aktyor bo‘lib, turli janrdagi filmlarda rol ijro etmoqda: jangovar, romantika, komediya, qotillik sirlari, josuslik trilleri, ijtimoiy, vatanparvarlik yoki oilaviy film.
Rajya Sabha telekanaliga bergan intervyusida aktyorning ma’lum qilishicha, bir kuni otasi uni o‘qishga umuman qiziqmagani uchun tanbeh berib, hayotda qanday qilib omon qolishini so‘ragan. Akshay hali yosh bo‘lishiga qaramay, balki qahramonga aylanishi mumkinligini aytgan. U hali ham uni bu tarzda javob berishga nima majbur qilganini bilmaydi, chunki bu voqeadan oldin ham, keyin ham uning “qahramon” bo‘lish haqdagi fikr xayoliga ham kelmagan.
Akshay bolaligidan sportga qiziqqan, ammo yaxshi baholarga o‘qimagan. Karate bilan shug‘ullanadigan mahalladagi boladan ilhomlangan Akshay ham bu sport turini puxta egallashga qaror qilgan. 10-sinfda imtihonlardan so‘ng u Bangkokka ko‘chib o‘tgan va u yerda turli jang san’atlarini o‘rgangan. Shuningdek, taekvondo bo‘yicha ham qora belbog‘ sohibiga aylangan.
Uyga qaytgach, u turli shaharlarda noodatiy faoliyatlar bilan band bo‘lgan. Masalan, Kalkuttadagi sayyohlik agentligida ishlagan, zargarlik buyumlarini sotgan va Mumbaydagi bolalarga karatedan dars bergan. Armiya ofitserining o‘g‘li sifatida u hatto Hindiston qurolli kuchlariga safiga qo‘shilish haqida ham o‘ylab ko‘rgan.
Ammo taqdirning u uchun atagan boshqa rejalari bor edi. Uning shogirdlaridan birining otasi Akshayga o‘zini modellikda sinab ko‘rishni taklif qildi. Yaxshi qaddi-qomatga ega kelishgan yigit unga ideal modeldek tuyildi. U Akshayni mebel reklamasi uchun yolladi va ikki soatlik suratga olishdan so‘ng Kumar murabbiy sifatida to‘liq ishlaganidan ikki baravar ko‘p gonorar oldi.
Tez orada Akshayning qiziqishi modellik biznesiga o‘tdi. Brendlar uchun suratga tushishdan tashqari, u fotograf Jayesh Setx bilan ikki yil bepul ishladi va buning evaziga u hamma joyda o‘zi bilan olib keta boshlagan professional portfolioga ega bo‘ldi. Setx kino yulduzlarini suratga oldi, Akshay unga hamrohlik qildi va unga yordamchi sifatida ko‘maklashdi.
1987-yilda u Mahesh Bhattning Kumar Gaurav bosh qahramon rolini ijro etgan “Bugun” nomli filmida jang san’ati bo‘yicha murabbiy rolini o‘ynadi. Uning roli juda kichik edi, rejissorlar hatto Akshayning yuzini ham ko‘rsatmadi. Kumar Gaurav qahramonining ismi esa Akshay edi va bu ism yosh Rajivning ko‘nglidan shu qadar joy oldiki, u shundan keyin sudga borib, ismini Akshay Kumarga o‘zgartirdi. Uning ma’lum qilishicha, ismini o‘zgartirganidan ko‘p o‘tmay, tasodifmi yoki taqdir taqozosi bilan unga ikkita filmdan taklif tushgan.
1991-yilda rejissor Pramod Chakravorti uni Karishma Kapur bilan birga “Muhabbat sharsharasi” filmi uchun shartnoma imzoladi. U filmning suratga olish maydonchasida rejissor Raj Sippi bilan uchrashdi va u Akshayni “Qasamyod” filmiga taklif qildi. “Sevgi sharsharasi” esa kechiktirilgani uchun 1992-yilda “Qasamyod”dan keyin namoyish etildi.
Shundan so‘ng kino sanoatiga hech qanday aloqasi yo‘q va unga rahbarlik qiladigan otasi bo‘lmagan yigit sekin-asta, ammo ishonch bilan Bollivud yulduzi unvoni sari o‘z yo‘lining ssenariysini yozishga kirishdi. Karate va taekvondo chempioni sifatida u jangovar sahnalarda a’lo darajada o‘ynagan va ko‘pincha o‘zi xavfli tryuklarni dublyorlardan foydalanmasdan bajargan.
Akshay boshqa aktyorlar bilan suratga olish maydonchasini baham ko‘rishda hech qachon muammoga duch kelmagan. Filmlarning maksimal soni yigirma uchta. U Paresh Raval, Anupam Kxer, Sunil Shetti, Saif Ali Xon va Jon Abraham bilan filmlarda ajoyib rollarni ijro etgan. Filmdagi partnyorlari esa Ravina Tandon, Shilpa Shetti, Karina Kapur va Katrina Kaif singari mahoratli aktrisalardir.
Akshay Kumar faqat filmlarda rol o‘ynash bilan cheklanmaydi. U “Qo‘rquv omili” shousining 1, 2 va 4 fasllarini o‘tkazdi, shuningdek, “Master Chef India” ning birinchi mavsumiga boshlovchilik qilgan, chunki Kumar aktyorlik faoliyatini boshlashdan oldin Bangkokda oshpaz bo‘lib ishlagan.
2008-yilda Akshay otasining nomi bilan atalgan Hari Om Productions nomli shaxsiy prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi va King Singx jangovar komediyasidan tortib, “Havo lifti” va “Rustam” kabi jiddiy filmlargacha bir qancha filmlarni suratga oldi.
Qolaversa, Akshay ayollar uchun bepul jang san’ati maktablarini ochdi va vaqti-vaqti bilan u yerda o‘zini himoya qilishni o‘rgatadi. U o‘z joniga qasd qilgan fermer va jangda halok bo‘lgan askarlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatadi. O‘zi kaskadyor sifatida u xavf-xatarni yaxshi tushunadi va Bollivudda ko‘pincha kadr ortida qoladigan insonlarning hayotini ta’minlash uchun “Kaskadyorlarni sug‘urtalash sxemasi”ni ishga tushirdi.
Akshay turli nominatsiyalar bo‘yicha bir nechta mukofotlarga ega — “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi komik aktyor”, “Eng yaxshi salbiy rol ijrochisi”, “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor”, “Yil artisti”. 2009-yilda Hindiston hukumati uni orzu qilgan “Padma Shri” mukofoti bilan taqdirladi. 2017-yilda “Rustam” filmidagi eng yaxshi erkak roli uchun nufuzli Milliy mukofotga sazovor bo‘ldi. | 154 | 5,645 |
Madaniyat | Karina Kapur va Saif Ali Xon ikkinchi o‘g‘liga qanday ism qo‘ygani ma’lum bo‘ldi | 2021-yil fevral oyida ikkinchi marta ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan Karina Kapur homiladorlik vaqtidagi suratlar bilan bo‘lishdi.
Bollivud yulduzlari Karina Kapur va Saif Ali Xon 2021-yil 21-fevral kuni o‘g‘illi bo‘lgan. Birinchi rafiqasi Amrit Singxdan ikki nafar farzandi bor bo‘lgan Saif uchun bu to‘rtinchi, Karina uchun esa ikkinchi farzand. 9 yildan buyon birga yashab kelayotgan juftlik ilk marta 2016-yil 20 dekabrda ota-ona bo‘lgan va to‘ng‘ich farzandiga Temur Ali Xon deb ism qo‘ygan.
Keyinroq omma va paparatssi uchun sevimliga aylangan bolaga bag‘ishlab qo‘g‘irchoq ishlab chiqarilgan, hatto. 2021-yilda farzandli bo‘lganidan keyin ko‘pchilik bolaga nima deb ism qo‘yilganiga qiziqqan. Jurnalistlar Karinani intervyulardan birida farzandiga Faiz deb ism qo‘yish istagini bildirganini esga olgan.
Ammo Karinaning otasi Randxir Kapur yangi tug‘ilgan nabirasining ismi Je (Jeh deb yoziladi) ekanini ma’lum qilgan. Karinaning homiladorlik haqida kitob taqdim qilgani esa muxlislari uchun yana bir yangilik bo‘lgan.
Qolaversa, mashhur fotograf Rohan Shresta Karinaning homiladorligidagida olingan surati bilan bo‘lishib, tug‘ruqdan bor-yo‘g‘i bir hafta avval aktrisani suratga olishga muvaffaq bo‘lganini yozib qoldirgan. Shuningdek, u: “Karina, yaxshilik va sabr uchun senga katta rahmat. Sen juda ham ajoyib modelsan. Birga ishlagan yillarimiz uchun sendan minnatdorman”, — deb yozib qoldirgan.
Astrolog Kashish Parashar Je ismi forschada odamlar hayotiga ko‘plab quvonch baxsh etuvchi ma’nosini anglatuvchi ism ekanligini ma’lum qilgan. Lotinchada esa bu ism ko‘k kokildor qush ma’nosini ham anglatadi.
Avvalroq, muxlislar filmda suratga tushish uchun katta gonorar so‘ragan Bollivud yulduzi — Karina Kapurga boykot e’lon qilgani haqida xabar berilgandi. | 80 | 1,776 |
Madaniyat | “So‘nggi pushaymon — o‘zingga dushman”. Bollivud yulduzlari karyerasidagi eng katta xatolar | Hamma xato qilishi tabiiy, lekin shunday xatolar borki, vaqt o‘tib ular tahlil qilinganda “til tishlab qolinishi” mumkin. “Yandeks Dzen” platformasida e’lon qilingan Bollivud yulduzlari ijro qilishdan bosh tortgan rollar buning yaqqol misoli.
Shohrux Xon ikki marotaba Oskar mukofotidan bebahra qolgan. Bunga “Bir kuni Hindistonda” (Lagaan) va “Xarobadan chiqqan millioner” (Slumdog Millionaire)dagi qahramon rolini o‘ynash taklifini rad qilgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, aktyor “Munnaboy” filmidagi bosh qahramon rolini ijro qilishdan ham bosh tortgan.
Salmon Xon karyerasi davomida quyidagi omadsiz qarorlarni qabul qilmaganida Bollivud qiroli bo‘lgan bo‘lardi. U “Firibgar” (Baazigar) filmida rol ijro qilish taklifini rad qilgan va ushbu rol Shohrux Xonga nasib qilgan. Agar aktyor yaxshilab o‘ylab ko‘rib keyin qaror qilganida edi, biz “O‘tkinchi dunyo” (Kal Ho Naa Ho) filmidagi Saif Ali Xon rolida Salmon Xonni ko‘rishimiz mumkin bo‘lardi. Uning yana bir noto‘g‘ri qarori “Olg‘a, Hindiston” (Chak De India) filmida rol o‘ynashdan bosh tortgani bo‘lgan.
Amir Xon karyerasidagi xato qarorlar boshqa yulduzlarniki kabi ko‘p emas. Aktyor 90-yillarda ekran yuzini ko‘rgan “Qo‘rquv” (Darr) filmidan tushgan taklifni rad qilgan.
Karina Kapur so‘nggi vaqtlarda ajoyib rollarni tanlayotgan bo‘lsa-da, karyerasida bir necha marta noto‘g‘ri qaror qabul qilgan. “Sevaman, deb ayt” (Kaho Naa Pyaar Hai) filmi buning yaqqol misoli. Agar “O‘tkinchi dunyo” filmida o‘ynashdan bosh tortmaganida, Priti Zinta rolida Karinani ko‘rgan bo‘lardik. Shuningdek, aktrisa Page 3 va “Ram va Lila” filmlarida ishtirok etishni istamagan.
Ritik Roshan ham yuqoridagi hamkasblaridan qolishmaydi. U do‘sti Farxan Axtarning debyut filmi “Orzumand yuraklar” (Dil Chahta Hai)da rol o‘ynashdan bosh tortgan. Rejissor Ashutosh Govarikerning “Vatanga qaytish” (Swades) filmida bosh qahramonni jonlantirishni istamagani aktyor karyerasidagi eng katta xato bo‘lgan. Qolaversa, Ritik “Za’faron rangi” (Rang De Basanti) rolidan ham bosh tortgan.
Akshay Kumar “Firibgar” hamda “Maqbul” (Maqbool) filmlarida rol ijro etish taklifini qabul qilmagan. | 91 | 2,123 |
Madaniyat | “Mening Toshkentim”: Ijodkorlar sahnada zerikishmaydi! | Har qanday ishda bo‘lgani kabi, teatr aktyorlari faoliyatida ham o‘ziga xos kichik xursandchiliklari (ba’zi holatlarda qitmirliklari desa to‘g‘riroqdir balki) bo‘ladi. Sahna aktyorlarni zeriktirmaydi. Aktyorlar ko‘p sonli tomoshabinlar oldiga chiqarkan, ba’zan tanglikni yig‘ishtirib, birdan o‘zini erkin his qilgilari kelib qoladi, shunda kutilmaganda sahnadoshlari bilan hazillashib, ssenariydan chiqqan holda, improvizatsiyaga berilib ketadilar.
Ba’zan bunday holatlar spektakl davomidagi texnik nosozlik, sahnadosh aktyorning noqulay vaziyatga tushib qolishi tufayli ham ro‘y berishi mumkin. Shunday hollarda aktyor uddaburon, zukko bo‘lsa, sahnani ham qutqaradi, improvizatsiyani ham maromiga yetkazadi, spektaklga ham yangicha nafas beradi. “Mening Toshkentim” myuzikli ham bunday holatlardan holi emas. O‘zbekiston xalq artisti, Yoshlar teatri aktrisasi, “Mening Toshkentim” myuziklida mahalla qo‘mitasi raisining rafiqasi roli ijrochisi Fotima Rejametova shunday hikoya qiladi:
— Sahnada juda ajoyib aktyor — Muhammadiso Abdulxairovning turmush o‘rtog‘i rolmni ijro etyapman. Biz bir-birimizni anchadan beri yaxshi bilamiz, Muhammadiso bilan oliygohda birga o‘qiganmiz, sahnada ham ko‘p birga ishladik, oilaviy do‘stlarmiz. Uni juda yaxshi bilib olganman. Sahnada kutilmaganda bir qitmir vaziyatni yuzaga chiqarmasa turolmaydi. Har safar Muhammadiso bilan sahnaga chiqqanimda, shunday vaziyat kelib chiqsa, nima qilarkinman, degan hayajonim bo‘ladi. U qiziqchilik qilsa, o‘zimni kulgidan zo‘rg‘a tiyaman-da. May oyidagi namoyish — myuziklning dastlabki talqini taqdimotida ana shunday holat bo‘lgan. Spektakl so‘ngida, mahalla qo‘mitasi raisi monologi davomida sokin musiqa yangrashi kerak edi. Muhammadiso “Bilasizmi?..” degan so‘zni aytishi bilan, musiqa boshlanishi kerak. Zarur joyda musiqa yangramadi. Muhammadiso yana “Bilasizmi?..” deya qaytardi, yana jimlik. Men hozir kulib yuboramanmi, deb o‘yladim, qo‘rqqanimdan yuzimni qo‘limdagi qog‘oz papkasi bilan to‘sgandek bo‘ldim. Muhammadiso esa ma’nodor qarash qilib, “Danil esa biladi!..” desa bo‘ladimi! Danil — bizning ovoz rejissyorimiz, buni tomoshabin bilmaydi, u sahnadagi vaziyatni tabiiy qabul qilyapti. Muhammadiso yana bir bor takrorladi: “Danil esa biladi!..” Endi men kulgidan o‘zimni tiya olmadim, qog‘oz papkasi bilan yuzimni to‘sib, xuddi dili xufton odam kabi go‘yoki yig‘lardim, aslida esa xoxolab kulyapman. Musiqa yangradi hamki, Muhammadiso nag‘masini davom ettiradi: “Ana! Danil biladi!” Mening holatimni endi tasavvur qilavering! Bunaqa vaziyatlar spektakl davomida ko‘p bo‘ladi.
O‘z roli va myuzikl haqida gapirarkan, Fotima Rejametova quyidagilarni alohida ta’kidlaydi:
— Mahalla qo‘mitasi raisining rafiqasi obrazi barcha o‘zbek ayollari tipik obrazini o‘zida mujassam etgan. Men ham shulardan biriman va shuning uchun ham bu rolni o‘ynash menga qiyin bo‘lmadi, o‘zimdan, hayotiy tajribamdan kelib chiqqan holda o‘ynadim. Bu spektaklni ikkinchi bor elga taqdim etayotganimizdan juda xursandman. Bu myuzikl poytaxtimizning o‘ziga xos tashrif qog‘ozi bo‘la oldi, deb o‘ylayman, u bizning hayotimiz, yurtdoshlarimiz haqida. Axir dunyoning biror boshqa burchagida “mahalla” degan tushuncha yo‘q, faqat bizning mahallalarda odamlar bir-birlarini juda yaxshi bilishadi, bir oiladek yashashadi, qayg‘uni birga yengib, quvonchni ham bir-birlariga ulashishadi, to‘y-hashamlarni birga o‘tkazishadi. Spektaklimiz aynan shu haqda. Asarning e’tiborli jihati, spektakl o‘zbek estradasi retro qo‘shiqlarini o‘zida mujassam etgan. Bu qo‘shiqlar ham o‘zbek, ham rus tillarida ijro etiladi. Shu sababdan ham, o‘ylaymanki, mazkur myuziklning sahnadagi umri bardavom, hatto MDH davlatlarida namoyish etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi, u barcha tomoshabinlarga manzur keladi, deb o‘ylayman.
Sahnadagi hamkori fikrini teatr va kino aktyori Muhammadiso Abdulxairov davom ettiradi:
— Albatta, myuzikl — men uchun odatiy janr emas. Men estradadan ozgina yiroqroqman, ko‘pincha filmlar, reklama roliklari suratga olish jarayonlarida bandman. Bu loyiha meni darhol qiziqtirdi, u turli yoshdagi tomoshabinlarga mo‘ljallangan va biz uchun muhim — oila, qadrdon mahallamizda tinchlik, ona shahrimizga muhabbat, uni obodonlashtirshga intilish kabi mavzularni mujassamlagan. Spektakl taqdimotiga kelgan do‘stlarim, asarni katta qiziqish bilan tomosha qilganliklarini ta’kidladilar. Bu loyihada ishtirok etish men uchun tomoshabin bilan jonli muloqot imkonini beradi. Barcha aktyorlar kabi men ham myuziklning yangi, yana taniqli rossiyalik qo‘shiqchi Soso Pavliashvili ishtirok etadigan talqini taqdimoti oldidan hayajondaman. Ilohim, hammamizga munosib ishtirok etish nasib qilsin!
Muhammadiso Abdulxairovning zukkoligi va qiziq vaziyatlar sababchisiga aylanishini myuziklning yana bir aktrisasi, Asal roli ijrochisi — Shadi To‘ychiyeva (Shadisha) ham alohida ta’kidlaydi:
— Muhammadiso akani kuzatish juda maroqli va qiziqarli. Har safar sahnaga chiqqanida, hatto repetitsiyalar davomida nimadir qiziq narsa o‘ylab topadi. Undan nima kutishni ham bilmaysan, har safar o‘tdek chaqnab bir hazil chiqadi. Umuman, menga loyihamizda shunday yorqin va betakror jamoa yig‘ilgani juda yoqadi. Har repetitsiyada nafaqat taqdimotga tayyorlanamiz, balki hazil-huzulga ham imkon topamiz. Yangilangan tarkibdagi taqdimotdan ko‘p narsani kutyapman. Tomoshabinlarning yangi fikrlarini, yangi tomoshabinlarni kutyapman. Yangi taqdimotda sahnadagi partnyorim o‘zgargan, demak, men uchun bu endi umuman boshqa hikoya, boshqa talqin bo‘ladi. Yana spektaklda ustoz san’atkorlar Muhammadiso aka va Fotima opa, endilikda esa Soso Pavliashvili bilan bir sahnaga chiqishning o‘zi katta hayajon, zavq beradi va mas’uliyat yuklaydi.
Hisobchi Sherzodbek va o‘qituvchi Liliya Renatovna rollarini ijro etayotgan yana bir juftlik — myuziklning mazkur talqini debyutantlari — Sherzodbek Ortiqov va Liliya Fatkulina ham o‘z taassurotlari bilan bajonidil o‘rtoqlashadilar:
— Myuziklga men juda oson kelib qoldim: eshik ochiq ekan, kirib kelaverdim, — kuladi Sherzodbek. — To‘g‘risini aytganda esa, Husan aka menga bu loyihada ishtirok etishni avval ham taklif qilgandi, ish yuzasidan boshqa loyihalarda band bo‘lganim sabab, buning imkoni bo‘lmagandi. Nihoyat, myuziklda ishlayotganimdan xursandman. Albatta, hayajonlanayapman. Bu — mening myuzikl janrida birinchi ishim. Shu sababdan rejissyorning ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglab, sahnadagi juftim bilan kelishib ishlashga harakat qilyapman.
Maktab o‘qituvchisi roli ijrochisi Liliya Fatkulina ham hayajonini yashirmaydi:
— Menga ssenariy, mening qahramonim voqeasi bir o‘qiganimdayoq manzur bo‘ldi — oddiy maktab hisobchisi va o‘qituvchisining muhabbat tarixi. Bunday muhabbat tarixini o‘zim ham boshimdan kechirganman. O‘shanda men ham qahramonim kabi muhabbatim uchun hamma narsadan voz kechishga tayyor bo‘lganman. Sherzodbek singari men ham bu loyihada ilk bor o‘z imkoniyatlarimni sinab ko‘ryapman. Ushbu loyiha tufayli orzular albatta amalga oshishiga amin bo‘ldim: myuziklni ilk bor tomosha qilganimdayoq, menda unda qatnashish ishtiyoqi uyg‘ongan edi, qarangki, mo‘’jiza ro‘y berdi — menga Husan Solihov qo‘ng‘iroq qilib, loyihaning yangi talqiniga taklif qildi. Myuzikldagi ishtirokim ham vokal imkoniyatlarimni namoyish etish, ham spektaklda o‘zimni aktrisa sifatida sinab ko‘rish uchun yo‘l ochdi. Menga bu myuzikl ilhom baxsh etyapti, spektaklning “ichki hayoti”ni kashf qilib, bir sahnada taniqli aktyorlar bilan ishlab, tajriba orttirish imkonini beryapti. Aktyorlarimizning tayyorgarliklarini ko‘rib, ularning darajasiga munosib bo‘lishga intilyapman. Taqdimotimiz yuqori darajada o‘tadi, degan umiddaman.
“Qadrdon poytaxtimizni madh etuvchi myuziklning dunyoga kelishi — bu taqdir!” — deya o‘z fikrlarini bildiradilar sahnalashtiruvchi rejissyorlar, aka-uka Hasan va Husan Solihovlar:
Husan Solihov
Husan: Albatta, hayajondamiz va har bir repetitsiyada mayda detallargacha e’tibor berib, tomoshabinga spektaklning qaynoq taftini yetkazish istagidamiz. Ssenariyda yangiliklar juda ko‘p, bu alohida e’tibor talab qiladi, albatta.
Hasan: Umuman olganda, myuziklning vazifasi avvalgi va yangi talqinda ham o‘zgarmagan — biz toshkentlik tomoshabinlarga bayram kayfiyati, ko‘p millatli shahrimizning mehmondo‘stlik xislatlarini his qilishdek iliq tuyg‘ularni taqdim etish istagidamiz.
Nihoyat, aka-uka Solihovlardan ko‘pchilikni qiziqtirayotgan “Soso Pavliashvili bu loyihaga qanday qo‘shilib qoldi?” degan savolga javob oldik:
Hasan Solihov
Husan: Uchrashuvlardan birida prodyuserimiz Soso Pavliashviliga myuzikl taqdimotidan videolavha ko‘rsatdi, Soso hayratini yashirolmadi va bu myuziklda bajonidil ishtirok etish istagida ekanini bildirdi. Aytilgan so‘z — otilgan o‘q! Bundan xabar topdigu, Husan ikkimizning xayolimizga Soso qanday rolda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi g‘oya ham tezgina kela qoldi. Bu rol ssenariy syujetiga yengilgina kira oldi. Tomoshabinlar ham shunday fikrda bo‘ladilar, degan umiddaman. Sosodan tashqari, yana boshqa yangi qahramonlarimiz bor. Ulardan biri — Taxmina — Akbarning singlisi. U sevgi dardida yonayotgan Akbarga yordam beradimi yoki vaziyatni murakkablashtiradimi, bayram talqini taqdimotini tomosha qilib, bilib olasiz. Muhimi, shuni ta’kidlab o‘tishim kerakki, barcha aktyorlarimiz — iqtidorli insonlar, mening fikrimcha, ular o‘z oldilariga qo‘yilgan topshiriqlarni juda yaxshi uddalashyapti.
“Myuzikldek janrni sahnaga olib chiqish va unda nafaqat o‘zbek, balki sobiq ittifoq tinglovchilariga manzur qo‘shiqlarni kiritishdek mas’uliyatni zimmaga olishda cho‘chimadingizmi? ” degan savolga Hasan va Husan Solihovlar ochiq javob berdi:
Husan: Albatta, avvaliga bunday yirik, boz ustiga avval juda ommalashgan qo‘shiqlarimizni o‘zida mujassam etgan loyihaga qo‘l urishga cho‘chidik. Lekin, men sizga aytsam, bu qo‘shiqlarning barcha ijrochilari — Farrux Zokirov, Kumush Razzoqova, Ravshan Namozov, Tohir Sodiqov va boshqa ijodkorlar — musiqachilar, rassomlar, sahna bezaklari ustalari, dizaynerlar, aktyorlar — kimga murojaat qilgan bo‘lsak, barchasi myuziklni yaratish borasidagi yordamlashish taklifimizni rad etishmadi. Tohir Sodiqov bizni o‘z studiyasiga taklif qilib, bu loyihaga uning nazarida mos kelishi mumkin bo‘lgan qo‘shiqni o‘zi tanlab berdi. Nasiba Abdullayeva, Kumush Razzoqova va Ravshan Namozov ham o‘z repertuarlaridagi qo‘shiqlaridan foydalanishimizga ruxsat berdi. Bu borada omadimiz keldi, deb o‘ylayman — shu tariqa estradamizning ustunlari sanalmish — ustoz san’atkorlarimizdan ona shahrimiz Toshkent va uning aholisi haqida myuzikl yaratish uchun oq fotiha oldik. Mana, bu qatorga Soso Pavliashvili ham qo‘shildi, u bizning shahrimizni sevishi haqida suhbatlarda ko‘p bor gapirgan.
Hasan: Bu g‘oya, Toshkentga muhabbat ko‘pgina ijodkor insonlarni, san’atkorlar avlodlarini birlashtirdi. Avvalo, ularning xizmati bizning myuziklda o‘sha taniqli qo‘shiqlarning yangrayotganida. Shu sababdan, imkoniyatdan foydalanib, Farrux Zokirov, Kumush Razzoqov, Tohir Sodiqov, Ravshan Namozov, Nasiba Abdullayevaga oq fotiha va myuziklimizda qo‘shiqlari yangrashiga izn berganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ularni ijro etarkanmiz, yosh tomoshabinlar avlodiga ota-onalari, buva-buvijonlari tinglagan qo‘shiqlarni eshitishlari uchun o‘tgan va hozirgi zamonimiz o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik barpo etishga harakat qilamiz!
Eslatib o‘tamiz, rossiyalik qo‘shiqchi Soso Pavliashvili ishtirokidagi “Mening Toshkentim” myuziklining O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan yangi talqini tez kunlarda taqdim etiladi. Qadrdon poytaxtimiz haqidagi, poytaxt va uning aholisi uchun yaratilgan yorqin tomosha “Istiqlol” saroyida shu haftaning dam olish kunlari tomoshabinlarni chorlamoqda. | 54 | 11,667 |
Madaniyat | Stiven Spilbergning “Ulkan va mehribon dev” filmining treyleri chiqdi | Disney kinokompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Stiven Spilbergning “The Big, Friendly Giant” (Ulkan va mehribon dev) nomli kinofilmining rasmiy treyleri namoyish etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Video kompaniyaning YouTube’dagi sahifasida chiqarilib, foydalanuvchilar tomonidan bir kunda 1,3 milliondan ortiq ko‘rildi.
Filmdagi bosh rollarni Mark Raylens va Rubi Barnxill ijro etgan bo‘lib, ilk namoyish 2016-yil 1-iyul kuniga mo‘ljallangan.
Spilbergning “Ulkan va mehribon dev” filmi Disney Pictures uchun ishlangan ilk rejissorlik ijodi hisoblanadi. Filmni olishni boshlagan rejissor ishni hayajon va yashirib bo‘lmaydigan xursandchilik bilan boshlayotganligini ma’lum qilgan.
“Ulkan va mehribon dev” filmi Roald Dalning aynan shu nomli bolalar uchun mo‘ljallangan 1982-yildagi romani asosida suratga olindi.
[embed]https://youtu.be/VG5MtenlP-A[/embed]
Melissa Metison ssenariy muallifi bo‘lib, u “O‘zga sayyoralik”, “Kundun” kabi filmlar ustida ishlagan. | 69 | 983 |
Madaniyat | BTS guruhining pandemiya tugashi haqidagi klipi rekord darajada ko‘rildi | Janubiy Koreyaning taniqli key-pop guruhi BTS 9-iyul kuni o‘zining YouTube’dagi kanalida butun dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasining tugashi haqidagi klipini e’lon qildi. Bir necha soat ichida Permission to Dance (“Raqsga tushishga ruxsat”) qo‘shig‘i 41,5 million martadan ortiq tomosha qilingan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Kadr: YouTube
Guruh musiqachilari qo‘shiqni britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Ed Shiran bilan hamkorlikda yaratgan.
Kadrlarda qahramonlar niqobda ko‘rinish bergan bo‘lib, ular orasida bo‘sh shifoxonalardagi xodimlar ham bor. Avvaliga ular raqsga tushgan, keyin esa ustlaridagi himoya niqoblarini yechib tashlagan.
Ta’kidlash kerakki, bu BTS guruhining birinchi rekordi emas. Avvalroq ular Butter qo‘shig‘i orqali Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi — uni YouTube’da bir vaqtning o‘zida 3,9 million kishi tomosha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Time jurnali Koreyaning BTS guruhini “Yil xonandalari” deb atagandi.
Janubiy Koreya hukumati key-pop yulduzlarining armiyaga borishini kechiktirishga ruxsat berdi. BTS guruhi tarkibini yana 2 yilga saqlab qolishi mumkin | 72 | 1,117 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.