folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekovning 2016-yilgi yakkaxon konserti 2015-yilgi dasturga nisbatan 7 kun qisqa bo‘ladi | O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda, aprel oyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi, deya xabar bermoqda “7x7” gazetasi.
Ammo bu yilgi “Mehring sabab...” nomli konsert dasturi avvalgi yillardagi kabi 20 kunlab emas, balki 11 kun davom etadi. Qayd etish joiz, xonandaning 2015-yilgi konserti 7—24-aprel kunlari bo‘lib o‘tgandi.
“Qizig‘i, konsert afishasiga katta harflar bilan ‘Fonogramma orqali ijro etiladi’, deb ham yozilgan”, — deyiladi gazeta xabarida. | 100 | 504 |
Madaniyat | Rayhon va Farhodning nikoh oshidan fotosuratlar e’lon qilindi | Bugun, 5-noyabr kuni Toshkentdagi “Atlanta” to‘yxonasida xonanda Rayhon G‘aniyeva va boshlovchi Farhod Alimovning nikohi munosabati bilan osh berildi. “Sayyod.com” sayti marosimda olingan fotosuratlarni taqdim etdi. | 61 | 215 |
Madaniyat | Britaniyalik xonanda Rod Styuartga Bukingem saroyida ritsarlik unvoni taqdim etildi | Shahzoda Uilyam britaniyalik xonanda Rod Styuartga musiqa sohasidagi natijalari va xayriya ishlariga qo‘shgan hissasi e’tirofi sifatida ritsarlik unvonini taqdim etdi. Bukingem saroyida bo‘lib o‘tgan marosimda Styuartga turmush o‘rtog‘i va ikki kichik o‘g‘li hamrohlik qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Shahzoda uzoq yillik faoliyatim davomida erishgan natijalarim bilan qutladi. Men taqdirlashayotganidan nihoyatda baxtli ekanligim, faqat ota-onam bunga guvoh bo‘lishlarini istashimni aytdim”, — deya mamnuniyatini yashirmadi xonanda.
Ma’lumot uchun, nufuzli The Rolling Stones nashri Rod Styuartni dunyoning eng atoqli 100 qo‘shiqchisi ro‘yxatiga qo‘shgan. 1945-yilda tug‘ilgan Styuartning shu kungacha jami 100 milliondan ortiq plastinkasi sotilgan va u tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli san’atkorlar sirasiga kiradi. | 83 | 829 |
Madaniyat | “Qora Adam” Gollivud yulduzi Dueyn Jonsonning karyerasidagi eng serdaromad filmga aylandi | “Qora Adam” kassasi Gollivudning taniqli aktyori Dueyn Jonson uchun shaxsiy rekord o‘rnatdi, deb yozadi “Film.ru”.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, oxir oqibat Warner Bros. Discovery’ga Supermen emas, balki Qora Adam kerak edi. Film mahalliy prokatning birinchi kunidayoq 26,8 million dollar to‘pladi va bu kartina Dueyn Jonson karyerasidagi eng yaxshi natijaga aylandi.
Taxminlarga ko‘ra, debyut kartina hafta oxirigacha 60-63 million dollar ishlab topadi. Qolaversa, u hali tomoshabin va tanqidchilar tomonidan bildiriladigan sharhlarsiz hozirda Rotten Tomatoes reytingida 5,2 / 10 va Cinemascore’da o‘rtacha B+ reytingiga ega. Ehtimol, “Qora Adam” yana bir nechta rekordlarni o‘rnatib, kassalarda muvaffaqiyat qozonar. | 89 | 719 |
Madaniyat | Ali Otajonov: Kinoda barcha aktrisalarning eri bo‘lishdan charchadim | Xonanda Ali Otajonov Instagram’dagi sahifasida: “Kinoda rol o‘ynashni to‘xtatdim. Bu xobbi edi va men bundan voz kechdim”, — qabilida xabar yozib qoldirdi. Shu vaqtgacha bir qator filmlarda bosh rollarni ijro etgan Ali Otajonovning ushbu qarori sabablarini bilish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad u bilan bog‘landi.
— Kinoda rol o‘ynashni to‘xtatish qaroriga nima sabab bo‘ldi?
— Kinodan ketib, kinoning rivojlanishiga hissa qo‘shmoqchiman. Hamma o‘z ishini qilgani yaxshi. Kino faqat pul topish, manfaat uchun harakat qilinadigan ish emas-da. O‘zbek kinosida yurgan vaqtimda ancha narsani o‘rgandim, ko‘rdim, bildim. Bugungi kunda xususiy kinostudiyalar tomonidan ishlanayotgan filmlar menga umuman yoqmayapti, bu filmlardan qoniqish hosil qilmayapman. Balki tomoshabinlar xususiy kinostudiyalar tomonidan ishlanayotgan yengil-yelpi filmlarga o‘rganib qolgandir, biroq men yuki, salmog‘i bor, keyinchalik ham muxlislar tomosha qilib, o‘ziga saboq oladigan filmlarda rol ijro etishni juda xohlardim.
— “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan filmlarda qatnashishga o‘zingiz harakat qilib ko‘rmadingizmi?
— Yo‘q, sababi ular bilan ishlab ko‘rmaganman. Boshida ham aytganimdek, hamma o‘zini ishini qilgani ma’qul ekan.
— “Kinodan ketdim” degan gap-so‘zlar muxlislarning e’tiborini tortish uchun o‘ylab topilgan piar emasmi?
— Men qora piar qiladigan inson emasman, shu vaqtgacha bunday qilmaganman ham. Qachonlardir ko‘nglimga yoqadigan rol bo‘lsa, ijro etarman balki. Ammo, ochig‘ini aytsam, hozir kinoda barcha aktrisalarning eri bo‘lishdan charchadim.
— San’atda juda katta o‘rni bor mashhur sulola vakilisiz. Balki oila a’zolaringiz Sizni aktyor sifatida ko‘rishni xohlamay, kinodagi faoliyatingizni to‘xtatishni so‘ragani uchun bu qarorga kelgandirsiz?
— Oila a’zolarim Otajonovlar sulolasidan aktyor chiqqanidan xursand edi, jumladan, bobom ham. To‘g‘risi o‘zim zerikdim — ssenariyni o‘qigan vaqtim “bu zo‘r film bo‘lsa kerak”, degan fikr paydo bo‘ladi, biroq tasvirga olish jarayonida tasavvur qilgan narsalarimning 50—60 foizi qolib ketmoqda. Buning ham sababi bor — filmga jalb etilgan mendan boshqalar 100 foiz kuch bilan harakat qilmayapti. Kimnidir faqat pul qiziqtiradi, kimdir ishini chala qiladi, yana birov esa boshqa bir xayolda. Tomoshabin 20—30 yildan keyin ham ko‘radigan, tarixda qoladigan kinoasar suratga olaman, deya harakatga kirishilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. 60—70 million so‘m pul topaman deb olinayotgan filmlardan, ochig‘i, bezib ketdim.
3—4 yil avval odamlar filmlarning saviyasizligi haqida gapirsa, menga erish tuyular edi. Ammo bugun shu narsani o‘zim anglab yetdim. To‘g‘ri, yaxshi filmlar ham bor, masalan, “Baron”, “Sotqin” filmlari rostdan ham menga yoqdi. Men shunday filmlarda rol o‘ynashni xohlardim. Hozircha esa kinodan — saviyasiz filmlardan zerikdim. | 68 | 2,830 |
Madaniyat | “O‘rgimchak odam”dagi Tobi Maguayrning kostyumi va Freddi Kryugerning qo‘lqopi auksion orqali sotiladi | Prop Store do‘koni tomonidan o‘tkaziladigan auksion orqali dunyoga mashhur franshiza va filmrlardagi atributlar sotuvga qo‘yiladi, deb xabar beradi “Film.ru”.
Shunday qilib, auksion orqali “Vyazov ko‘chasidagi dahshat-3” filmidagi Freddi Kryugerning tig‘li qo‘lqopini xarid qilish mumkin. Taxminlarga ko‘ra, u 27—41 ming dollar oralig‘ida sotiladi. Shuningdek, “Xellouin: Qayta tirilish” filmidagi Maykl Mayersning niqobi ham yangi egasini topishi mumkin.
Qo‘rqinchli filmlardan tashqari, ommaviy madaniyat ixlosmandlari “Elf” komediyasidagi Uill Ferrellning kostyumini, shuningdek, 21 ming dollarga baholanayotgan “Garri Poterr va ajal tuhfalari”dagi Griffindor talabasining ridosini xarid qilishlari mumkin.
Eng qimmatli lotlar qatoridan superqahramonlarning kostyumlari o‘rin olgan. Auksionda Tobi Maguayr bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam-3” filmidagi kostyum (70 ming dollar) va “Betmen abadiy” kartinasidagi Qora ritsarning kostyumi (82 ming dollar) taqdim etiladi.
Savdolar 9—11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgani sabab, xaridorlar Xellouin bayramida o‘z kostyumlarida qatnasha olmaydi.
Avvalroq Garri Potterning sehrli tayoqchasi va ko‘zoynagi auksionga qo‘yilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. | 102 | 1,225 |
Madaniyat | Aktyor va dublyaj rejissori Shomahmud Shorasulov Isroilda oshxonada ishlab, ofitsiantlik qilgani haqida gapirib berdi (video) | Muxlislar orasida “Sardor” serialidagi roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor va dublyaj rejissori Shomahmud Shorasulov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Shomahmud Shorasulov suhbat davomida deyarli bir yil Isroil davlatida qahvahonada ofitsiantlik qilgani haqida gapirib berdi.
Moddiy jihatdan juda ham qiynalib qolgandim deya olmayman, bu ham bir tasodif. To‘g‘ri, hammada ham moddiy talab va ehtiyojlarning chek-chegarasi yo‘q.
Pulingiz ko‘p bo‘lsa orzu-havasingiz ortib boraveradi: hashamatli uy, qimmatbaho mashina, dang‘illama to‘y.
Televideniyeda ishlab yurgan vaqtim, ayniqsa endi uylangan paytlarim, bolalarim yosh, maosh kam, zo‘rg‘a yetardi. Yosh oila bo‘lganmiz, moddiy qiyinchiliklar bo‘lgan.
O‘sha paytda, bu ham Xudoning marhamati, mashhur aktrisa Gulira’no Hakimova Isroil davlatida bo‘lganlar. Biz avvallari televideniyeda jonli efirlarda dublyaj bilan shug‘ullangan vaqtlarimiz Gulira’no opa ham kelib turardilar. O‘shanda tanishganmiz, qadrdon bo‘lganmiz, xabarlashib turardik. Chet elda bo‘lsalar ham qo‘ng‘iroq qilib turardilar.
Bir kuni qo‘ng‘iroq qilganlarida “Opa, meni ham olib ketsangiz-chi?” dedim, shunchaki. Umuman bu narsa amalga oshishi haqida o‘ylab ko‘rmagandim, gap kelganda aytgandim, xolos.
“Kelasanmi?” dedilar, “Boraman” dedim. Keyin yo‘l-yo‘riqlarini tushuntirdilar, xat-hujjatlarini qildik. Bu ham deyarli amalga oshmaydigan ish edi. Chunki Isroil yopiq davlat, bu davlatga viza olish deyarli imkonsiz edi. Lekin televideniyeda birga ishlagan do‘stlarimizning sa’y-harakatlari bilan bu ishlar hammasi o‘xshadi. Alloh rozi bo‘lsin ulardan.
Bordim, ishladim, 10 oy Isroil davlatida bo‘ldim. 10 oy ichida Toshkentda bitta kvartiraga yetadigan pul ishlaganman. Lekin yanayam boyib ketay demadim. 10 oyda qaytdim. O‘sha uyni oldim, menga boshqa hech narsa kerak emasdi. O‘sha bir ta’mirlanmagan uy men uchun saroy edi.
Uyga qaytganimda ammam: “Bitta mashinalik ham bo‘lay, deb niyat qilmagan ekansanda” dedilar. Haqiqatan ham, ketayotganda “Ey Xudo, menga bir vatan, bir uy ber” deb niyat qilib ketganman.
Isroilga borganimda Gulira’no opa menga aytganlar: “Endi televideniyeni, rejissorligingni unutasan, bu yerda qora ishchisan”.
Qahvaxonalarda ishlaganman, pol, idish-tovoq yuvib, sabzavot archib, 1-2 oycha shunaqa ishlarga yordam berib yurganman. Til o‘rganishga bo‘lgan layoqatim, qiziqishim, oshxona ichida ishlab turib tilni o‘rganganman. Mening omadim kelgani shu bo‘lganki, keladigan odamlarning ko‘pchiligi russiyzabon edi. Ayrimlari mening o‘zbekligimni bilib turib, ivrid tilini bilmasligimni sezib ham ivrid tilida gapirardi.
Sanoqni, taomnomadagi taomlarni, anjomlarni o‘rganib, ofitsiant bo‘lib ishlay boshladim. Mijozdan bemalol buyurtmani qabul qilib, buyurtmasini olib borib beradigan bo‘ldim. 8 oy ofitsiantlik qilganman.
Isroil davlatiga 2002-yil yanvar oyining oxiri fevralning boshlarida ketib, dekabrda qaytib kelganman.
Shomahmud Shorasulov, dublyaj rejissori, aktyor.
Ma’lumot uchun, Shomahmud Shorasulov “Saroy javohiri”, “Yoz ifori” (Koreya) , “Ikki taqdir” (Hindiston), “Oila rishtalari” (Turkiya) “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “O‘smir” (Dostoyevskiy asarlari asosida. Rossiya) “Urush va tinchlik” (BBC) kabi seriallarga, “Vanya tog‘a”, “Jamila” (Rossiya) “Iltijo”, “Tazarru”, “Orzu daraxti” (Gruziya) “Samoviy yog‘du”, “Yomg‘ir”, “Tilla baliqcha”, “Chumchuq qo‘shig‘i” (Eron) “Yovvoyi nok” (Turkiya) “Qo‘rqoq”, “Apu trillogiyasi”, “Qizil qalampir” (Hindiston) “Yo‘l”, “Qizil sahro” (Italiya) “Rasyomon”, “Qumlikdagi ayol” (Yaponiya) kabi badiiy filmlarning ovozlashtirish jarayoniga rejissorlik qilgan. | 125 | 3,654 |
Madaniyat | Tohir Sodiqov “Bojalar” guruhi rejissorlik qilgan serialda suratga tushdi | “Bojalar” guruhi “Mening yurtim” (MY5) telekanali buyurtmasiga asosan “Bojalar-drayv” nomli serialni suratga olayotgani haqida avval xabar berilgan edi.
“Darakchi” gazetasi xabariga ko‘ra, 21 qismdan iborat mazkur sitkomda o‘zbekistonliklarning kundalik hayoti quvnoq syujet tarzida ochib berilgan.
Serialda Yangi yil bayramini nishonlayotgan mahalla fuqarolari mehmon sifatida taniqli san’atkorlarni chaqirmoqchi bo‘ladi.
“Yangi yil bayrami sarguzashtlari Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Feruza Normatovalar ijrosida haqqoniy talqin etilgan”, — deyiladi gazeta xabarida. | 73 | 576 |
Madaniyat | “Bor, yo‘qol, mishqi”. Jamila G‘ofurova raqobatchisi Sevinch Mo‘minova bo‘lgan filmda to‘lachaligi uchun kastingdan o‘tolmagani haqida gapirdi | Aktrisa Jamila G‘ofurova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Suhbat davomida aktrisa umri mobaynida bo‘lib o‘tgan kastinglar haqida gapirib, “Dilxiroj” filmi uchun bo‘lgan kasting jarayonida bosh rol ijrochisi Sevinch Mo‘minovaning roli uchun kasting topshirgani, ammo to‘lachaligi tufayli kastingdan o‘ta olmagani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Birinchi o‘ynagan kinomning o‘zidayoq kasting topshirganman. “Meshpolvon” deb nomlangan bolalar uchun ishlangan filmning kastingidan o‘ta olmaganman.
Undan so‘ng 16 yoshimda “Dilxiroj” deb nomlangan filmda Alisher Hamroyev, Sevinch Mo‘minovalar bilan birga kelganman. O‘shanda to‘lachaligim uchun bosh rolga olishmagan. “Dilxiroj” filmda kasting ham bo‘lmagan, “siz qaysi rolga keldingiz”, deyishganida “men bosh rolga keldim, bosh rolni o‘ynayman”, deganman. O‘shanda rejissor “Jamila agar bosh rolni o‘ynamoqchi bo‘lsangiz ozishingizga to‘g‘ri keladi, siz ozgina to‘lachasiz”, degan edi. Haqiqatdan ham to‘lacha qiz edim, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmas edim, biroq kim o‘zini “men to‘laman, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmayman”, deb aytadi.
“Mayli kichkina bo‘lsa ham rol beringlar, kamerani oldida ishlashni o‘rganishim kerak”, deganim uchun menga Sevinchning dugonasi rolini berishgan edi.
Suratga olish ishlari Surxondaryo viloyatida bo‘lgan edi. Tasvirga olish ishlari qirq kun davom etgan bo‘lib, mening rolim dastlabki kunlardayoq o‘tib bo‘lgan, ikki sekundlik rol edi.
O‘sha filmda gapirgan gapim hozir ham esimda: “bor, yo‘qol, mishqi” so‘zlaridan iborat jumla edi. Rolimni o‘ynab bo‘lgandan so‘ng ham ketmasdan rejissorga “u, bu o‘tib ketadigan joylari bo‘lsa o‘ynarman”, deb suratga olish maydonchasidan ketmasdan, qirq kun qolganman.
Jamila G‘ofurova, aktrisa
Jamila G‘ofurova bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Aktrisa suhbat davomida bolaligi, oilasi, Shakiraga qilgan taqlidi va allambalo raqsi, “E’tirof” mukofoti, umuman aktyor va aktrisalarning mukofotlanish tartibi haqida e’tirozlari, ochiq kiyinishiga bo‘lgan e’tirozlar haqidagi barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi. | 142 | 2,146 |
Madaniyat | Jeyms Bond haqidagi yangi film taqdimoti koronavirus tufayli yarim yilga kechiktirildi | Jeyms Bond haqidagi yangi film — “O‘lim vaqti emas”ning premyerasi koronavirus epidemiyasi tufayli olti oyga qoldirildi, deb xabar beradi Meduza.
Aprel oyida keng ommaga namoyish etilish kerak bo‘lgan kartina Britaniyada 12-noyabrda, AQShda esa 25-noyabrda premyera qilinadi. Boshqa mamlakatlardagi taqdimotlarning aniq sanasi keyinroq e’lon qilinadi.
Qayd etilishicha, koronavirus tufayli Xitoy, Yaponiya, Janubiy Korey ava Italiyadagi yirik kinoteatrlar yopildi. Shuning uchun ham 200 million dollar evaziga suratga olingan yangi film hozir taqdim etilsa, kartina ijodkorlari kutilgan natijaga erisha olmasligi mumkin.
Jeyms Bond haqidagi yangi film hisob bo‘yicha yigirma beshinchi bo‘ldi. Unda bosh rolni boshqa filmlardagidek Deniyel Kreyg ijro etgan.
Ma’lumot uchun, Xitoyda 4-mart holatiga ko‘ra, yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida 31 kishi vafot etdi. Mamlakat hududida ushbu kasallik bilan vafot etganlarning jami soni 3 mingdan oshib ketdi. Koronavirus butun dunyo bo‘ylab keng tarqalishda davom etmoqda.
Xususan, hozirga qadar Vengriya, Latviya, Marokash, Avstraliya, Armaniston va Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi. | 86 | 1,159 |
Madaniyat | Jonni Depp 300 mln dollar va millionta alpaka uchun ham “Karib dengizi qaroqchilari”dagi Jek Chittak roliga qaytmasligini ma’lum qildi | Gollivud yulduzi Jonni Depp boshqa hech qachon “Karib dengizi qaroqchilari”dagi Jek Chittak roliga qaytmasligini tasdiqladi. Bu haqda u sobiq rafiqasi Ember Xyord bo‘lib o‘tayotgan sud ishida ma’lum qilgan, deb xabar beradi Variety.
Avvalroq Disney kompaniyasi Deppni Xyord bilan mojarosi sabab “Karib dengizi qaroqchilari”ning yangi qismidan chetlashtirgan edi. Ayol sobiq erini oiladagi zo‘ravonlikda ayblagan. Sud majlisida Xyordning advokati Ben Rottenborn Deppdan Jek Chittak roliga aniqlik kiritishga qaror qilgan.
“To‘g‘ri tushungan bo‘lsam, janob Depp siz Disney 300 million dollar va millionta alpaka taklif qilsa ham kinokompaniya bilan ‘Karib dengizi qaroqchilari’ bo‘yicha hamkorlik qilmaysiz, shundaymi?”, — deya so‘ragan advokat. “Bu to‘g‘ri, janob Rottenborn”, — javob qaytargan Depp.
Shuningdek, u hozirga qadar birinchi “Karib dengizi qaroqchilari: ‘Qora marvarid’ lan’ati” filmini ko‘rib ko‘rmaganini, biroq kartina muvaffaqiyatidan xabari borligini tan olgan.
Sud davomida aktyor uni franshizadan olib tashlashgan bo‘lsa-da, Jek Chittak qahramoni attraksionlar va o‘yinchoq do‘konlarida oldingidek paydo bo‘lishini ta’kidlagan. Deppning so‘zlariga ko‘ra, uning karyerasi o‘ziga nisbatan ayblovlar e’lon qilingan soniyadan boshlab “tugagan”.
“Bu sodir bo‘lgan zahoti men yutqazdim. Ushbu sinov natijasidan qat’i nazar, men umrimning oxiriga qadar uni ko‘tarib yuraman… Ember Xyordni meni yo‘q qilish uchun tuhmat qilgani va turli yolg‘on ko‘rsatmalar bergani uchun sudga beraman”, — deydi aktyor.
Dengiz kasalligidan aziyat chekkan aktyorlar va haqiqiy prototipga ega Jek Chittak: “Karib dengizi qaroqchilari” filmi haqida hayratda qoldiradigan 10 ta fakt (foto) | 134 | 1,682 |
Madaniyat | Sobiq malikalar: rasmiy vazifalaridan voz kechib, o‘zi yoqtirgan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan qirollik oilasi a’zolari | Qirolichalar o‘z vazifalaridan voz kechgandan keyin ularning hayoti qanday davom etdi? Ba’zilari bolalar uchun kitob yozadi, yana biri ayollarning huquq va erkinliklarini himoya qildi. Ehtimol, ular rasmiy majburiyatlarni bajarmaslik uchun tegishli imtiyozlardan voz kechgan bo‘lishi mumkin, ammo ularning olib borayotgan faoliyati bunga tahsinga sazovor.
Malika Nori
Sobiq malika faxriy imperator Akixito va uning rafiqasi qirolicha Michikoning kenja farzandi, Yaponiyaning 126-imperatori Naruxitoning singlisi. Ilgari Nori ornitolog edi. 2005-yilda 36 yoshli qirolicha o‘z hayotini rasmiy aristokratiyadan bo‘lgan, ammo kuchini yo‘qotgan, dizayner Yoshiki Kuroda bilan bog‘ladi va imperator oilasini tark etib, mavqeyidan voz kechdi. Keyinchalik malika Ayako va malika Mako uning izidan bordi, ular ham oddiy odamlarga turmushga chiqdi. Hozirda Nori 2017-yilda xolasi Atsuko Ikedaning o‘rniga Yaponiyadagi eng muhim Ise ziyoratgohida oliy ruhoniy bo‘lib xizmat qilmoqda.
Malika Marta Luiza
Malika Marta Luiza Norvegiya qiroli Garald V va qirolicha Sonyaning to‘ng‘ich farzandi. U Norvegiyaning mashhur ertakchisi sifatida tanilgan va uning bolalarga bag‘ishlangan “Nega qirol va malikalar toj kiymaydi?” hikoyasi katta muvaffaqiyat qozongan. Keyinchalik malikaning bu roliga yanada noodatiy ampula qo‘shildi. 2002-yilda Marta Luiza o‘z unvonidan voz kechdi va marhum yozuvchi Ari Benga turmushga chiqdi. Ular uch nafar farzand ko‘rgan. Turmushga chiqqanidan bir necha yil o‘tgach, Astarte Education’ning “farishtalar maktabi”ga asos soldi.
Marta Luizaning hayotini zerikarli deb bo‘lmaydi. 2019-yilda qirolning qizi o‘z Instagram’ida ish faoliyati tufayli malika unvonidan voz kechishini ma’lum qilgan. Uni o‘zining “Malika va shaman” turi uchun unvonidan foydalanganlikda ayblashgan edi. Shuningdek, saroy ham uning qarorini tasdiqlovchi press-relizni taqdim etgan.
Malika Amira
Malika Amira 2008-yilda shahzoda Al-Valid ibn Talalga turmushga chiqqani tufayli Saudiya Arabistoni hukmron qirollik oilasi Saud xonadoni a’zosiga aylangandi. 2013-yilda qirollik oilasi bilan xayrlashgandan keyin ham Amira xayriyachi, jamoat arbobi, kompaniya asoschisi va bosh direktori sifatida barchaning diqqat markazida. Bugungi kunda malika fuqarolik huquqlari va imkoniyatlarining ashaddiy himoyachisi sifatida ayollarning avtomobil boshqarishi, teng merosdan foydalanishi va ajrashgandan keyin bolalarning huquqini himoya qilish haqida ish olib boradi.
Malika Ubolratana
Ubolratana Tailandning marhum qiroli Pumipon Adulyadet va qirolicha Sirikitning birinchi farzandi. Qirolicha 1972-yilda universitetdan tanishgan amerikalik Piter Jensenga turmushga chiqqandan keyin qirollik unvonidan voz kechgan. 1998-yilda ajrashganidan uch yil o‘tgach, qirolicha Ubolratana Tailandga qaytib keldi va mahalliy jamiyatga qayta qo‘shildi. Ubolratana hatto 2019-yilda bosh vazirlikka o‘z nomzodini qo‘yishga urinib ko‘rdi, biroq uning ukasi qirol Maxa Vajiralongkorn tezda unga to‘sqinlik qildi. Tailand monarxining fikriga ko‘ra, qirollik oilasi a’zolarining siyosat bilan shug‘ullanishi “noo‘rin”.
Gersoginya Megan
Sassekslar qirollik oilasidan ajralib chiqishga qaror qilgandan so‘ng ular moliyaviy tomondan mustaqil yo‘lini topishi kerak edi. Bugungi kunda Megan va Garri o‘zlarining barcha faoliyatini Archewell Inc fondi orqali amalga oshiradi. Biroq er-xotin nafaqat xayriya ishlari, balki Netflix va Spotify uchun media va audiokontent ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Megan turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li Archiga bag‘ishlangan bolalar kitobini faol ravishda targ‘ib qilmoqda, uni gersogi va gersoginyaning qizi Lilibet tug‘ilgan paytda taqdim etdi. | 122 | 3,661 |
Madaniyat | Enrike Iglesias haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqargani uchun hibsga olindi | Qo‘shiqchi Enrike Iglesias haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqargani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qo‘shiqchi hujjatining amal qilish muddati tugagan bo‘lib, qo‘lga olish chog‘ida u yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lgan tur menejeri bilan joylarini almashtirishga urindi.
Natijada ularning har ikkalasi qo‘lga olindi. | 83 | 358 |
Madaniyat | Toshkentda o‘zga sayyoraliklar haqidagi fantastik film premyerasi bo‘lib o‘tdi | Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida yosh rejissor Nuriddin Rahmonning “O‘zga sayyoralik er” sarguzasht komediyali va fantastik filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Kultura.uz”.
Film o‘tkir syujetli, shuningdek kulgili voqealarga boy. Film bosh qahramonlari Yerga yovuz niyat bilan uchib keladi. Ular o‘z yo‘llarida uchragan to‘siqlarni har qanday vositalar yordamida bartaraf etib, tuzgan rejalarini amalga oshirmoqchi bo‘ladi. Biroq qahramonlar Yerda mehribon kishilar orasida yashab ko‘rib, o‘z fikrlarini o‘zgartiradi.
Nashr yozishicha, o‘zga sayyoraliklar qiyofasini yaratishda film ijodkorlari eng zamonaviy kompyuter texnologiyalariga murojaat qilgan. | 78 | 688 |
Madaniyat | Stiven Sigal unga Rossiya fuqaroligi taqdim etilgani uchun minnatdorlik bildirdi | Amerikalik aktyor Stiven Sigal unga Rossiya fuqaroligi berilgani uchun tashakkur izhor qildi. Bu haqda uning agenti Anar Reyband ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Men AQSh va Rossiya eng yaxshi do‘stlar va ittifoqchilar bo‘lishi kerakligini har doim aytganman. Atrofimizdagi muvaffaqiyatsiz propagandaga qaramay, men oldingiday bu g‘oyaga sodiqman va maqsadga erishish uchun tinimsiz ishlashga tayyorman. Men bu imkoniyat uchun juda minnatdorman”, — deyiladi aktyorning bayonotida.
“Otamning oilasi asosan Vladivostokdan. Shu bilan birga, mening oilam qisman Sibirdan, Sankt-Peterburgdan va hatto Belarusdan. Rossiyada va sobiq Ittifoq mamlakatlarida ko‘plab do‘stlarim va qarindoshlarim bor. Rossiyani qattiq hurmat qilaman va yaxshi ko‘raman. Ona yurtimni yaxshi ko‘rganday”, — qo‘shimcha qildi Sigal. | 80 | 809 |
Madaniyat | Instagram: Munojat Yo‘lchiyeva xonadonidagi to‘y, Muqaddas Sa’dullayevaning egizaklari, eri uradigan ayollarga Lolaning maslahati | 19-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Tohir Sodiqov “Ko‘zing ma’yus” qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylangan talqinini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Muqaddas Sa’dullayeva Yigitali Mamajonov bilan ikki qiz chaqaloqni ko‘tarib tushgan suratini sahifasiga joylab, egizaklaridan birining tug‘ilgan kuni ekanligini yozib qoldirdi. Bu post aktrisaning muxlislari o‘rtasida biroz tushunmovchilikni keltirib chiqardi.
Ma’lum bo‘lishicha, qizchalarning biri aktrisa jiyanining farzandi. Chaqaloq uning ikkinchi qizi bilan bir paytda tug‘ilgan.
Munisa Rizayeva folloverlariga motivatsion post yozdi.
View this post on Instagram
Zohirshoh Jo‘rayev ota-onalar haqida ta’sirli so‘zlarni yozdi hamda otasi bilan xizmat jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi
View this post on Instagram
Ilk bor ona bo‘lish arafasida turgan Bollivud aktrisasi Anushka Sharma yangi suratlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova muxlislari uchun mashinada raqs tushib berdi.
View this post on Instagram
Hulkar Abdullayeva yangi qo‘shig‘i orqali chilim chekmaslikka undamoqda.
View this post on Instagram
Asal Shodiyeva uzun sochli va milliy libosda tushgan arxiv suratlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Lola Stories orqali eri uradigan ayollarga maslahat berdi.
Botir Qodirov Munojot Yo‘lchiyeva xonadonidagi to‘yda xizmatda bo‘ldi.
View this post on Instagram | 129 | 1,619 |
Madaniyat | Kal va juda ozib ketgan Kristian Beyl “Tor 4”ning suratga olish maydonchasiga keldi (foto) | O‘zining tana og‘irligi bo‘yicha ko‘plab tajribalar o‘tkazishi bilan tanilgan Kristian Beyl “Tor” filmining to‘rtinchi qismini suratga olish maydonchasiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi “Film.ru”.
Aktyor juda ozib ketgani va sochini butunlay oldirib tashlagani sabab muxlislar avvaliga uni tanimagan.
Kristian Beylning surati Palm-Bichda olingan bo‘lib, aktyor bu yerga oilasi bilan dam olish uchun kelgan. Ushbu manzildan bir soatlik yo‘l uzoqligida — Sidneyda ayni vaqtda “Tor: Sevgi va yashin” filmi suratga olinmoqda.
Christian Bale in Sydney, where he’s currently filming #ThorLoveAndThunder pic.twitter.com/Iajvz08rkc
— Film Updates (@FilmUpdates) April 18, 2021
Beyl ushbu kartinada komikslar bo‘yicha Torning azaliy dushmani Gorr rolini ijro etmoqda. U birinchi bor Marvel’da 2013-yilda paydo bo‘lgan.
Kartina sujeti hozircha noma’lum. Filmga “Ragnaryok”ni suratga olgan Tayka Vaytiti rejissorlik qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Myolnirga Jeyn Foster — Torning sobiq sevgilisi ega chiqadi. Kartina premyerasi 2022-yilning 5-mayiga mo‘ljallangan.
Gollivud aktyori Kristian Beyl karyerasi davomida 274 kiloga semirib, ozgani aniqlandi (video) | 90 | 1,150 |
Madaniyat | “Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Abror Parpiyev 45 yoshida olamdan o‘tdi | “Nihol” mukofoti sovrindori, mumtoz qo‘shiqlarning mohir ijrochisi Abror Parpiyev 20-iyul kuni 45 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abror Parpiyev maqom ustasi, xalq hofizi Fattohxon Mamadaliyevning sevimli shogirdi edi. U uzoq davom etgan og‘ir kasallik tufayli vafot etgan.
Abror Parpiyevning “Qadimgi ushshoq”, “Vatan”, “Go‘zallarning sarvari” kabi qo‘shiqlari ommalashgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rassom Zubaydulla Botirov vafot etdi | 76 | 512 |
Madaniyat | "Devyataev" filmi ijodkorlari bilan uchrashuv o`tkazildi | “Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida turli mamlakatlarning eng sara filmlari namoyish qilinmoqda, film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumanlari, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari o`tkazilmoqda.
“O`zbekfilm” kinokonsernida rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan 2021 yilda suratga olingan “Devyataev” badiiy filmi kino ixlosmandlari e`tiboriga havola qilindi. Mazkur film real voqealarga asosnlangan bo`lib, Ikkinch jahon urushi qattnashchisi, katta leytenant, harbiy uchuvchi, Sovet Ittifoqi qahramoni Mixail Petrovich Devyataev hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi. Film syujetiga M.Devyataevning “Do`zaxdan qochish” nomli avtobiografik asari asos bo`lib xizmat qilgan.
Kartinada bosh qahramon – Mixail Devyataevning Ikkinchi jahon urushining so`nggi yillarida nemis konslageriga tushib qolgani, u erda nemislarning ishonchiga kirib, duo`shman harbiy samolyotda bir qancha sovet harbiyy asirlarini vataniga olib kelgani hikoya qilinadi.
Film mashhur kinorjissyor Timur Bekmambetov tomonidan “Bazelevs”, “Columbia Pictures”, “Voenfilm” kinostudyalari “Rossiya 1” telekanali hamda Rossiya kino fondi hamkorligida suratga olingan.
Asardagi bosh qahramonlar Mixail Devyataev va uning uning safdoshi Nikolay Larin rollarini taniqli aktyorlar Pavel Priluchniy va Pavel Chinarevlar ijro etishgan.
Tomoshabinlar ushbu filmni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Film so`ngida uning ijodkorlari – rejissyor Timur Bekmambetov, prodyuser Igor Mishin, aktyorlar Pavel Priluchny va Pavel Chinarevlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Film rejissyori T.Bekmambetov filmning yaratilishi tarixi, u bilan bog`liq qiziqarli voqealar haqida hikoya qilib berdi. Ular jurnalistlar va muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi. | 56 | 1,771 |
Madaniyat | “Gohida uni sog‘inaman”. Umid Iskandarov sobiq rafiqasi Renata Iskandarova bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi (video) | Aktyor Umid Iskandarov “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga intervyu berdi. U suhbat davomida sobiq rafiqasi, grim ustasi Renata Iskandarova bilan turmushi buzilishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi.
“Turmush qurganidan keyin erkak ham, ayol ham ota-ona bo‘lishni istaydi. Renata ham buni orzu qilardi. Farzandli bo‘lsak, hamma ishimni tashlab, u bilan ovora bo‘laman, ko‘p farzandimiz bo‘ladi, derdi. Bo‘lmadi. Biz juda ko‘p harakat qildik. Bormagan joyimiz qolmadi. Oxiri borgan joyimizda hamma gapni yuzimizga aytishdi. Ikkalang ham soppa-sog‘san, shunchaki bir-biringga to‘g‘ri kelmaysizlar. Siz boshqaga uylanib, ayolingiz boshqaga turmushga chiqsa, farzandli bo‘lasizlar, deyishdi. EKU qilgim kelmadi, men bu narsani to‘g‘ri deb bilmadim.
Orada bolalar uyidan bola asrab olishni ham rejalashtirdik. Shu paytda otam tahlil natijalarini bildilar va ‘Mehribonlik uyidan oladigan bolaning ota-onasi, nasl-nasabini bilmaysan. Kelinga ket demaymiz, rozi bo‘lsa, seni yana bitta xotinga uylantirib qo‘ysin’, dedilar. Lekin qaysi ayol eriga ikkinchi xotin olib berishga rozi bo‘ladi?”, — deydi aktyor.
Umid va Renata Iskandarovalar
Shuningdek, aktyor qanday hollarda o‘zini yolg‘iz his qilishi hamda sobiq rafiqasini gohida sog‘inishi haqida ham gapirib o‘tdi.
“Ishlaringizni bitirib, uyga kelasiz. Divanga o‘zingizni tashlaysiz. Kimdir sizdan ‘qorningiz ochdimi?’, deb so‘rashini xohlaysiz. Yoki shunchaki o‘tirib kunim qanday o‘tgani haqida men bilan dildan suhbat quradigan odamni qo‘msayman. Shu narsani qadri o‘tadi. Agar buni boshimdan o‘tkazmaganimda bunaqa bo‘lmasmidi? Ayniqsa, ayol juda yaxshi pazanda bo‘lgan bo‘lsa. Mening ayolim oshxona qirolichasi bo‘lgan. Bir-bir sog‘inaman”, — deydi Umid Iskandarov.
Ma’lumot uchun, Umid va Renata Iskandarovalar 2009-yilda turmush qurgan. Juftlik olti yil davom etgan turmushdan so‘ng 2015-yilda rasman ajrashgan. Ular ajrimdan so‘ng ham do‘stona munosabatlarni saqlab qolgan.
Avvalroq xonanda Samandar 14 yildan beri farzand ko‘rmayotganini Allohning sinovi deb qabul qilishi, ayoli bilan ota-ona bo‘ladigan onlarni sabr bilan kutib yashayotganini aytib o‘tgan edi. | 136 | 2,121 |
Madaniyat | Mirzo Ulug`bek haqidagi hujjatli film namoyish etildi | O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali dasturida bugun Gollivudda ijod qilayotgan o`zbek rejissyori Bahodir Yuldashevning "Ulug`bek yohud Osmon toqiga qo`yilgan narvonʼʼ nomli yangi hujjatli film premerasi bo`lib o`tdi.
Ushbu hujjatli film Sharqning buyuk mutafakkiri, Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug`bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiladi.
Filmda Vensan Kassel, Armand Assante, Fransisko Ovale kabi dunyoga mashhur san`atkorlar, shuningdek, Ma`ruf Otajonov, Javohir Zokirov, Hoshim Arslonov singari o`zbekistonlik taniqli aktyorlar rol ijro etgan.
Mazkur kinokartina 2017 yilda 74-Xalqaro Venesiya kinofestivalida «Eng yaxshi xorijiy hujjatli film» nominasiyasida nufuzli «Kineo» mukofotiga sazovor bo`lgan, Italiyaning Iskya orolida bo`lib o`tgan xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi hujjatli film” nominasiyasida g`oliblikni qo`lga kiritgan. | 53 | 915 |
Madaniyat | Bangkokda "Sarvqomat dilbarim" badiiy filmi premerasi o`tkaziladi | Joriy yilning 20 iyul kuni Bangkokdao`tkaziladigan kino kunlari doirasida "Sarvqomat dilbarim" badiiy filminamoyish etiladi. Bu haqda "O`zbekkino" matbuot xizmati xabar berdi.
“O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan ushbu kino kunlariga Xalqaro bo`lim boshlig`i Umid Zunnunov, kinorejissyor Sarvar Karimov, kinoaktyor Adiz Rajabov qatnashadilar. 21 iyul kuni esa OAV uchun film ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tadi.
Film qirg`iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning romani asosida ishlangan O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi noyob qo`shma loyiha bo`lib, har ikki mamlakatda ham suratga olingan.
Oddiy muhabbat hikoyasida shaharning yuk mashinasi haydovchisi Ilyos, bir qishloqqa sayohat paytida qizil sharfli ayolni, ya`ni Asalni sevib qolgani tasvirlangan. Rejissyor Sarvar Karimov va taniqli aktyor Adiz Rajabov - o`zbek kino san`ati sohasida taniqli kinoijodkorlardan.Asal rolida aktrisa Madina Talibek, Qirg`iziston kinosining eng yaxshi aktrisasi hisoblanadi. | 67 | 984 |
Madaniyat | Megan Markl iyun oyida “O‘rindiq” nomli bolalar kitobini sotuvga chiqaradi. U shahzoda Garri va o‘g‘li Archi haqidagi hikoya uchun 700 ming dollar avans oladi | Sasseks gersoginyasi Megan Markl “O‘rindiq” (The Bench) nomli bolalar kitobini nashr ettirgan bo‘lib, u 8-iyundan sotuvga chiqadi. Bu haqda Markl o‘zi va shahzoda Garri tomonidan asos solingan Archewell xayriya saytida ma’lum qildi.
Bayonotda qayd etilishicha, “O‘rindiq” farzandi Archi dunyoga kelganidan bir oy o‘tib, turmush o‘rtog‘iga Otalar kuni (19-iyun)ga bag‘ishlab yozgan she’ridan boshlangan.
Penguin Random House nashrining ma’lum qilishicha, ota va o‘g‘il o‘rtasidagi munosabatlar onaning ko‘zlari orqali yoritilgan. Kitob 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Uning qog‘oz versiyasi narxi 18,99 dollarni tashkil etadi.
Markl ushbu kitobni yozgani uchun 500 ming funt-sterling (700 ming AQSh dollari) miqdorida avans oladi. Uning biografi Anjela Levinning so‘zlariga ko‘ra, Markl ushbu mablag‘larni xayriyaga yo‘naltiradimi yoki yo‘q, noma’lum.
Biograf, shuningdek, Markl kitobni chop etishda gersoginya maqomidan foydalanganini “qiziqarli” deb atagan, chunki u va shahzoda Garri qirollik imtiyozlaridan voz kechgan.
Avvalroq Shahzoda Garri Megan Markl bilan birgalikdagi Netflix uchun birinchi loyihasini e’lon qilgandi. | 158 | 1,156 |
Madaniyat | Teylor Sviftning Blank Space qo‘shig‘iga ishlangan klip jahon rekordini o‘rnatdi (video) | Teylor Svift o‘tgan yilning noyabr oyida Blank Space qo‘shig‘iga ishlangan yangi videoni taqdim etdi. Jozef Kan rejissorlik qilgan klip katta omadga erishdi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Yarim yilcha vaqt o‘tgach, Sviftning klipini tomosha qilganlar soni milliarddan oshib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bilan Teylor nafaqat o‘zining jahon musiqasidagi o‘rnini belgilab berdi, balki rekord ham o‘rnatdi. Svift klipi eng qisqa vaqt ichida bir milliard marta tomosha qilingan birinchi qo‘shiqchi bo‘ldi.
Teylor Svift o‘zining Twitter'dagi sahifasida muxlislariga minnatdorlik bildirdi. | 88 | 598 |
Madaniyat | Turk aktrisasi Tuba Buyukustun 25 soniyada 101 ming dollar daromad topdi | Dunyoga mashhur turkiyalik aktrisa Tuba Buyukustun 25 soniyali videotasvirda 101 332 dollar ishlab topdi. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Eti Browni Intense” shirinliklari uchun reklama roligi suratga olingan. ETI reklama bo‘limi xodimlarining fikriga ko‘ra, Tubaning nomzodi shubhasiz eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Chunki u ishtirok etgan barcha reklama kampaniyalariga ajoyib ta’sir o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, aktrisa so‘nggi kunlarda “Elchining qizi” seriali qahramoni − Nareni ijro etishi tufayli ham ommaviy axborot vositalari tomonidan eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, Istanbulda tug‘ilib o‘sgan Tuba Buyukustun o‘zbek teletomoshabinlariga juda yaxshi tanish bo‘lib, u “Arg‘uvonlar ostida”, “Osiyo”, “Pul va gul ishqi, “Jasur va go‘zal” kabi seriallardagi rollari bilan muxlislarning qalbini zabt eta olgan. | 72 | 860 |
Madaniyat | “Zumrasha” kinojurnalining yangi to‘plamlarini suratga olish ishlari davom etmoqda | “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturiga muvofiq, 2014-yildan boshlab “Zumrasha” bolalar hajviy kinojurnalining 12 ta qismini har yili muntazam ravishda suratga olish belgilab qo‘yilgan. Xususan, o‘tgan yili suratga olingan kinojurnalning taqdimoti 2014-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgandi, deb xabar beradi “O‘zbekkino” Milliy agentligi.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi huzuridagi “5-studiya” yoshlar tajriba ijodiy uyushmasi “Zumrasha” kinojurnalining 2015-yil hisobidan dastlabki qismlarini tayyorlab bo‘ldi.
Ayni vaqtda “Zumrasha” kinojurnalining 3—6-qismlarini tasvirga olish ishlari davom etmoqda. 2015-yil oxiriga qadar kinojurnalning jami 12 ta qismini suratga olish ko‘zda tutilgan. | 82 | 683 |
Madaniyat | O‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram’ga “Dunyoni bering bolajonlarga” yozuvi bilan suratlar joylashtirishi sababi ma’lum bo‘ldi | Bir muddat avval o‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’dagi sahifalariga ayanchli yig‘layotgan bolalar va “Dunyoning bering bolajonlarga” yozuvi aks etgan suratlarni e’lon qila boshlagan edi.
Skrinshot: Instagram / @sardorrahimxon
Xonanda Sardor Rahimxon kuni kecha o‘ziga xos mazkur aksiyaga oydinlik kiritdi — u aynan “Dunyoni bering bolajonlarga” nomi bilan qo‘shiq kuylagan; qo‘shiq va unga ishlangan klip premyerasi 29-avgust kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
“Har kuni uyga qaytib, tinch uxlab yotgan farzandlarim yuzidan o‘pib qo‘yishimni o‘zi qanchalik baxt. Hayotdan noliydigan insonlarni ko‘p ko‘ramiz, arzimagan narsalar bilan ovora bo‘lib yuradiganlarni siz ham bilasiz. Shunday paytlarda beixtiyor: ‘Shukur deng!’, degim keladi”, — deydi xonanda.
“Biz uchun odatiy bo‘lib qolgan narsalardan, Xudo ko‘rsatmasin, mahrum bo‘lib qolsak, nima bo‘lishini tasavvur qilsak, ko‘zimiz ochiladi. ‘Bolajonlarga bering dunyoni’ — bu shunchaki yangi qo‘shiq emas, bu yurakdan otilib chiqqan qo‘shiq!”, — dedi Sardor Rahimxon.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 134 | 1,183 |
Madaniyat | Kimgadir kitob sovg‘a qilganmisiz yoki olganmisiz? Ruh, aql uchun darmon bo‘ladigan asarlarni atrofdagilarga ulashishdan charchamaydigan kitobxonlar | Kitobxon har xil bo‘ladi: kimdir faqat o‘zi o‘qishni ma’qul topsa, boshqasi atrofidagilarga ham kitob, taassurot ulashib, mutolaa qilishni xush ko‘radi. Dunyoda ikkinchi toifa ko‘payishi, bir-biriga kitob sovg‘a qiladiganlar soni oshishi uchun har yilning 14-fevral sanasida Xalqaro kitob ulashish kuni nishonlanadi. “Daryo” bayram bahona kitobga sarflangan mablag‘ emas, uni o‘qimaslik qimmatga tushishiga ishonchi komil bo‘lgan turli yoshdagi kasb egalarining bu boradagi fikriga qiziqdi.
Turizm va sport vaziri maslahatchisi, matbuot kotibi
Bugun o‘qish uchun barcha sharoitlar mavjud ekaniga qaramay, mutolaaga qiziquvchilar tobora kamayib borayotgani, kitobning avvalgidek qadri yo‘qligidan taajjubini yashirolmagan Lola Rahmonboyeva talabalik yillari (1997—2003-yillari) Sharqshunoslik instituti (hozirgi universitet)ning kutubxonasida kitobga navbat kutib, soatlab adabiyot o‘qigan damlarini eslaydi.
Inson hayotida hech kimni ko‘rgisi, eshitgisi kelmaydigan damlar bo‘ladi. Ana shunaqa paytlarda kitobdan taskin topadi, deydi u. Qahramonimiz adabiyotlarni gadjetdan dam olish maqsadida o‘qishi, bosma kitob esa asosiy tanlovi ekaniga urg‘u beradi.
U oxirgi marta farzandlariga tuhfa sifatida “Garri Potter” turkum kitoblarini sotib olgan. Tug‘ilgan kunida esa dugonasi unga inson fiziologiyasi va psixologiyasini o‘rganish mavzusiga bag‘ishlangan kitob, Milliy Mass-media fondi esa “Allamjonov aybdor” nomli kitob ulashgan.
“Oxirgi marta Moskvadagi ‘Biblioglobus’ kutubxonasidan 200 dollardan ortiq pulga PR, marketing, biznes, gender, motivatsion mavzulardagi kitoblarni xarid qildim. Insonga motivatsiya beruvchi, uning salohiyatini namoyon qilishga turtki bo‘luvchi kitoblarni sovg‘a qilishni, shu bilan birga, badiiy kitoblarni ham mutolaa qilishni tavsiya etaman, faqat ularni tanlashda insonning qaysi janrni ko‘proq xush ko‘rishini inobatga olish kerak”, — deydi u.
Mutolaaga ko‘proq vaqt ajratishni xohlashi, lekin bo‘sh vaqti kamligi sabab kechqurun yoki safar chog‘i yo‘l davomida kitob o‘qishga harakat qilishini aytgan Rahmonboyeva oxirgi o‘qigan kitoblaridan “Qirolichaning yurishi” (Uolter Tevis), “Shikoyatsiz dunyo” (Uill Bouen), “Sam sebe brend” (Garri Bekvit), “Qumdagi ayol” (Kobo Abe), “Menga dengiz haqida so‘zlab ber” (Elchin Safarli)ni tavsiya etadi.
Dinara&Co. nashriyoti asoschisi
“Bolaligimga nazar tashlasam, kunlarim kitobsiz o‘tmagan ekan. Hozirda badiiy kitob bilan bir qatorda biznes haqidagi kitobni ham o‘qib boraman. Bu jarayon men uchun ham meditatsiya, ham xayollarni jamlash, o‘z ustimda ishlashning eng yaxshi usuli, qolaversa, ma’naviy ozuqa beruvchi jarayon. Odam ovqatlandimmi, deb savol berish bilan birga bugun miyamni oziqlantirdimmi, deb ham o‘ylab ko‘rishi kerak” , — deya Dinara Dultayeva rivojlanishi tezlashib ketgan dunyoda o‘tirib kitob o‘qishga nisbatan hashamat deb ta’rif beradi.
So‘nggi marta Yangi yil arafasida kitob ulashgan suhbatdoshimiz bir vaqtlar kitob do‘konlaridan qanday kitoblar borligini ro‘yxatini olib, xodimlarga bittadan kitob tanlash imkoniyatini bergani va sovg‘a qilganini aytadi.
“Har oyligidan kitob olib, kutubxonasini boyitadigan dugonalarim bor. Fikrimcha, bu juda yaxshi sarmoya”, — deydi u. Dinara sovg‘a qilishda uyalib o‘tirmasdan eng yaxshi ko‘rgan kitob va muallif haqida so‘rashning yomon tarafi yo‘q, degan fikrda.
Uning aytishicha, kitob do‘konlaridan sovg‘a sertifikatlarini olib berish ham yaxshi usul. Kimningdir taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkinligi sabab ham kitob eng yaxshi sovg‘adir.
“O‘z nashriyotimizning kitoblarini, xususan, ‘10 reasons to visit Uzbekistan’ va ‘Ipak imperiyasi’ nomli kitoblarni doimiy ravishda sovg‘a qilib turamiz”, — deydi Dinara.
Qiziqishidan kelib chiqib tanlov qilish kerakligini ta’kidlaydigan Dultayeva me’mor do‘stiga amerikalik antiutopiya asarlari bilan tanilgan Ayn Rendning “Manba” degan kitobini sovg‘a qilganini eslaydi.
“Kitobdan pul ayamayman. Masalan, xorijga borganda 600-1000 dollargacha pul sarflab, O‘zbekistonga olib kelish uchun kitoblar sotib olishim mumkin. Badiiy adabiyotlar uchun o‘rtacha 200 mingdan 400 minggacha, juda o‘ziga xos bo‘lsa, 50 dollar sarflashim mumkin”, — deb ma’lum qilgan Dinara “10 reasons to visit Uzbekistan”ni o‘qib ko‘rishni tavsiya qiladi.
Ma’lumot uchun:
Markazi Britaniyada joylashgan Global English Editing kompaniyasi 2021-yilda aholisi eng ko‘p kitob o‘qigan mamlakatlar bo‘yicha ro‘yxat e’lon qilgan. Unga ko‘ra, aholisi mutolaaga hafta davomida 10 soat-u 42 daqiqa ajratadigan Hindiston reytingda yetakchi deb topilgan. Kitob o‘qishga eng ko‘p vaqt sarflanadigan 10 ta o‘lkaning oltitasi Osiyo, to‘rttasi esa Yevropa mamlakatlari ekani aniqlangan. Reytingda O‘zbekiston nomi uchramaydi. Natijalarga ko‘ra, bosma kitoblarga bo‘lgan talab audio va elektron variantlarga nisbatan ko‘proq ekani, dunyo aholisining 35 foizi koronavirus tufayli ko‘proq kitob mutolaaga sho‘ng‘igani oydinlashgan.
Yashnobod tuman tez tibbiy yordam bo‘limining chaqiruv shifokori, Toshkent tibbiyot akademiyasining onkologiya kafedrasi magistranti
Kasbi shifokor bo‘lgan Hojiakbar Hamidov tibbiyotga oid kitoblarni ko‘p o‘qiydi. Savollariga javobni asosan shulardan izlaydi.
Hojiakbar so‘nggi marta 2021-yili hamkasbiga asli Mixail Bulgakovning hayoti asosida yozilgan “Yosh shifokorning qaydi” (Zapis yunogo vracha) nomli kitobini sovg‘a qilganini aytadi. So‘nggi marta o‘tgan yili tavallud kunida Uinston Cherchillning 3 tomli “Ikkinchi Jahon urushi” (The Second World War) kitoblarini sovg‘a sifatida qabul qilgan suhbatdoshimiz bilim chirog‘i hisoblangan kitobning tuhfa etilishidan doim mamnunligini yashirmaydi.
“Kitob sotib olishga sarflanadigan muayyan summani ayta olmayman, negaki ushbu mablag‘ insonning o‘zi uchun sarmoya, sarmoya esa qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha foyda keltiradi”, — deya shifokor do‘stimiz eng avval o‘zbek klassik asarlari, jahon adabiyoti va avtobiografik kitoblarni ulashishni tavsiya qiladi.
Teleboshlovchi, aktrisa, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabasi va uy bekasi
“Mutolaa insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, chunki odam qancha ko‘p bilsa, o‘zini shuncha hurmat qila boshlaydi”, — deb hisoblovchi Madina, ayniqsa uy bekasi sifatida dunyoqarashining torayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham bugun kitobning o‘rni yanayam muhimligini ta’kidlaydi. Oila, turmushdagi munosabatlarda unga psixologik kitoblar yaxshigina asqatadi.
So‘nggi marta singlisi va qaynsinglisi uchun “Mahzun bo‘lma”, “Boy ota, kambag‘al ota” kitoblarini sotib olgan Madinaga Instagram’da blogi borligi uchun ham tez-tez kitob do‘konlaridan turli adabiyotlar sovg‘a sifatida kelib turadi. Tesla asoschisi Ilon Maskning onasi May Maskning tarjimayi holi, “Yaxshi rafiqa”, “Islomda oila” kabi adabiyotlar sovg‘a qilinganini yashirmaydi.
“Farzandlarga ko‘proq kitob o‘qish o‘rgatilsa, kitob ulashsak va sovg‘aga olganda quvonsak, nomiga emas, astoydil o‘qisak, jamiyat rivojlanadi. Ammo, afsuski, kitobga hurmat emas, aksincha nafrat yoki tushunmaslik bilan qaraydiganlar hali ham bor, bilishmaydiki, vaqt o‘tib birgina kitob o‘qigan inson yuzlab odamlarni boshqarishi mumkin”. — deydi u.
Madina miyaga sarmoya bo‘lgani, yillar o‘tib meva berishiga ishongani uchun ham o‘zi uchun qiziq bo‘lgan kitoblardan pul ayamasligi, yaqin orada 2 ta kitobni 400 ming so‘mdan ko‘proqqa xarid qilganini qo‘shimcha qiladi.
Ulashish uchun qanday kitoblarni tavsiya qilasiz, degan savolga u bugungi kunda mo‘may daromad keltiradigan sohalar hisoblangani sabab ham biznes, SMM, psixologiya, IT bilan bog‘liq adabiyotlarni olish kerak, ular kelajak uchun yordam, deb javob berdi.
San’atshunos-jurnalist, kinoshunos, “O‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jurnali bosh muharriri
Bosma kitoblarni bolalik va yoshlik damlarni eslatishi, unutilayozgan hislarni uyg‘otishi bilan qadrli, deb hisoblovchi Shohida Eshonboboyeva kutubxonalarda topilmaydigan, xorijiy, yetishish mushkul kitoblarni elektron variantda o‘qish mumkinligi, audio variantlarni esa istagan vaqtda eshitish afzalligiga urg‘u beradi.
Bosma kitoblarni esa agar haqiqatan imkon bo‘lsa, tinch, shoshmasdan o‘qilsa, kishiga xotirjamlik hadya etishini qo‘shimcha qiladi.
“Oxirgi marta o‘tgan yili rahmatli onamga Alixonto‘ra Sog‘uniyning ‘Tarixi Muhammadiy’ asarini sovg‘a qilgandim. O‘qib chiqishga ulgurmadilar… Menga ham kitob sovg‘a qilib turishadi. Bu ko‘pincha ilm ahlining yangi nashrdan chiqqan kitobi bo‘ladi”.
Bolaligida kitob eng yaxshi sovg‘a, deb biladigan Shohida Eshonboboyeva o‘z vaqtida kerakli kitob uchun bir necha bor maoshidan bo‘lib-bo‘lib to‘laganini yaxshi eslaydi.
“Sharqshunos V.V.Bartoldning kitobi edi. Hozir internetdan ayrim bebaho kitoblarni bepul ko‘chirib olish mumkinligi mo‘jiza”.
Kinoshunos psixologik, oxirgi yillarda og‘izga tushgan mashhur yozuvchilarning kitoblarini o‘qishni istashiga qaramay, boshqalarga mumtoz badiiy asarlarni tavsiya qiladi. Uning fikricha, xalq og‘zaki ijodidan tortib Alisher Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Bedil, Sa’diy va Hofiz Sheroziy, XX asrning o‘zbek va boshqa xalqlar yozuvchilarining ijod namunalari, jahon adabiyotidan Gyote, Gyugo, Tolstoy, Dostoyevskiy, Drayzer, Remark asarlari — hozirgi kunda ularni o‘qishga vaqt topgan, sabr va qunt qilganlardan baxtliroq inson yo‘q.
Jurnalist, Turkiyaning Anadolu universiteti magistranti
Ko‘pchilik kitob haqiqatan inson hayotining muhim qismi ekaniga ishonishini ta’kidlaydigan Isfandiyor mutolaa qilishni ruhiy ehtiyojni qondirish bilan taqqoslaydi.
“Masalan, tishingiz og‘riganda shifokorga borganingizdek, ruhingizdagi ba’zi bo‘shliqlarni ham kitob bilan to‘ldira olishingiz mumkin. Men uchun ham mutolaa doimiy terapiyadir. Shu bois oyiga eng kamida 3 ta kitob o‘qishga harakat qilaman”, — deydi u.
Bosma adabiyotmi yoki elektron, degan savolga avvalroq birinchisi deb javob berishi mumkinligini aytgan suhbatdoshimiz bugun ikkisiga ham moslashganini qo‘shimcha qiladi.
Shu yil boshida onasiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” va “Mo‘minning umr safari” kitoblarini sovg‘a qilgan talaba o‘tgan yili qarindoshidan Qur’oni Karimning O‘zbekistonda chop etilgan va juda chiroyli ishlangan nusxasini hadya sifatida olgani, ammo yaqin vaqt ichida kimdandir sovg‘a tariqasida kitob olmagani va bu xafa bo‘lishga arzigulik ekanini aytib, kuyunadi.
Suhbatdoshimiz insonlarning bir-biriga kitob sovg‘a qilishi ortida, aslida, ma’rifat yotishi, lekin ana shu kitob ochilmasa va o‘qilmasa, uning foydalilik darajasi kamayishiga ishonchi komil ekanini bildiradi: “Birortasiga kitob sovg‘a qilsangiz, bir haftadan keyin albatta o‘sha kitobni o‘qidingmi, deb so‘rashni odat qiling va o‘qiting”.
Shu yil yanvarida kitoblarga 300 ming sarflagan. Bundan hayratlangan sotuvchi boshqa bir adabiyotni unga sovg‘a tariqasida bergan.
“R.Kiyosakining ‘Boy ota, kambag‘al ota’, Said Ahmadning ‘Jimjitlik’ romani, Jose Vaskonselosning ‘Azizim po‘rtaxol’i va Omina Shenliko‘g‘lining ‘Imomning maneken qizi’ romanlarini tavsiya qilaman”, — deb fikrlariga yakun yasaydi u.
Olmazor tumanidagi 243-maktabning 10-sinf o‘quvchisi
Kitob barcha yosh toifasi uchun eng a’lo tuhfa, deb hisoblovchi Munavvar ham Madina singari bosma kitoblar tarafdori. U so‘nggi bor buvisiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila”, dugonasiga esa Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” kitobini sovg‘a qilgan.
Shuningdek, o‘tgan hafta kitobsevar dugonasidan “Alfido” (Onur Qoplon) asarini, dushanba kuni ustozidan “Otamdan qolgan dalalar”ni (Tog‘ay Murod), sinfdoshidan esa “Olim yetishtirgan onalar”ni (Murat Tosun) tuhfa sifatida qabul qilgan.
Sovg‘a qilishda odamning dunyoqarashi va istaklarini inobatga olish kerakligini ma’qullaydigan Munavvar endigina kitobxonlar safiga qo‘shilayotgan odamga u uchun zerikarli mavzudagi kitob sovg‘a qilinsa, uni o‘qimay tashlab qo‘yishi hech gap emas, degan fikrda.
“Ayniqsa, tug‘ilgan kunimda kitob berishlarini yaxshi ko‘raman. Kimgadir sovg‘a berish fikrida bo‘lsam, albatta, kitob sotib olaman. Uni xarid qilish uchun uzog‘i yuz ming so‘mgacha, asosan 30-40 ming so‘m sarflayman. Boshqalarga Robert Kiyosakining ‘Boy ota, kambag‘al ota’, Masaru Ibukaning ‘Uchdan keyin kech’ va Stiven Kovining ‘Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi’ kitoblarini tavsiya qilaman”, — deydi u. | 148 | 12,187 |
Madaniyat | Instagram: Vaksina olgan Yulduz Usmonova, Jenisbek Piyazovning nechta mashinasi bor? Shohjahon va Dilfuza Ismoilova yarashib oldi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Yigitali Mamajonov parkur san’atini namoyish etuvchi video suratga olayotganida to‘satdan paydo bo‘lgan bola ustiga yiqilib ketishiga bir baxya qoldi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi bilan emlangani ma’lum qilindi.
Taniqli opera xonandasi Jenisbek Piyazov bundan bir necha yil avval rossiyalik xonanda Emin Agalarov uni yaxshi maosh evaziga Moskvaga ishga taklif qilgani hamda mashinalari haqida so‘zlab berdi.
Zarina Nizomiddinova imijini o‘zgartirdi va sochlarini sariq rangga bo‘yadi.
Munisa Rizayeva inson boshqalarning hayotini chiroyli qilishga yordamlashishi uning hayotining mazmuni, qabilidagi post yozdi.
Javohir Zokirov ustoz san’atkorlar bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Madina Mumtoz pandemiya tufayli salkam ikki yil chet elda qolib ketgan qaynonasini Toshkentda qarshi oldi.
Asal Shodiyeva folloverlariga Bodrumdan ko‘rinish berdi.
Shohjahon Jo‘rayev Dilfuza Ismoilovaning uyiga mehmonga bordi. Xonandalar o‘rtasidagi kelishmovchilikka chek qo‘yildi.
Alisher Fayz yangi “Onajon” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. | 129 | 1,237 |
Madaniyat | “O‘zbekiston” telekanalida Yaponiyaning qaynona va kelin munosabatlari haqidagi seriali namoyish etila boshladi | 19-sentabr, dushanba kunidan “O‘zbekiston” telekanalida Yaponiyada ishlangan “Qaynona kelinga qarshi” seriali namoyish etila boshlaydi, deb yozadi “Kultura.uz”. Telenovella ish kunlari 20:05 da o‘zbek tilida efirga uzatiladi.
“Qaynona kelinga qarshi” seriali ilk bora Yaponiyada 2010-yilda “Fuji TV” telekanalida namoyish etilgan. U biri uchun umr yo‘ldoshi, ikkinchisi uchun o‘g‘il bo‘lgan bir erkakni qattiq yaxshi ko‘rgan ikki ayol o‘rtasidagi ixtilof haqida hikoya qiluvchi maishiy drama.
Nashr eslatishicha, 2016-yil fevralida Yaponiya Fondi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘rtasida Yaponiya Fondining chet elda televizion uzatuv dasturi doirasida bitim imzolangan edi. | 111 | 687 |
Madaniyat | Faqatgina qizil yo‘lak uchun chiroyli kiyinadigan yulduzlar (foto) | Alohida tadbirlar uchun millionlarni ayamaydigan, ammo kundalik obrazga ortiqcha e’tibor bermaydigan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Irina Sheyk
Qizil yo‘lakda o‘ziga xos, qomatga urg‘u beradigan liboslarni kiyishni yaxshi ko‘radigan model oddiy hayotda go‘zallikdan ko‘ra qulaylikni afzal biladi.
Rita Ora
Alohida tadbirlar uchun yasanishni qotiradigan Rita kundalikda futbolka va jinsi kiyishni afzal biladi.
Xaydi Klum
Qizil yo‘lakka didli kiyinib ko‘rk berib turadigan Xaydi odatiy kunlarda nima kiysam ekan, deb boshini qotirib o‘tirmaydi.
Kristen Bell
Sayrga kiyish uchun kiyim tanlab o‘tirmaydigan Kristenning oqshom tadbirlaridagi obrazi kundalikdan sezilarli darajada farq qiladi.
Juliya Roberts
Garderobida qizil yo‘lak va boshqa muhim tadbirlarga mo‘ljallangan liboslar bisyor ekaniga qaramay, Juliya
Roberts oddiy kunlarda ancha sipo va qulay kiyinadi.
Lili Kollinz
Lili — moda olamiga aloqador hamma ham kiyinish borasidagi didli bo‘lavermasligining isboti. Uni ko‘chada shippak va xudi kiygan holda ko‘rish mumkin.
Kira Naytli
Qizil yo‘laklarda didli obrazlari bilan boshqalardan ajralib turadigan aktrisaning ko‘ziga homiladorlik vaqti qulaylikdan boshqa hech nima ko‘rinmagan. | 66 | 1,209 |
Madaniyat | “Bu nima, maymunmi?”: King-Kong haqidagi filmning so‘nggi treyleri chiqdi | Warner Bros. studiyasi “Kong: Bosh suyagi oroli” filmining so‘nggi treylerini e’lon qildi. Filmda bosh rolni Tom Xiddlston ijro etgan, deya xabar bermoqda Meduza.
Film bir guruh olimlar va harbiylarning King-Kong vatani — Bosh suyagi oroliga uyushtirgan ekspeditsiyasi haqida hikoya qiladi.
Xiddlstondan tashqari, filmda Bri Larson va Semyuel L. Jekson ham suratga tushgan. Film rejissori — Jordan Vot-Roberts.
“Kong: Bosh suyagi oroli” MDH mamlakatlari ekranlariga 2017-yil 9-martdan chiqishi kutilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 73 | 580 |
Madaniyat | “Jahongir Otajonov ashula aytmasligi estradamiz uchun jinoyat”. Jahongir Otajonov Davron Kabulovning “7 yulduz” konsertida sahnaga chiqdi (video) | “Million” jamoasi sardori Davron Kabulov “Xalqlar do‘stligi” saroyida “7 yulduz” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etmoqda.
Ushbu konsert dasturi 2021-yilning 1—6-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Respublika maxsus komissiyasining konsertlarda tomoshabinlar umumiy sonining 50 foiziga ruxsat berilishi haqida qarori tufayli “7 yulduz” konserti ham noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan “7 yulduz” shou konsertida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Munisa Rizayeva, Shoxruhxon, Shoxruh reper kabi xonandalarning chiqishi avvaldan ma’lum edi. Qolgan ikki san’atkorning kimligi hozirgacha sir saqlab kelingan.
Sir saqlab kelingan xonandalarning biri O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, yana biri esa Jahongir Otajonov ekani ma’lum bo‘ldi.
Konsert tashkilotchisi Davron Kabulov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida shou-biznesni tark etgan xonanda Jahongir Otajonovning sahnaga chiqishi, xonandaning konsertdagi ishtiroki haqida gapirib berdi.
Jahongir Otajonovning sahnaga chiqishiga hech qanday qarshilik bo‘lmadi. To‘g‘risni aytsam bizning san’atda Jahongir Otajonovdek iste’dod bormi yoki yo‘qmi bilmayman. Haqiqatan talantli, zo‘r ijodkor.
Ularning video murojaatlari menga aloqador emas, bu narsaga aralashmayman va o‘zimga u narsalarni ep ko‘rmayman. Ijodiy tamonlama Jahongir Otajonovning ashula aytmasdan yurishini o‘zbek estradasiga nisbatan jinoyat deb hisoblayman.
“Million” jamoasining konsertida ham jonli ijroni yorib tashlaydigan besh yuz mingta san’atkorimiz yoqki, “bittasi ketdi, o‘rniga mingtasi chiqib keladi”, deb yursak degan fikrlarni aytib o‘tgan edim. Jonli ijro deganimizda ko‘pchilikning xayoliga birinchi bo‘lib, xonanda Jahongir Otajonov keladi.
Jahongir Otajonov yana ijodga qaytish qarorini qabul qilgan ekan, agar odamlarga yana yaxshi kayfiyat ulasha oladigan ko‘rinishda chiroyli, shov-shuvli, go‘zal bir qaytishlariga sababchi bo‘layotganimiz yaxshi, deb o‘ylayman.
Jahongir Otajonov sahnaga chiqishi, ularning o‘zlari bilan ham, boshqa tashkilotlar bilan ham muammoga sabab bo‘lmadi.
Davron Kabulov, “Million” jamoasi sardori, “7 yulduz” shou dasturi tashkilotchisi | 145 | 2,224 |
Madaniyat | 2022-yilning birinchi yarmida internetda eng ko‘p muhokama qilingan Bollivud yulduzlari (foto) | Yarim yildan buyon ko‘ngilochar Bollivud olami yangilik va yangilanishlarga boy bo‘ldi. Bollywoodtime nashri so‘nggi 6 oy ichida mashhurlardan aynan kimlar yangiliklarda ko‘proq tilga olinganini ma’lum qildi.
Shohrux Xon
Bollivud qiroliga hamisha yangiliklar sarlavhasida bo‘lish uchun alohida sabab kerak emas, chunki uning muxlislari doimo aktyor haqida xabarlarni intizorlik bilan kutadi. Shohrux Xon 4 yillik tanaffusdan so‘ng katta ekranga qaytdi. Uning ishtirokidagi “Dunki”, “Javaan” va “Pathaan”ning treyleri allaqachon shov-shuvga sabab bo‘ldi. Buning ustiga, Shohrux Xon 2022-yilning iyun oyida Bollivuddagi faoliyatining 30 yilligini nishonladi.
Dipika Padukone
2022-yil Dipika Kann kinofestivalida hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lgani uchun nafaqat Hindistonda, balki butun dunyo bo‘ylab yangiliklar sarlavhasidan joy oldi. Uning liboslari ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilindi. Ish jarayonida aktrisa ishtirokidagi “Chuqur” (Gehraiyaan) filmi namoyish etildi, shuningdek, “Pathaan” va “Fighter” loyihalari e’lon qilindi.
Kartik Aryan
Kartik uning so‘nggi filmi “Labirint” kassalarda yaxshi natijalarga erishishda davom etayotgani sababli hamon yangiliklarda qolmoqda. Film Hindistonda rekordlarni yangilashda davom etmoqda va allaqachon global blokbaster deb e’lon qilingan. Bundan tashqari, filmning katta muvaffaqiyati uchun uning produseri Bhushan Kumar Kartikka Hindistonning birinchi McLaren avtomobilini sovg‘a qildi.
Aliya Bhatt va Ranbir Kapur
Juftlik uchun 2022-yil chinkamiga yangiliklarga boy bo‘ldi. Avval to‘y, keyin ularning uzoq kutilgan “Braxmastra” filmi treyleri va yilning eng kutilgan taronasi bo‘lmish “Kesariya” taqdimoti. So‘ngra Gollivuddagi debyut va homiladorlik haqidagi xushxabar. Ushbu yangiliklardan so‘ng juftlikning muxlislari xursand bo‘lishi shubhasiz.
Kajol
Bollivudning eng mahoratli aktrisalaridan biri bu safar film tufayli emas, balki “Oskar” marosimida hakamlar hay’ati a’zoligiga taklif qilingani uchun sarlavhalardan o‘rin oldi. | 94 | 1,998 |
Madaniyat | Instagram: Shirinning xonadonidagi quvonchli kun, Feruza Normatovaga atalgan syurpriz, Ozodbek Nazarbekovdan shifokorlarni ulug‘lovchi tarona | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Yulduz Rajabova Istanbulda “Mendirman Jaloliddin” dagi partnyori Emre Kiviljim bilan uchrashdi.
Shahzoda Muhammedova ham sahifasiga Istanbulda tushgan yangi suratini joyladi.
Alisher Uzoqov Ozoda Nursaidova bilan birga uning “Go‘zal kechalarda” qo‘shig‘ini xirgoyi qildi.
Asal Shodiyeva ham folloverlariga Turkiyadan ko‘rinish berdi.
Shuningdek, aktrisa turmush o‘rtog‘i Shohruxxon bilan birgalikda tayyorlagan romantik videoni sahifasiga joyladi.
Xonandalar Nodir Zoitov va Shirin to‘ylarining 2 yilligini nishonladi. Farhod rafiqasi bilan do‘stlarini tabrikladi.
Munisa Rizayeva har lahzada baxtli bo‘lish kerakligi haqida mulohaza yuritdi.
AQShda yashovchi aktrisa Yulduz Hamidova Los-Anjelesdagi restoranlardan birida tug‘ilgan kunini nishonladi.
Durdona Qurbonova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Dilnoza Kubayeva Istanbuldan muxlislari uchun maxsus video joyladi.
Olim aka benzin narxi oshgani munosabati bilan hazil qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
Ozodbek Nazarbekov shifokorlarning kasb bayramiga atab yangi qo‘shiq va unga ishlangan klipni taqdim etdi. | 141 | 1,240 |
Madaniyat | Lola farzandingizga ertak aytib beradi | Lola o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida tez kunlarda audio ertak yozilgan disk taqdim etishini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” xabar qilmoqda.
“Farzandingiz aqlli, mehribon, sahiy, rahmdil bo‘lib ulg‘ayishini istasangiz unga ko‘proq ertaklar o‘qib bering. Azizlarim, siz bilan sehrli yangilikni bo‘lishishga shoshilaman. Yangi yil arafasida bolajonlarga o‘zimning ilk ‘12 oy’ (‘12 mesyatsev’) audio kitobimni taqdim etaman”, ― dedi Lola.
Audio kitob o‘zbek va rus tillarida yozilgan bo‘lib, uning taqdimoti 27-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan.
“Mazkur kitobni yaratishda yordam bergan Discovery do‘konlar tarmog‘iga, Sound Mastering uchun Sarvarga, musiqiy sayqal uchun Ubaydulla Karimovga minnatdorchilik bildiraman. Ovoz yozishda sabr uchun alohida minnatdorchiligimni Aleksandr Xvan va Doniyor Abdullaxonovga izhor etaman”, ― deydi ijodkor. | 38 | 863 |
Madaniyat | Toshkentda “Shum bola” o‘zbek-nemis bolalar va yoshlar kinofestivali bo‘lib o‘tadi | Xemnitzdagi “Shlingel” xalqaro bolalar va yoshlar kinofestival va “O‘zbekkino” agentligi bilan hamkorlikda Gyote instituti bu yil oltinchi marta “Shum bola” bolalar va yoshlar kinofestivalini taqdim etadi. Bu haqda Gyote instituti matbuot xizmati xabar berdi.
Festival 10—14-aprel kunlari Toshkent shahridagi Premier Hall kinoteatrida bo‘lib o‘tadi.
“Shum bola” o‘zbek va rus tillariga dublyaj qilingan “Schlingel” Xemnitz xalqaro kinofestivalining dasturidan eng yangi bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan nemis filmlarini namoyish etadi.
Bundan tashqari, bolalar va yoshlar uchun o‘zbek filmlari ham namoyish etiladi.
“Bu yil biz oltita qiziqarli kino namoyishlarini taqdim etamiz. Bizning eng 5 yoshda bo‘lgan eng yosh tomoshabinlarimiz uchun ‘Peterson va Findus – Findus ko‘chmoqda’ filmini namoyish etamiz. Ottfrid Proyslerning ‘Kichgina yalmog‘iz’ va Maykl Endening klassikasi ‘Jim Knopf va mashinist Lukas’ kabi klassik asarlar asosidagi olingan filmlar shular qatorida. Bundan tashqari nemis va finlyandiya mahsuloti ‘Matti va Sami’ hamda ‘Dunyodagi uchta eng katta xato’ filmi namoyish qilinadi.
‘Mening shaytongina dugonam’ 11 yoshdagilar unchun film hisoblanadi. Germaniya demokratik respublikasi vaqtida maktabda siyosiy faol sinf haqida “Sokin qo‘zg‘olon” filmi ham shu o‘rinda namoyish qilinadi. | 82 | 1,314 |
Madaniyat | Keti Perri mashhurlikda Beyonseni ortda qoldirdi | Aksariyat ekspertlar bir ovoz bilan Keti Perrini MTV Europe Music Awards sovrinini olishga asosiy da’vogar sifatida ko‘rsatmoqda. Bu haqda “Muzgazeta”ga tayanib, “Segodnya” xabar bermoqda.
Beyonse va Jey Zining dunyo bo‘ylab turnelarida erishgan ulkan muvaffaqiyatlariga qaramay, musiqa bo‘yicha ekspertlar nufuzli sovrin 30 yoshli Keti Perriga nasib qilishini taxmin qilmoqda.
Manbada aytilishicha, Perri bunday mashhurlikka ancha kam kuch va vaqt sarflab erishgan. Tanqidchilarning fikricha, Keti nomzodi ko‘rsatilgan barcha 7 nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritishi mumkin. MTV Europe Music Awards 2014-yilgi taqdirlash marosimi 23-oktabrda Moskvada o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. | 48 | 686 |
Madaniyat | Qo‘shiqchi Selin Dionning turmush o‘rtog‘i saraton xastaligidan vafot etdi | Jahonga mashhur kanadalik qo‘shiqchi Selin Dionning turmush o‘rtog‘i Rene Anjelil tomoq saratoni bilan uzoq kurashdan so‘ng vafot etdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
Qo‘shiqchining menejeri ham bo‘lgan 73 yoshli Anjelil Las-Vegasdagi uyida vafot etdi. Uning o‘limi haqidagi xabar Selin Dionning saytida paydo bo‘ldi.
“Rene Anjelil bugun tongda o‘zining Las-Vegasdagi uyida saratonga qarshi uzoq davom etgan mardonavor kurashidan so‘ng vafot etdi. Hozirgi paytda Renening oilasi uning shaxsiy hayotini hurmat qilishni iltimos qiladi. To‘liqroq ma’lumot keyin taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.
Selin Dion Rene Anjelilga 1994-yilda turmushga chiqqan edi. Qo‘shiqchi undan 26 yoshga kichik edi. Ulardan uch nafar farzand – 14 yoshli Rene-Charlz va besh yoshli egizaklar Nelson va Eddi qoldi. | 74 | 798 |
Madaniyat | Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori Adham Abdullayev vafot etdi | Davomi: Gulistonlik O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayev vafot etdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri matbuot xizmati xabar berdi.
Adham Abdullayev 1953-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2002-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan mukofotlangan.
Adham Abdullayev 1975-yil Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida o‘z ijodiy faoliyatini boshlagan. Ijodkor o‘tgan yillar mobaynida 130 dan ziyod dramatik, tragik, hajviy, musiqiy hamda ertak qahramonlarining betakror obrazlarini yaratgan.
“So‘nggi fojia”da Shavkat, “Serg‘ayrat kishilar”da Soddadil, “Richard III”da Lord Xestinges, “Hammom”da Belvidonskiy, “Qizbuloq”da Gung, “Imzo”da Leonid Shindin, “Soxta oqsuyak”da Raqs muallimi, “Chorbog‘dagi hangomalar”da Lomov Ivan Vasilyevich, “Alisher Navoiy”da Majididdin, “Oddiy askarlar”da Kapitan Dugin, “Hiylayi sha’riy”da Sharif, “Chanduning sarguzashlari”da Keku Banya, “Qirol Lir”da Gersog Albani rollari shular jumlasidandir.
Teatrshunos, jurnalist sifatida “Sirdaryo viloyati teatri tarixi, aktyor va rejissorlari faoliyatiga oid yozgan o‘nlab ilmiy maqolalari respublika va viloyat gazeta hamda jurnallarida chop etilgan. | 75 | 1,346 |
Madaniyat | Kim Kardashyanning Instagram’dagi obunachilari soni 200 millionga yetdi. Yana qaysi yulduzlar ushbu natijaga erishgan? | Bundan bir necha yil avval ijtimoiy tarmoqlar qirolichasi maqomiga ega bo‘lgan Kim Kardashyan oradan vaqt o‘tib o‘rnini o‘zidan yosh yulduzlarga bo‘shatib berishiga to‘g‘ri kelgan.
Kim 2021-yilning yanvar oyida 200 million obunachiga ega bo‘ldi.
View this post on Instagram
Ammo singlisi Kayli allaqachon ushbu natijaga erishib bo‘lgan.
View this post on Instagram
Reper Kanye Uest bilan ajrashishi haqida gap-so‘zlar bolalaganidan keyin blogiga ko‘proq e’tibor qaratilgan Kim kuzatuvchilari soni 200 millionga yetgani munosabati bilan muxlislariga minnatdorchilik bildirgan.
View this post on Instagram
Sportchi Krishtianu Ronalduning obunachilari soni birinchilardan bo‘lib 200 millionga yetgan. Ayni vaqtda Instagram qiroli deb ataladigan Ronalduning sahifasida 255 million kuzatuvchi bor. Sportchining nafaqat Instagram blogi, balki ishtirokidagi har qanday loyiha omadli natija qayd etgan.
View this post on Instagram
Ayollar orasidan esa Ariana Grande birinchi bo‘lib 200 million obunachiga ega bo‘lgan. Xonanda blogida muxlislari bilan suhbatlashadi, konsert dasturlari haqida ma’lumot beradi hamda shaxsiy va karyerasiga oid suratlar bilan bo‘lishib boradi.
View this post on Instagram
Dueyn Jonsonning kuzatuvchilari soni oshishiga esa uning sport trenirovkalari hamda jajji qizalog‘i bilan birgalikdagi surat va videolarni joylab borishi sabab bo‘lgan. Gollivudni zabt etgan va eng ko‘p haq to‘lanadigan “Skala” qizining istagiga binoan multfilmlardagi qo‘shiqlarni kuylab berishini kuzatish muxlislar uchun yoqimli hisoblanadi va shuning uchundir balki uni bugungi kunda 212 million kishi kuzatadi.
View this post on Instagram
Obunachilarining soni 200 millionni tashkil qilgan yulduzlar orasiga Selena Gomes qo‘shilganiga hali ko‘p bo‘lmagan. Shaxsiy hayoti haqida ovoza qilishni xush ko‘rmaydigan qo‘shiqchi Instagram sahifasiga o‘ziga xos videolar joylab boradi. | 118 | 1,973 |
Madaniyat | Teylor Svift eng ko‘p haq oladigan yosh yulduz deb tan olindi | AQShning Forbes jurnali 30 yoshga yetmagan, eng ko‘p haq oladigan shou-biznes va sport yulduzlari reytingini tuzib chiqdi. 26 yoshli kantri ijrochisi Teylor Svift ushbu reytingga boshchilik qilmoqda — qiz 2016-yilda 170 million dollar ishlab topdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Undan keyingi o‘rinlarni Britaniyaning One Direction pop guruhi (110 million dollar) hamda futbolchi Lionel Messi (81,5 million dollar) egalladi.
Birinchi o‘nlikka, shuningdek, xonandalar Adel (80,5 million dollar), Rianna (75 million dollar), Jastin Biber, tennischi Novak Jokovich va basketbolchi Kevin Dyurant ( har biri — 56 million dollardan), xonanda The Weeknd (55 million dollar), amerika futboli o‘yinchisi Kem Nyuton va golfchi Jordan Spit (har biri — 53 million dollardan) kirdi. | 61 | 778 |
Madaniyat | “Hech kimning uyini uning shaxsiy roziligisiz tintuv qilish mumkin emas” — xonanda Dilfuza Ismoilova konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga munosabat bildirdi (video) | Konstitutsiyaning 53-moddasi bo‘yicha taklif etilayotgan loyihaning ahamiyati va bu o‘zgartirish xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligini yanada mustahkamlashi haqida xonanda Dilfuza Ismoilova o‘z munosabatini bildirdi.
“Hammamiz guvoh bo‘lyapmizki, yurtimizda konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. E’tiborlisi shuki, bu ochiq-oydin xalq bilan maslahatlashgan holda bajarilmoqda. Buni xalqimiz uchun juda ham katta yangilik deb bilaman. Shuning uchun xohlagan odam o‘z taklifini bermoqda. Bu quvonarli holat, chunki odamlar o‘z kelajagiga befarq bo‘lmayapti. Men ham o‘z taklifimni bildirmoqchiman.
Konstitutsiyada ‘Uy-joyga, shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan kechirish va tintuv o‘tkazish faqat qonunda belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilishi belgilanishi darkor’, deyilmoqda. Juda to‘g‘ri, ochiq va oqilona taklif. Umuman, har bir inson mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish va uni tintuv qilish mumkin emas. Shu qoida konstitutsiyada belgilanib qo‘yilgan bo‘lsa, bu davlatning yana bir eng asosiy kafolatiga aylanadi. Mana, yurtimizdagi konstitutsiyaga qanday yaxshi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu biz fuqarolar uchun, bizning kelajagimiz uchun. Ilohim, yurtimizda tinchlik bo‘lsin, sog‘liq-salomatlik bo‘lsin, yurtimiz aholisi uchun shunaqa yangi, zo‘r qonunlar amalga kiritilmoqchi, men o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, — deydi xonanda Dilfuza Ismoilova.
Eslatib o‘tamiz, konstitutsiyaga yangi 531-modda qo‘shiladi:
“Hozir muammolarimizni hal qiladigan davr”. Ozoda Nursaidova 3 yil avval uyi buzilganidan aziyat chekkani hamda konstitutsiyaning tegishli moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirish haqida | 176 | 1,733 |
Madaniyat | “Qirol sher” multfilmi saundtrekini kuylagan xonanda Mitch Margo vafot etdi | AQShning The Tokens guruhi yakkaxoni Mitch Margo 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda, Los Angeles Times gazetasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Musiqachining qarindoshlari Margo 24-noyabr kuni Kaliforniyadagi uyida hayotdan ko‘z yumganini aytdi, lekin bu haqda endi ma’lum bo‘ldi. Uning vafoti sabablari aniqlashtirilmayapti.
Margo The Tokens guruhida 1960-yildan ishtirok etib kelgan. Guruh The Lion Sleeps Tonight qo‘shig‘i tufayli shuhratga erishdi — u “Qirol sher” multfilmining saundtreklaridan biri edi.
2004-yili jamoa vokal guruhlar shuhrat zaliga kiritildi. | 75 | 575 |
Madaniyat | Ishonish qiyin: 2022-yilda 60 yoshni qarshi oladigan jahon yulduzlari (foto) | Hammaga ma’lum – qarish muqarrar, ammo ba’zi mashhurlar bunga ahamiyat bermaydi. Shu bois 2022-yil ularning 60 yoshga to‘lishi kutilmagan xabar bo‘lishi mumkin. Ehtimol, ularning orasida sizning ham sevimli aktyor yoki aktrisangiz bordir.
Gollivud afsonasi Tom Kruz 2022-yil 3-iyul kuni o‘zining 60 yoshini nishonlaydi.
Demi Mur 2022-yil 11-noyabr kuni 60 yoshga to‘ladi.
Sevimli komediyachi Stiv Kerell 2022-yil 16-avgust kuni 60 yoshga to‘ladi.
Ikki karra “Oskar” sohibasi Jodi Foster 2022-yil 19-noyabr kuni o‘zining 60 yoshini nishonlaydi.
Ingliz aktyori Ralf Fayns 2022-yil 22-dekabr kuni o‘zining 60 yoshini nishonlaydi.
“Umidsiz uy bekalari” yulduzi Felisiti Xaffman 2022-yil 9-dekabr kuni 60 yoshga to‘ladi.
Komediyachi Rozi O’Donnell 2022-yil 21-mart kuni o‘zining 60 yoshini nishonlaydi.
Uesli Snayps 2022-yil 31-iyul kuni 60 yoshga to‘ladi.
Aktrisa Joan Kusak 2022-yil 11-oktabr kuni o‘zining 60 yoshini nishonlaydi.
Red Hot Chili Peppers guruhi solisti Entoni Kidis 2022-yil 1-noyabr kuni 60 yoshga to‘ladi.
“Riverdeyl”, “Showgirls” va “Aloqa” filmlari yulduzi Jina Gershon 2022-yil 10-iyun kuni 60 yoshga to‘ladi.
Pola Abdul 2022-yil 19-iyun kuni 60 yoshga to‘ladi.
Afsonaviy rokchi Jon Bon Jovi 2022-yil 2-mart kuni 60 yoshga to‘ldi.
“Umidsiz uy bekalari” yulduzi Marsiya Kross 2022-yil 25-mart kuni 60 yoshga to‘ladi.
Jennifer Jeyson Lining tug‘ilgan kuni allaqachon o‘td, u 2022-yil 5-fevral kuni 60 yoshga to‘ldi.
Jim Kerri 2022-yil 17-yanvar kuni 60 yoshini nishonladi. | 76 | 1,503 |
Madaniyat | Ra’no Yarasheva birinchi turmushidan ajrashishi sababi, erining qasami sabab qizalog‘i o‘lgani haqida gapirib berdi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva YouTube’dagi YashinTV kanaliga eksklyuziv intervyu berdi.
Ra’no Yarasheva suhbat davomida birinchi turmushidan ajrashishi sababi, erining qasami sabab qizalog‘i o‘lib qolgani haqida gapirib berdi.
Do‘stlar bilan bir davrada o‘tirganimizda she’rlar o‘qishlarim turmush o‘rtog‘imga yoqmas edi. O‘sha davradan chiqib toki uyga kelgunimizcha nimaga o‘zingni ko‘rsatasan, deb men bilan janjallashib kelardilar. Bu odatlaridan so‘ng keyingi safar o‘shanaqa davralarga, o‘tirishlarga bormayman, desam, sen men bilan birga yurishga or qilyapsanmi, derdilar. Alloh bizga qiz berdi, o‘g‘il berdi, ammo tortishuvlarimiz tugamadi. Men o‘ylagan erkinlik, orzular bo‘lmadi, turmush degani ham juda mashaqqatli hayot ekan.
Bir kuni o‘sha odam ichib kelib, qattiq jism bilan boshimga urgan. Uydan dadamnikiga chiqib ketganman. Buni dadam ko‘rib, nima bo‘ldi, dedilar. Dadamga osonlikcha ko‘p narsani aytmas edim, chunki ularning jahllari juda baland edi. Bo‘lgan voqeani aytganimda, seni ham biror aybing bordirki, shunday urgandir, dedilar. O‘z-o‘zidan shunday janjal bo‘lganini aytganimdan so‘ng akam, onam, dadam mashinaga o‘tirib, erimning uyiga kelganmiz.
Bir janjallashganimizda erim agar oilam bilan asossiz janjallashsam, zarracha ko‘nglini og‘ritsam, bolamning o‘ligining ustida turay, deb qasam ichgandi. O‘shandan so‘ng to‘rt yoshlik qizalog‘imiz o‘lib qoldi. Yosh oilalar har qanday vaziyatda ham bolalarini o‘rtaga qo‘yib qasam ichishlari kerak emas. Har qanday holatda ham bu narsaga jiddiy e’tibor berish kerak.
Xullas, dadam bilan erimning hovlisiga bordik. Dadam erimga nimaga qizimni urding, dedilar. Ular jim turdilar. Qizim o‘g‘rilik qildimi, buzuqlik qildimi, uyingdan biror narsani sendan so‘ramasdan sotib yubordimi, nima qildi, dedilar. Endi oilada bo‘ladi-ku, urdim-da, deb javob berganlarida dadam u odamga musht tushirib yubordi. Shu voqeadan so‘ng biz butunlay ajrashib ketdik.
Ra’no Yarasheva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Ma’lumot uchun, Ra’no Yarasheva O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, teatrda ko‘plab turli darajadagi rollarni ijro etgan. Aktrisa kino olamida “O‘zimdan o‘zimgacha”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq”, “Telba”, “Shabnam”, “Kuzda gullagan daraxt”, “Qorako‘z” kabi filmlarda ham turli obrazlarni gavdalantirgan.
Ra’no Yarasheva hamkasbi Dilbar Ikromova haqida: “Hayotda tortinchoq va beozor, sahnada esa qudratli ayol edi” | 123 | 2,444 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik yosh sozanda Italiyani maftun etdi | Izzatilla Toshkenboyev Italiyadagi XIII Chitta di Pezaro xalqaro musiqa tanlovidagi “Milliy kuylar” toifasida, “Musiqa uchun Di Ferdinando” va Vittorio Livi nomidagi xalqaro tanlovlarning bosh mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Jahon” xabar bermoqda.
U Joakkino Rossini nomidagi Xalqaro musiqa festivalida o‘zbek milliy musiqa asbobi — changda “Sevilyalik sartarosh” operasidagi musiqali muqaddimani hamda o‘zbek va jahon mumtoz san’ati asarlarini yuksak mahorat bilan ijro etgani bois ulkan muvaffaqiyat va e’tirofga sazovor bo‘ldi. U O‘zbekistondan birinchi bo‘lib “Kelajak musiqachisi” toifasida musiqa olamidagi eng yuksak mukofotlardan biri — “Chinni qalb” sovrinini qo‘lga kiritdi.
Keng miqyosda e’tirof qozonish I. Toshkenboyevga Vatikanning mashhur Avliyo Pyotr maydonida Italiyaning RAI teleradiokompaniyasi tomonidan tashkil qilingan Xalqlar o‘rtasida san’at va musiqa vositasidagi do‘stlik festivalida butun jahonning yuz minglab tomoshabinlari qarshisida o‘z mahoratini namoyish etish imkonini berdi. Yosh sozanda chang asbobida musiqani zo‘r mahorat bilan ijro etgani bois Rim Papasi Fransisk o‘z taassurotini izhor etgan holda u bilan shaxsan tanishdi. Pontifik O‘zbekiston vakili taqdim etgan do‘ppini esdalik sovg‘asi sifatida oldi. | 49 | 1,256 |
Madaniyat | Jorj Kluni dang‘ilama uyini ta’mirlayotgani sabab qo‘shnilarini vaqtincha mehmonxonaga joylashtirdi | Aktyor Jorj Kluni Angliyaning Sonning qishlog‘idagi dang‘ilama uyini ta’mirlayotgani sabab, qo‘shnilarini vaqtincha mehmonxonaga joylashtirdi, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Kluni ushbu dang‘illama uyni 2014-yilda sotib olgan, ko‘p o‘tmay u yerda ulkan rekonstruksiya ishlari, jumladan, 20 metrli basseyn va 12 kishiga mo‘ljallangan kinoteatr qurilishi boshlangan, mingga yaqin katta daraxtlar paydo bo‘lgan edi.
Qo‘shnilar doimiy tuproq tashigan yuk mashinalaridan shikoyat qilgach, kinoyulduz ular bilan uchrashdi va ularni olti hafta hashamatli mehmonxonada yashashi, bir hafta greklarning Korfu orolida dam olishlari uchun sarf-xarajatni to‘lab berdi.
Shuningdek, ularga 30 ming funt (37 ming dollar) miqdorda tovon puli ham to‘ladi. Bundan tashqari, Kluni ta’mirlash ishlari tugagunga qadar qo‘shni er-xotinning hashamatli uyini ijara haqini to‘lab, ularga yangi changyutkich sovg‘a qildi.
55 yoshli Jorj hamda uning 38 yoshli rafiqasi Amal egiz farzand kutmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 99 | 1,044 |
Madaniyat | Alisher Navoiy kinosaroyida Prezident topshirig‘iga ko‘ra suratga olingan 3 ta film taqdimoti o‘tkazildi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-avgust kuni madaniyat, san’at, ma’naviyat va adabiyot namoyondalari bilan uchrashuvida kinematografiya sohasiga, xususan, buyuk ajdodlar va zamondoshlar hayoti haqidagi turli janrlarda yaratiladigan filmlarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi, deb xabar beradi “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan yuqoridagi mavzularda qator badiiy va hujjatli filmlar ishlab chiqarilmoqda. Suratga olingan filmlar targ‘ibotini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 31-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda o‘tkazilgan “Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy”, “Xasanboy Do‘smatov” hamda “Vatan ichra mo‘jaz Vatan” nomli hujjatli filmlar taqdimotlari o‘tkazildi.
“Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy”
Ssenariy mualliflari: Sadriddin Salim Buxoriy, Ja’far Xolmo‘minov
Rejissor: Aleksandr Gamirov
Operator: Umid Malikov
“Insonning ruhiy-ma’naviy poklanishi, go‘zal xulq, sof e’tiqod halol rizq bilan umrguzaronlikka da’vat qiladigan Xojagon tariqati o‘rta asrlar musulmon Sharqi tafakkur tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Ayniqsa, ushbu tariqatning asoschisi buyuk vatandoshimiz Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy asrlar davomida “Xojayi jahon” deb ulug‘lanib kelindi.
Mazkur filmda Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniyning shogirdlari hamda muridlarining xotiralari, kitoblaridagi hayotiga oid yozma manbalarga asoslangan holda uning hayot yo‘lini tasvirlashga harakat qilindi.
‘Xojayi jahon Abdulxoliq G‘ijduvoniy’ hujjatli filmi butun umrini insonning ma’naviy - ruhiy kamolotiga bag‘ishlagan buyuk vatandoshimiz Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligiga bag‘ishlanadi”, — deyiladi xabarda.
“Xasanboy Do‘smatov” nomli 2 qismli hujjatli filmi ssenariy muallifi Dilfuza Turdiboyeva, rejissor Raisa Roldugina, operator Behzod Qodirov tomonidan ishlangan.
Ushbu film yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti, ular qalbida sport bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari chempionlariga havas uyg‘otish hamda giyohvandlikka qarshi kurashish g‘oyalarini ilgari surish maqsadida yaratildi. Film Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida boks bo‘yicha zafar quchgan Xasanboy Do‘smatov misolida ochib berilgan.
“Vatan ichra mo‘jaz Vatan”
(Mahalla – mustahkam oila va sog‘lom avlod tayanchi)
Ssenariy muallifi: Rustam Jabborov
Rejissor: Bobur Yo‘ldoshev
Operator: Temur Ayudullayev
Musiqa muharriri: Jamshid Izomov
“Azal-azaldan o‘zbek xalqi jamoada, ahillikda yashab turmush kechirgan. Xalqimizga xos turli milliy qadriyatlar, to‘y-hasham va boshqa marosimlar aynan jamoaviy yo‘l bilan o‘tkazilgan. Bu ezgu qadriyat esa “mahalla” nomi bilan atalgan.
Mazkur filmda yurtimizda samarali yo‘lga qo‘yilgan mahalla instituti, ya’ni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi va uning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi”, — deyiladi xabarda. | 104 | 2,906 |
Madaniyat | 23-oktabr kuni Hilol Nasimovning “Ajal jodusi” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi | 23-oktab kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “Vatan” kinostudiyasida suratga olingan o‘tkir syujetli drama janridagi “Ajal jodusi” badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
2014-yilning dekabr oyida ishlab chiqarishga tushirilgan mazkur filmni suratga olish ishlari Toshkent viloyatining Chorvoq va So‘qoq hududlarida, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Boshqirdiston Respublikasida amalga oshirildi.
Rejissor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan ushbu filmda butun dunyoda jiddiy muammoga aylangan noqonuniy migratsiya va uning oqibatida yuzaga keladigan muammolar – qonunni chetlab o‘tgan holda, xorijiy mamlakatga borib, noqonuniy mehnat muhojiriga aylangan shaxslarning mashaqqatli mehnati, huquqsizlikdagi og‘ir hayoti va ba’zan ayanchli tugayotgan qismati haqida hayotiy misollar asosida, ta’sirchan yo‘sinda hikoya qilinadi.
Dabdabali to‘y qilib, qarzga botgan oila a’zolari jiddiy muammoga duch keladi. Oqibatda ota va uning ikki o‘g‘li pul topish ilinjida mavjud qonun-qoidalarni chetlab o‘tib, noqonuniy tarzda xorijga ishlash uchun yo‘l oladi. Ammo ular o‘zga yurtda huquqsizlikda yashab, ayanchli voqealarni boshdan kechirishga majbur bo‘ladi. Ana shunday sargardonliklar oqibatida ota vafot etadi.
Filmda Muyassar Berdiqulova, Shirin Ismoilova, Bahodir Murodov, Shohruh Nasimov, Fotih Nasimov va boshqalar rol ijro etgan.
Rejissor Hilol Nasimov bungacha ham ijtimoiy buyurtma asosida “Aldangan ayol”, “Tubanlik”, “Odnoklassniki.ru”, “Gumrohlar” kabi filmlarni suratga olgan. | 77 | 1,624 |
Madaniyat | Bo`g`ib o`ldirilgan 15 yoshli qizning qotili o`gay akasi bo`lib chiqdi | Toshkentning Yunusobod tumanida bo`g`ib o`ldirilgan maktab o`quvchisining qotillik ishi bo`yicha yangi tafsilotlar paydo bo`ldi.
Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 15 yashar maktab o`quvchisining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi.
Tergov-tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan 20-yoshli E.A. ushlangan.
Keyinroq ma`lum bo`lishicha, qo`lga olingan shaxs – qizning o`gay akasi. Dastlabki xabarlarga ko`ra, u ushbu qotillikni ular o`rtasida kelib chiqqan o`zaro janjal oqibatida sodir etgan.
Mazkur qotillik yuzasidan Toshkent prokuraturasi O`zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoiy ish qo`zg`atildi.
Hozirda jinoyatning sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda. | 70 | 771 |
Madaniyat | Nargiz Zokirovaning yangi klipida oilasida jabr-zulm ko‘rgan ayollar qatnashdi (video) | Qo‘shiqchi Nargiz Zokirova “Nelyubov” (“Nafrat”) qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Unda oilasida jabr-zulm ko‘rgan ayollar qatnashdi, deb yozadi “Nasiliyu.net”.
Klipda xonandaning o‘zi ham hayotiy hikoyasini gapirib berdi: “Erim jag‘imni urib sindirgan. Yerga yiqilib yotganimda tepgan, bolalarimni kaltaklagan, meni o‘ldirishini aytib qo‘rqitgan”.
Klipda oddiy ayollar qatorida rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Valeriya ham qatnashgan va birinchi turmush o‘rtog‘idan ko‘rgan xo‘rliklari haqida so‘zlab bergan.
Pirovardida, klipning har bir qahramoni hayotda o‘z baxtini topgan. Ular qiyin vaziyatga tushib qolganda, jabr-zulmga chidab, indamay o‘tiraverish emas, bunga qarshi kurashishga da’vat qilgan. | 86 | 701 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva: 14 yoshimda frontga jo‘natishgan, eslasam, dahshatga tushaman | O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Yayra Abdullayeva Ikkinchi jahon urushi dahshatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan san’atkorlardan. 86 yoshli aktrisaning xotiralari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Darakchi” gazetasida e’lon qilindi.
“O‘shanda 14 yoshda edim. Frontga jo‘natish uchun Filarmoniyada 19 ta brigada tuzilgan edi. Ular orasida Tamaraxonim va Gavhar Rahimova rahbarligidagi xotin-qizlar ansambli ham bor edi. Onam Luiza ansamblda ham baletmeystr, ham raqqosa edi. Buvimning qaramog‘ida edim, lekin u kishi shifoxonaga tushib qolgan. Natijada bitta o‘zim qolib ketganman. Shunda xolalarim Tamaraxonim, Gavhar Rahimova: ‘Bir o‘zini qoldirmaylik’, deb meni ham frontga olib ketishgan”, — deydi Yayra Abdullayeva.
“Urush yillarini eslasam, yuragim orqaga tortib ketadi. Maktabga borish qayoqda deysiz. O‘sha vaqtdagi yoshlarning fikrlashi o‘zgacha edi, yoshiga nisbatan ancha tez ulg‘ayardi. Buning bariga urush dahshatlari sabab. Bolaga bolaligini bolaligida bergin, deb bejizga aytishmaydi. Biz bolalikning shirin damlarini ‘Yurtimiz tinch bo‘lsin, halovatda yashagim kelyapti’, degan o‘y, orzu bilan o‘tkazganmiz”, — deydi taniqli aktrisa.
“Konsertlarda yarador askarlarni ko‘rish... U manzarani eslashning o‘zi dahshat. Ular: ‘Onajonlar, opa-singillarim, sizlarni yuzingizga boqib, O‘zbekistonni ko‘rgandek bo‘lyapmiz’, deb quvonishardi. Gospitallarda nafaqat konsertlar berganmiz, balki maxsus liboslar kiyib, sog‘liq va tozalikni saqlash ishlarida ham ishtirok etardik. Gospitaldagi bitta vagonda kir yuvish xonasi bo‘lardi. Qonga belangan bintlarni yuvardim, yarador askarlarning tirnoqlarini olardim. Urush nimaligini gospitalga kirganda bilarkan kishi. Ishimizni tugatgach, yana milliy liboslarimizni kiyib, vagonma-vagon yurib, turli tillarda qo‘shiq kuylab, konsert qo‘yardik”, — dedi O‘zbekiston xalq artisti.
“Shu tobda bir voqea yodimga tushib ketdi. Polshaga borganimizda bir otxonada sahna o‘rnida supacha qurilgan edi. Atrofda chamasi 400 tacha odam sig‘adigan joy bor. Otxona bo‘lgani uchun askarlar yerga somon to‘shab, konsert tomosha qilgan edi. 17 soat tinmay tik oyoqda 3 ming askarga bitta dasturni qayta-qayta qo‘yaverardik, ular galma-gal kelib ketaverishardi. O‘zbekiston xalq artisti Kommuna Ismoilovaning oyog‘i shishib ketgani hamon ko‘z o‘ngimda turadi. Askarlar ketishidan avval: ‘Singillarim, biz g‘alaba bilan qaytamiz’, deyishardi”, — dedi Yayra Abdullayeva.
“G‘alaba... O‘sha quvonchni til ta’rif etolmaydi. 37-o‘qchi harbiy qismda edik. Dansigga yetganimizda, ‘Sizlar endi boshqa harbiy qism qaramog‘ida bo‘lasizlar’, deb bizni ortga qaytarishgan. Shunda g‘alaba qozonganimizni tushunganmiz. Yodimda, o‘shanda 27 aprel edi. Shu kunga ham 71 yil to‘libdi”, — dedi aktrisa.
“Televizorda dunyoda bo‘layotgan voqealarni ko‘rib, ilohim osmonimiz musaffo bo‘lsin, deb duo qilaman. Tinchligimizga ko‘z tegmasin! Notinchliklarning bari bilimsizlik, ongsizlikdan, deb bilaman. Shuning uchun imkon, fursat borida ilm olish, til o‘rganish kerak”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva.
Ma’lumot uchun, Yayra Abdullayeva 1930-yili Toshkentda tug‘ilgan. 1950-yildan hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida ish boshlagan. 1964-yili O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan. 1998-yili “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan. | 105 | 3,320 |
Madaniyat | Moskvada yashayotgan Zarina Nizomiddinova, Alisher Uzoqovning armoni, bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlagan san’atkorlar. Mashhurlar karantinda | San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 26-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Lola musulmon ahlini Hayit ayyomi bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Amir Xon va Kajol bosh rollarni ijro etgan “Jonim fido” filmi suratga olinganiga 14 yil to‘ldi. Kajol shu munosabat bilan sahifasiga filmni suratga olishga tayyorgarlik jarayoni aks etgan suratni joyladi.
View this post on Instagram
Alisher Uzoqov arxiv surat bilan bo‘lishdi hamda “Arsenal” futbol jamoasida to‘p surish nasib etmaganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Aktrisa Zarina Nizomiddinova Moskvada yashayotganini bildirdi. Uning akkaunti bosh sahifasida “Living in Moscow” (Moskvada yashaydi) yozuvi paydo bo‘ldi. Aktrisa so‘nggi paytlarda joylayotgan suratlarida hamda turgan joyini Moskva deb ko‘rsatmoqda.
View this post on Instagram
Manzura folloverlariga kakaoli keks pishirishni o‘rgatdi.
View this post on Instagram
Jahongir Poziljonov “Zerda” qo‘shig‘iga chellenj e’lon qildi.
View this post on Instagram
Aktrisa Luiza Rasulova yangi suratlar bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Dilso‘z turk tilida kuylangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova muxlislari uchun yangilik hozirlayotganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
O‘zbekiston tog‘larida sayr qilayotgan Shahlo Ahmedova.
View this post on Instagram
Rossiyalik xonanda Alsu barcha bitiruvchilarga “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qo‘shig‘ini kuylab berdi.
View this post on Instagram
O‘zbekistonlik bir guruh san’atkorlar bitiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajoyib videorolik tayyorladi.
View this post on Instagram
Shahzoda qiyinchiliklar bir kuni ortda qolib, ularning qanday yengib o‘tilgani xotiraga aylanishini haqida mulohaza yuritdi.
View this post on Instagram
Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin: | 141 | 2,190 |
Madaniyat | “Tanka” qoraqalpoq kinosining yagona filmi bo‘lib qoldimi? | “O‘zbekfilm” kinostudiyasining texnik yordami bilan bundan 16 yil avval suratga olingan Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, kinossenarist Muratbay Nizanov muallifligidagi “Tanka” komediyasi qoraqalpoq kinosan’atida alohida o‘rin egalladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Badiiy film o‘zbek tiliga dublyaj qilinganidan so‘ng faqat qoraqalpoq xalqi emas, balki butun O‘zbekiston kinoixlosmandlarini takror-takror tomosha qilishga chorlaydigan bayramona ekran asariga aylandi. “Tanka” M.Nizanov qalamiga mansub yagona film emas. “Kurort”, “O‘g‘ri”, “Qo‘shnilar” kabi filmlari ham tomoshabinlarning sevib tomosha qiladigan filmlar qatoridan joy oldi.
Lekin M.Nizanovning ushbu mashhur filmlaridan, xususan, “Tanka” asaridan so‘ng qoraqalpoq kinoindustriyasida tomoshabinlar ko‘ngilidan joy oladigan yaxshi asarlar ko‘rinmay qolganligi haqiqat. Qoraqalpoq badiiy kinosan’ati nima uchun inqirozga yuz tutdi?
Muratbay Nizanov:
—“Qaraqalpaqfilm” kinostudiyasi 1970-yili tashkil qilingan bo‘lib, qariyb o‘ttiz yil hujjatli filmlar studiyasi shaklida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ikki minginchi yillarga kelib u badiiy va multiplikatsion filmlar, bolalar hayotiga muljallangan yumoristik jurnallar yaratadigan ko‘p qirrali studiyaga aylandi.
Ayniqsa, 2002-yili “O‘zbekfilm” kinostudiyasi bilan hamkorlikda “Tanka” filmi yaratilgandan so‘ng studiya mashhurlikka qarab ilk qadam quydi. Mana, o‘n olti yildirki, film hamon teleekranlarda namoyish qilib kelinmoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: nima uchun qoraqalpoq kinochilari bitta yaxshi film yaratti-yu, keyin jimib qoldi? “Tanka” tanho film bo‘lib qoladimi?
Yo‘q, albatta! “Tanka”ning izbosarlari bor edi. Faqat u filmlar o‘zbek tiliga dublyaj qilinmadi va telekanallardan namoyish etilmadi.
Agar shu kunlarda (biroz kechikib bo‘lsa-da) “Kurort” filmi o‘zbekchaga dublyaj qilinib, teledasturlarda ko‘rsatilganida edi, “E, ’Tanka’ning izidan yana bir ajoyib film paydo bo‘libdi-ku” degan duv-duv gap paydo bo‘lardi.
Men 2003—2013-yillarda qoraqalpoq kinosiga rahbarlik qildim. O‘sha o‘n yil ichida 8 ta badiiy film, 10 ta bolalar uchun yumoristik jurnal, to‘rtta animatsion filmlar yaratildi. Hujjatli filmlarning sanog‘ini bilmayman.
Negadir keyinga paytda studiya sust ishlayapti. 2013-yildan buyon qoraqalpoq tilida bironta film yaratilmadi. “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan studiyaga nisbatan ishonch ham yo‘qolib boryapti. Qanaqadir badiiy film bermoqchi bo‘lsa, Toshkentdan rejissyor tayinlab qo‘yayapti! To‘g‘ri, o‘zbek kinosi ko‘p yillik tarixga ega. Tajribali, talantli rejisserlar ham ko‘pdir. Ammo, hech kim qoraqalpoq xalqining mentaliteti, an’analari, yashash tarzini o‘zimizdek yetuk bilmaydi-da!
XVII-XVIII asrlarda yashab o‘tgan qoraqalpoq xalqining buyuk ajdodlari Maman biy, Aydos biy, ulug‘ mutafakkir shoirlar Ajiniyaz, Berdaq haqida zo‘r filmlar yaratsa bo‘ladi. Ayniqsa, qoraqalpoq xalq eposi “ Qirq qiz” to‘g‘risida bitta film yaratilsa, uning bosh qahramoni, sarkarda Gulayim obrazi jahonga mashhur “Kleopatra”dan kam bo‘lmasdi. | 58 | 2,992 |
Madaniyat | Lolaning Moskvadagi konsert dasturidan fotolavhalar | Estrada xonandasi Lola 7-avgust kuni Moskva shahridagi “Kosmos” konsert zalida yakkaxon konsert dasturini namoyish qilgandi. Bu o‘tgan haftaning o‘zbek shou-biznesidagi eng shov-shuvli voqealaridan biri sifatida e’tirof etildi.
Lola o‘zining Facebook sahifasida konsert dasturidan fotosuratlarini ulashdi. Qo‘shiqchi konsertda kiyib chiqqan kiyimlari uchun 120 metr mato ishlatilganiga urg‘u bergan. Ularning har biri qo‘l mehnati yordamida tikilgan.
“Nokamtarlik uchun uzr, lekin bunday shedevr oldida kechirmasa ham bo‘lmaydi. Bularning barchasi Toshkentda tayyorlanganidan g‘ururlanaman”, — deb izoh qoldirgan Lola.
“Qabul uchun rahmat, Moskva! Ko‘nglim ko‘tarildi, baxtiyorman! Hech qachon shunchalik samimiy bo‘lmagan”, — deb so‘zini yakunlagan Lola. | 51 | 765 |
Madaniyat | Antalyada rossiyalik sayyohlar turk aktyori Murat Yildirimni qo‘rqitib yubordi | Turkiyaning Antalya shahrida dam olayotgan aktyor Murat Yildirimni bir guruh muxlislari — rossiyalik sayyohlar qo‘rqitib yubordi, deb xabar berdi “RusTurkey.com”.
Ta’kidlanishicha, aktyorni tanigan fanatlar u bilan birga suratga tushishni, dastxat olish va ingliz tilida suhbatlashishni istagan.
“Men hamisha muxlislar bilan muloqotda bo‘laman. Lekin mavjud koronavirus sabab, olomon menda qo‘rquv uyg‘otdi. Bugun biz masofaga amal qilishimiz kerak, koronavirus bor va u hech qayerga yo‘qolgani yo‘q, shuning uchun barchani ehtiyot bo‘lishga chaqiraman”, — degan aktyor.
Ma’lumot uchun “Osiyo”, “Sevgi va jazo” filmlardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Murat Yildirim o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Skorpion” filmida ham rol ijro qilgan. “Ichimdagi tug‘yon” filmidagi ijrosidan keyin “Oltin apelsin” mukofotiga sazovor bo‘lgan. | 78 | 865 |
Madaniyat | O‘zbek estradasidagi ko‘plab xit qo‘shiqlar muallifi Bahodir Nizomov Green Card yutgani haqida so‘zlab berdi (video) | Kompozitor, bastakor va xonanda Bahodir Nizomov MY5 telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga qo‘shiq yozib berib, javobini ikki yil kutgani, ilk bastalagan musiqasi, ko‘p musiqalarini qaysi xonandalar ijro etgani, o‘zbek bastakorlari orasida qaysilarining yaxshi ijodi yaxshi ekanini, Green Card yutgani va qaysi chet el xonandalari bilan hamkorlikda ishlayotgani haqida gapirdi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga qo‘shiq yozib bergani va javobini ikki yil kutgani haqida
“Yulduz Usmonovaning muxlisi va shogirdiman. U insondan juda ko‘p narsani o‘rganganman. Shaxsan o‘zi menga qo‘shiq aytish va ko‘p shogirdlariga o‘rgatmagan ishni, ya’ni fortepianoda chalishni o‘rgatgan. Yakkama-yakka ovoz sozlash bo‘yicha ustozlik qilgan.
Ustozimga 2010-yilda qo‘shiq yozib sovg‘a qilganman va javobini ikki yil kutganman. Vaziyat to‘g‘ri kelganda musiqani eshitgan va meni chaqirib, duet kuylashni taklif qilgan. Yosh bo‘lganman, eshitib xursandchilikdan yig‘laganman. Yaxshi ko‘rgan san’atkoringizdan bu gapni eshitish boshqacha ta’sir qiladi. Kechasi soat 2 da qo‘ng‘iroq qilishgan, buni eshitib ertalabgacha uxlolmaganman. ‘Kechir Alloh’ deb nomlangan qo‘shiq 2012-yilda chiqqan ‘Mendek seva olasizmi’ albomidan joy oldi”, — deydi xonanda.
Ilk bastalagan musiqasi va taronalarini eng ko‘p qaysi xonandalar ijro etishi
“Birinchi bastalagan qo‘shig‘im 2007-yilda xonanda Ziyoda tomonidan ijro etilgan ‘Nega-nega’ taronasi hisoblanadi. Ushbu qo‘shiq o‘sha yilning o‘zidayoq xit bo‘lgan”, — deydi bastakor.
“Ko‘p qo‘shiqlarimni Ziyoda Qobilova, Mavluda Asalxo‘jayeva va Lola Ahmedova ijro etgan. Hozir Lola Ahmedova ijodga qattiq kirishgan, u kishi bilan ishlayapman. Lola opamdan ortmayapman, boshqalar bilan ishlashga vaqt bo‘lmayapti” , — deydi kompozitor.
Green Card yutgani, o‘zbek bastakorlari orasida qaysi bastakorlarning ijodi yaxshi ekani va qaysi chet el xonandalari bilan hamkorlikda ishlayotgani haqida
“Green Card yutganim rost. AQSHni aylanib, ko‘rib kelishim mumkin. Men uchun ijod qilishga yurtimiz qulay, o‘zimizning san’atkorlar, o‘zimizning xalqimiz yaxshi. Orada kelishmovchiliklar bo‘lsa ham, baribir ularni yaxshi ko‘ramiz”, — deydi bastakor.
“Men uchun O‘zbekistondagi eng yaxshi bastakorlar Musoxon Nurmatov, rahmatli Bobur Umarov va yoshlar orasida ommalashgan Hamdam Sobirov, Shahboz va Navro‘z. Ularning ijodini yoqtirib tinglayman”, — deydi Bahodir Nizomov.
“Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Karimov, turkiyalik bastakor, xonanda Tarkan va boshqa mashhur san’atkorlar bilan ijod qilgan Sinan Akchil kabi ijodkorlar bilan ijodiy hamkorligimiz haligacha davom etmoqda”, — deydi xonanda.
“Kuniga 750 dollar topardim”. 20 dan ortiq Gollivud filmida suratga tushgan Alixan Green Card’i bo‘la turib, Amerikaga ketmayotgani sababi haqida (video) | 116 | 2,847 |
Madaniyat | “Shaytanat”dagi Asadbekning qizi — aktrisa Navro‘za Biynazova nima sababdan serialning oxirigacha suratga tushmagani va suratga olish jarayonida boshi yorilgani haqida (video) | “Shaytanat” seriali orqali mashhurlikka erishgan aktrisa, prodyuser Navro‘za Biynazova nima sababdan serialda oxirigacha rol ijro etmagani, suratga olish jarayonlarida boshi yorilgani, qaysi aktyor unga rol o‘ynashda yordam bergani va serialdan keyin ko‘chada uni tanib qolishgani haqida gapirdi.
Serialga qanday qabul qilingani haqida
“O‘sha payt juda katta kasting bo‘lgan, ‘proba’ qilishga juda ko‘p aktyorlar kelgan. Men o‘sha guruhda muharrir edim. Birinchi kasbim bo‘yicha men rus tili va adabiyot o‘qituvchisiman, jurnalistikada va dramaturgiyada ham o‘qiganman. Xullas, aktrisa topisholmaganidan keyin mendan ham ‘proba’ berishimni so‘rashgan. Yana hamma qatori besh marta ‘proba’ berganman. Keyin bilishim bo‘yicha, Tohir Malikning o‘zi meni shu obrazda ko‘ra olgan.
Ustozlar bilan ishlashning mas’uliyati juda katta bo‘ldi. Ayniqsa, Yodgor akaning kirib kelishi, gaplashishi, ovozlari ham boshqacha, talaffuzlari ham boshqacha. Ular kim-u, men kimman, deb o‘ylab qolardim. Menga rol ijro etishda marhum ustoz san’atkor Jamshid aka Zokirov juda katta yordam bergan”, — deydi aktrisa.
Rolini oxiriga yetkazmaganining sababi
“Serialga mening o‘rnimga Ra’no Shodiyevaning kelishi juda muvaffaqiyatli bo‘lgan. Baribir men Ra’nodek rol o‘ynay olmas edim. Chunki Ra’no professional aktrisa, men aktrisa emasman. Menimcha, uning serialga kelgani juda yaxshi bo‘ldi. Serialdan ketishimning sababi — asosiy ishim bilan suratga olish jarayonlari to‘g‘ri kelmagani. Keyin uydagilar ham serial efirga chiqqanidan keyin qarshilik qilishgan. Bu serialning suratga olinganiga 24 yil bo‘ldi, birinchi qismi 1999-yilning 15-fevralida efirga chiqqan.
Serialda grim ustalari, rejissorlar almashgan, bunga har xil sabab bor. Balki boshqalar bilan moliyaviy sabablar bo‘lgandir, lekin shaxsan mening ketishimga vaqt sabab bo‘lgan. Gonorar olganman, hamma qatori. Men xalq artisti yoki xizmat ko‘rsatgan artist emasman, oddiy aktrisa sifatida gonorar olganman.
Boshida yomon ko‘p tanib qolishgan, bu serialning shunaqa shov-shuvlarga sabab bo‘lishiga ishonmaganman. Serialni suratga olish jarayonida haqiqatan ham boshim yorilgan. Suratga olish jarayonida tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda meni yerto‘laga olib kirishda eshik bosh bilan urib ochilishi kerak bo‘lgan. O‘sha paytda Elchinni, ya’ni Bekzod akaning o‘rniga dublyor ishlagan edi. Eshikni qo‘li bilan ochayotgan edi, biroq motor degan vaqtda bilmadim, esidan chiqib qoldimi, meni boshim bilan urdi. Keyin boshim yorilgan”, — deydi Navro‘za Biynazova. | 175 | 2,498 |
Madaniyat | “Ilhaq” filmini muallif roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganlar jarimaga tortiladi | O‘zbekiston telekanallarida II jahon urushi voqealarini o‘zida aks ettirgan “Ilhaq” badiiy-tarixiy filmi namoyish etilgan edi. Biroq ba’zi bir ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar va sahifalar ushbu filmni muallif roziligisiz o‘zlarining sahifalariga joylashtirib, mualliflik huquqlari poymol qilinishiga sabab bo‘lmoqda.
Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, mualliflik huquqini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish)ga asosan mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek, ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdori (223 000 so‘m)ning bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
“ ‘O‘zbekkino’ Milliy agentligi buyurtmasi asosida mualliflar jamoasi — aktyor va aktrisalar, rejissorlar, ssenariy mualliflarining zahmatli mehnatlari bilan yaratilgan asarni huquq egalarining roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmang, o‘zgalarning mehnatini qadrlang hamda o‘zingizning fuqarolik pozitsiyangiz bilan milliy kino sanoati rivojiga hissa qo‘shing”, — deb ta’kidlagan Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.
“Qarg‘alar uchsa qaraylik”. “Ilhaq” filmidan nima kutgandim-u, nima oldim? | 92 | 1,643 |
Madaniyat | Xitoylik maktab direktorining raqsi internet foydalanuvchilarining tahsiniga sazovor bo‘ldi (video) | “Hamma raqsga tushsin” — bu Xitoydagi Xi Guan boshlang‘ich maktab direktorining shiori, deb yozmoqda Sputnik.
Boshlang‘ich maktab rahbari zamonaviy raqsni o‘zlashtiradi va tanaffusda bolalar bilan birga ushbu raqsтi ijro etadi.
South China Morning Post nashrining xabar qilishicha, 40 yoshli Chjan Penfey har tanaffusda o‘quvchilar bilan sho‘x musiqa sadolari ostida raqsga tushadi.
Xitoy hukumati bolalar uchun majburiy jismoniy mashqlar dasturini joriy etgan, biroq maktab direktori unga ozgina o‘zgartirish kiritib, yanada qiziqarliroq qilgan.
Direktorning so‘zlariga ko‘ra, u o‘quvchilar kam harakat qilishlariga e’tibor bergan. So‘ngra raqsga tushish kayfiyatni ko‘tarib, vaqtni foydali o‘tkazishga yordam beradi, degan xulosaga kelgan.
Uning raqs fleshmobini ham o‘quvchilar, ham dunyodagi internet foydalanuvchilari munosib ravishda baholadi. | 99 | 850 |
Madaniyat | Qiziqchi Shukrullo Isroilov kelini Halimaga qarindoshligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi | Qiziqchi Shukrullo Isroilov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida kelini Halima Ibragimovaning jiyani ekanligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
“Yo‘g‘-ey, unday emas. Yo‘q, Halimaga qarindoshligi yo‘q”, — dedi Shukrullo Isroilov.
Qiziqchining aytishicha, kelini ziyoli oilaning farzandi, ota-onasi ham juda bama’ni odamlar. “Yaxshi oila, farzandlari oqila, deyishdi. Muhimi, tarbiyasi chiroyli”, — deydi san’atkor.
“San’atkormiz, ko‘p to‘ylarda qatnashamiz, kechagina to‘y qilib, bugun ajrashayotganlarni ko‘rib, xafa bo‘lib ketaman. Hammasi to‘ydan avval bir-birini surishtirmagani, bilmagani, mayda gapni ko‘paytirish oqibatida kelib chiqadi. O‘zim qiyinchilik ko‘rib ulg‘ayganim uchun bunday narsalarga jim qarab turolmayman, har narsaning uvoli bor axir!”, — deydi qiziqchi.
Shukrullo Isroilovning aytishicha, kelin — birovning farzandi, uni avaylab-asrash kerak. “Ammo birovning qizi ham shu xonadonni o‘z uyim deb bilib, sharoitiga moslashishi lozim. Yoshlarimizning ko‘pi buni tushunmaydi”, — deya qo‘shima qildi qiziqchi.
Eslatib o‘tamiz, Shukrullo Isroilov 20-oktabr kuni to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyunni uylantirgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lumot uchun, Shukrullo Isroilovning ikki o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. | 90 | 1,229 |
Madaniyat | Xonanda Kamillaning klipi ELLO kanalidagi eng yaxshi kliplar beshtaligiga kirdi | Yosh xonanda Kamillaning “Illyuziya” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube’dagi mashhur ELLO kanali tomonidan tuzilgan haftaning eng ommabop 10 klipi xit-paradida 5-o‘rinni egalladi.
Xonanda ijodidagi ilk klip YouTube’da xit darajasiga ko‘tarilib, o‘zining ommabopligi bilan mashhur — rossiyalik Polina Gagarina, Anastasiya Zadorojnaya, “VIA Gra”ning sobiq ishtirokchisi Tatyana Kotova kabi estrada yulduzlari tomonidan taqdim etilgan kliplarni ortda qoldirdi.
Kamillaning qo‘shig‘i ELLO kanalida 2015-yilning 27-dekabr kuni paydo bo‘lgan edi. Shu kungacha klipni 150 mingdan ortiq YouTube foydalanuvchisi tomosha qilgan.
Shuningdek, “Illyuziya” taronasi uchun ishlangan klip Estoniyaning ETV+ telekanali orqali ham uzatilgani ma’lum bo‘ldi. U Estoniyada mashhur “Kofe+” deb nomlangan ko‘rsatuv davomida taqdim etilgan.
Ta’kidlash joiz, “Kofe+” ko‘rsatuvi 2015-yilning sentabrida ilk bor efirga uzatilgan va bir hafta ichida 67 000 tomoshabinga ega bo‘lishga ulgurgan. | 79 | 981 |
Madaniyat | Dallasdagi auksionda Bob Dilan 500 dollarga sotgan gitara salkam 400 ming dollarga xarid qilindi | Dallasda (AQSh) bo‘lib o‘tgan auksionda Bob Dilanga tegishli va 1963-yilda ishlab chiqarilgan D-28 modelidagi Martin gitarasi 396,5 ming dollarga sotildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Auksion 11-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgani bildirilmoqda. Uni sotib olgan xaridorning kimligi oshkor etilmadi.
Bob Dilan gitaradan 10 yildan ortiqroq foydalangan, o‘tgan asrning 70-yillari oxirida esa gitaralarni sozlovchi ustasiga 500 dollarga sotgandi. | 96 | 460 |
Madaniyat | Gollivud aktyori Morgan Frimanni tegajoqlikda ayblashdi | Sakkiz nafar ayol CNN telekanaliga anonim tarzda aktyor Morgan Friman tomonidan jinsiy tegajoqlik yoki nomaqbul xulqqa uchragani haqida ma’lum qildi, deb yozadi Meduza. Yana sakkiz kishi aktyorning bunday xatti-harakatlariga guvoh bo‘lganini tasdiqladi.
CNN manbalariga ko‘ra, aktyor suratga olish maydonchasida, o‘zi rol ijro etgan filmlarning reklama kampaniyalari chog‘ida, shuningdek, o‘zining Revelations Entertainment prodyuserlik kompaniyasi ofisida nomaqbul luqmalar tashlagan yoki ularga daxl qilgan.
Bir necha ayol Friman ishtirokidagi Going in Style (“Chiroyli tarzda ketish”) va Now You See Me (“Aldov illyuziyasi”) filmlarini suratga olish jarayonida aktyor ularga tegajoqlik qilgani va nomaqbul gaplar aytganini da’vo qilgan.
CNN xabarida qayd etilishicha, maqolani tayyorlash chog‘ida jurnalistlar Friman bilan birga ishlagan o‘nlab kishilarga murojaat qilgan. Ularning ba’zilari aktoyrning nomaqbul xatti-harakatlarini hech qachon kuzatmaganligini aytgan. | 55 | 972 |
Madaniyat | “1917” tarixiy filmi Britaniya kinoakademiyasi mukofotining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi | Rejissor Sem Mendesning “1917” tarixiy dramasi 2-fevral, yakshanba kuni, Londonda o‘tkazilgan Britaniya kinoakademiyasi (BAFTA) taqdirlash marosimining asosiy sovrinini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Meduza.
Kartina jami to‘qqizta nominatsiyaning yettitasida mutlaq g‘olib deb topildi. Jumladan, eng nufuzli “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi Britaniya filmi” nominatsiyalarida g‘alaba qozondi.
Mendes eng yaxshi rejissor deb topildi, film eng yaxshi operatorlik ishi, sahnalashtiruvchi rassom, ovoz va vizual effektlari uchun ham e’tirof etildi.
Bundan avval “1917” filmi “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan edi.
BAFTA’ning eng yaxshi aktyorlar nominatsiyalarida “Judi” filmi uchun Rene Zellveger va “Joker” filmi uchun Xoakin Feniks ham mukofotni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi darajali rollar uchun “Nikoh hikoyasi” filmidagi ijrosi uchun Lora Dern va “Kunlarning birida Gollivudda” filmidagi obrazi uchun Bred Pitt taqdirlandi.
Rejissor Pon Chjun Xoning “Parazitlar” kartinasi esa ingliz tilida suratga olinmagan eng yaxshi film deb topildi. Ushbu film, shuningdek, “Eng original ssenariy” nominatsiyasida ham g‘olib bo‘ldi. | 89 | 1,119 |
Madaniyat | Stiven Spilbergning “Maxfiy hujjatlar to‘plami” filmi treyleri taqdim etildi (video) | 20th Century Fox kinostudiyasi Stiven Spilbergning “Maxfiy hujjatlar to‘plami” (The Post) nomli filmi treylerini e’lon qildi. Filmda The New York Times va The Washington Post gazetalarining jurnalistlari haqida hikoya qilinadi. Mazkur jurnalistlarning qo‘liga Pentagonning Vyetnam urushi haqidagi maxfiy hujjatlari to‘plami tushib qoladi, deb yozmoqda Meduza.
“Maxfiy hujjatlar to‘plami”da asosiy rollarni Tom Xenks (The Washington Post’ning sobiq bosh muharriri Ben Bredli) va Meril Strip (xuddi shu gazetaning noshiri Key Grem) o‘ynagan. Film “Oskar”ga asosiy nomzodlardan biri sifatida baholanmoqda.
Filmning jahon premyerasi 2017-yilning 22-dekabrida bo‘lib o‘tadi. | 84 | 670 |
Madaniyat | Aktrisa Ra’no Shodiyeva qizi Raxshonani turmushga uzatdi (video) | 23-avgust kuni taniqli aktrisa Ra’no Shodiyeva qizi Raxshonani uzatdi. Jamoliddin va Raxshonaning nikoh to‘yi Toshkentdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tdi.
Kelin-kuyovni kuzatish jarayonida Dilso‘z xizmatda bo‘ldi.
Nikoh oqshomida ko‘plab shou-biznes vakillari mehmon bo‘ldi. Tohir Sodiqov, Shohruhxon, Munisa Rizayeva, “Fano” guruhi mehmonlarni sho‘x qo‘shiqlari bilan xushnud etdi.
Shuningdek, kelin va kuyov ham do‘stlari bilan mehmonlar uchun maxsus raqs sahnalashtirdi. | 64 | 478 |
Madaniyat | 59 yoshli Kventin Tarantino ikkinchi marta ota bo‘ldi | Gollivudning mashhur rejissorlaridan biri Kventin Tarantino 59 yoshida ikkinchi marta ota bo‘ldi. Uning rafiqasi Daniella Pik uzoq kutilgan qiz farzandni dunyoga keltirdi. Manbalarga ko‘ra juftlikning ikkinchi farzandi 2-iyul kuni tug‘ilgan.
Kventin va Daniellaning birinchi farzandi — Leo ismli o‘g‘li 2020-yilda dunyoga kelgan. Kventin xonanda bilan turmush qurishidan oldin Margaret Cho, Sofiya Koppola, Juli Dreyfus, Mira Sorvino, Keti Griffin kabi aktrisalar bilan uchrashgan.
Ma’lumot uchun, Kventin Tarantino 1963-yilda AQShning Tennessi shtatida tug‘ilgan. Gollivudning yetakchi rejissorlaridan biri Kventin “Oltin globus”, “Sezar”, “BAFTA” mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Uning “Billning qotili”, “Jeki Braun”, “O‘lim isboti”, ”Bir kuni Gollivudda” kabi kinofilmlari muxlislarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Rejissor Daniella bilan 2009-yilda tanishgan va 2018-yilda Los-Anjelesda yashirin tarzda to‘y qilgan. Ular hozir Tel-Aviv shahrida yashaydi. | 53 | 960 |
Madaniyat | Bollivudning mashhur aktrisasi Anushka Sharma haqida 10 ta qiziqarli fakt (foto) | Shubhasiz, o‘tgan asrda ham hind kinematografiyasi o‘ziga xos ajoyib xususiyatga ega bo‘lgan. Bugungi kunda ham Bollivud yulduzlari orasida yosh avlod o‘z mahoratini namoyon etishda davom etmoqda. Ulardan biri allaqachon mashhurlik cho‘qqisiga chiqib ulgurgan yosh aktrisa Anushka Sharma. Aktrisa haqida bir-biridan qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing.
Anushka 1988-yil 1-mayda Hindistonning Ayodhya shahrida dunyoga kelgan. Aktrisa hozirda 32 yoshda.
Anushka Sharmaning burji – sigir.
Aktrisa hind armiyasi zobiti Ajay Kumar Sharmaning oilasida dunyoga kelgan. Yulduzning onasi uy bekasi bo‘lgan. Shuningdek, uning prodyuserlik bilan shug‘ullanadigan akasi ham bor.
Anushka oila a’zolarining xohishiga ko‘ra harbiy maktabni yakunlagan. Undan so‘ng Bangalorda gumanitar yo‘nalishda ta’lim olgan. O‘qish jarayonida Anushka model sifatida pul ishlab topgan.
Uzoq vaqt mobaynida aktrisa kinolarga taklif qilinmagan. Uning debyuti “Tangri yaratgan juftlik” bo‘lib, filmda aktrisa Shohrux Xon bilan birgalikda ishlagan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu film uning hayotidagi asosiy imkoniyat bo‘lib, shundan so‘ng uning ijodiy faoliyati boshlangan.
Aktrisaning filmografiyasida 2008-yil “Tangri yaratgan juftlik”, 2010-yil “To‘y marosimi”, 2011-yil “Rikki Baxlaga qarshi xonim”, 2012-yil “Toki hayot ekanman”, 2014-yil “PiKey”, 2016-yil “Yurak ishi”, 2017-yil “Garri Sejal bilan uchrashganda”, 2018-yil “Igna bilan ip” va boshqa bir necha filmlar mavjud.
2017-yilning qish faslida aktrisa bir necha yildan buyon uchrashib kelayotgan kriketchi Virat Koxli bilan turmush qurgan. Juftlikning nikoh to‘yi Italiyada, shuningdek, Hindistonda ham bo‘lib o‘tgan.
2021-yil 11-yanvar kuni juftlikning Vamika ismli qizi dunyoga keldi.
“Toki hayot ekanman” filmi uchun Anushka “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” nominatsiyasida Filmfare mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Aktrisa hozirda bir nechta taniqli brendlarning “elchisi” hisoblanadi. Shuningdek, yulduz xayriya tadbirlarida faol ishtirok etadi va hayvonlarni asrash bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavuzga doir: | 80 | 2,090 |
Madaniyat | “Xafa bo‘lish yo‘q”ning “Million” a‘zosi “maski-shou” qilingan soni efirga ketmagani sababi ma‘lum qilindi (video) | “Xafa bo‘lish yo‘q” ko‘rsatuvi boshlovchisi Abror Baxtiyorovich “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Ko‘rsatuvning “Million” jamoasi a‘zosi Umid Haydarovni mashinasidan niqobli odamlar tomonidan giyohvand modda topilib, “maski-shou” qilinib, qo‘llarini qayirib olib ketishayotgani tasvirlangan anons lavhasi tarmoqlarda katta muhokamalar va munozaralarga sabab bo‘lgan edi.
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida ko‘rsatuv boshlovchilari Abror Baxtiyorovich hamda Sanjar Pardayev bilan uchrashganida, ular ko‘rsatuvning ushbu soni 1-mart — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan suratga olinganligi haqida gapirishgan edi.
Suhbat davomida Abror Baxtiyorovich nima uchun ushbu ko‘rsatuv efirga ketmaganiga oydinlik kiritdi.
Ko‘rsatuvning bu sonini suratga olayotganimizda, umuman boshqa narsa, boshqa maqsadlarni mo‘ljallaganmiz, ko‘rsatuvning tagidagi ma’no butunlay boshqacha edi. Odamlar biz ko‘rgan ma’noni ko‘rmadi, ular boshqacha ko‘rishdi va bu muhokamaga aylanib ketdi. O‘yladikki, buni hozir odamlarga tushuntirgandan foyda yo‘q, ular fikrlarida qat’iy turishiga ko‘zimiz yetdi. Shuning uchun ko‘rsatuvning mazkur sonini efirga bermadik. Qachonlardir bu muhokamalar odamlarning esidan chiqib ketganidan so‘ng, balki ko‘rsatuvning bu sonini efirga berishimiz mumkin.
Biz bu hazil bilan nima demoqchi bo‘lganmiz. Birinchi o‘rinda giyohvand moddalar bilan aloqa qilib yuradigan odamlarni qo‘rqitmoqchi bo‘ldik. Umid Haydarov “Million” jamoasida giyohvand odamning obrazini o‘ynaydi, shu obrazni o‘ynagani uchun ham bu hazil unga nisbatan qilinganida ishonarli chiqadi. Odamlar shu ko‘rsatuvni ko‘rsin-da, shunday ish qilayotgani uchun qo‘rqsin, giyohvand modda cho‘ntagida bo‘lsa tashlab yuborsin, u narsadan butunlay voz kechsin.
Ikkinchi maqsad, inson har doim ogoh bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib bermoqchi bo‘ldik. Misol uchun ‘mashinaning yukxonasini ochib yuboring’, deyishsa, o‘tirgan joyimizda ochamiz, tushib ko‘rsatish qiyinmi.
Shu bitta ko‘rsatuvdan juda ko‘p maqsadlarni o‘ylagan edik, ammo odamlar bu ko‘rsatuvdan asosiy maqsadimizni faqatgina Umid Haydarovni qo‘rqitish deb tushunishdi.
Abror Baxtiyorovich, “Xafa bo‘lish yo‘q” ko‘rsatuvi boshlovchisi | 114 | 2,312 |
Madaniyat | FIFA 2010 kompyuter o‘yiniga sevimli klubini qo‘shtirgan ijodkor 46 yoshda. Rekordsmen Robbi Uilyams haqida fotomaqola | Bugun, 13-fevralda Elton Jon tomonidan “XXI asrning Frenk Sinatrasi” deb ta’rif berilgan qo‘shiqchi Robert Piter Uilyams 46 yoshga to‘ldi. Feel, Angels, Supreme va boshqa bir qancha qo‘shiqlari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan ijodkor 1974-yil Angliyaning Stok-on-Trent shahrida Uilyamslar oilasida tavallud topgan. 3 yoshligida ota va onasi ajrashgani bois, Robbi hamda opasi Sallini onasi Janet katta qilgan. Robbi biografiyasi o‘rganilganda, aksariyat muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar bolaligida duch kelgan yoki leybllar tomonidan ularning imijlarini ko‘tarish uchun maxsus tuzib berilganidek qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazmagani, shunchaki omad va o‘zidagi iste’dodi sabab shou-biznesga kirib kelganini bilish mumkin.
U Mill Hill Primary School maktabini tamomlagach, ta’limni Margaret Ward High School’da davom ettirgan. Maktabni bitirgach onasiga gul do‘konida yordamchi bo‘lib ishlagan. Robbi juda ham harakatchan bo‘lgan, o‘z ustida ishlagan, maktabda bo‘lib o‘tadigan sahna ko‘rinishlarida faol ishtirok etgan. Theatre Royal teatrida namoyish qilingan Oliver Tvist spektaklidagi ijrosini uning o‘zi eng omadli chiqishlaridan deb hisoblaydi. Uning hayoti san’at bilan bog‘lanishiga onasi sababchi bo‘lgan. Janet kunlardan bir kun butun Angliya bo‘ylab o‘g‘il bolalar musiqiy guruhi uchun tanlov o‘tkazilayotgani haqidagi e’lonni olib keladi va hammasi shundan keyin boshlanadi.
Uilyamsning arsenaliga nazar tashlansa, bir qancha plastinkalar, konsert dasturlari va hatto qirolicha Yelizaveta uchun maxsus chiqish qilganini ko‘rish mumkin. Robbining albomlari 59 milliondan, singllari 18 milliondan ortiq, birgina Buyuk Britaniyaning o‘zida qo‘shiqlari yozilgan disklar 16 millionga yaqin nusxada sotilgan.
Yulduzlik kasali yoki erta mashhur bo‘lish sababmi, Robertda o‘smirlik davrida alkogol va narko qaramlik kuzatilgan. 1995-yilda Take That’ning MTV Europe Music Awards’dagi chiqishidan avval guruhning boshqa a’zolari uning rep va hip-hop yo‘nalishda ijro qilishi kerakligi haqidagi fikrini hurmat qilmagani uni asabiylashtirgan va u alamini alkogol va giyohvand moddalardan olgan. Yozgi olimpiyada o‘yinlarining yopilish marosimidagi chiqishi oldidan g‘azablangan Robbi konsertni tark etadi va guruh tarkibi 4 kishi bilan konsertni davom ettirishiga to‘g‘ri keladi. Muxlislarga esa qo‘shiqchi tug‘ruqxonaga, turmush o‘rtog‘ining oldiga ketgani aytilib vaziyat “silliqlanadi”.
Uilyams musiqada rekordsmen hisoblanadi va u qo‘lga kiritgan mukofotlar bilan tanishgach, BRIT Awards o‘z bisotidagi barcha mukofotlarni Robbiga berib yuborgan degan xulosaga kelish mumkin. U jami 18 marta BRIT Awards’ga loyiq deb topilgan, shuningdek, 8 ta German ECHO Awards, 2 karra Grammy’ga sazovor bo‘lgan. 2005-yilda “Ginnessning rekordlar kitobi”ga daromadi eng ko‘p qo‘shiqchi sifatida kiritilgan. Dunyo bo‘ylab Close Encounters Tour konserti o‘tkazilishi e’lon qilganining ertasi kuniyoq shou uchun 1,6 million chiptalar sotilgan.
2002-yilda Robbi EMI bilan 80 million funtlik shartnoma imzolagan. Tarixda bunday katta daromadli shartnoma faqat Maykl Jekson va Sony/Epic/Warner o‘rtasida tuzilgandi. Karyerasi ortidan millionerga aylangan qo‘shiqchining o‘zi iqtisodiy ahvoli haqida shunday deydi: “Men eng katta orzularni tasavvur qila oladigan darajada badavlatman”.
Rekordlar haqida gap ketganda, 2003-yilning 1—3-avgust kunlari Britaniyaning Knebworth Park maydonida o‘tkazilgan konserti haqida ta’kidlamaslikning iloji yo‘q. Konsertga jami 375 ming muxlis tashrif buyurgan, onlayn translyatsiyada bo‘lsa, 3,5 million tomoshabin kuzatgan. Dasturdan keyin taqdim qilingan Live at Knebworth rekord darajada ko‘p sotilgan albom sifatida tarixda qolgan.
Ijodkor faqat ijod bilan band, qiziqishlari ham shu doira bilan cheklangan bo‘ladi, degan fikrni Robbi inkor qiladi. U “Port Veyl” futbol klubining haqiqiy fanatlaridan biri hisoblanadi. FIFA 2010 kompyuter o‘yini uchun It’s Only Us qo‘shig‘idan foydalanishga “Port Veyl” o‘yinga qo‘shilganidan keyingina ruxsat bergan. 2006-yilda Uilyam sevimli klubining aksioneri va egalaridan biri bo‘lgan.
Ijodkor futbol va xayriya ishlarini birgalikda olib boradi. U Soccer Aid xayriya futbol o‘yinlaridan tushgan daromadni UNICEF fondiga o‘tkazadi va fondni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli xayriya konsertlarini uyushtiradi hamda Give It Sum fondining asoschisi hisoblanadi.
Uilyams san’at, futbol va xayriyadan boshqa siz bilmagan karomatlari ham yo‘q emas. Uning 2005-yilda Kris Xit bilan birgalikda yozgan “Feel” kitobi hamda oradan besh yil o‘tgach esa konsert dasturlaridagi yakkaxon chiqishlaridagi fotolar va ularga Robbi tomonidan berilgan sharhlar bilan jamlangan “You Know Me” kitobi nashrdan chiqqan. Bu hali hammasi emas, 2017-yilda Uilyamsning so‘nggi 13 yildagi ijodidan hisobot, shuningdek, Take That’ga qo‘shilishi, shaxsiy hayoti va boshqalarni o‘z ichiga olgan “Reveal” avtobiografik kitobi taqdim qilingan.
Yoshlikdagi sho‘xliklar, sevgi romanlarining bari ortda qolgan: ayni damda Robbi sevimli turmush o‘rtoq va mehribon ota. U 2006-yilda amerikalik aktrisa Ayda Fild bilan tanishadi va hayoti tubdan o‘zgaradi. U tufayli giyohvandlikdan qutulishga harakat qiladi va chakishni tashlaydi (yoki tashlagandek tutgan o‘zini) va sog‘lom turmush tarzini tanlagan.
2010-yilda juftlik Los-Anjelesda turmush qurgan va tantanada Robbi turmush o‘rtog‘iga bag‘ishlab She’s The One qo‘shig‘ini kuylagan. Oradan ikki yil o‘tib qo‘shiqchi ota bo‘lgan va qizini Teodor Rouz deb nomlagan. 2014-yilda esa Uilyamslar oila az’osi yana bittaga ko‘paygan va unga Charlton Valent deb ism qo‘yilgan. | 118 | 5,556 |
Madaniyat | “Marvarid” bolalar studiyasi Moskvada o‘tkazilgan xalqaro festivalda faxrli o‘rinni egalladi | “Marvarid” bolalar studiyasi Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilgan “Zajgi svoyu zvezdu” XIX Xalqaro o‘smirlar va bolalar ijodi xalqaro festivalida O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Bu haqda bolalar studiyasining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
O‘n to‘qqizinchi bor tashkil etilgan bu festival 1999-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi. Unda ishtirok etgan “Marvarid” bolalar studiyasi bir qator yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib qaytgan.
Ular, vokal, xoreografiya, “Bastakorlar bolalarga” kabi nominatsiyalarda faxrli o‘rinlarni egallagan. | 92 | 569 |
Madaniyat | O‘tgan haftaning kinopremyeralari (foto) | Toshkentda o‘tgan dam olish kunlari naq ikkita film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bular Lola Yo‘ldosheva va Umid Iskandarov bosh rol ijro etgan “Farhod va Shirin” hamda Behzod Muhammadkarimov, Lola Eltoyeva va Muqaddas Sa’dullayevalar ishtirokidagi “Baxt ortidan…” filmlaridir.
Premyeralardan ko‘p o‘tmay, aktyor va aktrisalar o‘z Instagram’larida tadbirdan olingan suratlar bilan bo‘lishdi. Ularning ba’zilarini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.
“Farhod va Shirin” filmi rasmiy posteri
“Baxt ortidan...” filmi rasmiy posteri | 40 | 528 |
Madaniyat | Instagram: Betob qizi uchun duo so‘ragan Sardor Rahimxon, xursandchiligini muxlislari bilan bo‘lishgan Durdona Qurbonova, Xonzoda xonadonida bayram | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Lola sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanayotgani aks etgan surat bilan ko‘rinish berdi.
Ozoda Nursaidova andijonlik muxlislari qurshovida tushgan videosini e’lon qildi.
Muqaddas Sa’dullayeva tez kunlarda Sitora Alimjonova va o‘zi ishtirokidagi “Parixona” seriali ekran yuzini ko‘rishini aytdi.
Xonanda Yulduz Nizomova chaqalog‘ini tug‘ruqxonadan olib chiqdi.
Sardor Rahimxon sahifasida qizining betobligini ma’lum qildi. Xonanda muxlislaridan qizi uchun duo qilishini so‘radi.
Yulduz Usmonova Qoraqalpog‘istondagi yoshlar bilan uchrashgani aks etgan videoni e’lon qildi.
Raxshona Shodiyeva onasi Ra’no Shodiyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Hozir 51 yoshda bo‘lgan, farzand kutayotgani haqida mish-mish tarqalgan xonanda Nargiz Zokirova Mavluda Asalxo‘jayevaning uyiga bordi.
Imona Karimova sahifasiga bobosi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov bilan tushgan suratini joyladi va u bilan bog‘liq iliq xotiralari haqida gapirdi.
Raqqosa Parizoda yangi videosini muxlislariga ko‘rsatdi va dunyodagi hech bir tashvish uni bolalikdan qolib ketgan bir olam energiyasidan ajrata olmasligi haqida aytdi.
Aktrisa Durdona Qurbonova Instagram akkaunti rasmiy “galochka”ga ega bo‘lganini ma’lum qildi va bu xursandchiligini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Jahongir Foziljonov obunachilariga marhum onasining suratini ko‘rsatdi va uni juda sog‘inganini aytdi.
Rayhon Asadova xonanda Sardor Toirovning yangi klipida ham uning partnyori bo‘lishini ma’lum qildi.
Shahzoda muxlislariga o‘g‘li Xalid bilan tushgan suratini ko‘rsatdi.
Xanna taxallusi ostida ijod qiluvchi instabloger, aktrisa Xonzoda qizining tug‘ilgan kunini nishonladi.
Xonanda Sherzodbek onasiga gul sovg‘a qilib uning duosini oldi. Muxlislariga esa onaga ehtirom ko‘rsatish kerakligi haqida gapirdi.
Xonanda Hulkar Abdullayeva sahifasiga yangi suratini joyladi va barcha obunachilariga kun xayrli, omadli, barokatli bo‘lishini tiladi.
Hosila Rahimova sinfdoshlari bilan uchrashuvi aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Malika Ravshanova sahifasiga qizi Solihaning suratini joyladi va uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Aktrisa, instabloger Feruza Normatova yangi imijda muxlislariga ko‘rinish berdi.
Shahzoda Matchonova yangi surati bilan ko‘rinish berdi va insonlarning hayotini yaxshilash uchun harakat qilayotgani haqida gapirdi.
Aktrisa muxlislariga yangi o‘qiyotgan kitobini tavsiya qildi. | 147 | 2,543 |
Madaniyat | Jonni Depp, Sandra Bullok va Sharliz Teron: o‘lim bilan yuzma-yuz kelgan yulduzlar (foto) | Avtohalokatlar, o‘z joniga qasd qilishga urinishlar va suratga olish paytida kaskadyordan bosh tortadigan ushbu yulduzlarning hayoti o‘lim bilan yakunlanishi mumkin edi. Lekin omad tufayli ular bundan omon qoldi.
Sharliz Teron
“Eon Fleks” filmini suratga olish jarayonida Sharliz Teron juda kuchli va faol xarakterni ijro etgan va ba’zi sahnalarni ijro etish uchun kaskadyorlarni jalb qilish shart emas, deb qaror qilgan. Aktrisa sakrash jarayonida to‘g‘ri tusha olmagan va butun vaznining og‘irligi bo‘yinga tushgan. U darhol kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar suyak iligiga zarar yetishi va falajga olib kelishi mumkinligini aytgan. Ammo bu “Oskar” g‘olibini qo‘rqitolmadi, u hanuzgacha kaskadyorlarsiz ishlashda davom etmoqda.
Jorj Kluni
Jorj Kluni o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylab ko‘rganini ko‘pchilik bilmaydi va buning sababi shifokorlar ham sababini topa olmagan chidab bo‘lmas bosh og‘rig‘i edi. Faqat bir muncha vaqt o‘tgach, shifokorlar aktyorning qiynoqlari uning “Sirana” filmi sahnasidagi jarohati bilan bog‘liqligini angladi. Haqiqatan ham aktyor bir necha hafta davomida bunday qiynoqlarni tugatish ishlariga chidadi: “Men kateter bilan kasalxonada edim, qimirlay olmadim, kulolmadim, hatto gapira olmay qoldim: insultga o‘xshab boshim og‘ridi”, – dedi Kluni intervyusida. Jorj Kluni omon qolishga muvaffaq bo‘ldi, ammo bosh og‘rig‘i hayotining ajralmas qismiga aylandi.
Enn Xeteuey
Gavayida eri bilan ta’tilda bo‘lgan Enn Xeteuey o‘zining jismoniy tayyorgarligini namoyish etishga qaror qiladi va jiddiy suzishni ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Biroq aktrisa chuqurlikdagi joylarda xavfli girdoblar mavjudligini hisobga olmagandi. So‘ngra Enn behush holda qirg‘oqqa olib chiqilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Jonni Depp
Aktyor “Rim kundaligi” filmining suratga olish guruhi bilan birgalikda ular samolyotda havoga ko‘tarilgan, ammo to‘satdan uning dvigatellari to‘xtab qolgan. Keyinchalik aktyor o‘zining taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan: “Ular ishlashdan to‘xtadi, salonda esa butunlay sukunat hukm surardi. Rejissor va men bir-birimizga qarab qoldik. Bu juda g‘alati lahza edi, samolyot osmonda xuddi osilib qolganga o‘xshar edi!”
Sandra Bullok
Sandra Bullok ham o‘zining shaxsiy samolyotida qulab tushgan. Rojdestvo ta’tilida aktrisa va uning sevgilisi Sandraning ota-onasini ko‘rish uchun boradi, ammo ob-havo sharoiti ko‘p narsalarni o‘zgartirib yuboradi. Samolyot qo‘nayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagidan ancha uzoqlashadi. Qurbonlar bo‘lmagan, ammo ta’til unchalik ham xushchaqchaq boshlanmagan.
Orlando Blum
Ajablanarlisi baquvvat aktyor Orlando Blumga qarab uning falaj bo‘lganiga ishonish qiyin. 21 yoshida aktyor drenaj trubasiga 3-qavatga ko‘tarilishga urinib ko‘rgan, lekin juda qattiq yiqilib tushgan. Shifokorlar yigit endi hech qachon oyoqqa turolmasligiga amin edi, ammo hech narsaga qaramay, Orlando avvalgi faol hayotiga qaytdi.
Leonardo Di Kaprio
Leonardo Di Kaprio bir necha bor o‘limga duch kelgan. Janubiy Afrikada bo‘lganida aktyor o‘zining yashash joyidagi ulkan oq akulani kuzatishga qaror qiladi va kichik qafasda okeanga tushadi. Kutilmagan shiddatli to‘lqin qafasni ag‘darib tashlaydi va u yaqin atrofda akula borligini payqab qolgan. Faqatgina mo‘jiza tufayli u qochishga muvaffaq bo‘lgan. Boshqa bir vaziyatda esa Leo parashyutda sakrashni sinab ko‘rishga qaror qilgan. Biroq uning parashyuti chalkashib ketadi va yaroqsiz bo‘lib chiqadi, faqat aqlbovar qilmaydigan omad aktyorni muqarrar o‘limdan qutqaradi.
Keyt Uinslet
Shunga o‘xshash holat “Titanik” filmi yulduzi Keyt Uinslet bilan sodir bo‘lgan. Aktrisa Jekni (Di Kaprioning qahramoni) asirlikdan ozod qilinish sahnasida deyarli cho‘kib ketdi. Ssenariyga ko‘ra, aktrisa panjara qulfini ochish uchun sho‘ng‘iydi, ammo Keyt uning kurtkasini uskunada ushlab, vahimaga tushib, cho‘kib keta boshladi. Aksincha, suratga olish guruhi aktrisaning bunday ajoyib harakatidan chin dildan xursand bo‘lgan.
Dryu Berrimor
Dryu Berrimorning iti uni va uning sobiq eri Tom Grinni olovdan saqlab qolgan. Baland ovozda chalingan budilnik tufayli er-xotin tun o‘rtasida uyg‘onib ketgan. Yong‘inni o‘chirish uchun 11 ta mashina kerak bo‘lgan, ammo uy butkul yonib bo‘lgan. | 89 | 4,171 |
Madaniyat | Instagram: Shahlo Rustamova o‘g‘lini uylantirdi, Nilufar Usmonova Shahzoda bilan urishib qolganmi? Parizodaning buvisiga atalgan syurprizi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Manzuraga Samarqanddagi to‘y xizmatida surati tushirilgan gilam sovg‘a qilishdi.
Rayhon butun dunyoda tinchlik bo‘lishini niyat qildi.
25-fevral kuni ustazoda san’atkor Ulug‘bek Otajonov 50 yoshga to‘lishi munosabati bilan xonadonida bayram dasturxonini yozdi.
Muqaddas Sa’dullayeva tinch yurtda yashayotgani uchun shukrona keltirdi.
27-fevral kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan xonanda Shirinni birinchilardan bo‘lib Malika Ravshanova hamda partnyori Farhod tabrikladi.
Nilufar Usmonova kuzatuvchilarining “Shahzoda bilan urishib qolganmisiz?”, mazmunidagi savoliga javob berdi. “Nega urishamiz? Gapingiz qursin. Farzand tarbiyasi bilan bandlar”, — deydi Nilufar Usmonova.
Malika Ravshanova kuylayotgan to‘yda chiroq o‘chib qoldi. Xonanda qo‘shiqni jonli ovozda maromiga yetkazib kuyladi.
“Bravo” kulgi jamoasi aktyori Otabek Mirzaxolov beshinchi farzandini ko‘rish uchun to‘rt bola bilan tug‘ruqxonaga bordi.
Yulduz Turdiyeva, Shahlo Zoirova va Ozod Xurramov AQShning Bruklin shahrida yashovchi o‘zbekistonliklar uchun konsert dasturi tashkillashtirdi.
Munisa Rizayeva ayollarga “Faqat bahorda emas, boshqa fasllarda ham yashnab yurish”ni tavsiya qildi.
Parizoda ko‘plab intervyularida raqqosa bo‘lishida buvisining hissasi katta ekanligini aytib o‘tgan. U buvisining 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan ajoyib bayram tashkillashtirdi. Raqqosaning yaqinlari, do‘stlari tog‘dagi dala hovliga tashrif buyurdi. Parizoda ansamblidagi qizlar bilan buvijonisi yoqtirgan raqslarni ijro etib berdi.
Zarina Nizomiddinova sahifasiga yangi surat joyladi.
Xonanda Shahlo Rustamova 25-fevral kuni o‘g‘lini uylantirdi. Poytaxtdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tgan nikoh oqshomida ko‘plab shou-biznes vakillari mehmon bo‘ldi. | 138 | 1,865 |
Madaniyat | Aktrisa Dilorom Mirzayeva Turkiyaga erga tegib, 2,5 oyda ajrashgani, 16 yoshli qizi va biznesi haqida gapirib berdi (video) | Aktrisa Dilorom Mirzayeva “Bir zum TV” YouTube kanaliga intervyu berdi. Intervyu davomida aktrisa kinolarda kamnamoligi sababi, shaxsiy hayotdagi omadsizliklari hamda biznesi haqida so‘zlab berdi.
“Yaxshi niyatda Turkiyaga turmushga chiqqan edim. Boshida hamma narsa yaxshi edi. Ichmaydigan, chekmaydigan, besh vaqt namozini o‘qiydigan odam edi. Sal vaqt o‘tgach, asl yuzini ko‘rsata boshladi. Qo‘pol gapirganiga bir chidadim, ikki chidadim, urmoqchi bo‘lganida chiday olmadim. ‘Ota-onam sizga qo‘pol munosabat qilishingiz uchun dunyoga keltirmagan’, dedim va ketdim. Turkiyada yashaydigan opamning uyiga borib, chiptamning sanasini o‘zgartirdim hamda O‘zbekistonga qaytdim”, — deydi aktrisa.
Dilorom Mirzayevaning aytishicha, uning shaxsiy hayotidagi omadsizliklar bu bilan yakunlanmadi. Aktrisa bir erkak bilan tanishib, to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotganida uning oilali ekanini bilib qoladi.
“Boshida hammasi yaxshi, namozxon, ichmaydi, chekmaydi, qizlar bilan yurmaydi. Keyin hammasi boshlanadi. Bir inson bilan to‘yimiz bo‘lishi kerak edi. Pandemiya sabab bo‘lib, uning oilali, to‘rt farzandli ekanini bilib qoldim. U meni deb, oilasi bilan ajrashmoqchi bo‘ldi, lekin bunga rozi bo‘lmadim. Shundan keyin odamlarga, umuman ishonmay qo‘ydim”, — deydi aktrisa.
Shuningdek, Dilorom serial va kinolarda kam suratga tushayotgani sababi hamda tirikchiligi haqida ham gapirdi.
“Shou-biznes men uchun xobbi. Xohlasam seriallarda rol ijro etaman, xohlamasam yo‘q. Tirikchiligim esa biznesdan”, — deydi u.
Aktrisaning aytishicha, yagona farzandi — qizi hozirda 16 yoshga kirdi. U yuridik institutga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Qizim 16 yoshda, u hozir yuridik institutga kirish uchun tayyorgarlik ko‘ryapti. U juda ham og‘ir, bosiq. Ko‘chada yurmaydi, uyda o‘tiradi. Darsga boradi, uyga keladi. Biron joyga borsa ham men bilan boradi”, — deydi aktrisa.
Ma’lumot uchun, Dilorom Mirzayeva “Alamli orzular”, “Dard”, “Sabr”, “Hay- hay qizaloq” kabi filmlarda suratga tushgan. | 123 | 1,973 |
Madaniyat | 11,4 gektar hududda kino shahar quriladi | Toshkentda EOAVMAning “Media-xoll” binosida ayni paytda "O`zbek kinosi kecha va bugun" kinoijodkorlar forumi bo`lib o`tmoqda. Ushbu tadbir "O`zbekkino" Milliy agentligi tomonidan tashkillashtirildi.
Ushbu forumda ma`lum qilinishicha, 11,4 gektar hududda kino shahar quriladi. Bu hudda maxsus kinomotorgrafiya instituti, yashash uchun uy-joylar, mehmonxona quriladi. | 40 | 368 |
Madaniyat | Di Kaprio korrupsiya ishi bo‘yicha AQSh Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilmoqda | Aktyor Leonardo Di Kaprio 1MDB Malayziya davlat jamg‘armasi bilan aloqador shaxslardan pul mablag‘larini olganligi taxmin qilinayotgan ish bo‘yicha AQSh Adliya vazirligi bilan to‘liq hamkorlik qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Di Kaprio agar xayriya pullari korrupsiyaga aloqador kishilar yoki tashkilotlardan tushganligi aniqlansa, ularning barchasini qaytarishga tayyor.
“Leonardo Di Kaprio va uning xayriya jamg‘armasi (Leonardo DiCaprio Foundation, LDF) mazkur shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aloqador bo‘lgan ixtiyoriy ehsonlar yoki sovg‘alar qabul qilgan-qilmaganligini aniqlamoqda. Agar bu tasdiqlansa, sovg‘a va ehsonlar qisqa vaqt ichida qaytariladi”, — deydi aktyorning vakili.
Uning so‘zlariga qaraganda, Amerika hukumati o‘z gumonlari haqida ma’lum qilgandan buyon Di Kaprio AQSh Adliya vazirligi bilan to‘liq hamkorlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Bruno Manser nomidagi Shveysariya jamg‘armasi rahbari Lukas Staumenn amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprioni BMTning iqlim bo‘yicha elchisi lavozimini tark etishga chaqirdi. Bunga sabab sifatida aktyorning korrupsion sxemalarga aloqadorligi borasidagi ayblovlar ko‘rsatildi. | 81 | 1,210 |
Madaniyat | Hind filmlardagi bosh qahramondan ko‘ra ko‘proq muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan ikkinchi darajali personajlar (foto) | Rolning katta-kichigi bo‘lmaydi. Istalgan epizodik yoki ikkinchi darajali qahramon ham aktyor yoki aktrisaning mahorati bilan filmning muvaffaqiyatli chiqishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Jim Sarbx — “Nirja” (2016)
“Nirja” hayotini xavfga qo‘yib Pan Am 73 reysi yo‘lovchilari hayotini saqlab qoladigan 22 yashar styuardessa haqidagi biografik film hisoblanadi. Bosh qahramon rolini ijro qilgan Sonam Kapur aynan mazkur filmdan keyin mashhurlikka erishgan. Fimdagi Jim Sarbx gavdalantirgan terrorist qahramoni esa eng esda qolarli ijrolardan biri bo‘lgan. Tashqi qiyofasi, o‘ziga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi va mahorati bilan u Sonam Kapurdan ham o‘zib ketgan.
Viki Kaushal — “Sanju” (2018)
Sanjay Dattning hayotiga asosida suratga olingan biografik filmida bosh qahramon rolini ijro qilish uchun Ranbir Kapur alohida tayyorgarlik ko‘rgan, imijini o‘zgartirgan. Ammo film ekran yuzini ko‘rganidan keyin Viki Kaushal
gavdalantirgan Kamli ismli qahramon ko‘proq e’tibor jalb qilgan. Muxlislar Ranbirdan ko‘ra Vikining ijrosini qiziqarliroq deb bilgan. Ularning har ikkisi ham Filmfare mukofotini: Ranbir eng yaxshi aktyor, Viki esa ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor sifatida qo‘lga kiritganiga qaramay, ko‘pchilik Viki filmdagi asosiy qahramonni muvaffaqiyat borasida ortda qoldirgan, deb hisoblaydi.
Saif Ali Xon — “Tanhaji” (2020)
Tarixiy drama yo‘nalishida suratga olingan mazkur filmda Saif Ali Xon salbiy qahramon rolini qoyillatib ijro qilgan. U gavdalantirgan Udabxan Singx Rator qahramoni shunchalik mukammal chiqqanidan Ajay Devgan ijrosidagi bosh qahramon uning fonida qolib ketgan.
Arshad Varsi — “Munnaboy” (2003)
Munnaboyning do‘sti Sipak rolini aktyor Arshad Varsi ijro qilgan. Hazilkash va o‘ziga xosligi bilan mazkur qahramon asosiy qahramondan ko‘proq e’tibor jalb qilgan.
Vivek Oberoy — “Krish-3”
“Krish” filmining uchinchi qismi taqdim etilmagunicha hech kim salbiy qahramon Kaal rolini Vivek ijro qilishi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. U ijro mahorati bilan filmning o‘ziga xos bo‘lishiga hissa qo‘shgan. | 121 | 2,027 |
Madaniyat | Gongkongda kinooperator Jeki Chan ishtirokidagi filmni suratga olish vaqtida cho‘kib ketdi | Kinooperator Chan Kvok-Xung Jeki Chan bilan jangari filmni suratga olish jarayonida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
51 yoshli Chan Kvok-Xung suvda ishlash chog‘ida cho‘kib ketdi. Renni Xarlinning “Izma-iz” filmi uchun epizodni suratga olayotgan vaqtida syomka guruhining u bilan birga ishlayotgan yana yetti nafar a’zosi bo‘lgan kema ag‘darilib ketdi. Hodisa Gongkongdagi Lantau oroli yaqinida sodir bo‘ldi.
Kinooperatordan tashqari hech kim zarar ko‘rmadi. Jeki Chan kema bortida bo‘lmagan. | 90 | 509 |
Madaniyat | Rossiyalik kinoijodkorlar yurtimiz madaniyati haqida film suratga olyapti | O`zbekiston elektron ommoviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Rossiyaning “Rossiya-kultura” telekanali bilan hamkorlikda “O`zbekiston. San`atga yo`l” xujjatli filmlar seriyasini suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Film ssenariysi rus kinoijodkori Tatyana Basova tomonidan yozilgan bo`lib, unda Rossiyaning "Kultura" telekanali rejissyori Elena Kojevnikova va operator Vladimir Kurilovlar ishtirok etmoqda. Mazkur loyihada “Buyuk Ipak Yo`li”dagi qadim davlatlar, jumladan, uning markazi bo`lgan O`zbekistonning boy tarixi, yuksak madaniyat va san`at markazlari bo`lgan tarixiy shaharlari, ular bilan bog`liq afsonalar, ilm-fan va madaniyat haqida qimmatli ma`lumotlar jamlanadi. Ko`p millatli xalqning o`tmishi, buguni, diniy bag`rikengligi va o`zbek xalqining mehmondo`stligiga asosiy urg`u beriladi.
Suratga olish ishlari Toshkent, Samarkand, Buxoro va Xiva shaharlarida boshlandi. | 73 | 990 |
Madaniyat | “Titanik”dagi takrorlangan sahna: Leonardo Di Kaprio muzli ko‘lga takror sho‘ng‘ishiga to‘g‘ri keldi | Gollivud yulduzi Leonardo Di Kaprio ajoyib aktyorlik mahoratiga ega ekanidan tashqari, ekofaolligi, hayvonlarni sevishi va ularning himoyalanishi tarafdori ekani bilan ham muxlislarning mehriga sazovor bo‘lgan. Aktyor Netflix’ning “Yuqoriga qaramang” (Don’t look up) nomli filmning suratga olish jarayonida jonbozlik ko‘rsatib itlarning hayotini saqlab qoldi.
Happy Sad Conffused podkastining navbatdagi efirida shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan yangi filmda Jennifer Lourens, Meril Strip, Jon Xill va boshqalardan iborat suratga olish jamoasi ishtirok etgan. Ular Leoning ikki nafar xaski zotli itni qutqarish uchun o‘ylab ham o‘tirmay, Bostondagi muzli ko‘lga sakragan sahnasi haqida aytib bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, suratga olish jarayonida Leonardo hamkasbi Jon Xill bilan ko‘l yonidagi uyda qolgan. Jonning aytishicha, bir emas, ikki it muzlagan ko‘lga tushib ketgan.
“Avvaliga Di Kaprio itlardan birini qutqarish uchun ko‘lga sakragan. Birinchisini olib chiqishi bilanoq voqea ikkinchi it bilan ham takrorlangan”, — degan Xill. Ta’kidlanishicha, bunga guvoh bo‘lganlar uning jasurligini olqishlagan.
Avvalroq Leonardo Di Kaprioning sun’iy go‘sht yetishtirish startapiga sarmoya kiritgani haqida xabar berilgandi. | 100 | 1,220 |
Madaniyat | Anjelina Joli, Keyt Uinslet va ilk rolidagi ko‘rinishidan tanish mushkul bo‘lgan boshqa yulduzlar (foto) | Mashhur va millionlab muxlislarga ega aktyor-aktrisalar karyerasini qanday filmlarda suratga tushishdan boshlagani hamda bu vaqtda qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Keyt Uinslet
Keyt karyerasini 12 yoshida nonushta yormasining reklamasida suratga tushishdan boshlagan. 15 yoshga to‘lganida “Qora mavsum” ilmiy-fantastik serialidan rol berilgan. Oradan 3 yil o‘tib uni katta kino — Piter Jeksonning psixologik dramasida rol o‘ynagan. Mazkur ijrosi sabab bir qancha kinomukofotlar, xususan, “Eng yaxshi britaniyalik aktrisa” yo‘nalishi bo‘yicha Empire Awards’ni qo‘lga kiritgan.
Jeyk Jillenhol
Rejissor va ssenariy muallifi oilasida dunyoga kelgan Jeyk, bolaligidanoq suratga tusha boshlagan. “Shaharlik oliftalar” filmida debyut rol ijro qilgan aktyor, tasvirga olish jarayonidan keyin darhol boshqa bir film uchun sinovdan o‘tgan. Ammo ota-onasi o‘g‘lini uzoqqa yuborishni istamagan. Voyaga yetguniga qadar ijro etgan filmlarning bittasidan tashqari deyarli barchasi otasining loyihalari bo‘lgan. Masalan, politsiyachi haqidagi Robin Uilyams suratga tushgan serialda u epizodik rol ijro qilgan.
Elayja Vud
Elayja bolaligidanoq maktabdagi postanovkalarda ishtirok etgan. Ilk bor katta kinoda suratga tushganida yoshi sakkizda bo‘lgan. U “Kelajakka qaytib-2” filmida epizodik qahramonni gavdalantirgan. Keyinchalik boshqa bir qancha loyihalarda uncha katta bo‘lmagan rollarni ijro qilgan aktyorga tanqidchilar e’tibori “Urush” filmidan keyin tushgan. Aynan shu ijrosi sabab dramatik filmdagi eng yaxshi aktyor sifatida Young Star Award’ni qo‘lga kiritgan.
Kirsten Danst
3 yasharligidayoq televizion reklamada suratga tushgan aktrisa, 6 yoshida Vudi Alenning qisqa metrajli filmida debyut rol ijro qilgan. Kinotanqidchilar uni “Vampir bilan intervyu” dramasida Klaudiyani gavdalantirganidan keyin payqagan. Ushbu filmda Kirstenga Tom Kruz va Bred Pitt sherik bo‘lgan. 13 yoshida o‘z vaqtining eng kassabop filmlaridan hisoblangan “Jumanji”da rol o‘ynagan.
Kristen Styuart
Kino olamidagi faoliyatini 8 yoshidan boshlagan Kristen “Qo‘rquv xonasi”da Jodi Fosterni gavdalantirganidan keyin o‘ziga e’tibor jalb qilgan. Ushbu ijrosi sabab Young Artist Award mukofotiga nomzodi qo‘yilgan. “Taqiqlangan missiya” filmida esa bosh qahramon sifatida ishtirok etgan. Sujetga ko‘ra, u otasining operatsiyasiga pul topish uchun bankni tunashga qaror qilgan qiz rolini o‘ynagan.
Skarlett Yoxansson
Bolaligidan aktrisa bo‘lishni orzu qilgan Skarlett, Nyu-Yorkdagi bolalarni aktyorlikka tayyorlaydigan xususiy maktabda o‘qigan. Urinishlari besamar ketmagan: 9 yoshida Elayja Vud va Bryus UillIs bilan birga “Shimol” nomli fantastik komediyada suratga tushgan. Ilk asosiy rolini esa 12 yoshida “Menni va Lo” filmida ijro qilgan. Mazkur ijrosi sabab Independent Spirit Awards mukofotiga nomzod bo‘lgan.
Timoti Shalame
12 yoshidan reklama roliklarida suratga tushib yurgan Timoti “Qonun va tartib” nomli mashhur serialda unchalik ahamiyati bo‘lmagan rol ijro qilgan. 2012-yilda Shalame “Vatan” serialida vitse-prezidentning tantiq arzandasini gavdalantirgan. Aynan mazkur rolidan keyin katta kinodan takliflar kelib tusha boshlagan.
Tom Holland
10 yoshidan teatrda ishtirok etib yurgan Tom, debyut rolini 2004-yil Tailanddagi sunami vaqtida sodir bo‘lgan voqealar haqidagi “Imkonsiz” filmida ijro qilgan. Mazkur loyiha bir qancha mukofotlarga loyiq deb topilgan.
Anjelina Joli
Anjelina Joli ilk bor otasining ssenariysi asosida suratga olingan va prokatda muvaffaqiyatsiz natija qayd qilgan“Chiqish yo‘lini izlab” nomli komediyada suratga tushgan. Keyingi safar ekranda ko‘rinish berganida u 18 yoshda bo‘lgan. Joli nomi ta’kidlangan filmning ikkinchi qismida rol ijro qilgan. 2014-yilda Entertainment Weekly jurnali mazkur kartinani aktrisa filmografiyasidagi eng yomon film deb atagan. Mashhurlikka “Jia” filmidagi rolidan keyin erishgan. Undagi roli sabab Joli bir qancha nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan, shuningdek, “Emmi”ga nomzodi qo‘yilgan.
Sirsha Ronan
Sirsha karyerasini Irlandiya seriallaridagi epizodik ijrodan boshlagan. Katta ekranda “Hech qachon seniki bo‘lmayman”dagi ishtiroki bilan ko‘rinish bergan, ammo mazkur film muxlislar qalbidan joy ololmagan, tanqidchilar ham ijobiy baho bermagan. “Gunohni yuvish” kinolentasi esa tomoshabin va kinomutaxassislar tomonidan iliq kutib olingan. Ushbu rol sabab 13 yashar Ronan, “Oskar”, “Oltin Globus” va “Bafta” mukofotlariga nomzod bo‘lgan.
Riz Uizerspun
Riz 15 yoshida “Oydagi odam” filmida suratga tushish uchun sinovda qatnashgan. Bunga qadar faqat reklama roliklarida ishtirok etgan bo‘lgan. Ammo salohiyatini payqagan rejissor unga bosh qahramon rolini taklif qilgan. Natijada Uizerspunning ishiga tanqidchilar ijobiy baho bergan, Young Artist Award mukofotining “Eng yaxshi yosh aktrisa” yo‘nalishiga nomzodi qo‘yilgan. | 104 | 4,806 |
Madaniyat | “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar” mukofotiga nomzod 9 filmning short-listi e’lon qilindi | AQSh Kinoakademiyasi tomonidan “Chet tilidagi eng yaxshi film” yo‘nalishida “Oskar” mukofotiga talabgor bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritgan filmlarning short-listi taqdim etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.
Mukofotga da’vogarlar orasidan Belgiya (Jako Van Dormelning “Eng yangi vasiyat” filmi), Kolumbiya (Siro Gerraning “Ilon quchog‘ida” filmi”), Daniya (Tobias Lindxolmning “Urush” filmi), Germaniya (Julio Richchiarellining “Yolg‘on labirinti” filmi), Iordaniya (Naji Nabu Avarning “Mag‘rurlik” filmi), Fransiya (Deniz Gamze Ergyuvenning “Mustang” filmi), Vengriya (Laslo Nemeshning “Saulning o‘g‘li” filmi), Irlandiya (Peddi Bretnekning “Viva” filmi) va Finlyandiya (Klaus Xyaryoning “Qilichboz” filmi) mamlakatlarining filmlari tanlab olingan. Rossiyalik rejissor Nikita Mixalkovning “Oftob urishi” kinofilmi ro‘yxatga kirmadi.
“Oskar” mukofotining yakuniy nomzodlari 2016-yil yanvar oyida e’lon qilinadi. Taqdirlash marosimi esa 2016-yil 28-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. | 107 | 984 |
Madaniyat | “Kelajakka qaytib” filmidagi DeLorean avtomobili sotuvga qo‘yildi (foto) | Robert Zemekisning uch qismli mashhur “Kelajakka qaytib” filmlaridagi DeLorean DMC 12 sportkari Britaniyada kimoshdi savdosida sotiladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Avtomobil egasi aytishicha, u mashinani uch yil avval sotib olgan, endi esa uni 35 ming funtga pullamoqchi. Shuningdek, u xaridorga film bosh qahramoni Marti Makflay uchgan xoverbord nusxasini, uning kepkasini, bog‘ichi o‘zi bog‘lanadigan krossovka va sport almanaxini hadya etishga tayyor.
Mashina egasi ta’kidlashicha, DeLorean ideal holatda bo‘lib, 22,5 ming kilometrdan sal ko‘proq yo‘l bosgan. | 72 | 560 |
Madaniyat | “Uyda yolg‘iz-2” filmida kabutarlar bilan rol ijro etgan aktrisa yolg‘izlikdan shikoyat qildi: uning bayramni birgalikda nishonlaydigan yaqinlari yo‘q | Ba’zan aktyorlarning taqdiri ular ekranda gavdalantirgan obraz bilan o‘xshash bo‘lishi ham mumkin. Xuddi shunday o‘xshashlik “Uyda yolg‘iz-2” filmida kabutarlarni boquvchi yolg‘iz ayol rolini ijro etgan Brenda Friker bilan ham yuz bergan. Aktrisaning filmdagi obrazdan farqli jihati u yashash joyiga ega, ammo boshqa barcha tomondan aynan o‘sha yolg‘iz ayol xususiyatlarini takrorlaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa 75 yillik umri davomida biror marta ham oila qurmagan. U yolg‘iz yashaydi va Yangi yilni barcha kabi xursandchilik bilan kutib olmaydi.
“Bayram yaqinlashishi bilan telefonimni o‘chiraman, deraza pardalarini yopaman. Televizorda yaxshi ko‘rsatuv va filmlar tomosha bilan kun o‘tkazaman. Bu kunni yaxshi va tezroq o‘tishiga yordam beradi. Har Yangi yil mana shu tarzda o‘tadi”, − deydi aktrisa.
Aktrisa Yangi yil arafasida o‘zini yanada yolg‘iz his etadi. Bunday vaqtda uni bag‘riga bosadigan, birgalikda bayramni kutib oladigan insonlari yo‘qligidan azob chekadi. | 150 | 979 |
Madaniyat | Shahzoda Muhammedova “Dubaydagi qilmishlari” haqidagi ovozalarga aniqlik kiritdi | Kuni kecha Ulug‘bek Rahmatullayev avtohalokatga uchraganini bildirgan ayrim Telegram kanallari endi aktrisa Shahzoda Muhammedova haqida mish-mishlar tarqatmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.
Kadr: YouTube
Telegram kanallari orqali tarqalgan xabarlarda shunday deyiladi “Dahshat! Shahzoda Dubayda nima ish qilib qo‘ydi, hayron qolishingiz aniq!”
Bundan xabar topgan aktrisa o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali bunday safsatani tarqatayotganlarga murojaatini yozib qoldirdi:
“Pul topish maqsadida Telegram’da turli yolg‘on manbalar, fotoshoplar tarqalyapti. Qiziqib, ichiga kirilsa pul yechiladi har bir telefondan. Iltimos, san’atkorning yuzidan foydalanib pul topmanglar. Dubaymish, Toshkentdaman-ku? Ozgina Xudodan qo‘rqinglar! Qiz bolaning nomini bulg‘ash yaxshimas. Kuni kecha xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevni halokatda o‘ldi degan mish-mishni chiqaruvdinglar. Ozgina vijdon yetishmayapti ayrim noinsoflarda”.
Skrinshot: Instagram / @shaxzoda_muxammedova | 80 | 972 |
Madaniyat | Maksim: 2000-yillardagi xit qo‘shiqlar ijrochisi nima sababdan san’atni tark etgan? (foto, video) | 2000-yillar boshida rus estradasi sahnasida yangi yulduz porladi. Uni hamma sevib tinglagan edi. “Znayesh li ti?” qo‘shig‘ining satrlarini yoddan bilmaydigan insonning o‘zi topilmasdi. Afsuski, xonanda Maksim qanchalar tez tanilgan bo‘lsa, shunchalar tez unutildi ham. Spirtli ichimlik oqibati yoki oilaviy muammolar, Alla Pugachyovaning noroziligi yoki shaxsiy hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar – bularning barchasi pop yulduzining karyerasiga salbiy ta’sir o‘tkazdi.
Bolalik va o‘smirlik
Maksimning haqiqiy ismi – Marina Ambrosimova. Xonandaning “Zolushka” haqidagi ertaklarga hech qanday aloqasi yo‘q. Marina Qozonda, musiqaga umuman aloqasi bo‘lmagan oddiy oilada tug‘ilgan.
Bo‘lajak xonanda bolalikdan akasi Maksimga juda yaqin edi, keyinchalik uning ismidan ham taxallus sifatida foydalanishga qaror qilgan.
U bolaligidanoq musiqaga qiziqib, vokaldan dars olgan. Pianino chalishni o‘rganib, 14 yoshida o‘zi mustaqil kuy yoza boshlagan.
Ilk musiqiy yutuqlar
Maksim faoliyat yuritgan ilk musiqiy guruh “Pro-z” deb nomlangan va ular birdaniga uchta taronani yozgan. Qo‘shiqlar avval Qozonning barcha klublarida, keyinchalik butun respublikada yangray boshlagan. Bu vaqtda xonandaning ambitsiyalari va mehnatsevarligiga havas qilsa arzirdi.
Maktabni tugatib, ota-onasining roziligini olganidan so‘ng Maksim darhol Moskvaga ko‘chib o‘tdi. U ko‘cha musiqachilari bilan metro yo‘laklarida qo‘shiq kuylashdan uyalmay, eng yaxshi radiostansiyalarning eshiklarini taqillata boshladi.
Tez orada qilingan sa’y-harakatlar o‘z samarasini berdi. Bo‘lajak yulduz taniqli Gala Records ovoz yozish kompaniyasi bilan hamkorlik qilish taklifini oldi. 2006-yilda esa o‘zining “Murakkab yosh” (“Trudniy vozrast”) debyut albomini yozishga muvaffaq bo‘lgan.
Ushbu albom Rossiya shou-biznesiga yo‘l ochib, katta muvaffaqiyat keltirdi. Samimiy va sodda so‘zlardan tashkil topgan qo‘shiqlarni millionlab yoshlar yaxshi ko‘rib tinglar edi. Maksim shu tarzda mamlakat bo‘ylab konsert-dasturlarni namoyish eta boshladi. Uning muxlislari soni kundan kunga ortib borar, navbatdagi taronalar nafaqat Rossiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishardi. Ijrochi endi dunyo bo‘ylab ijodiy konsertlar namoyish etishni boshladi.
Ijodiy inqiroz
Yakkaxon ijrolardan tashqari Maksim “Basta”, “Jigan” va Animal Jazz guruhi bilan bir nechta qo‘shiqlarni taqdim etgan. Xonandani yanada yangi cho‘qqilar kutib turgandek tuyilsa-da, ammo doimgidek qayerdadir to‘siqlar paydo bo‘la boshladi.
Keyingi kompozitsiyalar avvalgidek muvaffaqiyat keltirmadi. Shundan so‘ng Maksim tanaffus qilishga qaror qildi va noma’lum vaqtga ta’tilga chiqdi.
Sahnani tark etish sabablari
Xonandaning to‘satdan yo‘q bo‘lib qolishi ommaviy axborot vositalari va sodiq muxlislarni befarq qoldirmadi. Shou-biznes olamida xonandaning spirtli ichimlikka haddan tashqari ruju qo‘ygani aytilgan. Ammo ozg‘in va jonkuyar qiz qiyofasiga ushbu mish-mishlar unchalik ham to‘g‘ri kelmaydi.
Muvaffaqiyatli martaba, ikki farzand va 10 yildan ortiqroq muxlislar turganda, afsuski, ijodkorning majburiy ravishda ta’tilga chiqishiga sabab aynan spirtli ichimliklarga qaramlik edi. U bir yil davomida reabilitatsiya markazida bo‘lgan. Ikkinchi farzandini dunyoga keltirgach, depressiya tufayli spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan va hamisha bosh og‘rishi tufayli ichkilikka o‘rganib qolgan. Hattoki, katta qizi Aleksandraning yonida ham bemalol ichar edi.
Ammo ichkilik bilan bog‘liq muammolardan tashqari ko‘pchilik qo‘shiqchining sahnadan ketishini Alla Pugachyova nomi bilan bog‘laydi. Xabarlarga ko‘ra, Alla Pugachyova Maksimning tezlikda mashhurlikka erishishini yoqtirmagan.
Shuning uchun ham u taniqli yulduzlar konserti hamda “Yil qo‘shig‘i” musiqiy mukofotiga taklif qilinmagan. Shuningdek, Pugachyova Maksimning ijro qobiliyatlari haqida yaxshi fikrda bo‘lmagan, shu tufayli ham uni rus estradasi sahnasida ko‘rishni xohlamagan.
Ehtimol, Maksimning ijodi va martabasiga uning shaxsiy hayoti, aniqrog‘i, uning tartibsizligi kuchli ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.
Yosh hamda mashhur Maksim rejissor Aleksey Lugovsev bilan turmush qurgan, ammo oradan uch yil o‘tib, juftlik ajrashib ketgan. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, doimiy janjallar uning ijodiga to‘liq e’tibor berishga xalaqit bergan.
Ajrimdan so‘ng xonanda bilan hamkorlikda ijod qilgan Animal Jazz guruhining bosh qo‘shiqchisi orasida ishqiy munosabatlar boshlangan, lekin ular bunga juda tez yakun yasagan.
Keyinchalik ishbilarmon Anton Petrov bilan o‘rnatilgan munosabatlar ham oila qurishga arzimadi. Qolgan xotira va tuyg‘ularni xonanda hattoki o‘zining kompozitsiyasida aks ettirdi.
Afsuski, 2019-yilda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa xonandaning karyerasini davom ettirish yo‘lidagi hal qiluvchi sinov edi.
Ma’lum bo‘lishicha, noqulay ob-havo sharoiti tufayli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, katta tezlikda yo‘l chetiga chiqib ketgan. Baxtsiz hodisa aeroportga boradigan yo‘lda sodir bo‘lgan, chunki Maksim o‘sha vaqtda Moskvaga uchish uchun shoshayotgan edi.
YTH oqibatida qo‘shiqchi ko‘plab jarohatlar olgan. Garchi uning hayoti xavf ostida bo‘lmasa-da, uning tanasidagi ko‘karishlar, singan suyaklarning bitishi va reabilitatsiya uchun vaqt kerak edi. Natijada barcha konsert va kliplarning suratga olish ishlari bekor qilingan.
Ammo bu voqeada ham muxlislar sud ekspertiza natijalarini taqqoslab, voqeaga ishonmadi. Jamoatchilik uchun xonandaning menejeri Margarita Sokolovaning bergan ma’lumoti yetarli emasdi. U ommaviy axborot vositalariga qo‘shiqchi bilan sodir bo‘lgan voqeani xabar qilgan bo‘lsa-da, qo‘shiqchi olgan jarohatlar voqeaga tavsifiga umuman mos kelmagan. Masalan, sud eksperti Vladimir Borisov: “Men orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchida bunday jarohatlarni hech qachon ko‘rmaganman. Ko‘karishlar, asosan, qo‘lda ko‘p uchraydi, chunki odam bunday vaqtda beixtiyor yuzini qo‘li bilan himoya qiladi. G‘ildirak yorilib, mashina sirg‘alganda ham yo‘lovchining bunday jarohat olishi mumkin emas”, − degan.
Ushbu voqea “Haqiqat yoki uydirma” sarlavhasi ostida shu kungacha saqlanib kelmoqda. Reabilitatsiyadan ko‘p o‘tmay, Maksim Toshkentda konsert-dasturini namoyish etdi, ammo xonandaning qo‘rqinchli tashqi ko‘rinishi internet olamida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan.
Uning yuzi osilib qolgan, ovozi ham muxlislariga avvalgiday yoqimli tuyilmagan. Ammo atrofdagilarning muhokamalariga qaramay, ijrochi avvalgiday yashashga harakat qildi. Uning hozirda ikki nafar qizi bor va munosabatlardan baxtli. So‘nggi yillarda Maksimning faoliyati eng yaxshi davrlardan uzoqlashgani aniq. Endilikda uning ijodi va faoliyati keskin o‘zgarishlarni talab qiladi.
Nima bo‘lganda ham xonandaning muxlislari uzoq davom etgan qorong‘i kunlarining tezroq tugashini va uni yana sahnaga qaytishini chin dildan orzu qilmoqda. | 97 | 6,746 |
Madaniyat | O‘zbekistonda Navro‘z munosabati bilan 60 nafar keksa kinoijodkorlarga zamonaviy televizorlar sovg‘a qilindi | Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 300 dan ortiq kinoijodkorlar — kinorejissorlar, operatorlar, rassomlar, ovoz rejissorlari, aktyorlar, montajchilar, kinoshunoslar va boshqalar uchun dasturxon yozildi, doshqozonlarda sumalak va palov tayyorlandi, deya xabar bermoqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.
“O‘zbekfilm” kinostudiyasidagi “Zamin” restoranida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida 60 nafar keksa kinoijodkorlarga zamonaviy Artel televizorlari sovg‘a qilindi. O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston san’at arbobi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, rejissor Shuhrat Abbosovga esa u suratga olgan filmlari asosida tayyorlangan maxsus kartina topshirildi.
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Abdurashid Yo‘ldoshev, Ziyoda Qobilova kabi bir qator estrada xonandalari, raqs va karnay-surnay guruhlari kinematografchilarni bayram bilan tabrikladi. | 108 | 913 |
Madaniyat | “Temir odam 3” Shimoliy Amerika kinoprokatida hamon yetakchi | 10-12 may kungi natijalarga ko‘ra, Shimoliy Amerika kinoprokatida “Temir odam 3” yetakchilik qilmoqda. BoxOfficeMojo tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlarida Toni Starkning filmi 72,5 million dollar to‘pladi.
Kichik Robert Dauni bosh rolni o‘ynagan bu sarguzasht filmning ikki hafta natijasiga ko‘ra to‘plagan puli 284,9 million dollarni tashkil qilmoqda.
Ikkinchi o‘rinni “Buyuk Getsbi” (“The Great Gatsby”) filmi egalladi. Frensis Skottning ushbu kartinasida Leonardo di Kaprio bosh rolni o‘ynagan. Dam olish kunlarida ushbu film 51,1 million dollar keltirgan.
Uchinchi o‘rinda “Qon va ter to‘kish: Anaboliklar” kriminal komediyasi qayd etildi. Bu kartina 5 million ishladi. O‘tgan uch hafta natijasiga ko‘ra 41,6 million kassaga tushgan.
To‘rtinchi o‘rinda yana bir yangi film — komedik janrdagi “Biz nega yana oila quryapmiz?” (“Why Did I Get Married Too?”). Tayler Perri va Janet Jekson suratga tushgan bu kinokartina 4,9 million to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Beshinchi o‘rinda beysbol haqidagi “42” filmi qayd etilgan. Bu filmda Xarrison Ford bosh rolni ijro etgan. Ushbu kartina 4,7 million dollarga ega bo‘lgan. O‘tgan besh haftada esa 84,7 milion ishlagan. | 60 | 1,181 |
Madaniyat | Margo Robbi Kventin Tarantinoning yangi filmida rol ijro etadi | Gollivud aktrisasi Margo Robbi taniqli kinorejissor Kventin Tarantinoning yangi filmida rol ijro etadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bir kuni Gollivudda” nomli kartina syujeti real voqealarga asoslangan. U manyak Charlz Menson tomonidan rejissor Roman Polanskining xotini o‘ldirilishiga bag‘ishlanadi. Polanskining rafiqasi rolini Robbi ijro etadi.
Polanskining rafiqasi Sheron Teyt manyakning tarafdorlari tomonidan o‘ldirilganida homiladorlikning oxirgi oylarida edi.
Filmda, shuningdek, Leonardo Di Kaprio, Bred Pitt, Kurt Rassel, Tim Rot, Mayl Medsen va Bert Reynoldslar rol ijro etadi. | 62 | 608 |
Madaniyat | Respublika “Kitob bayrami”da yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi | Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida tashkil etilgan respublika “Kitob bayrami” barchaga manzur bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bayramona tadbirda yangi kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi. Ular Cho‘lpon nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi tomonidan taqdim etilgan Nabi Jaloliddinnning “Tegirmon” va Abdumajid Azimning “Qadr kechasi” kitoblari bo‘ldi.
Shuningdek, “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi tomonidan chop etilgan Iqbol Mirzoning “Zarb” va Ulug‘bek Hamdamning “Eski dunyo va yangi men” kitoblarining ham taqdimotlari o‘tkazildi. Mazkur asarlar kitobxonlar tomonidan iliq kutib olindi.
Taqdimotda so‘z olgan kitob mualliflari ijod namunasining yaratilish jarayoni, syujeti, asosiy g‘oyasi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi. Dastur so‘nggida mualliflar kitobxonlar bilan qizg‘in suhbat qurdi. | 64 | 814 |
Madaniyat | Buxoro viloyatida 34 ta madaniy meros ob`ektlari sayyohlar uchun shay holga keltirildi | Buxoro viloyatida qo`shimcha 34 ta madaniy meros ob`ektlari qayta ta`mirlanib, rekonstruksiya qilindi va sayyohlar tashrifi uchun tayyorlandi. Bu haqda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti xabar berdi. Bular:
Sobiq spiddan saqlanish kasalxonasi;
Siddiqiyon masjidi;
Kulita karvon saroyi;
Suv quvuri minorasi;
Jo`rabek karvon saroyi;
Xalifai Xudoydod majmuasi;
Bo`rontepa arxeologik yodgorligi;
Eshoni pir madrasasi;
Abdulqodir Jeloniy majmuasi;
Xonaqo Fayziobod;
Shayx Sayfiddin Boxarziy qabri;
Shayx Jalol darvozasi;
Sallohxona darvozasi;
Samarqand darvozasi;
Hazrati Imom darvozasi;
Boboi Porado`z maqbarasi;
Xo`ja Peshko` ansambli;
Qori Izro savdogar uyi;
"Tosh Saroy" madrasasi;
"Namozgoh" masjidi;
"Mir Said Kamol"
"Mavlono Sharif" majmuasi;
"Chuqur" madrasasi;
"Qorako`l" qal`a darvozasi;
Eski hammom binosi;
"Rashid" karvonsaroyi;
Qadimiy hovli;
Turkmen madrasasi;
Xoja Porso masjidi;
Amir saroyi;
Vardonze qo`rg`on;
Xo`ja Zafaron tepa;
Shibirdon ota tepa;
Xo`ja Ubbon ziyoratgohi;
Mazkur ro`yxat Buxoro viloyati Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan. | 86 | 1,139 |
Madaniyat | Warner Brothers Prinsning hayotligida e’lon qilinmagan kuylaridan iborat albom chiqaradi | Warner Brothers kompaniyasi marhum xonanda Prinsning ilgari e’lon qilinmagan kuylaridan iborat yangi albom chiqarilishini e’lon qildi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Kompaniya jami ikkita disk chiqarishga va’da bermoqda. Birinchisiga Prinsning 40 ta eng mashhur kompozitsiyasi kiritiladi. Keyingi yil esa keng jamoatchilikka noma’lum qo‘shiqlarning bir qismi taqdim etiladi.
Batafsil ma’lumot keyinroq taqdim etilishi bildirildi.
Taniqli xonanda, “Gremmi”, “Oskar”, “Oltin globus” kabi mukofotlar sovrindori Prins shu yili olamdan o‘tdi. | 88 | 570 |
Madaniyat | Muhimi ijod: Ajrimdan keyin ham birgalikda suratga tushgan Gollivudning sobiq yulduzli juftliklari (foto) | Odatda juftliklar bir-biridan ajrashgandan so‘ng bir umrga ham qayta ko‘rishmaslikni, muloqot qilmaslikni xohlaydi. Ammo ba’zida mashhurlar muhabbat tugaganidan keyin ham birga suratga tushish va chiqishlarini davom ettirishiga to‘g‘ri keladi. Quyida ularning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.
Amanda Seyfrid va Dominik Kuper
Ular 2008-yilda “Mamma Mia” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan va uch yil davomida yaqin munosabatda bo‘lgan. Ammo 2018-yilga kelib ular kartinaning davomida er va xotin rolini ijro etishiga to‘g‘ri keldi. Ajrimning sababi esa xiyonat edi. Biroq Amanda 2017-yilda Tomas Sadoski bilan turmush qurgandi. Dominik esa bir necha yillik munosabatlardan so‘ng aktrisa Rut Negga bilan ajrashgan.
Jennifer Lopes va Mark Entoni
Ularning turmushi 2004-yildan 2011-yilgacha davom etgan. Shundan so‘ng ular ajrashgan. Juftlikning Maks va Emma ismli egizak farzandlari bor. Ajrimdan keyin ular birgalikda raqs shousida ishlashda davom etdi va 2016-yilda birgalikda ispan tilida albom yozishdi. Entoni aktrisa Shannon de Limaga uylandi va ular 2017-yilda ajrashdi. Lopes sobiq beysbolchi Aleks Rodriges bilan ajrashgandan so‘ng o‘zining uzoq yillik muhabbati Ben Afflek bilan uchrashdi.
Kortni Kardashyan va Skott Disik
Kortni va Skott to‘qqiz yil davomida birga bo‘lgan. 2015-yilda ajrashganidan keyin ham ular birgalikda islashni davom ettirdi. Kortni va Skottning uchta farzandi bor: Meyson, Penelopa va Reyn.
Jennifer Lourens va Nikolas Xolt
Ular “Noma’lum odam: kelajakdagi o‘tmish kunlari” filmining suratga olish maydonchasida ko‘rishgandan so‘ng deyarli uch yil uchrashib yurdi. Biz “Noma’lum odam: Apokalipsisl” filmi suratga olinishidan biroz oldin ajrashdik.
Xaydi Klum va Sil
Aktrisa va qo‘shiqchi 9 yil turmush qurgan: 2005-yildan 2014-yilgacha ular uch nafar farzandli bo‘ldi. 2012-yilda ular ajralishlarini e’lon qildi, lekin Sil uzoq vaqt nikoh uzugini yechmadi. Ajralishdan keyin ular munosabatni davom ettirdi va birgalikda televizion shoularda ishtirok etdi. 2019-yilda beri Xaydi Tokio Hotel mehmonxonasining gitaristi Tom Kaulitsga turmushga chiqqan.
Sharliz Teron va Shon Penn
Sharliz va Shon 2014-yilda “Oxirgi chehra” filmining suratga olish maydonchasida uchrashishdi, Sharliz filmda rol ijro etgan bo‘lsa, Shon rejissor bo‘lgan. Ular o‘z his-tuyg‘ularini omma oldida shu qadar aniq ko‘rsatdilarki, ular yashirincha turmush qurishgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo bir yil o‘tgach, Sharliz va Shon ajraldi. Keyinchalik ular birgalikda film bo‘yicha ijodiy safarda bo‘lgan.
Kemeron Diaz va Jastin Timberleyk
Ular 2003-yildan 2007-yilgacha uchrashib, hech qanday janjallarsiz kelishgan holda ajraldi va 4 yildan so‘ng ular “Juda yomon o‘qituvchi” filmida birga rol o‘ynadi. Dias har doim Timberleyk haqida faqat yaxshi gaplarni aytgan: “Biz vaqtni xursandchilikda o‘tkazamiz. Men bu rolga undan yaxshiroq mos keladigan odamni bilmayman”.
Kristen Styuart va Robert Pattinson
“Sumerki” kartinasining suratga olish maydonchasida tanishgan yulduzlar biroz vaqt davomida uchrashib yurgan. Ammo 2012-yilda Kristen rejissor Rupert Sanders bilan ishqiy munosabatlar o‘rnatgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, bu vaqtda boshqa film suratga olingani sababli, ular bir necha oy davomida ajralish haqida sukut saqlashi kerak edi. Shundan so‘ng ular do‘stona muloqotni davom ettirdi va birgalikda turli tadbirlarda qatnashdi. | 105 | 3,383 |
Madaniyat | Zemfira pandemiya uning kasbini yakson qilganini bildirib, onlayn konsertlar berishdan bosh tortdi | Rossiyalik qo‘shiqchi Zemfira koronavirus pandemiyasi sabab xarajatlar ortgani va tomoshabinlar soni kamligi uchun onlayn konsertlarda chiqish qilishni istamayapti. Bu haqda u o‘zining “VKontakte”dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb yozadi Esquire.
“Onlayn konsert berishimni istayotganlar — janoblar, bu nimaning hisobiga? (maydoncha/ovoz/chiroq/repetitsiya — barchasini men to‘layman). Pandemiya barchaga zarar yetkazdi, ammo mening kasbimni butunlay yakson qildi. To‘g‘risini tan olish kerak, boshqa hech narsani xohlamayman — konsertlarni ham, boshqa narsalarni ham.
Yo‘qotilgan chiptalar yo‘qotilgan kasb oldida hech narsa emas”, — deb yozadi qo‘shiqchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda rejalashtirilgan sakkiz-to‘qqizta festivalning faqatgina ikkitasida chiqish qilgan. Shu bilan birga, u 2,5 oy davomida har kuni tayyorgarlik ko‘rgan. 2021-yilda ham u uzoq ishlagan va konsert berishiga umid qilgan, ammo “konsertlar nol”.
Zemfiraning aytishicha, u qo‘shiqlar yozishda davom etadi, ammo “ikkita ongli va 20 ta qaroqchi uchun onlayn konsert” berishga tayyor emas, chunki “quruq yugur-yugurdan” charchagan.
“Konsertlarga men boshqa ishonmayman. Iltimos, emlaninglar, jin ursin!”, — deydi Zemfira.
Turkiyalik xonanda Tarkan O‘zbekistonda 143 ming dollar evaziga konsert berishdan bosh tortgani haqida gapirdi | 98 | 1,319 |
Madaniyat | “El netib topgay menikim...” | Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulug` o`zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo`lgan. G`arbda chig`atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaralgan, Sharqda “nizomi millati va d-din” (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug`langan buyuk bobokalonimizning 577 yillik ayyomi munosabati bilan "DIYDOR" teatr-studiyasi tomonidan “El netib topgay menikim...” deb nomlangan teatrlashtirilgan dam olish dasturi tayyorladi.
Dastur rejissyori O`zbekiston xalq artisti Bahodir Yo`ldoshev. Matnni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbahor Yo`ldosheva o`qiydi.
Xonanadalar: Ilyos Arabov, Nazokat Narzieva, Parizoda Xoliqova, Gulbahor Astanova. Sozandalar: Sherzod Nazarov, Farangiz Mahmudova, Abduvosit Mahmudov.
Dastur 7 fevral kuni"DIYDOR" teatr-studiyasida namoyish etiladi. | 29 | 822 |
Madaniyat | “Terminator” filmida rol o‘ynagan aktyor Dik Miller vafot etdi | 30-yanvar kuni amerikalik aktyor Dik Miller 91 yoshida vafot etdi, deya xabar beradi “MK.ru”.
Xabarda qayd etilishicha, o‘lim tabiiy sabablar tufayli kelib chiqqan bo‘lib, u Toluka-Leykda yaqinlari davrasida vafot etgan.
Aktyorga “Terminator” va “Gremlini” filmlaridagi roli mashhurlik keltirgan.
O‘z ijodi davomida Miller 175 dan ortiq kino va seriallarda suratga tushgan. Televideniyeda esa taxminan ikki ming martta efirga chiqqan. | 62 | 435 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.