folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Qimmatga tushgan munosabatlar: Anjelina Joli, Madonna va boshqa yulduzlar ajrashish uchun qancha mablag‘ sarflagan?
Sevgi bilan boshlangan hikoyalar ba’zida millionlarni yo‘qotish bilan yakuniga yetishi mumkin. Quyida keltirilgan yulduzlarning taqdiri esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Anjelina Joli va Bred Pitt Anjelina Joli farzandlarining otasi Bred bilan ajrashish uchun 2016-yilda sudga davo bilan murojaat qilgan. Aktrisa va aktyorning turmushiga uch yildan keyin nuqta qo‘yilgan. Bolalarga vasiylik qilish masalasi sabab sud jarayonlari cho‘zilgan. Advokat Mark Kaplanning ma’lum qilishicha, Joli va Pitt farzandlariga vasiylik qilish huquqini qo‘lga kiritish uchun katta mablag‘ sarflagan. “Gap har ikkala tomondan sarflangan millionlab dollar haqida ketyapti. Ularning ishi bir necha yilga cho‘zilgani sabab aniq summani aytish qiyin, rosti. Vasiylik uchun qattiq kurashdan ko‘ra qimmatliroq narsa yo‘qligini amaliyotdan yaxshi bilaman. Jarayonning har ikki ishtirokchisi ham o‘ziga to‘q ekanini hisobga olgan holda, buni Gollivudning eng qimmat ajrashishlaridan biri deb atasa bo‘ladi”, — degan Kaplan. Madonna va Gay Richi 2000-yildan 2008-yilgacha birga yashagan xonanda va rejissorning turmushi davomida Rokko ismli farzand dunyoga kelgan. Juftlik ajrashishga qaror qilganida mol-mulkni bo‘lishish masalasi muammo bo‘lgan. Gap shundaki, ular turmush qurganida shartnoma imzolamagan. Har ikkisi 300 million funt sterlingni teng bo‘lishadi deb taxmin qilingan. Ammo Madonna kattaroq miqdorda pulga egalik qilishni istab, shahzoda Charlzning malika Diana bilan ajrashishiga yordam bergan advokat Fiona Shekltonni yollagan. Oqibatda ajrashish xonandaga Britaniyadagi uyi va pab bilan qo‘shganda 50 million funt sterlingga (76 million dollar) tushgan. “Fikrimcha, bu ajrashish uchun eng katta miqdordagi to‘lovlardan”, — degan qo‘shiqchining matbuot kotibi Liz Rozenberg. Keti Xolms va Tom Kruz Keti “Uddalab bo‘lmas topshiriq” yulduzi Tom Kruz bilan 2012-yilda ajrashishga qaror qilgan. U sud orqali sobiq turmush o‘rtog‘idan 4,8 million miqdorda mablag‘ undirishga uringan. Bundan tashqari, Kruz qizining tibbiy sug‘urta, o‘qish va boshqa xarajatlarini ham to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Tayger Vuds va Elin Nordegren Mashhur golfchi turmush o‘rtog‘i bilan 2010-yilda ajrashgan. Elin Tayger unga 6 yil davomida xiyonat qilib kelayotganidan xabar topgan. Umr yo‘ldoshining sadoqatiga shubhasi bo‘lmagan ayol haqiqatni bilganidan keyin shokka tushgan. Ajrashish jarayoni davom etayotgan vaqtda Nordergen sezilarli darajada ozib ketgan, uyqusida ham muammo kuzatilgan, sochlari to‘kilgan. Tayger esa sobiq rafiqasiga kompensatsiya sifatida 100 million dollar to‘lagan. Jeff Bezos va Makkenzi Skott Amazon asoschisi rafiqasi bilan 25 yillik turmushidan keyin 2019-yilda ajrashishga qaror qilgan. Milliarder xiyonat qilishda ayblangan. Jeff va Makkenzining nikoh shartnomasi bo‘lmagan. Shuning hisobiga Skott xonim 38 milliard dollarga ega bo‘lgan. U qo‘lga kiritgan mablag‘ini saxiylik bilan sarflay boshlagan. Turli xayriya tashkilotlariga 8 milliard dollar sarflagani esa bunga isbot bo‘la oladi.
115
2,992
Madaniyat
Futbolimiz etmagan joyni qalam bilan olsin Alisher
Bugun dunyo futbol muxlislarining nigohi Rossiyaga qaratilgan. Sanoqli kunlardan so`ng bu o`lkada futbol bo`yicha navbatdagi jahon chempionatiga start beriladi. Afsuski, bu yil o`zbek futbol muxlislari o`zga yurtlarning futbol jamoalari uchun muxlislik qilib, hushtak chalishga majbur. Marhum qiziqchimiz aytganidek, futbolchilarimizga bu yil loaqal Rossiyaga borib, muzqaymoq eb kelish ham nasib etmadi. Ammo, quvonishga asoslarimiz ham bor. Bu yil ham jahon chempionati uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar orasida Ravshan Ermatov boshliq hakamlarimizning ishtiroki ko`nglimizga yorug`lik olib kiradi. Loaqal ular tufayli milliardlab futbol muxlislari qulog`i ostida bir necha bor O`zbekiston nomi jaranglaydi. Yana bir yupanch bor. 6-8 iyun kunlari Sankt-Peterburg shahrida O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” Ikkinchi xalqaro kongressi bo`lib o`tishi kutilmoqda. Avval xabar qilinganidek, mazkur kongress doirasida dunyoning 30 mamlakatidan kelgan olim va mutaxassislar, muzeylar va ilmiy muassasalar rahbarlari, san`at ixlosmandlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadilar. Dunyoning turli mintaqalarida O`zbekiston madaniy merosini tadqiq etayotgan mashhur olimlar bu boradagi yangiliklarni, izlanishlar natijalarini keng ilmiy jamoattchilik bilan o`rtoqlashadilar. “O`zbekiston obidalaridagi bitiklar”, “O`zbekiston madaniy merosi – dunyo to`plamlarida” turkumidan chop etilgan rang-barang kitob-albomlar, shu mavzuda suratga olingan filmlar taqdim etiladi. Kongress kunlari Sankt-Ptereburgdagi bir qator madaniy muassasalar – jumladan, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo`lyozmalari instituti, Rossiya etnografiya muzeyi, Buyuk Petr nomidagi Etnologiya va antropologiya muzeyi (Kunstkamera), Rossiya milliy kutubxonasi, RFA Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi) va Din tarixi davlat muzeyida O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazmalarni tashkil qilish ko`zda tutilgan. Mazkur ko`rgazmalarda O`zbekiston hududidan topilgan, tarixning turli davrlariga oid osori atiqalar, bobolarimizning mehnati va aql-zakovati mahsuli o`laroq dunyoga kelgan amaliy san`at va hunarmandchilik namunalari, uy-ro`zg`or buyumlari namoyish etiladi. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimiz yaratib qoldirgan ilmiy va adabiy asarlarning asl nusxalarini ko`rish har bir o`zbek uchun mislsiz iftixor baxsh etsa kerak. Xususan, hazrat Mir Alisher Navoiyning muborak nazarlari tushgan qo`lyozmalar ham ushbu ko`rgazmalarga ko`rk baxsh etishi kutilmoqda. Hazrat Mir Alisher Navoiyning 1460-yillarda muxlislari tomonidan yaratilgan “Ilk devoni” ham bugun Rossiya Milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Bu bebaho qo`lyozma asrlar davomida turli shohlar, hukmdorlarning kutubxonalarini bezagan. Noma`lum sabablarga ko`ra u o`n to`qqizinchi asrda Eron Qojorlari sulolasi mulkiga aylangan. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, 1828 yilda Rossiyaning Erondagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan rus adibi Aleksandr Griboedov fitna sababli o`ldirilgach, Eron shohi Fathalishoh Rossiya imperatoriga xun bahosi sifatida bir qator hadyalarni yuboradi. Ular orasidagi eng qimmatli hadya navoiyi bobomizning “Ilk devoni” edi. Odatda elchilarning o`limi tarixda juda ko`p qonli urushlarga, qurolli to`qnashuvlarga sabab bo`lgan. Eron va Rossiya o`rtasida munosabatlar taranglashib turgan bir paytda fors shohi jo`natgan bu bebaho hadya Nikolay Birinchiga manzur bo`lgan, boshlanishi muqarrar bo`lgan yana bir katta urush to`xtatilgan edi. Kongress kunlari nafaqat kongress ishtirokchilari, balki shahar aholisi va bu shaharga tashrif buyurgan har bir mehmon ana shu ko`rgazmalarga tashrif buyurishi, boqiy madaniyatimiz namunalaridan bahra olishlari mumkin. Quvonarlisi, bu ko`rgazmalar kongressdan keyin, JCh-2018 paytida ham davom etadi. Binobarin, chempionat doirasida Piterga kelgan mehmonlar, ishtirokchilar ham o`zbek xalqining boy madaniy merosi aks etgan ko`rgazmalarga kirishi, O`zbekiston madaniy merosining noyob namunalari va albatta, hazrat Alisher Navoiyning bebaho qo`lyozmalari bilan ham tanishishlari mumkin.
50
4,060
Madaniyat
Elyorbek Meliboyev ismini o‘zgartirish niyati borligini va uni qaysi mashhur insonga o‘xshatishlari haqida gapirib berdi (video)
“Artist” musiqiy teleloyihasining g‘olibi Elyorbek Meliboyev MY5 telekanalining “Omon-Omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida ismini o‘zgartirish niyati borligini va uni qaysi xonandaga o‘xshatishlari haqida gapirib berdi. “Faqat gitara bilan ijod qilmoqchi emasman, alohida xonanda bo‘lib yoki gitarachilardan tashkil topgan guruh tuzish niyatim bor. Guruhning nomini “Elda Band” deb qo‘ymoqchiman. “Elda” deb nomlashimning sababi shuki, yoshligimda uydagilar, onam erkalatib shu nom bilan chaqirardi. Shu narsa esimda qolib ketgan ekan, bir kuni onamga mashhur bo‘lib ketsam meni taxallusim “Elda” bo‘lishini aytdim. Kimga ma’qul bo‘lsa Elyorbek Meliboyev deb chaqirsin, agar guruh tuzsam uning nomi “Elda Band” bo‘ladi deganman” , — deydi xonanda. Xonanda bundan tashqari uni qaysi mashhur insonga o‘xshatishini aytdi. “Meni ko‘pchilik Aleksadr Ribakka o‘xshatadi”, — deydi Elyorbek Meliboyev.  “Yalala bobo” termasi bilan ko‘zga tashlangan Elyorbek Meliboyev bir so‘m tikmasdan, folklor qo‘shiq va gitara bilan mashhurlikka erishayotgani haqida (video)
128
1,056
Madaniyat
Internetda tarqalgan Avazbek Olimov haqidagi videoga Madaniyat vazirligi izoh berdi
Internet saytlarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Avazbek Olimov haqidagi videoga aniqlik kiritildi.   "O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda "O`zbekkonsert" DM san`atkor Avazbek Olimovdan tarqalgan video yuzasidan izoh so`radi. A.Olimov haqiqatdan ham xunuk holat sodir bo`lganini tan oldi. Yo`l qo`ygan xatosini inkor etmasdan, o`z tushuntirish xatida bu holatlar boshqa takrorlanmasligi  va`da berdi", deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati. Vazirlik izohida aytilishicha A.Olimovga qaerda, qay holatda bo`lishidan qat`iy nazar, o`zini madaniyat sohasi vakiliga munosib tutishi lozimligi uqtirilgan.
83
695
Madaniyat
“E’tirof-2013” mukofotiga 23 yo‘nalish bo‘yicha 69 nomzod da’vogarlik qiladi
20-dekabr kuni san’at sohasida muvaffaqiyatga erishganlarni taqdirlovchi “E’tirof-2013” marosimi bo‘lib o‘tishi haqida avval xabar bergan edik. “Nihol” mukofotini topshirish marosimi. Foto © UzLife “Shov-shuv” nashrining ma’lum qilishicha, ushbu taqdimot juda keng qamrovli bo‘lib, unda san’at, madaniyat va sport olamida yil davomida fidoyi xizmat qilgan yurtdoshlarimiz taqdirlanadi. Xabarda keltirilishicha, 23 ta nominatsiyada 69 ta nomzod ishtirok etadi. G‘oliblarni esa hay’at a’zolari aniqlaydi. Tadbir o‘tkaziladigan “Istiqlol” san’at saroyida ayni paytda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, saroy oldida qizil yo‘lakcha tashkil etilib, kecha mehmonlari, nomzodlar muxlislar bilan uchrashadi, fotosuratlarga tushadi. Taqdimot marosimi 2,5 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, shundan 1,5 soat eng mashhur xonandalarning kuy-qo‘shiqlari uchun, 1 soat mukofotlarni topshirish uchun ajratilgan. G’oliblarga topshiriladigan “E’tirof” haykalchasi nashr tomonidan “uzun ustun ustida Vatanimiz hududi ko‘rsatilgan Yer shari va uning tepasida ko‘kka, balandga intilayotgan qush tasvirlangan”, — deya ta’riflandi. Marosimga kirish taklifnoma orqali bo‘lib, hammasi bepul tarqatiladi.
76
1,203
Madaniyat
Madonna kompyuteriga xakerlik hujumini uyushtirgan isroillik qo‘shiqchi 14 oyga qamaldi
Isroillik qo‘shiqchi Adi Lederman bir nechta musiqachilar, shu jumladan, Madonnaning kompyuteriga xakerlik hujumi uyushtirganligi uchun 14 oylik qamoq jazosi va 15 ming shekel jarima jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda NBC xabar beradi. 39 yoshli Lederman shaxsiy hayotga bostirib kirish va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunlarni buzishdagi aybini tan oldi. Unga nisbatan qo‘llanilgan jazo sog‘lig‘idagi muammolar tufayli yengillashtirildi. 2015-yilning yanvar oyida tergov ishlaridan so‘ng Lederman hibsga olingan edi. Bunda Isroil hukumatiga FQB yordam berdi. Politsiya qo‘lga olingan shaxs kompyuterni buzib kirish natijasida o‘g‘irlangan qo‘shiqlarni sotishda gumonlanayotganini e’lon qildi. 2014-yilning dekabr oyida internetda Madonnaning yangi Rebel Heart albomiga kiruvchi tugallanmagan qo‘shiqlar paydo bo‘lgan edi. Qo‘shiqchi bu holatni uning shaxsiy va ijodiy hayotiga bostirib kirish deb atagan edi.
87
914
Madaniyat
“O‘zbekkonsert” Jahongir Otajonov, Doston Ubaydullayev va Jahongir Poziljonovlarning klipini TV da ko‘rsatilishiga ruxsat bermadi
5-dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi muassasa matbuot xizmati. Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi. “Nihol” mukofoti sovrindorlari Iroda Dilrozning “O‘g‘lim”, Sharof Muqimovning “Qora ko‘zlar”, xonandalar Zilola Musayevaning (Shahzoda) “Men o‘sha”, Otabek Muhammadzohidning “Ona”, Qilichbek Madaliyevning “Sevgi”, Jasur Mavlonovning “Netay” qo‘shiqlariga ishlangan videokliplari muhokama qilinib efirga uzatishga tavsiyalar berildi. “Maroqand” guruhining “Torimning siri”, Elvin Mirzazade va Shaxrizoda Ahmedova (Kaniza) bilan ijro etgan “Hasrat” qo‘shiqlariga olingan videokliplariga istisno tariqasida ruxsat berildi. Xonandalar Jahongir Poziljonov va Dilafro‘z Hayitmetovalar ijro etgan “Mehmonim” dueti, Sevara Yusupovaning (Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgan) “Uzun yo‘l”, Mahliyo Omonning “Farg‘onadan”, Jahongir Otajanovning “Qaddi baland”, Doston Ubaydullayevning “6-xonadon”, Alisher Zokirovning “Mayli, mayli” qo‘shiqlariga olingan videokliplari muhokama qilinib, ularda ba’zi juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangani sababli rad etildi.
129
1,259
Madaniyat
Lermontovni o‘qiyotgan namanganlik haydovchilar xalqaro tanlovda e’tirof etildi (video)
“Namangan kitob olami” majmuida Rossiyaning “Drofa-Ventana” nashriyoti tomonidan o‘tkazilgan “Strana chitayushaya” xalqaro tanlovi ishtirokchilari — namanganlik haydovchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir mutasaddilari ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqdagi “Voditeli Namangana” guruhi a’zolari tomonidan Mixail Lermontovning “Borodino” she’ri o‘qilgani aks etgan videolavha tanlov tashkilotchilari e’tiboriga loyiq bo‘ldi. “Russkiy mir” telekanali muharriri Irina Guryanovadan haydovchilarni tanlovda ishtirok etishga qiziqtirgan Namangan sanoat kolleji o‘qituvchisi Aziza Mirzanazarova nomiga maktub keldi va unda guruh a’zolariga tashakkur bildirilgan. Tadbir yakunida “Voditeli Namangana” guruhi a’zolarini Moskvadan yuborilgan diplomlar bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
87
982
Madaniyat
“Ummon” guruhi vakili Shohruxning oilasida ikkinchi farzand dunyoga keldi
“Ummon” guruhi vakili Shohrux yana bir marta ota bo‘ldi. Bu haqda xonandaning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi My Day. Xonanda 2016-yil avgust oyida turmush qurgan va 2017-yil oktabrida ilk farzandlik bo‘lgandi. Qizaloqqa Fahrinur ismi berilgan.
73
276
Madaniyat
Toshkent moda haftaligining uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi (foto)
Toshkent moda haftaligining uchinchi kuni taniqli o‘zbek dizaynerlarining yangi liboslar namoyishi bilan esda qoldi, deb yozadi MyDay. Shuningdek, italiyalik dizaynerlar Angela Varasano hamda Giulio Boldetti ishtirokida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Namoyishda birinchi bo‘lib Yelena Milberger va Nikolay Nam The Mix nomli hamkor brendlari bilan chiqdi. 53 ta lukda dizaynerlar trikotaj, neopren, paxta, tabiiy ipaklardan ko‘ylaklar, palto, shimli kostyumlar, pijaklar va bomberlar taqdim etdi. NNAM brendi bu yil to‘kilib turadigan yengil matolar bilan qattiq shakllarni uyg‘unlashtirgan casual uslubidagi ko‘ylaklardan iborat “yog‘du” deb nomlangan kolleksiyasi bilan chiqdi. Yelena Milberger esa pret-a-porte uslubidagi bahor-yoz 2018 to‘plami bilan namoyon bo‘ldi. Ularning birlikdagi brendi The Mix bo‘lsa – bu tabiiy jundan yaratilgan ustki kiyimbosh va shapkalar. Dizayner Dina Sayfi 43 ta libos taqdim qildi. Yirik to‘qilgan ustki kiyimlar va namatlar, mayda to‘qilgan ko‘ylaklar, baxmal yubkalar, charm paltolar va plashlar quyuq bordo, yashil, ko‘k va siyohrang tuslarda yaratilgan. Professional modellardan tashqari, Dina Sayfining liboslarini Fashion Terapiya jamoasi taqdim qildi. Dilnoza Designer brendi yumshoq va mayin ranglardagi 49 ta lukni taqdim etdi. Parcha va xon atlasdan oqshom liboslari, shifon kombinezonlar, baxmal yubkalar va pijaklar patlar, steklyarus va biserlar bilan bezatilgan. Kecha yakunida Mursak brendi 40 ta to‘liq kiyimboshni taqdim etdi. Kolleksiya vizual tarzda ikkiga bo‘lingan bo‘lib, birinchisida avangard uslubidagi oqshom liboslari bo‘lsa, ikkinchisida milliy uslubdagi “A’lo Baxmal” liboslari taqdim etildi. Unda qalin baxmaldan tikilgan turfa rangdagi ko‘ylak, yopinchiq va pijaklarni ko‘rish mumkin edi. Tadbir mehmonlari: Aktrisa Asal Shodiyeva Xonanda Shahlo Ahmedova Boshlovchi Dildar Islomova Xonanda Amira Alibekova va aktrisa Shahzoda Matchonova
61
1,916
Madaniyat
O`zbek "Oskar"iga aylanishi kutilayotgan "Oltin humo" kinotaqdimoti bo`lib o`tadi
2019 yilning 10 aprel kuni “O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” NNT, “O`zbekkino” Milliy agentligi, “Milliy” telekanali hamkorligida “Oltin humo” kinotaqdimoti bo`lib o`tadi. Kinotaqdimot doirasida matbuot anjumani, davra suhbatlari, ijodiy, malaka almashish bo`yicha uchrashuvlar tashkil etiladi. Ushbu anjumanni an`anaviy tarzda har yili ijodiy ishlarning yillik sarhisobiga muvofiq, 10 aprel kuni o`tkazish ko`zda tutilgan. Kinotaqdimot g`oliblari quyidagi nominasiyalar bo`yicha taqdirlanadi. O`zbek “Oskar”iga aylanishi kutilayotgan "Oltin humo"ga kelgusida bardavomlik, bir paytlar kino sohasida berilgan shu kabi sovrinlar singari “bir martalik” bo`lib qolmasligini tilaymiz.
81
690
Madaniyat
Rossiyalik aktyor Mixail Derjavin vafot etdi
Rossiya xalq artisti Mixail Derjavin 81 yoshda vafot etdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. “Aktyor bilan vidolashuv va dafn qilish sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda. Derjavin 1967-yildan Moskvaning satira teatrida mehnat qilgan. U uzoq yillar mobaynida sovet davrining eng ommabop teleshousi “13 ta kursi qovoqxonasi”ga boshlovchilik qilgan.
44
370
Madaniyat
Pikassoning kartinasi Londondagi Sotheby’s auksionida qariyb 70 mln dollarga sotildi
Taniqli musavvir Pablo Pikassoning “Mariya-Tereza Valter” nomli kartinasi Londondagi Sotheby’s auksion uyida 69,4 million dollarga sotildi, deb xabar beradi “TASS”. Ushbu san’at asari “Gernika” kartinasi chizilgan 1937-yilda yaratilgan. Unda Pikassoning sevgilisi va ilhom parisi tasvirlangan. Valter portreti avvalroq Gonkong va Nyu-Yorkda ham namoyish etilgan edi. 22-fevraldan 28-fevralga qadar san’at asarining Londondagi auksioni bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, bir kun avval Christie’s auksionidagi savdolarda ham Pikassoning ikki kartinasi yetakchilik qilgan edi.
84
571
Madaniyat
Qatag‘onda omon qolgan pasport, Sulaymonqul choponi, “Kecha va kunduz”ning ilk nashri — Andijondagi Cho‘lpon yodgorlik muzeyidan reportaj
Ma’rifatparvar jadid Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon o‘zbek milliy tafakkuri rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkordir. Uning adabiy merosi va nomini abadiylashtirish maqsadida 1997-yili Andijonda Cho‘lpon yodgorlik muzeyi ochilgan. Bu maskanda saqlanayotgan nodir eksponatlar har bir tashrifchini qiziqtirmay qo‘ymaydi. “Daryo” muxbiri ushbu muzeydan reportaj tayyorladi. 25 yillik muzey Andijon shahrining Soy dahasida Cho‘lpon nomi bilan ataluvchi istirohat bog‘i bor. Bog‘ga kiraverishda o‘ychan qiyofadagi shoir haykali qad rostlagan. Bog‘ning bir burchidagi g‘ishtin, ayvonli binoda yodgorlik muzeyi tashkil etilgan. Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Iskandar Madg‘oziyevning aytishicha: “Cho‘lpon tug‘ilib, yashagan xonadon Andijon shahrining hozirgi Navoiy shoh ko‘chasidagi osma ko‘prik va 24-umumta’lim maktabi atrofida bo‘lgan. Bir paytlar juda mashhur hisoblangan “Yambol” savdo majmuasining qurilishi sabab shoir tavallud topgan uy buzib tashlangan. Shu tariqa uy-muzeydan ham umid uzilgan. 1997-yili Cho‘lpon tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida hukumat qarori chiqqan. Shoir shaxsiyatini abadiylashtirish maqsadida mazkur bog‘ hududi obodonlashtirilib, haykal o‘rnatilgan va uning nomi berilgan. Muzey ham o‘sha yili tashkil etilgan, ungacha umuman bo‘lmagan. 2016-yili Cho‘lpon haykali bog‘ning kiraverish qismiga ko‘chirildi”. Sulaymonqul choponi, Oyshabibi sepidagi gilam... Muzeyga kirarkanman, dahlizdan asosiy xonalarga o‘tishdan avval to‘g‘ridagi o‘yga tolgan Cho‘lpon portretiga ko‘zim tushdi. Taniqli musavvir Najmiddin Qoziyev chizgan bu surat birdan diqqatni tortadi. Uch xonadan iborat muzeydagi eksponatlarni ko‘rish uchun sayohatimni chap tarafdagi xonadan boshladim. Cho‘lponning bolaligidan ijodining ilk davrigacha hikoya qiluvchi ushbu bo‘lim burchagida o‘zbekona xona yasatig‘liq. “Tarixiy suratlar, shoir qarindoshlarining fikrlariga asoslanib, ramziy ma’noda Cho‘lpon tug‘ilgan hovlini yasab, bezatishga harakat qilganmiz. XIX asr oxiri XX boshlaridagi o‘zbek xonadonlari taxminan shunday ko‘rinishda bo‘lgan. Bu yerdagi buyumlarning ko‘pi Cho‘lpon oilasiga tegishli. Oyshabibining kelinlik sepidagi gilam Masalan, yog‘ochdan yasalgan mana bu javon adib xonadonida ko‘p yil ishlatilgan. Katta ehtimol bilan uning o‘zi ham foydalangan bo‘lishi mumkin. Shoirning onasi Oyshabibi turmushga chiqayotganda kelinlik sepida ushbu gilam ham bo‘lgan. Devorga ilingan chopon Cho‘lponning otasi Sulaymonqul Mulla Muhammadyunus o‘g‘liga tegishli. U savdogar va ziyoli inson bo‘lgani uchun o‘sha davrning o‘ziga to‘q kishilari kiygan chopon unda ham bo‘lgan. Cho‘lponning otasi Sulaymonqul Mulla Muhammadyunus o‘g‘lining choponi Yodgorlik muzeyi tashkil etilayotgan paytda shoir avlodlari ham yaqindan yordam berib, o‘zlari saqlayotgan ko‘plab tarixiy ashyolarni olib kelib, topshirgan. Bular biz uchun eng qadrli va tarixiy qiymatga ega eksponatlar”, — deydi Iskandar Madg‘oziyev. Cho‘lpon shajarasi Bir necha qadam tashlagach, Cho‘lpon shajarasidan “so‘zlovchi” ma’lumotnomaga ko‘zim tushdi. Shoirning jiyani Sharifa Mirzaxo‘jayeva tuzgan shajarada yozuvchining olti-yetti avlodi va ajdodlarining kelib chiqishi Andijonning Xo‘jaobod tumanidagi Yorqishloqqa borib taqalishi ham qayd etilgan. Keyinchalik ular Andijon shahriga ko‘chib kelib, muqim yashay boshlagan. Cho‘lpon shajarasi “Kindigi teshada kesilgan va ayollar Teshaboy deb chaqirgan” Andijonlik taniqli rassom Qambarali Yusupov chizgan surat ham diqqatni tortgulik. Unda Cho‘lpon oila a’zolari: otasi Sulaymonqul Mulla Muhammadyunus o‘g‘li, volidasi Oyshabibi Qipchoqboy qizi, singillari – Komila, Fozila va Foiqaga ijod namunalaridan o‘qib berayotgani tasvirlangan. Taniqli rassom Qambarali Yusupov chizgan surat “Cho‘lpon Andijon shahrida tug‘ilib, ulg‘aygan. Oilaning to‘ng‘ichi bo‘lgan. Ammo ungacha ikki-uch nafar farzand tug‘ilib, ko‘p yashamasdan vafot etgani aytiladi. Shu bois irim sifatida Cho‘lpon tug‘ilganida uzoq umr ko‘rib, yashab ketsin, degan ma’noda kindigini teshada kesishgan. Uni ayollar erkalab ‘Teshaboy’ deb chaqirgan. Cho‘lponning o‘zi ham bir qancha maqolalari, she’rlarini Teshaboy taxallusi bilan e’lon qilgan”, — deydi tadqiqotchi Madg‘oziyev. “Otasi Sulaymonqul Mulla Muhammadyunus o‘g‘li Andijon shahrining eng ziyoli, ma’rifatparvar shaxslaridan biri bo‘lgan. Arab, fors tillarini mukammal bilgan, o‘zi ham she’rlar yozgan, din masalalarida ham bilimi kuchli bo‘lgan. Shuning uchun ham Cho‘lpon va qizlarini madrasa, maktablarda o‘qitgan. Farzandlarining ta’limi uchun mablag‘i, e’tibori, vaqti va mehnatini qizg‘anmagan. Cho‘lponni dastlab madrasada, so‘ng rus tilini puxta o‘rganib, dunyoviy bilimlarni ham egallashini xohlab, rus-tuzem maktabida o‘qitgan. O‘g‘lining barcha ehtiyojlarini ortig‘i bilan ta’minlagan. XX asr boshlarida Rossiya, Tatariston, Turkiyada chiqadigan nashrlarga obuna bo‘lib, o‘g‘li qatori o‘zi ham dunyo yangiliklaridan xabardor bo‘lib borgan. Mana shunday muhit tufayli Cho‘lponning tafakkuri, dunyoqarashi ochilib, fikri yuksalgan. Jadidchilik g‘oyalariga qiziqib, kelajakda ijodkor bo‘lishida otasining o‘rni katta”, — deya qo‘shimcha qiladi u. Fuqarolik pasportidan “Kecha va kunduz”ning ilk nashrigacha Muzeyda tarixiy eksponatlar o‘rin olgan o‘nlab burchaklar mavjud. Ammo faqat bittasiga juda qimmatli ashyolar jamlangan. Hamrohim ular haqida ma’lumot berarkan, har biri qadrli ekanini bot-bot ta’kidladi. “Mana bu qo‘lyozma daftar Cho‘lponning otasiga tegishli. Bunga fors va o‘zbek tilidagi yuzlab she’r va g‘azallar yozilgan. Mazkur suratdagi qizcha yozuvchining singlisi Foiqa bo‘lib, Cho‘lpon 10 yoshli singlisini o‘zi suratxonaga olib borib, rasmga tushirtirgan. Singillariga mehri juda baland bo‘lgan. Cho‘lponning singlisi Foiqaning 10 yoshidagi surati Siz ko‘rib turgan Qur’oni Karim nusxasini Cho‘lponga amakisi tuhfa qilgan. Ya’ni Abdurahmon hoji haj ziyoratidan qaytishda jiyaniga sovg‘a uchun olib kelgan. Bu muqaddas kitobni Cho‘lpon yoshligida o‘qib, yod olgan. Cho‘lponga Qur’oni Karimni bergan amakisining pasporti ham shu yerda saqlanadi. Mana bu ko‘zoynak esa ramziy ma’noda yasatilgan, shoirniki emas. Cho‘lponga amakisi tuhfa qilgan Qur’oni Karim nusxasi Bu yerdagi eng qimmat ashyolarimizdan biri shoir shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir. U 1934-yili Moskvadan Toshkentga qaytgach, hozirgi Amir Temur xiyoboni atrofida ijara uyda yashagan. 1936-yil 3-iyulda Toshkent shahri militsiyasi tomonidan fuqarolik pasporti berilgan. Hujjat ma’lumotlari o‘zbek va rus tillarida rasmiylashtirilgan. Unda mazkur pasport besh yil davomida, ya’ni 1941-yil 3-iyulgacha amal qilishi belgilangan. Lekin Cho‘lpon qatag‘on tufayli pasportini yangilashga ulgurmagan”, — deydi Iskandar Madg‘oziyev. Cho‘lponning pasporti Pasportda Cho‘lponning ism-sharifi o‘zbek tilida lotin harflari bilan Sulaymanov Abdul-Hamid Sulayman (rus tilida esa Suleymanov Abdul-Gamid Suleymanovich) tarzida yozilgan. Uning 1897-yili Andijonda tug‘ilgani-yu, millati o‘zbek, xizmatchi oilasidan ekani, doimiy turar joyi Toshkent shahridaligi ham qayd etilgan. YuB seriyali, 108142 raqamli ushbu pasportda Cho‘lponning shaxsiy imzosi qo‘yilgan. Cho‘lponning pasporti Tadqiqotchining aytishicha, fuqarolik hujjatini u doim yonida olib yurgan. Qamoqqa olingan vaqtda ham pasporti cho‘ntagidan chiqqan va hujjat NKVD (Ichki ishlar komissarligi) idorasida undan olib qo‘yilib, uzoq yillar o‘sha yerda saqlangan. Cho‘lpon oqlangach, pasport avlodlariga qaytarilgan. Muzey ochilgan paytda hujjat qarindoshlari tomonidan taqdim etilgan. “Kecha va kunduz” romanining ilk nashridan bittasining muqovasi “Kecha va kunduz” romanining ilk nashridan bittasining kirish qismi Mazkur bo‘limdan shuningdek, Cho‘lponning ilk ijod namunalari, matbuotdagi chiqishlari, asarlari, ijodiy faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va nusxalar o‘rin olgan. Eng ahamiyatlisi, “Kecha va kunduz” romanining ilk nashridan bittasi mana shu yerda saqlanadi. O‘zbek teatr san’atining otalaridan biri Muzeydagi ikkinchi xona Cho‘lponning jurnalistika va teatr sohasidagi yutuqlariga bag‘ishlangan. Shoir ko‘p yillar “Sadoyi Turkiston”, “Rosta”, “Sadoyi Farg‘ona”, “Inqilob”, “Yangi sharq”, “Darxon” kabi nashrlarda faol chiqishlar qilgan, ayrimlarida muharrir sifatida ishlagan. “Cho‘lpon Abdulla Qodiriy bilan yelkama-yelka turib, “Mushtum” jurnaliga asos solgan. Hajviy ruhdagi tanqidiy maqola va she’rlari jurnal sahifalarida ko‘p marotaba chop etilgan. U dramaturg sifatida ham juda barakali ijod qilgan. O‘zining ilk maqolalarida Behbudiyning “Padarkush” dramasidan qattiq ta’sirlanib, “Boy” nomli dastlabki kichik pyesasini 17 yoshida yozganini bayon etadi. Keyinchalik, u 20 ga yaqin sahna asarlarini yozgan. Bizgacha “Yorqinoy”, “Temirchi”, “Mushtumzo‘r”, “Hujum” kabi beshtacha sahna asarining matni yetib kelgan, xolos. Yaqinda Rossiya arxivlarini o‘rganish jarayonida “Yana uylanaman” nomli pyesasining rus tiliga tarjima qilingan matnini topishga muvaffaq bo‘ldik. Matn o‘zbek tiliga o‘girildi va yaqinda e’lon qilinish arafasida. Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Iskandar Madg‘oziyev U Shekspirning “Hamlet”, K.Gossining “Malikayi Turandot”, Shillerning “Qaroqchilar” kabi dunyo teatrining eng nodir asarlarini o‘zbekchaga tarjima qilgan. Uni o‘zbek teatr san’atining otalaridan biri, deyishimiz mumkin. Chunki ham dramaturg, ham san’atshunos olim sifatida o‘zbek teatri rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Fayzullo Xo‘jayev tashabbusi bilan Moskvadagi “Buxoro maorif uyi” qoshida birinchi o‘zbek drama studiyasi tashkil qilinadi. Cho‘lpon u yerda adabiy emakdosh, tarjimon sifatida ishlab, professional o‘zbek teatrining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Drama studiyasida Sora Eshonto‘rayeva, Mannon Uyg‘ur, Abror Hidoyatov, Obid Jalilov kabi san’atkorlar tahsil olgan”, — deydi Iskandar Madg‘oziyev. “Shaxsiy hayoti ham fojialarga to‘la bo‘lgan” Uchinchi xonada Cho‘lponning tarjimon sifatidagi faoliyati, ijodiga oid qilingan ilmiy ishlar, shaxsiy hayoti, avlodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. “Umri davomida uch marta oila qurgan. Birinchi rafiqasi Mohiro‘ya ismli tatar millatiga mansub o‘qituvchi qiz bo‘lib, u bilan uzoq yashamasdan ajrashadi. 1923-yili Soliha degan qizga uylanib, uzoq yil birga yashaydi. Ammo farzand ko‘rmagani va boshqa sabablar bilan ajrashadi. 1932-yili Moskvaga ketadi va u yerda Yekaterina Ivanovna ismli ayolga uylanadi. Keyinchalik Toshkentga qaytganida ham turmush o‘rtog‘i bilan birga keladi. Cho‘lponga nisbatan xuruj, tazyiq kuchaysa kuchayadiki, lekin susaymaydi. Shunday ruhiy bosimlar tufayli qandli diabet kasalligini orttirib olgani, Sochi shahrida davolanib kelgani haqida aytiladi. U umrining so‘nggi paytlarida moddiy tomondan qiyin ahvolda qoladi. Faqat tarjima orqali topgan qalam haqiga kun kechiradi. Rus ayoli Yekaterina shunday vaziyatlarda ham uni to‘g‘ri tushunib, parvarishlaydi, yonida bo‘lib, hayotining oxirigacha birga yashaydi. U sadoqatli rafiqa bo‘lgan. Cho‘lpon qamoqqa olinib, qatag‘on qilinganidan keyin ham ancha vaqt o‘tib, umr yo‘ldoshi taqdiriga qiziqib, NKVD idorasiga xatlar yozgan. Maktublari Cho‘lpon jinoyat ishi hujjatlari orasida haligacha saqlanadi”, — deydi ilmiy tadqiqotchi. Cho‘lpon 1957-yili shaxs sifatida oqlanadi-yu, ijodi qoralanganicha qolaveradi. Asarlaridagi isyonkorlik xalqqa ta’sir qilishidan hamisha hayiqishgan. Ijod namunalari ham uzoq yillar qayta chop etilmaydi. “1987-yilga kelib, Ozod Sharafiddinov, Naim Karimov kabi cho‘lponshunos olimlar tomonidan uning maqolalari, kitoblari nashr etildi. Bevosita Cho‘lpon ijodi bilan bog‘liq 30 dan ortiq doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, ilmiy tadqiqotlar qilindi, o‘rganishlar olib borildi. 1991-yilning 25-sentabrida mustaqil O‘zbekiston davlat rahbari Cho‘lponni Alisher Navoiy nomidagi davlat mukofotiga loyiq ko‘rgan. 1999-yili “Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlangan. Uni Cho‘lponning singlisi Foiqa aya qabul qilib olgan”, — deydi Iskandar Madg‘oziyev. Farzand ko‘rmagan adib Cho‘lpon avlodlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi stend va burchakdagi ma’lumotlarga ko‘z yugurtiraman. Suhbatdoshim bu haqda ham gapirib berishni ma’qul ko‘rdi. “Cho‘lpon farzand ko‘rmagan. Komila ismli singlisi yoshligidayoq hayotdan ko‘z yumgan. Fozila degan singlisi 1994-yili vafot etgan, u ham befarzand o‘tgan. Faqat Foiqa ismli singlisi 8 farzandni dunyoga keltirgan. Jiyanlari tog‘asining nomini abadiylashtirish yo‘lida ancha jonbozlik ko‘rsatgan. Jiyani O‘ktam Mirzaxo‘jayev Cho‘lpon asarlarini qayta nashr etish, muzey tashkil qilinishi va eksponatlar boyishida faol bo‘lgan. Bugungi kunda shoirning Mahmudjon va Sharifa ismli jiyanlari hayot. Ular ham ancha keksayib qolgan. Cho‘lponning singlisi Foiqa aya portreti va unga tegishli kiyimlar Mana bu suratdagi Foiqa aya bo‘ladi. Portret Najmiddin Qoziyev tomonidan ishlangan. Ushbu kiyimlar ham Foiqa ayaga tegishli. U ayol 1995-yili vafot etgan”, — deydi Madg‘oziyev. “Cho‘lpon ijodiga bizdan ko‘ra yevropaliklar ko‘proq qiziqadi” Ayni paytda “Andijon adabiy muhiti” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borayotgan Iskandar Madg‘oziyev o‘zbek yoshlarining ko‘pchiligida Cho‘lpon ijodiga qiziqish yo‘qligini achinish bilan qayd etdi. Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi katta ilmiy xodimi Iskandar Madg‘oziyev “Cho‘lpon nafaqat o‘zbek millati, yana turkiy xalqlar ozodligi uchun kurashgan va shu yo‘lda jon bergan milliy qahramon. U katta shaxs. Ma’naviyatimiz, madaniyatimiz tarixida ulkan o‘ringa ega. Cho‘lpon ijodiga O‘zbekistondan ko‘ra Turkiya va bir qancha Yevropa mamlakatlarida qiziqish katta. Ayniqsa, Turkiyada uning ijodini hurmat qilib, yuksak ehtirom bildiradigan, ilmiy ishlar olib borayotgan olimlar ko‘p. Afsuski, o‘zbek yigit-qizlarining Cho‘lpon ijodiga nisbatan ishtiyoqi havas qilgulik emas. Ushbu muzeyni eksponatlar bilan boyitishga, Cho‘lpon faoliyati va shaxsiyatiga qiziquvchilarni jalb etish uchun targ‘ibot ishlarini olib borishga harakat qilyapmiz. Ammo bu yerga tashrifchilar, yoshlarning kelishi qoniqarli darajada emas. Biz tashviqot ishlarini kuchaytirib, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishda davom etaveramiz”, — deydi u. Muzey mudiri Kamoliddin Mamatqulovning aytishicha, muzeyga kirish kattalar uchun 3 ming so‘m, yosh bolalar uchun esa 2 ming so‘m etib belgilangan. “Bir oyda o‘rtacha 100 nafar atrofida odam keladi. Asosan, maktab o‘quvchilari, talabalar. Lekin ularning soni ko‘p emas. Imkon qadar targ‘ib etishga, xalq ta’limi bo‘limlari va sayyohlik firmalari bilan hamkorlik qilyapmiz. Ammo bu yerga keluvchilar soni ko‘payishini istaymiz. Chunki Cho‘lpon oddiy bir shaxs emas”, — deydi Kamoliddin Mamatqulov. Yodgorlik muzeyidan chiqarkanman, bir necha soat vaqtim qanday o‘tganini sezmay ham qoldim. Cho‘lpon haqida katta bir kitobni mutolaa qilgandek bo‘ldim, bilmaganlarimni bilib, bilimlarim boyidi. Muhimi, adib va uning oila a’zolariga tegishli nodir ashyolarni ko‘rishga erishdim. Mabodo, Andijon tomonlarga yo‘lingiz tushsa, 3 ming so‘m pulingiz va biroz vaqtingizni qizg‘anmay, shu yerni ham bir ko‘rib keting.
137
15,030
Madaniyat
“Safardan qaytsam, janozamga kelishibdi”. Mirzabek Xolmedov uni internetda o‘ldiga chiqarganlarga munosabat bildirdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Mirzabek Xolmedov o‘zi haqidagi “yurak xurujidan vafot etdi”, “kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi” mazmunidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Men yoshligimdan shunaqa xabar eshitib kelaman. Bir safar o‘libdi, peshinda chiqarishar ekan, degan xabar tarqalgan. Uzoq safardan, yo‘ldan kelayotsam, eshigimning tagida tumonat odam, ‘peshinga chiqararkan deb keldik’, deyishdi, ‘yo‘q, sog‘-u salomatmiz’, dedim. Rahmatli onam ‘seni tuprog‘ing yengil bolam, o‘zing uydasan-u, gaping ko‘chada’, derdilar. Keyin bir marta chiqdi bu gap, keyin yana bir marta chiqdi. Kim biladi, bu internetdagi shayton sifat odamlarning ishi bo‘lsa kerak. Fozilxo‘ja qori aka rahmatli ustozimiz bo‘lganlar, ular ‘shaytonsifat odamlar bor, shayton nima qilsa, o‘sha ishni odam bo‘lib turib qilishadi’, derdilar. Mirzabek Xolmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ma’lumot uchun, Mirzabek Xolmedov 1989-yildan buyon o‘z muxlislari uchun har yili konsert dasturi tashkil qilib keladi. U aktyor sifatida “Alif va Laylo”, “Oltin devor”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Muhabbat sinovlari-1”, “Muhabbat sinovlari-2”, “Ulfatlar-1”, “Ulfatlar-2”, “Ulfatlar-3” kinokartinalarida rol o‘ynagan.
124
1,334
Madaniyat
McDonald’sda idish yuvgan aktyor, Rossiyada uy qurgan xonanda. Musofirlikni boshdan kechirgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)
Ko‘pincha mashhur insonlar hayoti davomida hech qanday qiyinchilik ko‘rmagandek tasavvur uyg‘otadi. Biroq mashhurlik hamda muvaffaqiyatga osonlik bilan erishib bo‘lmaydi. Taqdir taqozosi bilan gohida musofirlikni ham boshdan kechirishga to‘g‘ri keladi. Quyida xorijiy mamlakatlarda turli qora ishlarni qilib, tirikchilik uchun pul ishlagan mashhurlar haqida so‘z yuritiladi. Hamdam Sobirov “Qora atirgul”, “Maktabimda” va “Tentakcham” kabi qo‘shiqlari bilan omma e’tiboriga tushgan, hozirgi kunda YouTube’da kliplari eng ko‘p tomosha qilinayotgan xonanda Hamdam Sobirov ijodni boshlamasidan avval Rossiyaga muhojir sifatida borgan. Chunki oilasining moddiy ahvoli u qadar yaxshi emasdi. — Mehnatning aybi yo‘q. Men ham bir yarim yilga yaqin qurilish ishlarida ishlaganman. Muhojir bo‘lib yashash qiyin. Avvaliga maoshimni vaqtida berishgan, ikki-uch oydan keyin ‘o‘yinlar’ boshlangan. Ish beruvchilar pul berishni paysalga solgandan keyin O‘zbekistonga qaytishga qaror qilganman, — deydi Hamdam Sobirov. Alixan “Qilmagan ishim qolmagan, to‘g‘risi. Bir xil odamlarga o‘xshab villada yashayapman yoki mana bu mening villam deb, Mercedes’ning oldida rasmga tushib, pafos yasagim kelmaydi. To‘g‘risini aytsam, pol artishdan tortib idish yuvishgacha qilmagan ishim qolmagan. Birinchidan, u yerda talabaman. Ertalabdan kechgacha ishlashga haqimiz yo‘q, huquqimiz ham. Bu degani har qanday ish sizni quchoq ochib kutib olmaydi. Ham tilni bilmayman. Til o‘rganishga endi qadam bosganman. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, restoran yoki McDonald’s kabi fastfudlarda idish-tovoq yuvishdan boshlab, sekin-sekin gamburger tayyorlashga, undan keyin yetkazib berish xizmatiga o‘tib, shu tarzda noldan boshlaganman. Amerikaga bordingiz, til bilmaysiz va pul yo‘q. 10 yil ichida ancha ishlarda ishlab chiqdim. Green Card ham berishdi. To‘g‘risini aytsam, qilmagan ishim qolmadi. Toshkentga kelganimdan keyin uylanib, ota-ona, oila va farzandlar oldida qoldim”, – deydi aktyor. Farrux Fazel Rolex Gucci va “Bor ana” kabi qo‘shiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish bo‘lgan Farrux Fazel Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tavallud topgan. Uning yulduzlarga boy kliplarini ko‘rganlar boyning bolasi deb o‘ylashadi. Ammo xonanda kamtarona, ishchilar oilasida tavallud topgan. “Men emas, prodyuserim boy”, deydi yosh xonanda. Uning prodyuseri shoumen Davron Kabulov hisoblanadi. — 2012-yildan muhojirlik kunlarim boshlangan. Men yaqinlarimning qarshiligiga qaramay Rossiyaga ishlagani ketganman. Niyatim hayotimni o‘zgartirish va u yerda institutga kirish edi. Muhojirlikning ilk yili qurilishda ishlaganman. G‘isht tashigan kunim qo‘llarim yorilib ketardi. Keyinchalik ishga o‘rganib ketdim. Suvoqchilik ishlarini ham o‘zlashtirdim. Bir yarim yil qurilishda ishlab, o‘qishga uchun pul to‘pladim. U yerda ishlash oson emas, muhojirlikda pul topayotgan insonlarning dardini juda yaxshi tushunaman. Jaloliddin Ahmadaliyev “Yor bizdan ketdi”, “Menda qolmadi dil” va “Eh jo‘ralar” qo‘shig‘i bilan internet yulduziga aylangan Jaloliddin Ahmadaliyev ham ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. U maktabni bitirgan yili Rossiyaga ketib, ishlashga majbur bo‘lgan. — Maktabni tamomlab, akalarim bilan Rossiyaga ishlashga ketganman. O‘shanda 18 yoshda edim. U yerda qurilish, mashina yuvish shoxobchasida ishladim. Undan keyin O‘zbekistonga qaytib, yana shu ish bilan shug‘ullandim. Keyin dadamning talabi sabab kosibga shogirdlikka tushdim. Ikki yil kosibchilik qildim. Ammo zaharli yelim sabab oshqozonim qattiq og‘riydigan bo‘lib qoldi. Avvaldan xonandalarga qo‘shiqlar yozib berganman, hozir ham iltimos qilganlarga rad javobini berolmayman. Internetdagi mashhurlik — hammasi Allohdan. Bir paytlar orzu qilgan ijodkorlarim bilan bir sahnada ekanligimga va o‘z tinglovchilarim borligiga shukr qilaman, — deydi Jaloliddin Ahmadaliyev. Sohib Abbosxon “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan aktyor va rejissor Sohib Abbosxon ham AQSHda yashaydi. U muhojirlikning ilk yili pissa tashuvchi, suvoqchi va taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan. Ayni kunlarda esa o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlik qiladi. — Muhojirlik oson emas, ayniqsa, til bilmaslar juda qiynaladi. Til bilgan odam uchun hammasi oson kechadi, deb ham aytolmayman. Xorijda sabr bilan yashash va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik kerak. Men AQSHga birinchi kelganimda mehmonxonada suvoqchi bo‘lib ishlaganman. Bu ish bilan 45 kun shug‘ullanganman. Qizimning maktabidagilari unga dadang Amerikada mehmonxona tozalab yuribdi, deb gapirgan ekan. Bu yerda ishlagan o‘zbeklar ularga shunday deyishgan bo‘lsa kerak. O‘sha kuni o‘sha gapni eshitib yig‘laganman. Kecha obro‘-e’tiborda, kino olib yurgan edim, bugun bunday ahvoldaman deb yig‘laganman. Lekin oldimga qo‘ygan maqsadlarim bu qiyinchiliklardan ustun kelgan, — deydi Sohib Abbosxon. U 2017-yildan buyon AQSHda yashaydi. 2020-yilda qizini turmushga berdi, ammo to‘yda o‘zi ishtirok etolmadi. Behzod Muhammadkarimov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov “Shaytanat”, “Amir Temur”, “O‘tkan kunlar”, “Parizod”, “Oq bino oqshomlari” va “Buyuk Turon” kabi filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan. U mashhur aktyor bo‘lishiga qaramay muhojirlik azobini tortgan. — Men Amerikada qora ishlarni qilganimni yashirmayman. Ishni mehmonxonada choyshab va yostiqlarni tashishdan boshladim. Keyin magazinda pollarni tozalab, laklaydigan ishga kirdim. Asosan, kechqurun ishlardim. Bu ham yetmagandek kunduzi ham ish olardik, kunduzi topganimizga Amerikada yashardik, kechqurun ishlagan pulimizni Toshkentga — uyga yuborardim. Kechasi bilan ishlab, kunduzi yana peshingacha ishlardim. Har kuni shunday: dam olish kunlarisiz ishlardim. To‘g‘risini aytsam, faqat kechqurun ishlaganimiz uchun yillab quyoshni ko‘rmagan vaqtlarim bo‘ldi. Restoranda idish-tovoq yuvdim, ofitsiantlik qildim, pissa tashidim, qurilishda ishladim, yuk tashuvchi bo‘lib, uy ko‘chirdim. Hattoki muzqaymoq chiqaradigan sexda ishlab, muzqaymoq ham tayyorladim. Bir yigitga qirq hunar oz, degan maqolni amalda o‘zimda ko‘rdim va isbotladim, — deydi Behzod Muhammadkarimov. SanJay Xonanda SanJay ona shahri Navoiydagi zavodda oddiy ishchi bo‘lgan, ammo san’atga qiziqishi sabab dijeylik ham qilgan. Keyinchalik Moskvaga, undan so‘ng Chechenistonga borib ishlagan. — Moskvada tungi klubda dijeylik qilganman, maoshim zo‘r edi. Checheniston rahbariga atab qo‘shiq yozganman va uni Ramzan Qoldirovga ko‘rsatish uchun Chechenistonga borganman. U yerda musofirlik qanchalik qiyin bo‘lishini bilgandim. Bir haftalarda Moskvaga qaytaman, deb o‘ylagandim. Afsuski, Qodirov bilan uchrashishim oson kechmagan. Menga hech kim ishonmgan, desam ham bo‘ladi. Qishloqlarga qatnaydigan taksi haydovchilari bilan tanishgandim. Yo‘lovchilar kelgunicha mashinasiga o‘tirib, dam olardim. Juda qiynalganman, muqim yotar joyim bo‘lmagani uchun o‘tirgan yerimda ham uxlab qolaverardim. Ammo bir oy deganda Ramzan Qodirov bilan uchrashganman va Ustozlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan davlat tadbirida ishtirok etganman, — deydi xonanda SanJay. Zarnigor G‘aniyeva “Jurnalist”, “Sevgi” kabi seriallardagi obrazlari va Gulsanam Mamazoitova bilan kuylagan “Ikkinchi ayol” dueti bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Zarnigor G‘aniyeva ham bir muddat Janubiy Koreyada yashagan. Aktrisaning hozirda ham u yerda uyi bor. Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, Zarnigor Janubiy Koreyaga borgan ilk yillarida qariyalarni parvarishlash xizmatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik tilni o‘rganib, tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Avvaliga u yerdagi kichik turdagi mahsulotlarni O‘zbekistonga import qilgan. Tilla taqinchoqlar savdosi bilan shug‘ullanganini ham yashirmaydi.
128
7,711
Madaniyat
"Madaniyat va ma`rifat" telekanaliga yangi direktor tayinlandi
Vohid Luqmonov O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Madaniyat va ma`rifat" telekanaliga direktor etib tayinlandi. Bu haqda uza.uz xabar bermoqda. V.Luqmonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar "Dunyo bo`ylab" telekanalining direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi. Eslatib o`tamiz, u 2012 — 2016 yillarda ham "Madaniyat va ma`rifat" kanaliga rahbarlik qilgan.
62
371
Madaniyat
Toshkent fotosuratlar uyida yog‘och o‘ymakorligi namunalari ko‘rgazmasi ochildi (foto)
Toshkent fotosuratlar uyida yog‘och o‘ymakori G‘ulomjon Yo‘ldoshev va uning shogirdlari ijod namunalaridan iborat “Ustoz va shogird” nomli ko‘rgazma ochildi. “G‘ulomjon Yo‘ldoshev ko‘p yillardan buyon yog‘och o‘ymakorligi san’ati an’analarini davom ettirib kelmoqda. Ustaning Akmal Yusupov, Bunyod Zoirjonov va Saidkomil Xo‘jayev kabi shogirdlari yaratgan ishlarini kuzatgan kishi ularning ustoz saboqlarini zehn bilan o‘zlashtirib, o‘ziga xos uslubga ega bo‘lib ulgurganini ilg‘ash mumkin”, — deyiladi xabarda. Ko‘rgazmadan yog‘ochdan yasalgan sakkiz qirrali xontaxta, olti gumbazli yirik hajmdagi lagan, shuningdek, “Bellashuv”, “Tanlov”, “Hayot zavqi” va “Beg‘ubor bolalik” kabi kompozitsion buyumlar o‘rin olgan.
86
718
Madaniyat
O`zbekiston teatrlarining Respublika ko`rik-festivali g`oliblari taqdirlandi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Seni kuylaymiz, zamondosh!” O`zbekiston teatrlarining Respublika ko`rik-festivali g`oliblarni taqdirlash marosimi bo`ldi. Tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o`rinbosari E. Durdiev, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti O.Nazarbekov so`zga chiqib, faol ishtirok etganliklari uchun mamlakatimiz teatr jamoalariga, tashkilotchilarga, barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Darhaqiqat, besh kun davom etgan tadbir Orolbo`yida haqiqiy madaniyat bayramiga aylandi. Festival doirasida Mo`ynoq, Qonliko`l, Taxtako`pir, Shumanay, Chimboy, Amudaryo, Ellikqa`la tumanlarida respublika teatrlarining spektakllari va ijodiy uchrashuvlari tashkil etildi. I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi davlat san`at muzeyida “Sahnada zamon qahramoni obrazi” mavzusida dramaturglarning seminari, Yoshlar markazida O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Nukus filiali talaba yoshlari bilan uchrashuv bo`ldi. Ko`rik-festival yakunida birinchi o`rin Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining O`zbekiston Qahramoni Ollaniyoz Uteniyazov hayotiga bag`ishlangan “Saxovat bog`i” spektakliga berildi. Ikkinchi o`rinni O`zbekiston davlat drama teatrining “Er baribir aylanaveradi” spektakli, uchinchi o`rinni O`zbekiston davlat akademik rus drama teatrining “Odinokaya lodka” (“Tanho qayiq”), Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining “Insonlikka nomzod” spektakllari egalladi. Shuningdek qator nominasiyalar bo`yicha g`oliblar aniqlandi. – “Xushvaqt” spektaklidagi Momosuluv obrazimni “Eng yaxshi ayol obrazi” nominasiyasiga loyiq deb topganidan baxtiyorman, – deydi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining aktrisasi Sojida Ashurova. – Festival doirasidagi har bir kun taassurotlarga boy bo`ldi. Kelgusida bundan ham yaxshi obrazlar yaratishga harakat qilaman. Ko`rik-festival yakunida g`oliblarga diplom va esdalik sovg`alari topshirildi.
76
2,036
Madaniyat
Instagram: Kinoga qaytayotgan Diana Yagofarova, 31 yoshni qarshilagan Shahzoda Muhammedova, Umradan qaytishi bayramga aylangan Bunyodbek Saidov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Ziyoda kasb bayrami munosabati bilan “Madaniyat va san’at fidokori” deb e’tirof etildi. Dilnoza Kubayeva hamkasblari Botir Muhammadjonov hamda Rixsitilla Abdullayev bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi. Asal Shodiyeva kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Klipmeyker Nurimon Sultonxo‘jayev Makka shahridan ko‘rinish berdi. Ulug‘bek Rahmatullayev ayni paytda Turkiyaning Kappadokiya shahrida bo‘lib turibdi. Bloger Liil Xurramov onasining tug‘ilgan kuniga syurpriz tayyorlab, uni xursand qilmoqchi bo‘lganida aslida onasining unga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘ygani ma’lum bo‘ldi. Blogerning onasi tug‘ilgan kunida ro‘mol o‘radi. Rayhon oilasi bilan xorij safariga otlandi. 20 yil deganda Toshkentga qaytgan Nargiz Zokirova o‘tgan vaqt mobaynida shaharda katta o‘zgarishlar yuz berganini e’tirof etib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. Shahlo Zoirova Navoiy viloyatidagi xizmat uchun yangicha imij yaratdi. 15-aprel kuni kinorejissor Zebo Navro‘zova tug‘ilgan kunini nishonladi. Rejissorni ushbu sana munosabati bilan birinchi bo‘lib farzandlari Shohruhxon hamda Muhammadali tabrikladi. Zebo Navro‘zova kuzatuvchilari uchun tug‘ilgan kuni qanday nishonlagani aks etgan videolar bilan bo‘lishdi. Xonanda Sevara farzand kutmoqda. Bunyodbek Saidov Umra safaridan qaytdi. Uning ziyoratdan qaytishi Xorazmda haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Xonanda ziyoratchilar hamshaharlari tomonidan qanday kutib olinayotgani haqida reportaj tayyorladi. Turk aktrisasi Fahriye Evjen sahifasiga yangi surat joyladi. “Super kelinchak” filmidagi obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktrisa Diana Yagofarova 13 yillik tanaffusdan so‘ng kinoga qaytmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisa Rustam Sa’diyevning “Boy va novvoy” serialida suratga tushmoqda. Serialda, shuningdek, Javohir Zokirov, Ma’ruf Muhammedov hamda Durdona Qurbonovalar ham rol ijro etmoqda. 16-aprel kuni aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova 31 yoshni qarshi oldi. Shahzoda tug‘ilgan kunini qanday nishonlagani aks etgan videoni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
143
2,199
Madaniyat
Seriyali qotilning Alla Pugachyovaga nisbatan rejalashtirgan suiqasdi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
Mashhur qo‘shiqchi Alla Pugachyovaning jazosini berishni rejalashtirgan seriyali qotil Anatoliy Nagiyevning amalga oshmay qolgan jinoyati tafsilotlari OAVlar qo‘liga kelib tushdi, deb yozadi Tengrinews. Ma’lum bo‘lishicha, u xonandaga suiqasd uyushtirishni bir yil davomida rejalashtirgan: Pugachyovaning tanishlari doirasini kuzatgan, uning gastrollari haqida ma’lumot to‘plagan, hatto uning kun tartibi tafsilotlarini o‘rgangan. O‘z jinoyatlarini Anatoliy Nagiyev 70-yillar oxirida amalga oshirgan. U birinchi marta jinsiy zo‘ravonlik sababli qamoqqa tushgan. Ozodlikdan mahrum etish muassasalarida uning dardi-fikri Alla Pugachyovadan iborat bo‘lgan. Doimiy ravishda uning qo‘shiqlarini tinglagan, suratlarini tomosha qilgan. Ozodlikka chiqqach, o‘ylagan niyatini amalga oshirish uchun uni qidirib ketgan. Nagiyev muntazam ravishda Pugachyovaning konsertlariga borib, u bilan shaxsiy aloqa o‘rnatishga uringan. Bir kuni uning grimxonasiga savlatli kishi ko‘rinishida kirib, o‘zini allaqanday “jiddiy shaxs” deb tanishtirgan va katta guldasta sovg‘a qilgan. Bundan ta’sirlangan Pugachyova unga uy manzilini bergan. Huquq-tartibot organlarining sobiq xodimlari ma’lum qilgan versiyalardan biriga ko‘ra, Nagiyev Pugachyova yashaydigan uy podyezdi yoniga kelib, uni kutgan. Qo‘shiqchi podyezd ichkarisiga kirganida uning ortidan kirgan va u bilan birga liftga chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo konsyerj notanish odamni payqab, uni chaqirgan, shunda Nagiyev liftga chiqishga ulgurmay qolgan. Bundan ko‘p o‘tmay, manyak Moskvani tark etgan. U kelajakda qaytib kelib, amalga oshira olmagan niyatini bajarishga yana urinib ko‘rishni ko‘ngliga tugib qo‘ygan. Ammo 1981-yil oktabrida Nagiyev Novocherkassk qamoqxonasida otib tashlangan.
96
1,721
Madaniyat
Janubiy Koreyaning nafaqat iste’dodi, balki sohibjamolligi bilan ham tanilgan 7 aktrisasi (foto)
Koreys kinosi butun dunyoda tobora ommalashib bormoqda. Koreyada ko‘plab iste’dodli aktyorlar, jozibali va go‘zal aktrisalar bor. Pak Shin Xe Pak Shin Xe nafaqat Janubiy Koreyada, balki butun Osiyoda eng mashhur aktrisalardan biridir. 32 yoshli aktrisa mashhur “Vorislar”, “Doktorlar” serialida bosh rolni o‘ynagan. Shin Xe 19 yoshida rol o‘ynagan “Sen go‘zalsan!” seriali tufayli mashhur bo‘lib ketadi. Bundan tashqari, Shin Xe muvaffaqiyatli qo‘shiqchi bo‘lib, ikkita albomi yaratgan. U Forbes Korea Power’ning mashhurlar ro‘yxatida 33-o‘rinni egallaydi. Son Xe Gyo 40 yoshli Son Xe Gyo “Kuz ertagi”, “Vabank”, “Oila”, “Bu qishda shamol esadi”, “Quyosh avlodlari” serialidagi bosh rollari bilan tanilgan. U “Kuz ertagi” filmidagi roli uchun SBS Drama Awards’da “Eng yaxshi yangi aktrisa” va “Baeksang Arts” mukofotini qo‘lga kiritadi. Li Ji Eun (Ayu) Ayu sahna nomi bilan tanilgan Li Ji Eun 29 yoshli qo‘shiqchi va aktrisa bo‘lib, musiqiy karyerasini 15 yoshida Lost and Found debyut albomi bilan boshlagan. U Janubiy Koreyaning yirik Mnet Asian Music Awards marosimida bir nechta musiqiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Li Ji Eun o‘zining musiqiy va aktyorlik karyerasini muvaffaqiyatli birlashtira olgan. So‘nggi yillarda u bosh rolni o‘ynagan “Alvon Koryo”,“Mening janobim” teleseriali tufayli uning mashhurligi sezilarli darajada oshdi. Kim Yu Jung Yosh bo‘lishiga qaramay (23 yoshda) Kim Yu Jung allaqachon karyerasida ko‘p yutuqlarga erishgan. To‘rt yoshida u kinoda debyut qiladi va Koreyadagi eng mashhur va izlanuvchan bolalar aktrisalaridan biriga aylanadi. U ilk professional mukofotini 9 yoshida oladi, “Iljime” va “Rassom shamol” seriallaridagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘olib chiqqan. Pe Su Ji 27 yoshli Pe Su Ji juda chiroyli bo‘lishidan tashqari, ajoyib iste'dodga ham ega. Pe — muvaffaqiyatli qo‘shiqchi va aktrisa va hatto o‘zini model sifatida sinab ko‘rdi. Pe Su Ji “Miss A” qizlar guruhining a’zosi edi, 18 yoshida u “Arxitekturaga kirish” filmida o‘zining badiiy filmida debyut qildi. Guruhni tark etgach, Pe Su Ji qo‘shiqchi sifatida yakkaxon karyerasini davom ettirdi va keyinchalik aktrisalikka e'tibor qaratdi. Pak Po Yon 32 yoshida Pak Po Yon koreyalik eng talabgir yosh aktrisalardan biridir. Rasmiy kino debyutidan oldin u Seul xalqaro yoshlar filmlari festivalida mukofotga sazovor bo‘lgan “Tengdoshlar” qisqa metrajli filmida suratga tushgan. O‘shanda u 15 yoshda edi. U rasman bir yildan so‘ng “Maktab hovlisi sirlari” teleserialida bosh rolni ijro etgan holda aktrisa sifatida debyut qiladi. Ikki yildan so‘ng unga shon-shuhrat keltirgan “Jangchilar” filmi 2008-yilda Janubiy Koreyada eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi.
96
2,691
Madaniyat
“Hech qachon ongli ravishda aktyor bo‘lishni maqsad qilmaganman”: Bollivud aktyori, Kajolning turmush o‘rtog‘i Ajay Devgan 53 yoshda (foto)
Bollivudning taniqli aktori Ajay Devgan 2022-yil 2-aprel kuni 53 yoshni qarshi oldi. Iste’dodli aktyorni Bollivud faxriysi deb atash mumkin, u 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan va 30 yildan ortiq vaqt davomida kino olamida faoliyat yuritib kelmoqda. Oilasi Bollivud sahnasining bir qismi bo‘lgan va shuning uchun bu sohaga osongina kirib kelgan ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, Devgan bu yo‘ldan yurmadi. Uning otasi Viru Bollivud kaskadyorlari orasida juda hurmatga sazovor bo‘lgan, ammo u o‘g‘lining aktyor bo‘lishi uchun javobgar emasdi. “Men hech qachon ongli ravishda aktyor bo‘lishni maqsad qilmaganman. Otam shu sohada ishlagan va men uning izidan borishim muqarrardek tuyulardi. Men rejissor yordamchisi sifatida ish boshladim. Filmga rejissorlik qilayotgan do‘stim meni o‘z loyihasida bosh rolni o‘ynashga ko‘ndirdi. “Tikan va atirgullar” (1991) filmi muvaffaqiyatga erishdi va mening karyeram aynan shu film orqali hal bo‘ldi”, — deydi aktyor. Devgan bir ampuladagi rolga yopishib qolish taqdiridan qutulib qolgan sanoqli aktyorlardan biridir. “Tomoshabinlar meni turli rollarda qabul qilganidan baxtiyorman. Men romantik, jangovar va hatto komediyalarda suratga tushganman. Bu ajoyib, chunki bu menga aktyor sifatida o‘sish va o‘zimni qayta-qayta ixtiro qilish imkoniyatini berdi”, — deydi Ajay Devgan. U nafaqat mahoratli aktyor, balki kino dinamikasini tushunadigan va olgan bilimlarini o‘zining prodyuserlik kompaniyasida qo‘llaydigan zukko ishbilarmon hamdir. Devgan bu haqda shunday deydi: “Men uchun film suratga olish — ishbilarmonlik va aktyorning ishtiyoqi o‘rtasidagi muvozanatni topish imkoniyatidir. Ko‘plab hind kinokompaniyalari budjetlarni nazorat qilish orqali Gollivud studiyalari tizimiga taqlid qilishga harakat qilmoqda, ammo bu ijodkorlik hisobiga bo‘lmasligi kerak. Men ham budjet doirasida ishlash uchun qo‘limdan kelganini qilaman, agar sahnani juda zarur deb hisoblasam, hech ikkilanmayman. Ish faqat biznes bilan bog‘liq emas”. Uning sevimli Gollivud rejissorlari — Martin Skorseze va Jeyms Kemeron. Devgan ular haqida: “Bular o‘z ishining ustasi bo‘lgan rejissorlar. Ularning filmlarini tomosha qilsangiz, ijodda murosasiz ekani ayon bo‘ladi. Ha, ular ham studiya tizimida ishlashlari kerak, lekin harakat erkinligini hisobga olib, ular o‘zlarining hissiyotlariga ustunlik berishadi. Shuning uchun men o‘zimni mamnun qiladigan filmlar suratga olish uchun o‘z kompaniyamni ochdim”, — deydi. Ajay Devganning sevimli filmi — “Raju amaki” (2000). “Dekoratsiyadan tortib afisha, tasvir, chiqarilish vaqtigacha ushbu film boshqalarnikidan farqli o‘laroq biz yurgan yo‘ldan bormagan. Budjet o‘sha paytda chiqarilgan boshqa ko‘plab filmlarga qaraganda kattaroq edi. Men hech qachon xarajatlarimni ayamaganman va natijalardan juda mamnunman. Kassada yaxshi natija bermagan bo‘lishi mumkin, lekin men xursand bo‘ldim. Bu film hali ham mashhur. U, albatta, o‘z vaqtida yetakchi edi”, — deydi aktyor. Ajay rafiqasi, ajoyib iste’dodli aktrisa Kajol haqida gapirganda, uning yuzida tabassum paydo bo‘ladi. Ular 1999-yilda turmush qurgan va ikki farzandi bor: qizi Nisa va o‘g‘li Yug. Ularning bir-biriga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashi, hurmati va muhabbati taftidan qalblari bugungacha isib kelmoqda.
139
3,241
Madaniyat
"Ibrat"da Ishoqxon Ibrat haqida hikoya qiladi
"Ibrat" filmida Ishoqxon Ibrat yashagan davrning ijtimoiy manzarasi aks ettiriladi “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan ishlanayotgan, taniqli rejissyor Jahongir Qosimovning “Ibrat” tarixiy badiiy filmi noyob iste`dod egasi, ko`plab Sharq va G`arb tillarining bilimdoni, o`lkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida vatan taraqqiyoti yo`lida fidokorona xizmat qilgan Ishoqxon Ibrat haqida hikoya qiladi.  Bu haqda Darakchiga "O`zbekkino” Milliy agentligi xabar berdi. Ishoqxon Ibrat mustaqillikka eltuvchi yo`lning isyonlar, qon to`kishlar orqali o`tishini istamaydi. Turli firqalar, siyosiy uyushmalarni rad etadi, ulardan xalq ko`p jabr-zulm chekishini uqtiradi.   Shaxsiy manfaatlar o`yini, chuqur o`ylanmagan tadoriklar oqibatida elning boshiga qirg`inbarot urushlar yog`ilishidan ogohlantiradi. Ma`rifat ila ozodlikka erishish g`oyasini targ`ib etadi. Filmda ushbu jarayon aks etadi.   Film operatori Rustam Murodov   “Elparvar” tarixiy filmini suratga olgan, bu mavzuda tajribasi bor operator sanaladi. Tarixiy kinokartinaning liboschisi Zuhra G`anieva filmda tasvirlangan davr Qo`qon, Toshkent, Buxoro va chet el kiyim-boshlarini tayyorlagan. Ibratning yoshligini Rossiyada xizmat ko`rsatgan aktyor Farhod Mahmudov ijro etgan. Shuningdek, filmda Iroda Qosimova, Matyoqub Matchonov, Mixail Kaminskiy, Jo`rabek Orziev, Seydulla Moldaxanov, Abduraim Abduvahobov, Tohir Saidov, Furqat Fayziev, Bahrom Matchonov, Akbarxo`ja Rasulov, Shahzoda Matchonova va boshqa xalqimiz sevgan ko`plab aktyorlarni uchratamiz.
45
1,527
Madaniyat
Depardye va Kusturitsaning Ukrainadagi qora ro‘yxatga kiritilishi xabar qilindi
Fransiyalik aktyor Jerar Depardye hamda serbiyalik musiqachi va rejissor Emir Kusturitsa Ukraina Madaniyat vazirligining qora ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar beradi “Eurointegration.com.ua”. Ma’lumotlarga qaraganda, 3-avgust kuni chop etiladigan ro‘yxatda dunyoning turli mamlakatlaridan 600 ga yaqin madaniyat arboblari mavjud. Ular nafaqat Ukrainaga tashrif buyura olmaydi, balki ularning qo‘shiqlari va ishtirok etgan filmlarini namoyish etish hamda tarqatish taqiqlanadi. Ro‘yxatga “Ukraina milliy xavfsizligiga tahdid qiluvchi” kishilar kiritilgan. Jerar Depardye 2014-yilning avgust oyida Latviyadagi kinofestivalda “Rossiya va uning bir qismi hisoblangan Ukrainani yaxshi ko‘rishi”ni e’lon qilganidan keyin ro‘yxatga qo‘shilgan.
79
736
Madaniyat
O`zbekistonda "Foreign Languages" teleradiokanali tashkil etiladi
Hukumat qaroriga muvofiq,  O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi "Oilaviy" telekanali negizida xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan "Foreign Languages" xorijiy tillar teleradiokanali tashkil etiladi.    U o`z dasturlarini bir kecha-kunduzda 24 soat davomida xorijiy tillarda efirga uzatadi, bunda har kuni kamida 3 soat efir vaqti xorijiy tillarni onlayn o`rgatishga ajratiladi. Mazkur teleradiokanal bolalar uchun mo`ljallangan xorijiy tildagi televizion asarlarni dublyajsiz, asl tilida, zarur hollarda o`zbek, ingliz va rus tillarida titrli tarjima qilgan holda efirga uzatadi.
65
593
Madaniyat
Lord Muhammad Iltaf Shayx: “Agar Mirzo Ulug`bek hozir hayot bo`lganida, oyga o`zbeklar birinchi bo`lib safar qilgan bo`lardi”
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev shu yilning 16 fevral kuni Buxoro viloyatiga safari chog`ida Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasini ziyorat qilib, o`tgan qisqa fursatda yurtimizda diniy-ma`rifiy sohada katta islohotlar, ijobiy o`zgarishlar ro`y bergani, O`zbekiston Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O`zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi tashkil etilgani, galdagi vazifa – ushbu tuzilmalar bilan xalqaro markazlar o`rtasida ilmiy aloqalarni yo`lga qo`yish, xalqaro konferensiyalar o`tkazish, buyuk ajdodlarimiz merosini dunyo bo`ylab keng targ`ib etish bo`yicha topshiriqlar bergan edi. Ana shu maqsadda Buyuk Britaniyaga safar qilgan O`zbekistonning etakchi islomshunos va sharqshunos olimlaridan iborat delegasiya, xabar qilganimizdek, mazkur mamlakat ilmiy doiralari, ta`lim va madaniyat muassasalari vakillari, ziyolilar, diniy soha namoyandalari bilan uchrashuv va muzokaralar o`tkazmoqda.O`zbekistonning Londondagi elchixonasida bo`lib o`tgan tadbirda Buyuk Britaniyaning yirik siyosat arbobi, Parlamentning Lordlar palatasi a`zosi Muhammad Iltaf Shayx boshchiligida ushbu mamlakat naqshbandiylik tariqati vakillari, ulamolar, turistik kompaniyalar mutasaddilari qatnashdi. Uchrashuvda O`zbekistonda diniy-ma`rifiy sohada ro`y berayotgan ijobiy o`zgarishlar, ziyorat turizmini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish bo`yicha ko`rilayotgan chora-tadbirlar, xususan, halol standartning joriy etilgani, yurtimizdagi tabarruk qadamjolarda sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar xususida ma`lumot berildi. “O`zbekiston – islom madaniyati javohiri” mavzusidagi taqdimot va film namoyishi bo`lib o`tdi. — O`zbekiston islom madaniyati, fani rivojiga ulkan hissa qo`shgan. Agar Ulug`bek hozir hayot bo`lganida, oyga o`zbeklar birinchi bo`lib safar qilgan bo`lardi. Al-Xorazmiy bo`lmaganida zamonaviy texnologiyalar ham bo`lmas edi. Ibn Sino asarlari asosida Evropa tibbiyotni o`rgangan. Biz radikallashuvga O`zbekiston madaniyati va ma`rifati bilan qarshi kurashishimiz kerak. Sizlar Imom Buxoriy hadislarini ingliz tiliga tarjima qilib, sharhlab bering. Biz bu kitoblar bilan jaholatga qarshi kurashamiz, — dedi Lord Muhammad Iltaf Shayx. Aytish joizki, Britaniyada buyuk ajdodlarimiz Abduxoliq G`ijduvoniy asos solgan va Bahouddin Naqshband takomiliga etkazgan Xojagon-naqshbandiya tariqati vakillari iqtiqomat qiladi. Ularning 70 dan ziyod jamoalari bu o`lkaning turli shaharlarida keng tarqalgan. — O`zbekistonda Bahouddin Naqshband hazratlari va tasavvuf allomalari ilmiy merosiga qaratilayotgan yuksak e`tibor haqida eshitib, ochig`i, ko`nglimiz tog`dek ko`tarildi, — dedi Londondagi Naqshbandiya tariqati etakchilaridan biri shayx Zimer Solihiy. — Biz uchun Buxorodan olis bo`lgan Londonda turib, inson kamoloti va ruhiy tarbiyasining beqiyos manbasi bo`lgan Naqshbandiya ta`limotiga amal qilish o`ta muhim. O`zbekistondagi etti pir qadamjolarini ziyorat qilish, G`ijduvoniy va Naqshband hazratlarining tavallud sanalariga bag`ishlangan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish orzusidaman. Bu yurt jahonga ma`naviy tarbiya ustozlarini taqdim etgan zamin sifatida hamisha qadrli bo`lib qoladi. Uchrashuv qatnashchilarining fikricha, O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o`tkazilajak etti pirga bag`ishlangan xalqaro seminar va konferensiyalar shunisi bilan ham ahamiyatliki, u Naqshbandiya ta`limoti ulamolari, tadqiqotchilarini bir erga jamlash hamda ular o`rtasida doimiy muloqot va hamkorlikni yo`lga qo`yish imkonini beradi. Bu esa avvallari kuzatilmagan hodisadir.Shuningdek, uchrashuvda Buyuk Britaniyada ziyorat turizmi bilan shug`ullanuvchi kompaniya vakillari qatnashib, O`zbekistonga maxsus sayohatlarni tashkil etish istiqbollari haqida muloqot qildilar. — Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz kabi tarixiy shaharlarga sayohatlar uyushtirish britaniyaliklar uchun juda ham qiziq. To`g`ri, avvallari ham turistlarimiz O`zbekistonga sayohat qilishgan. Lekin bu kam sonli ziyoratchilarimiz bilan cheklanar va doimiy asosda kechmas edi. Maqsadimiz evropaliklar uchun jozibali marshrutlarni belgilashdir. Britaniyalik musulmonlar islomning muqaddas shaharlari — Makka, Madinadan keyin Samarqand va Buxoroni ziyorat qilishni albatta istashadi, — dedi “El-Sawi” kompaniyasi rahbari X. Al-Saviy.— Men juda ko`p musulmon yurtlarda, tarixiy shaharlarda bo`lganman, — dedi londonlik imom Muhammad Said. - Hech qanday mubolag`asiz aytmoqchimanki, O`zbekiston haqidagi filmni tomosha qilib, bu muqaddas zaminga mahliyo bo`ldim. O`zbekiston Prezidentining BMT minbaridan turib bildirgan tashabbuslarini eshitdik. Bu — hozirgi murakkab davr uchun g`oyat muhim takliflar. Ekstremizm, radikalizmga qarshi kurashda islomning asl manbalari — Imom Buxoriy hadislari, Nasafiy tafsirlariga murojaat qilish lozim. O`ylaymanki, islom madaniyatini chuqur anglamoqchi bo`lganlarni O`zbekistonga olib borish zarur. Ular muqaddas dinning haqiqiy mohiyatini shu erda ko`radilar. Meni O`zbekistonda nashr etilgan Imom Buxoriy hadislari to`plami – “Oltin silsila” kitobi juda ham qiziqtirdi. Bugungi kunda nafaqat Evropada, balki boshqa mintaqalarda ham hadislarni turlicha tarjima qilish va sharhlash harakatlari kuzatilayotganini hisobga olsak, bunday ezgu ishni amalga oshirishga islomning mo``tadil, asl g`oyalari tarqalgan diyor, Imom Buxoriyning chin vorislari birinchi galda haqli deb hisoblayman. Muloqotlar samimiy va do`stona ruhda kechdi. Ishtirokchilar bu kabi uchrashuvlarni muntazam o`tkazish, Evropa jamoatchiligi uchun O`zbekiston haqida maxsus ko`rgazmalar tashkil etish taklifini bildirdilar, deb yozadi “Jahon” AA. O`zbekiston delegasiyasining Buyuk Britaniyaga safari davom etmoqda.
125
5,683
Madaniyat
15—16-mart kunlari Termiz shahrida baxshilar uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tadi
15—16-mart kunlari Termiz shahridagi baxshilar maktabida baxshi va jirovlar uchun o‘quv seminari o‘tkaziladi. Bu haqda respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi matbuot xizmati xabar bermoqda. Seminar yoshlarda baxshichilik san’atiga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, ta’lim muassasalari, xususan bolalar musiqa va san’at maktablarida, madaniyat markazlarida baxshichilik yo‘nalishini tashkil etish orqali baxshichilikni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etiladi. Surxondaryo viloyati hokimligi madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan 100 ga yaqin baxshi-shoir, oqin va jirovlar, yoshlar ishtirok etadi.
79
751
Madaniyat
Xonanda Ruxshona o‘g‘il farzandli bo‘ldi
Qo‘shiqchi va aktrisa Ruxshona ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda uning hamkasbi Madina Mumtoz Instagram sahifasida ma’lum qildi. “Hozirgina kelgan xabarlarga ko‘ra, Ruxshona ikki karra ona bo‘ldi. O‘g‘il muborak, Sanjar Matkarimov va Ruxshona”, — deb yozdi Madina Mumtoz. “Navbat Nigoraga (Oybek va Nigoradagi)”, — deya qo‘shib qo‘ydi xonanda. Ruxshona 2014-yil 2-noyabrida rejissor Sanjar Matkarimov bilan turmush qurgan va 2015-yilning sentabr oyida qiz farzandli bo‘lgan edi. Qiziga Habiba deb ism qo‘yishgan.
40
526
Madaniyat
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev vafot etdi
Taniqli kompozitor va dirijyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi. Anvar Ergashev Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori va Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik teatri badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 50 dan ortiq badiiy va musiqiy filmlar, spektakllar bastakori, ko‘plab qo‘shiq hamda musiqalar muallifi. Uning kinodagi ishlari sirasiga “Bomba”, “Sharif va Ma’rif”, “Osmondagi bolalar”, “Alanga ichidagi farishta”, “Oq bino oqshomlari”, “Uch qirol jangi”, “Oyi” filmlari kiradi. Yetuk kompozitorning so‘nggi ishi bir necha oy oldin premyerasi bo‘lib o‘tgan “101” kinoasari edi. “O‘zbekkino” milliy agentligi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
71
857
Madaniyat
Lola: kiyinishim kimgadir xalal berayotgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘rayman
Xonanda Lola Yo‘ldosheva shok.uz saytiga bergan intervyusida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi hamda muxlislaridan uzr so‘radi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”. Boshlovchining “Litsenziyangizni qaytarib olish uchun ‘O‘zbeknavo’dan kechirim so‘raganingiz rostmi?” degan savoliga Lola quyidagi javobni berdi: “Ha, bu rost. Men nafaqat ‘O‘zbeknavo’dan balki, mening fotosuratlarim, harakatlarim, kiyimlarim, qo‘shiqlarimda tilga olinayotgan mavzular kimgadir noqulaylik tug‘dirayotgan yoki yashashiga xalaqit berayotgan, tunlari tinch uxlashiga imkon bermayotgan bo‘lsa, ularning barchasidan uzr so‘rashim mumkin”.
72
613
Madaniyat
“Bu kasallik bilan kurashmasangiz, olib ketib qoladi”. Saida Rametova saratonni qanday yengayotgani hamda kelinlari bilan munosabatlari haqida (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida saraton kasalligini qanday yenggani, kelinlari bilan qanday munosabatda ekani, talabalik yillari, ota-onasiga bergan va’dasi, uni asossiz teatrdan ishdan bo‘shatishgani va bu holat u uchun og‘ir bo‘lgani, hozirgi aktrisa va aktyorlarning faoliyati haqida gapirdi. Saida Rametova umrining qaysi yillarini sog‘inishi haqida “To‘g‘risini aytsam, yaqinda yoshlik yillarimni ko‘p esladim. Yelib-yugurib tinmasdan rollarni ijro etganimni yodga oldim. Keyin o‘zimga-o‘zim yaxshi ham tinib-tinchimasdan kinoda, serialda, teatrda ko‘p rollarni ijro etgan ekanman dedim, hozir ikki yildan buyon rol ijro etishni sal kamaytirdim. Sog‘lig‘im tufayli, shunda ham nolimayman, Allohning suyukli bandasi ekanman, ko‘pchilikning duosi, o‘zimning g‘ayratim bilan ko‘plab ko‘rsatuvlar, serial, kinoda rol ijro etdim. Teatrda imkon boricha yengilroq, komediya rollarimni ijro etdim, uch-to‘rtta klassika, tarixiy spektakllarimdagi rollarni esa ijro etmay turibman. Endi ruxsat berishdi, o‘sha rollarimni eslab yuribman, o‘ynash niyatim bor. Alloh kuch-quvvat bersin. “Keyin yoshlik davrlarimni, opa-singil, aka-uka, qarindoshlarim bilan o‘tgan yaxshi kunlarimni eslayman va nimaga bunchalik umr tez o‘tyapti, bir pasda katta bo‘lib qoldik, yoshlik, jo‘shqin, kuchga to‘lib yurgan vaqtlarimiz tez o‘tib ketgandek go‘yo. Hayotning qanchalik shirin, har bir daqiqaning qadriga yetish kerakdek tuyuladi. Har bir kunga shukrona aytgim keladi”, — deydi aktrisa. “Harakat qildim, o‘zimda kuch topa oldim” “Hayotni, kasbimni yaxshi ko‘rganimdan kasallikni yenga oldim, hayot, yashash yaxshi. Bu kasallik bilan kurashmasangiz ‘olib ketadi’. Shifokorlarga, professorlarga rahmat, ‘hayotga ishonch bilan qara, bu kasalikka yengilib qolma’, deb ko‘p narsalarni o‘rgatishdi. Ular saraton kasalligi haqida kitoblar berishdi, o‘qidim, harakat qildim, o‘zimda kuch topa oldim. Men kasal ekanman deb vahimaga tushib, umidsiz bo‘lib, shunaqa ayollar ham bo‘ldi, men ularga ham kuch bera oldim. Meni ko‘rib ular ham harakat qilishdi. Yaqinda ham bordim, tekshirtirdim, hammasi yaxshi. Biroq bari bir muolajani davom ettirib, parhez qilish, o‘zimga qarashim, umid, ishonchni yo‘qotmaslik kerak. Bu kasallikda g‘am-tashvish, qanaqadir yomon narsalarni o‘ylamaslik, iloji boricha kuch to‘plab yashash kerak. Kasal bo‘lgan ayollarning oldiga bordim, suhbatlashdim, ular bilan ovqatlandim. Ayol oilada kerak, ayol borki, dunyo, beshik tebranib turadi. Shuning uchun biz ham o‘zimizni o‘ylashimiz kerak. Kasallik o‘tib ketgandan keyin emas, oldinroq borib, oldinroq davolanishimiz kerak”, — deydi Saida Rametova. “Kelinlarim ahil, inoq, shundan xursand bo‘laman, baxtli qaynonaman” “Birinchi o‘g‘lim 21 yoshida uylangan. Kelinimni yaxshi ko‘rib, sovchilikka borganman. Qudalarim ham, kelinim ham yaxshi, sovchilikka borganimda ozgina qiynalganman. ‘Sizni yaxshi ko‘ramiz, hurmat qilamiz, lekib qizimizni bermaymiz’ deyishdi. Nimagaligini so‘radim, menimcha san’atkorlarning ichida hamma tomonlama ibratli ayol san’atkor bo‘lib yuribman desam, ‘siz yomon qaynonasiz’, deyishgan. Shu bilan rozi bo‘lishdi, mana 20 yil bo‘ldi, biz hozir kelinim bilan ona-boladekmiz. Yaqinda katta o‘g‘lim egizak farzandli bo‘ldi. Keyin Azizbekka yoshing o‘tdi, uylan dedim. Erta-indin deb o‘zi ham yoshi o‘tganini bilmay qoldi. Xullas, bari bir Alloh o‘zini nikohini tashlamaguncha ikki yoshning qalbini birlashtirib bo‘lmas ekan. Qachon Alloh nikohini tashlasa, peshonasiga yozilgani bo‘lar ekan, peshonadan qutulib bo‘lmas ekan. Mana yozilgan ekan, 33 yoshida uylandi. Rollarni ijro etganim bilan hayotda xursand bo‘laman, kelinlarimni yonini olaman, ular bilan ona-bola bo‘lganman. Hozir ikkinchi kelinim ham qizimdek. Yonma-yon yashaymiz, ular alohida, biz alohidamiz. Ikkalasi ham kirib bir-biri bilan ish qilsa, opa-singildek bo‘lib yursa, maslahat qilishsa, bu kelinim ham ovsiniga yordam beradi. Fotima va Zuhralarga qarab, ovqat qilishsa bir-biriga uzatishadi. Ahil, inoq, shundan xursand bo‘laman, baxtli qaynonaman”, — deydi aktrisa. Aktrisa ota-onasi san’at sohasiga kirishiga qarshi bo‘lgani va ularga bergan va’dasi haqida  “O‘qigan paytlarim esimga keladi, yotoqxonada yashaganman, o‘sha yerda ‘startsa’ qilishgan edi. Hamma tomonlama zo‘r edim, qizlar birorta yigitga qarasa, o‘qishingni o‘qi, soat nechida kelding deb xonalarini tekshirib chiqar edim. O‘sha paytda menga ‘qaynona’ deb laqab qo‘yishgan. Hammani tekshirib yurasan, senga nima deyishar edi. ‘Startsa’manmi mening kursimda hamma narsa joyida bo‘lishi kerak derdim. O‘shanda bu qaynonalik qiladi deb menga hazil qilishar edi. Haqiqatan ham qaynona rolida tanildim, o‘sha gapni ham hikmati bor ekan. O‘sha paytda uydan ham ko‘p pul so‘ramasdan o‘zim harakat qilar edim. Chunki o‘qishga kirganimdan keyin ham ruxsat berishlari qiyin bo‘lgan. Otam, rahmatli bobo-buvim qarshi bo‘lgan, faqat onam rozi bo‘lgan, lekin bildirmagan. Ichlaridan, meni aynan san’atga qiziqishim uchun aktrisa bo‘lishimni chin dildan xohlagan. Onamda mahorat bor edi, she’r, qo‘shiq aytgan, juda ko‘p narsaga qiziqardilar. Ular ‘Men juda ham xohlar edim, lekin menga ruxsat berishmagan, sen kirding, biroq bizni yuzimizni yerga qaratma, sen tomondaman, o‘zingni bilib yurgin, hamma narsada iffatingni unutma’, — deb aytgan. Nasib bo‘lsa o‘qishimni bitirib, hurmat-izzatim bilan turmushga chiqaman, farzandlar ko‘raman, san’atkorlarga orzu qilib shu kasbni egalladimmi, shulardek bo‘lishga harakat qilaman, Alloh riz-nasiba bersa, sabr qilib bitta turmush o‘rtog‘im bilan umr o‘tkazishga, farzandlarim katta bo‘lganida quda-andalik bo‘laman, ularning ham oldida artistda, shuning uchun ajraldi degan gapni ko‘tara olmayman, sizlarning ham yuzingizni yerga qaratmayman, deganman. Allohga shukr, ularga nima va’da bergan bo‘lsam, bajardim, Toshkentga kelganimga 45 yildan oshibdi, Jumadulla Rametov bilan turmush qurganimga ham, san’at sohasida ishlayotganimga ham 40 yil bo‘libdi. Barcha qiyinchiliklarga chidadim. Yotoqxonada yashab yurgan vaqtlarimda och qolgan kunlarim ham bo‘ldi, o‘zimga va birortasiga xiyonat qilmadim. Hammasiga sabr qildim”, — deydi aktrisa. “Menga oson bo‘lmagan, buni Alloh va biz o‘zim bilaman” “Yaxshi ishlab, yaxshi ijod qilib kelayotgan edim. Keyin nima bo‘ldi bilmayman, yoki kimdir direktorimizga men haqimda biror narsa dedimi, bilmadim. Keyin menga ko‘p gapira boshladilar, men u gaplarni eshitishga arzimayman, men u darajadagi gaplarni eshitadigan aktrisa emasman. Shuncha yil ishlab, mehnat qilib nimaga harakat qildim, kasbimni, yurtimni yaxshi ko‘raman. Or-nomus, andisha uchun talashdim. Hammasini ko‘nglini olishga harakat qildim. Jumadulla Rametov bilan turmush qurib, nima bo‘lsa oxirigacha turishga harakat qilib keldim. Bizning oramizdan ham ko‘p narsa o‘tgan, dushmanliklar bo‘lgan. Shuncha sabr-toqatli bo‘lsam, nimaga menga buncha munosabat deganman, gohida shu narsa alam qiladi. Yoki men hayotda noto‘g‘ri qadam bosdimmi deyman, o‘zimga-o‘zim savol beraman. Halol yashab mehnat qilishga harakat qildim, o‘zimga nimani ravo ko‘rsam boshqalarga ham shuni ravo ko‘raman. Qo‘limdan kelsa yaxshilik qilaman, oxiri gap-so‘zlarni ko‘tara olmadim. Meni hech kim teatrdan haydamadi, o‘zim ishdan bo‘shashga ariza yozdim. Men bunaqa sharoitda, atmosferada ishlay olmayman, ketaman dedim. Teatrdagi hamkasblarim, ustozlarim, direktorimni o‘zi ham chiqqanidan keyin meni quchoqlab oldi. ‘Men senga xayfsan bermoqchi edim, ketma’, dedi. Men esa ketaman dedim. Shu bilan teatrdan o‘zim ariza yozib ketdim. To‘g‘ri menga oson bo‘lmagan, buni bir o‘zim va Alloh biladi. Chunki mehr berib ishlagandan keyin, umid va ishonch bilan hamma tomonni yo‘lga qo‘yib yashagan vaqtda shunaqa vaziyat bo‘lsa qiyin bo‘lar ekan. Biroq o‘sha paytda ham bo‘sh qolmadim, kino, serial, to‘y xizmlatlariga bordim. Men buni hech qachon berkitmaganman, uyalmaganman, xalq meni yaxshi ko‘rar ekan, borganman, boraman ham”, — deydi Saida Rametova. Saida Rametova hozirgi yosh aktrisa va aktyorlarning faoliyati haqida “Yoshlarni ham ko‘p ayblashni xohlamayman. Chunki ko‘rib turibman, o‘zimizni teatrda ham, boshqa teatrda ham yoshlar harakat qiladi, o‘zini ustida ishlaydi, ustozlarga yaxshi munosabatda bo‘ladi. Bizni paytimizda bir filmda ishlash, band bo‘lish qiyin edi, nechta chig‘iriqdan o‘tib, yillab rol kutar edik. Shuning uchun san’atning qadirga yetar edik, hozirgi yoshlar baxtli. Yillar davomida kasbimizga sadoqat bilan yondashib tanildik. Men har doim aytaman, klip, serial, reklama ketma-ket, bitta aktrisa yettita-sakkizta serialda chiqyapti, bu baxt. Buni qadriga yetib mehnat qilish va shukr aytish kerak. Hattoki hozirgi yoshlarimiz ‘yo‘q, men ko‘p rollarda chiqdim, ozgina tanaffus qilay’ deyishadi. Biz esa rolni yillab kutar edik”, — deydi aktrisa.
150
8,802
Madaniyat
Teleyulduz Kayli Jenner 3250 dollarga 3D-printerda bosilgan poyabzal sotib oldi (foto)
Balenciaga modalar uyi Crocs kompaniyasi bilan hamkorlikda 3D-printerda bosilgan oyoq kiyimlarini chiqardi. G‘ayrioddiy poyabzallarning ilk egalaridan biri Kim Kardashyanning singlisi Kayli Jenner bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Kayli 3250 dollarga pushti rangdagi poshnali tuflini sotib oldi. Uning ismi poyabzalga o‘yib yozilgan. Tashqi tomondan poyabzal juda katta ko‘rinadi. Xususan, buni Kaylining kichkina qizi Stormi qo‘lida ushlab turgan suratdan ham sezish mumkin. Brendning veb-saytida mahsulot 100 foiz poliuretandan tayyorlanganligi ko‘rsatilgan. Ayni paytda poyabzal ikki xil – pushti va och yashil rangda taqdim etilgan. Ikkala nusxa ham o‘ziga xos yorqinligi bilan ajralib turadi.
86
705
Madaniyat
2015-yilda farzandli bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar
2015-yilda farzandli bo‘lgan mashhurlar ro‘yxati bilan tanishing — ular orasida birinchi marta onalik baxtiga erishganlar ham, nihoyat o‘g‘il farzandli bo‘lganlar ham, farzandiga o‘z taxallusini qo‘yganlar ham bor. “Afruz” guruhi xonandalaridan biri Muzaffar 2015-yil 9-fevral kuni ota bo‘ldi. Chaqaloqqa Ibrohim deb ism qo‘yildi. 24-aprel kuni aktrisa Sevara Soliyeva ona bo‘ldi — chaqaloqqa Sultonbek deb ism qo‘yildi. “Ko‘z tegmasin, juda to‘polonchi, buning ustiga, qiziqmagan narsasi yo‘q. Emaklasa ham, ortidan quvib yetolmaysiz”, — deydi Sevara o‘z farzandi haqida. Raqqosa Parizoda 20-iyul kuni ikkinchi bor ona bo‘ldi — qizaloqqa Sabrina deb ism qo‘yildi. 1-sentabr kuni 47 yoshli aktrisa Hosiyat Husanova ikkinchi bor ona bo‘ldi. O‘g‘il farzandga Imronbek deb ism berildi. “Kattam 17 yoshda. U yoshligida farzand ko‘rishni istagandim, ammo Alloh menga shu yoshimda farzandli bo‘lishimni nasib etgan ekan”, — dedi Xosiyat Husanova 6-sentabr kuni xonanda Ruxshona ona bo‘ldi — yangi tug‘ilgan chaqaloqning ismi Habiba bo‘ldi. “Hali qizalog‘im juda kichik, boshini ko‘tarib, atrofni kuzatishni, gapirsangiz, kulishni o‘rgandi. Qo‘shiq aytsam, jon quloqlari bilan tinglaydi”, — deydi xonanda “7x7” gazetasiga bergan intervyusida. Taniqli aktyorlar — Lutfulla va Gulchehra Sa’dullayevlarning qizi Muqaddas Sa’dullayeva 11-sentabr kuni qiz farzandli bo‘ldi. Unga Mubina deb ism berildi. “Hali kichik bo‘lsa-da, o‘g‘il bolalardek to‘polonchi. E’tiborni yaxshi ko‘radi”, — deydi aktrisa. 19-sentabr kuni “Benom” guruhi a’zosi xonanda Komil qiz farzandli bo‘ldi. Taniqli xonanda Sardor Rahimxon ikki qizdan so‘ng o‘g‘illi bo‘ldi — 9-oktabr kuni tug‘ilgan bolakayga Muhammad Ali deb ism berildi. Sardor Rahimxon o‘g‘illi bo‘lgan kun boshqa bir xonanda — Dildora Niyozova ikkinchi bor ona bo‘ldi. Qiz farzandga Muslimaxon deb ism berildi. “2015-yilda barcha orzum amalga oshdi”, — dedi xonanda qizalog‘i tug‘ilganini nazarda tutib. Yilning eng shov-shuvli ota-onalari: xonanda Farrux Raimov va uning turmush o‘rtog‘i, Dilso‘z taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova-Raimova tantanali to‘y marosimiga olti oy to‘lar-to‘lmas — 18-oktabr kuni ota-ona bo‘ldi. Bu holat turli gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, Dilso‘zning tug‘ruqxonadagi holati aks etgan suratlarning tarqalib ketishi yana alohida shov-shuv bo‘ldi. Aktyor va teleboshlovchi Husan Jo‘rayev 28-oktabrda qizli bo‘ldi. Unga Aziza deb ism qo‘yishdi. 5-noyabr kuni xonanda Botir Yaminov oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Qizaloqqa Odina ismi berildi. Madina Mumtoz 12 noyabr kuni ikkinchi marta ona bo‘ldi. San’atkorning ikki yarim yashar o‘g‘li — Muhammadyusufning endi Muhammadyunus ismli ukasi bor. “Turmush o‘rtog‘im bilan maslahatlashib, unga akasinikiga uyqash ism qo‘ydik”, — deydi san’atkor “7x7” gazetasiga bergan intervyusida. “Lokomotiv” FK matbuot xizmati Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi darvozaboni Ignatiy Nesterov xonadonida 18-noyabr kuni o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu bolakayning uch opasi bor.
54
3,073
Madaniyat
Xvorostovskiyning oilasi gullar o‘rniga xayriya qilishga chaqirdi
55 yoshida olamdan o‘tgan rossiyalik opera qo‘shiqchisi Dmitriy Xvorostovskiyning oilasi muxlislarni Britaniyaning saraton kasalliklarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Cancer Research tashkilotiga xayriya qilishga chaqirdi. Bu haqda xonandaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”. “Xvorostovskiyning oilasi qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlagan va mehr-muhabbatini izhor etgan barcha muxlislarga minnatdorlik bildiradi. Gullar o‘rniga Cancer Research uchun xayriya qilishni taklif etamiz”, — deyiladi xabarda. Moskvada xonanda bilan vidolashuv marosimidan so‘ng krematsiya jarayoni bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng bir kapsula Rossiya poytaxtida, ikkinchisi Xvorostovskiyning ona shahri — Krasnoyarskda ko‘miladi.
65
745
Madaniyat
Zamonaviy arab malikasi: Dina Abdulazizning uslub borasidagi sirlari (foto)
Sharq malikalari har doim ham hashamatni tanlaydimi? Yo‘q. Vogue Arabia jurnalining birinchi bosh muharriri va Saudiya shahzodasining rafiqasi Dina Abdulazizning uslubi haqida quyida batafsil tanishib chiqish mumkin. Agar ayol aqlli bo‘lsa, albatta, go‘zal ham bo‘ladi. Axir go‘zallik mutlaq qiymat emas, balki kontekstga moslashishdir. Arab malikasi Dina Abdulaziz nafaqat malika, balki moda olamida ham o‘z obro‘siga ega. Buning sababi shundaki, Dina modada hamma narsadan ustun bo‘lgan narsa – kontekstni his qila olish qobiliyatiga ega. Bu qandaydir kuch emas, mukammallikka qadar takomillashgan mahorat desa ham bo‘ladi. Buni ko‘pchilik yaxshi did bilan adashtiradi. Vaqt sinovidan o‘tgan uslublardan birini asos qilish va induviduallikni unutmaslik lozim. Biror libos kiyilganda uning dizaynerini bilish shart emas, chunki bu umumiy ko‘rinishga olib kelishi mumkin. Ochiq kiyinish tobora urfdan qolayotgani barchaga ayon. Ayollar ko‘proq uzun va keng kiyim bilan yanada sirli ko‘rinayotgani nafaqat ayrim jamiyatlarda, balki butun dunyo mamlakatlarida kuzatilmoqda. Arab malikasi Dina ham mamlakat bo‘yicha eng taniqli ayollardan bo‘lsa-da, o‘zini duch kelgan urfdagi libosga urishni yoqtirmaydi. Balki har tomonlama qulay, sodda va noodatiy uslublarda ko‘rinish beradi. Odatda arab maliklari mo‘l-ko‘l taqinchoqlarsiz tasavvur qilinmaydi. Ammo o‘ziga xoslik har qanday malika uchun muhim. Doim ham trenddagi libosni boricha qabul qilavermaslik kerak. Uni har bir ayol o‘z uslubiga moslashtirishni unutmaslik lozim. Bu borada xavotir olishning keragi yo‘q, sababi har bir tendensiyadan unumli foydalanish imkoniyati mavjud. Dinaning liboslaridagi uyg‘unlik faqat uning uslubigagina xos, deyish mumkin. Sababi u har bir libosni o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda umumlashtiradi. Malika kamdan kam hollardagina hashamatli liboslarda ko‘rinish beradi. Odatda uni barcha ayollar kabi bejirim va sipo kiyimlarda uchratishadi. Dinaning kiyinish borasidagi yana biri siri, u liboslarga tushirilgan har bir elementga e’tiborli. Libos, pardoz va soch turmagidan tashqari oyoq kiyimlar ham uning mukammal ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Malika ko‘proq yorqin ranglarga murojaat qiladi. Aslida unga har qanday rangli liboslar ham mos keladi, ammo o‘z dididan kelib chiqib, och va nafis rangli liboslardan ko‘proq foydalanadi. Uslub jihatidan Dinani takrorlash osondek ko‘rinishi mumkin, ammo unga taqlid qiluvchilar deyarli topilmaydi. Demak, malikaning sirliligi ham shunda. Malikaning tashqi ko‘rinishiga qarab, uning 46 yosh ekanligiga ishonish qiyin. Malika uch nafar farzandni tarbiyalash bilan birga, mamlakat bo‘ylab ochilgan bir qancha do‘konlarni boshqarish hamda o‘zining sevimli ishi bo‘lgan muharrirlikka ham ulguradi.
75
2,743
Madaniyat
O‘zbek tili ot qo‘yishdan ojiz qolganda to‘nni boshqaga kiydiramizmi?
Tilning kuch-qudrati, salohiyati yangi tushuncha va atamalarga ot qo‘ya olishida ham ko‘rinadi. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bu galgi maqolasida ayni shu masala haqida so‘z yuritadi. Chet so‘z tilni boyitadimi yo kambag‘allashtiradi? Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova Hech bir til yolg‘iz o‘zi rivojlanmaydi. Boshqa tillardan so‘z oladi-so‘z beradi, boyiydi-boyitadi. Lekin bu jarayonning ham o‘z qonun-qoidalari, me’yorlari bor. Chet tilidan kirgan so‘z tilni qachon boyitadi-yu, qachon kambag‘allashtiradi? Agar o‘zga til so‘zi bir tildagi yo‘q so‘z o‘rnini to‘ldirsa yoki bor so‘z bilan yonma-yon ishlatilsa, foydalanuvchilarga qo‘shimcha variant taqdim etsa, u tilni boyitadi. Lekin tilda bor so‘z o‘rnini egallasa, uni siqib chiqarsa, bu tilni kambag‘allashtirish bo‘ladi. Yangi tushunchalarga ot qo‘ya olmaydigan yoki ot qo‘yishga intilmaydigan til mustaqilligini, kuch-qudrati va salohiyatini yo‘qotayotgan tildir. Bugun o‘zbek tilining bu boradagi holati qoniqarli emas, nazarimda. Xo‘sh, bunga sabab nima? “Abo Muslimi sohibqironlarimiz bo‘lmasa...” O‘zbek tilining sofligi, ilm-fan va internet tiliga aylanishi uchun astoydil kurashadigan, amaliy harakatlar qiladigan, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilot yo‘q. Balki, qaysidir idora bunga mas’uldir. Lekin hali bu borada ko‘zga ko‘rinarli ish qilingani yo‘q. Xo‘sh, chetdan kirayotgan so‘z va atamalarga ot qo‘yishda yoki o‘zlashtirishda qanday muammolar bor. Men payqagan ikkita holat bor: Masalan, so‘nggi paytlarda o‘zlashtirilgan bodikamera, teplovizor, chellenj, frilans, navigator kabi so‘zlarni o‘girishga urinib ham ko‘rilgani yo‘q. Bodikamera so‘zini olaylik. To‘g‘ri, kamera so‘zi o‘zbekchaga allaqachon kirib ulgurgan. Uni tarjima qilishga urinish muvaffaqiyatli chiqmasligi ehtimoli katta. Lekin inglizcha body (tana) so‘zini ham hech bir o‘zgarishsiz qabul qilish qaramlikdan boshqa narsa emas. Bu bo‘yicha kichik so‘rovnoma o‘tkazib ko‘rgandim. Bodikamera so‘zi o‘rniga tankamera, xoskamera, yonkamera kabi yaxshi variantlar taklif qilindi. Dastlab eshitganda sal sun’iyroq tuyulishi mumkin. Lekin OAV, qonunchilik, qo‘llanmalar shu so‘zni muntazam ishlataversa, tilga singishi aniq. Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova Albatta, orada o‘girib bo‘lmaydigan atamalar ham uchraydi. Bunda nima qilinadi? Asliyatdagi so‘z o‘zlashtiriladi. O‘zlashtirishda esa ma’lum qonun-qoidalarga amal qilinadi: o‘zbek tili tabiati, imlo qoidalari hisobga olinadi. Hozirgi sharoitda nima qilish kerak? “Bu muammoni yechib bergani Abo Muslimi sohibqironlarimiz bo‘lmasa...” deb o‘tirish kerakmi? Yo‘q. Atamashunoslik, atamalarni joriy qilish jiddiy izlanish va mehnat talab qiladi, lekin yechimi imkonsiz muammo ham emas. Menimcha, til sohasiga mas’ul Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bu borada amaliy harakatlarga kirishishi zarur. Nimalar qilish kerak? 2020-yil 29-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Lekin unda asosiy e’tibor normativ-huquqiy hujjatlar tiliga, unda qo‘llanadigan atamalarga qaratilgan. Bu ham juda muhim yo‘nalish. Lekin yangi atamalar faqat bu bilan cheklanmaydi-da. Turmushimizga, iqtisodiyot va xalq xo‘jaligi sohlariga, ilm-fanga kirib kelayotgan atamalarning ahamiyati ham kam emas. Yaqinda axborot texnologiyalari sohasidagi bir kitobni tahrirladim. Ish jarayonida mavjud lug‘atlar ancha eskirgani, ko‘p so‘z va atamalarning tarjimasi yo‘qligi, lug‘atlar asosan rus tilidan tarjima qilinganiga guvoh bo‘ldim. Axborot texnologiyalari eng tez o‘zgarayotgan, rivojlanayotgan soha. Bu yo‘nalishdagi lug‘atlar muntazam to‘ldirilib borishi, kamida yilda bir marta qayta nashr etilishi kerak. Lug‘at tuzishda asosiy e’tibor asliyatdan – ingliz tilidan o‘girishga qaratilishi kerak. Hozir oddiy upload, download, verification, validation so‘zlarini tarjima qilishda xilmaxilliklar uchraydi. Dasturlash tillariga oid juda ko‘p so‘z va atamalar shunchaki tarjimasiz ishlatilyapti. Boshqa sohalar ham muntazam o‘zgarishda, rivojlanishda. Tabiiyki, ularga oid lug‘atlar, qo‘llanmalar va kitoblarni ham o‘zbekchalashtirish ehtiyoji bor. Yaqinda Qurilish vazirligi rasmiysi: “Qurilish sohasida o‘zbekcha texnik lug‘at yo‘qligi vazirlik masalasi hisoblanmaydi”, deb bayonot bergan edi. Agar vazirlik va qo‘mitalar davlat tiliga shunday munosabatda bo‘ladigan bo‘lsa, o‘zbek tilining qadr-qiymati yo‘qolaveradi. Menimcha, har bir vazirlik, qo‘mita, agentlik o‘z sohasi bo‘yicha lug‘atlar ishlab chiqishga mas’ul bo‘lishi kerak. Ular O‘zFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti kabi ilm dargohlari yoki tuzuvchilar jamoasi bilan shartnoma tuzib, lug‘at ishlab chiqish jarayonini moliyalashtirishi zarur. Lug‘atlar tayyorlashga sohaning malakali mutaxassislari, lug‘atshunoslar, tilshunos va boshqa mutaxassislar jalb qilinishi lozim. Lug‘atlarning ming-ikki ming nusxada bosilishi ehtiyojni qondirmaydi. Ular elektron ko‘rinishda ham taqdim etilishi kerak. Xorij tajribasi va milliy tajriba Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova Dunyo mamlakatlarida til sofligini saqlash bo‘yicha turli tashkilotlar faoliyat olib boradi. Masalan, Fransiyada Atamashunoslik va neologizmlar bo‘yicha markaziy qo‘mita bor ekan, u fransuz tilining sofligi uchun kurashadi. Yaqinda bu tashkilot internet bilan bog‘liq bir qancha fransuzcha neologizmlarni iste’molga kiritibdi. Endi fransuz saytlari va ommaviy axborot vositalarida inglizcha atamalar va ularning tarjima variantlari o‘rniga ana shu yangi kiritilgan so‘zlar qo‘llanadi. Rossiyada ham til sofligi masalasi yuqori minbarlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Atamashunoslik bo‘yicha qo‘mita tuzish takliflari ilgari surildi. Yon qo‘shnimiz Tojikistonda ham Til va atamashunoslik qo‘mitasi bor. O‘zimizda ham shunday qo‘mita faoliyat yuritgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1989-yil 26-dekabrdagi farmoyishi bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika atamashunoslik qo‘mitasi tuzilgan va u 2003-yili tugatilgan. Ayni damda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentida atamashunoslik va toponimik obyektlarga nom berish faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bor. Unda jami uch kishi faoliyat yuritadi. Menimcha, o‘zbek tilidagi atamalar bilan bog‘liq muammolarni hal etish uch kishining jismoniy imkoniyatidan tashqarida. Departamentda yangi atamalarni joriy qilish bo‘yicha kattaroq jamoa ishlashi kerak. Jamoatchilik asosida emas, haq to‘lanadigan shaklda, doimiy asosda ishlashi zarur. Chunki bu katta mehnatni talab qiladi. Turli sohalarga oid yangi atamlar jamoatchilik e’tiboriga havola etilishi, taklif va mulohazalar o‘rganilishi, mutaxassislardan xulosa olinishi kerak. Bundan so‘ng atamalarning tasdiqlangan variantlari e’lon qilinadi va amaliyotga joriy etiladi. Vakolatli tashkilot qabul qilgan atamalarga ustunlik berilishi kerak. Ommaviy axborot vositalari, darsliklar, kitob va qo‘llanmalarda aynan ana shu atamalar ishlatilishi zarur. Shunda xilmaxilliklar, chalkashliklar barham topadi. Har qanday xorijiy so‘z o‘zbek tilini payhon qilib kirib kelavermaydi. Umid qilamizki, Departament boshchiligida yangi atama va neologizmlar lug‘atlari chop etiladi, iqtisodiyot va ilm-fanga oid mavjud lug‘atlarning ro‘yxatini tuzilib, ularning sifat darajasi o‘rganiladi, bu boradagi muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy qadamlar tashlanadi. Soha tilining mahalliylashishi tilga quvvat beradi Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova Ingliz tiliga o‘rtacha har ikki soatda bitta yangi so‘z qo‘shilar ekan. Bu – ingliz tili bir yilda o‘rtacha 4000 ta so‘zga boyiydi degani. To‘g‘ri, yangi so‘zlar jonli tilda faol ishlatilmaydigan, ilm-fanning qaysidir sohasidagina qo‘llanadigan xos so‘zlar bo‘lishi mumkin. Lekin bu yangi ixtirolar, kashfiyotlar, tadqiqotlar ingliz tili vositasida amalga oshayotganidan darak. Yangi tushunchalarga ot qo‘yish ana shu yangiliklarning ijodkorlari – shu til egalarining haqqi bo‘ladi. Agar bunday yangiliklar o‘zbek tili orqali amalga oshsa, bizning so‘zlarimiz ham dunyoga chiqadi, jahonning turli nuqtalarida ishlatiladi. O‘zbek tili ot qo‘yishdan ojiz emas. U juda ko‘p tushunchalarni nomlay oladi. Tilning ana shu imkoniyatidan foydalanmaslik, uning salohiyatiga ishonchsizlik bilan qarash kuchsizlanishga olib keladi. Ertaga eng oddiy so‘zlarni ifodalashga ham xohish yo‘qolishi, o‘zbek tili rashkini, g‘ayratini boy berishi mumkin. Bu esa til uchun, millat uchun fojiadir. Til rivojiga adabiyot yoki san’at asarlari bilangina erishilmaydi. U iqtisodiyot, sanoat, ilm-fan, texnologiyalar va boshqa sohalar taraqqiyoti bilan ham chambarchas bog‘liq. Biz bu sohalarni o‘stirish, ularga oid bilimlarni o‘zbek tilida sifatli taqdim etish orqali alaloqibat o‘zbek tilini rivojlantiramiz, unga kuch beramiz. Atamalarni o‘zbekchalashtirishning muhim jihatlaridan biri ham ana shu.
69
9,030
Madaniyat
“Dyuna” jahon prokatida 100 mln dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi
Deni Vilnyovning “Dyuna” nomli fantastik blokbasteri kassa yig‘imlari bo‘yicha 100 million dollarlik marradan o‘tib ketdi (100,3 million dollar). Bunga 22-oktabr kuni AQSh prokatiga chiqishidan oldin erishilgan, deb xabar beradi “Film.ru”. Mazkur film sentabr o‘rtalarida Rossiya, Fransiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardagi 32 ta maydonchada taqdim etilgan. Rossiya prokatida kartina 18,2 million dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan bo‘lib, hozircha u mamlakatda yilning eng yaxshi kassa yig‘imi hisoblanadi. “Dyuna”ning ishlab chiqarish budjeti 165 million dollarni tashkil etgan — lenta o‘zini oqlashi uchun kamida ikki barobar ko‘proq mablag‘ to‘plashi kerak (330 million dollar). AQShdan tashqari film parallel ravishda HBO Max strim-servisida ham namoyish etiladi, yirik maydonchalar orasida faqat Xitoy qolmoqda (22-oktabr). Venetsiyadagi jahon premyerasidan keyin Vilnyov agarda Warner Bros. studiyasi loyihani davom ettirishga ruxsat bersa, 2022-yilning kuzidan “Dyuna”ning sikvelini suratga olishni boshlashga va’da bergandi. Hozirda rahbariyat tomonidan rasmiy bayonot berilmagan. Avvalroq Bred Pitt va Jorj Kluni “O‘rgimchak odam” rejissorining yangi trillerida birga suratga tushishi, Skarlett Yoxansson va Disney o‘rtasidagi kelishmovchilikka barham berilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Marvel g‘alabasi: 2021-yilning eng kassabop filmi nomi ma’lum bo‘ldi
64
1,377
Madaniyat
Turkiyaning eng taniqli aktyorlaridan biri – Burak O‘zchivit qanday uyda yashaydi? (video)
Aktyor Burak O‘zchivit va uning rafiqasi aktrisa Fahriye Evjen bir necha yildan buyon 4 qavatli qasrda yashaydi. U yerda oila uchun kerak bo‘lgan barcha sharoitlar mavjud. Yulduzli juftlikning yashash makoni juda ko‘pchilikka qiziq bo‘lgani uchun ham ular bu borada ko‘p narsani sir saqlaydi. Ammo shunisi ma’lumki, uy to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, yam-yashil bog‘ va suzish havzasiga ega. Shuningdek, uyning oldidagi maysazor oilaning sevimli dam olish joyiga aylangan. Aynan shu yerda aktyor va aktrisaning tushgan bir qancha suratini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari derazalari bo‘lgan ulkan panoramali terrasa mavjud bo‘lib, u yerda uy egalari hordiq chiqaradi. Aytgancha, uyda xizmatkorlar yo‘q. Ular faqatgina vaqti-vaqti bilan tozalash ishlarini amalga oshirovchi maxsus kompaniya xodimlariga murojaat qiladi. “Fahriye uy ishlarini o‘zi bajarishni yoqtiradi. U tozalikni yaxshi ko‘radigan haqiqiy uy bekasi. Ayniqsa, uning qo‘li shirin, ajoyib oshpaz. Ish jarayonida tushlikda turmush o‘rtog‘im tayyorlagan ovqatdan iste’mol qilaman. U suratga olish maydonchasiga men uchun tayyorlagan ovqatlarni olib keladi”, − deydi O‘zchivit. Bundan tashqari uning turmush o‘rtog‘i uy uchun mebellarni ham hech qanday dizaynerlar yordamisiz o‘zi tanlagan. Uy ichi yorqin rangga bo‘yalgan. Devorlar ham shunday ko‘rinishda, deyarli, rasmlar ilinmagan. Birinchi qavatda ajoyib ko‘rinishga ega qizil rangdagi divanni uchratish mumkin. Uy bezaklarida ko‘proq yog‘och va marmar kabi tabiiy materiallardan foydalanilgan. Juftlik g‘ayrioddiy buyumlarga juda ham qiziqadi. Dunyoning turli burchaklaridan olib kelingan elementlarni aynan shu uydan topish mumkin. Shuningdek, ikkisi ham hayvon haykalchalarini to‘plashga juda qiziqadi. Yulduzli oilaning turargohi Istanbulning eng yaxshi burchaklaridan birida − balandlikda joylashgan bo‘lib, u yerdan shaharning ajoyib manzarasini tomosha qilish mumkin.
90
1,894
Madaniyat
So‘nggi jedaylar! Sakkizinchi “Yulduzlar jangi”ning birinchi tizeri chiqdi (video)
“Yulduzlar jangi”ning “So‘nggi jedaylar” deb nomlangan sakkizinchi epizodi birinchi tizeri chiqdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Shuningdek, 14-aprel kuni filmning birinchi posteri ham e’lon qilindi. Mana u: #TheLastJedi poster has been revealed. #SWCO pic.twitter.com/fqnf1bQtPu — Star Wars | Andor & Tales of the Jedi On Disney+ (@starwars) April 14, 2017 “Yulduzlar jangi”ning sakkizinchi epizodi rejissor Rayan Jonson tomonidan suratga olingan. Unda Mark Xemill, Deyzi Ridli, Jon Boyega, Kerri Fisher va boshqalar suratga tushgan. Film 2017-yil 15-dekabrda ekranlarga chiqadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
82
657
Madaniyat
Jonni Depp, Madonna, Jet Li. Amerikada yashashni istamagan yulduzlar
Amerika — imkoniyatlar yurti, lekin bu yulduzlar u yerda yashashni orzu qiladi degani emas. Yetarlicha mashhurlikka va shuhratga erishgan insonlar bu maskanni faqat ish va biznes bilan bog‘laydi, yashash uchun esa dunyo xaritasining boshqa bir nuqtasini tanlaydi. Quyida Amerikada yashashdan bosh tortgan va AQShni tark etgan aktyorlar ro‘yxati tuzilgan. Ularning ba’zilari farzandlari tufayli bu yo‘lni tanlagan bo‘lsa, ba’zilari siyosiy pozitsiyasi sabab majbur bo‘lgan, boshqalari esa tinch joylarda yashashni istagan. Kris Hemsvort Aktyor Gollivud uni mashhur qilganini tan olsa-da, Amerikada hamma narsa biznesga asoslangani sabab u yerda yashay olmasligini ta’kidlaydi. Tinchlik va osoyishtalikni xush ko‘radigan Kris, turmush o‘rtog‘i hamda uch nafar farzandi bilan Avstraliyaning Bayron-bey shahriga ko‘chib ketgan. Lindsi Lohan Ko‘​pchilik ​Amerikaga​ hammasini noldan boshlash uchun borsa, Lindsi hayotini yangidan boshlash uchun tark etgan. Nyu-Yorkda yashagan vaqtlaridagi, alkogol, giyohvand modda va qonun bilan bog‘liq muammolarni unutishni istagan Lohan, bugungi kunda Dubayda istiqomat qilib, mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanadi. Aktrisa, ko‘chib ketganidan keyin, Amerika televideniyesi va sariq nashrlari uning asablarini qanchalik tamom qilganini tushunib yetganini ta’kidlaydi. Jorj Kluni Jorj Kentukkida tug‘ilganiga qaramasdan, o‘zini Britaniya mentalitetiga yaqin deb hisoblagan. Amal Alamuddin bilan turmush qurgach yashash uchun Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan aktyor, rafiqasi bilan birga yangi mamlakatda o‘zini mutlaq baxtli his qilishini ta’kidlaydi. Juftlik, ish yoki xayriya tadbirlari yuzasidan qo‘shma shtatlarga tez-tez borib turishiga qaramay, u yerda yashashni istamasligini bildiradi. Kevin Speysi Oskar mukofotining ikki karra laureat​ bo‘lgan Kevin, 2003-yilda Londonga ko‘chib kelgan. Aktyor Amerikani tark etganidan keyin dunyoqarashi butkul o‘zgarganini ta’kidlaydi. Jet Li Tomoshabinlarga Jet Li sifatida ma’lum bo‘lgan Li Lyansze, nafaqat qo‘shma shtatlarni tark etgan, balki Amerika fuqaroligidan voz kechgan aktyorlardan biri hisoblanadi. U farzandlari kelib chiqishini esdan chiqarmasligi​ hamda amerikalik bo‘lib voyaga yetmasligi uchun oilasi bilan Singapurga ko‘chib ketgan. Jonni Depp Aktyor, saylovoldi jarayonlarda Trampga qarshi chiqqan va u prezident bo‘lganidan keyin Amerikani tark etgan. Kentukkida dunyoga kelib, Kaliforniyada voyaga yetgan, hayotining asosiy qismini Fransiyada o‘tkazgan Jonnining, hozirgi kunda Angliyada uyi va Bagama orollarida shaxsiy oroli bor. Madonna Xonanda Gay Richiga turmushga chiqqanidan keyin Britaniyaga ko‘chib ketgan. Angliyani ikkinchi uyi deb hisoblagan Madonna, rejissor bilan ajrashgach u yerni ham tark etgan va 2017-yildan beri Lissabonda istiqomat qiladi. Hyu Jekman Kelib chiqishi avstraliyalik bo‘lgan aktyor, Gollivudni zabt etganidan keyin ona yurtiga qaytishni ma’qul bilgan. U va turmush o‘rtog‘i Deborra Li-Fyorness, farzandlarini Amerikadan ko‘ra Melburnda yashashini afzal deb biladi. Jekman avstraliyaliklar, amerikaliklarga qaraganda sodda va to‘g‘ri so‘z ekanini, shuningdek, atrofda okeanlar bo‘lgan yerda inson o‘zini erkin va baxtli his qilishini ta’kidlaydi.
68
3,187
Madaniyat
Jeyms Bond haqidagi “O‘lish vaqti emas” kartinasining final treyleri e’lon qilindi
YouTube’ning Jeyms Bond haqidagi rasmiy kanali maxfiy josus haqidagi 25-film — “O‘lish vaqti emas”ning final treyleri bilan bo‘lishdi. Bu Deniyel Kreyg Bond rolini ijro etadigan so‘nggi kartina hisoblanadi, deb xabar beradi Esquire. Kadr: YouTube “U agent 007 ga aylanganidan buyon har bir missiya, har bir qurbon shunga olib keldi”, — deyiladi treylerda. Rolikda Deniyel Kreyg ijro etgan Jeyms Bond haqidagi to‘rtta filmdan kadrlar ko‘rsatilgan: “‘Royal’ kazinosi” (2006), “Shafqat kvanti” (2008), “007: ‘Skayfoll” koordinatalari” (2012) va “007: Spektr” (2015). Bundan tashqari, boshqa treylerda ko‘rsatilgan sahnalarni ham ko‘rish mumkin, xususan, bosh yovuz qahramon Safinning laboratoriyasi (Rami Malek) tasvirlangan. U o‘z monologida Bond maxfiy josus haqidagi oldingi filmda qahramon Madlen Suonni (Lea Seydu) yaxshi ko‘rishi haqida fikr yuritadi. Shuningdek, rolikda kartinaning AQShdagi premyerasi 8-oktabr kuni bo‘lib o‘tishi ham ko‘rsatilgan.  Aktyor Deniyel Kreyg farzandlarini merosdan mahrum qilishga qaror qildi. Uning boyligi 160 million dollarga baholanmoqda
82
1,078
Madaniyat
Marvel “Akvamen”i: Kris Xemsvort suv ostida akulalar bilan birga suzdi (video)
Gollivud aktyori Kris Xemsvort National Geographic tomonidan tashkil etilgan “Akulalar haftaligi” maxsus loyihasiga qo‘shildi, deb xabar beradi “Film.ru”. “Qasoskorlar” va “Tor” filmlari yulduzi okean tubiga sho‘ng‘ib, akulalar bilan yonma-yon suzib, o‘zini haqiqiy Akvamendek his qildi. Xemsvortning so‘zlariga ko‘ra, u bunga o‘z vatani Avstraliyada so‘nggi 100 yil ichida yirtqichlar tomonidan odamlarga qilingan eng yomon hujumlaridan so‘ng qaror qilgan. Aktyorning o‘zining ushbu ishini “ilm-fan yordamida akulalarning xatti-harakatlarini ochib berish va ularning odamlar bilan qanday qilib xavfsiz munosabatda bo‘lishlarini tushunish missiyasi” deb hisoblaydi. Kris mahalliy biologlar jamoasi bilan birga okeanga sho‘ng‘ib, dastur uchun videoga tushgan. Rolikda aktyorning yonidan kulrang qum akulalari suzib yurganini ko‘rish mumkin, Xemsvort esa o‘zini haqiqiy superqahramondek tutgan va hech nimadan qo‘rqmagan. Avvalroq Kal va juda ozib ketgan Kristian Beyl “Tor 4”ning suratga olish maydonchasiga kelgani, kichik Robert Dauni parashyutdan sakrash vaqtida o‘lishiga bir baxya qolgani eslagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
78
1,133
Madaniyat
“Anora” filmi bilan tanilgan Fotima Vohidova “xunukligi tufayli kinoda omadi chopmagani” hamda Turkiyada oila qurgani haqida so‘zlab berdi (video)
Aktrisa Fotima Vohidova 2007-yilda suratga olingan “Anora” filmidagi obrazi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. U 2009-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Bir kelib keting qishlog‘imizga” filmida ham esda qolarli obraz yaratgan edi. Jurnalist Jasur Hamroyev Fotima bilan Istanbulda uchrashib, suhbat qurdi. Aktrisa o‘zbek kino olamida omadi chopmagani sababi, turk yigitga turmushga chiqib, hozir Istanbul shahrida yashayotgani haqida so‘zlab berdi. Fotima Vohidova 2017-yilda turkiyalik Niyozi Shahin ismli yigit bilan turmush qurgan. Ular hozirda Sumayya Simay ismli qiz farzandni tarbiyalamoqda. “2017-yilda Turkiyaga bir oyga aylanishga keldim. Shu yerda yashaydigan dugonam nuqul menga ‘Seni Turkiyaga uzataman’ derdi hazillashib. Shunday qilib, o‘sha dugonam turmush o‘rtog‘ining do‘sti bilan meni tanishtirdi. Tanishdik, gaplashdik, gapimiz bir-birimizga to‘g‘ri keldi. Yoshim ham o‘tib borayotgandi. Shu tariqa turmush qurdik”, — deydi Fotima Vohidova. “Rostini aytsam, avvallari o‘zbek qizlarining Turkiyaga turmushga chiqqanini eshitsam, qabul qila olmasdim, qizg‘anardimmi, bilmayman. O‘zimning ham taqdirimga turk yigitiga turmushga chiqish yozilgan ekan. Lekin hech ham afsuslanmayman, shunday insonga turmushga chiqqanimdan baxtliman, juda yaxshi oilaga kelin bo‘lganman. Ollohga behisob shukur”, — deya so‘zlarini davom ettiradi aktrisa. “Nima deb o‘ylasiz, kinoda nega omadingiz chopmadi?”, degan savolga aktrisa “xunukligim uchun” deb javob beradi. “‘Anora’ filmi bosh roliga kastingdan o‘tganimdan keyin jurnalistlar rejissor Murod Rajabovdan ‘Nega buncha xunuk qiz bu, chiroyliroq qiz yo‘qmidi?’ deb so‘rardi. Keyin ko‘pchilik kinosinovlarga borsam, xunukligimni yuzimga ochiqchasiga aytishardi. Milliy teatrda 3, Muqimiy teatrida 7 yil ishladim. Ko‘p filmlarga epizod rollarga ham suratga tushishga rozi bo‘lardim. Lekin meni eng xafa qilgan narsa — o‘qigan bizdek aktyorlar poygakda, sohaning ustasi emaslar to‘rda bo‘lib qoldi. Nafaqat menga, balki boshqa ijodkor do‘stlarimga bo‘lgan munosabat meni xafa qildi va san’atni tark etishga qaror qildim”, — deydi Fotima Vohidova. Aktrisa turk filmlarida suratga tushish istagi borligi haqida ham gapirdi. “San’atdan ketgan bo‘lsam ham, u menga begona emas. Turmush o‘rtog‘im uyda kasbimni sog‘inayotganimni ko‘rib, aktrisalik qilishimga ruxsat berdi. Turk filmlari kastingida ishtirok etdim. Chaqirishyapti, biroq homilador bo‘lib, farzandimni dunyoga keltirganim uchun hozir bora olmayapman”, — deydi aktrisa.  Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
146
2,538
Madaniyat
Karantinni “Putin” bilan o‘tkazayotgan Irina Sheyk, Xondor akadan xafa Jasur Umirov, umidsizlikka tushmaslikka chorlayotgan Rayhon. Mashhurlar karantinda (foto+video)
O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 25-aprel kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Xonanda Manzura 2008-yilda Qirg‘izistonda Rossiyaning “Gorod 312” guruhi va Shohrux reper bilan birga ishtirok etgan konsert dasturini esladi. View this post on Instagram “Sahar” guruhi yakkaxoni Anvar Jo‘rayev qizi Asalni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Munisa Rizayevaning fikricha, bir inson boshqa insonning hayotiga tasodifan kirib kelmaydi. “Hayotingizda uchragan har bir insonga taqdiringizdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiring”, — deb yozadi xonanda. View this post on Instagram Muqaddas Sa’dullayeva farzandli bo‘lish istagida bo‘lgan ayollarga onalik baxtiga tezroq sazovor bo‘lishni tiladi. View this post on Instagram Jasur Umirov “Xondor aka” deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim etdi. View this post on Instagram Rossiyada yashab, ijod qiluvchi o‘zbekistonlik xonanda Sogdiana repertuaridagi eng xit qo‘shiqlardan biri — “Meni esla”ni jonli kuylab berdi. View this post on Instagram Rayhon esa muxlislarini eng og‘ir damlarda ham umidsizlikka tushmaslikka chorladi. View this post on Instagram Turkiyalik oshpaz-mem Burak O‘zdemir iftorlikka mazali taom tayyorlash jarayoni bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Xurram Sulton — Maryam Uzerli folloverlariga virtual tarzda o‘z muhabbati va sariq lolalarni hadya qildi. View this post on Instagram Xonanda Yulduz Turdiyeva bolaligidagi yagona suratni muxlislariga ko‘rsatdi. View this post on Instagram Taniqli model va aktrisa Irina Sheyk karantinni qanday o‘tkazayotgani aks etgan surat bilan bo‘lishdi. U “Putin” deb nomlangan kitobni o‘qimoqda. View this post on Instagram Shakira Waka Waka qo‘shig‘i sadolari ostida raqsga tushayotgan tibbiyot xodimlari videosini sahifasiga joylab, ularga minnatdorchilik bildirdi. View this post on Instagram Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin:
166
2,276
Madaniyat
Lolaga litsenziyasi qaytarib berildi
“O‘zbeknavo” tomonidan xonanda Lolaga litsenziyasi qaytarib berildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “‘O‘zbeknavo’ tomonidan Lolaga barcha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi qaytarildi, — deya ma’lum qilgan xonandaning ma’muri. — Uning hozirgi kundagi ishlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, yaqinda Chimyonda ‘Qanot’ taronasiga klip olindi. 27-dekabr kuni poytaxtdagi ‘Kitob olami’ do‘konida ertak audiokitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 30-dekabr kuni ‘Sevgimsan’ qo‘shig‘iga olingan yangi klip muxlislar e’tiboriga havola etiladi”. Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi shu yil 14-iyulda Lolaning litsenziyasini  tugatgandi.
36
648
Madaniyat
Instagram’da eng ko‘p muxlislarga ega o‘zbek san’atkorlari reytingi bilan tanishing
“Daryo” mobil muxbiri Ulug‘bek Xudoyberganov kichik izlanish olib borib, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p o‘quvchiga ega o‘zbekistonlik san’atkorlar reytingini tuzdi. Quyida ushbu ro‘yxatni eng katta ko‘rsatkichdan boshlab keltiramiz. Kuzatuvchilari soni —246 ming nafar Skrinshot: Instagram / @shahzodasinger Kuzatuvchilari soni — 167 ming nafar Skrinshot: Instagram / @rayhonganieva Kuzatuvchilari soni — 145 ming nafar Skrinshot: Instagram / @asalshodieva Kuzatuvchilari soni — 120 ming nafar Skrinshot: Instagram / @manzura_singer Kuzatuvchilari soni — 114 ming nafar Skrinshot: Instagram / @_shohruhhon_ Kuzatuvchilari soni — 107 ming nafar Skrinshot: Instagram / @zarinanizomutdinova Kuzatuvchilari soni — 100 ming nafar Skrinshot: Instagram / @munisarizaeva Kuzatuvchilari soni — 94 700 nafar Skrinshot: Instagram / @nilufarusmonova Kuzatuvchilari soni — 94 400 nafar Skrinshot: Instagram / @lolaofficial_ Kuzatuvchilari soni — 72 800 nafar Skrinshot: Instagram / @jahongirpoziljonov Kuzatuvchilari soni — 69 ming nafar Skrinshot: Instagram / @shaxzoda_muxamedova San’atkorlarning Instagram’dagi sahifalarini kuzatuvchilar soni 2015-yil 3-fevral holatiga keltirildi. Qo‘shimcha: 100 ming nafar kuzatuvchiga ega bo‘lgan xonanda Munisa Rizayeva reytingga kirmay qolgani haqida bizga xabar bergani uchun Mr. Ortiqbek ismli mushtariyimizga minnatdorlik bildiramiz.
83
1,395
Madaniyat
Timur Bekmambetov Snapchat uchun qo‘rqinchli serial suratga oldi (video)
Prodyuser Timur Bekmambetov Snapchat platformasi uchun serial ishladi, deb xabar beradi Meduza. “Dead of Night” seriali vertikal formatda suratga olingan. U xuddi shu nom ostidagi kitob asosida ishlangan hamda zombi—apokalipsisga tushib qolgan qiz haqida hikoya qiladi. Serial 4—5 daqiqa davom etadigan o‘nta qismdan iborat. Uning birinchi qismi premyerasi 16-sentabr, dushanba kuni o‘tkazildi. Rossiyaning Snapchat platformasida hozircha serialni ko‘rish imkoni yo‘q. “Dead of Night”ni boshqa platformalar orqali translyatsiya qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
72
574
Madaniyat
Janubiy Koreyada O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazildi
Joriy yilning 30 aprel kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari va Koreya Rivojlanish Instituti (KDI) hamkorligida “Koreyada O`zbekiston kuni” mavzusida madaniy tadbir o`tkazildi. Mazkur tadbir Seul shahridagi Hongreong ilmiy majmuasida (Hongreung Knowledge Complex) o`tkazilgan bo`lib, unda ayni vaqtda Koreya Respublikasida stajirovka o`tayotgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari, Koreya Rivojlanish Instituti xodimlari, professor-o`qituvchilar va institut tadqiqotchilari ishtirok etdilar. Tadbirning dastlabki qismida, Koreyalik ishtirokchilar O`zbekistonning boy tarixi, qadimiy shaharlari, turizm imkoniyatlari, mazkur yo`nalishda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar hamda tarixiy madaniy meros ob`ektlari va go`zal tabiat maskanlari bilan batafsil tanishtirildi. Tadbirning ikkinchi qismida yurtimizning moddiy madaniy merosi bo`lgan xalq hunarmandchiligi buyumlari va milliy kiyimlarni o`zida mujassam qilgan ko`rgazma o`tkazildi. Tadbir so`ngida ikki davlat vakillari birgalikda Xorazm lazgisiga raqsga tushgani Koreyalik mehmonlarning O`zbekiston madaniyatiga qiziqishini yanada orttirdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmatining yozishicha, O`zbekistonning serquyosh o`lkasida etishtirilgan meva mahsulotlari ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi va kelajakda sayoxat uchun yurtimizga tashrif buyurish istagi bildirildi.
58
1,516
Madaniyat
“Qornimga urganlarida bolam tushib qolgan”. Yulduz Abdullayeva eri bilan ajrashish sababi haqida gapirdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Abdullayeva “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Yulduz Abdullayeva suhbat davomida ilk marotaba oilasi, eri bilan ajrashish sabablari haqida gapirib berdi. Men hech qachon turmush o‘rtog‘imga ajrashish haqida og‘iz ochmaganman. Doim sabr qilib, chidab yurganman, yaxshi tomonga o‘zgarishidan doimiy umid qilib yurganman. Bir kun kelib sabr kosam to‘lgan va bir kunning ichida ajrashaman deb, chiqib ketganman. Ko‘p gapiradigan odamdan qo‘rqish kerakmas deyishadi, chunki u o‘zini o‘ldiraman deb gapirib yuraveradi, lekin o‘ldirolmaydi. Odamlar bilan yaxshi muomala qilaman. Andishaning otini qo‘rqoq qo‘yadigan odamlardan uzoq yurishga harakat qilaman. Turmush o‘rtog‘im meni juda ko‘p rashk qilganlar, bilmadim juda chiroyli bo‘lgan bo‘lsam kerak (kuladi). Ortiqcha rashk ham odamni charchatar ekan. Masalan, tillalarga qiziqmayman deb aytdim, doim tillalarim yo‘qolgan, yechgan joyimda qolib ketgan, shuning uchun ko‘proq kumush taqaman. Ayrim paytlar ko‘chaga chiqib ketayotganda taqish esimdan chiqib qoladi, lekin o‘zim rosa yaxshi ko‘raman. Oilamizda rashk shunday darajaga yetib borganki, menga aytganlar: ‘Qayerga borsang ham, mikrofonni ushlaganingda qo‘lingdagi nikoh uzuging ko‘rinib tursin’. Bir kuni shoshganimdan nikoh uzugini taqish esimdan chiqib qolgan, ayniqsa o‘sha paytlar rosa to‘y ko‘p bo‘lardi, hattoki biriga ulgurib, biriga ulgurmay qoladigan darajada ko‘payib ketgan edi. Aynan turmush o‘rtog‘im aytgan taqinchoq emas, umuman hech qaysi taqinchoqni taqmaganman, esimdan chiqqan. To‘ydan qaytib kelsam, menga qarab,  ‘Qani men aytgan taqinchoqni taqqaning?’, dedilar. Bilasizmi, o‘shanda men og‘iroyoq edim. Qornimga urganlar. Bola tushib qolgan. Bunaqa darajada rashk qilaverish ham bo‘lmaydi. ‘Menga ishonmaysizmi?’, desam, ‘Yo‘q, senga ishonaman, ko‘chadagilarga ishonmayman’, degandilar. Qarasam, u odam juda ham qiynalib ketyapti. U odam bilan yashashning ilojisi bo‘lmayapti. Bir kuni ajrashish haqida aytganman, ungacha bu haqda umuman og‘iz ochmaganman. Turmush o‘rtog‘im bilan 7—8 yil birga yashaganmiz. Qizimni o‘zimni onamlar 2,5 yoshgacha katta qilib berganlar. Keyin o‘zim katta qilganman. Karantin boshlanishidan avval qizimni uzatdim. Qizim ham, turmush o‘rtog‘i ham Inha universitetini bitirgan. Hozir moliya yo‘nalishida o‘qishni davom ettirishmoqda. Yulduz Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ma‘lumot uchun, Yulduz Abdullayeva muxlislar orasida “Bir qarab o‘ting bizga leytenant”, “Askar”, “Azizim” kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan. Yulduz Abdullayevaning 400 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor. O‘zbekiston bo‘ylab 1000 dan ortiq yakkaxon konsert dasturlari bo‘lib o‘tgan.  Turmush qurib, ajrashish soni bo‘yicha “rekord o‘rnatgan” jahon yulduzlari (foto)
112
2,855
Madaniyat
“Natija” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video)
Alisher Navoiy nomli kino saroyida Ahad Qayumning “Natija” deb nomlangan filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” uchun maxsus tayyorlangan “Premyera” loyihasi bilan mazkur premyerada mehmon bo‘ldi. Filmda bosh rollarni Ahad Qayum, Sevara Soliyeva, Saida Saidbekova, Luiza Rasulova, Talatbek Yuldashev, Rajab Adashev, Madina Muxtorova, Zokir Ochildiyev, Ra’no Yarasheva singari aktyor va aktrisalar ijro etishgan. Film prodyuseri Yulduz Qayumova, operator Shavkat Sapashov, montaj ustasi Oybek Eshmurodov, bastakor Isroil Saidumarov hamda grimyor Sevilya Qanoatovalardan iborat texnik hamda ijodiy jamoa tomonidan suratga olingan.
58
665
Madaniyat
Leonardo Di Kaprio sun’iy go‘sht yetishtirish startapiga sarmoya kiritdi
Gollivud yulduzi va ekologiya kurashchisi sun’iy go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan startapga sarmoya kiritdi, deb xabar beradi “Film.ru”. Leonardo Di Kaprio birdaniga ikki kompaniyaga sarmoya kiritgan: Isroilning Aleph Farms va Niderlandiyaning Mosa Meat kompaniyalari. Aleph Farms birinchi bo‘lib kosmosda go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulot yetishtirgani va 3D printerda ribay steykini chop etgani bilan tanilgan bo‘lsa, ikkinchi kompaniya laboratoriya sharoitida hujayralardan go‘sht yetishtirgan. Ta’kidlanishicha, ushbu mavzu hozirda faol muhokama qilinmoqda, chunki sun’iy go‘sht ham hayvonlarning hujayrasi yordamida yetishtiriladi va ishlab chiqarish dastlabki bosqichlarda bo‘lib, ekologiya tarafdorlarining ko‘plab tanqidlariga uchramoqda. Biroq Di Kaprio iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashuvchilar harakatining eng mashhur a’zolaridan biri bo‘lib, uning g‘oyasi haqiqatda yordam berishi mumkin. Aktyor faqatgina investitsiya kiritibgina qolmay, korxonalarga konsultatsiya berib keladi. Uning fikricha, ovqatlanish tizimini transformatsiya qilish iqlim inqirozidan qutulishning yana bir yo‘li hisoblanadi. Buni esa sun’iy go‘shtni yetishtirish orqali amalga oshirish mumkin. Eslatib o‘tamiz, Leonardo Di Kaprio iqlim muammolari bo‘yicha BMTning tinchlik elchisiga aylangandi.  Leonardo Di Kaprio Galapagos orollari tabiatini qayta tiklashga 43 mln dollar xayriya qilishga va’da berdi
72
1,392
Madaniyat
400 dan 2500 AQSH dollarigacha: O‘zbekistonning eng mashhur xonandalari poytaxt to‘ylaridagi “birrov”i qancha? (foto)
Sentabr oyi nafaqat yangi o‘quv yilining boshlanishi, balki san’atkorlar tili bilan aytganda, to‘y mavsumining boshlanishi ham hisoblanadi. Ikki oylik tanaffusdan so‘ng katta saroylardagi konsertlarga ruxsat etiladi, havo haroratining pasayishi sabab odamlarning konsertga borish talablari ham oshadi. Bundan tashqari, pishiqchilik davrida to‘ylarning ham keti uzilmaydi. O‘g‘il-qizimni uylantiraman, deb to‘y boshlagan insonlarga kichik qo‘llanma bo‘lishi uchun trenddagi xonandalarning xizmat haqlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik. San’atkorlarning viloyat to‘ylaridagi xizmat haqlari masofaga qarab bir-biridan farq qiladi. Shu bois ularning poytaxtdagi “birrov”lari narxi haqida quyida ma’lumot olishingiz mumkin. Yulduz Usmonova O‘zbek estradasining primadonnasi Yulduz Usmonova repertuarida “birrov” degan tushuncha yo‘q. U to‘yxonada kamida yarim, bo‘lmasa 40 daqiqa qo‘shiq kuylaydi. Bu taxminan 6-8 ta qo‘shiq degani. Faqat jonli ijroda kuylaydigan hofizaning xizmat haqqi 2000-2500 AQSH dollarini tashkil qiladi. Farrux Zokirov O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov poytaxt to‘ylarida faol bo‘lsa-da, asosan elegant davralarda ko‘rinish beradi. Uni ko‘pincha kelin-kuyovlarni kutib olish maqsadida taklif etishadi. Ijodkor xizmat haqqini 1500 AQSH dollariga baholaydi. Nasiba Abdullayeva O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevaning poytaxtdagi “birrov” xizmatlari 1200 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ozoda Nursaidova Xonanda Ozoda Nursaidova ham bor energiyasini to‘ylarga qaratadigan ijodkor emas. U ham kamdan kam to‘ylarda ko‘rinish beradi. Balki bunga xizmat haqqining yuqori ekanligi sababdir. Xonandaning poytaxtdagi “birrov”i 1000 AQSH dollaridan kam emas. Munisa Rizayeva Bir kunda 5-8 ta to‘y xizmatiga boradigan xonanda Munisa Rizayevaning gonorari ham yuqori. U to‘ylarda navbatchi xonanda sifatida umuman ishtirok etmaydi. Toshkentdagi “birrov”larga esa 1000 AQSH dollaridan kamiga bormaydi. Agar bir kunda beshta to‘y xizmatiga boradigan bo‘lsa, uning kunlik daromadi qancha ekanligini tasavvur qilavering. Shohruxxon Keyingi paytlarda xonandaning xizmat haqqi ancha oshgan. Bir yil avval poytaxtdagi “birrov”larga 600 AQSH dollaridan borardi. Hozir esa xizmat haqqi 800 AQSH dollarini tashkil etmoqda. Nilufar Usmonova Nilufar Usmonova Toshkent va Samarqand to‘ylarida juda faol. Ketma-ket yaratilgan hit qo‘shiqlar sabab xonandaning xizmat haqqi ham avvalgidan ancha o‘sgan. Masalan, 2021-yilda uning poytaxtdagi “birrov”i 500, hozir esa 800 AQSH dollarini tashkil etmoqda. U odatda bir kunda ikkita, ko‘pi bilan to‘rtta to‘y xizmatiga boradi. Imron Xonanda Imron Toshkent to‘ylaridagi eng faol xonandalardan biri. Uning xizmat haqqi kutilmaganda keskin ko‘tarilgan. Ya’ni o‘tgan yili “birrov”ga 500 AQSH dollariga borgan bo‘lsa, hozir bu raqamlar 800 AQSH dollariga o‘zgargan. Shohjahon Jo‘rayev Xonandaning poytaxtdagi “birrov”i 700 AQSH dollarini tashkil etadi. U “birrov” xizmatlarida 5 ta qo‘shiq ijro etadi. Rayhon Rayhon G‘aniyeva asosan “birrov”chi qo‘shiqchi hisoblanadi. Chunki u navbatchi xonanda sifatida to‘ylarda umuman ishtirok etmaydi. Uning bugungi kundagi xizmat haqqi 700 AQSH dollarini tashkil etadi. Zohirshoh Jo‘rayev Ustazoda ijodkor Zohirshoh Jo‘rayevning poytaxtdagi “birrov” xizmati 600-700 AQSH dollarini tashkil etadi. U ham boshqa xonandalar singari “birrov” xizmatlarida 5-6 ta qo‘shiqni ijro etadi. Ulug‘bek Rahmatullayev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev ham o‘zbek to‘ylarida eng faol xonandalardan biri hisoblanadi. Uning poytaxtdagi xizmat haqqi 600-700 AQSH dollarini tashkil etadi. Ziyoda Xonandaning poytaxtdagi “birrov”lari 500-700 AQSH dollari. U bir kunda kamida 3-4 ta to‘y xizmatiga ulguradigan ijodkorlardan biri. Mavluda Asalxo‘jayeva Xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva tengdosh hamkasblaridan farqli ravishda haligacha to‘ylarda faol. U kuniga kamida 3-4 ta xizmatga boradi va uning har bitta “birrov”i 500-600 AQSH dollarini tashkil etadi. Yorqinxo‘ja Umarov Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov poytaxtdagi “birrov”larga 400 AQSH dollaridan kamiga bormaydi. Ammo uni navbatchi san’atkor bo‘lishini istaydigan insonlar ham ko‘p. U jamoasi bilan birga 1500 AQSH dollari evaziga ishtirok etadi.
117
4,206
Madaniyat
“Odamlar aytishga odatlanib qolgan ‘o‘yinchi’ emasman”. Kasbidan or qilmaydigan balet raqqosi Ulug‘bek Olimov bilan intervyu
Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri — opera va balet san’ati sohasidagi O‘zbekistonning asosiy teatri hisoblanadi. Teatr binosining serhashamligi, til va millat tanlamas repertuari sabab hamisha chet ellik mehmonlar e’tiborida. Tan olish kerak, opera va balet san’ati o‘zbek xalqiga u qadar yaqin emas. Shu sabab teatr muxlislari orasida o‘zbek tomoshabinini topish amrimahol. Ammo ijodkorlar orasida o‘zbek yigit-qizlarini uchratish mumkin. Bugun asli farg‘onalik bo‘lgan balet artisti Ulug‘bek Olimov bilan suhbatda bo‘ldik. “Oilamizga san’at begona emas” — Raqs san’ati oilamizga begona emas. Amakim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qahharov sabab bolalagimdan raqsga mehr qo‘yganman. 2007-yili 11 yoshimda amakimning yordami bilan Toshkentga kelganman. Men bilan birga qarindoshlarimning to‘rt nafar o‘g‘li ham bor edi. Avvaliga o‘zbek milliy raqsi bilan shug‘ullandim, kutilmaganda Xoreografiya oliy maktabining murabbiylari meni balet guruhiga o‘tkazishdi. Bunga tashqi ko‘rinishimdagi o‘ziga xoslik sabab bo‘lgan. Rostini aytish kerak, balet san’atiga o‘zbek “tipaji”dagi raqqoslarni qabul qilishmaydi. “Ota-onam tanlovimni qo‘llab-quvvatlagan” Ota-onam san’atkor bo‘lishmasa-da, tanlovimga qarshi bo‘lishmadi. Aksincha, hamisha qo‘llab-quvvatlashadi. San’atim orqali dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatida bo‘ldim, oz bo‘lsa-da, o‘zbek balet san’ati rivojiga hissa qo‘shayotganimdan quvonishadi. Kasbim haqidagi tanqidiy fikrlarga e’tibor bermayman. Chunki bu san’at 500 yillik tarixga ega. Mehnatim halol va bu bilan ro‘zg‘orimni tebratayotganimdan xursandman. Ba’zilar o‘ylagandek, biz o‘yinchi emasmiz, professional raqqos bo‘lish uchun davlat tomonidan 8 yil o‘qitilganmiz. “Ko‘chada balet artistiman, desam, ‘Haa, operachi’, deyishadi” Tan olish kerak, o‘zbek xalqi baletni u qadar tushunmaydi. Shu bois muxlislarimizning asosiy qismini o‘zga millat vakillari va xorijlik mehmonlar tashkil qiladi. Har bir ishning o‘ziga yarasha mashaqqati bor. Har kunimizning kamida 5 soati mashg‘ulotlarda o‘tadi. Avvaliga guruh mashg‘ulotlari, so‘ng yakka tartibdagi mashg‘ulotlar bilan bandmiz. Bir-ikki kunlik tanaffus ham balet artistining “forma”dan chiqishga sabab bo‘ladi. Baletdagi har bir harakatni o‘ylab amalga oshirish kerak. Yo‘qsa, bu jiddiy jarohatga sabab bo‘lishi mumkin. Baletda vaznga alohida e’tibor beriladi. Yigitlar 75 kilogram, qizlar esa 45 kilogramdan oshmasligi kerak. Odatda, 45 kilogramdan oshgan qizlar sahnaga qo‘yilmaydi, yigitlarga esa bunday talab yo‘q. Ammo biz ba’zi odamlar singari istagan paytda milliy taomlardan (qozonkabob kabi kaloriyaga boy taomlarni) iste’mol qilolmaymiz. Bugungi shohona taom ertagi mashg‘ulotlarda erkin harakatlanishimizga to‘sqinlik qiladi. Shu bois, ratsionimiz yengil va foydali taomlarga boy. Suhbatimizga Ulug‘bek Olimovning turmush o‘rtog‘i xoreograf-pedagog Shohsanam Olimova qo‘shildi. U ayni damda onalik ta’tilida, yaqin kunlarda ikkinchi farzandini dunyoga keltiradi. — Ko‘cha-ko‘yda “Turmush o‘rtog‘ingiz qaysi kasbda ishlaydi?” deb ko‘p so‘rashadi. Balet artisti desam “Unday odam bilan qanday yashaysiz? Sizga bo‘lgan munosabati qanday?” deyishadi. Bunday savollar ko‘nglimni og‘ritadi. Chunki balet odamlar o‘ylagandek yomon yoki uyatli ish emas. Uni egallash uchun yillar davomida harakat qilish, o‘rganish kerak. Shaxsam mening bo‘yim pastligi va dumaloq yuzli bo‘lganim uchun baletga qabul qilishmagan. Turmush o‘rtog‘im sahnada raqqos, ammo hayotda hamma qatori oila boshlig‘i, farzandlarimning otasi. Balet sport va san’at uyg‘unligidagi raqs. “Baletchilar o‘ynab pul topadi” deydiganlar ikki soatlik spektakldan keyin balet artistlarining ahvolini ko‘rishsa, bu fikrlaridan qaytishlari aniq. Oyoq uchida tik turgandan so‘ng oyoq barmoqlari qattiq og‘riydi, qo‘l-oyoq mushaklaridagi og‘riqlarni-ku tasavvur qilish qiyin. Ba’zan dugonalarim bilan spektakl ko‘rgani kelamiz. Ular “Nega eringni rashk qilmading, biz partnyoridan qizg‘onib o‘tirdik”, — deyishadi. Haqiqatan ham sahnada turmush o‘rtog‘imni rashk qilmayman, partnyoringiz Nodira Hamroyeva sahnadagi ayolingiz, u bilan erkin raqs tushing deyman. Bunday deyishimning sababi, turmush o‘rtog‘im o‘z kasbidan or qilishini yoki men va farzandlari oldida xijolat bo‘lishini istamayman. Balet artisti Ulug‘bek Olimov ayolining nega san’atdan ketishini istaganini quyidagicha izohladi. — Turmush o‘rtog‘im bilan oldinma-ketin Xoreografiya oliy maktabida tahsil olganmiz. U ham bir muddat ansamblda, teatrda ishladi. Ammo 2019-yilda farzandli bo‘lgach, ikkimizdan birimiz ijoddan ketishimizga to‘g‘ri keldi. Chunki ijod boshqa kasblardan farq qiladi, ma’lum tartib asosida ishlamaymiz. Shu bois ayolim ijoddan ketishga va xoreograf-pedagog bo‘lib ishlashga qaror qildi. Ayolimga nisbatan rashkchiman, hatto kichik davralarda ham raqs tushishini istamayman. “Xorijdagi yaxshi daromad keltiradigan taklifni rad etganman” — 2019-yili Janubiy Koreyadagi balet kompaniyasida yaxshi mablag‘ evaziga ish taklif qilishdi. U paytlarda oyligimiz nihoyatda kam, hatto ijara uyning xarajatlarini qoplashga ham yetmasdi. Shunda hech bo‘lmasa 5 yil ishlab kelish uchun xorijga ketishga qat’iy ahd qilgandim. Shunda O‘zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyevning qizi Guli Hamroyeva menga katta motivatsiya berdi. Hatto, o‘zi rahbarlar bilan suhbatlashib, shogirdim xorijga ketmasin, deb harakat qildi. Shu insonning sa’y-harakatlari sabab davlat tomonidan imtiyozli uy berildi, oyliklarimiz ham ko‘tarildi. Shu bois, yelkamda balet san’atini rivojlantirishim kerak, degan mas’uliyat bor. “Eng katta orzum...” O‘tgan yili prezident tashabbusi bilan “Lazgi” nomli balet spektakli sahnalashtirildi. Spektaklni germaniyalik xoreograf Raymondo Rebek sahnalashtirdi. Bu o‘zbek balet tarixiga muhrlanadigan yorqin spektakl bo‘ldi. Kelajakda men ham Amir Temur lashkarlari haqidagi balet spektaklini sahnalashtirishni istayman. Rus baletida “Spartak” qanchalik mashhur bo‘lsa, Amir Temur lashkarlari haqidagi spektakl ham xuddi shunday shuhrat qozonishiga ishonaman.
124
6,010
Madaniyat
2020-yilning kuzida taqdim etilishi rejalashtirilayotgan taniqli aktyorlar ishtirokidagi turk seriallari
Turk kinosanoatining muxlislari uchun mashhur aktyor va aktrisalar ijrosida qanday filmlar suratga olinishi kutilayotgani haqida ma’lumot beramiz. “Ilohiy tartib” Kuzda ekran yuzini ko‘rishi rejalashtirilayotgan “Ilohiy tartib” tarixiy seriali qiziqarli va o‘ziga xos bo‘lishi kutilmoqda. Film ssenariysi “Ertug‘rul: Tirilish” ssenariysi muallifi Serdar O‘zanalan tomonidan yozilgan. Sujet Buyuk Saljuqiylar davlati va Hasan Sabbah o‘​rtasidagi kurash haqida hikoya qiladi. Unda asosiy rollardan birini Bugra Gulsoy ijro etadi. “Agentimga qo‘ng‘iroq qiling” Mazkur serial xuddi shu nomli fransuz serialining remeyki bo‘ladi. Voqealar rivoji nufuzli aktyorlik agentligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Unga ko‘ra, agentlik boshqaruvchilari mijozlari bilan shartnoma tuzilishi uchun har narsaga qo‘l uradi. Serialni tomosha qilish orqali mashhurlikka erishish oson emasligiga guvoh bo‘lish mumkin. Eng qizig‘i esa serialning har bir qismida turk yulduzlari o‘z rollarini ijro qiladi. Boshidagi qismlarda Tuba Buyukustun va Xalit Ergench paydo bo‘lishi kutilmoqda. “Barbarossa” 2020-yil kuzining eng kutilgan seriallaridan biri bo‘lgan “Barbarossa”da o‘zbek tomoshabinlariga “Ichkarida” serialidagi Sarp roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Chagatay Ulusoy bosh qahramonni gavdalantiradi. Tarixiy janrda suratga olinishi kutilayotgan ushbu filmda rol ijro qilish uchun Chagatay allaqachon tayyorgarlikni, vazn to‘plash va soqol qo‘yishni boshlab yuborgan. Sujet avvalida qaroqchilik bilan shug‘ullangan turk flotining bosh qo‘mondoni bilan bog‘liq vaziyatlar gavdalantiriladi.
104
1,573
Madaniyat
Jastin Biber velosipedchilar kolonnasidan zo‘rg‘a qutulib qoldi
Kanadalik pop qo‘shiqchi Jastin Biber soatiga 40 kilometr tezlik bilan harakatlanayotgan 16 nafar velosipedchining kolonnasi g‘ildiraklari ostida qolishdan arang qutulib qoldi. Bu haqda TMZ xabar beradi. Hodisa 13-yanvar kuni Kaliforniya shtatida joylashgan Malibu shahri shossesida yuz berdi. Sportchilardan biri Shon Ueydning so‘zlab berishicha, Biber kutilmaganda ular harakatlanayotgan yo‘lakka chiqqan. Velosipedchilar faqat mo‘jiza tufayli u bilan to‘qnashib ketmasdan, uni aylanib o‘tgan. Dastlab sportchilar hodisa aybdoridan g‘azablangan bo‘lsa, keyinroq uni tanib qolib, shunchalik hayratga tushdiki, hatto undan yo‘lda kutilmaganda paydo bo‘lganlik sababini so‘rashni ham unutib qo‘ydi.
63
698
Madaniyat
Instagram: Shahzod Sultonov bilan yarashgan Feruza Normatova, kirakashga aylangan Liil Xurramov, “Qalpoq”chilardan Jahongir Otajonovga parodiya
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Madina Mumtoz Samsung kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillaridan hafsalasi pir bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. Ziyoda ro‘molli ayollarga atalgan liboslar kolleksiyasini taqdim etdi. Munisa Rizayeva allergiyadan aziyat chekayotganini aytib, muxlislaridan o‘zlarini ehtiyot qilishlarini so‘radi. Lola kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Ravshan Komilov jajji nevarasi Yulduz Usmonovaning “Muhabbat” qo‘shig‘iga xirom aylayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Bollivud yulduzi Kajol qizi Nisani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Shahzoda Muhammedova kuzatuvchilariga qizil rangli avtomobillarga bo‘lgan mehri haqida so‘zlab berdi. Behzod Muhammadkarimov devziradan o‘z qo‘llari bilan osh damladi. Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov va farzandlari bilan Misrda hordiq chiqarmoqda. Turk kinosi yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘uluni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Sevara Nazarxon bir muddat Toshkentda bo‘lganidan so‘ng Londonga uchib ketdi. Ulug‘bek Rahmatullayev kuzatuvchilariga Antaliya shahridan ko‘rinish berdi. “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari Jahongir Otajonovga parodiya tayyorladi. Yulduz Rajabova sahifasiga yangi surat joyladi. Vayner Liil (Ozod) Xurramov aktyor Alisher Uzoqov bilan bahsga kirishdi. Bahsga ko‘ra vayner Instagram’dan foydalanmagan holda oddiy ishda ishlab, ikki haftada besh yuz dollar pul ishlab topishi kerak. Ozod bir muddat restoranda ofitsiant bo‘lib ishladi. Ammo bu ish vaynerga unchalik to‘g‘ri kelmadi, shundan so‘ng u o‘zining Hyundai Sonata avtomobilida taksichilik qilishga qaror qildi. Ziyoda singlisi Aziza Qobilova xonadonidagi tug‘ilgan kun bazmidan kuzatuvchilari uchun qisqa reportaj tayyorladi. Feruza Normatova bir muddat oldin Shahzod Sultonov bilan “do‘stona munosabatlarini saqlab qolgani” hamda endi alohida ishlashlarini ma’lum qilgan edi. Aktrisa 20-aprel kuni Shahzod bilan birgalikda suratga olingan vaynlarini sahifasiga joylashtirdi. Feruzaning kuzatuvchilari izohlarda uni Shahzod bilan birga ko‘rayotganidan xursand ekanligini yozib qoldirgan.
143
2,202
Madaniyat
Alla Pugachyova o‘zini qanday his qilmoqda?
“Yaqinda Alla Pugachyova yurak xurujini boshidan o‘tkazgani xabar berilgan edi. O‘shandan buyon u ekranlarda ko‘rinmaydi. Uning sog‘lig‘i joyidami?” — deya savol berdi “AiF” mushtariylaridan biri. Bunga javoban, nashr Pugachyova va Galkin ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan suratlarga asoslanib, xonandaning salomatligi joyida ekanligini ma’lum qildi. Farzandlari bilan birgalikda yulduzli juftlik o‘z ta’tilini Yurmalada o‘tkazmoqda. 68 yoshli Pugachyova pardoz-andozsiz tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylamoqda. Uning aytishicha, Isroilda unga yaxshi dorilar berib, diabetini davolashgan.
43
600
Madaniyat
Rossiyalik qo‘shiqchi Iosif Kobzon shifoxonaga tushib qoldi
Rossiya xalq artisti Iosif Kobzon shifoxonaga yotqizildi, deb xabar beradi 7MedNews. “Iosif Kobzon salomatligi yomonlashgani bois Moskva shahridagi onkomarkazga murojaat qildi”, — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, Iosif Kobzon 2005-yildan beri onkologik kasallikdan aziyat chekadi. O‘shanda u ikkita jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan hamda uning qovug‘i olib tashlangan edi. Xonanda shundan beri muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tib turadi.
59
444
Madaniyat
Ko‘pchilikka manzur bo‘lgan hind filmi — “Tangri yaratgan juftlik” haqidagi qiziqarli faktlar (foto)
2008-yil suratga olingan “Tangri yaratgan juftlik” filmida Anushka Sharma va Shohrux Xon ijrolariga qoyil qolmay iloj yo‘q. Ushbu film Xonning karyerasida nechanchidir muvaffaqiyatli roli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo bir necha bor kastinglardan umidsiz qaytgan Anushkaning ilk debyuti hisoblanadi va aynan shu kartina aktrisaga Bollivud kinosiga eshik ochgan. Butun film syujetini tashkil etuvchi “Raqqos juftlik” motivi Raj Kapur va Nargis ishtirokidagi “Yomg‘irlar mavsumi” (Barsaat, 1949) filmidagi mashhur sahnadan so‘ng paydo bo‘lgan. Ushbu filmga aktrisa Sonam Kapur ham ko‘rikdan o‘tgan. Shuningdek, bosh rolga Esha Deol ham da’vogarlardan biri bo‘lgan. Ammo bosh rol yosh va umidli aktrisa Anushka Sharmaga nasib qilgan. “Phir Milenge Chalte Chalte” qo‘shig‘i afsonaviy Bollivud aktyorlari Raj Kapur, Dev Anand, Rajesh Xanna, Shammi Kapur va Rishi Kapurga hurmat va ehtirom sifatida kuylangan. Taronaning har bir bandi aktyorlarning filmlardagi qo‘shiq nomlaridan iborat. Kartina Amitabx Bachchan, Rekha, Shoshiy Kapur va Parvin Babi ishtirokidagi “Oilaviy baxt” melodramasidagi taronadan ilhomlangan tarzda nomlangan. Filmdan o‘rin olgan “Halue Halue” taronasi uchta dublda suratga olingan. Mahoratli aktyor Shohrux Xon qo‘shiqdagi raqs harakatlariga bir qancha o‘zgartirish kiritib, improvizatsiyaga yo‘l qo‘ygan. Keyinchalik aktyorning ta’kidlashicha, unga parik va mo‘ylov taqish noqulaylik tug‘dirgan bo‘lsa-da, bu uning karyerasida juda oson tarzda suratga olingan tarona bo‘lib qolgan.
101
1,506
Madaniyat
Kann Xalqaro kinofestivalida ikkinchi marotaba «Uzbekistan» milliy paviloni tashkil etiladi
«Uzbekistan» milliy paviloni O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, O`zbekiston milliy kinokomissiyasi va O`zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda. Bu borada O`zbekiston milliy kinokomissiyasi Kann kinofestivali direksiyasi bilan tegishli shartnoma imzolagan bo`lib, hozirgi kunda milliy pavilonni tashkil qilish bilan bog`liq tashkiliy jarayon olib borilmoqda. Ushbu nufuzli kinotadbir davomida betakror yurtimizning kinoturizm salohiyati va qulay kinolokasiyasini targ`ib qilish, taniqli kinokompaniyalarni mamlakatimizga o`z filmlarini suratga olish uchun taklif qilish, PROlogue V Xalqaro kinofestivalining taqdimoti, jahon kinosanoati vakillari bilan O`zbekiston ishtirokida qo`shma kinoloyihalar bo`yicha kelishuvlarga erishish hamda milliy filmlarimiz targ`iboti rejalashtirilgan. 72-Kann Xalqaro kinofestivali 2019 yilning 14-25 may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet bulvaridagi Festivallar va kongresslar saroyida o`tkaziladi. Eslatib o`tamiz, O`zbekistonning ilk milliy paviloni yosh kinoijodkorlar tomonidan 2018 yili O`zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tashabussi bilan tashkil qilingan edi. Joriy yilning fevral oyida o`tkazilgan Berlin Xalqaro kinofestivali (Berlinale) doirasidagi kinobozorda ham ilk marotaba ishtirok etilib, ko`plab hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilgan.
92
1,471
Madaniyat
“Har qanday qarshilikning yuragida umid bor”. “Qaytmas Birinchi”ning yangi treyleri chiqdi
O‘lim yulduzining chizmalarini o‘g‘irlashga qaror qilgan qarshilik harakati jangchilari haqida hikoya qiluvchi “Qaytmas Birinchi. Yulduzlar jangi hikoyasi” filmining so‘nggi treyleri chiqdi. Meduza’ning yozishicha, bu treylerni ko‘rib, Imperiya tobora kuchayib borayotganini, biroq isyonchilarni aynan umid olg‘a boshlayotganiga guvoh bo‘lish mumkin. Treylerning ruschasi: Treylerning originali: Ma’lumot uchun, “Qaytmas Birinchi” filmi 2016 yil 15 dekabr kuni prokatga chiqarilishi kutilmoqda.
90
496
Madaniyat
O`zbekistonda bolalar uchun yangi telekanal ochilmoqda
“Ixtisoslashgan bolalar ko`ngilochar-ma`rifiy telekanalini tashkil etish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.   Qarorga ko`ra, Ixtisoslashgan bolalar ko`ngilochar-ma`rifiy “Aqlvoy” telekanali (bolalar telekanali) tashkil etiladi.   Ma`lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag`batlantirish, intellektual va ijodiy ko`nikmalarini rivojlantirish (edutainment) telekanalning asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.   Mazkur telekanal: ➖ “Edumedia Corporation” MChJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta`sis etiladi; ➖ respublikaning barcha hududlarida etkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi; ➖o`zini-o`zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.
54
794
Madaniyat
Shaxsiy shahar, sug‘urtalangan tabassum va yulduzlar bilan bog‘liq boshqa qiziqarli faktlar (foto)
Millionlab muxlislarga ega bo‘lgan mashhurlar bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Leonardo Di Kaprio Aktyorning onasi o‘g‘lining ismini rassom Leonardo Da Vinchi sharafiga atagan. Bunga onasi Italiya muzeylaridan birida Leonardo da Vinchining suratlarini tomosha qilayotgan vaqti qorindagi Leoning ilk bor qimirlagani sabab bo‘lgan. Ledi Gaga Maktab davrida xonandaga tengdoshlari yomon munosabatda bo‘lgan. Boshini chiqindi idishi ichiga tiqib qo‘yishgan. Rayan Gosling Aktyor Backstreet Boys guruhi a’zosi bo‘lishi mumkin edi. Musiqachi Ey Jey Maklin bilan qo‘shni bo‘lgan Rayan guruhga qo‘shilish istiqbollarni muhokama qilgan. Juliya Roberts Aktrisaning tabassumi 30 million dollarga sug‘urtalangan. Kim Beysinger 1989-yilda Kim Jorjiya shtatidagi Braselton shahrini sotib olgan. Buning uchun 20 million dollar sarflagan Beysinger u yerni yirik turistik markazga aylantirishni rejalashtirgan, ammo urinishlari omadsiz yakun topgan. Enn Xeteuey Aktrisaning ota-onasi ingliz adabiyoti, xususan, Shekspirga befarq bo‘lmagan chog‘i, qizlarini Uilyam Shekspir rafiqasi sharafiga Enn Xeteuey deb nomlagan. Joanna Rouling Joanna ish vaqtida xayol surgani uchun kotibalikdan haydalgan. Shundan keyin Joan “Garri Potter”ni yozishni boshlagan. Merayya Keri Xonanda konsertlarga bir qancha namlantiruvchi vositalar joylangan xonada 15 soat uxlab tayyorlanadi. Tom Kruz Aktyor turmush o‘rtog‘i Keti homiladorligida chaqaloq rivojlanishini kuzatish uchun 100 ming dollarga haqiqiy UTT (UZI) apparatini xarid qilib, uyiga olib kelgan. Metyu Perri “Do‘stlar” yulduzi eshikni yopayotganida o‘ng qo‘lidagi barmog‘ining bir qismidan mahrum bo‘lgan.
98
1,676
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqdi
O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yish taklifi bilan chiqqan. Ushbu loyiha Madaniyat vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda. Madaniyat vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to‘plam yaratgan. “Bolalarni maqom kuylari bilan muntazam bahramand etish rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, bolalarga ularning tushlik dam olish vaqtlarida belgilangan me’yor asosida maqom kuylari qo‘yib beriladi. Avvalroq Ozodbek Nazarbekov Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent shahrida madaniyat obyektlari hokimlik tomonidan sotib yuborilgani haqida aytgan edi.
92
945
Madaniyat
“Osmondagi bolalar”dagi Hamdam nega kinodan ketib, tunukachilik qilgani haqida gapirdi (video)
Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor Muzaffar Sa’dullayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Muzaffar Sa’dullayev suhbat davomida ma’lum bir muddat kinodan uzoqlashib ketib, tunukachilik bilan shug‘ullangani sababi haqida gapirib berdi. 2014–yildan 2018-yilning yoziga qadar to‘rt yildan ortiq vaqt mobaynida, Chorsuda “Jar”ning orqasida hunarmandlarning rastasi bor, o‘sha yerda tunukachi bo‘lib faoliyat yuritganman. Hozirgi vaqtda ham hunarmandlar uyushmasiga a’zoman. Odamda shunaqa bir vaqt bo‘larkan, nimadandir ko‘ngil to‘lmas ekan, nimadandir norozi bo‘lib, kechib ketib, tanaffus qilishga to‘g‘ri kelar ekan. O‘shanaqa bir davrda tunukachilik qildim. U vaqtda ‘O‘zbekfilm’da tekshiruvlar bo‘ldi. ‘O‘zbekfilm’da deyarli 30 yil ishlagan inson, fojeali holatda olamdan o‘tib qoldilar. Agar bunaqa holat bo‘lsa kinoda ishlamayman dedim. Chunki yoninggizda har kuni birga yurgan, syomkalarda birga ishlab yurgan odam fojeali holatda olamdan o‘tsa juda ham og‘ir botar ekan. Kasal bo‘lib yoki avariya holat bo‘lib olamdan o‘tsa tushunsa bo‘ladi, ammo bunaqa fojeali holatda olamdan o‘tsa, odamga juda ham qattiq ta’sir qilar ekan. Menga to‘g‘risi, ruscha aytganda ‘moralniy’ deydiku, asabimga juda yomon ta’sir qildi. Sog‘ligimni yo‘qotib qo‘ydim, yuragim sabab shifoxonada o‘n kun yotib chiqdim, keyin yana yotib davolanishimga to‘g‘ri keldi. Xullas o‘sha voqealar sabab kinodan uzoqlashib ketgan edim. Muzaffar Sa’dullayev, aktyor, “Inson” kinostudiyasi rahbari Burni singan “Hamdam”. “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam kastingdagi qiziq holat va “Osmondagi bolalar 3”ning suratga olinishi haqida (video)
94
1,756
Madaniyat
Xonanda Rayhonning fevralda bo‘ladigan konsertiga chiptalar 14-noyabrdan sotuvga chiqadi
Xonanda Rayhon 20—24-fevral kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi, deya xabar bermoqda “Fattohhon.com”. Konsertda tomoshabinlar uchun ko‘plab kutilmagan sovg‘alar hozirlanmoqda. Biroq aynan qanday sovg‘alar haqida gap borayotganiga aniqlik kiritilmagan. Xabar berishlaricha, konsert chiptalarini 14-noyabrdan boshlab “Istiqlol” san’at saroyi kassalaridan xarid qilish mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
88
583
Madaniyat
Bollivud yulduzlari Amitabh Bachchanning nevarasi, Shohrux Xon va Shridevining qizlari bir filmda debyut rolini ijro etmoqda (video)
Bollivud afsonalarining uch avlodi birdaniga bitta filmda debyut qilishini bilasizmi? Shohruh Xon va Shridevining qizlari Suhana Xon va Xushi Kapur hamda Amitabh Bachchanning nabirasi Agastya Nanda rejissor Zoya Axtarning “The Archies” filmida ilk bor suratga tushadi. Unda Mihir Axuja, Dot, Yuvraj Menda va Vedang Rayna ham ishtirok etadi, deb yozadi Bollywoodtime. Filmda Suhana Veronikani, Xushi — Betti rolini, Agastya Nanda esa Archi rolini ijro etadi. Ijtimoiy tarmoqlarda kinoning ilk posteri bilan bir qatorda tizeri ham paydo bo‘ldi. Agastyaning bobosi, aktyor Amitabh Bachchan o‘zining Instagram’dagi sahifasida kartina posterini baham ko‘rdi va shunday yozdi: “Yana bir o‘g‘limning yuksalishi (debyut deyish mumkin). Mening nabiram. Barcha duolarim senga, Agastya. Seni yaxshi ko‘raman”. Aktyor o‘g‘il so‘zini “Yana bir o‘g‘il ulg‘aydi. Mening nabiram” deya alohida ta’kidladi. Sababi Abhishekdan keyin Bachchanning yana bir avlodi Agastya aktyorlik estafetasini o‘z zimmasiga oldi. “The Archies” filmini suratga olish ishlari 2022-yilning aprel oyida boshlangan. Zoya Axtar o‘zining balog‘at yoshdagilar haqidagi musiqiy dramasini 2021-yilning noyabr oyida e’lon qilgandi. Film voqealari 1960-yillarda sodir bo‘ladi. Bu mashhur Archi komikslarining ekranlashtirilgan varianti bo‘lib, unga Zoya Axtar va Rima Kagti prodyuserlik qiladi. “The Archi” kartinasi 2023-yilda Netflix’da uzatilishi rejalashtirilgan.  “Pushtun”, “Arslon” va Bollivud qiroli Shohrux Xon suratga tushayotgan boshqa yangi filmlar
132
1,514
Madaniyat
To‘yda boshlovchini so‘kkan Avazbek Olimov ortiq bunday qilmaslikka va’da berdi
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Avazbek Olimovning tadbirda so‘kingani aks etgan video tarqaldi. Videoda xonanda o‘zini Avaz Olimov deb tanishtirgan boshlovchiga “Mening ismim Avazbek, bog‘chada Avaz edim” deb qo‘pol tarzda so‘kinganini ko‘rish mumkin. Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi san’atkor Avazbek Olimovdan tarqalgan video yuzasidan izoh so‘radi. “Avazbek Olimov haqiqatdan ham xunuk holat sodir bo‘lganini tan oldi. Yo‘l qo‘ygan xatosini inkor etmasdan, o‘z tushuntirish xatida bu holatlar boshqa takrorlanmasligiga va’da berdi. Avazbek Olimovga qayerda, qay holatda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zini madaniyat sohasi vakiliga munosib tutishi lozimligi uqtirildi”, — deyiladi vazirlik xabarida. Shuningdek, vazirlik xabariga Avazbek Olimovning tilxati ham ilova qilingan. Tilxatda xonanda bunday holatlar boshqa takrorlanmasligiga va’da bergan.
79
925
Madaniyat
Dushmanlarini ham yaxshi ko‘radigan Rayhon: Sizning yomon fikrlaringizni baribir o‘qimayman
Xonanda Rayhon Instagram’dagi ba’zi o‘quvchilariga murojaat qildi. Skrinshot: Instagram / @rayhonganieva “Menga yomon fikr bildirayotganlarni kuzatib, ularga nimadir yozib qoldirishga qaror qildim. Ovora bo‘lmang, yomon fikrlaringizni baribir o‘qimayman, sizning shuncha mehnatingizga hatto achinaman ham”, — deydi Rayhon. “Maslahatim, vaqtingizni biror yaxshiroq amalga sarflang. Dunyoda shuncha mo‘jizalar bor, qanday qilib ularni sezmasligingiz mumkin?”, — deb savol beradi xonanda. “Men bor-yo‘g‘i sizga o‘z muhabbatimni yetkazishga urindim. Meni o‘zingizga dushman sanasangiz ham, baribir sizni juda yaxshi ko‘raman va sizga ulkan baxt tilayman”, — deya qo‘shimcha qildi Rayhon. Eslatib o‘tamiz, xonanda Rayhon boshlovchi Farhod Alimov bilan nikohdan o‘tdi. Ularning to‘yi qachon bo‘lishi noma’lum. Bu har ikkala ijodkor uchun hayotidagi ikkinchi turmush hisoblanadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
91
1,031
Madaniyat
Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Yulduz Turdiyeva, Shohruxxon va Jahongir Xo‘jayevning telefonlari almashib qolsa nima bo‘ladi? Sog’lig‘ida muammolar kuzatilayotgan Munisa Rizayeva
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Nilufar Usmonova to‘ng‘ich farzandi Saida’zamxon taom tayyorlashga qiziqishi haqida so‘zlab berdi. U buvisiga shakarsiz maxsus shirinlik tayyorlab berdi. Feruza Normatova dard ildiziga joylashgan insonni sindirib bo‘lmasligi haqida mulohaza yuritdi. Poytaxtdagi restoranlardan birida aktrisa Marjona Mirzaaliyeva tug‘ilgan kunini nishonladi. Tug‘ilgan kunga shou-biznesning ko‘plab taniqli vakillari tashrif buyurdi. Alisher Uzoqov sahifasiga yangi surat joyladi. Mavluda va Guli Asalxo‘jayevalar bo‘lg‘usi kelini Asal Xo‘jayevaga sep qilayotgani aks etgan videoni bo‘lishdi. Amerika safaridan qaytgan xonanda Yulduz Turdiyeva Hongqi krossoverini xarid qildi. Avvalroq ushbu avtomobildan Mansur Agaliyev, Ziyoda hamda Jahongir Poziljonov ham sotib olgan edi. Botir Qodirov muxlislariga xayrli kun tilab, yangi suratini ulashdi. 4-mart kuni taniqli xonanda va aktyor Jahongir Poziljonov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Bollivud yulduzlari Madxuri Dikshit va Karan Johar Netfliks uchun yangi loyihani tayyorlamoqda. Munisa Rizayeva muxlislariga salomatligida muammolar kuzatilayotgani haqida so‘zlab berdi. Xonanda kun bo‘yi qon bosimi va yurak urishini o‘lchaydigan apparat taqqan holda harakatlanishga majbur bo‘lmoqda. Shahzoda Muhammedova Dubay sayohatida olingan suratini sahifasiga joyladi. Xonanda Umidaxon shou-biznesdagi barcha yaqin dugonalari davrasida tug‘ilgan kunini nishonladi. Bahora Arslonova hech qachon o‘zligidan uyalmagani haqida muxlislariga so‘zlab berdi. Asal ismli qizlar bilan hayotini bog‘lagan shou-biznes vakillari Jahongir Xo‘jayev va Shohruxxon telefonlari tasodifan almashib qolsa, nima bo‘lishi aks ettirilgan hazilomuz rolikni tayyorladi. Unda Shohruxxon Asal Xo‘jayeva bilan, sariq bola esa Asal Shodiyeva bilan suhbatlashishiga to‘g‘ri keldi.
182
1,924
Madaniyat
Yangi “Begona: Vasiyat” nomli qo‘rqinchli filmning birinchi treyleri chiqdi (video)
20th Century Fox kinostudiyasi “Begona: Vasiyat” (Alien: Covenant) nomli qo‘rqinchli filmning birinchi treylerini YouTube’dagi kanalida e’lon qildi. Kinokartina rejissori Ridli Skott. Bosh rollarni Maykl Fassbender va Ketrin Uoterston ijro etgan.  Mazkur film 2017-yilning may oyi katta ekranlarga chiqadi. Quyida dekabr oyida treylerlari chiqqan kinokartinalar bilan tanishish mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
83
560
Madaniyat
“Bajarib bo‘lmas topshiriq 6” filmining yangi treyleri taqdim etildi (video)
“Bajarib bo‘lmas topshiriq 6” filmining yangi treyleri taqdim etildi. Filmda Tom Kruz bosh rolni ijro etgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Shuningdek, filmda Genri Kavill, Vanessa Kirbi va Anjela Bassett ham suratga tushgan. Film asosiy qahramonlar ishtirokidagi kaskadyorlar uchligini namoyish etishi kutilmoqda. Uning katta ekranlarga chiqishi joriy yilning yozida bo‘lib o‘tadi.
76
394
Madaniyat
Bahorning eng kutilgan filmlari
Uzoq cho‘zilgan qishdan keyin nafaqat bahorgi iliq havo, balki yangi filmlar ham kishini ayniqsa quvontiradi. Biz siz uchun kirib kelgan bahorning eng kutilgan va yorqin yangi filmlarini to‘pladik. Premyera: 2017-yil 2-mart Rejissor Jeyms Mengoldning bosh rollarni Patrik Styuart va Xyu Jekman ijro etgan fantastik jangari filmi endi yosh bo‘lmasa-da, hali kuchga to‘la Loganning azaliy dushmani bilan kurashi haqida hikoya qiladi. Shafqatsiz jang boshlanadi, Logan esa endi nafaqat o‘zining, balki do‘stlarining ham hayotini qutqarishi kerak. Voqealar bu hal qiluvchi jang bo‘lishiga ishora qilmoqda. Premyera: 2017-yil 9-mart Jordan Vot-Robertsning fentezi elementlariga ega sarguzasht jangari filmida Bri Larson, Tom Xiddlston, Semyuel L. Jekson qatnashgan bo‘lib, unda o‘tgan asrning yetmishinchi yillari aks ettirilgan. Bosh qahramon g‘oyib bo‘lgan akasini qidirish bo‘yicha ekspeditsiya tashkil qiladi, bu ularni Bosh suyagi oroliga yetaklaydi. Avvalroq mashhur King-Kong tutilgan joyda qahramonlar xavfli sarguzashtlarni boshidan kechirib, hayotlarini turli maxluqlardan himoya qilishiga to‘g‘ri keladi. Premyera: 2017-yil 16-mart Taniqli Disney ertagi asosida Emma Uotson ishtirokida suratga olingan melodramani myuzikl deb ham atash mumkin — unda musiqiy kompozitsiyalar ko‘p. Shahzoda sehr-jodu ta’sirida maxluqqa aylanadi, uni halokatdan faqat uni sevib qolgan sohibjamolgina qutqara oladi. Premyera: 2017-yil 27-mart “Divergent” filmlari seriyasidagi to‘rtinchi filmda ham aktyorlar Sheylin Vudli, Teo Jeyms, Naomi Uottsni ko‘rishimiz mumkin. Bu safar bosh qahramonlar Beatris va Tobias Genetik farovonlik byurosining avtoritar boshqaruviga nuqta qo‘yishga harakat qiladi. Manba: “Kinopoisk.ru”
31
1,708
Madaniyat
Instagram: Onasini tug‘ilgan kunida yig‘lashga majburlagan Ziyoda, Aziza Yoqubovaning turmush o‘rtog‘iga syurprizi, shou-biznes vakillarining bitiruvchilarga tabrigi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Nargiza Abdullayeva tabassum umrni uzaytirishi haqida yozib qoldirdi. Alisher Uzoqov 25-may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni munosabati bilan bitiruvchilik paytidagi surati bilan bo‘lishdi. “Baxtning hech qanday kalitlari yo‘q, eshik hamma vaqt ochiq”, — demoqda Nilufar Usmonova. SanJay otasi bilan tushgan suratini sahifasiga joylab, hayotida uning o‘rni qanchalik muhim ekanligini yozib qoldirdi. O‘zbek shou-biznesi vakillari bitiruvchilarga atalgan hazilomuz videorolik yordamida ularni tabrikladi. Videoda xonandalarning maxsus dastur orqali yosh bolaga aylanib qolganini ko‘rish mumkin. Shahlo Ahmedova yangi surati bilan o‘zgarishlar davri kelayotganiga ishora qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Sevinch Mo‘minovaning Tojikistonda muxlislari qanday ehtirom ko‘rsatgani aks etgan video tarqalmoqda. Feruza Normatova “Kim kelgindi?” nomli komedik melodrama janridagi serialni suratga olmoqda. 25-may kuni Aziza Yoqubovaning turmush o‘rtog‘i tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Aktrisa shu sana munosabati bilan turmush o‘rtog‘ini birinchilardan bo‘lib, kutilmagan syurpriz bilan tabrikladi. Durdona Qurbonova ham bitiruvchilik davridagi rasmini folloverlariga ko‘rsatdi. Ziyoda olti nafar opa-singillari hamda yolg‘iz ukasi bilan onasining tug‘ilgan kuniga ajoyib syurpriz tayyorladi. Ulkan monitorda Ziyodaning ota-onasi suratlari namoyish etildi hamda ona haqida ta’sirli she’r o‘qildi. Tug‘ilgan kunga Ziyodaning hamkasbi Malika Ravshanova ham tashrif buyurdi hamda onalarning madhiyasiga aylangan qo‘shig‘ini ijro etib berdi.
165
1,667
Madaniyat
Instagram: Zarina Nizomiddinovaning qiyofadoshi, Muqaddas Xoliqovaga dollar qistirgan G‘iyos Boytoyev, Shohruxxon va Asalning Zebo Navro‘zovaga sovg‘asi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Davron Kabulov qizlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Nilufar Usmonova tug‘ilgan kunidagi suratini muxlislari bilan bo‘lishdi. O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova 14-aprel kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Taniqli aktrisani ushbu sana bilan qutlash uchun O‘zbekiston xalq artisti G‘iyos Boytoyev uning xonadoniga tashrif buyurdi. Xonanda aktrisaga sovg‘a sifatida dollar qistirmoqchi bo‘ldi, aktrisa esa pulni olmadi. Afruzaga ulkan guldasta sovg‘a qilishdi. Fahriye Evjen sahifasiga yangi surat joyladi. Shohruxxon, Asal Shodiyeva, Muhammad Ali, Shuhrat Yo‘ldoshev va ularning rafiqalari onalari, rejissor Zebo Navro‘zovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Muhammad Ali sovg‘a sifatida onasiga bag‘ishlab qo‘shiq kuylabdi, farzandlari rejissorga iPhone 12 ham sovg‘a qildi. Bobur Yo‘ldoshev yangi filmda suratga tushmoqda. Lola turmush o‘rtog‘i va qizalog‘ining suratini sahifasiga joyladi. 15-aprel kuni aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova ham tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Unga shogirdlari tomonidan ajoyib syurpriz tayyorlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda Zarina Nizomiddinovaga ikki tomchi suvdek o‘xshash qizning videosi tarqaldi. Dildora Niyozova “Ramazon muborak” deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.
152
1,388
Madaniyat
Restoran biznesini yo‘lga qo‘ygan Gollivud aktyorlari (foto)
Pulni qayerga sarflash kerak, degan savol insonlarni o‘ylantiradigan eng dolzarb masala. Ba’zi taniqli insonlar bor daromadini shunchaki havoga sovursa, yana ayrimlari bu borada ancha uddaburon. Ular bu muammoni qanday hal etishni biladi. Chenning Tatum Timsohning dumi yoki qisqichbaqa go‘shtidan pirog iste’mol qilishni istaganlar Chenning Tatumning restoraniga tashrif buyurishi mumkin. Yulduz qiyinchilikka uchragan oilada tug‘ilgani uchun ham pulning qadrini juda yaxshi biladi. Keyinchalik u muvaffaqiyatli aktyor va tadbirkorga aylandi. Ma’lumot uchun, Chenning 2012-yilda restoran ochdi. Restoranning ochilish marosimiga kinoyulduzlardan Rozi Xantington-Uaytli va Jeyson Stetxemni taklif qildi. Shuningdek, u barni “Muqaddaslar va gunohkorlar” deb nomlagan. Ushbu nom ostida restoranni yillar davomida rivojlantirib bordi. Uning ko‘rinishi “Super Mayk” filmidagi voqealarini eslatadi. Mark Uolberg “Temirni qizig‘ida bos!” iborasi Markning ishlash tamoyiliga mos keladi. U odamlar hech qachon ovqatlanishdan to‘xtamasligini inobatga olgan holda pulni aynan shu sohaga sarflashni bildi. Shu sababdan kinoyulduz Wahlburgers deb nomlangan bir nechta burger oshxonalarni ochdi. Bundan tashqari, aktyor oziq-ovqat tashuvchi yuk mashinalarini sotib olishga ham qaror qildi. Uning Buyuk Britaniya, Kanada va AQShdagi fastfud maskanlariga tashrif buyurish mumkin. Rayan Rosling Navbatdagi Gollivud yulduzining orzusi muhabbat bilan taom tayyorlanadigan shinam joy yaratish edi va uni amalga oshirdi. Restoran oshpazlari Sharq va Yevropa taomlarini tayyorlaydi. Aktyor Marokash restorani uchun mashhur oshpaz − Benani taklif qildi. Oshpazning so‘zlariga ko‘ra, u taomlarni onasining retsepti bo‘yicha tayyorlaydi. Syuzan Sarandon Gollivudning yana bir aktrisasi Syuzanning ham restoran ochish orzusi bo‘lgan. Uning restoranida boshqalarnikidan farqli o‘laroq, ovqatlanishdan tashqari stol tennis bilan shug‘ullanish ham mumkin. Aktrisa shahardagi restoranlarga o‘xshab qolmaslik uchun bouling zalini ochmaslikka qaror qildi. Aytgancha, u Nyu-Yorkda birinchi “Spin restoran-klub”ini ochdi. Hozirda Amerikada bu kabi restoranlar sakkiztani tashkil etadi. Shuningdek, kanadacha Toronto restorani mazali salatlar va qisqichbaqa bilan mehmonlarni kutib oladi. Robert De Niro Mashhur aktyorning muxlislari uning “Nobu” nomli restoran ochganidan xabardor bo‘lsa kerak. U o‘tgan asrning 90-yillaridan buyon tadbirkorlik qilib kelmoqda. U o‘zining birinchi qahvaxonasini Manxettenda ochgan edi. Asta-sekin qahvaxonalar butun dunyo bo‘ylab restoranlar tarmog‘iga aylandi. Shuningdek, Robertning hamkasbi va do‘stlari Kristofer Uoken, Shon Penn, Bill Myurrey ham restoran uchun o‘z mablag‘larini qo‘shgan.
60
2,698
Madaniyat
Madonna sahnada yiqilgach bo‘ynidan jarohat olganini ma’lum qildi
Taniqli qo‘shiqchi Madonna Brit Awards mukofotini topshirish marosimida sahnadagi zinadan yiqilib tushgacha bo‘ynidan jarohat olganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter. “Men bo‘ynimdan jarohat oldim. Ertalabki soat uchgacha mening aqlim joyidagiligiga ishonish uchun ustimda chiroq bilan turishdi. Menda ikkita variant bor edi – yo bo‘g‘ilish, yo yiqilish. Men ikkinchisini tanladim”, − dedi Madonna. Xonanda o‘zi yiqilgan holatning videoyozuvini ko‘rishdan bosh tortgan va endi sahnaga uzun yopinchiq kiyib chiqmasligini ma’lum qilgan.
65
560
Madaniyat
Shohjahon Jo‘rayev Rayhon bilan duet masalasida kelishib, uni oxiriga yetkazmaganini tan oldi
Qo‘shiqchi Shohjahon Jo‘rayev “Darakchi” gazetasi bilan suxbatda duet kuylash masalasiga e’tibor qaratdi. Jurnalist Aliya Sulaymonovaning repertuaringizda umuman duet tarona uchramaydi, deya bildirgan fikriga Jo‘rayev shunday javob berdi: “Bunga umuman qiziqmayman desam, to‘g‘riroq bo‘ladi. Men bilan hamkorlik qilishni istaganlar o‘zi qo‘shiq bilan kelishi kerak, deb hisoblayman. Duet kuylaylik degani bilan qo‘lida ishi bo‘lmasa, bu to‘g‘ri emas”. “Ovozlarning bir-biriga tushishi ham muhim. Bir marta duet kuylamoqchi bo‘ldim. U Rayhon G‘aniyevaning uslubiga mos edi. Konsertlarning birida taklif bildirdim, kelishib ham oldik. Ammo qiziqishim kuchli bo‘lmagani uchun ishni oxiriga yetkazmaganman”, — dedi Shohjahon Jo‘rayev. Qo‘shiqchi 10 yillar davomida dadasi Sherali Jo‘rayevning yo‘nalishida qo‘shiq kuylab kelgani haqida aytib, endi 35 yoshdan kichik bo‘lganlar uchun ham ijod qilishga qaror qilganini bildirdi: “O‘zimga qolsa yangi imidjda ancha oldin ko‘rinish berardim. Biroq istasam-istamasam meni dadamga o‘xshatishardi. Shu kunga qadar sahnada men uchun emas, otam uchun qarsak chalindi. Ya’ni, ularning qo‘shiqlarini kuylaganim uchun. Biroq butun umr soyada yurishim yaxshi emas. Dadamga munosib o‘g‘il ekanimni yetarli darajada isbotladim. Endi kimningdir o‘g‘li emas, Shohjahon Jo‘rayev deyishmoqda. Shuning uchun o‘zim istagan yo‘nalishga ham yetib kelyapman”, — deb tushuntirish berdi Sherali Jo‘rayevning to‘ng‘ich farzandi. “Men istagan qo‘shiqlar mana endi jarang sochishni boshlaydi. Ularga mo‘ylovli Shohjahon yarashmaydi. Bugun yaratayotgan qo‘shiqlarim 35 yoshdan kichiklar uchun. Rok-n-roll elementlari bor qo‘shiqlarimni eski shinavandalarim tushunmay qolishi ham mumkin”, — deb fikr bildirgan Shohjahon Jo‘rayev yangi yo‘nalishi tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishiga ishonchi yuz foiz komil ekanini ham qo‘shimcha qilgan.
93
1,865
Madaniyat
Tom Xenks va Meril Strip Spilbergning Vyetnam urushidagi AQShning roli haqidagi filmida suratga tushadi
Gollivudning mashhur aktyorlari Tom Xenks va Meril Strip Stiven Spilbergning real voqealarga asoslangan The Post (“Post”) siyosiy kinodramasida bosh rollarni ijro etadi. Bu haqda “TASS” The Hollywood Reporter’ga tayanib xabar berdi. Bunda gap jurnalistlar qo‘liga kelib tushgan “Pentagon hujjatlari” deb nomlanuvchi, Amerika mudofaa vazirligi tomonidan AQShning Vyetnamdagi urushda tutgan roli to‘g‘risida ko‘p yillar davomida olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqot haqida boradi. Ssenariyga ko‘ra, tadqiqotning The Washington Post gazetasida chop etilishida asosan muharrir Ben Bredli (uni Xenks o‘ynaydi) va noshir Key Grem (Strip)ning xizmati bo‘lgan. Ushbu ikki aktyro birinchi marta birgalikda to‘liq metrajli filmda rol o‘ynamoqda.
103
736
Madaniyat
Aktyor Ulug‘bek Qodirov o‘g‘illi bo‘ldi
Aktyor Ulug‘bek Qodirov o‘g‘illi bo‘ldi. Bu haqida uning yaqin do‘sti, aktyor va prodyuser Farhod Badalov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Bugun, 21-iyul kuni Ulug‘bek Qodirov o‘g‘illi bo‘ldi. Uning uchun bugun qo‘shaloq bayram, chunki Ulug‘bekning onasi ham shu kunda tavvalud topgan”, — dedi Farhod Badalov jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida. “Ertalab do‘stimni har ikki xursandchilik bilan tabrikladim. Ulug‘bek Qodirovning Iymona ismli qizi ham bor. Do‘stimni qo‘shaloq bayram bilan yana bir bor tabriklayman”, — deydi Farhod Badalov. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
39
722
Madaniyat
Instagram: Aziza Xalilova oilasida judolik, Umidaxon Murod Xonto‘rayevga atab qo‘shiq kuyladi, Yulduz Usmonova muxlisasiga tilla taqinchoq sovg‘a qildi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Jaloliddin Ahmadaliyev muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Bollivud aktrisasi Kajol arxiv suratini sahifasiga joyladi. Feruza Normatova yigitlardan ko‘chada ko‘rib qolganida, undan birga suratga tushishni so‘ramaslikni iltimos qildi. Dildora Niyozova turmush o‘rtog‘i hamda farzandlari bilan tushgan surati bilan bo‘lishdi. Umidaxon marhum sportchi Murod Xonto‘rayevga atab, Yulduz Usmonovaning “Yana sevamanmi?” qo‘shig‘ini qayta kuyladi. Tarona premyerasi munosabati bilan xonanda sportchining xonadoniga borib, oila a’zolari bilan suhbatlashdi. Malika Ravshanova onasini tug‘ilgan kuni bilan qanday tabriklagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Aktrisa Shahlo Zoirovaning turmush o‘rtog‘i Haj ziyoratini ado etmoqda. Muqaddas Sa’dullayeva ilk marta turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berdi. “Bu savolga aniq javob bera olmayman, balki hammasi yaxshi bo‘lib ketar”, — deydi aktrisa. Shuningdek, aktrisa mashinasida Ulug‘bek Rahmatullayevning “Yolg‘onchim” qo‘shig‘ini tinglayotgani hamda unga qo‘shilib xirgoyi qilayotgani aks etgan videoni ham sahifasiga joyladi. Qo‘shiqda xonanda chin sevgiga ishonchi qolmagani haqida kuylaydi. Doston Ergashevning qizi Osiyo bir yoshga to‘ldi. Nilufar Usmonova yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan yaqinlariga sovg‘a olishni boshlab yubordi. Aktrisa Aziza Xalilovaning otasi vafot etdi. U kuzatuvchilaridan otasi haqqiga duo qilishni so‘radi. Yulduz Usmonova besh qizdan so‘ng o‘g‘il ko‘rgan muxlisasi xonadonida xizmatda bo‘ldi hamda unga tilla taqinchoq sovg‘a qildi.
151
1,736
Madaniyat
Disney suratga olgan “Qarsildoq”ning yangi treyleri. Kira Naytli va Morgan Frimen ishtirokida
Disney studiyasi rejissor Lasse Xallstryom tomonidan suratga olingan “Qarsildoq va To‘rt qirolliq” filmining ilk treylerini taqdim etdi. Meduza xabariga ko‘ra, filmda bosh rol Makkenzi Foy tomonidan ijro etilgan; kartinada, shuningdek, Kira Naytli, Morgan Frimen va Sergey Polunin ham suratga tushgan. Treylerning ruscha tarjimasi: Reja bo‘yicha, “Qarsildoq va To‘rt qirollik” filmi 2018-yil oktabrida katta ekranlarga chiqadi.
93
429
Madaniyat
“Qaysarginam 2” filmi avgust oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2” filmi avgust oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Kadr: YouTube Avgust oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Qaysarginam 2” filmidan keyingi o‘rinlarni Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Bir o‘pichning bahosi”, “Bebahoginam” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya) Rejissor – Azamat Axrorov 2-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama) Rejissor – Aziz Rametov 3-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya) Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov 4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 5-o‘rin. “Labbay rais” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov
107
1,137
Madaniyat
Nargiz Zokirova “Golos” yarim finaliga chiqdi
6-dekabr kuni Rossiyaning Birinchi kanali orqali namoyish etilayotgan “Golos” teleloyihasi ishtirokchilari o‘rtasida chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Mezon” nashri xabar bermoqda. Foto © Mezon Unda har bir murabbiy jamoasidan uch kishi sahnaga chiqdi. Ulardan faqat bittasi teletomoshabinlar va murabbiy tomonidan tanlab olindi. Muxlislar g‘olibni maxsus raqamga xabar jo‘natish yoki qo‘ng‘iroq qilish orqali aniqlash imkoniga ega bo‘ldi. Gradskiy jamoasidan Sergey Volchkov, Pelageya shogirdlaridan Tina Kuznetsova, Dima Bilan jamoasidan Andrey Svetkov yarim finalga yo‘llanma oldi. An’anaga ko‘ra, sahnaga so‘nggi bo‘lib chiqqan Leonid Agutin shogirdlari — Pyotr Yelfimov, Elina Chaga va Nargiz Zokirova ichida hamyurtimizga yana o‘z iste’dodi keyingi bosqichda ishtirok etish imkonini yutib berdi. Nargiz afsonaviy “Nirvana” guruhining mashhur “Smells Like Teen Spirit” qo‘shig‘ini ijro etdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
45
952
Madaniyat
Yangi gastronomik loyiha: Taniqli o`zbek oshpazi taom tayyorlashni onlayn o`rgatadi
O`zbekiston gastronomiyasiga qiziqishni qo`llab-quvvatlash va uni yanada ommalashtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi o`zbek oshxonasi oshpazlik san`atining boyligi va rang-barangligini aks ettiruvchi yangi gastronomik loyihani tashkil etdi. Loyiha asosini noyob o`zbek taomlarini tayyorlash bo`yicha videosaboqlar tashkil etdi.  Loyihaga ko`ra, taniqli o`zbek oshpazi hamda restoratori Bahriddin Chustiy 22 maydan boshlab 5 kun davomida Online-tourism.uz va Uzbekistan.travel saytlarida noyob taomlarni tayyorlashga oid mahorat darslarini namoyish etadi.  Qayd etilishicha, bu O`zbekistonda onlayn turizmni rivojlantirish yo`lidagi birinchi qadam bo`ldi.  "Onlayn tayyorlanadigan taomlar reseptini hatto ba`zi mahalliy aholi vakillari ham bilmaydi, shunga qaramay, ularni uy sharoitida tayyorlash juda oson" deyiladi xabarda.  22 may kuni namoyish etilgan ilk onlayn mahorat darsida Xorazm oshxonasining qadimiy taomi hisoblangan Shivit oshi tayyorlandi. Uni quyida tomosha qilish mumkin.  <iframe width="850" height="450" src="https://www.youtube.com/embed/ea2zy3jlohY" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
83
1,214
Madaniyat
Rayhon va Farhod Alimovning to‘yi oktabr oyi oxirida bo‘lishi rad etildi
Xonanda Rayhon va boshlovchi Farhod Alimovning nikoh to‘yi oktabr oyi oxirida bo‘lib o‘tmaydi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda. Farhod Alimov. “29-oktabr kuni to‘yimiz bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri. 29-oktabr kuni men ‘Yakkasaroy’ to‘yxonasida bo‘ladigan to‘y tadbirida boshlovchilik qilaman”, — dedi Farhod Alimov. To‘yning aynan qachon bo‘lishi hozircha aniq emas. “Nikoh, u bilan bog‘liq barcha narsa noyabrda, balki, dekabrda ham bo‘lishi mumkin”, — deya Alimovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “Darakchi.uz”. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
72
691
Madaniyat
Rossiyalik xonanda Yuliya Nachalova 38 yoshida hayotdan ko‘z yumdi
Rossiyalik xonanda va boshlovchi Yuliya Nachalova 16-mart kuni 38 yoshida vafot etdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda. Xonandaning otasi prodyuser Viktor Nachalovga ko‘ra, qizining o‘limiga sepsis va yurak to‘xtashi sabab bo‘lgan. Yuliya Nachalova 11-mart kuni og‘ir holatda kasalxona yotqizilgan, oradan ikki kun o‘tib sun’iy koma holatiga tushirilgandi. 16-mart kuni tongda xonandaning oyog‘i operatsiya qilingan, biroq Yuliya operatsiyadan omon chiqmagan. Nachalovaning sobiq shifokori Vasiliy Shurovning aytishicha, xonandaning oyog‘idagi kichik yara va Yuliyaning og‘riqqa toqatli bo‘lgani, vrachlarga vaqtida murojaat qilmagani kasallik zo‘rayishiga olib kelgan. Ma’lumot uchun, Yuliya Nachalova 1990-yillarda Rossiya estradasiga kirib kelgan va o‘limiga qadar 8 ta musiqiy albom chiqarishga ulgurgandi.
66
810
Madaniyat
Podiumdan hokimiyatgacha: siyosatchi va shahzodalar bilan hayot yo‘lini bog‘lagan modellar (foto)
Aksariyat siyosatchi va shahzodalar o‘ziga rafiqa sifatida modellarni tanlaydi. Grazia nashri ularning bir nechtasi bilan tanishtirib o‘tdi. Melaniya Tramp Melaniya Knauss (qizlik familiyasi) va Donald Tramp o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 1998-yilda Nyu-Yorkdagi ziyofatda bo‘lib o‘tgan. Bu vaqtda Qo‘shma Shtatlarning bo‘lajak birinchi xonimi allaqachon modellikda muvaffaqiyatga erishgan edi. So‘ngra u Sloveniyadan AQSHga ko‘chib o‘tdi va u yerda karyerasini qurishga qaror qildi. O‘sha paytda model 28, Tramp esa 52 yoshda edi. Biroq sezilarli yosh farqi munosabatlarni davom ettirishga to‘sqinlik qilmadi. “Donald Tramp haqida hech narsa bilmasdim, mening o‘z hayotim bor edi”, — deydi Melaniya. Oddiy suhbatdan so‘ng Tramp undan telefon raqamini so‘radi, biroq kutilmaganda rad javobini oldi. Buning o‘rniga Melaniya biznesmenning o‘ziga raqam qoldirishini taklif qildi. “Erkak kishi bergan raqamga qarab, u haqida ko‘p narsalarni aytib berish mumkin. U barcha raqamlarini menga qoldirdi”, — dedi Trampning rafiqasi. Uzoq kutilgan telefon qo‘ng‘irog‘i faqat bir hafta o‘tgach yuz berdi. Bir nechta uchrashuvlardan so‘ng sevishganlar tom ma’noda ajralmas juftlikka aylandi. 2004-yilda ular unashtirilganini e’lon qilindi — Donald kelinga 1,5 million dollarlik ajoyib olmosli uzuk sovg‘a qildi. “Bu ajoyib syurpriz bo‘ldi. Biz birga juda baxtlimiz”, — dedi bo‘lajak Tramp xonim. 2005-yil 22-yanvarda juftlik Donaldning Mar-a-Lago mulkida turmush qurdi. Melaniya Donaldning uchinchi xotini hisoblanadi: birinchi xotini Ivana Tramp bo‘lib, u bilan 15 yil yashagan. Ikkinchisi — aktrisa Marla Maples bo‘lib, uning nikohi 6 yil davom etdi. Nikoh bazmida Melaniya bir nechta to‘y liboslarini o‘zgartirdi, ulardan biri Jon Galyano tomonidan Christian Dior uchun yaratilgan. Uning narxi 100 dan 200 ming dollargacha baholanmoqda. To‘ydan taxminan bir yil o‘tgach, 2006-yil 20-martda Donald va Melaniya oilasida quvonchli voqea yuz berdi — ularning birinchi farzandi Barron Tramp dunyoga keldi. 2017-yilning 20-yanvarida Donald Tramp rasman AQSHning 45-prezidenti bo‘ldi, Melaniya esa Oq uyning birinchi xonimi va bekasi maqomini oldi. Sofiya Xellkvist  Sofiya Xellkvistning hayoti Zolushka qissasini eslatadi. Shvetsiyalik model kichik shaharchada tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng qiz karyera qurish uchun Stokgolmga ko‘chib o‘tdi. Shvetsiya shahzodasi Karl Filipp bilan uchrashishdan oldin u erkaklar jurnalining muqovasida chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Sofiya mashhurlikka erishgach, Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Bir necha yil o‘tgach, Xellkvist o‘z vataniga qaytib keldi va u yerda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashdi. Shahzoda Karl Filipp bilan tanishuv Shvetsiyadagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tdi. Ajablanarlisi shundaki, Varmland gersogi Sofiyaning karyerasidan umuman xijolat tortmadi. 2014-yilda juftlik to‘rt yillik munosabatlardan keyin turmush qurdi. Hozir ular uch farzandni birgalikda tarbiyalamoqda. Kendra Spirs Shahzoda Rahim Aga Xonning rafiqasi, model Kendra Spirs moda sanoatdagi faoliyatini 2008-yilda boshlagan. U modellik biznesida juda talabchan bo‘lishiga qaramay, u ko‘proq oilaviy hayotni orzu qilardi. 5 yil o‘tgach, 2013-yilda Kendra o‘zining bo‘lajak umr yo‘ldoshini uchratdi. Rahim unga shunchalik maftun bo‘lib qolganki, tanishganlaridan to‘rt oy o‘tib unga turmush qurish taklifini bildirgan. O‘z sevgilisi bilan turmush qurish uchun model e’tiqodini o‘zgartirdi va karyerasini tark etdi. Unda sevimli odamiga yaqin bo‘lish istagi muhimroq bo‘lib chiqdi. Bugungi kunda juftlik ikki farzandni tarbiyalamoqda, Kendra ismini ham o‘zgartirgan — endi u malika Salva Aga Xon. Karla Bruni Supermodel Karla Brunining Fransiyaning 23-prezidenti Nikolya Sarkozi bilan tanishuvi 2007-yilning noyabr oyida kechki ovqatlardan birida bo‘lib o‘tgan. O‘sha paytda siyosatchi 25 yil davomida turmush qurgan rafiqasi Sesiliya Attias bilan ajrashgan edi. “Men bunday samimiy va zukko odam bilan uchrashishni kutmagan edim. Uning ko‘rinishi va aql-zakovati meni o‘ziga tortdi. Ayol sifatida men uchun bu uchrashuv muloyimlik, ishonch, muloqot va o‘zaro tushunish nuqtai nazaridan muhim va kutilmagan bo‘lib chiqdi”, — deydi Bruni o‘z tarjimai holida. Birinchi uchrashuvdan bir necha oy o‘tgach, 2008-yil fevral oyida juftlik nikohdan o‘tdi. 2011-yilda ular oilasiga yangi mehmon tashrif buyurganini e’lon qildi, juftikning Juliya ismli qizi bor.
97
4,390
Madaniyat
“Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining to’rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi” filmi aprel oyining to‘rtinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Aprel oyining to‘rtinchi haftasi kinoreytingida “Jonim yig‘loqi” dan keyingi o‘rinlarni Akrom Shaxnazarovning “Hamroh”, Durdona To‘laganovaning “Yuzsiz”, Rustam Sa’diyevning “Er bermoq, jon bermoq 2”, Rixsivoy Muhammadjonovning “Isnod” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Bebahoginam”, “Vaqt o‘g‘risi” “Seni sevdim”, “Ketaman dedimmi, ketaman”, “Oh, Salima, Salima”, “Jonim azobda” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 2-o‘rin. ““Hamroh”” (triller drama) Rejissor — Akrom Shaxnazarov 3-o‘rin. “Yuzsiz” (drama) Rejissor — Durdona To‘laganova 4-o‘rin. “Er bermoq, jon bermoq 2” (komediyali melodrama) Rejissor — Rustam Sa’diyev 5-o‘rin. “Isnod” (drama) Rejissor — Rixsivoy Muhammadjonov “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
107
1,212
Madaniyat
Gilamlar haqidagi hujjatli film Xivada suratga olinmoqda
“O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan, 2019 yilda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUKda milliy san`at turi bo`lmish O`zbekistonning turistik potensialini namoyish etuvchi gilamdo`zlik haqida hikoya qilinadigan “Gilamlar – tarix poyondozi” nomli 2 qismli hujjatli film ishlab chiqarishga tushirilgan edi.  Hozirgi kunda film ijodkorlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan “Xiva Ichan-qal`a Davlat qo`riqxona muzeyi”, “Hunarmandchilik muzeyi”, “Xiva amaliy san`at va xo`jalik muzeyi”lari hamda “Xorazm gilamlari” sexida suratga olish jarayonlari bilan band. Filmning ssenariy muallifi Mavluda Toshpo`latova, rejissyor Aleksandr Gamirov, operator: Umid Malikov hamda direktorGulnora Abdurahimova.
56
725
Madaniyat
O‘zbekistonning barcha telekanallari uchun yagona badiiy kengash tashkil etiladi
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 1-avgustidan boshlab barcha telekanallarning badiiy kengashi bir bo‘lib, “O‘zbeknavo” qoshida tuziladi, deb xabar qiladi “Sayyod.com”. “Ya’nikim, taqdim etilgan klip taqdirini har bir telekanalning bugungi kungacha o‘z mavhum badiiy kengashi emas, balki hamma telekanal uchun bir joydagi badiiy kengash hal qiladi. Bugungi kungacha mana shu mavhum badiiy kengash va efir uchun tayyorlangan media mahsulotlari bo‘yicha turli anglashilmovchiliklar xonandalarni yaxshigina sarson bo‘lishiga sabab bo‘lib, kerak bo‘lsa bir qo‘shiqqa har bir telekanal uchun ikki turdagi klip taqdim etardi. Bu esa xonanda uchun yana bir xarajat demak. Masalan, xonanda Muzaffar Mirzarahimovning ‘Lolajon’ qo‘shig‘iga ishlangan syujet klip MY5 telekanalida ‘aylangan’iga qaramay, oradan biroz vaqt o‘tib ushbu qo‘shiqqa mutlaqo o‘zgacha va oddiy trek ko‘rinishidagi klip ‘Navo’ telekanalida qo‘yila boshlaganini sababini ham shundan tushunish qiyin emas”, — deb yozadi Sayyod.com.
80
1,081
Madaniyat
“Arslon izidan” filmi iyul oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyul oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Iyul oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jahongir Ahmedovning “Onam bilmasin”, Akrom Shaxnazarovning “Hamroh” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Begunoh”, “Voy dod 2”, “Shikast” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama) Rejissor – Aziz Rametov 2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya) Rejissor – Azamat Axrorov 3-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 4-o‘rin. “Onam bilmasin” (komediya) Rejissor — Jahongir Ahmedov 5-o‘rin. “Hamroh” (triller drama) Rejissor — Akrom Shaxnazarov
103
1,052
Madaniyat
“Hech qachon ularni hujjat bilan ishlatmaganman”. Mirzabek Xolmedov “‘Mirzo’ teatri bo‘linib ketdi’, degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Mirzabek Xolmedov suhbat davomida “‘Mirzo’ teatri tarqaldi” mazmunidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi. ‘Mirzo’ teatri tarqalib ketdi, degan gaplarga kelsak, endi men ularni hech qachon bir joyda, bitta binoda yoki hujjatda ro‘yxatda ushlagan emasman. Konsert qiladigan bo‘lsak, 4-5 oy oldin yigitlar kelib fikrlarini aytib, ijodlarini ko‘rsatib konsertga tayyorgarlik ko‘rilar edi. Biz ko‘proq teatrlashtirilgan tomosha qo‘yishga harakat qildik. Mana Avaz Oxun, u ham bizning teatrimiz yigiti bo‘lgan. Hammalari xalqning xizmatini qilib yurishibdi. Lekin men endi ‘Mirzo’ teatri bo‘lib emas, nasib qilsa, Xudo umr bersa, keyinchalik bir o‘zim chiqib, xalqqa xizmat qilish niyatim yo‘q emas. ‘Mirzo’ teatri bo‘lib, bolalarni birlashtirib konsert qo‘yishimiz mumkin, ammo o‘zimizning shaxsiy rejalarimiz bor. Konsert qilish ham o‘zi emas. Konsertning xarajati ham tashkilotchi, ham ijodkorlar o‘rtasida teng taqsimlanar edi. Odamlar bir fikrdan qochishsin, ‘konsert berdi, to‘rt mingdan ortiq odam tushdi, juda ko‘p pul tushdi’, deyishmasin. Eng yomon narsa birovning pulini sanash, barakasini bersin, desangiz Xudo sizga ham beradi. Birinchidan, reklama oson ish emas, televideniyeda, radioda reklama qilish juda katta xarajat talab qiladi. Keyin konsert qo‘yish o‘zi oson ish emas, yarim yil tayyorgarlik ko‘riladi. Asab buzarlik, uyqusizlik, qolaversa, shuncha odamning boshini bir qilib konsert qo‘yish oson ish emas. Mirzabek Xolmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
145
1,647
Madaniyat
Instagram: Singlisiga qimmatbaho mashina olib bergan Munisa Rizayeva, axlatga tashlangan nonni yegan aktrisa, noqulay vaziyatga tushgan Feruza Normatova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Luiza Rasulova tog‘ yonbag‘rida tushgan suratini sahifasiga joyladi. “Setora” guruhi va VIA Marokand “Bo‘pti, xo‘p” deb nomlangan yangi qo‘shig‘iga hazilomuz klip suratga oldirdi. Ushbu klipda “Setora”ning ayni paytda AQShda yashayotgan xonandasi Feruza Latipova ham rol ijro etgan. Aktrisa Kamila Gimandinovaning turmush o‘rtog‘i Farrux Habibullayev sahifasiga ularning birga tushgan yangi suratini joyladi. Aktrisa Xosiyat Husanova “O‘zim” loyihasiga bergan intervyusida hayotidagi og‘ir damlar haqida so‘zlab berar ekan, bir vaqtlar yeyishga hech narsasi qolmaganida axlatga tashlangan nonni olib, yeganini ham esladi. Shahlo Zoirova bir kunini faqat farzandlariga bag‘ishladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ancha keksayib qolgan To‘ti Yusupovaning milliy teatrga kelgani aks etgan video tarqalmoqda. Aktrisa ushbu videoda “Endi teatrga boshqa kela olmasam kerak”, deydi. Lola qizi Aishaning tili “dada” deb chiqqanini yozib qoldirdi. Samandar Hamroqulov esa ayni paytda Istanbul shahrida dam olmoqda. Muqaddas Sa’dullayeva dugonasi Sevara Soliyevaning o‘g‘li Sultonbekning tug‘ilgan kuniga bordi. Munisa Rizayeva singlisi Karimaga narxi 80 000 dollardan boshlanadigan Porsche Taycan avtomobilini sovg‘a qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Feruza Normatovaning to‘yda kichkina bolacha tufayli noqulay vaziyatga tushgani aks etgan video tarqalmoqda. Videoda aktrisaning uzun ko‘ylagi etagi ostiga kichkina bola kirib oladi, Feruza bu vaziyatdan dovdirab qolib, bir muddat gapira olmay qoladi. Aktrisaning ushbu videodagi partnyori Baxtiyor Turg‘unov ushbu vaziyatga izoh berib, bu ham uning uchun, ham Feruza uchun kutilmagan vaziyat bo‘lganini ma’lum qildi.
152
1,798
Madaniyat
Orol, poyabzal va Tesla. Ishtiroki har bir filmga muvaffaqiyat keltiruvchi aktyor – Leonardo Di Kaprio gonorarini nimalarga sarflaydi?
Cosmopolitan 46 yoshni qarshilagan yulduz Leonardo Di Kaprio yillar davomida eng taniqli va katta miqdorda gonorar oluvchi aktyorlar ro‘yxatida turishini ma’lum qildi. U faoliyati mobaynida 250 million dollar daromad yig‘gan. Ularni nimalarga sarf etishi esa albatta, qiziq. Mashina haydashni yaxshi ko‘radi Leo tezkor mashinalar ishqibozi. U Fisker Automotive brendi kasodga uchramasidan avval sarmoya kiritgan va hatto brend elchisiga aylangan. Shuningdek, “Formula E” poygasi ishtirokchisi bo‘lgani va uning garajida boshqa mashinalari qatorida Tesla Roadster ham joy olgan. Aytgancha, uning ilk mashinasi 1969-yilgi Ford Mustang bo‘lib, u bir necha marotaba yo‘llarda buzilib qolgan. Aktyor yaxtalar sotib olmaydi, unga ijaraga olish qulayroq. U bir vaqtlar dunyo bo‘yicha kattallikda beshinchi o‘rinda turuvchi yaxtani ham ijara olgan. Uning qiymati qariyb 700 million dollarni tashkil etadi. Uning shaxsiy samolyoti ham yo‘q, lekin xususiy avikompaniya orqali sayohat qilishni afzal biladi. Bu ishi esa tabiatni muhofaza qilish mutaxassislariga unchalik ham yoqmaydi. Saxovat ishlarida faol Aktyor ko‘pincha xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. 2020-yil 25-avgustda Leo o‘zining Earth Alliance − atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti tomonidan Amazon Forest Fund – Amazon o‘rmon yong‘inlaridan qutqarish uchun 5 million dollar ajratishni e’lon qildi. 2010-yilda u Bono gitarasi uchun yuz ming dollar sarflagan va yana Gaitidagi zilziladan jabrlanganlarga yordam puli ajratgan. Shuningdek, u o‘z nomi ostidagi xayriya jamg‘armasi orqali saxovat ishlarini amalga oshiradi. Haykalcha va rasmlar yig‘adi Ko‘p yillar davomida aktyor “Yulduzlar jangi”ning haykallarini yig‘ib yuradi, ularning soni 150 ta, superqahramonlarning soni esa 200 dan oshgan. Leoning yana bir sevimli mashg‘uloti – rasm yig‘ish. Mish-mishlarga ko‘ra, u rasmlarning ajoyib to‘plamini yig‘gan. Shuningdek, u suratga olingan rasmni taniydigan mobil dasturda investor sifatida ishtirok etadi. Bundan tashqari Leo g‘ayrioddiy buyumlarni yaxshi ko‘radi. U bir vaqtlar “Oz sehrgari” filmidagi Dorotining yoqutdan yasalgan poyabzalini akademiya muzeyiga qaytarish uchun sotib olgan. Albatta, aktyor ushbu filmning muxlisi sifatida uni o‘z kolleksiyasiga qo‘shishi mumkin edi, ammo Leo buni qilmadi. Shuningdek, u “Kasablanka” filmidagi mashhur pianinoni ham kimoshdi savdosida 3,5 million dollarga xarid qildi. Uy va turar joylar sotib oladi Di Kaprio ko‘chmas mulk investori sifatida ham ancha taniqli. U bir necha oy ichida Los-Anjeles yaqinida umumiy qiymati 23 million dollardan ortiq bo‘lgan uchta mulkka ega bo‘ldi. Uylarning birida hovuz, sakkizta hammom va mehmonxona mavjud. U ushbu mulkdan tashqari, Nyu-Yorkda ikkita xonadon, Malibuda okean manzarali uy va Beliz yaqinidagi orolga egalik qiladi. Shuningdek, Di Kaprio hayvonlarni ham juda yaxshi ko‘radi. Bir necha yil oldin 120 yilgacha yashashi mumkin bo‘lgan toshbaqa sotib olgan. Kattaroq toshbaqalarning narxi 10 ming dollargacha bo‘lishi mumkin.
134
2,988
Madaniyat
“Bahor qaytmaydi”dagi Klara — Shamsiqamar Mansurova ushbu obrazi tufayli eri bilan ajrashishgacha borgani haqida so‘zlab berdi (video)
Aktrisa Shamsiqamar Mansurova “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida unga mashhurlik keltirgan roli, ya’ni “Bahor qaytmaydi” videofilmidagi Klara obrazi shaxsiy hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida gapirdi. “Bir kunda mashhur bo‘lganman. ‘Bahor qaytmaydi’ ko‘plab insonlar uni ‘Alimardon To‘rayev’ deydi, ikki qismli videofilmida kichkina obraz yaratganman. Shu obraz orqali men hozirgi yoshimgacha Klara bo‘lib yuribman. Masalan, o‘zimizning tumanlarimizgami, yoki boshqa joyga chiqqanimizda Klara kelibdi deyishardi. O‘zimni ismimni aytib emas, Klara deb odamlar yugurib kelardi. O‘sha paytlar men uchun eng qiyin davr bo‘lgan, yosh, go‘zal bo‘lganman. Endi o‘zimga yarasha chiroyim bo‘lgan bo‘lsa kerak. Turmush o‘rtog‘im bu holatga ko‘nikolmadi. O‘sha paytlari birga yursak hamma Klara deb chaqirar edi, ko‘p yoshlar bu videofilmni ko‘rgan. Avval biror joyga borsak turmush o‘rtog‘im bilan baravar yurar edik. Shundan keyin u mendan o‘n qadam oldinda, men esa orqasidan yuradigan bo‘ldim. Bu holatni gapirish qiyin. Ajrashadigan darajaga yetganmiz, men bilan uch oy umuman gaplashmagan. Nima qilay, yig‘laganman. Keyin yoshi katta otaxonlarimiz turmush o‘rtog‘imni chaqirib, ‘O‘zing bilgansan aktrisaga uylanayotganingni, uning boshqacha ayol emasligini bilasan, u obraz yaratishga qo‘rqsa rolni  kim o‘ynaydi, o‘zing ayolingga ishonasanku’, — deyishgan va yarashtirib qo‘yishgan. Unga ham ko‘nmasdan meni ishdan chiqarib olgan, uch yil uyda o‘tirganman. Keyin turmush o‘rtog‘im umri uzoq bo‘lsin, baxtimga sog‘ bo‘lsin, tengdoshlarimni ko‘rib qiynalayotganimni bilgan, u ham qiynalgan, biroq sezdirmagan. Bu holatdan so‘ng bilmayman, qanday qilib madaniyat vazirligiga borgan ekan, men ko‘rmaganman va ‘Men sababchi bo‘lganman, bolam kichkina bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatib olgandim, turmush o‘rtog‘im san’atni yaxshi ko‘rar ekan, men chiday olmayapman. Ishini tiklab beringlar’, — degan ekan. Keyin u yoqdagilar ham meni tushunishgan, sababi birdan yo‘qolib qolgandim. Shungacha bitta rolni ijro etgandim va ‘Otalar so‘zi’da kichkina rollarni o‘ynab miniatyuralarda ishtirok etganman. Bundan keyin yo‘qolib qolganimdan ular bilishgan ekan. O‘zim ishlayotgan teatrga meni gap-so‘zsiz qaytarib olishdi. Turmush o‘rtog‘imning o‘zi olib kelgan, direktor, rejissorlarning oldiga olib kirgan. Ana shundan keyin uch yil  ishlamagan bo‘lsam, 44 yil o‘sha teatrda ishladim”, — deydi aktrisa.  Mashhura Zulfiqorova, Mirolim Qilichev, Barchin G‘ofurova va salbiy rollari uchun tomoshabinlar nafratiga uchragan boshqa aktyor va aktrisalar (foto, video)
134
2,584
Madaniyat
Tarantino AQSh tarixidagi eng mashhur seriyali qotil haqida film suratga oladi
Amerikalik rejissor Kventin Tarantino seriyali qotil Charlz Menson haqida film olishni rejalashtirmoqda. Uning ssenariysi tayyor, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Tarantino syomka jarayoniga yulduzli tarkibni jalb qilishni rejalashtirmoqda, ammo aktyorlar hali aniqlanmagan. Qotilning qurbonlaridan biri — aktrisa Sheron Teyt obrazini ekranda Margo Robbi jonlantirishi mumkinligi aytilmoqda. Menson rolini esa Semyuel L. Jekson ijro etishi mumkin. Detektiv obrazida Bred Pitt chiqishi kutilmoqda. Rollardan yana biri Jennifer Lourensga tegishli ekanligi aytilmoqda. Charlz Menson AQSh tarixidagi eng mashhur seriyali qotildir. U 1969-yili “Oila” kommunasi a’zolari bilan birga Los-Anjelesdagi uylardan biriga bostirib kirib, kinorejissor Roman Polanskining rafiqasi, aktrisa Sheron Teytni o‘ldirgan. Shuningdek, u aktrisaning to‘rt o‘rtog‘ini o‘ldirgan.
78
859
Madaniyat
Turk kinosining yulduzli juftliklari bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazadi? (foto)
Turk ommaviy axborot vositalari yulduzli juftliklarning turli yillardagi intervyularidan foydalanib, ular bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishi haqida ma’lumot berdi, deb yozadi “RusTurkey.com”. Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen Masalan, Burak O‘zchivit CNN telekanaliga bergan intervyusida Fahriye Evjen bilan birga kinoga borishni yoki uyda qulay muhitda film tomosha qilishni yaxshi ko‘rishini aytib o‘tgan. Shuningdek, Burak rafiqasi bilan sukut saqlagan holda so‘zsiz bir-birini tushunib, piyoda sayr qilishni yoqtirishini ham qo‘shimcha qilgan. Neslihan Atagul va Kadir Dog‘ulu Neslihan Atagul va uning turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazishni va dam olishni juda yaxshi ko‘radi. Ular karvonda sayohat qilib, go‘zal maskanlardan zavq oladi. Chagatay Ulusoy va Duygu Sarishin Chagatay Ulusoy va uning sevgilisi Duygu Sarishin dengiz va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalarning muxlisidir. Ular bo‘sh vaqtining ko‘p qismini suv bo‘yida o‘tkazadi. Ayniqsa, Chag‘atoy dayvingga juda ham qiziqadi. Halit Ergench va Berguzar Korel Halit Ergench va Berguzar Korel — uyda qolishni afzal ko‘radi. Berguzar o‘z intervyusida kunni uyda pijamada o‘tkazishi mumkinligini va kimnikigadir tashrif buyurishdan ko‘ra mehmon kutishni yaxshi ko‘rishini bir necha bor aytib o‘tgan. Ular ko‘pincha oilaviy kechalar uyushtiradi va bolalar ham bundan zavqlanadi.
78
1,371
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov Istambulda: “Mendirman Jaloliddin” serialining tashkiliy masalalari gaplashilmoqda
Ayni damda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Istanbul shahrida ijodiy safarda bo`lib turibdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda. Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda “Mendirman Jaloliddin” seriali suratga olinmoqda. Ushbu tarixiy filmga mahoratli aktyor va aktrisalar jalb etilgan. Mazkur film jarayonlarining borishi va tashkiliy masalalar yuzasidan suhbatlashish maqsadida O.Nazarbekov Turkiya  safarining ilk kuniyoq “Bo`zdag` film” rahbari, Mehmed Bo`zdag` bilan uchrashdi.   Muloqot chog`ida ayniqsa o`zbek xalqi ushbu filmni intiqlik bilan kutayotganini va bu serialdan o`zbek xalqining ham umidi katta ekanligini ta`kidlarkan: “Asosiysi ushbu filmni turkiy xalqlari tarixidan so`zlovchi, uning madaniyati, insoniyligi kabi fazilatlarini namoyon eta oluvchi durdona asar sifatida nafakat turkiy millatlar, balki, butun dunyo xalqlariga tuhfa eta olishimiz zarur. Jaloliddin Manguberdi obrazi juda nozik va biz uni uvol qilib qo`ymasligimiz kerak”  - dedi O.Nazarbekov Madaniyat vazirining Turkiyaga safari davom etadi, deyiladi xabarda.
101
1,097