folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Kolin Farrell Erongeyt haqidagi serialda suratga tushadi | Irlandiyalik aktyor Kolin Farrell Erongeyt haqidagi serialda suratga tushadi. Bu haqda Variety nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
U AQSh dengiz piyoda qo‘shini sobiq ofitseri Oliver Nort rolini ijro etadi.
Erongeyt Eron-kontras nomi bilan ham mashhur. Bu 1980-yillarning yirik siyosiy mojarosi bo‘lib, o‘shanda Amerika ma’muriyatining ba’zi a’zolari Eronga maxfiy ravishda qurol-yarog‘ yetkazib turganligi ma’lum bo‘lgan edi. Bundan tushgan mablag‘lar esa Nikaraguadagi kontras isyonchilarni moliyalashtirish uchun sarflangan.
Ushbu hodisalar motivi asosidagi serial Amazon onlayn-servisi uchun suratga olinadi. Loyihada, shuningdek, rejissor Yorgos Lantimos ishtirok etmoqda.
Yangi teleshouning nomi hozircha ma’lum qilinmadi. | 56 | 738 |
Madaniyat | Nikolas Gordon Uitni Xyustonning qizi o‘limiga aloqadorligi haqidagi ish bo‘yicha 36 mln dollar to‘laydi | Amerikalik qo‘shiqchi Uitni Xyustonning o‘tgan yili vafot etgan qizi — Bobbi Kristina Braunning yigiti bo‘lgan Nikolas Gordon qizning o‘limiga ehtimoliy bog‘liqligi haqidagi ish bo‘yicha 36 million dollar to‘laydi, deb yozadi “TASS”.
Bunday qarorni 17-noyabr, payshanba kuni Jorjiya shtatining Fulton okrugi sudyasi Jekson Bedford chiqardi.
Xonandalar Uitni Xyuston va Bobbi Braunning yagona farzandi, 22-yoshli Bobbi Kristina Braun olti oy sun’iy komada yotib, 2015-yil 26-iyul kuni olamdan o‘tdi. Bobbi Kristina Nik Gordon uni suv to‘ldirilgan vannada hushsiz topganidan beri shunday holatda bo‘lgan.
Dastlabki sud-tibbiyot tekshiruvi o‘lim sabablarini aniqlay olmadi. Qizning tanasida shikastlanish alomatlari topilmagan, unda hech qanday jiddiy kasalliklar ham bo‘lmagan.
Shu bilan birga, Bobbi Kristina Braunning vasiysi ushbu o‘limda Nik Gordonni aybladi: u Fulton okrugi oliy sudiga taqdim etgan arizada qiz komaga tushgan kun Gordon bilan janjallashgani ta’kidlanadi.
Braunning qarindoshlari Gordonni qizning o‘limiga aloqadorlikda ayblab, u qizga narkotiklar berganligini da’vo qildi hamda undan 50 million dollar tovon puli talab qildi. Gordon ushbu ish bo‘yicha hech qaysi sud majlisiga kelmadi, o‘z advokatini ham yubormadi.
Sudya Bedford yigitni sudga nisbatan hurmatsizlikda aybladi va Gordon avtomatik tarzda sudda yutqazdi. | 104 | 1,340 |
Madaniyat | "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi" davom etadi | Kuni kecha Yoshlar ijod saroyida "O`zbek milliy kino san`ati haftaligi"ning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Haftalikning ikkinchi kuni ham o`ziga xos o`tishi kutilmoqda. Kun davomida "Yoshlar ijodiy tajriba studiyasi" DUK tomonidan kasting bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, haftalik davomida taniqli rejissyorlar Ali Xamroev, Farxod Mahmudov va Ayub Shahobiddinovlar tomonidan mahorat dasrlari, Multiplikasion studiya animatorlari tomonidan “O`zbekiston – bizning diyorimiz” mavzusida bolalar ijodiy tanlovi, xorijiy kinofondlardan qaytarilgan multfilmlarning maxsus namoyishi, “Yangi O`zbekiston va Milliy kinematografiya: 2021 yil ishga tushiriladigan kinoloyihalar, 2022 yilning yangi g`oyalari”, "Zumrasha” kinojurnalining istiqbolli rejalari, "Ekranda ayol taqdiri" mavzularida davra suhbatlari o`tkazilishi belgilangan.
Dastur doirasida joriy kun Tatariston va O`zbekiston kinoijodkorlari hamkorligida Zifa Qodirovaning «Sumbul» asari asosida suratga olingan ko-produksiya «Sumbul» badiiy filmi ilk marotaba katta ekranda namoyish etiladi.
Haftalikning ilk kuni taqdimotlar, yosh kinoijodkorlar uchun kasting va mahorat darslari, kinokonsert tashkil etildi, taniqli aktyor va aktrisalar, xonandalar tashrif buyurishdi. Kun so`ngida esa "Men terrorchi emasman" filmining katta namoyishi o`tkazildi. | 50 | 1,324 |
Madaniyat | O‘zbekistonda ilk bor Abdulla Qodiriyning “To‘la asarlar” to‘plami chop etildi | Bugun, 7-iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Abdulla Qodiriyning besh jildlik “To‘la asarlar” taqdimoti o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.
Unda taniqli adabiyotshunoslardan Ibrohim G‘ofurov, Said Umirov, Bahodir Husanov, Bahodir Karim, Usmon Azim, Shukur Qurbon, Sirojiddin Ahmedov va adibning avlodlari, nevaralaridan Xondamir, Irfon, Sherkon Qodiriylar ishtirok etdi.
Adibning besh jildlik to‘la asarlar to‘plami yangi va zamonaviy ko‘rinishda nashr etildi. To‘plamni chop etishga mas’ul bo‘lgan Xondamir Qodiriyning aytishicha, ushbu to‘plamni tayyorlashda boshqa nashrlarda kuzatilgan adabiyotshunos olimlar tanqid ostiga olgan xato va kamchiliklar bartaraf etilgan. To‘plamni adibning eng sevimli asarlaridan biri “O‘tkan kunlar” ochib beradi. “Mehrobdan chayon” keyingi jildda berilgan. “Diyori bakr” va “Obid ketmon” asarlari ham har biri alohida kitob sifatida jamlangan. Yakunlovchi jild “Adibni xotirlab” deb nomlanib, u memuar singari adibning zamondoshlari, izdoshlari, farzandlari va nabiralari tomonidan u haqda bildirilgan fikrlar, arxiv materiallari va xotiralar asosidagi voqea va faktlarni jamlagan.
Yangi besh jildlikda kitobxon avval o‘qimagan ma’lumotlarni ham topishi mumkin. Adibning o‘sha vaqtdagi yozgan maqola va felyetonlarida ko‘tarilgan muammolar bugungi kunda ham dolzarbligicha qolmoqda. | 78 | 1,351 |
Madaniyat | Aktyor Farrux Soipov san’atni tark etdi | “Kelgindi kelin”, “Kelgindi kuyov”, “Sotqin” kabi filmlardagi ijrosi bilan tanilgan aktyor Farrux Soipov nafaqat kinoni, balki umuman san’at olamini tark etgan. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, rejissor Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olingan “Sotqin” (2015-yil) filmi — Farrux Soipov ishtirok etgan so‘nggi film bo‘lgan.
Bir o‘g‘il va bir qizning otasi hisoblangan Farrux Soipov hozirda tijorat bilan shug‘ullanmoqda. U aynan qaysi sohada tijorat bilan bandligiga aniqlik kiritilmagan.
“Sayyod.com” sayti muallifi Farrux Soipovning san’atdan ketishi sabablarini “san’atda ko‘paygan nopokliklar va nohaqliklar” bilan bog‘lagan.
“Farruxning dunyoqarashi so‘nggi yillarda ancha teranlashib, u ko‘p narsani o‘ziga ep ko‘rmaydigan bo‘la boshlagan edi. Shuning uchun ham uning bu qarori to‘g‘ri”, — deb yozgan “Sayyod.com” muallifi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 39 | 1,030 |
Madaniyat | Xonanda va aktrisa Madina Mumtoz ikkinchi marta o‘g‘illi bo‘ldi | “Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda va aktrisa Madina Mumtoz ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Darakchi” gazetasi.
Madina Mumtozning ikkinchi o‘g‘il farzandi 12-noyabr kuni tug‘ilgan, unga Muhammad Yunus deya ism qo‘yildi. San’atkorning Muhammad Yusuf ismli o‘g‘li bor edi.
“Rosti, o‘g‘il yo qiz bo‘lsin, deb reja qilmagandik”, — dedi Madina Mumtoz. Chaqaloqning vazni 3 kilogramm 426 gramm. | 63 | 425 |
Madaniyat | “Mahallada duv-duv gap”: Rejissor Shuhrat Abbosov 86 yoshga to‘ldi | O‘zbek kino san’atining ulug‘ darg‘asi, mashhur rejissor, professor Shuhrat Abbosov kecha, 16-yanvar kuni 86 yoshga to‘ldi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Shuhrat Abbosov “Mahallada duv-duv gap” (1960), “Sen yetim emassan” (1962), “Toshkent – non shahri” (1967), “Abu Rayhon Beruniy” (1974), “Olovli yo‘llar” (1977—1985), “Otamdan qolgan dalalar” (1997), “Dilor, Dilor, dil va or” (2015), “Yana mahallada duv-duv gap” (2016—2017) filmlariga rejissorlik qilgan.
Shuhrat Abbosov SSSR xalq artisti, “Shuhrat” medali, “El-yurt hurmati” ordeni va o‘nlab xalqaro kinofestivallarda bosh mukofot sohibi bo‘lgan va eng yaxshi rejissor sifatida taqdirlangan.
Kinoijodkor Qo‘qon shahrida dunyoga keldi. U 1949-yilda Toshkent tibbiyot texnikumi, 1954-yilda Toshkent davlat madaniyat institutini, 1958-yilda VGIK (Butunittifoq kinematografiya oliy maktabi)da rejissorlik kursini tamomlagan. U o‘zining mehnat faoliyatini 1954-yilda Yangiyo‘ldagi Toshkent viloyati musiqali drama teatri bosh rejissorligidan boshlagan.
1958—1991-yillarda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissori, 1982—1986-yillarda kinostudiya direktori lavozimida ishlagan.
1983-yildan to hozirgi kunga qadar O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at institutida professional mutaxassis va pedagog sifatida talabalarga ta’lim bermoqda.
Rejissorning 86 yoshga to‘lishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda “Yana mahallada duv-duv gap” filmi ijodkorlari, Shuhrat Abbosovning shogirdlari, yosh rejissor va aktyorlar ishtirok etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 66 | 1,653 |
Madaniyat | Yulduzning “Istiqlol”ga qaytishi Ozodbekning betobligiga to‘g‘ri keldi, sahnada Mirjalol Qosimov va qo‘li singan Botir Qodirov | 15-dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyi “Mavsum xitlari” taqdirlash-konsert dasturiga mezbonlik qildi. Uning doirasida 2016-yil hisobidan qo‘shiqlari xitga aylangan xonandalar siylandi, deb yozdi “Sayyod.com”.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tashkil qilingan konsertda uzoq kutilgan tanaffusdan keyin O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham ishtirok etdi.
Konsert dasturida xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ishtirok etishi kutilgan bo‘lib, san’atkor “Jigi-jigi” qo‘shig‘i uchun taqdirlanishi kerak edi. Biroq u betobligi sabab “Istiqlol”ga tashrif buyura olmagan. Qo‘shiq klipini ko‘rsatib berishi kerak bo‘lgan raqqosalar konsert boshlanmay turiboq kiyimlarini ko‘targanicha “Istiqlol”ni tark etgan.
Yulduz Usmonovaning saroyga qaytishi esa muxlislar tomonidan hayajon bilan kutib olingan. Taxminan 9 yil davomida Usmonova “Istiqlol”da qo‘shiq aytmagani ta’kidlangan bo‘lib, uning sozandalari chiqib kelganidayoq zal tomoshabinlar shovqiniga burkangan.
Usmonova “Qirolichaman” qo‘shig‘ini kuylab bo‘lganidan keyin “Istiqlol” undan yana bir tarona talab qilgan. Bunga javoban qo‘shiqchi “Bormikin” qo‘shig‘ini ham kuylab o‘tgan. Sahnani tark etar chog‘ida esa qo‘li yordamida uni o‘pib ham qo‘ygan.
Xalq artistiga mukofotni futbolchilik va murabbiylik faoliyati bilan mashhur Mirjalol Qosimov topshirgan.
Shu kuni muxlislar qo‘shiqchi Botir Qodirovning qo‘liga e’tibor qaratdi. U o‘ng qo‘lining barmog‘ini sindirib olgan bo‘lib, “Istiqlol”ga gipsi bilan tashrif buyurgandi.
Qodirov mana shu qo‘li bilan Gulsanam Mamazoitovaga mukofot topshirdi. “Aldama mani” taronasi uchun. “Sayyod” o‘z xabarida qo‘shiqchining libosiga alohida e’tibor qaratib, uning didiga qoyil qolganini yashirmagan.
Biroz keyinroq Botir Qodirovning “Nima bo‘ldi?” taronasi ham xit darajasiga chiqqani e’tirof etildi. Unga mukofot sahnaga gipslarsiz chiqib kelgan “Shov-shuv.uz” sayti egasi Jasur Xamroyev tomonidan topshirildi.
“O‘zbeknavo” “Sayyod” sayti egasi Sardor Komilovni ham unutib qoldirmadi. U Munisa Rizayevani “Manbop” qo‘shig‘i uchun tabrikladi.
Munisa Rizayeva boshqa tomondan ham xursand bo‘ldi. U Rashid Xoliqovning “Yo‘q dema” taronasiga ishlangan klipdagi chiqishi va karashmasi bilan ham ovoza bo‘lgandi. Yil taronalaridan biri sifatida mana shu qo‘shiq ham e’tibordan chetda qolmadi. Mukofot O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Dilorom Umarova tomonidan berildi.
Aktrisa Halima Sardor Rahimxon bilan birga kuylangan duet taronasi uchun “Navro‘z” radiosi direktori Miravzal Mirsodiqov tomonidan taqdirlandi. Qo‘shiq nomi “Halima”.
U birozdan keyin Bunyodbek Saidovni “Lo‘ppi” taronasi uchun taqdirlashi ham kerak edi. Biroq kiyim almashtirishda qolib ketgani bilan butun zalni kuldirdi. Bunyodbek esa mukofotni dastyor qizlardan olib qo‘ya qoldi.
Qo‘shiqchi Shohruxxon o‘z rafiqasi Asal Shodiyeva klipida suratga tushgan “Darak yo‘q” qo‘shig‘i uchun emas, balki butunlay boshqa qiz rol ijro etgan “Aldamadim”i uchun sovrin qabul qilib oldi. Mukofot topshirishga yo‘ldosh Muslimbek Yo‘ldoshev bo‘ldi.
Feruza Karimova “Dastingdan” qo‘shig‘i uchun atalgan sovg‘ani xonanda Abdurashid Yo‘ldoshevning qo‘lidan qabul qilib oldi.
“Lolajon”i bilan nom qozongan Muzaffar Mirzarahimovni sahnaga qo‘shiqchi Nilufar chaqirdi. Muzaffar esa mukofotni olishi bilan hayajonlanib, sahnadan tushib ketdi. Nilufar esa yaxshi tilklarini uning ortidan aytib qolaverdi.
Lola “Xabar ol” taronasi uchun e’tirofni Muhammadiso Abdulxairovning qo‘lidan oldi.
Ulug‘bek Rahmatullayev “Qirmizi olma” qo‘shig‘i uchun sovrinni Mavluda Asalxo‘jayevadan oldi.
Alisher Fayzni taqdirlash uchun “O‘zbeknavo”ning o‘z xodimi sahnaga chiqib qo‘ya qoldi — litsenziya bo‘limi rahbari Odil Abduqahhorov. Yaqindagina u rahbarlik qiladigan bo‘lim O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mahmudjon Azimovga 15 yil deganda litsenziyasini qaytarib bergandi.
Konsert dasturini “Diyor” guruhining qo‘shig‘i ochib bergan.
Hasan va Husan triosining chiqishi esa “Sayyod” tomonidan tanqid qilingan: “Ochig‘i, yigitlarning ijodi sustroq ko‘rinmoqda. Dinamika yo‘qdek. Yangi g‘oyalar, izlanish, ijod, mehnat va albatta mantiqqa yaqinroq hazillar o‘ylab topishlarini tilaymiz”, — deb yozilgan xabarda.
Konsertning kulminatsion qismi Dildora Kunuzoqovaning chiqishi bo‘ldi. Muxlislar uchun notanish nom ko‘pchilikni xayron qoldirayotgan bir paytda, u qo‘ltiqtayoqda namoyon bo‘ldi va o‘z ijodi bilan olqishli bo‘ldi. | 126 | 4,397 |
Madaniyat | O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Ahmad Farg‘oniy” spektakli qo‘yildi | Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrining Toshkentga ijodiy safari doirasida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida farg‘onalik ijodkorlarning “Ahmad Farg‘oniy” spektakli namoyish etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Namoyish oldidan “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori o‘rinbosari B. Usmonov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F. Ma’sudov, O‘zbekiston xalq artistlari Yo. Ahmedov, R. Ibrohimova, adabiyotshunos olim Sh. Rizayev va boshqalar chiqish qildi.
Spektaklni tayyorlashda adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev adabiy maslahatchi sifatida ko‘maklashdi. Ahmad Farg‘oniy rolini O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov ijro etmoqda. Liboslar muallifi — mohir dizayner Sevara Zunnunova. Rollarni Kimsanboy Sobirov, Adham Akromov, Shokir Murodov, Aziz Temirov, Komila Valiyeva va boshqa aktyorlar ijro etmoqda. | 74 | 862 |
Madaniyat | Ajoyib sujetga ega, ekran yuzini ko‘rganiga ko‘p bo‘lmagan 7 turk seriali | Turk seriallarini tomosha qilishni yaxshi ko‘radigan, ammo qaysi film ko‘rishni bilmayotganlar uchun seriallar ketma-ketligini taqdim qilamiz.
“Yaxshi va yomon kunda”
“Ijaraga sevgi” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Elchin Sangu ishtirokidagi film premyerasi kuzning boshida bo‘lib o‘tgan. Film sujeti to‘y kunida bo‘lajak kuyovning yo‘qolib qolishi va oradan yillar o‘tib paydo bo‘lishini tashkil qiladi. Qizig‘i, qiz qahramon tashlab ketgan yigitining to‘y marosimini tashkil qilishiga to‘g‘ri keladi.
“A.Riza”
Bu serial ikki turli olamning bir-birini sevib qolgan vakillari haqida. Ali Riza kambag‘al oilaning farzandi bo‘ladi. Ota-onasi uni haydovchilik qiladi deb o‘ylaydi, aslida esa u mafiozlarga qarshi kurashadi. Uning sevgilisi Xalide esa mafiya olami vakilining qizi. Serialning endigina 4 qismi ekran yuzini ko‘rgan.
“Yangi hayot”
Sobiq maxfiy xizmat xodimining hayoti biznesmen rafiqasining qo‘riqchisiga aylanganidan keyin butkul o‘zgaradi. Har ikkisining ham oilasi bo‘lishiga qaramay, bir-biriga nisbatan iliqlikni his qila boshlaydi va taqdiri bilan bog‘liq qiyin tanlov qilishiga to‘g‘ri keladi.
“Mariya va Mustafo”
Serial sujeti obro‘li turk xonadoni farzandi bo‘lgan Mustafoning Yevropadan Kappadokiyaga ekskursiya uchun kelgan Mariya ismli qizni sevib qolishi va oilasining turli e’tiqodi, ijtimoiy ahvoli va madaniyati sabab turmush qurishiga to‘sqinlik qilishiga asoslangan.
“Ma’sumlar xonadoni”
Gulseren Budayjio‘g‘luning mashhur asari asosida suratga olingan serial sujetini psixolog sifatida ishlaydigan opa-singillarning hayoti tashkil qiladi. Voqealar ularning akasi uyga yangi kelinni olib kelgani va barcha bir uyda yashab, bir oila bo‘lib birlashishi asosida rivojlanadi.
“Agentimga qo‘ng‘iroq qiling”
Istanbulga bolalikdagi orzusini amalga oshirish — kino olamiga qadam qo‘yish uchun tashrif buyurgan Dije ismli qiz hayoti film sujetini tashkil qiladi. U aktyorlik agentligida yordamchi sifatida faoliyatini boshlaydi va turli qiyinchiliklarga duch keladi.
“Kimsasizlar”
“Ichkarida” serialidagi roli bilan tanish bo‘lgan Kubra Suzgun va “Qizim”da ishtirok etgan Beren Go‘kyildiz rol ijro qilgan serial sujeti turli sabablarga ko‘ra yetimxonaga kelib qolgan bolalar bilan bog‘liq voqealar haqida. Uni tomosha qilish orqali yetimxonalardagi muhit va bolalar qiyinchiliklarni qanday yengishiga guvoh bo‘lsa bo‘ladi. | 73 | 2,363 |
Madaniyat | Foto: Nikolas Keyj Qozog‘istonga keldi | Amerikalik taniqli aktyor Nikolas Keyj “Yevrosiyo” festivalida qatnashish uchun Qozog‘iston poytaxti Ostonaga tashrif buyurdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Nikolas Keyjning qozoq milliy libosidagi surati paydo bo‘ldi. Ushbu foto qachon tushirilgani ma’lum emas. Aktyor 22-iyul kuni bergan matbuot anjumanida ham shu libosda edi.
Bundan tashqari, Gollivud yulduziga qozoqcha qurt va “Olmos qilich” filmi yozilgan disk sovg‘a qilindi. | 38 | 459 |
Madaniyat | “To‘xtatishni yalinib so‘ragan”: Yelizaveta II qanday qilib arab shahzodasini mashinasida aylantirib, tarbiyalab qo‘ygani haqida | Ma’lum bo‘lishicha, Yelizaveta II ning shafqatsiz hazili Saudiya Arabistoni shahzodasi bilan muzokaralarni olg‘a surishga yordam bergan bo‘lsa-da, arab ayollariga zarar yetkazgan, deb yozadi “Noviy ochag”.
Yelizaveta II taxt vorisini mashinada qanday sayr qildirgan?
1998-yilda Saudiya Arabistoni hukmdori — shahzoda Abdulla ibn Abdal-Azizning Balmoral qal’asiga tashrifi chog‘ida qiziq voqea yuz berdi. Buyuk Britaniyaning Saudiya Arabistondagi sobiq elchisi Sherard Kauper-Koulz o‘z xotiralarida u haqda yozgan. Qirolicha Yelizaveta II faxriy mehmon, uning tarjimoni va tashqi ishlar vaziri – shahzoda Saud bilan nonushta paytida uchrashdi. Valiahd shahzoda Abdulla Balmoral tabiatiga qoyil qolishni bildirgach, qirolicha mehmonlarga mashinada kichik sayohat uyushtirishni taklif qildi. Sayohat uchun shohona Land Rover taqdim etildi. Arab shahzodasi oldidagi yo‘lovchi o‘rindig‘ida, tarjimon esa orqa o‘rindiqqa o‘tirdi va uning yonida qirolichaga joy qoldirildi. Ularning barchasi Britaniya monarxi va haydovchini kuta boshladi.
Haydovchi yo‘q, Yelizaveta II ning o‘zi esa rulga o‘tirganida Saudiya Arabistoni hukmdori bundan ajablandi. Bir necha marta ayollarni yoqtirmaslik alomatlarini ko‘rsatgan va ularga mashina boshqarish taqiqlangan mamlakatdan kelgan shahzoda Abdulla Buyuk Britaniyaning keksa qirolichasining bu qarorini tushunolmadi. U hech qachon mashina haydagan ayolni ko‘rmagan, hatto ular bilan birga harakatlanmagan ham. “Qariya adashib noto‘g‘ri joyga o‘tirdi. U mashina qanday ishlashini qayerdan biladi?” — dedi u tarjimonga. Shahzoda Abdulla Britaniya qirolichasiga xatosini ko‘rsatishga harakat qildi. Yelizaveta II uning so‘zlarini tushundimi yoki yo‘qmi, noma’lum, lekin u eshikni yopib, mashinani ishga tushirdi.
Yelizaveta II sharafli mehmon bilan kichik suhbatni to‘xtatmasdan Shotlandiyaning tik va burilishli yo‘llari bo‘ylab mashinani yuqori tezlikda haydadi. Shahzoda esa o‘rindiqqa qattiqroq joylashib oldi va tarjimonga qichqirdi: “Qirolichaga ayt, men undan mashinani sekinroq haydashini va yo‘ldan chalg‘imasligini iltimos qilaman”. Shahzoda Abdulla Yelizaveta II ning mashinani mukammal haydash qobiliyatiga ega ekanligini, u 9 yoshidan beri mashina boshqarishini bilmas edi.
Qirolicha Yelizaveta II mashina boshqarishni qayerda o‘rgangan?
Ikkinchi Jahon urushi paytida valiahd malika Britaniya yordamchi armiyasida xizmat qilgani ko‘pchilikka ma’lum emas. U avtomexanik kasbini egalladi va o‘z sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Bo‘lajak hukmdor qirol oilasining harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan birinchi a’zosi bo‘ldi. U mashina boshqaruvi bo‘yicha imtihonni a’loga topshirdi, xaritalarni qanday ochish va transport vositalarining ichki hamda tashqi tomondan o‘rgandi. Yelizavetaga tengdoshlari bilan lagerda tunab qolishga ruxsat berilmagan edi. Shuning uchun har oqshom Vindzor saroyiga qaytib kelardi. Shunga qaramay u o‘z oilasining boshqa a’zolari bo‘lmagan noyob tajribaga ega bo‘ldi. Shunisi e’tiborga loyiqki, Britaniya monarxi Vindzorlardan ayollar qo‘llab-quvvatlash xizmatining doimiy va faol a’zosi bo‘lgan birinchi ayoldir.
Qirolicha taxtga o‘tirgandan so‘ng mashina haydash uchun pasport yoki haydovchilik guvohnomasiga muhtoj bo‘lmadi. Hukmdorning maqomi tufayli u yo‘l qoidalarini buzishi mumkin edi. To‘g‘ri 97 yoshida uning eri shahzoda Filipp dahshatli baxtsiz hodisaga uchraganida, monarx jamoat yo‘llarida mashina haydashdan bosh tortdi, lekin u tezlikni yaxshi ko‘rgani uchun shaxsiy mulkida haydashda davom etdi.
Saudiya Arabistoni shahzodasi bilan sayohat natijasi
Taxminlarga ko‘ra, o‘sha paytda qirolicha Yelizaveta II shahzoda Abdulla bilan muzokaralarda g‘alaba qozongan. Ammo arab ayollari Britaniya monarxining hiylasidan zarar ko‘rgan ko‘rinadi. Shamoldek yelgan shahzoda Abdulla Saudiya Arabiston ayollariga mashina haydashga ruxsat berishni istamadi. Taqiq 2018-yilgacha amalda bo‘lgan va Abdullaning vorislari tomonidan bekor qilingan. | 128 | 3,920 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi Xyu Jekman 54 yoshda: Aktyor haqidagi ko‘pchilikka noma’lum, qiziqarli ma’lumotlar | Gollivudning dunyoga mashhur va kelishgan aktyorlaridan biri Xyu Jekman 12-oktabr kuni 54 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan “Elle.ru” nashri aktyorning hayot va ijod yo‘li haqida ma’lumot berdi.
Xyu — mahoratli raqqos
Jekmanning raqs tushish mahoratiga Gollivudning aksariyat vakillari havas qiladi. U o‘zining birinchi mashg‘ulotlarini Pertdagi G‘arbiy Avstraliya san’at akademiyasi talabasi bo‘lgan paytda amalga oshirdi, aktyor u yerda boshqa narsalar qatori bir vaqtning o‘zida beshta to‘pni jonglyor qilishni ham o‘rgandi. So‘nggi mahorat unga hayotda unchalik foydali bo‘lmadi, biroq raqs darslari Xyuga Brodveyda ishlagan paytda bir necha bor yordam berdi.
Iste’dodli xonanda
Jekmanning Brodveyda suratga olish ishlaridagi muvaffaqiyati (u bir mavsumda barcha teatr mukofotlarini olgan dunyodagi yagona artist — The Boy From Oz musiqiy filmidagi debyut roli uchun) nafaqat uning raqs qobiliyatini, balki vokal qobiliyatining yaxshilanishiga ham yordam berdi. Biroq, unga kinoda ham talab kam emas edi: “Chetlanganlar” musiqiy filmidagi Jan Valjan roli unga “Oltin globus” mukofotini olishiga yordam berdi. Bundan tashqari, muxlislar hatto Xyuga Rosomaxa super qahramoni haqidagi navbatdagi filmga musiqa qo‘yishni taklif qildi.
Sadoqatli turmush o‘rtoq
Dunyodagi eng kelishgan erkaklardan biri maqomiga ega bo‘lishiga qaramay, 20 yildan ortiq vaqt davomida Xyuning hayotidagi yagona ayol — uning rafiqasi Deborra-Li Furnessdir. Ular Avstraliyada, Deb kino olamda allaqachon mashhurlikka erishib bo‘lgan va Jekman esa buyuk kelajakka va’da berayotgan edi. Aktyorni maqomdagi farq ham, undan ham ko‘proq yoshi, aktrisa undan 13 yosh kattaligi ham qiziqtirmadi. O‘zaro munosabatlar boshlanganidan ikki yil o‘tgach, Jekman sevgilisini uning rafiqasi bo‘lishga ishontirdi va nikoh uzuklarini dizaynini loyihalashtirdi.
Ideal ota
Xyu va Deborra-Li 2000-yilda Oskar ismli yangi tug‘ilgan chaqaloqni asrab olgan. Oradan besh yil o‘tgach, ularning oilasida Ava ismli qizaloq dunyoga keldi. O‘shandan keyin Jekman haqiqiy mehribon otaga aylandi. U shaxsan o‘zi bolalarini maktabga olib boradi, darsdan keyin ular bilan uchrashadi, oilaviy ta’tilda dengizda suzishni o‘rgatadi va barcha insonlar oldida otalik mehrini ko‘rsatishdan tortinmaydi. Xyuning pedagogik iste’dodini “Sezam ko‘chasi” epizodini tomosha qilish orqali baholash mumkin, u yerda aktyor yosh tomoshabinlarga “kontsentratsiya qilish” fe’lining ma’nosini tushuntirgan.
Yaxshi sportchi
Xyu sevimli sport mashg‘ulotlari: golf, regbi, kriket, suzish, vindserfing, eshkak eshish bilan shug‘ullanadi. Blokbaster ijodkorlari uning ishini yaxshi ko‘rishi ajablanarli emas: aktyorning rekord vaqt ichida kerakli formaga kirishi uchun hech qanday xarajat bo‘lmaydi. Jekman uning garderobida uchta o‘lchamdagi kiyimlarni topish mumkinligini aytgan: “Eng kichik o‘lchamdagi kiyimni romkomada suratga olish paytida kiyaman. Ta’tilga chiqqanimda ikkinchi to‘plamdagi kiyimlarni kiyaman va biroz dam olaman. Men qolgan kiyimni Rosomaxani o‘ynaganimda kiyaman — har safar rol uchun mushak massasini olishim kerak”, — deydi aktyor.
Ajoyib filantrop
Ko‘p yillardan beri Xyu xayriya ishlarida faol ishtirok etib keladi. Aktyor rafiqasi Deborra-Li Furness bilan birgalikda iqlimni saqlab qolish uchun kurashadi, Daniyel Kreyg bilan birgalikda OITSga chalinganlarga yordam beradi, qashshoqlikka qarshi Global Poverty Project loyihasining elchisi hisoblanadi. Jekmanning “yaxshi ishlaridan” biri shov-shuvli Ice Bucket Challenge musobaqasida qatnashishi bo‘lib, u hozirda suratga tushayotgan “Pen” filmining butun jamoasini bunga jalb qilgan. Tomoshabin esa fidoyi Xyu o‘ziga bir emas, ikki chelak muzli suv quyganini ko‘radi.
Mashhur bloger
Xyuning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida umumiy 25 million obunachiga bor va hozir eng jadal rivojlanayotgani uning Instagramdagi sahifasidir. Jekman barcha asosiy janrlarni: taom suratlari, liftdagi selfilar, mashg‘ulot videolarini yaxshi o‘zlashtirgan. Biroq hatto uning o‘zi ham Xyu fotoblogining asosiy yulduziga aylana olmadi, balki uning sodiq iti, Dali ismli fransuz buldogi blogda mashhurlikka erishdi. Aktyor barcha nashrlarning uchdan bir qismini uy hayvoniga bag‘ishlaydi.
Ko‘p qirrali aktyor
Xyu ajoyib aktyor. Jekman o‘ttizdan ortiq filmlarda suratga tushgan, uning suratga olish jadvali uch yil oldin rejalashtirilgan. Jo Raytning “Pen” komediyasida u qaroqchi Qora Soqolni o‘ynaydi. “Yer yuzidagi eng buyuk shoumen” biografik musiqiy filmida u afsonaviy amerikalik Teylor Barnum sifatida namoyon bo‘ladi, Nil Blomkampning “Chappi” trillerida u ham asosiy rollardan birini ijro etadi. | 99 | 4,599 |
Madaniyat | Megan Markl va shahzoda Garri qirollik oilasini tark etganidan keyin ularning o‘g‘li — Archining hayoti qanchalik o‘zgardi? | Britaniyani tark etganidan keyin Kanadada yashay boshlagan shahzoda Garri, Megan Markl va ularning o‘g‘li Archi koronavirus epidemiyasi boshlanganidan keyin AQShga ko‘chib o‘tgan hamda 15 million dollarga Kaliforniyadan turar joy sotib olgan. Netflix va Spotify bilan shartnoma imzolagani esa moliyaviy mustaqillikka erishishiga hissa qo‘shgan.
Maqomdan voz kechish
Garri va Megan Archi dunyoga kelishidan avvalroq o‘g‘lini oddiy boladek katta qilishni istashini bildirgan va aynan shu sabab ham bolaga tug‘ilganidan keyin berilishi kerak bo‘lgan graflik maqomidan bosh tortgan. Nima uchundir Archiga qarashga yollangan enagalarning hech biri uzoq ishlamagan. Birinchisi ikkinchi kechaning o‘zidayoq haydalgan. Bunga enaga o‘z vazifasining uddasidan chiqmagani, bolaning yig‘isiga e’tibor qilmagani sabab bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Birinchisidan uzoqroq ishlashga muvaffaq bo‘lgan enaga ham Megan va Garrining noroziligiga sabab bo‘ladigan ishlar qilgan. Uchinchi va bir nechta manbalar tomonidan qora tanli ekani tasdiqlangan uchinchi enaga bilan esa juftlik yaxshi chiqishgan va ishlaridan qoniqqan. Ammo Kaliforniyaga ko‘chib o‘tishga to‘g‘ri kelganidan keyin Archi yana enagasiz qolgan. Bunga yordamchi ayolning boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishni istamasligi sabab bo‘lgan.
Ota va ona bilan birinchi qadam
Juftlik farzandi hayotidagi eng muhim voqealardan birini o‘tkazib yubormagan. Megan bu haqda gap ketganda: “Juda ham omadlimiz, chunki endi bolamiz qanday katta bo‘layotganini kuzatishimiz mumkin”, — degan. So‘nggi yillarni Kaliforniyada o‘tkazgan oila farzandiga, omma e’tiboridan holi, oddiy bola sifatida tarbiya berishda davom etmoqda.
Zoom orqali suhbatlashadigan qarindoshlar
Garri intervyularidan birida qirollik oilasi bilan muloqot qilishda davom etishini ta’kidlagan. Ular bugungi kunda Zoom orqali gaplashib turadi. Archi esa hamisha ushbu seanslarda ishtirok etadi va yaqinlarining ovozini eshitishi bilan boshqa xonadan yugurib chiqadi.
Amerikacha aksent
Muxlislar esa Archining ovozini ilk bor 2021-yil arafasida Spotify musiqiy platformasidagi podkastda eshitgan. Juftlik shouning yangi sonida bolasining tabrigi bilan bo‘lishgan. Archi ota-onasining ketidan: “Yangi yil bilan”, — degan. Ortidan esa otasi Garri: “Sevgi hamisha g‘alaba qozonadi”, — deb qo‘shimcha qilgan. Bunga muxlislar salbiy reaksiya bildirgan, kimlardir bolasini yashirib yurgan juftlikning birdaniga ommaga ko‘z-ko‘z qilganiga e’tiroz bildirgan. Qirollik biografi Penni Junor esa Archi saroyda katta bo‘layotgan amakivachchalaridan yaqqol farq qilishini bildirgan. “Archi tamoman boshqacha bola bo‘ladi. Amerikacha aksent bilan gapiradigan, mashhur odamning farzandiga o‘xshab katta bo‘ladi. Uning qo‘riqchilari juda ham ko‘p bo‘ladi. Fikrimcha, bu qirollik oilasini qattiq xafa qiladi”, — degan u.
Bola tarbiyasi
Qirollik oilasi Montessori tizimidagi o‘rgatadigan o‘yinlarni juda ham hurmat qiladi. Bir vaqtlar Uilyam va
Garrining o‘zi ham shu tizimda ta’lim olgan, endilikda Garri va Megan ham o‘g‘liga ushbu pedagogik usulni qo‘llamoqda. Bu usul ijodiy fikrlashni rivojlantirishiga ishoniladi.
Megan va vafli
Megan to‘satdan qaror qabul qilish, kinoda suratga tushishdan tashqari vafli pishirishni ham yaxshi biladi. Bu haqda Garridan xabar topgan Yelizaveta II Rojdestvoga sovg‘a sifatida Archiga vafli pishiradigan qurilma yuborgan. Shundan keyin Megan nonushtaga tez-tez vafli tayyorlaydigan bo‘lgan.
Ota va velosiped
Juftlikning Opra Uinfriga bergan intervyusida Garri o‘g‘lini qirollik saroyidan uzoqda katta qilish unga yoqayotganini ta’kidlagan. Ular birgalikda velosipedda sayr qilishni juda ham yaxshi ko‘radi. “Men Archini velosipedning orqa qismidagi kichkina o‘rindiqqa o‘tqazaman va biz sayr qilgani otlanamiz. Bolaligimda buning iloji bo‘lmagan. Uni o‘tqazganimda qo‘llarini ochib, atrofga ‘u-u-u’, deb baqiradi. Keyin esa juda ham ko‘p narsalar haqida gapirishni boshlaydi”, — degan u.
Katta tanaffus
Nafaqat Megan va Garri qirollik oilasidan uzoqqa ketib o‘g‘lining hayoti o‘zgarishiga sabab bo‘lgan, balki Archi ham ota-onasining dunyoqarashi o‘zgarishiga hissa qo‘shgan. Megan onalik uni yangi ro‘yoblarga ilhomlantirganini ta’kidlagan: “Menimcha, bu kuch bag‘ishlaydi, bizga bolalarimizdan meros bo‘lib qoladigan dunyo haqida tashvishlantirishga undaydi. Siz ayrim narsalarga dosh berishga tayyor bo‘lasiz, ammo gap farzandlaringiz haqida ketganda, ularni qaltis vaziyatda qoldirishni istamaysiz. Shuning uchun men har kuni o‘zimga: dunyo Archiga yaxshi bo‘lishi uchun nima qilishim kerak, degan savol bera boshladim. Bu savol turmush o‘rtog‘im va men uchun eng muhim masalaga aylandi”. | 123 | 4,613 |
Madaniyat | Qariyotgan superqahramon: “Akvamen” suratga olish jarayonidagi jarohatlari haqida so‘zlab berdi | Gollivud yulduzi Jeyson Momoa Ellen Dejeneresning tok-shousi vaqtida yangi “Akvamen: Yo‘qotilgan qirollik” filmini suratga olish jarayonida olgan jarohatlari haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Ko‘zimga shikast yetkazib qo‘ydim. Muolaja qilishdi, keyinroq operatsiya qildirishim kerak ekan. Churram bor, qovurg‘alarim yetishmaydi...”, — deya ta’kidlaydi aktyor.
Shu bilan birga, aktyor jarohatlar uni qo‘rqitmasligiga ishontirgan.
“O‘z ishimni yaxshi ko‘raman, ba’zida unga haddan ortiq berilib ketaman. Barchasiga yoshim aybdor. Endi men qariyotgan superqahramonman”, — deydi Momoa.
Shuningdek, u yangi film tomoshabinlarga, albatta, yoqishiga ishonch bildirgan.
Avvalroq “Deyneris” va “kxal Drogo” serial yaratuvchilaridan biri tomonidan tashkil etilgan kechada uchrashib qolgani, Jeyson Momoa “Taxtlar o‘yini”dan so‘ng moddiy qiyinchiliklarga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Jeyson Momoa “Akvamen”ning saratonga chalingan yosh muxlisi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lanib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini ta’sirlantirdi (video) | 95 | 1,066 |
Madaniyat | Netflix “Qog‘ozli uy” serialining koreyscha remeykiga buyurtma berdi. Unda “Kalmar o‘yini” yulduzi suratga tushadi | Netflix ispaniyalik kinoijodkorlar tomonidan taqdim qilinib, mashhurlikka erishgan “Qog‘ozli uy” (Money Heist) serialining remeykini ishlashga qaror qildi.
“Qog‘ozli uy”ning so‘nggi 5-mavsumini 3-dekabrdan Netflix’da tomosha qilish mumkin.
Yangi versiyada esa bosh qahramonlardan birining rolini “Kalmar o‘yini” (Squid game) yulduzi Pak Xe Su gavdalantiradi. U Berlin laqabi bilan ma’lum bo‘lgan qahramon rolini ijro qiladi. Boshqa qahramonlar sifatida kim suratga tushishi haqida yaqin orada ma’lumot beriladi. Serialning qachon ekran yuzini ko‘rishi ham hozircha noma’lum.
Unga “Ovoz” (Voice) va “Qora” (Black) dramalari bilan mashhur bo‘lgan Kim Xon Son rejissorlik qiladi. Netflix yangi koreyscha versiyani taqdim qilishdan tashqari, serialga spin-off (asosiy sujetga qisman daxldor bo‘lgan, boshqa qahramonlar ishtirokidagi bayon) ishlashi haqida ham ma’lum qilgan. Loyiha serialdagi Berlin laqabli qahramonga bag‘ishlanadi. Takror Pedro Alonso suratga tushishi kutilayotgan serialning taqdimoti 2023-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. | 114 | 1,047 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” qoshidagi kengash Shahlo Ahmedova va Jasur Umirovning kliplarini rad etdi | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi Qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 10 nafar xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.
Videokliplarni baholashda kengash a’zolari ijodiy ishdagi badiiy va professional yondashuvlarga hamda xalqimiz tarbiyasi va dunyoqarashiga ta’sir etish darajasiga e’tibor qaratadi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedovaning “Erka desam”, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldoshevaning Ozarbayjon tilida kuylangan “Man bir ayri”, xonanda Xurshid Rasulovning “Yoshligimga qaytgim keladi”, xonanda Zilola Musayevaning (Shahzoda) “Jajji qizaloq” hamda xonanda Navro‘z Sobirovning “Bu tuproq” deb nomlangan qo‘shiqlariga ishlangan kliplari muhokama etilib, ushbu ijrochilarga kliplardagi ba’zi juz’iy kadrlarni to‘g‘rilash sharti bilan efirga uzatish uchun tavsiya berildi.
Xonanda Shahlo Ahmedova ijro etgan “Indama” qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, oldi-qochdi jumlalardan iboratligi, unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda milliy mentalitetga mos bo‘lmagan, ma’naviyatimizga zid xatti-harakatlar, “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib qiluvchi raqslar aks etganligi bois ushbu klip rad etildi.
Xonanda Hadicha Qurbonova ijro etgan “Yolg‘iz qiz” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip to‘liq nihoyasiga yetmaganligi hamda musiqasini milliy cholg‘ular asosida boyitish kerakligi tushuntirildi. Xonandaga klipni tayyor holda navbatdagi kengashga topshirilishi ma’lum qilindi.
Xonanda Jasur Umirov ijrosidagi “Xo‘rlandi yurak” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda kompyuter grafikasidan o‘rinli foydalanilmaganligi, qo‘shiq matni mazmunan sayozligi va videoklipdagi ayrim o‘rinsiz kadrlar olib tashlanishi lozimligi ijodkorga tushuntirilib, ushbu klip rad etildi.
Xonanda Nodir Niyozov tomonidan ijro qilingan “Ona” qo‘shig‘i matni yaxshi yozilgani e’tirof etilib, klipdagi tushunarsiz kadrlarga e’tiroz bildirildi. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng xonandaning videoklipi badiiy kengashda qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Xonanda Elvira Yusupova (“Ko‘k choy” guruhi) ijro etgan “I love you, Bukhara” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi yigit tomonidan qizni ko‘tarish raqsi olib tashlash tavsiya etildi. Xonanda tomonidan joyida to‘g‘rilanganligi uchun ruxsat berildi. | 89 | 2,355 |
Madaniyat | "Erimning qazo qilganlarini hamma bilmaydi" — o`zbek aktyori vafot etgani ma`lum bo`ldi | 2019 yilning 29 avgust kunida “O`zbekfilm” kinostudiyasida ko`p yildan buyon faoliyat ko`rsatgan aktyor, rejissyor To`xtamurod (To`xtasin) Murodov miyaga qon quyilishi natijasida vafot etdi."Uyimizga tinimsiz telefon qilishadi, viloyatdan, boshqa joylardan. Hattoki kinoaktyorlarning yarmi bilmaydi ularni vafot etganini. Hozir ham qo`l telefonlari, raqamlari ishlab turgani uchun, ba`zida odamlar – To`xtasin akam yaxshi yuribdilarmi? – deb surashsa g`alati bo`laman”. 2019 yilning 29 avgust kunida “O`zbekfilm” kinostudiyasida ko`p yildan buyon faoliyat ko`rsatgan aktyor, rejissyor To`xtamurod (To`xtasin) Murodov miyaga qon quyilishi natijasida vafot etdi. Aktyorning qazo etgani shu kungacha hech qaysi OAVda yoritilmadi, Effect.uz axborot agentligi jurnalisti Sarvinoz Sulaymonovaga murojaat qilgan marhumning ayoli aktyorning turmush o`rtog`i hali ham uyga ko`plab hamkasblar qo`ng`iroq qilishini, oradan 4 oy o`tgan bo`lsa ham, bo`lgan voqeadan ularning xabari yo`qligini aytdi. “2016 yil avgustda miyaga qon quyilishi natijasida birinchi bor insultni boshdan kechirdilar. Roppa rosa bir yildan so`ng umuman tildan qolib, yotib qoldi. Mana qo`limda shifoxona qog`ozlari turibdi – tashxis “miya ishishi”. Shu yil avgustda 16 son shahar shifoxonasining kardioreanimasiya bo`limiga ularni yotqizgan edik va o`sha erda olamdan ko`z yumdilar” deydi Xilola Botirova. Aktyor “Tangalik bolalar”, “Mergan milisiya”, “Osmondagi bolalar”, “Akmalning sarguzashtlari”, “Arosat” va boshqa kinofilmlarda ijro etgan rollari bilan nom qozongan.
To`xtamurod Murodov 1946 yil 20 oktyabrda Buxoro viloyati Qorako`l tumanida tug`ilgan. 1966-1970 yillarda Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissura bo`limida taxsil olgan. Ayni vaqtda Sirg`ali tumani “Mexrigiyo” mahallasida bir xonali xonadonda uch farzandi bilan yolg`iz qolgan Xilola opa hayotidan ko`ngli to`qligini, biroq xavas bilan turmush o`rtog`i har bir farzandi uchun “dom”dan tashqarida uchta yong`oq daraxti ekkanini, 2016 yilda esa daraxtlar shu erdagi mahalla qo`mitasi vakillari tomonidan kesila boshlaganini aytdi. Shundan so`ng To`xtasin aka qattiq siqilib, miyasiga qon quyilishgacha borgani ham ta`kidlandi.Oilangizga biror yordam ko`rsatilmadimi degan savolga Xilola Botirova shunday deydi: “Hokimiyat tomonidan 2018 yil 3 dekabrda “Nogironlar kuni”ga bag`ishlab To`xtasin akamga nogironlar aravachasi berildi, yana birozdan so`ng mahalladan bizga ko`mak o`rnida yog`, ul-bul berildi, shundan boshqa yordam olmadik. Vaholanki ularning davolanishi uchun zarur bo`lgan dori-darmon orzon emas, hattoki uydagi muzlatgich va boshqa buyumlarni sotishga to`g`ri keldi. Mahalla vakillariga yordam so`rab chiqsam – “Ering 1 200 000 so`m nafaqa oladi, bundan tashqari katta o`g`ling va kelining Moskvada o`qib ishlaydi...” – deb bizga rad javobi berilgan”. “Mehrigiyo” mahalla qo`mitasi vakillari bir daraxtga qo`shib, sahnaga bag`ishlangan bir umrni kesganini anglaganmikan? Nogiron holatidagi insonning etmayotgan nafaqasiga barmoq o`qtalish to`g`rimi?Bugun kunora qariya va nogironlarga e`tibor xaqida gapiriladi. O`zbek san`at darg`alari naridan beri munosabat ko`rar ekan, oddiy aholi haqida nima deyish mumkin? Bu savollar ochiq qolmoqda...
Tahririyatimiz nomidan aktyorning oila-a`zolariga ta`ziya izhor etamiz. Ruhi shod bo`lsin! | 87 | 3,297 |
Madaniyat | Muxlislarning talablariga binoan “Choy” va “Kulcha” filmlarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi | Xalqaro kino festivallarida munosib o‘rinni egallab kelayotgan rejissor Shokir Xoliqovning “Choy” hamda rejissor Sevara Halimovaning “Kulcha” nomli qisqa metrajli filmlarining taqdimot marosimi o‘tkaziladi.
Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“O‘zbekkino” MA matbuot xizmati ma’lumotiga qaraganda, 2019-yil 1-iyul kuni soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida “Yoshlar kuni” munosabati bilan, ko‘pchilik kino muxlislarning talab va takliflariga ko‘ra “Choy” va “Kulcha” filmlarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 1-iyul kuni “Zumrasha” bolalar yumoristik jurnalining taqdimoti ham o‘tkaziladi. Mazkur taqdimotlarga kirish bepul. | 88 | 693 |
Madaniyat | Turkiyaning eng bo‘yi baland mashhur aktrisalari (foto) | Aktrisalarda mahorat bilan birga tashqi ko‘rinish, qad-qomat hamda uzun bo‘y ham alohida ahamiyatga ega. Turk yulduzlari orasida esa bu kabi talabga javob beradigan aktrisalar talaygina. Shuning uchun ham ular ilk faoliyatini modellikdan boshlagan.
Xande Erchel, 175 santimetr
Xande nafaqat Turkiya, balki dunyo bo‘ylab muxlislar ko‘nglini zabt etayotgan aktrisalar qatorida joy olmoqda. U o‘zbek tomoshabinlariga “Malikam, endi qara” hamda “Gunesh qizlari” seriali orqali tanish. Shuningdek, Xande ko‘plab reklamalarda ishtirok etadi va jahon kosmetika brendining yuzi hisoblanadi.
Fahriye Evjen, 173 santimetr
Fahriyening dunyo miqyosidagi mashhurligi uning Burak O‘zchivit bilan “Choli qushi” serialidagi roli bo‘ldi. Aktrisani film va seriallarga suratga tushishidan tashqari bir necha kosmetik vositalar reklamasida ko‘rish mumkin.
Hazal Feliz, 172 santimetr
Hazal karyerasini jurnallar uchun suratga tushadigan model sifatida boshlagan. U “Sevgi iztirobi” filmidan so‘ng chinakam mashhurlikka erishdi.
Dilan Chichek Deniz, 177 santimetr
Dilan ham kino olmiga kirmasdan avval 16 yoshida model sifatida ish boshlagan. U “Turkiya go‘zali” tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan. Aktrisa “Chuqur” serialidagi roli bilan xalq orasida mashhurlikka erishdi.
Maryam Uzerli, 173 santimetr
“Muhtasham yuz yil” seriali namoyishidan so‘ng aktrisani tanimaydigan insonning o‘zi qolmadi. Aktrisa keyinchalik boshqa filmlarda va chet el bilan hamkorlikda ishlashni ham yo‘lga qo‘ygan.
Jansu Melis Karakum, 182 santimetr
Jansu 2014-yil “Turkiyaning eng yaxshi modeli” unvoniga sazovor bo‘lgan.
Berguzar Korel, 180 santimetr
Aktrisa “1001 kecha” serialidagi roli uchun “Oltin kapalak” mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Sezgi Sena Akay, 181 santimetr
Sezgi ko‘p yillar mobaynida sport bilan shug‘ullangan. U professional voleybolchi. 2012-yilda “Turkiyaning eng yaxshi modeli” hamda “Dunyoning eng yaxshi modeli” unvonini qo‘lga kiritgan.
Selma Ergech, 178 santimetr
Selmaning karyerasi ta’sirchan rollarga boy. Ammo u ham ko‘proq “Muhtasham yuz yil” serialidan keyin dunyo miqyosida mashhurlikka erishdi.
Birche Akalay, 178 santimetr
Birche ham “Turkiya go‘zali” tanlovida ishtirok etib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Tanlovdan so‘ng unga sport dasturida ishlash taklifini bildirishgan. Shundan so‘ng jurnallar reklamasi ham “Taqdir” filmida ilk debyutini ijro etgan. | 55 | 2,362 |
Madaniyat | Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev o‘g‘il farzandli bo‘ldi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonandaning ukasi va prodyuseri Dilshod Rahmatullayev jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“Bugun tong soat 7:30 da akam o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Xudoga shukr, chaqaloq ham, ayollari ham sog‘-salomat”, — deydi Dilshod Rahmatullayev.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rahmatullayevning Fayzulloh ismli 5 yoshli o‘g‘li hamda 3 yoshli Farzona ismli qizi ham bor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 54 | 624 |
Madaniyat | Bob Dilan Barak Obamaning Nobel laureatlari bilan Oq uydagi uchrashuviga kelmadi | Amerikalik qo‘shiqchi Bob Dilan Barak Obamaning Nobel mukofotining amerikalik laureatlari bilan uchrashuviga kelmadi. Uchrashuv 30-noyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Josh Ernest ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Dilanning uchrashuvga nima sababdan kelmaganligi ma’lum qilinmagan. The Washington Post nashrining ma’lum qilishicha, musiqachining vakili jurnalistlarning savollariga javob bermagan.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik musiqachi va qo‘shiqchi shoir Bob Dilan adabiyot bo‘yicha 2016-yilgi Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi. U “Amerika qo‘shiqchilik an’anasi doirasida yangi poetik iboralarni yaratgani uchun” mukofotga loyiq deb topildi.
AQSh prezidenti Barak Obamaning Bob Dilan ijodining muxlisi ekanligi ma’lum. Musiqachi Nobel mukofotining laureati bo‘lganligi haqida ma’lum qilinganda, prezident Twitter’dagi sahifasiga “Sevimli shoirlarimdan biri Bob Dilanni haqli mukofot bilan tabriklayman”, deb yozgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 80 | 1,112 |
Madaniyat | O‘zbekistonda koronavirusga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olinmoqda (foto) | “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan “Sinovli kunlar” nomli hujjatli film suratga olinmoqda. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Ushbu filmda respublikamizga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi, tarqalishi va unga qarshi kurashish jarayonlarida Davlat rahbari hamda xalqning hamjihatlikdagi kurashi, milliy qahramonlarimizga aylangan shifokorlar, harbiylar, shuningdek, shunday sinovli kunlarda yordamga tayyor turgan xalq vakillari, qiyinchilik kunlarda bir-biriga muruvvat ko‘rsatganlar haqida hikoya qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Filmning suratga olish ishlari Xorazm, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Film rejissori va ssenariy muallifi Doniyor Shokirov, operator Said Dalilxon Said Turg‘utxonov.
“Filmdan ko‘zlangan maqsad yurtdoshlarimiz boshiga tushgan shunday sinovli kunlarni sabr va bardosh, kuchli iroda, birdamlik, hamjihatlik bilan yengib o‘tishga qaratilgan. Va albatta, pandemiya davrida kasbiga sadoqat bilan el xizmatida yurgan ayrim soha vakillari, jumladan, shifokorlar, IIV hamda Milliy gvardiya xodimlari, shuningdek, bemor, yordamga muhtoj kishilarga ko‘mak berish ilinjida yurgan ko‘ngillilarga bag‘ishlanadi”, — deydi rejissor Doniyor Shokirov. | 80 | 1,343 |
Madaniyat | 40 kilodan 60 kilogacha. Oshqozon kichraytirish operatsiyasi orqali ozayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video) | Bir muddat avval o‘zbekistonliklar bariatrik jarrohlik uchun Turkiyaga safar qilardi. Hozirda bu jarrohlik amaliyoti O‘zbekistonda ham amalga oshirilyapti. Masalan, ozarbayjonlik shifokor xususiy klinikalarning biriga tashrif buyurib, ro‘yxatdan o‘tgan bemorlarni qabul qiladi. Jarrohlik xarajatlari 4500 AQSH dollarini tashkil etadi. O‘zbek shifokorlarining bariatrik jarrohlik amaliyoti esa 3500 AQSH dollar evaziga o‘tkazilyapti.
Keyingi paytlarda oshqozonini jarrohlik yo‘li bilan qisqartirish natijasida hayratlanarli darajada ozgan san’at vakillari haqidagi xabarlar tez-tez quloqqa chalinyapti. Xo‘sh, taniqli ayollardan kimlar bu jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi va natijalar kutilganidek bo‘lyaptimi? Bu haqda ularning o‘zlari bilan suhbatlashamiz.
Zuhra Soliyeva: “Menga sport yordam bermadi”
— Semirish har doim ham ovqat ko‘p iste’mol qilish va kam harakatlilikdan yuzaga kelmaydi. Unga boshqa omillar, xususan, endokrin bezlar faoliyatining yomonlashuvi ham sabab bo‘lishi mumkin. Ikki-uch yil avval shifokorga murojaat qilganimda, menda garmon buzilishi sodir bo‘layotganidan ogohlantirgan edi. Uni bir necha yil davomida dori-darmonlar bilan ham davolash mumkin, ammo bu har doim ham samara beravermas ekan. Shu bois menga jarrohlik amaliyotini tavsiya qilishdi.
Hayotda u qadar ishtahali inson emasman, bundan tashqari, kunimning eng kamida o‘n soati harakatda o‘tadi. Ayni karantin davri kuchaytirilgan paytda uydan chiqmay, kuniga 7-8 soat jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandim. Eng alam qilgani, bir gramm ham vazn yo‘qotmadim. Keyin bilsam, bu xastalikning sababi boshqa ekan. Tekshiruvlardan so‘ng meni kamida qirq kilogramm vazn tashlashim kerakligini aytishdi. Oshqozonni kichraytirish operatsiyasidan keyin ilk oyda 15 kilo vazn tashladim. Hozir qanchalik xursandligimni tasvirlab berolmayman. Chunki avvalgi kiyimlarimga ikkinchi Zuhra bemalol sig‘adigan natijaga erishdim, — deydi aktrisa Zuhra Soliyeva.
Feruza Jumaniyozova: “Salomatligim yomonlashganini yashirmayman”
— Ko‘pchilik bariatrik jarrohlik amaliyotini chiroy uchun qildi, deb o‘ylashadi. Ammo bu salomatligimni tiklashim uchun ham zarur edi. Salomatligimda o‘zgarish bo‘lganini hech qachon yashirmayman. Qomatdagi o‘zgarish ham faqat insonning ishtahasi bilan emas, balki sog‘lig‘i bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Oshqozonni kichraytirish amaliyoti butun dunyoda o‘tkaziladi. Qandli diabet xastaligiga chalinganlar ham bu amaliyotni boshidan o‘tkazishadi. Parhez va jismoniy mashq ham ozishga yordam beradi, ammo baribir kutilgan natijaga erishish mushkul.
Yashirmayman, operatsiyadan keyin immunitetim birdan tushib ketdi. Holsizlanib qoldim. Ammo asta-sekin hammasi yaxshilanyapti. O‘zimni avvalgidek yengil va g‘ayratli his qilyapman. Jarrohlikdan keyingi avvalgi oylarda katta vazn yo‘qotiladi, normal vaznga erishgach to‘xtaydi, — deydi xonanda Feruza Jumaniyozova.
Shahnoza Otaboyeva: “Semizlik sabab odamlardan uyalardim”
— Kasbim sabab hamisha odamlar orasida bo‘lishimga to‘g‘ri keladi. Ammo jarrohlikdan avval ko‘chaga chiqishni ham istamasdim. Hatto odamlardan uyalganim uchun qochib yurardim. Dugonalarim uchrashuvga chaqirishsa, bormaslik uchun bahona izlardim. Operatsiyadan keyin hammasi o‘zgardi. Yashashga bo‘lgan muhabbatim yanada ortdi. Operatsiyadan keyingi oyda 15 kilo vazn tashladim, ikkinchi oy esa 5 kiloga ozdim. Teri osilib qolish jarayonlari bo‘lmadi, hammasi a’lo. Ilgari qon bosimning oshishi, oyoq og‘riqlaridan aziyat chekardim.Hozir esa hammasi joyida. Ammo shunda ham diyeta va jismoniy harakatlarga alohida e’tibor beryapman. Yashash tarzimni butunlay o‘zgartirdim. Oz-ozdan tez-tez ovqatlanyapman. Zararsiz mahsulotlarni iste’mol qilishga harakat qilyapman. Jarrohlik amaliyotini boshdan kechirish qiyin, ammo bundan boshqa choram qolmagandi, — deydi xonanda Shahnoza Otaboyeva.
Madina Bozorova: “60 kilo vazn yo‘qotdim”
Madina Bozorova asli mutaxassisligi bo‘yicha stilist bo‘lsa-da, bir nechta xonandalarning kliplarida suratga tushgan. Ayniqsa, Shohruxxonning “Qo‘g‘irchoq” klipidagi ishtiroki tomoshabinlar e’tiboriga tushgan.
— Asli kasbim grim ustasi bo‘lgan. Hamisha san’atkorlar davrasida bo‘lganim uchun juda ko‘p kliplarda suratga tushganman. Shohruxxonning “Qo‘g‘irchoq” klipidagi ishtirokim omadli chiqqandi. Oxirgi yillarda vaznim keskin ortib ketgani uchun bu sohani tark etishimga ham to‘g‘ri keldi. Ozish uchun hamma chorani qo‘llab ko‘rganman. Ming mashaqqat bilan ozaman, keyin birdan vaznim ikki barobar ortardi. Bu jiddiy xastalik ekanligini aytishganidan so‘ng, oshqozonimni qisqartirishga majbur bo‘ldim. Shu kungacha 60 kilo vazn tashladim. Bu bir yilda super natija. Oshqozonim og‘rimaydi. Ammo sochim to‘kiladigan bo‘lib qoldi. Shifokorlar bu immunitet tushishi bilan bog‘liq, deyishdi. San’atdan ketib, hozirda dekor sohasida faoliyat yurityapman, — deydi Madina Bozorova.
Kamola Oripova: “Jarrohlikdan so‘ng ona bo‘ldim”
Marhum xonanda Mo‘min Oripovning rafiqasi Kamola Oripova Instagram foydalanuvchilariga yaxshi tanish. Uning sahifasini 1,5 million obunachi kuzatadi. Kamola sochlarni keratin yordamida silliqlash bo‘yicha mutaxassis. U ayni kunlarda Istanbuldagi go‘zallik salonida faoliyat yurityapti.
— Nega oshqozon operatsiyasini qilishga majbur bo‘lganimni odamlardan yashirmaganman. Chunki hamma ayol go‘zal qomat egasi bo‘lishga haqli. Oshqozon operatsiyasini 2020-yilning 8-fevral sanasida qildirganman. Bir yilda 43 kilo vazn yo‘qotib, o‘zimni yengil his qildim. Undan keyin qizim Maryamxon dunyoga keldi. Hozir ham homiladorlik bilan bog‘liq jarayonni boshdan kechiryapman. Haddan ortiq to‘lishib ketganim yo‘q. Yana 10 kilo ozish niyatim bor. Faqat bu rejani bir necha oyga ortga surib turishimga to‘g‘ri keldi, — deydi Kamola Oripova.
Mohina Zapolskaya: “Afsusdaman”
Mohina Zapolskaya “Zirapcha” realiti-shousidagi ishtiroki bilan xalqimizga yaxshi tanish. U bir necha yildan buyon ko‘chmas mulk savdosi va qurilishi bilan shug‘ullanadi. Mohina ko‘rsatuvdagi ishtirokidan so‘ng “Meni asra” serialida ham suratga tushgan.
— Oshqozonimni kichraytirganimga biroz afsuslandim. Chunki undan keyingi azoblar tasavvur qilib bo‘lmas darajada ekan. Shunday bo‘lishini bilganimda, hech qachon operatsiyaga rozilik bermasdim. Bunday azoblangandan ko‘ra, semirib yurganim yaxshi edi. Ozyapman, ammo bir hafta deganda o‘zimga keldim. Mayli, hammasi yaxshilikka. Hali keskin ozganimcha yo‘q. Ishqilib, shuncha harakatga yarasha ozay-da, deb turibman, — deydi Mohina Zapolskaya. | 117 | 6,455 |
Madaniyat | “KVN”chi Musagaliyev Rossiya telekanalidagi hazili tufayli oilasiga tahdid qilishayotganini aytdi | Taniqli “KVN”chi va teleboshlovchi Azamat Musagaliyev Rossiya telekanali promoroligi bilan bog‘liq shov-shuvli voqeadan keyin oilasiga qaratilgan ochiq tahdidlar kelib tushayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Rossiyaning “TNT” telekanali efiriga iyun oyida chiqqan, Musagaliyevning qiziqchi Nurlan Saburov bilan hazilona suhbati qozog‘istonlik teletomoshabinlarni g‘azablantirdi. Saburovning qozoqcha savoliga Musagaliyev “kurli-murli” deb javob qildi. Ko‘pchilik hazilni haqoratli deb hisobladi va “KVN”chiga tanqidlar yog‘dirdi.
“Hamma tanqid qilish huquqiga ega ekanligini tushunaman, va o‘z fikrini munosib tarzda bildirganlarga quloq solaman. Ammo men o‘zimga va oilamga qaratilgan tahdidlarni eshitishga tayyor emasman”, — deb yozdi Musagaliyev o‘z Instagram’ida. | 97 | 784 |
Madaniyat | Irina Sheyk Gollivud aktyori Bredli Kuper bilan uchrasha boshladi — OAV | G‘arb OAVlari rossiyalik model Irina Sheyk Gollivud aktyori Bredli Kuper bilan uchrashayotgani haqida xabar bera boshladi, deb yozadi “Nur.kz”.
Xabarlarga ko‘ra, 22-aprel kuni aktyor Irinani Finding Neverland deb nomlangan Brodvey myuziklini tomosha qilishga taklif qilgan.
People jurnali yozishicha, Kuper va Sheyk umumiy do‘stlari orqali bir haftacha avval tanishgan va o‘shandan buyon doimiy ravishda uchrashib turibdi.
Ta’kidlash joiz, Irina Sheyk yaqinda futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan ayrilishgan edi. Bredli Kuper ham boshqa bir model Suki Uoterhaus bilan aloqalariga nuqta qo‘yganiga ko‘p bo‘lmadi. | 71 | 611 |
Madaniyat | Ariana Grande, Jastin Biber, Dreyk, Beyonse va 2016-yilgi American Music Awards’ning boshqa g‘oliblari | 20-noyabr, yakshanba kuni Los-Anjelesda 2016-yilgi American Music Awards’ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi MyDay.
Marosimni Bruno Mars 24K Magic qo‘shig‘i bilan ochib berdi. Unda Ariana Grande “Yil artisti” deb topildi.
Jastin Biber to‘rtta — “Yilning eng yaxshi videosi” (Sorry), “Pop/rok yo‘nalishidagi eng yaxshi ijrochi”, “Pop/rok yo‘nalishidagi eng yaxshi albom” (Purpose) va “Pop/rok yo‘nalishidagi eng yaxshi qo‘shiq” (Love Yourself) yo‘nalishlari bo‘yicha mukofotlarni qo‘lga kiritdi.
Rianna uchta — “R&B uslubidagi eng yaxshi xonanda”, “R&B uslubidagi eng yaxshi albom” (Anti) va “R&B uslubidagi eng yaxshi qo‘shiq” (Work) yo‘nalishlarida g‘olib deb topildi.
Beyonse eng yaxshi konsert shou — Lemonade uchun taqdirlandi. Dreyk eng yaxshi xip-xop ijrochisi deb topildi.
Selena Gomes “Yilning eng yaxshi pop/rok ijrochisi” yo‘nalishidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. Sting musiqa sanoatiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi.
Shouga model Jiji Xadid va aktyor Jey Faroa boshlovchilik qildi. | 102 | 1,016 |
Madaniyat | Qotillik, o‘g‘rilik va boshqa dahshatli sirlarni eslashni istamaydigan yulduzlar (foto) | Hamisha omma e’tiborida ekani bois mashhurlarning o‘z shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ikir-chikirlarni yashirish imkoni nolga teng.
Liv Tayler
Otasini Todd Runggrenn deb hisoblagan aktrisa bir necha yillar o‘tib Aerosmith guruhining a’zosi Stiven Taylerning farzandi ekanini bilib qolgan.
Rianna
Xonandaning otasi Fenty Entertainment kompaniyasiga asos solib, qizining tovar belgisini olib qo‘ygan. Rianna chora ko‘rishga va sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Vudi Xarrelson
Aktyor 70-yillarning oxirida sudyani o‘ldirgani uchun bir umrga ozodlikdan mahkum qilingan. Qamoqxonada vafot etgan Vudi memuarlarida bir necha yillar davomida yollanma qotil bo‘lib ishlaganini tan olgan.
Merayya Keri
Bir necha marta yengiltaklikda ayblangan xonandaning katta opasi Elison Kerining yaqinda topshirgan qon tahlillarida OIV infeksiyasi borligi aniqlangan.
Opra Uinfri
Bir necha yil avval teleboshlovchi ona tomondan o‘gay opasi borligi haqida xabar topgan. Katta miqdorda qarzga botgan onasining noilojlikdan bunday ish tutishiga to‘g‘ri kelgani ma’lum bo‘lgan.
Sharliz Teron
Aktrisa intervyularidan birida otasi pistoletni qo‘liga olib u va onasini o‘ldirmoqchi bo‘lganini ta’kidlagan. Pistoletni tortib olib otasini otib qo‘ygan onasining harakatlari sud tomonidan o‘zini o‘zi himoya qilish deb topilgan.
Sofiya Vergara
Sofiya akasi o‘ldirilganidan keyin 1998-yilda Kolumbiyadan ko‘chib ketgan. Ukasi esa bundan bir necha yil avval narkotiklar bilan bog‘liq muammo sabab Amerikadan deport qilingan.
Leyton Mister
Ota-onasining narkotik kontrabandasi bilan o‘ralashib qolgani va qamoqqa olingani sabab Leytonning bolaligi baxtli o‘tmagan. Onasi Leytonni dunyoga keltirganidan keyin qamoqxonaga qaytarib yuborilgan, Misterni buvisi katta qilgan.
Jessika Alba
Aktrisa o‘smirlik davrida suratga olish maydonchasidan olib qochilgan va uni qaytarish uchun pul talab qilingan. Pul miqdorining kattaligidan ota-onasi uni qayta ko‘rishdan umidini uzgan. Ammo o‘g‘rilar o‘ldirish fikridan qaytib, Jessikani mashina ichida qoldirib ketgan. | 87 | 2,031 |
Madaniyat | Anjelina Joli, Uma Turman va boshqa mashhur ayollar o‘z tashqi ko‘rinishidagi qaysi jihatlarni yoqtirmasligi haqida so‘zlab berdi | Quyida dunyoga mashhur aktrisalar o‘z tashqi ko‘rinishining qaysi xususiyati yoqmasligini ma’lum qildi.
Uma Turman
Uma har doim bo‘yining balandligidan xavotirda bo‘lgan, chunki 12 yoshida u 180 santimetrga yetgan. Shuning uchun aktrisaning ko‘plab tengdoshlari uning ustidan kulgan. Bundan tashqari, yigitlarga Turmanning o‘ta malla sochlari yoqmasdi, shuning uchun uni “malla minora” deb atashardi. Aktrisa o‘zini hali ham go‘zal deb hisoblamasligini hech kimdan yashirmaydi, lekin yillar davomida tanqidlarga e’tibor bermay yashashni o‘rgangan.
Anjelina Joli
Ko‘pchilik Anjelina tabiat unga bergan katta dudoqlari tufayli har doim uyalganini bilib, hayron qoladi. Ehtimol, uning jozibasining yoqmagani Jolini har doim katta lablariga ishora qilgan sinfdoshlari tufaylidir. Shuning uchun, u yoshligida ataylab pastki labini tishlab olardi, shunda ular unchalik katta ko‘rinmasdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, ular ko‘pchilik o‘ylagandek, buni go‘zal deb bilmaydi. Anjelina nima demasin, lablari uning tashrif qog‘ozlaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, ko‘plab ayollar kosmetologlarga murojaat qilib, labini xuddi Joliniki kabi o‘zgartiradi.
Kayli Jenner
Ammo Kaylining tabiatan kichik lablari bor uni juda xavotirga solgan. Jenner bu nuqson tufayli hech qachon o‘ziga turmush o‘rtoq topa olmasligiga amin edi. Zamonaviy tibbiyot va kosmetologiya tufayli Kayli lablarini kerakli hajmga o‘zgartirdi va kattalashtirdi. Endi u lablari bilan faxrlanadi va makiyajda urg‘uni ko‘proq ularga beradi.
Peris Xilton
Perisning ko‘p afzalliklari bor, lekin bitta kamchiligi, albatta, uning fikriga ko‘ra – bu katta oyoq o‘lchami. Xilton 42 o‘lchamda poyabzal kiyadi. Hech kim bu kamchilikka e’tibor bermasligi uchun u baland poshnali tuflilar tanlaydi.
Viktoriya Bekhem
Ko‘pchilik Viktoriyani hech qachon tabassum qilmasligini tanqid qilib, uni juda mag‘rur odam deb hisoblaydi. Biroq yulduzning tabassum qilmasligining sababi sovuqqonlikdan emas, balki uyalganidandir. Viktoriya tabassum uni xunuklashtirib yuboradi, deb o‘ylaydi.
Linda Yevangelista
Lindaning burni bolaligidanoq o‘ziga xos va unchalik ham bejirim bo‘lmagan shaklga ega. Shuning uchun u sinfdoshlarining tanqidlari va masxaralariga duch kelgan. Hatto balog‘at yoshida ham model burni bilan ta’qib qilingan, shundan so‘ng u plastik jarrohlar yordamida bu muammoni bartaraf etishga qaror qilgan.
Juliya Roberts
Ayrimlar maktab yillarida Gollivudning “go‘zal ayoli”ga kulishgan. Tengdoshlari uning nozikligi, baland bo‘yi va katta og‘zini tanqid qilgan. Juliya bu tashvishdan qutulish uchun go‘zallik tanlovlariga bordi. Bugungi kunda ham aktrisa o‘zini go‘zal deb hisoblamaydi, lekin u kamchiliklariga kamroq e’tibor berib yashashni o‘rganganini tan oladi. | 129 | 2,723 |
Madaniyat | Instagram: Italiyaga ketgan Shahzoda, Kanizadan “bomba” yangilik, Jasur Umirovdan yangi klip | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Dilnoza Kubayeva sahifasiga yangi suratini joyladi va yozgi ta’tili tugagani haqida aytdi.
“Menda qolmadi dil”, “Yor bizdan ketdi”, “Nigoro” kabi xit taronalar ijrochisi Jaloliddin Ahmadaliyev “Sog‘indim” nomli taronasiga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim etdi.
“Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova sahifasiga atlas ko‘ylak kiyib tushgan suratini joyladi.
Bundan tashqari Shahlo Zoirova yangi libosini muxlislariga namoyish qildi.
Kaniza bir necha kundan buyon muxlislarini u bilan bog‘liq “bomba” yangilik kutayotgani haqida ogohlantirib kelayotgan edi. U “bomba” yangilikni, ya’ni shaxsiy brendini yo‘lga qo‘yganini va shu nom ostida atirlar ishlab chiqarishini ma’lum qildi.
Shahzoda Italiyada o‘g‘li Holid bilan tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Durdona Qurbonova fotosessiya jarayonida yiqilib tushdi.
Milena Madmusayeva yangi ko‘rinishda tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi.
O‘zbek xonandalari orasida o‘zgacha imijga ega bo‘lgan Sevara Nazarxon to‘y xizmatlarining birida xit taronalarini ijro etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.
Muqaddas Sa’dullayeva oilasi bilan bog‘liq muammolardan keyin qalbi og‘rimay qo‘yganini aytdi va yangi fotosessiya jarayonidan video e’lon qildi.
Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev instabloger, tiktoker Ozod Hurramov bilan Buxoroda tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Xonanda Jasur Umirov “Nagruzka” nomli taronasiga ishlangan videoni e’lon qildi. Klipda bosh rollarni instabloger, tiktoker, xonanda Azoda va uning hamkasbi Xoliqjon vines ijro etgan.
Millionlab muxlislarga ega xonanda Munisa Rizayeva teleboshlovchi, aktyor Rixsitilla Abdullayev bilan suhbatlashayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Nilufar Usmonova yangi suratini namoyish qildi va obunachilariga hayotda bor narsalardan zavqlanib yashashni, shukr qilish kerakligini aytdi.
Jahongir Otajonov Istanbulda uning mashinasini o‘g‘irlab ketilgani, hayotidagi shu kabi voqealarga o‘rganib qolganini aytdi.
Xonanda Mavluda Asalxo‘jayeva to‘y xizmatlarining birida hamkasbi Ziyoda bilan uchrashib qoldi.
Aktrisa Shahzoda Matchonova yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Bir qancha xit taronalar ijrochisi Ozoda Nursaidova Turkiyaning Istanbul shahrini sayr qilayotgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.
Xonanda Sardor Mamadaliyev uzoq yo‘lga otlanganida vaqtni maroqli o‘tkazish uchun hamrohlariga jonli ijroda “Samarqand ushshog‘i”ni kuylab berdi. | 92 | 2,572 |
Madaniyat | Baxtiyor Ixtiyorov haqida film suratga olinmoqda | “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Ijod” studiyasi tomonidan O`zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov haqida film yaratilmoqda.
“Baxtiyor Ixtiyorov: Meni maftun qilgan ertaklar” deb nomlangan ikki qismli mazkur hujjatli film “Vatan timsoli” turkum filmlaridan biri.
Unda O`zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.
Film ssenariy mualliflari Jo`rabek Ro`zmetov va Dilshod Salomov, postanovkachi rejissyor Jo`rabek Ro`zmetov, postanovkachi operator Iqbol Meliqo`ziev, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiev.
Filmida Ubaydulla Omon, Muhammadjon Rafiqov, Xayrulla Sa`diev, Elyor Eshmuhammedov, Murod Rajabovlarning intervyularidan foydalanilgan. Filmning s`yomka jarayonlari Buxoro viloyati va Toshkent shahrida bo`lib o`tmoqda. | 48 | 789 |
Madaniyat | Kinematografiya agentligi Qozog`iston madaniyat va sport vazirligi bilan memorandum imzoladi | O`zbekiston Kinematografiya agentligi bilan Qozog`iston madaniyat va sport vazirligi o`rtasida kinematografiya sohasidagi hamkorlik to`g`risidagi memorandum imzolandi, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati.
Mazkur memorandum 6-8 dekabr kunlari Qozog`istonda bo`lib o`tayotgan “O`zbek kino kunlari” doirasida imzolandi.
Unga ko`ra, o`zbek va qozoq kinoijodkorlari o`rtasida hamkorlikda “Qo`shnilar” (“Sosedi”) hamda “Eshelonlar Sharqqa ketadi” («Eshelon idut na Vostok») kabi yangi kinoloyihalarning suratga olinishi yuzasidan muhokama bo`lib o`tdi. Ma`lumki, joriy yilda o`zbek va qozoq ijodkorlari hamkorlikda “Meros” badiiy filmi va “Abay so`zi” hujjatli kartinalari suratga olingan edi.
Endilikda ikki davlat o`rtasida yana yangi kinoloyihalar ishga tushiriladi. Shuningdek, ta`lim, kinosanoatni yanada rivojlantirish, kadrlar almashinuvi, kinoprodyuserlikni rivojlantirish bo`yicha ishlar amalga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, Qozog`istonda bo`lib o`tayotgan “O`zbek kino kunlari” doirasida yangi filmlar premeralari, ijodkorlar davra suhbatlari, kinoijodkorlar bilan mahorat darslari, animasion va hujjatli filmlar namoyishlari o`tkaziladi.
Shuningdek, ikki davlat telekanallarida o`zbek va qozoq milliy filmlarining namoyishlari bo`lib o`tadi. | 92 | 1,272 |
Madaniyat | Bryus Lining qizi otasi haqida film suratga oladi | Kung-fu afsonasi Bryus Lining qizi Shennon Li o‘z otasining tarjimai holi haqida film suratga olmoqchi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Kartinani ishlab chiqarish bilan Bruce Lee Entertainment kompaniyasi shug‘ullanadi.
“Otamga bag‘ishlangan filmlar juda ko‘p bo‘lsa-da, ulardan birortasi uning hayotiy falsafasini yetarli darajada chuqur ko‘rsata olgan emas. Ommaga otam tabiatining chuqur va o‘ziga xosligini anglashga yordam berishning yagona yo‘li uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan o‘z filmimni suratga olishdir”, — dedi Shennon. | 49 | 548 |
Madaniyat | Abdulla Qurbonovning litsenziyasi bekor qilindi | Kuni kecha saytimiz orqali turli internet tarmoqlarida xonanda Abdulla Qurbonov bilan bog‘liq videolavha tarqalganligini xabar qilgan edik. Shuningdek, qo‘shiqchi bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan qattiq pushaymonda ekanligi haqidagi intervyu ham e'tiboringizga havola qilingan edi.
Bugun esa "O‘zbeknavo" estrada birlashmasining rasmiy saytida, Abdulla Qurbonovning litsenziyasi tugatilganligi haqida xabar e'lon qilindi. Xabarda xonanda Qurbonov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabridagi 498-sonli qarori hamda Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam ravishda buzib kelinganligi oqibatida 2013-yil 22-fevralda xonandaga berilgan AJ-2326 raqamli litzensiyaning bekor qilinganligi aytilgan. | 47 | 730 |
Madaniyat | Shohruhxon Jek Chittakka aylandi, Sitora Alimjonova farzand kutmoqda, Saif Ali Xon 50 yoshni qarshiladi. Instagram’dan daraklar | 16-avgust kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Nigora dugonalari bilan hordiq chiqarib, kelajak rejalari haqida suhbatlashmoqda.
View this post on Instagram
Turkiyaning eng go‘zal aktrisalaridan biri Xande Erchel folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Sitora Alimjonova farzand kutmoqda.
View this post on Instagram
AQShda yashovchi xonanda Otabek Madrahimov sahifasiga yangi surat joyladi.
View this post on Instagram
Xonanda Hosila Rahimova karantin yumshatilgani bois folloverlariga rejalashtirgan joylariga borib, hordiq chiqarishni tavsiya qildi.
View this post on Instagram
Ikkinchi bor ota bo‘lish arafasida turgan Hindistonning eng mashhur aktyorlaridan biri Saif Ali Xon 16-avgust kuni 50 yoshni qarshi oldi. Saifning qaynopasi Karishma Kapur uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Saifning birinchi turmushidan bo‘lgan qizi, yosh aktrisa Sara Ali Xon otasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan u bilan bolaligida tushgan suratlarini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Xonanda Shohruhxon maxsus dastur orqali turli aktyorlar qiyofasiga kirdi. Muxlislariga eng yoqqan obrazi esa “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi Jek Chittak qiyofasi bo‘ldi.
View this post on Instagram
Zohirshoh Jo‘rayev raqqosa Parizoda bilan ajoyib loyiha ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Munisa Rizayeva 30 kishilik to‘ylarga ruxsat berilgan birinchi kundayoq xizmat uchun Andijonga jo‘nab ketdi. | 127 | 1,758 |
Madaniyat | ALIShER USMONOV HOMIYLIGIDA A.P.ChEXOV NOMIDAGI MOSKVA BADIIY TEATRI TOShKENTDA GASTROL SAFARI BOShLANADI | O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Rossiya Madaniyat vazirligi o`rtasidagi hamkorlik davom etadi. Toshkent ikkinchi bor katta masshtabdagi Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligining "Katta gastrollar. Xorijiy dastur” gastrol faoliyatini qo`llab-quvvatlash Federal markazi loyihasida qatnashmoqda. Poytaxtda eng yaxshi teatrlar ishtirokida teatr mavsumini ochish yaxshi an`anaga aylanmoqda. Eslatib o`tamiz, o`tgan yili “Katta gastrollar“ loyiha doirasida Maly teatr mehmon bo`lgandi. Bu yil esa – biz yana bir ijodiy “grand” – Chexov nomidagi Moskva Badiiy Teatri bilan tanishamiz.
2017 yilning 29 sentyabridan 2 oktyabrigacha “Gastrol faoliyatini qo`llab-quvvatlash bo`yicha Federal markazi Xorijiy dasturi”ning loyihasi doirasida O`zbekiston Akademik rus drama teatri sahnasida A.P.Chexov nomidagi gastrol safari bo`lib o`tadi. Gastrol safari Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi Gastrol faoliyatini qo`llab-quvvatlash bo`yicha Federal markazi tomonidan hamda asosiy homiy - Alisher Usmonovning “San`at, ilm, sport” xayriya Fondi ko`magida tashkil qilinmoqda, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi rasmiy sayti.
Chexov nomidagi Moskva Badiiy Teatri – Rossiyaning eng mashhur teatridan biridir. U 1898 yil K.S.Stanislavskiy va V.I.Danchenko tomonidan tashkil qilingan. Teatr “Ermitaj” binosida ochilgan., 1902 yildan to hozirga qadar Kamergerskiy tor ko`chasidagi sobiq Lianozovskiy teatri binosiga ko`chirildi. 1919 yildan Akademik teatr unvonini oldi (MBAT). 1943 yili Badiiy teatr qoshida oliy o`quv yurti – Vl.I. Nemirovich-Danchenko nomidagi MBAT Maktab-studiyasi ochildi va bir necha atoqli aktyorlar, rejissyorlar va teatr rassomlari avlodi etishib chiqdi. Oleg Efremov vafotidan so`ng (2000 y), Chexov nomidagi Moskva Badiiy Akademik Teatriga Oleg Tabakov boshchilik qildi. 2004 yil teatrdan Akademik nomi olinib, qaytadan ilk - Moskva Badiiy Teatri (MBT) nomiga qaytdi. MBT Rossiya va xorijning etakchi teatr rejissyorlarini jalb qilish maqsadida repertuatlarni yangilash va zamonaviy teatr san`atining yangi shakllarini izlash bo`yicha ish boshladi. MBT Rossiyaning qadimiy teatrlaridan biri bo`lib, hali hanuz etakchi yangilik yaratuvchi teatrlardan hisoblanadi.
Gastrol doirasida 2 ta spektakl namoyish etiladi: 29-30 sentyabr kunlari Sergey Puskipalis rejissyorligidagi, Evgeniy Grishkoves va Anna Matison muallifligidagi “Dom”, 1-2 oktyabr kunlari Evgeniy Grishkoves muallif va rejissyorligidagi “Ves” spektakli. | 106 | 2,457 |
Madaniyat | Sabina Mustayeva “Golos. Deti” loyihasining finaliga chiqish uchun yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi | O‘zbekistonlik Sabina Mustayeva Rossiyaning Birinchi kanali tomonidan tashkillashtirilayotgan “Golos. Deti” loyihasining yarim finalidan o‘ta olmadi, biroq finalga chiqish uchun yana bir imkoniyatga ega bo‘ldi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan Sabina Maksim Fadeyevning jamoasidan o‘rin olib, keyin yarim finalga chiqishni ham uddalagan edi. Biroq yarim finalda Fadeyev tanlagan ikki ishtirokchi orasidan Sabina joy olmadi.
Ammo, Birinchi kanal yana bitta saralash bosqichini o‘tkazib, finalga o‘tolmagan o‘n nafar iste’dodli ishtirokchiga yana bir imkoniyat berishga qaror qildi, ularning orasida Sabina Mustayeva ham bor. Ushbu bosqich 10-aprel kuni jonli efirda bo‘lib o‘tadi va unda ishtirokchilar faqatgina teletomoshabinlarning qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlari bilan baholanadi. Ovoz berishdan tushgan barcha mablag‘ xayriya maqsadida ishlatilishi aytilgan. Loyiha finali 17-aprel kuni jonli efirda bo‘lib o‘tadi. | 98 | 956 |
Madaniyat | “Alisher Uzoqov va Akbarxo‘ja Rasulov xorijga ketgani sabab o‘zbek kinosi jar yoqasida qoldi, deyish noto‘g‘ri” — Ozodbek Nazarbekov | Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 24-may, dushanba kuni “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasidagi uchrashuvda o‘zbek kinosining bugungi ahvoli, xorijga chiqib ketayotgan aktyorlar borasida berilgan savollarga javob qaytardi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
“Alisher Uzoqov yoki Akbarxo‘ja Rasulovlar o‘zbek kinosi muammolar girdobida qolgan bir paytda san’atni tark etib boshqa sohaga o‘tib ketishdi. Ammo bu ikki aktyor ketgani sabab o‘zbek kinosi jar yoqasida qoldi, deyish noto‘g‘ri. Bu ikki yoki uch kishiga bog‘liq holatmas.
Bilganim bo‘yicha, lekin bu aniq raqamlar emas, taxminan, o‘zbek kinosi uchun 1 yilda 60-70 milliard so‘m pul ajratiladi. Buning uchun esa 20 ga yaqin kino ishlash bo‘yicha davlat buyurtmasi bo‘lgan. Aslida esa mana shu 60-70 milliard so‘m bitta kino budjeti bo‘lishi kerak. Ana shundagina biz aktyorlarni ushlab qolishimiz va sifatli filmlar yaratishimiz mumkin bo‘ladi.
O‘zbek kinosidagi eng asosiy kamchilik — bu yuqorida aytganimdek, budjetda. Kinoga ajratilayotgan pullar salmog‘i katta bo‘lmas ekan, bu borada o‘zgarishlar bo‘lishi qiyin”, — deya ta’kidlab o‘tdi Nazarbekov. | 132 | 1,143 |
Madaniyat | Sardor Milano Konstantin Meladzega to‘n va salla sovg‘a qildi | “Rossiya 1” telekanalining “Glavnaya ssena” loyihasi g‘olibi Sardor Milano dasturdagi ustozi Konstantin Meladzega to‘n va salla sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Rossiyalik mashhur prodyuserga o‘zbek milliy liboslarini sovg‘a qilgani haqida yosh xonandaning o‘zi Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
Avvalroq, Sardor Milano O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasiga taklif qilingani haqida ham Facebook orqali xabar bergan edi. | 61 | 458 |
Madaniyat | Instagram: Kuniga 8 ming dollar topadigan Munisa Rizayeva, aktrisalardan nojo‘ya taklif olgan Ahad Qayum, mashhurlik uchun bitta Tico’ning pulini sarflagan Mahmud Namozov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Zo‘r TV telekanali boshlovchisi Sirojiddin O‘sarov sartaroshga 100 dollar berib, hamkasbi Ma’rufxo‘janing sochini kalga olib tashlashga ko‘ndirgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Boshlovchilar hozirgacha videoga izoh berganicha yo‘q.
Feruza Normatova folloverlariga musaffo hayot tiladi.
Xonanda Lola hayotidagi inqiroz, ushalmagan orzular va o‘lim haqida mulohaza yuritdi.
Rixsitilla Abdullayev farzandlari qurshovida.
Alisher Uzoqov kinoda rol ijro etishni sog‘inmoqda.
Nilufar Usmonova barchaga a’lo kayfiyat tiladi.
Dilnoza Kubayeva “Nega haligacha turmushga chiqmayapsiz?” degan savoldan uyalishi haqida gapirdi.
Halima Ibragimova chempion bilan suratga tushdi.
Munisa Rizayeva muxlislari bilan jonli muloqot davomida bir kunda qancha pul topishi haqida so‘zlab berdi.
Zarina Nizomiddinova yangi surat bilan folloverlariga ko‘rinish berdi.
Shuningdek, aktrisa tez kunlarda yangi qo‘shig‘i taqdimotini o‘tkazishini ma’lum qildi.
Sardor Rahimxon va Abdukarim Mirzayev Istanbulda uchrashdi.
Prodyuser va rejissor Ahad Qayum “Amirxon Umarov shousi”da ayrim aktrisalar tomonidan o‘ziga nisbatan bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida gapirdi.
O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozov mashhurlikka erishish uchun bitta Tico avtomobili puliga ikkita qo‘shiq sotib olgani haqida so‘zlab berdi. | 170 | 1,449 |
Madaniyat | Muxlislariga qo‘pol munosabatda bo‘lishi bilan tanilgan Gollivud yulduzlari (foto) | Barcha mashhur insonlar turli yo‘llar bilan sinovdan o‘tadilar. Ba’zi yulduzlar hurmat bilan munosabatda bo‘lgani uchun ham muxlislari orasida juda qadrlanadi, boshqalari esa aksincha, o‘zlarini eng kamida axloqsizlarcha tutishadi. Quyida muxlislariga hurmatsizlik qilishi bilan tanilgan yulduzlar haqida gaplashamiz.
Rianna
Barbadoslik sohibjamol o‘z muxlislarini sevishini qayta-qayta aytsa-da, ular bunga shubha qilishadi. Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Birinchidan, Rianna muntazam ravishda yangi albomini kutayotgan muxlislari ustidan kuladi. So‘nggi besh yil ichida treklarining aksariyati allaqachon tayyor ekanligini ta’kidlab, muxlislarining qiziqishni kuchaytirdi, lekin hech qanday albom chiqarmadi. Bundan tashqari, bir marta Rianna o‘zining bitiruv kechasida uning obrazidan ilhomlangan muxlisasiga qo‘pol hazil qilgan. Yana bir muxlisning aytishicha, farzandlari konsertdan so‘ng xonandadan dastxat olmoqchi bo‘lgan, biroq u raqqosalar guruhidagi bir kishidan uning o‘rniga imzo qo‘yib berishini so‘ragan, hatto yosh muxlisasiga qiyo ham boqmagan.
Kristian Beyl
Hech kimga sir emaski, “Qora ritsar” yulduzi his-tuyg‘ularini boshqarishda juda jiddiy muammolarga ega. Bir necha yil oldin internetda uning o‘z qarindoshlariga nisbatan tajovuzkorligi aks etgan video paydo bo‘ldi. Shuningdek, suratga olish guruhi a’zolari ham bundan benasib qolmagan. Beylning sobiq piar-direktorining ta’kidlashicha, u bir paytlar sevimli aktyoridan dastxat so‘ramoqchi bo‘lgan qizaloqlarni qattiq urishib bergan. Koyish ko‘z yosh to‘kilishigacha yetib borgan.
Jastin Biber
Yoshligidayoq mashhurlikka erishgan Jastin ko‘p yillar davomida ko‘pchilikning sevimlisi bo‘lgan. Lekin birdan muxlislariga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgardi. Bunga nima sabab bo‘lganini hech kim bilmaydi. 2016-yilda Biber Barselonadagi konserti oldidan bir muxlisining yuziga musht tushirgan. Muxlislarning fikriga ko‘ra, hurmatsizlikning eng katta belgisi — ba’zida Jastinning qo‘shiq so‘zlarini unutib qo‘yishidir.
Kemeron Dias
Kemeron muxlislaridan shunchalik noroziki, hattoki ularning tadbirda bo‘lishini oldindan bilsa ham ular bilan suratga tushish yoki dastxat berishdan bosh tortadi.Yulduz bunday munosabatni juda ko‘p vaqt sarflash kerakligi bilan izohlaydi. Biroq Kemeronning bu kabi tushuntirishlariga qimmatli daqiqalaridan ko‘proq vaqt ketadi.
Keyt Uinslet
2012-yilda Keyt u bilan uchrashishni intiqlik bilan kutgan muxlislariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Muxlislari bir necha soat yomg‘ir ostida, aktrisadan dastxat olish uchun kutishgan, lekin Uinslet ularni haydab yuborgan. “Bu juda qo‘pol munosabat edi. Uning bunday xatti-harakatidan juda qattiq xafa bo‘ldik”, — deya ta’kidlagan muxlislar jurnalistlarga bergan intervyusida.
Madonna
Barcha mashhurlar orasida Madonna shunchalik mag‘rurki, uning kibri butun boshli shou-biznes olamiga yetadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u o‘z muxlislariga past nazar bilan qaraydi. Masalan, unga yoqmagan savollarga tabu lug‘ati bilan osongina javob beradi, konsertlarga kech qolganidan norozi bo‘lganlarni qoralaydi va hatto bir marta konsert paytida muxlislarini ommaviy ravishda haqoratlagan.
Adam Livayn
Adamning chidab bo‘lmas xarakterga ega ekanligi va juda g‘alati hazil qilishi uning barcha muxlislariga ma’lum. Xonanda ba’zan muxlisalarini juda jozibali emas deb hisoblagani uchun ham ularga dastxat berishni xohlamaydi. Qizig‘i shundaki, Maroon 5 solisti haqoratomuz so‘zlarni aytishdan umuman uyalmaydi. Kumirining bu kabi haqoratlari yosh qizlarning ruhiyatiga qanday ta’sir qilishini tasavvur qilish ham qiyin. | 82 | 3,577 |
Madaniyat | Sabina Mustayeva mukofot pulini xayriyaga sarflamoqchi | Rossiyaning Birinchi kanalida “Golos. Deti” shousida tomoshabinlar SMS-ovozlari natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan toshkentlik Sabina Mustayeva mukofot pulini xayriyaga sarflashini ma’lum qildi, deb yozadi “Jtimes.ru”.
17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan final bosqichida Sabinaga loyihaning yana sakkiz ishtirokchisi raqiblik qildi. Murabbiyi Maksim Fadeyev bo‘lgan Sabina finalda Crazy qo‘shig‘ini kuyladi.
Mukofot pulini nimaga sarflashi haqida berilgan savolga Mustayeva: “Pulni uchta yo‘nalish bo‘yicha xayriya uchun bermoqchiman, bular mehribonlik uylari, jonivorlar va nogironlar. Bu mening azaliy orzuyim”, — deya javob berdi. | 54 | 626 |
Madaniyat | Aktrisa Sitora Farmonova Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida qatnashdi | Aktrisa Sitora Farmonova Bishkekning “Aziya MIX” jamoasi tarkibida Sochidagi KVN festivali — “KiViN—2016”da qatnashmoqda. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, aktrisa Sitora Farmonova 2015-yildan Bishkekning “Aziya MIX” jamoasi tarkibida KVN musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda. “Men KVN bilan kasallanganman. KVN borida, men hamma narsani: safarlar, gastrollar, tasvirga olish ishlarini qoldiraman yo bekor qilaman”, — deydi aktrisa.
Bishkekning “Aziya MIX” jamoasi 2011-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2015-yilda jamoa tarkibi yangilangan. Jamoa osiyoliklardan — tojikistonlik xonanda, o‘zbekistonlik aktrisa, qozog‘istonlik afsungar, qirg‘izistonlik boshlovchi va boshqalardan tashkil topgan. | 76 | 721 |
Madaniyat | A.NAYMARK: “DUNYo TO`PLAMLARIDA O`ZBEKISTONNING MADANIY MEROSI” LOYIHASI DOIRASIDA ChOP ETILGAN KITOBLAR “MUDRAB” YoTGAN SAN`AT ASARLARI TOMON YO`L OChADI | A.NAYMARK: “DUNYo TO`PLAMLARIDA O`ZBEKISTONNING MADANIY MEROSI” LOYIHASI DOIRASIDA ChOP ETILGAN KITOBLAR “MUDRAB” YoTGAN SAN`AT ASARLARI TOMON YO`L OChADI
Joriy ilning 28-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” nomli media-forumi bo`lib o`tadi. Unda dunyoning etakchi ilm-fan vakillari, muzeylar, kutubxonalar, ilmiy institutlar va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, O`zbekiston olimlari va ekspertlari ishtirok etadi. Ular orasida Xofstra universiteti (Nyu-York, AQSh)ning tasviriy san`at, dizayn, san`at tarixi, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo dasturlari kafedralari mudiri Aleksandr Naymark Ilich ham bor. U «Dunyo to`plamlarida O`zbekistonning madaniy merosi» loyihasi haqida shunday deydi:
— «Dunyo to`plamlarida O`zbekistonning madaniy merosi» loyihasi doirasida tayyorlangan albom-kitoblarning o`tgan galgi taqdimoti kabi bu safargi uchrashuv ham oradan yarim yil vaqt o`tib bo`lsada, tashkilotchilarning harakatlari g`oyat katta samara berishini ko`rsatmoqda.
Shu qisqa vaqt ichida loyihaga etakchi mutaxassislar jalb qilindi va kitoblar chop etildi. Kitoblarda omma e`tiboriga hatto mutaxassislarning o`zlari ham bexabar bo`lgan ajoyib kolleksiyalar haqida ochiqlanadi. Albom-kitoblar bir necha o`n yilliklar mobaynida zahiralarda “mudrab” yotgan san`at asarlari, milliy madaniyatning butun bir qatlami tomon keng yo`l ochadi.
O`zbekistonning obrazini yaratishda bu kabi loyihalardan-da yaxshirog`i yo`q, deb o`ylayman. Tashkilotchilarga qoyil, deyishdan o`zga choram yo`q! | 155 | 1,573 |
Madaniyat | “Forsaj” yulduzi Dueyn Jonson, Alek Bolduin bilan bog‘liq fojiadan keyin suratga olish jarayonida haqiqiy quroldan foydalanmaslikka qaror qildi | Gollivud yulduzi Dueyn Jonson boshqa hech qachon suratga olish maydonchasida haqiqiy o‘q otadigan quroldan foydalanmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Sky News xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Aktyor bunday qarorga Alek Bolduinning suratga olish jarayonida Galina Xatchinsni bilmasdan otib qo‘yganidan keyin kelgan. “Seven Bucks Productions kinokompaniyasi nomidan aytishim mumkinki, biz endi hech qachon televizion shou yoki filmda haqiqiy quroldan foydalanmaymiz”, — degan u.
Shuningdek, aktyor uning ishtirokidagi suratga olish jarayonlarida rezina to‘pponchadan foydalanilishini qo‘shimcha qilgan. Qayd qilinishicha, Gollivud kinooperatorlarining 214 nafari tomonidan suratga olish maydonchasida o‘q otuvchi quroldan foydalanishga taqiq qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Alek Bolduin suratga olish maydonchasida ikki hamkasbini otib qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Operator vafot etgan, rejissorning esa ahvoli og‘ir bo‘lgan. Keyinroq aktyor hamkasbining o‘limi bilan bog‘liq hodisaga ilk bor izoh bergan. Ko‘p o‘tmay Donald Trampning o‘g‘li “Qurol odamlarni o‘ldirmaydi, ularni Alek Bolduin o‘ldiradi” yozuvi tushirilgan kiyimlarni sotuvga chiqargan. | 143 | 1,161 |
Madaniyat | Pol Uokerning qizi otasining o‘limi tufayli Porsche kompaniyasini sudga berdi | Halok bo‘lgan aktyor Pol Uokerning yagona qizi Porsche avtomobil kompaniyasini sudga berdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
17 yoshli Midou Reyn Porsche Carrera GT sport mashinasining kamchiliklari bo‘lmaganda, uning otasi tirik qolishi mumkin edi, deb hisoblamoqda.
Qizning da’vosida ta’kidlanishicha, Carrera GT ba’zi bir qurilmalar bilan jihozlanmagan, jumladan, unda barqarorlashtirish va eshikni mustahkamlash tizimi bo‘lmagan.
Midou Reyn, shuningdek, uning otasi o‘tirgan avtomobil halokat oldidan, tergov aniqlagandek, soatiga 151 kilometr emas, 114 kilometrdan oshmagan tezlikda harakatlanganligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Pol Uoker 2013-yil 30-noyabr kuni Los-Anjelesda sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida hayotdan ko‘z yumgan. Mashinani boshqargan Rojer Rodasning turmush o‘rtog‘i ham Porsche’ni sudga bergan, biroq kompaniya barcha ayblarni Rodasga ag‘dargan edi. | 77 | 887 |
Madaniyat | Xonanda Imron ilk marta ota bo‘ldi | Xonanda Imron 27-aprel kuni qiz farzandli bo‘ldi. U qiziga Sofiyasulton deb ism qo‘ydi. Bu haqda Imron o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Assalomu alaykum, qadrdonlar! Alloh menga qiz farzand berdi. Ota bo‘ldim, Allohga shukr! Quvonchim cheksiz. Xush kelding, qizim Sofiyasulton! Umring uzoq, rizqing butun bo‘lsin!”, — deya xabar qoldirdi Imron.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning 6-iyulida Imroning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgandi. U Sadaf ismli qiz bilan oila qurgan. Yoshlarning nikoh oqshomi Buxorodagi “Maroqand” restoranida bo‘lib o‘tgan. Oradan ikki kun o‘tib, Imron Toshkentdagi yaqinlari uchun ham to‘y qilib bergan. To‘yda o‘zbek estradasining ko‘plab vakillari ishtirok etgandi. | 34 | 686 |
Madaniyat | Masrur Usmonov muxlislariga “Birinchi muhabbatim” taronasi va videoklipini taqdim etdi (foto) | Xonanda Masrur Usmonovning yangi qo‘shig‘i muxlislar e’tiboriga havola qilindi. “Popcorn.uz”ning xabar berishicha, 31-martda “O‘zbegim Taronasi” radiosining “Premyera” loyihasida xonandaning “Birinchi muhabbatim” taronasi ilk marta yangradi.
Qo‘shiqning matn va musiqa muallifi Masrur Usmonovning o‘zi. Xonandaning aytishicha, bu tarona shaxsan o‘zining muallifligi ostida tayyorlangan beshinchi ijod namunasi ekan. Aranjirovka esa Rahmatjon Normurodov tomonidan tayyorlangan.
Masrur Usmonov yana bir yangilikni ham ma’lum qildi. Mazkur taronaga videoklip suratga olish ishlari yakunlangan. Masrur Usmonovning aytishicha, yangi video “Yodingdami?” videoklipining mantiqiy davomi sifatida tayyorlangan.
Durdona To‘laganova g‘oyasi asosida Jonrid Sagdiyev suratga olgan bu videoklipda ham mashhur aktyor O‘lmas Alixo‘jayev ishtirok etdi. Videoklip milliy ruhda tayyorlanib, unda o‘zbek xalqining milliy turmush tarzi ifodalangan. | 93 | 932 |
Madaniyat | Kim Kardashyanning Kaliforniyadagi hashamatli qasriga sayohat (foto va video) | Kim Kardashyan Kanye Uestning ulushini 23 million dollarga sotib olgach, u 7 yil birga yashagan saroyning yagona egasiga aylandi. Shou-biznes yulduzi Vogue nashri uchun uchun Hidden Hillsdagi koshonasiga sayohat uyushtirdi, deb yozadi People Talk.
Birinchidan, uyning interyer dizayni minimalizmning eng yaxshi an’analariga ko‘ra yaratilgan: oq rangdagi devor va mebellar, yorug‘lik va keng hudud. “Mening uyimdagi hamma narsa haqiqatan ham minimalistik ruhda. Dunyo shu qadar betartibliklarga to‘lganki, uyga qaytganimda juda sokin va osoyishta bo‘lishini xohlayman”, — deydi Kardashyan.
Lekin u bolalari bilan o‘zlarining yotoqxonalarini xohlagancha jihozlashlari mumkinligi haqida kelishuvga ega ekanligini aytib o‘tdi, ammo asosiy xonalarda hamma narsa avvalgidek qoladi.
Uyda kamin, marmar oshxona, uy kinoteatri va hatto pianino ham mavjud. Uyning hovli qismida esa Kardashyan farzandlari uchun sport maydonchasini tashkil qilgan – u yerda katta basketbol maydoni ham bor: “Bu bolalar uchun eng ajoyib joy”, – deydi u.
Shuningdek, Kim uyining rangiga mos ravishda kulrang rangga bo‘yalgan avtomobillar kolleksiyasini ham namoyish etdi. Kardashyan uchta asosiy mashina – Lamborghini, Rolls-Royce va Maybach’ini ko‘rsatdi. “Bu uydagi eng qimmatbaho narsalar”, – deb qo‘shimcha qildi u.
Kim Kardashyan sobiq turmush o‘rtog‘i Kanyedan uyning bir qismini sotib olganidan so‘ng reper yana Kimning saroyi oldidan 4,5 million dollarga uy xarid qilgan. | 77 | 1,454 |
Madaniyat | Sardor Milanoning “Glavnaya ssena” superfinalidagi ishtiroki natijasi bugun ma’lum bo‘ladi | Bugun, 17-aprel soat 21:00 da “Rossiya 1” telekanalida “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasining superfinali bo‘lib o‘tadi. Unda toshkentlik Sardor Milano sahnaga chiqadi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Teletomoshabinlarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, bugun loyiha g‘olibi ma’lum bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, superfinalga har bir jamoadan bir kishidan — jami besh kishi yo‘l olgan. Ular orasida Arsen Mukendi, Aleksandr Ivanov, Kseniya Dejneva, “Moya Mishel” guruhi va Sardor bor.
23 yoshli ishtirokchi Sardor Milano o‘z ijrosi bilan ko‘plab muxlislar e’tiboriga tushib ulgurdi. U saralash bosqichida italiyalik opera xonandasi Andrey Bochellining Con Te Partiro (Time To Say Goodbye), qo‘shig‘ini ijro etgan bo‘lsa, chorak finalda Nella Fantasia’ni kuylagan edi. Final bahsida Fred Merkurining Queen nomli kompozitsiyasini ijro etgan Sardor tomoshabinlar va hay’at a’zolari e’tiborini qozonib, superfinalga yo‘llanma olgandi.
Ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Unda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin. | 90 | 1,040 |
Madaniyat | Britaniya qirolichasi xonanda Rod Styuartga ritsarlik unvonini berdi | Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II mashhur xonanda Rod Styuartga ritsarlik unvonini berdi. Bu haqda 10-iyun, juma kuni tarqatilgan hukumat xabarnomasida aytildi, deb xabar beradi “TASS”.
Uzoq faoliyati davomida 100 milliondan ortiq plastinkasi sotilgan 71 yoshli xonanda “musiqa va xayriya sohasidagi xizmatlari uchun” Britaniya imperiyasi Ordeni kavaleri bo‘ldi.
Bu orden sohiblari besh xil maqomga ega bo‘lishi mumkin: a’zo, zobit, kavaler, ritsarlik kavaleri va Katta Xoch ritsarlik kavaleri.
“Bu yuksak mukofot, men bundan ortig‘ini orzu ham qila olmas edim”, — deb o‘z tuyg‘ularini ifodaladi ser Roderik. | 68 | 617 |
Madaniyat | Instagram: Bir kunda 7 ming dollar ishlab topgan xonanda, Yulduz Usmonova plastik operatsiya qildirganmi? Surati bilan o‘ylantirib qo‘ygan aktrisa | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Intizor Tojiboyeva yangi surati bilan folloverlarini o‘ylantirib qo‘ydi.
Nilufar Usmonova onasining konsert dasturida tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Javohir Zokirov bolaligida singlisi bilan tushgan suratini muxlislariga taqdim etdi.
Ozarbayjonlik xonanda Nahide Babashli ham sahifasiga yangi suratini joyladi.
Shuningdek, xonanda yangi cover qo‘shig‘idan parchani muxlislariga taqdim etdi.
Zarina Nizomiddinova Stories’ga yangi suratini joyladi.
G‘ayrat Usmonov Chotki Tv YouTube kanaliga bergan intervyusida bir kunda topgan eng ko‘p puli haqida so‘zlab berdi.
Zohirshoh Jo‘rayev Samarqandda to‘y xizmatida bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Rashid Xoliqovning pandemiya davrida uylangan to‘ng‘ich o‘g‘li Sanjar Xoliqovning Love Story va to‘y kunidagi videosi tarqalmoqda.
Bobur Yo‘ldoshev dublyaj jarayonida.
Yulduz Rajabova muxlislariga Stories’da ko‘rinish berdi.
Yulduz Usmonova muxlislarining “Labingiz o‘zingiznikimi?”, degan savoliga javob berdi. | 146 | 1,112 |
Madaniyat | Shvarsenegger “Terminator–2”ning 25 yilligi munosabati bilan internetga noyob video joylashtirdi | Amerikalik aktyor Arnold Shvarsenegger “Terminator–2”ning 25 yilligi munosabati bilan internetga noyob video joylashtirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Video aktyorning Facebook’dagi sahifasida joylashtirildi.
“Bugun ‘Terminator–2’ yaratilganining 25 yilligidir, — deb yozdi aktyor. — Men har doim ushbu film va uni yaratgan jamoa bilan faxrlanaman”.
Shvarsenegger jamoaning rejissor Jeyms Kemerondan tortib texnik xodimlar va grimchilargacha bo‘lgan barcha ishtirokchilarini tilga olib o‘tdi.
“Ajoyib xotiralar uchun rahmat sizga”, — dedi aktyor. | 96 | 551 |
Madaniyat | Instagram: Poytaxtda klinikasini ochgan Yulduz Usmonova, 46 ming dollarlik mashina olgan Dili.me, ikkinchi bor ota bo‘lgan Hamdam Sobirov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Shahzoda Muhammedova Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilgan modalar namoyishidagi surati bilan bo‘lishdi.
Kinorejissor Rustam Sa’diyevning “Baron-2: Sog‘inch” filmi treyleri e’lon qilindi.
Xonanda Lola kuzatuvchilarining savollariga javob berar ekan, otasi hayot bo‘lgan 5 daqiqaga qaytish istagi haqida so‘zlab berdi. “Bu vaqt otamga uni qanchalar yaxshi ko‘rishim hamda sog‘inayotganimni aytishim uchun yetardi”, — deydi xonanda.
Avaz Oxun ko‘rsatuvlardan birida o‘zining qiyofadoshini ijro etadi.
Mashhura Zulfiqorova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Sevara Nazarxon qizi Imon Anvarning tug‘ilgan kunini Toshkentdagi uyida nishonladi.
“Sevgi iztirobi” serialidagi Asu obrazi bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish turk aktrisasi Melisa Pamuk sahifasiga yangi surat joyladi.
Shahlo Zoirova, Umidaxon, Ziyoda hamda Shahzoda Muhammedova Muqaddas Sa’dullayevaga hamdardlik bildirish uchun uning xonadoniga tashrif buyurdi.
Xonanda Hamdam Sobirov ikkinchi bor ota bo‘ldi. Uning xonadonida o‘g‘il farzand dunyoga keldi.
O‘zbekiston xalq artisti poytaxtda o‘zining Mymed deb nomlangan klinikasining tantanali ochilish marosimini o‘tkazdi.
Alisher Uzoqov va Luiza Rasulova Hamdam Sobirovning yangi klipida juftlik obrazini yaratmoqda.
Bloger va aktyor Dilshod Nazarov (Dili.me) 46 ming dollar turadigan krossover xarid qildi hamda xursandchiligini muxlislari bilan bo‘lishdi. | 137 | 1,542 |
Madaniyat | Marvel superqahramonlari yaratuvchisi Sten Li vafot etdi | AQShning Los-Anjeles shahrida komikslar yaratuvchisi Sten Li 95 yoshida vafot etdi, deb yozadi Meduza.
O‘tgan bir necha yillar davomida Li og‘ir xastaliklarni boshidan kechirgan, xususan, zotiljam (pnevmoniya)ga chalingan va ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolarga uchragan.
Sten Li Marvel olamidagi personajlarning asosiy yaratuvchilaridan biri bo‘lgan. Bir nechta rassomlar bilan hamkorlikda u O‘rgimchak odam, Temir odam, Tor, Iks Odamlar, Fantastik to‘rtlikni o‘ylab topgan.
Sten Li, shuningdek, prodyuser va aktyor ham bo‘lgan. U Marvel superqahramonlari haqidagi ko‘plab filmlarda epizodik rollarni ijro etgan. | 56 | 622 |
Madaniyat | Tarixda birinchi marta 24 soatlik klip ishlab chiqildi | Amerikalik qo‘shiqchi va bastakor Farrel Uillyams internet tarmog‘iga 24 soat davom etadigan musiqiy klip joylashtirdi. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.
Foto © sbtv.co.uk
Ushbu klip translaytsiyasi amalga oshirilayotgan 24hoursofhappy.com saytida uning bunday davomiylik bo‘yicha tarixda birinchi ekani ta’kidlangan.
24 soatlik video Uillyamsning 18-iyun kuni katta ekranlarga chiqqan “Jirkanch kamina 2” (“Despicable Me”) animatsion filmi uchun yaratilgan qo‘shig‘i — “Happy”ga bag‘ishlangan. Aslida to‘rt daqiqalik trek qayta-qayta “aylanadi”. Ekranda esa turli yosh va jinsdagi odamlar raqsga tushadi. Trek har qaytalanganida, boshqa-boshqa raqqoslar paydo bo‘ladi. Ijodkorning g‘oyasi bo‘yicha video Los-Anjeles hayotining bir kunini qamrab oladi.
Foto © The Verge
The Verge’ning ta’kidlashicha, 24 soatlik klip Uillyams uchun o‘ta omadli kelgan yilni “yakunlamoqda”. Ushbu ijodkor Jay Z va Mayli Sayrusning yangi albomlari uchun yaratilgan qo‘shiqlarga prodyuserlik qildi, shuningdek, 2013-yilning eng ommabop singllari: Daft Punk’ning “Get Lucky” va Robin Tikning “Blurred Lines” qo‘shiqlarini yozishda qatnashdi. | 54 | 1,132 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik mashhurlar o‘tgan hafta nimalar bilan band bo‘ldi? (foto) | My Day o‘zbek shou-biznesi vakillari o‘tgan hafta nimalar band bo‘lganida haqida so‘zlab berdi.
Shohrux
“Ummon” guruhi vakili Shohrux o‘tgan hafta ilk otalik baxtiga musharraf bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Kuni kecha xonanda qizalog‘i va rafiqasini tug‘uruqxonadan olib chiqdi. Shuningdek, u Instagram’dagi shaxsiy sahifasida qizaloqlariga Fahrinur ismini berganliklari haqida ma’lum qilgan.
Zuhra Soliyeva
Aktrisa Zuhra Soliyeva ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy akkauntida aktyor Muhammadiso Abdulxayirov bilan birga tushgan suratini joylab, suratga olish jarayonidan selfi deb izoh qoldirgan. Ajab emas, tez orada yangi komediya katta ekran yuzini ko‘rsa.
Samandar Hamroqulov
Serqirra ijodkor Samandar Hamroqulov eng ko‘p xizmat safarlarida yuradigan san’at vakillaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. U Instagram’dagi shaxsiy sahifasida navbatdagi xizmat safaridan fotosuratni joylagan.
Dilso‘z
Xonanda Dilso‘z ijtimoiy tarmoqda Ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bag‘ishlangan konsert dasturidan fotosuratni joylagan. Suratda Obid Asomov, Yulduz Turdiyeva, Farruh Raimov kabi bir qator san’at vakillarini ko‘rishimiz mumkin.
Shahzod Murodov
Yosh, umidli xonanda Shahzod Murodov Instagram’ga ovoz yozish studiyasida tushgan suratini joylab, tez orada yangi tarona tuhfa etishini ma’lum qilgan.
Hilola Hamidova
Xushovoz xonanda Hilola Hamidova “Yoshlar” kanalining “Ayvon” dasturida mehmon bo‘lgan.
Alisher Uzoqov
Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov “Lider” maktabida bo‘lib, maktab o‘quvchilari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi.
Bahrom Nazarov
Xonanda Bahrom Nazarov Insatgram’dagi shaxsiy sahifasida izohsiz surat qoldirgan. Bu fotosuratni ko‘rgan muxlislar yangi klip suratga olish jarayonidan bo‘lsa kerak degan xulosaga kelganlar. Ko‘ramiz, tez orada xonanda yangi ijod mahsulini muxlisalariga taqdim etsa ajabmas.
Shahzoda Muhammedova
Serqirra ijodkor Shahzoda Muhammedova o‘tgan hafta yangi fotojamlanma uchun suratga tushdi. Ulardan bir nechtasini o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali bo‘lishdi. | 72 | 2,029 |
Madaniyat | Sherali Jo`raev, Farrux Zokirov, Yulduz Usmonova va boshqalar "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi | O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma etti yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risidagi Prezident farmoni imzolandi.
Xalqimizning ilmiy-intellektual salohiyati va ma`naviyatini yuksaltirish, ta`lim, madaniyat, adabiyot, san`at, sog`liqni saqlash sohalarini rivojlantirishdagi xizmatlari, Vatanimiz mustaqilligini, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga qo`shgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi ko`p yillik samarali ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan
Abdullaeva Nasiba Melikovna - "O`zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
Ahmedov Yoqub - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Baymuradov Elmurod Dilmurodovich - Shahrisabz shahridagi "Baxtli bolalik" namunali bolalar maqomchilar ansamblining badiiy rahbari, Qashqadaryo viloyati
Jo`raev Sherali - "O`zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi
Zakirov Farrux Karimovich - "Yalla" ansambli badiiy rahbari
Otajonov Ortiq - O`zbekiston xalq artisti
Sagdiev Yodgar Xabibovich - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
Usmonova Yulduz Ibragimovna - "O`zbekkonsert" davlat muassasasi xonandasi | 118 | 1,292 |
Madaniyat | Grigoriy Leps shaxsiy muammolari tufayli Toshkentdagi konsertini qoldirishga majbur bo‘ldi | Grigoriy Lepsning “Istiqlol” san’at saroyidagi konserti 27-fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Grigoriy Lepsning mazkur konserti uning shaxsiy muammolari tufayli qoldirildi. Bu haqda konsert tashkilotchisi “Matershow” tashkiloti rahbari Achilov Javdat jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
Grigoriy Leps oshkor etishni istamagan shaxsiy muammolari sabab konsert dasturini boshqa kunga ko‘chirishni iltimos qildi. Grigoriy Lepsning o‘zi 1 yoki 2-mart kunlariga ham konsert berishga tayyor edi, ammo mart oyining boshida konsert dasturlari ko‘pligi bois, Grigoriy Lepsning konserti 26-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirildi.
Achilov Javdat, konsert tashkilotchisi
Eslatib o‘tamiz, Grigoriy Lepsning konsert dasturiga eng arzon chipta — 120 ming so‘m, eng qimmati esa 2 million so‘mdan sotilgan edi. | 90 | 816 |
Madaniyat | Xonanda Jasur Umirov mashhurlikni yo‘qotishdan qo‘rqishini tan oldi | Xonanda Jasur Umirov “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida nimalarni yo‘qotishdan qo‘rqishini ma’lum qildi.
— Nimani yo‘qotishdan qo‘rqasiz, Jasur?
— Qo‘rquv?.. Muxlislar e’tibori, mashhurlikni yo‘qotishdan bo‘lsa kerak. | 67 | 227 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov rejissor Rustam Sa’diyev unga qanday o‘dag‘aylaganini ma’lum qildi | O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Erkin Komilov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida O‘zbekistondagi xususiy kinostudiyalarda faoliyat yuritayotgan rejissorlarning qay biri hurmatga loyiq ekanligi haqida fikr bildirdi.
“Rejissor Ibrohim Rasulovning aktyorlar bilan ishlash madaniyati yuqoriligi sabab, ‘Qizg‘aldoq’, ‘Jiyda guli’ filmlarida gonorarsiz ishlaganman. Qolgan birorta rejissor e’tiborimga loyiq emas, ularni tanimayman ham, ular ham meni tanimasa kerak”, — deydi O‘zbekiston xalq artisti.
“Rejissor Rustam Sa’diyevning ‘O‘gay ona’ filmida ishlaganman. Shu film uchun arzimas gonorar yozib bergan. O‘shanda qo‘ng‘iroq qilib: ‘Mehnatim singgan, bergan gonoraring kam-ku?’, — deganimni bilaman, o‘dag‘aylab: ‘Sizni qaytib filmlarimga taklif qilmayman!’, — degan. ‘Unda ochimdan o‘lar ekanman-da!’, — degandim. Mana rejissorning aktyorga munosabati”, — dedi Erkin Komilov.
Erkin Komilovning so‘zlariga ko‘ra, asosan davlat buyurtmasi bo‘yicha filmlar suratga oladigan Sobir Nazarmuhamedov, Hilol Nasimov kabi rejissorlarning jiddiy mavzulardagi kartinalari kishini quvontiradi. | 105 | 1,089 |
Madaniyat | Livanda isroillik aktrisa bosh rolni o‘ynagan qahramonlik filmini taqiqlash talab qilinmoqda | Livan rasmiylari Gollivudning “Mo‘jizaviy ayol” superqahramonlik filmini taqiqlashni talab qilmoqda. Filmda bosh rolni isroillik aktrisa Gal Gadot ijro etgani bunga sabab sifatida ko‘rsatilmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Livan iqtisodiyot vazirligi vakillari mahalliy xavfsizlik organlariga murojaat qilib, filmni taqiqlashni so‘raganini bildirdi.
O‘z navbatida, huquq-tartibot idoralari vakillari rasmiy taqiq uchun olti vazirlikdan iborat qo‘mita tavsiyasi talab etilishini bildirdi.
Ayni paytda Bayrutda kamida bitta kinoteatrda filmning dastlabki namoyishlari bo‘lib o‘tayotgani ma’lum.
Livanda Isroil mahsulotlarini boykot qilishni, livanliklarning Isroilga borishini taqiqlashni belgilovchi qonun amal qiladi. | 92 | 721 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert”dan litsenziya olmoqchi bo‘lgan qo‘shiqchilarning iste’dodi jonli ijro orqali sinovdan o‘tkazildi | San’atkorlarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhining xulosalari asosida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Bu haqda “O‘zbekkonsert” rasmiy sayti xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga litsenziya olish tartibi yuzasidan turli savol va takliflar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan ilk maratoba oshkora tartibda, shaffoflik tamoyili asosida ochiq Badiiy Kengash tashkil etilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi hamda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash, shuningdek, litsenziya talabgorlariga Ijodiy vakillar guruhi tomonidan qo‘yiladigan talab va shartlarga amal qilish borasida oshkoralik tamoyillariga erishish, xalq, ayniqsa yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sayoz, saviyasi past, milliy ma’naviyatimizga zid bo‘lgan qo‘shiqlar paydo bo‘lishini bartaraf etishdan iborat.
Avvallari xonandalar o‘z qo‘shiqlarini diskka yozdirib, qo‘shiq matnlarini ilova qilgan bo‘lsa, endilikda esa xonandalar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga kelib o‘z repertuarlaridagi qo‘shiqlarni ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar (shoir, bastakor hamda ustoz xonandalar) tarkibidan iborat guruhiga jonli ijroda kuylash orqali taqdim etadi. Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi xulosasidan kelib chiqib, badiiy jihatdan puxta qo‘shiqlar ijrochilariga litsenziya beriladi.
Kuni kecha Turkiston saroyining kichik majlislar zalida Ijodiy vakillar guruhining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 32 nafar litsenziatning qo‘shiqlari Kengash a’zolari oldida jonli ravishda tinglandi.
Litsenziya olmoqchi bo‘lgan yosh ijrochi ijodkorlarga hamda keng ommaga litsenziya berish, Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi oldida jonli ijroda o‘z ijodiy salohiyatini namoyish etishni ochiq namoyish etish maqsadida ommaviy axborot vositalari jalb etildi. Bu esa litsenziya olmoqchi bo‘lgan talabgorlarga nafaqat jonli ijrodagi imtihon balki, yetuk mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr mulohazalar mahorat darslariga aylanmoqda, deyiladi xabarda. | 112 | 2,455 |
Madaniyat | MIB Ozoda Nursaidovaning Toshkentdagi uyi buzilishi sabablariga aniqlik kiritdi | Xonanda Ozoda Nursaidova uyi buzilganidan keyin shifoxonaga tushgani haqida OAVda xabarlar berilgandi. Majburiy ijro byurosi ushbu voqeaga oydinlik kiritdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, Ko‘hinur ko‘chasida joylashgan turar joy binosi etak qismida o‘zboshimchalik bilan qo‘shib olingan 178,0 kvadrat metr yer maydonida joylashgan qurilma-devorni qarzdor Nursaidova Ozoda Parpiyevnaning hisobidan buzdirib tashlash to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Yanvar oyi oxirida davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro hujjati talablarini belgilangan vaqtda bajarmaslik oqibatlari haqida tushuncha berilgan va bu haqda tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Ijro hujjati ijrosi berilgan ixtiyoriy muddatda bajarilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlari olib borilgan.
Dastlab, 6-fevralda majburiy ijro harakatlari Yakkasaroy tumani hokimligi vakillari ishtirok etmagani sababli boshqa kunga qoldirilgan. Xonadon egalari tomonidan ijro hujjatini to‘xtatish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladigan hech qanday hujjatlar taqdim qilinmagan, shu sababli majburiy ijro harakatlari davom ettirilgan.
Shundan so‘ng, 8-fevralda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari va xolislar ishtirokida ijro hujjati ijrosi (soat 15.00 dan soat 21.30 ga qadar) to‘liq bajarilib, 178,0 kvadrat metr yer maydondagi noqonuniy qurilma buzilgan.
Ijro harakatlarini amalga oshirish davrida xonadon egasi Ozoda Nursaidova, singlisi Nilufar Nursaidova, tuman hokimligi, tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi, IIB XOOB profilaktika inspektori, tez tibbiy yordam xizmati hamda “Bog‘saroy” MFY raisi ishtirok etgan.
Xonadon egalari Ozoda Nursaidova va boshqalar kadastr bo‘limi xodimlariga qurilma o‘lchami noto‘g‘ri hisoblangani haqida e’tiroz bildirib, dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortgan va bu haqda IIB XOOB profilaktika inspektori tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida Ozoda Nursaidovaning sog‘ligi yomonlashgani kuzatilmagan, davlat ijrochilarining harakatiga qarshilik ko‘rsatish yoki to‘sqinlik qilish holatlari sodir etilmagan.
Ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan hisoblanadi, deyiladi MIB xabarida. | 79 | 2,225 |
Madaniyat | Rustam Sa’diyev 85 foiz rollar jahon kinoyulduzlari tomonidan ijro etilgan “Baron 2” filmi qachon premyera qilinishi haqida (video) | O‘zbek kino olamida o‘z o‘rniga ega rejissor, prodyuser Rustam Sa’diyev nima sababdan “Baron 2” filmining aktyorlar tarkibida 85 foiz chet ellik aktyorlar bo‘lishini, kinokartina qachon premyera qilinishi, “Baron” filmining kinoteatrlardagi namoyishi kutilgan natijani bermagani, nima sababdan kliplar suratga olmayotganini va 2D, 3D, 5D filmlar O‘zbekistonda ishlanmayotgani haqida gapirdi.
Rustam Sa’diyev o‘zbek kino olamida nima sababdan 2D, 3D va 5D filmlarining yo‘qligi haqida
Inson faktori degan tushuncha bor, shu birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Hozir standartlar o‘zgarmoqda, lekin baribir uning ichida inson gapiradi, gapirtiradi. Ko‘p narsadan xafa bo‘laman, rejissorlar ko‘payganidan emas, haqiqiy rejissorlar yo‘qligidan. Bitta yoki ikkita seriallar qiziqarli chiqadi, 90 foizida o‘sish yo‘q. Kino sohasiga umuman aloqasi yo‘q insonlar ham kino olmoqda. Bu ham inson ruhiyatiga ta’sir qiluvchi soha, hazillashib bo‘lmaydi, o‘ziga yarasha qonun qoidalari bor. Uni bilmasdan xohlaganicha kino olib, o‘zbek millatining saviyasini tor qilib qo‘ymoqda, — deydi rejissor.
Rustam Sa’diyev nima sababdan klip suratga olmayapti?
Menda shunaqa odat bor, qaysidir yo‘nalishga kirsam, shu bo‘yicha natijaga erishmagunimcha ichim tinchimaydi. Klip suratga olish esa men uchun unchalik yoqimli ish emas, — deydi prodyuser.
“Baron” filmining kinoteatrlardagi namoyishi kutilgan natija olib kelmagani haqida
Hamma narsani yaxshilikka yo‘yaman. Filmning ikkinchi qismini kutishayotgan vaqtda birinchisi chiqib ketdi. Birinchi filmini xalqimiz duo qilib ko‘rgan bo‘lsa, roziman. Ikkinchi qismida shu duolarning sharofati bilan biz yaxshi mablag‘ga ega bo‘larmiz. Bir narsani xohlardim, xalqimiz ko‘chada “qaroqchilik” qilib sotilayotgan film nusxalariga e’tibor bermay kinoteatrga kelib ko‘rishsa, bizning ijodimizga ham ta’siri bo‘ladi va mablag‘lar keyingi filmlarni olishimizga xizmat qiladi. Yaxshi filmlar faqat davlatning ko‘magi bilan emas, tomoshabinning kinoga bo‘lgan mehri bilan ham yaraladi, — deydi Rustam Sa’diyev.
“Baron 2” filmi va uning aktyorlar jamoasida 85 foiz chet ellik aktyorlar rol o‘ynayotgani haqida
“Baron 2” filmida faqat rus va turk aktyorlari emas, filmda ishtirok etayotgan aktyorlarning 85 foizi chet ellik. Unda suriyalik, misrlik, belaruslik, qozog‘istonlik, tojikistonlik, turkiyalik, rossiyalik aktyorlar suratga tushdi. Qolgan 15 foizi o‘zbekistonlik aktyorlar. Film xalqaro masshtabda suratga olindi. Badiiy kengashda kino rahbarlari ayrim aktyorlarni boshqa filmlarga ham tavsiya qildi. Xursand bo‘ldim, mana bu aktyor bu rolni o‘ynay olmabdi, necha pul bergandingiz deyishdi hazillashib. Hamma aktyorlar roliga mos tushgan, bunga 3-4 yil umrim ketdi, ssenariysi esa 6 yil oldin yozilishni boshlagan. Birinchi qism bilan ikkinchi qismning orasida 6 yil muddat bor ekan. Bu aytishga oson, orada pandemiya bo‘ldi, mablag‘ni kutdik. “Baron 2” filmi O‘zbekiston tarixidagi Rossiya bilan hamkorlikda ishlangan birinchi film. Filmning mavzusi qiziq, ochig‘ini aytganda bu mavzular menga begona. Asosiy ishlaydigan filmlarim komediya, melodrama janrida, lekin bu mavzular ham kerak. O‘zimni sinab ko‘raman, bu filmlarning yuki og‘ir, lekin bari bir o‘zbek kinosining dunyoda o‘rni bo‘lishi kerak, — deydi rejissor.
Uzoq kutilgan “Baron 2” qachon premyera qilinadi?
Film premyerasi avgust oyining o‘rtalariga mo‘ljal qilinmoqda. Yaqin kunlarda premyeraning aniq kuni ma’lum bo‘ladi. Hozirda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi rahbariyati Rossiyadagi hamkorlar bilan qachon premyera qilinishini kelishmoqda, — deydi Rustam Sa’diyev.
“90 foizi bir tiyinga qimmat”. Rejissor Rustam Sa’diyev hozirgi o‘zbek seriallari haqida (video). | 131 | 3,667 |
Madaniyat | Kinostudiyalardan biriga xakerlar hujumi uyushtirilgach, Gollivud filmlari internetda tarqalib ketdi | Sony Pictures Entertainment kinostudiyasiga xakerlar hujum qilgach, Gollivud filmlari ochiq manbalarda paydo bo‘ldi, deb yozadi Hollywood Reporter.
Xususan Bred Pitt ishtirokidagi “G‘azab” (Fury) filmi va “Enni” (Annie) myuzikli internet bo‘ylab tarqalib ketgan.
Xakerlar hujumidan so‘ng “Enni” Pirate Bay fayllar ayirboshlash saytida eng ko‘p yuklab olinadigan filmlardan biriga aylangan.
Avvalroq ushbu hujumni Gollivud Kim Chen Inning qatl etilishi haqida film chiqargani uchun KXDR tashkil qilgan bo‘lishi mumkinligi xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Intervyu” deb nomlangan ushbu film syujetida AQSh televideniyesida ishlaydigan ikki muxbir Kim Chen Indan intervyu olish imkoniga ega bo‘ladi. Ular Shimoliy Koreyaga ketish safaridan avval maxfiy xizmat tomonidan KXDR rahbarini o‘ldirish haqida buyruq oladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, film joriy yilning oktabr oyida omma e’tiboriga taqdim etiladi. Filmdagi bosh rollarda Jeyms Franko va Set Rogen ishtirok etgan.
Avvalroq KXDR amaldorlari ushbu filmni tanqid qilib, agar film Amerika ekranlarida ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ular AQShning barcha kinoteatrlarni yo‘q qilish bilan tahdid qilgan edi. | 100 | 1,148 |
Madaniyat | "Yoshlar va kino” shiori ostida milliy filmlarimiz namoyishi boshlandi | Bugun 10-fevral soat 16:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Yoshlar va kino” shiori ostidagi o`zbek milliy filmlari namoyishi loyihasi ochilish marosimi bo`ldi.
Ushbu dasturlar “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 dekabr kuni bo`lib o`tgan yoshlar bilan uchrashuvida belgilab berilgan tavsiyalar hamda 5 tashabbus loyihasi doirasida tashkil etildi.
“O`zbekkino” Milliy agentligi tashabbusi tashkillashtirilgan tadbirda bilan Oliy va o`rta mahsus ta`limi vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi hamda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi vakillari, taniqli kinoijodkorlar, jurnalist va talabalar ishtirok etishdi.
Marosimda so`z olganlar yoshlarimizni tariximiz, bugunimiz, qadriyatlar va urf-odatlarimiz, shuningdek, inson qalbini butun saqlab turuvchi, insonlarni jipslashtiruvchi o`zbekona tuyg`ular aks etgan milliy filmlarimiz bilan yaqindan tanishtirishning ahamiyati haqida gapirishdi.
Ochilish marosimidan so`ng premera zaliga yig`ilganlar uchun ko`pchilikka manzur bo`lgan, Xorazmshohlar zamonidagi dovyurak yigit haqida hikoya qiluvchi “Elparvar” filmi namoyish etildi.
Eslatib o`tamiz, Agentlik buyurtmasiga binoan so`nggi yillarda yaratilgan eng sara milliy filmlar Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda har kuni soat 15:00 da va Respublika miqyosida davlat kinoteatrlarida bir oy davomida namoyish etiladi. Shuningdek, namoyishlar davomida film ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar ham bo`lib o`tadi. | 70 | 1,456 |
Madaniyat | Shoxruh Xon va Amitabx Bachchan: yangi filmda yana birga | Shoxruh Xon va Amitabx Bachchan. Manba: bollywood.celebden.com
“Vir va Zara”, “Sevishganlar”, “Gohi shodlik, gohi g‘am” kabi mashhur filmlarda esda qolarli obrazlarni yaratgan Bollivudning bu ikki superyulduzi 2008-yildan beri kinolarda birga ko‘rinmas edi. Mish-mishlarga qaraganda, buning asosiy sababi ular o‘rtasidagi munosabatga sovuqchilik tushganida ekan.
Joriy yilda esa ular rejissyor R. Balkining yangi kinokartinasida ishtirok etishga o‘z roziligini bildirdilar. Bollywood.celebden.com saytining ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha aynan ikki yulduz uchun yozilgan va filmning qiziqarli ssenariysi katta Bachchanga ham, Shoxruhga ham manzur bo‘lgan.
Film ijodkorlari hozirda kartina nomi va mazmunini sir tutmoqdalar. Biz esa sevimli aktyorlarimiz ijrosidagi yangi filmni kutib qolamiz. | 56 | 796 |
Madaniyat | Lutfulla Sa’dullayevning tug‘ilgan kuniga farzandlari syurpriz tayyorladi. Sovg‘ani ko‘rgan aktyor yig‘lab yubordi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev 18-dekabr kuni 80 yoshni qarshi oldi. Ushbu sana munosabati bilan aktyorning farzandlari, nevaralari hamda boshqa qarindoshlari aktyorga yarim kechasi syurpriz tayyorladi. Multfilm qahramonlari, sharlar, salyutlar, estrada xonandalari Ulug‘bek Rahmatullayev va Malika Ravshanovaning ota-ona haqidagi qo‘shiqlaridan iborat tabrik aktyorni to‘lqinlantirib yubordi.
2020-yilning 12-aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva 70 yoshini qarshi olgan edi. Karantin bo‘lgani uchun aktrisaning farzandlari, kuyovlari va nevaralari ushbu sana munosabati bilan videotabrik orqali tabriklagan edi. | 122 | 664 |
Madaniyat | Tom Kruz “Bajarib bo‘lmaydigan topshiriq 6” filmiga bog‘liq rejalarni e'lon qildi | Gollivud aktyori Tom Kruz “Bajarib bo‘lmaydigan topshiriq 6” filmini suratga olish ishlari kelasi yilning yozida boshlanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Variety.
Kruz o‘zining Markaziy razvedka boshqarmasi maxsus agenti Itan Xant roliga qaytishni mo‘ljallamoqda. Qaysi aktyorlarning unga qo‘shilishi hozircha noma’lum.
Franshizaning oxirgi qismi – “Bajarib bo‘lmaydigan topshiriq 5: Qochqinlar qabilasi” filmida ko‘plab tryuklarni Kruzning o‘zi bajardi. Misol uchun u suv ostida olti daqiqa nafas olmasdan turishni o‘rgandi.
Franshizaning avvalgi to‘rtta qismi xalqaro prokatda ikki milliarddan ortiq mablag‘ to‘pladi. | 81 | 625 |
Madaniyat | 2015-yil oktabr oyining eng yaxshi kliplar beshligi e’lon qilindi | “PopCorn.uz” nashri eng ko‘p tomoshabin jalb qilgan o‘zbek kliplari reytingini tuzib chiqdi.
Top-5 talik reytingdan oktabr oyida YouTube videoxosting xizmatiga joylashtirilgan videokliplar joy olgan.
Top-5 talikning 5-pog‘onasida Rashid Xoliqovning “Shahlo ko‘zli malikam” videoklipi joy oldi. Mazkur videoklip 16-oktabr kuni joylashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar tomosha qilganlar soni 106 ming nafar kishini tashkil etadi. Videolkip rejissori — Yodgor Nosirov.
4-pog‘onani Bahriddin Zuhriddinov va “Bojalar” guruhi ijrosidagi “Hadicha” videoklipi band qildi. Klipmeyker Jonrid Sagdiyev rejissorligida tasvirga tushirilgan, 16-oktabr kuni joylashtirilgan klipni bugungi kunga qadar 171 mingdan ortiqroq muxlislar tomosha qilgan*.
Reytingning 3-pog‘onasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyodaning “Yaxshi qol” klipiga nasib etdi. 6-oktabr kuni joylashtirilgan ushbu klipdan hozirgacha 202 mingdan ko‘proq muxlislar bahramand bo‘lgan. Qiziqarli syujetni o‘z ichiga olgan video asarda bosh rollarni Asal Shodiyeva va Aziz Rametov ijro etgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon ijrosidagi “Sanamjon” qo‘shig‘iga ishlangan klip reytingda 2-o‘rinni egalladi. Ushbu taronaning videoklipi 12-oktabr sanasida joylashtirilgan va undan bugungi kunga qadar 254 mingdan ortiq tomoshabinlar bahra olgan.
Jasur Umirovning “Kabutarim” taronasiga yaratilgan videoklip top-5 talik reytingning birinchi pog‘onasini band etdi. Klipmeyker Narimon Sultonxo‘jayev rejissorligidagi klipdan ayni damgacha bahramand bo‘lganlar soni 481 mingtadan ortiqroq muxlisni tashkil etadi.
Izoh* — “PopCorn.uz” nashri reytingida Ziyodaning “Yaxshi qol” klipi 4-o‘rin, Bahriddin Zuhriddinov va “Bojalar” guruhi ijrosidagi “Hadicha” qo‘shig‘i klipi 3-o‘rinda ko‘rsatilgan. Ammo “Yaxshi qol” klipi YouTube orqali ko‘proq ko‘rilgani uchun “Daryo” nashri kliplar o‘rnini almashtirdi. | 65 | 1,878 |
Madaniyat | Oybek va Nigora yangi oilaviy fotojamlanmani taqdim etdi (foto) | O‘zbek estradasining taniqli juftliklaridan biri Oybek va Nigora yangi oilaviy fotosuratlarini taqdim etdi. Bu haqda MyDay xabar bermoqda.
“Xonandalar ikki o‘g‘il Imronbek va Usmonbeklarning baxtli ota-onasi. Ular 2018-yilning may oyida ikkinchi bor ota-onalik baxtiga muyassar bo‘lgan edi. Katta farzandlari Imronbek esa 2016-yilning avgust oyida dunyoga kelgan”, — deyiladi xabarda.
Oybek va Nigora 2015-yilning 21-noyabrida oila qurgan edi. | 63 | 444 |
Madaniyat | Samandar Hamroqulov: Bizni Siz, ayollar tarbiyalaysiz | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Samandar Hamroqulov ayollar haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Sug‘diyona” nashri.
“Bizni Siz, ayollar tarbiyalaysiz, – deya gap boshladi Samandar. – Kichiklikda onamiz, oila qurgach, rafiqamiz. Butun umrimiz davomida Sizga suyanamiz.
Huda-behudaga so‘roqlayversangiz, o‘rtadagi ishonchni yo‘qotib qo‘yasiz. O‘z holimizga qo‘ying va bizga ishoning. Noo‘rin rashk qilmang! Bu erkakka nisbatan ishonchsizlikni bildiradi.
Xonanda erkaklarning sadoqati borasidagi o‘ylariga ham to‘xtalib o‘tdi: Shunday tuyg‘ular borki, ularni ko‘z-ko‘z qilishning hojati yo‘q. Menimcha, erkak kishi sadoqatini isbotlashi shart emas. Agar u oilasiga vafodor, g‘amxo‘r va e’tiborli bo‘lsa, shu uning sadoqati belgisi. Bu tuyg‘uni jim turib ham ifodalash mumkin. Kichik sirni ochay, agar erkak ‘Senga sodiqman’, deb takrorlayversa, bu qaysidir aybini yashirayotganidan darak berishi mumkin”. | 53 | 913 |
Madaniyat | Tojik xonandasi Shabnam Surayyo O‘zbekistonga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirdi | Xonanda 28—29-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “Boysun bahori” folklor festivalidagi chiqishidan keyin o‘zbekistonliklarga mehmondo‘stliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Festivaldagi ishtiroki haqida xonanda o‘zining Instagram sahifasida post qoldirgan. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
Shuningdek, xonanda festivalda Yulduz Usmonova bilan uchrashgani haqida ham alohida post yozgan. | 91 | 380 |
Madaniyat | Qatar kompaniyasi Miramax kinostudiyasini sotib oldi | Qatarning beIN Media Group kompaniyasi Amerikaning Miramax kino ishlab chiqaruvchisini sotib oldi, deb yozadi Meduza. Qaror haqida 2-mart kuni e’lon qilindi.
Miramax rasmiy vakili Ket Klayner oldi-sotdi shartlariga aniqlik kiritishdan bosh tortdi.
beIN Media Group rahbari Nasser Al-Xelaifiy Miramax’ni xarid qilish kompaniyani kengaytirish bo‘yicha rejalar doirasida amalga oshganini aytdi.
Miramax kompaniyasiga 1979-yilda asos solingan. U 2010-yilda Walt Disney Company’dan Colony Capital boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi tomonidan 660 million dollarga sotib olingan edi. | 52 | 583 |
Madaniyat | Yigitali: Bola tarbiyasida otaning roli bo‘lishi kerak, shuning uchun farzandlarim bilan tez-tez uchrashishga harakat qilaman | Aktyor Yigitali Mamajonov xonanda Rayhon bilan birgalikdagi turmushida tug‘ilgan egizak farzandlari — Islom va Imron bilan tez-tez uchrashishga harakat qilishini ma’lum qildi. Bu haqda u “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bir haftada bir marta farzandlarim bilan ko‘rishib, birga vaqt o‘tkazamiz. O‘g‘illarim bilan ko‘proq o‘g‘il bolalarga xos o‘yinlar o‘ynaymiz. Kurashish, turli akrobatik o‘yinlar, harakatlar bajarishga harakat qilaman”, — dedi Yigitali.
“Quvonarlisi, ular men ko‘rsatayotgan harakatlarni bajarishga urinishdan tashqari, ehtiyotkor bo‘lishni ham o‘rganishyapti. Oilada erkakning roli boshqa, ayniqsa bola tarbiyasida otaning roli bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham ular bilan tez-tez uchrashishga harakat qilaman”, — dedi aktyor.
“O‘g‘illarim uchun oshpazlikdagi barcha mahoratimni namoyish etishga hali ulgurganim yo‘q. Ammo ular hali go‘dakligida bolalar bo‘tqasini pishirib berish, sutini isitib ichirish kabi yumushlardan qochmasdim. Ulg‘ayaverishsin, hali ular bilan birga ko‘p taomlar tayyorlaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi qildi Yigitali Mamajonov.
Avvalroq Yigitali Mamajonov “Sabo” gazetasiga bergan intervyusida Rayhon endi o‘tmishda qolganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, xonanda Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012-yilning noyabrida turmush qurgan edi. 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzand tuqqan, ularga Islom va Imron deb ism qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. 2015-yil yanvarida esa Rayhon ajrashishga ariza berganini ma’lum qilgan edi. | 125 | 1,526 |
Madaniyat | Bahrom Shomsutlinov: "Mehmonlar bizdan xursand bo`lishiga shubham yo`q!" | 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o`tkaziladigan “O`zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi doirasida ishtiroklar uchun o`zbek milliy tamolari ham tortiq etiladi. Bu borada mas`ul, O`zbekiston oshpazlar Assosiasiyasi rahbari, Bahrom Shomsutlinov shunday deydi:
— Kongress ishtirokchilarini o`zimizning mazali milliy taomlarimiz — sharqona somsa, to`yimli o`zbekona sho`rva, va albatta, osh orqali hayron qoldirmoqchimiz. Osh tayyorlash uchun bizga qozon, o`choq va tabiiy olov tashkil qilib berishmoqda. Shuningdek, achiqchuchuk va zamonaviy salatlar tayyorlanadi. Shirinliklardan esa sharqona paxlava pishirish rejalashtirilgan. Xullas, mehmonlar bizdan hursand bo`lishiga shubham yo`q! | 72 | 773 |
Madaniyat | Xonanda Kaniza ayrim hamkasblari uning g‘oyalaridan foydalanayotganligidan nolidi | Aprel oyida bo‘lib o‘tadigan konsertiga tayyorgarlik ko‘rayotgan xonanda Kaniza ijodidagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashish asnosida ayrim hamkasblari uning g‘oyalaridan foydalanayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlarini “Popcorn.uz” sayti keltirmoqda.
“So‘nggi paytlar ayrim xonandalar negadir mening g‘oyalarimdan foydalanishayotgandek, — dedi u. — Shu sabab hozir tayyorlayotgan bir qo‘shig‘im haqida oldindan rasman OAVda e’lon qilmoqchiman. Bunday mavzuni, adashmasam, hali ko‘tarishmagandi. Ajrashgan va yoki ajrashayotgan ota-ona haqida farzand nomidan qo‘shiq. Ishchi nomi hozircha ‘Farzand nomasi’. Nasib etsa, 28-aprel kuni konsertimda yangraydi. Keyin esa klip suratga olishni rejalashtirdik va unga mavzu doirasidagi g‘oyaga asosan ssenariy tayyor”.
“Shuningdek, sho‘x-shodon tarzdagi ‘O‘zbegim’ qo‘shig‘ini ham tayyorladik. Uni konsertgacha premyera qilamiz”, — qo‘shimcha qildi Kaniza. | 81 | 903 |
Madaniyat | Xonanda Adel Gollivud yulduzi Silvestr Stallonening 58 million dollarlik uyini sotib olmoqchi | Xonanda Adel mashhur aktyor Silvestr Stallonening Beverli-Xillzdagi uyining egasi bo‘lishga hozirlik ko‘rmoqda. Yulduz uni 58 million dollar evaziga sotib olishga tayyor.
Stallone ko‘chmas mulkni 90-yillarda sotib olgan. U “Rokki qurgan uy” deb nomlangan. Uyda 6 ta yotoqxona, 9 ta hammom, sportzal, sauna, basseyn, chekish xonasi, kinoteatr, bar va hattoki ijod qilish studiyasi mavjud. Shuningdek, uydan ikki qavatli mehmonxona ham o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, dastlab Silvestr Stallone qasrini 110 million dollarga kimoshdi savdosiga qo‘ygan edi, biroq hech kim uni sotib olishga rozi bo‘lmagan. | 93 | 601 |
Madaniyat | Gollivudcha detoks: Yulduzlar tomonidan sinalgan retseptlar | Detoks bu — vazn yo‘qotishga qaratilgan diyeta emas, uning vazifasi tanada to‘plangan toksinlar, zararli moddalardan xalos bo‘lish, vitamin va minerallar yetishmovchiligini to‘ldirishga yordam berishdir. Quyidagi Gollivud yulduzlari sinovdan o‘tgan haqiqiy retseptlari bilan bo‘lishadi.
Gvinet Peltrou
“Men avokado, nuta, sabzi va zanjabildan sho‘rva tayyorlayman. Avvaliga nuta va sabzi yumshoq bo‘lguncha qaynataman, zanjabilni qirg‘ichdan o‘tkazib solaman, so‘ngra barcha mahsulotlarni blenderda ezib, pyure qilaman. Asosiysi, tuz va qalampir qo‘shmaslik!”
Beyonse
“Men oddiy, ammo juda foydali salat tayyorlayman va uni kun bo‘yi iste’mol qilaman: kinoa, ozgina qovurilgan yoki pechda pishirilgan qo‘ziqorin va avokado bo‘laklari solingan salat. Bu salat to‘yimli, mazali va ajoyib tarzda toksinlardan xalos qiladi”.
Viktoriya Bekhem
“Turmush tarzim — doimiy detoksdan iborat, lekin organizmni yaxshilab tozalamoqchi bo‘lsam, go‘sht va baliqdan, shuningdek, kislotaligi yuqori bo‘lgan mahsulotlardan voz kechaman – natijasi esa ajoyib”.
Keti Perri
“Detoksga zarurat sezsam, 24 soat davomida faqat ko‘k choy ichaman va karamni xomligicha iste’mol qilaman. Bunda buyraklar va jigar tozalanadi, o‘t pufagi normal holatga keladi, organizmimga qanchalik yengillik bo‘lganini tezda his qilaman!”
Robin Louli
“2 dona muzlatilgan banan, 2 osh qoshiq ismaloq, 3 osh qoshiq bodom moyi, bitta nok va bir stakan sut. Hammasini aralashtirib, iste’mol qiling”
Haydi Klum
“Bodring va qovunli salat va kun davomida kamida uch litr suv tanani tozalaydi. Bu yengillik va kuch-quvvatni his qilishning isbotlangan usuli”.
Jennifer Eniston
“Men zararsiz oziq-ovqat yo‘qligiga ishonaman, barcha oziq-ovqat tarkibida toksinlar bor, chunki biz tutun va ifloslangan dunyoda yashayapmiz. Men uchun detoks kun bo‘yi suvda bo‘lish. Mana shu haqiqiy detoks” | 59 | 1,840 |
Madaniyat | Alisher Navoiy nomidagi DAKT yangi mavsumni konsert va “Qarsildoq” bilan boshlaydi | Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida yangi mavsum 14—15-noyabr kunlari ochiladi. Bu haqida, teatrning adabiy qism bo‘yicha rejissyor yordamchisi Yekaterina Komarovaga asoslanib, “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Teatr mavsumi 14—15-noyabr kunlari teatr yakkaxonlari ishtirokidagi konsert bilan ochiladi. 18-noyabr kuni esa sahnada P.Chaykovskiyning “Qarsildoq” spektakli namoyish etiladi”, — deydi teatr xodimi.
Eslatib o‘tamiz, Davlat akademik katta teatrining ta’mirdan keyingi ochilishi 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Ochilish marosimida O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abe qatnashgandi. | 82 | 660 |
Madaniyat | AQShda “O‘zbekiston — Markaziy Osiyoning mo‘jizaviy ertagi” ko‘rgazmasi yakuniga yetdi | AQShning Florida universiteti xalqaro san’at galereyasida 1-sentabrdan 28-oktabrgacha o‘tkazilgan “O‘zbekiston — Markaziy Osiyoning mo‘jizaviy ertagi” ko‘rgazmasi yakuniga yetdi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Ko‘rgazmani dizayn va me’morchilik fakulteti talabasi, Fulbrayt stipendiati, o‘zbekistonlik Albina Xartner tashkilladi. Undan mamlakatning qadimiy va boy tarixi, madaniyati haqida hikoya qiluvchi sopol buyumlar, turli-tuman anvoyi matolar o‘rin oldi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik taniqli fotorassom Ernest Kurtveliyev suratlari alohida blokda namoyish etildi.
Ko‘rgazma doirasida turli mavzulardagi, xususan, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo me’morchiligiga oid ma’ruzalar tinglandi, o‘zbek xalq raqslaridan mahorat saboqlari o‘tildi.
“O‘zbekiston — Markaziy Osiyoning mo‘jizaviy ertagi”ni o‘tgan vaqt mobaynida 10 mingdan ortiq kishi kelib ko‘rdi, mahalliy OAVda keng yoritildi. Albina Xartnerning ko‘rgazma tashkil etish tashabbusi Florida universiteti, ko‘plab firma va kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, AQSh va Gruziyadagi xususiy fondlar tomonidan moliyaviy ko‘mak berildi. | 86 | 1,098 |
Madaniyat | Orasida katta yosh farq bo‘lsa-da, sevishgan juftliklar rolini ijro etgan Bollivud yulduzlari (foto) | Muhabbat yosh tanlamaydi. Keksa yoshdagi erkak va yosh qiz yoki ayol va yosh yigit orasidagi munosabatlar hayotda ham, kinoda ham hech kimni ajablantirmaydi.
Amitabh Bachchan, Tabu, Rani Mukerji va Jiya Xon
Amitabh Bachchan bu borada yetakchi bo‘lib, u aynan o‘zidan bir necha o‘n yoshga kichik aktrisalar bilan rol ijro etgan. 2007-yil aktyor “Shakarsiz sevgi retsepti” filmida Tabu bilan juftlik rolini o‘ynagan. O‘shanda Bachchanning yoshi 65 da, aktrisa esa 37 yoshda bo‘lgan. Ssenariyga ko‘ra, qaynota kuyovidan 6 yoshga kichik. “Zulmat” filmida ham aktyor 63, Rani esa 27 yoshda bo‘lgan. Filmda qiz va uni bolaligidan tarbiyalagan o‘qituvchi o‘rtasida munosabatlar to‘liq rivojlanmagan bo‘lsa-da, bunga ishora bor edi. “Faqatgina sevgiga ishonmang” filmida Jiya Xon bilan Bachchanning yoshidagi farq sezilarli darajada edi. Aktyor 65, aktrisa 19 yoshda bo‘lishiga qaramay, ular film uchun munosib ko‘rilgan.
Shohrux Xon va Aliya Bxatt
Ular birgalikda 2016-yilda “Hayot qadri” filmida suratga tushgan. Filmni suratga olish vaqtida Xon 51, Aliya esa 23 yoshda bo‘lgan.
Ajay Devgan va Rakul Prit Singx
“Meni sev” komediyasida keksa odamning yosh qiz do‘sti bo‘lib, uning qarindoshlari va sobiq xotinining munosabatlari aks etgan. Ajay kinoda ham, hayotda ham 50, Rakul esa 29 yoshda bo‘lgan.
Hema Malini va Rajkumar Rao
Ro‘yxatdagi eng yetakchi juftlik. 2020-yil suratga olingan “Shimladagi achchiq qalampir” filmida Hema 72, Rao esa 36 yosh edi. Ular orasidagi farq ham 36 yosh.
Akshay Kumar va Rekha
Kartinaning nomi “O‘yinchilar qiroli” bo‘lib, 1996-yilda suratga olingan. O‘sha paytda Rekha 42, Akshay esa 29 yoshda edi. Ammo juftlik o‘z rolini ajoyib tarzda ijro etgan.
Akshay Kumar va Kiara Advani
Ular 2020-yilda suratga olingan “Lakshmi” dramasida turmush qurgan juftlik rolini ijro etgan. Filmdagi yoshi noma’lum bo‘lsa-da, Akshay 53, Kiara 28 yosh edi. Akshay dastlab Rekha bilan bu kabi farqli juftlikni ijro etgan bo‘lsa, endilikda uning o‘zi ham yosh aktrisalar bilan kartinalarda ishtirok etmoqda.
Dimpl Kapadiya va Akshay Xanna
Navbatdagi juftlik ham rekordni yangilagan. Dimpl 44, Akshay esa 26 yosh bo‘lgan filmda yosh qahramon o‘zidan katta ayolga nisbatan his-tuyg‘ularga beriladi.
Tabu va Ishan Xatter
2020-yil “Munosib kuyov” teleserialida 25 yoshli Ishaan 50 yoshli Tabu bilan ajoyib juftlik rolini ijro etgan. Oradagi farqqa qaramay, ular kartinada uyg‘un ko‘rinishni hosil qilgan. | 100 | 2,416 |
Madaniyat | “Qora Pantera” filmi yulduzi — marhum Chedvik Bouzman nomzodi Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotining 4 ta nominatsiyasiga qo‘yildi | Amerikalik marhum aktyor Chedvik Bouzman har yili bo‘lib o‘tadigan Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotiga 4 marta nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Bunday natija mukofot tarixida faqatgina Jeyms Foks va Meggi Smitda kuzatilgan, deb yozadi Esquire.
Ma’lum qilinishicha, Bouzmanning Jorj S.Volfning “Ma Reyni: Blyuzning onasi” filmidagi roli eng yaxshi erkak ijrochi, Spayk Lining “Qondosh beshovlon” filmidagi ijrosi esa ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor sifatida nomzod qilib ko‘rsatilgan. Qolaversa, har ikki film ham kinodagi eng yaxshi aktyorlar jamoasi nominatsiyasidan o‘rin olgan. SAG Awards mukofotining 27-taqdirlash marosimi 2021-yilning 4-aprel kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.
“Qora Pantera” filmida u bilan birga suratga tushgan hamkasbi Maykl B. Jordan Instagram sahifasida do‘stini sog‘inayotganini yozib, Bouzman hali ham yuqori natijalarni qayd etayotganini qo‘shimcha qilgan. Avvalroq Chedvik drama janridagi filmda eng yaxshi erkak ijrochi sifatida “Oltin globus” mukofotiga ham nomzod bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Chedvik Bouzman 2020-yilning 28-avgust kuni saratondan vafot etgan. Bu haqda uning oila a’zolari ijtimoiy tarmoqlarda xabar bergandi. | 128 | 1,159 |
Madaniyat | NASA markazi Sherali Jo‘rayevning to‘plamini fazoga olib ketishga ruxsat bergani ma’lum qilindi | Bugun, 12-aprel kuni O‘zbekiston xalq artist Sherali Jo‘rayev o‘zining 70 yillik yubileyini nishonlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Sherali Jo‘rayevga tilaklar yog‘ilmoqda. Original tabrik jurnalist Jasur Hamroyev tomonidan yozib qoldirildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Fazo – cheksizlik. Yulduzlar makoni. Shu makonda yerlik bir yulduzning kuyi jarang sochishini endi bir tasavvur eting! Endi bir real voqeani eslatsak. Markaziy Osiyodan fazoga uchgan ilk fazogir Solijon Sharipov koinotda kechajak 6 oylik safaridan oldin o‘zi sevgan qo‘shiqlarni ham olib ketishni ma’qul topdi. Bu qo‘shiqlar esa faqat bir hofizga tegishli! “Okean orti”dagi NASA markazi bu to‘plamni olib ketishga ruxsat berdi.
Solijon fazoda ilk telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirdi. O‘zbekistonlik do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, iftixor ila sevimli bir qo‘shig‘ini tinglayotganini aytdi. Koinotda fazo kemasining ichida yangrayotgan o‘zbek tilidagi bu qo‘shiq Yer sayyorasidagi insonning qalbini to‘lqinlantirdi. Fazoga hofizning taronalari yozilgan to‘plam olib chiqilganini o‘zi ham bir tarixiy voqea shunday emasmi!?
Jasur Hamroyev, jurnalist
Jurnalistning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Sherali Jo‘rayev ilk qo‘shig‘ini ijro etganida 19 yoshda edi, 1966-yil. Uning bugunga qadar 600 ga yaqin qo‘shiqlar yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, ertaga, 13-aprel kuni Toshkentdagi muhtasham restoranlaridan birida Sherali Jo‘rayevning tavallud ayyomi munosabati bilan katta dasturxon yoziladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 95 | 1,545 |
Madaniyat | Xonanda Dilso‘z ikkinchi bor ona bo‘ldi | Barchaga Dilso‘z taxallusi bilan tanish bo‘lgan xonanda Go‘zal Jumaniyozova bugun, 6-sentabr kuni yana bir bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Xonanda oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Bu haqda uning dugonasi Ruxshona Matkarimova Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Myday.uz”.
Eslatib o‘tamiz, Dilso‘z xonanda Farruh Raimov bilan turmush qurgan. Ularning nikoh to‘ylari 2015-yilning 15-aprel sanasida Navoiyda, 21-aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi. 2015-yilning 18-oktabrida esa yulduzli oilada qiz farzand dunyoga kelgan bo‘lib, ular qizaloqlariga Dilso‘z deb ism qo‘ygan. | 39 | 603 |
Madaniyat | Qahva, sport, televizor. Mashhurlar yangi kunni qanday qarshi oladi? | Tongni qanday qarshi olsang, kuning ham shunday o‘tadi. Lekin har bir daqiqasi rejalashtirilgan mashhurlar-chi? Ular tongni qanday kutib olishi sizga ham qiziq bo‘lsa, marhamat, tanishib chiqing.
Jennifer Eniston
Aktrisa ertalab 04:30 uyg‘onadi, u bunga “Tonggi shou” seriali namoyishi tufayli odatlangan. Dam olish kunlari soat 8-9 gacha uxlashi ham mumkin. Jen uyg‘onganidan so‘ng yuzini yuvib, meditatsiya qiladi va superfood kokteylini ichadi.
Opra Uinfri
Taniqli teleboshlovchi ertalab, albatta, 20 daqiqa vaqtini meditatsiyaga bag‘ishlaydi, keyin yugurish yo‘lagiga o‘tadi. Opra sevimli musiqa hamda mazali taomlar bilan yangi kunga tayyorlanadi.
Viktoriya Bekxem
Spice Girls’ning sobiq a’zosi soat 6 da uyg‘onadi, shirin ichimliklar ichadi. Badan tarbiyadan so‘ng bolalarni maktabga olib ketadi. Viktoriyaning uxlab yotishga vaqti bo‘lmaydi.
Viola Devis
Aktrisa deyarli har kuni ertalab 05:30 da uyg‘onadi. Turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda jismoniy mashqlar bajaradi. Violaning aytishicha, bu vaqt aynan ular uchun atalgan.
Demi Lovato
Xonanda tongni sport bilan shug‘ullanib kutib oladi. U birdaniga ketma-ket ikkita mashg‘ulotni o‘tkazadi. Dastlab bir soat boks bilan, keyin kuchli mashqlarni bajaradi.
Xloi Kardashyan
Opa-singillari ichida Xloi barvaqt 5 da uyg‘ondi. Tongni ko‘k choy bilan birga banan, sendvich tanovul qilib kutib oladi.
Merilin Monro
Mashhur Monro kokteyli aslida hazil emas. Aktrisa har tong bir chashka sutka ikkita xom tuxumni chaqib ichgan. Bundan tashqari multivitaminlar ham qabul qilgan.
Rose Huntington-Vaytli
Model soat 6 da uyg‘ongach, kuchugi bilan sayohat qiladi. Tabiiy mahsulotlardan ajoyib nonushta tayyorlaydi, vanna qabul qilishga yarim soat vaqt ham ajratadi.
Bill Geyts
Milliarder yangi kunni doimo yugurish yo‘lakchasida mashg‘ulot bilan boshlaydi.
Keyt Xadson
Aktrisa budilnik ovozidan keyin darhol uyg‘onolmaydi. 10-15 daqiqadan so‘ng qahva ichish uchun turadi. | 68 | 1,923 |
Madaniyat | Nargiza Abdullaeva: Ayolning ayoli ham bor, ayyori ham bor. Erkakning ham keragi va keraksizi bor (video) | Aktrisa Nargiza Abdullaeva "ZO‘R" telekanali orqali namoyish etiladigan "Anor" ko`rsatuvida oilasi, ichki kechinmalari, orzu va armonlari haqida ochiq so`zladi.
Aktirisaning ikkita farzandi: Muhammadsodiq va Rayyona ismli qizi bor.
" Hayotda ayolning ayoli ham bor, ayyori ham bor. Erkakning keragi ham bor, keraksizi ham bor. Oilaning mahkam turishi erkak kishiga bog`liq. Ayol ojiza bo`ladi. Oilada birinchi navbatda ishonch va hurmat bo`lishi kerak. Sevgiga men ishonmayman", - dedi aktrisa.
Shuningdek, aktrisa o`zining ichidagi his-to`yg`ularini, xohishini gapira olmagani uchun hayotda ko`p narsani yutqazganini ta`kidladi. | 105 | 630 |
Madaniyat | Xonanda Jorj Maykl 53 yoshida vafot etdi | 25-dekabr kuni, 53 yoshida xonanda Jorj Maykl vafot etdi. The Mirror nashri xabariga ko‘ra, Maykl Oksfordshirdagi o‘z uyida vafot etgan. O‘limi sabablari ma’lum qilinmagan.
BBC News’ning aniqlik kiritishicha, xonanda kunduzi vafot etgan. Politsiya hodisa yuzasidan hech qanday shubhali vaziyatni qayd etmagan.
Mayklning oilasi xonandaning vafoti yuzasidan hozircha hech qanday qo‘shimcha izoh berilmasligini ma’lum qilgan.
Angliyalik xonanda, bastakor va prodyuser Jorj Maykl (asl ismi – Yorgos Kiriakos Panayotu) 1980-yillarda Wham! guruhi vokal xonandasi sifatida tanilgan. 1980-yillarning so‘ngidan muvaffaqiyatli yakkaxon xonanda hisoblanardi.
Uning albomlari 100 milliondan ortiq nusxadan sotilgan. 1987- va 1988-yillarda yakkaxon xonanda sifatida chiqargan debyut albomi – Faith hamda Areta Franklin tomonidan yozilgan “I Knew You Were Waiting (For Me)” qo‘shig‘i uchun “Gremmi” mukofoti laureati bo‘lgan.
Avvalroq, dekabr oyi boshida, Jorj Maykl Naughty Boy prodyuseri (Shahid Xon) bilan birgalikda yangi albom ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 40 | 1,230 |
Madaniyat | Qirg`izistonda “O`zbekiston kinosi kunlari” o`tkazildi | Joriy yilning 6-8 iyun kunlari Qirg`izistonda “O`zbekiston kinosi kunlari” o`tkazildi.
Tadbir Qirg`izistonning O`sh va Jalolobod shahridagi kinoteatrlarda o`tkazildi. Uch kun davomida bo`lib o`tgan ushbu kino kunlarida “Sabot”, “Sarvqomat dilbarim”, “Issiq non” badiiy filmlari va “Xojai jahon Abdulxoliq G`ijduvoniy” hujjatli filmi namoyish etildi. Shuni aytib o`tish lozimki, o`zbek kinoijodkorlari qirg`iz xalqi tomonidan juda iliq kutib olindi. Bundan tashqari shzbek kinoijodkorlari Qig`izistonning bir nechta telekanallaridagi ko`rsatuvlarga jonli efirga mehmonga chaqirildi. Ayniqsa o`zbek aktyorlari mashhur Karim Mirxodiev va Adiz Rajabov bilan o`tkazilgan suhbatlar Qirg`iziston xalqini juda xursand etdi. Yosh o`zbek kinorejissyori Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi ham qardosh qirg`iz do`stlarimizga juda manzur bo`ldi. | 54 | 834 |
Madaniyat | Fransiyada Zinedin Zidandan keyingi eng mashhur odam, dunyo tomoshabinlarining sevimli aktyori Omar Si haqida 8 ta fakt (foto) | Fransiyaning eng yuqori mukofoti − “Sezar”ni olgan birinchi qora tanli aktyor, besh farzandning baxtli otasi, prodyuser, jamoat arbobi va eng nufuzli va mashhur odamlaridan biri. Butun dunyo uning “1+1” filmidagi Driss obrazi orqali yaxshi ko‘rib qolgan. Aktyor go‘yoki ushbu filmda o‘zini ijro etganga o‘xshaydi. Xo‘sh, Fransiyaning eng mashhur aktyori haqida nimalar ma’lum?
Aktyorning karyerasi yolg‘ondan boshlangan
Birinchi marta Omar maktab o‘quvchisi sifatida mashhur komik aktyor Jemal Debuzning Radio Nova shou-dasturida chiqish qilgan. Unda Omar Si go‘yoki jonli efirga qo‘ng‘iroq qilib tushgan tinglovchini tasvirlagan. Maktabni yakunlagach, Omar prodyuserlik kompaniyasidan aktyor Fred Testo bilan birgalikda “Omar va Fred” shousini o‘tkazish taklifini olgan. So‘ngra “Jahannam osmono‘par binosi” komediyasida epizod rolni ijro etgan. Ko‘p o‘tmay eng mashhur fransuz filmi “Asteriks va Obeliks. Kleopatra missiyasi” kartinasida ham ishtirok etgan. Ammo unga muvaffaqiyat keltirgani “1+1” filmidagi Driss roli bo‘ldi. Aynan ushbu komediya uchun u “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritgan. O‘shandan buyon aktyor 50 dan ortiq filmlarda suratga tushdi. Komik hamda dramatik aktyor sifatida shuhrat qozondi.
Uning 7 aka-uka va opa singillari bor
Omar sakkiz farzandning to‘rtinchisi. Millati bo‘yicha Omar fulbe xalqiga mansub, diniga ko‘ra musulmon. Onasi Mavritaniyadan, otasi esa Senegaldan. Ular kambag‘al muhojirlar bo‘lib, farzandlari ta’lim olishi uchun juda ko‘p mehnat qilgan. Shuning uchun Omar maktabdan qolishni tasavvur qila olmasdi. Omar ba’zi mahalliylardan ham ko‘ra fransuzchada yaxshi gapirishi ajablanarli emas. To‘g‘ri, u hech qachon ota-onasi orzu qilgan konditsioner sozlagich kasbini o‘zlashtirmagan, chunki uning fikri-xayoli kino olamida edi. “Muhojirlarning farzandi har doim o‘zlarini uydagidek his qila olmasliklari tabiiy hol. Chunki o‘zga joyda doim begona odam sifatida qabul qilinadi. Va bunday holatda ikkita tanlov paydo bo‘ladi: yo o‘zingizni hech qayerda his qilmaysiz, yoki aksincha, sizning uyingiz hamma joyda. Men ikkinchi variantni tanladim, qayerga borsam ham hamma joyda o‘zimni yaxshi his qilaman”, − deydi aktyor.
Fransiyada Zinedin Zidandan keyingi eng mashhur odam
Fransuzlar aktyorlarni eng sevimli kishi sifatida tan oladi. Bunday iltifotga javoban Omar shunday deydi: “Men bunday muhabbat uchun juda ham minnatdorman. Ammo bunga loyiqmanmi yoki yo‘q, bilmayman. Ushbu ishonchni oqlashga qattiq harakat qilaman”.
Aktyor Birma muhojirlariga yordam berish uchun ikki million yevro yig‘di
Omar Si xayriya ishlarida ham juda faol. U Fransiyada yashovchi muhojirlarga ham yordam ko‘rsatadi. U yaqinda qochoqlar lagerini qurish uchun ikki million yevro yig‘di. Muhojir mavzusi aktyorni hech qachon tark etmaydi. Yaqinda uning otasi haqidagi Senelgalda suratga olingan “Yao” filmi namoyish etildi. Aktyor filmda prodyuser sifatida ham ishlagan.
10 yillik munosabatdan keyin uylangan
Omar Elen bilan kollejda o‘qiyotgan vaqtida tanishgan. U do‘stining qo‘shnisi bo‘lgan. Dastlab ular shunchaki do‘st bo‘lgan. Lekin Omar kutishni afzal bilgan. Ota-onasi faqat qora tanli qizni kelini sifatida ko‘rishni xohlashiga qaramay, bo‘lajak aktyor 20 yoshida uyidan chiqib ketib, Elen bilan yashay boshlagan. Faqatgina 10 yillik fuqarolik nikohi hamda uch farzanddan keyin Omar sevgilisiga turmushga chiqish taklifini bildirgan. Elen nafaqat mehribon rafiqa, balki aktyorning eng qiyin damlarida, puli yo‘q yoki omadi kelmagan paytda qo‘llab-quvvatlovchi sodiq sherik bo‘lib chiqdi. Unga radio boshlovchilikni taklif etishganida, unga ishonch bildirgan yagona odam ham uning xotini edi. Ijtimoiy tarmoqlarda Elen doim u haqda hayrat bilan yozadi, go‘yoki u bilan kecha uchrashgandek. Hozirda juftlikning 5 ta farzandi bor. Ular 20 yildan buyon baxtli hayot kechirib kelmoqda. Elen Si 2004-yilda turli kasalliklarga chalingan bolalarni davolash va reabilitatsiyasi uchun mablag‘ yig‘adigan xayriya fondini tashkil etgan.
Juftlik hech qachon farzandlarini ommaga ko‘rsatmaydi
Omarning 5 nafar farzandi bor. Ammo ular hech qachon bolalarining suratini namoyish qilmaydi va ijtimoiy tarmoqlardan faqat xayriya loyihalari uchun foydalanadi. Juftlik Facebook va Instagram’ni bolalarning vaqtini o‘g‘irlaydigan dushman, deb biladi. Aktyorning shaxsiy hayoti yopiq hudud. Hattoki, filmlarning birini suratga olish uchun butun oilasi bilan Kaliforniyaga ko‘chib o‘tganida ham paparatssilar ularni suratga ololmagan.
Ovqat pishirishni yaxshi ko‘radi
Yulduz mehmon kutishni juda ham yaxshi ko‘radi. U hatto o‘zini taom pishirishda mutaxassis deb biladi. Shuningdek, Italiya oshxonasini yoqtiradi. Shirinliklardan esa shokoladni sevib iste’mol qiladi.
“1+1” filmidagi “Earth, Wind & Fire” guruhining qo‘shig‘ini juda yaxshi ko‘radi
Ushbu qo‘shiqning filmda paydo bo‘lishining sababi bor. Rejissor undan qaysi qo‘shiq uning ko‘nglini ko‘tarib, raqsga tushishga undashini so‘ragan. Omar ikkilanmasdan “September” qo‘shig‘ini aytgan. “Bolaligimda akalarim “Earth, Wind & Fire” va “Kool and the Gang” guruhlarini tinglar edi. Ularning xonasiga kirmoqchi bo‘lsam, bu bolalar eshitadigan qo‘shiq emas, deb eshikni berkitib qo‘yardi. Endi esa bu qo‘shiqdan xohlagan vaqtda zavqlanishim mumkin”, − deydi aktyor. | 126 | 5,232 |
Madaniyat | “Sardor Mamadaliyev ruxsat so‘ramay, o‘z yo‘nalishiga moslab kuyladi”. Qilichbek Madaliyev otasining qo‘shiqlarini boshqa xonandalar kuylashiga munosabat bildirdi (video) | Marhum san’atkor Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li Qilichbek Madaliyev MY5 telekanalining “Omon-Omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida otasining musiqasini boshqa san’atkorlar kuylashiga munosabat bildirdi. Xonanda Sardor Mamadaliyev Oxunjon Madaliyevning taronasini so‘ramasdan ijro etganini ham ma’lum qildi.
“Agar otamning musiqasini buzib aytishsa bu ish qaysidir ma’noda meni xafa qiladi. Chunki tug‘ilganimdan beri shu musiqalarni eshitib katta bo‘lganman. Otam bo‘lsalar ham ularning ijodiga havas qilaman va muxlis qatori men ham o‘zimni muxlis deb bilaman. Farzand sifatida otamni juda yaxshi ko‘raman va qancha maqtash kerak bo‘lsa so‘z boyligim yetmay qoladi.
Ijodiy tomondan olib qaraganda men ham havas qilib musiqalarining har bir nuqta, vergullarigacha e’tibor beraman. Masalan, kimdir ijro qilsa qayerda xato qilganini bilaman. Lekin xatosini aytishga andisha qilaman. Ijro etishda esa so‘raydiganlari ham, so‘ramaydiganlari ham bor. Oxirgi yillarda otamning musiqalarini ko‘pchilik ijro etdi. Sardor Mamadaliyev so‘ramasdan, o‘zini yo‘nalishiga moslab kuyladi. Menga esa otam ijro qilgan asl holati yoqadi” , — deydi xonanda. | 170 | 1,138 |
Madaniyat | Yolg‘iz onalar voyaga yetkazgan jahon yulduzlari (foto) | Olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yolg‘iz ona tomonidan tarbiyalangan bola to‘liq oiladagi bolalar kabi yaxshi o‘qiydi. Shubhasiz, ham ona, ham ota rolini o‘ynash har qanday odam uchun mashaqqatli sinovdir. Ammo bu tufayli ona va bola o‘rtasida juda kuchli aloqa paydo bo‘ladi. Onasi uni mustaqil ravishda tarbiyalash uchun hayot qiyinchiliklariga dosh berayotganini ko‘rgan bola muvaffaqiyatga erishish uchun qo‘shimcha motivatsiya oladi. Mustaqil va mehnatsevar bo‘lish ortidan har qanday narsaga erishish mumkinligini tushunadi. AdMe nashri dunyoga mashhur yulduzlarni tarbiyalashda yolg‘iz o‘zi mashaqqat chekkan onalar haqda so‘z yuritdi.
Irmelin Indenbirken — Leonardo Di Kaprioning onasi
Gollivud yulduzining ota-onasi u bir yoshga to‘lganida ajrashib ketgan va uni Irmelin yolg‘iz o‘zi tarbiyalagan. Ona va o‘g‘il bir-biri bilan juda yaqin va 20 yildan ko‘proq vaqt davomida Di Kaprio qizil yo‘lakda onasi bilan ko‘rinish bermoqda. Bir kuni aktyor o‘zining yorqin muvaffaqiyati uchun onasidan boshqa hech kimga qarzdor emasligini aytib: “Agar u bo‘lmaganida, men bu yerda bo‘lmagan bo‘lardim”, — dedi.
Shubhasiz, Irmelin Di Kaprio hayotidagi juda muhim shaxs. Hattoki aktyordan oxirgi marta qachon sevgilisiga olmos sotib olganini so‘rashdi. Bunga Gollivudning yulduzi: “Bunday qimmatbaho narsalarni sotib oladigan yagona odamim — onam”, — deb javob berdi.
Meri Mey Smit — Pirs Brosnanning onasi
69 yoshli aktyor to‘liq bo‘lmagan oiladagi yagona farzand ekanini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, otasi oilani juda erta tark etgan va onasi bo‘lajak aktyorni 4 yoshida buvisining qaramog‘ida qoldirgan. Biroq u keyinroq qaytib kelgan va ular Londonga ko‘chib ketgan. Brosnanning aytishicha, onasi uni doim qo‘llab-quvvatlab, orzulariga ergashishi uchun ruhlantirgan.
Judit Enn Xokins — Xelli Berrining onasi
Aktrisa va uning singlisini yolg‘iz onasi tarbiyalagan. Berrining ta’kidlashicha, onasi unga hech qachon tashqi ko‘rinishi haqida o‘ylamaslikni aytgan. Balki u qizlariga “Go‘zallik sizning harakatlaringiz bilan belgilanadi” deya ta’kidlagan. Shu bilan birga ona qizlarini kuchli va mustaqil qilib tarbiyaladi va ularga hayotdagi qiyinchiliklarni boshqalarga tayanmasdan qanday hal qilishni o‘rgatdi.
Jenis Kombs — Shon Kombsning onasi
Mashhur reper Shon Kombs Pi Diddi nomi bilan tanilgan otasidan 5 yoshida ayrildi. Onasining 80 yoshi munosabati bilan Kombs o‘z sahifasida uning surati bilan bo‘lishdi: “Men faqat shu go‘zal, mehnatsevar, mehribon, samimiy, aqlli va mutlaqo hayratlanarli malika tufayli hayotman!” Bundan tashqari, u ushbu quvonchli voqeani nishonlash uchun unga 1 million dollarlik chek bergan.
Terriya Jozef — Alisha Kizning onasi
Xonanda ham faqat onasining tarbiyasida ulg‘aygan. Ko‘rinib turibdiki, ular juda kuchli munosabatlarga ega, Keys tez-tez onasiga cheksiz minnatdorchilik va sevgi izhor qiladi. Alisha onasining tug‘ilgan kunida shunday deb yozgan: “Men biladigan eng g‘ayrioddiy ayol. Siz men uchun juda azizsiz. Men sizga hamma narsadan qarzdorman”.
Shelli Kerns — Kristina Agileraning onasi
Bo‘lajak qo‘shiqchi, aktrisaning onasi otasi bilan u 7 yoshda ekanida ajrashgan, shundan keyin u otasini juda kam ko‘rdi. Agileraning ma’lum qilishicha, onasining kuchi butun umri davomida unga yordam bergan. Xonanda onasining matonati, sabri va shijoati uning xarakterini shakllantirganini aytib o‘tgan.
Kora Blayj — Meri Jey Blayjning onasi
Qo‘shiqchi Meri yolg‘iz ona qo‘lida katta bo‘lgan. Ammo, xayriyatki, ona va qiz duch kelgan barcha qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengib o‘tdi. Shubhasiz, Meri onasi bilan juda kuchli munosabatlarga ega. Meri onasining tug‘ilgan kunida shunday deb yozgan: “Men sizni juda yaxshi ko‘raman va menga bergan barcha cheksiz sevgingiz uchun juda minnatdorman!”
Marshelin Bertran — Anjelina Jolining onasi
26 yoshida Anjelina Jolining onasi Marshelin Bertran turmush o‘rtog‘i, aktyor Jon Voyt bilan ajrashganidan keyin ikki farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalagan. Anjelinaning aytishicha, Bertran ularni o‘zgacha mehr bilan tarbiyalagan, aktrisa ham o‘z navbatida onasidan o‘rnak olib, farzandlariga ham xuddi shunday munosabatda bo‘lishni o‘rgangan.
Afsuski, Joli 30 yoshga kirganida sevimli onasidan ayrildi. Aktrisa shunday dedi: “Uni yonimda bo‘lishi uchun hamma narsamni berardim. Men u bilan tez-tez gaplashaman va u qiyin paytlarda nima deyishi, qanday maslahat berishi mumkinligini tasavvur qilishga harakat qilaman”. | 55 | 4,420 |
Madaniyat | Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosim – suratlarda | Xabar berilganidek, Toshkent shahridagi Kongress-hollda 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim o‘tkazildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu marosimda ishtirok etib nutq so‘zladi.
Shuningdek, Prezidentning tegishli farmoni va qarori bilan bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlanib, yigirma sakkiz nafar faol qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. Davlat rahbari ushbu mukofotlarni tantanali ravishda egalariga topshirdi.
Tadbirda mamlakatning sog‘liqni saqlash, fan-ta’lim, madaniyat, sport, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa bir qator sohalari, davlat boshqaruv organlari, hukumat tizimida faoliyat yuritayotgan ayollar va qizlar mehmon sifatida ishtirok etdi.
“Daryo” fotomuxbiri ushbu tadbirda bo‘lib, uning mehmonlari, e’tiborga molik lahzalarini kadrlarga muhrladi.
Eslatib o‘tamiz, bayram tantanasidan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini borib ko‘rdi. Yotoqxona va davolash xonalarida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. | 125 | 1,115 |
Madaniyat | O‘zbek telekanallari “Qish sonatasi”ni tanitgan mediakompaniya bilan hamkorlikda seriallar suratga olishi mumkin | O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi.
Prezident bilan muzokaralardan so‘ng, janubiy koreyalik mehmon “Axborot 24” dasturiga bergan intervyusida ba’zi tafsilotlarni ma’lum qildi.
O‘zbekiston telekanallari va Janubiy Koreyaning KBS kanali bilan hamkorlikda teleseriallar yaratish masalasini ham muhokama qildik.
Son Yon Gil, Janubiy Koreyaning Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi
KBS — Janubiy Koreyaning milliy jamoatchilik teleradiokompaniyasi bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik teletarmoqlardan biridir. Shirkatning seriallar suratga olish va ularni efirga uzatishga ixtisoslashgan bir necha shu’balari bor.
O‘zbekistonda favqulodda mashhurlikka erishgan “Qish sonatasi”, “Yoz ifori” va bir qator tarixiy seriallar ilk bor KBS2 telekanali orqali efirga uzatilgan va jahonga mashhur bo‘lgan.
O‘zbekistonda Hyundai Rotem’ning tezyurar poyezdlari paydo bo‘lishi mumkin | 112 | 1,038 |
Madaniyat | “Godzilla Kongga qarshi” filmi pandemiya davrida rekord darajadagi kassa yig‘imlari bilan start oldi | AQShda premyerasi boshlangan Warner Bros. kinokompaniyasining “Godzilla Kongga qarshi” fantastik filmi pandemiya davrida yangi kassa rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Dedline ma’lumotlariga ko‘ra, uch kunlik dam olish davomida kartina 32,2 million dollar, kinoteatrlarda namoyish etilganining besh kuni ichida esa 48,5 million dollar to‘plagan.
Jahon prokatida Adam Vingardning lentasi ikki haftada 285,4 million dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan, o‘tgan dam olish kunlarining o‘zida — 120,1 million dollar. Bu kabi kassa yig‘imlari karantin cheklovlari davrida aqlbovar qilmas natija hisoblanadi. Boshqa har qanday yilda raqamlar past hisoblangan bo‘lardi, chunki film budjeti — 160 million dollar.
Ta’kidlanishicha, “Godzilla Kongga qarshi” filmi, HBO Max oqimli servisi orqali ham namoyish etilmoqda.
Kinostudiya platformadagi tomosha qilinishlar soniga oid ma’lumotlarni taqdim etmagan, biroq WarnerMedia Direct-to-Consumer bosh direktori Endi Forsell film HBO Max’da 2020-yilda servisda namoyish etilgan boshqa film yoki teleshoulardan ko‘ra ko‘proq auditoriya to‘plaganini ta’kidlagan. | 100 | 1,116 |
Madaniyat | Gollivudning mashhur aktyori Tom Kruz 59 yoshga to‘ldi. Aktyorning hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar (foto) | Gollivudning eng yorqin va iste’dodli aktyorlaridan biri Tom Kruz 3-iyul kuni 59 yoshga to‘ldi. U kassabop filmlari, mashhur aktrisalar bilan bo‘lgan munosabatlari va aqlbovar qilmaydigan gonorarlari bilan mashhur. Mashhur aktyorning tug‘ilgan kuni munosabati bilan u haqdagi qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.
Tom Kruz katta oilada o‘sgan. Aktyorning uchta singlisi bor.
Tomning onasi muvaffaqiyatsiz aktrisa, otasi esa omadsiz muhandis edi. Aktyorning ota-onasi doimiy ishga ega bo‘lmagan, shu sababli oila ko‘chib yurishga majbur bo‘lgan. Natijada 14 yoshli Tom maktabni 15 marta o‘zgartirgan.
Bolaligida uning ko‘plab komplekslari bo‘lgan, bo‘yining pastligi eng ko‘p siqilishiga sababchi edi. Bo‘yiga kamida ikki santimetr qo‘shilishi uchun Tom muntazam sport bilan shug‘ullangan va turnikda tortilgan. Hozirda aktyorning bo‘yi 170 sm.
Bo‘lajak aktyorning yana bir kamchiligi qiyshiq tishlari edi, shu sababli u kamdan kam jilmayardi.
Shuningdek, Kruz disleksiya tufayli o‘qishida muammolarga duch kelgan. Matn o‘qish aktyorga qiyinchilik tug‘dirgan.
1980-yilda u Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tadi va bir muncha vaqt o‘tgach, “Cheksiz muhabbat” filmida rol o‘ynaydi.
Aktyorga haqiqiy mashhurlikni “Xavfli biznes” blokbasteri olib kelgan.
1987-yil 9-mayda Tom o‘zidan olti yosh katta bo‘lgan aktrisa Mimi Rojers bilan turmush quradi. Tom va Mimi uzoq vaqt davomida farzandli bo‘lolmagach, 1990-yilda ajrashadi.
1990-yilda “Momaqaldiroq kunlari” filmining suratga olish jarayonida Kruz avstraliyalik aktrisa Nikol Kidman bilan tanishadi. Yosh va chiroyli aktyorlar Gollivud tarixidagi eng yorqin juftlik sifatida e’tirof etilardi. Farzandsizlik ham ularning munosabatlariga ta’sir qilmasdi.
Keyinchalik er-xotin bir qiz va bir o‘g‘il — Izabella va Konnorni asrab oldi.
2011-yilda Kruz va Kidman ajrashish haqidagi xabar bilan jamoatchilikni hayratda qoldirdi. Mish-mishlarga ko‘ra, ajralishning sababi Tomning Nikolning muvaffaqiyatiga yashirincha hasad qilishi va shu sababli bo‘ladigan doimiy janjallar bo‘lgan.
Ammo Tom ajrimdan so‘ng tez orada go‘zal ispan aktrisasi Penelopa Kruz bilan sevgi sarguzashtini boshlab yubordi. Ular mashhur romantik drama “Vanilrang osmon” filmini suratga olish jarayonida tanishadi. Aynan Tom Penelopaning sevgilisi rolini o‘ynashini talab qilgan. Ammo 2004-yilda aktyorlar bir-biriga mos kelmasligi sababli ajraldi.
2005-yilda Tomning hayotiga aktrisa Keti Xolms kirib keldi. Birinchi uchrashuvdayoq u Keti bilan turmush qurmoqchiligini, lekin u go‘shtdan voz kechib, uning sayentologik qarashlarini qabul qilishi kerakligini aytadi. Aktrisa bu shartga rozi bo‘ladi va tez orada ajoyib to‘y bo‘lib o‘tadi.
2006-yil 18-aprelda Keti va Tomning birinchi va yagona qizi — Suri dunyoga keldi.
2012-yilda ularning benuqson nikohiga darz ketdi — er-xotin ajrashish uchun sudga ariza berdi. Bu orada Kruzning toqat qilib bo‘lmaydigan tabiati va sayentologiyaga sodiqligi ajrashishga sabab bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
Kruz ushbu oqimning ochiq izdoshi bo‘lib, uni ko‘pchilik sekta deb biladi. Aktyorni sayentologiyaga birinchi rafiqasi Mimi Rojers olib kirgan.
Tom Kruz — ambidekstr. U chap va o‘ng qo‘lni bir vaqtda harakatlantirishga va harakatlarini teng tezlik bilan bajarishga qodir.
“Matritsa” fantastik filmidagi asosiy rolni Kianu Rivz emas, Tom Kruz o‘ynashi kerak bo‘lgan. Biroq aktyor bu rolni rad etgan.
2000-yilda aktyor “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmidagi roli uchun 75 million dollar gonorar olgan.
Tom Kruz ko‘plab Gollivud yulduzlari kabi Rossiyaning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida ham rasmiy sahifasiga ega. | 108 | 3,581 |
Madaniyat | Jonni Depp qaroqchilar kapitani Jek qiyofasida Parijdagi onkologik markazga tashrif buyurdi | Amerikalik aktyor Joni Depp Jek Chittak obrazida Parij shahridagi Kyuri institutining onkologik markazidagi bemorlarni ko‘rishga bordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Depp markaz bemorlariga dalda berishga va ularni bayram tabriklashga qaror qilgan.
Markazda aktyorga uning tashrifi va sovg‘alari uchun minnatdorchilik bildirilgan. | 91 | 353 |
Madaniyat | Kristen Styuart, Eshton Kutcher, Shakira va boshqa olim yulduzlar (foto) | Ushbu aktyor va aktrisalar nafaqat san’atda, balki boshqa sohalarda ham muvaffaqiyatga erishgan. Ularning aksariyati haqiqiy olimlardir!
Nolan Guld
“Amerikalik oila” kartinasida ahmoq o‘spirin rolini ijro etgan aktyor aslida IQ darajasi juda yuqori bo‘lganligi uchun o‘rta maktabni 13 yoshda tugatgan.
Stiv Martin
Mashhur aktyor ajoyib aql-idrokka ega odamlarni birlashtirgan MENSA xalqaro assotsiatsiyasining a’zosi.
Liza Kudrou
“Do‘stlar”dagi Fibi qo‘l va bosh og‘rig‘i o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha ilmiy maqolasini nashr etgan.
Kolin Fert
Aktyor siyosiy yo‘nalish va inson miyasi ishi bo‘yicha hammualliflik qilgan.
Kristen Styuart
Aktrisa Kornell universitetida asab aloqalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan.
Maim Byalik
Aktrisa nevrologiya fanlari nomzodi.
Eshton Kutcher
Aktyor Ayova universitetida biomuhandislikni o‘rgangan.
Brayan Mey
Xonanda astrofizika fanlari nomzodi.
Dolf Lundgren
Aktyor Stokgolmdagi Qirollik texnologiya institutini, Sidney universitetining kimyo muhandisligi magistr darajasini tugatgan va keyinchalik Massachusets texnologiya institutida Fulbrayt stipendiyasini qo‘lga kiritgan.
Shakira
Xonanda oltita tilni biladi.
Viggo Mortensen
Aktyor yetti tilni biladi!
Devid Duxovni
Aktyor ingliz filologiyasi fanlari nomzodi. | 72 | 1,267 |
Madaniyat | Ilk mashinasi — “Jiguli”, 5 ta tilni biladi, ikki marta to‘yi buzilgan, prokurorning nevarasi Munisa Rizayeva 35 yoshda (foto) | O‘ziga xos ovoz egasi va ijodda yangiliklar yaratishdan charchamaydigan xonanda Munisa Rizayeva bugun, 21-oktabr kuni o‘zining 35 yoshini qarshilamoqda. Quyida taniqli qo‘shiqchining hayoti va ijod yo‘li haqida hikoya qilamiz.
Huquqshunos va shifokorlar avlodi
Xonanda Munisa Rizayeva 1986-yili Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Bobosi, ya’ni onasining otasi huquqshunos bo‘lib, respublika bosh prokuraturasida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. Buvisi esa shifokor bo‘lgan. Tog‘a va xolalari ham ota-onasining izidan borib, huquqshunos va sog‘liqni saqlash xodimi sifatida mehnat qiladi. Munisaning volidasi Dilorom Bo‘rijo‘rayeva ham shifokor, dadasi esa tadbirkor.
Munisa Rizayevaning bolaligi
Munisa kichkinaligidan qo‘shiq aytib, raqs tushishni yaxshi ko‘rgani bois kelajakda yulduz bo‘lishni orzu qiladi. Qizidagi iste’dod va qiziqishni ko‘rgan onasi uni taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaga shogirdlikka beradi. Qizaloq ma’lum vaqt raqs to‘garagiga qatnaydi. Keyinroq fortepiano bo‘yicha malakali pedagogdan ta’lim ham oladi.
Munisa Rizayeva onasi Dilorom Bo‘rijo‘rayeva bilan
Ammo Munisaning dadasi ajdodlari orasida umuman san’at vakili yo‘qligini ro‘kach qilib, farzandining bu tanloviga qarshi chiqadi.
Shunga qaramay, Dilorom Bo‘rijo‘rayeva qizini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Ona-bola besh-olti yil davomida bo‘lajak mashhur qo‘shiqchining xatti-harakatlarini oila boshiga turli bahonalarni aytib, yashirib yurishadi.
Angliyadagi ikkita OTM talabasi
Munisaning volidasi qizi qachonlardir taniqli va sevimli san’atkor bo‘lishiga ishonib, uni studiyalarga, teleradiokanallar va turli tanlovlarga olib boradi.
Maktabda o‘qib yurgan paytlari Munisa oilasi bilan Londonga ko‘chib ketadi. Uning musiqaga bo‘lgan muhabbatini ko‘rgan dadasi oxiri san’at yo‘nalishida bilim olishiga rozi bo‘ladi. Munisa Yevropada o‘rta ta’limni olgach, Angliya davlat konservatoriyasida o‘qiydi. Keyinroq mehmonxona tijorati va turizm yo‘nalishi bo‘yicha ham tahsil olib, oliy ma’lumot diplomini qo‘lga kiritadi.
“Mening muvaffaqiyatim — bu shunchaki omad emas, bu mehnatim mevasi.
Taniqli xonanda bo‘lish va xalqning hurmatiga sazovor bo‘lish istagi meni qamrab olgan edi. Men orzum yo‘lida har qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga tayyor edim. Ota-onam musiqaga bo‘lgan qarashim jiddiyligini, o‘z qarorimdan qaytmasligimni ko‘rgach, musiqa maktabiga, so‘ngra oliy o‘quv yurtiga borishimni maslahat berishdi.
“Kim bo‘lishingdan qat’iy nazar, o‘z sohangning mutaxassisi bo‘l, — deb otam aytgan edi, — avvalo, xohishing shunchaki injiqlik va xomxayol emasligini isbotla.
Bu so‘zlar men uchun turtki bo‘ldi. London konservatoriyasiga qabul qilindim, sizga aytaman, bu oson bo‘lmagan. O‘qish davomida men e’tiborimni to‘liq ilm olishga, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratdim. Ustozlarimning ko‘zlarida ijodimga nisbatan hayratni ko‘rish — bu mening mukofotim edi. Universitetni muvaffaqiyatli tugatgach, o‘zimni butunlay musiqaga bag‘ishladim.
2011-yilda men qayta tug‘ildim, chunki aynan shu yili xalq Munisa Rizayevani xonanda sifatida tan oldi. Bir zumda xitga aylangan birinchi repertuarim reytingimni oshirishga va qo‘shiqchilik faoliyatimni boshlashga sababchi bo‘ldi. Ko‘plab konsertlar, yangi qo‘shiqlar, spektakllar, shou-biznesga kirish — bularning barchasi qisqa vaqt ichida sodir bo‘ldi”, — deydi Munisa Rizayeva muvaffaqiyatga erishish uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligini ta’kidlab.
“O‘n sakkiz yoshimdan to yigirma ikki yoshimgacha uchga bo‘linib harakat qilganman, desam ham bo‘ladi. O‘shanda rosa qiynalganman. Ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘qish bilan bir qatorda, ishlaganman ham. Garchi otam ishlashimga ruxsat bermasalar-da, o‘z ahdimdan qaytmaganman, ishlab pul topishga ishtiyoqmand edim. Bu odatim haligacha saqlanib qolgan”, — degan edi u intervyularining birida.
Umrining o‘n yilcha davrini, aniqrog‘i, yoshligini Angliyada o‘tkazgan Munisa Rizayeva har gal O‘zbekistonga kelgan paytida qo‘shiqlar yozib, tanlovlarda ishtirok etadi.
2004-yili Toshkentda o‘tkazilgan “Umid yulduzlari” ko‘rik-tanlovida “Nega-nega” qo‘shig‘i bilan qatnashib, g‘oliblar safidan joy oladi. Shundan keyin u jiddiy ijod qilishga bel bog‘laydi.
Mashhurlik olib kelgan “Aha-oho”
Xonandaning 2008-yili “Ko‘zlarim yana” qo‘shig‘i va unga dengiz bo‘yida suratga olingan klip omadli chiqib, tinglovchilar e’tiboriga tushadi. U 2012-yili “Aha-oho” taronasi bilan o‘zbek shou-biznesida shuhrat qozonadi. Folklor va zamonaviy yo‘nalish uyg‘unlashgan mazkur tarona va uning videoklipi yosh-u keksaning tilidan tushmaydi.
Shundan so‘ng xonanda “Hollivud”, “Sekin-asta”, “Ey samo” singari ijod mahsullarini birin-ketin tinglovchilarga havola qiladi va barchasi xit darajasiga ko‘tariladi.
Munisa Rizayeva ilk bor 2010-yilda rejissor Yodgor Nosirovning “Hijron” filmida rol ijro etadi. “Firibgar”, “Hay-hay qizaloq”, “Aql va yurak”, “Salom, Natasha”, “Nafs” singari kinolardagi turli xarakterdagi rollari orqali aktrisa sifatida tomoshabinlar e’tiborini qozonadi.
Hamkasblari – Botir Qodirov, “Shod” va “Ummon” guruhlari yigitlari bilan kuylagan duetlari ham haligacha to‘y-u tadbirlarda talabgir.
Operatsiya...
Omma nazariga tushgan Munisa Rizayeva tashqi ko‘rinishiga e’tibor bera boshlaydi va 2014-yili burnini operatsiya qildiradi. U o‘z intervyusida bu haqda shunday deydi:
“Burnimning ustki qismidagi bo‘rtib chiqqan suyak ekranda va suratlarda biroz xunuk ko‘rinar edi. Ilgari klip va konsertlarni tasvirga olish ishlarida tasvirchilarimiz, montaj ustalari kerakli rakursda ishlay olmay juda qiynalishardi. Qolaversa, o‘zim ham ba’zida bundan biroz uyalardim. Bu noqulaylikdan biryo‘la qutilish uchun plastik jarrohlik qilishga ahd qildim. Bolaligimdan orzu qilgan ishimni amalga oshirdim. Menimcha, endi burnimning ko‘rinishi chakki emas”.
To‘rtta tilda erkin gaplashadi
O‘zbek estradasidagi yorqin ijodkor o‘zbek tilidan tashqari, rus, ingliz, fransuz va ispan tillarida ham erkin muloqot qiladi. Tojik tilida so‘zlashishga biroz qiynaladi.
“Vaqt topib, arab va xitoy tillarini ham o‘rganish rejamda bor. Bu ikki til har doim ommaviy muloqot vositasi hisoblangan. Shuningdek, Qur’oni Karimni ham, albatta, o‘rganmoqchiman”, — degan qo‘shiqchi.
Munisa Rizayeva tadbirkorlik faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, poytaxtdagi mashhur mehmonxonalardan birini boshqaradi. U hatto ma’lum muddat o‘z mehmonxonasining o‘nta xonadan iborat beshinchi qavatida yashagan.
Mashinalarga qiziqish
Munisa Rizayeva avtomobillarga qiziqadi. U onasi, singlisiga ko‘pincha avtomobil sovg‘a qiladi. Xususan, yaqinda xonanda singlisi Karimaning tug‘ilgan kuniga Porsche Taycan avtomobilini hadya qildi. Uning o‘zi BMW X7 avtomobilini boshqaradi. Xonanda bir oy avval Malibu avtomobilini ham xarid qildi.
“Birinchi mashina birinchi sevgiga o‘xshaydi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, keyingi mashinani birinchisini sevganingiz kabi yaxshi ko‘rmaysiz, albatta, agar u BMW bo‘lmasa.
Birinchi marotaba rulga o‘tirganda boshdan kechirgan tuyg‘ularni tasvirlab bo‘lmaydi.
Men kichkinaligimdan mashina haydaganman, birinchisi ‘Jiguli’ bo‘lgan, unda men 13 yoshda edim. Keyin menga Matiz, undan keyin Nexia olib berishgan. Biroz vaqt o‘tgach, Nissan Qashqai’ni haydashni boshlaganman. Mercedes’ni sovg‘a sifatida otamdan olganman. Ushbu mashinalar mening xohishimga ko‘ra sotib olingan deb ayta olmayman, chunki ularni men tanlamaganman.
Birinchi bor o‘zim sotib olgan avtomobil – Mercedes edi. Men Mercedes’ni juda uzoq vaqt minib yurganman, turli xil markalarini, albatta, masalan: Mercedes 222, Mercedes GLE, Mercedes GLS.
Oxir-oqibat o‘sha unutilmas kun keldi – juda ikkilanib, BMW sotib olgan kun. To‘g‘risini aytsam, qilgan tanlovimdan hech ham afsuslanmayman. Chunki BMW shunchaki mashina emas, u har tomonlama mukammal ishlangan, katta tezlikda harakatlana oladigan zamonaviy avtoulovdir”, — deya hikoya qiladi xonanda.
Ikki marta to‘yi to‘xtatilgan
Oilada uch farzandning o‘rtanchasi bo‘lgan xonandaning opasi Kamola oilasi bilan Angliyada yashaydi. Singlisi Karima esa qo‘shiqchining yaqin yordamchisi.
Munisa Rizayeva 2014-yilda xonanda Jasur G‘oipov bilan turmush qurayotganini ma’lum qildi. Ammo ko‘pchilik kutgan bu to‘y bo‘lmadi. Xonandalar garchi taqdir yo‘llari bog‘lanmagan bo‘lsa-da, hozirgacha do‘stona munosabatni saqlab qolgan.
Munisa Rizayeva 2015-yilda tennischi Vaja Uzoqov bilan uchrasha boshlagan. Juftlik to‘ylariga bir necha oy qolganida tennischining xiyonati tufayli ajrashgan. “Qachon turmushga chiqasiz?” xonandaga Instagram orqali eng ko‘p beriladigan savol. Munisa Rizayeva ushbu savoldan charchagani bois ba‘zan muxlislariga yolg‘on gapirib ham turadi.
Masalan, u yil boshida ham muxlislariga turmushga chiqayotganini aytib, hazillashdi.
Bugungi kunda ham xit qo‘shiqlar yaratib, to‘y xizmatlarida reytingi baland bo‘lgan Munisa Rizayeva kuniga 8 tagacha to‘yga chiqadi va 24 soat ichida 8 ming dollar daromad topadi.
Xonanda Instagram sahifasini 2012-yilning may oyida ochgan bo‘lib, hozirda uning folloverlari 5 million nafarni tashkil etadi. U o‘z sahifasiga to‘qqiz yil davomida 4 mingdan ziyod suratlar va videolar joylagan.
2020-yildan boshlab O‘zbekiston Prezidenti va hukumat vakillari ishtirokidagi davlat tadbirlarida ham faol xizmat qilayotgan xonanda 2021-yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Muallif: Mirolim Isajonov | 126 | 9,284 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.