folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Fotogalereya: Xogvarts maktabi o‘quvchilari bir necha yildan so‘ng
“Garri Potter” filmidagi Xogvarts maktabi o‘quvchilarining aksariyati film suratga olinganidan so‘ng bir necha yil o‘tib kinematografiyada o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ba’zilari esa biznesda o‘z karyerasini qurgan. AdMe nashri ana shu o‘quvchilarning bir necha yildan keyingi qiyofasi aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.
66
327
Madaniyat
Rossiyalik qo‘shiqchi Dima Bilanning uyi tunab ketildi
Politsiya pop ijrochi Dima Bilanning Podmoskovyening Rasskazovka qishlog‘ida joylashgan uyining tunab ketilganligi holati bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi. Poytaxt politsiyasi matbuot xizmati rahbari Andrey Galiakbarovning ma’lum qilishicha, hodisa Moskva vaqti bo‘yicha 1:00 da sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan tergovchilar uy egasi va qo‘riqchini so‘roq qildi, hodisa joyini ko‘zdan kechirdi, buzib ochish belgilarini qayd etdi hamda barmoq izlarini oldi. Hozirda o‘g‘rilik sodir etilgan vaziyat aniqlashtirilmoqda va o‘g‘irlangan buyumlar ro‘yxati tuzilmoqda.
54
618
Madaniyat
Mashhur Gollivud rejissori Stiven Spilbergning onasi 97 yoshida vafot etdi
Mashhur Gollivud rejissori Stiven Spilbergning onasi Lia Adler 97 yoshida vafot etdi. The Hollywood Reporter jurnaliga asoslanib, xabar berdi “TASS” . O‘g‘lining kinoga bo‘lgan muhabbatini paydo bo‘lishida muhim o‘rin tutgan Lia Adler pianinochi va rassom edi. Los-Anjeles shahrida uning “Somon yo‘li” nomli yahudiylar uchun mo‘ljallangan restorani bo‘lgan. Lia Adler Stivenning otasi Arnold Meyer Spilberg bilan 1945-yili turmush qurgan. 1966-yili ular ajrashishdan oldin 4 ta farzand, shu jumladan, Stiven Spilberg dunyoga kelgan. Stiven Spilbergning otasi hamon hayot – shu yilning 6-fevral kuni u 100 yoshga to‘lgandi. Ma’lumot uchun, Stiven Spilberg “Shindler ro‘yxati” (1993), “Oddiy askar Rayanni qutqarish” (1999), “Myunxen” (2005), “Linkoln” (2012), “Yura davriga sayohat” trilogiyasi va Indiana Jons haqidagi mashhur filmlar rejissori sanaladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
74
929
Madaniyat
77 ta retro mashinalar “O`zbekkino”ga topshirildi
“O`zbekkino” MilliyagentligibinosidaYangiyiltadbirio`tkazildi.Tadbirdataniqlikinoijodkorlar, kino sohasi mutaxassislari, jurnalist va blogerlar taklif etildi.  Tadbirdoirasida «O`zbekkino» hovlisida hukumatimiz  tomonidantaqdimetilgan 77taretroavtovamototransportlarko`rgazmasio`tkazildi. Mazkur avtomashinalardan kelgusida yurtimizda suratga olinadigan filmlarda zamon ruhini aks ettirish maqsadida foydalaniladi. Tadbirda so`zga chiqqan  “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov yakuniga etayotgan   yilda amalga oshirilgan ishlar haqida so`z yuritib, 2020 yilda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar haqida ma`lumt berdi.  Ta`kidlab o`tilganidek, yangi yilda kutilayotgan eng yirik hodisalardan biri Toshkent kinofestivalidir. 1968-1992 yil yillar davomida o`tkazilgan bu festival o`z davrida jahon kinosining nufuzli tadbirlaridan hisoblangan. Yangi yilda ushbu festivalning tiklanishi yurtimiz madany hayotidagi yirik voqealardan biri bo`lishi mumkin. Mazkur anjuman arafasida Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi rekonstruksiya qilinishi ham ko`zda tutilgan.  Tadbirda shuningdek, joriy yilda yuksak mukofotlarga erishgan yosh o`zbek kinoijodkorlari ham taqdirlandi. Jumladan, bir qator xalqaro kinofestivalarda yuksak natijalarni qayd etgan yosh kinorejissyor Shokir Xoliqovga yangi filmlar suratga olishi uchun bir milliard so`mlik sertifikat taqdim etildi.  Tadbir ishtirokchilari  “O`zbekkino” huzurida tashkil etilgan  Kino san`ati muzeyi hamda  Yosh kinoijodkorlar laboratoriyasi  bilan ham tanishdilar.
49
1,539
Madaniyat
Gollivud aktyori Jud Lou oltinchi marotaba ota bo‘ldi
Jud Lou karantin vaqtida uning oltinchi farzandi dunyoga kelganini ochiqladi. Bu haqdagi mish-mishlar avvalroq paydo bo‘lgan edi, ammo aktyorning o‘zi xabarni rasman tasdiqladi, deb yozadi Harper’s Bazaar. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u karantin davrida vaqtini bog‘dorchilik bilan o‘tkazgan. Bundan tashqari, aktyor o‘sha paytda oltinchi farzandi dunyoga kelganini ham ta’kidlab o‘tgan. Lou farzandining ismi, qiz yoki o‘g‘illigi haqida boshqa ma’lumot bermagan. Ammo karantin davrida bolaning tug‘ilishi har doimgidan boshqacha – qiziqarli bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Ma’lumot uchun, Jud Louning sobiq birinchi turmush o‘rtog‘idan uchta farzandi bor: 23 yoshli Rafferti, 19 yoshli Ayris va 18 yoshli Rudi. Shuningdek, Samanta Berkdan 10 yoshli Sofiya, Ketrin Xardingdan 5 yoshli Ada ismli qizi bor. Dunyoga kelgan chaqaloq aktyorning va uning hozirgi turmush o‘rtog‘i Filippa Koenning ilk farzandi hisoblanadi.
53
915
Madaniyat
Yangi yil kayfiyatini baxsh etuvchi film va multfilmlar (foto)
Yangi yil kirib kelishiga hech qancha qolgani yo‘q. Bayram shukuhini his qilishning esa hozir ayni vaqti. Uy va archani bezatib, mandarinlarni allaqachon xarid qilgan bo‘lsangiz, demak oila a’zolaringiz bilan birgalikda sevimli filmni tomosha qilish qolgan xolos. Wday nashri bayramona kayfiyat ulashadigan bir-biridan qiziqarli film va multfilmlar haqida ma’lumot berib o‘tadi. “Uyda yolg‘iz”, 1990-yil (Home Alone) Necha yosh bo‘lishimizdan qat’i nazar, Yangi yil va bayram ta’tilini, turli ayyorona usullar bilan o‘g‘rilarning ta’zirini bergan tirrancha Kevin Makkalisterning sarguzashtlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qiziqarli sujet, ta’sirli voqealar rivoji va bosh qahramonning “yomon amakilarni” politsiyaga tutib berish uchun qo‘llagan hunarlari tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadi. Oradan 20 yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, mazkur film hali ham Yangi yil arafasida tomosha qilinishi kerak bo‘lgan eng yaxshi filmlardan sanaladi. “Uyda yolg‘iz”ning birinchi va ikkinchi qismlari rejissor Kris Kolambus tomonidan suratga olingan, ssenariyni esa 80-yillar xitlari “Nonushta klubi” (The Breakfast Club) va “Pushti libosdagi yoqimtoy qiz” (Pretty in Pink) filmlari asoschisi Jon Xyuz tomonidan yozilgan. “Olafning sarguzashtlari”, 2017-yil (Olaf’s frozen adventure) “Muz yurak” filmi va qorbola Olafni yaxshi ko‘radigan bo‘lsangiz, unda ushbu qisqa metrajli multfilm aynan siz uchun. Sujetga ko‘ra, Rojdestvo arafasida Anna va Elza har bir oilaning bayramga xos an’anasi borligi: kimdir birgalikda desert tayyorlasa, boshqalar uyini bezashi yana ayrimlar, albatta, saunaga borishidan xabar topadi. Olaf va malikalar Yangi yil an’analarini topish uchun bug‘usi bilan birga qirollik bo‘ylab sayohatga otlanadi va yo‘l-yo‘lakay har bir xonadonda mehmon bo‘ladi. Ushbu multfilm qiziqarli sujetdan tashqari, kulgili sahnalar va musiqaga boy ekani bilan ham o‘ziga xosdir. “34-ko‘chadagi mo‘jiza”, 1994-yil (Miracle on 34th street) 1994-yilda suratga olingan “34-ko‘chadagi mo‘jiza” xuddi shu nomli 1947-yilda suratga olingan filmning remeyki hisoblanadi. Voqealar Syuzan ismli qizaloq bilan Santa Klausning tanishuviga asoslanadi. Syuzan Santa Klausning haqiqiy ekaniga ishonmaydi, Santa esa buni yolg‘on emasligini isbotlash uchun sudga borishga majbur bo‘ladi. Yaxshilik va do‘stlik haqida hikoya qiluvchi ushbu ta’sirchan film insonlarni mo‘jizaga ishonishga undaydi. “Rojdestvodagi ajoyib hikoya”, 2017-yil (The man who invented Christmas) Den Stivens suratga tushgan mazkur filmda Charlz Dikkensning hayoti haqida hikoya qilinadi. Sujet tomoshabinni sariq chaqasi qolmagan Charlzning ziqna Skruja va Rojdestvo arafasida uning ko‘ziga ko‘rinadigan uchta arvoh haqida hikoya qiluvchi “Rojdestvo qo‘shig‘i” nomli ertak ustida ishlayotgan davrga yetaklab boradi. “Anastasiya” Rossiyaning so‘nggi imperatori Nikolay II ning qizlaridan biri Anastasiya tirik qolganda, uning taqdiri qanday kechgan bo‘lardi? Ushbu multfilmda ijodkorlar mazkur savolga o‘zicha javob bermoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Undagi qor bilan qoplangan shahar, qahramonlarning kiyim-kechaklari tamoman qishki muhitni o‘zida mujassam qiladi. “Sent-Luisda kutib ol meni”, 1944-yil (Meet Me in St. Louis) Judi Garland bosh qahramon rolini ijro qilgan “Sent-Luisda kutib ol meni” o‘z janrining klassikasi hisoblanib, Yangi yil arafasida tomosha qilish tavsiya qilinadigan filmlardan hisoblanadi. Sujetga ko‘ra, otasining lavozimi ko‘tarilgani munosabati bilan Smit oilasi 1903-yil Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tadi. Ester, uning opa va akalari esa do‘st hamda sevikli insonlarini tashlab, Sent-Luisni tark etishni istamaydi. “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi”, 2000-yil (How the Grinch stole Christmas) Yangi yilni butun qalbi bilan yomon ko‘radigan Grinch haqidagi filmda Jim Kerri qoyilmaqom rol ijro qilgan. “Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi” bolalar yozuvchisi Doktor Syuzning kitobi asosida 2000-yil suratga olingan. “Klaus” (2019-yil) Ispaniyalik ijodkorlar tomonidan ishlangan multfilm Santa Klaus va Rojdestvo bayrami qanday paydo bo‘lgani haqidagi o‘ziga xos versiya ilgari suriladi. Sujetga ko‘ra, pochta biznesi bilan shug‘ullanadigan kishining o‘g‘li Smirensburg shaharchasiga pochtalon bo‘lib ishlash uchun jo‘nab ketadi. Kunlardan bir kuni u bolalar o‘yinchoqlarini yasaydigan usta — Klaus bilan tanishib qoladi. Aynan uning yordami bilan pochtalon shahar aholisining bayramga bo‘lgan ishonchini qaytarishga urinadi. “Sohibjamol va maxluq: Ajoyib Rojdestvo”, 1997-yil (Beauty and the Beast: The enchanted Christmas) Bellning maxluqning yuragini zabt etgani haqidagi filmni ko‘pchilik yaxshi biladi. Biz esa sizga voqealari Rojdestvo arafasida yuz beradigan davomini ham ko‘rishni tavsiya qilamiz. Sohibjamol Bell, sehrlangan qasrdagi boshqalar bilan birga bayramona ziyofat tashkillashtiradi. Buning uchun ularga hech kim, hatto makkor kompozitor Forte ham qarshilik qila olmaydi. “Santa-Klaus” (1994-yil) Tim Allen bosh qahramon sifatida ko‘rinish bergan komediyada, Shimoliy qutbga borib qolgan oddiy o‘yinchoq sotuvchisi Santa-Klausning o‘rnini egallashiga to‘g‘ri keladi. Qahramon nafaqat yangi obrazga ko‘nikishi, balki bayramni ham saqlab qolishi kerak bo‘ladi. Uchta qismdan iborat film bayram shukuhini baxsh etishiga shubha yo‘q.
62
5,239
Madaniyat
“A’Studio”, “TATU”, “Korni”: 2000-yillarning eng mashhur musiqiy guruhlari taqdiri qanday kechdi? (foto)
Nafaqat Rossiya, balki dunyo bo‘ylab tomoshabinlar ko‘nglini zabt eta olgan guruhlar taqdiri qanday kechgani, albatta, ko‘pchilik uchun qiziq. Quyida ular haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. “A’Studio” “A’Studio” guruhi tarixi ikki davrga bo‘linadi. 2000-yillarda guruhni dastlab Botirxon Shukenov tark etgan. Uning o‘rnini Polina Griffis egalladi. Oradan vaqt o‘tib, maftunkorlikda undan qolishmaydigan Ketti Topuriya guruh a’zosiga aylandi. Guruhga qo‘shilgan yangi ovoz muxlislarni quvontirdi. Jamoa shundan so‘ng 6 ta albom yozdi, 17 ta rasmiy tarona va 22 ta to‘liq klip suratga oldi. “Korni” 2000-yillarda ko‘pchilik muhabbat qaysi qavatda yashashini bilar edi. “Korni” guruhi esa “Yulduzlar fabrikasi”ning birinchi g‘olibiga aylandi. Ular chindan ham muvaffaqiyatga erishish uchun mehnat qildi. Ularning tezkor ravishda suratga olgan uch klipi ham mashhurlikka erishgan. Shundan so‘ng ijodiy safarlar, konsert dasturlar va hattoki “Birgalikda baxtli” serialida suratga ham tushgan. Bir necha yillik shov-shuvdan so‘ng ular asta-sekin mashhurlik cho‘qqisidan tusha boshladi. Dastlabki tarkib 8 yil faoliyat yuritdi. So‘ngra Aleksandr Berdnikov, Aleksey Kabanov va Dmitriy Pokulichev yangi guruhni tashkil etdi. “TATU” Yosh hamda iste’dodli qizlar kutilmaganda mashhurlikka erishdi. “TATU” guruhi faoliyatini shu tarzda boshladi. Muvaffaqiyat to‘lqini ostida “Yevrovideniya”da ishtirok etgan qizlar 3-o‘rinni egalladi. Guruh prodyuseri Ivan Shapolov ishdan ketganidan so‘ng qizlar ijodda susaya boshladi. 2014-yilda esa ular guruhdan ajralgan holda o‘z karyerasini qurishga qaror qildi. “Band’Eros” 2005-yil guruh a’zolari uchun unutilmas bo‘ldi. Ikki yigit va qizlardan tashkil topgan guruh chinakamiga rus sahnasida mashhurlikka erishgan edi. Ayni paytda kvartet trioga aylangan va avvalgi a’zolardan faqatgina Natalya Ibadin qolgan. “Ranetki” 2007-yilda barcha qizlarning soch turmagi “Ranetki” guruhi a’zolariniki kabi edi. Guruh chindan ham yoshlarning sevimlisiga aylangan. “Ranetki” 2017-yilgacha ham mavjud edi. Ular muxlislar bilan “Biz vaqtni yo‘qotdik” treki bilan xayrlashdi. Bu esa Rossiyadagi ayollardan tashkil topgan rok guruhining  yakunlanganidan darak beradi.
104
2,210
Madaniyat
O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira vafot etdi
Qashqadaryolik shoira, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi Nazira O`roqova vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.  Nazira O`roqova 1969 yilning 3 iyunida Qarshi shahrida tug`ilgan. 1991 yilda Qarshi davlat universitetining rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Uning «Muattar dunyo» (2002), «Olisdagi xayol» (2014) she`riy kitoblari nashr etilgan. Uzoq yillar Qarshi shahridagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori bo`lib ishlagan. Qoraqalpog`iston xalq shoiri Rustam Musurmon xotirlashicha, Nazira O`roqova O`zbekiston Qahramoni, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning Uyushmaga raislik davrida Respublika yosh ijodkorlarining “Zomin” seminar-kengashida muvaffaqiyat bilan ishtirok etib, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a`zolikka qabul qilingan. Uning ajoyib she`riy to`plamlari, “O`zbekiston adabiyoti va san`ati”, “Ma`rifat” gazetalari, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallarida chop etilgan ijod namunalari kitobxonlarning ma`naviy mulkiga aylangan.
59
1,008
Madaniyat
“Ko‘chadan orttirgan farzanding senga jazongni beradi”. Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi (video)
Mart oyida “Qadam” serialidagi Kumush obrazi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushgan aktrisa Kamila Gimandinova YouTube kanallardan biriga bergan intervyusida taniqli aktyor va rejissor Said Muxtorovning unga nisbatan nojo‘ya xatti-harakatlari haqida so‘zlab bergan edi. Aktrisaning aytishicha, Said Muxtorov niyatiga yeta olmagan. Shu voqeadan so‘ng Kamila kino sohasidan sovigan va uzoqlashgan. Rejissor va aktyor Said Muxtorov “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida Kamilaning ushbu aybloviga munosabat bildirdi. “Musulmonlarning ichida kofirona fikrlaydiganlar bor haligacha. Haligacha Amir Temurga qarshi odamlar bor. Uni bosqinchi, kallakesar deydiganlar bor. Shulardan kelib chiqib, mening u qizga aytadigan gapim: ‘Ko‘chadan tug‘gan farzandingga kelib domla azon aytgan bo‘lsa, shu bolang kun kelib senga jazongni beradi’. Bu qizga shu gapi uchun javob ham berganim yo‘q. Men uni Allohimga topshiraman. Unda na fikr bor, na isbot bor va na aql. Kim buni pesh-peshlagan? Buni ham aniqlab, joyiga qo‘yadigan Alloh. Xalqning oldida yuzim yorug‘ bo‘lib gapiraman”, — deydi Said Muxtorov.  “Jazman bo‘lmaganim uchun san’atdan uzoqlashtirishdi”. Nargiza Abdullayeva o‘ziga bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida so‘zlab berdi (video)
168
1,238
Madaniyat
Munisa Rizayeva 500 ming dollarlik kvartirasi, muxlisining 1 mln dollarlik taklifini rad etgani, bir yilda ikkita insultni boshdan kechirgan haqida gapirdi (video)
Taniqli bloger Jahongir Latipov xonanda Munisa Rizayeva bilan intervyu tashkillashtirdi. Suhbat davomida Munisa internet foydalanuvchilariga Toshkentdagi uylari, mashinalarini ko‘rsatdi hamda ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Munisaning aytishicha, Tashkent City’dagi 135 kvadrat metr maydonda joylashgan hashamatli kvartirasi unga 500 ming dollarga tushgan. “Narxni aytish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Lekin bu uyga eng zo‘r narsalar ishlatilgan. Kvartirani sotib olib, ta’mirlab, yana mebellar sotib olganmiz. Hammasi bo‘lib 500 ming dollar pul sarflaganmiz”, — deydi xonanda. Shuningdek, Munisa Rizayeva to‘ylarga qancha bilan chiqishi haqidagi savolga ham javob bergan. “Toshkentdagi to‘ylarga 1000 dollarga, viloyatlarga esa 5 mingdan 10 ming dollargacha chiqamiz. Viloyatlarga 20 dan ortiq kishi bo‘lib boramiz, bular — sozandalar, ularning yordamchilari, qo‘riqchilarim, stilistlar. Avvallari bir kunda 8 tadan 13 tagacha to‘yga borardim. Bu yildan boshlab esa bir kunda maksimum 5 ta to‘yga boryapman, ma’murimga ham shuni tayinlaganman. Chunki sog‘lig‘im yaxshi emas”, — deydi xonanda. Xonanda Instagram sahifasi orqali o‘tkazgan giv-konkursida 100 ming dollar daromad qilgani haqida gapirdi. “O‘zbek shou-biznesida birinchilardan bo‘lib Instagram sahifamda giv-konkurs o‘tkazganman. O‘shanda 100 ming dollar daromad qilganman. O‘shanda avtosalon menga tekinga uchta Spark bergan, konkurs ishtirokchilariga o‘sha avtomobillarni berganmiz. Givlar katta biznes, bittada katta pul ko‘tarib olishadi”, — deydi Munisa. Munisa, shuningdek o‘ziga muxlislaridan bo‘lgan g‘alati takliflar haqida gapirgan. “Uyimga keling, men bilan ovqatlanib o‘tiring, deyishgan. Bittasi uylanganman, to‘rtta bolam bor, lekin sizga uylanmoqchiman, deb ota-onasi bilan uyimga kelgan. Xotiningiz-chi, desam, xotinimam bor, sizga ham uylanaman, degan. Boshqa mamlakatda yashovchi yana bir erkak bir million dollar beraman, Munisani olib kelinglar, men bilan kechki ovqatni birga qilsin, degan. O‘shanda mana shu taklifni eshitib, rosa xafa bo‘lganman. Men yengiltabiat ayolmasman-ku, pulga borib, kim bilandir ovqatlansam? 1 mln emas, 100 mln dollar bo‘lmaydimi, odamning qadri nima bo‘ladi?”, — deydi u. Xonanda, shuningdek, so‘nggi paytlarda salomatligida jiddiy muammolar kuzatilayotgani haqida ham aytib o‘tdi. “Keyingi paytlarda o‘zim uchun qat’iy rejim qilib qo‘ydim. Har kuni 23:30 da, albatta, yotib uxlayman. Uch hafta uyda, ishga ham chiqolmay yotdim. Bir yil ichida ikkita insultni boshdan kechirdim”, — deydi u. “Ishimizni ko‘pchilik oson deb o‘ylaydi, lekin buni orqasida qancha mehnat, qancha asab yotganini bilishmaydi. Bitta to‘yga kirib-chiqishimiz ham qancha muammo. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, qo‘riqchimni pichoqlab tashlashgan. Yana bir qo‘riqchimga pichoq bilan 18 joyidan zarba berishgan. Men to‘yda o‘g‘il bolalar bilan rasmga tushmaslikka harakat qilaman. Bir-ikki vaziyatlardan keyin shunday qilishga majbur bo‘lyapman. Ichgan holatda, turli vaziyatlarda yonimga kelib quchoqlab olishga harakat qilishadi. Men o‘zimga bunday munosabatni ravo ko‘ra olmayman. Shunday vaziyatlarda qo‘riqchilarim ruxsat berishmasa, ularga hujum qilib, janjal bo‘lib ketadi”, — deya so‘zlarini davom ettiradi xonanda. Munisa “Qachon turmushga chiqasiz?”, degan savolga mart oyida bo‘lishi kerak bo‘lgan to‘yini bekor qilgani haqida so‘zlab berdi. “Uch oy oldin shunaqa vaziyat bo‘ldi, mart oyida to‘yim bo‘lishi kerak edi. Men tegmayman, dedim. U juda yaxshi oiladan, bizga har tomonlama to‘g‘ri keladigan insonlar edi. Bola chiroyli, kuchli, hamma narsasi bor edi. Lekin yuragim jiz etmadi, shuning uchun men u yigitning hayotini barbod qilgim kelmadi. Uning hayotini sindirishga haqqim yo‘q edi, chunki u juda yaxshi bola. U mendan o‘n yosh kichkina, lekin shunga qaramay, menga uylanmoqchi edi. Menga uylanish uchun boshqa mamlakatdan oilasi bilan uchib kelishgandi. Haligacha oilamni tinch qo‘yishmaydi, men u bolani juda hurmat qilaman”, — deydi xonanda.
163
3,961
Madaniyat
“Yevrovideniye—2019”ning final bosqichi 18-may kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tadi
“Yevrovideniye—2019” xalqaro qo‘shiq tanlovining final bosqichi 18-may kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tadi. “Interfaks”ning xabar berishicha, tanlovda 26 dan ortiq mamlakat g‘oliblik uchun kurashadi. Tanlovning 14—16-may kuni o‘tkazilgan ikki yarim final natijalariga ko‘ra, Rossiya, Shimoliy Makedoniya, Niderlandiya, Albaniya, Shvetsiya, Ozarbayjon, Daniya, Norvegiya, Shveysariya, Malta, Gretsiya, Belarus, Serbiya, Kipr, Estoniya, Chexiya, Avstraliya, Islandiya, San-Marino va Sloveniya davlatlari vakillari finalga chiqdi. Ulardan tashqari, tanlovning yanukiy bosqichida saralashda qatnashmaydigan “katta beshlik” mamlakatlari — Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Italiya ham ishtirok etadi. “Yevrovideniye” — Yevropa mamlakatlari orasida 1956-yildan beri har yili o‘tkaziluvchi musiqiy televizion tanlov. U dunyodagi eng mashhur tanlovlardan biri bo‘lib, uni 600 milliongacha tomoshabin kuzatadi.
76
912
Madaniyat
Anjelina Joli “halokatli xastalik”ka chalingani haqidagi mish-mishlardan so‘ng uning ilk suratlari paydo bo‘ldi
Anjelina Jolining “halokatli xastalik”ka chalingani haqidagi xabarlar tarqalgandan bir oy o‘tib, ijtimoiy tarmoqda uning ilk suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi. 2016-yilning mart oyida Amerikaning National Enquirer nashri aktrisa Anjelina Joli saraton va vazn yo‘qotishdan o‘layotganligi haqidagi maqola chop etgan edi. O‘shanda Joli 35 kilogrammga ozib ketganligi va ovqat yemayotganligi ma’lum qilingan edi. Paydo bo‘lgan suratlarda Anjelina qizlari bilan London markazidagi bolalar do‘konidan chiqayotganligi aks etgan. Unda aktrisaning ko‘rinishi bir oy avvalgidan sezilarli darajada yaxshi bo‘lib, o‘lim tashxisini shubhaga qo‘yadi. Endilikda G‘arb OAVlari yaqin vaqt ichida Joli oilasi bilan doimiy yashash uchun Londonga ko‘chib o‘tishi haqida ma’lum qilmoqda.
111
792
Madaniyat
Bollivud qiroli Shohrux Xonning kinodagi “ovozi” — Udit Narayanning muvaffaqiyat va hayot yo‘li (foto)
Afsonaviy hind xonandasi Udit Narayan o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida son-sanoqsiz mashhur qo‘shiqlarni yaratgan va havas qiladigan diskografiyaga ega. Uning 20 dan ortiq taronasi “Barcha davrlarning 40 ta eng yaxshi Bollivud saundtreklari” ro‘yxatiga kiritilgan. Shohrux Xon qo‘shiqlarini kuylagan xonanda romantik qo‘shiqlar qiroli unvoniga sazovor bo‘ldi va butun dunyoda shuhrat qozondi. Udit Narayan 1955-yil 1-dekabrda nepallik fermer Xarekrishna Ja va uning hindistonlik rafiqasi Bhuvaneshvari Devi oilasida tug‘ilgan, u ham o‘z davrining mashhur xalq qo‘shiqchisi bo‘lgan. O‘g‘lini musiqaga ilhomlantirgan onasi edi. Udit Bollivudda mingdan ortiq qo‘shiq kuylagan bo‘lib, uning qo‘shiqchilik faoliyati Nepal radiosida boshlangan. Udit 1978-yilda Hindistonning Nepaldagi elchixonasidan musiqa stipendiyasini oldi va Mumbayga klassik musiqani o‘rganish uchun ko‘chib o‘tdi. U yerda, 1980-yilda xonanda musiqiy rejissor Rajesh Roshan nazariga tushdi va o‘zining “O‘n to‘qqiz-yigirma” (Unees-Bees) loyihasi uchun qo‘shiq kuylashni taklif qildi. Shu tarzda u musiqa sanoatga kirdi, ammo shon-shuhrat sari yo‘l yurish oson emas edi. Udit Narayan haqida atigi 8 yil o‘tgach, “Hukm” filmida Amir Xon uchun qo‘shiq kuylaganidan so‘ng gapirila boshlandi. Filmning muvaffaqiyati uni bastakorlar orasida talabgir xonandaga aylantirdi. Narayan ovozining o‘ziga xosligi barcha musiqa ixlosmandlari tomonidan yuqori baholandi. Bolaligidan u radioda tinglagan Lata Mangeshkar, Asha Bhosle, Muhammad Rafi va Kishore Kumarlarga havas qilgan. Keyin esa bu afsonalar bilan birga kuylash baxtiga muyassar bo‘ldi. Muvaffaqiyatli musiqiy karyerasi davomida Narayan beshta Filmfare mukofotini qo‘lga kiritdi. U ketma-ket uch o‘n yil davomida mukofotlarga sazovor bo‘lgan yagona erkak qo‘shiqchidir. Shuningdek, 4 ta Milliy, (3 qo‘shiqchi va bitta prodyuserlik uchun) Padma Bxushan va Padma Shri mukofotiga ega. Biroq, romantik qo‘shiqlar qiroli shaxsiy hayotida unchalik ham omadli emas. Uning oilaviy munosabatlari bir qator tartibsizliklar, huquqiy kurashlar va jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Buning hammasi Udit Narayanning ikkinchi xotinga ajrashmasdan va hatto birinchi xotiniga xabar bermasdan uylangani tufayli yuz berdi. Darhaqiqat, muxlislar Udit Narayanning birinchi xotini haqida u eri ikkinchi turmushini yashirgani uchun jazolash maqsadida omma oldida sahnaga chiqqanida bilib oldi. 1984-yilda Udit birinchi marta asli bixarlik Ranjana Narayan Ja bilan turmush qurgan. O‘shanda u hali muvaffaqiyat qozonmagani bois uning turmush qurishi omma e’tiborini tortmadi. Ammo Mumbayga ko‘chib, omadi kelgach, u ortga qaytmadi. Hatto erining qaytib kelishini kutib, yangi uyiga o‘zi bilan olib ketishiga umid qilayotgan rafiqasini ham o‘ylamadi. Udit Narayan va uning birinchi rafiqasi Bu yerda shuni qo‘shimcha qilish kerakki, uning xotini qayerda yashagani noma’lum, chunki u faqat 2006-yilda, ya’ni to‘ydan 22 yil o‘tgach paydo bo‘lgan. Bu orada, 1985-yilda uning eri ikkinchi marta qo‘shiqchi Dipa Gahatrajga uylandi. Bir yil o‘tgach, ular Aditya Narayan ismli o‘g‘il ko‘rdi, u ham hozir Bollivudda mashhur qo‘shiqchi. Dipa Uditga turmushga chiqqanida Ranjonaning qayerdaligini bilganmi yoki yo‘qmi, hozircha sirligicha qolmoqda. Udit Narayan va uning ikkinchi oilasi So‘ngra oradan 22 yil o‘tib, 2006-yilning aprel oyida, Udit Patnadagi shouga keldi va hashamatli mehmonxonadan joy band qildi, o‘shanda Ranjana jurnalistlar bilan uning xonasiga bostirib kirib, Narayanning qonuniy rafiqasi ekanligini aytib, to‘polon boshlagan. The Hindu gazetasining “Nega shuncha yillardan keyin yana paydo bo‘lganligi” haqidagi savoliga Ranjana shunday javob berdi: “Men nikohimiz haqida oshkora gapiraman, deb qo‘rqitganimda, u o‘z joniga qasd qilish bilan tahdid qilib, ovozimni o‘chirdi. Endi qo‘rqmayman, sudga murojaat qilaman”. O‘z navbatida, Udit Narayan bu ayolni tanimasligini va u bilan hech qachon uchrashmaganini, sodir bo‘lganlarning hammasi shunchaki unga tuhmat qilish uchun tuzilgan fitna ekanligini ta’kidladi. Sud jarayoni uch oy davom etdi. Ranjana ularning nikohini tasdiqlovchi dalillar — suratlar va hujjatlarni taqdim etdi, shundan so‘ng Udit Narayan birinchi xotinini rasman tan oldi, uni boqish va aliment to‘lashga rozi bo‘ldi. Ushbu janjaldan keyin Udit Narayanning karyerasi pasaya boshladi. U taniqli musiqiy shoularda hakam sifatida ishladi. Aytgancha, endi uning ikki xotini ham do‘stona munosabatda. Sobiq va hozirgi turmush o‘rtoqlar nafaqat birga xarid qilishadi, balki Udit bilan birga safarlarga ham chiqib turadi.  Dushmanlari tomonidan zaharlangan, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Hindiston bulbuli — Lata Mangeshkarning zahmatli hayot yo‘li
102
4,693
Madaniyat
Jonni Deppning “Yig‘loqi” filmidagi mototsikli 250 ming dollarga auksionga qo‘yildi
Jonni Depp bu ketishda hali beri tabloid sarlavhalarini tark etmaydi. Suddan so‘ng aktyorning mashhurligi yanada oshdi. Sobiq rafiqasi Ember Xyord ustidan qozongan g‘alaba Jonnigagina foyda keltirib qolmayapti. Masalan, 1990-yilda “Yig‘loqi” filmini suratga olish paytida aktyor mingan mototsikl auksionga qo‘yildi, deb yozadi People Talk. Aytgancha, texnik nosozligi tufayli harakatlanishning imkoni bo‘lmagan 1955-yilda ishlab chiqarilgan Harley-Davidson modeli Kruse GWS auksionida 250 ming dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga, har bir ishtirokchi kamida 25 ming dollar narxga ustama qo‘shishi mumkin. Mototsikl hozirda Branstondagi muzeyda saqlanmoqda. Jonni Deppning o‘zi esa nafaqat obro‘sini, balki karyerasini ham tiklashga harakat qilmoqda. Yaqinda aktyor TikTok’da shaxsiy akkauntiga ega bo‘ldi va bir necha soat ichida garchi bitta video joylashtirmagan bo‘lsa ham obunachilari ikki milliondan oshdi. Bu vaqt ichida nafaqat Jonni Depp ishtirokidagi filmlarga qiziqish, balki aktyor reklamasida suratga tushgan Dior Sauvage atiriga ham talab ortdi. Eslatib o‘tamiz, sud Ember Xyordni Jonni Deppga tuhmat qilganlikda aybdor deb topdi. Aktrisa buning uchun sobiq turmush o‘rtog‘iga 15 million dollar to‘lashi kerak.
83
1,228
Madaniyat
Jeki Chan bir sutkalik poyga marafoni haqida film suratga oladi
Xitoylik aktyor va rejissor Jeki Chan “Le-Manning 24 soati” bir sutkalik marafoni tarixi haqida film suratga oladi. Bu haqda Le-Man shahri turizm byurosi direktori Bruno Rey France Bleu nashriga ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”. “Ayni paytda ishlab chiqilayotgan yagona kinematografik loyiha Jeki Changa tegishli, — dedi Rey. — Bu ‘Le-Manning 24 soati’ tarixining retrospektivasi bo‘ladi. Film Jeki Chan boshchiligidagi xitoylik jamoa tomonidan suratga olinadi. Xitoyning poyga jamoasi oxirgi ikki yildan buyon marafonda ishtirok etadi. Film syomkasi 2018-yili boshlanadi. Jeki Chan 2016-yildan poygada ishtirok etadi Jackie Chan DC Racing jamoasi rahbarlaridan biri hisoblanadi. 2017-yili marafonda jamoaning ikki ekipaji umumiy hisobda ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi, LMP2 toifasida esa birinchi va ikkinchi natijani qayd qildi. 2017-yili “Le-Manning 24 soati” marafoni 85-marta o‘tkazildi.
63
905
Madaniyat
“Baron-2”: Tohir Malik — ssenariy mualliflari qatorida, filmda jahon kinoyulduzlari suratga tushadi
Rejissor Rustam Sa’diyev Instagram’dagi sahifasi orqali “Baron-2” filmining tayyorgarlik ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Yangi kinoasar haqida batafsil ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad rejissor bilan suhbat uyushtirdi. — Yaqinda “Er bermoq, jon bermoq-2: Onlayn” filmini suratga olish ishlari bilan band ekaningizni bildirgan edingiz. To‘satdan “Baron-2” ustida ish boshlanibdi-da? — “Er bermoq, jon bermoq-2: Onlayn” filmi montaj jarayonida. Orada bo‘sh vaqtlar ko‘p bo‘lgani, bundan tashqari, “‘Baron’ningdavomi qachon suratga olinadi?”, degan savollar juda ko‘p tushayotgani sabab, yangi film ustidagi ishlarni boshlab yubordik. — Gap-so‘zlarga qaraganda, “Baron-2” ssenariysi Tohir Malik tomonidan yozilayotgan ekan. — “Baron” filmining davomi qanday chiqishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Ikkinchi film birinchisidan ham qiziqarliroq bo‘lishi uchun yangi film ssenariysini tayyorlashga nafaqat “Baron”ning ssenariysini yozgan Shoira G‘iyosovani, balki taniqli adib Tohir Malikni ham taklif qildik. Ayni vaqtda ssenariy yozilmoqda, shu bilan birga aktyorlarni tanlash jarayoni ham davom etmoqda. — Kasting jarayoni haqida batafsilroq ma’lumot bersangiz. — San’at institutida ta’lim olayotgan va ishlayotgan san’atkorlar, teatr va kino aktyorlari orasida tanlov e’lon qilingan. E’lon bo‘yicha aktyorlarni saralash, mo‘ljaldagi rollarga tasdiqlash ishlari allaqachon boshlanib ketdi. — Birinchi “Baron”da Gollivud va Rossiya aktyorlarini ko‘rgandik. “Baron-2”da ham jahon kinoyulduzlari bo‘ladimi? — Albatta, filmda chet ellik aktyorlar bo‘ladi. Hozirda jahon kinoyulduzlarini “Baron-2” filmiga taklif qilish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
99
1,824
Madaniyat
Xyu Jekman nega Jeyms Bond rolidan voz kechganini tushuntirdi
Avstraliyalik aktyor Xyu Jekman agent 007 — Jeyms Bond obrazini katta ekranlarda gavdalantirishdan nega voz kechganiga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda. U 2000-yillar boshida Pirs Brosnanning o‘rnini egallab, yangi Bondga aylanishi mumkin edi. Ammo artist bu imkoniyatdan foydalanmadi. “Men ‘X odamlar’ filmining ikkinchi qismiga kirishay deb turgandim, shunda agentim qo‘ng‘iroq qilib, Bondga qiziqishim bor-yo‘qligini so‘radi”, — dedi Jekman. Aktyorning ta’kidlashicha, Bond haqidagi filmlar ssenariylari aqlbovar qilmas syujetlarga boyligi uni qoniqtirmagan, lekin franshiza egalari Jekman bunga aralasha olmasligini bildirgan. Natijada yangi Bond sifatida katta ekranlarga Deniyel Kreyg chiqdi.
61
714
Madaniyat
“Xotira kundaligi” filmi yulduzi Reychel Makadams nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)
Oddiygina oilada dunyoga kelib, aktyorlik zinapoyasining eng yuqori qismiga ko‘tarilgan, Gollivud orzusining hayotiy timsoliga aylangan aktrisa Reychel Makadams nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? Maftunkor Reychel Makadamsning karyerasiga faqatgina havas qilish mumkin. Bir necha yil ichida u kanadalik qizdan Gollivud yulduziga aylangan edi. Uning karyerasida juda ko‘p yorqin obrazlar mavjud, aksariyat muxlislar uni “Xotira kundaligi” hamda “Sherlok Xolms” filmida yaratgan obrazlaridan yaxshi eslaydi. Bo‘lajak yulduz Kanadada, sahnadan ancha uzoq oilada dunyoga kelgan. Uning otasi yuk mashinasi haydovchisi, onasi esa hamshira bo‘lgan. Reychel yoshligidanoq jo‘shqin tabiatga ega qiz edi. Shuning uchun uning ota-onasi figurali uchish to‘garagiga bergan. Ehtimol, sport unga qat’iylikni o‘rgatgan bo‘lishi mumkin. U hayotga bo‘lgan muhabbatni yo‘qotmasdan, oldiga maqsad qo‘yishni va qiyinchiliklarga bardoshli bo‘lishni o‘rgangan. Bundan tashqari, Reychelga kutilmaganda jamoat oldiga chiqish ma’qul kelgan va o‘zini teatr tomoshalarida sinab ko‘rishga qaror qilgan. Maktabda namoyish etilgan ilk spektakllardan keyin Reychel aktrisa bo‘lishni orzu qila boshlagan. Torontodagi York institutining teatr san’ati yo‘nalishini imtiyozli diplom bilan yakunlagandan so‘ng, u kino olamiga qadam bosgan. Uning aktrisalik karyerasining boshlanishi ko‘plab kasting va tanlovlardan iborat bo‘lib, ularning aksariyati “biz siz bilan bog‘lanamiz” degan ibora bilan tugagan. Umuman olganda, hammasi minglab aktrisalarning hayoti singari sodir bo‘lgan, ularning aksariyati hech qachon kino olamida o‘z karyerasiga ega ham bo‘lmagan. Ammo Reychelda jozibali tashqi ko‘rinish bilan birga, aktyorlik mahorati hamda qat’iyat ham bor edi. Shuning uchun u umidsizlikka tushmagan va orzulari sari olg‘a qadam bosgan. Oradan ko‘p o‘tmay “Yer. So‘nggi ziddiyat” serialidan taklif tushgan. Aktrisa “Mening ismim Tanino” va “Mukammal shirinlik” filmlariga suratga tushganidan keyin Los-Anjelesni zabt etish uchun yo‘l olgan. Tomoshabinlarning esida qolgan birinchi roli “Zanjir” filmidagi mashhur komik aktyor Rob Shnayder bilan ijrosi edi. Keyinchalik u “Xotira kundaligi” filmidagi ijrosi tufayli dramatik aktrisa sifatida tanila boshlagan. Ta’sirchan sevgi hikoyasi va Reychelning aktrisalik mahorati tanqidchi va rejissorlarning yosh aktrisaga boshqacha qarashga majbur qilgan. Ushbu filmdan keyingina aktrisa chinakamiga mashhurlikka erishgan va uning hayoti ham tubdan o‘zgarib ketgan. Gosling bilan munosabatlar suratga olish ishlaridan keyin ham davom etgan. Juftlikning umumiy jihatlari juda ko‘p edi, ularning ikkisi ham bir oyda Ontario shahridagi Sent-Jozef kasalxonasida tug‘ilgan. Shuningdek, ikkisining ham kelib chiqishi kanadalik edi. Ammo bir necha yillik hayotdan so‘ng juftlik ajralishga qaror qilgan. Oradan yillar o‘tib, Reychel va Gosling yana munosabatlarni tiklashga harakat qildi, ammo bu bir necha oygina davom etgan. Afsuski, bu davr aktrisa uchun muvaffaqiyatli kechmagan. Uni taniqli loyihalarga taklif etishar, ammo turli sabablarga ko‘ra, rolga tasdiqlanmas edi. Ammo bu bilan aktrisa tushkunlikka tushib qolmagan, u yanada ko‘proq irodali bo‘lishga intilgan. Ikki yil davomida bir necha filmlarda rol ijro etgan bo‘lsa-da, “Sherlok Xolms” kartinasi unga muvaffaqiyat keltirdi. Shundan so‘ng u “Xayrli tong”, “Qasamyod” va “Kelajakdagi do‘st” kabi filmlarda suratga tushgan. Taniqli rejissor va aktyorlar bilan suratga olish maydonchasida ishlayotgan aktrisa har safar o‘z muxlislarini yangi obrazlar bilan hayratga solar edi. Tomoshabinlar ham uni intiqlik bilan kutgan. Aktrisa mashhurlikning cho‘qqisida ekranlardan g‘oyib bo‘lib, yana hammani hayratga soldi. Uning uzoq vaqt yo‘q bo‘lib ketishi sababi ko‘pchilik muxlislarni o‘yga toldirdi. Ammo hammasi kutilmagandek bo‘lib chiqdi. Reychel 39 yoshida ona bo‘lishga qaror qilgan edi. U uzoq vaqt mobaynida bunga jur’at etmagan. Bundan tashqari, Reychel hamda uning turmush o‘rtog‘i Jeymi Linden farzand kutayotganini matbuotdan yashirgan. 2020-yilning yozida aktrisaning homilador holatida tushgan suratlari paydo bo‘ldi, ammo bu borada hech qanday rasmiy bayonotlar berilmagan. Hozirda 42 yoshni qarshi olgan aktrisa onalik quvonchidan bahramand bo‘lgan holda yangi rollarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
89
4,277
Madaniyat
Rossiyalik xonanda MakSim koronavirus sabab komaga tushdi
MakSim taxallusi bilan ma’lum bo‘lgan rus estradasining 38 yashar yulduzi Marina 2021-yil 16-iyun kuni Instagram sahifasida COVID-19 bilan kasallangani haqida ma’lumot bergan. Keyinroq ahvoli yomonlashgani tufayli xonandaga sun’iy nafas olish apparati ulangani haqida xabar berilgan. Marina Maksimova Instagram’ga joylagan so‘nggi suratining tagida unda shamollash alomatlari paydo bo‘lgani, ammo shunga qaramay, koronavirus infeksiyasiga topshirgan testining natijasi uch marta ham salbiy chiqqanini yozib qoldirgan. View this post on Instagram O‘zining konserti davomida holsizlanib, isitmalashni boshlagan qo‘shiqchining ahvoli yomonlashavergan. Shundan keyin shifoxonaga yotqizilgan Marinaning tekshiruv davomida o‘pkalarida 40 foiz zararlanish borligi aniqlangan. Shundan keyin aloqaga chiqmagan xonandaning ahvoli qanday ekanini “StarXit” sayti xodimlari bilishga muvaffaq bo‘lgan. “O‘pkada zararlanish ko‘paygani sabab bemorda nafas olish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgan. Avvaliga shifokorlar noinvaziv nafas ventilyatsiyani sinab ko‘rgan, ammo bu yordam bermagan. Ichki a’zolarning zo‘riqishini kamaytirish va kislorod yetishmasligidan saqlash uchun Marinani sun’iy koma holati, ya’ni medikamentozlar bilan uxlatishga qaror qilingan”, — deydi shifoxonadagi manbalardan biri. Insayderlardan tashqari, xonandaning piar-direktori Yana Bogushevskaya ham Marinaning ahvoli haqida izoh bergan. “MakSim, darhaqiqat, o‘pkalarni sun’iy ventilyatsiya qilish apparatiga ulangan, ammo xavotirga hojat yo‘q, vaziyat tajribali shifokorlar nazorati ostida. Tunov kuni u bilan telefonda gaplashganimizda u hammasi yaxshi bo‘lib ketishini aytgan”, — degan Yana. Xonandaning chiqishi iyun oyida bo‘lishi kerak edi, ammo kasallik sabab ayrim konsertlarni qoldirish, ba’zilarini esa keyinga surishga qaror qilingan.
57
1,826
Madaniyat
Aziz Rametov: Oilaviy an’anani davom ettirib aktrisaga uylanmoqchi emasman
“Muloqot News” aktyor Aziz Rametov bilan intervyu uyishtirdi. Intervyuda aktyor ijod va shaxsiy hayotdagi yangiliklar haqida so‘zlab berdi. — Hamma ota-onalar ham farzandlarini o‘z sohalarida ketishini xohlashmaydi. Ayniqsa, sa’nat sohasidagilar. Sizda bu jarayon qanday kechgan? — Onam men hali tug‘ilmasimdan, 7 oylik paytimda “Arshin Mololon” spektaklida bosh rollardan birini ijro etgan. Balki, o‘sha paytdanoq menga san’at sohasi yaqindir. Dadam ko‘proq bu sohada ketishimga qarshilik qilgan, lekin ilk ijodlarimni ko‘rganlaridan keyin baribir tan olganlar. Musiqa maktabida 9 yil tahsil olganman. Keyinchalik dadamning xohishlari bilan harbiy sohani tanlaganman. O‘sha paytlarda ham ustozlarim meni baribir san’at sohasi bo‘yicha ketishimni ta’kidlashardi. Mana baribir shu soha meni o‘ziga tortdi. — “O‘tov” filmidagi ijroyingiz ko‘pchilik e’tiborini qozongan. Yana shunday ijrolarni ko‘ramizmi? — Agar yana shunaqa filmlarga taklif qilishsa jon-jon deb o‘ynardim. Undagi jarayonlar juda qizg‘in kechgan. Narkoman rolini ijro etganim uchun rejissorimiz meni narkomanlar orasiga olib borgan. O‘sha insonlar orasida ular bilan gaplashib, ko‘rishib o‘sha holatga tushishimga sababchi bo‘lgan. Bu kino orqali o‘zim ham juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. O‘zim ham yana shunday asarlarni yaratilishini xohlayman... Balki ssenariy yozayotgan inson alohida, rejissor alohida, suratga oluvchi inson alohida bo‘lib ishlayotganlari uchun shundaydir. Menimcha, kino olishda bir necha rejissorlar birgalikda ishlashi kerak. Jamoa yana ham yaqinroq bo‘lib fikrlarini bitta joyga jamlay olishi, ya’ni har birlari bitta g‘oya asosida birlashib ishlashlari kerak. Agar hamma o‘zini fikri bilan yondashsa, haqiqiy kino chiqmaydi. Bizni xalqimiz kinolarni yaxshi ko‘radi. Hatto joylarga borganimizda yordamlarini ham ayashmaydi. Ular kutgan kinolarni yetkazib berish kerak. Shuning ustida o‘zim ham harakat qilyapman. — Ilk ijod namunalaringiz orasida qo‘shiqlar ham joy olgan. Uning kelajagi nima bo‘ldi? — Men qo‘shiq aytishni tark etmadim. Hatto yaqinda “Samarqand sayyorasi” nomli qirqtaga yaqin qo‘shiqlarim jamlangan albom chiqaryapmiz. Musiqa maktabida tahsil olganim uchun qo‘shiqqa nisbatan mehrim boshqacha. Harbiy sohada o‘qiyotganimda ham birinchi aytgan “Qora qosh” qo‘shig‘ini ham safni oldi qismida turib ayttirishardi. Yaqinda Munisa Rizayeva bilan duet qo‘shiq aytdim. Bu yo‘nalishni tashlab qo‘yish niyatim yo‘q. Yana yangi zamonaviy yo‘nalishda kuylash rejalarim yo‘q emas. — Rejissorlik faoliyatini boshlashingizga nima turtki bo‘ldi? — Harbiy sohani bitirganim uchun o‘zim mana shu yo‘nalishda kino olishni o‘ylab yurardim. Aktyor bo‘lganim uchun soha ichidagi jarayonlarni yaxshi o‘rgandim. Soha ichiga kirganingiz sayin o‘zingiz izlagan narsalarni topib boraverasiz. Menda imkon bo‘lishi bilan film olish harakatini boshladim. Albatta bu oson kechmadi. Uni ham o‘ziga yarasha mashaqqatlari bor. Men o‘zimda mana shuni uddalashga, kuch topishga harakat qildim va buni boshladim. — Rejissorlik faoliyatini davom ettirasizmi? — Ha, albatta. Hozirda yangi “Al-Aziz” filmini suratga olish jarayonlarini boshlaganmiz. Bu “Olovuddinning chirog‘i” filmiga qiyosiy. Rejissorlik ishi ancha murakkab bo‘lishiga qaramasdan o‘zingiz uchun ko‘p narsa olasiz, atrofdagilarga ko‘mak bera olsiz, to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatasiz, o‘zingizning ustingizda ancha ishlashingizga ham to‘g‘ri keladi. — Ilk suratga olgan “Arslon izidan” filmingiz jarayonlari qanday kechdi? — Bu filmni suratga olish jarayonlari ancha uzoqqa cho‘zildi. Deyarli 4 yilda olishga muvaffaq bo‘ldik. Filmning g‘oyasi ham shuni talab qilardi. Afg‘onistonda yana bir qancha davlatlarda uni suratga olishga to‘g‘ri keldi. Lekin ko‘nglim to‘ldi deya olmayman. Kamchiliklardan holi bo‘lmadi. Juda ko‘p xatolarimni ko‘rdim. Ko‘proq ustozlar bilan maslahatlashishim kerak ekan. Balki yoshlik qilgandirmiz. Uning davomini olish niyatim bor. Bu kino orqali farzandlar ongida vatanga muhabbat ruhini yanada oshirishni, kasbga sadoqatni yanada shakllantirishni, eng asosiysi o‘zi xohlab harbiy bo‘lishni, umuman majbur bo‘lmaganidan shu ishni qilishlarini filmga singdirishga harakat qilgandim. — Ushbu film shu bilan nihoyalanadimi yoki davomlimi?  — Bu filmning davomi bor. Unda o‘zim ham 2 xil rolni ijro etdim. Ko‘rinishimni ham shunga moslashtirdim. Bir qarasangiz bu ko‘rinishda, bir qarasangiz u ko‘rinishda namoyon bo‘laman. Kinoni odamlar men ko‘rgandek ko‘radi deb ba’zi joylarini o‘zimcha talqin qilgan ekanman. Aslida yanada soddalashtirishim kerak ekan. Masalan, bir-ikki joyida “Oradan ikki hafta o‘tdi” deb berishim kerak bo‘lgan joylari ham bor ekan. Men uni o‘zimcha tahlil qilib ko‘rayotgan odam tushunib olar deb o‘ylaganman. Aslida murakkab emas soddalik kerak. Olaylik hozirgi “Real xit” dasturi aslida soddagina odamlar ichida yurib ularni fikrini o‘rganish, lekin o‘sha oddiy tuyilgan g‘oya butun e’tiborni jalb qila oldi. Shunga o‘xshash filmlarga ham samimiylik kerak deb o‘ylab qoldim. — Shaxsiy hayotingiz borasida nima deya olasiz? Kuzgacha uylanish niyatingiz borligi haqidagi ma’lumotlarni eshitganmiz?  — Mish-mishlar orqali ko‘pchilik meni oilali deb ham o‘ylashadi. Bundan 8—9 yil oldin “TV Markaz” kanalida “Yulduzli payshanba” dasturi bo‘lardi. O‘shanda akam kelmay qolganlari uchun farzandini men ko‘tarib turgandim. Shundan keyin ko‘pchilik meni uylangan deb o‘ylashgan. Ba’zilar bilmasdan tarmoqlarda “Bolalaringiz yaxshimi?” deb ham yozib qolishadi (kuladi). Hali o‘zim yoqtirgan qizni uchratganimcha yo‘q. Turmush o‘rtog‘im hayotda aktiv bo‘lishini xohlardim. Oilaviy an’anani davom ettirib aktrisaga uylanmoqchi emasman. Turmush o‘rtog‘imni, albatta, hurmat qilaman. — Kelgusidagi ishlaringizga omad tilab qolamiz. Samimiy suhbat uchun rahmat. — Sizlarga ham alohida rahmat!
74
5,767
Madaniyat
Anjelina Joli ilk marta Bred Pitt bilan nima sababdan ajrashgani haqida so‘zlab berdi
Amerikalik aktrisa, rejissor, prodyuser va model Anjelina Joli Gollivud aktyori Bred Pitt bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Joli o‘z qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Uning aytishicha, sobiq eri bilan oila tinchligi uchun ajrashgan. “Oilamning farovonligi uchun ajrashishga qaror qildim. Men farzandlarim tarbiyasiga e’tibor berishda davom etmoqdaman. Ayrimlar ushbu mavzuda gapirganimdan foydalanib, turli yolg‘onlarni to‘qib chiqarmoqda. Farzandlarim OAVda o‘zlari haqida ko‘p yolg‘on ma’lumotlarni ko‘rdi. Men ularga har doim hayotda eng muhimi ular o‘zlari haqidagi haqiqatni bilishi va mustaqil fikrga ega bo‘lishi kerakligini eslatib turaman”, — deydi 45 yoshli Anjelina Joli. Juftlik uch nafar o‘z va uch nafar asrab olingan farzandlari borligiga qaramay ajrashdi. Ular 2016-yilda 12 yil birga yashaganidan so‘ng ajrashgan edi. Ayrim OAVlarda aktyor katta o‘g‘li Meddoks bilan yomon munosabatda bo‘lgani hamda unga qo‘l ko‘targani haqidagi ma’lumotlar tarqatilgan edi.  Ozganidan so‘ng xunuk bo‘lib qolgan Gollivud yulduzlari
85
1,086
Madaniyat
“Forsaj” filmi aktyorlari 20 yil ichida qay darajada o‘zgardi? (foto)
2001-yil “Forsaj” jangovar filmi namoyish etildi. 2021-yilda esa tomoshabinlar franshizaning 9-qismini kutmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida qahramonlar qay darajada o‘zgarganligi esa film ixlosmandlariga qiziq bo‘lsa kerak. Vin Dizel Aktyor Vin Dizel “Forsaj” filmidagi roli uchun ko‘plab mukofotlar hamda tanqidchilarning ijobiy baholariga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, aktyor Pol Uoker bilan 2001-yilda eng yaxshi duetlardan biri deb tan olingan. Filmning 2-qismida Vin rol ijro etmadi, sababi u juda katta gonorar talab qilgan edi. Shuning uchun ham prodyuserlar uning ijrosidan voz kechishga qaror qilgan. Biroq 2006-yilda Vin yana Dominik Toretto sifatida ekranlarda paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, tomoshabinlar 2021-yil namoyishi rejalashtirilgan 9-qismda ham aktyorni ko‘rishga muvaffaq bo‘ladi. Kelishgan Vin oilaviy baxtini meksikalik model Paloma Ximenes bilan topdi. Hozirda ularning uch farzandi bor: Xaniya Rayli, Vinsent Sinkler va Paulina. Aktyor vafot etgan do‘sti Pol Uoker sharafiga uchinchi farzandiga Paulina deb ism bergan. Pol Uoker “Forsaj” filmida suratga tushgan Pol chindan ham katta muvaffaqiyatga erishgan. Filmdan so‘ng ko‘plab rejissorlar Uokerga o‘z loyihalarida asosiy rollarni taklif qila boshlagan. Uning ishtirokida har bir film mashhurlikka erishdi. Pol sayohat, avtopoyga, syorfing va braziliyacha jiu-jitsuni yaxshi ko‘rar edi. Shuningdek, Uoker xayriya ishlariga ham pul sarflagan. U Chilidagi zilzila va Filippindagi tayfun qurbonlariga yordam bergan. 2013-yil 30-noyabr kuni xayriya tadbirlarining birida Uoker do‘sti Rojer Rodas bilan birga uyga qaytayotganida baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Haydovchi mashina boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga borib urilgan va yonib ketgan. Uoker 2013-yil 14-dekabr kuni Kaliforniyaning Glendeyl shahriga dafn etilgan. Jordana Bryuster “Forsaj” filmining 1-qismidan so‘ng aktrisa haqiqiy yulduzga aylandi. Film muvaffaqiyatga erishganiga qaramay, Jordana keyingi qismlarda ishtirok etishni xohlamadi. U universitetda bilim olishga kirishdi. O‘qishni tugatgandan so‘ng bir nechta filmlarda, jumladan, “Forsaj” filmidagi roliga qaytdi. Bugungi kunda 40 yoshli aktrisani Amerika seriallari va teleshoularda ko‘rish mumkin. 2007-yilda u prodyuser Endryu Form bilan turmush qurgan. Hozirda ularning ikki nafar o‘g‘li bor. Mishel Rodriges Mishel ham boshqalar kabi kartinadan so‘ng mashhurlikka erishdi. U franshizaning barcha qismida ishtirok etgan va ushbu loyihani tark etish niyati ham yo‘q. Mishel vaqti-vaqti bilan qonun bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Hattoki u mast holda mashina boshqargani va tezlikni oshirgani uchun hibsga ham olingan. Bundan tashqari, Mishel bir necha yil oldin mototsikl haydovchisini urib, voqea joyidan qochib ketgan. Shundan so‘ng aktrisa qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo koloniyada odamlarning haddan tashqari ko‘pligi tufayli u jamoat ishlari bilan shug‘ullanishga rozi bo‘lgan. Rik Yun Kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan amerikalik aktyor “Forsaj” filmining 1-qismida asosiy rollardan birini ijro etgan. 2002-yilda u “People” jurnali tomonidan dunyodagi eng go‘zal odamlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shundan so‘ng u bir necha film, serial va hattoki kliplarda ham suratga tushgan. Video o‘yinlarga ovoz berish jarayonida ishtirok etib, o‘z filmini ham ishlab chiqdi. Aktyor “Forsaj” filmi suratga olingandan buyon o‘zgarmagan, u 49 yoshida ham ko‘rkam ko‘rinadi. Mett Shuls Aktyor franshizada ishtirok etmasidan avval ham juda mashhur edi. Umuman olganda, aktyorning 20 dan ortiq loyihasi bor. Ayni paytda uning oxirgi ishi 2018-yil namoyish etilgan “Uzilish nuqtasi” komediyasi bo‘lib qolmoqda. U “Forsaj” filmining faqat 5-qismida paydo bo‘lgan va keyinchalik uning xarakteri olib tashlangan. Ched Lindenberg Ched faqatgina franshizaning 1-qismida rol ijro etgan. Shundan so‘ng u yana bir necha film va seriallarda suratga tushgan. Shuningdek, aktyor “Men sening qabrlaringga tupuraman” trilleridagi bosh roli bilan mashhurlikka erishgan.
69
3,950
Madaniyat
Payariqdan tosh davriga oid ashyolar topildi
Samarqand viloyati Payariq tumani Do`stlik mahallasi hududidagi Alamli qishlog`i fuqarosi Norpo`lat To`qboev murojaati yuzasidan Samarqand davlat universitetining arxeologiya kafedrasi mudiri Normahammad Xolmatov rahbarligida arxeologik guruh tashkil etildi. Guruh a`zolari O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi arxeologik tadqiqodlar instituti katta ilmiy xodimi Azbiddin Xolmatov, magistrant Yo`ldoshxon Isaev belgilangan manzilda bo`lib, insoniyat tarixining tosh asriga oid to buyum topib olingan joyda tekshiruv ishlarini amalga oshirishdi. Bu haqda Zarnewz xabar berdi. Natijada Alamli qishlog`idagi O`rta hovuz manzilida "Mezolit-neolit" yodgorligini aniqlashga erishildi. Ushbu hududda er sathidan 3 dona tosh buyum, ya`ni tosh o`zagi, qirg`ich qurol, qayroqtosh bo`lagi topildi. Shuningdek, makon joylashgan soy yon daralaridagi qoyatoshlarda o`yib chizilgan qadimiy rasmlar ham borligi aniqlandi. Bundan ko`rinadiki, Payariq tumani erlari odamzod tomonidan tosh asridan buyon o`zlashtirilib kelingan. Kelgusida bu yodgorlik makonida qazilma ishlarini amalga oshirish, qoyatosh rasmlarini o`rganish, qo`shni soylarda ham arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.
44
1,198
Madaniyat
“Temir xonimlar”: Siyosiy karyerasini oiladan ustun qo‘ygan mashhur ayollar (foto)
1979-yil 4-may kuni Margaret Tetcher Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egallagan. Siyosatga sho‘ng‘ib ketgan Tetcher oilasini ikkinchi planga qo‘ygan.Tarixda yana qaysi ayollar kasbiy faoliyati sabab namunali uy bekasi bo‘lishdan voz kechganiga to‘xtalib o‘tamiz. Margaret Tetcher (1925—2013) Qat’iy va konservativ qarashlari tufayli “Temir ayol” deb atalgan Margaret bosh vazir lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘lgan. “Sovuq urush” davrida AQShga ergashgan, SSSRni tanqid qilgan, kasaba uyushmalariga qarshi kurashgan ayolning ismi Time jurnalining “XX asrning eng mashhur odamlari” ro‘yxatidan o‘rin olgan. U 1951-yilda harbiy Denis Tetcherga turmushga chiqqan va ikki nafar farzand (bir qiz, bir o‘g‘il) dunyoga keltirgan. Ammo uni shaxsiy hayotda siyosiy faoliyatidagichalik muvaffaqiyatga erishgan deb bo‘lmaydi. Angela Merkel (66 yosh) Angela Merkel 2005-yildan boshlab Germaniyaning kansleri sifatida ishlab keladi va u bu lavozimni egallagan ilk ayol bo‘lgan. Dunyoning eng nufuzli kishilaridan biri deb e’tirof etiladigan Angela 1977-yilda Ulrix Merkelga turmushga chiqqan va 1982-yilda munosabatlariga nuqta qo‘ygan. 1998-yilda turmush qurgan Ioaxim Zauer bilan esa 20 yildan ko‘proq vaqtdan buyon birga yashaydi. Birinchi turmush o‘rtog‘idan esa faqatgina familiya qolgan, xolos. U farzandli bo‘lishni istagani, ammo o‘xshamagani, siyosat bilan shug‘ullanishni boshlaganida 35 yosh bo‘lgani va shunday keyin bu haqida o‘ylamaganini ta’kidlaydi. Kondoliza Rays (66 yosh) AQShning davlat kotibi sifatida faoliyat boshlagan Kondoliza ushbu lavozimida faoliyat yuritgan ilk qora tanli ayol bo‘lgan. Bolaligida onasi uni musiqa bilan shug‘ullanishini istagani va fortepiano chalishni o‘rgatganiga qaramay, Rays ko‘proq siyosatga qiziqqan va televizordagi yangiliklarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rgan. Karyerasiga mukkasidan ketgan ayol shaxsiy hayotiga vaqt ajrata olmagan va turmushga chiqmagan. 2006-yil uning OAVda Kanadaning sobiq (2006—2007-yillardagi) tashqi ishlar vaziri Piter Makkey bilan uchrashib yurgani haqida tarqalgan mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Hillari Klinton (73 yosh) AQShning 67-davlat kotibi sifatida faoliyat yuritgan Hillari 2016-yilgi prezidentlik saylovida Trampga raqib bo‘lgan. Maktab yillaridayoq siyosatchi yoki fazogir bo‘lishni orzu qilgan Klinton xonim qachonlardir koinotga uchish umidida NASA’ga xat yozgan hatto. U politologiya bo‘yicha bakalavrni bitirgan va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Bill Klintonni uchratgan. Farzandli bo‘lganida ham sevimli ishi bilan shug‘ullanishdan to‘xtamagan va umr yo‘ldoshining faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan. Turli muammolarga duch kelganiga qaramay, juftlik hali hamon birga. Tereza Mey (63 yosh) Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Tereza dunyoning eng nufuzli ayollari ro‘yxatidan bir necha marta o‘rin olgan. 1980-yilda Filipp Jon Meyga turmushga chiqqan Mey xonim farzandli bo‘lmagani boisini salomatligidagi muammo bilan bog‘lagan. Bu haqda gap ketganda u: “Hamma vaqt boshqa oilalarni kuzatib, sizda yo‘q nimadir ularda borligini ko‘rasiz”, — degan.
82
3,054
Madaniyat
Amitabx Bachchan OnePlus smartfon brendi elchisiga aylandi
Taniqli hind aktyori Amitabx Bachchan Xitoyning yangi OnePlus smartfon brendi elchisiga aylandi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Bu haqda aktyorning o‘zi rasmiy Twitter sahifasida ma’lum qildi. Hind kinosi yulduzi OnePlus brendini eng yirik smartfon bozorlaridan biri — Hindistonda ilgari surishi kutilmoqda. Bachchan bungacha ham smartfon ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilgan. 2015-yilda u LG kompaniyasiga LG G4 modelini reklama qilishda yordam bergan edi.
58
461
Madaniyat
Dilfuza Ismoilova ustozi Yulduz Usmonova bilan oralariga sovuqchilik tushishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va xonanda Dilfuza Ismoilova bir paytlar bir-birini qattiq hurmat qilgan, yaqin dugonalar, ustoz-shogird edi. Ammo hozirgi paytda ularning o‘rtasiga sovuqchilik tushgan. Dilfuza Ismoilova “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida ushbu sovuqchilikning sababini izohladi. “Hozir Yulduz opam bilan munosabatimiz yaxshi emas. Salom-aligimiz bor, lekin dardlashmaymiz. Yulduz opamning shunday xarakteri borki, ishonuvchan. Men ularga aytardim, hech qachon birovning gapiga ishonmang, deb. Odam ko‘zi bilan ko‘rishi, qulog‘i bilan eshitishi kerak. Men, masalan, birov menga birovni gapirib kelsa, ishonmayman. U odamni hurmat ham qilmayman, bor, deyman. Inson o‘ziga, aqliga, qulog‘iga, ko‘ziga ishonganidan keyin gapirishi kerak. U unaqa debdi, bu bunaqa debdi, degan gaplarga ishonib qoladigan odatlari bor edi. Unaqa bo‘lishi kerak emas. Yulduz opa juda ishonuvchan, shuning uchun ularga ishonmang hech kimga, degim keladi. Insonning ichini bilish juda qiyin. Toza do‘st topish juda qiyin. Oldilariga kim qanaqa niyatda keladi, Xudo biladi. Bizga hammaning havasi kelardi. Gadoning dushmani gado bo‘ladi. Men haqimda san’atkorlar ularga nima deyayotganini o‘z qulog‘im bilan eshitganman”, — deydi Dilfuza Ismoilova. Dilfuza Ismoilova kun kelib, ustozi bilan munosabatlari yana avvalgidek bo‘lishiga ishonishini ham aytib o‘tdi. “Vaqti keladi, hali yana dardlashib o‘tiramiz. O‘shanda ularga aytadigan gaplarim bor. Men ularga faqat yaxshilik tilayman. Chunki bunday insonlar boshqa tug‘ilishi qiyin”, — deydi xonanda.  “Kim o‘lsa, Yulduz aybdor bo‘lardi”. Yulduz Usmonova hamkasblari o‘limi va muvaffaqiyatsizliklarida ayblangan paytlari haqida gapirdi (video)
128
1,704
Madaniyat
AQShdagi kimoshdi savdosida Jon Lennonning gitarasi 910 ming dollarga sotildi
AQShda bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida The Beatles guruhi asoschilaridan biri Jon Lennonga qarashli Rickenbacker gitarasi 910 ming dollarga sotildi. Bu haqda “TASS” Julien’s Auctions savdo uyi ma’lumotiga tayanib xabar beradi. Xabarda ta’kidlanishicha, gitara Lennonga tegishli bo‘lgan, keyinchalik u Ringo Starrga sovg‘a qilingan. Ringo Starrning Ludwig Oyster barabani kimoshdi savdosida 2,2 million dollarga sotilganligi ma’lum qilinmoqda. Uni “Indianapolis kolts” amerikacha futbol klubi egasi Jim Irsey qo‘lga kiritdi. Afsonaviy guruhning sobiq barabanchisi Ringo Starr 800 dan ortiq musiqa asbobini kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Kimoshdi savdosi tashkilotchilari lotlarning umumiy qiymati 10 million dollarni tashkil etadi, deb hisoblamoqda.
77
746
Madaniyat
40 yoshida 20 yoshidagidan-da latofatli ko‘rinadigan yulduzlar
Go‘zallik yoshlikka xos degan tushuncha, 40 yoshida 20 yoshdagidan-da latofatli mashhurlar suratiga nazar tashlanganidan keyin o‘zgarishi aniq. Cosmopolitan nashri o‘tgan yillar tashqi ko‘rinishiga faqat va faqat ijobiy ta’sir ko‘rsatgan yulduzlar haqida to‘xtaldi. Jennifer Eniston (50 yosh) Jennifer “Do‘stlar” serialining muvaffaqiyatidan keyin tashqi qiyofasiga e’tibor berishni boshlagan. Shundan buyon Enistonning sochi malla rangda, paxmoq soch turmaklaridan voz kechgan hamda tartibli makiyaj qiladi. Jennifer Lopes (49 yosh) Jennifer Lopes 20 yoshida sochlari qo‘ng‘iroq, teri rangi oppoq (yoki oppoq qilib bo‘yalgan) bo‘lgan. 2000-yillarda xonanda o‘zi uchun yangi uslubni kashf qildi va tashqi qiyofasini o‘zgartirdi. Avvaliga Lopesning qiyofasi va soch turmagi trendlarga qarab moslashgan bo‘lsa keyinchalik “nyud”, ya’ni tabiiydek tuyuladigan makiyaj qila boshlagan. Hozirda xonanda endi yoshligidagi singari oppoq emas. Viktoriya Bekhem (45 yosh) Muammoli teri, ulama sochlar, yorqin makiyaj va ochiq-sochiq liboslar — bularning bari Spice Girls guruhida kuylagan vaqtida Viktoriya Bekhemga xos bo‘lgan. Uning qiyofasi va kiyinish uslubi 2007-yildan o‘zgara boshlagan. Viktoriya to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilishni boshlaganidan keyin terisidagi muammolar bartaraf bo‘lgan. Shuningdek, ulama, kalta soch turmaklari, ochiq-sochiq kiyinishga ham nuqta qo‘ygan. Keyt Uinslyet (43 yosh) “Titanik” filmining muvaffaqiyatidan keyin Keyt yulduz bo‘lib uyg‘ondi desak xato bo‘lmaydi. Aktrisani ortiqcha vazn bezovta qilgan. 90-yillarda Keyt soch rangi va uzunligi bilan bog‘liq turli tajribalar o‘tkazib ko‘rdi. Keyinroq Keyt o‘zini qo‘lga oldi: vazn tashladi, malla sochlardan voz kechdi va kiyinish borasida o‘ziga yarashadigan uslubni topdi. Bugunga kelib aktrisa haqiqiy “ingliz atirguli” deb ataladi. Ingeborga Dapkunayte (56 yosh) Aktrisa Ingeborga yoshligida tashqi ko‘rinishi haqida qattiq qayg‘urganini ta’kidlaydi. Qiltiriq, o‘g‘il bolalarnikidek qomat, siyrak sochlari bilan aktrisa o‘ziga yarashadigan uslubni topish uchun bir necha marotaba tajriba o‘tkazgan. Bugunga kelib u o‘z uslubini topgan. Ingeborganing latofatli qiyofasiga qarab bir vaqtlar uning tashqi ko‘rinishida muammolar bo‘lganiga ishonish qiyin. Holli Berri (52 yosh) Holli yoshligida yorqin makiyajni afzal bilgan bo‘lsa, hozirga kelib “nyud” uslubida kam bo‘yanishni tanlagan va bu uning qiyofasida ijobiy natija ko‘rsatgan.
62
2,418
Madaniyat
Latviyaning Xylem Trio jazz guruhi O‘zbekistonda konsert beradi
Rixards Zalyupe, Raymonds Petrauskis va Oskars Petrauskisdan iborat Xylem Trio jazz guruhi 6-may kuni O‘zbekistonda konsert beradi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda. Konsert O‘zbekistondagi Xalqaro jazz festivali doirasida Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda va YUNЕSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilmoqda. Latviyalik jazz ustalarining konserti O‘zbekistondagi Xalqaro jazz festivalining yopilishiga bag‘ishlanadi, ayni vaqtda, ushbu konsert Yevropa kuni tantanalari bilan bog‘liq O‘zbekistondagi tadbirlarni ochib beradi. Xylem Trio (“Ksilem TRIO”) guruhi 2006-yili uch nafar yosh mashshoq tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, nafaqat Latviya bo‘ylab, balki xalqaro miqyosda ham konsertlar berish borasida faoldir. Guruhning 2009- va 2010-yilga albomlari Latviyada “Film va teatr uchun eng yaxshi instrumental albom” deb topilgan.
63
922
Madaniyat
Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi koreys seriali “Qish sonatasi” aktyorlari 18 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)
“Qish sonatasi” o‘zbek kinoixlosmandlari tomonidan takror-takror tomosha qilinadigan eng sevimli serial deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Serial ilk marta efirga uzatilganida ayrim yigitlar sochini bosh qahramon Jun Sangnikiga o‘xshatib turmaklagani, qizlar esa Yu Jindek kiyingani sir emas. “Qish sonatasi” aktyorlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi, ularning hayotida qanday o‘zgarishlar kuzatildi, quyida shular haqida so‘z yuritiladi. “Qish sonatasi” seriali 2002-yil Janubiy Koreyada rejissor Yun Sok Xo tomonidan suratga olingan. Serial ikki yoshning muhabbati va ayrilig‘i haqida hikoya qiladi. Garchi mavzu doimgidek sevgiga taqalsa-da, rejissorning yondashuvi umuman boshqacha. Mashhur pioninachining o‘g‘li film bosh qahramoni Kan Junsan Chunchon qishloq xo‘jaligiga ko‘chib keladi. Otasining o‘limi, onasi bilan doimiy kelishmovchiliklar tufayli u hamisha o‘zini keraksiz deb biladi. Yujin va Sanxyok bolaligidan birga o‘sgan do‘stlar. Bir sinfda o‘qishni boshlagan Junsan va Yujin orasida tez orada muhabbat paydo bo‘ladi, ko‘p o‘tmay Yujin Junsanning avtohalokat tufayli vafot etganini eshitadi. Oradan o‘n yil o‘tib, Yujin va Sanxyok o‘zlarining nikoh to‘yini rejalashtiradi. Lekin to‘satdan ko‘chada Junsanni ko‘rib qolishi serial voqealarini tubdan o‘zgartirib yuboradi. Tez orada yana bir sinfdosh qiz Cherinning Fransiyadan qaytishi munosabati bilan sinfdoshlar uchrashuv tashkillashtiradi. Uchrashuvga yaqin do‘sti bilan tashrif buyurgan Cherin hammani lol qoldiradi, sababi u Junsanga bir tomchi suvdek o‘xshash inson bilan keladi. Ammo u AQShdan kelgan Li Minxyon edi. Voqealar rivoji shu tarzda boshlanadi. Serialdagi Jun Sang va Yu Jin velosiped uchadigan xiyobon shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, ushbu xiyobonga bosh qahramonlarning haykali ham o‘rnatilgan. Li Minxyon / Kan Junsan Pe Yonjun 1972-yil Janubiy Koreyaning Seul shahrida tug‘ilgan. 1994-yilda ilk debyutini “PpilKu” filmida ijro etgan. Shundan so‘ng birin-ketin film va seriallarda suratga tusha boshlaydi. Lekin uni butun dunyoga mashur qilgan “Qish sonatasi”dagi ikki obraz ijrosi bo‘ldi. Aktyor qanchalar taniqli va mahoratli bo‘lmasin, bugunga qadar 16 dan ortiq film-seriallarda suratga tushgan va o‘ndan ortiq mukofotlarga sazovor bo‘lgan. U aktrisa va model Pak Su Jin bilan 2015-yilda turmush qurgan, bir o‘g‘il va qizi bor. Yujin Chxve Jiu 1975-yil 11-iyunda Koreyaning Kengido shahrida tug‘ilgan.1994-yil MBC kompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan iqtidorlilar tanlovida ishtirok etib, ko‘zga ko‘ringan va 1995-yil “Urush va sevgi” filmida rol ijro etgan. Shundan so‘ng birinchi marotaba Pe Yon Chun bilan “Birinchi muhabbat” kartinasi suratga olinayotgan paytda tanishadi. “Qish sonatasi” seriali aktrisaga nafaqat Koreyada, balki Yaponiyada ham mashhurlik olib keldi va uni “Malika Chxve” deb atashadi. Aktrisa 2018-yil 29 martda turmushga chiqdi. To‘yga faqatgina 40 kishi taklif qilingan bo‘lib, ularning do‘stlari va  yaqinlari tashrif buyurgan. Shuningdek, to‘y va bo‘lajak kuyov haqida barchasini sir tutgan. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, aktrisaning turmush o‘rtog‘i o‘zidan 12 yosh kichkina. Ular 2020-yil 16-mayda qiz farzandli bo‘ldi. Kim Sanxyok Pak Yon Xa 1977-yil 12-avgustda Seulda dunyoga kelgan. Aktyor “Qish sonatasi” filmidan so‘ng mahshurlikka erishdi va o‘zini qo‘shiqchilikda ham sinab ko‘rdi. Shundan so‘ng uning bir qancha albomlari muxlislarga taqdim etildi. 2010-yil 30-iyun kuni aktyor o‘zining uyida o‘lik holda topilgan. U o‘zini elektr simiga osgan edi. Pak Yon Xaning o‘z joniga qasd qilishining taxminiy sababi stress bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada rejalashtirilgan konsert dasturi chiptalari sotilgan, ammo u oxirgi paytda o‘z kompaniyasini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Shuningdek, uning otasi saraton kasalligidan aziyat chekayotgan bo‘lgan. Onasining aytishicha, u oxirgi paytlarda hayotdan ko‘p nolir, hatto otasining o‘rnida bo‘lish istagini ham bildirgan. Ayniqsa, u o‘limidan bir kun avval bemor otasidan qayta-qayta kechirim so‘ragan. O Cherin Pak Sol Mi 1978-yil 3-yanvarda Seulda tug‘ilgan. Ilk debyutini “Qish sonatasi“ serialida ijro etgan. 2013-yilda Pak Sol Mi aktyor Xan Je Sok bilan oila qurdi. Ikki nafar qiz farzandi bor. “Qish sonatasi”ning musiqalari ham tomoshabinlar uchun hamon sevimli.
123
4,296
Madaniyat
Bred Pitt va Leonardo DiKaprio Tarantinoning yangi filmida birinchi marta birga rol o‘ynaydi
Bred Pitt va Leonardo DiKaprio Kventin Tarantinoning yangi filmida bosh rollarni o‘ynaydi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Kartina “Bir kuni Gollivudda” deb nom oldi. Filmdagi voqealar 1969-yilda sodir bo‘ladi, syujet esa seriyali qotil Charlz Mensonning sektasi hamda rejissor Roman Polanskining rafiqasi Sheron Teytning o‘ldirilishi atrofida quriladi. DiKaprio teleserial sobiq aktyori Rik Dalton, Pitt esa uning kaskadyori Kliff But rolini o‘ynaydi. Ikkala qahramon ham Gollivudda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Syujet bo‘yicha Daltonning qo‘shnisi Teyt bo‘ladi. Tarantino yangi film ssenariysini besh yil davomida yozganligini aytdi. Film Sheron Teytning Menson sektasi a’zolari tomonidan o‘ldirilganiga roppa-rosa 50 yil bo‘lgan kunda — 2019-yil 9-avgustda ekranlarga chiqadi.
92
769
Madaniyat
Ember Xyord Gollivud yulduzi Jonni Deppga tuhmat qilganlikda aybdor dep topildi
Gollivud yulduzlari Jonni Depp va Ember Xyord o‘rtasidagi mojaro anchadan buyon davom etmoqda. Ayol sobiq erini oiladagi zo‘ravonlikda ayblagan. Bu haqda Xyord 2018-yilda The Washington Post’ga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Aktyor tuhmat uchun 50 million dollar talab qilib, sudga shikoyat arizasi kiritgan — sud esa unga 15 million to‘lanishi bo‘yicha qaror chiqardi, deb xabar beradi “Pravilamag”. Deppga qarshi shu kabi da’vo arizasini kiritgan Ember esa 100 million dollar talab qilgan, biroq u sobiq turmush o‘rtog‘idan 2 million dollar oladi. Virjiniya shtati sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan Deppning Xyordga qarshi ishi olti hafta davom etdi. Uning  onlayn translyatsiyasi AQSHda rekord darajada tomosha qilingan. Bu vaqt davomida ko‘plab bayonotlar berildi: masalan, Xyord aktyor uni o‘ldirishga uringani va “Akvamen 2”dagi roli Jepp tomonidan tashkil etilgan “irqchilik kampaniyasi” sabab sezilarli darajada qirqib tashlanganini aytgan. Avvalroq Disney kompaniyasi Deppni Xyord bilan mojarosi sabab “Karib dengizi qaroqchilari”ning yangi qismidan chetlashtirgan edi. Jonni Depp sobiq rafiqasi bilan sud jarayonida 300 million dollar va millionta alpaka uchun ham “Karib dengizi qaroqchilari”dagi Jek Chittak roliga qaytmasligini ma’lum qilgandi. Jonni Deppning muxlisi uni qo‘llab-quvvatlash uchun sud binosiga alpakalarini yetaklab keldi
79
1,354
Madaniyat
O‘zbekiston xalq hofizi O‘lmas Saidjonov olamdan o‘tdi
O‘zbekiston xalq hofizi O‘lmas Saidjonov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muyassar Razzoqova o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan. “O‘zbekiston xalq hofizi O‘lmas aka Saidjonov bevaqt dunyodan o‘tdi. Oxiratlari obod bo‘lsin!”, deyiladi mazkur xabarda. Ma’lum bo‘lishicha, san’atkor 13-fevral, shanba kuni 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi shifoxonasida yurak xurujidan vafot etgan. 1951-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani, Tuyaboshi qishlog‘ida tavallud topgan O‘lmas Saidjonov 10-yanvar kuni 65 yoshni qarshilagandi.
54
569
Madaniyat
Scorpion filmining premera kuni aniq bo`ldi (video)
Rejissyor Muxlisa Azizovaning SCORPION filmi joriy yilning 27 noyabrida Toshkentda tashkil ochiladigan PROlogue Xalqaro kinofestivalining ochilish filmi bo`lishi kutilmoqda. Kartina 1 dekabr kuni katta ekranlarga chiqadi. Film O`zbekiston Yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi ko`magida ishlangan. Triller Toshkent, Buxoro, Sankt-Peterburg va Marokashda suratga olingan. Yoshlar o`rtasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishga da`vat etuvchi filmda Farxod Maxmudov, Karim Mirxodiev, Yulduz Rajabova, Ra`no Shodieva kabi taniqli aktyorlar ishtirok etishdi. Shuningdek, rollarda mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegaev ishtirok etdi. PROlogue Xalqaro kinofestivali direksiyasida ma`lum qilishlaricha, SCORPION trillerining namoyishi festivalning tanlovdan tashqari premerasi bo`lishi kutilmoqda.
51
865
Madaniyat
YuRTIMIZDA ROSSIYa KINO XAFTALIGI BOShLANDI
15 oktyabr Rossiyalik kinoijodkorlar guruhi ishtirokida Toshkentda ilk marotaba Rossiya kino xaftaligi boshlandi... Tadbir Rossiya Federasiyasi madaniyat vazirligining ko`magida, Rossiyaning “Festsinema” kinokompaniyasi “O`zbekkino” milliy agentligi, O`zbekistan Yoshlar Ittifoqi, va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etildi. Tadbirdan kuzlangan asosiy maqsad kinematografiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, o`zbek tomoshabinini rossiyalik kinoijodkorlarning eng sara asarlari bilan yaqindan tanishtirishdir. Haftalik doirasida uzbekistonlik kinoijodkorlar bilan muzokaralar, talabalar uchun mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mazkur haftalikni bugun, 16 oktyabr, dunyo buylab o`ttizdan ortiq mukofotlarga sazovor bo`lgan “Korobka” filmi ochib berdi. Tadbir doirasida jami oltita film namoyishi bo`lib o`tadi. Xaftalikda rossiyalik mashhur reportyor va prodyuseri, “Nika” sovrindori, Venesiya kinofestivali g`olibi — Mixail Degtyar, tasvirchi — Alisher Hamidxojaev, prodyuser — Natalya Ivanova, Rossiyada xizmat ko`rsatgan artistlar — Svetlana Toma, Evklid Kyurdzidis, aktyor — Aleksandr Peskovlar ishtirok etishadi. Rossiya kino xaftaligi, shu oyning 20 oktyabrga qadar davom etadi.
43
1,271
Madaniyat
Peskov: Ornella Muti Rossiya fuqaroligini so‘rab murojaat qilmadi
Italiyalik aktrisa Ornella Muti Rossiya fuqaroligini olish uchun murojaat qilmadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”. Oxirgi paytlarda G‘arb san’atkorlari va sportchilari orasida Rossiya fuqaroligini so‘rab murojaat qilish o‘ziga xos an’ana tusiga kirdi. Bu ishni 2013-yilda taniqli fransiyalik aktyor Jerar Depardyo boshlab bergan bo‘lsa, undan so‘ng amerikalik bokschi Kichik Roy Jons, jangchi Jeff Monson, italiyalik dzyudo murabbiyi Etsio Gambo Rossiya fuqarosiga aylandi. Yaqindagina Rossiya fuqarosi pasportiga amerikalik aktyor Stiven Sigal ega bo‘ldi. Shu munosabat bilan jurnalistlarlardan biri Peskovga Ornella Muti ham ushbu ro‘yxatga qo‘shilish-qo‘shilmasligi haqida savol berdi. “Yo‘q, bunaqa bo‘lgan emas”, — dedi Peskov. U, agarda Muti xonimdan murojaat kelib tushsa, Vladimir Putin arizani ko‘rib chiqishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
65
911
Madaniyat
“Uni ikkinchi Oxunjon Madaliyev deyishadi”. Xonanda Rahmatillo Yusupov va uning qo‘shiqlari ustozining qo‘shiqlari sifatida e’tirof etilishi haqida (video)
“Ketgim kelmayapti onajon”, “Kelinchak” kabi qo‘shiqlarni ko‘pchilik O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oxunjon Madaliyev tomonidan kuylangan deb o‘ylashadi. Bu qo‘shiqlarning asl muallifi, Oxunjon Madaliyevning shogirdi Rahmatillo Yusupov hisoblanadi. Xonanda Rahmatillo Yusupov ijod yo‘li, imiji, qo‘shiqlari Oxunjon Madaliyevga juda ham o‘xshagani sababli muxlislari uni “ikkinchi Oxunjon Madaliyev” deb e’tirof etishadi. Xonanda Rahmatillo Yusupov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida san’at olamiga kirib kelishi va Oxunjon Madaliyevga qanday qilib shogird bo‘lgani haqida gapirib berdi. Biz rahmatli Oxunjon Madaliyev bilan bir qishloqdanmiz. Qishlog‘imizdagi bir to‘yda Oxun akam xizmatda bo‘lganlarida dadam rahmatli Oxun akamning yonlariga meni olib borib “o‘g‘lim sizning qo‘shiqlaringizni aytib tili chiqdi, endi buni shogirdlikka olasiz”, deganlar. Yoshimiz kattaroq bo‘lganidan so‘ng Oxunjon Madaliyevning uylariga olib borishgan. Uylariga borib kelib yurganmiz. Ularning to‘ylari juda ham ko‘p bo‘lgani uchun ko‘pincha xizmatlarda bo‘lardilar. Shogirdlar ularning to‘ylarda yurish, turishlaridan ko‘p narsa o‘rganganmiz. Oxun akamning vodiydagi xizmatlariga birga borganmiz. U vaqtlarda qo‘shiqlar boshqacha bo‘lganmi yoki eshituvchilar boshqacharoq bo‘lganmi. Bilmadim. Bugungi kunda to‘ylarda xorij musiqalari, o‘yin-kulgi ko‘p bo‘ladi. Avvallari og‘ir, bosiq qo‘shiqlarni ko‘p eshitishardi. Hozir esa… Rahmatillo Yusupov, xonanda Xonanda Rahmatilla Yusupov “Ketgim kelmayapti onajon” va Kelinchak qo‘shiqlarining yaralishi tarixi haqida gapirdi. Bundan yigirma yillar avval Farg‘onada bir tadbirda jurnalist akamiz “Ketgim kelmayapti onajon” qo‘shig‘ini aytdi. She’rni aytib bo‘lgach bu she’rni do‘stimiz Oxunjon qo‘shiq qilmoqchi edilar, nasib qilmagan ekan, she’rni ularning shogirdiga beramiz, dedilar. She’rni olib, uyga borib uni kuyga solib, muxlislarimizga taqdim etdim. Ijodkor odam so‘zga qarab, unga xarakter bera olishi kerak. So‘z dardli so‘z bo‘lgani uchun uning musiqasi ham, yo‘nalishi ham mungli bo‘lgan. 2003—2004-yillarda xalqimizning sevimli shoiri, akamiz Iqbol Mirzoning kitobini varaqlab “Kelinchak” she’rini ko‘rib qolganman. Akamizning juda ko‘p she’rlarini qo‘shiq qilganmiz, lekin bu she’rga ham alohida mehrim tushib qoldi. O‘sha vaqtlarda bunga o‘xshagan bosiq qo‘shiqlarim juda ham ko‘p bo‘lgani uchun, buni arxivimga olib qo‘ygandim. 2008-yilga kelib qo‘shiqni muxlislarga taqdim qilganmiz. Rahmatillo Yusupov, xonanda Ma’lumot uchun, “Ketgim kelmayapti onajon” qo‘shig‘ining so‘zi shoir va jurnalist Karim Bahriyevga tegishli. Xonanda Rahmatillo Yusupov 1981-yil, 15-sentabr kuni, Farg‘ona viloyatida dunyoga kelgan. 100 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor. Oilali, ikki farzandning otasi.
155
2,760
Madaniyat
Dharmendra, Sharmila Tagor va islom dinini qabul qilgan boshqa Bollivud yulduzlari (foto)
Hind millatiga mansub ayrim aktyor va aktrisalar islom dinini qabul qilgan. Quyida ular haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Dharmendra Asl ismi Dharam Singx Deol bo‘lgan Bollivudning eng taniqli aktyorlaridan biri Dharmendra 44 yoshida Hema Maliniga uylanganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan. Shuningdek, aktyor allaqachon turmush qurgan bo‘lib, birinchi rafiqasi uning boshqaga uylanishi uchun ajrashishni istamagan. Dharmendra shundan so‘ng islom diniga o‘tgan va Hemaga uylanib, ikki oilani ham birdek ta’minlab kelgan. Aktyorning bunday yo‘l tutishi jamoatchilik tomonidan tanqidlarga sabab bo‘lgan, ammo u Hemaga uylanish uchun shunday qilishiga to‘g‘ri kelgan. Sharmila Tagor Hukumatning “Padma Shri” mukofoti sovrindori Sharmila Tagor ham islom dinini qabul qilgan aktrisa. U kriket o‘yinchisi Mansur Ali Xonni sevib qolgan va unga turmushga chiqishdan avval dinini o‘zgartirgan. So‘ngra u Oysha Begim ismini ham olgan. Oilada uch farzand dunyoga kelgan: o‘g‘li aktyor Saif Ali Xon, dizayner Saba Ali Xon va aktrisa Soha Ali Xonlar. Maxesh Bxatt Aktrisa Aliya Bxattning otasi – hind kinorejissori va prodyuseri Maxesh Bxatt birinchi rafiqasi Kiran Bxatt bilan ajrashmasdan, Sona Razdanga uylanish uchun islom diniga o‘tgan. Biroq u islom dini an’analariga ko‘ra yashamaydi va buni tan ham olmaydi. Amrita Singx Aktrisa Amrita Singx sikx-musulmonlar oilasida tug‘ilgan. 1983-yilda Amrita “Sevgi qudrati” filmida ilk debyutini ijro etgan. Shundan so‘ng yana bir qancha mashhur filmlarda ishtirok etgan. 1990-yillarning boshlarida u Saif Ali Xon bilan uchrashgan va to‘ydan avval islomni qabul qilgan. Afsuski, 13 yillik turmushdan so‘ng ular ajrashdi. Saifning hozirgi turmush o‘rtog‘i Karina Kapur Xon islomni qabul qilmagani va hinduizmga sodiq qolgani qiziq. Ayesha Takiya Bollivudning yoqimtoy va quvnoq aktrisasi Ayesha Takiya sevgilisi Farxan Azmi bilan oila qurish uchun islom dinini qabul qilgan. To‘y islomiy tarzda nishonlanib, nikoh ham o‘qilgan. Ayesha hech qachon o‘z dinini o‘zgartirganini tan olmasa-da, ommaviy axborot vositalari buning aksini ta’kidlamoqda. Mamta Kulkarni O‘tgan asr 90-yillarining taniqli aktrisasi Mamta Kulkarni 2013-yilda islomni qabul qilgan. Uning sevgilisi Viki Gosvami Saudiya Arabistonidagi aeroportda ushlanib, 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ammo 2012-yilda ozodlikka chiqarilgan. Ba’zilar Mamta islomni qabul qilgani uchun muddat qisqardi, deb o‘ylaydi. Mamta turmushga chiqish uchun islom diniga o‘tgan va hozirda ular Keniyaning Nayrobi shahrida yashaydi.
89
2,533
Madaniyat
Manzuradan yangi raqsbop qo‘shiq — “Ber darak”
So‘nggi paytlarda Manzuraning deyarli har bir ashulasi hit bo‘lmoqda. Xonanda yaqinda yana bir yangi qo‘shiqni taqdim etdi. Uning nomi “Ber darak”. Bu haqda sayyod.uz sayti xabar tarqatdi. Qo‘shiq musiqasi Bobur Umarov tomonidan yozilgan bo‘lsa, so‘zlari Dilnoza Mirzaxodjayevaga tegishli. Aranjirovka esa Jasur Abdurahmonov tomonidan qilingan. Aytgancha, sayyod.uz saytida qo‘shiqning mp3 ko‘rinishini yuklab olishingiz mumkin. Ashula chindan ham raqsbop ekan. Bu bilan Manzura yaqinda boshlanadigan to‘y mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmoqchi shekilli.
46
550
Madaniyat
Foto: Jahon kinosining durdonalari suratga olingan ajabtovur maskanlar
Ko‘pchilik uchun film tomosha qilish — haqiqatdan qochishdir. Film va teleseriallar go‘zal manzaralar, tarixiy obidalar, afsonaviy shahar va qishloqlarga olib boradi. Ammo bu mavhumlikni haqiqatga aylantirishning yo‘li bo‘lsa-chi? O‘zingiz yoqtirgan filmga sehrli tarzda ko‘chib o‘tishning iloji bo‘lmasa-da, ajoyib film va serial epizodlari suratga olingan haqiqiy joylarga tashrif buyurish mumkin. “Mixer.lv” ajoyib manzarasi bilan katta ekranlarda sayohatni amalga oshirish imkonini beruvchi eng mashhur suratga olish maydonchalari bilan tanishtirib o‘tdi. Timberlayn Loj, Oregon shtati: “Yog‘du” filmi Timberline Lodge mehmonxonasining baland tomi ko‘pchilikka tanish bo‘lishi tabiiy. Ushbu hashamatli mehmonxona va chang‘i kurorti Stenli Kubrikning “Yog‘du”dagi Overlook mehmonxonasi uchun tashqi obyekt bo‘lib xizmat qilgan. Timberline Lodge va chang‘i yo‘llari har yili ikki millionga yaqin sayyohni qabul qiladi . Mehmonxonaning interyeri va filmdagi to‘siq labirintlari Londondagi Elstree Studios sahnalarida suratga olingan bo‘lsa-da, go‘zal tashqi ko‘rinishi tomosha qilish va his etish mumkin bo‘lgan muhitdir. Angkor-Vat, Kambodja: “Tomb Raider” Lara Kroftning birinchi sarguzashtlaridan biri Angkor-Vatda bo‘lib o‘tdi. 2000-yilda Angkor-Vatda “Tomb Raider” filmi suratga olinganida turizm allaqachon jadal rivojlangan edi. Angkor-Vat go‘zalligi va muhofazasi bo‘yicha ajoyib maskandir. Uning dabdaba va hashamatdagi qudrati va ulug‘vorligi boshqa yodgorliklar orasida alohida mavqega ega. Angkor-Vat Siemreapdan olti kilometr shimolda va Angkor-Txomdan olti kilometr janubda joylashgan. Angkor-Vatga faqat g‘arbiy darvoza orqali kirish va chiqish mumkin. Omon qolgan yuzlab ibodatxonalar va inshootlardan biri bo‘lishiga qaramay, ulkan Angkor-Vat Kambodjaning barcha ibodatxonalari ichida eng mashhuri, u hatto mamlakat bayrog‘ida ham tasvirlangan. Shimoliy Irlandiya: “Taxtlar o‘yini” “Taxtlar o‘yini” tarixdagi eng mashhur va daromadli fantastik seriallardan biridir. Birinchidan, sakkizinchi fasllargacha suratga olish Shimoliy Irlandiyada taxminan 25 ta turli joylarda, jumladan Belfastdagi “Titanik” studiyalari, Kushendun g‘orlari, Murlou ko‘rfazi, Ballintoy bandargohi, Larriban, Antrim platosi, Uord qal’asi, Inch Abbey va Dounhill Strandda bo‘lib o‘tdi. Qirg‘oqlar, qadimiy qal’alar va ajoyib landshaftlar ushbu epik drama uchun ajoyib fon yaratadi. Vinterfell, albatta, “Taxtlar o‘yini”ning eng taniqli joylaridan biri. Ko‘rgazma davomida Irish National Trustga tegishli Irlandiyadagi tarixiy Uord qal’asi Vinterfellga aylantirildi. Matamatadagi Xobbiton, Vaykato, Yangi Zelandiya: “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” trilogiyasi Frodo va Bilbo Beggins yashaydigan Xobbiton “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” filmlari uchun yaratilgan. Yangi Zelandiyaning Matamata shahrida Green Dragon Inn, Xobbit Holes va Windmill kabi kino muxlislari uchun taklif qilinadigan ko‘plab turlardan birini buyurtma berish mumkin. 44 dan ortiq xobbit kovaklari, bog‘ va to‘siqlari, qo‘shaloq ko‘prik va Ueyrer sharsharasini o‘z ichiga olgan Xobbiton hududi Oklenddan atigi ikki soat janubda joylashgan. Xebey provinsiyasi, Xitoy: “Yashiringan yo‘lbars, sirli ajdaho” Suratga olish ishlari Anxuy, Xebey, Szyansu va Shinjon provinsiyalarida bo‘lib o‘tgan. Xebey provinsiyasi boshqa provinsiyalarga qaraganda ko‘proq bunday ajoyib joylarga ega. Bu yerda uchta Jahon madaniy merosi obyektlari mavjud. Dyupon bog‘i, Shimoliy Karolina: “Hayot mamot o‘yinlari” “Hayot mamot o‘yinlari”ning eng shafqatsiz va unutilmas sahnalarini suratga olish uchun Dyupon shtati o‘rmonidan foydalanilgan. Uning qarag‘ay o‘rmonlari, qirrali tog‘lari va ajoyib sharsharalari fantastik blokbaster uchun ajoyib fondir. Kings-Kross stansiyasi, Lendon: Garri Potter Garri Potter haqidagi birinchi filmni faqat bir marta tomosha qilganlar ham Garri va Uizli oilasi 9-3/4 platformasiga chiqish uchun Kings-Kross stansiyasidagi g‘isht devor orqali o‘tayotgan kadrni yaxshi eslaydi. Xogvarts Ekspressiga olib boradigan sehrli platforma filmlar seriyasida tez-tez ko‘rinib turadi. Hozirda Garri Potter muxlislari muntazam ravishda bu yerda suratga tushish uchun to‘xtab o‘tadi. Ksur, Tunis: “Yulduzlar jangi” “Yulduzlar jangi”idagi cho‘l sahnalarining aksariyati Tunisda suratga olingan. Sahroi Kabir cho‘li Lyuk Skayuokerning sayohatlari uchun fon bo‘lib xizmat qildi. Xur, Mos Espaning qullar turar joyi sifatida qayta tiklangan Tatauindagi tarixiy devor bilan o‘ralgan omborlar va “Tuya bo‘yni” nomi bilan tanilgan “Ong Jemal” ikkita eng mashhur suratga olish joylaridir. Kioto, Yaponiya: “Geyshaning xotiralari” Yaponiyaning madaniy markazi Kioto geyshaga aylangan yosh qiz Chio haqidagi ushbu film uchun ajoyib fonni taqdim etdi. Suratga olish ishlari Gion hududida va ko‘plab ibodatxonalarda, xususan, Kiyo-Mizu maydonida bo‘lib o‘tdi. Uning Fushimi Inari ziyoratgohidagi 10 000 ta omadli qizil darvozadan o‘tishi uning eng unutilmas daqiqalaridan biri bo‘lib qoladi.
70
4,945
Madaniyat
Gollivud “Do‘stlar” serialini barcha davrlardagi eng yaxshi teleserial deb atadi
The Hollywood Reporter nashri Gollivud kinosining yaratilishiga aloqador 2,8 ming kishidan sevimli serialini aytishni so‘radi. So‘rov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Do‘stlar” (Friends) seriali egalladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Ushbu serial NBC telekanali orqali 1994-yildan 2004-yilga qadar namoyish etilgan edi. Ikkinchi o‘rinni AMC telekanali orqali 2008—2013-yillarda namoyish etilgan “Tubanlashish” (Breaking Bad) dramasi egalladi. Uchinchi o‘rinni esa Fox telekanali orqali 1993—2002-yillarda omma e’tiboriga havola etilgan “Maxfiy hujjatlar” (The X-Files) fantastik seriali qo‘lga kiritdi.
80
609
Madaniyat
Ledi Gaga shifoxonaga yotqizildi
Amerikalik pop-qo‘shiqchi Ledi Gaga Rio-de-Janeyrodagi konsertni bekor qildi. Bunga uning bel sohasidagi kuchli og‘riq tufayli shifoxonaga yotqizilishi sabab bo‘ldi. Bu haqda qo‘shiqchi Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi. “Meni shifoxonaga yotqizishdi. Bu shunchaki bel sohasidagi og‘riq yoki gastrollardan charchash emas, bu juda kuchli og‘riq. Meni eng yaxshi shifokorlar kuzatishmoqda”, — deb yozdi Gaga. Qo‘shiqchi muxlislaridan uni tushunishni so‘radi va o‘ziga kelgandan so‘ng Rio-de-Janeyroga qaytishini ma’lum qildi. Gaga 15-sentabr, juma kuni Rock In Rio musiqiy festivalida chiqish qilishi kerak edi.
32
615
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov O`zbekiston Xalq artisti Xayrulla Lutfullaevning 75 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan qutlov marosimini o`tkazdi
Madaniyat vaziri O.Nazarbekov ustoz san`atkorni samimiy qutlab, o`zbek milliy qo`shiqchilik san`ati rivojiga qo`shgan hissasi va uni targ`ib qilishdagi xizmatlarini yodga oldi.  Bu haqda vazirlikning Matbuot xizmati xabar berdi. Ta`kidlanishicha, Xayrulla Lutfullaev O`zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg`unboeva boshchiligidagi “Bahor” ansambli bilan 30 yil davomida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida gastrol safarida bo`lib, o`zbek san`atini targ`ib qilish, milliy-mumtoz qo`shiqchilik yo`nalishini rivojlantirish, uni yangi ijrolar bilan boyitish borasida samarali faoliyat olib borgan. “-- Sizning bu xizmatlaringiz davlatimiz tomonidan yuksak e`tirof etilib, “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist”, “O`zbekiston xalq artisti”, “Qoraqalpog`iston xalq artisti” unvonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, so`nggi yillarda “Mehnat shuhrati” ordeni hamda 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlanishingiz xalq va davlat oldidagi mehnatlaringizning nihoyatda qadrli ekanligidan dalolatdir. Madaniyat va san`atimizni rivojlantirish yo`lidagi jo`shqin ijodiy izlanishlaringiz hamisha mana shunday yuksak e`tiroflarga sazovor bo`laversin!” – dedi  vazir.    Xayrulla Lutfullaevning 300 ga yaqin qo`shiqlari O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi fondidan joy olgan. Sohada ilmiy faoliyat bilan ham shug`ullanib, bir qator kitoblar muallifi hamdir. O`z yo`nalishida dosent, professor unvonlariga sazovor bo`lgan. Hozirda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining “Milliy qo`shiqchilik” kafedrasida talabalarga mumtoz lirik qo`shiqchilik yo`llaridan saboq berib kelmoqda.
137
1,603
Madaniyat
Betmen haqidagi filmlar prodyuseri 104 yoshda olamdan o‘tdi
AQShda taniqli kinematografist Benjamin Melniker 104 yoshid vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Ssenariynavis va prodyuser Maykl Uslan bu haqda Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. Melniker Betmen haqidagi qator mashhur filmlarning prodyuseridir. “Betmen”, “Betmen abadiy” singari klassik kartinalardan tortib nisbatan yangi “Betmen: Ibtido”, “Qora ritsar”, “Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongi” filmlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, u “Konstantin: qorong‘ulik hukmdori”, “Millat xazinasi”, “Adolat ligasi” singari mashhur filmlarning yaratilishida qatnashgan.
59
594
Madaniyat
Butun film davomida yuzi ko‘rsatilmagan aktyorlar aslida qanday ko‘rinishga ega? (foto)
Ba’zi filmlarda yaratilgan obrazlar tom ma’noda hech qachon niqobini yechmasligi yoki ijrochini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirganligini ko‘rish mumkin. Bunga misol bo‘la oladigan kartinalar juda ko‘p. Marhamat, kadrda haqiqiy yuzini ko‘rsatmagan aktyorlarning tashqi qiyofasi bilan tanishing. V Xyugo Uiving “V demak, vendetta” filmida “V” deb nomlangan qahramon rolini Xyugo Uiving ijro etgan. Dart Mol Rey Park “Yulduzlar jangi” ikkinchi trilogiyasining birinchi qismida Dart Mol  ismli qahramonni Rey Park ijro etdi. Aktyorning yuzi tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirilgan. Shuningdek, bu jarayon ikki soat vaqt talab etgan. Dart Veyder Devid Prouz “Yulduzlar jangi: Yangi umid” birinchi trilogiyada Dart Vayderni britaniyalik og‘ir atletikachi Devid Prouz gavdalantirdi. Tanos Josh Brolin “Qasoskorlar: cheksiz urush” filmida Tanos obrazini Josh Brolin ijro etdi. Kartinada nafaqat grim, balki kompyuter grafikasidan ham unumli foydalanildi. Jeyson Vurxis Richard Bruker Richard Brukerning “13-juma: 3-qism” filmidagi Jeyson Vurxis obrazi umri davomida yagona dahshatli roli bo‘lib qoldi. Sezar Endi Serkis “Maymunlar sayyorasi” filmidagi Sezar shimpanze aktyor Endi Serkisning ilk ijrosi emas. U bundan avval “Uzuklar hukmdori” va “Yulduzlar jangi”da ham boshqa ko‘rinishda gavdalangan.
87
1,303
Madaniyat
Bollivud yulduzlarining ularning izidan borishni istamagan farzandlari (foto)
Mashhur oila farzandlari hamisha ham ota-ona kasbini tanlayvermaydi. Shveta Bachchan Nanda Bollivudning tirik afsonasi Amitabh Bachchan va aktrisa Jaya Bachchanning farzandi Shveta akasi Abhishekdan farqli ravishda ota kasbini davom ettirmaslikni afzal bilgan va modellikni tanlagan. Bundan tashqari u o‘zini jurnalist sifatida ham sinab ko‘rgan. Riddxima Kapur Saxani Rishi Kapur va Nita Singxning farzandi bo‘lgan Riddxima ham kino sanoatida faoliyat yuritishni istamagan. Moda sanoati va zargarlik buyumlari bilan shug‘ullanishni tanlagan Riddxima o‘z sohasida yaxshi mutaxassis hisoblanadi. Masaba Gupta Aktrisa Nina Gupta va Vivian Richardsning qizi Masaba ham kasb borasida boshqa sohani tanlagan. Uning nomi moda olamida dizayner sifatida yaxshi ma’lum. Bundan tashqari, Masaba NYKAA brendi bilan hamkorlikda kosmetik vositalar ishlab chiqara boshlagan. Anshula Kapur Arjun Kapurning singlisi va taniqli prodyusser Boni Kapurning qizi Anshula oila a’zolaridan farqli ravishda kino yo‘lini tanlamagan. Nyu-Yorkda ta’lim olib, Google’da faoliyat yuritgan Kapur xonim ayni vaqtda Ritik Roshanning HRX kompaniyasida operatsion menejer bo‘lib ishlaydi. Rxeya Kapur Anil Kapur va Sunitaning qizi Rxeyaning barcha aka va opalari aktyorlikni tanlagan. Lekin u teleekranlardan uzoqroq yurishni afzal bilib, AQShda ta’lim olgan va ayni vaqtda dizayner-stilist sifatida faoliyat yuritadi. Rxeya Rheson kiyim brendining egasi hisoblanadi.
77
1,438
Madaniyat
“Suyunchi”dagi Nazira 40 yildan so`ng opalari bilan uchrashdi (video+foto)
Rejissyor Melis Abzalovning 1982 yil katta ekranlarga chiqqan “Suyunchi” filmi barchamizning qadrdon kinokartinamizga aylangan. Ayniqsa, Nazira obrazi! Ushbu rolni ijro etgan Shahnoza Shamsieva ko`p yillardan buyon Afrikada, Zambiya respublikasida yashaydi. Yaqinda Shahnoza Shamsieva Toshkentda keldi. Kuni kecha “Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” dasturi Nazirani 40 yildan so`ng filmdagi opalari bilan uchrashtirdi. Mashhur ayvonda yana o`sha mashhur sahna takrorlandi! Ular qanchalik o`zgargan? Nazira bu safar qanday choy damlaydi? Hayajonli daqiqalarni ushbu video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
74
611
Madaniyat
Manzura prezident so‘zlaridan ilhomlanib “o‘rangani” hamda hamkasblarining ro‘moliga nisbatan negativ kayfiyati haqida (video)
Xonanda Manzura “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Xonanda Manzura suhbat davomida prezidentning so‘zlaridan ilhomlanib, ota-onasining vafotidan so‘ng ro‘mol o‘ragani, biroq shou-biznes vakillari uning yonida “quyoncha”ga aylanib qolayotgani haqida so‘zlab berdi. Birinchidan, prezidentimiz “men ro‘mol o‘ragan qizlarni yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman”, degan gaplari juda ham menga ma’qul keldi. Masjidlarimizda nomoz o‘qish bemalol bo‘lib qoldi. Bu muhtaram prezidentimiz tomonidan biz uchun yaratilgan katta imkoniyat bo‘ldi. Yillar davomida intilishim, ota-onam uchun, ota-onam vafot etganlaridan so‘ng, ular “solih farzandni bu dunyoga tashlab ketdik”, degan narsa uchun. Pandemiyada juda ham ko‘p insonlar, yaqinlar vafot etdi. Bu ham juda qattiq ta’sir qildi. Ayol kishi ro‘mol o‘ragan bo‘lsa, oxirati xor bo‘lmas ekan. Avvaling xor bo‘lsa bo‘lsin-u, oxirating xor bo‘lmasin, deyishadi-ku. Shu gaplarga amal qilgan holda ro‘mol o‘radim. “Ro‘mol o‘raganingdan keyin, yoningda kimdir qoldimi?”, juda qiziq, juda chuqur savol. Bir xil vaqtlarda san’at ahlining yonida o‘tirsam, ularda menga nisbatan negativ kayfiyat sezaman. “Sen ro‘moldasan, mana boshqalar ham ko‘rib qo‘ysin, biz sen bilan emasmiz, sendan chetda o‘tiribmiz”, degandek qilishadi. Bu insonlar taniqli insonlar, lekin iymon sustligidanmi, negadir ro‘mol o‘ragan insonning yonida quyonchaga o‘xshab qolishadi. Hattoki quyoncha ham ro‘mol o‘ragan odamning yonidan xavotirsiz o‘tib ketadi. “Biz bu bilan emasmiz”, xuddiki kimdirga bu ma’lumot ketadigandek, harakat qilishadi. Yigirma, o‘ttiz, qirq yillab sahnada qo‘shiq kuylab, xalqni o‘ziga qaratgan odamlar bitta ro‘mol o‘raganni ko‘rishsa quyonchaga aylanib qolishadi. Bu holatni tabiiy va oddiy qabul qilaman. Alloh sevmagan insonlar yonimdan ketayotgani juda yaxshi holat. Alloh bunday insonlarni yonimdan tark ettirib, buyuk insonlar yonimga kelishiga iymonim komil. Allohga shukrki, shunday vaqtlarda yolg‘iz qolmaganman. Manzura, xonanda, bastakor, aktrisa
126
2,067
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini” yulduzi Kristofer Xivyu koronavirusdan tuzaldi
“Taxtlar o‘yini” serialidagi Tormund roli bilan mashhurlikka erishgan norvegiyalik aktyor Kristofer Xivyu koronavirusdan tuzaldi. Bu haqda akyor Instagram’dagi sahifasida yozdi. “Biz koronavirusdan to‘liq sog‘aydik. Mendan so‘ng xotinim ham koronavirusni yuqtirgan edi. Karantindagi va izolyatsiyadagi bir necha haftadan so‘ng biz o‘zimizni yaxshi his etyapmiz. Kasallikning alomatlari umuman kuzatilmayapti”, — deb yozadi Kristofer Xivyu. View this post on Instagram Aktyorning qo‘shimcha qilishicha, kasallik o‘zi va rafiqasida yengil o‘tgan. 41 yoshli Kristofer Xivyu o‘z folloverlarini qo‘lni tez-tez yuvishga va oila a’zolari haqida g‘amxo‘rlik qilishga chaqirdi. Eslatib o‘tamiz, Kristofer Xivyuda 18-mart kuni koronavirus aniqlangan edi. Shuningdek, “Taxtlar o‘yini”ning yana bir yulduzi Ellari Sand rolini ijro etgan britaniyalik aktrisa Indira Varmada ham koronavirus aniqlangan.  Koronavirus yuqtirib olgan mashhurlar (foto)
63
951
Madaniyat
«Elparvar» tarixiy filmining premera kuni ma`lum bo`ldi
«O`zbekkino» MA buyurtmasiga binoan prodyuser Zafar Yo`ldoshev hamda rejissyor Abduvohid G`aniev tomonidan suratga olinayotgan «Elparvar» tarixiy filmining premera kuni ma`lum bo`ldi. Filmning suratga olish ishlari Buxoro va Xiva shaharlari hamda Toshkent viloyatida bo`lib o`tgan. Bosh rollarni yosh aktyor Abdug`ofur Isaxanov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etishgan. Bundan tashqari O`zbekiston xalq artisti Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullaeva, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Fotih Jalolov, Tohir Saidov, Seydulla Moldaxanov, Lola Eltoeva, Farhod Abdullaev, aktyorlar Alisher Uzoqov, Jamshid Sagatov, Turg`un Beknazarov, Anjelika Esimbetova, Azim Yo`ldoshev singari aktyor va aktrisalar filmda turli rollarni ijro etishgan. Operator Rustam Murodov, ikkinchi rejissyor Dilbar Yusupova, montaj rejissyori Xurshid Alixo`jaev, montaj rejissyori yordamchisi Tohir Nabiev, grafika ustasi Lazizxon G`aniev, kartina direktorlari Hotam Hamroev, Qudrat Shobilolov, ovoz rejissyori Konstantin Filanov, liboslar bo`yicha rassom Nina Dobrina, bastakor Artyom Kim boshchiligidagi «Omnibus» ansambli va boshqalar. Film premerasi 19 mart kuni Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. «Elparvar» filmni 20 martdan yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.
55
1,313
Madaniyat
Zuhra Soliyeva oshqozonini kichraytirish operatsiyasidan so‘ng ikki oyda 15 kg ozganini ma’lum qildi (video)
Aktrisa Zuhra Soliyeva oshqozonini kichraytirish operatsiyasidan so‘ng ikki oyda 15 kilogramm ozganini ma’lum qildi. Bu haqida aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanalida gapirib berdi. Oshqozonimni kichraytirish operatsiyasini faqat ozish uchun qilmadim. Avvalo sog‘lig‘imni tiklash uchun qildim. Bo‘qog‘im bor edi, shishib yurardim, fitnessga borsam ham, umuman, ta’sir qilmas edi. Oddiygina pandemiya vaqtida har kuni yugurardim, yurardim, ammo 100 gramm ham ozmadim, aksincha bo‘g‘inlarimda og‘riqlar paydo bo‘ldi. Tabiatan juda kam ovqatlanaman, nafsim yomon emas, ammo hamisha shishib yurardim. Vaqtida turmushga chiqmaganim, chiqqanimda ham doimiy stressda bo‘lganim, vaqtida farzandli bo‘lmaganim sababli gormonlarim teskari ishlagan. Gormon teskari ishlasa yoki faoliyati buzilsa ko‘plab kasalliklarni olib kelarkan. Bundan bir yarim yil avval oshqozonni kichraytirish operatsiyasini qildirishga qaror qildim. O‘sha vaqtda o‘zimizda bu jarrohlik amaliyotini qilish yo‘lga qo‘yilmagan. Faqatgina bu jarrohlik operatsiyasini Turkiyada qilsa bo‘lar ekan, operatsiya narxini esa 10 000 dollar deyishdi. Bu men uchun juda qimmatlik qilardi. Buncha pulni topa olsam ham baribir o‘zimga sarflab yuborishga qizg‘onar edim. Keyin Boku shahridan kelgan shifokorlar tomonidan operatsiya bo‘lib o‘tdi. Shifokorlar juda ham yaxshi muolaja qildi. Hamshiralar ham tun-u kun parvona bo‘ldi. Bundan avval boshqa bir shifoxonaga bordim, u shifoxonada qabulxonaning o‘zidagi muomala yoqmadi. Ular menga shunaqa muomala qilishganidan keyin, oddiy odamlarga qanday qarashar ekan, hayronman. Shu sabab u shifoxonaga bormadim. Ikki oy ichida 15 kilogramm ortiqcha vazn tashladim. Oshqozonimni kichraytirish uchun 4 500 dollar pul ketdi. To‘g‘risi menga chegirma ham qilib berishdi. Hozir o‘zimdan pulni ayasam, bu kattaroq kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin edi. Hozir xudoga shukr ahvolim yaxshi. Zuhra Soliyeva, aktrisa
108
1,914
Madaniyat
Anjelina Joli IShID xalifalik tuzgani haqida e’lon qilgan masjidga tashrif buyurdi
Gollivud aktrisasi va BMTning yaxshi niyat elchisi Anjelina Joli 16-iyun, shanba kuni Iroqning Mosul shahriga keldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. Qochoqlar masalalari bo‘yicha Oliy komissar topshirig‘i bilan amerikalik aktrisa shaharning jangovar harakatlar chog‘ida jabrlangan tumanlarini borib ko‘rdi. Jolini IShID yetakchisi 2014-yilda “xalifalik” tuzilgani haqida e’lon qilgan masjidga olib borishdi. Joli o‘zi bilan Iroqning tinch aholisiga gumanitar yordam olib keldi. Dunyo mamlakatlari Iroq hukumatiga yordam berishni va’da qilgan, ammo, Iroq sobiq mudofaa vaziri Xolid al-Obidiy ma’lum qilishicha, Mosulni qayta tiklash ishlari hali boshlanmagan. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
82
792
Madaniyat
“Bu juda katta uyat”. Aktyor Ulug‘bek Yunusov Ulug‘bek Qodirovni AQShga ketib qolganiga munosabat bildirdi (video)
Aktyor va rejissor Ulug‘bek Yunusov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Aktyor Ulug‘bek Yunusov hamkasbi va do‘sti Ulug‘bek Qodirovning AQShga ketib qolganiga munosabat bildirdi. Ulug‘bek Qodirov menga telefon qilib ‘do‘stim, Amerikaga ketyapman’, dedi. Ungacha AQShga bir necha marotaba borib kelgani uchun uning bu gapi oddiy tuyulib, ‘qachon kelasan’, dedim. ‘Men uzoqroq vaqtga ketyapman o‘rtoq’, dedi. Xayrlashdik. U aktyorning ketib qolishi, reytingda birinchi o‘rinda turadigan aktyorimizning nimagadir qoniqmasdan ketib qolishi, bu siz bilan bizga uyat. Bu juda katta uyat. Undan avval xuddi shunaqa darajada, reytingda bo‘lgan vaqtlarida Behzod Muhammadkarimov AQShga ketib qolgan edilar. Ular meni aktyorlik yo‘nalishi bo‘yicha ustozim hisoblanadilar. Ularni nimaga ketganlarini ikir-chikirigacha bilaman. Kinoda yuzi bor odam uchun bu juda qiyin. Nima uchun ketishga majbur bo‘lganini aniq bilmayman. Ammo nimagadir ketishga majbur bo‘lgani aniq. Qanaqadir funksionerlarimizning katta xatosi, ochko‘zligi balki shu narsaga olib kelgandir. Qaysi davlatning eng kuchli aktyori shunaqa ishda hozir? Misol uchun, Rossiyada Sergey Bezrukov AQShga ketsa, nima bo‘ladi, nima deb o‘ylaysiz?! Ulug‘bek Yunusov, aktyor, rejissor Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Yunusov “Fotima va Zuhra”, “Sarvinoz”, “Begonalar”, “Muqaddas burch”, “Jasur” filmlari hamda “Sardor 1, 2, 3”, “Qaytar dunyo” seriallarida bosh rollarni ijro etgan.
114
1,502
Madaniyat
Suratga olish maydonida tanishib, turmush qurgan turk aktyorlari
Suratga olish maydonchasi qanchadan-qancha juftliklar topishishi va ayrilishiga guvoh hisoblanadi. Neslixon Atagul va Qodir Dog‘ulu Juftlik o‘rtasidagi sevgi uchqunlari “Ishq sohillari” serialining suratga olish maydonchasida paydo bo‘lgan. Sevishganlar roli ijrosi aktyorlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmadi. Juftlik yoshlaridagi 10 yosh tafovutga qaramay, bir-birini yaxshi tushungan va qiziqishlari va hayotga bo‘lgan qarashlari to‘g‘ri kelgan. Yulduzlar 2016-yilning 8-iyulida turmush qurgan. Bergyuzar Korel va Xalit Ergench Aktrisa Bergyuzar Korel va aktyor Xalit Ergench o‘rtasida sevgi paydo bo‘lishiga “Bir ming bir kecha” serialining suratga olish jarayoni sabab bo‘lgan. Birga suratga tushgan aktyorlar o‘rtasida iliqlik paydo bo‘lgan. Shundan keyin Xalit Ergench birinchi turmushi bilan ajrashib, Bergyuzarning qo‘lini so‘ragan. Orasida 12 yosh tafovut bo‘lgan yulduzlar 2009-yil 9-avgustda turmush qurgan va hozirda ikki o‘g‘li bor. Burak O‘zchivit va Faxriya Evjen Faxriya va Burak ilk marta “Choliqushi” filmida birga suratga tushgan bo‘lsa-da, haqiqiy sevgi otashi Burakning o‘zi prodyusserlik qilgan “Ishq senga o‘xshar” filmidan keyin paydo bo‘lgan. 2017-yil 29-iyunda turmush qurgan juftlikning ayni vaqtda Karan ismli o‘g‘li bor.
64
1,253
Madaniyat
Xonanda Lola farzand kutayotganini ma’lum qildi
Lola Yo‘ldosheva uchinchi marta ona bo‘lish arafasida turibdi. Bu haqda xonanda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Azizlarim, barchangizga iliq so‘zlar va tilaklar uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu bizning oilamiz uchun katta baxt va men bu baxtni sizlar bilan baham ko‘rishdan xursandman. Quvvatsizlik va toksikoz davri ortda qoldi. Men hozir o‘zimni kuch va quvvatga to‘la his etyapman. Menimcha, akkauntim yaqinda onalar blogiga aylansa kerak”, — deb yozadi Lola. View this post on Instagram View this post on Instagram Xonandaning yozishicha, farzandlari Shahina va Shohdiyor unga yaqindan yordam berib, g‘amxo‘rlik qilmoqda: “Bolalar men bilan ovora. Hatto mashina eshigini ham ochishimga qo‘yishmayapti. Massaj qilishadi, nonushta tayyorlashadi, hamma ishlarni qilishadi, toksikoz paytida ham yosh bolaga qaragandek g‘amxo‘rlik qilishdi”, — deb yozadi Lola. Xonandaning yozishicha, uning farzandlari har hafta smartfondagi maxsus dastur yordamida kichkintoyda qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini tekshirib turadi.  “Faqat tushlarimda o‘zimni baxtli his etardim”. Lola sobiq turmush o‘rtog‘i bilan yashagan davridagi qiyinchiliklar haqida gapirdi
47
1,192
Madaniyat
Mirza Azizov Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi
O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissor Mirza Azizov Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali teatri rahbari etib tayinlangani tasdiqlandi. Bu haqda “Qalampir.uz”xabar berdi. Bir necha kun muqaddam tarqalgan ushbu xabar rasman tasdig‘ini topmay kelayotgan edi. Ammo, aytilishicha, 10-mart kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” nomli targ‘ibot tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumaniga O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov ham tashrif buyurgan. Anjumanga raislik qilayotgan Yoshlar madaniyat va san’at markazi rahbari Jamoliddin Uzoqov Mirza Azizovga so‘z berar ekan, uni O‘zbek davlat musiqali teatrining direktori deb tanishtirgan. Mirza Azizov 1963-yil 22-mayda Namangan viloyatining Chust tumanida tavallud topgan. 1987-yilda hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tugatgan aktyor 1992–1997-yillarda O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshevga shogird bo‘lgan. 1999-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2015-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlarini olgan.
85
1,134
Madaniyat
Instagram: Hijobga kirgan Feruza Normatova, ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Nargiza Salmonova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Asal Shodiyeva muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Jahongir Poziljonov ustozi Tohir Sodiqovni bayram bilan tabrikladi. 1-oktabr kuni Nargiza Salmonova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Sitora Alimjonova o‘g‘li Muhammadamin bilan supermarketni aylandi. Shohruxxon va Asal Shodiyevaning o‘g‘li Muhammadyusuf yurib ketdi. Muyassar Berdiqulova turk aktyori O‘zjan Deniz bilan. Parizoda bayram munosabati bilan ustozi Viloyat Oqilovani tabriklab, uyiga bordi. Alisher Uzoqov folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Ilhom Farmonov va Alisher Fayz ustozlarini bayram munosabati bilan yo‘qlab bordi. Feruza Normatova muxlislariga muborak kunda hijobga kirganini ma’lum qildi. Aktrisa ro‘mol o‘ragani sababli hozirda suratga tushayotgan “Ayol qasosi” serialidagi ishtirokini yakunladi.
132
944
Madaniyat
“Avatar 2” filmining suratga olish jarayonida Keyt Uinsletning o‘lishiga bir baxya qoldi
“Titanik” yulduzi Keyt Uinslet Observer Magazine nashriga bergan intervyusida “Avatar 2” filmining suratga olish jarayonidagi tafsilotlar bilan bo‘lishdi. Suv ostida bo‘lishni juda ham g‘aroyib deb atagan aktrisa, bu vaqtda kishi hech narsa haqida o‘ylamasdan, shunchaki ro‘parasidagi pufaklarni tomosha qilish mumkinligi haqida aytib o‘tgan. “Suv yuzasiga chiqqanda birinchi bo‘lib men tirikmanmi, deb so‘raganman. 7 daqiqa suv ostida bo‘lganimdan keyin o‘lganman, deb o‘ylaganman”. Keyt, Jeyms Kemeronning blokbasterida Ronal rolini ijro qilish uchun fridayving (suv ostida nafas olmay turish) bilan maxsus shug‘ullangan. Bu borada unga turmush o‘rtog‘i Ned Roknroll yordam bergan. “Bu juda ham ajoyib bo‘lgan, men o‘zim bilan faxrlanganman. Ehtimol, hech qachon qayta buning uddasidan chiqa olmayman. Natijaga to‘rt hafta davomida zo‘r berib ishlagandan keyin erishganman. Biroq menga bu juda ham yoqqan”, — degan Keyt. Avvalroq aktrisa suratga olish jarayonida suv ostida uzoq turish bo‘yicha Tom Kruz o‘rnatgan rekordni yangilaganini bilmagani haqida aytib o‘tgan. Aktyor “Uddalab bo‘lmas topshiriq 5” filmining suratga olish jarayonida 6 daqiqani suv ostida o‘tkazgan.
88
1,177
Madaniyat
Kinolarda “qalblar malikasi” Diana obrazini gavdalantirgan aktrisalar (foto)
2020-yilning noyabr oyida “Toj” serialining 4-faslini malika Dianaga bag‘ishlangani va unda Emma Korrin bosh qahramon rolini o‘ynaganini ko‘rish mumkin. Serial bahonasida “qalblar malikasi” haqida bir qancha suratga olingan filmlar va undagi malikani gavdalantirgan aktrisalar kim ekaniga to‘xtalib o‘tamiz. Naomi Uotts (“Diana” Sevgi tarixi”, 2013-yil) Keyt Snellnig “Diana: Uning so‘nggi sevgisi” kitobi asosida suratga olingan filmda malika hayotidagi so‘nggi yillarni qanday o‘tganini ko‘rish mumkin. Rejissor Oliver Xirshbigel filmda malikaning Charlz bilan ajrashganidan keyin pokistonlik jarroh Xasnat Xon bilan bo‘lgan ishqiy munosabati va uning yakunini tasvirlagan. Filmda Diana rolini Jessika Chesteyn o‘ynashi kerak bo‘lgan, lekin bu ijro Naomiga nasib qilgan. Ammo mazkur film kinotanqidchilar tomonidan iliq qabul qilinmagan. Jenevev O’Reyli (“Diana: Malikaning so‘nggi kunlari”, 2007-yil) Mazkur film malika vafot etganidan 10 yil o‘tib suratga olingan. Film ijodkorlari Diananing so‘nggi haftasi va qanday voqealar zanjiri uning o‘limiga olib ekanligini oydinlashtirishga uringan. Channel 5 kanalida premyerasi bo‘lgan filmda malika rolini irlandiyalik Jenevev O’Reyli ijro qilgan. Syuzan Styuart, The New York Times’da filmda malika oddiy, boshqalar rahmini keltiradigan, manipulyatsiyaga moyilligi bor obrazda tasvirlanganini bildiradi. Serena Skott Tomas (“Diana”: Uning haqiqiy hikoyasi”, 1993-yil Hali Diana hayotligidayoq Serena Skott Tomasga filmda malikani gavdalantirish taklif qilingan. Film Endryu Mortonning 1992-yilda do‘st va yaqinlarining malika haqida so‘zlab berilgan hikoyalari asosida Kevin Konnor tomonidan suratga olingan. Premyeradan keyin Daily Mail, The Sun hamda Daily Mirror nashrlarida film haqida iliq fikr va mulohazalar bildirilgan. Kerolin Bliss (“Charlz va Diana: Qirollik sevgi hikoyasi”, 1982-yil) Mazkur badiiy film Diana va Charlzning nikoh to‘yidan bir yil o‘tib suratga olingan. Unda debyut ijrochi Kerolin Bliss malika rolini gavdalantirgan. Film haqida muxlislar va hatto Diananing o‘zi ham iliq fikr bildirgan. Ketrin Oksenberg (“Charlz va Diana: Qisqa muddat va baxtsiz”, 1992-yil) Jon Pauerning filmi premyerasi juftlikning ajrashishi e’lon qilinganidan 4 kun o‘tib bo‘lgan. Malika va uning hayotidagi xiyonat, baxtsizlik aks ettirilgan filmda Ketrin Oksenberg bosh rolni o‘ynagan. Ammo Entertainment va People nashrlarida film sujeti va bo‘rttirilganiga nisbatan tanqid bildirilgan. Emi Sekkomb (“Diana — qalblar malikasi”, 1998-yil) Malikaning ijobiy xususiyatlariga urg‘u berilgan filmda uning taqdiri qanday kechgani va fojia bilan yakun topgani tasvirlangan. Filmda Emi Sekkomb malika rolini ijro qilgan. Juli Koks (“Oshiq malika”, 1996-yil) Anna Pasternak bestsellerining ekranlashtirilgan variantida Charlz va Diana o‘rtasidagi munosabatlarning darz ketishni boshlashi, malikaning kapitan Jeyms Xyuit bilan tanishishi va aloqalarini yashirishga uringani haqida hikoya qilinadi. Malika rolini britaniyalik Juli Koks qilgan ijrosi tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan. Emma Korrin (“Toj” serialining 4, 5-fasllari 2020-yil) Netflix suratga olayotgan “Toj” serialining 2020-yil 15-noyabrda taqdim qilinishi kutilayotgan 4, 5-fasllari Dianaga bag‘ishlanadi. Aktrisa Emma Korrin Piter Morganning ijod namunasida malika rolini ijro qilishdek baxt ekani va bu imkoniyatdan oqilona foydalanishini ta’kidlaydi.
76
3,380
Madaniyat
80 yoshli aktyor Armen Jigarxanyan uchinchi bor uylandi
80 yoshli Armen Jigarxanyan uchinchi bor uylandi: 36 yoshli Vitalina Simbalyuk-Romanovskaya mashhur aktyorga turmushga chiqdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”. Juftlik Rossiya poytaxtida nikohdan o‘tdi. Marosimga faqat kelin-kuyovning yaqin do‘stlari taklif etildi. Juftlik 15 yildan beri uchrashib yurgani ta’kidlanmoqda. Simbalyuk-Romanovskaya hozirda Jigarxanyan teatrini boshqarib kelmoqda. 2015-yil sentabrida aktyor ikkinchi xotini Tatyana Vlasova bilan ajrashdi. O‘shanda matbuotda Jigarxanyan bilan munosabatlari haqida hikoya qilingan Simbalyuk-Romanovskayaning ilk intervyusi paydo bo‘lgandi.
55
601
Madaniyat
Jamila G‘ofurova “Shakira” bo‘lgani, allambalo raqsi va ochiq kiyingani yuzasidan e’tirozlarga javob berdi
Aktrisa Jamila G‘ofurova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Suhbat davomida aktrisa chet ellik estrada yulduzi Shakiraga taqlid qilib o‘ynagan allambalo raqsiga izoh berdi. Biz bu klipni ekranlarga chiqarmoqchi emas edik, bu unaqa klip emas. Bu to‘y liboslari salonining reklamasi edi. Chet ellik xonandalarga taqlid qilish,  o‘xshatish loyihasi edi. Kiyimlarimizga ham ko‘p e’tirozlar bildirildi, u kiyimning ochiq joylarida material bor edi. Hozirgi vaqtda bunaqa ko‘ylaklarni o‘zbek oilalarida hamma kiymoqda, bunaqa ko‘ylaklarni bitta biz kiyib chiqqanimiz yo‘q. Men aktrisaman, menga Shakira bo‘lib bering deyishdi, men Shakirani hamma raqsini bilaman. Bu haliyam men o‘zimizning kanallarimizda berayotgan kliplarga mos holatda tushgan raqslarim bo‘ldi. Bizlarga e’tiroz bildirganlar o‘zimizning telekanallarimizda xonandalarimizning kliplarini ko‘rishadi, ammo ularga indamaydi, chunki ularni doim ko‘rib kelgan. O‘sha xonandalarning klipida bundan battar raqslarni ham qilishadi, bundan battar kiyinishadi ham. Tomoshabinlar bizni bunday holatda ko‘rishmagani uchun shunday e’tirozlar bo‘ldi, deb o‘ylayman. Jamila G‘ofurova, aktrisa Jamila G‘ofurova bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin. Aktrisa  suhbat davomida bolaligi, oilasi, “E’tirof” mukofoti, umuman aktyor va aktrisalarning mukofotlanish tartibi haqida e’tirozlari, ochiq kiyinishiga bo‘lgan e’tirozlar, Sevinch Mo‘minova raqobatchi bo‘lgan filmda kastingdan o‘ta olmagani haqidagi barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi.
106
1,602
Madaniyat
Lola va Rashid Хoliqov ijrosidagi “Hayot davom etar” saundtreki videosi taqdim etildi (video)
“Hayot davom etar” nomli saundtrek “Yana mahallada duv-duv gap” filmi uchun maxsus kuylangan bo‘lib, kuni kecha mazkur videoning premyerasi bo‘lib o‘tdi., deb yozadi “Darakchi.uz”. Dono Productions kinokompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, saundtrek so‘zlari Shoira G‘iyosovaga, musiqasi Shuhrat Zokirovga tegishli. Shuhrat Abbosov rejissorligida 6 oy suratga olingan “Yana mahallada duv-duv gap” filmi ssenariysi 5 yil davomida yozilgan. Kinokartina postanovkachi rejissorlari Shuhrat va Nozim Abbosovlar. Kinofilm Farg‘ona viloyati (Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlari, Rishton, O‘zbekiston tumanlari) va Toshkent shahrida tasvirga olingan bo‘lib, unda 100 ga yaqin personaj qatnashgan. Film premyerasi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
93
776
Madaniyat
O`zbekiston teatr xodimlari Xitoyda malaka oshirmoqda
Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat akademik katta teatri, O`zbek Milliy akademik drama teatri, O`zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar teatri va O`zbekiston Davlat akademik rus drama teatri texnik xodimlari Xitoyda malaka oshirmoqda. Ular Pekin shahridagi "China National Opera House", "National Grand Theatre", "China National Children's Arts Theatre" va "Beijing People's Art Theatre" faoliyati bilan tanishadi. Tadbir O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat vazirligi o`rtasidagi 2014-2017 yillarga mo`ljallangan madaniy almashinuv Dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
53
642
Madaniyat
“Ayg‘oqchi kampir” mart oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 007” mart oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Mart oyining ikkinchi haftasida kinoreytingida “Ayg‘oqchi kampir 007” dan keyingi o‘rinlarni Ozod Shamsning “Bebahoginam”, Ilhom Muhammadibrohimovning “Qizlarning jahli chiqdi”, Ozod Shamsning “Voy dod 2” hamda “Sevadi, sevmaydi”, filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Koreyadagi muhabbat”, “Sevgi sotilmas”, “Zulmat”, “Kokteyl”, “Isnod” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 6—12-mart oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari 1-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 007” ( komediya ) Rejissor – Ulug’bek Yunusov 2-o‘rin. “Bebahoginam” (romantik drama) Rejissor — Ozod Shams 3-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya) Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov 4-o‘rin. “Voy dod 2” (komediya) Rejissor — Ozod Shams 5-o‘rin. “Sevadi, sevmaydi” (komediya) Rejissor — Ozod Shams
100
1,154
Madaniyat
Qatar ayollariga huquqlarini qaytarib bergan birinchi xonim — shayx Moza hikoyasi
Sharq ayoli deganda ko‘z o‘ngimizga to‘q libosga burkangan, umr yo‘ldoshining itoatli soyasi bo‘lib yuradigan ayol keladi. Ammo dunyo o‘zgaradi, bir joyda turmaydi. Shayx Moza esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. U sharq ayolining nufuzli shaxs bo‘la olishi mumkinligini isbotlay olgan. Ushbu ayol shunchaki moda ixlosmandi emas, o‘ziga xos uslubda kiyinishning namunasi ham sanaladi. Ammo bu hali hammasi emas, shayx Moza siyosat va biznesda ham o‘zini sinab ko‘rgan hamda muvaffaqiyatga erishgan. Kiyinish borasida yangiliklardan cho‘chimaydi, ammo shu bilan birga, obrazlaridan an’analarga sodiqligi ufurib turadi. Yetti nafar farzandli bo‘lishiga qaramay, u hamon sarvqomat Nozik qaddi-qomatiga havas qilsa arziydigan Shayx Mozaning 7 nafar farzandi borligiga ishonish qiyin. U farzandlarining barini 1995—2013-yillar oralig‘ida dunyoga keltirgan. Xamad bin Kalif al-Tanining ikkinchi rafiqasi Mozani ko‘rganida Qatar aholisi hayratdan yoqa ushlagan. Uning boshqa ayollardek o‘ranib yurmasligi, qomatiga urg‘u beradigan liboslarni kiyishi barchani lol qoldirgan. Qolaversa, ayol kishining davlat ishlarida faolligi, hamisha qabul va ish bilan bog‘liq tushliklarda turmush o‘rtog‘i bilan yelkama-yelka turishi ham fuqarolar uchun yangilik bo‘lgan. Birinchi ta’lim, keyin “oq otdagi shahzoda” Shayx Moza bolaligidanoq qalbi va tafakkuriga quloq solib ulg‘aygan. Qatarning merosxo‘r shahzodasi unga turmush qurishni taklif qilganida u 18 yoshda bo‘lgan. Ammo u oila qurishga qaror qilishdan avval ta’lim olishni muhim deb hisoblagan. Qatar universitetida o‘qib, Amerikada staj o‘taganidan keyingina turmushga chiqishga rozilik bergan. Oila qurganidan keyin esa o‘zini oilasiga bag‘ishlagan. Turmush o‘rtog‘i uning erkini cheklamagan 1995-yilda Mozaning umr yo‘ldoshi Qatar amiri bo‘lgan. Boshqalardan farqli o‘laroq, yangi amir go‘zal, jozibali va o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan ayolini uyda olib o‘tirmagan. Xonim avvaliga ayollarga xos xayriya, ta’lim va gumanitar loyihalar bilan shug‘ullangan. Ammo keyinchalik xalq orasida amirning o‘qimishli ayoli unga ta’sir ko‘rsata boshladi, degan mish-mishlar tarqalgan. “Kulrang kardinallik” unga yuqori rasmiy lavozimlarni egallash, YuNESKO maxsus elchisi bo‘lish, qolaversa, boshqa mamlakatlarga ta’lim masalasi bo‘yicha safar qilish imkonini bergan. Bolalarni o‘qitish va nochorlarni davolash Moza siyosiy va moliyaviy masalalarni hal qilish bilan ham shug‘ullangan. U tomonidan asos solingan Arabiston demokratik fondi mustaqil OAVlarni qo‘llab-quvvatlagan. Moza oilaviy masalalar bo‘yicha Oliy kengashga rahbarlik qiladi. U dunyoning turli burchaklaridagi bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. Buning uchun u turli mamlakat liderlari bilan ko‘rishadi hamda ta’lim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan muzokaralar olib boradi. Bu bilan cheklanib qolmasdan, qurbi yetmaydigan kishilarni davolash uchun millionlab mablag‘ sarflaydi. “Sharq ayollariga ozodlik!” Mozaning Qatarda paydo bo‘lishi ayollar bilan bog‘liq vaziyat, ularga bo‘lgan munosabatning keskin darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Nozik jins vakillari saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi, mashina boshqarishga ruxsat berildi, shu bilan birga, kiyinish bilan bog‘liq talablar ham avvalgisidan farq qila boshladi. Sohibjamol va sarvqomat ayol boshqalardan farqli ravishda, ammo shu bilan birga, sharqona chegaralardan chiqmagan holda kiyinishi bilan barchani o‘ziga mahliyo qilgan. Hijob o‘rniga libos va turban 2002-yildan hijob kiyishni bas qilgan Moza uzun ko‘ylak hamda sochlarini turban ostiga yashirgan holda ko‘rinish bergan. Qomatiga urg‘u berib turadigan o‘ziga xos libos hamda boshidagi aksessuar o‘zgacha uslubda ko‘rinishiga hissa qo‘shgan. View this post on Instagram Qatarning amiri sifatida ma’lum bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bunga qarshilik qilmagan. Rasmiy tadbirlarda ishtirok etishi, suratga tushishiga izn bergan. O‘jar, aqlli va sevimli Amirning uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashining sababi — har doim o‘z fikri va pozitsiyasiga ega bo‘lgan ayolni sevishida. Mozadan keyin mamlakatdagi boshqa ayollar ham kiyinish borasida undan ilhomlangan. Uzun, ammo chiroyli ko‘ylak kiya boshlagan nozik jins vakillari u singari turbandan foydalangan. View this post on Instagram Ammo Moza ko‘ylakning o‘zi bilan cheklanmagan, katta kamarli kostyumlar, kofta va shimlar, hatto kardigan bilan moslab jinsi ham kiya boshlagan. Did va uslubni kiyinishida umumlashtirishga muvaffaq bo‘lgan Moza obrazlarini shaxsan o‘zi tanlaydi. Dunyoga mashhur brendlardan kiyinishni afzal biladigan xonim Valentino brendining ashaddiy muxlislaridan sanaladi. Xalqining qalbidan joy olgan ayol Aholining Mozaga bo‘lgan sevgisi o‘zgacha. U rasmiy uchrashuvlardagi aksariyat suratlarida juda ham dilbar va latofatli ko‘rinadi. Boshqa birinchi xonimlar davrasida ham bashangligi bilan ajralib turadi. Qaddini qirollik oilasi vakillariga xos tik tutishi, baland poshnasi va yuzida aks etgan o‘ziga bo‘lgan ishonchi barchani jalb qiladi. View this post on Instagram Moza endilikda birinchi xonim emas, biroq hozirgi mamlakat rahbarining volidasi hisoblanadi. 2013-yilda katta o‘g‘li Tamim bin Hamad at-Tani Kilian Qatarning yangi amiri bo‘lgan. 27 nafar farzandi bo‘lishiga qaramay, sobiq amir mamlakatni Mozaning o‘g‘li boshqarishini istagan.
81
5,348
Madaniyat
Maykl Jekson qatorasiga yettinchi yil o‘limidan so‘ng ham daromad keltirayotgan mashhurlar reytingida yetakchilik qildi
Forbes ijodi o‘limidan so‘ng ham merosxo‘rlari va huquq egalariga daromad keltirayotgan 13 nafar mashhur shaxsdan iborat reytingni e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Reytingning birinchi o‘rnini qatorasiga yettinchi yil Maykl Jekson egalladi. Uning ijodi keltirgan daromad 60 million dollarni tashkil etdi. Qayd etilishicha, uning qo‘shiqlari eshitilishi soni 1,8 dan 2,1 milliardga yetgan. Ikkinchi o‘rinda Elvis Presli (39 million dollar), uchinchi o‘rinda esa komikslar rassomi Charlz Shuls (38 million dollar) keltirilgan. Mazkur reytingga ilk bor bundan yetti yil avval vafot etgan Uitni Xyuston va 2018-yil iyunida otib o‘ldirilgan reper XXXTentacion kiritildi.
119
678
Madaniyat
O‘zbekistonning arman yulduzi: Tamara Petrosyan qanday qilib buyuk Tamaraxonimga aylangan?
O‘zbekistonda “Tamaraxonim” nomi bilan yodga olinadigan noyob iste’dod egasi aslida arman qizi Tamara Petrosyan sifatida dunyoga kelgan. Tamaraxonim o‘zbek san’atiga qo‘shgan katta hissasi uchun arman va o‘zbek xalqi orasida uning qalbi va madaniyati qaysi millatga mansubligi haqida ko‘plab bahslar bo‘lgan. Farg‘ona qizi  Tamaraxonim Farg‘ona vodiysi Marg‘ilon shahrida dunyoga keldi. Uning oilasi o‘z xohishi bilan o‘z vatanidan ketmagan. Tamaraning otasi 1905-yil inqilobiy voqealardagi ishtiroki uchun oilasi bilan surgun qilingan. Oilaning uzoq safarlik ko‘chishidan so‘ng tug‘ilgan qiziga afsonaviy malika − “Tamara” ismi qo‘yilgan. O‘sha davrda Tamaraning ota-onasi qizini qanday kelajak kutib turganini tasavvur qilishi qiyin edi, albatta. Yoshligidan qobiliyati namoyon bo‘la boshlagan raqqosa oilasining roziligi bilan endi-endi faoliyat yuritishni boshlagan san’at to‘garaklariga qatnashdi. Maktabni tamomlagandan so‘ng Moskvaga o‘qishga ketib, ta’til paytlari yana Toshkentga qaytib folklor-raqs ansamblida faoliyat yuritadi. 15 yoshida Opera va balet teatrida ishlashni boshlaydi. Tamara bolaligidanoq san’atga muhabbat qo‘ygani uchun, raqsga tushish go‘yoki sevimli choy ichish kabi yoqimli bo‘lgan. Shuningdek, Tamaraxonimning hayoti choysiz o‘tmagan. Ertami yoki kech, har qanday sharoitda ham stol ustida choy bo‘lishi kerak edi. Tamaraxonim san’at ichiga kirib borgan sari o‘zini raqssiz tasavvur eta olmasdi. Hattoki, katta Farg‘ona kanali qurilishida ham jonbozlik ko‘rsatib, 45 kun davomida quruvchilar birga ishladi. Kechki smenada esa qo‘shiq kuylab, raqsga tushdi. Atrofdagilar esa uning kuch-g‘ayratiga qoyil qolardi. Ayol-qizlar bilan suhbatlashib, ularni ham o‘qishga, ilm olishga, ishlashga, kasb egasi bo‘lishga chaqirgan Tamaraxonimning so‘zlarini eshitgan erkak “Bizda bunday bo‘lishi mumkin emas”, deb aytgan gapiga javoban ko‘zlari chaqnab, “Mumkin, albatta, O‘zbekistonda mumkin” degan so‘zlari uchun aqldan ozgan ayolga ham qiyoslaganlar bo‘ldi. Ba’zan unga kasbi tufayli hech kim uylanmaydi, deb fikr bildirganlar allaqachon uning turmushga chiqqanligini eshitib hayron qolgan. Birinchi turmush o‘rtog‘i – san’atkor Muhiddin Qori-Yoqubov bilan qurgan oilasidan Vansetta ismli qizi dunyoga kelgan. Ikkinchi turmushi Po‘lat Rahimovdan esa Lola ismli qizi bor. Tamaraxonimning turmush o‘rtog‘i Rahimov chindan ham undan faxrlanar edi. Keyinchalik Tamaraxonimdagi iste’dodni, professionallikni barcha tushunib yetdi. U 60 tilda ijro etilgan 600 dan ortiq qo‘shiqlarga raqsga tushdi. Qanchadan qancha shogirdlar tayyorladi, iste’dodli qizlarni kashf etdi. Ularni Toshkentda o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi, shuningdek, boshqa davlatlarga ijodiy safarlar uyushtirdi. Urush davrida raqqosaning o‘rniga tanklar jang qildi. Tamaraxonim frontda ham tinimsiz ijodda bo‘ldi va buning uchun unga yaxshi maosh to‘landi. U daromadining barchasini xayriya fondlariga tank qurish uchun o‘tkazdi. 1943-yilda u Birinchi sovet aktrisasi hamda Sovet armiyasining kapitani kabi harbiy unvoniga sazovor bo‘ldi. O‘zining mahorati va vuksak ijodini namoyish etgan Tamaraxonim ruhiyatni ko‘tarishga va askar-qo‘mondonlarga ilhom berishga muvaffaq bo‘ldi. Tamaraxonim urushdan keyin ham o‘zbek san’ati uchun tinimsiz mehnat qildi. Uning butun hayoti va ko‘zlagan maqsadi ham yagona san’at bo‘ldi. Unga aytilgan “Ovozsiz qo‘shiq kuylaydigan qo‘llar sohibasi” ta’rifi juda mos kelar edi. Uning yuzlab raqs harakatlarini yodda saqlashini o‘zi kamdan-kam uchraydigan qobiliyat edi. U chindan ham Markaziy Osiyoda “Sovet Madonna”si sifatida tanildi. Tamaraxonim 85 yoshida vafot etdi, ammo uning ko‘rinishida navqironlik saqlanib qolgandi. Uning yaqinlari va shogirdlarining aytishicha, raqqosa yana biroz umr ko‘rganida, bundan ham ko‘proq ijodiy meroslar qoldirgan bo‘lar edi.
90
3,784
Madaniyat
Dunyo mumtoz kuylari oqsaroyda jaranglaydi
«Onam maktabda a`lochi bo`lgan. O`qituvchi bo`lish orzusida 1989 yilda Qarshi shahridagi pedagogika oliygohigao`qishga topshirgan ekan. Bilasiz, u paytlarda imtihonlar test shaklida bo`lmagan. Asosan, yozma va og`zaki shakldabir necha bosqichda o`tkazilgan. Onam so`nggi bosqich savolidan tashqari, hammasidan yaxshi o`tgan ekan. — Oxirgisi juda qiyin savol bo`lgandir-da! — desam, dugonam kuldi: — Eng qizig`i, u juda oson savol bo`lgan ekan. Onamdan O`zbekistondagi madaniy yodgorliklardan misol keltirish so`ralgan. Aftidan, o`sha kezlarda yurtimizga mustaqillikning ilk nashidalari kirib kela boshlagan. Onam o`qigan dasrliklarda esa xalqimizning tarixiy merosi u yoqda tursin, qaytaga o`tmishimizni bizga qoralab ko`rsatishgan ekan. Onam bironta ham tarixiy obidani, hatto o`zi yashayotgan hududdagi Oqsaroyni ham eslay olmagan ekan..» Otasini tanimagan bola kimga ergashishni bilmagani kabi, ajdodlaridan meros azaliy qadriyatlarni anglamagan millat ham osongina yot madaniyatlarga tobe bo`ladi. Tarixiga, madaniyatiga sodiq qolgan xalqgina er kurrasida o`z nomini, tilini, e`tiqodini saqlab qoladi. Ajdodlarimizdan bizga qolgan merosni baholashning imkoni yo`q. Buyuk tariximizdan muhtasham obidalar, go`zal asarlar, ohanrabo kuylar qolgan. Qadim-qadimdan yuraklarni o`rtab kelayotgan munojot kabi dillarni sel qiluvchi navolarimizni hali-hanuz dunyo xalqlari sevib tinglashadi. Maqom san`atining gultoji bo`lgan «Shashmaqom»ning YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e`tirof etilgani va uning reprizentativ ro`yxatiga kiritilgani bejiz emas. «Shashmaqom»ning har bir kuyi qalblarning eng mudroq hislarini ham uyg`otib yuboradi, xotiralar qatida qolgan damlarni yodga soladi, o`ylantiradi... Afsuski, bugungi axborot asrida betakror maqom kuylarimizdan uzoqlashgandekmiz. Har turli engil-elpi kuy-qo`shiqlar didimizni o`tmaslashtirib, barhayot navolarni unutishimizga sabab bo`layotgani ham haqiqat. Prezidentimiz o`tgan yili Sohibqiron bobomiz tug`ilgan yurt — Shahrisabzda bo`lib, Oqsaroyni ziyorat qilganlarida, tarqoq maqomlarimiz birlashib, «Shashmaqom» dunyoga kelgan davr aynan sohibqiron Amir Temur bilan bog`liqligini e`tirof etib, Shahrisabzni qadimiy merosimiz bo`lgan maqomlarni dunyoga taratish uchun eng maqbul joy deya tanladilar. 2017 yilning 17 noyabrida qabul qilingan «O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorga ko`ra, Shahrisabz shahrining Oqsaroy maydonida har ikki yilda Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkazilishi belgilab qo`yildi. Joriy yil 6 — 10 sentyab kunlari yurtimizda ilk bor ana shu anjuman bo`lib o`tadi. Dunyoning ko`plab xalqlarining san`at ustalari diyorimizga tashrif buyurib, o`zining madaniy merosi, mumtoz kuylarini ijro etishadi. — Bu anjumanga tayyorgarlik ishlari avjida, — deydi Madaniyat vaziri Baxtiyor ­SAYFULLAEV. — Vazirlik tomonidan Xalqaro maqom san`ati anjumanining ochilish va yopilish marosimlari dasturi ssenariy loyihalari ishlab chiqildi. Ssenariyni tuzish ishlarida xalqimiz ardog`idagi san`atkorlar, madaniyat xodimlari Bahodir Yo`ldoshev, Otanazar Matyoqubov, Ravshan Yunusov, Oqilxon Ibrohimov, Mahmud Tojiboev, Hasan Rajabiy va Munojat Yo`lchieva ishtirok etdi. Anjumanning ochilish marosimi uchun Buxoro, Xorazm va Toshkent-Farg`ona maqom yo`nalishlari bo`yicha viloyatlar maqom ansambllari tomonidan musiqiy kompozisiyalar tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, Shahrisabz yosh maqomchilarining chiqishlari va Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli tomonidan «Shashmaqom»ning dunyoda e`tirof etilgan 6 ta sho``ba – tarmog`i: «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqom namunalaridan kompozisiya tayyorlanmoqda. Ushbu anjumanga dunyoning ko`plab davlatlari katta qiziqish bilan qarashmoqda. Vazirlik qoshidagi Maqom forumi matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, joriy yil 15 avgustgacha jami 80 ta mamlakat vakillari ushbu anjumanda ishtirok etishga xohish bildirgan: 22 nafar musiqashunos olim, 29 yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoa, 36 nafar matbuot xodimidan, 21 nafar etuk mutaxassis va faxriy mehmonlardan murojaatlar qabul qilingan. Anjumanga jami 70 ga yaqin davlatdan ishtirokchilar kelishi kutilmoqda. — Sharq mamlakatlarining o`n ikkitasida o`zining tarixiy maqomlari, mug`omlari mavjud, — deydi O`zbek milliy maqom san`ati markazi bosh direktori Saibjon BEGMATOV. — Anjumanda har bir xalq o`zining milliy maqomlarini butun jozibasini ko`rsatishga intilishadi. Boshqa xalqlar ham o`zining mumtoz kuylarini kuylashadi. Tashrif buyurgan san`atkorlar shunchaki o`z mumtoz kuylarni ijro etib ketish uchun kelgan mehmonlar emas, balki musobaqa ishtirokchilaridir. Anjumanning tanlov qismida bu ishtirokchilar xalqaro maqomshunos olimlar tomonidan baholanadi. Shuningdek, anjuman doirasida «Maqom san`ati va uning jahon sivilizasiyasida tutgan o`rni» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tadi. Unda xorijiy davlatlardagi taniqli musiqashunos va maqomshunos olimlar, san`atkorlar, etuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar ishtirok etishadi. Bir so`z bilan aytganda, Shahrisabz chin ma`noda xalqaro maqom markaziga aylanadi. Dunyo xalqlarini yurtimiz osmoni ostida jamlaydi. Bu, o`z navbatida, diyorimiz, san`atimizni dunyoga tanitishga, shu bilan birga, turizm rivojiga ham o`z hissasini qo`shadi. Endi milliy mumtoz kuylarimizni yoshlarimizga o`rgatish maqsadida bog`chadan boshlab, bu kuylar bolalargaeshittirib boriladi. O`zbek milliy maqom san`ati markazi tomonidan «Bolalar uchun maqom kuylari» diski tayyor bo`ldi. Unda «Alla», «Tanovar», «Tanbur nolasi», «Rohat» va «Cho`li iroq» kabi jami 27 kuy jamlangan. Mahmudjon TOJIBOEV, O`zbekiston xalq hofizi: — Mumtoz milliy san`atimiz, maqomlarimiz nihoyatda teran ildizga ega. Har gal «Shashmaqom»ning dilbar navolarini tinglar ekanman, u yon-atrofimizdagi boshqa mamlakatlar maqomlari uchun ham beshik bo`lgan bo`lsa, ajabmas, deya o`ylab qolaman. Axir, bizning qadim navolarimiz hanuzgacha butun dunyo ahlini hayratlantirib kelmoqda. Bugungacha, rosti, bizning dunyoda tengi yo`q qimmatli boyligimiz — milliy kuy-qo`shiqlarimizni yoshlarimiz onggiga singdirish hamda uni dunyoga tarannum etish borasidagi ishlar bilan maqtana olmas edik. Joriy yil fevral oyida Prezidentimiz Shahrisabz shahriga tashrif buyurdilar. Bir qancha maqomshunos olimlar, mutaxassislar qatori men ham o`sha erda edim. Yurtboshimiz ulug` san`atkor Yunus Rajabiydan so`ng hech kim maqom san`ati bilan jiddiy shug`ullanmaganini afsus bilan ta`kidladilar va qadim shahar, Amir Temur tug`ilib o`sgan yurt — Shahrisabzda xalqaro maqom san`ati anjumani tashkil etishni va unda butun dunyo xalqlari o`zlarining mumtoz navolari bilan ishtirok etishini taklif qildilar. Shahrisabz hozir o`zgacha chiroy ochgan. Bu erdagi bunyodkorlikni ko`rib har qanday kishi hayratga tushadi. O`sha erlik oddiy odamlardan, hokimiyat vakillaridan eshitishimizcha, bundan uch-to`rt yil avval — Birinchi Prezidentimiz Shahrisabzni obod etishni topshiriq berganlarida Shavkat Mirziyoev tunni kunga ulab, haftalab tuproq kechib, shu qurilishga bosh-qosh bo`lgan ekan. Ana o`sha paytlardayoq Xalqaro maqom san`ati anjumani o`tkazish fikri xayoliga kelgan bo`lsa, ne ajab. Xalqaro maqom san`ati anjumani boshqa mamlakatlar uchun ham katta qiziqish uyg`otdi. Xorijdan yuborilgan audio-video materiallarni hay`at a`zolari bilan uch karra tekshiruvdan o`tkazib, munosib nomzodlarni tanlovga tavsiya etdik. Yurtimizdan qatnashadigan ishtirokchilarni ham jiddiy saraladik. Bizda har bir hududning o`ziga xos navolari, udumlari bor. Bahodir Yo`ldoshev hamda Abduhoshim Ismoilov bilan birga barcha viloyatlardan saralangan guruhlar bilan alohida ishlayapmiz. Men Farg`ona vodiysi san`atkorlaridan tashkil topgan guruh bilan shug`ullanyapman. Nasib etsa, bu anjuman milliy madaniyatimizni dunyoga tarannum etishda yangi davrni boshlab beradi. Anjumanga ko`plab davlatlardan ­ommaviy axborot vositalari xodimlari ham keladi. Anjumanni kuzatgan dunyo xalqlarining yurtimizga bo`lgan e`tibori va qiziqishi yanada oshishi aniq. Shu bois bu xalqaro anjuman nafaqat tariximiz va madaniyatimizni dunyoga olib chiqish, balki yurtimizga tashrif buyuradigan say­yohlarning ham ko`payishiga xizmat qiladi. Zilola XUDOYBERDIEVA, «Oila davrasida» muxbiri
42
8,197
Madaniyat
Jorj Kluni kinodagi karyerasini yakunladi
Taniqli Gollivud aktyori Jorj Kluni kinokaryerasi yakunlanganini ma’lum qildi. U kinodan vaqtincha emas, butunlay ketishini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. “Men uzoq muddat kinoda bosh rollarni ijro etdim. Men 56 yoshdaman, qizlar bilan tanishish uchun kinoda tushishga ehtiyojim yo‘q! Bu ishni qilishimga hojat ham yo‘q!”, — dedi aktyor. Kluni, shuningdek, ayni paytda pulga ham muhtojligi yo‘qligini va bamaylixotir ishlardan uzoqlashishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. “Men yashashga pul topish uchun aktyorlik kasbi bilan shug‘ullandim. Ammo do‘stim bilan tekila ishlab chiqaruvchi kompaniyani milliard dollarga sotganimizdan so‘ng ortiq pulga ehtiyojim yo‘q”, — ta’kidladi u.
41
704
Madaniyat
Britni Spirs Instagram sahifasini o‘chirib yubordi
Amerikalik mashhur xonanda Britni Spirs Instagram ijtimoiy tarmog‘ini tark etdi. Britnining akkauntidagi “Kechirasiz, bu sahifa mavjud emas” yozuvi bunga isbot bo‘la oladi. Instagram’da 34 million obunachisi bo‘lgan Britni keyinroq Twitter sahifasida nima uchun bunday qarorga kelganini ma’lum qilgan. “Unashtiruvimni nishonlash uchun shunchaki kichik tanaffus qilyapman. Tez orada qaytaman”, — deb yozib qoldirgan xonanda. Avvalroq unashtiruvini e’lon qilgan Spirs brilliant uzugini muxlislariga ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.
50
535
Madaniyat
Asal Shodiyevaning eng katta orzusi nima ekanligini bilasizmi?
MyDay so‘nggi vaqtda kinolarda kamnamo bo‘lib qolgan, o‘z brendiga asos solgan va musiqaga ko‘proq vaqt ajrata boshlagan aktrisa Asal Shodiyeva bilan qisqa suhbat uyushtirdi. Juda mushkul Men uchun birovni kuldirish juda mushkul. Shu ishning uddasidan chiqa olmayman. Kеchirmayman Sotqinlikni aslo kechirmayman. Hayotda ko‘p narsani kechirish mumkin. Lekin sotqinlik aslo kechirilmaydi, deb hisoblayman. Xaraktеrim Talabchanman, ayniqsa o‘zimga nisbatan haddan tashqari. Voz kеcha olmayman Oilamdan aslo voz kecha olmayman. Huzur bag‘ishlaydi Musiqa mening jon-u dilim, menga huzur bag‘ishlaydigan asosiy narsa. G‘ashimga tеgadi Ahmoqlik va omilik mening g‘ashimga tegadi. Eng katta xatoim Eng katta xatoim Konservatoriyaga o‘qishga kirmaganim bo‘lsa kerak. Miel mеn uchun So‘nggi paytlarda bor vaqtim, o‘y-xayollarim Miel bilan bog‘liq. Miel men uchun umid va ishonch. Bu brendga asos solishimdan maqsad odamlarga quvonch ulashish. Eng katta orzum Eng katta orzularimdan biri Andrea Bochellini ko‘rish edi, bu orzum ushaldi. Yana bir katta orzum – Al Pachinoni ko‘rish.
62
1,072
Madaniyat
Hamma raqsga tushsin! Ranglar festivali Holi haqida (fotogalereya)
Har bir xalq va millatning kelib chiqishi, e’tiqodi va urf-odatlari bilan bog‘liq bo‘lgan milliy bayrami bo‘ladi. Hindistonda har yilning fevral oxiri, martning boshlarida bo‘lib o‘tadigan Holi bayrami ham shular jumlasidan. Ushbu bayram nafaqat Hindistonda, balki boshqa davlatlarda ham festival sifatida nishonlanib kelinmoqda. Unda kishilar bir-biriga rangli bo‘yoqlar sepadi, raqsga tushib zavqlanadi. Qish ustidan bahorning g‘alabasi sifatida oy to‘lganidan keyin ikki yoki uch kun mobaynida nishonlanadigan ushbu bayramni hindlar ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi ekaniga ishonadi. Holi dunyodagi eng qadimiy bayramlardan, u haqda sanskrit tilidagi manbalarda hamda hindlarning boshqa muqaddas yozuvlarida ham tilga olingan. Ushbu bayram hind kalendariga ko‘ra yangi yilning boshlanish ramzi hisoblanadi. Rangli bo‘yoqlar bilan o‘tishi, shahar va qishloqlarning rang-barang bayramona bezatilgani nuqtayi nazaridan bayram Bo‘yoqlar festivali deb ham ataladi. An’anaga ko‘ra, bu kunda ommaviy sayl o‘tkaziladi va tanigan-tanimagan bir-biriga bo‘yoqli suv va kukun sepadi, bu harakat bahor kelgani bilan bir-birini qutlash, baxt-omad tilash hisoblanadi. Shuningdek, festivalda gulxan yoqish marosimi bo‘lib o‘tadi va bu bilan yovuz kuchlar quvilishiga ishoniladi. Gulxan yoqish marosimi Holika ismli iblisning Vishnu ma’budiga ishonmagani uchun yoqib yuborilgani bilan bog‘liq. Yana bir qiziq fakt, bahor ob-havosi tez-tez o‘zgarishi tufayli shamollashning oldini olish maqsadida shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, sepiladigan bo‘yoqlar tarkibiga shamollashga qarshi mahalliy dorivor giyohlar qo‘shilib, bayram bahona profilaktika qilib olinadi. Festivaldagi har bir rang ma’lum ma’noni anglatadi: qizil — jo‘shqinlik, ko‘k esa Krishna, ya’ni e’tiqod va ruhiy kamolot, yashil — erkaklar kuch-quvvati, olovrang — quyosh, bilim va yangilanish, sariq — sog‘liq va tinchlik rangi hisoblanadi. Hududlarda bayram bilan bog‘liq afsonalarning turli versiyalari mavjud bo‘lsa-da, uning mohiyati bir narsaga asoslangan: Holi bu tabiatning uyg‘onishi demak va bu kunda barcha g‘am-tashvishlar, ginalar unutiladi, barcha bolalarcha quvonadi, el boshiga kelgan to‘y — istasa-istamasa, hamma raqsga tushadi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, shaxsiy, shuningdek, koronavirus singari tashvishlar ham unutiladi. Agar siz shu vaqtda Hindistonga tashrif buyursangiz, sizning diplomat yoki mashhur shaxs ekaningizdan qat’i nazar, kiyimingiz bo‘yoqlar bilan bejaladi va siz raqsga tushishga, quvonishga mahkumsiz. Eng yorqin Holi Vrindavana, Matxura va Jaypurda bo‘lib o‘tsa, Dehli, Kalkutta va Mumbayda ushbu festival o‘ziga xosligi bilan yodda qoladi. Tinimsiz yangraydigan raqsbop musiqa, yorqin ranglarning qorishmasidan kishilarda eyforiya kuzatiladi. Lekin bunday vaqtda e’tiborli bo‘lish, vaziyatni nazorat qilishni unutmaslik kerak bo‘ladi. Quyida Holida nimalarga e’tiborli bo‘lish kerakligiga to‘xtalib o‘tamiz:
66
2,912
Madaniyat
O`zbekiston xalq artisti O`lmas Alixo`jaev uchun yodgorlik qabrtoshi o`rnatildi
Xalqimizning sevimli aktyori, Otabek rolini mahorat bilan ijro qilgan buyuk san`atkor, O`zbekiston xalq artisti O`lmas Alixo`jaev porloq xotirasi uchun "O`zbekkino" Milliy agentligi rahnamoligida poytaxtdagi “Minor” qabristoniga yodgorlik qabrtoshi o`rnatildi. O`lmas Alixo`jaevni ishonch bilan milliy kinematografiyamizning ramzi, deya atash mumkin. Etuk san`atkor ilk bor 1963 yil "Farg`onalik beshovlon" filmida rol ijro etgan. 1964 yildan "O`zbekfilm" kinostudiyasida faoliyat yuritib, ushbu studiyaning qirqdan ortiq badiiy va televizion filmlarida suratga tushgan. Aktyor O`lmas Alixo`jaevga rejissyor Yo`ldosh A`zamov tomonidan suratga olingan "O`tkan kunlar" (1969) tarixiy filmidagi Otabek roli (Abdulla Qodiriyning shu nomdagi romani asosida suratga olingan) va rejissyor Shuhrat Abbosovning "Olovli yo`llar" filmidagi atoqli o`zbek shoiri, dramaturg va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy roli katta shuhrat keltirgan.   «Biz taniqli kinoijodkorlar xotirasini abadiylashtirish bo`yicha qator tashabbuslarimizni qo`llab-quvvatlagani uchun «O`zbekkino» Milliy agentligi rahbariyatidan mamnunmiz. Hozirda jamoa bilan 2021 yil kinorejissyor Shuhrat Abbosov tavalludining 90 yilligini nishonlashga qizg`in tayyorgarlik ko`ryapmiz va bu borada ham "O`zbekkino" MA bizga yordam bermoqda. Ayni kunlarda Moskva shahrida ustozoda kinorejissyorning mumtoz filmlari namoyishi bo`lib o`tmokda. Eng muhim yangiliklardan biri uning aksariyat kinolentalari raqamlashtiriladi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida Shuhrat Abbosovga yodgorlik o`rnatish kabi ishlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan», - deydi Respublika kinofondi direktori Eljon Abbosov. Ta`kidlash joizki, "O`zbekkino" Milliy agentligi doimo taniqli kinoijodkorlar xotirasiga hurmat va ehtiromda bo`lib kelgan. Milliy kinolarning oltin to`plamiga abadiy kiritilgan aktyorlar va rejissyorlarning xotira va qadrlash kunlari muntazam ravishda o`tkazilmoqda. Jumladan, Hikmat Latipov, Abbos Bakirov, Razzoq Hamroev, Shukur Burxonov, Oybarchin Bakirova, Shuhrat Abbosov va boshqa buyuk ustozlarni xotirlash kunlarini yuksak saviyada o`tkazish rejalashtirilgan. O`zbek kinoarboblarining yubileylarini tantanali nishonlash o`ziga xos an`anaga aylanishi alohida e`tirofga loyiq.
79
2,231
Madaniyat
Mohandas Karamchand Gandining “Mening hayotim” kitobi o`zbek tilida nashr etildi
O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi xabar berishicha, “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Hind xalqining ozodligi va mustaqilligi uchun kurashgan davlat va jamoat arbobi Mohandas Karamchand Gandining “Mening hayotim” kitobi nashr etildi. Ushbu kitob jahonning ko`plab tillariga tarjima qilingan. “Mening hayotim” tarjimai hol kitobi. Ammo u muallif hayotigagina chizgilar bermaydi, balki tarjimai hol bahonasida Gandi o`zining butun dunyoqarashini, hayotda ko`zlagan maqsadlarini oshkora va xolisona ifodalab beradi. M. Gandi o`zining kechinmalariga boy hayoti bilan Hindiston xalqi uchungina emas, balki butun dunyo xalqlari uchun namuna bo`lib qoldi. Nashriyot-matbaa ijodiy uyida hind adabiyotining asoschilaridan Robindranat Tagorning 8 jildlik asarlari ham nashrga tayyorlanmoqda. Bu majmua oxirgi marta 1953 yilda o`zbek tilida chop etilgan bo`lgan. Hindiston davlat madhiyasining muallifi R. Tagor asarlari jahonning ko`plab tillarida tarjima qilingan. Uning asarlari hind adabiyotining yuksak cho`qqisi hisoblanadi. Adibning nazm va nasrda yaratgan obrazlari o`zining yuksak pafosi insoniylikni yorqin bo`yoqlarida tarannum etishi bilan o`quvchilar qalbini zabt etgan. Nashrga tayyorlanayotgan ushbu kitoblar ham o`zbek kitobxonlarga manzur bo`lishi tabiiy.
80
1,289
Madaniyat
Xorijiy tele-kino guruhlari Yangi O`zbekiston haqida filmlar suratga oladi
Bir qator xorijiy kinokompaniyalar va telekanallar «O`zbekkino» Milliy agentligi hamda Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi bilan hamkorlikda O`zbekiston haqida hujjatli filmlar va ko`rsatuvlarni tasvirga oladi. Bu haqda «O`zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Rossiya kinokompaniyalari va telekanallarining ijodiy guruhlari O`zbekistonga Navro`z bayrami bilan bog`liq go`zal va o`ziga xos marosimlarni suratga olish, shuningdek, “Yangi O`zbekiston” haqida hujjatli filmlar tayyorlash uchun etib kelgan. Shu kunlarda suratga olish ishlari O`zbekistonning turli hududlarida olib borilmoqda. «Rossiya-1» telekanalining suratga olish guruhi lokasiyalar va spikerlarni izlab Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrif buyurishdi. «Yorqin, quyoshli va nihoyatda samimiy O`zbekiston ilk soniyalardanoq yuraklarni zabt etdi. Bizni har bir shahar va qishloqda eng aziz mehmonlar kabi kutib olishmoqda. Chin qalbdan, chin yurakdan! To`g`ri tushuning, men buni boshqa ta`riflashning ilojini topolmadim. Bunday muomala bu erda e`tiqod shakli, turmush tarzidan kelib chiqadi. Biz O`zbekistonni aynan shunday – ochiqko`ngil, mehmondo`st va yangilangan, ammo ko`p asrlik an`analariga sodiq qolgan yurt sifatida ko`rsatishga harakat qilamiz», –deydi «Rossiya-1» telekanali muxbiri Olga Armyakova. Syujetlar «Rossiya-1» telekanali efirida kuni kecha Dmitriy Kiselyovning «Vesti nedeli» dasturi orqali namoyish etildi. Shu o`rinda ta`kidlab o`tish joizki, rossiyalik hamkorlar bilan loyihalarimiz Butunjahon jamiyatining IV xalqaro Kongressida «O`zbekkino» Milliy agentligi va Rossiya kinoijodkorlari o`rtasida tuzilgan shartnomalar va memorandumlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Rossiyadan tashqari biz Euronews, BBC, CNBC va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`ydik. Hozirgi kunda agentlik yana bir qator etakchi xorijiy telekanallar va kinokompaniyalar bilan ham qo`shma loyihalarni imzolash bosqichida turibdi”, - deydi “O`zbekkino” MA Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov. «Masterskaya» kinokompaniyasining suratga olish guruhi Navro`z bayrami haqida film suratga olish uchun to`g`ri Boysunga yo`l oldi. Bu kino guruhi rahbari Saida Medvedevaning O`zbekiston haqidagi birinchi filmi emas. Bundan bir necha yil «Rossiya-2» telekanalida uning «O`zbekiston – qumliklar javohiri», «Qoraqalpog`iston – vaqt qumlari oralab» va boshqa filmlari muvaffaqiyatli namoyish etilgan, mazkur filmlar EOAVMA bilan hamkorlikda ishlangan. O`shanda suratga olish guruhi ijodkorlari milliy shoyi matosining sirlarini, ko`hna Samarqand qog`ozining pishiqligini, milliy taomimiz palovning betakror ta`mini va o`zbek nonlarining xushbo`yligini kashf etishgan edi. Bugun esa «O`zbekiston. Yangilanayotgan tarix» nomli yangi film suratga olinmoqda. Film Respublikamiz Mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlanadi. «Hammamizga ma`lumki, O`zbekistonning tarixi juda boy va murakkab davrlarni o`zi ichiga oladi, shuning uchun bu davlatning hozir nimaga intilayotgani, mamlakatda qanday iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilayotgani biz uchun juda qiziqarli», – deydi Saida Medvedeva. «Divi» kinokompaniyasi «Rossiya-Kultura» telekanali uchun «Asrlar qa`ridan kelgan maktublar», «Dasturxon tafti va saxovati», «Quyoshli madaniyatlar tutashuvi», «Quyoshga ostidagi zamin» nomlari ostida O`zbekistonning an`analari, madaniyati va tarixi haqida to`rtta hujjatli filmni suratga olish uchun uchib keldi. «O`zbekiston chindan ham diqqatga sazovor joymi yoki yo`qmi, deb muhokama qilish, bu-ortiqcha gap. Chunki, bu zaminda g`aroyib tarixiy-madaniy landshaftlar, me`morchilikning yuksak namunalari joylashgan. Bu ajoyib mintaqadagi nur va quyoshning jilvakor o`yinlarini tasvirga olish esa har qanday kinematografning orzusidir», - deydi «O`zbekiston, Sevgi afsonalari» filmi va "O`zbekiston. Erishilgan ochiqlik" bilan tanilgan rejissyor Elena Kojevnikova. Va nihoyat, rejissyor Nikita Snegov va tasvirchi Nikita Rozovlardan iborat, «DokuMentalist» kinokompaniyasining suratga olish guruhi, Valdis Pelsh prodyusserlik qilayotgan «O`zbekiston. O`tmish. Bugun. Kelajak» nomli hujjatli film ustida ish boshlaydi. «Biz insoniyat tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlari hayotda, me`morchilikda, tibbiyotda va hayotning boshqa barcha sohalarida g`aroyib, juda go`zal o`zgarishlarga olib keladigan, O`zbekistonning 30-40 yil keyingi kelajagiga nazar solishga harakat qilamiz», - deydi Valdis Pelsh. Rossiya kinokompaniyalari bilan hamkorlikda yaratilgan filmlarni quyidagi havolada ko`ring va baho bering: “O`zbekiston, Sevgi afsonalari” “O`zbekiston – qumliklar javohiri” “Qoraqalpog`iston – vaqt qumlari oralab” "O`zbekiston. Erishilgan ochiqlik"
74
4,674
Madaniyat
TURKMANISTONDA O`ZBEKISTON MADANIYaTI KUNLARI BO`LADI
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 martdagi 4882 F sonli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 12-16 noyabr kunlari Turkmanistonda O`zbekiston madaniyati kunlari o`tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu madaniyat kunlari doirasida o`zbek san`at ustalari ishtirokida konsert, fotoko`rgazma, ijodkor va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkillashtirilishi ko`zda tutilgan.
53
379
Madaniyat
OAV: Xarvi Vaynshteyn politsiyaga taslim bo‘lish niyatida
Taqinli kinoprodyuser, Miramax studiyasi asoschilaridan biri, o‘nlab aktisalar tomonidan jinsiy tegajog‘likda ayblanib, ishidan ayrilgan Xarvi Vaynshteyn o‘ziga qarshi o‘tkazilgan tergov harakatlari yakunida politsiyaga taslim bo‘lish niyatida. Bu haqda The New York Times’ga asoslanib, “RBK” xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqtlar ichiga Vaynshteynga nisbatan Manxetten prokuraturasining ayblovi e’lon qilinadi. Vaynshteyn vakili va uning advokati prodyuserning taslim bo‘lishi borasidagi xabarlarga izoh bermadi. Vaynshteynning aktrisalarga nisbatan jinsiy tegajog‘ligi haqida birinchi bor The News York Times’da xabarlar chop etilgandi. Avvaliga aktrisalar o‘z ismlarini oshkor qilmagan holda kechinmalarini so‘zlab bergan bo‘lsa, keyinchalik ular omma oldida ochiqchasiga so‘zlay boshladi. Prodyuserning o‘zi barcha ayblovlarni inkor etib kelgan. Vaynshteynga nisbatan e’lon qilinadigan aniq ayblovlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Tergov harakatlari bilan Nyu-York, Los-Anjeles va London tergovchilari shug‘ullanmoqda.
57
1,034
Madaniyat
Ledi Gaga Michigan ko‘lining muzdek suvida cho‘mildi
Ledi Gaga aqliy qobiliyati cheklangan kishilar uchun sport musobaqalari tashkil qiluvchi Special Olympics  jamoatchilik tashkilotiga mablag‘lar jalb qilish maqsadida Chikago shahridagi Michigan ko‘lida muzdek suvda cho‘mildi, deya xabar bermoqda The Chicago Tribune. Tashkilotchilar so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqchining tashrifi ularni hayratga solgan, u o‘zining ishtirok etishi haqida hech kimni ogohlantirmagan. Pop-yulduzning qallig‘i aktyor Teylor Kinni ham muzdek suvga tushdi. Xayriya aksiyasida 4,5 mingdan ziyod kishi qatnashdi, 1 milliondan oshiq mablag‘ yig‘ildi. Ko‘ldagi suvning harorati 0 darajadan oshmagan.
52
619
Madaniyat
Amir Temur haqida serial yaratiladi
9 avgust kuni Kinematografiya agentligida Turkiya Respublikasining “Altınkesit” kinokompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Uchrashuvda agentlik rahbariyati, "Altınkesit” kinokompaniyasi direktori Mustafo Gunesh, ssenarist, rejissyor Ismail Gunesh, bosh maslahatchi Zebiniso Kamalova, kinokompaniya menedjeri Mehmet Bulbul, kinokompaniya hamkori Mustafo Pekchaylar ishtirok etishdi.   O`zbek va turk kinoijodkorlari ishtirokidagi uchrashuvda yangi — “Sohibqiron Amir Temur” tarixiy seriali haqida so`z bordi.   Endilikda suratga olinishi kutilayotgan “Sohibqiron Amir Temur” serialining ilk loyihasi taqdim etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida ikkala tomonning ham yangi kinoloyiha bo`yicha fikrlari tinglanib, takliflar berildi.
35
809
Madaniyat
Toshkentda may oyida Gruziya kinosi kunlari tashkil etiladi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Gruziya elchisi Konstantin Jgenti bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda. Unda 2017-yilda kinematografiya sohasida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi. May oyida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Gruzin zamonaviy kinosi kunlari” tadbirini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga oid bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. “Uchrashuvda hamkorlikdagi tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi”, — deyiladi agentlik axborotida. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
59
737
Madaniyat
“Oltin globus – 2021” taqdirlash marosimi g‘oliblari e’lon qilindi (foto)
Pandemiya odatdagi voqealarni butunlay o‘zgartirib tashlagani hech kimga sir emas. Kinematografiya va televideniye sohasidagi “Oltin globus” 78-taqdirlash marosimi aralash pyhgital-shaklda o‘tkazildi. Marosim bir vaqtning o‘zida Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazidagi ziyofat zalida va Beverli-Hillzdagi “Beverli-Hilton” mehmonxonasida olib borildi. Taqdirlash marosimida boshlovchilar Tina Fey va Emi Poler “Golden Globe Award – 2021” mukofoti g‘oliblarini e’lon qildi. Marosimda “Eng yaxshi film (drama)” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb “Ko‘chmanchilar mamlakati” filmi topilgan. “Eng yaxshi film (komediya yoki musiqali)” nominatsiyasi bo‘yicha sovrin “Borat 2” kartinasiga nasib etgan. “Eng yaxshi dramatik film aktyori” nominatsiyasi g‘olibi deb “Ma Rainey’s Black Bottom” (Ma Reyni: Blyuz onasi) filmida ishtirok etgan marhum aktyor Chedvik Bouzman deb topildi. “Eng yaxshi komediya yoki musiqali film aktyori” bo‘yicha Sasha Baron Koen – “Borat 2” filmidagi ishtiroki uchun loyiq ko‘rildi. “Amerika Qo‘shma Shtatlari Billi Xolideyga qarshi” filmi aktrisasi Andra Dey “Eng yaxshi dramatik film aktrisasi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Firibgar” filmi qahramoni Rozamund Payk esa “Eng yaxshi komediya yoki musiqali film aktrisasi” nominantsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” sifatida “Iuda va qora Masih” filmi aktyori Deniel Kaluya mukofotga loyiq deb topildi. “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” nominatsiyasida esa “Mavritaniyalik” kartinasi qahramoni Jodi Foster g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Marosimda “Eng yaxshi rejissor” deb “Ko‘chmanchilar mamlakati” filmi rejissori Xloya Chjao e’lon qilindi. “Eng yaxshi ssenariy” esa “Chikagodagi yetti sud” filmiga nasib etdi. “Chet tilidagi eng yaxshi film” – “Minari”, “Eng yaxshi animatsion film” – “Qalb” multfilmiga nasib etdi. Shuningdek, “Eng yaxshi musiqa – “Qalb”, “Eng yaxshi qo‘shiq” – “Io si” (“Hali hayot oldinda”) deb topildi. “Eng yaxshi dramatik serial” – “Toj”; “Daramatik serialning eng yaxshi aktyori” – “Toj” filmidagi Josh O’Konnor; “Daramatik serialning eng yaxshi aktrisasi” – “Toj” seriali qahramoni Emma Korrin; “Eng yaxshi komediya seriali ”– “Shitts Krik”; “Eng yaxshi komediya seriali aktyori”– Jeyson Sudeykis, “Ted Lasso”; “Eng yaxshi komediya seriali aktrisasi” – Ketrin O’xara, “Shitts Krik”; “Eng yaxshi telefilm yoki mini-serial” – “Qirolichaning yurishi”; “Eng yaxshi telefilm yoki mini-serial aktyori” – Mark Rufallo, “Men buni to‘g‘ri deb bilaman”; “Eng yaxshi telefilm yoki mini-serial aktrisasi” – Anya Teylor-Joy, “Qirolichaning yurishi”; “Mini-serial yoki telefilmning eng yaxshi ikkinchi darajali aktyori” – Jon Boyega, “O‘zgarishlar ovozi”; “Mini-serial yoki telefilmning eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisasi” – Jillian Anderson, “Toj”.
73
2,781
Madaniyat
SanJay mualliflik huquqini buzgani uchun shoir Usmon Azimga salkam 100 mln so‘m to‘lab beradi
Mualliflik huquqini buzgan SanJay shoirga jami 94 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘lashi lozimligi sudning qarori bilan tasdiqlandi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar qildi. Qayd etilishicha, 13-yanvar kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi tomonidan Mualliflik va turdosh huquqlar himoyasi jamiyatining a’zosi shoir Usmon Azim manfaati uchun javobgar Sanjar Javberdiyevga (SanJay) nisbatan mualliflik huquqlari buzilishiga chek qo‘yish, mualliflik huquqlari buzilgani tufayli tovon puli va ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqish davomida Sanjar Javberdiyevning Usmon Azim qalamiga mansub “Karvon” nomli she’rdan muallifning roziligini olmagan holda, xususan, kelishuvga erishmasdan yoki shartnoma tuzmasdan foydalanib, qo‘shiq ijro etgani hamda internet orqali ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgani o‘z tasdig‘ini topgan. Sud tomonidan taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilmagani, muallifning roziligisiz uning she’ridan foydalanilgani inobatga olinib, javobgar Sanjar Javberdiyevdan shoir Usmon Azim foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (54 million so‘m) miqdorida tovon puli va 40 million so‘m miqdorida ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Avvalroq Sanjaydan shoir Usmon Azim foydasiga 97 million 800 so‘m undirilishi aytilgandi. Javobgar Sanjar Javberdiyevning qilgan harakatlari O‘zbekiston “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuniga zid deb topilgan.
93
1,530
Madaniyat
Deniel Redkliff, Emma Uotson yoki Rupert Grint: “Garri Potter”da suratga tushgani uchun kimga ko‘proq haq to‘langan?
“Garri Potter” muxlislari kinofranshizaning 20 yilligiga bag‘ishlangan maxsus epizodning efirga uzatilishini intiqlik bilan kutmoqda. Yangi qism ekran yuzini ko‘rishi munosabati bilan bosh qahramonlarni gavdalantirgan asosiy aktyorlar suratga tushgani evaziga qancha mablag‘ga ega bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Rupert Grint va Emma Uotson “Garri Potter va Feniks ordeni” (Harry Potter and the order of the Phoenix)da suratga tushgani uchun Rupert va Emmaga 4 million dollardan mablag‘ to‘langan. Bu hali xamir uchidan patir. “Garri Potter va ajal tuhfasi” (Harry Potter and the deathly hallows)ning birinchi va ikkinchi qismlarida ishtirok etgani evaziga ularning har biri 30 million dollarga ega bo‘lgan. Deniel Redkliff Uchovlon orasida Deniel Redkliff eng ko‘p haq to‘langan aktyorligiga shubha bo‘lishi mumkin emas. Afsungar bolakay haqidagi filmning birinchi qismidan 1 million dollar olgan Redkliffga “Garri Potter va Feniks ordeni”da suratga tushgani uchun 14 million dollar to‘langan. “Garri Potter va ajal tuhfasi” esa eng ko‘p haq to‘langan qism bo‘lgan. Uning birinchi va ikkinchi qismidagi ishtiroki uchun aktyor 40 million dollarga ega bo‘lgan. Avvalroq premyerasi 2022-yilning 1-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan maxsus filmning birinchi tizeri taqdim qilingani haqida xabar berilgandi.
116
1,320
Madaniyat
Hind aktrisasi Xema Malini 67 yoshga to‘ldi (foto)
Bugun, 16-oktabr kuni mashhur hind aktrisasi Xema Malini 67 yoshga to‘ldi. Bu haqda Facebook’dagi Classic FM Tashkent sahifasi ma’lum qildi. Aktrisa o‘zbekistonliklarga “Zita va Gita” filmidagi rollari orqali yaxshi tanishdir.
50
227
Madaniyat
Aziza Yoqubova onasining tug‘ilgan kuniga kutilmagan syurpriz tayyorlab, unga avtomashina sovg‘a qildi (video)
Aktrisa Aziza Yoqubova onasining tug‘ilgan kuniga qanday syurpriz tayyorlagani aks etgan videoni folloverlariga namoyish etdi. Azizaning onasi 4-iyul kuni 60 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan u onasiga kutilmagan sovg‘a tayyorladi. Aktrisa yashaydigan ko‘p qavatli uy oldida “Onajon” yozuvi o‘rnatildi, qizil yo‘lakcha tashkillashtirildi hamda gullar bilan bezatildi. Aziza onasiga atab ta’sirli she’r o‘qidi, she’rni o‘qiyotganida uning o‘zi ham, onasi ham yig‘lab yubordi. Shundan so‘ng davraga xonanda Umar Shamsiyev qo‘shildi hamda onalarni madh etuvchi qo‘shig‘ini kuylay boshladi. Shu payt Aziza usti lenta va gullar bilan bezatilgan oq rangli Gentrani haydab kelib, kalitni onasiga topshirdi. Aktrisaning onasi qizidan minnatdor bo‘lib, uni uzundan uzoq duo qildi. Avvalroq xonanda Dilso‘z ham onasiga mashina sovg‘a qilgan edi. Shuningdek, “Million” kulgi jamosi vakili Alisher Botirov ham otasiga Tracker sovg‘a qilgan edi.  Lutfulla Sa’dullayevning tug‘ilgan kuniga farzandlari syurpriz tayyorladi. Sovg‘ani ko‘rgan aktyor yig‘lab yubordi (video)
110
1,062
Madaniyat
Buxoroning etti tarixiy obidasi ICESCOning islom olami merosi ro`yxatiga kiritildi
Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi va Buxoro viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Islom olamining ta`lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Islom Olami Merosi ro`yxatiga kiritish maqsadida Buxorodagi 7 ta madaniy meros obektlarning tegishli nomzodnoma hujjatlari tayyorlanib Islom Olami Merosi Qo`mitasiga taqdim etilgan edi.   2021-yilning 29-iyun kuni Islom Olami Merosi Qo`mitasining to`qqizinchi onlayn majlisi bo`lib o`tdi. Uchrashuvda, Buxoro 2020-yilda “Islom olami madaniyati poytaxti” deb e`lon qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi nomidan taqdim etilgan nomzodnoma hujjatlari ko`rib chiqilib, Buxorodagi 7 ta, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag`oki Attor masjidi, Poi-Kalon ansambli, Qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasalari ICESCOning Islom Olami Merosi ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.   Onlayn tarzda o`tkazilgan majlisda shuningdek, Iordaniya (1 ta), Eron (5 ta), Bangladesh (3 ta), Jazoir (1), Iroq (5 ta), Falastin (7 ta), Qatar (3 ta), Kamerun (1 ta), Liviya (16 ta), Misr (3 ta), Marokash (6 ta) davlatlarida joylashgan obidalar ham Islom Olami Merosi ro`yxatiga kiritldi.   Shuningdek, kelajakda ushbu madaniy meros obektlarini restavrasiya qilish, ularni o`rganish va xalqaro miqiyosda keng targ`ib qilish bo`yicha ICESCO va Islom Olami Merosi Qo`mitasi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.
82
1,499
Madaniyat
Taniqli so‘z ustasi Shukrullo Isroilov birinchi marta bobo bo‘ldi
Taniqli so‘z ustasi Shukrullo Isroilov ilk bor bobo bo‘ldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. Shukurullo Isroilovning to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyun 3-dekabr kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonanda va qiziqchilar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilgan va Shukrullo Isroilovni nevara bilan tabriklagan. Shukurullo Isroilovning ikki o‘g‘li va bir qizi bor. Taniqli so‘z ustasi to‘ng‘ich o‘g‘li Humoyunni 2015-yili uylantirgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
65
615
Madaniyat
“Qaysi bir palid, ablah odam filmni efirda o‘zicha kesdi?”. Zulfiqor Musoqov “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirga ketgan “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmi haqida
O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissor Zulfiqor Musoqov “Berlin—Oqqo‘rg‘on” nomli to‘liq metrajli badiiy filmining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida namoyish etilishiga e’tiroz bildirdi. Bu haqda Facebook’dagi “Kino san’ati” sahifasiga ma’lum qilindi. Bizni, “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmi ijodkorlarini yangi ochilgan “O‘zbekiston tarixi” kanaliga taklif qilishib, filmimizni tomoshabinlarga ko‘rsatishidan xursand bo‘lgan edik. Lekin qaysi bir palid, ablah odam qonunni buzib, davlat mulki bo‘lgan filmni efirda o‘zicha kesganidan juda ranjidik. Afsus, endigina vujudga kelgan yangi telekanal faoliyatini bunaqa qing‘ir ishlar bilan boshlashi juda jirkanch hol... Kesilgan epizodlarni badiiy ma’nosi yo‘q qilindi. Bu atayin qilingan juda jiddiy qo‘poruvchilik xatti-harakati deb tushundim va ertagayoq bu haqda xohlagan joyda bu ishni kim qilganini talab qilaman va bizning huquqimiz buzilgani haqida bildiraman. Juda xafa bo‘ldik... Zulfiqor Musoqov, O‘zbekiston san’at arbobi, kinorejissor 2018-yilning dekabrida premyerasi bo‘lib o‘tgan “Berlin—Oqqo‘rg‘on” filmida 1941—1945-yillarda kechgan Ikkinchi jahon urushida o‘zbek millatining jasur va mard o‘g‘lonlari, shuningdek, front ortidagi O‘zbekiston xalqining ko‘rsatgan beminnat mehnatlari hamda insoniylik munosabatlari aks ettirilgan. Eslatib o‘tamiz, Zulfiqor Musoqov filmlari telekanallarda namoyish qilinishidan oldin kesilishi borasida MTRK raisiga murojaat qilgani, murojaatiga Alisher Xadjayev tomonidan “Bizda ahmoqlar juda ko‘p, aybdor topilib jazolanadi” degan javobni olgan edi.  Biz — tarix mevasimiz. “Berlin – Oqqo‘rg‘on” filmi shu haqda
153
1,606
Madaniyat
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Priyanka ilk bora rejissor Atli Brarning “Good Night Princess” filmi uchun shartnoma imzolagan. Bu 2000-yilda “Dunyo go‘zali” bo‘lishidan avvalroq sodir bo‘lgan. U bir oy mobaynida suratga tushgan, so‘ngra tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yana filmda ishlashni davom ettirgan. Ammo kartina ekran yuzini ko‘rmadi. Chunki prodyuserlar uni yakunlash uchun imkon topa olmagan. 2001-yilda Aziz Mirzo filmi uchun ham kelishuvlar bo‘lgan, ammo uning loyihasi ham to‘xtatilgan. Oxir-oqibat 2002-yilda “Thamizhan” filmida debyut qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ishonish qiyin, ammo Priyankaning “Bulutlar ustidagi muhabbat” debyut filmi namoyish etilishidan avval “Qahramon: ayg‘oqchining sevgi hikoyasi” filmida ham ishtirok etgan. Chopraning ota-onasi hind armiyasida shifokor bo‘lgan. Shuning uchun ham ular nafaqat Hindistonda, balki AQShda ham yashashiga to‘g‘ri kelgan. Priyanka Ayova, Massachusets va Nyu-Yorkda yashagan. Amerika maktablarida o‘qiyotganida aktrisa terisining rangi tufayli sinfdoshlari tomonidan ko‘p bora tanqidga uchragan. Priyanka juda yaxshi kuylaydi va ilk marotaba “G‘oliblik uchun tug‘ilgan” filmida qo‘shiq ijro etgan. Keyinchalik u o‘zining qobiliyatidan foydalanib, bir qancha taronalarini taqdim etgan. Priyanka Chopra Bollivudda salbiy rollarning eng yaxshi ijrochisi sifatida tan olingan ikkinchi aktrisadir. U Filmfare Awards mukofotini “Qarama-qarshilik” filmidagi ijrosi uchun olgan. Ushbu nominatsiyada g‘olib bo‘lgan yana bir aktrisa – Kajol edi. Shuningdek, Priyanka Chopra dunyo bo‘ylab mashhur “Maksim” jurnalining hind nashrida namoyish etilgan birinchi aktrisa bo‘lgan. Aktrisa Sasseks gersoginyasi Megan Marklning eng yaqin dugonasi. Ular 2016-yilda har yili o‘tkaziladigan Elle Women in television marosimida uchrashgan va shundan buyon juda yaxshi dugonalardir. Priyanka 2018-yil may oyida Megan hamda shahzoda Garrining nikoh marosimida ishtirok etgan. Priyanka shirinliklarni juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun hamisha yonida konfetlar olib yuradi. Shuningdek, gamburger, kartoshka fri va tanasko sousini sevib iste’mol qiladi. Priyankaning o‘ng bilagida otasining yozuvi bilan “Daddy lil girl” tatuirovkasi bor. U buni 2012-yilda otasining saraton kasalligi tufayli vafot etmasidan bir yil avval yozdirgan. Priyankaning uchta amakivachchasi bor – ular aktrisalar — Pariniti, Mira va Mannar Chopralar. 2017-yilda Chopra nufuzli Dadasaxeba Falke akademiyasi mukofotiga sazovor bo‘lgan. Chopra Instagram’da bosh vazir Narendra Modi va Amitabh Bachchandan ham kuzatuvchilari ko‘p bo‘lgan mashhur shaxs hisoblanadi. 2006-yilda Spin Master Toys UK o‘yinchoq kompaniyasi Priyanka Chopra nomi va qiyofasi asosida moda qo‘g‘irchog‘ini yaratgan. Qo‘g‘irchoqlar hindlarning an’anaviy libosida bo‘lib, juda noyob kolleksiya hisoblanadi. Uning to‘rt qirotli uzugi 200 ming dollar qiymatga ega. Uning sevimli filmlari “Jerri Maguayer”, “Tiffanidagi nonushta”, “Men sevganman”, “Chiroyli ayol” va “Bulutlarda sayr”dir.
88
2,955
Madaniyat
Faqatgina parhez emas: 48 yashar qirolicha Letitsiyaning kelishgan qomati siri nimada?
Ispaniya qirollik oilasi vakillaridan biri bo‘lgan qirolicha Letitsiya o‘ziga xos kiyinish uslubiga ega ekani hamda sarvqomatligi bilan barchani lol qoldiradi. U 48 yoshda ekaniga qaramay, qanday qilib qomatini go‘zal saqlab qolishga erishgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Ma’lum qilinishicha, qirol Filipp VI rafiqasi sport shaydosi — u har kuni kompleks jismoniy mashqlar bajaradi, ko‘p piyoda yuradi. Shuningdek, yoga va kuchli mashqlar bilan shug‘ullanishni ham kanda qilmaydi. “Qirolicha Letitsiya unga qomatini mukammal saqlashiga yordam beradigan ma’lum tartibga amal qiladi. U kuch sarflashni talab qiladigan mashqlar, piyoda yurish va yoga bilan shug‘ullanishni almashtirgan holda bajaradi”, — degan uning oilasiga yaqin manba. Mazkur so‘zlarni tasdiqlagan qirolichaning shaxsiy treneri Xose Ignasio Ernandes-Koronado bunday qomatga mashqlar bajaribgina erishish mumkinligini qo‘shimcha qilgan. “Haftada uch marta u qo‘l mushaklari ustida ishlaydi — qo‘llarni mustahkamlash kuch va sabr talab qiladi. Ammo qirolicha Letitsiya buni a’lo darajada uddalaydi. U kamdan kam hollarda rejimni buzadi, barcha tavsiyalarni puxta bajaradi”, — degan Xose. Qolaversa, Sarsuel saroyida faoliyat yuritadigan xodimlardan biri qirolicha kun tartibiga qat’iy ravishda rioya qilishi, bir vaqtda uyquga yotib, yana bir vaqtda uyg‘onishini, aniqrog‘i, soatlab jismoniy faollikka amal qilishini ta’kidlagan. “U erta, taxminan soat yettilarda uyg‘onadi va saroy hovlisida yuguradi. Shuningdek, treneri u uchun maxsus mashg‘ulotlar rejasini ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, og‘ir va kardiomashqlar almashgan holda bajariladi. Qirolicha avvalroq boks bilan shug‘ullangan”. Ammo istalgan mashg‘ulotlar ovqatlanish tartibiga amal qilingandagina samara beradi. Qirollik oilasiga yaqin manbalarning gapidan kelib chiqib xulosa qilinsa, qirolicha Letitsiya buni juda yaxshi biladi. Qirol Filippning rafiqasi O‘rta Yer dengizi parheziga amal qiladi va tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlar iste’molidan tiyiladi. “Baliq, tovuq, shuningdek, ba’zi sabzavotlar tarkibidagi oqsil mushaklar uchun muhim sanaladi. Shu sabab ham u oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qilishga alohida e’tibor qaratadi”, — degan Xose. Bundan tashqari, qirolicha Letitsiya yallig‘lanishni kamaytiradigan va qarishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishdan iborat Perrikone parheziga ham amal qilib turadi.
86
2,380
Madaniyat
AQShda “Qo‘zichoqlar sukuti” filmi suratga olingan uy sotuvga qo‘yildi
Rejissor Jonatan Demmining “Qo‘zichoqlar sukuti” nomli mashhur trilleri suratga olingan uy sotuvga qo‘yildi, biroq hali xaridorini topgani yo‘q. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Pensilvaniya shtatining Perriopolis shaharchasida joylashgan uch qavatli koshona avvaliga 300 ming dollarga baholandi, biroq xaridor topilmagach, bahosi 250 ming dollargacha pasaytirildi. “Uy ko‘pchilikka tanilgani uning tezda sotilishini kafolatlamaydi. Balki kimdir uni tomosha qilgisi kelar, lekin ko‘chmas mulk xarid qilish umuman boshqa narsa”, — deya ta’kidlaydi ekspert Erik Gyunter. Entoni Xopkins va Jodi Foster bosh rollarni o‘ynagan triller 1991-yili beshta “Oskar”ni qo‘lga kiritgan, 2011-yilda esa AQSh filmlari milliy ro‘yxatiga kiritilgandi.
70
734
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov: "Andijon polkasini YuNESKO ro`yxatiga kiritish bo`yicha harakatlar boshlangan"
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-30 aprel kunlari Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo`lib o`tmoqda.  Xabaringiz bor, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning topshirig`i bilan "Andijon polkasi" kuyi yaratilganining 100 yilligi "Andijon polkasi" raqs ansambli tashkil etilganining 65 yilligi munosabati bilan 25 apreldan boshlab viloyatda "Andijon polkasi" oyligi e`lon qilindi. Unga ko`ra, barcha tashkilot va muassasa rahbarlari, ya`ni o`zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlar jamoasi hamkasblari bilan har kuni "Andijon polkasi"ga raqs tushishni odat qilishlari kerak.   Xiva shahrida o`tkazilayotgan «Lazgi» xalqaro raqs festivalida ishtirok etayotgan darakchi.uz muxbiri Karimjon Zaripov xabar berishicha,  festival doirasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov OAV vakillarining qator savollariga javob qaytardi.  Nazarbekov intervyu davomida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning o`zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlarga har kuni «Andijon polkasi»ga raqsga tushish topshirig`iga nisbatan munosabat bildirarkan, «Bu juda ham yaxshi tashabbus, buni qo`llab-quvvatlayman», deya javob bergan. Shuningdek, u «Andijon polkasi»ni O`zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritish borasida harakatlar boshlangani va bu davom etayotganini qayd etgan. «Nomoddiy madaniy meroslarimizni YuNESKOga kiritish maqsadida har yili tashkilotga yangi-yangi ro`yxatlar kiritib, takliflarimizni bildirib boramiz. Oxirgi paytlarda bir qancha noyob meroslarimiz qatori «Andijon polkasi» ham taklif qilinmoqda. Jarayon allaqachon boshlangan va bu davom etyapti. O`ylaymanki, YuNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha hukumatlararo qo`mitasi yaqin yillar ichida «Andijon polkasi»ni ham ro`yxatga olish bo`yicha qaror chiqaradi. Bu raqsimiz ham tarixga muhrlanadigan asarlardan biri», — degan madaniyat vaziri.
98
1,928
Madaniyat
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova xonadoniga tashrif buyurdi (video)
Bugun, 29-iyun kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyorlari bilan birga To‘ti Yusupovaning holidan xabar olgani aktrisa xonadoniga tashrif buyurdi. “Bugun O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek milliy akademik drama teatri onaxon aktrisasi To‘tixonim Yusupovani yo‘qladik. Hamisha el ardog‘ida bo‘lgan To‘ti aya bilan suhbatlashdik. Ustoz san’atkor haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlar asossiz, sevimli onaxon aktrisamiz shogirdlari e’zozida. Ustozlarini o‘z onalaridek parvarishlayotgan shogirdlarining mehribonligi To‘ti ayaning teatrdagi bir necha yillar davomidagi ustozlik zahmatlarining samarasidir. Muborak 85 yoshni qarshi olgan onaxon aktrisa bilan suhbatimiz davomida teatr sahnasi, tasvirga olish jarayonlaridagi qiziq voqealarni tingladik. Ta’kidlash kerakki, teatr sahnasida 65 yil davomida turli obrazdagi betakror siymolarni jonlantirgan aktrisa bir necha kinofilmlar, teleseriallarda ham o‘z ijodiy “muhri”ni qo‘ya olgan sanoqli san’atkorlardan biridir. Sir emaski, bolaligimizda ekran qarshisidan qimirlamay tomosha qilganimiz “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklidagi Sotti obrazi bugungi avlod tomonidan ham sevib ko‘riladi. Birgina, “Abdullajon” kinofilmdagi obrazi ham To‘ti Yusupova siymosida o‘zbek ayolini dunyoga tanitdi. Bu kabi misollarni yuzlab keltirishimiz mumkin. Onaxon san’atkorimiz bilan kechgan samimiy suhbatimiz tugashini istamasakda, vaqt o‘z hukmini aytdi. To‘ti ayaga sog‘lik-omonlik, yana bir necha yillar, el ardog‘ida bo‘lib yurishini tilab xayrlashdik”, — deb yozadi Ozodbek Nazarbekov. Eslatib o‘tamiz, 27-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova 85 yoshida vafot etganligi haqidagi xabar tarqalib, keyinchalik bu ma’lumot yolg‘on ekanligi ma’lum qilingandi.
110
1,779
Madaniyat
“Arslon izidan” filmi iyul oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyul oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Iyul oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jahongir Ahmedovning “Onam bilmasin” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Begunoh”, “Voy dod 2”, “Shikast”, “Ahmadboy va Rahmatboy” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama) Rejissor – Aziz Rametov 2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya) Rejissor – Azamat Axrorov 3-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya) Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov 4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya) Rejissor – Otabek Mirzaxolov 5-o‘rin. “Onam bilmasin” (komediya) Rejissor — Jahongir Ahmedov
103
1,149
Madaniyat
O‘zbekistonda Qozog‘iston Milliy muzeyi bilan hamkorlikda ko‘rgazma o‘tkaziladi
11-aprel kuni soat 17:00 da O‘zbekiston davlat san’at muzeyi Qozog‘iston Milliy muzeyi bilan hamkorlikda “Oltin odamning dunyo muzeylari bo‘ylab yurishi” nomli xalqaro ko‘rgazma loyihasi doirasida “Buyuk dasht merosi: zargarlik san’ati durdonalari” ko‘rgazmasi o‘tkazadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Xabarda aytilishicha, ko‘rgazma o‘tkazilishidan maqsad qardosh xalqlarni Yevrosiyo Buyuk dasht hududining ilk temir davridagi madaniy merosi bilan tanishtirishdan iborat. Unda miloddan avvalgi 7—6-asrlarga oid oltindan ishlangan buyumlar, Issiqqo‘rg‘onda topilgan Sak jangchisining to‘liq libosi namoyish etiladi. Ko‘rgazmaning asosiy eksponati “Oltin odam” bo‘lib, u 1969-yilda Issiqko‘lda topilgan. Dafn etilgan joyda arxeologlar umumiy hisobda yana 4500 ta taqinchoqlar topgan. Firavn Tutanxamondan so‘ng bu qabrlardan eng ko‘p miqdorda topilgan oltin buyumlar hisoblanadi. Hozirda “Oltin odam” butun dunyoga mashhur bo‘lib, Qozog‘iston respublikasi ramzi hisoblanadi. Shuningdek, ko‘rgazmada Qozog‘iston Milliy muzeyining kolleksiyalaridagi ayollar kumush taqinchoqlari to‘plami namoyish etiladi. Unda 19 —20-asrlarning o‘rtalariga tegishli bo‘lgan 170 dan ortiq zargarlik buyumlarini o‘z ichiga oladi.
79
1,237
Madaniyat
Nega «semazen»larning boshi aylanmaydi? So`fiylarning Samo raqsi haqida nimalar ma`lum?
Samo raqsi Mavlono Jaloliddin Rumiy (1207-1273) ilhomi bilan yaratilgan va rivojlangan dunyodagi eng sirli raqs sifatida tanilgan. Mavlonoga esa, Shams Tabriziy o`rgatgandir. Darhaqiqat, chuqurroq qaralsa, bu Mavlaviy darveshlarning zikr marosimidir. Nay kabi nozik cholg`u asboblari jo`rligida qo`llarini ikki tomonga ochib, o`ng kaftini osmonga, chap kaftini erga qaratib, Hudodan olib, xalqqa berish kabi tushuniladigan marosim sifatida umumlashtirish mumkin. Bu erda musiqa mulohaza qilishga yordam beruvchi vositadir. Vaqti-vaqti bilan sayyohlik namoyishi sifatida qabul qilingan Samo aslida chuqur ma`nolarga ega bo`lgan va asrlar davomida yashab kelayotgan bir marosimdir. Nega aynan aylanish? Chunki borliqning asosiy sharti aylanishdir. Elektronlar yadro atrofida 1000 dan 100 000 km gacha tezlikda aylanadi. Massalari bir-biridan farq qilmaydigan elektronlar turli energiya darajalariga ega va 7 xil orbitalda aylanadi. Elektronning bu tez va cheksiz aylanishi mavjud bo`lgan hamma narsaning mohiyatidir. Koinotdagi hamma narsa bu aylanish tufayli omon qoladi. Yulduzlar, sayyoralar, tanadagi qon, erdagi hayot, hamma narsa uyg`unlikda aylanadi. Kiyimlar va ularning ma`nolari Tennure (oq kiyim) poklik va nafsning kafani, Sikke, darvesh toji (uzun bosh kiyimi), nafsning qabr toshini, qora nimcha esa ruhning ramzidir. Quloqlar tangalar bilan yopilgan, Bu esa, dunyoni eshitmasdan yolg`iz Allohga yuzlanishni ifodalaydi. Samo raqsiga raqs tushuvchi darveshlarga «semazen», Samo o`ynaladigan joyga «samoxona» deyiladi.Samoxonaning doirasimonligi Koinotning timsolidir. Nega «semazen»larning boshi aylanmaydi? Aylanayotgan darveshlar huddi erning 23 darajalik burchagi kabi boshlarini 20-25 daraja chapga burishadi. Bu egilish ichki quloqqa ta`sirlarni neytrallashtiradi va bosh aylanishiga olib kelmaydi. Shu bilan birga, ular faqat bir nuqtaga, chap qo`lning bosh barmog`iga qarashadi. Ular atrofdagi narsalarga ahamiyat bermaydilar, ular hamma narsani tuman holatida ko`rishadi.  Nay ilohiy nafasni ifodalagani uchun puflanadi. Darveshlar bir vaqtning o`zida kaftlari bilan erga urishadi. Bu zarba qiyomat kuni va Sirot ko`prigini anglatadi. Darveshlarning o`rnidan turishlari Koinot shakllanganidan dalolatdir. Ko`rib turganingizdek, bu raqs oddiy, ko`ngilochar raqs emas, balki, har harakatida ilohiy ma`no yashiringan raqsdir.
87
2,341
Madaniyat
Neslihan Atagul kasal bo‘lib qoldi, Kivanch Tatlitug‘ning yangi serialdagi partnyori. Turk kinosi yangiliklari
Muxlislar qalbidan joy olgan turk kinosanoati ijodkorlari shaxsiy hayoti va karyerasida yuz bergan yangiliklar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Aktyor Kivanch Tatlitug‘ bilan bog‘liq sud jarayoni yakuniga yetdi. U soliqlarni to‘lashda bo‘yin tovlashda ayblangandi. Advokat barcha zarur hujjatlarni taqdim qilganidan keyin aktyorning aybsiz ekani o‘z isbotini topgan. Kivanchning Netflix internet platformasi uchun suratga tushishi kutilayotgan “Bir dengizosti qayig‘i hikoyasi” serialida Ozge Ozpirinchji bilan birga suratga tushishi ma’lum bo‘lgan. Suratga olish ishlari 30-yanvardan boshlanadi. Neslihanning tobi qochgani tufayli “Elchining qizi” serialining ssenariysiga biroz o‘zgartirish kiritiladi, ammo suratga olish ishlari to‘xtamaydi. Gold film tomonidan taqdim qilinayotgan “19 yosh” serialining nomi “Ma’sumlik”ka o‘zgartirildi. Suratga olish ishlari allaqachon boshlangan filmning premyerasi qachon bo‘lishi ma’lum emas. Zerrin Tekindor “Mo‘jizakor shifokor” serialining suratga olish jamoasiga kelib qo‘shildi. Italiyaning Chi jurnalida aktyor Jan Yamanning boshlovchi Diletta Leotta bilan birga tushgan surati e’lon qilindi. Ma’lum qilinishicha, munosabatiga uch hafta bo‘lgan juftlik Instagram orqali tanishgan. Serkan Chayog‘lu “Kiprdagi qish” serialida suratga tushish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Suratga olish jamoasi ayni vaqtda orolda 10 kunlik karantinga olingan. Dunyo go‘zali deb e’tirof etilganiga ko‘p bo‘lmagan Xande “Eshigimni qoq” filmining suratga olish jarayoni orasidagi tanaffusda Instagram tarmog‘ida o‘zining suratlari bilan bo‘lishishda davom etmoqda.
110
1,612
Madaniyat
Turkiyalik rejissor Alisher Navoiyga bag‘ishlangan hujjatli film suratga oldi
Turkiyalik rejissor Husayn O‘zben tomonidan “Dunyo adabiyotining chinori” nomli hujjatli film suratga olingan, deb xabar beradi O‘zA. 8-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag‘ishlab Alisher Navoiy nomidagi kino saroyda mazkur hujjatli filmning taqdimot marosimi o‘tkazildi. – Filmda turkiy adabiyotning ulug‘ chinori, dunyo shoiri Alisher Navoiyning hayoti va ijodi turk hamda o‘zbek navoiyshunos olimlari tomonidan keng tarannum etiladi. Odatda har bir shoirning bitta devoni bo‘ladi. Alisher Navoiyning to‘rt devoni bor: Bolalik, Yoshlik, Balog‘at va Keksalik devoni. Navoiy tazkiralarida yuzlab shoir, adiblar tilga olingan. Bulardan 170 tasi turkiydir. Ilk bora 170 turkiyzabon adiblarining hayotini tushuntirgan Navoiy bo‘ldi. Bugungacha ko‘plab filmlar oldim. Biroq bunisining o‘rni bo‘lak. Shuning uchun filmni avval sizlarning e’tiboringizga havola etishga ahd qildim. Bir necha kundan keyin Turkiyada premyerasi bo‘lib o‘tadi, – deydi rejissor Husayn O‘zben. Film ssenariy muallifi – professor Mehmet O‘zturk, mas’ul muharrir – Husayn O‘zben, maslahatchilar – professor Mustafo Kochalin, professor Nodirxon Hasanov. Tarjimon – Abdumurod Tilavov, muharrir – Olimjon Davlatov.
77
1,204
Madaniyat
Instagram: Misrliklarni arabcha raqsi bilan lol qoldirgan Shahlo, “Mendirman Jaloliddin” serialiga taklifni rad etgan Zarina Nizomiddinova, qimmatbaho mashina olgan Qilichbek Madaliyev
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Milliy teatrning aktyorlari koronavirusga test topshirdi. Hulkar Abdullayeva yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Munisa Rizayeva baxt va omadga sazovor bo‘lish uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligi haqida yozdi. Shohjahon Jo‘rayev otasiga atab “Siz otamni duo qiling” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi. Asal Shodiyeva Sharm ash-Shayxdan ko‘rinish berdi. Asal bilan birga Sharm ash-Shayxda dam olayotgan “Bravo”chi Shahlo mehmonxonada o‘tkazilgan Miss Hotel—2021 tanlovida ishtirok etdi. U ijro etgan arabcha raqs sayyohlarga manzur bo‘ldi hamda tanlovning birinchi o‘rni Shahloga nasib etdi. Rayhon Asadova sahifasiga yangi surat joyladi. Gollivud aktyori Jeyson Stetxem turkiyalik mashhur oshpaz Nusretning Beverli-Hillzdagi restoraniga bordi. Rayhon G‘aniyeva DJ Piligrim bilan yuz bergan tushunmovchilik xayrli yakun topganini ma’lum qildi. Zarina Nizomiddinova hozirgi o‘zbek seriallari haqida fikr bildirdi, shuningdek, “ Mendirman Jaloliddin” serialiga taklifni rad etganidan afsuslanmasligi haqida gapirdi. Qilichbek Madaliyev Kia K5 avtomobilini sotib oldi. Ushbu avtomashina narxi komplektatsiyasiga ko‘ra 259 million so‘mdan boshlanadi. Aktrisa Vazira Yunusova aktrisa bo‘lib ishlashi uchun organda ishlagan eri unga qanday talablar qo‘ygani haqida so‘zlab berdi.
184
1,421
Madaniyat
“Via Marokand”ning “O‘zbekkonsert” tomonidan bachkana deb topilgan klipi Zo‘r TV’da namoyish etilmoqda
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash bo‘yicha badiiy kengashi yig‘ilishida “Via Marokand” guruhining “Turist” deb nomlangan video klipini ko‘rib chiqqan edi. Badiiy kengash yig‘ilishida “Turist” qo‘shig‘ining matni mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkinligi ta’kidlangandi. Bundan tashqari, qo‘shiq so‘zlarida “Ram pa papam tara tira tira tam” so‘zlari she’riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etilgan edi. “O‘zbekkonsert” tomonidan “qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etilgan”, “Turist” video klipi Zo‘r TV telekanalida namoyish etilmoqda. Ma’lumot uchun, “Via Marokand” guruhi prodyuseri, aktyor va rejissor Javlon Shodmonov Zo‘r TV telekanalidagi bir qator ko‘rsatuvlarga boshlovchilik qiladi.
102
1,048