folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
O‘zbekistonda kitoblari eng ko‘p chop etiladigan adiblar nomi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nashriyotlarda 2018-yil davomida kitoblari eng ko‘p chop etilgan mualliflar o‘nligi e’lon qilindi. Unga ko‘ra hozirda quyidagi mualliflarning asarlari nashr etilish bobida yetakchilik qilmoqda. O‘tkir Hoshimov; Abdulla Qodiriy; G‘afur G‘ulom; Azamat Qorjovov; Cho‘lpon; Oybek; Tohir Malik; Nurali Qobul; Nabijon Hoshimov; Xudoyberdi To‘xtaboyev. Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi Muhiddin Omonovning aytishicha, 2018-yilda nazorat nusxalari taqdim etilgan kitoblarning 48 foizini badiiy adabiyotlar tashkil etdi. Bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan bosma mahsulotlar ko‘lami esa 4 foizga ham yetmadi.
75
703
Madaniyat
Manzura hayotiga qilingan suiqasd, qo‘lini so‘ragan hamkasbiga rad javobi bergani va eng qimmat kliplari haqida (video)
Xonanda Manzura “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Manzura suhbat davomida hayotida sodir bo‘lgan voqealar haqidagi qisqa savollarga qiziq javoblar berdi. — Manzuraning hayotiga suiqasd bo‘lganmi? — Bundan yigirma yilcha avval to‘yda jamoadagi bolalarimni urmoqchi bo‘lib, pichoq bilan kelib, o‘ldirib yubormoqchi bo‘lishgan. Men ham juda “duxi” baland qiz edim. Otdan tushsam ham, egardan tushmaganman. Ular nima degan bo‘lsa, xuddi shunday javob qaytarganman. Har xil gap-so‘zlardan so‘ng, ular bizni qo‘yib yuborishgan. Ular bizni o‘rab olib, asir qilib qo‘yishgandi. Ma’murimni tepishgan edi. Bunday holatlar eslasak, ko‘p chiqaveradi. — Manzura necha yoshigacha kuylamoqchi? — Juda yaxshi savol. Ammo buni aniq bilmayman. Ulug‘ yoshlargacha kuylab yurish bu juda ham yaxshi. Xalq bilan, muxlislar bilan bo‘lasiz. Ovunasiz. Lekin aynan ayol xonandalarga qarigan vaqtida o‘zining farzandi bo‘lishini, farzandlari unga yaxshi munosabatda bo‘lishini tilagan bo‘lardim. O‘zimga ham bu nasib etishini niyat qilaman. — Shou-biznes vakillari orasida Manzuraning qo‘lini so‘raganlar bo‘lganmi? — Bo‘lgan, desam ham bo‘ladi, ammo rad javobini berganman. Chunki bu hayotga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblaganman. San’atkorlarga munosabatim juda zo‘r. Lekin bitta sohadagi insonga turmushga chiqishni xohlamaganman. — Manzura videokliplar suratga olishga qancha pul sarflagan? — Qimmat kliplarimiz juda ko‘p bo‘lgan. Ularga 6,5 ming dollardan 7,5 ming dollargacha pul ketgan. Adashmasam, kliplarimizga shu atrofda pul sarflardik. — Manzura Davron Kabulovga gonorar berganmi? — Davron Kabulov bilan hamkorlik qilganmiz. Menimcha, berganman, balki bermaganmanmi, aniq esimda yo‘q. — Manzuraning birinchi gonorari qancha bo‘lgan? — 1997-yillarda 100 dollarga xizmatga chiqqanimni eslay olaman. “Osiyo” degan guruhimiz bo‘lgan. Bu guruh juda zamonaviy bo‘lgan. — Manzura uyini qanday sotib olgani haqida. — Ba’zida qo‘shiqchilarning boshqa biznesi bo‘ladi. Bir xillarining ota-onasi boy bo‘ladi. Biz opam bilan boshqa biznes qila olmaganmiz. Kliplarimga, reklamalarga o‘zim pul to‘laganman. Bular uchun ham katta pul sarflaganman. Masalan, to‘ydan pulni olib, televideniyega beraman, shu pulni olib rejissorga, ovoz yozishga, xullas, o‘zimda kundalik xarajatlar uchun pul qolgan, xolos. Biz ham har bir o‘zbekka o‘xshab sekin-sekin uyning pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga sotib olganmiz. Birdan sotib olishga imkonimiz yetmagan.
119
2,496
Madaniyat
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning 70 yilligi munosabati bilan xotira kechasi o‘tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, shoir Mirzo Kenjabek, tarjimon Yevgeniy Abdullayev va boshqalar Tog‘ay Murod o‘z asarlarida milliy qahramonlar, milliy dunyoqarash, ma’naviyat va qadriyatlarga doir dolzarb mavzu-muammolarni ko‘tarib chiqqani haqida so‘z yuritdi. Ta’kidlanganidek, atoqli adib Tog‘ay Murod o‘ziga xos ijodiy uslubi, o‘lmas asarlari bilan milliy adabiyot xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Momo yer qo‘shig‘i” kabi qissalari milliyligi va o‘ziga xosligi bilan o‘z o‘quvchilarini topdi. “Otamdan qolgan dalalar” romani uchun 1994-yili yozuvchiga Abdulla Qodiriy nomidagi davlat mukofoti berildi. Tog‘ay Murod nafaqat iste’dodli yozuvchi, balki, mohir tarjimon ham bo‘lgan. U Jek Londonning “Boyning qizi” dramasi, Ernest Seton-Tompsonning “Yovvoyi yo‘rg‘a” asarini o‘zbek tiliga o‘girgan. So‘nggi yillarda adibning asarlari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, chet tillariga tarjima qilinayotir. “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romani 2016 yili fransuz tilida chop etilgan bo‘lsa, “Ot kishnagan oqshom” va “Oydinda yurgan odamlar” qissalari joriy yilda Moskvada rus tilida “Tarlan” nomi bilan chop etildi. Xotira kechasida Turkiyaning Otaturk universiteti professori Husayn Boydemir, Fransiyaning Le-Man universiteti professori Mishel Bushar, rossiyalik yozuvchi, shoir Vadim Muratxanov singari olim va ijodkorlarning Tog‘ay Murod asarlari haqidagi fikr-mulohazalaridan iborat videorolik namoyish qilindi. Tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari ijrosida adibning “Oydinda yurgan odamlar” asari asosida sahnalashtirilgan ko‘rinish namoyish etildi.
98
2,006
Madaniyat
“Hosilboyga boshqa aktyor tasdiqlangan edi”. Furqat Fayziyev “Shaytanat”dagi roli haqida (video)
Aktyor va rejissor Furqat Fayziyev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Furqat Fayziyev suhbat davomida “Shaytanat” serialidagi Hosilboy roli haqida shu vaqtgacha hech kimga ma’lum bo‘lmagan voqealarni ma’lum qildi. Bir kuni uyga kelsam, onam rahmatli seni Jamshid akang qidirib keldi, dedilar. ‘Qalqon’ studiyasiga bordim, studiya rahbari Yodgor Sa’diyev edi. Xullas, shunaqa, yangi serial suratga olyapmiz, rejissor Jahongir Qosimov suratga olyapti. Sen Hosilboy rolini o‘ynashing kerak, dedilar. ‘Shaytanat’ asari taxminan nima haqida ekanligini bilardim, ammo hali o‘qib chiqmagan edim. Ozgina vaqt beringlar, o‘ylab ko‘ray, dedim, o‘ylashga vaqt yo‘q, ertaga syomka boshlanadi, dedilar. Aslida, bu rolni o‘ynashi kerak bo‘lgan aktyor kasal bo‘lib qolganmidi, qayergadir ketganmidi, xullas, Hosilboy rolini Rustam Urazayev ismli aktyor ijro etishi kerak edi. Rustam Urazayevni ‘o‘zbekistonlik Alen Delon’ deyishardi, ozg‘in, kelishgan, ko‘k ko‘zli aktyor edi. Ular hozir Rossiyada yashab, rejissorlik qilmoqdalar. Menga Amerikaning uchta filmi yoqadi. Bular Fransis Ford Koppolaning filmlari, ‘Cho‘qintirgan ota’ filmi, bu filmdagi Sonni Korleone rolidan nimadir oldim, Jahongir Qosimov ko‘rsatgan yo‘nalish bo‘yicha fikrladim. Xullas, shunday qilib Hosilboyvachcha obrazi paydo bo‘ldi. Hosilboy sochini ayyorlik bilan silash odati syomka jarayonida paydo bo‘lgan. Suratga olish jarayonida obrazimga nimadir kamdek tuyulavergan, oxiri shu fikr xayolimga kelgan va buni eslab qolish kerak ekan, deganman. Hosilboyvachcha terma obraz bo‘lgan. Asar muallifi Tohir Malik ham bu qahramoningni 4-5 ta jinoyatchilardan olib yozganman, bu terma personaj bo‘lgan, degandilar. Men ham boshqa film qahramonlaridan olganman, keyin o‘zimning tuzilishim bor, o‘zimning fiziologiyamni qo‘shdim. Mana shunaqa terma Hosilboy paydo bo‘ldi. Yaxshi chiqdimi, yomon chiqdimi, bilmayman. Bu serialning suratga olinganiga yigirma yildan oshdi, tomoshabinga ham ma’qul kelgan ekan, demak, biz bekor ishlamabmiz. Furqat Fayziyev, aktyor, rejissor Furqat Fayziyev “Shaytanat” asari muallifi Tohir Malikning serialdagi Hosilboy roliga munosabati qanday bo‘lganligi haqida gapirdi. ‘Shaytanat’ serialidan oldin biz Tohir Malik bilan birga hujjatli filmda ishlagan edik. ‘Shaytanat’ning birinchi kunida Tohir Malik bilan uchrashib, Tohir aka, qahramonimga mana bunday yondashmoqchiman, rejissor bunaqa narsalarni qo‘shgan, siz nima deysiz, deganimda u kishi juda ham bir ajoyib gap aytganlar, men o‘zimning ishimni qilib bo‘ldim, endi sizlar qilinglar, degandilar. Furqat Fayziyev, aktyor, rejissor
96
2,651
Madaniyat
Jahon yulduzlari koronavirusga qarshi kurashishga qancha mablag‘ ajratdi?
Koronavirusga qarshi kurashishda boshqa soha vakillari singari yulduzlar ham jonbozlik ko‘rsatmoqda. Cosmopolitan nashri mashhurlarning virusga qarshi kurashish uchun qancha mablag‘ sarflagani va qanday xayriya ishlarini amalga oshirganini e’lon qildi. Peris Hilton​ Hiltonning oilasi tomonidan pandemiyadan jabrlanganlarga 10 million dollar ajratilgan. Mablag‘ning ma’lum qismi Los-Anjeles va Afrikadagi turar joyi yo‘qlar uchun sarflanadi. Pink Xonanda va uning 3 yashar o‘g‘li Jeymsda virus aniqlanganidan keyin ushbu kasallikka qarshi kurashish uchun million dollar ajratgan. Pulning yarmi Filadelfiya universiteti gospitaliga qarashli tez yordam jamg‘armasiga, qolgan qismi Los-Anjelesdagi koronavirusga qarshi kurashish fondiga sarflangan. Leonardo Di Kaprio Aktyor Amerika oziq-ovqat fondiga 12 million dollar o‘tkazish maqsadida Stiv Jobsning turmush o‘rtog‘i Loren Pauell Jobs va Ford fondi bilan hamkorlik qilgan. Mazkur mablag‘lar muhtojlarga oziq-ovqat yetkazib berishga sarflangan. Shon Penn Aktyor o‘ziga qarashli CORE notijorat tashkiloti orqali Los-Anjelesda koronavirus test sinovini o‘tkazish markazini ochishga yordam bergan. Ushbu markazda kasallanish ehtimoli bo‘lganlar uchun bepul tekshiruv amalga oshiriladi. Rianna 21-mart kuni o‘ziga qarashli jamg‘armadan 5 million dollar, 31-mart kuni esa million dollar xayriya qilgan. Ushbu mablag‘lar tibbiyot xodimlariga maxsus kiyimlar sotib olish va koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishga sarflanadi. Selena Gomes Selena 2017-yilda o‘ziga buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti o‘tkazilgan Los-Anjelesdagi shifoxonaga moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Anjelina Joli Aktrisa koronavirus sabab oziq-ovqat ta’minotida muammo kuzatilayotgan bolalar uchun million dollar xayriya qilgan. Kayli Jenner Kayli himoyalanish uchun zarur vositalarni sotib olish uchun million dollar ajratgan. Unga javoban shifokorlar cheksiz minnatdor ekanini izhor qilgan. Lebron Jeyms Mashhur basketbolchi Ogayo shtati, Ekron shahridagi 1300 oilaga meksika oshxonasidan bepul tushlik tarqatgan. Kardi Bi Amerikalik xonanda Kardi Bi koronavirusdan jabrlangan ming nafar muxlisiga 1000 dollardan tarqatishini ma’lum qilgan. Xonanda 20-mayga qadar umumiy summa million dollarga yetmaguncha har soatda kimgadir ming dollar o‘tkazib beradi. Kim Kardashyan Model o‘ziga qarashli SKIMS kiyim brendi orqali koronavirus tufayli murakkab vaziyatda qolganlar uchun 1 million dollar xayriya qilgan. Mayli Sayrus Amerikalik qo‘shiqchi Mayli Sayrus Kodi Simpson juftligi 5-aprel kuni Los-Anjelesdagi shifoxonalarning biridagi tibbiyot xodimlariga 120 o‘ram bepul tushlik tarqatgan. Jorj Kluni 58 yoshli Gollivud aktyori Jorj Kluni hamda uning 42 yoshli rafiqasi Amal virus bilan kurashish uchun shaxsiy mablag‘laridan bir million dollardan ko‘proq pul ajratdi.  Virusdan chiroyli himoyalanishni istovchilar uchun brendlar noodatiy niqoblar ishlab chiqara boshladi (foto)
73
2,910
Madaniyat
“Kamar taqing, bu hayotingingizni saqlab qolishi mumkin”. Gonkong politsiyachilari ishlagan klip Facebook’da bir milliondan ortiq marta ko‘rildi
Gonkong politsiyachilari internetda xit darajasiga ko‘tarilgan The Story Of Pen Pineapple Apple Pen qo‘shig‘iga o‘xshatma klip oldi. Huquq-tartibot xodimlari klip uchun asos sifatida qo‘shiq mazmunini oldi va undagi so‘zlarni “kamar” (belt) va “to‘qa”ga (buckle) almashtirib, ularni birlashtirish va taqib olishni (buckle up) taklif etdi. “Kamar taqing, bu hayotingizni saqlab qolishi mumkin”, — deyiladi rolik yakunida. Video 28-sentabr, chorshanba kuni Gonkong politsiyasining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi va ikki kun mobaynida bir milliondan ortiq marta ko‘rildi. Ma’lumot uchun, yaponiyalik ijrochi Piko-Taroning The Story Of Pen Pineapple Apple Pen qo‘shig‘iga olingan original klip Facebook’ning o‘zida kamida 60 million marta tomosha qilingan.
144
761
Madaniyat
Sardor Milano Mayamidagi choyxonada chiqish qildi
“Glavnaya ssena” teleloyihasining g‘olibi Sardor Milano Amerikaga qilgan tashrifi vaqtida NBC telekanaliga ingliz tilida ilk bor intervyu bergani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Sardor Milano tashrif davomida Mayami choyxonasida chiqish qilgan. Ushbu chiqishdan olingan videolavhani “Myday.uz” saytining Facebook’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
49
364
Madaniyat
Instagram: Munisa — madaniyat va san’at fidokori, Hosila Rahimovani ko‘rgani kelgan minglab odamlar, Kanizaning “sirli” oshig‘i
O‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Ozarbayjonlik taniqli turkiyzabon xonanda Nahide Babashli Zohirshoh Jo‘rayevning “Yaxshi ko‘rib qoldimda” qo‘shig‘ini kuyladi. Xonanda Lola Dubayda oilasi bilan hordiq chiqarmoqda. View this post on Instagram Zarina Nizomiddinova folloverlarini kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi. View this post on Instagram DJ Piligrim rafiqasi va farzandlari bilan tushgan yangi suratlari bilan bo‘lishdi. Aktrisa Nargiza Abdullayeva biznesga qo‘l urdi. U matolar do‘konini ochdi. Aktrisa Feruza Normatova Hamdam Sobirovning “Lola” qo‘shig‘iga ishlangan klipda suratga tushdi. View this post on Instagram 26-dekabr kuni bir guruh san’atkorlar Madaniyat va san’at fidokori ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. View this post on Instagram Munisa Rizayeva uyi oldida yupun kiyimda o‘zini uch kun kutgan muxlisi bilan uchrashdi. Hosila Rahimova shu kunlarda turli viloyatlarda o‘tkazilayotgan hosil bayramlarida qo‘shiq kuylamoqda. Alisher Fayz aktrisa Dilnoza Kubayeva bilan duet ijro etdi. View this post on Instagram Kaniza o‘ziga ulkan guldasta, sharlar va sovg‘a yuborgan “sirli” oshig‘iga minnatdorchilik bildirib, turkchalab “Bilaman, buni sen qilding, sevgilim Azizov” deb yozib qoldirdi
127
1,390
Madaniyat
Shahzodani qayerdan topish mumkin? Qirollik oilasi vakillari turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgan?
Inson o‘z baxtini qachon va qayerda topishi noma’lum. Ammo bir narsa aniq, har qanday tasodifiy uchrashuvlar bir umrlik va jiddiy munosabatlarga sababchi bo‘lishi mumkin. Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton Juftlik Sent-Endryuss universitetining birinchi kursida o‘qiyotgan vaqtida tanishgan. Keyt samimiy tabassumi va maftunkorligi bilan shahzoda e’tiborini tortgan. 10 yildan ortiq vaqt davomida janjallashib, qayta yarashib yurgan juftlik munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlashga qaror qilgan. Shahzoda Garri va Megan Markl Umumiy do‘stlari tomonidan taklif qilingan ziyofatda uchrashgan juftlik suhbat davomida yaxshi chiqishib, ertasi kuni ko‘rishishga ahdlashgan. Bir yarim yil uchrashib yurgandan keyin unashtirilgan va yana yarim yil o‘tib oila qurgan. Shahzoda Charlz va Kamila Parker-Boulz Diana bilan uchrashguniga qadar Kamila Charlzning yaxshi ko‘rgan qizi bo‘lgan. Ular 1970-yil polo musobaqasida tanishgan. Bundan xabar topgan qirolicha ushbu sevgi hikoyasiga nuqta qo‘yish uchun o‘g‘lini dengiz harbiy xizmatiga jo‘natgan. Kamilla esa Endryu Parker-Boulzga turmushga chiqqan. Charlz Dianaga uylanganidan keyin ham uchrashishda davom etgan juftlik “qalblar malikasi”ning vafotidan keyin 2005-yilda turmush qurgan. Shahzoda Charlz va Diana Spenser Juftlik Charlz bulduruq ovi uchun Spenserlarga qarashli yerga borganida tanishgan. Bu vaqtda Diana 16, shahzoda Charlz esa 28 yoshda bo‘lgan. Ular to‘yiga qadar bir-yo‘g‘i 13 marta uchrashgan. Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp Qirolicha 13 yoshida 18 yoshli Filipp bilan tanishgan. Filipp Yelizaveta va uning singlisi Margaret uchun dengiz qirollik kollejida ekskursiya tashkil qilgan. Do‘st sifatida uchrashib yurganidan keyin o‘rtalarida iliqlik paydo bo‘la boshlagan. Qirolicha 21 ga kirganidan keyin esa 1947-yilda unashtiruv ko‘p o‘tmay esa to‘y marosimi bo‘lib o‘tgan. Malika Anna va Mark Filips Qirolichaning qizi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan ot minish musobaqasida tanishgan. 1973-yilda turmush qurgan juftlik oradan 20 yil o‘tib munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Shahzoda Edvard va Sofi Riz-Jons Qirolichaning kichik o‘g‘li bo‘lajak rafiqasi bilan 1987-yilda mehmonga borganida tanishgan. Keyingi uchrashuv esa 1993-yilda xayriya tadbirida bo‘lgan va juftlik bir-birini yoqtirib qolgan. Oradan 6 yil o‘tib esa turmush qurgan.
101
2,312
Madaniyat
Gollivud yulduzlarining kelishgan tansoqchilari (foto)
Mashhurlar tansoqchi yollayotganida nafaqat baquvvatligini, balki ularning ko‘rinishini ham e’tibordan qochirishmaydi. Kayli Jenner Tim Chang tan soqchilar orasida eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lganlardan biri. Instagram sahifasiga turli savollar va sharhlar yog‘dirilganidan so‘ng, u akkauntidagi barcha fotosuratlarini o‘chirib tashlagan. U asosan Kayli Jennerni himoya qiladi, ammo Kim va Kortni Kardashyanda ham bir muncha vaqt ishlagan. Undan avval Kaylining tansoqchisi Los-Anjeles politsiyasi xodimi bo‘lgan. Tim Chang 2018-yilda reper Travis Skottdan dunyoga kelgan Kayli Jennerning qizi — Stormi Uebsterning haqiqiy otasi deb gumon qilingan. Keyin u barcha ayblovlarni rad etib, Kayli, Travis va ularning qiziga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini va uning oila bilan aloqasi faqat xizmat yuzasidan ekanini qo‘shimcha qilgan. Jennifer Lopes Gollivud yulduzi o‘zini himoya qilish uchun eng “chidamli” odamlarni tanlaydi. Jenniferni soqchilar tanlashda juda omadli deb bo‘lmaydi. Bir safar chegaradan o‘tayotganlarida tansoqchisining paypog‘ida taqiqlangan modda borligi ma’lum bo‘lgan, xonanda o‘sha zahotiyoq uni ishdan bo‘shatgan. Xonandaning sevgilisi, beysbolchi Aleks Rodrigezning aytishicha, uni doim Jenniferning haydovchisi bilan adashtirib qo‘yishadi. “Bu hayotimdagi eng kamsituvchi holatlardan biri, — deydi Aleks intervyusida. — Men o‘zimni ajoyib sportchi deb hisoblayman, lekin Lopes bilan birga yurganimda paparatssilar uni suratga olishlariga xalaqit berayotganimni aytib baqirishadi”. Kim Kardashyan Kelishgan Paskal Dyuvye Parijdagi talonchilik paytida Kimni himoya qila olmagan tansoqchi sifatida tanilgan. Bu voqea 2016-yilda sodir bo‘lgan. Model mehmonxonadagi xonasida yolg‘iz qolganida politsiya kiyimidagi o‘g‘rilar qurol bilan bostirib kirgan. Kardashyanni bog‘lab, 10 million dollarlik zargarlik buyumlarini o‘margan. Bu vaqtda Paskal Dyuvye opa-singillar Kortni Kardashyan va Kendall Jenner bilan tungi klubda bo‘lgan. Kim xodimining beparvoligi uchun xavfsizlik kompaniyasini sudga bergan. Bu voqeadan so‘ng Kim hech kim uning uyiga yaqinlashmasligi uchun o‘nlab soqchi yollagan. Haydi Klum 47 yoshli germaniyalik supermodelni kelishgan va yosh tansoqchilar himoya qiladi. Uning turmush o‘rtog‘i, musiqachi Tom Kaulits undan 16 yosh kichik, modelning tansoqchilari oldida doim yosh boladek ko‘rinadi. Mish-mishlarga qaraganda Haydi qaysidir tansoqchisi bilan iliq munosabatda bo‘lgan. Ammo oradan biroz vaqt o‘tgach, unga ijodkor va iqtidorli erkaklar ko‘proq yoqishini tushungan va munosabatlarga nuqta qo‘ygan. Albatta, bu voqeadan so‘ng model tansoqchisini o‘zgartirgan. Jennifer Lourens Jennifer Lourens ko‘p yillar davomida bir necha tansoqchilar bilan hamkorlik qilgan. Tansoqchilaridan biri Greg Lents 2013-yildan beri unga xizmat qiladi. Gregning aytishicha, ilgari u model bo‘lib ishlagan, shuningdek, Kolorado universitetida arxitektura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. Ma’lum bo‘lishicha, u tansoqchi bo‘lishni xayoliga ham keltirmagan, ammo Lourensning yordami bilan taniqli odamga aylandi. Shu bilan birga, Greg oilali ekani va aktrisa bilan hech qachon shaxsiy munosabatda bo‘lmaganini ta’kidlaydi.
54
3,159
Madaniyat
Forbes eng ko‘p haq to‘lanadigan mashhurlar reytingini e’lon qildi. Unda nashr milliarder unvonidan mahrum qilgan Kayli Jenner yetakchilik qildi
Forbes jurnali eng ko‘p daromad oladigan mashhurlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi — 2020-yilda ro‘yxat boshidan Kayli Jenner o‘rin olgan. O‘tgan yili Jennerning daromadlari 590 million dollarni tashkil etgan. Kayli ushbu mablag‘larning 540 millionini Kylie Cosmetics kompaniyasining 51 foiz ulushini sotish orqali ishlagan. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan 170 million dollar bilan musiqachi Kanye Uest o‘rin olgan. U daromadining asosiy qismini Yeezy krossovkalar brendi orqali ishlab topgan. Shuningdek, dastlabki o‘ntalikda tennischi Rojer Federer (106 million), futbolchi Krishtianu Ronaldu (105 million), Lionel Messi (104 million), Neymar (96 million), basketbolchi Lebron Jeyms (88 million), shuningdek, aktyorlar Tayler Perri (97 million) va Dueyn Jonson (87 million) hamda teleboshlovchi Govard Stern (90 million) o‘rin olgan. Avvalroq Forbes jurnali amerikalik model Kayli Jennerning boyligini qaytadan baholab, uning qiymatini milliard dollardan 900 million dollarga tushirib yuborgan edi. Keyinroq Jenner “Dunyoning eng yosh milliarder ayoli” maqomidan mahrum bo‘lishida onasini ayblagandi.
144
1,112
Madaniyat
O‘zbek shou-biznesi vakillari Nyu-Yorkda o‘tkazilgan to‘yda onlayn xizmatda bo‘ldi (video)
AQShning Nyu-York shahrida 6-iyun kuni o‘zbekona to‘y bo‘lib o‘tdi. To‘yni o‘zbekistonlik taniqli boshlovchi Soat Sharipovning o‘g‘li San’at Sharipov olib bordi. Tojikistonlik mashhur xonandalar Shabnam Surayyo va Jonibek Murodov mehmonlarni o‘z qo‘shiqlari bilan xushnud etdi. Nikoh kechasining o‘ziga xos tomonlaridan yana biri, unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva hamda “Bravo” guruhi a’zosi Shahlo Zoirova ham onlayn tarzda xizmatda bo‘ldi. Ra’no Yarasheva kelin salomni o‘tkazgan bo‘lsa, Shahlo to‘y sohiblarini tabriklab, qo‘shiq kuylab berdi. “Sizlarni bir quchoqlar edimki, birozgina masofa xalaqit beryapti”, — deydi Shahlo to‘yxonaga o‘rnatilgan katta monitorda ko‘rinish berib.
90
712
Madaniyat
Nyu-Yorkda urush yillari O‘zbekistonga evakuatsiya qilinganlar haqidagi film premyerasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
2016-yili “Favvora film” studiyasida yaratilgan “Toshkentning katta qalbi” hujjatli filmining premyerasi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. Kartina o‘zbek xalqining urush yillaridagi jasorati, bu yerga boshpana izlab kelgan bir yarim million qochqin haqida hikoya qiladi. Film muqaddam Isroil, Ozarbayjon, Avstriyada muvaffaqiyatli namoyish qilingan edi. U, shuningdek, Nyu-York va Bruklin kinozallarida katta shuhratga erishdi. Kvinsdagi Bardavomlik markazida o‘tkazilgan namoyishda unga yuksak baho berildi. Prezentatsiya AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi, shuningdek, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi ko‘magida o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlandi. RTH telekanalining “Amerika biz bilan” dasturida esa film haqidagi ko‘rsatuv namoyish etildi. Unda ssenariy muallifi, toshkentlik jurnalist Boris Boboyev hamda O‘zbekiston xalq artisti, teleboshlovchi Galina Melnikova ishtirok etdi. Film rejissori — Hojimurod Valiyev, montajchi rejissor — Denis Kodzayev, operatorlar — Abdulla To‘laganov (O‘zbekiston), Roman Kaykov (AQSh), Aleksandr Klepalov (Rossiya), Semyon Katsiv (Isroil). Loyiha prodyuseri, “Favvora film” studiyasi rahbari Keldiyor Xo‘jayorov.
113
1,203
Madaniyat
“Kingsman: Oltin uzuk” filmining treyleri namoyish qilindi (video)
20th Century Fox studiyasi Buyuk Britaniya razvedka boshqarmasi haqidagi “Kingsman: Maxfiy xizmat” filmining navbatdagi qismi treylerini e’lon qildi. Film “Kingsman: Oltin uzuk” nomini oldi, deya xabar berdi TJournal. Filmda Kingsman umumiy dushmanga qarshi kurashish uchun birlashishga majbur bo‘lgan Amerika razvedkasi — Statesman bilan to‘qnashuvi haqida hikoya qilinadi. Komediyali jangovor filmda bosh rollarni Teron Ejerton, Chenning Tatum, Julianna Brijes, Xolli Berri, Mark Strong va Kolin Fyort ijro etgan. Xalqaro premyera 2017-yil 22-sentabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
66
662
Madaniyat
Alexandro Gonsales Inyarritu ketma-ket ikkinchi yil eng yaxshi rejissor sifatida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi
Alexandro Gonsales Inyarritu “Omon qolgan” filmi uchun yilning eng yaxshi rejissori deb topilib, ketma-ket ikkinchi yil “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti” agentligi. Uning bu nominatsiyadagi raqiblari Jorj Miller (“Telba Maks”), Tom Makkarti (“Diqqat markazida”), Adam Makkey (“Tushirish o‘yini”) va Leonard Abraxamson (“Xona”) edi. Inyarritu 2015-yilgi “Oskar” taqdimotida “Byordmen” (“Birdman”) filmi uchun eng yaxshi rejissor deb topilgan edi. 88-“Oskar” taqdimoti Toshkent vaqti bilan 29-fevral, dushanba kuni Los-Anjelesdagi “Dolbi” kinoteatrida davom etmoqda.
105
596
Madaniyat
Shaharni himoya qilishga otlangan o‘qituvchi, o‘g‘lining operatsiyasi uchun gunohga qo‘l urgan ona. 2020-yilning noyabrida suratga olingan turk seriallari qanday sujetga ega?
Turk kinoijodkorlari muxlislar zerikib qolmasligi uchun tinimsiz harakatda. Buni keti uzilmay taqdim qilinayotgan, bir-biridan qiziq sujetga ega seriallardan ham bilsa bo‘ladi “Hujumchi” Drama janridagi ushbu serial turkcha superqahramon haqida hikoya qiladi. Shukru O‘zyildir gavdalantirgan bosh qahramon maktab o‘qituvchisi bo‘ladi va qahramon bo‘lish xayoliga ham kelmaydi. Hayotini o‘qituvchilikka bag‘ishlashni istagan Fotih to‘g‘ri va adolatli inson ekani sabab istiqomat qiladigan shahridagi nohaqliklarga: davlat tashkilotlarining beparvoligi va politsiya xodimlarining sotilib ketganiga chiday olmaydi. Shundan keyin u shahar himoyasiga otlanadi va kunduzi ustoz sifatida dars berib tunda ko‘chalarni bosqinchilardan tozalaydi. Fotihning ushbu tanlagan pozitsiyasi shaxsiy hayotiga ham ta’sir qilmay qolmaydi, u ko‘ngildagidek qizni uchratadi. Bushra yigitni nohaqliklarga qarshi kurashishda qo‘llab-quvvatlaydi. “Gunohni yuvish” Yozuvchi Zulfu Livanelining “Konstantinopol mehmonxonasi” kitobi asosida suratga olingan drama janridagi serialda Nurgul Yashilchoy ijrosidagi qahramon Zeynepning bir vaqtlar yo‘l qo‘ygan xatosi keyinchalik hayotini butkul izidan chiqarib yuboradi. U qadrdon yerini tark etishiga to‘g‘ri keladi va oradan 20 yil o‘tib gunohini yuvish uchun qaytib keladi. Bu vaqtda u kuchli, mustaqil, o‘zini himoya qila oladigan va xatolarini to‘g‘rilab, uni azob chekishga sababchi bo‘lganlarni kunini ko‘rsatadigan ayol bo‘lgan bo‘ladi. “Yaxshi oila boshlig‘i” Komediya janridagi ushbu serialda ota va bola munosabatlariga asoslangan voqealar rivojini ko‘rish mumkin. Sujetga ko‘ra, har kuni oila a’zolari turli qiyinchiliklarga duch keladi va ularni hal qilishiga to‘g‘ri keladi, ammo katta va kichiklarning muammolarni hal qilish borasidagi qarashlari farq qiladi. Shunga qaramasdan, umumiy yechim va qaror qilishni uddasidan chiqadi. Asosiysi esa ularning barchasi hayotdan mamnunlik va pozitivlikni yo‘qotmaydi. “So‘nggi yoz” Romantik va drama janrlarini o‘zida mujassam etgan mazkur serialda ikki yosh to‘satdan uchrashib, bir ko‘rishda bir-birini sevib qoladi. Ularning har ikkisi ham yosh bo‘lishiga qaramay, munosabatlariga jiddiy yondashadi va birinchi qadamni qilishdan cho‘chiydi. Sevgi o‘ti alanga olib bo‘lganida esa ajralishiga to‘g‘ri keladi. Keyin esa turli qiyinchilik va muammolarga qaramay harakat qilishiga to‘g‘ri keladi. Alperen Duymaz, Xafsanur Sanjaktutan serialda bosh qahramon rolini ijro qiladi. “Mening chap tarafim” Melis Jivelek ssenariy muallifi bo‘lgan mazkur serial moliyaviy inqirozga uchraganidan keyin oilaviy ahvoli yomonlashgani sabab onasi bilan birga bo‘lishga majbur bo‘lgan qiz haqida. Avvallari istalgan narsani o‘ziga ravo ko‘rishi mumkin bo‘lgan, Turkiyaning eng oldi yigitlari e’tiborida bo‘lgan qizning shohona hayot tarzi butkul o‘zgaradi. Nochor ahvol, oddiy uyda yashashiga to‘g‘ri kelgan qiz hayotiga boy oilaning farzandi bo‘lgan yigit kirib kelganidan keyin voqealar rivoji kutilmagan tarzda davom etadi. Bosh rollarni O‘zge Yagiz, Tolga Mendi va Jemre Baysel ijro qiladi. “Bir onaning gunohi” Drama janridagi ushbu serial mashhur filippin seriali “Qaysi darajada” serialining remeyki hisoblanadi. Jiddiy yurak xastaligi bezovta qiladigan o‘g‘lining hayotini saqlab qolish uchun qilinadigan operatsiyaga pul topish uchun yolg‘iz ona qotillik qilishiga to‘g‘ri keladi. O‘g‘li tirik qoladi, ammo u bir umr gunohkor bo‘lib qoladi. Bu ham yetmagandek, o‘g‘li u o‘ldirgan insonning qizini yaxshi ko‘rib qoladi. Bosh rollarni O‘zge O‘zberk, Mert Yazidjio‘glu va Simay Barlos ijro qiladi.
174
3,565
Madaniyat
Rossiyalik aktrisa Natalya Seleznyova operatsiya chog‘ida uning boshini kesib olishganini aytdi
Rossiya xalq artisti Natalya Seleznyova telekanallardan biriga bergan intervyusida salomatligi bilan bog‘liq muammolar haqida gapirib berdi. “Men uzoq vaqt va qattiq kasal bo‘lganman, qalqonsimon bezim og‘ir operatsiya qilingan: boshimni kesib olishgan, so‘ng uni qaytadan tikib qo‘yishgan”, — dedi aktrisa. Uning so‘zlarida ko‘ra, operatsiyadan keyin gapira olmagan. “Tovush paylarim kesilgan edi, men xirillab gapirardim”, — deb qo‘shib qo‘ydi u. Seleznyova puflab chalinadigan garmoshkada uzoq vaqt shug‘ullanganidan keyin ovozi qaytib kelganini aytdi. Natalya Seleznyova “‘Ы’ operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari”, “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi”, “Kalif-laylak”, “Eski tanish” kabi filmlarda suratga tushgan.
95
734
Madaniyat
Bolaligidanoq o‘z karyerasini boshlagan Bollivud yulduzlari (foto)
Keyinchalik hind kinolarining yulduziga aylangan aktyor va aktrisalarning ayrimlari bolaligidanoq kamera qarshisida ishlashni boshlagan. Nargis Hind kinematografiyasining eng taniqli aktrisalaridan biri Nargis “Haqiqatni izlab” filmida 6 yoshligida ekranga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. U bolakay Rani rolini ijro etgan. Aktrisa 1943-yil Mehbub Xonning “Taqdir” filmidan keyin mashhurlikka erishgan. Madxubala Madxubalaning birinchi filmi bengaliyalik rejissor Amiya Chakravartining “Bahor” dramasi edi. O‘sha paytda yulduz 9 yoshda bo‘lgan. Produser Devik Rani qizning aktyorligi va salohiyatiga qoyil qoldi va unga Madxubala taxallusini olishni maslahat bergan. Bungacha u Mumtaz nomi bilan tanilgan edi. Mina Kumari Mina Kumari Ali Buksa va Iqbol Begim oilasida dunyoga kelgan. Bu uning otasi uchun katta umidsizlik bo‘lgan, chunki u o‘g‘il farzand kutayotgan edi. U hatto qizini ko‘chaga tashlab ketishga ham qaror qilgan, lekin bir necha soatdan keyin fikridan qaytib, uyiga olib ketgan. Mina kinoga qiziqmas, maktabga borishni xohlar edi. Ammo ota-onasi qizi pul topib, oilasini boqishi kerakligi uchun uni turli kinostudiyalarga taklif qilgan. U ilk bora 6 yoshida “Charm yuz” filmida suratga tushib, pul ishlagan. Nutan Nutan 14 yoshida o‘z karyerasini 1950-yilda onasi Shobxana Samart tomonidan suratga olingan “Bizning qizimiz” filmidan boshlagan. Uning birinchi katta loyihasi “Seema” bo‘lib, shundan so‘ng Filmfare mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shashi Kapur Bollivudning eng katta kinoixlosmandlari oilasida tug‘ilgan Shashi Kapur Raj Kapurning “Yonayotgan ehtiros” filmida bolaligidayoq rol ijro etgan. Keyinchalik yana bir qancha filmlarda ishtirok etib, ushbu sohada o‘zini o‘rnini topishga muvaffaq bo‘lgan. Rishi Kapur Tashqi ko‘rinishini otasi Raj Kapurdan meros qilib olgan Rishi kino olamiga yoshligida kirib kelgan. Raj Kapur uni “Janob 420” filmi uchun videoklipga tushirganda atigi ikki yoshda edi. 11 yoshida otasi “Mening ismim masxaraboz” filmini suratga olishga kirishgan va o‘g‘li ham unda ishtirok etgan. Nitu Singx Rishi Kapurning rafiqasi Nitu Singx ham bolaligidanoq o‘z faoliyatini boshlagan. U “Malika va qaroqchi” filmida rol ijro etganida atigi 7 yoshda bo‘lgan. Tabassum Tabassum o‘z faoliyatini 3 yoshida boshlagan. Tabassum bolalar orasida juda mashhur aktrisa edi. 7 yoshida esa “Uchrashuv” filmida kichkina Nargis rolini ijro etgan. Rekha Hind kinematografiyasining eng yaxshi aktrisalaridan biri deb tan olingan Rekha aktrisalik faoliyatini bolaligidan boshlagan. U 4 yoshida “Oila siri” filmida suratga tushgan. Shridevi Shridevi ham aktrisalik faoliyatini Janubiy Hindiston filmlari bilan boshlagan. 12 yoshida esa Bollivudda “Juli” filmida eng kichik singil obrazida namoyon bo‘lgan. Oradan 4 yil o‘tib, “Solva Savyan”filmida bosh rolni ijro etgan. Sanjay Datt Sunil Datt va Nargisning o‘g‘li 22 yoshida ta’sirli debyut qilgan. Undan 10 yil avval esa 12 yoshda bo‘lgan Sanjay “Reshma va Shera” filmida kichik rol ijro etgan. Sarika Sarikaning otasi yoshligida oilani tark etgani uchun ham u 4 yoshidan boshlab kinoteatrda ishlashga majbur bo‘lgan. Onasi unga maktabga borishni taqiqlab, filmda rol ijro etishga ko‘ndirgan. Uning bolaligidagi eng taniqli va mashhur roli “Hamroz” musiqiy filmi bo‘lib, u yerda asosiy qahramon Vimi qizi rolini ijro etgan.
66
3,306
Madaniyat
“Umrning qanday o‘tganini sezdingmi?” Mixail Sholoxovning “Inson taqdiri” hikoyasi haqida
“Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Mixail Sholoxovning “Inson taqdiri” hikoyasini tahlil qiladi. Mixail Sholoxov Fleshbek Mixail Sholoxovning “Inson taqdiri” hikoyasi men uchun juda qimmatli va kuchli asar. Asarni tahlil qila olishga jasoratim yetmasa kerak deb o‘ylar edim. Ammo bugun shu hikoya tahliliga qo‘l urdim. Asarni birinchi marotaba talabalik yillarimda o‘qiganman va soatlab bir nuqtaga termulib qolganman. Hayotimda biror qiyinchilikka duch kelgan paytim men hikoyani qayta o‘qishga kirishaman. Sizga ham ilindim, albatta, o‘qing. Asar haqida Mashhur rus yozuvchisi Mixail Sholoxovning ushbu hikoyasi Ikkinchi jahon urushi tugaganidan o‘n yillar o‘tib, 1956-yilda yoziladi. Ammo asar qahramoni va mavzusi allaqachon pishib yetilgan edi, ya’ni urush tugashidan bir yil o‘tib muallif yo‘l-yo‘lakay uchratgan suhbatdoshining hikoyasidan ta’sirlanganida, “Bu mavzuda, albatta, yozaman”, deya yuragiga tukkan edi. Asar 1956-yili 31 dekabr kuni “Pravda” gazetasida bosilib chiqdi. Sujet Asar ma’lum nuqtagacha rassom-yozuvchi tarafidan hikoya qilinadi va keyin uning suhbatdoshi, ya’ni asar qahramoni tilidan davom ettiriladi. Hikoya urush tugaganiga bir yil o‘tib, bahor tasviri bilan boshlanadi. Muallif ish uchun yo‘l yurib borarkan bir daryo kechigidan ikki kishilik solda o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Va hamrohlarini kutish sirasida suhbatdoshi bilan uning yonidagi mitti bolakayga duch keladi. Muallifni bu insonning usti yirtiq-yamoq bo‘lsa-da, yonidagi bolakayning anchayin orasta kiyintirilgani ajablantiradi. Suhbat boshlanadi, aynan shu o‘rindan hikoyani asar qahramoni davom ettiradi. Bu metin irodali inson Andrey Sokolov edi. U 1900-yilda Voronejda tug‘ilgan, bolaligidan boshlab og‘ir kunlarni boshidan kechirgan. Anchayin ocharchilik bo‘lgan o‘sha davrlarda Andrey boshqa shaharlarga ishlashga ketgan, ko‘p og‘ir ishlarni qilgan va bir amallab qorin to‘yg‘izgan. Ammo uning ota-onasi va singlisi ochlikdan vafot etgan. Hayotida hech bir yaqin kimsasi qolmagan Andrey oradan yillar o‘tib uylanadi va uning hayoti yana nurga to‘ladi. Yetimxonada katta bo‘lib qiyinchilikni yaxshigina his qilib ulg‘aygan turmush o‘rtog‘i Irina Andrey bilan birga osuda va baxtli hayot kechirar edi. Avval o‘g‘illi, keyin ikki qizli bo‘lishadi. O‘g‘li Anatoliy juda ilmli, ayniqsa, matematikaga o‘zgacha qobiliyatli bola bo‘lib yetishadi. Mana shunday baxtli hayot davom etarkan, urush boshlanib Andrey jang maydoniga otlanadi. Erini frontga kuzatar ekan, Irina yig‘layverib ado bo‘ladi va eriga bundan keyin ko‘risholmaymiz deydi. Bundan jahli chiqqan Andrey bo‘ynidan osilib yig‘layotgan xotinini qo‘lidan ushlab itarib yuboradi. Bir balo qilib yupatib, oilasi bilan xayrlashib jangga yo‘l oladi. Janglarda ikki marta yaralanadi va eng dahshatlisi qiyin kechgan janglarning birida nemis askarlariga asir tushadi. Asirlik davri ikki yil davom etadi. Bu vaqt mobaynida Andreyning ko‘rmagan azob-u qiyinchiligi qolmaydi. Itdek kaltaklanadi, ochlikdan qiynaladi. Rus askari bo‘lsa-da, xoinlik qilgan yigitni o‘ldirishga majbur bo‘ladi. Asirlikda Germaniyaning Rur, Bavariya, Berlin va shu kabi juda ko‘plab shaharlariga olib ketiladi. Bir necha bor qochishga ham urinib ko‘radi, ammo bo‘lmaydi. O‘limga tik qarasa ham dushmanga boshini egmagan Andrey ikki yil deganda bir nemis mayoriga haydovchilik qilishga tayinlanadi va Vatanga yaqin masofadagi shaharga yuboriladi. Bu vaziyatni qo‘ldan bermay, barcha ehtiyot choralarini ko‘radi, mast holdagi nemis mayorni yaralab mashinaga bog‘laydi va Vatan sarhadlari tomon yeldek uchadi. Amallab rus armiyasi tomonga o‘tadi va bu jasorati uchun mukofotlanadi. Ozodlikdan sarmast Andreyga oilasini ko‘rib kelish uchun bir oyga ta’til beriladi va u hayajon ichra oilasiga xat yo‘llaydi. Biroz kechikishlardan so‘ng javob xatini qo‘shnisi Ivan Timofeyevichdan oladi. Bu xat unga qattiq zarba bo‘ldi. Xatda janglardan birida aviazavodga nemislar tomonidan berilgan havo zarbalarning birida bombalardan biri aynan uning uyiga tushgani va oila a’zolarining o‘sha paytda uyda bo‘lgani, halokatdan so‘ng ulardan nom-nishon topilmagani haqida edi. Ammo o‘g‘li Anatoliy o‘sha payt shaharda bo‘lgani sababli omon qolgani, voqeadan xabar topgach ko‘ngilli bo‘lib jangga otlangani ham yozilgan edi. Hech bo‘lmasa o‘g‘lining tirik qolganidan ko‘nglida oz bo‘lsa-da, iliqlik qolgan Sokolov o‘g‘lidan xat oladi. Harbiy sohada ancha muvaffaqiyatga erishgan Anatoliy oltita orden va medallar bilan mukofotlangan, komandir etib tayinlangan edi. Bularni o‘qigan Sokolov o‘g‘lini ko‘rish, uni uylantirish, shirindan-shakar nabiralar qurshovida qolish haqida orzularga berilib ketadi. Anatoliy bilan ko‘rishishiga bir necha kun qolgan hayajonli kunlarning birida navbatdagi fojiali xabar keladi. O‘g‘li jangda mardonavor halok bo‘lgan edi. Ko‘p o‘tmay Andrey armiyadagi ishiga yakun yasab, Uryupinskdagi bir do‘stining uyiga yo‘l oladi. O‘sha yerda haydovchilik qiladi. Otasi jangda, onasi poyezdga bomba tushganda vafot etgan 4–5 yoshlardagi Vanyushani uchratib qoladi va uni o‘ziga og‘il qilib oladi. Vanyusha tufayli Andreyning hayoti yana nurga to‘ladi. Ishida yuz bergan muammo tufayli Uryupinskdan Kasharga yayov yo‘l olgan Andrey bilan Vanyusha mana shu o‘rinda daryo kechigida muallif bilan suhbatini tugatib yo‘liga davom etadi. Tahlil “Inson taqdiri” hikoyasi yuqorida aytib o‘tganimizdek urush tugagan yillarda yozish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, oradan o‘n yillar o‘tib, 1956-yilda yozilgan. 1953-yilda Stalin vafot etdi. Uning 270-sonli qaroriga muvofiq jangda dushmanga taslim bo‘lganlar xoin hisoblanib, yo‘q qilinishi kerak. Ularning oilasi esa har qanday davlat yordamidan mahrum etilishi kerak edi. Sholoxov Stalin siyosatiga doimo tanqidiy yondashgan va “Inson taqdiri” hikoyasida ham o‘sha tanqidiy yondashuvni kuzatishimiz mumkin. U o‘z asarlarida urush yillarida minglab asir tushgan askarlar hayotining qanchalik qiyin kechganini va jamiyatning ular haqidagi fikr va qarashlarini o‘zgartirishga uringan va bunga erishgan desam to‘g‘ri bo‘ladi. Sholoxov ijodida harbiy adabiyot o‘zining tub burilishiga uchrab, minglab “Sokolovlar” hayotiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsata olgan. Asarni adabiy unsurlar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, muallif bilan Andreyning uchrashib qolishi va muallifning Vanyusha nega orasta, toza kiyingan-u, bu odam yirtiq-yamoq holatdaligini o‘ylagan o‘rni bu — asar tugunidir. Bu odam kim? Yonidagi bolakay uning kimi bo‘ladi kabi savollar o‘quvchini ham o‘ylantirib qo‘yadi. Asarning hikoya shakli ham o‘zgacha. Shartli ravishda hikoya voqealarini urushdan oldingi, urush davri va urushdan keyingi voqealar kabi zamonlarga ajratsak ham xato bo‘lmaydi. Hikoya ichida hikoya tarzida bayon qilingan asar qahramoni temir irodali Andrey Sokolov mardonavor, mag‘rur, sadoqatli rus jangchisi timsolidir. Hikoyani o‘qir ekansiz, bu xarakterning qanchalar kuchli iroda sohibi ekaniga guvoh bo‘lasiz. U bolaligidan yo‘qchilik azobini chekdi, malaylik qildi, ocharchilik tufayli oilasi ochlikdan vafot etib hech kimsiz qoldi. Bu uning hayotidagi kurashlarda olgan ilk zarbasi edi va bundan keyin barini yo‘qdan bor qila oldi. Bir qizga ko‘ngil qo‘ydi, uylandi, ular mo‘jaz uy sotib oldi, farzandli bo‘ldi, ya’ni hayotining qop-qora zulmatli kunlaridan yorug‘ kunlarga yetib kela oldi, taslim bo‘lmadi. Umr yo‘ldoshi Irina Andrey bilan baxtli edi. Andrey hikoya qilarkan, frontga ketishi oldidan Irinaning u bilan xayrlashayotganda aytgan gapi uchun ko‘ksidan itarganini eslagani va asar kulminatsion nuqtasiga chiqib Irina, Nastya va Olyushka bomba tushishi oqibatida nom-nishonsiz halok bo‘lishini o‘qigan paytda o‘quvchining qalbidan nimadir uzilib tushganday bo‘ladi. Bir inson uchun bundan ortiq dahshat bo‘lishi mumkin emasday go‘yo. Go‘yoki inson ruhiyati bu fojialarni yenga olmaydiganday tuyuladi. Ammo hayot davom etadi, irodasiz insonlargina hayot tamom deb nuqta qo‘yishi mumkin. Shuncha og‘ir kunlarni boshidan kechirishiga qaramasdan o‘g‘lini tirik qolganini eshitgan ota qalbidagi so‘nggi iliqlik bilan hayot kurashida yana davom etadi. Ammo sinovli dunyoning zarbalari hali tugamagan edi. O‘g‘li bilan ko‘rishishiga oz qolganda uning, hayotidagi so‘nggi ilinji – dilbandining jangda vafot etganini o‘qigan o‘quvchi endi o‘zini yig‘lashdan to‘xtata olmaydi. Azoblanadi, ruhiyati dosh bermaydiganday tuyuladi davom etishga. Ammo Andrey umuman yig‘lamaydi ham. Chunki uning ko‘z yoshlari qalbiga botib ketgan edi. U kurashishdan to‘xtamaydi, insoniyatga in’om qilingan hayot atalmish ne’matdan iliqlik qidiradi va Vanyushani uchratib qoladi. Hayot uning uchun yangidan boshlanadi. Hikoyani o‘qiyotgan o‘quvchi ham asar so‘nggida biroz tin oladi, ammo hikoyani o‘qib tugatgach beixtiyor bir nuqtaga uzoq termulib qoladi. Xulosa Mixail Sholoxov buyuk yozuvchi. Uning asarlari zamon tarixidan hikoya qilish bilan birga insonga kurashishni, taslim bo‘lmaslikni o‘rgatadi. Qiyin davrlarda ham tushkunlikka tushmasdan hayotdan rang qidirishga undaydi. Qiziqarli faktlar Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
89
9,123
Madaniyat
“Bugungi seriallarda suratga tushganimdan ko`ra, uyimda farzandlarimga o`z vaqtida issiq ovqatini bersam yoki birga dars qilsam, foydaliroq”. Salkam sakkiz yil deganda teatrga qaytgan Shodiya Abduqodirova bilan intervyu
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Shodiya Abduqodirova nafaqat o`zi va ijodiga, balki u bilan intervyu qilish istagidagi jurnalistlarga ham juda talabchan. Shu bois har safar aktrisa bilan suhbat qurish oldidan jiddiy tayyorlanaman. Uning mulohazali, o`rinli va har qanday san`atkor ham ayta olmaydigan fikrlari tomoshabinlar uchun ham qiziq. Bu galgi intervyu aktrisa faoliyat yuritadigan O`zbek Milliy akademik drama teatrida kechdi. — Shodiya opa, salkam sakkiz yil deganda teatrga qaytdingiz. Moslashish oson bo`lmagandir? — Bilasiz, odatda aktrisalar tomoshabinlar yodidan chiqib ketmaslik, o`z o`rnini sovitib qo`ymaslik va ijodiy jarayonda toblanib turish uchun ham tezroq ishga qaytishga harakat qiladi. Ammo men uchun oilaviy qadriyatlar hamisha ijoddan muhimroq bo`lgani bois shoshilmadim. O`g`lim va qizimga ma`naviy boylikni mendan boshqa hech kim bera olmasligini anglagan holda vaqtimni oilam, farzandlarimga bag`ishladim. Yana shunday imkoniyat bo`ldiki, etti yarim yil mobaynida o`zimga, ijodimga, hamkasblarim faoliyatiga, teatr va kino sohasidagi jarayonlarga oddiy tomoshabin sifatida chetdan nazar soldim. Teatrga qaytgach esa albatta, moslashishim qiyin kechdi. Chunki salkam sakkiz yil avvalgi teatr bilan bugungi teatr orasida katta farq bor. Nafaqat tomoshabinlarning teatrga nisbatan mehri, balki ijodkorlarning ham zavqi, e`tibori so`ngandek tuyuldi. — Faoliyatingiz davomida asosan, rahbar yohud mag`rur ayollar qiyofasida namoyon bo`lgansiz. Ammo yaqinda sahnalashtirilgan “Arshin mal alan” spektaklida xizmatkor rolini ijro etdingiz. Sizni yangi ampulada ko`rib, iste`dodingizga yana bir marta tan berdim. — E`tirof uchun rahmat. Onalik ta`tili davrida marhum ustoz rejissyor, O`zbekiston san`at arbobi Bahodir Yo`ldoshev “Iskandar” spektaklida bosh qahramonning onasini o`ynash uchun taklif qildi. Biroz vaqt o`tib, bizning teatr uchun sahnalashtirayotgan “Arshin mal alan”da xizmatkor Telli rolini ijro etishimni aytib qoldi.  Qahramonim Telli juda sho`x va shaddodligi uchun Bahodir aka “Sen rollaringni ham aql, ham hissiyot bilan ijro etasan. Ammo Telli kabi rollarni o`ynashga aqling xalaqit beradi. Bu obrazni tafakkur qilmasdan, hissiyot bilan ijro et”, dedilar. Boshida biroz qiynaldim. Lekin hozir sahnada rolimni zavqlanib o`ynayman. Tomoshabinni kuldira olayotganimga ba`zan o`zim ham hayron qolaman. Agar Bahodir aka menga ishonmaganida va qanot bo`lmaganida, “dekret”dan keyin balki bu sohadan ketgan bo`lardim. Chunki o`sha vaqtlarda teatr sohasi qaynamagan, ijod zavqi so`ngandek tuyulgandi va shu bois teatrdan ko`nglim sovigandi. Ammo ijod zavqini tuyganimdan keyin yana ketma-ket spektakllarda rollar o`ynay boshladim. Teatrimiz direktori Yodgor Sa`dievga ham rahmat aytaman. Yoshlarni master-klass olish uchun Bahodir Yo`ldoshevning teatriga jo`natgandi. Bu ko`pchilik uchun katta maktab vazifasini o`tadi. — Sizningcha, teatr aktyorlaridagi ijod zavqining so`nishiga sabab nima?  — O`zbek teatrlariga Bahodir Yo`ldoshev, Olimjon Salimov singari rejissyorlar kerak. Meni teatrga olib kelgan Valijon Umarov ham juda kuchli rejissyor. Afsuski, bunday kuchli rejissyorlar barmoq bilan sanarli. Bahodir aka bir suhbatimizda “Shodiya, kamida yana o`n yil O`zbekistonda teatr rejissyori bo`lmaydi. Bu muammoga echim topish uchun yigirma-o`ttiz nafar yoshlarini xorijga o`qishga yuborish kerak. Biz tashlab ketayotgan maktab afsuski, tugayapti”, degandi. O`sha paytda zanjir vazifasini o`tashni judayam xohladim. Teatrdan butunlay ketib, pedagoglik faoliyatimni davom ettirish maqsadida San`atshunoslik institutiga tayanch doktaranturaga hujjat topshirgandim. Ammo Bahodir aka sabab teatrga qaytdim va institutda mustaqil tadqiqotchi sifatida o`qishni ma`qul ko`rdim. — Professional aktyorlar ham seriallar va turli loyihalarga o`zini urayotgan bir paytda siz negadir ekranlarda kamnamosiz. Sabab faqat ssenariy bilan bog`liqmi? — “Nega ko`rinmayapsiz?”, degan savolni ko`pchilikdan eshitaman. Ayniqsa, ko`cha-ko`yda ko`rgan odamlar “Nima uchun kinolarda rol o`ynamayapsiz, san`atdan nega ketdingiz?”, degan savollarni ko`p berishadi. Ularga “Men hali ham san`at olamidaman, teatrdaman. Sizlar televizorda ko`rayotgan narsalarning hammasi ham san`at emas”, deb javob qaytaraman. Sakkiz yil ichida “Nazira”, “Sizsiz o`tmas kunlarim” kabi barmoq bilan sanarli kino va seriallarda suratga tushdim. Ssenariy va rejissyorga nisbatan talabchanligim tufayli takliflarning deyarli barchasini rad etyapman. Bugungi seriallarda suratga tushganimdan ko`ra, uyimda farzandlarimga o`z vaqtida issiq ovqatini bersam yoki birga dars qilsam, foydaliroq. Serialda men chiqdim nima-yu, “konfet” aktrisalar chiqdi nima? Tomoshabinga farqi yo`q. To`qson foiz seriallardagi bosh qahramonlarni tanimayman. “Konfet”lar bilan elkama-elka turib rol o`ynashdan, faqat pul uchun saviyasiz loyihalarga aralashib qolishdan qo`rqaman va o`zimni olib qochaman. Men nima sababdan teatrni hamisha birinchi o`ringa qo`yib kelganman? Chunki teatrlarda “konfet”lar yo`q. Ularni ibratxonaga kelmaganligi uchun katta rahmat aytaman. Lekin o`zlariga nisbatan ishonchi va yuragi bo`lsa, marhamat, sahnaga chiqib, rol ijro etishsin. Ammo teatrda ularni qo`llab-quvvatlaydigan, pul evaziga ovozini chiroyli qilib beradigan hamkasblar yo`q. — Rejissyor sifatida kino olish yoki spektakl sahnalashtirish rejangizda bormi? — Albatta, bor. Institutda magistraturani rejissyorlik bo`yicha tugatganman. Ammo hali rejissyorlik darajasiga etib kelganim yo`q, nazarimda. — “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist” unvoniga juda erta loyiq ko`rilgansiz. O`sha vaqtda hamkasblaringiz orasida bu xushxabarni hazm qila olmaganlar ham bo`lganmi? — “Dekret”daligimda davlat mukofotini olganman va buni sira kutmaganman. O`shanda 30 yoshda edim. To`g`ri, “Yosh qizga davlat mukofoti berilibdi, u nima ish qilib qo`ygan”, degan turli kesatiqlar bo`lgan. Kinolardagi rollarim orqali tanilgan bo`lsam-da, lekin unvon teatrdagi faoliyatim uchun berilgan. Bu dargohga 19 yoshimda kelganman. O`tgan vaqt ichida bugungi kunda taniqli bo`lgan o`nlab kino aktrisalar teatr qonun-qoidalariga chidolmay, bu erni tark etdi. 30 yoshimgacha, ya`ni tug`ruq paytigacha 55 ta spektalda rol o`ynagan bo`lsam, 30 tasida bosh qahramonni gavdalantirganman. Mukofotga loyiq ijod qilayotgan, ammo hali mukofot olmagan hamkasblarim oldida o`zimni noqulay his etaman. “Mukofotlar ham, rollar ham, bu – nasiba”, der edi Bahodir aka Yuldoshev. Hech qachon mukofotning ketidan quvgan emasman. — San`atkorlar orasida AQSh, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarga ishlash yoki yashash uchun ketish holati ko`paymoqda. Sizda ham biror davlatda istiqomat qilish fikri tug`ilganmi hech? — Bunday fikr bo`lmagan. Teatrga endi kelgan paytlarim mahoratli va dilbar aktrisa Kamola Umarxo`jaeva “Amerikaga ketyapman, ingliz tilini o`rganing, birga ketamiz”, degandi. Uning gapi men uchun qo`rqinchli tuyulgan va hozirgacha Vatandan olisda yashashni tasavvur qilolmayman. Chet elga borib, teatr yoki kinolarda mahoratimni oshirishni, rollarni ijro etishni judayam xohlayman. Lekin vatanparvarligim bois keta olmayman (kuladi). — Oila a`zolaringiz va ularning qiziqishi haqida to`xtalib o`tsangiz? — Turmush o`rtog`im qurilish sohasida faoliyat yuritadi. Kasbimni, meni to`g`ri tushunadi va qo`llab-quvvatlaydi. Qizim Maryamxon sakkiz yoshda, 2-sinfda o`qiydi. U badiiy gimnastikaga qiziqadi, bir qancha musobaqalarda qatnashib, medallarni qo`lga kiritdi. O`g`lim Ismoiljon 5 yoshda. Rus tilida yaxshi gapiradi, ingliz tilini ham o`rganyapti. Lekin o`zbek maktabida tahsil oladi. Xudoga shukr, oilam tinch. — Suhbat uchun katta rahmat! Mirolim ISAJONOV suhbatlashdi."Darakchi" gazetasi, 2022 yil 26 may, 21-son.
219
7,654
Madaniyat
Xonanda Lola uchinchi marta ona bo‘ldi
Hozirda oilasi bilan Rossiyaning Moskva shahrida istiqomat qilayotgan xonanda Lola uchinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. U Moskvadagi klinikalardan birida qiz farzandni dunyoga keltirgan. “Qizalog‘im, bizning olamimizga xush kelibsan! Bizning boyligimiz, baxtimiz, hammamiz seni yaxshi ko‘ramiz. Otang bilan hamisha yoningda bo‘lamiz”, — deb yozadi Lola Instagram’dagi sahifasiga. View this post on Instagram
38
425
Madaniyat
Deniel Redkliff “Garri Potter” filmida supurgida uchish qo‘rquvini Kameron Diasning surati yordamida yenggan
“Garri Potter” filmida Drako Malfoy rolini ijro etgan aktyor Tom Felton franshizaning suratga olish jarayonlarida e’tibor qaratgan g‘ayrioddiy holat haqida gapirib berdi. Filmda Deniel Redkliff, ya’ni Garri Potter kviddich o‘ynash va supurgi ustida uchish sahnalarida diqqatini jamlash uchun sevimli aktrisasi Kameron Diasning suratidan foydalangan. Suratga olish jarayonlari xromakeyda (yashil fonda) amalga oshirildi. Rejissor tuyg‘ularni aniq yetkazish uchun obrazlashtirilgan tennis to‘plaridan foydalangan. “Rejissor yordamchisi ‘Ajdaho’ yoki ‘Bladjer’ deb baqirganda, tennis to‘piga xuddi ajdaho yoki bladjer kabi qarash kerak edi. Biz biror narsaning yoki qalbimizga yaqin kishining suratlarini tanladik. Deniel Redkliff go‘zal Kameron Diasning suratini qo‘liga oldi”, — deydi Felton. Aktyor Tom Feltonning “Sehrli tayoqcha ortida: jodu va tartibsizlikda o‘sgan sehrgar” (“Beyond the Wand: The Magic and Mayhem of Growing Up Wizard”) nomli xotira kitobi 18-oktabr kuni sotuvga chiqdi. Kitobda aktyor Emma Uotsonni, ya’ni Germiona Grenjerni yaxshi ko‘rib qolishi, giyohvandlikka qarshi kurash va yozuvchi Joan Rouling bilan munosabatlari haqida gapirib berdi.
108
1,166
Madaniyat
Kanadalik jahonga mashhur xonanda Toshkentga kelib, konsert berdi. Lekin buni (deyarli) hech kim bilmay qoldi
Kanadalik taniqli xonanda Maykl Buble sentabr oyi oxirida Toshkentdagi Forumlar saroyida konsert berdi. Biroq bu konsert haqida keng jamoatchilik konsert o‘tib bo‘lganidan so‘ng xabar topdi. Konsertdan foto va videolavhalar Facebook foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan. Ular Maykl Bublening qo‘shiqlaridan huzurlangani, konsert dasturi juda ajoyib o‘tgani haqida to‘lqinlanib yozgan. Maykl Bublening Toshkentdagi konsertidan. Konsert haqida u o‘tib bo‘lganidan so‘ng xabar berganlar orasida MyDay nashrining Facebook sahifasi ham bor. Tegishli post Maykl Bublening o‘zbekistonlik muxlislari tomonidan qoldirilgan e’tirozli kommentlarga to‘la. Maykl Bublening Toshkentdagi konsertidan. “Mahalliy ‘yulduzchalarimiz’ o‘z konsertlari reklamasi bilan bir necha oylab ko‘zimizni qiynaydi, nahotki Bublening tashrifi haqida oldindan, tuzukroq xabar berishning iloji bo‘lmagan bo‘lsa?”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. “Darhaqiqat, konsertda bo‘lganlar, Bublening konserti bo‘lishini qayerdan bilib qoldinglar? Jahon miqyosidagi yulduz shaharda konsert berarmish-u, lekin bu haqda hech kim bilmasmish”, — deydi yana bir norozi muxlis. Maykl Bublening Toshkentdagi konsertidan. Bir qator foydalanuvchilar konsertda mazza qilgani, u zo‘r o‘tganini takror va takror yozgan, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirgan, biroq boshqa foydalanuvchilarning “Bu konsert bo‘lishini qayerdan, qanday bildingiz?”, qabilidagi savollarini javobsiz qoldirgan. “Mana axborot olish erkinligi-yu, mana fuqarolarning o‘zaro tengligi! Faqat tanlangan shaxslargina mega-yulduzning konsertidan boxabar qilingan! Taxminimcha, zalda bo‘lgan tomoshabinlarning 80 foizi aynan qanday xonandaning konsertiga kelganini anglab yetmagan ham bo‘lsa kerak”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. “Faqat elita uchun o‘tkazildimi?”, — deb uni quvvatlagan boshqa bir muxlis. Qayd etish joiz, sentabr oyi oxirida Toshkentda yana bir e’tiborga molik voqea yuz bergan — rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani Sarvarning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan edi. Dastlab mazkur to‘yda Filipp Kirkorov, Vera Brejneva, Ivan Urgant kabi rossiyalik yulduzlar xizmatda bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.  Alisher Usmonov qarindoshlarining Toshkentda o‘tgan to‘yida Filipp Kirkorov va Ivan Urgant xizmatda bo‘ldi (foto va video) To‘ydan olingan va keyinroq tarqalgan videolarda milliarder Alisher Usmonovning o‘zi to‘y sahnasida tashqi ko‘rinishi Maykl Bublenikiga o‘xshash chet ellik xonanda bilan jo‘r bo‘lib, jazz yo‘nalishida qo‘shiq aytayotgani va raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin edi. 42 yoshli Maykl Buble an’anaviy estrada yo‘nalishida kuylovchi kruner-xonanda. U turli yillarda bir necha bor nufuzli Grammy va Juno mukofotlarini qo‘lga kiritgan, qo‘shiqlari Avstraliyadan tortib Livangacha xit-paradlarda yetakchilik qilgan. Albomlari 30 milliondan ziyod nusxada sotilgan.
109
2,853
Madaniyat
Bob Dilan Nobel mukofotini taqdim etish marosimi uchun nutq tayyorladi
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga munosib ko‘rilgan amerikalik rok ijrochisi Bob Dilan mukofotni topshirish marosimi uchun nutq tayyorladi va uni premiya tashkilotchilariga taqdim etdi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi vakillari mukofotning Twitter’dagi rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”. “Bob Dilan 10-dekabr kuni Stokgolmdagi Nobel banketida so‘zlanadigan nutq matnini taqdim etdi”, — deyiladi xabarda. Bob Dylan (#NobelPrize in Literature 2016) has provided a speech which will be read at the Nobel banquet in Stockholm December 10. — The Nobel Prize (@NobelPrize) December 5, 2016 Shuningdek, tashkilotchilar Dilanni mukofotlash marosimida amerikalik xonanda va shoira Patti Smit chiqish qilishini bildirdi. U Dilanning A Hard Rain’s a-Gonna Fall qo‘shig‘ini ijro etadi.
70
794
Madaniyat
“Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi Markaziy Osiyo hujjatli filmlar forumida yuqori bahoga sazovor bo‘ldi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida buyuk astronom va Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug‘bek hayoti hamda ilmiy merosiga bag‘ishlangan “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” hujjatli filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Islom Karimov fondi Telegram-kanalida xabar berildi. Ushbu film Karimov Fondining rahbari Lola Karimova-Tillayeva hamda uning turmush o‘rtog‘i Timur Tillayev prodyuserligida suratga olingan. Kinoasar namoyishi 5—7-dekabr kunlari Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo hujjatli filmlar forumi doirasida o‘tkazildi. Forum ishtirokchilari ushbu ijodiy loyihaning ko‘lam-qamrovini alohida qayd etib, mintaqada yashab o‘tgan buyuk tarixiy siymolarning shaxsiyatini teran ochib beruvchi bu kabi filmlarni suratga olish hayotiy zarurat ekanini ta’kidladi. Premyera asnosida kechgan muhokamalarda mutaxassislar Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati va an’analari mushtarak ekanini alohida qayd etdi. – “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” hujjatli filmini tomosha qilgach, qalbimda g‘urur va quvonch uyg‘ondi. Mirzo Ulug‘bek – tamaddunimizning bebaho xazinasidir. Sirasini aytganda, ushbu hujjatli film orqali millatning tarixiy qadr-qimmatini anglash mumkin, – deya o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi rektori Asxat Mayemirov. Forum doirasida O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston hujjatli kinoustalari tomonidan suratga olingan 19 ta film namoyish etildi. – Forum davomida taqdim etilgan filmlar Osiyo mintaqamizning yangi qiyofasi qanday ekanini ko‘rsatadi. Ushbu portretni o‘tmish va bugunni uyg‘unlashtiruvchi, turfa iplardan to‘qilgan yaxlit matoga muqoyasa qilish mumkin. U esa serqirra va serqatlam tariximizni teran idrok etish va undan ibratlanishga undaydi, – deydi Forum tashabbuskori, hujjatli filmlar rejissori Asiya Baygojina.
123
1,875
Madaniyat
Tabassumning muvaffaqiyatga ta’siri: Mukammal ko‘rinish uchun tishlarini o‘zgartirgan 10 yulduz (foto)
Shou-biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun iste’dod va mahoratning o‘zi kamlik qiladi. Shu sabab ham mashhurlar ko‘rinishi va obrazi ustida alohida ishlashi va mutaxassislarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Zak Efron Tishlari orasining ochiq ekani Zakning ko‘rinishini xunuk ko‘rsatib qo‘ymaganiga qaramay, u klassik Gollivud tabassumini o‘ziga yarashadi deb hisoblagan. Viktoriya Bekhem Vikining tishlari unchalik qiyshiq bo‘lmagan, ammo dizayner kelajakda muammolarning oldini olish maqsadida tishlarini o‘zgartirishga qaror qilgan. Nikolas Keyj Aktyor tishlarini o‘zgartirganidan keyin yanada kelishgan bo‘lib ko‘rina boshlagan. Sheril Koul Stomatologga murojaat qilgunicha ham yetarlicha chiroyli bo‘lgan Sheril, kosmetik o‘zgarishdan keyin yanada jozibali qiyofaga ega bo‘lgan. Demi Mur Demining qiyofasiga nazar tashlab, tartibga keltirilgan tishlar ko‘rinishni butkul o‘zgartirib yuborishiga amin bo‘lish mumkin. Mayli Sayrus “Hanna Montana”da suratga tushgan vaqtida hali tishlariga o‘zgarish kiritmagan bo‘lgan Mayli keyinchalik stomatolog va ortodontga murojaat qilib, tekis hamda mukammal tishlarga ega bo‘lgan. Mettyu Lyuis “Garri Potter” yulduzi Mettyu nafaqat o‘z obrazi balki tabassumki mukammal ko‘rinishi ustida ishlaganini ham ko‘rish mumkin. Kirsten Danst Tishidagi kamchiligi unchalik ko‘zga tashlanarli bo‘lmasa ham nima uchundir Danst o‘zgartirish kiritishni ma’qul deb bilgan. Evanjelin Lilli Evanjelin ham tishlarini nosemmetrik hisoblab stomatolgga murojaat qilganlardan. Lindsi Loxan Linsining bugungi qiyofasiga nazar tashlansa, uning o‘zgarishiga to‘g‘rilangan va oqartirilgan tishlar sababchi ekanini bilish mumkin.
102
1,659
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova fevral oyida “Sizni sog‘indi yurak” nomli konsert dasturini taqdim etadi
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova bir necha yillardan buyon har yili qishning sovuq kunlarida “Istiqlol” san’at saroyida sog‘ingan va sog‘intirgan muxlislari uchun konsert dasturini havola etib keladi, deb xabar beradi xonandaning ma’muri Nodir Xon Nuriddinov. Bu yil ham an’anani davom ettirgan holda Gulsanam Mamazoitova fevral oyining 9—14-sanalarida “Sizni sog‘indi yurak” nomli jonli ijrodagi bir-birini takrorlamaydigan taronalari bilan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsert dasturi repertuaridan san’atkorning eng sara va hali hech qayerda kuylanmagan jonli ijrodagi yangi qo‘shiqlari joy olgan.
118
626
Madaniyat
Test: Mashhur shaxsning suratida nima yetishmayapti?
Aksariyat mashhur shaxslarning faqat o‘zigagina xos imidj belgilari bor va o‘sha belgilarsiz ularni tasavvur qilish qiyin. AdMe nashri aynan shu masalada qiziqarli test tayyorladi — suratlarga qarab, mashhur shaxsga aynan nima yetishmayotganini aniqlab, xotirangizni va diqqat-e’tiboringiz qanchalik o‘tkir ekanini tekshirib ko‘ring. Testning yuklanishini biroz kuting. Error while processing playbuzz: 0 Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
52
561
Madaniyat
Munisa Rizayeva: “Do‘stlarimga ishonch qolmadi, ular faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan xudbinlar…”
Xonanda Munisa Rizayevaning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan fikrlari xonandaning aksariyat kuzatuvchilari e’tiborini tortdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Munisaning tushkun kayfiyatdagi so‘zlari uning muxlislarini bee’tibor qoldirmadi. “Mangulik... Negadir doimo endi topdim deganimda juda tez yo‘qotdim. Do‘stlarimga qolmadi ishonch, faqat o‘z halovatini o‘ylaydigan xudbinlar ular. Suv tubidagi qumlar uning sathiga ko‘tarilib suvning asl ko‘rinishini ifloslantirganidek, ba’zi bir do‘stlar ham niqobini vaqt o‘tgan sayin yechib o‘zlarini aslida mangu qanday bo‘lganliklarini oshkora ko‘rsatishadi. Yuragimga kamon o‘qi sanchilsa ham rozi edim, ammo do‘stlarim tomonidan berilgan zarbaga tayyor emas ekanman. Ularga bo‘lgan munosabatimni minnat qilmayman-u, ammo ma’lum bir vaqt o‘z qadrimga shunchalar achindimki, bu meni mayda molekula zarralari singari parchalab yubordi...Endi mangu afsuslar daryosiga g‘arq bo‘ldim!!!”,—deb ifodalaydi Munisa afsus-nadomat aks etgan ruhiy holatini. Mazkur postga yozilgan izohlardan birida Munisaning muxlisi undan qachon turmushga chiqishini so‘ragan. Mazkur savolga javoban u: “Peshona!!! Alloh o‘zi biladi qachon, nima, qanaqa! Siz o‘zingizning hayotingizga qarab yuring, iltimos!!! Bu mening hayotim, sizniki emas!!!”,—deya javob berdi.
97
1,292
Madaniyat
«Design Miami/Basel» ko`rgazmasida Toshkentdagi zamonaviy san`at markazi loyihasi taqdim etilmoqda
Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi «Design Miami/Basel» ko`rgazmasida Toshkentdagi zamonaviy san`at markazi loyihasini taqdim etmoqda. Ma`lum qilinishicha, kollesion dizayn va arxitektura ko`rgazmasi «Art Basel» doirasida bo`lib o`tadi, bu esa eng yirik zamonaviy san`at ko`rgazmasi hisoblanadi. Ko`rgazma ishtirokchilari orasida dunyodagi eng yirik galereyalar va dizayn studiyalari mavjud. Ko`rgazmada Jamg`arma 1912 yilda qurilgan tarixiy binoni ta`mirlash loyihasi uchun tayyorlangan Toshkentdagi zamonaviy san`at markazi binosining 3D modelini taqdim etadi. Kompleks renovasiya konsepsiyasi «Studio KO» (Fransiya) arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.
98
680
Madaniyat
“Ayg‘oqchi kampir 707” fevral oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Ulug‘bek Yunusovning “Ayg‘oqchi kampir 707” nomli kinokomediyasi fevral oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Fevralning ikkinchi haftasi kinoreytingida “Ayg‘oqchi kampir 707”dan keyingi o‘rinlarni Ozod Shamsning “Sevadi, sevmaydi”, Ilhom Muhammadibrohimovning “Qizlarning jahli chiqdi”, Ozod Shamsning “Voy-dod 2”, Murod Inog‘omovning “O‘g‘irlanmagan kelin”, Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” filmlari band etgan. Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Dadam betob”, “Boyvachcha kuyov”, “Virus”, “Darbadar”, “Firibgar oshiq” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin. 1-o‘rin. “Ayg‘oqchi kampir 707” (komediya) Rejissor — Ulug‘bek Yunusov 2-o‘rin. “Sevadi, sevmaydi” (komediya) Rejissor — Ozod Shams 3-o‘rin. “Qizlarning jahli chiqdi” (komediya) Rejissor — Ilhom Muhammadibrohimov 4—5-o‘rin. “Voy-dod 2 (komediya) Rejissor — Ozod Shams 4—5-o‘rin. “O‘g‘irlanmagan kelin” (komediya) Rejissor —Murod Inog‘omov 6-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya) Rejissor — Bahrom Yoqubov Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
106
1,417
Madaniyat
10 aprel kuni ikkinchi bor “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti o`tkaziladi
O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi 2020 yil 10 aprelda ikkinchi bor “Oltin Humo” milliy kinotaqdimotini o`tkazadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma`lum qildi.  Kinotaqdimotda 2019 yil 1 yanvardan 31 dekabrgacha premerasi bo`lib o`tgan davlat va nodavlat studiyalarining to`liq metrajli, badiiy, hujjatli, animasion filmlari qatnashishlari mumkin. Arizalar joriy yilning 25 yanvaridan 20 fevraliga qadar qabul qilinadi. Arizalar faqat yuridik shaxslar (Kinostudiya) tomonidan taqdim etiladi.  Ma`lumot uchun, "Oltin Humo" milliy kinotaqdimotida ishtirokchilar 17 nominasiya bo`yicha taqdirlanadilar. G`oliblik nominasiyalari:  O`zbek kinematografiyasiga qo`shgan hissasi uchun» «Oltin Humo» maxsus mukofoti;  ENG YaXShI HUJJATLI FILM;  ENG YaXShI ANIMASION FILM;  ENG YaXShI KOMPYuTER GRAFIKASI;  ENG YaXShI OVOZ REJISSYoRI;  ENG YaXShI GRIMM RASSOMI;  ENG YaXShI MONTAJ IShI;  ENG YaXShI LIBOS BO`YIChA RASSOM IShI;  ENG YaXShI RASSOM IShI;  ENG YaXShI KINO BASTAKORI;  ENG YaXShI SSENARIY;  ENG YaXShI OPERATORLIK IShI;  ENG YaXShI REJISSYoRLIK IShI;  ENG YaXShI AYoL ROLI;  ENG YaXShI ERKAK ROLI;  TOMOShABIN MEHRINI QOZONGAN FILM;  YILNING ENG YaXShI FILMI
72
1,166
Madaniyat
“Bu jahannamning o‘zginasi”. Gollivud aktrisalari murakkab rollariga qanday tayyorgarlik ko‘radi? (foto)
San’at olamida o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Uning nozik va go‘zal ko‘ringan vakillari ba’zida qiyinchilik bilan rollarga tayyorlanishiga to‘g‘ri keladi. Demi Mur Aktrisa 1997-yilda suratga olingan “Askar Jeyn” roli uchun bir qo‘l bilan “otjimaniye” qila oladigan darajada tayyorgarlik qilgan. U bilan AQSh harbiy-dengiz kuchlarida faoliyat yuritadigan Stiven Xelvenston shug‘ullangan. Mur dublyor yordamidan foydalanishdan bosh tortgan. Demi qiyin tryuklarni bajarish uchun kaskadyor yordamidan foydalanishi mumkinligi, lekin bu bilan odamlar bu kabi tayyorgarliklarda nimalarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelishini his qilmasligini aytgan. Ammo Demi Murga birgina yuqori saviyali trenerning o‘zi kamlik qilgan va “Troya” filmi uchun Bred Pittni tayyorlagan, Tobi Maguayrni “O‘rgimchak odam”ga aylantirgan Gregori Juan-Roshe yordamidan ham foydalangan. Enn Xeteuey 2012-yilda suratga olingan “Tahqirlanganlar” filmida suratga tushish uchun 11 kilo vazn tashlagan. Bu hali hammasi emas Kristofer Nolanning “Qora ritsar: Afsonaning qaytishi” filmida rol ijro qilish uchun aktrisa nafaqat ozishi, balki plastikasi ustida ishlashiga ham to‘g‘ri kelgan. Undagi mushuk-ayol roli uchun tikilgan libos juda ham tor va yopishib turadigan bo‘lgan, bunday kiyimda esa kamchiliklarga ko‘zga tashlanib qolishi mumkin edi. Cinema Blend’ga bergan intervyusida Enn trenerlar uni suratga oladigan maydonchada yordam beradigan “mushak xotirasi” shakllanadigan darajada tayyorlantirganini ma’lum qilgan. Shuningdek, u jang san’ati mashqlarini bajargan vaqtida kimnidir urib yuborish mumkinligi haqida o‘ylash va mashqlar osonmasligini ta’kidlagan. Trenerlarning ma’lum qilishicha, Enn uchun tuzilgan dasturga ko‘ra u deyarli veganlar parheziga amal qilgan. U dublyor qizlardan motivatsiya olgani va birga ishlash jarayonida qizlarning erkaklar bajaradigan qiyin tryuklarni bajarishi kishini ilhomlantirishini ta’kidlagan. Zoi Saldana Jeyms Kemeronning “Avatar” filmida aktrisaning haqiqiy yuzi va tanasi ko‘rinmaganiga qaramay, boshqa sayyoralik malika Neytirining rolini ijro qilish uchun Zoi dahshatli darajada og‘ir trenirovka bilan shug‘ullangan. Bundan tashqari, u kamondan o‘q otish, jang san’ati va ot minishni o‘rganishiga to‘g‘ri kelgani yetmagandek, filmda qahramoni gaplashadigan na’vi tilini o‘zlashtirishiga to‘g‘ri kelgan. Ammo Zoi ushbu til bilan tanishish qiziqarli bo‘lganini bildirgan. Ushbu ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun 6 oy sarflagan, professional jangga tayyorlanish bilan esa umumiy 18 oy ketgan. Ammo bu o‘zlashtirgan ko‘nikmalari unga “Galaktika qo‘riqchilari” kinolentasidagi Gamora roliga yordam bergan. Zoini “Avatar”ning keyingi qismlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Alisiya Vikander Aktrisa 2018-yilda Lara Kroft rolini ijro qilish uchun ancha tayyorgarlik ko‘rishi, jismonan va ruhan qahramon roliga mos bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Shunga qadar nozik bo‘lgan aktrisa mazkur roldan keyin sportchilarga xos qomatga ega bo‘lgani, ammo bu unga oson bo‘lmaganini bildirgan. U Grem Nortonning shousida bunga qadar hayotida hech qachon bunday og‘irlikni ko‘tarishiga to‘g‘ri kelmaganini ma’lum qilgan. U to‘rt oy mobaynida zalda doimiy ravishda mashq qilgan, aralash jang san’ati va og‘ir atletika, boks, suzish bilan shug‘ullangan. Shundan keyin nozik qiz bir urishda raqiblarini ag‘daradigan darajadagi kuchli qahramonga aylangan. Trenirovka vaqtida aktrisaning mushaklari 6 kiloga ko‘paygan. Suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin Grem Nortonga bergan intervyusida u uch haftadan keyin, shug‘ullanishda erishgan natijasini yo‘qotganini aytgan. “Men hamisha shunday bo‘lib qolaman deb o‘ylagandim”, — deya hazillashgan. Emili Blant Ayrim aktrisalar “Boshqaruv byurosi” fantastik filmida professional raqqosa rolini ijro qilish mas’uliyatidan qochgan bo‘lishi mumkin, lekin Emili emas. U loyiha bilan tanishib chiqqanidan keyin darhol uni ijro qilishga rozilik bergan. U parhez tutishi mumkinligi, balerinalar tuflisini kiya olishini aytgan. Tayyorlanish uchun u 6 kun davomida 2 soatdan Nyu-Yorkdagi fitness studiyada shug‘ullangan. Sedar-leyk balet guruhida amaliyot o‘tagan. Qomati balerinalarnikiga o‘xshashi uchun baliq va mevali parhez qilgan. U yelkasi shishib ketgani, umurtqasi ichida ilon bordek tuyulganini bildirgan. Bunday tayyorgarlikdan keyin u 2014-yilda askar ayol rolini ijro qilishda qiynalmagan. Linda Xemilton 1984-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Terminator” filmidagi ishlatilgan effektlar, aktyorlar mahorati, shuningdek, Linda Xemiltonning ijrosi muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Uning qo‘rqmas harbiy komandir qahramoni o‘z davrida feministlar uchun ramz bo‘lgan. Lindaning vazni 50 kilo bo‘lgan va unga biriktirilgan trener uning ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmagan. 13 oy davomida Linda og‘ir va kardio-trenirovka bilan shug‘ullangan. Qurol ishlatish va dzyudo ham uning shug‘ullanish dasturidan o‘rin olgan. U harbiy operatsiyalarni amalga oshirishni, dushman qayerda ekanligini, harbiylar o‘lik yoki tiriklarni qanday qilib ajratishini o‘rganganini ma’lum qilgan. Aktrisa bu dahshatli darajada og‘ir bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Lindaning shuncha urinishiga qaramay, trenerning ko‘ngli to‘lmagan. “Trenerim men okeanda 20 kiloli og‘irlikdagi ryukzak bilan suzsam, ko‘ngli to‘lardi, lekin men o‘g‘limga kerak edim”, — degan u. Ammo shuncha mashqlar besamar ketmagan — “Terminator 2: Qiyomat kuni” kinoprokatda birinchi qismdagidan 6 marta ko‘p mablag‘ yig‘gan, Linda gavdalantirgan qahramon esa tarixda qolgan.
104
5,457
Madaniyat
“Sho‘rdanak” va “Qalpoq” ko‘rsatuvlari ijodkorlari YPX xodimlari haqidagi hazillari uchun uzr so‘radi (video)
“Qalpoq” hamda “Sho‘rdanak” hajviy ko‘rsatuvlari ijodkorlari YHXB xodimlari haqidagi hazillari uchun ichki ishlar organlari xodimlaridan kechirim so‘radi. “Qalpoq” ko‘rsatuvida spirtli ichimlik ichib, mashina boshqargan haydovchi akasining formasini kiyib ko‘chaga chiqqan YHXB xodimiga pora bergani ko‘rsatilgan. “‘GAI’ va militsiya xodimlari ustidan bunday hazil qilishimiz noto‘g‘ri aslida. Hech qaysi ‘GAI’ haydovchini to‘xtatib pora olmaydi. Haydovchilarning o‘zi ‘Otam kasal, enam o‘lib qoldi’, deb ularning rahmini keltirib, nimadirlar qiladi. ‘GAI’ning pul so‘rashi hayotda bo‘lmagan. Men birorta ‘GAI’ni yomon demayman”, — deydi “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi aktyori Rahmonali Surobov. “Sho‘rdanak” ko‘rsatuvi aktyorlari esa YHXB xodimlarining haydovchini sababsiz to‘xtatib, undan pul undirmoqchi bo‘lganini ko‘rsatgan. Shuningdek, ushbu ko‘rsatuvda haydovchi o‘t o‘chirish moslamasi va dori qutisi sotib olmagani uchun tez yordam va o‘t o‘chirish mashinasi bilan birga yurgani ham aks ettirilgan. “‘GAI’ xodimlari haqida biz avval ham hazillar qilganmiz, biroq shu safar biroz xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik. Bu ham qaysidir ma’noda shu kasb egalari haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligimizda pand berdi. Ularning qanaqa ekanligi yurtimiz boshiga kelgan sinovli kunlarda bilindi. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay, tinim bilmay mehnat qilyapti, bizni o‘ylab uyda qolishimizni so‘rab, iltimos qilyapti. O‘zim nomimdan va ijodiy guruh nomidan ichki ishlar xodimlari haqida hajviya tayyorlaydigan bo‘lsak, uning orqasida nima yotganini o‘ylab dastur qilamiz, deb va’da beraman. Xatoliklar uchun afsusdamiz, pushaymondamiz”, — deydi “Sho‘rdanak” ko‘rsatuvi aktyori Erkin Cho‘liyev.
109
1,694
Madaniyat
Milliarder Abramovichning muzeyi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va “Garaj” Zamonaviy san’atlar muzeyi Toshkentdagi Zamonaviy san’atlar markazining ochilish marosimi doirasida Garage Screen Film Festival kinofestivalini o‘tkazadi, deb xabar qildi Sputnik. “Garaj” muzeyi direktori Anton Belov O‘zbekistonda zamonaviy san’at muzeyi ochilishi borasida to‘xtalar ekan, bu “ramziy voqelik” ekanini ta’kidladi. “Ushbu voqea Toshkentga sehrli-shahar maqomini olishga, uning jozibasini oshirishga xizmat qiladi. Ishonchim komilki, Zamonaviy san’at markazi bu o‘lkaga keluvchi mehmonlar sevib qadam ranjida qiladigan joyga aylana oladi. Chunki odamlarga nafaqat ko‘hna tarix manzaralari, balki hozirgi kelajak ham juda qiziq”, - dedi Belov. Festival dasturiga ko‘ra, bugun ochilish marosimi o‘tkazilgan Zamonaviy san’atlar Markazida 14-apreldan 25-mayga qadar, 2008-yilda Darya Jukova va milliarder Roman Abramovich tomonidan tashkil etilgan “Garaj” muzeyi tomonidan beshta film namoyish etiladi. Bular: Anton Jelnovning “G‘arib odamlar. Kabakovlar”, Sara Drayverning “Baskiya: Haqiqatning ko‘rinishi”, Xizer Lensning mashhur zamonaviy rassomlardan biri Kusamaning ijodiga bag‘ishlangan “Kusama: Bepoyon dunyolar” hikoyasi, Yulian Rozefeldtning “Manifesto” blokbasteri, shuningdek, taniqli rassom Mauritsio Katellaning “Hammasi” deb nomlangan hujjatli filmlardir.
69
1,384
Madaniyat
Rayhon: Erkak kishidagi men qadrlaydigan xususiyatlar vaqt o‘tib o‘zgardi
Xonanda Rayhon o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasida erkaklardagi o‘zi qadrlaydigan xususiyatlar o‘zgarganini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar beradi. “Avvallari, erkaklardagi qaysi xususiyatlarni qadrlaysan, degan savol berishsa, mardlik, vijdonlilik, ishonchlilik degan ahmoqona javobni berardim. Hozir menga shu savolni berishsa, quyidagicha javob berardim: erkak kishining ayolini baxtli qila olish istagi va mahoratini qadrlayman”, — deb yozdi xonanda sahifasida. Skrinshot: “Darakchi.uz”
73
511
Madaniyat
Ertangi kun kelmasa nima bo‘ladi? “Sug‘ur kuni” filmi bo‘yicha test
Sug‘ur kuni AQSh va Kanadada 2-fevral kuni nishonlanadigan bayram. Ushbu kunda, mahalliy meteorolog sug‘urlarga bag‘ishlangan festivallar o‘tkaziladi va unga turli davlatlardan turist va mehmonlar tashrif buyuradi. Unda yig‘ilganlar sug‘urni kuzatadi va uning xatti-harakatidan qishning qancha davom etishini taxmin qiladi. O‘sha kuni havo bulutli bo‘lsa, sug‘ur o‘zining soyasini ko‘rmaydi va inini tinchgina tark etadi. Bu qish, ya’ni sovuq kunlarning  tez kunda tugashini, bahorning erta kelishini bildiradi. Quyoshli kunda esa, sug‘ur o‘z soyasini ko‘rgach, iniga berkinib oladi va bu qishning yana olti hafta davom etishidan dalolat beradi. Quyida har yili 2-fevral kuni efirga uzatiladigan “Sug‘ur kuni” filmidan tuzilgan testni e’tiboringizga havola etamiz. Unda film syujetidan berilgan savollarga javob berishingiz kerak bo‘ladi. Test yuklanishini biroz kuting! “Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring. Kinomanlar uchun: Melomanlar uchun: Siyosatga befarq bo‘lmaganlar uchun: Boshqa mavzudagi testlar:
67
1,018
Madaniyat
“Oskar-2019” mukofotiga kimlar sazovor bo‘ldi?
Bugun, 25-fevral kuni AQShning Los-Anjeles shahrida nufuzli “Oskar-2019” mukofoti o‘z egalariga topshirildi. Quyida mukofotning asosiy nominatsiyalari g‘oliblarini sanab o‘tamiz. “Oskar” bosh sovrini “Eng yaxshi film” nominatsiyasida rejissor Piter Farellining “Yashil kitob” filmi g‘olib bo‘ldi. View this post on Instagram “Eng yaxshi erkak roli” uchun Rami Malek taqdirlandi. View this post on Instagram Oliviya Kolman “Eng yaxshi ayol roli” ijrochisi bo‘ldi. View this post on Instagram “Roma” kartinasi rejissori Alfonso Kuaron “Eng yaxshi rejissor” deb tan olindi.   View this post on Instagram “Eng yaxshi animatsion film” — “O‘rgimchak odam — koinot uzra”. View this post on Instagram Shuningdek, quyidagilar ham “Oskar-2019” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Pixar studiyasining “Bao” multfilmi eng yaxshi qisqa metrajli animatsion filmi deb topildi. 25 daqiqa davom etadigan “Nuqta. Gapning yakuni” kartinasi eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film bo‘ldi. “Eng yaxshi vizual effektlar” nominatsiyasida “Oydagi odam” filmi taqdirlandi. “Eng yaxshi qisqa metrajli film” — “Teri”. “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” —  BlacKkKlansman, Spayk Li  “Eng yaxshi original ssenariy” — “Yashil kitob” Piter Farelli, Nik Vallelonge, Brayan Karri. “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” — Maxershala Ali, “Yashil kitob”. “Film uchun yozilgan eng yaxshi musiqa” — “Qora panterra”, shvetsiyalik kompozitor Lyudvig Yoransson. “Film uchun yozilgan eng yaxshi musiqa” —  Shallow “Yulduz tug‘ildi” filmidan, muallif: Ledi Gaga, Mark Ronson, Entoni Rossomando, Endryu Uayatt.
46
1,642
Madaniyat
Instagram: Asal Shodiyevaning qiyofadoshi topildi, Husnora Shodiyevaning ushalgan orzusi, Dubayda idish-tovoq yuvayotgan Sariq bola
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Parizoda ishtirok etgan to‘yda yana ko‘ngilsiz holat yuz berdi. Uning dugonasi to‘satdan turtib yubordi, raqqosa yiqilayotganida esa dugonasi uning sochidan tutib qoldi. Turk aktrisasi Melisa Pamuk folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Jahongir Xo‘jayev Dubayda idish-tovoq yuvayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi. Bahora Arslonova mashina bozorini aylandi. Ravshan Komilov oila a’zolari bilan Dubayda dam olmoqda. Ziyoda oilasi bilan Yangi yil fotosessiyasini tashkillashtirdi. Yulduz Usmonova kechki ovqatga mangalda pishgan baliq tayyorladi. Imron uyida qandilni tuzatayotgani aks etgan surat bilan bo‘lishdi. Vizajist makiyaj orqali o‘zini aktrisa Asal Shodiyevaga o‘xshatib qo‘ydi. Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Shahlo Zoirova Bunyodbek Saidovning konsert dasturida ishtirok etdi. Yigitali Mamajonov rafiqasi va farzandlariga o‘z qo‘llari bilan tovuq oyoqchalarini tayyorlab berdi. Turk aktrisasi Meryem Uzerli Rossiyaga tashrif buyurdi. Teleboshlovchi va xonanda Xusnora Shodiyeva yana bir orzusini amalga oshirdi. U o‘ziga qizil rangli avtomobil xarid qildi.
131
1,255
Madaniyat
Toshkentda “Visla” Polsha kinofilmlari II festivali bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi kinematografiya sohasidagi hamkorlik dasturi doirasida Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida 21—23-dekabr kunlari “Visla” Polsha kinofilmlari II festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekistondagi Polsha madaniyat markazi xabar bermoqda. Festival Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Wspieram fondi ko‘magida o‘tkaziladi.
65
359
Madaniyat
Shavkat Mirziyoyevning saylovdagi g‘alabasiga bag‘ishlangan tadbirda Yulduz Usmonova sahnada madhiya kuyladi (video)
Kecha, 5-dekabr kuni yangi saylangan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev g‘alabasiga tashkillashtirilgan bayram tadbirida Yulduz Usmonova qator xonandalar bilan birga sahnada O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuyladi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda. “Uch xalq artisti Ozodbek, Yulduz va Gulsanam o‘rtada birga turishi o‘ziga xos boshqacha ko‘rinar ekan”, — deb yozadi sayt muallifi. Bayram tadbirida, shuningdek, Yulduz Turdiyeva, Jahongir Poziljonov, Shahzoda va og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov va boshqalar ham madhiyani birga kuyladi. Tadbir davomida Yulduz Usmonova ko‘ziga yosh oldi. 7 декабря 21-00 на канале O'zbekiston не пропустите канцерт Видео опубликовано YULDUZ USMANOVA (@yulduzusmonova) Дек 5 2016 в 8:48 PST
116
770
Madaniyat
Ayollarni xiyonat qilmaslikka chaqirgan rejissor, 10 dan ortiq aktyor suratga tushayotgan klip. Instagram yangiliklari
Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 17-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Rejissor Rustam Sa’diyev ayollarni erkaklarga xiyonat qilmaslikka chaqirdi. U xonanda Imronning “Xiyonat qilma” deb nomlangan qo‘shig‘iga klip suratga oldi. Klipda tojikistonlik model Nodira Mazitova suratga tushdi. View this post on Instagram Durdona Qurbonova Munisa Rizayevaning “Dil” deb nomlangan klipida suratga tushmoqda. Xonandaning aytishicha, yangi klipda 10 dan ortiq aktyor turli obrazlarda namoyon bo‘ladi. View this post on Instagram Akbarxo‘ja Rasulov “Qurilish: Usmon”dagi partnyori Burak O‘zchivit bilan. View this post on Instagram Lola folloverlariga yaxshi kayfiyat tiladi. View this post on Instagram So‘z ustasi Mirzabek Xolmedov “Sen uchun so‘nggi manzilga kim boradi?” deb nomlangan monologini taqdim etdi. View this post on Instagram Sevara Nazarxonning muxlislari uchun maxsus kiyimlar ishlab chiqarildi. View this post on Instagram Ulug‘bek Xolmedov o‘z to‘yida Shohjahon Jo‘rayevga jo‘r bo‘lib qo‘shiq kuyladi. View this post on Instagram Hilola Hamidovadan quvnoq videorolik. View this post on Instagram Yulduz Rajabova hali ham Istanbulda. View this post on Instagram
118
1,429
Madaniyat
Toshkentda taniqli xonanda koronavirus sababli karantinga olindi
Taniqli opera xonandasi, “Shuhrat” medali sohibasi Shirin Mamatova Toshkentdagi 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tushib qoldi. U bu haqda Instagramdagi sahifasida ma`lum qildi. “Aziz obunachilarim, ayrim noxush sabablar tufayli kasalxonaga tushib qoldim. Hozirgi kunda kasalxona karantinga yopildi. Bu hamma bilan yuz berishi mumkin. Ahvolim yaxshi, koronavirusga test topshirdim, natija salbiy chiqdi. Biroq yana 14 kunni kasalxonada o`tkazishim kerak. O`zingizni va yaqinlaringizni asrang”, —  deb yozadi Shirin Mamatova. Xonandaning muxlislari izohlarda unga sog`lik tilab, hammasi yaxshi bo`lishini yozib qoldirgan.
64
628
Madaniyat
10-yanvar — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Oybek tavallud topgan kun
O‘zA 10-yanvar — O‘zbekiston xalq yozuvchisi Oybek tavallud topgan kun munosabati bilan adib hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston FA akademigi Oybek (Muso Toshmuhammad o‘g‘li) 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oybek Toshkent universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida (1925–27-yillar), Leningrad xalq xo‘jaligi institutida (1927–29-yillar) o‘qigan va og‘ir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent universitetida o‘qishni tugatgan (1930-yil). Adib “Tuyg‘ular” (1926), “Ko‘ngil naylari” (1929), “Mash’al” (1932) she’riy to‘plamlari, “Dilbar – davr qizi” (1932), “O‘ch” (1933), “Baxtigul va Sog‘indiq” (1934), “Qahramon qiz” (1936), “Gulnoz”, “Kamonchi”, “Navoiy” (1937) singari dostonlar yozgan. Nasriy merosi 5 roman (“Qutlug‘ qon”(1940), “Navoiy”(1942), “Quyosh qoraymas”(1943 –59), “Ulug‘ yo‘l”(1967), “Oltin vodiydan shabadalar”(1949), 4 qissa (“Shonli yo‘l”, “Nur qidirib”, “Bolalik xotiralarim”, “Bola Alisher”) hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. A.S.Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani, M.Yu.Lermontovning “Maskarad”, Molerning “Tartyuf” dramalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Oybek 1968-yil 1-iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan (2001 yil).
65
1,330
Madaniyat
Marvel “Qora pantera”ning birinchi treylerini e’lon qildi
Marvel studiyasi superqahramon T’Challa — Vakanda qiroli haqidagi “Qora pantera” filmining birinchi tizer-treylerini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Meduza. “Qora pantera” — Marvel kino olamining 18-filmi hisoblanadi; T’Challa ilk bor “Birinchi qasoskor: To‘qnashuv” filmida paydo bo‘lgan edi. Film syujetiga ko‘ra, bosh qahramon o‘z mamlakatiga qaytib, dushmanlari uni taxtdan ag‘darmoqchi va Vakandani yo‘q qilmoqchi ekanidan xabar topadi. Film 2018-yil fevralida katta ekranlarga chiqadi.
57
493
Madaniyat
Yulduzlardan bayram tabriklari, joynamoz ustidagi Nilufar Usmonova, Hayitda ro‘mol o‘ragan Rayhon. Mashhurlar karantinda
San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 24-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Zarina Nizomiddinova barchani Hayit ayyomi bilan tabrikladi hamda o‘zi pishirgan chak-chakning surati bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Shahzoda Matchonova folloverlarini bayram bilan tabriklash uchun sahifasiga Nilufar Usmonovaning qizi Safiyaning joynamoz ustidagi suratini joylashtirdi. View this post on Instagram Turk estrada yulduzi Rafet el Roman ham Hayit bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi. View this post on Instagram Umidaxon ilk marta o‘g‘li Muhammad Alining suratini muxlislariga ko‘rsatdi. View this post on Instagram Yulduz Usmonovaning sahifasiga xonandaning mushugi surati joylashtirildi. Nilufar Usmonovaning aytishicha, mushukning laqabi Nolik. View this post on Instagram Nilufar Usmonovaning o‘zi esa joynamoz ustidagi surati bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Golluvud aktrisasi Jessika Alba va uning oila a’zolari bilan ijro etgan quvnoq raqsi. View this post on Instagram “Bravo” guruhi a’zosi Shahlo Zoitova 24-may kuni nafaqat Hayit, balki qizi Shaydoning tug‘ilgan kunini ham nishonlamoqda. View this post on Instagram Yulduz Rajabova Istanbuldagi dengiz sohilidan ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Asal Shodiyevaning fikricha, buvisi bor odam hech qachon qarimaydi, u doim bola bo‘lib qoladi. View this post on Instagram “Qora niyat” seriali yulduzi Enderdan bayram tabrigi. View this post on Instagram Rayhon “Sevamande” deb nomlangan qo‘shiqni muxlislariga taqdim etishni rejalashtirmoqda. View this post on Instagram Gulchehra Eshonqulova otasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. View this post on Instagram Manzura ham muxlislarini bayram bilan tabrikladi. View this post on Instagram Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin:
120
2,165
Madaniyat
Toshkent shahrida “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivali g‘oliblari taqdirlandi
Toshkent shahridagi “Istiqlol” saroyida “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi va tadbir ishtirokchilari ijrosida gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Kamalak” bolalar tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Badiiy akademiya bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalidan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘g‘il-qizlarning qobiliyatini erta aniqlash, ularning ta’limdan tashqari vaqtini samarali tashkil etish, san’at vositasida navqiron avlod qalbiga ezgu g‘oyalarni chuqur singdirishdan iboratdir. Bu yilgi festivalda 6—15 yoshli iqtidorli bolalar o‘z mahoratini namoyish etdi. Festivalning saralash bosqichlarida o‘quvchilarning mumtoz va milliy musiqa cholg‘ulari ijrochiligi, an’anaviy va akademik xonandalik, xoreografiya, tasviriy va amaliy san’at, nasr va nazm yo‘nalishidagi iste’dod va mahorati taniqli san’atkor va mutaxassislar tomonidan baholandi. 15—19-noyabr kunlari festivalning yakuniy bosqichi yuksak saviyada o‘tdi. Unda 700 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Yoshlar ijod saroyida turli nominatsiyalar bo‘yicha ijodiy salohiyatini namoyish etdi. Festival doirasida bolalar ijodiyotiga oid badiiy ko‘rgazmalar, konsertlar, mohir xonanda va sozandalar, musiqachilar, musavvirlar, bolalar yozuvchi va shoirlari ishtirokida mahorat saboqlari o‘tkazildi. Muzeylar, teatrlar, ko‘rgazma zallari, ma’naviyat va ma’rifat maskanlariga, istiqlol yillarida bunyod etilgan ijtimoiy-ma’rifiy obyektlarga sayohatlar ishtirokchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi. Festivalda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga diplom va sovg‘alar topshirildi. Bolalar badiiy jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi namoyish etildi.
100
1,894
Madaniyat
Belarusda “O`zbek kinosi kunlari” o`tkazildi
Belarus Respublikasining Minsk shahrida 10 12 sentyabr sanasida ilk bor “O`zbek kinosi kunlari” o`tkazildi.   Bu haqda Kinemotografiya agentligi xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, 10 sentyabr kuni "Ezgu film" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” tarixiy badiiy filmi, 11 sentyabr kuni “Islomxo`ja” tarixiy badiiy filmi namoyish etilgan.   12 sentyabrda esa O`zbekiston xalq artisti, rejissyor Shuhrat Abbasovning “Sen etim emassan” badiiy filmi  tomoshabinlar e`tiboriga havola etilgan. "Qo`shni davlat kino muxlislari tomonidan o`zbek filmlari iliq kutib olindi", deyiladi agentlik xabarida.
44
637
Madaniyat
Ahad Qayum o‘g‘ri shoirmi? Bobur Bobomurod Ahad Qayum haqida tarqalgan gap-so‘zlarga munosabat bildirdi (video)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. “Sinishimni sog‘indi kimlar?”, “Man yana man”, “Yana sog‘indim, yana”, “Jiyda gullari”, “Yig‘lama, o‘zimning farishtaginam” kabi ko‘plab xit qo‘shiqlar muallifi bo‘lgan Ahad Qayum haqida “she’rlarni o‘zi yozmaydi”, “o‘g‘ri shoir” mazmunidagi gap-so‘zlar tarqalgan. Bobur Bobomurod suhbat davomida shogirdi Ahad Qayum haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. https://youtu.be/2IkjAOeyBRM?t=1h3m28s Men shu yigitga qoyil qolganman. U mening oldimga shoir bo‘laman deb kelmagan. Qo‘shiq aytaman deb kelgan. Qo‘shiq uncha o‘xshamadi. Keyin aktyor bo‘laman deb o‘zini sinab ko‘rdi. O‘sha paytda aktyorlik, kinolarda rol o‘ynash qiyin edi. O‘shanda mashhur bir xonandani ofisida ishlab turganda, ‘sen kelgan she’rlarni yig‘ib tur, kompyuterga yozib turgin, senga ish shu’, deganman. Xonandalarga juda ko‘p she’r keladi, men o‘zim ham guvohi bo‘lganman. Kimdir daftarda, kimdir qog‘ozda, yana kimdir kitobda xonandaga she’r yuboradi. U she’rlar xonandaning esidan ham chiqib ketadi. Kim yozganini, nima yozganini bilmaydi, chunki ko‘pchilik xonandalar kitob o‘qimaydi. Studiyaga boradi-da, tayyor matnni aytib berib, fonogrammaga tushib ketaveradi. Uni yodlab ham o‘tirmaydi. Ko‘pchiligi shu, lekin she’rning ma’nosini ko‘ndalangiga ham, bo‘yiga ham, eniga ham ko‘radigan hofizlar ham bor. Bu alohida mavzu. Lekin hozir Ahad haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘sha paytda u yoshligiga borib, haqiqatan ham qiziqib bir-ikkita she’rlarning bandiga o‘zgartirish kiritgan. Baribir mehnat qilgan. To‘rt bandni u yoqdan olib, sakkiz bandni o‘zi qo‘shgan. ‘She’rlarni to‘g‘irlab bering’, deb menga ham olib kelishadi, lekin men to‘g‘irlab bergan she’rlarimga hech qachon o‘z nomimni qo‘ymaganman. Qo‘yishga or qilaman. Keyin men Ahadga aytdim, ‘Yaxshimi, yomonmi noming chiqdi. Ahad Qayum bo‘lding, endi uka, kitoblarni olginda, o‘qigin. Yaxshi baza bo‘lsa, o‘zingni ham qo‘ling kelishib qoldi’, dedim. Keyin u menga ‘bir-ikki yil vaqt bering’, dedi. Ahad kitoblarni o‘qib, ancha qalami ham kelishib qoldi. O‘z ustida ishlay boshladi. Lekin o‘zi ham shoirlikka da’vo qilmaydi, ‘men aktyorman’, deydi. Hozir ham o‘z ustida ishlasa, u yigitda qobiliyatni sezaman. Balki, u o‘shanda mashhur bo‘lish uchun, o‘zini topish uchun shunday harakat qilgandir. Men uni kechiraman, balki uni she’r egalari kechirmas. Lekin mehnat qilganini baribir tan olish kerak. O‘zimga ham she’rlarimdan ta’sirlanib yozganini aytgan. ‘Shu yigit foydalansin’, deb o‘shanda yarim ruxsat berib qo‘yganman. ‘Lekin o‘zingni tezroq yig‘ishtirib olgin, bo‘lmasa baloga qolib ketasan’, deganman. Chunki bizda shunaqa, bir kishini yomon ko‘rsak, uni oxirigacha u-bu narsa qilib, ezib tashlamagunimizcha qo‘ymaymiz. Holbuki, unga sal imkoniyat bermaymiz. Men hakam emasman, uni to‘g‘ri ham demayman, chunki bu narsa odamzotning o‘ziga, iymoniga, saviyasiga havola. Shuni o‘ziga ep ko‘rdimi, shunga yarasha javob oladi. Bobur Bobomurod, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi
111
3,120
Madaniyat
O‘tgan yillar tashqi ko‘rinishiga ta’sir qilmagan mashhur ayollar
O‘tayotgan yillar kishilar tashqi ko‘rinishiga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Lekin necha yosh bo‘lishidan qat’i nazar go‘zalligi o‘zgarmagan san’at vakillari borki, ularning suratlariga nazar tashlagan kishi hayratlanmay qolmaydi. Sher Pop yo‘nalishidagi o‘ziga xos ijrosi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan, 70-yillarda o‘ziga yarasha muvaffaqiyatga erishgan qo‘shiqchining 74 yoshda ekaniga ishonish qiyin. Tashqi ko‘rinishi yillar o‘tsa hamki, sezilarli o‘zgarmagan, qomati hali-hanuz kelishgan qo‘shiqchining bunday natijaga erishishida tinimsiz sport bilan shug‘ullanish va to‘g‘ri ovqatlanishga amal qilishning roli katta. Jennifer Eniston 51 yoshli aktrisa Jennifer Enistonning qiyofasiga nazar tashlab, uni ko‘pi bilan 35 yoshda deb taxmin qilish mumkin. Eniston hamma gap ratsionga e’tiborli bo‘lish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishda deb biladi. Holli Berri Hollining hamisha yosh ko‘rinishi muxlislarni doim hayratga solgan. Yulduzning xipcha beli, sportchilarnikidek kelishgan qomati, tarang va muammosiz terisi 54 yoshda ekaniga shubha uyg‘otadi. Holli bunday natijaga sport bilan muntazam shug‘ullanib erishgan. U haftasiga besh kun maxsus dastur asosida sport mashqlari, xususan, boks bilan shug‘ullanadi. Monika Beluchchi Italiyalik aktrisa karyerasini boshlaganidan to bugunga qadar mahorati va go‘zal tashqi qiyofasi bilan millionlab kishilar qalbidan joy olgan. Yuzidagi sezilar-sezilmas bir-ikki ajinni aytmaganda uning 55 yosh ekaniga ishonish qiyin. Beluchchi yuqoridagi mashhurlardan farqli o‘laroq, sportga mukkasidan ketmagan, u go‘zallik sirini o‘zini yaxshi ko‘rish, qadrlash, e’tibor berish va hayotdan zavqlanishda deb biladi.
65
1,654
Madaniyat
“Shon-shuhratga tayyor emasdim”. Keyt Uinslet “Titanik” taqdimotidan so‘ng matbuotda keskin tanqidlarga uchragani haqida so‘zlab berdi
Bugungi kunda iste’dodi va ijro mahoratiga hech kim shubha qilmaydigan Keyt Uinslet, karyerasini boshlaganida tanqidlar nishoniga uchragani haqida aytib berdi. Rejissor Jeyms Kemeronning “Titanik” filmida 22 yoshida suratga tushgan aktrisa omma e’tiboriga tayyor bo‘lmagan. Aktrisa Mark Maron bilan bo‘lgan suhbatda matbuotdagi turli munosabat va tanqidlar uni sindirishiga sal qolganini ma’lum qilgan . U “Titanik”ning premyerasidan keyin o‘zini-o‘zi himoyalash rejimini “yoqishi”ga to‘g‘ri kelgani, Britaniya tabloidlari uni tanqid qilish uchun imkon qochirmaganini ta’kidlagan. Aktrisa uchun bularning bari juda ham og‘ir bo‘lgan va hammasi tezroq tugashini kutgan. “O‘sha vaqt men shon-shuhratga erishishning boshqa tarafi bilan tanishganman va men bunga tayyor bo‘lmaganman”, — degan Uinslet. Matbuotdagi malomatlar ta’sirida aktrisa, katta loyihalarda ishtirok etishga rozilik berishdan cho‘chigan. Aktyorlik mahoratini o‘rganishda davom etgan Keyt, o‘zini Gollivud filmlarida suratga tushish uchun tayyor emas deb hisoblagan. Omadsizlik va xato qilishdan qo‘rqqan, ammo suratga tushish fikridan qaytmagan. “Men kasbimni yaxshiroq tushunish va qadr-qimmatni saqlab qolish uchun ikir-chikirlarga e’tibor qaratishga uringanman”, — deb qo‘shimcha qiladi aktrisa. Uch yil o‘tib Keyt farzandli bo‘lganidan keyingina Britaniya tabloidlari uni tinch qo‘ya boshlagan. Bu vaqtga kelib o‘zi ham tanqid va begona fikrlarga ortiqcha e’tibor bermagan va farzand tarbiyasi bilan shug‘ullana boshlagan. Oradan 23 yil o‘tib, aktrisa Jeyms Kemeron bilan qayta hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan. U suratga tushayotgan “Avatar” sikveli 2021-yilda efir yuzini ko‘radi. Uchinchi sikvel 2024-yilda, to‘rtinchisi 2026-yil, beshinchisi esa 2028-yilda taqdim qilinadi.
134
1,748
Madaniyat
Bollivudning narkotik moddalarga tobelikdan davolangan yulduzlari (foto)
Ijro mahorati, qiyofasi sabab muxlislar qalbidan joy olgan mashhurlar ham ba’zida noto‘g‘ri yo‘lga kirishi va xato qiladi. Asosiysi esa o‘zida kuch topa olib qilgan xatolarni to‘g‘rilash. Priti Zinta Yoqimtoy va istarali aktrisa bir vaqtlar taqiqlangan moddalar qabul qilgan. Ammo Priti o‘zini qo‘lga olgan va iroda topib turmush o‘rtog‘ini uchratgunicha Amerikadagi reabilitatsiya markazida davolangan. Syuzanna Xon Hind aktyori Sanjay Kxannaning qizini kinematografiya sohasiga aloqasi yo‘q. Karyera borasida dizaynerlikni tanlagan Syuzanna 2000-yilda Ritik Roshan bilan turmush qurgan. Juftlikning munosabatlari 14 yil davom etgan. Ularning ajralishiga Syuzannaning narkotiklarga o‘ralashib qolgani sabab bo‘lgan, degan taxminlar ham yo‘q emas. Divya Bxarti Divya erta mashhurlikka erishgan yulduzlardan. Doimiy e’tibor va OAV diqqat markazida bo‘lgani unga oson bo‘lmagan. Buning oqibatida esa taqiqlangan moddalar qabul qila boshlagan. Shunga qaramay, u ham reabilitatsiya markazida davolangan. Ravina Tandon “Telba oshiqlar vaqti” filmi yulduzi aktyor Akshay Kumar bilan munosabatlariga nuqta qo‘yganidan keyin depressiyaga tushib qolgan. Chuqur g‘amga tushgan aktrisa oqibatda noto‘g‘ri tanlov qilgan. Ammo vaqt o‘tganidan keyin u shifokorlar yordamisiz o‘zini-o‘zi qo‘lga olib yangi hayot boshlay olgan. Sanjay Datt Aktyorning taqiqlangan moddalarni qabul qilishga o‘rganib qolgani haqida “Sanju” deb nomlangan biografik filmda hikoya qilinadi. Sanjay ikki yil davomida AQShda davolangan va bu balodan butunlay qutila olgan. Manisha Koyrala Manishaning narkotik moddalarga o‘rganib qolishi saraton paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Shundan keyin o‘zida qat’iyat topgan va davolangan. Vijay Raz Hind kinosanoatida komik rol ijrochisi sifatida ma’lum bo‘lgan ijodkor bir necha marta taqiqlangan moddalar iste’mol qilgani sabab o‘tirib chiqqanlardan. U hatto 1982-yilda BAA suratga olish maydonchasida narkotiklarni saqlagani uchun qamoqqa olingan. Jazo muddatini o‘tash uchun 5 yil berilganidan keyin aktyor reabilitatsiya markazida davolangan.
72
2,055
Madaniyat
O`zbekistonlik yosh rejissyorlar DigiCon6 Asia-2020 xalqaro festivali saralash bosqichi g`olib bo`lishdi
"O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, O`zbekistonlik 4 nafar yosh rejissyorlar DigiCon6 Asia-2020  xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalining mintaqaviy saralash bosqichining g`oliblariga aylanishdi.  Avvalroq  “O`zbekkino” Milliy agentligida Yaponiyaning DigiCon6 Asia-2020 xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida ishtirok etish uchun saralash bosqichi bo`lib o`tgani haqida xabar berilgan edi.   Mazkur festivalning 22-ko`rigi Yaponiyaning Tokio shahrida noyabr oyida bo`lib o`tadi, unda “O`zbekkino” Milliy agentligida saralab olingan filmlar ishtirok etadi. Abror Samug`jonov “Qurt” filmi uchun, Saida`loxon Ma`sudxonov “Larisa” filmi uchun, Asadulla Abdullaev “Konsert” filmi uchun, Maftuna Ergasheva “Er qadri” filmi uchun maxsus diplomlar Yaponiyadan yuborildi.
104
803
Madaniyat
Birinchi xonimlar amal qilishi shart bo‘lgan etiketlar: prezidentlarning rafiqalariga nima qilish mumkin-u, nimalar mumkin emas (foto va video)
Birinchi xonimlar Britaniya qirolichasi va Rim Papasi bilan qanday munosabatda bo‘lishi lozimligi, prezidentlarning turmush o‘rtoqlariga zararli odatlarga ruxsat berilishi mumkinmi, shuningdek, qanday holatda ular qoidalarni buzishi mumkinligi haqida Marie Claire nashri tayyorlagan ma’lumotlarni tarjima tariqasida e’tiboringizga havola qilamiz. Doimo turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlashi va “Ayollikning an’anaviy kodeksi” Yozilmagan odob-axloq qoidalariga ko‘ra, rasmiy tadbirlarda siyosatchilarning rafiqalari erkaklardan bir oz orqada yurishi lozim. Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makron prezident erining soyasida qolishni xohlamaydi chog‘i xizmat safarlarida uni doim Emmanuel Makron bilan bir xil darajada ko‘rish mumkin. Shu sababli ham fransiyaliklar birinchi xonimning bunchalik erkinligidan mamnun emasliklarini bildirib: “Biz rafiqasi uchun emas, prezident uchun ovoz berganmiz. Bu ketishda u davlat rahbarini ham orqada qoldiradi”, — degan istehzoli fikrlarni bildirishgan. Emmanuel va Brijit Makron Fransiya sobiq prezidenti Fransua Ollanddan hokimiyatni qabul qilib olish marosimida, Parij, Yelisey saroyi, 14-may, 2017-yil. Shu bilan birga, birinchi xonimlar siyosatning iflos olamiga aralashmagan holda turmush o‘rtog‘ining barcha qarorlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi lozim. Bill Klinton Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti bo‘lgan davrlarda uning rafiqasi Hillari o‘zboshimchaligi uchun qattiq qoralangan va turmush o‘rtog‘i uchun haqiqiy xavf sifatida qaralgan. Turmush o‘rtog‘ining ishlarida, xususan, sog‘liqni saqlash masalalaridagi siyosiy ishtiroki bilan Hillari birinchi xonimning an’anaviy “ayollik kodeksi” normalarini buzgan. Hatto Klinton xonimning mashhur kostyum-shimlari ham tanqid qilingan, jamoatchilik fikricha, bunday liboslar birinchi xonimning garderobi uchun mos emas. Shunisi ajablanarliki, Hillari Klintonning davlat rahbarining ikkinchi darajali rolni bajaruvchi rafiqasi bo‘lganidagi past reytingi uning o‘zi mustaqil siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlaganida aqlbovar qilmaydigan qo‘llab-quvvatlash va mashhurlikka almashdi. Bu esa birinchi xonim o‘z vazifalari doirasidan tashqariga chiqmasligi, har doim erining soyasida qolishi kerakligini tasdiqlaydi. Birinchi xonim “ayollik” dres-kodi va erkaklar ishlariga aralashmaslikdan tashqari, imo-ishora, yuz ifodalari va gapirish uslubi bilan ham ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ladi. Masalan, Mishel Obama “qo‘pol” harakatlari, tishlari orasidan chiqmaydigan “nazokatsiz” tabassumi va oyoqlarini bir-biridan kergan holda turishi kabi noqulay holatlari uchun ham yaxshigina tanqid ostida qolgan. Mishel Obama jiyanlari bilan birgalikda Oq uyda bezatiladigan rasmiy archani kutib olmoqda, 2016-yil 25-noyabr Boyligini ko‘z-ko‘z qilmaslik Birinchi xonimning yelkasida uddasidan chiqish mumkin bo‘lgan juda mushkul vazifa bor — prezidentning rafiqasi har doim davlat xazinasiga qo‘l tekkizmagan holda benuqson ko‘rinishi kerak. Biroq kamtargina bo‘lib yurish ko‘plab siyosatchilarning ayollari uchun doimo muammo tug‘diradi. Masalan, Meksikaning sobiq birinchi xonimi Anjelika Rivera o‘zining dabdabali va yumshoq qilib aytganda, qulay hayot tarzidan umuman xijolat tortmaydi. O‘z vatanida mashhur bo‘lgan aktrisa qimmat kosmetik muolajalarsiz, mashg‘ulotlarsiz, Gucci va Dior kiyimlarisiz hayotini tasavvur qila olmaydi. Rivera narxi ba’zida oddiy meksikalikning yillik maoshidan o‘nlab baravar yuqori turadigan kiyimlari uchun biror marta ham tanqid qilinmagan. Anjelikaning “ishtahasi” shu kungacha pasaygani yo‘q: 2019-yilning bahorida Enrike Penya Nietodan ajrashgani e’lon qilingandan so‘ng, sobiq birinchi xonim sobiq turmush o‘rtog‘idan 35 ta hashamatli avtomobil, Mexiko shahridan dang‘illama uy va kelgusi 12 yil davomida “oddiy” yo‘lovchilar bilan uchmaslik uchun shaxsiy samolyotdan foydalanishni talab qilgan. Anjelika Rivera va Meri Todd Tarixda prezident rafiqalarining bunday talablari ko‘p uchraydi. Avraam Linkolnning rafiqasi Meri Todd ham Amerikadagi fuqarolar urushi paytida qimmatbaho bazm libosi sotib olgani uchun jamoatchilik tomonidan tez-tez tanqid qilingan. Raisa Gorbachyovaning chet eldan keltiriladigan kostyumlari ham doimiy moliyaviy qiyinchilik va yetishmovchiliklarni boshdan kechirayotgan sovet xalqini taajjubiga sabab bo‘lgan. Bu borada Melaniya Trampni ham boriga qanoat qiladigan ayol deb bo‘lmaydi. Ommaviy axborot vositalari 2950 dollarlik Delpozo libosidagi “Hech bir bola och qolmasligi kerak” degan so‘zlarni aytishdan uyalmagan birinchi xonimni uzoq vaqt muhokama qildi. Melaniyaning 25 karatli olmos uzugi, shuningdek, 2017-yilda Sitsiliyada bo‘lib o‘tgan “Katta yettilik” sammitida kiygan Dolce & Gabbana’ga tegishli 51 ming dollarlik paltosi ham turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Dolce & Gabbana paltosidagi Melaniya Tramp va Raisa Gorbachyova O‘rinli kiyinish Birinchi xonimlarning kundalik jadvali turli tadbirlarni qamrab oladi: ish yuzasidan uchrashuvlar, diplomatik safarlar, ijtimoiy, xayriya va madaniy loyihalar va albatta, kechki ziyofatlar. Agar erkaklar uchun dres-kod deyarli har doim yuqori sifatli shim kostyum bilan cheklansa, siyosatchilarning xotinlari vaziyatga mos obraz tanlash uchun anchagina bosh qotirishlariga to‘g‘ri keladi. Garchi yuqorida Hillari Klinton va uning qimmatbaho kostyum-shimlari haqida gapirgan bo‘lsak-da, bu borada Melaniya Trampni o‘rinsiz kiyinish bo‘yicha rekordchi deb atash mumkin. AQShning birinchi xonimi 2017-yilda ro‘y bergan “Xarvi” to‘fonidan keyin mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun Texasga 12 santimetrli poshnali tuflida kelib, amerikaliklarni hayratda qoldirgan. Melaniya Donald Tramp bilan Texasga “Xarvi” to‘foni oqibatida mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun ketmoqda, 29-avgust, 2017-yil Bundan tashqari, Melaniya immigrant bolalar yashaydigan bolalar uyiga tashrif buyurganida “Umuman olganda, menga farqi yo‘q” yozuvi tushirilgan kurtka kiyib olgan. Amerika Qo‘shma Shtatlari birinchi xonimining bunday tanlovi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, jamoatchilik bilan aloqalar rahbari: “Bu shunchaki kurtka, xolos”, degan izoh bilan cheklangan. Melaniya Tramp AQSh—Meksika chegarasidagi immigrant bolalar uyiga tashrif buyurganidan so‘ng, 2018-yil 21-iyun. Chekish mumkin emas Yomon odatlarni targ‘ib qilish, albatta, birinchi xonimning vazifalari ro‘yxatida yo‘q. Mantiqan o‘ylab qaralganda ham siyosatchilarning xotinlarini sigaret chekayotganida tutib olish deyarli imkonsiz. Shunga qaramay, siyosat olamining o‘z vaqtida zamonaviy ziyolisi hisoblangan Jaklin Kennedi 12 yoshidan boshlab 2-3 quti sigaret chekkan, hatto homiladorlik paytida ham bu zararli odatini tashlamagan. Gap shundaki, sigaretalar AQShning birinchi xonimiga stress va semirish bilan kurashishda yordam bergan. Lekin har qanday rasmiy tadbirda fotosuratchilarga uning imijiga putur yetkazmaslik uchun prezidentning rafiqasini qo‘lida tamaki tutgan holda suratga olish qat’iyan man qilingan. “Qirollik” odobi Birinchi xonimlar bilishi shart bo‘lgan yana bir narsa — bu qirolicha qabulida amal qilinadigan odob-axloq qoidalaridir. Darhaqiqat, ushbu tadbir davomida ommaviy axborot vositalarining o‘tkir nigohlari prezident rafiqalarining har bir harakatiga, libosidagi detallarga va hatto yuz ifodalariga qaratiladi. Eng qiziq tomoni shundaki, hazrati oliyalari bilan uchrashganda amal qilish shart bo‘lgan axloq qoidalarining aniq ro‘yxati mavjud bo‘lib, ularni eslab qolish oson. Ammo bu haddan tashqari hissiyot bilan bog‘liqmi yoki bunday voqea paytida hayajonlanish muqarrar holmi — har holda bunday vaziyatlarda birinchi xonimlar baribir xatoga yo‘l qo‘yadi. Qirolicha bilan muloqot qilishdagi eng muhim qoida — unga qo‘l uzatmaslik, uning o‘zi birinchi bo‘lib qo‘l uzatgan bo‘lmasa, albatta. Mishel Obamaning qirolichani orqa tomondan “quchoqlagan” holatini esa muhokama qilmagan odam qolmagan hisob. O‘shanda Yelizaveta II qirolichaga xos bo‘lgan oliyjanoblik va donolik bilan, qulay va do‘stona muhitni saqlagan holda o‘zini prezident rafiqasining xatosiga e’tibor bermagandek tutgan. Bundan tashqari, “qirollik odobi”ning yana bir nechta standart qoidalari bor: qirolichaga yuz o‘girish va uni suratga olish odobsizlik hisoblanadi. An’anaga ko‘ra, uchrashuv paytida hazrati oliyalari har doim tashabbusni o‘z qo‘liga oladi: u birinchi bo‘lib salomlashish uchun qo‘l cho‘zadi, hammadan avval o‘tiradi, suhbatni ham birinchi boshlaydi. Qirolicha bilan uchrashuvda “Qirol nutqi” filmining mashhur epizodida aniq ko‘rsatilgandek, tilingizga ehtiyot bo‘lib, avval “hazrati oliyalari” deb gap boshlashingiz, keyin esa “xonim” deb murojaat qilishingiz kerak. “Birinchi xonimlar klubi” yoki ayollar birdamligi Odatda birinchi xonimlarning bir-birlari bilan diplomatik munosabatlari erlari o‘rtasidagi siyosiy “do‘stlik”dan kam bo‘lmaydi. Rasmiy tadbirlarda ular do‘stona bo‘lishi, suhbatni davom ettira olishi, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va “hamkasbini” qiyin ahvolga solmasligi kerak. Masalan, Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘ining inauguratsiyasini nishonlash chog‘ida AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama sovg‘a keltirganida uni juda chiroyli kutib olgan. Ammo o‘sha lahzada Mishelning shoshib, sovg‘ani qayerga qo‘yishni bilmay noqulay vaziyatda qolganini ko‘pchilik yaxshi eslaydi, chunki an’anaga ko‘ra, ular birgalikda suratga tushishi kerak edi, tabiiyki, bunday vaziyatda sovg‘a ortiqcha. Shu tufayli Mishel katta tanqidga uchragan bo‘lsa-da, odob-axloq qoidalari bo‘yicha mutaxassislar bunday vaziyatga oldindan tayyor bo‘lib, bu kabi noqulaylik yaratmasligi kerak bo‘lgani uchun Melaniyani ayblashgan. Donald va Melaniya Tramp, Barak va Mishel Obama yangi prezidentning inauguratsiyasida, 2017-yil 20-yanvar Bunday xatolardan Mishel ham xoli emas. 2013-yilda u Xitoyning birinchi xonimi Peng Liyuanga nisbatan o‘zini juda yomon tutgan, hatto haqoratli munosabatda bo‘lgan: Mishel oxirgi lahzalarda Kaliforniyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AQSh—Xitoy sammitiga kelishdan bosh tortgan. Xitoyning birinchi xonimiga sammit davomida hamrohlik qilishga oldindan va’da bergan Mishel birdaniga qizlari bilan Vashingtonda qolishini e’lon qilgan. Xitoy tomoni bu xabarni juda yomon qabul qilgan, chunki Peng Liyuan amerikalik “hamkasbi” bilan uchrashishni anchadan beri kutardi. “Mishel (Obama) Si Szinpin oilasiga do‘stona munosabatda bo‘lmasligi mumkin yoki haqiqatan ham uning boshqa muhim ishlari bordir. Ammo band bo‘lish bunday tadbirni o‘tkazib yuborish uchun bahona bo‘lolmasdi”, — deya o‘z fikrini bildirgan Xitoy vakili. Birinchi xonimlar — Peng Liyuan va Mishel Obama 2014-yilda Mishelning Xitoyga rasmiy tashrifi chog‘ida uchrashishgan Birinchi xonim, shuningdek, mamlakatida bo‘lib turgan xorijiy davlatlar rahbarlarining rafiqalariga hamrohlik qilishi lozim. 2017-yilda Melaniya Tramp Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va uning rafiqasi Akie Abe bilan Oq uyga tashrif buyurganida bu an’anani ochiqchasiga buzdi. U Akie bilan faqat Vashingtonga kelganida uchrashgan, lekin shahar bo‘ylab rejalashtirilgan sayohatlar paytida Melaniyani vazirning rafiqasi bilan birga ko‘rishmagan. Yaxshi kayfiyatda bo‘lish Har qanday tuyg‘ularni, ayniqsa, salbiy hislarni yashirmaslik prezident rafiqalari uchun o‘ta odobsizlik hisoblanadi. Hamma turlicha fe’l-atvorga ega, lekin birinchi xonimlarning xulqi haqida gap ketganda, hatto “bir zumda yonib ketuvchi” xarakter egasi ham bu masalada o‘z ustida ishlashi shart. Masalan, Melaniya Tramp Saudiya Arabistoniga bo‘lgan diplomatik tashrif chog‘ida mahhaliy aholida yomon tasssurot qoldirgan. O‘sha paytda Qo‘shma Shtatlarning sobiq birinchi xonimi jahl qilgan holda qo‘lini eridan keskin tortib olganini aytmasa, aytarli hech narsa bo‘lmagan. Ammo shu harakati bilan turmush o‘rtog‘iga hurmatsizlik qilgani muhakamalarga sabab bo‘lgan. Ammo Isroil bosh vazirining rafiqasi bu borada Melaniyani ortda qoldirishga ulgurgan. Sara Netanyaxuning harakatlarini kuzata turib, bunday etiket qoidalari u uchun bir tiyinlik ahamiyatga ega emasligini tushunish qiyin emas. Misol uchun, Ukrainaga tashrifi chog‘ida Sara karavay nonining bir bo‘lagini hammaning ko‘z oldida tashlab yuborgan. Ammo keyinroq siyosatchining rafiqasi non bo‘lagini tasodifan tushirib yuborganini da’vo qilib, vaziyatdan chiqib ketgan bo‘lsa-da, juftlikni Ukrainaga olib borgan samolyot kapitani bilan bo‘lgan mojarosi haqidagi mish-mishlar Saraning yomon fe’li haqidagi taxminlarni tasdiqlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur janjalga vazir rafiqasining samolyot ekipaji uni yaxshi kutib olmagani sabab bo‘lgan. Mamlakatlar madaniyatini bilish Diplomatik safarlar paytida, ayniqsa, G‘arb urf-odatlariga o‘xshamaydigan mamlakatlarga tashrif buyurganda birinchi xonimlarning kiygan libosi, taqqan aksessuarlari siyosiy va madaniy nuqtayi nazardan sinchkovlik bilan diqqat markazda bo‘ladi. Masalan, Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan Mishel Obamaning boshi ochiqligi mahalliy aholini qattiq g‘azablantirgan — hatto Twitter’da “Mishel Obama odobsiz” xeshteglari paydo bo‘lgan ham. Aslida AQSh birinchi xonimining kiyimi diplomatik protokolga va G‘arb ayollarining Saudiya Arabistoniga tashrifining odatiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, Mishel va uning maslahatchilari musulmon mamlakat madaniyatini hurmat qilishi kerak edi. 2017-yilda Melaniya Tramp AQShning sobiq birinchi xonimidan o‘rnak olib, Ar-Riyod safarida ro‘mol o‘rashdan bosh tortdi. Albatta, bu voqeani ommaviy axborot vositalari ham e’tiborsiz qoldirmadi, lekin hozirda bunday holatlar tez-tez sodir bo‘lmoqda va bu musulmon mamlakatlarida ayollar erkinligini cheklaydigan qat’iy qoidalarga qarshi o‘ziga xos norozilikka aylanib bormoqda. Salbiy reaksiyaga qo‘shimcha ravishda Melaniyaning bu harakati butun dunyodagi ko‘plab ayollarning qo‘llab-quvvatlashiga sazovor bo‘ldi. Melaniya va Donald Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida, 2017-yil 20-may Kalta yubka va yelkasi ochiq libos kiymaslik Mashhur siyosatchilarning ayollari qaddi-qomatlarini ochiqdan ochiq omma oldida ko‘rsatmasliklari aniq va oson bajariladigan talab kabi ko‘rinadi. Biroq bu qoida birinchi xonimlar tomonidan muntazam ravishda buziladi. AQShning 4-prezidenti Jeyms Medisonning rafiqasi Dolli Medison haddan ortiq ochiq liboslari uchun muntazam ravishda tanqid ostiga olingan. Eleanor Ruzvelt cho‘milish kiyimida suratga tushgan “ilk” birinchi xonim edi, bu ayniqsa o‘sha paytda dadil va provokatsion harakat sifatida qaralgan. Mishel Obamaning 2009-yilda Buyuk Kanyonga sayohati paytida kalta shortida namoyon bo‘lishi jamoatchilikning haqiqiy noroziligiga sabab bo‘lgan. Keyinchalik sobiq birinchi xonim bu uning eng katta xatolaridan biri ekanini tan olgan. Papaning “qora” qoidasi va “oq imtiyoz” kimlarga berilgan? Hech kimga sir emaski, Vatikan o‘ziga xos yozilmagan qoidalariga ega. Unga ko‘ra, Papa bilan uchrashuvda ayollarga kamtarona qora kiyim kiyish tavsiya etiladi: uzun yengli ko‘ylak, shuningdek, boshini sharf, to‘r yoki shlyapa bilan yopgan ma’qul. Garchi bir muncha vaqtdan beri Papa atrofidagilar uchun bu qoidalar unchalik qattiq bo‘lmagan bo‘lsa ham, birinchi xonimlar tomonidan yuz beradigan eng kichik xatolik ham katolik cherkovi va Papaga nisbatan hurmatsizlik sanaladi. Misol uchun, 2018-yilda Fransiyaning birinchi xonimi Brijit Makron Papa Frensis qabulida bo‘lganida bir amallab “qora” dres-kod kiygan bo‘lsa-da, boshini yopishni unutib, xato qilgan, natijada Makronning rafiqasi ommaviy axborot vositalarining bosh mavzusiga aylangan. Brijit Makron va Papa Frensis Vatikanda, 26-iyun, 2018-yil Ta’kidlash joizki, AQShning birinchi xonimi bu an’anani buzmagan. Vatikandagi uchrashuvda kiyinish uslubi bo‘yicha taniqli Melaniya Tramp va prezidentning qizi Ivanka boshlarini qora to‘r  bilan yopgan holda juda nafis ko‘ringan. Melaniya va Ivanka Tramp Vatikanda Papani kutib olishmoqda, 2017-yil 22-may Qizig‘i shundaki, “qora” qoidada ayrimlar uchun alohida istisnolar ham mavjud: ba’zi katolik mamlakatlarning qirollik oilalari a’zolari Papa bilan uchrashganda oq kiyimda kelish huquqini beruvchi — “oq imtiyoz” (fransuzcha Privilège du blanc)ga ega. Bunday istisno Ispaniya qirolichalari (Sofiya va Letitsiya), Belgiya (Matilda va Paola), Lyuksemburg oliy gersogi Mariya Tereza, Neapol malikasi Marina va Monako malikasi Sharlin uchun amal qiladi. Albatta, bunday imtiyoz hamma uchun emas. Shu sababli ham 2006-yilda Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Blyerning rafiqasi Cheri Blyerning Papa Benedikt XVI qabuli vaqtida oppoq kostyum kiygani atrofdagilarning keskin tanqidiga sabab bo‘lgan. Qoidalarni qachon buzish mumkinligini ham bilish kerak Boshqa qoidalar singari odob-axloq qoidalari ham istisnolar va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yadi, chunki ularning ba’zilari eskirgan. Bundan tashqari, ayrim hollarda protokolga rioya qilmaslik buzilgan qoidadan ko‘ra ko‘proq ma’no va foyda keltirishi mumkin, ayniqsa, ijtimoiy masalalarda. Garchi bu oson ish bo‘lmasa-da, birinchi xonim tomonidan to‘g‘ri amalga oshirilgan protokolga qarshi “jinoyat” nafaqat jamoatchilikdan ijobiy javob olishi, balki bir zumda erining siyosiy reytingini ko‘tarishi ham mumkin. Papa Ioann Pol II 1982-yil 7-iyunda Vatikanga tashrifi chog‘ida AQSh prezidenti Ronald Reygan va birinchi xonim Nensi Reygan bilan salomlashmoqda Misol uchun, bir vaqtlar Nensi Reygan Vatikan protokolini buzishi mumkinligini o‘ylab ham o‘tirmay, Papa Ioann Pol II dan to‘g‘ridan to‘g‘ri giyohvandlikka qarshi kurashish bilan shug‘ullanishni so‘ragan. O‘shanda hech kim AQShning birinchi xonimini qoidani buzganlikda ayblashga jur’at eta olmagan. Xuddi shunday vaziyat Braziliya birinchi xonimi Mishel Bolsonaro turmush o‘rtog‘ining inauguratsiyasida imo-ishora tilida gapirib, protokolga qarshi chiqqan. Bunday harakati bilan Mishel eshitish qobiliyati cheklangan odamlarning huquqlarini faol qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi va jamoatchilikdan juda iliq javob oldi. “Bu saylovlar ilgari eshitilmaganlarga ovoz bo‘ladi. Braziliyaliklarga tinchlik, xavfsizlik va farovonlik kerak. Bu hamma hurmat qiladigan mamlakat bo‘ladi”, deb va’da berdi prezidentning rafiqasi. Saylov paytida Mishel erining saylovoldi materiallarini imo-ishora tiliga tarjima qilgan, bu Jairning g‘alabasida muhim rol o‘ynagan. Jair va Mishel Bolsonaro, 28-oktabr 2018-yil
143
18,160
Madaniyat
Toshkentda mashhur skripkachi Vanessa Meyning xayriya konsert dasturi bo`lib o`tdi (video)
2018-yil 5-sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma etti yilligi munosabati bilan O`zbekiston Xalqaro anjumanlar saroyida Yoshlar simfonik orkestri hamda Buyuk britaniyalik mashhur skripkachi va bastakor Vanessa Mey ishtirokida xayriya konserti o`tkazildi, deb xabar berdi ittifoq matbuot xizmati. O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O`zbekiston tarixida birinchi marta tashkillashtirilgan mazkur konsert dasturi san`atning haqiqiy ixlosmandlari, iqtidorli yoshlar, san`atsevar xalqimiz uchun yorqin lahzalarga boy ayyomga aylandi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Yoshlar simfonik orkestri tomonidan ijro etilgan musiqalar jahon san`ati bilan bellashish uchun maydonga chiqdi. Bir tomonda O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Kamoliddin O`rinboev boshchiligidagi Yoshlar simfonik orkestri ijrosidagi musiqiy ohanglar va ikkinchi tomonda mashhur bastakor Vanessa Mey skripkasidan taralgan kuylar Xalqaro anjumanlar saroyida, san`atga oshufta qalblarda milliy va jahon musiqasini bir notada uyg`unlashtirdi. Mazkur konsert dasturi mamlakatimiz yoshlari o`rtasida jahon klassik musiqa merosini ommalashtirish, yoshlarni nodir san`at asarlariga bo`lgan qiziqishlarini oshirish va iqtidorlarini rag`batlantirishga xizmat qildi. Konsertda faol va iqtidorli yoshlar, O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpuslar va xalqaro tashkilotlar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlarining faol vakillari ishtirok etdi. O`zbekiston yoshlar ittifoqi mazkur konsert dasturini Gruziya davlatida ro`yxatdan o`tgan, butun dunyo bo`ylab yirik tadbirlarni tashkil etuvchi «Alex promotion» prodyusserlik kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etgani milliy musiqa san`atimizga hurmat-e`tibordan darak beradi. Shuningdek, konsert dasturida Buyuk britaniyalik mashhur skripkachi va bastakor Vanessa-Mey bilan birgalikda xor jamoalari, yakkaxon opera ijrochilari tomonidan milliy va jahon musiqa san`atining eng sara asarlari ijro etildi. Tomoshabinlar ijtimoiy tarmoqda konsert dasturidan lavha joylashtirdilar.
90
2,045
Madaniyat
Yevropa Ittifoqi Gollivudning oltita studiyasiga nisbatan aksilmonopol tekshiruvini boshladi
Yevropa Ittifqoining aksilmonopol nazorati organi Gollivudning oltita yirik studiyasini va Buyuk Britaniyaning Sky TV pulli telekanalini filmlarning litsenziyasini YeIning boshqa davlatlarida bloklab qo‘yishda aybladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Sky TV telekanalidan tashqari Gollivudning quyidagi kompaniyalari tekshiruvdan o‘tkaziladi: Disney, NBC Universal, Paramount Pictures, Sony, Twentieth Century Fox va Warner Bros. “Yevropalik iste’molchilar pulli telekanallarni o‘z xohishlariga ko‘ra va qayerda yashashlari yoki YeIning qayeriga sayohat qilishlaridan qat’i nazar tomosha qilishni istashadi. YeIning internetda o‘tkazgan aksilmonopol tekshiruvi ularda bunday imkoniyat yo‘qligini ko‘rsatdi”, — dedi Yevropa raqobat komissari Margaret Vestager.
92
762
Madaniyat
Emmanuel Lyubetski “Omon qolgan”dagi operatorlik ishi uchun “Oskar”ga sazovor bo‘ldi
Emmanuel Lyubetskining “Omon qolgan” filmidagi operatorlik ishi unga 2015-yil uchun “Oskar” mukofotini keltirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Lyubetski ketma-ket uchinchi yil “Oskar”ga sazovor bo‘lmoqda: o‘tgan yili u Inyarrituning “Byordmen” filmidagi, undan avval esa Alfonso Kuaronning “Gravitatsiya” filmidagi ishi uchun haykalchani qo‘lga kiritgan edi.
84
363
Madaniyat
Adelning yangi albomi Buyuk Britaniya va AQShda sotilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Britaniyalik xonanda Adelning “25” nomli yangi albomi Buyuk Britaniya va AQSh musiqasi tarixidagi eng tez sotilgan to‘plamga aylandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. “25” sotuvga chiqqanidan so‘ng Buyuk Britaniyada 800 mingdan ziyod nusxasi xarid qilindi. Adel shu tariqa Oasis  guruhining 18 yil avval o‘rnatilgan rekordini yangiladi: o‘shanda guruhning Be Here Now albomi yetti kun mobaynida 696 ming nusxada tarqalgandi. AQShda esa “25” besh kunning ichida 2,8 million dona xarid qilingan, hafta oxirigacha bu ko‘rsatkich 2,9 millionga yetishi mumkin. Bu esa mazkur mamlakatda ham yangi rekord o‘rnatilganidan dalolat beradi. Avvalgi rekord Amerikaning ’N Sync pop-guruhiga tegishli bo‘lib, uning 2000-yilda chiqarilgan No Strings Attached albomi bir haftada 2,41 million nusxada sotilgan. Adel 10 ta “Gremmi”, 5 ta Brit Awards mukofotlari laureati hamda “Oltin Globus” va “Oskar” mukofotlari sohibi hisoblanadi.
81
916
Madaniyat
Instagram: Bir o‘limdan qolgan Munisa Rizayeva, tilanchiga pul bera olmagan Yulduz Usmonova, Rayhon bitta qo‘shiqni qanchaga sotib oladi?
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Asal Shodiyeva o‘g‘li Muhammad Yusufning yangi suratini sahifasiga joyladi. Aktrisa suratga “Dadasidan soch turmagi” deya izoh qoldirdi. Turk aktrisasi Maryam Uzerli sahifasiga yangi obrazdagi suratini joyladi. Munisa Rizayeva folloverlariga ota-onasi uni yo‘qotishiga bir baxya qolgani haqida so‘zlab berdi. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning jiyani Ganya Usmonova 45 metr qog‘ozdan ko‘ylak yaratdi. Rayhon bitta qo‘shiqni uning ijodkorlaridan qanchaga sotib olishi haqidagi savolga javob berdi. Antaliyada hordiq chiqarayotgan Feruza Normatova yangi suratlar bilan bo‘lishdi. Yulduz Usmonova Instagram’dagi jonli efirda muxlislari bilan muloqot qilayotganida qiziq holat yuzaga keldi: Mashina oynasini tilanchi bola taqillatib, Usmonovadan pul so‘radi, xonanda esa bolakayga pul bera olmadi, chunki u yonida umuman pul olib yurmas ekan. Shuningdek, Yulduz Usmonova Halima Ibragimovani o‘zining yoshligiga o‘xshatishini bildirdi. Sitora Farmonova Sharm al-Shayxda hordiq chiqarmoqda. Turkiyalik aktrisa Fahriye Evjen folloverlariga yangi suratini taqdim etdi. Zohirshoh Jo‘rayev “Omon-omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida ijodida o‘zi xohlamagan tarzda 6—7 yillik tanaffus bo‘lgani, bu paytda sahnalarga chiqa olmagani hamda ushbu vaziyat unga katta saboq bo‘lgani haqida gapirib berdi. Xonanda Imron Instagram sahifasi orqali folloverlariga murojaat qilib, Durdona old oynasini sindirgan Malibu unga tegishli emasligini bildirdi.
137
1,587
Madaniyat
O‘zbekistonlik yosh ijodkor Rigadagi xalqaro tanlovda Toshkent haqidagi qo‘shiq bilan ishtirok etdi
Latviyada Riga Symphony 2013 Yosh vokalistlar xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Riga dumasi hamkorligida tashkil qilingan ushbu tadbirda dunyoning 25 mamlakatidan yakka ijrochilar va ijodiy guruhlar ishtirok etdi. Bu haqda “Podrobno” nashri xabar berdi. Riga shahri manzarasi. Foto © hotelsinriga.lv Toshkentlik 12 yoshli Leya Bulgakova tanlovda O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Hali yosh bo‘lishiga qaramay, Leya Bolgariya, Daniya, Italiya, Qozog‘iston va Rossiyada o‘tkazilgan qator xalqaro festivallar sovrindoridir. Riga Symphony’da hamyurtimiz ikki yo‘nalish bo‘yicha chiqish qildi. “Dunyo xiti” nominatsiyasida “Jamaica” italyancha qo‘shig‘ini ijro etib, birinchi darajali laureatga aylandi. “Mualliflik qo‘shig‘i” yo‘nalishida esa “Toshkent 2200 yoshda” nomli qo‘shiqni kuylagan Leya ikkinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shiq so‘zlari Leyaning otasi Ruslan Bulgakovga tegishli. Riga Symphony tanlovining bosh maqsadi turli davlatlarning qo‘shiqchilik madaniyatini o‘zaro yaqinlashtirish va ularning ijodiy hamkorligini mustahkamlash hisoblanadi.
99
1,077
Madaniyat
Aktyor Yigitali Mamajonov beshinchi marta ota bo‘ldi (foto)
Aktyor Yigitali Mamajonov hamda aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva qiz farzandli bo‘lishdi. Qizaloqqa Hadija deb ism qo‘yishgan. Bu haqda Muqaddas Sa’dullayeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. Juftlikning Abubakir ismli o‘g‘li 2018-yilning dekabr oyida dunyoga kelgan bo‘lib, bungacha Yigitali Mamajonovning xonanda Rayhon G‘aniyeva bilan turmushidan Islom va Imron ismli ikkita o‘g‘li, Nigina bilan turmushidan esa qizi bor. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning birinchi turmushidan Sa’diya ismli qizchasi bor. Yigitali Mamajonov avvalroq bergan intervyusida aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva bilan nima sababdan yashirincha turmush qurgani sababini quyidagicha izohlagan edi. Oilamga har xil ko‘zlar tegishini xohlamayman. Aslida ijtimoiy tarmoqlarga suratlarimizni joylashimiz ham noto‘g‘ridir balki, shuning uchun ham avvalroq bu haqda ma’lum qilgimiz, suratlarni ham joylagimiz kelmagan edi. Yigitali Mamajonov, aktyor
59
925
Madaniyat
Instagram: Nilufar Usmonovaga aeroportdagi syurpriz, o‘g‘lini uylantirgan Avazbek Olimov, Jahongir Poziljonov xonadonida to‘y
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Nilufar Usmonova muxlislariga yangi loyihani boshlayotgani haqida gapirib berdi va kuzatuvchilarining qayerlik ekanini so‘radi. Jaloliddin Ahmadaliyev tez kunlarda yangi taronasini muxlislariga taqdim etishini ma’lum qildi. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va Alloh bergan sinovlarga shukr qilish davomiy baxtga sababchi bo‘lishi haqida gapirdi. Ozoda Nursaidova to‘y xizmatlarining birida “Onajon” nomli taronasini ijro etdi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xitga aylangan “Meni sevib qolsayding” taronasini ijro etgani aks etgan videosini muxlislariga ko‘rsatdi. 23-oktabr kuni Ozodbek Nazarbekovning o‘g‘li Ja’farbek va Shukurulloh domlaning qizi Marziyaxon turmush qurishdi. Kelin noodatiy tarzda to‘yxonaga ot aravada kirib keldi. Shuningdek, aktyor Yigitali Mamajonov ham rafiqasi Muqaddas Sa’dullayeva Toshkent shahriga kelgan mehmonlar bilan tushgan suratini e’lon qildi. Xalq ardog‘idagi xonanda Avazbek Olimov o‘g‘li Javlonni uylantirdi. To‘yda o‘zbek estradasining ko‘plab vakillari ishtirok etdi. To‘yda xonanda Farrux Zokirov Avazbek Olimovning o‘g‘liga baxt tilab, yaxshi tilaklarini bildirdi. Xonanda Botir Qodirov Janubiy Koreyada tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi. Aktrisa, instabloger Feruza Normatova “sevgilisi”dan ayrilganini, ya’ni kofe ichishni taqiqlashgani haqida muxlislariga gapirib berdi. Instabloger, tiktoker Baby Mohi folloverlariga yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Xonanda Malika Ravshanova Jahongir Poziljonov qarindoshlarining to‘yida xizmatda bo‘ldi. Xonanda fursatdan foydalanib, hamkasbining rafiqasi va ancha ulg‘ayib qolgan farzandlari bilan suhbatlashgani aks etgan videoni e’lon qildi. Xonanda Ilhom Farmonovning o‘g‘li Islom Farmonov yosh aktyor Abdulhakim Toshtemirov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi va uni Umra safarini ado etgani haqida gapirdi. Dubayda dam olgan xonanda Nilufar Usmonova uni yaqinlari Toshkent xalqaro aeroportida karnay va surnaylar bilan qarshi olgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi. Bollivud yulduzi Karina Kapur turmush o‘rtog‘i Saif Ali Xon bilan tushgan suratini obunachilariga namoyish qildi va ularni Divali bayrami bilan tabrikladi. Madina Mumtoz xonadon yerto‘lasidan unumli foydalanish bo‘yicha ajoyib layfxakni muxlislari bilan bo‘lishdi.
125
2,484
Madaniyat
“Bir-birimizni 7 yil sinadik”. Xonanda Kaniza turmushga chiqqanini ma’lum qildi (foto, video)
37 yoshli xonanda Kaniza Instagram sahifasi orqali kelinlik libosida tushgan suratlarini joylab, turmush qurganini bildirdi. “Biz bir-birimizni 7 yil sinadik. Hatto ayro yo‘llardan ketdik. Men hurmat qiladigan erkak o‘ta rashkchi va san’atni qabul qilolmaydigan bo‘lishi kerak edi. Shunday insonni sevdim. Faqat birga bo‘lishimiz uchun yillar kerak bo‘ldi. Vanihoyat rashk, qaysarlik, har xil shartlardan ko‘ra sevgimiz kuchlilik qildi. Alhamdulillah”, — deb yozadi xonanda. “Har bir qizning orzusi — oq libosda yangi hayotga qadam qo‘yish. Va shuni bilingki, qizlarjonlar, baxtning ertasi yoki kechi bo‘lmaydi. Alloh taqdiringizga kimni va qaysi vaqtni yozgan bo‘lsa, o‘sha kuni baxtingizga yetasiz”, — deb yozadi Kaniza.
93
729
Madaniyat
Quyon Rojerni yaratgan multiplikator Richard Uilyams vafot etdi
Kino va multiplikatsiya rejissori, animator Richard Uilyams 16-avgust kuni 86 yoshida Bristoldagi uyida vafot etdi, deb yozadi Meduza. Richard Uilyams Robert Zemekisning “Quyon Rojerni kim oyog‘idan chaldi?” badiiy filmidagi animatsiyani yaratgani bilan mashhurdir. U quyon Rojer va uning rafiqasi Jessika Rebbit personajlarini yaratgan. O‘z karyerasi davomida Uilyams uch karra “Oskar” va yana shuncha marta BAFTA mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
63
446
Madaniyat
15 nafar “Nihol” egalari aniqlandi
2000-yilda ta’sis etilgan va 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yosh ijrochilar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Nihol” mukofoti bu yil iqtidorli ijrochilarning 15 nafariga nasib etdi. 17-avgust kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida ular “Nihol”ning maxsus haykalchasi, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga davlat granti asosida imtiyozli kirish imkoniyati, eng kam oylik ish haqining 70 barobari miqdorida pul mukofotiga ega bo‘lishdi.     Tadbirni aktrisa Dilnoza Kubayeva hamda xonanda Mashhurbek olib bordi.     “Nihol” mukofoti kengashi raisi Adham Ikromov nutqidan so‘ng, “Nihol-2013” mukofoti bu yilgi nomzodlari “O‘zbekiston” qo‘shig‘i bilan tantanani ochib berdi. Tadbir estrada, mumtoz qo‘shiq, raqs, musiqa ijrochiligi, opera xonandaligi yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimiga ulanib ketdi. Estrada yo‘nalishi bo‘yicha “Nihol” mukofotiga Nodira Abdurahmonova (Toshkent viloyati), Go‘zal Jumaniyozova (taxallusi Dilso‘z, Navoiy viloyati), Gulasal Abdullayeva (Namangan viloyati), Sherzod Ortiqov (taxallusi Sherzod Bek, Toshkent shahri), Umida Xo‘jayeva (taxallusi Umidaxon, Toshkent shahri) loyiq topildi.      Mumtoz qo‘shiq yo‘nalishida mukofotga Eldor G‘ulomov (Andijon viloyati), Dilfuza Qobilova (Buxoro viloyati), Umida Hamidova (Sirdaryo viloyati), Zulxumor Mamarasulzoda (Jizzax viloyati), Jayhunbek Madmurodov (Xorazm viloyati)  sazovor bo‘ldi.     Raqs yo‘nalishida Feruza Xo‘janova (Samarqand viloyati) sovrindor bo‘ldi.     Musiqa ijrochiligi bo‘yicha Qahramon G‘ulomjonov (Toshkent shahri) hamda Farg‘ona san’at kolleji talabalaridan tashkil topgan Milliy cholg‘uchilar ansambli g‘olib deb topildi.      Opera xonandaligi yo‘nalishida esa Navro‘zbek Muhammaddiyorov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) hamda Abdulla Shirinov (Qashqadaryo viloyati) mukofotga sazovor bo‘ldi.      Tadbir nihoyasida barcha sovrindorlar ijrosida “Niholim o‘s, ulkan daraxtga aylan” qo‘shig‘i kuylandi. Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun “Nihol” mukofoti tanlovini tashkillashtirish ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, ushbu mukofot uchun tanlov ikki yilda bir marta o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
34
2,280
Madaniyat
Toshkent fotosuratlar uyida “Zamondosh portreti” ko‘rgazmasi ochildi (foto)
O‘zbekiston badiiy akademiyasi Toshkent fotosuratlar uyida tashkil etilgan navbatdagi ko‘rgazma “Zamondosh portreti” deb nomlandi, deb yozadi O‘zA. Unda badiiy ijodkorlar uyushmasi fotorassomlar sho‘basi a’zolari Vladimir Jirnov, Vladimir Sokolov, Vladimir Shlosbergning ijodiy ishlari namoyish etilmoqda. “Ko‘rgazmadagi portretlar bir-birini takrorlamaydi va o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan, Vladimir Sokolov ijodida erkinlik ustunlik qiladi. Vladimir Jirnov portretlari konsepsiyasida jadal kechayotgan makon va zamon chegaralarida insonlarning bir-biridan uzoqlashib, begonalashib borayotgani yetakchi o‘rinni egallaydi. Vladimir Shlosberg portretlarida esa insonlarning ichki dunyosini ochib berish maromiga yetkazilgan”, — deyiladi xabarda.
75
759
Madaniyat
Dunyo tomoshabinlari mehrini qozongan fransuz aktrisalari (foto)
Fransuz aktrisalarining mahoratiga qoyil qolmay iloj yo‘q. Shuningdek, oradan yillar o‘tsa-da, mashhur aktrisalarning aksariyati tashqi ko‘rinish borasida ham omadli hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab insonlarning sevimli aktrisasi bo‘lib qolishning siri nimada bo‘lishi mumkin? Izabel Ajani Izabel 12 yoshidanoq havaskor teatrda kichik rollarni ijro etgan. 15 yoshida esa birinchi marta “Kichkina ko‘mirchi” filmida suratga tushgan. Fransuz aktrisasi va xonandasi “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha 5 marotaba “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritgan. Izabelning ko‘k ko‘zlari bavariyalik onasidan, qora sochlari esa jazoirlik otasidan o‘tgan. “Men go‘zal bo‘lmay qolishdan emas, aksincha go‘zal bo‘lishdan qo‘rqaman”. Brijit Bardo Boy hamda dindor oilaning qizi doim aktrisa emas, balerina bo‘lishni xohlagan. Lekin rejissor Roje Vadim uni “Elle” jurnali muqovasida ko‘rgandan so‘ng filmda suratga tushishga taklif etadi. Keyinchalik ular oila qurganidan keyin aktrisani boshqa filmlar uchun ham tavsiya qilgan. U go‘zalligi tufayli ham hayotda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi. Aktrisa ikkinchi turmush o‘rtog‘i Jak Sharyening rashki tufayli o‘zini osishga ham uringan, shundan so‘ng qarindoshlarining taqiqiga ko‘ra, kichik o‘g‘li bilan muloqot qila olmagan. “Orzusiz sodiq bo‘lishdan ko‘ra, sadoqatsiz bo‘lish yaxshiroqdir”. Katrin Denev 17 yoshida uyidan qochib ketgan Katrin rejissor Roje Vadim bilan yashay boshlagan. 19 yoshida esa o‘g‘lini dunyoga keltirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oddiy hayot kechirishi ham mumkin edi. Shuning uchun ham hech qachon alohida e’tiborni yoqtirmagan. Katrinning 25 yoshli aktrisa opasi Fransuaza avtohalokatda vafot etgan bo‘lib, ushbu fojia Katringa juda qattiq ta’sir qilgan. “Ayol aqlli, dilbar, xushmuomala va biroz hazil tuyg‘usiga ega bo‘lishi kerak. Aynan shu fazilatlar erkaklarga yoqadi”. Mishel Merse Mishel ham bolaligidan balerina bo‘lishni orzu qilar edi. U 17 yoshigacha o‘jarlik qilib, balet bilan shug‘ullandi. Aktrisa ijro etgan Anjelika roli jahon miqyosida yulduz bo‘lib tanilishiga yordam berdi. Ammo bir vaqtning o‘zida bu ham mukofot, ham jazo edi. Uning mazkur rolidan keyingi boshqa ijrolari mashhurlik borasida unga tenglasha olmadi. Shuningdek, u to‘rt marotaba turmush qurgan bo‘lsa-da, shaxsiy hayotida baxtini topa olmagan. “Mening tashqi ko‘rinishim nafaqat g‘alaba va erkaklarga yoqish, balki juda ko‘p azob-uqubatlarni ham keltirib chiqardi”. Karol Buke Nozik, murakkab va sirli. U ekranlarda eng ko‘p havas qilinadigan ayollardan biri. Aktrisa “Siz uchun juda chiroyli” melodramasidagi roli bilan “Sezar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Suratga olish maydonchasida aktyor Jerar Depardye bilan tanishgan. Ular orasidagi ishqiy munosabat taxminan 10 yil davom etgan bo‘lsa-da, rasmiy ravishda oila qurmagan. 15 yil davomida Karol Buke Chanel’ning yuzi va Christian Dior uchun namuna bo‘lgan. Hozirda aktrisa nafaqat film va teatrlarda rol ijro etadi, balki turli xil kinofestivallarda hakamlar hay’ati a’zosidir. “Go‘zallik hayot zavqini o‘z ichiga oladi”. Fanni Ardan Eng sevimli kinoyulduzlardan biri, Monako qirollik oilasi saroy boshqaruvchisining qizi. U bolaligidan aristokrat muhitga o‘rgangan va diplomatik karyera uchun harakat qilgan. Aktrisa faoliyati davomida 60 dan ortiq turli janrdagi filmlarda suratga tushgan. 1980-yillarning boshlaridan Fanni “intellektual” aktrisa sifatida mashhur bo‘lgan. U butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan, Gollivudning eng taniqli rejissorlari tomonidan filmlarda rol o‘ynashga taklif qilingan. Aktrisaning uch nafar qizi bor, afsuski, u hech bir farzandining otasi bilan turmush qurmagan. Odri Totu Aktrisa hech qachon o‘z yoshini kuzatmasligini va hattoki yoshi nechada ekanligini ham unutib qo‘yishini tan oldi. Gollivuddagilar esa Odri Totuni Fransiyaga in’om etilgan kruassanlardan keyingi eng yaxshi hadya deb biladi. Unga “Ameliya” kartinasidagi roli mashhurlik keltirdi. Odri hamisha shaxsiy hayotini ommadan yashirishga uringan, shuning uchun ham bu haqda deyarli hech narsa ma’lum emas. Shuningdek, u turmushga chiqish, oila qurishga shoshilganicha yo‘q. Chunki u haqiqiy sevgini faqatgina o‘z xohishiga ko‘ra keladi, deb biladi. “Men insonlardagi noziklik va ehtiyotkorlikni qadrlayman. Ular bilan doimo yonma-yon bo‘lishni istayman”. Sofi Marso Aktrisa 14 yoshida “Bum” va “Bum 2” filmlardagi ijrosi bilan yulduzga aylangan. U “Eng yaxshi debyut va istiqbolli aktrisa” sifatida “Sezar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. 16 yoshida birinchi turmush o‘rtog‘i 42 yoshli rejissor Anjey Julavskiy bilan uchrashgan. U bilan birgalikda Polshaga ham ko‘chib ketgan edi. Hozirda esa u suratga tushish ishlarini davom ettirmoqda hamda Yevropaning eng chiroyli aktrisalari ro‘yxatiga kiritilgan. “Yolg‘iz qolishni istamayman, ammo bilmayman, ayol yolg‘iz o‘zi baxtli bo‘lishi mumkinmi?” Marion Kotiyyar Uning ajoyib ko‘zlari ob-havo hamda kayfiyatga qarab ko‘k yoki kulrangga o‘zgaradi. Aktrisa qo‘shiq kuylashni yaxshi ko‘radi. Unga “Pushti hayot” filmi 2008-yilda “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotini olib kelgan, shuningdek, “Oltin globus” mukofotiga ham sazovor bo‘lgan. “Ilgari o‘zimdagi hech narsa yoqmas edi: tashqi ko‘rinishim, shaxsiyatim. Men juda g‘azabnok edim”. Jyulet Binosh Aktrisa mahalliy fransuzlar uchun chet ellik, chet elliklar uchun fransuz. Bundan tashqari, aktrisa fransuz kinosining ramzi ham sanaladi. Jyulet turli nashr va so‘rovnomalar tomonidan bir necha bor eng yaxshi kino yulduzlaridan biri sifatida tan olingan. “Fransuz ayollari 40 yoshida gullaydi”.
64
5,520
Madaniyat
Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi qanday munosabatda ekanligi va Asal Abdullayeva aktrisalik faoliyatini to‘xtatishi haqida (video)
Aktyor va shoumen Jahongir Xo‘jayev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi Guli Asalxo‘jayeva qanday munosabatda ekanligi va Asal Abdullayeva aktrisalik faoliyatini to‘xtatishi haqida gapirib berdi. Uylanishimga uyimdagilar unchalik ham qarshilik qilishmadi. Mana shu qiz, deganimda o‘zingga yoqdimi? deb so‘rashdi. Men esa san’atkor qiz bo‘lmasa bo‘lmaydi, dedim. Nimaga? Chunki u mana shu sohaning ichida yurgan. Suratga olish jarayonlarida bo‘lishim bor, uyga kech qaytishim bor: shunday vaziyatlarda u meni tushunadi. Oddiy qiz esa meni tushunmasligi mumkin. (Kulib) Boshqa oddiy qizga telefonda “men suratga olish jarayonidaman”, deganimda, “qanaqa suratga olish jarayoni ekan?” deb qolsa, men ijod qilolmayman. Nima bo‘lganda ham bo‘lg‘usi ayolimga hokimiyatni berib qo‘yish yo‘q. Bo‘lg‘usi ayolim san’atdagi faoliyatini to‘xtatadi. Men uni ishlatmayman, degan ma’noda aytmayapman. Masalan, oyimga dadamning nomidan sovchilikka borishgan vaqtda, oyim bilan ko‘rishishganida oyim “mayli, sizga turmushga chiqaman, lekin men xonandalikni yaxshi ko‘raman, xonanda bo‘laman”, deb aytgan ekanlar. Shunda dadam “mayli, men rozi bo‘laman, faqat bolalaringizni katta qilganingizdan keyin sizga ruxsat beraman”, deb aytgan ekanlar. Oyim o‘sha va’daga muvofiq biz katta bo‘lganimizdan keyin 2000-yillardan o‘z ijodlarini boshlaganlar. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imning san’atga vaqti ham bo‘lmaydi. Farzandlarimizni tarbiyalab, u-bu qilib o‘zi vaqti o‘tib ketadi. Mayli, orada qanaqadir kichik-kichik suratga olish jarayonlariga borishi mumkin. Mayli 80/20 foiz bo‘lsin. 20 foiz kuchini san'atga tashlasin, lekin 80 foiz oilada bo‘lsin. Men o‘zi ish buyurishni yaxshi ko‘raman. Unga uni qil, buni qil deb rosa ish buyuraman. Uning o‘zi ham san’atdan to‘ygan. Mana, o‘zingiz ko‘rib turibsiz, kinolar o‘lyapti, seriallarni ham ko‘rib turibsiz. U aktrisalikka qiziqadi, boshlovchilikka qiziqmaydi. Masalan, unga bu masalalarning farqi ham yo‘q. Menga qolsa, uyda o‘tirgani yaxshi. Masalan, men unga taklif ham berdim. “Bir kiyim brendi qiling, o‘zim ham yordamlashaman”, dedim. Balki, shunga qiziqib ketar. Agar eplasa, oilani ham, san’atni ham qilaversin. Jahongir Xo‘jayev, “Aristokratlar” kulgi jamoasi sardori, shoumen Ma’lumot uchun, Jahongir Xo‘jayev 1995-yil 22-avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. “Aristokratlar” kulgi jamoasining sardori, “Real xit” ko‘rsatuvi boshlovchisi. Rejissor sifatida “Payg‘ambar oshig‘i Hasan” qisqa metrajli filmini suratga olgan.
143
2,673
Madaniyat
Instagram: Xonanda Imron uylandi, o‘g‘lining tug‘ilgan kunini Italiyada nishonlagan san’atkor, koronavirusga chalingan Tolibjon Isroilov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Lola sahifasiga qahva finjoni suratini joylab, unga “Har soya yorug‘lik farzandidir”, deya falsafiy izoh qoldirdi. Halimaxon o‘z surati tushirilgan ko‘ylakni kiyib, folloverlariga ko‘rinish berdi. Aziza Yoqubova uyida kun bo‘yi chiroq bo‘lmagani tufayli tegishli tashkilotlarga murojaat yo‘lladi. Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i bilan Dubaydan ko‘rinish berdi. Taniqli boshlovchi va xonanda Tolibjon Isroilov koronavirusga chalindi. U ayni paytda Zangiotadagi kasalxonada davolanmoqda. Muqaddas Sa’dullayeva xeyterlariga hayotdan faqat yaxshilikni ko‘rib yashashni tavsiya qildi. Feruza Normatova Dubay shahrida hordiq chiqarmoqda. Xonanda Imron uylandi. Uning to‘yi Buxoroda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik aktrisa va xonanda Indi turmush o‘rtog‘i bilan Italiyada istiqomat qilmoqda. Indining o‘g‘li Matteo 6-iyul kuni 1 yoshga to‘ldi. “Akula” hajviy ko‘rsatuvi ijodkorlari sabzi narxi qimmatlashgani uchun shu mavzuda hajviya tayyorladi. Bobur Yo‘ldoshev bolaligida muzqaymoq sotib olish uchun Hamza teatri oldida “tilanchilik qilgani” haqida kulib esladi.
136
1,210
Madaniyat
“Yulduz janglari”ning yangi qismini premyeradan avval tomosha qilgan film muxlisi vafot etdi
“Yulduz janglari” fazoviy sagasining yangi qismini premyeradan avval tomosha qilishga muvaffaq bo‘lgan texaslik 32 yoshli Deniel Flitvud 10-noyabrga o‘tar kechasi — filmni ko‘rib bo‘lganidan to‘rt kun o‘tib vafot etdi. Bu haqda Look At Me xabar bermoqda. Avvalroq Disney kompaniyasi, rejissor Jey Jey Abrams va Bad Robot kompaniyasi “Yulduz janglari”ning saratonga chalingan ishqibozi uchun yangi “Yulduzlar jangi: kuchning uyg‘onishi” filmining xayriya namoyishini o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi. Shu yilning iyulida Deniel Flitvudga biriktiruvchi to‘qima saratonining og‘ir va kamyob shakli bo‘lgan “duksimon hujayralar sarkomasi” tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlar Flitvudning ikki oycha umri qolganini ma’lum qilgandi. Flitvudning qarindoshlari “Yulduz janglari: Kuchning uyg‘onishi” filmi ijodkorlarining e’tiborini jalb qilish uchun Twitter’da #ForceforDaniel kampaniyasini tashkil qildi. Biroz vaqt o‘tib, unga aktyor Mark Xemmil qo‘shildi (u filmda Lyuk Skayuoker rolini ijro etgan). Shundan so‘ng Flitvudga Abrams qo‘ng‘iroq qilib, ertasi kuni uning uyida film qo‘yib berilishini aytdi. Keyinroq Flitvudning qarindoshlari namoyish muvaffaqiyatli kechganini ma’lum qildi.
92
1,183
Madaniyat
Bahrom Yoqubovning filmi oktabrning uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi
Rejissor Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” nomli kinokomediyasi oktabrning uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Undan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Notanish qotil”, Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Naufal Sulaymonovning “Aldagani quda yaxshi”, va Qutlimurod Yakubovning “Kutilmaganda buzilgan to‘y” filmlari egallagan. Ma’lumot uchun, Alisher Navoiy nomli kinosaroyda hozirda “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Boyvachcha kuyov” , “Toliqqan ko‘ngillar oyga talpinar” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda. Namoyishlar jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishishingiz mumkin. 1-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya) Rejissor — Bahrom Yoqubov 2-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari) Rejissor — Azamat Ahrorov. 3-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya) Rejissor — Sherzod Bin. 4-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya) Rejissor — Naufal Sulaymonov. 5-o‘rin. “Kutilmaganda buzilgan to‘y” (komediya) Rejissor Qutlimurod Yakubov Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
104
1,306
Madaniyat
Amerikalik aktyor Devid Kessidi vafot etdi
1970-yillarda mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor va xonanda Devid Kessidi Florida shtatidagi kasalxonada 67 yoshda vafot etdi, deb xabar beradi “TASS”. “Devid o‘zini uzoq qiynagan og‘riqdan qutulib, qalbida xotirjamlik his etgan holda vafot etdi”, — deydi aktyorning vakili. U shuningdek, shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi va Kessidi yaqinlari qurshovida vafot etganini ta’kidladi. Aktyor o‘tgan haftada ichki organlarining funksional yetishmasligi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Devid Kessidi 30 dan ortiq film va teleseriallarda suratga tushgan. Yolg‘iz ona va uning rok-guruhga asos solgan besh o‘g‘li haqidagi “Partrij oilasi” serialidagi obrazi unga haqiqiy ma’nodagi mashhurlikni olib kelgan.
42
716
Madaniyat
Xonanda Botir Qodirovning konsertidan fotoreportaj
Xonanda Botir Qodirov 1—6-noyabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etdi. Muxlislarning davomli qarsaklari bilan o‘tgan konsert dasturining fotolavhalari bilan quyida tanishishingiz mumkin. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
50
391
Madaniyat
“Million” jamosi a’zolaridan eng ko‘p YHXB xodimlari qo‘liga kim tushgan? (video)
“Million” jamoasining a’zosi Alisher Botirov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Alisher Botirov suhbat davomida “Million” jamosi a’zolaridan eng ko‘p YHXB xodimlari qo‘liga tushgan jamoadoshi haqida gapirdi. Bir yarim yil ichida DAN xodimlarining qo‘liga umuman tushmadim. Jamoada eng ko‘p tushgani Umidjon Haydarov bo‘ldi. Undan keyin Mirkomil, Davronlar “qo‘l”ga tushishdi. Men ularning oldiga gerdayib kirib kelib: ‘O‘ynagan men tushayotgan senlar’ derdim. Axiyri yaqinda meni ushlashdi. Lekin hammasi joyida. Ularning uchtadan ikkitasi albatta bizning hazillarimizni “zo‘r” deydi. ‘Ukajon muammo yo‘q, gap yo‘q, boraver, ijodingni qilyapsan’, deb to‘g‘ri tushunishadi. Ammo bittasi doim qiynaydi. U bitta bittaligicha qolmoqda, ko‘payib ketgani yo‘q. Alisher Botirov, “Million” jamoasining a’zosi
81
878
Madaniyat
Instagram: Farg‘onalik millioner onasining tug‘ilgan kunida qo‘shiq kuylagan Yulduz Usmonova, 10 yildan so‘ng AQShdan qaytgan xonanda, “Milliy” kanalidan ketgan Shahzoda
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Dilso‘z yangi obrazda muxlislariga ko‘rinish berdi. Shahzoda Muhammedova “Milliy” telekanalidagi faoliyatini to‘xtatdi. Gulchehra Eshonqulova o‘g‘li Amirbekka iPadPro sovg‘a qildi hamda sovg‘ani olgan o‘g‘lining mamnun suratini folloverlariga ko‘rsatdi. Munisa Rizayevaning sirli oshig‘i unga sovg‘a yubordi. Shirin qizalog‘iga atalgan postni sahifasiga joyladi. Aktrisa Aziza Yoqubova Toshkentdan butik ochmoqda. Hosila Rahimova Navoiy viloyatida to‘y xizmatida bo‘ldi. Yulduz Usmonova asli farg‘onalik bo‘lgan millioner, Dubaydagi zirhli avtomobillar ishlab chiqaruvchi Inkas kompaniyasi rahbari Ulug‘bekxon Maxsumovning onasi tug‘ilgan kunida qo‘shiq kuyladi. Shahzoda o‘g‘li Xalidning suratini sahifasiga joyladi. 10 yil AQShda yashagan xonanda Nigina Nabiyeva O‘zbekistonga va ijodga qaytdi. Bollivud yulduzi Karina Kapur onasi va opasi Karishma bilan tushgan bolalikdagi suratini sahifasiga joyladi. Istanbulga borgan Adiz Rajabov ko‘chada hamkasbi, aktyor Akbarxo‘ja Rasulovni uchratib qoldi. Sitora Farmonova yoz paytida salqinlashish uchun nima qilish kerakligi borasidagi layfxak bilan bo‘lishdi.
169
1,253
Madaniyat
Ishdagi ishq: suratga olish maydonchasidan juftini topgan yulduzlar
Yulduzlarni faqat ular ijro qilgan roli bog‘lab turadi deb o‘ylaydiganlar fikri, suratga olish maydonchasida tanishgan juftliklar haqidagi ma’lumotdan so‘ng o‘zgarishiga shubha yo‘q. Instyle nashri filmda suratga tushish jarayonida juftini topgan yulduzlar haqida to‘xtaldi. Natali Portman va Benjamin Milpye Aktyorlar “Qora oqqush” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. Film premyerasiga qadar juftlik o‘rtasidagi aloqalar jiddiy tus olgan. 2011-yilda farzandli bo‘lgan mashhurlar oradan bir yil o‘tib turmush qurgan. Bleyk Layvli va Rayan Reynolds Ikki yosh o‘rtasida munosabatlar boshlanishiga “Yashil fonar” filmi sababchi bo‘lgan. Unga qadar ularning har ikkisining shaxsiy hayotida muammolar kuzatilgandi. Bleyk Layvli, Di Kaprio bilan aloqalariga nuqta qo‘yganiga ko‘p bo‘lmagan, Rayan bo‘lsa Skarlet Yoxanssan bilan xayrlashgandi. Filmning suratga olish jarayoni yakuniga yetgach, Bleyk va Rayan o‘rtasida iliqlik paydo bo‘la boshlagan va oradan 11 oy o‘tar-o‘tmas turmush qurishgan. Hozirgi vaqtda ular, 3 qizning baxtli ota-onasi. Penelopa Krus va Havyer Bardem Ikki aktyor ham avvalroq boshqa bir filmda birga rol ijro qilganiga qaramay, ular o‘rtasidagi munosabatlar 2007-yilda suratga olingan “Viki, Kristina, Barselona” filmidan keyin boshlangan. 2010-yilda munosabatlarini nikoh bilan mahkamlagan juftlik, ayni vaqtda ikki farzandning ota-onasi. Yeva Mendes va Rayan Gosling Yeva Mendes va Rayan Gosling 2011-yilda “Qarag‘ay ostidagi joy” filmida sevishganlar rolini o‘ynaydi va kinodagi munosabatlar reallikka ta’sir qilmay qolmaydi. Oradan 3 yil o‘tib Esmeralda, undan ikki yil o‘tib esa Amada Li ismli qizaloqlarni dunyoga keltiradi. Mila Kunis va Eshton Kutcher Juftlik “70-yillar shousi” deb nomlangan sitkomning suratga olish jarayonida tanishgan. U vaqtda ular orasida faqatgina do‘stona munosabatlar bo‘lgan, 2011-yilda bu munosabat sevgiga aylangan. 2016-yilda boshqalarga oshkor qilmay turmush qurgan Mila va Eshtonning hozirda ikki nafar farzandi bor.   O‘zbek shou-biznesining “yulduzli” juftliklari
67
2,042
Madaniyat
“Pul yo‘q, imtiyoz ham yo‘q”. Jenisbek Piyazov O‘zbekiston madaniyat vaziriga Qoraqalpog‘iston xonandalarining muammosi haqida gapirdi
O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev 29-sentabr kuni O‘zbekiston San’at va madaniyat institutida mumtoz qo‘shiq, milliy va zamonaviy estrada, opera yo‘nalishida yakkaxon va jamoa shaklida ijod qilayotgan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqotda jurnalist Feruz Muhammad ham qatnashdi. Muloqotda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Jenisbek Piyazov hududdagi xonandalarning muammosi haqida ochiq-oydin gapirib berdi. Butun Qoraqalpog‘iston xonandalari nomidan bir taklifni o‘rtaga tashlamoqchiman. Qoraqalpog‘istondagi ekologik muhitning yomonligi inobatga olingani holda, masalan, harbiylarga, shifokorlarga imtiyozlar berilgan. Misol uchun, imtiyozi borlar temiryo‘l, aviaparvoz xizmatlaridan 50 foizlik chegirma bilan foydalanishi mumkin, yana boshqa imtiyozlar ham bor. Qoraqalpog‘istondagi xonandalar hozir achinarli ahvolda. Ijod qilish uchun pul yo‘q. Pul qilish uchun to‘yga chiqish kerak, to‘yga chiqish uchun esa litsenziya bo‘lishi kerak, litsenziya olish uchun ham pul kerak. Iltimos, bizdagi ekologik vaziyatni inobatga olib, bu muammoni ham ko‘rib chiqsangiz va xonandalarga imtiyozlar qilib bersangiz. Jenisbek Piyazov, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Madaniyat vaziri Sayfullayev bir muddat avval qoraqalpog‘istonlik xonandalar bilan uchrashganini ma’lum qilib, xonanda Piyazov aytgan muammo haqiqatan ham mavjudligini tan oldi. Vazir bu muammoni hal qilishga va’da berdi. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev (chapdan ikkinchi) va “O‘zbekkonsert” rahbari Azamat Haydarov (o‘ngdan ikkinchi). “O‘zbekkonsert” davlat muassasi rahbari Azamat Haydarov ham Jenisbek Piyazov juda to‘g‘ri muammoni ko‘targanini ta’kidlab, bu masalada amaliy choralar ko‘rishini ma’lum qildi.
134
1,738
Madaniyat
Keyt Uinslet o‘zining “yangi” yuzi bilan ommani lol qoldirdi
Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan “Kichik tartibsizlik” filmi taqdimotida ancha go‘zallashgan 39 yoshli Keyt Uinslet ommani lol qoldirdi, deb xabar beradi “Segodnya.ua” The Daily Mail ma’lumotlariga tayanib. 18 oy avval o‘g‘lini dunyoga keltirgan Keyt uch nafar farzandning onasidir. Gap faqat uning homiladorligi va undan keyin orttirgan ortiqcha vaznini yo‘qotganligida emas. Muxlislarning undagi bu o‘zgarishlar “go‘zallik ukoli”ning hissasi ekanligi to‘g‘risidagi taxminlarini mutaxassislar ham tasdiqladi. Ularning ishontirishicha, kosmetologlar uning qosh sohasi, labi va ko‘zi atrofida ish olib borgan. Uinslet o‘zining hozirgi ko‘rinishiga hech qanday sharh bermadi, shuningdek muxlislarining ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan savollarini ham javobsiz qoldirdi.
60
760
Madaniyat
“Shariatimizga to‘g‘ri kelmagani uchun voz kechdim”. Jahongir Otajonov ham san’atni tark etganini ma’lum qildi (video)
Xonanda Jahongir Otajonov Instagram’dagi sahifasi orqali muxlislariga murojaat qilib, san’atni tark etgani, boshqa qo‘shiq kuylamasligini ma’lum qildi. Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, mana va nihoyat, Allohni irodasi bilan o‘zimni bir-ikki yildan beri qiynab kelayotgan savollarga ushbu daqiqalarda javob topdim, deb o‘ylayman. Inshalloh, o‘zim yaxshi ko‘rgan, mani shuncha darajaga yetkazgan, xalqimiz orasida ozmi ko‘pmi obro‘-e’tibor qozonishimga sababchi bo‘lgan musiqachilik kasbim bilan Alloh uchun shariatimizga to‘g‘ri kelmagani uchun voz kechishga jur’at qildim. Hammalaringga kattakon rahmat, yillar davomida meni olqishlab, qo‘shiqlarimni eshitib, shunchalik hurmat-e’tibor qilganinglar uchun, hammalaringdan Alloh rozi bo‘lsin! Va shu qatorda mendan xafa bo‘lgan, sahna ishlarimdan norozi bo‘lgan do‘stlarimizga, yurtdoshlarimizga ham sog‘lik-salomatlik tilayman, mendan rozi bo‘lishliklarini so‘rab qolaman, Alloh barchadan rozi bo‘lsin. Bugundan boshlab menga musiqachilik kasbim bo‘yicha murojaat qilmanglar, 1-yanvargacha olingan to‘y va konsertlarimiz bor, oldindan olingan ‘zaklad’larni bemalol murojaat qilib qaytarib olishinglar mumkin. Men u sahnalarda ishtirok eta olmayman, Alloh menga bu kasb bilan vidolashishlikni nasib qildi. O‘zi xayrlik qilgan bo‘lsin, barchanglarga ikki dunyo saodatini bersin. Muxlislarimdan bir iltimosim bor, sizlardan iltimos, mening musiqalarimni YouTube’dan o‘chirib tashlashni so‘rayman. Zotan, musiqa shariatda nomaqbul hisoblanarkan, sizlarning ham gunohkor bo‘lishinglarga sababchi bo‘lishni xohlamayman. Sog‘-salomat bo‘linglar! Jahongir Otajonov, xonanda Avvalroq Jahongir Otajonovning “O‘ynasin” qo‘shig‘iga ishlangan klipi internet foydalanuvchilarining tanqidlariga sabab bo‘lgan edi. Ular klipning ayrim sahnalari ukrainalik xonanda Maks Barskixning “Sohillar” (“Berega”) klipidan ko‘chirilganini aytib, Jahongir Otajonovni ko‘chirmakashlikda ayblagan edi. Ushbu klipni suratga olgan rejissor Habibullo Nabiyev esa sahnalarni suratga olishda bir necha xonandalarning ijod mahsulidan ilhomlangani, ular aynan Maks Barskixdan ko‘chirilmaganini ta’kidlagan edi. Jahongir Otajonov ayblovlardan so‘ng klipni YouTube’dan o‘chirib tashladi.  Jahongir Otajonov va klipmeyker Habibullo Nabiyev “janjali”ga nuqta qo‘yildi (video)
118
2,283
Madaniyat
Sirli o‘lim topgan jahon yulduzlari (foto)
Kino va musiqa sanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, ammo bevaqt o‘limi taajjublarga sabab bo‘lgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Natali Vud Aktrisa 1981-yil noyabrda Kaliforniya sohilida yaxtada sayr qilish uchun otlangan. Bortda, shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i Robert Vagner, oilaviy do‘stlari Kristofer Uoken va kapitan Dennis Devern ham bo‘lgan. Ammo shunga qaramay, ulardan uch kishi tirik qaytgan. Bir necha kun o‘tib suvdan Natalining tanasi topilgan. Robert, Kristofer va Dennis Natalining o‘limida aloqador emasligini isbotlashga uringan. Ular aktrisa kechasi uyquga yotgani, ertasi kuni esa joyida bo‘lmaganini ta’kidlagan. Suvga g‘arq bo‘lish o‘limga sabab qilib ko‘rsatilgan va ish yopilgan. Ammo 30 yil o‘tib hammasi boshqacha bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Kapitan Dennis Devern “Alvido, Natali, alvido, Splendour” nomli memuarida 1981-yil advokatlarning bosimi sabab Robertni versiyasini ma’qullagani, ayrim muhim jihatlarni yashirganini ma’lum qilgan. U shuningdek, aktrisani yo‘q bo‘lib qolishidan avval eri bilan tortishganini ko‘rgani, Robert unga o‘ldirish bilan tahdid qilganini qo‘shimcha qilgan. Ish qayta ochilgan va aktrisa o‘limining boisi “tasodifan suvga g‘arq bo‘lishdan”, “suvga g‘arq bo‘lish va boshqa sabablar”ga o‘zgartirilgan. 2018-yilda yaxtadagi holatni ko‘rgan boshqa guvohlar ham paydo bo‘lgani ma’lum qilingan. Shunga qaramay, Robert Vagnerni qamoqqa olish uchun yetarli dalil to‘planmagan. Maykl Jekson Dunyo bo‘ylab konsert berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan “pop qiroli” 2009-yil 25-iyunda vafot etgan. Tergovda Jeksonning o‘limiga uyqu dorilarini haddan ortiq qabul qilish sabab bo‘lgan degan xulosaga kelingan. Oqibatda dori vositalarini qabul qilishni noto‘g‘ri sxemasini buyurgan davolovchi shifokor qamoqqa olingan. Shunga qaramay, qo‘shiqchining muxlislari kredit bilan bog‘liq qarzlaridan qochish (2009-yilda uning qarzlari 400 million dollarni tashkil qilgan) va omma nazaridan charchagani sabab Maykl o‘z o‘limini sahnalashtirgan deb hisoblagan. Ayrimlar hatto Jeksonni turli mamlakatlarda tirik, sog‘ va baxtli ko‘rganini ta’kidlagan. Brittani Merfi 2009-yilning mashhur aktrisasi “Sakkizinchi mil”, “Kaltafahmlar” singari filmlarda suratga tushgan Brittanining 32 yoshida vafot etgani muxlislar uchun kutilmagan bo‘lgan. Sud tibbiy ekspertizasi aktrisaning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan deb xulosa qilgan. Mazkur versiyaga ko‘pchilik, xususan, Brittanining otasi ham ishonmagan. U alohida laboratoriyada tekshirtirganida qizining sochidan og‘ir, toksik metallar bo‘lgani aniqlangan. Ushbu g‘alati dalil otaning qizini o‘ldirilgan deb gumon qilishiga sabab bo‘lgan. Yarim yil o‘tib aktrisaning 40 yashar turmush o‘rtog‘i ham vafot etgan. Shundan keyin Merfining otasi qizi va kuyovining o‘limida Amerika maxsus xizmatining qo‘li borligini ma’lum qilgan. Gap shundaki, Merfining korrupsiyada ayblangan sobiq amaldorni qo‘llab-quvvatlagani ayrimlarga yoqmagan. Uyini tun-u kun qo‘riqlatish va kuzatuv kameralaridan foydalangani Brittanining hayotini saqlab qololmagan. Uning o‘limi bilan bog‘liq ish allaqachon yopilganiga qaramay, aslida nima bo‘lgani bilan bog‘liq taxminlar hali hamon tugaganicha yo‘q. Kurt Kobeyn Nirvana guruhining 27 yashar solisti 1994-yil aprelda o‘z uyida o‘lik holda topilgan. O‘lik tana oldida qoldirilgan xat, uni o‘z joniga qasd qilgan deb xulosa qilishga sabab bo‘lgan. Ammo qog‘ozdan xonandaning qo‘l izlari topilmagani va tekshiruv jarayonida organizmidan juda ham katta miqdorda narkotik topilgani shubhalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Muxlislar uning o‘limiga rafiqasi Kortni Lavni aybdor deb bilgan. Juftlikning so‘nggi vaqtlarda munosabatlari yaxshi bo‘lmagan, agar Kurt ajrashish uchun ariza bersa Kortnini bir chaqasiz qolishi aniq bo‘lgan. Shundan kelib chiqib ayrimlar Lav erining davlatiga egalik qilish uchun uni o‘ldirgan deb hisoblagan. Ammo tabiiyki Kortni bu ayblovlarni tan olmagan. Merilin Monro Merilin Monro 1962-yil 5-avgustda o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Xonasidan medikamentlarning son-sanoqsiz o‘rami topilgani tufayli uning o‘limiga barbituratlardan zaharlanish sabab bo‘lgan degan xulosaga kelingan. Shunga qaramay, uning vafoti bilan bog‘liq turli taxminlar paydo bo‘la boshlagan. Ayrimlar Jon Kennedi bilan munosabatlari ommaga ovoza ma’lum bo‘lmasligi uchun maxsus xizmat uni tinchitishga qaror qilgan deb hisoblasa, boshqalar uni o‘ldirishga sobiq sevgilisi, jinoyat olamida tanishlari ko‘p bo‘lgan Frenk Sanatra buyurtma bergan deb o‘ylagan. 2015-yilda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq ofitseri Norman Xojes, aktrisani boshlig‘i Jimmi Xeyvort buyrug‘iga asosan o‘ldirganini tan olgan. Shuningdek, Jim hammasi o‘z joniga suiqasddek ko‘rinishi kerakligini aytgani, buni barini Amerika uchun qilgani, Monro kommunistlarga strategik ma’lumotni yetkazishi mumkin bo‘lganini ta’kidlagan. Uning so‘zlari qanchalik rost yoki yolg‘onligi mavhumligicha qolgan, u va uning boshlig‘i ham hayotdan ko‘z yumgan. Telma Todd Aktrisaning tanasi 1935-yil 15-dekabrda o‘z mashinasida o‘lik holda topilgan. Tekshirishlarga asoslanib Telma is gazidan vafot etgan degan xulosaga kelingan. Ammo jurnalistlar boshqa versiyalarga ham e’tibor qaratgan. Ta’kidlanishicha, aktrisaga tegishli deb hisoblanadigan “Thelma Todd’s Sidewalk Café”si Gollivudni nazorat qiladigan mafiozlarga tegishli bo‘lgan. Ammo prodyuser Roland Uestni yaxshi ko‘rib qolgan aktrisa boshqaruvni unga bergan va bu haqida boshliqlarni ogohlantirmagan. Keyinchalik aktrisaga 10 000 dollar berishini so‘rab tahdidlar kela boshlagan. Ammo aktrisa bunga e’tibor bermagan. Boshqa bir versiyada u o‘limidan avval “Trocadero” restoraniga borgani, o‘limidan keyin oshqozonidan topilgan yashil no‘xat va dukkakli taomlar restoran menyusida bo‘lmagani ta’kidlangan. Ushbu ziyofatdagi mehmonlarga Telma bir necha soatdan keyin qandaydir kishi bilan ko‘rishishi kerakligini aytgan. Ammo jurnalistlar ushbu noma’lum shaxs kimligi, aktrisaning fojiali taqdirida qanday rol o‘ynaganini aniqlashga muvaffaq bo‘lmagan.
42
6,009
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark Marvel kinoolamining yangi superqahramoniga aylanadi
Aprel oyida aktrisa Emiliya Klark Marvel studiyasining “Maxfiy hujum” serialida suratga tushishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi. “Film.ru” nashrining yozishicha, “Taxtlar o‘yini” yulduzi studiya bilan rasman shartnoma imzolagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihada Semyuel L.Jekson, Ben Mendelson, Kingsli Ben-Adir va Oliviya Kolman ham ishtirok etadi. Klark va Kolman aynan kimni ijro etishi hozircha oshkor etilmagan, Jekson va Mendelson esa o‘z rollariga qaytadi. Ularning birinchisi Nik Fyurini jonlantirsa, ikkinchisi — “Kapitan Marvel”dagi Talos rolini ijro etadi. Serialning sujeti ham hozircha sirligicha qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra, “Maxfiy hujum” Yerni egallab olishga uringan tashqi qiyofasini o‘zgartiruvchi o‘zga sayyoraliklar guruhi haqida bo‘ladi. Avvalroq bu kabi qahramonlar “Kapitan Marvel”da paydo bo‘lgandi. Serial Disney+ striming servisida e’lon qilinadi. Avvalroq kal va juda ozib ketgan Kristian Beyl “Tor 4”ning suratga olish maydonchasiga kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  “Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi Emiliya Klarkning Los-Anjelesdagi uyiga sayohat (foto)
91
1,083
Madaniyat
Xonanda Otabek Muhammad Zohid Farg‘ona TVdagi “Otabek shou”ni qayta tikladi
Xonanda Otabek Muhammad Zohid Farg‘onada “Otabek shou” dasturini bir necha marta o‘tkazgan edi. Ammo, “Bekajon” gazetasi xabariga ko‘ra, shou faoliyati ba’zi sabablar bilan to‘xtab qolgandi. Gazetaning xabar berishicha, Yangi yil arafasida “Otabek shou” dasturi qayta tiklandi. “Loyihaning ilk ishtirokchilari Yahyobek Mo‘minov, Abdujalil Qo‘qonov va Sayyorai Jahon bo‘ladi”, — deb yozadi “Bekajon”.
75
400
Madaniyat
Janubiy Amerika prokatida maxluqlar zombilarni ortda qoldirdi
“Maxluqlar Universiteti” (Monsters University) multiplikatsion filmi Shimoliy Amerika prokatida 82 million dollar ishladi va 20—23-iyun dam olish kunlari natijalari bo‘yicha yetakchiga aylandi, deya xabar berdi Reuters agentligi. “Maxluqlar Universiteti” “Maxluqlar Universiteti” 2001-yilda chiqarilgan “Maxluqlar uyushmasi” (Monsters Inc.) to‘liq metrajli multfilmining prikveli (o‘sha filmdan oldingi voqealarni qamrab olgan yangi film) hisoblanadi. “Maxluqlar uyushmasi”da Mayk Vazovski va Sallining ushbu uyushmadagi faoliyati hikoya qilingan bo‘lsa, yangi kartinada ularning tanishuvi va universitetdagi hayoti haqida so‘z boradi. Filmdagi rollarga Gollivudning taniqli aktyorlari Billi Kristal, Jon Gudmen va Helen Mirrenlar ovoz bergan. “Dunyolar jangi Z” Pixar’ning yangi ijodi haftaning yana bir yangiligi bo‘lmish “Dunyolar jangi Z”ni (World War Z) ortda qoldirdi. Bosh rolda Bred Pitt qatnashgan zombilar haqidagi ushbu triller o‘tgan dam olish kunlari 66 million dollar to‘pladi. Paramount studiyasi vakillari bu ko‘rsatkichlar ular kutganidan baland ekanligini aytib o‘tgan. Uchinchi o‘rinni 41,2 million dollar bilan o‘tgan haftaning yetakchisi “Po‘lat odam” (Man of Steel) band qilgan. Keyingi o‘rinni “Qiyomat qoyim” (This Is The End) komediyasi (13 million dollar) egallagan bo‘lsa, yuqori beshtalikni “Afsungarlar iskanjasida” (Now You See Me) trilleri (7,9 million) yakunlagan.
61
1,400
Madaniyat
Xonandalar Oybek va Nigora uchinchi marta ota-ona bo‘ldi
Oybek va Nigora 18-iyun kuni uchinchi marta ota-ona bo‘lganini muxlislariga ma’lum qildi. “Alhamdulillah, biz yana ota-ona bo‘ldik. Jajji farishtamiz, xush kelibsiz!”, — deb yozadi Nigora quvonchli xabarni folloverlariga yetkazib. Ma’lumot uchun, xonandalar juftligi bunga qadar Imron va Usmon ismli o‘g‘illarini tarbiyalab kelayotgan edi.
56
340
Madaniyat
“Kim o‘lsa, Yulduz aybdor bo‘lardi”. Yulduz Usmonova hamkasblari o‘limi va muvaffaqiyatsizliklarida ayblangan paytlari haqida gapirdi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Yulduz Usmonova suhbat davomida 1990-yillarda u haqida tarqalgan asossiz mish-mishlar, xususan, “Ohunjon Madaliyevning o‘limida Yulduzning qo‘li bor”, degan gap-so‘zlar haqida gapirib berdi. O‘sha yillarda kim o‘lsa, Yulduz Usmonova aybdor bo‘lgan. Kimningdir ashula aytib, tomog‘i og‘rib qolsa ham, konsertiga odam kelmay qolsa ham, ‘Yulduz qilmoqda, meni o‘ldirmoqchi’, degan gaplar bo‘lavergan. Kimga kim kerak. Esimni tanibmanki, mehnat qilyapman. Birovning nonini yemaganman, lekin o‘zimning nonimni ham yedirmayman. Yo‘limda turganning qulog‘ini yulib olaman, ammo bu odam o‘ldirish degani emas-ku, kurashadi-da odam. Bularga latta bo‘lsang-da, latta bo‘lsang. Ko‘chada mushtlashib yurardim, o‘sha vaqtda ham ko‘zimni suzib non yemasdim, mushtlashib non yerdim. O‘sha Yulduz men bo‘laman. Haqqimni taniydigan qiz edim. Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq artisti
141
1,021
Madaniyat
Xonanda Rayhon ijodni ham, onalik vazifasini ham birdek olib bormoqda
Xonanda Rayhon ijodni ham, onalik vazifasini ham birdek olib bormoqda. Bu haqda My Day xabar bermoqda. “Rayhon shirintoy farzandlari Imron va Islom qanday katta bo‘layotganligini va ular nimalar bilan band ekanliklarini o‘zining Instagram-sahifasida muntazam ravishda joylashtirib boradi”, — deb yozadi nashr. Internet-nashr tomonidan e’lon qilingan videoda xonanda o‘z farzandlari bilan hayvonot bog‘i hamda Yura davri xiyobonida sayr qilayotgani tasvirlangan fotosuratlar ketma-ketligini ko‘rish mumkin. https://www.youtube.com/watch?v=vMofL7SUM0Q Eslatib o‘tamiz, Rayhon 2012-yil noyabrida aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqqan edi, 2014-yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandli bo‘ldi. 2015-yil yanvarida Rayhon Yigitali bilan ajrashayotganini tasdiqladi.
69
773
Madaniyat
Reyting: “Istiqlol” san’at saroyidagi kuzning eng qimmat konsert dasturlari
Kuz kelishi bilan, Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida ham konsertlar mavsumi ochildi. Jurnalist Feruz Muhammad san’at saroyida bo‘lib, chiptalarning kassadagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tuzdi. 23-oktabrda “Havas” guruhining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Bir kunlik dasturning eng arzon chiptasi 10 ming so‘m, eng qimmati esa — 40 mingdan. Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 30-sentabrda tashkil etiladigan gala-konsertning eng arzon chiptasi 10 ming so‘mdan, eng qimmati esa 70 ming so‘mdan sotilmoqda. So‘z ustalarining konsertlari uchun sotilayotgan chiptalarning eng qimmati — 80 ming so‘mdan. 15—18-sentabr kunlari bo‘ladigan “Million” konsertining eng arzon chiptasi 15 ming so‘m, Avaz Oxunning 17—20-noyabrdagi bo‘ladigan tomoshasiga eng arzon kirish chiptasi esa 10 ming so‘m. Xonandaning 26—27-noyabr kunlari bo‘ladigan konsertga kirish narxi 8 ming so‘mdan boshlanib, 90 ming so‘mgacha yetadi. Ulug‘bek Rahmatullayevning konserti 9—13-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Chiptalar narxi — eng arzoni 10 ming so‘m, qimmati — 120 ming. Xonanda Botir Qodirovning 1—6-noyabr kunlari tashkil etiladigan dasturining chiptalari narxi quyidagicha — eng arzon chipta 10 ming so‘m, eng qimmat chipta esa 150 ming so‘m. 24-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan mazkur musiqiy tomoshaning eng arzon chiptasi 8 ming so‘mdan, eng qimmati esa 180 ming so‘mdan sotilmoqda. Xonanda Jahongir Otajonovning 28—29-oktabr kunlari bo‘ladigan jonli ijrodagi konserti eng arzon chiptasi — 10 ming so‘m, eng qimmati esa — 200 ming so‘mdan. Rossiyalik xonanda Valeriy Meladze faqat bir kun — 1-oktabrda jonli ijroda konsert beradi. Konsertga eng arzon chipta — 100 ming so‘m, eng qimmati esa 1,2 million so‘m. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
75
1,872
Madaniyat
OAV: “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmi yulduzi Leonid Kuravlyov yo‘qolib qoldi
Rossiyalik taniqli aktyor Leonid Kuravlyov aloqaga chiqmay qo‘ydi. Uning qayerda ekanligi ham noma’lum, deb xabar beradi “Komsomolskaya pravda”. Nashrning yozishicha, artist 2012-yilda rafiqasi vafot etganidan so‘ng odamovi bo‘lib qolgan. Qo‘shnilarining so‘zlariga ko‘ra, u doim motam kiyimini kiyib yurgan va ko‘chaga juda kam chiqqan. 2020-yilning boshida Kuravlyov shahar tashqarisidagi uyiga ko‘chib o‘tgan. Hozirda aktyor aloqaga chiqmay qo‘ygan va uning yaqinlari undan xavotirda. Kuravlyovning do‘sti Aleksandr Shpaginning aytishicha, aktyor hamon marhum ayolini o‘ylab siqiladi. U hatto rafiqasining qabr toshiga o‘z ismini ham tushirgan. Leonid Kuravlyov “Ivan Vasilyevish o‘z kasbini o‘zgartiradi”, “Afonya”, “Sibirlik sartarosh”, “Nozikoyim dehqon qizi” va boshqa ko‘plab filmlarda suratga tushgan. Ta’kidlash kerakki, Leonid Kuravlyov “Mirotvorets” bazasiga (Ukraina milliy xavfsizligi, tinchlik, insoniyat xavfsizligi va xalqaro huquq-tartibotga qarshi jinoyatlar belgilarini tadqiq qilish markazi) kiritilgan. 2014-yilda u Rossiya madaniyat arboblarining prezident Vladimir Putinni Qrimdagi siyosatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi murojaatiga imzo chekkandi. Dialoglari tildan tilga ko‘chib, yod bo‘lib ketgan “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmi haqida 20 ta qiziqarli fakt
90
1,301
Madaniyat
Gurbanguli Berdimuhamedovning yangi kitobi Turkmaniston IIV tarixiga bag‘ishlangan
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning “Mert ýigitler gaýrat üçin dogulýar” (Mard yigitlar g‘ayrat uchun tug‘ilur) nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” axborot agentligi ma’lum qildi. Kitob qonuniylik, jamoat tinchligi va tartibni saqlashda muhim rol o‘ynaydigan Turkmaniston ichki ishlar vazirligi faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda mazkur organning tarixi va unda uzoq yillar mehnat qilgan Malikguli Berdimuhamedovning shaxsiy hissasi ochib berilgan. Taqdimot doirasida ishtirokchilar ichki ishlar idoralari tizimida uzoq yillar ximat qilgan Turkmaniston prezidentining otasi Malikguli Berdimuhamedovning mehnat yo‘liga bag‘ishlangan muzeyni ko‘zdan kechirdi. Ta’kidlanishicha, prezidentning yangi kitobi keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avlodlar, xususan, ichki ishlar shaxsiy tarkibi uchun mukammal qo‘llanma hisoblanadi.
82
894
Madaniyat
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’at ahli bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, ayni paytda Madaniyat vazirligi Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Anvarjon Tojiboyev “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Anvarjon Tojiboyev faoliyati davomida “Yoshlar” teleradiokanalining “Ma’naviyat” bosh tahririyati muharriri, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktor yordamchisi, O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi ijodiy birlashmalar va xalq ijodiyotini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, O‘zbekiston madaniyat vazirligi ijodiy birlashmalarni rivojlantirish va ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kabi mas’ul vazifalarda samarali mehnat qilgan, deyiladi xabarda. Ma’lumot uchun, 2020-yilning iyun oyida 2017-yildan buyon muassasaga rahbarlik qilib kelgan Odiljon Abduqahhorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan, muassasa direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Jamoldinov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
50
1,318
Madaniyat
​O`zbekistonlik xonanda Faridam Rafet el-Roman bilan duet kuyladi (foto)
Asosan duet taronalari bilan muxlislarga yaxshi tanish xonanda Faridam turkiyalik estrada yulduzi Rafet el-Roman bilan duet kuyladi. “Rafet el romani qo`shiqlarini tinglab katta bo`ldim. Eng katta orzularimdan biriga erishdim. Qo`shiqlarini kuylab ishtimoiy tarmoq orqali uning sahifasiga yubordim. “O`zledim” qo`shig`ini kuylab pochta orqali yuborganimda u menga javob yozdi. Menining ovozimda shirin nafas borligini aytib, duet kuylashni taklif qildi. Rafet el-Romanning 14 fevral kuni bo`lib o`tgan konsert dasturida 5 kishilik zalda duet ijro etdik. Uning taklifiga binoan men o`z tilimda, Rafet turk tilida kuyladi. Qo`shiq ‘Bag`ishla beni ’ deb nomlanadi”,— deydi Faridam.
72
680
Madaniyat
Leonardo Di Kaprio o‘ziga tegishli orolda eko-kurort qurishni boshladi
Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio Markaziy Amerikadagi kichik Beliz davlati sohilida joylashgan o‘ziga qarashli orolda ekologik orol qurishni boshladi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”. Ekokurort qurilishida Di Kaprio bilan birgalikda nyu-yorklik loyihachi Pol Stsialla ham ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, u dizaynerlar, olimlar, muhandislar va landshaft me’morlaridan jamoa tuzgan. 2018-yilda ochilishi rejalashtirilayotgan majmuada ijaraga beriladigan 68 ta villa va qiymati 5−15 million dollar bo‘ladigan 48 ta shaxsiy uy bo‘ladi. Qayd etilishicha, Belizga birinchi marta 2005-yilda kelgan aktyorga mamlakatning o‘zi, suvosti dunyosi va qadimiy ibodatxonalari yoqib qolgan hamda tez orada 42 gektar maydonga ega kimsasiz Blekador Ki orolini 1,75 million dollar evaziga sotib olgan.
70
787
Madaniyat
“O‘zbekkonsert”: Taniqli xonandalar to‘ydagi xizmati uchun katta narx qo‘yishini biz nazorat qila olmaymiz (video)
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan Toshkent shahrida to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmatini ko‘rsatuvchi navbatchi guruhlar ro‘yxati tuzilgan edi. Unda taniqli xonandalarning nomini uchratmaysiz. “Yoshlar” telekanalidagi “Davr” muxbiri ushbu holat yuzasidan “O‘zbekkonsert”ga murojaat qildi. Muassasa mas’ul xodimi Matluba Mahkamova bunga izoh berdi. Matluba Mahkamova, “O‘zbekkonsert” vakili: — Bular navbatchi guruh. Biz bitta narsani to‘g‘ri tushunaylik — navbatchi guruh to‘yingizni boshidan oxirigacha o‘tkazib berishga kafil. Taniqli xonandani chaqiradigan bo‘lsangiz, unda to‘y egalari bevosita san’atkorning o‘zi bilan bog‘lanib, chaqiraveradi. “Davr” muxbiri: — Demak, ular xohlagan narxini ham aytishi mumkin? Matluba Mahkamova: — Yo‘q, yo‘q, xohlagan narxi emas. Bu yerda bitta narsani unutmaylik — kimdir taniqli xonandani muxlis bo‘lib chaqiradigan bo‘lsa, xonanda ham juda katta narx qo‘ymaydi. “Davr” muxbiri: — Buni, katta narx qo‘ymasligini kim nazorat qiladi? Matluba Mahkamova: — Yo‘q, “O‘zbekkonsert” bu narsani bevosita nazorat qila olmaydi. Bu to‘y egasi bilan xonanda o‘rtasidagi kelishuv. Biz ularni chegaralab qo‘ya olmaymiz. “Davr” muxbiri: — Demak, gaplaringizdan shunday xulosa kelib chiqadiki, taniqli san’atkorlarning qanday narx belgilashi sizlarning nazoratingizda bo‘lmaydi, ular xohlagan narxini belgilaydi. Matluba Mahkamova: — Ular istagan narxini qo‘ymayapti. Endi qo‘ymaydi. Endi xuddi shu masalada hozirda tushuntirish ishlari olib boryapmiz.  “O‘zbekkonsert” rahbari “birrov”ini 2 ming dollar qilgan xonandani keskin tanqid qildi (video); Abduhoshim Ismoilov: Hozir san’atkor to‘yga borib, boy bo‘lib ketmaydi (video); Xonanda Dilso‘z: Biz ijod uchun mablag‘ni qayerdan topamiz? Faqat to‘y orqali (video); Ozodbek Nazarbekov: Yoshligimizda to‘ylar tajriba maktabi edi. Hozirgi to‘ylar esa eng bachkana qo‘shiqlarni talab qilyapti (video); Shoir Bobur Bobomurod: Bir to‘y uchun bitta san’atkor, menimcha, juda kam; Nasiba Abdullayeva: Bitta to‘yda faqat bir xonanda qatnashsin degan talab qo‘yilsa, san’atkorlar ishsiz qolib ketadi (video)
114
2,104
Madaniyat
Bir filmda ikkita qahramonni mahorat bilan ijro etgan o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar (video)
Xorij filmlarida egizaklar yoki qiyofadosh insonlar rolini ijro etgan aktyorlar ko‘p. Odatda bunday rollar aktyordan katta mahorat va sabrni talab etadi. Chunki bir vaqtning o‘zida ikki xil xarakterni jonlantirish oson emas. O‘zbek filmlarida ham bunday ishni uddalay olgan aktyorlar bor. Quyida ana shunday filmlar haqida so‘z boradi. Yodgor Sa’diyev — “Shaytanat” O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Shaytanat” serialida ikkita qahramon rolini ijro etgan. Ammo ko‘pchilik tomoshabinlar buni payqashmagan. Ya’ni u Asadbek rolidan tashqari, sobiq tuzum davrida quloq qilingan otasining qiyofasini ham ijro etgan. Mazkur sahnada hammasi a’lo, faqatgina qor o‘rnida sovunli ko‘pikdan foydalanishgani biroz ishonarsiz chiqqan, xolos. Adiz Rajabov — “O‘zimdan o‘zimgacha” 2009-yili rejissor Abduvohid G‘aniyev “O‘zimdan o‘zimgacha” nomli filmni suratga olgan. Mazkur filmda Davron va Narimon ismli personajlar bor. Mazkur personajlar qiyofadosh bo‘lgani bois rolni bir aktyor — Adiz Rajabov ijro etgan. Ota-onasining qistovi sabab uylangan Davron to‘yi kuni uyidan qochib ketadi. U chekka qishloqqa yetganida ehtiyotsizligi sabab cho‘pon Narimonni urib yuboradi. U qonga belangan qiyofadoshini ko‘rib, qo‘rqib ketadi va mashinasini tashlab qochadi. Cho‘ponni qimmatbaho mashinaning yonida ko‘rganlar uni Davron deb o‘ylab, oila a’zolariga qo‘ng‘iroq qilishadi. Shu voqeadan so‘ng Narimon shaharga, badavlat oila a’zolari davrasiga ketadi. Davron esa qishloqda qolib cho‘ponlik qiladi. Film yakunida Davronga unashtirilgan qiz Narimonni sevib qoladi. Qishloqdagi qiz esa shaharlik Davronga ko‘ngil qo‘yadi. Gulchehra Eshonqulova — “Jonim seni yoxud egizaklar” 2004-yili rejissor Burhon Sharopov “Jonim seni yoxud egizaklar” nomli filmni suratga olgan. Mazkur kartinada aktrisa Gulchehra Eshonqulova taqdir sinovlari sabab uzoq yillar bir-biridan ayro yashagan egizak opa-singillar rolini ijro etgan. Laylo qishloqning sodda qizi bo‘lib, u dugonalari singari pardoz-andoz qilishni yoqtirmaydi. Egizagi Zahro esa badavlat oila bag‘rida ulg‘aygan qiz bo‘ladi. Film so‘nggida egizaklar bir-biri bilan uchrashadi va onalarini izlashadi. Sharof Muqimov — “Niqob” 2007-yili rejissor Burhon Sharopov “Niqob” nomli filmni suratga olgan. Mazkur filmda Sharof Muqimov Hasan va Husan rolini ijro etgan. Hasan jahldor boshliq, Husan esa hazilkash va samimiy rassom bo‘ladi. Husan akasining ishxonasiga borib, uning qo‘l ostida ishlaydigan Zarifa ismli qizni yoqtirib qoladi. Hasan esa mazkur xodimasi bilan ko‘p marta kelishmovchilikka borgan bo‘ladi. Zarifa boshlig‘ining o‘zgaruvchan muomalasidan ajablanadi.  Aka-ukaning o‘xshash tashqi qiyofasi sabab ko‘plab qiziqarli voqealar sodir bo‘ladi. Nafisa Ortiqova — “Tutash taqdirlar” 2009-yili ekran yuzini ko‘rgan “Tutash taqdirlar” serialida raqqosa qiz Ra’no rolini ijro etgan Nafisa Ortiqova ham ikkita qahramon qiyofasini gavdalantirgan. Afsuski, buni ko‘pchilik tomoshabinlar payqamaydi. Ya’ni u Ra’nodan tashqari, ancha yil avval olamdan o‘tgan  onasi rolini ham ijro etgan. U xonasida marhuma onasi va otasining suratiga termilib, u bilan dardlashadi. Ya’ni rejissor vaziyatdan chiqishning oson yo‘lini tanlab, marhuma ona roli bilan bog‘liq detalda uning o‘zidan foydalangan. Alisher Uzoqov — “O‘xshatmasdan uchratmas” Rejissor Javlon Shodmonov 2011-yili “O‘xshatmasdan uchratmas” nomli filmni suratga olgan. Unda Alisher Uzoqov ba’zi sabablarga ko‘ra bolaligidan ayro yashagan egizaklar rolini ijro etgan. Aziz va Farhod ulg‘aygach, tasodif sabab uchrashib qolishadi. Yigitlarning ikkisida ham sevgan qizlari bilan bog‘liq qiziqarli voqealar sodir bo‘ladi. Ya’ni Farhod va Azizning o‘xshash qiyofasi sabab ular adashib ketadi. Film yakunida ular oila bo‘lib birlashadi va sevgan qizlariga uylanadi. Muhammadiso Abdulxayirov — “Hasan ibn Husan” 2013-yili Javlon Shodmonov “Hasan ibn Husan” nomli filmni suratga olgan. Mazkur kartinada Muhammadiso Abdulxayirov ota va o‘g‘il rollarini ijro etgan. Filmda Shokirjon ismli tadbirkor kimyogar qo‘shnisidan sun’iy ravishda shokoladlarni kattalashtirib  berishini iltimos qiladi. Ixtirochi qo‘shnisining iltimosini inobatga olib, hajmi katta shokoladlarni yaratadi. Afsuski, uyiga Shokirjonning o‘g‘li Tursunboy chiqib, ixtiro qilingan shokoladni tatib ko‘radi. Tongda bolakay kattalashib, dadasining qiyofasida uyg‘onadi. Shu voqeadan keyin bir qiyofadagi ota va o‘g‘ilning sarguzashtlari boshlanadi. Zarina Nizomiddinova — “Yurak yig‘lar” Rejissor Akmal Shohnazarovning “Yurak yig‘lar” deb nomlangan filmi 2014-yilda suratga olingan. Ushbu filmda Zarina Nizomiddinova ikkita obrazni gavdalantirgan. Film sujetiga ko‘ra, bosh qahramon nogiron ekanligini bilib, sevgilisi Afro‘zadan uzoqlashishga harakat qiladi. Keyinchalik go‘zal Afro‘zaning hayotida Ali ismli yigit paydo bo‘ladi. Ammo sevgidan kuygan qiz uning sevgisini qabul qilmaydi. Ali buning sababini bilish uchun Afro‘zaning sobiq sevgan yigiti bilan uchrashadi. U og‘ir xastaligi sabab qizdan yiroqlashganini, ammo uni hali ham sevishini aytadi. Ali shundan so‘ng yigitni Afro‘za bilan uchrashtiradi va o‘zi shahardan ketishga qaror qiladi. Mehmonxonada qo‘shni xonadagi shovqindan bezovta bo‘lib, eshikni taqillatadi. Eshikni xorijlik qiz ochadi va u Afro‘zaga juda o‘xshash bo‘ladi. Aktrisa Zarina Nizomiddinova ikki rolni mohirlik bilan ijro etgan. “Zamonaviy sovchilar-3” O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammadiso Abdulxayirov yana bir filmda qiyofadosh insonlar rolini ijro etgan. Ya’ni u “Zamonaviy sovchilar-3” komediyasida bir-biriga o‘xshash Sobir va Shavkatboy rollarini ijro etgan. Shavkatboyning o‘g‘li qo‘shnisi Sobirjon akaning uyiga chiqib, maktabida bir muammo chiqqanini va buni dadasiga aytishga qo‘rqayotgani uchun Sobirjon akadan dadasi rolini o‘ynab berishni so‘raydi. “Bittagina mo‘ylov yopishtirsangiz, dadamning o‘zginasi bo‘lasiz”, deydi. Birgina o‘zgarish sabab odamlar Sobirjonni Shavkatboy deb o‘ylaydi. Kamtarona hayot kechiradigan Sobirjonni Shavkatboy deb o‘ylab, odamlar qarzlarini to‘laydi. Afsuski, u boyning katta mablag‘ini yo‘qotib qo‘yib, boshi baloga qoladi.
97
6,067
Madaniyat
Didjey Avicii’ning o‘limi sababi fosh etildi
Avicii taxallusi bilan mashhur shvetsiyalik didjey Tim Bergling o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda 26-aprel kuni artist qarindoshlariga tayanib, The Sun nashri ma’lum qildi. Bergling oilasining nashrga ma’lum qilishicha, yigit vidolashuv xatini qoldirgan. “Tim nozik artistik qalb egasi edi. U gastrollarni to‘xtatganda, baxtli bo‘lish va sevimli ishi musiqa bilan shug‘ullanish uchun ruhiy osoyishtalikka erishishni istardi. U haqiqatan ham hayot, baxtning ma’nosi haqidagi o‘ylar bilan kurashdi. U ortiq davom ettira olmadi”, — deya hikoya qiladi uning qarindoshlari. Shu bilan bir paytda uning muxlislari didjeyning o‘limida uning menejerlarini aybladi. The Sun’ning yozishicha, Avicii bir necha marta tig‘iz grafikdan shikoyat qilgan va jamoasi a’zolari uning chiqishlarni to‘xtatish istagiga qarshi chiqib, gastrollarga borishga majburlaganligini ma’lum qilgan.
44
865
Madaniyat
O‘ziga yolg‘on biografiya to‘qib olgan yulduzlar (foto)
Mashhurlarning hayoti yorqin va noodatiy ko‘rinadi, ammo ba’zida chiroyli hikoyalar ortida yoqimsiz reallik yashiringan bo‘ladi. Yulduzlardan kimlar biografiyasi bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumot tarqatgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Anjelina Joli Anjelina Joli yoshligida boshqacharoq bo‘lgan — rok tinglagan, qora bo‘yoqlardan foydalanib bo‘yangan va taqiqlangan moddalarni qabul qilgan. O‘ziga jalb qiladigan obraz yaratish uchun aktrisa kelib chiqishi irokez hindulari bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. Uning oila a’zolari bu ma’lumotni inkor etganiga qaramay, aksariyat muxlislar Anjelinaning so‘zlariga ishonishda davom etadi. Aslida esa aktrisada ona tomondan fransuz, gollandiyalik va nemislar qoni bor. Otasining kelib chiqishi ham nemislarga borib taqaladi. Jastin Biber 2012-yilda Twitter sahifasida kamerasi va noutbuki o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan Jastin suratlari tarqalishi ehtimoli borligini qo‘shimcha qilgan. OAV vakillari voqealar rivojini kuzatgan, ammo sensatsiya sodir bo‘lmagan. Ammo sal o‘tib xonandaning Niki Minaj bilan birga ijro qilgan “Beauty and a beat” qo‘shig‘i premyerasi bo‘lib o‘tgan. Vitas Vitas karyerasi boshlanishida tanasi jabra (oyquloq) bilan qoplanganini ma’lum qilgan. Bunga ishongan ayrim muxlislar uzoq vaqt davomida qo‘shiqchini odam-amfibiya deb hisoblagan. Bu uydirma ekani, uning muallifi esa xonandaning prodyuseri Sergey Pudovkin ekani ma’lum bo‘lgan. Nima bo‘lganda ham xonanda mashhurlikka erishishga muvaffaq bo‘lgan. Uning ismi eng mashhur rossiyalik qo‘shiqchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan. Anastasiya Volochkova Balerina shaxsiy munosabatlarini ko‘z-ko‘z qilgani sabab ko‘p bora muammolarga o‘ralashib qolgan. 2010-yilda uning chililik millioner Migel bilan uchrashib yurgani haqida ma’lumot tarqalgan. Keyinchalik jurnalistlar Anastasiyaning qaylig‘i, oddiy aktyor ekanini bilishga muvaffaq bo‘lgan. Igor Vdovin bilan soxta turmushi esa muxlislar hafsalasining yana bir marta pir bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Tantana ko‘zbo‘yamachilik bo‘lib chiqqan, ustiga-ustak juftlik er-xotin sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lgan. Nikol Sherzinger “The Pussycat Dolls” guruhining sobiq ishtirokchisi mashhurlik vaqtida yoshi bilan bog‘liq yolg‘on (2 yoshga kichik) ma’lumot aytgan. Buning sababi xonandaning yosh auditoriyasiga yaqin bo‘lishni istagani bilan bog‘liq bo‘lgan. Tayra Benks Aksariyat yulduzlar yoshni yashirishning hech qanday yomon tarafi yo‘q deb hisoblaydi. Masalan, Tayra Benks modellar ko‘rinishidan kelib chiqib savolga javob berishdan qochmasligi kerakligini aytadi. “Moda sanoati yoshlikning shaydosi hisoblanadi. Suhbat davomida yolg‘on gapirish kerak yoki yo‘qligi borasida shubha qilish kerak emas. Yoshingiz 25 da, ammo 17 yashar qizlardek ko‘rinasizmi, demak, o‘zingizni 16 yosh deb ayting. Keyin Yevropaga namoyish uchun jo‘nab ketayotganingizda aeroportda pasportingiz tekshirilganda, haqiqiy ma’lumot fosh bo‘ladi. Ammo bu vaqtga kelib hech kimning yoshingiz bilan ishi bo‘lmay qoladi”, — deydi u. Tashqi ko‘rinishiga juda ham e’tiborli bo‘lgan supermodel plastik jarrohlarga muntazam ravishda murojaat qilib turadi. Bundan ko‘zlangan maqsad haqiqiy yoshini berkitish bo‘lsa, ne ajab.
55
3,194
Madaniyat
Ertaga "Kim deyay seni?” filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tadi
Ertaga 5 fevral kuni Kinochilar uyida soat 15:00 da Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Buxoriylar” MChJ tomonidan suratga olingan “Kim deyay seni?” badiiy filmining maxsus namoyishi bo`lib o`tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi. Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Qamara Kamalova, postanovkachi operator Oskar Baxtiev, postanovkachi rassom Behzod Nazarov, grimyor Dilshoda Tilavova, liboslar bo`yicha rassom Irina Litvienko. Mazkur film yosh avlod va ko`pni ko`rgan kattalar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar va ziddiyatlardan hikoya qiladi. Unda insonni keksalik davri, butun umri davomida orttirgan tajribasi va o`z ma`naviy boyligini yoshlarga topshirishdek mas`uliyati qamrab olingan. Ma`lumot uchun, oldinda Kinematografiya agentligi tomonidan rejissyor Rustam Sa`dievning “Baron 2”, Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati”, Jamila Po`latovaning “Ayol qalbi” kabi kinofilmlarning premeralari o`tkazildi.
65
957
Madaniyat
Xonanda Dilfuza Ismoilova xorijlik kishiga turmushga chiqqani va chet eldagi villalari haqidagi mish-mishlarni rad etdi
Xonanda Dilfuza Ismoilova xorijlik inson bilan turmush qurgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “Yo‘q, bu yolg‘on! Unday odamning o‘zi ham yo‘q”, — dedi Dilfuza Ismoilova. “Chet elda villalarim bor emish, xorijlik erim olib berganmish... Bu ham mish-mish”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
119
330
Madaniyat
Farrux Zokirov jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi
Ayni kunlarda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov davolanmoqda, deb yozadi “Qalampir.uz”. Nashrga yetkazilgan ma’lumotlarga qaraganda, “Yalla” guruhi solisti Farrux Zokirov Toshkent shahridagi V.V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida davolanyapti. Ma’lum bo‘lishicha, bir necha yil avval shifokorlar Farrux Zokirovga o‘t qopida tosh borligi tashxisini qo‘ygan. Kuni kecha Olmaotadan qaytgan xonanda 14-noyabr kuni operatsiya qilinib, o‘t qopidagi toshdan forig‘ bo‘ldi, deyiladi xabarda. Ma’lumot uchun, Farrux Zokirov bu yil 70 yoshni qarshilagan edi.
57
588
Madaniyat
Instagram: Munisa Rizayeva garajidagi qimmatbaho avtomobillar, Umradan qaytgan Rayhon Ulasenova, farzandli bo‘lgan san’atkorlar
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Bahtiyor Rahmonov ikkinchi bor ota bo‘ldi. Bu haqda Manzura o‘z sahifasida ma’lum qildi. Feruza Jumaniyozova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Bollivud qiroli Shohruh Xon butun dunyodagi musulmon muxlislarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi hamda bayram munosabati bilan uyi oldiga yig‘ilgan yuzlab muxlislari bilan tushgan selfisini sahifasiga joyladi. Yulduz Rajabova ham kuzatuvchilariga faqat yaxshilikni tilashi haqida post qoldirdi. Munisa Rizayeva bloger Jahongir Latipovga bergan intervyusida xonadonidagi garaji hamda undan o‘rin olgan qimmatbaho avtomobillar haqida so‘zlab berdi. Xonandaning aytishicha, xonadonidagi avtoturargohda Malibudan Range Rover’gacha bo‘lgan bir necha mashinalar bor. Turk kinosi yulduzlari Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen muxlislarini bayram bilan tabrikladi. Zohirshoh Jo‘rayev sahifasiga otasi Sherali Jo‘rayevning O‘zbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov bilan muloqoti aks etgan videoni joylashtirib, kuzatuvchilarini Hayit bilan qutladi. Nargiza Salmonova kuzatuvchilariga may oyini naqadar yaxshi ko‘rishi haqida so‘zlab berdi. Yulduz va Nilufar Usmonovalar barcha muxlislarini Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi. Turkiyalik aktyor O‘zjan Deniz o‘g‘lini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Gulchehra Eshonqulova bir muddat avval AQSHda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirayotgani haqida so‘zlab bergan edi. Aktrisa bu safar kuzatuvchilariga qanday rusumli avtomobilda haydovchilik bo‘yicha malakasini oshirayotgani aks etgan videoni namoyish etdi. Maryam Madaliyeva (xonanda Sevara) ilk marta ona bo‘ldi hamda quvonchini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi. Mavluda Asalxo‘jayeva Umra safaridan qaytdi. Xonandani yaqinlari katta tantana bilan qarshi oldi. Shuningdek, aktrisa Rayhon Ulasenova ham onasi bilan Umra safarida bo‘lib qaytdi.
127
1,979