folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Viktoriya Bekxem, Emiliya Klark hamda ozish istagida sog‘lig‘iga putur yetkazgan boshqa mashhur ayollar (foto) | Ortiqcha vaznni kamaytirishda asosiy narsa sog‘liqqa zarar yetkazmaslikdir. Afsuski, hamma ham buni uddalay olmaydi. Hattoki yulduzlar ham. Ulardan bir nechtasi ozish ilinjida o‘zlari uchun kasalliklar orttirib olgan.
Viktoriya Bekxem
O‘tgan yillar mobaynida shifokorlar Viktoriyaning salomatligi borasida xavotirda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ular yulduzning qonida simob miqdori oshganligini aniqlagan. Ammo qanday qilib mazkur toksik modda uning organizmda paydo bo‘lgan?
Keyinchalik bunga parhez sabab bo‘lganligi aniqlandi. Viktoriya dengiz mahsulotlariga qiziqib, muntazam ravishda baliq iste’mol qilgan. Shubhasiz, baliq foydali xususiyatlarga boy, ammo me’yoridan orttirish tavsiya etilmaydi. Natijada holsizlik, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi va og‘izda metall ta’mi paydo bo‘ladi. Viktoriya toksik moddalarning konsentratsiyasini kamaytirish uchun jigarni tozalash amaliyotini o‘tkazdi. Hozirda u to‘g‘ri ovqatlanishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
Dana Borisova
2015-yilda teleboshlovchi sevgilisi Andrey Troshchenko bilan to‘y libosida mukammal ko‘rinishi uchun zudlik bilan vazn kamaytirishga kirishgan. U 43 kilogramm bo‘lishi uchun bir oy davomida kuniga faqatgina bir dona olma iste’mol qilgan. So‘ngra anoreksiyaga chalingan. Hushidan keta boshlagach, uning salomatligida muammo borligi aniqlandi. U parhez natijasida pankreatit orttirib olgan edi. Endilikda uning organizmi ovqat qabul qila olmasdi. Hozirda uning vazni 53-58 kilogrammni tashkil etadi.
Kristian Beyl
Aktyor ko‘pincha rollari uchun vaznini kamaytiradi. U bir necha bor 30 kilogrammga ozgan va mushaklariga ishlov bergan. Umuman olganda, u 274 kilogramm vazn tashlagan. Biroq yaqinda aktyor tanasiga zarar yetgani va endilikda suratga tushish uchun ko‘p o‘zgarmasligini ma’lum qilgan.
Tara Rid
O‘zi avvaldan nozik bo‘lgan yulduz yana ozish ilinjida nafaqat sog‘lig‘iga putur yetkazdi, balki karyerasiga ham nuqta qo‘ydi. U parhez davomida muvaffaqiyatsiz jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Keyinchalik ularni tuzatish uchun yana bir necha operatsiyalar bo‘lib o‘tgan. Natijada uning terisi cho‘zilib, haddan tashqari ozib ketgan. Shundan so‘ng unga rollar taklif qilinmadi. Taraga anoreksiya nervoza tashxisi qo‘yilgan.
Korneliya Mango
Korneliya avvaldanoq to‘ladan kelgan edi. Lekin u ham boshqalar kabi ozishga qaror qildi. U parhez va yog‘ni eritish kabi muolajalardan foydalandi. Keyin unda qandli diabet kasalligi aniqlandi. Xonanda bu ishidan afsusda ekanligi, tezroq vazn yo‘qotish uchun tabletkalar qabul qilganini tan olgan. Shuningdek, muxlislariga vazn kamaytirishga intilmaslik va to‘g‘ri ovqatlanish mutaxassisi bilan ishlashni maslahat berdi.
Emiliya Klark
“Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi ham roli uchun vaqtini deyarli sport zalda o‘tkazgan. U charchaguncha shug‘ullanar, me’yorni har kuni oshirib borar edi. Ammo birinchi mavsum premyerasi arafasida aktrisa miyaga qon quyilishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uni qutqarib qoldi, ammo operatsiyadan so‘ng u gapirishni va yuz ifodalarini boshqarishni asta-sekin o‘rgandi. Bu uning karyerasiga abadiy nuqta qo‘yishi ham mumkin edi. Aktrisa uchun reabilitatsiya bir yil davom etdi. | 110 | 3,139 |
Madaniyat | Foto: Bollivudning yulduzli juftliklari to‘ylarini qanday nishonlagan? | Quyidagi Bollivud yulduzlari to‘y marosimini turli madaniy urf-odatlarni birlashtirgan holda o‘tkazgani bilan esda qolgan.
Priyanka Chopra va Nik Jonas
Boshqa yulduzlar yillab uchrashib, turmush qurishga qaror qilgunicha, Priyanka Chopra va Nik Jonas tanishganiga 6 oy bo‘lmasdan oila qurishga qaror qilgan. Juftlik 2017-yilda MET Gala’da uchrashgan va shundan keyin o‘rtalarida iliqlik paydo bo‘lgan. Nik Priyanka bilan birga bir necha marotaba Hindistonga borib, oilasi bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan. Mashhurlar 2018-yilda ikki xil: hindcha va xristiancha to‘y marosimini o‘tkazgan.
Karina Kapur va Saif Ali Xon
2007-yildan beri munosabatda bo‘lgan Karina Kapur va Saif Alixon Bollivudning qirollik juftligi deb ataladi. Juftlik o‘rtasida sevgi uchqunlari “Tashan” filmining suratga olish jarayonida paydo bo‘lgan. Besh yil davomida uchrashib yurib, 2012-yil munosabatlarini nikoh rishtasi bilan bog‘lagan juftlikning hozirda Taymur ismli farzandi bor. Ularning to‘yi ikki madaniyat: panjob kudi va navaba Pataudidan iborat bo‘lgan.
Dipika Padukone va Ranvir Singx
“Ram va Lila” filmining suratga olish jarayonida bir-biriga oshiq bo‘lgan juftlik munosabatlarini 6 yil davomida boshqalardan sir tutgan. Juftlik hech qachon o‘rtalaridagi tuyg‘ular haqida og‘iz ochmagan. Ularning 2018-yil ijtimoiy tarmoqda to‘ylari haqida e’lon qilgani muxlislarni hayratga solgan. Dipika — kannada bramin, Ranvir esa sindxi ekanligiga qaramay turmush qurgan va o‘z madaniyatlarini to‘y marosimida birlashtirgan. Avvaliga Konkani uslubida marosim o‘tkazgan mashhurlar, ertasi kuni Italiyadagi Komo ko‘lida, sindxi uslubida to‘y qilgan.
Jeneliya d’Souza va Ritesh Deshmukx
Ushbu juftlik ham to‘yida ikki turli madaniyatni birlashtirgan. Jeneliya katolik, Ritesh esa maratxi ekaniga qaramay munosabatlarini nikoh bilan bog‘lagan. Juftlik biri-birining urf-odatlariga hurmat sifatida 2012-yilda maxarashtrian va xristiancha to‘y qilgan.
Bipasha Basu va Karan Singx Grover
Yuqoridagilar singari Bipasha bong, Karan esa panjoblik ekani oila qurishiga qarshilik qilmagan. Juftlik to‘yi bengalcha bo‘lsa-da, panjobcha o‘yin-kulgi va tomoshalar bilan ham o‘tgan. | 70 | 2,150 |
Madaniyat | Xonanda Sharof Muqimov o‘g‘rilar uning Captiva‘sidan qanday buyumlarni olib qochganiga oydinlik kiritdi | Xonanda Sharof Muqimov Captiva avtomobilidagi narsalar o‘g‘irlangani haqida Instagram sahifasi orqali ma’lum qilgandi. O‘g‘irlangan buyumlar orasida nimalar borligini qo‘shiqchi jurnalist Feruz Muhammadga aytib o‘tdi.
“Tongga yaqin uyga kelgandim. Ertalab qo‘shnilarimiz qo‘ng‘iroq qilib, mashinam oynalari sinib yotganini aytishdi. Chiqib qarasam, chindan ham oynalar sindirilgan”, — deb hikoya qildi o‘g‘irlangan buyumlari qaytarilishidan umidvor bo‘lgan Sharof Muqimov.
“Mashinaning ichida iPad Air 2 plansheti, Korg Triton sintezatori va tikuv sexi rahbari Farhod Bahriddinov sovg‘a qilgan sahnaviy kostyum bor edi. Ularning hammasini olishgan. Ichki ishlar xodimlari o‘g‘irlangan buyumlar topiladi, deb ketishdi”, — deb so‘zini yakunladi Sharof Muqimov. | 103 | 760 |
Madaniyat | MC Doni Buxoroda suratga olingan “Jin” klipini taqdim etdi (video) | Timatining Black Star leybli ishtirokchisi MC Doni (Dostonbek Islomov) Buxoroda suratga olingan “Jin” klipini 21-mart kuni taqdim etdi.
“Olovuddinning sehrli shamchirog‘i” ertagi motivlari asosida olingan klipda Buxoro obidalari, sharqona muhit, shaharning bugungi manzarasi, hatto yaqinda paydo bo‘lgan uchar darvesh ham ko‘rsatib berilgan.
Klipni hozirning o‘zida salkam yarim million kishi ko‘rishga ulgurdi. | 66 | 412 |
Madaniyat | "O`zbekkino" bolalar kunida "Avtosarguzashtlar" nomli yangi multserialni taqdim etadi (video) | 1-iyun – "Bolalarni himoya qilish kuni"ga bag`ishlab "O`zbekkino" MA yangi multiplikasion serialni taqdim etadi. Bu haqda "Darakchi"ga agentlikning matubuot xizmati ma`lum qildi.
Xabarda aytilishicha 1-iyun – Bolalarni himoya qilish kunida yurtimiz telekanallarida yangi «Avtosarguzashtlar» nomli o`zbek multseriali namoyish etila boshlaydi.
Multfilmning bosh qahramonlari yurtimizda ishlab chiqarilgan Damas, Spark, Matiz, Laccetti, Captiva, Malibu, MAN yuk mashinasi, ISUZU avtobusi va boshqalardir. Ular yosh teletomoshabinlarning sevimli multqahramonlariga aylanadi.
Multserialning har bir qismida quvnoq avtomobillarning sarguzashtlari va Toshkent shahrining go`zal animasion manzaralari aks ettirilgan.
Ushbu multfilm nafaqat ko`ngilochar, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Ya`ni uni ko`rgan jajji tomoshabinlar chin do`stlik, mehribonlik, mehnatkashlik, samimiylik, mas`uliyatli bo`lish kabi fazilatlarni o`rganadi. Shuningdek, ular yo`l harakati qoidalari bo`yicha ma`lum ko`nikmalarga ega bo`ladi.
Multiplikasion serial 1 iyunda O`zbekistonning «Oʻzbekiston», «Bolajon», «Oʻzbekiston tarixi», «Oilaviy», «Yoshlar», «Mahalla», «Sevimli TV», «ZOR TV», «MY5», «Milliy», "Uzbekistan-online.uz" kabi davlat va nodatlat telekanallarida namoyish etiladi. Video: | 93 | 1,274 |
Madaniyat | Bollivud aktrisasi Priyanka Chopraning surrogat ona dunyoga keltirgan farzandi haqida nimalar ma’lum? | 2022-yil 21-yanvar kuni Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va Nik Jonas kutilmagan yangilikni e’lon qildi. Instagram’dagi sahifasida juftlik surrogat ona orqali ilk farzandi dunyoga kelganini ma’lum qildi. Yulduzli juftlikning yaqindagina dunyoga kelgan farzandi haqida yana nimalar ma’lum?
New York Post insayderlari yozishicha, juftlik qiz farzand ko‘rgan. Chaqaloq 2022-yil 16-yanvar kuni, muddatidan 12 hafta oldin, ya’ni homiladorlikning oltinchi oyida tug‘ilgan.
Bola muddatidan oldin tug‘ilgani sabab barcha ko‘rsatkichlar yaxshilangunga qadar kasalxonada qolishi kerak. Qolaversa, Priyanka va Nik ham bu borada qiziga g‘amxo‘rlik qilish uchun vaqt kerakligini ta’kidlagan.
Priyanka uning turmush o‘rtog‘i bilan surrogat onaga murojaat qilgani haqida aytganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda ularda farzand ko‘rish bilan bog‘liq muammo borligi to‘g‘risida bahslar ko‘paydi.
Ammo juftlikka yaqin manba bu mish-mishlarni rad etdi. “Priyankada farzand ko‘rish bilan bog‘liq muammolar yo‘q, lekin u hozir 39 yoshda va ayni vaqtda ish bilan band. Shuning uchun ular surrogat onalik yo‘lini tanladi. Bu ayolning beshinchi surrogat homiladorligi. Er-xotin u bilan tanishdi va bir-biriga ma’qul keldi”, — deydi u Daily Mail’ga.
Eslatib o‘tamiz, Priyanka Chopra va Nik Jonas olti oylik munosabatlardan keyin 2018-yilda turmush qurgan. Ularning to‘yi nasroniy va hinduiylar urf-odatlariga ko‘ra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida o‘tkazilgan. | 101 | 1,436 |
Madaniyat | Yettita xalqaro kinofestivalda ishtirok etgan “U” filmi ilk bor PROLogue – 2017 da namoyish qilindi | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” MA, Yosh kinoijodkorlar kengashi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan III Respublika PROLogue – 2017 kinofestivali davom etmoqda.
Yettita xalqaro kinofestivalda ishtirok etgan “U” filmi ilk bor PROLogue – 2017 da namoyish qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Yosh kinoijodkorlar kengashining matbuot xizmati ma’lum qildi.
27-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida festivalning asosiy qismi, ya’ni qisqa metrajli filmlar namoyishi boshlandi. Namoyishni rejissor Muxlisa Azizovaning yettita xalqaro kinofestivalda ishtirok etgan, “U” (“Ona”) nomli filmi boshlab berdi. Mazkur film ilk bor O‘zbekistonda tashkil qilingan festivalda namoyish etilmoqda.
Ma’lumot uchun, Muxlisa Azizovaning “U” filmi Fransiya, Kipr, Qozog‘iston, Bangladesh, Indoneziya, Hindiston, Turkiya davlatlarining xalqaro kinofestivallarida ishtirok etgan. | 99 | 891 |
Madaniyat | Instagram: Ota-onasiga syurpriz tayyorlagan Parizoda, turmushga chiqayotgan Zara Shirinova, Luizaning jahlini chiqarishdi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Million” jamoasinig a’zosi Davron Kabulov sahifasiga qizlari bilan tushgan suratini joyladi va muxlislariga oilani mustahkamlash kerakligini, inson oila a’zolari bilan bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishi haqida fikrlarini bildirdi.
Xonanda Munisa Rizayeva muxlislariga tirbandlikda qolib ketganini, bunday tirbandlik faqat Moskva va London ko‘chalarida bo‘ladi deb o‘ylaganini, endi esa Toshkentda ham uchrayotganini ta’kidladi.
Ziyoda Turkiyada turmush o‘rtog‘i bilan tushgan yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, xonanda Antaliyadagi Qora dengiz ustida havo sharida parvoz etayotganini obunachilariga namoyish qildi.
Raqqosa Iroda Ismoilova yangi surati bilan ko‘rinish berdi va hech qachon ideal bo‘lmaslikni xohlaganini aytdi.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova modalar namoyishida Shahlo Zoirova va Asal Shodiyeva bilan uchrashib qolganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Shahlo Zoirova ham shu modalar ko‘rgazmasida Asal Shodiyeva va Zarina Nizomiddinova bilan tushgan suratini obunachilariga namoyish qildi.
Luiza Rasulovaning muxlislari uning to‘y xizmatlarining birida kiygan libosi yirtiq ekani haqida gapirgan. Aktrisaning bu holatdan jahli chiqib, libosi yirtiq emasligini ko‘rsatgan, muxlislariga o‘zining hayoti bilan mashg‘ul bo‘lishi kerakligini aytgan.
Xonanda Vohidjon Isoqov ota-onasi bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Teleboshlovchi Zara Shirinova turmushga chiqayotganini ma’lum qildi va yaxshi tilaklar bildirgan obunachilariga minnatdorlik bildirdi.
Marhum qiziqchi Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva sahifasiga bolaligida otasi bilan tushgan arxiv suratini joyladi. Aktrisa otasi bilan bog‘liq xotiralarini muxlislari bilan bo‘lishgan. Qiziqchi hayot bo‘lganida 67 yoshni qarshilagan bo‘lar edi.
Nilufar Usmonova Marg‘ilondagi to‘y xizmatida bo‘lganini obunachilariga ko‘rsatdi.
Sevara Nazarxon muxlisalari qurshovida “Ulug‘imsan, vatanim” nomli taronasini ijro etdi.
Bundan tashqari, u Toshkentga kelganidan keyin o‘zi avtomobil boshqarayotgani, yo‘llardagi tirbandlik haqida gapirdi.
Diana Yagofarova tez kunlarda uning ishtirokidagi yangi loyiha ekran yuzini ko‘rishini ma’lum qildi.
Dilnoza Kubayeva kadr ortida yuz bergan qiziqarli holatni muxlislari bilan bo‘lishdi. Unga ko‘ra aktrisa obrazga kirib, mahzun she’r o‘qiy boshlaganida orqadan kimningdir xurrak otayotgani eshitilib qoladi va Dilnoza Kubayeva kulib yuboradi.
Turkiyaning mashhur aktyorlaridan biri “Mendirman Jaloliddin” serialining bosh qahramoni Emre Kiviljim Malayziya qirolichasi Tunku Azizah bilan uchrashganini, uning ushbu serial davomini kutayotganini aytgan va suhbat uchun unga minnatdorlik bildirgan.
Raqqosa Parizoda ota-onasiga Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u onasining tug‘ilgan kunini qanday nishonlaganini muxlislariga ko‘rsatdi.
Shahzoda sahifasiga o‘g‘li Xalidning yangi suratini joyladi va farzandi uning baxti ekani haqida gapirdi. | 121 | 3,050 |
Madaniyat | Xellouinni nishonlagani uchun koyimaslikni so‘ragan Lola, duoga muhtoj boshlovchi, uylangan aktyor. Instagram’dan daraklar | 3-noyabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Uchishni yaxshi ko‘raman”, — demoqda Sevara Nazarxon.
Muqaddas Sa’dullayeva to‘ng‘ich qizi Sa’diyaning surati bilan bo‘lishdi.
Zarina Nizomiddinova Rossiya o‘rmonida kechki sayrga chiqdi.
Shuningdek, aktrisa folloverlarining qanday ozayotgani haqidagi savoliga ham javob berdi.
Xonanda Mohim va uning turmush o‘rtog‘i.
Taniqli teleboshlovchi Iroda Nosirova yangi loyiha boshlaganini, shu sababdan ko‘pchilikning duosiga muhtoj ekanligini bildirib, folloverlaridan duo qilib qo‘yishni so‘radi.
Asal Shodiyeva tog‘dagi mehmonxonalardan birida onasining tug‘ilgan kunini nishonlab, yaqinlari bilan hordiq chiqarmoqda.
Lola turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Xellouin bayramini nishonladi hamda folloverlaridan bu ishi uchun koyimaslikni so‘radi.
Toshkent ko‘chalarida BMW boshqarayotgan Joker paydo bo‘ldi. Aytishlaricha, bu xonanda Jahongir Otajonov ekan.
Aktyor va boshlovchi Sardor Saydullayev uylandi. | 122 | 1,065 |
Madaniyat | Bugun Hamid Olimjonga bag`ishlangan hujjatli film premera qilinadi | Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “New sight media” studiyasi hamda O`zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Ona yurt kuychisi” hujjatli filmi premera qilinadi.
Bu haqda agentlik matbuot kotibi xabar bermoqda.
Kinokartina o`zbek adabiyotining yorqin vakili Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bag`ishlangan.
Mazkur film Ssenariy muallifi Naim Karimov, rejissyor Ibrohim Rasulov, operator Ahmadjon Sodiqov, kompozitor Doniyor Agzamov, rassom Komil Allaberganov. | 66 | 539 |
Madaniyat | Boyovutlik 14 yoshli qizchaning kishini hayratga soluvchi san'at asarlari (foto) | Farzona Jo‘raqulova Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi 5-sonli musiqa va san’at maktabining san’at bo‘limi 5-sinfida tahsil oladi, deb hikoya qiladi “Xabar.uz”.
14 yoshga to‘lgan ijodkor 2015-yildan beri ta’lim maskanida haykaltaroshlik sirlarini o‘rganib kelmoqda. Bir qancha ko‘rik-tanlovlar g‘olibi.
2016-yilda “Kamalak yulduzlari” Bolalar ijodiyoti festivali respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi. 2018-yil aprelda Sirdaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan ta’sis etilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” yoshlar festivalida “Eng yosh kulol” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. O‘sha yili Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan “Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarining san’at yo‘nalishi” bo‘yicha tanlovning viloyat bosqichida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
Joriy yilning aprel oyida Sirdaryo viloyati Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan an’anaviy “Tasviriy sanat festivali”da “Eng yaxshi asar muallifi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi va eng faol ishtirokchi sifatida qayd etilib, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisining faxriy diplomi bilan taqdirlandi.
Farzona hozirda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolajonlar uchun yo‘l harakati qoidalarini o‘zlashtirishning qulay usuli – haykalchalar yordamida yo‘lda harakatlanish, svetoforga rioya etish, piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidalari ustida izlanmoqda.
Farzonaning “Nasriddin bobo”, “Afsonaviy kulol”, “Gimnastikachi qiz”, “Ajdodlarimiz merosi”, “Arslon”, “Xayol”, “Najot”, “Skripkachi qiz”, “Qo‘ziqorin bobo” kabi ishlari ayniqsa tahsinga sazovor, deyiladi xabarda. | 80 | 1,596 |
Madaniyat | “Qartadan qurilgan uy” seriali orqali tanilgan Reg E. Keti 59 yoshida olamdan o‘tdi | “Qartadan qurilgan uy” serialidagi Freddi roli bilan tanilgan amerikalik aktyor Reg E. Keti 59 yoshida saraton xastaligi oqibatida olamdan o‘tdi. Bu haqda Variety nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Biz ‘Qartadan qurilgan uy’ orqali hamkasbimiz va do‘stimizga aylangan Reg E.Ketining o‘limidan chuqur qayg‘udamiz. Reg juda oqko‘ngil inson, ajoyib aktyor, haqiqiy jentelmen edi. Uning oilasiga hamdardligimizni bildirib qolamiz”, — deyiladi serialni yaratish bilan shug‘ullangan Netflix kompaniyasining bayonotida.
Reg E. Keti aktyorlik faoliyatini 1984-yilda boshlagan va “Niqob”, “Yetti”, “Tez yordam” kabi 70 dan ortiq kino hamda seriallarda suratga tushgan. 2015-yilda “Qartadan qurilgan uy” serialidagi roli uchun “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. | 83 | 763 |
Madaniyat | Amerikalik xonanda Prinsning jasadi krematsiya qilindi | 21-aprel kuni olamdan o‘tgan amerikalik xonanda Prinsning jasadi Minnesota shtatida krematsiya qilindi. Bu haqda marhumning yaqinlari ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Krematsiya jarayoni qo‘shiqchining yaqinlari, do‘stlari va sozandalaridan iborat kichik guruh ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Qoldiqlar ko‘miladigan manzil sir saqlanmoqda.
56 yoshli Prins Rojers Nelsonning o‘limi sabablari hozirgacha aniqlanmadi. Krematsiyadan oldin patologoanatom jasadni yorib ko‘rgan edi, natijalar bir oy ichida ma’lum bo‘ladi. | 54 | 522 |
Madaniyat | Rumiyning 22-avlodi Esen Chelebi: “Hozircha O‘zbekistonga borish nasib etmadi, ammo bu orzumni amalga oshirish istagidaman” | Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillarining bir guruhi dunyoning 30 dan ortiq davlati jurnalistlari qatorida ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad Konya shahrida buyuk mutafakkir Jaloliddin Rumiy vafotining 747 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan an’anaviy “Shabi arus” marosimlarida ishtirok etish, diniy turizm taraqqiyoti, asriy yodgorliklar, qadamjolar bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Ana shunday tadbirlar doirasida jurnalistlar Jaloliddin Rumiyning 22-avlodi Esen Chelebi xonim bilan uchrashuvda ham qatnashdi. Samimiy va ochiq ruhdagi suhbat oldidan olima dastavval Mavlono ijodiga mansub satrlardan o‘qib berdi. Shundan so‘ng jurnalistlarning savollariga birin-ketin javob bera boshladi. Jumladan, o‘zbekistonlik jurnalist Karimberdi To‘ramurod dunyoda mavlaviyxonalar, mavlaviya maktablari mavjudligi, bugungi kunda Rumiyning avlodlari orasida xuddi uningdek masnaviy yozayotganlar bor yoki yo‘qligiga qiziqdi. Savolga javoban Chelebi xonim haqiqatda ham yer yuzida mavlaviyxonalar mavjudligi, biroq ularning hech biri ishlamasligini aytdi. Mavlononing ijodi nazariy jihatdan Sharq va G‘arbda yetarlicha o‘rganilayotganligi, biroq bugungi avlod ichidan Rumiydek masnaviylar yozadigan, uning yo‘nalishiga o‘xshash uslub egasi yo‘qligini bildirdi. Yana bir jurnalist Rustam Jabborovning “Rumiy hazratlari ona tarafdan Xorazmshohlar avlodiga borib taqaladilar, ularning otalari Bahovuddin Valad ham uzoq muddat Alouddin Muhammad Xorazmshoh saroyida xizmat qilgan. Shu bois biz, o‘zbekistonliklar ham Jaloliddin Rumiyga qaysidir ma’noda vatandosh ekanligimiz bilan faxrlanamiz”, deya savol yo‘llab, olimaning O‘zbekistonga borish haqidagi rejalari bilan qiziqdi.
O‘zbekiston juda go‘zal va qadimiy diyor. Bu yurtda hazrati Mavlononi qanchalik sevishlaridan, bu ulug‘ zotning merosini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan xabarim bor. Hozirgacha Tojikiston va Qirg‘izistonga borish nasib qildi. Afsuski, O‘zbekistonga hozirga qadar borish nasib etmadi. Biroq tez orada bu orzumni amalga oshirish istagidaman.
Esen Chelebi, olima, Jaloliddin Rumiyning 22-avlodi
Esen Chelebi jurnalistlar bilan suhbatlashar ekan, Rumiy avlodi bo‘lishi o‘zi uchun yuksak sharaf ekanligi, bolaligidan buyuk bobosining merosini chuqur o‘rganish uchun Istanbul universitetining adabiyot fakulteti arab-fors filologiyasi bo‘limida tahsil olganligini aytdi. Mavlononing ijodini targ‘ib qilishga harakat qilgani, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida turli uchrashuvlarda ilmiy anjumanlarda qatnashganini tilga oldi. Rumiyning ma’naviy merosi nafaqat uning avlodlari, balki barcha insonlarga tegishli ekanligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Chelebi xonim eronlik jurnalistlarning Mavlono turkiy zaminda tug‘ilib voyaga yetgan bo‘lsa-da, nega aynan fors tilida ijod qilgani haqidagi savoliga qisqacha izoh berib o‘tdi. “Mavlono yashagan davrda asarlar, asosan, arabiy va forsiyda bitilgan. Saljuqiylarning davlat tili ham forscha edi. Mavlonoga qadar bitilgan tasavvufiy, ilmiy va diniy asarlar shu tillarda bitilgandi. Mavlono Rumiy o‘z ijodlarida arab va turk tillariga ham ko‘p bora murojaat qilganlar. Qolaversa, til bu shakl xolos. Buyuk va betakror g‘oyalar qaysi tilda bo‘lishi qat’i nazar, zamon va makon chegaralaridan o‘tib butun insoniyatga xizmat qilaveradi”, — dedi u. | 123 | 3,368 |
Madaniyat | “Najotkorlar” serialining ikkinchi mavsumini suratga olish ishlari boshlandi | Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, “Zo’r TV” telekanali bilan hamkorlikda “Najotkorlar” milliy seriali ikkinchi mavsumining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur serial tibbiyot sohasi xodimlariga bag`ishlangan bo`lib, unda tez tibbiy yordam mutaxassislarining mashaqqatli mehnati, "koronavirus" va turli infeksion kasalliklarga chalingan bemorlar, ularning sog`ayish jarayonlari haqida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi Uchqun O`sarov, postanovkachi rejissyor Oybek Karimov, postanovkachi operator Ahror Olimjonov, montaj ustasi Davron Tojiboev, ovoz rejissyori Yunus Asqarov, operator Mirjalol Ataxo`jaev, kostyumer Feruza Nurxo`jaeva, gafer Omon Jo`raev. | 76 | 773 |
Madaniyat | Hechdan ko‘ra kech: 45 yoshdan keyin birinchi marta ona bo‘lgan yulduzlar | Yoshining kattaligi farzandli bo‘lishga to‘siq bo‘lmagan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Xloi Sevini — ilk marta 45 yoshida ona bo‘lgan
Mashhur aktrisaning homiladorligi aks etgan suratlar ilk bor 2020-yilda OAVda tarqalgan, keyinchalik uning o‘zi Instagram sahifasida darhaqiqat shunday ekanini tasdiqlovchi suratlar bilan bo‘lishgan. 2020-yilning mayida aktrisa va turmush o‘rtog‘i Sinish Makovich ota-ona bo‘lgan. O‘g‘liga Vanya Sevini Makovich deb ism qo‘ygan juftlik chaqaloq tug‘ilishi ularni juda ham baxtli qilganini ta’kidlagan.
Sheril Krou — ilk marta 45 yoshida ona bo‘lgan
Hech qachon rasman turmush qurmagan Sheri 2007 va 2010-yillarda ikki marta farzand asrab olgan. Shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtirmaydigan aktrisa bir necha yil avval farzandlari Uayett Stiven va Levi Jeyms Krou bilan tushgan surati bilan bo‘lishib, ular hayotining ma’nosi ekanini ta’kidlagan
Lyusi Lyu — ilk marta 46 yoshida ona bo‘lgan
Karyeraga mukkasidan ketgan Lyusi hech qachon turmushga chiqishga shoshilmagan. 2015-yilda aktrisa birinchi marta ona bo‘lganini ma’lum qilgan. Surrogat ona yordamida dunyoga kelgan farzandga Rokvell deb ism qo‘ygan. Lyusi Instagram sahifasida o‘g‘lining suratlari bilan bo‘lishib keladi.
Jina Devis — ilk marta 46 yoshida ona bo‘lgan
Uch marta turmush qurib, ajrashgan aktrisa 2001-yil jarroh Rezi Jarrahi bilan tanishgan. Oradan uch yil o‘tib qizi Alize Keshvar dunyoga kelgan. Birinchi farzandi tug‘ilganidan ilki yil o‘tib egizaklar — Kian Uilyam va Kais Stiven dunyoga kelgan. Homiladorlik davri qiyin kechmaganini ta’kidlaydigan yulduz yoshi o‘tib farzandli bo‘lishga qaror qilganidan hech ham afsuslanmasligini qo‘shimcha qiladi.
Xolli Xanter — ilk marta 47 yoshida ona bo‘lgan
Xolli ilk bor 2006-yilda ona bo‘lgan va egizak farzandlar — Klod va Pressni dunyoga keltirgan. Hayotini sir tutishga qanchalik urinmasin, OAV vakillari farzandini kadrga muhrlashga muvaffaq bo‘lgan.
Anjela Bassett — ilk bor 47 yoshida ona bo‘lgan
1997-yilda aktyor Kortni Bi Vensga turmushga chiqqan aktrisa uzoq vaqt davomida farzandli bo‘la olmagani sabab 2006-yilda surrogat ona yordamidan foydalanishga qaror qilgan. Yanvar oyida egizaklar Sleyter va Brinvin dunyoga kelgan. Bolalarni tarbiya qilish borasida fikrlari bilan bo‘lishib keladigan aktrisa farzandlariga tanlov borasida erkin bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani muhayyo qilishini ta’kidlaydi.
Beverli D’Anjelo — ilk marta 49 yoshida ona bo‘lgan
Anjelaning yoshi 49, qaylig‘i Al Pachinoniki esa 60 da ekani ularni farzandli bo‘lish uchun EKO muolajaga murojaat qilishdan to‘xtata olmagan. 2001-yil 25-yanvarda egizaklar Anton Jeyms va Oliviya Rouz dunyoga kelgan. Aktrisa uchun homiladorlik oson bo‘lmagan, uzoq muddat shifokorlar ko‘rigida bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan va gormonlar qabul qilgan.
Janet Jekson — ilk bor 50 yoshida ona bo‘lgan.
Ikki marta turmush qurib, ajrashgan Maykl Jeksonning singlisi, va nihoyat, uchinchi turmushidan farzandli bo‘lgan. 2017-yilda chaqaloq dunyoga kelganidan keyin qatarlik biznesmen Vissam al-Man bilan ham ajrashgan. Onalik oson bo‘lmasa ham, yulduz kech ona bo‘lganidan afsuslanmasligini aytadi.
Kristin Devis — ilk bor 53 yoshida ona bo‘lgan
Hali turmush qurmagan amerikalik aktrisa 2011-yilda Rouz Devis ismli qizni, oradan 7 yil o‘tib Uilson ismli o‘g‘il farzand asrab olgan. Bolali bo‘lish haqida allaqachon orzu qilgan aktrisa bu baxtning qanday bo‘lishini tasavvur ham qila olmaganini ta’kidlagan. | 73 | 3,451 |
Madaniyat | Maykl Duglasning o‘g‘li qamoqda 7 yil o‘tirib chiqdi | Taniqli amerikalik aktyor Maykl Duglasning o‘g‘li Kemeron narkotik savdosi tufayli olgan yetti yillik qamoq muddatini o‘tab, ozodlikka chiqdi. Ayni paytda Gollivud yulduzining farzandi jinoyatchilar reabilitatsiyasiga mo‘ljallangan halfway house ixtisoslashtirilgan muassasasidadir, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Joriy yilda Kemeron Duglas 38 yoshga to‘ladi. U qamoqda o‘tkazgan umri haqida xotira kitobini yozishni rejalashtirmoqda.
Kemeron 2010-yilda hibsga olinib, Kamberlend qamog‘iga joylashtirilgan edi. U geroin va metamfetamin saqlashda hamda sotishda ayblangan edi. | 52 | 585 |
Madaniyat | Ulug‘bek Rahmatullayevdan yangi qo‘shiq — “Sog‘inib” | Ushbu yangi tarona Alisher Tayr taxallusi ostida ijod qilayotgan bastakor bilan hamkorlikda yaratildi. Qo‘shiq aranjirovkasi ustida Ulug‘bekning yaqin do‘sti Jasur Badalboyev ishladi. Bu haqda shou-biznes.uz sayti xabar bermoqda.
foto: uz-film.com
Ayni paytda Yodgor Nosirov ushbu qo‘shiqqa O’Genri asaridan foydalanib romantik lahzalarga boy, juda ham chiroyli klip ustida ish olib bormoqda. Yangi ijod namunasiga haqiqiy bahoni muxlislar berishadi. Demak, kutamiz. | 52 | 468 |
Madaniyat | AQShda The Smithereens guruhi sozandasi vafot etdi | The Smithereens rok-guruhi sozandasi Pet Dinizio yiqilib tushganidan so‘ng olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda uning Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.
“Pet o‘z ishiga qaytishga va o‘z muxlislari hamda do‘stlarini ko‘rishga umid qilgandi. Iltimos, uni duo qiling”, — deyiladi xabarda.
Sozanda 62 yoshda edi. U o‘limidan bir necha kun oldin yiqilib tushgan hamda bo‘yni va yelkasidan qattiq jarohat olgan edi.
Pet Dinizio The Smithereens guruhiga 1980-yilda asos solgan edi. U guruhda qo‘shiqlar muallifi, vocalist va gitarachi sifatida faoliyat yuritar edi. | 50 | 576 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” seriali “Emmi” mukofoti bosh sovrinini qo‘lga kiritdi | “Taxtlar o‘yini” (Game of Thrones) seriali AQShda eng yaxshi televizion ishlar uchun taqdim etiluvchi “Emmi” mukofotining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda .
Nufuzli haykalchalarni topshirishning 68-tantanali marosimi Los-Anjelesdagi Microsoft teatrida bo‘lib o‘tdi.
“Taxtlar o‘yini” “Eng yaxshi dramatik serial” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi. “Vitse-prezident” (Veep) seriali esa ikkinchi yil ketma-ket “Eng yaxshi komediya seriali” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
“Dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida “Janob Robot” (Mr. Robot)dagi ishi uchun Rami Malek, “Dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishida esa Tatyana Maslani (“Qora farzand”, Orphan Black) g‘olib deb topildi.
“Eng yaxshi mini-serial” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni “Amerika jinoyatchilik tarixi” (The People V.O.J. Simpson: American Crime Story) qo‘lga kiritdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 70 | 1,053 |
Madaniyat | “O‘sha kuni farzandim kasal edi”. Sobiq “Million”chi Umid Haydarov internetda tarqalgan videosi hamda sudlanayotgani haqida (video) | “Million” kulgi jamoasining sobiq a’zosi Umid Haydarov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida jamoadan ketib nega teleboshlovchi bo‘lgani va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosining sabablari haqida so‘zlab berdi.
“Million” jamoasi orqali xalqqa tanilgan bo‘lsam-da, O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olganman. Ya’ni to‘satdan boshlovchi bo‘lib qolganim yo‘q. Avvaldan media sohasida loyihalar qilish niyatim bo‘lgan va vaqt borligida ularni amalga oshirdim.
“Million” jamoasidan ketib, yakkaxon ijodni boshlashdan avval “Kim oshpaz?” va “Xonadon shou” kabi realiti teleloyihalarni suratga oldik. Ularning ikkisi ham O‘zbekistonda ilk marta suratga olingan realiti shoular hisoblanadi. Yaqin kunlarda esa yangi ochilayotgan studiya bilan hamkorlikda film va seriallarni suratga olishni rejalashtiryapmiz. Avval filmlarda rejissor, keyinchalik esa ustoz san’atkorlarimiz kabi bir filmda ham rejissor, ham aktyor sifatida suratga tushish niyatim bor.
Tabiatda qoplon va sher o‘ljani qo‘lga kiritishdan avval biroz kutib, keyin ov qiladi. Men ham ijodda biroz kutib turibman. Sportchi kundalik mashqlar bilan chiniqib turganidek, men ham teleloyihalar bilan yangi natijalarni qo‘lga kiritishga tayyorgarlik ko‘ryapman. Talabaligimizda boshlovchilik qilish orzusi bo‘lgani uchun ko‘rsatuvlarda ishtirok etyapman, — deydi Umid Haydarov.
Bundan tashqari, u shaxsiy avtomobilida harakatlanayotganda yo‘l talashib, haydovchilardan birini haqorat qilgani haqidagi videoga izoh berdi.
Bu haqda hech qayerda izoh berganim yo‘q. Elning og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Har xil gap so‘zlar bo‘lyapti. Kim haq, kim esa nohaqligi bo‘yicha tegishli tashkilotlar shug‘ullanishyapti. Videoni tarqatgan insonning ustidan hech qayerga shikoyat qilganim yo‘q. U oila bilan esa sudda murosaga kelamiz.
O‘sha voqeada qilgan xatti-harakatim uchun esa xalqdan uzr so‘radim. Odamlardan iltimosim shuki, ko‘zingiz bilan ko‘rmagan narsaga izoh qoldirishdan tiyilish kerak. Bo‘lmasa bu g‘iybat bo‘lib qoladi. Tanganing ikki tomoni bo‘lganidek, tarqatilgan videoni ko‘rib, bir tomonlama xulosa qilish yaramaydi.
Men avval ham, keyin ham o‘z xatti-harakatim uchun javob beraman. Bunga “Million” nomini aralashtirish shart emas. Menimcha, tirband ko‘chalarda kuniga bunday voqealar bir necha marta sodir bo‘ladi. O‘sha kuni farzandim kasal edi, kutilmaganda shunday bo‘ldi, — deydi Umid Haydarov. | 131 | 2,398 |
Madaniyat | “Million”ning sobiq a’zosi Shahlo Zoirova jamoadan ketishi sabablarini ma’lum qildi (video) | “Million” kulgi jamoasi 30-mart — 5-aprel kunlari yangi tarkibi bilan “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etdi. Konsertdan so‘ng jamoa a’zolaridan biri Davron Kabulov “Million”ning yangi tarkibi haqida intervyu bergan edi.
Oradan ko‘p o‘tmay “Million” jamoasining sobiq a’zosi Shahlo Zoirova bu jamoa safidan ketishi sabablarini jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Intervyu davomida Shahlo Zoirova “Million” jamoasi uning uchun o‘z oilasidek bo‘lib qolganligi, ketish haqidagi qarorga kelishi oson kechmagani va yangi jamoa tuzish harakatlari ketayotgani haqida ham aytib o‘tdi. | 91 | 620 |
Madaniyat | Termizda qurilayotgan San’at saroyi Navro‘z bayramida foydalanishga topshiriladi | O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi va San’at saroyi majmuasi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Loyiha qiymati 7,6 milliard so‘mni tashkil etadigan ushbu zamonaviy axborot-kutubxona markazi 223 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo‘ladi. Unda maxsus xonalar, mutolaa zallari barpo etilmoqda.
“Uning foydalanishga topshirilishi viloyat yoshlari salohiyatini yuksaltirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, izlanuvchan o‘quvchilar va talabalarning ilmiy-ommabop, badiiy, tarixiy, tarbiyaviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.
Birinchi Prezident Islom Karimovning 2015-yil 22-maydagi qaroriga muvofiq barpo etilayotgan San’at saroyi milliy me’morlik va zamonaviy arxitektura yechimlarini o‘zida mujassam etadi.
Murakkab konstruksiyali, noyob qurilish materiallaridan foydalangan holda bunyod etilayotgan 700 o‘rinli San’at saroyi va 1,5 ming o‘rinli amfiteatrda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu majmuani Navro‘z bayramiga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
“Davlatimiz rahbari majmua qurilishi bilan tanishar ekan, unda aholining madaniy dam olishi uchun barcha qulayliklar yaratish, inshootni zamonaviy jihozlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi”, — deb yozadi O‘zA.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 80 | 1,539 |
Madaniyat | “Elchining qizi”da Neslihan Atagul o‘rniga Tuba Buyukustun suratga tushadi | “Elchining qizi” serialida Neslihan Atagul ijro qilgan Nare rolini bundan buyog‘iga Tuba Buyukustun gavdalantirishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Kinoteka” xabar berdi.
Kollaj: “Daryo”
Avvalroq salomatligi yomonlashgani sabab Neslihan Atagul Instagram sahifasida ushbu serialda boshqa suratga tushmasligi va biroz muddat dam olishga ehtiyoji borligi haqida e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.
Asosiy qahramon ijrochisining suratga olish maydonchasini tark etgani sabab serial prodyuserlari Engin Akyurekka mos aktrisa izlashni boshlab yuborgan. Serial efirga uzatilayotgan Star TV telekanali Instagram sahifasida Tuba Buyukustunning “Elchining qizi” jamoasiga kelib qo‘shilishi haqida ma’lumot bergan.
Tuba Buyukustun 2015-yilda Engin Akyurek bilan birgalikda “Pul va gul ishqi” serialida suratga tushgan hamda ushbu juftlik millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Qolaversa, “Elchining qizi” seriali ssenariy mualliflaridan biri Eylem Janpolat “Pul va gul ishqi” serialiga ham ssenariy yozgan. Eylem ham stories’da Tuba Buyukustunga loyihaga kelib qo‘shilgani uchun minnatdorchilik bildirgan.
View this post on Instagram
Tubaning o‘zi ham Instagram sahifasida tanish, ammo shu bilan birga yangi sarguzasht boshlanayotgani, qadrli va sobiq hamkasbi Engin hamda ssenariy muallifi, dugonasi Eylem va rejissor Emre bilan avval ham birgalikda ishlagani, Star TV bilan bajonidil hamkorlik qilishini yozib qoldirgan. Shuningdek, u muxlislar va yangi qahramon bilan uchrashish chog‘i hayajonlanayotganini qo‘shimcha qilgan.
“Elchining qizi” seriali muxlislari voqealar rivojining qanday kechishi, Tubaning Neslihan o‘rnini qanchalik bosa olishi hamda Sanjar va Narening munosabatlari qanday kechishiga qiziqmoqda. | 74 | 1,725 |
Madaniyat | Instagram: Ikkinchi farzandini Istanbulda dunyoga keltirgan Asal Shodiyeva, Muqaddas va Yigitalini bog‘lagan qo‘shiq, ro‘moli sabab qiyin vaziyatda qolgan Feruza Normatova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Imron kuzatuvchilariga yangi suratini taqdim etdi. Suratga izoh sifatida esa yangi qo‘shig‘i so‘zlarini yozib qoldirdi.
Yulduz Turdiyeva o‘zining san’atni tark etgani haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.
Xonanda Kaniza imijini o‘zgartirish borasida folloverlaridan maslahat so‘radi.
Komik aktyor Dilshod Mirzamurodov oilasi bilan AQShda sayohat qilmoqda.
Vohidjon Isoqov sport zalida Yulduz Usmonova bilan uchrashib qoldi.
Shukurullo Isroilov, Halima Ibragimova va bloger Dili.me yangi klipda suratga tushmoqda. Klipda ular uchun o‘ziga xos, yangi imij yaratilgan.
Feruza Normatova ro‘moli tufayli qiyin vaziyatga tushib qolgani haqida gapirdi.
“Juda qiyin ahvoldaman. Arosatda qoldim, vijdonim qiynalib boshim qotdi. Komedik videolar olsam, muslimalar nomiga dog‘ tushiryapsan deysiz. Mening esa hali shartnomalarim tugamagan. Hozircha Instagram’da faol bo‘lishim kerak. Ibratli videolar olsam, sengamas bunaqa videolar olish deysiz. Bitta boshga o‘ralgan ro‘molning mas’uliyati shu qadar og‘ir va sinovli ekanini bilmagandim. Bundan keyin Alloh nasib etsa, umuman komediya janrida ijod qilmaslikni o‘yladim. Bu borada sizning fikringiz qanday? Menga yordam bering, azizlar. Bugunoq bir qarorga kelaman Inshaa Alloh”, — deydi aktrisa.
Munisa Rizayeva vaynerlar Abduroziq va Erali bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Xonanda Afruza ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib turibdi. Xonanda ko‘chada musiqa chaladigan sozandalar jo‘rligida turkcha qo‘shiq kuyladi.
12-yanvar kuni o‘zbek shou-biznesidagi taniqli juftliklardan biri Shohruhxon va Asal Shodiyeva ikkinchi marta ota-ona bo‘ldi. Juftlikning o‘g‘li Istanbuldagi hashamatli klinikalardan birida dunyoga keldi. Shohruhxon va Asal ushbu klinikaga 2021-yilning noyabr oyida tashrif buyurib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan edi.
Shohruhxon ikkinchi bor ota bo‘lgani munosabati bilan sahifasida ta’sirli post yozib qoldirdi. U o‘g‘li Muhammadyusufga murojaat qilib, uni ushbu quvonchli hodisa bilan tabrikladi.
Asal Shodiyeva klinikada o‘g‘li bilan yuz ko‘rishgani aks etgan fotoni sahifasiga joyladi.
“Bravo” kulgi jamoasi vakili Shahlo Zoirova ham yaqin do‘stlarini samimiy tabrikladi.
Taniqli xonanda Alisher Fayz Rossiyada ishlab yurgan muhojirlarning mashaqqatli mehnati haqida qo‘shiq kuyladi.
Sitora Farmonova insonlar soxtaligi ilon zahridan ham xavfliroq ekanligi haqida mulohaza yuritdi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan qanday tanishgani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi. Uning ayticha, aktyorlar “Mening yurtim” telekanalidagi ko‘rsatuv uchun birga qo‘shiq kuylashi kerak bo‘lgan. Qo‘shiq yoziladigan kun esa Yigitali Mamajonov bo‘lg‘usi rafiqasi bilan duet aytish fikridan qaytgan. | 171 | 2,894 |
Madaniyat | Las-Vegas fuqarosi xonanda Jastin Biber uni do‘pposlaganini ma’lum qildi | AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahri fuqarosi Rodni Kennon politsiyaga kanadalik xonanda Jastin Biber va uning soqchilari uni do‘pposlagani haqida ariza berdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda qayd etilishicha, Kennon Ogayo shtati Klivlend shahri huquq-tartibot xodimlariga murojaat qilgan. Erkakning aytishicha, hodisa iyun oyida, Klivlenddagi mehmonxonalardan birida sodir bo‘ldi. Xonanda shirakayf holda Kennon o‘tirgan stolga kelib, unga tegishli bo‘lgan ko‘zoynakni taqib oldi. Kennon qo‘shiqchini suratga ola boshladi, bu esa Biberga yoqmadi.
Shundan so‘ng yigitlar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Janjal vaqtida xonanda Kennonning yuziga uch marta musht tushirdi. Keyinroq Biberning soqchilari ham qo‘shildi va Kennonga bir nechta zarba berdi. Hujjatlarda qayd etilishicha, janjal natijasida Kennon jiddiy jarohat olgan. Uning ko‘zoynagi qaytarib berilmadi, telefoni esa buzilgan.
Kennon nima uchun bo‘lib o‘tgan voqea haqida politsiya xodimlariga bir necha oy o‘tib ma’lum qilgani qayd etilmagan. Biberga ayblov qo‘yilgani borasida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan. Xonandaning rasmiy vakillari hodisa yuzasidan izoh bermagan.
Jastin Biber muxlisining yuziga musht tushirdi (video)
Jastin Biber AQShda bir necha bor qonuniy qiyinchiliklarga duch kelgan. 2014-yilning yanvar oyida xonandaning Kaliforniya shtatida joylashgan hovlisidagi qo‘shnilaridan biri uni uyiga tovuq tuxumi otganlikda va buning natijasida ming dollar zarar yetkazganlikda ayblagan. O‘sha oyning o‘zida Biber Mayami-Bich (Florida shtati)da mast holda avtomobil boshqargan va politsiya tomonidan qo‘lga olinayotgan vaqtda qarshilik ko‘rsatgan. Kanadalik xonanda AQSh va boshqa mamlakatlarda yana bir nechta ayblovlarga duchor bo‘lgan.
2014-yili Oq uy rasmiy saytida AQSh hukumatini Biberni mamlakatda yashash huquqidan mahrum qilib, AQShdan chiqarib yuborishga chaqirilgan petitsiya e’lon qilingandi. Hujjat 200 mingdan ziyod kishi tomonidan imzolandi, ammo AQSh ma’muriyati tomonidan bu holatga rasmiy izoh berilmadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 72 | 2,080 |
Madaniyat | Yaponiyada o‘zga sayyoralik qirg‘izlar tajovuzi haqida film suratga olindi | Yaponiyada Bravestorm filmi prokatga chiqmoqda. Film halokat yoqasiga kelib qolgan insoniyatning o‘zga sayyoralik “qirg‘iz” irqiga qarshi kurashi haqida hikoya qiladi, deb xabar beradi Kloop nashri.
Bosh qahramonlar o‘tmishga qaytib, bosqinchilarga qarshi kurashish uchun robot yasashi talab etiladi.
Film syujeti 2050-yilgi Tokioda bo‘lib o‘tadi. Insoniyat jangovar o‘zga sayyoraliklar — qirg‘izlar hujumi oqibatida deyarli qirilib bitgan.
Besh nafar bosh qahramon — aka-uka Kasugalar — o‘zga sayyoraliklarni butunlay yo‘q qilishga urinadi. Ular o‘zga sayyoraliklardan jangovar robotlar texnologiyalarini o‘g‘irlab, o‘sha texnologiyani yordamida 2015-yilga qaytgan holda robot yasashga qaror qiladi.
Film nihoyasida insoniyat va o‘zga sayyoraliklar o‘rtasida keng miqyosli jang ko‘rsatiladi, o‘zga sayyoralik qirg‘izlar robotlar yordamida Tokioni vayron qiladi.
Bravestorm 1970-yili suratga olingan “Kumush niqob” va “Super-robot Qizil Baron” seriallarining remeyki hisoblanadi. Ammo original kartinalarda qirg‘iz ismli o‘zga sayyoraliklar irqi tilga olinmaydi. Ijodkorlar nega bunaqa nom tanlagani noma’lum. | 74 | 1,111 |
Madaniyat | Shohrux Xon, Amitabh Bachchan, Ranbir Kapur — Bollivud yulduzlari qanday uyda yashaydi? (foto) | Muxlislar uchun o‘z kumirining shaxsiy hayoti, uyi, yashash tarzi haqidagi ma’lumotlar qiziq. Bundan tashqari, yulduzlar ko‘plab intervyularida uyi haqida ma’lumot bergan, bu esa ularni yanada yaxshiroq bilish uchun xizmat qiladi. Zee nashri Bollivud aktyorlarining qanday uyda yashashi haqida ma’lumot berdi.
Shohrux Xon — Mannat villasi
Bollivud qiroli haqiqatan ham qirol kabi yashaydi. Uy saroyni eslatuvchi oq ustunlar bilan bezatilgan. Bino Mumbayning boy insonlar yashaydigan Bandre tumanida joylashgan va 6 qavatdan iborat, umumiy maydoni esa 2446 kvadrat metrni tashkil qiladi. Yulduzning uyi neoklassik uslubda qurilgan va hashamatli va antiqa buyumlar bilan gavjum.
Shohrux Xon uyni 2001-yilda, dastlab ijara asosida sotib olgan. Villa Viennaning nomi aktyorning istagiga ko‘ra Mannat’ga o‘zgartirildi, u esa “va’da” degan ma’noni anglatadi. Aniqrog‘i, nom rafiqasining didiga ko‘ra o‘zgartirildi. Uyning barcha ichki bezagi Gauri Xon tomonidan batafsil rejalashtirilgan bo‘lib, u o‘shandan beri dizaynga qiziqib, bir nechta yirik buyurtma loyihalarini amalga oshirdi va shuningdek o‘z mebellarini ham ishlab chiqardi.
“Mannat” villasida beshta yotoqxona, taniqli hind rassomi Makbul Fida Husaynning rasmlari bilan bezatilgan bir nechta mehmonxonalar, kutubxona, zamonaviy sport zali va, albatta, Bollivud qirolining shaxsiy kabineti mavjud. Uyning olti qavatidan ikkitasi oila ehtiyojlari uchun, unda bolalar uchun ulkan o‘yin maydonchasi, bar va ko‘ngilochar markazga ega turar-joy maydoni bor.
Shohrux Xon uyining narxi, ayrim ekspertlarning fikricha, hozirgi egasining holati, joylashuvi va derazani ochganda ko‘rinib turadigan ajoyib dengiz manzarasini hisobga olgan holda, taxminan 30 million dollarni tashkil etadi. Madaniy yodgorlik maqomidagi uy hech qachon buzilmaydi. Shohrux Xonning ko‘plab muxlislari uzoq vaqt uning uyi yonida o‘z kumirini ko‘rish uchun to‘planib turadi.
Ranbir Kapur — Krishna Raj uyi
Kapurlarning oilaviy yashaydigan uyi ham Bandrada joylashgan. Bir paytlar boy britaniyaliklar tasarrufida bo‘lgan , endi esa asta-sekin Bollivud yulduzlari ixtiyoriga o‘tayotgan Pali tepaligidan Dev Anand, Dilip Kumar, Sunill Datt uy sotib olgan. Daraxtlar bilan qoplangan, yam-yashil Pali tepaligi yulduzlarga shaxsiy hayot va yolg‘izlik tuyg‘usini, shaxsiy hayotini muxlislarning nazaridan himoya qilish imkonini beradi.
Kapurlar uyni 1980-yillarning boshida hind yadro-fizika olimi Xomi Setnadan sotib olgan. Uy sulola asoschisi Raj Kapur va uning rafiqasi Krishna sharafiga “Krishna Raj” deb nomlangan.
Uyda marhum aktyor Rishi Kapur, uning rafiqasi Nitu Singx va o‘g‘li Ranbir Kapur yashagan. Uy paparatssilar tomonidan bir necha bor kuzatilgan. Uning ichkariga ichkarisiga kirishga ruxsat berilmaydi, tashqaridan ulkan darvozalarni, yog‘och ustunlardan iborat oq devorlarini va kiraverishdagi yorqin belgini ko‘rish mumkin.
“Krishna Raj” sotilishi yoki qaytadan ta’mirlanishi haqida mish-mishlar tarqalgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2010-yil boshida uyni buzilib, yerni savdo markaziga bermoqchi bo‘lgan. Yana bir ma’lumotlarga ko‘ra — Ranbirning turmush qurishini hisobga olgan holda uy qayta qurilishi ham mumkin edi. Biroq reja amalga oshmadi, chunki mish-mishlarga ko‘ra, Kapurlar boshqa uyda yashagan. Bu yerda bir necha yillardan beri Ranbir Riddximaning singlisi yashaydi.
Shu yilning bahorida Kapurlar oilasi “Krishna Raj”dan ko‘chib ketdi. Ma’lum bo‘lishicha, uy buzilishi ham mumkin. Uning o‘rnida baland, ko‘p qavatlardan va yerto‘ladan iborat bino, 45 ta mashina uchun joy, terassada joylashgan ochiq basseyn va, albatta, hashamatli ko‘p qavatli uylar paydo bo‘ladi, ularning ikkitasi bir necha qavat qilib quriladi.
Kapurlar haligacha qurilish bo‘yicha hujjatlarini olmagani ma’lum qilingan. Biroq qarindoshlar uyning buzilishiga qarshi emas.
Jon Abraham — Mumbaydagi hashamatli uyda yashaydi
Katta loyihalar haqida gap ketganda, hamma ham qarindoshlarini ishga jalb qilishga jur’at eta olmaydi. “Baykerlar” filmi yulduzi Nyu-Yorkdagi o‘z uyining ta’mirlash ishlarini akasi Alanga ishonib topshirdi va ajoyib natijaga erishdi.
Professional arxitektor Alan yetti va sakkiz qavatdan iborat ikkita eski uyni birlashtirib, ularni zamonaviy uyga aylantirdi. U uyning ayrim qismlarini buzdi, binolarni qayta loyihalashtirdi va qavatlarga maxsus zinapoya qurdi.
Ma’lumotlarga ega, Jon Abrahamning uyi oddiy uslubda qurilgan, biroq Arab dengizining ajoyib manzarasiga ega. Qayta qurish jarayonida bu ham e’tiborga olindi: ko‘p xonalarda, shu jumladan yotoqxonada poldan shiftgacha to‘liq devorli derazalar mavjud.
Jon Abrahamning eko-uslubdagi penthausini umrida kamida bir marta qimmatbaho kurort mehmonxonasida dam olgan insonlar tasavvur qila oladi: uy asosan tabiiy materiallar (yog‘och, metall, shisha, tosh), o‘simliklar, keng, yorug‘ xonalardan tashkil topgan. Shuningdek unda neytral rangdagi mebel aksessuarlarining minimal to‘plamini ko‘rish mumkin.
Bu yerda hamma narsa ijodkorlik va dam olish uchun juda qulay. Uyning markaziy qismi do‘stona uchrashuvlar uchun mo‘ljallangan stol va mehmonxona mavjud. Oshxona vastu kanoniga ko‘ra rejalashtirilgan. Asosiy yotoqxona oldida nafaqat jakuzili hammom, balki kichik ochiq basseynli terassa ham mavjud.
Qurilishda nafaqat tabiiy materiallardan, balki “yashil” qurilish usullaridan ham foydalanilgani qiziq. Jon Abrahamning akasi atrof-muhitga imkon qadar zarar yetkazmaslikka harakat qildi.
Amitabh Bachchan — “Jalsa” va yana to‘rtta uy
Bachchanlar oilasining Mumbayda bir-biriga yaqin masofada joylashgan beshta uyi bor. Ularning barchasi boy oilalar istiqomat qiluvchi Juhu tumanida joylashgan, ularning biridan ikkinchisiga yetib olish uchun 10 daqiqa piyoda yurish kifoya.
Amitabh Bachchan turmush o‘rtog‘i, o‘g‘li Abhishek va uning oilasi bilan doimiy Jalsa bungalosida yashaydi. Amitabh rafiqasi Jaya bilan ro‘yxatdan o‘tgan 940 kvadrat metr maydonga ega uyni Bachchanlarga rejissor Ramesh Sippi aktyorning “G‘aroyib yettilik” filmidagi ajoyib ijrosiga minnatdorchilik sifatida sovg‘a qilgan.
Jigarrang va qaymoqrangda yaratilgan uyning tashqi ko‘rinishini osoyishta va hashamatli deb ta’riflash mumkin. Uyning diqqatga sazovor jihati sifatida qorong‘i pardalar va rasmlar, yorqin gilamlar, yostiqlar va boshqa narsalarni aytish mumkin. Undagi barcha xonalar bir xil uslubda bezatilgan. Bir vaqtlar uydagi stol rejissor Anurag Kashyapda boshqacha taassurot qoldirgan va u Bachchanlar saroyida “Bombey gapiradi va ko‘rsatadi” filmining bir nechta sahnalarini suratga olgan.
Jalsa — sayyohlar ko‘p tashrif buyuradiganlaridan joylardan biri, Mumbaydagi obyektlar begona ko‘zlardan himoyalangan. Bungalo daraxtlar bilan o‘ralgan va uning ba’zi qismlari qo‘shimcha ravishda sun’iy qalqonlar orqasida yashiringan. Bachchan hovlidagi maysazorda yolg‘iz vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi, bu unga dam olishga yordam beradi.
Bollivud yulduzi “Jalsa”dan tashqari yana to‘rtta uyga ega. Pratiksha — ularning oilasi yashagan uy hisoblanadi, Amitabhning ota-onasi aynan shu uyda yashagan va u xonalarga aktyorning ota-onasi vafot etgandan keyin shu kungacha hech kim ko‘chib o‘tmagan. Ayshvariya Ray yangi tug‘ilgan qizini ota-bobolariga hurmat bajo keltirish uchun aynan Pratiksha’ga olib kelgan. Shundan keyingina u chaqaloq bilan uyiga, Jalsaga borgan.
Bachchanlar oilasi 2004-yilda Janak nomli uyni sotib oldi, u hozirda Amitabh Bachchanning ofisi va sport zali sifatida xizmat qiladi. Ularga tegishli bo‘lgan Vatsa bungalosi bankdan qarzga olingan. Bir necha yil oldin Amitabh o‘z mulkini kengaytirish uchun Jalsa joylashgan yerdan uy sotib oldi. Jalsaga qaraganda oddiy va hozircha nomi noma’lum uy, Bachchanlarning ikki avlodiga alohida yashash imkoniyatini beradi, biroq mish-mishlarga ko‘ra Jaya va Ayshvariyaning munosabatlari unchalik yaxshi emas va ular alohida yashashni xohlashadi.
Aktyorning barcha muxlislari uning oilasi bilan Juhudagi ulkan uylaridan birida yashashini biladi. U Mumbaydagi tumanlarning birida joylashgan Parthenon osmono‘par binosining 31-qavatini sotib olgan. Uyning maydoni 1 100 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Biroq, ma’lum bo‘lishicha, Amitabh Bachchanning o‘zi u yerga ko‘chib o‘tmoqchi emas. “Ushbu mulk investitsiya maqsadida sotib olingan”, — deb aytgan aktyor o‘z intervyusida. Hozirda Bachchan va uning rafiqasi Juhudagi uyida yashamoqda. | 94 | 8,270 |
Madaniyat | “Uchuvchining parvozi” filmi zamonaviy talqinda suratga olinadi. Bosh rolni ayol kishi ijro etadi | Disney Studios 1986-yilda suratga olingan ilmiy-fantastik “Uchuvchining parvozi” filmini qayta ishlab chiqishni boshladi. Rejissor “Mandalorlik”ning bir nechta epizodlarini suratga olgan va “Yura davri dunyosi”dagi roli bilan mashhur Brays Dallas Xovarddir. Rejissor mashhur kartinaning bosh qahramoni ayol kishi bo‘ladigan versiyasini suratga olishga qaror qildi va bolaning o‘rniga qiz sujet markazida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, kartinaning asl nusxani Rendal Kleyzer suratga olgan. Filmda bosh qahramon sakkiz yil oldin kelajakka sayohat qiladi, u yerda NUJ kemasida favqulodda topilgan Maks ismli kompyuter bilan uchrashadi. Shuningdek, asosiy rollarni Joi Kramer va Sara Jessika Parker ijro etgan.
Filmning yangi versiyasida kim bosh rolni o‘ynashi hozircha ma’lum emas. Xovardning o‘zi hatto prodyuserlardan biri sifatida ishtirok etadi. Kartina Disney + striming xizmatida chiqariladi. Sanasi esa hali noma’lum. | 97 | 918 |
Madaniyat | Karantin sharoitida “Yoshlar oyligi” bayram tadbirlarini nishonlash tartibi belgilandi | 2020-yilning iyun oyini O‘zbekistonning barcha hududlarida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinib, ushbu oylik doirasida qator madaniy-ma’rifiy tadbir va loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Yoshlar oyligi”ni munosib nishonlash maqsadida “Adiblar xiyoboni”da Yoshlar nazm kechalari, “G‘alaba bog‘i“ va “Shon-sharaf” muzeyida bolalar ishtirokida spektakl namoyishi, muzeyga tashrif, madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan “besh tashabbus uyda”onlayn uchrashuvlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, “Yoshlar simfonik orkestri”ning Yoshlar kuniga bag‘ishlangan maxsus onlayn konsert dasturi namoyishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2017-yil 25-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, 30-iyun — O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni etib belgilangan.
Ozodbek Nazarbekov Prezidentning yangi farmoni haqida: O‘zbek san’atida uyg‘onish davri boshlanmoqda | 86 | 1,065 |
Madaniyat | Otabek Madrahimov AQShga ko‘chib ketgani haqida: O‘zbekistondagi nohaq “zapret”larga 15 yil chidadim | O‘zbekistonlik taniqli xonanda Otabek Madrahimov hozirgi kunda oilasi bilan AQShning Filadelfiya shahrida istiqomat qiladi. Jurnalist Jasur Hamroyev xonanda bilan uchrashib, u bilan suhbat uyushtirdi.
“Hech qachon O‘zbekistondan ketish niyatim bo‘lmagan. Men chet elga borsam, sharqoniy musiqalarga ega bo‘lgan davlatlarga borardim. O‘zbekistondagi har xil nohaq ‘zapret’larga 15 yil chidab keldim. Amerikaga kelish niyatim bo‘lmagan. Keyin o‘g‘lim shu yerga o‘qishga kirdi va biz ham shu yerga ko‘chib kelishga qaror qildik”, — deydi xonanda O‘zbekistondan ketgani sabablari haqida.
“15 yil ‘zapret’ga chidash bu qiyin narsa. Eshigini taqqillatib borib, ‘nimaga konsertimni bekor qildinglar, nimaga televizorga chiqarmayapsizlar?’ deb so‘raysiz, bir yil chidaysiz, ikki yil chidaysiz. Men esa 15 yil chidadim, oxiri menga litsenziya berib, ruxsat berib, konsertimni qilaman, deb Mitxun Chakrabortini olib kelganimda o‘sha konsertimni ham Azamat Haydarov degan nopok inson bekor qildirdi. Eng qizig‘i o‘sha insonning o‘zi menga litsenziya berib, bo‘ldi boshlang, deb oq fotiha berib, yana o‘zi konsertimni to‘xtatdi. Bunday voqea uch marta takrorlandi, oxiri chidolmadim. Sababi, oila, bola-chaqamni boqishim kerak. Men o‘g‘ri bo‘lmasam, vahobiy bo‘lmasam, nega menga bunday qilishadi?
Kechirasiz-u, odam o‘ldirgan odamniyam besh yilda amnistiyaga chiqarishadi. 15 yil ‘zapret’ga chidash qiyin narsa.
Bitta narsa, bir mansabdor shaxsga yoqmay qolishingiz bu butun O‘zbekiston xalqiga yoqmay qoldingiz, degani emas-ku? Bir insonga yoqmay qolgan bo‘lsam, butun xalqdan meni yuzimni o‘girib qo‘yish kerak emas-ku?”, — deydi xonanda so‘zlarini davom ettirib.
Otabek Madrahimov oilasi bilan
Otabek Madrahimovning aytishicha, u 7 yildan beri Amerikada yashaydi, bu vaqt ichida biror marta ham O‘zbekistonga kelmagan. Xonanda Vatanni, muxlislarini sog‘inganini hamda O‘zbekistonda so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar uni xursand qilayotganini aytib o‘tdi:
“Yurtimizdagi o‘zgarishlar judayam menga yoqyapti. Sababi undan oldingi ‘zapretlar’, boshqa vaziyatlar juda ham insonning kayfiyatini, xafsalasini tushirib yuborgan edi. Madaniyat vazirligida ham yaxshi o‘zgarishlar bo‘lib, nohaq ‘zapret’lar bekor qilinib, ancha san’atkorlar sahnaga qaytdi. Menga ham do‘stim, yaqinim madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ‘qayting, o‘rtoq, hammasi joyida’ deb va’da berdi hamda bekor qilingan konsertlarim qayta tiklandi. Buning uchun Ozodbekka minnatdorchilik bildiraman. Vaqt oliy hakam, bizga qarshilik qilgan insonlar noto‘g‘ri qilganini endi anglab yetayotgandir. Men bir tomondan menga qarshilik qilib, ‘zapret’ qo‘ygan insonlardan minnatdorman. Agar shu ‘zapret’lar bo‘lmaganida men Amerikaga kelmagan bo‘lardim. Farzandlarim bu yerda universitetlarni bitirdi. Quda-andali bo‘ldim, sekin-sekin ishlarim o‘z yo‘liga tushdi”.
Qayd etilishicha, Otabek Madrahimov Filadelfiyada logistika kompaniyasini tashkil qilgan. Kompaniya juda katta bo‘lib, uning Toshkentda ham filiali bor.
“Hozirgi kunda o‘zbekistonlik san’atkorlarga to‘g‘ri ma’noda havasim kelyapti. Biz ko‘rgan narsalarni bular ko‘rmasin. Ularga yaratilayotgan sharoitlarga, e’tiborga havas qilaman. Bundan unumli foydalanib, faqat olg‘a harakat qilishlarini tilayman”, — deydi Otabek Madrahimov. | 100 | 3,242 |
Madaniyat | “Allohdan bunday sharoitda olib ketmasligini so‘radim”. Yulduz Usmonova bir necha kun isitmalab yotgani haqida so‘zlab berdi (video) | O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova shu kunlarda og‘ir kasallikni boshdan kechirganini so‘zlab berdi.
“Kasal bo‘ldik, lekin vahima qilgim kelmadi. Nima qilaman odamlarning kayfiyatini buzib. Kimdir meni yaxshi ko‘radi, kimningdir ko‘rishga ko‘zi yo‘q. Kasal ekanligimni aytib, muxlislarimni xafa qilib, meni xushlamaydiganlarni xursand qilgim kelmadi.
Juda qattiq kasal bo‘ldim. Sizga yolg‘on, menga chin. Olloh doktorning ham yaxshisini yetkazdi. O‘zi menga shifoni ham yetkazdi.
Koronavirus bo‘lmadim, bronxial astma qo‘zidi. Vrach menga har doim harakatda bo‘lishni, shar puflashni hamda sodali suv ichishni tayinladi. Bir paytlar avariya bo‘lib qovurg‘am singanida shar puflagandim, bu o‘pkaga ham yaxshi ekan. Kim kasal bo‘lsa, shar puflasin. Qiyin, lekin foydali.
Lekin o‘sha kunlari rosa yig‘ladim. Ollohimga duo qildim — shukur shu kunlarga ham, faqat shu kunlarda, bunaqa sharoitda olib ketma, dedim. To‘rtta odam ham kelmayapti-da janozaga. Korona desa, qarindoshlar ham kelmayapti. Doktorlar ham kelsa kelmasa, hamma yoqda korona deb tashlayapti. Ko‘pchilikda astma bor, ayrimlarda bronxit yoki pnevmoniya. O‘zimizni asraylik, bolalarga muzdek ichimlik, muzqaymoq bermaylik, konditsioner yoki ventilyator ostida yotmaylik. Ilohim kasallarga shifo bersin, kasal bo‘lmaganlarni bu balo chetlab o‘tsin”, — deydi Yulduz Usmonova.
Shuningdek, xonanda pandemiya davrida ayrim haqiqatlarni anglaganini ham aytib o‘tdi.
“Men mana shu pandemiya paytida ancha-muncha aqlimni yig‘ishtirib oldim, menga foyda berdi. Oldin to‘g‘risi, u kerak, bu kerak, deb o‘ylardim. Aslida insonga ko‘p narsa kerakmas ekan. Bizning nafsimiz balo. Odamlarga yomon bo‘lib, ular o‘lganida bizning ham ruhimiz tushib ketdi-ku. Demak, biz bir-birimizga kerakmiz. Bizning sog‘lig‘imiz bir-birimizga kerak. Agar siz sog‘-salomat, bardam-baquvvat bo‘lib yursanglar, men ham tinch bo‘lar ekanman. Shuni bildim o‘zim uchun”, —deydi Yulduz Usmonova.
“Odamlar koridorda o‘lib ketyapti” — Koronavirusga chalingan Munisa Rizayeva kasalxonalardagi vaziyat haqida | 132 | 2,038 |
Madaniyat | O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Ergash Karimov tavalludining 80 yilligi o‘tkaziladi | O‘zbekiston xalq artisti Ergash Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi 27-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar qiladi UZ24.
Madaniyat va sport ishlari vazirligining matbuot xizmati xabar berishicha, hozirgi kunda Ergash Karimovning xotira kechalari O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘zbek kino aktyori va qiziqchisi Ergash Karimov Toshkentda tug‘ilgan. Uning 1972-yilda suratga olingan “Uchrashuv“ teleminiatyuralar to‘plamida ijro etgan rollari el orasida mashhur.
1990-yilda Ergash Karimovga O‘zbekiston xalq artisti unvoni berilgan. 1999-yil “El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan. San’atkor 2009-yil 4-avgustda vafot etgan. | 89 | 694 |
Madaniyat | Xivada “Raqs sehri” xalqaro festivali bo`lib o`tadi | Xorazm viloyati hokimligi, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida Xiva shahridagi “Ichanqal`a” davlat muzey-qo`riqxonasida “RAQS SEHRI” xalqaro festivali bo`lib o`tadi.
Festivalda yurtimizning turli hududlaridan va qator xorijiy davlatlardan kelgan san`atkorlar o`z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etadi. Milliy raqs san`atimizni dunyoga targ`ib qilish, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan festivalga joriy yil ham puxta tayyorgarlik ko`rildi.
Bu yilgi festivalda Angliya, Italiya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Quvayt, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Polsha, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog`iston, Turkmaniston, Tojikiston kabi 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan 100 ga yaqin ishtirokchi raqqoslar va raqs guruhlari qatnashadi vafestivalni yoritib boruvchi 20 ga yaqin xorijiy OAV vakillari ham tashrif buyurishgan.
Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati | 51 | 1,013 |
Madaniyat | O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida doston kechasi tashkil etildi | O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi va Oxus Culture tashkiloti O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi shinavandalari uchun 19-yanvar kuni navbatdagi doston kechalarini taqdim etdi. Bu haqda Oxus Culture tashkiloti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu doston kechalarida Xorazm dostonchilik maktabi namoyondasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Otaxon Matyoqubov hamda Sherobod dostonchilik maktabi vakili, O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ishtirok etdi.
Kechada baxshi Otaxon Matyoqubov tomonidan o‘zbek xalqiga mashhur bo‘lmish “Oshiq G‘arib va Shohsanam” hamda O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ijrosida “Ollonazar Olchinbek” xalq dostonlari ijro etildi.
Shuningdek, fevral oyida shoshmaqom festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Festival 6 ta maqom kechasini o‘z ichiga oladi. | 70 | 813 |
Madaniyat | Toshkent kinoteatrlarida 3-iyungacha bolalar uchun bepul namoyishlar tashkil etilmoqda | “O‘zbekkino” Milliy agentligi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar uchun yaratilgan milliy badiiy va multiplikatsion filmlarning bepul namoyishlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilingan.
Jumladan, “Kinochilar uyi”, “Vatan” kinoteatrlarida “Bolalik sinovlari”, “Shunqorlar” kabi badiiy filmlar, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi, “G‘uncha”, Asia Cinema, Mega Cinema va Grand Cinema kinoteatrlarida esa multfilmlar to‘plamlari namoyish etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, namoyishlar 3-iyunga qadar har kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi. Mega Cinema va Grand Cinema kinoteatrlaridagi namoyishlar guruh bo‘lib kelgan tomoshabinlarning murojaatlari asosida tashkil etiladi. | 86 | 749 |
Madaniyat | Amir Xon va Karina o‘rniga Shohruh Xon va Anushka Sharma: “Uch savdoyi” filmi haqida qiziqarli ma’lumotlar | “Hammasi yaxshi!” – film muxlislarining sevimli iborasiga aylanib ulgurgan. “Uch savdoyi”ning o‘zini esa tomosha qilib charchamaydigan filmlar sirasiga kiritish mumkin.
Film hind kinematografiyasi tarixida birinchi marta eng ko‘p mablag‘ to‘plagan filmga aylandi.
Kartina 2013-yil “Baykerlar 3” filmi namoyish etilguniga qadar barcha davrlardagi eng ko‘p daromad keltirgan hind filmi rekordini ham ushlab turdi.
Shuningdek, Xitoy va Yaponiya kabi Sharqiy Osiyoda muvaffaqiyat qozongan hind filmlaridan biridir.
“Uch savdoyi” oltita Filmfare Awards, shu jumladan, uchta “Milliy film”, “Eng yaxshi mashhur film” kabi mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Xorijda esa Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Videoyasan Awards tanlovining bosh sovriniga ega bo‘lgan. Film remeyki hattoki Meksikada ham suratga olingan.
Ammo ushbu filmda rolga birinchi tasdiqlangan aktyorlar ishtirok etmagan. Xabarlarga ko‘ra, Rajkumar Xirani film qahramoni uchun uch aktyor – Shohrux Xon, Jon Abraxam va Saif Ali Xonni tanlagan.
Shohrux Xon uchun Amir Xon gavdalantirgan Rancho obrazi taklif etilgan. Ammo aktyor “Mening ismim Xon” filmi uchun rejissorning taklifini rad etishiga to‘g‘ri keldi. Kartinada hattoki Sanjay Datt ham epizodik rolni ijro etishi kerak bo‘lgan. Ammo bu ham amalga oshmagan.
Arshad Varsi esa Farxan Kureshi va Raju Rastogi roli uchun tavsiya etilgan. Afsuski, aktyor ham vaqt masalasi tufayli rollarni rad etgan. Bundan avval Arshad va Sanjay Xiranining “Munnaboy” filmida ishtirok etgan.
Bundan tashqari, Anushka Sharma filmda rol ijro etishi uchun sinab ko‘rilgan, ammo rol Karina Kapurga nasib etgan. Keyinchalik Anushka Xirani bilan “PiKey” kartinasida birga ishlagan. | 106 | 1,664 |
Madaniyat | Kinodagi faoliyatini go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan boshlagan turk aktrisalari (foto) | Nafaqat qiyofasi, balki iste’dodi bilan ham e’tirof etiladigan quyidagi aktrisalarning karyerasi go‘zallik tanlovidan boshlagani ko‘pchilikka noma’lum. Modellikdan kinosanoatiga qadam qo‘yganidan keyin o‘z ustida ishlagan ushbu turk yulduzlari, go‘zallik va mahorat bir insonda mavjud bo‘la olishining isboti hisoblanadi.
Nebahat Chehre
Turkiyada dong‘i ketgan aktrisa faoliyatini 1960-yildagi go‘zallik tanlovida ishtirok etganidan keyin boshlagan va 15 yoshida “Turkiya go‘zali” deb topilgan. Shundan keyin yosh Nebahatga modellik va aktrisalik uchun turli-tuman takliflar kelib tusha boshlaydi. Yarim asrdan ko‘p vaqtdan beri bir qancha serial va kinolarda rol ijro qilgan aktrisa “Muhtasham yuz yil”da volida obrazini ham jonlantirgan.
Aydan Shener
1986-yilda suratga olingan “Choliqushi” serialida Feride obrazi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Aydan ham aktrisalikdan oldin go‘zallik tanlovida ishtirok etgan va 1981-yil “Turkiya go‘zali” deb topilgan.
Hyulya Avshar
“Kosem” serialida Murod III ning onasi Sofiya rolini gavdalantirgan aktrisa, nafaqat chiroyi, balki iste’dodi bilan ham muxlislar mehriga sazovor bo‘lgan. Arsenalida 60 ga yaqin kartinalar bo‘lgan aktrisa, mamlakatida qo‘shiqchi sifatida ham yaxshi ma’lum va 2000-yilning eng yaxshi qo‘shiqchisi deb topilgan. Bu hali hammasi emas, Hyulya o‘zini rejissorlik, ssenariy muallifi, prodyuser, jurnalist sifatida ham sinab ko‘rgan. Unga qarashli Hyulya jurnali hamda teleshou bor. Ayni vaqtda 57 yoshda bo‘lgan aktrisa ham karyerasini 1983-yildagi go‘zallik tanlovidan keyin boshlagan.
Melisa Asli Pamuk
O‘zbek tomoshabinlariga “Sevgi iztirobi” serialidagi Asli roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Melisa, 2011-yildagi go‘zallik tanlovida, “Turkiya go‘zali” deb topilgan va shundan keyin kinodan takliflar kelib tusha boshlagan. Aktrisa ayni damda “Yangi hayot” deb nomlangan yangi serialda suratga tushish bilan band.
Hande Erchel
Go‘zallik tanlovida ishtirok etish uchun 19 yashar Hande Ozarbayjonga jo‘nab ketgan va tanlovda ikkinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Shundan keyin uni turli jurnal muqovalari uchun suratga tushishga va kinoga taklif qila boshlashgan. “Choliqushi”da debyut rol ijro qilgan aktrisa “Malikam menga qara” serialidagi roli bilan yaxshi esda qolgan. Ayni vaqtda aktrisa, “Eshigimni taqillat” serialida suratga tushish bilan band.
Jansu Dere
“Muhtasham yuz yil”da Xurram sultonning ashaddiy raqiblaridan bo‘lgan Firuza rolini gavdalantirgan aktrisa, “Sila. Uyga qaytish”, “Ezel”, “Achchiq sevgi” seriallaridagi rollarini ham mahorat bilan ijro qilgan. Jansu ham yuqoridagi hamkasblari singari faoliyatini go‘zallik tanlovidan boshlagan va g‘oliblar uchtaligidan o‘rin olgan. Shundan keyin modellik agentligi va kinodan takliflar kela boshlagan va Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktrisalaridan biriga aylangan. Keyinroq bo‘lsa o‘zini aktrisa sifatida sinab ko‘rishni istaydi va “Kuzgi yong‘in” serialidagi rolidan keyin atrofdagilar tomonidan nafaqat go‘zal, balki iste’dodli, kelajagi bor aktrisa deb ham e’tirof etila boshlaydi. | 89 | 3,027 |
Madaniyat | Raqqosa Parizoda ikkinchi farzandini kutayotganini ma’lum qildi | Raqqosa Parizoda oilasi bilan bog‘liq “Parizoda ham eri bilan ajrashibdimi?” qabilidagi mish-mishlarga chek qo‘ydi. Bu haqda “Bekajon” gazetasi xabar bermoqda.
“Meni shu mish-mishlar judayam hayratlantiradi. Bular kimga, nima uchun kerakligini tushunolmayman, – deya fikrini boshladi raqqosa. – Yolg‘on gapni tarqatib yuborish va unga odamlarni ishontirish bugun hech gap bo‘lmay qoldi. Yaxshiyamki, turmush o‘rtog‘im doim yonimda. Ishgayam, o‘qishimgayam o‘zlari olib borib qo‘yadi. “Go‘zallik salon”lariga kirganimda yonimda bo‘lmasliklari mumkin. Nahotki, turmush o‘rtog‘im bir necha soat yonimda bo‘lmaganida bizni ajrashganga chiqarib yuborishsa?
Odamlar qanday maqsadda bu mish-mishlarni o‘ylab topishadi va tarqatishadi, bu faqat o‘zlariga va vijdonlariga havola. Biz esa ikkinchi farzandimizni kutyapmiz va baxtli oilamiz!” | 63 | 832 |
Madaniyat | Gulchehra Eshonqulova farzandining ilk fotosuratini ko‘rsatdi | Farzand ko‘rganiga hali ko‘p bo‘lmagan aktrisa Gulchehra Eshonqulova (Sharapova) bolasining ilk suratini o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Baxtliman”, — deb izoh yozdi aktrisa o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapovning surati ostiga.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Gulchehra bilan Sharof Istanbulda tahsil olib, o‘sha yerda stipendiyaga yashamoqda.
Turk seriallaridan takliflar tushgani hamda suratga olish ishlarida bandligi haqida xabarlar mavjud. Gulchehraning onasi ham uni qo‘llab-quvvatlash uchun Istanbulga borgan. | 61 | 574 |
Madaniyat | “Yirtqich qushlar” 2020-yilning eng kutilayotgan filmlari reytingini boshqardi | “Yirtqich qushlar” kinoga ixtisoslashgan IMDB sayti tomonidan tuzilgan 2020-yilning eng kutilayotgan filmlari reytingini boshqardi.
Reyting IMDB saytida har bir film sahifasining ko‘rilishiga taalluqli ma’lumotlar asosida shakllantirildi.
Eng kutilayotgan filmlar o‘ntaligiga quyidagilar kirdi:
“Yirtqich qushlar”;
“Sonik kinoda”;
“Top Gan: Meverik”;
“O‘lish vaqti emas”;
“Qora beva”;
“Mulan”;
“Mo‘jiza ayol: 1984”;
“Qum uyumlari”;
“King’s Man: Ibtido”;
“Forsaj 9”. | 78 | 466 |
Madaniyat | Saraton bilan kurashayotgan mashhur shaxslar (foto) | “Taslim bo‘lmang” — bu quyidagi taniqli kishilarning asosiy shiori, chunki hozirda ular hayotlarining har bir daqiqalarini saraton kasalligiga qarshi kurashga sarflamoqda.
Valentin Yudashkin
2016-yilda taniqli modelyerga buyrak saratoni tashxisi qo‘yildi. Keyinchalik esa uning boshida metastaz borligi aniqlandi. Taslim bo‘lishni istamagan Valentin o‘sha yilning kuzida 20 kun ichida 4 ta operatsiya o‘tkazdi. Moskvadagi moda haftaligi ko‘rgazmasida u yangi soch turmagi bilan jamoatchilikka ko‘rinish berdi.
2021-yilning fevral oyida modelyer birinchi marta boshdan kechirgan og‘ir kasallik haqida so‘z ochdi. Yudashkin kasallik bilan iloji boricha birga yashashga harakat qilayotganini tan oldi. “Bunday holatni boshdan kechirgan har bir kishi uchun eng qiyin narsa — bu keyingi tekshiruvgacha bo‘lgan davr. Siz o‘zingizni ruhiy jihatdan tayyorlaysiz, keyin yana uch oy erkin nafas olasiz. Siz endi yillab emas, balki kvartallab yashaysiz. Biror narsa qilish uchun vaqt kerak bo‘lganda o‘zingizni chalg‘itasiz”, — deydi Valentin Yudashkin.
Shennen Doerti
“Hayotimiz tashxis haqida bilgan daqiqamizda tugamaydi. Bizning ham hali qiladigan ishlarimiz bor”, — degan edi Shennen Doerti saraton kasalligiga qarshi kurashayotgan bir paytda. Aktrisa muntazam ravishda tekshiruvlardan o‘tgan bo‘lsa-da, 2020-yilda unda yana saraton kasalligi qaytganligi ma’lum bo‘lgan.
Bu safar shifokorlar aktrisaga ko‘krak bezi saratonining so‘nggi bosqichi tashxisini qo‘yishdi. Gormonal va maqsadli terapiyaga qaramay, Doerti yaqinlari bilan xayrlashmoqchi emasligini tan oldi. Aktrisa butun kuchini tiklanishga sarflaganini ta’kidlaydi. Shuningdek, u hayotida sodir bo‘lgan har bir kichik narsani ham qadrlashga harakat qiladi.
Shennenning yonida turmush o‘rtog‘i doimo birga, unga suyanch bo‘ldi. Doertining o‘zi televizion seriallarda ishtirok etishga va aktyorlikni davom ettirishga qat’iy qaror qildi: “Odamlar meni ko‘rib, saraton kasalligining so‘nggi bosqichida bo‘lgan boshqa bemorlar ham ishlay olishi mumkin ekan deb o‘ylashlari uchun ham har kuni 16 soatdan ishlayman”, — deydi aktrisa.
Anastasiya Zavorotnyuk
“Mening sevimli enagam” teleserialining yulduzi o‘ziga qo‘yilgan tashxis haqida 2018-yilning avgustida, uzoq kutilgan qizi Mila tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay bilgan. Aktrisa qattiq bosh og‘rig‘idan qiynalgani uchun mutaxassislarga murojaat qilgan. Ular ko‘plab tekshiruvlardan so‘ng aktrisaga glioblastoma tashxisini qo‘yishdi. Bu miyaning eng tajovuzkor o‘smalaridan biridir.
O‘sha paytda yulduzning qarindoshlari va yordamchilari qanday bo‘lmasin kasallik haqidagi har qanday ma’lumotni rad etishdi. “Bular shunchaki mish-mish, bunga e’tibor berishingizga hojat yo‘q. Nastya hozir ta’tilda — bolasi bilan Italiyada. O‘zini yaxshi his qilmoqda. U sentabrda keladi”, — degan edi Zavorotnyukning direktori.
Aktrisaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida esa uning fotosuratlari yangilanishda davom etar, ammo muxlislar barcha rasmlar arxiv ekanligini payqab qolishgandi. Zavorotnyuk uzoq vaqtdan beri jamoatchilik oldida ko‘rinmagani ham muxlislarini xavotirga soldi. 2019-yilda Anastasiyaning oilasi aktrisaning chindan ham kasalligini tasdiqladi. “Bizga hamdard insonlardan u uchun ibodat qilishdan va yaqinlarining kasallik tafsilotlarini oshkor qilmaslik istagini hurmat qilishdan boshqa hech narsa so‘ramaymiz, bu shaxsiy masala”, — deyishgandi aktrisaning qarindoshlari. Bugungi kunda Anastasiya kasallik bilan kurashishda davom etmoqda. Bunda asosiy yordamni uning oilasi ko‘rsatmoqda.
Jeff Brijes
“Katta Lebovskiy” yulduzi Jeff Brijes 2020-yil oktabr oyida Twitter’da unda limfatik tizimga ta’sir qiluvchi xavfli o‘sma — lenfoma aniqlanganini e’lon qildi. “Men davolanishni boshlayman va sog‘lig‘im haqida xabardor qilaman”, — degan edi aktyor.
Shuningdek, Jeff o‘z yaqinlariga minnatdorlik bildirgan post ham yozgan: “Men oilam va do‘stlarimning sevgisi hamda qo‘llab-quvvatlovi uchun ulardan minnatdorman. Duolaringiz va yaxshi so‘zlaringiz uchun tashakkur ... Mehr-muhabbat bilan, Jeff”. Ayni paytda aktyor haqida batafsil ma’lumot yo‘q, ammo bu jangda aktyorning g‘alaba qozonishiga ishonishdan o‘zga iloj yo‘q. | 51 | 4,128 |
Madaniyat | Keyt Uinslet, Skarlet Yoxansson va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydigan boshqa yulduzlar (foto) | Shou-biznes vakillarining hammasi ham hayotini ko‘z-ko‘z qilishni istamaydi, ularning orasida shaxsiy turmushini sir saqlashni afzal biladiganlar ham yo‘q emas.
Kianu Rivz
Gollivud yulduzi hech qachon hayot bilan bog‘liq tafsilotlarni jamoatchilikka e’lon qilishni istamagan. Intervyularidan birida u odamlarga aytadigan hech bir gapi yo‘qligi, qolaversa, hamma narsani dasturxon qilmaslikni afzal bilishini ta’kidlagan.
Keyt Uinslet
“Titanik” yulduzi ijtimoiy tarmoqlarda hamma narsani ochiqdan ochiq va hayotni mukammal qilib ko‘rsatishga qarshi. U Instagram’ga suratlarini turli filtr va fotoshop qilib joylaydigan go‘zal surat egalari yosh qizlarning psixikasini buzishi, shuningdek, o‘zini xunuk deb hisoblashiga sabab bo‘ladi deb hisoblaydi.
Bredli Kuper
Kuper filmni qilish davomida obraz va uning ijrochisini umumlashtirmasligi uchun ham muxlislar yulduzlarning shaxsiy hayoti haqida ma’lumotga ega bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaydi. Bredlining fanatlari u bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishini faqatgina paparatssi suratlaridan kelib chiqib taxmin qilishi mumkin.
Jennifer Lourens
Gollivudning eng talabgir aktrisalaridan biri bo‘lgan Jennifer ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini bir emas, bir necha marta takrorlagan. “Agar Instagram, Facebook yoki Twitter’da sahifam paydo bo‘lsa, bu feyk ekaniga ishonchingiz komil bo‘lsin”, — degan.
Bennedikt Kamberbetch
Intervyulardan birida Bennedikt ijtimoiy tarmoqlar ko‘p, uzoq vaqt olishi va munosabatlarda muammo paydo bo‘lishiga olib kelishi hatto uni izdan chiqarishi mumkinligini ta’kidlagan.
Deniel Kreyg
Deniel zamonaviy texnikalardan faol foydalanishi mumkin, lekin ijtimoiy tarmoqlardan emas. U ishdan bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishi hech kimga qiziq emas, deb hisoblaydi. Kreyg Instagram’dagi lentalarni tomosha qilib vaqt sarflagandan ko‘ra, do‘stlari kafelarga borishni afzal biladi.
Skarlett Yoxansson
Aktrisa umuman begonalar odamlar bilan o‘zining kundalik turmushidagi detallarni bo‘lishishni g‘alati deb hisoblaydi. Intervyulardan birida u ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lganidan keyin yulduzlarning muammosi yanada ko‘payganini ma’lum qilgan. | 97 | 2,124 |
Madaniyat | “Avatar”dan 13 yil o‘tib, ikkinchi qism — “Avatar: Suv yo‘li” filmi ekranlarga chiqmoqda. Yangi qism nima haqida bo‘ladi? | Jeyms Kemeronga “Avatar” filmining davomini suratga olishi uchun 13 yil kerak bo‘ldi. Vanihoyat “Suv yo‘li” ekranlarga chiqishga tayyor. Undan oldingi film 10 yildan ortiq vaqt davomida tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan film bo‘lib keldi — 2,8 milliard dollar daromad bilan kino tarixini o‘zgartirgan filmlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham tomoshabinlar uning davomini alohida sabrsizlik bilan kutishgan bo‘lsa ajab emas. Film premyerasiga uch oydan sal ko‘proq vaqt qolgan bo‘lsa-da, (14-dekabrga rejalashtirilgan) hamma allaqachon uni muhokama qilmoqda. Avvalgi qahramonlar yana ishtirok etadimi? Yangi qism nima haqida bo‘ladi?
Sujet
“Avatar”ning ikkinchi qismida voqealar birinchi filmdagi voqealardan 10 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, avatar qiyofasini olgan Jeyk Salli Navi xalqining yetakchisiga aylangan va uyini Yerdan kelgan yollanma tadbirkorlardan himoya qilish missiyasini o‘z zimmasiga olganida sodir bo‘ladi. Va u Pandoraga tish-tirnog‘igacha qurollanib kelgan yerliklarni qaytarishga tayyor.
“Suv yo‘li” uch soat davom etadi va Jeyms Kemeron Empire nashriga bergan intervyusida bu kino uchun juda ko‘p deb o‘ylaydiganlarga oldindan shunday deb javob bergan:
Film uzunligi haqida shikoyat qilishga shoshilmang. Sakkiz soatlik seriallar mavsumini uyda bir o‘tirishda tomosha qila olasiz-ku. Tanqidchilar nima deyishlarini allaqachon tasavvur qilyapman: “Tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi uch soatlik uzun film!” Nolishni bas qiling! Farzandlarim besh soat qimirlamay ekran olidan o‘tirib, serial tomosha qilishlari mumkin.
Ijtimoiy o‘zgarishlar ham bo‘lishi kerak. Xavotir olmang, o‘rningizdan turib, havo almashtirib kelishga vaqtingiz bo‘ladi.
Rejissorning aytishicha, agar birinchi qism muhabbat haqidagi melodrama bo‘lsa, davomi ko‘proq oilaviy sagaga o‘xshatib tasvirlangan:
Men aqlbovar qilmaydigan qahramonlarimni oilaviy rishtalar bilan bog‘lashga qaror qildim. Shu sababdan ular qaltis vaziyatda” — “Suv yo‘li” filmidagi bosh qahramonlar ota-ona bo‘lishadi.
Bosh qahramonlar
Jeyk Salli rolini ijro etgan Sem Uortington va Neytiri rolini ijro etgan Zoi Saldana o‘z qahramonlariga qaytadi. Sikvelda garchi birinchi filmda uning qahramoni – “Avatar” dasturi rahbari, doktor Greys Avgustin vafot etganiga qaramay Sigurni Uiver ham paydo bo‘ladi. Rejissor unga bosh qahramonlarning asrab olingan qizi Kiri rolini berdi.
Aytgancha, Keyt Uinslet ham loyihada ishtirok etdi — aktrisa fidoyi va kuchli jangchi Roneylni ijro etgan. Homilador ayol o‘z xalqi bilan yonma-yon kurashadi.
Texnologiyalar
“Suv yo‘li” filmi voqealari Pandora okeanida sodir bo‘ladi, u yerda Jeyk Salli Tonovari (Kliff Kertis) va Ronayl (Keyt Uinslet) tomonidan boshqariladigan Metkayina riflari klani bilan uchrashadi. Ammo ular bu tanishuvdan mamnun emaslar — yangi ittifoqchi orqasidan qurol-yarog‘lari bilan yerliklar albatta kelishadi (Jeyms Kemeronning rejasiga ko‘ra, bu mojaro hozirgi global qochqinlar inqirozini aks ettirishi kerak).
Texnologik yutuq Performance Capture (“aktyorlik ijrosini qo‘lga olish”) dan foydalanish bo‘ldi: suratga olish ishlari deyarli to‘rt million litr suv sig‘adigan, suv osti oqimlarini keltirib chiqarish uchun generatori bilan jihozlangan maxsus rezervuarda bo‘lib o‘tdi.
Aktyorlar Gavayida shug‘ullanishdi, ular suv ostida nafasni ushlab turishni fridrayver Kirk Krekdan o‘rgandilar — u Tom Kruzni “Qochqinlar qabilasi” filmi uchun ham tayyorlagan. Rekordni Keyt Uinslet o‘rnatdi — 7 daqiqa 14 soniya suv ostida nafas olmay tura oldi. | 121 | 3,491 |
Madaniyat | Bolaligidan samolyotlarni yaxshi ko‘rgan dunyoning eng mashhur animatorlaridan biri — buyuk yapon rejissori Xayao Miyazaki hikoyasi | Anime mavzusi haqida gap ketganda Xayao Miyazaki ijodiga nazar tashlamaslikning iloji yo‘q: u animelaridagi ranglar uyg‘unligi, nozik did bilan tanlangan musiqa, sehrli olami bilan butun dunyoga tanilgan buyuk rejissordir. Miyazakining multfilmlari bir qarashda bolalarga atalgandek tuyulishi mumkin, lekin ular nafaqat ajoyibligi, balki kattalarni ham o‘ziga tortadigan chuqur ma’noga ega ekani uchun sevib tomosha qilinadi.
Yaponiyaning milliy ramzi va butun dunyo tan olgan daho
Miyazaki — Yaponiyada ham, dunyoda ham olamshumul mashhurlikka erishgan animator. Ehtimol, rejissorning ishi an’anaviy yapon motivlarini global mavzular bilan mohirona uyg‘unlashtira olgani uchun ham nafaqat yaponlarga, balki boshqa mamlakatlar tomoshabinlariga ham tushunarli va ko‘ngilga yaqin bo‘lgandir.
Miyazaki studiyasida ishlab chiqarilgan birinchi film — “Laputa — samoviy qal’a” (1986) unga moliyaviy muvaffaqiyat va tomoshabinlar muhabbatini olib keldi. “Ruhlar olami” (2001) animesi esa yapon kinosi tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan film bo‘ldi – u deyarli 380 million dollar yig‘di. Bu film, shuningdek, BBC talqiniga ko‘ra, barcha davrlarning 100 ta eng yaxshi xorijiy filmlari ro‘yxatiga kirgan yagona anime film hisoblanadi.
“Ruhlar olami” filmi
1985-yilda Xayao Miyazaki va Isao Takahata shaxsiy studiya — Studio Ghibli’ga asos solishgan. Studiyaning ko‘plab filmlari Animage Gran-pri mukofotiga sazovor bo‘lgan. Studiya nomi Miyazaki tomonidan tanlangan bo‘lib, arabcha “issiq cho‘l shamoli” (قبلي, ghiblī) degan ma’noni anglatadi.
Hozirda Tokioda Miyazaki ijodi va umuman olganda, animatsiyaga bag‘ishlangan Studio Ghibli’ning butun boshli muzeyi mavjud.
Muzey anime tarixi haqida hikoya qiladi, studiyaning mashhur filmlarining kadrorti jarayonlari tasvirlangan va muzey uchun maxsus tayyorlangan qisqa metrajli filmlarni kun bo‘yi namoyish etadi. Muzeyda yozuvchining mashhur asarlari uslubida yaratilgan bolalar uchun maxsus xona ham mavjud: bu yerda hatto “Totoro”dagi mushuk-avtobus ham bor.
Miyazaki Yaponiyadan boshqa mamlakatlarda ham juda mashhur. Uning ijodi ko‘plab G‘arb yulduzlari tomonidan yuqori baholanadi. Masalan, Ilon Mask “Malika Mononoke”ni yaxshi ko‘rishini, boshqa yulduzlar — Uill Smit, Kanye Uest, Robert Pattinson, Robin Uilyams, Kianu Rivz esa Miyazaki filmlariga bo‘lgan muhabbatlarini tan olgan.
Miyazaki asarlari professional hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilgan: 1997-yilda chiqarilgan “Malika Mononoke” unga katta shuhrat keltirdi — Miyazaki Amerikaning “Enni” mukofotiga nomzod bo‘ldi. “Ruhlar olami” filmi 2003-yilda “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritib, Berlin kinofestivalida “Oltin ayiq” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Miyazakiga kimlar taqlid qiladi va undan ilhomlanadi?
Miyazaki taniqli rejissor va animatorga aylangach, u nafaqat o‘zining vatani Yaponiyada, balki xorijda ham ko‘plab yosh mualliflarning ilhom manbayiga aylandi.
Agar uning ta’siri haqida gapiradigan bo‘lsak, gapni Studio Ghibli’dan boshlash lozim. Studiya filmlarining aksariyati ijodkorlarning o‘zlari tomonidan suratga olingan, ammo so‘nggi paytlarda Ghibli’da boshqa mualliflarning ko‘plab ijod namunalari ham paydo bo‘la boshladi.
Xayao Miyazaki uslubi va an’analarining asosiy davomchilaridan biri uning o‘g‘li — Goro bo‘lib, uning filmografiyasida Studio Ghibli tomonidan chiqarilgan ikkita to‘liq metrajli kartina — “Yer dengizi ertaklari” (2006) va “Kokuriko yonbag‘irlari bo‘ylab” (2011), 26-qismli anime-serial “Roni — qaroqchi qizi” (2014) va “Aya va jodugar” (2020) ekran yuzini ko‘rgan. Bu filmlarda ham o‘ziga xos rasm chizish uslubi va bir-biriga o‘xshash mavzular — antimilitarizm, ekologiya muammolarini ko‘rish mumkin.
Xuddi shu studiyada Miyazaki rahbarligida yana bir rejissor Xiromasa Yonebayashi o‘z iste’dodini yuzaga chiqargan. U “Arieti — Lilliputlar mamlakatidan” (2010) va “Marni haqida xotiralar” (2014) filmlarini suratga olgan, bu animelarda ham Miyazaki ta’siri yaqqol seziladi: qahramon-qizlar, tabiatga muhabbat, sehrli manzaralar. Keyinchalik Xiromasa Yonebayashi studiyani tark etdi, lekin baribir ustozining uslubi bo‘yicha faoliyat yuritishda davom etdi: uning yangi “Mari va jodugar guli” asari uslub jihatdan Miyazakining “Jodugarning yetkazib berish xizmati” multfilmiga juda o‘xshaydi.
Zamonaviy yapon animatsiyasining yana bir ustasi — Makoto Shinkayani (“Soniyasiga besh santimetr”, “Bulutlar ortida” va boshqalar) “yangi Miyazaki” deb atashadi. Uning o‘zi ham ijodida Ghibli asoschisining ta’siri katta bo‘lganini tan oladi. Bu, ayniqsa, uning “Unutilgan ovozlarni tutuvchilar” asarida yaqqol seziladi. Mazkur film va Miyazakining “Harakatlanuvchi qal’a” kartinasi o‘rtasidagi umumiy assotsiatsiyalarni ko‘rish mumkin.
“Unutilgan ovozlarni tutuvchilar”
Miyazaki G‘arb animatorlariga ham yaxshigina ilhom berdi. Misol uchun, Amerikaning Pixar studiyasining taniqli rejissori, ko‘plab Pixar multfilmlari prodyuseri, “Avtomobillar” va “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmlari yaratuvchisi Jon Lasseter ko‘p yillardan beri Miyazaki bilan do‘st bo‘lib, Miyazaki ijodidan hayratlanishi va undan ilhomlanishini ta’kidlaydi. Aynan Miyazaki tufayli u animatsiya nafaqat bolalarga, balki barcha yoshdagi tomoshabinlarga ham yoqadigan universal janr ekanini anglagan.
Pixar’ning yana bir rejissori Pit Dokter ham Miyazakining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. U hatto ustaning ish jarayonini shaxsan o‘zi kuzatish uchun Yaponiyaga ham kelgan. Dokter filmlarida ham biroz bo‘lsa-da, Miyazaki ta’siri seziladi – uning ham personajlari oddiy odamlar bo‘lmaydi (“Tepaga” multfilmidagi keksa odam), qizlarni asosiy qahramonga aylantirishdan qo‘rqmaydi (“Boshqotirma”) va hatto yirtqich hayvonlar ham mehribon bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib bera oladi (“Maxluqlar korporatsiyasi”).
“Tepaga”
Miyazaki suratlarni hech qanday 3D’siz, faqat qo‘l mehnati bilan chizadi
Xayao Miyazaki sinchkov rassom: u avvaliga o‘z personajlarini kashf qiladi va qog‘ozga eskizini chizadi, shundan keyingina ularni ekranga o‘tkazadi. Shuning uchun ham filmlari ustida butun bir animatorlar jamoasi ishlayotgan bo‘lsa-da, har bir asar uning qo‘li bilan yaratilgan, deyishimiz mumkin.
G‘arb animatorlaridan farqli o‘laroq, Miyazaki o‘z asarlarida 3D, zamonaviy texnologiyalar va maxsus effektlardan deyarli foydalanmaydi. Rejissor landshaftlar, kundalik hayot va atrofdagi dunyo tafsilotlarini tasvirlashga katta e’tibor beradi.
Miyazaki filmlari ustida ishlaganda landshaftlar prototiplarini topish uchun ko‘p sayohat qiladi. Misol uchun, “Malika Mononoke” animesini yaratishda u Yaku oroli manzaralaridan, “Harakatlanuvchi qal’a”da esa Fransiyaning Kolmar va Rikevir shaharlari landshaftlaridan ilhomlangan.
Miyazakining chizish uslubi hozirgi zamonaviy yapon animatorlariga, ayniqsa, bir qolipdagi anime-seriallar yaratadiganlarga o‘xshamaydi. Uning personajlarining qomatlari to‘g‘ri nisbatlarga ega: katta-katta ko‘zlar, haddan tashqari bo‘rttirilgan tana a’zolari va turli rangdagi soch turmaklari yo‘q. Uning ijodi G‘arb animatsiyasidan sezilarli darajada farq qiladi — Miyazaki ko‘proq sokin va tabiiy ranglardan foydalanadi, u har bir mayda detalga, surat atmosferasini chizishga katta ahamiyat beradi.
Miyazaki animesining to‘rtta asosiy mavzusi
Miyazakidan intervyu olgan mashhur kinotanqidchi Anton Dolinning so‘zlariga ko‘ra, rejissor o‘tgan asrning 80—90-yillaridayoq biz bugungi kunda muhokama qilayotgan ko‘plab zamonaviy ijtimoiy mavzularni oldindan ko‘ra olgan: ekologik muammolar, feminizm, antimilitarizm va dunyoning “oq-qora”ligini qabul qilmaslik.
Ekologik muammolar
“Shamollar vodiysidan kelgan Navsikaya”ni eslang: dunyo odamlarga o‘zlarining aybi tufayli ekologik falokat bilan tahdid qilmoqda. “Malika Mononoke”da qurol ko‘targan odamlar daraxtlarni yo‘q qiladi, keyin esa o‘rmon ruhlari bilan jang qilishadi.
Miyazaki taraqqiyotni unchalik yoqtirmaydi: u smartfonlardan foydalanmaydi, televizor ko‘rmaydi. O‘zining aytishicha, agar Yaponiya qashshoqlashib, ishlab chiquvchilar bankrot bo‘lsa-yu, “yerdan yovvoyi o‘tlar unib chiqsa” rejissor bundan faqatgina xursand bo‘ladi.
Xayao Tokorozava shahrida tashkil etilgan National Trust of Totoro qo‘riqxonasiga 3 million dollar xayriya qilgan. Rejissor bir vaqtlar shu shaharda yashagan va “Mening qo‘shnim Totoro” filmi voqealari aynan shu yerda bo‘lib o‘tadi. Tokorozava hozirda Tokioning “sokin tumani” bo‘lib, faollar uni turli xil qurilishlardan saqlab qolishga harakat qilmoqda. Miyazaki National Trust of Totoro’ga akvarelda ishlangan Totoroni sovg‘a qilgan: endi quyonsimon sichqon bu joyning rasmiy ramzi hisoblanadi.
Feminizm
Miyazaki qahramonlarining aksariyati kuchli, jasur qizlardir va bu Ghibli studiyasining birinchi ishi — “Shamollar vodiysidan kelgan Navsikaya” kartinasidan beri shunday bo‘lgan. Filmda yosh malika urushayotgan xalqlarni yarashtirishga va butun dunyoni qutqarishga intiladi.
Bu an’ana uning boshqa asarlarida ham davom etadi.
“Mening qo‘shnim Totoro”da o‘rmon ruhi faqat ikkita kichik qizgagina ko‘rinadi; “Laputa — samoviy qasr” filmida Sita ismli qiz sirli uchib yuruvchi orolni topishi va dunyoni qutqarishi kerak bo‘ladi.
“Laputa — samoviy qasr” filmi
“Ruhlar olami” filmida bosh qahramon nafaqat o‘zini, balki ota-onasini, shuningdek, yosh sehrgarni ham qutqarishi lozim. “Harakatlanuvchi qal’a”da o‘ziga ishonmaydigan qiz kuchli qahramonga aylanadi va hammani – qudratli sehrgar va jodugarlarni, olov jini va hatto dunyoni qutqaradi.
Miyazakining o‘zi bu haqda shunday deydi: “Mening ko‘p filmlarimda kuchli qahramonlar bor — dovyurak, o‘ziga ishongan qizlar, ular butun qalbi bilan o‘zari e’tiqod qo‘ygan narsa uchun kurashadilar. Ularga do‘st yoki yordamchi kerak, lekin haloskor emas. Men har bir ayol erkaklar kabi qahramon bo‘lishga qodir ekaniga ishonaman”.
Antimilitarizm
Miyazaki urushga nisbatan ikki yoqlama munosabatda. Bir tomondan, u urushni har tomonlama qoralaydi va u qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatadi. Biz buni urushlarda o‘zini yo‘q qilib yuborishiga oz qolgan insoniyat haqidagi multfilm “Shamollar vodiysidan kelgan Navikaya”da ko‘rishimiz mumkin.
Boshqa tomondan, u doimo muammoga turli tomonlardan qarashga harakat qiladi. Shuning uchun u “Shamol ko‘tarilmoqda” filmini Ikkinchi jahon urushi arafasida harbiy samolyotlarni loyihalashtirgan aviakonstruktor Jiro Xorikosiga bag‘ishladi. Anton Dolinga bergan intervyusida rejissor Italiyada aviakonstruktor Baron Kapronini fashist deb hisoblashlarini, ammo u uchun Kaproni faqatgina “fantazyor va ixtirochi” ekanini ta’kidlaydi.
Umuman olganda, Miyazaki bolaligidan samolyotlarni yaxshi ko‘radi: uning otasi samolyot qismlarini ishlab chiqaradigan zavod rahbari bo‘lgan. Shuning uchun Miyazaki uchun parvoz qiluvchi odamlarni yovuz sifatida tasvirlash juda mushkul ish.
Mutlaq yovuzlikning yo‘qligi
Xayao Miyazaki filmlarining yana bir muhim jihati shundaki, unda bir yoqlama salbiy obrazlar yo‘q. Hatto jodugarlar, yovuz ruhlar va yirtqich hayvonlar ham mehr yoki hamdardlik ko‘rsatadilar. Masalan, “Harakatlanuvchi qal’a”dagi dahshatli jodugar, keyinchalik mehr va g‘amxo‘rlikka loyiq bo‘lgan zarari tegmaydigan kampirga aylanadi. Yovuz iblis fitratida esa maftunkor sehrgar Houl yashiringan bo‘lishi ham mumkin.
“Vayronalar jodugari”
Rejissor tomoshabinlarni (ayniqsa, bolalarni) dunyoni oq-qoraga ajratmaslikka, yomonlikdan ham yaxshilik topishga harakat qilishga chaqiradi. Eng muhimi, har bir insonning ichki dunyosi murakkab ekanini tushuntirishga harakat qiladi.
Kinotanqidchi Anton Dolinning ta’kidlashicha, Yaponiyada Miyazakini hamma joyda uchratish mumkin: har bir do‘konda uning o‘zi va qahramonlari tasviri tushirilgan mahsulotlar bor: ro‘zg‘or buyumlaridan tortib, niqoblargacha.
Hozirda buyuk yapon rejissori yozuvchi Genzaburo Yosinoning xuddi shu nomdagi kitobi asosida suratga olinayotgan “Qalaysiz?” nomli yangi multfilm ustida ishlamoqda.
Miyazaki hozirda ishlayotgan yangi multfilm voqealari asoslangan kitob muqovasi
Multfilm 2021-yilda ekranlarga chiqishi kutilmoqda. Filmda bittagina kitobni juda yaxshi ko‘rgan 15 yoshli g‘ayrioddiy o‘smir haqida hikoya qilinadi. Hozirda sujet tafsilotlari haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q, nima ham derdik, buyuk yapon rejissoridan hayratimizga sabab bo‘luvchi yana bir multfilmni intiqlik bilan kutib qolamiz. | 131 | 12,249 |
Madaniyat | Netflix kompaniyasi 2018-yilda 700 dan ortiq yangi seriallarni taqdim etadi | Amerikaning Netflix kompaniyasi 2018-yilda 8 milliard dollar sarflagan holda 700 dan ortiq yangi seriallarni taqdim etadi. Bu haqda korporatsiyaning moliyaviy direktori Devid Uellsning so‘zlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Netflix’ning joriy yil uchun umumiy strategiyasi oldingidek qolgan. “Biz yangi kontent yaratishni taklif qilamiz, chunki bu yangi foydalanuvchilarni jalb etadi”, — deydi Uells.
Yaratilishi rejalashtirilayotgan kinolentalar orasida suratga olish ishlari AQShdan tashqarida bo‘lib o‘tadigan 80 ta kartina ham mavjud. Shuningdek, Netflix o‘zining marketing budjetini 1,3 milliard dollardan 2 milliard dollarga qadar oshiradi.
1997-yilda asos solingan Netflix internet orqali videolar oqimini yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi Los-Gatosda (Kaliforniya shtati) joylashgan. 2013-yilda buyon kompaniya o‘zining xususiy filmlarini, seriallar va teleko‘rsatuvlarini yaratib keladi. Ular orasida “Qartadan qurilgan uy”, “Juda qo‘rqinchli ish”, “Narko” kabi lentalar mavjud. O‘tgan yilning iyulida butun dunyo bo‘ylab servisdan foydalanuvchilar soni 100 million kishidan oshgan. | 75 | 1,159 |
Madaniyat | «TASHKENT BOOK FEST – 2019» — Kitoblar ko`rgazma-yarmarkasida bugun qanday tadbirlar sizni kutmoqda? | Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar majmuasida «TASHKENT BOOK FEST – 2019» — I Toshkent xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi o`z faoliyatini boshladi.
Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ko`rgazmaning ikkinchi kunida OAV vakillari, noshirlar va kitobxonlar uchun o`tkaziladigan muhim tadbirlar haqida xabar bermoqda.
Kitobsevarlar bugungi ko`rgazmada quyidagi qiziqrli tadbirlarning ishtirokchisiga aylanishimumkin: | 101 | 471 |
Madaniyat | Bred Pitt o‘z dugonalarining tashqi ko‘rinishiga taqlid qilishi aniqlandi (foto) | Twitter foydalanuvchilaridan biri amerikalik mashhur aktyor Bred Pittning tashqi ko‘rinishi dugonalarinikiga o‘xshashini payqab qoldi. Foydalanuvchi ana shu o‘xshashliklarni aks ettirgan suratlarni ulashdi.
Fotograf Sara Makgonagall bir nechta suratni e’lon qilgan. Ularda aktyor va uning dugonalari bir xil kiyingan va hatto ularning soch turmagi ham bir xil.
Shundan so‘ng boshqa foydalanuchilar ham ana shunday holat aks etgan suratlarni ulashgan. | 80 | 452 |
Madaniyat | Kameron Diaz 2015-yil boshida turmushga chiqadi | Gollivud aktrisasi Kameron Diaz 2015-yil boshida o‘zining yigiti – musiqachi Benji Medden bilan turmush quradi. Bu haqda juftlikning yaqinlariga asoslanib Life&Style Weekly ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Good Charlotte guruhining gitarachisi bo‘lgan 35 yoshli Medden aktrisaga unashuv uzugini sovg‘a qilgan va 42 yoshli Diaz buni qabul qilgan. To‘y marosimining aniq sanasi hozircha ma’lum emas.
Ushbu juftlik o‘rtasidagi muhabbat haqida 2014-yilning may oyida ma’lum bo‘lgan. Ushbu turmush Kameron uchun ham, kuyov uchun ham birinchisi bo‘lishi qayd etilgan. | 47 | 577 |
Madaniyat | Prezidentlar nazariga tushgan, aktyorlarga bosh kiyim tikkan hunarmand. Xivalik cho‘girmado‘z bilan suhbat | Xorazm milliy bosh kiyimi sanalgan cho‘girma haqida eshitgan yoki uni bir marta bo‘lsa ham kiyib ko‘rganlar oramizda topiladi, albatta. Ammo uning nimadan va qanday tayyorlanishi ko‘pchilikka qorong‘i. Xivalik Shokir Abdullayev cho‘girmachi-po‘stindo‘z hunarmand sulolasining yettinchi avlodi vakili hisoblanadi. Uning Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida joylashgan mo‘jazgina savdo do‘koni hamisha gavjum, sayyohlarning qadami arimaydi. “Daryo” muxbiri qadimiy Xivaga qilgan safari chog‘ida Shokir Abdullayev bilan suhbatlashdi.
Ham hunarmand, ham pedagog
Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududiga Ota darvozadan kirarkansiz, ayni paytda mehmonxona vazifasini o‘tayotgan Muhammad Aminxon madrasasi oldidagi qator savdo do‘konlariga ko‘zingiz tushadi. Xorazmlik taniqli cho‘girmachi-po‘stindo‘z Shokir aka Abdullayev tomonidan tayyorlangan bosh kiyimlar rastasi ham xaridorlar bilan gavjumligiga guvoh bo‘lasiz. Ayniqsa, cho‘girmani kiyib suratga tushayotgan yoxud xarid qilib, pul sanayotgan sayyohlar e’tiboringizni tortishi, shubhasiz.
“Ajdodlarim cho‘girmachi-po‘stindo‘z sifatida o‘z davrining mashhur hunarmandlari bo‘lgan. Sulolamiz tamal toshini Abdullo bobo qo‘ygan va men yettinchi avlod vakiliman. Shu hunar ortidan non yeganimiz, ota-onam, amakilarimning mehnatini ko‘rib, besh yoshimdan tikishni boshlaganman. Sakkizinchi sinfda o‘qiyotgan paytlarim mustaqil ravishda terini bichib, bosh kiyimlar tikardim. Ilk daromadimni o‘ninchi sinfda topganman.
Kichkinaligimdan sportga nisbatan qiziqishimni ko‘rgan yaqinlarim to‘garakka berishga qaror qilgan. Maktabda o‘qish va hunar o‘rganish bilan birga, erkin kurash bo‘yicha mashg‘ulotlarga ham qatnardim. Avvaliga tuman, viloyat miqyosidagi musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lganman. 1985-yili Boku shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada 2-o‘rinni qo‘lga kiritganman.
Shokir Abdullayev
Ota-onam oliy o‘quv yurtida tahsil olganligi tufayli biz farzandlarini ham oliy ta’limda o‘qitishga jiddiy e’tibor qaratgan. Dadam jismoniy tarbiya, onam kimyo fani bo‘yicha pedagoglik qilgan, hunar bilan ham shug‘ullangan. 1993-yili Urganch davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetini tamomlaganman. O‘sha paytda ikki yil ta’lim sohasida faoliyat yuritganman. Oradan yigirma yil o‘tib, yana shu tizimga qaytdim. Ayni paytda Xiva shahridagi 19-maktab direktori lavozimida ham ishlayapman. Bilim maskanida ‘Besh tashabbus’ bo‘yicha o‘quvchilarga hunar sirlarini o‘rgatib, ustoz-shogird an’anasini davom ettiryapman”, — deydi Shokir aka.
“Bitta qo‘y terisidan ikkita cho‘girma chiqadi”
Hunarmand mahsulotlari qanday tayyorlanishi haqida gapirarkan, qo‘y, tulki, bo‘ri kabi jonivorlar terisidan 150 xil bosh kiyimi tikishini alohida ta’kidladi.
“Bizning asosiy xomashyomiz qorako‘l terisi hisoblanadi. Ancha yil oldin shaxsiy fermer xo‘jaligini tashkil qilib, xomashyoni o‘zimiz yetishtirganmiz. Lekin bugungi kunda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l, Buxoroning Qorako‘l tumanlarida boqiladigan qo‘zichoqlar terisidan foydalanamiz. Chunki bu hududlardagi qo‘ylar terisi jingalak bo‘ladi. Biz ularni ‘arabskiy qo‘ylar’ deymiz. Jingalak terilar mahsulotning chiroyli va sifatli chiqishida muhim ahamiyatga ega.
Bizning ish judayam og‘ir. Qo‘y so‘yilganidan keyin uning terisi ivitiladi, oshlanadi, qayta-qayta ishlov beriladi, quritiladi. Shundan keyingina bichiladi. Bu jarayon qiyin, uzoq vaqt oladi va ko‘pchilik birga mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. Bitta cho‘girma bir haftada tayyor bo‘ladi. Bitta qo‘y terisidan ikkita cho‘girma chiqadi. ‘Sherozi’, ‘silkima’ kabi cho‘girmalarni tayyorlashga alohida e’tibor va qunt bilan yondashamiz”, — deydi u.
Qadimiy “konditsioner” yostiq vazifasini ham bajargan
Shokir Abdullayevning aytishicha, qadimgi Xorazmda bosh kiyim g‘urur, iftixor ramzi hisoblanib, otaning bosh kiyimi faqat o‘g‘il farzandiga meros qoldirilgan.
“Azaldan cho‘girmachi-po‘stindo‘zlarning el orasidagi hurmati baland. Oyoqda etiging bo‘lmasa ham boshda cho‘girmang bo‘lsin, degan naql bejiz paydo bo‘lmagan. Cho‘girmado‘zlar odamlarning mansabiga qarab, qo‘y terilaridan cho‘girmalar tikkan. O‘tmishda cho‘girmani asosan xon, vazir kabi badavlat kishilar kiygan. Aksariyat kishi qora, qo‘ng‘ir rangli cho‘girmadan foydalangan.
Bu bosh kiyim qorako‘l terisidan tayyorlangani uchun qishda sovuqdan, yozda esa quyosh taftidan saqlaydi. Uni ‘konditsioner’ desa ham bo‘ladi (kuladi). Cho‘girma bir paytlar chang va sovuqdan himoya qilishdan tashqari, safarga chiqqan yo‘lovchi uchun yo‘lda yostiq vazifasini ham bajargan”, — deydi hunarmand.
Ta’kidlash joiz, Xorazm vohasida cho‘girma bilan bog‘liq bir qancha udumlar bo‘lgan. Masalan, qiz bolaning bo‘yi yetganligini bilish uchun uni dadasining cho‘girmasi bilan yetti marta urib ko‘rishgan. Agar u zarbdan yiqilmasa, turmushga uzatilgan. Yana bir udum bo‘lganki, uylanish niyatini bildirgan yigitga qiz tomon cho‘girmani kuch bilan otgan, mabodo yigit yiqilib tushsa, unga turmushga chiqishdan bosh tortgan.
“O‘zbekistonning ikki prezidenti bilan ko‘rishish nasib qildi”
Hunarmand va uning qarindoshlari Ichan-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi hududida o‘z savdo do‘konlarini ochib, sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Sulola vakillari shu orqali Xorazm cho‘girmalari dovrug‘ini dunyoga yoyishga harakat qilmoqda.
“Uyim Ichan qal’aga yaqin mahallada, savdo do‘konim esa ko‘rib turganingizdek Kalta minor tagida joylashgan. 42 yildan buyon shu yerdagi do‘konlardan birida ijarada turaman. Ichan qal’ada bosh kiyim sotadiganlarning barchasi qarindosh-urug‘larim. Ular orasida eng kattasi o‘zimman.
Chet elda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashmagan bo‘lsam-da, mahsulotlarimni Italiya, Amerika, Ispaniya, Fransiya kabi davlatlarga eksport qilganman. Hozirda esa sayyohlarning o‘zi kelyapti, xarid qilyapti. Oxirgi yillarda mijozlarim orasida o‘zbekistonliklar ham ko‘payib boryapti, ularda qiziqish ortmoqda. Bir dona cho‘girma narxi 150 mingdan 500 ming so‘mgachani tashkil qiladi.
Hunarim orqali O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan mana shu do‘konimda bir necha marta ko‘rishib, suhbatlashishga muyassar bo‘lganman. “Tashabbus—2008” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida faxrli ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilganman.
Rejissorlar bilan hamkorlik qilayotganim ham meni juda quvontiradi. To‘rt yil oldin ‘Islomxo‘ja’ filmi qahramonlariga bosh kiyimlar tikkanmiz. Hozirgi paytda Turkiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston kinoijodkorlari tomonidan Pahlavon Mahmud haqida suratga olinishi rejalashtirilgan film aktyorlariga ham bosh kiyim tayyorlashga hozirlik ko‘ryapmiz. Hunarimdan faxrlanaman, kam bo‘layotganim yo‘q. Sulolamizni uch o‘g‘lim davom ettiryapti, yuzlab shogirdlar yetishtirdim va bu yo‘lda to‘xtaganim yo‘q”, — deydi Shokir aka Abdullayev.
Intervyuni “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
Mirolim Isajonov suhbatlashdi | 106 | 6,895 |
Madaniyat | “Men terrorist emasman” filmi namoyish etildi | 5 aprel Davlat xavfsizlik xizmati kuni munosabati bilan kuni kecha DXX Chegara qo`shinlari qo`mondonligida «Men terrorist emasman» nomli badiiy filmning namoyishi o`tkazildi. Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur film “O`zbekkino” Milliy agentligi, “Mir Ali cinema” va “Iskandariy visual” kinokompaniyalari bilan hamkorlikda, O`zbekiston Respublikasi DXX ko`magida suratga olingan.
Namoyishdan avval, kinokartina ijodkorlari bilan davra suhbati tashkil etilib, barcha o`zini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. | 45 | 553 |
Madaniyat | “Garri Potter” 20 yoshda: Franshizaning eng ashaddiy muxlislarining ham e’tiboridan chetda qolgan detallar (foto) | Garri Potter haqidagi kitob va filmlar hamisha tomoshabinlar diqqat markazida bo‘lib kelgan, chunki unda ko‘plab sir-asrorlar yashiringan. Garri Potter haqidagi asarlarni yuz marta o‘qib, filmlarini qayta-qayta ko‘radiganlar ham o‘zi uchun har safar biror yangilik olishi tabiiy. Agar ular ham o‘z topilmalarini dunyo bilan baham ko‘rsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.
Bu sahnada Petuniya xola ovqat pishiryapti, deb o‘ylash mumkin. Lekin aslida u Garriga maktab formasini tayyorlash uchun Dadlining eski kiyimlarini bo‘yamoqda. Bu haqda birinchi kitobda aytilgan.
Filmning uchinchi qismida, Germiona har safar sinfda kutilmaganda paydo bo‘ladi. Shuningdek, odatda bo‘ynida ko‘rinib turgan vaqt tumorini darhol yashirishga urinadi.
“Garri Potter va Ajal tuhfasi” final qismining Volan-de-Mort Drakoni quchoqlash sahnasida improvizatsiya qilingan. Shuning uchun ularning harakati biroz notabiiy ko‘ringan.
“Azkaban mahbusi”da to‘ladan kelgan xonim portreti yonida osilgan rasmda film rejissori Alfonso Kuaronning rafiqasi va qizi tasvirlangan.
“Garri Potter va tilsim shahzodasi”da Goratsiy Sliznort stulga aylanganda, uning poyabzali ko‘rinib qoladi.
Kartinada Drako Malfoyni o‘ynagan aktyor Tom Feltonning bobosi mashhur geofizik Nayjel Ensti birinchi filmda o‘qituvchi rolini ijro etgan.
Franshizaning so‘nggi kadrlarida Garrining chandig‘i deyarli ko‘rinmaydi. Bu serialning yakunlanishiga ishora: 19 yil davomida chandiq og‘rimagan va hammasi ko‘ngildagidek bo‘lgan.
Reyf Fayns – Volan-de-Mort tayoqchasini ilon kabi silliqroq harakatlantirishi uchun unga ilgak qo‘shishni so‘radi. Shunda u qo‘lidan tushmaydigan tarzda yasaldi.
Dambldorning saf yig‘ilishlarida Garri Lyupinnikiga o‘xshash kardigan kiyadi. Bu Deniyel Redkliffning taklifi edi, chunki u Garri o‘zining sevimli o‘qituvchisiga taqlid qilishi mumkin, deb o‘ylagan.
Zlatopust Lokons piksi – jajji maxluqni xona bo‘ylab ozod qilganida, Germiona o‘z kitoblarini darhol stoldan tashlab yuboradi, chunki u piksi ko‘ringan narsani rasvo qilishini biladi.
“Hikmatlar toshi”da Garrining chandig‘i Sneypning nigohi tufayli emas, Volan-de-Mortni ortiga yashiringan Kvirell boshini burgani uchun kuya boshlaydi.
“Garri Potter va alanga kubogi”dagi “Jodugar” guruhining ba’zi a’zolarini taniqli musiqachilar, shu jumladan, Radiohead va Pulp guruhi qatnashchilari ijro etgan.
“Ajal tuhfasi”ning birinchi qismida Dobbi Garri Potterga maxfiy xona haqida bergan va’dasini buzganidan keyin vafot etadi. U boshqa hech qachon o‘z hayotini saqlab qolishga urinmasligiga ishontiradi.
Birinchi filmda Fred va Jorj onalarini chalg‘itmoqchi bo‘ladi, lekin ularning chamadonida ismlarining bosh harfini ko‘rish mumkin.
Ikkinchi qismda boshsiz Nik Persi Uizli va Penelopa Kristal bilan birga yurib salomlashadi. Kitobda esa Jinni boshqalarga ikkalasi uchrashayotgani haqida xabar beradi.
Franshizaning birinchi qismida Dursleylar va ularning barcha qo‘shnilarida bir xil modeldagi mashinalarni ko‘rish mumkin. Bu iloji boricha o‘rtacha bo‘lishga urinishdir.
“Azkaban mahbusi” filmida qoro afsundan himoya darsida Drako Nevillning “yarador” qo‘liga turtadi, bu esa uning yaxshi ekanini isbotlaydi.
Talabalar endigina o‘z ismlarini alanga kubogiga tashlashganida, Garriga turnirning 2-topshirig‘ini bajarishda yordam beradigan Nevill allaqachon kitob o‘qimoqda.
Birinchi qismda itlarni uxlatish uchun ishlatilgan arfani “Tilsim shahzodasi”da Garri va Jinni yordam xonasidagi g‘oyib bo‘lgan shkaf yonida ko‘rish mumkin.
“Ajal tuhfasi”dagi Magl oilasining gazetadagi surati boshqalaridan farqli o‘laroq harakatlanmaydi. Buning sababi, u Magl kamerasi bilan olingan.
Xagrid birinchi marta Garrini teshik qozonga olib borganda, uning kirish qismida sehrli belgi ko‘rinadi. Bu belgi faqat sehrgar o‘tib ketganda aks etadi. | 113 | 3,777 |
Madaniyat | “Zarif aka, qo‘nolmaymiz”. Suratga olish ishlari boshlanmagan “101-reys” filmining ilk tizeri e’lon qilindi (video) | “O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan “101-reys” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.
Film ijodkorlari hali suratga olish ishlari boshlanmagan “101-reys” filmining ilk tizerini e’lon qilishdi. Bu haqda film prodyuseri Ravshan Norbayev “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
So‘nggi vaqtlarda juda ham ko‘plab kino muxlislarida “101-reys” filmi haqida “101-reys” qanday film, samolyot haqida film ishlayapsizlarmi, film nima haqida”, mazmunidagi savollari ko‘paygan edi. Ushbu savollarga dastlabki tushunchani berish uchun, dunyo standartlariga muvofiq, suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonida, filmning dastlabki tizerini ishladik.
Filmda bu kadrlardanda ortiqroq darajadagi kadrlar, epizodlar bo‘ladi. Hozircha ikkinchi bosh qahramon roliga mahoratli aktyor Javohir Zokirov tasdiqlandi. Film bosh qahramoni Zarxo‘ja Saidazimov roliga esa beshta aktyordan foto hamda video sinovlar o‘tkazdik.
Ochig‘i, film bosh qahramoni roliga aynan qaysi aktyorni tanlash borasida tugal fikrga kelolmayapmiz. Shuning uchun, film bosh qahramoni rolini tasdiqlashni ommaviy so‘rovnomalar o‘tkazish bilan muxlislar ixtiyoriga qoldirmoqchimiz. Tez orada bosh qahramon rolini qaysi aktyor ijro etishini ommaviy so‘rovnomalar natijasiga qarab ma’lum qilamiz. “101-reys” filmning suratga olish ishlariga tayyorgarlik hamda kasting jarayonlari davom etmoqda.
Ravshan Norbayev, “101-reys” filmi prodyuseri
Ma’lumot uchun, “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.
Film postanovkachi rejissor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. | 115 | 2,087 |
Madaniyat | Toshkentda 2018-yilda Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘zbek kinosi kunlari muhokama qilindi | “O‘zbekkino” milliy agentligida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori kino san’ati yo‘nalishidagi hamkorlik ham rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. 2018-yilda Ostona shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘zbek kinosi kunlari, istiqboldagi rejalar, shuningdek, boshqa qo‘shma loyihalar bo‘yicha fikr almashildi.
“Joriy yil Qozog‘istonda O‘zbekiston yili, deb e’lon qilingan, — dedi Yerik Utembayev. — Bu esa o‘zaro aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan ko‘plab loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun yaxshi imkoniyatlarni beradi. O‘ylaymanki, kino san’ati xalqlarimiz shonli tarixi, buyuk siymolarimiz hamda muqaddas qadamjolarimizni dunyoga tanitishda va shu orqali Markaziy Osiyoda turizmni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi”.
Oldinroq xabar qilinganidek, Qozog‘istonda O‘zbekiston yili rasman 15-martdan boshlanadi. | 110 | 995 |
Madaniyat | Zulfiqor Musoqov yangi filmini polshalik rejissor Anjey Vaydaga bag‘ishlaydi | “O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissor Zulfiqor Musoqovning yangi “Dadam betob” filmini yaratishning montaj va sayqal berish bosqichi yakunlanmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. Kartina 9-oktabr kuni 90 yoshida vafot etgan taniqli polshalik rejissor Anjey Vayda xotirasiga bag‘ishlangan.
Filmda bosh rollarni “Xazonrezgi” kartinasi orqali tanilib ulgurgan aktyorlar Baxtiyor Abdullayev, Feruza Saidova hamda teatr va kino yulduzi Farhod Abdullayev ijro etadi. “Dadam betob” dastlab o‘zbek tilida chiqadi, keyinroq rus tilidagi versiyasini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Kartina 1 soat-u 30 daqiqa davom etadi. Suratga olish ishlari asosan Toshkentda olib borilgan. Premyera sanasi yaqin orada e’lon qilinadi.
Zulfiqor Musoqov nashrga ma’lum qilishicha, film har birimiz bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan oddiy hikoyani so‘zlaydi. Baxtli hayot kechirayotgan qishloq ayoli eri insultga chalingach, pul ishlab topish maqsadida erining mashinasini minib, kirakashlik qila boshlaydi. Yo‘lovchilardan biri bilan tanishuvning oqibati mash’um bo‘lib chiqadi. Film triller elementlariga ega hamda yumorga boy yo‘l kinoromani janrida suratga olingan. | 76 | 1,131 |
Madaniyat | Aktyor Armen Jigarxanyan 86 yoshida vafot etdi | Armanistonlik mashhur aktyor va rejissor Armen Jigarxanyan 14-noyabr kuni 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning hamkasblariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Artistning do‘sti Artur Sogomonyan “Interfaks”ga ushbu ma’lumotni tasdiqlagan: “Afsuski, Armen Borisovich vafot etdi. Uning yuragi soat tonggi 6:00 da urishdan to‘xtatdi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jigarxanyanning dafn marosimi 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
2018-yilning aprelida Armen Jigarxanyan infarkt bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Shu yilning boshida esa aktyor insultni boshdan kechirgandi. O‘shanda aktyorning sobiq rafiqasi Vitalina Romanovskaya Jigarxanyan karantindagi nofaol hayot tarzi sabab ahvoli og‘irlashganini aytgandi. Aktyor 2018-yildan buyon 5-marta kasalxonaga tushgan.
Armen Jigarxanyan 1935-yil 3-oktabrda Yerevanda tug‘ilgan. Aktyorlik faoliyatini 1960-yilda boshlagan bo‘lib, umri davomida Rossiyada yashagan Jigarxanyan “Salom, men sizning xolangizman”, “Ali Bobo va qirq qaroqchi”, “Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi”, “Tehron-43” kabi 200 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Aktyor “SSSR xalq artisti” mukofotiga munosib topilgan. | 46 | 1,129 |
Madaniyat | Sardor Rahimxon Halima Ibragimova bilan duet kuyladi | 6–7-fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida xonanda Sardor Rahimxonning konserti bo‘lib o‘tdi. Ushbu konsertni Sardor Rahimxonning muxlislari 4 yil davomida kutdi va konsert shunga munosib o‘tdi.
2 soatu 20 daqiqa davom etgan konsertda oddiy, ammo original sahna dekoratsiyasi, tomoshabinlarning sho‘x raqslari va olqishlarini ko‘rish mumkin edi.
Hattoki, zal sovuqligiga qaramasdan, biror tomoshabin joyidan qimirlamadi, konsert so‘ngigacha o‘tirdi.
Ushbu konsertga tashrif buyurganlar o‘z yaqinlari bilan maroqli dam oldi, deyish mumkin.
Sardor Rahimxonning konserti haqida beshta fakt:
Hurmatli mushtariylar, siz ham Sardor Rahimxon konsertiga tashrif buyurdingizmi? Konsert sizda qanday taassurot qoldirdi? | 52 | 718 |
Madaniyat | “Duo olishga borib, baloga qoldik”. Farhod va Shirin prodyuserlari Bobur Bobomurod bilan nima sababdan sudlashgani haqida (video) | O‘zbek estradasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Farhod va Shirin” dueti a’zolari Farhod va Shirin qanday tanishgani, ijoddan to‘xtab qolishlarining sababi, Farhod Shirinning to‘yida yig‘lagani, Bobur Bobomurod bilan sudlashgani, jarimaga tortilgani, undan duo olaman deb janjal yuzaga kelgani va Farhodning 15 sutkaga qamalgani haqida tarqalgan mish-mishlarga javobi haqida gapirdi.
Farhod va Shirin qanday tanishgani va hozirgi kunda nima sababdan ijodni to‘xtatgani haqida
“Ijodni 2011-yilning noyabr oyida boshlaganmiz. Birga institutda o‘qiganmiz. Ikkalamiz maslahat qilib duet qilishga qaror qilganmiz. Bu fikr Shiringa yoqqan. Birinchi qo‘shiqlarimizni 2011-yilda aytganmiz. Men undan oldin ijod qilmaganman. Boshqa janrda ijod qilib ko‘p xizmatlarga borganman. Lekin milliy estrada yo‘nalishidagi ijod Shirin bilan boshlangan. Kichkinaligimda maqom aytganman, chunki otam maqomni ham, fors qo‘shiqlarini, Buxoro folklorini ham yaxshi biladigan inson. Otam tarbiyalagani uchun yoshligimda ko‘p maqom aytganman. Keyin musiqa maktabiga borganman. Ijodni boshlaganimizdan keyin xalqona, milliy janrda ijod qilganmiz”, — deydi Farhod.
“Orada, ozgina tanaffus bo‘ldi. Men turmush qurganimdan keyin darrov karantin bo‘lib qoldi. Deyarli bir yarim yil uyda o‘tirdik. Oila, yangi kelin edim, orada Farhod uylandi, men farzandli bo‘ldim. Oilaga ham qo‘l uchida qaray olmaymiz. Yangi, turli xil yo‘nalishdagi va tillardagi qo‘shiqlarimiz tayyor, tez kunlarda muxlislarga taqdim etamiz”, — deydi Shirin.
Farhod: “Vaziyatning o‘zi yig‘latardi”
“Birinchidan, havo sovuq bo‘lgan. To‘yda men “Bugun seni uzatamiz” nomli taronani aytishim kerak bo‘lgan. 11-noyabr oyi edi, juda sovuq bo‘lgan. Sovuq bo‘lgandan keyin, ko‘zim achishib yoshlangan. Orqaga qarab bir-ikki marta artganimga insonlar shunaqa deyishgan, kamera ham yaqin kelgan. Masalan, men Shirinni akasi bo‘lmasam, farzandim bo‘lmasa o‘sha holatni o‘zi ta’sirchan holat edi. Tasavvur qilasiz, bir qiz yashagan uyidan begona uyga ketyapti, ota-onasi xayrlashib berib yuboryapti, vaziyatning o‘zi yig‘latardi”, — deydi Farhod.
“Bu qo‘shiqni aytishlari mening xohishim bo‘lgan. Necha yillar davomida Farhod, O‘tkir akam, ukam, akalarimdan, yaqinlarimdan biri bo‘lib shu qo‘shiqni aytishini iltimos qilganman”, — deydi Shirin.
Farhod va Shirin hech qanday jarima to‘lamagani va sudda yutib chiqqani haqida
“Biz ketamiz degandan keyin, u inson Intelektual mulk agentligiga bir nechta she’rlari bilan ariza topshirgan. Farhod va Shirinni ‘zapret’ qilinglar, ashula ayta olmasin degan. Ular bizni chaqirdi, keyin biz ularga o‘zaro kelishuvimiz bor, yil davomida ulushimizning 30 foizini ularga muntazam berib kelganmiz. Ularga esa boshqacha ma’lumot borgan: ‘Meni she’rlarimni aytishga haqi yo‘q, qarzi bor’, deb aytgan. Shunaqa gaplar bo‘lgan, keyin biz borib oydinlik kiritdik. Hammasi, prodyuserni haqi ham to‘langan, oramizda hech qanaqa shartnoma ham yo‘q. Biz og‘zaki ravishda ishlaganmiz.
Ularga tushuntirib berdik, hammasidan xabar topdi. Keyin biz ashulalarimizni aytadigan bo‘ldik, chunki sotib olingan edi. Intelektual mulkka ma’lumot kerak bo‘lgan. Biz tomonga qarshi berilgan ma’lumotlar qaysidir ommaviy axborot vositalariga berib yuborilgan. Shundan keyin u tarqalib ketdi, Intelektual mulk agentligi esa shundan keyin bu ishni sudga oshirdi. Birinchi sudda ham bizga jarima chiqarishib aybdor qilishdi. Keyin biz appellyatsiyaga berdik, apellyatsiyada ham bu narsa o‘z kuchida qoldi. So‘ngra ishni Oliy sudga oshirib yaqinda yutdik”, — deydi duet a’zosi Farhod.
“Duo so‘rab borganimizdan keyin sudga berdi”
“Shundan keyin biz O‘tkir aka bilan birga Bobur Bobomurodining uyga duo olish uchun, bu yog‘iga alohida ijod qilishni so‘rab bordik. Bu boshqachasiga ketib qoldi. Duo so‘rab borganimizdan keyin sudga berdi. Bizning bunaqa xayrlashish niyatimiz yo‘q edi. Biz boramiz, duo olamiz deb o‘ylagan edik. Biz jarima to‘lamadik”, — deydi Shirin.
“Bu voqeaga ancha bo‘ldi. Uylariga borib oilalimiz, mustaqil ishlaylik deb bordik. Duo bering, shuncha ishni qilganimizga, siz ham xizmatingizga rozi bo‘ling deb bordik. Bizdan intervyu so‘rashdi, yo‘q bu shaxsiy masala dedik. Biroq sudga oshganidan keyin bu masalaning shaxsiyligi ham qolmadi”, — deydi Farhod.
Farhod 15 sutkaga qamalmagani haqida
“Bu xabarlar yolg‘on. Farhod urushqoq emas, hayotda har xil holatlar bo‘ladi, to‘y xizmatlarida ham. Biz hamma narsani og‘ir-bosiqlik bilan hal qilishga harakat qilamiz, urush yoki janjal bilan emas”, — deydi Shirin. | 129 | 4,470 |
Madaniyat | GI parhezi: Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdulla 45 yoshdan keyin ratsiondan chiqarib tashlagan mahsulotlar | Qanday qilib qirolicha Raniya 50 yoshida ham o‘z vaznini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi? Marie Claire nashri Iordaniya qirolichasining parhezi haqida ma’lum bo‘lgan narsalar bilan bo‘lishdi.
Iordaniya qirolichasi allaqachon 51 yoshda va to‘rt farzandli bo‘lishiga qaramay, u doimo bir xil vaznda bo‘lib, go‘zal qomatini saqlab kelmoqda. Ammo Raniya bunday ko‘rinishda qolish uchun qanday parhezga rioya qiladi? Fitnes mutaxassisi Namita Nayyar Women’s Fitness jurnaliga ma’lum qilishicha, o‘z qomatini saqlab qolish uchun malika sport bilan shug‘ullanadi va GI parheziga amal qiladi.
GI parhezi vazn yo‘qotish uchun mashhur vosita bo‘lib, u oziq-ovqatlarni glisemik indeksiga qarab tasniflaydi. “Glisemik indeks parhezi odamlarga vazn yo‘qotishga yordam beradigan mashhur usuldir”, — deydi Nayyar.
Ovqatlanish rejasi, shuningdek, past glisemik indeksli parhez sifatida ham tanilgan, bu oziq-ovqatlarning qonda shakar darajasiga qanday ta’sir qilishiga qaratilgan. Tizim uglevodni o‘z ichiga olgan mahsulotlarga 1 dan 100 gacha raqamlarni belgilaydi, bu har bir mahsulot qonda shakar darajasini qanchalik ko‘tarishiga bog‘liq. Agar oziq-ovqatlar 70 dan ortiq raqam bilan belgilangan bo‘lsa, ular yuqori glyukozali, 100 esa sof glyukoza deb tasniflanadi. Mahsulotlar reytingi 56 dan 69 gacha mo‘tadil yoki 55 dan past bo‘lsa, afzal hisoblanadi. Gradatsiya nafaqat mahsulotlarning o‘zini, balki ular qanday tayyorlanishini ham hisobga oladi.
Past glisemik indeksli parhezlar yog‘ yo‘qotishga yordam beradi, bu vazn va xolesterinni kamaytirish bilan bog‘liq. Parhezshunos Julyetta Kellou shunday izoh berdi: “Parhez rejasi juda oddiy va albatta natija beradi. Agar asosiy oziq-ovqat guruhlaridan voz kechmasdan yoki ularning iste’molini keskin cheklamasdan, to‘g‘ri, sog‘lom ovqatlanib, vazn yo‘qotish kerak bo‘lsa, GI parhezi ayni muddao”.
GI parhezida qat’iy taqiqlar yo‘q, lekin ba’zi mahsulotlar, jumladan non, makaron mahsulotlari, quruq mahsulotlar iste’mol qilish uchun tavsiya etilmaydi. Bu ayniqsa, metabolik jarayon sekinlashgan yoshga to‘g‘ri keladi. Ma’lum qilinishicha, qirolicha Raniya xamirli taomlarni ratsiondan chiqarib tashlagan, non va makaron iste’mol qilmaydi. Biroq vaqti-vaqti bilan malika o‘ziga turli xil noz-ne’matlarni tanovul qilishga ruxsat beradi. Qolaversa, qirolicha gamburgerlarni yaxshi ko‘radi, dam olish kunlari yegulikni uyda tayyorlashadi. Qolgan vaqtlarda guruch, qovurilgan sabzavotlar, qo‘y go‘shti yoki baliq iste’mol qiladi.
Bundan tashqari, qirolicha Raniyaning o‘zi ma’lum qilganidek, u qora shokoladni yaxshi ko‘radi. Biroq ko‘plab parhezlar ushbu mahsulotni xavfsiz shirinliklar ro‘yxatiga kiritadi.
Qirol Abdullohning rafiqasi ayniqsa bodom va yong‘oqlarni yaxshi ko‘radi, cheklovlarga rioya qilgan holda, ularni yaxshi gazak deb hisoblaydi. Darhaqiqat, vazn yo‘qotishning kaliti — cheklashdir. Shuningdek, nafaqat arzimas oziq-ovqatga oid ko‘rsatmalarga rioya qilish, balki sog‘lom, ammo yetarli darajada to‘yimli mahsulotlar hajmini cheklash ham muhimdir.
Ma’lumki, qirolicha Raniya ichmaydi va chekmaydi. Bu unga o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. Malika muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanadi. Namita Nayyarning so‘zlariga ko‘ra, qirolicha o‘z kunini yoga mashg‘ulotlari bilan boshlaydi, shuningdek, pilates, aerobika, yugurish va kikboksing bilan shug‘ullanadi. | 110 | 3,334 |
Madaniyat | Aziz Rametov saraton kasali bilan kurashayotgan Saida Rametovaning ahvoli qandayligini ma’lum qildi (video) | Aktyor va rejissor Aziz Rametov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova saraton kasaliga chalingani, dastlab bu kasallikni Turkiyada davolatmoqchi bo‘lgani, ammo qaytishga qaror qilgani haqida ma’lum qilgan edi.
Aziz Rametov suhbat davomida onasining bugungi ahvoli qandayligi haqida gapirib berdi.
Hozirda davolash ishlari va muolajalar boshlangan. Turkiyadan yurtimizga qaytganlarining sababi ham, aynan muolajalarni Toshkentda olamiz deb keldilar. Bizda davolay olmagan kasallikni dunyoda ham davolay olmaydi. Dunyoda davolay olinmagan kasallikning bizda ham davosini topib bo‘lmaydi. Yurtimizda malakali shifokorlar juda ko‘p, buni onajonim juda ham yaxshi biladilar. Hozir birinchi kimyo-terapiya boshlandi, yaxshi qabul qilmoqdalar. Ahvollari ancha yaxshi, ancha tetik bo‘lib qoldilar. Xudo xohlasa muxlislarining, ko‘pchilikning duosi bilan yanada yaxshi bo‘lib ketadilar degan umiddamiz.
Aziz Rametov, aktyor, rejissor | 107 | 1,060 |
Madaniyat | Juhi Chavla, Esha Deol, Shilpa Shetti. Millionerlarga turmushga chiqqan hind aktrisalari | Ko‘pchilik Bollivud aktrisalari san’at sohasi vakillariga turmushga chiqishini ma’qul ko‘radi, biroq badavlat tadbirkorlar, millionerlar bilan hayot kechirishni tanlagan aktrisalar ham yo‘q emas.“Bollywoodtime.ru” ana shunday aktrisalar haqida ma’lumot berdi.
Esha Deol
Esha Deol hind kinosining yetuk namoyondalari Dxarmendra va Xema Malinining qizi. U o‘zida mavjud ko‘plab imkoniyatlarga qaramay Bollivudda muvaffaqiyat qozona olmadi. U 2012-yilda olmos savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Bxarat Taxtaniga turmushga chiqdi. Esha hozirda turmush o‘rtog‘ining biznesini qo‘llab-quvvatlab, u bilan baxtli hayot kechirmoqda.
Juhi Chavla
1984-yilgi “Hindiston go‘zali”, Amir Xonning sevimli partnyori Juhi Chavla millioner Jay Mehtaning rafiqasi. Jay Mehta AQSh, Kanada, Afrika va Hindistonda filiallariga ega yirik kompaniya Mehta Group asoschisi hisoblanadi.
Ravina Tandon va Anil Txadani
90-yillarda Akshay Kumar va Ajay Devgan bilan ishqiy munosabatlari bilan ovoza bo‘lgan aktrisa Ravina Tandon 2004-yilda tadbirkor Anil Txadaniga turmushga chiqqan.
Vidya Balan va Siddxart Roy Kapur
Bollivudning eng taniqli aktrisalaridan biri Vidya Balan 2012-yilda UTV Motion Pictures kompaniyasi bosh direktori, tadbirkor, millioner Siddxart Roy Kapurga turmushga chiqqan.
Shilpa Shetti
Shilpa Shetti Hindistonning eng badavlat tadbirkorlaridan biri Raj Kundraga turmushga chiqqan. Tadbirkor Shilpaga uylanish uchun birinchi xotini bilan ajrashgan.
Amrita Arora
Bollivuddagi 7 yillik faoliyati Amritaga kutilgan muvaffaqiyatni olib kelmadi. Uning singlisi Malayka ham taniqli aktrisa. Amrita 2009-yilda tadbirkor Shakil Ladakka turmushga chiqqan. Uning ikki o‘g‘il farzandi bor. | 88 | 1,681 |
Madaniyat | Mashhur seriallarda bir rol uchun kurashgan turk aktyorlari (foto) | Maroq bilan tomosha qilingan turk seriallarining asosiy aktyorlari o‘rniga boshqalarni tasavvur qilish qiyin. Lekin shuni yodda tutish kerakki, serial suratga olishning birinchi kunidan, shuningdek, kasting, g‘oya, ssenariy va boshqa tashkiliy ishlardan boshlanadi. Turkiyada ma’lum bir aktyor uchun serial suratga olish juda kam uchraydigan holat. Odatda bosh qahramon rollariga bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqiladi. Agar ssenariy kutilmagan voqealarga boy bo‘lsa, eng taniqli turk aktyorlarining ishtirok etishi tabiiy.
“Ramo”: Xatije Shendil va Esra Bilgich
2019-yilda jurnalistlar “Taqdirga qarshi muhabbat” teleseriali yulduzi Xatije Shendil bilan suhbatlashdi. O‘sha vaqtda aktrisa hali ham tug‘ruq ta’tilida edi. U tez orada ekranlarga qaytishini rejalashtirayotganini ham aytib o‘tgan. Shuningdek, Murat Yildirim bilan birgalikda rol ijro etishini ham. 2020-yilda Xatije istaganidek “Ramo” seriali efirga uzatildi. Ammo serial uchun prodyuserlar yoshroq aktrisa – Esra Bilgichni tanladi.
“Sharaf so‘zi”: Tolgaxan Sayishman va Jan Yaman
So‘nggi daqiqagacha ko‘pchilik “Sharaf so‘zi” serialida bosh qahramonni Jan Yaman ijro etadi, deb o‘ylar edi. Ammo televizion loyiha birinchi marta e’lon qilinganda tomoshabinlar yana bir mashhur aktyor – Tolgaxan Sayishmanni ko‘rdi. Balki Jan Yaman serialda ishtirok etmagani uchun ham xursand bo‘lgandir, chunki loyiha davomiyligi uzoqqa bormagan. OAV esa serialni “Yilning eng muvaffaqiyatsiz loyihasi” deb atagan.
“Muhtasham yuz yil”: Oyku Chelik va Maryam Uzerli
“Muhtasham yuz yil” serialida ham kutilmagan chehralarni ko‘rishga oz qolgan. Masalan, Xurram roli uchun turk aktrisasi Oyku Chelik nomzodlardan biri edi. U allaqachon tarixiy dramalarda suratga tushish tajribasiga ega bo‘lsa-da, ko‘plab kastinglardan so‘ng omad Maryam Uzerliga kulib boqdi. Ushbu rol uchun aktrisa sochlarini bo‘yab, biroz semirishiga ham to‘g‘ri kelgan, va aynan shu roli bilan yulduzga aylangan.
“Tirilish. Usmon”: Murat Yildirim va Burak O‘zchivit
Yana bir tarixiy serial – “Tirilish. Usmon” uchun Chagatay Ulusoy, Furkan Palili va Murat Yildirim bosh qahramon roliga ko‘rib chiqilgan. Ammo mazkur serialda sevimli aktyor Burak O‘zchivit rol ijro etdi. Prodyuserlar tanlovi to‘g‘ri ekanligini serialning nafaqat Turkiyada, balki dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatga erishganidan ham bilish mumkin. Burakning esa kundan kunga muxlislari ortib bormoqda.
“Parchalangan yuraklar”: O‘zjan Deniz va Erkan Petekkaya
“Parchalangan yuraklar” serialining bosh qahramoni Nurgul Yashilchoy bilan partnyor sifatida rol ijro etgan Erkan Petekkayaning o‘rnida O‘zjan Deniz ham bo‘lishi mumkin edi. Ammo o‘sha vaqtda “melodramalar qiroli” allaqachon boshqa filmda suratga tushishga rozi bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, seriallar nafaqat bir vaqtning o‘zida namoyish etildi, balki syujeti ham o‘xshash. | 66 | 2,817 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” yangi mavsumining ikkinchi treyleri namoyish etildi | HBO telekanali mashhur “Taxtlar o‘yini” seriali yettinchi mavsumining ikkinchi treylerini taqdim etdi. Rolik Deyeneris Targariyen Qirollik bandargohiga kelishiga hamda shimolda oq piyodalar bilan jangga bag‘ishlangan, deb xabar beradi Meduza.
Poster: Winter is Coming
Videoda ko‘rsatilishicha, Jon Snou Vesteros oilalarini umumiy dushmanga qarshi birlashishga chaqiradi. Rolik yakunida Sansa Starkning so‘zlari eshitiladi: “Qor yog‘ib, oq shamol kuylaganda, yolg‘iz bo‘ri halok bo‘ladi, lekin uning to‘dasi tirik qoladi”.
Yangi mavsum premyerasi 16-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. | 68 | 576 |
Madaniyat | U kastingga kelmagan: “Titanik”da Leonardo Di Kaprio ijro etgan Jek rolini aslida kim o‘ynashi kerak edi? (foto) | “Titanik” filmidagi bosh rol Leonardo Di Kaprioni jahon yulduziga aylantirdi. Biroq, aslida, bu rol uchun boshqa ko‘plab aktyorlar ko‘rib chiqilgan. Ushbu rolning asosiy nomzodlaridan biri hali ham sinovni o‘tkazib yuborganidan afsusda bo‘lishi mumkin.
Leonardo Di Kaprio o‘smirlik davridan beri filmlarda rol o‘ynaydi va u 42 yoshida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi. Shunga qaramay, uning hayotidagi eng muhim filmni so‘zsiz “Titanik” deb hisoblash kerak. Aynan shu sabab Leonardo butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega bo‘ldi. U hattoki eng qahri qattiq tomoshabinlarni ham yig‘latdi.
Darvoqe, Jeyms Kameron dastlab Jek Douson rolida Di Kaprioni ko‘rmagan. Suratga olish ishlarining birinchi kunida Leo sahnani qanchalik yaxshi bajargani haqida rejissordan so‘ragan, shunda u: “Bilasanmi, bugun ham seni almashtirishimiz mumkin”, — deb javob bergan.
Jeyms Kameron “Titanik” filmidagi bosh rol uchun bir nechta aktyorlarning nomzodini ko‘rib chiqqan. Biroq ularning barchasi u yoki bu sabablarga ko‘ra kastingdan o‘ta olmagan. Dastlab rejissor Metyu Makkonaxi nomzodi haqida o‘ylab ko‘rgan. Biroq aktyor bu vaqtda deyarli 30 yoshda edi, bu Jek Douson uchun mos kelmagan. Tom Kruzga katta pul tikilgan. Biroq aktyor juda yuqori miqdorda gonorar so‘ragan — bu qiymat hatto o‘sha davrning eng qimmat filmlaridan birini yaratish standartlari bo‘yicha ham bu yuqori bo‘lgan.
Kameron, shuningdek, o‘sha paytda endigina filmlarda rol o‘ynay boshlagan va katta loyihalarda suratga tushmagan Jared Leto nomzodini ham o‘ylab ko‘rgan. Biroq Jared sinovdan o‘tishga kelmagan. | 112 | 1,568 |
Madaniyat | Aktrisa Saida Saidbekova turmushga chiqyapti | Iste’dodli aktrisa Saida Saidbekova yanvar oyining oxirida turmushga chiqayotgani haqida xabar qildi, deb yozadi “Shok.uz”.
Nashrning ta’kidlashicha, Saidaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i shou biznes olamidan yiroqda bo‘lgani uchun aktrisani barcha internet tarmoqlaridan cheklab qo‘ygan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 44 | 460 |
Madaniyat | Reper Kanye Uestga MTV Video Music Awards’ning Maykl Jekson nomidagi mukofoti topshiriladi | Amerikalik mashhur reper Kanye Uest ijodiy faoliyatidagi yutuqlari uchun MTV Video Music Awards musiqiy videokliplar tanlovining Maykl Jekson nomidagi maxsus mukofotiga munosib ko‘rildi. “TASS” xabariga ko‘ra, tanlovning boshqa g‘oliblari nomlari 30-avgust kuni Los-Anjelesdagi “Maykrosoft” teatrida bo‘ladigan taqdimotda e’lon qilinadi.
O‘tgan yillar davomida Devid Boui, Madonna kabi taniqli ijrochilarga, jumladan, Maykl Jeksonning o‘ziga ham topshirilgan Maykl Jekson nomidagi mukofot MTV Video Music Awards’ning eng oliy sovrinlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish g‘olibi taqdimot marosimidan bir hafta avval — g‘olibning marosimdagi ishtirokini ta’minlash maqsadida e’lon qilinadi.
KTLA telekanali xabariga ko‘ra, 38 yoshli Kanye Uest marosimda ishtirok etishini tasdiqlagan. “Bundan tashqari, u tez orada chiqarilishi kutilayotgan SWISH albomidan o‘rin olgan qo‘shiqlarning biri bilan chiqish qiladi”, — deyiladi telekanal xabarida. | 90 | 946 |
Madaniyat | Shahzoda Garri Megan Markl bilan birgalikdagi Netflix uchun birinchi loyihasini e’lon qildi | Netflix xizmati Sasseksning gersog va gersoginyasi ilk marta ishtirok etadigan loyihaning birinchi treylerini taqdim etdi, deb yozadi Hello.
Invictus Games — “Mag‘lubiyatsiz o‘yinlar” loyihasi ishtirokchilar bilan birgalikdagi ko‘p qismli hujjatli serial bo‘ladi. Bu harbiy xizmat va jangovar harakatlar paytida jarohat olgan sobiq va amaldagi harbiylar uchun xalqaro ko‘p tarmoqli musobaqadir. O‘yinlar shahzoda Garri tomonidan shaxsan 2014-yilda tashkil etilgan.
Prince Harry has been a champion of the Invictus Games since its inception so it’s fitting that Archewell’s first Netflix series will spotlight and celebrate the competition’s amazing athletes.Heart of Invictus will follow the competitors as they prepare for 2022’s games. pic.twitter.com/yM7t2qdBsw
— Netflix (@netflix) April 6, 2021
Shuningdek, hozirda ham u o‘zining mustaqil loyihasini taqdim etdi. Gersog ikki daqiqalik treylerda serialning boshqa qahramonlari bilan paydo bo‘ldi. U Invictus Heart (“Mag‘lubiyatsiz yurak”) deb nomlangan va 2020-yilda Gaaga shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan va pandemiya tufayli 2022-yilga qoldirilgan tanlovga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida butun dunyo bo‘ylab o‘yin ishtirokchilari haqida gapirib beradi.
Treylerda Megan Markl ko‘rinish bermagan, ammo suratga olish jarayonida ishtirok etadi. Gap shundaki, serialni suratga olish ishlari ularning Archewell Productions kompaniyasi tomonidan rejissor Orlando fon Aynzidel hamda prodyuser Joanna Natasegara bilan birgalikda amalga oshiriladi. Shuningdek, Garri nafaqat serialda rol ijro etadi, balki hujjatli loyihaning prodyuseri ham hisoblanadi. | 91 | 1,603 |
Madaniyat | “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnali O‘zbekiston —Fransiya hamkorligiga bag‘ishlangan sonini tayyorlamoqda | “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” — “Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana” tahliliy jurnalining O‘zbekiston —Fransiya hamkorligiga bag‘ishlangan soni tayyorlanmoqda. Bu haqda jurnal matbuot xizmati xabar berdi.
Jurnalning maxsus soni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magiga tayanib tayyorlamoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi tomonidan jurnalistlar uchun ishbilarmonlik doiralari vakillari, madaniyat va fan arboblari bilan uchrashuvlar tashkil etilgan.
Qayd etilishicha, o‘zaro muloqotlar jarayonida taniqli siyosatchilar va ziyolilar O‘zbekistonda turli sohalar bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarga katta qiziqish bildirgan. Jumladan, Fransiya Sotsialistik partiyasi senatori janob Rashid Temal, Luvr muzeyining Islom san’ati departamenti direktori Yannik Lins xonim, Parij modalar akademiyasi prezidenti Jan-Filipp Vokler, Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti bosh direktori Pao Roka, Suez group’ning xalqaro rivojlanish bo‘yicha direktori Erik Gebali, Fransiya turoperatorlari assotsiatsiyasi boshlig‘i Yurgen Baxmann va boshqalar jurnal o‘quvchilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish borsidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan.
“Tahririyat jurnalning ushbu sonini Mustaqillik bayrami arafasida o‘quvchilarga taqdim etish niyatida”, — deyiladi xabarda. | 115 | 1,369 |
Madaniyat | Rossiya xalq artisti Sergey Zaxarov vafot etdi | 14-fevral kuni “Tri belix konya”, “Tatyanin den”, “Otsveli xrizantemi”, “Moskovskiye okna”, “Ochi cherniye” kabi xit qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan Rossiya xalq artisti Sergey Zaxarov vafot etdi. Bu haqda “5 Rodnoy” xabar berdi.
Artist 68 yoshda bo‘lgan. O‘limga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum qilinmagan. | 46 | 314 |
Madaniyat | O`zbekistonning ikki tomdan iborat Milliy atlasi yaratilmoqda | “Kartografiya” Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-f-son farmoyishiga asosan 424 ta xaritani o`z ichiga jamlagan 2 tomdan iborat O`zbekiston Milliy atlasi yaratilmoqda. Bu haqda Daverkadastr rasmiy kanali ma`lum qildi.
2019 yilda Atlasning I-tomi bo`yicha ishlar to`liq yakunlandi va hozirda 12 ta vazirlik va idora bilan kelishildi.
Atlasning II-tomining 1-4 bo`limlarida ham ishlar yakunlandi va bu jami 357 ta xaritani (84 foizini) tashkil etadi.
Atlasning II-tomi 4-bo`limidagi iqtisodiyotga oid 67 ta xaritani yaratish va yakuniy chop etish ishlarini 2020 yil oktyabr oyi yakuniga qadar tugatish rejalashtirilgan.
Chop etish ishlari esa yil oxiriga qadar yakunlanadi. | 61 | 744 |
Madaniyat | Alisher Ro‘zmetov: “Yosh san’atkorlarimiz odamlarni hurmat qilishni ham bilmaydi” | Xonanda Alisher Ro‘zmetov Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali bugungi o‘zbek san’atkorlari haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
Qayd etilishicha, xonanda “Bugun konsertga borgandim. Yosh san’atkorlarimiz odamlarni hurmat, o‘zidan katta san’atkorlar bilan salom-alik qilishni ham bilmaydi” qabilidagi gaplarni yozib qoldirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Alisher Ro‘zmetov shu kuni xonanda Manzuraning “Istiqlol” san’at saroyidagi konsert dasturiga borgan.
Xonandaning ijtimoiy tarmoqdagi fikrlari nafaqat muxlislar, balki san’at ahli vakillari Nodir Lutfullayev va Aziz Rajabiyni ham befarq qoldirmadi: ular Ro‘zmetovga dalda bo‘ldi. | 81 | 648 |
Madaniyat | Gollivudning yoshida katta farq bo‘lgan yulduzli juftliklari (foto) | Yoshdagi katta tafovut mashhurlarning oila qurishi yoki bir-biriga ko‘ngil qo‘yishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Marie Claire nashri ana shunday juftliklar haqida maqola tayyorladi.
Bleyk Layvli va Rayan Reynolds — 11 yosh
Juftlik 2010-yilda “Yashil fonar” filmining suratga olish jarayonida tanishgan. Ammo bu vaqtda Rayan Skarlett Yohansson bilan ajrashmagandi. Shundoq ham qil ustida bo‘lib turgan munosabatlarga Layvli paydo bo‘lganidan keyin nuqta qo‘yilgan. Rayan va Bleyk o‘rtasida yashin tezligida paydo bo‘lgan munosabatlar oradan bir yil o‘tib nikoh bilan mustahkamlangan. 11 yosh tafovutga qaramay yulduzli juftlik bugungi kunda 3 farzandning baxtli ota-onasi.
Amal Alamuddin va Jorj Kluni — 17 yosh
Gollivud yulduzi Jorj Klunining kimnidir sevib qolishi va turmush qurishi muxlislar uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. Aktyorning yuragidan urgan xonim Jorjdan 17 yosh kichik bo‘lgan britaniyalik advokat Amal Alamuddin. Juftlik 2013-yilda xayriya tadbirlaridan birida tanishgan va oradan bir yil o‘tib unashtirilgan, keyinroq bo‘lsa turmush qurgan. 2017-yilda Amal va Jorj oilasida egizak Ella va Aleksandra dunyoga kelgan.
Jeyson Stetxem va Rouzi Xantington — 19 yosh
Aktyor va model juftligi ilk bor 2010-yilda Kaliforniyadagi musiqiy festivallardan birida tanishgan. 2016-yilda unashtiruv haqida e’lon qilgan juftlik, 2017-yilda o‘g‘il farzandli bo‘lgan.
Bryus Uillis va Emma Xeming — 23 yosh
Bryus 13 yil davomida Demi Mur bilan bilan turmush kechirgan. 2000-yilda rafiqasi bilan ajrashganidan keyin fotomodel Emma Xemingga uylangan. Juftlik orasidagi farq 23 yosh. Hozirda ularning ikki qiz farzandi bor. | 67 | 1,622 |
Madaniyat | Qirg‘iziston prezidenti Farrux Zokirovni “Do‘stuq” ordeni bilan taqdirladi | Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev o‘zbekistonlik xonanda, bastakor, “Yalla” guruhi rahbari Farrux Zokirovni “Do‘stuq” (“Do‘stlik”) ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Qirg‘iziston rahbarining tegishli farmonida Farrux Zokirov O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlarining do‘stligi mustahkamlanishiga qo‘shgan hissasi hamda ko‘p yillik ijodiy faoliyati uchun taqdirlangani ta’kidlab o‘tildi.
Farrux Zokirov 1976-yildan buyon “Yalla” ansambli yetakchisi bo‘lgan va shu guruh tarkibida O‘zbekistonda va boshqa davlatlarda umumxalq e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Ansambl bugungi kunga qadar juda mashhur bo‘lib, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gruziya, AQSh, Isroil va Ukrainaga gastrol safarlari uyushtiradi.
1996-yili Farrux Zokirov Qirg‘iziston xalq artisti unvonini olgan edi. | 74 | 819 |
Madaniyat | Taniqli san’atkor Shavkat Mirzayev vafot etdi | Ustazoda san’atkor, taniqli sozanda va bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Shavkat Mirzayev vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligining Telegram kanalida xabar berildi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shavkat Mirzayev 1942-yil 10-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Uning san’atga kirib kelishida otasi, mashhur sozanda va bastakor Muhammadjon Mirzayevning ta’siri katta bo‘lgan.
U 1978-yildan boshlab taniqli san’atkor o‘zbek mumtoz ashulalar mohir ijrochisi Munojot Yo‘lchiyevaga ustozlik qilgan. | 45 | 533 |
Madaniyat | O‘zbek shou-biznesida nima gaplar? (foto) | My Day nashri o‘zbek shou-biznesi olamidagi yangiliklarni dayjest ko‘rinishida taqdim etdi.
O‘zbek estradasining primadonnasi Yulduz Usmonova Turkiyadagi muxlislari uchun navbatdagi yangi turkcha “Hayat Bana Ask Borcun Var” nomli albomini chiqardi. Albom o‘nta trekni o‘z ichiga olgan. Albomdan Yashar bilan ijro etilgan “Vur-vur” duet qo‘shiq ham joy olgan. U Turkiyaning barcha musiqa do‘konlarida sotuvga chiqqan.
Shuningdek, xonanda “Toshkent” taronasi uchun klip suratga oldirdi. Syomka ishlari So‘qoq qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Ulug‘bek Rahmatullayev noyabr oyidagi konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Undan tashqari, xonanda ijod qilishdan to‘xtamay, tez orada muxlislari talabiga binoan “Qaytar dunyo” taronasini premyera qilish arafasida.
Turkvizyon 2014 musiqiy tanlovining ishtirokchisi Aziza Nizomova ham qizg‘in ijod bilan band. Aziza tez orada Moskva shahriga kastingga yo‘l olishi haqida nashrga xabar qildi, ammo xonanda qanday kastingda ishtirok etishini sir tutdi. Bundan tashqari Aziza studiyada kuniga 4—5 ta qo‘shiq yozadi. Ko‘pgina mashhur xonandalar aynan Azizaning vokalini ma’qul ko‘radi va uning ovozini bek vokalda eshitish mumkin. Ijodkor ko‘pgina xonandalarga she’r va musiqa ham yozib beradi.
Xonanda Manzura ham tinim bilmay ijod qilishda davom etmoqda. U Tohir Usmonov bilan duet qo‘shiq ijro etdi va unga klip ham tasvirga oldirdi.
2015-yilning 12-oktabr kuni birvarakayiga ikki iste’dod egalari bo‘ydoqlar safini tark etdi. Shu kuni aktyor Akbarxo‘ja Rasulov va xonanda Sardor Mamadaliyevlarning nikoh oqshomlari bo‘lib o‘tdi. | 41 | 1,578 |
Madaniyat | Jasur G‘oipov salkam 5 yil qamoqda o‘tirgani hamda to‘y buzilganiga qaramay haligacha Munisa Rizayeva bilan yaqinligi haqida so‘zlab berdi | 2014-yilda “Bu yomg‘irmas”, “Ming afsus”, Shahzoda bilan kuylangan “Super lady” kabi qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan xonanda Jasur G‘oipov “Shok.uz” saytiga intervyu berdi. Ushbu suhbat chog‘ida xonanda nima sababdan 4 yil-u 7 oy qamoqda o‘tirgani, undan so‘ng 7 oy shifoxonada davolangani, Munisa Rizayeva bilan to‘yi buzilganiga qaramay haligacha do‘st ekanligi haqida so‘zlab berdi.
“2015-yil dekabr oyida Malayziyadan uchib keldim va shunday holatga tushdim. Yaqinlarimning ayrim harakatlari tufayli qamaldim. Qamoqqa tushganim men uchun bir akademiya bo‘ldi. Ko‘p narsalarni tushundim. Har bir inson hayotda o‘tayotgan yaxshi, yomon kunlari unga dars.
Men aybim uchun qamaldim, deya olmayman. Yaqinlarimning aybi bilan shunday vaziyatga tushdim. Ko‘pchilik biladi, xonandalik mening xobbim, asosiy ishim tadbirkorlik. 14 yoshimdan beri tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman.
Kimlardir narkotiklar uchun qamaldi, deb ham o‘ylashdi. Aslida iqtisodiy jinoyat, pora berish holati bilan ayblandik. 4 yil-u 7 oy qamoqda o‘tirdim, men birinchi kunlari shok holatida edim. Davlat rahbari o‘zgarganidan keyin bizning ishimiz qayta ko‘tarildi, guruhimizdan qamalganlarning 80 foizi oqlandi.
Qamoqdan chiqqanimdan keyin 7 oycha shifoxonada yotdim. Do‘stlar, hamkasblar xabar olib turishdi, rahmat. Munisa Rizayeva keldi, undan juda minnatdorman, Otabek Mutalxo‘jayev, “Benom” guruhi yigitlari, Sardor Rahimxon xabar olib turdi”, — deydi xonanda.
Jasur G‘oipov, shuningdek, 2014-yilda Munisa Rizayeva bilan to‘yi nima sababdan buzilgani haqida ham gapirib o‘tdi.
“Munisa bilan to‘yimiz bo‘lmagani, avvalo taqdir. Bunga ko‘p narsalar sabab bo‘lib qoldi. Munisa ikkalamizni ‘o‘qitib’ ajratib yuborishdi. Bizning eng katta xatomiz — to‘yimiz bo‘layotganini ommaga chiqarib yuborganimiz. Munosabatlarimizdan PR qilmoqchi bo‘lmaganmiz. Men hozir hech narsa deya olmayman. Balki munosabatlarimiz yana tiklanar, ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Men hozir bo‘ydoqman, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Munisa bilan eslaydigan xotiralarimiz ko‘p, u bilan hozirgacha yaxshi munosabatdamiz”, — deydi Jasur G‘oipov.
“Haliyam Munisa Rizayevani yaxshi ko‘rasizmi?” degan savolga Jasur G‘oipov “Uni yaxshi ko‘rmaslikning iloji bo‘lmasa kerak” deya javob berdi.
Jasur G‘oipov uylangani, rafiqasi bilan uch oy birga yashagani, bir qiz farzand ko‘rgani, ajrashgani haqida ham gapirdi.
“Nima uchun rafiqangiz bilan ajrashgansiz?” degan savolga uning javobi quyidagicha bo‘ldi:
“Shunaqa holat bo‘lib qoldi. Buning izohi yo‘q. Sabab bo‘lmadi. Ikki inson bir-biri bilan turmush qurganidan so‘ng, ular bir to‘lqinga tushib olishi kerak, menimcha. U bilan uch oy birga yashadik. Rasman ajrashmaganmiz, lekin birga yashamaymiz. Hozir ajrashish jarayoni ketyapti. Uylanishga shoshilayotganim yo‘q. Hozir bir-birini tushunmay, uylanib olishyapti va ko‘p o‘tmay ajrashishyapti. Bir insonni yaxshi bilmay, sinamay, turmush qurmoqchi emasman”, — deydi xonanda.
Jasur G‘oipov rafiqasi Feruza bilan.
Jasur G‘oipov 2014-yilning 26-dekabr kuni “Yakkasaroy” restoranida dabdabali to‘y qilib, Feruza ismli qizga uylangan edi. To‘yga o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari tashrif buyurgan.
“Yigitlardan ko‘nglim qolgan”. 34 yoshli xonanda Munisa Rizayeva turmushga chiqishni istamasligini bildirdi (video) | 138 | 3,281 |
Madaniyat | Instagram: Yulduz Usmonovaning Ozoda haqidagi haqiqatlari, Shohruhxon va Asal xonadonidagi bayram, jonli efirda yiqilgan boshlovchi aloqaga chiqdi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Gulchehra Eshonqulova farzandlarining suratini sahifasiga joyladi.
Davron Ergashev “Qizim” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.
Gulsanam Mamazoitova Oltiariq tumani uzumlari haqida post yozdi.
Nilufar Usmonova farzandlariga maktab uchun xarid qilgan buyumlarini ko‘rsatdi.
Malika Ravshanova boshqalar uchun quvonishni o‘rganing, demoqda.
Aziza Yoqubova Toshkentda kiyim do‘konini ochdi.
Hosila Rahimova O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Hamdam Sobirov “Yaxshi qol” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi.
Shohruhxon va Asal Shodiyeva 3-sentabr kuni o‘g‘li Muhammad Yusufning tug‘ilgan kunini nishonladi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ilk marta omma oldida Ozoda Nursaidova haqida gapirdi.
“Yoshlar” telekanalining “Tez top” ko‘rsatuvi jonli efirida yiqilib tushgan boshlovchisi Zahro Qilicheva holat qanday yuz bergani haqida so‘zlab berdi. | 146 | 1,099 |
Madaniyat | Oybek va Nigora ikkinchi bor o‘g‘il farzandli bo‘ldi | “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora ikkinchi bor o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda Oybek va Nigora o‘zining Instagram’dagi sahifalarida ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Oybek va Nigora birinchi bor 2016-yil 27-avgustida ota-ona bo‘lgan edi. 26-may kuni tug‘ilgan chaqaloq ularning ikkinchi o‘g‘il farzandi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Oybek va Nigora 2015-yilning 21-noyabrida oila qurgan. | 52 | 425 |
Madaniyat | AQShlik taniqli kinorejissyor Buxoro haqida film oladi | Kecha, 16 fevral kuni Buxoro viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti direktori Suhrob Bobokalonov va mustaqil rejissor Grek Polk va uning rafiqasi-USAIDning O`zbekistondagi vakolatxonasi(AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi) rahbari Rebekka Blek bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Buxoro Viloyat Turizmni rivojlantirish departamenti xabar qildi.
O`zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasi bilan hamkorlikda hujjatli filmlarning mustaqil rejissori Grek Polkning joriy yil 12-24-fevral kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi belgilangan edi.
Ushbu tashrifdan ko`zlangan maqsad Buxoro aholisining tarixiy-madaniy turmush tarzi, mahalliy o`ymakorlik va to`quvchilik bilan shug`ullanuvchi hunarmandlar hamda Buxoro va Santa-Fe (Nyu-Meksiko shtati, AQSh) shaharlari o`rtasidagi birodarlik aloqalari haqida bo`lib, mazkur film 2021-yil 7-18-iyul kunlarida tashkil etiladigan "Xalqaro milliy san`at bozori" (lnternational Folk Art Market, IFAM) yarmarkasida namoyish qilinishi rejalashtirilgan.
12 fevral kuni shahrimizga tashrif buyurgan Grek Polk Buxoro bilan tanishdi.
Unda rejissyorning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida departamentning o`z vakolati doirasida amaliy yordam berilishi, 1,5 soatlik hujjatli film syomkalari haqida so`z bordi.
Uchrashuv so`ngida mehmonlarga viloyat turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan milliy o`zligimizni ifoda etadigan sovg`alar taqdim etildi.
Filmning syomka jarayonlari bugun 16 fevral kuni boshlandi. | 54 | 1,453 |
Madaniyat | Bugun Toshkentda ovozsiz filmlar festivali start oladi | 10 mart Yoshlar ijod saroyida «O`zbekkino» MA va Gyote instituti hamkorligida «Ovozsiz filmlar festivali» start oladi.
Mazkur festivalda o`zbek va nemis kinoijodkorlarining klassik filmlari namoyish etiladi. Filmlar «Safo» guruhining jonli ijrodagi musiqalari jo`rligida havola qilinadi.
Bugun festivalning ilk kuni soat 18:30 da Gyote institutida “Respublika kinofondi” DUK direktori Eljon Abbasov va kinoshunos Nigora Karimova ishtirokida «Kinolektoriy» hujjatli media loyihasining taqdimoti o`tkaziladi.
Festival dasturidan "O`lim minorasi", "Shahzoda Ahmadning sarguzashtlari" va "Moxov qiz" filmlari o`rin olgan. Mazkur festival 14 martga qadar davom etadi. | 54 | 666 |
Madaniyat | “Ru-ru-ru” Gangnam Style'dan o‘zib ketadimi? | Dunyo bo‘ylab ommalashgan Gangnam Style va Harlem Shake qo‘shiqlariga rus shou-biznesi yulduzlari javob qaytarishni maqsad qilishdi.
Filip kirkorov.
Manba: heat.ru
Rossiya estradasining eng mashhur yulduzlari “Ru-ru-ru” nomli qo‘shiqqa olinadigan videoklipda ishtirok etdilar. Rolikda yulduzlar qo‘shiq ijro etib, raqsga tushadilar. Ayni damda, mazkur qo‘shiq ommaviylik va quvnoqlik borasida yuqoridagi raqobatdoshlaridan ham o‘tib ketishi kutilmoqda.
“Ru-ru-ru” qo‘shig‘ininig g‘oyasini RU.TV telekanalining prodyuseri taklif qildi va ukrainalik taniqli reper Potap yangi superxitning so‘zi va musiqasiga mualliflik qildi. Muallif qo‘shiqning Gangnam Style dan ham katta shov-shuvga aylanishiga ishonmoqda. Shuningdek, rossiyaning eng yorqin yulduzlari Nikolay Baskov, Filip Kirkorov, Valeriy Meladze, Nyusha, Polina Gagarina, Dima Bilan ham ushbu rolikda qatnashishga rozi bo‘lishdi.
Dima Bilan.
Manba: heat.ru
Filip Kirkorovning “Ru-ru-ru”dagi ijro etgan raqsi koreyalik PSY ning harakatlaridan qolishmaydi. Rossiyalik yulduzlarning qo‘shig‘i Gangnam Style'ni dog‘da qoldirarmikan? | 44 | 1,089 |
Madaniyat | O`zbek oshpazi xalqaro osh festivalida ikkinchi o`rinni egalladi (foto) | Bugun, 30 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Osh festivali bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.
Unda mamlakatning barcha viloyat va shaharlari hamda O`zbekiston va Afg`oniston davlatlaridan ham mohir oshpazlar ishtirok etishdi.
Festival doirasida yirik qozonda taxminan uch tonnalik osh damlandi. Buning uchun 800 kilo guruch, 170 litr yog`, 270 kilo go`sht, bir tonna to`g`ralgan sabzi, 150 kilo piyoz, 30 kilo tuz, 8 kilo zira, 8 kilo limon, 250 kilo bedana tuxmi, 8 kilo sirpiyoz, 8 kilo qazi, 8 kilo quritilgan go`shtdan foydalanildi. Oshni tayyorlash jarayonida to`rt nafar oshpaz ishtirok etdi.
Shuningdek, 50dan ortiq kichik qozonlarda ham oshning 15 turdan ziyodi tayyorlandi.
Festival yakunida «Eng yaxshi osh», «Eng yaxshi oshxo`r» kabi bir necha nominasiyalar bo`yicha g`oliblar aniqlandi.
Hakamlar hay`atining xulosasiga ko`ra, «Eng yaxshi oshxo`r» nominasiyasida Muhammad Hayoev birinchi, Miyonmuhammad Qaraev ikkinchi va Rustam Darbeshiv uchinchi o`rinlarni egallab, diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.
Festivalning asosiy – «Eng yaxshi osh» nominasiyasida Dushanbe shahridagi «Koxi Navro`z» majmuasi oshxonasi oshpazi Navro`z Xursandov tomonidan tayyorlangan osh birinchi o`ringa loyiq, deb topildi. Oshpaz diplom, esdalik sovg`a va 15 ming somoniy miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo`ldi.
Faxrli ikkinchi o`rin esa, o`zbekistonlik oshpaz To`lqin Jabborov tomonidan qo`y yog`i va qo`y go`shtiga lazer guruchi bilan damlangan oshga loyiq ko`rildi. Oshpaz diplom, esdalik sovg`a va 13 ming somoniy miqdoridagi pul muokofti bilan taqdirlandi.
Uchinchi o`ringa Dushanbe shahridagi «Sharaf» oshxonasi oshpazi Sharaf Mirzoev tayyorlagan osh munosib, deb topilib, oshpaz diplom va 10 ming somoniy miqdoridagi mukofotni qo`lga kiritdi. | 71 | 1,777 |
Madaniyat | “Unvon olishim uchun 2 000 AQSH dollari so‘rashgan” — aktrisa Adolat Kimsanova pora bermaganidan haligacha afsuslanishi va jamiyatda ildiz otgan korrupsiya haqida (video) | Aktrisa Adolat Kimsanova “Daryo” nashriga bergan intervyusida xususiy teatrga ishlab nafaqaga chiqqani uchun birorta unvon ololmagani va undan katta miqdorda pora so‘rashgani haqida so‘zlab berdi.
— Yosh tomoshabinlar teatridan ishdan ketgach, yana teatrga qaytaman, deb niyat qilardim. Rus tilida erkin so‘zlasholganim uchun “Ilhom” teatr studiyasining rahbari ishga chaqirdi. O‘sha vaqtda menga ishonch bildirishgani uchun ulardan hamisha minnatdorman. Chunki “Ilhom” teatri orqali bo‘lsa ham o‘zbek san’atini xorijliklarga ko‘rsatishga erishdim.
Abdulla Qodiriyning asari asosida sahnalashtirilgan spektaklni AQSHning ko‘plab shtatlarida namoyish etdik. O‘zbek milliy nimchalari, peshanabandlarini kiyib, o‘zbek san’atini namoyish etganmiz. Angliyada spektaklimiz nihoyatda iliq qabul qilinib, tomoshabinlar tik turib olqishlashgandi.
Rossiyada o‘tkaziladigan “Oltin niqob” teatr festivalida ikki marta qatnashish baxtiga erishganman. O‘zbekistonga qaytgach, xorijdagi taassurotlarim haqida bir-ikki ko‘rsatuvlarda gapirmoqchi bo‘lganimda “Jiming, oldin O‘zbekistonga xizmat qilish kerak, chetga borib kelganingizni gapirmang”, degan paytlari bo‘ldi. Iya, men o‘zbek san’ati targ‘iboti bilan xorijga bordim-u, degim kelgan, ammo bunday foyda yo‘q ekan.
Men Shuhrat Abbosov, Melis Abzalov, Hotam Fayziyev kabi o‘zbek rejissor darg‘alari bilan ishlagan insonman. Hozir ham ishlashga kuchim bor. Ammo men bilmaydigan nimadir bor. Odamlar borib, nimalardir qilib rollar olishyapti, ammo men buni eplolmadim.
Inson halol mehnat qilib, niyatiga erishadi, deb bilar ekanman. Yo‘q, hayotda bunday emas ekan. 50 yoshimda unvon olishim uchun mendan 2 000 AQSH dollari so‘rashgan. Ammo qo‘limda pulim yo‘qligi uchun pora berolmaganman. O‘zim oylikka yashaydigan inson bo‘lganim, turmush o‘rtog‘im ishsiz bo‘lgani uchun odamlar ham qarz berishmagan. Ammo haligacha, o‘sha porani bermaganimga achinaman. Agar o‘shanda unvon olganimda ancha foydalangan bo‘lardim.
Nafaqam ham yuqoriroq bo‘lardi.
Aslida ijodkorga beriladigan e’tiborning negizida ham shunga narsalar yotarkan. Ya’ni oddiy eshittirishga chiqish uchun ham kimnidir rozi qilish kerak ekan. Afsuski, jamiyatimizda korrupsiya ildiz otib ketgan. Bunday jamiyatda yashab, halol mehnat qilayotgan insonlar hech qachon yuzaga chiqmaydi. Yaqinda hayotimda ichki ishlar xodimi aralashadigan vaziyat bo‘lib qoldi.
Ko‘zimni oldida ichki ishlar xodimi pora oldi. Buni o‘ziga aytsam, “Nima qila olasiz? Qo‘lingizdan nima keladi?” dedi. Ko‘zim bilgan ko‘rganiga qanday isbot kerak dedim? Keyin o‘z-o‘zimga 50 yoshimda unvon uchun 2 000 AQSh dollari so‘rashgan-ku, bunisi nima bo‘libdi, dedim, — deydi aktrisa Adolat Kimsanova. | 170 | 2,666 |
Madaniyat | Yura Shatunov 1 million yevroga klip suratga oldi | Yaqin o‘tmishning mashhur xonandalaridan biri bo‘lgan rossiyalik Yura Shatunovning “A leto sveta” nomli klipi internet tarmog‘ida o‘tgan ikki kun ichida deyarli 20 ming marta ko‘rildi. Ushbu klipni suratga olish uchun 1 million yevro mablag‘ sarflandi.
foto: disco80.org
39 yoshli xonandaning yangi klipida Jeyms Bond filmining elementlari ko‘zga tashlanadi. Eng qiyin kadrlar ochiq dengizda suratga olindi. Monako markazidagi mehmonxona ham ancha qimmatga tushgani haqida xabar berilgan. | 49 | 490 |
Madaniyat | Sevgi yosh tanlamaydi: katta yosh farqi bilan oila qurgan taniqli siyosatchilar va ularning turmush o‘rtoqlari | G‘ayrioddiy sevgi hikoyasi bilan mashhur bo‘lgan taniqli siyosiy arboblar haqida ma’lumot beramiz.
Mitch Makkonnell va Eleyn Chao
Yosh farqi: 11 yil
Kentukki senatori Mitch Makkonnel va uning rafiqasi o‘rtasidagi yosh farqi o‘n bir yil. Juftlikning ikkalasi ham siyosatchi. Asli tayvanlik bo‘lgan Eleyn Chao 2017-yildan 2021-yil boshigacha Donald Tramp ma’muriyati davrida AQShning sobiq transport vaziri bo‘lgan. Hozir Eleyn 68, Mitch 79 yoshda. Makkonnel va Chao do‘stlari Styuart Blox tashkil qilgan uchrashuvda tanishadi va 1993-yilda Ronald Reyganning tug‘ilgan kunida turmush qurishadi.
Nikolya Sarkozi va Karla Bruni-Sarkozi
Yosh farqi: 13 yil
Sobiq supermodel va qo‘shiqchi Fransiyaning o‘sha paytdagi prezidenti bilan 2007-yil noyabr oyida o‘zaro do‘stlar ziyofatida tanishadi. Juftlikning munosabati bir zumda ovoza bo‘ladi va tez orada matbuot Parijdagi Disneylenddagi sevishganlarning fotosuratlarini nashr etadi. Ularning yashirin to‘yi tanishganlaridan atigi 11 hafta o‘tgach — 2008-yil fevral oyida bo‘lib o‘tadi. Er-xotin ishonch va qo‘llab-quvvatlashga to‘la uyg‘un munosabatlarni mustahkamlashadi, besh tilni biladigan sobiq model esa eriga rasmiy vazifalarni bajarishda yordam beradi. Nikolay va Karlaning birinchi farzandi Yelisey saroyida tug‘iladi. Sarkozi korrupsiya va ta’sir o‘tkazishda ayblanganda ham rafiqasi eri tomonda edi — hatto qamoq jazosi ham er-xotinni ajrata olmaydi.
Mishel va Marsela Temer
Yosh farqi: 42 yil
Temer — asli kelib chiqishi livanlik bo‘lgan Braziliyaning ikkinchi prezidenti. U 2016-yildan 2019-yilgacha o‘zidan oldingi prezident Dilma Russeff impichment orqali hokimiyatdan chetlashtirilgach, mamlakat prezidenti bo‘lgan. Marsela uning ikkinchi xotini, sobiq go‘zallik malikasi. Tedeski xonim Mishel Temer bilan 19 yoshida tanishgan, o‘shanda erkak 60 yoshda edi. Ular 2003-yilda turmush qurgan — munosabatlariga 42 yosh farqi hech qanday to‘siq bo‘lmagan. Hozirda er-xotinning Mishel ismli o‘g‘li bor.
Jo va Jill Bayden
Yosh farqi: 9 yil
Ular tanishishganda bo‘lajak prezident 33 yoshli AQSH senatori, bo‘lajak birinchi xonim esa 24 yoshli universitet bitiruvchisi edi. Ikkalasi ham avval turmush qurgan. Baydenning rafiqasi va qizi 1972-yilda avtohalokatda vafot etadi va u ikki o‘g‘li bilan yolg‘iz qoladi. Bu paytda Jill ham eri bilan ajrashgandi. Biroq u qo‘li va yuragi uchun yangi da’vogarga turmushga chiqishga shoshilmaydi. Bayden xonim 2016-yilda Vogue jurnaliga bergan intervyusida shunday deydi:
Men bitiruvchi edim: jinsi shim, bluzka va sabo kiygan yigitlar bilan uchrashardim. Jo esa uchrashuvga sport kurtkasi va mokasinada kelganda men: “Ey Xudo, men hech qachon unga turmushga chiqmayman”, dedim. Yana kamiga mendan to‘qqiz yosh katta edi! Ammo “Erkak va ayol” filmini ko‘rgani Filadelfiyadagi kinoteatrga borganimizda biz tezda til topishib ketdik. Uyga qaytganimizda... u qo‘limni ushladi va xayrli tun tiladi. Men xonamga kirib yarim kechasi bo‘lishiga qaramay onamga qo‘ng‘iroq qildim va: “Oyi, men nihoyat haqiqiy jentlmenni uchratdim”, dedim.
Er-xotin 1977-yilda turmush qurishgan va 44 yildan beri birga.
Gerxard Shreder va Kim So Yon
Yosh farqi: 48 yil
Germaniyaning sobiq kansleri besh marta oila qurgan. Rafiqalari ichida u nemis jurnalisti va yozuvchisi Doris Shreder-Kopf bilan eng ko‘p — 20 yilga yaqin birga yashagan va hatto Sankt-Peterburgdagi bolalar uyidan ikki nafar bolani asrab olishgan. Biroq juftlik oxir-oqibat ajralishadi va 2018-yilda Seulda Gerxard o‘zidan 48 yosh kichik Kim So Yon ismli koreys tarjimoniga uylanadi. Shreder jahon chempionatida yangi rafiqasini Rossiya prezidentiga g‘urur bilan tanishtirgan.
Donald va Melaniya Tramp
Yosh farqi: 24 yil
Bo‘lajak prezident va birinchi xonim 1998-yil sentabr oyida moda haftaligida Times Square tungi klubidagi ziyofatda tanishadi. Aytishlaricha, o‘sha paytda tadbirkor boshqa xonim bilan munosabatda bo‘lgan, ammo bu fakt uni o‘zidan 24 yosh kichik model Melaniya Knaussga sevgi izhor qilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Juftlik 2005-yilda turmush quradi. Melaniya uchun u birinchi, Donald uchun esa uchinchi turmushi edi. | 110 | 4,072 |
Madaniyat | Toshkent, Samarqand va Buxoroda o‘tkazilgan “Yevropa kino kunlari” festivali yakunlandi | 2014-yilning 3—8-iyun kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida “Yevropa kino kunlari” festivali bo‘lib o‘tdi va unda Yevropa Ittifoqiga a’zo 11 ta mamlakat kinoijodkorlarining 13 ta badiiy va animatsion filmi namoyish etildi. Bu haqda O‘zbekkino milliy agentligi sayti xabar berdi.
Buxoro shahrida 4—8-iyun kunlari o‘tkazilgan festivalda Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Yuriy Shterk janoblari ishtirok etib, Buxoroda o‘tkazilayotgan festival kelgusida an’ana bo‘lib qolishiga umid bildirdi.
O‘z navbatida Buxoro shahar hokimi Valijon O‘rinov bu tadbir O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivojlanishiga qaratilganini qayd etdi.
Festival kunlari taniqli finn kinorejissyori Aki Kaurismyakining “Gavr” deb nomlangan kinokomediyasi bilan boshlandi. Bundan tashqari, “Buxoro” kinoteatrida Polshaning “Faqat hozir emas”, Chexiyaning “O‘ng‘ay uya”, Estoniyaning “Zamburug‘ terishga”, Fransiyaning “Yengiltak bolalar” filmlari namoyish etildi. | 87 | 1,036 |
Madaniyat | Anjelina Jolining “Ular dastlab otamni o‘ldirdi” filmi treyleri e’lon qilindi (video) | Netflix’ning YouTube’dagi kanalida Anjelina Jolining yangi “Ular dastlab otamni o‘ldirdi” filmining treyleri paydo bo‘ldi. Film katta ekranlarga joriy yilning sentabrida chiqishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Jolining yangi filmi kambojalik yozuvchi hamda huquq himoyachisi Lung Angga bag‘ishlangan bo‘lib, film asosini ham uning xotiralari tashkil etadi. Filmda Kambojadagi kommunistik harakat — qizil kxmerlarning tizimi ko‘rsatilgan.
Lung Ang va Joli 2002-yilda, Kambojaga uyushtirilgan birinchi gumanitar missiyasi doirasida tanishib qolgan. Biroq Jolida film olish fikri keyinchalik paydo bo‘lgan.
Avvalroq, Joli ushbu filmda suratga tushish uchun kastingga kelgan bolalarni pul o‘g‘irlashga majbur qilganligi sabab tanqid ostida qolgandi. | 85 | 765 |
Madaniyat | “Yor-yor”ga chiqish pullikmi? 700 dan ortiq to‘yga va To‘xtamurod Azizovni dori olib yurishga majbur qilgan ko‘rsatuv haqida (video) | Efir yuzini ko‘rgandan buyon ommaboplikni yo‘qotmay kelayotgan Zo‘rTV kanalining “Yor-yor” ko‘rsatuviga chiqish pullikmi, “Yor-yor”ga chiqqanlarining keyingi taqdiri nima bo‘ladi yoki hammasi shunchaki shou uchun, ko‘rsatuv trendda bo‘lishi uchun qilinadimi.
“Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ushbu savollarga “Yor-yor” ko‘rsatuvi muallifi Muhabbat Hamroyeva hamda ko‘rsatuvning boshqa ijodiy jamoasidan javob oldi.
“Yor-yor” ko‘rsatuviga chiqish mutlaqo bepul, hech qachon pul bilan ishlamaymiz, lekin, ba’zi hollarda ishtirokchilar kelib, “men ko‘rsatuvga chiqmasdan nomzodimni qo‘ymoqchiman, buning evaziga pul beraman”, deyishadi. “Bu gazeta yoki radio emas, siz televideniya ekanligini bilib kelyapsiz, iltimosingizni bajarishning iloji yo‘q”, deya to‘g‘ri tushuntirishga harakat qilamiz.
Bizga umuman qarashli bo‘lmagan gruppalar, odamlar bor. Ular “Yor-yor”ga chiqmoqchi bo‘lgan odamlardan pul olib, bizni ya’ni “Yor-yor” ko‘rsatuvi ijodkorlarini raqamini berishadi va “shu raqamlarga qo‘ng‘iroq qilsangiz muammongiz hal bo‘ladi”, deyishadi. Pul bergan odamlar bizga telefon qilib, “bizga falonchani raqamini berishga majbursan”, deb talab qilishadi. “Bizning o‘z tartib-qoidamiz bor”, deganimizda, kimgadir pul berishganini aytib shikoyat qilishadi.
Sadoqat Eshmurodova, jurnalist, “Yor-yor” ko‘rsatuvi ijodiy jamoasi a’zosi
“Yor-yor” ko‘rsatuviga chiqqan ishtirokchilarning keyingi taqdiri nima bo‘ladi?
“Yor-yor”ga chiqqan har bir ishtirokchining keyingi taqdiri biz uchun juda qiziq, muhim. “Yor-yor”da ishlaydigan qizlarimiz juda ko‘p. Ular har bir ishtirokchiga telefon qilib, ishtirokchilarning taqdiri nima bo‘layotganini so‘rab chiqamiz. Shu orqali natijalardan doimiy xabardormiz.
Shu kunga qadar “Yor-yor”ga chiqqanlar orasida 700 dan ortiq inson o‘z baxtini topib, to‘y qilib, turmush qurishdi. Ayniqsa oxirgi oylarda bir kun yoki ikki kun ichida bir haftalik ko‘rsatuvning syomkasi bo‘ladigan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda uch yoki to‘rt inson efirning o‘zida o‘z baxtini topishmoqda.
Sadoqat Eshmurodova, jurnalist, “Yor-yor” ko‘rsatuvi ijodiy jamoasi a’zosi
Ko‘rsatuv muallifi va boshlovchisi Muhabbat Hamroyeva ko‘rsatuvga kelgan achchiq qismatli insonlarni dardini ko‘p tinglaganidan yonida yurak dori olib yurishi haqida.
Uchalamiz hattoki ko‘rsatuvdan chiqib, yurak dorilarini ichib, keyin ko‘rsatuvni olib borgan vaqtlarimiz bo‘lgan. Bir-birimizdan xabar ololmay, uch kunlab yotib qolib, undan so‘ng telefon qilib salomatmisiz, ahvolingiz yaxshimi deyishga kuch topgan paytlarimiz bo‘lgan.
(To‘xtamurod Azizov yurak og‘rig‘ini bosadigan dorini ko‘rsatib). Men yonimda yurak og‘rig‘ini qoldiradigan dori olib yurishga majbur bo‘lganman.
Jurnalistika etika, estetika qoidalari bor. Jurnalist suhbatdoshining dunyosiga kirmasdan, masalani o‘rtada turib hal qilishi kerak. Lekin shu holat mening qo‘limdan kelmadi. Har bir ishtirokchini o‘zimning yaqinimdek, jigarimdek qabul qilaman. Ularni shunchaki tinglovchisi bo‘lib qolmadik. Ularni darddoshi bo‘ldik. Hozir do‘stlar, o‘rtoqlar ko‘p, ammo ko‘ngilni eshitadigan insonlar qolmadi. Jamiyatda mana shunday oddiy, samimiy insonlarni qalbini tinglaydigan ko‘rsatuvlar ham bo‘lishi kerak. Balki shu sababdan ko‘rsatuvimizni odamlar sevib tomosha qilishayotgandir.
Muhabbat Hamroyeva, jurnalist, boshlovchi, prodyuser
Muhabbat Hamroyeva Buxoro viloyati, Shofirkon tumanida dunyoga kelgan. MTRK hamda boshqa xususiy telekanallarda “Erta so‘ngan yulduzlar”, “So‘nmas yulduzlar”, “Unutmoq osonmas sizlarni”, “Baxt formulasi” “Sukunat tug‘yonlari”, “Yor-yor” ko‘rsatuvlarining 3 000 dan ortiq soniga mualliflik va boshlovchilik qilgan. Muhabbat Hamroyeva “Sevinch nolasi”, “Erta so‘ngan yulduzlar”, “Sevgingdan baxtiyorman”, “So‘nmas yulduzlar”, “Kechikkan kitob” asarlari muallifi. “Shuhrat” medali sohibasi. “Ijod media” prodyuserlik markazi rahbari. Oilali, uch farzandning onasi, besh nabiraning buvijonisi.
“Bolangizning ofitsiantlik qilishi sharmandalik, deyishgan”. Muhabbat Hamroyeva ijara qiyinchiliklari, oilasi, farzandlari haqida (video) | 132 | 4,013 |
Madaniyat | “Bu ijro – ijro emas, balki – iltijodir”. Duduk sohibi Jivan Gasparyanni xotirlab | Shu yilning 6-iyulida jahonga mashhur musiqachi, duduk ustasi Jivan Gasparyan 92 yoshida vafot etdi. “Daryo” sakson yildan ko‘proq umrini san’atga bag‘ishlagan, dunyo sahnalarini zabt etgan, millionlab muxlislarini topgan maestroning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.
Qo‘lidagi mo‘jizakor duduk bilan qalblarga orom bag‘ishlaydigan, kishini turmush tashvishlaridan andak qutqarib, musiqiy kengliklarga uloqtiradigan, tirikligidayoq afsonaga aylangan Jivan Gasparyanni endi entikib, sog‘inib eslaymiz. U ijro etgan kuyni ilk eshitganimda o‘rnimda qotib, ichimga g‘ussa oqib kirgandi. Yo‘q, u odamni ezib-yanchadigan g‘am emas, aksincha, ichidagi g‘uborlarini ukpardek to‘zg‘itadigan mungli kuy edi. O‘rik daraxtidan yasalgan mitti, mo‘jaz duduk har qanday tinglovchini sukunatga cho‘mdirib, uzoq-uzoqlarga xayolan eltishini maestro Jivan isbotlab bergan edi. “Yosh paytim dudukni eski zamon asbobi sanardim” – degandi bir intervyusida musiqachi. “Chunki unda eng quyi tabaqa – etikdo‘zlar, hunarmandlar kuy chalardi-da! Eng qizig‘i, ular hozir men chaladigandek ijro etishmasdi – boshqacha edi. Dudukda gap ko‘p. Hatto, ajdodlarimiz bilmaydigan sirlari bor. Unda bir qancha kuyni: klassik, jaz, rok, yana eramizgacha ijro etilganlarini kuyladim”.
1928-yilning 12-oktabrida armanlar yashaydigan kichkina Solak qishlog‘ida (Razdan shahridan uncha uzoq bo‘lmagan) tug‘ilgan mitti Jivan erta yoshdan yetimga aylanadi. Xasta onaning vafoti, otasining Ikkinchi jahon urushi janggohlariga jo‘natilishi sabab bolakay sag‘irlar uyida voyaga yetadi. Yillar o‘tib, esini tanirkan, 6 yoshida qo‘liga tushgan “nazar nogir” dudukda mustaqil kuy chala boshlaganini keksalik payti bolalariga so‘zlab beradi: “Nega aynan dudukni tanlaganimni bilmayman. Otamning eski ashulalarni maromida aytishini hisobga olmaganda, oilamizda musiqachilar bo‘lmagan. Ilk da’fa dudukning sehrli mungini eshitganimda, yog‘ochdan yasalgan asbob shunday ohang taratishi, chiroyli tembrga egaligi meni asir etgandi. Duduk – inson qalbi, uning tarixi, iltijosi, duosi. 99 marta yig‘lab, bir marta kuladi”.
Har bir soha, kasb qatori musiqada ham ustoz, yo‘l ko‘rsatuvchi muallim muhim. Ammo zamonning og‘irligi, jahon urushidan keyingi ocharchilik va qayta tiklanishning sermashaqqatligi kichkina Jivanni ham qisti-bastiga olib, ayamay sinardi. Unga maslahat berib, musiqiy qobiliyati bor-yo‘qligini aytadigan ustozning ko‘pi janggohlarda qolib ketgandi. Front ortidagilar esa faqat qora mehnat, bir burda non topib yeyish g‘amida yashardi. Hamma ham hayot va o‘lim orasida tirik qolishga urinardi. Dudukiga termulib, urinib-surinib yo‘l topishga intilarkan, Jivan ilk mashg‘ulotlarini yolg‘izlikda, pana-pastqamda boshlashga ahd qiladi. Avvaliga beo‘xshov, kalta-kulta kuylar yangrar, nota nimaligini bilmagan bolakay qay yo‘sin ijro etishni bilmay garangsir, keksayib qolgan musiqachilarning ijrosini tinglab-tinglab, ularga taqlid qilar, eshitgan kuyini tinmay takrorlayverib, sekin-asta yo‘nalish topardi. O‘rganganlarini o‘rtoqlari – bolalar uyidagi sag‘irlar qarshisida kuylab, chapak-maqtov olardi.
Yigirmani to‘ldirganda milliy qo‘shiq va raqs ansambli a’zolari safiga qo‘shilib, Arman filarmoniya orkestrining yakka solisti sifatida ilk ijrosini taqdim etadi-yu, o‘sha zamonning “katta”lari nazariga tushadi. “1948-yil edi. Ansamblda kuylardim. Moskvada chaqirilgan qurultoyga keldik. Ansamblimiz sovrinli o‘rinni oldi va hamma g‘oliblar Politbyuro qarshisida so‘zlashga taklif etildi. Konsert Katta teatrda o‘tdi. Men yakka o‘zim kuyladim. Ijroyimni tinglab, Stalin “Pobeda” degan tilla soatni sovg‘a qildi. Xotirjam kuy chalardim-u, ijro tugashi bilan, bilmayman nega, sahna ortiga zuv qochardim. Esimda, Stalin lojada yastanib mundshtukidagi sigaretasini chekar, sahna bilan u o‘tirgan loja orasi bor-yo‘g‘i uch metrcha chiqardi. Soatni keyinchalik almashdim. O‘shanda puldan zoriqib yashardik. Men bilan to‘rt o‘rtoq soatni bo‘g‘irsoq bilan bir krujkadan pivoga almashgandik. Ocharchilik avji nuqtasiga yetgandi”.
Arman xalq cholg‘ulari ansambli. 1944-yil (markazda 16 yoshli Jivan Gasparyan)
Yoshlik gastrollarga ulanib, umr soatlar yo‘llarga sochilgani sari Jivanning dovrug‘i, mahorati oshar, muxlislari soni ham ko‘payardi. 1957-yil musiqachi hayotini o‘zgartirdi: ilk marta xorijga, “Beryozka” ansambli bilan Amerikaga yo‘l olgan duduk sohibi keyinchalik bu yerdan qo‘nim topib, katta sahnalarni zabt etadi, nufuzli mukofotlarga loyiq topiladi. Hatto safarlardan birida kelib chiqishi arman bo‘lgan amerikalik yozuvchi Uilyam Saroyan Gasparyan ijrosini tinglab unga: “Bu ijro – ijro emas, balki – iltijodir”, deb lutf qiladi.
Amerikaga ketish qarori birdan ro‘y bermaydi, albatta. Tug‘ilib-o‘sgan, qadrdonlari atrofida bahamjihat yashayotgan o‘lkani tashlab ketish har doim ham oson emas. Hammaga ham o‘z uyi – o‘lan to‘shagi qadrdon. Biroq sen bor kuch-g‘ayrating, iste’dodingni kimgadir bag‘ishlasang-u, qadrlanmasang, bundan yomoni yo‘q. “Ahvolimiz juda abgor edi”, – deb eslagandi Gasparyan bir suhbatda. “Bu yerda hech narsa qilolmasdim. Na svet, na gaz bor edi – hech narsa yo‘q. Kimdir o‘lsa, quvonardik, chunki ikki soat svet berilardi. Bunaqa sharoitda qanday yashash mumkin? Amerikaliklar meni “Rus xonadoni” filmida birga ishlashga taklif etishdi va shartta jo‘nadim. 40 kundan keyin grin-karta oldim”.
Amerikadagi ijodiy parvoz Gasparyanga ulkan imkoniyat darvozalarini ochadi. 2000-yili dunyo kinoteatrlarini zabt etgan “Gladiator” filmidagi kuyi e’tirof etiladi. Bastakor Hans Simmer uning “g‘ussadan holi” kuyini eshitiboq birga ishlashni va “Gladiator”ga atab nimadir yaratishini so‘raydi. Jarayon haqida jurnalistlardan biri so‘raganda, bastakor: “Hansga improvizatsiya qilib berdim. Keyin ikki kun kuy yozdik va qay biri ketish-ketmasligini maslahatlashdik. Mening improvizatsiyam ketadigan bo‘ldi. Musiqamiz ‘Oltin globus’ga munosib topildi. Naq 45 daqiqa solistlik qildim. Demak, bu mukofot ‘meniki’ deyishga to‘la asos va haqqim bor”, – degandi.
Bundan avval “Tarona” firmasi uchun 1983-yili yozib bergan ilk albomi – “Arman xalq kuylari” 1988-yildagi 25 ming insonni halok etgan dahshatli zilziladan keyin takror va takror eshitildi. Xalqning og‘ir kunida dudukdan taralgan ohang dardni salga aritgandek bo‘ldi. Albom 1989-yili “Bu olamda g‘amgin bo‘lmayman” nomi bilan qaytadan chiqarilib, olamshumul shuhratga erishdi. Mungga yo‘g‘rilgan kuy zilzila vayron etgan ko‘ngillarni qayta “tiriltir”di, mahzunlikni sal bo‘lsa-da aritdi, yashashga kuch berdi.
Amerikadan so‘ng Angliyadagi konsertlarga birin-ketin yog‘ilayotgan takliflarni bee’tibor qoldirmagan Gasparyan bu yerda naq besh yil qolib ketadi. Ingliz sahnalarida arman xalq kuylari, jahon musiqalarini ijro etib, millionlab muxlis olqishini oladi, orada “Musiqa san’atiga qo‘shgan hissasi uchun” nufuzli WOMEX (World Music Expo) mukofoti beriladi.
Serj Tankyan, Andreas Vollenveyder, Layonel Richi, Piter Gebriyel, Hans Simmer, Brayan Mey, Boris Grebenshchikov kabi san’at ahli bilan umr bo‘yi hamkorlik qilib, filmlarda bahamjihat ishladi. 2015-yili Istanbulda turk gitarachisi Erkan Og‘ur bilan birga yozgan “Fuad” albomi musiqa istalgan jarohat-yarani tuzata olishi, ijodkor uchun keng maydon ekanini isbotlab beradi. Shu yillari Moskva bo‘ylab yakkaxon konsertlarida yonida hamisha nevarasi kichik Jivanni olib yurar, unga dudukning jamiki asrorini o‘rgatib, “faqat qalb bilan ijro etish”ni uqtirardi. Bugun bobosining izidan ketayotgan, duduk an’analarini davom ettirayotgan nabira maestroning ruhini shod etayotgan bo‘lsa, ajabmas.
Arman konservatoriyasida 70 professional duduk ijrochilarini o‘qitgan, sahna san’atidan saboq bergan Gasparyan konsertlari butun dunyodan keladigan muxlislar, tinglovchilar bilan hamisha liq to‘lgan. “Fe’limda lirika ustun. Kamina mehribonlik, yaxshi so‘zlarni xush ko‘raman. Meni ranjitishlari va o‘zim ham birovni ranjitishni yoqtirmayman. Yashasang, sokin, osuda yasha. Ko‘p pulning keragi yo‘q menga. Siyosat bilan shug‘ullanmayman. Faqat musiqa”, deya hayotiy prinsiplarini izohlab bergan Jivan Gasparyanning nafaqat, musiqiy merosi, yana nomi ham abadiyatga muhrlandi.
Charos Nizomiddinova | 81 | 8,095 |
Madaniyat | “Kitob olami”da Navoiy va Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” kechasi o‘tkazildi | “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlab “Nazm va navo” nomli adabiy-musiqiy kecha o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga majmua axborot xizmati ma’lum qildi.
Tadbirga filologiya fanlari doktorlari, professorlar Hamidulla Boltaboyev va Nasimxon Rahmonov tashrif buyurib, buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodi haqida kitobxonlarga hikoya qilib berdi.
Toshkent Madaniyat kolleji o‘qituvchisi, xushovoz xonanda Abduqahhor Jalilov, sozandalar Shahobiddin Mirzayev, Nuriddin Qayumov, Farruh Vohidov, “Xalq cholg‘ulari” kafedrasi jo‘rnavozi A’zamjon Ibragimov o‘zlarining dilbar kuy va qo‘shiqlari bilan kechaga fayz baxsh etdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 222-maktab o‘quvchilari Navoiy ijodidan tayyorlagan she’r aytishuvlari hamda raqslar yig‘ilgan tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Kecha so‘ngida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Zukko kitobxon” viktorinasi g‘olibi, Toshkent shahridagi 27-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Xojiakbar Mirabbosov hamda tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga majmuaning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 91 | 1,219 |
Madaniyat | Instagram: To‘yida qo‘shiq kuylagan Aziza Nizomova, tug‘ilgan kunida ko‘z yosh to‘kkan Ruxshona, Muqaddas Sa’dullayevani aylanib o‘tgan ko‘ngilsizlik | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Feruza Jumaniyozova barcha muxlislarini Navro‘z bilan tabrikladi.
19-mart kuni poytaxtdagi restoranlardan birida xonanda Aziza Nizomovaning nikoh oqshomi bo‘lib o‘tdi. Kechaga ko‘plab shou-biznes vakillari tashrif buyurdi.
Xonanda to‘yida turmush o‘rtog‘iga atab qo‘shiq kuyladi.
Feruza Normatova sahifasiga yangi suratini joyladi.
21-mart kuni Ruxshona 28 yoshni qarshi oldi. Xonanda shu munosabat bilan yaqinlari tomonidan tayyorlangan syurprizdan ta’sirlanib, yig‘lab yubordi.
O‘zbekistonning mashhur jajji blogerlari — Shahzoda Muhammedovaning qizi Milana hamda raqqosa Parizodaning qizlari E’zoza va Sa’diyalar bitta suratda jam bo‘ldi.
Muqaddas Sa’dullayeva folloverlariga o‘zini cheklab o‘tgan ko‘ngilsizlik haqida gapirib berdi. Unga ko‘ra, aktrisaning mashinasi yaqiniga archa daraxti qulab tushgan.
Bollivud yulduzlari opa-singil Karishma va Karina Kapurlar Maldiv orollarida hordiq chiqarmoqda.
Shahzoda Muhammedova qizalog‘i Milananing xonasini ertaknamo qilib, bezatdi hamda natijani folloverlariga ko‘rsatdi.
“Ayol kishi uchun muhimi sovg‘alar emas, balki yaqin insonining uni tushunishi muhimroq”, demoqda Munisa Rizayeva.
20-mart kuni sobiq “Ummon”chi xonanda Zohid Risqiyev tug‘ilgan kunini nishonladi. Xonandaning rafiqasi Kamola uni qanday tabriklaganini kuzatuvchilariga ko‘rsatdi.
Sevinch qizalog‘i Leyla bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Lola Eltoyeva el suygan aktrisa, ustozi To‘ti Yusupova xotirasiga bag‘ishlab, she’r o‘qidi.
Ziyoda kuzatuvchilari uchun qaynotasining uyidan qisqa video tayyorladi. | 149 | 1,687 |
Madaniyat | Toshkentda «Shum bola» kinofestivali o`tkaziladi | 2020 yil 3 sentyabr kuni "O`zbekkino" Milliy agentligida Agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning Toshkentdagi Gyote instituti rahbari Janob Yan Xelfer bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Agentlik Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, uchrashuvda tomonlar joriy yilning sentyabr oyi oxirida o`tkazilishi rejalashtirilgan «Shum bola» nemis bolalar filmlari festivalini tashkil etishni muhokama qilishdi.
«Shum bola» kinofestivali dastlab, 2020 yilning bahoriga rejalashtirilgan edi, biroq karantin cheklovlari tufayli noma`lum muddatga qoldirilgan.
Va nihoyat, 21-25 sentyabr kunlari Gyote instituti "O`zbekkino" MA bilan hamkorlikda ushbu g`oyani amalga oshirishni kelishib oldi. Festival asosiy qismi institut yonidagi “Gyote-park” da o`tkazilishi ko`zda tutilgan. Uchrashuvda mazkur tadbirning mazmunli o`tishida "O`zbekkino" Milliy agentligi ham o`z hissasini qo`shishi ta`kidlandi.
Shu bilan birga, festivalda nemis bolalar filmlaridan tashqari yosh o`zbek rejissyorlarining qisqa metrajli filmlari ham namoyish etiladi.
Yana tomonlar 2020 yilning dekabr oyida nemis va o`zbek kinoijodkorlari o`rtasida mahorat darslarini o`tkazish, tajriba almashish bo`yicha ham masalalarni muhokama qilishdi. | 48 | 1,212 |
Madaniyat | Foto: Dunyodagi eng badavlat erkaklarning rafiqalari qanday ko‘rinishga ega? | Stereotiplardan farqli o‘laroq, milliarderlarning turmush o‘rtoqlari ham to‘la-to‘kis hayot kechirmaydi va kameralar oldida yarqirab nur sochmaydi. Ammo sayyoradagi eng boy odamga turmushga chiqqan ayollarni kuzatish hamma uchun qiziq.
Marie Claire nashri taniqli biznesmenlarning umr yo‘ldoshlari qanday ko‘rinishga ega ekani va ular muvaffaqiyatli nikohdan tashqari yana nima bilan tanilgani haqida ma’lumot beradi.
Astrid Menks
Astrid va Uorren Oq uydagi ziyofatda, 2012-yil 14-mart
Turmush o‘rtog‘i: Uorren Baffet, investor
Boyligi: 100,3 milliard dollar (2021, Forbes)
90 yoshli Uorren Baffet yoshligidanoq invesitsiya bilan shug‘ullanadi. U o‘z biznesini 11 yoshida, birinchi marta o‘zini birjada sinab ko‘rganida ochgan. Ammo uning sevgi qissasi karyerasidan ko‘ra ko‘proq og‘izga tushgan. U o‘zining birinchi rafiqasi Syuzan bilan 1952-yilda oila qurdi, lekin xotini San-Fransiskoda shou-biznesdagi karyerasi tufayli 70-yillardan beri u bilan yashamaydi.
Astrid Allen & Co yillik konferensiyasida, 2014-yil 12-iyul
Aytishlaricha, aynan Syuzan erini Astrid Menks bilan tanishtirgan va ikkalasini birga yashashiga ruxsat bergan. Ammo Uorren birinchi xotini vafot etguniga qadar u bilan ajrashmagan, shu bilan birga uchalasi ham samimiy munosabatlarni saqlab qolishgan. Investor Astridga 2006-yildagina uylangan: Astrid o‘sha paytda 60 yoshda edi. Hozirda u eri bilan faqat tadbirlarda ko‘rinish beradi va ko‘p vaqtini xayriya ishlariga sarflaydi.
Elen Mersye
Bernard Arno rafiqasi Elen Mersye bilan Dior Homme erkaklar kiyimlarining 2018—=2019-yilgi kuz-qish ko‘rgazmasida
Turmush o‘rtog‘i: Bernard Arno, LVMH Moët Hennessy Louis Vuitton bosh direktori
Boyligi: 156,5 milliard dollar (2021, Forbes)
Yevropaning eng boy odami yuragini pianinochi Elen Mersye egallagan, uning aytishicha, turmush qurganidan keyin ham musiqiy karyerasini to‘xtatmagan va hanuzgacha yiliga 20 ta konsert beradi. Bernard uchun bu ikkinchi nikoh: 1990-yilgacha u Anna Devavren bilan turmush qurgan, ayolining oilaviy rishtalari biznesmenga shunday kuchli konglomerat qurishda katta yordam bergan. Biroq ikkinchi xotini Elen erining biznesida deyarli qatnashmaydi.
LVxKOONS ko‘rgazmasida eri bilan, 2017-yil 11-aprel
Mersye-Arno xonimning o‘zi ham Bernardning pianino chalayotganini eshitib, uni sevib qolganini tan oladi. Qaysidir ma’noda tarix takrorlangan: milliarderning otasi biznesmen, onasi esa pianinoda ijro etilgan musiqani juda yaxshi ko‘rgan.
Prisstilla Chan
Mark Sukerberg va rafiqasi Prisstilla Chan, 2018-yil, 4-noyabr, Brathrough Science Awards taqdirlash marosimida
Turmush o‘rtog‘i: Mark Sukerberg, Facebook bosh direktori
Boyligi: 94 milliard dollar (2021, Forbes)
Prisstilla Chan hali ham o‘ziga nisbatan ochiqchasiga dushmanlik va tashqi korinishi tufayli kamsitilish holatlariga duch keladi, lekin u allaqachon o‘zi uchun asosiy prioritetlarni belgilab olgan va nafratlanuvchilarga javob qaytarish bu ro‘yxatga kiritilmagan. Aksincha, Mark Sukerbergning rafiqasi ko‘plab yaxshi ishlarga sababchi bo‘lgan: masalan, uning ta’siri ostida Facebook asoschisi xayriya ishlariga katta e’tibor bera boshlagan.
Prisstilla va uning eri Oq uydagi ziyofatda, 2015-yil 25-sentabr
Prisstilla bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan Garvardda tanishgan. Qizning o‘zi biologiya fakultetida o‘qigan, ammo uning aytishicha, Mark singari, u ham dasturlash haqida uncha-muncha narsa bilgan. Aslida bu talabalar kechasida yoshlarni birlashtirgan kodlar haqidagi o‘ziga xos hazil edi. Ajablanarli darajada iste’dodli qiz Chan xonim sevgilisining mashhur loyihasiga to‘laligicha ishondi. Hatto ularning nikoh to‘yi Facebook birjaga chiqqanining ertasiga bo‘lib o‘tgani ham bejiz emas. Hozirda juftlik ikki farzandni tarbiyalab, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bilan shug‘ullanmoqda.
Liz Koh
Charlz Koh rafiqasi Liz bilan Laver Cup Gala’da, 20-sentabr, 2018-yil
Turmush o‘rtog‘i: Charlz Koh Koch Industries bosh direktori
Boyligi: 46,4 milliard dollar (2021, Forbes)
Badavlat insonlar ro‘yxatining doimiy ishtirokchisi bo‘lgan Charlz Koh neftni qayta ishlashdan tortib investitsiyalargacha bo‘lgan turli sohalarni qamrab oluvchi yirik Koh Industries korporatsiyasiga egalik qiladi (aniqrog‘i, hamasoschisi). Biznes Charlzga otasidan meros bo‘lib qolgan.
U rafiqasi Liz bilan turmush qurganiga 45 yildan oshgan. Turmush o‘rtoqlar kamdan kam hollarda shaxsiy hayotlari haqida intervyu beradi, lekin agar bu haqda gapirishsa, ular har doim munosabatlarida oilaviy iliqlikni ta’kidlashadi. “Men unga hazil qilishim mumkin, lekin men uni butun qalbim bilan sevishimni va uni doimo himoya qilishimni biladi”,— deb tan oladi Liz.
Dayana Teylor
Maykl Blumberg va uning rafiqasi Dayana Teylor Nyu-York zamonaviy san’at muzeyidagi ziyofatda, 31-may, 2018-yil
Sherigi: Maykl Blumberg, Bloomberg asoschisi, Nyu-Yorkning sobiq meri
Boyligi: 54,9 milliard dollar (2021, Forbes)
Rasmiy jihatdan, Maykl va Dayana oila qurmagan, ammo 2000-yildan beri ular birga yashashadi. Dunyoga mashhur Bloomberg moliya agentligi asoschisi Nyu-Yorkning 103-meri etib saylanganida, uning sevgilisi Dayana Teylor avtomatik tarzda shaharning birinchi xonimi deb hisoblandi. Bir so‘z bilan aytganda, u Mayklning rafiqasi bo‘lmasa ham, aslida u uning yagona hamrohi hisoblanadi.
Juftlik Met-Gala’da, 2018-yil 7-may
Juftlikning ikkisi ham turmush qurishni xohlamaydi: aftidan, ularning oldingi nikohlari hayotlarida muhim rol o‘ynagan. Shunga qaramay, Maykl va Dayana hozirgacha birga: ikkalasi ham biznes va siyosatda yetakchi (Teylor Nyu-York bank bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan), shuningdek, xayriya ishlariga katta e’tibor berishadi.
Lyusinda Sausvort
Larri Peyj va rafiqasi Lyusinda 2016-yil 4-dekabr, Breakthrough Science Awards taqdirlash marosimida
Turmush o‘rtog‘i: Larri Peyj, Google asoschisi
Boyligi: 67,5 milliard dollar (2021, Forbes)
Larri Peyjning rafiqasi o‘zi haqida hech narsa aytmay ko‘pchilikni qiziqtiradigan ajoyib iste’dodga ega. U 2007-yilda Google asoschilaridan biri bilan tanishganidan bir yil o‘tib turmushga chiqqanidagina ommaga tanildi. Darvoqe, to‘y o‘zgacha shov-shuv bilan o‘tgan: yoshlar to‘yga 600 ga yaqin mehmon taklif qilishgan, tantana o‘tkazish joyi sifatida Richard Brensonga tegishli Neker oroli tanlangan.
Juftlik Breakthrough Science Awards taqdirlash marosimida, 2013-yil 12-dekabr
Larrining umr yo‘ldoshi juda ziyoli oiladan chiqqan va qizning o‘zi ham ajoyib akademik muvaffaqiyatlari bilan maqtansa arziydi. Ilmiy ishining asosiy yo‘nalishi biologik tahlil va tadqiqotlardir. Karyeralaridagi yutuqlarga qaramay, turmush o‘rtoqlar o‘z oilalariga vaqt ajratishni unutmaydi. | 76 | 6,591 |
Madaniyat | Ledi Gaganing “Oskar”ga kiygan qo‘lqopi keskin tanqidga uchradi (foto) | Ledi Gaganing “Oskar” mukofotlarini topshirish marosimiga kiygan qo‘lqopi ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaraga sabab bo‘ldi, deb yozadi “Segodnya.ua”.
Xonanda qizil yo‘lakchada paydo bo‘lganidan bir necha daqiqa o‘tiboq, foydalanuvchilar unga qaratilgan hazillarni yoza boshladi. “Zolushka uy ishlari bilan shunchalik band bo‘lganidan, qo‘lqopini yechishni ham unutibdi”, — deya qayd etdi ulardan biri. “Ledi Gaga, menda ham xuddi shunday qo‘lqop bor, uni xo‘jalik mollari do‘konidan idish yuvish uchun sotib olganman”, — deyiladi yana bir xabarda.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Los-Anjeles shahrida 87-“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 24 ta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi. Marosimni amerikalik aktyor Nik Patrik Xarris olib bordi. An’anaga ko‘ra, marosimning qizil yo‘lakchasida yulduzlar o‘z liboslarini ko‘z-ko‘z qildi. | 70 | 860 |
Madaniyat | Nikolas Keyj Bolgariyadagi suratga olish vaqtida oyog‘ini sindirib oldi | Amerikalik aktyor Nikolas Keyj Bolgariyadagi suratga olish vaqtida oyog‘ini sindirib oldi, deb xabar berdi “TASS”.
Agentlikning ma’lumot berishicha, aktyor “211” filmidagi harakatlardan birini omadsiz bajarib, oyog‘ini sindirib olgan. Hodisa Sofiyadagi “Boyana” kinomarkazida sodir bo‘lgan.
Keyj poytaxtdagi Harbiy-tibbiy akademiya shifoxonasiga yetkazildi.
Aktyorning shaxsiy shifokori bilan maslahatdan so‘ng, davolanishni davom ettirish maqsadida Keyjni AQShga yuborish qarori qabul qilingan. Keyj allaqachon Los-Anjelesga uchib kelgan.
“211” dramasida Nikolas Keyj bankda sodir etilgan qurolli o‘g‘rilikni fosh etishga harakat qiladigan ijobiy qahramon — politsiyachi rolini ijro etadi. Aktyor bilan birgalikda suratga olish ishlari uch hafta davom etishi kerak.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 71 | 841 |
Madaniyat | Turk aktyori Burak O‘zchivitning ustidan politsiyaga shikoyat qilishdi. U hamkasblarini haqorat qilganlikda ayblanmoqda | “Sevgi iztirobi” yulduzi Burak O‘zchivitning “Qurilish: Usmon” serialidagi hamkasblari, uni haqorat qilganlikda ayblab politsiyaga shikoyat qildi.
Shundan keyin huquqni muhofaza qilish organlari “Qurilish: Usmon” serialining suratga olish jamoasiga murojaat qilgan. Shikoyat bo‘yicha surishtiruv boshlangan bo‘lib, unda aktyor tasvirga olish ishlari charchatadigan bo‘lgani, ammo og‘zidan haqoratli so‘z chiqmaganini ma’lum qilgan.
“Iddao qilinganidek hech kimni haqorat qilmadim. Suratga olish jarayoni stressli bo‘lgani to‘g‘ri. Ammo og‘zimdan aslo so‘kinish va haqorat chiqmagan. Chiqishi ham mumkin emas. Meni yaqindan tanigan barcha bunday odam emasligimni yaxshi biladi”, — degan u.
Haber Turk nashrining ma’lum qilishicha, ushbu hodisa 2020-yil dekabrda sodir bo‘lgan. Suratga olish jamoasining 4 nafar a’zosi Burakning ustidan shikoyat qilgan. Ularning aytishicha, tasvirga olish jarayonlaridan birida chodirning ichidan chiqqan aktyor, hamkasblarining ko‘ziga tik boqib ularni haqorat qilgan.
“U maydonchani tark etdi va darhol ortga qaytib yana o‘sha haqoratlarni qayta so‘zladi. Burak O‘zchivitning og‘zidan chiqqanlarni eshitib, suratga olish maydonchasidagilar shokka tushdi va lom-lim deya olmadi”, — degan operator yordamchisi.
Ma’lumot uchun, 36 yashar Burak O‘zchivit “Sevgi iztirobi”dan tashqari, “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi” singari seriallaridagi roli bilan ham yaxshi tanish. | 119 | 1,403 |
Madaniyat | Amerikalik oilaga kelin bo‘lgan o‘zbek aktrisasi, Sevara Soliyeva ishtirokidagi qo‘rqinchli video. Instagram’da nima gaplar? | Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 13-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haqidagi serialda suratga tushish uchun Istanbulda bo‘lib turgan aktyor Javohir Zokirov Bosfor dengizidagi sayr jarayoni aks etgan video bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Adras ko‘ylak kiyib olgan aktrisa Sitora Farmonova muhabbat haqida mulohaza yuritdi.
View this post on Instagram
Bollivud akstrisasi Anushka Sharma va uning balkonidagi gulzori.
View this post on Instagram
Kungaboqarlar orasidan virus blokator taqqan holda ko‘rinish bergan xonanda Sevinch.
View this post on Instagram
Shohjahon Jo‘rayev tug‘ilgan kunini nishonlashni va sovg‘a olishni yoqtirmasligi ma’lum bo‘ldi.
View this post on Instagram
Feruza Normatova Istanbul shahridan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Gulnora Qosimova amerikalik katta o‘zbek oilasiga kelin bo‘lgani haqida intervyu berdi.
Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Otabek Mutalxo‘jayev tojik tilida qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova 30 kishilik to‘ylar haqidagi fikrlarini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Sevara Soliyeva o‘zi rol ijro etgan filmdan parcha joylab, muxlislarini qo‘rqitib yubordi.
View this post on Instagram
Hind aktrisasi Madhuri Diksit ingliz tilidagi so‘zlar AQSh va Hindistonda qanday talaffuz qilinishi haqida videorolik tayyorladi.
View this post on Instagram
Istanbulda qolayotgan Yulduz Rajabova muxlislariga quyidagicha ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
“Qora niyat” seriali orqali o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish turk aktrisasi Eda Eje turli tillarda muxlislariga salom yo‘lladi.
View this post on Instagram
Shahzoda hayotning past-balandliklariga sabr qilib yashash haqida mulohaza yuritdi.
View this post on Instagram | 124 | 2,148 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva: “Meni so‘rab eshik qoqayotganlar ko‘p” | Bu xonanda haqida so‘nggi paytlarda turli gap-so‘zlar “bolalagan” edi. Bu mish-mishlar hatto uni “shou-biznesni tark etaman” deyishga ham majbur qildi. Haqiqatda qanday bo‘lgan, “piar” yoki “anti-piar”? Bunisi xonandaning o‘ziga ayon. Biroq uning ijodi davom etyapti, jurnalistlarga intervyu berishdan ham charchamayapti.
Munisa Rizayeva “Darakchi” nashriga “Men haqimdagi gaplarning hammasi bo‘hton!” deb nomlangan intervyusida xonanda oilasi, sovchilar, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i, ichish va chekish hamda ijoddagi yangi duetdoshlari haqidagi savollarga javob berdi.
Munisa Rizayevaning aytishicha, bolalik paytida ota-onasi ajrashib ketgan. Lekin ular farzandlar bilan bog‘liq masalalarda birgalikda qaror qabul qiladi. Oilada uch qiz farzand bo‘lib, Munisaning opasi turmushga chiqqan, singlisi esa Angliyada yashaydi.
Intervyuda “Zamonaviy oilada tarbiya topgansiz, o‘zbek urf-odatlariga amal qiladigan xonadonga kelin bo‘lib tushsangiz, nima qilasiz?” degan savolga Munisa, bugun uni so‘rab eshik qoqayotganlar ko‘pligini, ularning aksariyati shunday oiladan va agar peshonaga yozilgan bo‘lsa, eplab ketishiga ko‘zi yetishini aytgan.
Xonanda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i borasida avvalo, oilada bir-birini tushunadigan, rashk qilmaydigan va o‘ziga ishongan erkak bo‘lishi kerak degan fikrini bayon etgan.
Munisa Rizayeva: “Ko‘pchilik meni spirtli ichimlik ichadi, chekadi deb aytishadi. Shu intervyuda mana shu gaplarimni alohida yozib o‘tishingizni so‘rayman. Men haqimdagi bu gaplar bo‘hton. Birinchidan, spirtli ichimlikka allergiyam bor. Chekish esa ovozimga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday illatlardan boshqalarning ham yiroq bo‘lishini istayman”.
Shu vaqtgacha Botir Qodirov, “Shod”, “Ummon” guruhlari bilan duet qo‘shiq ijro etgan xonanda ayni paytda unga bunday taklif bildirayotganlar ko‘p ekanligini ta’kidlab, yaqin kelajakda Manzura hamda Rashid Holiqov bilan duet kuylashni rejalashtirayotganini aytdi.
Xonandaning yaqinda yangi ko‘rinishda ish boshlagan rasmiy saytida berilgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, kuni kecha hali nom berilmagan ma’yus ohangdagi yangi qo‘shiq yozilgan. Hozirda Timur Primqulov tomonidan yana bir yangi qo‘shiqqa klip suratga olinmoqda. Klipni suratga olish ishlari bir emas, olti viloyatda bo‘lib o‘tmoqda. | 55 | 2,244 |
Madaniyat | Go‘zallik va millionlar: boy hamda nufuzli insonlarga turmushga chiqqan 5 model (foto) | “Zolushka”lar ro‘yxatida nafaqat moda olamida karyerasiga ega, balki hashamatli hayotga ham erishgan modellar o‘rin olgan. Ular turmush o‘rtoq sifatida rafiqasi uchun pulini tejamaydigan badavlat insonlarni tanlagan.
Natalya Vodyanova va Antuan Arno
2016-yil Natalya Vodyanova beshinchi farzandi – LVMH kompaniyasi, shuningdek, Kenzo, Louis Vuitton, Givenchy va boshqa ko‘plab brendlar boshqaruvini o‘z ichiga olgan fransuz biznesmeni Antuan Arnoning o‘g‘li − Romanni dunyoga keltirdi.
Arno Natalya bilan uchrashgan vaqtda, u bir necha yildan buyon ingliz lordi Jastin Portman bilan turmush qurgan hamda uch farzandning onasi edi. Dastlab ular orasida ish yuzasidan munosabatlar paydo bo‘lgan. Ammo keyinchalik Natalyaning oilasida kelishmovchiliklar boshlangach, u Arnoga hamkasbi sifatida qaramaslikni boshlagan. “Bizda bir qarashda muhabbat bo‘lmagan. Avvaliga men o‘zim uchun iste’dodli, sezgir, ko‘p qirrali ijodkor insonni kashf etdim. Uni ko‘proq bilish men uchun qiziq edi”, − deydi Natalya.
Yelena Perminova va Aleksandr Lebedov
Yelena Perminova – yana bir millionerni zabt eta olgan go‘zal model. Uning hikoyasi xuddi ertakka o‘xshaydi. Tadbirkor, sobiq deputat – Aleksandr Lebedov Yelenaning hayotida qahramon sifatida paydo bo‘lgan. Yelena 17 yoshdaligidayoq sevgilisi tufayli giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan. O‘sha vaqtda Lebedov qizni himoya qilib, unga nisbatan adolatsiz ayblovlarga yo‘l qo‘ymaydi. Shundan so‘ng Lena qahramoniga ko‘ngil qo‘ygan, garchi ularni orada 25 yosh ajratib tursa ham. Ularning hozirda ikki o‘g‘il va bir qizi bor.
Natasha Poli va Piter Bekker
Natasha Polevshikova o‘zining “shahzoda”si bilan 18 yoshida, Kurshevelda ta’til vaqti tanishgan. Taqdir iste’dodli modelni nafaqat go‘zallik, balki hashamatli hayotni in’om etuvchi biznesmen bilan uchratdi. Ular besh yillik munosabatlar davomida dunyo bo‘ylab sayohat qildi. Piter Natashaning qo‘lini so‘rashga qaror qilgach, Maldivdagi butun orolni ijaraga oldi.
Natasha turmushga chiqishga rozi bo‘lganidan so‘ng Piter o‘z vatani Amsterdam yaqinida, daryo bo‘yida uch qavatli qasr qurdi. 2011-yil 13-aprelda Natasha va Piter Gollandiyada turmush qurgan. Motorli kemada bir kunlik sayohatdan keyin xususiy samolyotda Sen-Tropega haqiqiy nikoh marosimini nishonlash uchun uchib ketgan. To‘ydan ikki yil o‘tib, ularning oilasida qiz farzand dunyoga kelgan.
Kendra Spirs va Rahim Aga Xan
Model Kendra Spirs va shahzoda Rahim Aga Xanning nikohiga na yosh, na din, na madaniyatlar orasidagi farq to‘sqinlik qila oldi. Ular 2013-yilning bahor faslida uchrashgan va 4 oylik munosabatdan so‘ng hech qachon ayrilmaslikka qaror qilgan.
Ko‘pchilik valiahd shahzoda 26 yashar rafiqasini to‘ydan keyin to‘rt devor ichiga qamab qo‘yadi, degan gumonda edi. Ammo islom dinini qabul qilgan model ismini o‘zgartirgan. Malika Salva hanuzgacha fotosessiyalarda qatnashmoqda. Agaxan oilasining alohida davlati yo‘q, ammo sulola boshlig‘i nizoriy-ismoiliylar jamiyatini boshqaradi va ko‘plab kurort, qal’a va yirik bank hisob varag‘iga ega. Aytgancha, shahzodaning oilasi modellarga bo‘lgan muhabbatni irsiyatdan deb biladi. Chunki uning bobosi Gollivud yulduzi Rita Xeyvortga uylangan, Agaxanning onasi ham bitaniyalik model Sara Kroket-Pul.
Melaniya va Donald Tramp
Sloveniyalik Melaniya Tramp sobiq model bo‘lib, u ish tufayli milliarder Donald Tramp bilan uchrashgan: 1999-yilda Melaniya unga tegishli “Allure” jurnalida suratga tushgan. Oradan besh yil o‘tib, Melaniya o‘zidan 24 yosh katta bo‘lgan tadbirkorning rasmiy xotiniga aylandi. Ammo bu vaqtda Melaniya ham yosh qizga emasdi: to‘y vaqtida u 34 yoshda edi. Keyinchalik Melaniya Tramp prezidentligi davrida AQShning birinchi xonimiga aylangan. | 86 | 3,695 |
Madaniyat | Buxorolik Ilhom Ismoilov Ozarbayjondagi xalqaro maqom festivali sovrindori bo‘ldi | Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan maqom ijrochilarining an’anaviy 4-Mug‘om xalqaro festivalida buxorolik yosh iste’dodli san’atkor Ilhom Ismoilov sovrindorlar safidan o‘rin oldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar berdi.
Hamyurtimiz nufuzli festivalning ikkinchi darajali diplomi bilan taqdirlandi.
— Ushbu tadbirda 19 davlatdan jamoalar ishtirok etdi, — deydi I. Ismoilov. — Ikki bosqichda kechgan ijodiy bellashuvning hal qiluvchi qismida milliy san’atimizning noyob durdonalaridan sanalgan “Buxoro Shashmaqomi” turkumidagi mumtoz qo‘shiqlarimizdan ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldik. Bu muvaffaqiyatni yurtimizda boy ma’naviy merosimizni asrab-avaylash, musiqa san’atini ravnaq toptirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi, deb bilamiz. | 81 | 783 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.