folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Shahzodalar Uilyam va Garri “Yulduzli janglar” qahramonlari Lyuk Skayuoker va Chubakka bilan uchrashdi | Buyuk Britaniya shahzodalari Uilyam va Garri Bakingemshirdagi “Yulduzli janglar” filmini suratga olish jarayoni ketayotgan Pinewood studiyasi syomka maydonida bo‘ldi. Daily Mail nashrining bildirishicha, mehmonlarni aktyorlar Deyzi Ridli (Rey), Jon Boyega (Finn) va Mark Xemmil (Lyuk Skayuoker), shuningdek, Chubakka kutib oldi.
Shahzodalar kinosaganing ashaddiy muxlislari ekanligini tan oldi. Studiyaga tashrif davomida ular yorug‘lik qilichlarida duel uyushtirishga, shuningdek, BB-8 droidi bilan muloqot qilishga ulgurdi.
“Gazeta.ru” shahzodalarning studiyadagi sarguzashtlari aks etgan fotosuratlarni taqdim etdi. | 102 | 619 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov ishonchni oqlamoqchi, Sevara Nazarxonning tatuirovkasi ma’nosi. Instagram yangiliklari | Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 16-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonovni tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi.
View this post on Instagram
16-iyun kuni shou-biznesning bir necha vakillari tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Ulardan yana biri Rayhon Ulasenova. Shu munosabat bilan aktrisa Ra’no Shodiyeva hamkasb dugonasiga atalgan dil so‘zlarini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Sevara Nazarxon sahifasiga yangi surat joyladi. Xonandaning muxlislari e’tiborini uning qo‘lidagi tatuirovka jalb etdi va ko‘plab izohlar hamda fikrlarga sabab bo‘ldi.
View this post on Instagram
“Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Neslihan Atagul muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Ravshan Sobirov turmush qurganiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan rolik tayyorladi.
View this post on Instagram
Yana bir yangi lavozimga tayinlangan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishonchni oqlashga so‘z berdi.
View this post on Instagram
Lola Karimova—Tillayeva karantin paytida milliy matolardan turli san’at asarlari yaratish bilan shug‘ullanganini bildirdi.
View this post on Instagram
Turk aktyori Burak O‘zchivit sahifasiga “Qurilish: Usmon” serialining navbatdagi qismidan video joylashtirdi. Unda Usmonning no‘yon Sabutay, ya’ni Akbarxo‘ja Rasulov bilan jang qilayotgani ham aks etgan.
View this post on Instagram
Shahzoda Muhammedova qizi Milanani o‘zi bilan ishga olib bordi.
View this post on Instagram
Javohir Zokirov o‘g‘li bilan tushgan suratini bolaligida otasi Jamshid Zokirov bilan tushgan surati bilan taqqosladi.
View this post on Instagram
Xonanda Shirin Sijjakdan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram | 105 | 2,012 |
Madaniyat | "Darvozam oldida yigirma-o`ttizta mashina meni kutib turgan paytlar ham bo`lgan..." – G`iyos Boytoev | O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist G`iyos Boytoevning qo`shiqlari dilga yaqin. Garchi hamon klipsiz taqdim etilayotgan bo`lsa-da, muxlislar qalbiga yo`l topishda davom etmoqda. Bu san`atkorning o`ziga xos iqtidori, yo`nalishi va tinimsiz mehnatlarining mevasidir.
— Can`atkor sifatida kliplarga munosabatingiz qanday?
— Yaxshi. Klip she`r va musiqa bilan uyg`unlashib, qo`shiqning darajasini yanada balandlarga ko`tarishi kerak. Agar faqat chiroyli qiz bilan yigitning qo`l ushlashib yurishidan iborat bo`ladigan bo`lsa, qo`shiqning saviyasi ham tushib ketadi. Afsuski bugungi kunda shu tariqa suratga olingan engil-elpi kliplar “klip” degan atamaning ham obro`sini tushirib yuboryapti.
— Agar klip suratga olishga qaror qilsangiz, qaysi qo`shig`ingizga olgan bo`lardingiz?
— Bir paytlar “Onam yig`lar” qo`shig`imga klip olmoqchi bo`lgandik. O`tirib yaxshilab o`ylab chiqsak, kino bo`lib ketadiganday. Keyin maslahatlashib “Biz nechun uchrashdik qirqdan oshganda” qo`shig`imni tanladik. Uning ham ssenariysi shunaqangi kengayib ketdiki, naq “kino” deysiz. Shunda men, klip qilaman deb, zo`r qo`shiqning ham obro`sini tushirib yuborish hech gap emasligini tushunib etganman.
— Onalar haqidagi qo`shiqlaringizni dildan kuylagansiz. Shuning uchun ham ularning umri uzoq bo`ldi...
— Bir paytlar aytgan “Onam yig`lar” qo`shig`imni muxlislar haligacha eslashadi. Onaning farzand dog`ida kuyishi, albatta, ayanchli holat. Ammo, hayot faqatgina shodliklardan iborat emasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Uning g`amli, achchiq kunlari ham ko`p. Ilohim, hech bir onaning ko`nglini bunday g`am egallamasin! Butun dunyo onalarining qalbidagi yaxshi niyatlari ijobatini bersin. “Onasi bor odamlar, hech qachon qarimaydi” qo`shig`im barcha onalarga bag`ishlangan. Uni ko`zlarida yosh bilan tinglaydigan insonlarni ko`p kuzatganman. Onalarimizni madh etgan bunday qo`shiqlarni qancha kuylasak, shuncha kam...
— Bolaligim-poshsholigim, deyishadi. O`sha kunlarni qanday voqealar bilan eslaysiz?
— Bolalikda judayam sho`x bo`lganman. Texnikaga, transportga o`ch edim, “velosiped olib bering”, deb uydagilarni holi-jonlariga qo`ymasdim. Akamning motosikllari bo`lardi, shuni minib, har joylarga uraverib yo`q qilganman. Qarindoshlar kelishsa, mashinalariga chiqib olib soatlab o`tirishdan zerikmasdim. U paytlar mashinalar kam, yo`ldan bir kunda bitta mashina o`tib qolsa, katta gap edi-da.
— Ilk bora sahnaga chiqqan kuningiz yodingizdami?
— Bolalikdan sozandalikka qiziqardim. Avaz akam uydan chiqishlari bilan men ruboblarini chalib, opalarim qarsak chalib o`ynaganlarida sakkiz yashar bola edim. Bu qiziqishimni ko`rgan akam akkordeon olib bergandi. O`shandan keyin jamoa xo`jaligimizning ansamblida qatnashib, akkordeon chala boshlaganman. Shunda ashulani xirgoyi qilganim magnitofonga yozilib qolgan ekan, “Konsertda ayta olasanmi?” deb so`rashgan. Men mardlik qilib “Aytaman” deb yuborganman. Shu so`zim sabab birinchi marta sahnaga chiqqanman. O`shanda tomoshabinlarga yuzma-yuz turib qo`shiq aytgan holatimni hech qachon unutolmasam kerak. Qo`shiq aytyapman-u, oyoq-qo`lim qotib qolayotganidan qo`rqib ketganman. Xuddi nafas ololmay qolganday bo`lganman. Xayolimga qo`shiq aytishning ham o`ziga yarasha siri bor ekan-da, degan fikr kelgan...
— Yulduzlik onlaridan olgan saboqlaringiz?
— Muxlislardan ko`plab maktublar olardim. Agar hammasi to`plansa, bir katta sandiq to`lardi. Ammo birortasiga ham javob yozmaganman. Jiyanlarim, “biz javob yozsak, maylimi?” deyishardi. Ruxsat berardim. Yarim tun, ba`zida tongga yaqin xizmatlardan horib-charchab uyga qaytganimda, eshigimiz tagida turgan mashinalarni ko`rib, “Uyimizda tinchlikmikan?” deb qo`rqib ketardim. Bu meni ko`rgani, to`yga aytgani kelgan odamlar bo`lardi. Hatto yigirma-o`ttizta mashinalar qatorlashib turgan paytlar ham bo`lgan. Buni qarangki, ota-onam rahmatli o`sha kelgan odamlarning hammasini dasturxon yozib, mehmon qilishardi. Ularni qiynab qo`yayotganimni ko`rganimdan keyin “Yo`q, men Toshkentda yashamasam bo`lmas ekan...” deganman. Xalqimizda “Mevali daraxtga tosh otiladi”, degan gap bor. Chindan ham mevasi e`zozlab teriladiyam, tosh otib tushiriladiyam. Mashhurlikning ozorlarini chekkan paytlarimiz ham ko`p bo`lgan...
— “Biz nechuk uchrashdik qirqdan oshganda” qo`shig`ingizning tarixini aytib bering. Muxlislar uni o`z hayotingizdan olingan, deb o`ylasharkan...
— San`atkorning qaysi qo`shig`i ta`sirli chiqqan bo`lsa, tinglovchining yuragiga etib borsa, “Shu qo`shig`i zo`r chiqibdi, xonandaning o`z hayotidan olingan bo`lsa kerak”, deb o`ylashadi. Abduhoshim akamiz bo`lardilar, vafot etib ketganlar. U kishi o`zlari san`atkor bo`lsalar-da, menga muxlis edilar. Bir kuni “G`iyos, necha yoshga kirding?” deb savol berib qoldilar. “Qirqdan oshdim” deya javob qaytardim. “Zo`r she`r bor” dedilar-da, telefon raqamimni yozib oldilar. Men she`rni telefon orqali yozib oldim. “Qaerdan oldingiz?” deb so`rasam, “Bozorda bir bola berdi” dedilar. Men she`rni qo`shiq qilib, konsertda aytdim, ammo she`r muallifi kimligini bilolmadik. Bir kuni to`yda shoir Mahmud Toir “She`rni yaxshi qo`shiq qilibsiz”, dedilar. Men xijolat bo`lib, she`r muallifi ekanlar-da, deb o`yladim. Keyin Mahmud Toirning kitobini olib, shu she`r ham borligini ko`rdim. Bu shoirga hurmatim baland. Ba`zida “Shoshilib, shoir kutgandek ohangga sololmagandirman”, deb ham xijolat tortaman. Lekin tinglovchilar yaxshi qabul qilishganidan xursandman.
— G`iyos Boytoev hayotda ham xuddi sahnadagidek og`ir-bosiq tabiatlimi yoki bu ko`rinish sahna imidjimi?
— O`zi hayotda tili ham, dili ham bir odamlarni hurmat qilaman. Hayotdayam og`ir-bosiqman. Arzimagan narsaga asabiylashib ketadigan odatim yo`q. Birov bilan tortishib, aytgan gapimni o`tkazaman, deb oyoq tirab turib olishlardan nariman. Hatto birov qilgan yomonlikni ham tezda unutib yuboraman. Kimgadir ozgina qattiq gapirib qo`yib ham, bundan afsus chekkan paytlarim ko`p bo`ladi. “Nega shu odamning ko`nglini og`ritdim-a?” deb o`ylab yuraman. Farzand tarbiyasi nozik masala, kerak paytda qattiqqo`llik qilmasangiz bo`lmaydi. Kezi kelganda, bolalargayam qattiq gapirib, o`zim qiynalib yuraman.
— Siz qanday tabiatli odamlarga toqat qilolmaysiz?
— Insonlarga ozor berish juda yomon odat. Ba`zi odamlar haqida oldida yaxshi gapirib, nari ketishi bilanoq orqasidan yomon gapirishadi. Shunday kishilarni hurmat qilmayman.
Men haqimda oldimda ham, orqamdan ham faqat yaxshi gapirishlarini istayman. Shunga yarasha o`zim ham birovning ortidan yomon gapirmaslikka harakat qilaman…
— Jurnalistlarning sizga yoqmaydigan savollari?
— Oilam haqidagi savollarini yoqtirmayman. Muxlislarimizga san`atkor haqidagi barcha ma`lumotlar qiziq ekanligini tushunaman. Biz ham hamma qatori odammiz, hamma qatori yashaymiz. Xalqimiz donolik bilan “Jo`jani kuzda sanaymiz”, deb qo`yibdi. Shunday bo`lgandan keyin men hali hech nimaga erishmagan farzandlarim haqida nima deyishim mumkin. Hamma ota-onalar qatori yaxshi orzu-niyatlar bilan farzand katta qilyapman. Ammo hozircha gapirishga arziydigan bir ish qilib ulgurganlari yo`q. El koriga yaraydigan, yurtga foydasi tegadigan insonlar bo`lib etishishsin. Ana o`shanda tarbiyamiz mevasini ko`rib, gapirsak arziydi. Muxlislarga bir yangilikni aytib qo`ymoqchiman, nasib etsa 2023 yilda bo`ladigan konsert dasturimga tayyorgarlik ishlarini boshlaganmiz. Yangi albomga yangi qo`shiqlar qatorida ular sevgan qo`shiqlarimizning qayta ishlangan variantini yozib kirityapmiz.
— Hayot sizga nimalarni o`rgatdi?
— San`atda yaxshi qo`shiq reklamaga muhtoj emasligining isbotini ko`p marotaba ko`rdim. Qalbga yaqin qo`shiqni muxlis kerak bo`lsa o`zi qidirib topib eshitadi. Qolaversa, qalbga yaqin qo`shiqning umri uzoq bo`lishiyam haqiqat. Unga falon millionlab pul sarflashgayam hojat yo`q.
Hayot esa menga samimiylik, kamtarlik xislatlari odamni hurmatga, izzatga loyiq qilishini o`rgatdi. Pulga sotib olingan hurmatning umri qisqa ekanligini angladim.
Tuhfa NAZAROVA suhbatlashdi | 100 | 8,169 |
Madaniyat | Jennifer Lopes to‘rtinchi bor turmushga chiqmoqda | Aktrisa va xonanda Jennifer Lopes amerikalik basketbolchi Aleks Rodriges bilan nikohlandi. Lopes Instagram‘dagi sahifasida nikoh uzugi fotosini joyladi.
Rodriges ham o‘z sahifasida “U rozi bo‘ldi” yozuvi bilan shunday foto joyladi. Juftlik hozircha to‘y kunini e’lon qilmadi.
Ushbu nikoh aktrisa uchun to‘rtinchi, sportchi uchun ikkinchisi bo‘ladi.
Lopes xonanda Mark Entoni bilan turmushida dunyoga kelgan egizaklarning onasi, Rodrigesning ham ikki nafar qizi bor. | 49 | 466 |
Madaniyat | Xalqaro maqom san`ati anjumanida 300ga yaqin xorijlik ishtirok etadi | 2018 yil 16 avgust kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “I Xalqaro maqom san`ati anjumani”ga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.
Matbuot anjumanida Tashkiliy qo`mita, Xalqaro maqom san`ati anjumanining saralash bosqichi Hakamlar hay`ati a`zolari, taniqli maqom ijrochilari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda jurnalistlar xalqaro tadbir bo`yicha o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Ma`lumki, mazkur xalqaro anjuman O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hamda 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom san`ati anjumanini o`tkazish to`g`risida”gi qarorlariga asosan tashkil etilmoqda.
Bugungi kungacha, dunyonnig 70 dan ortiq davlatidan 300 ga yaqin ishtirokchilar tadbirda qatnashish istagini bildirgan. Xususan, 29 davlatdan 162 nafar ijrochilar o`z san`atlarini namoyon etmoqchi bo`lsa, 20 ta davlatdan ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashish uchun murojaat kelib tushgan. Bundan tashqari, 8 ta davlat vakillari Hakamlar hay`ati a`zoligiga kiritilgan bo`lsa, 19 ta davlatda o`tkaziladigan turli darajadagi festivallar direktorlari ham qatnashishni niyat qilgan. 17 ta davlat esa mehmon sifatida ishtirok etmoqchi. Xalqaro anjumanni yoritish maqsadida 30 ta davlatdan 40 ga yaqin ommaviy axborot vositalari vakillarining kelishi kutilmoqda.
Xalqaro anjumanni tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha Tashkiliy qo`mitaning 2018 yilning 7 avgust kuni bo`lib o`tgan yig`ilishida O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O`zbekiston milliy axborot agentligi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari ishtirokida Xalqaro maqom san`ati anjumani Matbuot markazi faoliyati yo`lga qo`yildi.
Unga ko`ra, Matbuot markazi faoliyatiga rahbarlik qilish, uning ishini muvofiqlashtirish vazifasi O`zbekiston Matbuot va axborot agentligiga yuklatildi.
Matbuot markazi tomonidan anjumanni keng yoritish bo`yicha media-reja ishlab chiqildi va amalga tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, Markaz faoliyatini tezkorlik bilan tashkil qilish, OAVni anjuman va mavzuga oid materiallar bilan ta`minlab borish maqsadida anjumanning www.maqomfourm.uz rasmiy sayti, Telegram ijtimoiy tarmog`ida jurnalistlar uchun alohida https://t.me/pressmaqom guruhi tashkil qilindi.
Shuningdek, Matbuot anjumanida yosh ijrochilar va san`at ustalari tomonidan milliy maqom san`ati namunalari ijro etildi. | 68 | 2,624 |
Madaniyat | Afsonaviy ABBA guruhi 40 yildan buyon ilk bor albom taqdim qiladi. Undagi qo‘shiqlardan ikkitasi YouTube’ga joylangan (video) | Afsonaviy ABBA guruhi a’zolari 40 yillik tanaffusdan keyin ijodga qaytishga qaror qilgan. ABBA Voyage deb nomlanadigan albom 5-noyabr kuni taqdim qilinadi.
Undan o‘nta yangi qo‘shiq o‘rin oladi.
Ulardan ikkitasi: I Still Have Faith In You va Don’t Shut Me Down nomli qo‘shiqlarni striming platformalari hamda guruhning YouTube’dagi rasmiy sahifasi orqali tinglash mumkin.
Qolaversa, guruh a’zolari o‘zlarining gologrammalari ishtirokida gastrol safarlari tashkil etilishi haqida ham ma’lumot bergan. Ma’lum qilinishicha, ijodkorlar gastrol safarlarida yangi albomni namoyish qilish maqsadida o‘zlarining elektron avatarlarini yaratgan. Qo‘shimcha qilinishicha, konsert dasturidan nafaqat yangi qo‘shiqlar, balki eski xitlar ham o‘rin oladi. | 125 | 743 |
Madaniyat | “Kul, baxtli bo‘l! Kim biladi, erta keladimi, yo‘qmi?”. Bollivud qiroli Shohrux Xon ishtirokidagi filmlardan eng yaxshi iqtiboslar | Taniqli hind aktyori, prodyuser, teleboshlovchi va Filmfare Award mukofotini qo‘lga kiritish bo‘yicha rekordchi bo‘lgan Shohrux Xon ijrosidagi deyarli barcha film va loyihalar muvaffaqiyatga erishgan. 55 yashar aktyor arsenalidagi eng yaxshi filmlardan muxlislar uchun sevimli jumlaga aylangan monolog va dialoglarni e’tiboringizga havola etamiz.
“O‘tkinchi dunyo” filmidan
“Seni butun umr sevaman, hayotimning oxirgi onlarigacha sevaman, undan keyin ham shunday”.
“Do‘stona munosabatlar umr yo‘ldoshlik bilan davom etishi ham mumkin. Olg‘a qarab qadam bosilsa bo‘ldi. Olg‘a qadam bos, yo‘l o‘z-o‘zidan ochiladi. O‘ylab ko‘r, o‘ylashing uchun butun hayotimni beraman”.
“Yasha, kul, baxtli bo‘l..Kim biladi, erta keladimi, yo‘qmi…”
“Butun hayot davomida men sevgining ketidan chopdim, hayot mendan qochayotgan vaqt esa sevgiga duch keldim”.
“Devdas” filmidan
— Har qalay seni eslagan ekanman.
— Qachon?
— Har nafas olganimda.
“Hech qachon alvido demang” filmidan
“Muhabbat va o‘lim chaqirilmagan mehmon bo‘ladi”.
“Ba’zan do‘stlik o‘rnini muhabbat egallaydi, keyin muhabbat uchun joy qolmaydi.
“Alvido demang, alvido desangiz, uchrashish umidi so‘nadi”.
“Kamchilik ikkimizda ham bor. Faqat farqi shundaki, sen o‘rtadagi rishtani uzish haqida gapirasan, men esa mustahkamlash haqida”.
“Aytishlaricha, vaqt har qanday yaraga malham bo‘lar ekan, lekin shunday rishtalar bilan bog‘liq dardlar borki, vaqt o‘tgani sayin ular yanada chigallashib, chuqurlashib ketaveradi”.
“Om Shanti Om” filmidan
“Agar inson biror nimani chin qalbdan niyat qilsa, butun koinot uni shu orzusiga yetishtirish payida bo‘ladi”.
“Xuddi filmlarimizdagi kabi hayotimizda ham oxirida hammasi yaxshi yakun topadi. Quvonchli va xayrli. Mabodo yaxshi bo‘lmasa, unda hali tugamagan bo‘ladi. Demak, filmning hali davomi bor”.
“Gohi shodlik, gohi g‘am” filmidan
“Nima bo‘lganda ham uyda ota-ona bo‘lishi kerak, Yo‘qsa, oilada nimadir yetishmayotgandek tuyulaveradi”.
“Hayotda biror maqsadni ko‘zlab, unga erishmoqchi bo‘lsang, orzungga yetmoqchi bo‘lsang, qalbingga quloq sol. Javob topolmasang, ko‘zingni yumgin-da, ota-onangni ko‘z oldingga keltir”.
“Hayotda shunday damlar bo‘ladiki, yoshlar kattalarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi”.
“Vir va Zara” filmidan
“Men mahbus yetti yuz sakson oltinchi, qamoq darchasidan ma’yus boqaman”.
“Sevishganlar” filmidan
“Qanday bo‘lsang, shundayligingcha qol. Agar kimdir seni o‘zgartirishga urinsa, bu sevgi emas, bitim bo‘ladi”. | 130 | 2,437 |
Madaniyat | “Namangan kitob olami” urush faxriylariga kitoblar taqdim etmoqda | “Namangan kitob olami” markazi yana bir xayrli ishga qo‘l urdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Markaz va “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari, deputatlar, ulamolardan iborat guruh Namangan shahridagi Ikkinchi jahon urushi faxriylari xonadonlarini yo‘qlamoqda. Jumladan, shu kungacha shahardagi N. Sattorov, Sh. Nuriddinov, M. Pattayev, Q. Murodov kabi tabarruk keksalardan xabar olindi.
Faxriylarga esdalik sovg‘alari va “O‘zbekiston ulamolari” kitobi taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Namangan kitob olami” tomonidan viloyatda “Men kitobni o‘qishni sevaman” nomli sayyor aksiyalar o‘tkazilayotgani ma’lum qilingandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 65 | 708 |
Madaniyat | Instagram: Singlisiga mashina sovg’a qilgan Muhammadziyo, yaqin insonidan ayrilgan Ra’no Shodiyeva, “zapret”ga tushgan Shohrux Hamdamov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Ulug‘bek Qodirov xonanda Diyor Mahkamov bilan tasodifan uchrashuv qolganini aytdi va u bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Opera xonandasi Milena Madmusayeva muxlislariga Parijdan salom yo‘lladi.
Xonanda Ziyoda ikki o‘g‘li unga nonushta tayyorlab berayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova turmush o‘rtog‘ining asli qirg‘izistonlik ekanini ma’lum qilgan edi. U obunachilariga muhim yangilikni, ya’ni tez kunlarda Qirg‘izistonga borishini va shu asnoda muxlislari bilan uchrashishini ham aytdi. Aktrisa kichik o‘g‘li Saidmumarni yaqinlari bilan tanishtirishi haqida gapirdi.
Raqqosa Parizoda navbatdagi xizmatni Samarqandda o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
Dilnoza Kubayeva yangi suratini muxlislariga namoyish qildi.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva muxlislariga kayfiyatni ko‘tarishni aytdi va issiqdan ham bahra olishga undadi.
Turkiyaninig mashhur aktyorlaridan biri Burak O‘zchivitning rafiqasi, aktrisa Fahriye Evjen yangi suratini sahifasiga joyladi.
Xonanda Dilnoza Hakimova “Ishq” nomli yangi taronasini muxlislariga havola etdi.
Aktrisa Zuhra Soliyeva yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Botir Qodirov oilasi bilan dam olishga borgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Ra’no Shodiyevaning oilasi og‘ir judolikka uchradi. Aktrisaning buvisi vafot etdi.
“Bravo” kulgi jamoasining a’zosi, aktrisa Shahlo Zoirova sahifasidagi obunachilaridan issiqqa qanday chidayotganini so‘radi.
Valijon Shamsiyev onasi bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Xonanda Muhammadziyoning singlisi besh pora Qur’on yoddan tushirdi. U singlisiga bergan va’dasini bajardi, ya’ni Nexia 3 avtomobilini sovg‘a qildi.
Aktrisa Asal Shodiyeva Instagram sahifasini ochganiga 10 yil bo‘lganini ma’lum qildi. Obunachilaridan esa qachon Instagram sahifasini ochgani haqida so‘radi.
Hosila Rahimova qudalarining uyiga borgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Turkiyalik xonanda Tarkan sahifasidagi obunachilariga har bir kuni xayrli o‘tishini tiladi va ularning e’tibor ko‘rsatayotganidan minnatdor bo‘lishini aytdi.
Saida Saidbekova uyida Muyassar Berdiqulova, Mashhura Zulfiqorova va o‘ziga yaqin bo‘lgan boshqa aktrisalarni mehmon qildi.
Yaqinda san’atga qaytganini ma’lum qilgan aktrisa Diana Yunusxo‘jayeva Instagram sahifasida savol-javob o‘tkazdi. Uning muxlislaridan biri “Super kelinchak” filmidagi partnyori Adiz Rajabov bilan aloqasi qanday ekanini so‘ragan, aktrisa esa u bilan muloqot qilmasligini aytgan.
Aktyor Shohrux Hamdamov hech bir sababsiz kinoda rol o‘ynash huquqi olib qo‘yilganini, rejissorlar uni kinoda o‘ynashga ruxsat bermayotganini va ma’lum bir vaqt filmlarda rol ijro eta olmasligini ma’lum qildi. U obunachilariga barchasi yaxshilikka xizmat qilishi haqida ham gapirgan. | 135 | 2,888 |
Madaniyat | Farg`onada o`zbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmi suratga olish ishlari boshlandi | Milliy qahramon “Kazbek” obrazini Ulug`bek Qodirov gavdalantiradi.
Bugun Farg`onada O`zbekiston Kinematografiya agentligi va “Belarusfilm” kinostudiyasi hamkorligida o`zining jasorati va vatanparvarligi bilan mashhur bo`lgan Ulug` Vatan urushi qahramoniga bag`ishlangan filmning suratga olish ishlari boshlandi. Agentlik bu haqda xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Farg`ona bo`lib o`tgan an`anaviy “likopcha sindirish” marosimiga “Belarusfilm” kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy, agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, suratga olish guruhlari a`zolari va kinoijodkorlar jamoasi tashrif buyurdi.
"Hozirgi kunda dunyo bilan kino tilida gaplashish, qadriyatlar, katta va do`stona oilamiz haqida, qarindosh-urug` va do`stlarga hurmat va ehtirom, chinakam sadoqat haqida gapirish juda muhim. “Osiyo arsloni” filmi qahramoni Mamadali Topvoldiev nafaqat o`zbek, balki belarus xalqining ham qahramoni hisoblanadi.
Ushbu film do`stlik, hayot uchun kurash, o`zgalarni hayotini saqlash va fidoyilik haqida hikoya qiladi”, — deydi “Belarusfilm” bosh direktori Vladimir Karachevskiy.
O`zbek va Belarus kinematografi tomonidan teng ulushlarda moliyalashtirilayotgan film Farg`ona viloyatida tug`ilgan, urushda partizan razvedkachisi sifatida ishtirok etgan Sovet Ittifoqi Qahramoni Mamadali Topvoldiev (Belarus partizanlari uni “Kazbek” deb atashgan) haqida hikoya qiladi. Filmga “Men terrorchi emasman” filmi bilan tanilgan Muxammadali Iskandarov rejissyorlik qiladi.
"Bugun Farg`ona shahrida O`zbekiston Kinematografiya agentligi va “Belarusfilm” kinokompaniyasi hamkorligidagi “Osiyo arsloni” (tahr. – avvalgi nomi “Kazbek”) filmining suratga olish ishlari boshlandi", – deya izoh berdi Firdavs Abduxoliqov.
"Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar oldiga xalq qahramonlari obrazlarini kinoda abadiylashtirish vazifasini qo`ymoqda.
Mamadali Topvoldiev esa xalqimizning haqiqiy milliy qahramoni. O`zingiz hulosa qiling: M. Topvoldiev asirga tushib, qochib ketadi va partizanlar safiga qabul qilinadi. U ko`priklar va yo`llarni minalaydi, dushmanning 19 ta eshelonini relsdan chiqarib yuboradi, fashistlar Germaniyasiga aqlga sig`maydigan zarar etkazadi va ularni dahshatga soladi. Qo`l jangida u 76 fashistni yo`q qiladi, bitta nemis generalini va g`alaba uchun qimmatli ma`lumotlarni taqdim etgan juda ko`p ofiserlarni asirga oladi. Nasistlar Kazbekning boshi uchun 50 ming reyxsmarka va`da qilishadi! Uning nomi bilan bog`liq bir nechta hikoyalar mavjud. Har bir operasiyadan keyin u daraxtga xanjar bilan Kazbek nomini o`yib yozib qoldirardi, shu tarzda u o`z izini qoldirgan va nemislarni qo`rquvda ushlab turgan. Mamadali Topvoldievning xizmatdoshlari uni Kavkazdagi ulug`vor tog`ga qiyoslab, Kazbek deb atashgan, nemislar esa Osiyo arsloni nomini berishgan. 1944 yilda Stalin unga “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvonini bergan. Ushbu kinoloyihani amalga oshirishda ko`rsatayotgan yordami uchun O`zbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildiramiz".
“O`zbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Odilovning ma`lumot berishicha, bosh rolga Ulug`bek Qodirovning tanlanishi bejiz emas.
“Biz aktyorni AQShdaligida taklif qilgan edik. U rol ustida sinchkovlik bilan ishlashda davom etmoqda va hatto 25 kilogramm tashlashga muvaffaq bo`ldi. O`zbekiston yoshlari uni yaxshi ko`radi va u qahramon obrazini munosib gavdalantira oladi, deb umid qilamiz. Film loyihasini moliyalashtirish uchun 2 million AQSh dollari miqdorida mablag` jalb etildi. Kinematografiya agentligi va Belarusfilm xarajatlarni teng ulushda qoplaydi. Farg`ona viloyati hokimligi ham munosib hissasi bilan loyihani qo`llab-quvvatlaydi degan umiddamiz", – deydi B.Odilov.
“Uzbechka” va “Osiyo arsloni” loyihalarini amalga oshirish bo`yicha kelishuvlar o`tgan yilning kuzida Minskda o`tkazilgan “Listopad” kinofestivalida tuzilgan edi. Ta`kidlab o`tilishicha, mazkur kinofestivalda O`zbekistonning “Ilhaq” filmi bosh sovrinni qo`lga kiritgan edi. Film realistik jangovar sahnalar, kinoxronikalar va chuqur emosionallik bilan tomoshabinlarni xursand qilishni va`da qiladi.
Shohida Ismoilova, aktrisa:
"Tasvirga olish muhiti menga juda ma`qul keldi. Uy esa o`sha muhitni eslatayapti. O`zimni shu davrdagidek xis qilayapman. Liboslar, uning rangi taqinchoqlargacha alohida ahamiyat qaratishgan. Rosti samimiy vodiy xalqi, ularning shirin so`zlari menga ilhom bag`ishlamoqda. Men tarixi filmda tasvirga tushayotganimdan shodman".
Tesha Mo`minov, O`zbekiston xalq artisti:
"Tarixiy filmda obrazni jonlatirishning o`z yuki bor. Rolga kirishdan avval rosti shu yukni xis qildim. Urush va uning kechinmalari asarda yoritilayapti. Filmdagi voqeliklarni hammasini oshkor qila olmayman. Tomoshabin kutsin, yana bir tarixiy asar yaratilayapti. Asar yaratilganda ham chinakam qahramon hayoti".
Karim Mirxodiev, O`zbekiston xizmat ko`rsangan artisti:
"Qisqa so`zlamoqchiman. Filmda Mamadali Topvoldievning otasi obrazini yaratayapman. Eng og`ir sahna bu men uchun farzandini urushga jo`natayotgan ota. Boshiga do`ppi kiydirib millatni, mamlakatni, oilani unutma degan ramzi bor".
Ulug`bek Qodirov, aktyor, bosh rol ijrochisi:
"Topvoldiev rolini ijro etayapman. Mamlakatimizning chinakkam qahramoni. Obrazni his qila boshladim. Qiziq bir gapni aytmoqchiman. Shu obraz uchun 25 kilogrammdan ko`proq vazn tashlashimga to`g`ri keldi. Ozishga rozi bo`lganim va ozganim bu obrazni yaratishni istaganimni bildiradi. Bu haqda ko`p gapirmayman film haqiqiy tarixiy asar bo`ladi".
Muhammadali Iskandarov, rejissyor:
"Avvallari tarixiy klip suratga olganman. Tarixiy filmga birinchi marotaba qo`l urishim. Film yaratishga ruhan o`zimni tayyorlab mana bugun birinchi tasvirga olish ishlarini boshladik. Filmga o`zbek va belaruslik ijodkorlar hamkorlikda mualliflik qilishmoqda. Asarda haqiqiy o`zbek o`g`loni hayoti yoritiladi. Asriy an`analarini asrashga bel bog`lagan o`g`lon. Ikki mamlakat ijodkorlari bir maqsadda Mamadali ota hayotini yoritishga kirishdik".
Bugun esa Farg`ona vodiysining Zohidon shahrida Mamadali Topivoldiev nomidagi muzey ochildi. Muzeyning ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etdi.
Quyida kinoloyihaning suratga olish maydonidan tayyorlangan beksteyjni e`tiboringizga havola qilmoqchimiz.
https://youtu.be/KuPrBngMz2E | 108 | 6,224 |
Madaniyat | Namanganda “Adiblar xiyoboni” ochildi | Namangandagi an’anaviy Mashrabxonlik haftaligi bir qator yangiliklarga boy bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Shoir haykali qad rostlagan maydon “Adiblar xiyoboni” deb nomlanib, bu yerda o‘zbek adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan Nodim Namangoniy, Hilvatiy, Muhammadsharif So‘fizoda, Ishoqxon to‘ra Ibrat, Nabixon Chustiy, Rafiq Mo‘min, Usmon Nosir, Zafar Diyor, Husniddin Sharipov va Habib Sa’dulla singari 10 nafar adibning byusti joy oldi.
Poytaxt Toshkentdan keyin ikkinchi bo‘lib tashkil etilgan “Adiblar xiyoboni” ochilishida “Sharq yulduzi” jurnali muharriri Sirojiddin Rauf, “Yer yuzi” jurnali muharriri Humoyun Akbar Namangan adabiyotga, shu zaminda tug‘ilib-o‘sgan ijodkorlarga berilayotgan e’tiborni e’tirof etdi.
“Adiblar xiyoboni”dan byusti o‘rin olgan siymolarning oila a’zolari nomidan adabiyotshunos Rustam Sharipov so‘z olib, bunga bosh qo‘shgan mutasaddilar, adabiy jamoatchilik, haykaltaroshlarga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Tadbirda viloyat teatri ijodiy jamoasi tomonidan tayyorlangan Abdulla Jabborning “Ko‘rgoli keldim” dramasi asosida tayyorlangan kompozitsiya namoyish etildi.
Mashrabxonlik haftaligi doirasidagi tadbirlar Namangan Davlat universitetida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanga ulanib ketdi. | 37 | 1,268 |
Madaniyat | O‘n yil ichida umuman qarimagan jahon kinoyulduzlari (foto) | Shou-biznesning quyida nomi tilga olingan vakillari yosh bu pasportga qayd qilingan raqam ekaniga ishonadi. Ularning tashqi qiyofasiga nazar tashlab esa bunga shubha qilmaslik aniq. O‘tayotgan yillar qiyofasida aks etmaganini ayrimlari sport bilan muntazam shug‘ullanish va iste’mol qilayotgan mahsulotlariga e’tibor berish bilan bog‘lasa, ba’zilari ichki dunyoning yosh va go‘zalligida deb biladi. Lekin bu go‘zallik jarrohlik amaliyotlarining natijasi bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas.
Xaydi Klum
Xaydining suratiga nazar tashlab, uning 47 yoshda ekaniga ishonish qiyin. Modelning o‘n yil avvalgi surati bilan hozirgisi solishtirilganda esa 2010-yildagidan ham yoshroq ko‘rinadi. Soch turmagining o‘zgartirgani uning chiroyiga chiroy qo‘shgan.
Sindi Krouford
54 yoshli Sindining 44 yoshda vaqti bilan solishtirilsa, sezilarli darajada o‘zgarishni payqash qiyin. Yosh o‘tishi model qiyofasiga ta’sir qilmagan, degan xulosaga kelish mumkin.
Salma Xayek
Salmaning 54 yosh ekanini bilmagan odam uni kamida 20 yosh kichik deb o‘ylashi aniq. Uning 10 yil avvalgi surati bilan hozirgisi solishtirilsa, biroz vazn to‘plaganini aytmaganda boshqa o‘zgarish kuzatilmaydi. Yuz shakli o‘sha-o‘sha, ajinlar esa hali paydo bo‘lishni istamayotgandek go‘yo.
Sheron Stoun
Sheron 62 yoshda va bu uning zamonaviy kiyinmasligi va o‘ziga qaramasligi uchun sabab bo‘la olmaydi. Uning yosh ko‘rinish siri doim sport bilan shug‘ullanishi va ratsioniga e’tibor berishida. Stoun o‘tli choyni yaxshi ko‘radi va kuniga 20 finjon ichadi.
Sharliz Teron
Sharlzi 45 yoshida 35 yoshidagidan yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lgan yulduzlardan. Uning kelishgan qaddi-qomati, yuz shakli va soch turmagi yosh ayollarning hammasida ham bor emas.
Natali Portman
10 yil davomida Natali o‘ziga to‘g‘ri keladigan uslub qidirdi va nihoyat 2020-yilga kelib buning uddasidan chiqqanini guvohi bo‘lishi mumkin. O‘ziga yarashgan uslub va soch turmagi sabab aktrisa 2010-yildagidan ancha yaxshi ko‘rinadi. Bugun 39 yoshda bo‘lgan Portman 29 yoshidagidan ko‘ra sarvqomat va go‘zal.
Riz Uizerspun
Aktrisaning pasportida 45 yosh deb yozib qo‘yilganini aytmasa, bunga ishonish qiyin. Uning go‘zallik va yoshlik siri uni hech qachon tark etmaydigan optimistligida. Shunga qaramay Riz go‘zallik muolajalaridan ham foydalanib turadi. Soch turmagini o‘zgartirishi uning qiyofasiga yanada joziba qo‘shadi.
Penelopa Krus
2020-yilda 46 yoshga to‘lgan aktrisaning yuziga tikilib ajin topish mushkul. 10 yil davomida u hech qanday go‘zallik amaliyotlarini sinab ko‘rmagan. U qanday soch uzunligi va rangi yuziga mos tushishini juda yaxshi biladi, makiyaj borasida esa ko‘z va qoshga urg‘u berishni ma’qul biladi.
Kristin Devis
O‘n yil avval mashhurlikka erishib keyin birdaniga yo‘q bo‘lib qolgan Kristin ayni vaqtda 45 yoshda. U bugungi kunda kam suratga tushadi va xayriya loyihalariga asosiy vaqtini sarflaydi. Uning ko‘rinishiga kelsak, xuddi o‘tgan 10 yil u uchun mavjud bo‘lmagandek — hali hamon o‘sha-o‘sha ko‘rinishga ega. | 59 | 2,973 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin” serialining suratga olish jarayoni bilan tanishish uchun Turkiyaga bordi | O‘zbekiston madaniyat vaziri “Mendirman Jaloliddin” serialining suratga olish jarayonlari bilan tanishish uchun Turkiyaga bordi. Bu haqda uning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Xabaringiz bor, madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda ‘Mendirman Jaloliddin’ seriali suratga olinmoqda. Ushbu tarixiy filmga mahoratli aktyor va aktrisalar jalb etilgan.
Ayni dam mazkur filmning suratga olinish jarayonlari va tashkiliy masalalar bilan tanishish maqsadida Turkiyada ijodiy safarda bo‘lib turibmiz. Tashrifimizning ilk kuniyoq “Bo‘zdag‘ film” rahbari Mehmed Bo‘zdag‘ bilan uchrashdik.
Muloqot chog‘ida ushbu film turkiy xalqlar tarixidan so‘zlovchi, uning madaniyati, insoniyligi kabi fazilatlarini namoyon eta oluvchi durdona asar sifatida nafaqat turkiy millatlar, balki, butun dunyo xalqlariga tuhfa eta olishimiz zarurligi ta’kidlandi. Jaloliddin Manguberdi obrazi juda nozik va uni gavdalantirishda yuksak mahorat bilan birga o‘ta hushyor bo‘lish, uni uvol qilib qo‘ymaslik kerakligi ham aytib o‘tildi. Chunki mazkur film har bir tomoshabinda vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘usini shakllantirib, el-yurt ozodligi yo‘lida milliy birlikka, yurt rahnamosi yonida jipslashishga undaydi. Yurtdoshlarimiz ham ushbu filmni shubhasiz intiqlik bilan kutayapti. Undan umidimiz katta.
Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri
Eslatib o‘tamiz, serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra’no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.
Serialning ilk mavsumi 13 qismdan iborat.
Alisher Uzoqov Turkiyada o‘tgan olti oylik umri va Toshkentga qaytishi sababi haqida gapirdi (video) | 114 | 1,855 |
Madaniyat | Foto: Yulduzlar suratda chiroyli ko‘rinishining 7 siri | Suratda omadsiz chiqish tashqi ko‘rinishdagi kamchilik emas, qanday ko‘rinishingizni bilmasligingiz bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Model Kara Delevin kabi suratga jiddiy tushing
Har doim ham tabassum bilan tushilgan suratlar muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Kulganda yuzdagi mimik ajinlar ko‘zga tashlanadi, ko‘zlar kichkina ko‘rinadi. Irjayib tushgan suratingizdan ko‘nglingiz to‘lmasa, biroz qoshlarni chimirib tushing.
Krissi singari tabassum qiling
Tishlarni ko‘rsatmasdan, qoshlarni biroz tepaga ko‘tarib tabassum qilish Teygenga xos. Bunda peshonaga ajin tushmaydi, burun va og‘iz atrofidagi burmalar ham yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. Bunday variant yuzining shakli dumaloq bo‘lgan, yanoqlari katta qizlar uchun ayni muddao.
Sochlaringizni Beyonse singari yon tarafga tushiring
Yuzning ikki tarafidan olingan surat turli chiqishi, biri omadli biri omadsiz bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda sochlarni kamchilik bor qismga tashlash, ochiq qoldirish orqali esa afzallikka urg‘u berish kerak.
Jiji singari qarab tushing suratga
Boshni yelkadan ortga qaratib suratga tushish yuz va qomatning afzal tarafiga urg‘u berish uchun ayni muddao. Bu borada Jijidan ilhomlanishingiz mumkin.
Riz singari qo‘llaringizni ko‘taring
Barcha e’tibor yuzga qaratilmasligi uchun bu usul yaxshi samara beradi. Qo‘lingizni ko‘taring, sumkadan narsa olmoqchidek bo‘ling yoki bo‘yningizdagi ro‘molchani to‘g‘rilagandek ko‘rining. Emotsiyalar suratni omadli chiqishiga hissa qo‘shadi.
Qo‘llaringizni Kendaldek tuting
Qo‘llarni turli balandlikda joylashtirish orqali ortiqcha hajmni yashirish yoki qomatga urg‘u berish mumkin.
Oyoqlarni Aleksa singari chalishtiring
Oyoqlarni bunday joylashtirishning o‘zi bilan bo‘y balandroq, qomat esa ixchamroq ko‘rinishi mumkin. Buning uchun kamera qarshisiga oyoqlarni chalishtirib, qo‘llarni belga qo‘yishning o‘zi kifoya. | 54 | 1,838 |
Madaniyat | Foto: Turk va yunon madaniyati qorishgan qadimiy qishloq — Sille | O‘zbekistonlik jurnalistlar 2020-yilning dekabr oyida dunyoning bir qancha davlatlari ommaviy axborot vositalari vakillari qatorida Turkiyaning Konya shahridagi Jaloliddin Rumiyning hayot yo‘lini eslatib turadigan diqqatga sazovor qadamjolarini ziyorat qildi. Ana shunday qadamjolardan biri Sille qishlog‘i sanaladi. Sille Turkiyaning Konya shahridan 8 kilometr uzoqlikdagi hududda, shimoliy qismdagi Saljuqli tumanida joylashgan turk qishlog‘i sanaladi.
1922-yilgacha bu yerda Kappadokiyaning yunon tilida gaplashishgan. Mazkur hududda 800 yildan ortiq vaqt davomida qo‘shni turklar bilan yunonlar ham yashagan. Bunday do‘stona muhit sababchisi Avliyo Hariton ibodatxonasida ro‘y bergan mo‘jizaga guvoh bo‘lgan Mavlono Jaloliddin Rumiy hisoblanadi. Endilikda ushbu ibodatxona turk tilida “Oq ibodatxona”, deb ataladi. Rumiy Avliyo Hariton ibodatxonasi ichida kichik masjid qurdirgan. Eng qiziq jihati shuki, Rumiy arab-turk yozuvi vositasida yunon tilida she’rlar yozgan bo‘lsa, o‘sha paytda Sille qishlog‘i aholisi yunon alfabitida turk tilida yozishgan. Ushbu xat turi butun hududda tarqab Qoramanli turk yozuvi sifatida tanildi.
Mavlono turklardan qishloqdagi yunon aholisini hech qachon ranjitmaslikni, mahalliy yunonlarga esa uning qabrini tozalab turishlarini vasiyat qilgan. Turklar uning ushbu iltimosini hurmat qilishgan. Notinch davrlarda sultonning bir qancha mulozimlari turklar tomonidan Konyaga yuborilib turib, Rumiyning ushbu iltimosini yodga solib turishgan. Silleda yunonlarning turklar bilan yashashi tinchlikka asoslangani tufayli yunonlar 8 asrdan uzoq vaqt mobaynida ham o‘z tillarini, ham pravoslav xristian dinlarini saqlab qolishga erishdilar.
1923-yilda Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi aholi almashinuvi din asosida amalga oshirilgan. 1924-yildan so‘ng qishloqning barcha yunon aholisi bu yerlarni to‘liq tark etgan. Ayni vaqtda qishloq qo‘riqlanadi va turizm maqsadida qayta ta’mirlash ishlari olib borilgan. Qishloqning yog‘och va toshdan qilingan uylari, qadimiy haykallari tiklanib sayyohlar uchun yanada maftunkor bir go‘shaga aylandi.
Sille Saljuqli tumaniga 1989-yilda ikkita mahalla sifatida biriktirilgan. 1995-yilda Konya madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish kengashi tomonidan undagi cherkovlar, monastirlar va qabristonlarning janubiy yon bag‘irlari birinchi darajali arxeologik joy deb e’lon qilingan.
Bu yerdagi eng mashhur qadamjolardan biri bu Vizantiya davrining yirik inshootlaridan biri Avliyo Yelena cherkovi sanaladi.
U so‘nggi avtobus bekatida, qishloqning ichkarisida joylashgan, milodiy 327-yilda Vizantiya imperatori Konstantinning onasi Yelena tomonidan qurdirilgan. Ziyoratga safari bilan Quddusga yo‘lga chiqqan Yelena Konya hududida to‘xtaydi va bu yerda ilk xristian davriga oid ibodatxonalarni ko‘rgach, o‘zi ham ibodatxona qurmoqchi bo‘ladi.
Shundan so‘ng Ayo Yelena cherkoviga zamin yaratiladi. Diniy inshoot 1833-yilda Sulton Abdulmajid davrida to‘rtinchi marta ta’mirlangan. Mahalliy toshlardan qurilgan cherkovda zamonaviy vandalizm elementlariga ega yashnab turgan freskalar ham bor. Uchta chiziqli strukturaning qubbasi to‘rtta ustunda joylashgan. 1923-1990 yilda cherkov masjid sifatida foydalanilganiga qaramasdan, bu yerda hamon cherkovning jihozlari yaxshi holatda saqlangan. | 64 | 3,255 |
Madaniyat | Bollivud aktrisalari pardozsiz qanday ko‘rinadilar? (foto) | Hind kinolarini tomosha qilayotganimizda aktrisalarning go‘zal raqsiga, go‘zal noz-u karashmalariga mahliyo bo‘lib qolamiz. Ayniqsa, ularning pardoz-andozlari kishini beixtiyor mahliyo qilib qo‘yadi. Sevimli hind aktrisalarimiz pardoz bo‘yoqlarisiz aslida qanday ko‘rinishga ega? Keling, yaxshisi bunga o‘zingiz baho bering.
Tog‘ri, ular orasida tabiiy chiroy egalari ham mavjud. Ammo tinimsiz pardoz qilish oqibatida ularning makiyajsiz asl qiyofasi ham insonlarni hayratga solishi mumkin. Siz nima deb o‘ylaysiz? “Onangni otangga bepardoz ko‘rsatma ” deganlaridek, ayollarga pardoz-andoz kerak deb hisoblaysizmi? Yoki tabbiy go‘zallik tarafdorimisiz? | 58 | 663 |
Madaniyat | Aktyor Mirolim Qilichev o‘zidan 15 yosh kichik qizga uylangani va “ikkinchi marta uylandi” degan mish-mishlar haqida so‘zlab berdi (video) | Aktyor Mirolim Qilichev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni Daryo muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Suhbat davomida Mirolim Qilichev o‘zidan 15 yosh kichik qizga uylangani va “bu Mirolim Qilichevning ikkinchi oilasi” degan gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.
To‘yimiz haqiqatan juda tez bo‘lib ketdi. Aslida, to‘yimizni Toshkentda qilmoqchi edik. Lekin dadam to‘yni Buxoroda bo‘lishini xohladilar. Siz nima desangiz, shu bo‘ladi, dedim va to‘yimizni Buxoroda qildik. Ko‘p do‘stlarimizni, akalarimizni taklif qilishga ham ulgurmadim.
To‘yimga uch kun qolganida men uchun aziz bo‘lgan ustozim, O‘zbekiston san’at arbobi Muhammad Rafiqov olamdan o‘tib qoldilar. Bu xabarni eshitganimdan so‘ng taklifnomalar ham, hammasi qolib ketdi.
Uylanish juda ham mushkul bo‘ldi. O‘ttiz uch yoshda uylandim. Bundan avval necha martalab uylanmoqchi bo‘lganman, sovchi yuborgan xonadonlarim ham ko‘p bo‘lgan. San’at sohasidagi qizlarga ham sovchi qo‘yganman, boshqa sohadagi qizlar ham bo‘lgan. Arzimagan sabablar bilan bo‘lmay qolgan. Xullas, nasib etgan kuni hozir ekan.
Ayolim bilan bir to‘yda tanishib qolganmiz, ular kelin dugona ekanlar. Bir tanishim shu qiz bilan tanishib ko‘r, juda yaxshi, aqlli qiz, degani uchun ko‘rishdik, menga har tomonlama ma’qul bo‘ldi. Keyin mana, to‘y bo‘lib ketdi.
O‘zi ota-onam ham qachon uylanasan, deya juda ko‘p aytishayotgandi. Avvallari ota-onam ‘uylanasan’ deb janjal qilgan vaqtlarida akam, opam, singillarim yonimni olib turishar edi. O‘ttiz yoshlarimda ham yonimni oladigan odamlar bor edi. Keyingi vaqtlarda ota-onamdan boshlab ustozlarimgacha ‘uylanasan’ deb, qat’iy turib olishdi.
Ota-onamga sizlar nima desangiz shu, qayerdan kelin topsangiz, o‘sha qizga uylanaman, degandim. Buxorodan ham kelin qidirdik, uchrashganlarimiz ham bo‘ldi, sovchilar yuborgan xonadonlarimiz ham bo‘lgan, ammo taqdir emas ekan. Ayolim Toshkent viloyatidan, uch-to‘rt oy oila qurish uchun jiddiy yondashdim.
Men haqimda ‘qizlar bilan ko‘p yuradi, bir necha marta uylangan’ degan mazmunda har xil mish-mishlar chiqqan. Ko‘p yildan buyon uylanmasdan yurganimni ham shu bilan izohlashardi. Men oddiy qishloq bolasiman, Buxoro viloyati, Romitan tumani, Chandir qishlog‘ida tug‘ilganman. Qishloqdan Toshkent shahriga kelib o‘qish, ishlash, bu yerdan uy-joy qilish oson emas. Bugun uy qilishim kerak, ertaga boshqa bir tashvishlar bilan uylanish o‘z-o‘zidan kechikib ketavergan. Hattoki internetda Mirolim Qilichevning nechta xotini bor, degan sarlavhali xabarlar chiqqan ekan.
Ayolimning oilasiga ham bu gap-so‘zlar yetib borgan, bu xabardan so‘ng ular qizimizni bermaymiz, deb turib olishdi. Ayolim yaqinda aytib qoldi, uning uyidagi 95 % odam to‘yimizga qarshi bo‘libdi. Hattoki onasi ham ‘mayli qizim, fotiha qaytsa qaytsin, lekin sening butun umr qiynalib yashashingni xohlamayman, qizim’ debdi. Lekin ayolim bitta o‘zi, yosh joniga menga ishonib, kurashibdi. ‘Chunki men siz bilan butun umrli hayotimni chizib chiqqan edim, nima bo‘lsa bo‘ldi, ortga yo‘l yo‘q, shu yigitga tegaman, dedim’ dedi. Bu gapni aytganidan so‘ng o‘zim ham juda xursand bo‘ldim.
Oramizda o‘n besh yosh farq bor. Ammo menga juda katta yosh oralig‘i sezilmayapti. Eng muhimi, aqli, farosati, dunyoqarashi joyida.
Mirolim Qilichev, aktyor
Ma’lumot uchun, Mirolim Qilichev 1987-yil, 28-noyabr kuni Buxoro viloyati, Romitan tumanida dunyoga kelgan. Aktyor “Umid”, “Jasur”, “Balli, Komoliddin”, “Uqubat” kabi filmlardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan. Bugungi kunda O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi. | 138 | 3,543 |
Madaniyat | Fermer ayol haqida hujjatli film suratga olinmoqda | “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan O`zbekiston Qahramonlari, xizmat ko`rsatgan unvonlari bilan taqdirlanganlarning hayot yo`li va sermahsul faoliyati reja asosida hujjatli filmlarda aks ettiriladi.
“Matonat saboqlari” nomli hujjatli filmda O`zbekiston Qahramoni, Farg`ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer xo`jaligi boshlig`i Lola Murodova haqida hikoya qilinadi. Uning ish faoliyati, ko`p yillik halol mehnati, mamlakatimizda fermer ho`jaligini tashkil etish, erdan yuqori hosil olish sirlari, oilasi, farzandlarining tarbiyasi va kelgusi rejalari, orzulariga bag`ishlangan hujjatli filmni tasvirga olish ishlari boshlandi.
Filmning ssenariy muallifi Zebo Qobilova, rejissyori Doniyor Shokirov, operator Said Dalilxon Said Turg`utxonov, film direktori Gulnora Abdurahimova. | 50 | 809 |
Madaniyat | Gollivud aktrisasi Keyt Uinslet qizi bilan bir filmda suratga tushadi | Gollivud aktrisasi Keyt Uinslet va uning 21 yoshli qizi Mia Triplton bir filmda suratga tushadi. Ular “Men borman” dramasida bosh rollarni ijro etadi. Kartina kuchli hissiy kechinmalarga duch kelgan ayollar haqida hikoya qiladi, deb yozadi People Talk.
Keyt avvalroq qizi bilan birga 2014-yilda “Versaldagi muhabbat” filmida rol o‘ynagan, ammo unda Mia epizod qahramon sifatida ishtirok etgan. “Men borman” kartinasi esa ona-bola ishtirokidagi katta loyiha hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 1998-yilda Keyt Uinslet rejissor Jim Triplton bilan turmush qurgan. 2000-yilda juftlikning oilasida qiz farzand dunyoga kelgan va unga Mia deb ism qo‘yishgan. Oradan bir yil o‘tib, Keyt va uning turmush o‘rtog‘i Jim ajrashishga qaror qilgan. | 69 | 729 |
Madaniyat | “Asarni kim yaratishi emas, undan chiqariladigan xulosa muhim!” — Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning qo`shig`i atrofidagi muhokamalarga munosabat bildirdi | Yaqinda O`zbekiston madaniyat vaziri, xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Prezident murojaatiga bag`ishlab “Hayot go`zal” nomli yangi qo`shiq kuyladi.
Qo`shiqda koronavirusga qarshi kurash hamda ko`rilayotgan choralar va yutuqlar madh etilgan. Jumladan, unda “Bu kun rostga aylandi afsonalar. Tez kunda qad rostlar, ayting, qay yurtda, biznikiday ulkan shifoxonalar?” degan so`zlar bor.
Ammo ushbu qo`shiq turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Muhokamalarda qo`shiqni vazirning o`zi emas, boshqa xonandalar ijro etishi kerak edi, degan e`tirozlar ham yo`q emas. Madaniyat vazirligi ushbu gap-so`zlarga munosabat bildirdi:
“... Albatta, madaniyat vakillari o`z ijodiy asarlariga bildiriladigan munosabatlarni kutadi va ulardan tegishli xulosa chiqaradi. Ushbu qo`shiq Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning koronavirus pandemiyasi munosabati bilan xalqimizga yo`llangan murojaatlaridan ruhlangan holda dunyoga keldi. Madaniyat vazirligining maqsadi avvalo, mana shunday o`ta mashaqqatli, sinovli kunlarda xalq dardida qayg`urayotgan yurt rahbariga, vatanimizning fidoyi shifokorlari-yu, huquq tartibot xodimlariga, xayru-saxovat ishlarida faol bo`lgan fuqarolarimizga dalda bo`lish, ularni ruhlantirishdan iborat. Chunki ularga oson bo`layotgani yo`q. Bizga uyda o`tirish og`irlik qilayotgan bir paytda ular uyga borishni orzu qilishyapti. Qolaversa, olijanob xalqimizga yurt otasining murojaatini chuqurroq etkazish, yurtdoshlarimizni birdamlikka, yakdillika, sabru qanoatga chorlash maqsadida ham bu loyihaga qo`l urildi.
Xalqqa atalgan asarni kim yaratishi muhim emas. Undan chiqariladigan xulosa muhim! Ibrat muhim! Bugun yurtimizda pandemiyaga qarshi qilinayotgan ishlar qamrovini to`laqonli tasavvur qila oladigan har bir kishi shunday xulosaga kelishi va uni xalqqa etkazishga oshiqishi aniq. “Go`zal hayot” qo`shig`i ana shunday xulosa mahsulidir!
Karantin e`lon qilinganiga hali bir oy ham bo`lmadi. Lekin har birimiz ungacha bo`lgan go`zal hayotimizni sog`ina boshladik. Bizni charchatib qo`ygan o`sha tashvishlarni ham, yugur-yugurlarni ham, tinim bilmas turmush ikir-chikirlarini ham sog`ina boshladik hatto. O`sha kunlar albatta, yana qaytadi. Qaytganda ham o`z qadrini o`tkazib qaytadi. “Go`zal hayot”ni to`laqonli his qilishni o`rgangan kunimiz u qaytadi. Biroq har kim aravani o`zi tomonga tortadigan, aql emas, hissiyotlarga erk beradigan bo`lsa, go`zal hayot bizdan uzoqlashib boraveradi. Uning tezroq qaytishi uchun esa bugun qo`lni-qo`lga beraylik! Yurtboshimizga qanot bo`laylik, birlashaylik!” - deyiladi vazirlik munosabatida.
Xabar berishlaricha, Madaniyat vazirligi, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi va O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida “Go`zal hayot” chellenji e`lon qilindi.
Chellenj ishtirokchilari “Go`zal hayot” qo`shig`ini kuylab, ijtimoiy tarmoqlarga #gozalhayot xeshtegi ostida joylashtirishlari lozim. Eng ko`p tomoshabin yig`a olgan ijrochi g`olib deb topiladi va karantin tugagach, qimmatbaho sovg`a bilan taqdirlanadi.
Avvalroq Ozodbek Nazarbekov koronavirus mavzusida “Bizlarni afv et” nomli qo`shiq kuylagandi. | 162 | 3,063 |
Madaniyat | Kim Kardashyanning qiymati 150 million dollarga teng shaxsiy samolyotiga sayohat (foto) | Modellik sohasida dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan Kim Kardashyan shaxsiy samolyotiga o‘z ismini qo‘ygan. Ushbu samolyotning umumiy qiymati 150 million dollarga teng.
Ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yulduzning samolyotni maqtaganiga e’tibor bermay, unga o‘tish joyidagi gilamni yuvishni maslahat bergan. Kim Kardashyanning shaxsiy stilisti Dani Levi modelning 150 million dollarlik shaxsiy samolyotini taqdim etdi, deb yozadi The Sun nashri.
Hozirda 41 yoshda bo‘lgan Kim o‘z boyligini ko‘z-ko‘z qilgani uchun ko‘plab tanqidlarga uchragan. Instagram’da (Meta kompaniyasiga tegishli) e’lon qilingan suratlar Kardashyanning muxlislariga Kim Air deb nom olgan samolyotning hashamatli saloniga ko‘z tashlashga imkon berdi.
Kim Air’ning ichki qismi yengil yog‘och panellar bilan qoplangan bo‘lib, u charm-kashmir rangli o‘rindiqlar va bir xil yorqin rangli yostiqlar bilan bezalgan. O‘rindiqlarning orqasida va devor ichida Kim Air logotipi aks etgan katta tekis ekranli televizor mavjud. Bunga qo‘shimcha ravishda mehmonlarga bir juft markali shippak va so‘nggi modadagi pijamalar beriladi.
Samolyot bortidagi har bir kichik narsa ham uning egasi kimligini eslatib turadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari zinapoyaning pastki qismidagi markali gilamga alohida e’tibor bergan. Ba’zilar, gilamning qattiq tanqidlarga uchrashini payqab, Kardashyanni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Kimdir modelga bu gilam kimyoviy tozalashga muhtojligini, yana kimdir uni tezroq dezinfeksiyalash kerakligini aytgan.
Samolyotning tashqi ko‘rinishiga keladigan bo‘lsak, uning tashqi tomoni kumush rangga bo‘yalgan. Taxminlarga ko‘ra, Kim Kardashyanning o‘zi bu rangga bo‘yashni talab qilgan, chunki uning Kalabasasdagi uyi ham kulrang rangda va u faqat po‘latdan yasalgan mashinalarni haydashni afzal ko‘radi.
Gulfstream G650ER, ya’ni Kim Air yulduzga juda qimmatga tushadi. Qayd etilishicha, Kim osmonda o‘tkazgan har 200 soatiga yonilg‘i uchun 400 ming dollar, texnik xizmat ko‘rsatish uchun esa yana 100 ming dollar sarflashi kerak bo‘ladi. | 87 | 2,036 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprio model Kelli Rorbaxga turmush qurishni taklif qildi | Gollivudning eng mashhur bo‘ydoq aktyori Leonardo Di Kaprio uylanishga qaror qildi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Artist bor-yo‘g‘i to‘rt oydan beri uchrashayotgan model Kelli Rorbaxga nikohdan o‘tishni taklif qildi.
Manbalarning ma’lum qilishicha, barchasi kutilmaganda sodir bo‘lgan. 40 yoshli Leonardo Di Kaprio romantik kechki ovqat chog‘ida kutilmaganda 25 yoshli modelga turmush qurishni taklif qildi.
“Kelli juda aqlli, Leonardo u bilan zerikmaydi. U aktyorning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qiziqishlariga befarq emas. Di Kaprio uning zakovatiga maftun bo‘ldi va bu uning uchun yangilikdir”, — deydi aktyorning do‘stlari. | 69 | 636 |
Madaniyat | Adel amma: xonanda 29 yoshga to‘lgan kuni “qarib qoldi” | 5-may kuni britaniyalik xonanda Adel 29 yoshga to‘ldi. U Twitter’dagi sahifasida tabriklar uchun minnatdorchilik bildirgan va: “Qariyb 30! Salomatlik tilab yo‘llagan tabriklaringiz uchun tashakkur!”, degan qaydni ilova etgan holda kinoyali suratlarini e’lon qilgan.
Aftidan, pop-yulduz o‘zining keksalik chog‘ini xuddi shunday tasavvur qilmoqda (va ba’zilar 30 ni ham haddan tashqari katta, deb hisoblashiga ishora qilmoqda), deb yozadi Meduza.
Nearly 30! Thanks for the well wishes. See you soon x pic.twitter.com/j15vjkMcye
— Adele (@Adele) May 5, 2017 | 55 | 554 |
Madaniyat | Bill Myurrey “Arvoh ovchilari” filmida suratga tushishga rozi bo‘ldi | Aktyor Bill Myurrey “Arvoh ovchilari” filmining uchinchi qismini suratga olishda qatnashishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Filmda yana bir sobiq arvoh ovchisi paydo bo‘ladi. Avvalroq Myurrey “Arvoh ovchilari” filmining davomida suratga tushishdan bir necha marta bosh tortgan edi.
Myurrey 1984-yilda “arvoh ovchilari” jamoasi vakillaridan biri Piter Venkman rolini ijro etgan edi. Ushbu rol uning ijrosidagi eng mashhur rollardan biriga aylandi. 1989-yilda filmning davomi chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, ekranlarga 2016-yil 22-iyunda chiqishi rejalashtirilgan filmning yangi qismida arvoh ovchilari rolini ilk bor ayollar ijro etadi. | 68 | 637 |
Madaniyat | Londonda Charlz Darvinning 1861-yilda chop etilgan kitobi 1 mln dollarga sotildi | Londondagi Christie’s kimoshdi savdo uyida Aleksandr Pushkin qalamiga mansub “Ruslan va Lyudmila” dostonining birinchi nashri 93,75 ming funt sterlingga (125,36 ming dollar) sotildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
1820- yilda nashr etilgan ushbu dostonning boshlang‘ich narxi 50-70 ming funt sterlingga (66,9-93,6 ming dollar) baholanayotgan edi. Pushkinning 1826-yilga oid she’rlar to‘plami esa 60 ming funt sterlingga (80,2 ming dollar) xarid qilindi.
Shuningdek, ingliz tabiatshunosi Charlz Darvinning 1861-yilda chop etilgan “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi” nomli kitobi 788,75 ming funt sterlingga (1,05 million dollar) sotildi.
Sahifalarida muallif qaydlari mavjud mazkur asarning boshlang‘ich narxi 300-500 ming funt sterlingga (400-668 ming dollar) baholangandi. | 80 | 791 |
Madaniyat | Qo‘shiqchi Yuliya Savichevaning to‘yiga okean bo‘yidagi villani sovg‘a qilishdi | Rossiyalik taniqli xonanda Yuliya Savicheva o‘zining birinchi muhabbati — bastakor Aleksandr Arshinov bilan turmush qurdi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning dabdabali nikoh marosimi 240 million rubl (taxminan 5 million 600 ming dollar)ga tushgan.
To‘yga Rossiya shou-biznesining taniqli vakillari, jumladan Iosif Kobzon, Natasha Korolyova, Anfisa Chexova va boshqalar ham tashrif buyurgan. Mehmonlar soni 400 dan oshgan.
An’anaga muvofiq, tashrif buyurganlar kelin-kuyovga o‘zlarining qimmatbaho va noodatiy sovg‘alarini tortiq qildi, biroq eng serhasham hadya qo‘shiqchining prodyuseri Maksim Fadeyev tomonidan berildi. To‘yga o‘zi kela olmagan bo‘lsa-da, Fadeyev kelin-kuyovlarga o‘z sovg‘asini — Bali orolidagi villa kalitini yubordi.
Nashrning eslatishicha, bir necha yil avval prodyuser orolda basseyn, xususiy plyaj va bir nechta villani o‘z ichiga olgan mehmonxona majmuasini sotib olgan edi. Ulardan biri endi Yuliya Savichevaga tegishli bo‘ldi. | 79 | 995 |
Madaniyat | Kinematografiya agentligi huzuridagi “Yoshlik” kinostudiyasiga yangi raxbar tayinlandi | Anvar Madraimov Kinematografiya agentligi huzuridagi “Yoshlik” kinostudiyasiga direktor etib tayinlandi.
1995 yil 27 fevral Toshkent shahrida tug`ilgan. Los-Anjelesdagi “New York Film Academy”da tahsil olgan.
“Yoshlik” kinostudiyasi yosh kinematografistlar o`rtasida ijodiy raqobat muhitini shakllantirish, yoshlar nigohi orqali Yangi O`zbekistonda bo`layotgan o`zgarishlarni yoritib borish, yangicha g`oyalar va qarashlarni aks ettirish hamda yuqori saviyadagi qisqa metrajli, animasion filmlar va badiiy kinoasarlar yaratishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Ushbu kinostudiya yosh ijodkorlarni qo`llab-quvvatlaydi. | 86 | 620 |
Madaniyat | Litsenziyasi bekor qilingan “Dizayn” jamoasi “noma’qul so‘zlar ishlatilgan latifalar” uchun uzr so‘radi (video) | Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “Dizayn” jamoasiga berilgan litsenziyani bekor qildi.
“Kun.uz” nashriga ko‘ra, Toshkent viloyatida joylashgan “Imzo Garden” dam olish maskaniga taklif etilgan “Dizayn” jamoasi a’zolari odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, beo‘xshov hazillarni ijro etgan. “Akfa group” xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda yangragan nomunosib hazillarning video va audiolavhalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgach, jamoa faoliyatiga jiddiy e’tibor bildirilgan.
Shundan so‘ng jamoa a’zolari Dilshod Musabekov va Sa’dulla Fatxullayev videomurojaat bilan chiqib, o‘zbek xalqi, xususan, ichki ishlar xodimlaridan noma’qul so‘zlar ishlatilgan latifalar uchun kechirim so‘ragan va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga va’da bergan. | 111 | 784 |
Madaniyat | 7-14 yoshli bolalar bilan birgalikda tomosha qilish uchun 7 ta ajoyib film | Oilaviy filmlar namoyishi paytida farzandlarimizga bolaligimiz qanday kechganligi haqida aytib berishimiz, dunyoning turli burchaklariga birgalikda nazar tashlashimiz va yuzlab juda muhim narsalarni muhokama qilishimiz mumkin.
“Tugamaydigan hikoya”
Germaniya, 1984-yil
10 yoshli Bastian sehrli kitob yordamida Omad ajdarhosi yoki Tezkor shilliqurt kabi g‘alati mavjudotlar yashaydigan Fantaziya mamlakatiga tushib qoladi. U bu dunyoni orzular amalga oshmaganda paydo bo‘ladigan mavjudot — dahshatli Hech narsadan qutqarishi kerak.
“Kichik Nikolya”
Fransiya, Belgiya, 2009-yil
Bolakay Nikolya, uning ota-onasi va maktab hayoti haqidagi ajoyib film. Kitobda tasvirlangan ko‘plab kulgili sahnalar va yorqin qahramonlar asosiy voqea atrofida rivojlanadi.
“Qanotlarni yoyib”
Fransiya, 2019-yil
Shaharlik o‘smir yozgi ta’tilni eksantrik ornitolog otasi bilan o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Odatda eng zerikarli bo‘lishini va’da qilgan yoz qahramon hayotidagi asosiy davrga aylanadi: u o‘z kuchini sinab ko‘radi va dunyoni biroz bo‘lsa-da yaxshilaydi.
“Uyda yolg‘iz”
AQSH, 1990-yil
Katta oilaning ota-onalari ta’tilga ketib, uyda kenja farzandini tasodifan unutganliklari haqidagi hikoya bilan 90-yillarning avlodi o‘sib-ulg‘aygan. Kichkina Kevin bundan xafa bo‘lmaydi va tezda o‘zi uchun ko‘ngilxushlik o‘ylab topadi.
“Diqqat, toshbaqa!”
SSSR, 1969-yil
Ikki nafar birinchi sinf o‘quvchisi toshbaqa kosasi haqiqiy tank og‘irligiga bardosh bera oladimi yoki yo‘qmi, deb tirik burchakdan jonivorni oladi, uchinchisi esa ularni to‘xtatish uchun kasalxonadan qochadi. Ushbu film yordamida bobo va buvilar nabiralariga sovet davridagi bolaliklari haqida hikoya qiladilar.
“Garri Potter va hikmatlar toshi”
Buyuk Britaniya, 2001-yil
“Garri Potter”ni birdaniga hamma qismini yoki tomoshabin yoshi ulg‘aygan sari birin-ketin tomosha qilish mumkin. Filmdagi qahramonlar do‘stlari, oilasi, sevimli maktabi va ezgulik uchun kurashadi. | 74 | 1,919 |
Madaniyat | Xakerlar Walt Disney filmini o‘g‘irladi va uni qaytarish uchun pul talab qilmoqda | Xakerlar The Walt Disney Company’ning hali namoyish etilmagan filmini qo‘lga kiritganligini ta’kidlab, kompaniya uni qaytarish uchun haq to‘lamasa, uni internetga joylash bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda kompaniya direktori Bob Aygerga tayanib, The Hollywood Reporter jurnali xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, jinoyatchilar kompaniyadan bitkoinlarda katta summani o‘tkazishni talab qilgan va kompaniya bosh tortgan taqdirda dastlab besh daqiqalik parchani, keyinroq esa 20 daqiqalik qismini namoyish etishini ma’lum qilgan. Film nomi oshkor etilmagan.
Kompaniya xakerlar izmidan yurmasdan, hozirgi paytda tergov organlari bilan hamkorlik qilayotganligi ma’lum qilinmoqda.
The Walt Disney Company hozircha ushbu xabar yuzasidan izoh bermadi. | 81 | 770 |
Madaniyat | “Mo‘jiza ayol” filmi superqahramonlar haqidagi eng kassabop kartina deb topildi | Forbes jurnali superqahramonlar haqidagi eng kassabop film nomini e’lon qildi. Reytingga DC Comics qahramoniga bag‘ishlangan va bosh rolni aktrisa Gal Gadot ijro etgan “Mo‘jiza ayol” kartinasi yetakchilik qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Kadr: YouTube
Film jahon prokatida 821,74 million dollar to‘plab, 2002-yilda ekran yuzini ko‘rgan va prokatda 821,7 million dollar to‘plagan “O‘rgimchak odam”ni ortda qoldirdi.
“Mo‘jiza ayol” katta ekranlarga joriy yilning may ochida chiqqan edi. Kartinaga bunga qadar “Besh”, “Maxluq” filmlarini suratga olgan Petti Jenkins rejissorlik qilgan. | 79 | 595 |
Madaniyat | "O`zbekkino" Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratadi | "O`zbekkino" milliy agentligi o`zining texnologik bazasini keng ko`lamli qayta jihozlashni boshladi.
Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “ O`zbekkino” milliy agentligi va Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi o`rtasida "O`zbekfilm” kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo`yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo`lib o`tdi. Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikasion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni etkazib berish masalalarini muhokama qilishdi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizasiya qilish bilan bir qatorda, “O`zbekfilm” kinostudiyasi maydonchasi qayta ta`mirdan chiqariladi.
"O`zbekkino" kompaniyasi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning ta`kidlashicha, kompaniyaning texnologik bazasi va uning bo`limlarini har tomonlama qayta jihozlash O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirig`iga muvofiq amalga oshiriladi.
Loyihada “O`zbekfilm”ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikasion studiya hamda respublika kino fondining to`liq yangilanishi ko`zda tutilgan.
Yangi jihozlar yordamida davlatimiz va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkonini qo`lga kiritamiz.
"CANON, APPLE, VICON va shu kabi boshqa kompaniyalar bizga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishimizga imkon beradi”, deya qo`shimcha qildi “O`zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov. | 82 | 1,527 |
Madaniyat | Islomxo‘ja filmi talabalar e’tiboriga havola etildi | O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan suratga olingan “Islomxo‘ja” badiiy-publitsistik filmi taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
Tadbirda san’atshunoslar, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdi.
Kinorejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan filmda XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Xiva xonligida katta islohotlar o‘tkazgan ma’rifatparvar vazir, islohotchi Islomxo‘ja Ibrohimxo‘ja o‘g‘lining bunyodkorlik ishlari va uning fojiaviy o‘limi haqida hikoya qilinadi.
Tadbirda taqdim etilgan film yuzasidan bo‘lajak kino mutaxassislarining fikri tinglandi. | 51 | 629 |
Madaniyat | Mashhurlik olib kelgan rolini yoqtirmaydigan aktyorlar | Shou-biznes vakillar muvaffaqiyatli karyerani istaydi. Ayrim yulduzlar esa filmdagi ijrosi omad olib kelgan bo‘lsa ham o‘sha rolini yoqtirmaydi. Buning sababi nimada? Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Xolli Berri — “Mushuk ayol”
Rejissor Pitof mushuk ayol haqida film suratga olmoqchi bo‘lganda hech kim ushbu rolni Xollichalik qoyillatmaydi deb o‘ylagan. Ushbu loyihada ishtiroki aktrisani erining xiyonatidan yuzaga kelgan depressiyadan qutulishiga yordam bergan. Ammo bu vaqtda Xolli “Mushuk ayol” karyerasidagi eng yomon ijro bo‘lishini bilmagan. Kinolenta “Oltin malina” taqdirlash marosimiga nomzod bo‘lgan, aktrisa bo‘lsa “Eng yomon ayol ijro” nominatsiya bo‘yicha mukofot qo‘lga kiritgan. U taqdirlash marosimiga “Oskar” statuetkasi bilan birga tashrif buyurgan va mazkur loyiha karyerasini barbod qilishini kutmaganini ta’kidlagan.
Robert Pattinson — “Sumerki”
“Sumerki” filmidagi ijrosidan keyin mashhurlikka erishgan aktyor aynan shu filmdagi ijrosini eng ko‘p yomon ko‘rishi kimni xayoliga kelibdi deysiz? Ma’lumotlarga ko‘ra Robert ssenariy va uning muallifi Stefani Mayer hamda o‘z qahramoni Edvard Kallendan ko‘ngli to‘lmagan. Aktyorning aytishiga qaraganda, ssenariyda Edvard obrazi har tomonlama mukammal qilib tasvirlangan va Robert bunday mukammal bo‘la olmagan. Shu sabab ham u ssenariyni o‘qish davomida qahramonini ko‘proq yomon ko‘rgan. Aktyor qanday fikrda bo‘lmasin bir narsa aniq, aynan ushbu filmdagi roli unga mashhurlikka olib kelgan. Bundan tashqari u birinchi sevgisini ham aynan ushbu filmning suratga olish maydonchasida uchratgan.
Megan Foks — “Transformer”
Rejissor Maykl Beyning taklifiga binoan Megan Foks “Transformer”da rol ijro qilishi ma’lum bo‘lganda ko‘pchilik uni bunday muhim ishni eplay olishiga ishonmagan. Lekin Megan rolini mahorat bilan ijro qilishga muvaffaq bo‘lgan va loyihaning yuziga aylangan. Ammo uchinchi qismni suratga olinishi arafasida Megan film haqida salbiy fikr bildirib, rejissorni Gitler bilan qiyoslagan. Shundan keyin prodyusser Stiven Spilberg uni loyihadan chiqarilishini talab qilgan.
Keyt Uinslet — “Titanik”
Jahon kinosanoatining eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri “Titanik”dagi ijrosidan Keyt Uinsletning ko‘ngli to‘lmasligiga ishonish qiyin. Aktrisa muxlislaridan qahramoni Rouz haqida eslatmasliklarini so‘raydi va filmdagi roli suratiga dastxat qo‘yishdan bosh tortadi. Bundan tashqari u filmdagi o‘xshamagan amerikancha aksenti bilan so‘zlashgani sabab “Titanik”ni tomosha qilishni ham istamaydi. My heart will go on saundtreki yangrashi bilan esa titrab ketadi.
Shon Konneri — “Jeyms Bond”
Ushbu filmdagi ijro sabab Shon jahonda mashhurlikka erishgan va muxlislari yodida agent 007 bo‘lib qolgan. Lekin aktyorning o‘ziga ushbu rol yoqmagan. “Men lan’ati Jeyms Bondni doim yomon ko‘rganman. Uni o‘ldirishni istagan bo‘lardim”, — degan Shon.
Jessika Alba — “Fantastik to‘rtlik”
Ushbu filmdagi ijrosi sabab nafaqat loyihadagi ishtirokidan hafsalasi pir bo‘lgan, balki tanlagan kasbidan ham shubhalangan. Uning aytishiga qaraganda film rejissori Jessika qanday bajarish mumkinligini bilmagan ko‘rsatmalarni bergan. Masalan, Jessikaning tabiiy yig‘lashi yoqmagan va undan chiroyliroq ko‘z yosh to‘kishini so‘ragan.
Deniel Redkliff — “Garri Potter va tilsim shahzodasi”
Garri Potterni Denielsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aktyorning o‘zi esa oltinchi qismdagi ijrosidan uyaladi va unda o‘zini juda ham yomon ijro qilgan deb hisoblaydi. Eng yaxshi ijrosini esa filmning beshinchi qismi deb biladi. | 54 | 3,479 |
Madaniyat | Filmda suratga tushish uchun homiladorligini yashirishga majbur bo‘lgan Gollivud aktrisalari | Bu ayollar haqiqiy qahramonlardir, chunki ular suratga tushish vaqtida homilador bo‘lishiga qaramay murakkab sahnalarda ham qatnashishga tayyor edi, deb yozadi “Lisa.ru”.
Keyt Uinslet
2013-yilda Keyt “Divergent” franshizasining birinchi qismida suratga tushishni boshlagan — o‘sha paytda u homilador edi. Biroq aktrisa suratga tushish jarayonini to‘xtatishni va u bilan ishlashdan bosh tortishlarini istamadi, shuning uchun dastlab o‘zining holatidagi o‘zgarishni yashirdi.
“Men filmda suratga tushishni boshlaganimda homilador edim, shuning uchun liboslar kattalashib borayotgan qoringa moslashtirilishi kerak edi. Suratga olish davrining oxiriga kelib, kostyum dizaynerlari meni biroz yoqtirmay qoldi”, — deb eslaydi aktrisa.
Emili Blant
2013-yilda yana bir aktrisa — Emili Blant ham homiladorligini bilib qoldi. Bu “O‘rmondan uzoqroq” filmida suratga tushish shartnomasini imzolashdan biroz oldin sodir bo‘ldi. Aktrisa film ijodkorlariga hech narsa aytmadi, chunki u ishini yo‘qotishni xohlamadi.
Biroq u o‘zini yomon his qila boshlaganida, hammasini aytishga qaror qildi. Rejissor Rob Marshall bu yangilikdan hayratda qoldi va hatto ranjidi ham, chunki u sezdirmasdan Emilini qanday suratga olishni bilmasdi. Biroq kostyum dizaynerlari va boshqa aktyorlarning yordami tufayli Blantning homiladorligi kadrda sezilmadi.
Xolli Berri
Xolli “G‘aroyib odamlar: O‘tmishdagi kelajak” filmida rol o‘ynaganida, u uch oylik homilador edi. Avvaliga aktrisa buni hammadan yashirishni xohladi, lekin tor kostyumda vaqt o‘tishi bilan rol ijro etish unga qiyin bo‘lishini tushunib yetdi.
Natijada Berri bilan barcha sahnalar ikki hafta ichida suratga olindi, chunki hamma keyinchalik sezilishi mumkin bo‘lgan qorinni yashirish qiyinlashishidan qo‘rqardi. “Filmga tushish ishlari jadal sur’atda davom etdi. Men bilan barcha sahnalar ikki hafta ichida suratga olindi. Men super qahramon kostyumimni kiyishni to‘xtatgunimcha, hammasini suratga olishga vaqt bor edi”, — dedi Berri.
Ketrin Zeta-Jons
2000-yilda Ketrin “Yo‘l harakati” filmidagi bosh rollardan biriga tasdiqlangan, ammo suratga olish guruhi aktrisaning homiladorligini bilmagan, aks holda uning o‘rniga boshqa aktrisa tanlangan bo‘lar edi. Hammasi ma’lum bo‘lgach, Ketrin rejissorni nafaqat uni loyihada qoldirishga, balki ssenariyni biroz o‘zgartirishga ham ko‘ndirdi.
Keyin aktrisaning qahramoni hech narsani yashirmaslik uchun homilador holatda bo‘lishiga qaror qilindi. Homilador bo‘lishiga qaramay, Zeta-Jons hamma bilan teng ishladi.
Liza Kudrou
Liza homiladorligini “Do‘stlar” serialida suratga tushayotgan vaqtda bilib qoldi. Aktrisa serial bilan abadiy xayrlashishdan qo‘rqdi, shuning uchun homilasini olti oygacha yashirdi.
Kudrou serial ijodkorlariga hammasini aytib berganida, ular ssenariyni qayta yozishga qaror qildi. Unga ko‘ra, Lizaning qahramoni akasining oilasi uchun surrogat ona bo‘lishiga to‘g‘ri keldi va uch egizakni ko‘tarib yurganiga ishontirish uchun aktrisaning qornini kattaroq ko‘rsatishdi. | 92 | 2,975 |
Madaniyat | Xvorostovskiy vafotidan keyin Grammy mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi | Rossiyalik opera qo‘shiqchisi Dmitriy Xvorostovskiyni vafotidan keyin AQShning Grammy Awards musiqiy mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatishdi, deb yozadi “RIA Novosti” Amerika Ovoz yozish akademiyasiga tayanib.
Xvorostovskiy va dirijor Konstantin Orbelyan Sergey Yesenin she’rlari asosida yozilgan “Sviridov: Otchalivshaya Rus” diski uchun “Eng yaxshi klassik vokal yakkaxon albom” yo‘nalishida nomzodlar qatoriga kirdi. Nomzodlar ro‘yxatidan jami besh xonanda o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, Xvorostovskiy 22-noyabr kuni 55 yoshida vafot etdi. | 72 | 539 |
Madaniyat | Jarrohlik amaliyoti yordamida ko‘z shaklini o‘zgartirgan yulduzlar (foto) | Tulkinikiga o‘xshash nigoh, zamonaviy qiyiq ko‘z shakli — tabiat in’omi emas, balki professional jarrohlar faoliyatining natijasidir.
Bella Hadid
Bella Hadid yoshligida bunday yorqin va jozibali bo‘lmagan. Qiz yoqimtoy edi, lekin hozirgichalik emas. Oddiy qizdan haqiqiy sohibjamol va supermodel yulduzni yuqori professional jarrohlar yaratgan. Podiumning bo‘lajak yulduzi rinoplastika, yuz shaklini o‘zgartirish va lablarini yanada kattaroq qilish kabi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Ammo tashqi ko‘rinishining haqiqiy mashhurligi ko‘zlarining “yirtqich” shakli edi. Hozirda bu ko‘zlar butun dunyoda standart sifatida tanilgan va “xuddi Bellaniki kabi tulki ko‘zlar” plastik jarrohlarning minglab bemorlari tomonidan buyurtma qilinadi.
Rene Zelveger
Jozibali jurnalist qiz Brijit Jonsni eslay olasizmi? Bunday sodda va ekssentrik qiz rolini o‘ynagan Rene uzoq vaqt davomida ajoyib formada edi. Biroq keyinchalik ko‘z sohasidagi muammolar, qovoqlar va ko‘zosti xaltalari paydo bo‘la boshladi. Ammo tez orada aktrisa muxlislar oldida butunlay boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘ldi: u ko‘zlarini aylana blefaroplastika qildirgani ma’lum bo‘ldi. Umuman olganda, jarrohlik amaliyotidan so‘ng Zelveger ancha yosh va jozibali ko‘rinishni boshladi.
Mayli Sayrus
Yosh, isyonkor amerikalik aktrisa va qo‘shiqchi Mayli Sayrus yoshga bog‘liq o‘zgarishlar uchun emas, sog‘lig‘idagi muammo tufayli mutaxassislarga murojaat qilgan. Ko‘pchilik singari yulduz ham yoshligidan pastki qovoq churrasi kasalligidan aziyat chekardi. Bu muammoning sababi irsiyat, anatomik xususiyatlar yoki noto‘g‘ri turmush tarzi bo‘lishi mumkin. Bunday holda jarrohlik aralashuvi yagona ishonchli yo‘l bo‘lib, u 18 yoshdan boshlab amalga oshirilishi mumkin, aks holda vaziyat faqat yomonlashadi. Mayli birinchi imkoniyatdanoq blefaroplastikadan foydalangani ajablanarli hol emas, albatta. Hozirda yulduzning bu nuqsoni hech ham bilinmaydi.
Bleyk Layvli
Aktrisa har doim tashqi ko‘rinishidagi har qanday korreksiyaga juda ehtiyotkorlik bilan yondashgan. U ko‘plab hamkasblari singari tanib bo‘lmay qolinishdan yoki yuz ifodalarini yo‘qotishdan qo‘rqadi. Layvli qildirgan barcha protseduralar juda ehtiyotkorlik bilan bajarilgan. Xususan, buni “G‘iybatchi qiz” teleserialidagi roli uchun tug‘ma xususiyat — yuqori ko‘z qovoqlarining osilishi tufayli qilingan blefaroplastikadan ham sezish mumkin. Bunday holda faqat jarrohlik aralashuvigina bemordagi nuqsonning keyingi rivojlanishidan qutqarishi mumkin. Shuning uchun korreksiya qanchalik erta amalga oshirilsa, shuncha yaxshi bo‘ladi. Natijada aktrisa o‘ziga juda yarashadigan ochiq nigoh egasiga aylandi.
Ariana Grande
Yoshligidan mashhur bo‘lgan xonanda o‘z muxlislari safini kengaytirishda davom etmoqda. Bunda esa qo‘shiqchining yoqimtoy, ayni paytda yorqin qiyofasi muhim rol o‘ynaydi. Ammo buning ortida bir qancha plastik jarrohlar aralashuvi borligini ko‘pchilik bilmaydi. “Gremmi” mukofoti sovrindori o‘n yil oldin blefaroplastikadan foydalangan, o‘shanda u 18 yoshda bo‘lgan. | 73 | 3,005 |
Madaniyat | “Krid 2” filmining treyleri internetda ommalashib ketdi (video) | Warner Bros. Pictures studiyasi Silvestr Stallone va Maykl Bakari Jordan ishtirokidagi “Krid 2” filmining birinchi treylerini taqdim etdi. Rolik kompaniyaning YouTube’dagi kanaliga joylangan va bir kunda yetti million martadan ko‘proq tomosha qilindi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shuningdek, filmda Tessa Tompson, Dolf Lundgren va Andre Uord ham suratga tushgan. Film rejissori kichik Stiven Keypl hisoblanadi.
Filmning taqdimoti 2019-yilning 24-yanvariga rejalashtirilgan. | 63 | 484 |
Madaniyat | Tamila: Litsenziyamni bekor qilishni “O‘zbeknavo”dan o‘zim so‘radim | Xonanda Tamila “O‘zbeknavo” estrada birlashmasidan unga tegishli litsenziyani bekor qilishni so‘raganini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Litsenziyamni bekor qilinishini ‘O‘zbeknavo’dan o‘zim iltimos qildim va meni bezovta qilmasliklarini so‘radim”, — dedi Tamila.
“Videolarni ekspertizaga topshirib, behayo harakatlar qilgan qiz men emasligim va bu qabih ishga kim qo‘l urganini bilish niyatidaman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Tamilaning bu so‘zlariga “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov quyidagicha munosabat bildirdi: “Gapidan tonadigan xonandaga ishonasizmi yoki rasmiy tashkilot vakilining gapiga? Uning bu ma’lumoti 100 foiz yolg‘on!”.
Yanvar oyi oxirida internetda Tamila deb taxmin qilinayotgan qizning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalib ketdi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri u bilan hamkorlikni to‘xtatdi, “O‘zbeknavo” esa Tamilaning litsenziyasini tugatdi.
Shov-shuvlar ortidan Tamila Qozog‘istonga ko‘chib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi, biroq xonandaning o‘zi videomurojaat bilan chiqib, mish-mishlarni rad etdi. U, shuningdek, videodagi qiz o‘zi emasligini ta’kidlamoqda. | 67 | 1,198 |
Madaniyat | 2021-yilda taqdim etilishi kutilayotgan Bollivud filmlari (foto) | O‘tgan 6 oy mobaynida har qanday sohada kutilmagan inqirozlar yuzaga keldi. Dunyodagi mavjud vaziyat tufayli ko‘plab loyihalar to‘xtatildi. Shuningdek, kino olamida ham filmlarning so‘nggi bosqichida prodyuserlar platformalarda ularni sotishiga to‘g‘ri keldi. Lekin shunda ham o‘z mahsulotlarini kinoteatrlarda taqdim etishga tayyor bo‘lganlar bor. Bu borada Bollivud ham izlanishda davom etmoqda. Rejissorlar filmlarning 2021-yilda namoyish etilishi yana tomoshabinlarni kinoteatrlarga qaytarishiga umid bog‘lamoqda.
“Soat 12:00”
“Soat 12:00” filmi taqdimoti 2021-yil 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Filmda Mitxun Chakraborti, Divya Jagdeyl, Ashish Vidyarti, Dalip Taxil, Flora Shayni va Krishna Gautamlar ishtirok etgan. Rejissor Ram Gopalning dahshatli filmi dastlab “Geher” deb nomlangan va keyinchalik “Soat 12:00” ga o‘zgartirilgan.
“Sardar Udxam Singx”
Ushbu film taqdimoti 2021-yil 15-yanvar kuniga mo‘ljallangan bo‘lib, rollarda Viki Kaushal va Banita Sandxularni ko‘rish mumkin. Ozodlik uchun kurashuvchi Udxam Singx haqidagi ushbu kartinani rejissor Shujit Sarkar 2019-yil 4-martda rasman e’lon qilgan va uni o‘zining orzu qilgan loyihasi deb atagan edi.
“Bachchan Pandey”
Mazkur film 2021-yil 22-yanvarda namoyish etilishi kutilmoqda. Unda mashhur aktyorlardan Akshay Kumar, Kriti Senono va Jaklin Fernandesni ko‘rish mumkin. Film aslida 2020-yil 25-dekabrda namoyish etilishi kerak bo‘lgan, ammo ma’lum sabablarga ko‘ra qoldirilgan. Shuningdek, dunyo bo‘ylab yuz berayotgan vaziyat tufayli hech bir film o‘z vaqtida namoyish etilmadi.
“Suryavanshi”
Premyerasi kutilayotgan navbatdagi film 2021-yilning 26-yanvarida namoyish etiladi. Filmni suratga olish ishlari 2019-yil may oyida boshlangan va shu yilning noyabr oyida tugagan. Taqdimot esa 2020-yilning 24-mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo kinoteatrlarning ommaviy tarzda yopilishi tufayli qoldirildi. Rejissor filmni raqamli platformada sotishni maqsadga muvofiq deb bilmadi va hamon uni kinoteatrda taqdim etilishiga umid bog‘lamoqda.
“Barakalla, Mitxu!”
Hindiston kriket terma jamoasi sardori – Mitali Raj haqidagi biografik film. “Men sababli ushbu film dunyoga kelganidan xursandman. Unda ushbu qiyin sport turidagi ayollarning kurashi haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, bu o‘tgan asrning 90-yillarida juda qiyin bo‘lgan. Hozir zamon o‘zgardi. Ko‘pgina yosh qizlarda ham sport bilan shug‘ullanish imkoni va istagi bor”, − deydi Mitali. Film namoyishi 2021-yilning 5-fevraliga rejalashtirilgan.
“Banti va Babli-2”
Voqealar rivoji “Banti va Babli” (2005) filmining davomi sifatida rivojlanadi. Ijodkorlar filmni raqamli platformada chiqarish g‘oyasini rad etdi va karantin cheklovlari yumshatilishini kutmoqda.
“83”
Mazkur film 2021-yilning mart oyida namoyish etilishi kutilmoqda. Rollarda Ranvir Singx, Dipika Padukone, Taxir Raj Bxasin, Sakib Salim kabi aktyorlar ishtirok etgan. Filmda Hindiston kriket terma jamoasi sardori Kapil Devanning hayoti va uning jamoasining 1983-yilgi Jahon chempionatidagi afsonaviy g‘alabasi aks etgan. 2020-yilning 10-apreliga namoyishi rejalashtirilgan film keyinchalik noyabr oyiga qoldirilgan edi. Endilikda filmni bahordan tomosha qilish mumkin.
“Bell Bottom”
Ushbu loyiha o‘tgan asrning 80-yillarida yuz bergan voqealar asosida suratga olingan. Suratga olish ishlari 2020-yilning 30-sentabrida yakunlangan bo‘lib, uning namoyishi 2021-yilning 2-aprelida namoyish etilishi kerak.
“Haqiqat hamisha g‘olib chiqadi-2”
Muvaffaqiyat qozongan “Haqiqat hamisha g‘olib chiqadi” filmining davomi 2021-yil 12-mayda kinoteatrlarda namoyish etilishi kutilmoqda. Filmda Jon Abraxam va Divya Xosla Kumar ishtirok etgan. Kartina adolatsizlik hamda mansabni suiiste’mol qilish haqida hikoya qiladi. Filmni suratga olish ishlari hozircha yakunlanmagan.
“14 Pere”
Rejissor film haqida shunday deydi: “‘14 Pere’ oilaviy film bo‘lib, juda ko‘p qiziqarli voqea va sarguzashtlarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, kutilmagan hodisalarga boy. Aktyorlar bilan ishlash juda ajoyib bo‘ldi”. kartina taqdimoti 2021-yilning 9-iyul kuniga rejalashtirilgan.
“Sevish huquqi-2”
2021-yilning 16-iyulida taqdim etilishi kutilayotgan filmda Tayger Shroff, Kriti Senon, Rakesh Krushna Joshi ishtirok etgan.
“Maidaan”
Aktyorlardan Ajay Devgan, Priyamani va Gajraj Rao ishtirok etgan “Maidaan” filmi 2021-yilning 15-oktabrida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda. Film hind futbolining 1952-1962 yillardagi oltin davri haqida hikoya qiladi. U hind, tamil, telugu va malayalam tillarida namoyish etiladi. Film namoyishi aslida 2020-yil 11-dekabriga rejalashtirilgan edi, ammo pandemiya sababli uning taqdimoti 1 yilga kechikdi.
“Rakshabandxan”
Filmda bosh rolni ijro etgan aktyor Akshay ushbu kartina haqida singlisi Alkaga shunday deydi: “Inson qalbiga shu qadar tez va chuqur ta’sir qiladigan voqea. Bu mening karyeramdagi eng tez imzolagan film shartnomasi hisoblanadi. Mazkur kartina aka va singil o‘rtasidagi rishta haqida hikoya qiladi”. Film namoyishi 2021-yil 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
“Lal Singx Chaddxa”
“Forrest Gamp” filmining remeyki sifatida ushbu film Hindistonning 100 dan ortiq joylarida suratga olingan. Asosiy suratga olish maydonchasi Chandigarxda bo‘lib, pandemiya sababli u ham to‘xtatilgan edi. 2020-yilning sentabr oyidan esa Dexlida qayta tiklandi. Endi tomoshabinlar mazkur filmni yana bir yil kutishiga to‘g‘ri keladi.
“Jersi”
Mazkur filmda bosh qahramonni Shaxid Kapur ijro etadi va uning namoyishi 2021-yil bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Kartinani suratga olish ishlari 2020-yilning dekabr oyida yakunlangan bo‘lib, hozirda uning ustida montaj ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Bollivudda filmlar suratga olish jarayoni bir zumga ham to‘xtagani yo‘q. Shuningdek, 2021-yil uchun yana bir qancha filmlar premyerasi rejalashtirilmoqda, ammo aniq sanasi hozircha ma’lum emas. | 64 | 5,808 |
Madaniyat | Xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli rejissyor vafot etdi | Bugun O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli rejissyor va ssenarist Xabibulla Fayziev bu yorug` olamni tark etdi. Bu haqda O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar bermoqda.
Marhumning oilasi, yaqinlari va do`stlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz. | 64 | 286 |
Madaniyat | Eng mashhur turk aktrisalari plastik operatsiyadan avval va keyin (foto) | So‘nggi bir necha yil ichida turk seriallari o‘zbek tomoshabinlari orasida katta shuhrat qozondi. Biroq muxlislarning hammasi ham o‘zlarining sevimli yulduzlari plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazganini bilmaydi. Bundan tashqari, ularning ba’zilari shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, ular deyarli tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Grazia nashri mashhur turk aktrisalarining plastik operatsiyadan avvalgi va keyingi suratlarini taqdim etdi.
Maryam Uzerli
“Muhtasham yuz yil” serialidagi ishtiroki bilan mashhur bo‘lgan Maryam Uzerli bir necha bor plastik jarrohlikka murojaat qildi. U dastlab yuzi, shundan so‘ng lablarining shakli va hajmini tuzatish operatsiyasi, iyagi va burni shaklini tuzatdi. Aktrisa go‘zallik ineksiyalari uchun pulni ayamadi. Biroq aktrisaning muxlislariga undagi sun’iy o‘zgarishlar ma’qul kelmadi va uni ochiq tanqid ostiga oldi. Maryam tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilib, chindan ham botoks va gel quydirish borasida me’yordan oshganini tan oldi va ushbu amaliyotga boshqa qo‘l urmaslikka va’da berdi.
Xande Erchel
Tomoshabinlarga “Malikam endi qara” seriali orqali tanish bo‘lgan Erchel plastik jarrohlikdan oldin keng yonoqli yuzning egasi edi. Aktrisa oval yuz shakliga erishish uchun mutaxassislarning fikriga ko‘ra, iyagi va yonoqlari shaklini tuzatgan. Bundan tashqari, aktrisa juda ko‘p vazn yo‘qotdi, buning natijasida uning tashqi ko‘rinishi juda ham o‘zgarib ketdi.
Ushbu global metamorfozalardan so‘ng yulduzning muxlislari uch guruhga bo‘lingan: birinchisiga uning oldingi ko‘rinishi ko‘proq yoqdi, shuning uchun ular uning o‘zgarishini tanqid qildi, ikkinchi guruh, aksincha, Xande ancha yaxshi ko‘rina boshlaganini ta’kidladi. Boshqalar esa uning plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazganiga umuman ishonmadi: ular aktrisaning o‘zgargani uning vazn yo‘qotish natijasi ekanligiga amin.
Demet O‘zdemir
Yana bir mashhur aktrisa Demet hech qachon plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaganini aytadi. Ammo uning eski suratlari esa buning aksini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yulduz botoksdan tashqari qoshlarini ko‘tarish va boshqa bir qancha kichik tuzatish operatsiyalarini ham amalga oshirgan. Ammo uning tashqi qiyofasini o‘zgartirgan eng muhim operatsiya bu jag‘ suyaklarini biroz kichiklashtirishdir.
Birje Akalay
Shuningdek, Birje Akalay ham tashqi ko‘rinishi ustida ko‘p mehnat qilgan. U yonoq suyaklarini tuzatdi, lablariga botoks ineksiyalarini qildi, qoshlarini ko‘tardi va rinoplastikaga ham qo‘l urdi. Plastik operatsiya tufayli aktrisa shunchalik o‘zgardiki, eski rasmlar bilan solishtirganda farq aniq seziladi. Biroq bundan oldin u hozirgidek go‘zal emas edi, u 2004-yilda “Turkiya go‘zali” tanlovida uchinchi o‘rinni egalladi.
Fahriye Evjen
Fahriye Evjen ham o‘z qiyofasini deyarli butunlay o‘zgartirgan yulduzlardan biridir. Aktrisa ham bir nechta operatsiyalarni o‘tkazdi, buning natijasida yanada go‘zallashib ketdi. Aktrisa qoshlarini ko‘tardi, iyagi va burni shaklini o‘zgartirdi. Mish-mishlarga ko‘ra, Fahriye ko‘zining ham rangini o‘zgartirgan, ammo bu shunchaki rangli linzalar evaziga bo‘lishi mumkin.
Mine Tugay
“Zolim Istanbul” serialidagi roli bilan tanish bo‘lgan mashhur yulduz ham bir necha bor jarrohlik stolida bo‘lgan. Buni uning eski suratlari tasdiqlaydi, u hozirgisiga umuman o‘xshamaydi. Mutaxassislarning fikricha, aktrisa rinoplastika va iyagi, yonoqlari va qoshlarida bir nechta tuzatish operatsiyalarini o‘tkazgan.
Aslihan Guner
Karyerasi avvalida qizil sochli go‘zal Aslihan Guner darhol muxlislari ko‘nglidan joy olgandi. Ammo tez orada aktrisa plastik jarrohlar yordamiga murojaat qilgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Soha mutaxassislarining fikricha, Aslihan lablari shaklini tuzatgan va yonoq suyagini ko‘targan. Ammo uning o‘zi esa plastik jarrohlik haqidagi mish-mishlarni rad etadi. | 72 | 3,793 |
Madaniyat | Scorpion filmi Toshkentda rekord darajada tomoshabin to‘plamoqda | 1-dekabr kuni Toshkent kinoteatrlarida Scorpion trillerining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Ilk uikendda, ya’ni dam olish kunlarida kartinani tomosha qilish uchun kinoteatrlarga 15 mingdan ortiq tomoshabin keldi. Boshqa filmlar namoyishiga keladigan tomoshabinlar soni bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 15-20 barobarga ko‘p.
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi ma’muriyatining ma’lum qilinishicha, muxlislar talabidan kelib chiqqan holda deyarli barcha kinozallarda besh smenada ham Scorpion namoyish etilmoqda.
Ma’lumot uchun, kartina tizeri bir kun ichida bir million martadan ortiq tomosha qilingan edi. | 64 | 658 |
Madaniyat | Foto: Filmlardagi roli uchun sochini kalga oldirgan aktrisalar | Ba’zida yulduzlar karyerasida muvaffaqiyat kuzatilishi va arsenalida qiziqarli rollar bo‘lishi uchun tashqi ko‘rinishiga jiddiy o‘zgartirish kiritishiga to‘g‘ri keladi. Lekin ayollarning hammasi ham rol uchun sochlaridan voz kechishga rozi bo‘lavermaydi. Quyidagi aktrisalar esa bundan mustasno.
Keyt Blanshett “Jannat” (2002)
Avstraliyalik aktrisa 2002-yilda suratga olingan filmda rol ijro qilish uchun kal bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Voqealar rivoji Italiyaning Turin shahrida yuz beradi. Keyt unda turmush o‘rtog‘i va o‘quvchilarining o‘limi uchun narkotiklar bilan savdo qiluvchi kishilardan o‘ch olmoqchi bo‘lgan ingliz tili o‘qituvchisi rolini ijro qilgan. Urinishlaridan biri qamoqqa tushish bilan yakunlangan qahramon aynan shu yerda Filippe ismli politsiya zobiti bilan tanishadi. Zobit ayolga qamoqdan qochishga yordam beradi.
Demi Mur “Askar Jeyn” (1997-yil)
Demi Ridli Skottning “Askar Jeyn” kartinasi uchun uzun sochlaridan voz kechganida bu eng muvaffaqiyatli filmlardan biri bo‘lishiga umid qilgan. Film kutilganidek chiqmagan bo‘lsa ham Demining ijrosi esda qolarli qahramonlardan biri bo‘lgan. Aktrisa filmda gender va ijtimoiy stereotiplarga qarshi kurashgan Jordan O’Nil ismli qahramonni gavdalantirgan. Ssenariyga ko‘ra Jordan dengiz askarlarining safiga qo‘shilishga tayyor ekanligini isbotlash maqsadida sochlarini qirib tashlaydi.
Sharliz Teron, “Telba Maks: g‘azab yo‘li” (2015)
Sharliz Teron Jorj Millerning “Telba Maks: g‘azab yo‘li” filmida suratga tushish uchun tillarang kokillaridan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Sujetga ko‘ra u gavdalantirgan Furioza ismli qahramon besh nafar ayolni qutqaradi. Jurnalistlarga bergan intervyusida Sharliz bu qaroridan hech ham afsuslanmasligini, bu amaliyot salbiy emotsiyalardan qutulishga yordam berishini ta’kidlagan. Filmning nafaqat muxlislar, balki kinotanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgani esa Teron qilgan qaror to‘g‘ri bo‘lganini isbotlaydi.
Sena Latan, “Soch tolasidagi baxt” (2018)
“Sevgi va basketbol” hamda “Bleyd” singari filmlaridagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Sena Latan 2018-yilda “Soch tolasidagi baxt” nomli filmda suratga tushgan. Ssenariyga ko‘ra tashqi ko‘rinishini hamma narsadan ustun qo‘yadigan ayolning hayoti sochlarini kalga oldirishga qaror qilganidan keyin butkul o‘zgaradi.
Tilda Suinton, “Doktor Strenj” (2016)
Britaniyalik aktrisa Tilda Suinton esa Marvel tomonidan suratga olingan “Doktor Strenj” filmida rol ijro qilish uchun sochlaridan ayrilishga rozi bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, film ekran yuzini ko‘rmagunicha aktrisaning obrazi sir saqlangan. Obrazning ishonarli chiqishi uchun kal bo‘lish taklifi prodyuser va rejissor qolib, aktrisaning o‘zidan chiqqan.
Karen Gillan, “Galaktika qo‘riqchilari” (2014)
Gillan esa 2014-yilda suratga olingan “Galaktika qo‘riqchilari”da rol ijro qilish uchun ushbu qarorga kelgan. Aktrisaning yangi obrazi kutilmagan bo‘lgan. San-Diyegodagi konferensiya vaqtida boshidagi parikni yechganida atrofdagilar lol qolgan. Ma’lum bo‘lishicha, hali kastingda ishtirok etishidan avvalroq mazkur qahramonni gavdalantirish uchun aktrisa kal bo‘lishi kerakligi haqida ogohlantirilgan. Karen bunday talabdan cho‘chimagan, aksincha buni qiziqarli tajriba deb qabul qilgan.
Persis Xambata “Samoviy yo‘l (1979)
Hind aktrisasi Persis mazkur filmda ishtirok etish uchun tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq muhim qaror qabul qilishiga to‘g‘ri kelgan. Ayollarning nafaqat hayotda, balki ekranda ham kal ko‘rinishi odatiy bo‘lmagan bir paytda muxlislar aktrisaning mazkur obrazini ko‘rish uchun kinoteatrlarga tashrif buyurgan. “Samoviy yo‘l”, “Hindiston go‘zali” ijrosidagi eng muvaffaqiyatli filmlardan biri bo‘lganiga qaramay, keyinchalik uning arsenalida boshqa pichoqqa ilinadigan film bo‘lmagan. | 62 | 3,728 |
Madaniyat | Foto: Afsonaviy hind aktyorlari avval va hozir | Hind kinosida o‘chmas iz qoldirayotgan afsonaviy aktyorlar hozir qanday ko‘rinishda va ular nimalar bilan band? Quyida shular haqida so‘z yuritamiz.
Amitabh Bachchan, 77 yoshda
Amitabh Bachchan hind xalqi uchun shunchaki aktyor emas, odamlar uni ma’budga qiyoslaydi. U hozir ham Hindistonning eng talabgir aktyorlaridan biri hisoblanadi. Kinodagi faoliyatidan tashqari u “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” ko‘rsatuvining hindcha versiyasiga boshlovchilik qiladi.
Mithun Chakraborti, 69 yoshda
1982-yilda “Disko raqqosi” filmi katta ekranlarga chiqqach, aktyor butun dunyoga mashhur bo‘lib ketdi. Film hind kinosining klassikasiga aylandi, Mithun o‘ziga Jimmi degan ikkinchi ismni orttirdi. Mithun hozir ham kinolarda suratga tushadi, yoshiga qaramay u hamon talab yuqori bo‘lgan aktyorlardan biri hisoblanadi.
2020-yilning 30-aprelida 68 yoshida vafot etgan Rishi Kapur
Afsonaviy aktyor Raj Kapurning o‘g‘li aktyorlikdan boshqa kasbni tanlay olmasdi. Uning “Bobbi” filmidagi roli unga olamshumul mashhurlik keltirdi. U bir muddat rejissorlik bilan ham shug‘ullangan. Rishi Kapur bir necha yil oqqon bilan kurashib, shu kasallik tufayli olamdan o‘tdi.
Hindistonda afsonaviy aktyor Rishi Kapur bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi (foto+video)
Dharmendra, 84 yoshda
Dharmendrani “Zita va Gita” fimidan tanishadi, biroq unga haqiqiy muvaffaqiyat keltirgan film “Gul va tosh” hisoblanadi. Ushbu kartinadagi jinoyatchi obrazini muvaffaqiyatli gavdalantirganidan so‘ng unga rejissorlar tomonidan takliflar yog‘ila boshladi. Aktyor qisqa muddat ichida boy va mashhur bo‘lib ketdi. Dharmendrani 19 yoshida Prakash Kaur ismli qizga uylantirib qo‘yishadi. Ular ikki o‘g‘il ko‘radi. Dharmendraning ikki o‘g‘li Sanni va Bobbi Deollar ham muvaffaqiyat qozongan aktyorlar.
Dharmendra “Zita ava Gita” filmining suratga olish jarayonida aktisa Hema Malini bilan tanishib, unga ko‘ngil qo‘yadi. Shundan so‘ng birinchi xotini bilan ajrashib, Hemaga uylanadi. Ularning ikki qiz farzandi bor.
Hema Malini, 71 yosh
“Zita va Gita” filmidan so‘ng tanilgan Hema Malini “Sevimli Raja”, “Qasos va qonun”, “Bog‘bon” filmlarida ham esda qolarli obrazlarni yaratgan. U Hema Malini Creations prodyuserlik kompaniyasiga asos solgan, u turmush o‘rtog‘i Dharmendra bilan siyosiy faoliyat ham olib boradi, shuningdek, kinolarda suratga tushadi.
Jeki Shroff, 63 yoshda
Jekining haqiqiy ismi — Jaykishan. “Asira” filmidagi ishtiroki unga muvaffaqiyat keltirgan. Shundan so‘ng aktyor o‘ziga Jeki Shroff taxallusini tanlagan. Jeki kinoprodyuser Aisha Shroffga uylangan. Ularning ikki farzandi bor.
Aktyor Jackie Shroff Entertainment Limited mediakompaniyasiga rahbarlik qiladi.
Jaya Prada, 58 yosh
Jaya Prada o‘zbek tomoshabinlariga “Mehribonginam” filmidagi Yeshoda obrazi bilan yaxshi tanish. U 1994-yildan beri siyosat bilan shug‘ullanadi. Jaya Prada Hindiston parlamenti a’zosi hisoblanadi.
Rekha, 65 yoshda
Rekha 12 yoshidan beri kinolarda suratga tushadi. Otasi ularni tashlab ketganidan keyin qizcha maktabni tashlab ishlashga majbur bo‘lgan. U kecha-yu kunduz filmlarda suratga tushardi. Aktrisa bugunga qadar 200 ga yaqin filmda suratga tushgan. Uning eri o‘z joniga qasd qilgan, shundan so‘ng Rekha qayta turmush qurmagan. U uzoq muddat Bollivud qiroli Amitabh Bachchan bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ularning munosabatlarini hamma qoralagan. Birozdan so‘ng Bachchan aktrisa bilan munosabatlariga chek qo‘yib, oilasiga qaytgan. Aktrisa hozirda Mumbay shahrida yaqin dugonasi bilan birga yashaydi. U hozir ham filmlarda suratga tushadi. | 46 | 3,522 |
Madaniyat | “Katta portlash nazariyasi”ning Bill Geyts ishtirokidagi epizodi chiqdi (video) | Bill Geyts “Katta portlash nazariyasi” serialining yangi epizodida o‘z-o‘zini ijro etdi, deb yozadi DailyAfisha.
Dunyoning eng boy insonlaridan biri va Microsoft kompaniyasi asoschilaridan birini shouning 11-mavsumi 18-epizodining 30 soniyalik parchasida ko‘rish mumkin.
Syujet bo‘yicha Penni (Keyli Kuokoning qahramoni) tadbirkorni ishda kutib oladi, shundan so‘ng uning do‘stlari u bilan tanishishga harakat qila boshlaydi. Kumiri bilan so‘zlashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan Leonard yig‘lay boshlaydi, bunga javoban Geyts unga ro‘molchasini taklif qiladi. “Balki quchoqlasharmiz?” — deb so‘raydi Leonard. “Ro‘molcha yaxshiroqdir?” — deb javob qaytaradi milliarder. | 79 | 670 |
Madaniyat | Limonli choy, qorong‘i xona, lavandali sprey: Gollivud yulduzlari uyqusizlikka qarshi qanday kurashadi? | Olimlar inson salomatligi uchun 7-8 soat uxlashi kerakligini ta’kidlaydi. Ammo uxlashni va uxlaganda ham tiniqib uxlashni iloji bo‘lmasa nima qilish kerak? Bu savolga yulduzlar foydalanadigan usullardan kelib chiqib javob beramiz.
Jennifer Eniston
Intervyulardan birida aktrisa: “Telefonni hech bo‘lmaganda yarim metr uzoqqa qo‘yib uxlashni tavsiya qilaman. Bu juda ham yaxshi samara beradi”, — degan.
Merayya Keri
Havoni namlantiradigan vositadan foydalangan holda uxlaydigan xonanda yotoqxonasini sauna bilan taqqoslaydi. Maxsus parda Merayyaning terisiga tomchi tushishidan himoya qiladi.
Tom Kruz
Uyqu bilan bog‘liq muammolardan uzoq vaqt davomida aziyat chekkan aktyor, keyinroq qorong‘i va shovqin eshitilmaydigan xonada yotish bilan yechim topgan.
Lea Mishel
Lea esa tiniqib uxlash uchun uxlashidan yarim soat avval limonli choy iste’mol qiladi.
Gvinet Peltrou
Aktrisa har kuni uyqudan avval vanna qabul qiladi. “Bu mening tinchlanish va ortiqcha energiyadan qutilish uchun yordam beradigan odatim. Buning uchun kerakli bo‘lgan barcha tuz, yog‘ va skrab turlari menda bor”, — degan aktrisa.
Miranda Kerr
Miranda uyqudan avval lavandali spreyni yostiq va yuziga sepishni odat qilgan. Lavanda tinchlantiradi va tez uxlashga yordam beradi.
Gal Gadot
“Mo‘jizakor ayol” yulduzi Gal Gadot uyqudan avval C vitaminga boy bo‘lgan apelsinli sharbat iste’mol qiladi. Bundan tashqari, makiyajini o‘chirishni kanda qilmaydi. | 103 | 1,425 |
Madaniyat | Shahzoda Sarvar va Komilning ilk filmidagi saundtreki klipini taqdim etdi (video) | Sarvar va Komilning kino sohasidagi ilk ijodiy ishi “Yurak yig‘lar” filmiga guruh xonandalaridan tashqari, o‘zbek estradasining yana bir vakili — Shahzoda ham saundtrek ijro etgan, deb yozadi Popcorn.uz.
Shahzodaning “Sen menga kerak” taronasi matni muallifi Komil Fozilov bo‘lib, musiqasini Sarvar Azimov bastalagan. Qish fasli so‘ngida mazkur taronaga videoklip ham suratga olingan edi. Bugunga kelib, videoklip tayyor bo‘ldi va internet foydalanuvchilari e’tiboriga havola etildi.
Qayd etish joiz, “Yurak yig‘lar” filmining premyerasi 8-mayga belgilangan. | 81 | 560 |
Madaniyat | Ispaniyada mingdan ortiq erkak “Taxtlar o‘yini” serialida suratga tushish niyatida navbatga turdi | So‘nggi yillarning eng mashhur seriallardan biri hisoblangan “Taxtlar o‘yini”ning tasvirga olish jarayonida ishtirok etish umidida Ispaniyaning Basklar o‘lkasidagi Sumaya shaharchasida mingdan ortiq erkak navbatga turdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bir muddat avval teleserialning Basklar o‘lkasida 24-oktabrdan boshlab olti kun davomida olinadigan ommaviy sahnalarida ishtirok etish istagidagilar uchun kasting e’lon qilingani haqida xabar berilgan edi.
Kasting tashkilotchilari 20—50 yosh oralig‘ida, sportchilarga xos qad-qomatga ega, bo‘yi 1,78—1,95 metr oralig‘ida bo‘lgan, harbiy tayyorgarligi bor va sezilarli tatuirovkalari bo‘lmagan, soqolini oldirib tashlash yoki o‘stirishga rozi erkaklarni saralab olish niyatida edi.
Serialning ommaviy sahnalarida qatnashgan har bir havaskor “aktyor”ga kuniga 54 yevrodan pul va’da qilingan. Kasting Sumayadagi madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan. Tashkilotchilar barcha talablarga javob bera oladigan dastlabki 200 kishini saralab olishini oldindan ma’lum qilgan bo‘lsa-da, salqin iqlim sharoitiga qaramay, ba’zi ko‘ngillilar butun tunni madaniyat uyi oldida o‘tkazgan.
HBO telekanalining dramatik “Taxtlar o‘yini” seriali Jorj Martinning “Muz va olov qo‘shig‘i” romanlar turkumiga asoslangan holda suratga olinmoqda. AQSh televideniyesi tarixidagi eng qimmat loyihalardan biri hisoblangan serialning birinchi fasli taqdimoti 2011-yil 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 97 | 1,571 |
Madaniyat | Qalbingizni junbishga keltiradigan 10 ta ta’sirli multfilm (video) | Sovet multfilmlari har qanday yoshda ham miriqib ko‘rish mumkin bo‘lgan klassikadir. Ko‘z yosh to‘kmaslikning esa shunchaki iloji yo‘q, deb yozadi People Talk.
“Qo‘lqop” (1967)
Ushbu multfilmda so‘zsiz ham barcha narsani aniq tushunish mumkin. Bu multfilm qizil jun qo‘lqopni o‘zi orzu qilgan aqlli, quvnoq kuchukchaga aylantirgan qiz haqda hikoya qiladi.
“Pingvinlar” (1968)
Uzoq Antarktidaga jo‘jalari ochib chiqishi uchun kelgan pingvinlar bilan bog‘liq ajoyib voqea. Ayniqsa, bosh qahramon — Pin Gvin barchaning yodida qolgan.
“Hayvonot bog‘idagi poni” (1974)
Ushbu multfilm bolalarni hayvonot bog‘ida sayrga olib chiqqan, lekin o‘zi paradda qatnashishni orzu qilgan kichkina poni haqida. Ammo u keyinchalik nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham shodlik ulashayotganidan xursand bo‘ladi.
“Tumandagi tipratikan” (1975)
Kechqurun yulduzlarni sanash uchun ayiqnikiga borgan tipratikan haqidagi Yuriy Norshteynning ajoyib multfilmi. Ular to‘nka ustida o‘tirib, bir chashka choy ustida yulduzli osmonga qaradi — yulduzlar tom ustida, mo‘ridan ko‘rinib turar edi.
“Noodatiy do‘st” (1975)
“Nega hech kim karkidonlar bilan do‘st bo‘lishni xohlamaydi?” — maktab o‘quvchisi Leshaning Nosik ismli karkidon bilan mustahkam do‘stligi hech kimni befarq qoldirmaydi. Abadiy qadriyatlar haqida iliq va samimiy multfilm.
“Havorang kuchukcha” (1976)
Vengriya yozuvchisi D.Urbanning ko‘k kuchukchaning sarguzashtlari haqidagi ertagiga asoslangan multfilm. Insonni tashqi ko‘rinishiga emas, balki harakatlariga qarab baholang.
“Xuddi shunday” (1976)
“Va xuddi shunday ...” Bu multfilm fidoyilik va shartsiz sevgi haqida bo‘lib, voqealarning soddaligi bilan ham tomosha qilishga arziydi.
“Va’da” (1978)
Kichkina bola kimsasiz bog‘da yolg‘iz o‘zi qolib ketadi — u aslida va’da bergan va uni bajarishdan boshqa iloji yo‘q. Ushbu multfilm odamlarning qanchadan qancha bergan va’dasini yodiga tushirishi mumkin.
“Mamontchaning onasi” (1981)
Onasini yo‘qotgan mamontcha qo‘shig‘ini eshitiboq, ko‘z yosh to‘kmaslikning iloji yo‘q. Bosh qahramon uni qidirib, qutb ayig‘i va morjni uchratadi, so‘ngra uzoq sayohatga — go‘yoki onasi uni kutayotgan muz qatlamiga yo‘l oladi.
“Qizaloq va quyonchalar” (1985)
Ayozli kunda qolgan ikkita quyonga yordamga kelgan qiz haqidagi hikoya. Albatta, qizaloqning mehribonligi har qanday inson tuyg‘ularini junbishga keltiradi. | 66 | 2,348 |
Madaniyat | Po‘lat Saidqosimovning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda | Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida filmni suratga olish jarayonida ishtirok etayotgan taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimovning to‘satdan tobi qochib Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markaziga olib borilgani haqida xabar berilgan edi.
Bemorni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Hojiboyev ko‘rikdan o‘tkazib, operatsiya qilgan. Jarrohlik amaliyoti murakkab kechgani sababli uning davomiyligi 6 soat davom etgan.
O‘zAning yozishicha, hozirda 88 yoshli Po‘lat Saidqosimovning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Bemor Toshkent shahri Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazining jonlantirish bo‘limida yotibdi. Malakali shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda. | 95 | 840 |
Madaniyat | Azamat Ahrorov va Shahzoda Muhamedovaning o‘zaro munosabatlari tufayli “Asal oyi” rejissori ular bilan ishlashga qiynalyapti | Rejissor Jahongir Ahmedov bosh rollarni Azamat Ahrorov va Shahzoda Muhamedova ijro etayotgan “Asal oyi” nomli navbatdagi kinokomediyani suratga olmoqda. Rejissorning aytishicha, u bosh rol ijrochilari Shahzoda va Azamatning o‘zaro munosabatlari yaxshi emasligi tufayli suratga olish jarayonlarida qiynalmoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Darakchi” muxbiri Sadoqat Allaberganova Jahongir Ahmedovga quyidagi savol bilan murojaat qildi: “Bosh rollarga aynan Shahzoda Muhamedova va Azamat Ahrorovni tanlashingizga sabab — ikkovining munosabati ayni damda muxlislar e’tiborida bo‘lgani uchunmi?”.
Ikkovining munosabati yaxshi emasligini Misrga yetib kelganimizdagina payqadim. Rolga e’tirozsiz rozi bo‘lishgan edi-da. Lekin bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan oshiqlar rolini ijro etishlari juda mushkul bo‘lyapti, ochig‘i, qiynalyapman. Nazarimda, shaxsiy munosabatlarni ishga aralashtirmaslik kerak.
Jahongir Ahmedov, rejissor
Yoshlar orasida yuzaga kelgan “Zamonaviylik va milliylik qanday bo‘lishi kerak?” degan savol e’tiborimni tortdi. Filmda mazkur tafovut aslida qanday yechim topishi, ota-ona va farzandlar orasidagi muammolar, chet ellarda xor-zor bo‘lib yurganlar va o‘tkinchi hisga aldanib yaqinlaridan kechayotgan ba’zi taqdirlar ham ko‘rsatilgan.
Jahongir Ahmedov, rejissor
Aktrisa Shahzoda Muhamedova “Asal oyi”da bir o‘zi uch kishining ishini uddalayapti
“Asal oyi” filmiga oid qiziqarli ma’lumotlar:
– Filmda bosh rollarni Shahzoda Muhamedova, Azamat Ahrorov ijro etgan. Qolaversa, kinokartinada Ra’no Yarasheva, Saida Rametova, Matyoqub Matchonov, Murod Rajabov, Muhammadiso Abdulxairov, Dilshod Mirzamurodovni ham ko‘rish mumkin.
– Ssenariy 2 oy yozilgan.
– Kinosinov 1 oy davom etgan. 1 100 ta talabgorlar orasidan san’atga aloqasi bo‘lmasa-da, iste’dodli 4 nafar yigit-qiz tanlab olingan.
– Tayyorgarlik jarayoni 3 oy davom etgan. Suratga olish ishlari 18-fevraldan Misrning Sharm-ash-Sheyx shahridan boshlangan.
– Suratga olinadigan obyektlar 21 ta.
– Suratga olish ishlari 10 kun Misr, 4 kun Turkiya, 15 kun Toshkentda o‘tadi.
– Bosh qahramon – 2 ta.
– Boshqa qahramonlar – 34 ta.
– Jami ijodiy guruh a’zolari soni – 67 nafar.
Film premyerasi may oyining o‘rtalariga belgilangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 124 | 2,265 |
Madaniyat | Ayshvariya Ray o‘zi ishtirokidagi “PS1” kartinasining premyerasiga tashrif buyurdi (foto) | “Dunyo go‘zali” unvonini hindistonlik Ayshvariya Ray 28 yil oldin qo‘lga kiritgan. Shuningdek, aktrisa go‘zallik sanoatida (u L’Oreal go‘zallik elchisining doimiy unvoniga ega) va kinoda muvaffaqiyatli karyera qurishga erishgan bir nechta mashhur tanlovlar g‘oliblaridan biridir. U qisqa vaqt ichida Bollivudning eng yaxshi aktrisalaridan biriga aylandi va hozir ham o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, deb yozadi Elle.
Yaqinda Mumbayda aktrisa ishtirokidagi “PS1” (Ponniyin Selvan) nomli yangi kartinaning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu hind-tamil tilidagi epik jangovar film bo‘lib, u 2022-yil 30-sentabrda chiqariladi. Yangi filmi taqdimotida Ayshvariya qo‘l mehnati yordamida ishlangan san’at asariga o‘xshash marvaridli sarida ko‘rinish berdi. Mazkur libosni yaratish uchun ko‘p vaqt va qo‘l mehnati talab qilingani shubhasiz.
Ray ko‘rinishidan mutlaqo baxtli edi va barcha muxlislari bilan qo‘llarini ko‘ksida qovushtirgan holda salomlashdi — bu minnatdorchilik, hamdardlik va yaxshilikka ishora.
Nima uchun “Dunyo go‘zali” va mahoratli aktrisa Ayshvariya Rayni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Hindistonda yoqtirishmaydi? | 89 | 1,117 |
Madaniyat | “Oltin globus“ mukofotiga nomzod filmlar ma’lum qilindi | Los-Anjelesda “Oltin globus” kinomukofotiga nomzodlar ma’lum qilindi. Bu haqda Vox xabar berdi. Taqdirlash marosimi 2019-yilning 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
“Eng film — drama” nominatsiyasiga “Qora pantera”, “Qora qabilalik”, “Bogema dostoni”, “Bil-strit so‘zlay olganida” va “Yulduz tug‘ildi” filmlari nomzodlik qilmoqda.
“Eng yaxshi film — komediya yoki myuzikl” yo‘nalishi uchun mukofotga “Aqlsiz boy osiyoliklar”, “Favorit”, “Yashil kitob”, “Meri Poppins qaytmoqda” va “Hokimiyat” filmlari da’vogarlik qilmoqda. | 55 | 517 |
Madaniyat | Tom Kruz ishtirokidagi yangi “Mumiyo” filmining birinchi treyleri chiqdi (video) | Gollivud aktyori Tom Kruz ishtirokidagi yangi “Mumiyo” filmining birinchi treyleri YouTube’dagi Universal Pictures studiyasining kanalida e’lon qilindi.
Mazkur filmda, shuningdek, Sofiya Butella va Rassel Krou suratga tushgan. Kinokartina rejissyori – Aleks Kurtsman.
“Mumiyo” filmi AQShda katta ekranlarga 2017-yilning 9-iyun kuni chiqishi rejalashtirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 80 | 516 |
Madaniyat | Haqiqiy voqealarga asoslangan halokatlar haqidagi filmlar | Hayotda haqiqatda bo‘lib o‘tgan halokatlar va fojialar haqida hikoya qiluvchi filmlar bilan tanishing.
Rejissor: Ron Xovard
Rollarda: Tom Xenks, Bill Pekston, Kevin Beykon
Film koinotning o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq eng dramatik lahzalardan biri — muvaffaqiyatsiz “Apollon-13” Oy missiyasi haqida hikoya qiladi. 1970-yilda “Apollon-13” astronavtlarni Oyga yetkazgan uchinchi kosmik kemaga aylanishi kerak edi. Ammo parvoz vaqtida jiddiy avariya sodir bo‘ldi, u nafaqat Oyga qo‘nishni chippakka chiqardi, balki ekipaj hayotini ham xavf ostiga qo‘ydi.
Rejissor: Volfgang Petersen
Rollarda: Jorj Kluni, Mark Uolberg, Dayan Leyn
1991-yilda AQShning Atlantika sohillaridagi Xellouin bo‘roni chog‘ida yuz bergan haqiqy voqealarga asoslangan drama. O‘shanda ofat uchta frontda kuzatildi, ulardan biri — “Greys” dovuli insoniyat tarixidagi eng kuchli bo‘ronni keltirib chiqardi. “Andrea Geyl” baliqchi kemasining ekipaji ushbu bo‘ron markazida qoldi.
Rejissor: Xuan Antonio Bayona
Rollarda: Naomi Uotts, Yuen MakGregor, Tom Xolland, Semyuel Joslin
Film 2004-yilda Hind okeanidagi zilzila va sunami fonida yuz bergan hodisalar haqida. Kartina 2004-yil dekabrida oilasi bilan Tailandda dam olgan ispaniyalik sobiq shifokor ayol boshidan kechirgan voqeaga asoslangan. O‘shanda sunami 200 mingdan ortiq kishini hayotdan olib ketgan, ammo ispaniyalik oila omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Rejissor: Jon Vu
Rollarda: Takesi Kanesiro, Chjan Szi, Son Xyo Gyu
Film 1949-yilda sodir bo‘lgan hodisalarni o‘ziga asos qilib olgan. Bu Jon Vu tomonidan rejalashtirilgan harbiy harakatlar davridagi Xitoy haqidagi trilogiyaning birinchi qismidir. Uchta muhabbat hikoyalari tinch manzilgohlar hududidagi bombardimonlar va shafqatsiz janglar fonida rivojlanib boradi.
Rejissor: Ron Xovard
Rollarda: Kris Xemsvort, Benjamin Uoker, Killian Myorfi, Brendan Glison
German Melvillni “Mobi Dik”ni yozishga ilhomlantirgan haqiqiy voqea. 1819-yilda Amerikaning Esseks” kemasi yigirma kishilik jamoasi bilan Massachusets shtatidagi portdan kit ovlash sanoatiga yo‘l oldi. 1820-yil kuzida bir yarim yil davom etgan muvaffaqiyatli ov ulkan kashalotning kemaga hujumi natijasida to‘xtab qoldi, natijada dengizchilar qayiqlarga o‘tirishiga to‘g‘ri keldi. Uch oydan ziyod vaqt davomida ular okean o‘rtasida yashash uchun kurashdi.
Manba: “Kinopoisk.ru” | 57 | 2,315 |
Madaniyat | Aktrisa Maryam Uzerli ishtirokidagi eng yaxshi seriallar (foto) | Asli Germaniyaning Kassel shahrida tug‘ilgan, Berlin, Gamburg va Kassel teatrlarida rol o‘ynagan aktrisa Maryam Uzerli 2011-yilda efirga uzatilgan “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram roli bilan mashhur bo‘lgan. Quyida aktrisa ishtirokidagi eng yaxshi seriallar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
“Kecha malikasi” (2016)
Bu serial Maryam Uzerli va Murat Yildirim kabi taniqli aktyorlar ishtiroki bilan juda mashhur bo‘lgan. Serialning dastlabki nomi “Jasorat” keyin “Sevgi hidi” va oxiri “Kechaning malikasi” nomiga o‘zgartirilgan.
Voqealar go‘zal qiz Shirin va bir vaqtning o‘zida unga oshiq bo‘lgan ikki erkak o‘rtasida rivojlanadi. Vaziyat oddiy va qiyin emas. Erkaklardan birining ismi Aziz. Uning ayoli o‘g‘lini dunyoga keltirayotganda vafot etadi. Aziz esa xotiniga bo‘lgan muhabbati tufayli hayotiga yangi ayolning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo Shiringa bir ko‘rishdan oshiq bo‘lib qoladi. Sujet juda qiziqarli va birinchi qismdayoq tomoshabinni o‘ziga jalb etadi.
“Jingez Rejay” (2017)
Aktrisaga ushbu kartinada Kenan Imirzalio‘g‘li partnyor bo‘lgan. Jangovar va komik voqealarga boy bo‘lishiga qaramay, serial juda katta cho‘qqiga erishmadi.
Sujet yo‘lto‘sar Rejay atrofida aylanadi. Uni hamma oliyjanob o‘g‘ri deb ataydi. U yo‘lto‘sarlar guruhiga kirgan va turli xil o‘g‘riliklar bilan shug‘ullanadi. Maryam Uzerlining bu kartinadagi ishtiroki yanada kulgili va qiziqarli.
“Boshqa tomon”
Filmda bosh rollarni Maryam Uzerli, O‘zjan Deniz va Asli Enver ijro etgan.
O‘zjanning sobiq sevgilisi Sara unga boshqa shaharga ko‘chib o‘tishni taklif qiladi. Natijada O‘zjan va uning hozirgi sevgilisi Eje birgalikda ko‘chadi. Ammo Sara O‘zjanga qayta erishish uchun shunday reja tuzganini bilgan Eje izsiz yo‘qoladi. Sujet qiziqarli bo‘lishiga qaramay juda chigal.
“Muhtasham yuz yil”
Tarixiy dalillarga asoslangan, eng yaxshi tanlangan aktyorlarga va ajoyib sujetga ega muvaffaqiyatli serial. Aynan Xurram sulton roli aktrisa Maryam Uzerliga mashhurlik olib kelgan.
“Onamning yarasi”
Bu film 2016-yilda suratga olingan. Bosh rollarni Okan Yalabik, Meryem Uzerli, O‘zan Guven, Mehmet Ergenlar ijro etgan.
Film yetimxonani tashlab, fermaga ishga kirgan Solih ismli yetim bola haqida hikoya qiladi. Aslida bola ota-onasini topishga, ular haqidagi haqiqatni bilishga harakat qiladi. Maryam Uzerlining bu filmdagi obrazi uning ijodidagi eng takrorlanmas rollardan biridir. | 63 | 2,384 |
Madaniyat | Taniqli san`atkorlar maktablarga kitoblar sovg`a qilishdi | “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan taniqli san`atkorlar bilan birgalikda maktablarga kitoblar sovg`a qilindi.
“O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan xayriya ishlariga munosib hissa qo`shish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ayrim maktablarga kitoblar sovg`a qilindi. Jumladan, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov boshchiligida O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ravshan Komilov, taniqli so`z ustasi Shukrullo Isroilov va xonanda Zohirshoh Jo`raev poytaxtimizning Mirzo Ulug`bek tumanidagi 248-son maktabiga tashrif buyurishgan bo`lsalar, O`zbekiston xalq artistlari Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova, G`ulomjon Yoqubovlar Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 6-sonli maktabga borishib, shaxsiy kutubxonalaridagi turli janrdagi adabiyotlardan maktab kutubxonasiga sovg`a qilishdi. | 57 | 928 |
Madaniyat | Tashqi ko‘rinishi tufayli tanqidga uchraganiga qaramay, kinoda muvaffaqiyatga erishgan Bollivud aktyorlari (foto) | Bollywoodtime nashri bir vaqtlar tashqi ko‘rinishi tufayli ekranlarga chiqishda mashaqqatga uchragan aktyorlar ketma-ketligini taqdim etdi.
Amitabh Bachchan
Amitabh Bachchan 1969-yilda aktyorlik faoliyatini boshlagan vaqtda Rajesh Khanna allaqachon Bollivudda mashhurlikka erishgandi. 4 yil davomida Khanna muvaffaqiyatning cho‘qqisida ijod qildi. Prodyuser va tomoshabinlar esa Amitabhning novchaligidan kulishdi, uning bo‘yi deyarli 1,90 santimetrni tashkil etardi. “Xo‘sh, bu naynov qanday ko‘tariladi? Bunday odam qanday qilib qahramonga aylanishi mumkin?” deya bir-biriga savollar berishdi.
Qolaversa, Bachchanning aktyor uchun shunday g‘ayrioddiy bariton ovozi bor edi, tanqidchilar bu yigitdan hech narsa chiqmaydi, deya fikr bildirdi. Hatto “Butun Hindiston” radiosi uni ishga olishdan bosh tortdi va uzoq vaqt davomida filmlarda bosh rollarni ijro etishga imkon berilmadi. “Kishan” (“Zanjeer”) filmi chiqishidan oldin Amitabh ishtirok etgan deyarli barcha filmlari kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Uzun bo‘yli, ozg‘in, g‘amgin ko‘rinishi bilan Bachchan bir necha yil davomida e’tiborga olinmadi. So‘ngra “Kishan” filmi paydo bo‘ldi va Amitabh Rajesh Khanna ning o‘rnini egalladi. Bollivud romantik kartinalar o‘rniga jangovar filmlar suratga olishni boshladi va vaqt o‘tishi bilan Amitabh afsonaga aylandi.
Dxanush
Rejissor Kasturi Rajaning o‘g‘li va Rajnikantxning sobiq kuyovi — Dxanush qahramon uchun tipik ko‘rinish va kino standartlaridan uzoqda edi. U 2002-yilda Tamil tilida “Yoshlik barakasi” filmida debyut qilganida, tomoshabinlar aktyorning ko‘rinishidan dahshatga tushdi. Chunki u qorachadan kelgan va o‘ta ozg‘in edi. Ammo ikkinchi loyihasi — “Men sevib qoldim” psixologik dramasida Dxanush o‘zining iste’dodini isbotladi va shiddatli xarizma bilan tomoshabinlarni o‘ziga tortdi.
Navazuddin Sidikki
Milliy drama maktabi bitiruvchisi Navazuddin Sidikki bir necha oy davomida kino sohasiga kirishga urinib ko‘rdi. Ayb uning Bollivud qahramonlarining standartlarga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rinishida edi. U o‘z intervyularida go‘zallik nafaqat aktrisalar, balki aktyorlar uchun ham muvaffaqiyatli karyeraning asosiy omillaridan biri ekanligini ochiq aytgan. Film ijodkorlariga uning tashqi ko‘rinishi ma’qul kelmagan.
“Kinematografiyamizdagi muammo shundaki, ijroga e’tibor qaratilmaydi. Raqs sahnalari va qahramonning kadrda paydo bo‘lishi sahnalariga o‘n millionlab rupi sarflanadi. Men Bollivudga kelganimda, o‘ziga xos ko‘rinishim tufayli repertuarim cheklangan bo‘lishini va katta ehtimol bilan bosh rolni ololmasligimni yaxshi bilardim, — deydi Navazuddin.
Biroq o‘z iste’dodi tufayli aktyor mashhurlikka erisha oldi. Aytgancha, u 8 ta filmi rasman tanlab olingan va Kann kinofestivalida namoyish etilgan dunyodagi yagona aktyordir.
Ajay Devgan
Ajay Devganning xarakteri va ko‘rinishi ham jiddiy bo‘lgani uchun u karyerasining boshida romantik qahramonlarni gavdalantirgani tufayli tanqid qilingan. Yaxshiyamki, Ajay bu sohada o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun yetarlicha rollariga ega edi. Albatta, bunday ko‘rinish bilan u Romeo yoki qandaydir kelishgan odamni zo‘rg‘a o‘ynay olardi, lekin ijro tomonidan uning iste’dodi beqiyos. Vaqt o‘tishi bilan Devgan o‘zining filmografiyasini rang-barang qildi va butun mamlakat bo‘ylab mashhur bo‘ldi.
Mithun Chakraborti
Bollivuddagi karyerasining boshida Mithun Chakraborti o‘zining qora rangli terisi va shaharliklarga xos bo‘lmagan ko‘rinishi tufayli bosh rollarni o‘ynashiga imkon berishmaganiga ishonish qiyin. “Ha, o‘sha paytdagi qahramonlar rangi ochiqroq bo‘lishi kerak edi. Bu men uchun eng katta muammo bo‘lgan”, — deydi Mithun.
Hozirda uning bisotida juda ko‘p film va seriallar bor, ammo 1970-yillarning oxirida aktrisalar uni juda baland, qo‘rqinchli va kelishgan emas deb hisoblab, u bilan ishlashdan bosh tortgan. Bollivud uchun qahramonning mukammal ko‘rinishi, ehtimol, rolga aktyor tanlashning asosiy mezoni bo‘lgani sababli uzoq vaqt davomida unga e’tibor berishdan bosh tortishdi.
“Bu uzun oyoqli naynov hech narsaga erisha olmaydi. U qarg‘aga o‘xshaydi, qanday qilib qahramonga aylanishi mumkin?” — deb pichirlashardi Chakrabortining orqasidan. Ammo haqiqiy go‘zallik faqat tashqi ko‘rinishda emas. Iste’dod va mashaqqatli mehnat sababli Mithun Chakrabortining yulduzi 40 yildan ortiq vaqt mobaynida mashhurlikning cho‘qqisida porlab turdi. | 113 | 4,338 |
Madaniyat | Xonanda Tohir Usmonov ota bo‘ldi | Xonanda Tohir Usmonov o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Tohir Usmonov 2017-yilning 7-sentabr kuni, tug‘ilgan kunida uylangan edi.
View this post on Instagram | 32 | 270 |
Madaniyat | O`ZBEKISTON MADANIY MEROSINI KENG YoYISh YO`LIDA | ALEKSANDR NAYMARK, AQShning Hofstra universiteti professori: Mazkur yirik media-loyiha O`zbekiston madaniy merosini dunyoga keng yoyish, xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Tabiiyki, ushbu loyihani amalga oshirish tashkilotchilarga oson bo`lmagan lekin shunday bo`lsada loyiha qamrovini yanada kengaytirish, yangi nashrlar tayyorlash ustidagi hamkorlikni davom ettirish zarur deb hisoblayman. Dilfuza Sobirova. Foto: Omil Hakimov | 48 | 667 |
Madaniyat | Bill Geytsdan Arnold Shvarseneggergacha: koronavirusga qarshi emlangan mashhurlar (foto) | Yevropa va Amerikada keksa insonlarni koronavirusga qarshi emlash davom etmoqda. Vaksinatsiya qilingan mashhurlar ijtimoiy tarmoqlarda emlangandan keyingi xursandchiliklari bilan bo‘lishdi.
Stiv Martin
Mashhur komik aktyor 17-yanvarda vaksina bilan emlandi: “Vaksinani olganim yaxshi, albatta. Ammo yoqimsiz tomoni, 75 yoshga to‘lganim sababli emlanganimdir”, — deydi aktyor.
Harrison Ford
Yanvar oyida aktyorni Kaliforniyaning Torrans shahrida vaksinatsiya tufayli paydo bo‘lgan ikki soatlik navbatda ko‘rishgan. Fordning o‘zi bu haqda hech narsa demagan bo‘lsa-da, yaqinlari uning emlanganini tasdiqladi.
Arnold Shvarsenegger
“Bugun yaxshi kun bo‘ldi, — deydi Arni. — Men hech qachon navbatda turganimdan bunchalik xursand bo‘lmaganman. Agar yashashni xohlasangiz, vaksina qildiring”. Bu gaplarni yozayotgan aktyor chindan ham Dojer stadionida navbat kutayotgan bo‘lgan.
Bill Geyts
Mashhur tadbirkor 22-yanvar kuni birinchi emlashni amalga oshirdi va rasmga quyidagicha izoh qodirdi: “65 yoshga to‘lishning afzalliklaridan biri”.
Yelizaveta II
7-yanvar kuni Vindzor qasrida 94 yoshli qirolicha bilan birga uning 99 yoshli turmush o‘rtog‘i ham koronavirusga qarshi emlandi.
Ien Makkellen
Aktyor birinchi vaksinani 17-dekabrda oldi va o‘zini yaxshi his qilganini ta’kidladi.
Shon Penn
Aktyor koronavirusga qarshi emlanish bilan birga butun Amerika bo‘ylab vaksinatsiya qiladigan tashkilotning hammuassisi bo‘ldi.
Judi Dench
“Oskar” mukofoti sohibasi vaksinaning birinchi dozasini 14-yanvar kuni qabul qildi.
Bundan tashqari, davlat rahbarlaridan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy koronavirusga qarshi emlangani, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi koronavirusga qarshi mamlakatda ishlab chiqarilgan COVAXIN vaksinasining birinchi dozasini olgani, shuningdek, dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffett Pfizer/BioNTech kompaniyasining vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar berilgandi.
Fevral oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on unga koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasi yuborilganini ma’lum qilgan, u vaksinaning birinchi dozasini 14-yanvarda qabul qilib olgandi.
Bundan avval Shahzoda Charlz va uning rafiqasi, BMT bosh kotibi, Argentina prezidenti hamda Janubiy Koreya prezidenti va uning rafiqasi koronavirus vaksinasi bilan emlangan. | 88 | 2,379 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik kinoijodkorlar Morgan Friman “o‘ynagan” film taqdimoti to‘xtatilgani uchun minnatdorchilik bildirdi | Reklamasida Gollivud aktyori Morgan Frimanning siymosidan foydalangani uchun o‘zbekistonlik rejissor Siroj Abdullayevning “Daydi” nomli filmi taqdimoti “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan to‘xtatib qo‘yilgan edi.
“O‘zbekkino”ning bu qarorini o‘zbekistonlik bir guruh kinoijodkorlar qo‘llab-quvvatlagan. Ularning minnatdorchilik murojaatini rejissor Akbar Bekturdiyev Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan.
Murojaat ostida rejissorlar Mansur Abduxoliqov, Dilmurod Masaidov, Muxlisa Azizova, Akbar Bekturdiyev, prodyuser Oybek Abdushukurov, operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Bektosh Rajabov, montaj rejissori Xurshid Alixo‘jayev kabilar imzo chekkan.
So‘nggi kunlarda “Daydi” filmining reklamasini ko‘rib, ochig‘i, hayron bo‘lgan edik — nahotki o‘g‘rilik bilan ham kino ishlasa va odamlarni osongina aldash mumkin bo‘lsa, deb.
Bitta xorijlik kinoaktyorni loyihamizga jalb qilish uchun qancha yelib yuguramiz, qancha mashaqqat chekamiz. Chunki biz ehtiyotsizlik qilsak, mualliflik huquqi bo‘yicha xalqaro janjal kelib chiqishi, hukumatimizga turli notalar yuborilishi mumkin va rahbarlar oldida yuzimiz yerga qarab qolishini istamaymiz.
Bundan tashqari, hozirda ijtimoiy tarmoqlar yirik media-maydon hisoblanishini inobatga olsak, bu hodisa nafaqat o‘zbek kinosi, balki O‘zbekiston imidji uchun ham salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin edi, deb hisoblaymiz.
Shu sababli, biz, kinoijodkorlar mazkur qarori uchun “O‘zbekkino”ga minnatdorchilik bildiramiz. Hamkasbimiz tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar esa tez orada to‘g‘rilanishi va “Daydi” filmi katta ekranlarda o‘z muxlisini topishiga ishonch bildiramiz.
O‘zbekistonlik bir guruh kinoijodkorlar murojaatidan
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 114 | 1,830 |
Madaniyat | Abdulla Qurbonov militsionerlarni “noo‘rin gap-so‘zlar bilan xafa qilganidan” afsusdaligini bildirdi | Xonanda Abdulla Qurbonov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida “bugun qatiqni ham puflab ichayotganini ma’lum qildi.
“Shuni alohida ta’kidlashingizni so‘rayman: osoyishtaligimiz posbonlarini turli noo‘rin gap-so‘zlar bilan xafa qilganimdan ming karra afsusdaman”, — dedi Abdulla Qurbonov.
“Kechani kecha, kunduzni kunduz demay bizning xavfsizligimiz uchun hushyor turishibdi. Ular borki, biz bugun tinch yurtda yayrab yashayapmiz”, — dedi xonanda.
“Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi, deyishadi. Men ham bunday xatolikka boshqa yo‘l qo‘ymayman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Abdulla Qurbonov.
Avvalroq, litsenziyasini qaytarib bergani uchun Abdulla Qurbonov “O‘zbeknavo”dan minnatdor ekanligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. | 100 | 744 |
Madaniyat | Zulayho Boyxonova plastik operatsiya qildirganini rad etdi | “E’tirof” mukofoti taqdirlash marosimidan so‘ng shou-biznes olamida tarqalgan O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonovaning plastik operatsiya qildirgani haqidagi mish-mishlarni san’atkorning o‘zi rasman rad etdi. Bu haqda “Podrobno” nashri xabar berdi.
Internet va matbuotda tarqalgan xabarlarga muvofiq, Zulayho Boyxonova yoshartiruvchi operatsiyadan foydalangani uchun “E’tirof”ga chiroqlardan himoya qiluvchi maxsus ko‘zoynak taqib kelgan. San’atkorning shu oyda bo‘ladigan konserti afishasidagi rasm ushbu ovozalarning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Zulayho Boyxonova konsertining afishasi. “Odnoklassniki” / PRINCE fanat ZULAYHO
Yaqinda Zulayho Boyxonovaning o‘zi yolg‘on fikrlarni rad etdi:
“E’tirof—2013”da ishtirok etishim uchun ko‘zoynak taqishimga to‘g‘ri keldi. Biroq buning sababi mutlaqo plastik operatsiyasi emas. Gap shundaki, marosimdan biroz avval ko‘zim shamollagan edi va davolovchi shifokorim himoya vositasisiz yorqin chiroqlarga qarashimni man etdi. Jurnalistlarning savoliga rostdan operatsiya qildirganim haqidagi hazilomuz javobim xalq orasida tez avj olib ketdi. Rasman e’lon qilamanki, men hech qanday operatsiya qildirganim yo‘q va plastik jarrohlikdan foydalanish niyatim ham yo‘q. Bannerlardagi qiyofamning o‘zgarishi faqatgina professional pardozchilarning sharofati bilandir.
O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonovaning navbatdagi konserti 24—27-fevral kunlari soat 19:00 da “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. | 58 | 1,452 |
Madaniyat | Xosiyat Husanova: Fathulla Mas’udovning vafot etishini bilganimda tiz cho‘kib kechirim so‘rardim | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor Fathulla Mas’udov 30-avgust kuni 57 yoshida olamdan o‘tdi. O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Xosiyat Husanova Fathulla Mas’udovni yodga oldi hamda qalbini kemirayotgan armonlari haqida so‘zlab berdi.
“Rahbarlik paytida ko‘p qiynagan paytlarim bo‘lgan. O‘zlari siqilib yurgan bo‘lsalar ham, ishlari ko‘p bo‘lsa ham men erkalik qildim, urishdim, so‘kdim. Masalan, kamchiligimni yuzimga aytsa, men haqman, deb. Shuni ham ko‘tardilar. Fathulla akamdan kechirim so‘ragan bo‘lardim. Ular teatrga rahbar bo‘lmaslaridan oldin sochlari bunchalik oqarmagan edi — yosh edi. Hamisha yosh yigitlar rolini o‘ynab keldilar. Lekin rahbar bo‘lganlaridan keyin sochlari tez oqarib ketdi. Kecha-yu kunduz ishladilar. Tinmadilar, yana ijodni to‘xtatmadilar, hamma narsaga ulgurardilar. O‘zlariga sochingiz oqarib ketibdi, mana shu sochingiz oqarishida mening ham hissam bor, meni kechiring, deb aytib olganman. Lekin hazil-huzul qilib aytganman. Vafot etishlarini bilganimda boshqacha so‘rardim — tiz cho‘kib so‘ragan bo‘lardim. Bebaho inson edilar. Ilohim, joylari jannatdan bo‘lsin!”, — deydi aktrisa.
“Hech kim o‘ylamadi, Abdurayim akam bilan Fathulla akam haqida hech kim o‘ylamadi, xayolimizga kelmadi. Birdaniga bo‘lgani uchun hammamiz siqilib qoldik. Doim kayfiyatim yaxshi edi, yaxshi yurardim, bir haftaning ichida ko‘nglim cho‘kib qoldi. Endi buni Ollohga shirk keltirish deyishadi. Bekam-u ko‘stman: yeganim oldimda, yemaganim ortimda, oilam tinch, bolalarim sog‘, hamma narsam yetarli, lekin tushkunlikka tushib qoldim. Kecha o‘tirib o‘yladim, nega bunday bo‘lyapti, deb. Keyin obdan o‘ylab, mana shu teatrimizdagi ketma-ket o‘limlar buning sababi, deb o‘zimga tashxis qo‘ydim.
Kelib rolimizni o‘ynab ketaverarkanmiz, unday, bunday deymiz. Ba’zan urishamiz, ba’zan quchoqlab o‘pishamiz. Lekin teatrdagilar hammamiz bitta oila ekanmiz. Ha, anavi o‘tib qolibdi, joyi jannatdan bo‘lsin deb ketaveramiz, ta’ziyasiga borasiz, unutasiz bo‘ldi. Lekin bu o‘limlarni bir-ikki kunda unuta olmayapmiz-da. Chunki biz uchun oila a’zomizdek, jigardek qadrdon bo‘lib qolishgan ekan. Hamkasblar bir-birimizga shunday ekanmiz. Shuni endi bildik”, — deydi Xosiyat Husanova. | 96 | 2,214 |
Madaniyat | “Vazir bo‘lgan kunim kabinetda o‘tirib, onamning so‘zlarini eslab yig‘ladim”. Ozodbek Nazarbekov onasi haqidagi xotiralari hamda nima sababdan to‘ylarga chiqa olmasligi haqida (video) | O‘zbekiston xalq artisti, Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Chotki TV” YouTube-kanaliga bergan intervyusida onasi bilan bog‘liq xotiralari, bolalikdagi orzulari, birinchi muhabbati va marhum san’atkor Muhriddin Holiqov bilan qanday tanishgani haqida gapirdi.
Ozodbek Nazarbekov onasi bilan bog‘liq xotiralari, bolalikdagi orzulari haqida
“Ko‘pchilik bolaligini shirin xotiralar bilan eslaydi, men bolaligimni o‘ksik xotiralar bilan eslayman. 10 yosh bo‘lganimda onam dunyodan o‘tgan. Oilada kenja farzand bo‘lganman, hattoki o‘n yoshimda ham onamning ortidan qolmaganman. Qayerga bo‘lsa ham, ayollar birga o‘tirsalar ham, doim yonida yurganman. Bilmadim, nimaga unaqa bo‘lganman, onamdan bir daqiqa ham uzoqlashishni istamas edim. 10 yoshimgacha onamsiz uxlamaganman. Opalarim aytib berishadi, bir kuni onam meni opamnikiga tashlab ketganida men yig‘lab janjal qilgan ekanman, keyin yarim kechasi onamning oldiga olib borgan ekan. Onamning dunyodan o‘tishi men uchun juda katta zarba va o‘ta og‘ir sinov bo‘lgan.
Onamning bir gaplari hech ham esimdan chiqmaydi, bolalik xotiralarini eslayman, bizning paytimizda viloyat hokimi ‘obkom’ deyilardi. Oyim ham meni erkalab ‘obkom bolam’ derdi. Niyatlari xolis ekan, vaqt o‘tsa ham, shu gaplarini eslayman. Vazir bo‘lgan kunim ham kabinetda o‘tirib shu narsani esladim. Qayerga borsam ham, onamning suratini yonimda olib yuraman. Shu rasm men televideniyeda ishlab yurgan paytim o‘sha yerda turgan edi, keyin u yerdan narsalarimni yig‘ishtirib kabinetga olib bordim. Rasmni kabinetga qo‘ydim va birdan ‘obkom bolam’ deganlari esimga keldi. Shundan keyin o‘tirib yig‘ladim va mana, siz o‘ylagandek farzand bo‘ldim, deb birpas rasmlari bilan gaplashdim. Onamning orzusi duo bo‘lgan ekan, bo‘lmasa bizning oilamizda vaziyat og‘ir bo‘lgani uchun akalarim, opalarim o‘rta maxsus ta’limda qolib ketishdi, oliy ma’lumotli bo‘lisholmadi. Vazirlikka ishga kelganimning birinchi kuni onam bilan 10 daqiqa gaplashdim. Shuncha duo qilib, shu kunlarni ko‘rmadingiz dedim. Shu kunlar bolaligimda bo‘lgani uchun menda faqat o‘ksik xotiralar qolgan. Bilmadim, lekin quvonchli voqealarni eslolmayman, balki ungacha quvonchli voqealar bo‘lgandir, biroq bu qayg‘uli kunlar barchasini yuvib tashladi. Onamning tirikligida quvonch, kayfiyat bor edi”, — deydi Ozodbek Nazarbekov.
Bolalikdagi orzulari va birinchi muhabbati haqida
“Men ham bola bo‘lganman, tabiiyki, birinchi muhabbat bo‘lgan. O‘sha paytlari maktabda o‘qirdim, munosabatlar uzoqqa bormagan. Uni boshqaga turmushga berib yuborishgan. Shu bilan tugagan, bo‘ldi.
To‘g‘risini aytsam, bolaligimda juda ko‘p orzu qilganman. O‘sha payti uchuvchi, aktyor, xonanda bo‘lishni orzu qilganman. Lekin shularning ichida baribir musiqaga bo‘lgan e’tiborim kuchli bo‘lgan”, — deydi madaniyat vaziri.
Muhriddin Xoliqov bilan qanday tanishgani haqida
“Muhriddin Xoliqovga havasim juda yuqori bo‘lgan. Hattoki ularning ovoziga taqlid ham qilar edim. O‘sha paytda Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilingan. Tanlovning birinchi turida qatnashib g‘olib bo‘lganman, shunda fevral oylari edi. Keyingi tur yana ikki oydan keyin boshlanardi. Bizga ketaveringlar, keyingi turga kelasizlar deyishgan. Shu vaqtda men Muhriddin Xoliqovni topib, tanishib ketmasam bo‘lmaydi deganman.
Bir haftada uylarini topganman va borganman. Shundan keyin 3-4 kun u yerga qatnaganman. Bir kuni biz kelib ketayotgan vaqtda Muhriddin Xoliqovning akasi Shahobiddin aka kelib qoldi. Keyin ko‘rishdik, men bilan Ma’ruf aka degan shahrixonlik, konservatoriyada o‘qiydigan g‘ijjakchi bor edi. Shu kishi meni olib yurgan edi. U kishi Sobir Mo‘minov birinchi chiqqan vaqtda ular bilan birga ishlardi. O‘sha kishi Muhriddin akani tanir edi, to‘ylarda ular bilan ko‘rishgan ekan. Meni Muhriddin akaning uylariga olib bordi va Shahobiddin akamga tushuntirdi. Keyin ular uch kundan keyin soat 6 ga kelsangizlar, biz hammamiz shu yerdan yig‘ilib to‘yga ketamiz, shunda ko‘rishasizlar dedi.
Men esa Shahob akaga Muhriddin Xoliqovning qo‘shiqlarini aytib yozib olgan kassetani berdim va ketdim. Keyin Ma’ruf aka bilan Shahob aka aytgan kuni keldik. Uzoqdan kelsak mening qo‘shig‘im eshitildi, baland qilingan edi. Mashinani uyning tagiga qo‘yib, eshiklarini, bagajlarini ochib musiqani eshitishayotgan ekan, hamma musiqachilar atrofni egallab olgandi. Borganimdan keyin g‘alati bo‘lib ketdim, chunki ularning hammasi men televizorda ko‘rgan odamlar edi. Ko‘rishdim, rahmatli Husniddin akam ham o‘sha yerda edi. Musiqani qayta-qayta eshitishdi, Muhriddin akam uyda ekan, uzun plashlarni kiyib tushib keldi.
Hali bu musiqalarni eshitmagan ekan, qayta qo‘yib eshitib ko‘rdi. Bir soatcha qolib ketdik, keyin Muhriddin aka bilan tanishdim. U kishi men bilan Toshkentga kelasanmi, birga yurasanmi deb so‘radi. Kutilmagan savol bo‘ldi, yetti uxlab tushimga kirmagandi, ha dedim. Unda uyingga bor, 30-mart kuni kelsang, 15 kun voha tarafga chiqib ketamiz dedi. Uyga borib hamma bilan xayrlashib keldim. Shu bilan kelib, shu yerda qolib ketdim”, — deydi xonanda.
Madaniyat vaziri to‘yga xizmatga boradimi?
“To‘ylarga borishni rosa sog‘inaman, lekin nima qilay? Menga hech kim taqiq qo‘ymagan. Qaysidir ma’noda, boraman, deb va’da berib qo‘yib, bora olmay qolgan paytlarim bo‘ldi. Shundan keyin to‘xtatib turmasam bo‘lmas ekan, degan qarorga keldim”, — deydi Ozodbek Nazarbekov. | 183 | 5,360 |
Madaniyat | MADANIYaT VAZIRI QORAQALPOG`ISTONDA 24 NAFAR RAHBARNI IShDAN BO`ShATDI | Joriy yilning 22 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi "O`zbekistonda madaniyat va san`at sohasini yanada rivoshlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PQ 3022-sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.MirziyoevningO`zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan 2017 yil 3 avgust kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishi bayoni ijrosi yuzasidan Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqaliteatrida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev Qoraqalpog`iston Respublikasi Madaniyat vazirligi xodimlari, tizim tashkilotlar rahbarlari, jumladan, madaniyat va aholi dam olish markazlari, ta`lim muassasalari raxbarlari bilan yig`ilish o`tkazdi.
Yig`ilishda sohada mavjud kamchiliklar, qilinishi lozim bo`lgan vazifalar, kelajakdagi ish rejalar bo`yicha fikr mulohazalar yuritildi. Qorakalpog`iston Respublikasida teatr, muzey, Ayqulash,Amuto`lqun, Gulzar ansambillarini yaangilash, madaniyat va istirohat bog`lari, madaniyat tizimining barcha tashkilotlari faoliyati atroflicha tahlil va tanqid qilindi. Vazir tomonidan ishiga mas`uliyatsizlik bilan yondashgan, vazifalarni to`liq bajara olmayotgan xodimlar va rahbar kadrlar lavozimidan ozod etildi, ko`pgina tashkilot vakillariga qat`iy ogohlantirish berildi. Xususan, vazirlik kesimida 3 nafar xodim, tizim tashkilotlaridan 11 ta rahbar xodim, shulardan, badiiy ekspertizaning rahbari, ta`lim muassasalaridan 4 nafar direktorlari, madaniyat va aholi dam olish markazlaridan 6 nafar rahbarlari o`z vazifasidan ozod etildi.
Madaniyat va san`at sohasida jonbozlik ko`rsatgan xodimlar esa vazirlik tomonidan so`nggi rusumdagi qimmatbaho texnika vositalari sovg`alari bilan taqdirlanishdi. | 71 | 1,749 |
Madaniyat | Sirdaryoda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tamal toshi qo‘yildi | Shavkat Mirziyoyev shu yil fevral oyidagi Sirdaryo viloyatiga tashrifida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyot fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.
Guliston shahrida ana shu maktab binosiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yil 25-avgustigacha qurib foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur o‘quv muassasasida 150 nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz ta’lim olishi mo‘ljallanmoqda. Unda shoiraning hayoti va ijodiga oid muzey ham joy olishi belgilangan.
Maktab qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda shoiraning singlisi, Xovos tumanidagi 23-maktab o‘qituvchisi Rahima Xudoyberdiyeva so‘zga chiqib, opasiga ko‘rsatilgan ehtirom uchun ijodkorning oila a’zolari nomidan minnatdorlik bildirdi. | 93 | 852 |
Madaniyat | 4 yoshidan pianino chala boshlagan, Britni Spirsga qo‘shiqlar yozib bergan Ledi Gaga: u nega o‘tgan asrda tug‘ilmaganidan afsuslanadi? | O‘ziga xos uslubga ega qo‘shiqchi Ledi Gaga to‘rt yoshida pianino chalishni o‘rgangan, Britni Spirsga qo‘shiqlar yozgan va o‘tgan asrning 60-yillarida tug‘ilmaganidan afsusda.
Vunderkind — o‘zi o‘qib o‘rgangan
Ledi Gaga nomi bilan tanilgan Stefani Joan Anjelina Germanotta 1986-yilda Nyu-Yorkda italiyalik oilada tug‘ilgan. Uning otasi havaskor sifatida ko‘plab guruhlarda qo‘shiq kuylagan, shou-biznes bilan shug‘ullangan. Shuning uchun ham musiqa bo‘lajak xonandaning qonida bor. To‘rt yoshida u Maykl Jekson, Elton Jon, Freddi Merkuri va boshqa rok yulduzlarining qo‘shiqlarini pianinoda chalgan. Garchi o‘sha vaqtda zamonaviy media tizimlari bo‘lmasa ham, u o‘z chiqishlarini oddiy magnitofonga yozgan. Shu tarzda sahna harakatlarini mashq qilib borgan.
O‘n bir yoshida u Nyu-York konservatoriyasining o‘ziga xos bo‘limi bo‘lgan Julyard maktabiga o‘qishga kirdi. Biroq u xususiy katolik maktabiga bordi, jazz guruhida kuyladi va teatr kursida o‘qidi. Ammo boshqa mashhurlar singari uning ham sinfdoshlari yoqtirmasdi, ko‘pincha uni ochiqchasiga masxara qilishar va musiqaga bo‘lgan ishtiyoqini tushunishmasdi. Bo‘lajak Ledi Gaga bunga hech qanday munosabat bildirmagan, chunki u o‘zining sevimli ishi bilan band bo‘lgan. Aytgancha, uning sinfdoshlaridan biri Peris Hilton bo‘lib, ular hali ham bir-biri bilan muloqot qilmaydi. Ammo o‘qituvchilari uning aqlini, tezda anglash qobiliyatini qadrlashdi. Ushbu qobiliyatlari tufayli u Nyu-York universiteti san’at maktabi imtihonlaridan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Ledi Gaga 17 yoshdan boshlab Garlem klublarida turli guruhlar tarkibida chiqish qilgan. Atigi bir yarim metr balandlikdagi Stefani kalta yubkalar, ochiq bluzkalar, baland poshnali tuflilarni yaxshi ko‘rardi. U maktabda atigi ikki yil o‘qidi va yakkaxon karyerasini boshlash uchun o‘qishni tark etdi. Aytish joizki, ota-onasi uni uy-joy bilan ta’minlagan va yil davomida pul berishga va’da bergan. Bu bilan agar u muvaffaqiyatga erisha olmasa, o‘qishga qaytishi kerak edi. Shunday qilib Stefani san’at maktabini tugata olmadi, ya’ni karyerasini muvaffaqiyatli qurishga erishdi.
Ledi Gaga obrazini izlab
Bo‘lajak yulduz o‘z uslubini izlay boshladi. Klublarda uni juda teatrlashtirilgan, teatrlarda esa estradaga mos, deb aytishgan. Bu orada u raqqosa, ofitsiant bo‘lib ishladi va o‘zining qiyofasini topishga harakat qildi. Devid Boui, Maykl Jekson, Queen guruhining ijodini o‘rganib chiqib, hamma narsadan farq qiladigan o‘ziga xos sintez yaratdi. U xonanda Ledi Starlayt bilan ham do‘stlashdi va natijada Ledi Gaga dunyoga keldi. Bu nom mashhur “Queen” “Radio Gaga” qo‘shig‘i sharafiga tanlangan. 2006-yilda u prodyuser Rob Fusari bilan uchrashdi va ovoz yozish studiyalari bilan shartnoma imzoladi. U Fergi, “Pussiket Dolz”, Britni Spirs uchun qo‘shiqlar yozadi. Aytgancha, u hali ham Britnini pop malikasi deb biladi.
Umuman soyada qolib ketishni yoqtirmaydigan Stefani o‘zining birinchi “The Fame” albomini yozishga kirishdi. U 2008-yilda chiqdi va darhol “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ledi Gaga “Yangi Madonna” va “Yuklab olingan qo‘shiqlar malikasi” kabi yuqori maqtovlarga sazovor bo‘ldi. 2010-yilda “Just Dance” albomi chiqdi, u ham bir zumda mashhur bo‘ldi.
Keyingi “The Fame Monster” albomi uni nihoyat musiqiy cho‘qqiga olib chiqdi, u AQSH va Britaniyadagi deyarli barcha musiqa mukofotlarini oldi. Uning kliplari YouTube’da birinchi bo‘lib milliard marotaba ko‘rildi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Ledi Gaganing so‘zlariga ko‘ra, u o‘tgan asrning 60-yillarida, Jon Lennon bilan bir vaqtda tug‘ilmaganidan afsuslanadi. U yana kamida 30 yil shou-biznesda bo‘lishni kutayotganini ham aytib o‘tgan. Bunga ishonish mumkin. Axir u doimiy ravishda o‘zining ijod doirasini kengaytirib kelmoqda. 2021-yili u o‘zining smayliklar to‘plamini taqdim etdi, shu bilan birga, u bir nechta filmlar va teleko‘rsatuvlarda ishtirok etgan. 2022-yil chiqqan “Yulduz tug‘ildi” myuzikli Ledi Gagani samimiy va yetuk ijodkor sifatida ko‘rsatdi. Muvaffaqiyatga erishish uchun shou-biznes olamidagi har qanday qoidalarga bo‘ysunilsa-da, qalban oqqush kabi qolish kerak. Ehtimol, bu narsa xonanda namoyon qilgan xarakterining mohiyatida mavjuddir. | 134 | 4,163 |
Madaniyat | “Badiiy kengashda kim o‘tiribdi o‘zi”. Farhod Saidov “O‘zbekkonsert” qaroriga munosabat bildirdi (video) | “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi huzuridagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining yig‘ilishida Farhod Saidovning “Jimir-jimir” nomli qo‘shig‘i matni saviyasi past bo‘lganligi bois rad etilgan edi.
Ushbu xonandaga qo‘shiq va unga ishlangan videoklipdagi matnni shoirlarga ko‘rsatib qayta to‘g‘rilash, videoklip ssenariysining g‘oyaviy-badiiy darajasiga alohida e’tibor qaratishi lozimligi ta’kidlanib, videoklipni Badiiy Kengashga qayta topshirilishi borasida tavsiya etilgan edi.
Farhod Saidov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida bu so‘zlar xalq og‘zaki ijodidan olinganligi hamda xalq og‘zaki ijodini saviyasiz deyishga hech kimning haqqi yo‘qligi haqida gapirib berdi.
Badiiy kengash a’zolari kimlardan iborat ekanligini bilmayman. Bu holat yuzasidan bir misol keltirmoqchiman. XI asrda yashab o‘tgan sharq donishmandi Kaykovusning “Qobusnoma” asaridagi hofiz va musiqachilarga bag‘ishlangan bobida “Hamma vaqt og‘ir yo‘llarni chalaverma va hamma vaqt yengil yo‘llarni ham chalaverma, chunki barcha yo‘lni bir xilda chalmaslik kerak, negaki odamlarning hammasi bir xilda emas, tabiatlari ham bir-biriga muvofiq emas, xalq xilma-xildir”, degan. Demak yengilroq ham, og‘irroq ham aytish kerak.
Qo‘ling qo‘limga tegsa jimir-jimir qiladi,
Isming aytsam yurakka qimir-qimir qiladi.
Bu falsafa-ku, demak shunchalik seni yaxshi ko‘ramanki, shunchalik men uchun ahamiyatlisanki, mabodo qo‘ling qo‘limga tegib ketsa, buni butun badanim ham his qiladi. Ismingni aytsam yuragim qinidan chiqib ketguday bo‘ladi, deyilmoqda. Bu bizning xalq og‘zaki ijodimizdan olingan. Buni noto‘g‘ri, saviyasi past degan odam bizning merosimizga qarshilik qilgan bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodini saviyasi past deyishga kimning haqqi bor, bu so‘zlar 100-150 yillardan buyon kelayotgan folklordir. Qani saviyasi pastlik, badiiy kengashda kim o‘tiribdi o‘zi, kim buni saviyasi past deb aytmoqda.
Hay-hay go‘zalim, buncha tamanno qilasan,
Aqlimni olib oshiq-u shaydo qilasan.
Goh qoshni qoqib, ko‘zlarni suzib,
Bir lahzada yuz fitnani paydo qilasan.
Bu, menimcha, saviya jihatidan o‘sha aytilayotgan qo‘shiqlarning yuztalariga to‘g‘ri kelsa kerak. “Qaddimni bu qoshingiz egib yo qilasiz”, qaddimni bukyapsiz, deyilgan. “Man g‘am chekaman, siz nega yallo qilasiz”, man azoblangan sayin, siz mazza qilasiz deyilmoqda.
Shu so‘zlarning saviyasi past denglar, men qo‘limni ko‘taraman, bo‘ldi, boshqa gapim yo‘q.
Farhod Saidov, xonanda | 104 | 2,458 |
Madaniyat | Shvarsenegger Myunxenda velosiped haydash qoidalarini buzgani uchun to‘xtatildi | Germaniyaning Myunxen shahri markaziy vokzali yaqinida navbatchilikda turgan politsiyachi Stefan Shmidt qoidabuzar velosipedchini to‘xtatganidan so‘ng u kino aktyori va AQShning Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger ekanligini ko‘rdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, aktyor vokzal platformasi bo‘ylab velosipedda yurgan.
Qisqa suhbatdan so‘ng Shvarsenegger velosipedni yonida itargancha vokzalni shimoliy chiqishdan piyoda tark etdi.
Politsiyachi kino yulduzi bilan suratga tushishni unutmadi. | 79 | 533 |
Madaniyat | Fotosessiya: Baxtiyor xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan birga | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov va farzandlari bilan birga uyushtirgan yangi fotojamlanmani omma e’tiboriga havola etdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Fotosessiyada Rayhonning o‘g‘illari — Islom va Imron hamda Farhod Alimovning uch farzandi ishtirok etgan. Ma’lumot uchun, boshlovchi Farhod Alimovning avvalgi turmushidan Omar, Bernara va Latifa ismli farzandlari bor.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 80 | 512 |
Madaniyat | Aktyor Ulug‘bek Qodirov to‘ylarda qo‘shiq aytishni boshladi | Aktyor Ulug‘bek Qodirov to‘ylarda qo‘shiq aytishni boshladi, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi.
“Uning ‘Yomg‘ir’ nomli qo‘shig‘i internet saytlari orqali premyera qilinib, ommaga taqdim etilganidan ko‘pchilik xabardor. Endi Qodirov to‘ylarda qo‘shiq aytishni boshladi”, —deb yozadi gazeta.
Gazeta xabarida qayd etilishicha, Qodirovning Toshkentdagi to‘yxonalardan birida qo‘shiq kuylayotgani tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqalgan. | 59 | 472 |
Madaniyat | Jonni Depp qaroqchilar kapitani Jek timsolida bemor bolalar uchun kutilmagan sovg‘a taqdim etdi | Avstraliyaning Kvinslend shtatida suratga olinayotgan “Karib dengizi qaroqchilari”ning beshinchi qismida ishtirok etayotgan aktyor Jonni Depp Lady Cilento klinikasidagi og‘ir kasalliklardan aziyat chekayotgan bemor bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. “Elle.ru” xabariga ko‘ra, 52 yoshli aktyor filmning navbatdagi lavhasi suratga olib bo‘linganidan so‘ng, vertolyotda kichik bemorlar oldiga yo‘l oldi.
Deppning bolalar shifoxonasida paydo bo‘lishini hech kim kutmagan edi — klinika xodimlari uchun ham, bolalar uchun ham bu haqiqiy kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Sevimli qahramonini tirik ko‘rgan bolalar quvonchini tasavvur qilish qiyin emas: tabiiyki, ularning har biri “taniqli qaroqchi” bilan selfiga tushishga oshiqdi.
Qayd etish joiz, aktyor bemor bolalarni birinchi marta xursand qilayotgani yo‘q. “Men tez-tez shifoxonadagi bolalar oldiga kelib, bildirmay ular oldiga kiraman va kutilmagan sovg‘a taqdim etaman. Ikki yoki uch soatlik o‘ziga xos improvizatsiya yuzaga keladi, bu juda qiziq. Shunday qilib biz kapitan Jek bilan sayr qilamiz”, — degandi Depp o‘z intervyularidan birida. | 95 | 1,095 |
Madaniyat | Yoqutiston rahbari Leonardo Di Kaprioni mehmonga chorladi | Rossiyaning Yoqutiston respublikasi rahbari Yegor Borisov Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprioni ijtimoiy tarmoq orqali mehmonga chorladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“‘Yoqutiston Oskari’ sohibi Leonardo Di Kaprioga salomlar bo‘lsin! Uni Yoqutistonda kutamiz!” — deya yozgan Borisov Instagram’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, yoqutistonlik bir guruh kino ishqibozlari Di Kaprioni o‘ziga xos “xalq Oskari” bilan mukofotlashga qaror qilib, uni yasash uchun 1,4 kilogramm kumush va ustidan yuritish uchun oltin to‘plangandi. Keyinchalik Rossiyaning “Karo Premyer” kinokompaniyasi tomonidan aktyorga haykalcha yetkazilgani bildirildi.
“Yoqutiston Oskari” suratini Instagram’dagi sahifasiga joylagan Leonardo Di Kaprio uning ostida izoh qoldirgan va haykalchani yasash uchun taqinchoqlarini bergan ayollarga alohida minnatdorlik bildirgandi. | 57 | 848 |
Madaniyat | Shvarsenegger Trampga: Seni botqoqlik o‘z domiga tortib ketmoqda | Kaliforniya sobiq gubernatori, aktyor Arnold Shvarsenegger Twitter’da Donald Trampga videomurojaatini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Unda u AQSh prezidenti mamlakatdagi ijtimoiy dasturlarni qisqartirib, o‘zining saylovoldi va’dalarini bajara olishiga shubha qildi.
“Reytinglar pasayib bormoqda, seni esa botqoqlik o‘z domiga tortmoqda. Oho, reytinging hozir 30 foiz atrofidami? Bolalar uchun maktabdan tashqari dasturlarni va kambag‘allar uchun dasturlarni qisqartirayotgan bir paytingda yana nimani ham kutganding?” — dedi Shvarsenegger.
Haqiqiy vaziyat bilan tanishish uchun u Trampga Oq uy yaqinidagi maktablardan birini borib ko‘rishni taklif qildi va davlat rahbarini u yerga olib borishga tayyorligini bildirdi.
Nashr eslatishicha, Gallup kompaniyasi o‘tkazgan so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Trampning faoliyatini amerikaliklarning 37 foizi ma’qullaydi, 58 foizi esa qoralaydi.
Hey, @realDonaldTrump, I have some advice. See you at Hart Middle School? Here's more info about #afterschool: https://t.co/NOgdhBHyyp pic.twitter.com/NQI2OdVqtF
— Arnold (@Schwarzenegger) March 21, 2017 | 64 | 1,098 |
Madaniyat | “Bravo” kulgi jamoasi vakili Isroil uylandi, xonanda Lobar Umarova turmushga chiqdi. Instagram yangiliklari | 25-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Nasafiy Shahzoda Muhammedovaning qizi Milana uchun maxsus konsert tashkillashtirdi.
View this post on Instagram
Turk kinosining yulduzli juftligi Kadir Dog‘ulu va Neslihan Atagul yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Javohir Zokirov rafiqasi birinchi va so‘nggi muhabbati ekanligini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
Turkiyalik sozanda Gulsanam Mamazoitovaning “Shirin orzular” qo‘shig‘i musiqasini o‘zgacha talqinda ijro etdi.
View this post on Instagram
Nargiza Salmonova yangi surat bilan muxlislarini xushnud etdi.
View this post on Instagram
“Bravo” kulgi jamoasi vakili Isroil Bulanov uylandi.
Jennifer Lopes va Malumadan yangi xit taronaga ishlangan klip taqdim etildi.
View this post on Instagram
Feruza Normatova Istanbulning go‘zal manzarasi aks etgan suratlar bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
25-sentabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan yosh xonanda Lobar Umarova 24-sentabr kuni turmushga chiqdi. U to‘yida sevimli xonandasi Ozoda Nursaidova bilan birga qo‘shiq kuyladi. | 107 | 1,316 |
Madaniyat | Deparde ishtirokidagi "Mening o`zbekcha orzuyim" filmi "Boltiqbo`yi debyutlari" xalqaro kinofestivalida namoyish etildi | Svetlogorsk shahridagi (Kaliningrad viloyati) "Boltiqbo`yi debyutlari" xalqaro kinofestivalida O`zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi Jerar Depardening "Mening o`zbek orzuyim" filmi maxsus namoyishi bo`lib o`tdi.
Jerar Deparde ishtirokidagi hujjatli film sayyohlik salohiyatini oshirish va xorijda mamlakatimizning ijobiy imijini targ`ib qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tashabbusi bilan O`zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko`magi ostida 2019 yilda «B-Tveen» kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan.
“Mon rêve ouzbek” (“Mening o`zbekcha orzuyim”) filmi ilk namoyishi o`tgan yili 7 oktyabrda Fransiyaning “Paris Première” telekanalida bo`lib o`tgan. Film O`zbekistonning oltita shahri - Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va Nukusda tasvirga olingan.
O`zbekistonga tashrifi doirasida Bosh vazir o`rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuv chog`ida Deparde “O`zbekiston noyob geografik hududda joylashganligi bilan ham alohida e`tiborga loyiqdir. Markaziy Osiyoning qoq yuragida joylashgan bu mamlakat o`zidan tashqari atrofdagi mamlakatlarning rang-barang madaniyatlaridan ko`plab an`analarni jamlagan”,- deb ta`kidlagan.
Filmda O`zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi va o`zbek xalqining mehmondo`stligi namoyish etiladi. Filmning rejissyori Arno Frille tomoshabinlarga filmning qanday suratga olinganligi va uni Jerarning O`zbekistonga safari davomida yozgan kitobi sifatida qarash mumkinligini qayd etgan.
Yangi hujjatli film namoyishi butun Evropa jamoatchiligini o`zbek xalqining betakror madaniy-tarixiy merosi va an`analarini yaqindan tanishtirishga qaratilgan. | 119 | 1,675 |
Madaniyat | Isroil YuNЕSKO tarkibidan chiqishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi | AQSh BMTning ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti — YuNЕSKO tarkibidan chiqishini e’lon qilganidan so‘ng Isroil ham ushbu jarayonga tayyorgarli ko‘ra boshladi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tegishli ko‘rsatmani berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
AQSh rasmiylari 2019-yil 31-dekabriga qadar mamlakat YuNЕSKO a’zoligidan voz kechishini ma’lum qildi. Isroil AQShdan keyin shu yo‘ldan borgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi.
“Hukumat rahbari TIVga Isroilning YuNЕSKOdan AQSh bilan parallel ravishda chiqishini tayyorlashni topshirdi”, — deyiladi xabarnomada. | 63 | 559 |
Madaniyat | “Soyuzmultfilm” Prostokvashino qishlog‘i haqidagi multfilmning davomini suratga oladi | Mashhur “Prostokvashinolik uchovlon” multserialining davomi 2018–2020-yillarda suratga olinadi. Bu haqda, “Soyuzmultfilm” studiyasi matbuot xizmatiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Soyuzmultfilm” va Danone guruhi imzolagan kelishuvga muvofiq, Prostokvashino qishlog‘i hamda uning mashhur qahramonlari haqidagi multfilmning yangi serialari chiqariladigan bo‘ldi.
Kelishuv doirasida ko‘rsatilgan yillar davomida multfilmning 30 ta qismi chiqadi. Har bir qismning xronometraji 6,5 daqiqani tashkil etadi. | 85 | 513 |
Madaniyat | Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da yana bir dabdabali to‘y bo‘lib o‘tdi (foto va video) | 2-dekabr kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” pavilyonida Umar va Umida ismli juftlikning dabdabali to‘yi bo‘lib o‘tdi. Kelinning libosi, hashamatli dekoratsiya hamda kechaga tashrif buyurgan taniqli shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
To‘yda rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov Farhod Alimov, Dildor Islomova, Nilufar Sotiboldiyeva kabi o‘zbekistonlik hamkasblari bilan boshlovchilik vazifasini ado etdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Kechaga Rossiya estrada yulduzi Timatining tashrifi esa, ma’lumotlarga ko‘ra nafaqat mehmonlar, balki kelin-kuyov uchun ham kutilmagan hol bo‘ldi. To‘y aks etgan videolarda Timati kuylay boshlanaganida mehmonlar sahnaga yaqin kelib uni telefonlari yordamida suratga ola boshlagani, bu esa sahna oldida tartibsizlikni keltirib chiqarganini ko‘rish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mazkur holatga munosabat bildirar ekan, “Mehmonlar Timatini ko‘rib, to‘yda o‘tirganini esdan chiqarib qo‘ydi, hatto kelin va kuyovni ham unutishdi go‘yoki to‘y sababchisi ular emas, balki Timatidek”, “Bu to‘ymi yoki konsertmi? Odamlarimizda madaniyat yo‘q” qabilidagi izohlarni yozib qoldirdi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘yda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rashid Xoliqov va Sevara Nazarxon ham qo‘shiq kuylagan. | 84 | 1,777 |
Madaniyat | “Birinchi avgust”, “Avloniy”, “Qo‘qon shamoli”. 2019-yilda premyerasi kutilayotgan o‘zbek filmlari (foto) | “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan filmlarning premyera kuni ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“Birinchi avgust” filmi
Rejissor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olingan “Birinchi avgust” filmining premyerasi 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. ‘Birinchi avgust’ filmi 2009—2010-yillarda avj olgan korrupsiya, ya’ni universitetga kirish imtihonlari qallobliklariga bag‘ishlanadi.
Bosh rollarni Yigitali Mamajonov, Rayhon Ulasenova, Feruza Yusupova, Muyassar Berdiqulova, Sobir Otajonov singari aktyor va aktrisalar ijro etgan.
“Avloniy” tarixiy filmi
Rejissor Muzaffar Erkinov tomonidan suratga olingan “Avloniy” tarixiy filmining premyerasi 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Kartinada Abdulla Avloniyning 1919-yilda Afg‘onistonga qilgan diplomatik safari haqida hikoya qilinadi.
Film voqealariga Tohir Malikning “Qaldirg‘och” asari motivi asos qilib olingan. Kinoasarda Abdulla Avloniy roli Xorazm teatri aktyori Alisher Yo‘ldoshevga ishonib topshirildi.
Filmda O‘zbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov hamda Abror Yo‘ldoshev, Javohir Zokirov singari aktyorlarni ham ko‘rishingiz mumkin.
“Qo‘qon shamoli” tarixiy filmi
Rejissor Dilmurod Masaidov, prodyuser Mahmud Erkabayevlar tomonidan suratga olingan “Qo‘qon shamoli” tarixiy filmining premyerasi 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Film Qo‘qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o‘sha davr chigalliklari haqida bo‘lib, asosan, Qo‘qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi.
Bosh rollarni Ilhom Berdiyev, Rayhon Asatova, Bobur Yo‘ldoshev, Gulbahor Yo‘ldosheva, Furqat Fayziyev singari aktyor va aktrisalar ijro etgan. | 105 | 1,794 |
Madaniyat | Badiiy akademiyaning Qoraqalpog‘iston bo‘limida Abdulla Yerimbetovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida taniqli rassom Abdulla Yerimbetovning “Tug‘ilgan yer jilosi” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ko‘rgazmada musavvirning turli janrlarda yaratgan 60 dan ortiq kartinasi namoyish etilmoqda.
“Orolda kuz”, “Yaylov”, “Baliqchi”, “Amudaryo”, “Yusupning uyida bahor” kabi yorqin xarakterdagi kartinalar yosh avlodni vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, rassom Abdulla Yerimbetov 1931-yili Navoiy viloyati Tomdi tumanida tug‘ilgan. 1951-yilda hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga o‘qishga kirdi. 1961-yildan boshlab Respublika miqyosidagi ko‘rgazmalarda ishtirok eta boshlagan. | 98 | 806 |
Madaniyat | Manzura qisqa tanaffusdan keyin Instagram’ga qaytdi | Xonanda Manzura qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yana Instagram tarmog‘iga qaytdi.
“Sayyod.com” sayti bir necha kun oldin Manzuraning Instagram tarmog‘idagi sahifasidan ayrilgani haqida yozgan edi. Nashr bilan suhbatda xonanda ijtimoiy tarmoqdagi profilini kimdir buzib kirganini taxmin qilgan edi.
Ammo bir necha kunlik tanaffusdan so‘ng Manzura Instagram’ga qaytdi hamda o‘zining shaxsiy hayoti, qatnashgan tadbirlari va klip suratga olish jarayonlari bilan bog‘liq rasmlarni ijtimoiy tarmoqqa faol ravishda joylashni boshladi.
Bugungi kunda Manzuraning Instagram’da 214 ming obunachisi bor. | 51 | 594 |
Madaniyat | Aktyor Shuhrat Nuraliyev vafot etdi | Muqaddam ahvoli og‘irlashib, chuqur komaga tushib qolgani xabar qilingan aktyor Shuhrat Nuraliyev vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq qandli diabet kasalligidan aziyat chekib kelayotgani aytilgan san’atkor chuqur koma holatiga tushib qolgani, Endokrinologiya institutida hayot uchun kurashayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Shuhrat Nuraliyev O‘zbek milliy drama teatri va kinodagi qator rollari bilan tanilgan. Xususan, “Osmondagi bolalar”, “Devona”, “Ulfatlar-2”, “Yangi boy”, “Sevginator-2”, “Zarb” filmlaridagi rollari uni ayniqsa mashhur qilgan.
Shuhrat Nuraliyev kinorejissor sifatida bir qancha filmlarni suratga olgan, so‘nggi vaqtlarda esa xususiy teatrda bosh rejissor sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. | 35 | 793 |
Madaniyat | “Skarlett” seriali yulduzi aktrisa Joan Uollining taqdiri qanday kechdi? (foto) | “Skarlett” serialining bosh rol ijrochisi Joan Uolli 19-sentabr kuni 56 yoshni qarshiladi. Aktrisa o‘tgan asrning 70-yillarida filmlarda suratga tushishni boshlagan bo‘lsa-da, “Shamollarda qolgan hislarim”ning mantiqiy davomi “Skarlett” seriali unga shon-shuhrat keltirdi. O‘shanda minglab talabgorlar orasidan faqat Joangina Skarlett roli uchun tanlab olingan. U dublyori Viven Lini takrorlamadi, balki o‘zining noyob qiyofasini yaratdi, shuning uchun ham dunyo bo‘ylab uning muxlislari ortib bordi.
Angliyada dunyoga kelgan aktrisa bolaligidanoq sahnaga intildi va ota-onasi qizining orzulariga erishishi uchun har tomonlama hissa qo‘shdi. U 10 yoshga to‘lganda “Koronatsiya ko‘chasi” teleserialida rol ijro etdi va kino sohasida o‘z faoliyatini boshladi. Keyingi yillar mobaynida bir qancha teleserial va badiiy filmlarda rol ijro etdi, nafaqat Britaniya, balki Golivudda ham mashhurlikka erishdi.
1994-yilda serialdagi Skarlett O’xara rolini ijro etganidan so‘ng dunyo miqyosidagi mashhur aktrisaga aylandi. Taniqli aktyor Timoti Dalton uning partnyori sifatida rol ijro etdi. Shundan so‘ng u boshqa rollar – hamshira, qirolicha, malika, mustaqil ayol kabi obrazlarda namoyon bo‘ldi. Umuman olganda, uning teleserial va filmlardagi roli 70 dan ortiqni tashkil etadi.
1988-yil Uolli Gollivud aktyori Vel Kilmer bilan turmush qurdi va birgalikda Los-Anjelesga ko‘chib ketdi. U oila qurgandan keyin ham ijod qilishda davom etdi, sababi aktrisaga Amerikada ham talab katta edi. Ularning farzandlari dunyoga kelishi bilan uzoq muddatlik tanaffus qilishiga to‘g‘ri keldi.
1991-yil qizi − Mersedes, 1995-yil o‘g‘li – Jek dunyoga keldi. Oilasi va farzandlari uchun ham aktrisa uy bekasi bo‘lishga qaror qildi. Keyinchalik Skarlett roliga tasdiqlanganida tug‘ruq ta’tilini to‘xtatdi. Shundan so‘ng ularning oilasida kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Val Kilmer rafiqasini ekrandagi juftidan rashk qildi, Timoti Daltonning so‘zlariga ko‘ra, u g‘azabga uchragan edi.
Val Kilmer tinimsiz rashk qilar, ayolining munosabatini tekshirib turar, hamkasblari oldida uni noqulay ahvolga tushirardi. U hatto Uollini farzandlarni bermaslik bilan qo‘rqitdi. Dastlab Uolli o‘z his-tuyg‘ularini samimiyligi va oilasiga sodiqligini isbotlashga urindi. Keyinchalik bu hikoyalardan charchadi.
Oradan ikki yil o‘tsa ham hech narsa o‘zgarmadi, Joan rasman ajrashishga ariza topshirdi. Ajrimga murosasiz kelishmovchilikni sabab qilib ko‘rsatdi. Kilmer ham bu borada ortiqcha qarshilik bildirmadi, barchasini qo‘llab-quvvatladi.
Bolalar onasining qarmog‘ida qoldi, shuning uchun aktrisa qanchalar band bo‘lmasin ular uchun vaqt ajratar edi.
Aktrisa ajrimdan so‘ng bor e’tiborini farzandlariga bag‘ishladi. Ammo Vel Kilmer esa o‘sha zahoti oilasi va farzandlari bilan aloqani uzdi, ularni moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlashni unutdi.
Joan Uolli shaxsiy hayotidagi muammolardan so‘ng o‘zini qo‘lga oldi. U farzandlari uchun hammasini unutdi. U 2017-yili oxirgi marotaba kinoda suratga tushdi.
Ehtimol, aktrisa tomoshabinlar tomonidan unut bo‘lgandir, ammo Buyuk Britaniya va Gollivudda hamon mashhur. Shuningdek, uning o‘g‘li onasining kasbini egalladi va aktyorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. | 79 | 3,180 |
Madaniyat | Warner Bros Joker haqidagi yangi filmning taqdimot sanasini ma’lum qildi | Warner Bros studiyasi asosiy rolni Xoakin Feniks ijro etgan Joker haqidagi filmning rasmiy nomi va taqdimot sanasini ma’lum qildi. Rejissor Todd Fillipsning filmi ekranlarga 2019-yilning 4-oktabrida chiqadi va “Joker” deb nomlanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Filmning budjeti 55 million dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Joker qanday qilib Betmenning asosiy dushmaniga aylangani haqida hikoya qiladi. Studiya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, film “jamiyatdan ajralgan odam rivojini” aks ettiradi. Ssenariy Fillips va Skott Slevr hamkorligida yozilgan | 72 | 574 |
Madaniyat | Uxlab qolgan yoki unutgan: “Oskar” olishi kerak bo‘lgan, ammo marosimga kelmagan yulduzlar | “Oskar” mukofotining taqdirlash marosimi kinosanoatdagi eng asosiy hodisalardan biri sanaladi. Karyerasini kino sohasidan boshlagan yulduzlar ushbu mukofotga loyiq ko‘rilish uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urishi mumkin, lekin ular orasida turli sababga ko‘ra tashrif buyurmaydigan va mukofotni muhim deb bilmaydigan taniqli shaxslar ham yo‘q emas.
Kendrik Lamar
Lamarning 2019-yildagi marosimda Sia bilan birga ijro etishi kerak bo‘lgan “Qora Pantera” filmidagi
All the Stars qo‘shig‘i kuylanmay qolib ketgan. Bunga xonanda vaqtni to‘g‘ri hisoblamagani va yetib kelolmagani sabab bo‘lgan.
Uill Smit
Uill “Himoyachi” filmi nominatsiyaga qo‘yilmagani sabab marosimga tashrif buyurmagan. U 20 ta nominatsiyadan bittasiga ham qora tanli aktyorlar nomzodi qo‘yilmaganiga norozilik bildirgan.
Benksi
Britaniyalik sirli rassom anonimlikni ma’qul ko‘radi. 2011-yilda uning “Sovg‘alar do‘koni orqali chiqish” nomli filmi yilning eng yaxshi hujjatli filmi nominatsiyasiga nomzod qilib ko‘rsatilgan, ammo muallifga niqobda kelish taqiqlangan. Film g‘olib deb topilganidan keyin sahnaga besh nafar maymun niqobidagi yigit tashrif buyurib ularning har biri Benksi ekanini aytgan, shundan keyin film mukofotdan quruq qolgan.
Roman Polanski
2003-yilda “Pianinochi” filmi sabab yil rejissori deb topilgan Roman mukofotni qo‘lga kirita olmagan. Bunga 1977-yilda mojarolarga aralashib qolib mamlakatdan chiqib ketgani va AQShga kirishi taqiqlangani sabab bo‘lgan. Statuetkani uning nomidan Xarrison Ford qabul qilib olgan.
Eminem
Reper 2003-yilda Love yourself saundtreki sabab taqdirlanishi kerak bo‘lgan, ammo unda ishtirok eta olmagan. Mish-mishlarga qaraganda xonanda uxlab qolgan, uning o‘zi esa Bononi yutishiga ishonchi komil bo‘lgani sabab kelmaganini ta’kidlagan.
Terrans Malik
Afsonaviy rejissor hech qachon taqdirlash marosimiga tashrif buyurmagan. “Ingichka qizil chiziq” filmi efirga uzatilishidan avval ortiqcha ma’lumot ovoza qilmaslik haqida bitim imzolaganiga qaramay prodyuserlar tafsilotlarni ochib tashlaydigan intervyu bergan. Unga sotqinlik qilishgani sabab Malik eng yaxshi rejissor nominatsiyasidan o‘rin olgan bo‘lsa ham tashrif buyurmagan. Film esa mukofotni qo‘lga kiritmagan.
Maykl Keyn
1987-yilda aktyor “Xanna va uning singillari” filmidagi ishtiroki sabab eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor yo‘nalishi bo‘yicha statuetkaga loyiq deb topilgan, ammo boshqa loyihada suratga tushish bilan band ekani sabab taqdirlash marosimiga tashrif buyurmagan.
Vudi Allen
Rejissor deyarli hech ham taqdirlash marosimiga tashrif buyurmagan. 1978-yilda “Enni Xoll” filmi uch yo‘nalish: eng yaxshi ijro, ssenariy va film bo‘yicha mukofotga loyiq deb topilgan. 2002-yilda 11-sentabr voqealaridan keyin Nyu-York haqidagi film esa istisno bo‘lgan. U taqdirlanish g‘oyasini yoqtirmasligini ta’kidlaydi.
Ketrin Xepbern
To‘rt karra “Oskar”ga loyiq topilgan aktrisa bir marta ham taqdirlash marosimiga kelmagan. U ilk bor 1974-yilda Irving Talbergning memorial mukofotini taqdim qilish uchun marosimga tashrif buyurgan. U “Inson xudbin bo‘lmay qo‘yishi uchun 41 yil kutishi kerakligining tirik isbotiman”, — degan.
Marlon Brando
Aktyor 1973-yilda “Cho‘qintirgan ota” filmidagi Vito Korleone roli sabab mukofotga loyiq deb topilgan, ammo shunga qaramay taqdirlash marosimiga tashrif buyurmagan.
Jorj Skott
Jorj 1970-yilda “Patton” filmidagi roli uchun nominatsiyaga qo‘yilishidan bosh tortgan va mukofotni qabul qilmasligini bildirgan. Statuetkani olmagan Jorj taqdirlash marosimini ikki soatlik ko‘zbo‘yamachilik, deb atagan.
Elizabet Teylor
Aktrisaning turmush o‘rtog‘i Richard Barton Elizabet 1966-yildagi taqdirlash marosimini u sabab o‘tkazib yuborganini ma’lum qilgan. Richard to‘rt marotaba statuetkaga loyiq deb topilmagan va beshinchi marta ham shunday natija bo‘lishini istamagan. Gap shundaki, ularning har ikkisi ham “Kim Virjiniya Vulfdan qo‘rqadi” filmi sabab nomzodlar orasidan o‘rin olgandi. | 90 | 3,902 |
Madaniyat | “Ko‘zimiz bolalar adabiyotiga, sifatli kitoblarga to‘yishi kerak. Biz bu borada hali ochmiz”. Janubiy Koreyada turib, o‘zbek bolalari uchun zamonaviy ertaklar yozayotgan Dinara Mo‘minova bilan suhbat | O‘zbek bolalar adabiyoti muammolari ochiq yaraga o‘xshaydi. Dori-darmoni qilinmagunicha joningni og‘ritaveradi. Keng davralarda, Yozuvchilar uyushmasi muhokamalarida o‘sha “ochiq yara” bot-bot eslanadi, o‘nglanishi uchun behad muhim vazifalar belgilanadi... keyin natijasi kutilmayoq negadir tezda unutiladi. “Daryo” bu mavzuda noshir va ijodkorlar bilan suhbatlar qildi. Muammo ildizi qayerdaligi va yechim qanday bo‘lishi ham aytildi. Biroq o‘zgarish sezilmadi. Tahririyat 2-aprel – Xalqaro bolalar adabiyoti kuni bahona yana shu mavzuga qaytdi. Hozirda oilasi bilan Koreya Respublikasida yashayotgan, o‘zbek bolalari uchun zamonaviy ertaklar yozayotgan ijodkor va pedagog Dinara Mo‘minova bilan muammolarimizni takror o‘rtaga qo‘yib, xalqaro tajribada sinalgan yechimlar xususida fikr almashdi.
— Koreyada bir necha yillardan beri yashab, o‘zbek bolalar adabiyotining og‘riqli nuqtalarini jahon bolalar adabiyoti bilan taqqoslab, Facebook’dagi sahifangizda va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yozib borasiz. Ularning bari, tan olish kerak, juda o‘rinli va yechimini kutayotgan masalalardan.
Dunyo bolalar adabiyotini kuzatib-o‘qib, qilishimiz kerak eng birinchi ish nima deb o‘ylaysiz?
— Nazarimda, bugun sekin-sekin bo‘lsa ham respublikamizda kitobxonlikka e’tibor paydo bo‘lyapti. Harholda, besh yil oldingi holat bilan solishtirganda menga shunday ko‘rinmoqda. Lekin biz ko‘p vaqt yo‘qotdik, shunga sekin yurish emas, balki shoshilishimiz kerak, deb o‘ylayman.
Bolalar adabiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun birinchi qilinajak ish — kitoblar nashri uchun moliyaviy yengilliklar berilishi kerak. Bunda ishlab chiqarishga oid, xomashyo sotib olish masalalari, import jarayonlari, QQS va boshqa soliqlar kabi masalalardagi muammolar nashriyotlar uchun hal etib berilsin.
Statistikaga qarasak, aynan kitobxon mamlakatlarda bolalar adabiyoti nashriyotlariga moliyaviy preferensiyalar qo‘llanadi. Shuginaning o‘zi bolalar adabiyoti sonining keskin ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida sekin-asta sifatning oshishiga ham olib keladi. Hozir sotuvdagi kitoblarni ko‘rib, ularni yaxshi yoki yomon deb ajrata olmaymiz, chunki solishtirish uchun yetarlicha “bozor” yo‘q. Masalan, ertakni Janni Rodarining hikoyasi yoki Anvar Obidjonning she’rlar to‘plami bilan solishtirib bo‘lmaydi. Rasmga to‘la bir butun 32 betlik kitobni 5 dona rasm bilan boyitilgan 100 varaqli ertaklar to‘plamiga taqqoslash noo‘rin.
Bolalar kitobiga chizilgan illyustratsiyalardan biri
Bizdagi bolalar adabiyoti hozirgacha segmentlarga bo‘linmagan. Ya’ni ayni paytda bolalar adabiyotini janr, o‘quvchining yoshi, kategoriya, mavzular bo‘yicha segmentlarga bo‘la olmaymiz. Avvallo miqdor ustida ishlash zarur, menimcha.
Nega barini aynan bolalar adabiyotidan boshlash kerak? Buyuk pedagog Lev Tolstoy: “Besh yashar boladan menga qadar bir qadam, yangi tug‘ilgan chaqaloqdan esa mengacha dahshatli masofa bor”, degan ekan. Bu fikrni hozir neyrofiziologiya ham isbotladi. Ya’ni maktabgacha bo‘lgan davr inson rivojlanishida eng muhim va keskin palla hisoblanadi. Ayni shu davr kelajagimizni hal qiladi. Maktabgacha yoshda olgan psixologik jarohatlar ham ulg‘ayganimizda ruhiy holatimizga eng ko‘p ta’sir etishi ilmiy isbotlangan faktdir. Demak, kitobxon jamiyat tuzmoqchimizmi, maktabgacha bo‘lgan davrni tanlaylik.
— Yozuvchi Sa’dullo Quronov hamma aybni yozuvchi-ijodkor bo‘yniga ilish noto‘g‘ri, bunda tizimning ham ancha-muncha roli bor. Yozuvchi-nashriyot-targ‘ibotchi kuchi birlashsagina, o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin deydi. Siz bunga nima deysiz?
— Albatta. Bu fikrlarga to‘liq qo‘shilaman. Kitobxonlik rivojlangan mamlakatlarda yozuvchi-ijodkor o‘zi nashriyot izlab yurmaydi. U yerda buning uchun kitob agentlari bor. Ular ijodkor va nashriyot o‘rtasidagi vositachi bo‘lib, nashriyot topish va marketing ishlarini butunlay o‘z zimmasiga oladi. Bu faoliyat juda keng tarmoq otib, yozuvchidan ko‘ra agent ko‘pmi, deysiz. Eng qizig‘i, agentlar yuqori professional kitobxonlardir. Ular yaxshi va yomon kitobni his etish darajasida usta bo‘ladilar.
Yozuvchining moliya yoki marketing haqida bilimi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Yaxshi kitob esa ba’zida yaxshi marketingsiz odamlarga yetib bormasligi ham sir emas. Ya’ni yozuvchi-nashriyot-targ‘ibotchi degan kuch haqiqatda kerak. Undan tashqari yozuvchiga yarasha nashriyot, kitobga yarasha targ‘ibotchi, targ‘ibotchiga yarasha auditoriya ham bo‘lishi muhim. Hozirgi kundagi vaziyat bu jarayon uchun sal ortda deb o‘ylayman. Ozgina vaqt kerak.
Yana bir masala — dunyoda XX asrgacha maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyoti asosan folklor, ertak va rivojlantiruvchi (ensiklopediya yoki odob-axloq o‘rgatuvchi) kitoblardan iborat edi. XXI asr bolalar adabiyoti rivojida haqiqiy yuksalish bo‘ldi. Kichik yoshdagi bolalar uchun ham hikoya tarzidagi, ularning muammolari va savollarini aks ettirgan asarlar paydo bo‘lib, ushbu yo‘nalish shiddat bilan rivojlandi. Bolalarga quruq nasihat qiluvchi kitoblarning birortasi amaliy yordam berolmasligi neyrofiziologiya, neyropsixologiya, pedagogika va psixologiya ilmiy tadqiqotlarida aniqlandi va bolalar adabiyotini mutlaqo boshqa yondashuv, qarash bilan yozish kerakligi haqida ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi.
Bunday “maktab” bilishimcha, bizda hali batamom yo‘lga solinmagan. Shungami, “Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sifatli bolalar adabiyoti qanday bo‘ladi?”, degan savolga haliyam aniq javobimiz yo‘q. Bunda faqat ilmiy yondashuv talab etiladi. O‘z kitoblarimda xalqaro ilmiy standart va yondashuvlarga asoslanaman. Qisqa javob esa quyidagicha: kitobxonlik ilm bilan baqamti rivojlana oladi.
— Unda bugunning bolasiga atab qanday kitoblarni yozish va ularga ko‘proq nimani o‘qitish kerak?
— Hozirgi zamon bolasiga bilim berish o‘rniga, bilim topishni o‘rgatish zarur. Bolangiz ikki daqiqada telefon yoki kompyuterdan barcha dinozavrning nomini bilib, sizga aytib beradi-ya? Hozir dogmatik usulda — “bu shunday, bu esa bunday”, deb bilim berish samarasiz. Bilishimcha, oxirgi yigirma yilda paydo bo‘lgan yangi bilimlar o‘tgan 100 yildagi bilimlardan ham ko‘proq. Bunday vaziyatda nima muhim — analitical thinking, ya’ni tahliliy tafakkur qilish muhim.
Dinara Mo‘minovaning “Ajoyib kaktus” kitobidan parcha
Mana, pandemiyada har kim ma’lumotlarga har xil yondashdi. Faqat ayrimlargina ular orasidan saragini sarakka ajrata bildi. Mana shu qobiliyatni bolalarda rivojlantirish o‘ta zarur deb hisoblayman. Ya’ni ma’lumotlar orasidan haqiqatga yaqinrog‘ini tahliliy tafakkur qilish orqali ajratsin.
O‘zbekistonda bolada tahliliy fikrlashni shakllantiradigan milliy bolalar kitoblari sanoqli. Dunyo miqyosida esa ularning adadi milliondan ko‘p. O‘zimizning mualliflar shunday kitob yozgunicha, xalqaro tajribadagisini tarjima qilib bo‘lsa-da, amaliyotga kiritish kerak. Lekin o‘z muallifi bo‘lmagan mamlakatda chet el kitoblarini keskin ko‘paytirish ham yaxshi natija bermaydi.
Bolalarda tahliliy fikrlashni o‘rgatuvchi kitoblarda javob emas, savol bo‘lishi, nasihat emas, bola qalbida uyg‘ona oladigan haqiqatlar bo‘lishi kerak.
— Janubiy Koreyada bolalar adabiyotiga davlat tomonidan alohida e’tibor beriladimi yoki ko‘pincha odamlarning o‘zi qandaydir tashabbus va g‘oyalar bilan chiqib, qo‘llab-quvvatlaydimi? Qandaydir nodavlat notijorat, xususiy tashkilotlar bosh-qosh bo‘ladimi yo?
— Koreya bolalar adabiyoti nisbatan yaqinda rivojlanishni boshladi. Fransiya, Italiya, Angliya kabi mamlakatlar undan ancha oldinda.
Koreyada kitobxonlik kutubxonalar yordamida rivojlangan. Kutubxonalar rivojlanishini ikki davrga bo‘ladilar. Birinchisi, mustamlaka davridan so‘ng — 1945—1976-yillari. Bunda davlat kutubxonalari barpo etilib, u qadar sifatli yoki rivojlangan kitobxon muhiti yaratilmagan.
Koreyadagi kutubxonalardan biri
Asosiy o‘sish esa XX asr oxirlarida boshlangan. Qiziqarli tomoni, kitobxonlik rivojida xususiy kutubxonalar va tashabbuskorlar faoliyati sezilarli natija bergan. Aholining shaxsiy tashabbusi muhim rol o‘ynagan. “Miracle library” degan loyiha bor. 2002-yildan beri mavjud. Asosiy maqsadi — har bir bolaning qo‘li kitobga yetishi zarur. Loyihaning bir tomoni chaqaloqlarga ham tegishli — go‘dak ham bolalar adabiyotini kutubxonalardan olib, “o‘qiy” olishi kerak.
Bolalar kitoblari doim hamma yerda nisbatan qimmat bo‘lgani uchun aynan kutubxonalarga urg‘u berilgan. Uy—kutubxona—bog‘cha birligi birinchi o‘rinda. Kutubxona bola uchun eng yoqimli maskanga aylansin, deyilgan va maqsadga erishilgan.
— U yerdagi noshir va yozuvchilarga rag‘bat masalasi qanday?
— Koreyada kitob nashriyotlari QQSdan ozod etilgan(0%). Mualliflar kitoblari sotilishi ortidan moliyaviy barqaror bo‘lib, jamiyatda ularning hurmati baland. Eng muhimi, bu yerda mualliflik huquqi bo‘yicha qonunchilik yuqori darajada ishlaydi. Istagan kitobingizni shartta olib, nusxa ko‘chira olmaysiz. Bu esa muallifga mehnatiga yarasha mablag‘ olishga imkon beradi.
— Biz ko‘pincha bolani muayyan yoshga yetishini kutamiz va o‘qish-o‘qitishni ma’lum yoshdan boshlaymiz. Lekin ungacha kech bo‘lishi va eng asosiy bosqichlarni o‘tkazib yuborishimiz mumkin. Bolaga qaysi yoshdan kitob o‘qib berish, tutqazish kerak va nima uchun?
— Men farzandlarimga 5-6 oyligidan boshlab yoshiga yarasha kitob o‘qib berardim. Bilasizmi, shu olti oyiligida ham ularning “sevimli” kitobi bo‘lgan. Gapirishni bilmasa ham o‘zi istagan kitobni imo-ishora va tovushlar bilan tanlardi. Keyinroq niderlandiyalik olimlarning ilmiy ishlari bilan ham tanishdim. Rostanam, bola 6 oyligidan kitob qahramonlarini tanib, ajrata bilarkan.
Bolaga kitob o‘qib berishni boshlashning ertasi yo‘q. Qancha vaqtli bo‘lsa, shuncha yaxshi. Keyin kitob o‘qib berish — bu faqat bilim olish degani emas-ku!
Bola bilan ona yoki ota quchoqlashib nimadir o‘qisa, bolaga ruhan katta dalda berilgan bo‘ladi. U ota-onasi bilan bir mavzuda maroqli suhbat quradi, uning fikri eshitiladi, ota-onasiga kerakligini his etadi. Bu esa uning psixikasi, tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Psixoterapevtlarning fikricha, bola bilan har kuni, yotishdan avval kamida 30 daqiqa biror kitobni o‘qish, muhokama qilish zarur.
— Atrofimdagilarning ko‘pi (o‘zim ham) farzandiga o‘zbekcha kitoblarni emas, rus yo ingliz tilidagisini o‘qitishni afzal biladi. Negaligini so‘rasangiz, sifatli kontent, ularning talabiga javob beradigan asarlar yo‘qligini aytishadi. Bu hol asosan shaharlarda uchrasa, qishloq va tumanlarda manzara sal bo‘lak – bolasiga badiiy kitob o‘qitadigan oilalar sanoqli. Vaziyat shunday davom etaversa, qanday yakun yo holat yuzaga qalqishi mumkin? O‘zbek tilini puxta bilmaydigan avlod shakllanishi u qadar yomon holat emasmikan?
— O‘zbek tilini bilmay nimagadir erisholmaymiz. O‘zlik til bilan yuzaga chiqadi. O‘zim rus maktabida o‘qiganman. Rus tilidan eng namunali o‘quvchi edim, lekin qanchalik yaxshi bilmay, qancha ravon so‘zlashmay, shu tilda o‘nlab kitob o‘qimay, men hech qachon rus kontentini ruslarchalik yarata olmayman. Ya’ni bir narsani yuqori sifatli va qalblarga kira oladigan qilib yaratishni istasak, faqat o‘zligimizdan, tilimiz, dinimiz, qadriyatlarimizdan kelib chiqibgina yarata olamiz.
Dunyoga taniqli ssenariynavis Andryu Stanton: “Siz hech qachon birovning hikoyasini zo‘r qilib yoza olmaysiz. Siz faqat va faqat o‘z hikoyangizni ko‘rsata olishingiz mumkin”, degan ekan. Bu nafaqat kitobga, balki istalgan faoliyat turiga tegishli gap. O‘zbek tilini bilmaydigan avlod shakllanishi qaram avlodni paydo qiladi.
Yaqinda O‘zbekistondagi bir qator kitob do‘konlarini aylanib, katta qizimga o‘zbek tilidagi klassik adabiyotlardan olmoqchi bo‘ldik. Juda qiynaldim. Unga o‘zbek tilini lotin alifbosida o‘rgatganmiz, kitob do‘konlaridagi aksar klassik kitoblar kirill alifbosida ekan. Nega bunday deb sotuvchi ayoldan so‘rasam, yoshlar bu eski kitoblarni o‘qimaydi, dedi. Lekin yangi chiqqan “Qo‘rqma”ni ham, afsus, lotin alifbosida topolmadim.
Bu holatni negadir tushunolmadim. Deyarli uch avlod lotin alifbosida ta’lim olgan. Lekin ko‘p kitoblar kirill alifbosida bosilarkan. Shuning uchun ota-onalarni ham tushunsa bo‘ladi. O‘zbek tilida sifatli kitob topolmagach, rus yoki boshqa tildagisini tanlaydi-da. Hatto ular qimmatroq bo‘lsa ham.
Koreyadagi kutubxonalarda odatda 90 foiz kitob milliy mualliflarga tegishli bo‘ladi. Ular Amerikaning ta’lim tizimi kitoblaridan foydalanganida ham uni milliylashtiradilar. Shunchaki tarjima qilmay, ichidagi butun ma’naviyat va mafkuraga tegishli kontent (misol uchun, milliy bayramlar, oilaviy qadriyatlar va hokazolar)ni milliylashtiradilar. Shuning uchun yana bir tashvishlanarli holat bor: kitob o‘qimaydigan avlod yoki faqat chet tilidagi kitoblarni o‘qib o‘sayotgan avlod xavf ostidami?
— Bolalar kutubxonalari viloyat, tumanlarda tobora qisqarib boryapti. Sizning yaqinda Koreyadagi bolalar kutubxonasi haqidagi postingizni o‘qib, rosti, havas qildim. Bolaga aylanib qolgim keldi. Viloyatlarimizni-ku qo‘yaylik, Toshkentda ham shunga o‘xshashi bitta bo‘lsa ham yo‘q. Respublika bolalar kutubxonasi asosan maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan va borib-kelish ham markazdan chetroqda yashaydiganlar uchun qiyinroq masala. Kutubxonalarni qisqartirib yoki ko‘paytirishni ortga surib, nimaga erishamiz?
— Tobora qisqarayotgani haqida bilmagan ekanman. Bu achinarli. Maktablarda ham tuzukroq kutubxona yo‘qligini tushunish qiyin.
Nazarimda, hozir O‘zbekistonda kutubxonalar sonini keskin ko‘paytirish, ularni ochayotganlarni har tomonlama qo‘llash kerak. Odamlar kutubxona mazasini his qilsin. Bilishimcha, Toshkentda katta kutubxona ochilishi rejalashtirilgan. Bu yaxshi, lekin u yerga shundog‘am kitobsevarlar boradi. Bizning hozirgi maqsadimiz esa kitobni qo‘liga olmaydiganlarni kitobxon qilish.
Bor e’tiborni katta kutubxonalardan ko‘ra har bir mahalla, tumanda, o‘rni kelsa, har bir uy yo‘lagida kichik-kichik, shinamgina kutubxonalar, kitob javonlariga qaratish o‘rinli. Ayrim mahalla guzarlaridagi kutubxonalarni kutubxona deb bo‘lmaydi. Undagi muhitning o‘zi bir san’atga teng. Dunyoda kutubxonalarni taniqli dizaynerlar yaratadi. Psixolog va pedagoglar ham bunga jalb etadi. Shvetsiyada emmigrant oilalardagi bolalarni shu yo‘l bilan kitobxonlikka jalb etishgan.
Ular har bir podyezdning 1-qavatiga javon o‘rnatib, bir nechta kitobni taxlab: “Kitob almashamiz” deb yozib qo‘yishgan. Xonadondagilar esa haftada bir javonga kitob qo‘yishi, evaziga undagi istagan kitobini olib ketishi mumkin edi. Keyingi haftasi yana yangi kitob qo‘yiladi. Jarayon davom etaveradi. Shugina bilan o‘sha ko‘p qavatli uydagi bolalarni atigi ikki oyda haqiqiy katta kutubxonalarga jalb etishning uddasidan chiqishgan.
— Men yo o‘qimaganman, yoki haligacha tarjima qilinmadi, shekilli, koreys bolalar adabiyotining oldi asarlarining o‘zbek tilidagisini ko‘rganimni eslolmayman. Yoki adashyapmanmi?
— Unday kitoblar bo‘lmasa kerak. Koreys xalq ertaklari tarjimasini ko‘rganman O‘zbekistonda. Yuqorida aytganimdek, Koreyaning bolalar adabiyoti dunyo uchun nisbatan yangidir. Koreys mualliflar oxirgi yillari dunyoni zabt etishga kirishdilar. Bizda nafaqat Koreya mualliflarining, balki qo‘shni davlatlarimizning ham bolalar adabiyoti oldi asarlari tarjima qilinmagan. Koreyaniki esa hali beri tarjima qilinmasa ham kerak. Keyin bu yerdan dunyoga chiqayotgan kitoblarni uzoq yillargacha qabul qilolmasak kerak. Bolalar adabiyoti deyarli rivojlanmagan O‘zbekistonda o‘ta chuqur ma’noga ega, bir qarashda tushunarsizdek ko‘ringan, zamonaviy, qaysidir ma’noda mavhum kitoblarni o‘qishimizga shubham bor. Ko‘zimiz bolalar adabiyotiga, sifatli bolalar adabiyotiga to‘yishi kerak. Biz hali bu borada ochmiz.
— Bu mavzuda balki men bilmaydigan boshqa tomonlar, yangiliklar bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha qilmoqchi bo‘lsangiz, xursand bo‘lardim.
— Hozir YouTube’dagi aksar o‘zbek kontentlarda albatta kitob haqida bir og‘iz so‘z bo‘lsa ham aytib o‘tilmoqda. Buning mevasi bo‘ladi. Sekin bo‘lsa ham kitobga bo‘lgan e’tibor uyg‘otilmoqda. Hech bo‘lmasa u haqda gapirilmoqda.
O‘zbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish uchun hozirning o‘zidayoq nima qilsa bo‘ladi?
Shaxsiy izlanishlarimdan kelib chiqib, quyidagilarni aytmoqchiman:
— nashriyotlarni moliyaviy qiyinchiliklardan imkon qadar chetlashtirish (QQSni olib tashlash va hokazolar, bu borada nashriyotlar bilan bamaslahat yo‘l tutish zarur deb hisoblayman);
— har qanday kitobxonlikka oid tashabbusni davlat tomonidan amaliy qo‘llash. Masalan, bitta kutubxona ochib, uni faollashtirib, mahalladagi bolalarni jalb qilolgan talabani kontraktda o‘qisa, to‘lovdan ozod etish, chet elga malaka oshirishga yuborish yoki institutga kirishiga kvota ajratib berish; maktabda ota-onalar yordamida bir kutubxona yaratgan direktorni maktab uchun ajratilgan yangi kompyuterlar bilan rag‘batlantirish va hokazolar;
— shahar va viloyatlardagi kutubxonalar sonini oshirish. Buning uchun kutubxona ochayotgan xususiy sektorga moliyaviy preferensiyalar berish. Hokimiyat ostidagi ishlatilmaydigan bino yoki xonalarni tekinga kutubxona uchun ajratish. Tadbirkorlar, developer tashkilotlarni kutubxona yaratishga undash;
— kitobxonlar, nashriyotlar, kitoblarga oid tanlovlarni keskin ko‘paytirish va ular haqida keng ommaga muntazam ravishda media resurslar orqali xabar berish;
— har bir nashriyotga bolalar adabiyotini tahlil qilish uchun ilmiy yondashuvchi psixolog, pedagog, rassomlarni volontyorlik asosida jalb etish;
— bolalar adabiyoti uyushmasini tashkil etish. Bu uyushma sifatli bolalar adabiyoti mezonlarini, kategoriyalarini, janrlarini va boshqa tegishli ma’lumotlarni ilmiy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarish kerak bo‘ladi. Bolalar adabiyoti mualliflari bilan ishlaydi, ularning malakasini oshiradi, xalqaro tanlovlarga yuboradi, grant ajratadi va hokazolar. Hozircha mana shular...
Charos Nizomiddinova suhbatlashdi. | 199 | 17,633 |
Madaniyat | “O`zbekkino” buyurtmasiga binoan Cho`lpon haqida film suratga olinadi | “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Media Illusion” studiyasi tomonidan “Cho`lpon. Qush esdaligi” hujjatli filmi suratga olinadi.
Mazkur film etuk adib, buyuk ma`rifatparvar shoir va yozuvchi Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon hayoti va ijodiga bag`ishlangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan "Xalq yuragi" turkumi ostida tasvirga olinmoqda.
“Cho`lpon. Qush esdaligi” filmida Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lponning qatag`onga uchrashi, bunga asosiy sababchi bo`lgan sobiq rus imperiyasi va ijodkorni qatag`on ostonasiga etaklab kelgan sotqinlar fosh etiladi.
Csenariy muallifi Erkin Bozorov, rejissyor va prodyuser Husan Rashidov, operator Jahongir Ibragimov, rassom Shuhrat Abdumalikov, kartina direktori Kamila Matenova.
Filmning suratga olish ishlari Toshkent, Buxoro viloyatlarida va Qo`qon shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. | 69 | 966 |
Madaniyat | Sirdaryolik madaniyat xodimasi o`z ixtiyori bilan koronavirusga «chalindi» | Sirdaryolik yosh kinorejissyor Oybek Qarshiboev «Loqaydlik» nomli qisqa metrajli film yaratdi.Film shu kunning global mavzusi –koronavirus pandemiyasi tartib-qoidalariga rioya qilmaslikning ayanchli oqibatlariga bag`ishlangan.
Kartina bosh qahramoni — balog`atga etgan yosh qiz. U atrofida va butun jahonda kezib yurgan, insoniyatni chuqur tashvishga solgan tojdor virusdan asralish o`rniga, karantin yumshatilishini noto`g`ri tushunib, belgilangan qoidalarni mensimaganligi, loqaydligi tufayli umrining ayni bahor pallasida hayotdan ko`z yumadi. Va filmda erta o`lim topgan qiz misolida koronavirus balosi yoshu keksa- barchaga birdek xatarli yov ekanligi aks etadi.
Bosh qahramon rolini ijro etgan Izzatoy O`rolova Guliston tumanidagi bolalar raqs ansambli rahbari. U bungacha «Sirdaryo navolari» ansambli tarkibida bir necha mamlakatlarda bo`lib o`tgan festivallarda o`zbek milliy raqs san`atini namoyish va targ`ib etishda ishtirok etgan.
— Bir epizodda menga nafas olish apparatini ulashganda, garchi bu bor-yo`g`i bu kinodagi rol bo`lsa-da, o`zimda qo`rquv his etdim,-deydi Izzatoy O`rolova.- O`ylaymanki, filmni ko`rgan tomoshabinlarda ham ana shunday tuyg`u paydo bo`ladi va bu barchani karatin qoidalariga qatiy rioya qilishga da`vat etadi, loqaydlikka yo`l qo`ymaslikka chaqiradi.
Film rejissyori Oybek Qarshiboev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining kino yo`nalishida tahsil olgan.Bir necha filmlarda ikkinchi rejissyor sifatida tajriba orttirgan. Ayni paytda Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining «Sirdaryo» telekanalida faoliyat olib bormoqda.
«Loqaydlik» filmi tez kunlarda «Sirdaryo» telekanali va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etiladi.
Ahmadali Shernazarov
(«Xalq so`zi»). | 75 | 1,725 |
Madaniyat | Ikkiyuzlamachilardan kuygan Yulduz Rajabova, yangi mashina olgan Zohirshoh, farzand kutayotgan Madina Mumtoz. Mashhurlar karantinda (foto+video) | O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 8-may kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Turkiyada karantinda qolayotgan aktrisa Yulduz Rajabova ikkiyuzlamachi insonlardan aziyat chekkanga o‘xshaydi.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Dipika Padukone marhum hamkasbi Irfon Xonni xotirladi. Dipika 5 yil avval suratga olingan “Piku” filmida Irfon Xon bilan birgalikda rol ijro etgan.
View this post on Instagram
Xonanda Ziyoda farzandlarining kichkinaligidagi video bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Zohirshoh Jo‘rayev yangi mashina sotib oldi. Muxlislari uni yangilik bilan tabriklamoqda.
View this post on Instagram
Xonanda va aktrisa Madina Mumtoz uchinchi marta ona bo‘lish arafasida.
View this post on Instagram
O‘zbek shou-biznesi vakillari Instagram’da ommalashgan chellenjni milliylashtirdi (video)
Karantinni Istanbuldagi mehmonxonada o‘tkazayotgan aktyor Alisher Uzoqov muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Dilso‘z 8-may kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. U 31 yoshni qarshi oldi.
View this post on Instagram
Aktrisa Shahzoda Muhammedova dugonasiga samimiy tilaklarini izhor etib, unga o‘ziga xos sovg‘a va’da qildi.
View this post on Instagram
Shohruxxon “Devonaman” qo‘shig‘ini muxlislariga taqim etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
View this post on Instagram
Turkiyada qolgan yana bir aktrisa Rayhon Ulasenova turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Shahzoda Matchonova atrofdagilar unga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lsa, qanday yo‘l tutishi haqida so‘zlab berdi.
View this post on Instagram
Luiza Rasulova uyi tomida fotosessiya uyushtirdi.
View this post on Instagram
Yulduzlar avvalgi kunlarda karantinda nimalar bilan band bo‘lgani bilan quyida tanishishingiz mumkin: | 144 | 2,079 |
Madaniyat | Ijodkor talabalar filmlarga jalb etiladi | “O`zbekkino” Milliy agentligi ijro apparati rahbari Eldar Yuldashev O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutiga tashrif buyurib, ijodkor talabalar bilan uchrashdi. Bu haqda “O`zbekkino” MA Axborot xizmati xabar bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish Bayoni”ga muvofiq, Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag`ishlab filmlarni ishlab chiqarish uchun institutda turli yo`nalishda tahsil olayotgan ijodkor talabalar hamkorlikka chaqirildi.
Institut Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor Eldor Shermonov, “Ovoz rejissyorligi va operator mahorati” kafedrasi mudiri Iqbol Meliqo`ziev hamda ijodkor talabalar bilan yangi filmlar bo`yicha suhbatlar olib borildi. “O`zbekkino” MAda har yili an`anaviy tarzda o`tkaziladigan “Debyut” ijodkor yoshlar kinofestivalining bu yilgi filmlari davlat mustaqiligining 30 yillik bayramiga bag`ishlanadi. | 40 | 1,034 |
Madaniyat | Kianu Rivzning harakatlari uning “yulduzlik kasalligi”ga chalinmaganligini isbotlaydi | Kianu Rivz o‘zining yangi “Xudoning qizi” (Daughter of God) filmini suratga olish ishlari yakunlanganiga bag‘ishlab Nyu-Yorkdagi klublardan birida o‘tkazilgan kechaga 20 daqiqa kech qoldi va uni klubga kiritishlarini yomg‘ir ostida sabr bilan kutib turdi, deya xabar bermoqda “Telenedelya”.
Haqiqat oshkor bo‘lgach, klub xo‘jayini Kianuning yomg‘ir ostida turib kutayotganini hech kim bilmay qolganini aytdi. “U hech kimga hech narsa demadi”, — deya o‘zini oqladi u.
Nashr ta’kidlashicha, aktyor metroda yuradi, uysizlar bilan muloqotda bo‘lib, ularga yordam beradi. “Matritsa” filmlaridan birini suratga olish ishlari tugagach, u barcha kaskadyorlarga ko‘rsatgan mahoratlari uchun bittadan yangi “Xarley” mototsilkini hadya qilgan edi. Bundan tashqari, “Matritsa” kostyumerlari va maxsus effektlarni yaratuvchi kompyuterchilarni yetarlicha maosh bilan ta’minlash uchun gonorarining katta qismidan voz kechgan edi (aktyor ularning filmdagi ishtiroki yetarlicha baholanmagan, deb hisoblagan).
“Iblis advokati” filmi syomkasida esa, Al Pachinoni filmga taklif qilishga pul yetishi uchun o‘z gonorarini kamaytirgan.
Kianu Rivz hayotining bir bosqichida ketma-ket baxtsizliklarga duch kelgan: eng yaxshi do‘sti halok bo‘lgan, sevgan qizi farzandidan ayrilgan va ko‘p o‘tmay o‘zi avtohalokatda nobud bo‘lgan, opasi esa leykemiyaga chalingan. Biroq aktyor o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi: u opasini davolayotgan kasalxonaga 5 million dollar xayriya qildi, syomkalardan voz kechib (opasining yonida bo‘lish uchun), leykemiya bilan kurashish jamg‘armasini tuzdi. Har bir filmidan olgan daromadidan u ushbu jamg‘armaga xayriya qiladi. | 85 | 1,620 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova: “70 yoshimgacha xalq xizmatidaman” | 10-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Dedeman Silk Road” mehmonxonasining marosimlar zalida Yulduz Usmonovaning “Yoningdaman” nomli musiqiy albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashganlar albomga kiritilgan har bir ashulaning yaratilish tarixi, she’r va musiqa mualliflari hamda shu albom ustida ishlagan boshqa ijodkorlar bilan tanishdi.
Yulduz Usmonova yangi taqdim etilgan albom tarkibidagi har bir ashulani jonli ravishda kuylab berdi.
“Albomga nom qilib tanlangan ‘Yoningdaman’ qo‘shig‘i bir-biridan uzoqlarda yurgan yoki sevib, sevgisiga yeta olmaganlar uchun atalgan”, — deya Yulduz Usmonova o‘z ashulasiga ta’rif berdi.
Yuragida o‘ti borlar uchun yaratilgan “Shakari” taronasiga esa zalda yig‘ilganlar miriqib raqsga ham tushib olishdi.
Albomdan Ozodbek Nazarbekov bilan kuylangan “Dilfuzam” dueti ham o‘rin olgan. Yulduz Usmonovaning ta’kidlashicha, bu qo‘shiq Zuhriddin ismli kishining rafiqasiga bag‘ishlab kuylangan.
Shu bilan birga, Yulduz Usmonovaning o‘z hovlisida o‘sayotgan, bir-birini suyab turgan ikki oq qayin haqida ham “Oq qayin” nomli ashula yaratilganligi ma’lum qilindi.
“Sirli auksion” kim oshdi savdosida Yulduz Usmonovaning qo‘lqopi 10 000 so‘mga baholandi va savdo yakunida 650 000 so‘mga sotildi.
Taqdimotga o‘zbek estradasi va kinosi yulduzlari ham tashrif buyurdi. Ular orasida Ozodbek Nazarbekov, Lola, Shahzoda, Rayhon va Yigitali, Kaniza, Amira Alibekova, Tamilla, Shahzoda Matchonova, Dineyra, Madina Mumtoz turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan, Kamola Oripova hamda Bilolxo‘ja, Nilufar Usmonova, “Eldido” guruhi, Manzura, Munisa Rizayeva, Ziyoda, Halima qiziq, Shoira Otabekova va boshqalar bor edi.
Shu kuni “Ohang media” studiyasi bilan hamkorlikda chiqarilgan “Yoningdaman” musiqiy albomi mehmonxona hududida sotuvga qo‘yildi. Yulduz Usmonova har bir albomga o‘z imzosini qo‘yib, tilaklarini bildiridi.
Yulduz Usmonova tadbir so‘ngida, “nasib qilsa, yetmish yoshni sahnada uraman, keyin yosh san’atkorlarga sahnani beraman”,— deya yarim hazil, yarim chin ohangda fikr bildirdi.
Tadbir Yulduz Usmonova va barcha san’atkorlar ijrosida kuylangan “O‘zbekiston” taronasi bilan yakunlandi. | 51 | 2,129 |
Madaniyat | Ilk marta qaynatasi haqida gapirgan Nilufar Usmonova, bir yoshga ulg‘aygan Tohir Sodiqov. Instagram yangiliklari | 1-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Nilufar Usmonova ilk marta qaynatasi haqida so‘z ochdi. U qizlari Sadiya va Safiyaning buvasiga tegishli oilaviy dachada dam olayotganini bildirdi.
View this post on Instagram
“Million” kulgi jamoasi a’zosi Alisher Botirov rafiqasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Xonanda Shahzoda “Dilam” deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.
View this post on Instagram
Shahlo Ahmedova “mo‘jizalar mamlakatida”.
View this post on Instagram
Taniqli hind aktrisasi Priti Zinta tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
Zohirshoh Jo‘rayev Samarqanddagi to‘yda jonli ijroda qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
1-iyul kuni taniqli san’atkor Tohir Sodiqov tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. AQShda yashayotgan xonanda Otabek Madrahimov do‘stini ushbu sana munosabati bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Xonanda Rayhon butun dunyo bolalariga salomatlik tiladi.
View this post on Instagram
Karantinda biroz to‘lishganini aytayotgan Nahide Babashli muxlislariga yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi.
View this post on Instagram
Adiz Rajabov folloverlariga a’lo kayfiyat tilagan holda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Yosh aktrisa Rayhon Asadova folloverlariga yangi suratini taqdim etdi.
View this post on Instagram | 112 | 1,604 |
Madaniyat | Moskvada Filipp Kirkorovni plagiatda ayblagan Space guruhi yetakchisi Didye Maruani qo‘lga olindi | Moskvada politsiya Space guruhi yetakchisi Didye Maruani va yurist Igor Trunovni qo‘lga oldi. Bu haqda Trunovning manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Lyudmila Ayvar ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
“Tomonlar uzoq vaqt muzokaralar olib bordi. Ular mualliflik huquqi buzilishi va Maruaniga tovon puli to‘lanishi masalasini tinch yo‘l bilan hal etishga uringan. Kirkorov bunga tayyorligini bildirib, bankda uchrashishni taklif etgan. Maruani va Trunov bankka kelganida politsiya ularni qo‘lga oldi”, — deya izoh berdi Ayvar.
O‘z navbatida, Filipp Kirkorovning advokati Aleksandr Dobrovinskiy Maruani va Trunov mijozidan 1 million yevro ta’ma qilgani uchun qo‘lga olinganini ma’lum qildi.
“Bu holat chindan ham mijozimning murojaatidan so‘ng yuz berdi. Ular Kirkorovdan qo‘shiq uchun 75 million rubl undirmoqchi bo‘lgan”, — deya ta’kidladi Dobrovinskiy.
Noyabr boshida Space Filipp Kirkorovning “Shafqatsiz sevgi” qo‘shig‘ida mualliflik huquqi buzilganini bildirib, Moskva shahar sudiga murojaat etgandi. Guruh manfaatlarini himoya qilgan Igor Trunovga ko‘ra, ekspertlar mazkur qo‘shiqda Didye Maruanining Symphonic space dream kompozitsiyasidan qisman foydalanilganini aniqlagan. Sudga berilgan da’vo summasi 75 million rubldan iborat bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 97 | 1,409 |
Madaniyat | “Oxirini o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi”. Po‘lat Alamdar roli bilan tanilgan Nejati Shashmaz 48 yoshga to‘ldi | Bugun, 15-dekabr kuni, o‘zbek kino muxlislariga “Qashqirlar makoni” serialida Po‘lat Alamdar roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Muhammad Nejati Shashmazning tug‘ilgan kuni. U 1971-yil Turkiyaning Eloziq shahrida tug‘ilgan.
Nejati Anqarada katta bo‘lgan va shu yerda maktabni tamomlagan. U Turkiya va Kanadada mehmonxona menejmenti va turistik biznes yo‘nalishida o‘qigan.
1997-yildan 2001-yilga qadar AQShda yashagan. 2001-yil Turkiyaga oila a’zolarini ko‘rish uchun kelgan Nejatining qaytib ketish reysi 2001-yil 11-sentabrda AQShda yuz bergan terakt sabab bekor qilingan. Turkiyada ma’lum muddat qolishiga to‘g‘ri kelgan. Aynan shu qolish muddati uning muvaffaqiyatli karyerasi boshlanishiga sabab bo‘lgan. Mutaxassisligi aktyor bo‘lmagan Nejatining “Qashqirlar makoni” serialiga bosh rol uchun taklif qilinishi turli muhokamalar keltirib chiqargan. Biroq uning serialdagi mahoratli ijrosi barcha shubhalar o‘rinsiz bo‘lganini isbotladi.
U 2011-yil 41 yoshida o‘zidan 21 yosh kichik bo‘lgan Istanbul universiteti talabasi Nagehan Qoshiqchi bilan turmush qurgan, ikki farzandning otasi. Hozirda turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish jarayoni ketmoqda.
“Qashqirlar makoni” serialining barcha fasllari 2003-yildan 2017-yilgacha davom etgan. Serialning barcha fasllarida — “Qashqirlar makoni” (2003—2005-yillarda), “Qashqirlar makoni: Iroq” (2006-yil), “Qashqirlar makoni: Terror” (2007-yil), “Qashqirlar makoni: Tuzoq” (2007—2016-yillarda), “Qashqirlar makoni: Falastin” (2011-yilda) “Qashqirlar makoni: Vatan” (2017-yilda) — Nejati bosh rolni ijro etgan.
Shuningdek, u “Qashqirlar makoni: Vatan” va “Navbatchilik” seriallarining ssenariy muallifi, rejissori va prodyuseri hisoblanadi. Nejati Shashmaz “Qashqir qonuni”, “Bir ayolni tanidim” va “Ayri yo‘l” seriallarga prodyuserlik qilgan.
Quyida “Qashqirlar makoni” serialida Nejati Shashmaz tomonidan aytilgan iqtiboslarni e’tiboringizga havola etamiz.
“Oxirini o‘ylagan qahramon bo‘lolmaydi”.
“Toki insonlar yuragida ozodlik alangasi yonar ekan, ular ertami-kechmi albatta o‘z maqsadlariga erishadilar”.
“Qalbning qayerda joylashganini hech kim bilmasligi mumkin, lekin qalb og‘rig‘i qanday bo‘lishi hammaga ma’lum”.
“Sukut bu eng yaxshi do‘st. Sinalgan. Unga sendan hech narsa kerak emas. Shunchaki yoningda bo‘ladi va senga xalaqit qilmaydi”.
“Ikki kishi biladigan sir — sir emas”.
“Xatoni to‘g‘rilash mumkin, lekin sotqinlikni emas”.
“Sen dunyodagi eng kuchli va jasur odam bo‘lgan taqdiringda ham sevgan insoning qarshisida hamisha ojiz bo‘lasan”.
“Haqiqatni aytish uchun biz uni navbatga qo‘yamiz. Qulay fursatni kutamiz”.
“Ba’zida ko‘zlar quruq bo‘lgani bilan yurak jim yig‘lashi mumkin”. | 108 | 2,641 |
Madaniyat | Toshkentdagi restoranda ishlovchi mavrikiylik Xensli Poynen “Golos” loyihasini chorak finalda tark etdi | 16-dekabr, juma kuni Rossiyaning Birinchi kanalida efirga uzatiluvchi “Golos” loyihasining ikkinchi chorak finali o‘tkazildi. Polina Gagarina jamoasidagi, Toshkentdagi restoranlardan birida qo‘shiq kuylovchi mavrikiylik Xensli Poynen ham o‘z chiqishini namoyish etdi.
Kadr: Birinchi kanal
Xensli Stingning Fragile qo‘shig‘ini ijro etdi.
Polina o‘zining 100 foiz ovozini uch ishtirokchi o‘rtasida quyidagicha taqsimladi: Xensli Poynenga 20, Yekaterina Kovskayaga 30, Mixail Jitovga 50 foiz. Maxsus raqamga SMS jo‘natish va qo‘ng‘iroq qilish orqali ovoz bergan muxlislarning 12,2 foizi Xensliga o‘z ovozini berdi. Murabbiy va teletomoshabinlar ovozining jamlanmasiga ko‘ra mavrikiylik qo‘shiqchi uch ishtirokchi orasida oxirgi bo‘ldi, Mixail Jitov esa yarim finalga chiqdi.
Kadr: Birinchi kanal
Xayrlashuv so‘zida Xensli Poynen Mavrikiyga, Toshkent va Moskva shaharlariga minnatdorlik bildirdi.
Mavrikiyning xaritada joylashgan o‘rni
Endi Mixail Jitovga yarim finalda asli o‘zbekistonlik xonanda Sardor Milano raqiblik qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 103 | 1,204 |
Subsets and Splits
No community queries yet
The top public SQL queries from the community will appear here once available.