folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi
Taniqli kino va teatr aktrisasi Gulbahor Yo‘ldosheva vafot etdi. Bu haqda jurnalist Shohira Hamro Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zbek Medeyasi, o‘ziga xos, betakror iste’dod sohibasi Gulbahor Yo‘ldosheva olamdan o‘tdi. Gulbahor Yo‘ldosheva ayni kunlarda kinorejissyor ham aktyor, opaning sahnadagi yelkadoshlaridan biri Dilmurod Masaidov suratga olayotgan “Qo‘qon shamoli” badiiy filmida band edilar”, — deb yozadi jurnalist.
70
477
Madaniyat
Xonanda Lolaning farzandlari tug‘ilgan kuniga Ravshan Ermatov tashrif buyurdi (foto)
Xonanda Lola farzandlari Shahina va Shohdiyorning tavallud ayyomini bir kunda nishonlab, ular uchun haqiqiy ertak uyushtirib berdi. Ikki farzandi bir oyda tug‘ilganligini hisobga olib, Lola ularni bir kunga jamlab quvnoq kecha o‘tkazishga qaror qildi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”. “Baxt mana shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Diyor va uning do‘stlari uchun bu kungi eng katta sovg‘a dunyoning eng yaxshi hakami Ravshan Ermatovning tashrifi bo‘ldi. U kechamizni unutilmas hissiyotlarga to‘ldirdi, har bir bola bilan gaplashib, barchalariga dastxat qo‘yib to‘p sovg‘a qildi. Sizga katta rahmat! Siz eng zo‘risiz!”, — deb yozadi Lola. Tantananing asosiy mehmonlari Shohdiyor va Shahinaning do‘stlari bo‘lishdi. Ikkisi uchun alohida ertak, “Barselona” futbol klubi va Messining fanati Shohdiyor uchun futbol ishqibozlariga xos muhit yaratilgan bo‘lsa, Shahina uchun malikalarga xos ertak bo‘ldi.
84
889
Madaniyat
Gollivud yulduzi Jennifer Lav Xyuitt uchinchi marta ona bo‘ldi
“Smoking”, “Garfild” singari filmlardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan amerikalik aktrisa Jennifer Lav Xyuitt uchinchi marta onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Ushbu xushxabarni Jenniferning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qilgan. Aktrisa shifoxonadagi surati bilan bo‘lishgan. Uning aytishicha, aktrisani tug‘ruqxonaga bolalari kuzatgan. “Aydan Jeymsni qabul qilish men uchun katta sharaf. Endi esa dam olish vaqti”, — deb yozib qoldirgan Jennifer. View this post on Instagram Ma’lumot uchun, Jennifer Lav Xyuitt amerikalik aktyor Brayan Hellisga turmushga chiqqan. Juftlikning ikki nafar: 7 yashar Otem Jeyms hamda 6 yoshli Attikus Jeyms ismli farzandlari bor.
62
680
Madaniyat
O`zbek Milliy akademik drama teatrida yangi spektakl namoyish etildi
O`zbek Milliy akademik drama teatri ijodkorlari yana bir sahna asariga qo`l urishdi. Joriy yilning 31 yanvar kuni O`zbekiston xalq artisti Turg`un Azizov tomonidan sahnalashtirilgan “Boborahim Mashrab” spektakli tomoshabinlar e`tiboriga havola etildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Boborahim Mashrab g`azal mulkining sultoni Alisher Navoiydan keyin o`zbek mumtoz adabiyotiga yangi ruh, o`ziga xos ohang va tasvir go`zalligini olib kirgan so`z san`atkoridir. Mustaqillik yillarida barcha aziz siymolarimiz kabi Mashrab shaxsiyatiga ham adolatli baho berildi. Mashrab tavalludining 360 yilligi tantanali nishonlandi. Mashrab she`riyatiga xos xususiyat shundaki, uning she`r va g`azallarida Ollohga bo`lgan ishq tarannum etiladi. Mashrab she`riyati hali to`liq kashf qilinmagan bir xazinadir. Bu she`riyat bilan qancha ko`p tillashsa va dillashsa, inson o`zligini shuncha teran anglash imkoniga erishadi, shaxs va jamiyat, odam va olam, Haq va banda munosabatlarini to`g`ri mushohada aylash darajasiga ko`tariladi. Spektaklda ayni shu kabi tushunchalar aks ettirilgan. Bosh rollarni Bibi Salima – O`zbekiston xalq artisti Saida Rametova, Boborahim Mashrab – Sharofiddin Muzropov, Baxtiyor Yusupov, Navro`z Jumaev, Aziz Qobilovlar ijro etgan. Barcha tomoshabinlarni yangi spektaklni tomosha qilishga taklif etamiz.
68
1,338
Madaniyat
“Yangi ovozlar” teletanlovi: uch kun davom etgan saralash, istalgan tilda kuylay oladigan yoshlar, hakamlarning ko‘z yoshlari
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Alisher Navoiy nomli kinosaroy hamda Yoshlar madaniyat va san’at markazi hamkorligida “Yangi ovozlar” nomli teletanlov tashkil etildi. San’at sahnasida dastlabki qadamlarini qo‘yayotgan yoshlar uchun ijodiy maydon sifatida ko‘rilayotgan teletanlovining saralash bosqichida erkin kuzatuvchi bo‘lib ishtirok etgan jurnalist Feruz Muhammad o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, tanlov yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva bilan suhbat uyushtirdi. Saralash bosqichida O‘zbekistonning barcha viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan ko‘plab iste’dodli, qobiliyatli yoshlar qatnashdi. Talabgorlar soni ko‘pligi bois, saralash uch kun — 20 iyuldan 22 iyulga qadar davom etdi. Qizg‘in, keskin va murosasiz ruhda o‘tgan saralash bosqichi har bir ishtirokchi sahna madaniyati qoidalariga rioya etishi, tanlovda qatnashish uchun tanlagan qo‘shiqlari bilan o‘z ustida katta mas’uliyat bilan ishlaganini ko‘rsatdi. Ishtirokchilar orasida milliy hamda zamonaviy estrada, opera, djaz, mumtoz yo‘nalishda kuylaganlar ko‘pchilikni tashkil qildi. Bundan tashqari, yosh ijrochilarning ingliz, rus, fransuz, italyan, turk, ozarbayjon kabi xorijiy tillarda ham bemalol kuylay olishi har qanday tomoshabinni hayratga solishi turgan gap. Ularning ajoyib chiqishlarini baholashda hakamlarga ham oson bo‘lgani yo‘q. O‘rni kelganda ta’kidlash joiz, tanlovning saralash bosqichida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Toir Qo‘ziyev, Azim Mullaxonov, Yulduz Turdiyeva, Samandar Hamroqulov, Alisher Fayz, O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod va xonanda Akbar Otamuhammedov hakamlik qildi. E’tiborga molik tomoni, ular ustoz ko‘rmagan, ammo ovoz imkoniyati baland pardalarda bemalol kuylashga imkon beradigan yoshlarga ham keyingi bosqichda qatnashish uchun ruxsat berdi, ularga mos ustozlarni ham tavsiya qildi. Saralash bosqichi yakunida hakamlar hay’ati a’zolaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Turdiyeva bilan suhbat uyushtirildi. — Teletanlov ishtirokchilarining aksariyatida uchrayotgan umumiy xato nimadan iborat? — Qobiliyatli, iste’dodli, shijoatli ishtirokchilar ko‘p. Aksariyatining umumiy xatosi — ovoziga mos asarni tanlamagan. Natijada ishtirokchilarga 3—4 martalab qo‘shiqlar berib, sinab, nimaga qodirligini aniqlayapmiz. Ko‘p ishtirokchilar yoshiga nisbatan katta qo‘shiqlarni tanlagan. — Ularning yutuqli tomonlari haqida nimalar deya olasiz? — Ko‘plab ishtirokchilar chet tilidagi qo‘shiqlarni o‘sha til nutq madaniyati, talaffuz qoidalariga rioya etgan holda, kerak bo‘lsa, professionallardek kuylamoqda. Avjli pardalarni maromiga yetkazib ijro etayotgan yangi ovozlarni ko‘rib, ko‘zimga yosh ham keldi. — Siz ham xalqaro ko‘rik tanlovlarda O‘zbekistonning nomini tanitib yurgan xonandasiz. Boz ustiga, jonli ijroda kuylashingizga ko‘plab hamkasblaringiz tan beradi. Ayting-chi, mazkur ishtirokchilar orasida sizga raqobatchi, ovoziga havasingiz kelib tinglagan ishtirokchilar ham bormidi? — Men san’atda ustozlarni ham, o‘zimdan keyin chiqayotgan xonandalarni ham hurmat qilib, ularga havas ko‘zi bilan qarayman. Tan olib aytish kerak, bu yoshlarning orasida bizga raqobatchi bo‘la oladigan yoshlar juda ko‘p. — Ishtirokchilar tayyorlab kelgan qo‘shiqlar orasida qaysi o‘zbek san’atkorining ijod na’munalari yetakchilik qilmoqda? — O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov. — Chet tillaridan asosan qaysi birida ko‘p kuylashmoqda? — Ingliz tilida ko‘p kuylashdi. — Saralash bosqichidagi tashkilotchilikni qanday baholaysiz. Ishtirokchilar 100 foiz jonli kuylagani texnik muammolar keltirib chiqarmadimi? — Tashkilotchilik a’lo darajada, jonli ijroda kuylash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Tashkilotchilar bilan bog‘liq muammo bo‘lgani yo‘q. — Ishtirokchilarning sahnada o‘zini tutishi, kiyinish madaniyatiga qanday baho berasiz? — To‘g‘risini aytsam, o‘g‘il bola ishtirokchilar kiyinish madaniyatiga bir qadar e’tiborsizlik qilgan. Sahnada o‘zini tutishga kelsak, ishtirokchilarning 70 foizida hayajonni kuzatdik. Yashirishga qancha urinmasin, ovozidagi titroqdan, savol-javob jarayonidan ularning hayajonlanayotgani bilinib qoldi. Hayajonning ko‘payib ketishi ijroga, qobiliyatni to‘la namoyon qilishga xalal berishi mumkin. — Hakamlar orasida tortishuv va munozaralar bo‘lib turdi. Bu haqda nima deya olasiz? — To‘g‘ri, ba’zan kelishmovchilik holatlari ham bo‘ldi. Sababi — ishtirokchilar nihoyatda qobiliyatli, o‘z navbatida, har bir hakamning ishtirokchiga nisbatan o‘z talabi bor. Misol uchun, men an’anaviy, milliy mumtoz qo‘shiqlarni tinglashni xohlasam, boshqa bir hakam umuman boshqa yo‘nalishni eshitishni xohlaydi. Hakamlarning uslubi xilma-xil bo‘lganining yaxshi tomoni ham aynan shunda. Ammo barcha hakamlarning maqsadi bitta — ishtirokchilar orasida yangi ovozlarni aniqlash. Ma’lumot uchun, ayni kunlarda teletanlovning keyingi bosqichiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Alisher Navoiy nomli kinosaroyda tanlovni o‘tkazish uchun barcha sharoitlarga ega zamonaviy studiya hozirlangan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
125
5,389
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” serialidagi Sulton Sulaymon qarorgohi, Turkiyadagi eng ommabop ikkinchi muzey To‘pqopi saroyi (foto)
“Shabi arus” tadbirlarida ishtirok etish uchun o‘zbekistonlik jurnalistlardan iborat guruh Turkiyaning Konya va Istanbul shaharlarida bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan uyushtirilgan safar davomida ommaviy axborot vositalari vakillari “Muhtasham yuz yil” serialining asosiy qahramoni Sulton Sulaymon qarorgohi bo‘lmish “To‘pqopi saroyi”da ham bo‘lib, u yerdagi mashhur hovlilarni ko‘zdan kechirdi. To‘pqopi saroyi Istanbuldagi o‘ziga xos me’morchilik yechimiga ega 5 asrdan ziyod umrga ega inshoot sanaladi. Tarixiy majmua Bosfor bo‘g‘ozi va Marmar dengizi qo‘shilgan nuqtada joylashgan. Usmonlilar davrining qachonlardir mashhur qarorgohi sanalgan muhtasham saroy bugungi kunda megapolisning eng ommabop qadamjolaridandir. Uning umumiy maydoni 700 ming kvadrat metrni tashkil etib, 4 ta hovlidan iborat. Hovlilarning har birida bir-biridan farqlanuvchi obidalar bor. Keng miqiyosdagi muhandislik yechimlari tufayli ham uni Istanbul ichidagi alohida shahar, deb atashadi. To‘pqopi saroyi maketi. Qasr zallarida 65 mingdan ziyod eksponatlar taqdim etilgan bo‘lib, ular saroy kolleksiyasining atigi o‘ndan biridir. Muzeyning ichki qismlarida esa bejirim mozaikalar, naqshlar, marmar va tilla elementlar bilan bezatilgan. To‘pqopi 1463-yilda Sulton Mahmud Fotih tomonidan bir paytlar vizantiyalik imperatorlik qasri qurilgan Saroyburnu hududida qad rostlay boshlagan. Avvaliga saroy sultonlar tomonidan rasmiy majlislar hamda xorijiy mehmonlarni qabul qilish uchun foydalanilgan. Ayollar va bolalar o‘sha paytda bu yerda yashamagan. Ammo XVI asrda Sulton Sulaymon I davrida katta o‘zgarishlarga uchradi. U o‘ziga yaqinroq yashashni istagan rafiqasi Roksalananing (Xurram) iltimosiga ko‘ra haramni saroy ichiga ko‘chirgan. XIX asrning o‘rtasigacha bino Usmonlu hukmdorlar kelib ketuvchi joy bo‘lgan. 1842-yilda esa Sulton Abdulmajid I Yevropaning mashhur qasrlar bilan bellasha oladigan barokko usulidagi yangi qasr qurishni buyuradi. Yangi qarorgoh Dolmabaxche, deb nomlanib, 1853-yilda bitirilgach, To‘pqopi o‘zining avvalgi ahamiyatini yo‘qotib borgan. Usmonlilar imperiyasi qulagach, Turkiya prezidenti Mustafo Kamol Otaturk 1924-yilda unga muzey maqomini beradi. Bugungi kunda ushbu maskanni yiliga 2 million odam ziyorat qiladi. Mazkur ko‘rsatkich bilan u Konya shahridagi Mavlono muzeyidan keyin Turkiyadagi ikkinchi eng ommabop muzey hisoblanadi. Birinchi hovli Yanichar hovlisi 4 ta hovli ichida eng yirigi. Bir paytlar qarorgohdan turk sultonlari Ayo Sofiyaga juma namoziga chiqqan imperator darvozasi eng mahshur qismidir. Darvoza eshiklari to‘liq marmardan, fasad qismini esa arab tilidagi tilla yozuvlar bezab turadi. To‘pqopi saroyining kirish qismi, Yanichar hovlisiga olib boruvchi imperator darvozasi. To‘pqopi saroyining kirish qismi, Yanichar hovlisiga olib boruvchi imperator darvozasi. Ayo Irina cherkovi. 532-yilda qurilgan Ayo Irina cherkovi esa bugungi kungacha saqlanib qolgan. Usmonlilar Konstantinopolni egallagach uni buzmasdan qurol-yarog‘ saqlashga ombor qilishgan. Yuz yil ichida cherkov arxeologik, imperatorlik va harbiy muzey maqomida bo‘ldi, ammo yakunda undan barcha eksponatlar olib chiqildi va ayni vaqtda konsert maydonchasi sifatida foydalanilmoqda. Ijtimoiy masofa saqlashga da’vat etuvchi tablo. Ikkinchi hovli. Ikkinchi hovli klassik Usmonlilar uslubidagi kutib olish darvozasi bilan ajralib turadi. U ark va 2 ta yevropacha uslubdagi minoraga ega. Ushbu darvoza markazga olib boruvchi sanalib, bugungi kunda sayyohlar uchun asosiy kirish qismidir. Bu yerda Kengash binosi, Adliya minorasi, devon, XIX asr o‘rtasigacha ishlagan Tashqi g‘azna, saroy a’yonlari binolari, sulton otxonasi, hammom va masjid joy olgan. Saroy oshxonalari esa nafaqat sulton, balki 10 ta seksiyada haram xonimlari, mansabdorlar uchun ham taom tayyorlagan. Aynan shu hovlida sulton harami joy olgan bo‘lib, ayni damda bu yer muzeyga aylantirilgan. Haram bir paytlar 4 qismdan tarkib topib: birinchisi haram og‘asi, ikkinchisi haram xonimlari, uchinchisi sulton onasi, to‘rtinchisi esa turk hukmdoriga tegishli bo‘lgan. Bu yerda umumiy 300 ta xona, 2 ta masjid hamda ayollar kasalxonasi bor. Aksariyat xonalar kichik va interyer jihatdan sodda, ammo saroydagi Xurram sulton xonasi aksincha juda yirik va mashhur. Uchinchi hovli Bu yerda barokko usulidagi, yog‘och qubba bilan bezatilgan, 4 ta marmar ustunga ega baxt darvozasi bor. Ayni qismdan saroyning eng ichkari joylari, ya’ni sultonlarning yotoqxonasiga yo‘l ochiladi. Ushbu maskanga sultondan boshqa hech kim kiritilmagan, darvoza soqchilar tomonidan qo‘riqlanib, kimdir ruxsatsiz kirmoqchi bo‘lsa davlatga xiyonatda ayblangan. Taxt turgan zalga kirish qismi 2 ta bo‘lib, biridan faqat va faqat sulton, ikkinchisidan qolganlar kirgan. Binoning bezaklari gullar, toshlar, marmar ustunlar va oltin qoplamali panjaralar shaklida turli naqshlarni o‘z ichiga oladi. Uchinchi hovlining markazida kutubxona joy olgan, u saroy maktabi o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Bu yerda favvoralar, yashil miniatyurali bog‘lar, qubbali tom, arkli teshiklar, marmar ustunlar bor. Xazinaxona, sultonning barcha zargarlik buyumlari saqlanishiga mas’ul xazinalar palatasi va hukmdorlarning shaxsiy hovlisi bo‘lgan sirli pavilion aynan mazkur hududda joylashgan. Eng yirik saroy masjidi Og‘alarga esa sulton va uning yaqin xizmatchilari ibodatga kelgan. To‘rtinchi hovli Ushbu hovlidan turib Istanbulning ajob manzarasi, saroyning go‘zal bog‘lari, gul, meva va uzumzorlarni tomosha qilish mumkin bo‘lgan. Sultonlar bu yerda yolg‘iz qolib o‘ylashni xush ko‘rgan. Marmar terassada esa Bosfor bo‘g‘ozi va Marmar dengizi, Oltin shox qirg‘oqlarini ko‘rish imkoniyatiga egasiz. Yerevan va Bag‘dod pavilyonlari, Kolonna zali, kesish pavilyoni va So‘fiy masjidlari yaxshi holatda saqlangan.
120
5,805
Madaniyat
Guliston shahrida «Gullar festivali» bo`lib o`tadi
O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Butun mamlakatimizdagi kabi Sirdaryo viloyatida ham ushbu tantanaga munosib hozirlik ko`rilayotir.Viloyat hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 25 avgust kuni Mustaqillik kuniga bag`ishlab Guliston shahrida – tuman va shahar hokimliklari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar o`rtasida «Gullar festivali» ko`rik-tanlovi o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Ushbu ko`rik-tanlovda mutlaq g`oliblikni qo`lga kiritgan jamoaga oliy mukofot – «Damas» avtomobili topshiriladi.Bundan tashqari, tanlovda 1-o`rinni egallagan 2 jamoaning har biriga 20 million so`mdan, 2-o`rinni qo`lga kiritgan 2 jamoaga 10 million so`mdan va 3-o`rin sohibi bo`lgan 2 jamoaning har biriga 5 million so`mdan pul mukofotlari topshiriladi.Ko`rik-tanlov g`olib va sovrindorlariga mukofotlar Mustaqillik bayrami arafasida tantanali taqdirlash marosimida topshirilishi rejalashtirilgan.
51
989
Madaniyat
Germaniyada o‘zbek olimining “Xamsa” haqidagi monografiyasi nashr etildi
Germaniyadagi Lambert nashriyotida Samarqand davlat universitetining professori Muslihiddin Muhiddinovning “‘Xamsa’larning ilk dostonlarida komil inson konsepsiyasi” nomli monografiyasi ingliz tilida nashr etildi. Bu haqda adabiyotshunos olim Olimjon Davlatov “Daryo”ga ma’lum qildi. Olimjon Davlatovning ma’lum qilishicha, adabiyotshunos olim Muslihiddin Muhiddinov fan tarixida birinchi marta “Hayrat ul-abror” dostonini monografik yo‘sinda tadqiq etib, Navoiyning diniy-tasavvufiy va falsafiy-axloqiy qarashlarini ilmiy jihatdan xolis va har tomonlama asoslab bergan. Mazkur monografiyada Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy hamda Alisher Navoiy “‘Xamsa’laridagi ilk dostonlarida komil inson tushunchasining badiiy-falsafiy talqini haqida so‘z yuritiladi. Muallif xamsachilikdagi falsafiy-didaktik dostonlarda Sharq mumtoz adabiyotidagi komil inson ideali haqidagi qarashlarni qiyosiy o‘rganib chiqib, Alisher Navoiyning falsafiy-axloqiy qarashlarining o‘ziga xosliklarini ochib berishga erishgan. Germaniyalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, Alisher Navoiyning falsafiy-axloqiy qarashlarini yoritib beruvchi ushbu monografiya yevropalik mutaxassislarni qiziqtirishi shubhasiz. Negaki, Alisher Navoiy nomi Yevropada ancha mashhur bo‘lsa-da, uning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar juda kam. “‘Xamsa’larning ilk dostonlarida komil inson konsepsiyasi” ana shu kemtiklikni to‘ldirishga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun, Muslihiddin Muhiddinov 2016-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlangan.
72
1,567
Madaniyat
“Ayolim Dilnoza Kubayevaga o‘xshasin, ammo aktrisa bo‘lmasin”. Yosh aktyor Temur Kubayev mashhur opaning ukasi bo‘lish mas’uliyati haqida
Temur Kubayev taniqli aktrisa Dilnoza Kubayevaning ukasi. U ham asta-sekin kino olamiga kirib kelmoqda. Temur tomoshabinlarga “Daydi qizning daftari”dagi Akmal obrazi bilan yaxshi tanish. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova yosh aktyor bilan suhbatlashib, uning mashhur aktrisaning ukasi bo‘lish mas’uliyati borasidagi fikrlari, shaxsiy hayotidagi rejalari haqidagi so‘zlariga quloq tutdi. “San’atga ko‘chadan kirib kelganim yo‘q” — Asli mutaxassisligim aktyorlik, ayrimlar o‘ylagandek shunchaki qiziqish uchun rol ijro etayotganim yo‘q. Ilk rolimni Mohigul Hamroyevaning “Daraxtlar qo‘shig‘i” serialida  ijro etganman. Undan keyin “Daydi qizning daftari” serialiga taklif etishdi. Serial mashhur asar asosida suratga olingani sabab u katta shou-shuvlarga sabab bo‘ldi. Ammo yetarlicha tanqid ham qilindi. Serial hayotiy bo‘lgani uchun Dilnoza opam serialda suratga tushishimga qarshilik qilmadi. Yurtimizda avvalgidek ko‘p kinofilmlar ko‘p suratga olinayotgani yo‘q. Shu bois kinoaktyorlarga hozircha serialdan boshqa tanlov yo‘q. “Opamga bo‘ladigan qo‘ng‘iroqlarni filtrlaymiz” — Ko‘pchilik meni opamning ma’muri deb biladi. To‘g‘ri, hamisha opamning yonida bo‘laman, ammo ma’mur emasman. Shunchaki akalarim bilan birga opamga bo‘ladigan qo‘ng‘iroq va takliflarni filtrlaymiz. Ya’ni opamga erkaklar qo‘ng‘iroq qilishini istamaymiz. Shu bois avval ular bilan gaplashib, ijodiy takliflarini o‘rganib chiqamiz. “Aktrisaga uylanmayman” — Keyingi paytlarda opam ham, onam ham meni uylantirishga jiddiy ahd qilgan. Musulmonchilikda oila qurishga jiddiy e’tibor berish kerakligi ta’kidlangan. Shu bois, oila qurishga shoshilayotganim yo‘q. Turmush o‘rtog‘im san’atni tushunishini istayman. Ammo uning bu sohada faoliyat yuritishini istamayman. Chetdan qaraganda ijodkorlar hayoti chiroyli ko‘rinishi mumkin. Ammo bu soha xatolarni kechirmaydigan beshafqat kasb hisoblanadi. Opam ham men ham shu sohada non topayotganimiz uchun turmush o‘rtog‘im ham san’at vakilasi bo‘lishini istamayman. Ikkita ijodkorning bir oila bo‘lib yashashi olqishlarga sabab bo‘ladigan holat. Nazarimda, ikki ijodkor bor vaqtini suratga olish maydonchasida o‘tkazishsa, oila muvozanati buziladi. Ammo taqdiri azal, peshanaga kim yozilganini oldindan bilolmaymiz. “Ayolim Dilnoza Kubayevaga o‘xshashini istayman” — Ko‘pchilik ayollar onamga “Qizim Dilnozaga o‘xshashini orzu qilaman, uning tarbiyasida nimalarga e’tibor berishimni tavsiya qilasiz?”, deb  so‘rashadi. Bundan, albatta, xursand bo‘lamiz. Ayolim ham opamdek farosatli, sabrli, matonatli va e’tiborli bo‘lsa jon derdim. Opamning xotirasi mustahkam. Hech narsani e’tiboridan chetda qoldirmaydi. Nima istayotganimizni gapirmasimizdan avval biladi. Dilnoza Kubayevaning ukasi bo‘lish mas’uliyati — Kinoijodkorlar orasida menga Temur Kubayev emas, “Falonchining ukasi” deb qarashlari katta mas’uliyat yuklaydi. Shunda falonchi darajasiga yetgunga qadar hali ko‘p mehnat qilishim kerak ekan, deb o‘ylab qolaman. Bundan tashqari, ijodkorlar bir vaqtning o‘zida ham opamga, ham menga baho berishadi. Shu vaqtgacha opam haqida birorta yomon gap eshitmaganman. Opam shuncha yillar davomida misqollab yiqqan obro‘sining to‘kilishini istamayman. Chunki mening ijoddagi va hayotdagi xatti-harakatlarim qaysidir ma’noda opamga ham ta’sir etadi. Odamlar Temurdan ko‘ra, Dilnoza Kubayevani ancha yaxshi tanishadi.
137
3,334
Madaniyat
Rejissor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Suratga olish ishlari uch yil davom etadi
Rejissor Jahongir Ahmedov uch yil davomida suratga olinadigan, 100 qismli tarixiy serial ustida ish boshladi. Bu haqda rejissor jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Islomxo‘ja” tarixiy badiiy-publisistik filmi bizning jamoamiz uchun katta dars bo‘ldi. “Islomxo‘ja” filmidan so‘ng ko‘plab mutaxassislar, ustozlar va, ayniqsa, filmni tomosha qilishga ulgurgan tomoshabinlar tomonidan film ijodkorlari tarixiy serial olishga tayyor ekan, degan fikrlar, talablar bois serial suratga olishga dastlabki tayyorgarlik ishlarini boshladik. Jahongir Ahmedov, rejissor Rejissor mazkur serialda chet ellik kino ijodkorlar hamda aktyor va aktrisalarni jalb qilmasligini quyidagicha izohladi. O‘zimizning tariximizni faqat va faqat o‘zimizning aktyor va aktrisalarimiz ijro etishini xohlayman. Axir aktyor va aktrisalarimiz tarixiy filmlarda suratga tushishni necha yillardan buyon kutishmoqda. Shunday imkoniyat tug‘ilganda biz rejissorlar chet ellik jahon kinoyulduzlariga murojaat etsak, bu adolatdan bo‘lmaydi, deb hisoblayman. Jahongir Ahmedov, rejissor Rejissor mazkur serialning qaysi tarixiy shaxs haqida ekanligini sentabr oyining o‘rtalarida ma’lum qilishini aytdi. Hozircha serial aynan qaysi tarixiy shaxs yoki davr haqidaligini ijodiy jamoamiz siri bo‘lgani sababli ma’lum qilolmayman. Ammo serial taxminan besh fasldan iborat bo‘lib, har fasli 20 qismli, jami 100 qismli katta va keng qamrovli serial bo‘ladi. Bu serialda nafaqat o‘sha davrda yurtimizdagi jarayon, balki qo‘shni davlatlardagi jarayonlar ham aks etadi. Shu nuqtayi nazardan serial keng qamrovlilik kasb etadi. Biz tarixiy serial suratga olishga tayyormiz. Ayni kunlarda serialga homiylik qilishni xohlagan tashkilotlar, brendlar hamda homiylar bilan muzokoralar bo‘lib o‘tmoqda. Katta va keng qamrovli tarixiy serial katta mablag‘ hisobiga suratga olinishi barchaga ma’lum. Shu sababli biz bu jarayonga alohida e’tibor qaratishga, homiylar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Jahongir Ahmedov, rejissor
133
1,994
Madaniyat
Tom Xenks xiyobonga yugurishga chiqib, notanish kelin-kuyovning fotosessiyasida qatnashdi
Amerikalik aktyor Tom Xenks Nyu-Yorkdagi Markaziy xiyobonda yugurayotgan vaqtida kelin-kuyov Elizabet va Rayanning to‘y suratlariga tushib qoldi, deb yozadi TJournal. Bu haqda Ushbu kadrlarni olgan fotosuratchining do‘sti Meg Miller gapirib berdi. Millerning so‘zlariga ko‘ra, fotosessiya chog‘ida suratchi fotoapparatni tushirib, bog‘da yugurayotganlardan biri kadrdan chiqib ketishini kutib turgan. Biroq u, aksincha, yaqinroq kelgan va mashhur aktyor bo‘lib chiqqan. Xenks yoshlarni tabriklagan, keyinroq ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga ular bilan tushgan selfisini joylagan. Elizabeth and Ryan! Congrats and blessings! Hanx. pic.twitter.com/Uy2GIqYphU — Tom Hanks (@tomhanks) September 24, 2016
89
706
Madaniyat
Ko‘plab filmlarda birga rol ijro etib, tomoshabinlar qalbidan joy egallagan aktyorlar juftliklari (foto)
Ba’zi aktyor va aktrisalar ekranda bir-biriga shu qadar mos tushadiki, rejissorlar ham ularni qayta-qayta birga filmlarda suratga tushishga taklif qiladi. Bundan tashqari ular partnyorligidagi film tomoshabinlarning qalbidan joy egallab, aktyor va aktrisalarga esa muvaffaqiyat kafotlanadi. AdMe nashri bir necha marta bir filmda suratga tushib, ularning har birida o‘z iste’dod va mahoratini namoyish etgan aktyor va aktrisalar juftliklari haqida ma’lumot beradi. Juliya Roberts va Jorj Kluni Juliya va Jorf faoliyati davomida oltita filmda birga rol ijro etgan, shu jumladan ular 2001-yildan 2004-yilgacha “Oushen” trilogiyasining ikkita qismida ham suratga tushgan. Juftlik 2022-yilning kuzida katta ekranlarga chiqishi kutilayotgan “Osmonga chipta” romantik komediyasida ham ajrashgan oshiqlar rolini o‘ynaydi. Kevin Xart va Dueyn Jonson Ko‘plab tomoshabinlar Kevin va Dueynni “Jumanji” va “Ayg‘oqchi” filmlaridagi roli orqali eslab qolgan. Ular “DC Super uy hayvonlari” filmi kabi boshqa loyihalarda ham birga ishlagan. Chenning Tatum va Jona Hill Gollivudning ikkita mashhur aktyori beshta kinokartinada birga rol o‘ynagan. Bu “Macho va Nerd”, “Macho va Nerd 2”, “Intiho 2013: Golivuddagi apokalipsis” (“This Is the End” filmi), “Yashasin Sezar” kabi kinokomediyalar hisoblanadi. Ularning ko‘plab rollari mashhurlikka erishgan. Alan Rikman va Emma Tompson Alan Rikman va Emma Tompson dastlab “Aql va tuyg‘ular” nomli dramada birga rol o‘ynagan va keyinroq, ya’ni 2003-yilda “Haqiqiy sevgi” filmida ham birga suratga tushgan. Ular millionlab muxlislarga ega “Garri Potter” filmida ham birga rol ijro etgan. Jeyms Franko va Set Rogen Jeyms va Set birinchi marta o‘smirlik paytida “Bullilar va Nerdlar” filmi to‘plamida uchrashgan va birga yana ko‘plab filmlarda suratga tushgan. Ular “Ananas ekspressi: O‘tirish va chekish”, “Intiho 2013: Golivuddagi apokalipsis” (“This Is the End” filmi) va “Yaratuvchi” kabi komediyalarda ham birga suratga tushgan. Melissa Makkarti va Ben Falkon Bu duetning o‘ziga xos tomoni shundaki, ular real hayotda ham turmush qurgan. Melissa va Ben ko‘plab loyihalarda, jumladan, “Vegasdagi bazm” va “Sun’iy intellekt” komediyalarida suratga tushgan. Juftlik shaxsiy prodyuserlik kompaniyasiga ham ega. Dryu Berrimor va Adam Sendler Ko‘plab tomoshabinlar Dryu va Adamni “50 ta birinchi bo‘sa” filmi orqali taniydi. Biroq juftlik bu filmga suratga tushishidan olti yil oldin boshqa bir filmda rol o‘ynagan. “To‘ydagi xonanda” kinokartinasida Adam Sendler xonanda rolini, Dryu Berrimor esa ofitsiant obrazini gavdalantirgan. Jeyk Jillenxol va Enn Xeteuey “Muhabbat va boshqa dorilar” filmida Enn Parkinson kasalligiga chalingan yosh ayol rolini, Jeyk esa dori sotuvchi rolini o‘ynaydi. Juftlik bu filmdan 5 yil oldin, ya’ni 2005-yilda “Buzilgan tog‘” dramasida er-xotin rolini o‘ynagan. Jona Hill va Emma Stoun Jona va Emma birinchi marta 2007-yilda “Super xonanda” filmida birga suratga tushgan. Oradan 11 yil o‘tgach, ular “Qotil” filmida partnyor sifatida rol ijro etdi. Mett Deymon va Ben Afflek Uzoq yillar davomida do‘stligini saqlab kelayotgan aktyorlar juda ko‘p filmlarda birga suratga tushgan. Ular mashhurlikka erishgan “Aqlli Uill Hanting” filmi namoyish etilganidan 2 yil o‘tib “Dogma” filmida rol o‘ynadi. Aktyorlar “So‘nggi duel” filmining ssenariysi ustida hamkorlikda ishlagan. Kianu Rivz va Sandra Bullok Kianu va Sandra ikkita filmda birga rol o‘ynagan, bu 1994-yilda katta ekranlarga chiqqan “Tezlik” trilleri va 2006-yilda namoyish etilgan “Ko‘ldagi uy” romantik dramasi hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu loyihalardagi hamkorlik tufayli ular bir necha yillar davomida do‘st bo‘lib bir-biri haqida gapirganda yaxshi fikr bildiradi. Salma Xayek va Antonio Banderas Salma va Antonio birinchi marta 1995-yilda “Desperado” filmida hamkorlik qilgan. Keyingi yillarda ular ko‘plab loyihalarda, jumladan, “Bir paytlar Meksikada: Desperado 2”, “Fridoy” filmining davomi va “Qotil xotinining qo‘riqchisi” filmlarida birga suratga tushgan.
104
3,991
Madaniyat
Fotogalereya: “Taxtlar o’yini” qahramonlari grimsiz qiyofada
“Taxtlar o‘yini” seriali fantanziya janridagi eng qimmat loyihalardan biriga aylandi. AdMe ana shu loyihaning qahramonlari grimsiz qiyofada qanday ko‘rinishiga e’tibor qaratdi.
60
176
Madaniyat
“Sababini haligacha bilmayman”. Alisher Uzoqov Gulnora Karimova davrida bir necha yilga “zapret”ga tushgani haqida so‘zlab berdi (video)
Aktyor Alisher Uzoqov “Chotki TV” YouTube-kanaliga bergan intervyusida 2012-yilda bir  necha yilga “zapret”ga tushgani, zapret uni butunlay boshqa insonga aylantirgani haqida so‘zlab berdi. Kibrga berilgan paytlarim ko‘p bo‘lgan, rasmga tushaylik, deyishganida ketib qolganman kayfiyatim yo‘q paytlar. Ammo mening kayfiyatim bilan kimning nima ishi bor? Bu kabi holatlar ko‘p bo‘lgan. Qachon shunaqa bo‘lib qolganimni “zapret”ga tushganimda anglaganman. Bu narsa menga juda yaxshi ta’sir qildi. “Zapret”ga tushish meni yaxshi tarafga o‘zgartirdi. “Zapret”dan chiqqanimda boshqa odam bo‘lib qolgandim, nazarimda. Ammo haligacha “zapret”ning sababini bilmayman. Hattoki “zapret” qilgan odam kim, nimaga bunday qilganini ham bilmayman. Hamma narsadan cheklov bo‘ldi. Rol o‘ynamadim, o‘ynagan filmlarim chiqmadi. Hattoki qaysidir konsertda mehmon bo‘lib o‘tirganimni ham olib tashlashgan vaziyatlar bo‘lgan ekan, — deydi aktyor. Alisher Uzoqovning taxmin qilishicha, uning norasmiy taqiqqa tushishiga Gulnora Karimova tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilgan M&TVA taqdirlash marosimida biryo‘la ikki nominatsiyada g‘olib deb topilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Boshlovchining u bunday taqiqdan qanday xulosa chiqargani haqidagi savoliga Alisher shunday javob berdi: Bilmasam, oxirgi 2012-yil bir emas, ikkita M&TVA’ni olganimda hammani ko‘ziga ko‘rinib qolgan bo‘lsam kerak, deb o‘ylayman. Ikkita olganim uchun ham ko‘zga ko‘rinib qoldim, shekilli, menimcha. Aynan meni taqiqqa tushirgan insonlar, u payt meni topish muammo emasdi, Alisher, mana buni qilib qo‘yganding, xatoying shu edi, desa. Men qo‘lini o‘paman shu odamning, rahmat deyman. Siz meni xatoyimni aytyapsiz, ertaga shuni qilmay, hali yoshman-ku?! Dinimizda ham bor xatosini, kamchiligini aytish. Men har doim aytaman va ko‘pchilik xafa ham bo‘ladi. Yaqinlarimga to‘g‘ridan to‘g‘ri aytaman kamchiliklarini, menga aytishmaydi. Haliyam kech emas, o‘sha odam bilsa, chaqirib aytsin. Rahmat, deyman, qayerda edingiz shuncha yildan beri, deyman. Xato qilgan bo‘lsam, bilishim kerak, o‘sha xatoni ertaga takrorlamasligim uchun. Yana takrorlashni xohlamayman, chunki hamma ham xato qiladi, — deydi Alisher Uzoqov. Shuningdek, aktyor Dubayga oilasi bilan ishlash uchun ko‘chib ketgani, biroq begona yurtga ko‘nika olmay, yana Toshkentga qaytgani haqida ham gapirib o‘tgan. Bundan tashqari, Alisher Uzoqov “Zo‘r TV” telekanalidan ishdan ketganidan keyin ham bir muddat telekanaldagi hatto o‘z loyihalarida ham taqiqda bo‘lganini so‘zlab bergan. “Bekat” ko‘rsatuvida ishtirok etish uchun bormoqchi edim, lekin ko‘rsatuv boshlovchisi Jahongir Xo‘jayev men telekanalda “zapret”da ekanligimni aytdi. Bu ko‘rsatuv o‘zimning loyiham edi. Lekin bunaqa narsalar mening esimdan chiqib ketadi. Keyinroq Cover up’ga mehmon sifatida chaqirishdi, ko‘rsatuvni sog‘inganim uchun bordim. Bundan tashqari, o‘z qo‘shiqlarimning cover versiyasini ham eshitgim keldi, — deydi aktyor.  Festivalga chaqirilmagan Alisher Uzoqov norasmiy taqiqqa uchragani asossiz gapligini ma’lum qildi (video)
136
3,041
Madaniyat
Xivada “Raqs sehri” xalqaro festivali o`tkaziladi
O`ziga xos milliy raqs san`atimizni dunyoga keng targ`ib qilish va “ART” turizmini yanada rivojlantirish maqsadida har yili an`anaviy tarzda “Raqs sehri” xalqaro festivali tashkil etib kelinmoqda. Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha joriy yilning 14-16 sentyabr kunlari Xiva shahri “Ichan qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasi hududida xalqaro anjuman yana o`tkaziladi. Unda xorijiy davlatlardan hamda yurtimizning turli nuqtalaridan san`atkorlar o`zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etadi.
49
551
Madaniyat
Surxondaryolik muxlisiga uylangan Sharof Muqimov to‘ydan avval rafiqasiga qanday shart qo‘ygani haqida so‘zlab berdi
Xonanda va aktyor Sharof Muqimov MY5 telekanalining “Omon-Omon” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. U ko‘rsatuv jarayonida ikkinchi marta turmush qurgani hamda hozirgi rafiqasiga uylanishdan avval qanday shart qo‘ygani haqida so‘zlab berdi. “Birinchi turmushim bilan shunaqa vaziyat bo‘lib qolgan. Biz ham xohlamaganmiz oilamiz o‘xshamay qolishini. Taqdir ekan. Ikkinchi marta turmush qurdim, ko‘z tegmasin judayam yaxshi. Har tomonlama xursandman. Otamning ham duolarini olib kelyapti. Kuyovlarga aytadigan bir gapim bor, uylanishdan oldin kelinga shart qo‘yish kerak. Men ham shunday shart qo‘yib uylandim. Unga mening muhabbatim kaliti — bu sening yaqinlarimga beradigan mehring. Sen qancha mening aziz insonlarimga mehr bersang, mening eng katta muhabbatimga sazovor bo‘lasan. Oilamizning baxti kamoli faqat erkakka emas, ayol kishiga ham bog‘liq, deb turmush qurdik. O‘zi turmush qurishimiz ham oson bo‘lmadi. Quda tomonda ham turli xavotirlar bo‘ladi. Qaynanam ham juda yaxshi inson. Surxondaryoning Sherobod tumanidan. Qiziga yaxshi tarbiya bergani sababli dadam har kuni duo qiladilar hozirgi ayolimni. Qolaversa men ham juda mamnunman. Hammaga go‘zal baxt tilab qolaman. Har doim ota-onaning qadriga nafaqat biz o‘g‘il farzandlar, balki kelinlar ham yetishiga tilakdoshman”. Shuningdek, Sharof Muqimov ayni paytda yangi film suratga olishga tayyorlanayotgani haqida ham gapirdi: “Sanjar Shodiyev bilan birgalikda yangi film ustida ish olib boryapmiz. Bu filmda o‘zimiz prodyuser, ssenariy muallifi, rejissor va aktyor sifatida ishlaymiz. Film ‘Voy dod, asallar yoxud milliarderlar” deb nomlanadi”, — deydi Sharof Muqimov. Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov 2019-yilda ikkinchi marta uylangan edi. U ilk marta 2010-yilda xonanda Sevinch bilan turmush qurgan. Ular 2017-yilda qonunan ajrashgan. Juftlikning Leyla ismli qizi bor.
116
1,824
Madaniyat
IMDb portali ayollar filmi uchun reyting yaratdi
IMDb portali ayollar filmi uchun maxsus “F” reytingini joriy qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Mazkur reyting ayollar to‘g‘risidagi ijobiy voqealar, shuningdek, ayollar rejissorlik qilgan yoki ssenariysini yozgan filmlar uchun mo‘ljallangan. IMDb asoschisi va rahbari Kol Nidemning ma’lum qilishicha, yangi reyting ekran va kadr ortidagi ayollarni birinchi o‘ringa olib chiqishning ajoyib yo‘lidir. Reytingni qo‘lga kiritish uchun film amerikalik karikaturachi Elison Bekdel sharafiga nomlangan Bekdel testidan o‘tishi lozim. Kartinada kamida ikki nafar ayol personaj erkaklar haqida suhbatlashayotgan bo‘lishi zarur. Yangi reyting hozirga qadar 22 ming film, xususan, “Brijit Jons kundaligi”, “Muzyurak”, “Poyezddagi qiz”, “Metropolis”, “Janoblar mallasochlarni ma’qul ko‘radi” filmlariga taqdim etildi.
48
808
Madaniyat
Kino haftaligi doriasida qisqa metrajli filmlar premera qilindi
"O`zbek milliy kino san`ati haftaligi"ning beshinchi kuni “O`zbekkino” MA buyurtmasiga binoan “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar namoyishi bo`lib o`tdi. “Ro`mol”, “Qovun pishganda”, “Tandir”, “Sartarosh”, “Ilinj”, “Mosh”, “Astma”, "Niyat" va boshqa shu kabi turli mavzu hamda janrdagi filmlar haftalik mehmonlariga taqdim etildi. Mazkur festival agentlikning yosh kinoijodkorlarni qo`llab-quvvatlashdagi muhim tashabbuslaridan biri bo`lib, unda sentyabr oyida o`tkazilgan festivalda g`olib bo`lgan 16 ta ssenariylar uchun grant ajratilgan va filmlar suratga olingan. Eslatib o`tamiz, mazkur festival bo`yicha taqdirlash marosimi festivalning kechki dasturida bo`lib o`tadi.
63
726
Madaniyat
Yulduzlarning muvaffaqiyat va iste’dod borasida o‘zidan qolishmaydigan opa-singillari (foto)
Mashhurlik bobida yetakchi bo‘lgan shou-biznes vakillarining iste’dod borasida o‘zidan kam bo‘lmagan opa-singillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Jennifer Lopesning singlisi Linda Lopes Xonandaning singlisi Linda ham opasi singari ijodkorlikni tanlagan. Amerikaning WCBS-AM radiostansiyasida jurnalist sifatida faoliyat olib boradigan Linda, professional yutuqlari uchun “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. Adam Goldfrid bilan turmush qurgan qizning 11 yashar farzandi bor. Peris Xiltonning singlisi Niki Xilton Opasidan uch yosh kichkina bo‘lgan Niki, Nyu-Yorkdagi moda institutini tamomlagan. Dizayner sifatida faoliyat olib boradigan qizning sport va lyuks kiyimlar brendi bor. Jeyms Rotshild bilan turmush qurgan Xiltonning ikki nafar farzandli bor. Britni Spirsning singlisi Jeymi Spirs Jeymi Britnidan avval shou-biznes olamida tanilib ulgurgan. 11 yoshida suratga tushishni boshlagan qiz ijrosidagi “Zoui 101” film mashhurlikka erishgan. “Emmi”ga nomzod bo‘lgan Spirs, bir nechta nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan. 2002-yilda How Could I Want More qo‘shig‘ini kuylagan Jeymi, yarim yil o‘tib The Journey albomini taqdim qilgan. U 2014-yilda biznesmen Jeymi Uotsonga turmushga chiqqan va oradan to‘rt yil o‘tib qizli bo‘lgan. Penelopa Krusning singlisi Monika Krus Monika ham Penelopadan kam bo‘lmagan iste’dodli. 4 yoshidan raqs bilan shug‘ullangan qiz, Qirollik raqs akademiyasini tamomlagan. “Karib dengizi qaroqchilari: Noma’lum sohillar”ning suratga olish jarayonida ishtirok etgan qiz, Penelopaga dublyor bo‘lgan. Gap shundaki, opasi homilador bo‘lgani sabab faqat yirik planda ko‘ringan, uzoqdan olinishi kerak bo‘lgan kadrlarda esa singlisi ishtirok etgan. Hilari Daffning opasi Xeyli Daff Hayotini kinematografiya bilan bog‘lashni istagan opa-singillarning kichkinasi ko‘proq mashhurlikka erishgan. “Napaleon Dinamit” kartinasida suratga tushgan qiz Mett Rouzenberg bilan turmush qurgan. Jessika Simpsonning singlisi Eshli Simpson 3 yoshidan raqsga tushish bilan shug‘ullangan Eshli xonanda sifatida ham o‘zini sinab ko‘rgan. 2004-yilda albom yozgan qiz, keyinroq The Ashlee Simpson shousini taqdim qilgan. 2014-yilda Evan Rossga turmushga chiqqan Simpsonning ikki nafar farzandi bor.
92
2,208
Madaniyat
Bollivudning yulduzli juftliklari. Ularning ajrashib ketishiga nima sabab bo‘lgan?
Bir vaqtlar o‘rtalarida hammasi jiddiydek tuyilgan va muxlislar uchun sevimli bo‘lgan mashhur juftliklar munosabatlari yakun topishining turli sabablari bor. Salmon Xon va Ayshvariya Ray Salmon Xon iste’dodli aktyor, yaxshi insondir, lekin  Ayshvariya uni tark etishiga uning haddan ortiq rashkchiligi va o‘zini tutishi sabab bo‘lgan. Shahid Kapur va Karina Kapur Karina va Shahid turmush qurishga qaror qilgan, lekin aktrisa “Uslub” (Tashan) filmining suratga olish jarayonida Saif Ali Xonni sevib qolgan va Shahidni tashlab ketgan. Jon Abraham va Bipasha Basu 10 yildan ortiq munosabatda bo‘lgan Bollivudning eng chiroyli juftliklaridan birining ajrashishiga Bipashaning turmushga chiqishni istashi, Jonning esa oilaviy hayot qurishga tayyor bo‘lmagani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, aktyorning Priya Ranchal bilan aloqalari Bipashani uni tark etishiga sabab bo‘lgan, degan taxminlar ham bor. Ranbir Kapur va Dipika Padukone Hali hanuz bir-biri bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan juftlikning ajralib ketishiga Ranbirning xiyonati sabab bo‘lgan. Bu haqda Dipika Verve jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Priti Zinta va Ness Vadia Bir-biriga juda ham mos bo‘lgan juftlik o‘rtasidagi munosabatlar tugashiga yigitning onasiga aktrisaning yoqmagani va hammasiga nuqta qo‘yilishiga olib kelgani sabab bo‘lgan. Akshay Kumar va Shilpa Shetti Bugungi kunda har ikki shou-biznes vakilining o‘z oilasi bo‘lishiga qaramay, bir vaqtlar muxlislarga ularda hammasi jiddiydek tuyilgan. Ularning munosabatlari yakuniga yetishiga Akshayning Tvinkl Khannaga “o‘ralashib” qolgani sabab bo‘lgan. Abhishek Bachchan va Karishma Kapur Unashtirilgan va to‘y ostonasida turgan juftlik o‘rtasidagi munosabatlarning yakuniga yetishiga Karishmaning onasi Babita sababchi bo‘lgan. Aytishlariga qaraganda, bo‘lajak qaynona kuyov tarafga ortiqcha talab va istak qo‘ygani, yoshlar hayotiga aralashavergani Bachchanlar, xususan, kuyovga yoqmagan. Ritik Roshan va Syuzan Roshan Munosabatlarini nikoh bilan bog‘laganiga 13 yil bo‘lgan juftlikning ajralishiga Ritikning onasi Pinkining har narsaga aralashaverishi sabab bo‘lgan. Boshqa versiyaga ko‘ra, Syuzanning ziyofat va narkotiklarga o‘ralashib qolgani oilaning darz ketishiga olib kelgan.
82
2,227
Madaniyat
Gollivudning qahramonini gavdalantirish uchun xunuk ko‘rinishdan cho‘chimaydigan yulduzlari (foto)
Ba’zida qahramonlarni gavdalantirish uchun mahorat, iste’dod va tajribaning o‘zi kamlik qiladi. Sujetga binoan obrazning ishonarli chiqishi uchun bunday vaqtda aktyor va aktrisalarga professional pardozchilar yordam beradi. Jared Leto — “Suitsid jamoasi” Jared Leto 2015-yilda “Suitsid jamoasi” filmida Joker rolini gavdalantirgan. Suratga olish jarayonida roliga shunchalik berilib ketganidan turli ko‘ngilsizliklar kelib chiqa boshlagan. Hamkasbi Margo Robbiga tirik kalamush bergani, u qilgan xurmacha qiliqlar dengizidan bir tomchi xolos. Tom Kruz — “Omadsiz askarlar” Tom filmning suratga olish jarayonida to‘la ko‘rsatadigan kostyum va protez kiygan. Obrazi to‘liq yakunlanishi uchun esa tepakal ko‘rsatadigan parik kiygan. Bill Nayi — “Karib dengizi qaroqchilari: O‘liklar sandig‘i” Tomoshabinlar franshizada Bill Nayi gavdalantirgan kema kapitani Deyvi Jons rolini yaratishda lateks niqobdan foydalangan deb hisoblaydi, aslida esa mazkur qahramonning ko‘rinishi uchun kompyuter texnikasidan foydalanilgan. Xavyer Bardem — “Karib dengizi qaroqchilari 5: Murdalar ertak aytmaydi” Avvaliga kapitan Salazar qahramonini gavdalantirish uchun Kristof Vals taklif qilingan, ammo u rad javobini berganidan keyin rol Xavyer Bardemga nasib qilgan. Joui King — “Mug‘ombirlik” Aktrisa mazkur filmda o‘z onasidan aziyat chekkan Jipsi Blanchard rolini ijro qilgan. Mazkur ijrosi sabab u “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Xelena Bonem Karter — “Garri Potter” franshizasi Garri Potter haqidagi filmda Xelena lord Volan-de Mortning sodiq xizmatchisi Bellatrisa Lestreynj rolini ijro qilgan. Keyt Blansheltt — “Manifesto” “Manifesta”da Keyt 13 ta qahramonni ijro qilgan. Rollari orasida chiqindilarni qayta ishlaydigan zavodda ishlaydigan xizmatchi va uysiz qahramonlar ham bor. Stefani Leonidas — “Chaqiruv” “Chaqiruv”da Stefani o‘zga sayyoralik rolini ijro qilgan. U gavdalantirgan qahramon ko‘rinishi aktrisaning o‘zidan tubdan farq qiladi. Margo Robbi — “Ikki qirolicha” Margo mazkur filmda Angliya va Irlandiya qirolichasi Yelizaveta I rolini ijro qilgan. U gavdalantirgan qahramonning grimi va soch turmagi tanqidchilarga shunchalik yoqqanidan film “Oskar” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatilgan. Meril Strip — “O‘rmonlar aro” Jodugar rolini shunchalik ishontirib gavdalantirgan Meril “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan. Bett Midler — “Fokus-pokus” Mazkur filmda Bett ijro qilgan afsungar obrazi ham e’tirof etishga arziydi. Uning obrazi va ijro mahorati filmni muvaffaqiyatli chiqishiga hissa qo‘shgan. Mishel Pfayffer — “Stardust” Film davomida mazkur obrazda ko‘rinish bergan qahramonga qarab bu haqiqatan ham Mishelmi, degan savol tug‘iladi. Uning bunday o‘zgarishga rozilik bergani kishini hayratga soladi.
98
2,754
Madaniyat
25—28-aprel kunlari Toshkentda turk filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi
25—28-aprel kunlari Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyda turk filmlari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. Ushbu haftalik Turkiya Madaniyat vazirligining Kino boshqarmasi va Yunus Emro instituti ko‘magi bilan “Avrasiya” nodavlat jamoatchilik hamkorligi fondi tomonidan tashkil etilmoqda. Haftalikda turk kinoshinavandalari tomonidan yuqori baholangan filmlar namoyish qilinadi. “Novvoy bobo”, “Ishq siri”, “Qashqirlar makoni: Vatan”, “Qiziquvchan bolalar: Dahliz voqeasi”, “Jigarim” kabi filmlar namoyishi rejalashtirilgan tadbirga “Novvoy bobo”, “Ishq siri” filmlarining rejissori Kurshat Kizbaz, aktrisa Hayat O‘ljay va “Qashqirlar makoni: Vatan” filmidagi Umar bobo roli bilan tomoshabinlar mehrini qozongan taniqli aktyor Emin O‘ljay ishtirok etadi.
68
847
Madaniyat
Ruslan Sharipov: Bundan buyon o‘zim uchun qo‘shiq yozishni istayman
Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana sahnaga qaytgan va ayni kunlarda shifoxonada davolanayotgan Ruslan Sharipov “Darakchi.uz” nashriga bergan interyusida uning ijodga qaytishida ko‘mak bergan insonlar va kelajak rejalari haqida gapirdi. 2000 yil yaxshi bir inson bilan tanishgan edim. Oradan 16 yil o‘tib, u bilan yana uchrashib qoldik. Bugun oilam va Muhabbat hoji ona (Rahimovlar oilasi)ning yordamida o‘zimga kelyapman. Nasib qilsa, muolajalarni to‘liq olib, menga bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qilaman. Hali hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Mavridi kelganda yana bir ma’lumotni aytib o‘tmoqchi edim, san’atkorlar, jurnalistlar ichida ham men uchun qayg‘urgan, hurmat qilib ijodimni kutganlar borligidan quvondim. Masalan, bir necha oy oldin Yulduz Usmonova bilan uchrashib qoldik. “Bo‘ldi, o‘zingni qo‘lga ol. Mendan nima yordam kerak bo‘lsa, tayyorman”, dedi. Bundan tashqari, yakkaxon konsert dasturiga taklif etgandi, afsuski, salomatligim tufayli qatnasholmadim. Konsertda jonli ijroda kuylash kerak. Ammo yillar davomida biroz ziyon yetgan ovozni sozlash uchun menga vaqt kerak. Biroq kelajakda Yulduz Usmonova bilan albatta, yana hamkorlik qilishimizga ishonaman. Ruslan Sharipov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda O‘z rejalari haqida gapirar ekan bastakor bundan buyon o‘zi va oilasi uchun yashashini alohida ta’kidladi. Rejalarim juda ko‘p. Sog‘ligim tiklangach, ijodimni yo‘lga qo‘yaman. Kimlardir uchun emas, o‘zim uchun qo‘shiq yozishni istayman. Yaqindagina bir tanishim kelib, qo‘shiq yozib berishimni iltimos qildi. Rad etdim. Unga ham “Endi xudbin insonga aylanishga ahd qildim”, dedim. Bu hazil emas, kelajagimning haqiqati. Rostdan ham birovlarning kelajagini o‘ylashni istamayman. Yana bir maqsadim — farzandlarimning kelajagi. Ikki qizimda ham iqtidor bor. Kamila hozir Estrada va sirk kollejida ta’lim olyapti. Ovoz imkoniyatlarini eshitib, xursand bo‘laman. Bir-ikki yil ichida u bilan shug‘ullanib, qizlarning yangi guruhini tuzishni rejalashtirdik. O‘ylaymanki, uning kelajagi porloq. Ruslan Sharipov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Xonanda suhbat chog‘ida konsert berish rejasi borligi haqida ham gapirgan. “Shunday niyatimiz ham bor. Bu konsert yakkaxon tarzda bo‘lmaydi. Unda bugunning eng yorqin xonandalari ham ishtirok etadi. Katta shou uzoq yillik tanaffusga yaxshi javob bo‘ladi”, — degan xonanda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
67
2,459
Madaniyat
“Mening Toshkentim” myuziklida Soso Pavliashvili chiqish qildi
24-sentabr kuni “Istiqlol” san’at saroyida “Mening Toshkentim” myuzikli ikkinchi bor namoyish etildi. Bu haqda MyDay xabar berdi. Myuzikl muallif va rejissorlari — Hasan va Husan Solihovlar tomonidan bu safar bir qahramon obrazi kiritilgan. Mazkur qahramon obrazini rossiyalik xonanda Soso Pavliashvili ijro etdi. Soso Pavliashvili myuziklda o‘zini ijro etdi. U Toshkentni sog‘ingan va qumsagan Soso obrazida tomoshabin qarshisida namoyon bo‘ldi. O‘zga yurtdan kelgan mehmon mahalladoshlar quvonchiga guvoh bo‘ldi. Muxlislar Soso Pavliashvili ijrosidagi kuylardan bahramand bo‘ldi. O‘zbekistonlik tomoshabinlar xonandani juda iliq va samimiy tarzda qarshi oldi. Bu safargi myuziklda sahna dekoratsiyalari yanada yorqinroq tarzda bo‘lib, katta ekranlarda video ketma-ketliklar namoyish etildi. Rejissorlar bu safar aktyorlar jamoasiga biroz o‘zgartirish kiritgan bo‘lib, yangi aktyorlar qatorida Akbar Atamuxamedov, xonanda Sherzodbek, Liliya Fatkulinani ko‘rish mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari, tomoshabinlar Fotima Rejametova, Muhammadiso Abdulxairov, Adiz Rajabov, Asal Shodiyeva, xonandalar Shadisha, Jasur Mirsagatovlarning ijrosidan ham bahramand bo‘ldi.
62
1,166
Madaniyat
Zamonaviy xonimlar: 50 yoshdan oshsa-da moda bilan hamnafas yulduzlar (foto)
Zamonaviy bo‘lish yosh tanlamaydi. Har kim o‘z uslubiga ko‘ra eng chiroyli liboslarda ko‘rinish berishi mumkin. Quyida ana shunday yulduzlar bilan tanishib chiqing. Tilda Suinton, 60 yosh Tildaning noyob qiyofasi nafaqat ekranlarda, balki qizil yo‘lakda hamda kundalik hayotda ham juda yaxshi. Yulduz o‘zining uslubini avangard dizaynerlarining liboslari bilan ta’kidlashni yaxshi ko‘radi. Jeyn Fonda, 83 yosh Jeynning 83 yoshda ekanligiga ishonish qiyin bo‘lsa-da, ammo bu haqiqat. Jeyn kundalik hayotda o‘zini yanada xushbichim ko‘rsatadigan  klassik kiyimlarni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, tadbirlar uchun maxsus hashamatli liboslarni tanlaydi. Sheron Stoun, 63 yosh Sheronning ham yoshiga yosh qo‘shilgani sayin, o‘zi hamon avvalgiday go‘zallik egasi bo‘lib qolmoqda. U hashamatli liboslarda zamonaviy ko‘rinishni afzal ko‘radi. Xelen Mirren, 76 yosh Xelen o‘zining ayollik qiyofasini ta’kidlaydigan uzun ko‘ylaklarni yoqtiradi. Shuningdek, chinakam ingliz uslubini ham unutmaydi. Kristi Brinkli, 67 yosh Hammaning ajablanishi tabiiy, ammo bu haqiqat. Siz ko‘rib turgan ushbu xonim chindan ham 67 yoshda. U nihoyatda yosh ko‘rinishga ega. Uning qomati va tashqi ko‘rinishidan ko‘pchilik hayratga tushadi. Meril Strip, 72 yosh Meril unchalik ham jozibali kiyimlarni yoqtirmaydi. U oddiylik va asosiy ranglarga ahamiyat beradi. Ularning barchasi esa aktrisaga juda mos keladi. Ines de la Fressanj, 63 yosh Ines nafaqat taniqli model, dizayner, balki zamonaviy uslub egasi ham. Uning ismi uzoq vaqtdan buyon Parij moda haftaligida yangraydi. Dayan Kiton, 75 yosh Dayanning kundalik obrazi tengdoshlariga qaraganda ancha boshqacha. Lekin bu uning obraziga juda ham mos tushadi. Albatta, zamonaviylikni Dayandan o‘rgansa arziydi. Sandra Bullok, 57 yosh Ko‘p yillar mobaynida aktrisa nafaqat go‘zal, balki uslub jihatdan ham o‘z o‘rniga ega. U hech qachon muvaffaqiyatsiz obrazda ko‘rinish bermagan. Shuningdek, muxlislarini ajoyib tasvirlar bilan ham hayratda qoldirgan.
76
1,985
Madaniyat
Gollivud filmlarida suratga tushishni rad etgan Bollivud yulduzlari
Butun dunyo kinosanoati vakillari Gollivudga intilgan bir vaqtda mazkur yulduzlarning rad javob berishiga nima sabab bo‘lgan? Quyida ushbu savolga javob beramiz. Shohrux Xon Bollivud qiroli, bir qancha mashhur va taniqli mukofotlarga sazovor bo‘lgan “Xarobadan chiqqan millioner” filmidagi Anil Kapur gavdalantirgan rolni ijro qilishdan bosh tortgan. Aktyor endilikda filmning muvaffaqiyatli chiqqanini e’tirof etsa ham, u vaqtda taklif qilingan rol unga to‘g‘ri kelmaydi deb o‘ylaganini bildiradi. Shohrux Xon bundan tashqari, “Munnaboy ”, “Bir kuni Hindistonda” singari omadli filmlarda suratga tushishni ham istamagan. Dipika Padukone Padukonega “Forsaj 7” filmida suratga tushish taklifi kelib tushgan, lekin u vaqtda “Ram va Lila” filmining suratga olish jarayoni bo‘layotgani sabab, aktrisa taklifni rad etishiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqida gap ketganida u afsuslanmasligini, o‘sha vaqtda hammasini yarim yo‘lda tashlab keta olmagani sabab ham shunday qarorga kelganini, “Rim va Lila” filmidagi ijrosidan faxrlanishini bildiradi. Dipikaning Gollivuddagi debyuti, Vin Dizel bilan birga suratga tushgan “Uch Iks: Ksander Keyjning qaytishi” filmi hisoblanadi. Irfan Xon Aktyor sal qolsa, rejissor Kristofer Nolanning “Intersteller” filmida rol ijro qilgan bo‘lardi, ammo bu rol amerikalik Mett Deymonga nasib qilgan. Ritik Roshan Aktyor, ish javalida bo‘sh vaqt bo‘lmagani sabab, Ayshvariya Ray rol ijro qilgan “Pushti pantera 2” filmida suratga tushish taklifini rad qilgan. Priyanka Chopra Bollivudning go‘zal va iste’dodli aktrisalaridan biri bo‘lgan Priyanka Chopra, boshqa loyihalar bilan band bo‘lgani sabab Gollivudning “Abadiylik” filmida rol ijro qilish taklifini rad etishiga to‘g‘ri kelgan. Akshay Kumar Akshay Kumar ham hamkasblaridan qolishmaydi. Aktyor Bollivuddagi rollariga diqqat qaratishni afzal bilib, “Qoya” filmida suratga tushishni istamagan. Ayshvariya Ray Cosmopolitan jurnali ma’lumotlariga qaraganda, aktrisa “Troya” filmidagi Briseda qahramonini gavdalantirishdan bosh tortgan. Bunga ssenariyga ko‘​ra Bred Pitt bilan ijro qilinishi kerak bo‘lgan sahnaning yoqmagani sabab bo‘lgan.
67
2,116
Madaniyat
"Oltin humo" milliy kinotaqdimotida bir necha nominasiya g`oliblari aniqlandi
Eslatib o`tamiz,  ayni damda kinochilar uyida "Oltin humo" milliy kinotaqdimoti bo`lib o`tmoqda.  "Eng yaxshi kompyuter grafikasi" nominasiyasi g`olibi:   "Ibrat" filmi uchun Dilshod Latifxo`jaev. "Eng yaxshi kino bastakori" nominasiyasi g`olibi:   "Rangsiz tushlar" filmi uchun Ubaydulla Karimov. "Eng yaxshi montaj ishi" nominasiyasi g`olibi: "Tengiz" filmi uchun Xurshid Alixo`jaev. "Eng yaxshi grim rassomi" nominasiyasi g`olibi:  1.  "Ilhaq" filmi uchun Zilola Sobirova. "Eng yaxshi libos bo`yicha rassom ishi" nominasiyasi g`olibi:   "Ilhaq" filmi uchun Zuhra G`anieva.
77
575
Madaniyat
Sevara “Yil shansoni—2014” o‘zi uchun katta sovg‘a ekanini e’tirof etdi
Sevara Nazarxon Rossiyaning “Yil shansoni—2014” mukofotiga sazovor bo‘lganligi haqida xabar bergan edik. “Shanson” radiosi saytida ma’lum qilinishicha, u bu sovrin o‘zi uchun katta sovg‘a ekanligini e’tirof etgan. “Mukofotga sazovor bo‘lganimni o‘zim yaqindagina, “Jonli tor” (“Jivaya struna”) dasturida ishtirok etish uchun “Shanson” radiosi studiyasiga kelganimda bildim, – deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon. – Mehnatim mahsulini “Yil shansoni” mukofotiga loyiq ko‘rishlari – men uchun katta sovg‘a. Oramizda shunday do‘stlik boshlanganidan juda xursandman”. Sevaraning e’tirof etishicha, u hamisha shansonni yaxshi ko‘rgan. U Vertinskiy, Okudjava asarlarini sevib tinglaydi. “Kremldagi sahnada turib, Bulat Shalvovichning “Gruzincha qo‘shig‘i”ni kuylash men uchun ulkan sharaf bo‘ladi, – deydi u. – Bu qo‘shiq juda samimiy, mayin, vokal jihatidan qulay. Men uni ko‘p marta mashq qilib ko‘rdim va endi bu chiqishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. “Shanson” radiosining barcha tinglovchilariga imkon qadar ko‘p yaxshi musiqalar, yaxshi qo‘shiqlar tilayman!” Shuningdek, 6-aprelga o‘tar tunda Sevara Nazarxon o‘zining Facebook sahifasiga mazkur sovrinni qo‘lida ushlab olgan selfi-suratini joylagan. Unga: “Shanson” radiosidan buni olib, darrov aeroportga qarab yo‘lga tushdim!” deya izoh bergan. Xonandaga bundan ham katta zafarlar tilab, yangi va yaxshi qo‘shiqlar kutib qolamiz!
71
1,421
Madaniyat
“Oskar” translyatsiyasi vaqtidagi 30 soniyalik reklama narxi qariyb 2 million dollarga yetib, rekord o‘rnatdi
“Oskar” mukofotini g‘oliblarga topshirish marosimining transtlyatsiyasi vaqtidagi televizion reklama narxi 30 soniya uchun 1,95 million dollarga yetdi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. ABC telekanalining ma’lumotiga ko‘ra bu rekord ko‘rsatkich bo‘lib, o‘tgan yilgidan 8 foizga qimmatroqdir. Shuningdek, barcha reklama vaqtlari sotib bo‘lingani ma’lum qilingan. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, reklama beruvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyalarni juda qadrlaydilar, chunki tomoshabinlar bunday vaqtdq televizor qarshisidan kamdan-kam uzoqlashadi.
109
552
Madaniyat
Yolqin To‘ychiyevning “Suv parilari uyi” Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi deb topildi
Rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Suv parilari uyi” filmi Qirg‘izistonning “Ak Ilbirs” mukofotiga loyiq ko‘rildi. Bu haqda My Day xabar bermoqda. 13-may, juma kuni bo‘lib o‘tgan “Ak Ilbirs” milliy kino mukofotini topshirish marosimida O‘zbekiston, Rossiya va Estoniya hamkorligida ishlangan kartina “Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Filmda bosh rollardan birini ijro etgan Shahzoda Matchonova Facebook’dagi sahifasida “‘Suv parilari uyi’ Markaziy Osiyoning eng yaxshi filmi deb topildi. Biz ‘Ak Ilbirs’ mukofotini oldik! Omad tilagan barchaga rahmat. Bu bizning suratga olish guruhimiz g‘alabasi!” deya izoh qoldirgan. Mazkur film avval Viborgdagi “Okno v Yevropu” kinofestivalida “Hamkorlikda yaratilgan filmlar” tanlovi nominatsiyasiga qo‘yilgan, shuningdek, Moskva Xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan “Rossiya kinematografiyasi panoramasi” dasturiga ham kiritilgandi.
88
926
Madaniyat
“Benom” — Sarvar va Komil yangi dasturdagi kamchiliklar, Zahida bilan duet, “o‘xshamagan” konsertlari haqida (video)
3–5-may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Benom” guruhining “Yana bu biz” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbirlari konsertdan so‘ng guruh yigitlari bilan suhbatda bo‘ldi. — Konsertning ilk kuni kamchiliklar juda ko‘p bo‘ldi. Hattoki muxlislarni zalga kiritishayotgan paytda ham texnikalarni sozlash bilan ovora edik. Konsert davomida quloqchinlarda ovozni eshitish bilan bog‘liq muammolar Komil ikkimizga noqulaylik tug‘dirdi. Shu bois birinchi kundagi konsertdan umuman ko‘nglimiz to‘lmadi. Ammo muxlislar hayajonlanayotganimizga qaramay, bizni qo‘llab-quvvatlashdi, — deydi guruh a’zosi Sarvar. — Guruhimizda yetakchi degan tushuncha yo‘q. Ikkimiz ham qarorlarni kelishgan holda chiqaramiz. Sahnada men eshitishni, Sarvar esa gapirishni yaxshi ko‘radi. Hayotda esa buning aksi, — deydi Komil. Shu kungacha Lola bilan duet kuylagan guruh nega bu gal duetdoshlikka Zahidani tanladi? Bu savol ko‘pchilikni o‘ylantirishi aniq. Boisi yosh guruhlar duet kuylashga mashhur xonandalarni tanlashadi. “Benom” esa hali u qadar yarq etib ko‘zga tashlanmagan yosh ijodkor bilan qo‘shiq kuylashni ma’qul ko‘rdi. — “Chunki bu biz” konsert dasturini respublikamizning barcha viloyatlarida namoyish etdik. Dastur to‘liq ijroda kuylangani uchun Zahidaning sozandalari bilan hamkorlik qildik. Shunda Zahida bilan duet kuylash fikri tug‘ildi. Zahida yosh bo‘lishiga qaramay, iste’dodli ijodkor, — deydi “Benom” guruhi a’zosi Sarvar. — Har doim ham konsertlar kutilganidek bo‘lmasligi mumkin. Shu kunga qadar “Benom” yigitlarining ham “o‘xshamay” qolgan konsertlari bormi? — Bunday konsertimiz Xorazm viloyatida bo‘lgan. Ijodiy guruh bilan avtobuslarga o‘tirib, konsertga borganmiz. Ammo konsert berilishi kerak bo‘lgan kun qattiq yomg‘ir yog‘gan. Texnikalarni yomg‘irli havoda ishlatolmasdik, bunday sharoit tomoshabinlarga ham noqulaylik tug‘dirardi. Shu bois konsertni qoldirishga majbur bo‘lganmiz. Ertasi kuni esa havo ochilib ketgan. Konsert beraylik deganimizda viloyat hokimligi va mansabdor shaxslar rad javobini berishgan. Balki bir kunda hujjatlarni to‘g‘rilashga va odamlar xavfsizligini ta’minlashga ulgurisholmagani bilan bog‘liqdir. Ammo muxlislar bizdan ranjishgan. “Benom” konsertga kelmadi deb hisoblashgan. Aslida esa biz 1200 km yo‘l bosib, konsert bermay ortimizga qaytishga majbur bo‘lganmiz, — deydi guruh vakili Sarvar. “Benom” guruhining yangi konsertini quyida to‘liq tomosha qilishingiz mumkin:
116
2,431
Madaniyat
Shohruh repperning tvitteri haqiqiylik belgisiga ega bo‘ldi
Kecha ilk o‘zbek repperlaridan biri Shohruh o‘zining Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Twitter’ning unga “tekshirilganlik” (“verified”) belgisini “sovg‘a qilgani” haqida xabar qoldirdi. Ko‘p o‘tmay, uni hamkasblari, jurnalistlar, muxlislari tabriklay boshladi. Jumladan, xonanda Dineyra, Timsi, “Kun.uz” nashri repperni e’tirof qilingani bilan qutladi. Shohruhning Twitter’dagi sahifasidan skrinshot Xonanda va prodyuser Shohruh (to‘liq ismi Shodmonov Shohruh O‘ktamovich) o‘z ijodini 2004-yilda “Hayot” qo‘shig‘i bilan boshlagan. “Balandda” deb nomlangan ilk albomi “Tarona Rekords” kompaniyasi tomonidan chiqarilgan. 2007-yilda ijodiy tanaffus e’lon qilgan xonanda, keyinroq “Xato”, “Layli va Majnun”, “Ayriliq” kabi ijod mahsulotlari bilan yana sahnaga qaytdi. https://twitter.com/shoxruxofficial/status/397451117170556928 Рэпер @shoxruxofficial Твиттерда хизмат кўрсатган артист унвонини олди Табриклар! http://t.co/8GmChNitT8 яъни, verified account'га айланди. — Kun.uz (@KunUzNews) November 5, 2013 Ta’kidlash joiz, Shohruhning sahifasi O‘zbekistonda haqiqiylik belgisi bilan “taqdirlangan” uchinchi akkauntdir. Bundan avval xonanda Googoosha va Ucell mobil aloqa operatorining Twitterdagi sahifasiga bunday belgi joylashtirilgan edi. Shohruh repper. Foto © mytube.uz Twitter’dagi haqiqiylik belgisi — ko‘k rangli “ptichka” belgichasi ijtimoiy tarmoqdagi musiqa, kino, moda, siyosat, jurnalistika, reklama, biznes va boshqa sohalarda eng ko‘p qidiriladigan foydalanuvchilarga ularni osonlik bilan topish imkoniyatini taqdim etish maqsadida beriladi. Ushbu toifalardan birortasiga to‘g‘ri kelgan foydalanuvchiga haqiqiylik belgisi berilishi masalasi tarmoq ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bu borada murojaatlar va talablar qabul qilinmaydi.
59
1,760
Madaniyat
Madonna Instagram qoidalarini buzgani uchun ogohlantirildi
Instagram mashhur pop-xonanda Madonnani rasm joylashtirishda qoidalarga bo‘ysunmagani yuzasidan ogohlantirdi. Usbu xatning rasmli ko‘rinishini Madonna ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida e’lon qildi. foto: starexpert.ru Instagramda erotik ko‘rinishdagi va akkaunt egasiga tegishli bo‘lmagan fotomateriallar joylashtirish taqiqlanadi. Madonnaning profilida o‘zining ochiq holdagi fotosi va uning sevimli rassomi Frid Kaloning surati bor.
58
437
Madaniyat
Video: 83 tonnali Ramzes II haykalining ko‘chirilishi
Katta Misr muzeyi Gizada 16 yildan buyon qurilmoqda. Maydoni 50 gektar bo‘lgan muzey bu turdagilar ichida dunyoda eng kattasi bo‘ladi. Muzey hududining uchdan ikki qismiga Misrning qadimiy joylaridan topilgan eksponatlar joylashtiriladi, deb yozmoqda National Geographic. Yoshi uch ming yildan ortiq, vazni 83 tonna, balandligi esa 11 metr bo‘lgan Ramzes II haykali muzeyning bezagi bo‘ladi va unga tashrif buyuruvchilarni birinchi bo‘lib qarshi oladi. Haykal 25-yanvarda muzey hududiga ko‘chirildi. Ko‘chirish operatsiyasi xarajatlari 800 ming dollarni tashkil qilgan. Pushti granitdan yasalgan haykal Memfisda topilgan va 1954-yilda Qohiradagi vokzal maydoniga o‘rnatilgan. Haykalga poyezdlar harakati natijasida yuzaga keladigan tebranishlar zarar yetkazmasligi uchun uni Giza platosiga ko‘chirishga 2006-yilda qaror qilingan. Haykalning nusxasi Qohira aeroportia olib boruvchi yo‘lda o‘rnatilgan.
53
901
Madaniyat
Leonardo Di Kaprio, Kim Kardashyan va boshqa mashhurlar qanday mashina haydaydi?
Mashhurlarning uyi, yashash tarzi singari qanday mashina haydashi ham jamoatchilikka hamisha qiziq bo‘lgan. Cosmopolitan nashri yulduzlarning mashina kolleksiyasiga to‘xtaldi. Kim Kardashyan Model Kim Kardashyanning mashinalar arsenalida Platinum Motorsport’dan ekskulyuziv tyuningli ikkita Rolls Royce Ghost hamda turmush o‘rtog‘i Kanye Uest tomonidan sovg‘a qilingan zirhli Mercedes-Benz G63, oq Ferrari 458 Italia singari mashinalarni uchratish mumkin. Bu hali hammasi emas, kumushrang Mercedes-Benz SLR McLaren, Bentley Continental GTC, qora va oq rangli Range Rover mashinalari ham yulduz garajini to‘ldirib turadi. Kardashyan mashina xarid qilayotganida faqat o‘zi haqida o‘ylamasligini turmush o‘rtog‘iga sovg‘a qilgan Lamborghini Aventador’dan ham bilish mumkin. Jastin Biber Jastin qimmatbaho mashinalarni haydayotgan vaqtida bir necha marta ​paparatsiya nishoniga uchragan. Uning mashinalarini kuzatib, didi chakki emasligini bilish mumkin. Qo‘shiqchi garajida maxsus buyurtma asosida ishlangan Ferrari 458 Italia, Audi R8 va Porsche 911 Turbo, shuningdek, Lamborghini Gallardo hamda Land Rover Sport, 18 yoshga to‘lganida menejeri Skuter Braun tomonidan sovg‘​a qilingan Fisker Karma bor. Biberning mashina to‘plamida o‘zi xarid qilgan Lamborghini Aventador, Cadillac CTS-V va Ferrari F430 mashinalarini ham uchratish mumkin. Dima Bilan Rus estradasi xonandalarining hammasida ham avtomobil parki yo‘​q, ammo Dima Bilan bundan mustasno. Dimaning ilk mashinasi BMW 3 bo‘lgan. Keyinroq BMW 6, ayni vaqtda esa Mercedes-Benz GL haydaydi. Leonardo Di Kaprio Aktyor ekofaollardan biri ekanligi sabab uning garajida, asosan, ekologik avtolarni uchratish mumkin. Ulardan eng qimmatbahosi Fisker Karma bo‘lib, uning ichki elementlari odamlar tomonidan kesilgan emas, o‘zi qulagan daraxtdan ishlangan. Keyinchalik Leo Bleyk Layvli uchun Toyota Prius sotib olgan. Shuningdek, Gollivud yulduzini bir necha marta CT 200h’dan RX Hybrid’gacha bo‘lgan Lexus’da uchratishgan. Kayli Jenner Dunyoning eng yosh boy xonimi egalik qiladigan narsalarni ko‘rib uncha-muncha odam havas qilsa arziydi. Kaylining shaxsiy avtoparki bor va unga nazar tashlansa, Ferrari Kaylining eng sevimli mashinasi ekanini bilish mumkin, negaki unda aynan ushbu mashinaning 6 xil modeli bor. Ulardan ikkitasi oq va havorang Ferrari Italia, uchtasi Ferrari 488 va La Ferrari. Faqat shuginami deb xulosa chiqarishga shoshmang: Jenner arsenalida Mercedes G-Wagon, Lamborghini Aventador, Mercedes Maybach va Rolls Royce Ghost hamda narxi qanchaligini tasavvur qilib bo‘lmaydigan 1930-yillarning vintaj uslubidagi Rolls Royce mashinasi ham bor. Timati Reper Timatining ham maqtanishga arzigulik shaxsiy avtoparkida Lamborghini Aventador, Ferrari 458 Italia, Audi R8 va Mercedes G63 AMG, qolaversa, Porsche Cayenne Turbo, Rolls-Royce Phantom mashinalari bor.
80
2,827
Madaniyat
Do‘stlik maktabi: bolalikdan bir-biri bilan do‘st tutingan jahon yulduzlari (foto)
Aksariyat yulduzlar shou-biznes olamiga kirib kelgach do‘stlashadi. Lekin ularning orasida maktab davridan buyon bir-biri bilan tanish bo‘lganlari ham bor. Chunki yoshlikdagi do‘stlik samimiy va haqiqiydir. Ular hamisha bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, hayotdagi eng muhim lahzalarni baham ko‘radi. Shuningdek, ushbu yulduzlar birgalikda ko‘p narsalarni boshdan kechirdi va yillar davomida munosabatlarni saqlab qoldi. Quyida ularning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz. Keyt Xadson va Liv Tayler Dugonalar bolaligidan Kaliforniyaning Santa-Monika shahrida yashagan. Ular bayram kechalarining birida uchrashib qolgan va bir muncha vaqt o‘tgach do‘stlashdi. 90-yillarning boshlarida ular Crossroads School for Arts & Sciences o‘qishiga kirgan. Umuman olganda, Keyt va Livning umumiy jihatlari ko‘p: ularning uchtadan farzandi bor hamda muvaffaqiyatli karyeraga ega. Jemayma Kerk va Lina Danem Jemaymaning oilasi Londondan Nyu-Yorkka ko‘chgandan so‘ng Bruklindagi Saint Ann’s School maktabiga o‘qishga kirgan va u yerda 11 yoshida Lina bilan uchrashgan. 2010-yilda “Kichkina mebel” filmida ikkala qiz ham rol o‘ynagan, Lina esa rejissor va ssenariy muallifi bo‘lgan. Ammo mashhur “Qizlar” teleseriali ikki qizga ham shuhrat keltirdi. Nikol Kidman va Naomi Uotts Nikol va Naomi Sidneydagi North Sydney Girls’ High School maktabida uchrashgan, lekin ikkalasi ham Avstraliyada tug‘ilmagan. Ular 14 yoshdayoq aktrisa bo‘lishni orzu qilgan. Shundan so‘ng birgalikda rejalar tuzib, tanlovlarda ishtirok etgan. Ammo bir-biri bilan raqobatdan qochishga muvaffaq bo‘lib, 40 yil davomida eng yaxshi do‘st bo‘lib qoldi. Nikol Tom Kruz bilan ajrashganida bir muddat Naomi bilan yashagan. Naomi esa o‘sha vaqtda “Tarjimon” filmidagi rolini rad etgan, chunki u do‘stining yolg‘iz qolishini xohlamas edi. Nikolning aytishicha, u ko‘plab sinovlardan o‘tgan do‘stlik bilan faxrlanadi. 2003-yilda Kidman “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lganida birinchi bo‘lib Naomiga qo‘ng‘iroq qilgan. Fibi Uoller-Brij va Shan Klifford Fibi va Shan Londonda Qirollik san’at akademiyasi (RADA) darslarida tanishdi. 2016-yilda Fibi “Chiqindi” teleserialining ssenariysini yozgan. U asosiy rolni o‘ynadi, shuningdek, dugonasi bosh qahramonning singlisi rolini olish uchun kurashdi. Va shunday bo‘ldi ham. Bu ishi uchun Shan Britaniya Kino va televideniye san’ati akademiyasining eng yaxshi komediya aktrisasi hamda Fibi ham aktrisa va ssenariy muallifi sifatida bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Aktrisalar bir-birlarini so‘zsiz tushunishini tan oladi, shuning uchun ularga do‘st bo‘lish va birgalikda ishlash oson. Kim Kardashyan va Peris Xilton Kelajakdagi yulduz xonimlar Kaliforniyadagi The Buckley School maktabiga borgan. Qizlar maktabni tamomlaganidan keyin ham muloqotni davom ettirdi. Kim 2003—2006-yillarda “Oddiy hayot” realiti-shousining suratga olish jarayonlarida Perisning stilisti va yordamchisi bo‘lgan. O‘sha vaqtda Peris o‘zining eng yaqin do‘sti Nikol Richi bilan janjallashganda Kim tezda uning o‘rnini egalladi. Ular hamma joyda birga paydo bo‘la boshladi. Oradan vaqt o‘tib ular ajrashdi, ikki dugona o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketdi. Keyinchalik dugonalar bir-biri bilan yarashdi. Kim Peris Xilton o‘zining super karyerasiga turtki berganini tan oladi va buning uchun juda minnatdor. Gvinet Peltrou va Mayya Rudolf Gvinet va Mayya bir-birini yetti yoshidan beri biladi. Ularning otalari ham bastakor Richard Rudolf va rejissor Bryus Peltrou bitta universitetni bitirgan. Kaliforniyaga ko‘chib, Gollivudda muvaffaqiyat qozongan. Qizlari kollejga kirishdan oldin Santa-Monikadagi Crossroads School for Arts & Sciences’da birga o‘qigan. 2001-yilda Gvinet Saturday Night Live’dagi chiqishlarini Mayaga bag‘ishladi. Morena Bakkarin va Kler Deyns Morena Rio-de-Janeyroda tug‘ilgan, lekin yetti yoshida oilasi bilan Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tgan. Qizlar Manxettendagi New York City Lab School o‘rta maktabda uchrashdi va do‘stlashdi. “Vatan” filmi ularning do‘stligini mustahkamladi va bosh rol uchun Kler “Emmi” hamda “Oltin globus”, Morena “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa” nominatsiyasida “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Anna Semyonovich va Anastasiya Grebenkina Anna va Anastasiya kelasi yili do‘stligining 30 yilligini nishonlaydi. Qizlar maktabda emas, sport bo‘limida tanishgan, ular 13 yoshida figurali uchish bilan shug‘ullangan. Jarohat tufayli Anna sportni 21 yoshida tark etdi, ammo bu Anastasiya bilan muloqotiga xalaqit bermadi. Dugonalar bir-birinikiga tashrif buyuradi, ijtimoiy tadbirlarda uchrashadi va birga dam olish maskanlariga boradi.
82
4,564
Madaniyat
Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va Nik Jonas qiziga qanday ism qo‘ygani ma’lum bo‘ldi
Xonanda Nik Jonas va aktrisa Priyanka Chopra farzandiga Malti Mari deb ism qo‘ydi. Bu ommaviy axborot vositalarining qo‘liga tushgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning suratidan ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Elle nashri. Juftlik o‘z sahifalarida shaxsan e’lon qilganidek, 2022-yil 15-yanvar kuni Kaliforniyada mashhur juftlikning qizi surrogat onaning yordami bilan dunyoga keldi. Chaqaloq muddatidan oldin tug‘ilgani uchun ham juda zaif edi. Homiladorlikning oltinchi oyida tug‘ilgan chaqaloqning ota-onasi barcha vaqtlarini yangi oila a’zosiga bag‘ishlash uchun faoliyatida biroz tanaffus qildi. Malti — hind tilidan kelib chiqqan sanskrit ismi bo‘lib, “xushbo‘y gul” va “oy nuri” degan ikki ma’noga ega. Eslatib o‘tamiz, Priyanka Chopra va Nik Jonas olti oylik munosabatlardan keyin 2018-yilda turmush qurgan. Ularning to‘yi nasroniy va hinduiylar urf-odatlariga ko‘ra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida o‘tkazilgan.
86
918
Madaniyat
​"NAFOSAT-2017" YoSh QIZLARNI TANLOVGA ChORLAYDI
Ertaga, 19 dekabrda soat 17.00 da "International Hotel" mehmonxonasining "Amir Temur" zalida yosh qizlar o`rtasida o`tkaziladigan "Nafosat-2017" tanlovi bo`lib o`tadi. Tanlovga taklif etilgan mehmonlar qatorida O`zbekistonning nomdor dizanerlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, shuningdeke, o`zbek estradasi xonandalari tashrif buyurishadi.
48
396
Madaniyat
Xonanda Shohruxxon 2016-yilda uylanishga va’da berdi
Xonanda Shohruxxon “Yulduzlar” nomli yakkaxon konsert dasturida “Bojalar” guruhi bilan birgalikda “Bo‘ydoq” nomli qo‘shiq kuyladi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Xabar berishlaricha, Jahongir Poziljonov Shohruxxonga: “Bu yil albatta uylanaman, deb muxlislaringga va’da ber”, deb aytganidan so‘ng, Shohruhxon bosh silkib, rozilik ishorasini bergan. Qayd etish joiz, Shohruxxon o‘z konsertida “Bunchalar zo‘rsan” nomli qo‘shiqni aktrisa Asal Shodiyeva bilan birga kuylagani haqida xabar berilgan edi. Avvalroq xonandaning to‘yi 5-iyun kuniga belgilangani haqida xabar berilgan edi. To‘y haqida xabar bergan “taniqli guruh” vakillari kelinning ismini oshkor qilmagan edi. Undan avvalroq esa Instagram’da Shohruhxon va aktrisa Asal Shodiyevaning birgalikda tushgan suratlari paydo bo‘lgan va bu suratlar ikki yoshning to‘y fotosessiyasidan lavha ekani taxmin qilingan edi.
52
886
Madaniyat
Eng yaxshi ijodkor yoshlarga “Ilhom” mukofoti beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Ilhom” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 503-sonli qarori qabul qilindi, deb yozadi Norma. Qaror bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (OO‘MTV), Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Ilhom” mukofotini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Qaror bilan quyidagilar belgilandi: OO‘MTVga Madaniyat vazirligi, IIV, Milliy gvardiya, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan birgalikda “Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash bo‘yicha dasturni ikki oy muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash topshirildi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga OO‘MTV buyurtmasiga binoan mukofot statuetkasi eskizi loyihasini uch oy muddatda ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Tashkiliy qo‘mitaga kiritish topshirildi. Mukofotlarni tayyorlash va g‘oliblarni taqdirlash marosimini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar OO‘MTVning Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Nizomda quyidagilar qayd etilgan: Hujjat 2020-yilning 25-avgustidan kuchga kirdi.
54
1,251
Madaniyat
Muqimiy teatri xor dirijyori Xurshid Vohidov vafot etdi
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri xor dirijyori, Xurshid Vohidov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi. U K.Amirov asari, F.Jo‘rayev inssenirovkasi bilan “Uzilgan torlar”, S.Rahmonning “Hijron”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Maysaraning ishi”, R.N.Guntekinning “Hiylayi sha’riy”, Z.Fatxullinning “Vatan ishqi”, M. Boboyevning “Qayerdasan, jon bolam” singari sahna asarlarining sahnalashtirilishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan edi. “Arshin mol-olan”, “Antiqa sovchilar”, “Ayyorgina ayollar” singari spektakllarga jon bag‘ishlagan, butun boshli orkestrni boshqarib, go‘zal, jonli musiqiy bezak bergan, Muqimiy teatrining tom ma’nodagi zargari edi, deyiladi xabarda. O‘zbekiston madaniyat vazirligi marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
55
812
Madaniyat
Mehrga to‘la qalb egalari: Bollivudning xayriya bilan shug‘ullanadigan yulduzlari (foto)
Har kim ham hayotda turlicha iz qoldiradi: ba’zilar tabassum, mehr va sog‘inch bilan eslanadi. Bu, albatta, harakatga bog‘liq. Qanday bo‘lmasin, yulduzlar ham nihoyatda band bo‘lishiga qaramay, yaxshilik qilish haqida unutmaydi. Tomoshabinlar esa sevimli yulduzlarining xayriya ishlari bilan shug‘ullanishidan mamnun. Quyida xayriya uchun pulini hamda vaqtini ayamaydigan Bollivudning eng mashhur yulduzlari bilan tanishish mumkin. Shohrux Xon Bollivud qiroli Shohrux Xon ko‘p yillardan buyon xayriya ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Garchi aktyorning o‘zi bu haqda sir tutsada, ommadan buni yashirib bo‘lmaydi. U 10 dan ortiq jamoat tashkilotlarida, jumladan, bolalarga yordam berish uchun “Istak bildir” nodavlat fondida ishtirok etadi. Uning beminnat xayriya ishlari uchun aktyor BMT va YUNESKO mukofotlari bilan taqdirlangan. “Devdas” filmining suratga olish jarayonida katta havo aylantirgich qurilmasi tomosha qilib turgan muxlis ustiga qulab tushgan va muxlis o‘sha yerda vafot etgan. Bunday vaziyatda biror kishini aybdor qilib bo‘lmas edi. Shunga qaramay, aktyor marhumning oilasidan uzr so‘rab, ularni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlagan. 2019-yilda esa Uttarxandagi toshqin vaqtida aktyor salkam 70 ming dollar xayriya qilgan. Gul Kirat Panag Gul Kirat ulkan ijtimoiy ish bilan shug‘ullanadi. Gul ko‘pincha muhtojlarga pul yig‘ish tadbirlarini tashkil qiladi. U autizm bilan kasallangan yoshi kattalarning maktabi – “Shraddxa”da ishlaydi. Aktrisa homiylarning e’tiborini ushbu maktab o‘quvchilarining muammolariga qaratadi. Aktrisaning oilaviy “Col. Shamsher Singh Foundation” jamg‘armasi bir necha bor aholining turli toifalariga yordam bergan. Amir Xon Amir Xon hamisha xayriya tadbirlarida ishtirok etadi. U ham Uttarxandagi qurbonlarga 47 ming dollar miqdorida xayriya qilgan. Shuningdek, mablag‘ yig‘ish kompaniyalariga o‘zi rahbarlik qilgan. O‘tgan yili aktyor “Devendra Fadnavis suvni tejash jamg‘armasi”ga 27 ming dollar miqdorida pul ajratdi. “Shunchaki xayriya qil” tashkiloti bilan birgalikda Amir Xon o‘zining “Amir Xon Fondi”ga asos solgan va YUNISEFning elchisi etib tayinlangan. Salmon Xon Salmon Xon nafaqat janjallar, balki yaxshi amallar bilan ham mashhur bo‘lgan. Aktyor Hindistondagi eng yirik xayriya tarmoqlaridan biriga aylangan “Inson bo‘l” nomli fondga asos solgan. “Inson bo‘l”ning asosiy yo‘nalishi kam ta’minlangan oilalar farzandlarining bilim olishlariga imkon berishdir. Bundan tashqari, Salmon qariyalarga ham yordam berish uchun mablag‘ ajaratadi. Ayshvariya Ray Bollivuddagi eng go‘zal aktrisaning qalbi ham o‘zidek go‘zal. Aktrisa muhtojlarga yordam berishni maqsad qilib, “Ayshvariya Ray fondi”ga asos solgan. Shuningdek, u hayvonlarni himoya qilish tashkilotiga ham yordam beradi. Bundan tashqari, aktrisa ko‘pincha mamlakatda ta’lim va sog‘liqni saqlash darajasini ko‘tarish bilan bog‘liq tadbirlarda qatnashadi.
88
2,873
Madaniyat
OAV: “Akvamen” sikvelidan Ember Xyord ijrosidagi sahnalar qirqib tashlanadi
“Akvamen” filmining ikkinchi qismi — “Akvamen va yo‘qolgan qirollik”dan Ember Xyord ijrosidagi Meru superqahramoni ishtirok etgan barcha sahnalar kesib tashlanishi mumkin. Bu haqda insayder KC Walsh ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi. “Uchrashuv bo‘ldi va ‘Akvamen-2’da Ember ishtirokidagi barcha sahnalar olib tashlanadi”, — deydi manba. Bu kabi qaror Warner Bros. studiyasi rahbariyati bilan uchrashuv davomida qabul qilingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ssenariynavislar qahramonning yo‘qolib qolganini film boshida tug‘uruq sabab vafot etgan deya izohlashlari kutilmoqda. Suratga olish ishlari 2022-yil boshlarida yakunlanganiga qaramay, kartina premyerasi 2023-yil martiga mo‘ljallangani sabab loyiha mualliflari kerakli sahnalarni qayta suratga olishi mumkin. Xyord qahramonining ketishi borasidagi yakuniy qaror kartinaning sinov namoyishidan keyin aniq bo‘ladi. The Direct’ning yozishicha, Warner Bros. Ember Xyord ishtirokidagi sahnalardan voz kechish bo‘yicha qaror qabul qilgan bo‘lishi mumkin, chunki uning loyihadagi ishtiroki film daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Studiyadagilar bu kabi xulosaga aktrisaning sobiq turmush o‘rtog‘i Jonni Depp bilan sud jarayonlaridan so‘ng kelgan. Deppni nafaqat sud, balki ijtimoiy tarmoqlarning aksar qismi qo‘llab-quvvatlagan. 2018-yilda katta ekranlarga chiqqan “Akvamen”ning birinchi qismida Ember Xyord kadrda boshqa aktyorlardan ko‘ra ko‘proq ko‘rinish bergan. Biroq Depp bilan sudlashuv jarayonida aktrisa kartinaning ikkinchi qismidagi roli qisqartirilganini tan olgan. Gollivud yulduzlari Jonni Depp va Ember Xyord o‘rtasidagi mojaro anchadan buyon barchaga ma’lum. Ayol sobiq erini oiladagi zo‘ravonlikda ayblagan. Bu haqda Xyord 2018-yilda The Washington Post’ga bergan intervyusida ma’lum qilgan. O‘tgan hafta aktyor tuhmat uchun 50 million dollar talab qilib, sudga shikoyat arizasi kiritgan — sud esa unga 15 million to‘lanishi bo‘yicha qaror chiqardi.
75
1,919
Madaniyat
Toshbaqa-ninzalar Nyu-Yorkning rasmiy sayyohlik ramzi etib tanlandi
Nyu-York rasmiylari multfilm va komikslar qahramonlari — toshbaqa-ninzalarni 2016-yilda shaharning rasmiy sayyohlik ramzi etib tanladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Shahar rasmiylari bilan kelishuvga ko‘ra, Nyu-Yorkda turizm rivoji uchun javob beradigan NYC & Company firmasi toshbaqalar obrazidan reklama kampaniyasida foydalanadi. Jumladan, ular aks etgan plakatlar Nyu-Yorkning o‘zida, shuningdek, Los-Anjeles, Chikago, Boston, Mayami va Dallasda joylashtiriladi. NYC & Company bunday reklama kompaniyalarini 2009-yildan beri har yili o‘tkazib keladi. Har gal ular biror taniqli qahramonlar atrofida quriladi. Oldinroq ular qatoriga “Mappet-shou” dasturi qo‘g‘irchoq ishtirokchilari, smurflar kirgandi. Toshbaqa-ninzalar bu ro‘yxatda sakkizinchisi bo‘ldi.
67
762
Madaniyat
Ulug‘bek Rahmatullayev konsertiga chipta narxlari ko‘tarilib ketgani uchun muxlislaridan uzr so‘radi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev shu kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida “Qirmizi olma” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etayotganidan xabaringiz bor. Mazkur konsertga chipta naxlari o‘ta yuqori narxlarda, xususan, “qo‘lda” 700 ming so‘mgacha sotilayotgani haqida ovozalar tarqalgandi. Bu haqda “Darakchi.uz” ma’lum qildi. Shu munosabat bilan xonanda muxlislaridan kechirim so‘radi. “Muxlislarimni o‘ylab, har yili chipta narxini imkon boricha arzon qilamiz. Lekin chiptalar narxi ko‘chada 2—3 baravar ko‘tarilib ketibdi. To‘g‘risi, bunday narxni eshitib, o‘zim ham hayron qoldim. Axir hammani sharoiti har xil. Lekin bu mening qo‘limda emas. Kelasi yili yana ko‘proq konsert kunlarini qo‘shamiz. Balki shunda chiptalar narxi unchalik qimmat bo‘lib ketmas. Ming bor uzr”, — deb yozdi xonanda Instagram’dagi sahifasida. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
100
1,011
Madaniyat
O`zbek kinofilmi ilk bor “Oskar” mukofotining saralash ro`yxatiga kiritildi
“Oskar” mukofotining ”Eng yaxshi xorijiy film” toifasiga da`vogar filmlar ro`yxati ma`lum bo`ldi. Bu yo`nalishda 93 ta mamlakatdan, shu jumladan 3 ta ilk bor qatnashayotgan mamlakatlardan – O`zbekiston, Gana va Nigeriya ilk bor ariza tushgan. Kinoakademiyaning tartib-qoidalariga ko`ra, kartina 40 daqiqalik bo`lib, AQSh hududidan tashqarida yaratilgan va qahramonlar suhbati ingliz tilida emas, boshqa tilda bo`lishi talab etiladi.   Avval bu yo`nalish «Xorijiy tildagi eng yaxshi film» deb atalgan, ammo joriy yildan yangi nom bilan atala boshlagan. Ma`lumot uchun: “O`zbekkino” milliy agentligi “Oskar” mukofotiga Umid Hamdamovning “Issiq non” filmini tavsiya qilgan. Mazkur kinotasma XXVIII “Kinoshok” festivalining bosh sovriniga sazovor bo`lgan.   Filmda bosh rollardan birini ijro etgan aktrisa Feruza Saidova eng yaxshi ayol roli uchun maxsus mukofotni qo`lga kiritdi.
75
876
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova: O‘zbekistonda foniatriya klinikasi ochilsa, juda yaxshi bo‘lardi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tibbiyot fanlari nomzodi, Yevropa foniatrlar uyushmasi, Rossiya “Golos” akademiyasi, Rossiya otorinolaringologlar uyushmasi a’zosi Kamola Sultanova ishtirokida amaliy-ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad “Daryo”ga ma’lum qildi. Asli Toshkent shahrida tug‘ilib, bugun faoliyatini Rossiyada davom ettirayotgan Kamola Sultanova uchrashuvda nafaqat yig‘ilganlarning savollariga birma-bir javob berdi, shu bilan birga, ovozi va tomog‘idan shikoyati bo‘lgan talabalarni ko‘rikdan o‘tkazdi va tegishli maslahatlar berdi. Fonogrammada kuylashga butunlay qarshi bo‘lgan Kamola Sultanova jonli ijroda konsert berayotgan har bir xonanda bilan yakkama-yakka ishlab, uning ovoz imkoniyatlarini to‘liq nazorat qilish bilan maksimal darajaga erishish mumkinligini asoslab berdi. Ovoz buzilishlarini davolab, uning imkoniyatlarini kengaytirish usullarini o‘rganadigan va o‘rgatadigan fan — foniatriyaga bag‘ishlangan mazkur uchrashuvning o‘zida butun auditoriya bilan birgalikda jamoaviy mashqlar bajarildi. Ijodiy uchrashuv qizg‘in bahs va munozaraga aylanib ketdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha jurnalist Feruz Muhammad tadbirda qatnashgan O‘zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova bilan suhbatlashdi. — Mazkur tadbirning, foniatr xizmatining talabalarga hamda professional xonandalarga ahamiyatli tomoni nimada deb o‘ylaysiz? — Avvalo, Kamola Sultanovani taklif qilib, ushbu tadbirni uyushtirgani uchun konservatoriya rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz. Bu estrada xonandaligi, akadem xonandalik va an’anaviy xonandalik kafedralarining talabalari uchun juda foydali uchrashuv bo‘ldi. Bunday uchrashuvlarning bo‘lib turgani yaxshi, biroq foniatr bilan doimiy ravishda ishlansa — juda soz. Kamola Sultonova talabalarimizga qayerda, qanday davolanish kerakligini amaliy ko‘rsatib, tashxis qo‘yib berdi. Ikki soatlik tadbir davomida tibbiyot nuqtai nazaridan ham juda ko‘p va foydali bilimlarga ega bo‘ldik. Kamola Sultanovaga o‘xshagan o‘z ishining ustalari bilan yana ko‘p uchrashuvlar uyushtirilishini so‘rab qolardik. — O‘zbekistonda foniatrlar yetarlimi? — Yo‘q, yetarli emas, bunday mutaxasislar barmoq bilan sanarli. Borlari ham Kamola Sultanovachalik katta tajriba va malakaga ega emas. Shu sohadagi mutaxasislar sonini ko‘paytirib, katta klinika ochilsa, juda yaxshi ish bo‘lardi. Talabalarimizning ovozi bor, lekin tomoq bilan bog‘liq turli kasalliklar sabab kutilgan ijroni qila olmaydigan holatlar ham bo‘lib turadi. Bunday vaziyatdan chiqishning birgina yo‘li — ishonchli foniatrga murojaat qilishdir. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
109
2,749
Madaniyat
O‘zbekistonda kinoteatrlarda milliy filmlar namoyishi uchun kvota o‘rnatiladi
O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha kinoteatrlarda milliy filmlar namoyishi uchun kvota o‘rnatiladi. Bu Prezidentning milliy kinoindustriyani takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori loyihasida belgilangan, deya xabar beradi Sputnik. Hujjat 2018-yil 1-iyuldan kinoteatrlarda milliy badiiy filmlarni kvotalashtirish tizimini joriy etishni nazarda tutadi. Dastlabki yillari kinoteatrlar bir oyda bitta to‘liq metrajli o‘zbek filmini namoyish etishi kerak bo‘ladi. Keyinchalik, 2021-yil 1-yanvardan boshlab esa oy davomida ko‘rsatiladigan kartinalarning kamida 25, dam olish kunlari esa 40 foizi milliy filmlardan iborat bo‘lishi haqidagi talab kuchga kiradi.
77
707
Madaniyat
“Yulduzlar jangi”dagi mashhur Chubakka vafot etdi (Video)
“Yulduzlar jangi” kinosagasida Chubakka rolini ijro etgan aktyor Piter Meyxyu vafot etdi, deya ma`lum qilmoqda Lenta.ru nashri. Meyxyu o`zining Texasdagi uyida 74 yoshida qazo qilgan. Aktyorlik kar`erasigacha Meyxyu shifoxonada sanitar bo`lib ishlagan. “Yulduzlar jangi” rejissyori Jorj Lukasning ta`kidlashicha, uzun yungli kosmik sayohatchi Chubakka rolini ijro etish uchun Meyxyu shunchaki bor bo`yicha tik turishi lozim edi. aktyorning bo`yi 2 metr 21 santimetr bo`lgan.
57
476
Madaniyat
Semyuel L.Jekson kinematografga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy “Oskar”ga sazovor bo‘ldi
Marvel kinoolami yulduzi Semyuel L.Jekson faxriy “Oskar” mukofoti bilan taqdirlanadi. Amerika kinematografiya san’ati akademiyasi aktyorga mukofotni “kinematografiya sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” topshiradi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Bundan tashqari, bu kabi mukofot “Olti sahnadagi inqiroz” filmi bilan mashhurlikka erishgan Gollivud yulduzi Eleyn Mey va “Ikki hayot” kartinasi bilan tanilgan norvegiyalik aktrisa Liv Ulmanga topshiriladi. “Yakson etuvchi qurol” filmidagi aktyor va jamoat arbobi Denni Glover esa Jin Xersholt nomidagi mukofotga sazovor bo‘ldi. “Sem Jekson — bu dinamik mehnati butun dunyo bo‘ylab turli xil janrlar, avlodlar va tomoshabinlar ko‘ngildan joy olgan madaniy timsol”, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, faxriy mukofotlarni topshirish marosimi 2022-yilning 15-yanvarida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Jeki Chan kinematografga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy “Oskar”ga sazovor bo‘lgandi. Oldinlari mazkur mukofot “Oskar”ning asosiy marosimi chog‘ida topshirilardi. Biroq keyinchalik uning ahamiyatini alohida ta’kidlash uchun maxsus kecha tashkil etiladigan bo‘ldi. Turli yillarda faxriy “Oskar”ga Fred Aster, Lourens Olive, Sofi Loren, Robert Redford, Kirk Duglas, Piter O’Tul va boshqa ko‘plab yulduzlar loyiq ko‘rilgan.  Maromiga yetkazib ijro etilgani uchun “Oskar” olib kelgan obrazlar (foto)
92
1,359
Madaniyat
Ishonish qiyin, ammo fakt: Qo‘shiq va raqslarsiz suratga olingan Bollivud filmlari (foto)
Qo‘shiq va raqslarsiz hind kinosini tasavvur qilish qiyin. Lekin bu kabi noodatiy yondashuv XXI asrda yaratila boshlandi. Eng mashhur va mahoratli aktyorlar quyidagi filmlarda avvalgidek qo‘shiq kuylab, raqsga tushmaganini guvohi bo‘lishi mumkin. “Meri Kom” – 2014-yil Ushbu film oltita jahon chempionatida medallarni qo‘lga kiritgan dunyodagi yagona ayol bokschining mashaqqatli taqdiri va og‘ir kundalik hayoti haqida hikoya qiladi. Meri Kom − boks bo‘yicha 2008-yilda eng kichik vaznda jahon chempioni. Film qahramoni Manipurda, kambag‘al va konservativ oilada dunyoga keladi. Shuning uchun ham uning yutug‘i barchani hayratga soladi. Kartina real voqealarga asoslangan. Aytgancha, Meri rolini boksni o‘zlashtirgan Priyanka Chopra ijro etgan. “Lanchboks” – 2013-yil Aslida tasodif bo‘lmagan tasodifiy iliq hikoya. Odatga ko‘ra, Mumbayda ofis xodimlari ish joylarida ovqatlanadi. Shaharda esa issiq ovqatni uydan idoraga yetkazib beradigan kuryerlik xizmatlari mavjud. Bosh qahramon – marhum aktyor Irfon Xon bir kuni tasodifan boshqa bir odamga mo‘ljallangan qutini oladi. Ammo hammasi aniqlashgachgina haqiqiy voqealar boshlanadi. Tushlik egasi Nimrat Kapur turmushidan ko‘ngli to‘lmagan baxtsiz va yolg‘iz ayol bo‘lib chiqadi. Ularning tasodifiy tanishuvi keyinchalik jiddiy munosabatlarga yo‘l ochadi. “Pitssa” – 2012-yil Yana bir ma’lumot, hindcha dahshatli filmlarda ham qo‘shiq va raqslarni ko‘rish kamyob hodisa. Voqea pitssa yetkazib beruvchi odam bilan uzviy bog‘liq. Yetkazib beruvchi pitssani olib borganida, ikkinchi qavatda o‘q ovozi eshitiladi va u mijozni o‘lik holda topadi. G‘ayritabiiy qasoskor esa voqealar rivojiga sabab bo‘ladi. “Barfi” – 2012-yil Ushbu kartina ko‘plab mukofotga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Hindiston tomonidan “Eng yaxshi chet tilidagi film” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Filmda kar-soqov Barfi ismli yigit autizmga chalingan Shruti ismli qizni sevib qoladi. Qizning fikriga ko‘ra, sevgi abadiy yuksak tuyg‘u bo‘lib, unda ikki kishi yashaydi va bir-birlarini oxirigacha quvontiradi. Barfi esa Shruti uchun hayotining har bir daqiqasini baham ko‘rishni istagan odamga aylanadi. Jismoniy nuqsonlar qahramonlarning bir-birini chinakamiga sevib qolishiga to‘sqinlik qilmaydi. “Jodxa va Akbar” – 2008-yil Musulmon hukmdor va Rajput malikasining muhabbat tarixi haqidagi filmda raqs va qo‘shiqlar emas, balki ajoyib musiqalar mavjud. Sujetda birgina raqs sahnasi mavjud. Ammo bu milliy bayram sharafi uchun taqdim etiladi. Lekin asosiy qahramonlar hech qachon bir-birlariga qo‘shiq aytib, raqsga tushmagan.
89
2,575
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini” yangi mavsumida rekord miqdordagi odamlar yoqib yuborildi
“Taxtlar o‘yini” seriali mualliflari yettinchi mavsumga tayyorgarlik jarayonida suratga olish maydonidagi yonayotgan odamlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi. Bu haqda Entertainment Weekly xabar bermoqda. “Olishuv sahnalaridan birida shuncha kaskadyorni yoqib yubordikki, hali hech kim bunga qo‘l urmagan”, — deb maqtandi prodyuser va loyiha ssenariynavisi Devid Benioff. Kaskadyorlar kuratori Rouli Erlemga ko‘ra, maydonda bir paytning o‘zida 20 kishi yongan. Sahnada esa jami 73 kishi yoqib yuborilgan. Serial syujeti bo‘yicha kishilarga olov purkovchi ajdarlar hujum qiladi. Jami 7 seriyadan iborat yangi mavsum premyerasi 16-iyul kuni HBO telekanalida bo‘lib o‘tadi.
74
671
Madaniyat
Ed Shiran Angliyadagi rieltorga 70 million dollar naqd pul to‘lab, 27 ta ko‘chmas mulk sotib oldi
Britaniyalik taniqli xonanda o‘tgan yilning avgustida o‘tkazgan konsertlaridan rekord darajadagi — 775 million dollar daromad ko‘rgan hamda chegaralanmagan vaqtga dam olishga ketgan edi. Hello nashrining yozishicha, konsertdan tushgan barcha pullar Edning sof foydasi hisoblanadi. Hozirda xonandaning daromadi 200 million funt sterlingga (243 million dollar) baholanadi. Shiran o‘zining ko‘p sonli uylaridan birida oilasi bilan dam olmoqda. Xonanda Saffolk, Kensingtondagi uylar va Londonning turli tumanlaridagi xonadonlar hammasi bo‘lib 27 ta ko‘chmas mulkka egalik qiladi. Qayd etilishicha, Ed shuncha uyning hammasini naqd pulga sotib olgan va ular uchun 57 million funt sterling (70 million dollar) to‘lagan. “Aksariyat mashhurlar bunday ko‘chmas mulkni ipoteka olib xarid qiladi. Biroq Edning puli shu qadar ko‘pki, u katta xaridlarni ham naqd pulda amalga oshiradi”, — deyiladi xabarda. Ed Shiranning Saffolk grafligidagi mulki Ed Shiranning Saffolk grafligidagi mulki Ed Shiranning Saffolk grafligidagi mulki  Gollivud yulduzlarining qimmatbaho uylari
97
1,066
Madaniyat
Aktrisa Emma Uotson muxlislari bilan selfi tushmasligi sababini ma’lum qildi
Britaniyalik aktrisa Emma Uotson muxlislari bilan selfi tushmasligi sababini ma’lum qildi. Bu haqda aktrisa Vanity Fair jurnaliga ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu men uchun yashash yoki yashamaslik o‘rtasidagi tafovutdir. Emma Uotson, aktrisa Aktrisa kimdir uni suratga olib, suratni internetda chop etsa, ikki soniyada uning qayerda ekanligini aniqlash mumkin bo‘lgan marker yaratilishini ma’lum qildi. Ular qanday libosda ekanligim va kim bilan hamroh ekanligimni ko‘ra olishadi. Men shunchaki kuzatish imkonini beruvchi ushbu ma’lumotlarni taqdim eta olmayman. Emma Uotson, aktrisa Uning so‘zlariga qaraganda, u ba’zan suratga tushishdan bosh tortadi, biroq buning o‘rniga dastxat yoki suhbatni taklif qiladi. Bundan tashqari, Uotson shaxsiy hayotning daxlsizligi u uchun mavhum tushuncha emasligini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
76
898
Madaniyat
“Qisqa video boshqacha talqin qilinishi mumkin”. Davron Kabulov konsertda video olishga ruxsat berishmaganiga oydinlik kiritdi (video)
“Million” jamoasining konsertida tashkilotchilar tomonidan muxlislarga video olishga ruxsat berilmadi. Buning sababini Davron Kabulov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida quyidagicha izohladi. Birinchidan, biz yumor janrida ijod qilamiz, bizning gapimizni har xil tushunish mumkin. Qisqa videoni oladida, u video kerakli kabinetlarga kirgandan so‘ng umuman boshqa ma’noda talqin qilinishi mumkin. Ikkinchidan, biz shuncha mehnat sarflab qilayotgan ishimizni iloji boricha videoda ham chiroyli mahsulotga aylanishini xohlaymiz. Shu boisdan, biz odamlardan konsert vaqtida videoga olmasligini iltimos qilamiz. Davron Kabulov, “Million” jamoasi a’zosi
134
659
Madaniyat
36 yoshli hind aktrisasi Priyanka Chopra 25 yoshli amerikalik qo‘shiqchi Nik Jonas bilan turmush qurdi (foto)
Nafaqat Bollivudda balki Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisasi Priyanka Chopraning amerikalik xonanda Nik Jonas bilan nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda My Day xabar bermoqda. Ularning to‘yi butun Bollivud va Gollivud nazarida bo‘ldi. 36 yoshli Priyanka va 25 yoshli Nik Jonas to‘rt kun davomida o‘zlarining to‘y tantanalarini nishonlab, bir nechta bazmlar o‘tkazdi. To‘y nasroniy va hinduiylar urf-odatlariga ko‘ra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida o‘tkazildi. Juftlik ijtimoiy tarmoqlarida Sangit musiqa kechasi, Puje va Maxendi marosimlari aks etgan suratlarni muxlislari bilan o‘rtoqlashdi.
109
607
Madaniyat
Disney Mikki Maus multqahramonining mualliflik huquqini yo‘qotishi mumkin
Disney asosiy multqahramonlaridan birini yo‘qotadi. The Guardian nashrining yozishicha, Amerika kompaniyasi Mikki Mausning eksklyuziv huquqlaridan mahrum bo‘ladi. Disney’ning bu obrazidagi mualliflik huquqi 2024-yilda tugaydi. Mutaxassis Daniyel Mayedaning ogohlantirishicha, Mikki Mausning faqatgina 1928-yilda chizilgan namunasidan foydalanish mumkin. Aks holda Disney kompaniyasi sudga berishi mumkin. Avvalroq ya’ni 2022-yilning boshida Disney Vinni Pux va yozuvchi Alan Milnning ertaklaridagi boshqa qahramonlarga bo‘lgan huquqlardan ham ayrildi. Shundan keyin ular ommaviy mulkka aylandi va har kim mualliflik huquqi egasi bilan masalani muvofiqlashtirmasdan qahramonlardan foydalanishi mumkin bo‘ldi. Ma‘lumot uchun, Disney kompaniyasining ramziy qahramonlaridan biri Mikki Maus Uolt Disney va Ab Ayverks hamkorligida yaratilgan. Mikki 1928-yilning 18-noyabrida chizib bitirilganligi uchun uning tug‘ilgan kuni sifatida aynan shu kun nishonlanadi. Sichqoncha Mikkining sarguzashtlari millionlab muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
73
1,040
Madaniyat
Maksim Galkinni Alla Pugachyovadan o‘zini olib qochayotganlikda gumon qilishdi
Rossiyalik shoumen Maksim Galkin o‘z Instagram’iga hordiq chog‘idagi suratini joyladi. Jozibali ko‘rinishiga qaramay, u o‘z muxlislaridan malomatlar eshitdi, deb yozadi “MK.ru”. Birinchidan, uni surat noto‘g‘ri rakursdan olingani va natijada oyoqlari kalta bo‘lib ko‘rinib qolgani uchun koyishdi. Ikkinchidan, muxlislarga uning soch turmagi yoqmadi, erkaklarga xos bo‘lmagan soch turmagi deb baholashdi uni. Nihoyat, eng ko‘p norozilik Galkinning o‘z turmush o‘rtog‘i Pugachyovasiz suratga tushgani yuzasidan bo‘ldi. “Alla qani?” — deya odamlar izohlarda savollar bera boshladi. Ular Galkinni “Pugachyova bilan tushgan birorta ham suratini qo‘ymaslik”da aybladi.
78
663
Madaniyat
Bugun 20:50 da “Mening yurtim” telekanalida “Pul va gul ishqi” seriali boshlanadi
Nihoyat ko`p sonli teletomoshabinlar kutgan onlar keldi. Bugun 20:50 da “Mening yurtim” telekanalida “Pul va gul ishqi” boshlanadi. Dunyoning 28 tiliga dublyaj qilingan bu serial tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olishi shubhasizdir. Zero, “Pul va gul ishqi” so`nggi o`n yillikning eng mashhur seriallaridan hisoblanadi. Serial detektiv seriallardek boshlandi biroq, kutilmagan fojea O`mer va Elif yo`llarini birlashtiradi. Jinoyat joyiga kelgan O`mer mashinada qallig`i va Ahmet Denizerni o`lik holda topadi. Bu ayanchli fojea O`mernijudaolik alamidanda kuchli jumboqli savollar iskanjasiga soladi. O`mer va Elifning favqulotda vaziyatdagi tanishuvi ular hayotidagi sinovlarning ibtidosi edi. Agar bu bir ko`rishda muhabbat deganlari shu bo`lsa ilk uchrashuvdayoq uchqun otib, kelajakda otashin ishqqa aylanishi turgan gap edi. Ularning ikkisi ham oliyjanob va yuksak insoniy fazilatlar egasidir. Serialdagi voqealarning keskin tus olish hollari ko`p uchrasa-da, aslan olib qaralganda, undagi asosiy mohiyat insoniy munosabatlar, undagi samimiyat va xiyonat, turfa xil kutilmagan sinovlarga boydir. Dunyo yaralibdiki uning ibtidosida barcha yoqimli va ijobiy hislar bilan bir qatorda yoqimsiz va salbiy holatlar ham unga chambarchas bog`liq holda yashab keladi. Ulardan biri – xiyonat. U shunday bir qabih odatki, shunday bir razolat makoniki, unga qadam qo`ygan odam, keyin ming urinmasin uning girdobidan chiqa olmay qoladi. Serial ham aynan taqdiringga bitilmaganga ko`ngil berish seni qanchalar murakkab sinovlar girdobida qolishingga, bu tarzda hayot kechirish kishini aqldan ozish darajasigacha olib borishi mumkinligidan so`zlaydi. Xolbuki, serialda muhabbat chindan ham asosiy mavzu bo`lib, u o`zgacha bir ruhiyatda boyitilgan. Omer va Elifning muhabbat qissasi har qanday tomoshabinni befarq qoldirmasligi turgan gap. Ular bir-birlarisiz bir lahza ham yashay olishmaydi. Bir-birlari uchun jonini berishga ham tayyor bo`lgan chinakam telba oshiqlardir.
81
1,970
Madaniyat
NONNA GRIShAEVA "BESh OQShOM" BILAN TOShKENTDA!
Kirib kelayotgan yangi yil arafasida poytaxt ahli va mehmonlarini ajoyib sovg`a kutayotir. 2017 yil 23-24 dekabr kunlari Toshkentda ilk bor Moskva viloyati yosh tomoshabinlar teatri Aleksandr Volodin pesasi asosida, rejissyor Pavel Safonov tomonidan sahnalashtirilgan “Besh oqshom” spektakli namoyish etiladi. Bosh rolni Rossiyaning taniqli aktrisasi, Rossiyada xizmat ko`rsatgan artist Nonna Grishaeva ijro etadi. Bosh erkak rolini esa, Aleksey Rijkov talqin etadi. Bayram oldidan namoyish etilayotgan bu tadbirning bosh homiysi “O`zbekneftigaz” AJ va “Teatr do`stlari klubi” hisoblanadi. Ta`kidlash o`rinliki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yil 3 avgut kuni yurtimiz ziyolilari bilan uchrashuvdan so`ng tashkil etilgan “Teatr do`stlari klubi” teatrlarning nafaqat ijodiy, balki texnik salohiyatini yuksaltirish, ijodiy jamoani qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish, YaNgi spektakllarni sahnalashtirish, gastrollar uyushtirish singari bir qator vazifalarni o`z ichiga oladi. Hayot va muhabbatni nozik his eta olgan dramaturg Aleksandr Volodin 1958 yilda “Besh oqshom” pesasini yozgan va unga quyidagicha izoh bergan: «Bu har birimiz uchun juda muhi bo`lgan sevgi, mehr, shafqat singari tushunchalarni izlash, yo`qotish va topish oqshomlaridir. Bu pesa insonning o`ziga ishonchi, hayot mohiyati, agar u o`z yo`lidan borsa, og`ishmasa, albatta o`z baxtini topa olishi haqidadir...” Mashhur pesa Nikita Mixalkov hamda Lyudmila Gurchenka bosh rollarni ijro etgan shu nomli film orqali ham tomoshabinlarga yaxshi tanish. Bevosita bu tomoshaning bosh rol ijrochisiga to`xtaladigan bo`lsak, u kino va televideniya aktrisasi, parodiyachi, teleboshlovchi va xonanda sifatida ham dovrug` qozongan. Tashkilotchilar yoshlar uchun alohida aksiya ham o`tkazishmoqchi: teatr oliy o`quv yurtlari va kollejlarining iqtidorli talabalari uchun “Besh oqshom” spektakliga 200 ta imtiyozli chipta ajratilgan.
47
1,962
Madaniyat
Qoraqalpoq musiqachilari Estoniyada konsertlar beradi
Qoraqalpog‘istonlik musiqachilar baqsi Gulistan Temirxanova va jirov Salamat Ayapov 7—18-dekabr kunlari Estoniyada konsertlar beradi. Bu haqda OXUS Culture Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. “Qoraqalpoq musiqasi bilan Estoniyani lol qoldirishga tayyormiz!” — deyiladi musiqachilar tomonidan qoldirilgan xabarda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
53
474
Madaniyat
“Sadoqatsiz” serialida Derin Arslan obrazini yaratgan Melis Sezen haqida eng qiziqarli faktlar (foto)
“Milliy” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Sadoqatsiz” serialida Derin Arslan obrazida gavdalanayotgan Melis Sezen o‘zbek tomoshabinlari orasida ham bir qancha muxlislar orttirishga ulgurdi. Xo‘sh, aktrisa haqida muxlislarga nimalar ma’lum? Melis Sezen Silivri shahrida tavallud topgan. Uning otasi Turkiyaga Makedoniyadan, onasi esa Gretsiyadan kelgan. Melisniing o‘zidan 4 yosh kichik Po‘lat ismli ukasi ham bor. Uning san’atga bo‘lgan qiziqishini ota-onasi hamisha qo‘llab-quvvatlab kelgan. Onasining o‘zi bo‘lajak aktrisani “Mujdat Gezden” nomli san’at markaziga yozdirgan. “Men bunday oilada tug‘ilganimdan baxtiyorman Buning uchun taqdirdan minnatdorman. Ota-onam doimo qiziqqan narsamni bajarishda yordam bergan. Ular o‘z manfaatimga erishishim uchun vaqt hamda imkoniyat yaratib berdi. Hamisha, o‘zing yoqtirgan kasbni tanla va ishongan narsangdan hech qachon voz kechma, deb o‘rgatgan. Men ulardan minnatdorman”, – deydi Melis. Yoshligidanoq san’at markazida tahsil olayotgan Melisning ustozi ota-onasiga shunday degan: “U aktrisalikni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymang, teatr tomoshalarida o‘z faoliyatini boshlashi kerak”. “U yerda men sahnada o‘zimni qanday tutishni o‘rgandim. Ovozimni sozlashni bilib oldim. O‘rta maktabgacha ushbu markazda ko‘p narsani o‘qidim. Men teatrni juda yaxshi ko‘rar edim, ammo asosiy maqsadim kamera oldida ishlashni o‘rganish edi. Aktrisalik, albatta, kamera oldida yoki teatrda rol ijro etish bilan bog‘liq emas. Lekin kamera bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari bor”, – deydi u.  Aktrisa bolaligini iliq xotiralar bilan yodga oladi. Uyi yonidagi ulkan bog‘, ukasi va qo‘shni bolalar bilan o‘yinqaroqlik, shuningdek, ularning uy hayvonlari ham bo‘lgan. Melis hissiyotga beriluvchan, mas’uliyatli hamda o‘ta intizomli. Shuningdek, tanqidlarga ijobiy qaraydi. Salbiy fikrli insonlarga esa e’tibor bermaydi. Yulduz muhabbatga ishonadi. U agar sevgi chin bo‘lsa, barcha narsaning imkoni bor, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, erkaklarning samimiylik va halolligini qadrlaydi. Melis ko‘pincha omadsizlikka uchrasa, onasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va bundan kuch oladi. “Kerak bo‘lsa, meni shafqatsizlarcha tanqid ham qiladi, lekin eng ko‘p yordamni ham u beradi”, – deydi onasi haqida. Va har bir ishida qalbiga quloq tutadi. To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishi uchun Yaratganga ibodat qiladi. Melis vaqti-vaqti bilan dam olish, shovqin-surondan qochish, his-tuyg‘ularini o‘rganish uchun vaqt ajratadi va yolg‘iz qolishga qaror qiladi. “Iste’dodli aktyorlar va rejissorlar bilan birgalikda ishlashga muvaffaq bo‘lganimdan xursandman”, – deydi aktrisa. “Film va teleshoularda rol o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Odatda filmdagi personaj ustida ishlash uchun ko‘proq imkoniyat bor. Har bir sahna uchun vaqt ajratiladi. Shuningdek, oxiri yakunlanmagan ssenariy bilan ishlash juda ajoyib. To‘g‘ri, buni taxmin qilish mumkin. Ammo suratga olish jarayonida barchasi o‘zgarishi hech gap emas”, – deydi Melis. U bo‘sh vaqtlarida lotin raqslari – salsa, bachata, tango va kizomba bilan shug‘ullanadi. Lotin raqsi kechalarida ham ishtirok etishni yaxshi ko‘radi. Ko‘p vaqtini kitob o‘qish bilan o‘tkazadi. Bolaligida rasm chizish bilan ham shug‘ullangan va bu xobbi tarzida saqlanib qolgan. Suratlarni faqat o‘zi uchun chizadi va hech kimga ko‘rsatmaydi. Melis moda olamini yaxshi ko‘radi. Yulduzlardan Jennifer Lopesning uslubini yoqtiradi. Aktrisa suratga olish ishlaridan tashqari, Instagram tarmog‘ida ham juda faol. Bir kunning o‘zidayoq bir necha postlar joylashi va birdan uzoq muddatga g‘oyib bo‘lishi ham mumkin. Buni uning o‘zi kayfiyati bilan bog‘liq deb izohlaydi.
101
3,605
Madaniyat
​Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblining 60 yilligi nishonlanadi
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati, O`zbek milliy maqom san`ati markazi - Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansambli tashkil etilganining 60 yilligini keng nishonlash maqsadida 2019 yil 15 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Davlat Akademik Katta teatrida tantanali kecha o`tkazishini ma`lum qiladi. Mazkur kechaga tashrif buyurganlar maqom ansamblining bosib o`tgan sharafli yo`li, san`atimiz fidoyilari, el e`zoziga musharraf tabarruk ustozlar hayoti va ijodi, ibratomuz mahorat maktablaridan va bugungi maqom ustalari ijrosidagi durdona asarlardan bahramand bo`ladi.
66
667
Madaniyat
Istanbulda “Mendirman Jaloliddin” serialining syomkasi boshlandi. Ikkinchi mavsumda ijodiy jamoaga yangi aktyor va aktrisalar qo‘shildi
Ayni kunlarda bir guruh o‘zbek aktyorlari “Mendirman Jaloliddin” serialining ikkinchi mavsumida suratga tushish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi. Lekin ular orasida Turkon xotunning kanizi — Oygul rolini ijro etgan aktrisa Saida Rametova va O‘tror hokimi Inolchixonning qizi — Shirin rolini ijro etgan Feruza Normatova ko‘rinmadi. Ular ikkinchi mavsumda suratga tushmaydimi? Ushbu savolga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova serial ijodkorlari bilan bog‘landi. Madaniyat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Mendirman Jaloliddin” serialining ikkinchi mavsumida Mahliyoxon Аsqaraliyeva, Jo‘rabek Аrziyev, Javohir Xo‘jayev va qator turk aktyor, aktrisalaridan iborat yangi chehralarni ham ko‘rish mumkin. Javohir Xo‘jayev Sariq bola taxallusi bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Jahongir Xo‘jayevning ukasi hisoblanadi. Mahliyo Asqaraliyeva Saida Rametovaning aytishicha, uning roli serialning ikkinchi mavsumida ham davom etadi. — Nasib qilsa, serialdagi rolim davom etadi. Hozircha jang sahnalarini suratga olamiz, sizni keyinroq chaqiramiz, deyishdi. Qachon chaqirishsa ham, tayyorman, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova. Feruza Normatova intervyularidan birida hijobga kirgani tufayli serialda rol ijro etmaslikka qaror qilgani haqida so‘zlab bergan edi. “Shahzod Sultonov bilan ijodiy hamkorlik qilamiz, shartnomalarimiz bor. Unga ro‘mol o‘rash fikrim borligini aytganimda qo‘llab-quvvatlagan. Men sentabrda, tug‘ilgan kunimda o‘ranmoqchi edim. Shahzod yaxshi qabul qildi. Shundan biroz vaqt o‘tib, ‘Mendirman Jaloliddin’ serialining ikkinchi fasli suratga olinishi ma’lum bo‘ldi. Meni chaqirishdi. Avgustda ketib, noyabrda qaytiladi, deyishdi. Men serialning davomida ham suratga tushishga rozi bo‘ldim. Bu haqda Shahzodga aytganimda, u ‘Ro‘mol o‘ramoqchi edingiz-ku, serialda suratga tushish hijobdan ham muhimroq ekan-da’, dedi. Shu so‘zlardan keyin o‘ylanib qoldim va serialning davomida suratga tushmaslikka qaror qildim. O‘rnimga boshqa aktrisa suratga tushsa, yanayam yaxshiroq bo‘lar, degan fikr paydo bo‘ldi”, — degan aktrisa ushbu savolga javoban. Ma’lumki, pandemiya sabab serialning suratga olish ishlari uzoq vaqt davom etdi va aktyorlar Turkiyada uzoq vaqt qolib ketishlariga to‘g‘ri kelgandi. Serial prodyuserlari tomonidan ikkinchi mavsumni suratga olish uchun ma’lum muddat belgilanganmi? Ushbu savolga ayni kunlarda Turkiyada bo‘lib turgan aktyor Javohir Zokirov javob berdi. — Albatta, muhlat berilgan. Sentabr oyida ikkinchi mavsumning suratga olish ishlari yakunlanishi kerak, — deydi Chingizxon roli ijrochisi Javohir Zokirov. Javohir Zokirov shuningdek serial prodyuserlari bilan gonorar masalasida ham kelishuvga erishganini aytib o‘tdi. — Haqiqatan ham shunday bo‘lgandi. Muammo hal qilindi, hammasi yaxshi. Serialning ikkinchi mavsumi avvalgisidan zo‘rroq bo‘ladi. Hozirda serialning 14-qism ssenariysini o‘qib chiqdik. Unda tomoshabinni o‘ziga jalb qiladigan epizodlar juda ko‘p, — deydi aktyor Javohir Zokirov. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ra’no Shodiyeva, Rayhon Ulasenova va Yulduz Rajabova ayni paytda Istanbulda syomka jarayonlariga tayyorlanmoqda. Feruza Normatova yaratgan obrazga esa boshqa aktrisa tanlanishi kutilmoqda. “Serialning birinchi fasli 13 seriyadan iborat. Ikkinchi faslda yana 13 seriya suratga olinadi. Kelajakda umumiy jihatdan 52 qismdan iborat serial olish rejalashtirilgan”, — degandi matbuot anjumanida “Jaloliddin Manguberdi” seriali bosh maslahatchisi Boboxon Muhammad Sharif. Eslatib o‘tamiz, 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko‘ra Turkiyaning “Bozdag‘ film” kompaniyasi tomonidan “Mendirman Jaloliddin” seriali suratga olingan. Serial uchun Turkiyada 30 gektar maydonda  O‘zbekistonning XIII asrga oid muhiti jonlantirilgan. 1200 nafar ishchi-xizmatchining mehnati bilan 3500 kvadrat metr maydonda balandligi 5,5 metr bo‘lgan ikki qavatli Xorazmshoh saroyi qad ko‘targandi. Serialning ilk mavsumida Javohir Zokirov — Chingizxon, Emre Kiviljim — Jaloliddin Manguberdi, Yulduz Rajabova — Qutlibeka, Gulenay Kalkan — Turkon Xotun, Kaan Yalchin — Sulton Alovuddin Muhammad, Sezgin Erdemir — Temur Malik, Saida Rametova — Turkon xotunning kanizi Oygul, Ra’no Shodiyeva — Xorazmshoh Alovuddin Muhammadning xotini Oychechak, Rayhon Ulasenova —  Alovuddin Muhammadning xotini, O‘zloqshoh va Oqshohning onasi, Akbarxo‘ja Rasulov —  O‘zloqshoh, Feruza Normatova — O‘tror hokimi Inolchixonning qizi, aktyorlar Jamshid Sagatov va Akmal Mirzo — mog‘ul sarkardalari, Alixan — Chingizxonning o‘g‘li Jo‘ji, Boyir Xolmirzayev —  Najmiddin Kubro, Tohir Saidov — bosh vazir Nizomul mulk, Jahongir Abdumalikov — Jaloliddin Manguberdinging muhofizi rollarini ijro etishgandi.
135
4,692
Madaniyat
Xonanda Oybek Nigorasiz duet kuyladi
Duet guruhlar orasida o‘zining quvnoqligi, qo‘shiqlarining rang-barangligi, videokliplarining yorqin taassurotlarga boyligi bilan ajralib turuvchi Oybek va Nigora yangiliklar yaratishdan tinmaydi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri. Oybek “Omon-omon” taronasini kuylaganida, ko‘pchilik endi ular alohida ijod qiladimi, degan xayolga borgan, keyinroq bu shunchaki, repertuarga yangilik kiritish maqsadida yaratilgan kompozitsiya ekani qayd etilgandi. O‘z muxlislarini xursand qilishdan charchamaydigan Oybek ana shu qo‘shiqni qayta kuyladi, ya’ni remiks yo‘nalishida yangicha uslubda ijro etdi. “Omon-omon” taronasining so‘zi va musiqasi muallifi Oybek Alimovning o‘zi bo‘lib, qo‘shiqning yangi aranjirovkasini Sherzod Mardiyev yaratdi. Uni Oybek duet tarzida kuyladi. Ammo qaysi ayol xonanda bilan ijro etilgani hozircha sir tutilmoqda.
36
837
Madaniyat
“Amir Temurning o‘zi qirib yuborardi”. Ozodbek Nazarbekov din sabab san’atni tark etayotgan hamkasblarining musiqani harom deyayotganiga munosabat bildirdi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 24-may, dushanba kuni “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida OAV vakillariga bergan intervyusida oxirgi paytlarda ayrim san’atkorlarning din sabab sohani tark etib, san’atni harom deb atayotganiga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda. “Dinni yaxshi bilmasdan va yaxshi tushunmasdan, jamoat va xalq oldiga chiqib, minbardan turib dindan gapirish uchun, mening nazarimda, eng kamida 25 yillik bilim olgan bo‘lish kerak. Yetarli darajada bilim olib, undan keyin din nomidan gapirish sal yarashadi. Lekin o‘zi kuni kecha umuman boshqa hayot tarzini boshidan kechirib turgan odam bir kunda sahnaga chiqib, dindan gapirishi g‘alatiroq, nazarimda. Albatta, har bir insonning e’tiqodiga aralashishga hech kimning haqi yo‘q. Nima bo‘lgan taqdirda ham o‘zi e’tiqod qilayotgan tushunchani hammaga qabul qildirishga urinish ham sal noto‘g‘riroq narsa”, — dedi Nazarbekov. Uning qayd etishicha, agar musiqa yoki san’at islom dinida harom bo‘lganida bu paytgacha yetib kelmas edi, Amir Temurning o‘zi qirib yuborardi. “Endi bu san’atimizni harom deyish uchun, buni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri gap ekanligini ajratib olish uchun juda katta aql shart emas. Sababi agar shu darajada musiqa yoki san’at dinimizda harom bo‘lganida bugungacha yetib kelmas edi. Amir Temurning o‘zi qirib yuborardi. Bizda diniy bilim ufurgan bir davrda san’at qolmagan bo‘lardi, O‘zbekistonning san’ati yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi. Musiqa san’ati bizgacha yetib kelmas edi. Chunki biz yaxshi bilamiz dinni dunyoga o‘rgatgan davrimiz bo‘lgan, nafaqat bu, balki boshqa yo‘nalishlarda ham. Dindan, kerak bo‘lsa, arablarga o‘rgatgan davrimiz bo‘lgan. Nahot o‘sha paytlarda yashagan san’at, musiqa bugun 4 nafar odamni deb haromga chiqib qolsa. Bu o‘sha qaysidir ma’noda dinni yaxshi tushunmaslik, hovliqmalikdan deb bilaman. E’tiqod, iymonda inson bir gavhar topgandek o‘zini tutolmay qoladi. O‘sha paytda sal ustozlar bilan maslahatlashib, ish ko‘rilsa to‘g‘ri bo‘ladi, menimcha”, dedi — madaniyat vaziri. So‘nggi yillarda bir necha shou-biznes vakillari san’atni tark etish holati kuzatilmoqda. Jumladan, aktyorlar Farruh Soipov va Sherzod Bin, xonanda Sardor Rahimxon ham san’atni tark etganini ma’lum qilgan.
155
2,279
Madaniyat
“Snouden” Oliver Stounning eng omadsiz filmi bo‘ldi
AQSh milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden haqidagi film birinchi dam olish kunlari AQShdagi namoyishlarda 8 million dollar to‘pladi. Bu rejissor Oliver Stounning biryo‘la 2 ming kinoteatrda namoyish etilgan loyihalari orasida eng past ko‘rsatkich bo‘ldi, deb xabar beradi The Hollywood Reporter. Bosh rolni Jozef Gordon-Levitt ijro etgan “Snouden”ning jahon premyerasi 9-sentabr kuni Torontodagi kinofestivalda bo‘lib o‘tdi. AQShda film 16-sentabr kuni prokatga chiqarildi. Shu davr ichida u hatto tanqidchilar keltirgan 10 million dollarlik ko‘rsatkichga ham yeta olmadi. Film budjeti 40 million dollarni tashkil etdi.
51
643
Madaniyat
Amerikalik aktrisa Zendaya “Emmi” mukofotiga nomzodlar orasida rekord o‘rnatdi
Amerikalik aktrisa Zendaya “Emmi” mukofotiga nomzodlar orasida yangi rekord o‘rnatdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. “Eyforiya” serialining yulduzi 74-“Emmi” mukofotining ikki karra eng yosh nomzodiga aylandi. Zendaya 2020-yilda dramatik serial kategoriyasi bo‘yicha “Eng yaxshi ayol aktrisa” nominatsiyasida g‘olib deb topildi va bu uni eng yosh “Emmi” sovrindoriga aylantirdi. Bu yil u“Eyforiya”dagi giyohvand qiz Ru roli uchun mukofot nominatsiyalaridan birida yana g‘oliblik uchun kurashadi. Bundan tashqari, aktrisa yaqinda Time jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, eng nufuzli kishilar yuztaligiga kirgan.  12 yoshidan ishlay boshlagan, “Garri Potter”ning ashaddiy muxlisi: Gollivudning tobora porlayotgan yangi yulduzi — Zendaya haqida nimalarni bilamiz?
78
756
Madaniyat
Fotogalereya: Sevimli qahramonlarning bolaligi va buguni
AdMe bolaligida turli filmlarning mashhur qahramoniga aylangan aktyorlarning suratlarini taqdim etdi.
56
101
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov Prezidentning yangi farmoni haqida: O‘zbek san’atida uyg‘onish davri boshlanmoqda
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 26-maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga munosabat bildirdi. Yangi O‘zbekistonimizda barcha sohalar qatori madaniyat va san’at rivojiga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Boy madaniy merosimizni tiklash va o‘rganish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar, o‘tkazilayotgan xalqaro tadbirlar, yangi ijodiy maktablar, ilmiy markazlar tashkil etilayotgani, iste’dodli yoshlarimizning iqtidorini yuzaga chiqarishdagi amaliy sa’y-harakatlar bunga yaqqol misoldir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 26-maydagi ‘Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi farmoni hamda ‘O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori madaniyat va san’at sohasida haqiqiy ma’noda renesans-uyg‘onish davri boshlanganidan darak beradi. Bungacha ham ushbu sohaga oid bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan. Ammo Prezidentimizning yangi farmoni va qarori chin ma’noda ijodkorlar, soha vakillarining haq-huquqlarini himoya qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Tarixan madaniyati yuksak xalqimizning, ayniqsa, Olot va Qorako‘ldagi tabiiy ofat va Sardobadagi fojiadan so‘ng yana ham birlashib, o‘zbek millatining madaniyatli va birdamligini, mustahkam, ma’naviy dunyosi keng ekanini namoyon etganini butun dunyo ko‘rdi. Bilamizki, har bir jabhada yoshlar masalasiga katta e’tibor bilan yondashiladi. Mazkur hujjatlar asosida madaniyat va san’at sohasida ijod qilayotgan yoshlardan konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig‘im bekor qilinishi, davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma tartibi joriy etilishi ham san’atkorlar uchun berilgan katta imkoniyatdir. Bugun yangi O‘zbekistonda madaniy yuksalishga alohida urg‘u berilyapti. Boy milliy madaniy merosimizni, ayniqsa, noyob eksponatlar, durdona asarlar, milliy hunarmandchilik namunalarimizni muzeylarimiz orqali dunyoga namoyon etmoqdamiz. Qolaversa, har oyning birinchi yakshanbasi muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilinishi, unda fuqarolar davlat muzeylariga bepul kiritilishi xalqimizning ilm-ma’rifat orqali madaniyatini kuchaytirish, boy merosimizni targ‘ib qilishga qaratilgan. Teatrlar faoliyatida ham muhim, e’tiborga molik o‘zgarishlar amalga oshiriladi. Xususiy teatrlarni, teatr-studiyalarni rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tariladi. Ushbu hujjatlar bilan Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni 2020-yilning 1-sentabridan boshlab xususiy teatrlarda ham sahnalashtirish va ijro etishga ruxsat berildi. Shu o‘rinda 1928-yilda Toshpo‘lat Doniyorov asos solgan O‘rta Osiyoda birinchi qo‘g‘irchoq teatri truppasi negizida tashkil topgan Respublika qo‘g‘irchoq teatriga O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatri nomi berilgani, qo‘g‘irchoq teatri mavjud bo‘lmagan viloyatlarda ushbu teatrlarning tashkil etilishi ham juda ahamiyatlidir. Insoniyat tarixidan ma’lumki, teatr butun bir jamiyatni tabiyalovchi sifatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etib kelgan. Bugungi kunda teatrning millat tarbiyachisi degan nufuzini tiklash borasida bu soha faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tibor teatrlar yangi bosqichda, keng qamrovda taraqqiy etishiga zamin yaratadi. Shu kunga qadar mamlakatimizda barcha soha vakillari uchun kasb bayrami kunlari belgilangan. Ammo xalqaro miqyosda 15-aprel — Madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida nishonlansa-da, bizda rasman qayd etilmagan edi. Farmonga ko‘ra, madaniyat va san’atning jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 15-aprel sanasini O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida aniq takliflar ilgari surildi. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlardan tortib, har bir ijodiy va texnik xodimlarning kasb bayrami sifatida ushbu kunni nishonlashi bizning ishchanligimizni, fidoyiligimizni, ijodda sermahsulligimizni yanada oshiradi. Zero, e’tibor va e’tirof bizni har qanday oliy mukofotdan ko‘proq ruhlantiradi. Biz madaniyat va san’at vakillariga ishonch bildirib, mas’uliyat va burchimizni sidqidildan bajarishimizga undayotgan, keng imkoniyatlar yaratib berayotgan muhtaram yurtboshimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Hukumatimiz tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash uchun qat’iyat bilan bor kuchimizni safarbar qilib, madaniyatli xalq, jamiyat va davlat sifatida dunyoga ibrat bo‘lgulik yuqori marralarni, albatta, zabt etamiz. Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston madaniyat vaziri
100
5,027
Madaniyat
Nargiz Zokirova mualliflik huquqlarini buzganlikda hamda taqiqlangan qo‘shiqlarni O‘zbekistonda ijro etganlikda ayblanmoqda
Nargiz Zokirova sobiq prodyuseri Maksim Fadeyev tomonidan yozilgan bir nechta qo‘shiqni O‘zbekistondagi tadbirlardan birida ijro etdi. Xonandaning chiqishi aks etgan videorolik jurnalist Alyona Jigalovaning Telegram kanalida e’lon qilindi. “O‘tgan oyda o‘zini yolg‘ondan homilador qilib ko‘rsatgan Nargiz Zokirova O‘zbekistondagi tadbirlarda Maksim Fadeyevning qo‘shiqlarini kuylab, pul ishlashda davom etmoqda. Aslida bu qo‘shiqlar Nargizga mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha taqiqlangan”, — deb yozadi jurnalist Alyona Jigalova. Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng Nargiz Zokirova Rossiya hukumatining harakatlarini qoralagan, shundan so‘ng unga mamlakat hududiga kirish 50 yilga taqiqlangan edi. Hozirda Nargiz O‘zbekistonda yashamoqda.
123
767
Madaniyat
Jastin Biber muxlisining yuziga musht tushirdi (video)
Kanadalik pop-qo‘shiqchi Jastin Biber muxlisining yuziga musht tushirdi. 23-noyabr, chorshanba kuni yuz bergan hodisa videoyozuvini Daily Mail e’lon qildi. Hodisa qo‘shiqchi avtomobilida Barselonadagi konsert zaliga yaqinlashib kelayotganda sodir bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Mashinaning tushirilgan oynasi orqali notanish yigit Biberga qarab qo‘lini cho‘zdi. Bunga javoban Biber unga tegingan yigitga musht tushirdi. Oqibatda o‘spirinning og‘zi qonab ketdi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
54
615
Madaniyat
“O‘rtamizdagi rishta hech qachon uzilmaydi”. Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan g‘oyibona vidolashdi
Ayni paytda oilasi bilan Rossiyada yashayotgan xonanda Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshevning vafotidan so‘ng ilk marta Instagram’dagi sahifasiga shaxsiy arxividagi suratlarini joylab, vidolashuv so‘zlarini yozib qoldirdi. “Mening eng sevimli, eng yaxshi, eng dono dadajonim! Sizni boshqa ko‘ra olmasligim, sizning ovozingizni boshqa eshita olmasligim, ko‘rishayotganimizda sizni ikki marta o‘pa olmasligim va nihoyat ijod borasida bahslasha olmasligim, navbatdagi ijodiy ishimga kamtarin maqtovingizni eshita olmasligimga ishona olmayapman. Dadajon, bilaman siz bilan o‘rtamizdagi rishta hech qachon uzilmaydi. Endi bu shunchaki butunlay boshqa energetik darajadagi muloqot bo‘ladi, buni bilaman va his etmoqdaman. Vujudimda Alloh menga ushbu qayg‘uga bardosh berishim uchun menga sovg‘a qilgan nevarangiz, sizning bir qismingizning yurakchasi urmoqda. U zamonaviy o‘zbek estradasi asoschisi sifatida yaratgan tarixi davomida bir necha avlodni yetishtirgan, mehribon, aqlli va iste’dodli ijodkor inson bo‘lgan bobosi bilan albatta faxrlanadi. Tug‘ilgan kuningiz bilan, dada! Sizni yaxshi ko‘raman, mening qahramonim!”, — deb yozdi Lola. Shuningdek, marhum Ravshan Yo‘ldoshevning yana bir qizi Asal Yo‘ldosheva ham Instagram’dagi sahifasiga otasi bilan tushgan suratini joylab, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Avvalroq Lolaning AQShda yashovchi singlisi Anora ham otasini xotirlagan edi. Eslatib o‘tamiz, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Lolaning otasi, “Tarona Rekords” kompaniyasi asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etdi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan.
101
1,660
Madaniyat
Xonanda Jahongir Otajonov: Ba’zilar meni faqat nasha chekadi, deb o‘ylaydi
Xonanda Jahongir Otajonov xonadonida ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Xonanda bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qildi. “Bahonada Jahongir Otajonov uning nasha chekishini taxmin qiluvchi muxlislarning fikrlariga ham munosabat bildirdi”, — deb yozadi “Darakchi.uz”. “Uyimning kiraverishi o‘z dizaynim bo‘yicha ishlangan desam uncha ishonishmaydi. Ba’zilar meni faqat nasha chekadi, deb o‘ylaydi. Ovozim bo‘g‘ilib qolsa, usta bo‘laman, bunaqa ishlar ham qilaman, uyat joyi yo‘q. Kafel terishni Shvetsiyada o‘rganganman”, — deb yozdi Jahongir Otajonov. “Yonimda usta Bahodir aka. ‘Kafelni yopishtirib ketavermaydi-da’, deb, qanday qo‘yish kerakligini ko‘rsatib beryapman”, — deya qo‘shimcha qilgan xonanda. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
74
902
Madaniyat
“Sharq taronalari” musiqa festivalining konsert dasturlari boshlandi
Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali doirasidagi tanlov dasturining birinchi kuni o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Kadr: YouTube Tanlovni Afg‘onistonning “Safar” ansambli boshlab berdi. Keyin sahnaga Gretsiyaning “Entopiya” guruhi taklif etildi. Hozir Germaniyaning Reinhard reissner jamoasi yig‘ilganlarni o‘zining musiqiy dasturi va kuy-qo‘shiqlari bilan bahraman etmoqda. Shuningdek, tanlov dasturining birinchi kunidan Ozarbayjon, Nepal, Qozog‘iston, Belgiya, Rossiya, O‘zbekistonning “Sohib Poshozoda”, “Kanta Dab Dab”, “Uljan Baibosinova”, “Limbrant”, “Razdolye”, “Registon” ansamllari chiqishi o‘rin olgan. Samarqand shahri amfiteatri va boshqa madaniy-ma’rifiy maskanlarida festival qatnashchilari ishtirokida musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
68
790
Madaniyat
“Istiqlol” san’at saroyi direktori “Million” jamoasining konsertida balkonda joy talashib janjallashgan yigitlar haqida nima dedi?
“Istiqlol” san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi. Saroy direktori suhbat davomida “Million” jamoasining 2017-yil aprel oyidagi konserti vaqtida saroy balkonida ikki yigitning joy talashib ko‘targan janjaliga ham to‘xtalib o‘tdi. “Million” jamoasi konserti vaqtida yoshlar balkonda joy talashib urishib qolgan. Bir yigit o‘z joyini qidirib, joyiga o‘tirayotganda, boshqa bir yigit “Nega mening yuzimga fonar tutayapsan?”, deb urishib ketgan. Militsiya xodimlari ikkisini ham ajratib, ularning ustidan ish qo‘zg‘adi. Bu nima degan gap, o‘zini ko‘rsatishmi bu? Avvalo bunday bolalarga ota-onasi yaxshi tarbiya bergan bo‘lishi kerak. “Istiqlol” san’at saroyi ular tartibsizlik qiladigan joy emas-ku! To‘rt mingga yaqin odamning ko‘nglini olishimiz kerak. Har xil odam, har xil tomoshabin bor. Avvalo shunday tartibsiz yoshlarimizda konsertga kelish, saroyda o‘tirish va konsert tomosha qilish madaniyatini ko‘tarish kerak. Isroil G‘ulomov, “Istiqlol” san’at saroyining direktori
130
1,024
Madaniyat
Xonanda Lola Ahmedova ruhiy kasal muxlisi sabab vaqti huquq-tartibot idoralarida ketganini ma’lum qildi
Xonanda Lola Ahmedova bir necha yil avval ro‘y bergan muxlislaridan birining qattiq ta’qibi shaxsiy hayotiga ham, ijodiy faoliyatiga ham ta’sir qilganini tan oldi. Xonanda bu haqda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Kadr: YouTube “Boshida o‘sha muxlisimning turli ko‘rinishdagi ta’qiblariga e’tiborsizlik bilan qaragandim. Lekin bu voqea nafaqat ijodimga, hatto oilam tinchligiga ta’sir qila boshlaganidan keyin unga jiddiy qarashga majbur bo‘ldim”, — deydi xonanda. “San’atkor bo‘la turib, o‘sha paytda kuchimni ijodimga sarflashning o‘rniga o‘sha yigitning qayoqdagi uydirmalardan iborat yozuv-chizuvlari tufayli huquq-tartibot organlari idoralarida yurishimga to‘g‘ri keldi”, — deydi Lola Ahmedova. “To‘g‘ri, u hech qanday natijaga erisha olmadi, chunki unga ruhiy kasal deb tashxis qo‘yishdi. Lekin men shu malomat sabab ketgan vaqtim va asablarimga achinaman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
103
919
Madaniyat
Instagram: Mashinasini sotayotgan Vohidjon Isoqov, tug’ilgan kunini nishonlagan Shirin Mamatova, ichki ishlar xodimlari tanimagan Feruza Normatova
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Xonanda Ziyoda o‘g‘illari Kamron va Imron bilan tushgan suratini muxlislariga ko‘rsatdi. “Bravo” kulgi jamoasining a’zosi, aktrisa Shahlo Zoirova sahifasidagi obunachilarini juma ayyomi bilan tabrikladi va oilaviy tushgan suratini e’lon qildi. Opera xonandasi Shirin Mamatova o‘zbek estradasi yulduzlari: Gulsanam Mamazoitova, Hulkar Abdullayeva, Zulayho Boyxonova, Hosila Rahimova va boshqa yaqin insonlari davrasida tug’ilgan kunini nishonladi. Bollivudning dunyoga mashhur aktrisalaridan biri Karina Kapur Mumbaydagi uyiga yetib kelganini va ish jarayonlari boshlanishini ma’lum qildi. Instabloger Dili.me taniqli xonanda Anvar Sanayevning “Jufti halolim” klipiga ishlangan parodiya videoni suratga oldi. Zarina Yo‘ldosheva do‘stining to‘yida tushgan suratini sahifasiga joyladi. Aktrisa yaqin insoniga baxt tilagan. Aktrisa Halima Ibragimova ustozi Mirzabek Xolmedovning hayot haqidagi ta'sirli qo‘shig‘iga klip oldi va uni muxlislariga namoyish qildi. Xonanda Rayhon G‘aniyeva yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi va hayotda tanlovga duch kelganda tangani aylantirish kerakligini, u havoda bo‘lgan paytda inson umid qilishi mumkinligini aytgan. O‘zbek shou-biznesining eng eng chiroyli juftliklaridan biri — Shohruxxon va Asal Shodiyeva birga vaqt o‘tkazayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Aktyor Dilshod Mirzamurotov sahifasiga instabloger, xonanda Azoda va aktyor Ne’mat Ahmadovich bilan tushgan suratini joyladi. “Maktabimda”, “Tentakcham”, “Esla meni” kabi xit taronalar ijrochisi Hamdam Sobirov “Yaxshi ko‘rsam nima qipti” deb nomlangan taronasiga ishlangan videoklipni namoyish qildi. Klipda yosh, iste’dodli aktrisa Feruza Yusupova va “Maktab” seriali orqali mashhurlikka erishgan aktyor Bekzod Abdumalikov bosh rollarni ijro etgan. Turkiyaninng millionlab muxlislarga ega aktyorlaridan biri Burak O‘zchivit yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi. Xonanda Dildora Niyozova qizi bilan tushgan suratini muxlislariga namoyish qildi. Raqqosa Parizodaning ikkinchi qizi Sa’diya 7 yoshga to‘ldi. Raqqosa qizining tug‘ilgan kunini qanday nishonlaganini muxlislariga ko‘rsatdi. Bollivudning yana bir yosh, istedodli aktrisalaridan biri Anushka Sharma Parijda tushgan yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi. Ulug‘bek Rahmatullayev sahifasiga yangi suratini joyladi va insonlarni yomonlashga imkon topadigan darajada bo‘lmaslikka chaqirdi. Magic City'da vayn olayotgan Feruza Normatovani militsiya haqiqiy lo‘li deb o‘ylab, olib ketib qolishiga bir baxya qoldi. Xonanda Vohidjon Isoqov uzoq yillar xizmat qilgan mashinasini sotayotganini ma’lum qildi. Ozarbayjon va Turkiyada mashhur bo‘lgan xonanda Nahide Babashli bugun tug‘ilgan kunini nishonladi. Aktrisa Jamila G‘ofurova farzandlari bilan tushgan suratini e’lon qildi.
146
2,893
Madaniyat
Konservatoriyada Navro‘zga bag‘ishlangan xalqaro musiqa ko‘rik-festivali boshlandi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ko‘p ovozli xalq cholg‘ulari ansambl va orkestrlarining “Navro‘z sadolari” xalqaro musiqa ko‘rik-festivali boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Tadbir madaniyat va sport ishlari, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, bastakorlar uyushmasi, “So‘g‘diyona” xalq cholg‘ulari kamer orkestri hamda Shveytsariya hamkorlik byurosi tomonidan tashkil etildi. Unda madaniyat, musiqa va san’atga ixtisoslashgan litsey va kollejlardagi orkestrlar, ansambllar hamda professional jamoalar ishtirok etmoqda. Festivalning ochilishida madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori F. Jo‘rayev, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S. Inomova va boshqalar chiqish qildi. Festival doirasida musiqa cholg‘ulari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tmoqda. Yoshlar folklori, raqs san’ati, xor jamoalarining ijrochilik mahorati, cholg‘u ansambllarining chiqishlari tomoshabinlarga manzur bo‘layotir. Tadbir davomida xalq cholg‘ulari ijrosida o‘rta musiqiy ta’limning amaliy va uslubiy vazifalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda mahorat saboqlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
82
1,243
Madaniyat
Shohruxxonning onasi Zebo Navro‘zova kelinlari Asal va Xumoraxonni ko‘p marta sinovdan o‘tkazgan
Ikki kelinning qaynonasi, Muhammadrizgar ismli shiringina bolakayning buvijonisi bo‘lgan rejissor Zebo Navro‘zova qaynona-kelin munosabatlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasiga tayanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “Har bir ona, kezi kelganda farzandini-da sinab turadi. Kelinlar ham o‘z bolamiz. Shuning uchun imtihonimizdan o‘tishga majbur. Axir, o‘rgatganlarimiz qulog‘iga kirdimi, qo‘lidan keladimi yo‘qmi, bilib olishimiz kerak-ku. Masalan, o‘zim kelinlarimni ko‘p bora sinovdan o‘tkazganman. Xonadonimizda bir qonun bor. Har qanday sharoit va kayfiyatda ham inson, albatta kulib turishi shart. Chunki ishdan charchab kelgan inson ana shu tabassumga qarab chalg‘iydi. Bu borada kelinim Xumoraxonni ham, Asalni ham har xil vaziyatlar bilan tekshirib ko‘rganman. Ikkalasi ham imtihondan a’lo baho bilan o‘tishganidan xursandman”, — deydi Zebo Navro‘zova. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
96
1,069
Madaniyat
Nafaqat kadrda, balki hayotda ham superqahramonlar: Oddiy odamlar hayotini saqlab qolgan yulduzlar (foto)
Mashhurlar ko‘pincha film yoki seriallarda superqahramon rolini o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Ammo ularning orasida hayotda ham qahramonlarcha yordam berishga shay bo‘lganlar yo‘q emas. Leonardo Di Kaprio Aktyor 2020-yilning 30-dekabr kuni dugonasi Kamila Morrone va do‘stlari bilan Karib orollaridagi yaxtada dam olayotgan vaqt kemadan yiqilib tushgan yo‘lovchi qidirlayotgani haqidagi favqulodda chaqiruvni eshitgan va uni qidirib yo‘lga tushgan. Di Kaprioning yaxtasi o‘sha hududdagi yagona kema bo‘lgan. Yo‘qolgan yo‘lovchini quyosh botishidan bir soat oldin topishga muvaffaq bo‘lishgan. Benedikt Kamberbetch Rafiqasi bilan birga taksida ketayotgan Benedikt mashina oynasidan velosipedchi-kuryerga 4 nafar bosqinchi hamla qilganiga guvoh bo‘lgan. Erkakning boshiga butilka urib sindirilganiga jim qarab turolmagan aktyor mashinadan tushib uni himoya qilishga kirishgan. Zo‘ravonlar unga dag‘dag‘a qilishga kirishgan bir vaqtda taksi haydovchisi yordamga oshiqqan va qizig‘i shundaki, ushbu hodisa to‘qima qahramon Sherlok Holmsning Beyker-stritdagi uyi yonida yuz bergan. Haydovchi aktyorning qo‘rqmasligidan hayratda qolgan. Benediktning o‘zi esa buni qahramonlik deb hisoblamasligi, shunchaki burchini bajarganini bildirgan. Tom Kruz 1996-yilda aktyor Santa-Monikada 23 yashar qizni mashina urib ketganiga guvoh bo‘lgan. Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan Kruz tibbiyot xodimlari yetib kelgunicha joyidan jilmagan. Jabrlanuvchining tibbiy sug‘urtasi yo‘qligini bilganidan keyin esa o‘z cho‘ntagidan 7000 dollar to‘lagan. Bu hali hammasi emas. Oradan yillar o‘tib yana bir marta jonbozlik ko‘rsatgan. Qo‘shni ayol mashinadan tushganida zo‘ravonlar uni o‘rab olib 153 ming dollarlik taqinchoqlarini yulib, olib ketmoqchi bo‘lgan. Shu vaqt Tom qo‘riqchilari bilan birga paydo bo‘lgan va zo‘ravonlarni haydab yuborgan. Shahzoda Garri 2012-yilda bo‘lib o‘tgan polo bo‘yicha xayriya musobaqasida Garrining raqiblaridan biri ot ustidan yiqilib, hushini yo‘qotgan. Garri bunga jim qarab turmagan va armiyada xizmat qilgan vaqti o‘rgangani singari darhol birinchi yordam ko‘rsatgan. Jerard Batler Shotlandiya qasrlaridan birining yonida piknik qilib o‘tirgan Jerard kimningdir yordam so‘rab baqirayotganini eshitib qolgan. Yugurib borgan Batler begona bolaning daryoda cho‘kib ketayotganini ko‘rgan va o‘zini suvga tashlab bolani qutqarib qolgan. Qilgan qahramonligi uchun Batler, Shotlandiyaning qirollik jamiyati tomonidan Dovyuraklik sertifikatini qo‘lga kiritgan. Keyt Uinslet 2012-yilda aktrisa oilasi bilan birga Buyuk Britaniyaning eng boy fuqarolaridan biri Richard Brensonning Karib orollaridagi uyida mehmon bo‘lgan. Ammo yarim tun vaqti chaqmoq urgani sabab uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu vaqtda uyda 20 kishi bo‘lgan va Keyt, Brensonning 90 yashar onasini qutqarib qolgan. Klint Istvud Istvud 2014-yildagi xayriya ziyofatida nafas yo‘liga pishloq bo‘lagi tiqilib qolgan Stivni Geymlix usuli orqali qutqarib qolgan. 83 yoshda bo‘lgan Istvud taxminan 100 kilo og‘irlikdagi kishini ko‘tarib, nafas yo‘liga tiqilib qolgan pishloqni chiqarib yuborishga harakat qilgan va uning hayotini saqlab qolgan.
105
3,105
Madaniyat
Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada?
Iordaniya qirolichasining qomatiga nazar tashlab kishining havasi keladi. Uning 51 yoshda bo‘lishiga qaramay dilbar ko‘rinishining siri nimada ekani haqida Marie Claire nashri ma’lumot beradi. Hamisha diqqat markazida bo‘lgan qirolicha Raniyaning nafaqat o‘zini tutishi, balki kiyinish uslubi ham kishini hayratlanishiga sabab bo‘ladi. To‘rt nafar farzandning onasi ekaniga qaramay, qomati hech o‘zgarmaydi. Mutaxassislarning fikricha, Raniya mahsulotlarning glikemik ko‘rsatkichi hisoblanadigan parhezga amal qiladi. Bunday ovqatlanish mahsulotlarning qondagi qand miqdoriga qanchalik ta’sir qilishiga asoslangan. Shu bilan birga, bunda nafaqat iste’mol qilinadigan mahsulotlar, balki ularning qanday tayyorlangani ham inobatga olinadi. Glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lmagan mahsulotlar iste’mol qilishga qaratilgan parhez yog‘larni eritib, xolesterin bilan kurashishga qaratilgan bo‘ladi. “Parhez rejasi darhaqiqat oddiy va darhol natijaga erishishga yordam beradi. Asosiy guruhga kiradigan mahsulotlar va o‘zingiz yeydigan taomlardan jiddiy cheklanishni istamasangiz hamda balansli, sog‘lom parhezga rioya qilishni istasangiz, glikemik ko‘rsatkichi past bo‘lgan reja sizga yoqishi aniq”, — deydi mutaxassis Julett Kellou. GI-parhez — mahsulotlarni glikemik ko‘rsatkichi va kam uglevod portsiyasining qondagi qand miqdorini qanchalik oshirishini hisoblash orqali vazn tashlashga yordam beradigan mashhur ozish usuli hisoblanadi. Ushbu ovqatlanish tizimida uglevodni ichiga oladigan mahsulotlar 1 dan 100 gacha bo‘lgan raqamlar orqali baholanadi. Ular quyidagicha bo‘linadi: Ushbu parhez ko‘p mahsulotni jiddiy taqiqlanmasa-da, ayrimlarini iste’mol qilishga tavsiya qilinmaydi. Shu jumladan, non, makaron, yormalar va boshqa xamir mahsulotlari nazarda tutiladi. Iordaniya qirolichasi, bu mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilishdan cheklanishiga qaramay, ba’zi vaqtda o‘zini zararli, ammo mazali mahsulotlar bilan siylab turadi. Dam olish kunlari qirol Abdulla tomonidan tayyorlanadigan gamburgerlar qirolichaning jon-u dili. Keyin esa ortiqcha kaloriyani sarflash uchun yoga, pilates, yugurish va kikboksing bilan shug‘ullanadi. Qora shokoladni yaxshi ko‘radigan Raniya, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga harakat qiladi. Chekish, ichish haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Ovqatlanish borasida u yuqorida ta’kidlangan tizim bilan O‘rta Yer dengizi parhezini umumlashtirishni afzal biladi. Uning taomnomasidan sabzavot, guruch, grilda pishirilgan baliq va go‘sht mahsulotlari, shuningdek, yong‘oq va bodom o‘rin oladi.
71
2,533
Madaniyat
“Maxfiy hujjatlar” filmining yangi treyleri e’lon qilindi (video)
“Maxfiy hujjatlar” serialining Youtube’dagi rasmiy kanalida o‘n birinchi mavsumning treyleri e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Mazkur video bir sutka mobaynida 320 ming martadan ko‘proq tomosha qilingan. Yangi fasl 10 ta qismdan iborat. Uning taqdimoti keyingi yilning boshlarida bo‘lib o‘tadi. “Maxfiy hujjatlar” filmining davomi 14 yillik tanaffusdan keyin 2016-yilda suratga olina boshlagan edi. Serialdagi bosh rollarni Jillian Andersen va Devid Duxovni ijro etgan.
65
490
Madaniyat
Reper Dreyk 2022-yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha eng mashhur musiqachiga aylandi
Amerikalik reper Dreyk 2022-yilning yanvar—may oylari yakuni bo‘yicha AQSHdagi eng mashhur qo‘shiqchiga aylandi. Bu haqda qo‘shiqlarning tinglanish statistikasini kuzatib boruvchi Chart Data ma’lumotlarida keltirilgan. Loyihaning baholashicha, Dreykning qo‘shiqlari 2022-yil boshidan buyon AQSHdagi striming-servislarda 3 milliard martadan ortiq tinglangan. Ikkinchi o‘rinda 2,8 milliardlik ko‘rsatkich bilan reper YoungBoy Never Broke Again egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Teylor Svift yakun yasagan (2,5 milliard). Reytingning davomi quyidagicha: Eslatib o‘tamiz, 15-may kuni Las-Vegasda Billboard Music Award-2022 mukofotining topshirish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu mukofotda nominatsiyalar soni bo‘yicha Dreyk va Oliviya Rodrigo yetakchilik qilgan edi.
88
763
Madaniyat
“Farhod va Shirin” duetidagi Farhodning to‘yi Toshkentda davom etdi (video)
“Farhod va Shirin” duetidagi Farhod 31-yanvar kuni Navoiy shahrida fotiha to‘yini o‘tkazib, Dilnoza ismli qizga uylangani haqida xabar berilgan edi. Farhod va Dilnozaxonning to‘yi 2-fevral kuni poytaxtdagi restoranlardan birida katta dabdaba bilan nishonlandi. Juftlikning nikoh oqshomiga ko‘plab san’atkorlar tashrif buyurdi. Xususan, tantanada Gulsanam Mamazoitova, Ulug‘bek Rahmatullayev, Ozoda Nursaidova, Alisher Fayz, Malika Ravshanova, Hulkar Abdullayeva, Yulduz Turdiyeva, Malika Egamberdiyeva, Dilnoza Ismiyaminova, Imron va boshqa taniqli xonandalar xizmatda bo‘ldi.
75
577
Madaniyat
Haftaning eng yaxshi 6 treyleri: “Sovutdagi arvoh”, “Qoch” va “Uillobi oilasi”
“Kinopoisk” tez kunlarda ekran yuzini ko‘rishi kutilayotgan filmlarning eng yaxshi treylerini to‘plab taqdim etdi. “Qoch” Fibi Uoller-Brijning hayotdagi muammolardan qochib, yashirinishga uringan insonlar haqidagi prodyusserlik loyihasi. Sujet markazidan — kollejda uchrashib, keyinchalik ajrashib ketgan Rubi va Billi o‘rin olgan. Biroq ajralishdan oldin ular yana uchrashishni istab qolgudek bo‘lsa, “qoch” degan xabar yuborishga kelishib oladi. Kunlarning birida Rubiga xuddi shunday xabar keladi. U Billining muammolari ko‘pligidan bexabar holda sayohatga otlanishga rozi bo‘ladi. “Buyuk”, birinchi mavsum “Oskar” mukofoti nominanti bo‘lgan “Favoritki” filmining ssenariy muallifi Toni MakNamara Rossiya imperatori Pavel III va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z uslubida ko‘rsatib berishga uringan. Nemis knyazining qizi Sofiya keyinchalik Yekaterina II ga aylanib, mamlakatni o‘zgartirib yuboradi. Biroq avval u ko‘ngliga kelgan ishni qilaveradigan erkatoy erini qo‘lga olishi kerak. “Qurbonlik o‘yini”, birinchi mavsum Manyakni qidirishga bag‘ishlangan tayvan trilleri. Bosh qahramon — sudmedekspert. U yaqindagina faollashgan manyak tomonidan vahshiylarcha o‘ldirib ketilgan insonlarning shaxsini aniqlashi kerak, politsiyada esa bu borada hech qanday yechim yo‘q. Vaziyat murakkablashib, erkak o‘z qizining ushbu qotilga qandaydir aloqasi borligini aniqlab qoladi. Shundan so‘ng, u ishni mustaqil ravishda surishtirishga kirishadi. “Meros” Yangi bo‘lmagan oilaviy sirlar haqida, biroq qiziqarli aktyorlar tarkibi bilan ishlangan film. Lili Kollinz ijrosidagi boy oilaning farzandi advokatlik karyerasi bilan shug‘ullanishni boshlagan bir paytda, uning otasi yurak xurujidan vafot etadi. Aniqlanishicha, meros sifatida u o‘rmondagi bir bunkerni qoldirgan. U yerda esa Saymon Pegg qahramoni zanjirband qilingan. “Sovutdagi arvoh: Yolg‘izlik sindromi 2045”, birinchi mavsum Mayor Makoto Kusanagi va uning bo‘linmasi haqida so‘zlovchi anime-serialning so‘nggi treyleri. Aftidan, bosh qahramondan falsafiy jihatlarini kutmasa ham bo‘ladi, ammo animeda juda ko‘p ekshn va kiborglardan ham o‘tuvchi yangi turdagi insonlar mavjud. “Uillobi oilasi” Lois Lourining kitobi asosida ishlangan multfilmda nostandard kadrlar chastotasidan foydalanilgani sabab animatsiya qo‘g‘irchoqlarni yodga soladi. Sujet markazidan o‘zlarining xudbin ota-onalaridan qutulishni istagan va ularni uzoq ta’tilgan yuborgan bolalar o‘rin olgan. Qiziqarli sarguzashtlar aynan shundan boshlanadi.
78
2,495
Madaniyat
"Bugungi O`zbekiston kechagi O`zbekiston emas"
Taniqli sharqshunos-olimlar O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytib o`tilgan tashabbuslarni yoqlab  chiqdi. Ular o`z sharhlarida bolalar va yoshlar siyosatini har tomonlama isloh qilish, ta`lim sifati va qulayligini oshirish, ilm-fan sohasini rivojlantirish va albatta, mamlakatning madaniy merosini asrab-avaylash kabi tashabbuslariga alohida e`tibor qaratdi. O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va targ`ib qilish bo`yicha Butunjahon jamiyati kengashi a`zosi, tarix fanlari doktori, professor, Sankt-Peterburg Islom madaniyati muzeyi direktori, Rossiya fanlar akademiyasi Antropologiya va etnografiya muzeyi ilmiy yo`nalishi rahbari Efim Rezvan, O`zbekiston rahbari ko`tarib chiqqan tashabbuslarning yuksak invonparvarlik ahamiyatini qo`yidagicha sharhlab o`tdi: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo`llagan murojaatida qo`llagan, "Bugungi O`zbekiston kechagi O`zbekiston emas" degan iborasini, mehmondo`st o`zbek zaminiga tez-tez kelib turadigan har bir kishi yaxshi fahmlay oladi. Yangi O`zbekistonni barpo etishga qaratilgan islohotlarning natijalari bugun hamma joyda yaqqol ko`zga tashlanadi. Hech shubha yo`qki, aynan shu islohotlar, O`zbekistonga o`tgan yilgi og`ir sinovlarga qaramay, iqtisodiy o`sishning ijobiy sur`atlarini saqlab qolishga muvaffaq bo`lgan dunyodagi kam sonli mamlakatlar qatoriga kirish imkonini berdi. Prezident murojaatining ijtimoiy yo`nalishiga, jumladan, qabul qilingan qarorlarning samaradorligi, oshkoraligi, aniqligi va bajarilishining qat`iyligiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga, fuqarolik jamiyati ta`sirining sezilarli o`sishiga, bunday ta`sir vositalarining va institutlarini tashkil etish va ularni har tomonlama rivojlantirishga, puxta o`ylangan bolalar va yoshlar siyosatiga(kelajakka sarmoya!), ilm-fan va innovasiyaning ahamiyati hamma jabhalarda oshib borishiga e`tibor qaratmaslikning imkoni yo`q. Ma`lumki, bu erda gap dunyoga juda ko`p sonli atoqli olimlar, faylasuflar, shoirlarning yorqin siymolarini etishtirib bergan mamlakatda yangi Renessans davri poydevorini shakllantirish haqida bormoqda. O`z hayotini islom madaniyatini o`rganishga bag`ishlagan men kabi bir inson uchun Prezident murojaatining aynan ushbu qismi juda ham muhim ahamiyat  kasb etadi. Shu o`rinda, Toshkentda yangi zamonaviy universitet yaratish rejalari, aniqrog`i Markaziy Osiyo Xalqaro Institutining ochilishi haqida eshitish ham juda quvonarlidir. Bugungi kundagi O`zbekistonning ochiq, pragmatik va konstruktiv tashqi siyosati butun dunyoda e`tirof etilmoqda. Prezident mamlakat rahbarlari oldiga juda ulkan vazifalarni qo`ydi. Shu o`rnida aytib o`tish kerak, mamlakatning so`nggi yillarda to`plagan tajribasi ham ko`p millatli o`zbek xalqining O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini yangi yutuqlar bilan kutib olishiga bo`lgan ishonchini yanada kuchaytiradi. O`zbekistonning ko`p asrlik tarixi va boy madaniyati Rossiyada doimo katta qiziqish uyg`otib kelgan va bugungi kunda kunda ham bu holat davom etmoqda. Kelayotgan yilda, Leningradda, ochlik va sovuq hukmron bo`lgan qamal paytida Alisher Navoiyning 500 yilligiga bag`ishlangan qator ilmiy tadbirlar tashkil etilganliga 80 yil to`ladi. O`sha paytda eng atoqli rus sharqshunoslari Neva shahrida yashab ijod qilishgan. 1941 yil 10 va 12 dekabr kunlari Ermitajda Navoiyxonlik kunlari bo`lib o`tdi. O`sha yil 29 dekabr kuni Sharqshunoslik institutida bo`lib o`tgan ilmiy sessiya ham buyuk shoir ijodi va hayotiga bag`ishlandi. Akademik Orbeli Ermitajdagi mazkur uchrashuvni ochar ekan, shunday deydi: "Shahrimiz va butun mamlakatimiz boshidan kechirayotgan g`ayrioddiy bir davrda biz barcha xalqlarimizning madaniy hayotidagi muhim sanani nishonlash, buyuk shoir va ustoz Alisher Navoiyning abadiyatga muhrlangan nomini yod etish uchun favqulodda bir muhitda to`plandik. Dushmanlar allaqachon yakson bo`lgan va jonsiz shahar deb atayotgan, qurshovda qolgan, ochlik va sovuq hukmron bo`lgan shaharda shoirga ehtirom ko`rsatilishining birgina haqiqati bor, u ham bo`lsa yana bir bor odamlarning mardona ruhi, ularning engilmas irodasi, ilm-fanning insonparvar jihatlari abadiy o`lmas ekanidan dalolat beradi.." Shu payt boshlangan artilleriya hujumlari Orbelining nutqini to`xtatib qo`ydi, hamma yoq titrab ketdi, derazalar zirilladi, Nevadagi portlash juda yaqin bo`lib, muzli suv ustunini osmonga uloqtirdi, ammo yig`ilganlar bombadan saqlanish uchun qurilgan joyga tushishdan bosh tortdilar ... Kelayotgan yilda, Xudo xohlasa, barcha qiyinchiliklarga qaramasdan O`zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birgalikda bir qator qiziqarli ilmiy, madaniy va ko`rgazmali loyihalari ustida ishlashni davom ettirishimiz uchun imkon yaratilishi men va hamkasblarim uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
46
4,795
Madaniyat
“Politsiyachi” Nurgul Yeshilchay, muxlislarning e’tiroziga sabab bo‘lgan Jan Yaman. Turk kinosi yangiliklari
Turk kinosi olamida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklarni e’tiboringizga havola etamiz. “Eshigimni qoq” seriali reyting bo‘yicha “Muhtasham yuz yil”dan o‘zib ketdi. 2021-yil eng ko‘p tvit qilingan jahon dasturlari orasida to‘qqizinchi bo‘lgan serial yilning eng ko‘p muhokama qilingan loyihasi deb topilgan. Dunyoning 85 mamlakati serialni efirga uzatish maqsadida sotib olgan. “Eshigimni qoq”, “Sevgi, mantiq, intiqom” seriallaridagi roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Melissa Dengel qomatini saqlab qolish uchun boks bilan shug‘ullana boshladi. Jan Yamanning “Italiyada turk millatiga mansub kishi — Fotih Terim va men mashhurmiz”, — degan so‘zlari odamlar orasida rezonans keltirib chiqargan. Fotih Terim futbolchi va keyinchalik Galatasaray jamoasi va milliy terma jamoaning murabbiyi sifatida yaxshi ma’lum. Aktyorning bu gaplaridan keyin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Italiyada undan boshqa ko‘plab turk aktyorlari taniqli ekani, shunchaki mashhurlik bobida undan qolishmaydigan ijodkorlar o‘z karyerasini ona yurtida davom ettirayotganini yozib qoldirgan. Kinotanqidchilar “Shahmeran” seriali juftligi Serenay Sarikaya va Burak Denizni ekranda juda ham uyg‘un ko‘rinadi deb hisoblamoqda. Taxminlarga ko‘ra, ushbu loyiha mavsum yangiligi¸ aktyor va aktrisa esa yil juftligi bo‘lishi kutilmoqda. Burju Ozberk tavallud ayyomini “Sevgi, mantiq, intiqom” serialini suratga olish maydonchasida nishonlagan. “Ishkomli uy”, “Kosem” seriallaridagi roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Nurgul Yeshilchay yangi serialda ayol politsiyachi rolini ijro qilishi kutilmoqda. Chagatay Ulusoyda vazn bilan bog‘liq muammolar ortib bormoqda. Aftidan, sport bilan shug‘ullanish ham yordam bermayapti. Turk aktyori Burak O‘zchivit PUBG o‘yinining qahramoniga aylanadi. Foydalanuvchilar Burak O‘zchivitni PUBG Mobile’da turk qahramoni Go‘kberu Xon obrazida ko‘rishi mumkin bo‘ladi. “Beqaror” seriali yulduzi Ebru Shahin qaylig‘i Jedi Osman sovg‘a qilgan unashtiruv uzugini saqlash uchun narxi million lira turadigan seyfga buyurtma berdi.
108
2,032
Madaniyat
Madaniyat vazirligi koronavirusdan vafot etgan ayrim san’atkorlarning ismini e’lon qildi. Ularning ikki nafari SSV ro‘yxatida yo‘q
O‘zbekiston madaniyat vazirligi koronavirus asoratlari oqibatida olamdan o‘tgan san’atkorlar haqida ma’lumot berdi. Ming afsuski, bu kasallik tufayli ko‘pgina yurtdoshlarimiz qatorida elimiz sevgan, iste’dodli san’atkorlarni ham so‘nggi yo‘lga kuzatishga majbur bo‘ldik. Bugun biz o‘zining o‘lmas obrazlari bilan xalqimiz qalbidan mustahkam joy olgan O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova, mashhur kompozitor va dirijyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev, barchamizning sevimli aktyorimiz, O‘zbek Milliy akademik drama teatriga rahbarlik qilib, otaxon teatrimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining iste’dodli artisti Janabay Utepbergenov, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining mahoratli aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayev va boshqa san’atkorlarimizning nomlarini ehtirom bilan yodga olamiz. O‘z faoliyatining ma’no-mazmunini ona xalqimizga, jonajon Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishda deb bilgan bu fidoyi yurtdoshlarimizdan boy ma’naviy meros qoldi. Ularning teatr sahnalarida, badiiy va televizion filmlarda yaratgan yorqin obrazlari, yurtimiz va jahon miqyosida e’tirof etilgan musiqiy asarlari abadiyat mulki bo‘lib qolishi, shubhasiz. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Madaniyat vazirligi tilga olgan san’atkorlardan faqat uch nafarining o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini SSV tasdiqlagan. Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayev 13-iyul kuni 67 yoshida olamdan o‘tgan. Uning o‘limi haqida SSV 16-iyul axborot bergandi. O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova 25-avgust kuni 73 yoshida hayotdan ko‘z yumgandi. SSV uning o‘limi koronavirus asoratlari oqibatida yuzaga kelganini 26-avgust kuni tasdiqlagan. O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov 30-avgust kuni 57 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida SSV 31-avgust kuni xabar berdi. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining sobiq rahbari Janabay Utepbergenov 4-avgust kuni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev 8-avgust kuni vafot etgan. Ushbu ikki san’atkorning o‘limidan so‘ng bir oyga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ular koronavirus qurboni bo‘lgani haqida SSV shu vaqtgacha axborot bermagan. Janabay Utepbergenov va Anvar Ergashev bilan birga qo‘shib hisoblaganda “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 334 nafarga yetdi. Bulardan 323 nafari COVID-19 asoratlaridan vafot etganini Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan. SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmagan” qolgan to‘qqiz kishi:
130
2,737
Madaniyat
Anjelina Joli, Jorj Kluni va boshqa yulduzlarning to‘y marosimidagi eng ta’sirli suratlar
Gollivud yulduzlarining hayotidagi eng muhim va esda qolarli kunida kadrga muhrlangan suratlarning sarasini e’tiboringizga havola qilamiz. Rouz Lesli va Kit Xarington “Taxtlar o‘yini” yulduzlari Shotlandiyada turmush qurgan. Ularning nikoh marosimi Uordxill-Kasl qasrida bo‘lib o‘tgan. Kelin Elie Saab brendidan libos kiygan do‘stlari va yaqinlari qurshovida baxtdan yashnagan. Anjelina Joli va Bred Pitt Juftlik 2014-yil Fransiyadagi Shato-Miraval cherkovida turmush qurgan. Aktrisaning kelinlik libosi Atelier Versace brendi dizayneri Luiji Massi tomonidan tikilgan. Muxlislar yulduzlarning zinapoyada farzandlari qurshovida tushgan suratini eng yaxshi deb hisoblaydi. Joli shu kuni hammasi juda ham go‘zal bo‘lgani, baxtli ekanini ta’kidlagan. Xeyli va Jastin Biber Top model va kanadalik musiqachi 2018-yil Nyu-Yorkda rasman ro‘yxatdan o‘tgan, 2019-yilda esa yaqinlari uchun Janubiy Karolinada dabdabali marosim uyushtirgan. Kelin Off White brendidan libos tanlagan. Uning barmoqlariga Jastin uzuk taqayotgani aks etgan kadrlar bilan esa model to‘ylariga bir yil bo‘lganida bo‘lishgan. To‘ylari eng yaxshisi bo‘lib o‘tganini ta’kidlagan xonanda bu kunni takror bo‘lishini istagan. Amal va Jorj Kluni Juftlikning to‘yi Venetsiyada bo‘lib o‘tgan. Kelinning Oscar de la Renta’dan libos kiyib tushgan surati keyinchalik People jurnalida e’lon qilingan.Juftlikning bir-biriga qarab tabassum qilib turgani aks etgan surat eng ta’sirli suratlardan biri sanaladi. Keyt Moss va Jeymi Xinks Keyt 2011-yilda John Galliano brendining kelin ko‘ylagida Jeymi Xinksga turmushga chiqqan. Kuyov esa Yves Saint Laurent libosidan moviy rang kostyum-shim ko‘ylak kiygan. Kelinni uning qizi bilan birga 15 dugonasi kuzatib kelgan. Qo‘lidan tutib olgani aks etgan suratga muxlislar Lila onasini turmushga berdi, deb izoh bergan.
89
1,815
Madaniyat
“Isrofgarchilikni xohlamadik. Erim ‘Falonchining eri’ degan gapni ko‘tara olmaydi. Ramazondan keyin to‘y qilamiz”. Xonanda Kaniza o‘z to‘yi haqida
Xonanda Kanizani 28-aprel kuni “Istiqlol” san’at saroyida tashkil etilgan yakkaxon konsert dasturidan kuyov olib ketdi. Konsert oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida xonanda konserti va to‘yini bitta qilmoqchi ekanini aytgandi. “Darakchi”ning Kanizadan iqtibos keltirishicha, hammasi ham xonanda o‘ylaganidek bo‘lmagan: “Mutasaddi tashkilot ruxsat bermagani uchun ko‘pgina rejalarimiz rejaligicha qolib ketdi. Ko‘chada kuyov meni kutib turgani katta ekranda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak edi, biroq mutasaddi tashkilot bunga ham ruxsat bermadi”. Konsert vaqtida kelin-kuyovlarning sevgi tarixi (love story) namoyish etilgan, biroq nima uchundir unda Kanizaning turmush o‘rtog‘i yuzi ko‘rsatilmagan. “Buni turmush o‘rtog‘imning o‘zi istamadi. ‘Falonchining eri’ degan gapni ko‘tara olmaydi. Hatto meni konsert zalidan olib ketishga ham bazo‘r ko‘ndirganman. Sahnaga chiqishga ham bir amallab rozi qilgandim, u reja amalga oshmadi”, — dedi Kaniza. “Konsert va to‘yni bitta qilib o‘tkazganimizning boisi — 300 kishiga dasturxon yozib, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygimiz kelmadi. 10 yillik ijod namunamni taqdim qilish barobarida 4000 tomoshabin orasidan yorug‘ yuz bilan, oq libosda yangi hayotga yo‘l olganim to‘yxonadagi bazmdan ham ortiqroq”, — dedi xonanda. Nahotki qarindoshlar uchun ham dasturxon yozilmagan bo‘lsa?! “Dasturxon yozdik, albatta. Ramazondan keyin oq libos kiyib, tor doirada to‘y o‘tkazish rejamiz ham bor. Balki Hayit bilan bitta qilib nishonlarmiz. Oyijonim nima desalar, shu bo‘ladi. Har qalay 500 kishiga dasturxon yozmaymiz-ku”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Kaniza.
146
1,599
Madaniyat
Maksim Galkin va Alla Pugachyova Yurmaladagi ta’tilda o‘z farzandlarini ommadan yashirmayapti
Shu kunlarda Yurmalada dam olayotgan Alla Pugachyova va Maksim Galki ta’tilga o‘zlari bilan farzandlarini ham olib ketdi, deb yozadi “Mk.ru”. Boltiqbo‘yida Liza va Garri Moskvadan farqli ravishda ancha erkin hayot tarzini olib borib, ota-onasi bilan plyajga, sohilbo‘yidagi qahvaxonalarga bormoqda. Shuningdek, Maksim Galkin o‘z Instagram’iga oilaviy fotosuratni joyladi. U foydalanuvchilar mehrini iydirib yubordi, deyiladi xabarda.
93
434
Madaniyat
Bollivudning eng yaxshi 5 ta filmi
Hindistonda bir yilda 800 tadan 1000 tagacha badiiy filmlar suratga olinadi. Ular dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilinib, minglab muxlislar qalbidan joy egallaydi. Quyida Bollivud tarixidagi eng yaxshi filmlar beshtaligi sanab o‘tiladi. Ushbu filmlarni karantin paytida ko‘rish tavsiya etiladi. “O‘g‘irlanmagan kelin” Yigirma yil avval oilasi bilan Angliyaga ko‘chib ketgan Baldiv Singh hind urf-odatlarini unutmagan. U qizi Simranni Panjobda yashovchi bolalikdagi do‘stining o‘g‘liga uzatishni niyat qiladi. Unashtiruvdan biroz avval Simran Raj ismli yigit bilan tanishib qoladi, ular o‘rtasida muhabbat paydo bo‘ladi. Endi yoshlar unashtiruvni to‘xtatib, ota-ona roziligini olsa bas.   “O‘tkinchi dunyo” Film voqealari 2003-yilda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Ko‘chada bahor, Neyna Kapurning esa qalbida bir umr qish hukmron. Uning hayoti otasi vafotidan keyin ostin-ustin bo‘lib ketgan. Neyna har doim qovog‘ini solib yuradi, tug‘ilgan kun yoki bayram tadbirlarida umuman ishtirok etmaydi. Uning hayoti murakkab fe’l-atvorli buvisi bilan murosa qilish, onasi, ukasi va singlisiga g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Neyna 23 yoshda, biroq u juda jiddiy va zerikarli. Quvnoq va hazilkash Aman Matxur Neynani xursand qilishga, uni kuldirishga urinadi. Biroq yigitning bu harakatlari Neynani asabiylashtiradi. Aman bu borada Neynaning do‘sti Rohitdan yordam so‘raydi. Kunlardan bir kun Aman Neynani qattiq sevib qolganini anglab yetadi. Hayot yorqin ranglarda tovlana boshlaganida, kimdir shu onda hayotining so‘nggi daqiqalarini yashayotganini bilish qanchalik og‘ir... Kim uchundir ertangi kun keladi, kimdir uchun esa yo‘q. “Dangal” Kambag‘allik tufayli sportni tashlashga majbur bo‘lgan sportchi Maxavir Singx Pxogat haqidagi film. U kelajakda o‘g‘il ko‘rsa, uni katta sportchi qilishni niyat qiladi. Biroq Xudo unga to‘rt nafar qiz beradi. Shunda ota qizlarini sportchi qilishga kirishadi. “Bajrangi og‘a” Kar-soqov pokistonlik qizchaning uyiga qaytishiga yordam bergan oliyjanob inson haqidagi ajoyib film. “Yerdagi yulduzchalar” 8 yoshli Ishan Avasti ismli bolakay o‘z tengdoshlaridan ajralib turadi. U boshqa bolalar oson erishadigan natijalarga qiyinchilik bilan erishadi. Atrofdagilar, hatto ota-onasi ham bu bolani umuman tushunmaydi.  Kunlardan bir kun uning hayotida unga rasm chizishni o‘rgatuvchi ustoz Ram Nikum paydo bo‘ladi. Ram bolaning hayotini va unga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
34
2,440
Madaniyat
Toshkentda Yaponiya kinosi kunlari boshlandi
Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Yaponiya kinosi kunlari boshlandi, deb xabar beradi O‘zA. Kino kunlarida Yaponiya kinematografiya san’atining o‘ziga xos jihatlarini aks ettirgan ikkita badiiy va uch animatsion film tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Qiziqarli voqealarga boy mazkur asarlar yapon xalqining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari, yoshlarining dunyoqarashi va ichki kechinmalari haqida tasavvur uyg‘otadi. Madaniy anjuman Tomoyuki Furumaya tomonidan suratga olingan “Voyaga yetmaganlar uchun Busido” filmi namoyishi bilan boshlandi. “Miyori va sehrli o‘rmon”, “Nafis so‘zlar bo‘stoni”, “Yoz kechasidagi uyqu”, “Pakana Maruko” kabi filmlar namoyish etiladi. Tadbirning ochilishida “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev, Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito va boshqalar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni katta ekanini qayd etdi. “O‘zbekkino” milliy agentligi va Yaponiyaning elchixonasi hamkorligida o‘n ikkinchi bor tashkil etilgan Yaponiya kinosi kunlari 26-martga qadar davom etadi. Kino ixlosmandlari tadbir kunlari Yaponiyaning taniqli kino ijodkorlari – rejissyorlar, aktyorlar va ssenariy mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
44
1,366
Madaniyat
Jarmushning filmida o‘ynagan buldog Kann festivalida eng yaxshi it roli uchun mukofot oldi
Amerikalik kinorejissor Jim Jarmushning “Paterson” filmida rol ijro etgan Nelli laqabli buldog Kann festivalida itlar orasida eng yaxshi rol uchun Palme Dog mukofotini oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Nelli “Paterson” filmida. Kadr: IndieWire Marosimda it tufayli film syujeti kutilmagan burilishga ega bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi. “Nelli — filmning bosh qahramoni, usiz film ham bo‘lmas edi”, — deb munosabat bildirdi Jarmushning o‘zi.
90
455
Madaniyat
Rossiya davlat akademik Maliy teatrining O‘zbekistonga ijodiy safari boshlandi
O‘zbekiston akademik rus drama teatrida Rossiya davlat akademik Maliy teatrining “Haqiqat — yaxshi, baxt undan-da yaxshiroq” spektakli namoyish etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Maliy teatr shu kunlarda O‘zbekistonga ijodiy safar bilan tashrif buyurdi. Rossiya davlat akademik Maliy teatrining ikki kunlik gastrol safari davomida o‘zbekistonlik san’at ixlosmandlari ushbu teatrning “Haqiqat — yaxshi, baxt undan-da yaxshiroq” spektaklini tomosha qiladi. Aleksandr Ostrovskiy asari asosida rejissor Sergey Jenovach tomonidan sahnaga qo‘yilgan mazkur spektakl tomoshabinni insoniy baxt, shukronalik, o‘z-o‘ziga nisbatan halol, pok munosabatda bo‘lish zarurligi haqida o‘ylashga undaydi. Mazkur spektaklda Vasiliy Bochkaryov, Lyudmila Polyakova, Yevgeniya Glushenko, Larisa Kichanova, Sergey Veshchev, Viktor Nizovoy, Gleb Podgorodinskiy, Olga Jevakina hamda Denis Kurochka kabi artistlar ishtirok etmoqda.
78
908
Madaniyat
Nafaqadagi Rosomaxa: “Logan” filmi treyleri chiqdi
20th Century Fox studiyasi “Iks odamlar”dagi superqahramon — Rosomaxa haqida hikoya qiluvchi “Logan” filmi treylerini chiqardi, deya xabar bermoqda Meduza. Odatdagidek, aktyor Xyu Jekman gavdalantirgan qahramon bu safar juda qarib qolgan, biroq u o‘zining azaliy raqibi bilan hisob-kitob qilishi kerak. Treylerda, shuningdek, “Iks odamlar”ning asoschisi va yetakchisi, ancha keksayib qolgan Charlz Ksaverni ham ko‘rish mumkin. Film 2017-yil martida ekranlarga chiqadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
50
626
Madaniyat
"Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi Pusan xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun taklif oldi
Yolqin To`ychievning "Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi Pusan xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun taklif oldi. Bu haqda "O`zbekkino" MA axborot xizmati xabar berdi. Festival shu yilning 12-21 oktyabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Pusan kinofestivali Osiyoning eng yirik xalqaro festivallaridan biri hisoblanadi. "Faridaning ikki ming qo`shig`i" so`nggi 3 yillikda Pusanda qatnashayotgan ikkinchi o`zbek filmi. 2018 yilda Rashid Malikovning "Sabot" film ham ushbu kinofestivalda qatnashgan edi. "O`zbekkino" milliy agentligi buyurtmasiga asosan Fox Cinema studiyasi tomonidan suratga olingan "Faridaning ikki ming qo`shig`i" filmi bir necha hafta oldin agentlik media klubida yopiq namoyish qilingan edi. Namoyishda ishtirok etgan ko`plab jurnalist va blogerlar hamda jamoatchilik faollari tomonidan mazkur film iliq qabul qilindi.
101
854
Madaniyat
Talabalar teatr studiyalari katta sahnada
O`zbekiston yoshlar ittifoqi va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamkorligida 2018 yil 18 oktyabr kuni “Muqimiy” nomidagi O`zbekiston musiqali drama teatrida “Yoshlar — kelajak bunyodkori!” shiori ostida o`tkazilib kelinayotgan Yoshlar festivallarining Talabalar teatr studiyalari ko`rik-tanlovi final bosqichining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari – Dilnoza Kattaxanova, O`zbekiston Xalq artisti Elyor Nosirov, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi manaviyat va ma`rifat Markazi direktori – Olimjon Xudoynazarovlar so`zga chiqishdi. O`zbekiston Xalq artisti Elyor Nosirov “O`zbekistonda 37 ta teatr mavjud bo`lsa, bugun ularning soni 6 taga ko`paydi. 44 yildan buyon teatrda faoliyat yuritaman. Shu davr mobaynida menyurak uchun, ong uchun ishladim. Muxlislarimga ma`naiy zavq, ma`naviy ozuqaulashdim. Bu dargoh teatr tamaltoshini qo`ygan ne-ne buyuk ustozlarni ko`rgan. Shuning uchun ham sahna muqaddas sanaladi. Teatrga oshno insonning ko`ngli toza, vijdoni pok bo`ladi,” — deya talabalar teatr studiyalari faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi. —Talabalar teatr studiyalari festivalining quyi bosqichlarida Respublikadagi 85 ta oliy o`quv yurtlarining yoshlar teatr jamoalari ishtirok etib, shundan 6ta oliygohga tegishli teatr jamoasi festivalning respublika bosqichiga ishtirok etish uchun yo`llanmani qo`lga kiritishdi. Bizning asosiy maqsadimiz teatr qadriyatini, san`atga bo`lgan muhabbatni yoshlarning qon-qoniga singdirishdir. Har jabhada faol, teatr san`atiga qiziqqan iqtidor sohiblarining kuchidan foydalangan holda bu maqsadlarga erishishimiz mumkin, — deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari Dilnoza Kattaxanova. O`zbekiston Milliy universitetining “Xumo”, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Diplomat”, Qarshi davlat universitetining “Ziyo”, Buxoro davlat universitetining “Fitrat”, Qoraqalpoq davlat universitetining “Jayxun” hamda Toshket tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialining “Nastarin” talabalar teatr studiyalari jamoalari yakuniy final bosqichida ishtirok etib, mutlaq g`oliblik uchun kurashishmoqda. 3 kun davomida yoshlar teatr jamoalarining sahna chiqishlari namoyish etiladi. Hakamlar hay`ati sifatida O`zbekiston xalq artisti, hakamlar hay`ati raisi – Elyor Nosirov, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgant artist – Jumadilla Rametov, Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi mas`ul xodimi – Baxtiyor Egamberdiev, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi – Umida Abduazimova hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashibosh mutaxassisi Mansur Boysarievlar festivalning 2018 yilgi g`olib jamoasi aniqlash maqsadida yoshlar teatr jamoalarining sahna chiqishlarini xolisona baholab borishadi. —Mana shunday ulug` dargohga chiqib, xalq ko`z o`ngida inson dardi va kechinmalarini rollar orqali ijro eta olishning o`zi ham jasorat. Oliy ta`lim muassasalaridagi mana shunday jasoratga egan eng sara iste`dodli yoshlar bugun o`zlarining sahnalashtirgan spektakllarini bilan ma`naviyatni, ezgulikni targ`ib etishmoqda. Barcha jamoalarga omad kulib boqishini tilab qolaman,— deydi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi manaviyat va ma`rifat Markazi direktori Olimjon Xudoynazarov. Ilk namoyishni O`zbekiston Milliy universitetining “Xumo” talabalar teatr jamoasi Nikolay Gogol qalamiga mansub “Revizor” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl bilan boshlashdi. Festival yakunlari bo`yicha tantanali taqdirlash marosimi 20 oktyabr kuni “Yoshlik” talabalar shaharchasida joylashgan “Respublika yoshlar markazi”da bo`lib o`tadi. Respublika bosqichi ishtirokchilari O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qimmatbaho sovg`alari hamda diplom va sertifikatlari bilan taqdirlanadi. Shahnoza Nurullaeva
41
3,808
Madaniyat
Ahmad Farg‘oniyning noyob asari Farg‘onaga olib kelindi
Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot kutubxona markaziga Turkiya milliy kutubxonasi tomonidan qimmatli manba — Ahmad Farg‘oniyning turk tilida nashr qilingan nodir kitobi taqdim etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qilmoqda. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan, O‘zbekiston vakillari Anqarada bo‘lib kutubxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishgan edi. Ana shu ijodiy safar samarasi natijasida Ahmad Farg‘oniyning asosiy noyob astronomik asari “Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum” (“Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi”) viloyat axborot kutubxonasi markazidan joy oldi. Ushbu astronomik kitob 12—13-asrlarda Yevropada lotin tiliga ikki marta, Yevropa davlatlari tillariga bir necha marotaba tarjima qilinib universitetlarda astronomiyadan asosiy darslik sifatida qo‘llanilgan. 1669-yili mashhur golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg‘oniy asari arabcha matnini qayta va yangilangan lotincha tarjimasi bilan nashr ettirganidan so‘ng, al-Farg‘oniy shaxsiyati va uning asari Yevropada shuhrat qozondi. “Ahmad Farg‘oniyning 1119-yilda yozilgan ushbu asari dunyoda yagona nusxa va u Turkiya milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Shu kungacha kutubxonamizda allomaning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar, turli olimlarning risolalari bo‘lsa-da, bazamizda unga tegishli birorta asar yo‘q edi. Turkiya milliy kutubxonasi bilan bevosita hamkorligimiz natija berganidan va taklifimiz qanoatlantirilganidan juda xursand bo‘ldik. Turk tilidagi tarjima kitobi axborot texnologiyalardan yuqori unumda foydalanilgan holda chop etilgan. Kitobda asarning tarjimasi bilan birgalikda foto nusxasi ham keltiriladi”, — deydi viloyat axborot kutubxona markazi direktori Shohidbek Aslonov. Viloyat axborot kutubxona markazi xodimlari yil oxiriga qadar “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi”ni o‘zbek tiliga mukammal tarjima qilib, kitobxonlar e’tiboriga havola etishni rejalashtirgan.
55
1,956