folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
AQShda “Oskar”ga nomzod filmlarni saralashga ovoz berish yakunlandi
Amerika kinoakademiyasi “Oskar” mukofotiga nomzod filmlarni saralashga ovoz berish jarayonini yakunladi. Bu haqda akademiyaning Twitter’dagi sahifasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi. “Oskar” mukofoti uchun nomzodlarga ovoz berish jarayoni bugun tugadi. 23-yanvar kuni siz kimga ovoz berasiz?”, — deyiladi xabarda. Joriy yilda “Oskar” uchun 341 ta to‘liq metrajli badiiy film kurash olib borishi mumkin. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha nomzodlar nomi 23-yanvar kuni e’lon qilinadi. Ovoz berishning final bosqichi esa 20-fevraldan 27-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Mukofotning o‘zini topshirish jarayoni esa 4-mart kuni Los-Anjelesda o‘tkaziladi.
67
644
Madaniyat
“Tubanlik”dagi Dilroz — aktrisa Ziyoda Xudoyqulova nega kinoni tark etdi? (foto)
Yosh aktrisa Ziyoda Xudoyqulova “Tubanlik” hamda “Kuzda gullagan daraxt” filmidagi roli orqali tomoshabinlar e’tiborini qozongan. Aktrisa Shahzodaning “Shunchaki” hamda “Men o‘sha”, Oybek va Nigoraning “Xavotirdaman” kliplarida ham o‘ziga xos obrazlar yaratgan. Ammo u negadir ijodini davom ettirishni istamadi. Jurnalist Nargiza Murodova kino san’atini tark etishga qaror qilgan aktrisa bilan suhbatlashdi. — Nega aktrisalik faoliyatingizni davom ettirmadingiz? — Ochig‘ini aytsam, men aktrisa bo‘lishni orzu qilmaganman. Kichik tasodif sabab kino olamiga kirib qolgandim. Asli stomatologiya sohasida tahsil olganman. Tanish dugonalarimdan biri reklama suratga olinayotgani haqida aytib, meni ham taklif etdi. “O‘zbekkino”dagi fotostudiyada suratga tushdik. Tasodifni qarangki, oradan ancha vaqt o‘tib, menga “Tubanlik” filmining ijodkorlari qo‘ng‘iroq qilib, kastingga taklif etishdi. Rosti, bunday baxtni ko‘pchilik qizlar orzu qilishadi. Ammo men ikkilanish bilan kastingda ishtirok etdim. Rejissor Hilol Nasimov onam bilan suhbatlashib: “Qizingiz Lola Eltoyevaga o‘xshar ekan. Uning ko‘zlarida ma’no bor”, dedi. Ssenariyda voqealarni o‘qib, qo‘rqib ketdim, oila a’zolarim ham rozi bo‘lishmadi. Shunda Hilol aka: “Odamlarga o‘rnak bo‘lishi uchun shu filmni suratga olyapmiz. Bu davlat filmi, yengil-yelpi kartina emas”, dedi. Shundan keyin filmda suratga tushdim. — O‘zingiz istamagan ishni qilishga qiynalmadingizmi? — Hech bir ish qiyinchiliksiz bo‘lmaydi. Rolni ijro etishda ko‘proq ijodiy jamoaga suyandim. Undan keyin ham bir nechta film va seriallarga takliflar bo‘ldi. Ammo professional aktrisa bo‘lmaganim va mish-mishlarga toqatim yo‘qligi uchun ularni rad etdim. Faqatgina Alisher Uzoqovning “Kuzda gullagan daraxt” filmida suratga tushishga rozi bo‘ldim. Sababi Alisher aka bir necha bor: “Bu ssenariy siz uchun yozilgan”, deganlaridan keyin rad etishni istamadim. — Turmush o‘rtoq tanlash hayotdagi eng nozik va mas’uliyatli ish hisoblanadi. Rustamjonning qaysi jihatlari ko‘proq e’tiboringizni tortdi? — Rashkchiliklari. Turmush o‘rtog‘im san’at sohasida tahsil olgan bo‘lsa-da, ilk tanishgan kunimizda “Ayolimning san’atkor bo‘lishini istamayman!” dedi. Men ham kinodagi faoliyatimga yakun yasab, farmatsevtika firmasida faoliyat yuritayotgan edim. Turmush o‘rtog‘im mard, ko‘ngli toza inson. — Qaysi aktrisalarga havas qilasiz? — Ayol qaysi sohada ishlashidan qat’iy, nazar oilada oddiy beka va ona bo‘lib qolishi kerak. Ko‘chada obro‘-e’tiborga ega bo‘lsa-yu, oilasidagi muhit unchalik yaxshi bo‘lmasa, uni ideal ayol deyolmayman. Aktrisalar orasida ham oilasiga sodiq, havas qilsa arzigulik onalar juda ko‘p. Aynan menga Lola Eltoyeva va Dilnoza Kubayevalarning insoniyligi, ish va oila yumushlarini birdek uddalay olishini hurmat qilaman.  — Sizning idealingizdagi beka kim? Bekalik borasida kimdan maslahat so‘raysiz? — Tan olaman, bekalikda bilmaganlarim bisyor. Bu borada, albatta, ikki onamning ko‘maklariga suyanaman. — Kun kelib sizni ajoyib filmga taklif etishsa, suratga tushish haqida o‘ylab ko‘rarmidingiz? — Bilasizmi, ba’zi aktrisalar o‘nlab yoki yuzlab filmlarda suratga tushishadi. Men esa bor-yo‘g‘i ikkita filmda suratga tushib, tomoshabinlar e’tiborini tortdim. Menimcha, bu ham bir baxt bo‘lsa kerak. Ammo yakunlangan sahifani qaytadan ochishni istamayman. Men hayotda turmush o‘rtog‘im istaganlaridek mashhur emas, oddiy ayol bo‘lib yashashni istayman. — Kamera oldida kechgan damlaringizni sog‘inasizmi? — Yo‘q, eslamayman ham. — Hijobga kirib, san’atdan voz kechganingiz rostmi? — Yo‘q, turmushga chiqmasdan avval san’atdan ketishim kerakligini anglaganman. Haq yo‘lini esa oila qurgandan keyin tanladim. — Ayni kunlarda nimalar bilan bandsiz? — Homiladorligim sabab uy bekasi bo‘lib o‘tiribman (kulib). Onalikka tayyorlanyapman desam ham, mubolag‘a bo‘lmaydi. Oybek va Nigoraning “Xavotirdaman” klipidan lavha.
80
3,861
Madaniyat
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Maryam Uzerlining sevgi tarixi va bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida ma’lumotlar
Aktrisa Maryam Uzerli uzoq vaqtdan beri shaxsiy hayotini jamoatchilikdan yashirib kelayotgan edi. Ammo kuni kecha aktrisaning 7 yoshli qizi Lara barcha sirlarni fosh qildi, deb xabar bermoqda “Wday.ru” nashri. Xurram Sulton rolini ijro etgan “Muhtasham yuz yil” yulduzining shaxsiy hayotini hammadan yashirishiga sabab aktrisa bundan avval sevgidan “kuygan”. Gap uning sobiq turmush o‘rtog‘i turkiyalik biznesmen Jan Atash haqida ketyapti. Jan va Maryam “Muhtasham yuz yil“ serialining suratga olish jarayonida tanishgan. Xushbichim Jan Maryamga shunchalik parvona bo‘lganki, nihoyat aktrisa uning sevgisi olida taslim bo‘lgan. Ammo ularning “baxtga ko‘milgan” davri tugaganidan keyin hamma narsa o‘zgardi. Atash haqiqiy zo‘ravon bo‘lib chiqdi: u aktrisani doimiy ravishda asossiz ayblab, uning ekranda ham, hayotda ham hech narsaga arzimasligini aytib, kamsitib kelgan. Maryam Uzerli homiladorligi ma’lum bo‘lganda esa uni tashlab ketgan. Bundan avval aktrisadan ancha katta miqdorda pul olgan erkak aslida kreditorlar tomonidan qidirilayotgan firibgar bo‘lib chiqdi. Bunday ishqiy romandan keyin Uzerli ancha vaqtgacha erkaklarga ishonmay, 7 yoshli qizi Larani yolg‘iz o‘zi voyaga yetkazdi. Ammo 2020-yilda “Muhtasham yuz yil” yulduzining muxlislari aktrisaning homiladorlikning beshinchi oyida ekannini bilib hayron qolishdi. Bu uzoq vaqt davomida hech kimga aytilmagan sir bo‘lib, bu safar Maryam chindan ham baxtli edi. U sevgilisining kimligini sir saqlashga harakat qildi, ammo muxlislar baribir bu inson kimligini bilib oldi. Ularning aytishicha, bu odam amerikalik, juda boy ishbilarmon bo‘lib, ish yuzasidan tez-tez Berlinga borib turgan va o‘sha yerda aktrisa bilan tanishgan. Tanishuv bilan boshlangan sevgi oxir-oqibat jiddiy munosabatlarga aylandi. 2021-yil boshida Uzerli ikkinchi bor ona bo‘ldi. Sal keyin katta qizi Laraning tug‘ilgan kunida Maryam birinchi bor bo‘lajak turmush o‘rtog‘ining suratini ko‘rsatdi. Erkak karnaval kostyumida ekanni uchun yuzi deyarli ko‘rinmagan bo‘lsa-da, lekin muxlislar bu odamning rasmlarini avval ham ko‘rishganini muhokama qila boshladi. Maryamning ijtimoiy tarmoqda yana bir sahifasi bo‘lib u yerga aktrisa oq-qora rangdagi zamonaviy fotosuratlarini joylaydi. Bir necha yil oldin ushbu sahifada sirli erkak paydo bo‘lgandi. Va nihoyat aktrisaning yetti yoshli qizi Lara juftlikning sirini fosh qildi. Qizcha Instagram’dagi o‘z sahifasiga yoqimli oilaviy suratni joyladi. Rasm darhol o‘chirilgan bo‘lsa-da, ammo tarqalishga ulgurdi. Muxlislari Maryam nihoyat o‘z baxtini topdi, deb umid qilmoqda. Aktrisaning aytishicha, karantin to‘liq bekor qilingandan so‘ng, juftlik o‘zlari istaganidek hashamatli to‘y marosimini o‘tkazishni rejalashtirgan. Bundan avval Maryam Uzerli Meksika serialida suratga tushishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
114
2,813
Madaniyat
“Toj”, “Ted Lasso” va “Qirolichaning yurishi”: “Emmi-2021” laureatlari e’lon qilindi
19-sentabr kuni Los-Anjelesda “Emmi” mukofotining 73-tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mukofot saytiga tayanib, Esquire xabar berdi. 2021-yilda “Eng yaxshi dramatik serial” nomiga “Toj” sazovor bo‘ldi. U va “Mandaloriyalik” seriali 24 ta yo‘nalish bo‘yicha mukofotga da’vogarlik qilayotgandi. “Toj” aktyorlari Josh O’Konnor va Oliviya Kolman eng yaxshi bosh rol uchun “Emmi”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Tobayas Menzis va Jillian Anderson “Ikkinchi darajali eng yaxshi rol” bo‘yicha mukofotga loyiq ko‘rildi. “Komediya janridagi eng yaxshi serial” — “Ted Lasso”. Loyihaning bosh qahramoni Jeyson Sudeykis komediya serialdagi eng yaxshi erkak roli uchun mukofotga ega bo‘lgan. Uning sheriklari Brett Goldstin va Xanna Ueddingxem “Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyorlar” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. “Komediya janridagi eng yaxshi ayol roli”ni “Ayyorlik” serialidagi Jin Smart qo‘lga kiritgan. “Qirolichaning yurishi” eng yaxshi miniserial deya tan olingan. Miniseriallar orasida eng yaxshi erkak roli uchun mukofotga Yuen Makgregor (“Xolston”) sazovor bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishdagi eng yaxshi ayol roli mukofoti Keyt Uinsletga “Isttaunlik Meyr”dagi ishi uchun nasib etgan. Ushbu loyihada o‘ynagan Evan Piters va Julianna Nikolson haykalchalarni “Miniserialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali rol”lar uchun qo‘lga kiritgan. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda “Eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik “Vorislar” serialiga nasib etgan, mazkur serial qahramoni Jeremi Strong esa “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilgandi.  Al Pachino “Oltin globus”ning onlayn taqdirlash marosimida uxlab qoldi
84
1,646
Madaniyat
Besh ming yil oldin qanday tilda gaplashishgan? Insoniyatga o‘tmish sirlarini ochgan Rozetta toshi haqida
Rozetta toshi tarix, tilshunoslik sohalarida muhim arxeologik topilma hisoblanadi. U o‘tmishning buyuk sirlarini ochishda va Qadimgi Misr tilini, yozuvini hamda madaniyatini o‘rganishda muhim rol o‘ynadi. Misr madaniyati esa insoniyatning eng qadimgi sivilizatsiyalaridan bo‘lib, bugungi madaniyat, bugungi dunyo qanday shakllanganini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Biz bugun ishlatayotgan ko‘plab kashfiyotlar Misr madaniyatiga borib taqaladi. Ularni o‘rganish bugungi madaniyatimizni, turmush tarzini tushunishga yordam beradi. Shulardan biri yozuvdir. Misr eng qadimgi yozuv madaniyati markazlaridan biri hisoblanadi. Misr yozuvlarini o‘qishda eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, Misr tilining kaliti bo‘lgan sirli Rozetta toshi bundan 221 yil oldin 2-avgustda topilgan. “Daryo” Rozetta toshi topilgan sana munosabati bilan qiziqarli faktlar haqida ma’lumot beradi. Rozetta toshi 1799-yilda Misrda, Aleksandriyadan uzoq bo‘lmagan Rozetta (hozirgi ar-Rashid) shahri yaqinida, afsonalarga ko‘ra Fransiya imperatori Napoleonning mamlakatni bosib olishga qodir bo‘lmagan harbiy ekspeditsiyasi tomonidan topilgan. Napoleon qadimiy qadriyatlarga qiziqib qolgan, ammo bu tasodifiy topilma edi. Uning askarlari Misrni bosib olish uchun rejalashtirilgan urinish uchun toshlarni talon-toroj qildi. 1798–1799-yillari Napoleon Banopart Misrga ekspeditsiya uyushtirdi. Ana shu ekspeditsiya davrida jahon ahamiyatiga molik voqea ro‘y berdi. 1799-yil 2-avgustda fransuzlar inglizlarning dengiz tomonidan bo‘layotgan hujumini daf etib, sohilni qo‘lda saqlab qoldi. Rozettadan yetti mil narida ar-Rashid qal’asini himoya qilayotgan askarlar handak qaziyotib, allaqanday yozuvlar bitilgan qop-qora toshni topib oldi. Ma’lumki, Napoleon armiyasida birmuncha ma’lumotli kishilar to‘plangan edi. Silliqlangan bu qora bazalt tosh ustiga yozuvlar bitilgan bo‘lib, ularning uch tilda yozilganini zobitlar bir nazar tashlashdayoq fahmlab oldi. Yuqoridagi yozuv iyeroglifdan iborat. Ancha yaxshi saqlangan o‘rtadagi yozuvni ofitserlar suryoniy yozuviga o‘xshatdi (lekin bu yozuv misr demotik yozuvi namunasi bo‘lib chiqdi). Pastki yozuvning eski usuldagi harflar yunon harflar bilan yozilgan yunon xati ekanini zobitlar o‘sha zahotiyoq aniqladi. Olimlarning orzulari ushaldi. Axir ular iyerogliflarni o‘qishga uzoq yillar urindi va nihoyat yozuvni tushunish yo‘li topilsagina bu sohada muvaffaqiyatga qozonish mumkin, degan xulosaga keldilar. Rozetta toshi dastlab Qohiraga jo‘natildi, keyinchalik Misrda Fransiyaning mag‘lubiyatidan keyin Britaniya muzeyiga kelib qolgan. Qadimgi zamonlarda Misrdan Rimga sirtiga iyerogliflar chizilgan yodgorlik toshlar olib kelishgan. XVII asrda olim Afanasiy Kirxer ana shu toshlarni o‘rganishga kirishgan. U qanchalik urinmasin, Misr iyerogliflarini o‘qiy olmaydi va qadimgi Misr tilidan kelib chiqqan kopt tilini bilmasdan turib iyerogliflarni o‘qib bo‘lmaydi degan xulosa chiqardi. Rozetta toshi topilgandan keyin fransuz sharqshunosi Silvestr de Sasi bu yozuvlar ustida juda ko‘p bosh qotirdi. U dastlab demotik matnni chuqur o‘rganib chiqib, yunoncha tekstdagi Ptolomey Epifan, Aleksandr va boshqa ismlariga to‘g‘ri keladigan belgi guruhlari borligini aniqlagan. Lekin u iyerogliflarni o‘qiy olmagan va oshkora suratda “muammo nihoyatda chigal va uni ilmiy jihatdan yechib bo‘lmaydi” degan edi. Lekin u o‘z tahlillarini shved arxeologi, kelt tilini bilimdoni David Okerbladga jo‘natdi. U demotik matnni yunonlarga oid qismidagi barcha atoqli otlarni mustaqil ravishda tanib bilish va o‘qishga muyassar bo‘ldi, shu bilan birga ayrim misr tiliga oid so‘zlarni (“ibodatxona”, “yunonlar” va boshqalarni) ham o‘qiy oldi. Biroq Sasi ham, Okerblad ham misr tilida unli tovushlar tushib qolishini hisobga olmagan. Shundan keyin Misr yozuvini o‘qishni ingliz olimi Tomas Yung davom ettirdi. U demotik yozuv iyerogliflarning yoziladigan varianti ekanini isbotlab berdi. Yung iyerogliflar jumbog‘ni demotik yozuv yordamida yechish mumkin, degan xulosaga keldi va 70 dan ortiq iyeroglif yoki iyeroglif guruhlarining ma’nosini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. U matndan Ptolomey va Berenikalarning ismlarini izlab topdi. Lekin olim demotik yozuvda ham, iyeroglifda ham fonetik belgi bo‘lmagan degan noto‘g‘ri yo‘lga tushib qoldi va ishini oxiriga yetkaza olmadi. Keyinchalik Misr iyerogliflarini o‘qib chiqish fransuz olimi Jan Fransua Shampolyonga nasib bo‘ldi. U uzoq izlanishlardan keyin 1821-yil 23-dekabrda ayni tug‘ilgan kuni olimning miyasiga Rozetta toshidagi iyeroglif belgilari bilan yunoncha matndagi so‘zlarni sanab chiqish fikri keladi. Yosh olim uzoq izlanishlardan keyin Misrda uchinchi yozuv tizimi – iyeratik yozuv ham bo‘lganini isbotladi. Bungacha olimlar Misrda ikki xil yozuv bo‘lgan deb hisoblab kelar edi. Yosh olim iyerogliflarni sanab ko‘rib hayratda qoldi: 486 ta yunoncha so‘zga 1 419 ta iyeroglif to‘g‘ri keldi. Iyeroglif yozuvida esa 166 ta belgi. Ana shundan keyin Shampolyon iyerogliflar faqat belgi so‘zlardangina, ideogrammalargina bo‘lmay, ular tovush ekaniga ishonch hosil qildi. U ishni boshlab yubordi. Dastlab matndagi podsho Ptolomey Epifan nomini o‘qidi. Toshda podsho ismi hoshiya ichiga olingan bir necha belgidan iborat edi. Bu yerda sakkizta belgi bo‘lib, unda podsho ismi yozilgan edi. Lekin bunga dalil kerak edi. O‘sha yillari topilgan “Fale yodgorligi” degan osori atiqa topilib, unda ikki xil – iyeroglif va yunoncha yozuv yozilgan edi. Olim yunoncha matndagi Kleopatra so‘zini o‘qib, buni malika nomi ekanini isbotladi. Olim yana Aleksandr so‘zini o‘qish orqali iyerogliflar ro‘yxatiga “N” va “S” tovushlarini qo‘shdi. Malika Berenika ismini o‘qigach, iyeroglif alifbosiga “B” tovushi ham qo‘shildi. Uzoq izlanishlardan keyin Shampolyon 24 tovushni bemalol o‘qiydigan bo‘ldi. Keyinchalik olim toshdan Ramzes, Tutmos, fir’avn so‘zlarini o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Shampolyonning buyuk kashfiyotidan so‘ng ilm-fanga Misr yozuvida bitilgan minglab qadimiy yozma manbalar ochildi. Ularning bari birma-bir o‘qib chiqildi. Qadimgi Misrning o‘ziga xos va buyuk madaniyati va tarixi o‘rganildi. Uning bahonasida esa jahon sivilizatsiyasi, yozuvi, musiqasi, adabiyoti, tibbiyoti, matematikasi ildizlari oshkor bo‘ldi – bari Qadimgi Misrga borib taqalar ekan. 1802-yildan beri Rozetta toshi Britaniya muzeyida saqlanib kelindi.
105
6,271
Madaniyat
O`zbekistonda "Jeyms Bond" filmi qachon suratga olinadi?
Dunyodagi eng mashhur kinofranshizaning navbatdagi filmi “Djeyms Bond 25” suratga olinishiga oid rejalarini e`lon qildi. Unda aktyorlar tarkibi va sinopsis bilan birgalikda film qaerlarda suratga olinishi haqida ham ma`lumotlar bor. Unga ko`ra Yamayka, Norvegiya, Italiya va Buyuk Britaniya bo`lajak filmga lokasiyalar sifatida tanlab olingan. Shu kungacha Bond haqidagi kinoasarlar Avstriya, Shveysariya, Turkiya, Bahama orollari, Hindiston, Islandiya, Tailand kabi tabiati yoki/va me`morchiligi jihatdan jozibali mamlakatlarda hikoya qilingan.Bu davlatlar ichida “007: Spektr” suratga olish jarayonlariga mezbonlik qilgan Marokashham bor. Xo`sh, O`zbekistonshaharlari qachon Bond kabi filmlar uchun lokasiya sifatida tanlab olinadi? Keling, bu savolga javob berishdan avval quyidagi uchta savolga javob topaylik. 1. Bond kabi filmlarning bizda olinishidan nima naf? “Travel Sompetitive Intelligence” marketing tadqiqotlariga ko`ra dunyo bo`ylab 40 million sayyoh ko`rgan filmlaridan ilhomlanib, sayohat manzilini tanlaydi. 2015-2017 yillarda dunyo bo`ylab kinosayyohlar soni 80 milliondan oshgan bo`lib, ularning aksariyatiRossiya, Hindiston va Xitoy fuqarolari hisoblanadi. “Garri Potter” filmlarida namoyish etilgan maskanlarga keladigan sayyohlar soni, ushbu kinoasar dunyo tomoshabinlari etiboriga havola etilgach, o`rtacha 50 foiz, “Troya” filmidan keyin Turkiyaning Chanoqqalasiga keladigan turistlar oqimi 73 foiz, “Dovyurak” (Braveheart)da namoyon bo`lgan Shotlandiyaning Uolles monumenti ziyoratchilari adadi300 foiz (!) oshgan. Endi, o`zingiz tasavvur qiling, dunyoning turli nuqtalaridagi tomoshabinlar “Djeyms Bond”, “Bajarib bo`lmas topshiriq” yoki “Forsaj” kabi davomli hikoyalarga ega franshiza filmlaridan birini tomosha qilayapti, u erda esa “Samarkand, Uzbekistan” degan titr bilan Registon maydoni yoki boshqa obidalar chiqib kelsa... Albatta, bu turistlar oqimini keskin oshirishgahamda mamlakatbrendini rivojlantirishgao`z hissasini qo`shmay qo`ymaydi. Boshqa tomondan chet el kinokompaniyalari O`zbekistonga film olish uchun kelishi ular mahalliy kinosanoat vakillari, mutaxassislar va tadbirkorlar xizmatidan foydalanadi degani. Iqtisodiyotning barcha sektorlariga hissa qo`shilishi nuqtai nazardan xorijiy kinolarning bizda olinishinibir qancha millionlik valyutadagi to`g`ridan-to`g`riinvestisiyaga tenglashtirish mumkin. Gollivud yoki Evropa kinokompaniyalari O`zbekiston hududida film yaratishi mahalliy kinoindustriya uchun katta maktab bo`ladi. Sohaga yangi tendensiyalar kirib kelib, standartlar yuqorilashiga turtki bo`ladi. 2. O`zbekiston bunday filmlarga lokasiya bo`lish uchun qanchalik munosib nomzod? Geografik joylashuvi tufayli O`zbekiston boy va xilma-xil tabiatga ega. Bir mamlakatda ham tog`lar, ham daryoyu o`rmonu dala-dashtlar, ham bepoyon cho`llarni uchratish kinoprodyuserlar uchun iqtisodiy jihatdan ham manfaatli va jozibali ko`rinishi mumkin. Tarixiy shaharlarimiz, me`moriy obidarimizu qadimiy sivilizasiya qoldiklari turli kinovoqealarga mezbon bo`lishga loyiq. Ayniqsa, ular o`tgan yillar davomida katta filmlarda aks etmagan, ta`biri joiz bo`lsa, ular yirik prodakshn kompaniyalari uchun “yashiringan javohir” kabidir. Kinoprodyuserlar biznesmen sifatida iloji boricha chiqish kam, kirim esa ko`p bo`lsin deydi. Chiqimlar kamligi, mahalliy narxlarning yuqori emasligi O`zbekistonni yanada maftunkor qiladi. Yil davomida quyoshli kunlarning ko`pligi, kunlarning esa uzunligi tabiatda suratga olish uchun ideal shart-sharoit hisoblanadi. Axir, yomg`ir yog`ib qolishi yoki quyosh erta botgani uchun yorug`lik yo`qolib qolishi kinochilarga oz-munchaga tushmaydi. Xullas, O`zbekiston kino olish uchun manzil sifatida chakana variant emas. Shunchaki uni munosib taqdim qilish, infrastrukturani paralell ravishda asta-sekin yaxshilash va kinoturizm yo`nalishini kompleks ravishda keng qo`llab-quvvatlab, xalqaro miqyosda tadbiq etilayotgan imtiyozlarni joriy etish hamda suratga olish bilan bog`liq ko`plab cheklovlarni keskin qisqartirish eng dolzarb muammolardan biridir. Balki shuning uchun ham o`tgan yillar mobaynida Jeyms Bondning “tishi” O`zbekistonga o`tmagandir?! 3. O`zbekistonni dunyo kinoijodkorlari orasida qanday targ`ib qilish mumkin/kerak? Albatta, kinoturizmni rivojlantirish uchun eng avvalo shu soha bo`yicha strategiya va tizim ishlab chiqilishi kerak. Dunyo bo`yicha xorij kinoijodkorlarini biror mamlakatga jalb qilish bo`yicha kinokomissiyalar shug`ullanadi. O`tgan yili mamlakat rahbarining maxsus qaroriga muvofiq Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib O`zbekistonda shunday kinokomissiya tashkil topdi. Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 24 iyulidagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3880-sonli qaroriga muvofiq O`zbekiston milliy kinokomissiyasi tashkil etilgan. Ushbu tashkilot mahalliy kinosanoat vakillari hamda xorijiy kinokompaniyalar o`rtasida vositachi, xorijlik ijodkorlarga lokasiya tanlashdan tortib mutaxassislar izlashgacha maslahat va amaliy ko`mak berish vazifasini o`ziga oldi. Albatta, bugun eng katta vazifalardan biri bo`lib avvalo o`sha kompaniyalarni O`zbekistonga jalb qilish turibdi. Shu kunlarda esa dunyo kinosanoati uchun eng yirik voqelik Xalqaro 72-Kann festivalidoirasida “O`zbekiston Milliy pavilioni”ni tashkil qilish ishlariga taraddud ko`rilmoqda. Kann festivali nafaqat kinosan`ati durdonalarini namoyish etish uchun, balki (aslida ko`proq ham) kino industriyasi ishtirokchilari uchun B2B muzokaralar maydonchasidir. Mazkur O`zbekiston pavilonida mamlakat kinoturizmining imkoniyatlarini dunyo miqyosida munosib namoyon etish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidanyuqori sifatli turli reklama mahsulotlar tayyorlangan. Bu o`z o`rnida, O`zbekiston kinolokasiyalarida xalqaro miqyosdagi filmlar olinishiga yirik kinokompaniyalar, kinoijodkorlar va mashxur akterlar bilan kelishuvlar imzolanishi, hamda O`zbekiston nomini kino olami sarlavhalarida katta bitiklar bilan yozib qo`yish imkoniyatini yaratadi.
56
6,116
Madaniyat
"Ushbu ajoyib filmni men juda katta qiziqish va hayajon bilan tomosha qildim" - Shavkat Mirziyoev "Ilhaq"ni e`tirof etdi
Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev G`alabaning 75 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan tantanali marosimda nutq so`zladi.  Davlat rahbari o`z nutqi avvalida urush va mehnat faxriylarini muborakbod etdi. Toshkent shahrida barpo etilgan  G`alaba bog`ini e`tirof etdi. "Buyuk G`alabaning 75 yilligi sharafiga bunyod etilgan bu betakror majmua qahramon xalqimizga munosib bo`lib, ham me`moriy jihatdan, ham tarixiy-ma`naviy jihatdan g`oyat noyob va mahobatli obida bo`lib qad rostladi. Mana shu ulkan maydonda qisqa muddatda juda katta hajmdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Har jihatdan puxta ishlangan loyihalar asosida G`alaba bog`i, “Shon-sharaf” muzeyi, “Mangu jasorat”, “Matonat madhiyasi” monumentlari bunyod etildi. Xalqimizning qonli janglardagi mardligini, front ortidagi mashaqqatli mehnati va fidoyiligini aks ettirishga bag`ishlangan keng ko`lamli tarixiy-badiiy ekspozisiyalar yaratildi. Agar vaqt imkon berganda edi, ularning har biri haqida soatlab gapirish mumkin bo`lardi...", dedi Prezident. Shavkat Mirziyov "O`zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan "Ilhaq" filmi haqida ham iliq gaplarni gapirdi. "Men o`tgan yili 9 may bayramida Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi Xonobod qishlog`ida yashab o`tgan Zulfiya Zokirovaning har qanday odamni ham hayratga soladigan insoniy jasorati haqida so`z yuritgan edim. Turmush o`rtog`i Xolmat aka vafot etgach, Zulfiya aya yolg`iz o`zi besh o`g`il, bir qizni tarbiyalab voyaga etkazgan. Ikkinchi jahon urushida Isoqjon, Ahmadjon, Mahamadjon, Vahobjon, Yusufjon degan beshta azamat o`g`lidan judo bo`lgan. Urush tufayli Zulfiya Zokirovaning to`rt kelini beva, besh nabirasi etim bo`lib qoldi. Onaizor umrining oxiriga qadar suv kelsa – simirib, tosh kelsa – kemirib, qahramon o`g`illarining aziz xotirasi bilan, kelinlari, nabiralarining hayoti, yurtning tashvish va quvonchlari bilan yashadi. Zulfiya ayaning mehr-oqibatli kelinlari ham undan o`rnak olib, unga madad bo`lib, barchasi o`z yoriga, oilasiga sodiq qoldi – boshqa turmush qurmadi. Shu mavzuda ijodkorlarimiz ko`plab maqolalar, she`r va dostonlar yaratmoqdalar. Bu haqda gapirganda, men “O`zbekkino” milliy agentligi tomonidan yaratilgan “Ilhaq” badiiy filmi to`g`risida alohida to`xtalmoqchiman. Iste`dodli yosh rejissyor Jahongir Ahmedov suratga olgan ushbu ajoyib filmni men kecha juda katta qiziqish va hayajon bilan tomosha qildim. Xalqimiz hayotining eng og`ir, eng fojiali davriga bag`ishlangan bu asar tom ma`noda qahramonlik qasidasi bo`lib, har qanday odamning ham qalbini larzaga soladi. Dahshatli urush tufayli besh nafar bahodir o`g`lidan ayrilgan, umrining oxirigacha farzandlarini ilhaq, ya`ni intizor bo`lib kutgan Zulfiya Zokirova siymosida o`zbek onalari, o`zbek ayollariga mansub eng buyuk fazilatlar nihoyatda teran ifoda topgan. Biz bu badiiy go`zal asarni bugungi ulug` bayram kunida barcha telekanallarimiz orqali keng namoyish etishga qaror qildik. Fursatdan foydalanib, men butun xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni mana shu filmni oila davrasida ko`rishga, uning qahramonlaridan o`rnak olishga da`vat etaman", dedi Prezident. Eslatib o`tamiz, "Ilhaq" badiiy filmining katta premerasi bugun, 9 may kuni televidenie orqali bo`lib o`tadi.  Kartinani bir vaqtning o`zida, ya`ni soat 19:40da “MU5”, “Sevimli”, “ZOʻR TV”, telekanallari va 10 ta nodavlat hududiy telestasiyalarini birlashtirgan “Uzbekiston-online.uz” teletarmog`ida tomosha qilishingiz mumkin. Ayni paytda (soat 17:00 da boshlangan) ushbu film “Oʻzbekiston 24” telekanalida ilk bor namoyish etilmoqda.
120
3,595
Madaniyat
Hilol Nasimov Surxondaryoda 2002-yilda yuzaga kelgan tahlikali vaziyat haqida kino ishlamoqda
“O‘zbekkino” milliy agentligining buyurtmasiga asosan 6 kartina bo‘yicha suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Xususan, rejissor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olinayotgan “Elparvar” nomli badiiy filmda o‘spirin yigitning buyuk ajdodlar jasoratidan faxrlanishi, uning qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularining uyg‘onishi va bu yo‘lda ko‘rsatgan ezgu ishlari tasvirlangan. Mazkur filmda Ubaydulla Omon, Yoqub Ahmedov, Yodgor Sa’diyev, Doniyor Xo‘jayev, Bunyod Rahmatullayev, Yigitali Mamajonov hamda Feruza Yusupova kabi taniqli aktyorlarni jalb etish mo‘ljallangan. “Imom Iso at-Termiziy” nomli badiiy film muhaddis olim Abu Iso at-Termiziyning faoliyati, hayoti va ijodi bilan bog‘liq voqealar xususida hikoya qiladi. Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissor – Abduhalil Mengnorov, maslahatchi – Shayx Abdulaziz Mansur. Rejissor Akbar Bekturdiyev tomonidan yaratilayotgan “Osmon og‘ushi” nomli badiiy filmda uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan yigitning o‘z maqsadiga yetishish yo‘lidagi jonbozliklari, muhabbati, armoni haqidagi voqealar Jizzax aviatsiya bilim yurti faoliyati fonida aks etadi. “Islomxo‘ja” nomli badiiy-publitsistik film XX asr boshlarida Xiva xonining bosh vaziri, islohotchi Islomxo‘ja Ibrohimxo‘ja o‘g‘lining bunyodkorlik ishlari va uning murakkab hayot tarzi haqida hikoya qiladi. Kartinani rejissor Jahongir Ahmedov suratga olmoqda. Yana bir shovshuvlarga sabab bo‘lishi kutilayotgan rejissor Zulfiqor Musoqovning “Berlin — Oqqo‘rg‘on” badiiy filmidir. Ssenariyda ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos siyosiy o‘yinlar fonida o‘zbek va yahudiy oilalarida kechayotgan voqealar o‘rin olgan. Hilol Nasimov tomonidan yaratilayotgan “Yovqurlar” badiiy filmi 2002-yili Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida yuzaga kelgan tahlikali vaziyat va harbiylar ko‘rsatgan jasorat bilan bog‘liq voqealar haqida hikoya qiladi.
93
1,894
Madaniyat
Qozog‘istonda O‘zbekiston madaniyat kunlari boshlandi (foto)
Qozog‘istonning Ostona shahrida O‘zbekiston madaniyat kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Madaniyat vazirligi matbuot xizmati madaniyat kunlaridan fotoreportaj taqdim etdi.
60
161
Madaniyat
Maykl Jekson klipining premyerasi Twitter’da bo‘lib o‘tdi
2014-yil 14-avgust kuni Twitter ijtimoiy tarmog‘ida Maykl Jeksonning vafotidan keyingi Xscape albomidagi A Place With No Name qo‘shig‘iga ishlangan videoklip premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu ushbu ijtimoiy tarmoqdagi birinchi musiqiy video premyerasi bo‘ldi. Bu haqda Press Report xabar berdi. Tvitter-premyera bilan bir vaqtda klip Nyu-Yorkning Tayms-skver maydonidagi Sony Screen ekranida ham namoyish etildi. It’s time! The first ever premiere of "A Place With No Name" right now on Twitter #MJXSCAPEhttps://t.co/rRA0KJEBpg — Michael Jackson (@michaeljackson) August 14, 2014 A Place With No Name qo‘shig‘ini Jekson 1998-yilda yozgan, biroq u 2014-yildagina ommaga havola etildi. Klipni taniqli klipmeyker Semuel Beyer suratga oldi. Unga 1992-yilda In The Closet qo‘shig‘iga video ishlanayotgan paytda olingan kadrlar kiritildi.
57
827
Madaniyat
Madonna yana bir malavilik qizni asrab olmoqchi
Madonna Afrikaning Malavi davlatiga ushbu mamlakat prezidenti bilan uchrashish uchun qilgan tashrifi chog‘ida yana bir malavilik qizni o‘z oilasiga qo‘shib olishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”. 56 yoshli Madonna hozirgacha asrab olgan bir o‘g‘il va bir qiz ham malavilik hisoblanadi. Ushbu davlatga yaqinda qilgan tashrifi davomida qo‘shiqchi kichik bir qizaloqning suratini ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ygan bo‘lib, OAV Madonna uni asrab olishini taxmin qilmoqda. Qayd etilishicha, Madonnaning ikki nafar o‘z farzandi ham bor. Uning 18 yoshli Lurdes ismli qizining otasi o‘zining sobiq murabbiyi Karlos Leon bo‘lsa, 14 yoshli Rokko ismli o‘g‘lining otasi sobiq turmush o‘rtog‘i − rejissyor Gay Richi hisoblanadi.
47
743
Madaniyat
Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi kutubxonasi yangi formatda ish boshladi
Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi onlayn texnologiyalardan foydalangan holda o‘z kutubxonasining imkoniyatlarini kengaytirdi, deb xabar beradi UzDaily. Endilikda nafaqat Toshkent va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchilar, balki istalgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiya fan va madaniyat markazi kutubxonasidan foydalanishi va Rossiyada eng katta elektron kitoblar kutubxonasiga kirish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulika kutubxonaning faoliyatini Toshkent shahridagi kutubxonani modernizatsiya qilish zaruriyatini izohlar ekan, yangi ish formatiga o‘tish tufayli kitobxonlarga kutubxonaga kirish uchun kun va vaqtni tanlashga hojat yo‘qligini aytib o‘tdi. Kitoblarni onlayn ravishda sutkaning istalgan qismida o‘qish mumkin. Rossiyada eng katta elektron kitoblar kutubxonasidan foydalanish uchun Toshkentdagi Rossiya fan va madaniyat markazi kutubxonasiga qo‘ng‘iroq qilish yoki internet orqali so‘rov yuborib, dastlabki ma’lumotlarni jo‘natish va kitobxon biletining raqamini qo‘lga kiritish, kifoya.
85
1,085
Madaniyat
1 oktyabr kuni jadidchi Ishoqxon Ibrat haqidagi film namoyish etiladi
1 oktyabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimiz kinoteatrlarida "O`zbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Kinomaniya" studiyasi tomonidan suratga olingan "Ibrat" badiiy filmining premerasi bo`lib o`tadi. Film shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Ishoqxon Ibrat haqida bo`lib, unda olimning mashaqqatga boy hayot yo`li tasvirlangan. Film qahramoni Sharq va G`arbning o`ndan ortiq davlatlarida bo`lib, ularning tili va madaniyatini mukammal o`rgangan. Faoliyati davomida Turkistonda dastlabki tovush metodiga asoslangan jadid maktablarining tashkilotchisi va targ`ibotchisi sifatida katta e`tibor qozonadi. U noshir-matbaachi sifatida birinchilardan bo`lib «Matbaai Ishoqiya»ni tashkil qiladi va kitob nashrini yo`lga qo`yadi. Shuningdek, Ishoqxon Ibrat arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan, shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini chuqur o`rgangan. Filmda Ishoqxon Ibratning mashaqqatga boy hayot yo`li tasvirlangan. Film rejissyori – Jahongir Qosimov. Ssenariy mualliflari – Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yo`ldoshev, postanovkachi operator – Rustam Murodov, postanovkachi rassom – Doniyor Abdurahmonov, kompozitor – Dmitriy Yanov-Yanovskiy. Rollarni Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiev, Akbarxo`ja Rasulov, Shahzoda Matchonova, Zulxumor Mo`minova va boshqalar ijro etgan.
69
1,399
Madaniyat
Alisher Uzoqov: “Oskar”ga atalgan g‘oyalar miyamda charx uryapti
Alisher Uzoqov “Kelajakda bizdan qaysi rejissyor o‘z filmi bilan ‘Oskar’ga nomzod bo‘la oladi” degan savolga “Men, albatta” deb javob berdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. “‘Oskar’ga atalgan g‘oyalar hali faqat miyamda charx uryapti, xolos. Uni esa amalga oshirish kerak. Nasib qilsa, albatta, o‘zbek kinosi ham ‘Oskar’ oladi, – dedi ijodkor. – Agar yaxshi kino chiqarsak, bu mukofotni olishimizga ishonchim komil. Ijodkorning ijodini hech narsa to‘xtata olmaydi. Ijod yurakdan vulqon kabi otilib chiqaveradigan narsa. Ijodkordan hamma narsasini olib qo‘ysangiz ham, o‘sha yuragidan otilib chiqayotgan narsani olib qo‘yolmaysiz. Haqiqiy ijodkorning ijodi esa yuragi to‘xtaganda to‘xtaydi, xolos. Qanday cheklovlar qo‘yilishi, qanday nohaqliklar bo‘lishidan qat’iy nazar u ijodi bilan o‘sha to‘siqlarni yorib chiqaveradi. Demoqchi bo‘lganim yaxshi ijodkorning arzigulik ishi ham nazardan chetda qolmay, ‘Oskar’gacha yetib boraveradi. ‘Oskar’ni olaman, deyishim, balki kulgili tuyular, lekin asosiysi niyat bor. Albatta filmning byudjeti ham shunga mos bo‘lishi kerak. Har holda bizda 50-60 million so‘mga olinayotgan filmlar ‘Oskar’ga yaqin bora olmasligi aniq. Buncha sarf-xarajat bilan xalqaro mukofotlar darajasiga chiqaman, desangiz, salkam daho bo‘lishingiz kerak. Xohlaysizmi, yo‘qmi kinoning rivoji uchun katta mablag‘ kerak. O‘zbek kinosida arzon filmlar shundoq ham qalashib yotibdi. Rejissyorlarning asosiy maqsadi kamroq pul sarflab, xalq tanigan aktyorlarni arzonga, iloji bo‘lsa, tekinga o‘ynatib, kino ‘yasash’, shuning ortidan daromad topish. Kinoni rivojlantiray, o‘zbek kinosi ham jahonga chiqsin, deydiganlar kam”.
64
1,646
Madaniyat
“Mehr” operatsiyasi doirasida Suriyadan olib kelingan o‘zbeklar haqida “Tutqunlik” filmi suratga olinmoqda
2019—2020-yillarda Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish bo‘yicha o‘tkazilgan “Mehr” operatsiyasiga bag‘ishlangan “Tutqunlik” nomli film suratga olinmoqda. “O‘zbekkino” buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan filmda turli sabablarga ko‘ra Suriyaga borib qolgan oilalar taqdiri o‘z aksini topadi. Filmning tasvirga olish ishlari Buxoroda bo‘lib o‘tmoqda. Ta’kidlanishicha, unda Yaqin Sharqqa ish qidirib borgan yosh feldsher yigit, turmush o‘rtog‘ining ortidan borishga majbur bo‘lgan va uni yo‘qotib qo‘ygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli bola kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi. Ma’lumot uchun, “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi ilk bor 2019-yili amalga oshirgan bo‘lib, unda 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan, ayollar va bolalar Suriya poytaxti Damashqdan maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelingan. 2019-yilning oktabr oyida esa Yaqin Sharqdagi mojarolar hududidan o‘zbekistonliklarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi maxsus operatsiya amalga oshirilgan. 2020-yilning dekabridagi uchinchi maxsus operatsiya doirasida Suriyadan 25 nafar ayol va 73 nafar bola, 2021-yildagi “Mehr-4” operatsiyada esa 24 nafar fuqaro Afg‘onistondan O‘zbekistonga qaytarilgan.
106
1,195
Madaniyat
“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi belgilangan vaqtda yuborilmagani sabab “Oskar”da qatnashmaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi “Oskar” tanlovida ishtirok etmasligi borasida turli gap-so‘zlar tarqamoqda. “Xalq so‘zi” bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida film prodyuseri Doniyor Agzamov bilan bog‘landi. Yo‘q, qatnashmaydi. Biz, Yolqin To‘ychiyev boshchiligidagi jamoa, qo‘limizdan kelgan barcha harakatni qildik. Biz shu vaqtgacha O‘zbekiston Oskar qo‘mitasiga ishonib kelgan edik, men barcha narsani 28-noyabr kuni ularning qo‘liga tutqazganman, menda barcha yozishmalar, faktlar turibdi. Shu kungacha ‘yubordinglarmi’ deb so‘raganimizda ‘ha, yubordik’ deya javob berib kelishgan. Dekabr oyining boshida filmni Amerikaga ham jo‘natganman, 50 ta DVDP, bitta katta terabaytli hardda DSP formatda, ‘Surround’ formatida yuborilgan. Lekin ular (“Oskar” tanlovi tashkilotchilari) videoni so‘rab O‘zbekiston Oskar qo‘mitasiga 3-4-marta yozishgan, qo‘mita javob ham bermagan. Oskar qo‘mitasining qo‘lida filmning hamma formatdagi nusxasi turibdi, nima so‘rashgan bo‘lsa, qilib berganman. Tayyor narsani yuborishmagan, oxirgi vaqtlarda telefonlarimga ham javob bermay qo‘yishgandi. 5-yanvar kuni mening shaxsan o‘zimga tanlov tashkilotchilaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtamga xat keldi, sizlarga soat 5 gacha oxirgi muddat degan. Biz shokka tushib qoldik, qo‘mitadagilarni rosa qidirdim, telefonlariga javob berishmadi. Ulgura olmasdik, chunki kompyuter ‘zagruzka’ni o‘ziga 16 soatdan 24 soatgacha vaqt so‘radi. Doniyor Agzamov, film prodyuseri Prodyuser Oskar qo‘mitasi ishining qoniqarsizligi haqida ham gapirdi. “Bilmayman, bular nega bunaqa ishlayapti, nomi ulug‘, suprasi quruq degandek, ishga loqayd qarashgan, ishlamagan ham, hozir qattiq jahldaman”, — deydi u. Doniyor Agzamov Oskar qo‘mitasi vakillarining Facebook’dagi prodyuser o‘z vaqtida yetkazib bermagani haqidagi gaplariga ham munosabat bildirdi. “Men qanday qilib yetkazib bermasligim mumkin, ularning qo‘liga so‘ragan formatlarida 28-noyabr kuni yetkazganman, ko‘zimning oldida kinoni ko‘chirib olishgan, menda ularning filmni qabul qilib olganligini tasdiqlovchi hujjatlar bor. Bojxonadan ham ruxsat olganman, jo‘natganman, bojxona to‘lovini qilganimning hujjatlari ham bor”, — dedi prodyuser. Doniyor Agzamov qo‘mitaning filmni tanlovga yuborish huquqi prodyuserda bo‘lishi haqidagi iddaosiga ham javob qaytardi. “Yo‘q, huquq ‘O‘zbekkino’da, men ishlab chiqarib beruvchi kompaniyaman, filmni ‘O‘zbekkino’ buyurtmasi bilan tayyorlab, agentlik fondiga topshirganman. Ruscha, o‘zbekcha, inglizcha subtitri bilan, so‘ralgan barcha formatda topshirilgan. Agar men Oskar qo‘mitasiga yetkazmagan bo‘lsam, agarda ayb menda bo‘lgan bo‘lsa, ular ‘O‘zbekkino’dan ham olishi mumkin edi. Nega ‘O‘zbekkiono’ga prodyuser bizga filmni yetkazmayapti deb shikoyat qilib chiqmadi yoki o‘zimga murojaat qilishmadi. Bu tanlovda qatnashish jamoamiz uchun qanchalik muhim narsa edi. Aybni menga ag‘darishyapti, lekin ag‘darisha olmaydi, chunki qo‘lida dalili yo‘q. Menda esa barcha dalillar bor. Oskar qo‘mitasi bizga filmni jo‘natish uchun ‘dostup’ bermagan, bo‘lmasa o‘zimiz allaqachon jo‘natgan bo‘lardik. Tashkilotchilar 5-yanvar kuni xat jo‘natishdi menga, agar u avvalroq kelganida edi, men Oskar qo‘mitadan ‘dostup’ so‘rardim, o‘zim yuborardim. ‘Dostup’ qo‘mitada, o‘zimiz jo‘natmoqchi bo‘lsak, u bizni bloklaydi. Hattoki ‘Oltin globus’da ham shunaqa muammo bo‘ldi, sal qoldi u tanlovdan ham qolib ketardik. Tashkilotchilar qo‘mitadan filmni yuborishni so‘ragan, ular esa yubormagan, aksincha bizni ham bloklagan. O‘zimiz tashkilotchilarga chiqib ‘dostup’ni so‘rab oldik, o‘zimiz jo‘natdik. O‘zi Oskar qo‘mitasi nima bilan shug‘ullanishini men tushunmayapman. Ular o‘zbek kinosini rivoji uchun ishlayaptimi yoki borini ham yo‘q qilish uchunmi?”,—  deydi prodyuser. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazilgan edi va O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan Oskar mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmi tanlangan edi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida o‘tgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga ko‘rsatgan ta’siri bir oila misolida ochib berilgan. Filmning ssenariy muallifi va rejissor — Yolqin To‘ychiyev, postanovkachi operator — Bahodir Yo‘ldoshev, postanovkachi rassom — Bektosh Rajabov, film direktori — Shavkat Rizayev. Rollarda: Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona O‘ljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar. Ma’lumot uchun, 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021-yilning 25-aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, 2019-yil bahorida “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tashkil qilingan edi.
100
5,004
Madaniyat
Ra’no Zokirova: “Mashhur sulola vakili emasman, lekin bir marta Botir Zokirovning qiziman, deb yolg‘on gapirishga majbur bo‘lganman”
Aktrisa Ra’no Zokirova “O‘zim” loyihasida bir necha yil avval nima sababdan “Botir Zokirovning qiziman”, deb yolg‘on gapirishga majbur bo‘lgani haqida gapirdi. “1984-yili ilk filmim — ‘Vodillik kelin’ deb nomlangan filmda birgalikda ijod qilganmiz va Farrux Karimovich o‘sha ‘Sen ketarsan’ qo‘shig‘ini chiroyli qilib yozib berganlar. Qolaversa, jiyanlari Nargiza Zokirova ijrosida bu qo‘shiq rus tilida ilk bor yangragan. Keyin film olinib bo‘lingandan keyin bu qo‘shiqni o‘zbek tilida sevimli xonandamiz Kumush Razzoqova ijro etgan. O‘shandan keyin ham hamma Ra‘no Zokirova, demak, bularning avlodiga taalluqli, Botir akaning qizlari ekan, deb o‘ylashgan. O‘sha vaqtda 1985-yilda “Orzular og‘ushida” deb nomlangan tarixiy film olingan edi, o‘sha yerda hammamizga sevimli bo‘lgan rahmatli Jamshid Zokirov otam rolini ijro etganlar. Birgalikda ishladik, titrda ham Jamshid Zokirov va Ra’no Zokirova ketgan edi. Hayotda har doim u oilaga taalluqli joyim yo‘qligini aytib kelganman. Lekin bir marta yolg‘on ishlatishga majbur bo‘lganman. Taxminan, 1988-yilda ‘Ostankino’ga, Moskvaga kinosinovlarga taklif qilishgan. O‘shanda ham partnyorlarim — rahmatli Baxtiyor Zokirov, rahmatli Zokir Mo‘minov, Zuhriddin Rejametov va yana bir nechta aktyorlarimiz o‘sha yerga borib kinosinovlardan o‘tib kelishimiz kerak edi. Ayrim sabablarga ko‘ra, biletim kechroq olingan ekan. Hamma uchib ketyapti, men qolib ketyapman. O‘shanda direktorimiz meni orqa tarafdan aeroportga olib kirgan, shunda uchuvchilar bilan to‘qnashib qolganmiz. Shunda qirg‘izistonlik uchuvchi ‘Vodillik kelin’ni ko‘rgan ekan, menga qarab ‘Sen o‘sha, Botir Zokirovning qizimisan?’, degan. O‘sha yerda ko‘z yoshlarim duv-duv yog‘ilgan va faxr bilan ‘Ha, men Botir Zokirovning qiziman’, deganman. Uchuvchi pasportimni ochganida u yerda Zokirova Ra’no Botirovna yozilgan. Shunda yolg‘on ishlatishga majbur bo‘lganman. Qirg‘izistonga uchib borganman. O‘sha yerda menga chipta olib, Toshkentga jo‘natib yuborishgan. Haqiqatan ham dadamning ham ismlari Botir Zokirov”, — deydi Ra’no Zokirova.
132
2,042
Madaniyat
Aktyor Abror Tursunov Ahmadboyga pul berib, jabr ko‘rganlardanmi? (video)
“Kulol va Xurmacha” filmidagi Xurmacha roli bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor va rejissor Abror Tursunov haqida ijtimoiy tarmoqlarda “qarovsiz, yordamga muhtoj, juda ayanchli ahvolda” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda jurnalist va teleboshlovchi Shohira Hamro Abror Tursunovning xonadonida bo‘lib, aktyor bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida aktyor  “Ahmadboyga pul berib jabr ko‘rdi”, degan fikrlarga oydinlik kiritdi. Bu noto‘g‘ri gap. Meni Ahmadboy bilan umuman aloqam yo‘q. Aloqa qilmaganman. Bu noto‘g‘ri ma’lumot. Abror Tursunov, aktyor va rejissor
73
647
Madaniyat
Qo‘shiqchi Manzura o‘z klipida suratga tushayotgan Yigitali Mamajonovning ijodidan zavqlanib, uni “krasavchik” deb atadi
Aktyor Yigitali Mamajonov qo‘shiqchilar Manzura hamda Iroda Dilrozning duet taronasi — “Mustahzod”da suratga tushayotgani haqida Manzura Instagram sahifasida ma’lum qildi. Klipning suratga olish jarayoni haqida qisqacha yozgan Manzura ot ustida o‘tirgan Yigitali Mamajonovning suratini o‘z sahifasiga joylab, aktyorga “krasavchik” deya ta’rif berdi: “Chindan ham kino va shou-biznesimizning barno yigiti. U bilan birga ishlash va ijodini kuzatish zavq bag‘ishlaydi”. Yigitali Mamajonov bunga qadar qo‘shiqchi Lolaning “Sog‘indim”, “Xabar ol” kabi kliplarida suratga tushgandi. “Sog‘indim” klipidan keyin esa uning sobiq turmush o‘rtog‘i Rayhon Instagram sahifasiga o‘z suratini joylagan, ayrim foydalanuvchilar esa unda Loladan nafratlanishlari borasida fikr qoldirgandi.
120
772
Madaniyat
Toshkentda PROlogue xalqaro kinofestivali ochilish arafasida (foto)
Bugun soat 18. 00 da Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida PROlogue kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi. PROlogue IV xalqaro kinofestivalining birinchi kuni davomida xalqaro hakamlar hay`ati a`zolarining matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Tadbir davomida jurnalistlar savollariga to`liq metrajli filmlar tanlovining xalqaro hakamlar hay`ati raisi mashhur teatr va kino aktyori, Rossiya xalq artisti, ko`plab mukofotlar sohibi Sergey Shakurov, teatr va kino aktyor, O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev, rossiyalik postanovkachi operator Sergey Astaxov, AQShlik kinofestival tashkilotchisi Piter Skarlett va polshalik rejissyor Kuba Chekay javob berishdi. Matbuot anjumani davomida OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga qisqa metrajli filmlar tanlovining hakamlar hay`ati raisi taniqli o`zbek rejissyori, ko`plab xalqaro kinofestivallarning laureati Ayub Shahobiddinov hamda hay`at a`zolari – prodyuser Fabio Kanepa (Italiya), aktyor Filipp Reynhartd (Shveysariya), postanovkachi operator Maks Tsui (Germaniya), kino eksperti va kinoshunos Gulbara Tolomushova (Qirg`iziston) javob berishdi. PROlogue IV Xalqaro kino festivali O`zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan "O`zbekkino" milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi, O`zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Xalqaro kinofestivalning bosh hamkori «Orient Finans Bank» bo`ldi.
67
1,486
Madaniyat
Shahzoda: Turmush o‘rtog‘im menga hech qachon qat’iy talablar qo‘ymaydi
Xonanda Shahzoda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida yangi tashkil etgan kompaniyasi, shuningdek, bunga turmush o‘rtog‘ining munosabati xususida to‘xtalib o‘tdi. Suhbatni “Darakchi.uz” sayti keltirmoqda. “‘Inter media’ kompaniyasini ochish do‘stim Davron Muqimov bilan birgalikdagi g‘oyamiz edi. Maqsadimiz iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘mak berish — prodyuserlik faoliyati bilan shug‘ullanishdir. Kompaniya tashkil etganimiz bilan men ‘Tarona rekords’dan ketmayman. Qadrdon joyim bilan ijodiy hamkorligimiz davom etaveradi. Konsertlarimni tashkil etish ham ushbu kompaniya zimmasida qolaveradi. ‘Inter media’ning esa hali oldinda amalga oshiradigan vazifalari va loyihalari bisyor”, — dedi xonanda. “Turmush o‘rtog‘imga keladigan bo‘lsak, u kishi meni oilada ham, ijodda ham har taraflama qo‘llab-quvvatlab kelgan. Kerakli maslahatlarini ayamagan. Umr yo‘ldoshim hech qachon menga qat’iy talablar qo‘ymaydi. Biror ishni bajarmoqchi bo‘lsam, ‘Urinib ko‘r’ deydi. Agar muvaffaqiyatga erishsam, bundan faqat xursand bo‘ladi va ishimga omad tilaydi”, — qo‘shimcha qildi u. Shuningdek, Shahzoda farzandlari haqida gapirib o‘tdi: “Farzandlarim haqida gapiradigan bo‘lsam, katta o‘g‘lim Solih ancha ulg‘ayib qoldi. Menga har doim ‘Yana ulg‘ayishim kerak. Hali oila qurmoqchi emasman. Kechroq uylanaman’ deydi. Chunki u yigit kishi har tomonlama mustaqil oyoqqa turib olishi lozim, deb hisoblaydi. O‘ziga munosib qiz topsa, bir-birini tushunadigan, muhimi, sevishadigan bo‘lsa, uning tanloviga qarshilik bildirmayman. Chunki yashaydigan ikkalasi, men emas. Bir-biriga yoqsa, baxt tilayman. Solihning fikrlariga qarshi bormayman, chunki u katta yigit bo‘lib qoldi. U juda aqlli yigit bo‘lgan, uni urishmayman, kenjatoyim esa hali juda kichkina va shirintoy. Umuman, bolalarga qattiq gapirish, urishish, jazolash tarafdori emasman”.
71
1,848
Madaniyat
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi rahbari qo‘shiqchilarning to‘ylardagi yurish-turishini sharmandalik deb atadi
Ba’zi qo‘shiqchilar tomonidan targ‘ib etilayotgan axloqsizlik, savodsizlik va odobsizlik yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qilmoqda, deb yozadi “12news.uz”. Bu masala “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi va boshqa qator nashrlarda chop etilgan tanqidiy maqolalarda ko‘tarilgan. “‘Bojalar’ guruhining bema’ni qo‘shiqlari, Jasur G’oyipovning kelin to‘yning qoq o‘rtasida sevgan yigitining yoniga qochib ketadigan klipi nimalarga olib kelishi yoki Sevinch Mo‘minovaning sayoz klipini O‘zbekiston Milliy kutubxonasida suratga olishga ruxsat berishgani haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak”, — dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali. U estradada avj olayotgan plagiatni va qo‘shiqchilarning to‘ylardagi o‘zini tutishlarini sharmandalik deb atadi.
111
769
Madaniyat
Astrid Lindgren avlodlari “Soyuzmultfilm”ga “Karlson”ning davomini suratga olishni taqiqlab qo‘ydi
“Soyuzmultfilm” boshqaruv raisi Yuliana Slashyovaning ma’lum qilishicha, rossiyalik tomoshabinlar Karlson haqidagi multfilmning davomini ko‘ra olmaydi. Bunga asarning mualliflik huquqiga egalik qiluvchi Astrid Lindgrenning avlodlari bilan kelisha olinmayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan, deb xabar beradi “Film.ru”. Kadr: “Soyuzmultfilm” “Karlsonga oid masalani hozircha hal etganimiz yo‘q, chunki Astrid Lindgrenning avlodlari mualliflik huquqi borasida o‘z tushunchalariga ega va biz ular bilan kelisha olmadik. ‘Karlson’ning ruscha davomi bo‘lmaydi. Ta’kidlash kerakki, Rossiya — Karlsonni empatik, zararli, biroq barcha sevadigan mutlaqo ijobiy personajga aylantirgan yagona davlat. Litsenziyani xarid qilgan boshqa biror mamlakat buni uddalay olmagan”, — deydi Slashyova. Bundan tashqari, studiya 16 yil oldin Yaponiyaga sotib yuborilgan Cheburashka haqidagi multfilmga oid masalani ham hal etmagan. Yaqinda “Soyuzmultfilm” ularning da’volariga qarshi chiqishga qaror qilgan va hozircha vaziyatga biror yechim topilmagan. Avvalroq “Soyuzmultfilm” “Senimi, shoshmay tur!” multserialining yangi epizodlarini tomoshabinlar uchun qayta taqdim etish rejalashtirilayotganini va u 52 qismdan iborat bo‘lishini ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qismlarda bo‘ri jinsi va krossovkada bo‘ladi va sigaret chekmaydi.  “O‘zbekkino” va “Soyuzmultfilm” hamkorlikda Xo‘ja Nasriddin multserialini ishlaydi
98
1,403
Madaniyat
Vladimir Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshini “Kvartal-95”ga Ukraina prezidenti o‘rniga chaqirishmoqda
Ukraina prezidentining o‘zbekistonlik qiyofadoshi Umid Isaboyevni “Kvartal-95”ga taklif qilishmoqda, deb yozadi Mash Telegram kanali. Umid allaqachon “yulduzli hayot” kechirmoqda. Uni turli tadbirlar va intervyularga taklif qilishmoqda. Endilikda Zelenskiyning sobiq hamkasbi Yevgeniy Koshevoy Umidni Ukrainaga prezident muhim ishlar bilan bandligi uchun uning o‘rnini bosishga taklif qilmoqda. Rossiyada esa unga serialda rol ijro etish taklif qilingan. Umid o‘yga tolgan, deyiladi xabarda. Avvalroq Umid Isaboyev serialda Vladimir Zelenskiy obrazini gavdalantirishi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, u Zelenskiy bilan uchrashib qolsa, undan nima haqda so‘rashini ham aytgan edi. Video: Moskvada Ukraina prezidentining o‘zbekistonlik qiyofadoshi topildi O‘zbekistonlik Umid Isaboyev: Zelenskiyni uchratib qolsam, nega menga bunchalik o‘xshashi haqida so‘ragan bo‘lardim Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi kinoda Ukraina prezidentini ijro etadi
108
957
Madaniyat
“Vazirlik hayoti tadbirdan tadbirgacha bo`lib qolgan edi” — Madaniyat vaziri soha muammolariga to`xtaldi
4 fevral kuni Madaniyat vazirligida vazir Ozodbek Nazarbekovning jurnalistlar bilan uchrashuvi tashkil etilgani haqida avval xabar qilgandik. Учрашувда Маданият Вазири сохадаги ба'Зи муаммоларга то'хталиб о'тди: - Биз Шу вактгача баландпарвоз гапларни гапириб келдик, Яни Маданият вазирлиги бунча иш цилди, шунча тадбир о'тказди ва акозо. Vazirlik hayoti tadbirdan tadbirgacha bo`lib qolgan edi. Jamiyat vazirlikka go`yoki faqat san`atkorlar, artistlar bilan ishlaydigan tashkilot sifatida qarab keladi. Achinarlisi, jamiyat bilan birga, vazirlik xodimlarining aksariyati ham shunday tushunadi. Hokimlar esa madaniyat vazirligini tadbir o`tkazib beradigan organ, deb tasavvur qilishadi. Lekin madaniyat tushunchasi va madaniyat vazirligi vazifalari bu tasavvurlardan ancha yuqori turadi.  Ozodbek Nazarbekov madaniyat sohasidagi muammolar OAVlarda kam yoritilishini ham aytdi. “Madaniyat sohasidagi muammolarni kam yoritasizlar. Bugun men ana shu “diagnoz”larni sizlar qo`yib berishingizni istardim. Соханинг барча муаммолари бодрокдек бо'ртиб, юзага чикиши учун сизларнинг ко'магингиз керак. Muammolarni “dezinfiksiya”, ya`ni bartaraf etish uchun esa hammasini o`rtaga jamlash kerak”, - dedi vazir. Uchrashuvda, shuningdek teatr, musiqa, xoreografiya, qadimiy yodgorlik va obidalar bo`yicha soha muammolari ko`tarildi. Фото: Беҳзод Абдужабборов
104
1,345
Madaniyat
Instagram: Ozoda Nursaidovaning tug‘ilgan kunidagi portlash, TikTok’chilarning Luiza Rasulovaga e’tirozi, Kanizadan yangi klip
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Shohrux Xonning qizi Suhana onasi Gauri Xonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Xonanda Ozoda Nursaidova 9-oktabr kuni poytaxtdagi restoranlardan birida tug‘ilgan kunini nishonladi. Uni tabriklash chog‘ida kutilmagan holat yuz berdi. Gaz bilan to‘ldirilgan sharlar portlab, yonib ketdi. “Sharq” guruhi yakkaxoni Tatyana turmush o‘rtog‘i Sarvarni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Asal Shodiyeva o‘g‘li Muhammad Yusuf bilan birga sayrga chiqdi. Aktrisa, shuningdek, o‘g‘li xurmoni qanchalik yaxshi ko‘rgani aks etgani video bilan bo‘lishdi. Ra’no Shodiyeva turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Kaniza o‘zining yangi klipini muxlislari e’tiboriga havola etdi. Munisa Rizayeva to‘ylariga ko‘plab mashhur san’atkorlar tashrif buyurgan Sanjar va Dinora juftligining nikoh kechasida ishtirok etdi. Raqqosa Parizoda mehmon sifatida taklif etiladigan davralarida ham raqsga tushmay tura olmasligini ma’lum qildi. Luiza Rasulovaning Toshkent xalqaro kinofestivalida tiktoker va blogerlar haqida aytgan fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Blogerlar Ozod Xurramov va Bonamur Luizaning fikrlariga munosabat bildirdi. “Biz ham xuddi ayrim qavs ichidagilarga o‘xshab xalq uchun va davlatimiz uchun xizmatdamiz! Qachongacha bizni kamsitishdan to‘xtashmaydi! Biz yoshlar ham olov singari yonib turibmiz, o‘z iqdidorimizni ko‘rsatamiz deb! Qavs ichidagi ayrim katta, baquvvat aktrisalarimiz oldinlari ham bizga o‘xshab harakat qilishgan! Afsus, u paytda bu darajada internet rivojlanmagan edi! O‘zingizdagi bilimni bizga ham bera olasiz, biz ham xuddi shunday”, — deb yozadi Ozod Xurramov. Bonamur ham Luiza Rasulovaning fikrlaridan ranjiganini yashirmadi. Zohirshoh Jo‘rayev to‘yda qo‘shiq kuylayotgan paytda chiroq o‘chib qoldi. Xonanda ushbu vaziyatdan mahorat bilan chiqib ketdi.
126
1,958
Madaniyat
Apple kompaniyasi Yangi yil arafasida qizaloq va qorbola haqida hikoya qiluvchi film taqdim qildi
Yangi yilga bir oydan ko‘proq vaqt qolgani munosabati bilan Apple kompaniyasining YouTube-kanalida “Saymonni qutqarish” (Saving Simon) nomli qisqa metrajli film namoyish qilindi. Film qorbolani akasining poyabzali zarbidan qutqarib qolib, uni keyingi qishgacha muzlatkichda saqlagan qizaloq haqida hikoya qiladi. Jon-jahdi bilan qorbolani saqlashga harakat qilgan qizaloq, ayniqsa, otasi muzlatkichdan muzqaymoq olib eshikni yopishni unutganida xavotirga tushadi. Ushbu ta’sirli hikoyani “Arvoh ovchilari” (Ghostbusters) filmi bilan tanish bo‘lgan ota-bola rejissorlar — Jeyson va Ivan Raytmanlar iPhone 13 Pro kamerasida suratga olgan.
97
638
Madaniyat
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida Yulduz Usmonova “Omon yor” qo‘shig‘ini ijro etdi
28-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek xalqining sevimli va atoqli hofizlari-yu xonandalari chiqish qildi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham o‘z taronasi bilan mehmonlarni xushnud etdi.  Sherali Jo‘rayev “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida “Bahor ayyomi” qo‘shig‘i bilan chiqish qildi (video)
94
445
Madaniyat
Bryus Uillis va Demi Mur ajrashganidan 16 yil o‘tib, yangi filmda sevishgan juftlik rolini ijro etadi
Gollivud yulduzlari Bryus Uillis va Demi Mur ajrashganidan 16 yil o‘tib, ekranda sevishgan juftlik rolini ijro etadi. Bu haqda Amerika OAVlari ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi. Demi Mur va Bryus Uillis, 1997-yil. Ma’lum qilinishicha, sobiq er-xotin Gollivudning yangi loyihasida bosh rollarni ijro etishni rejalashtirmoqda. Film tafsilotlari hozircha sir saqlanmoqda. Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, hozirgi paytda Uillis va Mur ularga taklif etilgan film ssenariysi bilan tanishmoqda. Filmga bir-birini sevuvchi va vafodor er-xotin munosabatlari asos qilib olingan. Juftlikning suratga olish maydonchasida birgalikda bo‘lishi aktyorlarning muxlislari uchun o‘ziga xos sovg‘a bo‘lganligi ta’kidlanmoqda. Oxirgi paytlarda 53 yoshli Mur filmlarda kamdan-kam suratga tushib, asosiy vaqtini bolalariga bag‘ishlamoqda. 60 yoshli Uillis esa suratga olish maydonlarida ko‘proq paydo bo‘lmoqda. U yaqinda “Chaqilmas yong‘oq”ning yangi qismida suratga tushishga rozilik berdi. Aktyorlar 1987-yilda turmush qurgan bo‘lib, ularning nikohi 13 yil davom etgan. Bu vaqt davomida ularning uch nafar qizi dunyoga kelgan.
101
1,118
Madaniyat
Jennifer Lourens, Emma Stoun va boshqa Gollivud yulduzlaridan chiroyli qomat sirlari (foto)
Kino aktrisalarning kelishgan qomatiga havas qilmay bo‘lmaydi. Quyida ular ana shunday nozik qomat egasi bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini ma’lum qildi. Ketrin Zeta-Jons 1987-yilda aktrisalik karyerasini boshlagan Ketrinning ikki nafar farzandi bor. Uning ratsioni oddiy, deyarli, shirinliklarni chiqarib tashlagan. Shuningdek, u tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni iste’mol qiladi. Spirtli ichimlik, guruch va kartoshkani allaqachonlar rad etgan. Ichimliklardan mineral suv, ko‘k choy va kofeinsiz qahvani tanlagan. Dryu Berrimor Aktrisa ilk debyutini atigi 11 oyligida boshlagan. U haftasiga 4 marotaba maxsus mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ratsionga baliq va boshqa tabiiy mahsulotlarni kiritgan. Uglevodlarga qaraganda ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qiladi. Ayniqsa, sharob ichishni haftasiga 3 stakanga qisqartirgan. Kristen Styuart Aktyor Robert Pattinsonning sobiq sevgilisi 8 yoshidan buyon turli loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Shifokorlar aktrisaning parhezini ekstremal deb biladi. U olti oylab faqatgina sho‘rva tanovul qilishi ham mumkin. Shuningdek, meksikancha palovni ham xush ko‘radi. Hattoki kuniga 4-5 porsiyani ham iste’mol qiladi. Jennifer Lourens Aktrisa birinchi rolini 2006-yilda ijro etgan. Lourensning qomati havas qilarli darajada bo‘lmasin, u o‘zini yaxshi ko‘rgan narsalaridan tiya olmaydi. Sevimli ovqatlarini istagancha tanovul qilishini ham tan olgan. Shuningdek, kuniga 5 marta limonli suv ichadi. “Men hamma narsani iste’mol qilaman. Mening ishata ham juda yaxshi va Gollivudda anoreksiya kasalligi haqida mish-mishlarga uchramagan yagona aktrisa bo‘lsam kerak. Biroq men hali o‘z ko‘rinishimni yo‘qotishni istamayman”, – deydi aktrisa. Emma Stoun Emma ilk televizion debyutini 2004-yilda o‘tkazgan. U o‘zining vaznini bir maromda saqlashni haqiqiy muammo deb biladi. Hattoki uning qomati o‘zgaruvchanligi tufayli dizaynerlar tez-tez unga libos tikib turadi. U ovqatlanishni doim nazorat qiladi, ayniqsa, muhim loyihalardan avval keraksiz taomlardan butunlay voz kechadi. Shuningdek, jismoniy mashg‘ulotlar bilan faol shug‘ullanadi. Suzish, toshga chiqish, yugurish va ko‘proq yurishga harakat qiladi.
91
2,195
Madaniyat
Riannani urgan qo‘shiqchi Kris Braun Floridada qo‘lga olindi
Taniqli amerikalik qo‘shiqchi Kris Braun Florida shtatidagi Uest-Palm-Bich shahrida 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan konsertidan so‘ng politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, ular avvalroq qo‘shni okrug prokurori tomonidan berilgan order asosida harakat qilgan. TMZ tomonidan taxmin qilinishicha, qo‘lga olishga Braunning o‘tgan yili Floridaning Tampa shahridagi tungi klubda fotografga hujum qilgani sabab bo‘lgan. Qo‘shiqchi doimiy ravishda huquqni muhofaza qilish idoralari nazoratida turadi. Braun 2009-yilda taniqli qo‘shiqchi Riannaning yigiti bo‘lgan vaqtda uni urgani uchun besh yilga shartli qamoq jazosiga hukm qilingan va olti oylik jamoat ishlari jazosi tayinlangan. 2016-yilda Braun kechalardan birida mushtumzo‘rlik qilgani uchun qo‘lga olingan. Bir necha ou oldin unga nisbatan nomusga tegish bilan bog‘liq ish ochilgan.
60
902
Madaniyat
Shahzoda Muhammedova bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan rasmiy nikohdan o‘tdi (foto va video)
Aktrisa Shahzoda Muhammedova bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Marat bilan rasman nikohdan o‘tdi. Bu haqda uning o‘zi Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. Ijtimoiy tarmoqqa joylangan suratlarda Shahzoda va Marat nikoh uzugi taqib, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomani olganligini ko‘rish mumkin. Eslatib o‘tamiz, aktrisa va dizayner Shahzoda hamda Moskvada arxitektor sifatida faoliyat yurituvchi Maratning to‘yi 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. View this post on Instagram View this post on Instagram
90
522
Madaniyat
«Va`da» filmi yana bir xalqaro kinofestival dasturidan o`rin oldi
Kinematografiya agentligi “Yoshlik" kinostudiyasi tomonidan «Debyut-2020» yoshlar kinoalmanaxida suratga olingan «Va`da» (“Promise”) qisqa metrajli filmi yana bir xalqaro kinofestival "IFFF" (International folklore film festival) dasturiga kiritildi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar qildi.  Mazkur kinofestival 2022 yili 1-5 yanvar kunlari beshinchi marotaba Hindistonda o`tkaziladi. Unda turli janrlardagi filmlar bilan professional ijodkorlar, mutaxassis yoshlar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.   “Va`da” qisqa metrajli filmining ssenariy muallifi Azizbek Qurbonov, postanovkachi rejissyor Otabek Yuldashev, operator Ilyos Islomov, postanovkachi rassom Sardor Mahmudov, kartina direktori Ilhom Absalomov, badiiy rahbar Hilol Nasimov.   Ma`lumot uchun, “Va`da” qisqa metrajli filmi  6 dekabr kuni Turkiya Respublikasida bo`lib o`tadigan "9. International silkroad film awards" kinofestivalining dasturiga ham kiritilgan.
65
957
Madaniyat
Sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli “Elchining qizi” serialini tark etgan Neslihan Atagul hozirgi ahvoli haqida ma’lumot berdi
Salomatligida muammo sabab “Elchining qizi” serialini tark etgan Neslihan Atagul, Instagram sahifasidagi jonli efir orqali ahvoli haqida muxlislarini xabardor qildi. Aktrisa o‘zini qanday his qilayotgani haqida aytib, qo‘llab-quvvatlagani uchun barchaga minnatdorchilik bildirgan. “Hammaga salom! Birinchi navbatda yoqimli xabarlaringiz, duolaringiz va iliq tilaklaringiz, shuningdek sovg‘alar uchun chin qalbdan minnatdorchilik bildiraman. Meni yolg‘iz qoldirmaganingiz uchun rahmat” – degan Neslihan. Shuningdek, o‘zini yomon his qilmayotgani, hammasi joyida ekani va yaxshi bo‘lishga urinayotganini ta’kidlab, biroz dam olishga ehtiyoji bo‘lgani sabab ham ayni vaqtda dam olayotganini ma’lum qilgan. “Davolash ishlari davom etmoqda, qancha ko‘p dam olsam, shuncha o‘zimni yaxshi his qilyapman”,– deb qo‘shimcha qilgan Atagul. Avvalroq, Neslihan Atagulning loyihani tark etganidan keyin Nare rolini ijro qilish uchun “Pul va gul ishqi” hamda “Jasur va go‘zal” seriallaridagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Tuba Buyukustun taklif qilingani, shuningdek Gediz rolini ijro qilgan aktyor Uraz Kaygilarog‘luning suratga olish jarayonlarida boshqa ishtirok etmasligi haqida xabar berilgandi.
122
1,191
Madaniyat
Toshkent xalqaro kinofestivali viloyatlarda davom etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qayta tiklangan va Kinematografiya agentligi tomonidan o`tkazilayotgan “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali viloyatlarda ham davom etmoqda.   Festival dasturida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK jamoasi Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.  Jamoa birinchi o`zbek operatori Xudoybergan Devonov uy muzeyida bo`ldi. Muzeyda Tatyana Basovaning "Tashkentskiy kinofestival Jemchujina shelkovogo puti" hujjatli filmi namoyish etildi.
58
501
Madaniyat
Aktrisa Shahzoda Muhammedova arxitektorga turmushga chiqmoqda (foto)
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova Instagram’dagi sahifasiga fotiha to‘yidan suratlar joylashtirdi. “Sayyod.com”ning yozishicha, aktrisa Moskvada arxitektor sifatida faoliyat yurituvchi Murod ismli yigit bilan unashtirilgan. To‘y kuz faslida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
68
283
Madaniyat
Foto: Sevara Nazarxonning qizi Imon Anvar ancha ulg‘ayib qoldi
Xonanda Sevara Nazarxon 27-aprel kuni qiz farzandli bo‘lgan edi. Sevara qiziga Imon Anvar deb ism qo‘ygani haqida avval ham xabar berilgan edi. Xonanda Instagram’dagi sahifasida, jumladan, ulg‘ayib borayotgan qizining suratlarini ham e’lon qilmoqda, deya xabar bermoqda MyDay. So‘nggi bir hafta davomida Sevara Nazarxon qizi ishtirokidagi ikki suratni e’lon qildi. Biriga: “Bu karavotda avval Dengiz katta bo‘lgandi, endi esa Imon Anvar”, — deb izoh qoldirgan bo‘lsa, ikkinchisiga: “Umr oqar daryo kabi. Har birimizning o‘z qayig‘imiz va yo‘limiz bor”, — deb yozgan. Sevara Nazarxon va Imon Anvarning birgalikdagi boshqa suratlari: Xonanda Sevara Nazarxon Bahrom Pirimqulov bilan oila qurgan bo‘lib, ularning Dengiz ismli o‘g‘il farzandi ham bor. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
62
906
Madaniyat
Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylagan Sanjay ma’muriy javobgarlikka tortildi
2020-yilning noyabrida Sanjay taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan Sanjar Javberdiyev O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlari matnini huquq egalarining ruxsatisiz o‘zgartirgan holda ijro etgani sababli Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga chaqirtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Agentlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, xonanda mazkur holat yuzasidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ma’lum qilinishicha, Intellektual mulk agentligi Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotning murojaati asosida Sanjar Javberdiyev tomonidan she’r muallifi Usmon Azimov hamda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ijrosidagi “Karvon” nomli qo‘shig‘ini va she’rini asar yaxlitligini buzgan holda mualliflarning roziligisiz ijro etilgan holatlarni aniqlagan. Shu sababli Sanjayga nisbatan Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga kiritilgan. 2021-yil 9-mart kuni Navoiy viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan xonanda Sanjar Javberdiyev (Sanjay)ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-(1)-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (735 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 62-moddasiga asosan mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi. “Qonunning tegishli moddalarida muallif huquqlari aniq keltirilgan. Xususan, ijrochilar o‘z huquqlarini ijro etiladigan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak”, — deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligida cover ijro tushunchasi kiritilmagan. Xorijiy davlatlarda cover ijro mavjud. Bu bo‘yicha taraflar shartnoma asosida faoliyat yuritishadi. Ya’ni o‘zganing asarini cover sifatida ijro qilmoqchi bo‘lgan ijrochi muallifdan ruxsat so‘ragan holda shartnoma tuzishi hamda shartnoma bo‘yicha huquq egasiga mualliflik haqini to‘lashi lozim.  O‘zbek telekanallariga chiqa olmayotgan Checheniston xalq artisti San Jay Rossiyaga qaytib ketishini ma’lum qildi (video)
90
2,461
Madaniyat
Beshinchi farzandini kutayotgan Nilufar Usmonova tug‘ilgan kunini nishonladi (foto)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yagona farzandi, xonanda Nilufar Usmonova poytaxtdagi restoranlardan birida tug‘ilgan kunini nishonladi. Tug‘ilgan kun suratlari Nilufarning Instagram’dagi sahifasiga joylashtirildi. Kechaga xonandaning oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlari tashrif buyurdi. Nilufar Usmonova ayni paytda beshinchi marta ona bo‘lish arafasida turibdi. U Saida’zamxon, Ibrohimxon va Sulaymonxon ismli uch o‘g‘il va Sa’diya ismli qiz farzandni tarbiyalamoqda.
83
492
Madaniyat
Muxlisa Azizovaning “U” nomli filmi Kipr xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi
Joriy yilning 14—24-iyun kunlari Kiprning tarixiy Pafos shahrida bo‘lib o‘tadigan 12-Kipr xalqaro kinofestivalida (CYIFF) o‘zbekistonlik ijodkorning ishi ham namoyish etiladi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi. Mazkur kinofestivalning asosiy dasturidan o‘zbekistonlik yosh kinorejissor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan va yaqindagina 70-Kann xalqaro kinofestivalining Qisqa metrajli filmlar burchagida namoyish etilgan “U” filmi ham o‘rin olgan. Kinofestivalda turli mamlakatlarning yosh kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan 100 ga yaqin to‘liq va qisqa metrajli badiiy filmlari ishtirok etib, festivalning bosh sovrini – “Oltin Afrodita” (Golden Aphrodite) uchun kurashadi. Ma’lumot uchun: Kipr xalqaro kinofestivali 2006-yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan bo‘lib, jahondagi 5500 dan ortiq festivallar orasida yirik 100 talikka kiradi.
79
861
Madaniyat
“O‘zbekkino” BBC bilan hamkorlikda hujjatli filmlar suratga olish bo‘yicha yirik loyihani rejalashtirmoqda
“O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbariyati Londonda BBC Broadcasting House kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi. Uchrashuv doirasida so‘nggi 3 yil ichida Markaziy Osiyoda yuz bergan o‘zgarishlar, jumladan, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlarning qayta tiklanishi va bu o‘zgarishlar oddiy odamlar, umuman, mintaqa hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida hikoya qiladigan bir qator hujjatli filmlarni suratga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, tarixiy va madaniy yo‘nalishda ham qator filmlar yaratishga kelishib olindi. Bu ro‘yxatda O‘rta Osiyoning birinchi fotosuratchisi va o‘zbek kinosining asoschisi Xudoybergan Devonov haqidagi film yetakchilik qiladi. Kompaniyaning AQSh va Yevropa davlatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Frederik Durman uchrashuv chog‘ida BBC O‘zbekiston bilan jadal va samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan mamnun ekanligini, yangi loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda BBC auditoriyasini kengaytirishini ta’kidladi. “Katta Langar Qur’oni: Afsona va haqiqatlar” loyihasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi BBC va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi bo‘ldi. Ushbu film orqali biz jahon, ayniqsa Yaqin Sharq auditoriyasiga O‘zbekistonning boy madaniy merosi, shuningdek, ma’rifatparvar islom g‘oyalari haqida ma’lumot berishga harakat qildik”, — dedi Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha jurnalistika bo‘limi boshlig‘i Salim Patka uchrashuv davomida. O‘z navbatida, “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduholiqov hamkorlikda nafaqat hujjatli filmlar yaratish, balki O‘zbekistondagi yosh hujjatli kino ustalarining ijodiy saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlarini muntazam ravishda o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.
106
1,839
Madaniyat
Foto: Xonanda Shahzoda turmush o‘rtog‘i bilan Shayx Zayd masjidini ziyorat qildi
Birlashgan Arab Amirliklarida oilaviy hordiq chiqarayotgan xonanda Shahzoda turmush o‘rtog‘i Ravshan Yo‘ldoshev hamda o‘g‘illari Solih va Xolid bilan Shayx Zayd masjidini ziyorat qildi, deb xabar bermoqda “Qalampir.uz”. “Bugun biz dunyodagi eng katta olti masjiddan biri, Abu-Dabidagi Shayx Zayd masjidiga bordik. Mazkur masjid Dubaydagi Jumayra masjidiga bir jihatdan o‘xshaydi. Ularga barcha xohlovchilar kirishi mumkin”, – deb Instagram’dagi safihasiga joylangan suratiga izoh qoldirdi Shahzoda. Ma’lumot uchun,  Shahzoda 23-sentabr kuni Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan Big Apple Music Awards taqdimotida ishtirok etadi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
80
782
Madaniyat
Ajrim haqida birinchi marta izoh bergan Bill Geyts Microsoft xodimi bilan munosabatlaridan pushaymonligini tan oldi
Microsoft kompaniyasining asoschisi Bill Geyts Melinda Geyts bilan ajrashishi yuzasidan izoh berdi. CNN’ga bergan intervyusida milliarder rafiqasi bilan ayrilishini hayotidagi eng “noxush davr” deb atagan. “Melinda — ajoyib inson. Mavjud hamkorligimizni yakuniga yetishi katta qayg‘u, albatta. Biz avvalgidek muloqot qilishda va Bill & Melinda Gates Foundation fondida ishlashda davom etamiz hamda ushbu hamkorlikni saqlab qolishga urinamiz”, — degan Geyts. Juftlikning ajrashishini ehtimoliy sababi Bill va Microsoft xodimi o‘rtasidagi munosabat bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Geyts bunga izoh bermagan, ammo sodir bo‘lgan hodisadan afsusdaligini tan olgan. “Bu mulohaza qilish vaqti va bu davrda men olg‘a harakat qilishim kerak. Ishim men uchun juda ham muhim”, — degan u. 2020-yilda milliarder Microsoft direktorlar kengashini tark etgan. U o‘z xohishiga binoan ketayotganini ma’lum qilgan, ammo The New York Times’da yozilishicha mazkur qaror mojarodan qochish uchun qabul qilingan. Qayd qilinishicha Bill Melinda bilan ajrashishga qaror qilishidan avvalroq Microsoft yoki xayriya fondida ishlaydigan ayollarni uchrashuvga taklif qilgan. Ajrashishga Geytsning jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan moliyachi Jeffi Epshteyn bilan do‘stligi ham sabab bo‘lgan, degan taxmin bor. Mish-mishlarga qaraganda Melindaga Billning ayblovlarga qaramay Epshteyn bilan muloqot qilishda davom etgani yoqmagan. Geyts bergan intervyusida Jeffi bilan do‘stlashganidan afsusda ekanini ta’kidlagan. “Milliardlarni uning aloqalari orqali global sog‘liqni saqlash sohasidagi xayriyalarga yo‘naltirishni umid qilgan holda u bilan bir necha marta ovqatlandim. Bu sodir bo‘lmasligini his qilganimdan keyin munosabatlarimiz yakuniga yetdi. U bilan vaqt o‘tkazish katta xato edi”, — degan milliarder. Ma’lumot uchun, 56 yashar Melinda va 65 yoshli Billning ajrashmoqchiligi 2021-yilning mayida ma’lum bo‘lgan. 27 yil birga yashagan juftlikning turmushi davomida uch nafar farzand dunyoga kelgan. Ayni vaqtda to‘ng‘ich farzandi Jennifer 25, o‘rtancha o‘g‘li Rori 22 hamda kenja qizi Fibi 19 yoshda. Juftlik rasman 2-avgust kuni munosabatlariga nuqta qo‘ygan. Melinda ajrimdan keyin familiyasini o‘zgartirmagan. Sud tomonidan e’lon qilingan hujjatlarda mulkni taqsimlash haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Forbes ma’lumotiga ko‘ra, moliyaviy ahvoli 130 milliard dollarga baholanadigan Geytsning ismi Sayyoraning eng badavlat kishilari ro‘yxatida to‘rtinchi bo‘lib turadi. Ajrashguniga qadar Geytslar Sietldan uzoq bo‘lmagan sohil bo‘yidagi 125 million dollarlik uyda yashagan. Shuningdek, juftlik Kaliforniya shtatidagi 43 million dollarlik uyga, Floridadagi 59 million dollarlik rancho va Vayomingdagi turar joyga egalik qiladi. Ularning ko‘chmas mulkdan tashqari, shaxsiy samolyot hamda Leonardo da Vinchining ishlarini o‘z ichiga oladigan 30 million dollarlik badiiy to‘plamni ham bo‘lishishiga to‘g‘ri keladi. Avvalroq Billning Bodrumda do‘stlari bilan birga dam olayotgani haqida xabar berilgandi.
115
2,975
Madaniyat
“Amerika orzular mamlakati emas, bu yerda dollardan boshqa hech narsa yo‘q”. 5 yildan buyon AQSHda yashayotgan teleboshlovchi Ravshan Hakimov bilan suhbat
Teleboshlovchi va prodyuser Ravshan Hakimov bir necha yil xususiy kanallarda boshlovchilik qilgan. U besh yildan buyon esa farzandlari bilan birga Amerikada istiqomat qiladi. U okean ortidagi o‘zbeklarning to‘y xizmatlarida boshlovchilik qilishdan tashqari, tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanadi. “Daryo” muxbiri Nargiza Murodova u bilan suhbatda bo‘ldi. Suhbat davomida boshlovchi okean ortidagi hayotning afzallik hamda kamchiliklari haqida so‘zlab berdi. “Amerikani hech qachon orzu qilmaganman” —  “TV Markaz” telekanali yopilganidan so‘ng bir-ikki yil umuman efirga chiqmadim. Bu ba’zilar o‘ylagandek taqiqlar bilan bog‘liq emas. Shunchaki R&N production nomli xususiy studiyasini tashkil qilgandik. U yerda “Uy bekasi” va “Qaynona va kelin” nomli sitkom seriallar suratga olindi. 2015—2017-yillar davomida esa “Toshkent” telekanalida shartnoma asosida faoliyat yuritdim. Amerikaga ketish xayolimda ham bo‘lmagan. Odamlar okean ortiga kelishni, bu yerda ishlashni orzu qiladi. O‘ylab qarasam biror marta buni orzu ham qilmagan ekanman. Ammo hayotda biz istamasak-da, qilishga majbur bo‘ladigan vaziyatlar bo‘ladi. Peshonamga yozilgan ekan, besh yil avval Amerikaga keldim. Avvaliga bu yerdagi hamkasblar bilan okean ortidagi hayot haqida ko‘rsatuvlar tayyorlab, o‘zbek telekanallariga yuborishni niyat qilgandim. Ammo hamkasblarimda “Amerikani maqtagandek bo‘lib qolmaymizmi?” degan hadik bo‘ldi. Shundan so‘ng rejalarimni o‘zgartirishga qaror qildim. Besh yildan buyon Amerikada istiqomat qilaman. Bu yerda izlanyapman. O‘zim uchun yangiliklarni kashf qilyapman. Ammo hayot hamon Amerikani yomon ko‘rdirib kelmoqda. “Tilni bilishim qo‘l keldi” — Dadam ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lgan. Bolaligimdan bu tilni o‘rganishga “majbur” bo‘lganim ancha qo‘l keldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetida tahsil olganman. Shu sabab, til bo‘yicha hech qanday qiyinchilikka uchramadim. O‘zbekistonda Azim Mullaxonovning sozandasi bo‘lgan Jahongir Mirzo bu yerda mashhur xonanda. U kabi vatandoshlarimning yordami bilan bu yerda joylashishim qiyin kechmadi. “Amerikaga keldingmi tezroq soqqa qilishing kerak”, degan shior bor ekan. Men undan ancha uzoqda bo‘lganim uchun avvaliga biroz qiynaldim. Sir emas, ko‘pchilik Amerikaga pul topish uchun keladi, shuning uchun ish tanlab o‘tirishmaydi. Menda ham shunday jarayon bo‘ldi. “Nohaqlik va noroziliklar bo‘ldi” — Boshlovchilikdan tashqari, “Navo” guruhiga prodyuserlik ham qilganman. Ammo bu haqida gapirish men uchun juda og‘riqli. Chunki bu guruh uchun yaxshigina mablag‘ va katta mehnat sarflagandim. Ammo ba’zi bir insonlarning mas’uliyatsizligi sabab, kattagina mehnat sarobga aylandi. Odatda ularning atigi besh foizgina iqtidori bo‘ladi, ammo prodyuserning 95 foiz mehnati sabab xalq nazariga tushadi. Ammo ba’zilar tezda o‘zlaridan yulduz yasab, “Men bundan ortig‘iga arziyman”, deb talashadi. Xullas, shunga o‘xshash noroziliklar sabab guruh tarqaldi. 2013-yil “TV Markaz” kanalining yopilishi bilan xonandalarning biri guruhni tark etdi. Ammo o‘rniga olingani ham kutilganidek bo‘lmadi. Undan keyin teleloyihalarga prodyuserlik ham qildim. Ammo u yerda ham nohaqliklarga uchragach, omadimni Amerikada sinab ko‘rishga qaror qildim. “Kasbimiz oddiy bo‘lsa-da, odamlar uchun manfaatli” — Ko‘pchilik o‘zbek san’atkorlari turli sabablarga ko‘ra Amerikaga kelib qolgan. Ularning bari bilan yaqinman. Ular bu yerga sochilgan rizqini terish va bola-chaqasi uchun qulaylik yaratish uchun harakat qilyapti. Kimning nima sohada faoliyat yuritayotganiga ko‘pchilik qiziqadi. Faqat bir narsani aytishim mumkin, kasbimiz oddiy bo‘lsa-da, odamlar uchun manfaatli. Bu yurtga kelgan insonda “Ishsiz qolsam ko‘chada qolaman, bu yerda hech kim yordam bermaydi”, degan hadik bo‘ladi. Bunday sharoitda ijod qilishga deyarli vaqt qolmaydi. Yuragida ijod jo‘shib tursa ham, bu yerda sharoit bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi. “Amerikaga kelganimdan afsusdaman” — Nyu-Yorkka samolyot qo‘nganida o‘zimga “Nima qilib qo‘ydim?” degan savolni berganman. Besh yil ichida bu savolga javob topganim yo‘q. Men hamisha AQSH  reklamalarda ta’riflanganidek “Orzular mamlakati” emas, deyman. Bu yer katta go‘shtqiymalagichga o‘xshaydi. Avval katta chig‘iriqlardan o‘tmasangiz, hech qanday natijaga erishmaysiz. Shuning uchun Amerikaga kelganimdan ko‘p marta afsuslanganman. Agar bu mamlakatdagi hayotim haqida kitob yozadigan bo‘lsam, undan qanchalik ketishni istashni yashirmasam kerak. Chunki men bu yerda mehmonman. “Amerikada dollardan boshqa hech narsa yo‘q” — Tan olish kerak, bu yerga kelgan o‘zbeklarning ko‘pchiligi o‘zgarib, faqat pulning ortidan quvadigan bo‘lib qoladi. O‘zbekistonda bor narsalarning ko‘pini bu yerdan topolmaysiz. Masalan, xotirjamlik, ichki halovat, samimiyat va tarbiya yo‘q. Hatto, muhojirlar orasidan ham o‘zingiz singari samimiy insonni topolmaysiz. Amerikada faqat dollar bor.
154
4,863
Madaniyat
“Yulduzlar jangi”ning to‘rtinchi trilogiyasi suratga olinadi
Lucasfilm kinokompaniyasi “Yulduzlar jangi”ning to‘rtinchi trilogiyasi yaratilishi haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Navbatdagi trilogiyaning rejissori So‘nggi jeday epizodini suratga olgan Rayan Jonson bo‘ladi. Yangi trilogiya Skayuokerlar oilasi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
60
298
Madaniyat
“O‘zbeknavo”: Lola litsenziyasidan ayrilgach ham, tegishli xulosa chiqarmadi
Xonanda Lola litsenziyasidan ayrilgach ham, internetga ochiq-sochiq fotosuratlar joylashda davom etmoqda, deb yozadi “12news.uz” “Darakchi” gazetasiga tayanib. “Ko‘ramiz, qayergacha borib yetarkan. Lola ijodiy faoliyatini davom ettirmoqchi emasga o‘xshaydi. ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasi nafaqat Lola, balki litsenziyadan ayrilgan boshqa qo‘shiqchilarning omma oldidagi xatti-harakatlari va faoliyatini kuzatib boradi. Ijobiy natijalarga erishilmagunicha, litsenziyalar qaytarilmaydi”, — dedi birlashmaning maxsus ruxsatnoma (litsenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov. Birlashma vakili ta’kidlashicha, san’atkorlar uyda xohlagan kiyimini kiyishi mumkin, biroq jamoatchilik oldida milliy qadriyatlarga hurmatni saqlab qolishi kerak.
76
765
Madaniyat
Stiven King plagiatlikda ayblanib sudga berildi
The Rook komikslari mualliflari Stiven Kingni “Qora minora”da plagiatlikda ayblab sudga da’vo kiritdi. Ular yozuvchidan 500 million dollardan ortiq badal to‘lashni talab qilmoqda. Bu haqda TMZ xabar bermoqda, deb yozadi “Afisha Daily”. Da’vogarlarning so‘zlariga qaraganda, King “Qora minora” kitoblari to‘plami bosh qahramoni obrazini ulardan o‘zlashtirgan. Yozuvchi fantastik epopeyasidagi Roland Diskeyn The Rook personajlaridan biri Restin Deynga juda o‘xshash bo‘lib chiqdi. Komikslar yaratuvchilari qahramonlar vaqtlar oralig‘ida sayohat qilishi, maxluqlarni o‘ldirishi va deyarli abadiy yashovchi sarguzashtlar ishqibozi ekanligi bilan ham o‘xshashini ta’kidlamoqda. Restin Deyn ishtirokidagi komikslar 1977-yildan 1983-yilgacha chiqqan. Stiven Kingning “Qora minora” nomi ostidagi birinchi kitobi esa 1982-yilda chop etilgan. Yozuvchi The Rook komikslarini o‘qiganligini tan oldi.
47
889
Madaniyat
Politsiyachi Rayan Reynolds, Bred Pitt — yollanma ishchi. Kutilmagan baxtli tasodif tufayli mashhur bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)
Rayan Reynoldsning navbatdagi blokbasterda rol o‘ynash o‘rniga ko‘chalarda patrullik qilayotganini, Pamela Anderson esa fotosessiyalar qolib, sport zalida mashq qilayotganini tasavvur qilish qiyin. Ammo bu ssenariylar quyidagi mashhur shaxslar kerakli vaqtda kerakli joyda bo‘lish baxti nasib qilmaganida, amalga oshishi mumkin edi. Jennifer Eniston mashinasiga gaz to‘ldirayotganida yirik telekompaniya prezidenti bilan uchrashib qolgan Jennifer Eniston dunyoga mashhur aktrisa bo‘lishidan oldin muvaffaqiyatsiz loyihalarda turli rollar bilan qatnashib kelgan. Ammo hech ham mashhur bo‘lishdan umidini uzmadi. Bir kuni aktrisa Gollivudda Sunset bulvaridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida NBC Entertainment kompaniyasining o‘sha paytdagi prezidenti Uorren Litllfildga duch keladi. U mashinasiga gaz to‘ldirayotganida Eniston “Mening ham omadim kelarmikan?” deydi. Buni eshitgan Litllfild: “Koshki yordam bera olsam”, deb o‘ylaydi. Tez orada Jennifer “Do‘stlar” seriali uchun kinosinovga taklif qilinadi va o‘zining mashhur qahramoni Reychel Grin rolini o‘ynaydi. Moda jurnali fotosuratchisi Xloe Sevini skeytbord uchib yurganida ko‘rib qolgan 17 yoshli Xloe Sevini Nyu-Yorkning Sharqiy qishlog‘ida do‘stlari bilan skeytbord uchib yurganida, musiqa va moda jurnali bo‘lgan i-D fotografiga duch keladi. Fotograf unga suratga tushishni taklif qiladi, Xloe ham bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaydi. Hozirda dunyoga mashhur model va aktrisa ushbu nashrni o‘z faoliyatidagi eng yaxshi tanlov deb hisoblaydi. Bred Pitt to‘g‘ri kelgan ishlarni qilgan Talabalik davrida Bred Pitt jurnalistika fakultetida tahsil olgan, ammo bitirishiga 2 hafta qolganida universitetni tashlab ketadi. Shundan so‘ng Pitt to‘lovlarni to‘lash uchun har qanday ishlarni ham bajarishga majbur bo‘ladi. U jo‘ja kiyimini kiyib, kafega mijoz chaqiruvchi bo‘lib ishlagan. Mashhurning so‘zlariga ko‘ra, bu ish unga kerakli odamlar bilan tanishish imkoniyatini beradi va aktyorlik san’ati pedagogi Roy London bilan tanishishiga sabab bo‘ladi. Bu odam esa unga o‘z iste’dodini kashf qilishga va kinodagi birinchi rollarini ijro etishiga yordam beradi. Justin Biber YouTube’ga kaverlarini joylay boshlagach, prodyuser e’tiborga tushadi Jastin Biber bolaligidan musiqa bilan shug‘ullangan: u baraban, pianino, gitara va truba chalgan. 12 yoshida u Kanadaning Stratford shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘shiq tanlovida qatnashib, ikkinchi o‘rinni egallaydi. Yosh musiqachining onasi spektaklga shaxsan kela olmagan oila a’zolari va do‘stlari uchun YouTube’da uning chiqishlari aks etgan videoni joylashtiradi. Keyin Jastin mashhur ritm va blyuz qo‘shiqlarining koverlarini ijro etgan yan bir nechta videolarni ham yuklaydi. Asta-sekin YouTube kanalining auditoriyasi o‘sib, videolar 60 000 martaga yaqin tomosha qilinadi. Biberni tinglaganlar orasida musiqa prodyuseri Skott Braun ham bor edi, u 13 yoshli qo‘shiqchini Atlantadagi studiyasiga o‘zining birinchi demosini yozishga taklif qildi. Keyt Moss moda agenti bilan aeroport zalida tanishib qolgan Yoshligida Keyt Moss 1990 va 2000-yillarning mashhur supermodellaridan biriga aylanishini tasavvur ham qila olmasdi. O‘zining tan olishicha, tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmagan: o‘sha paytda u tabassumi va kichik bo‘yidan uyalar edi. Moda agenti Sara Dukas unga ishonch bildirganida esa hamma narsa o‘zgardi. Moss Nyu-York aeroportida Dukasning akasi bilan to‘qnash keladi. 14 yoshli qizaloq parvoz vaqtini kutib o‘tirganida, agent unga yaqinlashib, “Hech model bo‘lishni o‘ylab ko‘rganmisan?” deb so‘raydi. Va 16 yoshida Keyt The Face jurnalining birinchi muqovasi uchun suratga tushadi. Rayan Reynolds politsiyachi bo‘lishi mumkin edi Rayan Reynolds politsiyachilar oilasida o‘sgan va bolaligida otasining ishini davom ettirishni orzu qilgan. Ikki akasining ham xizmatga qabul qilinishi Rayanning havasini yanada oshiradi. “Agar aktyorlikda omadim kelmaganida, ehtimol oilaviy an’anani davom ettirardim”, deb tan oladi u intervyusida. Muxlislari baxtiga, Reynolds Gollivudni tanladi, hozirgacha aktyor 100 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan. Opra Uinfri go‘zallik tanlovida g‘olib chiqqanidan so‘ng radioda ishlay boshlagan Opra Uinfri 17 yoshga to‘lganida, mahalliy Neshvill radiostansiyasi uni go‘zallik tanloviga taklif qiladi. G‘olibga “Miss yong‘in xavfsizligi” unvoni va’da qilinadi, tanlov ishtirokchilari orasida malla sochli, chiroyli qizlar ko‘p edi. Opraga g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘qdek tuyuldi. “Million dollaringiz bo‘lganda nimaga ishlatar edingiz?” degan savolga boshqa ishtirokchilar saxiylik qilishini aytib, ko‘pchilikda yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilishganda, Uinfri ochiqchasiga javob beradi: “Agar mening million dollarim bo‘lganida, men pullarni sovurardim. Aniq nimaga sarflashimni bilmayman, lekin sarflayverardim, sarflayverardim”. Qizning samimiyligi va hazil tuyg‘usi hakamlar hay’atiga ma’qul keladi va toj unga beriladi. G‘alabadan tashqari, Opra o‘sha radiostansiyaga ishga taklif qilinadi va media olamidagi faoliyatini shu yerdan boshlaydi. Bill Kosbi kafening ochilish marosimi bo‘ldi Talabalik yillarida Bill Kosbi barmen bo‘lib ishlagan va Nyu-Yorkdagi kafening ochilish marosimida ishtirok etadi. Tomoshabinlarga uning hazil-mutoyibasi yoqadi, tez orada Bill butun AQSh bo‘ylab stend-uplarni namoyish qila boshlaydi. Komediyachi televideniye e’tiboriga tushadi va 1965-yilda Tonight Show dasturiga taklif qilinadi. Ekrandagi debyutidan ko‘p o‘tmay, unga Warner Brothers studiyasidan shartnoma taklif qilingach, bir nechta eng muvaffaqiyatli komediya loyihalarida ishtirok etadi. Pamela Anderson futbol o‘yinida “kashf qilinadi” Pamela Anderson Kanadadagi futbol o‘yinida “kashf qilinmaguncha” fitnes instruktori bo‘lib ishlagan. U o‘yinga savdo ligotipi tushirilgan futbolkada keladi va stadionning ulkan ekranida translyatsiya qilinadi. Kutilmagan reklama kompaniya vakillarini xursand qiladi va Andersonga shartnoma taklif qilishadi. Ko‘p o‘tmay, u jurnallar uchun suratga tusha boshlaydi, keyinchalik esa “Malibu qutqaruvchilari” filmidagi mashhur roliga tasdiqlanadi. Eva Mendes shunchaki qo‘shnisiga yordam bergan Eva Mendesning karyerasi qo‘shnisiga yordam berganidan so‘ng boshlangan. Qo‘shnisi undan o‘z portfoliosi uchun model bo‘lishni so‘raydi va uning bir nechta suratini oladi. Agent rasmlarni ko‘rgach, modelning go‘zalligidan hayratda qoladi va uning raqamini qidiradi. Mendes bilan bog‘lanib, darhol bir nechta kichik rollarga shartnoma imzolaydi, bu esa Mendes uchun tez orada katta ekranlarga chiqish uchun poydevor bo‘ladi.
134
6,513
Madaniyat
Rayhon bo‘lajak farzandiga atab yangi klip suratga oldi
O‘zbek estradasi vakili Rayhon o‘zining yangi “Asalim mani” (qo‘shiq nomi o‘zgartirishlarsiz keltirilgan — muharrir) deya nomlangan taronasiga videoklip suratga oldi, deb xabar beradi Popcorn.uz. Xabarda ta’kidlanishicha, yangi tarona musiqasini shaxsan Rayhonning o‘zi bastalagan. Aranjirovka Zafar Qodirov tomonidan tayyorlangan. Yana bir muhim jihati shundaki, mazkur tarona Rayhon ijodi uchun kutilmagan mavzuda yaratilgan. Biroq klip mavzusi va g‘oyasi hozircha rasman oshkor etilmagan. Videoklip United Soft studiyasi tomonidan suratga olingan. Klipni suratga olish jarayoni aks etgan rasmlardan yangi kompozitsiya Rayhon hayotida kutilayotgan yangilik bilan bog‘liqligi ko‘rinadi.
55
690
Madaniyat
Instagram: Harbiy kiyimdagi san’atkorlar, Izzat Ibragimov bobo bo‘ldi, Ahad Qayumga “tosh otildi”
Jahon  va o‘zbek shou-biznesi vakillarining yaqin soatlarda Instagram sahifalariga joylagan foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz. Qiziqchi Mirzabek Xolmedov shogirdi Shukurullo Isroilovni tavallud kuni bilan muborakbod etib, sahifasiga arxiv suratlardan birini joyladi. Bir muddat Dubay shahrida oilaviy hordiq chiqargan Lola folloverlariga Moskvaga qaytayotganligini ma’lum qildi. Sitora Farmonova sahifasiga  mazmunli post va chiroyli suratini joyladi. Xonanda Gulsanam Mamazoitova barchani “Vatan himoyachilari kuni” bilan tabrikladi va harbiy libosda tushgan suratini joyladi. Aktrisa Sitora Alimjonova sahifasiga o‘g‘li Muhammadaminning suratini joylab, bugungi bayram bilan barcha yigitlarni muborakbod etdi. Komik aktrisa Shahlo Zoirova barchani bayram bilan  tabrikladi. Xonanda Dilso‘z o‘g‘li Muhammadsalahni tavallud ayyomi bilan tabriklab, go‘zal tilaklar bildirdi. Aktrisa Muqadas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i bilan tabiat qo‘ynida hordiq chiqarganini ma’lum qildi. Sevara Nazarxon yangi suratini folloverlari bilan bo‘lishdi. Latofatli turk aktrisasi Faxriye Evjen sahifasiga sohil bo‘yida tushgan suratlarini joyladi. Aktyor Alisher Uzoqov jonli efirdagi muxlis fikriga e’tibor qaratdi va uni sahifasiga joyladi. “Xo‘ja” guruhi yakkaxoni Izzat Ibragimov noyabr oyida nabirali bo‘lgandi. Oradan ikki oy o‘tib, u nabirasi Sofiya bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Vohidjon Isoqov va Otabek Mirzaxolov ham barchani bayram bilan muborakbod etishdi va sahifalariga harbiylar bilan tushgan suratlarini joylashdi. Ozoda Nursaidova singlisi Nilufar Nursaidovani tavallud kuni bilan tabrikladi. Xonanda Kaniza sport bilan shug‘ullanishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Yulduz Usmonova vatan posbonlarini madh etuvchi qo‘shig‘i bilan yurt o‘g‘lonlarini bayram bilan tabrikladi. Xonanda Manzura sahifasiga  notanish qiz bilan olingan videoni joyladi. U Rayhonga ajoyib taqlid qilgan.
97
1,917
Madaniyat
Xonanda Jahongir Otajonov ilk bor Moskvada konsert beradi
Xonanda Jahongir Otajonov ilk bor Moskvada o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsert 21-may kuni Cosmos mehmonxonasi zalida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”. Ajablanarli tomoni shundaki, Jahongir Otajonov Moskvadagi konsertdan uch kun o‘tib, Toshkentda ikki kunlik “Sinfdosh qiz” nomli dasturini ham o‘tkazishni rejalashtirgan. Mazkur konsert xonandaning 2017-yil bahoridagi ikkinchi, 12 oydagi to‘rtinchi konserti bo‘ladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
57
526
Madaniyat
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva oilaviy hayotiga putur yetkazgan Instagram-akkauntni sudga beradi
Aktrisa Shahzoda Muhamedova Instagram’dagi @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasi faoliyatidan arz qildi, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva esa bu Instagram-akkauntni sudga bermoqchi. Bu haqda ular jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Instagram’dagi @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasi mening xunuk tushib qolgan eski suratlarimni qo‘yib, g‘iybatga zamin yaratdi. Yaqin dugonam, aktrisa Muqaddas Sa’dullayevani g‘iybat qilaverganidan, uning oilasi buzilib ketishiga bir bahya qoldi. Shu akkauntni yo‘qotib tashlash kerak”, — dedi Shahzoda Muhamedova. Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning ta’kidlashicha, @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasi Muqaddasning “turmushga chiqqanidan toki bugungi kungacha bo‘lgan hayoti haqida muxlislarga g‘iybat tarqatadi”. “Ajrashganim yo‘q, ammo Instagram’dagi shu sahifa tufayli oilamizda ancha-muncha gap chiqdi. Homiladorlik vaqtimda bir necha bor ulardan birovning hayotiga aralashmaslikni, tinchini buzmaslikni so‘radim, biroq murojaatlarim besamar ketdi. Bu sahifani o‘chirtirib tashlash uchun sudga arz qilmoqchiman”, — dedi aktrisa. Avvalroq aktrisa Shahzoda Muhamedova Instagram’dagi uning nomidan ochilgan soxta akkauntlardan shikoyat qilib, ulardan biri aktrisaga: “Nega mening nomimdan sahifa ochib olding?!”, — deb tahdid qilganini aytib o‘tgandi.
95
1,302
Madaniyat
Foto: Beyonse va Jey-Zining avval e’lon qilinmagan to‘y surati
4-aprel kuni yulduzli juftlik Beyonse va Jey-Zi nikoh to‘yining 12 yilligini nishonladi. Xonanda Beyonsening onasi Tina Noulz Instagram’ida juftlikni ushbu muhim sana bilan tabriklab, qizi va kuyovining avval hech qayerda e’lon qilinmagan to‘y surati bilan bo‘lishdi, deb yozadi Harper’s Bazaar. View this post on Instagram Suratda baxtiyor juftlikning yo‘lak bo‘ylab yurib kelayotgani, orqa fonda esa ruhoniy Rudi Rasmusning kelin-kuyov baxtiyorligiga sherik bo‘lib, kulib turganini ko‘rish mumkin.  Forbes dunyoning eng boy xonandasini ma’lum qildi “Bey, Jey, yubiley muborak”, ­— deb yozib qoldirgan Tina. “Nazarimda, bu ikkovi kechagina mehrob tomon qadam qo‘ygandi, bugun esa oradan 12 yil o‘tib, ushbu kun go‘zal xotiraga aylandi. Sevgi va bir-biridan ajoyib uch farzand — g‘oyat zo‘r”, — deb qo‘shimcha qilgan Jey-Zining qaynonasi.
62
854
Madaniyat
Nilufar Usmonova pulsiz qiynalgan paytlari va o‘g‘lini tok urib yuborganidan keyin o‘zgargani haqida so‘zlab berdi
Nilufar Usmonova “Yoshlar” telekanalining “Gaplashamiz” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. Xonanda ushbu ko‘rsatuvda onasi ikkinchi marta turmushga bermoqchi bo‘lgani uchun uydan o‘g‘li Saida’zamxonni olib chiqib ketgani, pulsiz qiynalib yashagan paytlarini esladi. “Birinchi turmushim bo‘lmaganidan keyin onam ikkinchi marta turmushga bermoqchi bo‘lganida o‘g‘limni olib, uydan chiqib ketganman. Chunki men onam aytgan insonga turmushga chiqishni xohlamaganman, sababi men boshqa insonni — hozirgi turmush o‘rtog‘imni sevardim. Onam mashinamni olib qo‘yib, yashashim uchun uy bergan. O‘sha uyning sharoiti yaxshi bo‘lgani uchun men uni ijaraga berib, o‘zim sharoitsiz uyda yashaganman. Chunki bolamning bog‘chasiga, o‘zimning yurish-turishimga pul kerak edi. Ba’zan juda pul zarur bo‘lib qolganida, kosmetika sotadigan ayoldan tovar olib, xonanda dugonalarimga sotib, pul topganman. O‘g‘lim Saida’zamxon kuni bilan bog‘chada bo‘lardi, kechki payt uyga kelganida Maggi tez tayyor lapshani yaxshi ko‘rgani uchun, shuni olib tayyorlab berardim. Bola shuni yeb uxlardi, ertalab yana bog‘chaga ketardi. Uyim shu darajada eski, sharoitsiz ediki, poldan linoleum yirtilib, sementi chiqib yotardi. Eski ‘Biryusa’ muzlatkichi turardi. Uni ichida hech narsa bo‘lmasdi, deyarli. Faqat ovqat qilish uchun zarur bo‘lgan go‘sht, kartoshka, sabzi piyoz bo‘lardi. Bir kuni Saida’zamxon o‘sha muzlatkichni ochgandi, uni tok urib, orqaga otib yubordi. Shu holat menga juda qattiq ta’sir qildi. Do‘stlar, tanish bilishlar orqali to‘ylarga chiqa boshladim. To‘ylarga kirib, qistirilgan pulni olib, chiqib ketardim. Shunday qilib, men o‘zimni to‘ylarda ‘raskrutka’ qilib olganman. Mening qo‘shiqlarim to‘ybop bo‘lmagani uchun kim necha pul bersa boraverganman o‘sha to‘yga. Birinchi bo‘lib uyimga olgan eng qimmat narsa bu 1375 dollarlik muzlatgich bo‘lgan. ‘Chirindi’ uyimda o‘sha qimmatbaho muzlatgich turardi. Bolamni tok urib yuborgani menga qattiq ta’sir qilgan, shuning uchun muzlatgichning eng qimmatidan olganman”, — deydi xonanda. Nilufar Usmonovaning farzandlari Avvalroq, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova karantinda uyda o‘tirgan muxlislariga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etish maqsadida har kuni Instagram’dagi sahifasi orqali konsert berishini ma’lum qilgan edi.
114
2,256
Madaniyat
Aktyor Tal’atbek Yo‘ldoshev uylandi (foto va video)
Aktyor Tal’atbek Yo‘ldoshev uylandi. Jurnalist Feruz Muhammad Toshkentdagi “Oqshom” restoranida bo‘lib o‘tgan nikoh oqshomidan reportaj tayyorladi.
51
147
Madaniyat
Aktrisa va model Aziza Halilova turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Ko‘p yillar Malayziyada model sifatida faoliyat yuritgan o‘zbekistonlik Aziza Halilovaning turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Aktrisa va model Aziza Halilova shu bugungacha o‘z tasdig‘ini topmagan bunday gaplarni rad etuvchi suratni ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi, deb yozadi “Qalampir.uz”. Turmush o‘rtog‘i va qizi bilan suratga tushgan Aziza shunday yozadi: “Bizning baxtimiz, bizning shirinimiz, hayotimizning jajji ma’nosi! Bugun qizchamizning tug‘ilgan kuni. Bugun biz olti oylik bo‘ldik. Shu munosabat bilan bobo va buvilarimizni tabriklaymiz. Chunki otasi va menga kabi ular uchun ham bu alohida bayram. Qizalog‘im, ota-ona sifatida bizni tanlaganing uchun rahmat!”, — deb yozadi Aziza Halilova. Model oilasi bilan bog‘liq gap-so‘zlar xususida muxlislari yozib qoldirgan savollarga javob bermagan. “Biroq suratdan ko‘rinib turibdiki, ajrim haqida tarqalgan gaplar quruq mish-mish”, — deb ta’kidlaydi nashr. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
94
1,144
Madaniyat
“Taxtlar o‘yini” serialining yangi tizerlari chiqdi
“Taxtlar o‘yini” serialining Twitter’dagi rasmiy sahifasida telesaganing yangi tizerlari taqdim etildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Taqdim qilingan uchta rolikda yangi seriyalardan kadrlar yo‘q, ammo fondagi ovozlar Targariyenlar, Lannisterlar va Starklarning kelajagiga ishora qiladi. Roliklarda temir taxtni egallashni istagan uchala oilaning yirtilib ketgan va hilpirab turgan bayroqlari ko‘rsatiladi. Starklar haqidagi video: “Uinterfell qasri — meniki”. "Winterfell is mine." #GoTSeason6 premieres 4.24.16 #GameofThroneshttps://t.co/UCA8qF0I65 — Game of Thrones (@GameOfThrones) January 22, 2016 Lannisterlar haqidagi video: “Har birimiz qashshoqmiz va hokimiyatdan ajraldik, ammo biz birgalikda imperiyani ag‘darishimiz mumkin”. “Together we can overthrow an empire.”#GoTSeason6 premieres 4.24.16 #GameofThroneshttps://t.co/YAV9Uo3S3W — Game of Thrones (@GameOfThrones) January 22, 2016 Deyneris Targariyen haqidagi video: “Sen hech kimsan… Qirolicha hech kim”. “Queen of nothing.” #GoTSeason6 premieres 4.24.16 #GameofThroneshttps://t.co/TeSFwowwTy — Game of Thrones (@GameOfThrones) January 22, 2016 “Taxtlar o‘yini” serialining oltinchi mavsumi aprel oyidan boshlab namoyish etiladi.
51
1,203
Madaniyat
“O‘zbekiston go‘zali” — Nigina Faxriddinova internetdagi tanqidlar tufayli pasportidagi millatini o‘zgartirish haqida o‘ylayotgani haqida gapirdi (video)
“Bir zum tv” YouTube-kanali “Miss Uzbekistan” go‘zallik tanlovi g‘olibasi Nigina Faxriddinova bilan intervyu tashkillashtirdi. Nigina ushbu intervyu chog‘ida ijtimoiy tarmoqdagi salbiy izohlar, tanqidlar tufayli millatini o‘zgartirish istagi tug‘ilgani hamda ayni paytda katta go‘zallik tanloviga tayyorgarlik ko‘rayotgani, Akfa kompaniyasi unga homiylik qilayotgani haqida so‘zlab berdi. “Millatim ‘metiska’, menda rus, tojik, o‘zbek, nemis, arab va turk qoni bor. Pasportimda millatim o‘zbek deb yozilgan. Lekin shu yozuvni o‘zgartirmoqchi edim. Nemis deb yozdirmoqchi edim. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbeksan, deb ko‘p tanqid qilishadi, o‘zbek qizi unaqa qilmaydi, model libosini kiymaydi, yarashmaydi, deb yozishadi. Buvim nemis bo‘lganlari uchun pasportimdagi millati degan joyiga nemis deb yozdirish fikri tug‘ilgan edi”, — deydi Nigina Faxriddinova. Nigina Faxriddinova, shuningdek, yil oxirida nufuzli go‘zallik tanlovida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ham so‘zlab berdi. “O‘zbekistonda ‘Miss Uzbekistan’ degan tanlov yo‘q. Dunyoda go‘zallik tanlovlari juda ko‘p. Ulardan birinchisi turistik, ikkinchisi esa xuddi sportdek muhim go‘zallik tanlovi hisoblanadi. Turistik go‘zallik tanloviga pulini to‘lab, istalgan qiz ishtirok etishi mumkin. Ikkinchi go‘zallik tanloviga esa qancha pul to‘lamang, chiqa olmaysiz. ‘Miss International’ tanlovida ishtirok etish uchun onlayn kastingdan o‘tganman. 30 ta anketa orasidan mening ma’lumotlarimni Panamaga yuborishgan. Shunday qilib, bu tanlovda ishtirok etganman. Shu yil men ‘Miss International’ go‘zallik tanlovida ishtirok etish uchun Yaponiyaga ketyapman. Bu dunyodagi eng nufuzli uchta go‘zallik tanlovlaridan biri hisoblanadi. Birinchi o‘rinda “Dunyo go‘zali”, ikkinchi o‘rinda “Koinot go‘zali” uchinchi o‘rinda esa ‘Miss International’ tanlovi turadi. Bu go‘zallik tanlovi tashkil etilganiga 60 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, O‘zbekistondan vakil ishtirok etmagan. Biz uchun bu juda muhim hodisa”, — deydi Nigina Faxriddinova.  “Koinot go‘zali” tanlovida 26 yoshli meksikalik dasturchi qiz g‘olib bo‘ldi (foto)
153
2,075
Madaniyat
Hind kinosining tomoshabinlar mehrini qozongan juftliklari (foto)
Bollivud kino olamida oradan necha yillar o‘tsa ham eng yaxshi juftlik sifatida muxlislar yodida qolgan aktyor va aktrisalar bilan tanishing. Raj Kapur va Nargis Raj Kapur oilali bo‘lishiga qaramay Nargisga bo‘lgan muhabbatini yashira olmagan. Ular ekranlarda ajoyib juftlik rolini ijro etibgina qolmay, hayotda ham bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan. Ammo Raj Nargisni deb oilasidan voz kechmagan. Shuning uchun ham ular faqat ekranlardagina eng yaxshi juftlik sifatida yodga olinadi. Dharmendra va Hema Malini Dharmendra va Hema nafaqat ekranda eng yaxshi juftlik, balki hayotda ham oila qurishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning orasidagi muhabbat aynan suratga olish maydonchasidagi tanishuvdan keyin boshlangan. Amitabh Bachchan va Rekha Ehtimol, ularning sevgi tarixi Bollivud muxlislari orasida juda ko‘p muhokamalarga ham sabab bo‘lgandir. Amitabh, uning rafiqasi Jaya va Rekhadan tashkil topgan “muhabbat uchburchagi” va ularning atrofidagi sir abadiy sirligicha qolishi ham mumkin. Lekin nima bo‘lganida ham juftlik filmlardagi rollarini qoyilmaqom tarzda ijro etgan. Rishi Kapur va Dimpl Kapadiya Rishi va Dimplning hamkorlikdagi ilk ijrosi “Bobbi” filmi edi. Muxlislar ushbu filmdan keyinoq ularni eng yaxshi juftlik sifatida qabul qilgan. Film ham muvaffaqiyatga erishgan. Keyinchalik juftlik yana bir necha filmlarda rol o‘ynab, tomoshabinlarning quvonchiga sabab bo‘lgan. Shohrux Xon va Kajol Zamonaviy avlod orasida Shohrux Xon va Kajolni eng ajoyib juftlik sifatida tan olmaydigan tomoshabinning o‘zi topilmasa kerak. Ularning ishtirokida har bir film mashhurlikka erishibgina qolmay, balki juftlikning o‘ziga ham omad keltirgan. Juftlik ishtirok etgan har bir kartina eng kassabop filmlar ro‘yxatidan joy olgan va hanuzgacha sevib tomosha qilinadi.
65
1,757
Madaniyat
Og‘abek Sobirov: “Turkiston” san’at saroyida xuddi chet eldagi kabi — ochiq osmon ostida konsert bermoqchiman
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov 2016-yilda konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Taniqli xonandaning rejalari bilan tanishish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad Og‘abek Sobirov bilan suhbat uyushtirdi. — Shu vaqtgacha konsertingiz haqidagi xabarlarga, bannerlariga ko‘zimiz tushmadi. Bu yil konsert dasturi taqdim etish niyatingiz bormi? — Nasib qilsa, bu yil muxlislar e’tiboriga konsert dasturimizni havola qilmoqchimiz. Dasturni “Istiqlol” san’at saroyida emas, “Turkiston”ning yozgi zalida o‘tkazishni o‘ylab qo‘ydik. Konsertning sanasi hali aniq emas, taxminan iyun oyining boshlarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. — Nazarimda, Siz uchun “Turkiston” san’at saroyi kichiklik qiladi? — Toshkentdagi ilk konsertimni 1998—1999-yillarda aynan “Turkiston” da berganman. Shu konsert dasturining fayzi tufayli, muxlislarimizning mehri-muhabbati sabab, qator yillar “Istiqlol” san’at saroyida jonli ijroda 7—10 kunlab konsertlar o‘tkazdik. Yangi konsert dasturini esa ochiq osmon ostida, xuddi chet eldagi konsert dasturlari kabi o‘yin-kulgi va muxlislar bilan jo‘r bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqchimiz. “Turkiston”dagi bu dastur mening yakkaxon konsertim emas, balki “Lazgi” ansamblining bir yillik hisobot dasturi bo‘ladi. “Lazgi” ansambli yosh bo‘lishiga qaramasdan, bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida dasturga katta tayyorgarlik ko‘rdi. — So‘nggi konsertingizda ijodiy an’anangiz buzildi: yillar mobaynida jonli kuylab kelgan Og‘abek Sobirov bu safar fonogrammada kuyladi. Bunga salomatligi bilan bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘ldi, degan gaplar tarqaldi. — Ha, salomatligim bilan bog‘liq muammolar tufayli dasturni fonogramma orqali o‘tkazganim rost, ammo bu haqda gapirib, muxlislarimni vahimaga solishni xohlamayman. Nasib qilsa, hali uzoq yillar muxlislarimizni jonli kuy va qo‘shiqlar orqali xushnud qilishda davom etamiz. — “Istiqlol” san’at saroyida konsert berayotgan aksariyat san’atkorlar jonli kuylamayotgani sababini saroy texnikasi talabga javob bermasligi bilan izohlamoqda. Siz necha yillab bu saroyda jonli ijroda kuylagansiz, boshqa xonandalarning texnikani ayblashi asoslimi? — Bir tomondan asosli, boshqa tomondan asossiz. Asosli tomoni shundaki, haqiqatan ham san’at saroylarimizda mavjud texnikani tilini tushunib, o‘z o‘rnida ishlata oladigan texnik xodimlar juda kam. Borlari ham tadbirlar ko‘pligi bois qo‘li qo‘liga tegmaydi. Biz “Istiqlol”da jonli konsert berish uchun tayyorgarlikni ikki oy oldindan boshlardik. Toshkentdagi eng mahoratli sozandalar bilan bir yarim oy Xorazmda tayyorgarlik ko‘rib, konsertga 15 kun qolganida tayyorgarlikni poytaxtda davom ettirar edik. Texnikani bahona qilayotgan san’atkorlarning aksariyati, balki, o‘z kuchiga ishonmas. Katta mehnat, moddiy xarajatdan qochmasa, “Istiqlol”da bemalol jonli konsert qo‘yish mumkin.
109
2,824
Madaniyat
60 yoshli Gollivud aktyori Alek Bolduin beshinchi marta ota bo‘ldi
Taniqli Gollivud aktyori Alek Bolduin beshinchi marta ota bo‘ldi, deb xabar beradi “Vesti.ru”. Aktyorning 34 yoshli rafiqasi Xilariya o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu juftlikning to‘rtinchi umumiy farzandi. Alekning sobiq turmush o‘rtog‘i, aktrisa Kim Beysingerdan qizi ham bor. Bolduinlar oilasi uch nafar farzandni voyaga yetkazmoqda. Ularning eng kenja o‘g‘illari Leo 2016-yilda tug‘ilgan. Alek ikkinchi rafiqasi bilan 2011-yilda tanishgan, juftlik 2012-yilda turmush qurgan edi.
66
488
Madaniyat
Beyonse, Kemeron Dias hamda boshqa jahon yulduzlari obrazi mukammal bo‘lishi uchun foydalanadigan layfxaklar
Mashhurlar eng zamonaviy go‘zallik texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega, chunki ular moddiy tomondan bunga qodir. Ammo ular samarali, lekin maxfiy usullarga murojaat qiladi. The Voice Mag nashri jahonga mashhur ayollarning go‘zallik borasida amalga oshiradigan sirli muolajalari haqda so‘z yuritdi. Beyonse  Beyonse qoshlariga ishlov berishda juda oddiy, ammo ko‘pchlik ishonishi qiyin bo‘lgan usuldan foydalanadi. Xonanda va uning vizajistining siri shundaki, ushbu vosita qoshning kerakli shaklga keltirishga juda yaxshi yordam beradi. U qoshlarini chiroyli ko‘rinishi uchun oddiy o‘quv yelimidan foydalanadi. Ham qulay, ham samarali yelim qoshlarni mukammal ko‘rinish bilan ta’minlaydi. Shuningdek, uni yuvib tashlash ham juda oson. Kemeron Diaz  Kameron Diaz uzoq yillar davomida husnbuzarlar bilan kurashganini yashirmaydi. U turli xil usullarni sinab ko‘rdi — xalqona usullardan tortib, zamonaviy texnologiyagacha. Sinov va xatolar ortidan aktrisa o‘zi uchun eng samarali yo‘lni topdi va uni barcha bilan baham ko‘rishga tayyor. Aktrisa husnbuzar paydo bo‘lganda, u shifobaxsh surtma va oddiy ko‘z tomchilarini surtadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat shishni, balki qizarishni ham bir zumda bartaraf etadi. Sindi Krouford Bu borada Sindi Krouford Kleopatraga taqlid qildi. Ma’lum bo‘lishicha, supermodel o‘zining yorqin terisi uchun sut va mineral suvdan tayyorlangan niqobga qarzdor ekan. Ha, bu juda oddiy — ikkita mahsulotni aralashtirib, uni yuz terisiga surtish kifoya. Natija esa kutilganidan ham a’lo bo‘lishi shubhasiz. Margo Robbi Margo Robbi Gollivudning eng go‘zal va ajoyib aktrisalaridan biridir. Ma’lum bo‘lishicha, qizning arsenalida juda ko‘p g‘ayrioddiy go‘zallik layfxaklari bor. Margoning so‘zlariga ko‘ra, lab bo‘yog‘iga ishlab chiqaruvchilar lab terisini quritadigan tarkibiy qismni qo‘shadi. Ammo aktrisa o‘zi uchun lablariga g‘amxo‘rlik qilishning yana bir usulini ixtiro qildi: u lab bo‘yog‘i surtishdan oldin dorixonalarda sotiladigan namlantiruvchi kremlardan foydalanadi. Sandra Bullok  Sandra Bullok o‘z yoshidan ancha kichkina ko‘rinadi va ajinlarsiz yuzi bilan maqtanishi mumkin. Gap shundaki, yulduz ko‘z atrofidagi terini namlash uchun mukammal vositadan foydalanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Sandra tanani tonusga keltirish uchun mo‘ljallangan kremni ko‘z qovoqlariga surtadi va ajinlar bilan shu tarzda kurashadi.
108
2,368
Madaniyat
Dostoyevskiy – adabiyotni abadiyatga muhrlagan shaxs. 11-noyabr – buyuk rus adibi tavallud topgan kun
Bundan salkam 200 yil oldin, 1821-yilning 11-noyabrida buyuk adib, jahon adabiyotining yorqin yulduzi Fyodor Dostoyevskiy dunyoga kelgan edi. Sana munosabati bilan “Daryo” kolumnisti Rahimjon Qudratov Dostoyevskiy ijodi haqida so‘z yuritadi. 1821-yil 11-noyabrda Moskvada tavallud topgan Dostoyevskiy yoshlik chog‘laridanoq qashshoqlik va bechoralikning ayanchli oqibatlarini ko‘rib ulg‘aydi. Muhit uning fikrlashiga ta’sir etmay qo‘ymadi. Misol uchun, kambag‘al insonlar hayoti tasvirini Dostoyevskiy 24 yoshida yozgan “Faqir odamlar” asaridan tortib, umrining so‘nggi yillarida yozgan “Aka-uka Karamazovlar” asarigacha uchratishingiz mumkin. Xo‘sh, Dostoyevskiyni mashhurlik cho‘qqisiga olib chiqqan asarlarning siri nimada? Insonlar ongida davrga xos tarzda yuz berayotgan o‘zgarishlarning murakkab tahlilimi? Yoki telba qahramonlarning telbanamo o‘ylari, harakatlarimi? Balki adibning hayot borasidagi yangidan yangi qarashlari-yu xulosalaridir? Bugun Dostoyevskiyning qadrdon qahramonlari orqali o‘rganganlarimiz, adibning hayot, o‘lim, haqiqat va muhabbat kabi doimiy mavzular borasidagi mutlaqo mantiqli, boshqa yozuvchilarnikidan keskin farq qiladigan mulohazalari borasida gaplashamiz. XIX-XX asrlar bir tomondan buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan inqirozlar boshlangan davrga to‘g‘ri keldi. Rivojlanish shiddat bilan davom etgan bu vaqt mobaynida inson ich-ichidan yemirila boshlandi. Avvallari deyarli barcha faylasuflar, yozuvchilar hamda psixologlar insonga optimizm ko‘zi bilan qarab, uning kelajagiga umid bog‘lagan bo‘lsa, Dostoyevskiy eng birinchilardan bo‘lib, insonning ezgu tabiatiga, uning hoziri va kelajagiga shubha bilan qaray boshladi. Bu hech qanday pessimizm emas, shunchaki voqeaga real nazar tashlash edi. Uning “Yer ostidan maktublar” asari ko‘plab falsafiy g‘oyalarga asos bo‘ldi, inson psixikasining yangi qirralarini ochib berdi. Asarni o‘qigan o‘quvchi “inson o‘z-o‘ziga dushman”, degan xulosaga borib qolishi tayin. Bosh qahramon shu qadar samimiyki, barcha qilmishlarini, o‘ziga nisbatan nafrati-yu muhabbatini, o‘zgalar haqida hech qayg‘urmasligini ro‘yi-rost aytadi. Qanchalar achchiq bo‘lmasin, faqat va faqat haqiqatga bo‘lgan intilish oqibatida qahramon o‘z davrining ma’lum va mashhur g‘oyalariga ham tanqid toshlarini ota boshlaydi. Barcha insonlar birgalikda baxtli yashashi mumkin, ularga yetarlicha sharoit yaratilsa bas, deyish qanchalik soddalik ekanini ta’kidlaydigan qahramon, insonning doim ham biz kutganchalik aqlli mavjudot bo‘lib qolmasligini, u mantiqsiz harakatlari bilan barchasini chippakka chiqarishi mumkinligini va bularning hammasi uning tabiatiga xos ekanini tushuntirmoqchi bo‘ladi. Insondagi barcha ehtiyojlar qondirilsa, undan so‘ng inson tinch va farovon yashaydimi? Qahramon fikricha, hech qachon unday bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda inson boshqa bir qing‘irlik o‘ylab topib, o‘z hayotini o‘zi buzadi, shunday ekan, hamma birdek baxtli yashaydigan  jamiyat yaratish borasidagi xayollar utopiyadan boshqa narsa emas, xulosa qiladi u. Xo‘sh, inson hayotida insonning o‘zi, uning xohish-mayllari, vayronkor tabiati eng katta muammo bo‘lib turgan ekan, najot qayerda? Muhabbatda! Muhabbat Dostoyevskiyning deyarli barcha asarlarida bosh mavzu sifatida tilga olinadi. Eng birinchi asarida qashshoqlikning barcha azob-uqubatlariga chidab, birgina muhabbatsiz qolishga chiday olmagan qahramonlarni tasvirlagan adib keyinchalik ba’zi bir fikrlarini o‘zgartirgan bo‘lsa-da, muhabbat borasidagi qarashlarini o‘zgartirmadi. Ongi kuchli, ammo dahshatli g‘oyalar bilan to‘lgan, natijada qotilga aylangan Raskolnikov ham oxir-oqibat muhabbatdan najot topadi. Uning boshqa bir qahramoni “kulgili odam” esa butun boshli insoniyatga bo‘lgan muhabbati kuchi tufayli tirik qolgan edi. “Dostoyevskiy” serialidan lavha “Ma’suma” qissasi esa boshqa asarlaridan farqli ravishda sevgi-muhabbat mavzusini ich-ichidan tahlil etgani bilan ajralib turadi. Asar qahramoni ezgulik tarqatishdek oliy e’tiqodni o‘ziga a’mol qilib olgan inson bo‘lib, jamiyatda urchigan iflos odatlar va qing‘irliklar uni boshqalardan ajratib qo‘yadi. Shundan so‘ng barcha orzularidan kechib, o‘zgalar qatori yashashga mahkum bo‘lgan, qumursqa kabi mazmunsiz va bir tekis hayot yo‘lini tanlagan qahramon kun kelib muhabbat bilan yuzlashadi. Asar mana shu insonni yana bir bora chin hayotga qaytargan, uning tasavvurlari qayta poklanishiga xizmat qilgan muhabbat haqida. Ba’zida bizga kerakli narsalar nimaligini bilmaymiz va xotirjam hayot kechiraveramiz. Bizga keraklisi nima ekanini bildikmi, tamom, endi o‘sha narsa ketidan quvib, uni egallab, u sizni ming ko‘yga solishiga jim qarab turib, gohida u bilan kurashib, goh taslim bo‘lib, u hayotimizni izdan chiqarib yuborishiga guvoh bo‘lgancha turaveramiz. Bu narsa – muhabbat. Bu muhabbat hikoyasi qizning vafoti bilan yakun topadi. Inson hayotini turli narsalarga bog‘laydi, kimdir uni yagona narsaga bog‘lasa, kimdir yagona insonga bog‘laydi. O‘sha narsa yoki kishidan ayrilganda esa butun hayotdan ayriladi. Axir endi negayam yashasin? Dostoyevskiy mana shunday holatga tushgan insonni butun boshli qissa va quyidagi jumlalar orqali boricha tasvirlaydi: “Endi qonunlaringizni boshimga uramanmi? Endi odatlaringiz, taomilingiz, hayotingiz, davlatingiz, diningizni sariq chaqaga olmayman. Mayli, meni sizning hakamingiz so‘roq qilsin, mayli meni o‘sha sudga, ochiq sudingizga boshlab boring, hech nimani tan olmasligimni o‘sha yerda ham aytaman. Hakamingiz ‘Jim bo‘ling, ofitser!’ deb qichqiradi. Men esam unga: ‘Meni quloq osishga majbur etuvchi qudrating qani? Nima uchun bu zim-ziyo jaholat men uchun hamma narsadan qadrli bo‘lgan narsani majaqladi? Qonunlaringiz menga nimaga kerak? Menga endi begona bular!’ deb baqiraman. O, endi menga baribir!” “Dostoyevskiy” serialidan lavha Dostoyevskiyning o‘lim mavzusiga oid asarlari shu bilan cheklanib qolmagan. Bu uning xayolini band etgan asosiy mavzulardan biri edi. Tasavvur qiling, siz o‘limga hukm etilgansiz. Oxirgi soniyalaringizda nimani his etishingiz mumkin? Ayni hukm ijro etilish chog‘ida o‘limingiz bekor qilinganini aytishsachi? Unda qanday ahvolga tushasiz? Dostoyevskiy ayni mana shu holatni o‘z boshidan kechirdi. Buning natijasida o‘lim va o‘limdan qo‘rqish uning asarlaridagi yetakchi mavzuga aylandi. Adib o‘zining “Telba” asarida qatlga hukm etilgan odamlarning o‘ylarini batafsil tasvirlaydi va g‘ayritabiiy bir tarzda o‘limga hukm etilishdan ko‘ra, qaroqchi tomonidan o‘ldirilish yaxshiroq, degan fikrga keladi. O‘limning eng dahshatli qismi jarayonning o‘zida emas, balki uni kutish lahzalarida, deb hisoblaydi adib. Shunday ekan, o‘limga hukm etilgan inson uchun o‘lim emas, kutish azob. Har bir soniya umring tugab borayotganini eslab turish, o‘lim dahshatini yodingdan chiqarolmaslik – azob. Adibga ko‘ra, o‘limdan qo‘rqadigan insoniyat hayotni shunchalar sevadiki, ming yil davomida faqir va nochor yashab, muttasil iztirob chekish yoki halok bo‘lish kabi ikki tanlov turganda, har qanday inson o‘ylab o‘tirmay hayotni tanlaydi. Nahot hech kim ikkinchi tanlovni tanlamasa? Ixtiyoriy o‘lim to‘g‘risidagi fikrlar uning “Iblislar” asarida tahlil qilinadi. Asar o‘z davrida urchigan g‘oya – nigilizm (hech narsaning ahamiyati yo‘qligi to‘g‘risidagi qarash) ta’siriga tushib qolgan insonlar haqida bo‘lib, nigilistlar uchun o‘lim erkinlikni ifodalashning, isyonning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. Hayot – og‘riq, hayot – qo‘rqinch, odam bolasi – baxtsiz, o‘lim esa nigilist uchun bularning bariga davodek go‘yo. O‘lim bu hayotga, ya’ni yolg‘onga barham berishdir. Xo‘sh, ular qanchalik haq edi? Nigilizm insonni turli xurofot va yanglish fikrlardan tozalaydi, ammo bu shunday og‘ir yukki, buni ko‘tara olmay qolgan odamzodni ezib qo‘yishi ham mumkin. Qahramonlarimiz o‘z g‘oyalarining, barcha bema’niliklarining chegarasini ko‘ra olmadi, natijada, yengil tarzda boshlangan asar og‘ir tragediya bilan tugadi, g‘oya insonlari tanazzulga yuz tutdi... Bunday og‘ir g‘oyalar insonni undan to‘g‘ri foydalanishi natijasida uni yuksaltirishga sabab bo‘lishi kerak, ammo chegarani ko‘rolmaslik qahramonlarimizni halokat sari yetakladi. Hech qachon hech qaysi tuzum, g‘oya, maslakka butun jisming bilan bog‘lanib qolish to‘g‘ri bo‘lmasligi esa asar miqyosida yana bir bor tasdiqlandi. O‘lim emas, hayotga yuzlanish chora bo‘lishi mumkin, shunday emasmi? “Dostoyevskiy” serialidan lavha Hayotni anglash va shunga monand tarzda uni sevish lozim. Bu fikrlar bevosita keltirilmagan bo‘lsa-da, Dostoyevskiy asarlarining barchasi uchun birdek xulosa bo‘la oladi. Xususan, “Kulgili odamning tushi” yoki “Jinoyat va jazo” asarlari uchun. Ikkala asarning o‘zaro o‘xshash tomoni shundaki, ularning ikkalasidayam bosh qahramon o‘zgacha g‘oyalarga ega, jamiyatdan ma’nan va ruhan ayro, maqsadsizlik tufayli turli g‘oya va isyonlarga berilgan insonlar edi. Ikkalasini ham qutqarib qolgan narsa qandaydir bema’ni g‘oyalarga mukkasidan ketish emas, barchasini oddiy qabul qilib, hayotining mazmuniga emas, balki uning o‘ziga muhabbat qo‘yish bo‘ldi. Dostoyevskiy boshqa yozuvchilardan farqli ravishda g‘oyani o‘quvchi qalbiga olib kiradi. “Kulgili odamning tushi” asarida adib biz uchun eng muhim hisoblangan, biz yerda jannat qura olishimiz uchun yetishmaydigan narsalarni ko‘z o‘ngimizda ko‘zguga tutib namoyon qiladi. Adib ikki xil dunyoni tasvirlab, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi, bu qarama-qarshilikda siz butunlay haqiqatga guvoh bo‘lasiz. Bu haqiqat ham xuddi muhabbatga o‘xshab insonda ham rohat, ham azob tug‘diradi. Jonidan to‘ygan bosh qahramon o‘ylari: “Birdan olamning budu-nobudi men uchun baribir ekanini, dunyoni suv bossa, to‘pig‘imga chiqmasligini butun borlig‘im bilan tuydim. So‘ng yonverimda hech nima yo‘qligini his qildim. Dastlab xayolimga: “oldin qancha ko‘p narsa bor edi-ya”, degan fikr keldi. So‘ng oldin ham hech nima bo‘lmagan-u, faqat menga bordek tuyulganini fahmladim. Sekin-sekin men bundan keyin ham hech qachon hech nima bo‘lmasligiga ishonch hosil qildim”. Xo‘sh, qahramon nima uchun o‘zini o‘ldirmadi, u o‘ylariga yechim topa oldimi? Bu ko‘pchilik intellekt sohiblari hayotida odatda uchrab turadigan holat. Ko‘plab daholar hayotning ma’nosizligi ichra izlanib, unga o‘zlarini qoniqtira oladigan javob topishga urindi. Kamyu absurdni qabul qilish, Sartr asarlar yozish, Tolstoy esa vijdon yo‘rig‘idagi iymonga ko‘ra yashashni o‘z oldiga maqsad qilish orqali absurdni yengishga intildi. Dostoyevskiychi? Dostoyevskiy o‘z qahramoni timsolida sizga yangi bir ma’no, yashash uchun intilishingizga yangi bir maqsad ko‘rsatadi... Adib so‘z kuchi orqali qalbingizga yorug‘lik olib kiradi va siz faqatgina shu yorug‘likni tarqatish uchungina yashashni xohlay boshlaysiz. Asarni tugatganingizda esa ruhingizda o‘zgarish sezasiz, adib misralar orqali ko‘nglingizga ezgulik urug‘ini shunday joylab qo‘yadiki, siz ham bosh qahramon kabi hammaga yaxshilik sog‘ina boshlaysiz. Xuddi bosh qahramon kabi o‘zingizni haqiqatga yetishganday his qilasiz! Boshqalar uchun qanchalik kulgili bo‘lishidan qat’i nazar, oddiy, kamsuqum, birovlarning tuhmat-u g‘iybatlariga e’tibor qilmaydigan, hammani birday sevishga intiladigan, butun tanasi mehr-muhabbatdan yaralgan insonga, hayot haqiqatini biladigan yagona insonga aylanishga harakat qila boshlaysiz. Dostoyevskiy qalbingiz va aqlingiz tutashadigan nuqtaga yetib borishi shubhasiz. Ana shunda Dostoyevskiy haqiqati sizning haqiqatingizga aylanadi. Dostoyevskiy inson iztiroblari va muammolarining qay biriga qaramasin, ular tufayli kelib chiqqan savollarning bariga birdek e’tiqod, deb javob qaytarar edi. Jamiyatning eng katta muammosi – jinoyat. Qonunlar kasallangan shoxni kesib tashlash bilan ovora, ya’ni ular tarbiyasi buzilgan insonni chiqitga chiqarish bilan shug‘ullanadi. Tavba esa insonning poklanishi, uning o‘zini qaytadan kashf etishi bilan barobar. Gunoh qilib, bunga chin dilidan tavba qilgan, odamlarga chin muhabbat qo‘ya olgan, e’tiqodini mustahkamlagan odam shunchaki yashab yurgan e’tiqodli insondan ko‘ra o‘n chandon ortiq. Har holda, Dostoyevskiy fikriga ko‘ra shunday. “Aka-uka Karamazovlar” asarida bu mavzuga kengroq yondashiladi. Raskolnikovni ham yorug‘likka olib chiqqan, uni natijasiz o‘ylarga emas, yashashga intilishiga sabab bo‘lgan yo‘l e’tiqod edi. Raskolnikov endi bo‘lmag‘ur g‘oyalar bilan band bo‘lmay, haqiqiy hayotni yashay boshladi, deb yozgan adib o‘z qahramoniga bu yo‘lni e’tiqod orqali ko‘rsatib beradi. Dostoyevskiy asarlarida inson tabiatiga shubha bilan qaraganlar qanchalik ko‘p va ularning fikrlari qanchalik mazmundor bo‘lmasin, oxir-oqibat ular emas, balki insonning sofligiga ishonib, shunga monand harakat qilganlar, Raskolnikov va Alyoshalar haqiqat yo‘lidan yurganini anglab yetamiz. Haqiqat nima? Dostoyevskiy haqiqat borasidagi doimiy tasavvurlarimizdan chetga chiqqan holda o‘quvchi ongida haqiqat doim ham to‘g‘ri yoki mantiqli fikr emas, balki qalb orqali tanlangan, yaxshilikka xizmat qiladigan yo‘l, degan fikrni hosil qiladi. Dostoyevskiy insonni o‘z tabiati, ijtimoiy muammolar va har tomonlama qiyinchiliklar oldida ojiz qolganini ko‘rib, insoniyatni faqatgina muhabbat qutqarishiga ishonadi va o‘quvchilarini haq yo‘l – muhabbat yo‘liga undaydi. Dostoyevskiyning barcha asarlari bir hikmatni qayta va qayta takrorlashdan charchamaydi: Bir-biringizni seving! Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.
101
13,309
Madaniyat
Foto: Braziliyaning “Kanizak Izaura” seriali bosh qahramonlari 44 yildan so‘ng
“Kanizak Izaura” seriali Braziliya kino tarixidagi eng ko‘p sotilgan loyiha sanaladi. Filmdagi ayollarning go‘zal libosi, qullarning hayoti, shuningdek, hamisha mavjud muhabbat mavzusi tomoshabinlar tomonidan qizg‘in bahslarga sabab bo‘lar edi. 1976-yil suratga olingan “Kanizak Izaura” seriali ekranga uzatilgandan so‘ng oradan 44 yil o‘tdi. 2004-yilga kelib Rede Record telekompaniyasi serialning remeykini ishlab chiqardi. Hozirda serialda ishtirok etgan aktyor va aktrisalar qanchalik o‘zgardi, ularning hayoti qanday kechgani haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonidan foydalaning. Luseliya Santos Kanizak Izaura obrazida namoyon bo‘lgan Luseliya Santos ilk debyut rolini ham ajoyib tarzda ijro etdi. Aktrisa serial ustida ishlash paytida nimalarni boshdan kechirganini shunday esladi: “Suratga olish ishlari tashlandiq joyda bo‘lib o‘tgan. Hech qanday sharoit yo‘q, shu tufayli kiyimlarni almashtirish va grim jarayonlari issiq avtobuslarda bajarilar edi. Kostyumlar juda ham noqulay, men esa doimo ko‘ylak etagini bosib olar edim. Hattoki yiqilib tushgan vaqtlarim ham bo‘lgan, korsetlar esa nafas olishni qiyinlashtirib yuborardi”. Serial namoyishidan so‘ng aktrisa darhol mashhurlikka erishdi. Keyinchalik Luseliya dirijyor va bastakor Jon Neshling bilan turmush qurdi, ammo ularning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi. Aktrisaning bir dona o‘g‘li Pedro Neshling ham ota-onasi kabi aktyorlikni tanlagan. Luseliya o‘g‘li Pedroni eng yaqin do‘sti deb biladi. Luseliya o‘tgan asrning 90-yillarida Tibetga tashrif buyurdi va u yerdagi hayot tarziga qizib qoldi. Shuningdek, ushbu sayohatdan so‘ng ikkita hujjatli filmni suratga oldi. Luseliya oxirgi marotaba 2009-yil “Lula, Braziliyaning o‘g‘li” kartinasida ko‘rinish berdi. Rubens di Falko Rubens di Falko serialda rol ijro etgan vaqtda anchagina mashhur va mahoratli aktyor edi. U o‘zining partnyorini zag‘chadek kichkina va oriq qiz edi, deb eslaydi. Uning bo‘yi pastligi tufayli 12 santimetr balandlikdagi tufli kiyishiga to‘g‘ri kelgan. Chunki oramizdagi farq sezilarli darajada bo‘lgan. Shuningdek, uni vizual ravishda kattalashtirish uchun korset bilan belini mahkamlashar edi. Rubens loyihada kam tajribaga ega bo‘lgan hamda unchalik ham taniqli bo‘lmagan aktyorlar taklif etilgani uchun serialni muvaffaqiyatsiz chiqishiga amin edi. Biroq oradan yillar o‘tib, u eng yaxshi serial sifatida e’tirof etildi. Keyinchalik serialning remeykida komandor Almeydoning rolini ham ijro etdi. Rubens 2008-yil 22-fevralda yurak xurujidan vafot etdi. Ma’lumotga ko‘ra, aktyor oila qurmagan va farzandlari ham bo‘lmagan. Roberto Pirilo Ushbu kartinada tasodifan paydo bo‘lgan yagona aktyor. Aslida film ssenariysida uning obrazi mavjud emasdi, lekin rejissor romantik chiziq sifatida asosiy qahramon xarakterining birinchi muhabbatini qo‘shishga harakat qilgan. Aktyorning 15-epizodidan so‘ng tomoshabinlar uni chindan ham yaxshi ko‘rib qolgandi, shuning uchun uning roli biroz kengaytirildi. Norma Blum Norma haqiqiy san’at ishqibozi. U 11 yoshidan aktyorlik faoliyatini boshlagan. 70 yoshida ham Braziliya seriallarida hanuzgacha rol ijro etib kelmoqda. “Kanizak Izaura”da Norma Izauraga mehribon bo‘lgan Leonsining rafiqasi Malvini rolini ijro etgan. Lea Garsia Lea Garsia serialda hasadgo‘y qul Rozani ijro etdi. 87 yoshga to‘lgan aktrisa hamon filmlarda rol ijo etish bilan shug‘ullanadi. Zeni Pereyra Zeni ham “Kanizak Izaura” serialida oshpaz Januarni ijro etdi. Aktrisa 2002-yil 77 yoshida vafot etdi. Shuningdek, uning so‘nggi roli − “Mening vatanim” deb nomlangan serialda Izaura qahramoni sifatida ko‘rinish berdi. Edvin Luizi Bosh qahramonning turmush o‘rtog‘iga aylangan va uni qullikdan qutqargan “Kanizak Izaura” filmidagi Alvaroning rolini ijro etgan Edvin Luizi serialning mashhurligi uni birgina rol bilan taniqli aktyorga aylantirgani uchun afsuslanadi: “Dastlab serial namoyishidan bir-ikki yil o‘tib, men o‘z rolimdan mamnun edim. Ammo besh yil o‘tdi, o‘n yil ham o‘tdi. Men boshqa o‘nlab seriallarda rol ijro etdim, spektakllarda ishtirok etdim. Ammo hech narsa o‘zgarmadi. Hamma uchun hozirgacha Alvaroman!”, − deydi aktyor. U yana shunday mashhurlik olib keluvchi filmdan taklif tushishini orzu qiladi.
78
4,190
Madaniyat
Mashhur bo‘lganidan keyin sevgilisini tashlab ketgan Bollivud aktrisalari
Pul va mashhurlik insonni o‘zgartiradi. Quyidagi aktrisalar hayotiga nazar tashlab, bu ibora qanchalik to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘lish mumkin. Dipika Padukone Aktrisa hamda model Nihar Pandya o‘rtasida uzoq vaqtlar jiddiy munosabatlar bo‘lgan. Mumbaydagi aktyorlik maktabida uchrashgan juftlik hatto birgalikda Ximesha Reshammining klipida suratga ham tushgan. Filmlarda suratga tushish uchun taklif ko‘payganidan keyin esa Dipika “eski” sevgilisini tashlab, Ranbir Kapur bilan uchrashishni boshlagan. Keyinchalik Dipika hamkasbi Ranvir Sinx bilan, Nihar esa xonanda Niti Mohan bilan turmush qurgan. Priyanka Chopra Priyanka Chopra 2000-yilda “Dunyo go‘zali” deb topilguniga qadar aktyor Asim Merchant bilan uchrashgan. Merchant ayrilganlaridan keyin bir necha yil o‘tgan bo‘lsa-da, Priyankaning hayoti haqida film suratga olish istagi borligini bildirgan. Bundan achchiqlangan Priyanka sobiq sevgilisini sudga ham bermoqchi bo‘lgan. Aktrisa hozirda amerikalik xonanda Nik Jonasning rafiqasi, Asim bo‘lsa shu vaqtga qadar uylanib ajrashishga ham ulgurgan. Anushka Sharma Anushka Sharma va Zoxeb Yusuf modellik karyerasini boshlashdan avval uchrashishni boshlagan. Bangalorda boshlangan munosabatlar Mumbayda ham davom etgan. Anushka “Tangri yaratgan juftlik” filmida suratga tushib, mashhurlkka erisha boshlagan, Zoxebning esa bu borada omadi chopmagan va Bangalorga qaytib ketgan. Anushka keyinchalik Virat Kohli bilan turmush qurgan. Ayshvariya Ray Bugungi kunda Bachchanlar oilasining kelini sifatida ma’lum bo‘lgan Ayshvariya karyerasining boshida bir qancha aktyorlar bilan uchrashgan. Hali mashhur bo‘lib ulgurmagan vaqtlari model Radjiv Mulchandani bilan, kino olamiga qadam qo‘yib esa aktyor Salmon Xon bilan munosabatda bo‘lgan. Jaklin Fernandes Jaklin ham sevgi borasida tanlovi o‘zgarib turadiganlardan. Bollivudga qadam qo‘yishidan avval Bahrayn shahzodasi Hasan Bin Rashid al-Halifa bilan sevishgan aktrisa keyinchalik rejissor Sajid Xon, keyin esa bir qancha yigitlar bilan uchrashgan. Ular orasida aktyor Salmon Xon ham bor. Aliya Bxatt Aktrisa “Yil talabasi” filmida debyut rol ijro qilib, mashhurlikka erishguniga qadar Ali Dadar bilan uchrashgan. Maktab vaqtlari boshlanib, uzoq yillar davom etgan sevgi hikoyasining tugashiga Aliyaning suratga olish jarayonida Siddxart Malhotra bilan munosabat boshlagani sabab bo‘lgan. Aktrisa hozir Ranbir Kapur bilan birga, lekin juftlik ajrashish arafasida degan mish-mishlar tarqalgan.
73
2,449
Madaniyat
Zulayho Boyxonova OFK taqdirlash marosimida kuylaydi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 2013-yilgi laureatlarni taqdirlash marosimida o‘zbekistonlik san’atkorlar chiqishi bo‘ladi. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik san’atkorlar ushbu tadbirda “tarixda birinchi marta” ishtirok etishadi. Bu haqda “Kun” nashri xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, OFKning 2013-yil yakunlariga bag‘ishlangan gala-tadbirida O‘zbekistonning “Shodlik” ansambli va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zulayho Boyxonova chiqish qiladi. Ma’lumot uchun, gala-tadbir 26-noyabr, seshanba kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi. OFK yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbirda turli yo‘nalishlar bo‘yicha mavsumning eng yaxshilari nomini e’lon qiladi. Tashkilot 18-noyabr kuni har bir yo‘nalish bo‘yicha (ba’zi yo‘nalishlarda g‘oliblar erkaklar orasida alohida, ayollar orasida alohida aniqlanadi) da’vogarlar nomini e’lon qilgan. Ular orasida O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi a’zosi Abbosbek Maxstaliyev Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomi uchun kurashmoqda. Boshqa yo‘nalishlarda O‘zbekiston vakillari yo‘q. “Yilning eng yaxshi hakami” nomi uchun avstraliyalik Benjamin Uilyams, bahraynlik Navaf Abdulla va yaponiyalik Yuichi Nishimura kurash olib borsa, “Yil terma jamoasi” nomiga Eron va Yaponiya milliy terma jamoalari, shuningdek, Iroq U-20 yoshlar terma jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda. OFK “Yilning eng yaxshi futbolchisi”ni uch yo‘nalishda tanlaydi – “Yilning eng yaxshi osiyolik futbolchisi”, “Yilning eng yaxshi osiyolik legioneri” va “Osiyoda o‘ynayotgan eng yaxshi legioner futbolchi”. OFK tasnifi bo‘yicha eng qimmatlisi “Yilning eng yaxshi osiyolik futbolchisi” sovrini bo‘lib, unga faqat Osiyo jamoalarida to‘p surayotgan osiyolik futbolchilar da’vogarlik qila oladi. Bu yil bu nom uchun JCh-2014 saralash bosqichida O‘zbekistonni ortda qoldirib, JCh-2014 final bosqichini qo‘lga kiritgan Eron milliy terma jamoasi sardori Javod Nekunam, Osiyo Chempionlar ligasi-2013 g‘olibiga aylangan Xitoyning “Gaungchjou Evergrand” jamoasi sardori, xitoylik Jeng Ji va OChL-2013 finaliga yetib borgan Janubiy Koreyaning “Seul” jamoasi sardori Xa Daye-Sung kurashadi.
52
2,164
Madaniyat
Fotogalereya: Gollivudda yulduzga aylanishi kutilgan, ammo bunga muvaffaq bo‘lmagan aktyorlar
O‘z karyerasining boshida har bir aktyor mashhur yulduzga aylanishni orzu qiladi, biroq hamma ham bunga erisha olmaydi. AdMe ana shunday taqdir egalari bo‘lgan Gollivud aktyor va aktrisalari suratlarini taqdim etdi.
93
215
Madaniyat
Alla Pugachyova va Maksim Galkin egizak farzandli bo‘ldi
Rossiya primadonnasi Alla Pugachyova hamda boshlovchi Maksim Galkin egizak farzandlar ko‘rishdi. Bu haqda “Dni” internet-nashri xabar beradi. Sun’iy onalik vositasida dunyoga kelgan chaqaloqlar Alla Pugachyova va uning turmush o‘rtog‘i Maksimning qonuniy farzandlariga aylandi. “Barcha tabriklar uchun rahmat. Ha, biz ota-onaga aylandik. Endi bizning egizak farzandlarimiz bor”, – deya Maksim Galkin quvonch ila o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirgan. Mashhur yulduzlarning farzandli bo‘lganligi haqida dastlab faqatgina ularning yaqinlari – Pugachyovaning qizi Kristina Orbakayte, do‘sti Alina Redel va Maksimning ukasi Dmitriy xabar topdi. Qolganlar esa chaqaloqlarning tug‘ilgani haqida faqatgina Alla va Maksimning uyiga mehmonga chaqirilgach bilishdi. Afsonaviy xonanda Alla Pugachyova hamda mashhur teleboshlovchi Maksim Galkin qiziga – Yelizaveta, og‘liga esa Garri deb ism qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, 64 yoshli Alla Pugachyova va 37 yoshli Maksim Galkin 12 yildan beri birga yashaydi. 2011-yilda esa ular turmush qurgan.
56
1,036
Madaniyat
Yulduz Usmonova Moskvada konsert beradi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 9-avgust kuni Rossiya poytaxti Moskvada konsert beradi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda. “Sen uchun” deb nomlangan yangi konsert dasturi Stadium Live konsert zalida taqdim etiladi. Konsertda o‘zbek estradasi primadonnasidani tashqari O‘zbekiston xalq artisti, taniqli so‘z ustasi Obid Asomov ham ishtirok etadi.
39
355
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov: "Nima uchun hokimlar tomonidan madaniy meros ob`ektlarini o`zboshimchalik bilan buzish holatlari sodir etilmoqda?"
Avvalroq O`zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasi, 7-uy binosi bo`yicha shu vaqtga qadar qabul qilingan barcha qarorlarni bekor qilib, qayta tarixiy-madaniy ekspertiza o`tkazish yuzasidan topshiriqlar bergani haqida xabar berilgandi. Shundan so`ng, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda vazirning ushbu qaroriga norozilik bildirilgan fikrlar, ushbu hududda istiqomat qiluvchi bir qancha fuqarolar va tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan murojaatlar keskin ko`paydi. Mazkur masalalar yuzasidan tushuntirish berish, muammoni yana bir bor o`rganib chiqish maqsadida bugun, 4 iyul kuni Madaniyat vazirligida jurnalistlar uchun brifing tashkil etildi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi. "Aslida bugungi kunda madaniy meros tushunchasi jamiyatda shakllanganmi? Qay darajada? Madaniy merosga nisbatan hokimyat vakillarining, rahbarlarning munosabati qanday? Nima uchun hokimlar tomonidan madaniy meros ob`ektlarini o`zboshimchalik bilan buzish holatlari sodir etilmoqda.   Hozirgi holatda ham tadbirkorning qo`lida Bobur 7 ning madaniy meros ob`ekti emasligi haqidagi qaror turibdi. Bu uy taqdiri esa sizni qay darajada bezovta qilayotgan bo`lsa, meni ham shunday tashvishlantirmoqda", -  dedi vazir brifingda. Ozodbek Nazarbekov jurnalistlarga ham murojaat qildi: "Shu o`rinda sizlarga bir murojaat qilmoqchiman. Avvalo jamiyatni, raxbariyatni madaniy merosga bo`lgan tushunchasini o`zgartirishimiz lozim. Merosimizga nisbatan hurmat ruhidagi maqolalar orqali sizlar qancha ko`p jamoatchilik e`tiborini tortsangiz bu mumammolarni bartaraf etishda yordamlashgan bo`lardingiz".
134
1,689
Madaniyat
AQSh kinoakademiyasi “Oskar” mukofotiga da’vogar filmlar ro‘yxatini e’lon qildi
AQSh kinoakademiyasi “Oskar” mukofoti uchun asosiy kurashga qo‘yilgan filmlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.  “Eng yaxshi film” nominatsiyasida mukofot uchun 341 ta to‘liq metrajli kartina da’vogarlik qilmoqda. Ular orasida “Meni o‘z noming bilan ata”, “Maxfiy manba”, “Dyunkerk”, “Suv shakli”, “‘Florida’ loyihasi”, “Sevgi — kasallik”, “‘Madbaund’ fermasi”, “Mo‘jiza-ayol”, “Dunyoning barcha pullari” kabi filmlar bor. Mazkur nominatsiyada, qolgan kategoriyalardan farqli ravishda, 10 tagacha kartina taqdim etilishi mumkin. Nominatsiyalar 23-yanvarda e’lon qilinadi, mukofotlarni topshirish marosimi 2018-yil 4-martga mo‘ljallangan.
79
666
Madaniyat
“U salbiy qahramonni ijro etib ham tomoshabin mehriga sazovor bo‘lar edi”. Leonid Kuravlyovning hayoti va ijodi haqida (foto)
Rossiya xalq artisti Leonid Kuravlyov 85 yoshida vafot etdi. Aktyor “Afonya”, “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi”, “Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi”, “Eng latofatli va jozibali”, “Oltin buzoqcha” kabi filmlar orqali tanilgan. RBK Leonid Kuravlyovning eng yaxshi rollari haqida tayyorlagan maqolani “Daryo” tarjima tariqasida e’tiboringizga havola qiladi. Leonid Kuravlyov 1936-yil 8-sentabrda Moskvada tug‘ilgan. Bo‘lajak aktyor kambag‘al oilada o‘sgan: otasi chilangar, onasi sartarosh edi. Onasi 58-modda (aksilinqilobiy faoliyat) bo‘yicha hibsga olingan va Ikkinchi Jahon urushi boshlarida shahardan chiqarib yuborilgan. Bir muncha vaqt Leonid onasi bilan Murmansk viloyatida yashaydi. Boshidan o‘tgan shuncha voqealarga qaramay, aktyor bolalik yillarini shunday esladi: “Bolalik — bu har doim ajoyib tuyg‘u, hatto mendek bola uchun ham bunday baxt bolalik bilangina bog‘liq”. Suratda: “Bugun ishdan haydalish bo‘lmaydi” filmidan kadr, 1958-yil. Maktabda Kuravlyov yaxshi o‘qimagan. VGIKga hujjat topshirish g‘oyasini unga amakivachchasi taklif qilgan — u yerda qiyin imtihonlar topshirilmasdi. Ammo birinchi yili Kuravlyov o‘qishga kirolmadi va ikki yildan keyin Kinematografiya instituti talabasi bo‘ldi. O‘qish davridayoq filmlarda rol o‘ynay boshladi. Debyut rollari “Bugun ishdan bo‘shatish bo‘lmaydi” filmidagi askar (Aleksandr Gordon va Andrey Tarkovskiyning kurs ishi) va Mixail Shvaytserning “Michman Panin” filmidagi dengizchi rollari edi. Suratda: Mixail Shvaytserning “Oltin buzoqcha” filmidan kadr. Chapdan o‘ngga: Shura Balaganov — Leonid Kuravlyov, Ostap Bender — Sergey Yurskiy, Panikovskiy — Zinoviy Gerdt. Aktyorlik karyerasidagi ilk muvaffaqiyatlaridan biri Ilf va Petrovning “Oltin buzoqcha” romani asosida yaratilgan filmdagi Shura Balaganov roli bo‘ldi. “U yerda o‘zimni suvdagi baliqdek his qildim. Aftidan, men Balaganov obrazining mohiyatini tushungandim. Bir kuni men Shvaytserdan kimni o‘ynashimni so‘raganimda, u: “Balaganovni o‘ynay qol”, dedi. Ehtimol, men kinosinovlarda ham qahramonimni chuqur his qilib o‘ynaganman. Bu qornini to‘ydiradigan, himoya qiladigan xo‘jayin qidirib yurgan — Balaganov roli edi”, — deb eslaydi aktyor. Suratda: “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmidan kadr, Kuravlyov Jorj Miloslavskiy rolida, Aleksandr Demyanenko ixtirochi Timofeyev rolida. Kuravlyov filmografiyasida 200 dan ortiq film bor, u ko‘pincha yorqin xarakterli qahramonlarni o‘ynagan. Uning eng mashhur asarlaridan Xoma Brut (“Viy”), Jorj Miloslavskiy (“Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”), Aysman (“Bahorning o‘n yetti lahzasi”), Kopcheniy (“Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi”). “Uning qahramonlari salbiy xarakterga ega bo‘lsa ham, u o‘z ijrosida qandaydir ijobiy belgi yaratardi. Bu uning betakror fazilati edi. Axir Gaydayning “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmida u firibgar rolini o‘ynagan, ammo tomoshabin uni yaxshi ko‘raveradi”, — deydi aktyor Aleksandr Pankratov-Cherniy. Suratda: “Afonya” filmining suratga olish jarayoni. Chapdan o‘ngga: Afonya rolida Leonid Kuravlyov, Kolya rolida Yevgeniy Leonov va rejissor Georgiy Daneliya. Kuravlyovning unutilmas qahramonlari orasida Jorj Daneliyaning “Afonya” filmidagi asosiy rol ham bor. “Afonya obrazi uchun bizda uchta nomzod bor edi — polshalik aktyor Daniil Olbrixskiy, Vladimir Visotskiy va Leonid Kuravlyov. Uch nafar ajoyib aktyor. Uch xil filmlar. Biz Kuravlyovda to‘xtadik. Va xato qilmadik! Kuravlyovda qandaydir sir bor. Tomoshabinlar uning ijrosidagi Afonyani kechirishardi. Afonya Olbrichskiy yoki Afonya Vysotskiyni emas. Bizga esa shu kerak edi. Biz film oxirida tomoshabinlar Afoniyamizdan nafratlanishini emas, balki achinishini xohlagandik, — deb yozgan Daneliya o‘zining xotiralar kitobida. “Menimcha, biz buni biroz oshirib yubordik. Kuravlyov ijro etgan Afonya shu qadar jozibali bo‘lib chiqdiki, “Mosfilm”ga spirtli ichimlik iste’mol qiladiganlarning xotinlaridan g‘azabga to‘la ko‘plab xatlar kela boshladi. Ayniqsa, bittasi yodimda qolgan: unda omsklik bir ayol: “O‘rtoq rejissor, siz bir marta bo‘lsa ham mast santexnik bilan uxlaganmisiz?” deb yozgandi. Javob xatida men na mast, na hushyori bilan uxlamaganimni yozdim. 1965-yilda Kuravlyov RSFSRda xizmat ko‘rsatgan artist, 1977-yilda RSFSR xalq artisti unvonlarini oldi. 2013-yilda aktyor IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Suratda: Kuravlyov rafiqasi Nina, o‘g‘li Vasya va qizi Katya bilan, 1979 yil. Kuravlyov xotini bilan yoshligida uchrashgan, ular 50 yildan ortiq birga yashashdi. Ayoli o‘qituvchi edi. Ninaning o‘limidan keyin Kuravlyov kamdan kam hollarda omma oldida ko‘rinish berdi. “Xotinimning o‘limi — hayotimdagi eng katta fojia, u bilan uchrashganim esa baxt”, — deydi aktyor. “Ninka mendan aqlliroq edi, oqila. U juda ko‘p o‘qirdi, tilni mukammal bilardi, ingliz tilida o‘qirdi. Biz biror joyga birga borganimizda, masalan, do‘stlarimiznikiga, restoranga — hammaning e’tibori unga qaratilardi, men esa doim uning yonida bo‘lardim. U go‘zal va aqlli ekanligini bilardi, bunday paytlarda men panada qolardim”, — deb eslaydi Kuravlyov. Suratda: “Ustalar kitobi” filmidan kadr. O‘ngdan chapga: usta rolida Aleksandr Lenkov, Barin rolida Leonid Kuravlyov va Klava rolida Olga Yergina. So‘nggi yillarda aktyor filmlarda rol o‘ynamay qo‘ydi. U buni charchoq va qiziqarli takliflarning yo‘qligi bilan izohladi: “Shunday jumla bor — metallning charchashi (ko‘p ishlatilganligidan yoki zanglashdan o‘z xususiyatini, mahkamligini yo‘qotishi, mo‘rt bo‘lib qolishi). Mana, men ham 250 ga yaqin filmda rol o‘ynab metall kabi charchadim”. Avvalroq Leonid Kuravlyov koronavirusga chalingani, keyinchalik esa shifokorlar tomonidan aktyorga og‘ir miya shikastlanishi tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
125
5,764
Madaniyat
“Oktabr yoki noyabrda to‘y”. Jahongir Xo‘jayev shogirdi va hamkasbiga uylanayotganini ma’lum qildi (video)
Zo‘r TV boshlovchisi, “Aristokratlar” kulgi jamoasi sardori Jahongir Xo‘jayev o‘zining shogirdi va hamkasbiga uylanmoqda. Bu haqda Jahongir Xo‘jayev “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uylanish jarayoni hozir 99 foizda turibdi, 100 foiz bo‘lganida bemalol, “karrillab” aytib yuborsam yaxshi bo‘lardi. Xudo xohlasa, duo qilib turinglar, nasib bo‘lsa 2021-yilda to‘yimiz bo‘ladi. Bu haqda hech qaysi intervyuda ham gapirmaganman. O‘zimning hamkasbim, shogirdim bilan oila quryapmiz. Tanishishimiz ham qiziq bo‘lgan. Dance degan ko‘rsatuvga qiz bola boshlovchi kerak bo‘lib qoldi. “Diyor bilan boshlovchilik qilaman” desam, Aziz aka “qiz bola boshlovchi toping”, dedilar. Bir qizni tanirdim, rasmini ko‘rsatib “shu qiz bor”, dedim, u vaqtda kichkina qizcha edi. U tasdiqlandi va ko‘rsatuvni birga olib bordik. Qarasam xarakteri yaxshi, o‘zi ham yaxshi qiz ekan. Tanishib, bir-birimizni bilib, shu kungacha yetib keldik. Xudo xohlasa, shu yilda to‘y qilsak, yangi hayot, yangi maqsadlar boshlanadi. Hozir fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi. Xudo xohlasa, hamkasbim Asal Abdullayeva bilan oktabr yoki noyabr oyida to‘yimiz bo‘lib o‘tadi. Jahongir Xo‘jayev, aktyor, boshlovchi, prodyuser Ma’lumot uchun, Jahongir Xo‘jayev 1995-yil, 22-avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. “Aristokratlar” kulgi jamoasining sardori, “Real xit” ko‘rsatuvi boshlovchisi. Rejissor sifatida “Payg‘ambar oshig‘i Hasan” qisqa metrajli filmini suratga olgan.
106
1,525
Madaniyat
Aktrisa Feruza Normatova “Million” jamoasidan ketishi sababini ma’lum qildi (video)
Aktrisa Feruza Normatova “Million” jamoasidan ketishga majbur bo‘lgani, jamoa bilan tuzilgan shartnoma shartlari haqida gapirib berdi. Aktrisa bu haqda YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Million” jamoasi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan edik, to‘g‘rirog‘i 5 yil emas, 5 ta konsertga shartnoma tuzilgandi. Men bu konsertlardan 3 tasida qatnashdim, yana 2 ta konsert qolgan edi, uyoqda faoliyatimni to‘xtatishga majbur bo‘ldim. Jamoadan ketishimga har xil sabablar bor, aynan bitta yaxlit sabab yo‘q. Men “Mendirman Jaloliddin” seriali syomkasi uchun Turkiyaga ketdim, mart oyida karantin bo‘lib qoldi, qaytolmadim, repetitsiyaga qatnasholmadim, boshqa qizlar bilan repetitsiyalar davom etdi. Men noyabrda keldim, konsert dekabrda edi, ulgurishim mumkin edi, lekin serialni davomiga ham ketishimiz kerak edi. Vaqt masalasi va serial syomkalaridan bo‘sholmay qolib, tushunmovchilik bo‘lmasligi uchun ketishga qaror qildim va ular bilan kelishib oldim. Ketishimda moliyaviy jihatdan muammo bo‘lmadi, agar men konsertda chiqib, gonorarimni berishmagan bo‘lsa, aytishim mumkin edi, lekin menda bunday muammo yuzaga kelmagan. Men “Million”da chiqishni boshlaganimdan keyin, ijodimda “Million”ga ko‘proq urg‘u qaratilib boshlandi, men aktrisaman, u yerda ham aktrisa edim, lekin u yerda faqat bitta janr — komediya, lekin mening dramatik tomonlarim ham bor, men baribir bu yo‘lda ham ijod qilishim kerak. Aktrisalik jihatlarimni kuchaytirishim, o‘z ustimda ishlashim kerak. Shu sababdan “Mendirman Jaloliddin”ni tanladim. Davron aka mening serial kastingidan o‘tganimni eshitib juda xursand bo‘lgandilar, javobi chiqmasdan oldin ham xabardor bo‘lib so‘rab turdilar. Butun jamoamiz xushxabarni eshitib xursand bo‘lishdi. “Iye, endi konsert nima bo‘ladi?” ham deyishdi. Lekin men uchun “Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali yaxshi loyiha ekanligini ta’kidlab, qo‘llab-quvvatlashgan. Feruza Normatova, aktrisa, boshlovchi Ma’lumot uchun, aktrisa Feruza Normatova “Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialida O‘tror hokimi Inolchixonning qizi rolini ijro etgan. “Mendirman Jaloliddin” seriali 14-fevraldan “Milliy” telekanalida namoyish etildi.
83
2,161
Madaniyat
Nasiba Abdullayeva: Fendi reklama roligida qo‘shig‘imdan ruxsatsiz foydalanilgan (video)
Italiyaning Fendi modalar uyi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan #FendiMania yangi kolleksiyasining roligi mazkur brendning ozarbayjonlik muxlislari o‘rtasida shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “1news.az” xabar bermoqda. Bunga sabab rolikda yangrovchi ozarbayjon tilidagi “Bir gun mene rehmin gelejek” jumlasi bo‘lib, u O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva 1983-yilda Samarqand ansambli tarkibida kuylagan “Feride” qo‘shig‘idan olingan. Ma’lum bo‘lishicha, xonandaning o‘zi bu haqda bilmas ekan. “35 yil avval ijro etgan qo‘shig‘im dunyo darajasiga chiqqani quvonarli albatta, biroq undan reklamada mendan so‘roqsiz foydalanilgan. Biz brend bilan mazkur masalada bog‘lanib, buning sabablariga aniqlik kiritamiz, nomim hech qayerda ko‘rsatilmaganiga izoh talab qilamiz. Ularning bunga reaksiyasiga qarab, shundan so‘ng sud haqida o‘ylab ko‘rish mumkin”, — deya ta’kidlagan Nasiba Abdullayeva.
88
902
Madaniyat
Fransiya oshxonadan topilgan va 24 mln yevroga sotilgan kartinaning mamlakatdan olib chiqilishiga taqiq qo‘ydi
Fransiya kimoshdi savdosi orqali 24 million yevroga sotilgan florensiyalik rassom Chimabuening (Ilk uyg‘onish davrida yashagan) kartinasiga eksport sertifikatini bermaydi. Bu haqda Fransiya Madaniyat vazirligi xabar berdi. “Masihni masxaralash” ishini Fransiya hukumati milliy boylik sifatida tan olgan. Keyingi ikki yarim yil ichida Fransiya kimoshdi savdosida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shaxsdan kartinani qayta sotib olishi uchun 24 million yevro topishi kerak. BBC News’ning ma’lumotlariga ko‘ra kartinani AQShda istiqomat qiluvchi ikki nafar chililik kolleksionerlar sotib olgan. 2019-yilning oktabrida kimoshdiga qo‘yilgan kartina Kompyen shahrida istiqomat qiluvchi ayolning uyidan topilgan. Mazkur kartina uzoq yillar uy egasining oshxonasida osig‘liq turgan.
110
769
Madaniyat
Merilin Monroning ko‘ylagi kimoshdi savdosida 4,8 mln dollarga sotildi
Gollivud aktrisasi Merilin Monro (1926—1962) AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi (1917—1963)ning tug‘ilgan kuni tantanalarida kiyib qo‘shiq aytgan ko‘ylagi Los-Anjelesdagi auksionda 4,8 million dollarga sotildi, deb yozadi “TASS”. Bunda gap fransiyalik dizayner Jan Lui buyurtma asosida tikkan, yaltiroq tangachalar bilan bezatilgan yarim shaffof ko‘ylak haqida bormoqda. Uni Monro Kennedining 45 yoshiga bag‘ishlab, 1962-yil 19-may kuni Nyu-Yorkning Medison-skver-garden zalida o‘tkazilgan tantanalarda kiygan edi. Aktrisa 15 ming kishilik auditoriya qarshisida “Happy Birthday to You” qo‘shig‘ini kuylagandi. Lotning dastlabki bahosi 3 million dollarni tashkil qildi. Uch kun davom etadigan kioshdi savdosida aktrisaga tegishli boshqa kiyim-kechaklar va buyumlar ham sotuvga qo‘yilgan.
70
787
Madaniyat
Gollivud yulduzi Arnold Shvarsenegger 10 yil davom etgan sud jarayonidan so‘ng rafiqasi Mariya Shrayver bilan ajrashdi
Kaliforniyaning sobiq gubernatori, mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger rafiqasi Mariya Shrayver bilan munosabatlariga rasman nuqta qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi. Ma’lum bo‘lishicha, juftlikning ajrashish jarayoni 10 yarim yildan ko‘proq vaqt davom etgan. Sudda bunga “motivatsiyaning yo‘qligi” va mulkni taqsimlash bo‘yicha nizolarni hal qilish sabab bo‘lgani ta’kidlangan. 27-dekabrda aktyorning umr yo‘ldoshi turmushlarini saqlab qolishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, Arnold Shvarsenegger telejurnalist va AQShning prezidenti Jon Kennedining jiyani Mariya Shrayver bilan 1986-yil turmush qurgan. To‘rt nafar farzandi bor juftlikning ajrashishiga Arnoldning xiyonat qilgani va turmushidan boshqa farzandi borligi sabab bo‘lgan. Avvalroq aktyor Arnold Shvarsenegger boshpanasiz qolgan Los-Anjeles faxriylariga 25 ta uy sovg‘a qilgani haqida xabar berilgandi.
118
905
Madaniyat
Zarina Nizomiddinova: Ba’zi yigitlarning shilqimliklaridan so‘ng qo‘riqchi yollagan edim
Aktrisa Zarina Nizomiddinova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida nima uchun bir vaqtlar qo‘riqchi yollagani-yu, so‘ng ularning xizmatidan voz kechganini izohladi. “Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, ko‘p xonandalarimiz qo‘riqchi bilan yuradi. ‘Administratorim’ deb tanishtirishsa-da, lekin ular qo‘shimchasiga qo‘riqchilik ham qiladi. Bir-ikki marta menga yoqmaydigan voqea-hodisalar bo‘ldi, yigitlar yoqmaydigan gaplarni aytishdi, shilqimliklar qilishdi. Shundan keyin men ham qo‘riqchi bilan yuraqolay, degan qarorga keldim”, — deydi aktrisa. “Ikki marta, shekilli, qo‘riqchidan foydalandim, lekin qo‘riqchi bilan yurish menga yoqmadi. Bu narsa menga emas ekan. Birinchidan, erkinlikka o‘rganganman. Ikkinchidan, o‘sha shilqimlarga ahamiyat bersam, ular bilan adi-badi aytishsam, o‘zimga yomon. Yonimda qo‘riqchi bilan yurgandan ko‘ra, jahlim, fe’l-atvorim ustida ishlaganim yaxshiroq, degan fikrga keldim”, — deya qo‘shimcha qildi Zarina Nizomiddinova. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
88
1,108
Madaniyat
“Yulduzlar jangi” 8-qismining yangi treyleri taqdim etildi (video)
“Yulduzlar jangi: So‘nggi jeday” filmining yangi treyleri taqdim etildi. Bu haqda Meduza xabar berdi. “Faqat bir marta men bunday kuchni ko‘rganman. O‘shanda u meni qo‘rqita olmagan. Biroq endi …”, — deb gapirgan Lyuk. Bunda u Reyni yoki Kaylo Reneni nazarda tutgan. Shuningdek, treylerda 2016-yilning dekabr oyida vafot etgan Kerri Fisher tomonidan yaratilgan Leya Organa ham paydo bo‘ladi. Sakkizinchi qismning rejissori Rayan Jonson bo‘lgan. “So‘nggi jeday” katta ekranlarga 2017-yilning 14-dekabrida chiqadi.
66
513
Madaniyat
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti amerikalik qo‘shiqchi Bob Dilanga berildi
Amerikalik musiqachi va qo‘shiqchi shoir Bob Dilan adabiyot bo‘yicha 2016-yilgi Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”. U “Amerika qo‘shiqchilik an’anasi doirasida yangi poetik iboralarni yaratgani uchun” mukofotga loyiq deb topildi. Bu shu yildagi so‘nggi Nobel mukofotidir. O‘tgan yili esa adabiyot bo‘yicha Nobel belaruslik yozuvchi Svetlana Aleksiyevichga nasib etgan edi. Avvalroq tibbiyot, fizika, kimyo, tinchlik va iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotlari sovrindorlari ma’lum bo‘lgan edi.
74
523
Madaniyat
“Tom va Jerri” motivlari asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi
Rejissor Tim Stori ommabop “Tom va Jerri” multseriali motivlari asosida to‘liq metrajli filmni suratga olish bo‘yicha Warner Bros kinostudiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Ta’kidlanishicha, ayni paytda hamkorlik shartlari muhokama qilinmoqda, biroq loyiha haqida boshqa hech narsa ma’lum emas. Mushuk va sichqon haqidagi “Tom va Jerri” multseriali animatorlar Uillyam Xann va Jozef Barbera tomonidan 1940-yilda chiqarila boshlangan. Serial yettita “Oskar”ni qo‘lga kiritgan, 1993-yilda to‘liq metrajli “Tom va Jerri” kartinasi ham taqdim etilgan.
69
594
Madaniyat
Eminem bolaligi o‘tgan uyidan olingan g‘ishtlarni sotuvga chiqardi
Taniqli amerikalik rep ijrochisi Eminem The Marshall Mathers LP albomining 16 yilligi munosabati bilan bolaligi o‘tgan uydan olingan g‘ishtlarni sotuvga chiqardi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Eminemning uyi uning The Marshall Mathers LP va The Marshall Mathers LP 2 albomlari yuziga chiqqandi. 2013-yilda bino buzilgan, demontajdan chiqqan 700 g‘isht esa o‘ralib, xonandaning imzosi bilan haqqoniylik sertifikatiga ega bo‘lgan edi. Mashhur uy bo‘lagi solingan komplekt narxi 313 dollar turadi. Komplekt ichiga g‘isht, namoyish uchun quti va The Marshall Mathers LP albomining audiokassetadagi yangi nashri kiradi. G‘ishtlardan tashqari, uy qurilishida ishlatilgan yog‘ochlardan kolleksion jetonlar yaratildi. Ularning narxi 42 dollarni tashkil qilmoqda. Savdodan ishlangan pullarning bir qismi murakkab fe’lli o‘smirlar bilan ishlovchi notijorat tashkilotlarga ko‘mak beradigan Marshall Mathers Foundation jamg‘armasi hisoblariga o‘tkaziladi.
66
951
Madaniyat
Xonanda Botir Qodirov Pekin xalqaro turizm festivalida oliy mukofotni qo‘lga kiritdi
Xonanda Botir Qodirov o‘n sakkizinchi bor tashkil etilgan Pekin xalqaro turizm festivalida oliy mukofotni qo‘lga kiritdi. Bu haqda xonandaning prodyuseri Abror Po‘latov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. “Pekin xalqaro turizm festivali yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Botir Qodirov ijodiy jamoasi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi”, — deydi Abror Po‘latov. Ma’lum qilishlaricha, festival davomida Botir Qodirov jamoasiga ijodiy hamkorlik masalasida, Shanxay, Xunan va Pekindagi boshqa xalqaro festivallarda qatnashish, Yaqin Sharq va Yevropa bo‘ylab bir oylik musiqiy turne uyushtirish bo‘yicha takliflar tushgan. “Bir so‘z bilan aytganda, festival chin ma’noda do‘stlik va hamkorlik bayramiga aylanib ketdi deydi”, — deydi Abror Po‘latov. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pekindagi xalqaro turizm festivalida xonanda Botir Qodirovning jamoasidan tashqari, “Sirdaryo navolari” raqs dastasi va taniqli raqqosa Parizoda ishtirokidagi ansambl ham ishtirok etayotgani haqida xabar berilgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
84
1,151
Madaniyat
Gollivud yulduzi Skarlett Yoxansson ikkinchi marta farzandli bo‘ladi
36 yashar amerikalik yulduz Skarlett Yoxansson va uning turmush o‘rtog‘i Kolin Jons ota-ona bo‘ladi. Avvalgi turmushidan Rouz ismli qizi bo‘lgan aktrisa ikkinchi marta onalik baxtini his qiladi. Juftlikning oilasiga yaqin bo‘lgan manba ular bundan juda ham xursand ekani va uzoq vaqt davomida bu yangilikni sir saqlaganini ma’lum qilgan. Skarlettning muxlislari uning yangi “Qora beva” filmi bilan bog‘liq tadbirlarga tashrif buyurmay qolganiga e’tibor bergan. Bu Marvel/Disney studiyalarining yirik loyihasi ekanligi, qolaversa, nafaqat bosh qahramon rolini o‘ynagani, balki ijrochi prodyuser ekanligiga qaramay, aktrisa intervyu ham bermagan, xizmat safarlarida ham ishtirok etmagan. Ma’lumot uchun, aktrisa Kolin Jonsdan avval aktyor Rayan Reynolds va jurnalist Visent Espinoza bilan turmush qurgan. Espinoza bilan turmushi davomida ilk marta ona bo‘lgan. Kolin Jons 2005-yildan buyon Saturday Night Live dasturining ssenariy muallifi va Weekend Update shousining hammuallifi sanaladi.
68
989
Madaniyat
“Varrak-shou”da xonanda qizlar arqon sakrab qo‘shiq kuyladi
20-aprel kuni “Sayyod” nashri xodimlari “Varrak-shou” deb nomlangan tadbir o‘tkazdi. “Sayyod”ning xabar berishicha, bu yil to‘rtinchi marotaba o‘tkazilgan tadbirga xonandalar chegaralangan ro‘yxat asosida taklif qilingan. “Varrak-shou”da “Yalla” guruhi a’zolari, Bonu, Munisa Rizayeva, “Afruz” guruhi, Yagona, Amira, Umida, Doston Ubaydullayev, “Mango”, “Ummon” guruhlari va boshqalar ishtirok etdi. Xabarda aytilishicha, tadbirda xonandalar turli xil milliy o‘yinlar o‘ynab, bir vaqtning o‘zida qo‘shiqlar ham ijro etgan. Jumladan, xonanda qizlar arqon sakrab kuylashga majbur bo‘lgan. “Ummon” guruhi a’zosi Shohrux esa “lanka” o‘yini vaqtida kiyimini yirtib olgan. Shuningdek, o‘zbek estradasi vakillari urma sozlarda jonli ijroda o‘z iste’dodlarini namoyish etgan.
59
768
Madaniyat
Yevropa kinoakademiyasi mukofoti laureatlari e’lon qilindi
European Film Awards Yevropa kinoakademiyasi mukofoti laureatlari e’lon qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Unda “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasi bo‘yicha italiyalik Paolo Sorrentino va shved Roy Andersson g‘olib bo‘ldi. Paolo Sorrentinoning “Yoshlik” kartinasi eng yaxshi film deb topildi. Britaniyalik qo‘shiqchi Emi Uaynxaus hayoti haqida film yaratgan ijodkorlar eng yaxshi hujjatli film mukofotini qo‘lga kiritdi. Hakamlar hay’ati, shuningdek, eng yaxshi ssenariychi deb “Lobster” filmining ssenariychisi Yorgos Lantimos, “Yevropa yangiligi” nominatsiyasi bo‘yicha “Mustang” va eng yaxshi multfilm deb “Dengiz qo‘shig‘i” multfilmini topdi. “Yevropaning eng yaxshi aktyori” va “Yevropaning eng yaxshi aktrisasi” nominatsiyalari bo‘yicha mukofotni Maykl Keyn va Sharlotta Rempling qo‘lga kiritdi.
58
806
Madaniyat
Rossiyalik aktyor Dmitriy Maryanov o‘limining qat’iy sababi ma’lum bo‘ldi
Rossiyalik aktyor ko‘p miqdorda qon yo‘qotish oqibatida vafot etgan. Bu haqda ekspertiza xulosalariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. “Chap boldirdagi chuqur vena qon tomirlarining tromboflebiti. Ko‘p miqdorda qon yo‘qotish”, — deyiladi xulosada. Aktyor 15-oktabr kuni 47 yoshda vafot etdi. Avvalroq, Maryanovning tromb yorilishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.  Moskvada Dmitriy Maryanov bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tmoqda
73
456
Madaniyat
Karantin tufayli Turkiyada qolib ketgan aktrisa Ra`no Shodieva shifoxonaga murojaat qildi
Aktrisa Ra`no Shodieva 21 aprel kuni o`zini yomon his qilgani uchun Istanbuldagi klinikalardan biriga murojaat qildi. Mehmonxonadagi kimyoviy ishlov berish jarayoni unga allergik ta`sir ko`rsatgan. Shuning uchun shifoxonaga borishga to`g`ri kelgan. Bu haqda aktrisa Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirdi va klinikaga minnatdorlik bildirgan. «Xodimlaringiz men bilan tezda bog`lanib, uyimdan olisligimni his etmasligim uchun barcha sharoitlarni yaratishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Siz klinikaga borishimni juda tez tashkillashtirdingiz, hamma e`tibor va g`amxo`rlik bilan munosabatda bo`ldi», — deb yozadi aktrisa. Eslatib o`tamiz, Jaloliddin Manguberdi haqidagi filmda suratga tushish uchun Turkiyaga borib, hozirda karantinni Istanbuldagi mehmonxonada o`tkazayotgan 20 dan ortiq o`zbekistonlik aktyorlar orasida Ra`no Shodieva ham bor. Mehmonxonada Alisher Uzoqov, Akbarxo`ja Rasulov, Adiz Rajabov, Javohir Zokirov, Farhod Badalov, Ra`no Shodieva, Rayhon Ulasenova, Yulduz Rajabova, Feruza Normatova, Akmal Mirzo, Alixan, Farhod Saidov kabi taniqli aktyorlar karantinni o`tkazmoqda. Ular dekabr oyidan beri Turkiyada qolmoqda.
89
1,141
Madaniyat
Ledi Gaga Madonnani yosh san’atkorlarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lishda aybladi
Ledi Gaga Madonnani yosh san’atkorlarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lish va yangi iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashni istamaslikda ayblab, qattiq tanqid qildi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda. Greek People jurnaliga bergan intervyusida Ledi Gaga o‘zining kuylash uslubi va musiqa borasidagi didiga asosiy ta’sir ko‘rsatgan qo‘shiqchilar sifatida Devid Boui, Freddi Merkyuri va Maykl Jeksonlarni sanab o‘tdi. Gaganing ta’kidlashicha, agar yosh xonandalarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lmaganida, bu ro‘yxatga Madonnani ham kiritgan bo‘lar edi. “Ha, men Madonnani bu ro‘yxatga qo‘shgan bo‘lar edim, ammo noma’lum bir tuyg‘u mening bunday qilishimga to‘sqinlik qiladi. Agar men shou-biznesda shunchalik ahamiyatga ega shaxs bo‘lganimda, albatta musiqa olamiga ilk qadam qo‘yganlarga yordam berar edim”, — dedi u. Shunday bo‘lsa-da, Madonnaning Ledi Gaga ijodiga ta’siri xonandaning musiqasida ham, sahna imijida ham seziladi.
84
929
Madaniyat
“Oskarsiz aktrisa”: Yelizaveta II ning dafn marosimida ishtirok etgan Megan Marklning xatti-harakatlari jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi
Shahzoda Garrining rafiqasi — sobiq aktrisa Megan Markl Yelizaveta II ning dafn marosimida inglizlar orasida salbiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqardi, deb yozadi Wday. Jamoatchilikning shahzoda Garrining rafiqasiga bo‘lgan munosabati uning xulq-atvori va qirollik qoidalariga rioya qilishni istamasligi tufayli avvaldan juda salbiy edi. Megan asrlar davomida o‘rnatilgan tizimga qarshi chiqdi va qirollik oilasini turmush o‘rtog‘i bilan tark etishga qaror qilganidan so‘ng shahzoda Garrining ham oilasi bilan munosabatlari yomonlashdi. Juftlik AQSHga ko‘chib ketganiga ikki yil bo‘lganda ham Markl Buyuk Britaniyaga kelmadi. Faqatgina Yelizaveta II ning platina yubileyi oldidan birinchi marta shahzodaga hamrohlik qilishga qaror qildi. Shuningdek, Megan Markl va shahzoda Garri qirolichaning o‘limi tufayli Londonga kelishga majbur bo‘ldi. Sobiq aktrisa qirolichaning vafotidan so‘ng turmush o‘rtog‘i bilan ko‘rinish bergan zahoti uning har bir xatti-harakati tanqid ostida qoldi. Megan va Garri odamlar e’tiborini ortiqcha jalb qilmaslik uchun hatto og‘zaki bo‘lmagan muloqot usulini ham topdi. Sobiq aktrisa Yelizaveta II ning dafn marosimida katta norozilikni keltirib chiqardi. Birinchidan, Megan Markl qornini alohida ta’kidlaydigan qora tor libosda bo‘lgan. Bu dafn marosimida uning homiladorligi haqidagi mish-mishlarni qo‘zg‘atdi. Shuning uchun ham inglizlar u yana bir bor e’tiborni jalb qilishga urinayotganidan norozi bo‘ldi. Shuningdek, ko‘pchilik uning jigarrang tusda bo‘lgan smoky eyes uslubidagi makiyaji dafn marosimi uchun mutlaqo mos emasligini ta’kidladi. Ayniqsa, Megan yig‘laganida esa jamoatchilik buni tabiiy qabul qilmadi, aksincha bu navbatdagi salbiy fikrlarga sabab bo‘ldi. Internet foydalanuvchilari aktrisaning kechinmalarini jonsiz ekanini muhokama qila boshladi, hech kim uning samimiyligiga ishonmadi. “Oskarsiz aktrisa”, “Haqiqatan ham unga kimdir ishondimi?”, “Megan, sen buni o‘ynay olmaysan”, “Men uning ko‘z yoshlariga ishonmayman”, — deya fikr bildirgan Internet foydalanuvchilari.  21 million dollarlik ovoz: Megan Markl o‘zining birinchi podkastida nima haqida gapirdi?
146
2,116
Madaniyat
Instagram: Alisher Uzoqovning haydovchilarga murojaati, “pulga erga tekkan qizlar” haqida kuylagan Jasur Umirov, san’atdan ketib, uysiz qolgan Sardor Rahimxon
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Bollivud yulduzi Anushka Sharma har kuni 10 ming qadam piyoda yurishini aytib o‘tdi hamda yo‘l-yo‘lakay suratga tushdi. Manzura “Madinaga borolmadim” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Yulduz Rajabova yolg‘on g‘iybatlardan charchaganini aytib o‘tdi. Reper Shahriyor AQShda to‘y xizmatida bo‘ldi. AQShda yashayotgan aktrisa Yulduz Hamidova qizi Fotimaga baxt tiladi. Jasur Umirov navbatdagi yangi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi. Qo‘shiq “pulga erga tekkan” qizlar haqida. Shahzoda o‘g‘li Xalidning suratini sahifasiga joyladi. Alisher Uzoqov haydovchilarga videomurojaat yo‘llab, qoidalarga amal qilishni so‘radi. Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan tushgan surati izohida folloverlaridan baxt haqidagi fikrlarini so‘radi. Bloger Ozod Xurramov kasal bo‘lib qoldi. Uning Instagram’dagi sahifasi hozirda do‘stlari tomonidan yuritilmoqda. Madina Mumtoz farzandlari bilan Istanbulni aylandi. Sardor Rahimxon san’atdan ketganidan keyin uysiz va mashinasiz qolib ketgani haqida gapirib berdi.
158
1,162
Madaniyat
Alyonushka, Ayozbobo va Kashey: Sovet ertak-filmlari qahramonlarining fojiali taqdiri (foto)
Bugungi kunda nafaqat kattalar, balki kichik yoshdagi bolalar ham mashhur ertak-filmchi sovet rejissorlari Aleksandr Rou va Aleksandr Ptushkoning ijodidan xabardor. Ertak-filmlarda yoddan chiqmaydigan qahramonlar rolini ijro etgan aktyorlar hayoti qanday o‘tgani esa hammaga qiziq bo‘lsa kerak. Aleksandr Xvilya 1905-1976 Afsonaviy Ayozbobo yoshligida bir kun kelib aktyor bo‘lishini tasavvur ham qilmagan. Uning yolg‘iz onasi besh bolani tarbiya qilgan. Shuning uchun ham Xvilya Temir yo‘llari o‘quv yurtini tamomlaganidan so‘ng darhol kotib, tarozibon, xizmatchi va hisobchi bo‘lib ishlay boshlaydi. Shunga qaramay, u drama studiyasidagi o‘qishni ham tark etmaydi. 1924-yilda Ukraina davlat teatri, u yerdan Xarkov Shevchenko teatriga ishga kirgan. Urush boshlangan yillari aktyor filmlarda rol ijro eta boshlagan. Shuningdek, Aleksandr Rouning kartinalaridagi ajoyib obrazlari tufayli mashhurlikka erishgan. Natalya Sedix – 75 yosh Kasbi bo‘yicha balerina bo‘lgan Natalya Sedix to‘satdan kino olamiga tushib qolgan. Rejissor Aleksandr Rou televizordan uning chiqishlarini ko‘rgan, o‘shanda 15 yashar Natalya muz ustida “O‘layotgan oqqush” raqsini ijro etgan. Rouning ikki ertak-filmidan tashqari, Natalya boshqa filmlarda ham suratga tushgan. Ammo u baribir o‘z kasbiga sodiq qolib, katta teatr truppasida raqslar ijro etgan. 1990-yilda raqqosalik karyerasini yakunlagan va Moskva teatriga ishga kirgan. Svetlana Orlova – 68 yosh Alyonushka rolini ijro etgan aktrisa ham yana bir go‘zal balerina – Svetlana Orlova edi. U o‘tgan asrning 80-yillarida Vneshtorgda model sifatida faoliyat yuritgan. 90-yillarda esa o‘zining shaxsiy fitnes-klubini boshqargan. Eduard Izotov 1936-2003 Izotovning aktyorlik faoliyati baxtsiz hodisa tufayli yakun topgan. 1983-yilda aktyor va uning rafiqasi valyuta ayirboshlash vaqtida hibsga olingan, u davrda bu jinoiy ish deb hisoblangan. Uch yillik qamoq jazosi aktyorning ruhiyati va jismoniy holatiga ham salbiy ta’sir o‘tkazgan. Ozodlikka chiqqanidan so‘ng aktyor besh marotaba insultni boshidan o‘tkazgan, shundan so‘ng uning teatrda ishlashi muammolar tug‘dira boshlagan. Majburiy nafaqaga chiqqanidan keyin Izotovning ahvoli keskin yomonlashgan. Hayotining so‘nggi yillarida u bir nechta operatsiyalarni boshdan kechirgan. Uning ahvoli kundan kunga yomonlashib, hattoki yaqinlarini ham tanimay qolgan. Pavel Pavlenko 1902-1993 Bir umrlik teatr va kinolardagi ijrosidan so‘ng 1976-yilda aktyor nafaqaga chiqqan. U aktyorlik faoliyatini yakunlaganidan keyin deyarli hech qanday ma’lumot saqlanmagan. Aktyor yolg‘izlikda vafot etgan. Vera Altayskaya 1919-1978 Veraning kinodagi obrazlariga qarab uni aqlli va go‘zal deb taxmin qilish qiyin. Rejissor aktrisaga iqtidorni namoyon qiladigan hamda muvaffaqiyat keltiruvchi xarakterli rollarni topshirgan. Aktrisa hayotining so‘nggi yillarida spirtli ichimlikka qaram bo‘lib qolganligi tufayli turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan, qizi bilan munosabatlari buzilgan, natijada og‘ir kasallikdan vafot etgan. Georgiy Millyar 1903-1993 Georgiy Millyar zodagonlar oilasida dunyoga kelgan. U yoshligidan musiqa va tillarni o‘rgangan. Millyar nemis va fransuz tillarini yaxshi bilgan. Shunga qaramay, 1917-yilda u onasi bilan qiyinchiliklarga uchragan. Millyar ilk debyutini kutilmaganda amalga oshirgan. Spektaklda Zolushkani o‘ynaydigan aktrisa betobligi tufayli u rahbariyatni rol ijro eta olishiga ishontirgan. Keyinchalik u mashhurlikka erishishiga sabab bo‘lgan Rou bilan ishlay boshlagan. U onasi bilan birga yashar va uning shaxsiy hayoti atrofida turli mish-mishlar yurar edi. Kimdir u turmush qurishni istamasligini aytsa, yana boshqasi uni farzand ko‘ra olmaslikda ham ayblagan. Lekin Millyar 65 yoshida o‘zidan yoshroq bo‘lgan qo‘shnisi bilan turmush qurgan. Ular hayotining oxirigacha iliq munosabatlarini saqlab qolgan.
92
3,811
Madaniyat
Jamila G‘ofurova: Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak
Aktrisa Jamila G‘ofurova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi. Hammaning o‘z tushunchasi bor. Mening tushuncham bo‘yicha, bir nominatsiyaga uchta aktrisaning nomzodi qo‘yildi, misol uchun o‘sha vaqtda, ya’ni 2014-yilda Asal Shodiyeva, Shahzoda Matchonova hamda mening nomzodim qo‘yilgan edi. Omadi bor ekan, mukofot Asal Shodiyevaga nasib etdi, qoyil, omadini bersin, muxlislari ko‘p ekan. Lekin mening ham talab qilishga, taklif qilishga haqqim bor, chunki san’atning ichida 17 yildan buyon yuribman. Qirqqa yaqin filmda rol ijro qilganman. Taklifim shundaki, mukofotga nomzod ijodkorni necha yildan buyon san’atda yuribdi, qanday filmlarda rol ijro qilgan, deya birma-bir o‘rganib chiqish kerak. Eng ko‘p davlat filmlarida suratga tushgan aktrisa men bo‘lsam kerak. Misol uchun “Sog‘inch sohili”, “Devona”, “Jasur”, “Uqubat”, “Aldangan ayol”, “Baron”, “Gumrohlar”, “Kechikkan hayot”, “Armon”, “Barakasini bersin” singari davlat filmlarida suratga tushganman. Bu filmlar giyohvandlikka, odam savdosiga, fohishalikka, OITS kasalligiga hamda terrorizmga qarshi ishlangan. Yoshlarning tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladigan, yomon yo‘llardan qaytaradigan filmlarim juda ko‘p, bularni ham hisobga olishsa deyman. Yosh bolani ham rag‘batlantirish, degan narsa bor. “Sen bu ishni yaxshi qilganing uchun mana mukofoti” desa ertaga bundan ham yaxshi ish qilishi mumkin. Mayli mukofot bo‘lar, bu ham nasib qilib qolar. Jamila G‘ofurova, aktrisa Jamila G‘ofurova bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin. Aktrisa suhbat davomida bolaligi, oilasi, Shakiraga qilgan taqlidi va allambalo raqsi, ochiq kiyinishiga bo‘lgan e’tirozlar, Sevinch Mo‘minova raqobatchi bo‘lgan filmda kastingdan o‘ta olmagani haqidagi barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi.
86
1,842
Madaniyat
Sandra Bullok va Chenning Tatum People’s Choice Awards g‘oliblari deb topildi
Los-Anjelesda (AQSh) People’s Choice Awards mukofoti 42-bor o‘z egalariga topshirildi. Bu haqda People’s Choice xabar bermoqda. “Sevimli film” hamda “Eng yaxshi ekshn-film” nominatsiyalarida “Forsaj 7” g‘olib chiqdi, “Marslik” esa eng yaxshi drama deb topildi. Chenning Tatum “Suyukli aktyor”, Sandra Bullok esa “Sevimli aktrisa” sifatida e’tirof etildi. Jonni Depp qiyosi yo‘q dramatik aktyor deb tan olindi. Teleshoular orasida nominatsiyalar borasida “Katta portlash nazariyasi” yetakchilik qildi. Ed Shiran sevimli qo‘shiqchi, Teylor Svift xonanda, Fifth Harmony esa guruh deb topildi. People’s Choice Awards muxlislar ovoz berish natijalariga ko‘ra pop-madaniyat vakillariga beriladigan nufuzli mukofot bo‘lib, 1975-yildan beri taqdim etib kelinadi.
77
755
Madaniyat
“Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy” badiiy filmini suratga olish bo`yicha muzokaralar davom etmoqda
Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda “Tojikfilm” davlat muassasasi mas`ul xodimlari ishtirokida “Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy” tarixiy-badiiy filmini suratga olish bo`yicha qo`shma komissiyaning navbatdagi yig`ilishi bo`ldi.   Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021 yil  10-11 iyun kunlari Tojikiston Respublikasiga tashrifi davomida mamlakatimiz rahbari tomonidan ikki davlat kinoijodkorlari hamkorligida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida  tarixiy-badiiy film yaratish tavsiya etilgan va bu taklif Tojikiston Prezidenoti Emomali Rahmon tomonidan qo`llab-quvvatlangan edi.   Ayni paytda ushbu  filmni yaratish bo`yicha ishchi guruh tashkil qilingan. Mazkur ishchi guruh a`zolari tomonidan doimiy uchrashuv va muloqotlar yo`lga qo`yilgan. Sentyabr oyida  2021 yilning 10-15 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasi kinoijodkorlari va olimlaridan  iborat delegasiya a`zolari Toshkent va Samarqand shaharlarida kinoloyiha konsepsiyasi bo`yicha muzokaralar olib borishdi.   O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va Tojikiston Respublikasining “Tojikfilm” davlat muassasasi rahbarlari  o`rtasida “Ipak yo`li durdonasi” XIII Toshkent Xalqaro kinofestivali doirasida  “Abdurrahmon Jomiy va Alisher Navoiy” badiiy filmini suratga olish bo`yicha memorandum imzolangan edi.   Navbatdagi majlisda O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi a`zosi, navoiyshunos olim Rustam Jabborov, “Tojikfilm” davlat muassasasi raisi Mahmasaid Shohiyon, rais o`rinbosari Tolib G`aybullozoda, Tojikiston Fanlar akademiyasi kutubxonasi direktori  Shodimuhammad Sufizoda, Tojikiston Davlat san`at va madaniyat instituti rektori Muhriddin Nizomiy, Tojikiston Milliy universiteti mumtoz adabiyot kafedrasi professori  Badriddin Maqsudov, Tojikiston Kino arboblari uyushmasi raisi, ssenarist Safar Haqdodov va boshqalar ishtirok etdi.   Yig`ilishda M.Shohiyon “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent Xalqaro kinofestivalidagi iliq taassurotlar haqida gapirib, Tojikiston delegasiyasiga ko`rsatilgan alohida hurmat va e`tibor uchun O`zbekiston hukumatiga va O`zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga minnatdorlik bildirdi. Shundan so`ng yig`ilish ishtirokchilari mazkur kinoloyihaning ahamiyati xususida to`xtalib o`tishdi.   Uchrashuv davomida har ikki mamlakat kinoijodkorlari tomonidan taklif qilingan dastlabki ssenariy loyihalari muhokama qilindi. Har ikki tomondan tavsiya etilgan mualliflar tomonidan buyuk mutafakkirlar siymosini haqqoniy ochib bera oladigan, shu bilan ikki xalq do`stlishgini tarannum qiladigan kinoasar yaratish lozimligi ta`kidlandi.   Uchrashuv doirasida filmning Tojikiston hududida suratga olinishi mumkin bo`lgan tarixiy obidalar va lokasiyalarga sayohatlar uyushtirildi.
100
2,856
Madaniyat
Qo‘shiqchi Avril Lavin internetdagi eng xavfli odam bo‘lib chiqdi
McAfee kompaniyasining kiberxavflar sohasidagi ekspertlari butun internet olamidagi eng xavfli personaj shaxsini oshkor qildi, deb yozadi Associated Press. U 2013-yildan buyon albom chiqarmayotgan, ammo internetga o‘z nomidan zararkunanda kontentni binoyidek joylayotgan kanadalik qo‘shiqchi Avril Lavin bo‘lib chiqdi. McAfee mutaxassislari tomonidan olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, aynan pop-pank qo‘shiqchining nomi bilan bog‘liq materiallarga yovuz niyatlilar eng ko‘p xavfli dasturiy ta’minotlarni joylaydi. Avril Lavinning bepul MP3 lari so‘rovi bo‘yicha qidiruv xizmati foydalanuvchilarga chiqarib beradigan linklar 22 foizlik ehtimol bilan virusli saytlarga olib boradi. Eng zararli mashhurlar ro‘yxatiga, shuningdek, xonandalar Bruno Mars, Jastin Biber, Zeyn Malik, Selin Dion, Keti Perri va Beyonse ham kirdi.
65
828
Madaniyat
Rossiyalik rejissyor Mixalkov film suratga olish uchun O`zbekistonga keldi
Rossiyalik rejissyor Artyom  Mixalkov "Mister Nokaut" filmining ijodiy jamoasi bilan tasvirga olish joylarini ko`rish uchun O`zbekistonga keldi, deya xabar berdi "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati. "Mister Nokaut" – biografik drama bo`lib,  mashhur sovet boksyori,  1964 yilda Tokioda bo`lib o`tgan   Olimpiya o`yinlari g`olibi, ikki karra Evropa chempioni, olti karra SSSR chempioni va Vel Barker  Kubogini qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lgan yagona  sovet boksyori  Valeriy Popenchenko hayoti haqida hikoya qiladi. Bo`lajak Olimpiya chempionining  yoshligi  urushdan keyingi yillarda Toshkentdagi Suvorov maktabida o`tadi. Ushbu fakt O`zbekistonda ya`ni Toshkent, Buxoro, Chirchiq va Yangiobodda filmni  suratga olish uchun asosiy omil bo`ldi. Film ijodkorlaridan postanovkachi operator, postanovkachi rassom,  ikkinchi rejissyor, kartina  direktori yurtimizga tashrif buyurishgan. Film direktori va prodyuser mashhur rejissyor Nikita Mixalkovning o`g`li,   "9 rota", "Duxless", "Sibirskiy siryulnik" kabi afsonaviy filmlarda rol ijro kilgan Artyom  Mixalkov. "Mister Nokaut"   Artyom  Mixalkovning "Ostanovka", "Zagadka chernogo prinsa", "Ctrasti po Rossii", "Stavka na lyubov",  "Moskva, ya lyublyu tebya!"  filmlaridan keyingi  oltinchi to`liq metrajli rejissyorlik ishi hisoblanadi.
74
1,298
Madaniyat
Internetda pop-qo‘shiqchilar konsertlaridan olingan havo sotila boshladi
eBay auksionida amerikalik pop-qo‘shiqchilar konsertlaridan olingan havo sotila boshladi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Amerikalik reper Kanye Uest konsertiga tushgan muxlis 60 ming dollar evaziga “yulduzli” kislorod bilan bo‘lishishga tayyorligini bildirdi. Sotuvchining ishontirishicha, u konsertda sahnaning oldigacha borib, nafaqat u yerdagi havoni, balki reperning peshonasidan tomgan bir tomchi terni ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bularning barchasini u plastik paketga “solib”, dastlab besh dollarga pullamoqchi bo‘lgan. Ishqibozlar o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘lgach, lot bir necha kun ichida 60 ming dollargacha qimmatlashgan. Biroq savdolashish oxiriga yetmay, havo sotuvdan olib tashlandi, uning keyingi taqdiri hozircha noma’lum.
72
766
Madaniyat
“Oskar” taqdimotidagi mojarodan so‘ng Uill Smit ishtirokidagi ayrim loyihalar to‘xtatila boshladi
Nafaqat yangiliklar sarlavhalari, balki memlar qahramoni bo‘lgan Uill Smit bilan yuz bergan janjal uning karyerasini ham dahshatli oqibatlarga olib kelmoqda. Ya’ni bir vaqtning o‘zida ikkita media giganti aktyor ishtirok etgan loyihalar ustida ishlashni to‘xtatganini xabar qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Sony Pictures studiyasi Uill Smit bosh rolni o‘ynaydigan “Yomon yigitlar”ning to‘rtinchi qismini yaratish jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. Hali loyihani qayta muzlatish haqida gap bo‘lmasa-da, kelajakda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Netflix yanada qattiqroq pozitsiyani egalladi. Unga ko‘ra, Smit ishtirokidagi kriminal triller so‘nggi daqiqada jarayonni to‘xtatgan. Suratga olish hali boshlanmaganligi sababli shouni yangi aktyor bilan qayta boshlash uchun barcha vositalar mavjud. Qochoq qullar haqidagi shov-shuvli “Emansipatsiya” filmi ham so‘roq ostida qolmoqda. Dastlab, debyut 2022-yil namoyish etilishi mo‘ljallangan edi, biroq Apple+ “Oskar”dan keyin ham masalaga aniqlik kiritmaslikda davom etyapti. Uillning o‘ziga kelsak, u vaziyatlarga qarshilik ko‘rsatishdan ma’no ko‘rmaydi. Bundan tashqari, Smit ixtiyoriy ravishda Kino san’ati va fanlari akademiyasini tark etishga qaror qildi. “Men xafa qilgan odamlarning uzun ro‘yxatiga Kris, uning oilasi, ko‘plab qadrdon do‘stlarim va yaqinlarim, barcha ishtirokchilar va butun dunyo bo‘ylab tomoshabinlar kiradi. Men akademiyaning ishonchiga xiyonat qildim. Boshqa nomzod va g‘oliblarni bayram qilish va ajoyib mehnati uchun tabriklar olish imkoniyatidan mahrum qildim. Yuragim parchalandi”, — deydi afsuslanib Smit. Shuni ta’kidlash kerakki, jamoatchilik asosan aktyorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Internet foydalanuvchilari Smitni bekor qilish madaniyati qurboni bo‘lishga loyiq emas, deb biladi. Axir shou-biznesda jazolanmagan yulduzlar soni juda ko‘p, ularning qilmishlari tarsakidan ham dahshatliroq.
97
1,856