folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
Gollivud yulduzi Jeyk Jillenxol Venetsiyada Misterioning kloniga duch keldi
Yulduzlar qizil yo‘laklarda yurib, Venetsiya kanallarida sayr qilayotgan bir paytda Gollivud aktyori Jeyk Jillenxol maroqli hordiq chiqarmoqda. Aktyor kinofestivalga yetib kelgan, biroq hozircha u shaharni ko‘zdan kechirmoqda, deb xabar beradi “Film.ru”. Jillenxol “O‘rgimchak odam”dagi qahramoni vayron qilgan shaharni tadqiq etishga qaror qilgan. Va aktyor Venetsiyani aylanish vaqtida ko‘chalar bo‘ylab shunchaki sayr qilib yurgan Misterioning kloniga duch kelgan. Albatta, u birgalikda suratga tushishdan o‘zini tiyib tura olmagan. Bundan tashqari, artist restoranlarning birida hamkasbi Rami Malek bilan ko‘rinish bergan. Aftidan, aktyorlarga Italiya oshxonasi taomlari yoqqan va ular bosh oshpaz hamda uning jamoasi bilan birgalikda suratga tushgan. View this post on Instagram Eslatib o‘tamiz, Venetsiyadagi festivalda Jeykning singlisi Meggi Jillenxolning debyut rejissorlik ishi ham namoyish etilishi kerak. Ma’lumot uchun, Jillenxol ijrosidagi “O‘rgimchak odam: uydan uzoqda” filmi Xitoyda bir kunda 71 million dollar kassa yig‘ishga muvaffaq bo‘lgandi.  Piter Parkerning hayoti ostin-ustun bo‘lib ketadi. “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q” filmining treyleri e’lon qilindi
75
1,199
Madaniyat
Beyonce egizaklarni dunyoga keltirdi
Amerikalik taniqli xonanda Beyonce egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Aytilishicha, u turmush o‘rtog‘i, taniqli reper Jay-Z bilan farzand ko‘rganidan xursand. Bolalarning jinsi, tug‘ilgan sanasi va ism-sharifi haqida hozircha ma’lumot keltirilmayapti. Fevral oyida xonanda homiladorligi aks etgan fotosuratni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan edi.
36
381
Madaniyat
Xonanda Munisa Rizayeva 30 yoshga to‘ldi
Xonanda Munisa Rizayeva 21-oktabr kuni 30 yoshga to‘ldi. Munisa Rizayevani tug‘ilgan kuni bilan tabriklaganlar orasida nafaqat uning muxlislari va shou-biznes vakillari, balki uning o‘zi ham bor. Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida ingliz tilida: “Tug‘ilgan kunim bilan!”, — deb xabar qoldirgan. Uni tabriklaganlar orasida, shuningdek, Shohruxxon, Oybek va Nigora, Ahad Qayum kabilar bor. Munisa Rizayeva 2016-yil boshida bergan intervyularida bu yil 30 to‘lishi, turmush o‘rtoq tanlash masalasi juda qiyin bo‘layotganini, ayni vaqtda, uch o‘g‘il va ikki qizi bo‘lishini orzu qilishini aytib o‘tgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
40
767
Madaniyat
O‘zbekistonlik rejissorning filmi Varshava kinofestivalida Rossiya nomidan qatnashadi
13-oktabr kuni Polsha poytaxtida 33 marta Varshava kinofestivali ochiladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Festival dasturiga turli mamlakatlardan 200 ga yaqin kartina kiritilgan. Asosiy tanlovda 15 film taqdim etiladi. Ular qatorida o‘zbekistonlik rejissor Yusup Roziqovning “Turk egari” filmi ham bor. KGB, keyinchalik FSBning nafaqadagi xodimi, o‘zini yolg‘iz his eta boshlaganidan so‘ng ko‘nikmalarini ishga solgan holda tasodifiy o‘tkinchilarni kuzata boshlaydigan sobiq agent haqidagi film saralash komissiyasining e’tiborini tortdi. Qahramon bu odatidan hech qutula olmaydi. Vaqti kelib u xastalanib qolganini tushunadi, ayni shu pallada ko‘chib kelgan yangi qo‘shnilar vaziyat o‘zgarishiga ko‘mak beradi. Yusup Roziqov 1957-yili Toshkentda tug‘ilgan. Uzoq yillar “O‘zbekfilm” studiyasida ishlagan. Uning “Turk egari” filmi tanlovda Rossiya nomidan ishtirok etadi.
85
872
Madaniyat
“O‘zbeknavo” Tamilaning litsenziyasini tugatdi
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Tamila taxallusi ostida ijod qilib kelgan Esmeralda Rahmatovaning litsenziyasini 2016-yil 1-fevraldan tugatdi. Bu haqda birlashma matbuot xizmati xabar qildi. “O‘zbeknavo”ning rasmiy bildirishida qayd etilishicha, Tamilaning litsenziyasi “litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli” tugatilgan. “O‘zbeknavo” Tamila litsenziya bitimidagi aynan qaysi talab va shartlarni muntazam buzganiga aniqlik kiritmagan. Tamila bilan birga Zamir taxallusi ostida ijod qilib kelgan Asqarjon Malikovning litsenziyasi ham xuddi shu sabab bilan tugatilgan. Avvalroq Tamilaning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuv ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalib ketgan va bu holat faol bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Shov-shuvlar sabab Tamilaning prodyuseri xonanda bilan shartnomani bekor qildi. Keyinroq, internet foydalanuvchilarning davomli salbiy fikrlari ta’siri ostida, Tamila Instagram’dagi 100 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib boruvchi sahifasini yopdi, shuningdek, uning Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Qayd etish joiz, Tamila bundan avval litsenziyasidan mahrum qilingan, biroq 2015-yil noyabrida “O‘zbeknavo”dan yangi litsenziya olgandi. Uning mazkur litsenziyasi amal qilish muddati 2016-yil avgust oyida yakuniga yetardi.
46
1,342
Madaniyat
Munisa Rizayeva Pepsi’ning O‘zbekistondagi yuziga aylanadi
19-mart kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Discovery do‘konida Munisa Rizayevaning yangi albomlari — qo‘shiqlar va konsert dasturi diski taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Sayyod.com”. Unda xonanda o‘z muxlislari hamda jurnalistlar savollariga javob berdi. Munisa Rizayeva savollarga javob berar ekan, o‘zini hech qachon “piar” qilmasligi, uni bunda bekorga ayblashlarini aytdi. “Yaqinda ‘Shadozi’ to‘y liboslari do‘koni yuzi sifatida reklamalarda paydo bo‘ldim, biroq buni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushunib, meni to‘yi bo‘ldiga chiqarishdi”, — dedi xonanda. Munisa endi Pepsi brendining O‘zbekistondagi yuziga aylanishi, bu borada kompaniya bilan shartnoma tuzganini qayd etdi. “Bu safar ham men haqimda Pepsi bilan bog‘liq mish-mishlar chiqmasligi uchun oldindan ogohlantirib qo‘ymoqdaman: endi meni Pepsi reklama bannerlarida ham ko‘rasiz, men bu kompaniyaning yuziga aylanaman”, — deya ta’kidladi u.
58
908
Madaniyat
Sevara Nazarxon yangi albomidagi ilk qo‘shiqlar bilan bo‘lishdi
Sevara Nazarxon ijtimoiy tarmoqlardan biridagi rasmiy sahifasida yangi albom ustida ishlayotgani, uning “Pisma” (“Maktublar”) deb atalishini ma’lum qildi. Foto © facebook.com/sevaramusic Xonanda yangi albomiga kiritilgan alohida qo‘shiqlari bilan bo‘lishdi. Ularning birinchisi “Butilka u steni” (“Devor yonidagi shisha idish”) deb nomlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu qo‘shiq matni shoir Aleksandr Vulix qalamiga mansub. Sevara uning rasmiy relizi aniq sanasini keltirmagan. Xonanda ushbu qo‘shiqning ingliz tilidagi varianti ham tez orada chiqishini qo‘shimcha qilgan. Yangi albom tarkibidagi ikkinchi ijod namunasi esa “Prosti” (“Kechir”) deb ataladi. Qo‘shiqning rasmiy relizi 30-noyabrga mo‘ljallangan. “Pisma” albomi qachon tayyor bo‘lishi va havola etilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Biroq qo‘shiqlari ilova qilingan videolavhalarda yangi albomning 2014-yilda chiqishiga ishora qilingan.
63
903
Madaniyat
Anjelina Joli va Bred Pitt birga o‘ynagan yangi film lavhalari YouTube’da paydo bo‘ldi
Anjelina Joli va Bred Pitt bosh rollarni ijro etgan “Lojuvard qirg‘oq” (By the Sea)  filmining ilk videolavhalari YouTube’da paydo bo‘ldi. Filmda Joli rejissor, ssenariy muallifi va prodyuser sifatida ham ishtirok etgan. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda. Filmda o‘tgan asrning 70-yillarida Fransiya bo‘ylab sayohat qilayotgan sobiq raqqosa va yozuvchi haqida hikoya qilinadi. Juftlik o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi va ular bir-biridan uzoqlasha boshlaydi. Biroq shaharlardan birida yangi turmush qurgan kelin-kuyov bilan tanishuv munosabatlariga boshqacha nigoh  bilan qarashga majbur etadi. Eslatib o‘tamiz, Bred va  Anjelina 2004-yilda suratga olingan “Janob va xonim Smit” filmidan beri ekranlarda birga ko‘rinmagan edi. Yangi film  taqdimoti 13-noyabrga mo‘ljallangan.
86
789
Madaniyat
“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” serialining tizeri namoyish etildi (video)
Amazon Studios kompaniyasi “Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” filmining birinchi treylerini namoyish etdi, deb xabar bermoqda Citylife magazine nashri. Amazon serialidagi voqealar Piter Jeksonning “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” trilogiyalariidan bir necha ming yil avval O‘rta Yerning ikkinchi davrida bo‘lib o‘tadi. Filmda birinchi trilogiya voqealarida ishtirok etgan qahramonlarni ko‘rish mumkin, bular ming yillar davomida yashaydigan elflar — Galadriel va Elrond. Shuningdek, serialda tomoshabinlarga ma’lum bo‘lgan yana bir qahramon — sehrgar Sauron haqida ham hikoya qilinadi. Xabarda aytilishicha, Jon Ronald Tolkinning asarlari asosida suratga olingan yangi serial tarixdagi eng qimmat serial bo‘ladi. Birinchi qism namoyishi shu yilning sentabr oyiga rejalashtirilgan. Birinchi fasl 8 qismdan iborat. Amazon serialning 5 faslini suratga olishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Lego konstruksiyasi yordamida yasalgan “Uzuklar hukmdori” olamining nusxasi dunyodagi eng katta installyatsiyaga aylangani haqida xabar berilgandi.
78
1,031
Madaniyat
Kim Kardashyanning buyumlari o‘g‘irlanishi ishi bo‘yicha Pyero laqabli 72 yoshli narkodiler qo‘lga olindi
Kim Kardashyanning buyumlarini o‘g‘irlash ishi bo‘yicha Fransiyada hibsga olingan gumonlanuvchilar orasida bungacha narkotik moddalar savdosi tufayli sudlangan, jinoyatchilik olamida Pyero nomi bilan mashhur 72 yoshli narkodiler Pyer B. ham bor. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. So‘nggi yillarda Fransiya janubidagi jinoiy guruhlar faoliyati sababli doimo gumonda bo‘lib kelgan Pyeroning jinoyat olamidagi liderlardan biri Marsel Toni Kossyu bilan yaqin ekanligi aytib kelinadi. France Presse agentiligining xabariga ko‘ra, Kardashyanga nisbatan talonchilikda 5 kishi asosiy gumondor hisoblanib, ularning eng kichigi 54 yoshda. O‘z o‘rnida, Le Figaro’ning yozishicha, jinoyatda kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan ota o‘zining ikki o‘g‘li bilan ishtirok etgan. Eslatib o‘tamiz, muqaddam Kardashyan Parijdagi mehmonxonada noma’lum shaxslar tarafidan garovga olingani ma’lum qilingan edi. Kim Kardashyan politsiyaga ko‘rsatma berishi hamon Fransiya hududini xususiy samolyotda tark etgan etib, o‘ziga 20 ta shaxsiy tansoqchi yollagan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
105
1,206
Madaniyat
Xonanda Manzura shou-biznesga Allohdan insof so‘radi
Xonanda Manzura yil so‘ngiga kelib misli kutilmagan va tasavvurga sig‘mas darajada ijod qilmoqda, deb yozadi “Sayyod.com”. Manzura 5-dekabrda “Tingla faryodim” qo‘shig‘iga Dilmurod Agzamovga klip suratga oldirgan bo‘lsa, 7-dekabr kuni uning “Bo‘ldi, bo‘ldi” taronasiga Narimon Sultonxo‘jayev klip oldi. Manzura nashrga mini intervyu taqdim etib, klipmeykerlardan noroziligini hazilomuz tarzda bayon qilgan. Shuningdek, video so‘ngida u shou-biznesga Allohdan insof so‘ragan.
52
475
Madaniyat
Instagram: Zarina Nizomiddinova turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatdi, Aziza Nizomova ona bo‘ldi, “Aristokrat”chi Sarvar uylandi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Aktrisa Zarina Nizomiddinova sahifasiga ilk bor turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini joyladi. Xonanda Ziyoda Antaliyada farzandlari bilan qanday vaqt o‘tkazayotganini obunachilariga ko‘rsatdi. Bundan tashqari, u yangi suratini ham obunachilariga namoyish qildi. Zilola G‘ulomova muxlislariga hayotda hech qachon taslim bo‘lmaslik kerakligini aytdi. Nargiza Salmonova Turkiyaning Antaliya shahrida tushgan suratini e’lon qildi. Parizoda Ulug‘bek Rahmatullayev va uning o‘g‘li bilan Samarqandga yo‘l olgani aks etgan videoni e’lon qildi. Shuningdek, raqqosa “Xonsaroy media” bilan hamkorlik qilayotgan ijodkorlarning yangi qo‘shiqlari va kliplari taqdimotiga bordi. Taqdimotda o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari ishtirok etdi. Munisa Rizayeva sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislariga ayollarni sevish kerakligi haqida gapirdi. Rashid Xoliqov Samarqanddagi to‘y xizmatlarining birida “Devochka, stop” xit taronasi ijrochisi Arsen Shaxuns bilan uchrashib qolganini ma’lum qildi. Xonanda Jasur Umirov “Ergashoy” nomli taronasini muxlislariga taqdim etdi. Aktrisa Luiza Rasulova yangi surati bilan ko‘rinish berdi. Aktrisa, xonanda Aziza Nizomova ilk bor ona bo‘lganini ma’lum qildi va barcha ayollarga onalik baxti nasib qilishini tilagan. Xonanda Malika Ravshanova yangi xonadoni uchun sotib olgan mebellarini obunachilariga ko‘rsatdi. Nilufar Usmonova insonning o‘z ehtirosini topishi muvaffaqiyat kaliti ekani haqida gapirdi. Aktrisa Durdona Qurbonova avtomobil boshqarayotganda telefondan foydalangani uchun jarima to‘laganini ma’lum qildi. Kaniza tez kunlarda yangi qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etishini va o‘zi asos solgan atir brendining taqdimotini o‘tkazishini ma’lum qildi. Ra’no Shodiyevaning qizi Raxshona Shodiyeva qiz farzandli bo‘lishini ma’lum qildi. “Aristokratlar” kulgi jamoasi a’zosi Sarvar Mirzalimov uylandi. Unga ko‘plab hamkasblari, jumladan, Jahongir Xo‘jayev, Diyorbek Bekjonov va boshqa yaqinlari baxt tilagan. Muqaddas Sa’dullayeva o‘g‘li bilan tushgan yangi suratini namoyish qildi. Rayhon Ulasenova uy ishlarining barchasi qizining zimmasida ekanini aytdi va dazmol qilgani uchun turmush o‘rtog‘idan mukofot puli olganini muxlislariga ko‘rsatdi.
119
2,349
Madaniyat
2017-yilning ortiqcha baho berib yuborilgan aktyori tanlandi
Forbes jurnali Gollivud aktyori Mark Uolbergni 2017-yilning ortiqcha baho berib yuborilgan aktyori deb topdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Reyting mualliflari uning ishtirokidagi filmlar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini, lekin u ayni paytda katta maosh olishda davom etayotganini ta’kidlab o‘tdi. Reytingga ko‘ra, 2017-yili Uolberg “Salom, ota, Yangi Yil! 2” va “Transformerlar: So‘nggi ritsar” filmlaridan 68 million dollar ishlagan. Rotten Tomatoes tanqidiy resursida birinchi film reytingi 100 dan 18 ni, ikkinchisiniki esa 100 dan 15 ni tashkil etdi. 2015 va 2016-yillarda ortiqcha baho berib yuborilgan aktyor deb Jonni Depp topilgan edi.
60
649
Madaniyat
Maykl Jeksonning qizi o‘z joniga qasd qilishga urindi
Pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning qizi joniga qasd qilishga uringanidan so‘ng shoshilinch ravishda kasalxonaga yetkazildi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda. Tez tibbiy yordam va politsiya Perisning Los-Anjelesdagi uyiga 16-mart, shanba kuni chaqirtirilgan. Shifokorlarga ko‘ra, u ko‘p qon yo‘qotgan, lekin hozirda holati barqaror bo‘lib turibdi. Perisning do‘stlarini aytishicha, o‘z joniga qasd urinishi “Neverlendni tark etib” nomli hujjatli film namoyish etilganidan so‘ng yuzaga kelgan mojaro bilan bog‘liq. Mazkur film ikki erkakning bolalik paytida Maykl Jekson tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka duch kelgani haqidagi hikoyalari asosida olingan.
53
645
Madaniyat
Bir guruh o`zbek xonandalari tomonidan chellenj qilib aytilgan "Ramazon" qo`shig`ini mashhur Ibrahim Tatlisas o`z sahifasida ulashdi (video)
Ramazon oyi yaqinlashishiga bir necha kun qolganida o`zbek xonandalari tomonidan "Ramazon" nomli qo`shiq chellenj tarzida aytilgan edi. Qo`shiq, o`zbek shou-biznesining erkak xonandalari tomonidan kuylangan bo`lib, har bir qo`shiqchi qo`shiqni o`z xonadonida aytgan va chellenjlardan tashkil topgan kadrlar bir butun holatda aks ettirilgan. Mazkur video ketmaketlik internetda e`lon qilinishi bilan qisqa fursatda keng ommalashdi.  Hatto, xorijiy davlatlarda ham ommalasha boshladi. Xususan, mashhur turk xonandasi Ibrahim Tatlisas o`zining instagramdagi shaxsiy sahifasida o`zbekcha “Ramazon keldi” qo`shig`ini ulashdi. Ayni paytda xonandaning obunachilari milliondan ortiq bo`lib, bu bilan Totlisas "Ramazon" qo`shig`i yanada ommalashishiga  hissa qo`shayotgan bo`lsa, ajabmas.
140
779
Madaniyat
Shahzoda Kremlda Filipp Kirkorovdan maxsus mukofotni qabul qilib oldi
Ommabop musiqa sohasida o‘tkaziladigan BraVo xalqaro professional musiqiy mukofot tanlovida ishtirok etayotgan Shahzoda Filipp Kirkorovdan maxsus mukofotni qabul qilib oldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi. Rossiya estradasi qiroli musiqiy tanlov jo‘g‘rofiyasi kengaygani munosabati bilan maxsus mehmon sifatida taklif etilgan Shahzodaga esdalik haykalchasini taqdim etdi. “Siz O‘zbekistonning eng taniqli xonandalaridansiz”, — dedi Kirkorov Shahzodaga mukofotni topshirar ekan. Shahzoda o‘z navbatida tanlov tashabbuskorlariga minnatdorlik bildirdi va bunday e’tibordan ta’sirlanganini aytdi. Barcha mehmonlarni 21-mart kuni turkiy xalqlar tomonidan keng nishonlanadigan Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi. Kreml saroyida o‘tkazilgan tantanali kechada Rossiya estradasi yulduzlari, shuningdek, amerikalik xonanda Maykl Bolton, Buyuk Britaniyadan Leon Lyuis va irlandiyalik rok-musiqachi Kris de Burg chiqish qildi. BraVo tanlovi doirasida musiqiy ekspertlar “Yil xonandasi”, “Yil musiqiy videosi” va “Yil taronasi” kabi turli nominatsiyalarda g‘oliblarni aniqladi.
69
1,066
Madaniyat
“Bu meni asabiylashtiradigan savol”. TikTok foydalanuvchilari Maryam Tillayevadan “Xalqning puli qayerda?” deb so‘rashdi
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nevarasi, bloger Maryam Tillayeva TikTok’dagi sahifasi orqali kuzatuvchilarining savollariga javob berdi. TikTok foydalanuvchilaridan biri Maryamdan “Xalqning puli qayerda?”, deb so‘radi. Maryam esa unga javoban: “Men ota-onamning pulini ishlatmayman, men pulni o‘zim ishlab topaman. Shunchaki moddiy imkoniyati sayohat qilishga yetadigan do‘stlarim bilan dam olyapman. Ularning puli mehmonxonada tunashga ham, kemada sayr qilishga ham yetadi. Buning nimasi tushunarsiz? Balki, men sayohat qilishga qurbi yetadigan yigitlar bilan do‘stlashgandirman? Bu meni asabiylashishga majbur qiladigan savol. Aytgancha, yaqinda katta intervyu beraman va u yerda men qanday qilib pul topishim hamda vaqtni qay tarzda o‘tkazishim haqida so‘zlab beraman. Chunki bu menga qo‘yilgan tamg‘adek gap. Agar chuqurlashadigan bo‘lsak, boshqalarga qarang, ular qanday yashayapti?”, — deydi Maryam Tillayeva.  Maryam Tillayeva Maykl Jeksonning farzandlari bilan bir maktabda o‘qigani, Entoni Hopkins bilan filmda suratga tushgani va Shveysariyadagi maktabda kamsitilgani haqida (video)
120
1,115
Madaniyat
O`zbekistonning mahalliy to`qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlari Evropaning eng yirik savdo ko`rgazmasida namoyish etiladi
O`zbekiston to`qimachilik va charm-poyabzal korxonalari vakillari 1-11 dekabr kunlari Polsha, Italiya, Fransiya va Ispaniyada biznes-turda bo`ladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA. Biznes-tur Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan  O`zbekiston joriy yilning aprel oyida Evropa Ittifoqining «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimining benefisiari maqomiga ega bo`lishi natijasida mamlakatimizga taqdim etilgan imtiyozlardan samarali foydalanish, shuningdek, milliy mahsulot va brendlarni Evropaning eng yirik bozorlariga olib chiqish maqsadida tashkil etildi. Ushbu maqom Evropa Ittifoqi mamlakatlariga 6 ming 200 tovar pozisiyasini, shu jumladan, to`qimachilik va charm-poyabzal sanoati mahsulotlarining keng assortimentini bojsiz import qilish huquqini beradi. Biznes-tur doirasida o`tkaziladigan tadbirlarda O`zbekistonning 50 dan ortiq yirik tadbirkor va eksportchilari, Evropaning 200 dan ortiq korxonalar, ishlab chiqaruvchilar va savdo kompaniyalari ishtirok etadi. Tur Varshava shahri (Polsha)dan boshlandi. Bu erda 1-3 dekabr kunlari Evropaning eng yirik «Fast Textile» to`qimachilik ko`rgazmasi bo`lib o`tadi va unda to`qimachilik hamda tikuv-trikotaj tarmog`ining 44 nafar o`zbekistonlik ishlab chiqaruvchi o`z mahsulotlarini taqdim etadi. Ta`kidlash joizki, hech qachon bir vaqtning o`zida bu miqdordagi mahalliy korxonalar xalqaro ko`rgazmalarda ishtirok etmagan. Tashrif doirasida navbatdagi tadbirlar Milan (Italiya) hamda Parij (Fransiya) shaharlarida tashkil etiladi. Bu erda dunyoning eng yirik brendlari ishtirokida onlayn hamda bevosita shaklda biznes-forum va «B2B» muzokaralari bo`lib o`tadi. Shuningdek, O`zbekiston to`qimachilik va charm-poyabzal sanoatidagi so`nggi yutuqlar, Evropa ishlab chiqaruvchilari bilan qo`shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari hamda yirik brendlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida taqdimotlar o`tkazilishi rejalashtirilgan. Safarning yakuniy tadbirlari Ispaniyaning Barselona hamda Valensiya sanoat shaharlarida bo`lib o`tadi. Bu erda ham Ispaniya engil sanoati vakillari bilan biznes-forum va ishbilarmonlar o`rtasidagi uchrashuvlar o`tkaziladi. Qo`shma investisiyaviy loyihalar va o`zaro manfaatli savdo bitimlarini amalga oshirish bo`yicha aniq kelishuvlarni nazarda tutgan holda biznes-tur O`zbekiston ishlab chiqaruvchilari va tarmoq assosiasiyalarining xorijiy ishbilarmon doiralari bilan hamkorligini chuqurlashtirishning samarali vositasi bo`lishi kutilmoqda.
127
2,441
Madaniyat
“Shahnozabonu yashashni yaxshi ko‘rardi”. Xonandaning “Qizalog‘im” qo‘shig‘i muallifi — aktrisa Ra’no Yarashevaning xotiralari
Xonanda Shahnozabonu 14-mart, dushanba kuni vafot etdi. U 42 yoshda edi. Bu xabar, “Qalampir.uz”ning yozishicha, “shou-biznesning barcha vakillarini, xonandani tanigan-bilganlarni esankiratib qo‘ydi”. Xonanda Shahnozabonu (o‘ngdan uchinchi) va aktrisa Ra’no Yarasheva (o‘ngdan birinchi). Taniqli aktrisa Ra’no Yarasheva xonanda Shahnozabonuning eng yaqin insonlaridan biri edi — uning Nargiza ismli singlisi Ra’no Yarashevaning o‘g‘li Komil Yarashevga turmushga chiqqan. “Qalampir.uz” Ra’no Yarashevaning Shahnozabonu bilan bog‘liq eng yorqin xotiralarini e’lon qildi. — Shahnozabonu qalbimizni parchalab, ko‘zimizni yoshga to‘ldirib ketdi. U bilan 1997-yilda tanishganmiz. O‘shanda Shahnoza Yulduz Usmonovaning qo‘shiqlarini maromiga yetkazib kuylab chiqqandi. Biror yerga borsam, mashinadan tushmay, uning qo‘shiqlarini eshitib o‘tiraverardim. Bir kuni tug‘ilgan kunimga qo‘lida sovg‘a-salom bilan bir qiz kirib keldi. “Men Shahnozabonuman”, — deb o‘zini tanishtirdi. O‘shandan buyon qalin opa-singillarga aylandik. Keyin “Qizalog‘im” nomli she’rimni qo‘shiq qilib kuylab chiqdi. Mana, necha yillarkim bu qo‘shiq odamlar tilidan tushmay kelyapti. Bir kuni: “Shahnoza, o‘g‘limni uylantirmoqchiman, yaxshi qizlar bo‘lsa, tavsiya qiling”, — dedim. Amakilarining qizi borligini aytdi. “Yo‘q, san’atkorlar oilasidan bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi. Singlingiz-chi?”, — desam: “Singlim soddaroq, sizga ma’qul bo‘larmikin”, — dedi. Taqdir ekan, o‘g‘limga Shahnozabonuning singlisini kelin qildik. Shahnoza ota-onasiga tirgak bo‘lib, singlisini hech kimdan kam qilmay uzatdi. U juda jigarjon, mehribon, borini yaqinlariga, opa-singillariga ulashadigan, o‘zida bor narsani boshqalarda ham bo‘lishini niyat qiladigan ayol edi. Shahnozabonu hamma ta’riflayotganidek mard ayol edi. U o‘limni ham mardonavor qabul qildi. Umurtqa bo‘yin sohasidagi jarrohlik operatsiyasiga boshqalar bilan maslahatlashib, oxirini o‘ylab o‘tirmay rozi bo‘ldi. Xususiy klinikida operatsiya o‘tkazildi, ahvoli yomon emasdi. Yaratganning irodasi shu ekan... Shahnoza onasining o‘limidan keyin ancha so‘lib qoldi, ko‘p vaqtgacha o‘ziga kelolmadi. Yaqin kishingni yo‘qotishdan-da og‘ir dard yo‘q aslida jahonda. Shahnoza bunday yo‘qotishlarning ko‘piga bardosh berdi, biroq onasining vafotiga emas... Ortidan bo‘zlab qolgan qizi Umidani o‘ylasam... U yakkayu yagona qizini yeru-ko‘kka ishonmasdi. Shahnozabonu yashashni yaxshi ko‘rardi. Uning boshidan ko‘p qiyinchiliklar o‘tgan, og‘ir kunlarni ayol boshi bilan yenga olgan. Biroq hech qachon birovga ichidagi dardini, muammolarini aytmas edi, hayotdan zavqlanib yashaydiganlardan edi. Shuncha yil quda-andachilik qilgan bo‘lsak, siz degan gapimiz senga bormagan. Bu ham bo‘lsa, Shahnozabonuning odamgarchiligi va salom-alikni o‘rniga qo‘yishidan dalolat.
126
2,765
Madaniyat
“Kalmar o‘yini” seriali bosh qahramoni Gucci brendining elchisiga aylandi (foto)
Gucci modalar uyi brendning yangi elchilarini e’lon qildi — ular “Kalmar o‘yini” bosh qahramoni Li Jon Je va “Dengiz bo‘yidagi Cha-cha-cha qishlog‘i” aktyori Shin Min A, deb yozadi Esquire. Netflix’ning mashhur serialida 456-raqamli o‘yinchi Son Gi Xun rolini o‘ynagan aktyor Li Jon Je Gucci ijodiy uyi rahbari Alessandro Mikelning bir nechta liboslarini namoyish etdi. Kostyumlar “Kalmar o‘yini” seriali qahramonlarining sport uslubiga murojaat qilgan holda to‘q yashil rangda yaratilgan.
80
490
Madaniyat
Dunyodagi eng badavlat 5 ayolning muvaffaqiyat sirlari
Milliardlab mablag‘ga egalik qiladigan, Forbes’ning eng badavlat ayollari ro‘yxatida yetakchi bo‘lgan ayollar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Elis Uolton Moliyaviy ahvoli 54,4 milliard dollarga baholanadigan Elis dunyodagi eng badavlat ayol hisoblanadi. Wallmart kompaniyasi asoschisi Sem Uolterning oilasida dunyoga kelgan Uolton Triniti universitetida iqtisod va moliya bo‘yicha ta’lim olgan. Shundan keyin kompaniyadagi boshqaruv lavozimlardan birini egallagan va o‘z biznesini ochishga qaror qilgan. Llama sarmoyaviy moliya kompaniyasiga asos Solgan Elis 1992-yilda otasining vafotidan keyin merosga egalik qila boshlagan. Ayol xayriya ishlari bilan shug‘ullanishdan tashqari, rassom va shoirlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi “Uolton oilasi jamg‘armasi”ning rahbari sanaladi. Fransuaza Bettankur-Mayers Mashhur L’Oreal kompaniyasi asoschisining nabirasi bo‘lgan Fransuaza o‘z-o‘zidan ushbu imperiya boyliklariga ega bo‘lib qolmagan. Ejen Shullerning vafotidan keyin oilaviy biznesni uning onasi Lilian Bettankur boshqargan. Ona-bola o‘rtasidagi munosabatlar havas qiladigan darajada bo‘lmagani uchun kichik Bettankur xonim kompaniya ishlariga aralashmagan. U san’atga, mifologiya va dinga qiziqqan, shuningdek, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rgan. Uzoq yillar davomida Elis dunyoning eng badavlat ayoli bo‘lish uchun Lilian bilan raqobatlashgan — ularning har biri Forbes ro‘yxatida yetakchi bo‘lishga muvvafaq bo‘lgan. 2017-yilda Bettankur xonim vafotidan keyin Fransuaza bir necha milliardlik boylikka egalik qila boshlagan. Uning rahbarligida kompaniya rivojlangan va daromadi sezilarli darajada ko‘paya boshlagan. Fransuaza omma e’tiborida bo‘lishni yoqtirmagani sabab ham OAV vakillari bilan kamroq muloqot qilishga va asosiy vaqtini oilaviy hamda xayriya ishlariga bag‘ishlashga harakat qiladi. Bettankur-Mayers, shuningdek, Fransiyada fan va san’atni qo‘llab-quvvatlaydi. Makkenzi Bezos Makkenzi universitetni tamomlaganidan keyin Jef vitse-prezident sifatida faoliyat olib boradigan kompaniyaga ishga kiradi. Suhbatgacha qizning rezyumesi bilan tanishgan Bezos shaxsan tanishganidan keyin uning qanchalik aqlli ekanini tushunib yetgan. Makkenziga oshiq bo‘lib qolgan Jeff bir necha oy o‘tib unga uylangan. 25 yil davomida baxtli hayot kechirgan juftlikning ajrashishi kutilmagan hol bo‘lgan. Munosabatlariga hech qanday urush-janjalsiz, do‘stona tarzda nuqta qo‘yishga qaror qilgan Jeff sobiq rafiqasiga 37,5 milliard dollarga baholanadigan 4 foiz aksiyasini bergan. Ajrashgani va shuncha mablag‘ga egalik qilganidan keyin Makkenzi dunyoning eng boy ayollari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Juliya Kox 80-yillarda Amerikaning birinchi xonimi bo‘lgan Nensi Reygenga stilistlik qilgan Juliyaning moda olamida o‘ziga yarasha o‘rni bo‘lgan. Ammo 1996-yilda Devid Kox bilan turmush qurganidan keyin karyerasiga nuqta qo‘yib, o‘zini oilasi va farzandlariga bag‘ishlashga qaror qilgan. Uzoq yillar davomida saraton bilan kurashgan Devid 79 yoshda hayotdan ko‘z yumgan. Uning bir necha milliarddan iborat boyligi esa Juliyaga meros qolgan. Ayni vaqtda Koch Industries kompaniyasiga rahbarlik qiladigan ayolning moliyaviy ahvoli 38,2 milliard dollarni tashkil qiladi. Kox xonim, shuningdek, marhum umr yo‘ldoshi singari xayriya ishlarida ham faol ishtirok etadi. Loren Pauell Jobs Loren 1989-yil Stenford universitetida Stiv Jobs bilan tanishgan. Oradan ikki yil o‘tib turmush qurgan juftlik 20 yil birga yashagan. Stivning vafotidan keyin Loren Apple Inc. va The Walt Disney kompaniyasiga sheriklik va 16,4 milliard dollar miqdordagi boylikka egalik qila boshlagan. Shuningdek, u turmush o‘rtog‘ining hayotligi vaqtida sarmoya kiritadigan va biznes, texnologiya hamda ta’limni rivojlantiradigan Emerson Collective kompaniyasiga asos solgan.
54
3,742
Madaniyat
Britaniya qirollik oilasi vakillari suratga tushgan film va seriallar (foto)
Vindzorlarning ba’zilari serial, film va teleshoularda suratga tushishga  muvaffaq bo‘lgan. Bu nafaqat qirolning bolalari va nabiralariga, balki qirolichaning o‘ziga ham tegishli. Badiiy filmlarda nafaqat Sasseks gersoginyasini, balki qirol oilasining boshqa a’zolarini ham ko‘rish mumkin. Masalan, shahzoda Richardning qizi, Gloster gersogi Rouz Gilman xonim “Kichik Britaniya” teleserialida rol o‘ynagan. Shuningdek, “Garri Potter va Feniks ordeni” va “Margaret Tetcher” filmlarida ikkinchi darajali rolni ijro etgan. Qirollik oilasining ba’zi vakillari nafaqat xayriya tashabbuslari haqidagi hujjatli filmlarda, balki badiiy va teleseriallarda ham suratga tushgan. Yelizaveta II Yelizaveta II 2012-yil 27-iyulda Londondagi bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida London Olimpiyadasi vaqtida Buyuk Britaniya butun dunyoga mamlakatni ramziy ma’noda eng yaxshi narsalarni ko‘rsatishga harakat qildi. Shunday qilib, 007 agenti ijrochisi Deniyel Kreyg va albatta, hazrati oliyalari  olti daqiqalik Olimpiya lentasida paydo bo‘ldi. Sujetga ko‘ra, kino agenti Mi-6 Bukingem saroyida monarx bilan uchrashadi, Qirollikka tegishli korgi itlaridan hayratlanadi va keyin qirolichalarga xos libos va patli shlyapa kiygan Yelizavetani vertolyotda o‘yinlarni ochish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri stadionga olib boradi... Finalda juftlik vertolyotdan sakraydi va ikkalasida ham Britaniya bayrog‘ini ko‘rsatadigan parashyutlar ochiladi. Rejissor Denni Boylning ta’kidlashicha, ular monarx ishtirokidagi barcha sahnalarni bitta dublda suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Sara Fergyuson Mett Leblan va Sara Fergyuson “Do‘stlar” kartinasida, 1998-yil 23-iyun Sara Fergyuson “Do‘stlar” teleserialining Londondagi epizodlaridan birida paydo bo‘lgan. Serialning to‘rtinchi mavsumining finalida York gersoginyasi Matt Leblank bilan birga ko‘rinish berib, qizlarini quvontirdi, Sara va shahzoda Endryuning janjalli ajrashishidan hayratda qolgan tomoshabinlar biroz xotirjam bo‘ldi. Xuddi shu epizodda Richard Branson ham yodgorlik sotuvchisi rolini o‘ynagan. Malika Beatris Malika Beatris qirolicha Viktoriya haqidagi tarixiy serialda Emili Blant bilan birga rol o‘ynagan. U toj kiyish paytida hukmdorni kutib turgan xonim rolini ijro etdi. Aytgancha, qirollik muxlislari oliy hazratlarining onasi Sara Fergyuson film prodyuserlaridan biri ekanini bilib, xursand bo‘ldi. Aytgancha, viktoriyancha kiyinishi va soch turmagi tufayli Beatrisning buvisiga qanchalik o‘xshashligi alohida e’tirof etildi. Malika singlisi Yevgeniya va onasi bilan 2009-yilda “Yosh Viktoriya” premyerasiga tashrif buyurgan. Shahzoda Charlz 2000-yilda Uels shahzodasi “Konoratsiya ko‘chasi” teleserialini suratga olishda ishtirok etdi. Bu tarixdagi eng uzun seriallardan biri bo‘lib, u 1960-yillardan beri davom etib kelayotgan edi. 2000-yil 8-dekabrda serialning 40 yilligida efirga uzatilgan epizodda, oliy hazratlari o‘zining rolini o‘ynagan. Sujetiga ko‘ra, Charlz Manchesterga tashrif buyuradi va u yerda aktrisa Syu Nikols o‘ynagan qahramon Odri Roberts bilan uchrashadi. Shu bilan birga, merosxo‘rning kartinadagi ijrosi yakunlanadi. Shahzoda Edvard, Endryu va malika Anna Sassekslar Netflix bilan shartnoma tuzishidan ancha oldin, shahzoda Garrining amakisi televideniyeda faol ish olib borar edi. Edvard asosan Britaniya tarixi haqidagi hujjatli filmlarni suratga oldi, lekin shahzoda o‘zining debyutini mashhur “Grand Knockout Tournament” o‘yin shousi bilan boshladi. 1987-yilda shahzoda Edvard, malika Enn, shahzoda Endryu va uning rafiqasi gersoginya Sara qiziqarli xayriya tadbirida qatnashish uchun panto liboslarini kiygan. Qirolicha ham, vakillik ham shouni yoqtirmadi va bir muncha vaqt o‘tgach, qirolichaning kenja o‘g‘li avvalgi ambitsiyalaridan butunlay voz kechdi. Shahzoda Uilyam va Garri Mish-mishlarga ko‘ra, niqob ostida Uilyam va Garri “Yulduzlar jangi” sahnalaridan birini suratga tushgan. 2017-yil blokbasterda Finni o‘ynagan Jon Boyega, shahzodalar Tom Xardi va Geri Barlou kabi imperatorlik hujumchilarini o‘ynaganini aytib, sirni oshkor qildi. Natijada sahna kesilgan, chunki bu Malika nevaralari uchun bu kulgili edi. Saroy ushbu ma’lumotga hech qachon izoh bermadi.
76
4,169
Madaniyat
Sud-tibbiy ekspertizasi qo‘shiqchi Prins fentanildan vafot etganligini tasdiqladi
Qo‘shiqchi Prins qonida 67,8 mkg/l miqdoridagi fentanil konsentratsiyasidan vafot etgan. Bunda fentanilning o‘limga olib keluvchi dozasi 58 mkg/l.ni tashkil etadi. Bu haqda sud-tibbiy ekspertlarining toksikologiyaga oid hisobotiga tayanib, Sky News xabar bermoqda, deb yozadi DailyAfisha. Hisobotda, shuningdek, Prinsning jigarida 450 mkg/l fentanil bo‘lganligi ko‘rsatildi. Bu dori vositasini dozadan ortiq qabul qilishning o‘rtacha darajasidan 6,5 marta ortiqdir. Prins 2016-yilning 21-aprelida vafot etdi. U Peysli-Parkdagi hovlisidan o‘lik holda topilgan. Qo‘shiqchining 1984-yilda chiqqan Purple Rain albomi unga dunyo bo‘yicha mashhurlik keltirgan.
81
655
Madaniyat
O‘zbekistonlik san’atkorlarning aka-uka va opa-singillarini taniysizmi?
Bugun o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram’ga joylagan suratlari orqali ularning qardoshlari — aka-uka va opa-singillari bilan tanishtirmoqchimiz. Lolaning katta singlisi Anora bir necha yillar avval radioboshlovchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Hozirda oilali. Lolaning kichik singlisi Asal esa opasining ketma-ket ikkita klipida bosh rolni o‘ynagach, tanildi. Biroq undan keyin shou-biznesda boshqa ko‘rinish bermadi. Shohruhxonning ukasi ko‘pgina filmlarda suratga tushib, tanilishga ulgurgan. Ziyodaning singlisi Aziza opasi izidan borib, san’at sohasini tanladi. Munisa Rizayevaning singlisi ham opasining ijodida ishtirok etib ko‘rdi — uning kliplaridan birida rol o‘ynadi. Umid aktyor sifatida, Muhammadali esa klipmeyker sifatida ko‘proq taniqli. Rayhonning singlisi Nasiba opasining “Ne bo‘lar” qo‘shig‘iga ishlangan klipda ko‘rinish bergan. Lola Ahmedovaning singlisi Shahlo O‘zbekistondagi qo‘shiq tanlovlaridan birida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanilishga ulgurgan. Abbos Ahmedov esa Lola Ahmedovaning ukasi, Shahloning akasi. Tuzatish: Qo‘shiqchi Gulasal Ziyodaning singlisi deb tanishtirilishi bilan bog‘liq xato to‘g‘rilandi. Aslida, Ziyodaning singlisi — Aziza Qobilova.
71
1,201
Madaniyat
Xonanda Jahongir Otajonov qo‘chqorlar bilan selfiga tushdi
Xonanda Jahongir Otajonov qo‘chqorlar bilan birgalikda selfiga tushdi. Bu haqda “Shov-shuv.uz” xabar bermoqda. “Selfimaniya butun dunyoda avj olgani rost! O‘zbek shou-biznesi vakillari esa ko‘pchilikni ortda qoldiryapti! Selfi hayotimizga kirib kelayotganda, G‘arb psixologlari bu holatni ruhiy kasallikning boshlang‘ich ko‘rinishiga ham yo‘yishadi. Biroq, selfilarning aksariyatida mantiq ham topiladi. Mana, so‘nggi selfilarning eng shov-shuvlisi! Qiziq, ‘jonli ijro qiroli’ qo‘chqorlarni qaysi hamkasblariga mengzadi ekan?”, – deb yozgan sayt.
58
547
Madaniyat
Muvaffaqiyatga erishgach ekranlardan g‘oyib bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)
Hammaga ma’lumki, Gollivudda mashhurlikni saqlab qolish uchun yangi rollar, personajlar, obrazlarni sinab ko‘rish kerak. Chunki shon-shuhratning abadiy emasligini barcha biladi. Bugungi qahramonlar ham suratga tushib yurgan vaqtlarda hammaning e’tiborida edi, keyin esa birdan ekranlardan g‘oyib bo‘ldi. Tobi Maguayr Temir odamgacha ekranlarda yana bir qahramon bo‘lgani ko‘pchiliknig yodida emas. Tobi Maguayr 2002-yildan 2007-yilgacha uchta filmda rol o‘ynagan va uning o‘rnini Endryu Garfild va Tom Holland egalladi. Maguayr ekrandan deyarli g‘oyib bo‘ldi, u faqat 2013-yilda “Buyuk Getsbi” va bir nechta muvaffaqiyatsiz filmlarda ishtirok etdi. Shaxsiy hayotda ham uning omadi chopmadi: u noqonuniy poker klubiga aralashdi va rafiqasi Jennifer Meyer bilan ajrashdi. Biroq 2019-yil mart oyida u yosh model bilan birga omma oldida ko‘rinish berdi, shuning uchun keyingi o‘n yil uning uchun yanada muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Teylor Lotner “Sumerki” filmida Jeykob Blek rolini o‘ynagach, aktyorning kelajagi porloq ekaniga hech qanday shubha yo‘q edi. Ammo bu muvaffaqiyatli Robert Pattinson va Kristen Styuartdan farqli o‘laroq, u bilan sodir bo‘ldi. Deyarli barcha yangi loyihalar kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi va kichik rollar unga ijodda davom etishga imkon bermadi. “Qichqiriq malikasi” teleserialidagi roli juda muvaffaqiyatli bo‘ldi, ammo loyihaning keyingi mavsumlari suratga olinmadi. Jon Kyusak “Jon Malkovich bo‘lib qolmoq” va “Fanat” filmlaridagi rollar uni mashhur qildi. Keyinchalik uning ijodida kam budjetli filmlar seriyasi boshlandi, ularni tomosha qilgan odam ko‘pchilikni tashkil etmadi. Ammo u o‘z o‘rnini matbuot erkinligi uchun kurashayotgan tashkilotlardan birining direktorlar kengashida topdi va Arundati Roy bilan kitob yozdi. Bundan tashqari, u Gillian Flinnning romani asosida suratga olingan “Utopiya” serialiga tanovdan o‘tgan. Jessika Alba “Qora farishta”, “Gunohlar shahri”, “Fantastik to‘rtlik” va sukunat. Aytishlaricha, ssenaristlar aktrisani ularning asarlari haqida yomon gapirgani uchun yomon ko‘rishgan. Vaqt o‘tib, Alba turmushga chiqdi, uch farzand ko‘rdi va biznes bilan shug‘ullana boshladi. Ehtimol, bu jarayon uni umuman bezovta qilmayotgandir. Jessika Simpson Bu aktrisa qo‘shiqchilik sohasida omadliroq. “Orzumdagi uchrashuv” va “Hazzard telbalari” filmlari muvaffaqiyatidan so‘ng u aktyrisalikni deyarli to‘xtatdi. “Ambitsiyali sariq soch” filmi suratga tushish narxidan bir necha baravar kam daromad keltirdi. Ammo Simpson ajoyib kuylaydi va kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlarining butun imperiyasiga asos soldi: kompaniyaning qiymati milliard dollarga baholanadi. Ketrin Xeygl “Ehtiros anatomiyasi” filmidagi Izzi Stivens rolidan keyin u Gollivudning eng yaxshi aktrisalari ro‘yxatiga kirishi mumkin edi. Lekin bunday bo‘lmadi. Xeygl suratga olish maydonchasidagi muammolar haqida gapirdi va serial ijodkorlari uchun birinchi raqamli dushmanga aylandi. U bir nechta unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan filmlarda rol o‘ynagan va buning uchun afsus qilgan. Lindsi Loxan Afsuski, uning dastlabki rollarining muvaffaqiyati boshqa filmlarda davom etmadi. Aktrisa giyohvand moddalarga berilib ketdi va suratga olish maydonchasida o‘zini qanday tutishni bilmadi. tutdi. “Kanyonlar” filmini suratga olishning birinchi kunida u qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini yaxshi his qilmayotganini va ertasi kuni borishini aytdi. Lekin u qaytib bormadi. U o‘z nomi bilan atalgan realiti-shouni boshladi, ammo birinchi mavsumdan keyin loyiha yakunlandi. Jennifer Lav Xyuitt Aktrisa “O‘tgan yozda nima qilganingni bilaman” muvaffaqiyatli filmida rol o‘ynadi, ammo boshqa loyihalar unga shuhrat keltirmadi. “Arvoh bilan gaplashuvchi” va “Mijozlar ro‘yxati” seriallari unchalik mashhur bo‘lmadi va bir necha mavsumdan keyin bekor qilindi. Shuningdek, aktrisa prodyuserlar bilan janjallashdi, chunki u turmush o‘rtog‘ini ham rollardan birini o‘ynashini so‘ragandi. Ammo uning shaxsiy hayoti havas qilgulik darajada: baxtli nikoh va ikki farzand. Mettyu Foks “Adashganlar” serialini tomosha qilgan har bir kishi Jek rolini ijro etgan aktyorni yaxshi eslaydi. Ammo uning kichik rollarga ega bo‘lgan bir nechta filmlarini biladiganlar esa kam. Chunki aktyor faqat qiziqarli ssenariylarni tanlashini va hamma rolni ham ijro etib ketavermasligini aytib o‘tgan, albatta, bu unin tanlovi.
78
4,321
Madaniyat
Milliy TV Ramazon oyida “Umar ibn Xattob” serialini efirga uzatadi
Milliy telekanali Ramazon oyida “Umar ibn Xattob” tarixiy teleseriali namoyishini boshlaydi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda. Mazkur serial 2012-yilda qatarlik kinematograflar tomonidan Saudiya Arabistoni va Marokashda suratga olingan bo‘lib, 30 qismdan iborat. “Unda xalifaning 18 yoshligi — 604-yil voqealari hikoya qilinadi. Voqealar 644 yilgacha — hazrati Umar (r.a.)ning vafotiga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Serialda, shuningdek, uch xalifa Abu Bakr Siddiq, Usmon va Ali (r.a.)lar obrazlari ham gavdalantirilgan. Islom qoidalariga muvofiq, Muhammad (s.a.v.) ko‘rsatilmagan”, — deyiladi xabarda.
66
608
Madaniyat
“Parazitlar” filmi “Oskar” g‘olibiga aylandi — ingliz tilida bo‘lmagan film ilk bor eng yaxshi film deb topildi
Amerika kinoakademiyasi eng yaxshi film uchun atalgan 2020-yilgi “Oskar” mukofotiga Janubiy Koreyaning “Parazitlar” filmini loyiq deb topdi. Meduza’ning yozishicha, bu “Oskar”ning eng asosiy mukofotini qo‘lga kiritgan ingliz tilida bo‘lmagan ilk xorijiy filmdir. BREAKING: "Parasite" becomes the first film not in the English language to win Best Picture. https://t.co/8kz7m5vtnF #Oscars pic.twitter.com/zW3tB9IVyP — ABC News (@ABC) February 10, 2020 “Parazitlar” filmi bundan tashqari “Eng yaxshi xorijiy film” va “Eng yaxshi original ssenariy” yo‘nalishlarida ham haykalchalarni qo‘lga kiritdi. “Parazitlar”ni suratga olgan Pon Chjun Xo esa eng yaxshi rejissor deb topildi. 92-“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. Marosim ketma-ket ikkinchi yil boshlovchisiz o‘tkazildi.
111
806
Madaniyat
“Osh bo‘lsin” ko‘rsatuvi boshlovchisi Gulhida Jo‘rayeva turmushga chiqdi
O‘zMTRKning “Yoshlar” telekanalida namoyish etiladigan “Osh bo‘lsin” ko‘rsatuvi boshlovchisi Gulhida Jo‘rayevaning nikoh to‘yi 21-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz” internet-nashri. Ma’lumotlarga ko‘ra, Gulhida Jo‘rayevaning nikoh to‘yi Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan.
72
324
Madaniyat
“Taksi” filmi yulduzi Sami Naseri Moskvadagi karaoke-klublardan birida kaltaklandi
“Taksi” filmidagi roli orqali tanilgan aktyor Sami Naserini Moskvadagi karaoke-klublaridan birida do‘pposlashdi. Shifokorlar aktyorga bosh miyaning yopiq shikastlanishi tashxisini qo‘ygan. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, Naserini shifoxonada olib qolishga zarurat bo‘lmagan. Tekshiruvlardan keyin aktyor shifoxonani tark etgan. Aktyor klubdagi janjalga aralashib qolgan. Mushtlashuvda raqibi Naserining yuziga urgan. Aktyor voqeaning ertasiga shifoxonaga borgan. Voqea vaqtida aktyorning akasi ham klubda bo‘lgan, unga hech qanday jarohat yetmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari ayni paytda voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
82
691
Madaniyat
Instagram: Ozodbek Nazarbekov Turkmaniston davlat mukofotini oldi, Otabek Mirzaxolov va Dilshod Mirzamurotov “janjal”iga izoh berildi, avtohalokatga uchragan teleboshlovchi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ldi. Lola uch million nafarga yetgan kuzatuvchilariga minnatdorchilik bildirdi. Turk aktyori Emre Kiviljim Akbarxo‘ja Rasulovning sahifasida ko‘rinish berib, O‘zbekiston va Toshkentga bog‘lanib qolgani haqida gapirdi. Umidaxon yangi obrazda folloverlariga ko‘rinish berdi. Otabek Mirzaxolov va Dilshod Mirzamurotovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan va go‘yoki ular janjallashayotgani aks etgan video shunchaki hazil tariqasida suratga olingani ma’lum bo‘ldi. Muqaddas Sa’dullayeva yangi suratini sahifasiga joyladi. Rayhon G‘aniyeva sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonovning intervyusidan so‘ng shok holatida ekanligiga ishora qildi. Hulkar Abdullayeva yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Taniqli teleboshlovchi Jamshid Umrzoqov avtohalokatga uchradi. YTH oqibatida teleboshlovchiga shikast yetmagan. Nilufar Usmonova folloverlaridan kun qanday o‘tganini so‘radi. Komik aktyorlar Messining “Barselona”dan ketishi mavzusida hajviy videolar tayyorlab, sahifalariga joylamoqda. Feruza Jumaniyozova Dushanbeda tojikistonlik mashhur xonanda Shabnam Surayyo bilan uchrashdi. Shohjahon Jo‘rayev to‘yda “Bitta bo‘lsin, zo‘r bo‘lsin” qo‘shig‘ini improvizatsiya qilib, “Uchta bo‘lsin, zo‘r bo‘lsin” tariqasida kuyladi.
172
1,471
Madaniyat
“Ummon” guruhi vakili Shohrux uylanmoqda
“Ummon” guruhining uch a’zosidan biri Shohrux uylanmoqda. Bu haqda guruh ma’muri Doniyor Alimuhmedov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi. “Ha, Shohrux uylanayotgani haqidagi gap-so‘zlar rost. Uning nikoh to‘yi 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi”, — dedi guruh ma’muri. “Shohrux o‘zi sevgan, uch yildan buyon ahdu-paymon qilib yurgan qiziga uylanmoqda. U qiz hozircha abituriyent, shu yil o‘qishga kirish uchun imtihon topshirdi”, — deya qo‘shimcha qildi Alimuhamedov. 2015-yil sentabrida “Ummon” guruhi a’zosi Jasur Rapiqov uylangan edi. Guruhning yana bir a’zosi Zohid esa hali bo‘ydoq. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
40
743
Madaniyat
Shahzoda Muhammedova o‘zining qoidabuzar haydovchi ekanligini tan oldi
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova o‘zining qoidabuzar haydovchi ekanligini tan oldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.  U o‘zining Instagram’dagi sahifasida shunday deb yozadi: “Doim shoshilib yuraman, shoshilib ish qilaman, hech nimadan qo‘rqmayman. Har bir soniyamni, vaqtimni qizg‘anganimdan, ishlarim ko‘pligi sababli bir vaqtda rulda ovqatlanib, rulda makiyaj qilib, sochimni turmaklab ketaman. Buning uchun YPX xodimlaridan uzr so‘rayman”. Mazkur izohga xulosa tarzida Shahzoda bunday harakatni tavsiya etmasligini ham aytib o‘tgan. Labiga bo‘yoq surib ketayotgan aktrisaning surati avtomobil harakatlanayotgan vaqtda olingani ko‘rinib turibdi.
70
663
Madaniyat
Klara Jalilovaning o‘g‘li Furqat Ahmedov onasining so‘nggi kunlari va ijoddagi armoni haqida so‘zlab berdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 20-noyabr kuni 83 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Aktrisa “Maftuningman” filmidagi bosh qahramon Yulduzxon obrazi bilan tomoshabinlar mehrini qozongan edi. O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov va Klara Jalilovaning o‘g‘li Furqat Ahmedov jurnalist Nargiza Murodova bilan suhbatda onasining so‘nggi kunlari to‘shakka mixlanib qolgani hamda o‘y-kechinmalari, armonlari haqida so‘zlab berdi. “Onani yo‘qotish og‘ir ekan” Ona necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, baribir uni yo‘qotish og‘ir kechar ekan. Yil boshida onam bilan muborak Umra safarida bo‘lib qaytdik. Kayfiyatlari a’lo darajada edi. Onam tabiatan ozodalikni xush ko‘radigan inson edi. Sakson yoshdan oshdim, endi bu ishlarni qilishim shart emas, demasdi. Kelinlardan avval turib, ko‘p qavatli uy yonidagi hovlilarni tozalab qo‘yardi. Afsuski, Ramazon oyida saxarlikdan so‘ng ko‘chalarni tozalashga chiqqanda, oyog‘i zinadan toyib yiqilib tushdi. Keksalik sabab, kichik jarohat ham qattiq azob berdi. Qariganda dardning kelishi oson, ketishi qiyin deyishgani shu bo‘lsa kerak. Onam kenja ukam Shavkat bilan birga turardi. Ahvollaridan hamisha boxabar bo‘lib turish uchun yotoqxonalariga kichik kamera qo‘yib qo‘ygandim. Deyarli har ikki soatda aloqaga chiqardim. “Xavotir olma, men yaxshiman, tez orada sog‘ayib ketaman”, deb kulib qo‘yardi. Ko‘nglim sezgandek o‘limlaridan avval barcha qarindosh-urug‘larga qo‘ng‘iroq qilib: “Onamdan rozi-rizolik olinglar” degandim. Katta-yu, kichik ziyorat qilib, ko‘ngillarini ko‘tarishdi. Ustoz deb bilgan san’at vakillari ham tashrif buyurishdi. Afsuski, 20-noyabr kuni, tonggi soat 07:30 da jonlari uzildi. “Ikki turmushi ham baxtli yakunlanmadi” Onam rahmatli “Hayotda chiroyli ayollarga nihoyatda qiyin” degan gapni ko‘p aytardi. Chunki u haromdan nafratlangan, san’at uchun ham nomusini sotishni istamagan ayol edi. Shuning uchun ham hayotda ko‘p qiyinchiliklarga uchragan. Afsuski, dushmanlar unga juda og‘ir zarbalarni berishgan. Arxivdagi qo‘shiqlarining suv bosib ketishi ham aynan taklifni rad etgani bilan bog‘liq. Otam bilan ajrashgach, bir necha yildan so‘ng Rustam Nig‘matov ismli changchi ijodkor bilan oila qurgan. U inson o‘ta ziyoli professor edi. Onam ikkinchi turmushidan Shuhrat va Shavkat ismli ukalarimni dunyoga keltirdi. Afsuski, ikkinchi turmush ham omadli yakunlanmadi. “Onam ikkinchi turmushidan ajrashganida tushkunlikka tushib qolgandi” Ajrim farzandlar ruhiyatiga yomon ta’sir ko‘rsatadi, ammo peshonada borini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Hamisha O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedovning farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Ammo omadsiz ikki turmushdan keyin onamga ham juda qiyin bo‘lganini eslayman. Mendan ko‘ngillari to‘q bo‘lgani uchunmi bilmadim, “Ikki bolani otasiz qanday katta qilaman?” deb tushkunlikka tushib qolgandi. U moddiyatni emas, ko‘proq ma’naviy tomon haqida o‘ylardi. “Onam kinoda faoliyat yuritishimni istamagan” Rostini aytsam, buni mendan avval onam istamagan. “Men o‘qimadim, sen o‘qi”,  deb ko‘p aytardi. Aslini olganda onam oliy ma’lumotli ijodkor edi. Onam o‘qishimiz uchun pul ayamasdi. Yil boshida qo‘limga 100 so‘m pulni berib: “Istagan gazeta-jurnalingga obuna bo‘l”, derdi. U paytlarda bu pulning qiymati ancha katta edi, shu bois o‘ndan ortiq gazeta-jurnallarga yillik obuna bo‘lardim. Bolaligimiz faqat o‘qish va o‘rganish bilan o‘tdi. Shu boisdan ham tarix fakultetiga hech qanday qiyinchiliklarsiz o‘qishga qabul qilinganman. Ammo 1995-yilda rejissor Shavkat Junaydullayev “Charxpalak” serialiga taklif etgan. U yillarda xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanardim. Taklifni o‘ylab o‘tirmasdan rad etganman. Ammo bir necha soatdan keyin otam qo‘ng‘iroq qilib tezda teatrga yetib kelishimni so‘ragan. Borsam, xonalarida Shavkat Junaydullayev o‘tiribdi. “Bu rejissor yaxshi serial suratga olayapti, ssenariy ma’noli, men ham suratga tushaman, senga ham rol bor” degan. Shu bois “Charxpalak” serialidagi boyning yordamchisi rolini majburan qabul qilganman. “Onam hamisha yaxshi rollarni kutib yashardi” Onam haqiqiy ijodkor edi. Hamisha yaxshi rollarni kutib yashardi. Biror rolga yoki tadbirga taklif etishsa, alohida tayyorgarlik bilan borishi, har narsaga e’tiborli ekanliga hayratimni oshirardi. Onam so‘nggi yillarda “Qaynona”dek (Ozarbayjon filmi) kino olinsa-yu, unda qo‘shiq aytadigan qaynona rolini ijro etsam derdi. Afsuski, endi bu gaplardan foyda yo‘q. “Inson tirikligida izzat-hurmat ko‘rsatish kerak” Onamning o‘limlaridan ko‘ngilni xira qiladigan voqealar ham bo‘ldi. Avvalo, insonga o‘lmasidan avval izzat-ikrom ko‘rsatish kerak. Ayrim tashkilotlar o‘sha odam o‘lmasidan avval ozgina e’tibor berishganda edi… Biz bilmaymiz, o‘limdan keyingi gaplar marhumning qulog‘iga yetib borayaptimi yoki yo‘q. Qaniydi, ko‘zlari ochiq, quloqlari eshitib turgan paytda bu gaplar aytilganda, inson ko‘ngli ko‘tarilardi. Onam tiriklik chog‘larida bir bor xabar olishmadi, e’tibor berilmadi. Onamning o‘limi haqida xalqqa rasman xabar berishganida “Klara Jalilova 82 yoshida olamni tark etdi”, deyishdi va bu bilan  naqadar e’tiborsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi. Bu oddiy arifmetika — 1937-yil 8-iyulda tug‘ilgan inson bu yil 83 yoshni qarshilagan bo‘ladi. Ularga O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilovaning o‘g‘illari Furqat Ahmedovni topish muammo emasdi. Hatto, O‘zbek milliy drama teatri orqali ham men bilan aloqaga chiqish mumkin.  Klara Jalilovaning betob ekanligi xabar qilindi. Ozoda Nursaidova va Yulduz Turdiyeva aktrisani yo‘qladi (video)
106
5,521
Madaniyat
Buxoroda Mutal Burhonovning uy-muzeyi ochildi
Buxoro shahrining Bahouddin Naqshband ko‘chasida milliy musiqa san’ati namoyandalaridan biri Mutal Burhonovning uy-muzeyi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Uy-muzey Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey-qo‘riqxonasining filiali maqomida tashkil etildi. Mutal Burhonov umrining so‘nggi davrlarida, 1997—2002 yillarda o‘zi tug‘ilib o‘sgan shahardagi mazkur mahallada, ushbu uyda yashadi. Bu yerda bastakor hayoti va ijodi bilan bog‘liq 2 mingdan ortiq foto suratlar, turli hujjatlar, musiqa asboblari, kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlari jamlangan. Muzey “Mutal Burhonov umr yo‘li”, “Bastakor ijod xonasi”, “E’tirof, ehtirom”, “Musiqa tarixi” kabi bo‘limlardan iborat. Uy-muzeyida Markaziy Osiyoda musiqa san’ati rivojlanishiga oid hujjatlar, XVIII asrda Buxoroda shakllangan “Shashmaqom”ning dastlabki notaga solinishi, u bilan bog‘liq ilk tadqiqotlar, O‘zbekiston madhiyasi musiqasining yaratilish jarayoni aks etgan lavhalar ko‘pchilikni qiziqtirishi shubhasiz.
45
970
Madaniyat
Xonanda Billi Aylish Coachella festivalida o‘z qiyofadoshidan foydalanganini ma’lum qildi
Xonanda Billi Aylish Apple Music shousiga bergan so‘nggi intervyusida kutilmagan ma’lumot bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, 20 yoshli yulduz 2022-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan Coachella’dagi chiqishlaridan birida o‘zining qiyofadoshidan foydalanganini aytib o‘tdi, deb yozadi The Symbol. Billi o‘zi ishtirok etgan festivalda birinchi marta biroz tajriba o‘tkazishga qaror qildi. “Qiyofadoshim mening raqs truppam a’zosi edi. Men uni avvalgi obrazimdagidek kiyintirdim: qora parik, niqob, ko‘zoynak, paypoq — keyin biz uni sahnaning orqa qismiga chiqardik. Dastlab hamma uni men deb o‘yladi”, — deydi xonanda boshlovchi Mett Uilkonsonga. Eslatib o‘tamiz, 2022-yil boshi Billi uchun ajoyib voqealarga boy bo‘ldi. 2022-yil mart oyida Billi va uning ukasi Finneas Bond haqidagi “O‘lishning vaqti emas” filmining bosh taronasi uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.
89
857
Madaniyat
Megan Markl Netflix uchun yaratiladigan yangi multserialning prodyuseriga aylandi
Megan Markl va shahzoda Garrining Archewell Productions kompaniyasi endilikda animatsiyani ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Markl haqiqatda tarixda bo‘lgan ayollardan ilhomlangan 12 yoshli qizchaning sarguzashtlari haqida so‘zlovchi “Perl” loyihasida ishtirok etadi, deb xabar beradi “Film.ru”. Relizda Megan Sasseks gersoginyasi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, u bilan birga prodyuserlar qatoridan Devid Fyornish (“Roketmen”), Kerolayn Soper (“Rapunsel”) va boshqa taniqli kinematograflar o‘rin olgan. Multserialning ijrochi prodyuseriga esa Amanda Rinda (“Fraviti Folz”) aylangan. “Uning yoshidagi ko‘plab qizaloqlar kabi qahramonimiz Perl ham o‘zlikni anglash bo‘yicha sayohatga otlanadi va kundalik chaqiriqlarga qarshi tushirga urinadi”, — deydi Markl. Loyiha er-xotin kontent borasida eksklyuziv shartnoma imzolagan Netflix striming servisida taqdim etiladi. Hozircha “Perl”ga oid boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan. Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning aprelida shahzoda Garri Megan Markl bilan birgalikdagi Netflix uchun birinchi loyihasini e’lon qilgandi. Invictus Games — “Mag‘lubiyatsiz o‘yinlar” loyihasi ishtirokchilar bilan birgalikdagi ko‘p qismli hujjatli serial bo‘ladi.  Megan Markl iyun oyida “O‘rindiq” nomli bolalar kitobini sotuvga chiqaradi. U shahzoda Garri va o‘g‘li Archi haqidagi hikoya uchun 700 ming dollar avans oladi
81
1,335
Madaniyat
Surxondaryoda o‘tadigan baxshichilik festivalida 5 yoshli baxshi ishtirok etmoqda
Surxondaryoda o‘tadigan baxshichilik festivalining eng yosh baxshisi — 5 yoshda, deb yozadi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati. G‘olibjon Oripov 2013-yil 29-sentabrda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. U hozir 5 yoshda va Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkaziladigan I Xalqaro baxshichilik san’atining eng yosh baxshisi sifatida ko‘pchilik e’tiborida bo‘lib turibdi. “Ushbu festival nafaqat tadbir ishtirokchilarini, balki yoshlarni ham birdek jalb qilmoqda. G‘olibjon yoshligidan zehni o‘tkir, qiziquvchan, rasm chizishga, ularni har-xil ranglarga bo‘yashga, she’r yodlashga, qo‘shiq aytishga va raqsga tushishga juda qiziqadi. U ‘baxshilik’ yo‘nalishining 1-sinf o‘quvchisi, shu yo‘nalishda ta’lim berayotgan Muhammad baxshi Eshboyevdan baxshilik san’atining sir-sanoatlarini o‘rganib kelyapti”, — deyiladi xabarda.
81
841
Madaniyat
Toshkentda “Shum bola-2020” xalqaro kinofestivaliga start berildi
“O‘zbekkino” milliy agentligi va Toshkentdagi Gyote instituti “Shlingel” xalqaro kinofestival hamkorligida “Shum bola-2020” kinofestivali o‘tkaziladi. Festival 21—25-sentabr kunlari Humo Arena muz saroyida bo‘lib o‘tadi. Bolalar va o‘smirlar kino sanoatidagi so‘nggi xalqaro mahsulotlarni yetkazib beruvchi “Shlingel” xalqaro kinofestivali tomonidan zamonaviy hamda dolzarb mavzudagi nemis filmlari o‘zbek va rus tillarida namoyish etiladi. Shuningdek, festival doirasida o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar hamda “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga binoan yaratilgan “Zumrasha” kinojurnalining yangi filmlari taqdim etiladi. “Shum bola-2020” festivali bolalar, yoshlar, ota-onalar, o‘qituvchilar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Namoyishlarga kirish bepul. Ma’lumot uchun, festival dasturidan Germaniyaning “Juda qalin do‘stlar”, “Ko‘rinmas Syu”, “Rokka dunyoni o‘zgartiradi”, “Fritsi – tarixdagi burilish nuqtasi” kabi filmlar o‘rin olgan.
65
990
Madaniyat
Yaponiyada O‘zbekiston amaliy san’ati va milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi
Yaponiyada davom etayotgan “O‘zbekiston haftaligi” doirasida madaniyat vaziri o‘rinbosari K. Oqilovaning Tokio shahrida Yaponiya “Min-On” konsert assotsiatsiyasi prezidenti K. Ito bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Yaponiyaning ushbu uyushmasi turli mamlakatlar bilan madaniyat, musiqa sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bilan shug‘ullanadi. K. Ito K. Oqilova hamrohligida O‘zbekiston amaliy san’ati va milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. U O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida qaror topgan do‘stlik va yaqin hamkorlik aloqalari madaniy-gumanitar sohada ham faol rivojlanayotganini ta’kidladi. Yaponiyada tashkil etiladigan turli tadbirlarda O‘zbekiston san’at ustalari, Samarqandda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida esa yaponiyalik vakillarning ishtirok etishi o‘ziga xos an’ana tusini olganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Haftalik doirasida O‘zbekiston vakillari Yaponiya parlamenti deputatlari, madaniyat va san’at namoyandalari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Muzeylar ishini tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish, muzeyga keluvchilar uchun qulayliklar yaratish sohasida hamkorlikni mustahkamlash imkonini beradigan kelishuvlarga erishildi.
90
1,232
Madaniyat
“Elparvar”, “Islomxo‘ja”, “Sabot”, “Issiq non”. “Oltin humo” kinotaqdimotida 2 va 3 nominatsiya g‘olibi bo‘lgan filmlar ro‘yxati
“Turkiston” san’at saroyida “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lumotiga qaraganda, taqdimotda hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan bir film bir nechta nominatsiya g‘olibi deb topildi. Rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Islomxo‘ja” tarixiy, badiiy-publisistik  filmш “Eng yaxshi grim rassomi”, “Eng yaxshi rassom ishi” nominatsiyalariga munosib ko‘rildi. Rejissor Rashid Malikov “Sabot” filmi esa “Eng yaxshi rejissorlik ishi” va  “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Rejissor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olingan “Elparvar” tarixiy filmi “Eng yaxshi grafika ishi”, “Eng yaxshi liboslar bo‘yicha rassom”, “Eng yaxshi kino bastakori” nominatsiyasilari bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Rejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi “Eng yaxshi montaj ishi”, “Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi film” nominatsiyalarining g‘olibi deb topildi. Ma’lumot uchun “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti, “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi”, “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda “Milliy” telekanali hamkorligida tashkillashtirildi.
128
1,104
Madaniyat
IwowTv onlayn telekanali o‘z media markazini ochdi
IwowTv onlayn telekanali o‘zining yangidan-yangi dasturlari va qiziqarli ko‘rsatuvlari bilan o‘z muxlislarini xursand qilmoqda, deb xabar berdi “Popcorn.uz”. 23-yanvar kuni mazkur telekanal media markazining ochilishi bo‘ldi. Media markaz internet saytlar, radio va televideniye, gazeta hamda jurnallar uchun media mahsulot tarqatish faoliyatini olib boradi. Ayni kunda shou biznesimizning yorqin yulduzlari IwowTv onlayn telekanali uchun maxsus yaratilgan madhiyani yozishmoqda.
50
485
Madaniyat
Nilufar Usmonova “Bojalar” klipida suratga tushdi
Ham xonanda, ham aktrisa bo‘lgan Nilufar Usmonova klipda suratga tushishga qaror qildi. “Bojalar” guruhining yangi “Nilufarim” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klipda biz Nilufar Usmonovani ko‘rishimiz mumkin. Bu haqda shou-biznes.uz sayti xabar berdi. foto: shou-biznes.uz Ko‘pchilik “Bojalar” guruhi va Nilufar Usmonovanining birga tushgan fotosuratlarini ko‘rib, ular yangi duet ijro etishgan deb o‘ylashi hech gap emas. Aslida Nilufar Usmonova “Bojalar”ning klipida suratga tushib bergan xolos. Qo‘shiq nomi ham “Nilufarim” deb nomlanganligi juda qiziq holat. Qo‘shiqda Nilufar Usmonovaning ovozi ham eshitish mumkin. Bu yerda qo‘shiq ijrosi emas, shunchaki so‘zlar Nilufarning ovozi bilan jarang sochadi.
49
706
Madaniyat
Aktyor Rustam Sa’dullayev “Yaratganga shukr” filmida bir lagan palovning uchishi sirini ochdi
Taniqli aktyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev rejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan “Yaratganga shukr” filmidagi ishtirokidan so‘ng, sehrgar bo‘lgisi kelib qolgan. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. “Sehrgarlik bilan bog‘liq epizodlarni qanday suratga olganimiz bugungidek esimda. Hozirgi kunda film suratga olishdagi hech qanday holat qiyinchilik tug‘dirmaydi, kompyuter yordamida hamma narsa qilish mumkin. U vaqtlarda kompyuter degan narsalar yo‘q edi”, — deydi taniqli aktyor. “Oshning uchishi sahnasida, laganni leskaga bog‘lab uchirganmiz. Leska ko‘rinmay, osh o‘zi uchayotgandek ko‘rinadi-da”, — deydi Rustam Sa’dullayev. “Mashinaning to‘rtta g‘ildiragi “taq” etib tushib ketadigan sahnani suratga olish uchun oldindan hamma g‘ildiraklar bo‘shatilib, omonat qilib qo‘yilgan. Ozgina silkinishdan tushib ketgan, bu yuqoridan turib suratga olingandi”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev.
93
1,011
Madaniyat
Instagram: Bollivud qiroli bilan uchrashgan o‘zbek qizi, muxlisasiga tilla bilaguzugini sovg‘a qilgan Yulduz Usmonova, hashamatli dachasini ko‘rsatgan Rashid Xoliqov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Zarina Nizomiddinova yangi suratini sahifasiga joyladi. Rashid Xoliqov oilasi bilan dachasida hordiq chiqarmoqda. Muqaddas Sa’dullayevaning fikricha, sevgini sotib olish imkonsiz. Yulduz Usmonova to‘y xizmatida qimmatbaho bilaguzugini davrada raqs tushayotgan muxlisasiga sovg‘a qilib yubordi. “Bravo” kulgi jamoasi vakili Umid Umarov talabalik davrida sartaroshlik qilgani haqida kulgili post yozdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Bollivud qiroli Shohrux Xon bilan uchrashgan sanoqli o‘zbekistonliklardan biri Nargiza Rustamova haqidagi video ommalashmoqda. Internet foydalanuvchilari unga havas qilishlarini yozib qoldirmoqda. Nargiza Rustamova asli jizzaxlik bo‘lib, Shohrux Xon bilan ko‘rishish uchun ingliz tilini o‘rgangan, orzusini amalga oshirish uchun onasi bilan Hindistonga borgan. U hozirda ingliz tilidan dars beradi. Gulchehra Eshonqulova ham folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Xonanda Lola Toshkentga keldi. U Mustaqillik maydonidagi favvora yaqinida aylanib yurganida muxlislarini uchratib qoldi. Muxlisasi unga o‘zi sevib eshitadigan qo‘shig‘ini kuylab berdi. Asal Shodiyeva 29-may kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan turmush o‘rtog‘i Shohruhxonni o‘ziga xos tarzda tabrikladi. Tug‘ilgan kun sohibi esa bu paytda Xorazmda konsertda qo‘shiq kuylayotgan edi. Yigitali Mamajonov barcha obunachilariga baxt tiladi. U, shuningdek, Muqaddas Sa’dullayeva bilan oilaviy fotosessiya jarayoni backstage’ini ham folloverlariga ko‘rsatdi.
165
1,596
Madaniyat
Sherali Jo`raevning “Atirgulim, atringni soch” va “Gulbadan” qo`shiqlarini ruxsatsiz kuylagan Sanjay javobgarlikka tortildi
Ma`lumki, joriy yilning 20 avgust kuni davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Intellektual mulk ob`ektlarining huquqiy muhofazasini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonunga muvofiq muallifga mualliflik huquqi va turdosh huquqlari buzilgan taqdirda, bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslardan zarar qoplanishi o`rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon to`lashini talab qilish huquqi berildi.    Xabaringiz bor, Sanjay taxallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Djavberdiev Sanjar shoir Usmon Azimning she`ridan ruxsatsiz foydalanganligi sababli Ma`muriy sud tomonidan javobgarlikka tortish masalasi ko`rib chiqilganligi haqida xabar berilgandi.   Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining xabar berishicha, 2021 yilning 29 iyunda agentlikka O`zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini himoya qilishda amaliy yordam ko`rsatish to`g`risidagi murojaati kelib tushgan. Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro S.Djavberdiev tomonidan O`zbekiston Respublikasi xalq artisti Sherali Jo`raev qalamiga mansub “Gulbadan” hamda “Atirgulim atringni soch” nomli she`riy asarlardan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy tarzda foydalanganligi bo`yicha chora ko`rish so`ralgan. Agentlik tomonidan olib borilgan o`rganishlar natijasida murojaatda keltirilgan holatlar o`z tasdig`ini topgan. Ta`kidlanishicha, agentlik tomonidan fuqaro S.Djavberdievga nisbatan holat yuzasidan Ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma tuzilib, ma`muriy javobgarlik masalasi ko`rib chiqish uchun tegishli sudga yuborilgan.Mazkur ma`muriy ish materiallari 2021 yilning 20 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy shahar sudi tomonidan ko`rib chiqilib, fuqaro S.Djavberdievga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 177 (1)-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi qo`llanilgan.   Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonunining 62-moddasiga muvofiq huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob`ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi. Endilikda mazkur o`zgartirishni inobatga olgan holda huquq egasi o`z mualliflik huquqlarini buzgan huquqbuzardan sud tartibida o`zlariga etkazilgan zarar qoplanishi o`rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovonni to`lashini talab qilishi mumkin.
123
2,717
Madaniyat
Oyog‘ini qayirib olgan Britni Spirs Las-Vegasdagi ikki konsertini bekor qildi
Amerikalik taniqli xonanda Britni Spirs shifokorlarning talabiga ko‘ra Las-Vegas sahnasidagi ikki konsertini bekor qilishga majbur bo‘ldi. “TASS”ning xabar berishicha, o‘tgan chorshanba kuni xonanda sahnada yiqilib tushib, oyog‘ini qayirib olgandi. “Spirs 1 va 2 may kunlariga rejalashtirilgan konsertlarini nisbatan kechroq muddatga qoldirdi”, - deyiladi Billboard jurnalidagi xabarda. 33 yoshli Spirs o‘zining 1999 yildagi eng mashhur qo‘shig‘i – “(You Drive Me) Crazy”ni ijro etayotgan vaqtda yiqilib tushib, oyog‘ini qayirib olgan. Shou yakuniga yetishi bilan u internetdagi sahifasida o‘zini yaxshi his qilayotgani va barcha konsertlari belgilangan jadval bo‘yicha o‘tishi haqida xabar qoldirdi. “Biroq, Britni Spirsning jarohati avval taxmin qilinganidan-da jiddiyroq bo‘lib chiqdi”, - deyiladi jurnaldagi xabarda. Kaliforniya nashrlarida xonandaning qo‘ltiqtayoq yordamida harakatlanayotgani tasvirlangan fotosuratlar e’lon qilingan. Hozirgi vaqtda Spirs o‘zining Piece of Me shousi bilan gastrol safarlariga chiqmoqda, ushbu gastrollar unga har yili 15 million dollar daromad keltiradi.
77
1,095
Madaniyat
Lola Zunnunova aktyorlar Ulug‘bek Qodirov va Farrux Soipovni mas’uliyatsizligi uchun qanday “jazo”laganini gapirib berdi (video)
Taniqli jurnalist, kinotanqidchi Lola Zunnunova kino olami vakillarining o‘z ishiga munosabati haqida gapirdi. Aktyorlar orasida, ayniqsa yoshi ulug‘ san’atkorlarni intervyuga aytilgan vaqtdan ham oldinroq yetib kelishini, ammo yosh aktyorlar bu holatning mutlaqo teskarisi ekanini, buning natijasida faoliyati davomida qiziq holatlar bo‘lganini esladi. Lola Zunnunova intervyuga kech qolgan Ulug‘bek Qodirov hamda Farrux Soipovlarni qanday jazolagani haqida YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida so‘zlab berdi. Ulug‘bek Qodirov juda mashhur bo‘lgan paytlar edi, qizlar Ulug‘bek Qodirovni ko‘rsa, Maykl Jeksonni ko‘rgandek o‘zini “tap-tap” tashlaydigan davr edi. Mening Ulug‘bekdan birinchi intervyu olishim emas edi. Qolaversa, Ulug‘bek Qodirov bilan kursdosh bo‘lganmiz. Biz uchun Ulug‘bek Qodirov oldingidek kursdosh yigit edi. Bir kuni Ulug‘bekni ko‘rsatuv syomkasiga taklif etdik. Aktyorlar kech uyqudan turishini hisobga olib, soat 11:00 ga suratga olish jarayonini belgiladik. Lekin soat 11:00 dan uch soat o‘tib, 14:00 da Ulug‘bek rejissorimizga telefon qilib, “bugun bora olmayman, ko‘zlarim shishgan”, deb aytdi. Rejissorimiz “Ulug‘bekning intervyusini ertaga suratga olamiz”, dedi. Mening juda jahlim chiqdi, ertasi kuni rejalashtirilgan ishlarim ham bor edi. Lekin rozi bo‘ldim, ertasi kuni yana syomkaga keldim. Ulug‘bek Qodirov ham keldi, kameralar tayyor. Salomlashdik, hech qanday e’tirozimni bildirganim ham yo‘q. Kamera yoqilganidan keyin “siz kimsiz” dedim. “Nimangizga ishonasiz” deb aytdim. Ulug‘bek esa hayron qoldi. “Nima uchun biz butun jamoamiz bilan kecha sizni kutdik va bugun yana vaqt ajratib sizni kutdik”, dedim. “Agar siz meni muxlisim, menga mahliyo bir jurnalist, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz adashasiz”, deb aytdim. “Hech ham unaqa emas, sizga kursdoshimdek qarayman, juda ham noto‘g‘ri ish bo‘ldi”. “Intervyumiz tamom”, deb aytdim. Operator va rejissorimiz g‘alati bo‘lib qolishdi. “Lola, unaqa qilmang, suratga olishimiz kerak, prodyuser iltimos qilgan, rejada bor, lavha Ulug‘bek Qodirov bilan chiqsa chiroyli bo‘ladi”, deyishdi. Men esa “yo‘q dedim” va intervyu bo‘lmadi. Keyin ozgina tortishuv bo‘ldi, “bo‘lmasa men ko‘rsatuvdan ketaman”, dedim. Qachonki aktyor va ijodkorlar jurnalistlarni hurmat qilsa, o‘shanda bizni hurmatimiz, aytayotgan so‘zlarimizning salmog‘i bo‘ladi. Bugun kechiksa, ertaga kelmasa, indinga, umuman, qoldirsa bu qanday bo‘ladi? Bu mening qaysarligim, injiqligim yoki kibrim emas, bu bir dars dedim. Shu voqeadan keyin Ulug‘bek Qodirov bilan tortishib qolmaganmiz. U ham baribir to‘g‘ri tushungan, munosabatlar buzilmagan. Odam bunaqa vaziyatlar sabab ko‘rishmay, gaplashmay ketishi mumkin. Lekin kino sohasida bo‘lganidan keyin ko‘p ko‘rishganmiz, gaplashganmiz. Hurmatimiz hozirgi kungacha juda chiroyli bo‘lgan. Xuddi shunaqa holat Farrux Soipov bilan ham bo‘lgan. Farrux Soipovni intervyuga taklif etganimizda u kechikib kelgan, keyin men ham Farruxni kuttirganman. Farrux kelganida men boshqa ijodkor bilan intervyuni boshlagan edim. Farrux “men shoshib turibman”, deganida unda “borib ishlaringizni bitirib keling”, deganman. Operatorimiz va rejissorimiz “o‘zi Farruxni zo‘rg‘a, ming bir tavallo bilan chaqirdik, nimaga unaqa qilasiz” deyishgan. Men esa “ko‘rasizlar u keladi, agar o‘zini hurmat qilgan inson bo‘lsa, albatta, qaytib keladi”, deb aytganman. Haqiqatan Farrux Soipov ishlarini bajarib birozdan so‘ng qaytib keldi va biz intervyu oldik. Hammasi juda chiroyli bo‘ldi. Lekin hamma ham Ulug‘bek va Farruxdek qabul qilmasligi mumkin. Masalan, ba’zilar “kerak bo‘lsa kutasan, bu senga kerak, menga emas”, deyishi ham mumkin. Ammo Ulug‘bek Qodirov va Farrux Soipov saviyasi baland, tarbiyali va dunyoqarashi keng yigitlar ekan. Buni to‘g‘ri qabul qilishgan. Vaholanki, ular o‘zlarining eng mashhurlik nuqtasiga yetgan, menga o‘xshagan jurnalist qizlar ularning qadamiga nigoron bo‘lib turgan vaqtlar edi. Men ularga vaziyatni to‘g‘ri baholagani uchun minnatdorlik bildiraman. Lola Zunnunova, jurnalist, kinotanqidchi Ma’lumot uchun, Lola Zunnunova 1984-yil 29-iyunda Termiz shahrida dunyoga kelgan. Jurnalist “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilgan “Kinomaniya” ko‘rsatuvi orqali mashhurlikka erishgan. Lola Zunnunova 2007-yilda M&TVA Award taqdimotining “Yilning eng yaxshi teleboshlovchisi” nominatsiyasi g‘olibi. 2019-yilda esa “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan. Lola Zunnunova 2019—2021-yillarda Milliy TV telekanallarida faoliyat olib borgan. 2019-yilning yanvar oyidan boshlab Milliy TV kanalida bosh muharrir lavozimida, 2020-yilning avgust oyida esa kanalning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritdi.
128
4,626
Madaniyat
Sevara Nazarxon “Yil shansoni—2014” mukofotiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiyaning “Yil shansoni—2014” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Shanson” radiosining rasmiy sayti ma’lumot berdi Saytdagi xabarda bu sovrin Sevaraning birinchi “Yil shansoni” mukofoti ekanligi ta’kidlangan. Demak, o‘zbek qizining kelajakda ham yana shu kabi sovrinlar olishiga “Shanson” radiosi jamoasining ham ishonchi komil. Eksklyuziv intervyusida Sevara Rossiyaning bosh sahnasiga chiqishdan bir hafta avvalgi his-tuyg‘ulari haqida so‘z yuritdi, deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon joriy yilning 5-aprel kuni Kreml Saroyida o‘tkaziladigan “Yil shansoni” mukofotining taqdirlash marosimida qatnashadi. Marosimda, shuningdek, Rossiyaning eng yaxshi san’atkorlari tomonidan jonli ijroda kuy va qo‘shiqlar taqdim etiladi.
61
810
Madaniyat
“O`zbekkino” Milliy agentligida mehribonlik uylari bolalari uchun tadbirlar uyushtirilmoqda (foto)
“O`zbekkino” Milliy agentligida Yangi yil bayrami hamda qishki ta`til munosabati bilan kam ta`minlangan va mehribonlik uylari bolalari uchun bayram tadbiri uyushtirildi. Bugungi kunda bolalar va yoshlar tarbiyasiga qaratilgan san`at turlarining zimmasiga  qo`yiladigan vazifa boshqalarga qaraganda ham bir necha barobar mas`uliyatlidir. Yosh avlod tarbiyasidagi eng ta`sirchan san`at sanalmish  multiplikasiyaning xarakteri, uning funksiyalari, qolaversa animasiya san`ati oldiga qo`yiladigan maqsad va vazifalar mazmuni endilikda o`zgardi, yangilandi. Xayotimizga kompyuter texnologiyasining kirib kelishi esa bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytirdi, deb xabar berdi O`zbekkino milliy agentligi matbuot xizmati.  O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev aytganlaridek, yuksak mana`viyatli yoshlarni tarbiyalashimiz uchun biz avvalo e`tiborni kichkintoy bolalarimizga qaratishimiz kerak. Ularda yuksak insoniy tuyg`ularni kichikligidanoq tarbiyalamoq lozim, deyiladi xabarda.   Shu ma`noda 2020 yil 4 yanvar kunlari “O`zbekkino” Milliy agentligida kam ta`minlangan, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va maktab-internat bolalari uchun 77 ta avto va mototransport vositalari ko`rgazmasi tashkil etildi, kino san`ati muzeyiga sayohat uyushtirildi, bolajonlar uchun yaxshilikka etaklovchi yangi multfilmlar namoyish etildi va bayram sovg`alari topshirildi. Tadbirlar hali davom etmoqda.        4 yanvarda Olmazor tumani xalq ta`limi bo`limi tomonidan 50 nafar kam ta`minlangan bolalar tashrif buyurdi.       Shu kuni Chilonzor tumanidagi 4-skolioz kasalligi bolalar maktab internatining 50 nafar o`quvchilari uchun bayram o`tkazildi.       6 yanvar kuni Yunusobod tumanidagi 21-mehribonlik uyining 50 nafar tarbiyalanuvchisi  tashrif buyuradi.        7 yanvar sanasida esa Chilonzor tumanida joylashgan 22-mehribonlik uyining 50 nafar tarbiyalanuvchilari  bayram shodiyonasiga taklif etiladi.
98
1,907
Madaniyat
Ispaniyalik taniqli aktyor Antonio Banderas koronavirusga chalindi
Taniqli aktyor Antonio Banderas test natijalariga ko‘ra, COVID-19 aniqlanganini o‘zining Twitter’dagi akkauntida e’lon qildi.  Bu voqea aktyorning yubileyini nishonlagan kunda sodir bo‘ldi, u 10-avgustda 60 yoshni qarshilagan. Banderas odatdagidan biroz charchaganini, ammo sog‘lom ekaniga muxlislarini ishontirgan. U shifokorlar tavsiyasiga amal qilish orqali yer yuzida tarqalib ketgan ushbu yuqumli kasallikdan tezroq tuzalib ketishidan umid qilmoqda. Quiero contaros lo siguiente... pic.twitter.com/u579iBVLM0 — Antonio Banderas (@antoniobanderas) August 10, 2020 “Men ushbu izolyatsiyadan o‘qish, yozish, dam olish, 60 yillik hayotim mazmunini sarhisob qilish uchun foydalanaman”, –  deydi Banderas. Daily Mail’ning yozishicha, aktyor hozir qayerda yashayotgani noma’lum. Uning Ispaniya, AQSh va Angliyaning Surrey grafligidan uncha uzoq bo‘lmagan joyida uylari mavjud. Ayni damda Ispaniya koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan Yevropa mamlakatlari ro‘yxatiga kiritilgan.
66
977
Madaniyat
“Quruq choy olishga pulimiz bo‘lmasdi”. Abdukarim Mirzayev uch kun tuz totmay, kasalxonaga tushib qolgani haqida gapirib berdi (video)
“Daryo” muxbiri Feruz Muhammad uzoq yillar mobaynida poytaxtda ijara uylarda yashab, ijaraning turli xil qiyinchiliklarini boshidan o‘tkazgan va o‘tkazayotgan taniqli insonlar bilan intervyu qildi. Taniqli jurnalist, rejissor Abdukarim Mirzayev talabalik vaqtidagi ijara va ochlik azobi, uch kun tuz totmagani sababli kasalxonaga tushib qolgani haqida gapirib berdi. Biz talaba bo‘lgan paytda men onam bilan bir oyda bir gaplasha olardim, yoki yo‘q. Uyda telefon yo‘q edi, qo‘shnining uyiga telefon qilish kerak edi, uning uchun telegrafga borish kerak, nomer berib, navbat kutish kerak, ular bir amallab tushgandan keyin, uyoqdagi qo‘shnilar bizning uyga yugurishi kerak edi, onam yana yugurib qo‘shnining uyiga chiqishi kerak edi, buning uchun unga otam ruxsat berishi kerak edi, buncha uzoq vaqtdan keyin “Allo, bolam...” degan gapni eshitgandan keyin tomog‘imga bir narsa tiqilardi, suhbat bitardi. Hozirgi yoshlar bunday narsalarni his qiladimi, his qilmaydimi, bunday sog‘inch bormi, yo‘qmi, bilmayman. Lekin bizda shunaqa edi. Uni aytaman, buni aytaman, mana bu muammoni aytaman... Kimgadir dardihol qilgingiz keladi, kichkinaligingizdan onangizga qilgansiz dardiholingizni. Endi u onaizorni halloslab yugurib kelib,  “bolam” deyishi bilan muammolarni aytolmay qolardik. Men Toshkentda eski uyda yashardim, 40—50-yillarda qurilgan bo‘lsa kerak, hozir bormi, yo‘qmi bilmayman. “Bobur” bog‘ining u tomonida, “Rakat” mahallada edi. Judayam eski edi. Bir kuni ertalab uyg‘onsam, ko‘cha ko‘rinib turibdi, uyning devori yiqilib tushibdi-da, yomg‘ir yog‘gani sabab. Men devorga qarab yotardim, ko‘zimni ochsam oyoqlar, ko‘chadagi odamlar egilib qarab o‘tyapti. Suv sizib, devorga oqqan, xom g‘isht sabab o‘pirilgan. Keyin amallab uni to‘g‘irladik. Shundan keyin derazaga, umuman hamma joyiga konserva idishlarini qo‘yib chiqadigan bo‘ldim, yomg‘ir yog‘sa, taqirdab tovush chiqadi, uyg‘onardimda, keyin tashqariga chiqib turardim. “Uy qulab tushsa tagida qolib ketmay”, deb o‘zimni himoya qilardim. Bir o‘zim yashardim. Ijara hovlining o‘rtasida bir o‘rik daraxti bor edi. Bahorda g‘o‘rasini yerdim, yozda mevasini yerdim, kuzda yerga tushgan qoqisini yerdim, qishda danagini yerdim. Shu birgina daraxt meni 4 ta faslda boqardi. Ilhom aka degan akamiz bor edi, rahmatli, rassom edi, birga yashardik. Ikkalamizni quruq choy olishga pulimiz bo‘lmasdi, suvni qaynatib, buxanka nonni botirib nonushta qilardik. Kechki ovqatga ham qaynagan suv va buxanka. Tushlikda institutdan 2 ta kartoshkali perajki yoki bo‘lmasa, yotoqxonada birorta o‘rtog‘imizning xonasida yana buxanka yerdik. Yotoqxonada haykaltarosh o‘rtog‘im bor edi, Shohruh degan. Turg‘un degan bir do‘stimiz bo‘lardi, qashqadaryolik. Bir kuni kirib keldi, juda hazilkash yigit edi. Biz Shohruhni xonasida buxankani yeb bo‘ldik, buxankani ushog‘i ko‘p bo‘ladi, ushoqlari qoldi. Turg‘un ushoqlarga qarab, “Ooo, bu shohona dasturxon” deb barmog‘ida ushoqlarni terib yedi. Juda ajoyib davrlar edi. Lekin biz “qornimiz och, nima yeymiz, nega qiynalib yashayapmiz”, deb o‘ylamasdik. Tojiniso xolam, haftada bir marta yakshanba kuni osh qilardi, yakshanba kuni borib bir tovoq osh yerdim. Mastava qilib berardilar, yog‘li-go‘shtli ovqatlar haftada bir marta bo‘lardi. O‘sayotgan paytlarimiz edi... Masalan, bir voqeani aytib beraman, hech qayerda aytmaganman. Pul qolmadi, yeyishga hech narsa yo‘q. G‘urur ham shu qadarki, buni birovga aytishning ilojisi yo‘q. Oradan bir kun o‘tdi, suv ichaman, yotaman. Ikkinchi kun yana suv ichaman, yotaman, 3 kun o‘tdi, yana suv ichaman, yotaman. Suvni ham ko‘p icholmayman, ozgina ichaman. Chunki och qoringa suv ichaversangiz, xuddi bo‘sh idishga suv solib chayqatgandek, yursangiz ichingiz g‘ult-g‘ult qilib qimirlab, bezovta qiladi. Boshqa narsa yo‘q. Holim yo‘q, uxlab qolaman. 3-kunmi, 4-kunmi kechqurun, eslolmayman, eshik taqillab qoldi. Ochsam bir o‘rtog‘im, qishloqdan kelibdi, uydagilar pul berib yuborgan ekan, “Men hozir kiyinib chiqay, birdan ovqatlangani boramiz” dedim. Pul yo‘q, ham bir o‘zim, yoshman, ichimda bir g‘azab ham bor. Nafs isyon qilib turgan bir payt. O‘rtog‘im kelishi bilan g‘azab va alam aralash “ketdik” dedim. “Bobur” bog‘ining oldida shashlik qilishardi. O‘rtog‘imdan nechta shashlik yeyishini so‘radim, ikkita dedi, buyurtma olgani ham kelib turibdi, men 10 ta dedim. Xullas 12 dona shashlik olib keldi, o‘tirdim, yedik, u ham yedi, men ham yedim, choyni ichdik, nonni yedik, shakarobni yedik. O‘rnimdan shunday turaman desam turolmadim,  oshqozonim “pristup” berib qoldi, o‘tirgan o‘rnimdan to‘g‘ri bo‘lolmadim, tez yordam chaqirishdi, o‘sha yerdan “infeksionniy”ga olib ketishdi. To‘rt kun deganda shifoxonadan chiqdim. Bu narsalarning hammasini bugun men xursandchilik bilan eslayman, hech qanday og‘riq, hech bir alam yo‘q. Bunday bosqichlardan odam o‘tishi kerak edi. Insonlar har doim qiyin yo‘llardan yoshligida o‘tsa, uning hayoti go‘zal bo‘ladi. Qiyin yo‘llar qariganda kelsa, kuchsiz bo‘lib qolganda kelsa, undan yomoni yo‘q. Shunday ekan, Alloh taolo bizga yosh ekanmiz, baquvvat ekanmiz, qiyinchilik davrlarni bersa, biz yengib o‘tsak o‘shanda haqiqiy oltin davr bo‘ladi. Bizga eng ko‘p saboqlarni bergan hayotimizning eng qimmatli davri o‘sha bo‘ladi. Masalan, bunday qiyinchiliklarni ko‘rmasdan ham talaba bo‘lish mumkin. Albatta, talabalar shunday qiyinchiliklarni ko‘rishi kerak degan qoida yo‘q. Men aytmoqchi bo‘lganim, bunday sinovlar, ochlik sinovlari, pulsizlik sinovlari, yolg‘izlik sinovlari, bu narsalarni yoshlikda yengish oson. Abdukarim Mirzayev, jurnalist, rejissor  “Nozima Vohidovadan Abdukarim Mirzayevgacha”. Yigirma yillab ijara uylarda yashagan, uysizlik azobini boshdan o‘tkazgan va o‘tkazayotgan mashhurlar (foto va video)
134
5,685
Madaniyat
Xonanda Dilso‘z Instagram’dagi sahifasiga qiyofadoshining suratini joylashtirdi
Xonanda Dilso‘z Instagram’dagi sahifasiga o‘ziga o‘xshash jajji qizaloqning suratini joylashtirdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. Dilso‘zning “Shunchaki o‘xshashlik” deya izoh berilgan suratiga o‘z fikrini qoldirgan aksariyat foydalanuvchilar qizaloqning xonandaga o‘xshash ekanini, ba’zilar esa bu uning yoshligidagi rasmi ekanini ham ta’kidlagan. Foydalanuvchilar orasida suratdagi qizaloq Dilso‘zning farzandiga o‘xshash ekanini qayd etganlar ham bo‘ldi.
79
467
Madaniyat
Munisa Rizayeva: “Internet — mening do‘stim”
Internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlar olamida yashayotgan O‘zbekiston san’atkorlari hayotining aksariyat qismida online bo‘lib qolayotganiga izoh berdi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasi xabar beradi. O‘zbek estradasining shaddod xonandalaridan bo‘lgan Munisa Rizayeva dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarni internet orqali kuzatib borishini ma’lum qildi. “U mening do‘stim, desam ham bo‘ladi. Chunki doim men bilan birga”, — dedi xonanda. Munisa xorijlik do‘stlari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilish, uni ta’sirlantirgan lavhalar bilan birgalikda o‘z faoliyati aks etgan rasmlarni ham Instagram’ga joylashtirish va unga nisbatan bildiriluvchi mulohazalarni o‘qishga odatlanganini qayd etdi. “Tanqidiy gaplarga ahamiyat bermaslikka o‘rganganman. Ijobiy fikrlar esa meni yanada ruhlantiradi”, — dedi Munisa Rizayeva. “Ba’zan ayrim internet do‘konlar mendan ruxsat so‘ramay, sahifamga reklamalarini joylashtiradi. Bu menga yoqmaydi!” — deb norozilik bildirdi xonanda.
44
977
Madaniyat
Turizm va sport vazirligi ko`magida keng ko`lamli realiti-shou suratga olinmoqda
Butun dunyodagi pandemiya bilan bog`liq vaziyatga qaramay, yurtimizda "teleturizm" muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Mashhur teleshoular mualliflarining tasvirga olish ishlarini O`zbekistonda o`tkazishga bo`lgan qiziqishlari buning yorqin dalilidir. Yaqinda O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi Belgiyaning “Eccholine” kompaniyasi bilan realiti-shou yaratishga doir shartnomani imzoladi. Loyiha 15 yil davomida efirga uzatilib, katta shuhratga erishgan. Realiti shou bir necha jamoalar poygasi orqali muayyan mamlakat madaniyatini ochib berishga qaratilgan hamda u millionlab fransuz tomoshabinlaridan iborat auditoriya tomonidan katta qiziqish bilan kuzatiladi. Shu munosabat bilan Namanganga 100 kishidan iborat suratga olish guruhi etib keldi. Ular 16 kun davomida O`zbekistonning turli shaharlarida - Qo`qondan Nukusgacha shou-ko`rsatuvini tasvirga oladi. Loyiha turizm sohasidagi tadbirkorlarning daromadini oshirish imkonini beradi, chunki uni yaratishga gidlar, turoperatorlar, mehmonxonalar va hunarmandlar jalb qilingan. "Biz Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovdan g`oyalarimizni to`liq qo`llab -quvvatlagani uchun minnatdormiz. Aytishim mumkinki, O`zbekiston boshqa davlatlardan farqli ravishda tasvirga olish guruhlarini juda samimiy kutib oldi. Biz sizning mehmondo`stligingizdan mamnun holda O`zbekistonni o`z tomoshabinlarimiz orasida targ`ib qilishga tayyor ekanligimizni bildiramiz", - deya ta`kidladi loyiha menejeri Safi Dehili. Shou-ko`rsatuvning Fransiya televideniesidagi taqdimoti 2022-yilning bahoriga rejalashtirilgan. Avvalroq, 2018-yilda O`zbekistonda mashhur “BBC Two” telekanalining "Dunyo bo`ylab poyga" turistik realiti -shousi suratga olingan. 2020-yilda uning mualliflari Britaniyaning eng nufuzli televizion va kino mukofoti hisoblangan “BAFTA”ga sazovor bo`lgan.
80
1,810
Madaniyat
“Musiqa maktabiga qatnashga imkonim bo‘lmagani uchun eshik tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, darsni tinglardim”. Ozodbek Nazarbekov va boshqa mashhurlarning ustozlari haqidagi hikoyalari
O‘zbek musiqa va kinoolamining eng mashhur vakillari ijodi va hayotidagi turli qiyinchiliklar sabab san’at olamini tark etishga bel bog‘laydi. Ammo ishlari yurishmagan shogirdlar ustozining qo‘llab-quvvatlashi natijasida katta yutuqlarga va mashhurlikka erishadi. “Daryo” 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ancha yil oldin tushkunlikka tushib, chet ellarga ketishga chog‘langan, bugungi kunda ustozi sabab mashhurlikka erishgan insonlar hikoyasini taqdim etadi. “Onam avtohalokatga uchradi, men o‘qishni tashlashga majbur bo‘ldim”. Ikkinchi kursda o‘qiyotgan vaqtimda onam avtohalokatga uchrab yurolmay, yotib qoldilar. Dadam ishda, akalarim chet elda. Onamning yonida qolib, ularning holidan xabar oladigan odam qolmadi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Estrada xonandaligi fakultetida o‘qirdim. Boz ustiga guruh sardori edim. Onamning yonida boshqa odam bo‘lmagani tufayli o‘qishni tashlab, Buxoroga qaytishga majbur bo‘ldim. Deyarli bir yil mobaynida Buxoroda qolib, onamga qaradim. Allohga shukr, bir yilcha vaqt o‘tgach, onam oyoqqa turib, sog‘ayib ketdilar. Keyin o‘qishni qayta tiklash uchun ariza topshirgani konservatoriyaga keldim. Ariza topshirish muddati tugaganiga ikki kun bo‘ldi, endi keyingi yil harakat qilib ko‘rasiz, degan javobni oldim. Ustozim — O‘zbekiston san’at arbobi Dilorom Omonullayeva kafedra mudiri edilar. Aynan ular bu talabam menga kerak, uning o‘qishini tiklab bering, deya butun konservatoriyani oyoqqa turg‘izgan edilar. Bu voqeani umuman unutib bo‘lmaydi. Balki, Dilorom Omonullayeva o‘sha vaqtda arizamni qabul qildirib, o‘qishimni tiklashga yordam bermaganlarida o‘qishni butunlay tashlab ketarmidim. Bugun, balki, umuman san’at sohasidan ketmasligim ham mumkin edi. Yana bilmadim. Dilorom Omonullayeva nafaqat o‘qishimizdan, ijodimizdan, balki holimizdan, hayotimizdan doimiy xabar oladigan, insoniyligi ham, ijodi ham havas qilsa arziydigan ustozdir. Imron, xonanda “Shou-biznesdagi omadsizlik sabab Shvetsiyaga ketib, qora ishchi bo‘lmoqchi edim.” Bir qancha qo‘shiqlarim kutilganidek ommalashmadi. Iqtisodiy qiyinchiliklar boshlandi. Oxir oqibat 2013-yilda hammasiga qo‘l siltab, Shvetsiyaga ketishga qaror qildim. San’atdan butunlay ketib, Shvetsiyada qora ishchi bo‘lib ishlamoqchi edim. Har qanday fikrimizni ustozimiz bilan maslahat qilib, keyin uning harakatiga tushardik. Ustozimga “Shvetsiyaga ketaman”, deganimda, ularning “Balki, sen kutgan kunlarga juda oz qolgandir, umidsizlikka tushma, yana ozgina sabr qil”, degan mazmundagi gaplari bilan ketish fikridan qaytdim. Ustozim Ozodbek Nazarbekovning yana ozgina sabr qilib, o‘z ustingda tinmay ishla, degan gaplaridan hech qancha o‘tmasdan “Ayrildim” deb nomlangan qo‘shig‘im ommalashib ketdi. Bu juda uzoq kutilgan, ayni vaqtda umuman kutilmagan holat edi. Hattoki ushbu qo‘shig‘im 2014-yildagi eng ommalashgan tarona sifatida “Yil qo‘shig‘i—2014” mukofotiga ham loyiq ko‘rilgan. Ustozimga havas qilib, ulardek inson bo‘lsin, deb o‘g‘limning ismini Ozodbek qo‘yganman. Hozir ham har bir ishni ular bilan maslahatlashaman. Hayot va ijod yo‘llarimda menga shunday ustozni peshonamga yozgani uchun Allohga behisob shukrlar bo‘lsin. Bahrom Nazarov, xonanda “Hayotimdagi eng og‘ir paytda faqat bitta ustozimga murojaat qilaman”. Tabiatan bir narsadan juda tez hafsalam pir bo‘lib, uni tez tashlab ketib, qiyinchiligi chiqsa, sabrsizlik qilib, o‘sha ishni oxiriga yetkazmaslik odatidan yiroqman. Bir ishni boshladimmi, albatta, qanaqa qiyinchiligi bo‘lishiga qaramasdan, oxiriga yetkazishga harakat qilaman. Oson ishlardan ko‘ra, o‘zimni eng qiyin ishlarga urgim keladi. Chunki kasbim nuqtayi nazaridan eng og‘ir ishni uddalagan paytimda o‘zimga nisbatan ishonch va g‘ururni his qilaman. Lekin shunday bo‘lsa ham hafsalam pir bo‘lib, “Bo‘ldi endi, boshqa ish bilan shug‘ullanaman”, degan paytlarim ham bo‘lgan. Ko‘p emas, deylik shu vaqtgacha bir yoki ikki marta, bir martasi aniq esimda. Bunga soha bilan, kasb bilan bog‘liq turli to‘qnashuvlar sabab edi. O‘zi kinoning boshida qiziq bir taqdir bor ekan-da. Har doim uni to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi, har doim. Avval g‘oyangni to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi, keyin ssenariyingni to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi, keyin kinoyingni o‘zini to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi, keyin o‘zingning surobingni to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi. Kasblarning ichida kino va kinochilarni har doim to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi. Tushunmayman. To‘g‘rilanaverib, to‘g‘rilanmoqchi bo‘laverib, bo‘laverib oxiri beling sinish darajasiga keladi. Hadeb bukib, qayirishganidan so‘ng sinmay nima qilasan?! O‘sha “Dod, bo‘ldi, yetar, ketaman, bu sohani qilmayman”, degan paytim bo‘lgan. Nafaqat kinoda, balki hayotimdagi eng og‘ir paytda faqat bitta ustozimga murojaat qilaman. Hech ikkilanmasdan, shartta oldilariga boraman. Bu mening otam. Odilxo‘ja Ahmedov mening otam bo‘ladilar. Oldilariga borib, bor gaplarimni gapiraman. Ortiqcha nasihat ham bermaydilar, unaqa qilmagin, ham demaydilar. Faqat o‘zlarining boshidan o‘tgan qiyinchiliklar haqida gapirib beradilar. Shundan o‘zimga kuch olib qaytaman. O‘shanda ham shunaqa bo‘lgan, odam o‘zidan uyalib qolgan vaziyat bo‘ladi-ku, menda ham shunday bo‘lgan. Jahongir Ahmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissor. “Alisher Uzoqov — mening otam” Alisher aka Turkiyaga “syomka”ga ketganlaridan so‘ng Toshkentda karantin e’lon qilindi. Karantin vaqtida tiktoker, blogerligimni boshladim. Yetti oydan so‘ng Alisher aka Toshkentga keldilar. Karantin ham yengillashtirildi. Bir kuni noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib “Qayerdasan?”, degan ovoz keldi, “Kim bu?”, desam “Men Alisher akangman, Toshkentga keldim, tez ofisga kel”, dedilar. Ularning oldilariga borguncha “TikTok’dagi videolarimni ko‘rgan bo‘lsalar, nima bo‘ladi, mayli, hammasi peshonadan”, deb o‘ylab bordim. Borganimda “Hammasi yaxshi, o‘zlaringni o‘zlaring eplayotgan ekansizlar”, dedilar. Alisher aka yangi loyihalar boshlayotgan ekanlar. Bizni ham shu loyihalarga taklif qildilar. O‘sha vaqtda AQShga o‘qishga ketishga harakat qilayotgandim. “Ustoz Amerikaga ketmoqchiman. U yerda ham o‘qib, ham ishlamoqchiman”, dedim. “Yaxshilab o‘ylab ko‘r”, deb xayrlashdilar. Ikkinchi kuni yana ko‘rishdik, “baribir AQShga ketaman, ustoz”, dedim. Yana “o‘ylab ko‘r”, deb xayrlashdilar. 2020-yilning noyabr oyida viza olishim kerak edi. Viza olish kunimiz aniq edi. Alisher akaning uylariga uyimiz yaqin. Do‘konga chiqqanimda ularni ko‘rib qoldim. Ular meni ko‘rib “O‘ylab ko‘rdingmi?”, dedilar. “Ha, o‘yladim, ketmasam bo‘lmaydi”, dedim. “Ozod, oyingga tushuntir, bir yil qiynalsang hech nima bo‘lmaydi, lekin ketsang, hech qachon meni ustoz deb oldimga kelma. Qolsang, Xudo xohlasa, afsuslanmaysan. Ortingga qara, sen nimalarni tashlab ketayotganingni yaxshilab o‘ylab ko‘r, agar ketsang aktyor bo‘laman degan maqsading o‘ladi”, dedilar. Shu gaplardan so‘ng shartta uyga kirib “Oyi, men ketmayman”, deb Alisher aka aytgan hamma gapni o‘zimning gaplarim sifatida ularga gapirib berdim. Keyin oyim “Sen shuni xohladingmi, yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylayapsanmi, Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, dedilar. Xudoga shukr, yaxshiyam ketmabman. Hozir ketmaganimdan umuman afsuslanmayman. Ularga katta mehrim sabab, hurmatim sabab hamisha “Alisher Uzoqov mening otam”, deyman. Ozod Xurramov, aktyor, bloger “Musiqa maktabiga qatnashga imkonim bo‘lmagani uchun eshik tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, darsni tinglardim”.  O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiga bergan intervyusida uning musiqaga qiziqishini payqab, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan ustozi haqida so‘zlab berdi. Meni musiqa fanini o‘zlashtirishim juda ham o‘ziga xos, juda ham qiziq shaklda o‘tgan. Juda katta oila bo‘lganmiz, oilamizda yetti farzand edik. Deyarli hammamiz voyaga yetmagan paytimizda onam dunyodan o‘tib qoldilar. Hayotimizda juda katta iqtisodiy qiyinchilik davri bo‘ldi. Yaxshi eslayman, musiqa maktabimizga 12 so‘m badal puli to‘lash kerak edi, o‘shani to‘lash ham oilamizga og‘irlik qilar edi. Rubob olish katta orzum bo‘lgan. Akmaljon degan sinfdoshim bo‘lgan. U o‘sha musiqa maktabiga borardi. Akmaljonning musiqa maktabida darsi bo‘lgan kuni maktabga rubobini ko‘tarib kelardi. U rubobini olib kelgan kun men uchun bayram edi. Meni musiqa maktabining sinfiga kirgizishmas edi. Kalitning tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, berilgan darslarni yodlab olib, yodlagan kuylarim esimdan chiqib qolmasligi uchun maktab koridorida u yoqdan bu yoqqa g‘ing‘illab, takrorlab o‘tirardim. Sinfdoshim darsdan chiqishi bilan rubobini olib, xotiramdagi kuyni rubobda chalib ko‘rib, qo‘limga ko‘chirardim. Darsdan so‘ng uyga qaytardim, uyga qaytgach mahallamizdagi boshqa bir bolaning rubobini olib, unda shug‘ullanib, darslarni o‘zlashtirardim. Hatto oxirgi vaqtlar shunday bo‘ldiki, musiqa maktabidagi Sobirjon aka degan ustozimiz maktabga pul to‘lolmaganimga ham ko‘z yumib, “Kirib, oxirgi partada bo‘lsa ham o‘tiraver”, dedilar. O‘sha vaqtda shunaqa baxtli edimki, men uni byurokratiyasi bilan nima ishim bor, men o‘qiyapman, menga shu kerak edi. Shanba va yakshanba kuni ustozning uylariga borardim. U kunlarni kutib yashardim. Chunki ustozimning uylarida barcha musiqa asboblari bo‘lardi. Ustozlarimiz behikmat insonlar bo‘lishmagan. Avval bir ish berardilar, o‘sha ishni bajarganimizdan keyin ikki soat soz chalishga ruxsat berganlar. O‘sha kuni mendan baxtli inson bo‘lmagan. Bugun imkoniyat yo‘q, deyish uchun uyalish kerak. Inson oldiga katta maqsad qo‘yib intiladigan bo‘lsa, bugun hamma shart-sharoitlar bor. Ustoz qaysar bo‘ladimi, u jiddiy odam bo‘lishi mumkin, fe’li og‘irroq bo‘ladimi, shogird uchun undan bilim olish oliy maqsadmi, qay yo‘l bilan bo‘lsa ham ustozlarni tilini topishimiz kerak. Inson jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun o‘ziga o‘zi yordam berganchalik hech kim unga yordam bermaydi, hattoki ota-ona ham unga bu masalada yordam bera olmaydi. Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vaziri  “Maktabdagi o‘qituvchilarning obro‘sini tushiryapsan, deb sinfxonalarni qulflab qo‘yishardi”. 20 yildan beri repetitorlik qilayotgan, yiliga 200 dan ziyod abituriyenti talaba bo‘layotgan ustoz haqida
182
10,056
Madaniyat
Qiziqchi Halima Ibragimova uchinchi marta ona bo‘ladi
Qiziqchi Halima Ibragimova (Halimaxon) farzand kutmoqda. Bu haqda qiziqchi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi. Halimaxon jajji qizaloqning oyoqchalari aks etgan suratni e’lon qilib, unga: “Yaqinda baxt!”, - deya tagso‘z ilova qilgan. “Darakchi.uz”ning yozishicha, suratga kommentlarda Halimaxonning do‘stlari va muxlislari uni xushxabar bilan qutlagan. Ma’lumot uchun, qiziqchining bir o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
53
595
Madaniyat
“Bu idishlarda mehnat bilan, yurak bilan birga tarix ham bor”: Shavkat Mirziyoyevning Rishtondagi kulolchilik markaziga tashrifi (foto)
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida Rishton tumanida qurilgan Xalqaro kulolchilik markazini borib ko‘rgan. Ilgari rishtonlik kulollar o‘z uyida, tor ustaxonalarda ishlardi. Xorijlik turistlar uchun sharoit yo‘q bo‘lgan. Davlat rahbarining 2017-yil 17-noyabrdagi farmonidan keyin hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlar uchun keng imkoniyatlar yaratila boshlandi. Mazkur farmonga muvofiq, o‘tgan yillarda Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida hunarmandchilik markazlari qurilgan. Rishtondagisi mashhur kulolchilik yo‘nalishida bo‘ldi. Markazda 20 ta ikki qavatli kulollar xonadoni, Rishton tarixi muzeyi, bank xizmatlari markazi bunyod etilgan. Uylarning birinchi qavatida ustaxona va savdo do‘koni joylashgan, ikkinchi qavatda hunarmandlar oilasi yashaydi. Xonadonlarda 6 o‘rinli mehmonxona ham mavjud. Chet ellik sayyohlar bu yerda yashab, kulollarning ishi bilan tanishishi mumkin. “Daryo” muxbiri davlat rahbarining ushbu markazga tashrifidan aks etgan qiziqarli lahzalarni kadrlarga muhrladi. Davlat rahbari markazga kirib kelishi bilanoq jurnalistlar tarafga yo‘nalib, ular bilan suhbat qurdi.  Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: “Qo‘rqmanglar, ortingizda Prezident turibdi” Davlat rahbari O‘zbekiston xalq ustasi Alisher Nazirovning markaz ichidagi ustaxonasida bo‘ldi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kulolchilik buyumlarini ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari O‘zbekiston xalq ustasi Alisher Nazirov ustaxonasida bo‘ldi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kulolchilik buyumlarini ko‘zdan kechirdi. Bu idishlarda mehnat bilan, yurak bilan birga tarix ham bor. Hamma yo‘nalishlarda milliy an’analarimizni tiklayapmiz. Sopol buyumlarni ham yana ommalashtirib, har bir xonadonga kiritish kerak. Ularni chet elliklar juda qadrlaydi. Chunki chiroyli, sifatli, ekologik toza. Yurtimizdagi har bir uyda mana shunday idishlar bo‘lsa, ham milliy iftixor, ham ma’naviyat bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti Prezident taniqli kulollar Muzaffar Saidov va Sharofiddin Yusupov xonadoniga ham kirib, ular bilan samimiy suhbatlashdi. Qurilish jarayonida shu yerdagi Xo‘ja Rushnoiy maqbarasi obod qilingan edi. Davlat rahbari ushbu maqbarani ham ziyorat qildi. Shu yerda viloyatda “mahallabay” tizimi asosida yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev o‘z uyida tikuvchilik sexi ochib, mahalla xotin-qizlarini ish bilan ta’minlagan uchko‘priklik ayollar bilan muloqot qildi. Ular faoliyatini kengaytirishi uchun logistikaga qulay joyda zamonaviy kompleks qurib berish bo‘yicha mutasaddilarga vazifa qo‘ydi.
135
2,725
Madaniyat
Hilol Nasimov “O‘zbekfilm” direktori etib tayinlandi
Davomi: Rejissor Hilol Nasimov “O‘zbekfilm” rahbarligidan ketdi Rejissor, ssenariynavis, aktyor Hilol Nasimov “O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati direktori etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, bungacha Komiljon Shamsiddinov “O‘zbekfilm” direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgandi.
52
356
Madaniyat
O‘zbek qo‘shiqchisi afsonaviy Kovent-Garden opera teatrida chiqish qiladi
Osiyoning eng yaxshi tenorlaridan biri Najmiddin Mavlonov bugun, 11-yanvar kuni ko‘pincha Kovent-Garden deb ataladigan Londondagi Qirollik opera (The Royal Opera) teatrining “Toska” operasi postanovkasida chiqish qiladi. Bu haqda My Day xabar beradi. Teatr sahifasida ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik opera qo‘shiqchisi Najmiddin Mavlonov 2015—2016-yilgi mavsumda Puchchinining “Toska” operasida ilk bor Kavaradossi partiyasini ijro etadi. Bu Najmiddinning dunyo opera sahnalaridagi birinchi chiqishi emas. Xuddi shu Kavaradossi partiyasi bilan u Fin Milliy Operasi, Nemis Reyn Operasi va boshqalarda ham chiqish qilgan. Opera qo‘shiqchisi-tenor Najmiddin Mavlonov 1979-yilda Samarqandda tug‘ilgan. 2008-yilda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini qizil diplom bilan tamomlagan. U O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Fransiya, Italiya, Irlandiya, Chexiya va boshqa mamlakatlarning shaharlari bo‘ylab gastrollarni amalga oshiradi.
73
964
Madaniyat
Lola Karimovaning ayollarga murojaati, turmush o‘rtog‘idan minnatdor Zulayho Boyxonova. Instagram’da nima gaplar?
Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 10-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Akbarxo‘ja Rasulovning “Qurilish: Usmon” filmidagi partnyori turk aktrisasi Alma Terzik. View this post on Instagram Hindistonlik taniqli aktrisa Priti Zinta turmush o‘rtog‘ining sochini olib qo‘ydi. View this post on Instagram O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratlarini sahifasiga joylab, ta’sirli dil izhorini yozib qoldirdi. View this post on Instagram Aktyor Adiz Rajabov muxlislarining sinchkovligini tekshirib ko‘rdi. View this post on Instagram Moskvada o‘z-o‘zini yakkalash tizimining bekor qilinishi hammadan ko‘p Lolani xursand qildi. View this post on Instagram O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva esa ayol folloverlariga murojaat qildi. U o‘zining The Harmonist brendiga oid ikkita atirni folloverlariga sovg‘a qilish niyatida. View this post on Instagram Ravshan Sobirov esa o‘g‘li bilan tushgan suratini muxlislari e’tiboriga havola etdi. View this post on Instagram Nilufar Usmonova yana bir ko‘ylagini muxlislariga sovg‘a qiladi. View this post on Instagram Jahongir Otajonov qo‘shiq qilish uchun tojik tilidagi she’r izlamoqda. View this post on Instagram Bollivud aktrisasi Katrina Kaif muxlislariga ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Yigitali Mamajonov yosh xonanda Bonuning klipida suratga tushdi. View this post on Instagram Sevinch o‘ziga hadya qilingan ulkan guldasta bilan tushgan suratini joyladi. View this post on Instagram Osmonga termulayotgan Alisher Uzoqov. View this post on Instagram Insonning bor kuchi sevgida jam bo‘lganini ta’kidlagan Shahzoda. View this post on Instagram Yana bir Shahzoda esa yangi obrazda ko‘rinish berdi. View this post on Instagram
113
2,110
Madaniyat
Aktrisa Zarina Nizomiddinova “Kelinchak” ko‘rsatuvida ishtirok etdi (foto)
Aktrisa Zarina Nizomiddinova MY5 telekanalining “Kelinchak” ko‘rsatuvida kelin obrazini yaratdi. Taniqli vizajist Kamoliddin Nizomov ko‘rsatuv uchun aktrisaga o‘ziga xos imij yaratdi. Xususan, suratlarda Zarinaning ko‘zlariga moviy rangli linza taqilganini ko‘rish mumkin.
74
273
Madaniyat
O`zbekiston xalq artisti Xayrulla Sa`diev mas`ul lavozimga tayinlandi
O`zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktyori Xayrulla Sa`diev, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi Boshqaruvi qaroriga ko`ra, jamoatchilik asosida Uyushma raisining maslahatchisi etib tayinlandi. Mazkur tayinlov haqida "O`zbekkino" Milliy agentligining Telegramdagi rasmiy kanali orqali ma`lum qilindi.
69
312
Madaniyat
Milliy akademik drama teatrining Qozog‘istonga gastrol safarlari uyushtirildi
Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida 10–14-may kunlari Janubiy Qozog‘iston viloyatida O‘zbek milliy akademik drama teatri gastrollari tashkil etildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi. Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi rus drama teatri sahnasida Erkin Xushvaqtovning “Ko‘ngil” komediyasi namoyish etildi. “Ko‘ngil” spektakli, shuningdek, 12-may, shanba kuni soat 16:00 da Sayram tumani Qorabuloq qishlog‘ining madaniyat uyida ham tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi. 13-may soat 16:00 da J.Shanin nomidagi viloyat akademik drama teatrida gastrolning yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirlarda Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimining o‘rinbosari Ulasbek Sadibekov, O‘zbek milliy akademik drama teatri rahbari Fathulla Masudov ishtirok etmoqda.
77
752
Madaniyat
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on “Elchining qizi” serialini maxsus mukofot bilan taqdirladi (video)
2-fevral kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Beshtepa kongress-markazida yo‘l harakati xavfsizligiga amal qilishni targ‘ib etgan teledasturlar qatorida “Elchining qizi” seriali ijodkorlarini ham taqdirladi. “2020—2030-yillarga mo‘ljallangan yo‘l harakati xavfsizligi strategiyasi va harakatlar rejasi” dasturi doirasida ma’ruza qilgan Erdo‘g‘on xavfsizlikni ta’minlash va yo‘l transporti hodisasi qurbonlari sonini nolga tushirish muhimligini ta’kidlagan. Infrastrukturani rivojlantirish, yo‘llarni yaxshilash, qo‘shimcha piyodalar va velosipedlar uchun mo‘ljallangan yo‘llarni qurish haqida ham gap borgan. Prezident ushbu dasturni amalga oshirishga hissa qo‘shayotgan barchani, xususan, yangilik dasturlari va teleserial ijodkorlarini ham e’tirof etgan. Yo‘l transporti hodisasidan aziyat chekkan fuqarolarga sog‘liq tilagan Erdo‘g‘on havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar faoliyatida davom etayotgan davlat xodimlari va ko‘ngillilarga xalqi va o‘zni nomidan minnatdorlik izhor qilgan. Prezident nutqidan keyin taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Taqdirlanganlar orasida “Elchining qizi” serialida Elvan rolini ijro qilgan Hivda Zizan Alp ham bo‘lgan. Shuningdek, “Chempion”, “Yomonlik dunyoga ustun bo‘lolmas” seriali, shuningdek, “Kel, gaplashamiz”, “Aytmasam bo‘lmaydi”, “Hayotda nimalar bo‘lmaydi” singari ko‘rsatuv ijodkorlari ham mukofotga sazovor bo‘lgan.
108
1,375
Madaniyat
“Tutqunlik” filmi yana bir xalqaro kinofestivalda taqdirlandi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Rashid Malikov rejissyorligida suratga olingan “Tutqunlik”  (“Nevolya”) badiiy filmi Rossiyada bo`lib o`tgan “Volokolamskiy rubej” harbiy-vatanparvarlik kinofestivalida “Gran-pri” bosh sovrini bilan taqdirlandi. Mazkur kinofestival 2004 yildan buyon Ikkinchi jahon urushida katta jang maydoniga aylangan Rossiyaning qadimiy Volokalamsk shahrida o`tkazilib kelinadi. Unda harbiy-vatanparvarlik mavzusida suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar saralab olinadi.   «Tutkunlik» filmi real voqealarga asoslangan bo`lib, unda Yaqin Sharqdagi urush o`chog`idan vatandoshlarimizni qaytarilishi aks ettirilgan. 2019-2020 yillar o`tkazilgan mazkur «Mehr» operasiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ma`lumot uchun, “Tutqunlik” kinokartinasi yaqinda Turkiyaning “Korkut Ata” xalqaro kinofestivalida ham ishtirok etib, hakamlar hay`atining maxsus sovriniga sazovor bo`lgan edi.
61
970
Madaniyat
Burak O‘zchivit ortda qoldi: Turkiyaning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyori kimligi ma’lum qilindi (foto)
Turkiyaning eng ko‘p maosh olgan aktyori ma’lum qilindi, ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan aktyor “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi Burak O‘zchivitni ortda qoldirgan. O‘tgan yili Burak O‘zchivit bir serialda rol ijro etishi uchun 250 ming lira maosh olgan.  Shundan keyin u Turkiyaning eng ko‘p maosh oladigan aktyoriga aylangan edi. Aktyor shu yil yetakchilikni saqlab qola olmadi va uning o‘rnini turk kino olamida o‘z o‘rniga ega hamkasbi Jan Yaman egalladi. Muxlislar va jurnalistlarning hisob-kitobiga ko‘ra, 2022-yilda eng katta daromad topgan aktyor “Tong qushi”, “Janob xato” seriallari orqali tanilgan Jan Yaman bo‘lgan. Aktyor bir nechta muvaffaqqiyatli shartnomalarni imzoladi: “Turka” serialining bir qismida ishtirok etgani uchun (turk aktyorlari orasida mutlaq rekord) unga 1,5 million lira to‘lab berildi. Mercedes-Benz elchisi lavozimi esa unga yana bir million yevroni taqdim etdi. U birdaniga reytingning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi: 2021-yilda bu ro‘yxatda Halit Ergench birinchi o‘rinni, uchinchi o‘rinni esa “Taqiqlangan sevgi” serialidagi roli orqali mashhurlikka erishgan Quvonch Tatlitug‘ egallagan.
104
1,132
Madaniyat
Gulchehra Eshonqulova va Sharof Sharopov ajrashmoqda
“Sayyod.com” sayti aktrisa Gulchehra Eshonqulova va aktyor Sharof Sharopov ajrashayotgani haqida xabar qilmoqda. Joriy yilning 30-may kuni Gulchehra va Sharof fotosessiya uyushtirgani haqida xabarlar berilgandi. Ammo nashrga ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kuni ular FHDYo idorasida nikohdan o‘tgan. Eng qizig‘i, Sharofning ota-onasi ham bu gaplardan endi xabar topibdi. Ular o‘z to‘ylarini barchadan yashirib uyushtirgan. Aktyor “Sayyod.com” bilan bog‘lanib quyidagilarni ma’lum qilgan: “Men hozir Samarqanddaman va o‘z xatoimni tushunib yetdim. Ota-onamni tanladim, ularni hech qachon qaytarib bo‘lmaydi. Xotin kishini hamisha topsa bo‘ladi. Nikoh bo‘lib o‘tgani rost, lekin baribir turmush yaxshi bo‘lmadi. Ochig‘i, ko‘zlarim ko‘r edi, bilmayman nega. Hamma narsadan voz kechgandim, ota-onamdan ham, ammo hammasini tushunib yetdim va uyimga qaytdim. Bizda hammasi tugadi. Urush ham bo‘ldi, boshqasiyam... Lekin men ajralishga topshiryapman. Men ota-onamni tanladim, tamom! Hali Gulchehra bilmaydi. U qaytishimga umid qilyapti , bilmasam... Ota-onam uni qabul qilishmadi baribir. Yosh boshim bilan hammasini uddalayman degandim. Baribir bir o‘zim hech narsa qila olmasdim”, — dedi Sharof Sharopov.
52
1,197
Madaniyat
“Osmondagi bolalar” filmidagi Javohir, Lola, Xurshid va Baxtiyor hozir qayerda? (video)
Rejissor Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” filmidagi Hamdam roli bilan mashhurlikka erishgan aktyor Muzaffar Sa’dullayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Suhbat davomida Muzaffar Sa’dullayev “Osmondagi bolalar” filmidagi Javohir, Xurshid, Lolaning bugungi kundagi faoliyati haqida gapirib berdi. Filmda Baxtiyor rolini ijro etgan, rejissorimiz Zulfiqor Musoqovning o‘g‘li Temurni bilaman. Adashmasam, u 3 ta filmda rejissor-postanovshik bo‘lib ishladi. Keyinroq esa tijoratga o‘tib ketdi. Hozirda u tijorat bilan band. Javohir obrazidagi Aziz yigitimiz, oxirgi bilganim Ushu federatsiyasida adashmasam master-sport edi, murabbiy bo‘lib ishlab yuribdi. Xurshid obrazidagi Davron degan yigitimiz bilan oxirgi marta gaplashganimizda ‘Akfa’da ishlab yuribman, erta-indin Imzo’ga o‘tib ketaman’, degan edi. Lola bilan oxirgi marta o‘tgan yili ‘Berlin Oqqo‘rg‘on’ filmining suratga olish jarayonlarida ko‘rishgan edim. Ayni vaqtda Lola ishlaydimi yoki uy bekasimi, aniq bilmayman. U turmushga chiqqan, uchta bolasi, oilasi bor. Muzaffar Sa’dullayev, aktyor, “Inson” kinostudiyasi rahbari
87
1,163
Madaniyat
O`zbekistonning qator sana`tkor va xonandalari Ozodbek Nazarbekov tomonidan taqdirlandi (foto)
Kuni kecha madaniyat hamda san`at sohasi vakillari uchun esda qolarli kun bo`ldi. Madaniyat vazirligining xabar berishicha, mamlakatimizning barcha hududlarida madaniyat va san`at sohasida uzoq yillardan beri fidokorona xizmat qilib kelayotgan jonkuyarlarning bir guruhi Madaniyat vazirining 2020 yil 7 dekabrdagi 464-sonli buyurig`iga asosan «Madaniyat va san`at fidokori» ko`krak nishoni bilan  taqdirlandi.
94
409
Madaniyat
Kaan Urganjio‘g‘li, Satoko Akio, Pavel Priluchniy va o‘zbek filmlarida suratga tushgan boshqa xorijiy aktyorlar (foto, video)
Ko‘plab xorij aktyorlari o‘zbek rejissorlari tomonidan suratga olingan filmlarda suratga tushgan. Keling, xorijlik aktyorlar suratga tushgan o‘zbek filmlar bilan tanishamiz. “Ilhaq” Ikkinchi jahon urushida 5 nafar o‘g‘lidan ayrilgan ona va uning oilasi haqida hikoya qiluvchi “Ilhaq” filmida yigirmaga yaqin Belarus kinoaktyorlari suratga tushgan. Ular orasida Gennadiy Churikov, Dmitriy Mashko, Viktor Bogushevich, Lolita Taborko, Alla Poplavskaya kabi mashhur ijodkorlar ham bor. “Berlin – Oqqo‘rg‘on” Rossiyaning yosh va iste’dodli aktrisalaridan biri Alina Fadyeyeva o‘zbek ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Berlin–Oqqo‘rg‘on” filmida epizod rollardan birini ijro etgan. U 2012-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining xalqaro siyosat bo‘limida tahsil olgan bo‘lishiga qaramay ko‘plab filmlarda suratga tushgan. U “So‘nggi yoz” filmi orqali rus kinomuxlislarining qalbidan joy egallagan. “Temur” Rejissor Nodir Mo‘minov tomonidan suratga olingan “Temur” filmida Rossiya va AQSHda prodyuser va aktyor sifatida tanilgan Igor Jijikin ham suratga tushgan. U shu kungacha 20 dan ortiq film va 10 ga yaqin seriallarda ishtirok etgan. Uni ko‘pchilik “Major”, “Ruslan”, “Sirli shahar”, “Otalar” kabi filmlardagi rollari orqali yaxshi tanishadi.  “Oyijon” Mashhur kinorejissor Zulfiqor Musoqov tomonidan 2001-yilda suratga olingan “Oyijon” filmida yaponiyalik aktrisa Satoko Akio ham suratga tushgan. Film nafaqat O‘zbekistonda, balki Yaponiyada ham premyera qilingan.  “Baron” Rossiyaning yana bir mashhur aktyorlaridan biri Pavel Priluchniy o‘zbek ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Baron” filmida milliy xavfsizlik xodimi rolida ijro etgan. Asli qozog‘istonlik bo‘lgan aktyor teleboshlovchi va prodyusser sifatida ham tanilgan. Filmning ikkinchi qismida esa taniqli turkiyalik aktyor Kaan Urganjio‘g‘lini ko‘rish mumkin bo‘ladi.  “Muhabbatnoma” O‘zbek ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Muhabbatnoma” filmida hindistonlik aktrisa Nigdha Pandey suratga tushgan. Filmda Farruh Soipov, Jahongir Foziljonov, Ubaydullo Omon ishtirok etgan. Film romantik va qisman tarixiy janrda ishlangan. “Geolog: O‘limdan kuchli” “Geolog: O‘limdan kuchli” filmida belaruslik aktyor Mixail Kaminskiy suratga tushgan. U faoliyati davomida 30 dan ortiq kinofilmlarda suratga tushgan. Mixail Kaminskiy aktyorlikdan tashqari pedagog va xoreograflik bilan ham shug‘ullanadi. “Sarviqomat dilbarim” Rejissor Sarvar Karimov tomonidan ishlangan “Sarviqomat dilbarim” filmida o‘zbek ijodkorlari bilan birga qirg‘iz aktyorlari ham suratga tushgan. Xususan, Asal roliga Qirg‘iziston akademik teatri aktrisasi Madina Talipbek, Xadicha rolini esa qirg‘iz kinoaktrisasi Elina Abay qizi ijro etgan. “Shurik, Toshkentda” Rejissor va komik aktyor Sanjar Shodiyev “Shurik Toshkentda” nomli filmini suratga olingan. Porodiya janridagi filmda rus aktyori Dmitrey Yermaloyev Shurik rolini ijro etgan. U mashhur rus aktyori va dunyo tomoshabinlarining tasarrufida Shurik sifatida muhrlanib qolgan Aleksandr Demyanenkoning nabirasi hisoblanadi. “Skorpion” Yosh rejissor Muxlisa Azizovaning “Skorpion” filmida turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirim suratga tushgan. U o‘zbek tomoshabinlariga “Osiyo” serialidagi Demir roli orqali yaxshi tanish.
125
3,237
Madaniyat
“O‘tkan kunlar” Nyu-York va Vashingtonda metro hamda ko‘chalarda reklama qilinadi
AQShlik Mark Ris bir necha yillardan beri Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini tarjima qilish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Markning aytishicha, asar tarjimasi yakunlangan. U hozirda “O‘tkan kunlar”ning elektron kitobini tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda. Elektron kitobda asarning videolavhalari va qo‘shimcha izohlar bo‘lishi ham kutilmoqda. Kitob kelgusi yil aprel oyigacha chop etiladi. “O‘tkan kunlar” romanining ingliz tilidagi tarjimasi Nyu-York va Vashingtonda metro hamda ko‘chalarda reklama qilinadi.
81
536
Madaniyat
Rossiyalik taniqli boshlovchi Lera Kudryavseva Toshkentda o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi
Rossiyalik taniqli boshlovchi Lera Kudryavseva Toshkentga keldi. Bu haqda boshlovchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Lera CAFB (Markaziy Osiyo moda blogi) onlayn-jurnalining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgan. Grimchi Renata Iskandarova ham Lera Kudryavseva bilan tushgan suratini o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan. Onlayn-jurnalning bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda o‘zbek shou-biznesi vakillari, xususan, aktrisa Shahzoda Matchonova, qiziqchi Halima Ibragimova ham ishtirok etgan.
92
600
Madaniyat
Instagram: Restoran ochgan “Million”chi, sochini yashil rangga bo‘yagan bloger, Munisa Rizayeva o‘z kasbini o‘zgartiradi
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Munisa Rizayeva Dubayda tushgan surati izohiga keyingi safar u yerga turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan borishni niyat qilganini yozib qoldirdi. Shuningdek, Munisa bog‘cha ochib, o‘zi ham bolalarga vokaldan dars berishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda “Munisa Rizayeva san’atdan boshqa sohani tanlaganida kim bo‘lar edi?” mavzusidagi rolik ommalashmoqda. Unda fotoshop yordamida xonanda turli kasblardagi obrazlarda sinab ko‘rilgan. Shahlo Zoirova to‘y xizmatida tushgan suratini sahifasiga joyladi. Lola Yo‘ldoshevaning singlisi, bloger Asalya Yo‘ldosheva imijini tubdan o‘zgartirib, sochlarini yashil rangga bo‘yadi. Shahzoda Muhammedova san’at galereyasida liboslari namoyishini o‘tkazdi. Oilasi bilan Rossiyada yashayotgan xonanda Lola Moskvadagi restoranlardan birida o‘g‘li Diyorning tug‘ilgan kunini nishonladi. Oybek va Nigora yangi fotosessiyasiga oid suratlarni sahifasiga joylamoqda. Sevinch Mo‘minova Tojikistonning Xo‘jand shahrida konsert berdi. Konsert vaqtida stadionga Sevinchning muxlisalaridan biri yugurib chiqib, uni quchoqlab oldi. Nazoratchilar ayolni darhol stadiondan uzoqlashtirdi. Feruza Normatova pushti atirgullar bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Zarina Nizomiddinova ikkinchi o‘g‘li Saidumarning yangi suratini folloverlariga ko‘rsatdi. “Million”chi Mo‘min Ibrohimov Toshkentda Aisha deb nomlangan restoran ochdi. Tantanali ochilish marosimida “Million” kulgi jamoasi vakillari ham ishtirok etdi. Chiqchiqda o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivalida minglab odamlar bir joyga to‘plandi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar ushbu holatni karantin qoidalariga zid ekanligini yozib qoldirmoqda.
120
1,891
Madaniyat
Xonanda Nilufar Usmonova 3 o‘g‘ildan so‘ng qiz farzandli bo‘ldi
Xonanda Nilufar Usmonova to‘rtinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda xonanda Shahzoda o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. Bugun sen malikaning onasi bo‘lding. Go‘zal qizaloq tug‘ilgani bilan samimiy tabriklayman! Unga mustahkam sog‘liq va baxtli hayot tilayman. Shahzoda, xonanda Ma’lumot uchun, xonandaning Saida’zamxon, Ibrohimxon va Sulaymonxon ismli o‘g‘illari bor.
63
413
Madaniyat
Opera xonandasi Xitoy rahbariga juda o‘xshagani uchun ijtimoiy tarmoqda bloklandi
Xitoylik opera xonandasi Lyu Ketsin TikTok ijtimoiy tarmog‘ida mamlakat yetakchisi Si Szinpinga juda o‘xshagani uchun bloklandi. Bu uning ijtimoiy tarmoqda uchinchi marta bloklanishi, deb yozadi “Korrespondent.net”. 63 yoshli Lyu Ketsin muntazam ravishda o‘z shaxsini tasdiqlasa ham uning akkaunti bloklanishda davom etmoqda. Qayd etilishicha, hozirda uning sahifasi mavjud, biroq ko‘plab videolar ostiga izoh yozib bo‘lmaydi. 67 yoshli Xitoy yetakchisining qiyofadoshi Berlinda yashaydi. Uning sahifasida 40 mingdan ortiq folloveri bor.  Shohruhxon va Asal xonadonida bayram, Gulsanamning qiyofadoshi topildi, Shahlo atlas ko‘ylakda basseynga sakradi. Mashhurlar karantinda
81
676
Madaniyat
Gollivud yulduzi Vupi Goldberg nima sababdan qoshlari yo‘qligiga izoh berdi
Komediya janrida ijod qilib millionlab muxlislarning qalbini zabt etgan aktrisa Vupi Goldberg har doim qoshlarini qirib yuradi. Bu holatni ko‘rgan insonda tabiiyki aktrisaning nima sababdan qoshlarini qirib tashlashi haqida savol paydo bo‘ladi. Vupi Goldberg yangi intervyusida o‘z sirini oshkor qildi. Ma’lum bo’lishicha, aktrisa rangiz qoshlar trendda bo‘lganini va bolaligida ham qoshlari bo‘lmagani haqida gapirdi. Aktrisaning onasi uning barcha sochlarini qirib tashlagan. “Bolaligimda qoshlarim bor edi. Biroq ular erkaklarnikiga o‘xshardi, shuning uchun onam ularni qirib tashlar edi. Keyin men ham xuddi shunday qilishda davom etdim, sababi men qoshlar bilan yuzimni taniy olmayman. To‘g‘ri, ba’zida ish paytida menga qosh yopishtirishadi, keyin esa yana yechib olishadi”, — deydi Vupi Goldberg. Aktrisaning diqqatga sazovor bo‘ladigan jihati — uning qoshlari yo‘qligida. Vudi Goldberg esa bundan faxrlanadi.  Komediyalarning malikasiga aylangan qoshsiz aktrisa – Vupi Goldberg 65 yoshda (foto).
75
1,005
Madaniyat
Shifokorlar Bobbi Kristina Braun o‘limining sababini aniqlay olmadi
Shifokorlarning murdani yorib ko‘rishi Bobbi Kristina o‘limining sababini aniqlovchi ma’lumot bermadi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Ular Uitni Xyuston qizining o‘limiga olib kelgan shikast va dalillarni aniqlamadi. Eslatib o‘tamiz, Bobbi Kristina 31-yanvar kuni vannaxonasidan hushsiz holda topilgan edi. Politsiya ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, u 2—5 daqiqa davomida suv tagida bo‘lgan. Tez yordam xodimlari undan suvni chiqarib tashlagan bo‘lsa-da, u koma holatidan chiqmagan. Bobbi Kristina Braun 22 yoshida AQShning Jorjiya shtatida vafot etdi.
67
553
Madaniyat
“O‘zbeknavo”dan litsenziyasini qaytarib olgan Sarvar va Komil “Istiqlol”da ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi
Sarvar va Komil bir necha yildirki, o‘zining romantik, insonning ichki kechinmalari aks etgan qo‘shiqlari bilan muxlislar muhabbatiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Shuningdek, estrada olamida faoliyat yuritayotgan bir nechta xonandalarning repertuaridagi xit taronalar muallifi bo‘lgan bu ijodkorlar joriy yil so‘ngiga qadar, bir nechta viloyatlarda, qo‘shni mamlakatlarda konsert dasturini namoyish etib keldi, deb yozadi “Popcorn.uz”. Va nihoyat ular ilk bor “Istiqlol” san’at saroyida 15—16-fevral kunlari soat 19:00 da konsert dasturini taqdim etadi. Dastur “Bir muhabbat qissasi” deb nomlangan. Eslatib o‘tamiz, litsenziya bitimiga rioya etmaganligi uchun Sarvar va Komil iyul oyida “O‘zbeknavo” tomonidan litsenziyadan mahrum etilgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
118
913
Madaniyat
«Ey, sinfdosh» qo`shig`i bilan tanilgan «Oqshom» guruhi yakkaxoni qamoqda o`tgan 9 yili haqida gapirib berdi (video)
«Ey sinfdosh», «Nilufar», «O, rashk» qo`shiqlari bilan mashhurlikka erishgan «Oqshom» guruhining yakkaxoni Zokir Sobirov «Daryo» uchun intervyusida qamoqda o`tgan to`qqiz yillik hayoti haqida gapirib berdi. Zokir Sobirov, «Oqshom» guruhi yakkaxoni: — Ijodni 1995 yilda boshlagan bo`lsak, ketma-ket aytgan qo`shiqlarimiz omadimiz kelib xit bo`lib ketdi. O`zimiz bilmagan holda tanildik. Odam tanilgani sari dushmani ham ko`payar ekan. Biz bilmaymiz, do`st kim, dushman kim. Xullas, e`tibor bermagan ekanmiz, dushmanimiz ham ko`payib, oxiri shu qo`shiqlarni orqasidan ham ko`tarildim, maza qilib o`ynab-kulib yurdim-u, o`zim yaxshi ko`rgan kasbimni qildim-u, lekin shuni orqasidan to`qqiz yil qamoqda shu xursandchiliklarimning azobni tortdim. Bu narsani do`st-u, dushmanga ravo ko`rmayman. Ko`chada yurganimda oq-qorani ajrata olaman deb o`ylar edim. Lekin bu narsa noto`g`ri ekan. Qachonki odam o`zidan o`tganini o`zi bilsa, qamoqda bo`lsa, yaqinlaridan uzoqda bo`lsa, kim qanaqa, kim yaxshi kim yomonligini anglab etarkan. To`qqiz yil bu juda katta vaqt. To`qqiz yilda bir bola voyaga etadi. Shu yillar ichida shu joylarning azobini ko`rib chiqdim. U erda juda katta xulosa chiqardim. O`zim uchun bir tomondan yaxshi bo`ldi. Dunyoqarashim o`zgardi. Oldin boshqa odam edim, hozir umuman boshqa odamman. Allohga behisob shukr, etkazganiga shukr, sog`-salomatman. U erlarda ham muxlislarimiz bor ekan, bizni qo`llab-quvvatlab turishdi. Ko`chada qilib yurgan ishimni qamoqda ham qildim, o`sha erda qo`shiq kuylab yurdim. Haqiqatni aytish kerak, qo`shiqni orqasidan, Xudo yuqtirgan ekan, shu erda ham sindiraman degan dushmanlarim sindira olmadi. Nimaga? Xudo yuqtirsa, hech kimni qo`li etmas ekan. Xudoga shukr u erda ham hurmatim bo`ldi. Xodimlar ham juda yoqtirar edi. Sahna bo`lardi, sahnada qo`shiq aytardik, qo`shiq yaratar edik. U er ham kichkina shaharcha, u erni ham qonun-qoidasi boshqa. Ko`chada boshqa, u erda boshqa. O`sha erda ham Xudoga shukr  topib, sog`-salomat chiqdik. Shu sabab ham to`qqiz yil yo`q bo`lib ketdik. Endigi harakatlar, avvalo Xudo, keyin oldinga qarab talpinish, talpinish va yana talpinish. Niyatim— oldingi darajamdan yanada yuqoriroq pog`onaga chiqish. Baribir hammasi Xudodan ekan, omad kelsa hech gap emas. Birinchi o`rinda Xudodan so`rab qolaman, lekin, harakatdan to`xtamayman.
116
2,314
Madaniyat
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga bag‘ishlab “Zulmat ortidagi nur” filmi suratga olindi (video)
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda “Mening yurtim” telekanali hamkorligida koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan shifokorlar, xavfsizlik xizmati xodimlari, volontyorlar va boshqa fidoyi kasb egalari — zamon qahramonlariga bag‘ishlangan qisqa metrajli film suratga olindi. Film “Zulmat ortidagi nur” deb nomlanadi. Unda bosh rollarni taniqli aktrisalar Lola Eltoyeva, Barno Qodirova, Ilhom Sodiqov hamda Erkin Bozorov kabi aktyorlar ijro etgan. Ushbu film 10-may kuni soat 21:30 da “Mening yurtim” va “Yoshlar” telekanallarida namoyish etiladi.  O‘zbekistonda koronavirus haqida film suratga olindi (video)
124
612
Madaniyat
Mukofotni olganda yig‘lagan grimyor, olti nominatsiya g‘olibi “Ilhaq”, zalni turg‘izgan rolik. “Oltin humo” taqdirlash marosimidagi esda qolarli holatlar (foto va video)
Toshkentdagi “Kinochilar uyi”da “Oltin humo” milliy kino taqdimotining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Oltin humo” taqdimotida bosh vazir o‘rinbosari Аziz Аbduhakimov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Аbduxoliqov, Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov, shuningdek, o‘zbek kino va teatr olamining eng yetuk namoyondalari, aktyor va aktrisalar, OAV xodimlari mehmon bo‘lishdi. “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad “Oltin humo” taqdirlash marosimidan reportaj tayyorladi. Kino va musiqa olamining taniqli vakillari tantanali marosim oldidan dabdabali qizil yo‘lakchadan o‘tishdi. Marosimda Rixstilla Abdullayev, Dilnoza Kubayeva, Alisher Uzoqov, Shahzoda Muhammedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov hamda Lola Eltoyevalar boshlovchilik qildi. O‘tgan yillar davomida olamdan o‘tgan kinoijodkorlarning suratlari va surat ostida o‘qilgan ta’sirli monolog, taqdirlash marosimida mehmon bo‘lgan barchani o‘rnidan turib qarsak chalishiga sabab bo‘ldi. “Oltin humo — 2021” mukofotiga quyidagi kinoijodkorlar munosib ko‘rildi. “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasi g‘olibi “Аvtosarguzashtlar 4” multfilmi rejissori Аbdulatif Haydarov deb topildi. “Eng yaxshi kompyuter grafikasi” “Ibrat” filmi uchun Dilshod Latifxo‘jayevga nasib etdi. “Eng yaxshi kino bastakori” “Rangsiz tushlar” filmi uchun bastakor Ubaydulla Karimov taqdirlandi. “Eng yaxshi montaj ishi” nominatsiyasi bilan  “Tengiz” filmi montaj rejissori Xurshid Аlixo‘jayev “Oltin humo” sovrindori bo‘ldi. “Eng yaxshi grim rassomi” “Ilhaq” filmi uchun Zilola Sobirova taqdirlandi. Zilola Sobirova mukofotni qo‘liga olgach, “Ilhaq” filmining ijodkorlariga rahmat aytib, yig‘lab yubordi. Bu mukofotni juda ham orziqib kutgani, g‘olib bo‘lganiga hali ham ishonmayotgani ma’lum qildi. “Eng yaxshi grim rassomi” Zilola Sobirova “Eng yaxshi libos bo‘yicha rassom ishi” nominatsiyasida “Ilhaq” filmi Zuhra G‘aniyeva g‘olib bo‘ldi. Zuhra G‘aniyeva ham mukofotni ko‘zlarida yosh bilan qabul qilib oldi. “Eng yaxshi libos bo‘yicha rassom ishi” nominatsiyasida g‘olibi Zuhra G‘aniyeva “Oltin humo” sovrindori bo‘lgan ijodkorlar taqdimotning maxsus statuetkasidan tashqari, 10 million so‘m pul mukofoti bilan ham taqdirlanishdi. “Eng yaxshi rassom ishi” “Qo‘qon shamoli” filmi uchun Isobek Egamberdiyev taqdirlandi. “Eng yaxshi ovoz rejissori” nominatsiyasi g‘olibligi “Ilhaq” filimi ovoz rejissori Аnvar Fayzullayevga nasib etdi. “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasida esa “Rangsiz tushlar” filmining ssenariy muallifi, rejissor Umid Hamdamov taqdirlandi. “Oltin humo”ning “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida “Ilhaq” filmi uchun Jahongir Ibragimov g‘olib deb topildi. “Eng yaxshi rejissorlik ishi” “Rangsiz tushlar” filmi rejissori Аyub Shahobiddinovga nasib etdi. “Eng yaxshi ayol roli” mukofotini “Ilhaq” filmi uchun O‘zbekiston xalq artisti Dilorom Karimova qabul qilib oldi. “Oltin humo” statuetkasi AQSh kompaniyalaridan birida tayyorlangan bo‘lib, og‘irligi 4 kg atrofida, mukofotga tilla suvi yugurtirilgan. “Eng yaxshi erkak roli” “Ibrat” filmi uchun Karim Mirhodiyevga nasib etdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Karim Mirhodiyev ushbu mukofot bilan ketma-ket ikkinchi marotaba taqdirlanmoqda. Aktyor 2019-yilda “Sabot” filmidagi bosh roli uchun ham taqdirlangan edi. “Tomoshabin mehrini qozongan film” deya “Qor yog‘moqda, oppoq qor” filmi e’tirof etildi. Ushbu filmni marhum rejissor Rixsivoy Muhammadjonov suratga olgan edi. “Oltin humo”da “Yilning eng yaxshi filmi” deya “Ilhaq” tarixiy filmi e’tirof etildi. Ushbu film rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan bo‘lib, film 2021-yilning noyabr oyida “Listopad” xalqaro Minsk kinofestivalida festivalning Gran-pri hamda Belarus Respublikasi prezidentining “Kinoda ma’naviyat va insonparvarlik g‘oyalari uchun” maxsus mukofoti bilan taqdirlangan edi. Mukofotni “Ilhaq” filmining rejissori Jahongir Ahmedov hamda prodyuseri Zafar Yo‘ldoshev qabul qilib oldi. Ma’lumot uchun, “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti birinchi marotaba O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan 2019-yil 10-aprel kuni tashkil etilgan edi. Kinotaqdimotda 2017-yil 1-yanvaridan 2018-yil 31-dekabrga qadar premyerasi bo‘lib o‘tgan davlat va nodavlat studiyalarining to‘liq metrajli badiiy, hujjatli, animatsion filmlari qatnashgan edi.
169
4,469
Madaniyat
Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashishi karyerasiga qanday ta’sir qilganini so‘zlab berdi
Gollivudning yulduzli juftligi Anjelina Joli va Bred Pittning bolalariga vasiylik qilish bilan bog‘liq sudlashish jarayonlari 5 yildan ortiq vaqtdan buyon davom etmoqda. Sobiq eri bilan tortishuvlar aktrisaga yomon ta’sir qilgan va sevimli ishini tashlashiga to‘g‘ri kelgan. “Men rejissorlikni yaxshi ko‘raman, ammo oilamda bir necha yillar davomida rejissura bilan shug‘ullana olmasligimga sabab bo‘ladigan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qisqa muddatda bajarsa bo‘ladigan ishlar bilan shug‘ullanishim, uyda ko‘proq bo‘lishimga to‘g‘ri kelgani uchun aktyorlikka qaytdim”, — degan Joli. “Sinmas iroda”, “Ular otamni o‘ldirdilar” singari filmlarida o‘zini rejissor sifatida sinab ko‘rgan Anjelina ayni vaqtda karyera borasida aktrisalik bilan shug‘ullanmoqchi. Entertainment Weekly yaqin orada uning ijrosidagi “Menga o‘lim tilaganlar” filmi ekran yuzini ko‘rishini xabar beradi. Aktrisa otasining aytishicha, qizining ajrashishini asosiy sababi spirtli ichimliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Avvalroq ayrim manbalar Bred Pitt navbatdagi sudlashish masalalari sabab g‘amga botganini ma’lum qilgan. Aktyor olti bolasi u bilan qolishni istamasligi haqida ovoza bo‘lganidan qayg‘uga botgan. Joli aktyor unga qo‘l ko‘targanini isbotlashga uringan, Bred shifoxonaga ketgan va uning nogironlar aravachasidagi surati tarqalgan.
90
1,312
Madaniyat
Shahnozabonuning oila a’zolari “uning janozasiga estrada vakillaridan deyarli hech kim kelmadi” deb aytgan xonanda Manzuraga e’tiroz bildirdi
Xonanda Shahnozabonuning vafotidan so‘ng, uning hamkasblaridan biri — xonanda Manzura janozaga san’at olami vakillaridan ko‘pchilik kelmagani haqida aytib, san’atkorlarni tanqid qilgan edi. “Qalampir.uz”ning yozishicha, Manzuraning bu gaplaridan Shahnozabonuning qizi va otasi juda ranjigan. “Xonanda Manzuraning men va onamga nisbatan kuyunchakligini to‘g‘ri tushunaman, biroq bunday intervyu bermasdan, og‘ir vaziyatda bizni qo‘llab-quvvatlashi kerak edi. Aza — uch kun. Manzura uch kun uyimizda o‘tirgani yo‘q, kim kelib-kelmaganini u qayerdan biladi? Ko‘ngil so‘rab kelganlar ham Manzurani kutib o‘tirgani yo‘q”, — dedi Shahnozabonuning qizi Umida. “Onamni oxirgi manzilga jo‘natishga ulgurgan san’atkorlar juda ko‘p bo‘ldi, ertasi kuni ham ko‘pchilik keldi. Hozirgacha ta’ziya bildirib kelayotganlarning oxiri ko‘rinmayapti. Kechagina bastakor Shahnoz kelib ketdi, undan avval O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova kelgandi”, — dedi Umida. “Onam odamlarni har qanday vaziyatda to‘g‘ri tushunadigan ayol edi va bu hislatlari menga ham o‘tgan. O‘sha kunlari ko‘pchilik san’atkorlar Navro‘z tadbirlarida bo‘lgan, biz buni to‘g‘ri tushundik. Shu sabab Manzuraning ‘Shahnozabonuning janozasiga hech kim kelmadi’, degan gaplaridan juda jahlim chiqdi. Janozadagi odamlarning soni faqat san’atkorlar bilan o‘lchanmaydi-ku”, — dedi Umida. “Men onamni yo‘qotdim. Bu dardni boshidan o‘tkazmagan odam meni tushunmaydi. Janozaga dunyo yulduzlari kelgan taqdirda ham onam endi qaytib kelmaydi. Manzura shu gaplarni gapirishdan avval har bir gaplari bizga qanday ta’sir qilishini o‘ylab ko‘rmadimikin?!”, — deydi Shahnozabonuning qizi Umida. Eslatib o‘tamiz, xonanda Shahnozabonu 14-mart kuni 42 yoshida vafot etgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, xonanda Manzura Shahnozabonuning dafn marosimida estrada vakillaridan deyarli hech kimni ko‘rmagani haqida bayonot bergan edi.
141
1,863
Madaniyat
Jastin Biber MTV versiyasi bo‘yicha eng yaxshi erkak qo‘shiqchi deb topildi
Kanadalik pop-qo‘shiqchi Jastin Biber MTV European Music Awards 2014 (MTV EMA) musiqiy mukofotining bir yo‘la uch yo‘nalsihida g‘olib deb topildi. Bu haqda mukofot rasmiy saytida ma’lum qilingan. 9-noyabr kuni Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida 20 yoshli Biberga “eng yaxshi erkak qo‘shiqchi”, “eng yaxshi muxlislar” hamda “eng yaxshi kanadalik qo‘shiqchi” yo‘nalishlaridagi bosh sovrin topshirilgan. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning One Direction guruhi ham to‘rrta yo‘nalishda g‘olib deb topilgan. “Eng yaxshi qo‘shiq” sovrini amerikalik xonanda Ariana Grandega Problem qo‘shig‘i uchun berilgan. Bundan tashqari, Ariana “eng yaxshi ayol qo‘shiqchi” deb topilgan.
75
697
Madaniyat
O‘zjan Denizning sudi bo‘ldi, “Elchining qizi”ga yangi aktyor qo‘shildi, turmushga chiqmay farzand ko‘rishni istagan aktrisa. Turk kinosi yangiliklari (foto)
Turk kinosi olamida ro‘y berayotgan aktyor va aktrisalar bilan bog‘liq yangiliklarni e’tiboringizga havola etamiz. Burju Ozberk turmushga chiqishga shoshilmayapti, ammo ona bo‘lishga tayyor. Aktrisa buning tibbiy tomondan yechimi borligi haqida o‘ylayotganini tan oldi. “Afsuski, biz ayollar biologik nuqtayi nazardan birozgina omadsizmiz va ma’lum yoshdan keyin farzand ko‘rish imkoniyati kamayadi. Men 31 yoshdaman va hozircha turmush qurish niyatim yo‘q. Ammo, bolamni otasiz ham dunyoga keltirishim mumkin”,  − deydi Burju. Jem Yilmaz ofisidan chiqayotganida jurnalistlar qurshovida qoldi. Komik aktyor kula: “U keladi, Jem Yilmaz keladi!” deya takrorlagan. Ammo jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarni javobsiz qoldirgan. Fahriye Evjen o‘zining yangi surati bilan bo‘lishdi. Demak, tomoshabinlarni yangi loyiha kutayotgani aniq. Xabarlarga ko‘ra, aktrisa taniqli prodyuserlik kompaniyasi bilan yoz oylarida suratga olinadigan serial uchun shartnoma imzolagan. Serial 10 qismdan iborat bo‘lib, buning uchun aktrisaga 130 ming turk lirasi to‘lanadi. Bu esa taxminan 18 254 dollarni tashkil etadi. Jan Yaman italiyalik sevgilisi Diletta Leotta bilan tushgan suratini bo‘lishdi va “Xavfli juftlik” deya izoh qoldirdi. Serkan Chayog‘luning “Bir zamonlar Kiprda” serialidagi yangi obrazi. O‘zjan Deniz va Feyza Aktanning farzandi masalasi bo‘yicha birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Feyza jurnalistlarga o‘z huquqlarini oxirigacha himoya qilishini ma’lum qilgan. Jarayon yopiq tarzda o‘tkazilgan. Kichkina Kuzey kim bilan qolishi hozircha noma’lum. “Elchining qizi” serialida aktyorlar tarkibi yana bittaga ko‘paydi. Aktyor Ferit Aktug loyihaga qo‘shildi. Barish Arduch jurnalistlarning savollariga javob berish jarayonida o‘z roli va yangi loyihadan ta’sirlanganini aytib o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor Netflix platformasi uchun “Klub” serialida suratga tushishni boshlagan. Loyihada aktyor Ismet ismli taksi haydovchisi obrazida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Barish Gupse Ozay bilan baxtli turmushi va ota-ona bo‘lish niyatida ekanligini, ammo har narsaning o‘z vaqti borligini ham qo‘shimcha qilgan. Sitare Akbash “Ramo” serialining aktyorlar tarkibiga qo‘shildi. O‘zge Gurel 2021-yil 5-fevral kuni 34 yoshni qarshilaydi. Aktrisa muxlislaridan saraton bilan kasallangan bemorlarga yordam berish uchun xayriya mablag‘ ajratishni so‘ragan. Somera ijtimoiy reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p muhokama qilingan qahramon va juftliklar.
157
2,475
Madaniyat
Qirollik oilasi hayotining o‘ziga xos afzalliklari
Qirollik oilasidagi hayot oddiy insonlarnikidan tubdan farq qiladi. Belgilangan qoidalar, majburiyatlardan go‘yoki odam diqqinafas bo‘lib ketadigandek, u yerdagi insonlar esa oltin qafasda yashayotgandek tasavvur bor ko‘pchilikda. Aslida esa har narsa singari qirollik oilasiga mansub bo‘lishning ham kamchiligi bilan birga afzalliklari bor. Bolalarning ko‘ngil ochishi uchun alohida shart-sharoit Qirollik oilasining bolalari ularning ota-onalari singari muayyan, hammaning ham foydalanish imkoniyati bo‘lmagan bonuslarga ega bo‘ladi. Masalan, merosxo‘rlar 1932-yilda qirolicha Yelizavetaga sovg‘a qilingan bolalar uychasida o‘ynashlari mumkin. Ikki qavatdan iborat o‘yinchoq uyning tomi poxol bilan yopilgan. Uning ichida yoritgich, santexnikadan tashqari, oshxona ham bor. Shaxsiy stilist, qulayligi tekshirilgan poyabzal Qirolicha Yelizavetaning grafigi hamisha band, u ancha yillardan buyon qator uchrashuvlarda, ommaviy tadbirlarda ishtirok etib keladi. Aksariyat vaqtda faol bo‘lish va tik turish talab qilingani sabab ham qulay oyoq kiyim hazrati oliyalarining garderobida eng asosiy detallardan biri hisoblanadi. Yelizaveta II shaxsiy stilisti Anjela Kellining ma’lum qilishicha, qanchalik qulayligini bilish uchun aynan u birinchi bo‘lib qirolichaning poyabzalini kiyib ko‘radi. “Hazrati oliyalarining bo‘sh vaqti kam bo‘ladi va oyoq kiyim o‘lchamimiz bir xil bo‘lgani sabab men hamisha tuflini kiyib tekshirib ko‘raman”, — deb yozilgan stilistning “Tanganing ikkinchi tomoni: Qirolicha, stilist va garderob” nomli kitobida. Tishlarni yuvish uchun ortiqcha vaqt sarflamaslik Tish va og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash ko‘p vaqt talab etadigandek tuyuladi. Ammo Uels shahzodasi tamoman boshqacha fikrda. Malika Diananing qo‘lida ishlagan sobiq xodim Pol Barrelning ta’kidlashicha, qirolicha Yelizavetaning to‘ng‘ich farzandi hamisha uch nafar yordamchilaridan biriga alohida ko‘rsatma bergan. Ma’lum bo‘lishicha, shahzoda Charlz ularga o‘zi vaqt yo‘qotmaslik uchun avvaldan tish cho‘tkasi ustiga taxminan 3 santimetr pasta chiqarib qo‘yishni tayinlagan. Musiqa sadolari ostida uyg‘onish View this post on Instagram “Budilnik” bilan uyqudan turish hammaga ham yoqavermasligi aniq. Qirolicha esa har kuni tongda bunday yoqimsizlikka duch kelmaydi. Sababi u ertalab shotland cholg‘u-asbobi sadolari ostida ko‘zlarini ochadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu cholg‘uni chalib, qirolichani uyg‘otadigan lavozim 1843-yildan buyon mavjud. Uning vazifasi har kuni soat tonggi 9 da Yelizaveta II derazasi ostida turib 15 daqiqa davomida musiqa chalishdan iborat. Britaniya flotidagi istalgan kemani rekvizitsiya qilish huquqi 1997-yilgacha qirolichaning ixtiyorida bo‘lgan hashamatli Royal Yacht Brittania yaxtasi 43 yil foydalanganidan keyin ekspluatatsiya hisobidan chiqarilgan. Ayni vaqtda monarx egalik qiladigan suv transporti yo‘q, ammo qonun bilan belgilangan nazariyaga ko‘ra, istalgan Britaniya floti kemasi “qirollikka xizmat” uchun rekvizitsiya qilinishi mumkin.
50
2,984
Madaniyat
Uitni Xyuston qizining o‘limidan keyingi suratini uning qarindoshi 100 ming dollarga sotmoqchi
Koma holatida bo‘lgan Uitni Xyustonning qizi Bobbi Kristina Braun uchun allaqachon qabr tayyorlab qo‘yildi. Shu kunlarda qizning oila a’zolaridan biri uning o‘limidan oldingi suratini sotishga uringanligi, shuningdek, vafotidan keyingi suratini 100 ming dollarga sotmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar beradi. TMZ saytida chop etilgan e’londa noma’lum shaxs nashriyotga Bobbi Kristina Braunning bir qator suratlarini sotib olishni taklif etganligi ma’lum qilindi. Biroq TMZ bu taklifni rad etgan. Bobbi Kristinaning ammasi Leola Braun Facebook orqali firibgarga qahrli maktub yo‘lladi. Shu yilning 31-yanvaridan buyon qo‘shiqchi Bobbi Braun va Uitni Xyustonning yolg‘iz qizi bo‘lgan Bobbi Kristina Braun koma holatida bo‘lib, bir necha kun avval uni xospisga (sog‘ayib ketishiga umid bo‘lmagan bemorlar uchun davolash muassasasi) o‘tkazishdi. Sababi shifokorlar va oila a’zolari uni qutqarish uchun hech narsa qila olmasliklariga amin bo‘ldi.
94
962
Madaniyat
Instagram’da eng ko‘p daromad oluvchi mashhurlar reytingi tuzildi
Hopper HQ servisi Instagram ijtimoiy tarmog‘ining eng ko‘p daromad oluvchi yulduzlari ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Reytingda amerikalik model Kayli Jenner yetakchilik qilmoqda. Uning sahifasiga bitta reklama postini joylash uchun qariyb bir million dollar to‘lash kerak. Ikkinchi o‘rinni qo‘shiqchi Selena Gomes egalladi. Uning sahifasidagi bitta reklama posti narxi 800 ming dollarga teng. Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasida portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu 750 ming dollar ko‘rsatkich bilan joylashdi. Yuqori o‘nlikka fotomodel Kim Kardashyan (720 ming dollar), xonanda Beyonse (700 ming dollar), restler va aktyor Dueyn Jonson (650 ming dollar), qo‘shiqchi Jastin Biber (630 ming dollar), shuningdek, futbolchilar Neymar (600 ming dollar) va Lionel Messi (500 ming dollar) kirdi. Ushbu reyting taniqli brendlarning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar uchun sarflangan xarajatlari haqidagi ochiq ma’lumotlarga asoslangan.
65
952
Madaniyat
“Sendan aktyor chiqmaydi, deyishgandi”. O‘zbekistonlik mashhurlarning orzularga erishish yo‘lida taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari
O‘zbek san’at vakillari orasida atrofdagilarning ishonchsizligi sabab institutga qabul qilinmagan, kastingdan o‘tib rolga tasdiqlanmaganlar ko‘p. Hatto, atrofdagilar ba’zilarining san’atkor bo‘lishiga ham shubha bilan qaragan. Biroq inson orzu va maqsadlar sari olg‘a ildamlasa, har qanday to‘siqni yengib o‘tish mumkin. Quyida mashhurlarning shu haqdagi so‘zlariga quloq tutamiz. Ra’no Yarasheva: “Bolam bilan imtihondan o‘tkazishmagan” O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva ilk turmushidan ajrab, otasining roziligi bilan san’at oliygohiga hujjat topshirganida ustozlar imtihondan o‘tkazishmagan. Ular yosh bolali ayol yaxshi o‘qishiga ishonmagan. — Ilk marta san’at institutiga imtihon topshirganimda qabul qilishmagan. Rahmatli Arsen Ismoilov Yarashayevaning qo‘lida yosh bolasi bor ekan, u bilan o‘qishga qiynaladi, deb past ball qo‘ygan. Undan qattiq xafa bo‘lib, yig‘lagandim. Chunki o‘shanda dadamdan arang ruxsat olib, Toshkentga kelgandim. O‘qishga kirolmadim, desam qayta o‘qishga yubormasligi mumkin edi. Shularni o‘ylab rosa qiynalgandim. Imtihon javoblari chiqqach, ustozlar o‘tiradigan xonaning eshigi tagida turib “Nega menga ishonmaysizlar? Men yaxshi o‘qiyman”, deb yalinib, yolvorganim yodimda. Shunda ustozlardan biri sirtqi bo‘limda o‘qishni tavsiya qilgan. Bir yil nima ish qilaman, deb televideniyega ishga borganman. Ishga ololmaymiz, deyishlaridan qo‘rqib, hayotimni ro‘y-rost gapirib bergandim. “Turmushdan ajrab, otamni arang ko‘ndirib Toshkentga o‘qishga keldim. Agar o‘qishga kirolmaganimni dadam bilsa, meni qayta bu yerga jo‘natmaydi yoki turmushga berib yuboradi”, — deganman. Shundan so‘ng ishlab, bir yildan so‘ng sirtqi bo‘limga o‘qishga kirganman, — deydi aktrisa Ra’no Yarashayeva. O‘tkir Meliyev: “Tog‘lik kuyov rolini ishonishmagan” Aslida “Tog‘lik kuyov” filmida Yo‘lchi Ortiqov emas, O‘tkir Meliyev suratga tushishi kerak edi. Afsuski, kastingdan o‘tgan aktyor qandaydir sabablar bilan filmdan chetlatilgan. — Ilk rolim tog‘lik kuyov bo‘lishi kerak edi. Kastingdan o‘tganman, televideniyedan institutga xat ham yuborishgan. Rektorimiz darslarni o‘zlashtirish sharti bilan o‘qishdan ozod qilgan. Ustozim Arsen Ismoilov ham oq yo‘l tilab duo qilgan. Syomka boshlanishidan bir kun avval yotoqxonada osh qilib, do‘stlarimni mehmon qilgandim. Film ijodkorlari meni erta tongda “Kosmonavtlar” metrosidan olib ketishlari kerak edi. Belgilangan vaqtda metro yoniga borib kutganman. O‘sha paytda mendan baxtli inson yo‘q edi. San’at institutining avvalgi binosi “Kosmonavtlar” metrosiga yaqin edi. Quvonganimdan tanish talabalarga syomkaga ketayotganimni aytdim. Afsuski, film ijodkorlari kelishmadi, ularni 17:00 ga qadar kutib, hafsalam pir bo‘lib ortimga qaytgandim. Juda yomon holatga tushib qolgandim, ammo bugun bo‘lmasa ertaga chaqirishsa kerak, degan umid bor edi. Oradan besh kun o‘tib, kasting topshirgan yigitlardan birini uchratib qoldim. U film syomkasi tog‘da bo‘layotganini va rolga boshqa aktyor tasdiqlanganini aytdi. Shu voqeadan keyin san’at men uchun emas ekan, deb Surxondaryoga qaytib ketmoqchi bo‘lganman. Bir yildan keyin “Sardor” serialiga taklif etishgan. Ammo baribir “Tog‘lik kuyov”da kastingdan o‘tding, deb syomkaga chaqirishmagani qattiq ta’sir qilgan, — deydi aktyor O‘tkir Meliyev. Hilol Nasimov: “Rejissor bo‘lib nima qilasan, deyishgan” “Aldangan ayol”, “Merosxo‘r”, “Tubanlik” kabi filmlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan rejissor Hilol Nasimovga ustozi bu sohani egallamaslikni tavsiya qilgan. Onasi esa san’at o‘g‘lini xor qiladi, deb hisoblagan ekan. — Rejissor bo‘lishimga birinchilardan bo‘lib onam ishonmaganlar. “Bizning avlodimizdan katta lavozimdagi va san’at odamlari chiqmagan. U yerda xor bo‘lib ketasan”, deb qarshilik bildirgan. Undan keyin rejissor Ravil Botirov attestatimni ko‘rib, “Sen bola yaxshi o‘qir ekansan, oltin medal ham olibsan, rejissor bo‘lib nima qilasan? Boshqa kasbning etagidan tutsang-chi”, deb maslahat bergandi. Zamira Beshimova: “Aktrisa bo‘lishimga ishonishmagan” Sodda va kamgap Zamira Beshimovaning aktrisa bo‘lishiga hech kim ishonmagan. Hatto qarorini atrofdagilarga aytganda ustidan mazax qilib kulgan paytlari ham bo‘lgan. — Bolaligimda juda sodda, kamgap qiz bo‘lganman. Ammo baholarim a’lo bo‘lgan. Shu boisdan meni o‘qituvchi, nari borsa jurnalist bo‘ladi, deb hisoblashgan. Aktrisa bo‘laman, desam kulgan vaqtlari ham bo‘lgan. Musiqali komediya teatri ishga kirganimda eng baland pardalardan kuylashni, o‘z imkoniyatimni ko‘rsatishni istardim. “Senga hali bor” deyishganda, xuddi uddalay olmaysan, deb tushunganman. Aktrisa bo‘lganimda “Bu rolni o‘ynolmaydi”, qo‘shiq aytishni boshlaganimda esa “Bir kami shu qoluvdi qo‘shiq aytmagan”, degan fikr ko‘p bo‘lgan. Pedagoglik qilishni boshlaganimda ham shunga o‘xshash gaplarni eshitganman. Negativchilar hamisha bor va bunday keyin ham bo‘ladi. Eng yomoni ular negativ fikrlardan boshqa hech narsani uddalay olishmaydi, — deydi aktrisa Zamira Beshimova. Farrux Raimov: “Prodyuserimni aynitishgan” Farrux Raimovning prodyuserini mashhur xonanda “aynitgan”. Unga hurmat qilgan ijodkorining “Farrux bilan ishlamang, baribir u ko‘tarilmaydi. Pul tikkandan foyda yo‘q”, degan gapi alam qilgan. — Hayotimda ishonch bildirmagan yoki atayin oyoqdan chalish holatlari ko‘p bo‘lgan. Masalan, bir prodyuser bilan kelishuvga erishib, ikkita qo‘shiq yaratganimda birdan fikridan qaytib qolgan. Buning sababini so‘rasam, “Sen ishongan xonanda Farhod Saidov Farrux bilan ishlamang, baribir u ko‘tarilmaydi. Pul tikkandan foyda yo‘q”, deb aytdi degan. Rosti bu gaplardan ajablandim va prodyuser ishonmasang, telefon qil degani uchun Farhod akaga qo‘ng‘iroq qildim. “Aka, prodyuserimga nega bunday dedingiz, san’atda o‘z o‘rnimni topishga harakat qilayotganimni bilasiz-ku”, dedim. U bu gaplarni inkor etib, hech kimga bunday demaganligini aytdi. Oradan ikki daqiqa o‘tmay prodyuserga qo‘ng‘iroq qilib, “Nega men aytganimni aytdingiz? Menga qo‘ng‘iroq qildi”, deganidan keyin hafsalam pir bo‘lgandi. Mehnat qilayotgan insonga ishonch bildirishmasa, qattiq alam qilarkan, — deydi xonanda Farrux Raimov. Zuhra Soliyeva: “Sakkiz yilda ham ‘shtat’ga olishmadi” Aktrisa Zuhra Soliyeva 8 yil O‘zbek milliy akademik drama teatrida ishga kirishga harakat qilgan. Afsuski, rahbarlar uni “shtat”ga ishga olishni istashmaganidan keyin teatrdan butunlay ketishga qaror qilgan. — Teatrda gonorar asosida ishlasam-da, sidqidildan mehnat qilardim. Rol tanlamasdim, qayerga gastrol safariga jo‘natishsa borardim. Yaxshi ishlasam, meni ham “shtat”ga ishga olishadi, degan umid bor edi. Ammo 8 yilda ham ishga olishga loyiq ko‘rishmadi. Rahbarlar ishonishmadi yoki ba’zi insonlarning xohishi sabab teatrda chetlashtirishdi. Atrofimdagi odamlarga bu haqda aytsam kulishadi, deb qo‘rqardim. Shu bois kechqurun uyga kelib, oynaning qarshisida uvvos solib yig‘lardim. Atrofdagilarning ishonch bildirishmasligi juda yomon holat. O‘shanda teatrga ishga olishmasa ham kinoda o‘z o‘rnimni topaman, bu yerdan ko‘ra ko‘proq pul topaman deb ahd qilganman. Ammo teatrga bo‘lgan muhabbatim so‘ngmagan, jonli sahnani hanuz sog‘inaman, — deydi aktrisa Zuhra Soliyeva. Mirkamol Qoraboyev: “Jaloliddin Manguberdi rolini berishmagani alam qildi” O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman o‘sha” klipida suratga tushgan aktyor Mirkamol Qoraboyev Jaloliddin Manguberdi haqidagi serialda ham suratga tushishi kerak edi. Ammo rol unga emas, turk aktyoriga nasib etdi. — Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman o‘sha” klipida suratga tushganimdan keyin qo‘ng‘iroq qilib, Jaloliddin Manguberdi haqida serial suratga olinishini va bosh rolga tasdiqlashgani haqida aytishdi. Haqiqatan ham quvondim. Chunki tarixiy serialda bosh rolni ijro etishni har bir aktyor orzu qiladi. Keyin oradan ancha vaqt o‘tib, O‘zbekistonda o‘tkazilgan kastingga taklif etishdi. Bir kun avval tashlangan kasting shartlariga tayyorlanib bordim. Ammo keyin kastingdan avval serialning ilk tizeri namoyish etilganini, Jaloliddin rolini turk aktyori ijro etganligini eshitib hafsalam pir bo‘ldi. Umid uyg‘otib, rol tasdiqlanib bo‘lgach, kastingga chaqirishgani alam qildi. Mayli, bu serialga rizqim qo‘shilmagan ekan, — deydi aktyor Mirkamol Qoraboyev. Alisher Uzoqov: “Onamga mendan aktyor chiqmaydi deyishgan” Alisher Uzoqov san’atkorlar oilasi vakili bo‘lsa-da, onasi Shohida Uzoqovaga “O‘g‘lingizdan drama aktyori chiqmaydi” deyishgan ekan. Bu gap bo‘lajak aktyorga qattiq ta’sir etgani aniq.  — Hozirgi yoshlarga aktyor bo‘lish qiyin. Chunki men bitirgan yili kursimizdan to‘rtta aktyor chiqqan. Menimcha, hozir bu raqamlar ancha ko‘p bo‘lsa kerak. Ammo natija yo‘q. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirgani borganimda eshik yonida o‘tirgan nazoratchi isming nima deb so‘ragan. “Alisher” desa biroz o‘ylanib qolib, onamga qarab “Shohida, bundan aktyor chiqmasa kerak, yaxshisi qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi bo‘limiga hujjat topshirsin”, deb maslahat bergan, — deydi Alisher Uzoqov.
136
8,941
Madaniyat
Foto: Bollivud yulduzlari qanday uyda yashaydi?
Yulduzlarning nafaqat ijro qilgan rollari, shaxsiy hayoti, balki qanday uyda yashashi ham muxlislar uchun hamisha qiziq bo‘lgan. Bollivud kinoyulduzlari yashaydigan xonadonlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Amir Xon Bundan bir necha yil avval aktyor Mumbayning eng ilg‘or tumani Pali Xillda joylashgan uyda yashagan. Bino renovatsiya qilinishi kerak bo‘lgani sabab Amir Xon va uning oila a’zolari dengizdan uzoq bo‘lmagan Bandra shahridagi uyga ko‘chib o‘tgan. Ularning yangi xonadoni Farida deb ataladi. Salmon Xon  Salmon Xon ham Amir Xon yashaydigan shaharcha – Bandrada yashaydi. Uning xonadoni esa Galaxy deb ataladi. Aktyor bu uyda yoshligidan buyon ota-onasi va singlisi bilan birga yashaydi. Salmon o‘z uyini juda ham yaxshi ko‘radi va boshqa joyga ko‘chib o‘tish niyati yo‘q. Muxlislari tez-tez uning uyi yonida to‘planib turadi, yulduz esa balkoniga chiqib ular bilan ko‘rishadi. Dipika Padukone Padukone ham Bandrada yashaydigan yulduzlardan biri hisoblanadi. Aktrisa “Bomond binolari” nomli uyning 26 qavatida yashaydi. 4 ta yotoqxona, terrasa, tennis korti va uchta avtoturargohi bor mazkur uyni aktrisaga sobiq sevgilisi sovg‘a qilgan degan mish-mishlar bo‘lgan edi. Ammo Padukone uyini o‘z mablag‘iga olganini ma’lum qilgan. Saif Ali Xon va Karina Kapur Kollaj: “Daryo” Yulduzli juftlikning xonadoni Mumbayning G‘arbiy qismi Adexerida joylashgan. Saif va Karina “Lokhandva” nomli mazkur uyning 10-qavatida yashaydi, aktyorning ofisi ham shu binoda joylashgan. Priyanka Chopra Turmushga chiqqanidan keyin AQShda yashayotgan aktrisaning Hindistonda 5 ta uyi bor. Mumbayning Versova nomli tumanida joylashgan uylari “Raj klassika” deb ataladi.
47
1,665
Madaniyat
Ispaniya soliq xizmati Shakirani soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilmoqda
Ispaniya soliq xizmati kolumbiyalik xonanda Shakirani soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilib, prokuraturaga murojaat etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.  Gap bir necha million yevro atrofidagi summa haqida ketmoqda.  Shakira va “Barselona” futbolchisi Jerard Pike o‘z munosabatlari haqida 2011-yili rasman e’lon qilgandi. Biroq xonanda faqat 2015-yilga kelibgina Ispaniya soliq idoralarida hisobga turdi.  Soliqchilar Shakira shu tariqa 4 yil davomida, garchi bu vaqtda asosan mamlakat hududida istiqomat qilgan bo‘lsa ham, Ispaniyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganini gumon qilmoqda.  Xonandaning vakillari esa u Ispaniyada soliq rezidenti hisoblanish uchun talab etiladigan 183 kundan kamroq bo‘lganini ta’kidlamoqda.
81
738
Madaniyat
Ulug‘bek Xoliqovdan sho‘x, kayfiyatni ko‘taruvchi “Musiqa”
Muxlislarning kayfiyatini ko‘tarishni xush ko‘ruvchi Ulug‘bek Xoliqov sho‘x ohangdagi yangi taronasini tinglovchilarga taqdim etdi. Aytish joizki, ayni damda xonanda qizg‘in ijod jarayonida bo‘lib, bir necha yangi qo‘shiqlar ustida ishlamoqda. Bahorning ilk kunlarida muxlislarga tuhfa etilgan romantik ruhdagi “Yurak” taronasidan so‘ng xonanda navbatdagi ijod namunasini tayyorladi. “Musiqa” deb nomlangan yangi qo‘shiqning matni va musiqasi Feruz Abdullayev tomonidan yozilgan. Ulug‘bek Xoliqovning “Musiqa”si beixtiyor raqs tushishga chorlaydi. Qo‘shiq so‘zlarida aytilganidek, sho‘x ohang va sho‘x harakatlar uyg‘unligida musiqani yanada baland qiling va raqsga tushing. Qo‘shiqni ushbu havola orqali tinglash mumkin:
58
722
Madaniyat
Janubiy Koreya provayderi “Kalmar o‘yini” sabab tomoshabinlar oqimi ortgani uchun Netflix’ni sudga berdi
Janubiy Koreyaning SK Broadband internet provayderi Netflix’ni sudga berdi. Bunga “Kalmar o‘yini” va “Qochoqlar ovchisi” seriali chiqqanidan so‘ng tomoshabinlar ortib ketishi natijasida tarmoq trafigini oshirish va texnik xizmat ko‘rsatish ko‘paygani sabab xarajatlari ortgani sabab bo‘lgan, deb yozadi Esquire. Kompaniya bu kabi qadamni Seul sudi SK Broadband tomonini olganidan so‘ng tashlagan. Sud Netflix provayderning tarmog‘idan foydalanishni kompensatsiya qilib berishini “odilona” deb atagan. SK Broadband’da ta’kidlanishicha, 2018-yilning mayidan buyon Netflix trafigi 24 barobarga oshgan (soniyasiga 1,2 trillion bit ma’lumot), biroq striming servis Amazon, Apple va Facebook kabi tarmoqdan foydalanganlik uchun yig‘imlarni to‘lamaydi. Netflix vakillarining ma’lum qilishicha, ular SK Broadband’ning e’tirozini ko‘rib chiqadi, shuningdek, provayder bilan dialogni yaxshilash va u bilan ishlashni davom ettirishning usullarini qidiradi. SK Broadband’ning baholashicha, Netflix 2020-yilning o‘zi uchun 23 million dollar to‘lashi kerak. Netflix mazkur qarorga rozi bo‘lmagan va apellyatsiyaga bergan. Sud ishi dekabr oxirida boshlanadi. “Kalmar o‘yini” va “Qochoqlar ovchisi” kabi Janubiy Koreya seriallari Netflix’ni mamlakatdagi eng yirik ma’lumotlar trafigi generatori bo‘yicha YouTube’dan keyingi ikkinchi o‘ringa olib chiqdi. Avvalroq Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartirishi, uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  “Kalmar o‘yini” — butun dunyoni zabt etayotgan Janubiy Koreya seriali. Internet fenomeniga aylangan kartinani ko‘rish uchun 7 sabab
104
1,654
Madaniyat
Toshkentlik Lolita Vagapova K-POP xalqaro tanlovida O‘zbekiston nomidan qatnashadi
Toshkentda Koreys qo‘shiqlari tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Lolita Vagapova Gran-pri sovrindoriga aylandi. U 2014-yil oktabrda Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan K-POP World Festival xalqaro tanlovida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi. Bu yil koreys qo‘shiqlari tanlovi Toshkentda uchinchi marta o‘tkazildi. 2013-yilda ushbu tanlovda “Alladin” guruhi yutgan edi. Poytaxtlik o‘smir qizlardan tashkil topgan “Alladin” guruhi Korean POP World Festival 2013 musiqiy tanlovida Gran-pri sovrindori bo‘lgan. Respublikada o‘tkazilgan K-POP tanlovi Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil qilindi.
82
654
Madaniyat
“Qalbimni qattiq yaralashgan”. Milena Madmusayeva omadsiz turmushi tufayli tushkunlikka tushib qolgani haqida yig‘lab gapirdi (video)
Taniqli opera xonandasi Milena Madmusayeva “Mashhurlar” loyihasiga bergan intervyusida shaxsiy hayotidagi omadsizliklar sabab bir muddat tushkunlikka tushib qolgani haqida so‘zlab berdi. “Allohim ayolni juda ham kuchli qilib yaratgan. Hayot sinovlari bizni yana ham kuchli qiladi. Lekin ba’zan shunday paytlar bo‘ladi, kuchli bo‘lishdan charchaysiz. Lekin qalbimizda umid uchquni hamisha bor. Shu umid oldinga, go‘zal, o‘zingiz xohlagandek hayotga yurishga undaydi. Inson hayotini hech qachon o‘yinchoq qilmaslik kerak. Mening hayotimda shunga o‘xshash narsa bo‘lgan, turmushimda... Juda ham qalbimni qattiq yaralashgan. Mayli, u insonlarga omad tilayman. Lekin men oilaga qadam qo‘yayotgan yigitlarimizga shuni aytardimki, agar shu ayolni baxtli qilib, oilani, ro‘zg‘orni ushlash, farzandlaringni himoya qilish qo‘llaringdan kelsa, shu hayotga qadam qo‘yinglar. Agar qo‘llaringdan kelmasa, bir qizning umrini badnom qilish kerak emas”, — deydi xonanda omadsiz turmushi haqida gapirar ekan. “O‘sha oilamdan ketishim bilan yolg‘iz qolsam, nimadir bo‘lishini bilib, magistraturaga o‘qishga topshirdim. O‘shanda qizalog‘im uch oylik edi. Va o‘zim uchun sozandalar yig‘ish uchun e’lon berdim. O‘zimning san’atimni yanada davom ettirish uchun harakat qildim. Ota-onam ko‘magi, daldasi bo‘lmaganida, menga juda og‘ir bo‘lgan bo‘lardi”, — deydi Milena hayot sinovlaridan qanday o‘tgani haqida. Ma’lumot uchun, Milena Madmusayeva 2016-yilning 25-aprelida o‘z prodyuseri Abduhamid Xalilovga turmushga chiqqan, juftlik 2017-yilning 1-aprelida qiz farzandli bo‘lgan edi.
133
1,562
Madaniyat
Film tanlovida bolalarni pul o‘g‘irlashga majburlagan Joliga BMT elchisi ekanligi eslatildi
Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajrashganidan keyingi birinchi intervyusida Kambodjadagi qizil kxmerlar harakatiga bag‘ishlangan “Ular dastlab otamni o‘ldirdi” filmi haqida hikoya qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Film ssenariysiga Pol Pot hukmronligi davrida genotsidni boshidan kechirgan yozuvchi Lun Unning kitobi asos qilib olindi. Suratga olish guruhi Lun Un roliga aksariyati bolalar uyi, sirklar va internatlarda katta bo‘lgan bir necha bolani tanladi. Joli ularni bir xonaga yig‘ib, oldilariga pullarni qo‘ydi va bir necha kupyurani o‘g‘irlashni so‘radi. Agar rejissor yoki guruhdan kimdir bolani tutib olsa, u pullar nima uchun kerak bo‘lganini izohlab berishi lozim edi. Tanlovda o‘g‘irlangan pullar o‘lgan bobosini munosib ko‘mish uchun zarur bo‘lganini bahona qilgan Sri Muchiga nasib etdi. Joliga ko‘ra, g‘aroyib kasting haqiqiy qiyinchiliklarni boshidan kechirgan aktrisani topish uchun kerak bo‘lgan. Twitter foydalanuvchilari Jolini bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda aybladi va u 2012-yildan beri BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha elchisi hisoblanishini eslatdi. Film premyerasi 2017-yil fevralida Kambodjada bo‘lib o‘tdi, yil oxirida esa Netflix servisida joylashtiriladi.
91
1,208
Madaniyat
30 yoshga kirmay vafot etgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)
Insonning qancha yashashi emas, balki qanday hayot kechirishi muhimdir. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov 30 bahorini qarshilash nasib qilmay, erta vafot etgan o‘zbekistonlik mashhurlar haqida material tayyorladi. Ular qisqa hayoti davomidagi ijodi bilan o‘z muxlislariga ma’naviy meros qoldirgan. Vahshiylarcha o‘ldirilgan Laylo Aliyeva 90-yillar o‘rtalarida “O‘zbekiston”, “Jonginam”, “Yondiradi” kabi qo‘shiqlari bilan millionlab tinglovchilar qalbiga kirib borgan xonanda Laylo Aliyeva 23 yoshida qotillik qurboni bo‘lgan. Kollaj: “Daryo” 1975-yilda Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan ijodkor Toshkentda ulg‘aygan. Uning katta bobosi mashhur zargarlardan biri edi. Laylo Aliyeva ikki yoshga kirganida “Moda” jurnalida rasmlari chiqadi, o‘n yoshida esa “Semurg‘” oromgohidagi “Go‘zallik” tanlovida yuqori o‘ringa loyiq ko‘riladi. U hozirgi Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini bitirgach, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida o‘qiydi. O‘zbekiston xalq artisti Saodat Qobulovaning sevimli shogirdlaridan biri hisoblangan xonanda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovdan ham qo‘shiq aytish sirlarini o‘rganadi. Qisqa vaqt ichida shirali ovozi va go‘zalligi bilan omma nazariga tushib, muxlislar orttiradi. Xonanda oz umri davomida yigirmadan ziyod qo‘shiqlar ijro qilib, ikkita albom chiqaradi. Laylo Aliyevaning fojiali o‘limi yashin tezligidek tarqalib, barchani hayratga soladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1998-yilning 1-may kuni o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan “Al-Vakil” guruhining ikki nafar yigiti xonandani yashash uyida qirq ikki joyidan pichoqlab, vahshiylarcha o‘ldiradi. Undan Jasurbek ismli farzand yodgor bo‘lib qolgan. Surxondaryodagi YTH “Jiyda gullaganda”, “Boyvachcha”, “Anhor bo‘yida”, “Eslama meni” kabi qo‘shiqlari bilan o‘zbek yoshlari orasida shuhrat qozongan “Bojalar” guruhi a’zosi Mo‘min Oripov ham hayotdan erta ko‘z yumgan. “Boyvachcha”, “Nortoy”, “Achchiq hayot” singari filmlarda turli darajadagi rollarni talqin qilgan serqirra ijodkor 25 yoshida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Mazkur noxush voqea 2009-yilning 28-iyunidan 29-iyuniga o‘tar kechasi Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yuz bergan. Avtohalokat natijasida guruh a’zosi Jahongir Poziljonov va Javlon Shodmonov og‘ir tan jarohatlari olgan hamda oylab shifoxonada yotib, oyoqqa turgan. Ustazoda Dildora Qayumova Suxandon va xonanda sifatida tanilgan Dildora Qayumova 28 yoshida vafot etgan. U 1980-yil 19-dekabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Ustazoda ijodkor taniqli televideniye rejissori Zokir Qayumov va O‘zbekiston xalq artisti Malika Qayumovaning farzandi bo‘lib, karyerasini 1998-yilda O‘zbekiston televideniyesida boshlagan. “Unutmoq osonmas”, “Musiqiy tanaffus”, “Yangi yilda yangi qo‘shiqlar” kabi bir qancha loyihalardagi chiqishlari bilan el nazariga tushgan. Qo‘shiqchilik faoliyatida ham bir qancha taronalari bilan o‘z muxlislarini topgan. Dildora Qayumova 2008-yilda olamdan o‘tgan. Uning bir nafar o‘g‘il farzandi bor. Avtohalokat qurboni bo‘lgan Radius 21 Radius 21 nomi bilan mashhurlikka erishgan reper Shahzod G‘ulomov o‘n bir yil oldin 29 yoshida avtohalokat sababli olamdan o‘tgan. U 1981-yil 10-oktabrda Bo‘ka shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan gitara chalish, kitob o‘qish va she’r yozishga juda qiziquvchan bo‘lgan. Maktab va texnikumni tamomlagach, hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ommaviy bayramlar rejissorligi fakultetida o‘qiydi. Oliy ta’lim muassasasini bitirganidan keyin xususiy telekanallarning birida ikki yil davomida boshlovchi va rejissor sifatida faoliyat yuritadi. Uning “Radius 21” nomli ko‘rsatuvi tez orada tomoshabinlar e’tiborini qozonadi. Shu tariqa qo‘shiq aytishga bo‘lgan ishtiyoq uni san’at sohasiga yetaklaydi. Bir qator musiqa yo‘nalishida ijod qilgan xonandaning rep yo‘nalishidagi qo‘shiqlari yoshlar orasida keng ommalashadi. Uning “Akfa media” prodyusserlik markazida ijod qilgan davrida, ya’ni 2006—2008-yillarda hamda keyinchalik yaratgan “Dubay”, “Unutolmadim”, “Monolog”, “Har kun”, “Tungi kapalak” singari ko‘plab taronalari haligacha tinglovchilarini yo‘qotmay kelmoqda. Shahzod G‘ulomov “Sevgi fazosi”, “Onaizor”, “Boyvachcha” kabi filmlarda suratga tushgan. Marhum san’atkorning ukasi Bekzod G‘ulomovning aytishicha, akasi 2010-yilning 12-sentabrida Piskent shahri postiga yaqin joyda Matiz rusumli mashinasida oilasi bilan ketayotgan bo‘lgan. Ularga qarama-qarshi yo‘nalishdan esa kontrabanda mahsulotlarini postdan olib qochayotganlar kelib urilgan. Shahzod G‘ulomov avtohalokat bo‘lgan vaqtda, voqea joyining o‘zida olamdan o‘tgan, 3,5 oylik farzandi Beksulton ertasi kuni vafot etgan. Beksulton xonandaning yolg‘iz farzandi edi. Piyodalar o‘tish joyidagi baxtsiz hodisa “Oyijon” filmidagi bosh roli bilan tanilgan ijodkor Farangiz Rejametova (Jamolxonova) 2018-yili 25 yoshida YTH oqibatida vafot etgan. U 1993-yilda san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi — O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist To‘g‘on Rejametov, buvisi — O‘zbekiston xalq artisti Shirin Azizova kino va teatrdagi yuzlab rollari orqali o‘zbek san’ati rivojiga hissa qo‘shgan. Onasi — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotima Rejametova ham betakror ijrolari orqali tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan. Farangiz Rejametova “Sehrli qalpoqcha”, “Uy bekasi” kabi o‘nlab kino va seriallardagi ijrolari bilan ham o‘z muxlislarini topgan. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvchisi hisoblangan 25 yoshli Farangiz Rejametovani 2018-yil 20 iyul kuni soat 21:15 atrofida Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o‘tish joyida Mercedes-Benz mashinasi urib ketgan. Haydovchi jabrlanuvchini kasalxonaga olib borgan, ammo aktrisa yo‘lda olamdan o‘tgan. Qotil mardikor yigitlar Skan-Multi taxallusi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish Iskandar A’zamov 2006-yilda 28 yoshida o‘zining uyida ikki nafar yigit tomonidan shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirilgan. Iskandar A’zamov 1978-yil 25-yanvarda tug‘ilgan bo‘lib, u kinorejissor, ssenariynavis va aktyor sifatida ijod qilgan. O‘zbek televideniyesidagi faoliyati 1996-yilda boshlangan. O‘n bir yillik ijodi davomida yuzlab musiqiy videokliplarni suratga olgan. 2003-yil Moskvada, STS kanalida postanovkachi operator bo‘lib ishlagan. U “Xo‘ja Nasriddin: o‘yin boshlanadi” nomli badiiy filmni suratga oladi. Unda asosiy rollarni ijodkorning o‘zi va qo‘shiqchi Sug‘diyona o‘ynagan. Ammo unga o‘z filmining premyerasida qatnashish nasib qilmadi. Skan-Multi 2006-yilning 23-iyun kuni o‘z uyida ikki nafar yigit tomonidan shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumning xizmatini ado etib yurgan mardikor yigitlar Iskandar A’zamovning orqasiga va yuragiga bir necha marta pichoq urgan. Qotillarning san’atkorni o‘ldirishdan maqsadi pul bo‘lgan. Jinoyatchilar ushlanib, ularga qilmishiga yarasha jazo tayinlangan. Tungi klub oldidagi janjalning ayanchli yakuni Erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjayev 2018-yilning 8-avgustidan 9-avgustiga o‘tar kechasi, taxminan, soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida olamdan o‘tgan. 25 yoshida hayotdan ko‘z yumgan sportchi erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lib, 61 hamda 65 kg vazn toifalarida Incheondagi Osiyo o‘yinlari—2014 musobaqasida, shuningdek, 2015-yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan.   Avtohalokat sababli vafot etgan o‘zbek yulduzlari (foto+video)
61
7,459
Madaniyat
Space guruhi rahbari Filipp Kirkorovni mualliflik huquqini buzganlikda aybladi
Fransiyalik musiqachi va Space guruh rahbari Dide Maruani rossiyalik qo‘shiqchi Filipp Kirkorov va bastakor Oleg Popkovga nisbatan 272 million rubllik mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha qarshi da’vo qo‘zg‘agan, deya xabar beradi “Novaya gazeta”. Gap Kirkorovning “Shafqatsiz sevgi” qo‘shig‘i haqida ketmoqda. Maruanining fikricha, uning musiqasida Symphonic Space Dream taronasidan olingan joylar mavjud. “Biz batafsil o‘rgandik, bu ikkita musiqa asari mutlaqo o‘xshash”, — deydi Tarlo. Maruanining Symphonic Space Dream albomi va shu nomli qo‘shig‘i 2002-yilda chiqqan. Xuddi shu yili Kirkorov “Notanish” albomini chiqargan, undan Oleg Popkov yozgan “Shafqatsiz sevgi” balladasi o‘rin olgan.
78
701
Madaniyat
Ozodbek Nazarbekov jonli ijroning oltin qoidasi bilan bo‘lishdi
Ozodbek Nazarbekov o‘zining “Ardog‘imdasiz” nomli konsert dasturida jonli ijroning oltin qoidasi haqida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Darakchi” nashri. “Biror qo‘shiq tugagach, muxlislarning qarsak ovozlari qanchalik balandroq chiqsa, san’atkorning ovoz imkoniyatlariga imkoniyat qo‘shiladi, – dedi O‘zbekiston xalq artisti. – Raqslar raqslarga ulanib, muxlislar musiqaga mos xirom aylasalar, sozandalar o‘zlari bilmagan holda qobiliyatlaridan-da ortiqroq kuch bilan harakat qiladi. Aksi bo‘lib, muxlislar hech qanday munosabat bildirmasa, san’atkorning ham, sozandalarning ham ruhi sinadi, natijada konsert jonsiz bo‘lib qoladi. Shu sababdan biror konsertdan so‘ng uyga borib, ‘juda yaxshi o‘tdi, konsertda maza qildim’, desangiz yoki o‘ylasangiz, bilingki, konsertning ajoyib o‘tishida, avvalo, sizning xizmatingiz yuqori bo‘lgan”.
63
841