folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Instagram: Milliy teatrning yana bir xodimi koronavirusdan vafot etdi, SanJayning yuragiga olov yoqqan qiz kim? Navbatdagi xonandaning to‘yi | 11-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Rashid Xoliqovning yakka-yu yagona nevarasi Emin.
View this post on Instagram
“Fazilatxonim qizlari” hamda “Opa-singil qizlari” seriallari yulduzi Afra Saracho‘g‘lu.
View this post on Instagram
Xorazmlik xonanda Dilafruz Bekmetova turmushga chiqdi.
View this post on Instagram
Dilafruz Bekmetovaning to‘yidagi mehmon san’atkorlar.
View this post on Instagram
Shahlo Ahmedova Istanbul shahridan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
O‘zbek milliy akademik teatri kostyum sexi bo‘limi boshlig‘i Dildora Anvarova 47 yoshida koronavirusdan vafot etdi. Avvalroq teatr rahbari Fathulla Mas’udov pnevmoniyadan, aktrisa Dilbar Ikromova koronavirusdan vafot etgan edi.
View this post on Instagram
Shahzoda 11-oktabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan kenja o‘g‘li Xalidga atab “Alla” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova “Bir qo‘shig‘im bor” qo‘shig‘iga raqsga tushib, folloverlarini ham xirom aylashga chaqirdi.
View this post on Instagram
Davron Kabulov Istanbuldagi aktrisa Feruza Normatovaga sovg‘a yo‘lladi.
View this post on Instagram
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov yarim marafonda yugurishini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
SanJay sevgilisiga atab qo‘shiq kuyladi. Xonanda ushbu qo‘shiqning Alisha ismli qizga bag‘ishlanganiga ishora qilib, uning rasmi bilan Instagram’ga parcha joyladi.
View this post on Instagram
Keyinroq sevimli insoni bilan yana bir videoni bo‘lishdi.
View this post on Instagram | 140 | 1,799 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov Toshkent ko‘chalarini velosipedda sayr qildi | Facebook’dagi Voditeli Tashkenta guruhiga O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning Toshkent ko‘chalarini velosipedda sayr qilayotgan surati joylashtirildi.
Ushbu suratni joylagan foydalanuvchi unga izoh berar ekan, tirbandlikda mashinada yurish xonandaning “joniga tekkani”ni yozib o‘tdi. | 63 | 296 |
Madaniyat | Tamillaning “Bag‘ringga bos” qo‘shig‘i uchun ishlangan klipdan xonandaga xos originallik topilmadi | Xonanda Tamillaning kliplari trek yo‘nalishida bo‘lsa ham, tarvuz va giloslar ularga noodatiylik baxsh etgan. Biroq ijodkorning “Bag‘ringga bos” qo‘shig‘i uchun ishlangan klipga ijobiy fikr bildirish qiyin, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
Klipda xazon bilan to‘ldirilgan daraxtzorda kuylayotgan xonanda va uning sevgilisi rolini ijro etgan aktyorning bosgan qadamlari ko‘rsatiladi, xolos. Balki Tamilladan original kliplar kutib o‘rganib, qolganimiz uchun bu bizga maqul kelmagandir, deyiladi manbada.
Qayd etish joiz, Tamilla mazkur klipda o‘z ijodi davomida ilk bor milliy qiyofada namoyon bo‘lgan. | 98 | 607 |
Madaniyat | Billi Bob Tornton YTH oqibatida boshini yorib oldi | Amerikalik aktyor Billi Bob Tornton avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida boshini yorib oldi. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.
YTH 30-oktabr, juma kuni yuz bergan. Aktyor tez tibbiy yordam mashinasida Los-Anjelesdagi kasalxonaga olib kelingan. Hodisa haqida endi xabar berildi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil to‘qnashgan vaqtda, Tornton yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan bo‘lgan. Qayd etishlaricha, aktyor jiddiy jarohat olmagan va shu sababli shu kunning o‘zidayoq suratga olish maydonchasiga qaytgan.
Ma’lumot uchun, 2016-yilning yanvarida Kanadaning Monrealida “Yomon Santa” komediyasining ikkinchi qismini suratga olish ishlari boshlanishi kerak, mazkur filmda Tornton bosh rolni ijro etgan. | 50 | 721 |
Madaniyat | Liam Hemsvort, Deniel Redkliff va suratga olish maydonchasidagi boshqa aktyorlar bilan bog‘liq kulgili voqealar (foto) | Suratga olish jarayonida yuzlab ijodkorlar ishtirok etishi, ularning biri bo‘lmasa boshqasi bilan bog‘liq qiziqarli va ajoyib hodisalar yuz berishi mumkin.
Liam Hemsvort
“Hayot mamot o‘yinlari” filmi Liam Hemsvort va Jennifer Lourensga mashhurlik olib kelgan. Suratga olish jarayoni juda ham qiziq kechgan, aktyorlar bir-biri bilan hazillashishdan charchamagan. Tasvirga olish jarayonidagi tanaffuslardan birida Hemsvort Lourensni soxta o‘lik murdasi bilan qo‘rqitgan. Aktrisaning hushi yo‘qolishiga sal qolgan. Bu kimning qilig‘i ekanini bilganidan keyin Liamning boshiga miyasi chayqaladigan darajada zarb bilan urgan. Toki yulduzlarning o‘zi aytib bermagunicha, bu voqea boshqalar uchun yo‘q joydan paydo bo‘lgan mojarodek tuyulgan.
Saymon Pegg
Saymon “Samoviy yo‘l” seriali motivi asosida suratga olingan filmda suratga tushgan. U ikkinchi lentaning tasvirga olish jarayonida hamkasblari bilan hazillashishga qaror qilgan. Aktyor Kris Payne va Benedikt Kamberbitchga suratga olish maydonchasidagi muhit sog‘liq uchun xavfli ekanini va undan saqlanish uchun yuzga “ionli krem” surtish kerakligini aytgan. Shuningdek, u nurlarni yo‘q qilish uchun barmoqlarni to‘lqinsimon harakatlantirish kerakligini ham qo‘shimcha qilgan. Bundan tashqari, Benediktga imzolash uchun soxta shartnoma bergan, ammo Kamberbitch hujjatni tayinli o‘qib chiqmagan. Keyinroq aktyorlar Saymonning hazillashganini bilib qolgan va undan alamini olishga harakat qilmagan. Yulduzlar hozirgacha ionli yuz kremini esdan chiqarmagan.
Emili Blant
Britaniyalik aktrisa “O‘zgaruvchan haqiqat” filmida professional raqqosa Eliza rolini gavdalantirgan. Ba’zi sahnalarda balerinalarning oyoq kiyimini kiyib raqsga tushishiga to‘g‘ri kelgan. Bunday tajribasi bo‘lmagan, hammasini suratga olish maydonchasida o‘rgangan aktrisa jarayonda bir necha marta yiqilgani va oyog‘ini qayirib olganini ta’kidlagan.
Alan Rikman
Garri Potter haqidagi filmda professor Severus Snegg rolini ijro qilgan aktyor Alan Rikman uchinchi qismni suratga olish jarayonida Deniel bilan hazillashmoqchi bo‘lgan. U Albus Dambldor rolini gavdalantirgan aktyor Maykl Gembon bilan birga Redkliffning sumkasiga g‘alati tovush chiqaradigan mashina solib qo‘ygan. Tongda Redkliff uyg‘onishidan avval esa mashinani qaytib olgan. Aktyorlar qilmishlarini darrov tan olmagan.
“Yarqiragan egar” filmidagi notanish yigit
Rejissor Mel Bruks tomonidan 1974-yilda suratga olingan “Yarqiragan egar” filmining finalida ham juda qiziq voqea sodir bo‘lgan. Sujetga ko‘ra aktyorlar bir yo‘nalishda gala bo‘lib yugurayotgan paytda qarama-qarshi tarafdan notanish yigit yurib kelgan. Keyinchalik uning bu yerda film suratga olinayotganidan bexabar ekani ma’lum bo‘lgan. Yaxshi chiqqan sahnani qayta tasvirga olishni istamagan rejissor yigitga suratga tushish uchun kelishuv imzolashni taklif qilgan.
Toni Xeyl
“Dounson ko‘rfazi” serialining suratga olish jarayonida Toni bilan bog‘liq qiziq voqea sodir bo‘lgan. Unga Virjiniya shtatida suratga olinayotgan epizodda rol ijro qilish taklif qilingan. Kameralar qarshisida juda ham qattiq hayajonlangan Xeyl mashhur aktyor Jeyms van der Bikni qalin paltoda ko‘rib hayratini yashirmagan. Xayolidagini aytib yuborganidan keyin uyalganidan yuzlari qizarib ketgan. Bu ham yetmaganidek hech nima demasdan tasvirga olish maydonchasini yugurganicha tark etgan. Ushbu voqeadan keyin pavilyonda bir necha daqiqa davomida sukunat hukm surgan.
Zak Galifianakis
Zak komediya janridagi rollarini qoyillatib o‘ynash bilan birga, suratga olish jarayonidagi xurmacha qiliqlari bilan ham yaxshi ma’lum. “Tru Calling” serialini tark etish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilgani buning isboti. U rejissorni ranjitadigan gaplarni gapirgan, ssenariy mualliflari bilan olishgan, aktyorlar va jamoa a’zolarini dilini og‘ritgan. Oqibatda serial tugatilgan, ishtirokchilarda esa yoqimsiz taassurot qolgan. Bu hali hammasi emas, Bredli Kuper bilan bir loyihada ishtirok etish davomida uni ham asabini buzgan. Bredli yoqtirgan qizi bilan xayrlashganini aytganida Zak bunga qaylig‘ining Kuper ijrosidagi “Zulmat qutblari” filmini tomosha qilgani sabab emasmi, deb savol bergan. | 118 | 4,121 |
Madaniyat | Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Sardor Milano va Sabina Mustayeva bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 12-noyabr kuni yosh qo‘shiqchilar Sardor Milano va Sabina Mustayeva bilan matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda My Day xabar bermoqda.
Sabina Mustayeva — “Golos. Deti” (2-mavsum) loyihasi g‘olibasi. U 2000-yil 16-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan, hozirda 94-maktabda ta’lim oladi. Sabina loyihada g‘olib chiqqanidan keyin o‘z maktabida qanday kutib olishgani, sinfdoshlari bilan munosabatlari va hayotdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Sardor Milano — “X-faktor. Glavnaya ssena” tanlovi g‘olibi. 1991-yil 14-sentabrda Toshkentda tug‘ilgan. Sardor rejalashtirayotgan yakkaxon konserti va oila bilan bog‘liq rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Bu tadbir Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilayotgan Infolib—2015 IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. | 112 | 849 |
Madaniyat | Film suratga olish jarayonlarida vafot etgan yulduzlar (foto) | Mazkur aktyorlar suratga olish jarayonida vafot etgan, ammo ular ishtirokidagi filmlar ekran yuzini ko‘rishga ulgurgan.
Pol Uoker — “Forsaj-7: Tezlik ishtiyoqi”
Pol Uoker karyerasini reklama va teleseriallarda suratga tushishdan boshlagan, ammo haqiqiy mashhurlikka “Forsaj” filmidagi politsiyachi Brayan Konner roli orqali erishgan. Aktyor 2013-yil 30-noyabr kuni do‘sti Rojer Rodas bilan xayriya tadbiridan qaytayotganda avtohalokatga uchragan. Rojer boshqaruvni yo‘qotib qo‘yishi natijasida mashina yonib ketgan. Ikkala do‘st ham voqea joyida vafot etgan: Pol Uoker 40 yoshda bo‘lgan.
O‘sha paytda aktyor “Forsaj” filmining yettinchi qismida rol o‘ynayotgan edi. Uning o‘limi butun guruhga qattiq zarba bo‘ldi: deyarli 15 yil davomida bu film ustida birgalikda ishlagan jamoadagilar yaqin do‘stlarga aylanishgandi.
Filipp Seymur-Xoffman – “Ochlar o‘yini: I va II qism”
Aktyor Nyu-Yorkdagi o‘z uyida katta dozada qabul qilingan giyohvand modda oqibatida vafot etgan. Bungacha u “Ochlar o‘yini” filmining bir necha sahnalarida Plutarx obrazida suratga tushishga ulgurgan. Uning o‘limi barcha uchun kutilmagan hol bo‘lgan. Ertasi kuni aksariyat Amerika gazetalarida ta’ziyanomalar nashr etilgan.
46 yoshli Xoffmanning o‘spirin paytidayoq giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan, ammo u 25 yil davomida bu illat kurashgan. O‘limidan 8 oy oldin Filipp reabilitatsiya kursidan o‘tganini va alkogollarning anonim jamiyatida ishtirok etayotganini tan olgan. O‘sha vaqtlarda uning karyerasi gullab-yashnagan davr edi: Aktyorning “Usta” va “Eng xavfli odam” (vafotidan keyin ekran yuzini ko‘rgan) filmlaridagi roli tanqidchilar va tomoshabinlar hayratiga sazovor bo‘lgan.
Afsuski, u “Ochlar o‘yini” filmining eng hissiyotli sahnasini o‘ynashga ulgurmadi. Filipp Xoffman filmning suratga olish ishlari tugashidan bir hafta oldin vafot etdi.
Kori Monteyt — Glee seriali
31 yoshli kanadalik aktyor va musiqachining o‘zi yoshligidan giyohvandlikka qaram bo‘lganini tan olgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan uch oy oldin u yana reabilitatsiya markaziga murojaat qilgan. 2013-yil 13-iyulda u Vankuverdagi mehmonxonadan toksik dori va spirtli ichimlikdan zaharlanish tashxisi bilan o‘lik holda topilgan.
U karyerasining eng omadli davrida vafot etdi: Glee serialidagi obrazi barchaning sevimli qahramoniga aylandi. Shaxsiy hayotida ham u baxtli edi — bir yildan ko‘proq vaqt davomida u o‘sha loyihadagi sherigi Liya Mikel bilan uchrashib yurgandi. Tez orada qiz o‘zining birinchi musiqiy albomini chiqardi va qo‘shiqlaridan birini Kori xotirasiga bag‘ishladi.
Xit Lejer – “Doktor Parnassning tasavvurlari”
“Yomg‘irli dovon” romanining qahramoni nomi bilan atalgan avstraliyalik 2008-yil 22-yanvarda juda ko‘p uyqu dorisi qabul qilishi oqibatida vafot etgan. U 28 yoshda bo‘lgan.
O‘sha paytda u “Qora ritsar” filmidagi yovuz Joker obrazi ustidagi ishini yakunlagan edi. Shu sababli Lejer tarixda vafotidan keyin Oskar olgan ikkinchi aktyor bo‘ldi. Ammo “Doktor Parnassning tasavvurlari” fantastik filmidagi Toni rolini tugatishga ulgurmadi. Keyinchalik mazkur obrazni turli xil sahnalarda uning eng yaqin do‘stlari: Jonni Depp, Kolin Farrell va Jud Lou ijro etgan.
Oliver Rid — “Gladiator”
Rejissor Ridli Skot aktyorni kinodagi 10 yillik tanaffusiga qaramay, filmdagi Proksimo roliga taklif qilgan. Ammo 61 yoshli aktyor suratga olish jarayonlarining so‘ngigacha ishlay olmadi.
Bir kuni kechqurun suratga olish joyi bo‘lgan Maltadagi bir pabda aktyor 12 hissalik rom, sakkiz shisha pivo va yarim shisha viski ichib, armrestlingda Britaniya dengiz flotining bir necha dengizchisini mag‘lub etadi. Keyin to‘satdan u yurak xurujidan yiqilib, o‘sha joyning o‘zida vafot etadi. Uning o‘limidan so‘ng ushbu pivoxona juda mashhur bo‘lib ketadi va “Ollining so‘nggi pabi” nomini oladi. Ridli Skott esa “Gladiator”da Rid obrazini kompyuter effektlari yordamida yakunlaydi.
River Feniks — “Yomon qon”
Aktyor Xoakin Feniksning akasi 23 yoshida Jonni Depp o‘zining musiqiy guruhi bilan tashrif buyurgan tungi klubda yuqori dozadagi giyohvand modda sababli vafot etgan. Shundan so‘ng 1993-yilda “Yomon qon” filmi e’tibordan chetda qolib ketgan.
Ammo 2012-yilda rejissor Jorj Slaser filmning juda ko‘p kadrlarini yo‘q qilish rejalashtirilganidan xabar topgach, filmni tahrir qilib, kadr ortidagi ovoz bilan ta’minlaydi va turli kinofestivallarda namoyish etdi.
Bryus Li — “Ajal o‘yini”
Jang san’ati ustasi 32 yoshida miya shishi tashxisi bilan vafot etgan. Uning Gonkongda ommaviy motamga aylangan dafn marosimidan olingan kadrlar Lining so‘nggi filmi — “Ajal o‘yini”ga ham kiritilgan. Bu ko‘rinish film qahramoni Billi Louning dafn marosimi sifatida namoyish etilgan.
Brendon Li — “Quzg‘un”
Bryus Lining o‘g‘li “Quzg‘un” komiks-filmining so‘nggi sahnasini suratga olish jarayonida o‘ldirilgan. Ssenariyga ko‘ra, dushmanlardan biri uni otib tashlashi kerak bo‘lgan. Ammo o‘sha vaqtda pistoletdan bo‘sh o‘q bilan birga temir tiqin uchib chiqib, uning oshqozonini teshganini hech kim sezmay qolgan. 28 yoshli aktyor juda ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan. Brendon otasining yoniga dafn etilgan. Uning onasi Linda ishiga beparvoligi sabab kinostudiyani sudga bergan va jarayonda yutib chiqqan. Ammo Lini bilmasdan otib qo‘ygan aktyor Maykl Massiga qarshi hech qanday ayblov ilgari surilmagan. Shunday bo‘lsa-da, u ruhiy tushkunlik oqibatida 10 yilgacha filmlarda rol ijro etmagan.
Merilin Monro — “Nimadir sodir bo‘lishi kerak”
Ushbu komediyani suratga olish paytida aktrisa o‘zining 36 yoshini nishonlagan. 1962-yil 1-iyun uning so‘nggi bor suratga tushgan kuni bo‘lgan. Keyinchalik u o‘zini yomon his qilgani tufayli suratga olish maydonida qaytib ko‘rinmagan. 4-avgust kuni esa uni qo‘lida telefon go‘shagini ushlagan ko‘yi o‘lgan holda topishgan. Rasmiy o‘lim sababi haddan tashqari dozadagi uyqu dorisi deb topilgan. Norasmiy tarzda esa o‘z joniga qasd qilish yoki qotillik.
Filmni yakunlashning iloji bo‘lmagan va “Men qaytib keldim, azizim” nomi ostida yangi aktyorlar va rejissyor jamoasi bilan suratga olingan. Ammo Monro ijro etgan to‘qqiz soatlik kadr 37 daqiqalik ko‘rinishga keltirilib, ilk marta 2001-yil 1-iyun — aktrisaning 75 yoshga to‘lgan kunida namoyish etilgan. | 61 | 6,171 |
Madaniyat | Parijda suv ustidagi kinoteatr ish boshlaydi | 2002-yildan buyon har yozda Sena daryosining Luvr yaqinidan Syulli ko‘prigiga qadar bo‘lgan qirg‘og‘i plyajga aylanadi. Paris Plages shahar dasturi doirasida u yerga soyabonlar, palmalar o‘rnatiladi va voleybol maydonchalari quriladi, deb xabar beradi “Afisha.uz”.
18-iyul kuni Paris Plages 2020’ning qaytishi sharafiga birinchi bor “suvdagi kino namoyishi” bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar 2018-yilgi “Cho‘kmaydiganlar” fransuz komediyasini, shuningdek, pandemiyaga bag‘ishlangan Corona Story qisqa metrajli filmini tomosha qilishlari mumkin.
Seans bepul — birinchi tomosha uchun chiptalar lotereya ko‘rinishida o‘ynalgan, tomoshabinlar suv ustidagi qayiqlarga o‘tqaziladi. Buning uchun 38 ta elektroqayiq tayyorlab qo‘yilgan bo‘lib, ularning har biriga olti kishigacha odam sig‘adi (ular bir oilaning a’zolari yoki do‘stlar bo‘lishi kerak).
Qolgan tomoshabinlar uchun Sena qirg‘og‘iga 150 ta shezlong (yengil kresloning bir turi) o‘rnatiladi.
“Ko‘plab parijliklar ta’tilga chiqmaydi. Mehmonlar Parijga kelishlari mumkin, ayniqsa Fransiyaning boshqa hududlarida istiqomat qiluvchilar, xorijliklar emas. Va biz ularni mamnuniyat bilan kutib olishga va Parijdagi bayramona kayfiyatni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — deydi shahar meri.
Avvalroq xorijda odamlar karantin tartibini buzmasligi uchun onlayn-kinoteatrlar, ko‘ngilochar portallar bepul ishlayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Xitoyda karantindan keyin birinchi kinoteatr ish boshladi. Ammo hech kim kelmadi | 44 | 1,470 |
Madaniyat | Olmazor politexnika KHKda talabalar va teatr xodimlarining ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi | Olmazor politexnika kasb-hunar kollejida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Vatanni sevmoq baxti” mavzusida teatr xodimlari bilan talabalar o‘rtasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkiloti vakillari, ekspertlar, akademiklar, ijodkorlar, professor-o‘qituvchilar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda ustoz san’atkorlar tomonidan talabalar uchun ochiq suhbat uyushtirildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida she’riyat bahslari tashkil etildi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi. | 89 | 858 |
Madaniyat | Samarqand 2023-yilda Jahon turizm tashkilotining 25-assambleyasiga mezbonlik qiladi | Samarqand 2023-yilda Jahon turizm tashkilotining 25-assambleyasi bo‘lib o‘tadigan shahar sifatida tanlandi. Bu haqda tashkilotning Twitter sahifasida ma’lum qilindi.
Jahon turizm tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tanlovda Samarqandga Portugaliya poytaxti Lissabon raqiblik qildi. Yakunda 61 ta ovoz olgan Samarqand shahri tashkilotning 25-assambleyasi mezboni sifatida tanlandi (Lissabonda 51 ta ovoz).
???✈See you in 2023 at the 25th UNWTO General Assembly from Samarkand, Uzbekistan??!#UNWTOGA pic.twitter.com/ncpCjmSqxc
— World Tourism Organization (@UNWTO) December 2, 2021
“Bosh Assambleyaga mezbonlik qilish jahon turizm industriyasining yetakchi vakillari, ishbilarmonlar va investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, 158 ta a’zo davlatning 2 mingdan ortiq delegatsiya vakillari tashrifini tashkil etish orqali turizm sohasidan tushadigan daromadni oshirish imkonini beradi”, — deya tashabbusga izoh bergandi Aziz Abduhakimov. | 83 | 930 |
Madaniyat | Reper Dreyk uyi interyeri haqida so‘zlab berdi. U uxlaydigan matras 400 ming dollar turadi (foto) | Reper Dreyk Architectural Digest jurnaliga o‘z qasrini ko‘rsatdi va uning interyeri haqida so‘zlab berdi, deb yozadi Esquire.
Qo‘shiqchining Torontodagi 4600 kvadrat metrlik uyida ovoz yozish studiyasi, yopiq basseyn hamda mukofotlar uchun alohida xona mavjud.
Jurnal o‘quvchilarining e’tiborini eng ko‘p jalb etgan narsa bu — Dreykning karavoti bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, reper Hästens kompaniyasi tomonidan buyurtma asosida ishlab chiqarilgan Grand Vividus modelidagi qariyb 400 ming dollarlik matrasda uxlaydi.
“Men yotoqxonaga tashqi olamdan dam olish va hordiq chiqarish uchun kiraman. Karavotimda men o‘zimni suzayotgandek his etaman”, — deydi reper.
Shvetsiyaning Hästens oilaviy kompaniyasi ko‘plab mashhurlar uchun karavot va matraslar ishlab chiqaradi. Ularning narxi 15 ming dollardan boshlanadi.
Kompaniya egasi Linus Adolfssonning aytishicha, har bir matras ot tolasi, jun, paxta va zig‘ir kabi tabiiy materiallardan ishlab chiqarilgan. Kompaniya, shuningdek, o‘z matraslariga bir yil mobaynida bir necha marta xizmat ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatish narxi matras narxining ichida.
Grand Vividus modelidagi oddiy matras shunday ko‘rinishga ega.
Dreyk uchun esa reper uyining interyerini yaratgan dizayner Ferris Rafauli bilan birga maxsus matras ishlab chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, Dreyk 2018-yilda kuylagan In my feelings (“Tuyg‘ularimda”) yoki Kiki, do you love me? (“Kiki, sen meni sevasanmi?”) qo‘shig‘i bilan olamshumul mashhurlikka erishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda #kikichallenge xeshtegi ostida yurib ketayotgan mashinadan sakrab tushib, ushbu qo‘shiq sadolari ostida raqsga tushish va uni videoga olish ommalashdi.
O‘zbekistonlik taniqli qo‘shiqchilar, xususan, Yulduz Usmonova ham ushbu chellenjda ishtirok etgan, keyinroq Dreykning ushbu taronasini Shahriyor bilan birga kuylagan edi.
Selena Gomesning 5 mln dollarlik qasriga sayohat (foto) | 97 | 1,865 |
Madaniyat | Yaponiyada “O`zbekiston haftaligi” bo`lib o`tmoqda (foto) | O`zbekiston Respublikasi va Yaponiya o`rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada musnahkamlash maqsadida tashkil etilgan “O`zbekiston haftaligi” kunlari bir-biridan qiziqarli tafsilotlarga boy tarzda o`tmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
16 may kuni yaponiyaliklar O`zbekistonning go`zal tabiati, qadimiy obidalari, zamonaviy inshootlari, shuningdek, urf-odat va an`analari tarannum etilgan amaliy san`at ko`rgazmasini tomosha qildi.
O`zbek va yapon san`atkorlarining chiqishlari esa kunchiqar mamlakat san`at ixlosmandlarini hayratga soldi. Ayniqsa, milliy libosda sahnaga chiqqan “Surxon” guruhining xalq ohangida kuylanadigan “Sirg`ali qiz” qo`shig`i, “Gavhar” raqs ansamblining “Surnay lazgisi” xoreografik kompozisiyasi barchaga birday manzur bo`ldi. Kun davomida vakillarimizning Yaponiya parlamenti deputatlari, madaniyat agentligi rahbari R.Miyata, shuningdek, bir qator madaniyat va san`at namoyandalari bilan o`tgan uchrashuvlari ham samarali kechdi.
– O`zbekiston va O`zbekistonliklarga hurmatim cheksiz, – deydi Yaponiyaning mamlakatimizdagi sobiq elchisi K.Nakayama. – Ayniqsa, yurtingiz yoshlarining intiluvchanligi, bilimga chanqoqligini juda qadrlayman. Qolaversa, o`zbek xalqining madaniyati va san`ati ham barchaga namuna bo`ladigan darajada betakror. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarini eslasam yuragim orziqib ketadi. Chinakam mo`jiza!
O`zbekiston madaniyat vaziri o`rinbosari K.Oqilova rahbarligidagi madaniyat xodimlari va san`atkorlardan iborat delegasiya Tokio milliy muzeyida bo`lib, u erdagi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Tokio milliy muzeyi direktori M.Zeniya bilan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda muzeyga keluvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi, ular bilan ikki tomonlama do`stlik va hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.
Kecha “O`zbekiston haftaligi” tadbirlari Yaponiyaning eng go`zal shaharlaridan biri Nagoyada davom etdi. | 57 | 2,042 |
Madaniyat | Rejissor Akbar Bekturdiyev qizli bo‘ldi | Rejissor Akbar Bekturdiyev qizli bo‘ldi. Bu haqida rejissorning o‘zi jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“22-iyul kuni Sabriya ismli ikkinchi qizim dunyoga keldi. Xudoga shukr, farzandim ham, turmush o‘rtog‘im ham sog‘-salomat”, — dedi rejissor.
Ma’lumot uchun, Akbar Bekturdiyevning to‘ng‘ich qizining ismi Soliha bo‘lib, u uch yoshda.
Akbar Bekturdiyev “Jazo” (2007), “So‘nggi lahza” (2009), “Xavfli sarguzasht” (2010), “Muhabbatnoma” (2010), “Hur qiz” (2011), “Baxt uyi” (2011), “Salom sevgi, xayr sevgi” (2012), “Oyqiz ertagi” (2016) kabi filmlarni suratga olgan. | 39 | 573 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon Piter Gebrielning Londondagi konsertida ishtirok etdi (video) | 2014-yilning 3-dekabrida Sevara Nazarxon Piter Gebrielning konsertida maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi, deya xabar bermoqda xonandaning rasmiy sayti.
Konsert dasturi Londondagi Arena Wembley konsert maydonida bo‘lib o‘tdi. | 77 | 227 |
Madaniyat | “Toshkent xalqaro kinofestivali”ni tashkil etish bo`yicha konferensiya o`tkazildi | “Toshkent xalqaro kinofestivali”ni qayta tiklash va uni har yili muntazam o`tkazish” mavzusida anjuman tashkil etildi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qilmoqda.
Unda yurtimiz va xorijdan bir qancha kinomutaxassislar ishtirok etishdi. “Toshkent xalqaro kinofestivali”ni tiklash jarayoni, kutilayotgan maqsadli rejalar, yangi loyihalar bo`yicha muhokamalar o`rtaga tashlandi.
Anjumanda xorijlik mutaxassislar Joel Shapron, Benoi Ginisti, Birgit Boymers, Svetlana Slapke, Nizam Shaxin, Suda Apushi, Maxbuba Saidaxmedova, Roman Krasniskiy va boshqalar onlayn ravishda videomurojaat yo`lladilar.
Unda festivalning dasturini tuzish, o`tkazish sanalari, ijodiy kunlarini belgilash, shuningdek, badiiy jihatdan puxta va qiziqarli filmlarni taqdirlash, festival doirasida anjumanlar o`tkazish kabi masalalar ko`rib chiqildi. Xalqaro ekspertlar tomonidan mazkur festivalni o`tkazish bo`yicha tajriba almashish, amaliy jarayonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo`yicha tavsiyalar berildi. Eng asosiysi, mazkur festivalni Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida o`tkazish taklifi berildi.
Eslatib o`tamiz, “Toshkent xalqaro kinofestivali”ni qayta tiklash yuzasidan muhtaram yurtboshimiz 2020 yil Parlamentga murojaatnomasida alohida ta`kidlab o`tgan edi. | 81 | 1,283 |
Madaniyat | Ledi Gaga va Teylor Kinni to‘ylari uchun joy tanladi | Gollivud aktyori Teylor Kinni Ledi Gagaga rasman turmushga chiqish taklifini bildirmagan bo‘lsa-da, u uchun unashtiruv uzugini sotib oldi va uning otasidan nikoh uchun ruxsat so‘radi, deb yozadi “Segodnya.ua”. Juftlikning do‘stlari bu yaqin orada sodir bo‘lishini xabar qilmoqda.
Ledi Gaga ham vaqtini bekor ketkazmasdan, tantanali nikoh marosimiga asta-sekinlik bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qo‘shiqchi yaqinda Malibu sohilida uy sotib oldi, nikoh bazmini o‘sha yerda uyushtirishni rejalashtirmoqda. Uning dugonalari ta’kidlashicha, to‘y shu yilning yozida bo‘lishi mumkin.
Gaga va Teylor You and I klipini suratga olish jarayonida tanishgan. | 52 | 644 |
Madaniyat | “Labbay rais” filmi sentabr oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais” filmi sentabr oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Sentabr oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Labbay rais” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2”, Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Aldagani quda yaxshi”, “Bebahoginam” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
11-sentabr — 17-sentabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov
2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov
3-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov
4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov
5-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)
Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov | 104 | 1,212 |
Madaniyat | Orolmirzo Safarov “Bojalar” bilan duet kuyladi | 1—2-dekabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Bojalar” guruhining “50 foiz kulgi, 50 foiz qo‘shiq” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Dasturning ikkinchi kunida jurnalist Feruz Muhammad mehmon bo‘ldi.
Dasturda Jahongir Poziljonov O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov bilan “Faqat farzandlarim yig‘latma hayot” deb nomlangan duet taronasini taqdim qildi.
Ushbu qo‘shiqdan bir parcha jonli ijro qilgan Orolmirzo Safarov “Bojalar” bilan duet kuylaganini quyidagicha, hazilomuz so‘zlar bilan izohlab o‘tdi.
Jahongir Poziljonov faqat hajviya, komik qo‘shiqlar, kurakda turmaydigan qiliqlar bilan barchangizga yaxshi tanishdir. Shu yil u bilan bir ko‘rsatuvda ishtirok etganimizda men bilan duet qo‘shiq tayyorlashni taklif qildi. Yo‘q deb bo‘ladimi, mening ham tirikchiligim bor.
Orolmirzo Safarov, O‘zbekiston xalq hofizi | 46 | 846 |
Madaniyat | Sport ustasi Habibulla Nizomov Amir Temur rolini ijro etmoqda | Nozim Abbosov tomonidan suratga olinayotgan hujjatli filmda Amir Temur rolini sport ustasi Habibulla Nizomov ijro etmoqda. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
“Bu suratni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganimdan buyon savollar tinmayapti. Kun kelib menga bunday mas’uliyatli vazifani topshirishadi deb o‘ylamagan edim. Albatta, Amir Temur rolini har bir aktyor ijro etishni orzu qiladi. Nozim Abbosov tomonidan menga berilgan taklif kutilmagan bo‘ldi. Ushbu hujjatli filmda ikkita rolni ijro etganman”, — deydi Habibulla Nizomov. | 61 | 529 |
Madaniyat | Kanada va Norvegiya dunyodagi eng baland bug‘u haykali borasida bahslashmoqda | Kanadaning Mus-Jo shaharchasida 1984-yilda Mak ismli ulkan bug‘u haykali o‘rnatilgan. Betondan tayyorlangan bug‘uning og‘irligi to‘qqiz tonnani, balandligi esa 9,7 metrni tashkil qilgan. 30 yil davomida bu dunyodagi eng baland bug‘u haykali va shaharchaning eng asosiy yodgorligi bo‘lgan, deb yozmoqda Meduza.
Norvegiya 2015-yilda o‘zining bug‘u haykalini o‘rnatdi va barchasi o‘zgardi. Haykal po‘latdan quyilgan va Oslodan Trondxeymga boradigan trassa bo‘yida o‘rnatilgan. Yo‘l xizmatining fikriga ko‘ra, haydovchilar haykalning oldida to‘xtab dam oladi va shu tariqa tezlik pasayadi, YTHlar kamayadi. Sturelgen nomini olgan bug‘u Kanadadagi Makdan 30 santimetr baland bo‘lgan va shu tariqa uning dunyodagi eng baland bug‘u haykali maqomini olib qo‘ygan. Sturelgenni loyihalashtirgan norvegiyalik rassom Linda Bakkening ma’lum qilishicha, u o‘z haykalini ataylab Makning haykalidan baland qilgan.
Kanadaliklar to‘rt yil bunga munosabat bildirmadi. Biroq yaqinda blogerlar Jastin Rivz va Greg Mur video yozib, unda norvegiyaliklarning ishini haqorat, milliy g‘ururga suiqasd deb atagan. Ular Mus-Jo shaharchasi meri Frayzer Tolmidan Makning balandligini 31 santimetrga oshirish va “Osloning burnini yerga ishqab qo‘yish” uchun biror narsa o‘ylab topishni talab qilgan.
Tolmi jim turmasdan, shahar aholisini va butun kanadaliklarni Makni qanday qilib baland qilish haqidagi o‘z takliflarini jo‘natishga chaqirgan.
Merning aytishicha, shahar aholisi haykalning balandligini oshirish uchun allaqachon ko‘plab takliflar bergan. Ular orasida bug‘uga konki o‘rnatish, shlyapa kiydirish yoki eng ommabop bo‘lgan uning shoxini uzunlashtirish kabi takliflar mavjud. Blogerlar esa o‘z navbatida soz‘dan ishga o‘tib, GoFundMe saytida Makni balandroq qilish uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha kampaniyani ishga tushirgan. Belgilangan maqsad — 50 ming dollar. Birinchi besh kun ichida ular 2500 dollar to‘plashga erishgan.
Bu vaqtda esa norvegiyaliklar Kanadaning rekordni qaytarib olish rejasidan xabar topdi. Sturelgen joylashgan Stur-Elvdal kommunasi rahbarining o‘rinbosari linda Xenriksenning ma’lum qilishicha, ularning bug‘usi dunyodagi eng baland bo‘lib qolishi uchun bor imkoniyatni ishga solishga tayyor. Shahar meriyasi xodimining so‘zlariga ko‘ra, haykal konstruksiyasi uni 20 metrgacha ko‘tarishga imkon beradi. Faqat buni haykal muallifi Linda Bakkening roziligi bilan qilish mumkin. Ijodkor esa Kanada yoki boshqa davlat bo‘ladimi, haqini to‘lasa, Norvegiyadagidan ko‘ra balandroq haykal yasashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. | 77 | 2,529 |
Madaniyat | Xonanda Rayhonning konsert dasturidan fotoreportaj | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva bir yillik tanaffusdan so‘ng, 20—23-fevral kunlari Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida navbatdagi konsert dasturini taqdim etmoqda. Dasturning qiziq jarayonlaridan iborat foto lavhalarni e’tiboringizga havola etamiz. | 50 | 279 |
Madaniyat | Instagram: 135 ming dollarlik mashina xarid qilgan Zohirshoh Jo‘rayev, Yulduz Usmonovadan yangi qo‘shiq, Kivanch Tatlitug‘ bilan uchrashgan Madina Mumtoz | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Maryam Tillayeva Venetsiya shahrida bo‘lib o‘tayotgan kinofestivalda o‘zbek milliy matosi — atlasdan tikilgan ko‘ylakda ishtirok etmoqda.
Dilnoza Kubayeva “Yorijon” deb nomlangan qo‘shig‘iga videoklip suratga olinayotganini ma’lum qildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning sahifasiga u bilan ko‘rishishni orzu qilgan muxlisasi bilan bo‘lgan samimiy suhbati aks etgan video joylashtirildi. Ozodbek Nazarbekov muxlisasiga guldasta sovg‘a qilib, iliq tilaklarni bildirgan.
Umid Iskandarov Ulug‘bek Qodirov bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Madina Mumtoz Istanbul aeroportida turkiyalik taniqli aktyor Kivanch Tatlitug‘ni ko‘rib qolgani haqida muxlislariga so‘zlab berdi.
Shahzoda Muhammedova orzu qilishdan hech qachon to‘xtamaslik kerakligini aytib, bu uning eng asosiy omad qoidasi ekanligini ta’kidladi.
Xonanda Ziyoda Samarqand viloyatida yashovchi jajji muxlisasining orzusini amalga oshirib, uning uyiga tashrif buyurdi.
Shahzoda Matchonova Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrining ochilishiga bag‘ishlangan simfonik orkestr konsertini tomosha qilib, zavqlangani haqida so‘zlab berdi.
Zohirshoh Jo‘rayev Toshkentdagi narxi taxminan 135 ming dollar bo‘lgan Toyota Land Cruiser 300 avtomobilini xarid qildi. Bu haqda aktyor Davron Asqaraliyev o‘z sahifasida xabar berdi.
Xonanda Dineyra qizalog‘i bilan tug‘uruqxonadan uyga chiqdi.
Yulduz Usmonova yangi qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etdi.
“Xo‘ja” guruhi yakkaxoni Izzat Ibragimov nevarasi bog‘chaga chiqqani haqida kuzatuvchilariga so‘zlab berdi. | 153 | 1,676 |
Madaniyat | “Ozodbek Nazarbekov meni masxara qilyapti, deb o‘yladim”. Maxset O‘temuratov o‘zi ijro etgan Chingizxon roli haqida gapirib berdi | O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida xizmat ko‘rsatgan artist Maxset O‘temuratov Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipida qanday suratga tushgani haqida gapirib berdi, deb yozadi “Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri.
— Bir kuni Ozodbek “Maxset do‘stim, sizlarda iqtidorli aktyorlar ko‘p. Menga Chingizxon rolini ijro etadigan aktyorning rasmlarini yuborsangiz”, — dedi. Shundan so‘ng teatrdagi bir nechta aktyorlarning rasmlarini yubordim. Qarab o‘tirdik, “yana yubor, yana yubor”, deganidan so‘ng, qo‘lim bo‘sh paytoda teatr grimyor xodimidan iltimos qildim, “Menga soqol qo‘yib, chiroyli qilib grimlab bering, do‘stimga yuboray”, — dedim. Shu tariqa hazillashib teatr kiyimlarini kiyib, “Mana bu odam qalay?” — deb rasmni yubordim. Ko‘rdi, biroq men ekanimni tanimadi. Meni tanimaganini, meni masxara qilyapti deb tushundim. “Aynan shu odam kerak edi menga, shu odamni izlayapman. Nimaga avvalroq menga shu odamni rasmini yubormadingiz?” — dedi. Shundan so‘ng men ham hazillashdim. Boisi meni tanib turib, meni ustimdan kulyapti deb o‘yladim-da, “Ozodbek do‘stim, bu inson sening klipingga tushmaydi. U katta odam. Barcha kinolarda, hattoki Qozog‘istondagi katta-katta filmlarda rol ijro etib yurgan qoraqalpog‘istonlik aktyor akamiz, ustozimiz hammamizning”, — deb hazillashdim. Biroq u hazillashganim sari jiddiy tushundi. Bir payti qarasam, “O‘sha insonning telefon raqamini bering menga, shu odam bilan gaplashay”, — dedi. “Yaxshi, mana”, — deb o‘z raqamimni berdim. Keyin “O‘zingizning raqamingizni berdingiz-ku”, — dedi. Men aytdimki, “O‘sha odam hozir yonimda edi, shu raqamga telefon qilavering”. Voqealar rivoji jiddiy tus ola boshladi. Telefonda “Ha, Ozodbek o‘g‘lim, yaxshimisan, sog‘liqlaring yaxshimi?” — dedim. Ozgina gaplashganimizdan so‘ng, “Hoy Maxset, sen odamni jinni qilding-ku” — deb kulib yubordi.
O‘sha paytda “Mendirman” klipining bosh rejissorlari Nodir aka, Xurshid akalar ham birga o‘tirgan ekanlar. Rosa kulishdik. Keyin Ozodbek “Bo‘ldimi, unda Maxset shu rolda o‘ynaydimi?” — deya rejissorlarga yuzlandi.
Hazillashaman deb, oxiri hazil chinga aylandi. Natijada 10-may kuni Jizzaxning Zomin tog‘larida klip syomkasi boshlandi. Do‘stimiz iltimosiga binoan talab qilingan ko‘rinishlarni ijro etib berdim. Men o‘ynagan Chingizxon obrazini suratga olish uchun 5 kun vaqt ketdi. Yaqinda klip premyerasi payti Toshkentda Ozodbek Nazarbekov bilan birga ushbu klipni tomosha qildik. Klip yaxshi olingan, tan olish kerak. Biroq u yerda bosh qahramon Chingizxon emas, Jaloliddin Manguberdi.
Chingizxon filmlarini ko‘rgan insonlar aytdiki, sizning yuzingizda Chingizxonning g‘azabi ko‘rinmagan, sizning yuzingizda kulgi bilinib turibdi. Chingizxon yovuz odam bo‘lgan, uning ko‘zlarini ko‘rganda “odamni yeb qo‘yadigandek” bo‘lgan. Siz esa muloyim Chingizxon bo‘lib qolgansiz, deyishdi (kuladi). | 129 | 2,857 |
Madaniyat | Taniqli aktyor Nikolas Keyj 57 yoshida beshinchi marotaba oila qurdi (foto) | Mashhur Gollivud aktyori Nikolas Keyj beshinchi marotaba oila qurdi. 57 yoshga to‘lgan aktyorning navbatdagi rafiqasi Riko Shibata 26 yoshda. Ularning nikoh marosimida juftlikning yaqinlari, jumladan, uning sobiq turmush o‘rtog‘i Elis hamda o‘g‘li Kel ishtirok etgan. Marosim Las-Vegasda, Wynn Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan.
Nikolas Keyj va Riko Shibata
Muxlislar bu safar aktyorga omad kulib boqishiga umid qilmoqda. Sababi u avval ham 4 marta oila qurgan. Ilk bora u 1995-yilda aktrisa Patrisiya Arkettga uylangan, ammo oradan 6 yil o‘tib, nikohi buzilgan.
Nikolas Keyj va Patrisiya Arkett
Aktyorning ikkinchi rafiqasi Elvis Preslining qizi Liza Mariya Presli edi. Ular 2002-yilda turmush qurgan va to‘ydan, taxminan, uch yarim oy o‘tib ajrashgan.
Nikolas Keyj va Liza Mariya Presli
Koreyada tug‘ilgan ofitsiant qiz Elis Kim Keyjning uchinchi rafiqasiga aylangan edi. Ular 2005-yilda Kel ismli o‘g‘il ko‘rgan. Ushbu nikoh avvalgilariga nisbatan ancha uzoq − 11 yil davom etdi. Ajrimdan keyin ham ular do‘stona munosabatni saqlab qolgan. Aktyorning aktrisa Kristina Faltondan Ueston Koppola Keyj ismli 30 yashar o‘g‘li ham bor.
Nikolas Keyj va Elis Kim
2019-yilning bahorida aktyor 36 yashar Erika Koyke bilan turmush qurgan. Juftlikning nikoh marosimi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan. Ammo oradan 4 kun o‘tib, Keyjning o‘zi nikohni bekor qilish talabi bilan sudga murojaat qilgan. Keyinchalik aktyor nikoh qayd etilgan kuni mast ekanligi hamda nima bo‘lganini anglamagani, shuningdek, Erika u bilan parallel ravishda boshqa bir inson bilan munosabatda bo‘lgani, o‘zining “jinoiy o‘tmishi” haqida aytmaganini ma’lum qilgan. | 75 | 1,630 |
Madaniyat | Yosh aktyor Alan Kim avval itini sayr qildirib, so‘ng “Oskar”ning qizil yo‘lakchasiga tashrif buyurdi (foto) | Turli kinomukofotlarning virtual qizil yo‘laklarida porlashga ulgurgan “Minari” filmining yulduzi, yosh aktyor Alan Kim “Oskar”ning taqdirlash marosimiga keldi. Marosim uchun u bu safar ham Amerikaning Thom Browne bolalar kiyimlari moda brendining kostyumidan foydalangan, deb yozadi Esquire.
Alan taqdirlash marosimiga onasi Viki Kim bilan tashrif buyurgan.
Ammo muhim marosim avvalida Alan itini sayr qildirishni unutmagan.
Shundan so‘ng qizil yo‘lakda raqs tushishga ham ulgurgan.
Alan S. Kim dancing on the red carpet omg we can't #Oscars pic.twitter.com/W9XQM8u6IO
— British GLAMOUR (@GlamourMagUK) April 25, 2021
Avvalroq “Ota” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotining eng yaxshi erkak nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan aktyor Entoni Hopkins taqdirlash marosimida ishtirok etmagani va o‘zining ismi e’lon qilingan vaqtda Uelsdagi uyida uxlab yotgan bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 108 | 907 |
Madaniyat | Aktyor Umid Iskandarov: Ayolimni ilk bor ko‘rganimda, unga gap otganman | Aktyor Umid Iskandarov va uning turmush o‘rtog‘i Renata o‘zlarining muhabbat tarixini yodga oldi, deb xabar beradi “Bekajon” gazetasi.
“Tanishuvimiz juda ham oddiy bo‘lgan. Ijodga endigina qadam qo‘ygan vaqtlarim edi, – deya gap boshladi aktyor. – Bir kuni ko‘ngil yozish uchun boqqa sayrga chiqdim. Renata ham ukasi bilan sayr qilib yurgan ekan. Uni ko‘rib, yoqtirib qoldim. Unga gap otdim (kuladi). Yaqindan tanishish uchun harakat qilganman”.
“To‘g‘risi, bu bir ko‘rishda muhabbat bo‘lgan, – dedi Renata Iskandarova. – Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imning aktyor ekanini bilmaganman. Men uchun u oddiy, kelishgan, yaxshi yigit edi, xolos. Ko‘pchilik bizni syomka vaqtida uchrashgan, deb o‘ylashadi. Turmush qurganimdan bir yil o‘tgachgina tanishlarimning taklifi bilan pardozchi bo‘lib ishlay boshlaganman”. | 71 | 805 |
Madaniyat | Soch turmagida mashhurlarning suratlarini aks ettiradigan toshkentlik sartaroshning san’at asari darajasidagi ishlari (foto, video) | Toshkentlik sartarosh Shuhrat Ismatullayev soch tatuirovkasi (fade & hairtattoo) yo‘nalishida ijod qilib, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining hayratiga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro sartaroshlik tanlovlarining uch karra chempioni hisoblanuvchi Shuhrat soch turmaklarida tarixiy shaxslar, aktyor va xonandalar, hattoki davlat rahbarining ham suratini aks ettirgan.
Shuhrat Instagram’dagi 15 ming nafar kuzatuvchisiga muntazam ravishda o‘zi yaratayotgan san’at asari darajasidagi ishlarini ko‘rsatib kelmoqda. Uning sahifasiga joylangan oxirgi ishi, ayniqsa, keng muhokama va qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Ushbu soch turmagida Shohruhxon va Asal Shodiyevaning rasmi aks etgan. Xonanda va aktrisa Shuhratning ushbu postiga layk bosdi hamda o‘z sahifalarining Stories’iga videoni joyladi.
Shuhrat Ismatullayev o‘z navbatida bu shunchaki o‘zi yoqtirgan mashg‘ulot ekanligi, suratlarni chizishda qalamdan ham foydalanishi hamda bunday soch turmaklarini targ‘ib qilmayotganini yozib qoldirgan.
Rossiyalik xonandalar Timati va Morgenshtern.
Shuhrat Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi to‘qnashuvlar mavzusidagi Street Art’dan ilhomlanib, uni soch turmagida aks ettirishga qaror qildi. “Bolalar urush nimaligini bilmasin!” deb izohlanadi ushbu surat.
Shuhrat o‘z ishlaridan birida Mustaqillik bayrami munosabati bilan Prezident va bayroq suratini aks ettirgan.
9-aprel buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan chizilgan surat:
Shuhrat Ismatullayev o‘z ijodida jahon san’ati klassik namunalariga ham murojaat qiladi. Mona Liza portreti. | 131 | 1,549 |
Madaniyat | Raqqosa va aktrisa Shodiyora Omonova turmushga chiqdi (foto, video) | Ijtimoiy tarmoqlarda raqqosa va aktrisa Shodiyora Omonovaning to‘yi aks etgan videolar tarqalmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘y Shodiyora tug‘ilib o‘sgan Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan.
28 yoshli Shodiyora Omonova aktrisa sifatida bir nechta kliplarda suratga tushgan. Masrur Usmonovaning “Yodingdamu?” klipi unga mashhurlik olib kelgan.
Shodiyora 2014-yilda “E’tirof” taqdimot marosimida “Yilning eng yaxshi raqqosasi” sifatida e’tirof etilgan. | 67 | 447 |
Madaniyat | Asal Shodiyevaning singlisi opasi uning hayotini saqlab qolgani haqida so‘zlab berdi | Aktrisa Asal Shodiyeva bugun, 6-aprel kuni tavallud ayyomini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan aktrisaning do‘stlari, yaqinlari va oila a’zolari Asalni tug‘ilgan kuni bilan tabriklamoqda, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Jumladan uning singlisi Robiya Shodiyeva Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali opasiga atalgan samimiy dil izhorini yozib qoldirdi.
“O‘tmishga nazar tashlab, siz bilan o‘tgan bolaligim (u haqiqatan ham bo‘lgan)ni tabassum bilan yodga olaman.
Kun bo‘yi ko‘chada o‘ynaganlarimiz, do‘stlarimiz bilan kartoshka qovurganimiz, sayrga chiqqanlarimiz yodimda. Onam esa biz biroz bo‘lsa ham uyda o‘tirishimiz uchun bizga kuchukchalar, quyonchalar, baliqchalar va hatto jo‘jachalar sovg‘a qilardilar. Har yili lagerdagi sarguzashtlarimiz-chi, bir safar cho‘kib ketishimga bir bahya qolganida siz meni qutqarib qolgansiz. Biz har doim ota-onamiz oldida bir-birimizning ayblarimizni yashirardik. Uyda ko‘p gilos bo‘lishiga qaramay, yangi ko‘ylak kiyib, qo‘shnimiznikiga gilos o‘g‘irlagani borganimiz yodimda.
Men bolaligimdan akam bo‘lishini orzu qilardim. Siz har doim menga akam o‘rnini bosgansiz. Siz har doim tarafimni olar va meni himoya qilar edingiz. Mendan bir yoshgina katta bo‘lsangiz ham hamma sizdan qo‘rqardi. Siz o‘sha vaqtlarda cho‘qintirgan ota edingiz. Bugun har birimizning o‘z oilalarimiz bor. Siz haqiqiy go‘zallik timsoli, latofatli kelinchak va g‘amxo‘r rafiqa bo‘ldingiz. Men siz va sizni ko‘z qorachig‘idek asrovchi turmush o‘rtog‘ingiz uchun juda ham baxtliman.
Men sening eng yaxshi talqiningni bilmayman, biroq eng yaxshisiga muntazam intilish meni ilhomlantiradi. Sen —mening yagonamsan, Sen — chunki sendan yaqinrog‘im yo‘q, Siz — chunki Sizga bo‘lgan hurmatim cheksiz. Tug‘ilgan kuningiz bilan!”, — deb yozdi Robiya Shodiyeva.
Nashr eslatishicha, Robiya bir vaqtlar “Bojalar” guruhining a’zosi bo‘lgan Shahzod ismli yigitga turmushga chiqqan. Ularning Amir ismli o‘g‘il farzandlari bor.
Robiya o‘z tabrigida Asal Shodiyeva uning o‘g‘li Amirni ko‘rishga deyarli har kuni kelishi, o‘z navbatida uning o‘g‘li Amir ham xolasini ko‘rganida unga talpinishini ham bayon qilgan. | 84 | 2,102 |
Madaniyat | Afsonaviy Merilin Monro dunyoga tanilmasidan avval qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) | Sochlari sariq, qizil lab bo‘yoqli jozibador Merilin Monro mashhurlikka erishmasidan avval qanday ko‘rinishda bo‘lgan?
Norma Jin Mortenson – Merilinning birinchi ismi, uning bolaligi juda qiyinchilikda kechgan. U onasining ruhiy muammosi bo‘lganligi, jinsiy zo‘ravonlikni boshdan kechirgani va hatto duduqlana boshlaganligi sababli boshqa oilada voyaga yetgan.
16 yoshida Norma birinchi marta Jeyms Dogertiga bilan turmush qurgan, ammo ular uzoq vaqt birga yashamagan.
Kelajakdagi super yulduzning hayoti 1944-yilda o‘zgargan. U zavodda ishlab yurgan kezlari suratkash yigit bilan uchrashgan. U targ‘ibot uchun harbiy ishlab chiqarishdagi ayollarning suratlarini olgan. U Normani soatiga 5 dollar pul evaziga suratga tushishga taklif qildi, qiz esa rozi bo‘lgan. Shunday tarzda kelajakdagi Merilin Monroning modellik faoliyati boshlangan.
Merilin tez orada u Gollivudning eng yorqin yulduzlaridan biriga aylandi. Shuhrat, pul, muxlislar – bularning barchasi unga baxt keltirmadi. 1962-yilda Monro o‘z joniga qasd qildi.
Ushbu suratlar uning Norma Jin Mortenson bo‘lgan paytida kadrlarga muhrlangan. Bu halokatli va sirli kino yulduzi emas. | 85 | 1,145 |
Madaniyat | Qizining unashtiruvi uchun Hosila Rahimova 20 ta tuya va 20 ta otni mukofotga qo‘yib, ko‘pkari tashkil qildi (foto) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova Surxondaryoning Denov tumanida katta ko‘pkari uyushtirgani haqida “Darakchi” xonandaning matbuot kotibiga asoslanib ma’lum qildi.
Ko‘pkari Hosila Rahimovaning o‘g‘li Muhammadmirzoning sunnat to‘yi hamda qizi E’tiborxonning unashtiruv marosimi sharafiga tashkil qilingan. Kun davomida qor yog‘ib turgan bo‘lsa-da, ko‘pkari ertalab 9 dan kechki 7 ga qadar davom etgan.
Hosila Rahimovaning “Bos-bos qamchi bos” taronasi bilan ochilgan ko‘pkarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning turli burchaklaridan chavandozlar tashrif buyurgan. Chunki mukofot sifatida 20 ta tuya, 20 ta ot, 30 ta qo‘y va 40 ta echki o‘ynalgan. | 115 | 671 |
Madaniyat | “Ularni ko‘rib, oyog‘imning uchigacha muzlab ketganman” – Nasiba Abdullayeva afsonaviy san’atkor Botir Zokirov haqida | O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Botir Zokirov san’ati davomchilari” respublika ko‘rik-tanlovining 25-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimidan so‘ng jurnalistlarga intervyu bergan O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ustozi Botir Zokirov bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berdi.
“Eshikni ochib, meni kuzatayotgan ekan”
— 1980-yil O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va san’ati kunlari o‘tkazildi. O‘sha paytda 18 yoshda edim, Samarqand filarmoniyasida ishlardim. Meni Ozarbayjondan kelgan orkestr bilan qo‘shiq ijro etish uchun Toshkentga taklif etishdi.
Konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtimizda, xonaning eshigi qiya ochilgan holatda kimdir meni eshitayotganini his qildim. Darrov o‘sha tomonga ko‘z yugurtirib, eshik oldida turgan odamni tanigach, oyog‘imning uchigacha muzlab ketganman rosti. Sababi buyuk san’atkor Botir Zokirov eshikni ochib, meni tinglab, kuzatayotgan ekan. Oradan shuncha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, ularning o‘sha ko‘z qarashi, o‘sha ko‘zlardagi ma’no va iliqlik haligacha yodimda.
“U qizcha uzoqqa boradi”
— Repetitsiya tugaganidan so‘ng biz foyeda ko‘rishib qoldik. O‘shanda ular “Tog‘ bulog‘idek toza ovozing bor ekan, ovozingni asragin. Eng muhimi, yoshgina qizcha ekansan, hozirgi ma’sumiyatingni, kamtarligingni va san’atga muhabbatingni asragin”, degan edi. Botir akamning bu so‘zlari har doim quloqlarim ostida jaranglaydi.
Keyinchalik Botir akam ukasi Farruh akamga “Agar hech kim xalaqit bermasa, o‘zini ustida ishlashini tashlab qo‘ymasa, u qizcha san’at olamida uzoqqa boradi. O‘sha kunlarni men ko‘rarmikinman?”, degan ekan.
“Ularda san’atga fidoyilik kuchli edi”
— Botir akamning eng oxirgi marta sahnaga chiqishlarida ham birga bo‘lganmiz. 1984-yili O‘zbekiston SSSRning 60 yilligi nishonlanadigan juda katta davlat bayrami tashkil etildi. Aynan shu bayram bilan “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi ochilgan va u yerda o‘tkazilgan birinchi konsert o‘sha dastur bo‘lgan.
O‘sha paytda Botir akam juda qattiq kasal bo‘lgan. Ularda san’atga fidoyilik va mas’uliyat shu darajada kuchli ediki, shifokorlar nazoratida reanimatsiya bo‘limidan konsertga tayyorgarlik mashg‘ulotlariga kelib-ketib yurgan. O‘sha konsertdan keyin bir oyga ham bormay, Botir akamni yo‘qotdik.
“Muhabbatiga sazovor bo‘lganman”
— Men erishgan yutuqlarim uchun emas, shunday insonni ham nasihatini, ham suhbatlarini olganim, ham qaysidir ma’noda muhabbatiga sazovor bo‘lganim uchun o‘zimni baxtiyor va omadli deb hisoblayman. Botir akamdan nafaqat san’at sirlarini, balki odamiylik bilan bog‘liq ko‘p narsalarni ham o‘rgandim.
“Boshqa bir dunyoni kashf etishadi”
— Bugungi yoshlar Botir akamning qo‘shiqlarini ijro etishdan avval faqat so‘zlari, musiqalarini emas, ularning shaxsiyatini ham o‘rganishlarini xohlardim. Agar shaxsiyatini o‘rganishga qunt qilishsa, o‘zlari uchun boshqa bir dunyoni kashf etishadi. Ustozimning joylari jannatda bo‘lsin!
“Daryo” muxbiri Mirolim ISAJONOV yozib oldi | 117 | 2,979 |
Madaniyat | Betmen roli ijrochisi Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi | O‘tgan asrning 60-yillarida “Betmen” teleserialida bosh qahramonni o‘ynagan amerikalik aktyor Adam Uest 89 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.
Ko‘p yillar davomida oqqon kasaliga qarshi kurashib kelgan aktyor Los-Anjelesda, yaqinlari qurshovida vafot etdi.
Uest ABC telekanalida “Betmen” teleserialida bosh rolni ijro etgach, mashhurlikka erishdi. U shundan keyin yana bir necha serial va filmlarda o‘ynadi, biroq avvalgidek muvaffaqiyatga erishmadi. Uest “Olmoslar abadiy” filmida Jeyms Bond roliga nomzod sifatida ko‘rilgandi, biroq tasdiqlanmadi.
1980-yillar boshlarida aktyor animatsiya filmlariga ovoz berishni boshladi. U “Simpsonlar”, “Mo‘jizakor ota-onalar”, “Kim Besh plyus bilan”, “Betmen” va “Griffinlar” seriallarida ishtirok etgandi. | 56 | 779 |
Madaniyat | “Sektor 7”: Bulutlar bilan do‘stlashgan bola haqida grafik roman | “Sektor 7” romani muallifi amerikalik illyustrator Devid Visner birorta ham so‘z qatnashmagan — faqat suratlardan iborat bolalar kitoblarini yaratadi, deb yozadi Meduza.
Visner buni “so‘zsiz hikoya qilish” deb ataydi. “Sektor 7” Empayr-steyt-bildingga maktab ekskursiyasiga yo‘l olgan bola haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon kuzatuv maydonchasida do‘stona bulut bilan tanishib qoladi. U bolani Bulutli taqsimot markaziga olib boradi — u yerda bulutlar yaratilib, turli mamlakatlarga yuboriladi. Meduza romandan parchani taqdim etadi. | 64 | 534 |
Madaniyat | Maryam Uzerli “Muhtasham yuz yil” serialining suratga olish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida so‘zlab berdi | Bundan 9 yil avval “Muhtasham yuz yil” serialidagi roli sabab mashhurlikka erishgan Maryam Uzerlining 2013-yilda 3-faslni suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin serialni tark etishi muxlislar uchun kutilmagan holat bo‘lgan. Charchatadigan ish grafigi joniga tekkanidan o‘zini robotdek his qilgan aktrisa serialni suratga olish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi.
Marie Claire jurnaliga bergan intervyusiga qaraganda, turk tilida yaxshi gapira olmagani Maryamga serialni suratga olish jarayonida bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqargan. Suratga olish ishlarining boshlaridan turk tili bilan muammolari bo‘lgan, ammo vaqt o‘tishi bilan ularning bartaraf bo‘lib borishi unga motivatsiya bo‘lgan hamda o‘rgangani sari oson bo‘lganini ta’kidlagan.
Maryamning turk tilida yaxshi gaplasha olmasligining boisi onasi nemis va otasi turk ekani, ular oilasida nemis tilida gaplashgani va otasi turkcha savol berganida ham nemis tilida javob bergani bilan bog‘liq.
Avvalroq aktrisaning ikkinchi marta farzand kutayotgani haqida xabar berilgandi. Maryamning ta’kidlashicha, chaqaloq 2021-yilning yanvar oyida dunyoga keladi. | 128 | 1,148 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva Gulnora Karimova unga “zapret” qo‘yganidan keyin o‘zini o‘ldirishga uringani haqida so‘zlab berdi | Munisa Rizayeva MyDay stories loyihasiga bergan intervyusida bundan bir necha yil avval Gulnora Karimovaning topshirig‘i bilan “zapret”ga tushgani va bu holat unga qattiq ta’sir ko‘rsatgani haqida so‘zlab berdi.
“Gulnora Karimovaga men haqimda turli asossiz gap-so‘zlar yetkazishgan. Meni uning nomini sotishda ayblashgan. Masalan, meni yo‘lda YPX xodimlari to‘xtatganida, men ularga ‘Guli Karimovaning dugonasiman’, deb aytganmishman, go‘yo. Bu birinchisi. Bundan tashqari, o‘sha vaqtda unga yaqin bo‘lgan bir guruh ayol xonandalar Karimovaga men haqimdagi bo‘lmag‘ur gaplarni gapirgan. Ularning kimligini juda yaxshi bilaman, hozirgacha ular bilan yaxshi munosabatdaman. Biroq ular mening bu vaziyatdan xabardorligimni bilishmaydi. Men hozirga kelib, ularning nega bunday qilganini tushunyapman. Bu gaplar M&TVA taqdirlash marosimidan bir kun avval bo‘lgan. O‘shanda menga “Yil qo‘shig‘i” va “Yil xonandasi” nominatsiyalarida mukofotni berishmoqchi bo‘lishgan. Shuning uchun ushbu ‘intriga’ atayin uyushtirilgan. Gulnora Karimova men haqimdagi gaplarga ishongan va ‘bo‘ldi, unga hech qanday mukofot bermaysizlar. Hamma yoqdan haydaysizlar’ deb ko‘rsatma bergan. Shundan so‘ng meni Terra kompaniyasidan haydashgan. Mening kompaniya bilan besh yillik shartnomam bor edi o‘shanda. Men Sevara Nazarxon bilan ‘Golos’ loyihasida qatnashayotgan edim, Terra’ning direktori menga qo‘ng‘iroq qilib, Guli sening ‘Golos’da qatnashishingni istamayapti, tez Toshkentga qaytsang qayt, bo‘lmasa, ‘zapret’ga tushasan, dedi. Men ‘Golos’ning hamma saralash bosqichlaridan o‘tgan edim. Shunga qaramay, loyihadagi ishtirokimdan voz kechib, Toshkentga qaytib keldim, lekin baribir ‘zapret’ga tushdim. Yetti oy mendan hamma yuz o‘girdi. Hamma o‘zidan qo‘rqib men bilan gaplashishga qo‘rqardi. O‘zimni xuddi o‘lgandek his etardim. Hatto, yurak xuruji bilan kasalxonaga ham tushib qolganman, ota-onam meni yo‘qotishiga bir bahya qolgan. O‘zimni osib o‘ldirishga ham uringanman”, — deydi Munisa Rizayeva.
Ma’lumot uchun, M&TVA musiqa, tele va videomahsulotlar uchun O‘zbekiston milliy mukofoti bo‘lib, u 2005—2012-yillarda qator san’at sohasi, radio va teleboshlovchilar, aktyor va rejissorlarga topshirilgan. Xonanda Munisa Rizayeva 2012-yilda nomzodlar orasida bo‘lgan. | 113 | 2,249 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” yulduzi serialning so‘nggi mavsumi qachon chiqishini ma’lum qildi | “Taxtlar o‘yini” serialida Sansa Stark rolini ijro etib shuhrat qozongan aktrisa Sofi Tyorner serialning so‘nggi mavsumi qachon chiqishi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda, Variety nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, oxirgi mavsum muxlislarga 2019-yili taqdim etiladi.
Shuningdek, u shu yilning oktabrida syomka jarayoni boshlanganini, suratga olish ishlari 6-¬¬7 oydan so‘ng tugashini ma’lum qildi.
Parallel ravishda Tyorner “Iks odamlar: Qora Feniks” filmida suratga tushmoqda. | 82 | 504 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi Xolli Berri yangi filmning suratga olish vaqtida qovurg‘asini sindirib oldi | Gollivud aktrisasi Xolli Berri “Ko‘kargan” filmida suratga tushmoqda. Suratga olish vaqtida u qovurg‘asini sindirib oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Berri MMA jangchisi Jeki Jastis rolini ijro etadi va jangari filmning birinchi suratga olish kunidayoq jarohat olgan. Biroq shunga qaramay, u ishlashni davom etmoqda.
“Xolli — alohida namuna. Ko‘plab artistlar bilan ishlaganman, ammo hech kimda bunday mehnat etikasini ko‘rmaganman”, — deydi tryuklar koordinatori Erik Braun.
Bundan tashqari, 54 yoshli Berri ushbu filmga rejissorlik ham qilmoqda.
Avvalroq Kit Xarington “Taxtlar o‘yini”dan keyin ruhiy sog‘lig‘ini tiklash uchun bir yillik ta’tilga chiqqanini so‘zlab bergandi.
Jonni Depp, Sandra Bullok va Sharliz Teron: o‘lim bilan yuzma-yuz kelgan yulduzlar (foto) | 92 | 781 |
Madaniyat | Billi Aylishning uyi Google Maps’dan yo‘qolib qoldi. Bunga qo‘shiqchining uyida mehmon bo‘lishni istagan muxlislar aybdor | Amerikalik qo‘shiqchi Billi Aylishning uyini Google Maps’dan ko‘rmoqchi bo‘lgan muxlislar endilikda faqat bejalgan dog‘ga duch kelmoqda. Bunga qo‘shiqchining oilasini qo‘rqitib qo‘ygan yoqimsiz voqea sabab bo‘lgan. Shu sababli Billi Aylish Google bilan ko‘plab yulduzlar orzu qiladigan alohida kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar beradi Medialeaks.
18-may kuni Billi Aylishning uy manzili internet tarmog‘ida tarqalib ketganidan so‘ng, qo‘shiqchi Google Maps’dan uyining 3D ko‘rinishini berkitib qo‘yishni so‘ragan. Endilikda qo‘shiqchi oilasi bilan yashaydigan Los-Anjelesdagi uy o‘rnida bejalgan dog‘ turibdi.
Taxminlarga ko‘ra, Aylishning bunday qilishiga notanish shilqim yigitning uyi oldida tez-tez paydo bo‘lib qolgani va bu yerdan ketishdan bosh tortib, xatti-harakatlari bilan butun oilani qo‘rqitgani sabab bo‘lgan. Shu kabi holatlardan keyin qo‘shiqchi sudga murojaat qilgan va yigitning o‘ziga 180 metrdan yaqin kelmasligi bo‘yicha rasman hukm chiqartirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Aylish Google’dan o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga oid masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashishni so‘ragan yagona mashhur emas. Servis o‘z xaritasidan Pol Makkartni, Lili Allen va boshqa yulduzlarning ham uyini “o‘chirib tashlagan”. Bundan tashqari, Google vakillarining ta’kidlashicha, har qanday odam kompaniyaga murojaat qilib, xaritadan o‘z uylari yoki shaxsiy hayotga daxl qiladigan binoni yashirib qo‘yishni so‘rashi mumkin. | 121 | 1,435 |
Madaniyat | Zarina Nizomiddinova Toshkentdagi hashamatli xonadonini ko‘rsatdi (video) | Aktrisa Zarina Nizomiddinova “Shok.uz” YouTube-kanaliga bergan intervyusida Toshkentdagi hashamatli xonadonini ko‘rsatdi. Zarinaning poytaxt markazida joylashgan xonadoni 4 xonadon iborat bo‘lib, unda ikkita yotoqxona, bitta zal, bitta garderob xonasi, oshxona hamda ikkita yuvinish xonasi mavjud.
Aktrisa ayni paytda oilasi bilan Rossiyaning Moskva shahrida yashayotgani bois Toshkentdagi xonadoniga bir yilda bir marta kelib ketadi. Boshlovchining “Uyingizni kim olib bergan?” degan savoliga aktrisa ushbu xonadonni o‘zi ishlagan pullarini yig‘ib, xarid qilganini aytib o‘tgan. Shuningdek, Zarinaning aytishicha, u hozircha turmush o‘rtog‘ining ishi tufayli Moskvada yashaydi. Biroq o‘g‘li Saidumar biroz katta bo‘lgach, filmlarda rol ijro eta boshlaydi.
Zarina, shuningdek, intervyu davomida qimmatbaho garderob elementlari, xususan, sumka hamda oyoq kiyimlarini ham ko‘rsatib o‘tgan.
Zarina Nizomiddinova qachon O‘zbekistonga qaytishi hamda kinodagi faoliyatini davom ettirishi haqidagi savolga javob berdi (foto, video) | 73 | 1,025 |
Madaniyat | Foto: Yigitali Mamajonov — xonadonda. Yonida boshqa qiz bilan | Xonanda Lolaning ma’muri — Amaliya Husnitdinovaning Instagram’dagi sahifasida uning aktyor Yigitali Mamajonov bilan birga tushgan surati e’lon qilindi. Suratga Amaliya: “Er”, — deb izoh qoldirgan.
Bu surat va unga qoldirilgan izoh aktyor Yigitali Mamajonovning muxlislari tomonidan qizg‘in muhokama etildi. Ayni vaqtda, aktyorning Instagram-sahifasida ham uning Amaliya bilan tushgan surati e’lon qilindi.
Unda Yigitali: “Lolaning klipini tasvirga olish jarayonida”, — degan tagso‘z qoldirgan. Ma’lum bo‘lishicha, Yigitali va Amaliya Lolaning yangi — “Xabar ol” nomli qo‘shig‘i klipida bosh rollarni ijro etmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Yigitalining Instagram’ida uning turli aktrisalar, modellar bilan birga tushgan suratlari tez-tez paydo bo‘lmoqda. Avvalroq uning aktrisalar Sitora Alimjonova va So‘g‘diyona Azimova bilan tushgan suratlari ham muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Yigitali Mamajonov aktrisa So‘g‘diyona Azimova bilan birga.
Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov 2012-yilning noyabrida xonanda Rayhon G‘aniyeva bilan oila qurgan edi. 2014-yil may oyida juftlik egizak farzandli bo‘ldi, 2015-yil yanvarida esa Rayhon ajrashishga ariza bergani, 2016-yil mayida esa Yigitali va Rayhonning nikohi qonunan bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 61 | 1,399 |
Madaniyat | “Ko‘rgim keladi” yanvar—mart oylarida eng ko‘p tomosha qilingan film bo‘ldi | “Popcorn” nashri 2014-yilning yanvar—mart oylarida eng ko‘p tomosha qilingan o‘zbek filmlari reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatning 5-pog‘onasida Ozod Shams rejissorligidagi “Voydod” filmi joylashdi. Komediya janridagi kartinada bosh rollarni Umid Soatov, Muqaddas Holiqova, Muhammadiso Abdulxairov hamda Nargiza Salmonovalar mahorat bilan ijro etgan.
4-o‘rinni Rustam Sa’diyevning “Erkatoy” kartinasi egalladi. Unda Muhammadiso Abdulxairov hamda Ulug‘bek Qodirov bosh rollarni ijro etgan. Mazkur film 2014-yilning 24-yanvaridan boshlab tomoshabinlar e’tiboriga havola etilyapti.
Prodyuser Ruslan Mirzayevning “Xiyonat girdobida” kinokartinasi 3-o‘ringa munosib deb topildi. Unda bosh rollarni Zarina Nizomiddinova, Umid Irgashev va Sevara Soliyevalar ijro etgan. Film joriy yil 21-fevraldan boshlab namoyish etilmoqda.
Eng ommabop filmlar ro‘yxatining 2-o‘rnini rejissor Abduvohid G‘aniyev ijodiga mansub “Poyga” kinokartinasi band etdi. Filmda Matyoqub Matchonov, Yigitali Mamajonov, Asal Shodiyeva kabi aktyor va aktrisalar jamoasi qatnashgan. U 2013-yilning noyabr oyidan boshlab kinoteatrlarda namoyish etilmoqda.
Reytingda “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida “O‘zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olingan “Ko‘rgim keladi” badiiy filmi yetakchilik qilmoqda. Mazkur kinokartinani debyut sifatida yosh rejissor Javohir Qosimov suratga olgan. Dilnoza Kubayeva, Husan Jo‘rayev, Mubina Nazirboyeva, Sayyora Yunusova, Behzod Muhammadkarimov, Yoqub Ahmedov filmda rol ijro etgan.
Filmda insonning irodasi turli sinovlarda, eng og‘ir paytlarda toblanishi murakkab va ta’sirchan epizodlar orqali ochib berilgan. Kartinada bosh qahramon — xonanda Ziyoda Aliyevaning boshiga tushgan hayot sinovlaridan matonat bilan o‘ta olgani aks ettirilgan. | 75 | 1,748 |
Madaniyat | Hasadgo‘ylarga atalgan qo‘shiq, halovatini yo‘qotgan Yulduz Usmonova, minnatdor Halima Ibragimova. Instagram’dan daraklar | 7-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Sevinch yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Ma’ruf Otajonov “Mendirman Jaloliddin” serialida suratga tushish uchun Turkiyaga uchib ketdi.
View this post on Instagram
Kasallikni boshdan kechirayotgan Halima Ibragimova shifo tilab duo qilayotgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
Shohjahon Jo‘rayev hasadchilarga atab qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
Shahzoda Muhammedova va uning qizalog‘i Milana.
View this post on Instagram
“Qora niyat” seriali yulduzi Eda Eje yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Muqaddas Sa’dullayeva ham yangi obrazdagi fotosessiyasini muxlislari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Yulduz Usmonova Nyusha laqabli mushugini yo‘qotib, uni qanchalik sog‘inayotgani, halovati yo‘qolganini so‘zlab berdi. | 121 | 1,079 |
Madaniyat | Gollivudning yulduzli juftliklari ajrimiga sababchi bo‘lgan filmlar (foto) | Filmda juftlik rolini ijro etgan aktyor va aktrisalarni real hayotda ham bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan insonlardek tasavvur qilamiz. Albatta, ular bor-yo‘g‘i o‘z sohasining professionallari. Lekin ko‘pincha ekrandagi muhabbat haqiqatga aylanadi va ba’zida oilalarning buzilishiga olib kelishi ham mumkin.
“Janob va xonim Smit”
“Janob va xonim Smit” filmi Bred Pitt va Jennifer Eniston nikohining buzilishiga sabab bo‘ldi. Er-xotin 2000–2005-yillar davomida birgalikda yashab kelgan. Film suratga olinayotgan vaqtda Pitt va Enistonning nikohida biroz kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan. Eniston kartinaning premyerasidan bir necha oy oldin arizada ajrimning sababini qarama-qarshilik deb ko‘rsatgan. Keyinchalik Pitt suratga tushish paytida sevib qolganini ma’lum qilgan va tez orada uning so‘zlari tasdig‘ini topgan.
Bir oy o‘tib, Eniston ajrashish uchun ariza berdi. Paparatssilar Pitt va Jolini Afrikada birgalikda dam olish vaqtida suratga tushirishdi. Shunday qilib, Bred va Anjelina juftligi paydo bo‘ldi.
“Lojuvard sohil”
“Lojuvard sohil” Bred Pitt va Anjelina Jolining 2 yil davom etgan nikohini buzdi.
Shunda Anjelina Joli nikohning buzilishi haqida hikoya qiluvchi ushbu film uning turmush qurishi imtihon bo‘lganini aytgan. Suratga olish paytida tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, Jolining “qorong‘i tomoni” ularning munosabatlarini zaharlagan. “Lojuvard sohil” filmi ekranlarga chiqqanidan bir yil o‘tgach, Joli ajrashish uchun ariza berdi.
“Yashil chiroq”
Film Rayan Reynolds va Skarlett Yoxanssonning nikohini, shuningdek, Bleyk Layvli va Penn Bejli o‘rtasidagi munosabatlarni buzdi. Bleyk Layvli va Rayan Reynolds film ustida ishlayotganda yaqinlashdi. Suratga olish jarayoni tugaganidan ko‘p o‘tmay, Layvli Penn Bejli bilan ajrashdi. Rayan esa Skarlett Yoxansson bilan munosabatlariga nuqta qo‘ydi. Hamkasblar 2012-yilda turmush qurdi.
“Qo‘rqmas”
“Qo‘rqmas” – bu bir nechta yulduzlarning munosabatlarini buzgan yana bir film. Film Jennifer Garner va Skott Folining ajrimiga olib keldi. Ben Afflek va Jennifer Lopes esa unashtiruvni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. “Men rafiqamni o‘sha yerdan topdim”, — deydi Afflek. — Biz bir-birimizni aynan shu filmda sevib qoldik”.
“Momaqaldiroq kunlari”
Tom Kruz va Mimi Rojers kartina ustida ish boshlanganidan bir oy o‘tib ajrashdi. O‘shanda Tom Kruz allaqachon boshqa ayolga bo‘lgan muhabbati bilan mashhur bo‘lgan. Kruz va Kidman tanishganlaridan bir yil o‘tmay turmush qurgan. | 74 | 2,428 |
Madaniyat | Bollivud monopolisti — Karan Johar “sindirmoqchi” bo‘lgan hind yulduzlari | Prodyuser, rejissor Karan Johar nomi hind kinosevar muxlislariga yaxshi ma’lum. Esda qolarli filmlarni suratga oladigan, yangi iste’dodlarni kashf qiluvchi inson sifatida ta’rif berilishiga qaramay, u faoliyati davomida shaxsiy qarashlari yoki tanish-bilishchilik sabab kino olamida o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘lgan yosh aktyor va aktrisalarni yo‘liga g‘ov bo‘lgan.
Anushka Sharma
Mashhur bollivudlik jurnalist Radjiv Masandning tok-shousida Karan Johar, bugungi kunda hind kinosanoatida eng muvaffaqiyatli aktrisalardan biri hisoblangan Anushka Sharmaning karyerasiga sabotaj qilmoqchi bo‘lganini ochiqchasiga tan olgan. Karan, 2008-yilda suratga olingan “Tangri yaratgan juftlik” filmidagi bosh qahramonni Anushka gavdalantirishiga qarshi bo‘lgan. Rejissor Aditya Chopra aktrisa suratini ko‘rsatganida u bosh tortgan. Anushkaning tashqi ko‘rinishi yoqmagani sabab Adityaning qaroridan norozi bo‘lgan. Hatto filmni ikkilanib tomosha qilgan. Keyinroq aktrisa mashhurlikka erishganidan so‘ng esa o‘zining “Oshiq qalblar” filmiga taklif qilgan.
Ayushman Kxurana
Ayni vaqtda yosh tomoshabinlar uchun sevimli va ijrosidagi filmlar xit bo‘lgan Ayushman, o‘z mehnati bilan kino olamida o‘rnini topgan iste’dod egalaridan hisoblanadi. Aktyor haqidagi kitobda yozilishicha, bir vaqtlar u ham Karandan ish so‘ragan, bunga javoban Johar prodyuserlik uyining telefon raqamini bergan. Aktyor telefon qilganida esa javoban, ochiqchasiga kompaniya faqat yulduzlar bilan ishlashi va Ayushman ularga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum qilingan.
Priyanka Chopra
Nafaqat Bollivud, balki Gollivudda ham suratga tushishga muvaffaq bo‘lgan Priyanka eng talabgir aktrisalardan sanaladi. Ammo u ham bir vaqtlar Karan tomonidan chetga surilgan. “Don” filmining ikkinchi qismi loyihasi ustida ishlanayotgan bir vaqtda Shoxruh Xon va Priyanka o‘rtasidagi munosabatlar haqida mish-mish tarqalgan. Bollivud qirolining rafiqasi Gauri, kinosanoatdagi do‘stlari, xususan, Karanni ishga solib, Chopra xonimni Bollivuddan siqib chiqarmoqchi bo‘lgan. Ushbu urinish samarasiz, ammo Priyanka uchun ijobiy bo‘lgan. Gollivudda o‘zini sinab ko‘rinishga qaror qilgan aktrisa Amerikada turmush o‘rtog‘i Nik Jonas bilan tanishgan.
Sushant Singx Radjput
Marhum Sushant ham kinosanoatda o‘rnini topishi oson bo‘lmagan. Qolaversa u ham ijodining boshida Karan Joharning to‘sqinligiga uchragan. U bir vaqtlar Karan bilan tortishib qolgan va shundan keyin bir qancha yirik prodyuserlar u bilan ishlashdan bosh tortgan. Bir qancha loyihalardan quruq qolgani aktyorning o‘z joniga qasd qilganining sabablaridan biri bo‘lsa ajab emas.
Kangana Ranaut
Kangana cho‘rtkesar, laganbardorlik qila olmaydigan, to‘g‘riso‘z ijodkor sifatida yaxshi ma’lum. U Karan Joharni tanish-bilishchilikda ochiqchasiga ayblagan, Karan bunga javoban aktrisaning imijiga putur yetishi uchun qo‘lidan keladigan hamma narsani qilgan. Filmlaridan bironta ham rol bermagani uchun Kangananing achchiqlanayotganini ma’lum qilgan. Ranaut uch karra milliy kinomukofotni qo‘lga kiritgan va hozirda rejissor va prodyuser sifatida ham faoliyat olib boradi. | 73 | 3,066 |
Madaniyat | “Ularga qachonlardir odam bo‘lmaysan, deyishgandi”. Jahon yulduzlarining hech qachon taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari (foto) | “Sen odam bo‘lmaysan!”. Ushbu so‘zlar nafaqat karyera, balki butun hayotni ham barbod qilishi mumkin. Aksariyat insonlar umri davomida bu iborani ko‘p eshitgan va uning qanchalar og‘ir botganini ham yaxshi eslaydi. Shuning uchun bunday so‘zlarni aytganda, bir kun qattiq afsuslanib qolishni unutmaslik lozim. Masalan, rejissorlardan biri Xarrison Fordga hech qachon kino yulduzi bo‘la olmasligini aytgan. Yoki RSO Records leybl boshlig‘i Bono bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan, oradan ko‘p o‘tmay leybl o‘z faoliyatini to‘xtatgan, U2 guruhi esa reytingning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan. Shuning uchun ham rad etilganda darrov taslim bo‘lmaslik kerak. Quyida imkoniyat berilmagan bo‘lsa-da, olg‘a intilgan 12 ta yulduzning rag‘batlantiruvchi hikoyasini e’tiboringizga havola etamiz.
Riz Uizerspun
Gollivudning eng muvaffaqiyatli aktrisalaridan biri karyerasining boshida katta qiyinchiliklarga duch kelgan. Aktrisa hattoki bir marotaba roldan ham quruq qolgan, chunki bosh rolni ijro etgan aktyor uning o‘rniga boshqa partnyorni afzal ko‘rgan. Yana bir qancha rad javoblar aktrisaning past bo‘yi, o‘ta shaddodligi hamda yosh ayol obrazini ijro etish uchun ham juda aqlli ko‘rinishi bilan bog‘liq edi.
“Bu rad javoblar meni qattiq ranjitgan edi, ularni hisobimga olib qo‘yardim va 20 yoshimda tez-tez yurakdan yig‘lab yuborardim”, – deb yozadi Riz o‘zining Instagram sahifasida. Ammo yaqinda Forbes uni dunyoning eng boy aktrisasi deb topdi. Jurnalistlar Uizerspunning boyligini 400 million dollarga baholagan.
Xarrison Ford
1966-yilda yosh aktyor “Karusel ustidagi o‘ldiruvchi jazirama” filmida epizod rolni ijro etgan. Ford bu ishi uchun 150 dollar olgan va rejissor unga hech qachon yulduz bo‘la olmasligini aytgan. Oradan 15 yil o‘tib, Xarrison allaqachon “Yulduzlar jangi” kartinasidagi Xan Solo roli tufayli mashhurlikka erishib bo‘lganida, bir vaqtlar unga qizil chiziq tortishga tayyor bo‘lgan rejissorni restoranda uchratib qoladi. Shunda ofitsiantlardan biri aktyorga “Qozoniladigan muvaffaqiyatni boy berdim” deb yozilgan qog‘ozni tutqazadi. “Men ortimga o‘girildim, ammo tashrif buyurganlarning orasida qaysi biri rejissor ekanligini aniqlay olmadim”, – deydi Ford intervyularining birida.
Jiji Hadid
Endigina 26 yoshga kirgan Jiji mashhur va juda muvaffaqiyatli supermodel. Lekin u bir paytlar voleybol bilan jiddiy shug‘ullangan, shu tufayli uning mushaklari bo‘rtib ketgan. Bu Jijining o‘ziga yoqsa-da, mashhur jurnallarning muqovalarida paydo bo‘lish va podiumda yurishni xohlaganida, unga juda ham ko‘p vazn yo‘qotishi kerakligini tavsiya qilishadi.
“Tuni bo‘yi yig‘lar edim. Onam bizga kerakli agentlikni topamiz, der edi va topdi ham”. Jiji 2011-yilda IMG Models bilan shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘lgan, shu bilan birga, o‘z vaznini ham saqlab qolgan.
Linkin Park
Yo‘lning boshida ambitsiyali jamoa jiddiy qabul qilinmagan. Ular 43 marta ovoz yozish studiyalaridan rad javobini eshitgan, lekin taslim bo‘lmagan. Warner Bros. Records musiqachilarga uslubni klassik rokka almashtirishni maslahat bergan, lekin guruh rozi bo‘lmagan. Oxiri Linkin Park Hybrid Theory albomini taqdim etdi va u 2001-yilning eng ko‘p sotilgan albomiga aylandi.
Vaynona Rayder
Nozik va qoramag‘iz qizga qachonlardir aktrisalikka to‘g‘ri kelmasligini, chunki u chiroyli emasligini aytishgan. U kastingda rejissordan bu kabi og‘riqli so‘zlarni eshitganida 15-16 yoshda edi. Keyin ham Vaynona buni bir necha bor eshitdi, lekin ruhiyatini tushirmadi, chunki ota-onasi tufayli u go‘zal bo‘lishdan ko‘ra inson bo‘lish muhimroq ekanini bilardi. Natijada ko‘pchilik Frensis Ford Koppolaning “Drakula” filmida Rayderning ijrosiga qoyil qoldi.
Kanye Uest
Kanye Uestning o‘zi rep kuylamasidan avval muvaffaqiyatli prodyuser bo‘lgan. Ammo hech kim uning rep ijrochisi sifatida ko‘rishiga ishonmasdi, hatto musiqachi ovoz yozish studiyalaridan bir necha marotaba rad javobini olgan. Bir kuni Def Jam leybli musiqachi bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi. Natijada Uest 22 ta “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi hamda g‘olib bo‘lgan nominatsiyalar, hip-hop musiqachilari va yoshi san’atkorlari orasida rekord o‘rnatdi.
Letitsiya Kasta
Biografik ma’lumotlarga qaraganda, fransuz modeli va aktrisasi karyerasini noaniq tarzda boshlagan. Agentliklardan birining fotografi Korsikada oilasi bilan dam olayotgan 15 yoshli Letitsiyani ko‘rib qolgan. Birinchi muvaffaqiyatli fotosurat kastingidan bir necha hafta o‘tgach, qiz podiumda yurib, Jan-Pol Gotye kiyimlarini namoyish etgan. Ammo modelning o‘zi uning tashqi ko‘rinishini tez-tez tanqid qilishganini eslaydi. U standart o‘lchovlardan – balandligi 172 sm va qomati bilan farq qilar edi. “Men modellik faoliyatimni boshlaganimda hamma meni o‘zgartirishga urindi: ular meni juda semiz va kichkina, deb bildi. Shuningdek, tishimni ham to‘g‘rilashga harakat qilishdi. Men esa o‘zligimcha qolishdan faxrlanaman”.
Klint Istvud
Ajoyib aktyor va rejissorning kekirdagi haddan ortiq bo‘rtib chiqishi tufayli karyerasi boshlanmasdanoq tugadi. Istvudning hamkasbi Bert Reynolds Universal Pictures kinokompaniyasi 1959-yilda ikkisining shartnomasi ham qanday bekor qilinganini eslaydi: “Klint ishdan bo‘shatildi, chunki uning kekirdagi juda bo‘rtib chiqib ketgandi. Shuningdek, u juda sekin gapirardi va tishi ham singan edi”. Men studiyadagi xodimlardan “Nima uchun meni ishdan bo‘shatdingiz?” deb so‘raganimda, “Siz qanday o‘ynashni bilmaysiz”, deb javob qaytarishdi. Shundan so‘ng Reynolds Istvudga kekirdakdan hech qachon qutula olmasligini, ammo aktyorlik mahoratini o‘rganishi mumkinligini aytdi. Natijada ishdan bo‘shatilganlar ham haqiqiy yulduzga aylandi.
Shakira
Bir qancha musiqiy mukofotlarning g‘olibasi bir vaqtlar maktab xoriga qabul qilinmagan. Musiqa o‘qituvchisiga Shakiraning ovozi yoqmagan, u qizning ovozini echkining ma’rashiga o‘xshashini aytgan. Bir necha yil o‘tgach, qo‘shiqchi Hips Don’t Lie taronasini chiqardi, bu XXI asrning eng ko‘p sotilgan albomiga aylandi.
Jizel Byundxen
Foto; AdMe
“Yaxshi niyatli insonlar” tufayli dunyoning eng mashhur modelining karyerasini barbod bo‘lishiga bir baxya qolgan. Unga 14 yoshida hech qachon shou-biznesda muvaffaqiyat qozonmasligini aytishgan, chunki uning ko‘zlari juda kichkina, burni esa katta edi. 2016-yilda Jizel Byundxen eng ko‘p yillik daromadga ega model sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
U2
1979-yilda RSO Records leybl rahbari Aleksandr Sinkler 19 yoshli Bonoga rad javobini yozdi va yuborilgan tarona hozirgi paytda mos kelmasligini ta’kidladi. Bir yil o‘tgach, U2 guruhi Island Records bilan shartnoma imzoladi, Rolling Stone versiyasiga ko‘ra, tez orada chiqarilgan Boy albomi “Hamma vaqtning eng buyuk 500 ta albomi”ga kiritildi. RSO Records 1983-yilda faoliyat yuritishni to‘xtatdi. Xuddi shu yili U2 o‘zining uchinchi War albomini chiqardi.
Tayra Benks
Benks modellik bilan 15 yoshidan beri faoliyat yuritib kelgan, lekin 21 yoshga to‘lganida agentlik qizning semirib ketganini va ko‘plab dizaynerlar u bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganini ma’lum qilgan. Xafa bo‘lgan Tayra diyeta qilishni xohlaydi, lekin onasi pitssa yeyishni buyuradi. U qizini modellik uchun ochidan o‘lishni xohlamas edi. Biroz vaqt o‘tib, Victoria’s Secret Tayra bilan 10 yillik shartnoma tuzadi. | 131 | 7,214 |
Madaniyat | “Shahzoda bo‘ladimi, Rayhon bo‘ladimi farqi yo‘q”. Estrada xonandalari yakkaxon konsertida 30% jonli kuylashga majbur bo‘ladi | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida “Milliy estrada san’atining ahvoli, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida “O‘zbekkonsert” DM rahbariyati, soha vakillari, OAV xodimlari qatori “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorov 2019-yildan boshlab barcha yakkaxon konsert dasturlari 30% jonli ijroda bo‘lishini ma’lum qildi.
2019-yildan boshlab barcha yakkaxon konsert dasturlari, agar konsert dasturlari fonogramma orqali o‘tkazadigan bo‘lsa ham, 30% majburiy jonli qildiramiz. Keyingi yil yakkaxon konsert dasturlari 60%, undan keyingi yillar esa 100% jonli ijroda bo‘lib o‘tadi. Bosqichma-bosqich 100% jonli ijroga o‘tamiz. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, estada xonandasi Shahzoda bo‘ladimi, Rayhon bo‘ladimi farqi yo‘q, kim bo‘lishidan qat’i nazar shunday majburiy talab qo‘yiladi. Hozirdan buni tayyorlab borishni rejaga kiritganmiz.
Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori | 125 | 1,068 |
Madaniyat | PROlogue xalqaro kinofestivali doirasidagi tadbirlar o`tkaziladigan joylar ma`lum qilindi | 27-30 noyabr kunlari Toshkentda IV PROlogue xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi.
27 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida kinofestival direksiyasi vakillari, hakamlar hay`ati va OAV xodimlari ishtirokida asosiy matbuot anjumani tashkil etiladi.
Shu kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida PROlogue kinofestivalining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Tadbirda “Scorpion” filmining gala - premerasi o`tkaziladi.
27 dan 30 noyabrgacha kinofestival doirasida Yoshlar ijod saroyida qisqa metrajli filmlar namoyishi, Premier Hall kinoteatrida esa tanlov doirasida to`liq metrajli filmlar taqdimoti o`tkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro kinofestivalning barcha mehmonlari LOTTE City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasiga joylashtiriladi.
PROlogue - 2018 kinofestivalining yopilishi marosimi 30 noyabr kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida bo`lib o`tadi.
Joriy yilda PROlogue kinofestivalida 13 ta davlat, jumladan, AQSh, Koreya, Polsha va boshqa mamlakatlar vakillari o`z filmlarini namoyish etishadi.
Barcha xohlovchilar qisqa va to`liq metrajli kartinalar namoyishiga tashrif buyurishlari mumkin. Kirish bepul.
Mazkur tadbir O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi va O`zbekiston Milliy kinokomissiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda. | 89 | 1,425 |
Madaniyat | Shoazim Munavvarov: Hozirda dunyo bo`yicha Sharq merosiga bo`lgan qiziqishi tobora ortib boryapti | Avval xabar berilganidek, joriy yilning 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “O`zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi o`tkaziladi.
Kongressda O`zbekiston va xorijiy mamlakatlar olimlari, ekspertlari, diplomatlari, davlat va jamoatchilik arboblari ishtirok etishi kutilyapti. Ular orasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori Shoazim Munavvarovham bor. Kutilayotgan yirik madaniy tadbir oldidan olim shunday deydi: | 97 | 555 |
Madaniyat | O`zbekiston va Qozog`iston hamkorligida Ahmad Yassaviy haqida film suratga olinadi | Bugun “O`zbekkino” Milliy agentligida Qozog`iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Aktoti Raimkulova hamda “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o`rtasida hamkorlik aloqalari xususida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda XII asrda Markaziy Osiyoda paydo bo`lgan yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy haqida hamkorlikda film suratga olishga kelishildi.
Shuningdek, 2020 yilning boshida Qozog`istonda o`tkazilishi mo`ljallanayotgan “O`zbek kinosi kunlari”, xususan, filmlar namoyishi bo`yicha ham kelishuvga erishildi.
Ushbu film O`zbekiston va Qozog`iston hamkorligi tarixida noyob voqea sifatida qardoshlik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Aktoti Raimkulova “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida olib borilayotgan ishlar, yangi loyihalar bilan tanishdi.
“O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mamalakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida olib borayotgan siyosati bizni lol qoldiradi. Men mamlakatingiz bilan madaniy aloqalar olib borishdan juda xursandman.O`ylaymanki, kino sohasida hamkorlikda amaliy ishlarni olib borsak, bu ikkala davlat uchun ham manfaatlidir”, - dedi Qozog`iston madaniyat va sport vaziri Aktoti Raimkulova.
“2020 yilda Qozog`istonda “O`zbek kinosi kunlari” o`tkazilishi hududlar o`rtasidagi kino sohasidagi hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi deb o`ylayman, – qo`shimcha qildi Qozog`iston madaniyat va sport vaziri, – ikki mamlakat kino industriyasi rahbarlari va kinoijodkorlarning bunday birlashuvi albatta besamar ketmasligi kerak”.
“Qozog`iston kinoijodkorlari tomonidan suratga olinayotgan filmlar bugungi kunda ko`plab xalqaro festivallarda yuqori o`rinlarda e`tirof etilmoqda. Do`stona munosabatlarni mustahkamlashda O`zbekiston-Qozog`iston kinoijodkorlarining birlashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, kino san`ati orqali o`zaro manfaatli aloqalarni yo`lga qo`yish, bilim va tajriba almashish mumkin. Bu esa sifatli kinolarimizni ko`payishiga, xalqlarimiz yanada yaqin bo`lishiga xizmat qiladi”, deydi “O`zbekkino” rahbari.
Uchrashuv so`nggida Aktoti Raimkulova “O`zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi “Kino san`ati” muzeyiga o`z esdalik sovg`asini topshirdi. Firdavs Adbuxoliqov ham o`z navbatida o`zining “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” deb nomlangan 10 jildlik asarlarini (kitoblarini) Qozog`iston madaniyat va sport ishlari vaziriga sovg`a sifatida taqdim etdi.
“Mamlakatingizning boy tarixi bilan tanishish, betakror urf-odat va an`analarini o`rganish, me`moriy yodgorliklari misolida asriy tamaddun yutuqlaridan bahramand bo`lish istagida edim. Ushbu kitoblaringiz bilan meni benihoya shod etdingiz,” – deya Aktoti Raimkulova o`z minnatdorchiligini bildirdi.
Bugungi kunda ikki davlat o`rtasidagi madaniy aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda.
Turli yirik tadbirlarningo`tkazilishi xalqlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, azaliy do`stlik rishtalarini ulug`lashdek mushtarak maqsadlarga erishishida muhim o`rin tutmoqda. Bugungi uchrashuv ham shu hamkorlik an`analarining davomi bo`ldi. | 82 | 3,187 |
Madaniyat | Temur Bekmambetovning “Yolki 1914” komediyasi Rossiya kinoprokati yetakchisiga aylandi | “Yolki 1914” (“Archalar 1914”) oilaviy komediyasi Rossiya kinoprokati yetakchisiga aylandi. Bu haqda “KinoBusiness.com”ga tayanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, film premyeradan keyingi ilk dam olish kunlarida 224,4 million rubl ishlab topgan. Ma’lumot uchun, 2010-yilda ekranlarga chiqqan birinchi “Yolki” filmi birinchi to‘rt kunda 209 million rubl, 2011-yilda chiqqan “Yolki 2” filmi esa birinchi to‘rt kunda 246,9 million rubl, 2013-yilda ekranlarga chiqqan “Yolki 3” filmi esa birinchi to‘rt kunda 364,6 million rubl ishlagandi.
Qozog‘istonlik kinorejissyor Temur Bekmambetov g‘oyalari asosida suratga olinadigan “Yolki” filmlari Rossiyaning turli hududlarida va turli sharoitlarida istiqomat qilayotgan kishilar Yangi yilni qanday kutib olayotganligi haqida hikoya qiladi.
Xususan, “Yolki 1914” filmi voqealari 1914-yilda kechib (film shiori — “Bunday Yangi yil 100 yildan beri bo‘lmagan”), filmdagi olti novella davomida Rossiyaning yirik va kichik shaharlari hayoti, unda istiqomat qilayotgan badavlat va kambag‘al oilalarning turmushi haqida hikoya qiladi.
Qo‘shimcha sifatida, yakuniga yetgan hafta kinoprokati natijalariga ko‘ra “Yolki 1914”dan keyingi o‘rinni Gollivudning “Xobbit: Besh lashkar jangi” (ikkinchi o‘rin, 130 million rubl) va Rossiyada suratga olingan “Mami-3” (“Onalar-3”, uchinchi o‘rin, 45,5 million rubl) filmlari egallagan. | 86 | 1,368 |
Madaniyat | “Katta hovli” musiqali komediyasi O‘zbekiston yulduzlarini birlashtirdi | Yaqin kunlarda muxlislar e’tiboriga “Katta hovli” deb nomlangan musiqali komediya havola etiladi, deb xabar bermoqda Popcorn.uz.
Film premyerasi oldidan “O‘zbegim taronasi” radiosida mazkur kartinaning bosh prodyuseri, ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyori Nilufar Ibrohimxo‘jayeva bilan eksklyuziv intervyu uyushtirildi.
Mehmon bilan radioboshlovchi Jamshid Hojiniyozov qizg‘in ijodiy suhbat olib borib, filmda suratga tushgan aktyorlardan tortib tasvirga olish jarayonidagi qiyinchiliklargacha so‘radi.
Nilufar Ibrohimxo‘jayeva bundan avval katta teleloyiha va bir necha kinofilmlar ssenariy muallifi sifatida ishlagani, ammo katta filmdagi ilk rejissyorlik ishi ekanini aytib o‘tdi.
“Katta hovli” musiqali filmida 90 ga yaqin personajlar bo‘lib, filmda taniqli aktyor va xonandalardan tortib endigina suratga tushayotgan yangi chehralarni ham ko‘rish mumkin.
Asosan qishloq hayotini aks ettirgan, o‘zbek xalqining samimiy va beg‘ubor qalbi, soddadilligini ko‘rsatuvchi mazkur kartina orqali O‘zbekistondagi islohotlar va bunyodkorlik ishlari ham yoritiladi. Kartina musiqali komediya janrida bo‘lib, unda milliy qo‘shiqlar yangicha talqinda yangraydi.
“Bir kunda uch yoki to‘rtta epizodlarni suratga olgan vaqtlarimiz bo‘ldi. Erta tongda olinadigan epizod So‘qoqda, tushdagisi G‘azalkentda, kechqurungisi Parkentda va ertasi saharda Humsonda bo‘lishimiz kerak edi. Ijodiy guruhimiz 30 kishidan ortiq, qolaversa, texnika vositalari, rekvezitlar va liboslar bilan u yerdan bu yerga ko‘chib borib, tasvirga olishning o‘ziga yarasha mashaqqatlari bo‘ldi.
Film yaratilishining eng asosiy maqsadi milliy qadriyatlarimiz hamda mumtoz musiqamizni targ‘ib etish va barcha mashhur aktyorlar qatori anchadan buyon ko‘rinmayotgan aktyorlarni ekranga qaytarish, qolaversa, yurtimizning go‘zal qishloqlari-yu so‘lim go‘shalariga nazar tashlashdan iborat edi. Buni qay darajada ko‘rsata oldik, film tomoshasidan so‘ng ma’lum bo‘ladi”, — dedi Nilufar Ibrohimxo‘jayeva.
“Katta hovli” musiqali komediyasida aktyor va san’atkorlardan Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova, Mashhurbek Raimjonov, “Eldido” guruhi, Farhod Abdullayev, Tolib Hojiyev, Erkin Komilov, To‘xtamurod Azizov, O‘tkir Muhammadjonov, Abduraim Abduvahobov, Akbarxo‘ja Rasulov, Shuhrat Nuraliyev, Nozim To‘laxo‘jayev, Gulhumor Abdullayeva, Muqaddas Sa’dullayeva, Gulchehra Nosirova kabi mashhur aktyorlar katta-kichik rollarni ijro etgan.
“Katta hovli” musiqali filmi premyerasi 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. | 71 | 2,478 |
Madaniyat | Xonanda Beyonse olti yil deganda ilk bor yangi musiqiy albomini taqdim etadi | Bu yangilikdan keyin Beyonsening muxlislari xursand bo‘lishi tabiiy. R and B malikasi sahnaga qaytmoqda, chiroyli hamda baland ovoz bilan. Xonanda 6 yil ichida birinchi marta yangi albomining chiqarishini e’lon qildi va Britaniyaning Vogue jurnali uchun suratga tushdi, deb yozadi People Talk.
2022-yil 29-iyul kuni Beyonse Renaissance nomli albomini chiqaradi. Musiqachining sodiq tinglovchilari va muxlislari bu daqiqani intiqlik bilan kutmoqda. Beyonsening suratga tushish ko‘lami va manzarasidan ma’lumki, u muxlislar uchun kutilmagan narsalar tayyorlamoqda.
Beyonsening o‘zi ushbu albomning yaratilishiga qisman koronavirus pandemiyasi ta’sir qilganini ma’lum qilgan. Ammo u har bir kompozitsiya ustida yaxshiroq ishlashi uchun ko‘proq vaqtga ega bo‘lgan va natijadan to‘liq qoniqqan. | 76 | 791 |
Madaniyat | Jonni Depp Garri Potter olami haqidagi filmda suratga tushadi | Gollivud aktyori Jonni Depp Joan Roulingning “Fantastik jonivorlar va ularning yashash makoni” nomli kitobiga asoslangan filmning ikkinchi qismida rol ijro etadi. Ushbu filmlar Garri Potter haqidagi mashhur filmlarning spin-offidir (voqealari bir joyda bo‘ladigan, ammo qahramonlari boshqa film), deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Filmning va Jonni Depp gavdalantiradigan personajning nomi sir saqlanmoqda. Kartina 2018-yilda katta ekranlarga chiqadi.
Depp “Fantastik jonivorlar”ning birinchi qismida ham epizodik rol ijro etgan edi. Birinchi film rejissori — Devid Yeyts.
O‘z navbatida, Joan Rouling “Fantastik jonivorlar va ularning yashash makoni” kitobi asosida beshta film suratga olinishini ma’lum qildi. | 61 | 715 |
Madaniyat | "Maqom" kitob-albomi nashrdan chiqdi | O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida “Maqom” nomli kitob-albom nashr etildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
O`zbek xalqining noyob musiqiy merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodga bezavol etkazishga xizmat qiluvchi ushbu nashr qadimgi mutafakkirlar, alloma va shoirlarning maqom san`atiga bag`ishlangan risolalariga oid bo`limlarni o`z ichiga olgan.
Kitobda mazkur san`atning falsafasi, Forobiy, Ibn Sino, Marog`iy, Kavkabiy kabi allomalar asarlari, turli maqom yo`llari, jumladan, Buxoro Shashmaqomi, Xorazm Olti yarim maqomi va Dutor maqomi, Farg`ona-Toshkent maqomi tarixiga alohida e`tibor qaratilgan. “Tanbur chizg`ilari” deb nomlangan milliy nota yozuvining kashf etilishi hamda uning vositasida Olti yarim maqom, Dutor maqomlarining notalashtirilishi, shu bilan birga, o`tgan asr boshlarida maqomning ilk bora perfokartalarga muhrlanishi yoritilgan. Shuningdek, maqom ijrochiligida keng qo`llaniladigan sozlarni yasashning o`ziga xos xususiyatlari va texnologiyasi bayon etilib, mashhur ustalarning nomlari keltirilgan.
O`zbekistonning turli hududlari madaniy taraqqiyotida maqomning tutgan o`rni va maktablarini aks ettiruvchi betakror, keng ko`lamli fotokompozisiyalar bilan bezalgan nashrda mazkur yo`nalishdagi san`atning so`nggi yuz yillik tarixiga oid nodir fotosuratlar ham o`rin olgan.
Kitob-albomga “Shashmaqom. Oltin bisot” nomli multimedia to`plami ilova qilingan bo`lib, ushbu audiokolleksiya akademik Yunus Rajabiy boshchiligida tashkil etilgan “Maqom” ansambli tomonidan 1959-1963 yillari ijro etilgan va O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Oltin fondida saqlanib kelmoqda.
Ta`kidlash joiz, 2017 yil 17 noyabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbek milliy maqom san`atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur hujjatda o`zbek maqom san`atini chuqur o`rganish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish, o`ziga xos ijro maktablari va an`analarni ravnaq toptirish, maqom “oltin fondi”ni yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targ`ib qilish ko`zda tutilgan. Asosiy vazifalar qatorida Shahrisabz shahrida an`anaviy tarzda Xalqaro maqom san`ati forumini o`tkazish hamda O`zbek milliy maqom san`ati markazi faoliyatini tashkil etish belgilangan.
Joriy yilda birinchi marta muvaffaqiyatli ravishda o`tkazilgan Xalqaro forumga dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan san`atkorlar, musiqashunos-olimlar va tadqiqotchilar, xalqaro ekspertlar tashrif buyurdilar. | 36 | 2,600 |
Madaniyat | Aktrisa Rayhon Ulasenova birinchi marta xola bo‘ldi – teleboshlovchi Oyxon Iforzoda o‘g‘il farzand ko‘rdi | Teleboshlovchi Oyxon Iforzoda 10-yanvar kuni o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda uning opasi, aktrisa Rayhon Ulasenova Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Endi sen onasan, Oyxon! Ura, bugun men birinchi marta xolajon bo‘ldim! Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin, Pahlavon!”, - deb yozgan aktrisa Instagram’dagi tabrigida.
Teleboshlovchi Oyxon Iforzoda 22-fevral kuni boshqa bir boshlovchi Shoh Alimovichga turmushga chiqqan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 105 | 602 |
Madaniyat | Lola bolalar orasida kasting e’lon qildi | Xonanda Lola Yo‘ldosheva yangi klip suratga olish uchun kasting e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“Erkatoy” deb nomlangan taronaga olinadigan klipga jinsi, bo‘yi, vaznidan qat’i nazar 1 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar taklif etiladi. Kasting 16 dan 19-aprelga qadar o‘tkaziladi.
Hakamlar hay’ati sifatida Lola Yo‘ldosheva, Sanjar Matkarimov hamda Narimon Sultonxo‘jayevlar ishtirok etadi. G‘oliblar 20-aprel kuni e’lon qilinadi. | 40 | 444 |
Madaniyat | Rashid Holiqov va “Shahzod” guruhi ijodga qaytdi | Hech kimga sir bo‘lmasa kerak, “Shahzod” guruhi yakkaxoni Rashid Holiqov ijod maydonida ancha vaqtdan buyon ko‘rinmay qolgan edi. U haqdagi so‘nggi xabar matbuotda bundan bir oycha avval paydo bo‘lib, u san’atkorning ijodga qaytgani va yangi klip suratga olgani haqida edi.
Foto © Daryo
Bir-ikki kun avval ijtimoiy tarmoqlardan birida “Shahzod” guruhining o‘z ijodiy faoliyatini yangilagani to‘g‘risida xabar paydo bo‘ldi. Unga telefon raqami ham ilova qilingan edi. Ma’lum bo‘lishicha, bu xabar bilan guruh ma’muri — Rashid Holiqovning akasi Ravshan Holiqov bo‘lishgan.
Ko‘rsatilgan raqam orqali Rashid Holiqov bilan bog‘lanib, sevimli qo‘shiqchimizning ayni paytdagi faoliyati va ijodidagi yangiliklar haqida bilib oldik.
San’atkor ijodidagi tanaffusning sog‘lig‘i bilan bog‘liq ekanini bildirdi. Uning aytishicha, oyoq mushaklari shamollashi natijasida bir oy avval Germaniyaga jo‘nab ketgan. U yerda kichik operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazib, 9-noyabr kuni O‘zbekistonga qaytib kelgan.
Foto © Daryo
Rashid Holiqov birdan ijodga kirishib ketganini, Qozog‘istonga gastrol safariga borib kelishga ham ulgurganini, 16-noyabrdan esa to‘y xizmatlariga kirishganini ma’lum qildi.
Ijodidagi yangiliklar haqida gapirar ekan, san’atkor ayni kunlarda yangi klip ustida ish olib borayotganini ta’kidladi. “Tez kunlarda uni televideniye orqali tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi”, — dedi u.
Foto © Daryo
Konsert dasturini taqdim etish haqidagi savolga javoban ijodkor yaqin orada bunday rejasi yo‘qligini, bu borada yangilik bo‘lishi bilan xabar berishini ma’lum qildi.
Ta’kidlash joiz, ayni paytda “Shahzod” guruhi tarkibida Ravshan Holiqov (guruh ma’muri), Husan Sharofiddinov (solo gitarada), Sarvar Shermuhamedov (bas gitarada) va Saidumar Imomxo‘jayev (klavishli asbobda) faoliyat yuritadi.
Fursatdan foydalanib, Rashid Holiqovga sog‘liq tilab, guruhdan ijodiy yangiliklar kutib qolamiz. | 48 | 1,891 |
Madaniyat | Amerikalik taniqli qo‘shiqchi Billi Aylish “onasiniki kabi” soch turmagi bilan muxlislarini hayron qoldirdi | Amerikalik taniqli qo‘shiqchi Billiy Aylish o‘zining yangi ko‘rinishi bilan muxlislarini hayron qoldirdi — u onasining yoshligidagi soch turmagi bilan ko‘rinish bergan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
19 yoshli qo‘shiqchi Instagram’dagi sahifasi orqali bir nechta kadrlarni namoyish etgan. Avvaliga u o‘zini avtomobil salonida suratga olib, yangi soch turmagi bilan maqtangan. Shundan so‘ng Aylish onasi Meggi Berdning arxiv suratlarini e’lon qilgan.
Kadrlardan ko‘rish mumkinki, Billining onasi yoshligida ham xuddi shunday soch turmagida bo‘lgan. “Xuddi onam kabi”, — deb yozadi qo‘shiqchi.
Obunchilar Aylishning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishga turlicha munosabat bildirgan: “Uning ojiz sochlari yonib ketgandek ko‘rinadi. O‘ylaymanki, unda qirqib tashlashdan boshqa tanlov bo‘lmagan. Unga shikastlangan sochlardan qutulish uchun yanada kalta soch turmagi kerak”, “Bu yashil tutamli sochlardan ko‘ra ancha yaxshi”, “Billining onasi juda chiroyli ekan. Jin ursin, menga uning soch turmagi juda yoqdi”, “Endi u Skarlett Yoxansson va Kortni Lavning chatishmasiga o‘xshab qoldi”.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida xonanda Billi Aylishning yangi imiji aks etgan surati Instagram’da rekord darajada layk to‘plagandi.
U butun umrga o‘zini ta’minlab qo‘ygan: Billi Aylish qancha pul topadi? | 107 | 1,284 |
Madaniyat | O`zbek kinosi kecha va bugun: muammolar va istiqbol (Kinoijodkorlar forumidan fotolavhalar) | Bugun 24 sentyabr kuni Toshkentdagi «Zarafshon» majmuasida «O`zbekkino» Milliy agentligi va Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi hamkorligida “Milliy yuksalish va o`zbek kinosi” mavzusida ijodiy konferensiya bo`lib o`tdi.
Unda kinoijodkorlar, taniqli kinorejissyorlar, kinoshunoslar, davlat va xususiy kinostudiyalar rahbarlari, taniqli yozuvchi va kompozitorlar, OAV vakillari, shu jumladan jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Ushbu muloqotda qatnashgan ijodkorlar milliy kino san`atini rivojlantirish, yangi kinoasarlar yaratish borasidagi muammolarning echimini topish borasida takliflar bildirishdi.
Ma`lumki, keyingi yillarda tarixiy filmlar yaratishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Davlatimiz va hukumat rahbarlarining talabi, keng tomoshabinlar ommasining qiziqishlarini e`tiborga olgan holda Vatanimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi filmlarni tasvirga olish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda. Lekin bu borada muammolar etarlicha topiladi.
Xususan tarixiy mavzudagi filmlarni suratga olishning o`ziga xos talablari mavjud. Bulardan asosiysi tarixiy film va seriallarni tasvirga olish katta moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Shu munosabat bilan tadbirda ishtirok etgan tajribali mutaxassislar tomonidan tarixiy mavzudagi filmlarni suratga olishni moliyalashtirish va alohida imtiyozlar joriy etish (qo`shimcha mablag` ajratish, QQS va boshqa turdagi soliqlardan, bojxona imtiyozlaridan foydalanish va h.k) bo`yicha takliflar berildi.
Tadbirda O`zbekiston xalq artistlari
Baxtiyor Ixtiyorov, Xayrulla Sa`dullaev, Gulchehra Jamilova, Rajab Adashev,
O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi Zulfiqor Musoqov, O`zbekistonda xizmat
ko`rsatgan artist Saida Rametova, “O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining
birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev va boshqalar so`zga chiqishdi.
Aytish o`tilganidek, jahonning barcha telekompaniyalarida teleseriallar namoyishi efir vaqtining sezilarli qismini egallaydi. Shuning uchun milliy teleseriallarni ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. O`zbekistonda esa milliy seriallarni ishlab chiqish tizimli ravishda tashkil etilmaganligi sababli telekanallarda efir vaqtining asosiy qismini xorijiy mahsulotlar egallagan. Buning salbiy tomoni shundaki, tomoshabin milliy madaniy qadriyatlar o`rniga xorijiy ishlab chiqaruvchilarning g`oyalarini va zararli ommaviy madaniyat elementlarini qabul qilmoqda.
Shu sababli xorijiy audiovizual mahsulotlar o`rniga milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil etish lozim. Ta`kidlanganidek hozirgi vaqtda kinematografiyada videografika, kompyuter vositasidagi tasvirga olish texnologiyalari, videoeffektlar va boshqa qimmatbaho zamonaviy xizmat turlari paydo bo`lmoqda. Ulardan unumli foydalanish kinomahsulotlar sifatini oshirishga hissa qo`shadi.
Forum ishtirokchilari bu muammolarni hal etish uchun davlat xususiy sherikligi asosida “Milliy serial” nomli prodyuserlik markazini tashkil etish taklifini ilgari surishdi. Mazkur markaz qoshida mavjud ijodiy-texnik imkoniyatlarni birlashtirish, seriallar ishlab chiqarish va namoyish etishda tajribaga ega bo`lgan xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish zarurligi aytildi.
Darhaqiqat milliy kinofilmlar, ayniqsa bolalar uchun kino multiplikasion asarlar yaratish bo`yicha sezilarli yutuqlarga erishish qiyin bo`lyapti. Mutaxassislar milliy multiplikasiyani rivojlantirishda ham jiddiy muammolar mavjudligi borasida to`xtaldilar. Masalan, zamon talablari asosida bolalar ahloq-odobi va tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadigan, ularni ilm-fanga qiziqtiradigan multfilmlar yaratishda bizda tajribali mutaxassislar etishmaydi. Mavjud ta`lim muassasalarida multiplikatorlar tayyorlash tizimi yo`lga qo`yilmagan. Bu borada Kamoliddin Behzod nomidagi milliy dizayn va rassomchilik institutida animatorlar tayyorlash bo`yicha maxsus fakultet tashkil etish lozimligi aytib o`tildi.
O`zbekistonda mavjud Kinoarboblar uyushmasi nodavlat tashkilot hisoblanadi. Ayni paytda u hech qanday tashkilot tomonidan moliyalashtirilmaydi va o`zi mablag` ishlab topish imkoniyatiga ega emas. Ijodkorlar bu uyushmani doimiy moliyalashtirish mexanizmini yaratishni, masalan uni “Ilhom” fondiga biriktirib, professional kinematograflar uyushmasi maqomini berish taklifini berishdi.
Shu jumladan, sohada faoliyat ko`rsatayotgan ijodkorlarni moliyaviy va ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, ularning mehnatiga yarasha haq to`lash, dam olishini tashkillashtirish va zarur imtiyozlar bilan ta`minlash masalalarini ko`rib chiqish yuzasidan ham fikrlar bildirildi.
Forumda o`zbek kinosining asoschisi Xudoyberganov Devonov tomonidan o`tgan asrning boshlarida Xiva xonligida suratgan olingan tarixiy hjjatli filmlar, “Nasriddin Buxoroda”, “Alisher Navoiy”, “Tohir va Zuhra”, “Shum bola”, “Yor-yor”, “Mahallada duv-duv gap” va boshqa filmlardan lavhalar ko`rsatildi.
Ijodiy Forum doirasida yaqinda Rossiyaning “Kinoshok” festivalida gran-pri mukofotga sazovor bo`lgan “Issiq non” filmi ijodkorlari taqdirlandi. | 92 | 4,961 |
Madaniyat | Xonanda va suxandon Shuhrat Qayumov salomatligi yomonlashgani bois Moskvaga jo‘nab ketdi | Xonanda va suxandon Shuhrat Qayumov salomatligi yomonlashgani bois davolangani Moskvaga ketdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Shuhrat Qayumovning salomatligi uning 2016-yilgi konserti arafasida yomonlashgan edi, shunga qaramay xonanda jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etdi.
“Yaqinda Shuhrat Qayumov turmush o‘rtog‘i bilan Moskvaga jo‘nab ketdi, bizga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, u bir muddat davolanish kurslarida bo‘ladi”, — deb yozadi “Darakchi.uz”.
Qayd etishlaricha, Shuhrat Qayumov 2013-yili ham salomatligi yomonlashgani bois, Moskvada davolanib qaytgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 88 | 739 |
Madaniyat | “Oskar-2020”: Eng yaxshi aktyor — Xoakin Feniks, eng yaxshi aktrisa — Rene Zellveger | “Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida 2020-yilgi “Oskar” mukofoti “Joker” filmidagi ijrosi uchun Xoakin Feniksga nasib etdi. Rene Zellveger esa “Judi” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi aktrisa” deb topildi.
Xoakin Feniks.
Janubiy Koreyaning “Parazitlar” filmi eng yaxshi xorijiy film deb topildi; avvalroq ushbu film eng yaxshi ssenariy uchun ham “Oskar” olgan edi.
Rene Zellveger.
“Joker”ning saundtreklarini yozgan Xildur Gudnadottir eng yaxshi bastakor deb topildi. Xonanda Elton Jon tomonidan “Roketmen” filmi uchun kuylangan “(I’m Gonna) Love Me Again” kompozitsiyasi esa eng yaxshi qo‘shiqqa atalgan “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.
“1917” filmi operatorlik ishi, vizual effektlari va ovoz ishlari uchun “Oskar”larni qo‘lga kiritdi. “Ford Ferrari’ga qarshi” filmi ikkita yo‘nalishda g‘olib chiqdi: eng yaxshi montaj va eng yaxshi ovoz montaji.
Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi uchun “Oskar” “Bir kuni... Gollivud”da filmiga, eng yaxshi liboslar uchun “Oskar” “Kichkina ayollar”ga, eng yaxshi grim va soch turmaklari uchun “Oskar” esa “Mojaro” filmi uchun topshirildi.
Bred Pitt aktyor sifatida birinchi bor “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi
92-“Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. Marosim ketma-ket ikkinchi yil boshlovchisiz o‘tkazildi. | 84 | 1,272 |
Madaniyat | “Hali bizni sudga chaqirishmadi”. Sharof Muqimov turmush o‘rtog‘i Sevinch Mo‘minova bilan ajrashganini rad etdi | Xonanda Sharof Muqimov turmush o‘rtog‘i Sevinch Mo‘minova bilan qonuniy ajrashgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Avvalroq xonanda Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimov bilan qonuniy tarzda ajrashganini ma’lum qilgan edi. Sevinch Mo‘minova bu haqda 5-iyun kuni “Shok.uz” saytiga intervyu bergan bo‘lib, 6-iyun kuni ajrim bo‘yicha sud bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.
Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimov bilan qonunan ajrashganini ma’lum qildi
Sharof Muqimovning so‘zlariga ko‘ra, u haqiqatan ham Sevinch bilan ajrashish uchun sudga ariza bergan, biroq hali “ajrashgani yo‘q, hali ularni sudga ham chaqirishmagan”.
Yosh bola vaqtimiz kattalar bizga ertak aytardi — men va Sevinchning ajrashganimiz haqidagi gaplar esa kattalarning ertagidan bo‘libdi.
Jahlim chiqqanida, nimadandir siqilganimda yo boshqa bir sabab bilan har xil gap-so‘zlarni aytib yuborsam bo‘lardi. Ammo o‘tgan baxtli kunlarimiz, Sevinch farzandimning onasi ekanligini o‘ylab, har qanday vaziyatda ham o‘zimni tutib turaman. Boshqalar bizning oilamiz haqida bo‘lar-bo‘lmas gaplar aytishiga imkoniyat yaratib qo‘yishdan qo‘rqaman.
Bizni muhokama qilayotganlarga esa ular avvalo o‘z oilasi bilan mashg‘ul bo‘lib, oilaviy tashvishlari bilan kuyib-yonishsin, degan bo‘lardim.
Ajrashish haqida sudga ariza berganmiz, ammo ajrashganimiz yo‘q — hali bizni sudga ham chaqirishmadi.
Sharof Muqimov, xonanda
Sevinch Mo‘minova 2016-yilning dekabr oyida bergan intervyularining birida Sharof Muqimovga xusumati yo‘qligi, u bilan qonunan ajrashib ketsa ham, “hali turmushga chiqish niyatim yo‘q”ligini ma’lum qilgan edi. Sharof Muqimov esa 2016-yil avgustida bergan intervyusida “kimga, qachon uylanishimni vaqt ko‘rsatishi”ni aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010 yilda turmush qurgan. Ularning Leyla ismli qizi bor. | 111 | 1,876 |
Madaniyat | Asl ismini ko‘pchilik bilmaydigan jahon yulduzlari (foto) | Dunyoga kelganida boshqa ism qo‘yilgan, ammo keyinroq karyera qilish maqsadida ismini o‘zgartirgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Ja Ja Gabor
O‘tgan asrning mashhur aktrisasi amerikalik Ja Ja Gabor dunyoga kelganida ota-onasi unga Shari deb ism qo‘ygan. Kichkinaligida ismini talaffuz qila olmagan Gaborni onasi erkalab Ja Ja deb chaqirgan. Kino olamida karyera qilishga qaror qilgan aktrisa, onasining variantidan taxallus sifatida foydalanishga qaror qilgan.
Greta Garbo
Asl ismi Greta Livisa Gustafsson bo‘lgan aktrisa karyerasini boshlaganda rejissor Morits
Stiller unga jarangdor taxallus tanlashni tavsiya qilgan. Shunday qilib u Greta Garbo sifatida tanilgan.
Katrin Denev
Tug‘ilganida Katrin Dorleak deb atalgan fransuz aktrisasi modelyer bo‘lishni orzu qilgan. Ammo o‘smirlik davrida opasi Fransuaza Dorleak sabab rejalarini o‘zgartirgan. Karyerasini boshlaganida taxallus sifatida buvisining familiyasidan foydalanishga qaror qilgan.
Mishel Mersye
Jarohati sabab balerinalikdan ketishiga to‘g‘ri kelgan Joslin Mersye aktrisalikka ishqiboz bo‘lmagan. Ammo “Retour de manivelle” filmida suratga tushish taklif qilinganida fikrini o‘zgartirgan. Film rejissori har tomonlama bosh qahramonga to‘g‘ri keladigan qizning ismini qo‘pol eshitiladi deb hisoblagan va unga Mishel taxallusini olishni taklif qilgan. Shundan keyin u Mishel Morgan sifatida suratga tusha boshlagan.
Charli Shin
Karlos kelib chiqishi ispaniyalik bo‘lgan Martin Shinning o‘g‘li. Martin Amerikada karyera boshlaganida ismini Ramon Estevasga o‘zgartirgan. Charli esa taxallus sifatida otasining familiyasidan foydalangan.
Milla Yovovich
Dunyoga kelganida Militsa ismi qo‘yilgan xonandani uyda hamma Mila deb chaqirgan. Suratga tushishni boshlaganida taxallus sifatida ismining qisqartmasidan foydalangan.
Bred Pitt
Aktyorning hujjatlarida uning ismi Uilyam Bredli Pitt ekanini kim ham bilibdi deysiz. Boshqa aktyorlar singari u ham ismini qisqartirishga qaror qilgan va Bred Pitt deb atala boshlagan.
Mayli Sayrus
Dunyoga kelganida Destini Xoup Sayrus deb atalgan qo‘shiqchining oila a’zolari uni Mayli deb atagan. Bunga o‘rganib qolgan Sayrus haqiqiy ismini Mayliga o‘zgartirgan.
Vin Dizel
Asl ismi Mark Sinkler bo‘lgan taniqli aktyor asosiy vaqtini o‘gay otasi — Irvin Vinsent bilan o‘tkazgan. Energiyaga to‘la ekani sabab do‘stlari Dizel deb atagan aktyor keyinroq o‘gay otasining familiyasi qisqartmasidan taxallus sifatida foydalangan. | 57 | 2,434 |
Madaniyat | DJ Pilligrim EMA 2013 mukofotiga sazovor bo‘ldi | 15-sentabr kuni Olmaota shahridagi Markaziy maydonda MuzZone telekanalining II Yevroosiyo musiqa mukofotini topshirish marosimi (Eurasian Music Award, ЕМА) bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘istonning “Forbes” nashri xabar bermoqda.
Foto © dnevniki.ykt.ru
Unda “DJ Piligrim” taxallusi bilan mashhur bo‘lgan hamyurtimiz Ilhom Yo‘lchiyev ham ishtirok etdi. U marosimning “Yevroosiyo raqsbop musiqasi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Shuningdek, EMA 2013 mukofotiga loyiq topilgan 20 ta turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi:
Mukofot egalariga maxsus haykalcha hamda Muzzone telekanalida bepul chiqish imkoni berildi.
Taqdimotda rossiyalik qo‘shiqchi Nyusha ham mehmon bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida:
“DJ Pilligrim”(Ilhom Yo’lchiyev) 1998-yil ilk albomini yaratgan, 1999-yil esa Toshkentda ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. O’zbekistonda 1998—2000-yillarda mashhurlikka erishgan. Uning “Ko’k choy” qo’shig’i 2002-yilgi “Tarona” taqdimotining “Yil qo‘shig’i” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotga ega bo‘lgan. O‘zbekistonda so‘nggi marta 2012-yil “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini o‘tkazgan. | 47 | 1,154 |
Madaniyat | Foto: Dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlar kundalik hayotda qanday kiyinadi? | Kamera qarshisida va ijtimoiy tarmoqlarda professional makiyaj bilan ko‘rinish beradigan mashhurlarning kundalik obrazlari suratini e’tiboringizga havola qilamiz.
Keti Perri — daromadi 83 million dollar
Dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan xonandalardan biri ekaniga qaramay, Keti terisi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lmagan. Aynan shu sabab ham kundalik hayotda ham yaxshigina bo‘yanib yurishiga to‘g‘ri keladi va ijtimoiy tarmoqlarga surat joylashdan avval filtrdan foydalanadi.
Teylor Svift — daromadi 80 million dollar
So‘nggi yillarda vazn to‘plagan aktrisa ayni vaqtda o‘zini qo‘lga olib ozish uchun harakat boshlab yuborgan. Yuzi va terisida muammolar yo‘qligi sabab u kundalik hayotda makiyajsiz ham ko‘rinish berishi mumkin.
Beyonse — daromadi 60 million dollar
Hech qachon ozg‘in bo‘lmagan xonanda o‘zining qomatidan uyalmaydi va bemalol kalta ko‘ylaklarda ko‘rinish beradi. Kamdan kam hollarda makiyajsiz yuradigan qo‘shiqchini aksariyat hollarda tonal krem surtilgan, lab va kipriklari bo‘yalgan holda ko‘rish mumkin.
Pink — daromadi 60 million dollarni tashkil qiladi
Qomati qandayligi haqida qayg‘urmaydigan Pink yorqin rangda bo‘yanishni yaxshi ko‘radi.
Ledi Gaga — daromadi 50 million dollarni tashkil qiladi
Ko‘rinishi borasida eksperiment qilishdan charchamaydigan xonanda, so‘nggi vaqtlarda e’tibor tortadigan darajada turli bo‘yanish odatidan voz kechgan. Bugungi kunda u tabiiy makiyaj va ko‘rinishni afzal biladi.
Jennifer Lopes — daromadi 47 million dollar
Tinmay sport bilan shug‘ullanadigan Lopesni iyun oyida 52 yoshga to‘lishiga ishonish qiyin. Ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilariga makiyajsiz suratlarini ko‘rsatishdan cho‘chimaydigan Jennifer kundalik hayotda nomiga bo‘yanishni odat qilgan.
Rianna — daromadi 37,5 million dollar
Xonanda hatto plyajda ekani vaqtida ham yorqin makiyaj qilishni bas qilmaydi.
Xelen Fisher — daromadi 32 million dollar
Xelen fisher kundalik hayotda qulay uslubda kiyinishni yaxshi ko‘radi hamda nomiga makiyaj qilib yuradi.
Selin Dion — daromadi 31 million dollar
Shou-biznesga qaytganiga ko‘p bo‘lmagan Selinning qomati va yosh ko‘rinishiga qoyil qolsa arziydi. U o‘ziga xos makiyaj qilish va kiyinishni yaxshi ko‘radi.
Britni Spirs — daromadi 30 million dollar
Biroz muddat ijodiy tanaffus e’lon qilgan Britni endilikda tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish va sport bilan shug‘ullanishni boshlagan. Avvalgidek yosh bo‘lmagan qo‘shiqchining kiyinishi ham eski uslubidan farq qiladi. | 85 | 2,470 |
Madaniyat | Noyabr oyida “PROlogue” xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi | 27-30 noyabr kunlari Toshkent shahrida “PROlogue” xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi.
Ilk bor Xalqaro maqomda o`tkazilayotgan mazkur nufuzli tadbir O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “O`zbekkino” Milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, O`zbekiston milliy kinokomissiyasi kabi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladi.
Festival tanlov dasturi:
– To`liq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;
– Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;
– Qisqa metrajli badiiy milliy filmlar tanlovidan iborat.
Festival doirasida, konferensiyalar, master-klasslar, brifing, kino sohasiga bog`liq davra suhbatlari varetro filmlar namoyishi bo`lib o`tishi ko`zda tutilmoqda.
Xalqaro jyuri tomonidan eng zo`r deb topilgan film kinofestival Gran-Prisiga sazovor bo`ladi. Shuningdek, festivalda boshqa nominasialar bo`yicha ham g`oliblar aniqlanadi.
Shu bilan birga, Festival direksiyasi o`zbek va xalqaro kinoning rivojlanishiga o`z xissasini qo`shgan ijodkorlarni sovrinlar bilan taqdirlashni ham rejalashtirib qo`ygan.
Kinofestivalda ishtirok etish uchun talabnomalarni 2018 yilning 27 oktyabrigacha www.prologuefilmfestival.com saytida ko`rsatilgan talablar bo`yicha topshirish imkoniyati mavjud. | 59 | 1,292 |
Madaniyat | Nurali Qobul: Temurdan Lenin yasamasligimiz kerak. Yo‘q narsani ham yopishtiraverish uning obro‘sini tushirib qo‘yadi | Dundar Alpning “Sharqning eng buyuk hukmdori — Temur” romani usmonli turkchadan Tohir Qahhor va Sobir Sayxon tarjimasida chop etildi. Ushbu kitob yuzasidan yozuvchi, xalqaro Chingiz Aytmatov akademiyasi akademigi Nurali Qobul fikr bildirdi.
—“Sharqning eng buyuk hukmdori — Temur” asari 1902-yilda muallif tomonidan yashirin holda yozilgan. Muallif o‘z nomini qo‘ysa boshi ketardi, Usmonli turk sultonlari omon qoldirmasdi. Muallif Temurga bo‘lgan katta muhabbati tufayli o‘ziga Dundar Alp taxallusini tanlagan, asl muallif kimligi haligacha noma’lum. Roman o‘sha davr Istanbul turkchasida yozilgan. Bir necha yillar avval Sobir Sayxon noyob kitob nusxasini eski kitob do‘konidan topib olgan va Tohir Qahhor bilan birgalikda tarjima qilgan. Roman voqealari biroz reallikdan uzoqroq. Ammo biz uchun Temur haqidagi har qanday manba qadrli.
Kitobni o‘qib chiqdim va tarixchi mutaxassis sifatida ayrim tarixiy haqiqatlardan chekinish holatlarini uchratdim. Tarixiy-badiiy asarlarda 80-85 foiz holatlarda muallif to‘qimalar, mubolag‘alardan foydalanishi mumkin, lekin tarixiy haqiqatdan chekinmagan holda. Asarda ana shu qoidalarga amal qilinmagan o‘rinlar bor. Misol uchun, To‘xtamish Temurdan olti yil keyin o‘lgan. Asarda To‘xtamishning boshini kesib Temurga keltirishadi, bu bo‘lmagan voqea. Qayta nashrda bu kamchiliklarni albatta to‘g‘rilash kerak. Asar Temur shaxsini yaxshi bilgan mutaxassislar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar beradi, ammo oddiy o‘quvchini biroz chalg‘itishi mumkin.
Afsuski, biz temurshunoslikni temirchilikka aylantirib qo‘ydik. Biz Temurdan Lenin yasamasligimiz kerak. Yo‘q narsani ham yopishtiraverish Amir Temur obro‘sini tushirib qo‘yadi, bor narsalarni haqiqatdan chekinmasdan yozish kerak. Shu bois dunyoda birinchi bo‘lib roman yozgan inson Servantes aytadi: “Qallob tarixchilarni soxta pul yasovchilardek qatl etish kerak” deb. Ispaniya tarixida faqat soxta pul yasovchilargina o‘limga hukm qilingan.
Shu bois tarixni to‘g‘ri yozish kerak. Tarix buyurtma bilan, havas bilan yozilmaydi, tarix tarixligicha yoziladi. Temur haqida qon bilan, iymon bilan yoziladi. O‘z tarixidan yuz o‘girgan qavm va millatlar nomard hisoblanadi. Agar biz tarixiy haqiqatni buzsak ota-bobolar nomiga chiziq tortgan bo‘lamiz. | 117 | 2,231 |
Madaniyat | Amazon kompaniyasi MGM kinostudiyasini sotib olmoqda | Amerikaning mashhur Amazon.com Inc. striming servisi Gollivudning Metr-Goldwyn-Mayer kinostudiyasini sotib olishini e’lon qildi. Filmlar va teleshoularni yaratish bilan shug‘ullanuvchi xolding narxi 8,45 milliard dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bu internet-riteylerga 4 mingdan ortiq kinolenta va 17 ming teleshousi mavjud kutubxonaga ega kinostudiyaga egalik qilish imkonini beradi.
“Amazon MGM merosi va filmlar katalogini saqlab qolishga yordam beradi hamda iste’molchilarga mavjud asarlardan keng foydalanish imkoniyatini taqdim etadi”, — deyiladi kompaniya relizida.
MGM — bu Anchorage Capital Group xej-fondining yirik aksiyadori bo‘lib, uning ko‘rsatkichlari so‘nggi vaqtlarda mijozlar sonining kamaygani bois yomonlashgan. Kompaniya birinchi chorakda jami 403 milliard dollar daromaddan 29 million dollar foyda ko‘rgan.
Kompaniya filmlar va teleshoularni suratga olish bilan shug‘ullanadi. Unga “Rokki”, “Terminator”, “Vikinglar” kabi mashhur kinolentalar tegishli, shuningdek, MGM Jeyms Bond haqidagi kartinalar huquqiga egalik qiladi.
Xitoyning eng boy odami Paramount Pictures kinostudiyasini sotib olishga qaror qildi | 52 | 1,161 |
Madaniyat | Maykl Mur Tramp haqida “Farengeyt 11/9” filmini suratga oladi | Amerikalik kinorejissor Maykl Mur AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi hujjatli film ustida ish olib bormoqda. Film “Farengeyt 11/9” deb nomlanadi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Kartina prodyusseri Xarvi Vaynshteyn bo‘lib, u Murning yana bir mashhur filmi “Farengeyt 9/11” filmiga ham prodyuserlik qilgan. Film 2001-yil 11-sentabridagi teraktlarga bag‘ishlangan edi.
Yangi filmning nomlanishi bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalari ma’lum bo‘lgan 2016-yil 9-noyabr sanasiga havola etiladi.
Vaynshteynning so‘zlariga qaraganda, yangi film “eng yangi usullar” bilan tarqatiladi. | 61 | 603 |
Madaniyat | Hamma singari emas: Go‘zallik standartlarining stereotip ekanligini isbotlayotgan blogerlar (foto) | Nostandart tashqi ko‘rinishi va imkoniyati cheklanganiga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Instagram’da faol bo‘lgan qizlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Evita Delmundo — @evita_delmundo
O‘ziga bo‘lgan ishonchini 16 yoshdan keyin topgan Evita “Malayziya go‘zali” tanlovida ham qatnashib ulgurgan.
Terisidagi xollarni oldirib tashlashning xavfli ekanini yaxshi tushunib yetgan qiz o‘zini boricha qabul qilishni hamda sevishni o‘rgangan. “Go‘zallik mukammallik emas, odam o‘zini boricha sevishi kerak”, — degan u.
Kaksmi Brutus — @mamacaxx
15 yoshida suyaklar saratoni tashxisi qo‘yilgan Kaksmini shifokorlar yana uch haftaga yaqin yashashi mumkin deb hisoblagan. Ammo mo‘jiza yuz bergan, amputatsiya qilinganidan keyin qiz yashab ketgan.
Kaksmining oyog‘iga protez o‘rnatilgani modellik qilish va sayohat qilishdan to‘xtata olmaydi.
View this post on Instagram
“To‘g‘risi, boshqalar singari meni ham o‘zimni borimcha qabul qilish uchun ancha vaqt ketgan”, — degan u.
Emili Jons — @beautybyemilylou
Emili oziqlantiruvchi trubka talab qilinadigan Elers-Danlos sindromidan aziyat chekadi. Avvaliga o‘zini qabul qila olmagan va tashqi ko‘rinishidan uyalgan qiz keyinchalik makiyaj orqali yechim topishga muvaffaq bo‘lgan.
“Men trubochka e’tibor tortmasligi uchun ko‘z va lablarimga urg‘u berib bo‘yanaman”, — deydi u.
Jordan Boun — YouTube: Jordan Bone
Jordan 15 yoshida avtohalokatga uchraganidan keyin falaj bo‘lib qolgan. Uzoq vaqt o‘ziga kela olmagan Boun keyinroq o‘zini qo‘lga olish kerakligini tushunib yetgan hamda byuti-blog yuritishga qaror qilgan.
“O‘zim kiyinishim va soch turmaklashni eplamaganim bilan, makiyaj qilish qo‘limdan keladi”, — degan u. 28 yoshli qizning Instagram sahifasida 150 mingdan ortiq obunachisi bor.
Lili Lo — @lililo95
Olbrayt sindromi rossiyalik Liliga sevimli mashg‘uloti: makiyaj qilish va uni videoga olishga to‘sqinlik qila olmaydi.
“Sizda qandaydir kamchilik bo‘lsa, uni shunchaki yo‘q deb tasavvur qiling. Asosiysi, uni afzallikga aylantirishga harakat qiling”, — degan u. | 98 | 2,044 |
Madaniyat | Aktyor Javohir Zokirov Rossiyada yashash niyati yo‘qligini ma’lum qildi | Aktyor Javohir Zokirov Rossiya yashab qolmoqchi emas. Bu haqda u “Darakchi” nashri tomonidan tashkil etilgan “Yulduz-onlayn” loyihasida ma’lum qildi.
“Rossiyada suratga tushgan filmlarim nega O‘zbekistonda namoyish etilmasligi haqidagi savolga javob bera olmayman. Men Rossiyada faqat ijod qilaman, u yerda yashash niyatim yo‘q”, — dedi Javohir Zokirov.
Ma’lumot uchun, rejissor Darya Poltoratskayaning “Moskvaoboddan qochish” kartinasi Javohir Zokirov qatnashgan so‘nggi Rossiya filmlaridan biridir. | 71 | 501 |
Madaniyat | Keyt Middltonning avstraliyalik egizagi TikTok’da mashhurlikka erishdi (foto) | Buyuk Britaniyaning bo‘lajak qirolichasi roliga da’vogarlardan biri Avstraliyadan. U Kembrij gersoginyasining xuddi o‘zginasi, deb yozadi Elle.
Ma’lumki, hozirda “Toj” seriali uchun jiddiy kasting o‘tkazilyapti— ijodiy guruh ikki oydan beri Keyt Middltonning yoshligi roliga aktrisa qidirmoqda.
Kutilmaganda, TikTok foydalanuvchilari gersoginyaning egizagini topdi. Avstraliyalik rassom Brittani Dikson ijtimoiy tarmoqda o‘zining landshaftlari va portretlari suratlarini baham ko‘radi, ammo uning Keytga o‘xshashligi barcha reytinglarni portlatib yubordi. Darhaqiqat, qiz ingliz malikasiga juda ham o‘xshaydi: teri rangi, jigarrang sochlari, ko‘k ko‘zlari va hatto sochlar ham bir xil!
TikTok foydalanuvchilari Brittanidan “Toj” serialida Keyt rolini o‘ynashini so‘rab, xabarlar bilan to‘ldirib yubordi. Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, u gersoginyaga nafaqat tashqi, balki energetik jihatdan ham o‘xshaydi.
Ma’lumki, shahzoda Uilyam va uning rafiqasi o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi serial Sent-Endryus universitetidan to to‘ygacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Brittani Diksonning o‘ziga kelsak, so‘nggi ikki kun ichida u Avstraliyaning The Today Show ertalabki shousining mehmoni bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Qiz o‘zi haqida, ijodkorlik va kutilmagan mashhurlik haqida gapirib berdi. Hozir u Gold-Kost’da yashaydi, ammo Keyt rolini ijro etish uchun Londonga ko‘chib o‘tishga tayyor. U Netflix’ga ham ariza topshirishga muvaffaq bo‘ldi, bu esa muxlislarini xursand qildi. | 77 | 1,472 |
Madaniyat | Ra`no Shodieva “Mendirman Jaloliddin” serialidagi ona roli uchun juda yosh. Uning o`zi bu haqida nima deydi? | Kecha 8 mart kuni Toshkent shahridagi Hilton mehmonxonasida Alparslon Akinji boshchiligidagi Turkiya elchixonasi mas`ullari, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va “Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tgani haqida xabar bergan edik. Mazkur tadbirda ishtirok etgan Darakchi muxbiri Sardorbek Rahmonqulov “Mendirman Jaloliddin” serialida Jaloliddin Manguberdining onasi Oychechak sulton rolini ijro etgan Ra`no Shodievadan ona roli ijrosida noqulayliklar bo`lmadimi, deya so`radi.
“O`ShA PAYTLAR AYoLLARIMIZ YoSh TURMUShGA ChIQIShGAN”
Ra`no ShODIEVA, aktrisa:
— Mana shu savolni juda ko`p so`rashyapti va juda ko`p muhokama qilinyapti. Jaloliddin ulg`ayganda (tahr. 22-23 yosh atrofi aytilyapti) Oychechak sultonning yoshi u qadar katta bo`lmagan – 40 yoshlar atrofida bo`lgan. Men xozir 42 yoshdaman. Lekin o`sha paytlar hammamizga ma`lumki, ayollarimiz yosh turmushga chiqishgan. 14-15 yoshlarida farzand ko`rishgan. Biz ham barcha aktyorlar qatori 3-4 ta kastingdan o`tganmiz. Rejissyorlarimiz, prodyuserlarimiz bu obrazda aynan meni ko`rganliklari uchun meni tanlashgan.
“O`ZIMNING TO`NG`ICh O`G`LIM 24 YoShDA”
— Menda hech qanday noqulaylik bo`lmadi. Shaxsan o`zimning to`ng`ich o`g`lim 24 yoshda va bu obrazimda onaning hissiyotlarini ko`rsatishda menga qiyinchilik tug`ilmadi. Qiynalgan bo`lsam, turk tilida qiynalgandirman. (kuladi)
“AYoL KIShI YoSh KO`RINSA YoMONMI?”
“Juda to`g`ri savol bo`ldi – serialda juda yosh ko`ringanman. Ayol kishi yosh ko`rinsa yomonmi? Yanada yosh ko`rinishimiz sabablaridan biri bu – operator mahorati. Chiroqlar bilan yaxshi ishlangani, montaj ustalarining mehnati tufayli ham filmda yoshroq ko`ringan bo`lsak kerak”, - deydi Ra`no Shodieva. | 108 | 1,757 |
Madaniyat | Rayhon DJ Piligrim’ni Xudoga solgani, Shahzodadan esa kechirim so‘ragani haqida so‘zlab berdi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon “Chotki Tv” YouTube kanaliga bergan intervyusida hamkasblari DJ Piligrim va Shahzoda bilan munosabatlari haqida so‘zlab berdi.
Xususan, xonanda DJ Piligrim bilan ijro etgan “Muhabba” dueti nima uchun ommalashmagani hamda nima sababdan klip suratga olinmagani haqida gapirar ekan, DJ Piligrim uning dilini og‘ritganini ma’lum qildi.
“Rostini aytsam, bu inson ko‘z o‘ngimda ham inson, ham xonanda sifatida shunchalik hurmatini yo‘qotdiki, men u haqda umuman gapirishni istamasdim. U tomondan shu qadar past ishlar bo‘ldiki, bu haqiqiy erkaklarning ishi emas, nafaqat haqiqiy erkaklarga, balki insonlarga yarashmaydigan harakatlar. Men uning qaysi dinga e’tiqod qilishini bilmayman, lekin biz, alhamdulillah, musulmonmiz. Bu holatda uni ollohga topshirdim, insof bersin unga!”, — deydi Rayhon.
Shuningdek, xonanda bir paytlar yaqin dugonasi bo‘lgan Shahzodaning yoniga borib, undan kechirim so‘ragani haqida ham so‘zlab berdi.
“Gap shundaki, men Shahzoda bilan hech qachon urishmaganman. Haliyam nima bo‘lganini bilmayman. Uning o‘zining qandaydir versiyasi bor. Men juda uzoq vaqt mobaynida psixolog bilan ishladim va u menga turli noxush vaziyatlarni va negativ hissiyotlarni esda chiqarishni o‘rgatdi. Chunki, biz o‘zimizda saqlaydigan istalgan turdagi negativ to‘planib, oxir-oqibat bizni kasal qiladi. Shunday vaqt bo‘ldiki, men Shahzodaning oldiga bordim va ‘Zilola, senga qachondir men seni xafa qilgandek tuyulgan bo‘lsam, men sendan kechirim so‘rayman, men ham seni o‘zim o‘ylagan hamma xafagarchiliklar uchun kechiraman. Men senga yomonlik tilamayman, seni juda yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman’, dedim”, — deydi Rayhon. | 101 | 1,674 |
Madaniyat | Angliyadagi chiqindixonalardan birida topib olingan “Garri Potter” kitobi auksionda 40 ming dollarga sotildi | “Garri Potter va falsafiy tosh” kitobining birinchi nashri auksionda 33 ming funt sterling (40 ming dollar) evaziga sotildi, deb yozadi Esquire.
Ommabop kitobning noyob nashri Britaniyaning Bakingemshir grafligida yashovchi 65 yoshli o‘qituvchi tomonidan topib olindi.
Ayol kitobni 12 yil avval maktabning orqa hovlisidagi chiqindi konteyneridan topgandi. Uning yonida kitobning yana ikkita yupqa muqovali nashri bo‘lgan.
Qolgan ikkita kitob 3000 va 3400 funt sterlingga sotilgan.
“Xursandman, desam hech narsa demagan bo‘laman”, — deydi kitobni topib olgan o‘qituvchi ayol.
Garri Potter haqidagi kitob ilk marta 1997-yilda 500 nusxada sotuvga chiqarilgan. Kitoblarning aksariyati maktab va kutubxonalarga bepul tarqatilgan.
2018-yilda ushbu nashrdagi kitob 56 ming funt sterlingga (74 ming dollar) sotilgandi. | 108 | 811 |
Madaniyat | Instagram’da Ruslan Sharipovning soxta sahifasi paydo bo‘lgani taxmin qilindi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipovning Instagram’da soxta sahifasi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.
“Ayni paytda Ruslan Sharipov o‘zbek shou-biznesidagi eng muhokama qilinayotgan san’atkor desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning ayanchli ahvoldagi suratlari tarqalganidan so‘ng xonanda muhokamalarning asosiy mavzusiga aylandi. Kuni kecha Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Ruslan Sharipovning sahifasi paydo bo‘ldi. Mazkur sahifadagi fotosuratlar va izohlardan sahifani soxta Ruslan Sharipov boshqarayotganini anglash qiyin emas”, – deyiladi sayt xabarida. | 77 | 580 |
Madaniyat | Kinolarda mukammal ko‘rinadigan holatlar real hayotga mos kelmasligini isbotlovchi kadrlar (foto) | Kinodagi hayot odatda mukammal ko‘rinadi. Ekranda ko‘rgan har qanday muammolar, hatto eng g‘alati yoki bema’ni bo‘lsa ham, har doim u yoki bu tarzda hal qilinadi. Ammo filmlarda bir yarim soat ichida sodir bo‘ladigan hamma narsa haqiqat emas. Darhaqiqat, voqelik nafaqat nomukammal, balki u filmlardagiga qaraganda ancha boshqachadir.
Filmlarda sevishgan juftliklar ko‘pincha o‘t ustida yotadi, atrofda go‘zallik, tabiat bor. Haqiqiy hayotda barcha romantika hasharotlar sizni qo‘lga kiritishni boshlagandayoq tugaydi.
Musiqiy multfilmda qahramonlar birdan qo‘shiq kuylashni boshlaydi.
Multfilmda chuqur qazish juda oson. Belkurak osongina tuproqqa kiradi va qiyin ish bir necha soniya ichida amalga oshiriladi. Aslida esa, albatta, bunday emas.
Filmning qisqa sahnalarida qahramon mashq qiladi, parhez tutadi va to‘satdan mukammal tanaga ega bo‘ladi. Aslida, bunday o‘zgarish uzoq jarayonni talab etadi. Tezda maqsadga erishish uchun mashg‘ulotlarga musiqa ham yordam bermaydi.
Uzoq romantik dramalar tashvish va nizolarga to‘la bo‘lib, haqiqiy hayotda bu ba’zan telefon suhbatining 10 daqiqasida hal qilinishi mumkin. Kinoda o‘rta maktab o‘quvchilari vaqtlarini sinf va koridorlarda o‘tkazishadi. Darslar orasi juda uzoq tanaffuslarga ega. Aslida esa o‘rta maktab o‘quvchilarining shunchaki gazak yeyishga ham vaqtlari yo‘q.
Kinoda nonushta va kechki ovqat oila bilan birgalikda qilinadi.
Mashina ichidagi sahnalarda haydovchilar hech qachon yo‘llardan nolimaydi.
Kinodagi chaqaloqlar odatda juda yaxshi xulqli bo‘lishadi. Hayotda esa chaqaloqlar hamma narsaga yig‘lashi mumkin.
Barcha oshxonalar kinoda bo‘lgani kabi toza va ozoda emas. Filmlarda mo‘jizalarga to‘la voqelikda uyg‘onish mumkin. Ammo hayot bunchalik go‘zal emas. Ushbu ko‘rinishni faqat bayram kunlarida uchratish mumkin.
Maktabdagi sinfdoshlar uyga yig‘ilganda, hamma narsa yoshlarga xos va quvnoq ko‘rinishi tabiiy. Ammo fonning orqa qismi unchalik ham yoqimli emas. Mehmonlar ketganidan so‘ng ulardan yuvilmagan idishlar uyumigina qoladi.
Uyqudan turgach darhol nonushta qilish hayotda unchalik ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Filmdagidek musht bilan oynani buzish juda qiyin. Aslida, bu ishdan keyin kasalxonaga borishga to‘g‘ri keladi. Filmda qor bilan bog‘liq barcha sahnalar ajoyib ko‘rinadi: mukammal oq manzaralar, quvnoq odamlar. Bularning barchasini haqiqiy hayot bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Qorda havo sovuqligi shamollash va grippga sabab bo‘ladi. Shuningdek, manzara doim ham ertakdagidek emas, aksincha qor erib, loy bilan qorishib ketadi. | 97 | 2,533 |
Madaniyat | Alisher Uzoqov: Qaynotaning keliniga tegajog‘ligi tasvirlangan milliy seriallar mentalitetimizga “to‘g‘ri keladi”, ammo “Sevgi iztirobi” to‘g‘ri kelmaydi (video) | Aktyor va rejissor Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Alisher Uzoqov suhbat davomida “Sevgi iztirobi” seriali uch marotaba efirdan olib tashlanishiga munosabat bildirdi.
Aniq sababini bilmayman, lekin baribir ommaga aytilgan sababi bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydi, deyilgani uchun olib tashlandi. Dushmanlar ham bor baribir. Unaqa seriallar ko‘p. Nimaga aynan “Kara Sevda”, ya’ni “Sevgi iztirobi”? Chunki u xalq orasida juda ommalashdi. Umuman olganda, hozir boshqa kanallardan ketayotgan turk seriallarini “Sevgi iztirobi” bilan taqqoslab chiqsangiz, ma’naviyatimizga ta’siri aynan bir xil. Bu gapimga javob beraman, lekin “Sevgi iztirobi”ning yagona aybi — tezda ommalashgani va xalq e’tiboriga tushgani.
O‘zimizning hozirgi olinayotgan seriallarda ham mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan joylari ko‘p. “Otalar so‘zi—aqlning ko‘zi”ning zamonaviy bir qismini ko‘rdim. U yerda bitta qaynota keliniga “tashayapti”. Bu ma’naviyatimizga rosa to‘g‘ri keladi-a? Bitta qaysidir o‘zimizning milliy serialda yigit bilan qiz kokain chekib o‘tirishibdi. Nashamas, kokain, ko‘rsatib o‘tirishibdi. Bu ma’naviyatimizga rosa to‘g‘ri keladi-a? Bu seriallarni ko‘p odam ko‘rmaydi, “Sevgi iztirobi” esa yaxshi bo‘lgani uchun ham uni yo‘qotishdi.
Bizda sindirishga kelganda birinchilardan bo‘lishadi, ildam qadamlar bilan, katta-katta “lom”lar bilan sindirib tashlashadi.
Bu serial to‘xtatilganini sababi mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydi, yoshlar ongini zaharlayapti, xo‘p, tushunarli. Bundan kelib chiqadiki, san’at odamlar ongini, dunyoqarashini o‘zgartira oladigan soha. Nimaga biz bu sohaga faqat negativ paytlar e’tibor berishimiz kerak? Nega xalq ongini buzayotganda e’tibor berishimiz kerak? Ongni buzyapti, san’atning kuchi katta ekan, kelinglar, shunga kuchliroq e’tibor beraylik-da, xalqimiz ma’naviyatini yaxshi tarafga o‘zgartiraylik, degan maqsad nega bizda yo‘q?
Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor
Ma’lumot uchun, “Sevgi iztirobi” Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. 2018-yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi. Zo‘r TV telekanali 2019-yil iyul oyida “Sevgi iztirobi” efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi. 31-iyul kuni esa esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi. | 161 | 2,685 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik xonanda G‘ayrat Usmonov “Barselona”ga atab qo‘shiq kuyladi | O‘zbekistonlik xonanda G‘ayrat Usmonov “Barselona” klubiga atab qo‘shiq kuyladi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Xonanda qo‘shiqda “Barselona” klubi va futbolchilarini sharaflagan holda “Real” klubini kataloniyaliklar g‘alabalaridan chorasiz qolib, yig‘lashga chorlaydi. Shu tariqa O‘zbekiston san’atkorlari orasida ham “Barselona” muxlislari borligi ayon bo‘ldi.
G‘ayrat Usmonovning qo‘shig‘ini tinglamoqchi yoki ko‘chirib olmoqchi bo‘lganlar quyidagi havolaga o‘tishi mumkin. | 73 | 473 |
Madaniyat | Obid Asomov “Multiplikatsion filmlar studiyasi” direktori etib tayinlandi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov “Multiplikatsion filmlar studiyasi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi ma’lum qildi.
“Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 7-avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekkino” milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan tashkil etilgan.
Ma’lumot uchun, Obid Asomov oxirgi paytlarda “Milliy TV” telekanalida efirga uzatilayotgan “Kulish shart” shousini olib borayotgandi. | 73 | 695 |
Madaniyat | Akula hujumi, ochilmay qolgan parashyut va avtohalokat: o‘lim yoqasidan qaytgan Gollivud yulduzlari (foto) | Aktyorlar qancha mahoratli bo‘lmasin, to‘satdan yuz bergan hodisa tufayli hayoti xavf ostida qolishi tabiiy. Agar vaqtida yordam berilmasa, shu kungacha omon qolmasligi ham mumkin edi.
Leonardo Di Kaprio
Aktyor Janubiy Afrikada akulalarni oziqlantirish vaqtida ularning hujumi tufayli vafot etishiga bir baxya qolgan. Leo maxsus qafasda bo‘lishiga qaramay, akula uni tishlash uchun bir necha bor harakat qilgan.
Sharliz Teron
Aktrisa “Eon Flyuks” filmining suratga olinish jarayonida mototsikl ustida xavfli holatga duch kelgan. U tryukni bajarish vaqtida bo‘ynini sindirib olishiga oz qolgan. So‘ngra uning salomatligi tiklanishi uchun suratga olish ishlari ikki oyga qoldirilgan.
Jonni Depp
Bir vaqtlar aktyor suratga tushish maydonchasida otdan yiqilib tushgan. Yaxshiyamki, otning tuyoqlari ostida qolmagan va darhol vaziyatni qo‘lga olgan. Shuningdek, aktyorning kichik samolyotdagi sayohatida ham dvigatel ishdan chiqib qolgan. Lekin bir necha soniya ichida hammasi iziga tushgan.
Jeyn Seymur
Aktrisa oddiygina gripp bilan kasallangan vaqtida penitsillinga allergiyasi tufayli hayot bilan xayrlashishiga sanoqli daqiqalar qolgan. Shundan so‘ng Jeyn salomatligiga alohida e'tibor qaratadi.
Enn Xeteuey
Tatilni Gavayida o‘tkazishni reja qilgan aktrisa kuchli oqim girdobiga tushib qolgan. Albatta, bu uning hayoti uchun juda xavfli bo‘lgan. Ammo qutqaruvchilar uni ko‘rib qolgan va darrov yordamga shoshgan.
Jeyson Steytxem
Suratga tushish maydonchasida aktyor boshqarayotgan yuk mashinasining tormozi ishdan chiqqan va dengizga qulagan. Aktyor esa mashina harakatlanayotgan vaqtdayoq undan sakrab tushishga ulgurgan.
Rayan Reynolds
Aktyor 17 yoshidayoq parashyutni yaxshi ko‘rar edi. U parashyutdan sakrash bo‘yicha shug‘ullanayotganda u ochilmay qolgan. O‘sha vaqtda Rayan juda yoqimsiz hodisani boshdan kechirgan, chunki zaxira ham bir urinishda ishlatilmagan.
Sheron Stoun
Aktrisa ikki marotaba o‘lim changalidan qaytib kelgan. 1990-yilda Sheron avtohalokatga uchragan va 4 oy mobaynida to‘shakka mixlangan. 2002-yilda esa aktrisaning arteriyasi yorilishi natijasida hayoti xavf ostida qolgan, lekin shifokorlar uni asrab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Jorj Kluni
“Siriana” filmining suratga olish vaqtida Kluni balandlikdan yiqilib tugan va bosh hamda bel qismidan qattiq jarohat olgan. Aktyor hanuzgacha jarohatning asoratidan azob chekadi. 2018-yilda ham u avtohalokatga uchragan, ammo yengil jarohatlar tufayli tezda oyoqqa turib ketgan.
Xoakin Feniks
Bir necha yil avval Joker filmi qahramoni hayotida ham qaltis vaziyat yuz bergan. Uning mashinasi boshqasi bilan to‘qnashib ketgan va aktyor bir qancha og‘ir jarohatlar olgan. Ammo aktyor tez orada barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tgan.
Silvestr Stallone
Aktyor ham “Rokki 4” filmi sahnalarining birida hayot bilan xayrlashishiga bir baxya qolgan. Kadrlarning birida yuragidan zarba olgan aktyor uyiga borib, o‘zini yomon his qila boshlagan. So‘ngra jonlantirish bo‘limida 8 kun yotgan. Film esa uning tuzalishiga qadar to‘xtatilgan. | 106 | 3,004 |
Madaniyat | O‘z ismi bilan emas, taxallusi bilan tanilgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | Ijodda ism-sharifning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’riflashning hojati yo‘q. Shu bois ijodni boshlayotgan inson ismidan qoniqmasa, jarangdor taxallus tanlaydi. Keling, bugun sizga o‘zbek san’atida ismidan taxallusini afzal bilgan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot beramiz.
Ubaydulla Omon
O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omonning hujjatdagi familiyasi Baqoyev, ammo u otasining ismi bilan ijod qilishni afzal ko‘rgan.
Malika Ravshanova
Xonanda Malika Ravshanova erta olamdan o‘tgan otasining yorqin xotirasi uchun ijodni uning nomi bilan boshlashni afzal ko‘rgan. U avvaliga Malika Ravshan taxallusini tanlamoqchi bo‘lgan, ammo yaqinlari bu nom biroz g‘aliz ekanligini aytishgan.
Guli Asalxo‘jayeva, Bahora Arslonova
Xonanda Guli Asalxo‘jayeva va Bahora Arslonova ham negadir o‘z ismlari bilan tanilishni istashmagan. Xonanda ismidagi bahordan, aktrisa esa guldan voz kechgan. To‘g‘ri tushundingiz, ularning asl ismi Gulbahor.
Afruza
Yosh xonanda Afruza ham ijod uchun ismini biroz qisqartirishga qaror qilgan. Uning asl ismi Dilafro‘z, ammo muxlislar uni Afruza nomi bilan tanishadi.
DJ Piligrim
DJ Piligrim’ning asl ismi Ilhom Yo‘lchiyev, ammo u ham faoliyatini jarangli nom bilan boshlashni istagan.
Yakzon
Shoir va bastakor Yakzonning hujjatdagi ism-sharifi Shohruh Jo‘rayev.
SanJay
“Men Checheniston xalq artistiman”, deya o‘zbek shou-biznesiga kirib kelgan xonanda SanJayning asl ismi Sanjar Joberdiyev. Ammo rus millatidagi yaqinlari uni qisqa qilib SanJay deyishgan. Bu keyinchalik ijodiy taxallusga aylangan.
Dilso‘z
To‘ng‘ich qizi bilan ism talashib qoladigan Dilso‘zning asl ismi Go‘zal Jumaniyozova. Unga Dilso‘z taxallusini ilk prodyuseri Sardor Rahimxon tanlagan. Xonanda ilk farzandiga taxallusini ism sifatida qo‘ygan.
— To‘ng‘ich qizim bilan ko‘p marta ism talashib qolamiz. Chunki Dilso‘z deyishsa, ikkimiz ham birdan javob beramiz, — deydi xonanda.
Mustafo
Xonanda Mustafoning ham asl ismi butunlay boshqa. Uni biror hujjatda Zohid Yusupov ism-sharifi bilan ko‘rib qolsangiz, hayron bo‘lmang.
Kaniza
Kanizaning asl ismi Shahrizoda Ahmedova. U buvisining ismidan taxallus sifatida foydalanishga qaror qilgan.
Sogdiana
Hozirgi kunda Rossiyada ijod qilayotgan o‘zbekistonlik xonanda Sogdiananing asl ismi Oksana Nechitaylo.
Parizoda
Raqqosa Parizodaning asli ism-sharifi Dilnoza Safarova. U raqsni tanlashiga sababchi bo‘lgan buvisining tavsiyasi bilan Parizoda taxallusini tanlagan. Chunki uni bolalikdan oila a’zolari Parizoda deb erkalashardi.
Shahzoda
Xonanda Shahzodaning hujjatdagi ism-sharifi Zilola Musayeva. Shahzoda nomi esa unga prodyuserlik kompaniyasi tomonidan tavsiya etilgan.
Alixan
Keyingi paytlarda jangari filmlarda faol bo‘lib qolgan Alixonning asl ismi Nurmuhammad Husniddinov. | 82 | 2,749 |
Madaniyat | Robert Pattinson ishtirokidagi “Betmen”ning taqdimoti koronavirus tufayli 2021-yilning kuziga qoldirildi | Warner Bros. kinostudiyasi koronavirus pandemiyasi tufayli bir necha filmlar taqdimotini qoldirdi, deb yozadi Deadline.
Shunday qilib, Robert Pattinson ishtirokidagi yangi “Betmen”ning 2021-yilning iyuniga mo‘ljallangan taqdimoti 2021-yilning 1-oktabriga qoldirildi. Bu studiyaning mart oyi o‘rtasida koronavirus tufayli suratga olish jarayonlarini to‘xtatgani bilan bog‘liq.
Rejissor Mett Rivzning so‘zlariga ko‘ra, yangi filmda tomoshabinlar Betmenning “qora” tarixini ko‘radi. “Yangi ‘Betmen’da detektiv avvalgilaridan ko‘p. ‘Betmen’ dunyodagi eng buyuk detektiv bo‘lishi kerak, hatto ssenariy uning atrofida qurilmasa ham”, — deydi Rivz.
Filmda Robert Pattinsondan tashqari Jeffri Rayt, Zoi Kravits va Kolin Farrell rol ijro etadi.
Shuningdek, Warner Bros. “Flesh” filmi taqdimoti 2022-yilning 3-iyuniga, “Shazam” filmi taqdimoti esa 2022-yilning 4-noyabriga qoldirilganini ham ma’lum qilgan.
Disney premyeralar jadvalini yangiladi. “Qora beva” noyabrda, “Mulan” iyulda namoyish etiladi | 104 | 992 |
Madaniyat | Asal Shodiyevaning to‘ydan keyingi ilk suratlari paydo bo‘ldi (foto) | Instagram’dagi “Mashhur yulduzlar oilasi” guruhining sahifasiga aktrisa Asal Shodiyevaning to‘ydan keyingi suratlari joylandi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Shohruxxon va aktrisa Asal Shodiyevaning nikoh oqshomi Toshkentdagi “Osiyo Grand” restoranida 5-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. | 68 | 311 |
Madaniyat | Internetda Leonardo da Vinchi haqidagi mini-serialning ilk kadrlari paydo bo‘ldi (video) | Internetda italiyalik rassom va kashfiyotchi Leonardo da Vinchining hayoti haqida hikoya qiluvchi “Leonardo” mini-serialining ilk kadrlari paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Variety.
Kadrlarda Leonardo qay tarzda rasm chizishni o‘rgangani hamda “Sirli kechada” deb nomlangan kartinasini chizganidan keyin qanday mashhur bo‘lib ketgani aks etgan. Mini-serial sakkiz qismdan iborat bo‘ladi, ularning har birida buyuk musavvirning bitta muvaffaqiyati haqida hikoya qilinadi.
Mini-serialda italiyalik aktyor Jankarlo Jannini (Leonardoning ustozi rolini ijro etgan), Matilda de Anxelis (rassomning ilhom parisi), Freddi Xaymor (detektiv Stefano Jiraldi) va boshqalar suratga tushgan. Loyiha rejissorlari Deniel Persival va Aleksis Kaxill.
Mini-serial taqdimoti joriy yilda Leonardo da Vinchi tavalludining 500 yilligiga bag‘ishlab taqdim etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq pandemiya sababli premyera keyingi yilga qoldirildi.
Ma’lumot uchun, buyuk musavvir Leonardo da Vinchi haqida 1971-yilda ham mini-serial ishlangan. “Leonardo da Vinchi hayoti” deb nomlangan mini-serialda bosh rolni fransiyalik aktyor Filipp Lerua ijro etgan. Ushbu film bir necha yillar avval O‘zbekiston telekanallarida ham efirga uzatilgan. | 88 | 1,208 |
Madaniyat | PROlogue festivali doirasida rejissor Qamara Kamolovaga bag‘ishlangan kitob taqdimoti o‘tkazildi | PROlogue IV xalqaro kinofestivalining ikkinchi kuni kino ixlosmandlari uchun ma’naviy ozuqa beradigan loyihalar, turli mahorat darslari, qisqa metrajli filmlar tanlovlari bilan qizg‘in davom etmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Rejissor Qamara Kamolovaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Kino – uning ishi” kitobining taqdimoti san’at olamiga kirib kelayotgan yosh ijodkorlar uchun mahorat darsiga aylanib ketdi.
Kitobga kiritilgan materiallarning aksariyati kinoshunos Yelena Chaykaning Qamara Kamolova yaratgan filmlar haqida yozgan maqolalardan olingan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobining “Achchiq danak”, “O‘zganing baxti”, “Ertaga chiqasanmi?”, “Bo‘lmagan narsa haqida”, “Yovvoyi”, “Atrof oppoq qor bilan qoplangan” kabi badiiy filmlari xalq qalbidan joy olgan.
Kitob taqdimotida Qamara Kamolova yaratgan filmlarda rol ijro etgan aktyor va aktrisalar, rejissorning shogirdlari va kino ixlosmandlari ishtirok etdi.
— Bugungi taqdimot ustozim, o‘zbek kinosining ardoqli va atoqli rejissori Qamara Kamolova bilan uchrashtirib, kino olamidagi qadamlarimni yana bir bor eslatdi. 9-sinfda o‘qiyotgan vaqtimda “Atrof oppoq qor bilan qoplangan” filmida debyut rolimni ijro etganman. Men bu insondan minnatdorman. Chunki ulardan kino sohasi bo‘ladimi, hayot tajribasimi, xullas, juda ko‘p narsalarni o‘rganganman va o‘rganib kelmoqdaman, — deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva.
Shu kunning o‘zida Yoshlar ijod saroyida Qamara Kamolovaning “Yo‘l bo‘lsin” nomli filmining retrospektiv namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.
— Meni kino olamida Qamara Kamolova “dunyoga keltirgan” bo‘lsa, Ayub Shahobiddinov “katta qilgan”, — deydi aktyor Aziz Rametov. — Qamara Kamolova rejissorligidagi “Yo‘l bo‘lsin” filmidagi rolim bilan kino dunyosiga kirib keldim. Bugun bu film namoyish etildi. Yoshlar tomosha qildi. Lekin ko‘pchilik oxirigacha o‘tirmadi. Tomoshabinlarni “Bu qanaqa kino o‘zi, umuman tushunmadim” qabilidagi gaplari qulog‘imga chalinganda, to‘g‘risi, xafa bo‘lib ketdim. Albatta, bu filmni tushunish uchun ozgina bo‘lsa-da, aql kerak. Chunki “Yo‘l bo‘lsin” filmi ramziy ma’noga ega. Lekin qachongacha tomoshabinni o‘ylab, uning yo‘rig‘iga yurib, bachkana, faqat maishiy mavzularni aks ettirgan kinolarni olamiz?! Ular ham aqlini ishlatsin, o‘ylansin, kino ruhiyati bilan yashab, uning mazmunini o‘zi chaqib olsin. Bejizga bunday festivallar tashkil etilayotgani yo‘q.Ularni o‘tkazishdan maqsad ham aslida haqiqiy san’at asarlari bilan yoshlarni tanishtirishdan iborat.
PROlogue festivali doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. | 96 | 2,584 |
Madaniyat | Arnold Shvarsenegger o‘ziga hujum uyushtirilganidan so‘ng muxlislariga murojaat qildi | Janubiy Afrikadagi sport musobaqasida hakam sifatida ishtirok etayotgan amerikalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvarseneggerga noma’lum shaxs hujum uyushtirgani haqida xabar berilgan edi.
“Vesti.ru”ning yozishicha, aktyor holat yuzasidan muxlislariga murojaat qildi va ulardan xavotirlanmasliklarini so‘radi.
Qayd etilishicha, hujum oqibatida aktyor jarohatlanmagan.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ushbu holatdan darg‘azab bo‘lib, yoshgina erkakning 70 yoshli taniqli aktyorni orqadan kelib tepganini keskin qoraladi.
Biroq aktyor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali barcha muxlislariga murojaat qilib, ulardan xavotir olmaslikni so‘radi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u holat haqida olomon ustiga yopirilib kelgan deb o‘ylagan. “Videoni ko‘rganimdan so‘nggina meni tepishganini tushundim, xuddi sizlar kabi. U ahmoq yaxshiyam to‘g‘ridan to‘g‘ri efirimni to‘xtata olmadi”, — deb yozadi aktyor Twitter’da. | 85 | 915 |
Madaniyat | Gollivud yulduzi 49 yoshda: Kameron Diazning hayotiy hikoyasi | 2021-yil 30-avgust kuni Kameron Diaz 49 yoshga to‘ldi. Qanday qilib oddiy oilada tug‘ilgan qiz Gollivudda talabgir va eng ko‘p gonorar oladigan aktrisaga aylandi?
Kameron Diaz San-Diyegoda neft kompaniyasi xodimlarining oilasida tug‘ilgan. Yulduzning otasi kubalik, onasi ingliz, uning ajdodi hindularga borib taqaladi, shuning uchun uning tashqi ko‘rinishi o‘zgacha.
Kameron bolaligini juda baxtli deb ataydi va lagerda yoki buvisining fermasida o‘tkazgan ta’tillarini yodga olib, zavqlanadi. “Bizning oilamiz boy emasdi, aksincha. Esimda, biz qutilar yig‘ar edik, chunki oilamiz uchun 20 dollar ham katta pul edi. Lekin biz baxtli edik. Bizning avlod ko‘chada o‘ynadi. Velosiped va rolikda yurardik, ko‘chaning o‘rtasida futbol o‘ynardik ”, – deydi aktrisa.
Bolaligidan ota-onalar bolalarini ishlashga o‘rgatgan, maktabda doimiy nizolar tufayli ular o‘zlarini himoya qilishni o‘rganishlari kerak edi, shuning uchun Kameron qattiqqo‘l, og‘ir musiqa tinglaydigan va shunga mos kiyinadigan qiz bo‘lib ulg‘aygan.
Shu bilan birga, u juda mehribon yurakka ega: bir marta katta akasi uyga ilon olib kirgan, Kameron esa qo‘rqmasdan hayvonga g‘amxo‘rlik qilishga qaror qilgan. Ko‘p o‘tmay, uning xonasida butun hayvonot bog‘i paydo bo‘lgan va uning o‘zi zoolog bo‘lishni orzu qilgan.
Kameron juda ozg‘in va ayni paytda sinfdagi eng bo‘yi baland qiz edi. Albatta, tengdoshlari uni masxara ham qildi, uni skelet deb atadi, lekin Diaz o‘zini qanday himoya qilishni bilar edi va ularga e’tibor bermaslikka harakat qilardi.
16 yoshida u o‘zining birinchi reklama shartnomasini imzoladi, 18 yoshida Elite Model agentligiga qo‘shildi, Kalvin Klein va Levi’sning yuziga aylandi, Seventeen jurnalining muqovasida chiqdi va kolaning reklama kampaniyasida ham ishtirok etdi.
Bir kuni 21 yoshli Kameron o‘zi ishlaydigan agentlikning stolida “Niqob” filmining ssenariysini ko‘rib qoldi va bu rolni sinab ko‘rish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Agentlik unga kastingda joy ajratib berdi, lekin film ijodkorlari Kameronda aktyorlik tajribasi yo‘qligidan xijolat bo‘ldi, lekin uning jozibasi, qat’iyati va o‘ziga bo‘lgan ishonchi o‘z vazifasini bajardi. Shunday qilib, Diaz bu rol uchun amalda ma’qullangan Anna Nikol Smitni o‘rnini egallab, 1994-yilning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biriga aylangan loyihaga kirdi.
Kameron o‘z mas’uliyatini anglab, rolga puxta tayyorgarlik ko‘rdi, kitob o‘qidi, zudlik bilan aktyorlik mashg‘ulotlariga bordi, 60-yillar uslubida raqsga tushishni o‘rgandi. Bu bejiz emasdi. Filmning ulkan muvaffaqiyatida Diazning ham hissasi bor.
Kartinaning ajoyib muvaffaqiyati shuni ko‘rsatdiki, Diaz aktyorlik yo‘nalishida rivojlanishi kerak. Tasdiq sifatida qizga suratga olish takliflari tushdi. U o‘sha yilning o‘zida to‘rtta filmda suratga tushdi. Shu tariqa yulduzning kino olamidagi karyerasi gullab-yashnadi.
Ta’kidlash joizki, Kameron hech qachon rollarni talab qilmagan, tanqidchilarga aktyorlik qobiliyati borligini isbotlashga urinmagan. Masalan, uning filmografiyasida dramatik rollar unchalik ko‘p emas, lekin u bu haqda hech qachon tashvishlanmagan, u faqat tomoshabin uchun rol o‘ynagan. Aslida, hayotga bo‘lgan bunday munosabat Kameronga osonlikcha va o‘ynoqi tarzda super yulduz bo‘lishga yordam berdi.
Kameron Diazni millionlab insonlar yaxshi ko‘rar edi, u hech qachon muxlislar e’tiboridan chetda qolmagan. Shuningdek, aktrisa uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirmagan. 1994–1998-yillarda u aktyor Mett Dillon bilan uchrashdi, lekin bu munosabat hech narsaga olib kelmadi. 2000-yilda aktrisa Jared Leto bilan tanishdi va, afsuski, munosabatlar to‘ygacha yetib bormadi. Ular 2003-yilda ajralishdi.
2003–2006-yillarda esa Kameron Jastin Timberleyk bilan uchrashdi va mashhurlar do‘st bo‘lib qoldi, hatto yillar o‘tib “Juda yomon o‘qituvchi” filmida birga rol o‘ynadi, keyin Aleks Rodriges bilan qisqa ishqiy munosabatlar ham muvaffaqiyatsiz yakun topdi. 2013-yilda, mish-mishlarga ko‘ra, aktrisa Ilon Maskning qalbini zabt etdi, lekin ularning munosabatlari uzoq davom etmadi.
“Men hech qachon ona bo‘lishni xohlamaganman. Bu men uchun ancha osonroq. Farzandli bo‘lish juda qiyin. Men o‘zimdan boshqa hech kim uchun javobgar bo‘lmayman. Buni qabul qilish mening hayotimni osonlashtirdi. Menda hammasi yaxshi. Ko‘p narsaga erishdim va boshqalar men haqimda nima deb o‘ylashlari qiziq emas”, – deydi Kameron. O‘sha paytda u hayotda xuddi shunday tanlov qilgan ayollar tomonidan ma’qullangan.
Ammo, shunga qaramay, 2014-yilda Diaz o‘z nuqtayi nazarini tubdan o‘zgartirgan odam, musiqachi Benji Madden bilan uchrashdi. Bir yil o‘tmay, 2015-yil yanvar oyida ular turmush qurdi va tez orada 42 yoshli Kameron o‘zidan 6 yosh kichik bo‘lgan eridan farzand ko‘rmoqchi bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
Kechagina uning tanlovini himoya qilib, minnatdorlik bildirgan izdoshlari hayron bo‘ldi. Kameron o‘zi o‘sgani kabi oilani yaratmoqchi ekanligi, baxtli, bolalar kulgisi, quvonch va kechqurun mehmonxonada samimiy yig‘ilishlar o‘tkazmoqchiligini ma’lum qildi.
Taxminan besh yil davomida aktrisa homilador bo‘lishga urinib, davolandi, balki shu sababli aktyorlik faoliyatini to‘xtatgandir. Natijada 2019-yilda juftlikning oilasida qizaloq dunyoga keldi.
Bugun u o‘z karyerasiga ega, agar xohlasa, unga qaytishi mumkin. Diaz shaxsiy masalada chindan ham baxtli, u o‘zini onalikka mutlaqo bag‘ishlagan va hatto ikkinchi farzand ko‘rishni ham orzu qilmoqda. | 61 | 5,369 |
Madaniyat | 2021-yilda 40 yoshni qarshi olishiga ishonish qiyin bo‘lgan mashhurlar (foto) | Yillar o‘tishi tashqi ko‘rinishga ta’sir qilmagan, yosh ko‘rinadigan yulduzlar suratini e’tiboringizga havola etamiz.
Chap tomondagi suratda Kris Evans 26 yoshda. O‘ng tarafdagisida esa 14 ta loyihada ishtirok etib ulgurgan vaqti.
Chap tarafda 23 yashar Jessika Alba. O‘ng tomonidagida esa 5 ta kinomukofotni qo‘lga kiritib ulgurgan payti.
19 yoshigacha Elayja Vud Bryus Uillis bilan birga suratga tushgan. Hozirgi yoshigacha esa 67 ta kartinada rol ijro qilgan.
Rami Malekning 25 yashar va hozirgi 20 ta film va 11 ta serialda suratga tushib ulgurgan ko‘rinishi.
Chap tarafda Britni 17 yoshda. U vaqtda xonanda birinchi albomini yozgan bo‘lgan. Bugungi kunda esa unga atab muzey tashkil qilingan.
Natali Portmanning Garvardning psixologiya fakultetini bitirgandagi 23 yashar va 90 ta kinomukofotni qo‘lga kiritib ulgurgan hozirgi ko‘rinishi.
Megan Marklning 25 yoshdagi va bugungi ko‘rinishi.
Tom Xiddlstonning 27 yoshidagi va bugungi 15 ta mukofotga sazovor bo‘lib ulgurgan ko‘rinishi.
Kristen 25 yoshida modellik olamida 10 yillik tajribasi bo‘lgan. Bugungi kunda esa u eng yaxshi aktrisa deb topilgan.
Beyonse ilk qo‘shig‘ini kuylagan vaqti 21 yoshda bo‘lgan. O‘ng tarafda esa tarixda eng ko‘p “Gremmi”ga ega bo‘lib ulgurgan vaqti.
Chap tarafda eng yaxshi aktrisa sifatida taqdirlangan 33 yoshli Fan Binbin. Bugungi kunda uning shaxsiy brendi mavjud.
22 yoshida Maykl Pitt turli yirik loyihalarga taklif qilingan. Bugungi kunga qadar esa Prada brendining yuzi bo‘lishga va film suratga olishga ulgurgan.
Chap tomondagi suratda 22 yashar Juliya Staylz eng yaxshi rol uchun taqdirlangan. Bugungi kunda esa u “Rivera” serialining bosh qahramoni sanaladi.
Mishel Dokeri 33 yoshida serialda suratga tushgan. O‘ng tarafda esa Gay Richining kartinasida bosh qahramonni gavdalantirgandagi ko‘rinishi.
Peris Xiltonning 23 yoshida debyut filmda suratga tushayotgan va yillar o‘tib biznes, dizaynerlik va model sifatida muvaffaqiyatga erishgan ko‘rinishi. | 77 | 1,963 |
Madaniyat | Aktyor Sherzod Bin: Kinoda maqsadi faqat tirikchilik bo‘lgan insonlar ko‘payib ketdi | Rejissorlikda debyut qilgan aktyor va taqlidchi Sherzod Bin, jurnalist Feruz Muhammad bilan suhbati davomida, o‘zbek kinosining hozirgi ahvoli, kinoteatrlarga tomoshabin tashrifi kamayib ketgani sabablari haqida fikr bildirdi.
“Kinoda noprofessionallar ko‘payib ketgani sabab haqiqiy kino oladiganlar kam qolgan. Bugungi kunda kino sohasi juda ham ayanchli ahvolda, bunda o‘zimizning ham aybimiz bor — buni ham tan olaman. Hozirda professional rejissorlarimiz ham yaxshilab o‘ylab, so‘ng film olish yo‘liga o‘tgan”, — dedi Sherzod Bin.
“Filmlar sifati pasayib ketganidan so‘ng, kinoteatrlarga keladigan tomoshabin soni ham kamayib bormoqda. Kasbi boshqa bo‘lsa-da, qo‘lida puli bor, kinoga faqat tirikchilik ko‘zi bilan qaraydigan insonlar ko‘payib ketdi. Men kimnidir tanqid qilib, o‘zimdan professional yasamoqchi emasman — kinoni bizga o‘xshagan noprofessional odamlar sindirdi, desam ham xato bo‘lmaydi”, — dedi aktyor.
“To‘g‘ri, men institutda o‘qiganman, ammo biz ham ba’zida ular kabi yengil yondoshishimizga to‘g‘ri keldi. Ammo pul topish uchun kinoga bunday yengil, sayoz yondashish kerak emas, bu gap nafaqat boshqalarga, balki o‘zimga ham qaratilgan deb hisoblayman”, — dedi Sherzod Bin.
“San’at oliygohidagi ustozimiz Shoira Hamidova: ‘Sen ishingni shu darajada mukammal qilginki, shuning o‘zi senga bitmas-tuganmas davlat olib keladi’, der edi. Haqiqatan ham, men parodiya bilan shug‘ullanganimda bu ishni pul uchun emas, balki o‘zim shu ishdan mazza qilganim, zavq olganim uchun qilganman. Ishtiyoq bilan, chin dildan ishlagan ekanmanki, shu ishim, ya’ni, parodiyalarim tufayli o‘zim xayol ham qilmagan, kutmagan miqyosdagi boylik ham mashhurlikka erishdim”, — deya qo‘shimcha qildi Sherzod Bin.
Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni Sherzod Binning birinchi rejissorlik ishi — “Qaysar oshiqlar” filmi premyerasi bo‘lib o‘tgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 84 | 1,998 |
Madaniyat | Muloqot.Uz kafesida yulduzli uchrashuvlar o‘tkazildi | Avval xabar berganimizdek, Muloqot.Uz kafesida 4- va 7-iyul kunlari aktyor Umid Iskandarov hamda qo‘shiqchi Sardor Rahimxonning o‘z muxlislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot.Uz ijtimoiy tarmog‘i tomonidan tashkillashtirilgan uchrashuvlar qizg‘in va taassurotlarga boy bo‘ldi. Shou ko‘rinishida o‘tgan tadbirlardan qiziqarli savol-javoblar, turli tanlovlar o‘rin oldi. Eng qiziq savol sohiblari va tanlov g‘oliblari sevimli yulduzlari tomonidan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Quyida ushbu tadbirlardan foto-reportajni tomosha qilishingiz mumkin.
Umid Iskandarovga muxlislari savol bermoqda
Ko‘zni yumgan holda qor uchquni yasash tanlovi
Umid bir daqiqa ichida so‘ralgan rasmni chizib berdi
Yulduz qalamiga mansub rasm va “Fotima” filmi premyerasiga taklifnoma eng faol ishtirokchilarga taqdim etildi
Matbuot kotibi Saodat va administratori Dilmurod hamrohligida kelgan Sardor Rahimxon ham rassomlik qobiliyatini namoyon qildi
Muxlislari Sardorga o‘z sovg‘alarini berishdi
Sardorning muxlislari o‘rtasida raqs tanlovi o‘tkazildi
G‘oliblarga Sardor Rahimxonning maxsus sovg‘alari topshirildi
Muxlislar Sardor Rahimxonning qo‘shiqlarini u bilan birga kuyladi
Har bir muxlisga Sardor Rahimxon dastxati qo‘yilgan surat taqdim etildi
Sardor Rahimxonning tadbir tashkilotchisi Muloqot.Uz’ga maxsus esdalik sovg‘asi | 52 | 1,341 |
Madaniyat | Xuseyn Ozden: "Navoiyni dunyoga tanitish har bir ziyolining vazifasidir" | Bugundan start olgan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida hujjatli kino kunlari oldi matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri xabar bermoqda.
Kinofestival mehmoni turkiyalik ssenarist va prodyuser Xuseyn Ozden Alisher Navoiy xaqidagi "Turkning ulug` chinori" hujjatli filmini o`zbek kino muxlislariga taqdim qilishini aytib o`tdi.
— Navoiy haqida hujjatli film olish asnosida turkiy tillar sultoniga ruhan bog`landim. Uning asarlarida inson omili yuqori turadi. Navoiyni dunyoga tanitish har bir ziyolining vazifasidir. Bu filmning yaratilishida 30 dan ziyod o`zbek olimlari yordam berishdi. Ularga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.
Tadbir davomida yana ko`plab rejissyorlar o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. | 72 | 737 |
Madaniyat | Shahzoda san’atni tark etish haqida o‘ylaganini aytdi | Xonanda Shahzoda 2-may kuni Nukus shahridagi amfiteatrda konsert berish uchun bu yerga yetib keldi, deb yozadi “KRuz.uz”. Xonanda “Nukus fm” radiosiga intervyu berdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir davomida Shahzoda bu yil “Istiqlol” san’at saroyida konsert bermasligini aytib o‘tdi. Shuningdek u viloyatlarga gastrol safari uyushtirishdan oldin san’atni tark etish haqida o‘ylaganini ham ma’lum qildi.
Boshlovchining “Shahzoda qanday ona?” degan savoliga, xonanda bolalari bilan do‘st ekanligini, qattiqqo‘l bo‘lishni xohlasa ham, bunday bo‘la olmasligini, katta o‘g‘li bilan juda yaqin do‘st ekanini va o‘g‘lining onasidan yashiradigan siri yo‘qligini ham ta’kidlab o‘tdi. | 53 | 668 |
Madaniyat | Toshkentda rossiyalik kinorejissyor Artyom Mixalkovning "Mister nokaut" filmi suratga olinmoqda | Toshkentda Mixalkovning "Mister nokaut" filmini suratga olish ishlari boshlandi. Filmda bosh rollardan birini Sergey Bezrukov ijro etadi
Rossiyalik rejissyor Artyom Mixalkov “Mister nokaut” nomli sport dramasini suratga olish uchun O`zbekistonga tashrif buyurdi. Olimpiya chempioni Valeriy Popenchenko haqidagi filmning bosh rolini Viktor Xorinyak, uning murabbiyi Grigoriy Kusikyansning rolini Sergey Bezrukov ijro etadi.
Film Toshkent, Chirchiq, Yangiobod va Chorbog`da suratga olinadi. Hozirda filmda ishtirok etadigan o`zbek aktyorlarining kastingi davom etmoqda.
Artyom Mixalkov filmni suratga olish ishlari aynan bizning mamlakatimizda bo`lib o`tayotganidan behad mamnun ekanligini ta`kidladi. "O`zbekkino" Milliy agentligi "Mister nokaut" filmini suratga olish ishlariga yaqindan yordam bermoqda. Shu munosabat bilan Artyom Mixalkov "O`zbekkino"ga tashrif buyurdi. Rahbariyat bilan uchrashuv chog`ida "Mister nokaut" kinoasarini yaratishga doir hamda keyingi hamkorlikdagi loyihalar to`g`risida fikrlar almashildi.
“Har galgi xizmat safarim davomida men o`zbek kino sohasining rivojlanish jarayonlarini diqqat bilan kuzatdim. Bu yil bir guruh iqtidorli yoshlar Butunrossiya kinematografiya davlat instituti (VGIK)da o`qishga otlanishgani quvonarli hol, chunki har doim etuk mutaxassislar kerak va bu har qanday kino ijodkorlari uchun birinchi raqamli masaladir.
Biz professionallarga ishonishmiz va pirovardida professional yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. "O`zbekkino" ga navbatdagi tashrifim davomida men “Yoshlar studiyasi”, “Kino muzeyi” bilan tanishdim. Men "O`zbekfilm" kinostudiyasi yangi binosining qurilishi jarayonlarini ilk bosqichlarida ham va hozir ham ko`rdim. Qisqa vaqt mobaynida asosiy bino qad rostlabdi. Shundan ko`rinib turibdiki, o`zbek kinosini rivojlantirishga doir juda ko`p samarali ishlar qilinmoqda. Davlat va xususan "O`zbekkino" tomonidan bugungi o`zbek kinematografiyasining taraqqiy etishiga katta e`tibor qaratilmoqda.
"Mister nokaut" filmi taniqli sovet bokschisi, 1964 yilda Tokioda bo`lib o`tgan Olimpiya o`yinlari g`olibi, ikki karra Evropa chempioni, SSSRning olti karra chempioni va Olimpiya o`yinlarining eng texnik bokschisiga beriladigan “Val Barker kubogi”ning yagona sohibi Valeriy Popenchenkoning taqdiri haqidagi biografik dramadir.
Bo`lg`usi Olimpiya chempionining yoshlik davri urushdan keyingi yillarda Toshkentdagi Suvorov bilim yurtida o`tadi. Mashhur sportchining tarjimai holidagi aynan shu tafsilot filmni O`zbekistonda suratga olinishi uchun muhim omil bo`ldi. | 95 | 2,525 |
Madaniyat | Ta’til vaqtida bolalar bilan tomosha qilish tavsiya etiladigan eng yaxshi Yangi yil mavzusidagi filmlar | Uyda bayram shukuhini yaratish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘ladigan ishlar juda oddiy. Buning uchun archa bezatiladi, turli xil bezaklar devorlarga ilinadi. Bir-biridan shirin taomlar pishirilib, televizor qarshisida Yangi yil haqidagi filmlar oilaviy tomosha qilinadi. Shundan keyin, albatta, hammaning ham kayfiyati bayramga mos bo‘lishi shubhasiz.
“Yangi yil sarguzashti”
Charlz Dikkensning shu nomli romani asosida suratga olingan filmda sevgi, do‘stlik, rahm-shafqat va mehrni bilmaydigan odam – Ebenezer Skruj haqida hikoya qilinadi. Yangi yil arafasida baxtsiz qahramon sarguzasht ishtirokchisiga aylanib qoladi va sehrga nafaqat qahramonning o‘zi, balki tomoshabinlarni ham ishontiradi.
“Santa-Klaus”
Bosh qahramon – Tim Allen ishtirokidagi Yangi yil komediyasi bolalarga ham, ota-onalarga ham manzur kelishi tabiiy. Tasodifan oddiy o‘yinchoq sotuvchisi Shimoliy qutbda paydo bo‘lib qoladi. Shundan so‘ng qahramon Santa Klausning o‘rnini egallashga majbur bo‘ladi va soqoli hamda qornini unikiga o‘xshata boshlaydi. Qahramon nafaqat yangi qiyofaga kirishi, balki Yangi yil bayramini ham o‘tkazishi kerak bo‘ladi. Yangi Santa Klaus esa bunga bor kuchi bilan harakat qiladi.
“Ijaraga oila”
“Ijaraga oila” filmi ta’til arafasida tomosha qilinadigan kulgili va ta’sirchan sevgi haqida hikoya qiladi. Yangi yil filmining eng yaxshi an’analaridan biri shundaki, unda qahramon Ketlin va uning qizalog‘i Zoi ismli qizning orzulari amalga oshadi.
“Yangi yil beshligi”
Yangi yil bu eng asosiy bayram bo‘lib, unda aqlbovar qilmas mo‘jizalar ro‘y beradi. Ammo sehr-jodu paydo bo‘lishi uchun avval unga ishonish kerak. Ushbu filmning asosiy qahramonlari gaplashadigan kuchuklar, sehrli muhit va ta’sirli voqealar − bu dunyoda hamma narsa bo‘lishi mumkinligiga ishontiradi.
“Qidiruvda Santa Lapus”
Bayramda hech kim sovg‘asiz qolmasligi kerak. Bir vaqtlar Santa Klausdan ajoyib sovg‘a kutgan oq o‘yinchoq kuchukcha haqiqiy mo‘jiza yuz berib, itga aylanadi va unga Santa Lapus deb ism qo‘yiladi. Nyu Yorkda yo‘qolgan Santa Klausni topish va Yangi yil bayrami barbod bo‘lmasligi uchun Santa Lapus topshirilgan muhim vazifani bajaradi. Ushbu bayramona film ham qiziqarli voqealar bilan kayfiyatni yanada ko‘taradi.
“Qutb ekspressi”
Santa Klausga ishonmaydgan qahramon Robert Zemekis poyezdda Shimoliy qutbga sayohat qiladi va tajriba, saboq va sehrli sarguzashtlarning guvohi bo‘ladi.
“Muz yurak”
Elza, Anna va boshqa qahramonlarning sarguzashtlari bolajonlar va kattalarga ham bayramona kayfiyat ulashadi. Qirollikning har bir qor parchasida mavjud bo‘lgan sehr-jodu bexosdan tomoshabinlarni ham film ichiga olib kirib ketadi.
“Sohibjamol va Maxluq: Mo‘jizakor Yangi yil”
Yangi yil oldidan va ta’tilda nafaqat “Sohibjamol va maxluq” multfilmini, balki Bella sevgilisi uchun sehrli Yangi yil syurprizini uyushtirishi haqidagi filmni ham tomosha qilish tavsiya etiladi.
“Niko”
Yosh Nikoning otasi Santa Klaus uchib yurgan bug‘ularning biri. Niko otasini hech qachon ko‘rmagan, shuning uchun ham uni izlab Shimoliy qutbga sayohat qiladi. O‘ziga ishonch, oilaviy qadriyatlar aks etgan ushbu film vaqtni maroqli o‘tkazishga yordam beradi. | 103 | 3,140 |
Madaniyat | Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mehr” filmi premera qilindi | Bugun O`zbekfilm kinokonsernida Kinematografiya agentligi tomonidan Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari bilan hamkorlikda yaratilgan «Mehr» badiiy filmining premerasi o`tkazildi. Premerada O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa va Ichki ishlar tizimi rahbar va xodimlari, askarlar, “Temuriylar” maktabi o`quvchilari, OAV xodimlari, jurnalistlar va kinoijodkorlar ishtirok etishdi.
Premera avvalida estrada yulduzlari tomonidan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo`shiqlar taqdim etildi. Shundan so`ng, Kinematografiya agentligi rahbariyati hamda kinoijodkorlarning tabriklari yo`llandi. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Bobur Bobomurod tomonidan o`qilgan she`riy tabrik barchada iliq taassurot qoldirdi. Shuningdek, tadbir davomida rejissyor Hilol Nasimov va O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Karim Mirhodiev filmni suratga olish jarayonlari haqida so`zlab berishdi.
Mazkur kinokartina chegarachilar hayoti, ularning chegara ortidagi mashaqqatli zahmati va kasbiga bo`lgan fidoyiligi haqida suratga olingan. Shuningdek, film voqealari zamirida bag`rikenglik, tinchlik, qo`shni davlatlar bilan do`stona munosabatlar kabi mavzular o`rin olgan.
Film Turkiyaning Gaziantep, Suriyaning Aleppo shahrida va O`zbekistonning turli hududlarida suratga olingan.
"Mehr" filmi bosh prodyuseri Firdavs Abduxalikov, ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiev, kartina direktori Shohrux Nasimov, kompozitor Shamsiddin Xolmurodov, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov, ikkinchi rejissyor Jamoliddin Qo`ziboev.
«Mehr» filmida Bobur Yo`ldoshev, Fotih Nasimov, Zumrad Eshonqulova, Angelina Tursoatova, Ra`no Shodieva, Vazira Yunusova, Bahrom Usmonov kabi o`zbek aktyorlar bilan birga taniqli turk aktyorlari Ekrem Ispir, Ahmet Serkan, O`zturk Sezay va boshqalar rollar ijro etgan. | 70 | 1,959 |
Madaniyat | Oybek va Nigora yangi tarona ijro etdi | Oybek va Nigora dueti yana bir yangi tarona taqdim etdi. “Yonma-yon” deb nomlangan qo‘shiq matni va musiqasi xonanda Oybek Alimov ijodiga, aranjirovkasi esa Jasur Javharnazarovga tegishli, deb xabar bermoqda Popcorn.uz.
Xabarda qayd etilishicha, tarona 3-iyun kuni soat 17:20 da “O‘zbegim taronasi” radiosida premyera qilindi. | 38 | 327 |
Madaniyat | Shvarsenegger “Oskar”ning taqdirlash marosimini “juda zerikarli” deb atadi | Gollivudning taniqli aktyorlaridan biri Arnold Shvarsenegger “Oskar” mukofotining so‘nggi taqdirlash marosimini “juda zerikarli” deb atadi. U o‘z fikrini Jimmi Kimmelning shousi vaqtida bildirib o‘tgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Terminator” yulduzining ta’kidlashicha, u marosimning uchdan bir qismini ko‘rgan va keyin televizorni o‘chirib qo‘ygan.
“Sahnada shuncha iqtidorlilar bo‘lsa-da, juda ham zerikarli bo‘lgani uchun boshqa tomosha qila olmas edim. Ular shuncha iqtidori bo‘la turib, marosimni qanday zerikarliga aylantirdi?” — deya hayron bo‘ladi aktyor.
Boshlovchining marosimni yaxshiroq o‘tkazish mumkinmi, degan savoliga Shvarsenegger hazillashib, keyingi safar uni Muscle Beach’da — gimanst va atletlar, so‘nggi vaqtda turli yoga maktablari vakillari to‘planadigan Santa-Mokiadagi mashg‘ulotlar maydonchasida o‘tkazish kerakligini aytgan.
Ta’kidlanishicha, “Oskar”ning 93-marosimi o‘z tarixida eng past reytingni qayd etgan — uni kuzatgan teletomoshabinlar soni 2020-yilgiga nisbatan ikki barobarga qisqarib ketgan.
Avvalroq “Ota” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotining eng yaxshi erkak nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan aktyor Entoni Hopkins taqdirlash marosimida ishtirok etmagani va o‘zining ismi e’lon qilingan vaqtda Uelsdagi uyida uxlab yotgan bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. | 74 | 1,322 |
Madaniyat | “Bolalik kunlarimda” loyihasi doirasida o‘zbek xalq ertaklarining audio talqini yaratiladi (foto) | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Bolalik kunlarimda” loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur loyiha Agentlik va Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Loyihaning asosiy maqsadi o‘zbek xalq ertaklarining audio talqinini yaratish orqali millatimizning ulkan madaniy merosi, xalq og‘zaki ijodi namunalarini kelajak avlodga yetkazishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komiljon Allamjonov ta’kidlaganidek, audio ertaklar bolalar uchun nafaqat qiziqarli voqealar bayoni, balki ota-onalarga barkamol avlodni tarbiyalashda samarali pedagogik vosita vazifasini o‘taydi. Bolalarda yaxshilik va yomonlik, xushmuomalalik, jasurlik va boshqa ijobiy xislatlarni shakllantirish, salbiy odatlarning oqibatlarini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq ertaklarining audio talqinini yaratishda bir guruh mutaxassislar, jumladan, muharrirlar, tarjimonlar, musahhih va ruhshunoslar, aktyorlar hamkorlikda ish olib bordi. Tadbirda o‘zbek xalqining sevimli ertaklaridan biri “Zumrad va Qimmat”ning audio talqini namoyish etildi. Loyiha doirasida, har oy yakunida 10 ta o‘zbek va rus tillaridagi ertaklar jamlangan disklar taqdim etiladi.
Shuningdek, audio ertaklarni ta’lim jarayoniga ham integratsiyalash, ulardan rivojlantiruvchi usul sifatida foydalanish ham rejalashtirilmoqda. Professional studiyada yozilgan audio ertaklar muntazam ravishda maxsus Telegram-kanalda muayyan vaqtda bepul uzatib boriladi.
Tadbirda mutaxassislar maktabgacha ta’lim vazirligi bilan amalga oshirilgan bu loyiha yaxshi samara berishini ta’kidladi. Bu kabi loyiha tizimli davom etadi. Shuningdek, “Ko‘ngil ko‘zi” deb nomlangan loyihada ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus kitoblar yaratish rejalashtirilgan.
Kelajakda bolalarning chet tillarini samarali o‘zlashtirishini yo‘lga qo‘yish maqsadida audio ertaklarning inglizcha versiyasini ham tayyorlash ko‘zda tutilgan. | 97 | 2,113 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.