folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Sherali Jo‘rayev ikkinchi marotaba qiz nabirali bo‘ldi | Kecha 2-iyul, chorshanba kuni Sherali Jo‘rayevning kenja o‘g‘li Zohir Shoh Jo‘rayev qiz farzandli bo‘ldi, deb yozadi Sayyod.uz.
Zohir Shoh qiziga qanday ism berishini uning qulog‘iga azon aytilgandan so‘ng ma’lum qilmoqchi.
2013-yil 1-sentabr kuni Shoh Jahon Jo‘rayev ham qizli bo‘lgan, unga Zeboi Jahon deya ism qo‘yilgan. | 54 | 324 |
Madaniyat | O`zbekiston-Germaniya: mamlakatlarni birlashtiruvchi madaniy hamkorlik | Har doim madaniyat turli xalqlar va mamlakatlar o`rtasida ko`prik bo`lib xizmat qilgan. Uning xalqaro munosabatlarga ijobiy ta`siri ham allaqachon o`z isbotini topgan. Mamlakatlar o`rtasidagi madaniy hamkorlik bir-birlarini yaxshiroq tushunishga, bir qator siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy masalalarda murosa qilishga, har ikki tomonga mos keladigan foydali echimlarga erishishga yordam beradi.
Bunday hamkorlikning yorqin namunasi bu - O`zbekiston va Germaniya. Mamlakatlarning juda boy madaniy merosi ming yillar davomida shakllangan bo`lib, hozirgi vaqtga kelib mamlakatlarning madaniyatiga bo`lgan o`zaro qiziqishlari yangi mazmun bilan boyimoqda.
O`zbekistonda nemis madaniyati va tilini o`rganishga qiziqish katta. Va aynan nemis tili mamlakatimizda o`rganilayotgan tillar orasida ikkinchi ommalashgan xorijiy tildir.
Xalqlar o`rtasida madaniy-ta`lim aloqalarini rivojlantirish maqsadida 1998 yil 27 noyabrda tashkil etilgan “O`zbekiston-Germaniya” qo`mitasi va do`stlik jamiyatining faoliyati mamlakatlarimiz o`rtasida kuchli ko`p qirrali aloqalarni o`rnatishda katta rol o`ynaydi. Bunga asosan O`zbekiston va Germaniya milliy bayramlarining o`tkazilishi, o`zbek va nemis ustalari ijrosida konsert dasturlarining tashkil etilishi, turli ijtimoiy-siyosiy mavzular va boshqa tadbirlar bo`yicha o`quv seminarlarining o`tkazilishi yordam bermoqda.
O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi samarali madaniy hamkorlikning yana bir yorqin dalili sifatida mamlakatda uch yil davomida amalga oshirib kelinayotgan "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" yagona multimediya loyihasini ko`rsatish mumkin. Loyihada tarixchi olimlar, arxeologlar, san`atshunoslar, Germaniya va O`zbekiston muzeylari xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Ushbu loyiha mazmuni va ko`lami bo`yicha chindan ham noyobdir. U uch (o`zbek, ingliz, rus) tildagi kitob-albomlarni chop etish, shuningdek O`zbekiston hududidan kelib chiqqan va xorijiy to`plamlarda saqlanayotgan moddiy va badiiy madaniyat ob`ektlariga bag`ishlangan filmlarni yaratishni ko`zda tutadi. Bu ham xalqaro miqyosda e`tirof etilgan durdonalar, ham keng ommaga va mutaxassislarga kam ma`lum bo`lgan yoki mutlaqo noma`lum bo`lgan artefaktlar bo`lishi mumkin. Kelib chiqishi o`lkamiz tarixi bilan bog`liq bo`lgan noyob artefaktlar va bebaho qo`lyozmalarning taqdimoti geografik va xronologik miqyosda birinchi bor amalga oshirilmoqda.
Loyiha asosini ushbu qadimiy o`lkada yaratilgan, lekin ayni paytda muayyan sabablarga ko`ra xorijda - Rossiya, Evropa, Osiyo, Amerika, Afrikaning turli muzeylari va xususiy kolleksiyalarida saqlanayotgan O`zbekiston madaniy merosi durdonalarini kataloglashtirish va tushunishning novatorlik g`oyasi tashkil qiladi. U arxeologik artefaktlar, noyob miniatyuralarga ega nodir qo`lyozmalar, turli xil amaliy san`at asarlarini o`z ichiga oladi.
Joriy yil 15 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrik so`zi bitilgan "O`zbekiston madaniy merosi Germaniya kolleksiyalarida" bezakli kitob-albomning taqdimoti bo`lib o`tadi. Aynan ushbu kitob-albom O`zbekistonning kitobat tarixiga zamonaviy multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda chop etilgan birinchi kitob sifatida kiradi, uni nafaqat o`qish, smartfon yordamida undagi 3D o`lchamidagi tasvirlar hamda videolavhalar bilan tanishish mumkin.
Mazkur kitob-albom Germaniya Federativ Respublikasining muzey to`plamlarida saqlanayotgan O`zbekiston badiiy merosini taqdim etadi. Bitta jild o`z ichiga Berlin davlat kutubxonasi, Berlindagi islom san`ati muzeyi, Berlin etnologik muzeyi, Shtutgartdagi Linden muzeyi, Gamburg san`at va hunarmandchilik muzeyi, uchta etnologik muzey: Leypsig, Drezden va Xernxutdan iborat Saksoniyaning davlat etnologik kolleksiyalari (SES), shuningdek Ganzaning Lyubek shahri etnologik kolleksiyasini birlashtirilgan. Xususiy kolleksiyalar faxriy senator Manfred Bumiller (Bamberg)ga tegishli islom davri yodgorliklari to`plamini taqdim etadi.
To`plamlarning har biri o`ziga xosdir. Masalan, Berlin Davlat kutubxonasi boshqa yozma yodgorliklar bilan bir qatorda Alisher Navoiy asarlari qo`lyozmalarini taqdim etadi. Berlindagi etnologik muzeyga eng ko`p kelib tushgan buyumlar mashhur sayyoh va O`rta Osiyoning an`anaviy san`ati ixlosmandi Villi Rikmer Rikmers tomonidan to`plangan.
Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan barcha ajoyib buyumlar - noyob qo`lyozmalar va me`moriy bezak namunalari, sopol idishlar, o`yma naqsh, zargarlik buyumlari va to`qimachilik mahsulotlari albom sahifalarida muhrlangan. Tasviriy materialning taqdim etilishi tasvirlangan buyumlar o`rtasidagi vaqt farqini hisobga olgan holda, iloji boricha xronologik prinsipga amal qiladi.
Kitobda X asr - XIV asrning birinchi yarmi artefaktlari (arxitektura va kulolchilik keramikasi, o`yma naqsh)bilan bir qatorda temuriylar davridagi yodgorliklari, xonliklar davrining buyumlari taqdim etilgan. Albomda o`rta asr durdonalari bilan birga XX asrning an`anaviy san`atiga oid ayrim namunalar ham o`rin olgan.
Ushbu kitob-albomining chiqarilishi ikki mamlakat o`rtasida madaniy sohada do`stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, xalqlar o`rtasida samarali muloqotni yo`lga qo`yish borasida ko`yilgan munosib qadam bo`ladi.
Rustam Jabborov | 70 | 5,297 |
Madaniyat | Anjelina Joli, Jonni Depp, Al Pachino va o‘zi ishtirok etgan filmlarni ko‘rishni xohlamaydigan boshqa mashhurlar (foto) | Millionlab muxlislarga ega mashhurlar orasida o‘zining filmlardagi chiqishini, suratini, umuman olganda o‘zini ko‘rishni yoqtirmaydiganlari ham bor. Quyida mashhurlarning nima sababdan o‘zini ko‘rishni istamasligi haqida fikrlari keltiriladi.
Anjelina Joli
“Menga o‘zim ishtirok etgan filmlarni tomosha qilishdan ko‘ra suratga olish jarayoni ko‘proq yoqadi”, — deydi Gollivudning mashhur aktrisasi Anjelina Joli.
Jonni Depp
“Suratga olish ishlarini tugatganimdan keyin boshqa hech narsaga qiziqmayman. Imkon qadar tezroq kinodan uzoqlashyapman. O‘zimni ekranda ko‘rishni yoqtirmayman. Men bu tanlovni ko‘p yillar oldin qilganman, biroq boshqalarning qanday rol o‘ynaganini ko‘rolmaslik men uchun achinarli holat. Men bilan film tomosha qilishni istashlari meni ranjitadi”, — deydi aktyor.
Meril Strip
“O‘zimni ekranda ko‘rishni istamayman va bu ishni qilishda davom etaman”,— deydi Meril Strip. Ammo unga yaqin bo‘lgan aktrisaning fikriga ko‘ra, u bir marta o‘zi ishtirok etgan filmlarni ko‘radi.
Tom Xenks
“Yo‘q, bu holat menga yoqmaydi. Menimcha, bu katta xato. Mukammal rol o‘ynashni o‘rganish qiyin, faqat unga yaqinlasha olish mumkin. Eski filmlarning muammosi esa o‘zgarmasligida”, — deydi aktyor.
Xoakin Feniks
“Ularni tomosha qilishim va nimanidir o‘rganishim uchun yetuk bo‘lishim kerak. Bu men qilgan xato, ularning barchasidan juda xavotirdaman”, — deydi Xoakin Feniks.
Riz Uizerspun
“Bosh rolni ijro etgan filmlarda suratga olish jarayonlari qanday bo‘lganini umuman eslay olmayman. Men ularni tomosha qilishni xohlamayman, aks holda o‘zimdan nafratlanaman. Ba’zida o‘zim ishtirok etgan filmlarning parchalarini ko‘rib qolaman, ularni eslay olmayman: hammasi juda g‘alati ko‘rinadi”, — deydi Riz Uizerspun.
Al Pachino
“Bu holatga qaytishim shart emas. Men hamma narsani ko‘rganman va nima ekanligini bilaman. Agar yaxshi bo‘lsa, xursand bo‘laman, yomon bo‘lsa, unutishga harakat qilaman”,— deydi aktyor.
Julianna Mur
“Men o‘z ishtirokimdagi birorta filmni ko‘rmaganman. Premyeralarda ham ko‘p o‘tirmayman, filmni tomosha qilishdan ko‘ra uning ichida bo‘lishni yaxshi ko‘raman”, — deydi aktrisa.
Zak Efron
“Men o‘zimga qarasam, yaxshiroq qilish mumkin bo‘lgan har bir kichik narsaga e’tibor beraman. Shuning uchun umuman qaramaslikni afzal ko‘raman”, — deydi Zak Efron.
Havyer Bardem
“Ekranda turli xil personajlarni gavdalantirganim uchun emas, burnimga qarashni, ovozimga quloq solishni, g‘alati ko‘zlarga qarashni istamaganim uchun o‘zim ishtirok etgan filmlarni ko‘rishni xohlamayman. Rol o‘ynaganimda burnimni ko‘rmayman va ovozimni eshitmayman. Bu butunlay boshqacha holat”, — deydi aktyor.
Megan Foks
“Men hech qachon o‘zimga qaramayman, hatto suratimga ham. Xonada monitor bo‘lsa, vahima boshlanadi. Qahramonimga qaraganimda uni quchoqlashni xohlayman”, — deydi model va aktrisa. | 119 | 2,810 |
Madaniyat | “Shoushenkdan qochish” filmidagi mashhur eman suvenirlar yasash uchun arralab tashlandi | “Shoushenkdan qochish” filmi tasvirga olinganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan kartinadagi mashhur eman daraxti arralab tashlanib, undan aktyorlar uchun esdalik sovg‘alar yasaldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mazkur eman 2017-yilda qurib qolgan va daraxt joylashgan hududning egasi uni arralab tashlashga qaror qilgan.
Film personajlarining portreti va ularning iqtiboslari tushirilgan yog‘och suvenirlar bosh roldagi aktyorlar Tim Robbins va Morgan Frimenga, shuningdek, film rejissori Frenk Darabont va boshqalarga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, kartina sujetiga ko‘ra, film bosh qahramoni do‘sti uchun yozilgan maktubni eman ostiga ko‘mib ketadi. | 87 | 662 |
Madaniyat | Davron Kabulov “Millionavirus” konsertida katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi (video) | “Million” jamoasi sardori Davron Kabulov jamoaning oxirgi “Millionavirus” deb nomlangan konsert dasturidagi katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi.
Davron Kabulov bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida gapirib berdi.
Ko‘pchilik bilmaydigan bir ma’lumotni ochiq aytib o‘tmoqchiman. “Million” jamoasining yangi dasturida bizning katta va eng ishongan sahna ko‘rinishimiz badiiy kengash tomonidan olib tashlandi. Ular “hozirgi vaziyatda bu narsani sahnada qo‘ymaganimiz ma’qulroq”, degan to‘xtamga kelishdi.
To‘g‘risi, shu chiqishimizdan rosa umid qilgandik. Bu sahna ko‘rinishini o‘zimiz ham, Mirkomil akam, Alisher ham mazza qilib ijro qilishayotgandi. Qariyb yarim soatlik chiqishimiz olib tashlandi. Bizni xursand qilgan holat, katta chiqishimiz olib tashlangan holda ham tomoshabinlar bizni juda yaxshi kutib oldi. “Bu konsertingiz zo‘r chiqibdi, boshqacha bo‘libdi”, deyishganida jamoadagilar bir-biriga qarab, “agar ishongan nomerimiz qo‘yilganida nima bo‘lardi”, deb qo‘ydik.
Muxlislarni sog‘ingan edik. Balki shu sababdan hech kim hech narsadan shikoyat qilmasdan, mazza qilib rollarini o‘ynadi.
Davron Kabulov, “Million” jamoasi sardori, shoumen
Ma’lumot uchun, “Million” jamoasining “Millionavirus” deb nomlangan konsert dasturi “Xalqlar do‘stligi” saroyida 2021-yilning 20—28-fevral kunlari bo‘lib o‘tdi. | 129 | 1,379 |
Madaniyat | Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivali boshlandi | Buxoroda 25-may, juma kuni an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivaliga start berildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buxoroning diqqatga sazovor manzillari bo‘ylab uch kun davomida o‘tkaziladigan bu yilga festival hisob bo‘yicha 17-sidir. Tadbirlar erta tongdan Ark qo‘rg‘onida boshlanib, so‘ng Labihovuz ansamblida davom etgan.
Hokimlikdan xabar berishlaricha, ansambl atrofida 3 mingga yaqin ishtirokchi, jahonning 30 dan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar va boshqa mehmonlar to‘plangan.
“Loyiha zamirida xalqimizning asriy urf-odatlari, milliy hunarmandchilik va amaliy san’ati, musiqa, raqs, xalq og‘zaki ijodi, bir so‘z bilan aytganda, boy madaniy merosimizni saqlash, uni qayta tiklash, yurtimiz va xorijda keng targ‘ib etishdek olijanob maqsad mujassam”, — deyiladi hokimlik axborotida. | 49 | 846 |
Madaniyat | Taniqli Gollivud aktrisasi Sandra Bullokning hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi (foto) | Gollivud yulduzi Sandra Bullokning uyini haqiqatan ham jannatmakon deb atash mumkin, chunki aktrisaning mulki Kaliforniyada, Palomar tog‘i etagida joylashgan. Hashamatli ko‘chmas mulk uchun deyarli 6 million dollar sarflashga rozi bo‘lgan yangi egasini qanday mo‘jizalar kutayotganini quyida guvohi bo‘lishi mumkin, deb yozadi People Talk.
91 gektar maydonni egallagan bir qavatli, O‘rta Yer dengizi uslubidan ilhomlanib qurilgan uyda dizayn konsepsiyasini izchil saqlash uchun panoramali derazalar, fransuz eshiklari va ochiq rangli yog‘och pollar mavjud. Boshqa narsalar qatorida ulkan basseyn, ko‘rkam bog‘, favvora va yaqinlar bilan uchrashuvlar uchun kichik joy mavjud. | 83 | 675 |
Madaniyat | Londonda ilk bor ingliz tiliga tarjima qilingan “Kecha va kunduz” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi | Londonda ilk bor ingliz tiliga tarjima qilingan “Kecha va kunduz” romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
2020-yil 17-yanvar kuni O‘zbekistonning London shahridagi elchixonasida zamonaviy o‘zbek she’riyati va adabiyotining asoschilaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning birinchi marta ingliz tiliga tarjima qilingan “Night and Day” (“Kecha va kunduz”) romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tarjima muallifi yosh olim, AQShning Michigan universiteti slavyan tillari va adabiyoti kafedrasi ma’ruzachisi Kristofer Fort hisoblanadi. U deyarli bir yil O‘zbekistonda yashab, XX asrdagi o‘zbek adabiyoti bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishi uchun materiallar to‘plagan va o‘zbek tilini o‘rgangan.
2019-yilda Kristofer dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. U Ilmiy ishida mahalliy xalqning madaniy-tarixiy an’analari, islohotchilarning taraqqiypavar g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan XX asr boshidagi o‘zbek adabiyotining noyobligini isbotlab berdi. | 99 | 993 |
Madaniyat | “Ilhaq” filmining suratga olish maydonida tanishgan juftlik turmush qurmoqda. Qiz To‘ti Yusupovaning nabirasi | Rejissor Jahongir Ahmedovning Ikkinchi jahon urushi haqidagi “Ilhaq” filmida bosh rollarni ijro etgan aktyorlar Husan Rashidov va Xurshida Soatova turmush qurmoqda. Bu haqda rejissor Instagram’dagi sahifasida xabar berdi.
“Ilhaq” filmida asosiy rollarni deyarli 80 foiz yangi chehralar, yangi iste’dodlar ijro etishmoqda. Zulfiya ayaning to‘rtinchi o‘g‘li Vahobjon va uning rafiqasi Rohatoy obrazlarini gavdalantirayotgan aktyor va aktrisa ham shular jumlasidan.
Husan Rashidov va Xurshida Soatova. Har ikkisini ham kinosinovlar maydonida tanidim, bildim, ilk bor birga ishladik. Fotosinovlardan so‘ng videosinovlar, bahs-munozalardan keyin bosh rol ijrochilari tasdiqlandi. Ular ham tanlanganlar orasida edilar.
Uch oylik tayyorgarlik ishlari, har bir aktyor bilan alohida ssenariy, keyinchalik rollari ustida ishlay boshlaganimizda ularni yaqinroq bila boshladim. Husan asli rejissorlik bo‘limini tugatganligini, Xurshida xalqimizning sevimli san’atkori To‘ti Yusupovaning nabirasi ekanini ham kechroq eshitdim.
Suratga olish ishlari boshlangach, aynan mana shu juftlik ochig‘i kaminani qiynashni boshladi. Sababi har ikkisi ham hali uylanmagan, turmush qurmagan, bir-biriga hatto yaqin kelgisi kelmasdi. Albatta buning orqasidan baqir-chaqirlar, suratga olish ishlari ma’lum muddatga to‘xtagan vaqtlar ham bo‘ldi. Qattiq talablar ostida ular o‘z rollarini sekin-sekin anglab bora boshlashdi. Vaqt o‘tib shunchalik kirishib ketishdiki nafaqat men, balki butun ijodiy guruhimizni erkatoyiga aylanishdi. Mana bugun meni ular o‘z nikoh to‘ylariga taklif qilib kelishdi. Baxtli bo‘lishsin. “Ilhaq” filmida yaralgan muhabbatlari umrboqiy bo‘lsin. Mendan ko‘p so‘rashadi, suratga olish ishlari qanday o‘tdi deb. Mening javobim shu — biz bu filmda muhabbat bilan ishladik.
Jahongir Ahmedov, “Ilhaq” filmi rejissori
Avvalroq “Ilhaq” tarixiy-badiiy filmining Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq murakkab jang sahnalari Belarusda suratga olinayotgani haqida xabar berilgan edi.
Xalqaro loyiha bilan band “Bibixonim” va front ortidagi front haqida “Ilhaq”. Jahongir Ahmedov Ikkinchi jahon urushi haqida film suratga olmoqda | 109 | 2,120 |
Madaniyat | 25-mart kuni “Nafs” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi | 25-mart kuni Elmira Hasanova ssenariysi asosida, Farrux Soipov rejissorligida suratga olingan “Nafs” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi. “Sharq Sinema” studiyasida ishlab chiqarilgan mazkur filmda bosh rollarni Farrux Soipov, xonanda Shahzoda, Ulug‘bek Qodirov, Munisa Rizayevalar ijro etgan. Bu haqda “Popcorn.uz” xabar berdi.
Epizodlarda “Bojalar” guruhi, Umid Iskandarov, Shahzoda Matchonova, Ruxshona va boshqalar ishtirok etgan. Filmda xonanda Shahzoda butunlay o‘zgacha obrazda namoyon bo‘ladi.
“Nafs” filmida boylikka ruju qo‘yish chinakam baxt olib kelmasligi g‘oyasi ilgari surilgan. Filmda tog‘li hududda yashab, cho‘ponlik bilan shug‘ullanuvchi Abdurahmon ismli yigitning hayoti hikoya qilinadi. Abdurahmon televizorda namoyish etiladigan kinofilmlar, kliplar va reklama roliklarini ko‘rib, butunlay boshqa hayot orzusiga beriladi. U televizorda ko‘rgan taniqli yulduz Samirga taqlid qila boshlaydi.
Kunlardan bir kun uning nigohi televizordagi go‘zal qizga tushadi va unga ko‘ngil qo‘yadi. Shunda: “Shu qizga erishish uchun qalbimni ham sotardim”, — deb aytadi. Ana shu so‘zlar uning hayotini butkul o‘zgartirib yuboradi. | 54 | 1,134 |
Madaniyat | Holi zabun zabonsiz obidalar kundan-kunga tutday to`kilmoqda (foto) | Buxoroning qadimiy ko`chalarini yayov kezgan kishi har qadamda bir tarixiy obidaga duch keladi. Ma`lumotlarga ko`ra, ko`hna shaharda ular soni 600 dan oshadi. Viloyat madaniy meros boshqarmasi mutasaddilarining bildirishlaricha, yaqinda tarixiy yodgorliklar to`liq kadastr qilindi. Ular davlat muhofazasiga olingan. Ba`zilarining investisiya kiritish sharti bilan tadbirkorlarga tanlov asosida berilayotgani esa obidalarni asrab-avaylash imkoniyatini kengaytiradi, deb yozadi "Xalq so`zi" muxbiri Istam Ibrohimov.
Maqola qayd etilishicha salkam 400 yillik tarixga ega Mag`oki ko`rpa masjidini bunga misol tariqasida keltirish mumkin. Qarovsizlikdan nurab yotgan bu yodgorlik ma`lum bir shartlar bilan “Buxoro nays karpet” (“Buxoroning chiroyli gilamlari”) MChJga ijaraga berildi. Xorijiy sarmoya evaziga yodgorlik restavrasiya qilindi. Shu tariqa uning umriga umr qo`shildi.
Ammo... Agar ayrim tarixiy obidalarga zabon bitganida avvalo Mag`oki ko`rpaga havasi kelayotganini aytar va o`zining zabun ahvolidan so`z ochardi. Bu haqda bejiz to`xtalmayapmiz. Ba`zi yodgorliklar qarovsizlik oqibatida hamda yog`in-sochin ta`sirida nurab boryapti. Beshafqat vaqt oldida ojiz qolyapti. XVIII asrda bunyod etilgan Mavlono Assiri madrasasi shular jumlasidan.
— 1960 yildan buyon shu madrasaga yondosh hovlida yashab kelyapman, — deydi 87 yoshli onaxon Musharraf Nuriddinova.— Bu erda ilgari ehtiyojmand uch-to`rt oila istiqomat qilganini yaxshi eslayman. Xartugul, toza-ozoda joy edi. Keyin esa qarovsiz ahvolga tushdi. Biz yashayotgan Mirdo`stim ko`chasidagi ushbu yodgorlik hamda Modarixon madrasasining ahvolini ko`rib achinasan, kishi. Mabodo, rahbarlar kelishsa, ularga bu madrasalarni ta`mirlashga yordam beringlar, deb aytgan bo`lardim.
Afsuski, Mavlono Assiri madrasasi eshigiga qulf urilgani bois ichkariga kirishning imkoni bo`lmadi.Ammo eshik tirqishlaridan qarashning o`zi kifoya: hovlisi tashlandiq, hujralar vayrona ahvolda. Yodgorlikning tashqi ko`rinishini-ku aytmay qo`ya qolaylik. “Davlat muhofazasiga olingan” degan yozuvni ko`rgan kishi esa taajjubdan yoqa ushlashi tayin.
Onaxon tilga olgan Modarixon xalq tilida “Qo`sh madrasa”deb ataladigan ikki yodgorlikning biridir. U XVIasrda qurilgan.Ikki qavatli. Mahobatli. Nozik me`moriy echimga ega. Ellikdan ziyod hujrasi bor. Aksariyati huvullab yotibdi. Ba`zi hujralar omborxonaga yoki axlatxonaga aylantirilgandek taassurot qoldiradi.Ta`mirtalab, abgor ahvolda.
— 1997 yildan buyon shu erda oilaviy faoliyat ko`rsatib kelyapmiz, — deydi hunarmand Dmitriy Anisimov. — Rahmatli otam ishlagan ustaxonani o`z kuchimiz bilan ta`mirladik. Ilgari bu erda ustalar ko`p edi. Lekin inshoot tenderga qo`yilgan, degan gap-so`zlardan keyin ularning hafsalasi pir bo`ldi. Ketib qolishdi. Agar hujralar xalq amaliy san`ati ustalariga berilsa, ular bu erni risoladagidek ta`mirlashgan, madrasa fayziga fayz qo`shishgan bo`lur edi. Bunga ishonchim komil.
“Hunarmand” uyushmasi a`zosi Dmitriyning aytishicha, madrasani tomosha qilgani sayyohlar tez-tez kelib turishadi. Ammo qulf urilgan yoki tashlandiq holda yotgan hujralar oldida turgan sayyohning ko`nglidan qanday o`ylar kechadi? U madaniy merosga bo`lgan bunday munosabatga qanday baho beradi? O`z yurtiga qanday taassurotlar bilan ketadi?!
Aytmoqchi, qadimiy shahardagi qay bir tarixiy yodgorlik eshigida kunduzi ham qulf ko`rsangiz, bilingki, u ta`mirtalab yoki qarovsiz ahvolda. Vaholanki, sayyohlarning shaharda imkon qadar uzoqroq qolishi har tomonlama, ayniqsa, moliyaviy jihatdan foydali. Shunday ekan, ta`mirtalab yodgorliklarni restavrasiya qilish, holatini yaxshilash, eshiklarini lang ochib qo`yish mavridi keldi. Fikrimizcha,bu umumdavlat miqyosidagi masalaga aylanishi, tegishli tashkilotlar shu maqsad yo`lida jonini jabborga berib ishlashi zarur. Toki, restavrasiya ishlari keng ko`lam kasb etsin. Soha uchun professional kadrlar tayyorlansin. Qadimiy yodgorliklarning har bir g`ishtini asrab-avaylaylik. Ular to`g`risida chuqur bilimga ega bo`laylik.
Yana bir gap: Ayrim davlatlarda yuz, nari borsa, yuz ellik yil muqaddam qurilgan inshootlarni ham tarixiy obida sifatida asrab-avaylashadi, ular bilan faxrlanadi. Bizda esa o`tmishi salkam ming yilga borib taqaladigan yodgorliklar oz emas. 900 yillik tarixga ega Namozgoh masjidini misol tariqasida keltirish mumkin. Tarixiy manbalarda juda obod, xushmanzara va fayzli maskan,deya ta`rif etilgan bu go`sha afsuski,hozir achinarli ahvolda. Noyob me`moriy yodgorlik tutday to`kilib boryapti. Holbuki, bunday ob`ektlar sayyohlikni, xususan, ziyorat turizmini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida shu haqda alohida to`xtalib, joriy yilda yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga etkazish, katta salohiyatga ega ziyorat turizmini ham jadal rivojlantirish zarurligini ta`kidladi. Shunday ekan, ajdodlarimizning aql va zakovati mahsuli sanalgan har bitta masjid va madrasani, boy madaniy merosimizni ko`z qorachig`idek asrab-avaylash, ular holatini yaxshilash mavridi allaqachon keldi. | 67 | 5,005 |
Madaniyat | Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik qasri sirlari haqida kitob yozmoqda | Shahzoda Garri va Megan Markl sensatsion biografik kitob yozish uchun ikki jurnalist — Omid Skobi va Kerolin Dyuranni yolladi, deb xabar berdi The Sun.
Kitobning ishchi nomi: Thoroughly modern royals: The real world of Harry and Meghan (Zamonaviy qirollik oilasi a’zolari haqida batafsil: Garri va Meganning real olami). Kitob 300 betdan ortiq bo‘ladi. U 2020-yilning avgustida sotuvga chiqariladi.
Er-xotin qirollik qasridagi 2018-yilning mayida to‘ylaridan keyin boshlangan hayotlari haqidagi barcha haqiqatlarni so‘zlab beradi.
Garri va Megan bu haqiqatlar Britaniya qirollik oilasida janjal keltirib chiqarishi mumkinligini inkor etmayapti.
Megan Markl va shahzoda Garri karantinda qiynalgan oilalarga oziq-ovqat yetkazib berdi | 74 | 733 |
Madaniyat | Bollivudning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur ikkinchi bor ota-ona bo‘ladi | Hindistonning yulduzli juftligi Saif Ali Xon va Karina Kapur oilasiga yangi mehmon tashrif buyuradi. Karina ikkinchi farzandiga homilador. Juftlik ushbu yangilikni o‘z vakillari orqali yaqinlari va muxlislari bilan bo‘lishdi.
“Biz oilamiz kengayishi haqidagi yangilikni sizlar bilan baham ko‘rishdan xursandmiz. Yaxshi tilaklar va qo‘llab-quvvatlaganlarga tashakkur!”, – deydi juftlik.
Saif va Karina 2012-yil oktabrda turmush qurgan. 2016-yil ularning Taymur ismli o‘g‘li dunyoga kelgan. Tez orada 4 yashar Taymur akaga aylanadi. Qizig‘i shundaki, juftlik ushbu yangilikni Saif Ali Xonning birinchi turmushidan bo‘lgan qizi Sara Ali Xonning tug‘ilgan kunida e’lon qildi.
Ayni paytda, Karina Kapur Xon “Laal Singx Chadda” loyihasida Amir Xon bilan ijro etayotgan bosh rolni yakunlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Film mashhur “Forrest Gramp” filmining hindcha talqini bo‘lib, 2021-yil Yangi yil arafasida namoyish etilishi rejalashtirilgan. | 88 | 939 |
Madaniyat | “Betxoven 2” va “Uyda yolg‘iz 4” filmlari rejissori Rod Deniel olamdan o‘tdi | “Betxoven 2”, “Uyda yolg‘iz 4” singari filmlari bilan mashhur amerikalik rejissor Rod Deniel 73 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda, Associated Press agentligiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qarindoshlarining ma’lum qilishicha, Deniel 16-aprel, shanba kuni Chikagodagi uyida vafot etgan. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani oshkor etilmayapti.
O‘z faoliyatini CBS telekanalidagi “Sinsinnati radiosi” hajviy shousi syomkalaridan boshlagan Rod Deniel kino olamini 2003-yilda tark etgan edi. | 76 | 496 |
Madaniyat | Obid Asomov “oshi kinosidek mazali” ustoz kinoijodkor va “xudoyi film”ning rejissori haqida | Taniqli so‘z ustasi Instagram’dagi sahifasida o‘zbekistonlik ikki mashhur rejissor — Rustam Sa’diyev va Shuhrat Abbosov bilan tushgan suratlarini joylashtirdi.
Skrinshot: Instagram / @asomov_obid
Obid Asomov rejissor Rustam Sa’diyev bilan tushgan surati ostida shunday izoh qoldirgan: “‘Muhabbat sinovlari’, ‘Kelgindi kuyov’, ‘Kelgindi kelin’, xullas, kelgindilar haqida kinolar olib, mashhur bo‘lib yurgan edi. Endi narkomafiyaga qo‘shilib, ‘Baron’ degan juda shov-shuvga sabab, dahshatli kino oldi”.
“O‘zbekning Stiven Spilbergi degan bo‘lardim, lekin Spilberg olgan kinolariga millionlab foyda ko‘rib, dollarga cho‘milib yotibdi. Rustam bechorani kinosi ekranga chiqamasidan bozorga chiqib ketdi. O‘zbekchilik. Bechora zarar qilsa qildi, bir so‘m ham foyda qilmadi. Xullas, xudoyi film. Lekin Xudo bergan talant!”, — deya qo‘shimcha qildi Obid Asomov.
Skrinshot: Instagram / @asomov_obid
Obid Asomov 10-aprel kuni rejissor Shuhrat Abbosov bilan tushgan suratini Instagram’ga joylashtirgan. “O‘zbekning eng buyuk rejissorlaridan biri Shuhrat Abbosov 85 yoshni qarshilab, shukronasiga osh berdi. ‘Mahallada duv-duv gap’ni ko‘rmagan o‘zbek bormikan dunyoda? ‘Sen yetim emassan’, ‘Olovli yo‘llar’, ‘Otamdan qolgan dalalar’, eh, qaysi birini aytay!”, — deb yozdi Obid Asomov.
“Nima kino olgan bo‘lsalar, hammasi shedevr! Hali ham ijoddan to‘xtaganlari yo‘q. Osh ham kinolariga o‘xshab mazali chiqibdi. Xullas, tekin oshni urvolib, qaytimiga rasmga ham tushib oldim. Umrlari bundan-da uzun bo‘lsin!”, — deya qo‘shimcha qildi Obid Asomov. | 91 | 1,538 |
Madaniyat | Hech qachon kech emas: 70 yoshdan so‘ng mashhur bo‘lgan Gollivud aktyorlari | Kinodagi karyerasini ko‘plab hamkasblariga qaraganda kechroq boshlagan, ammo 2020-yilda eng talabgir va jamoatchilik tomonidan iliq qabul qilingan serial aktyorlari haqida ma’lumot beramiz.
Ben Kingsli, 78 yosh
Ben Kingsli faoliyatini 20 yoshida boshlagan bo‘lsa-da, darhol muvaffaqiyatga erishmagan. U 59 yoshida “Oskar”ga egalik qildi, ammo aktyor haqiqiy shon-shuhratga 2010-yilda, 67 yoshida erishdi. Ser Kingsli bugungi kunda ham filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda: aktyor suratga tushgan so‘nggi filmlar qatorida “Dasht aholisi” (mini-serial, 2018) va “Xudoning sovg‘asi” nomli korxona” (teleserial, 2019) bor.
Brayan Krenston, 66 yosh
“Oltin globus” sovrindori 58 yoshida “Breaking Bad” (2008-2013) filmidagi Uolter Uayt roli tufayli nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan. Bu rol Brayanni butun dunyoga mashhur qildi va uni yosh avlodning kumiriga aylantirdi. Serialdan so‘ng Brayan “Jon Oliver bilan o‘tgan hafta” (2014-yil teleseriali), “Filipp K. Dikning elektr tushlari” (2017-yil teleseriali), “Itlar oroli” (2018-yil) loyihalarida ishtirok etdi.
Jeki Uiver, 75 yosh
Avstraliyalik kino va televidenie aktrisasi aktrisalik yutuqlaridan tashqari, Avstraliya ordenining ofitseri ham. Jeki o‘z faoliyatini 20 yoshida boshlagan, o‘shanda unga “Vanjinlar” teleserialida kichik rol taklif qilishgan. 2019-yilda aktrisa o‘zining 63 yoshini nishonlagan 2010 yilda u ikkita “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan. Muvaffaqiyat siri uning xarizmasi bo‘lib, “Tog‘ ijodkori” (film, 2017) va “Xudoning sovg‘asi” nomli korxona” (serial 2019) filmlaridagi obrazlari buni tasdiqlaydi.
Glenn Klouz, 75 yosh
Amerikalik teatr, kino va televideniye aktrisasi, rekord miqdordagi Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan qo‘shiqchi. Aktrisa 26 yoshida Brodveydagi spektaklda rol o‘ynab, sahnada debyut qilgan. Kloz o‘zining birinchi kino rolini 35 yoshida o‘ynagan. O‘shandan beri omadi kelib, uchta Toni mukofotiga sazovor bo‘ldi. 2019-yilda aktrisani “Samoviy uchlik: Arkadiy hikoyalari” serialida ham ko‘rish mumkin.
Penelopa Uilton, 76 yosh
Britaniya teatr va kino aktrisasi, Britaniya imperiyasi ordeni kavalyeri. Penelopa o‘zining sahnadagi debyutini 1974-yilda boshlagan, unga Alan Aykburnning “Normanni zabt etish” trilogiyasining birinchi spektaklida bosh rolni taklif qilishgan, o‘sha paytda u 28 yoshda edi. Aktrisa o‘zining birinchi kino rolini 35 yoshida oldi, u “Fransuz leytenantining ayoli” (film, 1981) filmida bosh rolni o‘ynadi. Aktrisaning so‘nggi ishi — “O‘limdan keyingi hayot” teleserialidagi Anna roli hisoblanadi.
Kertvud Smit, 79 yosh
Kertvudni aktyor sifatida tanitgan rol unga 38 yoshida — “Texasdagi qotillik” (1981) filmida berildi. O‘shandan beri Smit filmografiyasida 160 ta film, jumladan, “Robokop” (film, 1987), “Patriot” (2015) va “Doktor Xaus” (serial, 2004—2012) asarlarni to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. | 75 | 2,819 |
Madaniyat | Instagram: “Do‘zaxga tushadigan” Bobur Yo‘ldoshev, otasiga Hyundai sovg‘a qilgan xonanda, Malika Ravshanovaning onasiga syurprizi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Shahzoda onasining yoshligidagi suratini folloverlariga ko‘rsatdi.
Oybek va Nigora qizlari Samiyaga atalgan qo‘shiqlariga ishlangan klipni taqdim etdi.
“Dizayn” va “Bravo” kulgi jamoalari retro uslubdagi klipda suratga tushmoqda.
Xonanda Nargiza Salmonova Istanbul shahrida sayohat qilmoqda.
Sevinch folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Malika Ravshanovaning onasi 5-iyul kuni 60 yoshni qarshi oldi. Xonanda shu munosabat bilan onasiga “Oltmishda ham oydeksiz, ona” deb nomlangan qo‘shiqni sovg‘a qildi.
Xonanda onasining tug‘ilgan kunini poytaxtdagi restoranlardan birida yaqinlari qurshovida nishonladi.
“Setora” guruhi xonandasi Kamila Xo‘jayeva otasiga Hyundai avtomobilini sovg‘a qildi.
Lolaning singlisi Asalya opasining Moskvadagi uyida o‘tin yorib, o‘choqda ovqat qilayotganini ko‘rsatdi.
Sevara Nazarxon muxlislariga Londondan ko‘rinish berdi.
Bobur Yo‘ldoshev “Chotki Tv” YouTube-kanaliga bergan intervyusida “Qur’onda yozilganidek yashamayotgani va do‘zaxga tushishi muqarrar” ekanligini ma’lum qildi.
Ulug‘bek Xolmedov otasi Mirzabek Xolmedovning nima sababdan haligacha “O‘zbekiston xalq artisti” unvonini ololmagani haqida gapirdi. | 129 | 1,313 |
Madaniyat | Bolasining otasi kimligi haqidagi savolga javob bergan Zarina, Tesla aksiyalarini sotib olgan Shahlo Ahmedova. Instagram yangiliklari | 6-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Feruza Normatova ota-onasiga Istanbul shahrini ko‘rsatmoqda.
View this post on Instagram
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ustozi Muhriddin Xoliqovni xotirladi. Marhum xonanda hayot bo‘lganida 5-sentabr kuni 61 yoshni qarshilagan bo‘lardi.
View this post on Instagram
Lola tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagan hamkasb va muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.
View this post on Instagram
Zohirshohning xonandalaridan biri to‘ydagi jonli ijroga zo‘r berib, gitara torini uzib yubordi.
View this post on Instagram
Ikkinchi marta ona bo‘lish arafasida turgan Karina Kapur o‘g‘li Tim bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Yaqinda ota bo‘lgan Shohruhxon kayfiyat ko‘taruvchi videorolik bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Luiza Rasulova Instagram’da ommalashgan chellenjni milliylashtirdi.
View this post on Instagram
Zarina Nizomiddinova “Bolangizning otasi kim?” degan savolga kichik o‘g‘lining akkauntida javob berdi.
View this post on Instagram
Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Avvalroq karantinda treyding bilan shug‘ullanishni boshlaganini aytgan Shahlo Ahmedova Tesla kompaniyasi aksiyalarini qanday sotib olgani haqida so‘zlab berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Shirin yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram | 133 | 1,697 |
Madaniyat | Modellikdan aktrisalikka: Karyerasini podiumdan boshlagan Bollivud yulduzlari (foto) | Aktrisa bo‘lish uchun, albatta, mahorat bilan birgalikda tashqi ko‘rinish ham me’yorida bo‘lish zarur. Shuningdek, qomat, bo‘y kabi o‘lchovlar ham inobatga olinadi. Aksariyat yulduzlar kino olamiga kirmasdan avval modellik bilan shug‘ullangan. Bollivud yulduzlari orasida ham karyerasini podiumdan boshlagan, hattoki “Dunyo go‘zali” maqomiga erishganlari ham bor. Ularni e’tiboringizga havola etamiz.
Dipika Padukone
Dipika aktrisa bo‘lishdan avval model, undan ham avvalroq sport bilan shug‘ullangan. Bo‘lajak aktrisa hattoki hukumat darajasida badminton bo‘yicha yutuqlarga erishgan. Uning go‘zalligi va qat’iyatliligi tezda model bo‘lib faoliyat yuritishiga sabab bo‘ldi. Dipikaning Bollivuddagi debyuti Shohrux Xon bilan ishtirok etgan “Om Shanti Om” filmi bo‘ldi. Shundan keyin u hech qachon ortiga qaramadi va kino olamiga butunlay o‘tib ketdi. Endilikda Dipika Padukone Bollivudning tengi yo‘q malikasi.
Bipasha Basu
Bengal go‘zali Bipasha Basu ham supermodel edi. U 14 yoshidan reklama roliklarida ishtirok etgan va Hindistondagi yetakchi dizaynerlar uchun podiumga chiqqan. Keyin u “Ajnabiy” loyihasi bilan katta ekranda debyut qildi va o’shandan beri jozibali ko‘rinishi bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi.
Priyanka Chopra
U 2000-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lib, barcha hindlarning g‘ururlanishiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik Priyanka Bollivuddagi debyutini Akshay Kumar bilan “Bulutlar ustidagi sevgi” filmida ijro etdi. Aktrisa nafaqat o‘z vatanida, balki Gollivudda “Kuantiko” serialidagi FQB agenti rolini bilan ham mashhur.
Lara Datt
Lara ham dastlab o‘zini modellikda sinab ko‘rgan va 2000-yilda “Koinot go‘zali” tanlovida g‘olib chiqdi. U ham Priyanka bilan birgalikda u “Bulutlar ustidagi sevgi” filmida debyut qildi, ammo uning Bollivuddagi yo‘li Priyanka Chopra kabi muvaffaqiyatli bo‘lmadi.
Sushmita Sen
Sushmita – 1994-yilda “Hindiston va koinot go‘zali” unvoniga sazovor bo‘lgan model. U Bollivudda “Men nega sevib qoldim?” filmida debyut qilgan va ketma-ket bir nechta filmlarda suratga tushgan. Sushmita Sen ko‘plab ayollar uchun ilhom manbasi. Shuningdek, aktrisa ikki qizni yakka o‘zi asrab olgan va ularning tarbiyasi bilan band.
Aishvariya Ray
Bachchan oilasining kelini ham model hamda 1994-yilgi “Dunyo go‘zali” tanlovi g‘olibasi. U Bollivudda debyutini “Ular bir-birini sevdi” filmida ijro etdi va keyinchalik karyerasida ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritdi. | 84 | 2,423 |
Madaniyat | Ko‘p vaqtini farzandlari bilan o‘tkazadigan mashhur otalar (foto) | Mashhur erkaklarning ota bo‘lganini kuzatish juda qiziq. Ba’zilariga shunchaki qarab tutolmaysiz — ular juda ajoyib, kulgili va o‘zlarini butunlay farzandiga bag‘ishlaydi. Quyida eng bolajon otalar haqida ma’lumot beramiz.
Rayan Reynolds
Ertalab soat 6 da qizi bilan sayrga chiqishi mumkin
Hech shubhasiz Rayanga “Yil otasi” unvonini berish mumkin. Bleyk Layvli bilan birgalikda ular uch qiz — Jeyms, Aynez va Bettini tarbiyalaydi. Reynolds o‘zini hech qachon ota sifatida tasavvur qilolmaganini tan oladi, lekin qizlari tug‘ilgach, uning dunyosi o‘zgarib ketdi. “Men 100 foiz qizlarimning otasiman va men ular bilan birga bo‘lishni yaxshi ko‘raman”, — deydi u.
Rayan qizaloqlarini begona ko‘zlardan asraydi va kamdan kam hollarda ularning fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi. Aktyor qizlariga hamma narsaning eng yaxshisini berishga harakat qiladi, iltimoslarini e’tiborga olib, ularga ko‘proq vaqt ajratadi. Ertalab soat 6 da sayr qilish deysizmi? Albatta, muammo emas!
Shahzoda Garri
His-tuyg‘ularingiz haqida gapirish juda muhim
Shahzoda Garri va Megan Markl ikki bolaning ota-onasi. Birinchi farzandi — shahzoda Archi dunyoga kelganida Meg eri qanchalik o‘zgarganini payqadi. Jasoratli va kuchli, erkak yumshoq fe’l, ta’sirchan, hatto biroz zaif bo‘lishdan qo‘rqmadi, bu nafaqat bola bilan munosabatlarga ijobiy ta’sir qiladi, balki go‘dakka his-tuyg‘ular normal ekanligini tushunishga yordam beradi. Kichkina Lilibet esa otasining qalbini butunlay eritib yubordi.
Bredli Kuper
Multfilmlardagi barcha qo‘shiqlarni yoddan biladi
2017 yilda Bredli Kuper va Irina Sheyk ota-ona bo‘ldi: chaqaloq Li ularning hayotini butunlay o‘zgartirdi. Paparatsilar vaqti-vaqti bilan ota va qizni sayrda “tutib olishar”, bunday paytda Bredli qizining pushti sumkasini ko‘tarib yurgan yoki kichkina malikasining boshidagi diademani to‘g‘rilayotgan bo‘lardi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Bredli qizining sevimli multfilm qahramonlarini va multfilmning barcha qo‘shiqlarni yoddan biladi.
Devid Bekhem
Dadam hamma narsani qila oladi
Devidni otalarning otasi deyish mumkin. U bolalarini sevadi, erkalaydi va ko‘p vaqtini ular bilan o‘tkazadi. Futbolchi omma oldida o‘g‘illariga bo‘lgan his-tuyg‘ularini ko‘rsatishdan tortinmaydi. Qiziga esa hamma narsa mumkin. Bolalarni maktabga olib borish, uy vazifalariga yordam berish, birgalikda o‘ynash, tirnoqlarni bo‘yash, uxlashdan oldin ertak o‘qib berish — nima bo‘lishidan qat'i nazar Devid bularning barchasiga ulguradi. | 65 | 2,472 |
Madaniyat | III RESPUBLIKA “PROLOGUE” FESTIVALIGA ARIZALAR QABULI BOShLANDI | 2017 yilning 27-30 noyabr kunlari “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivali bo`lib o`tadi.
Festival O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” milliy agentligi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etiladi.
Bu yilgi festival dasturi yangi kinoloyihalar pitchingi, rejissura, operatorlik ishi hamda dramaturgiya sohalari bo`yicha mahorat darslari, Oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida davra suhbatini qamrab olgani bilan avvalgi yilgilaridan farq qiladi.
Shuningdek, bu yil “PROlogue”da “Yilning eng yaxshi aktyori” hamda “Yilning eng yaxshi aktrisasi” ham taqdirlanadi.
Festival doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etiladigan brifingda jurnalistlar jarayon haqida atroflicha axborot olishlari mumkin bo`ladi.
Festivalda ishtirok etish uchun arizalar shu yilning 31 oktyabrigacha Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan qabul qilib olinadi. | 64 | 996 |
Madaniyat | “Malefisenta” filmining davomi ishlanadi. Suratga olish jarayoni bahorda boshlanadi | Disney kinokompaniyasi “Malefisenta” ertagining davomini suratga olish ishlari 16-aprel kuni Londonda boshlanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Afisha Daily.
Yangi “Malefisenta”ning ssenariysini ham Linda Vulverton yozgan, film “Karib dengizi qaroqchilari: Marhumlar ertak so‘zlamaydi” kartinasini suratga olgan rejissor Xoakim Ronning tomonidan sahnalashtiriladi.
Ertak filmdagi bosh qahramon ijrochisi Anjelina Joli uning ikkinchi qismida ham suratga tushadi.
Filmning qachon ekran yuzini ko‘rishi hozircha noma’lum.
“Malefisenta”ning birinchi qismi 2014-yilda taqdim etilgan. U “Eng yaxshi kostyumlar” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. | 83 | 667 |
Madaniyat | Internetda Anjelina Joli pasportining nusxasi paydo bo‘ldi | Internetda aktrisa Anjelina Jolining pasporti nusxasi paydo bo‘ldi. “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, mashhur kinoyulduzning shaxsini tasdiqlovchi hujjat rossiyalik advokat Sergey Jorinning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan.
“Sud ishi doirasida bir ofshorning benefitsiari haqidagi ma’lumot uchun so‘rov yuborgandik. Javob keldi. Ups!”, — deya suratga izoh qoldirgan Jorin.
37 yoshli Jorin o‘z mijozining sud ishi doirasida Yevropa banklarining biridan haqiqiy hujjatning elektron nusxasini olgan.
“Rossiyada ajrashish bo‘yicha sud ishi ko‘rilyapti, men unda o‘z eri bilan ajrashayotgan xotin manfaatlarini himoya qilyapman. Er ikki mamlakat fuqarosi, Yevropada, xususan, ofshorlarda, Kiprda ham ko‘plab mulklarga ega. Mazkur ish bo‘yicha Yevropada ishlayotgan hamkasblarimiz bankka hisob-raqamning haqiqiy boshqaruvchisi kim ekanligini aniqlashtirish maqsadida so‘rov yo‘lladi. Pasportlardan biri Anjelina Joliga tegishli. Hozir biz bankdagilar adashib bizga boshqa hisob-raqam bo‘yicha ma’lumot jo‘natmaganmikin, deb masalani aniqlashtirishga harakat qilyapmiz”, — deydi advokat. | 58 | 1,085 |
Madaniyat | Ulug‘bek Qodirovning bodibilding bo‘yicha ustozi Habibulla Nizomov: Dangasa yoshlarimiz bir kunda “kachok” bo‘lishni istaydi | Toshkent shahar bodibilding va fitness federatsiyasi prezidenti, bodibilding bo‘yicha qator musoboqalar sovrindori, sport ustasi, ayni vaqtda filmlarda rol ham o‘ynayotgan Habibulla Nizomov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi.
— Bodibilding bilan necha yildan beri shug‘ullanasiz?
— Bu yilni ham hisobga kiritadigan bo‘lsak, 11 yil bo‘ladi.
— Shou-biznes vakillarining ko‘pchiligiga sizni murabbiy deydi. Xususan, xonanda Ozodbek Nazarbekov, aktyor Ulug‘bek Qodirov bodibilding qonun-qoidalarini sizdan o‘rgangani rostmi?
— Bundan to‘rt yilcha avval Ozodbek Nazarbekovga sport do‘konidan mashq anjomlarini tanlab, unda foydalanish qoidalarini o‘rgatganim rost. Ammo ularga doimiy murabbiylik qilmayman. Ularni inson sifatida ham, san’atkor sifatida ham juda hurmat qilaman. Har ko‘rishganimda shug‘ullanishga vaqtlari bo‘lmaganiga shama qilib, “Sport anjomlari mendan xafa”, deb qo‘yadilar. Ulug‘bek Qodirovga esa rostdan ham murabbiylik qilaman, har kuni qanday mashqlar bajarayotgani, qanday ovqat iste’mol qilayotganini nazorat qilib boraman. Shunga yarasha Ulug‘bekda natija ham ancha yaxshi. Agar Ozod aka ham doim shug‘ullanib borganida, ularda ham natija juda yaxshi bo‘lar edi.
— Sizning murabbiyligingiz ostida juda ham yaxshi natijalarga erishgan shou-biznes vakili bormi?
— Bodibilding bilan shug‘ullanishga endi ahd qilgan vaqtida Jahongir Poziljonov juda ozg‘in edi. Ammo u yaxshigina shug‘ullanib, 11 kilogramm vazn yiqqan.
— Siz ham murabbiy yordamida shug‘ullana boshlaganmisiz yoki o‘zingiz bilganingizcha harakat qilaverganmisiz?
— Murabbiy yordami bilan harakat qilganman, albatta. Baxtimga juda ham yaxshi murabbiylar uchragan. Murabbiylarim mendan hatto pul ham olmagan, barcha sir-asrorlarini o‘rgatishgan. O‘zim ham bu sportni juda yaxshi ko‘rib shug‘ullanganman. Mushaklarim rivojlanib ketsa ham, jismoniy kuchli bo‘lsam ham, birovning tanini ham, dilini ham og‘ritmaganman. Haligacha ko‘p joylarda: “Urushasizmi, kimnidir urib ag‘darganmisiz?”, deb ko‘p savol berishadi. Men hech qachon, hech kimga kuchimni ko‘rsatmaganman, ko‘rsatmayman ham. Qachonki o‘zimga yoki oilamning sha’niga tegadigan gap bo‘lsa, o‘shanda ham o‘zimni himoya qilish uchun, tushuntirib qo‘yishim mumkin.
— Bugun ko‘pchilik yoshlar bodibildingga qiziqish bildirmoqda. Ular tezroq natijaga erishish, mushaklarini ko‘rsatish uchun turli kimyoviy moddalarni ham iste’mol qiladi. Buning oqibati ayanchli holatlarga olib kelganini ham videoroliklar orqali ko‘rganmiz. Bu borada yoshlarga qanday maslahatlar berasiz?
— Biz mashq qilayotgan vaqtlarda mazkur sport turi hali rivojlanmagan edi. Mashq qilayotgan zallarimiz ham bugungi kundagi zallarga qaraganda ancha ayanchli holda bo‘lgan. Shunday sharoitda ham yaxshi natijalarga erishganmiz. Bugun esa odatda faqatgina ko‘rinishim yaxshi bo‘lsin, muskullarim baquvvat bo‘lib, tanam shishib yursin, deb harakat qilishmoqda. Zalga kelib, menga qarab: “Qancha vaqtda sizdek bo‘lishim mumkin, ikki oyda ko‘rinish siznikidek bo‘lishi mumkinmi?”, deb so‘rashadi. Oylarni hisoblab yurishadi, ammo bu noto‘g‘ri. Kimyoviy moddalarning zararli ekani hammaga ma’lum. Uni iste’mol qilib, shug‘ullanib sog‘liqqa zarar yetkazgandan ko‘ra, tabiiy ozuqalarni iste’mol qilib shug‘ullangani ming marta yaxshi natija beradi. Bugun yoshlar juda mehnatdan qochadigan bo‘lib ketgan, ularning beli og‘rimasa-da, bir kunda “kachok” bo‘lib qolsa. Agar shunday fikrda yurganlar bo‘lsa, bu sport turiga yaqinlashmaganlari ma’qul. Ushbu sport turi bilan professional darajada shug‘ullanadiganlar uchun ma’lum miqdorda kimyoviy ozuqalardan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu ham ma’lum muddatgacha, qachonki o‘zining kuchi tugab, o‘sish kuzatilmaganidagina iste’mol qilish mumkin.
— Qanday tabiiy ozuqalarni tavsiya qila olasiz?
— Ko‘pchilik proteinlarni zarar, mumkinmas deydi. “Protein” oqsil kukuni deb tarjima qilinadi va uning zarari yo‘q. Avvallari oqsil kukunining har yerlardan kelganini ichib yurar edik. Hozirda esa o‘zim litsenziya asosida oqsil kukunlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydim. Uning hech qanday zararli tomoni yo‘q, 100 foiz tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan. Asosi sut zardobini kukuni yoki quruq sut, loviya kabi tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 124 | 4,361 |
Madaniyat | Fiat Chrysler dileri aktyor Yelchinning o‘limi uchun mas’uliyatni uning o‘ziga yukladi | O‘z mashinasi qisib qo‘ygan aktyor Anton Yelchin o‘z aybi bilan halok bo‘lgan. Bunday bayonotni uning ota-onasi da’vosiga javoban, Fiat Chrysler’ning Valensiyadagi dilerlik markazi e’lon qildi, deb yozadi TMZ.
Diler ta’kidlashicha, Yelchinning o‘limiga Jeep Grand Cherokee avtomobilining noto‘g‘ri boshqarilgani yoki unga zarar yetgani olib kelgan. Qayd etilishicha, aktyor, ehtimol yo‘ltanlamasning zavoddagi sozlamalariga o‘zgartirishlar kiritgan, bu esa mashina ishida nosozlik kelib chiqishiga olib kelgan.
Dilerning qo‘shimcha qilishicha, Yelchinning ota-onasi mashinani avariya vaqtidagi holatida qoldirmagan, bu hodisani tekshirishni qiyinlashtiradi. Dilerlik markazi suddan Fiat Chrysler’ni ishni sudda ko‘rishdan ozod etishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida aktyorning jasadi o‘z uyidagi chiqish darvozasiga o‘rnatilgan g‘ishtli pochta qutisi va avtomobil orasida qisilgan holda topilgan edi.
Yelchinning ota-onasi Fiat Chrysler’ni sudga berib, uning o‘limiga Jeep Grand Cherokee’dagi uzatishni o‘zgartirish dastagidagi nuqson sabab bo‘lganligini ta’kidlagandi. | 86 | 1,076 |
Madaniyat | “Men ham ayolman, menda ham ko‘ngil bor”. Dilnoza Kubayeva Instagram’dagi “sahifalari” va aldoqchi jurnalistlar haqida | Taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva nomidan Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bir necha sahifa yuritiladi, ularni minglab foydalanuvchilar kuzatib boradi. Masalan, @dilnoza.kubayeva akkauntini 3 mingga yaqin foydalanuvchi, @kubayevadilnoza sahifasini 3,5 mingdan ziyod muxlis kuzatib boradi.
Jurnalist Feruz Muhammad Instagram’dagi Dilnoza Kubayeva nomidan yuritilayotgan akkauntlardan qay biri aynan aktrisaga tegishli ekanini bilish maqsadida u bilan suhbat uyushtirib, nima uchun kinoda kamnamo bo‘lib qolgani va o‘zini jurnalistlardan olib qochishi sabablari haqidagi savollarga ham javob oldi.
— Bilishimcha, Instagram’da umuman yo‘qsiz, ammo u yerda juda ko‘p “Dilnoza Kubayeva”lar paydo bo‘lgan. Ular nomingizdan gapirib, suratlaringizni qo‘yib boradi. Bunga qanday munosabatdasiz?
— Haqiqatan ham Instagram’da yo‘qman. Siz aytgan sahifalar yuzasidan yaqinlarim, hamkasblarim ham telefon qilib, “Instagram’dagi rostdan senmisan?”, — deb so‘ragandi. Men emasligimni aytganimdan so‘ng, bu sahifalar mening nomimdan har xil gaplarni gapirayotganini bildirishganida, juda xafa bo‘lganman. Barcha aziz muxlislarimdan u soxta akkauntlarga ishonmasliklarini so‘rab qolaman.
— O‘zi qaysi ijtimoiy tarmoqdan muntazam foydalanasiz?
— Men umuman hech qaysi ijtimoiy tarmoqdan foydalanmayman, bundan vaqtimni qizg‘anaman. O‘zini ko‘z-ko‘z qilishlar, yozilgan izoh va fikrlardagi xatoliklar, bema’ni videolar... O‘zbek yoshlariga bunday narsalar umuman yarashmaydi. Vaqtni arzirli ishlar uchun sarflash kerak, deb o‘ylayman. Bu qulaylikdan foydali maqsadlar yo‘lida ham foydalansa bo‘ladi.
— Bugungi kunda filmlarda deyarli ko‘rinmay qolganingiz gonoraringiz qimmat ekanligidanmi?
— Umuman unday emas. Yaxshi ssenariylar yo‘qligi sabab takliflarni rad etyapman.
— Ijodkorlar orasida “kuchli aktyor, aktrisa ssenariy yomon bo‘lsa ham, rolini baribir yaxshi o‘ynay oladi”, degan fikrlar yuradi.
— Bo‘lmagan gap. Agar qog‘ozda biror yuk bo‘lmasa, ming chirangan bilan hech narsa chiqarib bo‘lmaydi. Donolar: “Ssenariy, ssenariy va yana bir bor ssenariy!”, deb ketgani bor gap-ku. Filmda o‘zak, asos, material bo‘lmasa, qancha improvizatsiya qilib, yukni o‘z gardaningga olganing bilan, film bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoladi. Hali hanuz yaxshi ssenariyni kutyapman. Alohida ta’kidlashni istardim — yaxshi ssenariy bo‘lsa, filmning mablag‘i men uchun ahamiyatli emas.
— Nega doim jurnalistlardan qochib yurasiz?
— Buning sabablari ko‘p, jurnalistlar tomonidan bir necha bor aldanganman. Gazetaga chiqarish mumkin bo‘lmagan gaplarni ham chiqarishadi. Bir xil savollar qayta-qayta berilaveradi. Ular men haqimda bo‘layotgan gap-so‘zlarni mish-mish, uydirma ekanligini bilib turib, yana shu mavzularni ko‘tarishadi. “Bu ayol ekan, unda ham ko‘ngil bor, u haqida noo‘rin so‘z bo‘lsa, oila a’zolariga ham og‘ir botadi”, deb o‘ylamaydigan jurnalislar ham bor. Bo‘lar-bo‘lmas, xunuk mish-mishni so‘rash, uni ko‘pchilikning e’tiboriga havola qilish mentalitetimizga ham to‘g‘ri kelmaydi-ku, axir. Men hurmat qiladigan jurnalistlar ham ko‘p, ammo o‘z hurmatini bilmaydiganlari ham yetarli. Shu sabab ulardan qochib yurishga majburman. | 118 | 3,100 |
Madaniyat | Ozarbayjonda "Islomxo`ja" badiiy filmi taqdimoti bo`lib o`tdi | Ozarbayjonda "O`zbekiston kinosi kunlari" doirasida rejissyor Jahongir Ahmedovning "Islomxo`ja" tarixiy badiiy filmi taqdimoti bo`lib o`tdi, deya xabar berdi "O`zbekkino".
"Biz o`zbek xalqi bilan do`st-birodarmiz. Tariximiz ildizlari o`zaro bir-biri bilan bog`langan. Uning sahifalarida nom qoldirgan shaxslar umumiy tariximizga dahldordir. Shu bilan birga madaniyatlarimiz o`xshashligi bilan ham yaqinmiz. Menga o`zbek rejissyori Jahongir Ahmedovning "Islomxo`ja" tarixiy-badiiy filmi juda yoqdi. Nafaqat menga, balki ozarbayjon xalqiga yoqdi desam adashmayman. Boku shahridagi Nizomiy kinoteatrida o`tgan taqdimot bizga o`zgacha kayfiyat bag`ishladi. Rejissyor J. Ahmedov tomonidan juda katta ish qilingan. Akyorlarning kostyumlaridan, grimmlaridan tortib, rejissyorning tarixni murakkab jihatlarini puxta o`rganganligi ko`rinib turibdi. Tarixiy davrni aks ettirgan filmlarni suratga olishga ko`pchilik qiynaladi. Ammo bu film muvaffaqiyatli chiqqan", –deydi Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vazirligi kinematografiya bo`limi boshlig`i Jahongir Mamedov.
Kino kunlari davomida ozarbayjonlik kinomuxlislarga Abduxalil Mignorovning "Abu Iso Muhammad Termiziy", Umid Hamdamovning "Issiq non", Zulfiqor Musoqovning "Berlin-Oqqo`rg`on", Shuhrat Mahmudovning "Raqs jozibasi", Doniyor Shokirovning "Hunarmandlar o`lkasi" kabi hujjatli filmlari ham taqdim qilindi. "O`zbekiston kinosi kunlari" haftaligida jami 10 ta (6 ta badiiy, 4 ta hujjatli) o`zbek filmi namoyish etilishi ko`zad tutilgan.
Ozarbayjonda "O`zbekiston kinosi kunlari" 24 noyabrgacha davom etadi. | 61 | 1,561 |
Madaniyat | Sony qo‘shma kompaniyadagi Maykl Jeksonning ulushini 750 mln dollarga sotib oladi | Yaponiyaning Sony korporatsiyasi qo‘shiqchi Maykl Jeksonning vorislari bilan dunyodagi eng yirik musiqiy nashriyot Sony/ATV Music Publishing’dagi 50 foiz ulushini 750 million dollarga sotib olish to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Shu tariqa, Sony minglab musiqiy kompozitsiya, jumladan, The Beatles guruhining qo‘shiqlari huquqiga egalik qiluvchi nashriyotning yagona sohibiga aylanadi.
Dastlab musiqiy katalog 1985-yilda Maykl Jekson tomonidan xarid qilingan edi. O‘n yildan so‘ng u Sony bilan katalogni korporatsiyaning nashriyot biznesi bilan qo‘shish haqida kelishgan edi. Natijada Sony/ATV Music Publishing kompaniyasi tashkil topgan edi.
Shartnoma Maykl Jekson uchun juda foydali bo‘lgan. U katalog uchun 1985-yilda 47,5 million dollar to‘lagan bo‘lsa, uni yangi kompaniya boshqaruviga 115 million dollarga topshirgan. Qolaversa, yangi kompaniya ulushining 50 foizi unga tegishli ekanligi belgilangan. | 81 | 937 |
Madaniyat | “Hozir muammolarimizni hal qiladigan davr”. Ozoda Nursaidova 3 yil avval uyi buzilganidan aziyat chekkani hamda konstitutsiyaning tegishli moddasiga kiritilayotgan o‘zgartirish haqida | Konstitutsiyaning 53-moddasi bo‘yicha taklif etilayotgan loyihaning ahamiyati va bu o‘zgartirish xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligini yanada mustahkamlashi haqida “Shuhrat” medali sohibasi, xonanda Ozoda Nursaidova “Daryo”ga o‘z mulohazalarini bildirdi:
“Men bir murojaat bilan chiqdim, ya’ni hozir ijtimoiy tarmoqlarda konstitutsiyamizga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarga ko‘zim tushdi. Bir taklif juda e’tiborimni tortdi. Bu konstitutsiyada insonlarning mol-mulkini himoya qilish bo‘yicha berilgan taklif. To‘g‘risi, mening boshimdan o‘tgan, aynan mol-mulkim bo‘yicha muammo bo‘lgan, ya’ni uch yil oldin uyim buzilgan. Mana shu berilgan taklif ayni muddao, chunki har bir insonning uy-joyi bu kichkina bir Vatan kabi, ya’ni muqaddas.
Har bir o‘zbek borki, birinchi bo‘lib uy-joy qiladi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda ham hammamizning ko‘zimiz tushadi, uning uyi buzilgan, buning uyi buzilgan, ya’ni hozir bu juda ham dolzarb muammo. Konstitutsiyaning aynan bu bandiga o‘zgartirish kiritilishi meni juda ham quvontirdi. O‘ylaymanki, mana shu taklif faqat taklif bo‘lib qolmaydi, Konstitutsiyaga kiritiladi va kafolatlanadi. Mana hozir ayni muddao, mana shu muammolarimizni hal qiladigan davr. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilayotgan davrda har birimiz o‘z muammomizni aytishimiz kerak. Mana shunday voqealarda qatnashishimiz kerak, aslida.
O‘ylaymanki, sizlar ham o‘zlaringizning fikrlaringizni aytasizlar, men nega sizlarga murojaat qilyapman, mana bu hozirgi taklif, taklifni qabul qilib amalga kiritish uchun xalq bilan referendum o‘tkazib ovoz yig‘iladi, o‘rganiladi. Demoqchimanki, menga o‘xshab aziyat chekib, boshidan kechirganlar ko‘p, shuning uchun sizlar ham qatnashib ovoz beringlar va fikrlaringizni bildiringlar”, — deydi xonanda Ozoda Nursaidova.
Konstitutsiyaning 53-moddasiga quyidagi o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda.
Konstitutsiyaga yangi 531-modda qo‘shiladi: | 183 | 1,941 |
Madaniyat | Maktabgacha ta’lim vazirligi Bolalar kuni munosabati bilan “Qo‘lingda imkon” nomli musiqiy videoklipni suratga oldi | “Odamlarga ko‘mak berish, bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish – bizning asosiy maqsadimizdir” – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ijtimoiy loyihani ishga tushirib, “Qo‘lingda imkon” nomli musiqiy videoklipni suratga oldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
“Qo‘lingda imkon” qo‘shig‘ining matn muallifi — Shoira G‘iyosova. Bastakor — “E’tirof” mukofoti sovrindori Shuhrat Zokirov.
Taronani O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev, Shahzoda, Lola, Shahriyor, shuningdek, “Bulbulcha” bolalar ansambli ijro qilgan.
“Bizning bolalarimiz bugun qanday qaror qabul qilishlari va biz ularga erta yoshidan o‘rgatganlarimiz, ularning va yurtimizning kelajagini belgilab beradi. Va ushbu narsalarga erishishda ularga ko’mak berish – bu bizning umumiy vazifamizdir”, – deb aytadi loyiha g‘oyasining paydo bo‘lish sabablarini izohlab bergan Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili Shahnoza Mirziyoyeva.
Klipda 300 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Jumladan, “Tomosha”, “Monster Kids”, “Alladin” bolalar guruhlari, “Paxtakor” bolalar futbol jamoasi, bog‘cha va maktab bolalari, boks bo‘yicha chempionlar Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘stmatov, Global Soccer Awards’ning “Dunyoning eng yaxshi hakami” nominatsiyasi g‘olibi Ravshan Ermatov, taniqli futbolchi Sardor Rashidov, “Bunyodkor” klubi va boshqa taniqli qo‘shiqchilar, aktyor va aktrisalar qatnashdi.
Klip ssenariy muallifi va rejissori — Lola Yo‘ldosheva, tasvirchi Rustam Murodov, ikkinchi rejissor Sanjar Matkarimov, rassom Bahriddin Shamsiddinov, liboslar bo‘yicha rassom Hilola Sher.
“Men Maktabgacha ta’lim vazirligining bu loyihasini mamnuniyat bilan qabul qildim va qo‘llab-quvvatladim. Umid qilamizki, bu loyiha bolalarga yorqin va yoqimli sovg‘a bo‘ladi”, — deydi Lola Yo‘ldosheva. | 115 | 1,996 |
Madaniyat | Bollivudning eng mustahkam va namunali oilalari (foto) | To‘y bo‘lganiga hech qancha bo‘lmay ajralishlar ko‘payib ketayotgan bir vaqtda uzoq yillardan beri baxtiyor hayot kechirib kelayotgan juftliklar sevgisi va sadoqatiga, turli vaziyatlarni yenggan Bollivud yulduzlariga qoyil qolmay iloj yo‘q.
Amitabh Bachchan va Jaya Bachchan
“Zanjir” filmining suratga olish jarayonida tanishgan juftlik 1973-yil turmush qurgan. Orada turmush o‘rtog‘ining aktrisa Rekhaga ilakishib qolgani haqida mish-mishlar tarqalganiga qaramay Jaya oilani saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. 40 yildan beri ahil hayot kechirayotgan Bachchanlar bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishni istamaydi, ammo ularning oilasi mustahkamligiga havas qilsa arziydi.
Shohrux Xon va Gauri
Bollivud qiroli, bo‘lajak rafiqasi unga turmushga chiqishi uchun 6 yil ketidan yurishiga to‘g‘ri kelgan va shundan keyin juftlik 1991-yilda munosabatlarini nikoh bilan mustahkamlagan. 29 yildan buyon sevib-sevilib yashab keladigan yulduzli oiladan boshqalar o‘rnak olsa arziydi.
Rishi Kapur va Nitu Singh
1979-yilda turmush qurgan yulduzlarning ikkisi ham o‘sha vaqtda mashhur edi. To‘ydan keyin juftlikning tez orada ajralib ketishi haqida taxminlar paydo bo‘lgan, lekin yulduzlar buning noto‘g‘ri ekanini isbotlagan. Ular o‘rtasidagi sevgi hayotning achchiq-chuchuk vaziyatlarini yengib o‘tishga yordam bergan. Nitu turmushga chiqqanidan keyin karyerasini to‘xtatib o‘zini oila va farzandlariga baxsh etgan. Keyinroq u “Sevgi kecha va bugun” filmida eri bilan birga epizodik rol ijro qilgan.
Rishi va Nitu Kapurlar aktyorning 2020-yilda saraton tufayli olamdan o‘tguniga qadar, ya’ni 40 yil baxtli hayot kechirgan.
Dilip Kumar va Sayra Banu
53 yildan buyon baxtli turmush kechirib kelayotgan juftlikka qoyil qolsa arziydi. Karyerasining gullab-yashnagan vaqtida turmush qurgan yulduzlar oilani hamisha muqaddas deb bilgan.
Boni Kapur va Shridevi
90-yillarning mashhur aktrisalaridan biri bo‘lgan Shridevining go‘zalligi Boni Kapurni o‘ziga maftun qilgan. Aktyor aktrisaning oila qurishga rozilik berishini 15 yil kutgan. Ular Boni oilali va ikki farzandli bo‘lishiga qaramay oila qurgan. Juftlik 2018-yilda Shridevining fojiali o‘limiga qadar 21 yil baxtli hayot kechirgan.
Ajay Devgan va Kajol
1999-yilda turmush qurgan juftlikning fe’l-atvori bir-biridan farq qilardi. Aktyor og‘ir-bosiq va kamgap, aktrisa bo‘lsa kirishimli va sergap bo‘lgan. 21 yildan beri baxtli hayot kechirib kelayotgan juftlik, bugungi kunda ikki farzandning ota-onasi.
Dxarmendra va Hema Malini
“Ko‘rkam va qaysar” filmining suratga olish jarayonida Dxarmendra va Hema Malini o‘rtasida sevgi paydo bo‘lgan. Ammo Dxarmendraning oilasi va ikki farzandi bo‘lgani uchun ham Hema munosabatlarga rozi bo‘lmagan. Oradan 10 yil o‘tibgina — 1980-yilda juftlik turmush qurishga muvaffaq bo‘lgan. | 54 | 2,788 |
Madaniyat | Epizod rollari orqali tanilayotgan aktrisa Dilrabo Mirzayeva turmushga chiqdi | Aktrisa Dilrabo Mirzayevaning turmushga chiqqani haqida “Darakchi” nashri xonanda Dilso‘zning Instagram sahifasiga asoslanib xabar berdi. Unda aktrisaning teatr, kino va kliplarda suratga tushib, turli obrazlarni yaratayotgani qayd etib o‘tilgan.
“Bugun men uchun eng yaqin bo‘lgan insonim, opa-singildek bo‘lib qolgan Dilrabo Mirzayevaning baxtli kunlaridan biri. Chinakam baxt egasi bo‘lishini tilab qolaman”, — deb Dilso‘z yaqin dugonasiga tilak bildirgan.
“Darakchi” | 77 | 473 |
Madaniyat | Rayhon: Haqiqiy erkak bu har qanday vaziyatda ham mehribon va g‘amxo‘r bo‘lib qoladigan otadir | Qo‘shiqchi Rayhon Instagram’dagi sahifasiga o‘zining va turmush o‘rtog‘i Farhod Alimovning farzandlari ishtirokida uyushtirilgan fotosessiyadan surat joyladi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Unga xonanda quyidagicha izoh yozdi:
“Haqiqiy erkak bu har qanday vaziyatga qaramay mehribon va g‘amxo‘r bo‘lib qoladigan otadir. U muammolari va qiyinchiliklariga qaramay birinchi navbatda farzandlari haqida o‘ylaydi. U farzandlari hech narsaga muhtoj bo‘lmasliklari uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Xudoga ming shukr, men aynan shunday insonni uchratdim”. | 94 | 553 |
Madaniyat | “Sevgi iztirobi” serialidagi Kamol — Burak O‘zchivit Toshkentga keldi (foto va video) | “Sevgi iztirobi” serialidagi Kamol obrazi orqali o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish mashhur turk aktyori Burak O‘zchivit Toshkentga keldi. U “Zo‘r Tv” telekanalida bir nechta ko‘rsatuvlarda ishtirok etdi, o‘zbekistonlik san’atkorlar bilan muloqot qildi.
View this post on Instagram
View this post on Instagram
Ma’lumot uchun, turkiyalik aktyor va model Burak O‘zchivit 1984-yilning 24-dekabr kuni Istanbul shahrida tug‘ilgan. U Marmara universitetining foto, tasviriy san’at va kino fakultetini tamomlagan. Burak aktyorlik faoliyatini 2006-yilda boshlagan. U “Muhtasham yuz yil”, “Sevgi iztirobi” va “Choliqushi” filmlaridagi obrazlari bilan butun dunyoga tanildi.
Burak O‘zchivitning Burchun Deniz ismli singlisi bor. Aktyor 2017-yilda taniqli turkiyalik aktrisa Fahriya Evjen bilan turmush qurgan. | 85 | 838 |
Madaniyat | Gulbahor Erqulova “O‘zbekiston” telekanalidagi bayram dasturini tanqid qildi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali “O‘zbekiston” telekanalidagi bayram dasturini tanqid qildi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
O‘z fikrlarini bayon etish asnosida bir xonandaning chiqishlaridan suratlarni joylashtirar ekan, tanilmagan xonandalar bayram dasturlarida chiqishiga alohida e’tibor qaratdi.
“O‘zbekiston” telekanali shuncha vaqt ketkazib, shunday xonandalarni topib, Yangi yil bazmiga chaqiribdi yoki prodyuserlari borib kelgan... Ahvolini qarang, shuncha san’atda ishlab, ko‘rmaganman va tanimayman ham. To‘g‘ri, bir-ikki qahramonlar chiqishdi. Mayli, ularni chiqishiga hamma o‘rganib ham qoldi. Xalqimiz gapiradi, kuyadi shulardan boshqa yo‘qmi, deb – foydasi yo‘q. Mayli, ularning ovozi bor, iqtidori bor. Bir kun biror odam o‘zi bir xillikdan zerikib, o‘zgarmasa, hozircha shunaqa bo‘laveradi. Qancha kanal bo‘lsa, qoyil hamma joyga ulgurishibdi. Rossiya kanallarini qarang qanaqa chiroyli dasturlar va eng kuchli san’atkorlar chiqishdi. Yoshlari nechada bo‘lsa ham, birorta xalq tanimaydigan san’atkorni ko‘rmaysiz.
Gulbahor Erqulova
Gulbahor Erqulovaning tanqidlari ijtimoiy tarmoqda muhokamaga aylanib ketgan. Erqulova dasturni olib borgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevga alohida e’tiroz bildirdi.
Dekoratsiya bir xil. Shunday ekan, ob-havo ham bir xil. Lekin kimdir issiq, kimdir yengil kiyimda. Rejissor shu jihatlarga e’tibor qaratmagan. Ulug‘bek degan qo‘shiqchidan boshqa olib boruvchi O‘zbekistonda yo‘q deb o‘ylashgan. Qancha iqtidorli aktyorlarimiz, suxandonlarimiz bor, axir. Mana, Rossiya kanallarida qo‘shiqchilar bayram ko‘rsatuvilarini olib borishadi, lekin ularning dunyoqarashlari boshqa, hamma san’atkorlarni tanishadi va to‘g‘ri baho berishadi.
Gulbahor Erqulova
Gulbahor Erqulova bungacha Ozodbek Nazarbekov, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, Rayhon, Shahzoda, Lola, Ziyoda, Manzura, Munisa Rizayeva kabi qator xonandalarni tanqid qilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 76 | 2,155 |
Madaniyat | Anjelina Jolining qiyofadoshi topildi (foto) | G‘arb OAVlari taniqli aktrisa va rejissor Anjelina Jolining qiyofadoshini topdi, deb yozadi “Gazeta.ru”. U yaqinda teleyulduz Kayli Jennerning kosmetik kompaniyasi reklamasida Joliga juda o‘xshash qiyofada namoyon bo‘lgan model Mara Teygen bo‘ldi.
Bungacha u Milani Cosmetics va Frankie’s Bikinis kompaniyalari uchun ishlagan. Shunisi qiziqki, avval o‘xshashlikni hech kim sezmagan: Teygenning Instagram’dagi yarim milliondan ortiq obunachilari uni rossiyalik model Irina Sheyk, Bratz qo‘g‘irchog‘i va, hatto, avstraliyalik qo‘shiqchi Natali Imbrulya bilan qiyoslashgan edi. | 44 | 575 |
Madaniyat | “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” haqida. “Oskar”ga ilgari surilayotgan yangi o‘zbek filmini nega ko‘rish kerak? | Bugun, 17-dekabr kuni rejissor Yolqin To‘ychiyevning “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmining premyerasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu filmni premyerasidan oldinroq, yopiq namoyish chog‘ida ko‘rishga muvaffaq bo‘lgandim. Ko‘pchilik uning badiiy jihatlarini olqishlagan va ijodiy guruhni maqtagan edi. Shuningdek, kartinaning ba’zi jihatlari o‘tkir bahslarni keltirib chiqargani, xususan, ba’zilar uning nomini o‘zgartirish kerakligini ta’kidlagani esimda.
Nima bo‘lganda ham, nihoyatda o‘ziga xos olingan ushbu kartina o‘shanda tomoshabinlarda yaxshi taassurot qoldirgan edi. Bunday asar keng ommaga taqdim etilishi – quvonarli holat. Kinosanoat reytinglari qo‘yadigan talablardan chiqib ketadigan, sodda, tushunarli, dinamik syujetga ega bo‘lmagan filmlarni prokatga chiqarishga qo‘rqishadi – o‘zini oqlamasligi mumkin, tomoshabin uni tushunmasligi mumkin. Shu tufayli bu turdagi lentalar festivalma-festival yurib, mukofotlar uchun kurashadi, lekin millionlarning teleekranlariga yetib bormaydi.
“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”ning taqdiri qanday kechadi? U o‘z tomoshabinini topadimi? Uni muxlislar qanday qabul qiladi? Bu savollarga javobni yaqinda bilib olamiz. Ungacha o‘zbek kinematografining yangi mahsuli haqida o‘z mulohazalarimni bildirish bilan cheklanaman.
Bu faslda film syujetining katta qismi bayon etiladi. Spoyler xohlamasangiz, uni tashlab keting.
Film voqealari tog‘lar ichidagi, panadagi bir uyda bo‘lib o‘tadi. Bu uyda Komil (Bahrom Matchonov) ismli kamgap, sirli bir chol uch nafar xotini bilan yashaydi. Kunlar sokin, bir xil o‘tadi. Ayollar o‘zaro g‘iybatlashib, o‘ynashib, hazillashib, ba’zida janjallashib, uy yumushlarini bajarib kunlarini o‘tkazadi. Kamgap er ular bilan kam muloqot qiladi, asosan yuvinishga va ovqatlanishga xonasidan chiqadi, ba’zida esa xonaga rafiqalaridan birini chaqirib turadi. Lekin yuragidagi dard uni qo‘yib yubormaydi. Xotinlarini uzoqdan kuzatadi – ular bilan bir ko‘z urishtiradi, bir arazlaridan hafsalasi pir bo‘ladi, bir jahl ustida jazolaydi, lekin dardlashmaydi. Hovlida bemaqsad kezinib yurgan itgina ba’zida unga tushungannamo qarab qo‘yadi.
Filmdan kadr
Shunday kunlardan birida uyga to‘rtinchi xotinni – Faridani olib kelishadi. U yangi hayotga ko‘nikishi og‘ir kechadi – otasi tengi eridan jirkanadi, undan o‘zini himoya qilishga urinadi, hatto kaltak yeydi. Axiyri ko‘nika boshlaydi. O‘zi kabi yana uch ayoldan iborat jamoaga qo‘shila boshlaydi. Ba’zida dugonalik, ba’zida rashk va hasaddan iborat uy ichidagi intrigalarga aralashib qoladi.
Atrof esa notinch – buyuk siyosiy evrilishlar shovqini bu chekka uyga ham yetib keladi. Sirli chol ham aslida ko‘ringaniday sodda, oddiy dehqon emas: uning yoniga bir oqlar keladi, bir bosmachilar. Xonasining to‘rida esa Buxoro zobitining mundiri turibdi. Bunday shaxs tog‘lar ichida nima qilib yuribdi? Kimdan, nimadan bekinyapti?
Aslida uning boshqa, mudhishroq siri ham bor. Bu dardini har qancha yashirmasin, har kecha olislardan elas-elas quloqqa chalinadigan g‘amgin kuy isitmasini oshkor qiladi.
Filmdan kadr
Xullas, bir yo‘sinda davom etayotgan sokin hayot har tomonlama tahlika ostida qoladi: bir tomondan oqlar va qizillar o‘rtasidagi kurash, bosmachilar, amir qurshovi va boshqa siyosiy guruhlarning taloto‘pi ahyon-ahyonda uy devorlari ostiga yetib kelib, uning osoyishtaligiga tahdid solsa, boshqa tomondan Faridaning kelishi bilan uy ichidagi muvozanat buziladi. Uyning yolg‘iz istiqomatchilari bo‘lmish ayollar o‘rtasidagi birdamlik va raqobat, o‘zaro yordam va dushmanlik uy asosini tebrataveradi. Komil bu murakkabliklarni yechib, komfort zonasida qola oladimi? O‘zi o‘rganib qolgan turmush tarzini saqlay biladimi?
Filmda bu savolga javob bor. Lekin boshqa savollarga javob yo‘q. Komilning kimligini, nega bu ovloqlikda pusib yashayotganini, ichida nima dard borligini rejissor bizga aytmaydi. Buni tomoshabin o‘zi hal qilib olishi kerak. Yoki shunchaki javoblarning ahamiyati yo‘q.
Film syujetini har xil nuqtayi nazarlardan har turfa talqin qilish mumkin. Bu holat yuqorida esga olingan yopiq namoyishda ishtirok etgan kinochilar va tanqidchilar bildirgan fikrlarda ham aks etdi. Kimdir filmda ramzlar va ishoratlar o‘yinini ko‘rdi: xotinlardan qaysi biri nimaning ramzi ekani, it nimani timsollantirishi borasida taxminlar bildirildi. Kimlardir esa kartinada siyosiy voqealar boshqa rakursdan ochib berilganiga, aslida bu tarixiy film ekaniga urg‘u berdi.
Bugungi san’at tanqidida har qanday asarni bir necha xil talqin qilish mumkinligi e’tirof etiladi. San’at asari mohiyatan emotsional hayajon mevasidir – ijodkor doim ham “bu yerga bunaqa ramz tiqaman, buning ortiga esa bunday ma’no yashiraman” deb reja qilmaydi. U shunchaki ijodiy hayajonini asarida aks ettirishga urinadi, bunda hatto o‘zi kutmagan natijani olishi, kutmagan ma’noni ifodalab qo‘yishi mumkin. Shu bois “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”dan ramziylik, majoz qidirganlaram, to‘g‘ri tarixiy syujet ko‘rganlaram ma’lum ma’noda haq. Faqat bir masala bor.
Gap shundaki, kinematograf ko‘p qatlamli san’at turi hisoblanadi. Unda syujet doim ham birinchi planda emas, u ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Ba’zida kino ijodkori syujetdan ikkilamchi maqsadda foydalanadi – uning yordamida vizual effektlarni, ranglar o‘yinini, xilma-xil planlarni, kostyumlarni, tabiat manzaralarini, aktyorlar performansini, nozik hissiy o‘yinlarni ko‘rsatib, tomoshabinga zavq ulashishga urinadi. O‘zi syujetni tahlil markaziga qo‘yish, filmning mazmunini undan qidirish ko‘p tanqidlarga uchraydigan yondashuvdir – ko‘pgina professional tanqidchilar syujetni bir chetga surib qo‘yib, videoqatorni, aktyorlar ijrosini, sahnalar postanovkasini baholaydi. Qolaversa, nafaqat kinoda, umuman san’atning hamma turlarida quruq ramzbozlik allaqachon primitiv priyomga aylanib ulgurgan. Hozirgi san’atda uslublar shunchalik ko‘payib va murakkablashib ketganki, “falon obraz aql ramzi, falon obraz kibr ramzi” qabilidagi qo‘pol tashbehlar bilan hech kimni hayron qoldira olmaysan.
Filmdan kadr
Yolqin To‘ychiyevning qalbiga kirib chiqish imkonsiz, u qaysi yo‘ldan borganini, nimani maqsad qilganini taxmin qilish mumkin xolos, shunga qaramay, film katta mehr va e’tibor bilan suratga olinganiga, har bir kadr ustida ko‘p ishlanganiga qarab, u bu qadar sodda ramz o‘yini qilmaganiga, ko‘p qatlamli konsept taqdim etganinga ishonmoqdaman. Ushbu matn professionallarga mo‘ljallangan taqriz emas, bo‘lajak tomoshabinlarda kino haqida tasavvur uyg‘otishga qaratilgan taassurotlar jamlanmasi bo‘lganidan foydalanib, chuqur tahlilsiz o‘z subyektiv, shaxsiy tushunishimni keltiraman.
Mening talqinim bo‘yicha, kartinada odamlardan ko‘ra jonivorlarga va narsa-buyumlarga ramziylik ko‘proq bag‘ishlangan. Ko‘zimga yaqqol tashlangan ramzlar it va uy bo‘ldi – operator ularga ko‘p e’tibor bergani uchun bo‘lsa kerak. It va uy simvolikada ko‘p ramziy ma’nolarni beradi, lekin bu obrazlar negizida men sezgan narsa mifologik simvolizmdan ko‘ra shunchaki komfort, sokinlik va farog‘at bilan bog‘liq. Ular filmga mana shunday atmosfera berishga xizmat qilgan, nazarimda. Film bizni ulkan sershovqin olam ichida, bir chetda og‘ir mehnat evaziga yaratilgan ichki olamga, o‘ziga xos ichki tartib o‘rnatilgan mitti dunyoga olib kirib qo‘yadi. Bu – komfort zonasi. Bosh qahramonlar umr kechirib o‘rganib qolgan komfort zonasi.
Yana bir jihat – bu uy hamma uchun ham komfort zonasi bo‘la olmaydi. Kimlardir bu yerda yashayverib o‘rganib ketgan, baxt deganda shu hayotni tushunadi; kimlardir esa unga moslasha olmaydi va undan qutulganidagina o‘zini baxtli va erkin his qiladi. Lekin uning kelib-ketishi muvozanatni izdan chiqarib bo‘lgan edi – boshqa qahramonlar ham bu zonani birin-ketin tashlab keta boshlaydi, axiyri uyda uni qurgan kishigina qoladi. Bunga ikkita omil sabab bo‘ladi.
Birinchidan, tashqaridan qaraganda juda sokin va baxtiyor bu hayot mudhish sir va doimiy tahdid ustiga qurilgan. Bu yerdagi farog‘at, komfort turli omillar ta’sirida buzilib, vayron bo‘lib bormoqda. Tashqarida qurollangan, har xil rangdagi bayroqlarni ko‘tarib olgan to‘dalar izg‘ib yurgani yetmaganidek, ichkarida ham konfliktlar bor – bir tom ostida kelishib yashash uncha oson emas aslida. Bu komfortni asrashi lozim bo‘lgan uyboshini esa nimadir qiynaydi – o‘tmish ruhlari, gunohkorlik hissi, qo‘rquv, keksalik va yaqinlashayotgan o‘lim oldidagi vahima. U harakatlana olmaydi, muammolar chigallashib boraveradi, u vaziyatni qo‘lga olib, chora ko‘rish o‘rniga vaziyat asiriga aylanadi, hech narsa qilishga o‘zida kuch topa olmaydi va umri davomida qurgan omonat baxt qasrining qulashini kutib yashaydi. Qayerdadir eski qattiqqo‘lligini eslab, do‘q qilib qo‘ygan, hatto qotillik uchun qo‘liga qurol olgan bo‘lsa ham, baribir zamoni tugayotganini sezadi va kutilmaganda ilgarigi o‘ziga xos bo‘lmagan odamiylikka, mehribonlikka qo‘l uradi. Eski zamon tugayapti, u bilan birga Komil ham o‘tmishga aylanib bormoqda. Qarshilik ko‘rsatish, chiranish befoyda – pirovardida uy va uning egasi o‘tda kuyib, yangicha musiqa sadolari ostida yangi davrga yo‘l ochib beradi. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” ramziy o‘tmishning tugashi va ramziy bugunning boshlanishi kesishgan nuqtada yashashday omadsizlikka uchragan odamlarning og‘ir taqdiridan hikoya qiladi.
Ikki soatdan ko‘proq davom etadigan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”da syujet fokusi u obrazdan bu obrazga o‘tib turadi. Boshida Faridani bosh qahramon deb o‘ylasang, keyin boshqa xotinlar birin-ketin sahnaga chiqa boshlaydi. Keyinroq uy xo‘jayini – Komil bo‘y ko‘rsatadi. Shu tariqa xronometrajning asosiy qismini qoplaydigan besh qahramonning ijrosidan ketma-ket bahramand bo‘lamiz. Qolganlar epizodik rollarda.
Filmdan kadr
Bosh qahramonlarning bari yorqin, esda qolarli ijro etilgan. Uy istiqomatchilaridan har birining o‘ziga xos qiyofasi, xarakteri, gapirish uslubi bor. Har bir personajning o‘z dardi, maqsadlari, ushalmagan orzulari, qo‘rquvlari, o‘tmishi, bekgraundi bor. Ular buni nigohlarida, yuzidagi his-tuyg‘u o‘yinida aks ettiradi. Ularning hayotiy tajribasi fe’l-atvorida aks etadi: yoshlar irg‘ib, sakrab, o‘ynab yuradi, tog‘u tosh ichidan ko‘ngilxushlik qidiradi; o‘rta yoshi rashk va raqobat o‘tida yonib, nozik taxt o‘yinlarini olib boradi; yoshi ulug‘lar vazmin ko‘rinsa-da, yoshlarni tushunishga, ularga yordam berishga harakat qilsa-da, ular ham ba’zida hissiyotga beriladi, qo‘li qaltiraydi, yuragi rashkdan yonadi, ko‘zi namlanadi.
Nafaqat menda, ko‘pchilikda Elmira Rahimjonova va Yulduz Rajabova jonlantirgan obrazlar chuqur taassurot qoldirdi. Ikkisi – ikki xil dunyo, ikki xil stixiya. Biri uni o‘rab turgan purviqor tog‘larday sokin va dono, ikkinchisi o‘zi atrofida aylanib raqsga tushgan gulxanday o‘ynoqi, tuyg‘uga beriluvchan, serzarda, hissiyotli va xavfli. Ikkisi ham bir uyda kelishib yashab, baxti uchun kurashadi. Tabiati har xil, ammo qalblari yaqin kundoshlar pirovardida hech qanday baxt abadiy davom etmasligini tushunadi.
Filmdan kadr
Filmning o‘rtalaridan markazga Bahrom Matchonov olib chiqiladi. Xonasidan deyarli chiqmaydigan, xotinlariga yo‘ldosh emas, bir lahzalik ehtiros obyektiday qaraydigan, patriarxal turmush tarziga, birovlarning tuyg‘ulari bilan hisoblashmay istaganini olishga o‘rganib qolgan bu shaxs kutilmaganda chuqur obraz bo‘lib chiqadi. Kezi kelganda xiyonat ehtimoli tufayli jodida ayolning barmoqlarini kesib tashlashdan tap tortmaydigan bu qo‘pol erkak sekin-asta o‘zgarib boradi, yoxud ichki salohiyatini namoyish etadi, uni yillar davomida o‘rab turgan ayollarga mehr ko‘rsata boshlaydi, odamiylik uchqunlarini namoyish etadi. U o‘zi botqoqqa botib ketayotganini ko‘rib, hech bo‘lmasa unga umrini bag‘ishlagan ayollarni bundan qutqarishga qaror qiladi. O‘zi yaratgan olamni saqlab qololmaganga yarasha, boshqalarni bu olam ichidan chiqarib yuboradi.
Filmdan kadr
Personajlarni dialoglar juda yaxshi ochib bergani diqqatimni tortdi. Sifatli dialoglar zamonaviy o‘zbek kinosining asosiy muammolaridan biridir – ko‘p filmlardagi suhbatlarni eshitib, ularning bo‘shligidan, notabiiyligidan dahshatga tushaman. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” bu ma’noda menda iliq taassurot qoldirdi. Avvalo, dialoglar ancha jonli, hayotiy, obrazlarni ochib berishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, kino mualliflari bayonchilikdan qochgan. Bayonchilik, ya’ni tomoshabinga aytmoqchi bo‘lgan narsangni qahramonlar tilidan aytib berish eskirgan, badiiyyatni o‘ldiradigan priyom hisoblanadi. Dialoglar tomoshabinga vaziyatni ipidan ignasigacha tushuntirib berishi kerak emas, ular qahramonlarning ruhiyatini ochib berishi lozim. Aytilmay qolgan ma’nolar esa nigohlar va harakatlardan o‘qilishi darkor. Filmda Yolqin To‘ychiyev bu natijaga, qisman bo‘lsa ham, erishgan.
Film operatori Bahodir Yo‘ldoshevning sa’y-harakatlarida bir qancha atoqli rejissor va operatorlarning ta’siri sezildi. Xususan, plan va fokus o‘zgarib turadigan uzun kadrlarda Alexandro Gonsales Inyarritu hamda uning “Byordmen”, “Omon qolgan” singari eng mashhur kartinalari operatori Emmanuel Lyubetski Morgenshternning uslubidan ilhom olingani ko‘rinib turibdi. Gap nimadaligini tushunishni istaganlarga yuqoriroqda tilga oling kinolarni ko‘rishni maslahat beraman.
Bundan tashqari, operator juda go‘zal tabiat manzaralarini yarata olgan. Yirik plandagi tog‘, dala, daraxtzor peyzajlariga uzoq tikilib qolish mumkin.
Albatta, kadrning uzun-qisqaligi, statik-dinamikligi – bularning qay biri ma’qul kelishi didga bog‘liq. O‘ta dinamik, kadr tez-tez almashib turadigan blokbasterlarga o‘rgangan tomoshabin Bahodir Yo‘ldoshev qo‘lidagi kameraning havoda sokin suzishidan zerikib qolishi hech gapmas. An’anaga ko‘ra, uzun kadr asl kinematografik kadr hisoblanishi tufaylimi, Andrey Tarkovskiy filmlarini juda yaxshi ko‘rishimdanmi, bilmadim, kadrlardagi sokinlik menga ma’qul keldi, ulardan zavq oldim.
Filmdan kadr
O‘rta planlarning ko‘pligi, shuningdek, bir kadrda bir necha qahramonni turli holatda ko‘rsatish, qahramon izidan borish kabi priyomlarni ham qayd etib o‘tay.
Film voqealari, garchi tarixiy siyosiy voqealarga bag‘ishlangan bo‘lmasa ham, tarixiy voqelik kontekstida kechadi. Unda realizmni, tabiiylikni ta’minlash uchun tarixiy anturaj yaratish lozim edi. Shuning uchun aktyorlar egnidagi kostyumga ko‘p e’tibor berilgan: ayollar o‘z mintaqasiga oid liboslarda yuradi, erkak zamonaga xos to‘nda va yaktakda namoyon bo‘ladi, har zamon-har zamonda ularni yo‘qlab turadigan ikkinchi darajalik qahramonlar esa tegishli davrning, tegishli harbiy va siyosiy guruhlarning formasida yuradi. Zamonaga xos autentik buyumlar personajlarni o‘rab turadi, lekin, qizig‘i shundaki, ularning ayrimlari bugungi kunga qadar o‘zgarmagani bilan go‘yoki ko‘rsatilayotgan o‘tmishni bugun bilan bog‘laydi.
Shu bilan birga, bu o‘tmish atributlari, liboslar, buyumlar qiyofasizdir. Men arxiv titkilab, har bir detal ustida izlanmadim, biroq o‘ylashimcha, ko‘pgina buyumlar aslida ko‘rinishdan eskilik qiyofasiga ega, lekin aynan ekranda ko‘rsatilayotgan davrga mansub bo‘lmasligi mumkin. Zotan filmning maqsadi boshqa – u tarixiy reallikni, o‘tmish turmush tarzini yuz foiz to‘g‘ri rekonstruksiya qilishga qaratilmagan. U tarix girdobidagi odamlar taqdirini tadqiq etadi.
“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” haqida yana ko‘p fikr yuritish mumkin. Aktyorlar ijrosi, postanovka, syujet, dekoratsiya, montaj, operatorlik ishi haqida juda uzoq yozsa bo‘ladi. Lekin bunday bayon nomutaxassis o‘quvchiga qiziq bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Muhimi shundaki, o‘zbek kinematografida ham ko‘ruvchining diqqatini tortadigan qiziqarli voqealar ketma-ketligiga ega, ham badiiy-texnik jihatdan saviyali film paydo bo‘ldi. U O‘zbekiston nomidan “Oskar” mukofotiga ilgari surilishi ham bejiz emas.
Filmdan kadr
To‘g‘ri, “Oskar”da g‘alaba qozonish oson emas – raqobat juda kuchli, qolaversa, AQShda, Yevropada, Yaponiyada, Xitoyda, Koreyada ham millionlab muxlislarda qiziqish uyg‘ota oladigan darajada dinamik, ham badiiy-texnik tomondan yetuk filmlar oladigan rejissorlar ko‘payib ketgan. Ular bilan raqobatlashishning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” kamida o‘zbek kinosini xalqaro davralarda munosib taqdim etib bera oladi. Hozircha u buning uddasidan chiqyapti – “Moskva premyerasi” festivalida gran-pri yutdi, shuningdek, “Oltin globus”ga da’vogarlar ro‘yxatidan joy oldi.
Kartinaga bu yo‘lda omad tilab, so‘zimni bir mulohaza bilan yakunlayman.
“Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” har qancha realistik, hatto joyi kelganda qo‘pol, beshafqat tuyulmasin, aslida u anchayin romantik, mehribon filmdir. Qahramonlarning qiyofasi, kayfiyati yirik va o‘rta planda qayta-qayta namoyish etilishi, ular ayovsiz tarzda ruhiy qiynoqlar girdobiga otilishiga qaramay, aksariyat qattiqqo‘l, hissiyotli sahnalar yo uzoqdan ko‘rsatiladi, yo kamera ortida o‘tib ketadi. Aslida Shuhrat Abbosovdan so‘ng qattiqqo‘llikni kadrda ko‘rsatishga cho‘chimaydigan rejissorlar qolmadi hisob – qolgan o‘zbek rejissorlari og‘ir zarba va zo‘ravonlik arafasida kamerani boshqa yoqqa qaratadi yoki o‘chiradi. Bu kamchilik emas, bu – uslub va did masalasi.
Kartina yakuni ham, qanchalar qayg‘uli tuyulmasin, ijobiy konnotatsiyalarga ega. Bosh qahramonlarning baxt maskaniga aylanib qolgan uy yo‘q bo‘ladi. Lekin olov faqat halokatdan emas, yangilanishdan ham darak beradi. Aslida bosh qahramonlarning deyarli hammasi ularni bir yerda ushlab turgan, o‘zgarishdan, yangilanishdan to‘xtatib turgan o‘tmish yukidan qutuladi, yangi olamda o‘z o‘rnini qidira boshlaydi. Kimdir o‘rnini topadi, kimdir moslasholmay, o‘tmishni qo‘msab yashashda davom etadi. Hatto izlanishni istamaganlar esa o‘tmishga qo‘shilib kul bo‘ladi. “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” insonning ichki kurashidan tortib butun boshli jamiyatlardagi evrilishlarda birday ishlaydigan ana shunday universal qonuniyat negiziga qurilgan.
Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin. | 111 | 17,717 |
Madaniyat | Xonanda Iroda Dilroz “Dilroz” teatr studiyasini ishga tushirdi | Xonanda Iroda Dilroz “Dilroz” nomli teatr studiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda, xonandaning o‘ziga asoslanib, “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“‘Tomosha’ bolalar teatr studiyasida 17 yil faoliyat yuritdim, tajriba orttirdim, ustoz ko‘rdim. Ustozim, ‘Tomosha’ning badiiy rahbari Nodira Qurbonovaning tavsiyasi bilan studiya ochdim”, — dedi Iroda Dilroz.
Xabar berishlaricha, ushbu teatr studiyasida 3,5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli bolalar bilan birga ish olib boriladi. “Mustaqil ish boshlash vaqti keldi. Qolaversa, bu bolalikdagi orzularimdan biri”, — deydi xonanda. | 62 | 592 |
Madaniyat | Toshkentda 3—7-may kunlari “Shum bola” kinofestivali bo‘lib o‘tadi | O‘zbekistondagi Gyote instituti va “O‘zbekkino” milliy agentligi Germaniyaning “Shlingel” xalqaro kinofestivali bilan hamkorlikda 3—7-may kunlari navbatdagi “Shum bola” kinofestivalini o‘tkazadi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir mutasaddilari ma’lum qildi.
Yosh tomoshabinlar — maktab, litsey va kollej o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli kino saroyiga taklif etiladi. Ular uchun 21-xalqaro “Shlingel” kinofestivali doirasida taqdim qilingan yangi nemis filmlari namoyish etiladi.
Shuningdek, o‘zbek kinoijodkorlarining “Oyqiz ertagi” filmi va yangi animatsiyali filmlar bilan tanishish imkoniyati mavjud.
“Shlingel” kinofestivali direktori Mixail Xarbauyer, prodyuser Aleksandra Proxazka, rejissyorlar Alen Gsponer va Toni Loyzer “Shum bola” mehmoni bo‘ladi.
Barcha filmlar rus tiliga o‘girilgan, kirish bepul.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 66 | 924 |
Madaniyat | Shahrisabzda navbatdagi xalqaro maqom san’ati anjumani 2020-yil sentabr oyida o‘tkaziladi | Shahrisabzda navbatdagi xalqaro maqom san’ati anjumani 2020-yil sentabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladi. Bu Prezidentning II xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoyishida ko‘zda tutilgan.
Hujjat bilan:
2020-yil 1-iyunga qadar respublika hududlarida maqom ansambllarining konsert dasturlari, “Yosh maqom ijrochilari”, bastakorlar o‘rtasida “Maqom yo‘lida yaratilgan eng yaxshi asar” kabi nominatsiyalar bo‘yicha respublika tanlovlari hamda taniqli maqomshunos olimlar, tajribali maqom ijrochilari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazib borish;
2020-yil 1-avgustga qadar anjuman doirasida “Maqom san’atini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya dasturini ishlab chiqish, shuningdek, anjumanda ishtirok etadigan xorijiy hamda mahalliy musiqashunos va maqomshunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar ro‘yxatini shakllantirish;
Shahrisabz shahridagi Maqom muzeyini ushbu san’atga oid tarixiy, ilmiy-ijodiy manbalar, qadimiy va zamonaviy cholg‘u asboblari va boshqa yangi eksponatlar bilan boyitish choralarini ko‘rish belgilangan. | 89 | 1,218 |
Madaniyat | Jahongir Otajonovni o‘pgan qiz kim edi? Niqobdagi Shohjahon Jo‘rayevdan jonli ijro. Instagram yangiliklari | 27-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Angliyadan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Shohjahon Jo‘rayev esa folloverlarini jonli ijro bilan xushnud etdi.
View this post on Instagram
Ona bo‘lish arafasidagi aktrisa Asal Shodiyeva sahifasiga yangi surat joyladi.
View this post on Instagram
Aktrisa Ra’no Shodiyeva uch yil avval turmush o‘rtog‘i bilan Kappadokiyada tushgan suratlari bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Xonanda Dilso‘z yaqin insonini sog‘inganlar uchun “Sog‘indim” taronasini kuylab berdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Shahzoda Muhammedova insonni o‘yga toldiruvchi fikrlar bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Yulduz Rajabova Turkiyaning Istanbul shahridan muxlislariga salom yo‘lladi.
View this post on Instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovni yoshgina qiz o‘payotgani aks etgan bir necha yil avval olingan surat muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu suratdagi qiz yosh aktrisa Zinnura bo‘lib, u xonandaning muxlisasi ekanligi hamda uni hurmat qilishini yozib qoldirdi.
View this post on Instagram | 106 | 1,374 |
Madaniyat | Jonni Depp, Tom Kruz, Britni Spirs: ajrimdan keyin baxtini topa olmagan yulduzlar (foto) | Ajralish – bu noma’lum tomonga qadam. Kimdir yangi munosabatlar tomon ketadi, kimdir eski rishtalardan shunchaki qochadi. Ammo hamma yangi hayotdan ko‘p narsalarni kutadi. Afsuski, barchasi ham orzu qilgandek bo‘lavermaydi.
Jonni Depp va Vanessa Paradi
2012-yilda aktyor yosh aktrisa Amber Xerdga ko‘ngil qo‘ygani ma’lum bo‘lgan. Aktrisa necha yillik juftlik Vanessa Paradi va Jonni Deppning ajrashishiga sabab bo‘lgan. Aslida juftlik rasmiy ravishda nikohdan o‘tmagan edi, ammo hech kim ularning bir kun kelib ayrilib ketishiga ishonmasdi. Jurnallarda tez-tez Vanessa va Jonnining go‘zal sevgi hikoyalariga bag‘ishlangan maqolalar chop etilar va ikki farzandning onasi haqida so‘z borar edi.
Jonni Depp va Ember Xerd
Vanessa bilan 14 yillik erkin hayotdan so‘ng Jonni Emberga rasman uylandi. Bu barchani hayratga solgandi. 15 oylik nikohdan keyin juftlik ajrashishga qaror qilgan va sudga ariza bergan. Ajrimga esa kelishib bo‘lmaydigan qarama-qarshiliklar sabab qilib ko‘rsatilgan. Keyinchalik Ember aktyorni zo‘ravonlikda ayblab, undan bir necha ming dollar tovon puli ham talab qilgan.
Rayan Filipp va Riz Uizerspun
Tashqi ko‘rinishi tufayli Rayan modellik va kinematografiyaga kirib borgan va “Men o‘tgan yozda nima qilganingizni bilaman”, “Shafqatsiz o‘yinlar” kabi filmlardagi roli bilan Gollivudning umidli aktyorlaridan biriga aylangan. Ammo aktyorning keyingi faoliyatini faqat muvaffaqiyatsizlikdan iborat deb atash ham mumkin. Karyerasidagi omadsizliklar uning shaxsiy hayotiga ham salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Turmush o‘rtog‘ining qaysarliklaridan charchagan Riz Uizerspun 9 yillik turmushidan so‘ng Filipp bilan ajrashishga qaror qilgan. Xuddi shu sabablarga ko‘ra, Amanda Seyfrid bilan uch oylik munosabati ham yakun topgan.
Britni Spirs va Kevin Federlayn
2004-yilda Britni Spirs raqqos Kevin Federlayn bilan uchrashishni boshlagan va bir necha oydan so‘ng ular to‘y qilishga qaror qilgan. Britnini bo‘lajak turmush o‘rtog‘i birinchi xotinini homiladorlikning so‘nggi oyida tashlab ketgani ham xavotirga solmagan. Kevin esa super yulduzning turmush o‘rtog‘i bo‘lishidan mamnun edi. Shuningdek, Federlaynda rafiqasi karyerasini birozga to‘xtatishi va oilaga vaqt ajratishi istagi paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, u do‘stlari bilan uchrashuv va tungi klublarni afzal ko‘rgan. 2006-yilda ularning ikkinchi o‘g‘li dunyoga kelgan. Ammo farzandlar ham erining ishlashi uchun sabab bo‘lolmagan. Vanihoyat Britni ajrashish uchun ariza berganida, Federlayn undan muvaffaqiyatsiz albomi uchun katta miqdorda to‘lov talab etgan. Albatta, Britnining eng yaxshi qarori bu insondan qochish bo‘lgan va shundan so‘ng oila qurmagan.
Britni Spirs va Jeyson Trevik
2011-yilda Britni 40 yoshli agent Jeyson Trevik bilan oila qurmoqchi bo‘lgan. To‘y sanasi ular umuman ayrilib ketguniga qadar ikki marta qoldirilgan. Shu tarzda uning yana bir munosabati muvaffaqiyatsiz yakun topgan.
Tom Kruz va Keti Xolms
Tom Kruz va Keti Xolmsning his-tuyg‘ulari ommaga ma’lum edi. Juftlikning ajoyib to‘yi, qizi Surining tug‘ilishi va 2012-yilda ularning ajrashgani haqida mish-mishlar quloqqa chalingan. Ammo 10 yil avval Tom o‘z sevgisi haqida baralla jar solishga ham tayyor edi. Aktyor Keti Xolms bilan ajrashganidan keyin qiziga tobora kamroq e’tibor qaratgan va keyinchalik qizini ko‘rishni umuman istamasligini ham ma’lum qilgan.
Demi Mur va Eshton Katcher
Demi 5 yil avval yosh aktyor Eshton Katcher bilan ajrashgan. Aktrisa bundan tushkunlikka tushib, juda ko‘p muammolarga duch kelgan. Shuning uchun ham u kasalxonaga yotqizilgan, so‘ngra reabilitatsiya markazida davolanib chiqqan. O‘sha vaqtda Demining boshqalar bilan munosabati shunchaki bo‘lib, hech biri jiddiy tus olmagan. Aktrisa shundan so‘ng boshqa oila qurmagan.
Sharliz Teron va Styuart Taunsend
2001-yilda Sharliz va Styuart suratga olish maydonchasida tanishgan. Juftlik to‘y qilishga qaror qilgan, ammo 2010-yilda Sharliz bundan voz kechgan. Aktrisaning do‘stlarining aytishicha, u munosabatni o‘zi tugatgan, chunki ular sevishganga emas, do‘stlarga o‘xshay boshlagan. Styuartning o‘zi Sharlizni rafiqasi deb bilgan, garchi ular rasmiy nikohdan o‘tmagan bo‘lsa-da. Shuningdek, ularning ajrimi rasmiylikni talab etmasa-da, orada hisob-kitob masalalari ham bo‘lgan. Shundan keyin juftlik tinch yo‘l bilan ajrashib ketgan. Bundan tashqari, aktrisa hamkasbi Shonn Penn bilan boshlangan munosabatini ham tezda yakunlagan. 2012-yilda aktrisa o‘g‘il asrab olgan edi, Penn bilan aloqani uzganidan so‘ng Avgust ismli qizni farzandlikka olgan. | 88 | 4,503 |
Madaniyat | AQSh kinoteatrlarining 2016-yildagi tushumi 11 mlrd dollarga baholandi | AQShda 2016-yili kinodan keladigan kassa tushumlari o‘tgan yili qayd etilgan rekord summa — 11,1 milliard dollardan oshmasa-da, ushbu raqamdan biroz ortda qolib, 11 milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Kinoijarada ayrim sikvellar, jumladan, “Toshbaqa-ninzalar 2” va “Mustaqillik kuni. Tiklanish” filmlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, Amerika kinostudiyalari yil boshidan 26-iyunga qadar 5,48 milliard dollar ishlab topdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga ko‘p. Tushum borasida ushbu summaning uchdan biriga ega bo‘lgan Disney kinostudiyasi yetakchilik qilmoqda.
“BoxofficePro.com” ekspertlari taxminiga ko‘ra, AQShda yilning ikkinchi yarmidagi tushumlar 5,5 milliard dollarni tashkil etishi mumkin. Bunga yil yakuniga qadar ekranlarga chiqadigan “Quvg‘indi” (“Yulduzli janglar” turkumidan), “Joniga qasd qiluvchilar otryadi”, “Doktor Strenj”, “Aql bovar qilmas maxluqlar va ular qayerda istiqomat qiladi” filmlari, “Uy hayvonlarining maxfiy hayoti” va “Moana” multfilmlari, Mett Deymon bosh rolni ijro etadigan agent Born haqidagi yangi film o‘z hissasini qo‘shishi kutilmoqda. | 70 | 1,151 |
Madaniyat | “Bravo”chi Ahmad Temirov uylandi, Shahlo Zoirova kuyovjo‘ra bo‘ldi. Instagram yangiliklari | 9-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Xonanda Lola muxlislari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, yuz parvarishi uchun kerakli kosmetik vositalarni hadya etmoqchi.
View this post on Instagram
21-sentabr kuni “Milliy” telekanalida “Hamid va Zulfiya” filmi namoyish etiladi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova muxlislariga navbatdagi ko‘ylaklaridan birini hadya etadi.
View this post on Instagram
Manzura tug‘ilgan kunni nishonlash haqida falsafiy fikr yuritdi.
View this post on Instagram
Xonanda Shirin muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Dilso‘z yoz faslini sog‘inmoqda.
View this post on Instagram
Lola Karimova-Tillayeva ilk kitobi nashrdan chiqqanini ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Kaniza biron insonga uning do‘stlariga qarab baho bermaslikka chaqirdi.
View this post on Instagram
9-sentabr kuni “Bravo” jamoasi a’zosi Ahmad Temurov bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi.
View this post on Instagram
Jamoaning yana bir vakili Shahlo Zoirova esa egniga kostyum-shim kiyib, Ahmadga kuyovjo‘ra bo‘ldi.
View this post on Instagram
Kuyovbola o‘z qo‘li bilan Shahlo Zoirovaga osh yedirdi.
View this post on Instagram
“Qora niyat” turk serialining to‘rtinchi mavsumi boshlandi.
View this post on Instagram
Bollivud aktrisasi Priti Zinta suratga olinganiga 15 yil to‘lgan “Salam namaste” filmini yodga oldi.
View this post on Instagram | 90 | 1,693 |
Madaniyat | 200 dollardan 700 dollargacha: O‘zbekistonda ota-ona yoki farzandlarga bag‘ishlangan qo‘shiqlarni oilaviy tadbirlarda ijro etish narxi qancha? | Keyingi paytlarda ota-onasi, farzandi yoki yaqinlarining tavallud kunlari munosabati bilan ularning sevimli xonandalarini uyga taklif etib, maxsus qo‘shiq orqali tabriklash urfga aylandi. Bu yangi an’ana “Bu mening onam” ko‘rsatuvi va xonanda Malika Ravshanovaning shu nomdagi qo‘shig‘i tufayli ommalashdi. Xo‘sh, taniqli san’atkorlarning muxlislar xonadoniga tashrif buyurib, ularga yoqimli syurprizni taqdim etishi qanchaga tushmoqda?
Malika Ravshanova “Bu mening onam”
Xonanda Malika Ravshanova ijodini boshlagandan buyon “Bu mening onam” qo‘shig‘i bilan xalq xizmatlariga boradi. Qo‘shiq omadli chiqqach, xonanda repertuari “Dadajon” qo‘shig‘i bilan boyidi. Xonanda ma’murining ma’lumotiga ko‘ra, u tabrik tadbiriga 500 AQSh dollaridan kamiga bormaydi. Tungi tabrik xizmatiga talab yuqori bo‘lgani uchun xonandani avvaldan band qilib qo‘yish kerak.
Malika Ravshanovaning xizmatidan o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari ham foydalanib turadi.
Dildora Niyozova “Onaginam”
Xonanda Dildora Niyozova ham “Onaginam” qo‘shig‘i bilan xonadoningizga tashrif buyurishi va onajoningizni xursand qilishi mumkin. Bu xizmat narxi 500 AQSh dollarini tashkil etadi. Xonanda yarim tunda xonadoningizga tashrif buyurib, onangizga guldasta taqdim etadi va repertuaridagi ona haqidagi ikkita qo‘shiqni ijro etadi.
Oybek va Nigora “Shirintoyim”
Ijodkor juftlik, asosan, bolalar bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishadi. “Shirintoyim” va “Qizim” taronalari sabab ularni ko‘proq chaqaloqlarni kutib olish marosimlariga taklif etishadi. Oybek va Nigoraning bitta tadbirda ishtirok etishi 400 dollarga narxlanadi. Bu mablag‘ni to‘lasangiz, 8-10 ta qo‘shiqni ijro etib, tadbirga yanada fayz bag‘ishlashadi.
Dilso‘z “Otajon”
Kelin kuzatish marosimida faol ishtirok etadigan xonanda Dilso‘z “Otajon” qo‘shig‘i bilan ko‘plab yoshlarning quvonchiga sherik bo‘lgan. Xonanda ma’muri O‘tkir Qodirovning ma’lum qilishicha, xonanda kelin kuzatish tadbirlarida 700 AQSh dollaridan kamiga bormaydi.
Muzaffar Abduazimov “Onam, kasalman demang”
“Onam, kasalman demang” qo‘shig‘i bilan ko‘plab muxlislarning ko‘nglidan joy olgan xonanda tug‘ilgan kunga 200 AQSh dollari evaziga tashrif buyuradi. Odatda xonanda bunday tadbirlarda bitta yoki ikkita qo‘shiq ijro etadi xolos.
Temur Rahmonov “Qizalog‘im”
Xonanda Temur Rahmonovning “Qizalog‘im” qo‘shig‘i bilan oilaviy tadbiringizga tashrif buyurishi 300 AQSh dollariga tushadi. Xonanda bu haq evaziga oltita qo‘shiq ijro etib, tadbirning yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga hissa qo‘shadi.
Sherzodbek “Onajon”
Yosh xonanda Sherzodbek ham tavallud kunlar munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda faol. Faqat u boshqalardan farqli ravishda “Onajon” qo‘shig‘ini jonli ijroda, faqatgina gitara jo‘rligida ijro etadi. Uning xizmat haqqi 200 AQSh dollarini tashkil etadi. | 142 | 2,796 |
Madaniyat | Cho‘lpon asarlarining amerikalik tarjimoni: “Kecha va kunduz”ning “Kunduz”i yozilmagan | Joriy yil noyabr oyida Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani Michigan universiteti aspiranti Kristofer Fort tarjimasida ingliz tilida nashrdan chiqadi. Bundan oldin Fortning Cho‘lpon ijodi haqidagi maqolasi e’lon qilindi. “Minbar” taqdim etgan maqolada tadqiqotchining roman haqidagi fikr-mulohazalari keltirilgan.
“Kecha va kunduz” romanining faqat “Kecha” qismi mavjud. Olimlarning taxminicha, Cho‘lpon “Kunduz” qismini ham rejalashtirgan yoki yozgan bo‘lishi ham mumkin. Dilogiyaning to‘liq emasligi olimlarga Cho‘lponning maqsadi haqida taxmin qilish imkoniyatini beradi.
Ba’zi olimlar Cho‘lpon faqat “Kecha”ni yozgan, “Kunduz” qismi borligi haqidagi mulohazalar sovet kuzatuvchilarini mamnun qilish uchun aytilgan deyishadi. Boshqalari esa Cho‘lpon “Kunduz”ni ham yozgan, lekin NKVD uni hibsga olishganda asar musodara qilinib, yo‘q qilingan deb hisoblashadi.
Bu fikrlar meni qoniqtirmagan, shuning uchun tarjimaga kirishganimdan beri yangi dalillarni izlayapman.
Men “Kunduz” qismining yo‘qligi Cho‘lponning estetik niyatiga mos keladi deb hisoblayman. Cho‘lpon hayoti davomida estetik jihatdan beqiyoslikka intilgan, uning qahramonlari cheksiz epifaniyalarni boshdan kechiradi va hech qachon oxiriga yetib bormaydi. Qahramonlarining rivojlanishi singari Cho‘lponning dilogiyasi ham xulosalanmaydi.
Cho‘lponning bu adabiy talqinlari O‘zbekistonning buguni va kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.
Men tarjimam bilan bu ajoyib va sirli san’atkorni ingliz tilli o‘quvchilarga yetkazaman. XX asr boshidagi o‘zbek adabiyoti va tarixini tavsiflovchi matn va ma’lumotlarning kamligi bilan tanishgan ingliz tilli kitobxonlar Cho‘lpon va O‘zbekistonning o‘tmishiga oid muhokamalarga qo‘shilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Kristofer Fort AQShning Detroyt shahrida yashaydi. XX asr va zamonaviy o‘zbek adabiyoti mutaxassisi. Yozuvchi Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romanini ingliz tiliga o‘girgan. | 86 | 1,897 |
Madaniyat | “Hech kimni haydab yubormaymiz”. Davron Kabulov Alisher Botirovning “Million” jamoasidan ketganiga izoh berdi (video) | Xalqlar do‘stligi saroyida 20-30-oktabr kunlari “Million” kulgi jamoasining yangi konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
Har bir konserti katta qiziqish bilan kutiladigan “Million” jamoasini jamoaning yana bir a’zosi Alisher Botirov tark etdi.
Konsertga qisqa muddat qolganida Alisher Botirovning jamoadan ketgani haqida Davron Kabulov “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida munosabat bildirdi.
Tomoshabinlar bir narsani inobatga olishlarini so‘ragan bo‘lardim. Biz ham issiq jonmiz. Ikkinchidan aslida bizni “Million”ga hech kim bog‘lab bermagan. Shu sababdan “Million”da avlodlar almashinuvi bo‘lishi juda ham normal va juda ham tabiiy holatdir. Agar avlodlar almashinuvi bo‘lmaganida, futbolda hali ham Marodana va Pele o‘ynab yurgan bo‘lardi. Shuning uchun bu holatga juda ham oddiy yondashish kerak, deb o‘ylayman.
Bitta o‘yinchi o‘zining o‘rnini bo‘shatib berayotgani, bu ikkinchi yangi, hozircha pastroq darajadagi, lekin ertaga yana ham kuchliroq bo‘lib ochilishi mumkin bo‘lgan ijrochiga imkoniyatlar eshigini ochadi.
Nazarimda “Million” jamoasi oxirgi besh yil davomida istalgan ishtirokchi bilan xayrlashgan taqdirda ham, ishlashda, harakatlanishda davom etishini menimcha isbotlab kelyapti, deb o‘ylayman.
Bundan keyin ham vazifamiz o‘zgarmaydi. Yosh, iste’dodli yigit va qizlarni sahnaga qadam qo‘yishiga sababchi bo‘lish, ularga imkoniyat berish, ijrolarini yaxshi tomondan xalqqa namoyish etish vazifamiz, qolgani baribir ularning o‘ziga bog‘liq, biz imkon qadar sababchi bo‘lsak, shundan xursand bo‘lib qolamiz.
Alisher bilan biz yomon xayrlashishimiz mumkin emas edi, deb o‘ylayman. Chunki shu vaqtgacha, birga bosib o‘tgan yo‘limiz ham bunga yo‘l bermas edi. Hayotda bizning aka-ukaligimiz, do‘stligimiz va qadrdonligimiz saqlanib qoldi. Biz sahnadan tashqari holatlarda doimo bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Masalan Umidjon Haydarov ham sahnani orqasida turib, savol-javob shartimizda bizga yordam berib, turli qiziq variantlar aytib turdi.
Bir narsani tushunishlaringizni xohlayman. Biz “Million”dan hech kimni “bor, yo‘qol” deb haydab yubormaymiz. Bunga ma’nan haqli ham emasmiz. Chunki ozgina bo‘lsa ham “Million”ga hissasi qo‘shilgan ijrochini bizga katta ahamiyati bor, deb o‘ylaymiz. Lekin odamlar bilan, jamoa bilan shunchaki, do‘stona xayrlashib ketish ham mumkin-ku. Kimdir o‘zining hurmatiga o‘tirib ketmasa, hammani qarorini qo‘llab-quvvatlab, hurmat qilyapmiz. “Ketaman”, degan ijrochini qo‘lidan ushlab turmayapmiz, ishlayman deganni yo‘liga to‘siq qo‘ymayapmiz, imkoniyati bo‘lib, biz bilan birga bo‘lsa, biz faqat xursand bo‘lyapmiz. Lekin mening yo‘lim boshqa tomonda desa, unga faqat omad tilab qolamiz, boshqa ortiqcha gap-so‘z bo‘lishi ham mumkin emas.
Davron Kabulov, “Million” kulgi jamoasi a’zosi, shoumen | 117 | 2,766 |
Madaniyat | 70 yashar bo‘lsa ham, tetik ko‘rinishga ega Jill Baydenning ovqatlanish qoidalari | O‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan ayol, ona, rafiqa va jamoat faoli sifatida Jill oila va karyerani umumlashtirishni yaxshi biladi. U oilasi haqida qayg‘urish bilan birga, salomatligiga e’tibor berishni ham kanda qilmaydi. U uchun hamma narsa balansdan, sog‘lom parhez va jismoniy mashg‘ulotlardan boshlanadi. Yoshi 70 da ekaniga qaramay, Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden latofatli va tetik ko‘rinadi. Buning siri nimada ekani haqida “Yandeks Dzen” platformasidagi maqola orqali javob beriladi.
Bir qancha majburiyatlari borligiga qaramay, birinchi xonim hamisha o‘z prinsiplariga sodiq. AQSh prezidenti va uning rafiqasi uchun taom tayyorlashga hozir-u nozir oshpaz bor bo‘lsa-da, sog‘lom ovqatlanish haqida gap ketganda ularning o‘zi qaror qabul qiladi. AQShning birinchi xonimi ovqatlanish borasida 4 qoidaga amal qiladi.
Ovqatni mehr bilan tayyorlash
Ovqat pishirishni yaxshi ko‘radigan Jill bu borada oddiylikni afzal biladi. Parade nashriga bergan intervyusida u shunchaki barcha mahsulotlarni birga to‘plashni ma’qul bilishini ta’kidlagan. Ratsioni sog‘lom bo‘lishi uchun esa oilaviy taomlarga biroz sabzavot qo‘shishni ham esdan chiqarmaydi.
Hech qanday cheklov yo‘q
Birinchi xonim muayyan bir mahsulotni taomnomadan butkul chiqarib tashlash haqida o‘ylab ko‘rmagan. Gap balansli parhez haqida ketar ekan, u sog‘lom va ochiq pozitsiyada bo‘lish kerak, vaqti-vaqti bilan o‘zini siylab turish zarur deb hisoblaydi. Ma’lum bo‘lishicha, bolaligida unga shirin ichimlik va pechenyelarga hech qanday cheklov bo‘lmagan. Aynan shu sabab ham u o‘zida zararli mahsulotlarga bo‘lgan moyillik hech qachon haddan ortmagan deb hisoblaydi. Fastfudning fanati bo‘lmagan farzandlari ham sog‘lom ovqatlanishning tarafdori.
Tamaddiga bodom
Parade’ga bergan intervyusida Jill o‘zini sog‘lom ovqatlanishni sevuvchi kishi deb atagan. U stressli vaziyatlarda hamisha bodom bilan tamaddi qilishini ma’lum qilgan. Foydali yog‘larning koni hisoblangan bodom qorinni to‘q tutadi, salomatlik uchun ham foydali hisoblanadi. Bundan tashqari, Jill ko‘p suv ichish va doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanishni ham kanda qilmaydi.
Foydali yeguliklar
Boston Globe’ning ma’lum qilishicha, Bayden xonimning sevimli pechenyesi salomatlik uchun foydali hisoblanadi. Suli yormasidan tayyorlangan pechenyelar Jillning jon-u dili. Ushbu pechenyeni siz ham uy sharoitida tayyorlasangiz bo‘ladi.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Tayyorlanish jarayoni | 81 | 2,446 |
Madaniyat | Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov”i bir oydan beri eng kassabop o‘zbek filmi bo‘lib turibdi | Rejissor Bahrom Yoqubovning “Boyvachcha kuyov” nomli kinokomediyasi ketma-ket to‘rtinchi hafta eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
“Boyvachcha kuyov” noyabrning ketma-ket ikkinchi haftasida kassa yig‘imlari bo‘yicha peshqadam bo‘ldi. Namoyishi 14-oktabrdan boshlangan film oktabrning so‘nggi ikki haftasida ham tomoshabin to‘plash bo‘yicha birinchi bo‘lgan edi.
Noyabrning ikkinchi haftasi kinoreytingida “Boyvachcha kuyov”dan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Notanish qotil”, Sherzod Binning “Qaysar oshiqlar”, Naufal Sulaymonovning “Aldagani quda yaxshi”, Qutlimurod Yakubovning “Kutilmaganda buzilgan to‘y” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Notanish qotil”, “Qaysar oshiqlar”, “Aldagani quda yaxshi”, “Kutilmaganda buzilgan to‘y”, “Boyvachcha kuyov”, “Ishq”, “Boy bo‘lma, saxiy bo‘l” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
1-o‘rin. “Boyvachcha kuyov” (komediya)
Rejissor — Bahrom Yoqubov
2-o‘rin. “Notanish qotil” (jangari)
Rejissor — Azamat Ahrorov
3-o‘rin. “Qaysar oshiqlar” (komediya)
Rejissor — Sherzod Bin
4-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya)
Rejissor — Naufal Sulaymonov
5-o‘rin. “Kutilmaganda buzilgan to‘y” (komediya)
Rejissor —Qutlimurod Yakubov
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 94 | 1,589 |
Madaniyat | O‘zbek kinoyulduzlari ishtirokidagi “Mehmonxona” seriali iyun oyidan boshlab efirga uzatiladi | “Yoshlar” teleradiokanali buyurtmasiga binoan “O‘zbektelefilm” Davlat unitar korxonasi tomonidan 20 qismdan iborat “Mehmonxona” (Hotel) nomli teleserialning suratga olish ishlari yakunlandi, deb xabar qiladi “Bekajon” gazetasi.
Akram Isakov tomonidan suratga olingan ushbu serialda Yoqub Ahmedov, Bobur Yo‘ldoshev, Gavhar Zokirova, Adiz Rajabov, Ra’no Shodiyeva, Shodiya To‘xtayeva, Shahzoda Matchonova, Gulchehra Eshonqulova, Erkin Komilov, Tohir Saidov, Xayrulla Sa’diyev, Anvar Kartayev singari aktyorlar rol ijro etgan.
Mehmonxonalarda chet ellik mehmonlar ko‘p bo‘lganligi uchun serialning yarmi ingliz tilida olindi. Buning uchun aktyorlar ingliz tilini o‘rganishiga to‘g‘ri keldi. Hindiston, Portugaliya va boshqa davlatlardan kelgan sayyohlar ham suratga tushdi.
Har bir qismi 40 daqiqadan iborat “Mehmonxona” seriali iyun oyidan boshlab efir yuzini ko‘radi. | 93 | 867 |
Madaniyat | “Qaynonasi”ni qo‘rqitgan Manzura, O‘zbekistonda muxlislari borligidan quvongan hind aktrisasi. Instagram yangiliklari | Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 11-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi.
Xonanda Nigora farzandlarning ota-ona tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi juda muhim ekanligi haqida so‘z yuritdi.
View this post on Instagram
Ozoda Nursaidova 30 kishilik to‘yda ishtirok etdi.
View this post on Instagram
“Million”chi Alisher Botirov onasini tavallud ayyomi bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Feruza Normatova “Pahmoq kelin” serialidagi obrazi aks etgan video bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Aktrisa Bahora Arslonova ham kayfiyatni ko‘taruvchi rolikni sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Manzura “qaynonasi” Mavluda Asalxo‘jayevani qo‘rqitib yubordi.
View this post on Instagram
Hind aktrisasi Shradha Kapur uni O‘zbekistonda tanishlari haqida gazetalardan biriga bergan intervyusida mamnuniyat bilan so‘zlab berdi. Aktrisa jurnalist Jasur Hamroyev bilan ko‘rishganida uni eslab qolgan.
View this post on Instagram
“Fazilatxonim qizlari” seriali yulduzi Chag‘lar Ertug‘rul folloverlariga yangi obrazda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
“Bravo”chi Otabek Mirzaxolov va “Dizayn”chi Qobil Karimberdiyevdan kayfiyatni ko‘taruvchi videorolik.
View this post on Instagram
Rayhon hayotning har bir lahzasini his etib yashashga undadi.
View this post on Instagram
Shahlo Ahmedova ot bilan tushgan yangi surati bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram | 117 | 1,670 |
Madaniyat | Mirza Azizov Zangiota shifoxonasining jonlantirish bo‘limida 25 kun davomida koronavirus bilan kurashgani ma’lum bo‘ldi | 16-aprel kuni vafot etgan O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov COVID-19 ga chalinib, 25 kun davomida Respublika maxsus 2-sonli Zangiota shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida davolangan.
“Daryo”ning Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasining ma’lum qilishicha, aktyor 2021-yilning 23-mart kuni soat 15:40 da Respublika maxsus 2-sonli Zangiota shifoxonasiga olib borilgan va ahvoli og‘irligi tufayli reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Mirza Azizovda COVID-19 infeksiyasi hamda ikki tomonlama pnevmoniya tasdiqlangan. Unga yurak ishemik (yurak-tomir tizimining keng tarqalgan kasalligi bo‘lib, miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan kechadi – tahr.) kasalligining dastlabki tashxisi qo‘yilgan. Aktyorda gipertoniyaning ikkinchi bosqichi, semizlikning ikkinchi darajasi, ilk bor qandli diabetning ikkinchi turi aniqlangan.
23-martdan to vafot etgunga qadar, ya’ni 16-aprelgacha reanimatsiya bo‘limidagi shifokorlardan tashqari, kardiolog, pulmonolog, endokrinolog singari tor soha mutaxassislari ham jalb qilinib, Mirza Azizov kuchli nazoratga olingan. Ammo bemorda yuqoridagi surunkali kasalliklar borligi uchun shifokorlarning standart bo‘yicha davolash muolajalariga qaramasdan, 16-aprel kuni soat 12:15 da biologik o‘lim holati qayd etilgan. | 119 | 1,271 |
Madaniyat | Anjelina Joli Deniz Richardsning uyiga ko‘chib o‘tdi | Amerikalik aktrisa Anjelina Joli hamkasbi Charli Shinning sobiq rafiqasi — Deniz Richardsga tegishli uyni ijaraga oldi. Bu haqda, The Daily Mail nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Uyning maydoni 800 kvadrat metrni tashkil qiladi. U Kaliforniya shtatining Xidden-Xils shahrida joylashgan. Binoda oltita yotoqxona, launj-zona, yemakxona, oshxona va vino totish zali bor.
Richards xonim uyni 2007-yilda, eridan ajrashganidan so‘ng xarid qilgan edi. O‘tgan yili u uyga 7,75 million dollar narx belgilab, uni sotuvga qo‘ydi. Shundan so‘ng u uyning narxini ikki marta tushirdi, lekin xaridor chiqmadi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Anjelina Jolining eri — taniqli aktyor Bred Pitt bilan ajrashishi matbuotda qizg‘in muhokama qilinmoqda. | 52 | 754 |
Madaniyat | Xonanda Ziyoda: O‘g‘lim oldida xijolatdaman | Xonanda Ziyoda o‘g‘lini aldashga majbur bo‘layotganidan xafa ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar berdi.
“Faoliyatim sabab, o‘g‘lim oldida ko‘pincha xijolat bo‘lib qolaman. Ya’ni, to‘y-hashamga ketish paytimizni yaxshi bilib qolgan. ‘Oyijon, meni tashlab ketib qolmang! Birga o‘ynaymiz’, deganida: ‘Xo‘p-xo‘p’, deb chalg‘itib, bilintirmay uydan chiqib ketamiz”, — deydi xonanda.
“Ana shunday holda uni aldaganimdan, ‘ketmayman’ deb va’da berib, va’damni bajarmaganimdan xafa bo‘laman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda Ziyoda.
Ma’lumot uchun, xonanda Ziyodaning o‘g‘li Komron 2013-yil 23-oktabr kuni tug‘ilgan. | 43 | 633 |
Madaniyat | Anjelina Joli hushini yo‘qotdi va kasalxonaga tushdi | Aktrisa Anjelina Joli o‘z uyida hushini yo‘qotdi va tez yordamda kasalxonaga olib ketildi. Bu haqda, Avstraliyaning NW nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, hodisa o‘tgan oyda yuz bergan. Joli o‘z uyida hushsiz holda topilgan. Uni topgan va tez yordamni chaqirgan kishi haqida xabar berilmagan.
16-aprelda aktrisaning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan suratda u yaxshi holatda ekanligi ko‘rinadi.
Tekshiruv natijalari aktrisaning jismoniy jihatdan toliqqanini ko‘rsatgan. Aktrisaga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, unda jismoniy va ruhiy jihatdan toliqish mavjud. | 52 | 607 |
Madaniyat | Arnold Shvarsenegger Trampning yuzini stolga urishni istaganini aytib berdi | Kaliforniya shtati sobiq gubernatori va Gollivud aktyorlaridan biri Arnold Shvarsenegger AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan mojaro natijasida yuzaga kelgan hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Avvalroq Donald Tramp Arnold Shvarseneggerni kino sohasidagi, shuningdek, shtat rahbari sifatidagi ishini yomonlab, tanqid qilgan edi.
Tramp Shvarseneggerni teleshousining reytingi pastligi uchun mazax qildi
Aktyor avvaliga unga nisbatan aytgan yoqimsiz fiklari uchun Trampning “yuzini stolga urish”ni istaganini ma’lum qilib, oxiri prezidentga Twitter orqali javob berish bilan cheklanishga qaror qilganiga urg‘u berdi.
Shvarsenegger AQSh prezidenti lavozimida Trampning o‘rnini egallashni taklif qildi
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 75 | 813 |
Madaniyat | Gollivud aktrisasi Enn Xeteuey yangi filmda Jokerga aylantirildi (video) | Amerikalik mashhur aktrisa Enn Xeteuey o‘zining qo‘rqinchli ko‘rinishi bilan Robert Zemiksning “Jodugarlar” nomli ertak-filmida paydo bo‘ladi. Bu Warner Bros kompaniyasining YouTube tarmog‘iga joylashtirgan videosi orqali ma’lum bo‘ldi.
Ushbu videoda tomoshabin jodugarlarning haqiqiy qiyofasini ko‘rishi mumkin. Ayniqsa, Enn Xeteuey ijro etgan eng oliy jodugarning dahshatli tabassumi barcha tomoshabinlarni hayratga solishi shubhasiz. Shu sababdan ham u ekranning yana bir mashhur qahramoni Jokerga o‘xshaydi.
“Jodugarlar” – Roald Dalning shu nomdagi asari bo‘lib, u ekran uchun moslashtirildi.
Film-ertakda yosh yetim bola haqida hazilomuz topishmoq sifatida sirli va ta’sirchan voqea hikoya qilinadi. 1967-yilning oxirida bolakay Alabama shtatidagi Demopolis shahriga mehribon buvisi bilan yashash uchun ketadi.
Bola u yerda bir nechta jozibali, ammo aslida yovuz jodugarlar bilan uchrashganidan so‘ng buvisi yosh qahramonni dengiz bo‘yidagi kurortga olib borishga qaror qiladi. Ammo ular belgilangan joyga yetib kelgunga qadar oliy jodugar o‘zining hiyla-nayrangini amalga oshirish uchun butun dunyo bo‘ylab hamkasblarining yig‘ilish marosimini tashkil qiladi.
Shuningdek, ertak-filmda Oktaviya Spenser, Kris Rok, Stenli Tuchchi, Kristin Chenovet, Jazir Bruno va boshqa mahoratli aktyorlar ishtirok etgan. | 72 | 1,315 |
Madaniyat | Zo‘r-Zo‘r Star yakuniy gala-konsertidan maxsus reportaj | 7-iyun kuni soat 18:30 da “Istiqlol” san’at saroyi muxlislar bilan gavjum edi. Shu kuni Zo‘r-Zo‘r Star televizion musiqiy loyihasining yakuniy gala-konserti bo‘lib o‘tdi.
Zo‘r-Zo‘r Star loyihasining yakuniy konsert dasturini loyiha prodyuseri Mixail Anisimov ochib berdi. Zal dekoratsiyalariga, sahna bezaklariga alohida e’tibor berilganini ta’kidlab o‘tish joiz. Qisqa fursatlardan so‘ng, sahnada loyihaning 10 nafar ishtirokchisi paydo bo‘ldi va dastur uchun yozilgan yangi madhiyani ijro etdi.
Kechani Nilufar Sotiboldiyeva hamda Oybek Rixsibekov olib bordi. Zalga yig‘ilgan tomoshabinlar har bir ishtirokchini olqishlab, qo‘llab-quvvatladi. Feruza Jumayeva “Sahro” guruhi bilan birgalikda “Odinok” qo‘shig‘ini yangicha uslubda kuyladi.
Feruza Jumayeva hamda "Sahro" guruhi
Opera ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ramiz Usmonov bilan Vasilina Doniyorova yuqori notalardan iborat “Ariya”ni mahorat ila ijro etishdi.
Latofatli Madina Rashidova bugun xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev uchun “O‘qilmagan kitob” bo‘ldi. Zaldagi muxlislar u qo‘shiqni avvalgiga nisbatan ancha ta’sirli va chiroyli kuylaganini aytib o‘tishdi.
Madina Rashidova va Ulug‘bek Rahmatullayev
Abdulla Shomag‘rupov hamda loyihaning yana bir yosh yulduzi Akbar Tolipov ijrosidagi “Parvona” taronasiga zalga yig‘ilganlar miriqib raqsga tushdilar. Chindan ham Akbar o‘zining shirali ovozi bilan sevimli qo‘shig‘imizni maromida kuyladi. Shuningdek, bugungi gala-konsertni yana bir qo‘shiqsiz tasavvur etib bo‘lmasdi. Barchaning ko‘nglidan yaqin joy olgan “Aisha” taronasi bilan Akbar muxlislarni xushnud etdi.
Abdulla Shomag‘rupov, Akbar Tolipov hamda "Sabo" raqs ansambli
“Undan nimam kam” deya sahnada maftunkor Lola va Roman Vetrov duetiga navbat berildi. Aytib o‘tish joizki, Roman bu qo‘shiqni juda ham chiroyli ijro etdi. Lola esa sho‘x raqsi bilan barchani maftun etdi. Yoqimli tabassum sohibi Roman o‘zining “Bud so mnoy” qo‘shig‘ini ham xonish qildi.
Lola va Roman - "Undan nimam kam"
Shahzoda va Oskar Jalilov juftligi sahnaga chiqqanida esa barcha qizlar qo‘llarini tepaga ko‘tarib, orziqib kutilgan taronani birgalikda kuylashdi.
Oskar ijodidagi yangi qo‘shiq — “Kechir”ning musiqiy yo‘nalishi ham, uslubi ham o‘zgacha bo‘ldi. U o‘zbek tilida o‘zi bastalagan mazkur qo‘shiqqa raqsga tushib, butun vujudi bilan berilib, ta’sirli ijro etdiki, ko‘pchilik Oskarning serqirra ijod sohibi ekaniga tan berdi.
Oskar chiroyli raqsga tushdi.
Muxlislar tomonidan eng samimiy ishtirokchi deya e’tirof etilgan Rasul Tursunqulov o‘zining “Aldama” taronasini ijro etdi.
Latofatli Rayhon bilan birgalikda ijro etgan “Yuragimdasan” qo‘shig‘i esa muxlislarga ajoyib sovg‘a bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Rasul hisobot konsert dasturlarining birida aynan shu duet uchun eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan edi.
Rasul va Rayhon "Yuragimdasan" deya bir-biriga xitoycha ta'zim qilmoqda.
Abduhoshim Ismoilovning mahorat ila chalgan g‘ijjak sadolari ostida Zulayho Boyxonova hamda Yana Baxtiyeva sahnaga chiqdilar. “Bir qadam” taronasini Yana hech qanday kamchiliksiz ijro etdi. Hatto, kuyning avjida ham uning ovozi Zulayho Boyxonovanikidan qolishmadi.
Zulayho Boyxonova hamda Yana Baxtiyeva juftligi
Muxlislar Yana Baxtiyevaning bundan keyin ham o‘zbek tilidagi qo‘shiqlar kuylashini tilashdi. O‘zining “Kajdiy den” qo‘shig‘ini ham Yana obrazga kirib kuyladi.
Loyihaning eng yosh qatnashchisi, maftunkor Shahlo Ahmedova “Yuragimni beray” deb nomlanuvchi taronasi ila barchaga manzur bo‘ldi.
Baxtiyor Rahmonov bilan yangicha uslubda kuylangan “Quyosh porlamoq uchun” taronasi esa qalblarga o‘zgacha sokinlik, taskin hadya etdi.
"Quyosh porlamoq uchun" deya Baxtiyor Rahmonov va Shahlo Ahmedova
Qizlarning yoqimtoyiga aylangan va finalgacha yetib kelgan Ulug‘bek Xoliqov “Baxti bo‘l” qo‘shig‘I bilan sevgan yoriga baxt tiladi. Ulug‘bek kuylash paytida zalga va balkonga murojaat etgan yagona ishtirokchi bo‘ldi.
Ulug'bek "Baxtli bo'l" taronasi ila
Nilufar Usmonova bilan ijro etilgan “Qaray olasanmi ko‘zlarimga?” taronasi barcha tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Ikki ijodkor ham qo‘shiqni maromiga yetkazib xonish qilganini muxlislarning davomiy qarsaklaridan ham sezish mumkin.
Ulug'bek Xoliqov va Nilufar Usmonova
Bugun nafaqat Zo‘r-Zo‘r Star ishtirokchilari, balki estradamizning yorqin yulduzlari ham jonli ijroda bo‘lganliklari tahsinga sazovor. Shuningdek, konsert yuqori saviyada o‘tishi uchun mehnat qilgan tashkilotchilar, sozandalar, raqqosalar, operatorlar, rejissor va ishtirokchilar mehnatiga tan berish kerak. Har bir chiqish uchun alohida tayyorgarlik ko‘rilgani, qo‘shiq mazmunini ifodalovchi ekrandagi tasvirlar ustida katta ish olib borilgani gala-konsertning unutilmas va ajoyib bo‘lishini ta’minladi.
Va nihoyat, hayajonli damlar — ishtirokchilarni taqdirlash marosimi ham yetib keldi. Jahongir Poziljonov 7 nafar ishtirokchiga loyihaning maxsus diplomi va guldastalarni topshirdi. Poziljonov taqdirlash chog‘ida kichik xatoga yo‘l qo‘ydi. U diplomni Rasul Tursunqulovga emas, balki final ishtirokchisi Shahlo Ahmedovaga topshirdi. Natijada, Rasul taqdirlash marosimining so‘nggi damlarigacha quruq qo‘l bilan turishga majbur bo‘ldi.
Shunday qilib, final natijalari ham e’lon qilindi:
Fond Forum Vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova Zo‘r-Zo‘r Star loyihasining g‘olibi Ulug‘bek Xoliqovga diplom va sovrinni topshirdi.
Gulnora Karimova Ulug'bek Xoliqovga sovrin va diplomni topshirdi.
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda “Rossotrudnichestvo” tashkiloti tomonidan Roman Vetrovga Rossiyaning nufuzli oliygohlaridan birida grant asosida tahsil olish huquqini beruvchi maxsus sertifikat topshirildi. Bunday sovrinni Roman kutmaganligini aytdi.
Roman Vetrov hayojon ila sertifikatni qabul qildi.
Shunday qilib, sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi va ishtirokchilar Zo‘r-Zo‘r Star madhiyasi bilan konsertga yakun yasashdi. Bugungi kun muxlislar va yosh yulduzlar hayotida unitilmas voqeaga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Maqolada Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi @v_dawa (Darya Votchel), @karakoz_evi (Evelina Korako‘z), @mirzashakhrukh (Shoxruh G‘aniyev) mikrobloglarining suratlaridan foydalanildi. | 55 | 6,141 |
Madaniyat | Foto: Dunyodagi eng qimmat uy qanday ko‘rinishga ega va u kimga tegishli? | “Antiliya” osmono‘par binosi Hindistonning Mumbay shahrida joylashgan bo‘lib, hind tadbirkori Mukesh Ambanining mulki hisoblanadi. Uning umumiy boyligi 45 milliard dollarni tashkil qiladi. Tadbirkor dunyodagi eng boy odamlar orasida beshinchi o‘rinda turadi.
Uyning maydoni 37 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino juda baland shiftli 27 qavatdan iborat. Binoning umumiy balandligi 173 metr, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi binosining balandligi esa 172 metrni tashkil qiladi. Ushbu bino dunyodagi eng katta turar-joy binosi bo‘lib, unda inson yashashi uchun kerak bo‘lgan hamma narsa va qulayliklar mavjud.
Osmono‘par binoda bir xil xona yo‘q, har bir qavat o‘ziga xos uslubda yaratilgan. Bino Rixter shkalasi bo‘yicha 8 balli zilzilaga bardosh beradigan tarzda qurilgan.
Turar joy tepasida missiyani boshqarish markazi va uchta vertolyot maydonchasi joylashgan. Birinchi olti qavatda 168 ta mashina uchun joy mavjud. Binoning yettinchi qavatidagi janubiy qismida shaxsiy avtoulovlarga xizmat ko‘rsatish joyi, sakkizinchi qavatda esa 50 o‘rinli teatr mavjud. Binoda bir nechta basseynlar, kurortlar, masjid, hatto osilgan bog‘lar va bal zali bor.
Uydagi eng noodatiy xonalardan biri “qor xonasi”, u sun’iy qor va muzdan yasalgan xona hisoblanadi. Yozda bu xona qish rejimiga tushadi va havo issig‘iga dosh berishga yordam beradi. Xizmatchilar uchun maxsus jihozlangan alohida qavatlar mavjud, doimiy xodimlarning umumiy soni taxminan 600 kishini tashkil qiladi.
Osmono‘par binoning yuqori qavatlarida milliarderning oilasi yashaydi. Uyda jami 6 kishi: Mukesh Ambani, Nita Ambani, uning rafiqasi, uchta katta yoshli farzandi va Mukesh Ambani onasi istiqomat qiladi. Uyda harakatlanish qulayligi uchun to‘qqizta tezyurar lift mavjud bo‘lib, ulardan ikkitasi xizmatchilar uchun mo‘ljallangan.
Osmono‘par binoni qurish g‘oyasi Nita Ambaniga tegishli. Uyning qurilishi roppa-rosa yetti yil davom etgan. Bino Chikagolik arxitektorlar tomonidan loyihalashtirilgan, dizayn lotus guli va quyoshga o‘xshash tarzda yaratilgan.
Osmono‘par bino o‘z nomini Atlantika okeanidagi Antiliya mifologik arvoh-oroli sharafiga oldi. Binoning derazalari butun shaharning, jumladan, xarobalarning, qashshoqlarning va qashshoqlik ko‘rinishini taqdim etadi.
Uy 2 milliard AQSH dollariga baholanmoqda. Ushbu bino bir oila yashaydigan dunyodagi eng qimmat xususiy uy hisoblanadi. | 73 | 2,374 |
Madaniyat | Gollivud aktrisasi Keyt Uinslet karyerasida tanaffus qilishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi | Keyt Uinslet ijod qilishga tayyor – “Titanik” yulduzi Variety nashriga bergan intervyusida ekranlarga qaytishi haqida gapirib berdi. Aktrisa “Isstaunlik Meyr” serialida suratga tushgandan so‘ng bir yil tanaffus qilishga qaror qilgan.
Uinsletning so‘zlariga ko‘ra, orqaga qadam tashlash yaxshi bo‘lgan. “O‘tgan yili men oilam bilan vaqt o‘tkazish va “Isstaunlik Meyr”dan keyin qayta tiklanish uchun tanaffus oldim. Biroz dam olib, qaytadan ishga tushish yaxshi bo‘ldi”, – deydi Keyt.
Shuningdek, Uinslet yana ijodga qaytishni va boshqa hamkasblari bilan bir xonada ishlashni sabrsizlik bilan kutayotganini qo‘shimcha qilgan. | 103 | 624 |
Madaniyat | Aktrisa Dilnoza Kubayeva o‘g‘lining san’atni tanlashiga qarshilik qilmasligini bildirdi | Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida o‘g‘li Muhammadamin haqida so‘zlab berdi.
“O‘g‘lim Muhammadamin birinchi sinfni tamomlayapti. Musiqa va san’at maktabida o‘qiydi. Uning eshitish qobiliyati kuchli. Shu bois, poydevorini musiqa, san’at bilan mustahkam qilishni istadim”, — deydi aktrisa.
“Sozlarni chalishga ham qiziqishi bor. Kelajakda san’at sohasini tanlasa ham, qarshiligim yo‘q. Eng qizig‘i, o‘g‘lim o‘zimga o‘xshagan chapaqay. Faqat ovqatlanishda o‘ng qo‘lni ishlatishga o‘rgatyapman”, — deya qo‘shimcha qildi Dilnoza Kubayeva. | 87 | 565 |
Madaniyat | Disney Skarlett Yoxansson ishtirokidagi barcha loyihalarni yakunlashga qaror qildi | 2021-yilning iyul oyi oxirida Skarlett Yoxansson va Disney studiyasi o‘rtasida haqiqiy janjal chiqdi. Aktrisa o‘zining so‘nggi “Qora beva” kartinasini kinoteatrlar bilan birgalikda Disney+ striming xizmatida namoyish etilishiga rozi bo‘lmadi. Chunki kassa tushumlarining kamayishi tufayli Skarlett filmdagi ishi uchun gonorarni yo‘qotishi mumkin edi. Peopletalk xabariga ko‘ra, aktrisa keyinchalik Los-Anjeles Oliy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
Disneyning qasosi uzoq kutilmadi va ular aktrisa ishtirokidagi barcha loyihalarni to‘xtatishga qaror qildi. Yulduz “Qo‘rquv minorasi” filmida ham bosh rolni o‘ynashi kerak edi, lekin bu kartina ham to‘xtatildi, deb yozadi Giant Freakin Robot.
Qizig‘i shundaki, “Qora beva” filmining premyerasidan sal avval Marvel rahbari Kevin Faygi intervyusida Skarlett va yangi film bilan ishlash haqida gapirib o‘tgan. U nihoyat Natasha Romanoff haqidagi filmning chiqishini ko‘rib, xursand bo‘lgan edi. Keyin Entertainment Tonight’ga bergan intervyusida u qora beva rolini ijro etgan aktrisaning kelajagi haqida shunday dedi: “U bu filmning prodyuseri edi. Aynan u bizga ajoyib rejissorimiz Keyt Shortlendni olib keldi va agar omadimiz kelib tursa, u bilan ishlashni davom ettirishdan juda xursandmiz”. Albatta, bu hamkorlik uchun umid kabi tuyilgan edi, ammo Skarlett va kompaniya o‘rtasidagi munosabatlar juda tez keskinlashib ketishi esa g‘alati.
Avvalroq Skarlett Yoxansson “Qora beva” ijarasi o‘zgarganligi sababli Disney bilan shartnomasini qayta ko‘rib chiqishga uringan, biroq kompaniya u bilan yarim yo‘lda uchrashishni xohlamagan edi. Shuningdek, loyihaning boshqa aktyorlari ham xuddi shunday vaziyatda edi. “Qora beva” pandemiya paytida yaxshi qabul qilingan bo‘lsa-da, aktrisa pandemiyadan oldin shartnoma imzolaganida umid qilgan daromadni keltirmadi.
Gollivud yulduzi Skarlett Yoxansson ikkinchi marta farzandli bo‘ladi | 82 | 1,885 |
Madaniyat | Jastin Biber qo‘shnisinig uyiga tovuq tuxumlarini otgani uchun 80 ming dollarlik jarima to‘ladi | Kanadalik pop-qo‘shiqchi Jastin Biber qo‘shnisining uyiga tovuq tuxumlarini otgani uchun 80 ming dollardan ortiq jarima to‘ladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan sudda uning advokati ma’lum qilishicha, Biber hozirda jahlni boshqarish bo‘yicha kurslarga qatnamoqda va uni 2015-yil fevral oyida tugatishni rejalashtirgan.
Avvalroq, sud uni Kaliforniya shtatidagi Kalabasas shahrida qo‘shnisining uyiga hujum qilgani uchun ikki yillik sinov muddati, besh kunlik jamoatchilik ishlari va jarima jazolariga mahkum qilgan edi. Shuningdek, Biberga ikki yil davomida sobiq qo‘shnisi Jeffri Shvarsga va uning oilasiga yaqinlashish taqiqlangani uchun bu shahardagi uyini sotib yuborgan. | 95 | 703 |
Madaniyat | Farg‘onalik shoir “Uylanamiz” qo‘shig‘i uchun Mirodil Hakimovdan mualliflik huquqi talab qilmoqda | Farg‘onalik shoir Erkin Yo‘ldosh xonanda Mirodil Hakimovdan “Uylanamiz” nomli qo‘shig‘iga mualliflik huquqini talab qilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Fotokollaj: “Daryo”
Ma’lum bo‘lishicha, shoir Erkin Yo‘ldosh mualliflik huquqini talab qilib, Andijon viloyati Adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.
Viloyat Adliya boshqarmasi axborot xizmatining aniqlik kiritishicha, shoir 2022-yilning 25-may kuni ariza yozgan.
“Murojaatchi Andijon shahrida yashovchi fuqaro Mirodil Hakimov hech qanday ruxsat va ogohlantirishsiz ‘Uylanamiz’ she’riga bastalangan qo‘shiqni 25 yildan beri ijro etib kelayotganligini va she’r matnini o‘zgartirganligini bildirgan. Murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rganish jarayonida xonanda Erkin Doripovga tegishli bo‘lgan ‘Uylanamiz’ nomli she’rni muallif bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan huquq egasining ruxsatisiz omma e’tiboriga havola qilgan”, — deydi boshqarma axborot xizmati mas’uli.
Shoir mazkur she’ri 1993-yil yozilganini aytmoqda.
2016-yilda “O‘lanlar yarashsin to‘ylaringizga” nomli she’rlar to‘plamim kitob holda chop etilgan. Mazkur kitobimning 72-sahifasida “Uylanamiz” nomli she’rim berilgan. Ushbu she’rim yaqin do‘stim Yahyobek Mo‘minov taklifi bilan 1993-yilda yozilgan va ijro etilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bundan bir-ikki yil avval “Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatilgan “San’atdagi nizolar-3” ko‘rsatuvi orqali xonanda Mirodil Hakimov ushbu qo‘shiqni 25 yildan buyon ijro etib kelayotganini, qo‘shiq matnida “Shildir-shildir suvlar oqar, Hakanimning arig‘idan”, deb o‘zgartirganligini aytdi. Shu orqali mening qalamimga mansub she’rni hech qanday ruxsatimsiz o‘zgartirib, aytgani aniqlandi. Mavjud huquqlarimdan foydalanib, Adliya boshqarmasiga xonandaga nisbatan qonunchilikda mavjud jazo choralarini ko‘rib berishlarini so‘rab, murojaat qildim, — deydi shoir Erkin Yo‘ldosh.
O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga ko‘ra adabiy asarlar mualliflik huquqi obyektlaridan biri hisoblanadi va qonun bilan himoya qilinadi. Shuningdek, Qonunning 19-moddasiga asosan muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda, xususan asarni barchaning e’tiboriga yetkazish, asarni omma oldida ijro etishda mutlaq huquqlarga ega.
Asardan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qat’i nazar, asardan foydalanilgan deb hisoblanadi. Qonunning 62-moddasiga ko‘ra huquq egasi bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqini buzish hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Uylanamiz” qo‘shig‘i Doston Ergashev tomonidan ham kuylab chiqilgan bo‘lib, shoir bu borada mualliflik huquqini talab qilayotgani yoki xonanda bilan kelishgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Yulduz Usmonova sud qaroriga ko‘ra “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘ining she’ri muallifiga 185 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi | 97 | 2,966 |
Madaniyat | Gollivud yulduzlarining tashqi ko‘rinishidan o‘zlariga o‘xshamagan farzandlari (foto) | Ba’zan farzandlar va ota-onalar o‘rtasidagi farq xarakter va odatlarda, ba’zan esa tashqi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Mashhur ota-onalaridan gollivudcha qiyofani meros qilib olmagan farzandlar bilan tanishing.
Ella Travolta — Jon Travoltaning qizi
Jon Travolta va Kelli Prestonning qizi haqiqiy sohibjamol. Faqat sal katta o‘lcham bilan. Na otasi, na qizning vafot etgan onasi ortiqcha vaznga moyil emas. Shunga qaramay, Ella ularning izidan borishni va aktrisa bo‘lishni orzu qiladi.
Simona Aleksandra Jonson — Dueyn Jonsonning qizi
Simona yoshligidayoq bo‘yi deyarli ikki metrli otasidan ham o‘zib ketdi, shu sababli ham yoshiga nisbatan kattaga o‘xshaydi.
Kemeron Duglas — Maykl Duglasning o‘g‘li
Aktyorning birinchi turmushidan bo‘lgan o‘g‘li yomon yigit emas edi. Ammo Kemeron 13 yoshida giyohvandlikka berilib ketdi. Otasi tomonidan o‘g‘lining giyohvandlikka qaramligini yengishga qaratilgan barcha urinishlari behuda ketdi. Kichik Duglas otasi va bobosi bilan birgalikda bitta filmda — “Oilaviy qadriyatlar”da rol o‘ynagan. Va bu yigitning ijodiy muvaffaqiyatlarining so‘nggisi edi, shundan so‘ng doimiy muammolar boshlandi. 2010-yilda Kemeron Duglas giyohvand moddalar savdosi uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bir yil o‘tgach, u qamoqxonada giyohvand moddalarni iste’mol qilgani uchun yana 4,5 yil oldi. Bu orada Kemeron politsiya bilan hamkorlik qilayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi, shuning uchun ham qolgan mahbuslar uni yoqtirishmagan. Natijada Kemeron qamoqxonada qattiq kaltaklangan: kichik Duglasning oyog‘i va barmoqlari sinib ketgan.
Rumer, Skaut va Tallula Uillis — Bryus Uillis va Demi Murning qizlari
O‘z davrining eng jozibali odamlarining qizlari mashhur ota-onalariga qaysidir jihatlari bilan o‘xshash. Qizlar katta jag‘ va katta burunni otasidan, ingichka lablarini esa onasidan meros qilib olgan. Biroq opa-singillar juda quvnoq va zamonaviy, bu xislat ularning tashqi ko‘rinishdagi har qanday kamchiliklarini yopib ketadi. | 85 | 1,968 |
Madaniyat | Aktrisa Sug‘diyona Azimova avtohalokat oqibatida ko‘rgan 70 million so‘m zararini undira olmayotganini ma’lum qildi (video) | Aktrisa Sug‘diyona Azimova o‘zining Instagram sahifasida avtohalokat natijasida Lada Xray avtomobili yaroqsiz ahvolga kelib qolgani, sud qarori bilan ayblanuvchi deb topilgan fuqaro 70 million so‘m zararni to‘lab bermayotgani haqida yozib qoldirgan.
Avtohalokat sodir bo‘lganiga ham bir yil bo‘ldi. Ammo haligacha ayblanuvchi Toshkent shahar Mirobod tuman ma’muriy sudi qarori bilan 70 000 000 so‘m chiqarilgan zararni to‘lamagan. Inflyatsiya hisobiga men har kuni yutqazyapman. Jizzax viloyati Baxmal tumani MIB xodimlari Prezident xalq qabulxonasiga qo‘ng‘iroq qilmagunimcha qaror borganini ham bilishmadi va nihoyat iyunda ularning ovozini eshitishga muyassar bo‘ldim. Ming afsuski, har qo‘ng‘iroq qilganimda erta, indin, degan gapni takror eshitaman. To‘g‘risi, bunaqa haqimni undirib bera olmayotgan, biz ishongan bu davlat tashkilotiga nima deyishni ham bilmay qoldim.
Sug‘diyona Azimova, aktrisa
Aktrisaning yozishicha, ayblanuvchi voqea joyidan qochib ketgan, ayblanuvchi qochib ketish sababini “kattaroq joyga ishga kirmoqchi bo‘lganligi” bilan izohlagan.
Avtohalokatga sabab bo‘lgan ayblanuvchi voqea joyidan qochib ketgani ham mayli, ammo sudda sudyaning nimaga voqea joyidan qochib ketdingiz, degan savoliga bilasizmi nima, — deb javob berdi, — men kattaroq joyga ishga kirmoqchi edim, shunga ‘chp’ bo‘lishini xohlamadim, deb javob berdi. Jamiyatimizda bunaqa kadrlar rostdan ham kerakmikin? Hozirda ayblanuvchi Toshkentda ishlayapti. Mayli, zo‘r ekan O‘zbekiston Respublikasi qonun va qarorlaridan ham qo‘rqmaydigan bu ‘qora botir’, tarbiya qilgan otasi va sut bergan onasi ayol kishining haqqidan qo‘rqmasmikin.
Men nima deyishni ham, nima qilishni ham bilmay qoldim. Bemalol jinoyat qilib, birovning haqini bemalol yeb yuraversa, bunaqalarning urug‘ini qachon quritamiz? Ming afsus, onamning yolg‘iz qiz farzandiman, erkak kishi bo‘lganimda, boshqacha gaplashar edim!
Sug‘diyona Azimova, aktrisa
Aktrisa Sug‘diyona Azimova ushbu avtohalokat qanday sodir bo‘lgani haqida 2020-yil 6-iyun kuni YouTube‘dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ham gapirib bergan edi.
Aktrisa So‘g‘diyona Azimova is gazidan yuzi va qo‘llari kuyib ketgani haqida gapirib berdi (video) | 123 | 2,184 |
Madaniyat | Lola Toshkent ko‘chalari bo‘ylab #BoburDay heshtegini reklama qildi (foto) | Xonanda Lola 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sana munosabati bilan Toshkent ko‘chalarida o‘ziga xos aksiya o‘tkazdi va jarayonni Facebook sahifasiga fotosuratlar ko‘rinishida joyladi.
“Ertaga (suratlar 13-fevralda joylangan) qanday kun? #BoburDay Valentin kuni? Yo‘q, unaqasini eshitmaganman”, — deya yozgan u.
Suratlarda xonanda avtobus ichidagi yo‘lovchilar orasida, bir guruh bolalar orasida #BoburDay heshtegi tushirilgan plakat bilan turganini ko‘rish mumkin. Rasmlardan birida, hatto, avtobus haydovchisi ham heshtegni tutib turibdi.
Postga fikr bildirganlarning ko‘pchiligi ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlab, Lolaning qo‘shayotgan hissasini yuqori baholagan. Biroq uning xatti-harakatlaridan kinoya yoki “litsenziyasini qaytarish uchun urinish” alomatlarini qidirganlar ham bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan Yoshlar klubi tomonidan 14-fevral, yakshanba kuni soat 14:00 dan boshlab navbatdagi virtual aksiyaga start beriladi.
Shu kuni Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbekistonlik faol foydalanuvchilari mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag‘ishlangan #BoburDay heshtegini jahon trendiga olib chiqish uchun harakat boshlaydi.
Ularga o‘zbek estradasi, kino san’atining yorqin vakillari ham yaqindan yordam beradi.
Aksiyada barcha ijtimoiy tarmoqlarning faollari #BoburDay yozuvi (heshtegi)ni ishlatgan holda post qoldirib, ishtirok etishi mumkin. | 74 | 1,482 |
Madaniyat | O‘zbekistonda tez orada Bollivud filmlari suratga olina boshlaydi | Hindistondagi O‘zbekiston madaniyati kunlarining uchinchi kuni Noyda shahridagi Marva Studios markazida tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi xabar berdi.
Tadbirning 200 dan ortiq mehmonlari O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmlar, mamlakatning sayyohlik va investitsion salohiyati bilan tanishdi, shuningdek, “Sirdaryo navolari” guruhi ishtirokidagi konsertdan bahramand bo‘ldi.
Marva Studios asoschisi, Matbuot va ko‘ngilochar sanoat palatasi raisi Sandip Marvaning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston-O‘zbekiston kino va madaniyat forumi yaqin oylarda O‘zbekiston va Hindistonning badiiy film sohasidagi qo‘shma loyihasi haqida e’lon qiladi.
“Biz O‘zbekiston kinokompaniyalari va prodyuserlik markazlari bilan muzokaralar olib boryapmiz, va O‘zbekistonda eng yaqin orada suratga olish ishlari boshlanishini kutyapmiz, bu esa ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro aloqalarning juda tez rivojlanayotganidan hamda ham O‘zbekiston, ham Hindiston tomonidan tashabbus va qiziqishning qo‘llab-quvvatlanayotganidan darak beradi”, — dedi u. | 65 | 1,055 |
Madaniyat | Bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur aktyor va aktrisalar (foto) | Tashqi ko‘rinishi shunchalik o‘xshashligidan ko‘pchilik adashtiradigan shou-biznes vakillari haqida Grazia nashri ma’lumot beradi.
Kira Naytli va Natali Portman
Natali Portmanga shunchalik o‘xshaganidan Kira Naytli “Yulduzlar jangi”da uning qiyofadoshi rolini ijro qilgan. Hatto, suratga olish maydonchasida ham ularni bir-biri bilan adashtirishgan, ammo aktrisalar buni hazil bilan qabul qilgan. Bugungi kunda har biri kinosanoatda o‘z o‘rnini topgan yulduzlarni, muxlislar allaqachon bir-biri bilan taqqoslamay qo‘ygan.
Jennifer Garner va Hilari Suonk
Hillari Suonk bergan intervyularidan birida uni hamisha Jennifer Garner bilan adashtirishlarini ta’kidlagan. “Ko‘chada bir erkak yonimga kelib, unga mening “Dallas xaridorlar klubi” filmidagi rolim juda ham yoqqani aytdi”. Ammo u rolni men emas, Jennifer ijro qilgan”, — degan.
Kris Payn va Yen Somerxolder
Har ikki Gollivud yulduzi ham moviy ko‘z, qora sochlar va o‘ziga xos yuz shakliga ega. Aynan shu sabab ham muxlislar ularni aksariyat hollarda bir-biri bilan adashtiradi.
Keti Perri va Zoi Deshanel
Keti Perri va Zoi Deshanelning o‘rtasida ham o‘xshashliklar bisyor. “Biz Keti bilan u dunyoga mashhur bo‘lishidan avvalroq tanishganmiz. Albatta biz tashqi ko‘rinishimizdagi o‘xshashlikni darhol payqaganmiz. Keti juda ham yoqimtoy qiz bo‘lib chiqdi va men bunday taqqoslashdan mamnunman, hatto”, — degan Zoi.
Margo Robbi va Jeymi Pressli
Presslining bundan 10-15 yil avval olingan suratlariga nazar tashlab, uning Margo Robbiga quyib qo‘ygandek o‘xshashidan yoqa tishlash mumkin. Yuz shakli, qoshlar, ko‘z va sochlar ham bir xil.
Zoi Saldana va Tendi Nyuton
Intervyulardan birida Zoi, uni hatto onasi ham aktrisa Tedi Nyuton bilan adashtirishini ma’lum qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, onasi efirga uzatilayotgan Tendi ishtirok etgan serialda qizini rol ijro qilgan, deb o‘ylagan. | 78 | 1,849 |
Madaniyat | Yaponiyada “Qo‘shnim Totoro” multfilmidagi o‘rmonni saqlab qolish uchun xayriya aksiyasi boshlandi | Yaponiyaning Tokoradzava shahri aholisi “Totoro o‘rmoni” nomli bog‘ni saqlab qolish uchun pul yig‘ishni boshladi. Ushbu bog‘ Xayao Miyazakiga “Qo‘shnim Totoro” klassik multfilmini yaratishda ilhom manbayi bo‘lib xizmat qilgan, deb xabar beradi “Film.ru”.
Bog‘ tegilmagan 3,5 ming gektar o‘rmondan iborat. Shaharliklar bog‘dagi qurilishlarning oldini olish uchun 19 million dollar to‘plash niyatida. Xayriyani amalga oshirgan har bir fuqaro Ghibli studiyasining multfilmi ramziga oid maxsus suvenirga ega bo‘ladi.
“Qo‘shnim Totoro” multfilmi 1988-yilda katta ekranlarga chiqqan va 1950-yillarda yangi uyga ko‘chgan universitet professorining ikki qizi haqida hikoya qilinadi. Qizlar kattalar ko‘ziga ko‘rinmaydigan Totoro laqabli o‘rmon ruhi va boshqa ertak qahramonlari bilan tanishib qoladi.
Hozirda Miyazaki Gendzaburo Yosinoning “Qanday yashayapsiz?” kitobi asosida yaratiladigan yangi lenta ustida ish olib bormoqda. | 98 | 921 |
Madaniyat | Tom Xenks 2020-yil bitiruvchilari uchun diplomning maxsus versiyasini o‘ylab topdi | Koronavirusga chalinib, sog‘aygan Gollivud aktyori Tom Xenks pandemiya tufayli bayramni nishonlay olmagan 2020-yil bitiruvchilarini tabrikladi, deb yozadi Esquire.
Aktyor ular uchun maktabni tugatganlik to‘g‘risidagi diplomning o‘z versiyasini e’lon qildi. Hujjatda inqirozga qaramay, maktabni tugata olgan ushbu diplom egasi baxtli inson ekanligi yozilgan.
“Siz tirishqoqligingiz, zukkoligingiz va ijtimoiy mas’uliyatingizni ko‘rsatdingiz”, — deyiladi Tom Xenks va Albert Eynshteyn tomonidan imzolangan diplomda.
Aktyor bitiruvchilarga diplomni chop etib, ramkaga solib, hammaga uning Tom Xenksdan ekanligini aytishni taklif qildi.
To all the Grads of 2020, you Chosen Ones! Print this up on a sheepskin! Hanx pic.twitter.com/4llw7fPtxB
— Tom Hanks (@tomhanks) May 22, 2020
Bundan tashqari, aktyor 1974-yildagi arxiv suratini ham e’lon qildi. O‘shanda aktyor Oklenddagi Skyline High School’ni tugatgan edi.
Big Day for Skyline High School in Oakland, CA! Glad to be a part of it! Hanx, ‘74. pic.twitter.com/XWna7mdiYa
— Tom Hanks (@tomhanks) May 22, 2020 | 82 | 1,060 |
Madaniyat | Venetsiya kinofestivali 77-mavsumining yopilish marosimidagi eng esda qolarli obrazlar (foto) | 12-sentabr kuni Lido orolida bo‘lib o‘tgan 77-Venetsiya kinofestivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Koronavirus tufayli e’lon qilingan karantin sabab boshqa tadbirlar singari festivalda ham bir qancha o‘zgarishlar kuzatildi: shou-biznesning aksariyat vakillari ishtirok etishga muvaffaq bo‘lmadi, mehmonlar qat’iy chora-tadbirlarga amal qilishiga to‘g‘ri keldi. Ekspertlarning ta’kidlashiga qaraganda, qiyinchilik va cheklovlarga qaramasdan festivalning bunday katta masshtabda o‘tkazilishi kino tarixida qolishiga shubha yo‘q.
Festivalning asosiy konkursida 18 ta kartina taqdim qilingan bo‘lib, asosiy sovringa rejissor Xloya Chjaoning “Nomadland” filmi loyiq deb topilgan. Eng yaxshi rejissorlik ishi uchun beriladigan “Kumush sher” mukofoti Kiyosi Kurosavining “Josusning rafiqasi”, gran-pri esa Mishel Frankaning “Yangi tartib” filmi uchun berilgan.
Festival nafaqat unda taqdim qilingan filmlar, balki undagi yulduzlarning o‘ziga xos obrazlari bilan ham esda qolarli bo‘lgan. E’tiboringizga yulduzlarning eng chiroyli obrazlarini taqdim qilamiz.
Keyt Blanshett
Vanessa Kirbi Armani Prive taqdim qilgan obrazda
Nayan Gonsales Norvind, Kris Goyri libosi va Gucci taqinchoqlarida
Serena Rossi, Emporio Armani libosida
Anna Foletta, Giorgio Armani libosida
Mishel Karpente, Antoni Marras taqdim qilgan obrazda
Lyudivin Sanye
Mariana Saffon
Roberta Armani | 93 | 1,374 |
Madaniyat | Toshkentda xalqaro teatr va balet festivali – 2022 bo`lib o`tadi | 19 martdan 14 maygacha Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasi tomonidan Xalqaro teatr festivalini - 2022 tashkil etiladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.
Unda Moskvaning «Sovremennik» teatri, Zamonaviy pesa maktabining Moskva teatri, Millatlar teatri, A.P. Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri, Boris Eyfman balet Sankt-Peterburg davlat akademik teatri, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri, Xamza nomidagi O`zbek milliy drama teatri, Mark Vaylning “Ilhom” teatri, shuningdek, O`zbekiston yoshlar teatri ishtirok etishadi.
Jahon yulduzlari tashriflari doirasida konsertlar, spektakllar, namoyishlar, mahorat darslari o`tkaziladi, o`zaro tajriba almashiladi, bu esa madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
15 martdan 14 mayga qadar Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, Mark Vaylning “Ilhom” teatrida hamda Hamza nomidagi Davlat akademik drama teatrida qator spektakllar hamda balet postanovkalari bo`lib o`tadi.
Festival dasturidan “ Lazgi – Qalb va Muhabbat raqsi” balet postanovkasi ham o`rin olgan. Lazgi uch ming yillik tarixga ega. Mazkur qadimiy Xorazm raqsi sir va afsonalarga yo`g`rilgan, azaliy xalq hikmatini ifodalaydi. Uning nomi “ Qalb va muhabbat” degan ma`noni anglatadi. 2019 yilda “Lazgi” Xorazm raqsi UNESSOning nomoddiy madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan.
15 martdan 14 mayga qadar Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, Mark Vaylning “Ilhom” teatrida hamda Hamza nomidagi Davlat akademik drama teatrida qator spektakllar hamda balet postanovkalari bo‘lib o‘tadi. | 64 | 1,596 |
Madaniyat | “Top Gan: Meverik” AQSH tarixidagi eng ko‘p sotilgan filmga aylandi | Tom Kruz ishtirokidagi mashhur kartinaning ikkinchi qismi yana bir bor rekord o‘rnatdi — “Top Gan: Meverik” AQSHda bir haftadayoq raqamli platformalarda eng ko‘p sotilgan kinoga aylandi. Bundan tashqari, kartina allaqachon barcha davrlarning eng mashhur yigirmata filmlaridan biri bo‘lib, u chiqarilgan kuni Amerika Amazon’ida sotuvlar bo‘yicha rekordni ham yangiladi, deb yozadi “Film.ru”.
Albatta, bu yutuqlarning barchasi hali Amerika kinoprokatining yetakchisida mustahkamlanadi (va bu premyeraning uch oy oldin bo‘lib o‘tgani hisobga olinsa). Top Ganning daromadi deyarli 1,5 milliard dollarga yetdi, to‘plangan pulning yarmi shtatlarga to‘g‘ri keladi.
2022-yilning avgust oyida ma’lum bo‘lishicha, ushbu kartina uy kassalarida “Qasoskorlar: Cheksizlik jangi” filmidan o‘zib ketdi va butun tarix davomida daromad bo‘yicha 12-o‘rinni egalladi. | 67 | 848 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov: Demokratiya — ishtonni yechib sahnaga chiqish, degani emas | O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ba’zi estrada xonandalarining sahnaga ochiq-sochiq kiyinib chiqishiga munosabat bildirib, bu kabi holatlar oldini qanday olish mumkinligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
“San’atkorlarning ochiq-sochiqligi va yalang‘ochlashib ketayotganiga faqat ma’rifat bilan kurashish kerak, boshqa yo‘li yo‘q. Zo‘rlik bilan taqiqlab bo‘lmaydi. Taqiqlasa ham, to‘g‘ri tushunmayotgan holatlar, ‘Demokratik davlatda yashayotgandik-ku’ qabilidagi e’tirozli vaziyatlar bo‘lyapti”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.
“To‘g‘ri, lekin demokratiya ekan deb, o‘z singlingni qo‘shningni singlisiga erga bermaysan-ku, chek-chegara bo‘lishi kerak-ku. Demokratiya ham mentalitetdan kelib chiqqan holda, qadriyatlarni saqlagan holatda bo‘lishi kerak. Demokratiya — ishtoningni yechib, sahnaga chiqaver, degani emas”, — dedi xonanda.
“Har millatning o‘z rangi, dunyoqarashi, tushunchalari va talablari bor. Qadriyatlarisiz millat o‘zini yo‘qotadi. Agar tarallabedodlik qilishga qo‘yib berilsa, butun boshli millat o‘z rangini, o‘zini yo‘qotishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov. | 78 | 1,175 |
Madaniyat | Sherali Jo‘rayev “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida “Bahor ayyomi” qo‘shig‘i bilan chiqish qildi (video) | Kecha, 28-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.
Marosim “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi. Festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “Bahor ayyomi” qo‘shig‘ini kuylab chiqdi.
Ma’lumot uchun, festivalning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birga ishtirok etdi. | 115 | 499 |
Madaniyat | Instagram: Obid Asomov oilasining Prezidentga minnatdorchiligi, Gulchehra Eshonqulova nima sababdan hijobga kirdi? Aziz Rametov birga rol ijro etishni istamaydigan aktrisa | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Rayhon G‘aniyeva yangi obrazda muxlislariga ko‘rinish berdi.
SanJay o‘zi uyushtirayotgan hasharlarda uni qo‘llab-quvvatlamayotgan hamkasblarini “vatanparvarlik hissi yo‘q” deb atadi.
Otabek Umarov taniqli turk oshpazi Nusretni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Aziz Rametov qaysi aktrisa bilan partnyor sifatida ishlashni istamasligi haqida gapirdi.
Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘i bilan katta hayotga qadam qo‘yganining uch yilligini nishonlamoqda.
Munisa Rizayeva yosh muxlisasi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali uchrashdi. Qizaloq sevimli xonandasiga uning ijrosidagi qo‘shiqni kuylab berdi.
Shahzoda Muhammedova yaqin kunlarda Italiyada bo‘lib o‘tadigan moda haftaligida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi. U turmush o‘rtog‘i hamda qizi Milana bilan Milan shahriga yo‘l oladi.
Feruza Normatova bahaybat va yaltiroq ayiqqa aylanish jarayonini folloverlariga ko‘rsatdi.
Bollivudning eng taniqli aktyor va aktrisalari dizayner Manish Malxotraning xonadonida yig‘ildi.
Taniqli so‘z ustasi, marhum Obid Asomovning rafiqasi va qizlari ilk marta uning zapretga tushgandagi ruhiy holati haqida gapirdi. Shuningdek, qiziqchining yaqinlari zapretdan chiqargani uchun Prezidentga minnatdorchilik ham bildirdi.
Farhod va Shirin duetidagi sozanda Abdujabbor Hasanov vafot etdi. Bu haqda shoir Bobur Bobomurod ma’lum qildi.
Halima Ibragimova yaqinda kumush to‘yini nishonlashini hamda buning uchun kelin ko‘ylak tanlayotgani haqida hazil post yozdi.
Milena Madmusayevaning yangi qo‘shig‘iga ishlanayotgan klipda uning partnyori Yigitali Mamajonov bo‘ladi.
Zarina Nizomiddinova sochlarini o‘z holiga qaytarib, ularni qora rangga bo‘yadi.
Oilasi bilan AQShda yashayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova muxlislarining “Hijobga kirishingizga nima sabab bo‘ldi?” qabilidagi savollariga video orqali javob berdi. Videoda aktrisa ro‘mol o‘rashiga nima turtki bo‘lgani haqida so‘zlab berdi. | 171 | 2,017 |
Madaniyat | Egizak farzandlarni tarbiyalayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | Farzand har bir ota-onaga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi, oilani yanada mustahkamlaydi. Egizak farzandlar esa bunday baxtni ikki karra tuhfa etadi. Qo‘shaloq zurriyod ko‘rishni va tarbiyalashni ko‘pchilik orzu qilishi shubhasiz. “Daryo” egizak farzandi bor o‘zbek shou-biznesi vakillarini bir sahifaga jamladi.
Yodgora Ziyomuhammedova
Umrini yosh tomoshabinlar uchun bag‘ishlagan ustoz san’atkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yodgora Ziyomuhammedovaning uch farzandi bo‘lib, egizak qizlari to‘ng‘ich hisoblanadi.
San’atkor egizak qizlari va o‘g‘li bilan
“Fotima va Zuhra 1977-yilning may oyida o‘n daqiqa farq bilan dunyoga kelgan. Ular muddatidan oldin, ya’ni yetti oyligida tug‘ilgan. Shu bois to‘qqiz oylik bo‘lgunga qadar havo harorati bir xil xonada parvarishlaganmiz. Bu borada onam va qaynonam yaqindan ko‘maklashgan.
Egizaklarning ikkisiga ham teng muomala qilib, ko‘ngliga birdek qarash kerak. Masalan, Fotima biror voqeani aytgach, hech qancha vaqt o‘tmay, Zuhra ham xuddi o‘sha voqeani so‘zlab bersa, birinchi eshitib turgandek, jim tinglashga majbursiz (kuladi). Qizlarimni hozirgacha xafa qilmaslikka harakat qilaman.
Fotima va Zuhra
Ularni birin-ketin turmushga uzatganman. Zuhraning uch qizi, Fotimaning esa ikki o‘g‘il farzandi bor”, — deydi Yodgora Ziyomuhammedova.
Fotima va Zuhra bugungi kunda “Tantana” bolalar ashula va raqs ansamblida rahbarlik lavozimida faoliyat yuritadi.
Yulduz Hamidova
“Temir ayol”, “Tangalik bolalar”, “Chavandoz”, “Tutash taqdirlar” kabi film va seriallardagi rollari bilan tanilgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Hamidovaning ham egizak qizlari bor.
Aktrisa egizak qizlari bilan
Aktrisa sakkiz yildan beri Amerikaning Los-Anjeles shahrida yashab kelmoqda. Okean ortiga ketishiga farzandlari — Fotima va Zuhra sabab bo‘lgan.
“Qizlarimga besh yoshligidan ingliz tilini o‘rgatganman. Ular Toshkentda ingliz tilini chuqurlashtirib o‘rgatiladigan maktabni tamomlagach, xorijda o‘qishni davom ettirishni istashdi. Avval Malayziyaga, keyin AQShga o‘qishga kelishdi. Amerikaga qizlarim bilan kelganman”, — deydi aktrisa.
Taniqli juftlikning egizak o‘g‘illari
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012-yilning noyabrida turmush qurgan. Juftlik 2014-yil may oyida egizak farzand ko‘rgan bo‘lib, ularga Islom va Imron deb ism qo‘yishgan.
Rayhon egizak farzandlari bilan
2016-yilning mayida esa Rayhon va Yigitalining nikohi rasman bekor qilingan. Egizak o‘g‘illar xonanda Rayhon qaramog‘ida qolgan.
Avaz Oxun
Ommaga shaxsiy hayoti haqida kam gapiradigan so‘z ustasi Avaz Oxunning egizak qizlari borligini, shubhasiz, ko‘pchilik bilmaydi. Uning rafiqasi 2019-yil mayida Fotima va Zuhrani dunyoga keltirgan.
To‘rt farzandning otasi bo‘lgan Avaz Oxun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga oilaviy suratlarini qo‘ymaydi.
Diyorbek Bekjonov
Taniqli san’atkorlar – Mehri va Aleksandr Bekjonovlarning o‘g‘li Diyorbek Bekjonov 2019-yili ilk marta otalik baxtiga erishgan. Uning Fotima va Zuhra ismli qizlari bor.
27 yoshli Diyorbek ayni paytda “Aristokratlar” jamoasi a’zosi. U boshlovchi sifatida ham o‘z muxlislariga ega.
Abdurahmon Mavlonov
“Dizayn” kulgu jamoasi a’zosi Abdurahmon Mavlonovning egizak farzandlari 2017-yil 18-iyun kuni tug‘ilgan. Instagram sahifasi orqali qo‘shaloq o‘g‘illi bo‘lganini ma’lum qilgan aktyor nafaqat Hasan va Husanni, balki oilaviy suratlarini ham ijtimoiy tarmoqlarga joylamaydi.
Ulug‘bek Xoliqov
Xonanda Ulug‘bek Xoliqovning egizak farzandlari 2021-yilning may oyida tug‘ilgan. Bir o‘g‘il va bir qiz egizaklarga qo‘shiqchining yaqinlari Maryam va Muhammadamin deb ism qo‘ygan.
Egizaklarni tarbiyalayotgan yulduzli juftliklar (foto) | 72 | 3,677 |
Madaniyat | Sony “Arvoh ovchilari” filmi tufayli 70 million dollar yo‘qotadi | “Arvoh ovchilari” filmining ayollar ishtirokida olingan versiyasi Sony Pictures kinokompaniyasiga 70 million dollarga yaqin zarar keltiradi. Bu haqda 10-avgust, chorshanba kuni The Hollywood Reporter xabar bermoqda.
Ekspertlar studiya filmning davomini olish haqida qaror qilishiga shubha qilmoqda.
“Arvoh ovchilari” filmining prokatda xarajatlarni qoplashini allaqachon kutishmayapti. Tahlilchilarning ma’lumotlariga qaraganda, kartina dunyo bo‘ylab kinoteatrlarda 225 million dollardan ortiq mablag‘ to‘playdi. Biroq xarajatlarni qoplash uchun film 300 million ishlashi lozim. Film budjeti, reklama xarajatlarini hisobga olmaganda, 144 million dollarni tashkil etgan.
Prodyusserlar Xitoyning yirik kino bozoriga umid qilishi mumkin edi. Biroq u yerda mahalliy senzurachilar film prokatini taqiqladi.
Yangi “Arvoh ovchilari” 2016-yilning iyulidan kinoteatrlarda namoyish qilinmoqda. Unda bosh rollarni Melissa Makkarti, Kristen Uig, Keyt Makkinnon, Lesli Jons va Kris Xemsvort ijro etgan. | 64 | 990 |
Madaniyat | Uysiz Rivz, tishini sindirgan Pitt, xom jigar yegan Di Kaprio — filmdagi obraziga o‘xshash uchun har narsaga tayyor aktyor va aktrisalar (foto) | Gollivud blokbasterida katta rol o‘ynash uchun haqiqiy iste’dodga ega bo‘lish va katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lish kerak. Shunday aktyorlar borki, ular o‘z ishiga shunchalik ishtiyoq bilan yondashadilarki, filmdagi qahramoniga o‘xshash uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi.
Kianu Rivz ko‘chada yashagan
“Iblis himoyachisi” (1997) trilleri premerasidan ko‘p o‘tmay, Rivz yangi filmda uysiz odam rolini o‘ynashi kerak edi. Rolga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun aktyor bir necha kunni ko‘chada o‘tkazadi: “Birinchi kecha dahshatli edi, chunki odamlarning uyqusida qichqirganini eshitardim”.
Enn Xeteuey faqat suli pastasini iste’mol qilgan
“Xo‘rlanganlar” (2012) musiqiy filmida Enn Xeteuey tikuvchilik fabrikasi ishchisi qashshoq Fantine rolini o‘ynaydi. Rolga ko‘nikish uchun kino yulduzi qattiq dietaga rioya qilib, kuniga atigi 2 ta yupqa suli pastasini iste’mol qilib, 10 kg vazn yo‘qotadi: “Men Fantine kabi shafqatsiz haqiqatga duch kelgandim”.
Leonardo Di Kaprio bizon jigarini xomligicha yegan
“Omon qolgan” (2015) filmining sahnalaridan birida Leonardo Di Kaprio bizon jigarini xomligicha yeydi. Aktyor jeledan tayyorlangan sun’iy jigar ham tayyorlanganiga qaramay, tomoshabinlar qalbakilikni payqab qolishidan qo‘rqib, xom go‘sht yeyishni tanlaydi.
Bred Pitt ixtiyoriy ravishda tishlarini sindirgan
“Jang klubi” (1999) filmida jang sahnalari ko‘p bo‘lgani sababli Bred Pitt tish shifokoridan uning qahramoni kadrda haqiqiy ko‘rinishi uchun oldingi tishlarini sindirishni so‘raydi. Biroq aktyor film suratga olish tugaganidan keyin tishlarini tiklagan.
Edrien Broudi uyidan chiqib ketgan va mashinasini sotgan
29 yoshida Edrien Brodi “Eng yaxshi erkak roli” uchun “Oskar”ning eng yosh g‘olibi bo‘ladi. Albatta “Pianinochi” (2002) filmidagi roli uchun berilgan bu mukofot unga osonlik bilan nasib etmagan: Buning uchun u kvartirasidan ko‘chib ketgan, mashinasini sotgan, barcha telefonlarni o‘chirib, bir nechta sumka va klaviatura bilan Yevropaga ketgan.
Anjelina Joli o‘ziga kaskadyorlik qilgan
Gollivud yulduzi bir nechta jangovar filmlarda asosiy rollarni ijro etgan. Ulardan biri “Solt” (2010). Uning murabbiyi 99 foiz tryuklarni aktrisaning o‘zi bajarishi, kamdan kam hollarda dublyor yordamiga murojaat qilishini aytadi: U haftasiga 3-4 marta 2 soatdan Tailand boksi va krav-maga bilan shug‘ullangan. | 143 | 2,340 |
Madaniyat | Madaniyat vazirligi: San’atkorlar ijodi reyting tizimida baholanadi va mukofotlash ishlari ham shunga qarab belgilanadi | San’atkorlarga unvon berish va ularni mukofotlash uchun xalqning bahosi ham alohida mezon sifatida portal orqali amalga oshiriladi. Bu haqda 15-dekabr kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Jamol Nosirov aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Jamol Nosirov
Anjumanda ma’lum qilinishicha, konsert-tomosha faoliyatining yagona onlayn portali yaratilish jarayoni nihoyasiga yetkazilmoqda.
“Unga ko‘ra, har bir san’atkorni to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatish imkoniyati, ularning reyting tizimini baholash, litsenziyalash ishlari ushbu zamonaviy texnologiyalar orqali amalga oshiriladi. Buning yana bir muhim jihati shundaki, san’atkorlarga unvon berish va ularni mukofotlash uchun xalqning bahosi ham alohida mezon sifatida ushbu portal orqali amalga oshiriladi”, – dedi Jamol Nosirov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, endilikda ommaviy madaniy tadbirlarning yillik kalendar rejasini ishlab chiqish tizimi joriy qilinadi.
“Yillik o‘tkazadigan ommaviy tadbirlarimizni yil boshidayoq tumanbay, mahallabay kesimida rejalashtirib olamiz. Bu bilan biz ikki yutuqqa erishamiz. Birinchidan, madaniy tadbirlar, konsertlarni chekka qishloqlarda ham o‘tkazishga erishamiz. Ikkinchidan, mualliflik huquqini himoya qilish palatasi tashkil qilinadi. Bu muammo san’atkorlarimiz, ijodkorlarimiz uchun og‘riqli nuqta edi”, – dedi Jamol Nosirov. | 119 | 1,383 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik Shuhrat Turdixo‘jayev “Golos. Deti” loyihasida ishtirok etmoqda | 2014-yil 8-mart kuni Rossiyada “Golos. Deti” loyihasining 2-chiqishi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Shuhrat Turdixo‘jayev ham ishtirok etdi va Maksim Fadeyev jamoasiga a’zo bo‘ldi.
11 yoshli Shuhrat “Golos. Deti” teleshousida “Bu qo‘shiq oddiy” (“Эта песня простая”) ashulasi bilan hakamlar hay’ati va tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Hay’at a’zolaridan Dima Bilan qo‘shiqning dastlabki soniyalaridan Shuhratni tanladi va ashula so‘ngiga qadar Maksim Fadeyev ham unga tan berdi. Biroq Pelageya Shuhratni tanlamadi va uni ko‘rgach bunga afsuslanganini tan oldi. Pelageyaning ta’kidlashicha, u Shuhratni yoshi kattaroq qiz, deb o‘ylagan.
Shuhrat Maksim Fadeyev jamoasida o‘z chiqishlarini davom ettiradi. Shuningdek, bu jamoada hamyurtimiz bilan birga Darina Ivanova, Viktoriya Solomaxina hamda Irina Morozovalar ham mazkur teleshouda ishtirok etadi.
Ma’lumot o‘rnida: Shuhrat Turdixo‘jayev Uspenskiy nomidagi Toshkent musiqiy maktabining 5-sinfida tahsil oladi. U bugunga qadar ko‘pgina O‘zbekiston va chet eldagi tanlovlarda ishtirok etgan va sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Jumladan, u Moskvadagi Sound Kids tanlovi Gran-Pri sohibi, “Slavyanskiy bazar—2012” xalqaro san’at festivali sovrindoridir.
Biz Shuhratga omad tilab qolamiz! | 78 | 1,248 |
Madaniyat | Makiyajsiz ham chiroyli: kundalik hayotda kosmetikadan foydalanmaydigan mashhur ayollar (foto) | Bugungi qahramonlarning chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun katta kosmetik sumka va bir necha qatlamli makiyaj kerak emas. Marie Claire nashri tabiiy ko‘rinishni va makiyaj borasida muvozanatni saqlovchi mashhur ayollar ro‘yxatini taqdim etdi.
Jennifer Garner
Jenniferning tabiiy go‘zallik sirlaridan biri terini ichkaridan namlash uchun kuniga kamida 8 stakan suv ichishdir. Ikkinchi sir — u yoshligidan ishlata boshlagan SPF kremlar. Quyoshli Kaliforniyada yashagan yulduz ultrabinafsha nurlarining himoyalanmagan teriga agressiv ta’siri qarishga bevosita yo‘l ekanini juda yaxshi biladi.
Kundalik hayotda Garner deyarli kosmetik mahsulotlardan deyarli foydalanmaydi. Afsuski, Jenniferning terisi muammoli. Aktrisa ommaviy tadbirlar uchun ko‘proq tabiiylikni aks ettiradigan makiyajni qo‘llaydi. Jenniferning o‘ziga qo‘shimcha urg‘u talab qilmaydigan yonoq suyaklari bor.
Kameron Dias
Kemeron to‘g‘ri ovqatlanish va sportni e’tiborsiz qoldirmasdan, har tomonlama shaxsiy parvarishga rioya qiladi. U gazlangan suv ichmaydi va uy sharoitida ovqat pishirishni afzal ko‘rgan holda keraksiz ovqatdan butunlay voz kechgan. Uning fikricha, sog‘lom tana bo‘yanishga muhtoj bo‘lmagan benuqson ko‘rinishning kalitidir.
Kemeron ertalab uyg‘onganida birinchi bo‘lib bir stakan suv ichadi. Shuningdek, yulduz har kuni ertalab yuzini muz bilan artib, teshiklarni berkitmaslik uchun yengil teksturali niqob surtadi. Ba’zida u sut kukunini nozik skrab sifatida ishlatishni yaxshi ko‘radi.
Kundalik hayotda Kemeron kosmetikadan butunlay voz kechgan, ammo tadbirlarda u har doim yengil makiyaj qo‘llaydi. Uning go‘zallik siri lab bo‘yog‘ida, uni nafaqat lablariga, balki yonoqlariga ham surtadi. Uning bu tajribasi hamisha tabiiy ko‘rinishni ta’minlaydi.
Sharliz Teron
Sharlizning rasmiy tadbirlardagi makiyaji har doim boshqalarnikidan ajralib turadi. Uning vizajistiga qoyil qolmay iloji yo‘q. Teronning fikricha, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar muqarrar va u faqat to‘liq uy sharoitida parvarish qilish va kosmetologga muntazam tashrif buyurish yordamida terining normal holatini saqlab qolishi mumkin.
Shu bilan birga, Sharliz har qanday jarrohlik aralashuvlardan o‘zini tiyadi. U har doim ko‘p bosqichli muolajalarni bajarish uchun yetarli vaqtga ega emas, shuning uchun uy sharoitidagi parvarishga alohida e’tibor qaratadi.
Sharliz ham kuniga 3 litr suv ichishni, niqoblaridan foydalanishni va muntazam ravishda mashq qilishni tavsiya etadi. Ammo uning ikkinchisiga alohida yondashuvi bor: u sport stress emas, balki faqat quvonch keltirishi kerak, deb hisoblaydi. Sharliz ochiq havoda vaqt o‘tkazishni yaxshi ko‘radi, lekin terisi quruq bo‘lganligi sababli, u yozda ham, qishda ham qarishning oldini olish uchun SPF kremlaridan foydalanishga amal qiladi.
Keyt Uinslet
Qizil gilamda Keyt ko‘pincha ko‘zlarga yoki lablarga diqqatni qaratib, ehtiyotkorlik bilan makiyajda namoyon bo‘ladi. Kundalik hayotda u deyarli bo‘yanmaydi yoki kosmetik vositalardan ko‘p foydalanmaydi. U yuzini faqat sovuq suv bilan yuvadi va u doimo dushni shu bilan tugatadi. Shundan so‘ng u hissiy kayfiyatini muvozanatlashtirib, darhol issiq choy ichadi.
Aktrisa, shuningdek, qo‘llari bilan yuziga minimal teginishga harakat qiladi. Natijada, uning terisi doimo mukammal holatda ko‘rinadi. Kechasi terini yaxshilab tozalaydi va keyin uni faol ravishda namlaydi. Yulduz, shuningdek, vegetarian parhezga rioya qilgan holda, ratsionga katta e’tibor beradi.
Jessika Bil
Jessika go‘zallikni ikki komponentdan iborat deb hisoblaydi: genetika va organizmga bo‘lgan munosabat. Shuningdek, u qarishga qarshi vositalarni yaxshi ko‘radi. Jessika ko‘zlari ostidagi quruq teri uchun u imkon qadar faol ravishda unga g‘amxo‘rlik qilishga harakat qiladi.
Odri Totu
Ko‘pgina fransuz ayollari singari Odri tabiiylikni afzal ko‘radi. Kundalik hayotda u deyarli hech qachon bo‘yanmaydi, lekin rasmiy tadbirlarda uni tez-tez lablarida yorqin bo‘yoq bilan ko‘rish mumkin. Shunisi e’tiborga loyiqki, Odri aslida tabiiy ko‘rinishga ega. Aktrisa terini parvarish qilishda toniklar va parvarish kremlari kabi asosiy mahsulotlarga murojaat qiladi.
Jizel Byundxen
Jizel 41 yoshida ham ajoyib ko‘rinishga ega. Uning yoshligining siri ovqatlanish, kundalik mashqlar va ko‘p bosqichli terini parvarish qilish kombinatsiyasida. Jizel tongni ishqoriy darajasini muvozanatlash va ovqat hazm qilish tizimini ishga tushirish uchun limon sharbati bilan bir stakan iliq suv ichishdan boshlaydi. Kun davomida u mavsumiy sabzavot va mevalarga e’tibor qaratib, ratsionni diqqat bilan kuzatib boradi. Ko‘pincha u faqat kipriklarini bo‘yash va lablariga shaffof bo‘yoqni qo‘llashi mumkin. | 94 | 4,619 |
Madaniyat | Yuzini muvaffaqiyatli plastik operatsiya qildirgan mashhur ayollar (foto) | Plastik operatsiyalar yuzni xunuk qilib qo‘yishi haqidagi qo‘rqinchli gap-so‘zlar tez-tez quloqqa chalinadi. Biroq ayrim hollarda plastik operatsiya aktrisalarga muvaffaqiyatli karyera qilishga yordam bergan. Quyida qaysi taniqli ayollar plastik jarroh yordamida go‘zallashgani haqida so‘z yuritamiz.
Megan Foks
Qiyofasiga ko‘pchilik havas bilan qaraydigan Meganning go‘zalligi tabiat in’omi deb o‘ylaydiganlar yanglishadi. Uning avvalgi rasmlari bilan hozirgisi solishtirilsa nafaqat burni, balki labi va yanoqlari shakli ham o‘zgartirilganini ko‘rish mumkin. “Transformer” filmidagi rolini model, tashqi ko‘rinishga o‘zgartirishlar kiritganidan keyingina qo‘lga kiritgan.
Anjelina Joli
Jolining lablari tabiat inomi ekani haqiqatdir, lekin burnining shakli emas. Suratlar taqqoslab ko‘rilsa, Anjelinaning burni sezilarli kichraygani, yanoqlari bo‘rtganini ko‘rish mumkin. Jarrohlik amaliyoti shu qadar mahorat bilan amalga oshirilganidan, muxlislari o‘zgarishlarni tan olmasdan, avvaldan shunday edi deb hisoblaydi.
Bleyk Layvli
Agar Leyvli burni va iyaklari shaklini o‘zgartirmaganida, hozirgidek yulduzlik obro-e’tiboriga ega bo‘lmasdi. Bleykning burni avvalgidan ingichkalashgani va oldin beo‘xshov bo‘lgan iyaklari hozir mukammal ko‘rinishga kelganini ko‘rish mumkin.
Skarlett Yoxansson
Aktrisa hech qanday go‘zallashtirish jarrohligini o‘tkazganini tan olmasa-da, uning avvalgi suratlari bilan hozirgisi solishtirilsa, yaqqol farqni payqash qiyin emas.
Viktoriya Bekhem
Viktoriya Skarlet va boshqa tan olmaydigan yulduzlardan farqli ravishda plastik operatsiya qildirganini yashirmaydi. U burnining shaklini o‘zgartirish bilan birga ajinlarga ham qarshi jarrohlik yo‘li bilan kurashgan. Bekxem botoksning ishqibozi ekanini yashirmaydi va buni hech qanday zararli tomoni yo‘q deb hisoblaydi.
Demi Mur
Demi Mur tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab, u bir emas bir nechta o‘zgartirish kiritganini payqash, 30 yoshida ajinlari 52 yoshdan ko‘proq bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin. Avvaliga ko‘zidagi muammoni bartaraf etish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan yulduz, keyinchalik rinoplastika qildirgan, yanoq va iyaklariga ham o‘zgartirish kiritgan.
Kameron Diaz
Boshqa yulduzlar qatori Kameron Diaz ham burnini kichkina va ingichkalashtirgan. U bu amaliyotni sport jarohati oqibatida majburlikdan qilingan deb oqlaydi o‘zini. Bundan tashqari u, yuzidagi ajinlarni ham vaqti-vaqti bilan inyeksion muolajalar bilan ketkazib turadi. | 73 | 2,445 |
Madaniyat | Ledi Gaga “Yil ayoli” deb topildi | AQShning Billboard jurnali xonanda Ledi Gagani “Yil ayoli” deb e’lon qildi. Tengrinews xabariga ko‘ra, ajabtovur xonanda mukofotni 11-dekabr kuni Nyu-Yorkda tashkil etiladigan tantanali marosimda qabul qilib oladi.
Ekspertlarning qayd etishicha, Ledi Gaga nafaqat o‘ziga xos san’atkor, balki qat’iyat, chidamlilik, mardonavorlik timsoli hamdir. Uning tomoshabop shou-dasturlari, xayriya va ma’rifatparvarlik faoliyati, yoshlar bilan olib borayotgan ishlari hamda teng huquqlilik yo‘lidagi kurashi “zamonaviy dunyodagi media-yulduz roliga yangicha nazar tashlashga undaydi”.
Qayd etish joiz, Ledi Gaga mazkur yangilik Twitter’dagi sahifasi orqali munosabat bildirishga ham ulgurdi. “Billboard meni “Yil ayoli” deb topganiga ishongim kelmayapti! Katta rahmat! Men haqiqatan ham juda, juda, juda mamnunman. Yo Xudo, qanday ajoyib tong!”, — deb yozdi xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yili amerikalik boshqa bir xonanda — Teylor Svift “Yil ayoli” deb topilgandi. Ungacha Billboard yo‘nalishi bo‘yicha bu maqomni Beyonse, Keti Perri va Ferji qo‘lga kiritgan. | 33 | 1,082 |
Madaniyat | Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” ishtirokchilarini tabrikladi | Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n birinchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim ishtirokchilariga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi. Murojaat matni O‘zAda keltirildi.
Assalomu alaykum, muhtaram mehmonlar!
Hurmatli festival qatnashchilari!
Xonimlar va janoblar!
Avvalambor, siz, azizlarni qadimiy va go‘zal O‘zbekiston zaminida, azim Samarqand shahrida samimiy qutlashga ruxsat bergaysiz.
Barchangizni “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugungi marosimda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari, Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Talib Rifai, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlamentlar assambleyasi raisi Kristin Muttonen, Islom hamkorlik tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi — AYSESKO Bosh direktori Abdulaziz Usmon al-Tuvayjri janoblari kabi yuqori martabali mehmonlarimiz ishtirok etayotgani bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Shuningdek, Islom tarixi, madaniyati va san’atini o‘rganish bo‘yicha xalqaro markaz — IRSIKA bosh direktori Xalit Eren, Xalqaro folklor san’ati tashkilotining Osiyo mintaqasi bo‘yicha Bosh kotibi Mun Xyun Suk, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Nikolayevich Lebedev, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Yefimovich Shvidkoy, AQSh va Kanadadagi buxorolik yahudiylar kongressi prezidenti Boris Qandov va boshqa qadrli mehmonlarimizni, xalqimizga hurmat ko‘rsatib, mana shunday anjumanlarimizda har safar ishtirok etib kelayotgan diplomatik korpus vakillarini samimiy qutlashdan baxtiyorman.
Fursatdan foydalanib, barcha festival ishtirokchilariga “Xush kelibsiz, Samarqand shahriga, xush kelibsiz, ona O‘zbekistonimizga!” deb yuksak hurmat va ehtiromimizni bildirishga ijozat bergaysiz.
Muhtaram do‘stlar!
Dunyoda qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi o‘ta murakkab zamonda millati, tili va dini turlicha bo‘lgan millionlab odamlarni hech qanday tarjimonsiz do‘st qiladigan, ular o‘rtasida hamkorlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydigan musiqa san’atining o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda.
Shu ma’noda, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining bu yilgi anjumani alohida mazmun va ahamiyatga ega bo‘lib, u festival tashkil etilganiga yigirma yil to‘lgan tarixiy bir sanada o‘tkazilmoqda.
Bugungi quvonchli ayyomda mana shu xalqaro anjumanga asos solgan, uning jahon miqyosida munosib obro‘-e’tibor qozonishi uchun ulkan hissa qo‘shgan insonlarni, ularning unutilmas xizmatlarini chuqur minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Bu haqda gapirganda, avvalo, atoqli siyosat va davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning aziz xotirasini hurmat-ehtirom bilan yodga olamiz. Islom Abdug‘aniyevich o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrini, uning yuragi bo‘lgan qadimiy Registon maydonini qanchalik buyuk muhabbat bilan sevsa, “Sharq taronalari” festivalini ham shunchalik sevar, qadrlar edilar.
“Sharq taronalari” musiqa festivali o‘zining betakror ruhi va qiyofasi, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa san’ati an’analarini asrash, madaniy muloqotni rivojlantirish borasidagi ezgu maqsad-muddaolari bilan qisqa muddatda yuksak darajaga erishdi.
Bu borada siz, azizlar kabi fidoiy tashkilotchi va ishtirokchilarning munosib hissangiz borligini biz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz.
“Sharq taronalari” festivali 1997-yildan buyon qanday katta yo‘lni bosib o‘tgani, uning o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish tarixi haqida ko‘p gapirish mumkin.
Ammo men bu borada faqatgina bitta raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman.
Agar 1997-yilda, dastlabki musiqa bayramida dunyoning 31 ta davlatidan 57 nafar san’atkor qatnashgan bo‘lsa, bu yil 58 ta mamlakatdan 241 nafar mohir xonanda va sozanda ishtirok etmoqda.
“Sharq taronalari” festivali bugungi kunda YuNESKO tomonidan musiqa olamining yirik xalqaro forumi sifatida e’tirof etilgani va bu ibora dunyo bo‘ylab baralla yangrayotgani, hech shubhasiz, uning nufuzi va ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Muhtaram festival qatnashchilari!
Mana shu go‘zal va betakror Registon maydonida turib, o‘zining 2750 yillik tarixi davomida ne-ne voqealarga guvoh bo‘lgan Samarqand shahri shu kunlarda yanada ochilib, jahon musiqa san’atining markaziga, chindan ham “er yuzining sayqali”ga aylanib borayotganiga barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz.
Bundan olti yuz yil muqaddam — buyuk Amir Temur zamonlarida ham yetti iqlimdan eng mohir sozanda va xonandalar yig‘ilib, Samarqand zaminida go‘zal anjumanlar o‘tkazganlari tarixiy manbalardan yaxshi ma’lum.
Mana, oradan shuncha yillar, asrlar o‘tib, yer yuzining manaman degan musiqa ustalari yana azim Samarqandga to‘planib, jahon ahlini beqiyos san’at bayramiga chorlamoqdalar.
Biz siz, aziz mehmonlarimizni dunyodagi turli xalqlarning ma’naviy olamini musiqa orqali ifoda etadigan, ularning salomi va ezgu tilaklarini yetkazadigan tinchlik va do‘stlik elchilari sifatida qabul qilamiz. Sizlar kabi ming-minglab san’at namoyandalarining jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yuksak insoniy ideallarni asrash va mustahkamlash yo‘lidagi olijanob sa’y-harakatlaringizni barchamiz yuksak baholaymiz.
Festival doirasida siz, azizlar o‘z Vataningizning musiqa merosini namoyon qilish bilan birga, bizning shahar va qishloqlarimizda bo‘lib, yurtdoshlarimiz bilan samimiy suhbatlar qilib, o‘zbek xalqining hayoti, uning orzu-intilishlari, mehmondo‘stlik fazilatlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.
Bularning barchasi bizning mamlakatimiz va xalqimiz haqidagi tasavvurlaringizni kengaytiradi, sizlar uchun ijod va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi, deb ishonaman.
Muhtaram festival qatnashchilari!
Barchangizni bugungi san’at va nafosat bayrami bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, anjuman ishiga esa muvaffaqiyat tilayman.
Aziz do‘stlar, bugun barchamiz ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan qutlug‘ va saxovatli Samarqand zaminida turib, bir maqsadni istaymiz:
Dunyoning barcha o‘lkalarida hayotbaxsh musiqa sadolari doimo yangrab tursin!
Jahondagi barcha insonlar hamisha ahil va inoq bo‘lib yashasin!
Er yuzida tinchlik va hamjihatlik barqaror bo‘lsin!
E’tiboringiz uchun tashakkur. | 66 | 6,348 |
Madaniyat | Di Kaprio omadli muxlisi bilan bor-yo‘g‘i 5 funt evaziga tushlik qiladi | 17-noyabr kuni amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio Shotlandiyada joylashgan uysizlarga ko‘mak beruvchi qahvaxonaga tashrif buyuradi va u yerda muxlislaridan biri bilan tushlik qiladi. Bu haqda, Metro nashriga asoslanib, “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Di Kaprio bilan birga tushlik qiladigan omadli inson lotereya orqali tanlanadi. O‘yinda ishtirok etish uchun ushbu qahvaxonada boshpanasiz inson uchun ovqat va ichimlik sotib olish talab etiladi. Buning uchun o‘rtacha 5 funt sterling talab etiladi. Shundan so‘ng muxlis maxsus saytda ro‘yxatdan o‘tadi — lotereya aynan saytda o‘tkaziladi.
Uchrashuvdan tashqari, g‘olibning mehmonxona, Shotlandiya bo‘ylab sayohat, ming funt sterling turuvchi shampan vinosi hamda savdo markazidagi xarid xarajatlari qoplanadi. | 71 | 758 |
Madaniyat | Rokki va Remboning liboslari 3 million dollarga sotildi | “Rokki” va “Rembo” filmlari bilan bog‘liq buyumlar savdoga qo‘yilgan auksion 3 million dollar daromad keltirdi, deya xabar beradi Associated Press.
Silvestr Stallonening shaxsiy garderobidagi Rokkining teri kostyumi 149 ming dollarga sotildi, aktyor “Rembo: birinchi qon” filmida paydo bo‘ladigan poncho (o‘rtasida bosh uchun joy qoldirilgan mato) esa 60 ming dollarga xaridorini topdi.
Auksion uch kun davomida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tdi. Stallone uning ochilish kuni ishtirok etdi. Savdolardan tushgan mablag‘ning bir qismi urush faxriylar jamg‘armasiga o‘tkazilishi ma’lum qilingan. | 55 | 586 |
Madaniyat | Instagram: Zarina Yo‘ldosheva Shahzod Sultonov bilan turmush quradimi? Parizoda firibgarlardan ogohlantirdi, kuyovsiz o‘tgan to‘y | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ozoda Nursaidova yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
“Omon-omon” ko‘rsatuvi ijodkorlari ota bo‘lishi kutilayotgan yangi kuyovlar top-5 taligini tuzdi.
Aziz Umrzoqov turmush qurganiga ikki yil to‘lgani munosabati bilan rafiqasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Aktrisa Farida Temirova turmushga chiqdi.
Davron Kabulov, Dilnoza Kubayeva va “Marokand” guruhi to‘yda birgalikda xizmatda bo‘ldi.
Jasur Umirov yangi “Yor-yor” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
Hosila Rahimova xalqning yaxshi kunlari ko‘p bo‘lishini niyat qildi.
Malika Ravshanova noodatiy to‘yda xizmatda bo‘ldi. Ushbu to‘yda kuyov Amerikada o‘qiyotgani bois o‘z to‘yida onlayn ishtirok etdi.
Parizoda qizlari bilan tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishdi.
Raqqosa, shuningdek, o‘zining nomidan muxlislaridan pul undirayotgan firibgarlardan ogohlantirdi.
Shahzoda Muhammedova Dilfuza Ismoilova haqida iliq fikrlarini yozib qoldirdi.
Yosh aktrisa Zarina Yo‘ldosheva aktyor Shahzod Sultonov bilan o‘rtalaridagi munosabatlarga izoh berdi.
Yulduz Turdiyeva mahoratli ijrosi bilan turkiyaliklarni lol qoldirdi. | 129 | 1,268 |
Madaniyat | Gollivud kinomukofotining bosh sovrini Devid Fincherning “Yo‘qolgan qiz”iga nasib etdi | Hollywood Film Awards mukofoti tanloviga ko‘ra, Devid Fincherning “Yo‘qolgan qiz” kartinasi 2014-yilning eng yaxshi filmi deb topildi. Deadline axborotiga ko‘ra, eng yaxshi ssenariy (Gillian Flinn) uchun atalgan sovrin ham shu filmga nasib etgan, deb xabar bermoqda “Kun”.
Ikkinchi Jahon urushidagi nemislarning shifrlarini yo‘qqa chiqarish tarixi haqida hikoya qiluvchi “Imitatsiyalar o‘yini” filmi uchta sovrinni qo‘lga kiritdi — mukofotlarni film rejissyori Morten Tildum, matematik Alan Tyuring rolini o‘ynagan aktyor Benedikt Kamberbetch va aktrisa Kira Naytli qo‘lga kiritdi. Naytli ikkinchi darajali eng yaxshi ayol roli uchun taqdirlandi.
“Hali hamon Elis” filmidagi roli uchun Julianna Mur eng yaxshi aktrisa deb topilgan bo‘lsa, “Ajdarhoni qanday qilib qo‘lga o‘rgatish mumkin-2” multfilmi eng yaxshi animatsion filmga aylandi. Hollywood Film Awards’ning faxriy sovrini Maykl Kitonga taqdim etildi.
Ma’lumot uchun, Hollywood Film Awards mukofoti 1997-yildan beri topshirib kelinadi. U mukofotlar mavsumini ochib beruvchi tadbir hisoblanadi. Mukofot 26 yo‘nalishda taqdim etiladi, ularning 18 tasi bevosita taqdirlash marosimida bo‘lib o‘tadi. | 86 | 1,153 |
Madaniyat | “Tarona rekords” asoschisi Ravshan Yo‘ldoshevning koronavirusdan vafot etgani to‘g‘risidagi gap-so‘zlar rad etildi | Ijtimoiy tarmoqlarda “Tarona rekords” asoschisi Ravshan Yo‘ldoshevning koronavirusdan vafot etgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda. O‘zbekistonda soxta axborotlar uchun rasmiy manba hisoblanuvchi “Antifake” Telegram kanali ushbu ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligini ma‘lum qildi.
“Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim anonim foydalanuvchilar tomonidan ‘asia-times.org’ internet nashrining O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan odamlar o‘lgani haqidagi, xususan, mashhur shou-biznes vakili Ravshan Yo‘ldoshevning ham shu kasallikdan vafot etgani to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlar maqsadli ravishda tarqatilyapti. Ma’lum qilamiz, mazkur materiallar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 million 900 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i, xonanda Lolaning otasi, “Tarona Rekords” kompaniyasi asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etgan edi. Marhum hayotining so‘nggi daqiqalarida uning yonida sobiq rafiqasi, xonanda Shahzoda bo‘lgan. | 114 | 1,283 |
Madaniyat | Jerar Depardye O‘zbekistonga keldi. Islom sivilizatsiyasi markazida u bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi | Jahonga mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye Toshkentga keldi. U O‘zbekiston haqidagi hujjatli filmda suratga tushadi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
6-noyabr kuni Toshkentdagi islom svilizatsiyasi markazida Jerar Depardye bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori Shoazim Minovarov aktyorga islom sivilizatsiyasi markazining qurilishi jarayoni va undan o‘rin oladigan qadimiy qo‘lyozmalar haqida so‘zlab berdi.
Jerar Depardye ikki kun davomida O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, bu Jerar Depardyening O‘zbekistonga birinchi tashrifi emas. Aktyor 2012-yilda O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning loyihalarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan hamda Karimova bilan duet ijro etgan edi. | 98 | 798 |
Madaniyat | “Mimino” va “Afonya” filmlari rejissori Georgiy Daneliya vafot etdi | Moskvada rejissor Georgiy Daneliya 88 yoshida vafot etdi, deb yozadi TJournal. Bu haqda uning oilasi OAVga ma’lum qilgan.
23-fevral kuni Daneliya o‘pka shamollashi bilan kasalxonaga tushgan. Ertasi kuni uni sun’iy komaga tushirishgan.
Daneliya 1930-yil 25-avgust kuni Tbilisida tug‘ilgan, 1959-yilda “Mosfilm” qoshidagi Oliy rejissorlik kurslarini tugatgan. So‘ng kinostudiyada postanovkachi rejissor bo‘lib ishlay boshlagan.
U “Afonya” (1975), “Mimino” (1977), “Kuzgi marafon” (1979) va “Kin-dza-dza” (1986) kabi filmlar orqali tanilgan.
U bir qator kinomukofotlar va davlat mukofotlari sohibidir. | 67 | 599 |
Madaniyat | Xonanda Jahongir Otajonovga qilgan “nojoiz munosabati” tufayli Abdulla Qurbonovning litsenziyasi tugatildi | Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning chiqargan videosiga haqoratomuz tarzda o‘z munosabatini yo‘llagan xonanda Abdulla Qurbonov tomonidan san’atkor odobiga to‘g‘ri kelmaydigan noo‘rin so‘zlar orqali muborak Ro‘zai Ramazon oyida keng ommaning g‘ashiga tegish hollari kuzatildi, deb yozadi “Xalq so‘zi Online”.
Abdulla Qurbonovning ijtimoiy tarmoqlardagi ketma-ket chiqargan bunday nomaqbul audio-videolari o‘z navbatida yoshlar orasida va jamoatchilik o‘rtasida salbiy fikr uyg‘otmasdan qolmadi hamda noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Yuqorida holatlar bo‘yicha xonandaga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan bir necha marotaba ushbu noo‘rin munosabatlarni to‘xtatish to‘g‘risida ogohlantirish berildi. Bunga qaramasdan xonanda tomonidan nojoiz munosabatli fikrlarni keng ommaga tarqatish yana takrorlandi.
Janjalli voqealar videosi
Shu bois litsenziat Abdulla Qurbonov bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.9-bandida nazarda tutilgan talablar va shartlar muntazam ravishda buzilganligini inobatga olib, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Qurbonov Abdulla Akbarovich nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 5706-son litsenziyaning amal qilishi 2019-yil 31-may kunidan tugatildi. | 106 | 1,479 |
Madaniyat | Jim Kerrining o‘z joniga qasd qilgan ma’shuqasi jasadi yonidan aktyorning dorisi topildi | Gollivud aktyori Jim Kerrining o‘z joniga qasd qilgan ma’shuqasi Katriona Uayt jasadi yonidan aktyorning nomiga yozib berilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar topildi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Huquqni himoya qilish organlari ushbu dori uchun retsept aktyorga yozib berilgan bo‘lganini tasdiqladi. Kerri bunday vaziyatlarda maxfiylikni saqlash uchun taxallusdan foydalangan. Taxminlarga ko‘ra, dorini Katrionaning o‘zi sobiq sevgilisining uyidan olib kelgan yoki aktyor ma’shuqasini ushbu dori bilan ta’minlagan. Politsiya yaqin orada Kerri bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mashhur amerikalik aktyor Jim Kerrining ma’shuqasi Katriona Uayt Los-Anjelesdagi uyida o‘z joniga qasd qilgan edi. Uning aynan qanday doridan vafot etgani hozircha noma’lum. Toksikologiya ma’lumotlari olinganicha yo‘q. | 88 | 822 |
Madaniyat | Aktrisa Asal Shodiyeva pardozsiz va pardoz bilan (video) | O‘zbekistonga mahorat darslarini o‘tkazish uchun tashrif buyurgan mashhur vizajist Goar Avetisyan Asal Shodiyevaga o‘zgacha ko‘rinish yaratdi. Bu boradagi video Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “MyDay.uz” sahifasiga joylashtirildi. | 56 | 229 |
Madaniyat | “AJDODLARIMIZ YaRATGAN MEROSLAR XALQIMIZGA QAYTARILMOQDA” | Bugun 28 noyabr kuni Toshkentda O`EOAVMAning “Media hall”ida o`z ishini boshlagan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida ishtirok etgan Temuriylar davlat tarixi muzeyi bo`lim mudiri, tarix fanlari doktori Abdumajid Madraimov loyiha bo`yicha o`z fikrini bildirdi:
— Bugungi madaniy tadbir O`zbekiston va jahon madaniy hayotida alohida o`rin tutadi. Boisi ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan madaniy merosimiz na`munalari chet ellardan topib, nusxalari xalqimiz va jahon madaniy ziyolilariga qaytarilmoqda. Bu esa O`zbekiston va jahon madaniy hayotida shu vaqtgacha bo`lmagan voqea. Mazkur loyihaning yana bir qimmatli tomoni shundaki, o`zbek va turli davlatlar olimlari, jamoatchilik tashkilotlari ham birgalikda faol elkama-elka ishlamoqda. Mustaqillikdan avval yurtimizdan olib ketilgan boyliklarni xalqimizga qaytarilishi shunday buyuk merosni yaratgan ajdodlarning avlodi ekanimizni eslatib turadi. Va ularga munosib ravishda buyuk ishlar qilishimiz kerakligini ko`rsatadi.
Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV | 57 | 1,106 |
Madaniyat | Lola va Yigitali “Sog‘indim” klipi yuzasidan muxlislarning e’tirozlariga javob berdi | Muxlislarning “Lola dugonasining turmush o‘rtog‘i bilan ehtirosli sahnalarda chiqishi shartmidi?”, “Nega aynan Yigitali?” kabi savollariga javob olish uchun “Darakchi.uz” xonanda Lola Yo‘ldosheva va aktyor Yigitali Mamajonov bilan bog‘landi va ularning javoblarini e’lon qildi.
“Menimcha shaxsiy hayot va ishni bir-biriga aralashtirish to‘g‘ri emas. Agar muxlislar klipdagi voqealarni sinchkovlik bilan kuzatgan bo‘lsa, men bundan faqat xursand bo‘laman, demak, biz vazifamizni uddalabmiz. Bizning sohada aktyorlik muhim o‘rin tutadi. Nega aynan Yigitali bilan hamkorlikda ijod qilganimizga kelsak, biz bir necha yil ilgari partnyorlikda klip ishlagan edik. Va Yigitali ilk muvaffaqiyatli rolini ham aynan mening qo‘shig‘imga ishlangan klipda ijro etgandi”, — dedi Lola.
Yigitali Mamajonov esa o‘z fikrini quyidagicha izhor etdi: “Biz kasbimizdan kelib chiqqan holda rol ijro etdik, xolos. Men aktyorman va berilgan vazifani bajarishim shart. Odamlarning gap-so‘zlariga esa anchadan buyon ahamiyat bermay qo‘yganman”.
Eslatib o‘tamiz, Lolaning yangi “Sog‘indim” klipi muxlislarning e’tirozlari va keng muhokamasiga sabab bo‘lgan edi. | 84 | 1,134 |
Madaniyat | “Senimi, shoshmay tur!”dagi Bo‘ri jinsi va krossovka kiyib oldi. “Soyuzmultfilm” afsonaviy multfilmni qayta taqdim etishga tayyorlanmoqda | “Senimi, shoshmay tur!” multfilmidagi Bo‘rining 50 ta yangi variant taqdim etildi. U o‘z imijini o‘zgartirib, ancha zamonaviylashdi, deb xabar beradi Esquire.
“Mashhur epopeya qayta taqdim etilmoqda: Bo‘ri va Quyon zamonaviy qiyofaga ega bo‘ladi va ular 3D-texnikalar yordamida yaratilgan. Kulrang salbiy qahramon obrazini tanlash uzoq vaqt oldi: tashqi ko‘rinishining 50, soch turmagining 18 va dumining 4 ta varianti tadqim etildi”, — deb yozadi Mash.
Ta’kidlanishicha, “Soyuzmultfilm” Bo‘riga ovoz berish uchun sinovdan o‘tgan aktyorlarga uning quyidagi suratini yuborgan:
Keyinroq “Soyuzmultfilm” bu yakuniy variant emasligini ma’lum qilgan.
“Yangi multserial rejissor Vyacheslav Kotyonochkin tomonidan yaratilgan mashhur klassik versiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri davomi bo‘lmagani sabab, loyihaning ijodiy guruhi zamonaviy grafik uslub qidirish bilan shug‘ullanmoqda. Xususan, hozirda Bo‘rining 50 dan ortiq turli eskizlari yaratilgan. Loyihaning dastlabki seriyalari ustida ishlar davom etmoqda”, — deydi studiya matbuot kotibi Marina Maligina.
Avvalroq “Soyuzmultfilm” rahbari Yuliya Slashcheva “Senimi, shoshmay tur!” multserialining yangi epizodlari zamonaviy tomoshabinlar uchun qayta taqdim etish rejalashtirilayotganini va u 52 qismdan iborat bo‘lishini ma’lum qilgandi.
“Prostokvashino” multfilmining yangi qismida pochtachi Pechkin ham uyda o‘tirishga qaror qildi | 137 | 1,377 |
Madaniyat | Comedy Woman rezidentlari Toshkentga keldi | Rossiyaning Comedy Woman yumoristik shousi rezidentlari O‘zbekistonga keldi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
Yekaterina Varnava, Natalya Yeprikyan, Yekaterina Skulkina, Marika Kravchenko, Marina Fedunkiv, Tatyana Morozova, Nadejda Sisoyeva, Oleg Vereshagin va Aleksandr Gudkov Toshkentda, “Xalqlar do‘stligi” saroyida o‘zining ko‘ngilochar dasturini taqdim etadi.
Yulduzlar tarkibi poytaxt aholisi va mehmonlari uchun a’lo kayfiyat ulashuvchi chiqishlar tayyorlagani bildirilmoqda. | 42 | 492 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.