folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Toshkentda Toto Kutunyo va Alessandro Safinalarning konserti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda | Tez orada madaniy hordiq olishni va jonli kuy-qo‘shiq shaydolarini ajoyib sovg‘a kutmoqda, deb yozadi MyDay.
Toshkentda dunyoga mashhur italyan xonandasi, bastakori Toto Kutunyo va opera xonandasi Alessandro Safinalarning konsert dasturi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mazkur ikki konsert dasturi ham O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Oltin Kuz” Xalqaro san’at festivali doirasida bo‘lib o‘tadi. Nashr ishonchli manbalarining xabariga ko‘ra, konsert qishning birinchi oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. | 86 | 552 |
Madaniyat | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov vafot etdi | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, ichki ishlar organlari faxriysi, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov 23-avgust, yakshanba kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
“Bu insonning faxriy sifatida yoshlar tarbiyasi, ularni vatanga muhabbat va burchga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari, shuningdek, san’atdagi ijodi nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari, balki san’atsevar xalqimiz tomonidan ham munosib qadrlanib, ularning nomi doimo hurmat-ehtirom bilan tilga olinardi.
Barchamiz sevib tinglaydigan ‘Sen bahorni sog‘inmadingmi?’ qo‘shig‘i bugun oradan yarim asrdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, hamon elimizning suyukli qo‘shig‘i sifatida yangrab kelmoqda.
Ustoz san’atkor, ichki ishlar organlari faxriysi, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronovning vafoti munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, Faxriylar kengashi va shaxsiy tarkibi nomidan marhumning oila a’zolari, qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi xabarda. | 90 | 1,031 |
Madaniyat | Riki Martin Demet O‘zdemirning folloveriga aylandi, Kenan Imirzalio‘g‘lu ota bo‘ladi. Turk kinosi yangiliklari | Turkiyaning yulduzlari hayoti haqida ularning Instagram sahifalari yoki matbuoti orqali yangi xabarlarni bilib olish mumkin. Marhamat, ularning bir nechtasi bilan siz ham tanishing.
Demet O‘zdemir
Demet O‘zdemirning Instagram sahifasidagi kuzatuvchilar soni 10,5 millionga yetdi. Aktrisa esa o‘zining Beykozda joylashgan hashamatli uyida yangi suratlari bilan bo‘lishmoqda. Ikki qavatdan iborat villada bog‘ va suzish uchun hovuz mavjud. Demet uyining garderobidan tortib to sport zaligacha biror narsani unutmagan. Epidemiya boshlangan vaqtda Demet uyda o‘tirishga chaqirgan fotosuratni Instagram sahifasiga joyladi. “Albatta, 500 kvadrat metrdan iborat uyda birgina odam qola oladi. Lekin maydoni 75 kvadrat metrlik uyda 5 kishi bilan qolib ko‘ring. Sizga buni gapirish oson”, deya muxlislardan biri unga izoh qoldirgan.
Umut Evirgen va Melisa Shenolsun
Tuba Buyukustunning sobiq sevgilisi Umut Evirgen va yosh aktrisa Melisa Shenolsun o‘rtasida “bomba portladi”. Umut Melisaning akasi Efejanni qabul qildi, bu esa Umutni ularning oilasiga kirganidan darak.
Jansu Tosun va Marsel
Jansu Tosun va Erkan Kolchak Kostendil o‘tgan oy Marsel ismli chaqaloqqa ota-ona bo‘ldi. Jansu ba’zida Instagram sahifasi orqali o‘g‘lining surati bilan bo‘lishib turadi va bu safar “Mening yangi ustozim. Kim biladi, sizdan nimalarni o‘rganamiz?” deb yozgan surati ko‘plab izohlarga sabab bo‘ldi.
Jansu insonlarni yangilik bilan quvontirish bilan birga qayg‘uli voqea haqida ham xabar berdi. Aktrisaning buvisi shifoxonada ekanligi va unda COVID-19 aniqlanganini ma’lum qildi. Jansu barchani ehtiyot choralarini unutmaslikka chaqirgan. “Ba’zida biz epidemiyani tugagan deb hisoblaymiz, ammo u yo‘q bo‘lib ketmagan, tarqalishda davom etyapti”, — deydi aktrisa.
Zaynab Tugche Bayat va Jansel Elchin
View this post on Instagram
Zaynab Tugche Bayat va Jansel Elchin turmush qurdi. Juftlik ilk bora suratga olish maydonchasida uchrashgan va uch yil davom etgan munosabatdan so‘ng oila qurishga qaror qildi. Nikoh marosimi Narko‘y ekologik mehmonxonasida, ochiq havoda o‘tkazilgan. Taklif etilganlar orasida kelin va kuyovning yaqin do‘stlari va qarindoshlari ham bor.
Riki Martin va Demet O‘zdemir
Matbuotda aktrisa Demet O‘zdemirning yangi kuzatuvchisi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xonanda Riki Martin aktrisaning folloveriga aylandi.
O‘nur Saylak
Onur Saylak “Bobil” serialining ssenariysi ustida ish boshladi.
Sinem Kobal va Kenan Imirzalio‘g‘lu
Sinem Kobal va Kenan Imirzalio‘g‘li ota-ona bo‘lishga tayyorlanmoqda. Juftlik shifokor ko‘rigidan o‘tgan. “Hayajon bor. Shukrki, barchasi joyida. Qizimiz bilan uchrashish uchun ikki oy qoldi”, — deydi Kenan. | 110 | 2,659 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva: Biz qadrimizga yetmaydigan insonlarga ko‘proq mehr beramiz | Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasiga yozib qoldirgan so‘zlari “Darakchi.uz” nashrining e’tiborini tortdi.
Biz ko‘pincha ko‘ngilsizliklarda atrofimizdagi yaqin insonlarni ayblaymiz. Lekin bir narsani sira ham unutmasligimiz darkor, tushkun kayfiyatimizga atrofimizdagilarni mutloq aloqasi yo‘q. Yagona aybdor bu o‘zimiz, chunki biz qadrimizga yetmaydigan insonlarga ko‘proq mehr beramiz, qadrimizga yetadigan insonlarga esa e’tibor ham bermaymiz. Suyganimiz mehrsiz-u, suymaganimiz mehrli, biroq buni anglab yetmaymiz. E’tiborsizlar uchun har narsaga tayyormiz-u, biroq e’tiborlilar oldida e’tiborsizdekmiz.
Oqibatda esa qadrlaganimiz oldida shunchalar qadrsizlanamizki va bu tushkun kayfiyatda boshqa birovlarni ayblaymiz. Shu ham adolatdanmi? Axir, barchasiga faqat o‘zimiz aybdormiz-ku. Shunchaki bizni yaxshi ko‘rganlarni ulardanda ko‘proq yaxshi ko‘raylik, bizni qadrlaganlarni qadrlaylik, bizni eslaganlarni eslaylik. Shunda barchasi biz kutganimizdek bo‘ladi.
Munisa Rizayeva, xonanda | 75 | 1,005 |
Madaniyat | Bir aktyor ham ijobiy, ham salbiy rolni ijro etgan hind filmlari (foto) | Bollivud kartinalari tomoshabinni butunlay hayratga solishi tabiiy: ajoyib qahramon va dialoglar, yoqimli raqs va qo‘shiq yoki kutilmagan yakun. Shu bilan bitta aktyor ijobiy va salbiy rollarni ijro etgan kinolari alohida qiziqish uyg‘otadi.
“Qiyofadosh” filmidagi Shohrux Xon
Filmdagi sodda yigit Bablu mehmonxonaning bosh oshpaziga aylanishni orzu qiladi. Shuning uchun ham ularning biriga ishga joylashadi. U yerda mehmonxona boshqaruvchisi Sonani uchratadi. Ammo muammo shundaki, Bablu ikki tomchi suvdek o‘xshash qamoqdan qochib ketgan qaroqchi Manuga o‘xshaydi. Bundan xabar topgan Manu Babluning o‘rnini egallashga harakat qiladi va shu tariqa politsiyadan yashirinadi.
Film premyerasi 1998-yilda bo‘lib o‘tgan. O‘sha vaqtgacha Shohrux Xon romantik rollar ijrochisi sifatida tanilgan edi. Shuning uchun ham uning jinoyatchi sifatida ko‘rinishi tomoshabin uchun yangilik bo‘ldi. Yana shunga o‘xshash holatni “Muxlis” filmida ham ko‘rish mumkin. Ushbu kartinada muxlis o‘zining sevimli xonandasiga nihoyatda o‘xshash. Ammo film ssenariysiga ko‘ra ikkala obraz ham salbiy xarakterga ega.
“Robot” filmidagi Rajinikant
Doktor Vasigaran yaratgan noyob robot jang qiladi, qo‘shiq kuylaydi, raqsga tushadi, olovga chidamli hamda suv o‘tkazmaydi. U inson qila oladigan barcha ishni amalga oshiradi. Robotning ismi Chitti. Bir kuni Vasi unga insoniy his-tuyg‘ularni qo‘shishga qaror qiladi. Shundan so‘ng robot Vasining kelinini sevib qoladi.
Aytgancha, robot olimning o‘ziga o‘xshash tarzda yaratilgani uchun ikkisini ham Rajinikant ismli aktyor ijro etgan. Shuni ta’kidlash kerakki, film Bollivudda emas, balki Kollivudda suratga olingan.
“Tinchimagan egizaklar” filmidagi Govinda
Govinda o‘zini iste’dodli komik aktyor sifatida namoyon qilgan. U “Tinchimagan egizaklar” filmida tomoshabinni boshidan oxirigacha kuldirishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsada, salbiy rolni ham ijro etishi kerak bo‘lgan.
Sher Singx – tanilish niyatida Mumbayga kelgan yosh ssenariynavis. Ammo u dastlab avtosalonda ishlashga majbur bo‘ladi. Mumbayda qahramon boy oilaning qizi Nisha bilan uchrashadi. Sher o‘zini Shekxar deb tanishtiradi. Juftlik turmush qurishga qaror qilganidan so‘ng yigitning onasi o‘g‘lini qishloqqa chaqiradi. Qishloqqa borgan Sher singlisini turmushga chiqayotganini biladi, ammo kuyov shart qo‘ygan edi: unga ko‘ra, Sher yoshligida kuyovning opasi unashtirilgan Svitiga uylanishi kerak edi. Sherning oldida ikki yo‘l singlisining baxti va Nisha turar edi. U birinchisini tanlaydi va shaharga qaytganidan so‘ng Nishani otasining do‘stining o‘g‘liga majburlab uzatayotganini biladi. Nisha Sher bilan turmush qurishni, aks holda o‘zini o‘ldirish bilan qo‘rqitadi. Natijada Sher ikki oilali erkakka aylanadi. Ko‘p o‘tmay ikki ayol ham o‘g‘il ko‘radi. Voqealar davomini bilish uchun filmni albatta, tomosha qilish kerak.
“Millionerning qiziga uylanmoqchiman” filmidagi Paresh Reval
Amir Xon va Salmon Xon Hindistonga millionlab boylikka ega kelin kelayotgani haqidagi maqolani o‘qib qoladi. Qahramonlar ikki qizning joylarini hazillashib alamshtirishga qaror qiladi. Ularning biri Ravina – millionerning qizi, ikkinchisi Karishma – uning dugonasi bo‘lib chiqadi.
Paresh Raval filmda ikki egizak rolini ajoyib tarzda ijro etgan. Birinchisi Ram Gopal Bajaj va ikkinchisi yovuz Teja. Teja boylikka erishish uchun akasini o‘g‘irlab ketadi va film davomida barchani aldaydi, chunki egizaklarni hech kim ajarata olmas edi. | 71 | 3,415 |
Madaniyat | Ozod Shamsning “Yetti olam” filmi premyerasi 12-sentabrda bo‘ladi | Yosh rejissor Ozod Shamsning navbatdagi “Yetti olam” deb nomlangan filmi katta ekranlarga chiqish arafasida, deya xabar bermoqda “PopCorn.uz”.
Film premyerasi 12-sentabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “13-sentabrdan yurtimiz kinoteatrlarida filmni tomosha qilish imkoniga egasiz”, — deyiladi sayt xabarida.
“Yetti olam” kartinasining bosh qahramonlari obrazini aktrisa Zarina Nizomiddinova va Alisher Usmonov yaratgan.
Filmda, shuningdek, Muhammadiso Abdulxairov, Murod Rajabov, Sitora Alimjonova, Oydin Yusupova, Aziza Begmatova, Habibullo Nizomov, Umid Iskandarov, Rajab Adashev, Zuhra Soliyeva kabi aktyorlar ham qatnashgan. | 65 | 633 |
Madaniyat | Apple Ayzek Azimovning trilogiyasi asosida serial suratga oladi | Apple kompaniyasi Ayzek Azimovning “Asos” nomli ilmiy-fantastik trilogiyasi asosida serial suratga oladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, serialni yaratish ishlari bilan Skydance Television studiyasi shug‘ullanadi. “Asos” yettita kitobdan tashkil topgan asar hisoblanadi. Biroq unda asosiy o‘rinni 1951—1953-yillarda chiqarilgan dastlabki trilogiya egallaydi.
“Asos”ning voqealari alternativ Koinot — Galaktika Imperiyasida bo‘lib o‘tadi. Unda odamlar Somon yo‘lidagi turli sayyoralarda yashaydi.
Serialning ijrochi prodyuseri va ssenariy muallifi Devid Goyer hamda Josh Fridman hisoblanadi. | 63 | 622 |
Madaniyat | Respublika bo`ylab kinokarvon safarlari boshlandi | Kinematografiya agentligi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tashabbusi bilan Respublika hududi bo`ylab taniqli kinoijodkorlardan iborat an`anaviy kinokarvon safarlari boshlandi.
Mazkur tashabbus “Milliy kinematografiya – Yangi O`zbekiston timsoli” kino oyligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Kinokarvon safarlari davomida respublikaning ko`plab hududlaridagi kinoteatr va madaniyat markazlarida bepul filmlar namoyishlari, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, fotosessiyalar tashkil etiladi. | 49 | 511 |
Madaniyat | Xonanda Tamila Instagram’dagi sahifasini o‘chirdi va Qozog‘istonga ko‘chib o‘tdi | Instagram’da Tamilani kuzatib borayotgan 114 mingdan ortiq foydalanuvchilarning aksariyati xonandaga haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilib, uni hayosizlikda aybladi. Bu haqda “Qalampir” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Instagram’dagi sahifasi (@tamilaofficial)dagi barcha suratlarni o‘chirib, sahifa manzilini @kassauz deb o‘zgartirib qo‘ygan.
“Ma’lumotlarga qaraganda, Tamila ayni damda Toshkentdan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan”, — deyiladi nashr xabarida.
Bir muddat avval Tamila taxallusi bilan ijod qiluvchi Esmeralda Rahmatovaning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuv messenjerlarda tarqalib ketgandi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri Najob Agzamov u bilan shartnomani bekor qilgani ma’lum bo‘lgandi.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov bu mavzu yuzasidan choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan. | 80 | 857 |
Madaniyat | Firibgarlar Ulug‘bek Rahmatullayevning 2013-yilgi konserti yozilgan DVD disklarni 2014-yilgi konsert sifatida sotayotgani aniqlandi | Oktyabr oyida o‘zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan Ulug‘bek Rahmatullayev o‘z muxlislarini bir voqeadan ogoh etish istagi boriligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Popcorn.uz”.
Ulug‘bek Rahmatullayevning konsertidan avval soxta taklifnomalar tarqalib ketgani haqida xabar berilgan edi. Ana shunga o‘xshagan firibgarlik yana sodir bo‘ldi, deyiladi xabarda.
“Xonandaning muxlislari ayni vaqtda yaqinda taqdim etilgan ‘Shirin orzu’ nomli konsertni videodisklarda tomosha qilishga shoshayotganligi sir emas. Bundan foydalangan soxta ‘tadbirkorlar’ esa xonandaning o‘tgan yilgi konsertini aynan bu yilgi, ya’ni 2014-yilgi konsert dasturi sifatida sotishayotganligiga guvoh bo‘ldik. Bu holat Ulug‘bek Rahmatullayevni ham biroz g‘azablanishga majbur etdi. Shu sabab 2014-yil taqdim etilgan konsertning videotalqinini tez fursat ichida tayyorlashga qaror qildi”, − deb yozadi “Popcorn.uz”.
Xabarda aytilishicha, shu hafta ichida Ulug‘bek Rahmatullayevning “Shirin orzu” deya nomlangan konsert dasturining DVD disklari sotuvga chiqadi. Maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan disklarni do‘konlardan qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, shu nomdagi yangi albom ham taqdim etilishi kutilmoqda. Audioalbomdan xonandaning eng so‘nggi yaratilgan yangi taronalari joy olgan. | 131 | 1,279 |
Madaniyat | Instagram: Serialdagi partnyoriga turmushga chiqayotgan aktrisa, kiyim do‘konini ochgan Davron Kabulov, barmog‘i “uzilib ketgan” Durdona Qurbonova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
AQShda istiqomat qiladigan xonanda Otabek Madrahimov qizini tug‘ilgan kuni bilan ta’sirli tarzda tabrikladi.
“Elchining qizi” seriali yulduzi Engin Akyurek Instagram’dagi sahifasiga yangi surat joyladi.
Teleboshlovchi va yosh aktrisa Madina Nig‘matullayeva “Omonat” serialidagi partnyori Mahmud Tursunovga turmushga chiqmoqda.
Bahora Arslonova “Qo‘rquv” deb nomlangan serialda bosh rolni ijro etadi.
Davron Kabulov va “Million” kulgi jamoasining “Million wear” deb nomlangan kiyim do‘koni ochildi.
Bollivud aktrisasi Dia Mirza ilk marta ona bo‘lishini ma’lum qildi.
Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva “Parixona” deb nomlangan serialda juftlik rolini ijro etmoqda.
Gulchehra Eshonqulovaning turmush o‘rtog‘i Sharof Sharopov farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsertida muxlislari tomonidan taqdim etiladigan yuzlab guldastalarni nima qilishi haqida so‘zlab berdi.
Barmog‘i “uzilgan” Durdona Qurbonova, “tishi singan” Dilniyoz G‘afforov, qarib qolgan Diyorbek Sa’dullayev: Aktyorlar suratga olish jarayonlarida grim yordamida qanday o‘zgartirilishi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda ommalashmoqda. | 146 | 1,315 |
Madaniyat | Amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopes qallig‘i Aleks Rodriges bilan ajrashganini ma’lum qildi | Jennifer Lopes va Aleks Rodriges munosabatlariga nuqta qo‘yganini rasman e’lon qilib, do‘st bo‘lib qolishga qaror qildi.
“Do‘st bo‘lib qolganimiz yaxshi deb o‘yladik. Birga ishlashda va ish bilan aloqali masalalarda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Bir-birimiz va farzandlarimizga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz. Shuningdek, iliq so‘zlar aytgan va qo‘llab-quvvatlagan hammaga minnatdorchiligimizni izhor qilamiz”, — degan juftlik.
View this post on Instagram
Ma’lumot uchun, 2017-yildan uchrashishni boshlagan 51 yoshli Lopes va 45 yashar Rodriges 2019-yilda unashtiruv haqida e’lon qilgan. Shu yili o‘tkazish rejalashtirilgan to‘y pandemiya sabab noma’lum vaqtga surilgan edi.
Xonanda Jennifer Lopes bundan avval uch marta —menejer Oxani Noa, raqqos Krsi Jadd va Mark Entonilar bilan oila qurib ajrashgan va ikki marta farzandli bo‘lgan. Sintiya Skertis bilan turmush qurgan Rodrigesning ham ikkita farzandi bor.
Aleks va Jenniferning munosabatlari yomonlashgani va ularning ajrashgani haqidagi mish-mishlar bundan bir necha hafta avval tarqalgan. Bunga Aleksning xiyonat qilgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu sportchi bilan bog‘liq birinchi holat emas.
Avvalroq Lopes bilan uchrashib yurgan vaqtida ham Aleksning bir nechta qizlar bilan munosabati bor ekanligi haqida ma’lumot tarqalgan, ammo qo‘shiqchi bu vaqtda bunday mish-mishlarga ishonmasligini ma’lum qilgan. | 103 | 1,406 |
Madaniyat | VII "Umut" kinofestivalida o`zbek kinofilmlari iliq kutib olindi | Qirg`izistonda o`tkazilgan yosh kinoijodkorlarning VII "Umut" kinofestivali yakuniga etdi. Festivalda o`zbekistonlik yosh kinorejissyorlar Ilhom Haydarov “O`g`ri”, Husniddin Boymatov “Dunyodagi eng go`zal surat” nomli qisqa metrajli filmlari bilan ishtirok etishdi.
Festivalda o`z filmlarini namoyish qilgan yosh ijodkorlar bu ishtirok ular uchun o`ziga xos tajriba maydoni bo`lganini, ya`ni zamonaviy kino qay yo`nalishda harakatlanayotgani, boshqa kino maktablari qanday filmlar yaratayotganiga guvoh bo`lganini ta`kidlashdi, deb xabar berdi "O`zbekkino".
Festivalda hakamlar hay`ati a`zosi sifatida qatnashgan kinoshunos, ssenarist Elmira Hasanovaning ma`lum qilishicha o`zbekistonlik yosh rejissyorlar Ilhom Haydarov hamda Husniddin Boymatovning filmlari hakamlar hay`ati va ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olingan. E.Hasanova mazkur kinoforumda o`zbekistonlik ishtirokchilar nafaqat diplom va sovrinlarni, balki asosiy "sovrin" – orttirilgan tajriba va yangi do`stlar bilan tanishish, fikr almashish imkoniyatini qo`lga kiritishdi.
Festivalda London kinomaktabi bitiruvchisi ozarbayjonlik yosh ijodkor O`rxan Og`azodaning "Stullar" nomli qisqa metrajli filmi "Eng yaxshi film" deb topildi.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yili ushbu kinofestivalda yosh kinorejissyor Shokir Xoliqov "Choy" filmi bilan ishtirok etib, 2 ta nominasiya bo`yicha mukofotni qo`lga kiritgan edi.. | 64 | 1,378 |
Madaniyat | San’at ahlidan bayram tabriklari, Asaldan hayitlik olgan Muqaddas, adras kiyimdagi Neslihan Atagul. Instagram yangiliklari | 31-iyul kuni jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
San’at ahli muxlislarini Qurbon Hayiti bilan muborakbod etmoqda.
Turkiyalik aktyor Murat Yildirim va uning rafiqasi Iman Elbani kuzatuvchilarini bayram bilan tabrikladi.
View this post on Instagram
Nilufar Usmonova sinovli kunlar tezroq ortda qolib, bayramlarni avvalgidek katta tantana bilan nishonlash nasib etishini tiladi.
View this post on Instagram
Turkiyada suratga olinayotgan serialda band bo‘lgan Rayhon Ulasenova sahifasiga she’riy tabrik qoldirdi.
View this post on Instagram
“Mendirman” serialida suratga tushayotgan bir guruh o‘zbekistonlik aktyorlar bayramni Turkiyada nishonladi.
View this post on Instagram
Mavluda Asalxo‘jayeva ham muxlislariga videotabrik yo‘lladi.
View this post on Instagram
Ziyoda Hayitga o‘zi pishirgan pishiriqlar rasmi bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Xonanda Shirin Hayitda milliy kiyimda ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Turkiyalik yigitga turmushga chiqqan aktrisa Nargiza Salmonova ham folloverlarini bayram bilan tabriklashni unutmadi.
View this post on Instagram
Muqaddas Sa’dullayeva va uning qizi Sa’diya aktrisa Asal Shodiyevadan hayitlik oldi.
View this post on Instagram
Rayhon ham folloverlarini bayram bilan qutlab, ezgu tilaklarini izhor etdi.
View this post on Instagram
Shahzoda Muhammedova “Nega qaynota va qaynonangiz bilan tushgan suratlaringizni ko‘rsatmaysiz?” deya savol beradigan folloverlari uchun qaynonasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Instagram’da kamnamo bo‘lgan xonanda Sevinch yangi surat bilan muxlislarini xushnud etdi.
View this post on Instagram
Turkiyalik taniqli aktrisa Neslihan Atagul adras nusxali kiyimda tushgan suratini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram | 122 | 2,076 |
Madaniyat | Xyu Jekman va Patrik Styuart Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi | Aktorlar Xyu Jekman va Patrik Styuart Ginnesning rekordlar kitobiga Marvel kinosida eng uzun karera qilgan super qahramon sifatida kirdi deya xabar beradi “Zakon.kz”.
Ular ilk bor Rosomaxa va Professor rollarida 2000-yilda “Lyudi Iks” filmida ekranga chiqqan. Ularning rasmiy karyerasi 16 yil-u 228 kun davom etgan. Aktorlarning ismi 2020-yilda chop etiladigan Ginnesning rekordlar kitobiga kiradi.
Xyu Jekman Rosomaxa rolini o‘ynagan so‘nggi film bu “Logan” bo‘ldi.
Aktyor boshqa ushbu qahramonni gavdalantirmasligini ma’lum qilgan, ammo hamkasbi Rayan Reynoldsning ko‘ndirishidan so‘ng u bo‘lg‘usi kinokomikslardagi epizodlardan birida chiqishi mumkinligini ma’lum qildi.
Welcome to the family, @RealHughJackman. Congratulations on your record-breaking @Marvel career as Wolverine. pic.twitter.com/p59RjWxQT1
— Guinness World Records (@GWR) February 20, 2019 | 64 | 861 |
Madaniyat | Instagram: O‘zbekistonga qaytgan Zarina Nizomiddinova, Ra’no Shodiyeva qizini unashtirdi, Bahora Arslonova oilasida judolik | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Turk aktyori Burak O‘zchivit katta baliq tutdi.
Bir yildan ko‘proq vaqtdan beri Rossiyada yashayotgan aktrisa Zarina Nizomiddinova Toshkentga keldi.
Adiz Rajabov folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Aktrisa Ra’no Shodiyeva o‘g‘li Diyorning to‘yidan keyin qizi Raxshonani ham unashtirdi.
Luiza Rasulova qora rangli obrazida tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Zo‘r TV telekanalida Murod Xonto‘rayev haqidagi lavha efirga uzatildi. Lavhada marhum sportchining ota-onasi uni xotirladi, jumladan, uning onasi o‘g‘li tomonidan berilgan so‘nggi sovg‘ani ham ko‘rsatdi.
Yigitali Mamajonov Muqaddas Sa’dullayeva va qizi Sa’diya bilan tushgan suratini “Mening quvonchlarim” deb izohladi.
Asl kasbi astronom bo‘lgan Shahlo Zoirova diplomli san’atkor bo‘lishga ahd qildi hamda san’at institutiga hujjat topshirdi.
Bahora Arslonovaning akasi vafot etdi.
Samandar Hamroqulov “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida marhum aktrisa Gavhar Sharipovani talabalik paytida sevgani haqida so‘zlab berdi.
Shahzoda Matchonova erta tongdan qizalog‘i bilan sayrga chiqdi.
Sitora Farmonova fotosessiya uchun kelinlik libosini kiydi.
Munisa Rizayeva yangi qo‘shig‘iga ishlanayotgan klipda yangicha obrazda namoyon bo‘ladi. | 123 | 1,366 |
Madaniyat | Gollivudning yirik ovoz rejissyori o`zbek filmida ishlayapti | Rossiyaning Dolby Atmos ovoz yozish studiyasida okean ortidan kelgan mehmon, amerikalik ovoz rejissyori Geri Burjua faoliyat yuritmoqda.
Uning filmografiyasidagi «Everestdan chang`ida tushgan odam” (“Chelovek, kotory spustilsya na ljax s Everesta”) nomli hujjatli film o`z vaqtida “Oskar”ga munosib ko`rilgan. Geri jahonga mashhur “Bornning ustunligi” (“Prevosxodstvo Borna”),“Ilk qasoskor” (“Pervy mstitel”), “Charli farishtalari” (“Angel Charli”), “Fantastik to`rtlik” (“Fantasticheskaya chetverka”) kabi yuzlab filmlarda ham faoliyat yuritgan.
Gollivudning eng mashhur ovoz rejissyorlaridan bo`lgan Geri ayni kunlarda yurtimizda ancha shov-shuvga sabab bo`lgan “SCORPION” filmida ham ishlayapti. E`tiborli tomoni shundaki, Geri bilan Rossiyaning “Mosfilm” kinostudiyasi eksklyuziv suhbat uyushtirib, uni o`z nashrlari va veb-saytida e`lon qilgan. Unda jumladan shunday deyiladi:
— Hozirgi kunda qaysi loyiha ustida ish olib boryapsiz?
— Meni o`zbekistonlik yosh rejissyor Muxlisa Azizova hamda prodyuser Oybek Abdushukurovlar suratga olgan “SCORPION” filmiga taklif etishdi. Bu sarguzasht jangari film bo`lib, Ivan Buryaev unga ajoyib musiqa yozgan. Rossiyalik ovoz rejissyorlari Aleksey Sinisn va Dmitriy Klimanovlar meni ham ushbu loyihaga taklif etishganda, rozi bo`ldim. “SCORPION” loyihasida men dialoglar va musiqaga javob beraman. Dmitriy Kliminov va Aleksey Sinisn esa ovoz effektlari hosil qilish vashovqinlarga mas`ul. Kartinada qurol-yarog`dan ko`p foydalaniladi masalan, zambaraklar, qilichlar. Rossiyalik hamkasblarimga qoyil qolish kerak, ular qurol-yaroqlarga yaxshi ovoz berishgan.
— 15 yoshimdan boshlab klublarda baraban chalardim. Bir umr musiqa industriyasi ichida bo`lganman desam ham bo`ladi. Kinoga 19 yoshimda kirib kelganman. Bu ikki sohani muvaffaqiyatli birlashtira olaman. Tajribam sabab yaxshi musiqasi bor filmlarga doim meni taklif qilishgan va men takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilganman.
— Karerangiz boshida faoliyat yuritgan “Everestdan chang`ida tushgan odam” nomli hujjatli filmingiz “Oskar”ga munosib ko`rilganda nimalarni his qilgandingiz?
— Bunga ancha bo`lgan, u paytlar yosh edim. Loyihada menga behad erkinlik berishdi, bu esa o`z navbatida katta mas`uliyat degani. Barcha shovqin tovushlarni biz o`zimiz yaratgandik, asosiysi, bu tovushlar tabiiy chiqishi kerak edi. Masalan, filmda qorni yalangoyoq bosib yurganda g`ichirlagan tovush kerak edi. Qorning tabiiy g`ichirlagan ovozini chiqarish uchun o`zim qorda oyoqyalang yurib, ovozni mikrofon orqali yozib olganman. Bu taassurotlar unutilmas. Yana filmda Tibet xalq musiqa asboblaridan foydalanilgan. Biz bu ovozni yozish uchun Everest bo`yida yashaydigan sherp (Sharqiy Nepalda yashovchi elat)larni taklif etganmiz. O`sha jamoa bilan butun umrga do`st bo`lib qoldik. Darvoqe, biz film qahramoni, 1970 yilda Everestdan chang`ida tushgan yaponiyalik Yuichiro Miuro ham uchrashganmiz. “Oskar” bilan taqdirlanamiz deb o`ylamagandik, hatto eng yaxshi hujjatli filmni suratga oldik debgan fikr xayolimizga ham kelmagandi. “Oskar” biz uchun kutilmagan tuhfa bo`ldi. Hamon u bilan faxlanamiz.
— Qaysi davlatlarda ishlagansiz?
— Dunyoning turli shaharlarida, Vankuver, Torontodan tortib Los-Anjelesgacha, Bogotodan tortib Evropaning ko`plab shaharlarida ishlaganman. Hatto Bolgariyaning va man yaqinda O`zbekistonning loyihasida ham ishladim.
— Siz ovoz rejissyorligi karerangizni musiqa industriyasida boshlagansiz, Bob Dilan, Jenis Joplin kabi mashhurlar bilan hamkorlik qilgansiz. Musiqadan kinoga o`tishingizga sabab nima?
Eslatib o`tamiz, “SCORPION” filmi O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olindi. “SCORPION”da bugungi kunning dolzarb muammosi – xalqaro jinoyatchilik mavzusiga yoshlar nigohi bilan qaralgan. Filmning premerasi haqida qo`shimcha axborot beriladi. | 61 | 3,919 |
Madaniyat | “Oskar — 2022” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi (foto) | Amerika kino akademiyasi “Oskar” mukofotining yangi sovrindorlarini e’lon qildi. 94-marotaba o‘tkazilgan tantanali marosim uch soatga yaqin davom etdi. E’tiborlisi shundaki, 2022-yil ilk bor haykalchalar tashkilotchilar tomonidan sakkiz nominatsiya bo‘yicha tadbir boshlanishidan avval topshirildi. Shuningdek, marosim tashkilotchilari Ukrainadagi harbiy harakatlar munosabati bilan bir daqiqa sukut saqladi.
Asosiy nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ro‘yxati:
Eng yaxshi film — “CODA: kar ota-onaning farzandi”
Eng yaxshi aktrisa — Jessika Chesteyn “Temmi Feyning ko‘zi”.
Eng yaxshi aktyor — Uill Smit “Qirol Richard”
Eng yaxshi rejissor — Jeyn Kempion “It qudrati”
Ikkinchi darajali eng yaxshi aktrisa — Ariana Debos “Vestsayd hikoyasi”
Ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor — Troy Kotsur “CODA: kar ota-onaning farzandi”
Eng yaxshi ssenariy — Kennet Brana “Belfast”
Eng yaxshi multfilm — “Enkanto”
Eng yaxshi xorijiy film — “Mashinamni boshqar”
Eng yaxshi qisqa metrajli film — “Uzoq xayrlashuv”
Eng yaxshi operatorlik ishi / vizual effektlar / montaj / ovoz / saundtrek / rassom-postanovka ishi — “Dyuna”
Eng yaxshi liboslar — “Kruella”
Eng yaxshi qo‘shiq — Billi Aylish “No Time To Die”
BAFTA-2022 mukofoti g‘oliblari aniqlandi (video) | 55 | 1,252 |
Madaniyat | Ketmoningiz uchadimi, yo‘qmi, sinab ko‘ring. Zulfiqor Musoqov filmlari bo‘yicha test | Bugun, 19-yanvar rejissor Zulfiqor Musoqov tavallud topgan kun. Rejissor 1958-yil Olmaliqda dunyoga kelgan. U tomonidan suratga olingan filmlar nafaqat o‘zbek muxlislari uchun sevimli, balki xorijiy kino mutaxassislar tomonidan ham e’tirofga loyiq deb topilgan. “Kichkina tabib”, “Oyijon”, “Osmondagi bolalar ”(1 va 2-qismlar) “Abdullajon”, “Bomba”, “Yaratganga shukur”, “Vatan”, “Qo‘rg‘oshin”, “Qovun”, “Xazonrezgi”, “Novda”, “Dadam betob” “Berlin-Oqqo‘rg‘on” filmlari shular jumlasidan. Rejissor 2003-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2006-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” unvoniga loyiq deb topilgan.
Quyida rejissor filmlaridan tuzilgan testni e’tiboringizga havola etamiz. Unda siz berilgan iqtibos va dialoglar qaysi filmdan ekanini topishingiz kerak bo‘ladi.
Test yuklanishini biroz kuting.
“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring.
Kinomanlar uchun:
Melomanlar uchun:
Siyosatga befarq bo‘lmaganlar uchun:
Boshqa mavzudagi testlar: | 84 | 965 |
Madaniyat | “Peshonamga to‘pponcha tirashgan”. O‘zbek xonandalari to‘ydagi mushtumzo‘rlar haqida so‘zlab berdi (video) | O‘zbek xonandalari faoliyati davomidagi eng qiyin, urush-janjallar bilan tugagan to‘ylari haqida gapirib berdi.
Bu haqda ular “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Xanjar biqinimga 2-3 sm kirgan edi”
Eski shaharda to‘y bo‘lgan, o‘shanda qo‘shiq aytib turganimda to‘yxonaga ustoz Xayrulla Lutfullayev kelib qoldilar. Menda shunaqa odat borki, ustozlar kelib qolsa, darrov qo‘shiq aytishni to‘xtataman, iloji bo‘lsa, ustozga choy quyib berib, yonlarida turaman. Endi Xayrulla aka kelib qolganlaridan keyin qo‘shiq aytishim g‘alati edi, qo‘shiq aytishni to‘xtatdim.
O‘sha vaqtda bitta bola keldi, Muhriddin akani ‘Qiz bola’ degan qo‘shig‘ini so‘radi. Xo‘p, ustozdan keyin aytamiz, dedim. Keyin borib burchakda o‘tirdim. Bu 90-yillardagi gaplar. Stolning burchagida o‘tiribman, haligi bola kelib yonimga o‘tirdi, yoz kuni edi, kostyum kiymaganman, yengi kalta ko‘ylakdaman. Qo‘lida xanjar. Uzun stul, u paytlarda uzun stul bo‘lardi, ko‘rpacha bog‘lab qo‘yilardi, to‘y hovlida bo‘lyapti, hovli esa kichkina. Xanjarni o‘ng tarafimga, jigar tomonimga tirab turib, nimaga aytmading qo‘shiqni, deyapti. Ustoz keldilar, hozir tugatsinlar, aytib beraman, dedim. Nega hozir aytmading, deb gapga ko‘nmayapti. Borgan sari xanjarni biqinimga botiryapti. Najot izlayapman. Guruhimizdagi bir yigit to‘g‘rimda o‘tiribdi, vaziyatni bilib turibdi, ko‘rib ko‘rmaslikka olib, boshqa joyga qarab turibdi. Uning bu ishi rosa alam qilgandi. Sekin borib, to‘y egasini aytib kelsa bo‘lardi-ku. U esa yuzini burib, ko‘rmaganga olib turibdi. Nima bo‘lsa bo‘ladi endi, dedim.
Shu paytda bizni kimdir ko‘rib qoldi, to‘y egasi obro‘li kishi ekan, xanjarli yigitni yoqasidan ushlab, ko‘chaga chiqarib tashlashdi.
Lekin o‘shanda xanjar biqinimga 2-3 sm kirgan edi. Allohga shukr qilaman, o‘sha payt sekingina kelib, xanjarni bir suqib ketishi ham mumkin edi, Alloh o‘zi asradi. Birga yurgan odamlarimizning ham asl yuzini ko‘rganmiz. Hayotda shunday vaziyatlar ham bo‘larkan.
Anvar G‘aniyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
“‘Jiguli’mizga mix qoqib qo‘yishgan”
To‘ydagi janjalli vaziyatlar avvallari ko‘p bo‘lgan. Bir to‘yda avval kelin tomonda ashula aytishimiz kerak bo‘lib qoldi. Qo‘shiq aytib turibmiz, bizga berilayotgan pullarni orqamizda turib, bizga bosim qilib olib turishdi. Xizmatni tugatib chiqsak, Olim aka degan sozandamizning yangi ‘Jiguli’sining eshigiga mix qoqib qo‘yishgan ekan. O‘zi o‘sha to‘yga aytganida kuyov bolaning qo‘li jarohatlangan edi, o‘shandan ham sezmagan ekanman. Shu voqeadan keyin aynan o‘sha hududdagi xizmatga bormaydigan bo‘lib ketganman. Hozir esa ahvol yaxshi, Ichki ishlarimiz borligi uchun to‘ylarimiz urush-janjalsiz o‘tadi.
Jaloliddin Usmonov, xonanda
“‘Talpa’da qolishimga oz qolgan”
‘Birrov’ xizmatlariga juda zo‘r chiqardim. ‘Nahotki’ni aytardim, ortidan ‘Tundan tonggacha’ning soundtreklarini aytardim. Uch-to‘rtta qo‘shiq aytib, chiqib ketardim. Juda yaxshi narxga chiqardim (kulib). Hozir ham chiqsam, yaxshigina narx qilib qo‘yaman.
2009—2010-yillar atrofida to‘ylarga chiqardim. ‘Birrov’ xizmatimning narxi 400-500 dollar atrofida edi. Meni ko‘pincha valsga chaqirishar edi. Unda ‘Nahotki’, ‘Oshiq yurak’ kabi qo‘shiqlarimni aytardim.
To‘yda odamlar sizga yetib qoladi-da. Bilasizmi, san’atkor qayerdadir baribir sirligicha qolaverishi kerak. Kuniga to‘rtta to‘yga chiqsangiz, to‘yda 500 tadan odam bo‘lsa, ikki mingta odam har kun sizni ko‘ryapti. Bu degani 10 kunda 20 ming, bir oyda 60 mingta odam ko‘radi degani.
Bizda to‘ylarimizda katta-katta artistlarni ham xo‘rlashganini, kaltak yeyishganini ham eshitganmiz.
Oxirgi chiqqan to‘yimni eslayman. Bir kunda ikkita voqea bo‘lgan. To‘yda ashula aytib turganimda bir odam bolasini ko‘tarib oldimga keldi. Bolachasining qo‘liga 500 so‘mmidi yoki 200 so‘mmi pul turibdi. Pul qistiryapti, to‘yga kelgansan, kim bo‘lishidan qat’i nazar, pulni olasan, baribir artistsan, olasan. Hamma syomka qilib turibdi, meni ham monitorda katta qilib ko‘rsatib turibdi. Anavi bolacha qo‘lini uzatib, pulni berayotganida qo‘limni cho‘zishim bilan pulini tortib oldi. Juda xijolat bo‘lib, yuragim shuv etdi. Juda mashhur vaqtlarim edi. Bu holat qattiq ta’sir qildi.
U to‘yxonadan chiqib, ‘Tekstilniy’ tomondagi boshqa to‘yxonaga kirdim. Sho‘x ashula aytib turibman, hamma o‘ynab turibdi. Hozir-ku ancha bosilganman, u vaqtlarda jahlim juda tez edi. Sho‘x ashula aytib turganimda bitta ‘xira’ kelib, sho‘xidan ayt, dedi, xo‘p, dedim. Yana bir necha marta kelib, sho‘xidan ayt, deb turib oldi. Oxiri bo‘ynimdan ushladi, o‘zi avvalgi to‘ydagi voqea ta’siridan hali chiqib ketmaganman, mikrofonni tushirdim, fonogramma ketib turibdi, qo‘limdagi mikrofon bilan uning boshiga urdim, mikrofon ham chiyillab ketdi. Nariroqda ‘talpa’ guv etib qo‘zg‘aldi. Navbatchi guruh tanishim edi, mashinaga o‘tqizib yuborishdi. Shumi endi san’atkor, dedim. Bundan keyin to‘yga chiqmayman, deb qat’iy qaror qildim.
Hamma san’atkorlar mening do‘stlarim, og‘ir kunlarida doim yonidaman, xizmatidaman. Ochig‘ini aytaman, shunday holatlarga chidab, to‘yga chiqayotganlarga haykal qo‘yish kerak.
Alisher Uzoqov, aktyor, rejissor
“To‘y egasi musht urgan…”
Ancha yillar ilgari to‘yxonada qulog‘imga gapirgan odamni bir urib, yiqitganman. Chunki qulog‘imga juda baland ovozda gapirgan, qulog‘im chinqirib ketgan, o‘zim bilmagan holda urib yuborganman. Keyin uni olib ketishgan.
Yaypanda ham to‘y egasi meni tushunmasdan, musht urgan, men ham uni tushunmasdan, oyog‘im bilan urib yuborganman.
To‘yda gap-so‘zlarimiz odamlar uchun qiziq bo‘lsin, deb gapiraman. Ha, bo‘ldi endi, erkak kishi hadeb o‘ynayveradimi, davrani ayollarga bering, degan hazil gapimni tushunmay, musht tushirgan. U mushti ham menga tegmagan, mikrofonga tegib ketgani uchun ovoz kuchaytirgichda guf degan vahimali tovush chiqib, xuddi meni shunaqa urganga o‘xshab qolgan. Mening ham qiziqqonligim tutib, oyog‘imni ko‘tarishga majbur bo‘lganman. Lekin bir-birimizdan kechirim so‘rab, ishimizni davom ettirganmiz.
Abdujalil Qo‘qonov, xonanda
“Xalqlar do‘stligiga pistolet ko‘tarib kelib, ‘dolya’ so‘rashgan…”
To‘ylarda pichoq tiraganlar, qurol o‘qtalganlar bo‘lgan. Agar ‘Xalqlar do‘stligi’ saroyining tili bo‘lsa, aytadi, shu yerga pistolet taqib kelib, ‘dolya’ berasan, deyishgan. ‘Dolya’ kimga beraman, o‘tir mashinaga, yoniga birga boramiz, bermayman emas, beraman, faqat qo‘liga beraman, deb boshlig‘ining yoniga borganman. Borganimizdan so‘ng o‘sha pistolet ko‘tarib kelgan odam boshlig‘idan kaltak yegan.
Men osonlikcha jon bermas edim. Pistolet yoki pichoq tirashganda ham qo‘rqib o‘tirmas edim. Seni kislotaga tashlaymiz, deb qo‘rqitishlar ham bo‘lgan. Juda qoidasiz, qiyin vaqtlar edi.
Hozirgilarga bayram, hozirgilar g‘o‘ra ham emas, xom-xatala, hozirgilar jim o‘tirishsin, omon-omon zamonlarda yashashmoqda.
Kechki payt soat 18:00 da to‘y boshlanib, ertalabki soat 08:00 largacha to‘y bo‘lardi, ovozimiz chiqmay qolguncha qo‘shiq aytardik. Hozirgilarga bu borada juda ham oson, ularda hammasi oson va tez bo‘lib ketmoqda. San’at pirlik joy, halollikni xohlaydi, hamma aytadi san’atga ko‘pchilik kelib, ketib qoladi deyishadi, chunki san’at pirlik joy, halollikni xohlaydi.
Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq artisti | 106 | 7,162 |
Madaniyat | Instagram: Yulduz Hamidova qizini uzatdi, Ozodaning qo‘shig‘ini tinglab jon bergan ayol, Gulsanam Mamazoitova ikkinchi xotinlar dardini kuyladi | 13-oktabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova aktrisa Zarnigor G‘aniyeva bilan “Ikkinchi ayol” deb nomlangan qo‘shiq kuyladi.
View this post on Instagram
“Mendirman Jaloliddin” ko‘p qismli badiiy filmning ilk tizeri e’lon qilindi.
View this post on Instagram
“Kuz qanchalik sovuq bo‘lmasin, kimningdir bahori bo‘lish mumkin”, demoqda Shahlo Ahmedova.
View this post on Instagram
Zohirshoh Jo‘rayev otasi Sherali Jo‘rayev bilan tushgan suratini e’lon qildi.
View this post on Instagram
Muqaddas Sa’dullayeva vaqt o‘tib xotiralarni qadrlamaslik uchun hozir munosabatlarni asrash kerak ekanligini ta’kidlamoqda.
View this post on Instagram
Turk aktrisasi Neslihan Atagul yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Hosila Rahimova Istanbul shahriga uchib ketdi.
View this post on Instagram
Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
View this post on Instagram
Ozoda Nursaidova muxlislariga ta’sirli voqeani so‘zlab berdi. U xizmatda bo‘lgan to‘ydagi onaxon tantananing ertasi kuni vafot etibdi.
View this post on Instagram
“Bravo” kulgi jamosi vakili Shahlo Zoirova mashinada tez makiyaj qilish bo‘yicha layfxak bilan bo‘lishdi.
View this post on Instagram
Taniqli aktrisa Yulduz Hamidova Amerikada tahsil oladigan egizak qizlarining Zuhrasini turmushga uzatdi.
View this post on Instagram
Shahzoda Muhammedova Samsung kompaniyasining O‘zbekistondagi brend elchisiga aylandi.
View this post on Instagram | 143 | 1,808 |
Madaniyat | “Oddiy xalqning qonini ichasizlar”. Kaniza va YPX xodimi o‘rtasidagi tortishuv videosi tarqaldi (video) | Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Kaniza va YPX xodimi o‘rtasidagi tortishuv videosi tarqaldi. Ushbu videolavha “Yoshlar” telekanalining “Avtopatrul” ko‘rsatuvida efirga uzatilgan.
Kaniza 2-sentabr kuni Captiva avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan hamda “tonirovka” ruxsatnomasi muddati o‘tib ketgani aniqlangan.
“Avtotransport vositasiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tekshirgan paytimda ‘tonirovka’ ruxsatnomasi muddati 29-avgust kuni o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi. Haydovchiga avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib ketilishini aytsam, qarshilik qilyapti”, — deydi YPX xodimi.
Shu paytda suhbatga Kaniza ham aralashadi hamda savoli borligini aytadi.
“‘Tonirovka’ning muddati 29-avgustda o‘tib ketgan, bayram munosabati bilan 3 kun dam olish kuni berildi. Hatto koronavirusga ham analiz topshira olmadik, 2, 3-kuni ishlaymiz deyishdi. Bir kun o‘tib ketgani uchun qonimizni ichyapsiz, qo‘pol muomala qilyapsiz”, — deydi xonanda.
YPX xodimi suhbat bodikamerasiga yozilganini, qo‘pol muomala qilmaganini aytadi. “Bechora qolgan odamlar nima qilarkan-a? Oddiy xalqning qonini ichasizlar”, — deydi Kaniza.
Videolavha so‘ngida Kanizaning Captiva’si jarima maydonchasiga qo‘yilgani aytilgan. | 103 | 1,230 |
Madaniyat | O`zbekiston haqidagi kitob-to`plam nusxalari Peshovar universitetiga taqdim qilindi | Peshovar universiteti huzuridagi Alisher Navoiy markazida «H.E. Shavkat Mirziyoyev: A visionary statesman» (“Shavkat Mirziyoev: uzoqni ko`ra biladigan davlat arbobi”) nomli tahliliy maqolalar kitob-to`plami taqdimoti o`tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Islomoboddagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, kitob-to`plam diplomatiya missiyasi tomonidan Islomobod global va strategik tadqiqotlar markazi (GSTM) bilan hamkorlikda nashr etilgan bo`lib, unda Yangi O`zbekiston erishgan yutuqlar, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirilayotgan demokratik o`zgarishlar, ichki va tashqi siyosat, xususan, mintaqaviy va global tashabbuslar, jumladan, Toshkentda bo`lib o`tgan Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy o`zaro bog`liqligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiyada ilgari surilgan 10 ta tashabbusga bag`ishlangan 14 ta tahliliy material jamlangan.
GSTM ijrochi direktori Holid Taymur Akrom to`plam nusxalarini Peshovar universitetining Mintaqaviy (Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyo) tadqiqotlar markazi direktori, professor Shabir Ahmad Xonga topshirdi.
Professor Shobir Ahmad Xon Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida O`zbekiston mintaqadagi qudratli mamlakatga aylanganini ta`kidladi. Ekspert O`zbekiston rahbari tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyoning o`zaro bog`liqligini mustahkamlash bo`yicha ilgari surilgan tashabbuslarni alohida qayd etdi.
Shuningdek, u bunday akademik tashabbuslar ikki mintaqa madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy dinamikasini o`zaro anglash uchun zarurligini ta`kidladi.
Kitoblar Peshovar universiteti kutubxonasi va Alisher Navoiy markaziga topshirildi. | 83 | 1,628 |
Madaniyat | Tushkunlikka tushgan Lola, film uchun imijini o‘zgartirgan Bobur Yo‘ldoshev, chaqalog‘ini uyga olib chiqqan Asal. Instagram yangiliklari | 8-sentabr kuni jahon va o‘zbek san’ati yulduzlarining Instagram’dagi sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov halollik vaksinasi haqida mulohaza bildirdi.
View this post on Instagram
Rayhon yangi klipida milliy obrazda namoyon bo‘ladi.
View this post on Instagram
Turk aktyori Burak O‘zchivit yangi surat bilan folloverlariga ko‘rinish berdi.
View this post on Instagram
Xonanda Lola tug‘ruqdan keyingi tushkunlikni boshdan kechirayotgani hamda uni qanday yengish kerakligi haqida so‘z yuritdi.
View this post on Instagram
Xonanda Shohruhxon “Devona” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etadi.
View this post on Instagram
Asal Shodiyeva esa o‘g‘li bilan uyga chiqqanini ma’lum qildi. Yulduzli juftlik farzandiga Muhammad Yusuf deb ism qo‘ydi.
View this post on Instagram
Ulug‘bek Rahmatullayev ham yangi klipini taqdim etish arafasida.
View this post on Instagram
Shahlo Zoirovaning yangi suratlari muhokamalarga sabab bo‘ldi. Folloverlari uning qisqa vaqt ichida qanday ozgani bilan qiziqmoqda.
View this post on Instagram
Aktyor Bobur Yo‘ldoshev rejissor Zulfiqor Musoqovning “Alvido, ssenarist” filmi uchun imijini tubdan o‘zgartirdi.
View this post on Instagram | 136 | 1,384 |
Madaniyat | Yana bir aktyor “Elchining qizi”ni tark etmoqda | “Elchining qizi” serialida barcha voqealarni o‘zgartirayotgan “shamolning esishi” davom etmoqda. Serialni aktyorlardan yana biri − Bulent Shakrak tark etadi. Bu haqda “KinoTeka” xabar berdi.
Bu safar loyihani tark etish navbati Bulent Shakrakka keldi. Birsen Altantashning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilning 15-fevral kuni serialning 40-qismida tomoshabinlar serial qahramoni – Qahramon Boz bilan xayrlashadi.
Bulent serialda suratga tushish jarayonida uning rafiqasi va bolalari ham yaqin bo‘lish niyatida bir muddatga Bodrumga ko‘chib kelgan edi. Biroq aktyorning rafiqasi Jeyda Duvenji “Yotoqxona” teleserialining suratga olish ishlari uchun Istanbulga qaytishga majbur bo‘lgan. Hamma narsaning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lganidek, hech bo‘lmaganda Bulent yana oilasining yonida bo‘ladi.
Ayni paytda “Elchining qizi” sujeti keskin o‘zarishda davom etmoqda. Aktrisa Tuba Buyukustunning Mavi sifatida namoyon bo‘lishi tufayli yangi voqealar boshlandi. Yangi sujet uchun esa, albatta, yangi qahramonlar kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neslihan Atagul salomatligida muammo borligi tufayli loyihadagi ishtirokiga nuqta qo‘ygan edi. Shundan so‘ng serialda Menekshe rolini ijro qilgan aktrisa – Tulin Yazkan hamda Sahra obrazida namoyon bo‘lgan Deniz Ishin ham loyihani tark etgan. Keyinchalik Gediz rolini ijro etgan aktyor Uraz Kaygilarog‘lu ham loyihadagi faoliyatini yakunladi. Serialda Elvan rolini gavdalantirayotgan aktrisa Hivda Zizan Alp ham tark etishi haqida ham ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on “Elchining qizi” serialini maxsus mukofot bilan taqdirlagani haqida xabar berilgandi.
Shuncha o‘zgarishlarga qaramay, serialning ashaddiy muxlislari voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuzatishda davom etmoqda. | 47 | 1,762 |
Madaniyat | Tadqiqot: Robert De Niro boshqa aktyorlardan ko‘ra eng ko‘p yovuz rollarni ijro etgan | Guarantorloans sayti 50 nafar aktyorning umri davomida o‘ynagan filmlarini ko‘rib chiqib, ular orasida salbiy personajlar roli eng ko‘p kimga nasib etganini aniqladi, deb xabar beradi “Kinopoisk”.
Hisob-kitoblar natijasiga ko‘ra, birinchi o‘rin 19 marotaba yovuz kimsalar rolida ekranda paydo bo‘lgan Robert De Niroga nasib etdi. Uning loyihalari orasidan — “Cho‘qintirgan ota 2”, “Nomdor yigitlar”, “Rokki va Bullvinkl sarguzashtlari”, “Daxlsizlar” o‘rin olgan.
Ikkinchi o‘rin esa 17 marotaba yaramas insonlar rolini, xususan, “Konstantin” va “Yomon bolalar 2” filmlari, “Qochish” serialida suratga tushgan Peter Stormarega nasib etdi. Kuchli uchlikka Ron Perlman yakun yasagan — uning hisobida 16 ta salbiy qahramonlar roli bor, xususan, “Politsiya akademiyasi 7: Moskvada missiya” va “Bleyd 2” filmlari.
Umumiy ro‘yxat quyidagicha: | 85 | 835 |
Madaniyat | Lolaning Moskvadagi konserti sanasi ma’lum bo‘ldi | Xonanda Lolaning Moskva shahrida konsert berishni rejalashtirayotganligi haqida ma’lum qilingan edi. Mazkur konsertning sanasi ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Lolaning Moskva shahridagi konserti 7-avgust kuni soat 19:00 da “Kosmos” konsert zalida bo‘lib o‘tadi.
Xonanda Lola 30-aprel kuni AQShning Nyu-York shtatida ham konsert bergan edi. | 49 | 358 |
Madaniyat | “Jinoyatchining dilbandi”. Qonunni buzgan ota-onalarning mashhur farzandlari (foto) | Mashhurlardan kimlarning ota-onasi jinoyatga aralashgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Leyton Mister
Leyton bolaligida boshdan kechirgan qiyinchiliklari hammaga ham ma’lum emas. Aktrisaning ota-onasi Yamaykadan AQShga narkotik moddalar yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Ular qo‘lga olinganda onasi Leytonga homilador bo‘lgan. Belgilangan muddatning aksariyat qismini ayol panjara ortida o‘tkazgan. O‘sha vaqtda mitti Mister dunyoga kelgan. Koni Mister 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lgan, ammo ayon sababga ko‘ra ozodlikka chiqarilgan. Ota-onasi jazo muddatini o‘tayotgan vaqtda qizaloqning tarbiyasi bilan uning buvisi shug‘ullangan. Bu kabi qiyinchiliklarga qaramay, aktrisa Gollivudda mashhurlikka erishishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, u u ota-onasi haqida hamisha iliq fikrlar bildiradi.
Lindsi Loxan
Bolaligidanoq suratga tusha boshlagan aktrisa, erta mashhurlikka erishgan. Ammo voyaga yetganidan keyin spirtli ichimliklar va narkotik moddalarga o‘ralashib qolgan. Loxanning aytishicha, u ota-onasidan salbiy ma’noda o‘rnak olgan. Ular bir necha marta ajrashgan va yana topishib olgan. Otasi Maykl
Loxan ichkilikka ruju qo‘ygan va taqiqlangan moddalarni qabul qilgan. U mastligida rafiqasiga bir necha marta qo‘l ko‘targan. 90-yillarning oxirida Maykl qimmatbaho qog‘ozlar bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek, mast holda kuch ishlatishda ayblanib ozodlikdan mahrum qilingan. Dina Loxan esa mast holda mashina boshqargani uchun 100 soatlik axloq tuzatish ishlariga jalb qilingan.
Sharliz Teron
Mashhur aktrisaning ota-onasini namunali deb atab bo‘lmaydi. 15 yosh vaqti uning ko‘z o‘ngida onasi turmush o‘rtog‘ini otib qo‘ygan. Sud vaziyatni o‘zini himoya qilish sabab yuz bergan deb qaror qilgani uchun ayol aybdor deb topilmagan. Gap shundaki, oila boshlig‘i ichkillikka mukkasidan ketgan va qizi hamda rafiqasiga muttasil qo‘l ko‘targan. Teronning muxlislari aslida u o‘q uzgani, ammo muammo bo‘lmasligi uchun onasi voyaga yetmagan qizining aybini o‘z bo‘yniga olgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi.
Shaya Labaf
Amerikalik aktyor nafaqat mashhur kinolentalardagi rollari bilan yaxshi tanish. Yulduzning otasi bir necha yil qonun himoyachilaridan yashirinib yurgan. Voyaga yetmagan bolaga nisbatan zo‘ravonlikda ayblangan Jeffi Labaf, ozodlikdan mahrum qilingan va qamoqda jazo muddatini o‘tagan. Jinoyat bilan bog‘liq tarixi borligiga qaramay aktyor, otasi bilan yaxshi munosabatda va uni suratga olish maydonchasiga bir necha marta olib kelgan.
Rouz MakGouen
Rouz so‘nggi vaqtlarda saraton bilan kasallangani sabab OAVning diqqat markazida. Bir vaqtlar esa bir necha yildan buyon kasallik bilan kurashib kelayotgan aktrisaning oilasi sariq matbuot uchun mavzu bo‘lgan edi. Diniy sektaga a’zo bo‘lgan ota-onasining harakatlari uning tarbiyasiga ta’sir qilmay qolmagan. Mitti Rouz jalb qilinishiga sal qolganida ota-onasi fikridan qaytib, odatiy hayotiga qaytgan.
Jeki Chan
Jeki Chan rollari, saxovatpeshaligi va hamisha atrofdagilarga yordam qo‘lini cho‘zishga shayligi bilan hurmat qozongan. Ammo uning ota-onasiga nisbatan bunday ta’rif berib bo‘lmaydi. Uning otasi politsiyada ishlab turib, jinoyatchi ayol bilan munosabatda bo‘lgan va bu ham yetmagandek qoradori kontrabandasi bilan shug‘ullanayotganda qo‘lga olingan. Bir vaqtlar hatto mitti Jekini yetimxonaga berib yuborishmoqchi bo‘lganliklari haqida mish-mishlar tarqalgan.
Keti Topuriya
Ko‘pchilik rus estradasi yulduzi Keti Topurining otasi jinoyatchi bo‘lganligidan bexabar. Kasbi quruvchi-arxitektor ekanligiga qaramay, Andro Topuriya narkotik moddalar savdosi vaqtida qo‘lga olingan va uch yil koloniyada umumiy tartibda jazo muddatini o‘tashga hukm qilingan. Ammo taqiqlangan moddalarni dozasidan oshirib yuborgani sabab qamoqda o‘lik holda topilgan. | 83 | 3,772 |
Madaniyat | Jahon shou-biznes va sport yulduzlari sharfli fleshmobni boshladi | Jahon shou-biznes, kino va sport yulduzlari o‘z foydasini xayriya ishlariga sarflashni rejalashtirgan Matalan firmasi sharflarida suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn fleshmobni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda Hello Magazine.
28-oktabr kuni 10 funt (16 dollar) qiymatida sotuvga chiqarilgan sharfni kompaniya sayti orqali istalgan kishi sotib olishi mumkin. Fleshmobda ishtirok etayotganlar o‘z ismlarining bosh harfi yozilgan sharfda suratga tushgan.
Aksiyada hozirgacha Britni Spirs, Sara Jessika Parker, Kayli Minoug, Jastin Biber, Xelen Mirren, Ueyn Runi, Rod Styuart va boshqa taniqli yulduzlar qatnashgan. Sharflar sotilishidan olingan barcha foydani kompaniya Buyuk Britaniyadagi bolalar shifoxonalariga xayriya qilishni rejalashtirgan. | 65 | 758 |
Madaniyat | Braziliyada musiqachilar havoda konsert berdi (foto) | Braziliyaning San-Paulu shahrida 24 soat davom etib, dunyoning turli davlatlaridan kelgan musiqachilar, aktyorlar, shoirlar va rassomlarni birlashtirgan Virada Cultural an’anaviy festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Festival doirasida o‘nlab konsertlar, ko‘rgazmalar va chiqishlar o‘tkazildi. Jumladan, musiqachilar havoda konsert berdi.
Virada Cultural madaniy festivali davomida shaharning turli burchaklarida musiqa, raqs va teatr tomoshalarini kuzatish mumkin bo‘ladi. | 52 | 498 |
Madaniyat | Xonanda Janet Jekson karyerasini qayta boshlashi va yangi albom chiqarishini e’lon qildi | Xonanda Janet Jekson ijodiy karyerasi qayta boshlangani, yangi albom chiqarishi va dunyo bo‘ylab turne uyushtirishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
The Los Angeles Times yozishicha, qo‘shiqchi bu qarorini tug‘ilgan kunida kutilmaganda aytib qolgan. U 15-may, juma kuni 49 yoshini nishonlagan edi.
“Men bu muhim xabarni o‘zimni tayyor deb his qilganimda e’lon qilishga va’da bergan edim. Hozir shunday vaziyat yuzaga keldi. Shu yil yangi musiqa, yangi dunyo turnesi va yangi harakat bo‘ladi”, — dedi xonanda muxlislariga qaratilgan murojaatida.
Janet Jekson afsonaviy Jeksonlar oilasidan chiqqan, u 2009-yilda vafot etgan Maykl Jeksonning singlisidir. | 88 | 662 |
Madaniyat | Orol fonida inson qalbidagi fojialar “Tanho qayiq” filmida aks etadi | Kinorejissyor Nozim To`laxo`jaev “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga “Tanho qayiq” badiiy filmini suratga oldi.
Kinoasar syujetiga ko`ra, Orol bo`yidagi kimsasiz ovulda keksa bir qayiqsoz yolg`iz yashaydi. U tevarak-atrofdagi ovullardan bekorchi yosh-yalangni yoniga olib, ularga ota-bobolardan qolgan bu qadimiy kasbni o`rgatadi va shu barobari chin insoniylikdan saboq beradi. Dengiz esa yuzlab chaqirim nariga ketib qolgan.
Lekin qariya bir kunmas-bir kun uning suvga to`lishiga ishonadi. Bu shunchaki orzu yoxud havoyi ishonch emas. Cholning qat`iy fikricha, “buning uchun biz - odamlar halol, insofli va olijanob yashamoqqa ahd qilsak, kifoya”.
Film ijodkorlarining ta`kidlashicha, Orol fojiasi bir bahona, asar aslida inson qalbining dag`allashib, qurib-sayozlashib boruvidan paydo bo`ladigan falokatlar haqida.
Kartinada Rajab Adashev, Gulsanem Abatbaeva, Bunyod Rahmatullaev, Murod Nasimov, Ozodbek Xurramov, Sarvar Ilhomov, Bobur Yo`ldoshev, Shodiya Abduqodirova, Dilorom Karimova kabi aktyorlar rol ijro etgan.
“Tanho qayiq” badiiy filmining postanovkachi operatori – Oskar Baxteev, postanovkachi rassomi – Shuhrat Abdumalikov, bastakori – Dmitriy Yanov-Yanovskiy. | 68 | 1,194 |
Madaniyat | Mashhur aktyor rafiqasi bilan Buxoroning diqqatga sazovor joylari ziyort qildi | Turkiyalik mega yulduz Murat Yildirim o`zbekistonlik yosh va iqtidorli rejissyor Muxlisi Azizovaning “SCORPION” trillerida suratga tushayotgani haqida xabar bergandik. Shu munosabat bilan u o`tgan haftani Buxoro viloyatida o`tkazdi.
Ish grafigining tig`izligiga qaramay mashhur aktyor o`z turmush o`rtog`i bilan qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishga, xalqimiz mehmondo`stligidan bahramand bo`lishga ham ulgurdi.
“Birinchi navbatda aytishni istardimki, menga quyoshli O`zbekiston juda yoqdi. Ayniqsa, Buxoroning tarixiy yodgorliklari katta taassurot qoldirdi”, - dedi ijodkor Toshkentda tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Murat Yildirim o`zbek xalqining mehmonnavozlik fazilatlaridan yaxshi xabardorligi, Turkiyada yashayotgan o`zbeklar ichida ko`plab do`stlari borligini e`tirof etdi.
Yana “O`zbekistonda “Osiyo” teleserialini katta qiziqish bilan ko`rishgani meni hayratga soldi va bu erda kaminani hamma bilar ekan”, - deya qayd etdi u.
Ayni chog`da “Scorpion” filmida suratga tushishga bajonidil rozi bo`lganini mamnuniyat bilan ta`kidlab o`tdi.
“Menga ijodiy guruh, sheriklar va albatta, ssenariy juda yoqdi. Biz Muxlisa bilan til topishdik. Asllikni yo`qotmaslik uchun kamroq dubllar qilishga intildik”, - dedi u.
Murat Yildirim, shuningdek, Muxlisa Azizova yosh bo`lishiga qaramay o`zining suratga olish guruhini mahorat bilan boshqargani, har bir detalga alohida e`tibor qaratganiga to`xtalib o`tdi.
“Uning harakatchanligi, maqsad sari intilishi va qat`iyligi olqishga sazovor. Bunday iste`dodli rejissyorlar va professionallar bilan o`zbek kinematografiyasi katta muvaffaqiyatlarga erishadi”, - deya qayd etdi turk aktyori.
Eslatib o`tamiz, “Scorpion” trilleri Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” Milliy agentligi, O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazining qo`shma qarori asosida suratga olinmoqda.
Tasvirga tushirish ishlari Toshkent va Buxoroda nihoyasiga etdi. Endi ijodiy guruh Rossiya va Marokashga jo`nab ketadi. | 78 | 2,029 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy serialiga qancha mablag‘ sarflanishi va taxminiy premyera vaqtini ma’lum qildi | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Ozodbek Nazarbekov suhbat davomida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lishi kutilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy seriali haqida gapirib berdi.
‘Jaloliddin Manguberdi’ seriali bilan bog‘liq ishlarning boshlanganiga ham qariyb bir yil bo‘ldi. Bu masalada ham oxirgi gapni aytishimizga sanoqli kunlar qoldi. Ushbu film turk kinochilari tomonidan suratga olinyapti. Serial ‘Bo‘zdag‘ film’ bilan hamkorlikda olinmoqda.
Film o‘zbek kinosi tarixida qanaqadir o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi kerak. Xudo xohlasa, dramaturg, aktyor va rejissorlarimizning hammasiga impuls beradigan film qilish niyatimiz bor. Biz xohlaymizmi, xohlamaymizmi, o‘tgan davr ichida kinoda ham yopiqlik kuzatilgan. Kinochilarimiz va chet el kinochilari o‘rtasida deyarli hamkorlik bo‘lmadi. Bir klipning puliga kino ishlab chiqarish jarayonlarini ham boshimizdan o‘tkazdik.
Bugun talab darajasida turgan, o‘zining ishi bilan o‘zini salohiyatini ko‘rsata olgan kinochilar bilan ishlayapmiz. Xudo xohlasa, umidimiz juda katta.
Biz ular bilan qay darajada hamkormiz, degan savolga javob beradigan bo‘lsak, bizning O‘zbekiston buyurtmachi, demak, ular bizga xizmat ko‘rsatadi. Aktyor tanlashda, ssenariy tanlashda, filmni qabul qilishda ham oxirgi gapni biz aytamiz. Biz ularning ijodiy jamoasining mehnatidan foydalanamiz, lekin film g‘oyasining jilovi bizda turadi.
‘Jaloliddin Manguberdi’ filmi uchun ajratilgan maydon qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, bu maydon o‘zbek kinochilari uchun tajriba maydoniga aylanadi. Ulardan nechta ishchi guruh ishtirok etsa, bizdan ham shuncha ishchi guruh ishtirok etadi.
Bu film homiylar yordamida suratga olinmoqda. Bu homiylarni chin ma’noda vatanparvar deya olaman. Hattoki homiylarga ‘bizda, O‘zbekistonda film sotish tajribasi bo‘lmagani uchun, pulini qaytara olmasligimiz mumkin’, deganimizda ham ular fikridan qaytmasdan, bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.
Filmga 5 million dollar atrofida mablag‘ ketadi. Taxminimcha, hali kutilmagan xarajatlar chiqish ehtimoli ham bor. Asosiy qismga mablag‘ topilgani uchun ko‘ngil to‘q.
Film 2020-yil bahor oylarida ekran yuzini ko‘radi. Bu vaqtda premyera qilishimiz uchun biz suratga olish ishlarini 2019-yil oktabr oyida boshlashimiz kerak bo‘ladi.
Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari | 129 | 2,493 |
Madaniyat | Madaniyat vazirligi Savitskiy muzeyiga rahbar tayinlanishi masalasiga izoh berdi | Marinika Babanazarovaning Nukusdagi Savitskiy muzeyi rahbari lavozimiga qayta tiklanishi masalasi muzeyda bo‘lib o‘tayotgan hatlov yakunlaridan so‘ng o‘z yechimini topishi mumkin. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev qabulida bo‘lgan bir necha fuqaro Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining sobiq rahbarini qayta lavozimga tayinlash taklifi bilan kelgan.
Vazir ular bilan suhbatda hozirgi kunda barcha muzeylarda inventarizatsiya ishlari amalga oshirilayotgani, hatlov yakunlangandan so‘ng bu masala belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Marinika Babanazarova 2015-yilning iyul oyida qariyb 32 yillik faoliyatidan so‘ng Savitskiy muzeyi rahbari lavozimidan bo‘shatilgandi. | 80 | 831 |
Madaniyat | “Bravo”ning litsenziyasi tugatilishida Kabulovning qo‘li bormi? “Million”ning rahbari shu savolga javob berdi (video) | “Million” jamoasining sardori Davron Kabulov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Davron Kabulov suhbat davomida “‘Bravo’ning litsenziyasini tugatilishida Davron Kabulovning qo‘li bormi?”, deya izoh qoldirayotganlar haqida gapirib, ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Yaqinda bir joyda “‘Bravo’ning litsenziyasi olib qo‘yilishida Davron Kabulovning qo‘li bor” degan narsani o‘qib qoldim. “Qo‘lini qayerga cho‘zsa, o‘sha yerga yetadi”, deb o‘ylashadimi meni?! Avvalom kimgadir yomonlik qilish fikridan asrasin. Agarda kimgadir yomonlik qilish niyatim bo‘lganda, jamoaning tark etgan har bir a’zosi bilan shartnomamiz bor edi — yuristlar orqali kurashardik.
Mening yomonlik qilish niyatim yo‘q, qonuniy huquqni talab qilgan taqdirimda ham odamlarning “O‘zi bilan birga ko‘tarilgan bolalarning orqasidan ish qilib yuribdi”, degan gapi kerak emas. Odam bitta ulovda siz bilan yo‘lga chiqdimi, ertaga siz bilan tushib qolganidan hozir tushib qolgani ma’qul. Oxirgi manzilgacha siz ishonchli odamlar bilan borsangiz yaxshi.
Davron Kabulov, “Million” jamoasining sardori | 117 | 1,129 |
Madaniyat | “Barcha xarajatlar San Jayning bo‘ynida”. Jahongir Otajonov, Ravshan Nomozov hamda San Jay Mashrab g‘azalini kuylamoqda (video) | Checheniston xalq artisti San Jay “Daryo” internet nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Suhbat davomida San Jay Jahongir Otajonov hamda Ravshan Nomozov bilan birgalikda Mashrab ijodiga murojaat qilgani va bu taklif o‘zidan chiqqanligi haqida gapirib berdi.
Jahongir Otajonovni nafaqat san’atkor, balki inson sifatida ham hurmat qilaman. O‘rtamizda ikkiyuzlamachilik yo‘q. Tilimizda, dilimizda borini aytamiz. Instagram tarmog‘idagi sahifalarimizda birgalikda qo‘shiq kuylashimiz haqida video lavhalar joylagan edik. Ular bilan birgalikda kuylashimiz rejalashtirilgan qo‘shiq hali tayyor emas. Chunki ba’zi joylarini boshqattan aytish kerak. Sababi ushbu qo‘shiqni uch kishi aytmoqda. Mashrab g‘azali asosida tayyorlangan qo‘shiqni men, Jahongir Otajonov hamda Ravshan Namozov birgalikda kuylashni rejalashtirdik. Taklif o‘zimdan bo‘lgani uchun barcha xarajatlarni o‘z bo‘ynimga olganman.
San Jay, Checheniston xalq artisti | 127 | 977 |
Madaniyat | Xonanda Sting Nyu-Yorkdagi hashamatli kvartirasini 56 mln dollarga sotmoqda | Britaniyalik taniqli xonanda Sting (haqiqiy ismi Gordon Metyu Tomas Samner) Nyu-Yorkdagi Gudzon sohili yaqinida joylashgan hashamatli kvartirasini sotuvga qo‘ydi. Ikki qavatli pentxausning narxi, taxminan, 56 million dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashriga tayanib, xabar beradi “TASS”.
Sting va uning turmush o‘rtog‘i Trudi Stayler Markaziy xiyobon yaqinidani kvartirani 2008-yili xarid qilgandi. Taniqli juftlik 16 va 17-qavatdagi kvartira uchun 27 million dollar sarflagan edi.
WSJ ma’lumotiga ko‘ra, maydoni 500 kvadrat metr kvartira 65 yoshli Stingning katta oilasiga torlik qilayotgani uchun xonadonni sotib, boshqa joyga ko‘chishga qaror qilindi. Sting 6 farzandning otasi hamda 4 nevaraning buvasi sanaladi.
40 yildan oshiq musiqiy faoliyati davomida Sting 100 dan ortiq sovrinlarga ega chiqqan. Ular orasida 16 ta Grammy, 25 ta American Music Awards va 1 ta MTV Music Awards mukofotlari, “Keyt va Leo” filmidagi qo‘shiq uchun “Oltin Globus” sovrini bor.
Sting “Film uchun eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyasida uch marta “Oskar” mukofotiga nomzodlik qilgan. Xonanda Gollivuddagi “Shon-sharaf xiyoboni”da o‘z yulduziga ega. | 75 | 1,158 |
Madaniyat | Instagram: Onasiga 4 xonali uy sovg‘a qilgan Ozod Xurramov, “Bravo”chi Otabek va Dilshod Mirzamurotov janjali, Ahad Qayumga “tashlangan” Zinnura | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Halima Ibragimova yangi suratini sahifasiga joyladi.
Jurnalist Shoira Mirsodiqova aktrisa Dilnoza Kubayeva va xonanda Sevinch qanday bahona bilan uning ko‘rsatuvida ishtirok etishni xohlamaganini ma’lum qildi.
Feruza Normatova Shams Tabriziyning ayol haqidagi fikrini folloverlariga taqdim etdi.
Sitora Farmonova kelinlik libosidagi suratlarini muxlislariga ko‘rsatdi.
Aziz komik 2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilingan “qora Malibu” mavzusida hajviya tayyorladi.
Madina Mumtoz Istanbulda o‘qishda qoldi. Uning farzandlari esa Toshkentga qaytdi. Aktrisa bundan xafa.
Hosila Rahimova Antaliyadan muxlislari uchun maxsus video tayyorladi.
Ruhshona onasi bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Bravo”chi Otabek Mirzaxolov komik aktyor Dilshod Mirzamurotovni so‘kkani aks etgan video tarqalmoqda.
Shahlo Ahmedova yangi suratlarini folloverlari bilan bo‘lishdi.
Bloger Ozod Xurramov hayotidagi eng katta orzularidan birini ro‘yobga chiqarib, onasiga uy sovg‘a qildi.
Nargiza Salmonova turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Ozoda Nursaidova “Hayati” qo‘shig‘iga ishlangan klipini taqdim etdi.
Aktrisa Zinnura Ahad Qayum haqida keskin fikr bildirib, uni aktyor yoki rejissor deb tan olmasligini bildirdi. | 144 | 1,407 |
Madaniyat | Deniel Redkliffning ajoyib evolyutsiyasi: Garri Potter 20 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto va video) | Britaniyalik oddiy bola J.K.Rouling asarlari asosida suratga olingan bir qator filmlarda Garri Potter rolini o‘ynaganidan keyin dunyoga mashhur bo‘ldi. Deniel Redkliff o‘z qolipidan chiqishga muvaffaq bo‘ldi va bu yillar davomida ajoyib o‘zgarishlarni boshdan kechirdi.
“Garri Potter va hikmatlar toshi” (2001)
Bunday ajoyib rolga Deniel 12 yoshida erishdi. U Hogvarts maktabidagi sehrgarning sarguzashtlari haqidagi birinchi film kastingidan o‘tdi. Bungacha yosh aktyor ikkita — “Devid Kopperfild” va “Panamalik tikuvchi” filmlarida suratga tushishga ulgurgan edi. Shuni ta’kidlash kerakki, Redkliffning ota-onasi uning muvaffaqiyatga erishish yo‘lida juda ko‘p kuch sarflagan. Uning onasi Marsiya kasting bo‘yicha agent, otasi Alan esa adabiy agent sifatida ishlagan.
“Garri Potter” bir zumda butun dunyo tomoshabinlarining mehrini qozondi. Dumaloq ko‘zoynaklardagi chiroyli bolaning fotosuratlari plakatlarda, futbolkalarda, ryukzaklarda paydo bo‘ldi. Katta mashhurlik tufayli Deniel hatto xususiy maktabni tark etib, uyda ta’lim olishga majbur bo‘ldi. Sinfdoshlari kutilmaganda unga hasad qila boshlashdi, hatto ta’qib qilishgacha borishdi.
Denielning mazkur fantastik epopeyada suratga tushishi 2011-yilda 22 yoshida yakunlandi. U Jon Roulingning “Garri Potter va o‘lim tuhfasi: II qism” filmining so‘nggi ekranizatsiyasida rol o‘ynadi. Bu vaqtga kelib, albatta, u sezilarli darajada tajriba orttirdi. Faqat uning mashhur yumaloq gardishli ko‘zoynaklarigina o‘zgarishsiz qoldi.
“Dekabr bolalari” (2007)
Yillar davomida aktyor Garri Potter rolida suratga tushdi. Biroq u o‘zini boshqa rollarda ham sinab ko‘rishga qaror qildi. Maykl Nuanan romani asosida suratga olingan filmda Redkliff bolalar uyi tarbiyalanuvchisi rolini o‘ynadi. Maps uch nafar do‘sti singari uni ham asrab olishlarini orzu qiladi. Ammo ularning yoshi ulg‘aygan sayin yetimxonadan ketish umidlari yo‘qoladi.
Denielning ko‘plab muxlislari uni ko‘zoynaksiz tasavvur qila olishmaydi. Ammo u qat’iy turib, hamma o‘rganib qolgan qiyofadan asta-sekin voz kechdi. Tanqidchilar bu obrazni ham, undagi Redkliffning ijrosini ham juda yaxshi qabul qilishdi. 2009-yilda yigit Ginnesning rekordlar kitobiga o‘n yillikdagi eng ko‘p maosh oluvchi aktyor sifatida kirdi. Shuningdek, u Kaliforniyadagi “Shon-sharaf xiyoboni”da kinofilmlarga qo‘shgan hissasi uchun shaxsiy yulduziga ega bo‘ldi.
“Mutlaq kuch” (2016)
Deniel FQB agenti Neyt Foster rolini o‘ynagan triller ham tom ma’noda yangi yutuq bo‘ldi. Yigit terroristik hujumning oldini olish uchun neonatsistlar to‘dasiga kirib boradi. Film qahramoni zo‘rlik va shafqatsizlik dunyosidan bazo‘r chiqib ketadi.
Ushbu roli uchun Deniel sochlaridan ham voz kechdi. Yoqimtoy va beg‘ubor Garridan asar ham qolmadi. Ushbu filmda u ajoyib dramatik iste’dodini namoyish eta oldi.
“Pretoriyadan qochish” (2020)
Aktyorga “Garri Potter” davridan beri tashqi qiyofasi qanday o‘zgarganligini va qanday qilib professional darajada o‘sganligini namoyish etishga imkon beradigan yana bir kartina. Mazkur filmda u Janubiy Afrikadagi irqchilik muhitida yashovchi Tim Jenkin rolini o‘ynaydi. Qahramon siyosiy mahbuslar qamoqxonasiga jo‘natiladi va u yerdan qochishni rejalashtiradi.
Ushbu filmda muxlislar 31 yoshli Redkliffni darhol taniy olishmaydi. Ushbu rol uchun u mo‘ylovi, soqoli va sochini o‘stirgan. Ko‘zoynakli Deniel ekranga qaytgan bo‘lsa-da, ammo butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lgan boshqa shaklda edi. Umuman olganda, boshqa obrazda gavdalanish muvaffaqiyatli bo‘ldi. | 104 | 3,487 |
Madaniyat | Foto: Rayhonni ko‘targan Halima | Qiziqchi Halimaxonim Instagram’dagi sahifasida xonanda Rayhonni ko‘tarib tushgan suratini e’lon qildi. Surat Rayhonning 20—24 fevral kunlari “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konserti vaqtida olingan.
Ma’lumot uchun, Halima mazkur konsertda Rayhon bilan “Omon yor” qo‘shig‘ini birgalikda kuylagan edi. Aytishlaricha, muxlislar mazkur duetni iliq kutib olgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 31 | 441 |
Madaniyat | Jerar Deparde O`zbekistonga keladi | Parijda taniqli fransuz aktyori Jerar Deparde ishtirokida film suratga olish masalalari muhokama qilindi.
10 oktyabr kuni Parij qarorgohida dunyoga mashhur fransuz aktyori Jerar Deparde va “Buyuk ipak yo`li” nomi ostidagi loyiha ishtirokchilarining O`zbekiston haqida hujjatli film ishlash va uni Fransiya va O`zbekiston telekanallarida namoyish etish bo`yicha uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda O`zbekistonning Fransiyadagi elchisi S. Rustamboev, “O`zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov va «B-Tween Production» kompaniyasi bosh direktori Arno File ishtirok etdi. Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston Turizmni rojlantirish Davlat qo`mitasi va “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi ham ushbu loyihaning hammmualliflari hisoblanadi.
Tomonlar film loyihasining amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Film mualliflarining fikriga ko`ra bosh qahramon Jerar Deparde butunlay yangi qiyofasida tomoshabinlarga mutlaqo yangi yondashuv taqdim etadi. Shunday qilib, odatiy yo`nalish va mashqlardan uzoqlashgan holdan film fransuz tomoshabinlari uchun O`zbekistonning yangi noma`lum qirralarini ochish vazifasini qo`yadi.
Shu maqsadda loyiha tashkilotchilari O`zbekistonning eng g`ayrioddiy va sirli joylarida suratga olish ishlarini rejalashtirishgan. Bu Amudaryo bo`yidagi noyob – Oks Iskandariyasi, Budda va Kushon yodgorliklari, masalan, Fayoztepa, Avliyo Doniyor hamda uch payg`ambar maqbaralari va boshqalar.Filmda ta`limda islom dinining roli va mohiyatiga alohida e`tibor beriladi.
– Uchrashuvimizning Fransiya va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Parijdagi uchrashuvi yili munosabati bilan bo`lib o`tishi ramziy ma`noga ega, – dedi aktyor Jerar Deparde o`z uyida mehmonlarni qabul qilar chog`ida. – Bugun O`zbekistonda amalga oshirilayotgan noyob islohotlar va ochiqlik siyosati barchaga ma`lum. Prezident Shavkat Mirziyoev va uning islom dini ezgulik, tinchlik, bunyodkorlik va bag`rikenglik dini ekanligini dunyoga etkazishga qaratgan sa`y-harakatlari meni ta`sirlantirdi.
Bilasizmi, bu mening shaxsiy qarashlarimga mos keladi, chunki men islomni siyosiy va xudbin maqsadlarda ishlatib bo`lmaydi, deb hisoblayman. Filmning katta auditoriyasi boy tarixga ega, betakror tabiat, samimiy va mehmondo`st xalq bo`lgan yangi jo`shqin O`zbekistonni ochish uchun berilgan imkoniyatlar meni ilhomlantirdi.
Ushbu mamlakatga safarimni sabrsizlik bilan kutyapman, – dedi film bosh qahramoni Jerar Deparde.
– Mamlakatingiz o`zining boy madaniy va ma`naviy merosini asrab-avaylash borasida keng ko`lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Bu tamaddunlar, imperiyalar, dinlar va madaniyatlarning uyg`unlashuvidir. O`zbekistonning o`z merosiga nisbatan bunday ehtiromi tahsinga loyiq va alohida hurmatni talab etadi, – dedi u.
Shuningdek, taniqli aktyor Jerar Depardega u yuqori baholagan "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” jamlanmasi taqdim etildi.
Bundan tashqari, loyiha tashkilotchilari va telekanal bosh direktori Katrin Shyofer rahbarligida "Paris Premiere" telekanalining top-menedjerlari bilan uchrashuv o`tkazildi va ushbu kanal orqali 2020 yil fevral-mart oylarida film namoyish etilishi borasida kelishib olindi.
Uchrashuvda bosh direktor 2020 yilning fevral-mart oylarida Jerar Deparde ishtirokida O`zbekiston haqidagi filmni namoyish etishga tayyor ekanligini yana bir bor ma`lum qildi va shuningdek "Paris Premiere" telekanali va O`EOAVA o`rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. | 34 | 3,416 |
Madaniyat | Toshkentda yapon barabanchilari konsert beradi | 4—5-avgust kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Dram Tao yapon barabanchilari guruhining “Baraban yuragi” deb nomlangan konserti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.
Konsert O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi ko‘magida Yaponiya elchixonasi va Yapon jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilmoqda.
Elchixona matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Dram Tao — baraban ovozi, raqs va jang san’ati elementlarini o‘z ichiga olgan olamshumul shou. Tao dunyoning 23 dan ortiq mamlakatida konsertlari bilan chiqish qilgan, ularning chiqishlarini yetti milliondan ortiq tomoshabin tomosha qilgan.
Shouga kirish tekin, biroq qat’iy taklifnoma va chiptalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Chiptalarni qo‘lga kiritish uchun Yaponiya elchixonasiga murojaat qilish zarur (120-80-60/61/62/63).
Konsert 4-avgust kuni 17:30 da, 5-avgust kuni esa 18:00 da boshlanadi. | 46 | 894 |
Madaniyat | “Tohir va Zuhra” filmi bilan tanilgan aktrisa Parizoda hozir qayerda va nima bilan band? | “Tohir va Zuhra” musiqiy filmi 1999-yilda suratga olingan. Unda bosh rollarni Tohir Sodiqov (Tohir) va Parizoda Bo‘rixo‘jayeva (Zuhra) ijro etgan. Filmda, shuningdek, ko‘plab taniqli aktyorlar, xonandalarni ham turli obrazlarda ko‘rish mumkin.
Kartinada Zuhra obrazini yaratgan aktrisa Parizoda Bo‘rixo‘jayeva kino sohasidagi muvaffaqiyatidan so‘ng Doston Ubaydullayevning “Tug‘ilgan kuning”, “Yagonam” kabi kliplarida suratga tushgan. Shundan so‘ng tomoshabinlar aktrisani boshqa birorta klip yoki filmda ko‘rmadi.
“‘Tohir va Zuhra’ filmida rol ijro etganimda 14-15 yoshda edim. Kinoga kirib kelishim tasodifan yuz bergan. Hech qachon aktrisa bo‘laman, deb o‘ylamasdim. U paytgacha bir nechta qo‘shiq aytgan edim, shou-biznesga qiziqardim. Umuman olganda, san’at men uchun begona emasdi. Otam Alisher Eshonxo‘jayev katta davlat bayramlarida rejissor bo‘lganlar. Shuning uchun yoshligim sahnada, studiyada o‘tgan desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuning uchun san’at meni o‘ziga rom etgan.
Sahnaga chiqqanimda rejissorlar meni ko‘rib, shu qiz to‘g‘ri keladi, deb o‘ylashgan. Filmga juda katta kasting bo‘lgan. Lekin men borgan kunim o‘sha kunning o‘zidayoq bu rolga meni tanlashgan”, — deya hikoya qiladi Parizoda Bo‘rixo‘jayeva.
“14 yoshingizda 18-20 yoshli qizning rolini ijro etish qiyin bo‘lmaganmi?” degan savolga Parizoda shunday javob beradi:
“Juda qiyin bo‘lgan. Hozir ko‘zim bilan qarasam, ideal darajada o‘ynamaganman, deb o‘ylayman. Lekin professional darajadagi jamoa menga katta yordam bergan. Rejissor o‘z farzandidek qarab, tushuntirgan.
Sevgi to‘la ko‘zlar bilan qarang, deyishsa, sevgi nimaligiga tushunmasdim. Yosh bolaman. Shunda rejissor menga juda yaxshi ko‘rgan narsangga qanaqa qaraysan, shunday qara, degan. Fikrimcha, yosh qiz, birinchi muhabbat juda tabiiy chiqqan”.
“Otam juda ko‘p san’atkorlarni yulduz darajasiga olib chiqishga ko‘maklashgan inson. Men ularga doim, men-chi, qachon yulduz bo‘laman, derdim. Ular esa sen avval katta bo‘lgin, turmushga beray, keyin yangi oilang rozi bo‘lsa, juda tez yulduz qilaman seni, derdilar. Keyin turmushga chiqdim, farzandli bo‘ldim va oilamga sho‘ng‘ib ketdim”, — deydi Parizoda san’atni tark etgani haqida.
Parizodaning aytishicha, “Tohir va Zuhra”ning davomi suratga olinayotganida unga qo‘ng‘iroq bo‘lgan.
“O‘sha paytda qizimni endi dunyoga keltirgandim. Turmush o‘rtog‘im menimcha, hozir to‘g‘ri kelmaydi, degandilar. Men ham oilani tanlab, boshqa ishlar bilan shug‘ullanib ketganman”, — deydi aktrisa.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan Parizoda suhbat davomida san’atga yaqin inson baribir boshqa sohada ishlay olmasligi, san’atni qo‘msashini ta’kidlab o‘tgan.
“San’atga yaqin inson boshqa sohada ishlashi qiyin ekan. Sohamni qiziqib o‘qidim, bankda ishladim, lekin qiziqishim san’atga tortib ketdi”, — deydi aktrisa.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunda Parizoda o‘z sohasida ancha taniqli fotografga aylangan. U yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni suratga tushiradi.
U hozir ham kinoga ko‘plab takliflar bo‘layotgani, biroq o‘ziga yoqqan rolni uchratmaganini ham aytib o‘tgan. Parizodaning aytishicha, agar ko‘ngliga yoqadigan obraz bo‘lsa, millionlab muxlislari uni yana kinolarda ko‘rishi mumkin. | 88 | 3,193 |
Madaniyat | Deniel Redkliff “Garri Potter”ning birorta qismi qayta suratga olinsa, qaysi personajni o‘ynashni xohlashini ma’lum qildi | Happy Sad Confused podkastida Deniel Redkliffdan Garri Potter haqida filmlarning qayta ishlangan versiyasida kimni o‘ynagan bo‘lishi mumkinligi haqida so‘raldi, deb xabar beradi Esquire.
Redkliff o‘ylanib o‘tirmasdan birinchi bor “Garri Potter va Azkaban mahbusi” filmida paydo bo‘lgan Sirius Blek yoki Rimus Lyupin rolini ijro etgan bo‘lishini aytgan. Original filmda Sirius Blek — Garrining cho‘qintirgan otasi rolini Geri Oldmen, qora sehrdan himoyalanish fani o‘qituvchisi rolini esa Devid Tyulis ijro etgan.
“Men doim Sirius va Rimusga qoyil qolganman. Ushbu personajlar bilan birgalikda o‘ynagan sahnalarimizni obyektiv baholay olmaymiz. Geri va Devid bilan suratga olish ishlarimizni hamon hayotimdagi eng yaxshi onlar sifatida bilaman”, — deydi Redkliff.
2021-yilning yanvarida Warner Bros. kompaniyasi HBO Max uchun “Garri Potter” olami haqida serial ishlashiga oid ma’lumotlar tarqaldi, ammo hozirga qadar ushbu xabar yangilanmadi. “Garri Potter” — Warner Bros. studiyasining eng qadrli franshizasi hisoblanadi. Joan Rouling qalamiga mansub 7 ta kitob asosida suratga olingan filmlar butun dunyo prokatida 7 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plagan. | 121 | 1,162 |
Madaniyat | Qiziqchi Ortiq Sultonov ham yangi lavozimga tayinlandi | Samarqand shahar madaniyat bo`limiga san`atshunoslik fanlari nomzodi el suygan qiziqchi, «Handalak» guruhi a`zosi Ortiq Sultonov boshliq vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
U dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali, “O`zbekiston” telekanallarida rejissyor bo`lib ishlagan.
Ushbu tayinlovga qadar esa “Kulgi” xususiy teatri badiiy rahbari bo`lgan. | 54 | 546 |
Madaniyat | Bollivud afsonasi Dilip Kapur 99 yoshida vafot etdi | Taniqli hind kinoaktyori, rejissor va kinoprodyuser Dilip Kapur (haqiqiy ismi Muhammad Yusuf Xon) Mumbaydagi shifoxonada 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda oilaning yaqin do‘sti Faysal Farukiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Chuqur qayg‘u bilan bir necha daqiqa oldin qadrdonimiz Dilip vafot etganini ma’lum qilaman”, — deb yozadi Faruki.
Press Trust of India nashrining Kumarni davolagan shifokorga tayanib yozishicha, aktyor mahalliy vaqt bilan soat 07:30 da uzoq davom etgan kasallik oqibatida vafot etgan. Uning o‘limiga koronavirus infeksiyasi sabab bo‘lmagani aytilmoqda.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Twitter’dagi sahifasi orqali taniqli aktyorning o‘limi munosabati bilan hamdardlik bildirgan. “Dilip Kumarni kinematografiyaning afsonasi sifatida eslab yurishadi. U ko‘plab avlod tomoshabinlarini o‘ziga jalb eta olgan misli ko‘rilmagan iste’dod sohibi edi. Uning o‘limi — madaniyat olamimiz uchun katta yo‘qotish. Aktyorning oilasiga, do‘stlari va behisob muxlislariga hamdardlik bildiramiz. Joying jannatda bo‘lsin”, — deb yozadi Hindiston hukumati rahbari.
Dilip Kumar umri davomida 63 ta filmda suratga tushgan — asosan bosh rollarda, bir necha bor matbuotda Bollivud tarixidagi eng buyuk aktyor deya tan olingan. Uning “Ram va Shiam”, “Shakti” kabi filmlardagi rollari 1960—1970-yillarda mashhurlik olib kelgan. Artistning kinokaryerasi 1944-yildagi filmidan so‘ng boshlangan, Dilip Kumar ijrosidagi so‘nggi film esa 1998-yilda ekranlarga chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning fevralida Raj Kapurning kenja o‘g‘li — aktyor Rajiv Kapur 58 yoshida, 2020-yilning aprelida Bollivud va Gollivud aktyori Irfon Xon 53 yoshda vafot etgan edi. | 51 | 1,662 |
Madaniyat | “O`tgan kunlar” qo`lyozmasi nima uchun yoqib yuborilgan? | Abdulla Qodiriy — o`zbek mumtoz romanchiligiga asos solgan atoqli yozuvchi. Uning ayniqsa, “O`tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari bir qancha tillarga tarjima qilingan.
Xususan, o`tgan asrning o`ttizinchi yillarida “O`tkan kunlar”ni Sadriddin Ayniy tavsiyasi bilan tojikistonlik ijodkor Abdusalom Dehotiy ham qancha mashaqqatu iztiroblar bilan o`z tiliga o`girgan. Sababi, bu davrda asar muallifi “xalq dushmani”ga chiqarilib, aybsiz qoralangan. 1937 yilning dolg`ali kunlarida tarjimon do`sti bilan telefon orqali gaplashib, mudxish xabar eshitadi. Ma`lum bo`lishicha, “O`tkan kunlar”ni uyida saqlaganni ham so`roqqa tutishib, jazolashayotgan ekan. Shu bois, tarjimonning xavotiri ortib, halovati yo`qoladi. Qo`lyozmani yashirgan joyidan olib, yoqib yuboradi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.
Roman keyinchalik Istad Qosimzoda tomonidan tojikchalashtirilgan. 2002 yili Abdulla Qodiriyning 110 yilligi munosabati bilan Dushanbening “Irfon” nashriyoti asarni chop etdi. E`tiborlisi, mazkur kitobning qayta nashri 2016 yili Toshkentda “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan “Ro`zgori mozi” nomi bilan o`quvchilar qo`liga etib bordi.
Bu tojik kitobxonlari uchun o`zbek xalqining azaliy urf-odatlari, qadriyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. | 56 | 1,257 |
Madaniyat | Yulduz Usmonovaga raddiya, qo‘riqchi yigitlarga dakki, shlyapa kiygan mezbon. Jahongir Otajonovning konsertidan fotoreportaj | Xonanda Jahongir Otajonov 11—13-mart kunlari “Turkiston” san’at saroyida o‘zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etdi. Dasturda mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad konsert haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Biz Jahongir Otajonovning “Turkiston” saroyidagi konsertlarini ko‘rmaganmiz. “Istiqlol” sahnasida o‘zini butunlay erkin tutadigan, xohlasa raqsga tushib, xohlasa zalda muxlislari bilan “selfi-taym” qiladigan xonanda “Istiqlol”dan deyarli uch-to‘rt barobar kichik “Turkiston”ning qishki zalida o‘zini qanday tutishi biz uchun juda qiziq edi.
Xonanda “Turkiston” sahnasida butunlay o‘zgacha ko‘rinishda paydo bo‘ldi. Bunday ko‘rinishda uni avval hech qayerda ko‘rmaganmiz. Boshda qora shlyapa, ko‘zda maxsus ko‘zoynak, egnida bosh yopinchig‘li plash bilan u butunlay boshqacha Jahongir Otajonovga aylanib, o‘ta zamonaviy xonandaning ko‘rinishini o‘zida aks ettirdi.
“Istaysizmi, yo‘qmi” nomli qo‘shiq bilan boshlangan dastur “Gunohim”, “Sog‘indim yomon”, “Mushtoqman”, “Alam”, “Ko‘rdingmu” kabi taronalar bilan davom etdi.
“Bu safargi konsertimizda yangi qo‘shiqlar deyarli bo‘lmasligi haqida internetdagi sahifalarimda va konsert oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tgandim. Ustoz shoir Muhammad Yusuf qalamiga mansub ‘Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq’ she’rini kuyga solganmiz — bu konsertimizdagi kamsonli yangi qo‘shiqlardan biri”, — deya, xonanda dasturga nomi berlgan “Lola” taronasini kuyladi.
Shuningdek, Yulduz Usmonova tomonidan bir necha yil avval kuylangan “Xorazmlik qizlar bosdi Toshkandini” nomli qo‘shiqqa javoban Jahongir Otajonov tayyorlagan va konsert arafasida, hali chiqmasidan katta shov-shuvga aylangan tarona ham joriy dasturning yangiligi bo‘ldi.
“Bu qo‘shiq she’ri O‘ktam Davletov tomonidan yozilgan. Ular, qo‘rqqanlaridanmi: ‘Men bu she’rni osmondagi yulduzga atab yozganman’, degan edi. Men esa shu sahnadan turib, bu qo‘shig‘im Yulduz Usmonovaga atab kuylanganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytib o‘tmoqchiman. O‘sha vaqtda ularning qo‘shiqlari meni g‘ururimga tekkan. Ularni ijodini juda hurmat qilaman, shuncha yillab muxlislar e’tiboridan qolmaslik uchun juda katta mehnat qilish kerakligini yaxshi bilaman. Aprel oyida konsert berayotgan ekanlar, konsert dasturlariga ham omad tilayman”, — deya, Jahongir Otajonov “Yulduz tugul, oy chiqolmas tizlariga” nomli qo‘shiqni kuyladi.
Yulduz Usmonovaga javob tariqasida kuylangan qo‘shiq konsertning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi, deya olmaymiz. Sababi, dasturda kuylangan qo‘shiqlarnig bari o‘z vazni, o‘lchovi jihatidan boshqasidan qolishmaydi. Axir har bir taronaning so‘zi klassik adabiyotimizning ko‘zga ko‘ringan namunalari hisoblanadi.
Jahongir Otajonovning konsertlarida qo‘riqchi yigitlar bilan bog‘liq qiziq holatlar ko‘p bo‘ladi. Masalan, ularning hech biri xonandachalik tez yugura olmay, undan orqada, xonandani quvib yurishga majbur. Xonandaning yozda bo‘lgan konsertida qo‘riqchi yigit xonandani muhofaza qilishga uringanida, konsert egasi: “Iltimos, muxlislarga qo‘pol muomala qilmang, meni bu yerda 4200 nafar qo‘riqchim bor”, degani yodimizda.
Bu safar undan ham qiziqroq holat yuz berdi. Zalga tushgan xonandani o‘rab olgan qo‘riqchi yigitlarga qarab xonanda: “Tushunmadim, meni qo‘riqlaydigan yigitlar o‘zimga xalaqit qilyapti. Men muxlislar bilan ishlashim kerak”, — deya, yana bir bor ularga dakki berdi.
“Yolg‘onchi yor”, “Sen meni o‘zingga o‘rgatib qo‘yma”, “Jin”, “Ayol”, “Qo‘shiqchi”, “Xorazmcha”, “Oq bulutlar” kabi qo‘shiqlar dasturni, muxlislar kayfiyatini baland pardada ushlab turdi.
Faqat bir marotaba zalga tushgan xonanda butun zalni tik turib, qarsak chalishiga sababchi bo‘ldi. Xonandaning muxlislari ham o‘ziga o‘xshaydi — unga o‘xshab raqsga tushishga, kuylashga harakat qiladi.
Xonanda ko‘plab muxlislarining iltimosini inobatga olgan holda, bu safar konsertini videoga olinishiga ruxsat berdi. Uch kunlik konsert to‘liq suratga olindi. Jahongir Otajonov so‘nggi 10 oy ichida uch marta konsert berishga ulgurdi va birinchi marta o‘z konsertini videoga oldirdi.
“Gullar” deb nomlangan tarona bir nafasda o‘tgan dasturining so‘nggi qo‘shig‘i bo‘ldi. | 124 | 4,087 |
Madaniyat | Ahad Qayumning o‘xshamagan piari, sahnani egallagan vaynchilar. Hamdam Sobirovning ilk yakkaxon konsertidan reportaj (video) | “Maktabimda” qo‘shig‘i bilan muxlislar qalbidan joy egallagan xonanda Hamdam Sobirov 24—25-may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida maktab bitiruvchilari uchun konsert dasturi o‘tkazdi. “Daryo” muxbirlari konsertga tashrif buyurib, foto va videoreportaj tayyorladi.
Konsert oldi ijodkorlar davra qurib, suhbatlashishyapti. Bu paytda saroy tomoshabinlar bilan to‘lmoqda. Konsert boshlanishiga 15 daqiqa qolgan.
Sahna qoidalariga binoan nafaqat ayollar balki erkaklarga ham shunday oro beriladi.
2022- yil xonanda uchun nihoyatda omadli kelmoqda. Buning isbotini YouTube tarmog‘idagi natijalardan ham bilsa bo‘ladi. “Maktabimda” klipi YouTube’da 45 million marta, uch oy oldin joylangan “Tentakcham” esa 52 million marotaba tomosha qilingan. Bu havas qilishga arziydigan natija.
Endi konsert bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashsak. Xonandaning ilk yakkaxon konsert dasturida konsert sanasiga monand 25 ta qo‘shiq ijro etilishi rejalashtirilgandi. Afsuski, duyetdoshlaridan birining ishtirok etolmasligi sabab qo‘shiqlar soni bittaga qisqardi.
Konsertda “Maktabimda” va “Tentakcham” kliplarida portnyor sifatida suratga tushgan vayner Dili.me va Rayhon Asadova boshlovchilik qildi. Ular ilgari konsert dasturida boshlovchilik qilishmagani uchun sahnada hayajonlangani yaqqol sezildi.
Xonanda sahnada oddiy chiqishni istamay yuqoriga ilingan arg‘imchoq orqali muxlislariga ko‘rinish berdi. Yodingizda bo‘lsa, ancha yillar avval Rayhon ham konsertida shunday chiqish qilgandi.
Hamdam Sobirov Janob Rasul bilan “Arzimaysan” nomli duyetni ham kuylashni rejalashtirgandi. Afsuski, xonanda konsertga tashrif buyurolmadi.
Xonanda konsert avvalida hayoti bilan bog‘liq kichik rolikni namoyish etdi. Ya’ni u bolaligida moddiy qiyinchiliklar sabab ishlashga majbur bo‘lgani, mashhurlik hayotiga tushdek kirib kelganini ko‘rsatib berdi.
Piarchi Ahad Qayum sahnaga katta muzlatgich qutisida chiqib keldi. Rosti, bu unchalik o‘xshamagan va yaxshi sahnalashtirilmagan chiqish bo‘ldi.
Konsertdan bir kun avval Ahad Qayum Instagram orqali xonandani qo‘shiqchi she’r uchun kelishilgan pullarni bermaganlikda ayblab, videomurojaat chiqargandi. “Konsertingni buzaman”, degan tahdid shunchaki piar ekani dastur davomida aniq bo‘ldi. Chunki Ahad Qayumning o‘zi konsertda bosh-qosh bo‘ldi.
Ziyoda bilan kuylangan “Qora atirgul” duyeti esa butun zalni jonlantirdi. Muxlislar ular bilan birga qo‘shiqni ijro etdi.
Xonanda marhuma onasiga bag‘ishlab “Onam qani?” nomli qo‘shiqni ijro qildi. Dardli qo‘shiq muxlislarning ko‘zlarini yoshlatdi.
Konsertda YouTube tarmog‘ida “Sayfulloni izlab” hajviy seriali bilan kuzatuvchilarga yaxshi tanish bo‘lgan yigitlar ham ishtirok etdi.
Konsertda Hamdam Sobirov imijiga monand kiyingan yigitlar ko‘p edi. Uzun soch, keng shim va betartib mo‘ylov. Bu imij xonanda ijodidagi o‘ziga xoslik bo‘lsa-da, me’yordan oshgach bachkanadek ko‘rinadi.
Hamdam Sobirov ijodini boshlaganiga roppa-rosa 10 yil bo‘ldi. Bu ilk yakkaxon konsert dasturi bo‘lgani uchun ham kamchiliklardan xoli o‘tmadi. Xonanda sahnada bir necha bor kuchli hayajonda ekanini, hatto repertuarni ham unutib qo‘yayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shunday bo‘lsa-da, dastur muxlislarga manzur keldi. Ular xonanda bilan birga qo‘shiqlarni ijro etdi. | 124 | 3,239 |
Madaniyat | Tomoshabinni ekrandan ko‘z uzmay ko‘rishga undovchi qiziqarli turk seriallari (video) | Meksika, Braziliya teleseriallari va koreys dramalari so‘nggi yillarda o‘z o‘rnini mashhur bo‘lib kelgan turk melodramalariga bo‘shatib berdi. Ularda hayajonli sevgi hikoyalari, oilaviy intrigalar va albatta, aql va his-tuyg‘ular o‘rtasida qiyin tanlovni ko‘rish mumkin.
“Sevgi iztirobi”
“Sevgi iztirobi” dramasi tomoshabinlar orasida yuqori reytingni qo‘lga kiritdi, nafaqat Turkiyada, balki dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Masalan, 2017-yilda serial “Eng yaxshi telenovella” nominatsiyasida “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Serial butunlay boshqacha olam va ijtimoiy kelib chiqishi turlicha bo‘lgan ikki sevishgan haqida hikoya qiladi.
Nihon – inqiroz arafasida turgan boy tadbirkorning qizi, Kamol oddiy sartaroshning o‘g‘li. Ular muhabbatining kelajagi bormi? Bundan tashqari, Nihonga aqldan ozar darajada oshiq Amir uchun otasi G‘olibbey jinoyat qilishga qodir. U Nihonning otasi O‘nderni qo‘rqitib, Nihon va Amirning to‘yiga rozilik oladi.
“Eshigimni qoq”
Yoz mavsumi uchun ajoyib va romantik serial – “Eshigimni qoq” dramasi. Mazkur serial ham Turkiyaga qaraganda boshqa davlatlarda yuqori reytingga erishdi.
Serial qahramoni Edaning ko‘plab sevimli mashg‘ulotlari bor, lekin uning asosiy ishtiyoqi peyzaj dizayniga qaratilgan. U ota-onasi vafotidan keyin butun kuchini ta’limga bag‘ishlaydi. Eng yaxshi talaba sifatida Italiyada amaliyot uchun grant oladi. Ammo orzusi amalga oshmaydi: oxirgi lahzada qiz stipendiyasidan mahrum bo‘ladi. Xafa bo‘lgan qiz o‘z grantini bekor qilgan, yosh tadbirkor va mashhur arxitektura firmasining egasi Serkan Bo‘lat bilan bog‘lanishga urinib, xolasining gul do‘konida ishlay boshlaydi.
Serkan – kelishgan yigit va iqtidorli tadbirkor, lekin u o‘z ishida mutlaqo pragmatik va barcha his-tuyg‘ular unga begona. Eda Serkan bilan yuzma-yuz gaplashishga qaror qiladi. Bu uchrashuv bir qator sarguzashtlarga aylanadi va natijada Serkan shuhratparast Edaga g‘ayrioddiy shartni taklif qiladi: u qizni kelin qilib ko‘rsatishi evaziga va’da qilingan amaliyot uchun pul to‘laydi.
“Zolim Istanbul”
Sulola urushlari, oilaviy intrigalar, urf-odatlar va his-tuyg‘ular orasidagi tanlov turk seriallarining asosiy mavzularidir. “Zolim Istanbul” dramasi sujetining markazida kuchli sulola – Karachay haqida hikoya bor.
Ishbilarmon Agax Karachay logistika kompaniyasini boshqaradi, hashamatli mashinasi bor, katta hisob raqamlariga ega va Istanbuldagi eng go‘zal ayolga uylangan. Agaxning o‘g‘li Jenk AQShning nufuzli universitetida o‘qiydi va o‘qishni tugatgach, otasining biznesini boshqarishi kerak. Agax bundan bir necha yil oldin uyining tomidan sirli tarzda yiqilib, nogironlar aravachasida qolgan kasal jiyani Nedimga ham g‘amxo‘rlik qiladi. Bir kuni Karachay umidsiz Nedimga xotin topishga qaror qiladi va uning tanlovi kambag‘al oiladan bo‘lgan qizga tushadi. Agax kelinni Nedim va bo‘lajak qarindoshlari bilan tanishish uchun o‘z oilasi bilan uyida yashashga taklif qiladi. Kutilmaganda Jenk Amerikadan qaytib, qizga oshiq bo‘ladi...
“Ertug‘rul”
“Muhtasham yuz yil”ning muxlisiga aylanganlarga “Ertug‘rul” serialini tomosha qilish tavsiya etiladi. Ushbu serial Turkiya tarixiga chuqur kirib boradi va qudratli Usmonli imperiyasi tuzilishidan oldingi voqealar haqida hikoya qiladi. Serial 1225-yil voqealari bilan boshlanadi. Yosh jangchi Ertug‘rul — Kayi qabilasi yetakchisi Sulaymon Shohning o‘g‘li, ov paytida uchta mahbusni qutqarish uchun salibchilar guruhi bilan jang qiladi. Ularning kimligini aniq bilmay, o‘z qarorgohiga taklif qiladi, chunki mehmondo‘stlik har doim qabilaning asosiy an’analaridan biri bo‘lgan. Bir tarafda musulmonlar bir-biri bilan jang qilmoqda, Papa Yevropa knyazlarini Quddusga yangi yurish qilishga chaqirmoqda. Kayilarning o‘zi esa zudlik bilan yangi joyga ko‘chib o‘tishlari kerak, aks holda ular ochlikka duch keladi. Sulaymon Shoh Halab amiri al-Azizdan eng yaxshi jangchilari evaziga yer so‘rashga qaror qiladi. Uzoq vaqtdan beri hokimiyatni orzu qilayotgan Sulaymonning o‘g‘illaridan biri – jasur Ertug‘rul yoki Kundog‘du al-Aziz bilan kelishuvga borishi kerak.
“Quzg‘un”
Eng mashhur turk aktyorlaridan biri Barish Arduch o‘tmish sirlari va umidsiz qasos haqidagi “Quzg‘un” teleserialida rol o‘ynagan. Quzg‘unning otasi Yusuf hech qachon pora olmagan, yaxshi va halol politsiyachi. Uning eng yaxshi do‘sti va sherigi bor, unga to‘liq ishonadi. Ammo bir kuni Rifat do‘stining fojiali o‘limiga sabab bo‘ladi. Bu qo‘rqinchli voqeadan so‘ng Yusufning rafiqasi va bolalari shaharni tark etadi va Quzg‘un 20 yil Istanbuldan uzoqda yashaydi. Uni oldinda og‘riq, azob-uqubat va qasosga chanqoq to‘la qiyin hayot kutmoqda. Va endi Quzg‘un voyaga yetganida vatanga qaytishga, jinoyatchini jazolashga va undan hamma narsani olishga tayyor. Poytaxtda Quzg‘un Dila – bolaligida sevib qolgan qiz bilan uchrashadi. U advokat bo‘lib ishlaydi. Ularning oralarida his-tuyg'ular yangitdan kuchayadi, lekin muammo shundaki, Dila – Rifatning qizi. Dilani xafa qilmasdan Rifatga zarar yetkazish mumkinmi?
“Qo‘limni qo‘yib yuborma”
Azra turkiyalik mashhur kabobchining qizi. Jenk – oziq-ovqat fabrikasiga rahbarlik qiluvchi boy oilaning farzandi. Ular AQShdan Turkiyaga keladi va chamadonlari chalkashib ketgani uchun aeroportda tanishadi. Azra va Jenk restoran biznesi bilan bog‘liq bo‘lgan boy turk oilalarining farzandlari. Ota-onalari eng yaxshi ta’lim olishi uchun ularni Amerikaga o‘qishga yuborgan. Yoshlar o‘sha universitetga o‘qishga kirgan, lekin hali ham bir-birlarini tanimaydi. Azra oshpazlik ishini o‘rganadi, qandolatchi bo‘lishni va otasi kabi o‘z korxonasini ochishni orzu qiladi. Jenk ota-onasi imperiyasining vorisi bo‘lishni va biznes yuritishni xohlaydi.
Qahramonlarning uchrashuvi kutilmaganda sodir bo‘ladi. Ta’tilda ular mustaqil ravishda o‘qishdan o‘z oilalariga, Istanbulga qaytadi. Avvaliga samolyotda Azra va Jenk o‘rtasida janjal kelib chiqadi, so‘ngra aeroportda ularning yuklari chalkashib ketadi. Agar Jenkning buvisi bo‘lmasa edi, ilk tanishuvdan so‘ng ular bir-birlarini, balki, ko‘ra olmasdi. Xo‘sh, qahramonlar birga bo‘ladimi? Ularning hayoti qanday o‘zgaradi?
“Halqa”
1990 -yillar. Ikkita mutlaqo boshqacha yigitlar – Jihangir va Kaan “Halqa” nomli maxfiy jinoiy tashkilotga qarshi kurashga qo‘shiladi. Ular maqsadi yagona – qotillik uchun qasos olish.
Eren Qorabulut ismli odamning o‘g‘li o‘g‘irlab ketiladi va undan pul so‘rashadi. Ota pul olib keladi, lekin u o‘ldiriladi va talon-toroj qilinadi, yana bir bola jinoyat joyida qoldiriladi. Erenning rafiqasi Xumeyra bolani asrab olishga qaror qiladi va uni Kaan deb ataydi.
Oradan 25 yil o‘tatdi. Kaan – o‘g‘rilik uchun besh yilga hukm qilingan yigit. Bir marta politsiyadan uning “otasi”ning o‘ldirilishi aks etgan videoni oladi va buni Erjan Saner va Iskandar Akay qilganini bilib oladi. Jinoyatchilar bu odamni “Halqa” guruhi rahbari Ilxon Tepelining buyrug‘i bilan o‘ldirgan. Komissar anchadan buyon uni qamoqqa tiqish ilinjida va qasos uchun Kaan unga yordam berishi mumkinligini tushunadi.
“To‘qnashuv”
Politsiya xodimi Kadir xotini va qizining o‘limida o‘zini aybdor his qiladi. U baxtsiz hodisa uyushtirib, o‘z joniga qasd qilishga qaror qiladi. Shunday qilib, u nafaqat o‘z hayotini, balki yo‘lda qolgan yana uch kishining hayotini o‘zgartirib yuboradi. Kadir Adali – Istanbul jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi sardori. U dahshatli terakt tufayli xotini va qizidan ayrilgunga qadar oilasi bilan baxtli yashar edi. Kadir sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni his qiladi va bu og‘riqdan omon qololmaydi. U jonini berishga va avtohalokatda o‘lishga qaror qiladi.
“Oramizda kim sevmadi?”
Munir va Adile yoshligida uchrashib, bir-birlarini sevib qolgan, bu hayotda bir marta sodir bo'ladi. Taqdirning o‘zi ularga birga bo‘lishni aytganday tuyuldi, lekin ayni paytda ularning munosabatlarini qiyin sinovlarga duchor qildi. Afsuski, qahramonlar bu sinovdan o‘tolmadi. Juftlik doimiy ravishda arzimas narsalar uchun janjallashdi. Ammo bir marta bahsning sababi shu qadar jiddiy bo‘ldiki, yoshlar har biri o‘z yo‘lidan ketishi, alohida hayot qurishi kerak edi. Vaqt o‘tadi, sobiq sevishganlar yana uchrashadi va ikkalasi ham tushunadi: ularning his-tuyg‘ulari sovigan emas, lekin turli sharoitlar ularni birlashishiga to‘sqinlik qiladi. Har kimning o‘z majburiyatlari, maqsadlari, bolalari bor ...
“Shaxsiyat”
Istanbul politsiyasi Alsgeymer kasalligi bilan kasallangan qotilni qidirmoqda. Bu tergovni bo‘limdagi yagona detektiv ayol — Nevra 65 yoshli Agax bilan birga olib boradi, u sobiq sud-tibbiyot olimi edi.
Nevra Elmas Istanbul politsiya tergov boshqarmasidagi yagona ayol. Erkak hamkasblar unga jamoaning “bezagi” sifatida qaraydi va haqiqiy ishlar o‘rniga Nevra ko‘pincha tenglik haqida gapirib, matbuotga intervyu beradi. Shaharda qotilliklar sodir bo‘lgach, hamma narsa to‘satdan o‘zgaradi va sirli qotil Nevraga xabar qoldiradi. | 85 | 8,802 |
Madaniyat | Munojot Yo‘lchiyevaning “Ushshoq” ashulasi angliyalik falaj bo‘lib qolgan otaxonni oyoqqa turg‘azgan | O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva Angliyada bergan konsertlarining birida “Ushshoq”ni ijro etgan. Shunda old qatorda o‘tirgan nuroniy otaxon shunchalar berilib tinglaganki, konsert tugagach, Munojot Yo‘lchiyevaning yoniga kelgan, deb yozadi “Uz24.uz”.
Otaxon ko‘zda yosh bilan “Ishoning qizim, mumtoz ashulangiz menga davo bo‘ldi, bugun ilk marta o‘z oyog‘im bilan yurib ko‘chaga chiqdim”, — deb aytgan.
U kishi ko‘p yillar falaj bo‘lib yotgan. Bir kuni unga do‘stlari ushbu ashula yozilgan diskni sovg‘a qilishgan. Otaxon har kuni “Ushshoq”ni eshitib, unga batamom maftun bo‘lgan. Qo‘shiqning ma’nosini so‘rab bilgach, oshuftaligi yanada ortgan. Bu haqda xonanda O‘zAga bergan intervyusida so‘zlab berdi.
Ma’lumot uchun, Munojot Yo‘lchiyeva o‘zbek mumtoz ashulalarining mohir ijrochisi. 1997-yili o‘tkazilgan “Sharq taronalari” I xalqaro musiqa festivalida maqom yo‘nalishida Alisher Navoiy g‘azali bilan aytiluvchi “Ushshoq”, Miskin g‘azali bilan “Ey, dilbari jononim” ashulalarini ijro etib, festival g‘olibi bo‘lgan. | 100 | 1,032 |
Madaniyat | Instagram: Kinoga qaytayotgan Ulug‘bek Qodirov, judolikka uchragan Mavluda Asalxo‘jayeva, turkiyalik san’atkor bilan duet kuylaydigan Liil Xurramov | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Feruza Sobitova “Opa-singillar” serialidagi Nasiba obrazini yaratgan aktrisa Nargiza Ro‘ziboyeva bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayevaning 30 yillik sozandasi olamdan o‘tdi. “Bugun men uchun katta yo‘qotish, men uchun judayam qadrdon inson, qarindoshimdek bo‘lib ketgan insonim vafot etdi”, deydi xonanda.
Yulduz Rajabova kuzatuvchilariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Muqaddas Sa’dullayeva 3-aprel kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan akasiga atab maxsus she’r yozdirdi hamda chiroyli videorolik tayyorlab, sahifasiga joyladi.
Rayhon Asadova sahifasiga yangi suratini joyladi.
Nilufar Usmonova o‘g‘illari bilan Navoiy, Buxoro hamda Samarqand shaharlarini ziyorat qilmoqda.
“Mening barcha qo‘shiqlarim o‘zim, Vatanim va butun dunyoga muhabbat haqida bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi”, demoqda Sevara Nazarxon.
Sevara Nazarxon Toshkentdagi Anhor Lokomotiv bog‘ida aylanib yurib, egasi yo‘q muzqaymoq apparatida o‘zi uchun muzqaymoq tayyorlab oldi.
Ulug‘bek Qodirov bir necha yil davom etgan tanaffusdan keyin kinoga qaytmoqda. Ayni paytda AQSHda yashayotgan aktyor rejissor Ruslan Mirzayev bilan yangi serial ustida ish boshlagan.
Klipmeyker va aktyor Nurimon Sultonxo‘jayev Umra safarini ado etdi.
Ziyoda muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Feruza Normatova Ramazonning ilk kunida ota-onasini yo‘qladi.
Shahlo Zoirova kuzatuvchilarini Ramazonning ikkinchi kuni bilan tabrikladi.
Bloger Liil (Ozod) Xurramov kuzatuvchilariga o‘ziga kelib tushgan manfaatli taklif haqida so‘zlab berdi. Unga ko‘ra, blogerga turkiyalik taniqli prodyuser qo‘ng‘iroq qilib, mashhur san’atkor bilan duet kuylash taklifini bergan. | 147 | 1,856 |
Madaniyat | Rossiyalik opera yulduzi Anna Netrebko Toshkent bozoridan hayratda qoldi (foto) | Rossiyalik opera yulduzlari Anna Netrebko va uning turmush o‘rtog‘i Yusif Eyvazov ilk marta Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida chiqish qildi.
Konsertdan so‘ng ular Toshkentdagi bozorlardan birida bo‘ldi. Netrebko bu haqda o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
View this post on Instagram
Ular bozorda asosan o‘zbek milliy matolaridan tikilgan liboslar, quritilgan mevalar va ziravorlarga qiziqib qoldi. Buni opera yulduzi joylagan suratlardan bilish mumkin.
View this post on Instagram
“Afsus, ketish kerak. Nega buncha kam? Rahmat, Toshkent! Judayam ajoyib bo‘ldi, lekin juda qisqa”, — deb yozdi u. | 79 | 671 |
Madaniyat | “Boshim toshga tegganidan so‘ng sevgimni izlamay qo‘ydim”. Jasur Umirov oddiy oilaning qiziga uylanish niyati borligi haqida gapirdi | Xonanda Jasur Umirov “So‘g‘diyona” gazetasiga intervyu berdi. U suhbat davomida san’at xobbisi emasligi, ko‘pchilik uning san’atkor bo‘lishiga ishonmagani, “Jumagul” qo‘shig‘ining yaratilish tarixi va oddiy oila qiziga uylanmoqchi ekanini aytib o‘tdi.
“Erkaliklarim ortda qolgan”
— Xonandalikka iqtidorim borligini his qilganman. Qolaversa, buvim, tog‘am san’atga qiziqishgan, qonimizda bor. Qo‘shiqlarimni o‘zim yozaman. Chunki meni yo‘nalishimdagi qo‘shiqlarni ko‘pchilik yozib bera olmaydi. Konservatoriyada o‘qigan talaba yaxshi xonanda bo‘lolmasa ham har holda yaxshi tinglovchi bo‘la oladi. San’at men uchun xobbi emas. Bu mening kasbim. Bu sohani pul uchun tanlamaganman. O‘zim xohlagandek xonanda bo‘ldim va muxlislar ortira oldim, deb o‘ylayman.
Yoshligimda erka bo‘lganman. Dadam og‘zimdan chiqqanini muhayyo qilardi. Endi yosh bola emasman. Erkaliklarim ortda qolgan. Hayotda qiyinchilik ko‘rmagan odam o‘rnini topolmaydi. Yoshlikda mehnatda katta bo‘lganman. Otam boshida 8 yil menga homiylik qilgan. Undan keyin dadamdan pul olmay qo‘yganman.
“Hech kimga yoqmading deyishgan”
— Yo‘nalish topishdan avval uch yilcha qiynalganman. Suratga olgan kliplarimiz ommalashmagan. Akam “Boshqa ish qil, qo‘shiqlaring ham, o‘zing ham hech kimga yoqmading”, degandi. Shuncha yil o‘qiganman deb o‘zimga-o‘zim tavakkal bir ashula yozaman, dedim. “Billura” qo‘shig‘i meni xalqqa tanitdi. Avvaliga o‘zimga unchalik yoqmadi. Gapirganimda ovozim yo‘g‘on chiqdi. Zafar Qodirov degan do‘stim qo‘shiqni baland ovozda aytishim kerakligini maslahat bergan. Shu uslubda kuylashim odamlar e’tiborini qozondi. Xit qo‘shilarimning aksariyat shu tarzda aytilgan.
“ ‘Sendan xonanda chiqmaydi’ deganlar ham bo‘lgan”
— O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qiyotganimda darslarga ko‘p bormasdim. Shundan ustoz san’atkor Kozim Qayumov “Sendan xonanda chiqmaydi”, degandi. Haydalmasdan o‘qishni oxirigacha yetkazganim omadim bo‘lsa kerak. Ustozimning o‘rgatganlarini tez ilib ololmaganman. O‘qishga kirgunimcha musiqiy bilimim yo‘q edi. Shundan jahli chiqqandi.
“Jumagul’ sirdaryolik qizga bag‘ishlangan”
— Bir yili Sirdaryodagi stadionda konsert bergandim. O‘sha kuni rosa yomјir yog‘gandi. Shunga qaramay, tomoshaga kelganlar tarqalmadi. Qo‘shiq aytayotib, uzoqdan qo‘riqlash xizmati bir qizni o‘tishga qo‘ymayotganiga ko‘zim tushdi. Nihoyat qiz dugonasi bilan yonimga keldi. Qo‘lidagi ayiqchani menga berdi. O‘smir yoshidagi chiroyli qiz ekan. Dastxat so‘radi. Ismini so‘radim. Dugonasi “Ismi Jumagul, o‘zi gapirolmaydi”, deb aytdi. Jumagul ismini birinchi bor eshitishim edi. Dugonangga ayt, uning ismiga, albatta, qo‘shiq kuylayman, deb aytgandim. Birinchi yozgan qo‘shiјim xit bo‘ldi. Shu-shu o‘zim qo‘shiq yozishni boshladim. Avvallari menga qo‘shiq yozib berishardi. Lekin o‘z g‘oyalarimni qo‘shib turardim. 30 ta qo‘shig‘imni o‘zim yozganman.
“Nechta mashina oynasini sindirganimni eslolmayman”
— San’atkor bo‘lishning o‘zi bir tarbiya. Bizning soha har kimni charxlab qo‘ya oladi. Ko‘p odamlar bilan muloqotda bo‘lasiz, ko‘p narsani o‘rganasiz. San’atkor bo‘lmaganimda, balki janjalkash ko‘cha bolasi bo‘larmidim. San’atkor bo‘lganim uchun kim bilandir janjallashishga uyalib turaman ko‘pincha. Lekin meni shunday deb o‘ylashadi. Yildan-yilga sho‘xliklarim kamayyapti.
Ammo o‘zim bilmagan holda birovlarga ozor berib qo‘yaman. Nechta mashina oynasini sindirganimni sanog‘ini bilmayman. Jahlim chiqqanida telefon yo televizorni sindirishim bor gap. Shunday qilsam, jahlimdan tez tushaman.
“Sudlashyapti deyishsa, qizlar tillasini sotib pul bergan”
— Instagram’da sahifa ochib berish iltimosi bilan bir odamga murojaat qilgandim. Bilsam, u xaker ekan. O‘zim bu ishlarga uncha aralashmasdim. Go‘yoki men qaysidir san’atkor bilan janjallashib sudlashib yurganman-u va menga katta pul kerak bo‘lgan. Sodda qizlar ishonib bisotidagi tillasini sotib, olib kelib berishgan. 4 ta qizdan kamida 20 ming dollar olgan.
“Sevgisiz oddiy oilaning qiziga uylanaman”
— Qiz qidirishga bo‘lgan harakatni to‘xtatdim. Boshim toshga tegib, shu fikrga keldim. Endi sevgimni izlamayman, u sevgi meni qidirsin. Sevgisiz ham oila qurish mumkin-ku. To‘g‘risini aytsam, men bilgan sevishgan juftliklarning ko‘pi hayotda baxtli emas. Oddiy oilaning qiziga uylanishni xohlardim. Kamgap bo‘lsa, undan ham yaxshi. | 132 | 4,282 |
Madaniyat | Gollivud aktyori Mettyu Makkonaxi 90 yoshli onasining surati bilan internet foydalanuvchilarini to‘lqinlantirib yubordi (foto) | 52 yashar Mettyu Makkonaxi Gollivudning eng kelishgan aktyorlaridan biridir. U kamdan kam hollarda yangi filmlarda suratga tushsa-da, “Intersellar”, “Haqiqiy detektiv” va “Jentlmenlar” kabi juda muvaffaqiyatli loyihalarni tanlaydi. Qizig‘i shundaki, so‘nggi paytlarda Mettyu The New York Times reytingida bestseller kitoblardan biri bo‘lgan avtobiografik asarini nashr etdi. 2021-yilning bahorida aktyor siyosiy karyerasini boshlashi haqida e’lon qildi.
Shu bilan birga, Makkonaxi Instagram’dagi sahifasi uchun ham alohida vaqt ajratadi. Gollivud yulduzining navbatdagi posti internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. Gap shundaki, aktyorning onasi Meri Ketlin 2022-yilning ilk kunlarida o‘zining 90 yoshini nishonladi. Tabiiyki, mehribon o‘g‘il uni o‘z blogida tabriklashga qaror qildi.
U sahifasiga murakkab bosmali bluzkada suratga tushgan onasining suratini joylashtirdi. Maftunkor Merining egnida tasma va boshida tojni ko‘rish mumkin. “Onam quvonch, kechirimlilik va qarshiliklar bilan yashaydi. U bu yerda bo‘lmaslkni tasavvur qila olmaydi. Tug‘ilgan kuningiz bilan, onajon”, – deya qisqacha yozdi Makkonaxi.
Aktyorning tabrigiga aktrisalardan Keyt Xadson, Jennifer Garner va boshqa ko‘plab mashhurlar qo‘shildi. Kuzatuvchilar Mettyuning onasi ajoyib ko‘rinishini ta’kidladi. Bu muxlislarni to‘lqinlantirib yubordi. | 126 | 1,333 |
Madaniyat | “Sevgan qizim O‘zbekistondan emas va shou-biznesga aloqasi yo‘q”. Yigitali Mamajonov — unashtirilgan qizi haqida | Aktyor Yigitali Mamajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.
Suhbat davomida aktyor ko‘nglidagi qizni topgani, uning shou-biznesga umuman aloqasi yo‘qligi, yaqin vaqt ichida u bilan turmush qurish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Menimcha, erkak kishi uylanmasdan yursa bo‘lmaydi. Menga yoqadigan, har tomonlama to‘g‘ri keladigan, ko‘nglimdagi qizni topdim.
Xudoyim bizni uchratdi — hozir birgamiz. Xudo xohlasa, to‘yimiz ham yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tadi.
Sevgan qizimning shou-biznesga umuman aloqasi yo‘q. Uni qayerda istiqomat qilishini ayta olmayman, ammo — O‘zbekistondan emas.
Yigitali Mamajonov, aktyor
Aktyor bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida alohida to‘xtaldi.
Qadrdonlar bilan oilaviy o‘tirgan vaqtimiz ular ham oilaviy hordiq chiqarishayotgan ekan. Ikkita oila bir-biri bilan yaqin bo‘lib, tanishib qolib, ko‘nglimga o‘tirganligi uchun, mening prinsiplarim, xohishlarim u insonda namoyon bo‘lganligi uchun ham aynan uni tanladim. Talablarimga to‘g‘ri keladigan va talablarimni ro‘yobga chiqaradigan inson aynan u bo‘lib chiqdi.
Yigitali Mamajonov, aktyor
Yigitali Mamajonov bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Aktyor suhbat davomida bolaligi, oilasi, oilasiga bo‘lgan tanqidlarga munosabati, ajrashganidan so‘ng nima sababdan Rossiyaga ketib qolgani, Chimkentda ochgan gul do‘koni, kino va kliplardagi faoliyati haqida ham to‘xtalib o‘tgan. | 112 | 1,490 |
Madaniyat | Rianna AQShdagi eng boy ayol bo‘ldi | Taniqli xonanda va tadbirkor Rianna Forbes jurnali e‘lon qilgan AQShning 40 yoshgacha bo‘lgan eng boy milliarderlari ro‘yxatiga kiritildi.
Hozirda 34 yoshda bo‘lgan yulduz ketma-ket uchinchi yil Forbes jurnali e’lon qilgan Amerikaning eng yosh boy ayollari ro‘yxatiga kiritildi. Xonanda 2022-yildagi umumiy reytingda 21-o‘rinni egalladi. Hozircha u 40 yoshgacha bo‘lganlar orasida yagona milliarder hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, uning umumiy boyligi holati 1,4 milliard dollarga baholanmoqda. U musiqiy loyihalar, Fenty Beauty va Fenty Skin kosmetik brendlari, shuningdek, Savage X Fenty brendi orqali ham pul topadi.
Bloomberg’ning 2022-yil mart oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Savage X Fenty kompaniyasi ishlab chiqarishni oshirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya 3 milliard dollarga baholangan. Rianna kompaniyaning 30 foiz aksiyalarga egalik qiladi. Shuningdek, kompaniya 2020-yilda 550 million dollar daromad keltirgan. Bundan tashqari xonanda Fenty Beauty aksiyalarining yarmiga egalik qiladi. Fenty brendlariga fransuz LVMH konglomerati vakillari tomonidan asos solingan.
Rianna 2012-yilda iqlim o‘zgarishini o‘rganish dasturlariga homiylik qiluvchi Clara Lionel Foundation (CLF) xayriya jamg‘armasiga asos solgan. Oradan bir yil o‘tib ilk tashabbuslardan biri MAC Cosmetics kompaniyasi xonandaning lab bo‘yog‘ini sotish orqali OIV, OITSga chalingan ayollar va bolalar uchun 60 million dollar yig‘di. Yanvar oyida esa u Twitter asoschilaridan biri Jek Dorsi bilan #SmartSmall tashabbusini boshlab, iqlimni muhofaza qilish bo‘yicha turli tashkilotlarga 15 million dollar xayriya qildi. | 35 | 1,596 |
Madaniyat | O`zbekistonlik yosh dizaynerlar Dubayda moda haftaligida ishtirok etdi | Mamlakatimiz Bosh konsulligi va «O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasi ko`magida «SAWKELE» «Boutique Atelye», «IDEAL», «INDI FRI FASHION» brendi yosh dizaynerlarining Birlarshgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo`lib o`tgan «International Fashion Week Dubai» modalar namoyishida ishtiroki tashkil etildi. Bu haqda Dunyo AA xabar berdi.
Shu yilning 17-19 mart kunlari o`tkazilgan xalqaro modalar namoyishida, shuningdek, AQSh, Italiya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Shveysariya va BAA vakillari qatnashdi.
Tadbirda O`zbekiston vakillari maxsus taqdimot o`tkazdi. Unda mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar natijasida 12 yildan ortiq vaqt davomida amal qilib kelgan o`zbek paxtasiga qo`yilgan boykot «Cotton Campaign» xalqaro koalisiyasi tomonidan bekor qilingani alohida qayd etildi.
O`zbek matolaridan tikilgan liboslar namoyishi «International Fashion Week Dubai» modalar namoyishi ishtirokchilari va mehmonlariga juda manzur keldi.
Tadbir davomida ko`zgazma tashkilotchilari bilan bo`lib o`tgan muzokaralarda o`zbekistonlik yosh dizaynerlarning Dubayda bo`lib o`tadigan moda namoyishlarida muntazam ishtirokini ta`minlash bo`yicha kelishuvga erishildi. | 70 | 1,227 |
Madaniyat | Turkiyalik rejissor Jaloliddin Manguberdi haqida film yaratmoqchi | O‘zbekiston Madaniyat vazirligida Turkiyaning taniqli kino namoyandasi, “Erto‘g‘rul” teleserialining rejissori Mehmet Bo‘zdag‘ boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Jaloliddin Manguberdi” filmini suratga olishda hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekistonning taniqli san’at va madaniyat vakillari, kinorejissor va aktyorlar ishtirok etdi.
Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov, “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va boshqalar mamlakat kinosanoatini har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu sohani ravnaq toptirish uchun chet mamlakatlar, xususan, Turkiya davlati bilan ham keng qamrovli madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yilayotganini ta’kidladi.
Joriy yilda efirga uzatilgan seriallar nafaqat kino ixlosmandlari, balki o‘zbek kino ijodkorlarining ham e’tiroflariga sazovor bo‘ldi. Shu jihatdan ham “Ertugrul” teleserialining rejissyori taklif etildi.
Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda Jaloliddin Manguberdi Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi mardonavor jang qilgan, ona Vatan tuprog‘ini asrashga jon fido qilgan buyuk siymo sifatida tarixga kirgan shaxsdir. U jasurligi, mardligi bilan birga adolatli hukmdor bo‘lgani haqida ham tarixiy manbalarda keltirilgan. Shuning uchun ham turk rejissyorida u haqida tarixiy film olish g‘oyasi tug‘ildi.
“Men jahon tarixi, xususan, sizning buyuk bobolaringiz Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek kabi siymolarning shonli o‘tmishini chuqur o‘rganib chiqqanman, – dedi Mehmet Bo‘zdag‘. – Ularning adolatliligi meni doimo o‘ziga jalb qilgan va, albatta, ularning birortasi haqida tarixiy film olishni rejalashtirgan edim. Ertugrul ham aynan adolat bilan xalqni boshqargani uchun u haqida film suratga oldik. Bu teleserialdan keyin bizga dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan o‘zlarining tarixi haqida kino suratga olish taklifi tushdi. Lekin ularni rad etdim. Chunki men buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haqida kino olishni maqsad qilganman va agar bu borada hamkorlik kelishuviga erishsak, ajoyib film suratga olish niyatidaman”. | 65 | 2,260 |
Madaniyat | DJ Mag jurnali dunyoning eng yaxshi dijeylari reytingini e’lon qildi | DJ Mag jurnali har yilgi dunyoning eng yaxshi dijeylari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatdan 100 nafar musiqachi o‘rin oldi, deb xabar berdi DJ Mag nashrining sayti.
Reytingga 21 yoshli niderlandiyalik Martin Garriks yetakchilik qildi. U ketma-ket ikkinchi bor birinchilikda egallamoqda. 2016-yilda musiqachi DJ Mag reytingidan o‘rin olgan eng yosh dijeyga aylangan edi.
Ikkinchi pog‘onani belgiyalik Dimitri Vegas & Like Mike dueti egalladi. Avvallari besh bora DJ Mag ro‘yxatiga yetakchilik qilgan dijey Armin van Byuren bu safar uchinchi o‘rindan joy oldi.
Shuningdek, ro‘yxatdagi dastlabki o‘ntalikni Hardwell (Robert van de Korput), Tiësto (Teys Vervest), The Chainsmokers dueti, Devid Getta, Afrojack (Nik van de Vall), Stiv Aoki hamda amerikalik Marshmello (Kris Komstok) kabi dijeylar band etdi. Ro‘yxat obunachilarning ovozlari asosida tuzildi.
Avgust oyida Forbes jurnali 2017-yilning eng ko‘p maosh olgan dijeylari ro‘yxatini taqdim etgandi. Birinchi o‘rinni 48,5 million dollar ishlab topgan niderlandiyalik Kelvin Harris egallagan edi. | 68 | 1,047 |
Madaniyat | Farrux Zokirov: Botir akam — ijodiy vijdonim | “Sug‘diyona” gazetasi “Yalla” ansamblining badiiy rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov bilan intervyu o‘tkazdi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.
Rahmatli onangiz qanday tabiatli ayol edilar?
— Eslasam, otam ikkalasi ikki xil dunyo bo‘lgan ekanlar. Birlashtirib turuvchi nuqtalar bor edi, albatta — san’at, san’atga bo‘lgan muhabbat, uni chuqur anglashlari, bolalar. Ammo otam og‘ir tabiatli, kamgaproq inson edi. Onam esa dovyurak, so‘zamol ayol bo‘lganlar. Mahallada urishgan er-xotinlarni ham erinmay uylariga borib, yarashtirib kelardilar. Ko‘chada ikki mahalladosh mast kishining yoqalashayotganini ko‘rsalar ham, jim o‘tib ketolmasdi. Onamdan hayiqishardi, bitta so‘zlarini eshitishlari bilan “Xo‘p, Shoyista opa, xo‘p”, deya qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib uy-uylariga tarqalishardi. Dugonalari, rahmatli Iqbol xola “Tramvayda biror kim noto‘g‘ri qarash qilsa, Shoyista kavushini to‘g‘irlab qo‘yishga darrov kirishardi. O‘zi qiltiriqqinayu, gapirishga cho‘chimasdi. Bu boshlagan muhokamani men davom ettirishimga to‘g‘ri kelardi”, deya kulib eslardilar. Onam nozikkina, Iqbol xola esa savatli ayol bo‘lgan-da.
Siz uchun eng yuksak baho?
— Bolalagimda ham, hozir ham, xoh atrofdagilar bilan munosabatda bo‘ladimi, xoh professional ijodda “Karim Zokiriyning o‘g‘li! Barakalla, ota o‘g‘il” degan ta’rif men uchun yuksak baho. Botir akam — ijodiy vijdonim. Doim qo‘shiq yozayotganda Botir Zokirov qanday fikr bildirardilar, degan xayol keladi.
San’atkor bo‘laman deb o‘ylamasdim, chin so‘zim. Yigitlik yillarim musiqa bastalashga moyilligim bor edi. “Shunday qo‘shiq yozsamki, Botir Zokirov repertuariga kiritsa”, deb orzu qilardim. Akam esa eshitib ko‘rardi-da, «Yo‘q, hali bor, hali pishmagan», derdi. Shukr, bu baxtga musharraf bo‘ldim. 1974-yil “Majnuntol” qo‘shig‘ini yozgan bo‘lsam, bir yillardan keyin “Shu qo‘shiq juda chiroyli chiqibdi, maylimi, men kuylasam”, deya so‘raganlar. O‘shanda yuragim yorilib ketay degan. Hozir ham kuchli hayajon bilan eslayapman. Madaniyatni qarang, maylimi, deb so‘raganlar. | 44 | 2,024 |
Madaniyat | Ruslan Sharipov san’atga qaytayotganini ma’lum qildi | Ruslan Sharipov san’atga qaytayotganini ma’lum qildi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Hayotdagi qiyinchiliklar sabab Ruslan Sharipov sahnani o‘n yil muddatga tark etishga majbur bo‘lgandi. Hozirda barcha qiyinchiliklar ortda qoldi va san’atkor o‘z muxlislari uchun yangi qo‘shiqlar tayyorlamoqda.
Ruslan Sharipov nafaqat qo‘shiqchi, balki musiqachi va bastakor hamdir. U “Bolalar”, “Setora” va “Bayt” kabi mashhur guruhlarni tuzgan. “Shahzod” va “Xo‘ja” guruhi qo‘shiqlarining bastakori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ruslan Sharipov salomatligi tiklangach, qizi ishtirokida yangi estrada guruhini tuzmoqchi ekanligini bildirgandi. | 52 | 640 |
Madaniyat | Media-haftalik: “Debyut-2021” g`oliblariga grantlar topshirildi | “Yoshlar ijod saroyi”da O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan “Yangi O`zbekiston. Yangi nigoh” media-haftaligi doirasida 6 may kuni “Debyut-2021” tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Marosimning ochilishida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov, O`zbekiston Xalq artisti Xayrulla Sa`diev va boshqalar so`zga chiqib, hukumatimiz tomonidan yoshlarni qo`llab-quvvatlash, xususan kinematografiya sohasidagi o`zgarishlar haqida so`z yuritishdi. Tadbirda ushbu tanlov uchun 5 milliard so`m ajratilgani, bu mablag` yosh kinoijodkorlar suratga olishi kutilayotgan qisqa metrajli filmlarni moliyalashtirishga ajratilishi ta`kidlandi.
O`zbekiston Kinematografiya agentligidan ma`lum qilishlaricha, “Debyut-2021” tanloviga yosh kinoijodkorlar tomonidan 200 ga yaqin kinoloyihalar topshirilgan. Agentlik badiiy kengashi a`zolaridan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan ular orasidan eng yaxshi 16 ta kinoloyiha tanlab olingan va film suratga olish uchun tavsiya etilgan. Tadbirda mazkur kinoloyihalarning mualliflariga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Marosim so`ngida yosh kinorejissyor Mahliyo Askaralieva tomonidan suratga olingan Lola. Quyosh va men” qisqa metrajli badiiy filmi tomoshabinlar e`tiboriga havola qilindi. | 63 | 1,406 |
Madaniyat | “Oltin globus” marosimida yulduzlar smartfonlarini ko‘z-ko‘z qildi | Avval xabar berganimizdek, 12-yanvar kuni “Oltin globus” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda an’anaga ko‘ra ko‘plab serial va kino yulduzlari ishtirok etdi.
Marosimda aktyorlar vaqtlarini chog‘ o‘tkazdi, ularning ko‘pchiligi o‘z smartfonlarini ko‘z-ko‘z qildi, deb yozadi Mail.ru.
Keti Xolms, Xloya Kardashyan, Juliana Ranchich, Grir Gremmer va boshqalar tadbirga tayyorlanish jarayonida ham smartfonlaridan ajrala olmadi va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z muxlislari bilan bo‘lishish uchun faol ravishda selfiga tushdi.
Marosim davomida ham yulduzlar bir-birini, o‘z-o‘zini va umuman marosimni telefonga muhrlashdan charchamadi. Bunda Krissi Teygen, Jon Lejend, Keti Beyts, Maykl Kitonni alohida tilga olish zarur. | 66 | 730 |
Madaniyat | O`zbekistonlik aktrisa xalqaro kinofestivalda gran-prini qo`lga kiritdi | Feruza Saidova Qozog`istonning Olmaota shahrida o`tkazilgan xalqaro kinofestivalda «Eng yaxshi ayol roli uchun» gran-prini qo`lga kiritdi. Bu haqida «O'zbekkino» milliy agentligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Qozog`istonning Olmaota shahrida bo`lib o`tgan Shaken Aymanov nomidagi xalqaro kinofestivalda Zulfiqor Musoqovning «Dadam betob» filmi ishtirok etdi.
Festivalda, «Dadam betob» filmida bosh rolni ijro etgan aktrisa Feruza Saidova «Eng yaxshi ayol roli uchun» nominasiyasida g`olib bo`ldi.
Mahoratli aktrisaga mukofotni yaqin kunlarda bo`lib o`tishi kutilayotgan “Berlin oqqo`rg`on” filmi taqdimot marosimida topshirish rejalashtirilmoqda.
Film sabr-toqat, matonat haqida hikoya qiladi. Kartinada bugungi ijtimoiy muammolar, hayotiy qarama-qarshiliklar ifoda etilgan. Og`ir xastalikka uchragan turmush o`rtog`ini oyoqqa turg`azish uchun shaharga kelib, kirakashlik qilgan Aziza, hayotda ko`p bor nohaqliklarning qurboniga aylanib, oxir-oqibat jinoyat ko`chasiga kirib qolgan Pokiza kabi obrazlarning taqdiri misolida hayotiy muammolar ochib berilgan. | 71 | 1,060 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik raqqoslar WDSF raqs chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi | 13—14-oktabr kunlari Ispaniyaning Bilbao shahrida o‘smirlar o‘rtasida raqs sporti bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi, deb xabar beradi Afisha.
Lotin Amerika raqslari bilan chiqish qilgan toshkentlik raqqoslar Andrey Kuznetsov va Mina Lilar turnirning ikkinchi o‘riniga munosib ko‘rildi.
Ular 2010-yildan beri aniqrog‘i raqsga kelgan paytlaridan boshlab juftlikda raqsga tushadi.
Andrey va Mina ko‘plab xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan. Xususan, Grand prix Dynamo 2016/17, Honk Kong open 2017, King’s cup Thailand 2017, “Vivat Rossii” 2018, Grand prix Dynamo 2018 kabi tanlovlarda ular birinchilikni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, ular O‘zbekistonning 8 karra chempionlari va 7 karra kubok sohiblari hisoblanadi. | 74 | 715 |
Madaniyat | Jim Kerri Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashuvi tufayli Facebook’dagi sahifasini o‘chirdi | Gollivud aktyori Jim Kerri Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi tufayli Facebook’dagi sahifasini o‘chirdi va ijtimoiy tarmoq aksiyalarini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u 6-fevral, seshanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Facebook’dagi aksiyalarimdan xalos bo‘laman va sahifamni o‘chiraman. Chunki Facebook Rossiyaning bizning saylovlarimizga aralashuvidan foyda ko‘rgan va kompaniya buni to‘xtatish uchun yetarli choralar ko‘rmayapti, — deya ta’kidladi Kerri. — Kelajagimizga befarq bo‘lmagan barcha investorlarni aynan shunday yo‘l tutishga chaqiraman”.
Aktyor, shuningdek, CNBC telekanali jurnalistlariga ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuchaytirish tarafdori ekanligini ma’lum qildi. | 92 | 750 |
Madaniyat | Nargiz Zokirovaning yangi klipida uning turmush o‘rtog‘i suratga tushgani ma’lum bo‘ldi | Asli o‘zbekiston qo‘shiqchi Nargiz Zokirovaning yaqinda taqdim etilgan yangi “Ya ne tvoya” qo‘shig‘iga ishlangan klipda uning turmush o‘rtog‘i Filip Balzano ishtirok etdi. Bu haqda Podrobno.uz xabar bermoqda.
Filip klipda suratga tushish uchun ataylab Rossiyaga bir necha kunga uchib kelgan.
Qo‘shiq muallifi va klip rejissori qo‘shiqchi bilan bir necha oydan buyon birga faoliyat olib borayotgan prodyuser Maksim Fadeyev bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, ijodkor turmush o‘rtog‘i Filip Balzano bilan Sabina va Laylo ismli qizlari hamda Auel ismli o‘g‘illarini tarbiyalamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 13-sentabr kuni Nargiz Zokirova o‘g‘il nevarali bo‘ldi. Zokirovaning 24 yoshli qizi Sabina Toshboyeva unga buvilik baxtini sovg‘a qildi. Chaqaloqqa Noy deb ism qo‘yishdi. | 87 | 757 |
Madaniyat | Xonanda Ziyoda plagiat bilan shug‘ullanmaslikka va’da berdi | Birinchi sentabr arafasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini qo‘lga kiritgan xonanda Ziyoda chet el qo‘shiqlarini o‘zlashtirib olib, plagiat bilan shug‘ullangani yuzasidan afsus bildirdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
“Bundan buyon o‘g‘irlangan qo‘shiqlarni kuylamaslikka harakat qilaman”, — dedi u “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida.
Shuningdek, Ziyoda did bilan kiyinmasligi haqida aytiladigan tanqidlarni ham e’tirof etdi. U liboslaridagi ba’zi detallar uning e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsa, muxlislaridan uzr so‘rashini aytib qoldi. | 59 | 563 |
Madaniyat | Farzand kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | Ona bo‘lish arafasida turgan o‘zbekistonlik san’atkor ayollar haqida so‘z yuritamiz.
Lola
Rossiyada yashab, ijod qilayotgan xonanda Lola uchinchi marta ona bo‘lish arafasida turibdi. U Instagram sahifasi orqali folloverlariga homiladorlik jarayonining kechishi haqida tez-tez ma’lumotlar berib turadi. Lolaning Shahina ismli qizi hamda Diyor ismli o‘g‘li bor.
Jamila G‘ofurova
Aktrisa Jamila G‘ofurova ham uchinchi marta onalik baxtiga sazovor bo‘lish arafasida. Uning ikki qiz farzandi bor.
Madina Mumtoz
Madina Mumtoz ham uchinchi farzandini dunyoga keltirishga tayyorlanmoqda. Uning ikki o‘g‘il farzandi bor.
Umidaxon
Xonanda Umidaxon ikkinchi marta ona bo‘lish arafasida turibdi. Uning Muhammad Ali ismli o‘g‘li bor. | 55 | 724 |
Madaniyat | Qoshlar shakli mashhur ayollarni plastik operatsiyalardan ham samaraliroq o‘zgartirgan holatlar (foto) | Ko‘zlar – qalb ko‘zgusi. Ammo qoshlarning ham ahamiyati undan kam emas. Ko‘zlarning chiroyli namoyon bo‘lishiga erishish uchun qoshlar ham juda ko‘p o‘zgarishlarga duch keladi: goh qalin, goh ingichka, ba’zida qora va ba’zan umuman bilinmaydigan. Ammo birgina qosh orqali obrazni butunlay o‘zgartirish mumkin. Buni yulduzlar misolida e’tiboringizga havola etamiz.
Madonna
Viktoriya Bekhem
Jessika Alba
Megan Foks
Ledi Gaga
Anjelina Joli
Jennifer Lopes
Selena Gomes
Penelopa Krus
Dryu Berrimor
Kristina Richchi
Gvinet Peltrou
Gven Stefani
Sharliz Teron
Peris Xilton | 102 | 578 |
Madaniyat | Bir yil tayyorgarlik ko‘rilgan PROlogue xalqaro kinofestivalining ochilish marosimidan reportaj (foto) | Yoshlar ijod saroyida PROlogue IV xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda “O‘zbekkino” MA rahbariyati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, festival tashkilotchilari, mahalliy va xorijiy kinoijodkorlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. “Daryo” marosimdan fotoreportaj tayyorladi.
“O‘zbekkino” MA rahbari Furqat Zokirov PROlogue IV xalqaro kinofestivalining ochilish marosimida so‘zga chiqib, xalqaro kinofestivalda ishtirok etish uchun oltmishdan ortiq davlatlardan arizalar qabul qilingani, festivaldan asosiy maqsad esa, o‘zbek kinosini dunyoga olib chiqish, ekanligini ma’lum qildi.
Marosim davomida “O‘zbek kinosining tarixi” foto ko‘rgazmasining ochilishi ham bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma ochilishida ramziy qizil lentani O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova kesib, o‘zining ezgu niyatlarini bildirdi.
Shuningdek, kinofestival tashkilotchilari hamda hakamlar hay’ati bilan matbuot anjumanlari bo‘lib o‘tdi.
Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi, festival tashkilotchisi Oybek Abdushukurovning “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan ma’lumotlariga qaraganda, PROlogue xalqaro kinofestivaliga 2017-yilning dekabr oyidan tayyorgarlik ishlari boshlangan bo‘lib, xalqaro kinofestivallar, xususan xalqaro Kann kinofestivali andozasi asosida ushbu festivalga bir yil mobaynida tayyorgarlik ko‘rilgan. | 102 | 1,333 |
Madaniyat | Dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi musiqachilari reytingi e’lon qilindi | Amerikaning Billboard jurnali AQSh hududida eng ko‘p pul ishlab topgan musiqachilar reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Reytingning birinchi o‘rnida 2017-yilda 54,4 million dollar orttirgan Irlandiyaning U2 rok-guruhi joylashdi. Ushbu mablag‘ning katta qismini musiqachilar Joshua Tree Tour gastrol safari doirasidagi konsertlari uchun gonorar sifatida qo‘lga kiritgan. Ikkinchi o‘rin 52,2 million dollar ishlab topgan qo‘shiqchi Gart Bruksga nasib qildi. Yetakchilar uchligiga Metallica 43,2 million dollar bilan yakun yasadi.
Yuqori o‘nlikka Bruno Mars (40,7 million dollar), Ed Shiran (31,3 million dollar), Ledi Gaga (29,7 million dollar), Billi Joel (29,2 million dollar), Guns N’ Roses (27,8 million dollar), Pink Floyd guruhining sobiq a’zosi Rojer Uoters (27,2 million dollar) va Coldplay (26,5 million dollar) ham kirdi.
Ro‘yxatdagi musiqachilarning deyarli barchasi daromadlarining aksar qismini jonli konsertlardan ishlab topgan. Top-50 talikka 2017-yilda turnega chiqmagan ikki xonandagina kirdi, bular — reper Dreyk (qo‘shiqlarining onlayn tinglanishidan 8,6 million dollar ishlab olgan) va Teylor Svift (albomlari sotuvidan 5 million dollar ishlagan). | 71 | 1,178 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov “Mendirman Jaloliddin”ga bildirilgan tanqidlar va filmning navbatdagi mavsumi qachon suratga olinishiga izoh berdi | Jahon kinematografiyasidagi har qanday tarixiy filmda xatoliklar uchrashi tabiiy holat. Haqiqatni o‘rganish uchun kinoga murojaat qilinmaydi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 24-may, dushanba kuni “Toshkent 5 tashabbus harakati” yoshlar festivali doirasida OAV vakillariga bergan intervyusida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.
Nazarbekov jamoatchilikning “Mendirman Jaloliddin” filmiga e’tirozi va tanqidiy fikrlariga munosabat bildirdi.
“Bu kinoning tanqid qilinishi kutilgan edi, bu tabiiy hol. Biz bir tomonlama mulohaza qilishimiz qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi? Umuman, har bir muammoni yuzaga kelish sabablarini oldin o‘rganish kerak. Ushbu kino ziyolilar, ayniqsa, tarixchilar tomonidan ko‘p tanqidga uchrayapti. O‘zbekistondagi tarixchilar kino bilan hamkorlik nuqtayi nazaridan necha yillik tajribaga ega?! Hamkorlik mutlaqo yo‘q! Hamkorlik bo‘lmaganidan keyin, tabiiyki, keskin qarama-qarshiliklar bo‘ladi va oxiri o‘rtacha bir yechimga kelinadi. Badiiy film badiiylikni, tarix esa faktlarni talab qilaveradi. Bizda hali tarixchilar va kinochilar o‘rtasida hech qanday hamkorlik yo‘q.
“Mendirman Jaloliddin” o‘z nomi bilan badiiy film. Bu uning har qanday to‘qima voqeadan farqi yo‘q, degani. Kinoni hadeb tarixiy faktlar tomon tortaverish kerak emas, bu badiiy film deyapmiz. Kinoda Jaloliddin obrazi bor, boshqa eng muhim obrazlar mavjud. Maqsadimiz — bizning Jaloliddin degan milliy qahramonimiz bo‘lganligi, uni qahramon o‘laroq ko‘rsata olsak bo‘ldi. Uning haqiqatini, kerak bo‘lsa, tarixiy manbalardan bilib olavering. Muhimi, biz sizning e’tiboringizni filmga torta oldikmi, bo‘ldi. Agar torta olgan bo‘lsak, u yog‘ini borib faktlardan o‘rganinglar.
Agar muxlis kinodan tarixiy faktlar o‘rganaman, desa xato qilgan bo‘ladi. Chunki dunyodagi jamiki har qanday tarixiy film sizni xatoga olib boradi, barchasida xatoliklar topiladi. Haqiqatni o‘rganish uchun kinoga murojaat qilinmaydi. Manbalar, tarixiy faktlarga murojaat qilinadi”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.
Madaniyat vaziri filmning davomi qachon suratga olinishi haqidagi savolga javob berarkan “Hozir biroz tanaffusdamiz. Keyingi mavsumlarni suratga olishga harakat boshlangan. Menimcha, bir oylardan so‘ng, tasvirga olish boshlansa kerak”, dedi. | 133 | 2,259 |
Madaniyat | Xonanda Tamila yana to‘ylarga chiqa boshladi | O‘tgan oyda internet tarmog‘ida tarqalgan videolar tufayli shov-shuv va muhokamalarni keltirib chiqargan xonanda Tamila yana to‘ylarda xizmat qila boshladi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Bir necha kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram’da xonanda “Men bo‘lmasam” nomli yangi qo‘shig‘ini “Tamila.uz” sayti orqali taqdim etayotgani haqidagi reklama bannerlari tarqalgan. “Qalampir.uz” sayti masalaga oydinlik kiritish maqsadida Tamila faoliyat yuritgan “Maestro” kompaniyasining ma’muri bilan bog‘landi.
Jurnalistning savollariga javob bergan ma’mur, Tamila yana prodyuserlik markaziga qaytganini va to‘ylarga ham chiqayotganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, Tamilaning Toshkentdagi bitta to‘yga borishi bahosi 1,5 million so‘mni tashkil etmoqda.
Nashrning ma’lum qilishicha, xonandaning prodyuseri Najot Agzamov u haqdagi savollarga javob berishni istamagan, Tamilaning o‘zi esa go‘shakni ko‘tarmagan.
Yanvar oyi oxirida internetda Tamila deb taxmin qilinayotgan qizning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalib ketdi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri u bilan hamkorlikni to‘xtatdi, “O‘zbeknavo” esa Tamilaning litsenziyasini tugatdi. | 44 | 1,176 |
Madaniyat | «Rossiya-Kultura» telekanali O`zbekiston haqidagi hujjatli filmni suratga olish ishlarini boshlab yubordi | «Rossiya-Kultura» telekanali O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi va O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda “O`zbekiston. Sevgi haqida afsonalar” deb nomlangan 4-qismdan iborat hujjatli filmni suratga oladi.
Filmlarda Buyuk Hind va Ipak yo`llari tarixi va O`zbekiston hududida rivojlanib kelgan sivilizasiyalar, tinchlik va birodarlikda 130dan ortiq millatlar vakillari yashab kelayotgan qadimiy mamlakatning bag`rikengligi, o`zbek milliy san`ati, ilm-fani, me`morchiligi, milliy taomlari va pazandachilik an`analari haqida so`z yuritiladi.
Filmlar O`zbekistonning qadim davrdan boshlab to bugungi kunga qadar bo`lgan madaniy va tarixiy rivojlanishining asosiy jihatlarini qamrab olishi kutilmoqda.
“Biz rossiyalik teletomoshabinga O`zbekiston to`g`risida sevgi haqida qadimgi xalq afsonalari: o`z yurtiga muhabbat, san`at va ilm-fanga mehr-muhabbat, buyuk sarkardalar, jangchilar sevgisi, insoniy his-tuyg`ularning buyuk tarixlari orqali so`zlab bermoqchimiz, zero ularsiz o`zbek xalqi shunday ajoyib me`moriy, she`riy, musiqiy namunalarni yaratmagan hamda O`zbekiston madaniy merosi tushunchasi shakllanmagan bo`lar edi”, - ta`kidlab o`tdi hujjatli filmning muallifi va prodyuseri Firdavs Abduholiqov.
Hujjatli filmlarni yaratishda O`zbekistonning etakchi arxitektorlari, tarixchilari, diniy muassasalari rahbarlari, o`lkashunoslari, ilm-fan va madaniyat arboblari, taniqli oshpazlari qatnashadi.
Hujjatli film ssenariysi muallifi Tatyana Basovaning ta`kidlashicha, «Rossiya-Kultura» telekanali va O`EOAVMA hamkorligi «O`zbekiston: qo`lga kiritilgan kashfiyotlar» filmidan boshlangan bo`lib, u bir yil avval ekranlarga chiqarilgan edi.
25 yil ichida O`zbekiston to`g`risida birinchi bor suratga olingan film kanalimizda yaratildi. Ta`kidlab o`tishim kerak, bu rossiyaliklarning nazari va ularning yangi O`zbekistonni XXI asr voqeligida ko`rishligi bo`lgan. Film yuqori reytingga ega bo`lib, teletomoshabinlarimizda katta qiziqish uyg`otdi. Aynan shuning uchun biz ishni davom ettirishga qaror qildik”.
Bugungi kunda bu O`EOAVMAning Rossiya telekanallari bilan birgalikdagi beshinchi loyihasi hisoblanadi. Bundan avval «O`zbekiston – qumliklar javohiri», «Qoraqalpog`iston – vaqt qumlari oralab», «O`zbekiston: qo`lga kiritilgan kashfiyotlar», «Nukus. Noma`lum kolleksiya» filmlari yaratilgan edi. | 106 | 2,382 |
Madaniyat | “Majnun” va “Oyqiz ertagi” filmlarining rejissorlari voqealari Toshkent, Parij va Rimda rivojlanadigan film olmoqchi | O‘zbekistonlik rejissorlar Jahongir Ahmedov va Akbar Bekturdiyev ayni vaqtda Yevropa sayohatida. Instagram’dagi sahifalari orqali ular Parij va Rim safarlari taassurotlari bilan o‘rtoqlashmoqda.
Jurnalist Feruz Muhammad Jahongir Ahmedov bilan bog‘lanib, safar maqsadlari haqida ma’lumot oldi.
“Avvaliga shunchaki dunyo ko‘rish, tarixiy shaharlarni aylanish maqsadida safarga chiqqan edik. Hozirga kelib Akbar Bekturdiyev bilan ajoyib yangi film g‘oyasi ustida ishlayapmiz”, — deydi Jahongir Ahmedov.
“G‘oya bo‘yicha, yangi film voqealari Toshkent, Parij va Rim kabi shaharlarda rivojlanadi. Ijodiy ishimiz kundan-kun pishib, rivojlanib bormoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Jahongir Ahmedov.
Ma’lumot uchun, Jahongir Ahmedov “Tundan tonggacha”, “Tilim qursin”, “Majnun” kabi filmlarning, Akbar Bekturdiyev esa “Jazo”, “Hur qiz”, “Oyqiz ertagi” kabi kartinalarning rejissori hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 116 | 1,042 |
Madaniyat | “Issiq non” kinolentasi “Oskar” mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi | Rejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” kinokartinasi “Oskar” mukofotiga “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasi bo‘yicha da’vogarlik qiladigan filmlar ro‘yxatiga kirdi. Jami 93 mamlakat ariza bergan bo‘lib, O‘zbekiston, Gana va Nigeriya birinchi bor ishtirok etmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Kadr: “Issiq non” filmi
Amerika kinematografiya san’ati va fani akademiyasi qoidalariga ko‘ra, ushbu yo‘nalish bo‘yicha mukofotga AQSh hududidan tashqarida suratga olingan, davomiyligi 40 daqiqadan oshmagan, dialoglarining asosiy qismi xorijiy tilda bo‘lgan filmlar da’vogarlik qiladi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha qisqa ro‘yxatga kiritilgan nomzodlar 16-dekabr kuni e’lon qilinadi va g‘oliblar nomi 13-yanvar kuni ma’lum bo‘ladi. Mukofotlar 9-fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan 92-“Oskar” taqdirlash marosimida topshiriladi.
Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi 2019-yil aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Oltin humo” taqdimotida “Eng yaxshi montaj ishi”, “Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi film” yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Rossiyaning Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” festivalida esa Gran-priga loyiq ko‘rilgan edi. | 73 | 1,159 |
Madaniyat | Aktyor Matyoqub Matchonov “Ketaman dedimmi, ketaman” nomli filmda suratga tushmoqda | Taniqli aktyor Matyoqub Matchonov rejissor Iqbol Meliqo‘ziyevning “Ketaman dedimmi, ketaman” nomli filmida suratga tushmoqda. Bu haqda filmning Instagram’dagi sahifasida ma’lumot berilgan.
Film ssenariysi Jahongir Ahmedov tomonidan yozilgan. Filmda, Matyoqubov Matchonovdan tashqari, Asqar Hikmatov, Shahzoda Muhamedova, Xosiyat Husanova kabi aktyor-aktrisalar suratga tushmoqda.
View this post on Instagram
“Yoshlarbop komediya” deya ta’riflanayotgan filmning suratga olish ishlari yaqin vaqt ichida yakuniga yetishi kutilmoqda.
View this post on Instagram
Bir muddat ozodlikdan mahrum etilgan, so‘ng amnistiya sabab ozodlikka chiqqan aktyor Matyoqub Matchonov avvalroq bergan intervyusida “Jahongir Ahmedov bilan hamkorlikda suratga olinayotgan filmni yakunlashimiz kerak”, deb aytgan edi.
Bundan avvalroq esa rejissor Jahongir Ahmedov “Supraqoqdi” nomli “super-komediya” suratga olayotgani, filmda bosh rollarni Matyoqub Matchonov va Ra’no Yarasheva ijro etishi haqida axborot bergan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 83 | 1,197 |
Madaniyat | Turkiyalik taniqli aktrisa Demet O‘zdemir xonanda O‘guzxan Kochga turmushga chiqdi (foto) | Turk kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktrisa Demet O‘zdemir va musiqachi O‘guzxan Kochning to‘yi 2022-yilning 26-avgust kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq mehmonlar nikoh oqshomi boshlanmasidan biroz oldin to‘y o‘sha kuni bo‘lmasligini bilgan. Ob-havo sharoiti tufayli to‘y marosimi 28-avgust, yakshanba kuniga ko‘chirildi. Nikoh marosimi Istanbuldagi besh yulduzli Six Senses Kocatas Mansions mehmonxonasida, ochiq havoda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo kuchli yomg‘ir nikoh oqshomini buzish ehtimoli ham bo‘lgan. Shuning uchun to‘y uchun yana bir kun belgilashga qaror qilindi.
Demet O‘zdemir va O‘guzxan Koch 28-avgust kuni turmush qurdi. Demet turk ommaviy axborot vositalarining biriga bergan intervyusida to‘yi kuni bayram qilishni rejalashtirmayotganini aytgan edi.
“Yozni ish bilan o‘tkazamiz, ta’tilga chiqa olmasligimiz ham mumkin. Suratga olish jarayonlari ko‘p bo‘lsa, tugallanmagan ish jarayonlari o‘rtasida to‘y qilishni xohlamaymiz. Bu haqda o‘ylab ko‘ramiz. Vaziyat qanday bo‘lishini kuzatamiz. Hozircha aniq emas. Biz bu kunni faqat yaqin do‘stlar va qarindoshlar bilan baham ko‘rishni xohlaymiz ”, — degan edi aktrisa.
Juftlik yaqinlari, do‘stlari va muxlislarini xursand qilish uchun yorqin bayram uyushtirdi. To‘y marosimidan olingan suratlar esa e’lon qilindi. Aktrisa to‘y marosimida uch xil obrazda paydo bo‘ldi. Uning birinchi obrazi bir qarashda oddiy ko‘rinadi, biroq u haqiqatan ham kelinga mos keladi. Ushbu ko‘ylak Eda Gyungor kiyimlar muzeyi stilistlari tomonidan yaratilgan.
To‘y marosimining rasmiy qismidan so‘ng Demet to‘y libosini o‘zgartirib, butunlay boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ldi. Ushbu libos Nihan Peker tomonidan yaratilgan.
Ammo uning uchinchi ko‘ylagining fotosuratlari topilmadi, turk matbuoti libosning ko‘k rangda ekani va kelinning sochlarida nafis bezaklar bo‘lganini yozgan. Katta ehtimol bilan bu Demet O‘zdemirning yana bir to‘y obrazi.
To‘yda kelin-kuyovning yaqinlari, do‘stlari, turk shou-biznes olamining ko‘plab mashhurlari ishtirok etdi. To‘yga 213 ming dollardan ortiq mablag‘ ketgani ma’lum qilingan.
Barcha mehmonlar juftlikni turmush qurgani bilan tabrikladi va bundan tashqari qo‘shiq aytib raqsga tushishdi. Nikoh oqshomi tantanali tarzda bo‘lib o‘tdi.
O‘guzxan va Demet ushbu maxsus kunni yanada mazmunli qilish uchun saraton kasalligiga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi bolalar jamg‘armasiga xayriya qildi. | 89 | 2,409 |
Madaniyat | Instagram: Malibu oynasini sindirgan Durdona Qurbonova, Yigitalini tinch qo‘yishni so‘ragan Muqaddas, Ahad Qayumga davolanishni maslahat bergan Feruza Normatova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Luiza Rasulova yangi suratini sahifasiga joyladi.
Karina Kapur 14-mart kuni tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Amir Xonga tabrigini ta’sirli tarzda bayon qildi.
Yulduz Rajabova turk aktyori Emre Kiviljim bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Priyanka Chopra ham folloverlarini yangi surat bilan xushnud etdi.
Aktrisa Durdona Qurbonova aktyor Sardor Ahrorovga tegishli Malibu avtomobilining old oynasini temir bilan urib sindirib, videoni sahifasiga joyladi, birozdan keyin esa o‘chirib tashladi. U ushbu holatga izoh bermagan.
Kaniza hammaga beg‘ubor sevgi nasib qilishini tiladi.
Aktyor Muhammadali va Munisa Rizayeva yangi klipda hamkorlik qilmoqda.
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva xeyterlarga yuzlanib, Yigitali va uni tinch qo‘yishlarini so‘radi.
Feruza Normatova Ahad Qayumga davolanishni maslahat berdi. | 160 | 956 |
Madaniyat | Gal Gadot, Skarlett Yoxansson, Nikolas Keyj va kinolarda tashqi ko‘rinishi kompyuter yordamida o‘zgartirilgan boshqa yulduzlar (foto) | Ba’zida aktyor va aktrisalar o‘z personajlariga moslashishi uchun qurbonlik qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar ularning harakati yetarli bo‘lmasa, maxsus effektlar yordamga keladi.
Gal Gadot
“Mo‘jiza-ayol” filmini suratga olish paytida hech narsani o‘zgartirishga hojat bo‘lmagan. Ammo keyinchalik bir nechta sahnani yakunlash kerak bo‘lganda aktrisa besh oylik homilador bo‘lgan. Uning homiladorligi sezilmasligi uchun kompyuter yordamida uning avvalgi qomati chizilgan. Buning uchun Galning qorin qismiga yashil rang uchburchak qog‘oz yopishtirib qo‘yilgan. “Bu kulgili ko‘rinardi, − deydi Gal. – Yirik planda hammasi yaxshi edi, kichik tasvirlarda esa homilador Kermit qurbaqasiga o‘xshardim”.
Genri Kavill
Aktyor bir vaqtning o‘zida “Uddalab bo‘lmas topshiriq” hamda “Adolat ligasi” filmlarida rol ijro etgan. Birinchi filmda u mo‘ylovini o‘stirishi kerak, ikkinchisida bu kabi ko‘rinish kerak bo‘lmagan. Kino kompaniyalar orasida bir necha muhokamalar olib borilib, nihoyat o‘stirilgan mo‘ylovni kadrlardan qirqib tashlashga kelishilgan.
Uesli Snayps
“Bleyd 3” filmida aktyor rejissor Devid Goyer bilan kelishmovchilikka uchragan. Suratga olish qiyin kechgan bir vaqtda aktyor rejissorni tinglashni ham xohlamagan. U muhim sahna uchun ko‘zlarini ochishni iltimos qilganda, Snayps rad etgan. Natijada yuzdagi ifodani kompyuter grafikasi yordamida chizishga to‘g‘ri kelgan.
Nikolas Keyj
Aktyorning yelkasida tatuirovka bo‘lib, 2007-yilda suratga olish ishlari boshlanganda, uni qanday bo‘lmasin yashirishga to‘g‘ri kelgan. Bu vaqtda uning yelkasiga biror kiyim tashlash sahnaga to‘g‘ri kelmagan. Shuning uchun ham tatuirovka kompyuter yordamida o‘chirilgan. Keyinchalik aktyorning mushaklari ham grafika yordamida yasalgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lgan, ammo Nikolasning hamkasblari hammasi haqqoniy ekanini ma’lum qilgan.
Skarlett Yoxansson
Aktrisa uchun “Zirhdagi arvoh” filmida ko‘proq sharqona xususiyatlar o‘ylab topilgan. Bu esa yirik tasvirlarda yaqqol namoyon bo‘lgan. | 133 | 1,988 |
Madaniyat | Qiziqchi Avaz Oxun o‘g‘il farzandli bo‘ldi | Qiziqchi Avaz Oxun ikkinchi marta ota bo‘ldi. Bu haqda uning hamkasbi, taniqli so‘z ustasi Zokir Ochildiyev Instagram’dagi sahifasida 10-yanvar, seshanba kuni ma’lum qildi.
Ma’lum qilishlaricha, chaqaloqqa Abdulloh deb ism qo‘yilgan.
Ukamiz Avaz Oxun o‘zi yosh bolaga o‘xshagani bilan, yana bir farzandli bo‘ldi. O‘g‘li Abdullohning umri uzoq, rizqi butun, qadami qutlug‘ bo‘lsin! Avazbekning yaqin qadrdonlariga yangi mehmon muborak bo‘lsin!
Zokir Ochildiyev, taniqli so‘z ustasi
Ma’lumot uchun, Avaz Oxunning bungacha bir qizi bor edi.
Barcha yaqinlarim, san’atkor do‘stlarim, muxlislarimiz yangi mehmon bilan tabriklamoqda, tinimsiz qo‘ng‘iroqlar bo‘lyapti. Tadbirlarda yurganim bois, ko‘plab sms va qo‘ng‘iqroqlarga javob bera olmayapman. Meni chin dildan tabriklagan barcha do‘stlarimga o‘zimning minnatdorchiligimni bildirib qolaman
Avaz Oxun, qiziqchi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 42 | 1,032 |
Madaniyat | AQShda Maykl Jekson birinchi marta “Oy yurishi”ni ijro etgan oyoq kiyim kimoshdi savdosida sotiladi | Marhum pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning mashhur “Oy yurishi”ni birinchi marta namoyish qilgan oyoq kiyimi 26-may kuni Kaliforniyadagi kimoshdi savdosida sotuvga qo‘yiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Florsheim Imperial kompaniyasining qora charmdan ishlangan loferini Maykl Jekson Billie Jean repetitsiyasi vaqtida kiygan. O‘shanda qo‘shiqchi mashhur “Oy yurishi”ni birinchi marta ijro etgan”, — deyiladi GWS Auctions auksion uyi saytida.
Oyoq kiyim poylaridan biriga “Michael #2” belgisi tushirilgan. Unga mashhur xoreograf va raqqos Lester Vilsonning xati ilova qilinadi, unda Jekson bu tuflini repetitsiyadan keyin unga sovg‘a qilgani aytiladi.
Poyabzalning boshlang‘ich narxi — 5 ming dollar. | 99 | 698 |
Madaniyat | Bor ovozi bilan “Ura!” deb hayqirayotan Farrux Zokirov: Taniqli san’atkorlar Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi | Instagram’da o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlik ishtirokidagi ajoyib video paydo bo‘ldi. Unda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov xalq artisti Farrux Zokirovga: “Ustozlarni tabriklab yuboring”, deya murojaat qilgan. Farrux Zokirov esa, ovozining boricha: “Ustozlarni chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ura!”, deb hayqirgan. Qolgan san’atkorlar ham “Yalla” solistiga jo‘r bo’lgan.
View this post on Instagram
Ular orasida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Azamat Haydarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Sardor Rahimxon, Alisher Fayz, To‘lqin Jabborov, G‘iyos Boytoyev, Samandar Hamroqulov, Oybek Hamroqulovlarni ham ko‘rish mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, bu videotabrik “Turkiston” san’at saroyida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan tadbirdan so‘ng tayyorlangan. | 135 | 852 |
Madaniyat | Qozog‘iston va O‘zbekiston hamkorlikda tarixiy film suratga oladi | Qozog‘iston va O‘zbekiston kino ijodkorlari hamkorlikda tarixiy filmni suratga olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Kazinform”.
“Biz o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan hamkorlikda tarixiy film suratga olishni rejalashtirmoqdamiz. Agar buyuk mo‘g‘ullar tarixi haqida gapiradigan bo‘lsak, biz umumiy tarixga egamiz. Biz dastlab ssenariyni tayyorlab olishimiz kerak, keyin jarayon boshlanadi”, — deydi Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhammad o‘g‘li.
Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri 15-mart kuni Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining tantanali ochilishi o‘tkazilishini alohida ta’kidladi.
“Ikki davlat o‘rtasidagi yirik salohiyat, xususan madaniyat, turizm, sport sohalaridagi salohiyat bizga katta optimizmni baxsh etmoqda. Kelajakda hamkorlikdagi harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyo hududini yanada ko‘rkamlashtirishimiz va butun insoniyat uchun muhim ahamiyatli qilishimiz mumkin”, — deydi vazir. | 65 | 925 |
Madaniyat | Instagram: Parodist Rustamxo‘ja uylandi, Parizoda to‘yda yiqilib tushdi, Rayhon oilasining yangi a’zosi | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Toshkentda o‘tgan to‘ylardan birida Shukurullo Isroilov va Ozoda Nursaidova xizmatda bo‘ldi. Qiziqchi xonandaning “Ketma” qo‘shig‘ini o‘ziga xos tarzda to‘ldirib turdi.
Shahlo Ahmedova hayotining yangi sahifasi boshlanayotgani haqida gapirdi.
Rayhon va Farhod Alimovning oila a’zolari soni yana bir nafarga ko‘paydi. Ular kichik kuchukchani boqib oldi.
Rixsitilla Abdullayev Dilnoza Kubayevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Yaqinda kasallik tufayli shifoxonada davolanib chiqqan Parizoda to‘yda raqsga tushayotganida boshi aylanib, yiqilib tushdi.
Gulchehra Eshonqulova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi hamda surati ostiga hadis yozib qoldirdi.
21-noyabr kuni Toshkentdagi to‘yxonalardan birida parodist Rustamxo‘janing to‘yi bo‘lib o‘tdi. Nikoh oqshomiga shou-biznesning ko‘plab taniqli vakillari tashrif buyurdi.
Durdona Qurbonova ham sahifasiga yangi surat joyladi.
Maryam Tillayeva hayotida ilk marta Rossiyaga tashrif buyurdi. Uni turmush o‘rtog‘i bloger Amiran Sardarov kutib oldi.
Toshkentda Basri Baba restoranining navbatdagi filiali ochildi. Ochilish marosimiga ko‘plab mashhurlar tashrif buyurdi. | 103 | 1,272 |
Madaniyat | 27-29 sentyabr kunlari Samarqandda bir tonnalik osh tayyorlanadi | Viloyat hokimi o`rinbosari tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida belgilanishicha, 27 sentyabr kuni Samarqand shahridagi barcha madaniy meros ob`ektlariga kirish bepul amalga oshiriladi.
Ruhobod majmuasidagi Hunarmandlar markazida konsert dasturi namoyish etiladi. Shuningdek, shahardagi Islom Karimov ko`chasi, Registon maydoni atrofida va boshqa turistik maskanlarda Samarqand sayyohlik salohiyati bo`yicha taqdimotlar, milliy hunarmandlik mahsulotlari ko`rgazma-savdolari tashkil etiladi.
Shu kuni oqshom Registon maydonida mahalliy aholi va sayyohlar uchun 3D mepping shousi namoyish etiladi.
28 sentyabr kuni Islom Karimov ko`chasida tadbirlar davom etadi va kechga yaqin “Bibixonim” choyxonasida “Mega palov” tadbiriga hozirlik boshlanadi. “Mo``tabar zardo`z” xususiy korxonasi tashabbusi bilan bu erda 1 tonnalik palov tayyorlash rejalashtirilgan. Buning uchun Farg`onadan 2 tonnalik ulkan qozon Samarqandga keltirildi. Oshni samarqandlik oshpazlar tayyorlashi ko`zda tutilgan.
29 sentyabr kuni bir tonnalik osh tayyorlash jarayonini xorijlik sayyohlar bevosita kuzatib borishadi. | 64 | 1,098 |
Madaniyat | Rejissor Rustam Sa’diyev rossiyalik taniqli aktyorlar ishtirokida yangi film suratga olishni boshladi (foto) | Rejissor Rustam Sa’diyev Toshkentda ishchi nomi “Baron” bo‘lgan yangi filmni suratga olishni boshladi, deya xabar bermoqda “Myday.uz”.
Film dunyodagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblangan narkotrafik — narkotik vositalar kontrabandasi haqida hikoya qiladi. Unda Ulug‘bek Qodirov, Dilnoza Kubayeva, Javohir Zokirov, Behzod Hamroyev kabi o‘zbek aktyorlari bilan bir qatorda, Andrey Smolyakov, Pavel Priluchniy, Viktor Verjbitskiy, Farhod Mahmudov kabi rossiyalik mashhur aktyorlar rol o‘ynaydi.
Kartina ijodkorlari film syujetini aniq oshkor etmayapti, biroq film ekshn sahnalarga boy, o‘tkir syujetli janrda tasvirga olinayotganligini ma’lum qildi. Syomka ishlari nafaqat O‘zbekistonda, balki Rossiya va Turkiyada ham olib boriladi. | 108 | 738 |
Madaniyat | Qiziqchi Zokir Ochildiyev o‘z og‘aynisi bilan quda bo‘ldi | “Handalak” guruhi qiziqchisi Zokir Ochildiyev qizini turmushga berdi. Jurnalist Feruz Muhammadning ma’lum qilishicha, to‘y marosimi 30-mart kuni Toshkentdagi “Ezidyor” restoranida bo‘lib o‘tgan.
“To‘y Samarqand va Toshkent an’analari asosida bo‘lib o‘tdi. Quda tomon ham, biz ham Samarqandning Urgut tumanidanmiz. Qizimning qaynotasi — mening og‘aynim, qaynonasi esa turmush o‘rtog‘imning dugonasi”, — deydi qiziqchi.
“Oilalarimiz azaldan juda qalin bo‘lgani sabab, oilaviy bordi-keldini yaxshi niyatda qarindoshlik rishtalari bilan bog‘ladik. To‘yda imkon qadar dabdabadan, sarpo-suruvlardan, ortiqcha hashamdan qochildi”, — dedi Zokir Ochildiyev.
“Endi navbat o‘g‘limizga. O‘g‘lim ayni paytda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutida 2-bosqich talabasi. Unga ham yaxshi niyatlar bilan kelin qidirishni boshladik”, — deya qo‘shimcha qildi taniqli so‘z ustasi. | 57 | 872 |
Madaniyat | “Shukr, bu sinovdan ham o‘tib oldim”. Kaniza koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi | Xonanda Kaniza koronavirusdan tuzalganini ma’lum qildi. Uning yozishicha, 16 kun deganda o‘zini yaxshi his etmoqda, faqat biroz holsizlik kuzatilmoqda.
View this post on Instagram
Kaniza 16-iyul kuni koronavirusga chalinganini aytib, tez yordamga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgani, ahvoli yomonlashganida zarur tibbiy yordamni o‘z vaqtida ololmagani uchun sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qilgan edi.
So‘nggi vaqtlarda bir necha shou-biznes vakili koronavirusni yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, aktrisa Muqaddas Xoliqova, xonanda Kaniza, rejissor Sarvar Karimov va uning oilasi, “Benom” guruhi xonandasi Komilda ushbu kasallik aniqlangan.
Shuningdek, xonanda Munisa Rizayeva va uning oila a’zolari pnevmoniyaga chalingan. U ota-onasining ahvoli og‘ir ekanligini bildirdi.
23-iyul kuni Muqaddas Xoliqova hamda uning oila a’zolari koronavirusdan sog‘aygani ma’lum bo‘ldi. | 84 | 889 |
Madaniyat | Kinokompaniya filmdagi ishtirokini to‘xtatgan aktrisa Yeva Grindan 130 mln dollar talab qildi | Fransuz modeli va aktrisasi Yeva Grin “Vatanparvar” fantastik trillerida suratga tushish jarayonida muammoga duch keldi. White Lantern kinokompaniyasi yulduzdan suratga olish jarayoni to‘xtashiga sabab bo‘lgani uchun 130 million dollar talab qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kinostudiya a’zolarining aytishiga qaraganda, 40 yoshli Grin suratga tushish ishlarini to‘xtatib qo‘ygan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, aktrisa kompaniyaga ortiqcha talab qo‘ya boshlagan. U qo‘shimcha tarzda prodyuser Pola Saroni vizual effektlar bo‘yicha nazoratchi Jorj Zvira va ssenariy muallifi Janett MakGrat yollashni talab qiladi. Shuningdek, yulduz kompaniyaga o‘zining yordamchilariga haq to‘lanishi kerakligini ham aytgan. Oxirida esa aktrisa “Vatanparvar” filmida suratga tushishdan ham bosh tortgan.
Bu orada Yeva kinokompaniyani ham sudga berdi. U 1 million dollardan ko‘proq gonorar talab etgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, shartnomada ko‘rsatilganidek film namoyish etilmasa-da, gonorarini olishi kerak.
Gollivud filmlarida suratga tushishni rad etgan Bollivud yulduzlari | 93 | 1,080 |
Madaniyat | Yilning eng muhim madaniy hodisasi: Toshkent xalqaro kinofestivali dunyo yulduzlarini kutmoqda | Afsonaviy voqealar qaytmoqda! Bir paytlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent kinofestivali nomi bilan atalgan kinofestival “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan 28 sentyabrdan 3 oktyabrga qadar O`zbekistonning bir qator shaharlarida asosan, yoshlarning iste`dodini namoyon etishga qaratilgan, yangi, yorqin va innovasion formatda o`tkazilishi kutilmoqda. Bu haqda bugun, 23 sentyabr kuni kinofestivalga bag`ishlab o`tkazilgan Matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Ma`lumot uchun: “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash g`oyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevga tegishli. Mazkur anjumanni o`tkazish to`g`risidagi qaror joriy yilning 19 iyun kuni imzolangan.
«Ipak yo`li durdonasi» - bu xalqaro hamkasblar bilan tajriba almashish uchun innovasion maydon, yilning eng muhim madaniy hodisasi bo`lishi kutilayotgan muhtasham kino marafonidir. «Ipak yo`li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali “Tinchlik, ma`rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o`tadi.
“Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi Toshkent shahridagi rekonstruksiya qilingan Kino saroyida o`tkaziladi.
Uzoq orziqib kutilgan tadbir – “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali tantanali ochilish marosimi xalq orasida “Panorama” nomi bilan mashhur bo`lgan Kino saroyida o`tkaziladi. Ochilish marosimida milliy va jahon kinosi hamda estradasi yorqin yulduzlari ishtirok etishadi.
Ayni paytda kinoteatrda keng ko`lamli rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Bino eng zamonaviy, yuqori texnologiyali qurilmalar bilan jihozlanadi. Bu erda yirik kinozal, konferensiya va tadbirlar zali ochiladi. Kinoteatrdan Kino tarixi muzeyi ham o`rin oladi. Uning devorlarida o`zbek kinosi o`tmishini o`zida aks ettirgan nodir eksponatlar joy oladi. Muzey ekspozisiyasidan milliy kinematografiya tarixiga oid eng nodir artefaktlar bilan tanishish mumkin.
Ma`lumot uchun, haftalikda dunyoga mashhur yulduzlar tashrifi kutilmoqda. Sal avval biz ulrning ayrimlari haqida xabar qilgan edik. Jumladan:
Turkiyalik kinorejissyor Toshkent xalqaro kinofestivali mehmoni bo`lishi kutilmoqda
Toshkent xalqaro kinofestivalida turkiyalik mashhur aktrisa ishtirok etishi kutilmoqda
Turkiyalik mashhur qo`shiqchi Serdar Ortach Toshkent xalqaro kinofestivalining mehmoni bo`ladi | 94 | 2,371 |
Madaniyat | Ijodkor yoshlar tomonidan "Qovun pishganda" debyut filmi suratga olindi | Ijodkor yoshlarning filmlari start oldi. Bu Haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
“O`zbekkino” Milliy agentligi “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi”ning Kinoalmanax — “Debyut” bo`yicha saralab olingan loyihalardan “Qovun pishganda” filmi suratga olindi.
Filmning tasvirga olish ishlari Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida, xonadonda va qovun dalasida bo`lib o`tdi.
“Qovun pishganda” filmi har yilgi kuz faslida qovun pishganida o`z tavallud kunini nishonlaydigan, shaharlik bolalarini intizor kutadigan onaizor haqida hikoya qiladi.
Postanovkachi rejissyorlar Jamshid Narziqulov, Adhamjon Abdurahmonov, ssenariy muallifi Husnullo Jomonqulov, operator Samijon Sunnatillaev, ikkinchi rejissyor Mahmud Guseynov, kartina direktori Ilhom Abdusalomov.
Filmda Isamat Ergashev, Karim Mirxodiev, Egamberdi Rahimov kabi mahoratli aktyorlar o`ziga xos rollarni ijro etishgan. | 71 | 897 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekovning sahnadan ketishi Yulduz Usmonovaning sahnaga kelishi bilan bog‘liqmi? (video) | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Ozodbek Nazarbekov 2017-yilda konsert bermasligini e’lon qilganida, muxlislar orasida “Ozodbek Nazarbekov konsert faoliyatini yakunlashiga Yulduz Usmonovaning sahnaga qaytishi sabab bo‘ldi”, mazmunidagi gap-so‘zlar tarqaldi.
Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov ushbu savolga batafsil javob berdi.
San’atsevar xalqimiz uchun Yulduz Usmonovaning sahnaga qaytishi juda katta bo‘shliqni to‘ldirganini e’tirof etishim mumkin. Lekin konsertni to‘xtatishimga Yulduz Usmonovaning aloqasi yo‘q. O‘zi umuman bu hodisani Yulduz Usmonovaning sahnaga qaytishi bilan bog‘lash juda ham noo‘rin bo‘lsa kerak. 2017-yilda ‘Xalqlar do‘stligi san’at saroyi’da bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konsert kunlarimni o‘z ixtiyorim bilan Yulduz Usmonovaga taqdim etganman.
Ushbu yil hali Madaniyat vazirligida lavozimga tayinlanishim yoki ‘Yoshlar’ teleradiokanaliga direktor bo‘lishim haqida ham gap-so‘z yo‘q edi. Asosan bahor oyida konsert kunlarini band qilar edik. O‘sha yilda shunchaki sahnaning munosib egasi qaytganligi, men ham konsert faoliyatimni shu yilda to‘xtatsam, muxlislar uchun juda katta bir o‘zgarish bo‘lmasligi, o‘sha bo‘shliqni Yulduz Usmonova bemalol, ortig‘i bilan to‘ldirishi mumkinligini o‘ylagan holda, o‘zim qaror qilganman. 2017-yilda dam olish maqsadi bo‘lgan, bu degani ‘konsert faoliyatimni butunlay to‘xtataman, bundan keyin umuman konsert bermayman’, degan maqsad bo‘lmagan.
Konsert dasturini tashkil qilib yurganlar meni juda yaxshi tushunishadi, bu jarayon juda katta, mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Buning mas’uliyati juda ham og‘ir. To‘g‘risi mana shu katta mashaqqatli mehnatdan bir yil bo‘lsa ham dam olish ma’nosida shu qarorni qabul qilgan edim. Bu orada keyin konsert bermadim, keyinroq mas’uliyatli ishlar bilan imkon ham bo‘lmadi.
Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari | 100 | 2,035 |
Madaniyat | “Yevrovideniye” ovoz berishning yangi qoidalarini belgiladi | “Yevrovideniye” musiqiy tanlovining tashkilotchilari ovoz berish qoidalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritdi. Tanlov saytida ma’lum qilinishicha, bu oxirgi 40 yil ichidagi eng ahamiyatli yangilikdir.
Agar avvalgi yillarda tomoshabinlarning ovoz berish natijalari va jyuri baholari bitta natija sifatida taqdim etilsa (natijaning yarmini jyuri baholari, qolgan yarmini tomoshabinlarning ovozlari tashkil etgan), endi ular alohida-alohida e’lon qilinadi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, final shousida dastlab jyurilarning bahosi, undan keyin tomoshabinlarning SMS orqali ovoz berish natijalari eng oxirgi o‘rindan boshlab e’lon qilinadi. Tanlov g‘olibi shouning eng oxirida aniq bo‘ladi. | 59 | 678 |
Madaniyat | Yashirin turmush qurib dunyoni hayratda qoldirgan 7 ta mashhur juftlik (foto) | Ko‘pgina Gollivud yulduzlari “baxt sukunatni yaxshi ko‘radi” degan qoidaga amal qiladi, shuning uchun ular to‘y marosimlari haqidagi ma’lumotlarni sir tutadi. Yulduzlar orasida to‘yini yashirincha o‘tkazgan va ko‘plab muxlislarini hayratda qoldirgan mashhur juftliklar bor. Quyida AdMe nashri shu juftliklar haqida ma’lumot beradi.
Yaqinda Rita Ora va Taika Vaytitining yashirin to‘yi haqidagi xabar muxlislarni quvontirdi va ko‘plab yulduzlar mehmonlar ishtirokidagi shou-shuvli bayramni emas, balki yaqin odamlari ishtirokidagi sokin marosimni afzal ko‘rishini yana bir bor isbotladi. Bunday “yopiq” to‘ylar trendi uzoq vaqtgacha urfdan qolmaydi.
Bleyk Layvli va Rayan Reynolds
Bu juftlikka qoyil qolmaslikninig iloji yo‘q. Bleyk Layvli va Rayan Reynolds shaxsiy hayotlari bilan bog‘liq tafsilotlarni ommaga ma’lum qilishni yoqtirmaydi. Hattoki ular hech qaysi farzandining qaysi jinsga mansubga ega ekanini ham oshkor qilmagan, hozir esa ular uch nafar farzandni tarbiya qilmoqda. Bu holatdan kelib chiqib aytish mumkinki, ularning to‘yga tayyorgarlik ko‘rganini sir saqlagani ajablanarli emas. Jurnalistlarning yagona e’tiborini tortgan holat bu juftlikning qarindoshlari, do‘stlari ko‘p yerda, ya’ni Janubiy Karolinadagi Boone Hall plantatsiyasi yonida yashashidir.
Penelopa Krus va Havyer Bardem
Penelopa Kruz va Havyer Bardemning munosabatlari do‘stlikdan boshlangan. Juftlik 1992-yilda “Jamon Jamon” filmining suratga olish jarayonlarida tanishgan, shundan keyin ular do‘stlashgan. “Vikki, Kristina, Barselona” kinokartinasining suratga olish jarayonarida ularning munosabatlari jiddiylashgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari ular tanishishganining dastlabki uch yilida munosabatlari jiddiy emasligini, faqat do‘st ekanini aytdi. Juftlik birinchi bor qizil gilamga chiqqanda hammasi o‘zgardi, ularning turmush qurgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Ularning to‘yi Bagamada bo‘lib o‘tdi va Kruz va Havyer to‘yiga faqat yaqinlarini va do‘stlarini taklif qildi. To‘y marosimi ommaviy axborot vositalarining ishtirokisiz va turli xil bayonotlarsiz bo‘lib o‘tdi.
Sofi Terner va Jo Jonas
“Taxtlar o‘yini” yulduzi Sofi Tyorner va xonanda Jo Jonasning munosabatlari juda tez rivojlandi. Juflik 2016-yilda tanishgandan so‘ng bir yil o‘tib unashtirildi va bu baxtli oilaviy hikoyaning boshlanishi bo‘ldi. Juftlikning birinchi nikoh marosimi 2019-yilda, Jo Jonasning Las-Vegasdagi chiqishidan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Bu ma’lumotni marosimdan onlayn translyatsiya olib borgan juftlikning yaqin do‘sti DJ Diplo ma’lum qilgan. To‘yni Elvis Presli olib borgan. Fransiyada o‘tkazilgan marosimga juftlikning yaqin insonlari taklif qilingan va Diploning telefoni, uning so‘zlariga ko‘ra, to‘ydagi fotosuratlar va videolarni ijtimoiy tarmoqqa qo‘ymasligi uchun olib qo‘yilgan.
Lili Kollinz va Charli MakDauell
Ushbu juftlik 2019-yilda unashtirilgan, biroq bu ma’lumotlar oradan bir necha yil o‘tib ma’lum bo‘ldi. eng yaxshi damlarini sir tutadi, shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilamydi va muxlislariga oilaviy baxt haqida kam gapirishadi. Ular 2021-yilda yashirincha turmush qurgan va akstrisaning o‘zi keyinchalik bu xabarning to‘g‘ri ekanini ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlab unga bo‘lgan sevgisini tan oldi. Marosim yopiq tarzda o‘tkazildi va bir muddatdan so‘ng juftlikning o‘rmondagi chalakzorda tushgan bayramona fotosessiyalaridan bir nechta namunalar e’lon qilindi.
Anjelina Joli va Bred Pitt
Gollivudning mashhur juftliklaridan biri Anjelina Joli va Bred Pitt 2019-yilda ajrashganiga qaramay, butun dunyo bu akyor va aktrisaning munosabatlarini kuzatdi. Muxlislari esa bu munosabatli chiroyli ittifoq deya e’tirof etdi. Ajablanarlisi shundaki, ularning munosabatlari ajralishdan boshlangan. Juftlikning to‘yi 2014-yilda Fransiya janubidagi eski uyida bo‘lib o‘tdi, mehmonlar ro‘yxatida atigi 20 kishi bo‘lgan, u ham juftlikning yaqinlari va do‘stlari edi. Anjelina to‘yga ikki nafar o‘g‘lini taklif qilgan, biroq ularning otasi bu to‘yda ishtirok etmagan. Yashirin marosimni yoritish imkoniga ega bo‘lgan yagona ommaviy axborot vositalari bu People va Hello nashrlari bo‘lgan, ular muxlislarga juftlikning to‘yidagi eksklyuziv suratlarini e’lon qilgan.
Jennifer Eniston va Jastin Teru
O‘zaro munosabatlari “uzoq va baxtli” bo‘lib yakunlanmagan Jennifer Eniston va Jastin Teruning turmush qurganiga ikki yil bo‘ldi. Ularning to‘y marosimini tashkil etishga boshqacha yondashuvi uzoq vaqt davomida muxlislarining yodida qoldi va “asr to‘yi” deb nomlandi. Jennifer Enistonning uyida Jastin Teruning tug‘ilgan kuniga qarindoshlari va do‘stlari taklif qilindi va shundan keyin ularning yashirin to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ertasi kuni ular shaxsiy samolyotida Bora Bora oroliga jo‘nab ketdi.
Mila Kunis va Eshton Katcher
Eshton Katcher uzoq vaqt davomida Gollivuddagi birorta ayolning qalbini zabt etolmagan (ayniqsa, bu holat uning Demi Mur bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlari boshlanganib nikoh bilan tugaganidan so‘ng yuz berdi). Ammo yosh va iste’dodli aktyor Mila Kunis bilan uchrashganda hamma narsa o‘zgardi. Juftlik munosabatlari bilan bog‘liq tafsilotlarni e’lon qilishga shoshilmadi. Eshton Katcher va Mila Kunisning munosabatlari qizi Uayt Elizabet dunyoga kelgandan keyin yanada oydinlashdi. Keyinroq, taniqli amerikalik boshlovchi Jeyms Kordenning shousida Mila Kunis barmog‘ida nikoh uzugi borligini tushuntirib bergan. Ma’lum bo‘lishicha, yashirin nikoh marosimi 4 iyulda, AQShning Mustaqillik kunida bo‘lib o‘tgan. | 77 | 5,409 |
Madaniyat | Kira Naytli, Kara Delevin va qoshlarini termaslikni afzal biladigan boshqa yulduzlar (foto) | Qoshlarni ingichka qilib terdirib yurish o‘tmishda qolgan. Buning o‘rniga qalin va tabiiy qoshlar trendga kirgan.
Natalya Kasteller
Yoshligida qalin va uzun qoshlari sabab atrofdagilarning kulgisiga qolgan Natalya hatto ularni qirib tashlamoqchi ham bo‘lgan. Ammo vaqti kelib birdaniga hammasi o‘zgargan. Bugungi kunda u ko‘plab modellik agentlari va dizaynerlar bilan hamkorlik qiladi. Unga bo‘lgan talabning yuqoriligida qalin va qora qoshlari muhim rol o‘ynaydi.
Kara Delevin
Kara qoshlarning qalinligi juda ham ajoyib ekanini isbotlashni uddasidan chiqa olgan modellardan sanaladi. Qoshlarining o‘ziga xosligi bilan ko‘pchilikni o‘ziga maftun qilgan Karani Karl Lagerfeld moda olamidagi eng go‘zal qizlardan biri deb hisoblagan.
Lili Kollinz
Qalin qoshlari bilan faxrlanadigan Lili stilistlarning unga teginishiga izn bermaydi. Qizig‘i Twitter’da aktrisaning qoshlariga atab ochilgan alohida sahifa ham mavjud.
Lurdes Maroya Chikkone-Leon
Lurdes Maroya Chikkone-Leonga qalin qoshlar onasi Madonnadan o‘tgan. Avvallari uning tabiiy qoshlari kulgiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib ko‘pchilikni o‘ziga maftun qiladi.
Kira Naytli
“Qanday qilib qoshlarni Kira Naytlinikiga o‘xshatish mumkin?” — Google’da qidirilgan eng mashhur savollardan hisoblanadi. Bu bekorga emas, chunki darhaqiqat qoshlari ajoyib va o‘ziga xos ko‘rinadi.
Emma Uotson
Emma bolaligida qoshlarining qalin va tartibsizligidan ko‘p aziyat chekkan. Ammo keyinchalik fikrini o‘zgartirgan. Qoshlarini terish o‘rniga ularga maxsus vosita bilan urg‘u bera boshlagan.
Sofiya Vergara
Kolumbiyalik aktrisa Sofiya Vergarani aksariyat hollarda italiyalik Sofi Lorenga o‘xshatishadi. Darhaqiqat, ularda o‘xshashlik bor: har ikkisining qoshlari juda ham ajoyib ko‘rinadi.
Emiliya Klark
“Taxtlar o‘yini”dagi bosh qahramon Emiliya Klarkning qoshlari qalin va to‘q jigarrang. | 91 | 1,841 |
Madaniyat | Sehrli tayoqchasiz ham pul ishlab topishadi: “Garri Potter” ning eng badavlat aktyorlari (foto) | “Garri Potter”da suratga tushgan aktyor va aktrisalarning moliyaviy ahvoli qancha ekani haqida Grazia nashri ma’lumot beradi.
Emma Tompson — 40 million dollar
Ancha avvalroq tanilganiga qaramay, aynan “Garri Potter” filmi ortidan Emma ancha katta miqdordagi gonorarga ega bo‘lgan, uning moliyaviy ahvoli 40 million dollarni tashkil qiladi. U filmda professor Treloni rolini ijro qilgan.
Gari Oldman — 40 million dollar
Gollivudning eng ko‘zga ko‘ringan aktyorlaridan biri hisoblangan Gari Sirius Blek rolini ijro qilib, yosh muxlislar qalbini zabt etishga erishgan. Keyinroq Uinston Cherchil roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. Uning moliyaviy ahvoli reytingda to‘qqizinchi bo‘lgan.
Rupert Grint — 50 million dollar
Franshizaning barcha qismlarida suratga tushgan Grint umumiy miqdorda 70 million dollar ishlab topgan.
Helena Bonem Karter — 60 million dollar
Helena Bonem Karter iste’dodi va mahorati ortidan 60 million dollarga ega bo‘lgan.
Kennet Brana — 60 million dollar
Kennet Brana esa gavdalantirgan roli evaziga 60 million dollarga ega bo‘lgan.
Emma Uotson — 85 million dollar
Emma “Garri Potter” franshizasi ortidan 60 million, “Sohibjamol va maxluq”da suratga tushgani evaziga esa 15 million dollarga ega bo‘lgan.
Robert Pattinson — 100 million dollar
Robert “Garri Potter”dan uncha ko‘p pul topmagan, ammo “Sumerki”dagi roli sabab katta mablag‘ga ega bo‘lgan. Ayni vaqtda muxlislar Dior Home’ning yuzi bo‘lgan Robert bosh qahramonni gavdalantirgan “Betmen” premyerasini intiqlik bilan kutmoqda.
Deniel Redkliff — 110 million dollar
“Garri Potter”dagi bosh qahramonni gavdalantirgan aktyor franshizadan umumiy miqdorda 95 million dollarga ega bo‘lgan. Ijodida biroz tanaffus kuzatilganiga qaramay, kinoga qaytganidan keyin yana 15 million dollar ishlab topgan.
Joan Rouling — 1 milliard dollar
Joan o‘z qalamiga mansub franshizasida suratga tushmaganiga qaramay, aynan u rol ijro qilgan aktyor va aktrisalardan ko‘proq pulga ega bo‘lgan. Uning kitobi butun dunyo bo‘ylab yarim milliard nusxada sotilgan. Rouling esa dunyodagi eng badavlat yozuvchilar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan. | 95 | 2,116 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.