folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | 2020-yilning eng yomon filmlari reytingi e’lon qilindi | Barcha nashrlar yilning eng yaxshi filmlari ro‘yxatini e’lon qilayotgan bir vaqtda Metacritic kinosayti 2020-yilning eng yomon loyihalarini to‘plangan antireytingni e’lon qildi, deb xabar beradi “Film.ru”. Reytingda birinchi o‘rinni amerikaliklarning mashhurlikka bo‘lgan qiziqishga parodiya sifatida ishlangan Reality Queen komediyasi egallagan.
Shuningdek, top-ro‘yxatdan “Zoxan bilan hazillashmang!” filmi rejissori Dennis Duganning “Sevdi, to‘y va boshqa falokatlar” melodramasi ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, antireytingga “Qarzlarni chiqarish”, “Doktor Dulittlning ajoyib sayohati”, “Qafasdagi qushcha. Zaharlanish”, “Oramizdagi abadiylik” kabi qator filmlar kiritilgan.
Ro‘yxatni tuzishda “qizil zona”da bo‘lgan filmlar inobatga olingan bo‘lib, har bir loyihaga kinotanqidchilar tomonidan kamida to‘rtta retsenziya berilgani hisoblangan. Shunday qilib, antireyting yetakchisi Reality Queen 7 ball to‘plagan xolos.
Teleshoular orasida NBC’ning “Dr. Seuss’ The Grinch Musical Live!” nomli maxsus soni eng yomon deya topilgan. Shuningdek, ko‘p seriyalari loyihalar orasidan “Ozchilikda”, Hoops, “Xelstrom” va “Goop laboratoriyasi” o‘rin olgan. | 54 | 1,151 |
Madaniyat | Donald Trampning rafiqasi Melaniya haqida ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qiziqarli faktlar (foto) | Melaniya Tramp endilikda AQShning birinchi xonimi bo‘lmasa-da, dunyodagi eng taniqli va nufuzli ayollardan biri bo‘lib qolmoqda. Sobiq prezidentning rafiqasi haqida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan faktlar bilan tanishing.
Melaniya Knavs 1970-yilda Yugoslaviyaning Sevits shahrida tug‘ilgan. Haqiqat shundaki, Donald Tramp noqonuniy migrantlar uchun amnistiyani bekor qilmoqchi bo‘lgan edi, ammo o‘zi muhojirga uylangan. Shuningdek, mish-mishlarga ko‘ra, u mamlakatda noqonuniy ishlagan. Ma’lum bo‘lishicha, Melaniya ishchi vizasiz 10 ta modellik shartnomasini yutib olgan. Ammo uning o‘zi hech qachon AQSh qonunlarini buzmaganini ta’kidlaydi.
Melaniya Donaldning uchinchi rafiqasi hisoblanadi. Sobiq prezidentning ikkinchi turmush o‘rtog‘i sharqiy Yevropadan, birinchisi esa chexiyalik model Ivan Zelnichkova bo‘lgan.
Melaniya va Tramp 1999-yilda Allure jurnalida suratga tushish vaqtida tanishgan va oradan 6 yil o‘tib, 2005-yilda turmush qurgan. Juftlik 2006-yilda o‘g‘il farzand ko‘rgan va unga Barron Uilyam Tramp deb ism qo‘ygan. U Melaniyaning birinchi, Donaldning esa beshinchi farzandi.
Melaniya turmush o‘rtog‘idan 24 yoshga kichik. Trampning katta nabirasi Key Medison esa tog‘asi, ya’ni Melaniyaning o‘g‘lidan bir yoshga kichik.
Melaniya eng mashhur jurnallar muqovasida suratga tushgan. Masalan, Vogue, Harper’s Bazaar, Ocean Drive, In Style, New York Magazine, Glamour va Elle kabilar.
Melaniya oliy ma’lumotli emas. U Lyublyana universitetining arxitektura va dizayn mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirgan. Ammo birinchi kursdan so‘ng modellik karyerasini boshlash uchun o‘qishni to‘xtatgan. O‘shanda u 16 yoshda edi. Biroq bu Melaniyaga 4 ta tilni o‘rganishga to‘sqinlik qilmagan. U ingliz, fransuz, serb va nemis tillarini biladi.
Melaniya to‘yida kiygan libos 200 ming dollarga tushgan. Og‘irligi esa 20 kilogrammni tashkil etgan. Xonim mashinaga o‘tirishi uchun bir qancha yordamchilarga muhtoj bo‘lgan. Biroq 3 000 atirgul bilan bezatilgan to‘y torti esa kelinga biroz taskin bergan bo‘lishi mumkin.
Tramp Melaniyaga bo‘lgan his-tuyg‘ularini radio orqali e’lon qilgan.
Melaniya Mishel Obamaning saylovoldi marosimidagi nutqini o‘g‘irlagan. 2016-yilda shov-shuvli voqealar yuz berdi. AQSh Respublikachilar partiyasining saylovoldi kongressida Tramp xonim turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlash uchun nutq so‘zlagan, ammo 8 yil avval ushbu nutq Mishel Obama tomonidan yetkazilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u qachonlardir Mishelning nutqi bilan tanishgan va o‘zi ham biroz bo‘lsa-da yozganini aytgan. | 96 | 2,522 |
Madaniyat | Arnold Shvarsenegger “Terminator”ning oltinchi va yettinchi qismlarida suratga tushishini tasdiqladi | Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger Terminator haqidagi filmlarning oltinchi va yettinchi qismlarda suratga tushishini tasdiladi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Budapeshtdagi ma’ruzadan keyin Shvarsenegger muxlislari bilan uchrashgan va “Terminator”ning oltinchi qismida suratga tushishi haqidagi savolga “Albatta, keyingi yilda” deb javob bergan. Shuningdek, yettinchi qism haqidagi savolga ham ijobiy javob qaytargan.
Qayd etilishicha, Shvarsenegger “Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi Emiliya Klark bilan birga suratga tushgan “Terminator: Genezis” filmi joriy yilning yozida ekranlarga chiqadi. Bu mashhur filmning beshinchi qismi hisoblansa-da, inson ongi va sun’iy aql o‘rtasidagi kurash haqidagi trilogiyaning birinchisi bo‘ladi. | 100 | 736 |
Madaniyat | O’zbek shou-biznesi yulduzlari ishtirokidagi “Mening to’yim” filmi premyerasidan reportaj (foto, video) | So‘nggi kunlarda Instagram tarmog‘ida ko‘plab o‘zbek san’atkorlari “Mening to‘yim” nomli musiqiy filmda suratga tushayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Rejissor Zebo Navro‘zova “Daryo” muxbirlarini kenja o‘g‘li Muhammadali Navro‘zov rejissorligida suratga olingan “Mening to‘yim” filmining yopiq premyerasiga taklif etdi.
“Mening to‘yim” filmining yopiq premyerasida o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari, vaynerlar va kino olamining ko‘zga ko‘ringan vakillari ishtirok etdi.
Shu yilning yoz oyida film bilan bog‘liq ko‘p piarlar tarqalgandi. Shulardan biri stilist Akobir Ashuraliyev “Afandining qizlari” jamoasidagi Nigina Jabborovaning qo‘lini so‘ragani haqida edi. Ammo aynan “Modda haftaligi”dagi qizning qo‘lini so‘rash sahnasi filmga kiritilmagan.
Filmda bosh rollarni Muhammadali Navro‘zov va Sitora Alimjonovalar talqin etgan. Bundan tashqari, Muyassar Berdiqulova, Tolib Mo‘minov, Feruza Sobitova, Rixsitilla Abdullayev kabi O‘zbek milliy akademik drama teatrining ko‘zga ko‘ringan aktyorlari ham asosiy rollarni ijro etgan.
Bundan tashqari, musiqiy filmda Shohruxxon, Asal Shodiyeva, Munisa Rizayeva, Umidaxon, Abduvali Rajabov kabi shou-biznes vakillari ham suratga tushgan. Aktrisa Asal Shodiyeva turmush o‘rtog‘i bilan birga duet kuylagan.
Xonanda Shohruxxon ukasini qo‘llab-quvvatlash uchun premyeraga tashrif byuurdi. Ammo to‘y xizmatlari ko‘pligi sabab, film boshlanmasidan avval zalni tark etdi.
Ko‘p rejissorlar bilan hamkorlik qilishni istamaydigan Asal Shodiyeva Muhammadalini qo‘llab-quvvatlash uchun premyeradan ancha avvalroq kinozalga tashrif buyurdi. Ammo uning filmdagi roli u qadar katta emas.
Rejissor Muhammadali Navro‘zov oilaviy do‘sti Umidaxonga alohida minnatdorlik bildirdi. Xonanda o‘sha kuni premyera sabab barcha xizmatlaridan voz kechganini ta’kidlab o‘tdi.
Xonanda Ruxshona ham tomoshabinlar safidan joy oldi.
— Muhammadali rolga taklif qilgandi-da xursand bo‘ldim. Chunki filmda ko‘plab tengdosh do‘stlarim, yaqinlarim suratga tushgan. Men o‘zimni syomka uchun emas, balki do‘stlarim bilan tog‘ga dam olgani uchun borgandek his qildim. Mazza qilib ishladik. Suratga olish vaqtida juda ko‘p qiziqarli voqealar bo‘ldi, — deydi bosh rol ijrochisi Sitora Alimjonova.
Film ijodkorlari, suratga olish ishlari o‘n kun davomida Toshkent viloyatining So‘qoq qishlog‘ida bo‘lib o‘tganini ma’lum qilishdi.
Mazkur musiqiy film kinoteatrlarda namoyish etilmaydi, uni faqat Muhammadali Navro‘zov g‘oyasi asosida tashkil etilgan platforma orqali tomosha qilish mumkin.
Muhammadali Navro‘zov 23-avgust kuni nafaqat film taqdimotini, balki tavallud kunini ham nishonladi.
— O‘g‘limning ilk rejissorlik ishi. Film juda qisqa vaqtda suratga olindi. Mazza qilib tomosha qiladigan film bo‘lgan. Ammo yaratgan roli hayotdagi fe’l-atvoridan mutlaqo farq qiladi. Muhammadali hayotda jiddiy, bitta gap kam, ikkita ko‘plik qiladigan inson. Filmda esa butunlay boshqa qiyofani gavdalantirgan, — deydi rejissor Zebo Navro‘zova.
Film ijodkorlari uni ana shunday tarzda tabriklashdi.
Rejissor va aktyor Azamat Ahrorov premyeraga turmush o‘rtog‘i bilan tashrif buyurdi.
Asal Shodiyeva negadir film borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashishni istamadi.
Film premyerasining yana bir esda qolarli voqealaridan biri ancha vaqtdan buyon Rossiyada istiqomat qilayotgan aktrisa Zarina Nizomiddinovaning tashrif buyurgani bo‘ldi. U bilan suratga tushish istagini bildirgan ijodkorlar soni nihoyatda ko‘p edi.
— “23 TV” asoschisi men desam bo‘ladi, ammo hozirgi kunda faqat ish yurituvchi vazifasini bajaryapman. Uning rahbarlari boshqa insonlar. Men media sohasidagi loyihalarni amalga oshiryapman. Ya’ni qo‘lida kuchi, iste’dodi bor ijodkorlarni to‘plab turli ijodiy loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kanalni rivojlantirish bilan birga o‘zimizning ijodiy loyihalarimizni ham amalga oshiramiz. Kelajakda televideniye ochish niyatimiz ham bor. “Mening to‘yim” filmi ham aynan mana shu loyihalar uchun tasvirga olindi, — deydi rejissor Muhammadali Navro‘zov.
“Baron-2. Sog‘inch”. Rustam Sa’diyevning sog‘lig‘ini yo‘qotishiga sabab bo‘lgan filmning yopiq taqdimotidan reportaj (foto va video) | 103 | 4,114 |
Madaniyat | “Sendagi ustun jihatdan manfaati yo‘lida foydalanish do‘stlik emas, shunchaki hamkorlikdir”. Xalqaro do‘stlar kunida do‘stlik haqida suhbatlashamiz | Do‘stlik insonga ishonch, sevgi, samimiyat, sadoqatdan tashqari, sotqinlik, manfaat va unutilish nimaligini o‘rgatadi. 9-iyun sanasi butun dunyoda Xalqaro do‘stlar kuni sifatida nishonlanadi. Tarixi noma’lum bu bayramdan maqsad – qayerda va qanday vaziyatda bo‘lmasin, qalban yaqin insonlarni eslash va ulardan xabar olishdir. Bugun — eski, chang bosgan, qadrdon albomdagi do‘stlar bilan tushgan suratlarni ochib ko‘rish, tilaklar va go‘yoki sirlar yozilgan esdaliklarni titkilab, bolalikka qaytish, turmush tashvishlaridan andak chalg‘ib, aziz insonlar bilan suhbat qurish uchun yaxshi bahona. “Daryo” ham ushbu sana munosabati bilan dunyoning turli burchagi va yurtimizda istiqomat qilayotgan turfa insonlarning do‘stlik haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Davut Gazi Benli,
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi sobiq (2018–2020) matbuot kotibi (Turkiya, Anqara. 56 yosh)
Insonlar ichida eng yaxshilari odamlar va o‘zi bilan yaxshi munosabatda bo‘lganlaridir, degan naqlga amal qilib, sira ikkilanmay aytaman: men bu hayotda do‘st orttirish uchun yashayman. Do‘stlikni qiyinchiliklarga qaramay o‘sishda davom etadigan chig‘anoq ichidagi marvaridga qiyoslayman. Ona qornida mo‘jizaviy shaklda katta bo‘ladigan bola singari do‘st ham insonning bir parchasi, hatto eng befarq odamning ham yuragida do‘sti uchun alohida joy bo‘ladi. Odamzod tirik ekan uni tushunishlarini, suhbat qurish va ichidagilarni to‘kib-sochishni, ammo bo‘lishganlaridan ayrimlari sir bo‘lib qolishini xohlaydi. Albatta, har qanday munosabatlarda bo‘lgani singari ba’zida do‘stdan ham kuyib qolish mumkin. Inson bor joyda, albatta, xiyonatlar bo‘ladi. Siz ishongan tog‘larga qor yog‘maydimi hech? Xiyonatga duch kelganingizda Istanbuldagi Vefa (Vafo) degan joyni eslang. Bizda bir do‘st vafosiz chiqsa, “Vafo tarixda qoldi, vafo yo‘q” deyiladi. Unga xafa bo‘lmaslik, muammo deb bilmaslik, shunchaki unutish kerak. Yana “do‘stning eskisi ma’qul” degan gap ham bor. Maktab, universitetdagi davrlarda eng yaxshi do‘stlik munosabatlari o‘rnatiladi. Tan olish kerakki, yosh ulg‘aygani sari inson do‘stlarning yangisini topishi qiyin bo‘ladi. Katta yoshda orttirilgan do‘stlar yoshlikdagichalik qadrli bo‘lmaydi. O‘rtoq, oshna hamda tanishlaringiz ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo ularning har birining yaqinlik darajasi turli va bu yillar davomidagi sinalishlardan keyin ma’lum bo‘lishi mumkin. Hazrat Ali (r.a)ning mashhur so‘zlari bor: “Siringni do‘stingga aytma, u o‘z do‘stiga aytadi”. Sir berishingizga loyiq bo‘lgan do‘st sizning tabassumingiz ortidagi qayg‘uni, g‘azabingiz ortidagi muhabbatni, sukunatingiz sababini siz kabi bilsin. Yaxshi kuningizda atrofingizda har kim bo‘lishi mumkin, ammo qiyinchiliklarda sizni tashlab qo‘ymaydigan do‘st – haqiqiysi. Yiliga bir marta ko‘risha olmasam ham, dardlashadigan, dardimga darmon bo‘la oladiganlarim ko‘p. Bunday do‘stlar bir millat, din va madaniyat vakili bo‘lish shart emas. Sog‘inish, vaqti-vaqti bilan hol-ahvol so‘rash, birgalikda kamdan kam bo‘lsa ham, suhbatlashish, xayrlashayotganda ko‘zlarning yoshga to‘lishi — mana asosiysi nima! Do‘stning uzoq yoki yaqinda ekani emas, minglab kilometrlarga qaramay, bir-birini qo‘msashi muhim. Masofalarda katta farq bo‘lishiga qaramay, qo‘msashda davom etadigan butun dunyodagi qadrli kishilar — do‘stlarimni Xalqaro do‘stlar kuni bilan tabriklayman.
Nodira Isamuhammedova,
Mentor Hub onlayn platformasi asoschisi (Kanada, Toronto. 42 yosh)
Do‘stlik — ko‘nglimizni yorituvchi quyosh, adashganimizda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan yulduz, yaxshi-yomon, oq-qora kunimizdagi yo‘ldoshimiz bo‘lgan oydir. Mening “men”ligimni anglashda, mening “men” bo‘lishimda do‘stlarimning roli beqiyos. Ularsiz hayotimni tasavvur qila olmayman – qayerda bo‘lmay, insonlar bilan suhbatlashishga, do‘stlashishga harakat qilganman. Iloji bo‘lsa, hamma bilan do‘st bo‘lardim, ammo do‘stlikning rivojlanishi, unib-o‘sishi uchun ikki tarafning bir-biri uchun vaqt ajratishi zarur, buning esa doim ham imkoni yo‘q. Insonlar hayotida do‘stlarining sadoqatsizligidan aziyat chekishi mumkin, ammo men tabiatan kechirimliman. Inson ojiz banda. Hamma ham xato qiladi. Ularni tushunishga va kechirishga doim tayyor bo‘lganman. Kechira olmaslik darajasida sizga yomonligi teggan bo‘lsa va bundan pushaymon bo‘lmasa, demak u do‘st emas. Do‘stlar bir-birining tikanlarini bilgan holda atirgullaridan bahramand bo‘la oladilar. Sinfdosh do‘stlar sening aslingni biluvchilar bo‘ladi, fikrimcha. Katta bo‘lib, aloqalar uzilsa-da, ularni ko‘rganda yana bolaga aylangandek bo‘ladi odam. Qizig‘i, men yashaydigan Kanadadagi maktablarda bolalar har yili turli sinflarga qo‘yiladi. Bu degani O‘zbekistonga o‘xshab bolalar sinfdoshlari bilan 10-11 yil birga tahsil olmaydi. O‘quvchilarning guruh bo‘lib ayrimlarni kamsitishi, tarafkashlikning oldini olish hamda bolalarning barcha bilan tez chiqishib ketishi uchun bu yaxshi, albatta, ammo ikkinchi tomondan bunda qalin do‘st orttirish qiyinlashadi. Do‘stlikning unib, ulg‘ayishi uchun, shubhasiz, uzoq birga vaqt kechirish lozim. Ko‘p hollarda sinfdoshlar bilan yo‘llar, qiziqishlar, dunyoqarash, fikrlar ayro tushadi. Kursdoshlar bilan esa aksincha, fikrlar, qiziqishlar, kasblar yaqinligi bois do‘stlik rishtalari bog‘lanadi. Menimcha, eng yaqin do‘stlar aynan shu kursdoshlar bo‘lsa kerak. Katta yoshda ham do‘st orttirish mumkin va zarur. Ammo ta’kidlaganimdek, yaqin do‘st bo‘lish, qalban, yarimta so‘zdanoq bir-birini tushunish darajasiga yetish uchun vaqt va ikki tomonlama harakat kerak. Do‘st vaqt va yaxshi-yomon kunlar bilan sinaladi. Soxta do‘stlardan aziyat chekmaslik uchun birov bilishi kerak bo‘lmagan sirlarni hech kimga aytmaslik, lekin yordamni ham ayamaslik, yaxshilik qilgan odamdan javob kutmaslik kerak. Bandasi bilmasa, yaratuvchisi biladi. Masofalar uzoq bo‘lsa-da, haqiqiy do‘stlarning yuraklari, ko‘ngillari yaqin bo‘ladi. Do‘stlarim bilan ancha muddatdan keyin ko‘rishsak ham, xuddi vaqt o‘tmagandek, qolgan joydan gapimiz gapga qovushib ketaveradi. Qolaversa, hozir shukrki, muloqot vositalari ko‘p, sog‘inch hovurini biroz bo‘lsa-da bosadi. Haqiqiy do‘stlar bir-birlarini duolarida eslashadi. Fursatdan foydalanib, men kimnidir bilib yoki bilmay xafa qilgan bo‘lsam, kechirishlarini so‘rardim. Meni duolarida eslagan do‘stlarim ikki dunyoda ham kam bo‘lmasin.
Jim Ovens,
sayohatchi (AQSh, Vashington 80 yosh)
Do‘stlik men uchun hayot kaliti. Inson do‘stlikdan taskin topishi, o‘zini himoyalangandek his qilishi va quvonchni tuyishi mumkin. Do‘stlik bu boricha samimiy va ochiq bo‘lish, sirlarimizni ishonib bo‘lishish demak. Qalbingizdagilarni to‘kib-sochishingiz mumkin bo‘lgan va o‘zingizni yolg‘iz his ettirmaydigan, sizni muhokama qilmasdan, boringizcha qabul qiladigan, asosiysi, inson sifatida yaxshi ko‘radigan inson haqiqiy do‘stdir. Do‘stsiz hayotda ma’no yo‘q. Inson suhbat bilan bir-birining taftini olmasa, dard va quvonchni baham ko‘rmasa, g‘azabga to‘la, hafsalasi pir bo‘lib boraveradi. Do‘st-u birodarlarsiz hayot zerikarli, menimcha. Ishonchni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq vaziyatlar ko‘p bo‘lgani uchun aksariyat kishilar sirlashishdan cho‘chiydi. Ammo bu qanchalik haqiqat va qiyin bo‘lmasin, kuch topib, ishonish kerak. Inson baxtni his qilishi, buning uchun hamma vaqt hamma narsani ichida tutmasligi kerak. Ikki xil toifa — hamma bilan do‘st tutinadigan va faqat sanoqlilar bilan yaqin bo‘ladigan kishilar bor. Birinchi toifa insonlar hayotiga rang beradigan kishilardir. Ular do‘stlar bilan o‘zini xavfsiz hisoblaydi. Ikkinchi toifa insonlar esa sondan ko‘ra sifatni ma’qul biladi va yaqin do‘stlari sanoqli bo‘ladi. Ular qalblariga sokinlik baxsh etadigan alohida kishilar bilan o‘ziga xos bog‘liqliklarni his qiladi. Men borimcha ochiq bo‘la oladigan va yonida mug‘ambirlik qilishimga hojat bo‘lmaydigan sanoqli do‘stlarni afzal bilaman. Masofa shaxsiy munosabatlarga to‘sqinlik qilishi va do‘stlik rivojlanishida xavfsiz muhit bo‘lishiga izn berishi mumkinligi bois ba’zida uzoqdan turib do‘st tutinish oson. O‘zbekistonda do‘stlarim ko‘pligining sababini men uzoqda ekanim ular istaganlaridek muloqot qila olishlari, shuningdek, hech qanday bajarishi kerak bo‘lgan majburiyatlarsiz o‘z hayotlarini yashashlari mumkinligida deb bilaman. Siz istagan savollarga javob beroldimmi yoki yo‘q, bilmadim, ammo ta’kidlaganlarim sizga zarracha bo‘lsa ham, biror nima bergan bo‘lsa, bundan juda mamnunman.
Shohistaxon Ibragimova,
uy bekasi (O‘zbekiston, Toshkent. 43 yosh)
Inson hayotida do‘stlikdan-da yaxshiroq narsa bo‘lmaydi, ularni ishonch birlashtirib turadi. Hayotimda onamchalik ishonish mumkin bo‘lgan do‘stni uchratmadim. Achchiq haqiqat shuki, odamlar bugun manfaat sabab yaqin bo‘lyapti. Shu sabab inson sirlarini oila a’zolari va turmush o‘rtog‘iga aytishi kerak. Siz ishonib aytgan sirlaringizni boshqa odamdan eshitsangiz, bilingki, do‘st deb bilganingiz soxta. Inson qanchalik yaxshi bo‘lsa va yaxshilik ulashsa, atrofida ham o‘zi singari qalbi toza insonlar ko‘p bo‘ladi.
Sherzod Mahmudov,
jurnalist (27 yosh)
Hayotda pul, obro‘, mansab kabi havoyi, moddiy qiymatlar bilan o‘lchanmaydigan tushunchalar bor. Muhabbat, oqibat, yaxshilik, do‘stlik... Do‘stlik men uchun hamma narsa. Kishining yaqinlari ko‘p, ammo do‘sti sanoqli bo‘ladi. Do‘stingning kimligiga qarab, sen haqingda birlamchi tasavvur hosil qilishadi. Hayotimda qiyomatga qadar do‘stlarim borligidan xursandman. To‘g‘ri, ular ko‘p emas, ammo bor. Masalan, hayotimdagi eng oqibatli do‘stim bilan abituriyentlik paytida tanishganman. Talabalikka bo‘lgan quvonchli va qayg‘uli kunlardan iborat yo‘lni birgalikda bosib o‘tganmiz. Bizni mana shu vaziyat birlashtirdi. Buni tabiiy qabul qilaman. Ammo do‘stlikda manfaat bo‘lishiga qarshiman. Chunki tuyg‘ularga yolg‘on aralashadi. Sendagi ustun jihatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish u do‘stlik emas, shunchaki hamkorlik. Fursati yetsa, hamkorlik to‘xtaydi. Hayotingizda manfaatlarga qurilgan hamkorliklar ko‘p bo‘lishi mumkin, ammo hech bir tama, moddiyat ko‘zlanmaydigan do‘stlik abadiy bo‘ladi.
“Ikki kishi bilgan sir – sir emas”, deyiladi bir filmda. Masalan, menda oilam bilan baham ko‘radigan sirlarim bor. Hayotimdagi ayrim holatlarni ularga aytish to‘g‘ri emas. Shu bilan birga, do‘stlarning barchasiga ham aytib bo‘lmaydi. Qayerdadir o‘qigandim: “Do‘stingga siringni aytma, chunki uning ham do‘sti bor”. To‘g‘ri fikr. Lekin eng yaqin do‘stingizga hayotingizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni aytish kerak. Undan maslahat olasiz, fikrlarini tinglaysiz, masalaga boshqa ko‘z bilan qaraysiz. Asosiysi, sizni qiynayotgan, yelkangizni og‘ir yukdek bosib turgan muammolaringizni oz bo‘lsa-da, aritishga yordam beradi. Chunki haqiqiy do‘stingiz bilan sizni ruhiyat birlashtiradi, yanada yaqinlashtiradi. U siz nimani yoqtirishingiz, nimani yoqtirmasligingizni yaxshi biladi. Sizga ruhiyati yaqin do‘stingiz bo‘lsa, sirlaringizni bemalol o‘rtoqlashsangiz bo‘ladi. Yuqorida aytganimdek, jisman ikki kishidirsiz, ammo ruhan yakdilsiz. Haqiqiy do‘stni soxtasidan ajratish juda ham oson, ammo juda qiyin ish. Chin do‘st sizni doim himoya qiladi. Ayniqsa, biror-bir davrada siz yo‘q bo‘lsangiz-u, u yerdagilar sizni yomonlayotgan bo‘lsa, “Falonchi hozir yo‘q-ku! Yonini olganimni baribir ko‘rmaydi! Undan ko‘ra indamayman”, demaydi. U sizni siz bor paytda ham, yo‘q ekaningizda ham himoya qiladi. Manfaat izlamaydi. Og‘ir kuningizda yoningizda bo‘ladi.
Otam aytadi: “Yaqinlaringning to‘yiga bormasang borma, ammo ta’ziyasida yonida bo‘l”. Chunki quvonchingizga hamma sherik bo‘lishi mumkin. Baxtli kuningizda kimdir samimiy xursand, kimdir esa hasad qiladi. Siz u paytda bir dunyo yaqinlaringiz davrasida kimgadir ehtiyoj sezishingiz qiyin. Bu jarayon umringiz mobaynida kechadi. Shuning uchun ham do‘stning chin va soxtasini ajratish oson hamda mashaqqatlidir. Deyarli o‘chib qolgan cho‘g‘ga ozgina tutantiriq tashlasangiz, ozroq tutaydi-yu, birdan yonib ketadi. Faqat uni qo‘llab-quvvatlab, mayda shoxlar, uning ustiga yirik o‘tinlar tashlamasangiz, tez yonib, tez o‘chadi. Do‘stlik ham shunday. Agar uzoq vaqt ko‘rishmay, gaplashmasangiz, munosabat tezda qovushmaydi. Keyin esa birdan o‘tgan kunlar, sho‘xliklarni yodga olasiz. Yana eski vaqtga qaytasiz. Ammo suhbat qurish va diydorlashib turish yana uzoq vaqtga cho‘zilsa, munosabat izdan chiqadi. O‘tgan kunlarni eslab yuraverasiz. Ammo chin do‘stlar qandaydir kutilmagan sabab bo‘lmasa, doimo bir-birining holidan xabar oladi. Masofa uzoq bo‘lsa-da, bunga imkon topadi. Ayniqsa, bizning asrimizda. Hozir atrofimdagi do‘stlar bir necha yillardan keyin ham yoningizda bo‘lishiga qanchalik ishonasiz, degan savolga “Buni faqat Alloh biladi”, deb javob beraman. Ishonishga kelsak, O‘zidan eng xayrlisini so‘rayman. Muhimi, bizni va yaqinlarimizni to‘g‘ri yo‘l adashtirmasa, munosabatlarimizga moddiyat, turli ixtiloflar, fe’limizdagi ijobiy sifatlarni salbiysiga aralashtirmasa, yaxshilikni umid qilish mumkin.
Ziyoda Ramazonova,
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 2-bosqich talabasi (19 yosh)
Do‘stlik bu odamning o‘ziga o‘xshagan bir olam. Do‘stlarim ko‘p, sirlashishim mumkin bo‘lgan insonlar kam. Kishilarni ko‘pincha vaziyatlar birlashtirib turadi. Yoningizdagi insonga sizdan yaxshiroq muqobil bo‘lmagani uchun do‘st bo‘lishingiz, sizdan yaxshisi chiqqanda esa unutilishingiz mumkin. Soxta va chin do‘stni ko‘zlari, so‘zlaridagi samimiyatdan bilsa bo‘ladi. Chin do‘stim yo‘q va bunga bir tomondan o‘zimning ham tortinchoqligim, ichimdagini top ekanim sabab deb o‘ylayman.
Gulira’no Musayeva suhbatlashdi. | 147 | 13,443 |
Madaniyat | MILLIY VA ZAMONAVIY TALQINDAGI IPAK LIBOSLAR NAMOYISh QILINDI | Poytaxtimizda «O`zbekipaksanoat» uyushmasi tabiiy ipak matoli milliy liboslar namoyishini o`tkazdi. Unda 80 ortiq davlatdan vakillar, mutaxassislar, ipak etishtiruvchilar, qayta ishlovchilar, liboslar moda va dizayni sohasi vakillari, talaba-yoshlar, moda ixlosmandlari ishtirok etdi.
Ta`kidlash joizki, joriy yilda pillakorlarimiz sinov tariqasida ikki marta ipak qurti urug`i parvarishlab, mo`l hosil etishtirdi. Qariyb 13 ming tonna ipak xom ashyosining qariyb 50 foizi tizimdagi o`ttizdan ziyod korxonada qayta ishlanmoqda. Xomashyoning ko`payishi, albatta, uni qayta ishlashni ham talab etadi. Joriy yilda ip yigiruv va ipak mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qator loyihalar amalga oshirildi. Sirdaryo, Xorazm, Jizzax, Buxoro viloyatlarida barpo etilayotgan korxonalar shular sirasidandir. Anjumanda tizimdagi korxonalarda ishlab chiqarilgan matolardan tayyorlangan ko`rkam liboslar omma e`tiboriga havola etildi. Namoyish to`rt qismdan iborat bo`lib, birinchi qismda modellar hammabop, kundalik ko`ylaklarni, ikkinchisida oqshom liboslari, uchinchi va to`rtinchi qismda milliy va zamonaviy uslubda yaratilgan rang-barang liboslar taqdim etildi.
Hozirgi kunda aynan atlas, adras, shoyi, beqasam matolaridan foydalanayotgan dizaynerlarimiz talaygina. Shu bois ham anjumanda o`zbek modasi, bu nafaqat, tabiiy ipakdan tayyorlangan milliy matolardan tikilgan liboslar, balki, dunyo miqyosida urf bo`ladigan, modaning eng so`nggi chaqirig`i talablariga javob beradigan kiyimlar ekanini isbotlashga alohida e`tibor qaratildi. Eng muhim esa kamalakrang xonatlas, ko`rkam adras, baxmal, nafis shoyi kabi milliy matolarimiz qatoriga muslim, jakart kabilar qo`shilgani bo`ldi.
Tabiiy ipak matoli milliy liboslar namoyishida Dilafro`z Aripjonova, Elena Milberger, Nikolay Nam, Dilorom Muhammadieva kabi o`ndan ziyod iqtidor egalari o`zlarining zamonaviy va eng so`nggi jahon andozalaridagi mualliflik to`plamlari bilan ishtirok etdi. Ularning liboslari yorqinligi va nozik uslubi bilan ko`pchilikni e`tiborini tortdi.
Tadbir davomida xorijlik mutaxassislar o`zbek dizaynerlari namoyish etgan liboslar yuksak did va mahorat bilan tayyorlanganini e`tirof etdi. | 62 | 2,181 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon “Rossiya 1” kanalining “Yulduzlar bilan raqs” shousida ishtirok etadi (video) | Sevara Nazarxon “Rossiya 1” kanalidagi “Tansi so zvyozdami” (“Yulduzlar bilan raqs”) shousida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda xonandaning rasmiy sayti.
Sevaraning raqs bo‘yicha sherigi sport bal raqslari bo‘yicha besh karra Portugaliya chempioni, uch karra Portugaliya kubogi sohibi, dunyo va Yevropa kubogi yarim finalchisi Aleksandr Nabiullin bo‘ldi. | 93 | 357 |
Madaniyat | Qo‘shiqchi Adel gastrollardan o‘n yilga voz kechadi | Britaniyalik qo‘shiqchi Adel yaqin o‘n yil ichida gastrollardan bosh tortishi mumkin. Bu haqda The Sun o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Bunga asosiy sabab o‘g‘li Anjelo bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish istagidir.
“Adel Anjelo hayotidagi birorta ham lahzani o‘tkazib yuborishni istamaydi, o‘g‘li tufayli turnedan voz kechish esa uning uchun oson qaror bo‘lmadi”, — dedi manba.
Bundan tashqari, xonandaning o‘zi ham gastrollar uning uchun qiyin kechishini tan oldi. “Turne chog‘ida o‘zimni noqulay his qilaman, chunki men uy qiziman”, — degan edi Adel 10-sentabr kuni Filadelfiyadagi konsertida.
Qo‘shiqchi ayni paytda “25” nomli albomiga bag‘ishlangan dunyo bo‘ylab katta gastrol safarida bo‘lib turibdi, hamma joyga o‘g‘li bilan birga bormoqda. Ammo 2017-yilda Anjelo maktabga boradi va dunyo bo‘ylab bemalol yura olmaydi.
Xonanda Las-Vegasda doimiy shou uyushtirishni rejalashtirmoqda, bu Adelga o‘z oilasiga doimiy safarlar bilan og‘irlik tushirmasdan kuylash imkonini beradi. Biroq bu loyiha bir necha yillardan keyingina amalga oshiriladi. | 51 | 1,044 |
Madaniyat | “Men terrorchi emasman” filmi ijodkorlari bilan brifing bo`lib o`tdi | Toshkentda kino haftaligi davom etmoqda... Haftalikning uchinchi kuni “Men terrorchi emasman” filmi ijodkorlari bilan brifing tashkil etildi. Unda filmning ijodiy jamoasi, “O`zbekkino” MA rahbariyati, yosh kinoijodkorlar, kinoshunoslar, rejissyorlar, soha vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etishdi.
Mazkur brifing avvalida "Film haqida film" nomli maxsus videorolik taqdim etildi. Ijodiy guruh filmning suratga olish jarayonlari, s`yomka vaqtida yuzaga kelgan qiyinchiliklar, tasvirga olish ob`ektlari, rekvizitlar, ijodiy jamoaning mehnati haqida batafsil gapirib berishdi. “Men terrorchi emasman” filmi jamoasi kartinada tomoshabinga film orqali nimani targ`ib qilishni istagan bo`lsa, ular buning uddasidan chiqishganini alohida ta`kidlashdi. Ayniqsa, filmda operatorlik ishi, kostyumer va grimyorning mahorati sabab haqiqiy terrorchilar yashaydigan muhit ochib berilgan.
- Filmning suratga olish ishlari aslida boshqa davlatlarda amalga oshirilishi kerak edi. Ammo pandemiya sabab terrorchilar yashaydigan muhitni o`zimizning yurtimizda maxsus pavilion qurib, filmda jangarilar hayotini aks ettirishga harakat qildik, - deydi film rejissyori Muhammadali Iskandarov.
Eslatib o`tamiz, 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan mazkur filmning harbiylar uchun ham maxsus namoyishi bo`lib o`tadi. | 68 | 1,327 |
Madaniyat | Muxlislarini sog‘ingan Obid Asomov “Istiqlol” da uch kun konsert beradi | Taniqli kulgi ustasi Obid Asomov “Istiqlol san’at saroyida “Sizlarni sog‘indim” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etadi. Konsert 28—29—30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda qiziqchi o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Konsert bannerida dastur jonli ijroda bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan. Obid Asomov mazkur holatni “Bunisi ‘Nima uchun konsert fonogrammada bo‘ladi?’ deb qiynalayotganlarni xotirjam qilish uchun”, — deya izohlaydi.
View this post on Instagram | 71 | 489 |
Madaniyat | “Jahongir Ahmedovdan kutilmagan film, janrdagi yangilik va e’tirozlar”. “Islomxo‘ja” badiiy kengashdan qanday o‘tdi? | Rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy, badiiy-publisistik filmi “O‘zbekkino” MA badiiy kengashidan o‘tdi.
Jurnalist Feruz Muhammad tarixiy film yangi badiiy kengash a’zolari tomonidan qanday baholanganligi, filmning yutuq va kamchiliklari nimadan iborat ekanligi bilan qiziqib, kengash a’zolariga murojaat qildi.
Bizda tarixiy film ishlash an’analari bor edi-yu, ammo tajribalari unutilib ketgan edi. Oxirgi bizda chiqqan tarixiy film bu “O‘tkan kunlar” filmidir. Undan buyog‘iga albatta hujjatli filmlar qilindi, ammo “Islomxo‘ja”dek mashtabli ish qilinmagan edi. Ayni vaqtda “O‘zbekkino”ning rejasida “Islomxo‘ja”ga o‘xshagan yirik loyihalar bir talay va ularning ko‘pchiligi badiiy kengash muhokamasidan o‘tib, ishga tushirilgan.
“Islomxo‘ja” filmining o‘ziga xosligi shundaki, aslida bu film hujjatli, badiiy-publisistik, ammo rejissor filmi badiiyga ko‘chirgan. Juda bir o‘ziga xos yo‘l tutilgan, men bunaqa filmni kam ko‘rganman, shakl jihatidan ham o‘ziga xos va yaxshi ishlangan film bo‘libdi. Bu film avvalo janr jihatidan ham, janrga yondashuv jihatidan ham yangilik bo‘lgan. Chunki hujjatli filmlarni ko‘p ko‘rganmiz, u filmlar asosan gap bilan, olimlarning intervyulari bilan yuzaga kelardi. Yo‘q, bunda asar boshdan oyoq sahnaga ko‘chirilgan, lekin ayni chog‘da ilmiy mulohazalar, tarixga yondashuv ham beriladi. Masalan, ilmiy mulohazalar berishda muzeyning keksa tarixchi olimi va yosh tadqiqotchining bahslari asos qilib olingan.
Xivadagi chiroyli manzaralar, Islomxo‘ja zamonidagi tarixiy sahnalarni ko‘rsatib berish uchun juda ham katta mehnat qilingan. Bu film ijodkorlari har qanday ardoqqa arziydi, men filmni bunchalik bo‘lishini kutmagan edim. Bu film Jahongir Ahmedovning biografiyasida ham juda katta o‘rin tutadigan film bo‘ladi. Jahongir Ahmedovning shunday bir jiddiy mavzuga qo‘l urgani va buni shu qadar jiddiy va nihoyatda zo‘r muvoffaqiyat bilan maydonga olib chiqqani bu yigitning katta yutug‘idir.
Har qanday mukammal asarga ham e’tirozlar bo‘ladi. Masalan badiiy kengash a’zolari tomonidan Asfandiyorxon obrazi filmda biroz bo‘shangroq, irodasiz, siyosiy o‘yinlarga qarshi turib bera olmaydigan xon sifatida namoyon qilishgani uchun e’tiroz bo‘ldi. Endi har bir tarixiy shaxsning yaxshi va yomon tomonlari bo‘ladi. O‘sha shaxsning sizga yoqqan biror bir jihati bilan asar g‘oyasining sizga kerakli bo‘lgan jihatini bo‘rttirib ko‘rsatasiz, ba’zi bir kamchiliklarini esa yashirib ko‘rsatasiz, bu tarixiy haqiqatga doimo mos kelmasligi mumkin.
Men mana shunday yosh bir ijodiy jamoa, bizning madaniyatimizga, bizning kinomizga shunaqa hafsala bilan, did bilan yaxshi mahsulot beradi, bunchalik asar yuzaga keladi deya kutgan emasman.
Erkin A’zam, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, “O‘zbekkino” MA badiiy kengashi a’zosi
“Islomxo‘ja” degan tarixiy shaxsni avval vikipediyada o‘qiganmiz xolos, film ijodkorlari bu shaxsni to‘la ochib bergan. Filmda XX asr boshlaridagi Xiva xonligi juda ham yuqori saviyada ko‘rsatib berilgan. Aktyorlar mahorati, film musiqasi, operatorlik ishi, rassomlik ishi, rejissor yondashuvi, film ssenariysi xullas tarixiy, badiiy-publisistik filmning yo‘lini juda to‘g‘ri topishgan.
Bilsangiz kerak, men aslida kamdan kam holatlarda o‘zbek kinolarini maqtayman, ochig‘i bunchalik film ishlashadi deb kutmagan edim. Yana bir xursand bo‘layotgan jihatim shuki, bu film prezidentimizning qarorlaridan so‘ng, yangi rahbariyatning ilk taqdim qilayotgan filmidir. Bu film prezidetimizning bergan savollariga, bergan topshiriqlariga ma’lum bir darajada labbay deya javob berdi.
Avvalo Jahongir Ahmedov boshliq film jamoasini, “O‘zbekkino” MA rahbariyatini hamda barcha kinochilarning shu film orqali yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Juda ham cho‘chiyotgan edim, chunki “shuncha imkoniyat yaratib bersak ham, eplay olmadilaring”, degan gap ham bo‘lishi mumkin edi. Juda katta bir ish qilingan, men astoyidil xursandman, sizlar orqali filmning ijodiy jamoasini yana bir bor tabriklayman.
Jahongir Qosimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “O‘zbekkino” MA badiiy kengashi a’zosi
Jahongir Ahmedov “Islomxo‘ja” filmini nihoyatda berilib, astoyidil mehnat qilib suratga oldi. Film prodyuseri, “Ezgu film” kino studiyasi rahbari Zafar Yo‘ldoshev ham barcha ishni tashkillashtirib berishda astoyidil bel bog‘lab, dastlabki davrda hali filmga mablag‘ ajratilib ulgurmagan vaqtda, filmga o‘zidan pul tikib, filmning dastlabki tayyorgarliklarni boshlanishiga katta yordam berdi.
Jahongir filmning ssenariysi bo‘lishiga qaramay, Sankt-Peterburgga, Xivaga borib arxivlarni o‘rgandi. Men Jahongir Ahmedovni ushbu mavzuni o‘rgangan tadqiqotchilardan kam ko‘rmayman. Meni nazarimda rejissor tanlagan mavzusiga birinchi navbatda ana shunday tadqiqotchi sifatida, ichidan o‘rganib, uni hamma katta-kichik jihatlarini jiddiy tahlildan o‘tkazib o‘rgansa, bu ishning eng katta muvaffaqiyati bo‘ladi. Jahongir shunday ishni qildi, Jahongir bilan har safar suhbatlashganimda mavzu haqida, uning atrofidagi voqealar, jamoasinining gaplarini eshitib, ularga juda ishonib, albatta bu yigit bir joydan yorib chiqadi deb o‘ylab yurgandim va shunday bo‘ldi. Kutganimdek “Islomxo‘ja” filmi ishonchimni oqladi.
Ikkinchi bir tomoni, menga bu filmdagi eng muhim jihati va filmning yutug‘i shu bo‘ldiki, filmda bir qancha el tanigan aktyorlar rol ijro etgan. Bular Ulug‘bek Qodirov, Alisher Uzoqov, Asal Shodiyeva singari bir qancha aktyor va aktrisalardir. Bungacha bu aktyorlar maishiy, yengilroq, sayoz filmlarda har xil, yarashgan va yarashmagan rollar o‘ynab, qobilyatlarini ko‘rsata olmayotgan edilar. “Islomxo‘ja” filmida bularning hammasi jiddiy-jiddiy rollarga jalb qilinib, shunday bir qiyofada ko‘rinishganki, bu aktyorlar o‘zlarining yangi tomonlarini ko‘rsatib, iste’dodli aktyorlar ekanligini, shu vaqtgacha bu ijodkorlar ma’lum bir ma’noda o‘zining rolini topa olmayotganini his qildik. Endidan ularga bemalol katta-katta, jiddiy rollarni topshirish, odamlar tasavvuridagi yengil-yelpi, sayoz filmlardan tamomila boshqa katta miqyosdagi rollarga yo‘naltirish mumkin ekanligini tushundik. Bu filmning ikkinchi eng katta yutug‘idir.
Bu film yoshlarimiz tomonidan qiziqib ko‘rilsa, o‘ylaymanki ko‘riladi ham. Chunki ularning ajdodlarimiz orasida shunaqa bir buyuk insonlar borligini, buyuk islohotchi, ma’rifatparvar insonlar borligini his qilishi nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Yoshlarga shunday ma’rifatparvar ajdodlarimizni na’muna qilib ko‘rsata olmasak, ularning qalbidan Shvarseneggerlar joy oladi. Mana shu ma’noda film o‘zining missiyasini bajargan deb o‘ylayman.
Shuhrat Rizayev, “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, adabiyotshunos | 116 | 6,660 |
Madaniyat | Internetda “Titanik”ning muqobil yakuni keng muhokamalarga sabab bo‘ldi (video) | “Titanik” filmining yakuni boshqacha tugashi mumkin edi. Internetda tarqalgan muqobil variantda keksa Rouzni palubada, “Okean yuragi” taqinchog‘ini suvga tashlashidan oldin topib olishgani tasvirlangan, deb yozadi Esquire.
Ekspeditsiya yetakchisi Brok Lavett Rouzdan o‘ylab ko‘rishini va “Okean yuragi”ni tashlamaslikni so‘raydi. Rouz esa bunga javoban “Sizlar boylikni boshqa joydan qidiryapsizlar, janob Lavett. Faqatgina umr, uning har bir kuni bebaho”, — deya javob qaytargan.
Taqinchoq okeanga tushib ketadi va Rouz Lavett bilan xandon otib kula boshlaydi. Ekspeditsiya a’zolari g‘azabda, ulardan biri “Bu haqiqatan ham ahmoqlik, xonim!” — deya baqiradi. Sahna Lavettning Rouzni nevarasi bilan raqsga tushishi bilan yakunlangan.
The alternate ending to Titanic is hilarious. This would have absolutely ruined the film for me pic.twitter.com/L3vSrSb72e
— Pat (@pattbb8) February 16, 2021
Muqobil yakun haqida ancha oldin ma’lum bo‘lgan, biroq hozirda u yana Twitter’da muhokamalarga sabab bo‘ldi. “‘Titanik’ning muqobil finali juda kulgili. Bu filmni shunchaki yo‘q qilgan bo‘lardi”, — deb yozadi foydalanuvchilar.
Bu kabi yakunga Brok Lavett roli ijrochisi Bill Pekston ham munosabat bildirgan. Yahoo’ga bergan intervyusida u mazkur sahnani faqatgina geroin ostida yaxshiroq o‘ynashi mumkinligini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, film rejissori Jeyms Kemeron shu orqali kartinani zamonaviylashtirmoqchi bo‘lgan, biroq oxir-oqibat ushbu fikrdan qaytgan.
“Titanik”ning halokatini real vaqt rejimida tomosha qilish mumkin bo‘ldi (video)
Shuningdek, foydalanuvchilar Leonardo Di Kaprioning qahramonini saqlab qolish imkoni bo‘lganini muhokama qilgan.
she's still a murderer in my book. pic.twitter.com/AZLg4NPT4t
— Isaiah Headen???? (@isaiahheaden) February 18, 2021 | 79 | 1,771 |
Madaniyat | AL-QUVAYTDA O`ZBEKISTON MADANIYaT KUNLARI | Al-Quvayt shahrida O`zbekiston madaniyat kunlarining
ochilish marosimi bo`lib o`tdi. O`zbekiston madaniyat kunlarining ochilishi
O`zbekistonni madh etuvchi fotoko`rgazmalar namoyishi bilan boshlandi. Quvayt
Davlati markazidagi “Al-Advaniya” ko`rgazmalar galereyasi o`zbekona ruxda
milliy bezatildi. Ko`rgazma zali markaziga yirik o`lchamdagi baner, davlat
bayroqlari va davlat rahbarlarining portretlari o`rnatildi.
Ko`rgazma asosan 5 qismdan iborat: O`zbekiston - Islom ma`rifati va
allomalar yurti; Xalq hunarmandchiligi va amaliy san`ati buyumlari namoyishi
(xattotlik, yog`och o`ymakorligi, miniatyura, kandakorlik, kashtachilik, atlas
va adras); O`zbekistonning sayohlik salohiyati (15 turdagi maxsus buklet,
videoroliklar namoyishi); O`zbekiston tarixi va bugungi jadal taraqqiyotini
yorqin aks ettiruvchi fotoko`rgazmalar namoyishi o`tkazildi.
Mehmonlarni milliy lisoblardagi o`zbek qizlari hurmat va ehtirom bilan kutib oldi.
Quvaytda O`zbekiston madaniyati kunlari rasmiy ochilish marosimi soat
10.00da davlat madhiyalari va Quroni Karimdagi oyat bilan boshlandi.
Oldindan tayyorlangan maxsus dasturga muvofiq, tadbirni O`zbekiston
Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov ochib
berdi.
Tadbirda Kuvayt Madaniyat, san`at va
adabiyot milliy kengashi bosh kotibi Ali Xuseyn al-Yuxa (lavozimiga ko`ra –
vazir) va uning vakillari, shuningdek, Quvayt davlatidagi O`zbekistonning
Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom A`loev hamda elchixona xodimlari
qatnashdi.
Tadbirning rasmiy ochilishi marosimida tomonlar o`zaro esdalik sovg`alarini bir birlariga taqdim etishdi.
Tadbirda o`n beshdan ortiq davlatning
Favqulodda va muxtor elchilari, boshqa mamlakatlarning elchixona xodimlari,
quvaytliklar va quvaytdagi o`zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi.
Ko`rgazmaning har bir bo`limi, ayniqsa,
xattotlik hamda xalq hunarmandchilik buyumlari, O`zbekiston madaniy merosi
Ali Xuseyn al-Yuxa va tadbirning boshqa ishtirokchilarida katta qiziqish
uyg`otdi.
Masalan, xattot Habibullo Solih mehmonlar ishtirokida O`zbekistonda
saqlanayotgan muborak Usmon Mushafining birinchi sahifasi (Fotiha
sur`asini) xattotlik san`ati asosida yozib berdi, ushbu yozilgan san`at
asarini O`zbekiston madaniyat kunlaridan esdalik sovg`asi sifatida “Ali
Xuseyn al-Yuxaga taqdim etdi.
Shuningdek, yog`och o`ymakorlik maxsulotlari namoyishida Lavh, uning maqsadi
va undan foydalanish ishlari tadbirning har bir ishtirokchisini qiziqtirdi.
Ali Xuseyn al-Yuxa va ko`p davlatlarning elchilari undan o`zlari uchun
tadbirdan esdalik sifatida oldilar.
Fotoko`rgazmadan joy olgan har bir fotosurat mehmonlarnin diqqatini o`ziga
jalb etdi, ayniqsa, Registon majmuasi va Ichan qal`a ishtirokchilarning
O`zbekistonga bo`lgan qiziqishini keskin oshirdi.
Tadbir davomida o`zbek san`at ustalari tomonidan mashhur milliy kuylar
jonli ijro etildi. O`zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov g`ijjakdagi
yuksak mahorat bilan ijro etgan musiqasi bilan barchani shaydo etdi.
“Al-Advaniya” ko`rgazmalar galereyasining
ikkinchi bo`limida O`zbekistondan keltirilgan noz-ne`matlar, sarhil
mevalar, milliy qandolatchilik mahsulotlari, oshpazimiz tomonidan
tayorlangan palov tortilishi bayramga o`zgacha ruh bag`ishladi.
Ayniqsa, quruq va sarhil mevalar, xususan, uzum va anor ko`plab tadbir
ishtirokchilari, elchilar va quvaytliklarni O`zbekiston zaminiga, qishloq
xo`jaligi mahsulotlarimizga bo`lgan qiziqishini orttirdi.
Al-Quvayt shahrining 10 dan ortiq OAV vakillari ochilish marosimini
yoritishdi. Tadbirning birinchi kunida 5 ta davlat elchilari intervyu berib,
madaniyat kunlari xaqida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdilar. | 41 | 3,708 |
Madaniyat | Engin Akyurek va Tolga Saritash ishtirokidagi yangi loyihaning suratga olish ishlari boshlandi | Turk aktyorlari Engin va Tolga ishtirokidagi “Oq yo‘l” nomli yangi loyihaning suratga olish ishlari boshlandi.
Turk kinosanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Engin Akyurek va Tolga Saritash o‘ziga xos ijrosi, uslubi va ko‘rinishi bilan bir-biridan farq qiladi. Prodyuserlar ishiga turli yondashadigan va temperamenti farqli bo‘lgan aktyorlarning bir loyihada ishtirok etishi qiziqarli bo‘lishiga ishongan.
Aktyorlarni suratga tushishga taklif qilgan ijodkorlar ularning roziligini olishga muvaffaq bo‘lgan. Netflix platformasi uchun suratga olinayotgan loyihaning suratga olish ishlari boshlangani haqida prodyuserlik kompaniyasining sayti Lanistar Medya’da e’lon qilingan. “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza” filmi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Mehmet O‘ztekin loyihaga rejissorlik qiladi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida jang sahnalari bo‘lishini ta’kidlagan rejissor, batafsil ma’lumot bermaslikni afzal bilgan. Engin va Tolganing birgalikda suratga tushishi turk kinosanoatidagi tanqidchilar orasida shov-shuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Aktyorlarning o‘zi suratga olish jarayonlariga izoh bermagan, ammo loyiha ijodkorlari OAV uchun konferensiya tashkil qilishga va’da bergan. | 94 | 1,177 |
Madaniyat | Shavkat Mirziyoyev: Islom Karimov Registon maydonini qanchalik sevsa, “Sharq taronalari”ni ham shunchalik sevardi | Kecha, 28-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va ishtirokchilarni tabrikladi. Shuningdek, ushbu festival O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilganiga alohida urg‘u berdi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.
Bu haqda gapirganda, avvalo, atoqli siyosat va davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning aziz xotirasini hurmat-ehtirom bilan yodga olamiz. Islom Abdug‘aniyevich o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahrini, uning yuragi bo‘lgan qadimiy Registon maydonini qanchalik buyuk muhabbat bilan sevsa, “Sharq taronalari” festivalini ham shunchalik sevar, qadrlar edilar. “Sharq taronalari” musiqa festivali o‘zining betakror ruhi va qiyofasi, xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, musiqa san’ati an’analarini asrash, madaniy muloqotni rivojlantirish borasidagi ezgu maqsad-muddaolari bilan qisqa muddatda yuksak darajaga erishdi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti | 113 | 1,147 |
Madaniyat | Bosh rolda Tom Kruz o‘ynagan “Amerikada ishlab chiqarilgan” dramasining ilk treyleri chiqdi (video) | Universal Pictures studiyasi YouTube’dagi kanalida rejissor Dag Laymanning “Amerikada ishlab chiqarilgan” filmi ilk treylerini namoyish etdi. Bu haqda Daily Afisha xabar bermoqda.
Kartina 1980-yillarda Markaziy razvedka boshqarmasiga ishlagan Trans World Airline uchuvchisi Barri Sil, narkotiklar nazorati va Pablo Eskobar haqida hikoya qiladi. | 99 | 345 |
Madaniyat | “Pul topish uchun yuzimni berkitib, ko‘cha supurganman”. Elmurod Haqnazarov bolaligidagi achchiq xotiralar hamda futbolchi bo‘lish orzusi armon bo‘lgani haqida (video) | “Dizayn” jamoasi a’zosi, qiziqchi Elmurod Haqnazarov “Daryo”ning YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida achchiq xotiralar sabab bolalikka qaytishni istamasligi, pul topish uchun ko‘cha supurishga majbur bo‘lgani va futbolchi bo‘lish orzusi armonga aylangani haqida so‘zlab berdi.
— Men Farg‘onaning Chimyon qishlog‘ida dunyoga kelganman. U yer haqiqiy rivojlangan shaharcha bo‘lib, sanoati va dam olish sanatoriylari bilan mashhur. Bolaligim yomon o‘tmagan, ammo “Unga qaytishni istaysizmi?” deyishsa, yo‘q degan bo‘lardim.
Bunga sabab bolalik bilan bog‘liq achchiq xotiralarim bor. Ulardan biri, o‘zim o‘qiydigan maktab eshigining tagida onam mayda-chuyda narsalar sotib o‘tirardi. Onam buvim bilan navbati bilan sotuvchilik qilishardi. Yozda-ku mayli, ammo qish kuni ularning sovuqda o‘tirganini ko‘ra turib, maktabga kirib ketishimdagi holatimni tasvirlab berolmayman.
Dadam zavodda ishlagan va u yerda portlash bo‘lgan. Bir kuni onamni it qopib olgan. Xullas, mana shunday voqealar sabab bolalikka qaytishni istamayman. Ammo bu bilan baxtli kunlarim bo‘lmagan, faqat qiyinchilikda yashaganmiz, demoqchi emasman.
Onam issiq nonni tandirda yopib, belimga bog‘lab berardi. Sinfdoshlarim bilan qo‘y boqqani chiqib, tushlik vaqti hamma topganini dasturxonga qo‘yardi. Hatto dalada o‘tlab yurgan sigirlarni sog‘ib, issiq sut ichardik, — deydi Elmurod Haqnazarov.
Elmurod Haqnazarov ko‘cha supurishga majbur bo‘lgani va 10 kilometr masofani piyoda bosib institutga qatnagani haqida so‘zlab berdi.
— 1999-yili Farg‘ona shahriga ko‘chib kelganmiz. Oilamiz oddiy, hamma qatori kun ko‘rardi. Kollejda o‘qib yurgan paytlarim ota-onamga ko‘maklashish uchun mahalla supuruvchisi bo‘lib ishga kirgandim. Ertalab azonda turib, yuzimni mato bilan to‘sib, ko‘chalarni supurardim. Odamlardan uyalmasdim, shunchaki kun kelib “Ko‘cha supuruvchi-ku” deb menga qizini turmushga bermasligidan hayiqardim. Tong yorishgach, ishni tugatib, kiyimlarimni almashtirib, o‘qishga ketardim. Yo‘l kiraga pul sarflashni istamay, o‘qishga piyoda qatnardim. Bilmadim, o‘shanda shuncha kuchni qayerdan olgan ekanman, — deydi Elmurod Haqnazarov.
Bundan tashqari, qiziqchi bolaligidan futbolga qiziqqani, ammo oilasidagi moddiy qiyinchiliklar sabab sportni davom ettirolmagani haqida so‘zlab berdi.
— Bolaligimdan futbolga qiziqardim. Jamoamizning sardori ham o‘zim edim. Ammo bir narsa qattiq alam qilardi. O‘yin vaqtida menga bo‘ysunadigan sinfdoshlarim dadalari bilan avtobusga o‘tirib, “Neftchi”ning o‘yinini ko‘rganini borishardi. Ammo men yo‘l puli sabab o‘yinni ko‘rgani borolmasdim.
Futbolga bo‘lgan qiziqishim kuchli edi. Ammo jarohat olganimdan keyin futbol o‘ynashni kamaytirishga majbur bo‘lganman, — deydi “Dizayn” jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarov. | 167 | 2,730 |
Madaniyat | "O`zbekkino" bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning yosh kinoijodkorlarga murojaati | Yaqinda “Milliy kino va yosh ijodkorlar” mavzusidagi ijodiy anjumanda "O`zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov yosh kinoijodkorlarga murojaat qildi. Murojaatni to`liq holda keltiramiz:
"Assalomu alaykum hurmatli kinoijodkorlar!
Barchangizga ma`lumki, muhtaram Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda kino sohasiga juda katta e`tibor qaratilib, har tomonlama keng imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Bu esa biz kinoijodkorlarning zimmasiga juda katta mas`uliyatni yuklagan holda, o`zimizga bo`lgan ishonchni ham kuchaytiradi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan berilayotgan bunday e`tibor va ishonchni oqlash Siz va bizning asosiy vazifamizdir.
Avvalo, kinematografiya sohasida faoliyat olib borayotgan keksa avlod vakillariga, ustozlarga ehtirom izhor etgan holda, “Ustoz-shogird” an`analariga binoan yosh kinoijodkorlarga o`z tajribalarini etkazishlarini, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun keng yo`l ochib berilayotganini e`tirof etishlarini istardim.
Bugun “O`zbekkino” Milliy agentligida o`tkazilgan “Milliy kino va yosh ijodkorlar” mavzusidagi ijodiy anjuman ham o`ylaymanki, yoshlarimiz uchun ayni muddao bo`ldi. Ularga bu tadbir “ochiq mikrofon” bo`lib xizmat qilganiga shubha yo`q. Yosh kinoijodkorlar o`zlarini qiynayotgan muammolar, takliflar va mulohazalar bo`yicha barcha fikrlarini bayon etishdi. Biz albatta yoshlarimizning takliflarini va muammolarini to`g`ri anglagan holda, har taraflama yordam berishga, ularni qo`llab-quvvatlashga tayyormiz!
Agar biz ularni yanada ko`proq qo`llab-quvvatlasak, muammolarini o`rgansak va hal qilishda yordam bersak, ularni birlashtirsak, iste`dodlarini namoyon etishlari uchun imkoniyatlar yaratsak, yoshlarimiz ham ertaga milliy kinomizni jahon ekranlariga olib chiqishlari uchun zamin yaratgan bo`lamiz.
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-5 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida “O`zbek kinosi kunlari” bo`lib o`tdi. Mamlakatimiz uchun bo`lg`usi kino sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash masalasi muhimligini yaxshi anglagan holda, O`zbekiston delegasiyasi tarkibiga bir guruh iqtidorli yoshlar ham kiritildi. Ular uchun VGIK, Mosfilmga tashriflardan tashqari Rossiya kino san`ati namoyondalari, taniqli kinoijodkorlar ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar o`tkazishga erishildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi 3880-son qaroriga binoan, 2019/2020 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutining iqtidorli bitiruvchilarini hamda «Kinorejissura va kinodramaturgiya» yo`nalishlari bo`yicha dastlabki saralashdan o`tgan bakalavr darajasiga ega milliy kinematografiya sohasining mutaxassislarini S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti (BKDI) qoshidagi «Kino va televidenie» oliy kurslariga o`qishga yuborish bo`yicha takliflar ma`qullanib nomzodlarni saralash ishlari olib borilmoqda.
Yaqinda bo`lib o`tadigan “DijiCon 6 ASIA” kinofestivalida ishtirok etadigan mamlakatimiz delegasiyasi tarkibiga bir guruh yosh va iste`dodli kinorejissyorlarning kiritilishi ham bejiz emas. Shuni alohida aytib o`tish kerakki, ushbu nufuzli festivalda mamlakatimiz kinoijodkorlari ilk bor ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari, Agentlik buyurtmasiga binoan bir guruh talabalarga diplom ishlarini davlat mablag`lari evaziga suratga olish uchun sharoit yaratib berildi.
Sizlarga yana bir gapni yangilik sifatida aytib o`tishni istardim. Xalqaro miqyosda erishilayotgan kelishuvlar natijasida Hindistonning 2019-2020 yillarga mo`ljallangan texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida o`zbekistonlik 15 nafar yosh kinoijodkor Hindistonda kino sohasida malaka oshirishlari mumkin bo`ladi. Bu ham yoshlarimiz uchun jahon tajribasi bilan o`rtoqlashishga bir imkoniyatdir.
Aziz yosh kinoijodkorlar! Ko`rib turganingizdek, Sizlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq! Buning uchun sizlardan faqatgina o`qish, intilish, harakat zarur bo`ladi. Sizlarga o`zim va mana shu erda o`tirgan barcha kinoijodkorlar nomidan ijodiy parvoz tilayman va xalqaro kinofestivallarning doimiy g`olibi bo`lib, O`zbekiston nufuzini xalqaro maydonda yanada ko`tarishda o`zingizning munosib hissangizni qo`shishingizga tilakdoshman!
Firdavs Abduxoliqov,
"O`zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori | 83 | 4,256 |
Madaniyat | O‘zbekistonning birinchi dirijor ayoli Dilbar Abdurahmonova vafot etdi | 20-mart kuni O‘zbekistonning birinchi dirijor ayoli Dilbar Abdurahmonova vafot etdi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Dilbar Abdurahmonova 1936-yil 1-may kuni Moskvada o‘sha yerda konservatoriyada tahsil olayotgan G‘ulom Abdurahmonov va Zuhra Fayziyevalar oilasida tug‘ilgan. 1955-yili konservatoriyaga o‘qishga kirgan. 1960-yillardan boshlab katta faoliyati boshlangan.
1977-yili Dilbar Abdurahmonova SSSR xalq artisti unvoniga ega bo‘lgan.
O‘z ijodi davomida Dilbar Abdurahmonova 64 ta operali va balet spektakllarini qo‘ygan. Ko‘plab mukofotlar qatorida u uchta medal va uchta ordenga sazovor bo‘lgan. Gretsiya falsafa akademiyasi 2016-yili uni “XXI asr Yer fuqarosi” unvoni bilan taqdirlagan. | 70 | 784 |
Madaniyat | Sarvar va Komilning “Yurak yig‘lar” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto) | 8-may kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Yurak yig‘lar” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film rejissori — Akrom Shaxnazarov.
Bosh rollarni xonandalar Sarvar va Komil hamda aktrisa Zarina Nizomiddinova ijro etgan. Kartina g‘oyasi va ssenariysi ham yigitlarga tegishli.
Film premyerasiga estrada vakillari ham tashrif buyurdi. Jumladan, Lola Yo‘ldosheva, Shahzoda, Nilufar Usmonova, Lola Ahmedova, “Mango” guruhi xonandalari va boshqalarni uchratish mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, “Yurak yig‘lar” filmiga guruh xonandalaridan tashqari, o‘zbek estradasining yana bir vakili — Shahzoda ham saundtrek ijro etgan edi. | 72 | 630 |
Madaniyat | “‘Oq do‘ppi’ sabab ‘Qalpoq’ ko‘rsatuvi efirga chiqmagan”. “Qalpoq”da Farmon obrazi bilan tanilgan Muhtor Halimov taqiqlar haqida gapirdi (video) | “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvida Farmon obrazi bilan tanilgan Muhtor Halimov ko‘rsatuvning efirga chiqmagan sonlari nima sababdan taqiqga uchragani haqida gapirib berdi.
Aktyor bu haqida YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ko‘rsatuvimizning ko‘p sonlari efirdan o‘tmagan. Masalan, bittasini aytib beraman. Rahmatli Dias Rahmatov ustozimiz bilan esdalik bo‘lib qolsin deb, ularni ko‘rsatuvimizning bir soniga taklif qilgandik. Ustozimiz ham rozi bo‘lganlar.
Menda o‘sha paytlarda Tiko avtomobili bo‘lardi. Ko‘rsatuvda men o‘sha mashinani haydab ketayotgan epizodda, Dias aka yo‘lovchi bo‘lib taksiga chiqadi. Biz e’tibor bermaganmiz, siyosat o‘sha paytda shunday ekan-da: Dias aka boshida oq do‘ppi bilan chiqqan. O‘sha oq do‘ppi uchun aynan shu son efirga ketmagan. Nima? Kim u? Vahobiymi u? Bitta misoli shu. Keyin ba‘zi sonlarida siyosatga tekkan joylari bo‘lgandir balki. Odam xom sut emgan banda-da, xato qilamiz.
Hazillarimizning birida tepparoqda ishlaydigan bir odamning familiyasi ketgan, shu sababdan o‘sha sonimiz ham o‘tmagan, hayronman bunday familiya bitta unda bormi?
Muhtor Halimov, “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi aktyori | 144 | 1,159 |
Madaniyat | Infarktga chalingani gumon qilingan Armen Jigarxanyan kasalxonadan chiqdi | Sobiq Ittifoq xalq artisti Armen Jigarxanyan Sklifosovskiy nomli tez yordam institutidan chiqarildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Jigarxanyanga 12-mart, shanba kuni ruxsat berildi. U uyiga jo‘nab ketdi”, — deya ma’lum qilgan institutdagi manba.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda uchinchi bor uylangan 80 yoshli aktyor infarktda gumon qilinib, o‘tgan juma, 4-mart kuni kasalxonaga yotqizilgandi. | 73 | 395 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova yaqin orada o‘z muxlislarini yangi albom bilan xushnud etadi | Yulduz Usmonova bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uning bitish arafasida bo‘lgan yangi albomi haqida suhbat qurildi, deb xabar bermoqda “Sayyod”.
Nashrda qayd etilishicha, yangi albomdan turfa his va mavzular kuylangan, grekcha yo‘nalishdagi raqsga chorlaydigan qo‘shiqlar o‘rin olgan.
Yulduz Usmonova “Sevaman deb shivirlasang bas” deya kuylanadigan qo‘shiq haqida fikr bildirar ekan, u xonandaga eski Toshkentni yodga solayotganini aytib o‘tdi: “Bu qo‘shiqdan eski Toshkent ko‘z oldimdan o‘tyapti... Bu eski Toshkentni sog‘indim degani emas, o‘sha davrlar ruhiyatini his qilib, yoqimli sog‘inch... tomog‘imga nimadir tiqildi va ko‘zimga yosh kelyapti. Odam tebranib tinglaydigan qo‘shiqlarni sog‘indi... Bunday yo‘nalishlar yo‘q bo‘lib ketyapti. Yangi albomimdan shunday qo‘shiq ham joy olgan”.
Yulduz Usmonova suhbat davomida albom yozilishi bilan bog‘liq studiyadan studiyaga ko‘chish mashaqqatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, xonanda soch olishni bilmaydigan sartaroshxonalar ko‘payayotgani singari studiyalar soni ham ortib borayotganini ta’kidladi.
Yulduz Usmonova bilan bo‘lib o‘tgan suhbatning videolavhasi ertaga, 14-noyabr kuni “Sayyod” tomonidan taqdim etiladi. | 76 | 1,179 |
Madaniyat | Yoshlar ijod saroyida "Men terrorchi emasman. O`limim tarixi" filmining namoyishi bo`lib o`tmoqda. | Bayram munosabati bilan bugun Yoshlar ijod saroyida "Men terrorchi emasman. O`limim tarixi" filmining namoyishi bo`lib o`tmoqda.
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Yoshlar ijodiyot saroyida «Yangi O`zbekiston va milliy kinematografiya» oyligi doirasida «O`zbek milliy kino san`ati haftaligi» bo`lib o`tmoqda.
Film «O`zbekkino» Milliy agentligi, «Mir Ali cinema» va «Iskandariy visual» kinokompaniyalari bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati ko`magida suratga olingan yosh kino rejissyor Muhammad Ali Iskandarovning debyut filmi hisoblanadi. Unda terrorchilik guruhlariga qo`shilib qolganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi.
-Bu film darhaqiqat real hayotiy voqelarga asoslangan. G`oyasi esa menga o`z o`zidan kelmadi. Maskva shahrida qadrdon do`stim bor. Men uni O`zbekistonga taklif qildim. U esa, men bilan sen yaxshi insonsan, biroq, men yurtingizga borishga qo`rqaman, dedi. Men unga bu noto`g`ri tushuncha ekanligini, bizdan aslo qo`rqish kerak emasligini tushuntirdim. Shundan so`ng men bu haqda film qilish kerakligi haqida o`yladim. Oradan bir qancha vaqft o`tib bir yaqin do`stimning uyida fojea sodir bo`lgan xaqida xabar topdim. Do`stimning aytishicha, ukasi to`g`ri yo`ldan adashib Rossiyada ishlayman deb, Suriya davlatining ekstremistik jangarilariga qo`shilib ketgan va u erda halok bo`lgan. Do`stimga ukasining o`limi haqidagi xabar juda kech etib kelgan. Bu voqea shu mavzuda film olishga yana bir turtki berdi.
Shuningdek, “Mehr” operasiyasida Suriyada xor bo`lib, og`ir axvolga tushib qolgan opa-singillarimiz, jajji ukalarmizning ona yurtimizga qaytarishgan jarayonlarini ham ko`rib ta`sirlandim. Shundan so`ng, men shu yo`nalishda izlanishni boshlab, davlat xavfsizlik xizmatlariga murojaat qildim.
Menga film olish uchun real voqealarga asoslangan materiallar, kadrlarni taqdim etishdi. Maqsadim yoshlarga terrorizmning mudhish mohiyati, uning insoniyatga qarshi jinoyat ekanligi hamda terrorizim din, yosh tanlamasligini butun dunyoga etkazish edi. Menga taqdim etilgan materiallardagi bir necha taqdirlarni badiylashtirib film qildim. Filmda bor haqiqatni faktlar bilan ko`rsatishga xarakat qilganman, degan Muhammad Ali Iskandarov Zamon.uz’ muxbiriga. | 98 | 2,214 |
Madaniyat | Gulchehra Eshonqulova AQSh tug‘uruqxonasidan reportaj tayyorladi (foto va video) | Yaqinda AQShda ikkinchi farzandini dunyoga keltirgan o‘zbek aktrisasi Gulchehra Eshonqulova Instagram’dagi sahifasiga tug‘uruqxonada, shifokorlar davrasida tushgan suratini va yangi tug‘ilgan chaqaloqning ilk videoroligini joyladi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
Nashr eslatishicha, aktrisa turmushga chiqqanidan keyin biroz muddat oilasi bilan Turkiyada istiqomat qilgan. Birinchi farzandini aynan Istanbulda dunyoga keltirgandi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda aktrisa uy bekasi bo‘lib, farzandlari tarbiyasi bilan band. Turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov esa asli kasbi — sartaroshlik bilan shug‘ullanadi.
View this post on Instagram | 80 | 645 |
Madaniyat | “Avatar 2: Suv yo‘li” filmining kassa yig‘imlari 649 mln dollar bo‘lishi mumkin | “Avatar” filmining davomi “Avatar 2: Suv yo‘li”ning premyerasiga uch oydan sal ko‘proq vaqt qolganida, ekspertlar kartinaning kassada qancha mablag‘ ishlashini oldindan taxmin qildi.
Cinelytic taxminiga ko‘ra, “Avatar 2: Suv yo‘li” filmining budjeti 250 million dollarni tashkil qiladi va kartina AQSh, Kanadada taxminan 649 million dollar ishlab topadi. Bir xil miqdordagi: 639 million dollar mablag‘ kartinani sotish va striming orqali to‘planishi mumkin.
Ekspertlar filmning davomi birinchi qismidan ko‘proq daromad ololmasligiga ishonch bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, 2009-yilda chiqqan “Avatar” filmi Kanada va Amerikada 772 million dollar, jahon prokatida esa 2,79 milliard dollar yig‘gan. | 79 | 696 |
Madaniyat | "O`zbekkino" Milliy agentligi “Ilhaq” badiiy filmi bo`yicha ogohlantirish bilan chiqdi | 9 may kuni yurtimizdagi davlat va nodavlat telekanallarda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusiga ko`ra “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan suratga olingan “Ilhaq” badiiy filmining premerasi bo`lib o`tdi.
Shu kunning o`zidayoq ushbu film turli telegram kanallari va Youtube resursida ham qo`yila boshladi.
"O`zbekkino" MAning yuridik xizmati boshlig`i Bobir Muqadamovning ma`lum qilishicha, internet tarmoqlariga bu tarzda filmni joylashtirgan shaxslar javobgarlikka tortilishlari mumkin.
“Bu holat ushbu film milliy kinomahsulot sifatida Kann, Berlin, Oskar va boshqa xalqaro kinofestivallarda chiqishini to`xtatib qo`yadi. Shu sababdan, “O`zbekkino” MA barcha telegram kanallari adminlari va YouTube kanali egalaridan ushbu filmni o`chirishlarini so`raydi. Aks holda, ushbu resurslar egalari qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiramiz!
O`zbek kinosining xalqaro darajada tan olinishiga o`z hissangizni (shunchaki filmni o`chirib) qo`shasiz degan umiddamiz” – deydi B. Muqadamov.
Mavzuga oid: | 86 | 1,034 |
Madaniyat | AQShlik mashhur olim Frederik Starr O`zbekistonning me`moriy yodgorliklarini virtual rekonstruksiya qilishni taklif qildi | Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida an`anaviy Madaniy meros haftaligi o`z ishini boshladi.
Bo`lib o`tayotgan «O`zbekistonning madaniy merosi - Yangi Uyg`onish davri poydevori» IV Xalqaro kongressi doirasida taniqli olim, AQShdan kelgan tarixchi Frederik Starr kelajakda sayyohlar o`z sayohatlari jarayonidagi taassurotlarni «jonli» his qilishlari uchun O`zbekiston me`moriy yodgorliklarini virtual rekonstruksiya qilishni taklif qildi.
«Bunday loyiha sayyohlik va qadimiy yodgorliklarni sezilarli darajada boyitishi va, albatta, muzey kolleksiyalarini kengaytirishi mumkin. Ushbu virtual qayta qurish kelajak avlodlarga o`z tasavvurida o`tmishni qayta tiklashga imkon beradi. Bu O`zbekiston zaminida azaldan taraqqiy topgan qurilish san`ati uslublari va namunalarini targ`ib qilish orqali jahon arxitekturasi tarixini boyitish uchun katta imkoniyat yaratadi. Aynan shu jihati bilan muhim ahamiyatga egadir », - dedi Frederik Starr.
"Darakchi" muxbiri
Maryam SATTOROVA | 121 | 1,252 |
Madaniyat | Samarqandda 6 ta kinoteatr quriladi, 3 tasi rekonstruksiya qilinadi | Joriy yilda Samarqand viloyati shahar va tumanlarida 1 ta ikki qavatli, 3 ta bir qavatli, 2 ta yozgi kinoteatr qurilishi hamda 3 ta kinoteatrni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan, deb xabar qildi O`zA.
Tumanlardagi 29 kasb-hunar kollejining faollar zali kinozalga moslashtirilmoqda. Tuman markazlari va qishloqlardagi madaniyat va aholi dam olish markazlarida ham kino namoyish etish uchun imkoniyat yaratilmoqda.
Taqqoslash uchun fakt: bugun Samarqandda faoliyati saqlangan 13 kinoteatr ro`yxatda turadi. | 67 | 510 |
Madaniyat | "O`zbekkino" rossiyalik multiplakatorlar bilan hamkorlikda Xo`ja Nasriddin haqidagi multserialni suratga oladi | Ayni paytda Rossiyada xizmat safarida bo`lib turgan "O`zbekkino" Milliy agentligi delegasiyasi a`zolari Moskvadagi "Soyuzmultfilm" federal davlat unitar korxonasiga tashrif buyurishdi. Tomonlar hamkorlik to`g`risida memorandum imzolab, birgalikda Xo`ja Nasriddin haqida animasion serialni yaratishga kelishib oldilar.
"Bugungi kunda milliy animasiya san`atini rivojlantirishga jiddiy e`tibor berilmoqda, - dedi "O`zbekkino" Bosh direktori F.Abduholiqov. - Biz jajji tomoshabinlarini o`ziga jalb qiladigan milliy multfilmlarni ko`paytirishimiz kerak. Yaqinda milliy multiqahramonlar qiyofasini yaratish uchun tanlov e`lon qildik. Bugun “Soyuzmultfilm bilan yo`lga qo`yilayotgan hamkorlik ham o`z samarasini berishiga ishonamiz. Xususan, yangi multiserial qahramoni – Xo`ja Nasriddin obrazi nafaqat bolalar, balki kattalarning ham qalbidan joy oladi, deb umid qilamiz.
“Biz 20 yildan beri O`zbekiston bilan hamkorlik qilish imkoniyatini kutib kelardik. Xo`ja Nasriddin haqidagi animasion serialni yaratish g`oyasini so`zsiz qo`llab-quvvatlaymiz. Chunki, bir nechta avlod shu donishmand va xushchaqchaq milliy qahramon haqidagi latifalar, afsonalarni eshitib ulg`aydi, u turli xalqlarning Samarqand, Buxoro singari tarixiy shaharlar haqidagi tasavvuridan o`rin oldi”, - dedi "Soyuzmultfilm" kinostudiyasi bosh direktori Boris Mashkovsev.
Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi vakillari ham ishtirok etishdi. | 110 | 1,445 |
Madaniyat | 15-sentabr kuni Marg‘ilonda “Atlas bayrami” festivali boshlanadi | Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Atlas bayrami” festivali 15-sentabr kuni ochiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Atlas bayrami” festivali YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Festival doirasida “Markaziy Osiyo xalqlari an’anaviy matolari va barqaror rivojlanishi” mavzusida xalqaro anjuman, O‘zbekiston hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etiladi. “O‘zbekiston an’anaviy gilamchilik san’ati”, “Markaziy Osiyo matolari” ko‘rgazmasi, O‘zbekiston modelyerlari shou-defilesi, konsertlar, kurash musobaqasi, askiyachilar va dorbozlar chiqishlari, “Devzira” osh tanlovi ham o‘tkaziladi.
Ayni kunlarda, festival doirasida, yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida atlas va adras matolariga bezak berish bo‘yicha mahorat saboqlari bo‘lib o‘tmoqda. | 64 | 996 |
Madaniyat | Foto: O‘zbekistonning eng mashhur ayol xonandalari qurshovidagi G‘ulomjon Yoqubov | Xonanda Shahzoda (Zilola Musayeva) Instagram’dagi sahifasida o‘zi uchun ustoz darajasidagi san’atkorlar bilan birga tushgan suratini e’lon qildi.
“Yangi yil bilan! Kelayotgan yilda faqat va faqat yaxshi, mehribon insonlar davrasida bo‘lishingizni tilab qolaman”, — deb yozgan xonanda suratga qoldirgan izohida.
Suratda, xonanda Shahzodadan tashqari, O‘zbekiston xalq artistlari Nasiba Abdullayeva, Munojot Yo‘lchiyeva, Zulayho Boyxonova, ularning o‘rtasida esa G‘ulomjon Yoqubovni ko‘rish mumkin.
Foto ostida qoldirilgan kommentlarda G‘ulomjon Yoqubovga alohida e’tibor qaratganlar ham topiladi. “G‘ulom aka borgan sari yasharib ketayaptilar”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 81 | 856 |
Madaniyat | Xarrison Ford eng kassabop aktyorlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda | Xarrison Ford o‘zi ishtirokidagi filmlar keltirgan jami tushum bo‘yicha Box Office Mojo portali reytingida yetakchilik qilmoqda: “Yulduzlar jangi” epopeyasi yangi filmining muvaffaqiyati tufayli mazkur ko‘rsatkich 4,7 milliard dollarga yetdi. Shu tariqa u ro‘yxatning avvalgi yetakchisi Semuel L. Jeksonni ortda qoldirdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Shuningdek, ushbu ro‘yxatda Tom Xenks, Morgan Friman, Eddi Myorfi oldingi o‘rinlarda bormoqda. E’tiborli jihati, eng daromadgir aktyorlar yigirmataligidan atigi bir ayol o‘rin olgan: Kemeron Dias ishtirokidagi filmlar 3,03 milliard dollar to‘plagan.
“Yulduzlar jangi” yaratuvchisi Jorj Lukas eng kassabop kinossenariyvislar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. Ushbu epopeyaga musiqa bastalagan Jon Uilyams esa katta tushum keltirgan bastakorlar reytingida ikkinchi o‘rinni egallagan. | 68 | 835 |
Madaniyat | “O‘zbekkonsert” Tohir Sodiqovning litsenziyasi nega to‘xtatilganiga oydinlik kiritdi | Xonanda Tohir Sodiqovning litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“Xonanda Tohir Sodiqov tomonidan litsenziya bitimlarida belgilangan ayrim bandlarga rioya qilmaslik holatlari uchradi. Misol uchun, xonanda davlat tadbirlariga borishdan bosh tortgani, davlat manfaatidan o‘zining manfaatini ustun qo‘ygani uchun liysenziyasi ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi” — dedi Odiljon Abduqahhorov. | 84 | 554 |
Madaniyat | Xonanda Dilfuza Ismoilova: Ahmadboyga pul emas, mashina bergandim. Mashinaga kuydim | Xonanda Dilfuza Ismoilova jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusi davomida u Ahmadboyni maqtagani aks etgan videorolikni yodga olib, “Ahmadboyga pul berganmisiz?”, — qabilidagi savolga javob qaytardi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, Ahmadboyning unga “hech yomonligi tegmagan”. “U bizni har doim to‘yga aytardi. Shuning uchun uni maqtab, duo qilib qo‘yganmiz”, — dedi Dilfuza Ismoilova.
Ahmadboyga pul bermaganman. Mashina bergandim. Mashinaga kuydim. U ham bir inson. Beayb Parvardigor. Do‘stga ham, dushmanga ham aytadiganim — omadini bersin!
Dilfuza Ismoilova, xonanda
Dilfuza Ismoilova o‘tgan yil iyulida bergan intervyularining birida Ahmadboyni “qarindoshlarimdan biri” deb atagan, uni maqtab duo qilib qo‘yganida esa “nomaqbul holat yo‘q”ligini ta’kidlagan edi.
Ma’lumot uchun, bir necha yil davomida ikki barobar qilib qaytarish va’dasi bilan juda katta miqdordagi omonat mablag‘larini milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan, chinozlik Ahmadboy nomi bilan tanilgan Ahmad Tursunboyev 2016-yilning 15-iyun kuni huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olingan edi.
Ahmadboy hibsga olinganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlar va ommabop messenjerlarda unga pul bergani taxmin qilingan san’atkorlarning ro‘yxatlari paydo bo‘ldi. Aniqligi gumon ostida bo‘lgan bu ro‘yxatlarga kiritilgan san’atkorlarning ba’zilari, xususan, Munisa Rizayeva, Ra’no Yarasheva, Adham Soliyev kabilar Ahmadboyga pul berganini rad etib chiqdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 83 | 1,583 |
Madaniyat | “Amar, Akbar, Antoni” filmining bosh qahramonlaridan biri vafot etdi | Mashhur hind aktyori, Bollivudning 1970—1980-yillardagi yulduzi Vinod Kxanna Mumbayda olamdan o‘tdi. NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, aktyor og‘ir kasallik tufayli 70 yoshida shahar kasalxonalaridan birida vafot etgan, deb xabar berdi “TASS”.
Kxanna aktyorlik faoliyatini 1970-yillarning boshida boshlagan va bir necha yil ichida Hindistonning sevimli aktyorlaridan biriga aylangan. Uning ishtirokidagi “Qalbim o‘g‘risi” (1976), “Amar, Akbar, Antoni” (1977), “Taqdir hukmdori” (1978), “Chandni” (1989) va boshqa filmlar o‘z davrida tomoshabinlarning sevimli kinosiga aylanib ulgurgan edi. Mahalliy matbuot uni “Bollivuddagi so‘nggi romantik aktyorlardan biri” deb atagan.
“Amar, Akbar, Antoni” filmidan kadr
Shuningdek, Kxanna siyosatda ham faol ishtirok etgan — u “Hindiston xalq partiyasi” a’zosi bo‘lgan va parlament quyi palatasiga saylangan. Bundan tashqari, madaniyat va turizm vaziri bo‘lib, Tashqi ishlar vazirligida ham faoliyat yuritgan. Telekanalning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Kxanna kasalligi sabab aktyorlik va siyosiy faoliyatini yig‘ishtirishga majbur bo‘lgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 68 | 1,170 |
Madaniyat | Rayhon: “Qo‘shnilarim farzandlarimning yuzini ko‘rsatish haqida iltimos qilmaydi” | Avval xabar berganimizdek, 11-fevral kuni 19:00 dan 21:00 ga qadar “Vodiy sadosi” radiosida xonanda Rayhon bilan intervyu bo‘lib o‘tdi. “Daryo” mobil muxbiri Ulug‘bek Xudoyberganov ushbu intervyuni tinglab, uni yozma shaklda taqdim etdi.
Intervyuning ikkinchi qismida xonanda farzandlariga aloqador savollarga javob berdi.
Farzandlariga ismlarini kim qo‘yganligi haqidagi savolga javoban, Rayhon bunday vazifa singlisi Nasibaga yuklatilganini aytdi. “Singlim menga ko‘plab ismlar va ularning ma’nosi yozilgan dasturni ko‘rsatdi. Men u yerdagi ismlardan birontasini tanlashda ikkilandim va bu vazifani singlim Nasibaga ishonib topshirdim. Farzandlarimning ismlarini Nasiba qo‘ygan”, — dedi u.
Ushbu mavzudagi savollar ketma-ketligiga javob berar ekan, Rayhon farzandlarini parvarish qilishda unga maxsus yollangan enaga va singlisi katta yordam berishini, ular katta bo‘lsa, albatta bog‘chaga berishini, ularni o‘zi cho‘miltirishini, shuningdek, quyoshli kunlarda bolalarini ko‘chaga chiqarib turishini ma’lum qildi.
“Farzandlaringiz bilan ko‘chaga chiqqan vaqtingizda odamlar kelib, ularning yuzini ko‘rishga urinadimi?” — degan savolga, Rayhon : “Yo‘q, biz o‘z mahallamizda sayr qilamiz. Mahalladoshlarim mening qarorimni hurmat qiladi va meni to‘g‘ri tushunib, bunday iltimos bilan murojaat qilmaydi”, — dedi. | 81 | 1,314 |
Madaniyat | Yozuvchilar uyushmasida Odil Yoqubov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri Odil Yoqubov xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Uyushma raisi M. Ahmedov, O‘zbekiston san’at arbobi I. G‘ofurov, adabiyotshunos olimlar U. Normatov, N. Karimov va boshqalar adib hayoti va ijodi, uning fe’l-atvori, shogirdlariga munosabati haqida so‘zlab berdi.
Odil Yoqubov hayoti davomida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlab, yetuk shogirdlar yetishtirdi. Uning asarlarini o‘quvchilar sevib o‘qiydi. Sahnaga qo‘yilgan komediyalari o‘z muxlislariga ega.
Adabiyotga kirib kelayotgan yosh ijodkorlar uchun ushbu tadbir o‘ziga xos ijodiy kechaga aylanib ketdi.
Tadbirda bugungi kunda kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyati, yosh ijodkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, adabiyotdagi o‘zgarishlar va uning ravnaqi xususida fikr-mulohazalar bildirildi. | 81 | 913 |
Madaniyat | Jastin Biberning qiyofadoshi giyohvand moddalar dozasini oshirib yuborishi natijasida halok bo‘lgani ma’lum qilindi | AQShning Los-Anjeles shahri fuqarosi, kanadalik xonanda Jastin Biberga o‘xshash uchun operatsiyalarga 100 ming dollar sarflagan Tobias Strebel giyohvand moddalar dozasini oshirib yuborishi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda ABC xabar bermoqda.
Tobias 2015-yilning avgust oyida Los-Anjelesdagi mehmonxonalardan birida o‘lik holda topilgan edi. Ammo uning o‘limi sabablari endi ma’lum qilindi. O‘tkazilgan ekspertizadan so‘ng Tobias Strebelning organizmida giyohvand moddalarning bir nechta turi, og‘riqni qoldiruvchi preparatlar va alkogol qoldiqlari aniqlangan. U 35 yoshda edi.
Ma’lumot o‘rnida, 2015-yilning iyun oyida Braziliyada Barbi qo‘g‘irchog‘ining qaylig‘i Kenga o‘xshash uchun plastik operatsiyalarga qariyb 45 ming dollar sarflagan Kelso Santibanyes 20 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi. | 115 | 809 |
Madaniyat | “Otam mashhur bo‘lsa-da, boy bo‘lmaganmiz”. Hamza Umarovning o‘g‘li Shuhrat Umarov otasining rayini qaytara olmay aktyor bo‘lgani haqida | O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarovning yolg‘iz o‘g‘li Shuhrat Umarov kino sohasida faoliyat yuritishini ko‘pchilik bilmaydi. Jurnalist Nargiza Murodova marhum aktyorning farzandi bilan suhbatda bo‘ldi va Hamza Umarov shaxsiyati bilan bog‘liq ba’zi savollarga javob oldi.
— Bolaligimda aktyor bo‘lishni istamaganman. Menga ko‘proq sirk san’ati yoqardi. Maktabdan keyin sirk tomoshalariga borishni, artistlar hayotini o‘rganishni yoqtirardim. Ot sporti bilan bajariladigan tryuklar jon-u dilim edi. Maktabni tamomlagan yilim Moskva kinomotografiya institutidan bir guruh o‘qituvchilar kelib, uch bosqichli tanlov asosida O‘zbekistondan talabalar saralab oladigan bo‘lishdi. Otamning takliflari bilan tanlovda ishtirok etdim. Bu shunchaki otamni xursand qilish va istaklarini rad etmaslik edi, xolos. Birinchi bosqichda ishtirok etganimdan so‘ng, ikkinchi bosqichga taklif etishmadi. Qabul qilishmabdi deb yurganimda birdan o‘qishga qabul qilinganim va 15 ta talaba bilan o‘qishga jo‘nab ketishimni aytishdi. Bu xabardan dadam juda xursand bo‘ldi.
“Otamning umri safarda o‘tdi”
— Otam mashhur aktyor, degan o‘y hayolimga kelmagan. U inson men uchun mehribon va oilaparvar ota edi. Uni juda kam ko‘rardik. Chunki u yillarda hali televideniya sohasi unchalik yaxshi rivojlanmagan, aktyor va qo‘shiqchilarning umri gastrol safarlarida o‘tardi. Atrofimdagi insonlar ham otang san’atkor deyishmasdi. Nazarimda otamning mashhurligini 10-sinflarda his qilganman. Otam rahmatli ham har narsani o‘z kuchim bilan erishishimni istagan. O‘qishni tamomlab, Moskvadan qaytgan yilim kichik saroy sahnalari va restoran zallarida spektakllar namoyish etib yurdik. Balki, o‘zbek teatrlaridan biriga borganimda otamning hurmati uchun ham meni ishga olishgan bo‘lishardi. Ammo buni men ham dadam ham istamadi. Chunki men o‘zbek tilida erkin gaplasholmasdim.
“Otam mashhur bo‘lsa-da, boy bo‘lmaganmiz”
— Aktyorning ixtiyori o‘zida emas. Bu soha vakillari rejissordan taklif kutib yashashga majbur. Takliflar kam bo‘lgan deyolmayman, har birini o‘rganib ma’qul ko‘rgan loyihada ishtirok etaman. Aktyor iste’dodini arzonga sotishi, ishlashim kerak ekan, deb o‘zini o‘qqa cho‘qqa urishi kerak emas. Har bir aktyorning o‘z davri bo‘ladi. Faqat u qachon kelishi noma’lum. Barcha insonlar singari bizning oilamizda ham moddiy qiyinchiliklar bo‘lgan. Otam mashhur aktyor bo‘lgani bilan moddiy jihatdan u qadar boy bo‘lmaganmiz. Shuning uchun sotuvchilik bilan shug‘ullanganman. Bundan og‘rinmayman, muhimi mehnat qilib, halol pul topilsa bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Hamza Umarov ishtirokidagi “O‘tkan kunlar”, “Mahallada duv-duv gap”, “Chinor ostidagi duel”, “Ali bobo va qirq qaroqchi” kabi filmlar haligacha tomoshabinlar e’tiboridan tushmagan. Uning ikki qiz va bir o‘g‘il farzandlari bor. | 136 | 2,766 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekovning Termiz stadionidagi konsertida chiroqlar yoqib berilmagani xabar qilindi | Shu kunlarda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning viloyatlarda gastrol konserti davom etmoqda, deb xabar qiladi “Uz24”.
21-may kuni Termizdagi stadionda bo‘lib o‘tgan konsertda stadionning elektr tarmog‘idan qarzi bo‘lgani uchun chiroqlar yoqib berilmagan. Natijada, Ozodbek Nazarbekov yarim soat qorong‘ida kuylagan.
Qorong‘u bo‘lsa-da, muxlislar qo‘l fonarlarini yoqib stadionni tark etmagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun oldin Ozodbek Nazarbekov bobo bo‘lgandi. | 95 | 505 |
Madaniyat | Rayhonning “Ne bo‘lar” klipiga tayyorlangan rasmiy tizer muxlislar e’tiboriga havola etildi (video) | O‘zbek estradasining go‘zal va latofatli vakilalaridan biri Rayhon muxlislari uchun yangi tuhfa tayyorladi, deb xabar bermoqda Popcorn.uz.
Bundan avvalroq e’lon qilingan Rayhonning “Ne bo‘lar?” nomli taronasiga ishlangan videoklipning rasmiy tizeri muxlislar e’tiboriga havola etilmoqda.
Barchani birdamlikka chorlayotgan Rayhon mazkur klipi orqali hamjihatlikni tarannum etadi. Oddiy insonlar bilan hamjihatlikda tayyorlangan videoning tizerida ko‘plab chehralar ishtirok etgan.
Davlat Arabshoyev va Rayhonning birgalikdagi mehnatiga tez kunlarda baho berishingiz mumkin. | 99 | 575 |
Madaniyat | “O‘zbekkino” bosh direktori Otabek Musayev: 2020-yilda tarixiy film suratga olishni rejalashtirganmiz | Milliy matbuot markazida 25-mart kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Matbuot anjumanida jurnalistlar O‘zbekistonda to‘liq metrajli tarixiy film suratga olish vaqti kelgani, bu boradagi ishlar qachon boshlanishi haqidagi savol bilan “O‘zbekkino” bosh direktori Otabek Musayevga murojaat qildi.
“Film suratga olish ishlari bir necha jarayonlarga bo‘linadi — filmoldi tayyorgarliklari, ssenariy yozish jarayoni, jamoa yig‘ish, aktyorlar jamoasini shakillantirish va h.k. Hozirgi sa’y-harakatlar oxir-oqibat tarixiy filmlar suratga olinishi uchun qilinmoqda”, — dedi Otabek Musayev.
“To‘g‘ri, ko‘p narsa pulga bog‘liq deyishadi, ammo hamma narsani ham pulga bog‘lash yaxshi emas. Qaysi mavzuni gapirmaylik, o‘sha mavzu og‘riqli bo‘lib chiqadi. Bu yaxshi, chunki og‘rib tursa, shuni davolash kerak, deb o‘ylab yuramiz”, — dedi “O‘zbekino” Milliy agentligi bosh direktori.
“Iyul oyida ‘O‘zbekkino’ Milliy agentligining besh yillik dasturini topshiramiz, unda 2020-yil tarixiy filmni suratga olishni rejalashtirganmiz. Tarixiy filmni suratga olgandan keyin, u dunyo ko‘radigan, tan beradigan darajada bo‘lishi kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Otabek Musayev. | 101 | 1,245 |
Madaniyat | Arnold Shvarseneggerning sobiq rafiqasi uning boyligini yarmiga ega chiqdi | O‘n yil davom etgan ajrashish jarayoni “Terminator” yulduzi Arnold Shvarseneggerning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi bilan yakun topdi. Sobiq turmush o‘rtog‘i Mariya Shrayver aktyorning barcha aktivlarini 50 foizini tortib oldi, deb xabar beradi “Film.ru”.
Ekspertlar Shvarseneggerning boyligini 400 million dollarga baholagan. Aynan shu mablag‘ni sobiq er-xotin bo‘lisha olmagan. Muammoni tinch yo‘l bilan hal etishning imkoni bo‘lmagan — natijada Mariya Shrayver bahsdan g‘olib bo‘lib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Arnold Shvarsenegger telejurnalist va AQShning prezidenti Jon Kennedining jiyani Mariya Shrayver bilan 1986-yil turmush qurgan. To‘rt nafar farzandi bor juftlikning ajrashishiga Arnoldning xiyonat qilgani va turmushidan boshqa farzandi borligi sabab bo‘lgan. Avvalroq aktyor Arnold Shvarsenegger boshpanasiz qolgan Los-Anjeles faxriylariga 25 ta uy sovg‘a qilgani haqida xabar berilgandi. | 74 | 899 |
Madaniyat | Xonanda Kamilla muxlislari uchun video-tanlov e’lon qildi | Xonanda Kamilla o‘zining Facebook’dagi sahifasida video-tanlov e’lon qildi. Tanlov ishtirokchilarining yuborilgan videolari xonandaning “Yangi yil” deb nomlangan qo‘shig‘i klipida foydalaniladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun Kamilla’ning “Yangi yil” qo‘shig‘i ostida bayramga xos qisqa videorolik yozish va uni 27-dekabrga qadar [email protected] elektron pochtasiga yuborish talab etiladi.
Videoroliklar professional kamerada yoki mobil telefonda gorizontal rejimda tasvirga olingan bo‘lishi kerak.
Xonandaning o‘zi qayd etishicha, asosiysi, yuborilgan ishlarda ko‘tarinki kayfiyat va xursandchilik sezilib tursin.
“Yangi klipimda sizlarning videoroliklaringizdan foydalanish men uchun quvonchli va faxrlidir”, — deydi Kamilla.
Kamilla’ning “Yangi yil” taronasini tinglash uchun ushbu havolaga o‘ting. | 57 | 804 |
Madaniyat | Mirzabek Xolmedov o‘g‘li Ulug‘bekni uylantirdi (video) | 14-iyun kuni so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov o‘g‘li Ulug‘bekni uylantirdi. To‘y qiziqchining hovlisida bo‘lib o‘tdi.
Ulug‘bek va Robiyaxonning nikoh oqshomida ko‘plab san’atkorlar, xususan, “Mirzo” teatri aktyorlari, Shohjahon Jo‘rayev, “VIA Marokand” guruhi xizmatda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1-iyundan boshlab “yashil” hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Bunda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
O‘z navbatida karantin davrida mazkur talablarni buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi belgilangan.
Video: Rashid Holiqov o‘g‘li Sanjarni karantin paytida uylantirdimi? | 54 | 1,002 |
Madaniyat | Mashhur aktyor va aktrisalar o‘rnini dublyorlar egallaganini tomoshabinlar sezmay qolgan film va seriallar (foto) | Filmlarda dublyorlar xizmatidan turli sabablarga ko‘ra foydalaniladi. Masalan, vaqtni tejash va bir nechta sahnalarni parallel ravishda suratga olish yoki xarajatlarni kamaytirish uchun, chunki ularga kamroq haq to‘lanadi. Murakkab tryuklarni bajarish kerak bo‘lganda kaskadyorlar ham taklif qilinadi. Ammo tomoshabinlar ko‘pincha filmda sevimli aktyori yoki aktrisasini emas, balki ularning dublyorlarini tomosha qilishayotganini sezmaydilar ham.
“Sumerki”
Edvard va Bella o‘rmon bo‘ylab yugurib ketayotgan sahnada birdan aktyorlar o‘rniga ularga umuman o‘xshamaydigan odamlar paydo bo‘lganini hamma ham payqamagan bo‘lsa kerak. Ikkalasining ham iyaklari biroz bo‘rtganligidan bu Robert Pattinson va Kristen Styuart emas, balki ularning dublyorlari ekanligi seziladi.
“Titanik”
“Titanik” filmida Rouz va Jek bolani qutqarishgandan so‘ng suv kechib ketayotgan sahna bor. O‘sha damda qochib ketayotgan qahramonning yuzi xuddi niqobdek g‘alati ko‘rinadi. Aslida bu kadrda Keyt Uinsletning faqat yuzi qolgan, kompyuter grafikasidan foydalangan holda kadrlarga uning dublyori qo‘yib chiqilgan.
“Do‘stlar”
Talonchilikning birinchi sahnasida (9-mavsum, 15-qism) Jennifer Eniston boshqa qiz bilan almashtirilgan. Aktrisalar nafaqat bir-biriga o‘xshamaydi, balki kiyimlarining printlari ham turlicha. Sochlarining rangi har xil ekanligini gapirmasa ham bo‘ladi.
“Garri Potter va hikmatlar toshi”
Garri Potter filmlarida dublyorlardan tez-tez foydalanilgan. Chunki aktyorlar juda ko‘p murakkab tryuklarni bajarishlari kerak edi va suratga olish ham uzoq davom etardi. Shaxmat sahnasida Ron birdan tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib qoladi. Shubhasiz, otdan yiqilishidan oldin Rupert Grint dublyorga almashtiriladi.
“Garri Potter va Azkaban mahbusi”
Garri Potter filmlarida dublyorlar ko‘p bo‘lganligini yana bir isboti. Sinchkov tomoshabinlardan biri tasodifan kadrda Severus Sneyp rolini ijro etgan aktyorning almashtirilganini payqab qoladi. Bu odam ko‘rinib turganidek burni, ajinlari, sochlari va iyagi shakli bilan professor rolini o‘ynagan Alan Rikmandan keskin farq qiladi.
“Qasoskorlar”
So‘roq paytida Qora beva shunday saltolar qiladiki, Skarlett Yoxansson dublyor bilan almashtirilganini sezmay qolish mumkin. Tryuklardan birini stulda bajarish paytida ayolning notanish yuzi va mushakdor qo‘llarini ko‘rish mumkin, shundagina bu Skarlett emasligi ayon bo‘ladi.
“Yulduzli yo‘l: keyingi avlod”
Jang sahnalaridan birida kapitan Jan-Lyuk Pikarning rolida Patrik Styuart emas, balki boshqa odam ekanligini ko‘rish mumkin. Sochlarning g‘alati ko‘rinishi ayniqsa hayratlanarli. Ushbu serialdagi Patrik Styuart bajarishi kerak bo‘lgan ko‘plab tryuklar kaskadyor Tim Storms tomonidan ijro etilgan.
“Taxtlar o‘yini”
Serseya Lannister 5-mavsumda axloqsiz xatti-harakatlari uchun jazolanadi. Aybini yuvish uchun u sochini oldirib, Qirollik maydoni ko‘chalari bo‘ylab sharmandali holatda yurishga majbur bo‘ladi. Serial suratga olingandan so‘ng, ko‘chada Lena Xedining o‘rniga uning dublyori yurgani ma’lum bo‘ldi: uning tanasiga aktrisaning boshi “yopishtirilgan” xolos. | 113 | 3,065 |
Madaniyat | “Uyda yolg‘iz” yulduzi Makoley Kalkin tushkunlikda o‘tgan yillari haqida hujjatli film suratga oladi | “Uyda yolg‘iz” filmining yulduzi Makoley Kalkin ko‘p yillar davomida yolg‘iz hayot kechirdi, filmlarda rol o‘ynamadi, giyohvandlik bilan kurashdi va hatto o‘z joniga qasd qilishga ham urindi. Yaxshiyamki, qorong‘i kunlar ortda qoldi: Makoley depressiyadan xalos bo‘ldi, Gucci modalar namoyishida ishtirok etdi, to‘rt yildan ortiq vaqt davomida uchrashib yurgan aktrisa Brenda Songga turmush qurishni taklif qildi va endilikda o‘z filmini suratga olmoqchi.
Xabar berilishicha, 41 yoshli Kalkin Lightbox prodyuserlik kompaniyasida o‘zining ruhiy tushkunlikda o‘tgan yillari haqida hujjatli film chiqaradi. Film “Makoley Kalkinning o‘smirlikdagi inqirozi” deb nomlanadi. Loyihani suratga olish uchun aktyor sayohatga chiqmoqchi va u har doim dolzarb bo‘lgan va millionlab odamlarni tashvishlantirgan qarish, ruhiy salomatlik va yoshga bog‘liq o‘zgarishlar haqidagi savollarga javob topishga harakat qiladi. Kalkinning so‘zlariga ko‘ra, u uchun nafaqat o‘z hikoyasini baham ko‘rish, balki u duch kelgan qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan odamlarga yordam berish ham muhimdir. Tan olish kerak, g‘oya chindan ham hurmatga loyiq!
Eslatib o‘tamiz, aktyorning ortida nafaqat ko‘p yillik ruhiy tushkunlik, balki ko‘plab ishqiy munosabat va ayriliqlar ham bor. “Uyda yolg‘iz” yulduzi birinchi marta 17 yoshida turmush qurgan. U aktrisa Reychel Mayner bilan 2000-yilda ajrashgan. 2002-yilda Makoley deyarli 10 yil davomida uchrashgan Mila Kunis bilan turmush qurdi, ammo 2011-yilda juftlik munosabatlarga nuqta qo‘yishga qaror qildi. Muvaffaqiyatsiz munosabatlar tufayli ruhiy tushkunlikni boshdan kechirgan Makoley uzoq vaqt davomida o‘zining muhabbatini topa olmadi. 2017-yilda u Brenda bilan tanishdi, mashhurga yaqin manbalarning fikriga ko‘ra, u hayotini butunlay o‘zgartirdi. Juftlik 4 yildan beri birga, 2021-yil ular o‘g‘il farzandli bo‘lgan. | 100 | 1,844 |
Madaniyat | Beyonse, Madonna va Bred Pitt: kelib chiqishi qirollik oilalariga borib taqaladigan Gollivud yulduzlari (foto) | Mashhurlarni odatda muxlislar qirol va qirolichalar deb atashni yaxshi ko‘radi, ammo agar taniqli odamlarning tomirlarida chindan ham qirollar qoni oqayotgan bo‘lsa-chi? Yulduzlar orasida qirol yoki qirolichalar borligini bilasizmi?
Tilda Suinton
Tilda Suinton nomi bilan tanilgan Ketrin Matilda Suinton taniqli britaniyalik Suinton oilasidan bo‘lib, uning ildizi o‘rta asrlarga borib taqaladi. Uning ajdodi Shotlandiya qiroli Robert I Bryusdir. Aktrisaning bolaligi va o‘smirligi sinfdoshi malika Diana Spenser bo‘lgan xususiy maktab-internatida o‘tgan. Keyinchalik aktrisa intervyusida bunday ta’lim muassasalarini shafqatsiz muhit deb bilishini va bolalar ushbu turdagi ta’limdan foyda ko‘rmayotganliklarini tan olgan, chunki ular ota-onalariga va ularning mehriga muhtoj.
Beyonse
O‘zini qirolicha deb e’lon qilgan Beyonse Yelizaveta II bilan yaqinligi bilan maqtanadi. Beyonse Buyuk Britaniyaning amaldagi monarxining 25-amakivachchasi. Ularning umumiy ajdodi ingliz qiroli Genrix II Plantagenetdir.
Kit Xarington
Jon Snoud ijrochisining buvisi Angliya va Shotlandiya qiroli Charlz II ning avlodi bo‘lib chiqdi. Lavanda Sesiliya Denni XV asrdan beri mavjud bo‘lgan Baron Richard Xarringtonga uylandi. Aslida, Kit oilasining holati ularga dabdabali yashashga imkon bermagan. Aktyor intervyusida ota-onasining badavlat emasligini ham aytib o‘tgan. Ular o‘rtahol tarzda yashagan, Kitning Oksford yoki Kembrijda o‘qishga imkoni bo‘lmagan.
Jeyk va Meggi Jillenxol
Gollivudda muvaffaqiyatli karyeraga ega aka va singil ham qirol avlodlaridandir. Ularning ajdodi Angliyaning sobiq hukmdori Edvard III, qirolicha Yelizaveta II esa ularning 19-amakivachchasi. Meggi Finding Your Roots dasturi orqali Jillenxol oilasi qayerdan kelib chiqqanligini bilib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ildizlarni topish qobiliyati, asosan, nufuzli oilalarning nasablarini sinchkovlik bilan qayd etish an’analaridan kelib chiqadi.
Gay Richi
Ko‘chadagi oddiy yigitning qiyofasiga qaramay, jinoyat komediyasi ustasi Gay Richi Buyuk Britaniyaning qirol oilasi bilan aloqalarga ega. Ma’lum bo‘lishicha, rejissorning yaqin do‘sti, Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton uning 6-amakivachchasidir. Gay Richi 2011-yilda shahzoda Uilyam va Keytning to‘y marosimiga taklif qilingan.
Bred Pitt
Mashhur Gollivud aktyorining ajdodi — Angliya qiroli Genrix II. Shunday qilib, Pitt qirolicha Yelizaveta II ning uzoq qarindoshi. Britaniyalik monarxiya bilan bog‘liqligidan tashqari, Bred Barak Obama bilan ham qarindoshdir: ularning umumiy ajdodi 1769-yilda vafot etgan Edvin Xikmen edi. Ma’lum bo‘lishicha, AQShning 44-prezidenti va Bred 9-amakivachchadir.
Madonna
Pop madaniyatining tirik afsonasi ham sobiq eri Gay Richi singari Britaniya monarxiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Madonna fransuz-kanadalik Medelin Ernard va Zekari Klotyelarning avlodi, u Kornuoll gersoginyasi Kamilla Parker Boulzning 9-amakivachchasidir. Yana bir amakivachchasi esa qo‘shiqchi Selin Diondir.
Benedikt Kamberbetch
Mashhur britaniyalik aktyor Benedikt Kamberbetchning kelib chiqishi Angliya qiroli Richard III dan boshlanadi. Benedikt Shekspirning ‘‘Bo‘sh toj’’ filmini suratga olishda uning ajdodini o‘ynagan. Qiziqarli fakt: ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 17 millionga yaqin odam qandaydir tarzda Richard III bilan qarindoshdir, ammo Kamberbetch unga har qanday oddiy britaniyalikka qaraganda yaqinroq. | 110 | 3,365 |
Madaniyat | Jamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida | “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov “Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari” rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani haqida hikoya qiladi.
Fleshbek
Men bu kitob haqida har doim eshitganman, filmlarda, boshqa kitoblarda, lekin uni o‘qishga o‘zimni rag‘batlantirmagan edim. Oldos Xakslining “Ajoyib yangi dunyo” asarini o‘qib ko‘rgach, menda antiutopiya janridagi romanlarga qiziqish kuchaygan, shundan keyin bu kitobni ham o‘qib chiqqanman.
Kitob yengil o‘qiladi, hech qanday leksik asoratlar yo‘q va haddan tashqari uzoq cho‘zilgan emas. Oruellning “1984”, “Molxona” kabi asarlariga qiziquvchilar uchun bu asar go‘yoki vaziyatga boshqacha yangi rakursdan qarashday bo‘lib tuyuladi.
Asar haqida
Ingliz yozuvchisi, adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti sovrindori (1983), Uilyam Goldingning 1954-yilda nashr etilgan “Pashshalar hukmdori” kitobi. R.M. Ballantaynining “Marjon oroli” asariga istehzoli sharh sifatida yozilgan asardir. Bu roman chop etilishi juda qiyin bo‘lgan. Faber & Faber nashriyoti romanning yadroviy urush dahshatlarini tasvirlaydigan dastlabki bir nechta sahifalarini olib tashlash sharti bilan uni nashr etishga rozi bo‘lishidan oldin qo‘lyozma yigirma bitta nashriyot tomonidan rad etilgan. Natijada romandagi voqealar qaysi urush paytida sodir bo‘lgani haqida aytilmagan. Nashr qilinganidan so‘ng roman diqqatni jalb qilmadi (1955-yil ichida AQShda uch mingtadan kam nusxasi sotildi), ammo bir necha yil o‘tgach u eng ko‘p sotiladigan kitoblardan biri bo‘ldi va 60-yillarning boshlarida ko‘plab kollej va maktablar dasturiga kiritildi. 2005-yilda Time jurnali asarni 1923-yildan beri chop etilgan ingliz tilidagi 100 ta eng yaxshi roman qatoriga kiritdi. 1990-yildan 1999-yilgacha roman Amerika kutubxonalar assotsiatsiyasi tomonidan tuzilgan XX asrning yuzlab munozarali kitoblari ro‘yxatida 68-o‘rinni egalladi.
Syujet
Urush paytida samolyot halokati natijasida Angliyadan evakuatsiya qilingan bir guruh bolalar kimsasiz oroliga tushib qoladi. Ular orasida ikkitasi yetakchi o‘rnini egallaydi: Ralf va Jek Meridyu (ularning ismlari Robert Ballantaynning mashhur “Marjon oroli” kitobiga ishora qiladi, unda uchta asosiy qahramonning to‘ng‘ichi Ralf va Jek deb atalgan). Orolda Ralf bolalar “Cho‘chqacha” deb mazah qiladigan semiz, astmatik, ammo muloyim va aqlli ko‘zoynak taqqan bola bilan tanishishga muvaffaq bo‘ladi; ikkinchisi – cherkov xorining sardori va xoristlar orasida shubhasiz obro‘ga ega. Ralf g‘alaba qozongan saylovdan keyin Jek va uning xoristlari o‘zlarini ovchilar deb e’lon qiladi.
Uilyam Golding.
Ralf ularni qidirayotganlar sezishi va qutqarishi uchun kulbalar qurishni va tog‘da olov yoqishni taklif qiladi. Hamma uni qo‘llab-quvvatlaydi. Tez orada orolda biron bir “Mahluq yashaydi” degan mish-mish tarqaladi. Daraxtda tebranib turgan parashyutchining jasadi, bolalarning fantaziyalariga juda qattiq ta’sir qiladi.
Jek va ovchilar yovvoyi cho‘chqalarni ovlaydi. U tobora Ralfning tizginidan chiqib ketmoqda. Nihoyat, Jek qabiladan ajralib, boshqa bolalarni o‘z qabilasiga qo‘shilishga taklif qiladi, ov, go‘sht va orolda boshqacha “yovvoyi” hayot tarzini va’da qiladi. U orolning boshqa qismida yashash uchun jo‘naydi. Ba’zi bolalar uning orqasidan borishadi. Shunday qilib, ikki qabila shakllanadi.
Mahluqning o‘ziga xos ibtidosi va unga sig‘inish paydo bo‘ladi. Ovchilar uni qurbonliklar va yovvoyi raqslar bilan olqishlaydi. Bunday raqslarning birida “ovchilar” Saymon ismli bir bolani o‘ldiradi. Asta-sekin barcha bolalar “ovchilar qabilasiga” o‘tadi. Ralf esa Piggi (Cho‘chqacha) va egizaklar Erik va Sem bilan qoladi. Faqatgina ular hali ham qutqarilish uchun yagona imkoniyat – qutqaruvchilarni jalb qilish umidida gulxan yoqish ekanini unutmagan edi. Kechasi Jekning guruhi Ralf va uning do‘stlariga Piggining ko‘zoynagini olib qo‘yish uchun hujum qilishadi. Go‘shtni qovurish uchun ularga olov kerak. Olovni esa faqatgina ko‘zoynak yordamida yoqish mumkin.
Ralf va yigitlar ko‘zoynakni qaytarib olishga umid qilib Jek tomon yo‘l oladi. Yovvoyilar Piggining ustiga qoyatoshdan tosh uloqtirib o‘ldiradi, egizaklarni asirga oladi. Ralf yolg‘iz qoladi. Ko‘p o‘tmay Ralfga ov boshlanadi. Ralfni o‘rmonning etaklaridan chiqarmoqchi bo‘lgan ovchilar daraxtlarga o‘t qo‘yadi. O‘rmonda yong‘in boshlanadi.
Bolalar unga uloqtirgan nayzalaridan qochib, Ralf qirg‘oqqa yetib keladi. Bu paytda tutunni ko‘rib, harbiy qutqaruvchilar orolga suzib kelishgan edi. Ularning boshlig‘i bilan gaplashar ekan, Ralf “avvalgi beg‘uborlik, odamning qalbi qanchalik qorong‘i ekanligi, Cho‘chqacha laqabli sodiq donishmand do‘sti qanday qilib o‘lgani” haqida gapirib yig‘lashni boshlaydi. Boshqa bolalar ham yig‘laydi. Bolalarni qutqaradigan kattalar – ramziy ma’noga ega edi.
Tahlil
“Pashshalar hukmdori” – dramatik asar, ramziy ma’nolarga to‘la mazmunga ega, davlat va jamiyatga har jihatdan uning qulashidan tortib boshqa davlatning shakllanishiga qadar bo‘lgan hodisalarni juda oddiy misolda yoritib berishi mumkin bo‘lgan xarakterga ega. Uilyam Golding Angliyada tug‘ilgan, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va u shubhasiz, garchi bilvosita Birinchi jahon urushi oqibatlaridan qayg‘urgan. 1983-yilda u “Pashshalar hukmdori” asari uchun adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. O‘quvchi asar tarixini va muallif berishni istagan asl ma’nosini tushunish uchun Golding yashagan davrning konteksti bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchi jahon urushida qatnashib, u ijtimoiy mavjudot bo‘lgan odamlarga nisbatan o‘z fikrini o‘zgartirdi. Golding odamlar, hatto bolalar ham yovuzlik qilishi mumkinligiga ishonishni boshladi. U ichimizda nizolar borligini inkor qilmadi, chunki yovuzlik odamlarda bor bo‘lgan birgina hissiyot emas. Kitobda bu belgilar qahramonlarda aks etadi. Ularning har biri o‘z vakolatlari bilan – vijdon, aql, zo‘ravonlik, totalitarizm va boshqalar bilan ajralib turadi.
Omon qolganlar har xil yoshdagi bolalar edi, ularning munosabatlari va shaxsiyatlari bir-biridan farq qiladi, bu munosabatlar orqali biz tarixni o‘rganishimiz, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish uchun javobgar bo‘lgan va tabaqalangan jamiyatlarning xususiyatlarini juda oddiy misollarda tushunishimiz mumkin.
Filmdan kadr
Jamiyat va inson. Bu ular o‘rtasidagi birinchi uchrashuvning mavzusi edi. U yerda bolalar o‘zlarining yangi rahbari Ralfga ergashdi, u kattalar ularni qutqarishi va tirik qolish uchun yangi jamiyatni tashkil qilishga harakat qilar edi. Biroq yetakchiga tartibni saqlash oson bo‘lmaydi. Syujetning ushbu qismida muallif tomonidan Ralfni davlat rahbari, vijdoni va ma’lum darajada demokratiyani unda mujassamlantirmoqchi bo‘lganligi yaqqol ko‘rinib turibdi, chunki u ko‘pchilik tomonidan o‘z o‘rni uchun saylangan edi. Bu belgilarning barchasi insonga yoki jamiyatga ishora, allyuziya sifatida berilgan.
Shu tarzda o‘smirlar va bolalarning aksariyati taqdirga tan berib orolda qolishga harakat qiladi. Turli shaxslarning orolda yashashga bo‘lgan munosabatlari turlicha. Ba’zilar ov qilish istagini bildiradi, yosh bolalar jamiyatning qolgan qismiga yordam beradigan funksiyalarni bajarish uchun zarur yetuklikka ega bo‘lmasa-da, kattalarsiz ilojsizlikdan bunga majbur bo‘ladi. Boshqalar faqat qachon qutqarilishiga e’tibor beradi. Bu g‘oyalar turfa xilligini Ralf rahbar sifatida sezmaydi, chunki u shunchaki demokratiyaning qobig‘i, tartibi va kuchi bilan o‘z jamiyatini birlashtirishga harakat qiladi. Biroq jamiyat juda zaif ekanligi aniq. Bundan foydalangan boshqa bir lider Jek mahluq haqidagi qo‘rqinchli xabarlarni o‘ylab topadi va beg‘ubor bolalarning yuragiga g‘ulg‘ula solib, o‘zi esa bundan qo‘rqmasligini aytib, boshqalar ichida obro‘sini sun’iy ravishda oshirib boradi.
O‘zlarini ovchi sifatida tavsiflaganlar Jekka to‘liq ishonadi, chunki qo‘rquv tufayli ular zarur bo‘lgan xavfsizlikni Ralfda ko‘rmadi. Orolda mahluq mavjudligi muammosi guruhlarning qarorlariga ta’sir qiladi. Shu vaqtdan boshlab bolalar ikki guruhga bo‘linadi. Ralf o‘zining gulxan haqidagi taklifini davom ettiradi. Uning izdoshlari ham bunday irodaga ega edi, ammo Jek jamiyat ongini zaharladi. Samarali tartib va sivilizatsiyani boshqarishga qodir kattalar yo‘qligi sabab Jek va boshqa ijtimoiy mavjudotlar sivilizatsiyalashmagan diktatorlik sharoitida vahshiylarga aylanadi.
Keyin fojia boshlanadi. Jek boshchiligidagi guruh Saymonga hujum qiladi va uni “Pashshalar hukmdori” deb e’lon qilingan mahluq (so‘yilgan cho‘chqa boshi) uchun qurbonlik qilish maqsadida o‘ldiradi. Yovvoyilar guruhi vahshiyliklarini davom etdiradi, Piggining ko‘zoynagini o‘g‘irlaydi. Keyin vahshiylar, Piggini o‘ldirishdan tashqari, Sem, Erik va Ralfga hujum qiladi. O‘sha jangda egizaklar vahshiylar tomonidan qo‘lga olinib, Ralf qochishga ulgurgach, uni ushlab olish uchun yovvoyilar butun orolni yoqib yuboradi. Aynan u qochib ketayotganda dengiz askarlarini uchratishadi.
Asarning yakuniy qismida Uilyam Golding juda katta muammoni ochib beradi. Agar inson uning ehtiyojlarini qondiradigan kuchli jamiyat bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, tabiat holatiga o‘tishi mumkin. Tabiat holatida esa yashashga faqat kuchlilargina haqli. Davlatning umumiy tartib va maqsadlarga erishishi uchun bir nechta yo‘li bor, ammo u bunga erishmasa, odamlar anarxiya holatiga tushib qoladi, asarda ko‘rganimiz o‘ta og‘ir vaziyatda esa hattoki o‘zining barcha ratsional rivojlanish bosqichiga qaramasdan, faqatgina yashab qolish instinktlari asosida boshqariladigan hayvonga aylanib qolishi mumkin.
Xulosa
Butun asar biz ming yillar oldin yengib chiqqan deb hisoblagan vahshiylik va zo‘ravonlikning oqibatlarini keltirib chiqaradigan insonning tirik qolish instinktiga asoslangan. Buni aks ettirgan ushbu roman, uning so‘nggi so‘zlarigacha bizni butunlay rom qilishga qodir. Xulosa sifatida shuni aytishim mumkinki, men mamnunman. Birinchi navbatda, muallifda hikoya qilishning ajoyib uslubi bor. Yolg‘onni haqiqatga aylantirish va o‘spirinlarda vahima paydo bo‘lishiga qadar juda real ifodalangan. Syujet qanday qilib qo‘rquv aqlning yo‘qolishiga olib kelishini aks ettirishini yaxshi ko‘raman, garchi uni o‘qish oson bo‘lsa ham, menga bu voqea aql bovar qilmaydigan hodisa bo‘lib ko‘rinadi. Mahluq odamning o‘zi ekani aks ettirilgan. Tit Maksiy Plavtning “Eshaklar” komediyasidagi kuchli ibora orqali ushbu asarning markaziy syujetini umumlashtirish oson: homo homini lupus est (“inson insonga bo‘ri”).
Albatta, tabiat beshavqat va Uilyam Golding uni romanda mohirona ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan.
Iqtiboslar
Agar inson yuzi yuqoridan yoki pastdan yoritilganiga qarab butunlay o‘zgarsa, yuzning qiymati qancha?
Ular yonma-yon yurishardi – o‘zaro aloqa qila olmaydigan, hissiyot va tushunchalarning ikki olami;
Agar mas’uliyatni zimmangizga olsangiz, o‘ylashingiz va dono bo‘lishingiz kerak, hamma muammo shunda;
Ularning ichida ust boshi kir, ko‘zlari xiralashgan, burni artilmagan holda turgan Ralf, o‘zining avvalgi beg‘uborligi haqida, odamning qalbi qanchalik qorong‘i ekanligi haqida o‘ylab yig‘lab yubordi;
Majlis. Biz uni juda yaxshi ko‘ramiz. Har kuni. Kerak bo‘lsa kuniga kamida ikki marta. Hammamiz suhbatlashamiz. Hozir men dovulni chalaman va ko‘rasiz – ular hammasi yetib keladi majlisga. Kimdir aytadi – kelinglar, samolyot yoki suv osti kemasi yoki televizor quraylik. Majlisdan keyin ular shu maqsadda besh daqiqa ishlaydilar va tarqab ketishadi yoki ovga boradi.
Qiziqarli faktlar
- “Dahshat qiroli” Stiven King “Pashshalar hukmdori”ni eng sevimli romanlaridan biri deb aytgan;
- Ko‘p guruhlar o‘z qo‘shiqlarini “Pashshalar hukmdori” asari va Uilyam Goldingga bag‘ishlagan. Masalan, mashhur rok gruppasi - U2 ning Shadows and Tall Trees qo‘shig‘i, kitobning “Soyalar va baland daraxtlar” deb nomlangan yettinchi bobining nomi bilan atalgan. Bundan tashqari. The Offspring guruhining You’re Gonna Go Far, Kid va Iron Maiden guruhining Lord of the Flies deb nomlangan qo‘shiqlari mavjud;
- “Pashshalar hukmdori” asarining ilk versiyasida asar syujeti orolda boshlanmaydi, balki bolalar halokatga uchragan samolyot bortida boshlanadi. Bundan tashqari, kitob ma’lum bir sana va vaqt bilan “6:00, 2-oktabr 1952-yil boshlangan. Keyinchalik, muallifdan kitobda ko‘rsatilgan sana, vaqt va urush haqidagi barcha aniq ma’lumotnomalarni olib tashlash so‘ralgan.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
“Nihoyat u dengizda hech qachon yolg‘iz qolmasligini tushundi…” “Chol va dengiz” romani haqida
“Davlat va vatan bitta narsa emas”. “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” romani haqida
Buyuk yozuvchining iqrori. “Iqrornoma” romani haqida
Odamlar, bo‘rilar va gunohlar. “Qiyomat” romani haqida
So‘zlar odamga o‘z fikrlarini yashirish uchun beriladi. “Qizil va qora” romani haqida
Umri sayohatlarda o‘tayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini oldi?
Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida | 126 | 12,837 |
Madaniyat | Los-Anjeles kinotanqidchilar uyushmasi 2016-yilning eng yaxshi filmi va aktyorlarini e’lon qildi | Los-Anjeles kinotanqidchilar uyushmasi 2016-yilning eng yaxshi filmlari va aktyorlarini ma’lum qildi. Amerikalik rejissor Barri Jenkinsning “Oy yog‘dusi” filmi yilning eng yaxshi kinokartinasi deb topildi, deb yozadi TJournal.
“Oy yog‘dusi” filmidan kadr.
Barri Jenkins esa yilning eng yaxshi rejissori deb e’lon qilindi. Film 2016-yilning 21-sentabrida dunyo prokatiga chiqqan.
“Yulduzlar jangi”ning yettinchi epizodida Kaylo Ren roli bilan mashhur Adam Drayver “Paterson” kartinasida ijro etgan bosh qahramon roli uchun eng yaxshi aktyor deb topildi.
Izabel Yupper “U” filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa nomini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa nomiga “Bir nechta ayol” filmida suratga tushgan Lili Gladstoun sazovor bo‘ldi.
“Lobster” filmidan kadr.
Eng yaxshi ssenariy Yorgos Lantimos va Eftimis Filippo (“Lobster”), eng yaxshi musiqa Jastin Gurvich (“La-La Lend”), xorijiy tildagi eng yaxshi kartina Janubiy Koreyaning “Xizmatkor”, AQShda suratga olingan I Am Not Your Negro esa eng yaxshi hujjatli film deb topildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 96 | 1,205 |
Madaniyat | Xonanda Botir Qodirov va raqqosa Parizoda — Xitoyda: O‘zbekiston delegatsiyasi Pekin xalqaro turizm festivalida qatnashmoqda | Xitoy poytaxti Pekinda 1-oktabrdan Xalqaro turizm festivali ochildi. O‘n sakkizinchi bor tashkil etilgan festivalda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Xonanda Botir Qodirovning prodyuseri Abror Po‘latovning jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan xonanda Botir Qodirov, “Sirdaryo navolari” raqs dastasi va taniqli raqqosa Parizodadan iborat ansambl ham o‘rin olgan.
“Pekin xalqaro festivalida 24 mamlakatdan 200 dan ziyod san’atkorlar qatnashmoqda. O‘rta Osiyodan faqat O‘zbekiston san’atkorlari taklif etilgan”, — deydi Botir Qodirovning prodyuseri.
Festivalning ochilish marosimi Pekindagi Xalqaro olimpiya maydonida bo‘lib o‘tgan. Unda shahar rasmiylari, mehmonlar, shuningdek, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi xodimlari ham qatnashgan.
“Botir Qodirov boshchiligidagi ijodiy guruh Xitoy san’atkorlaridan keyin birinchi bo‘lib sahnaga chiqdi. Ochilish marosimi musiqiy paradga ulanib ketdi. Festival mehmonlari milliy san’atimizdan bahramand bo‘lib, san’atkorlarimizni olqishlamoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Abror Po‘latov.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 124 | 1,249 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov: “Hokimliklarni ogohlantirsak-da, baribir madaniy meros obyektlariga putur yetyapti” | Madaniyat vazirligi ayni paytda madaniy meros obyektlari uchun chiqarilgan barcha noqonuniy qarorlar, ya’ni qaysi viloyatlar va tumanlardagi qaysi obyektlarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi bo‘yicha ro‘yxat shakllantirmoqda. Bu haqda madaniyat vaziri, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovga bergan qisqa intervyusida ta’kidlab o‘tdi.
“Ro‘yxatni 100 foiz shakllantirib bo‘lib, uni chora ko‘rish nuqtayi nazaridan Bosh prokuratura, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlisga kiritmoqchimiz. Biz hokimliklarga xatlar bilan chiqyapmiz, tushuntirishlar o‘tkazyapmiz, ularga “Mana shu viloyatda mana shuncha obyektimiz bor, ularning chegara hududi mana shuncha hisoblanadi va chegara hududini buzib, hech qanaqa qurilish qilish mumkin emas”, degan mazmunda oldindan ogohlantirib, obyektlar ro‘yxatini beryapmiz, bildirishlar davom etmoqda. Lekin shunga qaramasdan, baribir bunday holatlar kuzatilmoqda. Yaxshi ham shu blogerlar bor ekan, internet tarmoqlarida birdan madaniy meros obyekti buzib tashlanyapti yoki uning yonidagi hududda qurilish bo‘lyapti, degan mazmunda ma’lumotlar tarqalganidan keyingina biz xabar topyapmiz”, — dedi Nazarbekov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, vazirlik madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash uchun ko‘proq jamoatchilik e’tiborini qaratishni rejalashtirgan.
“Hozirda Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish departamentida 60 nafardan ortiq xodim ishlaydi. Obyektlar soni 8 mingdan ziyod. Xodimlar obyektlarga ko‘z-quloq bo‘lolmaydi, jismoniy jihatdan ham ulgurmaydi va buning iloji yo‘q. Ularning bitta obyektga besh oyda bir borishga vaqti yetadi. Masalan, Navoiy viloyatining u boshidan narigi boshigacha 600 kilometr, u yerda 4 nafar xodim ishlaydi. Ular viloyatdagi mavjud barcha madaniy meros obyektlarini aylanib chiqaman, desa bir yil vaqti ketadi. Bir kunda yoki bir oyda hammasini borib, ko‘rib kelolmaydi. Imkoniyatlarimiz mana shunday chegaralanganligi uchun ham bizga ko‘proq jamoatchilik, mahalliy hokimiyatlar yordam berishi kerak, yaqindan hamkorlik qilishi lozim.
Aslida madaniy meros obyektlari ota-bobolarimizdan biz uchun qoldirilgan omonat. Ularni kelajak avlod uchun asrashimiz shart”, — dedi madaniyat vaziri. | 103 | 2,198 |
Madaniyat | Dimash Kudaybergen “Osiyoning eng chiroyli yuzi” tanlovida qatnashmoqda | Qozog‘istonlik mashhur qo‘shiqchi Dimash Kudaybergen nomzodi TC Candler sayti ekspertlari tomonidan xalqaro go‘zallik tanlovida “Osiyoning eng chiroyli yuzi” yo‘nalishida ilgari surildi, deb yozadi Tengrinews.
View this post on Instagram
“Osiyoning eng chiroyli yuzi” yo‘nalishida tanlovning boshqa ishtirokchilari orasida Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Malayziya, Isroil va Hindiston vakillari, shu jumladan, aktyor Jeki Chan va aktrisa Karina Kapur ham bor.
View this post on Instagram
Tanlov haqida 5-avgust kuni e’lon qilingan. Foydalanuvchilardan o‘zlariga yoqqan nomzod fotosuratiga layk bosish va postga izoh yozish talab etiladi. Dimashga uch mingdan ortiq ovoz berilgan. | 71 | 713 |
Madaniyat | Fotogalereya: “Taxtlar o‘yini”ni yanada sevimliroq serialga aylantiruvchi faktlar | AdMe “Taxtlar o‘yini” seriali borasida siz bilmagan qiziqarli ma’lumotlarni to‘plab taqdim etdi.
Jon Snou rolini o‘ynagan Kit Xaringtonning ko‘rinishi muallif Jorj Martinning yoshligiga juda o‘xshab ketadi.
Teon roli ijrochisi Alfi Allen mashhur qo‘shiqchi Lili Allenning tug‘ishgan ukasi. Liliga hatto serialda suratga tushish taklifini bildirishgan, biroq u ssenariyni o‘qib ko‘rgach, rad javobini bergan.
Keytelin Stark roli bilan barchaga birdek manzur bo‘lgan aktrisa Mishel Feyri Garri Potter haqidagi filmlarda Germionaning onasi rolini ijro etgan.
Serseyaning farzandlari rolini ijro etgan Eymi Richardson hamda Din-Charlz Chepmen real hayotda uchrashib turishadi.
Eymon Targarien rolini ijro etgan marhum Piter Vonning ko‘rish qobiliyati yomon bo‘lgan va u deyarli hech nimani ko‘ra olmagan.
Madonna ham “Taxtlar o‘yini” serialini tomosha qiladi. Qo‘shiqchi hatto bir safar serial yaratuvchilaridan Deyeneris Targarien ko‘ylagini berib turishlarini iltimos qilgan.
Avvallari serial yaratuvchilari Temir taxtning nusxasini 20 ming funtdan sotgan. Nusxaning balandligi 2 metr, og‘irligi esa 159 kilogramm bo‘lgan.
Ssenariy mualliflari Tirion Lannister rolida Piter Dinkleyjdan boshqa aktyorni ko‘ra olishmagan. Dinkleyj esa o‘z navbatda serialga do‘sti, Serseya rolini ijro etgan Lina Xidini olib kelgan.
Garvardda “Haqiqiy ‘Taxtlar o‘yini’: zamonaviy afsonalardan o‘rta asr modellariga qadar” maxsus kursi o‘tiladi. | 81 | 1,432 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon Yangi yil kechasi “Kultura” kanalida o‘zbekcha qo‘shiq kuyladi | 31-dekabr kuni Rossiyaning “Kultura” telekanali orqali uzatilgan Yangi yil dasturida hamyurtimiz Sevara Nazarxon o‘zbekcha qo‘shiq bilan chiqish qildi. Bu haqda “Uz24” nashri xabar berdi.
Foto © nicomonguzzi.com
Xonanda orkestr jo‘rligida Ravelning “Bolero” simfonik asariga yo‘g‘rilgan o‘zbekcha qo‘shiqni ijro etdi.
Eslatib o‘tamiz, Sevara 20-dekabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan “E’tirof-2013” taqdirlash marosimida ishtirok etgan, san’atkor ijrosidagi “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘i zalda o‘tirgan tomoshabinlarni yig‘latgan edi. Qo‘shiq so‘ngida esa butun zal oyoqqa turib, Sevarani olqishlagan, bu OAVlar tomonidan stadiondagi futbol ishqibozlari olqishlariga tenglashtirilgan edi. | 78 | 719 |
Madaniyat | Qayta ishlangan “Qirol Sher” multfilmi treyleri chiqdi (video) | Walt Disney studiyasi “Qirol Sher” multfilmining remeyki (qayta ishlangan versiyasi) tizerini e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Skrinshot: YouTube
Rolikda savanna jonivorlari qirol Mufasaning yangi tug‘ilgan merosxo‘ri — Simbani ko‘rish uchun qoya yonida yig‘ilgani aks etgan.
Remeykka Jon Favro rejissorlik qiladi. Jon Oliver, Chivetel Ejiofor, Set Rogen va Donald Glover kabi aktyor va qo‘shiqchilar qahramonlarga ovoz beradi.
“Qirol Sher” multfilmi ekranlarga 1994-yilda chiqqan. U uchta “Oltin globus” va ikkita “Oskar”ni qo‘lga kiritgan. | 62 | 547 |
Madaniyat | Turkmanistonda “O‘zbek kinosi kunlari” bo‘lib o‘tmoqda | Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida 26-sentabr kuni “O‘zbek kinosi kunlari”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir 28-sentabrga qadar davom etadi, deb xabar bermoqda MyDay.
Kino kunlari mobaynida o‘zbekistonlik ijodkorlar tomonidan so‘nggi to‘rt yilda suratga olingan eng sara sakkizta badiiy film namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Ular qatorida “Xazonrezgi”, “Zarb”, “Parizod”, “Sehrli qalpoqcha” va boshqa o‘zbek filmlari taqdim etiladi.
Tadbirda rejissorlar Sarvar Karimov, Bahodir Odilov, aktrisa Shahzoda Matchonovadan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.
Tadbir O‘zbekiston va Turkmaniston hukumatlari o‘rtasida 2014—2016-yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik dasturiga asosan tashkil etilgan. | 54 | 745 |
Madaniyat | Jasur yurak sohibasi: millionlab qalblardan joy olgan “dunyodagi eng qo‘rqinchli ayol” — Elizabet Velaskes hikoyasi | Elizabet Velaskes juda kam uchraydigan Viedemann-Rautenshtraux sindromidan aziyat chekadi: dunyo bo‘yicha undan tashqari yana bir yoki ikki kishigina bu kasallikka chalingan. Bir kuni Lizzi internetda to‘rt million marta tomosha qilingan o‘zi haqidagi videoni ko‘rib qoldi, videoda uni “dunyodagi eng dahshatli ayol” deb ta’riflashgandi. Aynan shu video tufayli qiz o‘z hayotini butunlay o‘zgartirdi: u millionlab odamlarning kumiriga aylandi va ularga ibrat bo‘ldi.
“U hech qachon gapira olmaydi va yura olmaydi”
Lizzi 1989-yil 13-martda Rita va Gvadelupa Velaskes oilasida tug‘ilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni atigi 1,2 kilogramm edi. Shifokorlar ota-onaga bachadonda homila suvi yo‘q bo‘lsa-da, bolaning tirik tug‘ilishi mo‘jiza ekanini tushuntirishdi. Ammo xursand bo‘lishga hali erta edi: shifokorlarning aytishicha, qizaloq hech qachon gapirolmaydi, yura olmaydi, emaklay olmaydi, o‘ylay olmaydi va umuman hech narsa qila olmaydi.
Ammo Rita va Gvadelupa taqdir nega farzandlariga bunchalik shafqatsizlik qilgani haqida Xudoga na shikoyat qildi, na so‘roqqa tutdi. Ular faqat qizni uylariga olib borib, iloji boricha unga g‘amxo‘rlik qilishni xohlashdi. Ko‘pchilik ularga boladan voz kechish kerakligini maslahat berdi, lekin ular bu taklifni g‘azab bilan rad etishdi va tug‘uruqxonani tark etishdi.
Bolaligidan Lizzi mehr va e’tibor qurshovida o‘sdi. Uning immuniteti zaif edi, u anoreksiya (ishtaha yo‘qolishi)ga chalingan bemoq qizchaga o‘xshardi: sindrom tufayli uning organizmi bir tomchi yog‘ ham yig‘a olmasdi. Dard ustiga chipqon deganlaridek, to‘rt yoshida u o‘ng ko‘zini ko‘r qilib qo‘ydi: shifokorlar nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirib berolmadi. Ammo ota-onasining mehr-muhabbati tufayli Lizzi qanday ko‘rinishda ekanligini bilmasdi: qizcha o‘zini boshqa bolalardan farq qilmasligiga ishonardi.
“Boshingni ko‘tar, tabassum qil va aslida qanday bo‘lsang, shunday bo‘lishda davom et”
Hammasi besh yoshida, Elizabet bolalar bog‘chasiga borganida o‘zgardi. U birinchi marta unga maxluqqa qaraganday qarashayotganini his qildi. “Men hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘yladim, lekin vaziyat kundan kunga yomonlashardi, — deb eslaydi Elizabet. — Ko‘pchilik mendan qochar, men esa buning sababini tushuna olmasdim. Chunki ularga yomonlik qilmagandim! Men o‘zimni xushbichim qiz deb o‘ylardim”.
Nima bo‘layotganini tushunmagan qiz bu haqda ota-onasidan so‘raydi: “Menga nima bo‘lgan? Nega hech kim men bilan o‘ynamaydi?”. Ota-onasi qizini tinchlantirib, tushuntirishdi: “Lizzi, seni boshqa bolalardan ajratib turadigan yagona narsa — oriqliging xolos. Ammo bu sindrom aslida kimligingni belgilab bermaydi. Boshingni tik tut, tabassum qil, qanday bo‘lsang, shunday yasha — shunda odamlar sen ular bilan bir xil ekaningni tushunishadi”.
Shunday bo‘ldi ham. Maktabda hamma narsa o‘zgardi: Lizzi boshqa o‘quvchilar bilan birgalikda mashg‘ulotlarga borish, muloqot qilish va do‘stlashish uchun o‘zida kuch topa oldi. “Bu qo‘rqinchli edi, lekin men buning natija berishini bilardim”, — deb eslaydi u.
Elizabet maktab gazetasining to‘liq shtatdagi jurnalistiga aylandi, yilnoma uchun suratga tushdi, hatto chirliding (raqs, gimnastika, akrobatikani birlashtirgan sport turi)da o‘zini sinab ko‘rdi. “Maxsus forma juda chiroyli edi. Uni har safar kiyganimda o‘zimni qahramondek his qilardim. Men o‘z tengdoshlarim orasida xuddi ulardek edim — xuddi oilamdagidek”, — deydi Velaskes.
Bu bilan Lizzi o‘zining tashqi qiyofasini boricha qabul qila oldi, deb bo‘lmaydi. U har kuni ertalab oynaga qarab: “Bu sindromdan qutulishning iloji bormikan? Shunda hayotim ancha osonlashardi. Men ham boshqa bolalarga o‘xshardim, chiroyli bo‘lish uchun eng so‘nggi urfdagi kiyimlarni sotib olishga hojat ham qolmasdi”, deb o‘ylardi. U bir kun boshqacha ko‘rinishda uyg‘onish, o‘zi bilan bo‘ladigan har kunlik kurashni his qilmaslik uchun har narsaga tayyor edi. U bu haqda har kuni orzu qilardi va har kuni hafsalasi pir bo‘lardi.
“Qanchalik jirkanch so‘zlarni aytsangiz ham, men undan o‘zim uchun foyda topaman”
Lizzi internetda o‘zi haqidagi videoni ko‘rib qolganida 17 yoshda edi. Sakkiz soniyalik ovozsiz videoga minglab izohlar yozilgandi: “Dunyodagi eng qo‘rqinchli ayol”, “Yaxshisi, qurol olib, o‘zingni o‘ldir”. Ammo hech kim: “Axir bu bola-ku, uni tinch qo‘ying” yoki “Sizlar bu qiz haqida, nega u bunday ekani to‘g‘risida bilmaysiz”, deb yozmagandi.
Lizzining yuragi ezilib ketdi. U zo‘rg‘a erishgan nozik muvozanat bir zumda buzildi. Uni har doimgidek yana ota-onasi qo‘llab-quvvatlab: “Hozir sen yig‘lab, ko‘nglingni bo‘shatib olishing mumkin, lekin keyin yana qaytadan boshingni tik tutib, yashashda davom et”, deyishdi. Ammo Elizabet bu bilan cheklanib qolmadi: u boshqalarning nafrati men uchun zinapoya bo‘ladi, deb qaror qildi.
“Meni maxluq deb ataganlardan qasos olishning eng yaxshi usuli ularga: Bilasizmi? Menga qanchalik jirkanch gaplarni aytsangiz ham, men undan o‘zim uchun naf topaman. Men ulardan o‘z maqsadimga yetish uchun zinapoya sifatida foydalanaman, deb javob berish deb o‘yladim. Men notiq bo‘lishni va so‘zlarim bilan odamlarni ruhlantirishni, kitob yozishni, kollejni tugatishni, oilali bo‘lishni va karyera qilishni xohlayotganimni tushundim”, — deb eslaydi keyinchalik Lizzi.
Elizabet harakatni oddiy ishdan boshladi: qidiruv tizimiga “qanday qilib motivator bo‘lish mumkin?” so‘rovini yozdi. Tavsiyalar kam edi: muvaffaqiyat qozongan odamlarga misollar oz bo‘lgan bir paytda Elizabet o‘zining shaxsiy brendini yaratishni boshladi. Lizziga qachon va qayerda imkoniyat berilsa, undan foydalandi: odamlar oldida gapirdi, o‘ziga va hayotiga ijobiy munosabati haqida video oldi, o‘z veb-saytini ochdi. Va YouTube — 17 yoshida Lizzini bosib ketgan mashina uni yangi bosqichga olib chiqdi.
“Taqdirim butunlay o‘z qo‘limda, xuddi taqdiringiz sizning qo‘lingizda bo‘lgani kabi”
Hozirda Lizzining kanali 800 mingdan ortiq obunachiga ega. Uning 2014-yilda TED’dagi nutqi 12 million martaga yaqin tomosha qilingan. Tina Meyer (uning qizi Megan internetda tahqirlanganidan keyin o‘z joniga qasd qilgan) bilan birga Elizabet Velaskes zo‘ravonlikka qarshi birinchi federal qonun ishlab chiqilishini ilgari surgan kampaniyada ishtirok etdi.
2015-yilda “Jasur yurak: Lizzi Velaskes hikoyasi” nomli hujjatli filmi chiqdi — bu nafaqat Elizabet hayoti haqidagi, balki zo‘ravonlikni boshidan kechirgan har bir inson hikoyasi bo‘ldi. 2017-yilda Lizzi o‘zi suratga olgan Unzipped teleserialida rol ijro etdi va o‘sha yili uning “Yaxshi bo‘lishdan qo‘rqma” nomli to‘rtinchi kitobi nashrdan chiqdi. Velaskes 17 yoshida o‘z oldiga qo‘ygan barcha maqsadlariga erishdi: faqat oila qurishdan tashqari, lekin uni baxtli qila oladigan inson borligiga ishonadi. Hozirda Elizabet Velaskes biznes konferensiya va maktablarda nutq so‘zlab pul topadi: u o‘quvchilarga zo‘ravonlik va ulg‘ayish haqida gapirib beradi. Lizzi bolalarga “Sizga qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘zingiz hal qilasiz” deydi. Kattalarga esa o‘smirlarni internetdan ajratishning iloji yo‘qligini tushuntirib: “Buning o‘rniga internetda odamlar o‘zlari yoki do‘stlariga yoqimsiz gaplar aytishsa, nima qilish kerakligini farzandingizga o‘rgating”, deb maslahat beradi.
Lizzi mashhur odamga aylandi: endi u savdo markaziga borish uchun ham ko‘proq vaqt ajratishi kerak, chunki ko‘pchilik uning oldiga gaplashish yoki shunchaki quchoqlash uchun keladi. Hujjatli filmdan so‘ng Velaskesning ota-onasi haqida ham ko‘pchilik bildi: hozirda ularning hatto o‘z fan-klublari ham bor. “Ular otamni dunyodagi eng kulgili odam deb o‘ylashadi”, — deydi Lizzi. Elizabet ota-onasidan alohida yashaydi: omadli karyerasi unga o‘zi va itlari — Olli va Oliviya uchun shaxsiy uy sotib olishga imkon berdi.
Lizzining ajoyib hayoti bordek tuyulishi mumkin, lekin unday emas. Uning aytishicha, u hozir ham kasallik tufayli juda og‘ir kunlarni boshidan kechiradi. Odamlar Velaskesdan bunday vaziyatga qanday qilib ijobiy qarash mumkinligi haqida so‘rashganida, u shunday deydi: “Yomon paytlarda men o‘zimga yolg‘iz qolishga, pardalarni tushirib, qayg‘uli musiqa tinglashga va nosog‘lom taomlarni yeyishga ruxsat beraman – o‘zim uchun “g‘amgin kecha” uyushtiraman. Men o‘zimga negativlikni yo‘qotish imkoniyatini beraman. Ertasi kuni esa yana quyosh chiqadi va yo‘limda davom etishim uchun kuch topaman”.
Kiberhujumga qarshi kurashda Velaskes doim faol va hozirda jamiyat bunday odamlarga doimgidan ham ko‘proq muhtoj. Shubha yo‘qki, ko‘p sinovlardan o‘tgan, lekin yiqilib qayta turishga o‘zida kuch topa olgan Lizzi bor ekan, dunyo yanada ezgulashib boraveradi: “Sizning taqdiringiz sizniki bo‘lgani kabi mening taqdirim ham o‘z qo‘limda. Biz go‘yo mashinada ketyapmiz, yaxshi yoki yomon yo‘lni tanlash o‘z ixtiyorimizda”. | 115 | 8,669 |
Madaniyat | 2017-yilning eng yaxshi musiqiy albomlari aniqlandi | NME nashri 2017-yilning eng yaxshi musiqiy albomlari ro‘yxatini tuzdi. Reyting 23-noyabr kuni e’lon qilindi.
Topga 50 ta albom kiritildi. Birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya vakili bo‘lgan xonanda Lordning Melodrama diski egalladi.
Uchinchi o‘ringa Britaniyaning Wolf Alice rok-guruhi chop etgan Visions Of A Life albomi munosib ko‘rildi. Uchlikka amerikalik xip-xop ijrochisi Kendrik Lamarga tegishli DAMN plastnikasi yakun yasadi.
Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Father John Misty, LCD Soundsystem, J Hus, SZA, Lana Del Rey, Uayli va Liam Gallaxer singari artistlarning ijod namunalari kirdi.
Reytingning oxiridan fank-baschi, Thundercat taxallusi ostida ijod qiladigan Stiven Brunerning Drunk albomi o‘rin oldi. | 51 | 709 |
Madaniyat | Qo‘qon teatri aktyorlarining muammosi 3 kunda hal etildi – kredit muddati 20 yilga uzaytirildi | 2-aprel kuni “Daryo” “Qo‘qon teatri aktyorlari Prezident topshirig‘i bilan qurilgan uyga ko‘chib kirishni nega istamayapti?” nomi bilan jurnalist surishtiruvi e’lon qilgandi. Unda Qo‘qon musiqali drama teatri aktyorlari Prezident topshirig‘i bilan shaharda teatr, san’at va madaniyat xodimlari uchun qurilgan uylarni bank tomonidan belgilangan narx, boshlang‘ich badal va oylik to‘lovlar qimmatligi sabab sotib ololmayotganiga oydinlik kiritilgan edi.
Maqola e’lon qilinganidan uch kun o‘tib, teatr xodimlari muammo shahar hokimligi va “O‘zsanoatqurilishbank”ning Qo‘qon filiali mutasaddilari tomonidan zudlik bilan hal etilib, ipoteka krediti muddati 20 yilga uzaytirilganini ma’lum qildi.
Bu xabarga aniqlik kiritish maqsdida “Daryo” muxbiri “O‘zsanoatqurilishbank”ning Qo‘qon filiali bilan bog‘landi.
“Haqiqatan ham, ijodkorlar uchun qurilgan uylarning ipoteka krediti muddati 10 yildan 20 yilga uzaytirildi. Hozir kreditlar ajratishni boshladik, teatr xodimlari kelib to‘lov qilishyapti. Kredit muddati uzaytirilganidan quruvchilar ham xursand bo‘ldi”, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank”ning Qo‘qon filiali namunaviy uy-joylarni kreditlash va qurilishini nazorat qilish sektori mudiri Muhammadsolih Hakimov.
Teatr rahbari Husanjon Eshmatov ham bu ma’lumotni tasdiqlab, 5-aprel kuni uch nafar xodim boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirganini aytdi. Teatrning barcha xodimlariga bu ma’lumot yetkazilgan. Ularning boshqa muammolarini ham o‘rganish va hal etish bo‘yicha ish olib borilmoqda. | 94 | 1,487 |
Madaniyat | Butun dunyo tomoshabinlari qalbidan joy olgan turk seriallari juftliklari (foto) | Aktyorlar ijrosi, qiyofasi, film sujetidan tortib, interyer, libos va mayda detallarning mukkammal ekani sabab, turk seriallari muxlislari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Serial qahramonlari nafaqat Turkiyada balki, butun dunyoda mashhurlikka erishayotgani, xalqaro mukofotlarga loyiq deb topilayotgani ham sir emas. Quyida eng mashhur va muxlislar sevgisiga sazovor bo‘lgan turk seriallari juftliklari haqida ma’lumot beramiz.
Sulton Sulaymon va Xurram sulton — “Muhtasham yuz yil” 2011-yil
Sulton Sulaymon va Xurram sultonning go‘zal sharqona sevgi qissasiga asoslangan serial, 50 dan ortiq mamlakatlarda efirga uzatilgan. Betakror kostyumlar, saroy fitnalari va bir-biridan go‘zal qizlar ishtirok etgan ushbu serial millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Film 2014-yilda tugatilgan bo‘lishiga qaramay, Maryam Uzerli muxlislar uchun Xurram, Xalit Ergench esa Sulton Sulaymon bo‘lib qolgan.
Omer va Defna “Ijaraga sevgi” 2015-yil
Romantik komediya uslubida suratga olingan ushbu serial bir qancha mamlakatlarda muvaffaqiyatga uchragan. Serialning emotsional va yorqin juftligi e’tibordan chetda qolmagan. Kulgili sahnalar, sof sevgi aks ettirilgan film, rang-barangligi bilan tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan. Ko‘rkam aktyor Barish Arduch va jozibali aktrisa Enchin Sangu rolini qoyillatib ijro qilgan.
Omer va Elif “Pul va gul” 2014-yil
O‘zida bir qancha janrni jamlagan mazkur serial ham bir qancha mamlakatlarda sevib tomosha qilingan. Undagi qahramonlar Elif va Omer, fojiali vaziyat sabab uchrashib, yaxshi-yomon kunlarda birga bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Engin Akyurek va Tuba Byukustun serialda bir-biriga mos sevishganlar rolini gavdalantirgan.
Yaman va Mira “Oqim” 2013-yil
Turk yulduzlari Chag‘atay Ulusay va Serenay Sariqaya suratga tushgan “Oqim” seriali efirga uzatilishi bilan darhol mashhurlikka erishgan. O‘smirlarning sevgi va munosabatlariga asoslangan mazkur drama turli mamlakatlarda translyatsiya qilingan. Shundan keyin serialdagi aktyorlarga bo‘lgan takliflar soni yanada oshgan.
Kamol va Nixon “Sevgi iztirobi” 2015-yil
“Sevgi iztirobi” nafaqat Turkiyada, balki jahonning boshqa mamlakatlarida sevib tomosha qilingan seriallardan. Ko‘p qismli ushbu ijod namunasi, Amerikaning “Emmi” mukofotiga loyiq deb topilgan. Asosiy juftlik rolini gavdalantirgan Burak O‘zchivit va Neslixon Otagulga esa butun dunyodan muxlislik qila boshlangan.
Behlul va Bihter “Taqiqlangan sevgi” 2008-yil
Ikki fasldan iborat mazkur serial sujeti va bosh qahramonlar munosabati tomoshabinlarning ekran qarshisidan jilmasligiga sabab bo‘lgan. Filmda turli insonlar taqdiri va hayotga bo‘lgan qarashlari mahorat bilan birlashtirilgan. Ushbu film namoyishidan keyin Beren Saat va Kivanch Tatlitug‘ xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Jan va Sanam “Tong qushi” 2018-yil
Romantik komediya janridagi ushbu serial ikki mavsum davomida ham eng yuqori reytingni qayd qilgan. Serial 2018-yilda, Google’da rus sigmentidagi foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p qidirilgan seriallardan biri bo‘lgan. Serialda rolga berilib ketgan aktyorlar hayotda ham bir-biriga iliqlik his qilgan va uzoqqa bormagan munosabatlarni boshdan kechirgan. | 80 | 3,136 |
Madaniyat | Mayonez, aspirin, Coca-Cola: Yulduzlarning serjilo sochlari siri nimada? (foto) | Shou-biznes vakillarining sochlarining hajmli, serjilo va yaltiroq ekaniga qarab kishining havasi keladi. Ammo sochlar bunday o‘ziga xos bo‘lishi uchun ularning hammasi ham qimmatbaho vositalardan foydalanavermaydi. Ularning parvarish retseptini siz-u biz ham uy sharoitida amalga oshirishimiz mumkin.
Jennifer Lopes: avokadodan tayyorlanadigan niqob
Bergan intervyularidan birida Jey Lo sochi uchun professional kosmetik vositalardan foydalanishi, ammo tabiiy parvarishni ham inkor etmasligini bildirgan. Buning uchun avokadoga tuxum sarig‘ini qo‘shib, sanchqi yordamida bo‘tqa holiga keltiriladi va aralashma butun soch uzunligi bo‘ylab surtiladi. Shundan keyin oddiy shampun bilan yuvib tashlanadi. Aktrisaning so‘zlariga qaraganda bunday niqob sochni yaltirab turishi va sog‘lom ko‘rinishiga yordam beradi.
Demi Mur: rayhondan foydalanadi
Sochlari shampun reklamasidagidek yaltiroq va qalin ko‘rinadigan Demining siri sochini haddan ortiq yuvmasligi (haftada 2 marta yetadi) va rayhondan foydalanishida. Buning uchun 1 qoshiq quritilgan rayhonga 1 stakan qaynoq suv qo‘shadi. Shampundan keyin ushbu aralashmani ishlatadi va oxiri yuvib tashlamasdan sochiq yordamida quritadi.
Kim Kardashyan: quruq shampun
Kim sochni ortiqcha yuvaverish uni quritib, zarar yetkazadi deb o‘ylaydi. Shu sabab ham u sochini har kuni yuvmasdan quruq shampundan foydalanadi.
Jennifer Eniston: aspirin
Intervyulardan birida Eniston sochlari qalin va mustahkam bo‘lishi uchun shampuni ichiga maydalangan aspirin qo‘shishini ma’lum qilgan.
Penelopa Krus: qahvali niqob
Penelopa sochlarini parvarish qilishni buvisidan o‘rgangan bo‘lib, bu borada unga ispancha niqob yordam beradi. Buning uchun 1 qoshiq qahvaga, mango sharbati, dolchin va bedana tuxumini qo‘shadi. Aralashmani sochga surtgandan keyin kamida 1 soat turishi kerak va shundan keyin oddiy shampun bilan yuvib tashlasa bo‘ladi.
Monika Beluchchi: magnoliya yog‘i
Barcha italiyaliklar singari Monika ham sochini zaytun yog‘i bilan parvarish qiladi, ammo bu hammasi emas. Aktrisa sochlari serjiloligining boshqa siri magnoliya yog‘idan foydalanishida.
Zoi Saldana: mayonezli niqob
Zoining aytishicha, sochlarini mustahkamlash uchun mayonezli niqobdan foydalanishni unga onasi o‘rgatgan. Ammo mayonez uyda tayyorlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun tuxum sarig‘iga 1 osh qoshiq sirka, zaytun yog‘i va xantal qo‘shish kerak. Bunday niqobdan keyin bosh biroz achishadi va bu sochni tez o‘sishiga yordam beradi.
Skarlett Yoxansson: argan yog‘i
Foydali xususiyatlari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan yog‘dan aktrisa sochlarini mustahkamlash va parvarishlash uchun foydalanadi. U uyquga yotishdan avval yog‘ni boshiga surtadi va sochlari bo‘ylab tarqatadi. Argan, ayniqsa, bo‘yalgan sochlarga yaxshi yordam beradi.
Syuki Uoterxaus: Coca-Cola
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, model sochlarining serjilo bo‘lishi uchun Coca-Cola’dan foydalanadi. U sochlarni hajmli ko‘rsatadi, yaltiratadi.
Ketrin Zeta-Jons: asal va pivo
Ketrin ushbu retsept uchun haqiqiy pivo va tabiiy asaldan foydalanish kerakligini ta’kidlaydi. Aralashmani sochga surtib, odatdagidek yuvib tashlash mumkin. | 79 | 3,108 |
Madaniyat | “O‘zbeknavo”ning sobiq bosh direktori Azamat Haydarov “O‘zbekkonsert”ga rahbar etib tayinlandi | Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy metodik markazi direktori Azamat Haydarov “O‘zbekkonsert” davlat muasssasasi direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bermoqda.
Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017-yil 19-maydagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan muassasa rahbariga aylandi.
Azamat Haydarov 2008—2014-yillarda “O‘zbeknavo”ning bosh direktori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi va “O‘zbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil etildi. | 94 | 876 |
Madaniyat | Haddan ortiq injiqlik: Mashhurlarning xizmatchilariga bo‘lgan noodatiy munosabatlari (foto) | Yulduzlar bilan ishlash ba’zida chidab bo‘lmas darajada qiyin ekanligini quyidagi ma’lumotlardan ham bilib olish mumkin.
Beyonse
Eng mashhur juftliklaridan biri Beyonse va Jey-Z’ning qizi Blu Ayvining shaxsiy oshpazi, stilisti, tansoqchisi va hatto ponisi bor. Go‘dakligida unga ikki enaga qaragan. Ulardan birining vazifasi bolani faqat onasi aytgan qo‘shiq bilan tinchlantirish edi. Shuning uchun enaga nafaqat qo‘shiq so‘zlarini yodlagan, balki xonandaning barcha harakatlarini takrorlashga va chaqaloqning har bir talabiga binoan kuniga besh marta bu qo‘shiqni aytib berishga majbur bo‘lgan.
Aleksandr Malinin
Mashhur qo‘shiqchining enaga uchun qat’iy talablari bor: u sochlari och rangda va 44 o‘lchamdan oshmaydigan ozg‘in bo‘lishi kerak. Bolalarga yaqinlashishdan oldin dushga tushib, keyin xalat va niqob kiyishi shart.
Sharliz Teron
Maftunkor Sharliz esa xizmatkorlariga unga qarashga va gaplashishga umuman ruxsat bermaydi. Xizmatkor polga qaragan holda barcha savollarini yozma ravishda bekasiga beradi. Savollar uchun maxsus jurnal tuzilgan: agar biror narsani aniqlashtirish kerak bo‘lsa, eslatma qoldirib, javobini kutish lozim.
Shon Penn
Sharliz Teronning sobiq sevgilisi ham og‘ir xarakterga ega. Bir marta aktyor qayiqda baliq tutayotganda yordamchisi ko‘rfazning o‘rtasiga sigaret qutisi solingan paket bilan suzishga majbur bo‘lgan. Chunki aktyor o‘sha payt chekishni xohlab qolgan.
Naomi Kempbell
Taniqli model xizmatkorining boshiga telefon go‘shagi bilan urgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ammo u bu bilan tinchimagan. Bir muncha vaqt o‘tgach u aeroport xodimining yuzini tirnab, haydovchisini tepib yuborgan. Buning uchun u bir necha million dollar to‘lashga majbur bo‘lgan.
Britni Spirs
Britnining sobiq xizmatkori ishdan bo‘shatilgani uchun qasos olib, yulduz kattalar uchun o‘yinchoqlar yig‘ishi, burger va kartoshkasiz yashay olmasligi haqida gapirib bergan.
Megan Foks
Megan esa uy xizmatchisining so‘zlariga ko'ra, sochlarini bir necha hafta yuvmasligi mumkin.
Jonni Depp
Mashhur aktyorning yordamchilari ham yulduzning odatlaridan mamnun emas. Ishdan bo‘shatilgandan so‘ng ular Joni 10 kun davomida bir xil kiyimda yurishi mumkinligi, boshqalar esa uning yoqimsiz hidiga chidashlari kerakligini aytib berishgan.
Madonna
Madonnaning xizmatkorlari esa uyqu nimaligini bilmaydi. Ular har kuni kechasi xonandaga taxminan 6 marta bir shisha toza suv olib kelishi kerak.
Ledi Gaga
Pop-yulduzning sobiq shaxsiy xizmatkori sudda xonanda unga to‘shagini isitishni, televizorni boshqa kanalga olishni va hojatxonani yuvishni buyurgani uchun bir necha million dollar jarima to‘lashga majbur qilgan. | 91 | 2,636 |
Madaniyat | Rejissor Sarvar Karimov “Sarvqomat dilbarim”dagi o‘pishish sahnasi va titrlar kesib tashlangani uchun “Milliy TV”ni sudga berishini ma’lum qildi | Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” asari asosida o‘zbekistonlik rejissor Sarvar Karimov tomonidan suratga olingan film 20-mart kuni “Milliy TV” telekanali orqali efirga uzatildi. Sarvar Karimov efirga uzatilgan filmning eng muhim qismlari — Ilyos va Asalning Issiqko‘l bo‘yidagi bo‘sa sahnasi kesib tashlanganidan noroziligini bildirib, bayramdan so‘ng telekanalni sudga berishini ma’lum qildi.
Kadr: “Sarvqomat dilbarim”
Qadrli “Milliy TV” telekanalining ayrim ijodkorlari. Sizlarni ilgari ham unchalik qattiq yaxshi ko‘rmasdim-u, kechagi ishingizdan keyin umuman yomon ko‘rib qoldim. Telekanalingizni butun ijodiy jamoamiz bilan yomon ko‘ramiz. Magazinchi G‘aybulla ham sizlarni yoqtirmaydi, o‘zi aytdi menga.
Kecha, ya’ni 2020-yil 20-mart soat 22:00 da men rejissorlik qilgan “Sarvqomat dilbarim” filmi telekanalingizda efirga uzatildi. Uyalmasdan, mendan ruxsat so‘ramasdan, bir og‘iz maslahatlashmasdan filmning eng muhim sahnalaridan biri bo‘lmish — Ilyos va Asalning Issiqko‘l bo‘yidagi bo‘sa sahnasini kesib tashlabsizlar. Avvalambor, bu sahna syujet uchun o‘ta muhim. Qolaversa, aynan shu sahnada filmning g‘oyasiga xizmat qiluvchi kiyik obrazi ilk bora tomoshabin ko‘z oldida gavdalanardi. Bu kiyik metafora bo‘lib, baxt timsolini o‘zida ifoda etadi. Afsuski, sizlar metafora nima ekanini tushunmasangiz kerak. Aks holda uni kesib, yo‘q qilib tashlashga vijdoningiz yo‘l qo‘ymagan bo‘lardi.
Shu o‘rinda sizlarga savol bermoqchi edim: nahotki odam shu qadar qo‘rqoq bo‘lishi mumkin? Ikki odam kadrda o‘pishsa – musaffo osmonimiz uzilib qaro yerga qulab tushadimi? Yoki o‘zbek o‘pishmaydimi? Yoki bu filmda uydan qochib, ko‘cha-kuyda o‘pishib yurish targ‘ib qilinganmi? Filmni o‘zi ko‘rayotganda mundoq umumiy ma’no-mazmuniga ham ahamiyat berasizlarmi? Yoki aql-u farosatingiz faqatgina asarni alohida-alohida kadr darajasida ko‘rishdan uyog‘iga o‘tmaydimi? Filmning boshida katta qilib 16+ deb yozilgan bo‘lsa, jonivor kechasi 22:00 dan keyin berilayotagan bo‘lsa – nima muammo? Qolaversa, kinoni men tasvirga olganman, “O‘zbekkino” Milliy agentligi badiiy kengashi tasdiqlagan, shu sahnasi bilan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya kinoteatrlari namoyish etgan, festival va tanlovlarda qatnashgan. Shunday ekan, siz nimadan qo‘rqasiz? Gap tegsa – menga tegadi, “O‘zbekkino”ga tegadi-ku! Sizlarga tegmaydi. Tegsa ham, “Ana, rejissordan so‘ranglar nega bunaqa uyatsiz kino olganini. Bizga “O‘zbekkino” berdi kinoni, biz qo‘ydik”, desangiz ham bo‘ladi-ku?! Nega bu qadar qo‘rqoqsiz? Nega bu qadar kalta o‘ylaysiz? Qilayotgan ishingizdan o‘zingiz uyalmaysizmi? Nahotki bir umr qo‘rqib, qaltirab, ikki pullik ishingizdan ayrilib qolish vahimasi bilan yashab, o‘lib ketaverasizlar? Siz ham odamsiz-ku, qul emas. Ongli mavjudotsiz-ku. Miya nimaga berilgan o‘zi? O‘pishish sahnasi “O‘tkan kunlar”da ham, “Shum bola”da ham bor-ku. Yoki bu filmlar ham uyatsizmi? Yoki Chingiz Aytmatov yomon yozuvchimi, uyatsiz, ma’naviyatsiz asarlar yozganmi? Kesmasangiz — dunyo ostin-ustun bo‘lib ketar ekan, men bilan aloqaga chiqib, bir og‘iz maslahatlashsangiz bo‘lmasdimi?
Bundan tashqari Ilyosning “Ilhom” teatrida foye bo‘ylab yurish sahnasini ham kesibsizlar. Chunki devorda rassom Sardor Erkinovning “Metamorfozalar” turkum kartinalari ilingan edi. Yarim yalong‘och erkak va ayollarni ko‘rib, qo‘rqib ketgan bo‘lsangiz kerak-da. Shu sahna efirdan ketsa – o‘zbek millati parokanda bo‘lib, yoshlarimiz yoppasiga uyatsiz bo‘lib ketadi-ku axir, to‘g‘rimi?
Ammo eng achinarlisi – film yakunidagi titrlarni ham butkul kesib tashlabsizlar. Ya’ni bu bilan film uchun bir yil fidokorona xizmat qilgan yuz kishiga yaqin jamoaning mehnatini sariq chaqaga ilmagansizlar. Ilgari titrni yashin tezligida o‘tkazib yuborardingiz. Bunisiga ko‘nikkan edik. Efir vaqti falon pul, buni biz ham tushunamiz. Ammo yakuniy titrni butkul kesib tashlash – qip-qizil surbetlik emasmi?
Xullas, men sizlardan xafaman va dushanba kuni yaxshi niyat bilan advokat yo‘llab, telekanalingizni sudga beraman. Zora, shu insedentdan keyin qolgan telekanallarimizga ham insof tegib qolar va oz bo‘lsa-da, kinoijodkorlarning mehnatini qadrlashni o‘rganishar. Lekin sizlarni bari-bir yomon ko‘raman. O‘zingizni o‘zingiz ham yomon ko‘rsangiz kerak. Tag‘in bilmadim...
Navro‘z bayrami bilan ham tabriklamayman sizlarni. Sizlar – yomon odamsizlar!
Sarvar Karimov, kinorejissor
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekkino” Milliy agentligi va O‘zbekiston telekanallari birgalikda koronavirus profilaktikasi kunlarida “Uy kinoteatri” aksiyasini amalga oshirmoqda. “O‘zbekkino” telekanallarga taqdimoti yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mo‘ljallangan 30 ta yangi filmni taqdim etgan. Ular orasida “Sarvqomat dilbarim” “Qo‘qon shamoli”, “Avloniy”, “Birinchi avgust” va boshqalar bor. | 144 | 4,734 |
Madaniyat | “Yevrovideniye” g‘olibi tanlovning asosiy qoidasini buzgani ma’lum bo‘ldi | “Yevrovideniye” g‘olibi — Niderlandiya vakili Dunkan Lourens xalqaro qo‘shiqlar tanlovining asosiy qoidasini buzdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, “Yevrovideniye”ning bosh qoidasi — yangi qo‘shiqni ijro etish. Ammo Dunkan Lourens 2017-yildayoq kuylagan Arcade qo‘shig‘i bilan chiqish qildi. Xuddi shu qo‘shiq videosi foydalanuvchilardan birining YouTube-kanalida e’lon qilindi.
Videolavhada Lourens Arcade qo‘shig‘ini kuylayotgani aks etgan, ammo videoyozuv 2017-yil 9-iyunda olingan. Ushbu holat tanlov natijalarini bekor qilish uchun sabab bo‘lishi mumkin. | 73 | 576 |
Madaniyat | Xonanda Lola to‘ydan keyin qanday uddaburon kelin bo‘lganini so‘zlab berdi | Xonanda Lola “Sug‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida, turmushga chiqqanidan keyingi dastlabki davrda singlisi va yaqin dugonasi unga qanday yordam ko‘rsatgani haqida so‘zlab berdi.
“Katta hovliga kelin bo‘lganman. Supur-sidir, uy ishlari — hammasiga ulgurishim qiyin edi. Uydagilar ketishgach, dugonam Nargiza bilan singlim Anora yordamga kelardi”, — dedi xonanda.
“Kechgacha ko‘cha, hovlini supurardik, kir yuvardik, oyna artardik, ovqat pishirardik. Keyin hech kim kelmasidan ular ortga qaytishardi. Hozir kulib eslayapmizu, lekin dugonam va singlim bo‘lmaganida, bilmadim, nima qilardim”, — dedi Lola.
“Sug‘diyona” muxbirining: “Uddaburon kelin bo‘lgan ekansiz-da. Bu hiylangizni hech kim sezmaganmi?”, — degan savoliga, Lola kulib shunday javob berdi: “Birinchi marta sizga aytyapman”.
Ma’lumot uchun, Lola 2005-yili turmushga chiqqan, 2011-yilda ajrashgan. Xonanda so‘nggi intervyularidan birida: “O‘z qalbim sohibi bilan oila qurganimda, bundan sobiq erim ham mamnun bo‘ladi, degan fikrdaman”, — degandi. | 74 | 1,015 |
Madaniyat | Termizda Baxshichilik san`ati festivalining rasmiy ochilishiga oz qoldi | Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini o`tkazish to`g`risida”gi qaroriga asosan o`tkazilayotgan mazkur festivalda bir qator xalqaro tashkilotlar, shuningdek, 76 davlatdan yuzdan ortiq ijrochilar, mutaxassis va olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Bugun mazkur festival doirasida Termiz shahrida “Jahon sivilizasiyasida baxshichilik san`atining o`rni” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o`tkazilmoqda. Unda jahonning turli mamlakatlaridan xalq og`zaki ijodi, xususan baxshichilik, oqin va jirovlar, oshiq va ozandar san`ati bilan shug`ullanuvchi olimlar ishtirok etmoqda.
Anjumanning ochilishida so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasai madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev yurtimizda o`zbek xalqining boy madaniy merosini o`rganish, rivojlantirish va targ`ib etish borasida katta ishlar amalga oshirilayotgani, mazkur yirik festivalning o`tkazilishidang maqsad nafaqat o`zbek baxshichiligi, balki bu san`atning butun dunyoda tarqalgan namunalarini saqlab qolishda katta ahamiyat kasb etishini ta`kidladi.
Anjumanda jahon olimlari xalq dostonlari, qo`shiq va laparlaridagi mushtarak jihatlar, ularni o`rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida, shuning o`z xalqlarining dostonchilik an`analari haqida so`z yuritdilar.
Biz anjuman ishtirokchilaridan ba`zilarini suhbatga tortdik.
Zeki Erdali, turkiyalik baxshi (ozan):
–Men dunyoning turli davlatlariga borib, turk baxshichiligi namunalarini ijro etib kelaman. O`zbekistonga birinchi kelishim. Lekin hali dunyoning biror mamlakatida baxshilarga bu qadar katta e`tibor qaratilganini ko`rmaganman. Men ushbu anjuman tashkilotchilaridan, xususan O`zbekiston hukumatidan minnatdorman. O`z yurtimga borsam, men ham shu soha mutasaddilaridan iltimos qilaman. Bizda ham shunday baxshilar anjumanini tashkil etishlarini so`rayman. Men o`zbekistonlik baxshi do`stlarimni ham Turkiyada ko`rishni orzu qilaman.
Akbar Qo`shali, Ozarboyjon Otaturk markazi bo`lim boshlig`i, shoir-publisist:
–O`zbek va ozarboyjon dostonlari bitta ildizga ega. O`zbek xalqi hamisha ozar qardoshlariga elkadosh bo`lib kelgan. O`zbek dostonchiligi juda qadim tarixga ega. Bugungi tadbirda ham yurtimizdan ikki nafar olim, besh nafar baxshi va xalq qo`shiqlari ijrochilari ishtirok etmoqda. Men ushbu anjumanda Ozarboyjon dostonchilik maktabi haqida ma`ruzam bilan qatnashyapman. Bugungi festival turkiy xalqlar hayotida yangi sahifa ochishiga ishonaman. | 71 | 2,529 |
Madaniyat | «Madaniy merosimiz brendini boshqalar o`zlashtirishga yo`l qo`ymasligimiz kerak!» | O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi arafasida O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) tomonidan bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Berlin shahrida “Buyuk ipak yo`li merosi – O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik” mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy forumi o`tkazilmoqda. Mazkur nufuzli tadbir munosabati bilan O`zEOAVMA boshqaruvi raisi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov bilan mazkur forum arafasida qo`lga kiritilgan kashfiyotlar haqida suhbatlashdik.
— Ustoz, o`tgan yilda Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, AQSh, Fransiya singari mamlakatlarda shu mavzuda qator tadbirlar o`tkazildi. Bu galgi manzil esa Germaniya!
— O`zbekiston va Germaniyani bir necha ming chaqirimlik masofa ajratib tursa-da, xalqlarimiz o`rtasidagi aloqalar uzoq asrlarga borib taqaladi. O`zaro munosabatlarda madaniy-gumanitar aloqalar alohida o`rin tutadi. Bundan 25 yil muqaddam mamlakatlarimiz o`rtasida madaniy hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolangan. Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan ochiq va oshkora tashqi siyosat samarasi o`laroq, Germaniya bilan munosabatlarimiz yanada mustahkamlanmoqda.
Bevosita forum haqida to`xtaladigan bo`lsak, biz unga o`zbekistonlik va germaniyalik olimlar bilan birga ikki yildan beri tayyorgarlik ko`rib keldik. Bugun Berlin shahridagi O`zbekiston Respublikasi elchixonasida “Buyuk ipak yo`li merosi – O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik” mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy forum yuqori saviyada o`tkazilmoqda.
Germaniyada ham o`zbek xalqining madaniy merosiga hamisha qiziqsh katta bo`lib kelgan. “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi doirasida olib borilgan izlanishlarimiz natijasida ikki mamlakat mutaxassislari hamkorligida “O`zbekiston madaniy merosi Germaniya to`plamlarida” kitob-albomi yuzaga keldi. Xuddi shu mavzuda hujjatli film ham suratga olindi.
Biz Prezidentimiz tashrifi arafasida o`tkazilayotgan media-forum doirasida mazkur kitob-albom taqdimotini ham o`tkazyapmiz.
— Firdavs Fridunovich, mazkur kitob qanday yaratilgani haqida so`zlab bersangiz.
— Hammasi uch yil avval Drezdendagi Harbiy-tarixiy muzeyni borib ko`rishimdan boshlangan. O`shanda Saksoniya Federal eri parlamenti raisi Mattias Ryossler va Konrad Adenauer fondining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Tomas Kunse hamrohligida Drezden Qurol palatasida o`zbek hunarmandlari tomonidan ishlangan qilichlar, chiroyli pichoqlarni ko`rish imkoniga ega bo`ldik. O`shanda menda “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumidan chop etilayotgan kitoblarning bir jildini Germaniya muzeylariga bag`ishlash fikri tug`ildi. Shu tariqa O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan kitoblarimizning 11-jildi ustida ish boshladik. So`nggi ikki yil ichida biz jurnalistlar bilan o`n martaga yaqin Germaniyaga ijodiy safarlar uyushtirdik. GFRning bir qator kutubxona va muzeylarida bo`ldik. Germaniya muzeylari bilan aniq hujjatlarni imzolash kerak bo`lgani uchun bu jarayonni amalga oshirishga uzoq vaqt kerak bo`ldi.
— Nemis muzeylarida sizni qanday qabul qilishdi? Loyihaga qanday munosabatda bo`lishdi?
— Aytish joizki, nemislar aniq hisob-kitobni yoqtiradigan xalq, shu bois hammasini avvaldan rejalashtirishadi. Ular avvaliga loyihamizga biroz ishonchsizlik bilan qarashdi. Chamasi, rivojlanayotgan mamlakatning nodavlat tashkiloti bunday yirik loyihani qanday uddalarkin, deb o`ylashdi. Nafaqat katta mablag`, balki keng miqyosdagi tashkiliy ishlarni talab etadigan bunday g`oyalarni amalga oshira olishimizga shubha bilan qarashdi. Ular bunday qisqa fursat ichida nemis muzeylaridagi madaniy yodgorliklarimizni izlab topishimiz va dunyoga ko`rsata olishimizga ishonishmadi. Lekin, biz o`zbek san`ati haqida nemis olimlari hikoya qilishini istagandik.
— Ular tegishli materiallarni suratga olib, ma`lumot uchun bizning mutaxassislarga murojaat qilishsa, yaxshiroq bo`lmasmidi?
— Albatta. O`zbekistonda bu haqda hikoya qilib berishi mumkin bo`lgan mutaxassislar ko`p. Faqat bir jihatni unutmaslik kerak. Xorijdagi muzey xodimlari, chet ellik olimlar O`zbekiston madaniyati bilan bog`liq kolleksiyani o`rganish bilan shaxsan shug`ullanishsa, kitob-albomlarning qimmati ikki baravar ortadi. Ular shu orqali O`zbekistonning boy madaniyatiga chuqurroq kirib boradilar, shu tariqa xorijda yangi kashfiyotlar ochiladi, jahon aholi yurtimiz tarixining noma`lum sahifalaridan xabardor bo`lishadi. Buyuk ajdodlarimiz yaratib qoldirgan durdonalarni o`rganish asnosida olimlar bu kolleksiyani keng ommaga oshkor etish lozimligini tushunib etyaptilar. Shu tariqa bu artefaktlar muzeylarda taqdim etilyapti, bu esa madaniy merosimizni targ`ib etishning muhim usullaridan hisoblanadi.
O`zingiz o`ylang, turkumdan o`rin olgan 20 ta jildda biz butun dunyodan 200 nafardan ortiq olimni qamrab oldik. Bu hali chegara emas. Joriy yilda biz yana 15 ta albomni chop etamiz, yigirmata film suratga olamiz. Bu ishga 150 nafar mashhur olim, ekspert, tadqiqotchi va jurnalistlarni jalb qilganmiz.
— Mazkur albomning mazmun-mohiyati, uning avvalgilaridan farqli jihatlari haqida ham to`xtalib o`tsangiz.
— Mazkur nashr shu turkumdan chop etilayotgan kitob-albomlarning o`n birinchi jildi hisoblanadi. Bu kitobning eng e`tiborli tomoni unga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan so`zboshi yozilganidir. Muhtaram Yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek, “O`zbekistonda nashr qilingan, ikki mamlakatning san`atshunos olimlari va tarixchilari, fotorassomlari va jurnalistlarining mashaqqatli mehnati evaziga dunyoga kelgan bu ajoyib kitob xalqlarimizning o`zaro hurmat-ehtiromi, mustahkam do`stligi, bir-birining tarixi va madaniyatiga bo`lgan samimiy qiziqishining amaliy ifodasidir”.
Mazkur jild Berlin Davlat kutubxonasi, Berlin Islom san`ati muzeyi, Berlin etnologiya muzeyi, Shtutgartdagi Linden nomli muzey, Gamburg san`at va hunar muzeyi, Leypsig, Drezden va Xernxut etnologiya muzeylari hamda Lyubek shahri (Ganzey) etnologiya to`plamini qamrab oluvchi Saksoniya Davlat etnografiya kolleksiyasidagi osori atiqalarni o`z ichiga oladi. Xususiy kolleksiyalar faxriy senator Manfred Bumillerga (Bamberg) tegishli bo`lgan Islom davri obidalari to`plamini tashkil qiladi.
Mazkur muzeylar orasida biz bilan birinchi bo`lib aloqaga chiqqanlardan biri Berlindagi islom san`ati muzeyi direktori o`rinbosari Ute Franke bo`ldi. Ushbu muzey Berlindagi eng yirik muzeylardan biri bo`lib, unga har yili 300 ming kishi tashrif buyuradi. 1925 yilda muzeyga Rossiya orqali Samarqand kulolchilik buyumlari namunalari kelib tushgan. 30-yillarda Berlin etnograrafiya muzeyidan yana minglab sopol parchalari keltiriladi. Ularning aksariyati Buyuk ipak yo`lidagi muhim manzil – Afrosiyob xarobalaridan topilgan edi. Tasavvur qilyapsizmi, bu artefaktlarning aksariyati hali fan uchun yangilik! Biz muzeyga oxirgi marta kelganimizda muassasa rahbari doktor Xasse va Franke xonimga mazkur kitobning namuna nusxasini taqdim etdik.
— Mazkur kitob turli internet nashrlarida “O`zbekistondagi ilk aqlli kitob” sifatida baholangan edi...
–To`g`ri, O`zbekiston tajribasida ilk bor kitob va axborot texnologiyalarining yutuqlari uyg`unlashtirildi. O`quvchilarga kitobdagi kolleksiya yoki biror buyum haqida to`liq ma`lumotlar olish imkonini beruvchi qo`shimcha zamonaviy usullar taqdim etilmoqda. Kitob sahifalaridagi maxsus belgilar planshet yoki smartfon yordamida skanerlanganda, ekranda ob`ektning 3D formatidagi modeli hamda kolleksiya haqidagi videorolik namoyish etiladi. Buning uchun telefon yoki planshetga NazZar ilovasi yuklangan bo`lishi kerak.
— Bugungi kunda Germaniya to`plamlaridan o`rin olgan eng nodir eksponatlar haqida ham to`xtalib o`tsangiz.
— Germaniyada saqlanayotgan, O`zbekistonga tegishli har bir kolleksiya o`ziga xos va betakrordir. Ular orasida Samarqaddagi Shohi-zinda me`moriy majmuasi hamda Buxorodagi Bayonqulixon maqbarasidan keltirilgan koshin parchalari, X asrga mansub, Afrosiyob xarobalaridan topilgan sopol idishlar, Surxondaryo viloyati hududidan (Chag`oniyon) topilgan arxeologik topilmalar, Buxoro amirligi davriga oid kashtalar, tikilgan kiyim-kechaklar, mehnat qurollari, zardo`zlik va uy-ro`zg`or buyumlari, ot anjomlari, Xiva xonligida yasalgan taqinchoqlarni misol keltirish mumkin.
Germaniyada saqlanayotgan O`zbekistonga oid nodir qo`lyozmalar ham tadqiqotchilar uchun juda katta xazina bo`la oladi. Bu erda Haydar Xorazmiyning uyg`ur yozuvidagi “Maxzanul-asror” dostoni, buyuk olim va hukmdor Mirzo Ulug`bekning “Ziji Ko`ragoniy” jadvali, Alisher Navoiyning “Hamsa”, “Lisonut-tayr”, “Mahbub-ul-qulub”, “Xamsatul-mutahayyirin” singari asarlari, Husayn Boyqaro devoni shular jumlasidandir.
— Forum davomida hujjatli filmlar ham namoyish qilindi. Germaniyada olib borilgan suratga olish jarayonlari haqida gapirib bersangiz.
— Biz taniqli jurnalist va san`atunos Shaxnoza G`anieva boshchiligidagi televizion guruh bilan Germaniyaga suratga olish ishlari yuzasidan ikki marta kelganmiz. Islom madaniyati va O`rta Osiyo tarixni tadqiq etayotgan taniqli ekspertlar bilan intervyular uyushtirdik. GFRda saqlanayotan o`zbek zaminida yaratilgan madaniy yodgorliklar haqida hikoya qiluvchi ikkita yirik hujjatli filmni suratga oldik.
— Yangi nashr va hujatli filmlarni yaratishda qanday qiyinchiliklarga duch kelindi?
— Jahon to`plamlaridagi ko`plab madaniy merosimiz durdonalari kataloglashtirilmagan va o`rganilmagan. Afsuski, qator muzeylarida mintaqamiz bo`yicha mutaxassislar etishmagani bois, ko`plab osori atiqalarimiz omborxonalarda, qutilar ichida yotibdi. Undan ham yomoni, ayrim muzeylarda ajdodlarimiz mehnati evaziga yaratilgan ko`plab durdonalar Eron yoki Afg`onistonga tegishli artefaktlar sifatida taqdim etilgan. Misollar juda ko`p. Germaniyaga tashriflarimiz asnosida yana bir muammoga duch keldik. Linden va Shtutgartdagi muzeylar bizga eshik ochishni istamadi. Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, muzey tomonidan 1996 yilda chiqarilgan “Buyuk ipak yo`li vorislari” kitob-albomida O`zbekistonga oid ko`pgina buyumlar kiritilgan. Mazkur katalog va unga bag`ishlangan ko`rgazma uchun Germaniyaning mashhur Mercedes-Benz kompaniyasi tomonidan 1 million dollar ajratilgan. Safarimiz asnosida ma`lum bo`lishicha, ushbu ekspozisiyalarda ko`plab buyumlar Eron, Afg`oniston singari ko`plab sharq mamlakatlariga tegishli ashyolar sifatida ko`rsatilgan ekan. Bugun ham dunyoning ko`pgina kutubxonalarida Samarqand, Buxoro singari shaharlarimizda yaratilgan kitobat san`atining ayrim namunalari forsiy tilda bitilgani uchun boshqa mamlakatlarning madaniy merosi sifatida talqin etilmoqda. Shu sababli biz Germaniyadagi qator muzeylarga murojaat qilib, xalqimizga tegishli merosni qaytadan o`rganish, nemis muzeylarida saqlanayotgan o`zbek xalqiga oid osori atiqalarga bag`ishlangan kitob-albom nashr etish bo`yicha hamkorlikni taklif qildik.
— Artefaktlarning kelib chiqishi bilan bog`liq bunday xatolar ortida qandaydir maqsadlar bo`lishi mumkinmi? create
— Albatta bu ilmiy xato. Ammo, uning ortida boshqa maqsadlar ham bo`lishi mumkinligini inkor etolmaymiz. “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasi ustida ishlar ekanmiz, jahonda mamlakatlar o`rtasida ochiq xarakterga ega bo`lmagan axboriy, mafkuraviy, iqtisodiy va boshqa yo`nalishdagi kurashlar davom etayotganiga amin bo`ldik. Istaymizmi-yo`qmi, o`z xalqining tarixiy ahamiyatini, jahon sivilizasiyasi rivojiga qo`shgan hissasini oshirib ko`rsatish uchun musobaqalashayotgan davlatlar ham bor. Ular ba`zi hollarda boshqa xalqlarga mansub faylasuflar, olimlar, mutafakkirlarni ham o`zlariga tegishli deb da`vo qilishadi. Ilmiy tadqiqotlar bahonasida ayrim mamlakatlar tomonidan yirik muzeylarda saqlanayotgan artefaktlarni “o`zlashtirish” uchun million dollarlab mablag` ajratish keng tus olmoqda.
Mamlakatimiz rivojining yangi bosqichida biz ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan boy madaniy meros, bebaho asarlar, jahonshumul kashfiyotlar nainki butun bashariyat xazinasi, eng avvalo xalqimizning mulki ekanini anglab etmoqdamiz. Zamonaviy til bilan aytganda, bu o`zbek xalqining brendi hisoblanadi. Biz bu xazinani ko`z qorachig`idek asrash barobarida, keng targ`ib etishimiz ham kerak.
— Bu vazifa bilan hukumat shug`ullanishi kerak emasmi?
— Bunday o`ylash noto`g`ri. Albatta, bugungi kunda davlatimiz tomonidan, xususan Prezident tashabbusi bilan xalqimizning tarixi va madaniyatini o`rganish, keng targ`ib etishga katta e`tibor qaratilmoqda. Ammo, bu masala har bir fuqaroning a`moliga aylanishi kerak. Biz farzandlarimiz, nabiralarimizni eng avvalo milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashimiz shart. Yurtboshimiz bir necha bor ta`kidlaganlaridek, yosh avlodga ularning kimlarning vorislari ekanini anglatishimiz lozim. Bu ishni allaqachon urfdan qolgan eskicha yig`ilishlar, zerikali suhbatlar tarxida emas, eng zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan mediamahsulotlar, orqali singdirishimiz kerak. Nima uchun manfur Chingizxonni lol qoldirgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi timsolini zamonaviy yutuqlarni o`zida aks ettirgan mulfilmlar, blokbasterlar, elektron o`yinlarda jonlashtirmasligimiz kerak? Buyuk Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro orasidagi do`stona munosabatlarni haqqoniy ochib beradigan filmlar qachon yaratiladi?
Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan tarixiy merosimizni o`rganish va keng targ`ib etishga qaratilgan “O`zbekiston tarixi” telekanalini yaratish bo`yicha taklif bildirilgani ham bu borada muhim qadam bo`ldi, deb ayta olaman.
— Bugungi media-forum dasturidan yana qanday tadbirlar o`rin olgan?
— "Buyuk Ipak yo`li merosi – O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik" mavzusida Xalqaro ilmiy-madaniy forumi doirasida O`zbekistonning Berlindagi elchixonasida "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" turkumidan chop etilgan kitob-albomlar ko`rgazmasi o`tkaziladi.
Shuningdek, Evropa jamoatchiligi e`tiboriga O`zbekistonga oid qadimiy qo`lyozmalar – “Katta Langar Qur`oni”, "Husayn Boykaro devoni", "Temur tuzuklari", "Ravzatus-safo”, "Me`rojnoma" singari noyob qo`lyozmalar, Sohibqiron hayoti va faoliyatidan hikoya qiluvchi "Zafarnoma" kitobidan olingan miniatyuralarning faksimile nusxalari keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
Forum nihoyasida "O`zbekiston – Buyuk Ipak yo`lining yuragi" deb nomlangan tantanali qabul marosimi o`tkaziladi. Unda 150 nafardan ortiq ishtirokchilar o`zbek milliy taomlaridan bahramand bo`lishlari mumkin. Shuningdek, "Palov – o`zbek taomlari brendi" videoroligining taqdimoti ham bo`lib o`tadi. Kechaga “Mumtoz navo” o`zbek ansambli, O`zbekistondagi nemis madaniy markazi qoshida faoliyat yuritayogan «Jugendstern» jamoasi ijrosida kuy, qo`shiq va raqslar fayz bag`ishlaydi.
— Bunday keng ko`lamli loyihani amalga oshirish, albatta juda katta mablag` va kuch talab etadi...
— Eng avvalo bu loyiha Davlatimiz rahbarining O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrab-avaylash va targ`ib etishga qaratayotgan beqiyos e`tibori tufayli amadlga oshirilmoqda. Bunday keng ko`lamli tadbirni amalga oshirishda ko`rsatgan moliyaviy va tashkiliy jihatgan ko`rsatilgan yordami uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga minnatdorchilik bildiramiz.
Bugungi kunda yangi tashabbusilarni amalga oshirish nafaqat hukumatimiz, balki ijtimoiy mas`uliyatga ega tadbirkorlik sub`ektlarining ham yordamini taqozo etmoqda. Bu borada loyihamizning asosiy hamkorlaridan biri – ERIELL xalqaro neft-serviy kompaniyasi har tomonlama yordam bermoqda. Kompaniya rahbari Baxtiyor Fozilov bizni nafaqat inson resurslari bilan ta`minlayapti, balki ko`plab tashkiliy masalalarni hal etishda ham yaqindan yordam bermoqda. Butun dunyo bo`yicha faoliyat ko`rsatayotgan ushbu kompaniya barcha hududiy bo`linmalari yordamida boy madaniy merosimizni o`zining tarixiy vataniga kitob-albomlar va muhtasham faksimile nusxalari ko`rinishida qaytarishga beqiyos yordam bermoqda.
Shu bilan birga Konrad Adenauer jamg`armasining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Tomas Kunse, GFRning Saksoniya federal eri parlamenti raisi Matias Ryosslerga, bizdan o`z ko`magini darig` tutmagan davlat va jamoat tashkilotlariga, O`zbekiston madaniy merosini tadqiq va targ`ib etish bilan shug`ullanayotgan olimlar va jurnalistlarga o`z minnatdorligimni bildiraman.
— Mazmunli suhbatingiz uchun rahmat!
R.Jabborov suhbatlashdi. | 81 | 16,386 |
Madaniyat | 2017-yilning eng boy reperlari reytingini e’lon qilindi | Forbes jurnali 2017-yilning eng boy reperlari ro‘yxatini e’lon qildi. Birinchi pog‘onani xip-xop yo‘nalishida ijod qiluvchi, Diddy taxallusi bilan tanilgan Shon Kombs egalladi.
Uning boyligi 820 million dollarni tashkil etadi, mutaxassislar fikricha tez orada milliard dollarga yetishi mumkin.
Unga raqobatchi bo‘lgan Jay-Z esa 810 million dollar bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. Jay-Z tomonidan bir necha yillar oldin sotib olingan Tiday musiqiy servisining hozirda bahosi o‘n barobarga oshib ketgan.
Uchinchi o‘rinni boyligi 740 million dollarga baholangan Dr.Dre egalladi. Shuningdek, beshlikdan Birdman taxallusi bilan mashhur Brayn Uilyams (110 million dollar) va kanadalik Dreyk (90 millon dollar) joy egalladi.
Kombs 2015-yildan beri eng boy reperlar reytingida yetakchilik qilib kelmoqda. | 55 | 798 |
Madaniyat | “Kino zo‘r chiqdi”. Shavkat Mirziyoyev aktrisa Yulduz Rajabovani ijodni susaytirmaslikka chaqirdi | O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosimda aktrisa Yulduz Rajabova ishtirokidagi filmni e’tirof etib, uni ijodni susaytirmaslikka chaqirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida hikoya qilinadi.
“Taqdirlash marosimi protokol talablariga muvofiq rasmiy tarzda emas, Prezident Shavkat Mirziyoyevga xos bo‘lgan samimiy tusda o‘tdi. Zulfiya mukofoti sohibalarini otalarcha tabriklagan bo‘lsa, kattaroq avlod vakillariga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ehtirom ko‘rsatdi. Taqdirlash marosimi yakunlanganidan so‘ng davlat rahbari tayyorlangan stolga emas, balki diplomatik korpus vakillari tomon yurdi. Bu jarayonda esa tarjimon xizmati deyarli kerak bo‘lmadi. Xitoy Xalq Respublikasi elchisi Syan Yan xonim prezidentga o‘z minnatdorligini o‘zbek tilida izhor etdi”, — deyiladi ko‘rsatuvda.
Qayd etilishicha, prezident zalga yig‘ilgan ayol-qizlarni qutlashda faqatgina diplomatlar bilan chegaralanib qolmagan. Davlat rahbari zalning deyarli yarmini aylanib chiqqan.
“Stol oralab, ayollarni tabriklab chiqar ekan, hamma uchun vaqt ajratishga harakat qildi. Yig‘ilganlar ham o‘z o‘rnida prezident bilan ko‘rishishdan xursand ekanligini aytishdi. Qaynoq tabrik va qutlovlar uchun minnatdorlik bildirishdi. Shavkat Mirziyoyev ularning ko‘pchiligini shaxsan bilar yoki muvaffaqiyati bilan shaxsan tanish edi. Masalan, ‘Shuhrat’ medali sohibasi aktrisa Yulduz Rajabovaning oldidan o‘tar ekan, uning ishtirokidagi film haqida iliq fikrlar bildirdi va ijodni susaytirmasdan shu tarzda davom ettirishni aytdi”, — deyiladi ko‘rsatuvda.
Ma’lumot uchun, Yulduz Rajabova turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan “Mendirman Jaloliddin” serialida Qutlibeka obrazini gavdalantirmoqda. Shuningdek, u “Oskar” mukofotiga tavsiya etilgan “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” filmida ham bosh rolni ijro etgan. | 97 | 1,928 |
Madaniyat | Sardor Rahimxon Xitoy va AQShda konsert beradi | Shu kunlarda internet tarmog‘i orqali O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning muxlislari Xitoyda ham ko‘payib bormoqda, deb yozadi Popcorn.uz.
Bundan ilhomlangan xonanda shu yilning yoz oylarida Xitoy davlatining Urumchi shahrida konsert berish niyatida. Bundan tashqari, AQShning Nyu-York shahrida ham konsert dasturini taqdim etadi. Bu chet el safarlari va konsert dasturlaridan avval viloyatlik muxlislarini yangi konsert bilan xushnud etish uchun iyun oyida rejalashtirilgan Respublika bo‘ylab gastrol safarlarida bo‘ladi.
Shuningdek, yaqinda Sardor Rahimxon xonanda Shahzoda bilan birga Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlarida “Xalqaro metallurglar kuni” munosabati bilan bo‘lib o‘tgan konsert dasturlarida ham faol ishtirok etdi. | 46 | 770 |
Madaniyat | Leonardo Di Kaprio Leonardo da Vinchi rolini o‘ynaydi | Aktyor Leonardo Di Kaprio Renessans davri dahosining biografiyasi ekranizatsiyasida rassom va ixtirochi olim Leonardo da Vinchi rolini o‘ynaydi, deb yozadi Deadline Hollywood portali.
Bundan tashqari, Di Kaprio yozuvchi Uolter Ayzeksonning 2017-yil oktabrda sotuvga chiqadigan kitobi bo‘yicha suratga olinadigan filmning prodyuserlaridan biriga aylanadi.
Filmni suratga olish ishlari qachon boshlanishi hozircha noma’lum. Kitobni ekranlashtirish huquqi uchun Paramount va Universal yirik kinostudiyalari kurash olib bordi.
Leonardo Di Kaprioning rasmiy biografiyasiga ko‘ra, aktyorning ismi aynan da Vinchi sharafiga qo‘yilgan. | 53 | 628 |
Madaniyat | Italiyaliklar karantinda klassik filmlarni proyektorlar orqali aholiga namoyish etmoqda | Rim kinofestivali dasturi tashkilotchilari klassik kinematografiya orqali shahar ruhiyatini ko‘tarib, aholini koronavirus fikridan chalg‘itishga qaror qildi. Alice nella Citta dasturiga javob beruvchi Fabia Bettini va Janlukka Kanelli shaharliklarga filmlardan parchalar namoyish etmoqda, deb xabar beradi “Kinopoisk”.
Bettini va Janellining so‘zlariga ko‘ra, sevimli filmlardagi sahnalarni birgalikda ko‘rish orqali og‘ir damda odamlarni tinchlantirishga harakat qilinmoqda. Ular proyektorlari bor fuqarolardan ushbu harakatni qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan. Shungan so‘ng, aksiyaga nafaqat Rim, balki Piza, Turin va Palermoda ham qo‘shilishdi.
View this post on Instagram
Italiyaning mualliflik to‘g‘risidagi qonunchiligiga ko‘ra, kartinalarni to‘liq namoyish etish taqiqlanadi, shu sababli odamlar qisqa kliplar namoyishi bilan cheklanmoqda. Hozirgacha “O‘lik shoirlar jamiyati”, “Billi Elliot”, “Buyuk diktator”, “Aristrokrat mushuklar”, “ ‘Paradizo’ yangi kinoteatri”, “Shirin hayot”, “Berlin uzra osmon” va “Milandagi mo‘jiza” kabi filmlardan parchalar namoyish etildi.
“Xalq hech qachon taslim bo‘lmaydi!”. Karantindagi italiyaliklar balkonga chiqib qo‘shiq kuylamoqda (video)
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 80 mingga yetgan, vafot etganlar soni esa 8,2 ming kishidan oshib ketdi. | 87 | 1,350 |
Madaniyat | Turkiyaning eng kelishgan bo‘ydoq aktyorlari | Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki aktyorlik mahorati bilan ham muxlislar qalbidan joy olgan turk kinosanoatining bo‘ydoq yulduzlari haqida ma’lumot beramiz.
Chag‘atay Ulusoy
O‘zbek tomoshabinlariga “Ichkarida” filmidagi Sarp roli bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Chag‘atay aslida ushbu ro‘yxatda bo‘lmasligi kerak edi. Chunki uning sevgilisi bor va juftlik ancha vaqtdan beri birga bo‘lgan. Ammo karantin vaqtida tortishib qolgan yulduzlar sal o‘tmay munosabatlariga chek qo‘ydi va bundan buyon Ulusoyni hech ikkilanmay bo‘ydoqlar safida deb e’lon qilish mumkin.
Jan Yaman
“Tong qushi” serialida birgalikda rol ijro qilganidan keyin Jan Yaman va Demet O‘zdemir o‘rtasida sevgi uchqunlari paydo bo‘lgan va juftlik uchrashishni boshlagandi. Lekin munosabatlar filmdagi singari uzoq va davomli bo‘lmadi. Ayni vaqtda Jan Yamanning fikri-xayoli karyera qilish bilan band.
Barish Arduch
“Ijaradagi sevgi” serialidagi Omer roli orqali millionlab qizlar yuragini zabt etgan Barish aktrisa Gyupse Ozay bilan bir necha yildan beri uchrashishiga qaramay, uylanishga oshiqmasligini ta’kidlaydi.
Engin Akyurek
Engin ham Barish singari ancha vaqtdan beri Nevbahar Doyuran bilan ishqiy munosabatda bo‘lsa-da, turmush qurishga shoshmaydi.
Burak Deniz
“Malikam, endi qara” serialidagi kelishgan, yosh, agentlik rahbari sifatida tanish bo‘lgan aktyor ancha vaqt hech kim bilan uchrashmagandi, lekin karantin vaqti aktrisa Beste Kokdemir bilan bir necha marta paparatsi nishoniga uchradi. Ular o‘rtasida qanday aloqalar borligidan qat’i nazar, fakt faktligicha qoladi — Burak Deniz rasman bo‘ydoq.
Onur Tuna
Qarashlari bilan muxlislar mehriga sazovor bo‘lganiga qaramay, Onurning shaxsiy hayotida hanuz hech kim yo‘q yoki bor bo‘lsa ham bu sir. “Turkiyaning eng mashhur bo‘ydog‘i” deb topilgan aktyor e’tirofga munosib bo‘lishda davom etmoqda.
Chag‘lar Ertug‘rul
“Fazilatxonim qizlari” serialida zamonaviy Darsi obrazini gavdalantirgan Chag‘lar nafaqat aktyor, balki model va sportchi hamdir. U intervyularda ovqat tayyorlash va boshqa uy ishlarini o‘zi eplay olishi sabab ham hali uylanishga ehtiyoji yo‘qligini ta’kidlagan.
Sechkin Ozdemir
Sechkin Jan Yamandan avval Demet O‘zdemirning sevgilisi bo‘lgan. Ayni vaqtda u yolg‘iz va erkinligini hozircha kimdir bilan bo‘lishish niyati yo‘q. | 44 | 2,273 |
Madaniyat | Pokistonning eng go‘zal 10 aktrisasi (foto) | Pokistonning nafaqat iste’dodi, balki go‘zalligi bilan ham muxlislar qalbidan joy olgan aktrisalari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Soniya Xusseyn
Pokistonlik aktrisa, teleboshlovchi va model karyerasini deyarli 10 yil avval boshlagan. “Sevgi — mening marhamatim”, “Yolg‘izlik” singari seriallardagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa ayni vaqtda “Maharanning saroyi” loyihasida tasvirga tushmoqda. Ushbu go‘zal aktrisa aksariyat hollarda Bollivud yulduzlari Priyanka Chopra va Dikipa Padukone bilan taqqoslanadi.
Kiran Xon
Pokistonning eng yaxshi aktrisa va modellaridan hisoblangan Kiran “Taqiqlangan sevgi” va “Yaratgandan qo‘rq” nomli seriallar yulduzi hisoblanadi. U nafaqat maftunkorligi, balki kiyinish borasidagi yuksak didi bilan ham ajralib turadi.
Ikra Aziz
Google versiyasiga ko‘ra eng mashhur aktrisalardan biri hisoblangan Ikra Aziz “Munofiqlik”, “Tangri va sevgi 3” nomli seriallardagi roli bilan yaxshi ma’lum. Yasir Xusseyn bilan turmush qurgan aktrisa ayni vaqtda homilador ekani sabab filmlarda suratga tushmayapti.
Sajal Ali
“Alif” va “Bu yurak” seriallaridagi ijrosi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan aktrisa Bollivudning “Ona” filmida Shridevi bilan birga suratga tushgan. Tez orada u turmush o‘rtog‘i bilan birga suratga tushgan yangi serial ekran yuzini ko‘radi.
Saba Kamar
Sabani nafaqat Pokiston, balki butun dunyoda muxlislari bor. O‘ziga xosligi va didi bilan ajralib turadigan aktrisaning kinodagi faoliyati “Pokiston kuni” dramasidan boshlangan. Oiladagilar qarshi bo‘lgani sababli ancha vaqt ularni ko‘ndirishiga to‘g‘ri kelgan. Aktrisa ayni vaqtda Imran Abbas bilan birga suratga tushmoqda.
Mehvish Hayot
Aktyorlar oilasida dunyoga kelgan Mehvish “Yurak ishi”, “Enaya” singari seriallardagi roli bilan yaxshi tanish. Ayni vaqtda u Humoyun Said bilan bir serialda suratga tushmoqda.
Mayya Ali
Ilk bor Ali Zafar bilan birga suratga tushgan aktrisa “Birinchi sevgi” va “Qimmatli yurak” singari rollari bilan yaxshi tanish. U “Birinchi sevgi”dagi hamkasbi Shahriyor Munavvar bilan uchrashadi.
Ayza Xon
Pokistonning eng mashhur aktrisalaridan biri “Kimsan sevgilim?” va “Go‘zal Meher” singari seriallarda suratga tushgan. U pokistonlik mashhur aktyor Danish Taymurga turmushga chiqqan va ikki nafar farzandi bor.
Minal Xon
Model, aktrisa va Pokiston televideniyesining yulduzi “Taqdir”, “Bu sevgi” singari seriallarda rol ijro qilgan. Minal sal avvalroq hali unchalik tanib ulgurmagan aktyorga turmushga chiqqan.
Sanam Said
Latofatli va maftunkor aktrisa “Didan” hamda “Qiymatli yurak” singari seriallarda rol ijro qilgan. O‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgani uni modellikdan aktrisaga aylanishiga sabab bo‘lgan. | 43 | 2,647 |
Madaniyat | Xorazmda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi nishonlanmoqda | Xorazmda O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 2016-yil noyabr oyida Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash, mashhur hofiz nomi bilan ataladigan zamonaviy ijod markazi, go‘zal bog‘ tashkil etish taklifini bildirgan edi. O‘tgan vaqt davomida shu sanaga bag‘ishlab ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Poytaxtda san’atkor tavalludi sanasiga bag‘ishlab adabiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.
Ulug‘ san’atkor tug‘ilib voyaga yetgan Shovot tumanida Komiljon Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i rekonstruksiya qilinib, har tomonlama obod maskanga aylantirildi. Urganchda uning xotirasi bilan atalgan bog‘ va ijod markazi, uy-muzeyi tashkil etildi. Hofiz siymosi aks ettirilgan yodgorlik o‘rnatildi.
Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbir hofiz qabrini ziyorat qilishdan boshlandi.
Ogahiy nomidagi Xorazm viloyati musiqali drama teatrida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yillik bayrami qatnashchilariga tabrigini Prezidentning davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.
Xorazm suvora va maqomlari, xalq ashulalari va dostonlarining mohir ijrochisi Komiljon Otaniyozov asos solgan maktab yosh ijrochilar uchun o‘ziga xos mahorat maktabi bo‘lib kelayotgani alohida ta’kidlandi.
Tadbirda badiiy jamoalar, xonandalar tomonidan Komiljon Otaniyozov ijodiy merosidan namunalar ijro etildi. “Uch bo‘ston bulbuli” nomli spektakl, hofiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videofilm namoyish etildi. | 69 | 1,725 |
Madaniyat | Alisher Usmonovning jiyani Toshkentda yangi liboslari jamlanmasi taqdimotini o‘tkazdi (foto) | Alisher Usmonovning jiyani, dizayner Ganya Usmonova Ganya Usman Collection xayriya loyihasi doirasida o‘zinining yangi liboslar to‘plami taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar berdi “Afisha.uz”.
O‘zbekistonning aksariyat taniqli shaxslari jam bo‘lgan namoyish Premium Line savdo uyida bo‘lib o‘tadi.
Podium yashil gazon ko‘rinishida tashkil etildi. Yangi to‘plamdan bolalar uchun ham kiyimlar o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, to‘plamni yaratish uchun faqat o‘zbek paxtasidan tayyorlangan matolar ishlatilgan. | 92 | 500 |
Madaniyat | Uorren Bitti AQSh kinoakademiyasi prezidentidan “Oskar” marosimidaga chalkashlikka izoh berishni talab qildi | AQSh kinoakademiyasi prezidenti “Oskar” mukofotini topshirish marosimida yo‘l qo‘yilgan chalkashlik bilan bog‘liq vaziyatga tezda oydinlik kiritishi lozim. Bu haqda aktrisa Fey Danauey bilan birga yilning eng yaxshi filmi nomi bitilgan konvertni ochgan taniqli aktyor Uorren Bitti ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Akademiya prezidenti Sheril Bun Ayzeks aslida nima bo‘lganini oshkora tushuntirib bergani o‘rinli bo‘lardi. Buni imkon boricha tezroq qilingani ma’qul”, — deya ta’kidladi Bitti.
AQSh kinoakademiyasi marosimdagi mojaro uchun 27-fevral, dushanba kuni kechirim so‘radi.
Anglashilmovchilik uchun javobgarlikni 1934-yildan beri byulletenlarni yuborish va kinoakademiklar ovozlarini hisoblash, laureatlar nomi bitilgan konvertlarni asrash va boshlovchilarga yetkazishga mas’ul bo‘lgan PricewaterhouseCoopers (PwC) auditorlik kompaniyasi zimmasiga oldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! | 108 | 947 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva: “Hayotiy tarbiyani menga shou-biznes berdi” | Iste’dodli ijodkor Munisa Rizayeva ancha og‘ir-bosiq bo‘lib qolganining sababi hayot ekanligini qayd etdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Shou-biznes meni qayta tarbiyaladi, — deya gap boshladi Munisa. — Kechagina dadam bilan shu haqda gaplashgandik. ‘Dada, shou-biznesga kirishimga, san’atkor bo‘lishimga oyim ikkingiz doim qarshi bo‘lgansiz. Bilasizmi, oiladagi tarbiya, kattani hurmat qilish, kichikka izzatda bo‘lish kabi an’anaviy tarbiya o‘z yo‘liga, lekin hayotiy tarbiyani menga shou-biznes berdi’, dedim.
Men bu bilan ota-onam meni tarbiya qilmadi, demoqchimasman, aksincha, oilamizda haqiqiy o‘zbekona tarbiya muhitida katta bo‘lganman. Shou-biznesga kirgach, odamlarni farqlashni, oq bilan qorani ajratishni o‘rgandim”.
Xonanda borgan sari shou-biznes olamida haqiqiy do‘stlik yo‘q ekanligiga imoni komil bo‘lib borayotganini aytdi: “Endi men ham boshqalar qatori hamma bilan kulib ko‘rishib, kulib xayrlashib, ma’lum chegarani saqlagan holda munosabatda bo‘lishni o‘rgandim”.
Munisa o‘zining boshqalarga do‘st bo‘la olishi borasida ham to‘xtalib o‘tdi: “Arab tilida Munisa ‘vafodor do‘st’ degan ma’noni anglatarkan. Chaqaloq tug‘ilib, uning qulog‘iga azon bilan ismi aytilganda, taqdiri ismiga mos tarzda yozilarkan. Men do‘st bo‘lsam, o‘sha odamga borimni berishga harakat qilaman.
Rayhon bilan munosabatlarimiz buzilganida ham odamlar ‘Munisa aybdor, Rayhonga sodiq do‘st bo‘lmadi’, dedi. Men esa kutdim, sabr qildim. Mana, vaqt o‘tib, u hammasini tushunib yetdi-ku. Kim do‘st, kim dushmanligini bildi”.
“Menda shunday odat bor: qachonki biror odam bilan qadrdon bo‘ldimmi yoki bir dasturxon atrofida tuz totib, u bilan suhbatlashdimmi o‘sha gapirilgan gap aytilgan joyda qoladi”, — deya ijodkor fikriga yakun yasadi. | 60 | 1,749 |
Madaniyat | Tartibsizlikni jini suymaydigan mashhurlar (foto) | Ozodalikni hamma narsadan ustun qo‘yadigan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Joan Krouford
Aktrisa haddan ortiq tozalik jinnisi. U uyiga mehmon kelganidan keyin hamma yerni tozalagan.
Teri Linn Xetcher
Aktrisa uyini tozalashni begonalarga ishonib topshirmaydi. Sportzallarda sanitariya qoidalariga amal qilmaydi deb hisoblagani sabab esa uyida sport bilan shug‘ullanadi.
Kameron Dias
Dias uchun uy tozalash tinchlantirish singari ta’sir qiladi. U uyda changyutgich, polyuvgich va chang artadigan latta bilan yurishni yaxshi ko‘radi. Bu unga muammolardan chalg‘ib, diqqatni jamlashga yordam beradi.
Nikol Kidman
Uy ishlarida qarashadigan 6 nafar yordamchisi bor ekaniga qaramay, Nikol kir yuvishni hech kimga ishonmaydi.
Kim Kardashyan
Model vanna xonasini tozalash, chang artish va uyni tartibga keltirishni yaxshi ko‘radi.
Garri Staylz
One direction guruhi yulduzi gastrol safarlaridan biriga ketishdan avval bir paket tozalaydigan vositalar ko‘tarib kelgan hamda avtobusni yarqiratib tozalab chiqqan. Shundan keyin hammaga vaqtincha uyga boshqa poyabzal kiyib kirishini so‘ragan. | 49 | 1,094 |
Madaniyat | “Qashqirlar makoni”da Po‘lat Alemdarning otasi rolini o‘ynagan aktyor Toshkentga keladi | Shu yilning 25—28-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Turk filmlari haftaligi”da turkiyalik bir qancha mashhur aktyor va aktrisalar kelishi kutilmoqda, bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining ma’lumotiga tayanib ”Xalq so‘zi” xabar qiladi.
Ular orasida “Qashqirlar makoni” serialida bosh qahramon Po‘lat Alemdarning otasi rolini o‘ynagan aktyor Emin O‘ljay ham bor.
Eslatib o‘tamiz, 25—28-aprel kunlari Toshkentda “Turk filmlari haftaligi” bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida Alisher Navoiy kinosaroyida “Qashqirlar makoni” namoyish etiladi. | 87 | 556 |
Madaniyat | “Qanday xabar qilay deb rosa uyalib turgandim”. Nihol mukofoti sohibasi Gulasal Abdullayeva turmushga chiqdi (foto) | Nihol davlat mukofoti sovrindori Gulasal Abdullayeva turmushga chiqdi. Bu haqda xonanda o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Assalomu aleykum qalbi toza mehribon qadrdonlarim. Eng avvalo yaratgan egamga shukronalar aytgan holda, uning izmi bilan sizlarga xushxabarni yetkazmoqchiman. Namanganda 2-oktabr kuni to‘y bo‘ldi. Va biz nikohdan o‘tdik. Lekin katta nikoh to‘yi xudo xohlasa Toshkentda 8-oktabr kuni bo‘ladi. Sizlarga qanday xabar qilay deb rosa uyalib turgandim. Vaqti soati shu kuni ekan. Bizni duo qilinglar. Sizlarni duoyingiz menga juda-juda zarur. Hammangizni juda ham yaxshi ko‘raman.
Gulasal Abdullayeva, Nihol davlat mukofoti sovrindori | 115 | 666 |
Madaniyat | Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi | 29-iyun kuni Turkmaniston va O‘zbekiston san’at va madaniyat sohasi vakillarining onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi va rasmiy tarzda masofadan topshirildi.
Turkmanistonning ushbu yuksak unvoni bilan Ozodbek Nazarbekov ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik, qo‘shiq va musiqa san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov davrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog‘iston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.
Ozodbek Nazarbekov Turkmaniston davlat rahbariga o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildirarkan, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda san’at va madaniyatning roli nechog‘lik muhim ekanini ta’kidladi:
“Ikki davlat do‘stlik aloqalarini mustahkamlash uchun kamtarona qilgan mehnatimiz yuqori darajada baholanganligi uchun hurmatli Gurbanguli Malikguliyevich, sizga, qardosh turkman xalqiga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildiraman.
Ushbu faxriy unvon berilishi, xalqlarimiz o‘rtasida madaniyat sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida shijoat bilan mehnat qilishimizga kuch beradi”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.
Shuningdek, Ozodbek Nazarbekov Gurbanguli Berdimuhamedovni 63 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabrikladi.
Sovg‘a tariqasida Turkmaniston xalq artisti Dilbar Rahmonova bilan birgalikda “Barigal” qo‘shig‘i taqdim etildi, deyiladi xabarda. | 100 | 1,732 |
Madaniyat | Dunyo olimlari Prezident Mirziyoevning madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslarini tahsinga loyiq deb atadilar | O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasi 75 sessiyasida ilgari surgan tashabbusi asosida 15 sentyabr kuni Xiva shahrida tashkil etilayotgan “Markaziy Osiyo jahon sivilizasiyalari chorraxasida” madaniy forumi doirasida o`tgan O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatining kongressida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarga va ayniqsa madaniy meros va ma`naviyatga davlat miqyosida berilayotgan ulkan e`tibor alohida e`tirof etildi.
«O`zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori» V Xalqaro kongressi ishtirokchilari, dunyoning 40dan ortiq mamlakatlaridan O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommaviylashtirish Butunjahon jamiyati a`zolari O`zbekiston Prezidentiga an`anaviy Murojaat qabul qilishdi. Olimlar O`zbekiston rahbarining mamlakatda, jumladan, ilm-fan va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli va tub islohotlar borasidagi pozisiyasiga xayrixoh ekanliklarini ta`kidladilar.
«O`zbekistonda uchinchi Renessans uchun sharoit yaratishga qaratilgan milliy g`oya, avvalo puxta o`ylangan madaniy siyosatga asoslangan. Aynan madaniyat mamlakatning tiklanishiga, jamiyat ma`naviyatining yuksalishiga, odamlarning, ayniqsa, yosh avlodning vatanparvarligini tarbiyalashga asos bo`ladi. O`zbekistonda milliy madaniyat sohasidagi tizimli islohotlar tufayli qadimiy yodgorliklarni keng miqyosda tiklash va o`rganish ishlari olib borilmoqda, ilmiy va ma`rifiy ishlar yangi turtki olmoqda, xalq ijodiyoti hamda nomoddiy merosni asrab-avaylash davlat darajasida qo`llab-quvvatlanmoqda.
Mamlakatning bu merosni asrab-avaylashga qaratilgan siyosati chindan ham tahsinga sazovolr. So`nggi yillarda u keskin o`zgarishlarga duch keldi. Bu Sizdan beqiyos ulkan kuch talab qilgani rost. Sizning ajdodlar yutuqlariga, ularning tajribasini saqlab qolish va takomillashtirishga bo`lgan shaxsiy e`tiboringiz va hurmatingiz hammamiz uchun namunadir», – deyiladi Murojaatda. | 126 | 2,002 |
Madaniyat | Ozarbayjondagi xalqaro festival ochilishida o‘zbekistonlik san’atkorlar chiqish qildi | O‘tgan dam olish kunlari Ozarbayjondagi qadimiy Sheki shahrida “Nağara-2015” zarbli cholg‘u asboblari xalqaro festivali boshlandi, deya xabar bermoqda “Kultura.uz”.
Festival ochilishida O‘zbekistondagi taniqli “Abbos” guruhi chiqish qildi.
Guruh ijrosida Boney-M, Modern Talking, Maykl Jekson va boshqalarning dunyoga mashhur qo‘shiqlarining musiqasi yangicha ohangda yangradi. Ta’kidlanishicha, guruhning chiqishi tomoshabinlar zavq-shavqiga sabab bo‘ldi. | 85 | 457 |
Madaniyat | O‘zbekistonda madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda | Shu kunlarda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Chikago universiteti qoshidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda, AQSh Davlat departamenti ko‘magida Markaziy Osiyoning artefaktlarni asrab-avaylash bo‘yicha mutaxassislari uchun tashkil etgan ikki haftalik seminar davom etmoqda. Bu haqda tarix muzeyi ma’muriyati “Daryo” ga xabar berdi.
Davlat muzeyi direktori Jannat Ismoilova va direktor o‘rinbosari Otabek Orifjonov Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston milliy muzeylaridan kelgan mutaxassislar, shuningdek, Samarqanddagi Afrosiyob muzeyi, Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi madaniy merosni muhofaza qilish bo‘limi vakillarini iliq kutib oldi.
Seminarni Markaziy Osiyo madaniy merosini o‘rganuvchi AQShdagi yetakchi muassasa sanalgan Chikago universiteti qoshidagi Sharqshunoslik instituti xodimlari, professorlar Gil Steyn va Fabio Kolombo olib bormoqda.
Seminar loy va metall buyumlarni qayta ishlashga oid xalqaro andoza va usullar hamda Markaziy Osiyo respublikalari muzeylaridagi eksponatlarning katta qismini tashkil etuvchi devor suratlari va boshqa osori-atiqalar kabi mavzularni o‘z ichiga olgan.
Mashg‘ulotlar rasman 3-sentabr kuni boshlandi. 2019—2020-yillarda ham bunday mashg‘ulotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. | 75 | 1,318 |
Madaniyat | Kim Kardashyan 150 ming dollar evaziga brilliant tishlar qo‘ydirdi | “Kardashyan oilasi” reality-shousi ishtirokchisi muxlislariga yangi brilliant tishlarini ko‘rsatdi. Surat uning Instagram sahifasidan o‘rin egalladi.
Xuddi shunday bezak amerikalik xip-xop ijrochi Lil Ueynda ham bor. Bunday tishlarning bahosi 150 ming dollardan qimmatroq ekanligi aytilmoqda. | 66 | 293 |
Madaniyat | Epizod roli bilan 74 yoshida kinoga kirib kelgan, baqiroq rollaridan charchagan va endi “anqov” bo‘lishni istamayotgan o‘zbek aktyorlar haqida (foto, video) | Ko‘pchilik aktyorlar epizod yoki ikkinchi darajali rollarni ijro etishni istashmaydi. Ularda “Ikkinchini birinchi deb qabul qilishmaydi”, degan ajoyib tushuncha ham bor. Ammo ular orasida epizod roli sabab aktyorga aylangan, tomoshabinlar ismini bilimasa-da, rollari orqali taniydiganlar juda ko‘p. “Daryo” muxbiri ana shunday aktyorlar bilan suhbatda bo‘ldi.
Soyibjon Ahmedov: “74 yoshimda aktyor bo‘ldim”
Bu insonning ismini bilmasangiz ham qiyofasini tanishingiz aniq. Soyibjon Ahmedov 74 yoshni qarshilagan bo‘lsa-da, kino va seriallarda juda faol. Bu aktyorni tashqi ko‘rinishidan kelib chiqqan holda nuroniy otaxon rollariga taklif etishadi.
— Asli mutaxassisligim bo‘yicha san’atkor emasman. Shu kungacha sport murabbiysi, savdo-sotiq xodimi hatto zarurat bo‘lganida quruvchi ham bo‘lib ishlaganman. 1991-yili Rossiyada suv toshqini sabab ko‘plab shaharchalar vayvon bo‘lgan. Shunda ko‘plab quruvchi brigadalar yordamga yuborilgan. Ular orasida men ham bor, qurilishda ham ishlaganman. San’atga qadar qo‘yishim esa juda qiziq kechgan. Rejissor Abduvohid G‘aniyev “Taqdirlar” nomli film olayotganda keksa aktyor kerak bo‘lgan. Bilishimcha, rahmatli Dias Rahmatov ham, Obid Yunusov ham vaqti bo‘lmagani uchun rolni rad etishgan ekan. Shunda tasodifan o‘g‘limdan “Qarindoshlaringizni orasida mo‘ysafid, oq soqolli odam yo‘qmi?” deb so‘rashibdi. O‘g‘lim amakisi borligini aytibdi. Xullas o‘g‘lim uyga kelib, amakim kinoga tushib berarmikan, o‘zingiz so‘rab bering, dedi. Akam cho‘rtkesar odam, kino degan gapni eshitib “Yig‘ishtir, shu yoshimda kinoda tushamanmi?” deb urushib berdi. Keyin gapning orasida “Sen borsang mayli, roziman”, dedi. Meni taklif etishmagan bo‘lsa, nima deyman dedim. Rejissorning yordamchisi javobini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilganida o‘g‘lim amakisining gaplarini aytibdi. Xullas, sovchilar sahnasida akam bilan suratga tushdik. Undan keyin Said Muxtorov “Sizni aktyor qilaman”, deb to‘rtta filmiga chaqirdi. Hozir ham deyarli kun ora syomkaga taklif etishadi. Yoshim 74 da bo‘lsa ham rollarning birortasini rad etmayman. Bu soha ham menga ovunchoq bo‘lib qoldi, — deydi Soyibjon Ahmedov.
Gulnora Tolipova: “Baqiroq bo‘lishdan charchadim”
Gulnora Tolipova “Jurnalist”, “Sevgi” va “Shukrona” kabi seriallardagi baqiroq, injiq qaynona obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozondi. Uni ko‘pchilik o‘z nomi bilan emas, baqiroq qaynona roli orqali yaxshi tanishadi.
— Toshkentdagi besh bolali xizmatchi oilasida dunyoga kelganman. Otam oddiy quruvchi, onam esa zavodda ishchi edi. Bolaligimdan san’atga qiziqqanim bois, 4 yoshimdan Shermat Yormatov rahbarligidagi “Bulbulcha” bolalar xoriga qatnashganman. To‘qqiz yoshimda tushimga O‘zbekiston xalq artisti Zaynab Sadriyeva kirib, meni duo qilgandi. Afsuski, maktabni tamomlaganimdan keyin orzularim sarob ekanini angladim. Oilamizdagi moddiy qiyinchiliklar sabab, onam o‘qishni davom ettirolmasligimni tushuntirdi va bolalar bog‘chasiga ishga joylashdim.
Yaqin yillardan boshlab ikkinchi darajadagi rollarga taklif bo‘lmoqda. Undan avval faqat epizod rollarni ijro etardim. Tan olaman, aktrisalik bo‘yicha hech qayerda tahsil olmaganman, ammo san’atga mehrim bo‘lakcha. Faqat urishqoq ayol rollarini emas, mard, tanti va sabrli o‘zbek ayollari siymosini ekranda gavdalantirishni istayman. Rostini aytsam, baqiroq ayollar rolini ijro etishdan charchaganman. Rejissorlar meni qaytadan kashf etishlarini orzu qilaman, — deydi Gulnora Tolipova.
Abduvohid Zoitov: 'Bomba’ sabab aktyor bo‘lganman”
— Oilamizda san’atkorlar yo‘q, ota-onam oddiy ishchi bo‘lib ishlashgan. Peshonamga san’atkor bo‘lish bitilgan ekan, shu sohani tanladim. Ammo biror marta nega san’atni tanladim, demaganman. Chunki shu sohaning ketidan non topyapman, ozmi-ko‘pmi tanish-bilishlar orttirdim. Xullas, san’atni tanlab kam bo‘lganim yo‘q. San’atga bolaligimdan qiziqqanman. Birinchi ustozim O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusovning turmush o‘rtog‘i Shahlo Yunusova bo‘lgan. Meni erkalab “oltin bola” derdilar. Maktabni bitirgunga qadar ustozlar va tengdoshlarim uchun “oltin bola” bo‘lib qolganman. Bolalikdan san’atga qiziqqanim uchun katta davralarda qo‘shiq aytishimni yoki qiziqchilik qilishimni so‘rashardi. Ammo hamisha tortinchoqligim pand berib, omma oldiga chiqishdan tortinardim.
Institutga kirmasdan avval to‘rt yil O‘zbek milliy akademik drama teatrida sahna ishchisi bo‘lib ishlaganman. Spektaklda ishtirok etadigan rekvizitlarni tayyorlash va ularni asrash vazifasiga mas’ul edim. O‘sha paytda aktyor Fotih Jalolov sabab Zulfiqor Musoqov bilan tanishib qolganaman. O‘sha yillari yaxshigina shov-shuv bo‘lgan “Bomba” filmiga hech qanday kastingsiz qabul qilinganman. Shundan so‘ng san’at yo‘lini tanlash haqidagi fikrim jiddiylashib, institutiga hujjat topshirganman. Rolning katta kichigi bo‘lmaydi, qalbdan joy olish uchun faqat asosiy rollarni ijro etish shart emas, — deydi aktyor Abduvohid Zoitov.
Shuhrat Usmonov: “Aslida jurnalist bo‘lmoqchi edim”
Shuhrat Usmonov ko‘plab komik filmlarda o‘ziga xos fe’l-atvordagi insonlar rolini ijro etgan. Uning rollari u qadar katta bo‘lmasa ham o‘ziga xosligi bilan tomoshabinlar e’tiboriga tushadi.
— 1980-yil Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilganman. Bolalikda she’r va maqolalar yozishga qiziqqanim uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining jurnalistika fakultetiga hujjat topshirgani kelgandim. Ammo talabgorlar ko‘pligi uchun teatrshunoslik bo‘limiga hujjat topshirganman. Birinchi kursda kutilmaganda drama yo‘nalishiga qiziqib qolib, darsdan keyin ularning mashg‘ulotida ishtirok etardim. Bir kuni rahmatli rejissor To‘xtamurod Mahkamov bilan tanishib qolganman. U inson “Maslahat” va “Gap yo‘q” ko‘rsatuvlariga rejissorlik qilardi. Shu insonning yordami bilan kadrni his qilishni o‘rganganman. “Gap yo‘q”dagi chiqishlarim boshqa rejissorlarga ma’qul kelib, film va seriallarga taklif etishni boshlashgan.
Komik rollarni yaxshi ko‘raman, ular sabab ozmi-ko‘pmi odamlarning e’tiboriga tushdim. Endi bu yog‘iga o‘zimni jiddiy rolda ko‘rishni istayman. Allohga mehr qo‘ygan Mashrab singari insonlar rolini ijro etish birdan-bir orzum, — deydi aktyor Shuhrat Usmonov.
Yorqinoy G‘oziyeva: “Bizdagi kino yasamadek tuyuldi”
Yorqinoy G‘oziyeva salbiy qaynopa roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. U salbiy rollardan tashqari, o‘ziga ishongan, ishbilarbon ayol rollarini ham ishonarli ijro etadi. Aktrisa keyingi paytlarda kino va serillarda ko‘rinmay qolganining sababini quyidagicha izohladi.
— Aslida oilamizda san’atkorlar yo‘q. Faqatgina men bu sohaga ko‘ngil qo‘yib, rejissorlik bo‘yicha tahsil olganman. Aktrisa bo‘lishimdan avval bir muddat telekanallarda rejissor bo‘lib ishlaganman. Undan keyin bir nechta rejissorlarga yordamchi rejissor sifatida ham ishladim. “Yaxshi rejissor bo‘lish uchun avval aktyor bo‘lish kerak”, degan gap bejiz aytilmagan. Ilk kinodagi rolimni “O‘xshatmasdan uchratmas” filmida ijro etganman. Undan keyin takliflar soni keskin ortib ketgan. Keyin orada turk kinoijodkorlari bilan ham ishladim. U yerda ham rejissor yordamchisi bo‘lib tajriba orttirdim. O‘zbekistonga qaytgach, negadir kinolarda suratga tushgim kelmay qoldi. Bizda hammasi yasamadek tuyuldi. Shu bois, aktrisalikni tark etdim va endi o‘zim rejissor sifatida ish boshlashga qaror qildim. Nasib qilsa, Turkiyadagi o‘zbek muxojirlari haqida film suratga olaman, — deydi Yorqinoy G‘oziyeva. | 156 | 7,333 |
Madaniyat | O‘zbekistonlik ayol san’atkorlar “Ramazon keldi” qo‘shig‘ini qayta kuyladi (video) | O‘zbekiston xalq artistlari Munojot Yo‘lchiyeva, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yulduz Turdiyeva, Ziyoda, Hosila Rahimova, xonandalar Ozoda Nursaidova, Munisa Rizayeva, Dilso‘z, Umidaxon, Dildora Niyozova hamda “Bravo” kulgi jamoasi a’zosi Shahlo Zoitova “Ramazon keldi” qo‘shig‘ini birgalikda ijro etdi.
Ushbu taronaning erkak san’atkorlar tomonidan ijro etilgan versiyasi Turkiyada ham ommalashdi. Mamlakatdagi telekanallarda qo‘shiqning ilk versiyasi namoyish etilmoqda. Taniqli turkiyalik xonanda Ibrohim Tatlisas ushbu qo‘shiqni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan.
View this post on Instagram
“Ramazon keldi, ramazon”. O‘zbekistonlik san’atkorlar muqaddas oyni madh etuvchi qo‘shiq ijro etdi (video) | 82 | 779 |
Madaniyat | Mashhur yapon rejissyori O`zbekistonda film suratga olmoqda | Yaponiyalik ssenarist, kino rejissyor Kiyosi Kurosavaning O`zbekistonda suratga olayotgan filmining tasvirga olish jarayonlar boshlandi, deb xabar bermoqda "Kunutun" nashri.
2017 yilning oktyabrida yaponiyalik mashhur rejissyor Kiyosi Kurosava o`zbekistonlik kinoijodkorlar bilan uchrashgan edi. Mazkur tashrifidan ko`zlangan asosiy maqsad ikki mamlakat do`stligi, hamkorligining yorqin namunasiga aylanuvchi qo`shma badiiy filmning suratga olinishi edi. Rejalashtirilgan film suratga olish ishlar boshlandi. Ishchi nomi «Erning oxiri» bo`lgan mazkur filmda O`zbekistonga sayohat qilga yosh yapon ayoli haqida hikoya qilib, O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi diplomatik aloqalarning 25 yilligi va Ikkinchi jahon urushidan so`ng qisman yapon askarlari tomonidan qurilgan Toshkentdagi Alisher Navoiy teatrining 70 yilligiga bag`ishlanadi.
Film suratga olish jarayonlarida qatnashayotgan taniqli o`zbek aktyori Adiz Rajabov suratga olish maydonchasidan foto va videolar bilan bo`lishdi. | 59 | 984 |
Madaniyat | “U yangi hayot boshlash uchun Rossiyaga borib kelgandi”. Aktrisa Gavhar Sharipova — hamkasblari va do‘stlari xotirasida | Aktrisa Gavhar Sharipova 19-noyabrga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyatida fojiali tarzda halok bo‘lgani xabar berildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u Surxondaryodan qaytishda o‘tirgan yuk mashinasining haydovchisi unga shilqimlik qilgan, shundan so‘ng aktrisa soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanib ketayotgan mashina eshigini ochib, undan tushib ketgan va voqea joyida halok bo‘lgan.
Jurnalist Feruz Muhammad aktrisaning do‘stlari, hamkasblari bilan suhbatlashib, ularning Gavhar Sharipova haqidagi xotiralari bilan bo‘lishdi.
Gavhar bilan 2009-yilda tanishganmiz. U bilan ko‘p yaxshi kunlarni birga ko‘rdik. O‘sha vaqtlardan boshlab Ulug‘bek Qodirov, Gulchehra Eshonqulovalar bilan do‘st edik.
Hayotni, she’riyatni sevardi. Ilhomga boy qiz edi. Restoranda o‘tirgan vaqtimiz salfetkaga she’r yozgan vaqtlari bo‘lgan.
Uzoq yil ijarada yashadi. Ijarama-ijara ko‘p ko‘chib yurardi. O‘zbekistonda filmlarga takliflar kam bo‘lgani uchun hamda hayoti o‘xshamaganligi sababli Rossiyaga ketgan edi.
Rossiyaga do‘konda sotuvchi bo‘lib ishladi. Bundan tashqari Rossiya shou-biznesi vakillariga she’rlar yozib berdi. Moskvada to‘ylarda boshlovchilik qildi. U Rossiyaga yangi hayot boshlagani ketgandi.
So‘nggi vaqtlarda uni do‘stlari tark etdi, telefonlari javobsiz qolgan. Ko‘p xonandalar Gavharning qo‘shiqlaridan foydalanib, uni nomini aytmas edi.
Vafotidan so‘ng “Gavhar unaqa edi, Gavhar bunaqa edi”, mazmunidagi gap-so‘zlar ko‘paymoqda. Rahmatli Gavhar men bilgan insonlar, aktrisalar ichida eng ochiqko‘ngil, mehriboni edi.
Men uning avtobusdan o‘zini tashlab, halokatga uchraganiga ishonmayman (dastlabki xabarlarda aktrisa yurib ketayotgan avtobusdan tushishga urinib, halok bo‘lgani aytilgan edi — “Daryo” izohi). Dugonamning oila a’zolariga, do‘stlari va hamkasblariga hamdardlik bildiraman.
Feruza Janibekova, Gavhar Sharipovaning dugonasi
U juda yaxshi inson edi. Mehribon edi. Esimda, farzandli bo‘lgan vaqtim tug‘uruqxonaga to‘lib-toshib kelardi, so‘nggi puli qolgan bo‘lsa ham, shunga ham xarajat qilib, nimalardir olib kelishga harakat qilardi.
U qattiq tushkunlikka tushib qolgan edi. O‘sha vaqtlarda, o‘zining aytishi bo‘yicha, unda saraton alomatlari paydo bo‘lgan. Buni eri bilib qolgach, uni tashlab ketgan. Gavhar bularni ko‘tara olmadi. Hayotdan xafa, taqdiridan norizo yashadi. Yashashdan umidi ham qolmagan edi. U tushkunlik holatidan chiqa olmadi. Hayot qiyinchiliklariga bardosh bera olmadi.
‘Opa-singillar’ serialida birga rol ijro qilganmiz. Juda ham mas’uliyatli edi. Eng katta orzusi farzand ko‘rish edi. Ona bo‘lish uchun juda ham ko‘p harakat qildi. Shifokorlarga qatnadi, foydasi bo‘lmadi. “Hammasi yaxshi bo‘ladi, hali yoshsan, hali hammasi oldinda”, deganim bilan foydasiz edi.
Oxirgi marta ikki yil oldin ko‘rishgan edik. Hozir rahmatli deyishga ham tilim bormayapti, yuragim ezilmoqda.
Feruza Sobitova, aktrisa
Bir aktrisa uchun nima kerak bo‘lsa, Xudo hammasini — chiroy, nutq, qobiliyatni unga bergan edi. Gavhar Sharipova institutda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq, diplom ishi spektaklida “Yilning eng yaxshi” aktrisasi nomiga sazovor bo‘lgan edi.
Yaxshi eslayman, o‘shanda u “Nomi o‘chsin” nomli tarixiy spektaklda malika rolini maromiga yetkazib ijro qilgan edi. U ham teatrda, ham kinoda juda mahoratli aktrisa edi.
‘Opa-singillar’ serialida u bilan uch yil — 2010-yildan 2013-yilgacha partnyor bo‘lib o‘ynadik. Menga nisbatan tajribasi baland edi. Odatda partnyorlar o‘rtasida ko‘p kelishmovchiliklar chiqadi, ammo biz umuman tortishib qolmaganmiz.
Rollariga juda mas’uliyat bilan yondashar edi. Gavharni oxirgi marta ‘Opa-singillar’ning so‘nggi epizodini suratga olganimizda — 2013-yilda ko‘rgan edim. So‘nggi vaqtlarda depressiyaga tushib qolgan, degan gaplarni eshitgandim.
Bekzod Mirzayev, aktyor
“Aktrisaga shilqimlik qilingan, u esa yurib ketayotgan yuk mashinasidan o‘zini tashlagan”. Gavhar Sharipovaning o‘limi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi | 119 | 3,896 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon mashhur Odri Xepbyorn qiyofasida hakamlar olqishiga sazovor bo‘ldi (video) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining oltinchi turida jahon kinoyulduzi Odri Xepbyorn yaratgan Xolli Golaytli kinoobrazi qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda “12uz.com” xabar berdi.
Navbatdagi bosqichda Sevara Odri Xepbyornning “Tiffaninikida nonushta” kinofilmidagi Moon river ashulasini ijro etdi.
Hakamlar hay’ati a’zolari: Leonid Yarmolnik, Anna Ardova, Lyubov Kazarnovskaya va Gennadiy Xazanov Sevaraning chiqishini a’lo darajada deb baholadi va maksimal 20 ball qo‘ydi.
Keyinroq betaraf hakam Mauritsio Shveytser Sevaraga 4 ball qo‘ydi va o‘zbek xonandasi 24 ball bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball, beshinchi bosqichda esa 23 ball yig‘gan edi. | 90 | 1,049 |
Madaniyat | “Boshqa yo‘nalishlarda rivojlanmoqchiman”. Durdona Qurbonova san’atni tark etishini ma’lum qildi (video) | Aktrisa Durdona Qurbonova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Aktrisa Durdona Qurbonova suhbat davomida san’atdan butunlay ketish fikrida ekanligi, rollarni esa “kimdir majburan, bo‘ynidan ushlab o‘ynatayotganidek” ijro etayotgani haqida gapirib berdi.
Yaqinda shaxsiy brendimni qonuniylashtirib oldik. Bu ishga bir yilcha vaqt ketdi. Bir ishni boshlaganimdan so‘ng, uni yarim yo‘lda, chala tashlab ketishni yomon ko‘raman. Shuning uchun biznesdagi faoliyatimni yetti emas, yetmish marotaba o‘lchab boshlayapman. Keyin meni aktrisa sifatida emas, balki yaxshi biznes-ledi sifatida ko‘rasizlar. San’atni tark etyapman yoki qachondir tark etaman. Chunki rostdan ham san’atdan ko‘nglim qolib ketmoqda. Juda ham ko‘nglim qolib ketgan. San’atdagi odamlardan ham ko‘nglim qolib ketgan. Kinoni ham “qo‘l tegdi” qilib, olishmoqda. Sifat umuman yo‘q. Odamlar u filmlarni ko‘rib, bizga bo‘lgan hurmati yo‘qolmoqda. Har tomonlama san’atdan ko‘nglim qolib ketgan.
Xuddi kimdir majburlab, bo‘ynimdan ushlab, “o‘yna rol” deb majburlayotgandek yuribman. Rostdan shunday kayfiyatdaman. Ichimda “san’atdan qachon ketaman, qachon ketaman” degan fikrlar juda ko‘p bo‘lmoqda.
Yaqinda hijobda tushgan rasmimni Instagram sahifamga joylaganimda ko‘pchilik “yarashibdi sizga, qachon hijobga kirasiz?”, deyishganida aniq-tiniq qilib “san’atdan chiqib ketaman, qachonki haqiqiy muslima qiz bo‘lganimda”, chunki hijobga kirgandan so‘ng ham san’at sohasida bachkana rollar o‘ynab yurishni xohlamayman. Keyin o‘zimni bizneslarimni qilaman.
San’atdagi cho‘qqi menga nima ham berardi. Odam katta bo‘lgani sayin, ilmingiz oshgani sayin “senga bu san’at nima beradi, nimaga kerak, san’atdan oxirating uchun qanday foyda”, degan savollarni o‘ziga berarkan. Faqatgina odamlarning oldida shon-shuhrat beradi, xolos.
San’at sizga xiyonatkor bo‘ladi. Hozir muxlislarim ko‘p. Qaysidir ma’noda eng reytingi baland aktrisalardan biriman. Qachondir mening ham davrim o‘tadi va mening muxlislarim boshqa aktrisaga muxlislik qilishadi. Bu degani — san’at sizga bevafo, xiyonatchi. Men bevafo, xiyonatchi san’at uchun umrimni, hayotimni berib nima qilaman.
San’atda erishadiganimga erishdim. Bundan cho‘qqisi menimcha yo‘q. Eng yuqori cho‘qqidaman. Bundan buyog‘iga san’atda emas, boshqa yo‘nalishlarda ham rivojlanib, cho‘qqiga chiqishni niyat qilyapman.
Durdona Qurbonova, aktrisa, xonanda, bloger
Ma’lumot uchun, Durdona Qurbonova 1998-yil, 2-iyun kuni, Toshkent shahrida dunyoga kelgan. San’at kollejida hamda O‘zbekiston san’at va madaniyat institutining “Dramatik teatr va kino aktyorligi” fakultetida tahsil olgan. 50 ga yaqin film, seriallarda, 100 dan ortiq kliplarda bosh rollarni ijro etgan. Durdona Qurbonova bugungi kunda aktrisalikdan tashqari, xonandalik faoliyati bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. | 104 | 2,846 |
Madaniyat | Jorj Kluni kino va televideniye maktabini ochadi | Gollivud kinoyulduzlari Jorj Kluni, Kerri Vashington va Don Chidl o‘smirlar uchun kinematografika maktabi ochishlarini e’lon qildi. Bu borada ular Los-Anjeles ta’lim organlari vakillari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Maktabda kinematografiya asoslari bilan birga, shuningdek, yoritish va vizual effektlar ham o‘rgatiladi. O‘qishni 2022-yildan boshlash rejalashtirilgan.
“Maqsadimiz — yurtimizning qanchalik turfaligini ko‘rsatishdan iborat. Bu yoshlarni ish jarayonida kerak bo‘ladigan barcha yo‘nalishlar, jumladan, fotoapparat bilan ishlash, tahrirlash, vizual effektlar, ovoz va karyeraning o‘sishidagi imkoniyatlarni o‘rgatuvchi katta sinf o‘quvchilari uchun dastur yaratilishini aglatadi”, — deydi Kluni.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ta’lim maskani lotin amerikaliklarning Vestleyk tumanidagi Edvard R.Roybal o‘quv markazida joylashadi. Talabalar akademik dasturlar bilan bir qatorda, stajirovkada ham bo‘ladi.
Yuqorida ismlari keltirilgan yulduzlardan tashqari direktorlar kengashi tarkibidan Mindi Kaling, Yeva Longoriya va taxmiman 7 million dollar kerak bo‘ladigan dastlabki budjetning 20 foizini qoplaydigan prodyuserlar triosi o‘rin oladi.
Jorj Kluni do‘stlariga minnatdorchilik sifatida 14 million dollar tarqatdi | 48 | 1,266 |
Madaniyat | Parijda Eynshteynning qo‘lyozma qaydlari rekord qiymatda sotildi | Albert Eynshteynning qo‘lyozma qaydlari Parijdagi auksionda rekord qiymatda sotildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
Christie’s kimoshdi uyi umumiy nisbiylik nazariyasining yakuniy versiyasiga eltuvchi ayrim qadamlar qayd etilgan Eynshteyn va uning hamkasbi Mishel Bessoning qo‘lyozmalarini savdoga qo‘ygan.
Natijada yakuniy narx ekspertlar kutganidan yuqori bo‘lib chiqdi: qo‘lyozmalar 13 million dollarga sotilgan. Ta’kidlanishicha, bu marhum olimning qo‘lyozmalari uchun to‘langan eng yuqori narx hisoblanadi.
“Bu, shubhasiz, Eynshteynning auksionga qo‘yilgan eng qimmatli qo‘lyozmasi hisoblanadi. Eynshteynning 1919-yilgacha bo‘lgan ilmiy hujjatlari juda kam uchraydi”, — deydi Christie’s vakillari. Hujjatlarning dastlabki qiymati 2,4-3,5 million dollarni tashkil etgan.
Ma’lum qilinishicha, 54 varaqli qo‘lyozma umumiy nisbiylik nazariyasiga asos bo‘lgan gravitatsiya maydoni tenglamalarining dastlabki versiyasini o‘z ichiga olgan. Hujjat 1913- va 1914-yillarda Shveysariyaning Syurix shahrida Eynshteyn va Mishel Besso tomonidan yozilgan. Hujjatdagi hisob-kitoblar, shuningdek, Merkuriy orbitasining anomaliyasiga bag‘ishlangan — ular Eynshteynning nazariyasi olimlarni uzoq vaqt “boshi berk ko‘chaga” olib kirgan hodisani tushuntirishga yo‘naltirilgan edi.
Christie’s ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lyozmada ko‘plab xatolar mavjud va Eynshteyn uni tashlab yuborgan. Biroq Besso hujjatni saqlab qolgan. Christie’s hujjatning saqlanib qolinishini “deyarli mo‘jiza” deb atagan.
Eynshteyn 1955-yili 76 yoshida vafot etgan, olim barcha davrlarning eng buyuk fizik nazariyachilaridan biri hisoblanadi. Uning nisbiylik nazariyasi fizikada inqilob sodir etgan. Eynshteyn 1921-yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning may oyida Bostondagi RR Auction auksionida fizik nazariyotchi Albert Eynshteynning E=mc2 formulasi tushirilgan maktubi 12 million dollarga sotilgandi. | 64 | 1,940 |
Madaniyat | Ozodbek Nazarbekov yana bir ustoz san`atkorni xonadoniga yo`qlab bordi | Bugun O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi, A.Qodiriy nomidagi O`zbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati, kompozitor va bastakor Mustafo Bafoev xonadoniga O`zbekiston Respublikasi kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi rahbari Rustam Abdullaev va O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin O`rinboev hamrohligida tashrif buyurdik.
Uzoq yillar o`zbek milliy va zamonaviy musiqasi rivoji yo`lida faoliyat olib borgan tajribali kompozitor bilan suhbatlashish asnosida uning sermahsul ijodi haqida ko`pgina ma`lumotlarga ega bo`ldik.
Ustoz bastakorning qator asarlari teatrlarimizda namoyish etilgan. Bastakor sohibqiron Amir Temur ariyasini ijro etib, uning yaratilishi haqida to`lqinlanib so`zlab berdi. Tarixiy asarlarga alohida e`tibor berilayotgan hozirgi kunlarda bu kabi ijod mahsuli barchamizda katta qiziqish uyg`otdi.
O`z o`rnida uni teatrlarimizda namoyish etish uchun xalqimizga yanada tushunarli, qiziqarli bo`lishiga erishish, buning uchun asarni mutaxassislar ishtirokida tomoshabinbop sahna asari darajasiga etkazish kerakligi haqidagi mulohazalarimizni bildirdik.
Ozodbek Nazarbekov,
Madaniyat vaziri | 70 | 1,151 |
Madaniyat | Italiya 70 yillik tanaffusdan so‘ng davlat madhiyasiga ega bo‘ldi | Italiya 70 yillik tanaffusdan so‘ng yana rasman davlat madhiyasiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Mamlakat senatining konstitutsiya ishlari bo‘yicha qo‘mitasi “Italiyaliklar qo‘shig‘i” (u “Italiyalik birodarlar” nomi bilan ham mashhur) davlat ramziga aylanishi to‘g‘risidagi qaror qabul qildi.
Qo‘shiq aslini olganda 1946-yildan beri Italiya madhiyasi bo‘lib kelayotgandi, biroq endigina rasmiy maqom oldi. Uning matni 1847-yilda Goffredo Mameli tomonidan yozilgan.
O‘tgan asrning 90-yillarida uni almashtirish to‘g‘risida bahslar ketgan, muqobil variant sifatida Verdining “Nabukko” operasidagi Va' pensiero xori taklif etilgandi.
Biroq yakunda 60 yil davomida Italiya madhiyasi vazifasini bajarib kelgan kompozitsiyaga to‘xtalishga qaror qilindi. | 65 | 778 |
Madaniyat | “Garri Potter”ning birinchi nashri Londondagi auksionda 140 ming dollarga sotildi | Britaniyalik yozuvchi Joan Roulingning “Garri Potter va faylasuflik toshi” kitobi birinchi nashri Londondagi Bonhams auksionida sotuvga qo‘yildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Kitob 106250 funt sterlingga (140 ming dollar atrofida) sotildi. Lotning boshlang‘ich narxi 40 ming dollar edi.
Kitobga Roulingning dasxati tushirilgan. Dasxat kitob chop etilganidan bir oy o‘tib — 1997-yil 26-iyunda qo‘yilgan. | 81 | 411 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.