folder
stringclasses 15
values | title
stringlengths 5
250
| text
stringlengths 1
64.4k
| title_len
int64 5
250
| text_len
int64 1
64.4k
|
---|---|---|---|---|
Madaniyat | Turk aktyori Chig‘atay Ulusoy aktrisa Duygu Sarishinga uylanadi | O‘zbek muxlislariga “Ichkarida” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Chig‘atay Ulusoy turmush qurishga qaror qilgan.
“Aksham” nashrining ma’lum qilishicha, aktyorning to‘y marosimi keyingi yozgacha qoldirilgan. Ta’kidlanishicha, marosimda 150 nafar mehmon ishtirok etadi. Tashkilotchilarning hali ancha vaqt borligiga qaramay, ishga kirishganidan kelib chiqib taklif qilinganlar orasida yulduzlar bisyor bo‘lishini taxmin qilish mumkin.
Turkiyaning eng kelishgan ijodkorlaridan biri ekani aytiladigan aktyor kinosanoatning boshqa bir vakili, aktrisa Duygu
Sarishinga uylanadi. Chig‘atayning o‘zi shaxsiy hayoti tugul yangi loyihalari haqida ham ma’lumot berishni istamaydi. Shunga qaramay, juftlikning pandemiya tufayli darslarga qatnasha olmagan o‘quvchilarga yordam qo‘lini cho‘zib, xayriya bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘lgan. Qayd qilinishicha, aktyor qaylig‘i bilan birga bolalarni zarur o‘quv qurollar, yeguliklar, kiyim va poyabzallar bilan ta’minlagan. | 63 | 982 |
Madaniyat | “Alloh degan so‘zni aytish mumkin bo‘lmagan”. Sardor Mamadaliyev klipida tor va kelin ko‘ylak “zapret” bo‘lgani haqida gapirdi (video) | Xonanda Sardor Mamadaliyev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Sardor Mamadaliyev ijodining dastlabki yillarida videoklip va qo‘shiqlari badiiy kengashlardan o‘ta olmagani, kliplarini boshqatdan suratga olishga majbur bo‘lgan vaziyatlar haqida gapirib berdi.
San’atga kirib kelgan vaqtlarimda iqtisodiy qiyinchiliklar bo‘lgan. Keyin xarajat qilib suratga olgan kliplarimiz ham arzimas sabablarga ko‘ra telekanallarda “zapret”ga uchragan. Misol uchun, tor ushlab chiqqan klipim “zapret” bo‘lgan. Tor mumkin bo‘lmagan. Keyin yana pul sarflab boshqatdan videoklip suratga olishga majbur bo‘lganmiz. Endi torda nima ayb deysiz? Bu gapni boshqa san’atkorlardan so‘rasangiz, ular ham tasdiqlashi mumkin.
Bir kelin ko‘ylak “zapret” bo‘lib qolarmidi. Misol uchun, klipingizda kelin ko‘ylak kiyib chiqqan qiz bo‘lishi mumkin bo‘lmagan. Unday klip badiiy kengashdan o‘tmasdi. Nima uchun desangiz, hech kim buning sababini aytmagan.
Alloh degan so‘zni qo‘shiqlarimizda ishlatish mumkin bo‘lmagan. Agar qo‘shig‘ingizda Alloh degan so‘z bo‘lsa, u qo‘shiq badiiy kengashdan o‘tmagan.
Bu davrlardan o‘tganimiz rost bo‘lsin. Shu davrlardan o‘tishimiz kerak ekan, Xudoga shukr o‘tdik.
O‘zi oldimga qo‘ygan maqsadim to‘g‘riligiga ishonsam qaysarlik qilib, albatta, o‘sha maqsadga yetish uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman.
Sardor Mamadaliyev, xonanda
Ma’lumot uchun, Sardor Mamadaliyev 1985-yil 10-oktabr kuni Namangan viloyati, Chust tumanida dunyoga kelgan. “Xalqlar do‘stligi” saroyida to‘qqiz marotaba yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Oilali, ikki farzandning otasi. | 134 | 1,647 |
Madaniyat | Munisa Rizayeva: “Menga bir qarashning o‘zidayoq gapini o‘tkaza oladigan turmush o‘rtoq kerak” | Munisa Rizayeva Jasur G‘oyipov bilan bog‘liq to‘y mashmashalari haqida to‘xtalar ekan, uning to‘yiga bormaganining sababini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.
“Jasur bilan to‘yimiz hech qanday piar bo‘lmagan. Men uni juda hurmat qilaman, u haqiqatan ham yaxshi yigit, — deya o‘z fikrini boshladi xonanda. — To‘yida ishtirok etmaganimga kelsak, shuncha shov-shuvlardan keyin uning to‘yiga borishim ham uncha to‘g‘ri bo‘lmasdi”.
Munisa o‘zining qachon turmushga chiqishi bilan bog‘liq savolga ham javob berdi: “Nasib qilsa, albatta, turmushga chiqaman va bundan muxlislarim ham, siz ham bexabar qolmaysiz”, — dedi iste’dod egasi.
“Men turmush, oila masalasiga juda jiddiy qarayman. Bir marta va bir umrga turmushga chiqaman. Yuragim jiz etishi, chindan ham sevib qolishim kerak, deb aravani quruq olib qochadiganlardan emasman. Avvalo, meni va men sevgan insonning dunyoqarashi, o‘ziga ishonchi, sabr-toqati, aql-zakovati menikidan kuchli bo‘lishi lozim.
Menga bir qarashning o‘zidayoq gapini o‘tkaza oladigan, oilada haqiqiy bosh bo‘ladigan turmush o‘rtoq kerak, — deb qo‘shimcha qildi ijodkor. — Garchand san’at hayotimning mazmuni, bir bo‘lagi bo‘lsa ham o‘ylab o‘tirmay oilam, farzandlarim uchun san’atimdan kechgan bo‘lardim”. | 94 | 1,247 |
Madaniyat | Foto: Yigitali Mamajonov — restoranda. Yonida — yana o‘sha qiz | Aktyor Yigitali Mamajonov Instagram’dagi sahifasida aktrisa Sitora Alimjonova bilan tushgan navbatdagi suratini e’lon qildi. Surat ostida Yigitali: “Yaqinda yangi film!”, — deb izoh qoldirilgan.
Yigitali Mamajonov hamkasbi Sitora Alimjonova bilan tushgan suratlarini birinchi marta e’lon qilayotgani yo‘q.
Bir muddat avval Yigitali chimildiqqa o‘xshash joyda o‘tirgani, yonida yuzini ro‘mol bilan yashirgan qiz aks etgan suratni e’lon qilgan edi.
Keyinroq aktyor bu ishchi nomi “Begunoh” bo‘lgan filmning tasvirga olish jarayonidan lavha ekanini, unda aktrisa Sitora Alimjonova bilan birga suratga tushayotganini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Yigitali Mamajonov 2012-yilning noyabrida xonanda Rayhon G‘aniyeva bilan oila qurgan edi. 2014-yil may oyida juftlik egizak farzandli bo‘ldi, 2015-yil yanvarida esa Rayhon ajrashishga ariza bergani, 2016-yil mayida esa Yigitali va Rayhonning nikohi qonunan bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 62 | 1,093 |
Madaniyat | “Ko‘rish va eshitish qobiliyatimni yo‘qotdim”. Gollivud aktyori Eshton Katcher autoimmun kasallik bilan kurashmoqda | Gollivud aktyori Eshton Katcher National Geographic telekanalining “Bear Grills bilan yovvoyi tabiatda: chaqiriq” shousida mehmon bo‘ldi. Suhbat chog‘ida aktyor kam uchraydigan autoimmun kasallik bilan ikki yildan beri kurashayotgani haqda ilk bor gapirdi. Aktyorga vaskulit (qon tomirlarining yallig‘lanishini keltirib chiqaradigan kasallik) tashxisi qo‘yilgan, deb yozadi “Lisa.ru”.
“Ikki yil oldin menda ko‘rish, eshitishdan mahrum qilgan va butun osoyishtaligimni buzib yuborgan vaskulitning g‘alati, juda kam uchraydigan shakli kuzatildi. Bularning barchasini tiklash uchun menga bir yil kerak bo‘ldi”, — dedi Katcher.
Eshton, shuningdek, kasallik nafaqat uning sog‘lig‘iga, balki dunyoqarashiga ham ta’sir qilganini aytib o‘tdi.
“Toki yana atrofni ko‘ra olamanmi, odamlarni eshita olamanmi, yana oyoqlarim bilan yurish nasib qiladimi, degan xayol kelmaguncha, bularning hammasi boshga tushmaguncha, sog‘liqning qadriga yetmas ekanmiz. Tirik qolganimdan juda ham xursandman”, — deydi aktyor.
Eshton Katcher rafiqasi Mila Kunisning qo‘llab-quvvatlashi tufayli tuzalishiga, qayta oyoqqa tura olishiga ishonchini yo‘qotmadi. Juftlik 2015-yilda turmush qurgan. Hozirda ular ikki nafar farzandi — qizi Uayatt va o‘g‘li Dmitriyni tarbiyalamoqda. | 115 | 1,247 |
Madaniyat | Gollivud yulduzlari shoumen Jimmi Fellon ko‘rsatuvida mashhur Rojdestvo qo‘shig‘ini kuyladi (video) | The Tonight Show kechgi shou dasturi boshlovchisi Jimmi Fellon mashhur Rojdestvo qo‘shiqlaridan biri – Wonderful Christmastime’ni uning muallifi Pol Makkartni bilan birgalikda kuyladi, deb xabar bermoqda TJournal.
Kadr: YouTube
The Beatles guruhining sobiq a’zosidan tashqari “Kuyla” (Sing) multiplikatsion myuzikliga ovoz bergan aktyorlar – Metyu Makkonaxi, Skarlett Yoxansson, Riz Uizerspun, Set Makfarleyn va boshqalar qo‘shiq kuylashda ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, “Jirkanch kamina” mualliflari tomonidan yaratilgan “Kuyla” multfilmi AQShda sentabr oyida prokatga chiqdi. Mazkur multfilm dunyo bo‘ylab 2017-yili namoyish etiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 99 | 796 |
Madaniyat | Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi | Gollivudning 64 yoshli aktyori Alek Bolduin va uning 38 yoshli rafiqasi Hilariya qiz farzandli bo‘ldi. Aktyor sakkizinchi farzandiga Ilariya Katalina Irena deb ism qo‘ydi. Alek Bolduin chaqalog‘ining birinchi daqiqalari aks etgan videosini Instagram’dagi sahifasiga joyladi.
“U shu yerda. Biz sizga o‘zimizning kichik orzumizni tanishtirganimizdan juda xursandmiz”, — deb yozadi aktyor.
Juftlik 2012-yildan beri yettinchi marta ota-ona bo‘ldi. Shunday qilib, Ilariya Katalina Irenadan tashqari, aktyorning bir yoshli Lusiya, bir yarim yoshli Eduardo, to‘rt yoshli Romeo, besh yoshli Leonardo, yetti yoshli Rafael va sakkiz yoshli Karmen ismli farzandlari bor.
Bolduinning aktrisa Kim Beysinger bilan turmushidan katta qizi Irlandiya ham bor. | 61 | 741 |
Madaniyat | Bahorgi garderobni yangilaymiz: Qirolicha Letitsiyaning klassik uslubdagi kiyimlarda ham jozibali ko‘rinishi sirlari (foto) | Bahor faslida ofis uchun mo‘ljallangan garderobingizni yangilamoqchimisiz? Rasmiy uslubning timsoli bo‘lgan qirolicha Letitsiyaning obrazidagi o‘ziga xosliklar, albatta, sizga ham kerak bo‘ladi.
Zamonaviy shimlar tanlash kerak. Bel qismi yuqori, yumshoq belbog‘li bu zamonaviy uslublar ko‘ylak va bluzkalar bilan birlashtirish uchun juda mos keladi. Ushbu shimlarning yana bir afzalligi shundaki, ochiq to‘piqlar va baland bel oyoqlarni vizual ravishda uzun ko‘rsatadi. Shuningdek, garderobning qolgan qismiga mos keladigan neytral rang tanlash ham muhim.
To‘q rangli ofis kostyumlaridan voz kechish vaqti keldi. Agar bir xil rangdagi kostyum va shim kiymoqchi bo‘lsangiz, bahor kayfiyatiga mos yorqin rang tanlang. Ayni vaqtda, pushti va och siyohrang trendda. Ideal holda, o‘xshash rangdagi poyabzallarni topish ham mumkin.
Qora va ko‘k rangli shimlarni nafis matolardan tikilgan ochiq rangli bluzkalar bilan moslash to‘g‘ri qaror. Shuningdek, bir xil rangdagi shim bilan turli naqsh yoki gullar tasviri tushirilgan koftalarni sinab ko‘rish mumkin. Qolaversa, kombinatsiya dastlab o‘z egasiga qulay bo‘lishi kerak.
Plissi yubkalar ofis uslubiga juda mos keladi. Yorqin va shaffofliksiz zich matodan tayyorlangan modellar esa trendda. Ipak yoki atlasdan tikilgan nafis bluzka yubka uchun yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi. Obrazni yanada boyitish uchun sumka ham taqish mumkin.
Agar ish kuni peshtaxta yoki stol atrfda o‘tsa, turli printli yubkalarni ham garderobga qo‘shish mumkin. Bu doimiy to‘q rangdan zerikkanlar uchun ayni muddao.
Hatto eng oddiy kiyim ham qo‘shicha elementlar tufayli zamonaviy va nazokatli ko‘rinadi: bo‘yin chizig‘ining assimetrik kesimi, belni ta’kidlaydigan kamar yoki zamonaviy zargarlik buyumlari. | 123 | 1,726 |
Madaniyat | Turkiya kinofestivalida o`zbek kinoijodkorlari munosib kutib olindi | Turkiyada bo`lib o`tayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivalida taniqli kinoijodkorlardan iborat o`zbek delegasiyasi ham ishtirok etmoqda. Festivalning ilk kuni o`zbek kinoijodkorlari tantanali kutib olinib, mehmonlar xalqaro kinofestival dasturi bilan tanishtirildi.
Kuni kecha esa Turkiyada O`zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamraevning “Xalq jasorati” va Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmlari premerasi bo`lib o`tdi. Shuningdek, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov tomonidan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoyga “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” kitob albomi taqdim etildi. Tashkilotchilar ushbu noyob sovg`adan mamnun bo`lganliklarini bildirishdi.
Oldinda kinofestival dasturiga ko`ra, o`zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan “O`zbek kino kunlari” ijodiy kechasi hamda Rashid Malikov rejissyorligida yaratilgan “Tutqunlik” filmining premerasi bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, O`zbekiston va Turkiya kinematografistlari hamkorligini ta`minlash yuzasidan videomuloqot, ijodiy uchrashuvlar, badiiy va hujjatli filmlar hamda teleseriallar ishlab chiqarish bo`yicha memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.
"Korkut ata” xalqaro kinofestivali 12 noyabrgacha davom etadi. | 67 | 1,308 |
Madaniyat | Javohir Zokirov Nargiz Zokirova bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi | Aktyor Javohir Zokirov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali Nargiz Zokirovaning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida tanqidli izoh yozgan foydalanuvchilarga qarata aytgan javobiga izoh berdi.
“Hozir mening opamni haqorat qilishdi, men jim tura olmayman. Odamlar ikki lagerga bo‘linib olgan — undan nafratlanidaganlar va unga qoyil qoladiganlar. Ko‘pchilik uning O‘zbekiston haqida yozganlarini haqorat, undan ham yomoni Vatanga xiyonat deb o‘ylab g‘azablanyapti. Lekin siz faqatgina aysbergning uchini ko‘ryapsiz. So‘nggi ikki yil davomida u ko‘plab haqoratomuz gaplarni e’tiborsiz qoldirganiga men shaxsan guvoh bo‘ldim. Bunday izohlar bizning vatandoshlarimiz tomonidan qoldirilgan. Bu odamlarning ikkiyuzlamachiligi, hasadi men uchun uyatli edi. Men shaxsan aholimizning bu qismiga opam nima yomonlik qilganiga tushunmayman. Sochi olingani yoki tatuirovkalari uchunmi?
O‘zbekiston — biz uchun o‘z uyimiz va bolalarimiz bo‘lsa, Nargiz uchun yomon xotiralar mamlakati. Tahdid va haqoratlar yog‘dirayotgan odamlar esa mamlakatimizning salbiy obrazini yanada ildiz orttirdi. Aslida bu ajoyib o‘lkada yaxshi odamlar yashaydi, ular tarbiyasi kuchliligidan johil yovvoyilarning gaplarini kesib tashlashdan andisha qiladi. Bu yovvoyilar esa birorta tilda ham to‘g‘ri yoza olmaydigan, so‘kinishdan boshqa so‘zlarni bilmaydigan, ayniqsa Islomdek hikmatli din haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lmagan odamlardir.
Nargiz uzoq vaqt jim turdi va hamyurtlarimizning hujumlariga e’tibor bermaslikka urindi. Unga yomon narsalarni yozganlar — o‘zimiznikilar. O‘tgan yili dunyoga kelgan nabirasining fotosurati ostiga qarg‘ish so‘zlari yozilgach esa uning sabr kosasi to‘ldi. Toping-chi, ularning mualliflari kimlar? O‘zbeklar. “Sen yetim emassan”ni yozgan G‘afur G‘ulom kabi o‘zbeklar, urush vaqtida butun ittifoqdan kelgan bolalarni asrab olganlar kabi o‘zbeklar, o‘z farzandlarini jonidan ortiq ko‘ruvchi va oila qadriyatlarini muqaddas deb hisoblovchi o‘zbeklar.
Men Nargizni yaxshi ko‘rishni, hattoki uni va haqiqatan ham mamlakatimiz madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan oilamizni hurmat qilishni so‘ramayman. Men faqatgina ko‘proq odamlar o‘z yuraklarini ochib, uni nafratdan tozalashlarini so‘rayman. Axir haqiqiy imonli odam o‘z qarashlariga to‘g‘ri kelmaydigan kishilarga ham yomonlik qilmaydi”, — deb yozgan Zokirovlar oilasining vakili.
Eslatib o‘tamiz, Nargiz Zokirova Instagram’dagi sahifasida foydalanuvchilardan o‘zini o‘zbekistonlik deb atamaslikni talab qilgani xabar berilgan edi. Keyinroq, xonanda uni noto‘g‘ri tushunganlardan uzr so‘rab, g‘azabi faqat uni haqoratlaganlarga qaratilgani, hali ham O‘zbekistonni o‘z Vatani deb bilishini ma’lum qilgan. | 66 | 2,654 |
Madaniyat | Xonanda Lola xatolari uchun “burchakka turg‘azib qo‘yilgan kichkina bola emas”ligini aytdi | Xonanda Lola (Yo‘ldosheva) o‘zi uchun birinchi navbatda o‘zligini saqlab qolish muhim ekanligini ta’kidladi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men hech kimdan qasos olmayman, ataylab yoki qasddan biror nima uyushtiradigan odam emasman. Nima qilmay, o‘zim uchun qilaman. Birinchi navbatda o‘zligimni saqlab qolishim muhim”, — dedi xonanda.
“Qolaversa, xatolarini majburan o‘zgartirishi kerak bo‘lgan va aybi uchun burchakka turg‘azib qo‘yilgan kichkina bola ham emasman. Qanday xulosaga kelishim esa faqat o‘zimga bog‘liq”, — dedi Lola. | 90 | 568 |
Madaniyat | «Qo`qon shamoli» tarixiy badiiy filmining yopiq premerasi bo`lib o`tdi | Ma`lumot o`rnida: Film Qo`qon xonligining XVIII asr oxiri — XIX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda adabiy muhiti, o`sha davr chigalliklari haqida bo`lib, asosan Qo`qon xoni Umarxon hamda shoira Nodirabegim hayotidan hikoya qiladi.
21 sentyabr kuni "Zarafshon" majmuasidagi media-xollida filmning OAV vakillari uchun yopiq premerasi bo`lib o`tdi. Shuningdek namoyishda kino san`atining vakillari ham ishtirok etishdi.
Taqdimotni "O`zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxalikov o`z nutqi bilan ochib berdi.
"Dilshoh" kinostudiyasi va rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan suratga olingan "Qo`qon shamoli" tarixiy badiiy filmning namoyishi o`sha kuni tamoshabinlarni yana bir bor o`tmish sahnasiga olib kirdi, desak mubolag`a bo`lmaydi.
Eslatib o`tamiz, "Qo`qon shamoli"nomli tarixiy filmida Nodirabegim rolida yosh aktrisa Rayhon Asatova, Amir Umarxon rolida aktyor Ilhom Berdiev, Olimxon rolida esa aktyor Bobur Yo`ldoshevni ko`rish mumkin. | 70 | 965 |
Madaniyat | Madaniyat vaziri Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi | Joriy yilning 26 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida sohaga oid barcha masalalar muhokama qilindi va shu bilan birga, to`rt yilga mo`ljallangan madaniyat, san`at va turizmni ikki davlat o`rtasida rivojlantirish borasida Hamkorlik shartnomasi va Ish rejasi imzolanishiga kelishildi.
Baxtiyor Sayfullaev o`z navbatida Lo Shuganga Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ichan-Qal`a muzey qo`riqxonasining «Amir To`ra madrasasi hamda Xasanmurod Qushbegi masjidi»ga 8,5 million AQSh (grant 2017-2019 yillarga mo`ljallangan) dollari restavrasiya va konservasiya ishlariga ajratilgan grantlari uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi. | 65 | 706 |
Madaniyat | O‘zbekistonda germaniyalik fortepianochi konsert beradi | Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi 2014-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida fortepianochi Anna-Mariya Markovinaning klassik musiqa konsertini tashkil etadi. Konsert dasturidan taniqli bastakor Karl Filipp Emanuel Bax asarlari o‘rin olgan. Bundan tashqari, ikki nafar o‘zbek musiqachisi — Bekzod Turdiyev (nay) va Akmal Tursunov (g‘ijjak) Anna-Mariya bilan birgalikda Iogann Sebastyan Bax va Sulaymon Yudakovlarning asarlaridan ijro etadi. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Konsertdan tashqari, Anna-Mariya Markovina O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, R. Gliyer va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarining talabalari uchun mahorat darslari o‘tadi.
Toshkentdagi tadbirlardan keyin Anna-Mariya Markovina Nukus (5-iyun), Urganch (6-iyun) va Farg‘ona (9-iyun) shaharlarida ham konsertlar beradi va o‘sha yerdagi san’at kollejlari talabalariga mahorat darslari o‘tadi.
2014-yil klassik musiqa olamida Karl Filipp Emanuel Baxning 300 yillik yubileyi nishonlanmoqda. Anna-Mariya Markovina mazkur bastakorning fortepianoga mo‘ljallagan asarlarining to‘liq to‘plamini Haenssler Classic studiyasida yozib chiqdi va ovoz yozish bo‘yicha Germaniya tanqidchilari uyushmasining mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu ijro butun dunyoda katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Ma’lumot uchun: Xorvatiyada tug‘ilib o‘sgan Anna-Mariya Berlin, Vena va Vaymar shaharlarida tahsil olgan. Hozirda u Germaniyaning Kyoln shahrida istiqomat qiladi. O‘ziga xos uslubga ega ijodkor o‘z musiqiy faoliyatini Vitaliy Margulis, Anatol Ugorskiy va Paul Badura-Shkoda kabi taniqli murabbiylar rahbarligida boshlagan. U o‘z ijrosida rus maktabining texnik mukammalligi va Vena maktabi an’anasiga xos ravishda fortepiano asarlarining izchil tahlilini mujassamlashtirgan. | 55 | 1,859 |
Madaniyat | Erkin A’zam va Jahongir Qosimov “O‘zbekkino”ning yangi Badiiy kengashi tarkibiga kirdi. Kengash raisi — Shuhrat Rizayev | “O‘zbekkino” milliy agentligi Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Agentlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda yangilangan Badiiy kengashi Nizomi loyihasi muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Badiiy kengashning 15 kishidan iborat yangi tarkibi tasdiqlangan. Kengashga agentlik raisi birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev rais, Feruza To‘raxo‘jayeva esa kotib etib tayinlangan.
Badiiy kengash tarkibidan Muhammadjon Quronov, Mavzur Mahmudov, Nigora Karimova, Abduqayum Yo‘ldoshev, Nazar Eshonqul, Erkin A’zam, Jahongir Qosimov, Bahrom Usmonov, Jahongir Ahmedov, Rustam Sa’diyev, Shuhrat Mahmudov, Feruza Fayziyeva, Maqsud Abilov o‘rin olgan.
Yig‘ilish yakunida “Ona yurtning bag‘ridan — zuvolasi” (Husan Sharipov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan), “Hasanboy Do‘stmatov”, “Komiljon Otaniyozov” nomli hujjatli filmlar hamda “Kenja botir” multfilmining ko‘rigi va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
“Kengash a’zolari mazkur kartinalar yuzasidan o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib, mualliflarga tegishli ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi agentlik xabarida. | 119 | 1,066 |
Madaniyat | Robert Pattinson “Betmen”da bosh rolni ijro etadi | “Sumerki” filmidagi Edvard Kallen obrazi bilan tanilgan britaniyalik aktyor Robert Pattinson rejissor Mett Rivzning filmida “Betmen”ni ijro etadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Filmni suratga olish ishlari shu yilning yozida boshlanadi. Biroq jarayon boshlanishining aniq sanasi hali noma’lum. “Betmen” filmi katta ekranlarga 2021-yilning 25-iyunida chiqishi rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, 33 yoshli Pattinson Kristian Beyldan keyin ushbu superqahramonni gavdalantirgan ikkinchi eng yosh aktyor bo‘ladi. | 49 | 515 |
Madaniyat | “Shifokorlar bir asrab qolishgan”. Yodgor Sa’diyev yurak bilan bog‘liq kasallik bilan kurashib kelayotganini ma’lum qildi (video) | O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Yodgor Sa’diyev suhbat davomida 65 yoshidan buyon yurak bilan bog‘liq kasallik bilan kurashib kelayotgani, yuragiga bir necha marotaba stent qo‘yishgani haqida gapirib berdi.
Bu narsani aytishning hojati yo‘q edi-yu, mayli, endi aytaman. Meni shifokorlar bir asrab qolishgan. Bu 65 yoshga to‘lishim arafasida bo‘lgan. ‘Jigarbandim’ filmi syomkasidan keyin suratga olish jarayoni paytida bo‘lgan edi. Keyin tekshirtirsak, karanagrafiya qildirgandik, shunda stent qo‘yish kerak deyishgandi, o‘shanda tug‘ilgan kunimdan 4-5 kun oldin o‘shani qo‘yib qutqarib ham qolindi desa ham bo‘ladi.
Hozirgi meditsina shunchalik rivojlanganki, ilgari odamlarda bu narsa bo‘lmagan. Tomirlarda qon o‘tishi yomonlashgandan keyin, qon o‘tishi 100% bo‘lmagan, 40—30% bo‘lgandan keyin u infarkga olib keladi.
Hozirgi tibbiyot shu narsalarni joy-joyiga qo‘yib, Allohga beadad shukr, bu orqali qancha odamlar davo topyapti va hayoti davom etmoqda. Menda ham xuddi shunaqa bo‘lgan. Keyin yana bir marta bo‘ldi. U endi rahmatli kelinoyingiz vafotidan bir oydan so‘ng bo‘lib, keyin yana bir marta qo‘yildi. Bu yilni 2019-yilni boshida yana bitta o‘tkazgandik, yana bitta qo‘yildi.
Bu, ‘mana endi Yodgor Sa’diyev ancha yetilib qoldi’, degani emas, yo‘q. Men hatto yigirmatalab ham stenti bor odamlarni bilaman, mehnat qilib yurishibdi, xizmat qilib yurishibdi. Shuning uchun bu narsalar ozgina qon - tomirlari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar. Bu ham o‘tib ketdi Xudoga shukr. Kerak bo‘lsa yana qo‘ydiramiz. Buning hech qo‘rqinchli joyi yo‘q. Hozirda bizdagi shifokorlar ham bu narsani ustasi bo‘lib ketishgan. Ilgari Hindiston, Moskvaga borilardi. Hozir mana O‘zbekistonimizni ko‘rib turibsiz. Oxirgi 3 yilda yanada rivojlandi. Prezidentimizning ham eng katta e’tibori tibbiyot sohasiga bo‘ldi. Chunki bu insonlarning sog‘lig‘i, O‘zbekiston fuqarolarining sog‘lig‘i bilan bog‘liqligi uchun Prezidentimizning ham e’tibori, qarorlari chiqarilyapti. Bu masalada jiddiy va mukammal shu narsani rivojlantirish uchun qarorlar chiqarildi va yordam berilyapti. Beadad shukr, bundan qo‘rqish kerak emas.
Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev suhbat davomida “Shaytanat” serialining 20 yillik “zapret”i sababi, serialning so‘nggi 21-qismi, hayoti va ijodi bilan bog‘liq ko‘plab javobsiz savollarga ham oydinlik kiritdi. | 129 | 2,546 |
Madaniyat | Toshkent viloyatida 120 gektar maydonda kino shaharchasi barpo etiladi | 26-dekabr, payshanba kuni Toshkentda o‘tkazilgan “Milliy kinematografiya: rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalar” Respublika kino forumi o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ushbu forumda “Kinochilar uyi”ni qayta tiklash, Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish, Kinematografiya institutini tashkil qilish, “O‘zbekfilm” turistik markazini ochish, milliy seriallar studiyasini yaratish singari bir qator masalalar muhokama qilindi.
“Biz bugun yangi yilga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri imzolagan hujjat asosida tuzilgan ‘Yo‘l xaritasi’ni e’tiboringizga havol etyapmiz. ‘Yo‘l xaritasi’ davlat rahbari ilgari surayotgan qator tashabbuslar, ‘O‘zbekkino’ tomonidan o‘tkazilgan tadbir va uchrashuvlarda bildirilgan fikrlar, taklif va g‘oyalarni o‘z ichiga oladi”, — dedi “O‘zbekkino” bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.
Shuningdek, “Yo‘l xaritasi”da milliy kinoni rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar ko‘zda tutilgan. Jumladan, “O‘zbekfilm” kinostudiyasi ishlab chiqarish binosini rekonstruksiyalash uchun 40 milliard so‘m, “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Ilhaq”, “Ibrat” va “101-reys” filmlari va boshqa kino mahsulotlari uchun 17 milliard so‘m yosh kinoijodkorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida tegishli moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 600 million so‘m ajratilishi belgilangan.
Bundan tashqari yangi yilda “Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi”, “Respublika kinoprokat markazi”, “Do‘rmon” kinoijodkorlar uyi”, “Qoraqalpoqfilm” singari inshootlarning rekonstruksiya qilinishi va foydalanishga topshirilishi, suratga olish jarayonlarida foydalanish uchun 77 ta retro avtomashina “O‘zbekkino”ga berilishi ham ma’lum qilindi.
Shuningdek, jamoatchilikka ikki yilda bir marotaba “Toshkent” xalqaro kinofestivali o‘tkazish va uning tegishli direksiyasini tashkil qilish, O‘zbekiston kino san’ati muzeyi, milliy filmlarni saqlash, raqamlashtirish bilan shug‘ullanuvchi davlat kino fondini ochish, xorijiy mamlakatlarda arxivlarda saqlanayotgan milliy kinoasarlarimizni qaytarish masalalari ham tilga olindi.
“Yirik shaharlarimizda tadbirkorlarimiz kuchi bilan kinozallarga ega bo‘lgan savdo-ko‘ngilochar komplekslari ochish ham asosiy vazifalarimizdan sanaladi. Ana shu maqsadda yer maydonlari ajratish, imtiyozli kreditlar berish nazarda tutilmoqda. Yaqin kelajakda Toshkent viloyati hududida yirik kino shaharchasi qurish loyihasi amalga oshiriladi. Ana shu maqsadda 120 gektarga yaqin yer maydoni ajratiladi”, — deydi Firdavs Abduxoliqov.
Bundan tashqari forumda “Kinochilar uyi”ni qayta tashkil etish bilan bog‘liq yana bir xushxabar aytildi. Yangi “Kinochilar uyi” “O‘zbekkino” hududidagi “Zamin” restorani negizida bunyod etiladi. Bundan tashqari “O‘zbekkino” tizimida mehnat qilayotgan iste’dodli yoshlarni Toshkent shahriga propiska qilish va ularga har tomonlama imtiyozlar berish masalalasi ham hukumat hujjatida ko‘zda tutilgan.
O‘zbek kinosanoatining rivoji bevosita kadrlar masalasiga borib taqaladi. Shu bois “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda Butunrossiya davlat kinematografiya institutida 10 nafar, “Mosfilm” kinokonserniga 20 nafar xodim va mutaxassislarni yuborish rejalashtirilgan.
Avvalroq Samarqandda Gollivud tipidagi Cinema City Sollywood kino shaharchasi qurilishi haqida xabar berilgan edi.
Samarqandda Gollivud tipidagi Cinema City Sollywood kino shaharchasi quriladi (foto) | 70 | 3,442 |
Madaniyat | Bollivud yulduzi Ayshvariya Ray Fransiyadagi Le Defile L’Oreal Paris shousida ishtirok etdi (foto) | Parij moda haftaligi nafaqat liboslar, balki L’Oreal Paris tomonidan o‘tkaziladigan go‘zallik namoyishi ekani bilan ham mashhur.
An’anaviy tarzda unda yetakchi supermodellar, balki go‘zallik markalarining vakillari ham ishtirok etadi. Shou shaharning eng ko‘zga ko‘ringan joylarida o‘tkazilishi o‘ziga xoslik sanaladi. 2021-yilgi shou Eyfel minorasining shundoqqina etagida bo‘lib o‘tdi. Stilistlar 2022-yil bahordagi byuti-trendlarni namoyish qilganidan kelib chiqib, unda liboslarni ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan deb aytish mumkin. Tadbirning bu yilgi mavzusi — ayollarning huquq va imkoniyatlarini hamda ko‘cha zo‘ravonligiga qarshi brend kampaniyalarini kengaytirishdan iborat.
Hind aktrisasi Ayshvariya Ray Le Defile L’Oreal Paris podiumining eng asosiy mehmonlaridan bo‘lgan. Undan tashqari shouga Xelen Mirren, Ketrin Lengford, Ember Xerd va boshqa ko‘plab yulduzlar tashrif buyurgan. 1994-yilgi “Dunyo go‘zali” zamonaviy sarini esga soladigan oppoq libos kiyib kelgan.
Uning labiga pushti pomada bilan urg‘u berilgan makiyaji atrofdagilar e’tiborini tortgan. Aktrisa Parijga o‘tgan hafta turmush o‘rtog‘i Abxishek Bachchan va qizi Aradya bilan birga uchib kelgan. Juftlik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida safari davomidagi suratlar bilan bo‘lishgan. | 98 | 1,272 |
Madaniyat | “Arshin mol olon” Jizzaxda | "Diydor" teatr studiyasi ta`lim berishni va ijodni birgalikda uyg`unlashtiradigan,rejissyorlik va aktyorlik mahorati hamda teatr san`ati sohasiga mehr qo`ygan iste`dod egalarining tajriba-amaliyot darslarini tashkil etadigan, ularegallagan nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliyotda qo`llash hamda ko`nikmalarini shakllantirib borishga xizmat qiluvchi dargoh.
Teatr studiyasining badiiy rahbari O`zbekiston Respublikasi xalq artisti Bahodir Yuldoshev san`atga mehr qo`ygan yosh aktyorlarni o`z uslubida tarbiyalab, muqaddas sahna sir asrorlarini o`rgatib kelmoqda. O`ziga xos yo`nalishda ijod qiladigan ushbu teatr sahnasida ko`plab durdona asarlar sahnalashtirilgan. Shunday asarlardan biri ozar dramaturgi Uzeir Gajibekovning “Arshin mol olon” musiqiy spektaklining o`ziga xos namoyishi teatr ixlosmandlarining ko`nglidan joy olgandi.“Diydor” teatr studiyasi ushbu spektaklni respublikamizning ko`plab hududlarida namoyish etishdi, musiqiy asar jozibasidan ko`plab muxlislar bahramand bo`lishdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018 yil 28 noyabrdagi PK-4038-sonli qarorining 2.4-ilovasi 11-bandi ijrosi bo`yicha “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi ” jamoasi 2019 yil 30 iyun kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida ham bo`lib, Uzeir Gajibekovning “Arshin mol olon” spektaklini tomoshabinlarga taqdim etishdi. Spektakl muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Spektaklda bosh rollarni Yulduz Rajabova, Adiz Rajabov, O`lmas O`raev, Umar Jumaev, Jo`rabek Arziev kabi yosh va taniqli aktyorlar maromiga etkazib ijro etishdi.
Bir paytlar“Arshin mol olon” filmi millionlab tomoshabinlar ko`nglini zabt etgani barchaga ma`lum. Lekin asarning “Diydor” teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilganversiyasi hamtomoshabinni filmdan kam hayratga solmaydi. Har bir namoyishda teatrda bitta ham bo`sh qolmasligi ham shundan.
Dilfuza SOBIROVA | 26 | 1,869 |
Madaniyat | Malika Egamberdiyeva hamda Shahruz duet kuylaydi | Shahruz o‘zbek estradasida yangicha yo‘nalishda va kutilmagan duet taqdim etish niyatida. Bu haqda Popcorn.uz xabar qildi.
“Sog‘indim jonim”, “Uyalib”, “Mani jonim”, “Senga muhtojman” kabi taronalari bilan o‘z muxlislariga ega bo‘lgan Shahruz yangi ijod namunasini tayyorlash ishlari bilan band.
Milliy yo‘nalishda yaratilishi ko‘zda tutilgan duet deyarli tayyor holatga kelgan. Ijodkorlar Malika Egamberdiyevaning gastrol safari yakunlanishini kutmoqda. | 48 | 456 |
Madaniyat | AQSh tarixidagi ilk ayol vitse-prezident — Kamala Xarrisning kiyinish uslubiga xos 7 qoida (foto) | Siyosiy faoliyatda kiyinish uslubi ham katta rol o‘ynaydi. Ranglar, o‘ziga xoslik, siluet, shuningdek, aksessuarlar inson fe’l-atvori haqida ko‘p narsani anglatadi. Ayniqsa, u siyosatchi, vitse-prezident lavozimini egallagan ilk ayol bo‘lsa. Taxmin qilganingizdek, gap so‘nggi kunlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan inson — Kamala Xarris haqida ketyapti. 20-oktabr kuni 57 yoshni qarshilagan, kiyim borasida vazminlik bilan tanlov qiladigan Kamalaning kiyinish uslubidagi o‘ziga xosliklarga to‘xtalib o‘tamiz.
Bel qismiga urg‘u berilgan jaketlar
Kamala Xarris jaketlarni juda ham yaxshi ko‘radi. Kostyum-shim kiyishni afzal biladigan Kamala uni futbolka yoki kofta bilan moslaydi. Aftidan, aynan shunday obrazda o‘zini dadil va qat’iyatli his qiladi. Omma oldida chiqish uchun kiyimlar harakatlarni cheklamasligi muhim hisoblanadi, Kamala esa bu borada mukammal formulani topishning uddasidan chiqqan. Uzunroq turadigan jaket, yopishib turadigan jinsi va belga urg‘u berilishi Xarrisga xos obraz sanaladi. Voqea yoki mavsumdan qat’iy nazar, rang va mato o‘zgarmaydi, siluetidan AQSh vitse-prezidentini hamisha uzoqdan tanish mumkin.
Marvaridli taqinchoq
Aksessuar ham u yoki bu shaxsga xos “tashrif qog‘ozi” bo‘lishi mumkin, masalan, Rut Ginzburgning oq, to‘rli yoqasi bunga yaqqol isbot bo‘la oladi. Kamala aksariyat hollarda marvaridli taqinchoqlarni taqishni xush ko‘radi. AQSh vitse-prezidenti omma oldida qora va oq marvaridli taqinchoq bilan bir emas, bir necha marta ko‘rinish bergan.
Keda
Rasmiy kostyumlar bilan birgalikda neytral rangdagi uchli tufli kiyish o‘ziga xos ko‘rinishini hech kim inkor qilmaydi. Ammo mana deyarli 10 yildirki, ayol-qizlar keda va krossovkalarni barcha narsa bilan moslab kiyadi. 2020-yilgi saylov vaqtida Kamala Xarris Converse Chuck Taylor All-Star’dan bir necha marta ilhomlangan. Converse Kamala uchun 2020-yildagi saylovning ajralmas qismiga aylangan desa ham, xato bo‘lmaydi. Tarmoqlarda hatto “Bog‘ichlarni bog‘la, niqob taq va saylovga bor”, — degan shior tushirilgan suratlar tarqalgan.
Timberlendlar
Kamalaning yana bir sevimli poyabzali Timberland brendining hajmli botinkalari hisoblanadi. Davlatning birinchi shaxslari nafaqat bayonot bilan chiqish qiladi, balki tabiiy ofat va boshqa vaziyatlarda turli joylarga ham tashrif buyuradi. Shu singari Kamala ham Kaliforniyadagi yong‘inga aynan shu poyabzalda borgan. Uning jiyani Mina Xarris Kamala samolyotdan timberlendda tushib kelgan videoga izoh ham yozib qoldirgan. U o‘z uslubi orqali xalqqa yaqinligini namoyon qiladi.
Sport uslubidagi kiyim
2020-yil 7-noyabr kuni ertalab, saylov natijalari e’lon qilingan vaqtda Kamala yugurishda bo‘lgan. Jo Baydenning “Biz buni uddaladik” degan ovozi jaranglagan video bir necha kun ichida internetda virusdek tarqalgan. O‘sha vaqt Kamal to‘q kulrang sport kiyimida bo‘lgan, qora ko‘zoynak taqqan va sochlarini tepadan yig‘ib olgan edi.
Oq rang
Bo‘lajak vitse-prezidentning birinchi nutqi muhim hodisa bo‘lgan. Buning uchun Kamala oppoq kostyum tanlagan. Gap shundaki, oq sufrajistlar harakati va ayollarga xos birdamlikning ramzi hisoblanadi. Xilari Klinton 2016-yili prezidentlikka nomzod bo‘lganida ham aynan mazkur uslubdan foydalangan edi. Oqdan tashqari, sufrajistlar binafsha rang va sariqdan ham foydalangan bo‘lib, bu sadoqat, soflik hamda umid ramzi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Xarris hali ushbu ranglardan ko‘p foydalansa kerak, deb taxmin qilish mumkin.
Bantli bluzka va bo‘yinga taqiladigan ro‘mol
Kamala jiddiy ish uslubida kiyinishni afzal bilishiga qaramay, tez-tez ayollarga xos bantli bluzkalar yoki bo‘yinga taqiladigan ro‘mollarni ham tanlab turadi. Bu obrazga nafislik qo‘shishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Kamala hamisha dress-kodlarga amal qiladi va shunda ham uning kiyimlari zerikarli ko‘rinib ham qolmaydi. | 97 | 3,793 |
Madaniyat | Yaponiyada Markaziy Osiyo madaniy merosiga bag`ishlangan ko`rgazma ochildi | Yaponiyaning Kioto shahri yaqinidagi Mixo muzeyida "Qadimgi Transoksiana xazinalari" ko`rgazmasi ochildi. Marosimni Mixo muzeyi menejeri va tadqiqot direktori Inagaki Xadzime kirish so`zi bilan ochdi.
Tadbirda O`zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi A.Sagdullaev, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati a`zosi, Mixo muzeyining maxsus tadqiqotchisi Sergey Laptev, muzey kengashi raisining o`rinbosari Isimaru Syoun va boshqalar so`zga chiqib, O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi madaniy aloqalarning uzoq tarixi, xalqlarimiz merosi, turmush tarzi, urf-odat va an`analaridagi mushtarak jihatlar, Yaponiyada saqlanayotgan O`zbekiston, umuman Markaziy Osiyoga oid osori atiqalarning ilmiy ahamiyati xususida so`z yuritdilar.
Muzeyga O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati va "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi doirasida 10 jildlik kitob-albomlar hamda turkumning Yaponiya kolleksiyalaridagi Markaziy Osiyo xazinalariga bag`ishlangan yangi jildi taqdim etildi.
O`zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Sharafiddin Yusupov tomonidan qo`lda ishlangan laganlar ham muzeyga hadya qilindi. Uchrashuv qatnashchilari MIXO muzeyining uchta zalida "O`zbekiston va Yaponiya – Buyuk Ipak yo`lida" media-ivent munosabati bilan ochilgan maxsus ekspozisiya bilan tanishdilar. Ko`rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarga loyiha va Yaponiyadagi muzeylarda saqlanadigan Markaziy Osiyo ob`ektlari to`g`risida hikoya qiluvchi videofilmlar namoyish etildi.
Tadbir doirasida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati delegasiyasi vakillari Kioto Gumanitar tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi. Institut direktorining o`rinbosari, institutning axborot markazi direktori Inaba Minoru O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va O`zbekiston hukumatining madaniy merosni o`rganish va ommalashtirishga qaratayotgan e`tiborini yuqori baholadi.
"O`zbekiston hukumati tashabbusi bilan mamlakatingiz madaniyatini o`rganish va asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar nafaqat O`zbekiston xalqlari, balki butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega, – dedi Inaba Minoru. - O`zbekiston Prezidentining kirish so`zi bilan "Markaziy Osiyoning madaniy merosi Yaponiya muzeylarida" kitobining chop etilishi mamlakatilarimizo`rtasidagi munosabatlar qanchalik teran va boy tarixga ega ekanini ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi munosabati bilan Kunchiqar mamlakatning turli hududlarida bir qator madaniy-ma`rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ko`rgazmalar, taqdimot marosimlari ham o`tkazildi.
Yaponiyaning Kioto shahri yaqinidagi Mixo muzeyida "Qadimgi Transoksiana xazinalari" ko`rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
Marosimni Mixo muzeyi menejeri va tadqiqot direktori Inagaki Xadzime kirish so`zi bilan ochdi.
Tadbirda O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi A.Sagdullaev, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati a`zosi, Mixo muzeyining maxsus tadqiqotchisi Sergey Laptev, muzey kengashi raisining o`rinbosari Isimaru Syoun va boshqalar so`zga chiqib, O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi madaniy aloqalarning uzoq tarixi, xalqlarimiz merosi, turmush tarzi, urf-odat va an`analaridagi mushtarak jihatlar, Yaponiyada saqlanayotgan Markaziy Osiyoga oid osori atiqalarning ilmiy ahamiyati xususida so`z yuritdilar.
Muzeyga O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati va "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi doirasida 10 jildlik kitob-albomlar to`plami hamda turkumning Yaponiya kolleksiyalaridagi Markaziy Osiyo xazinalariga bag`ishlangan yangi jildi taqdim etildi.
O`zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Sharafiddin Yusupov tomonidan qo`lda ishlangan laganlar ham muzeyga hadya qilindi. Ushbu san`at asarlari endi Mixo muzeyining o`zbek ekspozisiyasining ziynatiga aylanadi.
Uchrashuv qatnashchilari MIHO muzeyining uchta zalida "O`zbekiston va Yaponiya – Buyuk Ipak yo`lida" media-iventimunosabati bilan ochilgan maxsus ekspozisiya bilan tanishdilar. Ko`rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarga loyiha va Yaponiyadagi muzeylarda saqlanadigan Markaziy Osiyo ob`ektlari to`g`risida hikoya qiluvchi videofilmlar namoyish etildi.
Tadbir doirasida O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati delegasiyasi vakillari Kioto Gumanitar tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi. Institut direktorining o`rinbosari, institutning Axborot markazi direktori Inaba Minoru O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va O`zbekiston hukumatining madaniy merosni o`rganish va ommalashtirishga qaratayotgan e`tiborini yuqori baholadi.
"O`zbekiston hukumati tashabbusi bilan mamlakatingiz madaniyatini o`rganish va asrab-avaylash borasida olib borilayotgan ishlar nafaqat O`zbekiston xalqlari, balki butun dunyo uchun muhim ahamiyatga ega, – dedi Inaba Minoru. - O`zbekiston Prezidentining kirish so`zi bilan "Markaziy Osiyoning madaniy merosi Yaponiya muzeylarida" kitobining chop etilishi mamlakatilarimiz o`rtasidagi munosabatlar qanchalik teran va boy tarixga ega ekanini ko`rsatadi. | 74 | 5,323 |
Madaniyat | Bahora Arslonova: «Ilk uchrashuvda yoqmagandim» | Yosh va iqtidorli aktrisa Bahora Arslonova turmushga chiqdi! Biz yosh kelinchak bilan uchrashib, o`zimizni qiziqtirgan barcha savolga javob oldik.
— Dastlab, muhabbat tarixi haqida so`rasam...
— Bu uzun hikoya. Qaynopam, ya`ni turmush o`rtog`imning opasi bilan kursdoshmiz. To`rt yil birga o`qidik. Institutni tamomlaganimizda Samarqandga, dugonamning to`yiga bordik. Turmush o`rtog`im bilan o`sha erda tanishganmiz.
— Turmush qurish taklifini eshitganingizda xayolingizdan nimalar o`tdi?
— Yoshimiz nechada bo`lishidan qat`i nazar, kuchli hayajon, oilani eplay olamanmi, degan xavotir bo`lar ekan. Meni ana shunday o`ylar band qildi. Qolaversa, san`atkor ekanimni ham o`yladim. Bilasiz, aktyor-aktrisa o`ziga to`g`ri bo`lsa ham u haqda gap qiladiganlar topiladi. Bordi-yu, shu kabi vaziyat yuzaga kelsa, qiynalib qolmaymanmi, deya uzoq fikr qildim. Shuning uchun bir qarorga kelishim anchagina vaqt oldi.
— Kuyovbolaning kimligi ko`pchilikka qiziq.
— Kelin bo`lib tushgan xonadonimda san`at vakillari ko`p. Shunday bo`lsa-da, turmush o`rtog`im boshqa sohada faoliyat yuritadi. Maktab, kollej, institutni ham Sankt-Peterburgda tamomlagan. Sportda katta yutuqlarga erishgan, hozir turizm sohasida faoliyat yurityapti.
— Ko`z tegmasin, juda chiroyli kelin bo`ldingiz. Ko`ylak, makiyaj, soch turmagi – bu borada nimalarga ahamiyat qaratdingiz?
— Bu borada omadim keldi. Telekanallarning birida kelin liboslari haqidagi ko`rsatuvda suratga tushib, taxminiy obrazimni aniqlab oldim. U o`zimga ham, turmush o`rtog`imga ham ma`qul keldi.
— Sho`x–shaddod Bahora kelinlik vazifalarini qanday uddalayapti?
— Tan olishim kerak, ro`zg`orda ko`p narsalarni bilmas ekanman. Shukrki, yangi oila a`zolarim meni qo`llab-quvvatlashyapti. Bilmaganimni o`rgatayotgan qaynona – onajonimga va yonimda menga ko`maklashayotgan turmush o`rtog`imga rahmat deyman.
— To`yga tayyorgarlik qanday bo`ldi?
— Avvaliga to`y bazmini qaerda o`tkazsak ekan, deya uzoq o`ylandik. To`rt shahardan biri: Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo yoki Piterni tanlashimiz kerak edi. Sababi, har bir shaharda qarindoshlar, tanishlar ko`p. O`ylab-o`ylab, axiyri, Samarqandda to`xtadik.
— Aktrisa ekaningizni oila a`zolaringiz qanday qabul qilishdi?
— Qaysi kasbda faoliyat yuritishimni yaxshi bilishgani uchun hech qanday e`tirozlar bo`lmadi. Bundan tashqari aytganimdek, turmush o`rtog`imning opasi bilan yaqin dugonamiz. Umuman olganda, kishi qaysi sohada ishlamasin, o`ziga to`g`ri bo`lsa, shuning o`zi kifoya. Oila a`zolarimning fikri shunday. O`zim ham bildirilgan ishochni yo`qotmaslikka harakat qilaman.
— Bundan chiqdi, ishlashingizga qarshilik yo`q?
— Ha! Faqat endi ssenariylarni turmush o`rtog`im bilan birga tanlaymiz.
— Hozir Samarqandda ekansiz...
— To`g`ri, hozircha shu erdamiz. Elib-yugurib kelinlik xizmatini qilyapman. Keyinchalik Toshkentga, turmush o`rtog`im o`qishni davom ettirsa, Piterga ketishimiz ham mumkin. Lekin qaerda bo`lmayin, ijodim to`xtamaydi.
— Mazmunli suhbat uchun rahmat! Yana bir bor oilaviy baxt tilab qolamiz!
— Sizga ham rahmat!
Aliya suhbatlashdi | 47 | 3,039 |
Madaniyat | Nafaqat mashhurlik, balki qarindoshlik rishtalari bilan ham bog‘langan jahon yulduzlari (foto) | Mashhurlar o‘z hayotlarining tafsilotlarini bajonidil baham ko‘rishlariga qaramay, ba’zi jihatlarini yashiradi. Misol uchun, ular oila va yaqinlar haqida gapirishga shoshilmaydi. Shu sababli ba’zi yulduzlarning munosabatlari haqida tasodifiy paydo bo‘ladigan faktlar ko‘pincha muxlislarning ajablanishiga sabab bo‘ladi. AdMe nashri mashhur shaxslarning tarjimai holini o‘rganib chiqib, ularning ko‘pchiligini oilaviy rishtalar bog‘lashini aniqladi.
Anjelina Joli va Jaklin Bisset
Gollivud yulduzi Anjelina Jolining mashhur cho‘qintirgan onasi bor — bu britaniyalik aktrisa Jaklin Bisset. U Truffoning “Amerika kechasi” (1973), “Tubsizlik” (1977) va boshqa ko‘plab filmlardagi rollari bilan tanilgan. Bisset Jolining onasi Marshelin Bertrandning yaqin dugonasi edi. Shuning uchun Anjining cho‘qintirgan onasi bo‘lish sharafiga aynan u muvaffaq bo‘lganligi ajablanarli emas. Aytgancha, Jaklin Joli bilan “Janob va Smit xonim” (2005) filmida rol o‘ynagan. Ammo uning ishtirokidagi sahnalar lentaning oxirgi versiyasiga kiritilmagan.
Glenn Klouz va Bruk Shilds
Ko‘plab mukofot sohiblari Glenn Klouz va Bruk Shilds uzoq qarindoshlardir. Glennning bobosi Charlz Artur Mur va Brukning buvisi Meri Elsi Mur aka-singil.
Kortni Koks va Mettyu Perri
Amerikalik televideniye yulduzlari Kortni Koks va Mettyu Perri shunchaki do‘st emas, balki amakivachchalardir. Bunday xulosaga MyHeritage genealogik sayti tadqiqotchilari keldi.
Melissa Makkarti va Mark Uolberg
Tomoshabinlarga “Ayg‘oqchi” filmidagi roli bilan tanish bo‘lgan Melissa Makkarti va ikki karra “Oskar” mukofotiga nomzod Mark Uolberg o‘ziga xos munosabatlarga ega: aktrisaning amakivachchasi hamkasbining akasi bilan turmush qurgan.
Rozanna Arkett va Patrisiya Arkett
Rozanna va Patrisiya Arkett nafaqat bitta familiya, balki qarindoshlik bilan ham bog‘langanligini ko‘pchilik bilmaydi. Aktrisa opa-singillar katta aktyorlik oilasining vakillari. Ularning oilasida qolgan uchta farzand ham o‘z hayotini kino bilan bog‘lagan, ammo ular orasidan opa-singillar Rozanna va Patrisiya mashhurlikka erishdi.
Jeyson Sudeykis va Jorj Vendt
Tomoshabinlaning sevimli yulduzi Jeyson Sudeykis uning oilasidagi yagona yulduz emas. Jeysonning amakisi amerikalik komediyachi va kino aktyori Jorj Ventdir.
Uorren Bitti va Shirli Makleyn
“Bonni va Klayd” va “Bagsi” filmlaridagi rollari bilan tanilgan Uorren Bitti aktrisa Shirli Makleynning ukasi. Ularning ikkisi ham Amerika kino akademiyasining faxriy mukofotiga sazovor bo‘lib, kasbda yuksak cho‘qqilarni zabt etgan.
Dayon Uorvik va Uitni Xyuston
Muxlislar tomonidan sevib tinglanadigan “I Will Always Love You” taronasi muallifi Uitni Xyuston oilasida hayotini musiqaga bag‘ishlagan yagona odam bo‘lmagan. Uning onasi Emili Xyuston o‘zining Sissi taxallusi bilan mashhur bo‘lgan va hatto ikkita “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. Uitnining amakivachchasi esa pop yulduzi Dayon Uorvik bo‘lib, u faoliyatida 6 ta “Gremmi” haykalchasini olishga muvaffaq bo‘lgan.
Makoley Kalkin va Maykl Jekson
“Uyda yolg‘iz” komediyasining yulduzi va estrada qiroli “Black or White” klipining suratga olish maydonida uchrashdi va tezda til topishib ketdi. 22 yosh farqqa qaramay, ular o‘rtasida mustahkam do‘stlik paydo bo‘ldi va Makoley Jeksonning qizi Perisning cho‘qintirgan otasiga aylandi. Aktyor hozirgi kungacha o‘z qizi bilan aloqada bo‘lib, uning hayotida faol ishtirok etadi.
Benedikt Kamberbatch va malika Diana
Ma’lum bo‘lishicha, mashhur Sherlok va malika Diana uzoq qarindoshlar ekan. Ajablanarlisi shundaki, ularning umumiy ajdodi Uilyam Chaloner.
Devid hamda Viktoriya Bekhem va Elton Jon
Elton Jonning ko‘plab mashhur do‘stlari bor. Ular orasida Bekhem bilan oilaviy munosabatlar ancha mustahkamlangan. Elton uning katta o‘g‘illari Bruklin va Romeoning cho‘qintirgan otasi hisoblanadi. | 94 | 3,783 |
Madaniyat | Insultni boshdan o‘tkazgan taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova tez orada televideniyega qaytishini ma’lum qildi | Yaqinda insultni boshdan o‘tkazgan taniqli teleboshlovchi, MY5 (“Mening yurtim”) telekanali orqali efirga uzatiladigan “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi Nasiba Maqsudovaning salomatligi ayni vaqtda yaxshi, barcha xavf ortda qolgan. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, davolanib bo‘lganidan so‘ng so‘ng, diktor yana oyoqqa turib ketadi.
Odam taftini odam oladi. Kelganlar bilan gaplashib, bo‘layotgan voqealardan xabardor bo‘lib turibman. Internetda chiqayotgan yangiliklar, odamlarning menga sog‘lik tilab yozayotgan so‘zlarini o‘qib berishdi. Xursand bo‘ldim.
Nasiba Maqsudova, suxandon, teleboshlovchi
Nasiba Maqsudova tez orada yana televideniyega qaytishini, “Diydor shirin”ning yubiley sonlarini tayyorlash niyatida ekanini, 8-mart — Xotin-qizlar bayramiga alohida bayramona dastur tayyorlamoqchiligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Nasiba Maqsudova 1948-yilda tavallud topgan. Uzoq yillar O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 115 | 1,156 |
Madaniyat | Javlon Shodmonov ilk marta Mo‘min Oripovning o‘limiga sabab bo‘lgan avtohalokat tafsilotlarini ochiqladi (video) | Aktyor va prodyuser Javlon Shodmonov “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Javlon Shodmonov ilk marta Mo‘min Oripovning o‘limiga sabab bo‘lgan avtohalokat tafsilotlari haqida gapirib berdi.
To‘g‘risini aytsam, bu narsani eslagim kelmaydi. Tojikistonga konsert qo‘ygani borganmiz. Kunduzi Dushanbeda, kechqurun Regar degan joyda konsert qo‘yganmiz.
Konsertdan chiqib, Surxondaryoga borganmiz. Xullas, yo‘lda charchab uxlab qolganmiz. Bizning maqsadimiz Termizga yetib olish bo‘lgan. Ikkita seans konsert qo‘yib, kechki o‘nlarda Termizga yo‘l olganmiz. Rosa charchaganmiz. Angor degan joyda uxlab qolganmiz, o‘sha yerda falokat bo‘lgan.
Hamma uxlab qolgan. O‘zi doim uzoq yo‘lga chiqsak, gaplashib ketardik. Men doim oldida ketardim. Taqdirda shu narsa yozilgan, afsuski, shunaqa bo‘lgan. Bu voqea 2009-yil 28-iyun sanasida yuz bergan.
Mening xavfsizlik kamarim taqilgan bo‘lgan, yelkam singan. Haliyam yelkamda temirim bor. Yelka suyagim sinib, o‘pkamni teshib yuborgan. Keyin umurtqamning pastki qismi singan, haligacha davolanib turaman, har 6 oyda muolaja olib turaman. Peshonamda “shram” ham bor.
Ko‘zimni ichi tikilgan, chunki halokatda yirtilib ketgan ekan. Xullas, o‘sha avtohalokatdan keyin 3 marta operatsiya qilinganman. Birinchi Termizda Toshkentdan shifokorlar chaqirib, o‘pkamni operatsiya qilishgan. Termizda 16-shahar shifoxonasining filiali bo‘lgan. Ruslan aka ismli mutaxassisni chaqirishgan, salomat bo‘lsinlar. Tanamni yormasdan, lazer operatsiya qilishgan. Keyin Toshkentga kelganmiz, Toshkentda Doctor D shifoxonasida yotganmiz. U yerda yelka suyagim operatsiya qilingan.
Chiqqandan keyin oyog‘im og‘rishni boshlagan, tekshirtirganimizda umurtqa bilan bog‘liq ekanligi, operatsiya qilish kerakligini tushuntirishgan. Operatsiya qilishgan, 6 oy yotganman. 6 oy o‘tirish mumkin bo‘lmagan. Hozir ham tig‘ teggan joylar havo bulut bo‘lgan paytlar og‘rib turadi.
O‘sha kunlarni eslashni xohlamayman. Dastlab Mo‘min olamdan o‘tganini bilmaganman, menga aytishmagan. Surxondaryoda 10 kun yotganmiz. Yuragim joyidan siljigan, siqilish mumkin bo‘lmagan. Mo‘min qayerdaligini so‘raganimda Toshkentga olib ketishdi, komada, deyishgan. Telefonlarni olib qo‘yishgan. Orada uyiga ham telefon qilganman, adalari Mahmud akaga. “Mo‘min yaxshimi?” desam, “Ha yaxshi!”, deb qo‘yishgan.
Toshkentga keldik, Mo‘minni so‘rayveraman. Xullas, Mo‘min vafot etganini Doctor D shifoxonasida voqeadan 20 kun o‘tib bilganman. Bu xabarni shifoxonadan chiqayotgan kunimiz Dilmurod aka aytganlar. Meni ko‘rgani kelganlarga ham Mo‘min vafot etgani haqida gapirmaslikni tayinlab, ogohlantirib turishgan ekan.
Mo‘min mening haqiqiy o‘rtog‘im edi, u bilan shou-biznesdan oldin ham do‘st edik. U bilan birga ishlardik, u rasm chizardi. Do‘konlarga plakat chizib, bir nimalar qilib yurardik.
Ko‘zimga birdan yosh kelib ketdi.
Javlon Shodmonov, aktyor, rejissor, prodyuser
Ma’lumot uchun, “Bojalar” guruhi a’zosi Mo‘min Oripov 2009-yilning 28-iyun kuni mudhish avtohalokat sabab vafot etgan. “Bojalar” guruhi a’zolari Jahongir Poziljonov hamda Mo‘min Oripov kuylagan “Jiyda gullaganda”, “Boyvachcha”, “Achchiq hayot”, “Anhor bo‘yida”, “Eslama meni” kabi qo‘shiqlari muxlislar orasida ommalashgan. | 112 | 3,254 |
Madaniyat | “O‘zbekkino” ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan filmlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘ramoqda | Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan diniy-ekstremizm qoralangan, tinchlikka tahdid soluvchi kuchlarning ma’naviy qiyofasi aks ettirilgan filmlarning maqsad-mazmuni, g‘oyasini noto‘g‘ri talqin etish holatlari uchramoqda, deb yozadi O‘zA.
“O‘zbekkino“ Milliy agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan filmlar ssenariy bosqichidayoq Badiiy kengash a’zolari tomonidan muhokama qilinib, filmda ma’naviyatga mos kelmaydigan, diniy-ekstremizmni targ‘ib etuvchi, hududiy ayirmachilikka undovchi, konstitutsion tuzumga qarshi sahnalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Film loyihasi Badiiy kengash nizomiga mos kelmasa va yuqoridagi holatlar kuzatilsa, ssenariy o‘tkazilmaydi.
Shuni aytish lozimki, “O‘zbekkino“ Milliy agentligi tomonidan ishlab chiqarilayotgan milliy filmlarda biror millatni, dinni va tilni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Badiiy kengash filmning badiiy va g‘oyaviy darajasi bilan birga kinoasarning konstitutsion normalarga mos kelish-kelmasligini ham nazorat qiladi, deyiladi xabarda. | 102 | 1,002 |
Madaniyat | "Abu Iso Muhammad Termiziy" badiiy filmi XVI "Luchezarny angel" xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi | Rejissyor Abduxalil Mengnorovning "Abu Iso Muhammad Termiziy" badiiy filmi XVI "Luchezarny angel" xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi. Bu haqda "O`zbekkino" milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abduxalil Mengnorov,
ssenariy muallifi, rejissyor va bosh rol ijrochisi:
–Turli qiyofaga kirish – aktyorlik kasbi taqozosi. Meni tomoshabinlar ushbu filmdagi Imom Termiziy siymosida eslab yurishlarini istardim... Gapni ikki-uch yil avvalgi voqealardan boshlasam. “O`zbekkino” Milliy agentligi rahbariyatidan shu taklif tushganida, ochig`i, jiddiy olmadim. Uyga borib, kitob titkilagan bo`ldim – hech vaqo topilmadi. Xamirturish yo`q. Sheroboddan sal naridagi qishloqda tug`ilgani, bobosi Marvdan kelib qolib, Termizda qo`nim topgani va hokazolar. Ota-onasi, farzandlari haqida hech qaerda yozilmagan.
Tarixga sho`ng`idim. Buyuk allomaning zamondoshlari hayoti, davr muhitini o`rgandim. Keyin Surxonga otlandim. Qirqqiz qal`asidan Imom Termiziy maqbarasigacha kezdim. Kutilmaganda Sulton saodat majmuasini ko`rib qoldim. Asl holicha, tarixligicha turibdi. Shu yurishimda tepaliklar oshib, so`qmoqlar oralab tuproq kechdim. Orqaga qaytdim, yana izlandim. Gohida voz kechdim, yana kirishdim. Bir yil deganda tuman tarqaganday bo`ldi. Ulug` muhaddis haqidagi ma`lumotlar misqollab yig`ildi. Shu tariqa yaxlit ssenariy dunyoga keldi.
To`g`ri, meni xayolparastlikda ham ayblashdi, o`zim to`qigan fantaziyaga zo`r bergan emishman. Aslida, har bir epizod ko`plab chig`iriqlardan o`tdi, birlamchi manbalar asosida ishlandi. Qat`iy aytamanki, voqealarning katta qismi izlanishlar, o`rganishlar asosida yaratilgan. Tomoshabinga to`qimadek ko`rinayotgan ayrim sahnalar ham sahih hadislar mohiyatiga qurildi.
Muhaddislar xotira kuchi susaysa yoki o`zidan shubhalansa, hadis yig`ishni to`xtatishgan ekan. Noto`g`ri ma`lumotni odamlarga etkazib qo`yishning gunohi og`ir sanalgan. Filmda Imom Termiziy qachonlardir kesib tashlangan daraxt o`rnini xotira va sezgi orqali topishi, ishonch hosil qilgach, ishida davom etishi ko`rsatilgan. Shundan o`zimiz ham saboq chiqarib, aniq manbasi bo`lmagan voqealarni ssenariyga kiritmadik. | 102 | 2,121 |
Madaniyat | “Shahzoda Matchonova turmush o‘rtog‘i bilan birga yashayaptimi?”. Aktrisa bu kabi savollarga fotojavob qaytardi | Aktrisa Shahzoda Matchonova Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan suratini e’lon qildi. Suratda ular yemakxonada birga o‘tirib, telefon ko‘rayotgani aks etgan.
Qayd etish joiz, aktrisa shu vaqtgacha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan suratlarini hech e’lon, hatto, to‘y oqshomidan fotolarni ulashmagan edi.
“Darakchi.uz” va “Qalampir.uz”larning yozishicha, Shahzoda Matchonova u haqda: “O‘zi to‘ydan keyin turmush o‘rtog‘i bilan yashayaptimi?”, qabilida gap-so‘z chiqargan odamlarga javob qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, aktrisa Shahzoda Matchonova 2016-yil 25-noyabr kuni turmushga chiqqan edi. Uning turmush o‘rtog‘i haqida turli xabarlar tarqaldi — ba’zi manbalarda uning ismi Omar va san’at sohasi vakili ekani aytilgan bo‘lsa, boshqalar uning Muzaffar ismli futbolchi ekanini yozib chiqdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 111 | 1,027 |
Madaniyat | Uitni Xyuston xotirasiga bag‘ishlanadi. Afsonaviy yulduzning so‘nishi tarixi | 2021-yilda ajoyib ovoz sohibasi va fojiali taqdir egasi Uitni Xyuston 58 yoshni qarshilagan bo‘lardi.
Uitni Xyustonning onasi Sesiliya mashhur qo‘shiqchi bo‘lgan — u yoshligidanoq Elvis Presli bilan birga sahnaga chiqqan va shu sababdan ham shou-biznesning barcha xavflarini yaxshi tushungan. Sesiliya qizining ulkan iste’dodini darhol payqagan, lekin ancha vaqtgacha qizi hali tayyor bo‘lmagan muammolardan Uitnini himoya qilgan. Uitni onasi va singlisi bilan baptist cherkovining xorida qo‘shiq kuylar, onasi bunday iste’dod xaridorlarining qanchasini rad etganini bilmas edi. Sesiliya Uitni 18 yoshga to‘lganida qizini shou-biznes olamiga olib kirdi: klublarda kuylagan bir necha qo‘shiqlaridan so‘ng, kichik Xyuston keyinchalik qo‘shiqchining uzoq yillik prodyuseri bo‘lgan Kliv Devis bilan shartnoma imzoladi.
Yaxshi qiz
Uitni studiya uchun oltin manbaiga aylandi. Birinchi albom — Whitney Houston bir yilidan so‘ng Billboard 200 chartida birinchi o‘rinni egalladi va yangi ovoz sohibasi “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi plastinka platina statusiga ega bo‘ldi. Uitni Xyuston “so‘nggi yillardagi eng yoqimli ovozlardan biri” deb e’tirof etildi. U nafaqat iste’dodli, balki mas’uliyatli ham edi: u har doim intervyu va mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida kelar, spirtli ichimliklar bo‘lgan kechalarda qatnashmas va umuman o‘yin-kulgidan ko‘ra karyerasini o‘ylardi.
Bunday “to‘g‘riligi” uchun Xyustonni yoqtirishmadi. 1989-yilda Soul Train Music Awards mukofotini topshirish marosimida Uitni norozilik kayfiyatidagi hushtak sadolari ostida sahnaga ko‘tarildi: hech kim musiqaga ahamiyat bermadi, qo‘shiqchi allaqachon tomoshabinlarni zeriktirgan edi. U bundan qattiq xafa bo‘ldi .
Aynan o‘sha qayg‘uli kechada Uitni New Edition guruhi solisti Bobbi Braun bilan tanishdi. Gettodan chiqqan qora tanli 20 yoshli bu yigit otishmalarda ishtirok etishga, yulduz va noqonuniy bolaning otasi bo‘lishga ulgurgandi. Uitni bilan to‘ydan oldin uchrashgan uch yili mobaynida Bobbining nikohsiz bolalari uchtaga ko‘paygan, lekin u bunga ahamiyat bermasdi.
Uitni va Braunni ikkalasi ham qashshoq bolalikni boshdan kechirishgani tezda til topishishlariga sabab bo‘ldi. Va ular birgalikda omma oldiga chiqa boshlashlari bilan (Uitni Bobbini deb Eddi Merfini tashlab ketgandi) “yaxshi qiz” qiyofasi o‘tmishda qoldi.
1992-yil Uitni Xyuston uchun Bobbi Braun bilan nikohi va Gollivuddagi debyut roli bilan esda qolarli yil bo‘ldi. “Tansoqchi” filmidagi roli uchun u eng yomon aktrisa sifatida “Oltin malina” mukofotini oldi, lekin baribir tom ma’noda u g‘olib edi. I Will Always Love You qo‘shig‘i Uitni Xyustonga uchta “Gremmi” mukofoti va butun dunyo muxlislarining muhabbatini olib keldi. Ko‘p yillar davomida bu kompozitsiya haqiqiy “sevgi madhiyasi”ga aylandi. Qo‘shiqning bunchalik yurakdan ijro etilishining sababi bor edi: filmni suratga olish paytida Uitni Xyuston homilasidan ayrilgandi.
Qo‘shiqchining yolg‘iz qizi — Bobbi Kristina bir yil o‘tib, 1993-yilda tug‘ildi. Ona bo‘lgach, Uitni qolgan yaxshi xulq-atvoriga ham chek qo‘ydi va hamma narsadan voz kechdi. “Meni hayoti doim shunday bo‘lgan malika deb o‘ylaysizmi? Men gettoda o‘sganman. Ha, men giyohvand moddalar qabul qilaman. Ammo bu ijod qilishimga va yashashimga xalal bermaydi”, — deb tan olgan Xyuston Rolling Stone nashriga bergan intervyusida. 2000 yilda Gavayi aeroportida Uitni va Bobbi Braun yuklaridan marixuana topildi. Berilishi kerak bo‘lgan jazo yoshlarning giyohvandlikka qarshi dasturi foydasiga katta miqdordagi mablag‘ga almashtirildi, lekin bu qo‘shiqchiga dars bo‘lmadi.
Uitni “Oskar” taqdirlash marosimidagi chiqishini barbod qildi, Maykl Jekson musiqiy karyerasining 30 yilligida yomon taassurot qoldirdi va onasining talabiga binoan reabilitatsiyaga yotqizildi. 2006-yil sentabr oyida Uitni Xyuston ajrashish uchun ariza berdi. Bobbi Braun bilan birgalikdagi turmushi uning asosiy narsasi — ajoyib ovoziga ta’sir qilgandi. Ko‘p yillar davomida chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish natijasida Uitni va uning eri endi odatdagidek qo‘shiq kuylay olmasdilar: ajrashishning asosiy sababi ham shu edi.
Yangi hayot
Uitni baribir avvalgidek yaxshi qiz bo‘la olmadi. Hatto uning yangi albomidan kelgan muvaffaqiyat ham eski Xyustonni qaytara olmadi. Uning muxlislari hali ham konsert zallarini to‘ldirar, I Will Always Love You qo‘shig‘i olqishlar bilan qarshi olinar, mukofotlarga sazovor bo‘lardi, ammo oddiy hayotda qo‘shiqchini tez-tez qo‘lida sigaret va martini bilan ko‘rish mumkin edi.
Va bu o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. 2010-yilda Uitni Xyuston dunyo bo‘ylab gastrol safariga chiqdi, lekin sog‘lig‘i yomonlashgani sababli uni to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.
O‘limidan biroz oldin u navbatdagi reabilitatsiya kursidan o‘tdi. 2012-yil fevral oyida esa u 54-“Gremmi” mukofotini taqdirlash marosimida qatnashishi kerak edi. Marosimga bir hafta qolganida —11 fevral kuni u mehmonxonadagi nomerining yuvish xonasida yuztuban yotgan holda topildi. Keyinchalik mutaxassislarning aniqlashicha, uning yonida oq kukun — kokainli qoshiq bo‘lgan. O‘limidan sal oldin Uitni o‘z stilistiga shunday degandi: “Men shunchaki sevishni va sevilishni xohlayman. Men hech narsa qaramay, hech qanday shartlarsiz Iso kabi sevishni xohlayman”.
Uitnining o‘limidan uch yil o‘tgach, uning yolg‘izgina qizi Bobbi Kristina ham vafot etdi. O‘n sakkiz yoshli qiz miya jarohati tufayli olti oy komada hayot uchun kurashdi, ammo afsuski.... Mazkur fojiada Uitni tomonidan o‘n ikki yoshida asrab olingan Nik Gordon gumon qilindi. Chunki Uitni Nikni o‘z farzandidek ko‘rgan bo‘lsa-da, xonandaning vafotidan keyin yoshlar o‘zlarini aka-singil deb hisoblashmas edi... | 76 | 5,629 |
Madaniyat | Tekshiruv natijalari Jorj Maykl o‘limi sabablarini ochib berolmadi | Patologoanatomik tekshiruv natijalari britaniyalik xonanda Jorj Mayklning o‘limi sabablarini ochib berolmadi. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“O‘lim sababi noaniqligicha qolmoqda, qo‘shimcha testlar o‘tkaziladi. Ularning natijalari bilan bir necha haftadan so‘ng tanishish mumkin. Janob Mayklning o‘limiga hozircha mavhum, biroq shubha uyg‘otmaydigan deb baho berish mumkin”, — deyiladi politsiya bayonotida.
Xonandaning menejeri Maykl Lippman o‘limga yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jorj Maykl hayotining oxirgi yilida geroin iste’mol qilib, giyohvand bo‘lib qolgani bildrilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 66 | 853 |
Madaniyat | Demi Mur basseynidagi jasad bilan bog‘liq hodisani sharhladi | Gollivud aktrisasi Demi Murga qarashli uyning basseynidan 19-iyul, yakshanba kuni erkak kishining jasadi topilgan edi. Politsiya 21 yoshli Edenilson Stiven Uellsning o‘limini baxtsiz hodisa deb hisoblamoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Men shok holatidaman. Hodisa haqida xabar qilishganda, mamlakat tashqarisida edim. Farzandini yo‘qotish – juda katta fojia. Men yigitning qarindoshlari va do‘stlariga hamdardlik bildiraman”,—deydi Demi Mur.
Yakshanba tongida 911 xizmatiga anonim qo‘ng‘iroq qilingandan so‘ng, politsiya va tez yordam xodimlari aktrisa uyiga yetib borgan edi. Erkakning o‘limi tonggi 5:34 da qayd etilgan. | 60 | 635 |
Madaniyat | Taniqli turk aktrisalarining bolalikdagi suratlari (foto) | Serial va filmlardagi betakror obrazlari bilan tanilgan turk aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lgani ko‘pchilikka qiziq. Quyida aktrisalarning bolalikdagi suratlari e’tiboringizga havola etiladi.
Beren Saat (36 yosh)
“Ko‘sem” seriali yulduzi bolaligida musiqa bilan jiddiy shug‘ullangan. U juda yaxshi qo‘shiq aytgan va tanlovlarda qatnashgan. Beren iste’dodi uchun o‘nlab mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Biroq u xonandalikni emas, aktrisalikni tanlagan.
Maryam Uzerli (36 yosh)
Aktrisaning otasi turk, onasi nemis millatiga mansub. U 5 yoshida birinchi rolini ijro etgan. Uning debyuti otasining do‘sti rahbarligidagi teatr sahnasida bo‘lgan. Maryam maktabdagi bayramlarda ham faol qatnashib, sahna chiqishlarida turli rollarni ijro etgan. U bolaligidan aktrisa bo‘lishni orzu qilgan. “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram obrazi uni butun dunyoga mashhur qildi.
Maryam Uzerli yangi serialda “Fazilatxonim qizlari”dagi aktyorning sevgilisi rolini ijro etadi
Pelin Karaxan (35 yosh)
“Muhtasham yuz yil” serialining yana bir yulduzi Pelin to‘liq bo‘lmagan oilada voyaga yetgan. Qizchani onasi tarbiyalab o‘stirgan. Pelin maktabda yaxshi o‘qigan, so‘ng universitetning turizm fakultetiga o‘qishga kirgan.
Uning aktrisalik faoliyati reklama roliklaridan boshlangan.
Fahriye Evjen (33 yosh)
Fahriye Germaniyada tug‘ilgan. Otasi turk, onasi esa qorachoy-cherkasiyalik. Fahriye bolaligida basketbolga qiziqqan, teatr studiyasiga qatnagan, kitob o‘qishni yoqtirgan. Aktrisaning karyerasi Istanbul shahriga sayohatdan boshlangan. Chiroyli qiz rejissorlar e’tiboriga tushgan va uni “Hech qachon unutma” seriali kastingiga taklif qilishgan.
Xande Erchel (26 yosh)
Xandening ijodiy qobiliyatlari bolaligidayoq namoyon bo‘lgan. U maktabdagi teatrda rollar ijro etgan. So‘ngra tasviriy san’at universitetiga o‘qishga kirgan. Xandening karyerasi Ozarbayjonda o‘tgan go‘zallik tanlovidagi ishtirokidan boshlangan. Ushbu tanlovda Xande ikkinchi o‘rinni egallagan.
Sevimli Bollivud yulduzlarining bolalikdagi suratlari (foto) | 57 | 2,029 |
Madaniyat | GAVHAR MATYoQUBOVA 50 YIL MOBAYNIDA XALQ XIZMATIDA | Joriy yilning 10 noyabrida O`zbekiston Davlat Konservatoriyasining katta zalida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi va Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tomonidan Ustoz san`atkor, O`zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubovaning 70 yillik tavallud kuni va ijodiy faoliyatiga 50 yil to`lishi munosabati bilan ijodiy kecha o`tkazildi.
Kechani O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev ochib berdi va Gavhar Matyoqubovaning 70 yillik tavallud kuni, ijodiy faoliyatiga 50 yil to`lishi bilan tabrikladi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati.
Tadbir davomida Gavhar Matyoqubovaning shogirdlari tomonidan tayyorlangan bir-biridan ajoyib raqslar ijro etildi va bu raqslar yig`ilganlarga birdek manzur bo`ldi.
Tadbir so`ngida Ustoz san`atkor, O`zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubovaning shogirdlari ustozini tabriklab esdalik sovg`alarini topshirishdi. | 50 | 950 |
Madaniyat | Anjelina Joli Bred Pittdan olti bolani boqish uchun pul talab qilmoqda | Anjelina Joli sud orqali sobiq eri Bred Pittdan bolalarni boqish uchun “yetarlicha pul” talab qilmoqda, deb yozadi “Vesti.ru”.
Ammo jurnalistlar aktrisa aynan qanday miqdordagi mablag‘ni olti farzandini tarbiyalash uchun yetarli deb hisoblashini bila olmadi.
Bred Pittning huquqshunoslari, o‘z navbatida, ularning mijozi sobiq xotini oldidagi moliyaviy majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarayotganini ma’lum qildi.
Gollivud yulduzlari birgalikda o‘n yil hayot kechirgach, ikki yil avval ajrashdi. Ular olti nafar bolani tarbiyalamoqda, shularning uch nafari — asrab olingan. | 70 | 574 |
Madaniyat | Yoshlar haftaligi doirasida tashkil etilgan “Moda va dizayn” festivali Gala-defilesi (foto) | Toshkentda “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostida o‘tkazilgan Yoshlar haftaligi doirasida “Moda va dizayn” festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “MyDay.uz” xabar bermoqda.
Festival davomida tashkil etilgan Gala-defileda oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi va talabalari, kollej o‘quvchilari, erkin ijodkorlarning liboslari to‘plamlari namoyish etildi, deya xabar bermoqda O‘zA. | 91 | 381 |
Madaniyat | Jorj Kluni, Tom Kruz, Kayli Jenner va boshqa mashhurlarning eng hashamatli uylari (foto) | Tasavvur qiling, quyosh botayotgan paytda bir stakan sharbat bilan bog‘ga olib boradigan marmar zinapoyalardan pastga tushasiz, qulay kresloda o‘tirib, xushbo‘y atirgul butalari manzarasiga mahliyo bo‘lasiz. Ko‘pgina Gollivud yulduzlariga bu holat tanish. Ularning hashamatli maskanlari baxt, osoyishtalikni his etishi uchun ham shunday yaratilgan. Quyida mashhurlarning eng hashamatli uylari haqida ma’lumot beriladi.
Kayli Jennerning Los-Anjelesdagi kurort uyi
Dunyoga mashhur model Kayli Jennerning ushbu uyi bugungi kunda 37 million dollarga baholanmoqda. Uyda 7 ta yotoqxona, 14 ta hammom, mashinalar uchun 20 ta maxsus joy, uy kinoteatri va ulkan suzish havzasi mavjud.
Ellen Dejeneresning XVII asrda qurilgan villasi
Ellen va uning turmush o‘rtog‘i keyinchalik qayta sotish uchun qimmat villalarni sotib olish orqali daromadni ko‘paytirishni ma’qul deb biladi. Juftlik italyancha, toskana uslubida qurilgan uyni shaxsiy villasi sifatida qoldirdi. Ushbu uy 45 000 000 dollarga baholangan.
Tommi Hilfigerning qal’asi
Ushbu hashamatli qal’a 6 ta yotoqxona, 7 ta to‘liq, 3 ta xonaning yarmiga qurilgan hammom va 6 ta kamindan iborat. Tashqarida joylashgan bog‘da to‘siqlar, favvoralar va tennis korti mavjud.
Tom Kruzning qishloqdagi uyi
Tom Kruz Gollivud olamidagi shovqinlardan charchaganida, vaqtincha Tellurid chekkasidagi qorli yonbag‘irlarga ega uyiga ko‘chib o‘tadi. Bu uy mashhur aktyorga ish haqidagi fikrlardan butunlay qochishga, masalan, sport bilan shug‘ullanishga imkon beradi. Saroy hududida xokkey, tennis, basketbol maydonchalari va xususiy motokros yo‘li mavjud.
Jay-Z va Beyonsening saroyi
Mashhurlarning eng qimmat qasrlarini ham bu juftlikning ultra-zamonaviy mulki bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Qiymati 88 million dollarga teng uy 8 ta yotoqxona, 11 ta hammom, 15 ta mashinaga mo‘ljallangan garaj, 4 ta basseyn va basketbol maydonini o‘z ichiga oladi. Bu hashamatli uyning barcha qismi o‘q o‘tkazmaydigan oynalar va ulkan darvozalar bilan berkitilgan.
Jorj Klunining Italiyadagi orzusi
Jorj Klunining Komo ko‘lidagi villasi maxfiy obyekt emas. Aksincha, aktyor suratga olish uchun hashamatli joy kerak bo‘lganda o‘z uyini rejissorlar va reklama beruvchilarga taqdim etishdan katta zavq oladi. Oleandra villasida jami 25 ta xona, jumladan, sport zali, ochiq osmon ostidagi kinoteatr va maxsus pitssa xonasi mavjud. | 88 | 2,342 |
Madaniyat | Seydulla Moldaxanov: “Bir necha marta uylangan erkaklarni tushunmayman” | Jurnalist Dildora Yusufbekova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Seydulla Moldaxanov bilan intervyu uyushtirdi. Suhbatni “Darakchi.uz” e’lon qildi. Unda aktyor o‘zining baxtli turmushi siri haqida gapirar ekan, muhabbat, o‘zaro hurmat va ishonchni tilga oldi.
“Rafiqam rus millatiga mansub, ammo sharqona tarbiya ko‘rgan. Meni tushunib, qo‘llab-quvvatlab va mehr ko‘rsatib yashayapti! Bu yil turmush qurganimizga 36 yil bo‘ladi, 4 yil bir-birimizni sinaganmiz. Demak, 40 yildan beri birgamiz. Hozir ham kuniga o‘n martalab qo‘ng‘iroqlashamiz, bir-birimizni sog‘inamiz, baxtli turmush siri shu bo‘lsa kerak-da. Ochig‘i, bir necha martalab uylanadigan erkaklarni tushunmayman, hech kimni sevmaganmi ular? Bir paytlari ishsiz ham yurdim. Yetti yillar chamamda, suratga tushmadim, teatrdan ketdim, o‘sha damlarda rafiqam menga dalda bo‘ldi. Aktyorlardagi krizis davri qiyin kechadi, ayrimlarning toqati yetmay yengiladi. Yaqin do‘stlarim orasida ham shundaylari bo‘lgan, shukr, oilamning ko‘magi bilan men ulardan o‘toldim”, — dedi aktyor. | 71 | 1,040 |
Madaniyat | 25-may kuni Nilufar Usmonova maktab bitiruvchilariga kutilmagan sovg‘a ulashdi (foto) | 25-may kuni tongdan Nilufar Usmonova o‘z ijodiy jamoasi bilan poytaxt maktablariga yo‘l oldi. Aynan shu kuni maktab bitiruvchilarini tabriklab, o‘zining bolaligiga bir on qaytishni niyat qilgan xonanda, kutilmagan va bayram avjiga chiqqan bir mahalda, maktablarga tashrif buyurib, barcha bitiruvchilarni tabriklab ularni xushnud etdi, deb xabar qiladi “Popcorn.uz”.
“Maktab davri, so‘nggi qo‘ng‘iroq har birimizning eng sog‘inchli onlarimiz desak adashmaymiz. Chunki har bir inson qalbini so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni ajib bir his qamrab oladi. Bitiruvchilarni ko‘rib beixtiyor ko‘zga yosh keladi. Kollej, litsey yoki institutni bitirganda bunchalik his bo‘lmaydi nazarimda. Mana, bugun bitiruvchilarning quvonchiga sherik bo‘lish, ularni xursand qilish maqsadida xohlagan maktabimizga to‘satdan kirib, ularni tabriklab chiqyapmiz. Bunda biz yangi “Xayr, maktabim” deb nomlangan yangi qo‘shig‘imizni kuylab, kutilmagan hayajonli onlarga boy kunni tasvirga olishga ham ahd qildik”,— dedi Nilufar Usmonova.
Albatta, kutilmagan syurprizdan bitiruvchilarning boshlari ko‘kka yetdi, sababi hech kimning xayoliga kelmagan bu ish bir umr esda qolarli bo‘ldi. Xonanda Toshkent shahridagi bir nechta maktablarga jumladan, 145-maktab, 96-maktab, “Uspenskiy” nomidagi musiqa maktabi va 110-maktabga tashrif buyurdi.
Yuqorida xonanda aytib o‘tganidek, har bir quvonchli daqiqa tasvirga olindi. O‘quvchilarni xursand qilish bilan birga mazkur qo‘shiqqa o‘z-o‘zidan videoklip ham suratga olindi. Hech qanday tayyorgarliksiz, birorta ham kadrni takrorlamasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Nonstop” tarzida tasvirga olingan videoklipga Jonrid Sagdiyev rejissorlik qildi. Qo‘shiqning g‘oyasi Nilufar Usmonovaga, matni va musiqasi Yakzonga, aranjirovka esa yosh umidli ijodkor Kamronga tegishli. | 85 | 1,766 |
Madaniyat | Instagram: Otasi uchun duo so‘ragan Shohjahon Jo‘rayev, Insta-blogerning YPX xodimi bilan tortishuvi, “Shuhrat” medalini olgan Yulduz Rajabova | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Taniqli aktrisa Yulduz Rajabova Prezident farmoni bilan “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘ldi.
Akbarxo‘ja Rasulov yangi posti bilan muxlislarini qiziqtirib qo‘ydi.
Shohjahon Jo‘rayev otasi tirik ekanligini aytib, folloverlaridan uning haqiga duo qilishni so‘radi. Bir necha kun avval O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning og‘ir kasalligi, hatto vafot etgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Jo‘rayevning kenja o‘g‘li Zohirshoh bu gap-so‘zlarga javoban, otasining sog‘-salomat ekanligini aytgan edi.
Turk aktyori Burak O‘zchivit yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.
Nilufar Usmonova gullar qurshovida suratga tushdi hamda barcha ayollarni yaqinlashayotgan bayram bilan tabrikladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Insta-bloger Doniyor Qayumovning YPX xodimi bilan tortishuvi aks etgan video tarqalmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, blogerning avtomobili ruxsatsiz tonirovka tortilgani uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Luiza Rasulova ham sahifasiga yangi surat joyladi.
Opera xonandasi Shirin Mamatova Farrux Zokirov bilan birga tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishdi.
Kaniza yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirmoqda. | 142 | 1,275 |
Madaniyat | Yoshi vaqtning qanchalik tez o‘tayotgani haqida o‘ylashga majbur qiladigan jahonga mashhur insonlar (foto) | Vaqt to‘xtamay harakat qilmoqda, sevimli aktyor va aktrisalar esa kundan kunga o‘zgarib bormoqda. Lekin ularning kinoda abadiylashtirilgan personajlari bir vaqtlar xotirada qanday muhrlangan bo‘lsa, o‘shandayligicha qolaveradi. AdMe nashri umr ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketishini aks ettirgan mashhur insonlar surati bilan bo‘lishdi.
“Matritsa” filmida Agent Smit rolini ijro etgan Xyugo Uiving 62 yoshda.
“Sabrina — kichkina jodugar” filmida bosh rolni ijro etgan Melissa Joan Xart 46 yoshda.
“Uzuklar hukmdori” film trilogiyasida Aragorn rolini ijro etgan Viggo Mortensen 63 yoshda.
Leon rolini ijro etgan Jan Reno allaqachon 74 yoshda.
Robbi Koltreyn — Garri Potter filmlaridagi sevimli Xagrid 72 yoshda.
Xyu Lori — Doktor Xaus, dunyodagi eng ajoyib shifokor 63 yoshda.
Janob Tumnus rolini ijro etgan Jeyms Makevoy 43 yoshda.
Uolter Uayt rolini ijro etgan Brayan Krenston 66 yoshda.
“Arvoh” filmidagi betakror Vupi Goldberg — 66 yoshda.
“Yulduzlar jangi” filmida Dart Veyder obrazini yaratgan Xeyden Kristensen 41 yoshda.
Forrest Gamp rolini ijro etgan Tom Xenks 66 yoshda.
Yosh Matildani ekranda gavdalantirgan Natali Portman allaqachon 41 yoshda. | 106 | 1,164 |
Madaniyat | Qoraqalpog‘istonda Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishiga bag‘ishlangan badiiy film taqdimoti bo‘lib o‘tdi | Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat musiqali teatrida o‘zbek kino san’ati ustalari tomonidan yaratilgan “Ustyurtga yo‘l” nomli badiiy film taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.
Surg‘il koni negizida barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi haqida o‘zbek kinematografchilari tomonidan yaratilgan ushbu filmni tomoshabinlar samimiy kutib oldi. Tadbirda ijodiy va ilmiy sohalar ziyolilari, neft va gaz tarmog‘i mutaxassislari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
“O‘zbekkino” milliy agentligi, “Qoraqalpoqfilm” studiyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida suratga olingan “Ustyurtga yo‘l” badiiy filmi adiblar Guliston Annaqlicheva va Abduqayum Yo‘ldoshev ssenariysi asosida rejissor, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olingan.
Film Surg‘il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasining yaratilish tarixi, ulkan loyiha va uning amalga oshirilishi, bu yerda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar faoliyati haqida hikoya qiladi.
Kinokartinada Minajiddin Uzoqboyev, Akbarxo‘ja Rasulov, Adiz Rajabov, Nargiza Salomonova, Shahzoda Matchonova, Ko‘pjursin Allanazarov, Abduraim Abduvahobov kabi aktyorlar talqinida gavdalangan qahramonlar timsolida qurilishda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari aks ettirilgan.
Taqdimot marosimida “Asr qurilishi” nomli hujjatli film ham namoyish etildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 106 | 1,562 |
Madaniyat | Neslihan Atagulning turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘ulu unga xiyonat qilgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi | Mashhur turk aktyori Kadir Dog‘ulu Star kanali jurnalistlari tomonidan berilgan qisqa intervyuda o‘ziga berilgan bir qancha savollarga javob berdi.
Aktyor turmush o‘rtog‘ining muvaffaqiyatlaridan faxrlanishini va sog‘lig‘i bilan bog‘liq ishdagi tanaffusga qaramay, xorijda mukofotlar olishda davom etayotganidan xursand ekanligini ta’kidladi. Aktrisa yaqinda “Sevgi iztirobi” teleserialidagi roli uchun mukofotlandi.
Shuningdek, jurnalistlar aktyordan so‘nggi kunlarda u Neslihanga xiyonat qilgani va shuning uchun juftlik oilasida kelishmovchilik borligi haqidagi xabarlarga izoh berishini so‘radi.
“Ha, men bu xabarni ko‘rdim. Uni o‘qib chiqib, darhol shunday dedim: ‘Xotin! Men senga xiyonat qildim’. Biz birgalashib kulib yubordik”, – deydi Kadir.
Kadir Dog‘ulu – taniqli turk aktyori. U tashqi ko‘rinishi, baland bo‘yi tufayli darrov e’tiborga tushgan va model sifatida ishlashga taklif qilingan. 2010-yilda aktyorlik faoliyatini boshlagan Kadir “Kichik sirlar” teleserialida Merve Bolug‘ur, Burak O‘zchivit va Sine Kobal bilan birgalikda Ali rolini o‘ynagan. Shundan so‘ng “Yomon yettilik” serialidagi Guney rolida paydo bo‘ldi. Aktyor “Ishq sohillari” serialidagi Majid roli bilan tanilgan. 2015-yilda Kadir “Sevgi bilan o‘ralgan” serialida Go‘khan rolini o‘ynadi. So‘ngra u “Ko‘sem Sulton” serialidagi Qrim xoni Mehmed Geray rolini mahorat bilan ijro etdi. | 106 | 1,365 |
Madaniyat | Garri Potter muzeyi “Xertfordshir” kinostudiyasiga 54,5 mln dollar foyda keltirdi | Garri Potter haqidagi sakkiz filmning barchasi uchun suratga olish maydonchasi sifatida xizmat qilgan Livsdendagi “Xertfordshir” kinostudiyasida joylashgan Garri Potter muzeyi o‘tgan yili 54,5 million dollar ishlab topdi. Bu haqda “Kun” xabar berdi.
The Guardian xabariga ko‘ra, bu muzey tashkil etilgan 2012-yildagi ko‘rstakichdan 65,8 foizga ko‘proq.
Muzeyda Garri Potter haqidagi filmlarda ishlatilgan liboslar va buyumlarni tomosha qilish, shuningdek, Xogvarts afsungarlar maktabining bosh zalida sayr qilish mumkin.
Ma’lumot uchun, Livsdendagi studiyada avvalboshda samolyotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod bo‘lgan. Bu yerda ilk film — Bondiananing “Oltin ko‘z” nomli 17-qismi 1995-yilda suratga olingan. | 81 | 721 |
Madaniyat | Barcha davrlarning eng buyuk komediyasi ma’lum bo‘ldi | Barcha davrlarning 100 ta eng buyuk komediyasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda 52 ta mamlakatning 253 nafar tanqidchisi ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Birinchi o‘rinni 1959-yilda chiqqan Merilin Monro, Toni Kertis va Jek Lemmon ishtirokidagi “Jazda faqat qizlar” filmi egalladi.
Ikkinchi qatordan Stenli Kubrikning 1964-yilda taqdim etilgan “Doktor Streynjlav, yoki men qanday qilib hayajonlanmaslikni o‘rgandim va atom bombasini sevib qoldi” filmi o‘rin olgan.
Keyingi o‘rinlarda Vudi Allenning 1977-yilda chiqqan “Enni Holl” va Bill Myurrey ishtirokidagi 1993-yilda taqdim etilgan “Sug‘ur kuni” filmlari joylashgan.
Shuningdek, birinchi o‘nlikdan “O‘rdak sho‘rva” (1933), “Brayanning Monti Paytoncha yashashi” (1979), “Aeroplan”, (1980), “Ko‘ngilxushlik vaqti” (1967), “Bu Spinal Tap” (1984), “Paravoz General” (1926) filmlari o‘rin olgan. | 53 | 870 |
Madaniyat | Shahrisabzda har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi | 2018-yildan boshlab Shahrisabzda har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Ushbu anjumanni o‘tkazish uchun Shahrisabzning Oqsaroy maydonida zarur madaniy infratuzilma inshootlarini barpo etiladi. Xususan, maydonning tarixiy qismida maqom san’atiga bag‘ishlangan muzey va milliy sozlar laboratoriyasi tashkil etiladi.
Anjumanni yuksak saviyada o‘tkazish uchun horijiy davlatlardan taniqli musiqashunos olimlar, san’atkorlar, ijodiy jamoalar va mutaxassislar taklif etiladi.
Bundan tashqari, Prezident Shahrisabz shahar madaniyat saroyini kapital ta’mirlash, hozirgi vaqtda Oqsaroy maydonidagi mavjud Maqom markazi hamda bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyatlarini takomillashtirish haqida ham ko‘rsatma bergan.
Shavkat Mirziyoyev qaroriga binoan O‘zbek milliy maqom san’ati markazi tashkil etiladi | 80 | 976 |
Madaniyat | Xonanda Manzuraning 3-fevraldagi konserti qoldirilgani xabar qilindi | Xonanda Manzuraning 3-fevraldagi konserti qoldirildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi muxbiri Qamariddin Shayxov Instagram’dagi sahifasida bergan xabariga asoslanib “Kun.uz” ma’lum qildi.
Avvalroq, xonanda Manzura 1−3-fevral kunlari davomida “Istiqlol” san’at saroyida konsert berishi haqida xabar berilgan edi.
“Sayyod.com”, “PopCorn.uz” kabi o‘zbek shou-biznesini yoritib boruvchi saytlar Manzuraning konserti ajoyib tarzda o‘tayotgani haqida xabar bergan edi.
“2-fevral kuni konsertdan so‘ng “Istiqlol” san’at saroyida tobi qochgan Manzurani yurak xastaligi bilan kasalxonaga olib ketishdi. Xonandaning hozirgi ahvoli haqida aniq ma’lumot yo‘q”, – deb yozadi Qamariddin Shayxov.
Qayd etish joiz, Manzuraning konsertida boshlovchilik qilgan Davron Kabulov 3-fevralga o‘tar kechasi o‘z Instagram’ida mavhum qilib, tez yordam mashinasi suratini qo‘ygan, suratga izoh bildirganlar orasida Manzuraga shifo tilaganlar ko‘p.
“Bugun Manzurani yakkaxon konsertining 3 kuni, uning betobligi tufayli bekor qilindi. Tashkilotchilar konsert uchun bilet sotib olgan tomoshabinlar, o‘z biletlari pulini kassadan bemalol qaytarib olishlari mumkinligini ma’lum qilishdi”, – deb yozadi “Fattohhon.com” sayti. | 68 | 1,191 |
Madaniyat | Amerikalik xonanda Anastacia Toshkentda konsert beradi | Amerikalik pop-xonanda Anastacia shu yil 2-iyul kuni Toshkentda, “Xalqlar do‘stligi” saroyida konsert beradi. Bu haqda MyDay ma’lum qildi.
Qo‘shiqchining hisobida 6 ta studiya albomi bo‘lib, Not That Kind nomli ilk to‘plami Daniya, Norvegiya va Yangi Zelandiya chatlari, shuningdek, Yevropaning European Hot 100 Single chartida peshqadamlik qilgandi.
Anastacia kuylagan I’m Outta Love qo‘shig‘i Avstriya, Germaniya, Niderlandiya, Shveysariya va Shvetsiyada “oltin”, Buyuk Britaniya va Fransiyada esa “kumush” maqomga ega bo‘lgan. | 54 | 530 |
Madaniyat | Instagram: Ziyoda Tashkent City’dan uy sotib oldi, go‘zal va yolg‘iz bo‘lishni tanlaydigan Munisa Rizayeva, Shahzoda Matchonovani asabiylashtiradigan haydovchilar | Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Rejissor Zebo Navro‘zova nevarasi Muhammad Yusuf dadasi Shohruxxon ishtirokidagi filmni tomosha qilayotgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Rayhon sabr tagi sariq oltin ekanligini ta’kidlamoqda.
Shahlo Zoirova hijobli qizlarga mo‘ljallangan kiyimlar kolleksiyasi uchun fotosessiyada ishtirok etdi.
Turk aktrisasi Melisa Asli Pamuk sahifasiga yangi surat joyladi.
Mushtariy Zafar Ozoda Nursaidovaning “Ketma” qo‘shig‘ini qayta kuyladi hamda unga ta’sirli klip suratga oldirdi.
Shahzoda Matchonova haydovchi sifatida yo‘llarda asabini buzadigan holat haqida post yozdi. Aktrisaning aytishicha, qayrilish chiroqlarini yoqmaydigan haydovchilar uni asabiylashishga majbur qiladi.
Madina Mumtoz bir yarim yil avval turmush o‘rtog‘i olib bergan Malibu’sini yangi avtomashina xarid qilgani uchun sotganini ma’lum qildi.
Aktrisa Yulduz Rajabova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Munisa Rizayeva muxlislarining “Nega haligacha turmushga chiqmayapsiz?”, degan savoliga javob beruvchi maxsus video tayyorladi. Unda xonanda sevmaydigan insoniga turmushga chiqqanidan ko‘ra “go‘zal va yolg‘iz bo‘lishni tanlashini” bildirgan.
Shahzoda Muhammedova qizalog‘i bilan Dubayda tushgan suratini folloverlari bilan bo‘lishdi.
Xonanda Ziyoda muxlislariga Tashkent City’dagi yangi xonadonini ko‘rsatdi. Uning o‘zi ham yangi uyiga birinchi marta kelganini aytib o‘tdi.
Durdona Qurbonova ham muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Xonanda Qilichbek Madaliyevning onasi Umra safaridan keldi. Hoji onani qishloqdoshlari katta tantana bilan kutib oldi | 162 | 1,699 |
Madaniyat | Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga intervyu berdi | Rossiyaning “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasi orqali tanilgan o‘zbekistonlik Sardor Milano AQShning NBC telekanaliga tonggi efirda intervyu berdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, bu uning ingliz tilidagi ilk intervyusi bo‘lgan va juda hayajonlangan. Boshlovchi Styuart Mur Sardorga uning chiqishlari va Amerikaga tashrifi borasida bir nechta savol bergan. Efirdan yozib olingan videoni Murning o‘zi Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan.
Shuningdek, amerikalik teleboshlovchi bir paytlar Backstreet Boys guruhini ochgan Tim Kuns Sardorni navbatdagi jahon yulduzi deb hisoblashini ta’kidlagan. | 54 | 622 |
Madaniyat | O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva xonadoniga fotosayohat | O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ijrosidagi taronalarni katta va kichik birday maroq bilan tinglaydi, o‘zbek estradasining buguni va kelajagi haqidagi kuyunchaklik bilan aytilgan mulohazalariga quloq tutadi. Biroq uning shaxsiy hududi bo‘lmish xonadoni, yashash tarzi haqida ko‘pchilikda tasavvur bo‘lmasa kerak. “Sayyod.com” quyidagi fotojamlanma orqali mazkur kemtikni to‘ldirishga harakat qildi. | 66 | 409 |
Madaniyat | “Senimi, shoshmay tur!” multserialining yangi 52 ta qismi taqdim etiladi | “Soyuzmultfilm” rahbari Yuliya Slashcheva “Senimi, shoshmay tur!” multserialining yangi epizodlari zamonaviy tomoshabinlar uchun qayta taqdim etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kinopoisk”.
Slashchevaning so‘zlariga ko‘ra, ular Quyon va Bo‘ri tarixini nafaqat o‘zgartirish, balki bosh qahramonlarni zamonaviylashtirish niyatida.
“Bu uning klassik ma’nodagi davomi bo‘lmaydi. ‘Senimi, shoshmay tur!’ — bu texnik jihatdan o‘zgartirilgan, biroq serial qahramonlari va g‘oyasi saqlanib qolgan holda to‘liq qaytadan taqdim etiladigan varianti. Yangi syujetlar bo‘ladi, zamonaviy uslubda suratga olinadi va qayta ko‘rib chiqiladi, ikkinchi darajali yangi personajlar paydo bo‘ladi”, — deydi Slashcheva.
Multfilmning yangi qismlarini yaratishda kvazi-3D texnikasidan foydalanilib, ularni maksimal darajada orginal uslubiyatiga yaqinlashtirishga harakat qilinadi. Shu bilan birga multfilm janri o‘zgarishsiz qoladi.
“Senimi, shoshmay tur!” qahramonlarini ovozlashtirishga taniqli aktyorlar jalb etilishi kutilmoqda.
Multserial 6—8 yoshli tomoshabinlarga mo‘ljallangan, har bir seriyaning xronometraji esa 7 daqiqa bo‘ladi. Jami 52 ta epizodni taqdim etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, “Senimi, shoshmay tur!” multfilmining birinchi qismi 1969-yil may oyida ekranlarga chiqqan. Jami 20 ta qism suratga olingan. | 72 | 1,333 |
Madaniyat | Nilufar Usmonova: Munisa Rizayeva bilan hech qachon do‘st bo‘lmaganmiz | Nilufar Usmonova – shartaki, o‘ylaginini gapiradigan xonanda. Ko‘pchilik buni uning Yulduzning qiziligiga, erka, tannozlikka yo‘yishi mumkin. Biroq xonandadagi dangalchilik ortida tannozlik emas, haqiqatni aytishga undaydigan kuch yotadi, deb yozadi “Qalampir.uz”.
U bugungi san’at haqida gapirar ekan, hozirgi san’atkorlar qatorida emasligiga, bugungi san’at ancha loyqalanib ketgani va bu loyqalangan san’atda o‘zi yo‘qligidan xursand bo‘lishini aytdi.
Qanchadan-qancha san’atkorlar ko‘chada bilganini qilib yuribdi. Ularni deb hammaning nomi qora bo‘lyapti, odamlar qo‘lini bigiz qilib ko‘rsatyapti.
Nilufar Usmonova
Xonanda bugungi san’atkorlar bilan munosabati haqida gap ochilganda, hamma bilan yaxshi aloqada ekanini, biroq qo‘shiqlarini tinglamasligini aytar ekan, Munisa Rizayeva bilan munosabatlariga ham to‘xtalib o‘tdi.
Munisa bilan hech qachon do‘st bo‘lmaganmiz. Men u qizni yaxshi tanimayman ham. Xalqning san’atkori, ishlayapti, qo‘shiq aytyapti, pul topyapti, asal bilan qand olib yesin. Hamma birinchi chiqqanda o‘zini ko‘rsatgisi, uni-buni gapirib ko‘rgisi keladi. Aytishadi-ku, “Kecha keldim yugurib, neni beray sug‘urib”.
Nilufar Usmonova
Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi so‘zlashuvlari, unga joylaydigan suratlari va videolari haqida gapirar ekan, nojo‘ya ish qilmagani, videolariga bo‘lgan tanqidlarni qabul qila olmasligi, yomon izoh qoldirganlarni sahifasidan o‘chirib yuborishini yoki ularga ham haqoratli so‘zlar bilan javob yozishini ochiq aytdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 70 | 1,646 |
Madaniyat | Habibulla Nizomov aktyor Ulug‘bek Qodirovning AQShga ketib qolgani haqida: Uni xafa qilishdi | So‘nggi yillarda ko‘plab o‘zbek xonandalari, aktyorlar oilasi bilan Amerikaga ko‘chib ketmoqda. Otabek Madrahimov, Sobirjon Mo‘minov, Sherzod Bin kabi shtatlarda yashayotgan o‘zbekistonlik mashhurlar safiga Ulug‘bek Qodirov ham qo‘shildi.
Karantin tufayli AQShning Nyu-York shahrida qolib ketgan sport ustasi va aktyor Habibulla Nizomov jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda Ulug‘bek Qodirovning nima sababdan AQShga ketib qolgani haqida gapirdi.
“Mening bilganim Ulug‘bekni xafa qilishgan.
Filmlarda o‘zbek aktyorlariga salbiy rol yoki ikkinchi darajali rollarni berib, asosiy rollar rus yoki turk aktyorlariga berila boshladi. Bir filmda kelishilgan gonorarni berishmagan. Qayta-qayta so‘rab, ‘agar pulimni bermasangiz, dublyajga bormayman’ deganidan keyin kinoni buyurtma qilgan tashkilotga ro‘para qilib qo‘ygan. Tasavvur qiling, gonorarni kelishgan odam qo‘rqitish uchun boshqa tashkilotni ro‘para qilib qo‘ygan. Balki, adolatsizliklarni ko‘rib, men o‘zim yangidan hayot boshlab, alohida yashab ko‘ray, degandir. Amerikada u bilan uchrashdim, yurishini ko‘rdim, kayfiyati yaxshi. Oldingidek xushchaqchaq”, — deydi Habibulla Nizomov.
Habibulla Nizomov: Hilol Nasimov olamdan o‘tsa, janozasiga bormayman | 92 | 1,211 |
Madaniyat | Yasama soch kiygan Xurram, homilador Mehrimoh. “Muhtasham yuz yil” filmi bilan bog‘liq siz bilmagan 5 fakt | “Muhtasham yuz yil” seriali, millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Tomoshabinlar filmga shunchalik qiziqqanidan, aktyorlar hayoti va suratga olish jarayoni haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishni istaydi. Shuni inobatga olgan holda film bilan bog‘liq, siz bilmagan va qiziqarli bo‘lgan faktlar e’lon qilindi.
1. Xurram yasama soch kiyishga majbur bo‘lgan
Maryam Uzerlidan keyin Xurram rolini ijro qilgan Vahide Perchin, kimyoterapiya muolajasini olgani va suratga olish jarayonida aktrisaning sochi kalta bo‘lgani sabab yasama soch kiyishiga to‘g‘ri kelgan. Ekranda Vahidening sochlari tabiiy ko‘ringanidan hech kim uning yasama soch kiyganiga shubha qilmagan.
2. Serialda raqobatchi aka-uka Salim va Boyazid rolini ijro qilgan aktyorlar hayotda qalin do‘st
Serialda, Xurram va sulton Sulaymon farzandlari Salim va Boyazidning bir-biriga raqobatchi ekanini ko‘rish mumkin. Aslida esa, Salim rolini jonlantirgan Engin O‘zturk va Boyazid rolini o‘ynagan Aras Bulut hayotda juda ham qalin do‘st. Yaqin bo‘la turib, bir-birini ko‘rolmaydigan aka-uka rolini ijro qilganidan aktyorlar mahoratiga qoyil qolsa arziydi.
3. Mehrimoh rolini ijro qilgan aktrisa homilador bo‘lgan
Aktrisa Pelin Karaxan, malika Mehrimoh rolini ijro qilish vaqtida homilador edi. Film ijodkorlari, keng liboslar, rekvizit va turli yo‘llar bilan aktrisaning homiladorligini bilintirmaslikka urungan.
4. Xurram rolida boshqa aktrisa bo‘lishi mumkin edi
Ortiqcha 6 kilogramm vazni bo‘lmaganda, Xurram sulton rolini Maryam Uzerli emas, Oykyu Chelik ijro qilgan bo‘lardi.
5. Usmonli turk tilini o‘rganish jarayonida Xalit Ergenchning qon bosimi ko‘tarilgan
Sulton Sulaymon rolini ijro qilgan Xalit Ergench bilan film boshida tuzilgan shartnomaga asosan, u Usmonli turk tilini o‘rganishi kerak bo‘lgan. Darslarning murakkabligidan aktyorning qon bosimi tez-tez ko‘tarilgan. Boshida qiyindek tuyulgan tilni o‘rganib olgan aktyor endilikda uni maktablarda o‘qitilishi kerakligini ta’kidlaydi. | 106 | 1,959 |
Madaniyat | Toshkentda Yevropa kinosi haftaligi bo‘lib o‘tadi | 22—31-may kunlari Toshkentda uchinchi Yevropa kinosi festivali bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Festival Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi tomonidan “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamkorligida tashkil qilinadi.
Bu yil festivalda Yevropaning 15 davlatiga tegishli 18 ta kinokartina namoyish etiladi. Filmlarning ko‘pchiligi rus tilidagi subtitrlar bilan ko‘rsatiladi, ba’zilari esa rus tiliga tarjima qilingan.
Festival Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida bo‘lib o‘tadi. Seanslarga kirish bepul.
22-may
19:00 — “Sizni yaxshi ko‘raman, oyijon!” (Latviya)
23-may
17:00 — “Nikining oilasi” (Slovakiya)
19:00 — “Inson qadri” (Italiya)
24-may
15:00 — “Rassomning rafiqasi” (Daniya)
17:00 — “Kun so‘ngida” (Avstriya)
19:00 — “Japplu” (Fransiya)
25-may
19:00 — “Keda” (Bolgariya) — 18+
26-may
19:00 — “Stokgolm qissalari” (Shvetsiya) — 18+
27-may
19:00 — “Sarosima” (Sloveniya) — 16+
28-may
19:00 — “Dengizga boramiz” (Chexiya)
29-may
17:00 — “Bir chimdim murch” (Gretsiya)
19:00 — “Qasos” (Daniya) — 16+
30-may
15:00 — “Ajoyib o‘rmon” (Finlyandiya)
17:00 — “Bu sen o‘ylagan narsa emas, azizam” (Polsha)
19:00 — “Poygadagi to‘xtash” (Germaniya) — 16+
31-may
15:00 — “Saqoqush” (Gretsiya)
17:00 — “Kasablanka operatsiyasi” (Shveysariya)
19:00 — “Sev va raqsga tush” (Polsha) | 49 | 1,279 |
Madaniyat | FIFA moliyaviy ko‘magida olingan “Orzudagi Liga” filmi 26,8 mln dollar zarar keltirdi | Fransiyalik rejissor Frederik Obyurtenning Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA)ning moliyaviy ko‘magida suratga olingan “Orzudagi Liga” filmi 26,8 million dollar miqdorida zarar keltirdi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Film FIFA yaratilishi tarixini hikoya qiladi, unda taniqli aktyorlar Tim Rot, Jerar Depardye va Sem Nill ishtirok etadi. Kartina byudjeti 27 million dollarni tashkil etgan, uning 90 foizini FIFA moliyalashtirgan.
Tahlilchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, “Orzudagi Liga” dunyo kinoteatrlari bo‘ylab 200 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan pul yig‘di, xolos. Shu tariqa, kinoloyihaning ko‘rgan zarari 26,8 million dollarga teng bo‘ldi. | 85 | 689 |
Madaniyat | Ajoyib imkoniyat! "Diydor teatr studiyasi" yoshlar eksperimental teatr studiyasiga o`qishga chorlaydi | "Diydor teatr studiyasi" teatr ta`limi bo`yicha o`qishga qabul davom etayotganini ma`lum qildi.
O`qishga 16 yoshdan 25 yoshgachan bo`lgan yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi va ularga soxaning professionallari tomonidan bepul ta`lim beriladi. Talabgorlar shu yilning 15 fevraliga qadar quyidagi xujjatlar to`plami topshirishi kerak bo`ladi.
Darslar xar kuni 16:00dan 19:00 ga qadar olib boriladi. Studiya kursini tugatganlarga maxsus sertifikat beriladi.
Qo`shimcha ma`lumotlar uchun +998977084200 raqamiga yoki instagramdagi @diydor_teatr_studiyasi akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin. | 101 | 595 |
Madaniyat | NUKUSDA EVROPA FILMLARI BEPUL NAMOYISh ETILDI | Nukusda 6-8 oktyabr kunlari Evropa kinosi festivali bo`lib o`tdi.
Festivalning ochilish marosimida Evropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegasiyasi rahbari, elchi Eduards Stiprays, “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov va boshqalar Evropa davlatlari va O`zbekiston o`rtasidagi an`anaviy madaniy hamkorlik faol rivojlanayotganini ta`kidladi. An`anaviy o`tkazib kelinayotgan Evropa kinosi festivali buning yorqin tasdig`idir.
Madaniyat va san`at bayrami Shveysariya kinematograflari tomonidan yaratilgan “Xaydi” badiiy filmi namoyishi bilan boshlandi. Inson va tabiat uyg`unligi Xaydi ismli qizaloq boshidan kechirgan voqealar vositasida ishonarli va qiziqarli tarzda ko`rsatib berilgani hech bir tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Festival doirasida, shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Finlyandiya va Fransiya davlatlari kinoustalari tomonidan yaratilgan badiiy va hujjatli kartinalar, animasion filmlar namoyish etildi.
Germaniyalik kinoijodkorlar tomonidan 2015 yilda suratga olingan “To`rt qirol”, fransiyalik kinosan`atkorlarning 2014 yilda yaratilgan “So`nggi gavhar tosh”, Buyuk Britaniyaning 2010 yilda yaratilgan “Qirol gapiradi” badiiy filmlari, Finlyandiyaning “Ko`l haqida ertak” hujjatli kartinasi hamda Fransiyaning “Qanot qoqib yubor” multfilmi tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otdi. Milliy va xalqaro tanlovlar sovrindorlari bo`lgan ushbu asarlar qoraqalpog`istonlik tomoshabinlarga bepul namoyish etildi. | 47 | 1,450 |
Madaniyat | “Endi turmushga chiqmayman, degandim”. Aktrisa Ilmira Rahimjonova turkiyalik erkak bilan oila qurgani haqida gapirib berdi (video) | Aktrisa Ilmira Rahimjonova “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
“Charxpalak” serialidagi lo‘li Maryam obrazi bilan elga tanilgan aktrisa Ilmira Rahimjonova ilk marotaba shaxsiy hayoti haqida gapirdi.
Aktrisa suhbat davomida Turkiyaga turmushga chiqqani, turmushiga o‘n sakkiz yil bo‘lgani haqida gapirib berdi.
Turmush o‘rtog‘im oddiy inson. Diniy va dunyoviy bilimga ega, dunyoqarashi keng, yaxshi turmush o‘rtoq, yaxshi inson. Ijodimdan, oilaviy sharoitimdan ko‘ngli to‘lgan inson. Turmush qurganimga o‘n sakkiz yilga qarab ketdi. U qizimning mehribon otasi.
Istanbulda kinofestival bo‘lgan edi. Hozir nomi o‘zgargan, u paytlari 2003—2004-yillarda “O‘zbekfilm” direktori Turdi Nodirov yangi chiqqan filmlarni festivallarga jo‘natib turardi. Men o‘shanda, adashmasam, “Chayongul” filmi bilan festivalga borgandim.
O‘shanda festivalda filmni ko‘rsatganmiz. Sulton Ahmad masjidi hovlisi ichida restoran bo‘lardi, hozir u joy yo‘q. Biz o‘sha yerga kirib ovqatlanganmiz. Delegatsiya bilan borgandik. Ko‘pchilik kattalar, biz esa yoshmiz, tortinib, gapirmasdan yuribmiz. O‘shanda turmush o‘rtog‘im bilan restoranda ko‘rishganmiz. Kimlar, deb bizni so‘ragan, bizni o‘zbekistonlik deyishgan.
Keyin u inson O‘zbekistonga kelgandan keyin, muxlislarim orqali meni topgan. “Mendan qo‘limni so‘ramagin, mening otam bor”, deb otamga yuborganman. Chunki u ikkinchi turmushim edi va men endi turmushga chiqmayman, deb ahd qilgandim. Otam ruxsat berdilar va keyin turmushga chiqdim.
Turmushga chiqqach, birdan Turkiyaga ketmadim. Chunki o‘g‘lim u vaqtda kichkina edi. Maktabi bor edi. O‘g‘limni oldim, erim restoran ishi bilan shug‘ullanar edi, shuning uchun Gruziyaga oilaviy ketdik. Biz erimning tijorat ishlarini birgalikda davom ettirish uchun Gruziyaga oilaviy ketgandik.
O‘g‘lim Gruziyada ingliz, rus, gruzin tilini o‘sha maktabda o‘qidi, hattoki u gruzinlardan yaxshi o‘qirdi. Bir yil o‘qigandan so‘ng, ikkinchi sinfni tugatib, o‘zimizning maktabga berganimizda bu yerdagi o‘qituvchilar “bolani juda o‘zgartirib kelibsan”, deb menga gapirdi. Aslida bolam yaxshi tomonga o‘zgargan edi. “Gruziyaga ketib o‘g‘lim uchun yaxshi qildim”, deb o‘ylayman. Chunki u ikkinchi sinfni tugatganida, tengdoshlariga qaraganda yaxshiroq dunyoqarashga ega edi.
Ilmira Rahimjonova, aktrisa
Ma’lumot uchun, Ilmira Rahimjonova 1969-yil 27-sentabrda Toshkent viloyati Burchmulla qishlog‘ida ishchi oilasida tug‘ilgan. “E’tirof-2016” taqdimotida “Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi” deb topilgan.
“Charxpalak” seriali, “Zabarjad”, “Iblis devori”, “Chayongul”, “Sog‘inch sohili”, “Muhabbat sinovlari”, “Oydinoy”, “Farishta”, “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i” kabi filmlarda rol ijro etgan. | 130 | 2,733 |
Madaniyat | Ruscha biladigan, yolg‘izlikni yaxshi ko‘radigan Neslihan Atagul haqida 9 fakt | “Sevgi iztirobi”, “Ishq sohillari” va ekran yuzini ko‘rganiga ko‘p bo‘lmagan “Elchining qizi” filmlarida bosh qahramon obrazini gavdalantirib, millionlab muxlislar qalbidan joy olgan Neslihan Atagul haqida siz bilmagan faktlarni havola etamiz.
1. Neslihan tabiiy ko‘rinishni yaxshi ko‘radi va shu sabab ham ortiqcha bo‘yanmaslikka harakat qiladi.
2. Aktrisa kartoshkadan tayyorlangan taomlarni yaxshi ko‘radi, mazkur sabzavotdan tayyorlangan taomni xush ko‘rishi bolaligi va buvisi bilan bog‘liq.
3. Turmush o‘rtog‘i Kadir Do‘gulu ham aktyor sifatida yaxshi ma’lum. Juftlik “Ishq sohillari” filmining suratga olish jarayonida tanishgan.
4. Aktrisaning bo‘yi 168 sm, vazni esa 54 kg. U qomatini saqlash uchun hech qanday parhez tutmaydi, shunchaki faol hayot tarziga amal qiladi. Sport bilan shug‘ullanish hamda basketbol o‘ynashni yoqtiradi.
5. Yolg‘izlikni, odamlar ko‘zidan uzoq bo‘lishni yaxshi ko‘radi, shuning uchun ham turmush o‘rtog‘i bilan ta’tillarni mashhur turk kurortlarida o‘tkazmaydi. Juftlik, asosan, tabiat qo‘ynida chodir qurib yoki o‘rmonlarda kuchugi bilan birgalikda sayohat qilishni xush ko‘radi.
6. 2006-yilda suratga olingan “Birinchi sevgi” filmi aktrisaning kinodagi debyuti bo‘lgan.
7. Onasi belarus bo‘lgani uchun Neslihan rus tilida bemalol gaplasha oladi.
8. “Katta Lebovski” aktrisaning sevimli filmlaridan biri hisoblanadi.
9. Aktrisada klaustrafobiya, ya’ni yopiq va tor joylardan qo‘rqish bor. | 78 | 1,430 |
Madaniyat | Bahrom Nazarov uch nafar muxlisining to‘yida bepul xizmat qilishga va'da berdi | Xonanda Bahrom Nazarov 14, 15, 16-noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Intizor” deb nomlangan konsert dasturini taqdim qildi. Konsertning har bir kunida Bahrom Nazarovning qo‘shig‘ini kuylab, zaldagi tomoshabinlar tomonidan e’tirof etilgan bir nafardan muxlisning to‘yida xonanda bepul xizmat qiladigan bo‘ldi. Bu haqda konsertda mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Xonanda Bahrom Nazarov uch kun davom etgan dasturida o‘zining taronasini jonli ijroda eng yaxshi aytgan muxlisining to‘yida bepul xizmat qilishini barcha muxlislar oldida ma’lum qildi. Uch kun davomida yigirmadan ortiq muxlis omadini sinab ko‘rdi. Konsertning birinchi kuni Angren, ikkinchi kuni Qo‘qon, uchinchi kuni Andijon shahridan kelgan yigitlar qolgan muxlislarga qaraganda xonandaning qo‘shig‘ini yaxshiroq kuylagani uchun Bahrom Nazarov ularning to‘yida tekin xizmat qiladigan bo‘ldi.
Xonandaning “bepul xizmat qilaman” degan so‘zi barcha muxlislarning gulduros va davomli qarsaklariga sabab bo‘ldi. G‘oliblarni zaldagi tomoshabinlar hamda qiziqchi Shukrullo Isroilov aniqlab berdi. O‘yinda ishtirok qilgan barcha muxlislarga qimmatbaho sovg‘alar hamda badiiy kitoblar ham sovg‘a qilindi. | 79 | 1,188 |
Madaniyat | Aktrisa Yulduz Rajabova qo‘shiq aytish mahorati bilan muxlislarini lol qoldirdi (video) | Yulduz Rajabova Maksim Fadeyevning “Oynalardagi raqslar” (Tansi na styoklax) qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etib, folloverlarini lol qoldirdi. Ushbu video Instagram’da salkam 8 mingta layk to‘pladi.
Yulduz Rajabovaning muxlislari uning xonandalik mahoratiga yuqori baho berib, “Ovozingiz chiroyli ekan”, “Bemalol xonandalik ham qilsangiz bo‘larkan, yoqimli ovozingiz bor ekan”, “Sizni yaxshi aktrisa ekanligingizni bilardim, yaxshi xonanda ekanligingizga ham amin bo‘ldim”, qabilidagi izohlarni yozib qoldirmoqda.
“Karantinning 9-kuni. Uyda qoling. Shu qo‘shiqni yaxshi ko‘raman. O‘zingizni asrang”, — deb yozdi aktrisa.
View this post on Instagram | 87 | 657 |
Madaniyat | Netflix “Qartadan yasalgan uy” serialining yangi mavsumi tizerini namoyish etdi (video) | Netflix videoservisi “Qartadan yasalgan uy” seriali to‘rtinchi mavsumining tizerini namoyish qildi, deb yozadi Meduza. Yangi mavsumni to‘liq holda Netflix’da 2016-yil 4-martda ko‘rish mumkin.
Nashr eslatishicha, 2015-yil dekabrida Netflix serialning yangi mavsumini qo‘llab-quvvatlab boshqa rolik chiqargan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ommabop Netflix onlayn-kinoteatrini jahonning 130 mamlakatida, jumladan, O‘zbekistonda ham tomosha qilish imkoni paydo bo‘lgani xabar berilgan edi. Bungacha Netflix sayti o‘zbekistonliklar uchun yopiq edi, biroq endi unda bemalol ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladi.
Netflix nafaqat boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan film va seriallarni tarqatadi, balki o‘zi ham ekran asarlarini tayyorlaydi. Netflix’ga tegishli seriallar orasida “Qartadan qurilgan uy” (“House of Cards”), “Jessika Jons” (“Jessica Jones”), “Daredevil”, “Orange Is the New Black” va boshqa shu kabilar bor. | 87 | 914 |
Madaniyat | Alla Pugachyovaning muxlislari u og‘ir xastaligi tufayli, o‘limidan oldin nikohdan o‘tganini taxmin qilmoqda | Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova va qiziqchi Maksim Galkinning muxlislari ular nima uchun nikohdan o‘tishga qaror qilgani borasida o‘z taxminlarini ilgari surishni boshladi, deb yozadi 7MedNews.
Internet foydalanuvchilari Pugachyova jiddiy xastalikka duchor bo‘lgani, o‘limidan oldin nikohdan o‘tishga qaror qilganini taxmin qildi.
Ko‘pchilik tantanali marosim chog‘ida Maksim Galkinning g‘amgin holatda bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Buning ustiga, Alla Pugachyova nikoh marosimidan olingan fotosuratlarga yozgan izohida xudodan o‘ziga uzoq umr so‘ragan. Aynan shu narsa uning salomatligi yomonlashgani haqidagi xayollarni keltirib chiqardi.
Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr kuni rossiyalik qiziqchi va teleboshlovchi Maksim Galkin xonanda Alla Pugachyova bilan nikohdan o‘tdi. | 108 | 772 |
Madaniyat | O‘zbekistonda tarqatishga tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxati tasdiqlandi | O‘zbekistonda tarqatish tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxatidan 225 ta kartina o‘rin olgan. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Yovuzlik maskani” filmidan lavha.
Intellektual mulk agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Axborot va ommaviy kommunikatsiya sohasida ekspert komissiyasi O‘zbekistonga olib kirish, nusxa ko‘chirish va tarqatish tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxatini tasdiqlagan.
Ro‘yxatdan syujetida zo‘ravonlik, shafqatsizlik, vahshiylik, behayolik, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini, shuningdek axloqiy buzuqlik, yengiltabiatlik, shahvoniy nafsga erk berish, besoqolbozlik, svingerlikni targ‘ib qiluvchi sahnalar bo‘lgan 225 ta xorijiy kinofilm o‘rin olgan.
Ro‘yxatdan “La’nat”, “Astral”, “Juda qo‘rqinchli kino”, “Arra”, “Tepaliklarning ko‘zlari bor”, “Yovuzlik maskani” va boshqa film hamda seriallar o‘rin olgan (to‘liq ro‘yxat rus tilida berilgan). | 83 | 939 |
Madaniyat | “O‘zbekfilm” AJ tugatiladi. U davlat unitar korxonasi sifatida qayta tashkil etiladi | O‘zbekiston Prezidenti “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.
Qarorga muvofiq, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Moliya va Adliya vazirliklari, Raqobat qo‘mitasi hamda “O‘zbekfilm” AJ aksiyadorlarining quyidagi takliflariga rozilik berildi:
“O‘zbekfilm” aksiyadorlik jamiyatini jamiyat tarkibidan chiqib ketadigan aksiyadorlar bilan hisob-kitobni amalga oshirgan holda “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasi sifatida qayta tashkil etish;
“Hujjatli filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasini mamlakatning davlat va jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining eng muhim yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlarni tasvirga olish va ularni keyinchalik arxivlashtirish bo‘yicha vazifalarni yuklagan holda “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlash;
“O‘zbekkino” MAning hududiy bo‘linmalari negizida ularning shtatlar soni, bino va boshqa moddiy-texnika bazasi, shuningdek, 2020-yilning 1-yanvariga qadar muddatda amaldagi moliyalashtirish manbalarini saqlagan holda “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasining filiallarini tashkil etish;
“O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi” davlat muassasasini uning balansida bo‘lgan mol-mulk va boshqa moddiy-texnik qimmatliklarni (ko‘chmas mulkni bepul foydalanishga) topshirish orqali nodavlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etish.
Adliya vazirligiga bir oy muddatda yangi tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash topshirildi. | 84 | 1,627 |
Madaniyat | Yulduzlar bilan do‘st tutingan qirollik oilasi vakillari | Qirollik oilasining qaysi vakillari mashhurlar bilan iliq munosabatda ekani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Shahzoda Uilyam
Britaniyaning bo‘lajak taxt vorisi Devid Bekxem bilan juda ham yaxshi munosabatda. Ularning do‘st tutinishiga futbol sababchi bo‘lgan. Ma’lumki, Uilyam bolaligidan ushbu sport turi bilan shug‘ullanadi, 2006-yilda esa Britaniyaning futbol assotsiatsiyasining prezidenti lavozimini egallagan. Bugungi kunda u Devid bilan birga futbolni ommalashtirish maqsadida mamlakatidagi barcha sport musobaqalariga tashrif buyuradi. Kembrij gersogi, shuningdek, “Jodu saltanati” yulduzi Eddi Remeyn bilan ham og‘ayni. Ular Eton kollejida birgalikda o‘qigan. Bitirganidan keyin ham do‘stona munosabatlarini saqlab qolgan.
Keyt Middlton
Uilyamning Devid bilan munosabatlari sabab Keyt ham Viktoriya bilan tez-tez ko‘rishib dugona bo‘lib qolgan. Insayderlarning ma’lum qilishicha, ayollarning har ikkisini moda va onalik bilan bog‘liq qiziqishlar birlashtirgan. Bekxemlar Londonga ko‘chib kelganidan keyin esa aloqalar yanada mustahkamlangan.
Shahzoda Garri
Shahzoda Garri Megan Markl hayotida paydo bo‘lgunicha Kara Delevin bilan do‘st tutingan. Ular 2015-yilda umumiy do‘stlari tashkil qilgan ziyofatda tanishgan. Shuningdek, aktyor Tom Hardi ham shahzodaning do‘stlari qatoridan o‘rin olgan. To‘ydan keyin Megan va Garri Jorj hamda Amal Kluni bilan muloqot qila boshlagan, birgalikda ko‘p vaqt o‘tkazgan. Insayderlarning ma’lumot berishicha, oilalar hatto farzandlarini ham tanishtirishni istagan.
Megan Markl
Meganni yulduzlar bilan do‘stlashish bo‘yicha chempion deb atash mumkin. U Klunilar oilasidan tashqari, Priyanka Chopra, Serene Uilyams bilan ham yaxshi munosabatda. Uning tanishlari sonini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Markl to‘yiga tanigan-tanimagan boshqa yulduzlarni taklif qilgani sabab bir necha marta tanqid qilingan. Eski, ommaga ma’lum bo‘lmagan do‘stlarini esa allaqachon unutib ulgurgan.
Qirolicha Raniya
Iordaniya qirolichasining aktrisa Nikol Kidman bilan do‘stlashganiga bir necha yil bo‘lgan. Ular xayriya kechasida tanishgan. Koridorda urilib ketgan ayollar bir zumda bir-biri bilan chiqishib ketgan. Ushbu suhbat do‘stlikka sabab bo‘lgan. Qirollik oilasiga yaqin manbaning ma’lum qilishicha, Nikol o‘zining samimiyati bilan ilk lahzalardayoq Raniyaning ko‘nglidan joy olgan. | 56 | 2,317 |
Madaniyat | “O‘g‘ri” filmi dekabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi | Rejissor Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri” filmi dekabr oyining birinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Dekabr oyining birinchi haftasi kinoreytingida “O‘g‘ri” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Suhrob Hasanovning “Sevgimiz uchun”, Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada”, Siroj Abdullayevning “Daydi”, filmlari band etgan.
Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kino saroyida “Kulba”, “Sevgi yosh tanlamas”, “Armon” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
1-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)
Rejissor — Durdona To‘laganova
2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)
Rejissor — Otabek Mirzaxolov
3-o‘rin. “Sevgimiz uchun” (melodrama)
Rejissor — Suhrob Hasanov
4-o‘rin. “Ada emas, dada” (komediya)
Rejissor — Mirmaqsud Oxunov
5-o‘rin. “Daydi” (jangari)
Rejissor — Siroj Abdullayev | 98 | 956 |
Madaniyat | Yulduz Usmonova Imon Karimovaning iddaolari haqida: Qo‘shiqlar ayttirilgan, ust-boshlar pulga oldirilgan. Hech kimdan qarzim yo‘q (video) | Yulduz Usmonova Gulnora Karimovaning qizi Imonning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan iddaolariga javob qaytardi.
Xonanda hozirda yangi albomlar ustida ishlayotgani, internetni titkilashga vaqti bo‘lmayotgani, biroq uzunquloq gaplar unga ham yetib kelganini bildirgan.
“Turkiyaga haydalgan paytim bizni hurmat qilmaysizmi deb, buyurtma qilib ashulalar ayttirilgan. Kolleksiyamizni qo‘llab-quvvatlamaysizmi deya ust-boshlar kiydirilgan. 2800 dollarga uchta narsa olingan. Yana 3,5 mingga sumka oldirishgan. Hech narsa qarzga yo tekinga olinmagan”, — deydi qo‘shiqchi.
Yulduz Usmonova Gulnora Karimova bilan “yaqinligi” masalasiga ham oydinlik kiritgan.
“Do‘stlik masalasiga kelsak, osh-qatiq bo‘lgan joyim yo‘q. Marosimlariga xalqning e’tibori kerak bo‘lsa qo‘ng‘iroq qilishardi, yonimdan chipta olib kelardim ashula aytgani. Uch kundan so‘ng yana chiqarib yuborishardi, bundan ortiq qolish mumkin emasdi”, — deya eslaydi Usmonova. | 137 | 927 |
Madaniyat | Toshkentda “Nuh” filmi qaytadan namoyish etila boshladi | Toshkent kinoteatrlari “Nuh” filmi namoyishini qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Afisha.Uz” ma’lumotiga tayanib “Kun” xabar berdi.
Rejissor Darren Aronofski tomonidan suratga olingan “Nuh” filmi Toshkentning Asia, Grand Cinema va Mega Cinema kinoteatrlarida namoyish etilmoqda. Har uchala kinoteatr vakillari seanslar bo‘layotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.
Asia kinoteatrida “Nuh” filmi seanslari chiptalari 18 va 20 ming so‘mdan, Grand Cinema’da 20 ming so‘mgacha, Mega Cinema kinoteatrida esa seans vaqtiga qarab 18 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Nuh” filmining Toshkentdagi namoyishi 27-mart kuni boshlangan, biroq 28-mart kuni ma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan edi. “O‘zbekkino” milliy agentligi ushbu film namoyishi uchun birorta yuridik shaxs tavsiya so‘rab tashkilotga murojaat etmaganini ma’lum qilgan edi. | 55 | 854 |
Madaniyat | Doston Ubaydullayev: “Ummon”dagi yigitlarni inson sifatida hurmat qilaman | Xonanda Doston Ubaydullayev “7x7” gazetasiga bergan intervyusida “Ummon” guruhi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Bir intervyuda Ozodbek Nazarbekov, Ziyoda hamda “Ummon” guruhining qo‘shiqlarini tinglab turishingizni aytgansiz. To‘g‘risi, “Ummon” guruhi muxlisi ekaningiz...
— Nafaqat siz aytib o‘tgan san’atkorlar, balki butun o‘zbek estradasini tinglayman. “Ummon” guruhiga keladigan bo‘lsak, birinchidan, ular — ukalarim. Ikkinchidan, ularni inson sifatida hurmat qilaman, balki shunga xatolari ko‘rinmas. Biroq bu uchovlon san’atga o‘z kuchlari bilan va o‘ziga xos yo‘nalishda kirib keldi. | 73 | 602 |
Madaniyat | Sevara Nazarxon 15-sentabrda yangi klipini taqdim etadi (foto) | Sevara Nazarxon o‘zining “Maktublar” (“Письма”) albomiga kiruvchi “Topmoq va yo‘qotmoq” (“Найти и потерять”) qo‘shig‘iga klip suratga oldi, deya xabar bermoqda qo‘shiqchining rasmiy sayti.
Xabar qilinishicha, klip syomkasi Rossiyaning Kalujskaya viloyatidagi Nikola-Lenivets qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. “Ushbu qishloq o‘zining art-obyektlari bilan mashhurdir”, — deyiladi xabarda.
Klip premyerasi 15-sentabr kuni Sevaraning Youtube’dagi rasmiy kanalida bo‘lib o‘tadi.
Xabarda eslatilishicha, 24-oktabr kuni Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida qo‘shiqchining yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. | 62 | 605 |
Madaniyat | “Gremmi” taqdimoti: eng e’tiborga molik fotolar | Los-Anjelesda musiqa sohasidagi bosh sovrin – 55-“Gremmi” mukofotining laureatlari e’lon qilindi.
Mumford & Sons guruhining “Babel” to‘plami yil albomi deb topilgan bo‘lsa, Gotyening “Somebody That I Used To Know” kompozitsiyasi yilning eng yaxshi musiqiy yozuviga aylandi.
“Yil debyuti” yo‘nalishida fun. guruhi g‘olib chiqqan bo‘lsa, mazkur guruhning “We Are Young” nomli treki “Yil qo‘shig‘i” deb topildi.
The Black Keys guruhi vokalisti Den Auerbax yilning eng yaxshi prodyusseriga aylandi, guruhning o‘zi bir necha oltin grammafonlar egasi bo‘ldi. | 47 | 555 |
Madaniyat | Jennifer Lopesni Instagram’dagi rasm tufayli sudga berishdi | Nyu-Yorkda yashovchi fotograf Stiv Sands amerikalik aktrisa, xonanda, prodyuser va tadbirkor Jennifer Lopes ustidan sudga arz qildi, deb yozadi E!News.
Sands Jey Lo va uning Nuyorican Productions prodyuserlik kompaniyasini u olgan suratdan noqonuniy foydalanganlikda ayblamoqda. Gap fotograf 2016-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Ko‘k rang jilosi” serialining suratga olish jarayonida olgan rasm haqida ketmoqda.
Bir yildan so‘ng Jennifer Lopes o‘sha rasmni Instagram’dagi sahifasida e’lon qilgan. Sandsning ta’kidlashicha, u surat muallifini ko‘rsatmagan va unga pul to‘lamagan.
Stiv Sands olgan surat.
Stiv Sands da’vo arizasida 50 yoshli Lopes uning suratidan shaxsiy brendini rivojlantirish uchun foydalanganini ko‘rsatgan. Jey Loning Instagram’da qariyb 120 million folloveri bor, aynan Sands olgan suratga esa 600 mingta “layk” bosilgan.
Fotograf 150 ming dollar miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda.
Jennifer Lopesning vakillari hozircha vaziyatga hech qanday izoh bermagan. Shuningdek, surat ijtimoiy tarmoqdan o‘chirib ham tashlanmagan.
Ledi Gaga, Billi Aylish, Jennifer Lopes, The Rolling Stones va boshqa o‘nlab buyuk musiqachilar shifokorlar uchun onlayn-konsert berdi | 59 | 1,181 |
Madaniyat | Aktrisa Meril Strip “Qattiqqo‘l xonim” filmini suratga olish jarayonida tushkunlikka tushib qolgani haqida so‘zlab berdi | “Qattiqqo‘l xonim” filmidagi ko‘ngilochar jurnalning bosh muharriri Miranda Pristli obrazi Meril Strip karyerasidagi eng taniqli rollardan biriga aylandi. Aktrisa filmda badfe’l boshliqqa aylanishi oson bo‘lmagani haqida Entertainment Weekly’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Men film ustida ishlayotganda tushkunlikda edim, – deydi Strip. – Rolga yaxshiroq ko‘nikishim uchun suratga olish ishlari orasida ham Miranda obrazidan chiqa olmadim. Shunday qilib, bir kuni kechki payt treylerimda yolg‘iz vaqt o‘tkazishimga to‘g‘ri keldi. Hamkasblarimning esa vaqtini ajoyib o‘tkazayotganini, kulayotganini eshitdim va o‘zimni juda dahshatli his qildim! Ammo bu boshliq bo‘lish evaziga to‘lanadigan narx edi”.
Iloji boricha aktrisaning obraz xarakteridan tashqariga chiqmaslik qarori Enn Xeteueyga yordamchining roliga ko‘nikishiga ham yordam berdi. Ennning ta’kidlashicha, Strip shu qadar qo‘rqinchli tuyilganidan u doim qo‘rqib ketganini his qilgan. “Men undan qo‘rqishim uchun ataylab shunday qilayotganini bilar edim va buni qadrlardim. U mendan qahramonimni qidirayotganini sezar edim”, – deya qo‘shimcha qiladi Enn.
Shuningdek, aktrisa ushbu roldan bir necha bor rad etilganini ham aytib o‘tgan. Filmning rejissori Devid Frenkel Miranda yordamchisi rolini “Xotira kundaligi” filmining yulduzi Reychel Makadams ijro etishini xohlagan. Ammo u Xeteueydan farqli o‘laroq, ushbu rolga umuman qiziqish bildirmagan. Enn rolga da’vogarlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinda bo‘lsa-da, qat’iyatliligi tufayli ham o‘z maqsadiga yetdi. Va u to‘g‘ri qaror qabul qildi – film muvaffaqiyatga erishdi, shuningdek, aktrisaga ham shuhrat keltirdi. | 120 | 1,634 |
Madaniyat | Coldplay guruhining yangi albomida Obama qo‘shiq kuylaydi | AQSH prezidenti Barak Obama Britaniyaning Coldplay musiqiy guruhining yangi albomida qo‘shiq kuylaydi. Guruh Oq uyga tashrif buyurish uchun maxsus ruxsatnoma olgan. U yerda prezident tomonidan Amazing Grace qo‘shig‘i kuylanishi kutilmoqda, deb xabar beradi The Sun nashri.
Oq uyga, shuningdek, 2015-yilning 17-iyunida jinoyatchi tomonidan to‘qqiz kishi otib ketilgan Charlston shahri cherkovi ham taklif etilgan. O‘shanda Barak Obama dafn marosimida u yerda halok bo‘lganlar xotirasiga Amazing Grace qo‘shig‘ini kuylagan edi.
Coldplay musiqiy guruhining yangi A Head Full Of Dreams albomi shu yilning 4-dekabrida chiqadi. Unda bir qator mashhur shaxsalar, jumladan, Beyonse, Gvinet Peltrou, Noel Gallaxerlar ishtirok etgan. | 57 | 724 |
Madaniyat | “Qo‘limga 11 ming so‘m berishganida mendan baxtli odam yo‘q edi”. Asal Shodiyeva, Yigitali Mamajonov va boshqa mashhurlarning ilk daromadi haqidagi xotiralari | Inson hayotida “ilk” so‘zi bilan bog‘liq xotiralar hech qachon unutilmaydi. Ilk muhabbat, ilk ustoz, ilk muvaffaqiyat yoki ilk daromad... Xo‘sh, mashhur ijodkorlar ilk daromadlarini qanday xotirlaydi?
Asal Shodiyeva
— Ilk gonorarimni Ravil Botirovning “Jannat qaydadir” filmidagi rolim uchun olganman. Davlat buyurtmasi asosida olingan filmdagi rolim uchun 400 ming so‘m gonorar berishgan. Filmda kichik rol ijro etishdan tashqari, saundrektini ham duet tarzida ijro etgandim. 2008-yilda yosh qiz uchun bu kam gonorar emasdi, — deydi aktrisa Asal Shodiyeva.
Yigitali Mamajonov
— Birinchi gonorar bilan bog‘liq xotiralar insonni quvontirishi kerak. Ammo menda unday emas. 2011-yili davlat filmida suratga tushganman. Bu filmdagi ilk katta rolim edi. Davlat filmi, shart-sharoitlar boshqacha bo‘ladi, degan umid bo‘lgan. Adashmasam, qish oyi edi. Sovuqda eshakdek (shunday deyishga majburman) ishlab, hamma ish bitganidan so‘ng qo‘limga 870 ming so‘m gonorar berishgan, — deydi aktyor Yigitali Mamajonov.
Nigora
— San’atdagi ilk daromadimni prodyuserlik markazi bilan hamkorlik qilishni boshlagandan keyin olganman. Ammo undan avval to‘rt yil davomida ishlaganman. Birinchi daromadimni 14 yoshimda uch oylik ta’til vaqtida olganman. O‘shanda mahallamizdagi bog‘chada enagalik qilganim uchun pul berishgan. Pulni rahmatli dadamga olib kelganimda, shu pulga bozorlik qilib o‘z qo‘llari bilan osh qilib bergandi, — deydi xonanda Nigora.
Sitora Alimjonova
— Ilk gonorarimni Farg‘ona san’at kollejining balet yo‘nalishida o‘qib yurgan kezlarimda olganman. O‘shanda guruhimizdagi barcha qizlarni davlat tadbirida raqs tushish uchun olib borishgandi. Keyin bizni olib borganlar gonorar haqqi sifatida ikki ming so‘mdan pul berishgan. Pul miqdori unchalik ko‘p bo‘lmasa ham bizni rosa quvontirgandi, — deydi Sitora Alimjonova.
Shahzoda Muhammedova
— Ilk daromadimni 14 yoshda qo‘lga kiritganman. O‘shanda yon qo‘shnimizga chizgan eskizim yoqib, “Shu asosida ko‘ylak tikib berolasanmi?”, degan. Qo‘rqmasdan ha deganman va ko‘ylakni tikkanman. Aniq esimda, ko‘ylak uchun 70 ming so‘m ish haqqi olgandim, — deydi aktrisa Shahzoda Muhammedova.
Zilola G‘ulomova
— Otam vafot etganidan keyin onam 4 ta bolani boqishga qiynalib qolgan. Buni bildirmaslikka harakat qilsa-da. Uning qiynalayotganini bilardim. Shu bois katta opam bilan ishlashga qaror qilganman. Men 7-sinf o‘quvchisiman. Opam esa maktabni tamomlagandi. Amakimning kafesiga ishga kirib, oshpazlarga qarashardik. Men xotdog va muzqaymoq sotishga usta edim. Har kuni yarim kechasi pullar taqsimlanardi. Amakim hamma qatori bizga ham 3 ming so‘mdan pul berardi. 2002-yil uchun bu pulning qadri ancha baland edi. Opam bilan ilk daromadimizni olib borganimizda, onam yig‘lab duo qilgandi. Men ustomon qiz bo‘lganim uchun choy-chaqa pullar ham tashlab ketishardi. Aniq esimda, bir marta 11 ming so‘m ishlab topganman. O‘sha paytda mendan baxtli odam yo‘q edi, — deydi aktrisa Zilola G‘ulomova.
Shahlo Zoirova
— Ilk daromadimni 5-sinfda ishlab topganman. O‘shanda Sergelidagi avtokorxona haydovchilari uchun sovuq choy sotib pul qilganman. U paytlarda tayyor suvlar kam bo‘lgani uchun uyda tayyorlangan kompot va sovuq choylarga talab yuqori bo‘lgan. O‘shanda ishlab topgan pullarimga eng chiroyli o‘quv qurollarini sotib olgandim, — deydi Shahlo Zoirova.
Alisher Uzoqov
— Ilk rolimni 1984-yil chaqaloqlik paytimda ijro etganman. Unga qancha gonorar berishganini eslay olmayman (kulib). Undan keyin “Ostona” serialida suratga tushganman. Gonorar berishgan, ammo ko‘p emas. Eng ko‘p va esda qolarli gonorarni “Zastava” serialida olganman. Olti oy davom etgan syomkaning har bir kuni uchun 200 AQSH dollaridan berishgan, — deydi aktyor Alisher Uzoqov.
Umid Iskandarov
— Ilk gonorarimni “Qasd” filmidagi ishtirokim uchun olganman. Bu ilk rolim bo‘lgan bo‘lsa-da, ikki ming AQSH dollari gonorar to‘lashgan. Chunki men rol so‘rab bormaganman. Rejissorning o‘zi san’at institutiga kelib, rolga mos yigit-qizlarni tanlab olgandi, — deydi aktyor Umid Iskandarov.
Muqaddas Sa’dullayeva
— Ilk gonorarimni 15-16 yoshlarimda qozog‘istonlik ijodkorlarning klipida suratga tushib, olgandim. O‘shanda bergan pullarining bir tiyiniga ham xiyonat qilmay, onamga olib borganman. Onam rosa xursand bo‘lgandi, — deydi aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva. | 158 | 4,278 |
Madaniyat | “Setora” guruhi a’zosi yoqutistonlik xonanda bilan Turkvision xalqaro tanlovining 7—8-o‘rinlarini egalladi | O‘zbekiston vakilasi Aziza Nizomova Yoqutiston Respublikasidan kelgan xonanda bilan Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilgan Turkvision xalqaro televizion tanlovining 7—8-o‘rinlarini bo‘lishib oldi. Bu haqda “UzDaily.uz” xabar bermoqda.
“Setora” guruhi a’zosi bo‘lgan Aziza tanlovda “Dunyo bo‘lsin omon” taronasi bilan ishtirok etdi. U finalda 183 ball to‘plab, tanlovning 7—8-o‘rinlarini yoqutistonlik xonanda bilan bo‘lishib oldi.
Tanlovning mutlaq g‘olibi deb qozog‘istonlik Janar Dugalova topildi. | 106 | 500 |
Madaniyat | Bamisoli jonsiz haykal: Go‘zallik ukollaridan keyin husnini yo‘qotgan yulduzlar (foto) | Go‘zal va yosh ko‘rinaman deb avvalgidek tabiiy ko‘rinishini yo‘qotgan shou-biznes vakillari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Prissilla Presli
Elvis Preslining rafiqasi qarilikni tan olmaydiganlardan. Kosmetologga qilgan murojaatlaridan biridan keyin ajinlari bilan birga mimikasini ham yo‘qotgan. Ko‘zlari qisiq, lablari esa nossimmetrik bo‘lib qolgan. Tanqidchilar tomonidan u hatto plastik jarrohlik qurboni Joslin Vildenshteynga taqqoslangan.
Anjelina Joli
Anjelina qarilikdan juda ham qo‘rqishini yosh o‘tish bilan bog‘liq o‘zgarishlar bilan kurashishi uchun mavjud innovatsion metodlardan foydalanishini yashirmaydi. Bred Pitt bilan ajrashganidan keyin yuz falajidan aziyat chekkan. Shundan keyin kosmetologga har doimgidan ham ko‘proq boradigan bo‘lib qolgan. Ayrim kadrlarda uning yuzlari shishgan va mimikalari yo‘qolganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Teylor Armstrong
“Beverli-Xillzning haqiqiy uy bekasi” teleshousi yulduzining kulib tushgan suratlarini ko‘rib qo‘rquvga tushish mumkin. Yaltirab turadigan terisi va yuzida mimikalarning yo‘qligini ko‘rib, uning inyeksion botulotoksinga bo‘lgan sevgisini bilish mumkin.
Jenis Dikinson
Jenis ham qarilikka qarshi kurashib charchamaydigan yulduzlardan sanaladi. Necha marta plastik operatsiya qildirganini sanab hisobiga yetib bo‘lmaydigan model uchun botulotoksin
haftalik muolajaga aylanib ulgurgan. Bu haqida uning o‘zi: “Men mukammal ko‘rinadigan murda bo‘lishga tayyorman”, — degan.
Demi Mur
Yoshiga nisbatan ancha yosh ko‘rinadigan Demi go‘zallashtirish muassasalariga tashrif buyurishini yashirmaydi. Uning tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab go‘zallashtirish ukollariga mukkasidan ketganini bilish qiyin emas.
Kim Beysinger
Kimning muxlislari uning boteks qilishni oshirib yuborganini yaxshi biladi. Ular kumirining yuzini plastik bo‘lib qolgan deb hisoblaydi.
Melani Griffit
Melani o‘zining yoshartiruvchi muolajalar va plastik jarrohlikka bo‘lgan sevgisi bilan yaxshi ma’lum. Muntazam ravishda ushbu muolajalarni o‘zida sinab ko‘rgan yulduzning yuzi harakatsiz va niqobga o‘xshab qolgan.
Ketrin Zeta-Jons
Ketrin plastik jarrohlikdan bir necha marta foydalanganini ko‘p takrorlagan. Uning yuzi esa aktrisaning gaplarini isbotlaydi.
Devid Bekxem
Sportchi ham qarilik alomatlariga qarshi kurashadi. Muxlislari uning yosh ko‘rinishiga e’tibor qaratgan. Serfarzand ota nafaqat soch turmagini o‘zgartirgan, balki botulotoksin inyeksiyasidan ham foydalangan. Bugungi kunda yuzida bitta ham ajin bo‘lmagan Bekxemning terisi tarang va tiniq ko‘rinadi. | 86 | 2,510 |
Madaniyat | Dima Bilan mashinasi buzilib qolgani sabab 3 soat piyoda yurdi | Rossiyalik qo‘shiqchi Dmitriy Bilan mashinasi buzilib qolganligi sabab uch soat Moskva yaqinidagi trassa bo‘ylab piyoda yurishga majbur bo‘ldi. Bu haqda qo‘shiqchi o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
“Issiq, chang yo‘llar va artistga yordam berish uchun to‘xtamaydigan mashinalar. Rejadan tashqari sayr o‘zimni oddiy odamdek his qilishimga yordam berdi”, — deb yozadi qo‘shiqchi.
Taniqli qo‘shiqchi nega taksi yoki o‘zining minglab muxlislarini yordamga chaqirmagani noma’lum. Balki bu kabi sayrlar “miyani tozalab”, yulduzlik kasalining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka olib kelar. | 62 | 623 |
Madaniyat | Yoshi 40 dan oshgan eng chiroyli yulduzlar reytingida Jennifer Lopes yetakchilik qildi | Amerikalik xonanda va aktrisa Jennifer Lopes 40 yoshdan oshgan eng chiroyli yulduzlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Buyuk Britaniya fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi 2021-yilning 26-mart kuni Daily Mail nashrida e’lon qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Ma’lum bo‘lishicha, Jenniferga ovoz bergan 38 foiz ishtirokchi 50 yoshdan keyin 52 yashar xonanda singari sarvqomat bo‘lishni istashini bildirgan.
Gollivudning boshqa bir yulduzi Jennifer Eniston esa reytingda ikkinchi bo‘lgan. 34 foiz ishtirokchi uning qomati kelishgan ekanini e’tirof etgan.
31 foiz ovoz bilan amerikalik model Kim Kardashyan uchinchi o‘ringa loyiq deb topilgan. Reytingdagi to‘rtinchilik esa shou-biznesning erkak vakiliga nasib etgan.
Respondentlardan 30 foizi Uill Smitni yoqtirishini bildirgan. 28 foiz ovoz bilan Britaniyalik Viktoriya Bekhem beshinchi bo‘lgan. Eng chiroyli yulduzlarning o‘ntaligidan futbolchi Devid Bekhem, 57 yoshli aktyor Bred Pitt, shuningdek, supermodel Naomi Kempbell, aktyor Tom Kruz va teleyulduz Tess Deyli ismlari ham o‘rin olgan.
Devid Bekhem
Tess Deyli
Uill Smit
Tom Kruz
Bred Pitt | 86 | 1,134 |
Madaniyat | Tashkent City ilk bor Scorpion trillerida namoyish etiladi | Rejissor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan Scorpion filmi taqdimoti 2018-yil kuzida Toshkentdagi Prologue xalqaro kinofestivali doirasida boʻlib oʻtadi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi xabar berdi.
Syujet boʻyicha filmdagi voqealar 2021-yilda, innovatsion gigant qurilishi tugallangan vaqtda sodir boʻladi. Shuning uchun ham ijodiy guruh tomonidan Tashkent City direksiyasi bilan hamkorlikda 3D texnologiyadan foydalangan holda, ekranda ishbilarmonlar markazining koʻchalari va shohkoʻchalarini aks ettirishga qaror qilindi.
Tasvirga olish ishlari shu yilning mart oyida boshlangan boʻlib, ular Toshkent va Buxoro shaharlari, shuningdek Rossiya va Marokashda boʻlib oʻtdi. Kartinaning yaratilishida mashhur chet el mutaxassislari, jumladan, germaniyalik operator Maks Tsui, turkiyalik aktyor Murat Yildirim ishtirok etdi. Filmda ovoz rejissori vazifasini AQShlik Gerri Burjua bajardi.
Ayni vaqtda filmni tasvirga olish ishlari yakunlangan va “Mosfilm” kinokonsernida lentaning postprodakshn jarayoni amalga oshirilmoqda.
Scorpion trilleri Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan taqdim qilinmoqda. | 58 | 1,147 |
Madaniyat | Muvaffaqiyatga erishish uchun qisqa muddatda katta vazn yo‘qotgan mashhurlar (foto) | Ko‘pgina yulduzlar roli uchun hamma narsani qilishga tayyor, ba’zilari esa bir necha hafta ichida 20 kilogrammgacha vazn yo‘qotadi. Bugungi qahramonlar ham muvaffaqiyatga erishish uchun keskin vazn tashlagan. Ammo bu och qolishga, hattoki ayanchli kasallik orttirishga arziydimi?
Kris Pratt
Superqahramon Kris Prattning o‘zgarishi “Galaktika qo‘riqchilari” ning barcha muxlislariga ma’lum. Uzoq vaqt davomida hech kim komik aktyorni ortiqcha vazni tufayli jiddiy qabul qilmadi: unga faqat ahmoq va semiz odam kabi yordamchi rollar berildi. Biroq 2013-yilda Marvel aktyor bilan qiziqib qolgan va unga shartnoma taklif qilgan. Kris muvaffaqiyat uchun diyeta va mashg‘ulotlarga jiddiy yondashdi. Olti oylik bodibilding va kardio mashg‘ulotlari uni juda chiroyli qomatga ega odamga aylantirdi. Jamoatchilik e’tiborining aql bovar qilmaydigan darajada ortishi va orzu qilingan rol munosib mukofot edi. 2017-yilda Gollivud aktyori hatto Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ham ega bo‘ldi.
Jared Leto
Jared Leto ijodiy faoliyatida bir necha bor vazn yo‘qotgan va semirgan. Aktyor birinchi marta “Orzudagi Rekviyem” filmiga tayyorgarlik ko‘rayotganda parhezga o‘tdi. Unga “27-bob” filmida Jon Lennonning qotili rolini taklif qilishgan, buning uchun u 30 kilogrammgacha vazn olishi kerak edi. O‘z vazniga qaytish uchun yulduz suv, limon sharbati, sirop va suyuq diyetaga o‘tishi kerak edi.
Lekin “Dallas sotuvchilar klubi” filmidagi roli uchun Jared ovqatdan butunlay voz kechdi va faqat suv ichdi, shuning uchun bir necha hafta ichida yana 14 kilogrammni yo‘qotdi. Afsuski, bunday o‘zgarishlar aktyorning sog‘lig‘iga ta’sir qildi va u podagra kasalligini orttirib oldi.
Adel
Ko‘plab musiqa va kino mukofotlari sovrindori Adel do‘mboqqina ko‘rinishi bilan tanilgan. Biroq bir vaqtning o‘zida qo‘shiqchi ozishga qaror qildi va 2017 yilda “Gremmi” mukofotida uni yangi qiyofada ko‘rishdi. Adelning aytishicha, u ko‘proq pilates bilan shug‘ullangan va shirinliklardan voz kechgan. “Men choy ichishni to‘xtatdim va bu yordam berdi. Kulmang. Tasavvur qiling. Men kuniga o‘n piyola choy ichishim mumkin edi. Har bir stakanda ikki kub shakar. Bu kuniga 20 ta kub shakar degani! Qo‘shimchasiga qaymoq ham ... ” — deydi qo‘shiqchi.
Ed Shiran
Ed Shiran o‘zidagi ortiqcha 20 kilodan xalos bo‘ldi. Pop musiqachisi yaqinda “Taxtlar o‘yini”da kichik rol o‘ynadi. Serial muxlislari yulduzning noma’lum askar Lanister rolida paydo bo‘lishiga norozilik bildirdi, shundan so‘ng u Instagram’ini o‘chirib tashladi va hayotni noldan boshladi. U yugurish bilan shug‘ullandi. Ochiq havoda mashg‘ulotlar ajoyib natija berdi: intiluvchan aktyor va qo‘shiqchi vazn yo‘qotishga erishdi.
Natali Portman va Mila Kunis
Natali Portman va Mila Kunis “Qora oqqush” filmidagi balerina rollari uchun deyarli ortiqcha vaznsiz bo‘lishlari kerak edi. Har kuni 8 soat davomida mashaqqatli mashg‘ulotlar va qattiq parhez qizlarni deyarli anoreksiyaga olib kelgan. Natali 10 kilogramm, Mila esa 20 kilogrammni yo‘qotdi. Biroq barcha mehnat behuda ketmadi va film munosib baholandi. Hozirda ular avvalgi vazniga qaytishdi va endi parhezda emas.
Enn Xeteuey
“Xo‘rlangan” musiqiy filmidagi roli uchun Enn Xeteuey suratga olish boshlanishidan 20 kun oldin uzun sochlaridan ayrilishi va 10 kilogramm vazn yo‘qotishi kerak edi! Albatta, bu diyetologlarning yordamisiz bo‘lmasdi, lekin charchagan organizm bunday o‘zgarishlarga dosh bera olmadi va aktrisa suratga olish maydonchasida bir necha marta hushidan ketdi. U kuniga atigi ikkita olma va oqsilli kokteyl iste’mol qilardi. | 83 | 3,531 |
Madaniyat | FIFA haqidagi film AQSh prokatida dastlabki ikki kunda 607 dollar yig‘di | FIFA va uning prezidenti Yozef Blatter haqidagi “Orzu ligasi” filmi AQSh prokatida bor-yo‘g‘i 607 dollar keltirdi, deb xabar beradi “Stadion.uz” sayti Hollywoodreporter nashriga tayanib.
Lenta 10 ta kinoteatrda namoyish etildi. Los-Anjelesdagi premyeraga ikki kishi keldi, Finiksdagi namoyishda bitta chipta sotildi. Eslatib o‘tamiz, film byudjeti 24 million yevro bo‘lib, unga FIFAning o‘zi 22 million dollar ajratgan.
Yozef Blatter rolida Tim Rot o‘ynagan, shuningdek, filmda Jerar Depardye tashkilotning uchinchi prezidenti Jyul Rime rolini ijro etgan. Film Blatterning iste’fosidan bir necha kun o‘tib namoyish etilgan. | 72 | 624 |
Madaniyat | Rayhon va Farhod Alimovning Dubaydagi fotosuratlari | 5-noyabr kuni xonanda Rayhon va Farhod Alimovning nikohi munosabati bilan “Atlanta” restoranida osh berilgandi. 13-noyabr kuni esa juftlik asal oyini o‘tkazish uchun BAAning Dubay shahriga jo‘nab ketgandi.
Hozirga qadar ular birgalikda tushgan fotosuratlarini namoyish etganicha yo‘q, deb yozdi “Darakchi”. Biroq juftlikning Dubayda suratga olingan alohida-alohida rasmlarni taqdim etgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin. | 51 | 553 |
Madaniyat | O`zbek va tojik kinoijodkorlari hamkorligida ko-produksiyalar yaratish bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi | Kuni kecha O`zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Tojikistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuvda elchi janoblari bugungi kundagi o`zbek kinematografiyasining yutuqlari, Tojikistonda o`zbek kino kunlari yuqori darajada o`tkazilganligi, tojik xalqi tomonidan filmlar o`zgacha zavq bilan tomosha qilinganligi haqida fikrlar bildirib, Kinematografiya agentligi Bosh direktoriga o`z faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
10-11 iyun kunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga tashrifi asnosida o`zbek kinoustalari tomonidan yaratilgan “Ilhaq” badiiy filmi, “Abdurahmon Jomiy”, “Yagona osmon ostida”, “Xalq yuragi” hujjatli filmlari namoyish qilindi. Mazkur filmlar tojik kino muxlislari tomonidan samimiy qabul qilindi. Muhtaram Prezidentimiz ushbu tashrif asnosida Tojikistonda o`tkazilgan o`zbek kinosi kunlari muvaffaqiyatli o`tganini qayd etib, buyuk ajdodlarimiz – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy do`stligi haqida hamkorlikda badiiy film yaratish vaqti kelganini ta`kidladi. Aytib o`tish lozimki, bu ikki buyuk siymolarimiz jahon adabiyotida ilm-ma`rifatga qo`shgan hissasi bilan alohida o`rin tutadi. Shu jihatdan bu ulug` siymolar haqida yaratilajak tarixiy kinokartina ikki mamlakat uchun ham ayni muddaodir. Bu shubhasiz, azaliy o`zbek va tojik qardoshlik rishtalari va an`analari davom etib kelayotganidan dalolat berib, xalqlarimiz o`rtasidagi madaniy aloqalarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
O`z navbatida, Firdavs Abduxoliqov ana shu tashrif chog`ida ikki mamlakat kinoijodkorlari oldiga qo`yilgan mas`uliyatli vazifalar xususida so`z yuritib, elchi janoblariga o`zbek kinosi haqidagi iliq munosabatlari uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.
– Mamlakatlarimiz o`rtasidagi ijodiy hamkorlik kinematografiya sohasida o`zaro tajriba almashish, mahoratli kinoijodkorlarni kashf etish va yangi filmlar suratga olishga zamin yaratadi, - dedi Firdavs Abduxoliqov. – Muhtaram Prezidentimiz taklifiga binoan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haqida tarixiy badiiy filmni yaratish buyicha Kinematografiya agentligi qoshida ikkala davlat ziyolilaridan tashkil topgan “Ijodiy guruh”ni shakllantirdik. Endilikda muntazam ravishda videokonferensiyalar o`tkazilib, hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib boriladi. Muvaffaqiyatli film yaratishimiz uchun bizga albatta kuchli ssenaristlar, rejissyorlar, bastakorlar, dizaynerlar va umuman film uchun munosib Ijodiy guruhning katta mehnati talab etiladi. Shuningdek, madaniy aloqalarimizning mustahkamlanishida O`zbekistonda tojik kinosi kunlari muntazam ravishda o`tkazilishi tarafdorimiz. Joriy yilning may oyida Tojikistonga ijodiy safarimiz davomida “Tojikfilm” bilan hamkorlik bo`yicha memorandum imzolagan edik. Tojikistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda ko-produksiyalar ishlab chiqarishni boshlab yubordik. Bu borada bizga O`zbekiston va Tojikiston kinematografiyasini rivojlantirish bo`yicha ikki mamlakatning taniqli kino arboblaridan tashkil topgan Idoralararo qo`shma hamkorlik kengashi katta yordam beradi.
– “Tojikfilm” kinostudiyasi va O`zbekiston Kinematografiya agentligi hamkorlikda filmlar yaratishi ikkala davlat, ikki xalq, tomoshabinlar va kinoijodkorlar uchun ham foydadir, – dedi Abdujabbor Rahmonzoda. – Chunki biz ildizi birlashib ketgan ikkita xalqmiz. Ushbu film haqida Konsepsiya ishlab chiqishga, uni amalda tadbiq etishni kechiktirmaslik uchun "Tojikfilm" va Kinematografiya agentligi o`rtasida mustahkam ko`prik bo`lishga va doimiy hamkorlikka tayyormiz.
Uchrashuvda bu yirik kino-loyihadan tashqari, o`zbek va tojik kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinishi kutilayotgan “Notanish yulduz” hamda “Toshlar va suv” kartinalari, shuningdek joriy yilning iyul oyi oxirida O`zbekistonda “Tojikiston kinosi kunlari”ni o`tkazish bo`yicha ham suhbatlashildi. | 102 | 3,878 |
Madaniyat | Reyting: Instagram’da eng ko‘p obunachiga ega o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto) | O‘zbek musiqa va kino olami vakillari instagram’da juda ham faol harakat qilishadi. Bugungi kunda ularni Instagram tarmog‘ida millionlab muxlislar kuzatib borishadi. Biz ushbu tarmoqdagi eng ko‘p obunachiga ega o‘zbek shou-biznes yulduzlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Bugungi kunda o‘zbek shou-biznesida eng ko‘p obunachi Shahzodada bo‘lib, uni Instagram’da 4 million follover kuzatadi.
Ikkinchi o‘rinni xonanda va aktrisa Munisa Rizayeva band qilgan bo‘lib, uni tarmoqda 3,8 million kishi kuzatadi.
Munisa Rizayevadan keyingi o‘rinni uning hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva egallagan. Uni ushbu tarmoqda 3,2 million kuzatuvchisi bor.
Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova Instagram tarmog‘ida juda ham faol, ushbu faollik uni 2,9 million obunachi yig‘ishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. U ushbu reytingda to‘rtinchi o‘rinda.
Shahzoda Muhammedovadan keyingi pog‘onani aktrisa Asal Shodiyeva 2,5 million kuzatuvchisi bilan band qilib turibdi.
Asal Shodiyevaning eri, xonanda va aktyor Shohruhxonni Instagram olamida Asal Shodiyevadan 100 000 kam obunachi kuzatadi. Xonandalar Shohruhxon, Nilufar Usmonova hamda Lola 2,4 million kuzatuvchiga ega bo‘lib, ular bu reytingda oltinchi, yettinchi va sakkizchi o‘rinni bo‘lishib turmoqda.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev hamda aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva ham bu borada bir xil natijani qayd qilishgan. Ular Instagram’da 2,3 million folloverga ega. Ushbu reytingda to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarda bormoqda.
“Million” kulgi jamoasining sardori Davron Kabulovni o‘zbek 2,2 million kishi kuzatadi. U o‘zbek boshlovchilari orasida bunday natijani qayd etgan yagona shoumen. Reytingda esa o‘n birinchi o‘rinda.
Aktrisa Shahzoda Matchonova hamda qiziqchi Halimaxonimni Instagram’da 2,1 million obunachisi bor. Ular reytingda hozircha o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.
Xonanda Manzura hamda aktrisa Durdona Qurbonova ushbu reytinda 14 va 15-o‘rinni band qildi. Buning uchun ularga 2 million obunachi kerak bo‘ldi. | 82 | 2,071 |
Madaniyat | ABBA guruhi 35 yil ichida birinchi marta yangi qo‘shiq yozdi | Shvetsiyaning afsonaviy ABBA musiqiy guruhi yangi qo‘shiqlarini e’lon qildi. Bu haqda guruhning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
San’atkorlar tomonidan ta’kidlanishicha, yangi qo‘shiqlar yozish fikri ularga virtual avatarlarning bo‘lajak turiga tayyorgarlik vaqtida kelgan.
Ijrochilarning so‘zlariga ko‘ra, ular ikkita yangi qo‘shiq yozgan. Ulardan biri “I Still Have Faith In You” deb nomlangan. | 60 | 440 |
Madaniyat | Sarvar Karimov: Kinoga daxldor qonunlar o‘zgarmas ekan, Prezident qarorlaridan foyda yo‘q | O‘zbek kinosida naqd pul degan tushuncha yo‘q, shuning uchun ham “Oyqiz ertagi” filmidagi zindon sahnasi uchun zarur zanjirni sotib olish imkoni bo‘lmay, u arqon bilan suratga olingan. Bu haqda rejissor Sarvar Karimov “Ular” dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Hozirgi kunda milliy kinoimizni yaxshilashga harakat qilinyapti. Lekin biz muammoning sabablarini emas, oqibatlarini davolashga harakat qilyapmiz, sabablar esa boshqa joyda. Agar davlat kinosi haqida aytadigan bo‘lsa, kinoni tartibga soladigan qonunlarimiz noto‘g‘ri. Qonunlarimizni qayta ko‘rib chiqish kerak. Kinoni rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori chiqdi, ammo kinoni ishlab chiqarish bilan bog‘liq qonunlar o‘zgarmas ekan, bu qaror ish bermaydi.
Bitta misol. Kino faqat san’at emas, sanoat ham-da — ishlab chiqaradigan joylari ham bo‘ladi, muammolari ko‘p. Bir necha yil avval “Oyqiz ertagi” degan film olingan, Akmal aka Saidov rassom bo‘lganlar. Bir kuni qarasam, “O‘zbekfilm”da boshlarini ushlab yurgan ekanlar. “Ha aka, nima bo‘ldi?”, desam, zindon sahnasi uchun bitta zanjir topishim kerak, dedilar. “O‘zbekfilm”da yo‘q ekan. Bo‘pti, Yangioboddan borib sotib olish kerak desam, “Yangioboddan olish mumkin emas”. Nimaga? Pul o‘tkazish yo‘li bilan firmadan sotib olish kerak.
Bizga aynan eskirib, zanglab ketgan katta zanjir kerak, bunday zanjirni qanday qilib do‘kondan olasiz? Uni faqat Yangiobod bozoridan sotib olish mumkin. Lekin Yangioboddan pul o‘tkazish yo‘li bilan narsa sotib ololmaysiz, naqd pul kerak. O‘zbek kinosida esa naqd pul tushunchasi umuman yo‘q, boshqa har qanaqa sohada bo‘lgani kabi. Ishqilib, uyoqqa borildi, buyoqqa borildi, bosh ushlandi, oxiri shu kino zanjirsiz, arqonmi, bir narsa bilan tasvirga olindi.
Sarvar Karimov, rejissor | 89 | 1,742 |
Madaniyat | Lola reklama qilgan Cherry nimaligi sir saqlanmoqda (foto) | Bir necha taniqli insonlar, san’atkorlar, dizaynerlar va klipmeykerlarning Cherry nomi bilan olingan suratlari Instagram’dagi Cherry akkauntiga yuklanmoqda. Qiziq, Cherry nima o‘zi!?
Birinchilardan bo‘lib Cherry nomini reklama qilishni xonanda va aktrisa Lola Yo‘ldosheva boshlab bergan edi. Keyinchalik uning o‘zi Cherry’ning Instagram’dagi akkauntida berilgan savollarga javob qaytardi. Shu sababli biz Lola bilan bog‘lanib, Cherry haqida ma’lumot olishni istadik.
Lolaning “Love me” klipi qahramonlari Asal Yo‘ldosheva hamda Shohzamon
Lolaning so‘zlariga ko‘ra, Cherry rostdan ham reklama qilinayotgan mahsulotga tegishli nom. Biroq hozircha bu nom ostida qanday yangilik bo‘lishi sir saqlanmoqda.
Ba’zi foydalanuvchilar “bu shirinliklar sotadigan kafe bo‘ladi” desa, boshqalar “Lola ulgurji tarzda gilos sotishga kirishgan”, demoqda :)
Qiziquvchilar tomonidan “Cherry do‘kon yoki kafe nomimi?” — degan savol berilgan. Lola esa aynan shu savolga aniq javob berishni xohlamagan va Instagram’da “Issiq… Har narsaning o‘z vaqti bor, yangiliklarni kuzating”, deb javob bergan.
“Bu ham ‘Yaks’ga o‘xshagan kir yuvish kukuni emasmi?”, deb hazil qilganlar ham topildi.
Qiziq, Cherry nima o‘zi!? Siz nima deb o‘ylaysiz? | 58 | 1,221 |
Madaniyat | 8-martga 8 talik test: “Xalqaro xotin-qizlar kuni” nishonlanishiga sababchi bo‘lgan ayol kim? | 8-mart “Xalqaro xotin va qizlar” bayrami ekanligini yaxshi bilasiz. Lekin ushbu kun bayram deb e’lon qilinishiga kim va nima sabab bo‘lgani, boshqa mamlakatlarda ushbu kun qanday nishonlanishi umuman ayollarning jamiyatdagi o‘rni qanday ekani haqida ma’lumotga egasizmi? Ha bo‘lsa, quyidagi test orqali bilag‘onligingizga yana bir bor amin bo‘ling, yo‘q bo‘lsa, testni yechish orqali bilmagan savollaringiz javobini bilib oling.
Test yuklanishini biroz kuting.
“Daryo”dagi boshqa testlarni ham yechib ko‘ring.
Bahoriy test: “Har bahorda shu bo‘lar takror…”. Qo‘shiqdagi jumlalarni davom ettiring
Melomanlar uchun:
Kinomanlar uchun:
Siyosatga befarq bo‘lmaganlar uchun:
Boshqa mavzudagi testlar: | 93 | 694 |
Madaniyat | Dilnoza Kubayeva: “O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolyapti” | Aktrisa Dilnoza Kubayeva “So‘g‘diyona” nashriga bergan intervyusida o‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolayotganini aytdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.
“O‘zbek kinosi juda qaltis vaziyatga tushib qolyapti. Bunga avvalo biz — ijodkorlar aybdormiz. Tomoshabinlarning ham ta’siri yo‘q deyolmayman. Dramaturgiyani tushungan-tushunmagan odam ham bizga tosh otishni kasb qilib oldi. Xohlagan kishi kinoni tanqid qila oladigan bo‘ldi. Lekin bu adolatdanmi? Nega aktyor-aktrisalar shifokorlar, o‘qituvchi-yu boshqa soha vakillarining ishiga aralashmaymiz-u, bizni siquvga olaverishadi? Gapirishsin, agar shunga asoslari bo‘lsa! Butun boshli ko‘rsatuvlar bugun yaratilayotgan filmlarni qoralashga bag‘ishlanayapti. Ayrim muxlislarimiz teatrga kelib, “Nega bu holatga indamayapsizlar? Mehnatingiz-ku axir”, deb gapirishdi ham. Hozir sizga so‘zlab berayapman, ammo yuragimdagi og‘riq o‘zimga ayon... Biz biror soha vakilini gapirsak, faqat kamchiligini aytmay, yutuqlarini ham tilga olamiz-ku. Nega ijodkorlarga kelganda faqat xatosini izlashadi? Maqtashga arzigulik filmlar yo‘q deysizmi? So‘nggi paytlarda o‘zbek kinosida qanday o‘zgarishlar bo‘layapti, bilishmaydi, lekin mavzu kerak bo‘lsa, kinoga yopishishadi. Axir bu nohaqlik-ku!” — dedi aktrisa.
Jurnalistning “noo‘rin tanqid bo‘layotgan ekan, nega indamayapsizlar?” — degan savoliga javoban, Dilnoza Kubayeva: “Bu birgina menga bog‘liq emas. Kinoga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlardan birida fikrimni aytdim. Gap egasini topdi. Lekin o‘sha odam vaziyat yanada qaltis tus olishiga sabab bo‘ldi. Ehtimol, barcha ijodkorlar birlashsak, noo‘rin tanqidlarga chap bera olarmiz”, — dedi.
Dildora Yusufbekova suhbatlashdi. | 71 | 1,671 |
Madaniyat | Ani Lorakning yuk mashinasi Tataristonda Toyota Camry bilan to‘qnashib ketdi | Tataristonda “KamAZ” yuk mashinasi Toyota Camry rusumli avtomobil bilan ro‘paradan to‘qnashib ketdi, deb yozadi Tengrinews.
Avtohalokat Toyota Camry rulini boshqarayotgan erkak tomonidan Yo‘l harakati qoidalarining qo‘pol buzilishi tufayli yuz bergan. U qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgach, yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Yengil mashina haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi rossiyalik qo‘shiqchi Ani Lorakning konserti uchun uskunalarni olib ketayotgan bo‘lgan. | 76 | 530 |
Madaniyat | O`zbekiston madaniy merosi ob`ektlari yagona elektron bazaga kiritiladi | Prezidentning 16.01.2018 yildagi F-5181-son «Moddiy madaniy va arxeologiya merosi ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to`g`risida»gi farmoyishi e`lon qilindi. Norma.uz’ning yozishicha, hujjat bilan 2018-2023 yillarda moddiy madaniy va arxeologiya merosi ob`ektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targ`ib qilish va ulardan foydalanishni tubdan takomillashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish bo`yicha respublika komissiyasi tashkil etildi. Madaniyat vazirligi komissiyaning ishchi organi va faoliyatining tashkilotchisi sanaladi. Komissiya tarkibiga Bosh vazir, madaniyat, iqtisodiyot hamda oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri, O`zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, O`zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy, O`zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori va boshqalar kiradi. Dasturning alohida yo`nalishlari bilan ishchi guruhlar shug`ullanadi, ularning tarkiblari ham hujjat bilan tasdiqlandi. 1.04.2018 yilga qadar ular respublikaning barcha moddiy madaniy va arxeologiya merosi ob`ektlarining ularning turistik potensiali, tarixiy-madaniy ahamiyati, texnik holati kabi ko`rsatkichlari bo`yicha xatlovdan o`tkazilishini tashkil etishlari darkor. Natijalar barcha ob`ektlar to`g`risida batafsil ma`lumotlar bilan yaratiladigan yagona elektron ma`lumotlar bazasiga kiritiladi. Malakali mutaxassislardan iborat hududiy ekspert guruhlari meros ob`ektlarini xatlovlar o`tkazadi. Hududiy hokimliklar, tegishli davlat organlari va xo`jalik boshqaruvi organlari ob`ektlar holatini to`liq o`rganish uchun barcha sharoitlarni yaratishlari shart. Hujjat 17.01.2018 yildan kuchga kirdi. | 71 | 1,714 |
Madaniyat | Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydigan yulduzlar (foto) | Bugungi kunda biz Instagram, YouTube, Twitter va Snapchat’siz dunyoni tasavvur qilib bo‘lmasa kerak. Internet olami o‘z dunyosini virtual va haqiqiyga bo‘lishga chaqirayotganday tuyilsa-da, ba’zi odamlar o‘zlarini shunchaki bundan yiroq tutadi va hayotini murakkablashtirmaydi. Ayrim Gollivud aktrisalari, taniqli model va qo‘shiqchilar xuddi shu yo‘lni tutadi. Quyida ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntini o‘chirib yuborgan yoki umuman ulardan foydalanmagan mashhurlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Alisiya Vikander
Vikander Amerika nashriga bergan intervyusida 2019-yilda Instagram’dan bir oy foydalanganidan keyin hayotini ijtimoiy tarmoqlardan tozalaganini tan oldi. “Ijtimoiy tarmoqlar men uchun unchalik yaxshi emasligini angladim, bundan quvonchga arziydigan narsa topmadim”, – deydi aktrisa.
Sirsha Ronan
2018-yilgi intervyularidan birida aktrisa 2009-yilda Twitter’da uzoq vaqt bo‘lganini aytib o‘tgan. O‘shandan beri u ijtimoiy tarmoqlardan qochadi: “O‘zimni reklama qilish har doim noqulay his qilishimga sabab bo‘ladi”. Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lish uning uchun stress ekanini ta’kidladi. “So‘nggi ikki yil ichida men telefonim bilan qandaydir uzoq munosabatlar o‘rnatdim”, – deydi Sirsha Ronan.
Kira Naytli
Ingliz aktrisasi Instagram’da “besh daqiqa davomida” akkaunti borligini ma’lum qildi. U 2019-yilda Irlandiyaning bir gazetasiga bergan intervyusida: “Men uch soniya ichida 100 ga yaqin obunachilarni qanday yig‘ishni tomosha qildim va shu qadar qo‘rqib ketdimki, darhol o‘chirib tashladim”, – deydi aktrisa.
Skarlett Yoxansson
Yoxansson qanchalik mashhur aktrisa bo‘lishidan qat’i nazar, uni ijtimoiy tarmoqlardan topib bo‘lmaydi. 2011-yilda Amerikaning bir jurnaliga bergan intervyusida Skarlett shunday dedi: “Men o‘zimning kundalik hayotim yangiliklarini doimiy ravishda baham ko‘rishdan ko‘ra ko‘proq ishlashni afzal deb o‘ylamayman”.
Amal Kluni
Amal Kluni ham ijtimoiy tarmoqlardan qochishi ajablanarli emas. U shaxsan hech qachon ularni ishlatmaslik uchun sabab aytmagan. Ammo uning eri Jorj Kluni bir paytlar u “ahmoqona gap aytishdan” qo‘rqib, ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashishini aytgan.
Keyt Blanshett
Keyt Blanshett Instagram singari platformalar tanqid qilgan. 2015-yilgi intervyusida aktrisa: “Ijtimoiy tarmoqlarning boshqa tomoni shundaki, ular odamlarni juda tez ajratib yuboradi, aytilmagan raqobat va ichki rashkni keltirib chiqaradi. U yerda hayot boshqa yerdagi hayotdan yaxshiroq ekani haqida tuyg‘u paydo bo‘ladi”, – deydi.
Jennifer Lourens
Lourens ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi. Biroq 2018-yilgi intervyusida u haqiqatan ham ijtimoiy tarmoqlarda yashirincha ishtirok etayotganini tan oldi: “Men kuzataman, lekin hech narsa joylashtirmayman”.
Kristen Styuart
Hech qachon rasmiy ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarini ro‘yxatdan o‘tkazmagan Styuart o‘z hayotini internetda baham ko‘ray desa, u juda sodda ko‘rinishga ega. 2016-yilda aktrisa intervyusida: “Men kulgili va haqiqatan ham aqlga sig‘maydigan ovozim borligini bilaman, hamma buni aytadi va men keksa odam kabi mulohaza yuritaman. Bu shunchaki vaqtni oladi”.
Emma Stoun
Stoun hech qachon ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lmagan va u boshqa taniqli kishilarga qaraganda ancha farqli yashaydi. | 55 | 3,202 |
Madaniyat | “Qish sonatasi”dagi Yujin va “Saroy javohiri”dagi Tangemni o‘zbekcha gapirtirgan aktrisa Zulxumor Mo‘minova 61 yoshda (foto) | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zulxumor Mo‘minova kino va dublyaj sohasidagi faoliyati bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish. Uning ishtirokidagi “Qor qo‘ynida lola”, “9 oy”, “Suv yoqalab”, “Hayotda...”, “Ibrat” kabi filmlar kinomuxlislar uchun hamon sevimli. “Qish sonatasi”, “Saroy javohiri” kabi chet el seriallarining bosh qahramonlariga bergan ovozi orqali ham minglab insonlar qalbiga kirib borgan. Quyida 12-noyabr kuni 61 yoshga to‘lgan Zulxumor Mo‘minovaning hayoti va ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritamiz.
“Aktrisa bo‘lmaganimda, pedagogikani tanlardim”
Zulxumor Mo‘minova 1960-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ota-onasi savdo sohasida faoliyat yuritgan. Oilada ikki qiz, ikki o‘g‘il farzandning ikkinchisi bo‘lgan Zulxumor kichkinaligidan ko‘p kitob o‘qir, asar qahramonlarining hayoti bilan yashardi.
Og‘ir-bosiq, “ichimdagini top” deydiganlar toifasidan bo‘lgan qizaloq taniqli rejissor Ali Hamroyevning filmlaridan qattiq ta’sirlangani bois o‘n yoshidan aktrisa bo‘lish haqida jiddiy o‘ylay boshlaydi. Mahoratli va malohatli aktrisa Dilorom Qambarovaning ijrolarini ko‘rib, unga havas qiladi.
Poytaxtdagi 148- va 110-maktablarda tahsil olgan Zulxumor ijtimoiy fanlardan yaxshi baholarga o‘qiydi. O‘quvchilik davrida san’atga nisbatan qiziqishi sabab maktabda “Nafosat” to‘garagini tashkil qiladi. Til o‘rganishga ishtiyoqi balandligidan ingliz tili bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlarda muntazam ishtirok etardi.
“Gohida kasbimdan qiynalib ketsam, nega til bilan jiddiy shug‘ullanmading, deya o‘zimga o‘zim savol beraman. O‘sha vaqtdagi bilimim bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o‘qishga kira olardim. Agar aktrisa bo‘lmaganimda, pedagog bo‘lardim, albatta, san’atshunoslikdan dars berardim”, — deydi Zulxumor Mo‘minova.
U 10-sinfni tamomlagach, bor imkoniyatlarini ko‘rsatishga o‘zida shijoat va ishonch yetishmagani tufayli hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘qish fikridan qaytadi. Shundan so‘ng Toshkent davlat sharqshunoslik institutining arab tili yo‘nalishiga hujjat topshiradi. Ammo yaqinlarining “Bu oliygoh talabasi bo‘lishing uchun katta mablag‘ing bo‘lishi kerak”, degan gaplaridan keyin hujjatlarini qaytarib oladi.
VGIK sari yo‘l...
Oradan ma’lum vaqt o‘tib, Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning aktyorlik yo‘nalishida o‘qish imkonini beradigan tanlov e’lon qilinadi. Bundan xabar topgan Zulxumor uch bosqichli tanlovda qatnashish uchun bazo‘r o‘zida kuch topib, “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga boradi.
“O‘shanda ilk bor Ali Hamroyev, Uchqun Nazarov kabi taniqli rejissorlarni yaqindan ko‘rishim edi. Hayajonim shu qadar kuchli bo‘lganidan vazifalarni bajarish vaqtida oyoq-qo‘lim sezilarli darajada qaltiragan. Chunki kinoga aloqador hech qanday to‘garaklarga qatnagan emasdim. Bolalikdan kino haqida o‘qigan jurnallarim, asarlarim imtihon paytida yordam bergan, nazarimda.
“Ali Hamroyev eng sevimli aktrisang kim, deb so‘raganida Dilorom Qambarova, deganman. Shunda Dilyaga juda o‘xshar ekansan, degani hali-hanuz qulog‘im ostida jaranglaydi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan 15 kishi Moskvaga o‘qishga ketganmiz”, — deydi aktrisa intervyularining birida.
O‘zbekistondan o‘qishga borgan o‘nlab yoshlar Gogol nomidagi Moskva drama teatri aktyorlari — Boris Chirkov, Lyudmila Genika-Chirkova, Robert Spirichevning guruhiga qabul qilinadi. Zulxumor og‘ir-bosiq fe’li sabab talabalikning birinchi yili kursdoshlari bilan kirishib, ko‘nikib ketishga qiynaladi. Keyinchalik esa ahil-inoq, yaqin do‘stga aylanishadi.
“Menga son emas, sifat muhim!”
1983-yili institutni tamomlab, Toshkentga qaytgan yoshlar talabalik davrida sahnalashtirilgan “Petrushka” spektaklini “Ilhom” teatrida qo‘yishadi. Lekin biroz vaqt o‘tib, Zulxumor Mo‘minova teatrdan ketishga qaror qiladi.
“O‘zimni kino uchun asrashim kerak”, degan noto‘g‘ri rejalarim sabab ma’lum vaqtdan keyin teatrni tark etganman. Biroq aktyorni aktyor qiladigan teatr ekan, buni kech tushunganman. Ammo dangasa aktrisa bo‘lganim uchun teatrga qaytmadim. Dublyaj bor kuchim va vaqtimni olib qo‘yayotgani ham sababdir, balki”, — deya ta’kidlagan edi u.
Teatr aktrisasi bo‘lish istagidan voz kechgan Zulxumor “O‘zbekfilm”da ish boshlaydi. Biroq unga tez-tez kinolarga taklif tushmadi, u puxta ssenariylarni kutdi. Vaqt o‘tib, “Sevgi afsonasi”, “Qora mushuk”, “Shaytanat”, “9 oy”, “Orzu ortida...” kabi filmlarda turli qiyofalarda namoyon bo‘ladi.
“O‘zbekfilm”da o‘ttiz yildan ortiq ishladim. To‘g‘ri, kinoyulduz emasdirman, lekin “O‘zbek kinosining kuchli aktrisalaridan biri”, degan ta’rifga loyiq bo‘lishga intilaman. Bu men uchun juda yuqori baho. Agar rejissor tanlamaganimda, hozirga qadar o‘nta emas, ellikta filmda rol o‘ynagan bo‘lardim.
Men ham Google’ga Zulxumor Mo‘minova deb qidiruv berganda, qator filmlar chiqishini istayman. Lekin fe’l-atvorimni o‘zgartirolmayman. Menga son emas, sifat muhim!”, — degan edi aktrisa.
“Dublyaj – og‘riqli nuqtam”
O‘zbekiston xalq artisti Mukambar Rahimova sabab dublyaj olamiga kirib kelgan Zulxumor Mo‘minova dastlab bolalarga ovoz berib yuradi. Keyinroq turli yoshdagi qahramonlarga ovoz bera boshlaydi. Aktrisa intervyularining birida dublyaj haqida gapirarkan, quyidagi fikrlarni aytgandi:
“Dublyajning ijodimdagi roli juda katta. Ushbu soha orqali xalqqa tanildim, farzandimni institutda o‘qitdim va tirikchilik qilyapman. Xontaxta filmlar va seriallarda suratga tushmayman, to‘ylarga xizmatga chiqmayman. Shuning uchun ham men faqat dublyaj sohasidan daromad topaman. Dublyajda men bilgan birga ishlagan va ishlayotgan yoshidan qat’iy nazar barcha rejissorlardan hamisha minnatdorman.
Afsuski, so‘nggi yillarda tezkorlik sabab dublyajning darajasi tushib ketdi. Dublyajda ham aktrisa sifatida borimni berib ishlashni istardim, biroq... Ochig‘i, dublyaj haqida gapirishni istamayman. Dublyaj — og‘riqli nuqtam”.
“U davrlar baxtli onlarim bo‘lgan”
Dublyaj sohasida turli tillardagi film va seriallarning minglab qahramonlarini o‘zbekcha gapirtirgan aktrisa ko‘proq “Qish sonatasi”dagi Yujin hamda “Saroy javohiri”dagi Tangemga bergan ovozi bilan tomoshabinlar ko‘ngil dunyosiga kirib borgan.
“Qish sonatasi”ning dublyajida qatnashayotgan paytim, ya’ni 2003-yilda bugungi o‘zbek kinosining mahoratli rejissorlari – Yolqin To‘ychiyev va Ayub Shahobiddinov bilan tanishganman. Ular o‘sha vaqtda Cho‘lpon asari asosida yozilgan ssenariy bo‘yicha yaratilgan “Qor qo‘ynida lola” filmiga aktrisa qidirishgan.
Ikkisining keyinchalik menga aytishicha, rolga munosib aktrisa topa olishmay yurgan vaqtida qaysidir telekanalda men bergan intervyuni ko‘rib qolishgan. Keyin yaqindan tanishganmiz va menga film ssenariysi ma’qul kelib, rol o‘ynashga rozilik bildirganman. Suratga olish davrida “Qish sonatasi”ning dublyaj jarayoni ham kechayotgan edi.
Bu loyihalar bir vaqtga to‘g‘ri kelganligi bois kuchli tuyg‘ular ichida qolib ketganman. Birinchidan, uzoq yil kutgan rejissorlarim va rolimni uchratganimdan o‘zimni baxtli his etganman. Ikkinchidan, baxtni qidirgan odamlar taqdiri aks etgan serialga ovoz berganimdan quvonganman. Bu, albatta, omadga bog‘liq. O‘sha paytda yillar davomida ichimda yig‘ilgan dardlar, tuyg‘ularim va bor kuchimni berib, ijod qilganman.
Yujinga ovoz berish orqali aytolmagan gaplarimni aytishga, tuyg‘ularimni singdirishga uringanman. Xotiralarimning hammasi esimda. Ammo o‘sha vaqtda barchasi tushdagidek kechgan, o‘zimni tushdagidek his etganman. U davrlar baxtli onlarim bo‘lgan, — deb o‘sha yillarni xotirlaydi aktrisa.
Shaxsiy hayot...
Zulxumor Mo‘minova Moskvada o‘qib yurgan kezlari kursdoshi Zokir Mo‘minov bilan yaqin munosabatda bo‘lib, bir-biriga ko‘ngil qo‘yishadi. 4-bosqichda tahsil olayotgan ikki talaba ham Toshkentda, ham Rossiyada to‘y qilishadi. Moskvadagi yotoqxonada o‘tgan to‘yda katta qozonda osh pishiriladi. 1985-yilda ular o‘g‘il farzand ko‘rishadi va Umid deb ism berishadi.
“Oltin devor”, “Kulol va usta”, “Olovli yo‘llar” kabi o‘nlab filmlardagi rollari bilan tanilgan aktyor Zokir Mo‘minov 2000-yilda 40 yoshga ham to‘lmay, kasallik sabab vafot etadi.
Aktrisaning rahmatli umr yo‘ldoshi Zokir Mo‘minov
Aktrisa yolg‘iz farzandi uchun harakat qilib, uni halol mehnati bilan ulg‘aytirdi, oliy o‘quv yurtida o‘qitdi. O‘g‘li Umid bir necha yildan beri xorijda yashaydi.
“Yagona zurriyotim Moskva davlat turizm universitetida o‘qigan. Hozir Rossiyadagi nufuzli banklarning birida veb-dizayner bo‘lib ishlaydi. Uning yutuqlari, harakatidan hamisha quvonaman. Chunki farzandimning mendan boshqa qo‘llab-quvvatlaydigan hech kimi yo‘q.
“Ona sifatida oliy o‘quv yurtida o‘qib, biror kasb egasi bo‘lishida yordam berdim, qo‘limdan kelgani shu bo‘ldi. O‘z sohasida yaxshi mutaxassis sifatida e’tirof etilayotgani bu uning izlanish va mehnatlarining samarasi, o‘zining yutug‘i. Umid bilan birga bo‘lishni juda xohlayman. Balki bir kun Moskvaga ketarman. Buni esa vaqt ko‘rsatadi, axir inson ertaga nima bo‘lishini bilmaydi-ku”, — deydi aktrisa.
“Hech qachon yoshimni yashirmaganman”
Zulxumor Mo‘minova filmlarda juda kam suratga tushgani kabi jurnalistlarga ham ko‘p intervyu berishga odatlanmagan. U ma’lum muddat “Zamin FM” radiosida ham faoliyat yuritgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev bilan kuylagan “Bugun” dueti o‘z davrida ancha ommalashgan.
Asosan, sifatga ahamiyat qaratuvchi aktrisa shu paytga qadar “Suv yoqalab”, “Hayotda...”, “Kechikkan hayot”, “Said va Saida”, “Ibrat” kabi o‘nlab badiiy va tarixiy kinolarda ham ishtirok etgan.
Bugungi kunda ham kinolarning ovozlashtirish jarayonida faol qatnashayotgan, o‘ziga manzur kelgan loyihalarda suratga tushayotgan aktrisa yoshi haqida kam o‘ylashini aytdi.
“Hech qachon yoshimni yashirmaganman. Yosh — bu biologik oddiy birlik. Asosiysi, odamning kayfiyati a’lo, qalbi qanchalik uyg‘oq va toza bo‘lsa, yangi kashfiyotlarga tayyor yursa, u shunchalik yosh ko‘rinaveradi, deb o‘ylayman. Men bu holatlarni har doim o‘zimda his qilaman.
To‘g‘ri, ko‘pchilik 60 yoshdan oshganimga ishonmaydi. Bundan yigirma yil avval ham 40 yoshga kirganimga ishonmaydiganlar bisyor edi. Hatto o‘zim ham ishonmayman ba’zan. Lekin yosh haqida kam o‘ylashga va hayotga bo‘lgan chanqoqlikni so‘ndirmaslikka harakat qilaman”, — deydi Zulxumor Mo‘minova.
Mirolim Isajonov tayyorladi | 124 | 10,203 |
Madaniyat | Shohruxxon: onam topgan qizga uylanaman | Xonanda Shohruxxon “Darakchi.uz” nashriga bergan intervyusida Asal Shodiyevaga uylanayotgani haqida tarqalgan mish-mishlarni inkor etmadi, ammo tasdiqlamadi ham.
Quyida ushbu kichik intervyuni keltirib o‘tamiz.
— O‘zbek oilasida kelinni ona tanlaydi. Siz ham onangiz tanlagan qiz bilan oila qurgan bo‘larmidingiz?
— Chindan ham baribir onamlar tanlaydilar, ya’ni o‘zimiz topsak ham, uyga olib borib, ularga ko‘rsatib, tanishtiramiz-ku! Albatta, uydagilarning ham roziligi olinadi, hammaning fikrini, roziligini olamiz. Ammo, muhabbatni ham unutmaslik kerak, deb o‘ylayman!
— Onangizga kelinning qayerda o‘qishi, kasbi, mavqeyi, oilasi kabi ma’lumotlar qanchalik muhim? Chunki, o‘zbek oilasida baribir surishtirishlar bo‘ladi.
— Onamlar, “birinchi navbatda mehribon qiz bo‘lsin, seni yurakdan yaxshi ko‘rsin, umringning oxirigacha sen bilan birga bo‘ladigan inson bo‘lsin”, deydilar. Qolgani, menimcha, muhim emas!
— Aktrisa Asal Shodiyeva bilan fotosessiyangiz ham, bosilib qolgan ancha gap-so‘zlarni “jonlantirdi”...
— Oilaviy hayotda bo‘layotgan voqealar, hammaning o‘z oilasida qolgani yaxshi, ommaga havola qilinmaydi!
Avvalroq Shohruxxonning nikoh to‘yi 5-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘lgan edi. Ammo kelinning kimligi sir tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shohruxxonning onasi Zebo Navro‘zova Asal Shodiyevani bo‘lg‘usi kelinlikka o‘zi tanlaganini tan olgan, biroq o‘g‘li unga uylanish-uylanmasligi haqidagi savolga javob bermagan edi. “Ular birga bo‘ladimi yoki yo‘q, buni hayot ko‘rsatadi”, — degan edi xonandaning onasi. | 39 | 1,541 |
Madaniyat | “Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark bilan selfiga suratga tushish qancha turadi? | “Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark muxlislarning u bilan selfi tushish haqidagi iltimoslaridan shunchalik charchaganga o‘xshaydi, chunki aktrisa ular bilan bepul suratga tushishni rad etishga qaror qildi. Endi Emiliya bilan uchrashuvda faqat oldindan tayyorgarlik ko‘rgan muxlislargina suratga tushishi mumkin va, albatta, bu pulli bo‘ladi, deb yozadi People Talk.
Emiliya Klark bundan buyon faqat tadbirlardagina muxlislari bilan muloqot qilishga qaror qildi. Agar kimdir tasodifan aktrisa bilan ommaviy tadbirda uchrashishga muvaffaq bo‘lsa, u birgalikda selfiga tushish uchun 150 funt sterling (taxminan 181 dollar) to‘lashi kerak bo‘ladi. Bordi-yu, muxlis Klark bilan gaplashmoqchi bo‘lsa, unda miqdor shunga mos ravishda ortadi. Aktrisa bilan kichik dialog 400 funt (taxminan 484 dollar) turadi. | 83 | 805 |
Subsets and Splits
No saved queries yet
Save your SQL queries to embed, download, and access them later. Queries will appear here once saved.