folder
stringclasses
15 values
title
stringlengths
5
250
text
stringlengths
1
64.4k
title_len
int64
5
250
text_len
int64
1
64.4k
Madaniyat
“Bo‘yningga o‘tirib olgan surbet odamlar”: Fadeyev Nargiz Zokirova bilan sodir bo‘lgan mojaroga izoh berdi
Rossiyalik taniqli prodyuser Maksim Fadeyev asli o‘zbekistonlik bo‘lgan qo‘shiqchi Nargiz Zokirova bilan nima sababdan kelisha olmay qolganiga izoh berdi, deb xabar qiladi “Ren.TV”. “O‘zingni tartibga keltirishning eng tez usuli: 1) Qulog‘ingga ilingan lag‘monlardan qutulish… 2) Ko‘nglingdagi toshlardan xalos bo‘lish… 3) Bo‘yningga o‘tirib olgan surbet odamlarni tushirish. Bo‘ldi!”, — deydi prodyuser. Avvalroq, Nargiz va Fadeyevga tegishli prodyuserlik markazi o‘rtasidagi shartnoma buzilgani haqida xabarlar tarqalgandi. “Men MALFA leyblidan Maksim Fadeyevning musiqiy ijod mahsullarini ijro etishning taqiqlanishi bo‘yicha rasmiy hujjat oldim… Qadrli do‘stlarim va muxlislarim! Bugun, konsert turiga ketishimga bir kun qolganida Voronej va Rostov-Dondagi konsertlarimning tashkilotchilaridan konsertlar bekor qilinganini bildim. Bu kabi xatni tashkilotchilar MALFA prodyuserlik markazidan olganini aytishdi”, — deydi qo‘shiqchi. Nazgiz Zokirova hali o‘z qo‘shiqlari bilan muxlislari oldiga qaytishini ma’lum qilgan.
106
1,022
Madaniyat
Marko Polo izidan sayohat: Italiya nashri vakili O`zbekistonga tashrif buyurdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida Italiyaning Exportiamo.it nashri jurnalisti, saylov jarayonini kuzatish uchun Italiyadan kelgan Narmin Rahimova mamlakatimizda mehmon bo`ldi. Tashrif davomida jurnalist mamlakatning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishib, o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashdi. "Asli ozarbayjonlik bo`lsamda, uzoq yillar Italiyada yashab hamda ijod qilaman, serquyosh O`zbekistonga tashrif buyurishni ko`pdan beri orzu qilardim. Ayniqsa, O`zbekistonning boy tarixi, me`moriy obidalarini ko`zdan kechirish, uning ruhan menga yaqin, do`stona mehmondo`st, an`analari o`xshash, madaniy-tarixiy urf-odatlari mushtarak xalqi bilan yaqindan tanishish huzur bag`ishlaydi.   Shuni ta`kidlashim joizki, ko`plab italiyaliklar va evropaliklar uchun O`zbekiston hanuz zabt etilmagan sirli mamlakat bo`lib qolmoqda, biroq so`nggi paytlarda amalga oshirilgan keng ko`lamli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlar tufayli turizmni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilayotganligi juda quvonarli. Chet ellik mehmonlarga o`z eshiklarini ochib, azaldan mashhur sayyohlik maskani sifatida nomini tanitmoqda. O`zbekiston, haqiqatdan ham, ulkan sayyohlik salohiyatiga ega, ming yillik tarixi, xorijlik sayyohlar e`tirofiga sazovor bo`lgan betakrorligi hamda aslligini saqlab qolgan holda, jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Turizm va sport vazirligi hamda O`zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan mazkur soha qo`llab-quvvatlanib, faol targ`ib qilinayotganligi sababli mamlakatingizga bo`lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Xorijiy ommaviy axborot vositalarining xalqaro missiyasi doirasida Prezident saylovlari munosabati bilan O`zbekistonga ikkinchi bor tashrif buyurish sharafiga muyassar bo`ldim. Xorijiy ommaviy axborot vositalarining ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgani, samimiy mehmondo`stlik va yuqori malakali xodimlar tomonidan individual hamrohlik yuqori darajada tashkil etilgani katta ijobiy taassurot qoldirdi. Toshkentdagi gavjum, ammo sermahsul kun, saylov jarayonini kuzatish uchun turli joylarga tashriflar, bir nechta intervyu va ishbilarmonlik uchrashuvlari shular jumlasidan. Shuningdek, qadimiy shaharlar – Samarqand va Buxoroga press-tur tashkil etildi Sizning go`zal mamlakatingizga tashrifimdan so`ng Italiyaga eng yorqin taassurotlar bilan qaytmoqdaman. Samarqand va Buxoro o`zining ekzotik o`tmishi, go`zal me`moriy yodgorliklari hamda hayratlanarli mozaikalari bilan bizni lol qoldirdi. Tarixiy obidalar, madrasa va masjidlar bilan bir qatorda Samarqandning qadimiy qo`l mehnati texnologiyalari asosida qog`oz tayyorlashning qadimiy an`analarini qayta tiklayotgan mahalliy fabrikasi joylashgan Konigil qishlog`iga tashrif buyurib, qog`oz tayyorlashning barcha bosqichlari shaxsan guvohi bo`lganim hamda bir nechta qo`l mehnati namunalaridan xarid qilishdan xursand bo`ldim. Boy madaniy merosi, savdo gumbazlari va karvonsaroylariga ega sharqona o`ziga xos ertaklar shahri bo`lgan Buxoro, shubhasiz, qalbimni zabt etdi. Ipak yo`lining ko`p asrlik tarixi bo`ylab sayohat qildim va bu shaharni barchaga tavsiya qilaman! Ta`kidlashni istardimki, mamlakatning diqqatga sazovor joylari va fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinganim sari, italiyalik hamkasblarim va do`stlarimda katta qiziqish uyg`otdi, ularni mamlakatning turizm salohiyati hayratga soldi. Ular Marko Polo izidan mazmunli sayohatga yo`l olib, O`zbekistonga tashrif buyurishga katta qiziqish bildirishdi. Umuman olganda, yurtingizga tashrif buyurganimdan, boy o`zbek taomlaridan, milliy liboslar rang-barangligidan, betakror hunarmandchilik buyumlaridan olgan taassurotlarimni so`z bilan ta`riflash qiyin. Turfa milliy liboslar va choponlarni kiyishdan zavqlanish imkonini bergan mahalliy hunarmandchilik do`konining samimiy xodimlaridan juda minnatdorman. Bu haqiqatan ham ajoyib edi! Esdalik sovg`alari, shoyi, qo`lda tikilgan dasturxonlar, kulolchilik buyumlari, miniatyuralar va gilamlar bilan savdo qiluvchi do`konlarga tashrifdan benihoya mamnun bo`ldim. Yana bir unutilmas va quvonchli voqea Buxoro shahridagi milliy qo`g`irchoqlar muzey-ustaxonasida namoyish etilgan mini spektakl bo`ldi. Men hali ham ulardan birini xarid qilmaganimdan afsusdaman! Nasib etsa keyingi safar! O`zbekiston mening sevimli mamlakatlarimdan biriga aylandi va yuragimdan mustahkam joy oldi. Bu O`zbekistonning ko`p millatlilik xususyatini ifodalagan an`analar bo`lib, ular musiqasida, raqslarida, san`atida, tilida, taomlarida, kiyimida aks etgan. Odamlari mehmondo`st, xushmuomala. Yaxshi niyat va quvonch ruhi hukmron. Arxitekturasi betakror. Chiroyli eski shaharlar. Olam-olam yorqin taassurotlar. yangi do`stlik munosabatlari. Umuman olganda, barcha tashkilotchilarga professional yondashuv, samimiylik va mehmondo`stlik uchun o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu erda ekanligimdan va Italiya jamoatchiligini O`zbekiston taraqqiyoti bilan tanishtirishga hissa qo`shayotganligimdan juda mamnunman. O`z tomonimdan, men ham ko`proq odamlarni – san`at, tarix va madaniyat arboblarining ushbu buyuk mamlakatning sayyohlik salohiyatidan xabardor bo`lishiga bor imkoniyatimni ayamayman”.
78
5,126
Madaniyat
Orzudagi sovg‘a: 25 yoshli milliarder Kayli Jenner tug‘ilgan kunida onasidan kutilmagan hadya oldi
2022-yil 10-avgust kuni Kardashyan-Jennerlar oilasining a’zosi Kayli Jenner 25 yoshni qarshi oldi. Yosh milliarder xonim an’anaviy tarzda o‘zining yubileyini Gollivud miqyosida nishonladi. U yaxtada ko‘ngilochar ziyofat uyushtirdi, kechaga Kaylining qarindoshlari hamda do‘stlari taklif qilindi. Tadbirda tug‘ilgan kun sohibasi minglab kristallar bilan bezatilgan libosda paydo bo‘ldi, deb yozadi People Talk. Tug‘ilgan kunida Kayli ko‘plab sovg‘alar oldi, lekin ular orasidan birigina uni ko‘proq xursand qildi. Kris Jenner qizi uchun maxsus syurpriz tayyorladi: u Kayliga to‘q sariq rangli Hermes Birkin sumkasini hadya  qildi. Ushbu model taxminan 100 ming dollar turadi va atigi uch nusxada chiqarilgan. Shuning uchun Kayli bundan juda ham mamnun bo‘ldi. U bu sumkaning kundalik garderobiga qanday mos kelishini allaqachon tasavvur qilib qo‘ygan bo‘lsa kerak.
98
865
Madaniyat
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev FIFA referisi Ravshan Ermatovdan “juda katta sovg‘a” oldi
FIFA referisi Ravshan Ermatov xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevga o‘z dastxati tushirilgan to‘pni sovg‘a qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda. Taniqli hakam sovg‘a qilgan to‘p bilan birga tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan xonanda: “Juda katta sovg‘a bo‘ldi. Rahmat”, — deya minnatdorchilik bildirgan. Ravshan Ermatov to‘pda: “Ulug‘bek ukamga esdalik uchun!”, — deya 27-oktabr kuni dastxat qoldirgan.
88
434
Madaniyat
Kinematografiya agentligi markaziy apparatidagi 10 ta vakant lavozim uchun tanlov e`lon qilindi
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda Agentlik markaziy apparatidagi vakant lavozimlarga tanlov e`lon qildi. Ular quyidagilar: — Ishlab chiqarish va iqtisod boshqarmasi boshlig`i; — Ishlab chiqarish va iqtisod boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari; — Ishlab chiqarish va iqtisod boshqarmasi bosh mutaxassisi; — Filmlar va seriallar ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i; — Filmlar va seriallar ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari; — Filmlar va seriallar ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi; — Buxgalteriya bo`limi boshlig`i; — Axborot–kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish bo`limi bosh mutaxassisi; — Umumiy ishlar xizmati boshlig`i; — Xalqaro aloqalarni rivojlantirish xizmati boshlig`i. "Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro`yxatdan o`tishlari, vakant bo`lgan lavozimga so`ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur. Hujjatlar 2021 yil 30 avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi",-deyiladi xabarda.
95
1,154
Madaniyat
Munisa Rizayevaga tinimsiz ravishda atirgul sovg‘a qilayotgan sirli “N” o‘zbek ham emas, o‘zbekistonlik ham emas
Xonanda Munisa Rizayeva unga tinimsiz ravishda atirgullar sovg‘a qilayotgan sirli “N”ning kimligi haqidagi savollarga qisman javob berdi. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda. Qayd etish joiz, so‘nggi vaqtlarda xonandaning Instagram sahifasida uning guldastalar bilan tushgan suratlari ko‘payib qolgan. Bu suratlarning aksariyati ostida Munisa Rizayeva ismi “N” harfidan boshlanuvchi kishiga minnatdorchilik bildirgan. “Bu suratdagi yigit — yangi tan soqchim Abdulaziz. Gullarni ko‘tarish og‘irlik qilgani uchun, u ko‘tarib olgandi. Bizni dugonam suratga olibdi, surat menga juda yoqqani sahifamga qo‘ydim”, — dedi Munisa Rizayeva. “Gullarni tan soqchim sovg‘a qilmagan. Menga gullar hadya qilayotgan odam umuman boshqa. U o‘zbekistonlik ham emas, o‘zbek ham emas”, — deya qo‘shimcha qildi Munisa Rizayeva. Avvalroq xonanda oila qurish masalasini tezroq hal qilishi kerakligini aytib o‘tgan edi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
112
1,056
Madaniyat
Navoiy va Karmanada zamonaviy kitob do‘konlari qurilmoqda
Navoiy shahri va Karmana tumanida zamonaviy kitob do‘konlari qurilmoqda, deb xabar beradi O‘zA. Ayni paytda Navoiy shahrida “Kitob olami” majmuasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qariyb 300 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan majmuada 10 ga yaqin bo‘lim mavjud. Kelgusida viloyatning Qiziltepa, Uchquduq, Konimex, Xatirchi, Navbahor tumanlari va Zarafshon shahrida ham shunday kitob do‘konlari barpo etish rejalashtirilgan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
57
595
Madaniyat
Taniqli turk aktyori Murat Yildirim birinchi marta ota bo‘ldi
Taniqli turk aktyori Murat Yildirim va uning rafiqasi Iman Elbani ilk bor ota-ona bo‘ldi. Bir necha yo‘qotishdan so‘ng nihoyat juftlikning qiz farzandi dunyoga keldi. Ular chaqaloqqa Miray deb ism qo‘ydi, deb yozadi “Kinoforum”. Murat Yildirim va marokashlik model Iman Elbani 2016-yilda turmush qurgan. Nikoh marosimi 2016-yilning 25-dekabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan. Murat Yildirim ushbu yangilikni o‘z sahifasida ma’lum qildi. Aktyor xushxabar bilan bo‘lishar ekan, muxlislariga ham minnatdorchilik bildirdi: “Barchaga katta rahmat. Uzoq vaqt duo qildingiz, yaxshi tilaklar bildirdingiz. Nihoyat, qizimiz Miray dunyoga keldi. Biz juda ham baxtlimiz”.
61
659
Madaniyat
Aktrisa Shahzoda Muhamedova uni “o‘ynash”ga chiqargan saytni sudga berdi
Aktrisa Shahzoda Muhamedova uni “o‘ynash” deya ayblagan “Shok.uz” saytini sudga berdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda. “Darakchi” nashri xabariga ko‘ra, shou-biznes yangiliklarini yoritib boruvchi mazkur sayt “Aktrisaning ajrashgan eriga bankir bilan yurgan boshqa aktrisa o‘ynash bo‘lib oldi” sarlavhali maqola e’lon qilgan. Maqolada garchi Shahzoda Muhamedovaning nomi tilga olinmagan bo‘lsa-da, ammo aynan aktrisaga tegishli ishoralar bilan fikr bildirilgan. “Yana tuhmat, yana mish-mish... Avvaliga bir aktyorga, so‘ng yoshi kattaroq bir bank xodimiga tenglashtirdi. “Shok.uz” sayti nafaqat meni, balki boshqa hamkasblarimni ham g‘iybat qilib, obro‘sini to‘kib kelayotgani uchun javob beradi”, — deydi Shahzoda Muhamedova.
72
729
Madaniyat
Instagram: Og‘abek Sobirov xonadonidagi dabdabali to‘y, O‘zbekiston kelajagidan xavotirlanayotgan Lola, yaxshi ko‘rgan qizini ko‘rsatgan Shahzod Sultonov
Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Munisa Rizayeva folloverlariga eng yaqin dugonasini tanishtirdi. Davron Kabulov yangi suratiga “Instazerikish” deb izoh berdi. Aktyor Shahzod Sultonov sahifasiga hazilomuz video joyladi hamda “Sizlarga yaxshi ko‘rgan qizimni ko‘rsataymi? Mana o‘sha qiz”, deya Dilnoza Kubayevani ko‘rsatdi. Gulchehra Eshonqulova farzandlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. Aktrisa Zilola G‘ulomova “Izquvar” serialida kuyish jarohatini olgan ayol obrazini yaratmoqda. Ushbu obraz uchun aktrisa kipriklaridan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. Gulsanam Mamazoitova yaqinlardan tabassumni ayamaslikka chaqirmoqda. Maryam Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Amiran ulkan ilon bilan suratga tushdi hamda timsohlarning jig‘iga tegdi. Vohidjon Isoqov Saida Rametovani onasiga o‘xshatishini ma’lum qildi. Lola O‘zbekiston kelajagidan xavotirda ekanligini bildirdi. “Ba’zan yurtdoshlarimizning izohlarini o‘qib, Vatanim uchun og‘rinaman. Bizni kelajakda nima kutyapti? Hamma narsa unutilyapti, yo‘q qilinyapti, buzilyapti... Madaniyat, bilimlilik, bag‘rikenglik, ijodiy salohiyat, san’at... Bulardan hozir asar ham yo‘q... tugadi. Atrofda faqat diniy aralashuv. Fanatizm va boshqalar fikri, qadriyatlarini qabul qilmaslik... hozir menga shu so‘zlarim uchun ayblovlar yog‘ilsa kerak. Afsus. Men chindan ham achinaman”, — deb yozadi Lola. O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov nevara to‘yini o‘tkazdi. To‘yda ko‘plab xorazmlik san’atkorlar xizmatda bo‘ldi. Lola Ahmedova folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi. Yosh aktrisa Rayhon Asadova onasi qanday shart bilan uni haqiqiy aktrisa deb tan olgani haqida so‘zlab berdi.
153
1,760
Madaniyat
AQSh Kinoaktyorlar gildiyasi tashkilot a’zoligidan ketgan Donald Trampga minnatdorchilik bildirdi
Donald Tramp AQSh Kinoaktyorlar gildiyasi Intizom qo‘mitasi uni kasaba uyushmasining tartib-qoidalarini buzgani uchun a’zolikdan chiqarib tashlash masalasini ko‘rib chiqayotganidan xabar topganidan so‘ng a’zolikdan o‘zi ketdi, deb xabar beradi Esquire. “Bugun sizlarga Intizom qo‘mitasining meni kasaba uyushmasidagi a’zoligimdan mahrum qilishga qaratilgan eshituvi sabab yozmoqdaman. Bu bilan kimning nima ishi bor?!”, — deb yozadi Tramp Gildiya prezidenti, aktrisa Gabriel Karterisga yo‘llagan maktubida. Shuningdek, u endilikda o‘ziga “hech qanday yordam bermagan” tashkilotga “hech qanaqa bog‘liqligi” bo‘lishini xohlamasligini ta’kidlagan. Bunga Karteris va ijrochi direktor Devid Uayt ikkita so‘z bilan javob qaytargan: “Rahmat sizga”. 19-yanvar kuni Gildiyada Trampni a’zolikdan chiqarish bo‘yicha maxsus komissiya chaqirilgan edi. Shundan so‘ng uning vakillari tashkilotning Intizom qo‘mitasiga murojaat qilgan. Ular Tramp Gildiyaning qadriyatlarini — “demokratiya, haqiqat, irqi va dinidan qat’iy nazar oddiy amerikaliklarga nisbatan hurmat va matbuot erkinligi”ni buzgan deb hisoblamoqda. “Ayblovlarda Trampning 6-yanvar kuni Kapitoliyga uyushtirilgan hujumga aloqasi va ko‘pchiligi Gildiyaning a’zosi bo‘lgan jurnalistlar xavfsizligiga tahdid tug‘dirishga yo‘naltirilgan yolg‘on axborot tarqatishni qo‘llab-quvvatlagani aniq qayd etilgan”, — deyiladi tashkilot bayonotida. AQSh Kinoaktyorlar gildiyasi 1933-yilda tashkil etilgan. Tashkilot kino, televideniye va boshqa soha xodimlarining manfaatlarini himoya qiladi. Tramp 1989-yildan buyon uning a’zosi hisoblanadi. Donald Trampning xatida qayd etilishicha, u “Namunali erkak” komediyasida, “Uoll-strit: Pullar uxlamaydi” trillerida va boshqa ko‘plab televizion shoularda — Saturday Night Live’dan tortib, The Apprentice’ga qadar suratga tushgan.
97
1,811
Madaniyat
Reyting: 2016-yil birinchi yarmida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
Yangi suratga olingan o‘zbek filmlarining asosiy taqdimot joyi — Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda 2016-yil birinchi yarmida 25 dan ortiq premyera bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Feruz Muhammad kinosaroy kassasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida, yarim yillikning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan filmlari o‘nligini tayyorladi. 10-o‘rin. “Kutilmaganda buzilgan to‘y” (komediya) Rejissor — Qutlimurod Yakubov. Namoyishi 11-mart kuni boshlangan. 9-o‘rin. “Toshtabib” (komediya) Rejissor — Javlon Shodmonov. Namoyishi 23-apreldan boshlangan. 8-o‘rin. “Yo‘qotilgan jannat” (melodrama) Rejissor — Durdona To‘laganova. Namoyishi 29-apreldan boshlangan. 7-o‘rin. “Aldagani quda yaxshi” (komediya) Rejissor — Naufal Sulaymonov. Namoyishi 2-avgustdan boshlangan. 6-o‘rin. “Vahshiy” (drama) Rejissor — Ozod Shams. Namoyishi 11-maydan boshlangan. 5-o‘rin. “Men yolg‘onchiman” (fantastik komediya) Rejissor — Behzod Joniyev. Namoyishi 13-fevral kuni boshlangan. 4-o‘rin. “Majnun” (melodrama) Rejissor — Jahongir Ahmedov. Namoyishi 7-martdan boshlangan. 3-o‘rin. “Qaysarginam” (komediya) Rejissor — Azamat Ahrorov. Namoyishi 2015-yil 13-dekabrdan boshlangan. 2-o‘rin. “Dadam bilmasin” (komediya) Rejissor — Jahongir Ahmedov. 1-o‘rin. “Baron” (drama) Rejissor — Rustam Sa’diyev. Namoyishi 16-yanvardan boshlangan. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
80
1,481
Madaniyat
Priyanka Chopra “Uddaburon bolalar” filmini eslatuvchi yangi fantastik kartinada suratga tushdi (video)
Netflix Robert Rodrigesning “Biz qahramon bo‘la olamiz” nomli yangi fantastik loyihasining ilk tizeri bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi “Film.ru”. Kartina sujeti “Uddaburon bolalar” filmini yodga soladi va bundan tashqari, voqealar Rodrigesning “Sharkboy va Lava sarguzashtlari” filmida tilga olingan koinotda sodir bo‘ladi. Filmda Lava rolini ijro etgan Teylor Dulini uchratish mumkin, biroq Sharkboy rolini ijrochisi Teylor Lotner boshqa bir aktyor bilan almashtirilgan. Bir guruh bolalar superqahramon ota-onalari o‘zga sayyoraliklar tomonidan o‘g‘irlab ketilish xavfi ostida bo‘lganidan so‘ng birlashishga qaror qiladi. Ular hukumat muassasasidan qochib chiqib, qutqaruv operatsiyasiga tayyorlanadi. Shuningdek, kartinada Pedro Paskal, Priyanka Chopra, Kristian Sleyter va boshqa ko‘plab mashhur aktyorlarni uchratish mumkin. Film premyerasi striming servisida 2021-yil 1-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
103
904
Madaniyat
Benksining auksiondan keyin o‘z-o‘zini yo‘q qilgan asari Germaniyada namoyish etiladi
Mashhur britaniyalik rassom Benksining “Chiqindi idishidagi sevgi” asari birinchi marta keng omma uchun Germaniyadagi Frider Burda zamonaviy san’at muzeyida namoyishga qo‘yiladi. Asar “Qiz va havo shari” asarining Sotheby’s auksionida qisman yo‘q qilinishi natijasida yuzaga kelgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Asarni joriy yilning 5-fevralidan 3-martiga qadar tomosha qilish mumkin, ko‘rgazma simpozium bilan birga bo‘lib o‘tadi. Ko‘cha san’ati ustasi bo‘lgan Benksining “Qiz va havo shari” asari Londondagi Sotheby’s auksionida bir million funt sterlingga sotilganidan keyin qisman o‘zini yo‘q qilgan.
85
612
Madaniyat
Xonandalar Oybek va Nigoraning to‘yi sanasi ma’lum bo‘ldi
Xonandalar Oybek va Nigoraning to‘yi 21-noyabr kuni Toshkentdagi “Versal” to‘yxonasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Qalampir.uz” internet-nashri xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, 2005-yildan beri birgalikda faoliyat olib borayotgan Oybek va Nigora ayni vaqtda to‘yga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bilan band. Internet-nashrning yozishicha, “Oybek va Nigoraning to‘yi o‘zbek shou-biznesida uzoq vaqtdan buyon kutilayotgan to‘ylardan biri edi”. Ma’lumot uchun, Oybek Alimov 1987-yilning 8-oktabrida, Nigora Ismoilova 1988-yilning 12-sentabrida tavallud topgan. Xonandalar 2008-yili “Nihol” mukofoti bilan taqdirlangan.
57
615
Madaniyat
“O‘zbekkino”da Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekkino” Milliy agentligida Yevropa Ittifoqining  O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduard Stiprays bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar bermoqda. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqboldagi qo‘shma rejalar muhokama qilindi. Xususan, keyingi yillarda an’ana tusiga kirgan Yevropa kinosi kunlari, uning O‘zbekiston madaniy hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi. Janob Stiprays hamda “O‘zbekkino” MA bosh direktori Furqat Zokirov ushbu kinofestival bu yil o‘zbek tomoshabini tomonidan iliq kutib olinganini va uni kelasi yilda ham yuqori saviyada o‘tkazishdan har ikki tomon manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Dastlabki kelishuvga ko‘ra, Yevropa kinosi kunlarini 2018-yilning may oyida Toshkent shahrida, kuz oylarida esa yana ikkita viloyatda o‘tkazish belgilab olindi.
102
850
Madaniyat
“17 yoshimgacha Toshkentda yashaganman”. Ravshana Kurkova kuzda nima uchun Toshkentga kelishi haqida so‘zlab berdi
Rossiyalik aktrisa Ravshana Kurkova yaqinda bergan intervyularidan birida hayotining eng qiziqarli lahzalari hamda kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Podrobno.uz”. Ravshana, shuningdek Toshkentdan Moskvaga ko‘chib o‘tishi qanday kechgani, buvisining oq “Volga” mashinasi to‘g‘risida ham gapirgan. O‘zbekistonda hurmatga sazovor akusher-ginekolog bo‘lgan buvim 1966-yilda bir yilga Afg‘onistonga xizmat safari bilan ketgan. U o‘z oylik maoshini avtomobil ko‘rinishida olgan — bu sobiq ittifoq paytida mumkin bo‘lgan. O‘sha yillarda oq “Volga” li ayol Toshkentda qanday qabul qilinganini tasavvur qila olasizmi? Qimmatbaho avtomobillarni yaxshi ko‘rishim buvimdan o‘tgan bo‘lsa kerak. U yetakchi, qiziqarli va zamonaviy ayol bo‘lgan. Aytgancha, Moskvaga ko‘chib kelgunimcha men Toshkentdagi Novomoskovskaya ko‘chasida yashaganman. Hamma megapolislar kabi Moskva ham o‘ta og‘ir, sershovqin shahar, ayniqsa yosh uyda o‘tirishni yoqtirgan qizcha uchun. Biroq bu shunday shaharki, unda hamma narsa bor! Agar inson mehnatda qochmaydigan, his-tuyg‘ularga berilmay o‘z yo‘lida davom etadigan bo‘lsa bu shaharni zabt etish mumkin. Men Moskvadan juda minnatdorman. U menga ko‘p narsa berdi. Hozir 37 yoshdaman, 17 yoshimgacha Toshkentda yashaganman. Ko‘rinib turibdiki, hayotimning aksariyat qismini u yerda o‘tkazganman. Mevalar ta’mi, quyosh, bolalikdagi tushlar hammasi yoqimli xotiralarda qoldi, biroq o‘zimni anglagandan keying hayotim aynan Moskva, Rossiya bilan bog‘liq. Ravshana Kurkova, aktrisa Kurkova Toshkentga kuz faslida tashrif buyuradi. Buning sababi haqida aktrisaning o‘zi shunday deydi: “Buvim hayot paytida Toshkentga tez-tez borib turardim. Hozir esa u yerda yaqin qarindoshlarim qolmagan. Shunday bo‘lsa-da, imkoniyat bo‘lishi bilan Toshkentga uchaman. Sentabr oyida Samarqand va Toshkentda ‘Bizning hovlida’ serialining yozgi bloklarini suratga olinadi”.
114
1,887
Madaniyat
O‘zbekistonda koronavirus haqida film suratga olindi (video)
O‘zbekiston kino ijodkorlari koronavirus mavzusida film suratga oldi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Instagram’dagi sahifasida xabar berdi. Yangi film “Chillaxona” deb nomlanadi. Unda Shohida Ismoilova, Ma’rifat Ortiqova kabi taniqli aktrisalar hamda boshqa yosh aktyor va aktrisalar rol ijro etgan. Film tez kunda namoyish etilishi kutilmoqda.  O‘zbekistonda koronavirus haqida hujjatli film suratga olinadi
60
435
Madaniyat
O`zbekistonda “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo`lib o`tadi
25-30 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm vamadaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.   Yorqin tadbir  UNESCO,  Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbirda 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Festival doirasida raqs san`atiga bag`ishlangan ko`rgazma pavilyonlari, milliy cholg`u asboblari va liboslari, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san`at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi hamda, ularni Ichan-qal`a majmuasi hududida savdo qilish tashkil etildi. Eslatib o`tamiz, “Lazgi” xorazm raqsi O`zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro`yxatiga kiritilgan. Bu haqdagi qaror 2019 yil 12 dekabr kuni UNESCOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha hukumatlararo qo`mitasining 14-sessiyasida qabul qilingan.
58
1,095
Madaniyat
Yurtimizda nechta moddiy madaniy meros ob`ekti bor?
Mamlakatimizda joriy yilning 1 yanvar holatiga ko`ra, moddiy madaniy meros ob`ektlari soni 8 ming 208 tani tashkil etadi.  Ularning hududlar bo`yicha taqsimlanishini ko`rib chiqadigan bo`lsak: Samarqand viloyatida – 1607 ta, Qashqadaryoda – 1468 ta, Buxoroda – 829 ta, Toshkentda 828 ta, Surxondaryoda – 561 ta, Navoiyda – 437 ta, Jizzaxda – 427 ta, Andijonda – 422 ta, Farg`onada – 376 ta, Toshkent shahrida – 354 ta, Qoraqalpog`iston Respublikasida – 288 ta, Namanganda – 274 ta, Xorazmda – 259 ta, Sirdaryoda – 78 ta obidalarimiz o`tmishdan, ota-bobolarimiz dahosidan guvohlik berib turibdi.
51
594
Madaniyat
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Umrboqiy navolar” Respublika ko‘rik-festivali o‘tkaziladi
Qadimiy cholg‘ularning mohir ijrochilari va havaskor yoshlar o‘rtasidagi “Umrboqiy navolar” Respublika ko‘rik-festivali 19-noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi. Bu haqda tanlov hamda festival tashkilotchisi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. O‘zbek milliy musiqa cholg‘ulari rang-barangligi, turli-tumanligi, sadolanish xususiyatining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. “Tanlov yoshlarimizda milliy sozlarning o‘ziga xos jozibali ohanglariga, milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi qadimiy cholg‘ularimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, unutilib borayotgan, ohanglari ezgulikka yo‘g‘rilgan – chanqobuz, sibizg‘a, bulomon, qo‘shnay, qobuz, do‘mbira kabi sozlarimizni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish va ommalashtirish hamda mohir sozandalarni izlab topish, ularning ijro an’analarini yoshlarga o‘rgatishda katta imkoniyatlar yaratadi”, — deyiladi vazirlik xabarida. Ushbu Respublika ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda hududiy hokimlik organlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Tanlov qadimiy cholg‘ularning mohir ijrochilari bilan havaskor yoshlar o‘rtasida ustoz-shogird an’anasini tiklash, shuningdek, Madaniyat va aholi dam olish markazlarida hududlarga xos bo‘lgan chanqobuz, sibizg‘a, bulomon, qo‘shnay, do‘mbira kabi qadimiy cholg‘ularni o‘rgatuvchi to‘garaklarni tashkil etishga xizmat qiladi.
96
1,778
Madaniyat
Post uchun millionlar: Instagram’dagi reklamadan eng ko‘p pul ishlab topadigan bolalar (foto)
Britaniyadagi bolalar kiyimlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi onlayn do‘kon Instagram sahifasidan eng ko‘p daromad oluvchi eng yosh yulduzlar ro‘yxatini tuzdi. Aniqrog‘i, ota-onalar o‘z farzandining hisob raqamini boshqaradi, homiylik va yetakchi brendlar bilan hamkorlikdan millionlab dollar mablag‘ni qo‘lga kiritadi. Everli Rouz Soutas LaBrant – 5 million obunachiga ega View this post on Instagram Ro‘yxatning yuqori pog‘onasida Los-Anjelesning yetti yoshli fuqarosi – ko‘k ko‘zli Everli Rouz Soutas LaBrant turadi. Uning shaxsiy sahifasida 5 milliondan ortiq obunachi bor, shuningdek, Everlining YouTube kanali ham bor. Qizining akkauntini moda-bloger va suratkash onasi Savanna LaBrant yuritadi. Everli bitta reklama postidan 10 199 dan 16 867 dollargacha pul topadi. Shuningdek, uning sahifasidagi har bir xabar o‘rtacha 590 mingdan ortiq layk to‘playdi. View this post on Instagram Everlining bir yoshli Pozi Reyn LaBrant ismli singlisi bor. U tez-tez opasining sahifasida ko‘rinish beradi, ammo Pozining o‘zi ham Instagram foydalanuvchisiga aylangan. U allaqachon 1,7 million obunachiga ega. Odatda Everli va Pozi bir xil libosda suratga tushadi. Bundan tashqari, Everlining sahifasiga uning raqs videolari joylana boshlandi. 2020-yilning avgust oyida ularning oilasida Ziland ismli o‘g‘il dunyoga keldi va u hozircha Instagram’da 518 ming obunachiga ega bo‘ldi. Ell Layvli MakBrum – 5 million obunachiga ega View this post on Instagram Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnini esa kanadalik aktrisa Ketrin Pays va amerikalik basketbolchi Ostin MakBrumning 4 yoshli qizi Ell Layvli MakBrum egalladi. Ellning sahifasi 5 million obunachiga ega va har bir post o‘rtacha 1 million layk to‘playdi hamda 10 000 dan 16 666 dollargacha daromad keltiradi. LaBrant oilasining boshqa a’zolari ham Instagram sahifasiga ega. Ellning sahifasidagi bir yoshli singlisi Alayya ushbu ro‘yxatning 5-o‘rnini egallab turibdi, shuningdek, uch oylik ukasi Stilning allaqachon milliondan ortiq kuzatuvchisi bor. View this post on Instagram Kichkintoy Ell singlisi va ukasi bilan suratga tushish hamda ota-onasiga tegishli bo‘lgan ichimlik brendini reklama qilishdan tashqari, xuddi Everli kabi o‘z raqslarining videosini joylashni boshladi. Ellning yaqinda pushti mo‘ynali kiyimda qora ko‘zoynak taqib, havorang Rolls-Royce’dan sakrab tushgani va ajoyib raqsi aks etgan videosi 3,5 milliondan ortiq kuzatuvchilar tomonidan tomosha qilingan. Stofferlar oilasi – 3,5 million obunachiga ega View this post on Instagram Arizona shtatidan kelgan besh yoshli Instagram yulduzlari — egizak opa-singillar Emma va Milaning onasi Keti Stofferda 3,5 million obunachi mavjud. Ketining ulardan tashqari uchta katta − Keytlin, Charlz va Finn ismli farzandlari bo‘lib, kichik qizi tug‘ilishidan bir necha yil oldin Instagram’dagi sahifasini yuritishni boshlagan, ammo u hozirgidek mashhurlikka erishmagan. Biroq Emma va Mila tug‘ilishi bilanoq Ketining Instagram’i yashin tezligida “uchib ketdi”. Qizaloqlar nafaqat maftunkor qiyofasi, sertabassum yuzi, turli xil holati bilan, balki jiddiy mavzularni bir-biri bilan muhokama qilgan kulgili videolari sababli mashhurlikka erishdi. View this post on Instagram Emma va Mila ishtirokidagi har bir post o‘rtacha 64 mingdan ortiq layk to‘playdi, agar xabarlarni reklama qilayotgan bo‘lsa, qizlar ota-onasiga 7081 dan 11 803 dollargacha daromad keltiradi. Yaqinda Stofferlar oilasi AQShning mashhur Walmart tarmog‘i bilan o‘z kiyim-kechaklar savdosini yo‘lga qo‘ydi. Teytum va Oukli Fisher – 3 million obunachiga ega View this post on Instagram Los-Anjelesda tug‘ilgan to‘rt yoshli egizak opa-singillar Teytum va Ouklining ota-onasi YouTube yulduzi sanalgan Medison Bontempo va Kayler Fisherning izidan bordi. Qizaloqlarning Instagram sahifasini 3 milliondan ortiq odam kuzatadi va har bir joylashtirilgan xabar 187 mingdan ortiq layk to‘playdi. Shuningdek, reklama postlari 6 213 dan 10 356 dollargacha daromad keltiradi. Teytum va Ouklining sahifasi farishtalardek tabassum qilgan qizaloqlarning turli brenddagi bolalar kiyimini kiyib tushgan suratlar bilan to‘la. Yana bir yoshli qizi bor Medison va Kayler oilaviy YouTube kanalini boshqaradi va bu ham ularga yaxshi daromad keltiradi. View this post on Instagram 2020-yilning avgust oyida Fisherlar oilasida o‘g‘il tug‘ildi. Oliver Rett Fisher ismli chaqaloqning Instagramdagi sahifasida allaqachon 14 ming kuzatuvchisi bor. Alayya Mari MakBrum – 2,8 million obunachiga ega View this post on Instagram Bir yoshli Alayya opasi Ell MakBrumdan ortda qolmaydi – uning sahifasida 2,8 million obunachi bor. Har bir post 722 ming layk to‘playdi va ular qizaloqqa 5 612 dan 9 353 dollargacha daromad keltiradi. Alayyaning sahifasi u tug‘ilganiga ikki hafta bo‘lganida ochilgan. Ava va Lea Klements – 1,8 million obunachiga ega View this post on Instagram Los-Anjelesda istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Ava va Lea dunyodagi eng chiroyli egizak opa-singillar deya e’tirof etiladi. Ularning ota-onasi Jek va Kevin yuritadigan sahifa 1,8 million obunachiga ega. Jek egizaklari 6 oylik bo‘lganida ularni model qilmoqchi edi, ammo bu ish o‘xshamadi. Biroq Instagramda buning uddasidan chiqdi. Egizaklar yetti yoshga to‘lgan kunida u qizlar uchun Instagram’da sahifa yaratdi va ular juda tez muvaffaqiyatli modellarga aylandi. Hozirda qizaloqlar bilan dunyoning yetakchi brend va reklama kompaniyalari shartnoma tuzadi. Ular har bir reklama postidan 3 558 dan 5 929 dollargacha daromad oladi. View this post on Instagram
93
5,630
Madaniyat
Yulduzlar go‘zallik salonida (foto)
Konsertlarda ishtirok etish, klip va filmlarda suratga tushish, fotosessiya uyushtirish bahonalari bilan yulduzlar ko‘p vaqtini go‘zallik salonida o‘tkazadi. Bugun Instagram’dan o‘zbekistonlik ayol san’atkorlarning go‘zallik salonlarida olingan suratlarini yig‘dik.
35
265
Madaniyat
Netflix “2020, kuning bitdi!” filmining treylerini taqdim etdi
Netflix kompaniyasi Death to 2020 nomli (“2020, kuning bitdi”) yangi komediyasining treylerini taqdim etdi. Film ustida “Qora ko‘zgu” fantastik seriali yaratuvchilari Annabel Jons va Charli Bruker ish olib borgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Kartina “psevdo” hujjatli film janrida suratga olingan. Aktyorlar 2020-yilda sodir bo‘lgan haqiqiy voqealarni izohlagan ekspertlar, siyosatchilar va oddiy fuqarolar rolini ijro etgan. Filmda Xyu Grant, Semyuel L.Jekson, Jiza Kudrou, Jo Kira, shuningdek, Lesli Jons, Kumeyl Nanjiani, Kristin Milioti va boshqalar suratga tushgan. Mazkur komediya premyerasi 27-dekabr sanasiga rejalashtirilgan.
62
646
Madaniyat
“Tutash taqdirlar” seriali aktyorlari oradan 10 yil o‘tib uchrashdi (video)
2009-yilda efirga uzatilgan hamda tomoshabinlar mehrini qozongan “Tutash taqdirlar” seriali rejissori Zamira Begimqulova hamda bosh rollar ijrochilari Ja’far Mo‘minov va Nilufar Hamidova MY5 telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, serial ijodkorlari o‘tgan vaqt ichida biron marta ham birga yig‘ilmagan. Serialdagi Azizbek rolini gavdalantirgan aktyor Ja’far Mo‘minov hozirda AQShda yashaydi. “Ja’far bilan ‘Gulxan atrofida’, ‘Tutash taqdirlar’ va ‘Opa-singillar’ seriallarida birga ishladik. Ammo ‘Opa-singillar’ oxiriga yetmasdan, menga ham aytmasdan Amerikaga ketib qoldi. Ssenariyga biroz o‘zgartirish kiritib, vaziyatdan chiqib ketdik”, — deydi serial rejissori Zamira Begimqulova. “Zamira opa bilan 8 yildan buyon ko‘rishmasak-da, Facebook tarmog‘i orqali gaplashib turamiz. Ammo Nilufarni ko‘rmaganimga roppa-rosa 10 yil bo‘ldi. Kuni kecha uy telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, arang bog‘lanishga erishdik”, — deydi serialdagi Azizbek rolini gavdalantirgan Ja’far Mo‘minov. “Ijodiy guruhni chindan ham sog‘indim, serial orqali qanchadan-qancha muxlislar ko‘nglidan joy olganmiz. Hattoki, partnyorim Jafar bilan ko‘chada yursak, yoshi katta onaxonlar baxt tilab, duo qilgan vaqtlar ham bo‘lgan”, — deydi aktrisa Nilufar Hamidova. Uchrashuv davomida serialdan o‘rin olgan to‘y sahnasidagi qiziqarli voqealar ham aytib o‘tildi. “Eng qizig‘i, Nilufar ikkimizning to‘yimiz kuni, kelin-kuyov bo‘lish kartinasida Nilufarning hayotdagi turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi tashrif buyurgan edi. Haqiqatan ham, ajoyib bo‘lgan edi”, — deya yodga oldi aktyor. Serialdagi uzun sochli kelin ayni damda sochini kesib yuborgan, uning aytishicha, buning sababi odamlarning nazari. “Hatto ko‘cha-ko‘yda sochi o‘zinikimi yoki ulamami, deb tortib ko‘radiganlar ham uchragan”, — deya qo‘shimcha qiladi aktrisa.
75
1,824
Madaniyat
Rossiyalik rejissor Stanislav Govoruxin vafot etdi
Rossiyalik kinorejissor, ssenarist va davlat arbobi Stanislav Govoruxin 82 yoshda vafot etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda. Stanislav Govoruxin ko‘plab mashhur kinofilmlarni suratga olgan. Ular orasida Vladimir Visotskiy ishtirokida suratga olingan “Vertikal” va “Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi” filmlari, va undan tashqari “XX asr qaroqchilari”, “Kapitan Grantni izlab”, “O‘nta negr bolasi ”, “Voroshilovlik o‘qotar”, “Tom Soyyorning sarguzashtlari” va yana o‘nlab asarlar bor. Stanislav Govoruxin kino san’atidan tashqari Rossiyaning ijtimoiy hayoti va davlat boshqaruvida ham faol ishtirok etib kelgan. U 2000-yilda prezidentlikka nomzod bo‘lgan, undan so‘ng “Yagona Rossiya” partiyasining faol a’zosi va deputat lavozimida ishlab kelgan.
50
753
Madaniyat
Yangi yil tuhfasi sifatida Xonanda Lola o‘g‘li Shohdiyorga Messining butsalarini sovg‘a qildi
Xonanda Lola ikkinchi farzandi Shohdiyor uchun Messining butsalarini sovg‘a qildi. Bu haqda qo‘shiqchi Instagram sahifasida yozib qoldirdi va Shohdiyorning “Barselona” formasidagi suratini unga ilova qildi. “Yangi yil bizning sevimli bayramimiz, unda orzular ro‘yobini ko‘rish mumkin”, — deb izoh qoldirdi Lola. Uning qayd etishicha, oila Messining butsalarini orziqib kutgandi. “Biz Messining butsalarini shu qadar kutgandikki, Diyor mana uchinchi kundirki ular bilan uxlaydi, ovqatlanadi. Hattoki, butsaning bog‘ichlarini taqib olishni ham o‘rgandi. Bolalarimizning ko‘zlarida quvonch bo‘lsa kifoya, boshqa hech narsa kerak emas” — deb so‘ziga yakun yasagan Lola. Avvalroq Lola o‘z intervyularidan birida Shohdiyorning “Paxtakor” futbol maktabiga borishi haqida aytib o‘tgandi. Endi esa uning “Barselona” va Messining muxlisi ekani oydinlashdi.
93
848
Madaniyat
Eng yaxshi aktyor, eng yaxshi aktrisa va eng yaxshi film aniqlandi. PROlogue — 2017 yopilish marosimidan reportaj (foto va video)
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Yosh kinoijodkorlar kengashi va Kinemotografiyani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan III Respublika PROlogue — 2017 kinofestivalining tantanali “qizil yo‘lakcha” hamda yopilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad marosimdan foto va videoreportaj tayyorladi. 30-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida PROlogue — 2017 kinofestivalining eng kutilgan “qizil yo‘lakcha” hamda yopilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Yopilish marosimiga Dilnoza Kubayeva, Behzod Muhammadkarimov, Ra’no Shodiyeva hamda Akbarxo‘ja Rasulovlar boshlovchilik qildi. “PROlogue — 2017” da “Eng yaxshi ssenariy” Maftuna Alloqulovaga “Xorazm jonginam” filmi uchun nasib etdi. “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyasida “Limuzin” filmi uchun Baxtiyor Ataboyev taqdirlandi. “Eng yaxshi erkak roli uchun” mukofoti Fotih Nasimovga “Ustunsiz uy” filmidagi roli uchun nasib etgan bo‘lsa, “Eng yaxshi ayol roli”ga “Dilemma” filmidagi ijrosi uchun Oyparcha Abdullayeva loyiq topildi. “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasida “Akvarium” filmi uchun Hasan Alijonov g‘olib deb topildi. Festivalga kelib tushgan filmlarning eng yaxshisi deb Muxlisa Azizovaning yettita xalqaro kinofestivalda namoyish qilingan “U” filmi topildi, hamda bosh sovrin bilan taqdirlandi. Pitching tanlovida o‘z loyihalari bilan ishtirok etgan yoshlar orasidan esa Sherzod Musayevning “O‘gay” va Muhammad Yusupovning “Oq-qora spektakl” loyihalari g‘olib deb topildi. Shuningdek, marosimda taniqli ustoz san’atkorlar Ali Hamroyev, Elyor Ishmuhammedov, Odelsho Agishev, Yusuf Roziqov, Damir Salimovga “O‘zbek kinosi rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” mukofoti topshirildi.
129
1,694
Madaniyat
Qatar kinoijodkorlari Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar haqida film suratga oladi
Qatar kinoijodkorlari Muhammad (s.a.v.) haqida misli ko‘rilmagan darajada sifatli film ishlab chiqishni rejalashtiryapti, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati. Kuvayt axborot agentligining xabar berishicha, uch qismdan iborat filmni suratga olish jarayoniga 450 million dollar xarajat qilinadi. Kinofilm jahon mavqei darajasida sifatli va noyob bo‘lishi hamda Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar haqida bugunga qadar ishlangan filmlardan afzal chiqishi ko‘zda tutilgan. Iloji boricha ko‘proq auditoriyani jalb qilish maqsadida kino uchun ingliz tili tanlandi. Kinoijodkorlar durdonaning texnik jihatlari va ssenariysi tayyor ekani va filmda Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar chehralari ko‘rsatilmasligini ta’kidladi. Oldinroq eronlik va xorijlik kinoijodkorlar hamkorlikda suratga olgan “Payg‘ambar Muhammad hayoti” filmi Eronda katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilayotgani xabar berilgan edi.
76
913
Madaniyat
“Via Marokand” guruhining litsenziyasi “O‘zbekkonsert” tomonidan to‘xtatib qo‘yildi
“Via Marokand” guruhining litsenziyasi “O‘zbekkonsert” tomonidan to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati ma’lum qildi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy Kengash a’zolari tomonidan “VIA Maroqand” guruhining “Turist” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipida juz’iy kamchiliklar bo‘lganligi bois klipni ommaga taqdim etish rad etilgan edi. Biroq, guruh a’zolarini bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu klip OAV orqali namoyish etilganligi sababli, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonunining 23-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 37-bandiga asosan “VIA Marokand” guruhi a’zolari Zakirova Asalxon Baxtiyorjon qizi va Tashmatov Abdurashid Xusanovichlarga berilgan litsenziyalar joriy yilning 29- may kunidan to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati
83
1,038
Madaniyat
Sankt-Peterburgda “O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” mavzusida xalqaro kongress bo‘lib o‘tadi
2018-yilning 6—8-iyun kunlari O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA), Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi, Eriell Group kompaniyasi, “Zamon press info” nashriyot uyi hamkorligida Sankt-Peterburgda “O‘zbekiston madaniy merosi —  xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” mavzusida II xalqaro kongress bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga O‘zEOAVMA mutasaddilari ma’lum qildi. Ushbu anjumanga jahonning 30 dan ziyod davlatidan 200 dan ortiq olim, ekspert, diplomatlar, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari taklif etilgan. Kongress davomida: Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti, Rossiya etnografiya muzeyi, Etnologiya va antropologiya muzeyi (Kunstkamera), Rossiya milliy kutubxonasi, Rus adabiyoti instituti (Pushkin uyi) va Din tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarni tashkil qilish; O‘zbekiston arxeologiyasi, tarixi, kitobat san’ati, numizmatikasi, to‘qimachiligi, xalq amaliy va badiiy san’ati, rassomchiligiga oid ilmiy munozaralar tashkil etish; “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” turkumidagi kitob-albomlarning navbatdagi beshta jildi (“Germaniya muzeylarida O‘zbekiston san’ati”, “Din tarixi davlat muzeyi to‘plamlarida O‘zbekiston madaniy merosi” (Sankt-Peterburg), “O‘zbekiston davlat san’at muzeyi to‘plamlarida O‘zbekiston san’ati” (Toshkent); “O‘zbekiston gilamchiligi: asrlarda saqlangan an’analar” (O‘zbekiston, Rossiya, Ispaniya, AQSH, Kanada), XV jild, “Movarounnahr san’ati Davlat Ermitaji to‘plamida. II qism”) hamda ular asosida suratga olingan 5 ta hujjatli film taqdimotini tashkil etish; 13 jilddan iborat “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomi, Buyuk Britaniyada saqlanayotgan Alisher Navoiy qo‘lyozmalari va “Zafarnoma” asari faksimile nusxalarining taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari o‘zbek san’ati ustalari ishtirokidagi konsert dasturini tomosha qilib, milliy taomlardan bahramand bo‘lishi mumkin.
137
2,130
Madaniyat
Kinochilar uyida "Vatan ostonasi" filmining katta premerasi bo`lib o`tdi (foto)
Bugun “Kinochilar uyi”ning katta zalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Vatan" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan rejissyor Hilol Nasimovning "Vatan ostonasi" filmining premerasi katta tantana bilan o`tkazildi. Mazkur film Kinematografiya agentligi hamda Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari bilan hamkorlikda yaratilgan bo`lib, unda chegarachilar hayoti, ularning mashaqqatli zahmati va kasbiga bo`lgan fidoyiligi haqida hikoya qilinadi. An`anaga ko`ra “Qizil yo`lakcha” bo`ylab film ijodkorlari Chegara qo`shinlari Harbiy orkestri jo`rligida tantanali kutib olindi. Tadbirning asosiy qismini  Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi o`rinbosari Shuxrat Tursunovich Rizaev hamda Davlat xavfsizlik xizmati Raisining o`rinbosari – Chegara qo`shinlari qo`mondoni general-mayor Xusanov Salimjon Erkinjonovichlar tomonidan ochib berildi.   Shundan so`ng film suratga olinishida yaqindan yordam bergan tashkilotlar vakillari va filmning barcha ijodkorlariga esdalik sovg`alari taqdim etildi. Shuningdek, premeraga Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo`shinlari qo`mondonligi, DXX Akademiyasi, Qurolli kuchlar Akademiyasi, Davlat Bojxona qo`mitasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va O`zbekiston milliy gvardiyasi qo`mondonligidan maxsus mexmonlar tashrif buyurishdi.
80
1,347
Madaniyat
Respublika kinochilar uyida aktrisa To‘ti Yusupova haqidagi hujjatli film premyerasi bo‘lib o‘tdi
17-dekabr kuni Respublika kinochilar uyida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi bilan “Zamon va taqdirlar” ruknida “San’at-ma’no” studiyasida tasvirga olingan “To‘ti Yusupova” hujjatli filmining premyerasi va O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligining rasmiy saytida xabar berildi. Tadbirda taniqli kino arboblari, kino va teatr artistlari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari so‘zga chiqib, To‘ti Yusupovaning kino va teatr san’atiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida iliq fikrlar bildirdi. Shundan so‘ng, aktrisaning hayot yo‘li va ijodiga bag‘ishlangan “To‘ti Yusupova” hujjatli filmi namoyish etildi. Uning monologi sifatida ishlangan ushbu filmni yig‘ilganlar yaxshi kutib oldi. Filmning ssenariy muallifi va rejissyori — Oybek Aliyev, operatori — Igor Blidaryov. Eslatib o‘tamiz, tadbirni “O‘zbekkino” Milliy agentligi va uning Toshkent shahar hududiy bo‘limi Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etdi.
97
1,000
Madaniyat
Diana Yagofarova: “Ba’zan men o‘sha aktrisaman, deb aytishga uyalardim”
2008—2009-yillarda qator filmlardagi rollari bilan tanilgan aktrisa Diana Yagofarova o‘n yillik sukut va tanaffusdan so‘ng ilk marta “The Mag” jurnaliga intervyu berdi. Aktrisaning aytishicha, o‘tgan 10 yil ichida u o‘zligini izladi. “To‘g‘risini aytsam, o‘zligimni izlash jarayoni oson kechmadi. Ba’zida men bu men ekanligimni tan olmay qo‘ydim. Meni tanigan odamlardan qochishga urindim. Ko‘chada yurganimda, ‘Super kelinchak’dagi aktrisamisiz?, deb so‘rashsa bunday film haqida birinchi marta eshitishim, deb javob berardim va u men emasligimni aytardim. O‘zimni boricha qabul qila olmaslik ancha uzoq vaqt davom etdi. Lekin, vaqt hamma narsani davolar ekan. Ajoyib kunlarning birida mendan ‘Sizdan bir narsa so‘rasam maylimi?’, deb so‘rasha, uning gapini bo‘lib, ‘Ha, men o‘shaman’, dedim. Ichimdan nimadir uzilgandek bo‘ldi, shunda o‘tmish o‘tmishda qolganini angladim”, — deydi aktrisa. Diana Yagofarova o‘tgan vaqt ichida interyer dizayneri kursini tamomlab, 3Ds Max dasturini o‘zlashtirgani haqida so‘zlab berdi. “Men dizayn sohasini chuqur o‘rganish niyatida arxitektura institutiga o‘qishga kirmoqchi bo‘ldim. Biroq shu payt turmush o‘rtog‘im bilan ancha paytgacha biz kutgan holat yuz berdi. Men homilador ekanman. O‘qishga kirish rejasini ortga surishga to‘g‘ri keldi. Men to‘ng‘ich o‘g‘lim Temurni dunyoga keltirdim. Ikki yil-u uch kundan so‘ng mening ikkinchi o‘g‘lim Amirsaid dunyoga keldi. Yaqinda sochlar bo‘yicha uslubchilikka o‘qidim. Bu soha menga har doim qiziq bo‘lgan, ayniqsa sochlarga rang berish. Biroq har doim yangi ish bilan shug‘ullanishga urinishlarimda menga nimadir yetishmayotganini his qilaman. Hozir esa men katta ishlar qilish uchun tayyorligimni his qilyapman”, — deydi Diana.
71
1,715
Madaniyat
​TEATR OTLANDINGIZMI? ETIKET QOIDALARI BILAN TANIShING
Teatrga borish bayram! To`g`rimi? Demak, shunchaki bozor yoki sayrga otlangandek emas, chiroyli liboslarda tashrif buyuring. Bu kayfiyatingizni ko`tarishi aniq!
54
160
Madaniyat
“Topganimni hisoblasam, shu paytgacha uymas, aeroport qurishim kerak edi”. Janob Rasul to‘ylardan qancha topishi hamda 400 ming dollarlik uyi haqida gapirdi (video)
Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Janob Rasul “Daryo” nashrining YouTube’dagi kanaliga bergan intervyusida to‘y xizmatlaridan qancha pul topishi va dabdabali uyi haqida so‘zlab berdi. — Ko‘pchilik meni qimmat xonanda deb biladi. Ammo men bunday deb o‘ylamayman. Yulduz Usmonova va Munisa Rizayevalar mendan ham qimmatga xizmatlarga borishadi. To‘ydagi gonorarim qancha ekanligini esa ochiq aytolmayman. Buning sababi xizmat narxlari viloyatning uzoq-yaqinligi bilan ham bog‘liq. Xorij mashinasida yuraman. U ancha ko‘p benzin yeydi. To‘yda fonogrammadan foydalanmayman. Shuning uchun yonimda bir nechta yigitlar bo‘ladi. Agar hozir xizmat haqqini aytsam, ertaga muammo yuzaga kelishi mumkin. Ammo yaqinda Tojikistonga bir soatlik xizmatga bordim. Buning uchun 15 ming AQSH dollari oldim. Bu shu kungacha bitta to‘ydan olgan eng ko‘p xizmat haqqim bo‘ldi, — deydi xonanda Janob Rasul. Bundan tashqari, xonanda uy-joyi haqidagi ma’lumotlarni yashirmasligi, 30 sotix maydonga qurgan 4 qavatlik uyi haqida ham aytib o‘tdi. — Uy-joyim, mashinam haqidagi ma’lumotlarni hech qachon yashirmayman. Chunki bularni faqat xalqning oldidan qo‘lga kiritdim va o‘g‘irlik qilganim, birovning haqqiga xiyonat qilganim yo‘q. Beruniy tumanida 30 sotixli maydonga 4 qavatli uy qurganman. Bu uyning rejasini bundan 12 yil avval chizgandim. Ishonasizmi, o‘shanda bitta velosipedim ham bo‘lmagan. Yaxshi niyat qilib, katta uy qurishni rejalashtirgandim. Hozircha uyning pastki qavati bitdi. Hali yana uchta qavatining ta’mirlash ishlari bor. Uyga lift ham o‘rnatdik. Hovlida kichik issiqxona va ferma ham bor. Bolaligimdan shunday narsalarga qiziqaman. Nasib qilsa, keksayganda nabiralarning shovqinidan qochib, ayolim bilan o‘sha issiqxonada suhbatlashib o‘tiramiz. Hali bitmagan uyimga hozircha 400 ming AQSH dollari sarfladik. Menda hammasi hisob-kitobli, qayerdan qancha pul olganimni va qancha sarflaganimni hisoblab, arxiv qilib qo‘yaman. Agar topganimni hisob-kitob qilsam, aslida to‘rt qavatli uy emas, aeroport qurishim kerak edi. Ammo yonimdagi yigitlarning ulushi va ijodning ham o‘ziga yarasha katta xarajati bor, — deydi xonanda Janob Rasul.
164
2,142
Madaniyat
Murod Rajabov “ichki nizo” sabab “Muqimiy” teatri rahbarligidan ketdi
O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov “Muqimiy” musiqali drama teatri rahbari lavozimidan 3-mart kuni ketdi. Sayyod.Uz sayti xabariga ko‘ra, 2010-yildan beri teatr jamoasiga rahbarlik qilib kelgan Rajabov teatrdagi “o‘zaro ichki nizo” sabab iste’foga chiqqan. Sayyod.Uz’ning yozishicha, hozirgi vaqtda teatr jamoasi ikki guruhga ajralib qolgan. Bir guruh aktyorlar O’zbekiston xalq artisti Mirza Azizov atrofida birlashib, Murod Rajabovning ketishiga sabab bo‘lgan, boshqa bir guruh esa aynan Rajabovning tarafini olib chiqmoqda. “Arizalar ketma-ketligi turli mutasaddi idoralaru, huquqni himoya qiluvchi organlar eshigini ‘taqillatmoqda’”, – deb yozadi sayt. Xabar berishlaricha, fevral oyida Mirza Azizov “Hordiq” gazetasiga “Komediyani oyoqosti qilib bo‘ldik” nomli intervyu bergan. “Teatr xodimlari bu intervyudan o‘zini haqoratlangandek, teatr sha’niga dog‘ tushirishdek qabul qilmoqda”, – deb yozadi Sayyod.Uz xabariga asoslangan holda “Kun” nashri. Murod Rajabovning yonini olayotgan aktyorlar, xususan, O‘zbekiston xalq artisti Noila Po‘latovaning so‘zlariga ko‘ra, Rajabovning rahbarlik davrida teatr rejasi 148 foizga o‘sgan, teatrning o‘zida axloqsizlik, buzuqchilik va “hatto ichkilikbozlik”ka ham chek qo‘yilgan. “Hozirgi vaqtda teatrdagi holatni achinarli deyishmoqda. Aktyorlar istalgan liboslarida sahnaga chiqib ketishi va ssenariydan ham chetlashib, og‘ziga kelgan narsalarni aytib yuborishi holatlari yuz berayotganini ta’kidlashmoqda”, – deb yozadi Sayyod.Uz.
69
1,481
Madaniyat
Kaniza plagiatda ayblagan xonandalaridan uzr so‘radi
Xonanda Kaniza “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsertoldi matbuot anjumanida Ozodbek Nazarbekov, Rayhon, Munisa Rizayeva hamda Sarvar va Komilga o‘z e’tirozlarini bildirgandi. Xonanda hamkasblariga nisbatan fikrlari uchun uzr so‘radi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.  “Jurnalistlar aybdor emas, o‘zim hayajonlanib, fikrlarimni to‘g‘ri yetkazib berolmadim. Hamma hamkasblarim va xonandalarni hurmat qilaman. Ko‘rishib qolganimizdagi muomalamdan to ularning konsertlariga o‘zim chipta xarid qilib, gullar bilan borib tabriklashimgacha bunga dalil. Matbuot anjumanidagi haqiqatlarim shaxsiy fikrim, ta’bir joiz bo‘lsa, xatoim hamda menga shunday tuyulgandek bo‘la qolsin, — deya ta’kidlagan Kaniza. — Baxtliman, dasturim biroz xatolik bilan o‘tgan bo‘lsa-da, aksariyat tomoshabin va hamkasblar tarafidan ‘birinchi konsert uchun a’lo’ deya baholandi. Eng asosiysi, oila qurdim. Hozircha turmush o‘rtog‘im nazorati ostida ijodni davom ettirishga kelishildi”.
52
964
Madaniyat
Gollivud aktrisasi Kameron Diazning unashtirilgani ma’lum bo‘ldi
Turmush qurishga va farzand ko‘rishga shoshilmayotganini bir necha marta ta’kidlagan Gollivud aktrisasi Kameron Diaz ketma-ket ikkita tadbirga barmog‘ida uzuk bilan tashrif buyurgan, deb xabar bermoqda “Segodnya”. Olmoslar bilan bezatilgan taqinchoqni unga mahbubi Benji Medden sovg‘a qilgan bo‘lib, ushbu uzuk shunchaki chiroyli bezak emas, balki unashtirish belgisi hamdir. Ularning munosabatlari iyun oyidayoq hammaga ma’lum bo‘lgan edi: 41 yoshli aktrisa va Good Charlotte guruhining 35 yoshli a’zosi butun yozni birgalikda, goh kechki Beverli-Xillzda aylanib, goh O‘rtayer dengizidagi yaxtasida dam olib o‘tkazgan. Diaz Benji Medden bilan uning akasi Joel Meddenga turmushga chiqqan dugonasi Nikol Richchi orqali tanishgan. Bungacha Kameronda qo‘shiqchi Jastin Timberleyk, beysbolchi Aleks Rodriges hamda 30 seconds to Mars guruhi solisti Jared Leto bilan jiddiy munosabatlar bo‘lgan.
64
890
Madaniyat
Keyt Uinslet “Avatar” filmining ikkinchi qismida ishtirok etadi
Britaniyalik aktrisa Keyt Uinslet “Avatar” filmining ikkinchi qismida rol ijro etadi. Bu haqda Variety jurnali ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Aktrisa uni “Titanik” filmi orqali mashhur qilgan Jeyms Kemeron bilan yana suratga olish maydonida uchrashadi. “Men va Keyt 20 yildan davomida, faoliyatimdagi eng yaxshi filmlardan biriga aylagan ‘Titanik’ tasvirga olindan beri yana birga ishlash imkoniyatini qidirib keldik. Uni Ronal rolida ko‘radigan paytni sabrsizlik bilan kutyapman”, — dedi Kemeron. Kartina premerasi 2020-yil 18-dekabrda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda birinchi filmda rollar ijro etgan Sem Uortington, Zoi Saldana va Sigurni Uiver ham ishtirok etadi. Jeyms Kemeron “Avatar”ni besh qismdan iborat kinosagaga aylantirish niyatida. Uning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishli ravishda 2021, 2024 va 2025-yillarda ekranga chiqadi.
63
867
Madaniyat
Rossiyaliklar bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan “Quyosh lazzati”ning O`zbekistondagi s`yomka jarayonlari tugadi
Kinematografiya agentligi hamda Rossiyaning “Sputnik Vostok prodakshn” kinokompaniyasi bilan birgalikda suratga olinayotgan “Solnse na vkus” (“Quyosh lazzati”) ko-produksiya filmi suratga olish ishlari nihoyasiga etdi.  Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi. Mazkur film fantaziya janrida bo`lib, qahramonlarning qiziqarli sarguzashtlaridan iborat. S`yomka Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida bo`lib o`tdi. Ijodiy jamoa filmning qolgan epizodlarini Moskvada tasvirga olishini, ma`lum qilgan.
112
525
Madaniyat
“Aqlvoy” telekanalida behayo kadrlar efirga uzatilgani sabab butun telekanal ijodkorlari tanbeh oldi
So`nggi kunlarda “Aqlvoy” telekanali orqali namoyish etilgan “Shaxrizoda. Aytilmagan hikoyalar” va “Art-Odissey” multseriallaridagi 2 ta lavha keng jamoatchilik orasida katta muhokamaga sabab bo`ldi. Ayni paytda telekanal rasmiy kanalida mazkur holat yuzasidan munosabat e`lon qilindi.  "Afsus bilan shuni tan olamizki, bolalarda yangilikka intilish, ularni jahon madaniy merosi bilan tanishtirish, atrof-muhitni o`rganishga qiziqish uyg`otishga qaratilgan kontent tanlanganiga qaramay, uning ichida kichik yoshdagi bolalar uchun noma`qul bo`lgan sahnalar inson omili sabab efirga uzatilgan. Shuni ma`lum qilamizki, “Aqlvoy” telekanali har jihatdan hali juda yosh  va joriy yilning 22 martidan boshlab test rejimida efirga uzatib borilmoqda. Tom ma`noda kanalimiz endi oyoqqa turmoqda. Yo`l qo`yilgan xatolar, albatta, kanalimizning kelgusida ehtiyotkorlikka amal qilishiga, uning yanada yaxshilanishi, qiziqarli va foydali bo`lishiga turtki bo`ladi. Ushbu yo`l qo`yilgan xato bo`yicha butun kanal ijdodkorlari kerakli tanbehni oldi. Ular yana bir bor O`zbekiston Respublikasining  “Bolalarni ularning sog`ligiga ziyon etkazuvchi axborotlardan himoya qilish” to`g`risidagi qonun talablari  bilan tanishtirib chiqildi va ushbu qonun buzilish holatlarida intizomiy jazo qo`llanilishi haqida ogohlantirildi. Shuningdek, kontent nazorati kuchaytirilishi uchun qo`shimcha xodim ishga olinadi. Kelajakda yuqoridagi kabi xatolarga yo`l qo`yilmaslik uchun dublyaj bilan shug`ullanayotgan kompaniyalar bilan qo`shimcha kelishuvlar amalga oshirildi. Endi ularga  ma`naviyatimizga zid bo`lgan lavhalar haqida ma`lumot berib turish majburiyati topshiriladi. Yana bir bor barcha teletomoshabinlarga yo`l qo`yilgan xatoga befarq bo`lmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Aynan siz tufayli kanalimiz o`sib, rivojlanib, yaxshilanib boradi. “Aqlvoy” telekanali yangi ilmiy-ommabop dasturlar va rang-barang kinomahsulotlar bilan bolalarni quvontirishda davom etadi", - deyilgan rasmiy munosabatda.
100
1,988
Madaniyat
O‘zbekistonlik musiqachilar Erondagi festivalda o‘z chiqishlari bilan qatnashdi
Yaqin kunlarda O‘zbekistonning “Sakil” musiqiy guruhi Eronda bo‘lib o‘tgan “Fajr” xalqaro musiqa festivalida o‘z chiqishlari bilan qatnashdi. Bu haqda “UzDaily” xabar berdi. Eron poytaxtidagi “Niavaran” madaniyat va san’at markazi konsert zalida o‘tkazilgan musiqa forumi doirasida “Sakil” o‘zbek musiqiy guruhining yakkaxon konserti bo‘lib o‘tgan. Eronning mashhur madaniyat va san’at xodimlari, shuningdek, Eronda yashovchi hamyurtlarimiz faxriy mehmonlar sifatida festivalda ishtirok etgan. “Sakil” guruhi tomonidan festivalda taqdim etilgan repertuar asosan an’anaviy va xalq musiqasidan iborat bo‘lgan. Umumiy hisobda musiqa ansambli 13 ta musiqa ijro etgan. O‘zbek san’atkorlarining ijrosi Eron jamoatchiligi tomonidan hayajon bilan qabul qilingan. Yakuniy “Ajam taronalari” maqom ijrosi, ayniqsa, olqishlar bilan kutib olingan.
79
835
Madaniyat
Sogdiana O‘zbekistondagi konserti uchun unga hech qanday tushuntirishsiz litsenziya berish rad etilgani haqida so‘zlab berdi (video)
Asli toshkentlik bo‘lgan, hozirda Rossiyada yashab, ijod qilayotgan xonanda Sogdiana Sputnik nashriga bergan intervyusida O‘zbekistonda konsert berishni orzu qilishi, biroq litsenziya berishni rad etishlaridan qo‘rqishi haqida so‘zlab berdi. Xonanda oxirgi marta 2006-yilda Toshkentda konsert bergan. U 2009 yoki 2010-yilda dugonasi Rayhonning konsertida u bilan duet kuylamoqchi bo‘lganida, unga litsenziya berishmagan. “Aniq eslay olmayapman, 2009 midi yoki 2010? Dugonam Rayhonning konsertida birga duet kuylashimiz kerak edi. Buning uchun ruxsat olish kerak edi. O‘zbekistonda konsertda chiqish qilish uchun litsenziya olish kerak. O‘shanda menga litsenziya berishmagan va bunga hech qanday tushuntirish ham berishmagan”, — deydi Sogdiana. “Men O‘zbekistonda konsert berishni juda ham kutyapman, meni juda ko‘p taklif qilishadi. Lekin men, yana bir bor rad qilishlaridan qo‘rqsam kerak”, — deydi so‘zlarini davom ettirib xonanda. Ma’lumot uchun, asli ismi Oksana Nechitaylo bo‘lgan xonanda Sogdiana 1984-yil 17-fevralda Toshkentda tug‘ilgan. Uning “Yurak mahzun”, “Netay”, “Meni esla” kabi qo‘shiqlari xit bo‘lgan. Xonanda “Xo‘ja Nasriddin: O‘yin boshlandi”, “So‘g‘diyona”, “Yangi yil parisi” kabi filmlarda rol ijro etgan.  Xonanda Sogdiana uchinchi marta ona bo‘ldi
132
1,272
Madaniyat
Deyzi Ridli 9-epizoddan so‘ng “Yulduzlar jangi”dan ketishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
“Yulduzlar jangi”da Rey rolini ijro etgan aktrisa Deyzi Ridli go‘yoki to‘qqizinchi epizoddan so‘ng trilogiyani tark etishi haqidagi matbuot xabarini rad etdi. Bu haqda AfishaDaily xabar bermoqda. Ridlining so‘zlariga qaraganda, Rolling Stone jurnali intervyudan so‘ng uning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilgan. Shundan so‘ng qolgan OAVlari ham uning ketishi haqidagi ma’lumotni tarqata boshlagan. “Jurnalist bilan trilogiya yana qancha davom etishi haqida gaplashgandik. Shunda men faqat uchta film — yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchiga yozilganligimni aytdim”, — deya aniqlik kiritadi aktrisa. Ridli, shuningdek, unga navbatdagi qismlarda suratga tushish taklif qilinsa, o‘z roliga qaytishdan xursand bo‘lishini qo‘shimcha qildi. Noyabr boshida Disney studiyasi “Yulduzlar jangi”ning to‘rtinchi trilogiyasini chiqarishini e’lon qilgan edi.
91
845
Madaniyat
O‘zbekistonda Respublika ko‘rik-festivalida g‘alaba qozongan yosh operachi 5 million so‘m bilan taqdirlanadi
2015-yil 11-14-may kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Yoshlik bahori” nomli yosh operachilar Respublika ochiq ko‘rik-festivali o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi rasmiy saytida xabar berildi. Ko‘rik-festivalning asosiy tashkilotchilari Madaniyat va sport ishlari vazirligi va "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hisoblanadi. Uning gala-konserti 2015-yil 15-may kuni bo‘lib o‘tadi. Ko‘rik-festivalda tanlovning ochilish kunida 18-32 yoshdagi opera ijrochilari ishtirok etishi mumkin. Bunda har bir ishtirokchi 11-may kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. 2015-yil 12-may kuni soat 9:00 dan 9:30 gacha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida ishtirokchilar uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rik-festival bir bosqichda o‘tkaziladi va ikki turdan iborat. Ishtirokchilarning barcha chiqishlari omma oldida o‘tkaziladi. Barcha asarlar original tilda va original tonallikda, yoddan ijro etiladi. Bir turda ijro etilgan asarlar ikkinchi turda ijro etilmaydi. Madaniyat va sport ishlari vazirligiga festivalni audio va videoga yozish va translyatsiya etish huquqi beriladi. Ko‘rik-festivalda g‘alaba qozongan kuchli uchlik quyidagi mukofot bilan taqdirlanadi: Davlat va jamoat tashkilotlari, ijodiy birlashmalar, firma va ommaviy axborot vositalari tashkilotchilar bilan kelishilgan holda o‘zining maxsus sovg‘alarini ta’sis etish huquqi beriladi. Hozirgi kunda ishtirokchilar soni 70 nafarga yetdi.
108
1,537
Madaniyat
Hindistonni hajv qilib, Bollivudga yo‘l izlayotgan ikki shvetsiyalik yigit Instagram yulduziga aylandi
Shvetsiyalik Yoxan Bartoli va Xampus Bergkvist Instagram’dagi sahifasida Hindistonni hajv qilib, ushbu mamlakat foydalanuvchilari orasida chinakam yulduzga aylandi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. 25 yoshli Bartoli va 26 yoshli Bergkvist universitetda do‘stlashgan edi. Ularni Bollivudga bo‘lgan umumiy muhabbat birlashtirgan edi. O‘qish tugagach, ular Mumbaiga o‘n oyga borib, Hindiston kino olamini zabt etishga qaror qildi. View this post on Instagram 2015-yil sentabrida ular “Bollivuddagi ikki chet ellik” nomli loyihani ishga tushirib, u orqali Hindistonda bir qadar shuhratga erishdi. Ularning Facebook’dagi sahifasi obunachilari soni 417 ming kishiga yetdi. View this post on Instagram Hajviy blog Hindistondagi hayotni kinoyali tasvirlaydigan qisqa sketchlardan iborat. Ushbu loyiha orqali bir qadar tanilib qolgan shvetsiyalik yigitlar mahalliy seriallar va reklama roliklarida qisqa rollarga taklif etila boshlandi. Yevropacha ko‘rinishlari tufayli ularga ruslarning, ispanlarning va britaniyaliklarning rollari berildi. View this post on Instagram Ayniqsa mahalliy motorikshalar fe’l-atvorini masxaralovchi qisqa rolik shvetsiyalik havaskorlarga chinakam shuhrat keltirdi. View this post on Instagram Ayrim roliklarda Bartoli va Bergkvist chet elliklar Hindistonda tushib qoladigan vaziyatlarni hajv ostiga oladi. Masalan, Mumbaida yo‘lni kesib o‘tish oson emas; yoki rikshalar shu qadar gapga ko‘nmaski, ularga go‘yo pul kerak emasdek. View this post on Instagram Komik sketchlarni suratga olishdan tashqari, shvetsiyalik yigitlar darhaqiqat ushbu mamlakatda o‘z o‘rnini topishga urinmoqda. Ular kastinglarga ko‘p vaqt sarflamoqda, hind tilini o‘rganmoqda, xullas, Bollivudda karyera qilishga chin yurakdan intilmoqda.
102
1,814
Madaniyat
Getsbi va “Uoll-stritlik bo‘ri”larning uyi sotuvga qo‘yildi
Long-Aylenddagi (Nyu-York) ikkita mulk bir vaqtning o‘zida yangi egasini izlamoqda. Ushbu mulklarning o‘zaro bog‘liqligi ular turli vaqtlarda Leonardo Di Kaprioga tegishli bo‘lgan. Aniqrog‘i u o‘ynagan filmlardagi qahramonlarga, deb xabar berdi Forbes Life. Laffey Real Estate agentligi 2013-yilda suratga olingan “Buyuk Getsbi” filmidagi koshonani sotuvga qo‘ydi. 1928-yilda qurilgan qasrning maydoni 1352 kvadrat metr bo‘lib, yangi xo‘jayiniga 85 million dollarga tushishi mumkin. Qal’a qo‘shimcha tarzda 2,8 gektar yerni hamda to‘qqizta avtomobilga mo‘ljallangan garajni ham o‘z ichiga oladi. Old Brukvillda joylashgan “Uoll-stritlik bo‘ri” filmidagi koshonani esa Douglas Elliman Real Estate agentligi 3,4 million dollarga sotish niyatida. Uy rostdan ham Di Kaprio filmda ijro etgan broker Jordan Belfortga tegishli. Biroq mulk 2001-yilda Belfort firibgarlik orqali jabrlangan shaxslari bilan hisob-kitob qilishi uchun davlat tomonidan tortib olinib, sotib yuborilgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
59
1,052
Madaniyat
Aktyor va rejissor Furqat Fayziyev 10 yildan buyon O‘zbekistonda yashamayotgani sababini ma’lum qildi (video)
Aktyor va rejissor Furqat Fayziyev 10 yildan buyon Qozog‘iston Respublikasida yashamoqda. Furqat Fayziyev “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida nima sababdan Qozog‘istonda yashayotgani haqida gapirib berdi. Oxirgi 10 yil ichida ko‘proq Qozog‘istonda yashayman. Mendan ko‘pchilik kinoni tashlab ketdingizmi, vatanni tashlab ketdingizmi, immigrant bo‘ldingizmi, deb so‘rashadi. Buning sababini hozir tushuntirmoqchiman. Do‘stlarim 2012-yilda meni Qozog‘istonga ishga taklif qilishdi. Ular qurolli kuchlar haqida 30 qismli serial boshlashayotgan ekan. Vaqtim bor edi. Bordim, gaplashdik, serialni suratga olishdan avval qurolli kuchlar uchun 6-7 rolik suratga oldik. O‘sha serialning rejissorligini qildim. U vaqtda turmush o‘rtog‘im bilan ajrashgandim. O‘sha serialni ishlayotganimizda eski tanishimni ko‘rib qoldim. Ko‘rishib, uchrashib, gaplashganimizdan so‘ng ota-onasidan ruxsat so‘rab, uning farzandlarining oldidan o‘tib, masjidga va ‘ZAGS’ga borib,  nikohdan o‘tib, Qozog‘istonda qolib ketdim. Shu sababdan ko‘proq vaqt Qozog‘istonda bo‘laman, kamroq vaqt Toshkentda bo‘laman. Chunki Qozog‘istonda umr yo‘ldoshim, hovli-joyimiz, ro‘zg‘orimiz, ishimiz bor. Ayolimning kasbi ham kinoga yaqin, ular ovoz rejissori bo‘lib, kino-bastakor bo‘lib ishlaydilar. Bundan tashqari, ayolim bilan ssenariy yozib, film suratga oldik. O‘zimizning do‘stlarimiz bilan yangi yilga to‘g‘ri keladigan, yengil kino komediya suratga oldik. Qozog‘istonda ham bekor o‘tirmayapmiz, u yerda ham o‘zimning sevimli kasbim bilan mashg‘ulman. Furqat Fayziyev, aktyor, rejissor Ma’lumot uchun, Furqat Fayziyev 1968-yil, 7-may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 109 filmda bosh va turli darajadagi rollarni ijro etgan.
109
1,706
Madaniyat
Ayshvariya Ray 46 yoshga to‘ldi. Sobiq “dunyo go‘zali” ishtirokidagi eng yaxshi 7 film
Bugun, 1-noyabr kuni taniqli Bollivud aktrisasi Ayshvariya Ray tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. U 46 yoshni qarshi oldi. Ayshvariya 1973-yilning 1-noyabr kuni Hindistonning Mangalor shahrida tug‘ilgan. U bolaligidan mehnatsevarligi va intiluvchanligi bilan ajralib turardi. U musiqa va raqs bilan shug‘ullanar, ta’limning barcha bosqichlari — maktab, kollej va universitetda a’lo baholarga o‘qigan. Instagram / @aishwaryaraibachchan_arb Ayshvariya universitetda arxitektura yo‘nalishida tahsil olgan, u noodatiy uylar hamda binolar loyihasini yaratishga qiziqardi. U 21 yoshida “Dunyo go‘zali” deya e’tirof etildi. Bu Ayshvariyaning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi. Ayshvariya modellik bilan shug‘ullana boshladi, keyinchalik uni kinolarga taklif etisha boshlashdi. Bugun Ayshvariya Ray turmush o‘rtog‘i Abhishek Bachchan bilan birgalikda qizlari Aradhyani voyaga yetkazmoqda. Quyida Ayshvariya Ray ishtirokidagi eng yaxshi filmlar haqida so‘z yuritamiz. Janri: Melodrama, myuzikl, drama Devdas badavlat yer egasining farzandi. U bolaligidan hech narsaga zoriqmay o‘sgan. Uning eng yaqin do‘sti Paro (Ayshvariya Ray) ismli qiz. Devdas ulg‘aygach, ota-onasi uni Londonga o‘qishga yuboradi. Yigit Londondan boshqacha dunyoqarash va mentalitet bilan qaytadi. Biroq u hali hamon Paroni yaxshi ko‘radi, uning qizga bo‘lgan munosabati sevgiga aylangan edi. Biroq Devdasning ota-onasi Paroni unga noloyiq deb hisoblaydi… Janri: Harbiy, melodrama, tarixiy, drama, jangari. Asrlar osha musulmonlar va hindular o‘rtasida murosasiz dushmanlik hukm surardi. Ikki tomonni murosaga keltirish mumkin bo‘lgan yagona inson Jaloliddin Muhammad Akbar edi. U murosasiz mojarolarga nuqta qo‘yish uchun Rajput malikasi Jodha bilan siyosiy nikoh tuzadi… Ayshavariya ushbu fildagi obrazi uchun ko‘zlari rangini o‘zgartiruvchi linza taqqan. Bu aktrisaning turmushga chiqqanidan keyin efirga uzatilgan ilk filmi. Titrda uning familiyasi Ray-Bachchan deb yozilgan. Janri: Fantastika, jangari Iste’dodli olim Vasi tashqi ko‘rinishi bilan unga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan robotni yaratadi. Robotning ismi Chitti, u juda ko‘p funksiyani bajarishi mumkin, biroq u odamlardan hissiz ekanligi bilan ajralib turadi. Uni mukammallashtirish uchun Vasi robotga his-tuyg‘ular bag‘ishlovchi chip o‘rnatadi. Chitti his etgan birinchi tuyg‘u sevgi bo‘ladi. U olimning sevgilisi Sanuni (Ayshvariya Ray) sevib qoladi. Sevgi robotni o‘zgartirib yuboradi… Janri: detektiv, oilaviy, kriminal, komediya, sarguzasht, jangari. Inspektor Jak Kluzoning hech omadi yurishmaydi, biroq kunlardan bir kun u “pushti pantera” nomli pushti brilliant yo‘qolishi bilan bog‘liq jinoyatni fosh qiladi. “Pushti pantera” o‘g‘risi qator kitoblar muallifi Soniya (Ayshvariya Ray) bo‘lib chiqadi. Janri: harbiy, sarguzasht, jangari Eramizdan avvalgi 476-yilda Rim imperiyasi tugatildi. Yosh imperator Romul Avgust va uning ustozi Amvrosiyni Kapri orolidagi zindonga tashlashadi. Sezar avlodidan bo‘lgan yosh imperator taslim bo‘lmaydi. Unga ofitser Avreliy hamda vizantiyalik Mira boshchiligidagi legionerlar otryadi yordamga keladi. Romul zindondan qochishga muvaffaq bo‘ladi… Janri: Triller, kriminal, jangari Jasur politsiyasi Jay Diksit jinoyatlarni fosh etishga kirishadi. Bunda unga yaqin do‘sti Ali yordam beradi. Endilikda ikki politsiyachining oldida o‘ta qimmat buyumlarni o‘g‘irlash bilan tanilgan Janob A ning kimlgini fosh qilish vazifasi turibdi. O‘g‘ri va uning sherigi har doim politsiyani dog‘da qoldiradi, tutqich bermaydi… Janri: Melodrama, drama, myuzikl. Uch yosh yigit qahri qattiq rektor Narayan Shankar rahbarligidagi nufuzli univeristetda tahsil oladi. Bu universitetga o‘qishga kirish juda qiyin, haydalish esa juda oson, buning uchun birgina qoidani buzish kifoya. Eng yomon qoidabuzarliklardan biri esa universitet tashqarisiga chiqish hamda qizlar bilan uchrashishga urinish hisoblanadi. Biroq uch yosh yigit muhabbat oldida ojiz qoladi, ular ayollar maktabida tahsil oluvchi qizlarga ko‘ngil qo‘yadi. Shunda muhabbati armon bo‘lgan musiqa o‘qituvchisi Raj Aryan yigitlarga yordam berishga qaror qiladi…
86
4,085
Madaniyat
Tashqi ko‘rinishiga vaqt ham o‘z hukmini o‘tkaza olmagan Gollivud yulduzlari (foto)
Sevimli aktyorlarimiz ishtirokidagi filmlarni ko‘rib, ular nima uchun qarimasligi haqida o‘ylab qolamiz. Albatta, ba’zilarining yuziga ajinlar tushgan, boshqalarida esa oq sochlar paydo bo‘lgan, lekin bularning barchasi ularning yoshiga yosh qo‘shmaydi, balki yanada jozibali ko‘rsatadi. Enn Xeteuey Aftidan, Enn Xeteuey 2008-yilda “Yo‘lovchilar” filmi ekranga chiqqanidan beri umuman qarimagan. Buni aktrisa ishtirokidagi oxirgi filmlardan biri “Lokdaun”ni tomosha qilish orqali ko‘rish mumkin. Mishel Rodriges Mishel Rodriges 31 yoshida “Forsaj” filmining to‘rtinchi qismida o‘ynagan. 12 yildan so‘ng, ya’ni franshizaning oxirgi — to‘qqizinchi qismida uning tashqi ko‘rinishida hech qanday jiddiy o‘zgarishlarni payqamaysiz. Faqat sochlari uzaygan, xolos. Vin Dizel “Forsaj” filmida Dominika Toretto nomi bilan mashhur bo‘lgan kelishgan Vin Dizel ham qarilik nimaligini unutgan. Garchi “Forsaj”ning oxirgi qismida yuzidagi ajinlar ko‘paygan bo‘lsa-da, lekin bu ham unga yarashib turibdi. Anjelina Joli Vaqt ham Anjelina Joliga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmagan. 2008-yilda tomoshabinlar uni “O‘zgartirish” filmidagi ijrosidan qoyil qolgandi, o‘shanda aktrisa 33 yoshda edi. 2020-yilda u “Piter Pen va Alisa mo‘jizalar mamlakatida” fantaziyasida rol ijro etdi. Martin Friman Martin Friman ham qarishni xayoliga keltirmaydi, faqat uning oq sochlarigina yoshini fosh qilib qo‘yishi mumkin. Aktyor ijrosidagi 38 yoshida o‘ynagan “Eng yaxshi Rojdestvo” filmini va 49 yoshida ijro etgan “Yil ota-onasi” serialini tomosha qilib, bunga amin bo‘lish mumkin. Jennifer Eniston Jennifer Eniston 36 yoshida o‘ynagan “Mish-mishlar” filmidan beri o‘zgarmagan. 2021-yilda “Tonggi shou”ning ikkinchi mavsumining treyleri chiqdi, unda 52 yoshli Jennifer hali ham yosh va chiroyli ekanligini ko‘rish mumkin. Riz Uizerspun 31 yoshida Riz Uizerspun “Versiya” filmidagi dramatik roli orqali tanildi. 2020-yilda 44 yoshga to‘lganida, u “Hamma yerda yong‘in” teleserialida rol o‘ynadi. Tashqi jihatdan unchalik o‘zgarmagan aktrisaning faqatgina chyolkasidan voz kechganini ko‘rish mumkin. Gvinet Peltrou Ko‘rinib turibdiki, yillar Gvinet Peltrouning go‘zalligiga ajinlar emas, faqatgina joziba va nazokat qo‘shgan. Buning uchun 2008-yilda suratga olingan “Oshiqlar” filmidagi va “Siyosatchi” serialining ikkinchi mavsumidagi rolini tomosha qilish kifoya. Uma Turman Vaqt Uma Turman ustidan ham o‘z hukmini o‘tkaza olmagan. 38 yoshida u rol o‘ynagan “Tasodifiy nikoh” filmi va 50 yoshda o‘ynagan “Qaysar bobo” filmini ko‘ribgina bunga ishonish mumkin. Sharliz Teron 2008-yilda Sharliz Teron “Yonayotgan tekislik” dramasida murakkab rolni o‘ynadi. 2021-yilda “Forsaj-9” filmida hali ham jozibali aktrisa millionlab muxlislarini quvontirgan yangi obrazda paydo bo‘ldi. Monika Belluchchi Aftidan, Monika Belluchchi organizmida qandaydir maxsus dastur bo‘lib, u qarishga imkon bermaydi. Bunday deyish uchun u 43 yoshida ijro etgan “Ikkinchi nafas” va 12 yildan so‘ng “Erkak va ayol: eng yaxshi yillar” filmlarini tomosha qilish kifoya. Uill Smit Kelishgan yigit Uill Smit yillar o‘tgani sayin yanada yasharmoqda. Bunga amin bo‘lish uchun 13 yil oldingi “Yetti hayot” va 2020-yilda suratga olingan “Yomon yigitlar” filmlarini ko‘ring.
83
3,214
Madaniyat
Alisha Chinay va Furqat A’zamov: Hindistonlik xonanda hamda uning O‘rta osiyolik muxlisining sevgi hikoyasi (foto)
Bundan roppa-rosa ikki yil oldin karantin davrida ikki mamlakat o‘rtasida aqlbovar qilmaydigan musiqiy sevgi hikoyasi tug‘ildi. Bir tomonda Bollivud yulduzi Alisha Chinay Alibagdagi uyida bo‘lsa, yana biri Tojikistonning Dushanbe shahrida uning muxlisi va musiqa prodyuseri Furqat A’zamov yashar edi, deb yozadi Bollywoodtime. Furqat Alishani qariyb 30 yil avval Dushanbe bozorlaridan birida, kassetada uning yoqimli ovozini eshitib sevib qolgan. U ko‘p yillar davomida xonandani topishga harakat qildi, lekin bu oson kechmadi. “Hindiston musiqa sanoati vakillaridan qancha so‘ramayin, ular boshqa qo‘shiqchilarni taklif qilishdi,— deydi A’zamov. — Lekin men faqat Alishani izlardim”. Nihoyat Furqat xonandani 2020-yilda Facebook orqali topdi. Alisha kamdan kam hollarda jonli intervyu berardi. Furqat bu uning uchun ajoyib imkoniyat ekanini angladi. So‘ngra Alishaga xabar yubordi va ular har kuni onlayn tarzda suhbatlashib, musiqa ustida ishlashni boshladi. Furqat o‘zining yoqtirgan ayolini topganidan xursand, uning uchun hammasiga tayyor edi. U karantin paytida charter reys bilan Mumbayga uchishga muvaffaq bo‘ldi. U yerda Alisha bilan uchrashdi. Shundan so‘ng bastakor Alisha bilan hamkorlikda bir nechta taronalar yozdi. Yaqinda ularning “Chamkegaa India” qo‘shma kompozitsiyasi taqdim etildi — bu uning “Made in India” nomli mashhur taronasiga asoslangan. Klip Samarqand va Buxoroning tarixiy joylarida suratga olingan. “Markaziy Osiyodagi odamlar Hindiston va hind musiqasi berilib tinglaydi, — deydi Alisha. – Haqiqatan ham Samarqandga qo‘nganimda immigratsiya xizmati xodimi meni darrov tanidi va qo‘shiqlarimdan birini xirgoyi qila boshladi”. Hatto o‘ttiz yil o‘tsa ham “Chamkegaa India” klipi uning 1995-yilgi taronasini eslatadi. “Bu ajoyib qo‘shiqning davomi”, — deydi Alisha. Kunduzi moliyaviy maslahatchi bo‘lib ishlayotgan, kechasi esa studiyada vaqt o‘tkazadigan Furqat A’zamovning aytishicha, u ko‘p yillardan buyon erta tongda go‘zal tog‘li Nurak suv omboriga sayohat qilib, Alishaning musiqasini chalib yurgan. “Bu mening eng katta orzum edi... va qachondir u bilan uchrashib, taqdim etish uchun musiqa yaratishda davom etdim. Bu u bilan uchrashishning yagona yo‘li ekanligini bilardim”, — deydi bastakor. “Va shunday bo‘ldi. Bu qo‘shiq haqiqiy muhabbat mavjud va chegara bilmasligi haqida, — deydi Alisha. — Ayniqsa, dunyoda juda ko‘p yomonlik va nafrat ortib borayotganida”. Hozirda Alisha va Furqat birgalikda istiqomat qiladi, tez-tez dunyo bo‘ylab sayohatga chiqadi va ikkisi ham baxtli hayot kechirmoqda.  “Made in India” xiti ijrochisi Alisha Chinay: Hindistonning pop malikasi bugun nimalar bilan band? (video)
114
2,648
Madaniyat
Nursulton Nazarboyevning kitobi o‘zbеk tiliga tarjima qilindi
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga uning “XXI asr bo‘sag‘asida” nomli kitobining o‘zbek tilida chop etilgan nusxasini sovg‘a qildi. Bu haqda “Kazinform”ga tayanib, “O‘zbekiston 24” xabar berdi. “Kazinform”ning yozishicha, Shavkat Mirziyoyev mazkur kitob unda katta taassurot qoldirganini ta’kidlab o‘tgan. O‘zbekiston Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ushbu kitob tarjimasi kecha yakuniga yetkazilgan. “XXI asr bo‘sag‘asida” kitobining o‘zbek tilidagi nusxasi Shavkat Mirziyoyevning so‘zboshisi bilan boshlangan.  Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni “El-yurt hurmati” ordеni bilan taqdirladi (foto)
61
688
Madaniyat
Yodgor Sa’diyev “Shaytanat”ning 20 yil davomida televideniyeda nima uchun namoyish etilmaganini ma’lum qildi
O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev nima sababdan “Shaytanat” serialini televideniyeda namoyish etish  taqiqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u jurnalist Feruz Muhammad bilan bo‘lib o‘tgan intervyuda gapirdi. Qayerdadir, kim tomonidandir va nima uchundir serial namoyish etilmasligi haqida og‘zaki ko‘rsatma berilgan. Qayerdadir gapirilgani, u yoki bu sababdan namoyish taqiqlanayotgani haqida hech qanday yozma tushuntirish bo‘lmagan. Men buning barchasiga sabr qildim. Agar menga “Mana bu aniq sabab bo‘yicha serialni yopayapmiz”, deb aytishganida, men o‘shanda nimadir qilgan bo‘lar edim. Men sabr qildim va 20 yil kutdim. Bilasizmi, ularning o‘zi ham aniq sababni bilmaydi. Biroq, ko‘rib turganimizdek, zamon o‘zgarmoqda. Yodgor Sa’diyev, O‘zbekiston xalq artisti Aktyorning fikricha, film mafiyaning va jinoyat olamining romantik obrazi yaratilgani sababli yoqmagan bo‘lishi mumkin. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, filmda aks etgan ba’zi voqealar o‘sha yillarning realligi bo‘lgan. Serialning nima uchun televideniyeda namoyish etilishi cho‘zilayotganiga javoban aktyor bunga texnik sabablarni ko‘rsatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida “O‘zbekiston” telekanalida serialga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etiladi. Bu ko‘rsatuv “Shaytanat”ning televideniyeda namoyish etilishidan oldin efirga uzatiladi. Yodgor Sa’diyevning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda serialni zamonaviy qurilmalarga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Ikkita qism bo‘yicha ish qolgan. Aktyorning aytishicha, filmni yaratishda o‘sha vaqtdagi O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Zokir Almatov katta yordam bergan.
108
1,600
Madaniyat
Farzandsiz Xurshid, Baxtiyorga turmushga chiqqan Lola va uch egizagi chempion bo‘lgan Javohir. “Osmondagi bolalar-3” filmining suratga olish jarayonidan reportaj (video)
Rejissor Zulfiqor Musoqov ilk film namoyishidan 20 yil o‘tgach, “Osmondagi bolalar-3” filmini suratga olishga qaror qildi. O‘smirlar hayotiga bag‘ishlangan film o‘z davrida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan va to‘qqiz oy mobaynida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyning barcha zallarini band etgan. Xo‘sh, filmning yangi qismida qadrdon chehralardan kimlarni uchratamiz va yangi kiritilgan personajlar qanday rollarni ijro etmoqda? Muxlislarni qiziqtirgan shu kabi savollarga javob olish maqsadida “Daryo” muxbirlari suratga olish maydonchasidan reportaj tayyorladi. Zulfiqor Musoqov — film rejissori: — 20 yildan buyon “Filmning davomini qachon suratga olasiz, degan savolni ko‘p berishadi. Oxirgi ikki yilda bu boradagi talablar yanada ko‘p o‘ldi. Shu bois bir yil avval film ssenariysini yozib, Badiiy kengashga taqdim etdim. Afsuski, uning tasdiqlanishi ba’zi sabablarga ko‘ra biroz ortga surildi. Albatta, avvalgi qahramonlarning bari yangi filmda suratga tushadi. Faqat ular ancha ulg‘aygan. Ularni 20 yosh qilib ko‘rsatish imkonsiz. Ularning o‘z hayoti va muammolari bor. Film qachon premyera bo‘lishini oldindan aytolmayman, suratga olish ishlarini endi boshladik. Hali qiladigan ishlarimiz juda ko‘p, — deydi rejissor Zulfiqor Musoqov. Dilnoza Kubayeva — aktrisa: — Shu kungacha biror marta Zulfiqor Musoqov bilan ishlamaganman. “Osmondagi bolalar” filmiga taklif etishganida juda xursand bo‘ldim. Chunki bu filmni maza qilib tomosha qilganman va uning har bir sahnasi yod bo‘lib ketgan. Filmda Xurshidning hamkasbi va turmush o‘rtog‘i rolini ijro etyapman. Qahramonim Oypopuk baxtli ayol bo‘lsa-da, unga ona bo‘lish nasib etmagan. Xullas kulgisi ortida dard va baxti ortida armoni bor ayol rolini ijro etyapman, — deydi aktrisa Dilnoza Kubayeva. Davron G‘ulomov — Xurshid roli ijrochisi: — “Osmondagi bolalar-3” filmi suratga olinishi haqidagi xabarni eshitganimda negadir xayolimga Dilnoza Kubayeva bilan partnyor bo‘lsam, degan fikr kelgandi. Qarangki, bu aktrisa bilan birgalikda suratga tushish nasib etdi. Aktyorlikka qiziqishim bo‘lmagan. “Osmondagi bolalar” filmida suratga tushishim esa menga berilgan tuhfa bo‘lgan. Chunki hayotimda film bilan bog‘liq qiziqarli voqealar juda ko‘p. U orqali ko‘plab insonlar bilan tanishdim, “Osmondagi bolalar” filmining nomini sotib, ko‘p ishimni bitirdim. Quvonarlisi, birorta insondan film haqida yomon gap eshitganim yo‘q. Xurshid roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Davron G‘ulomov bugungi kundagi faoliyati va shaxsiy hayoti haqida ham to‘xtalib o‘tdi. — Bir necha yildan buyon metall biznesi bilan shug‘ullanaman. Ikki nafar shirin qizcham bor. Zulfiqor Musoqovdan boshqa rejissorlardan ham takliflar bo‘lgan, ammo suratga tushishni istamadim. Chunki asosiy qiziqishim kino emas, — deydi Davron G‘ulomov. Filmda Lola rolini ijro etgan Kristina Toirova bir necha yildan buyon oilasi bilan Qozog‘istonning Olmaota shahrida istiqomat qiladi. U bor e’tiborini karyerasiga emas, oilasiga qaratgan. Uning Yasmina, Taxmina va Elif ismli qizlari bor. Film ijodkorlari premyeradan avval ko‘p ma’lumotlarni oshkor etishni istashmadi. Ammo shunisi ma’lumki, Hamdam, Javohir, Xurshid, Baxtiyor, Nargiza va Lola kabi qadrdon personajlar “Osmondagi bolalar-3” kartinasida ham ishtirok etishadi. Javohir sinfdoshi Nargizaga, Baxtiyor esa Lolaga uylanadi. Javohir malakali sport ustasi bo‘lib, uning egizak farzandlari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ladi. Rejissorning ma’lum qilishicha, yangi film nafaqat yoshlarbop, balki katta yoshdagi insonlar ham tomosha qilishi uchun mo‘ljallanmoqda. Agar filmning kadrorti voqealariga qiziqsangiz, quyidagi ssilka orqali videoni tomosha qilishingiz mumkin.
169
3,663
Madaniyat
“Elparvar” filmi uchun Xivada katta qishloq quriladi
“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Abduvohid G‘aniyev tomonidan suratga olinayotgan “Elparvar” filmining suratga olish ishlari boshlandi. Film ikkinchi rejissori Dilbar Yusupova film haqida jurnalist Feruz Muhammadga quyidagi ma’lumotlarni taqdim qildi. “Elparvar” filmidan foto lavha. “Elparvar” filmining suratga olish ishlari 1-maydan boshlandi. Bosh rollarni yosh aktyor Abdug‘ofur Isaxanov, hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etishmoqda. Bundan tashqari Fotih Jalolov, Alisher Uzoqov, Muhammad Rafikov, Shafoat Rahmatullayeva, Tohir Saidov singari professional aktyor-aktrisalar ham bosh rollarni ijro etishadi. Suratga olish ishlari Buxoro va Xiva shaharlari hamda Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Film uchun juda ham katta dekoratsiya, ya’ni Xiva shahrida katta qishloq qurilmoqda. Suratga olish ishlari 2018-yilning iyul oyiga qadar davom etadi. Film operator Rustam Murodov tomonidan suratga olinmoqda. Dilbar Yusupova, “Elparvar” filmining ikkinchi rejissori “Elparvar” filmidan foto lavha.
52
1,034
Madaniyat
14—19-noyabr kunlari Toshkentda moda haftaligi bo‘lib o‘tadi (foto)
14-noyabr kuni Toshkentda olti kunlik moda haftaligiga start beriladi. Bu haqda haftalik tashkilotchilari xabar bermoqda. Haftalik doirasida o‘zbekistonlik va xorijlik dizaynerlar uchun “Milliy liboslar”, Tashkent Fashion Performance festivallari, yosh dizaynerlar uchun Be young ko‘rik tanlovi va yangi to‘plamlar namoyishlari tashkil etiladi. Shuningdek, haftalikda o‘zbek matolari va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi. Toshkent moda haftaligining asosiy tashkilotchisi “Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlari assotsiatsiyasi hisoblanadi. Tadbirlar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekipaksanoat” assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda. Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda ilk marta “Italiya modasi 60 yoshda” ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Unda Roberta di Camerino, Galitzine, Prada, Giorgio Armani, Brioni va Versace kabi jahonga mashhur brendlar to‘plamlari namoyish etiladi.
67
953
Madaniyat
“Istiqlol” san’at saroyi direktori: Ba’zilarga “otib tashlayman” desangiz ham chiptani ko‘chadan sotib oladi
“Istiqlol” san’at saroyining direktori Isroil G‘ulomov jurnalist Feruz Muhammadga intervyu berdi. Isroil G‘ulomov suhbat davomida ko‘chadagi noqonuniy bilet sotishlar haqidagi savollarga ochiq-oydin javob berdi. —Balki bu sizning vakolatingizga kirar, balki kirmas, ammo o‘zini sahnada yoki sahna ortida madaniyatli tutmagan xonandaga dakki bergan holatlaringiz bo‘lganmi? —Bo‘lgan albatta, misol uchun Jasur Umirov so‘nggi konsert dasturida, sahnada sal noto‘g‘riroq harakat qilganida unga aybini aytib, to‘g‘irlashi kerakligini bildirganman. Shundan keyin, Jasur konsertining boshqa kunlarida o‘sha odatini takrorlamadi. Botir Qodirovda ham shunga o‘xshagan voqea bo‘ldi, u bilan fikrlashganimdan keyin hammasi joyiga tushdi. Sahnada xohlagan erkalikni qilish kerakmasda. —Ayol xonandalarda ham shu kabi holatlar bo‘lganmi? —Yo‘q, ayol xonandalar o‘ta tartibli. —Uzoq yillardan buyon yechimini topmagan va hech kim uning borligini inkor etmaydigan muammo bor. “Ochiq osmon ostidagi chiptaxona”da chiptalar istalgan narxda sotiladi. Ammo ularga qarshi hech kim amaliy chora ko‘rmaydi, nega? —Bu narsaga biz javob bermaymiz. Men o‘z hududimda bo‘ladigan voqealarga mas’ulman. Zinadan tushdingizmi siz menga qarashli hududdan chiqqan hisoblanasiz, zinadan bitta ko‘tarildingizmi aynan o‘sha joydan mening vakolatim doirasidagi hudud boshlanadi. Ularga qarshi ichki ishlar, department, soliq xodimlari, uchaska nozirlari kurashishi kerak. —Ular bilan hech kim kurashmayaptiku, ko‘chada bo‘layotgan savdo-sotiq qaytanga siz uchun zarar olib kelmaydimi ? —O‘sha qo‘lda chipta sotib yurganlar chiptaxonada chipta qolmagan taqdirdagina sotishadi, ular ham chiptani saroy chiptaxonasidan oladi baribir. —Ammo shu ishni kasb qilib olganlar ham borku, har doim konsertga kelganimizda xuddi o‘sha odamlar savdo qilib yurgan, bizning yonimizga kelib “bilet olasizmi” deya so‘roqlayotgan bo‘ladi? —Shunday tomoshabinlar borki, ularni “otib tashlayman”, desangiz ham o‘sha ko‘chadagi chayqovchidan chipta olsa oladiki, chiptaxonadan olmaydi. Shu kabi insonlar “ko‘cha kassirlari”ning doimiy xaridori bo‘lib qolgan. Buning ustiga ko‘p tomoshabinlar o‘sha ko‘chada savdo qilayotganlar bilan oldindan telefonda gaplashib, chipta buyurtma qilib qo‘yadigan holatlar ham uchraydi. Ular bilan qanday kurashib bo‘ladi?! Buning yana bir uchi konsert tashkilotchisiga borib taqaladi, agar ular o‘sha chiptalarni tartib bilan sotishsa, bunday holatlar yuzaga kelmagan bo‘lardi. Bir xil tashkilotchilar yaxshi joylarni keyinroq, oxirida sotaman deb yashirib turishadi, bunday bo‘lganidan so‘ng tomoshabin o‘z-o‘zidan yo‘qolib qoladi va ko‘chaga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. —Har bir tomoshabin xohlagan miqdorda, istganicha chipta sotib olishi mumkinmi? —Mumkin —100 ta yoki 1000 ta ham olishi mumkinmi? —Albatta mumkin. —Qaysidir konsert dasturlarining chiptalari “har bitta tomoshabinga bittadan, shaxsni tasdiqlaydigan hujjatni ko‘rsatganidan so‘ng sotilgan” degan gaplarni ham eshitganmiz? —Bu bo‘lmagan, uydirma  gaplar. —Ozodbek Nazarbekovning hamda Yulduz Usmonovaning konsert chiptalariga talab ko‘p bo‘lgani uchun xuddi shunday usul qo‘llanilgani haqida gaplar tarqalgandi? —Mabodo chipta sotadigan konsert tashkilotchisining oldiga bitta odam uch va undan ortiq marotaba kelib, chipta olib ketgan bo‘lishi va uni tashkilotchi tanib qolib, shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan keling degan bo‘lishi mumkin. —Cheklanmagan miqdorda chipta olishi mumkin deyapsiz-ku, bunday qilishga tashkilotchining haqqi bormi? —Bor, chunki chiptani barcha tomoshabinlarga yetkazish kerak, axir. Unda ham har bitta tomoshabinga emas, o‘sha o‘ziga shubhali ko‘ringan yoki olibsotarlik bilan shug‘ullanayotganini bilgan ayrim insonlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat so‘rashi mumkin. Barcha tomoshabinlarga bunday talab qo‘yishga albatta ularning haqqi yo‘q.
108
3,826
Madaniyat
Xonanda Lola: Yopiq libos kiyib ham, noto‘g‘ri ishlar qilish mumkin
Lola Yo‘ldosheva xonanda Rayhonning konsertida kiyib chiqqan qizil libosi bu qadar katta shov-shuvlarga sabab bo‘lishini kutmaganini tan oldi. Bu haqda u RedPen nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. “To‘g‘risi, kutmagandim. Omma ikki lagerga bo‘linib qoldi. Hozir meni litsenziyadan mahrum qilgan tuzilmani faol qo‘llab-quvvatlayotganlar bor. Kimlarningdir yashashiga xalal berayotganimni tasavvur ham qilmagandim. Lekin meni qo‘llab-quvvatlayotganlar ham bor”, — dedi xonanda. Lola bunday libosni sahnaga kiyib chiqish ma’lum darajada jasorat ekanligini bilgan, lekin keyingi voqealarning barchasi unga juda g‘alati ko‘rinayotganini qayd etib o‘tdi. “Yopiq libos kiyib ham, qandaydir noto‘g‘ri ishlar qilish mumkin. Belni ochiq qoldirib ham vijdonli va pokiza inson bo‘lib qolish mumkin. Oshirib yuborgandirman? Balki, lekin bu sahna ko‘rinishimning bir qismi, xolos. Oxir-oqibat, men rasmiy uchrashuvlarga, bolalar tadbirlariga bunday libosda bormayman”, — dedi Lola. Ma’lumot uchun, xonanda Rayhonning 2015-yil fevralida bo‘lib o‘tgan konsertida xonanda Lola tomonidan kiyib chiqilgan libos shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Mart oyida Lola Yo‘ldosheva “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga “milliy mentalitetga zid” liboslarni boshqa kiymaslikka va’da bergani ma’lum bo‘ldi. Iyul oyida “O‘zbeknavo” xonandaning litsenziyasini tugatganini e’lon qildi va izoh berdi.
67
1,369
Madaniyat
Lola va Nilufar Usmonova uzun sochlari bilan xayrlashdi (foto)
Bahorning ilk kunlarida ba’zi san’atkorlar o‘z imidjini o‘zgartirishga qaror qildi. Chunonchi, xonandalar Lola Yo‘ldosheva va Nilufar Usmonova uzun kokillarini kalta soch turmagiga o‘zgartirdi. Lola 9-mart kuni o‘z Instagram’iga yangicha ko‘rinishda tushgan suratini joyladi. “Uzoq o‘ylab o‘tirmadim”, — deya sochini qaysi sartarosh kesganini ham ilova qildi. Nilufar Usmonova esa 6-mart kuni joylagan suratida yangi soch turmagini “premyera” qildi.
62
451
Madaniyat
“O‘rgimchak odam”, “Olouddinning sehrli chirog‘i” va boshqa mashhur filmlardagi voqealarning siz xayolingizga keltirmagan jihatlari (foto)
Ba’zida tomoshabinlar sevimli filmlaridagi voqealarga shunchalik qiziqib ketadilarki, ular ssenariy mualliflari kabi keyingi sujet voqealarini o‘ylab topish yoki qahramonlarning xatti-harakatlari sabablari haqida taxmin qilishni boshlaydilar. O‘rgimchak odam va Qora beva o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lishi mumkin O‘rgimchak odam Qora beva bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sinchiklab o‘rganilgan va Piter Parkerni chaqib, super kuch bilan mukofotlagan hasharot sifatida ular soxta qora beva deb nomlangan jonivorni tanlashdi. Bu mualliflarning fikrimi yoki tasodifmi, Parker va Natasha Romanoff o‘rtasida bog‘liqlik bor yoki yo‘qligini faqat taxmin qilish mumkin. Biroq qizig‘i shundaki, qora beva komikslarning birida o‘rgimchak odam kostyumini eslatuvchi to‘rli bilaguzukdan foydalangan. Loki aslida — Piter Pen Muxlislardan biri yashil rangga bo‘lgan muhabbat va shov-shuvga sabab bo‘lish istagi kabi aniq o‘xshashliklardan tashqari, bu ikki qahramon o‘rtasida bir nechta umumiylik borligini payqadi. “Loki” serialida Lokining boshqa bir qancha “versiyalari” mavjud, masalan, prezident Loki (kapitan Hukka o‘xshash) va hatto alligator Loki (“Piter Pen”dagi Tik-Tak) ham. Fil sug‘urta sotib olmagani uchun ham vaqt oralig‘ida qolib ketadi Tomoshabinlardan biri “Sug‘ur kuni” filmi qahramoni faqatgina o‘z hayoti haqida o‘ylash va boshqalarga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqish uchun cheksiz halqaga tushib qolmagani haqida qiziq bir nazariyani o‘ylab topdi. Barchasiga Fil sug‘urta sotib olishdan bosh tortgan sug‘urtachi Ned aybdor. Fil uni birinchi marta ko‘chada uchratganida Nedning xunuk iljayishi bekorga emas. Fil nihoyat sug‘urtalovchining xizmatlaridan foydalanishga qaror qilgan kuni vaqt oralig‘i uziladi. “Olouddin”ning butun sujeti birinchi istakning amalga oshishi atrofida aylanadi Olouddin va jin o‘rtasidagi birinchi uchrashuvni eslang. Jin amalga oshira olmaydigan atigi 3 ta istak bor va ulardan biri ayniqsa Olouddinni xafa qiladi: sevib qolishga majburlay olmaslik. Shunda Olouddin agar u shahzoda bo‘lsa, Jasmin unga e’tibor berishini va shundan keyingina uni o‘ziga qarata olishga qaror qiladi. Zakovatli Olouddin jinni avray oldimi? Axir Olouddin shahzoda aylanishni emas, shahzoda bo‘lishni xohlardi. Uning istagi ma’lum bir yo‘lni bosib o‘tish, malikaga uylanish va shahzoda bo‘lish edi. Yana bir versiya ham bor: Olouddin shunchaki istagini aytgan, lekin so‘zlarga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lgan Jin uni haqiqiy shahzodaga aylantirish uchun ulkan reja ishlab chiqadi — sevgi uchun kurash, sulton va Jasminni qutqarish. Aslida birinchi istakning amalga oshishi Olouddin Jasminga uylangandagina tugaydi. Villi Vonka o‘z o‘rniga o‘rinbosar emas, balki hamkorlar qidiradi Oltin chiptalarni topgan barcha bolalar qaysidir jihatdan yaxshi va Vonkaga kerakli ham edi. Verukaning otasi yong‘oq zavodiga ega. Mayk mukammal kompyuter mutaxassisi va u teleport loyihasida yordam bera olardi. Saqich chaynash rekordchisi Violetta “3 taomli kechki ovqat” deb nomlangan yangi saqichni ishlab chiqishda maslahatchi bo‘lardi. Avgustning otasi qassob bo‘lgan, bu Villi biznesni shirinliklardan tashqari boshqa mahsulotlarga ham kengaytirish haqida o‘ylagan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ya’ni barcha bolalar oltin chiptalarni tasodifan topmagan. Biroq Vonkaga tasodifan kelgan va aslida unga hech narsa taklif qila olmaydigan Charli munosib bo‘lib chiqadi. Buni zavodga kelgan butun guruhdan faqat Charli va uning bobosi qolgani ma’lum bo‘lganda Villining g‘azablanishidan ham sezish mumkin. Tay Lung Ajdar nomasini olishi mumkin edi, ammo yakuniy topshiriqni bajara olmaydi Dastlab “Kung-fu panda” multfilmining yovuz qahramoni Tay Lung nomani olishga loyiq edi. Ammo oxirgi sinov uni nomadan mahrum qiladi. Ajdaho jangchisiga loyiq bo‘lgan to‘g‘ri reaksiya — ustozining qarorini so‘zsiz qabul qilishdir. Ammo Tay Lung g‘azabini va yuragidagi ruhiy muvozanatni saqlay olmasligini ko‘rsatib qo‘yadi, shuning uchun u asosiy sinovdan o‘ta olmaydi. Pandora o‘rmonining go‘zalligi xiyonatga olib kelishi mumkin edi “Avatar” filmida Pandoraga uchib kelganlarga tunda sayohat qilish taqiqlangan. Rasmiy versiyaga ko‘ra, bu joy xavfli bo‘lishi mumkin. Ammo tomoshabinlar aslida Pandoraning tungi o‘rmoni shunchalik go‘zal ediki, bu odamlarning uni yo‘q qilish haqidagi fikrlarini o‘zgartira olardi degan fikrda. Ularning rahbariyati buni oldindan bilgan, shuning uchun kechasi vazifalarni bajarishni taqiqlagan.
138
4,441
Madaniyat
Di Kaprio mashinasiga kelib urilgan muhojir ayolni yodidan chiqmaydigan tarzda “jazoladi” (foto)
Leonardo Di Kaprio ma’shuqasi bilan ketayotgan avtomobilga svetoforda meksikalik noqonuniy muhojir ayol mashinasi bilan kelib urilganda qanday yo‘l tutganini bilib, unga nisbatan hurmatingiz oshishi aniq. Bu haqda “Kaktus” hikoya qilmoqda. Aktyor avvaliga yonidagi qiz bilan hammasi joyida ekanligiga ishonchi komil bo‘ldi. Shundan so‘ng mashinadan chiqib, avariya sababchisi ahvolini surishtirdi. Ayolga avtomobildan chiqishga yordam berdi, daraxt ostiga, soyaga olib bordi va o‘ziga kelishiga yordam berdi. Aktyorning avtomobili tiklab bo‘lmaydigan holga kelgandi. Ayol noqonuniy muhojir ekanligi, politsiya chaqirilsa migratsiya xizmati bilan katta muammolarga duch kelishi uning yig‘i-sig‘isidan ma’lum bo‘ldi. Unda tovon puli tugul, o‘zining mashinasini ta’mirlash uchun ham mablag‘i yo‘q edi. Di Kaprio politsiyaga murojaat qilmaslikka qaror qildi. Buning o‘rniga kotibasiga qo‘ng‘iroq qilib, avariya sababchisi bo‘lgan ayolning avtomobilini ta’mirlash uchun pul jo‘natishini so‘radi.
96
993
Madaniyat
Foto: Bollivud aktyorlarining rafiqalari
Ko‘pchilik mashhur aktyorlar faqatgina aktrisa, model yoki shou-biznes vakiliga uylanadi, degan fikr mavjud. Aslida bunday emas. Aksariyat yulduzlar turmush o‘rtoqlari bilan bir xil kasb vakillari bo‘lmaydi. Ayrimlari hattoki e’tiborga tushishni ham istamaydi. Shuningdek, Bollivud aktyorlarining rafiqasi bo‘lish ham sabr talab etadi. Yulduzlar haqida yangiliklardan hamisha xabardor bo‘lish mumkin. Quyida esa ularning doimo soyada qolib ketadigan turmush o‘rtoqlari haqida gap ketadi. Priya Runchal – Jon Abrahamning turmush o‘rtog‘i Aktyor Jon Abrahamning 2014-yilda sarmoyaviy bankir va moliyaviy tahlilchi Priya Runchal bilan oila qurishi muxlislar uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Sababi deyarli 10 yil davomida Bipasha Basu bilan munosabatda bo‘lgan Jon to‘satdan u bilan ajrashdi. Keyinchalik rafiqasi bilan yashirincha rishta bog‘ladi. Aytishlaricha, juftlik 2010-yil do‘stlari orqali tanishgan. Priya turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo e’tiborga tushishni yoqtirmaydi. Shuning uchun ham ularni birgalikda chiqishlarini juda kam ko‘rish mumkin. Priyanka Alva Oberoy – Vivek Oberoyning turmush o‘rtog‘i Vivek Oberoy – samimiy tabassum egasi. U Karnataka shtati vaziri Jivaraja Alvening qizi Priyanka Alvega uylangan. Aktyorning ijodiy faoliyati Ayshvariya Ray bilan aloqasi uzilgandan so‘ng biroz to‘xtadi, ammo oila borasida uning omadi chopdi. Vivek va Priyankaning nikohi ota-onalar orqali amalga oshsa-da, ular ilk uchrashuvdayoq bir-birini sevib qolgan. Ularning qiz va o‘g‘il farzandlari bor. Sarita Birje – Madhavanning turmush o‘rtog‘i Juftlik 21 yildan buyon bir oila bo‘lib yashab kelmoqda, ularning Vedan ismli bir nafar o‘g‘li bor. Kelishgan Madhavan turmush o‘rtog‘i Sarita Birje bilan notiqlik kursida tanishgan. Uning o‘zi murabbiy sifatida dars berar, Sarita esa uning talabasi edi. Ular 1999-yilda turmush qurdi. Sarita o‘zini OAVdan panaga olishga qaramay, doimo eriga yordam beradi. Bir necha marta filmlar uchun libos yaratishda ham ishtirok etgan. Shuningdek, Sarita avval styuardessa bo‘lib ishlagan. Parvin Shaxani – Emran Xashmining turmush o‘rtog‘i Mana Emran Xashmining turmush o‘rtog‘i haqiqiy olqishga loyiq. Sababi filmlarda hamma partnyorlari bilan sevishganlar rolini maromiga yetkazib ijro etadigan aktyorga turmush o‘rtoq bo‘lish oson emas. Chindan ham Emranga omad kulib boqdi. Uni qadrlaydigan va hurmat qiladigan turmush o‘rtoq uchradi. Parvin Shaxani 6 yillik sinab ko‘rishdan so‘ng, 2006-yil aktyorga turmushga chiqdi. U maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Rukmini Saxay – Nil Nitin Mukeshning turmush o‘rtog‘i Nil Nitin Mukesh 2017-yil Rukmini Saxayga uylanishga qaror qilishi barchani hayratga soldi. Ularni ota-onasi tanishtirgan va darhol to‘yga tayyorgarlik boshlangan. Rukmini Mumbaydagi universitetlarning birida aviatsiya sohasida o‘qigan. Ammo o‘zini oilasiga bag‘ishladi va kasbi bilan shug‘ullanmadi. Nitinning so‘zlariga ko‘ra, Rukmini u uchun juda ham mos, chunki u sodda, g‘amxo‘r va eng muhimi, samimiydir. Sunita Axuja – Govindaning turmush o‘rtog‘i Sunitaning opasi Govindaning tog‘asiga turmushga chiqqan. Ularning to‘yida Govinda birinchi marta Sunitani ko‘radi. Gohida Govinda tog‘asinikiga, Sunita esa opasinikiga borar edi va juftlik shu orqali yaqinlashib borgan. Ular 1987-yilda turmush qurdi. Aktyorning onasi uni o‘z qizidek yaxshi ko‘rgan. Hatto Govinda aktrisa Nilamni sevib qolib, oilani tark etmoqchi bo‘lganida ham onasi bunga yo‘l qo‘ymagan. Sunita hammasiga jasorat bilan sabr qildi va oilasini saqlab qoldi. Tanya Deol – Bobbi Deolning turmush o‘rtog‘i Bobbi turmush o‘rtog‘i bilan restoranda uchrashgan va bir qarashda sevib qolgan. Ular 1996-yilda oila qurdi va ikki o‘g‘ilni tarbiyalamoqda. Tanya dizaynerlik bilan shug‘ullanadi va xalqning e’tiboriga tushishni yoqtirmaydi. Mana Shetti – Sunil Shettining turmush o‘rtog‘i Sunil Managa ilk ko‘rishidayoq maftun bo‘lgan. Ammo u paytlari taniqli aktyor emas edi. Shuning uchun ham hamma yigitlar kabi Mananing singlisi bilan do‘stlashib, opasiga yaqinlashadi. Bir necha uchrashuvlardan so‘ng Sunil Managa sevgi izhor qiladi. Er-xotin oilaviy baxtga uzoq yo‘l bosib o‘tdi, chunki qiz panjoblik musulmon oilasidan, yigit esa Karnataka shtatidan kelgan edi. Oilalar madaniy tafovutlar tufayli juftlikning nikohi barbod bo‘lishidan xavotir olgan. Ammo ular bir-birini yaxshi ko‘rishini isbotladi. 1991-yil 9 yillik sinovlardan so‘ng ular turmush qurdi. Taxir Kashyap – Ayushman Xuranning turmush o‘rtog‘i Chandigarxdan kelgan Panjob yigiti yulduz bo‘lmasidan avval bolaligidagi muhabbati Taxiraga uylandi. To‘ydan keyin Ayushman karyera uchun Mumbayga ko‘chib keladi. Uzoq vaqt davomida muxlislar aktyorning uylanganini va ikki farzandi borligini bilmagan. Hozirda Taxira va ikki farzandi Mumbayga ko‘chib borgan va ular bir oila bo‘lib yashamoqda. Sonali Sud – Sonu Sudning turmush o‘rtog‘i Kelishgan aktyor Sonu Sudning qalbini janubiy hindistonlik Sonali ismli qiz egalladi. Ular Nagpure shahrida tanishadi, u yerda Sonu muhandislik, Sonali esa biznes ma’muriyatida o‘qir edi. “U hamisha meni qo‘llab-quvvatlab kelgan. Har doim. Avvaliga aktyor bo‘lishimni istamas edi, ammo hozir men bilan faxrlanadi”, – deydi Sonu. Shuningdek, aktyor Sonali uning birinchi va yagona muhabbati ekanligini ham ta’kidlaydi.
40
5,279
Madaniyat
O‘zbekistonlik san’atkorlar “Yashil tashabbus” aksiyasida qatnashdi (foto)
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlarida taniqli san’atkorlar ham ishtirok etdi, deb yozadi My Day. 9 va 10-mart kunlari Toshkent shahar hokimi hamda kino va estrada vakillari shahar aholisi bilan birgalikda shaharni yanada obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Yashil tashabbus” aksiya-festivalida qatnashdi. Shahar ko‘chalarini yanada ko‘rkamlashtirish uchun yuz ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekildi.
74
467
Madaniyat
Xonanda Lola o‘zining “ochiq-sochiq kiyinishi” farzandlariga ta’siri qilishi haqidagi savolga javob qaytardi
Xonanda Lola Yo‘ldosheva “Darakchi” gazetasining “Onlayn-yulduz” loyihasida mehmon bo‘lib, muxlislarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi. Savollardan biri uning xulq-atvori farzandlariga qanchalik ta’siri qilishi haqida bo‘ldi, deb yozadi “Darakchi” gazetasi. — Ochiq-sochiq kiyimlar, gaplaringiz, o‘zingizni tutishingiz ona sifatida bolalaringizga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylaysizmi? — Farzandlarim har narsada mendan o‘rnak olib kelishyapti. Hatto bugun qizimning kiyinishi, gap-so‘zi va o‘zini tutishida ham o‘z aksimni ko‘ryapman. Bundan faqat xursandman.
108
571
Madaniyat
Quddus muftiysi sahifalari yetishmaydigan Qur’oni Karim tarqalgani haqida ogohlantirdi
Quddus muftiysi Muhammad Husayn falastinliklarga murojaat qilib, sahifalari yetishmaydigan Qur’oni Karim tarqalgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda IslamToday nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi “Azon.uz”. Muftiyning aytishicha, mazkur nashr Al-Azhar universiteti 2015-yilda bergan iznga asosan Misr-Suriya nashriyotida chiqarilgan. Unda to‘rtta sahifa kamligi aytilmoqda: 192, 195, 196 va 199. Muhammad Husayn kutubxonalar va fuqarolardan sahifalari noto‘kis nashrni diniy idoraga topshirishni so‘radi.
86
505
Madaniyat
Amerikalik reper Fetti Vap muxlislari ustidan pul sochdi (video)
Amerikalik mashhur reper Fetti Vap muxlislari ustidan pul sochib yubordi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Musiqachi odamlar to‘dasi ustidan turli qiymatdagi kupyuralardan iborat ikki ming dollarni sochdi. Fetti Vap Nyu-Jersidagi savdo markazlaridan birida qizi bilan sayr qilib yurgan edi. Shunda reperning bir to‘da muxlislari uning ortidan yura boshladi. Reper shunchalik yaxshi kayfiyatda ediki, odamlar ustidan pul sochib yubordi. Keyinroq internetda pullarni tutib olayotgan baxtiyor muxlislarning videosi paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, Fetti Vap odamlar bilan boyligini bo‘lishish yoqimli bo‘lganligini ijtimoiy tarmoqda qayd etdi. 25 yoshli Fetti Vap 2012-yilda mashhurlikka erishgan edi.
64
702
Madaniyat
“Garri Potter”ning yovuz qahramoni O‘lim vodiysida halok bo‘ldi
“Garri Potter” haqidagi bir qancha filmlarda rol ijro etgan britaniyalik aktyor Deyv Lejenoning tanasi AQShning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysidan topildi. Bu haqda 12-iyul kuni TMZ sayti xabar berdi. Politsiyaning ma’lum qilishicha, 50 yoshli Lejeno sayohat qilayotgan vaqtida vodiydagi harorat 50 darajagacha ko‘tarilgan va u issiq urishi natijasida halok bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, aktyorning tanasi o‘limidan 3–4 kun o‘tgach topilgan. Eslatib o‘tamiz, Deyv Lejeno “Garri Potter”da Volan-de-Mortning yovuz izdoshlaridan biri — Fenrir rolini ijro etgan. Bundan tashqari, aktyor “Katta mablag‘” (Snatch), “Betmen: Ibtido” (Batman Begins), “Senturion” (Centurion) filmlarida ham qatnashgan.
63
697
Madaniyat
O‘zbekistonlik Shahzodalarning qay biri birinchi bo‘lib delfinlar bilan suratga tushgan?
“Daryo” o‘z o‘quvchilaridan uzr so‘raydi va ularga rahmat aytadi. Kuni kecha o‘zbekistonlik Shahzodalar delfinlar bilan qanday suratga tushishi haqida xabar tayyorlangan edi. Unda aktrisa Shahzoda Matchonova delfin bilan tushgan suratini hali e’lon qilmagani qayd etib o‘tilgan edi. “Daryo”ning har narsadan xabardor hushyor o‘quvchilari muxbirlarimizning bu xatosini to‘g‘riladi. Shahzoda Matchonova 2013-yilning 6-sentabrida Facebook’dagi sahifasida delfin bilan tushgan suratini e’lon qilgan va bu borada Shahzodalar orasida birinchi bo‘lgan. 2016-yil yanvarida xonanda Shahzoda delfin bilan tushgan suratini e’lon qildi. 2016-yil oktabrida esa aktrisa Shahzoda Muhamedova delfin bilan tushgan suratini e’lon qildi. Lekin bizning mashhurlarimizga delfin cho‘t emas — ular kerak bo‘lsa timsoh, fil va ilonlar bilan ham birga suratga tushaveradi. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
88
1,008
Madaniyat
Amazonkalar malikasi dunyoni qutqaradi: “Mo‘jizakor ayol”ning oxirgi treyleri chiqdi
Warner Bros. Kinostudiyasi “Mo‘jizakor ayol” filmining yakuniy treylerini e’lon qildi. Film premyerasi 2017-yil 1-iyunda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Meduza. Kadr: YouTube Film DC nashriyotining shu nomli komiksi asosida suratga olingan. Kartina amazonkalar malikasi Diana Prins haqida hikoya qiladi. U boshqa amazonkalar bilan birga orolda yashaydi. Dunyoda urush ketmoqda, va bir kuni amerikalik uchuvchi orol ustida halokatga uchraydi. U Dianani urushga yo‘l olishga ko‘ndiradi. Filmda bosh rolni isroillik aktrisa Gal Gadot ijro etdi. Shuningdek, asosiy qahramonlarni ekranda Kris Payn, Robin Rayt va Yuen Bremner jonlantirdi. Rejissor — Petti Djenkins.
84
663
Madaniyat
“Yulduzlar jangi” va “Yura davri olami” maxsus effektlar bo‘yicha “Oskar”ga da’vogarlik qilmoqda
Amerika kinoakademiyasi 2016-yilgi “Oskar” mukofotiga “Eng yaxshi maxsus effektlar” yo‘nalishida da’vogar bo‘lgan 20 ta nomzoddan iborat ro‘yxatni e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Ular orasida “Qasoskorlar: Altron erasi”, “Chumoli odam”, “Kelajak o‘lkasi”, “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi”, “Yura davri olami”, “Marslik”, “Terminator-5”, “Telba Maks: Qahr yo‘li” va boshqalar bor. 88-“Oskar” mukofoti uchun barcha nomzodlar yakuniy ro‘yxati 2016-yil 14-yanvarda e’lon qilinadi.
96
497
Madaniyat
Xonanda Ozodbek Nazarbekov bobo bo‘ldi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 41 yoshida bobo bo‘lish baxtiga erishdi, deb xabar qiladi “7x7” gazetasi. Xonandaning qizi Robiya farzandli bo‘ldi. Bu esa bobolik baxtiga musharraf bo‘lgan Ozodbek Nazarbekovni benihoya quvontirgani shubhasiz. Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekovning qizi Robiya 2014-yilning avgust oyida sinfdoshi Sardorbekka turmushga chiqqandi.
38
396
Madaniyat
Surxondaryolik taniqli yozuvchi va jurnalist Mahmud Abulfayz 64 yoshida olamdan o‘tdi
Surxondaryolik taniqli yozuvchi va jurnalist Mahmud Abulfayz 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Sirojiddin Ibrohim Termizdan qo‘ng‘iroq qilib, yozuvchi Mahmud Abulfayz Toshkentdagi kasalxonada olamdan o‘tganini xabar qildi. Yuragim zir titradi. Birdan Mahmud akaning Surxonning ardoqli shoiri Tesha Saydaliyevga bag‘ishlangan maqolasidagi so‘zlar yodimga tushdi: “Bu dunyoda shoirdan nima qoladi? Qolsa so‘z qoladi, boshqa hech narsa…” Mahmud akadan ham shak-shubhasiz So‘z qoladi. Xurshid Davron, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Abulfayz 1953-yilda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan. Respublika va viloyat matbuotida faoliyat yuritgan. “Mard qolur maydon ichinda”, “Tog‘lardek yashasa odam”, “Boshimizda osmon bor”, “Meni yo‘qlab kim keldi?”, “Hayot manzaralari” kabi asar va to‘plamlari e’lon qilingandi.
85
966
Madaniyat
Kaliforniyada kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan Gollivud aktyori Anton Yelchin halok bo‘ldi
Kelib chiqishi rossiyalik bo‘lgan amerikalik aktyor Anton Yelchin baxtsiz hodisa oqibatida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”. U 27 yoshda edi. Aktyorning jasadi chiqish darvozasiga o‘rnatilgan g‘ishtli pochta qutisi va avtomobil orasida qisilgan holda topildi. Yelchin repetitsiyaga kelmaganida aktyorning do‘stlari uning yo‘qolganini ma’lum qilgandi. Anton Yelchin Leningrad shahrida tug‘ilgan, 1989-yilda esa u oilasi bilan AQShga ko‘chib kelgandi. U “Yulduzli yo‘l (“Startrek”)”, “Terminator: Haloskor keladi” va “Suv qunduzi” filmlaridagi rollari bilan mashhur bo‘lgan.
91
586
Madaniyat
O‘zbekistonda xalqaro jaz musiqasi kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekistonda madaniyat vazirligi hamda UNESCO shafeligida xalqaro jaz musiqasi kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Jaz musiqasi kunlari joriy yilning aprel oyida Toshkent shahri, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari markazlarida o‘tkaziladi. Bir qator davlatlardan tashrif buyuradigan ijodiy jamoalar tomoshabinlarga konsert tomoshalari bilan birgalikda mahorat darslarini namoyish etadi. Xalqaro jaz kunlarini o‘tkazish uchun tashrif buyuradigan ijodiy jamoalarning tomonidan o‘tkaziladigan konsert tomoshalari ro‘yxati bilan madaniyat vazirligi saytida tanishish mumkin. Madaniy tadbirning yopilish marosimi Toshkent shahri “Turkiston” san’at saroyida 30-aprel kuni soat 19:00 da o‘tkaziladi.
54
745
Madaniyat
O‘zbekiston xalq artisti Kommuna Ismoilova vafot etdi
2-noyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Kommuna Ismoilova Toshkentda 86-yoshida vafot etdi. Foto © Husniddin Ato Kommuna Ismoilova 1927-yil Xiva yaqinida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Asl ismi Ullibibi. Uning san’atkor bo‘lib yetishishida ota-onasidan eshitgan xalq qo‘shiqlari, raqqosalarning raqslari turtki bo‘ldi. 13 yoshida Ilk bora “Farhod va Shirin” spektaklining ommaviy sahnasida chiqdi. Urush yillarida Gavhar Rahimova, Faxriddin Sodiqov rahbarligida tashkil topgan konsert ansambli Urganchga kelganda, Kommuna ular bilan tanishib, ansambl tarkibiga qo‘shiladi. 1943-yil 14 yoshida Toshkentga keladi. Kommuna Ismoilovaning ovozi soprano tipida bo‘lib, yuqori registrdagi uchinchi oktavaning re-re-diez notasigacha yetadi. Xonanda ovozini ustalik bilan ishlata olgan, ashulachilik an’analariga xos qochirimlar, nolalardan mohirona foydalana olgan. Uning “Go‘ro‘g‘li” dostoni “Ravshan” qismidagi “Bolama o‘xshaydi ovozing sani...” qo‘shig‘i hali-hanuz ahamiyatini yo‘qotmagan. Shuningdek, “Shoshmaqom”dek bebaho durdonani ham ijro etgan. Yaqin kungacha Komunna Ismoilova Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida dars bergan.
53
1,201
Madaniyat
2020-yilda Toshkentda Rossiya kinematografiya instituti — VGIK filiali ochilishi mumkin
O‘zbekistonda 2020-yilda Butunrossiya kinematografiya davlat instituti (VGIK) filiali ochilishi mumkin. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan. Qarorga muvofiq, Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasining: 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti iqtidorli bitiruvchilarini hamda institutda “Ijro etuvchi prodyuser” va “Kinorejissura va kinodramaturgiya” yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki saralashdan o‘tgan bakalavr darajasiga ega milliy kinematografiya sohasining mutaxassislarini S. Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat instituti qoshidagi “Kino va televideniye”ning oliy kurslariga o‘qishga yuborish; 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bakalavriatining ixtisoslashgan yo‘nalishlari iqtidorli bitiruvchilari uchun VGIK assistentura-stajirovkasida “Ijro etuvchi prodyuser”, “Dramaturgiya” va “Audiovizual san’at rejissurasi” mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishlarni tashkil etish; 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida kinematografiya sohasining malakali kadrlarini tayyorlash bo‘yicha VGIK filialini (qo‘shma fakultetini) ochish, o‘qituvchilik faoliyatiga VGIK yuqori kurslarida va assistentura-stajirovkasida avval tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislarni, shuningdek, master-klasslar o‘tkazish uchun institut professor-o‘qituvchilarini jalb qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi. “O‘zbekkino” Milliy agentligiga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrga qadar bo‘lgan muddatda VGIK yuqori kurslarida va assistentura-stajirovkasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bitiruvchilari hamda respublika mutaxassislari o‘qishini tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahrida institut filialini (qo‘shma fakultetini) ochish bo‘yicha VGIK rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi. “O‘zbekkino” Milliy agentligi huzurida Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.
87
2,236
Madaniyat
Oxirgi yarim asrda ingliz tilida yozilgan eng yaxshi kitob umumxalq ovoz berishida aniqlanadi
Xalqaro Buker mukofoti hay’ati oxirgi 50 yil mobaynida ushbu mukofotni olgan mualliflar orasidan eng yaxshilarini saralab oldi. Bu haqda AP xabar bermoqda. So‘rov Buker mukofotining asos solinishiga (1969-yil) 50 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Hay’at a’zolari har bir o‘n yillik uchun bir nafardan eng yaxshi muallifni tanlab oldi. Ro‘yxatga britaniyalik adiba Xilari Mentel (“Bo‘rilar zali”), kanadalik Maykl Ondatje (“Ingliz bemor”), amerikalik Jorj Sonders (“Linkoln bardoda”), hindistonlik Vidiadxar Naypol (“Erkin davlatda”) va britaniyalik Penelopa Layvli (“Oy yo‘lbarsi”) kirdi. Endi ular eng yaxshi bo‘lish uchun o‘zaro kurashadi. Yarim asrning eng yaxshi ingliz tilli muallifi umumxalq ovoz berishida aniqlanadi. Ovoz berish natijalari 8-iyul kuni ma’lum bo‘ladi. Buker mukofoti ingliz tilli adabiyotdagi eng nufuzli mukofot bo‘lib, u dunyoning har qanday mamlakati fuqarolari bo‘lmish mualliflarga ingliz tilida yozilgan eng yaxshi roman uchun beriladi. G‘olib 50 ming funt sterling mukofot puli oladi. 2005-yildan boshlab Buker mukofoti ingliz tiliga tarjima qilinib, keng sotuvga chiqqan romanlarga ham beriladi.
93
1,139
Madaniyat
Rossiyaning “Muz-TV” kanali bosh direktori Shahzodani “Premiya Muz-TV 2015” gala-konsertida qatnashish uchun taklif qildi
Estradamizning yorqin yulduzi Shahzodaning 15 yillik ijodiy konsert dasturi 7 kun davom etdi, deb yozadi “Popcorn.uz”. Shahzodaning yubiley shou konsert dasturini tomosha qilish uchun Rossiyaning “Muz-TV” telekanali bosh direktori Arman Davletyarov tashrif buyurib xonandani yutuqlari bilan qutladi. “Konsertni bir nafasda tomosha qildim. To‘g‘risi nimagadir chalg‘ishga, zerikishga umuman imkon bo‘lmadi. Chunki ta’sirlanishim, hayratlanishim, bir olam shodlik olishim uchun sabablar ko‘p edi. Avvalambor, sahna ko‘rinishlari, dekoratsiya, zamonaviy yoritish uskunalari, har bir qo‘shiq dekoratsiyaning o‘zgarishi bilan uyg‘unlashishi, zamonaviy texnologiyalar va jahon standartiga javob beradigan texnikalardan unumli foydalanilgan. Shahzoda uchun tanlangan liboslar, sahnalashtirilgan raqslar bir so‘z bilan aytganda tomoshabinga zamon bilan hamnafas haqiqiy shou taqdim etdi. Konsertni tomosha qilib bir olam zavq oldim”, — dedi Davletyarov. U mamnuniyat bilan Shahzodani 4-iyunda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Pre-party “Premiya Muz-TV 2015. Gravitatsiya” Open Air gala konsertida ishtirok etish uchun taklif etdi. “Qizil yo‘laklarda boshqa yulduzlar qatorida sevimli xonandamiz Shahzodani ko‘rish biz uchun sharaf. Bugungi chiroyli shou uchun esa sevimli xonandamizga minnatdorchiligimni bildirib qolaman”, — dedi u.
121
1,326
Madaniyat
“Avf” nomli yangi filmi suratga olindi (Video)
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Zilola cinema production” studiyasi tomonidan “Avf” badiiy filmi suratga olindi.   Mazkur kinokartina real voqealarga asoslangan bo`lib, turli jinoyatlar bilan qamalgan hamda yurtboshimiz tomonidan avf etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri haqida hikoya qiladi.   Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, postanovkachi rejissyor Zilola Jo`raeva, operator Ilhom Hamidov, badiiy rahbar Said Muxtorov, prodyuserlar Munojot Xoshimova va Zilola Jo`raeva.
46
491
Madaniyat
Xonanda Munisa Rizayevani 18 ming dollar va 48 mln so‘mga chuv tushirishdi
Namangan viloyat prokuraturasiga 19-sentabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.S.dan ariza kelib tushgan. U o‘z arizasida xonanda Munisa Rizayevaning vodiydagi konsertlari tashkilotchisi — A.E. ismli ayol uning ishonchiga kirib, 25-iyun kuni Namanganda, 26-iyun kuni Farg‘onada va 27-iyun kuni Andijonda o‘tkazilgan konsertlar uchun jami 18 ming dollarlik gonorar pullarini bermaganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, arizachi o‘z arizasida konsert tashkilotchisi nafaqat gonorar pullarini bermaganini, balki Namangandagi konsert uchun chiqarilgan 2400 ta chipta sotuvidan tushgan 48 million so‘m pulni ham “firibgarlik yo‘lib bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan”ini bildirgan. “Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
74
854
Madaniyat
Farzand kutayotgan Asal va Shohruhxon, Yigitalining onasini “qaynonam” demaydigan Muqaddas. Instagram yangiliklari
Jahon va O‘zbekiston san’ati yulduzlari muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 21-iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq video va fotopostlar joyladi. Muqaddas Sa’dullayeva qaynonasi – aktyor Yigitali Mamajonovning onasini tavallud ayyomi bilan ta’sirli tarzda tabrikladi. View this post on Instagram Turk aktyori Burak O‘zchivit Otalar kuni munosabati bilan bir yoshli o‘g‘li Karandan o‘ziga xos sovg‘a oldi. View this post on Instagram Xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodiyeva ilk marta ota-ona bo‘ladi. View this post on Instagram Turkiyada qolayotgan aktyor Akbarxo‘ja Rasulov muxlislariga dengiz havosini ulashdi. View this post on Instagram Zarina Nizomiddinova to‘ng‘ich o‘g‘li Temurxon tomonidan yasalgan gulchambarni taqqan holda ko‘rinish berdi. View this post on Instagram Lola homiladorlik davri tugab borayotganidan xafa. View this post on Instagram “Qora niyat” seriali yulduzi Eda Eje 30 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan serialdagi dugonalari aktrisani tabriklagani keldi. View this post on Instagram Yosh aktrisa Intizor Tojiboyeva lavandalar orasida. View this post on Instagram Turkiyalik taniqli xonanda Tarkan ham Otalar kuni munosabati bilan qizi bilan tushgan surati bilan bo‘lishdi. View this post on Instagram Bollivud aktrisasi – Kapurlar sulolasi vakili Karishma Kapur ham Otalar kuni munosabati bilan otasi Randxir Kapur bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. View this post on Instagram Shahzoda bir necha oylik tanaffusdan so‘ng muxlislariga yangi suratini taqdim etdi. View this post on Instagram
114
1,749
Madaniyat
Marhum aktyor Alisher Hamroyev roli uchun 21 yildan so‘ng mukofotlandi. “Vatan ostonasi” filmining premyerasidan reportaj (foto, video)
Respublika Kinematografiya agentligi buyurtmasiga ko‘ra rejissor Hilol Nasimov “Vatan ostonasi” nomli filmni suratga oldi. Poytaxtdagi “Kinochilar uyi”da filmning ilk ochiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. “Daryo” muxbirlari premyeraga tashrif buyurib, kinoijodkorlarning film borasidagi fikrlari bilan qiziqdi. Filmda Bobur Yo‘ldoshev, Karim Mirxodiyev, Farhod Abdullayev, Fotih Nasimov, Zumrad Eshonqulova, Angelina Tursoatova, Ra’no Shodiyeva, Vazira Yunusova, Bahrom Usmonov kabi aktyorlar o‘ziga xos rollarni ijro etgan. Filmda chegarachilarning mashaqqatli hayoti, ular uchraydigan xavf-xatarlar va jamiyatdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Yodingizda bo‘lsa, 2001-yili “Ostona” nomli serial efir yuzini ko‘rgandi. Hilol Nasimov ana shu serialning mantiqiy davomi sifatida “Vatan ostonasi” filmini suratga olganini ma’lum qildi. Bu suratni ko‘rib ko‘z quvonadi. Qaniydi, barcha filmlarning namoyishiga qiziqish shunday yuqori bo‘lsa. “Chegara”, “Mehr operatsiyasi” va “Vatan ostonasi” — film nomi katta ekranga chiqquniga qadar bir necha bor o‘zgardi. Buning sababini so‘raganimizda, rejissor Hilol Nasimov bu savolimizga javob berolmasligini aytib o‘tdi. “Vatan ostonasi” filmi nafaqat O‘zbekiston chegaralarida va Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh shaharlarida ham suratga olindi. Xatarli hududlarda kechgan syomka jarayonlarini aktyorlar quyidagicha xotirlaydi. — Surxondaryoning Afg‘oniston bilan chegaradosh hududida suratga olish ishlari boshlanganida, mamlakatda notinch vaziyat edi. Ssenariy bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidan oqib o‘tgan Amudaryoda solda oqib o‘tishim kerak edi. Hech qanday himoya vositalarisiz oddiy solda bir necha bor oqishimga to‘g‘ri keldi. Eng qizig‘i, u yerda kimdir menga qatara o‘q uzishi ham mumkin ekan. U yerda kino olinayotganini odamlarga tushuntirib bo‘lmasdi. Keyin Chotqoldagi Ugam daryosida ham oqishga to‘g‘ri keldi. U yerning suvi juda tez oqadi va har qadamda katta harsangtoshlar bor. Sol harsangtoshga urilib, parcha-parcha bo‘lib ketishi hech gap edi. Suratga olish ishlari boshlanganida Suriyadagi vaziyat biroz barqaror edi. Ammo bu emin-erkin suratga olish mumkin, degani emas. O‘sha yerdagi odamlarda shubha tug‘dirmaslik uchun xuddi ulardek kiyinishga harakat qilardik. Keyin tonirovkali mashinalarda o‘tirib, shubhali insonlar yo‘qligiga ishonch hosil qilgach, mashinadan tushib rol o‘ynardik. Bundan vaziyat nafaqat aktyorlarga balki texnik jamoaga ham noqulaylik tug‘dirgan, — deydi aktyor Fotih Nasimov. — Suratga olish ishlari yakunlangandan keyin “Shu yerda urush bo‘lyapti”, deyishdi. Shundan keyin havotirga tushdik. Chunki Suriyadagi vaziyat haqida ko‘p eshitgandim. Ammo o‘sha hududga borib, filmda suratga tushaman, deb o‘ylamagandim, — deydi aktrisa Vazira Yunusova. Premyeradan avval DXX chegara qo‘shinlari rahbaryati tomonidan bir guruh ijodkorlar taqdirlandi. Ular orasida “Ostona” serialida fidoyi chegarachi rolini ijro etgan aktyor Alisher Hamroyev nomi ham e’tirof etildi. Mukofotni marhum aktyorning farzandlari Madina va Iskandar Hamroyevlar qabul qilib oldi. Aktyor Valijon Shamsiyev “Ostona” serialida oddiy askar Barotov rolini ijro etgandi. Oradan 21 yil o‘tib, “Vatan ostonasi” filmida ham suratga tushdi. Premyera uchun Turkiyadagi sayohatidan ertaroq qaytishga qaror qilganini aytdi. “Vatan ostonasi” 4-qismli kinoserial hisoblanadi. Hozircha respublika kinoteatrlarida filmning faqat bir qismli jamlanmasi namoyish etilmoqda. Uning davomi keyinroq telekanallarda namoyish etiladi.
135
3,463
Madaniyat
Sovitkich, mashina va uy. O‘zbek shou-biznesi vakillarining ilk daromadidan qilgan qimmatbaho xaridlari (video)
Tabiatan insonlar qiyinchilik bilan erishgan narsalarini ko‘proq qadrlashadi. Osonlikcha erishilgan narsalarning qadri esa aksincha bo‘ladi. Xo‘sh, mashhurlarning qiyinchilik bilan erishgan va hamisha shirin xotiralar bilan eslaydigan xaridlari bormi? Nilufar Usmonova:  “O‘g‘limni tok urganidan keyin to‘ylarda qo‘shiq aytishga qaror qilganman” — Birinchi turmushimdan ajrashgan, onam bilan munosabatlarimiz sovuqlashgan. San’atkor bo‘lishimga qarshi bo‘lgan, undan ko‘ra qayta oila qurishimni istagan. Buni istamaganim uchun o‘g‘limni olib alohida uyga ko‘chib o‘tganmiz. Ammo ko‘p o‘tmay pulsiz yashay olmasligimni tushunganman. Shunday keyin barcha qulayliklarga ega uyimni ijaraga berib, o‘zim undan arzon uyga ko‘chib o‘tganman. Uyning poli ko‘chib, betonlari ko‘rinadigan darajada ta’mirtalab edi. O‘g‘lim xususiy bog‘chaga borardi, ijara uydan olgan pulimning yarmini unga to‘lardim. Qolganini esa o‘zim yashayotgan uy egasiga berib, tuzukroq ro‘zg‘orlik ham qilolmasdim. Faqatgina o‘g‘lim kechki payt yeyishi uchun har kuni tayyor ugra sotib olardim. Oshxonada yoshi mendan ham “katta” sovitkich bor edi. Nima ham bildi-yu, bir kuni o‘g‘lim uni ochganida tok urdi. Saida’zamxonning “uchib” tushganini ko‘rib, tilim aylanmay qoldi. Shundan keyin o‘g‘lim uchun harakat qilishim kerakligini anglab, tanish-bilishlarning to‘yiga “qistir-qistir” pul evaziga borganman. To‘ylardan yiqqan pullarimni to‘plab, 1375 AQSH dollariga (narxi ham aniq esimda) katta sovitkich sotib olganman. Bu hayotimdagi o‘z mehnatim bilan xarid qilgan birinchi buyum bo‘lgan. G‘aribona uyda tursak ham katta sovitkichimiz borligidan xursand bo‘lganman, — deydi xonanda Nilufar Usmonova. Yulduz Turdiyeva: “Uy olish uchun tanlovda qatnashganman” — Oila qurganimizdan so‘ng uy-joy masalasida ko‘plab muammolarga uchraganmiz. Chunki to‘ydan avval turmush o‘rtog‘im bilan talabalar yotoqxonasida yashardik. Oila qurganimizdan so‘ng bu yerda er-xotin bo‘lib yashash mumkin emasligini aytishgan. Avvaliga ijara uyga chiqqanmiz, ammo sharoit u qadar yaxshi emasdi. Katta o‘g‘lim tug‘ilganida birinchi qavatdagi xonadonga ko‘chib o‘tgandik. Balkonning oynalari sinib ketgan, panjarasi ham yo‘q edi. Har kuni birov kirmasmikan, degan qo‘rquv bilan tong ottirardim. Bunday sharoitda o‘g‘lim kasal bo‘lib qolishini o‘ylab, uni Buxorodagi qaynonamga berib yuborganmiz. Bolamni sog‘inib yurgan paytimda Ozarbayjonda o‘tkaziladigan Baynalxalq mug‘om festivali haqidagi e’lonni o‘qib qolganman. Bosh sovrin uchun 15 ming AQSH dollari degan joyini o‘qib, ko‘zlarim porlab ketgan. O‘zimcha bu pulga uy sotib olish haqida rejalar tuzganman. “Qorabaxshi” qo‘shig‘i— ozaybayjon yuragi deyilarkan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ishlaydigan Ochil Matjonovdan qo‘shiqni o‘rgatashini so‘raganman. O‘n ikki kun davomida konservotoriyadan ketmay qo‘shiqni o‘rganganman. 2009-yili o‘tkazilgan mug‘om festivalida g‘olib bo‘lib, ilk katta muokoftni qo‘lga kiritganman. Toshkentga qaytganimdan keyin uy olish harakatiga tushganman. Hammasi niyatga yarasha bo‘lar ekan, o‘sha paytda 15 000 AQSH dollariga shahar markazidan ikki xonali uy berardi. Uy sotib olib, oilam bilan unga ko‘chib o‘tganmiz. Bu festival hayotimga quvonch olib kirgan, — deydi xonanda Yulduz Turdiyeva. Shahlo Zoirova: “Spark olib, kirakashlik qilganman” — Hayotda yaxshi yashash uchun intilish, kimningdir ko‘magini kutib yashash kerakmasligini erta tushunganman. Shu bois harakatni ancha erta boshlaganman. Institutga kirish uchun bir necha bor uringanman, ammo uch yil omad kulib boqmagan. O‘qishga kirolmagan yilim ayollar sumkasi sotadigan do‘kon bilan kelishib, savdo bilan shug‘ullanishga qaror qilganman. Savdodan ikki ming AQSh dollarini yig‘ib, bu yil pul berib bo‘lsa ham o‘qishga kiraman, deb ahd qilgandim. Ammo o‘sha yili omadim kelib, O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetiga budjet asosida o‘qishga qabul qilinganman. Ikki ming dollar ham yonimga qolgan. Ana shu pulga oylik to‘lov evaziga Spark olib, darsdan so‘ng kirakashlik ham qilganman. Kirakashlik qilayotganimda juda ko‘p qiziqarli voqealar bo‘lgan. Eng qizig‘i, o‘sha paytda “Million” jamoasida faoliyat yuritardim. Bekzod aka taksichilik qilishimni bilib, tanbeh bergandi. “Nima qilay, kirakashlik qilmasam qarzimni uzolmayman”, degandim. Qarzni ikki yarim yil deganda uzganimdan keyin mashina menga qolgandi, — deydi komik aktrisa Shahlo Zoirova. Jamshid Hojiniyozov: “Radio efirga kechikmaslik uchun mashina olganman” — Men 1997-yildan Grand radiosiga efir boshlovchisi sifatida ishga qabul qilinganman. Mashina olishga zaruratim bo‘lgan. Chunki efir paytlari uchun tong saharda ishga kelishim yoki juda kech ketishim mumkin edi. Shu bois, efirga kech qolmaslik uchun avtomobil olishga jiddiy ahd qilganman. 1998-yil Nexia rusumidagi mashinalar endi ommalashayotgan payt edi. Pullarimni to‘plab, 23 yoshimda shu mashinandan xarid qilganman. U paytdagi quvonchimni tasvirlab berolmayman, — deydi teleboshlovchi va prodyuser Jamshid Hojiniyozov. Xonzoda Qambarova: “18 yoshimda mashina sotib olganman” — Bolaligimdan mustaqil pul topishga, ro‘zg‘orga ko‘maklashishga harakat qilganman. Tashqi ko‘rinishim chiroyli bo‘lgani va qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rganim uchun to‘ylarga chiqishni taklif etishgan. 17 yoshimdan boshlab, jamoa bo‘lib to‘y-tantanalarda ishtirok etardik. Bir yil davomida ishlab topgan pulimni yig‘ib, mashina olishga qaror qilganman. Chunki mashina oilamiz uchun juda kerak edi. 18 yoshimda spark rusumli ilk mashinamni sotib olganman. Undan keyin to‘yimni o‘tkazganman, — deydi bloger Xonzoda Qambarova. Xusnora Shodiyeva: “O‘zimga Chevrolet Equinox sovg‘a qildim” — Samirning otasi to‘ydan keyin menga Malibu avtomobilini sovg‘a qilgandi. Mashina mazza qilib haydardim. Afsuski. U bilan ajrashganimizdan keyin mashinani o‘zlari bilan olib qolishdi. Mashina-ku topiladigan narsa ammo oilamning buzilgani menga qattiq ta’sir qilgandi. Ruhiy tushkunlikka tushib, ancha vaqt ko‘chaga ham chiqmay qo‘yganman. Ammo mashina haydashni juda sog‘inganman. Keyin onam Nexia 3 avtomobilini sovg‘a qildi. Ammo o‘tgan yili o‘z peshana terim bilan topgan pulimga yangi avtomobil oldim. To‘q qizil rangdagi Chevrolet Equinox menga shunisi bilan ham juda qadrli, — deydi xonanda va teleboshlovchi Xusnora Shodiyeva. Azoda: “21 yoshimda onamga 3 xonali uy sovg‘a qildim — Shubhasiz, hayotimdagi har bir xarid yodimda qoladi. Chunki keraksiz narsani xarid qilmayman. Ilk marta qimmat telefon olganim ham kechagidek yodimda. Ammo ularning hammasidan ham ko‘ra onamga uy sovg‘a qilgan kunimni eslash yoqimliroq. 21 yoshimda onamga  shahar markazidan 3 xonali uy sovg‘a qildim. Bu hozircha eng qimmat xaridim bo‘ldi. Ammo sarflagan pulim onamning quvonchi oldida hech qanday ahamiyatga ega emas, — deydi bloger Azoda. Onasiga uy sovg‘a qilgan yana bir bloger 2021-yilning 3-avgust sanasi bloger Ozod (Liil) Xurramov va uning oilasi hayotidagi eng quvonchli kunlardan biri sifatida muhrlandi. O‘sha kuni bloger onasining ko‘p yillik orzusini amalga oshirib, yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib oldi. “Oilada opam, akam va men- uch farzandmiz. Sovet davrida qurilgan eski uyda ijarada yashardik. Onam har kuni ‘Qaniydi, bir Vatanim (uyim) bo‘lsa’, deb orzu qilardi. Men esa ushbu so‘zlarni eshitganimda, kun kelib onamni xursand qilaman, deb niyat qilardim”, — deydi Ozod Xurramov
111
7,312
Madaniyat
Amerikalik aktyor Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ladi
Amerikalik aktyor Alek Bolduin yana bor ota bo‘ladi. Yangilikni uning turmush o‘rtog‘i Hilariya Bolduin ma’lum qilgan. Hilariyaning so‘zlariga ko‘ra, uning Bolduin bilan birgalikdagi yettinchi bolasi 2022-yilning kuzida tug‘iladi. “Biz oilamiz katta ekaniga deyarli ishonchimiz komil edi va bu kutilmagan sovg‘adan ishonilmas darajada juda xursandmiz. Bizning yangi chaqalog‘imiz — hayotimizdagi yorqin voqea”, — deb yozadi aktyorning rafiqasi. Eslatib o‘tamiz, bu 63 yoshli Alek Bolduinning sakkizinchi farzandi hisoblanadi. Uning Kim Beysinger bilan birinchi nikohidan qizi bor.
63
582
Madaniyat
Londonda “O‘zbek kinosi kuni” bo‘lib o‘tdi
2015-yil 11-iyun kuni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi o‘zbek kinematografiyasini xalqaro maydonda targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda Londonda “O‘zbek kinosi kuni” tadbirini uyushtirdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi rasmiy sayti xabar bermoqda. “O‘zbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligidagi Favqulotda va Muxtor Elchisi Otabek Akbarovning so‘zlariga ko‘ra mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning bugungi farovon hayoti va xalqimizning milliy qadriyatlarini London jamoatchiligiga namoyish etishdan iborat edi”, — deyiladi xabarda. London-Siti ishbilarmonlar markazida joylashgan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bosh qarorgohi kinozalida tashkil etilgan va 300 ga yaqin kino ixlosmandlari yig‘ilgan tadbirda rejissor Mirmaqsud Oxunov tomonidan 2008-yilda suratga olingan “Shabnam” badiiy filmi namoyish etildi. “O‘zbekkino” MA mas’ul xodimi Asya Batrayevaning qayd etishicha davlat va xususiy kinostudiyalar hamkorligining yorqin namunasi bo‘lgan mazkur film O‘zbekistonda katta shuhrat qozonib, kassabopligi va internetda auditoriya to‘plash borasida yetakchi bo‘lgan. Namoyishdan so‘ng tomoshabinlar film ijodiy guruhi vakillari bilan uchrashib, O‘zbekistonda kino san’atining joriy rivoji va istiqboli haqida ma’lumot oldi. “Ushbu film dramaturgiya jihatdan sodda, unda o‘tkir syujet liniyasi yo‘q, albatta. Bizning qahramonlarimiz o‘zligini, sevgisini anglashga harakat qilib, oddiy insoniy baxtga erishishga intiladi. Bu kabi filmlarda asosiy konflikt yoshlarning tanlov erkinligi hamda ularning keksa avlod vakillari bilan munosabatlari hisoblanadi”, – deydi film rejissori Mirmaqsud Oxunov.
42
1,736
Madaniyat
SIRKDAGI FAVQULODDA VAZIYaT: HAVO GIMNASTI ShERIGINI UShLAB QOLOLMADI (VIDEO)
Moskvada Alisher Alievning jamoasida faoliyat yurituvchi akrobat qiz Gomel sirkida akrobatik tryuk vaqtida pastga qulab tushdi. Tomoshabinlardan biri bu mudhish hodisani videoga olishga ulgurdi. Voqea 5 yanvarda sodir bo`lgan. 20 yoshli Yuliya Tikaeva himoya to`ri yonidan o`tib, manejga qulagan. Sportchini tryukdagi sherigi ushlab qola olmagan. Jabrlangan akrobat qiz bosh-miya jarohati bilan shifoxonaning jonlashtirish bo`limiga yotqizildi. Shifokorlar uning ahvolini og`ir deb baholashmoqda.
82
497
Madaniyat
Foto: O‘zbek shou-biznesi vakillari Pushkin tavalludining 217 yilligiga bag‘ishlangan heshteg bilan suratga tushmoqda
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda rus shoiri Aleksandr Pushkin tavalludining 217 yilliga bag‘ishlangan heshteg bilan tushgan suratlari paydo bo‘lgandi. Xuddi shunday suratlar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati saytida ham e’lon qilindi. Ma’lumot uchun, Pushkin 1799-yil 6-iyun kuni tug‘ilgan bo‘lib, 2016-yilda uning tavalludiga 217 yil to‘ldi.
117
356
Madaniyat
Ennio Morrikone faoliyati davomida oltinchi marta “Oskar”ga nomzod bo‘ldi
Yuzlab kinofilmlarga musiqa yozish bilan mashhur bo‘lgan italiyalik bastakor Ennio Morrikone rejissor Kventin Tarantinoning “Jirkanch sakkizlik” (The Hateful Eight) filmiga ishlagan musiqasi uchun Amerika kinoakademiyasining “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda. 87 yoshli bastakor ushbu ijodi bilan nufuzli “Oltin Globus” mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Binobarin, “Oltin Globus” uning mukofotlar g‘aladonida uchinchisi bo‘lgan bo‘lsa, bastakor hozirgi kunga qadar kinematografiyaga qo‘shgan hissasi uchun “Oskar” mukofoti bilan bir marotaba taqdirlangan. Morrikone Amerikaning “oltin ritsar” mukofotiga 1979-yildan buyon besh marotaba nomzod bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi aktrisa”, “Eng yaxshi rejissor”, “Eng yaxshi film” nominatsiyalari bo‘yicha “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilingandi.
73
863
Madaniyat
Moskvada sud Yevgeniy Petrosyan va Yelena Stepanenko o‘rtasidagi nikohni bekor qildi
Moskvaning Xamovnicheskiy sudi kulgu ustalari Yevgeniy Petrosyan va Yelena Stepanenko o‘rtasidagi nikohni bekor qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda. Petrosyanning advokati Sergey Jorin buni “kichik, ammo muhim g‘alaba” deb atadi. Unga ko‘ra, Stepanenko ajrim jarayoning atayin cho‘zib kelgan. Sud matbuot kotibi Olga Mishelovaning ta’kidlashicha, hozircha nikohni bekor qilish haqidagi da’vo qondirilgan. Endi navbat mol-mulkni bo‘lishga. Xamovnicheskiy sudi bu masalani alohida ko‘rib chiqadi.
84
501
Madaniyat
Dima Bilanga Gretsiya bayrog‘i tushirilgan kulon sovg‘a qilishdi
18-fevral kuni rossiyalik taniqli xonanda Dima Bilan 31 yoshga to‘ldi. U ayni paytda Gretsiyada dam olmoqda. Tavallud ayyomi munosabati bilan uning gretsiyalik muxlislari turli sovg‘alar berishdi. Ular ichida xonandaga eng ma’qul kelgani notanish muxlisasi tomonida sovg‘a qilingan kulon bo‘ldi. Ushbu kulonga Gretsiya bayrog‘i tushirilgan. Ushbu suratni Dima Bilan ijtimoiy tarmoqqa ham joylashtirdi. foto: uznayvse.ru
64
422
Madaniyat
Plastik jarrohlikka mukkasidan ketib, husnini yo‘qotgan jahon shou-biznesi vakillari (foto)
Mashhurlar nafaqat uslub va soch turmagini o‘zgartirib turishni, balki tashqi ko‘rinishida ham yaqqol eksperiment qilishni yoqtirishi hech kimga sir emas. Ammo shou-biznes vakillarining qiyofa borasidagi qarori har doim ham yaxshilik bilan tugayvermaydi. Ulardan ayrimlari o‘zgarish borasida me’yorni bilib, vaqtida to‘xtasa, ba’zilari mukkasidan ketib, o‘ziga xosligini yo‘qotadi, keyin qanchalik xohlamasin, avvalgidek bo‘la olmaydi. Meri-Keyt Olsen Opa-singil Olsenlar tashqi ko‘rinishi o‘ziga xosligi: katta ko‘zlari va yonoqlari bilan ajralib turgan. Eshli hali ham shunday ko‘rinishga ega, ammo Meri yuzida plastik o‘zgartirish qildirganidan keyin haddan ortiq ozg‘in va istarasiz ko‘rinib qolgan. Qolaversa, uning tashqi ko‘rinishiga nazar tashlab 34 yoshda ekanligiga ishonish qiyin. Tara Rid 12 yoshidan beri filmlarda suratga tushadigan Tara Rid “Amerikancha pirog”da ham rol ijro qilgan. Shundan keyin aktrisa mashhurlikka erishgan, ammo bu bilan uning o‘ziga beradigan bahosi ortmagan chog‘i, ko‘rinishini o‘zgartirish uchun plastik jarrohlarga murojaat qilgan. Liposaktsiya qildirgan, ya’ni ortiqcha yog‘larni oldirib tashlagan, shuningdek, rinoplastika (burun shaklini o‘zgartirish), bu ham yetmagandek botoks qildirgan. Oqibatda esa yoshidan 5-7 yosh katta ko‘rinishga ega bo‘lgan aktrisaning 44 yosh ekanligiga ishonish qiyin. Lara Flinn Boyl Lara plastik operatsiyalarga shunchalik mukkasidan ketganidan, uni hatto paparatsiyadan berkinishiga ham hojat qolmagan. U qosh va qovoqlarni yuqoriga ko‘tarish, burun shaklini o‘zgartirish, labini shishirish operatsiyalarini boshdan kechirgan va botoks qildirishni ham kanda qilmagan. Shundan keyin aktrisani avvalgidek filmlarga taklif qilmay qo‘yishgan, bu esa uning psixologiyasiga ta’sir qilmay qolmagan. Bir qancha shifokorlar Laraning tashqi ko‘rinishi nafaqat operatsiyalar, balki stress va gormonal o‘zgarishlar sabab ham shunday ko‘rinishga kelib qolgan, deb hisoblaydi. Meg Rayan Muxlislar “Sizga maktub” filmida Meg Rayanni piksi uslubidagi soch turmagi va yoqimli tabassumi bilan eslab qolgan. So‘nggi yillarda esa uning tashqi ko‘rinishi o‘zgargan va shishgandek ko‘rinishiga fillerli inyeksiyalarni va botoksni oshirib yuborgani sabab bo‘lgan, degan taxminlar yo‘q emas. Bundan tashqari, kontur plastikasi va lifting muolajalarini ham amalga oshirgan. Lekin bu kabi o‘zgarishlar bois u ko‘rinishidagi o‘ziga xoslik va husnini yo‘qotgan. Rene Zellveger Aktrisa “Brijit Jons kundaligi” filmidagi roli bilan mashhurlikka erishgan. U vaqtda uning o‘ziga yarashgan yonoqlari, shahlo ko‘zlari hamda va g‘uncha lablari bo‘lgan. Ammo uning tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmagan va kosmetolog hamda jarrohlarga murojaat qilgan. Operatsiyalardan keyin Rene avvalgidek latofatli bo‘lmay qolgan. Emmanuel Bear Fransuz aktrisasi bundan bir necha 10 yil avval go‘zallik timsoli bo‘lgan. Muxlislari ekranda ko‘rib, ekran qarshisiga mixlanadigan darajada jozibali bo‘lgan aktrisa esa o‘zining ingichka lablaridan ko‘ngli to‘lmagan. U murojaat qilgan shifokorlar jarrohlik davomida xatoga yo‘l qo‘ygan: maxsus biopolimer o‘rniga texnik silikondan foydalanilgan. Bu esa uning yuqori lab shaklini xunuk ko‘rsatib qo‘ygan. Buning oqibati esa uning ayrim suratlarida bilinadi, aktrisa tabassum qilgandek emas, irjaygandek ko‘rinadi. Bearning o‘zi ham qildirgan operatsiyasidan afsuslangan, ammo shuncha urinishlarga qaramay, tabiiy holiga qaytara olmagan. Dolli Parton Dolli qomatini o‘zgartirish uchun qildirgan operatsiyasidan keyin sun’iy ko‘rinishga ega bo‘lib qolgan. Qolaversa. shundan keyin umurtqa pog‘onasi bilan muammolar kelib chiqa boshlagan. Shuningdek, xonanda labi, iyaklari shakli, yonoqlarini ham o‘zgartirib, yuzini torttirgan.
91
3,706
Madaniyat
Fahriye Evjen eng go‘zal musulmon ayollardan biri deb topildi, “Qora niyat” xiyonatni targ‘ib qilishda ayblandi. Turk kinosi yangiliklari
Turk kinosanoatidagi eng yangi xabarlarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. “Qora niyat” seriali RTÜK — senzura qo‘mitasining “qora ro‘yxatidan” o‘rin oldi. Tomoshabinlar serialni er-xotinlarning bir-biriga xiyonatini targ‘ib qilishda ayblamoqda. Xiyonat oilalarning buzilishiga sabab bo‘ladi deb hisoblagani sabab, muxlislar tomonidan bildirilgan e’tirozlar o‘rganib chiqilib, jarima solinadi. “Elchining qizi” serialini tark etgan Uraz Kaygilarog‘lu uzoq vaqt bo‘sh o‘tirmaslikka qaror qildi va Jem Yilmazning Netflix uchun suratga oladigan yangi loyihasida ishtirok etishni muhokama qilishga kirishdi. Ayni vaqtda “Mening chap tarafim” serialida suratga tushayotgan Defne Samelining reputatsiyasiga ta’sir qiladigan xabarlar tarqaldi. Hürriyet gazetasining jurnalisti Sinem Vunalning ma’lum qilishicha, Defne so‘nggi ikki yil ichida ijara haqqini to‘lamagani sabab unga qarshi davo ochilgan. Ushbu xabarga nisbatan aktrisa bu uni yerga urish va obro‘sini tushirishga qaratilgan xatti-harakat ekanini ta’kidlagan. Italiyada bo‘lgan Jan Yaman yangi sevgilisi bilan vaqt o‘tkazish bilan birga hamkorlikdagi loyihalarda ham ishtirok etmoqda. Chi jurnali Janning Diletta Leotto bilan tushgan suratini e’lon qilgan. Selahattin Pashali va Xazal Kaya Netflix platformasi uchun suratga tushayotgan “Pere Palasdagi yarim tun” serialida birga suratga tushadi. Hindistonning Bollyinside sayti talqiniga ko‘ra Fahriye Evjen dunyoning eng go‘zal musulmon ayollari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Aktrisa uchun millionlab odamlar ovoz bergan. Tarik Emir Tekin “Sadoqatsiz” serialidagi ishtirokini davom ettiradi. Avvalroq uning loyihani tark etishi haqida ma’lumot tarqalgandi. Eren Vurdem esa serialni tark etadi. Serkan Chayog‘lu “Kiprdagi qish” serialida suratga tushmoqda. 26 qismdan iborat serial premyerasi mart oyida bo‘lishi kutilmoqda.
137
1,843
Madaniyat
Koronavirusga chalingan aktrisa Ayshvariya Ray va qizining ahvoli og‘irlashgani uchun shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizildi
Hafta boshida 46 yoshli taniqli hind aktrisasi Ayshvariya Ray va uning 8 yoshli qizi Aradhyada koronavirus aniqlangan edi. Bu aktrisaning 44 yoshli turmush o‘rtog‘i Abhishek Bachchan va 77 yoshli qaynotasi Amitabh Bachchanda koronavirus aniqlanganidan bir kun o‘tib yuz bergan edi. Dastlab aktrisada kasallik simptomlarsiz o‘tayotgani aytilgan bo‘lsa, shu kunlarda u va qizi shoshilinch tarzda Mumbay shahridagi shifoxonaga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, Ayshvariya va Aradhyaning ahvoli og‘irlashgan, ularda nafas siqilishi kuzatilgan. Ayshvariyaning qaynotasi va turmush o‘rtog‘i ham aynan shu kasalxonada davolanmoqda. Ayshvariya Ray butun dunyoga tanilgan sanoqli hind aktrisalaridan biri hisoblanadi. U 1994-yilda “Dunyo go‘zali” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘lgan. Aktrisa 2007-yilda Bollivud afsonasi Amitabh Bachchanning o‘g‘li, aktyor Abhishek Bachchanga turmushga chiqqan. 2011-yilning 16-noyabrida juftlik qiz farzandli bo‘lgan.  Hindistonning eng mashhur oilasi — Bachchanlar haqida qiziqarli faktlar
127
1,030
Madaniyat
Munisa Rizayeva o‘z reytingini to‘ylar orqali belgilashini ma’lum qildi
Xonanda Munisa Rizayeva o‘zbek shou-biznesidagi o‘z reytingi avvalgidek emasligi haqidagi fikrlarni rad etdi. Bu haqda xonanda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Intervyu 9-iyun kuni Darakchi.uz saytida e’lon qilindi, deb yozadi “Kun”. “Reytingimni to‘ylar bilan baholaydigan bo‘lganman. Har kuni xalq xizmatiga boraman. Demak, Munisa Rizayevaga talab bo‘lyapti, u o‘zgarmagan. Shunday ekan, reytingi tushgan, deyish noto‘g‘ri!”, — dedi Munisa Rizayeva. 2014-yil aprel oyida Munisa Rizayevaning turmushga chiqishi haqida xabar berilgan edi, may oyi boshida esa to‘y bekor qilingani ma’lum bo‘ldi.
71
618
Madaniyat
Aktrisa Shahlo Temirova “E’tirof”ni qo‘lga kiritishi va qizlik bo‘lishini mo‘jizaga qiyosladi
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Shahlo Temirova uchun 2015-yil mo‘jizalarga boy bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi. “2015-yil men uchun mo‘jizalarga boy bo‘ldi, desam xato bo‘lmaydi. Sababi, yil davomida eng ajoyib filmlarda suratga tushdim, ekranda aktrisa sifatida tanildim. Mehnatlarim besamar ketmadi va yil yakunida ‘E’tirof’ milliy mukofoti bilan taqdirlandim”, — dedi aktrisa. Shahlo Temirovaning qayd etishicha, mukofotni qo‘lga kiritish va sahnada, barcha san’atkorlar orasida e’tirof etilish uning uchun juda ham katta sharaf va mas’uliyatdir. “Buni qarangki, taqdimotda azbaroyi qattiq hayajonlandimmi, uyga qaytishim bilanoq tobim qochib, tug‘uruqxonaga yo‘l oldik. Ikki kun o‘tib, qizalog‘im tug‘ildi. Yil yakunida qo‘shaloq mukofotga ega bo‘lganimdan juda ham mamnunman”, — dedi aktrisa. Eslatib o‘tamiz, 2015-yilgi “E’tirof” milliy mukofoti taqdimotida aktrisa Shahlo Temirova “Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi” deb topildi.
93
968
Madaniyat
Fotih Jalolov “O‘zbekkino” rahbari ustidan shikoyat xatiga imzo chekkani uchun uning jamoasi 4 oydan beri oylik ololmayotgani haqida so‘zlab berdi (video)
“O‘zbekfilm” rahbari Fotih Jalolov “O‘zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov ustidan 109 kishi tomonidan yozilgan shikoyat xatiga imzo chekkani uchun jamoadoshlari fevraldan beri oyliksiz ishlayotgani haqida so‘zlab berdi. “Bir hafta-o‘n kundan beri kollektivning ko‘ziga qaray olmay qoldim. Biror ishni qilinglar, deyishga ham tilim bormaydi. Bu yerda 140 ga yaqin kishi ishlaydi. O‘tgan yili bir amallab chidadik. Bu yil ham chidashyapti. Lekin ularning har birining oilasi bor. Fevral oyidan beri oylik olishmaydi. ‘O‘zbekfilm’ davlat buyurtmasini qiladigan joy. Film bo‘lsa, pul tushadi. Umumiy studiya xarajatlaridan xodimlarga oylik beriladi. Bu dargoh ‘O‘zbekkino’ning tizimidagi dargoh. Tizimga bee’tibor bo‘lish, o‘z farzandini o‘zi ko‘mishi yaxshilikka olib kelmaydi. Shu paytgacha bunaqa holatni ko‘rmaganman. Buning, ya’ni xodimlarimning oylik ololmayotganining asosiy sababchisi menman. Rahbar bilan oxirgi gaplashganimizda u yuzimga siz mening ustimdan xat yozgansiz, xatga qo‘l qo‘ygansiz, dedi. Bu ishga bir yildan oshdi. Xatga 109 kishi qo‘l qo‘ygan. Ularni men majburlab, qo‘l qo‘ydirmaganman. O‘z xohishlari bilan qo‘l qo‘ygan. Rahbarni o‘g‘riga chiqarmaganmiz xatda. Shu xodimlarni sal e’tiborga olaylik, degan maqsadda xat yozilgan. Xo‘p, men xat yozganman, qo‘l qo‘yganman, shuning uchun xodimlarga oylik berilmayaptimi, desam, uni o‘zingiz o‘ylab ko‘ring. ‘O‘zbekfilm’ning 70 nafar xodimi ham qo‘l qo‘ygan, siz ularni uyma-uy yurib, qo‘l qo‘ydirgansiz, bosh bo‘lgansiz, shuning uchun ‘O‘zbekfilm’ga hech narsa yo‘q, dedi”, — deydi Fotih Jalolov. Shuningdek, Fotih Jalolov ushbu vaziyatga yechim sifatida ishdan ketishni rejalashtirayotgani haqida ham gapirdi. “Nima uchun meni deb butun ‘O‘zbekfilm’ qora kunlarni boshdan kechirishi kerak? Bitta men ekanman, bu yerdan ketganim yaxshimasmi, degan fikr keldi. Bugun arizamni yozdim. Bitta men uchun butun boshli ‘O‘zbekfilm’ aziyat chekishi kerak emas. Aktyorligim bor, rejissorligim bor, juda bo‘lmasa, fermer xo‘jaligim bor. Agar men ketsam, shu yerda ish yaxshilanib ketsa, men faqat xursand bo‘laman”, — deydi so‘zlarini davom ettirib Fotih Jalolov. Ma’lumot uchun, 2020-yilning aprel oyida O‘zbekiston kinematografiya sohasi arboblari, mutaxassislari, rejissorlar va aktyorlar “O‘zbekkino” direktori Firdavs Abduxoliqov ustidan bosh vazir Abdulla Aripovga shikoyat qilgan edi.
154
2,352
Madaniyat
“Yevrovideniye — 2015” tanlovida Daun sindromiga chalingan musiqachilar qatnashishi mumkin
Finlyandiyaning Pertti Kurikan Nimipäivät pank-guruhi “Yevrovideniye” xalqaro tanlovi saralash bosqichidan o‘tdi, deya xabar bermoqda Russian Week. Ushbu guruhning o‘ziga xos jihati shundaki, uning tarkibidagi musiqachilar Daun sindromiga chalingan. Guruh 2009-yilda Xelsinki nogironlar ijtimoiy markazidagi ijodiy ishxonada tuzilgan. Qo‘shiqchilar ijtimoiy murosasizlik va o‘zlari duch keladigan boshqa muammolar haqida kuylaydi. “Yevrovideniye — 2015” may oyida Avstriyada bo‘lib o‘tadi.
90
490
Madaniyat
“Mallasoch Sonya” filmida o‘ynagan daniyalik aktrisa 54 yoshida beshinchi marta ona bo‘ldi
“Mallasoch Sonya” filmi orqali tanilgan daniyalik aktrisa va qo‘shiqchi Brigitta Nilsen 54 yoshida beshinchi farzandini dunyoga keltirdi, deb xabar beradi People. Qizaloqqa Frida deb ism qo‘yishdi. Uning og‘irligi 2,4 kilogrammga teng. Nilsen besh marta turmush qurgan. Uning sobiq turmush o‘rtoqlari orasida aktyor Silvestr Stallone ham bor. Ularning nikohi ikki yil davom etgan, ammo farzand ko‘rmagan. “Mallasoch Sonya” filmi 1985-yilda suratga olingan. Kartinada Nilsenning sherigi Arnold Shvarsenegger bo‘lgan.
90
516
Madaniyat
Bahrayn Isroil aktyorlari ishtirokidagi filmlar namoyishini taqiqladi
Bahrayn parlamenti 20-iyun kuni OAV to‘g‘risidagi qonunga kiritilishi taklif qilingan o‘zgartishni qabul qildi. Unga ko‘ra, qirollik hududida Isroil kapitali ishtirokidagi matbuot va OAV mahsulotlari, shuningdek, filmlar tarqatilishi, sotilishi va namoyish etilishi taqiqlanadi. Isroillik aktyorlar ishtirokidagi filmlar ham taqiqqa tushdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. Aytilishicha, bu bilan ko‘pgina arab davlatlari singari Falastin hududlarining okkupatsiya qilingani bois Isroil bilan hech qanday munosabatlar o‘rnatmagan Bahrayn ushbu pozitsiyasi o‘zgarmasligini tasdiqlamoqchi. Bahraynda yirik yahudiy jamoasi istiqomat qiladi, ushbu jamoa vakillari qirollik hukumati, parlamenti va yirik kompaniyalarda yaxshi lavozimlarni egallaydi. Mamlakatda yahudiy muzeyi va sinagogalar mavjud. Shu bois Bahrayn arab davlatlarining Isroil bilan munosabatlarini yaxshilashga qarshi kurashuvchi arab tashkilotlari tomonidan tez-tez tanqid ostiga olinadi. Ayniqsa may oyida Manamada o‘tgan FIFA kongressida Isroil vakillari ishtirok etganidan so‘ng mamlakat bunday tashkilotlar tomonidan keskin tanqid qilindi.
69
1,106